folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Foto
Fransiyaning Lojuvard qirg‘og‘ida dunyodagi eng qimmatbaho uy sotuvga qo‘yildi (foto)
Fransiyaning Lojuvard sohilida Les Cèdres villasi 415 million dollarga sotuvga qo‘yildi, deb yozadi Travel Ask. Bu ko‘chmas mulk sohasida rekord ko‘rsatkich bo‘ldi: hali birorta uy bunday katta pul evaziga sotilmagan edi. Villaning maydoni 15 ming kvadrat metrni tashkil etadi, u 14 gektarlik xususiy hududda joylashgan. Qo‘rg‘onda 16 ta yotoqxona, 50 metrli yopiq basseyn, keng terrasa va bal zali bor. Shuningdek, alohida binoda 30 ta otni sig‘dira oladigan otxona joylashgan. O‘tgan asrda hovli-joyda Elizabet Teylor, Charli Chaplin, Monako knyazi Renye III, yozuvchi Somerset Moem, Britaniya bosh vaziri Uinston Cherchill mehmon sifatida yashagan. 1830-yilda qurilgan villaga dastlab Vilfransh-syur-Mer shahar meri egalik qilgan. 1904-yilda u Belgiya qiroli Leopold II ning ixtiyoriga o‘tgan. Undan keyin Les Cèdres fransiyalik zodagon oilaga o‘tgan, hozirda esa dabdabali uyga Italiyaning alkogolli ichimliklar ishlab chiqaruvchi Davide Campari-Milano kompaniyasi egalik qiladi.
85
988
Foto
Fotogalereya: Eski va yangi avlod yulduzlarining bir xil yoshdagi ko‘rinishlari
Tahlilchi mutaxassislarning taxminiga ko‘ra, 2025-yilga kelib kosmetika va shaxsiy parvarish vositalari bozorining umumiy hajmi 716,6 milliard dollarga yetadi. Mashhur san’atkorlar o‘z tashqi ko‘rinishi haqida hamisha qayg‘uradi. Zamonaviy ko‘rinish uchun esa kosmetologlar xizmatidan doimiy ravishda foydalanib keladi. AdMe o‘z suratlarida o‘tgan va hozirgi davrning mashhurlari misolida go‘zallik borasidagi tasavvurlar qanday o‘zgarganligini ko‘rsatdi. Britni Spirs va Billi Aylish 17 yosh Anjelina Joli va Jennifer Lourens 20 yosh Ketrin Zeta-Jons va Emili Ratakovskiy 22 yosh Korti Koks va Megan Foks 23 yoshda Keyt Uinslet va Morgo Robbi 25 yosh Madonna va Mayli Sayrus 26 yosh Kyorsti Elli va Fergi 39 yosh
79
727
Foto
Fotogalereya: Hayotning so‘nggi 73 soniyasi
30 yil avval — 1986-yilning 28-yanvar kuni koinotni zabt etish tarixidagi eng yirik halokatlardan biri yuz bergandi: Kanaveral burnidagi kosmodromdan havo ko‘tarilganidan 73 soniya o‘tib, bortida yetti nafar astronavt bo‘lgan AQShning Challenger shattli portlab ketgandi. “Gazeta.ru” shattl parvozining so‘nggi soniyalari va portlashning dahshatga soluvchi oqibatlari aks etgan suratlar jamlanmasini tayyorladi. Challenger’ning 10-parvozi davomida shattl ekipaji aloqa yo‘ldoshini koinotga olib chiqishi va Galley kometasini kuzatishi kerak edi. Parvozning 74-soniyasida, shattl yer sathidan 15 kilometr balandlikka chiqib ulgurganidan so‘ng, portlash yuz berdi. Fazoviy kema havoda parchalanib ketdi, kemadan ajralib chiqqan, ichida ekipaj a’zolari bo‘lgan va parashyutlar bilan jihozlanmagan kabina esa qulab, chilparchin bo‘ldi. Shattlning parvozi televideniye orqali jonli efirda namoyish etilayotgandi va millionlab amerikaliklar mazkur fojia guvohiga aylandi. Komissiyaning aniqlashicha, fojiaga qattiq yoqilg‘ili tezlatkichning halqasimon zichlagichidagi nosozlik sabab bo‘lgan — aynan u sabab gaz sizib chiqa boshlagan. Qidiruv-qutqaruv operatsiyasi natijasida Atlantika tubidan astronavtlarning jasadlari va shattl bo‘laklari olib chiqildi. Operatsiya yetti oy davom etdi, bunga 100 million dollarga yaqin mablag‘ sarflandi. Shattlning portlab ketishi natijasida kema komandiri, harbiy havo kuchlari podpolkovnigi Frensis Skobi, uchuvchi Maykl Smit, Ellison Onizuka, Ronald Makneyr, Judit Reznik, muhandis Gregori Jarvis, o‘qituvchi Krista Makoliff halok bo‘ldi.
43
1,577
Foto
Kiyim ilgich, kungaboqar, bayroq: Qirollik tadbirlarida kiyilgan eng noodatiy shlyapalar (foto)
Aksariyat britaniyaliklar uchun asosiy yozgi tadbirlardan biri Royal Ascot hisoblanadi. Ammo tadbirning o‘zgarmas bir qoidasi mavjud: tadbirga taklif qilingan barcha ayollar shlyapa kiyib kelishi shart. Eng qizig‘i, mehmonlarning tasavvuriga chegara qo‘yilmaydi. Quyida shunday noodatiy bichimdagi shlyapalarni tomosha qiling.
95
326
Foto
Fotogalereya: Hayratda qoldiruvchi suratlar
Bitta surat butun bir tarixni o‘zida jamlashi yoki hissiyotlar to‘lqinini uyg‘otishi mumkin. AdMe ana shunday suratlar aks etgan jamlanmani taqdim etdi.
43
152
Foto
“Soxta emasligini isbotlang”: mualliflar taqdim etishni istagan mukammal suratlar
Bugungi kunda har kim o‘zini suratkash deb atashi mumkin, buning uchun shunchaki qo‘l telefoni bo‘lsa bas. Ba’zida omad rol o‘ynasa, ayrim vaqtlarda birgina tugmachani bosish kifoya. Kutilmaganda mukammal suratlar dunyoga keladiki, ularning soxta emasligiga odamlarni ishintirish ham oson bo‘lmaydi. “Men uch yildan buyon Nevskiyda quyoshni suratga olaman. Ba’zida kun quyoshsiz bo‘ladi, ba’zida esa bir zumda uni bulut to‘sib qo‘yadi”. “Men bugun yalqov bilan vaqt o‘tkazdim”. “Ushbu surat bir nechta kompozitsiyadan iborat, aksariyat kadrlar Kaliforniyada yomg‘irdan keyin olingan”. “Men o‘zimni ajoyib suratkash deb hisoblamayman, lekin Shveysariyada tushirilgan ushbu kadr juda yoqadi”. “Arizonadagi Antilop Kanyoni va samolyot hamda muvaffaqiyatli kadr”. “Men suratni ushbu bolalarga sovg‘a qilmoqchiman”. “Yaqinlarim tayyorlangan xamir, albatta, yuqori baholanishiga ishontirdi”. “Qahva hayot ekanligining isboti”. “Go‘yoki qor malikasining qasri kabi”. “Quyosh nuri ostida o‘yga botgan it”. “Raklama peshtaxtasi ko‘chani ikkiga bo‘lib qo‘ydi”. “Quyish nuri, parda va mukammal uchburchaklar”. “Tom xuddi pianino klavishlariga o‘xshaydi”. “Suratga olgunimcha, bulut menga ‘zo‘r’ belgisini ko‘rsatdi”. “Ular bir-birini to‘ldiradi”. “Fijidagi kamalak buluti”. “Men ushbu suratni Ostin yaqinida mart oyida tushirdim”. “Mushugim xuddi quvurni yuvayotgandek”.
81
1,376
Foto
Fotogalereya: Buxoro amirining yozgi saroyi
“MyTashkent.uz” Kogondagi Buxoro amiri yozgi saroyining suratlarini taqdim qildi. Bu yili saroy qurilganiga 120 yil to‘ldi. 1895-yil 14-avgustda Buxoro amiri Abdulahadxon buyrug‘iga ko‘ra Yangi Buxoro shahrida saroy qurilishi boshlangan. Saroy loyihasini Aleksey Leontyevich Benua ishlab chiqqan. Qurilishga muhandis Dubrovin boshchilik qilgan. Qurilish ishlari 1898-yili yakuniga yetgan. Saroy buxorolik va rus ustalari tomonidan qurilgan.
43
441
Foto
Quvurda yashiringan afgʻon bola, oziq-ovqat kutayotgan ayollar, yonib kul boʻlgan uy — hafta suratlari
Haftaning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz. Bangladeshda aholi «Pfizer» vaksinasi yordamida koronavirusga qarshi emlanmoqda. Bangladeshda ayollar hukumat tomonidan tarqatilayotgan oziq-ovqat yordami mahsulotlarini olish uchun navbatga turibdi. Eron–Turkiya chegarasini kesib oʻtgan afgʻon qochqin bola quvur boʻlagi ichida xavfsizlik xodimlaridan yashirinib olgan. Afgʻonistoning Qalai Nav tumanidan qochib kelgan ayollar va bolalar Hirotning Emil tumanidan vaqtinchalik boshpana topdi. Ular «Tolibon» va afgʻon xavfsizlik kuchlari oʻrtasidagi janglar ortidan oʻz uyini tashlab qochgan. Shimoliy koreyaliklar marhum liderlar Kim Ir Sen hamda Kim Chen Irlarning portreti oldida ta‘zim qilmoqda. Kiprda yuz bergan oʻrmon yongʻinlari natijasida yonib kulga aylangan uy qoldiqlari. AQShning Meksika bilan chegarasidagi Rio Grande daryosi orqali mamlakat hududiga kirib kelayotgan Lotin Amerikasi muhojirlari. Daryo muhojirlarning AQSh hududiga kirib keladigan eng muhim nuqtalardan biri boʻlib qolmoqda. Yamanning Marib viloyatida isyonchi xusiylarga qarshi kurashayotgan yamanlik Solih. U akasi bilan birgalikda xusiylarga qarshi kurashda hukumat kuchlariga yordam berib kelmoqda. Kiprda yuz bergan oʻrmon yongʻinlari paytida qutqaruv ishlarini olib borayotgan qutqaruvchilar. Yongʻinlar paytida toʻrt nafar misrlik ishchi halok boʻlgan, ellikdan ortiq uy yonib ketgan, oʻnta qishloq aholisi evakuasiya qilingan. Evropaning eng faol vulqoni boʻlmish Etnadan lava qaynab chiqmoqda.
102
1,494
Foto
Jahonning eng g‘alati chiqindixonalari (foto)
Muddatini o‘tab bo‘lgan buyumlar ertami-kechmi axlatga tashlanadi. Qayta ishlash jarayonida ularning ba’zilariga yangi hayot “beriladi”, biroq aksariyat hollarda axlatxonadagi buyumlar shunchaki chiriydi va zanglaydi, deb yozadi National Geographic. Quyidagi fotojamlanmada jahonning eng g‘alati, noodatiy axlatxonalarini (ba’zi o‘rinlarda unga bunday ta’rifni ishlatib bo‘lmaganidan, qabriston ham deyiladi) tomosha qilish mumkin. Eskirgan harbiy-havo texnikasini qayerga yo‘qotish kerak? AQSh bu masalani oson hal qilgan — samolyotlar shunchaki cho‘lga joylashtiriladi. Aniqrog‘i, Arizona shtatida joylashgan Tuson shahridagi Devis-Monten aviabazasiga. Xizmat muddati yakuniga yetgan “nafaqa”dagi harbiy samolyotlar uchun bu joy tasodifan tanlangan emas. Birinchidan, quruq iqlim metall korroziyasiga yo‘l bermaydi. Ikkinchidan, tuproqning qattiq ekanligi samolyotlarni asfaltlanmagan maydonlarga joylashtirish imkonini beradi (bunda, albatta, pul tejaladi). 6500 gektar maydonda 4400 ga yaqin samolyot, vertolyot va fazoviy qurilmalar o‘rin olgan. So‘nggi 25 yil davomida ularning taxminan beshdan biri foydalanish uchun qaytarib olinib, yana havoga ko‘tarilgani aytiladi. Bu yerda saqlanayotgan aviatexnikaning umumiy bahosi 37 milliard dollardan ortiq. Boliviyaning tabiiy osori-atiqalaridan biri — qurib qolgan Uyuni ko‘li yaqinida mashhurlik borasida undan kam bo‘lmagan Cementerio de Trenes deb nomlangan makon joylashgan. Parovozlarning ushbu “qabristoni” bir vaqtlar Uyuni yaqinidan o‘tgan temiryo‘l magistralining shonli davrlarini yodga soladi. Temiryo‘l qurilishi 1888-yili boshlangan bo‘lib, u And tog‘lari va Tinch okeani portlari o‘rtasidagi muhim koridor vazifasini bajargan. Biroq 1940-yillardan boshlab temiryo‘lning ahamiyati pasaydi. Vaqt o‘tishi bilan eski lokomotivlar shaharda yig‘ila boshladi va oxir-oqibat parovozlar “qabristoni” yuzaga keldi. Bu parovozlar quyosh tig‘i va yomg‘ir tomchilari ostida bugungi kunga qadar asta-sekinlik bilan yemirilishda davom etmoqda. Yevropaning aksariyat mamlakatlarida foydalanish muddati tugagan shinalarni axlatga tashlash taqiqlanadi. Yevropa Ittifoqi eski shinalarni qayta ishlashga jo‘natadi (har yili 480 ming tonna foydalanilgan shinalarga yangi hayot “bag‘ishlanadi”). Biroq barcha davlatlar ham bu yo‘ldan yurayotgani yo‘q. Masalan, Kuvaytda eski shinalar Sulaybiya shahri yaqinida saqlanadi. Bu axlatxonaga hatto qo‘shni mamlakatlardan ham avtomobil shinalarini olib kelinadi. Bugun bu yerda 7 milliondan ortiq shina bor. Bugun biror texnikani ta’mirlatishdan ko‘ra, yangisini sotib olish arzonroqqa tushadi. Shu sababli har yili jahon bo‘yicha 50 million tonna elektrotexnika chiqindisi yuzaga keladi. Bunday chiqindini qayta ishlash qimmatga tushadi, shu sababli bir qator davlatlar “texnochiqindi”ni rivojlanayotgan mamlakatlarga jo‘natadi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, jahondagi jami “texnochiqindi”ning 70 foizi Xitoyning Guandun viloyatidagi Guyyu shahridagi chiqindixonaga borib tushadi. Bu yerdagi odamlar turli texnikalarda foydalanilgan qimmatbaho metallarni izlab topish bilan kun ko‘radi. Metallni ajratib olish uchun elektroqurilmalarning plastik korpuslari eritiladi. Har yili bu yerda yuzga yaqin zaharli gulxanlar yoqiladi, shu sababli chiqindixonada ishlayotgan odamlar o‘pka kasalliklaridan aziyat chekadi. Bundan tashqari, rangli metallarni tozalab olishda ishlatilgan kislotalar Lianjan daryosiga tushadi. Ras-Nuadibu yarimorolida Mavritaniyaning kattaligi bo‘yicha ikkinchi shahri — Nuadibu joylashgan. Baliqchilik biznesi ortidan bu yerda 1960-yillarda katta port qurilgan, biroq 20 yildan so‘ng bu biznes “o‘lgan” — davlat bor e’tiborini temir rudasi qazib olishga qaratgan. Oqibatda portdagi kemalar o‘z holiga tashlab qo‘yildi. So‘nggi 30 yil davomida bu yerda Afrika va Yevropadan ham keraksiz kemalar oqib keldi. Bugun bu yerda 300 dan ortiq kema zanglab yotibdi. Nottingemshir grafligidagi Nyuark shahriga butun Buyuk Britaniyadan eskirgan va ishdan chiqqan taksofonlar olib kelinadi. Telekommunikatsiya sohasiga ixtisoslashgan X2 Connect kompaniyasi omborxonalarida 150 dan ortiq eski telefon budkalari bor. Ular orasida 85 yil avvalgi taksofon namunalarni ham topish mumkin. Agar budkani ta’mirlash mumkin bo‘lsa, u restavratsiya qilinadi va qayta sotiladi. Xabarlarga ko‘ra, Buyuk Britaniyaning “bir bo‘lagi”ni sotib olishga ishtiyoqmandlar juda ko‘p, navbatda 500 ga yaqin kishi turibdi. Kimdir bu budka o‘z bog‘ida turishini, boshqa birov esa o‘z qahvaxonasiga joylashtirishni xohlaydi, bunday taksofonlarni dushxonaga aylantirganlar ham talaygina. Qayd etish joiz, bu nisbatan qimmat ko‘ngilxushlik sanaladi. Masalan, ta’mirlangan qizil rangli K6 telefon budkasining narxi 2250 funt-sterlingdan boshlanadi. Bu Buyuk Britaniyaning ajralmas ramzlaridan biriga aylangan eng ommalashgan taksofon modelidir.
45
4,819
Foto
Fotogalereya: Malika Dianasiz o‘tgan 20 yil
31-avgust kuni malika Diananing vafot etganiga 20 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan “Gazeta.ru” Qirollik oilasining eng mashhur malikalaridan bo‘lgan Diananing suratlarini to‘plab taqdim etdi.
43
190
Foto
Fotogalereya: Noodatiy suratlar
Ba’zan kishilar ko‘zi o‘rganib qolgan narsalar noodatiy ko‘rinishda namoyon bo‘lishi mumkin. AdMe ana shunday suratlarni taqdim etdi.
31
133
Foto
Fotogalereya: Safariga uyushtirilgan sayohatda sizni nimalar kutmoqda?
Safariga borish bu yovvoyi tabiatning barcha go‘zalligi-yu g‘ayritabiiyligiga tayyor bo‘lish degani. Travel Ask safarida aslida bizni nimalar kutishi haqida ogohlantirdi. 1. Safari har doim ham “tabiiy” emas. 2. Ba’zan yo‘lingizdan uy hayvonlari chiqib qolishi mumkin. 3. Kadrdan boshqa sayyohlarni chetroqqa surishga harakat qilib ko‘ringchi? 4. Yoningizda eng ko‘p bo‘ladigan hamrohingiz — boshqa sayyohlar. 5. Ba’zan mashinangiz qumga kirib qoladi. 6. Jirafalarni yonidan o‘tasiz. 7. Yovvoyi tabiatda sherni ko‘rish — safariga borgan har bir odamning orzusi. 8. Dubayda sayyohlar safariga cho‘l orqali boradi. 9. Safari — yovvoyi tabiatni rasmga olishga ajoyib imkon. 10. Safarida ba’zi sayyohlar sharshara va tabiiy suv havzalarining yonida to‘xtab o‘tadi. 11. Dastlab sizning avtomobilingiz okrugdagi yagona mashina bo‘lib ko‘rinishi mumkin. 12. Cho‘l uzra ko‘tarilayotgan mana shu changda o‘ziga xos buyuklik bor. 13. Mana shunday ajoyib jonzotlarga iloji boricha yaqinroq borgingiz keladi. 14. Hayvonot olamidagi eng ta’sirli lahzalarni ko‘rish baxtiga muyassar bo‘lishingiz ham mumkin. 15. Ba’zan hayvonlar siz xohlaganingizdan ham yaqinroq keladi. 16. Ammo ko‘rishni istamagan holatingizni ko‘rishga tayyor turing.
70
1,238
Foto
Ko‘rinishidan kichkina, ammo diqqatga sazovor jamoat joylari (foto)
Aftidan quyosh batareyalari va gadjetlarni quvvatlantirish uchun USB portlari bo‘lgan ko‘cha o‘rindiqlari, issiq mamlakatlardagi konditsionerli bekatlar va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish do‘konlari hozirda hech kimni ajablantirmaydi. Ammo dunyoning turli shaharlarida inson hayotini yanada qulay va zavqli qilish uchun eng mayda tafsilotlarigacha o‘ylangan boshqa diqqatga sazovor joylar juda ko‘p. AdMe nashri ulardan bir qanchasi bilan bo‘lishdi. “Bu poyezdda bolalar maydonchasi bor. Shveysariya”. “Bu savdo markazida hojatxonaga bormasdan qo‘l yuvish mumkin bo‘lgan joy bor”. Singapurda ba’zi bog‘lar va o‘yin maydonchalarida simsiz quvvatlovchilar o‘rnatilgan o‘rindiqlar mavjud. “Men Shveysariya kafesida qaymoqli qahvaga buyurtma berdim va qaymoqni menga stakan ko‘rinishidagi shokoladda olib kelishdi”. Shilliqurt shaklida bo‘yalgan havo qurilmalari. “Shaffof quti ichidagi sartaroshxona”. “Shaxsiy suhbatlar uchun mo‘ljallangan mobil quti”. “Turli balandlikdagi odamlar uchun rakovinalar”. “Mahalliy kinoteatrdagi polda “Yog‘du” filmidagi gilam bor. Kitob do‘konidagi baland bo‘yli odamlar uchun kitoblar javoni. “Menimch, barcha to‘siqlar shunday bo‘lishi kerak”. “Bu chiroq ustunlari qo‘llarini ushlab turadi”. Bu poyezdda o‘rindiqlar orasida axlat qutilari bor. Superqahramonlar uslubidagi stomatolog kabineti. Restoranning markazida joylashgan quduq. Bu aeroportda uy hayvonlari uchun burchak bor. Tish shifokori kabinetida to‘xtash joyi. Chiziqlar pastali tish cho‘tkasi shaklida chizilgan. “Ushbu stomatologiya kabinetini yaxshi ko‘raman”. Kasalxonadagi velosiped joyi kardiogramma shaklida yasalgan. “Kutubxonada gigiyena vositalarini bepul olishingiz mumkin”. Turkiya shahridagi Texnika universitetida favvora o‘rnatildi, undan har qanday odam issiq sho‘rvani bepul olish mumkin.
67
1,814
Foto
Amerikalik rassom tangalarga mashhurlar suratini chizdi (foto)
CodyTheCreative taxallusi ostida ishlaydigan amerikalik rassom #PennyPopArt loyihasini tashkil etdi, deb yozadi Esquire. Ushbu loyiha doirasida rassom akril bo‘yoqlari va ingichka mo‘yqalam yordamida tangalarga mashhurlar portretlarini chizadi. U chizgan mashhurlar orasida taniqli xonandalar va rejissorlar, aktyorlar hamda shunchaki qiziqarli shaxslar bor. Frida Kalo “Qog‘oz uy” filmi qahramoni Xoakin Feniks Terminator Maykl Jekson Opra Uinfri Elvis Presli Merlin Monro Jo Ekzotik 50 Cent Emi Vaynhavus  Rassom mashhur multfilmlardagi jonivorlarni odamlarga aylantirdi (foto)
62
602
Foto
Fotogalereya: Butun dunyo Yaponiyadan zudlik bilan o‘zlashtirishi kerak bo‘lgan 16 ta narsa
Yaponiya betakror mamlakat. Har yili turli ajabtovur narslar ixtiro qiladi. AdMe butun dunyoga targ‘ib qilish kerak bo‘lgan 16 ta narsani taqdim etdi. Dispen Pak o‘rami Suyuq qo‘shimchalar va souslar solish uchun juda qulay bo‘lgan o‘ram. O‘rtasidan biroz bukilsa, ichidagi suyuqlik teshikdan sekin chiqadi. Muzlatuvchi sprey Ushbu sprey yozning issiq kunlarida terini muzlatadi. Uning gel shaklidagi turi bir encha soatgacha amal qilsa, ko‘pik shaklidagisini teriga surtsangiz, go‘yo muzdek gazli suv qo‘lingizda erib ketayotgandek tuyuladi. Lapsha uchun issiq suvli avtomatlar Tezpishar lapsha sotiladigan do‘konlarda qaynoq suvli avtomatlar turadi. Kassadan uzoqlashmasdan turib, lapsha damlashingiz mumkin. Bepul soyabonlar Bekatlarda va ko‘chalarda ko‘pincha soyabonlar solingan qutilarga ko‘zingiz tushishi mumkin. Yomg‘ir yog‘gudek bo‘lsa, yo‘lovchilar soyabonni olib, keyin esa birinchi uchragan qutiga tashlab ketishlari mumkin. Jamoat vannalari — sento Ishdan so‘ng dam olish uchun ajoyib joy. Bunday saunalarga kirish esa arzon turadi. Velosipedlar uchun maxsus avtomatlashtirilgan turargoh Ikki g‘ildirakli transportni joylash uchun shahar amaldorlari avtomatlashtirilgan yerosti veloturargohlarni tashkil qilgan. Veloturargoh xuddi liftga o‘xshaydi: xizmat uchun haq to‘lab, velosipedni relsga joylashtirgach, eshiklar ochilishini kutish kerak. Qolganini esa tizim o‘zi bajaradi. Velosipedni qaytarib olish uchun esa haq to‘lagan vaqti olgan kartani skanerga olib kelishning o‘zi kifoya. Park yonidagi yugurish yo‘lakchasi Ishdan so‘ng istalgan odam kiyimini almashtirib, narsalarini javonga qo‘yib, yugurishga chiqishi mumkin. Metrodagi qulay joylashuv Har bir stansiyada raqamlar va harflar birikmasi bor. Bu bilan yapon tilini bilmaydigan istalga odam manzilni topib olishi mumkin. Velosipedlarga o‘rnatilgan maxsus soyabon ushlagich Endi velosiped haydovchilari istalgan ob-havoda harakatlana oladi. Restorandan ovqat buyurtma qilish uchun  savdo avtomati Restoranlarga kiraverishda mana shunday avtomatlar joylashgan. Qahva uchun muz bo‘laklari solingan stakanlar Dastlab siz muz solingan stakanga pul to‘laysiz, keyin esa chiqishda unga qahva solib beriladi. Jamoat bilan qilinadigan badantarbiya Jismoniy mashqlar parklarda, maktablarda va korxonalarda bajariladi. Bachogida rakovinasi bo‘lgan hojatxonalar Suvni tejash uchun qilingan ixtiro. Saryog‘ uchun maxsus qirg‘ich Sovuq saryog‘ni nonga bir tekis surtish endi qiyin emas. Jo‘natmalarni do‘konning o‘zidan yuborish va qabul qilish uchun maxsus apparat Har bir ko‘chada joylashgan istalgan do‘kondan turib jo‘natma yuborish va qabul qilish mumkin. Pochtada navbatda turishga hojat yo‘q. Qaynatilgan tuxumlar bir o‘ramda Vaqtini tejash istagida bo‘lganlar uchun foydali.
91
2,760
Foto
Fotogalereya: Arizonadagi toshga aylangan o‘rmon
AQShning Arizona shtatida daraxtlari quyoshda kamalak ranglarida tovlanuvchi o‘rmon qoldiqlari joylashgan. “Toshga aylangan o‘rmon” deb ataluvchi miiliy bog‘ turli minerallarga aylangan daraxtlar to‘nkalaridan va tanalaridan tashkil topgan. 200 million yil avval qalin o‘rmon bo‘lgan hudud iqlim va geografik o‘zgarishlar natijasida cho‘lga aylangan. TravelAsk ana shu bog‘ga e’tibor qaratdi.
48
392
Foto
2022-yil suratga olinganiga 20 yil bo‘ladigan 10 ta qiziqarli film (foto)
Suratga bundan 20 yil avval olingan va hali hamon muxlislar uchun sevimli bo‘lgan filmlar haqida Cosmopolitan nashri ma’lumot berib o‘tadi. “Uzuklar hukmdori: Ikki qal’a” (The lord of the rings: The two towers) Piter Jekson trilogiyasining ikkinchi qismida voqealar birinchi qismida yakuniga yetgan joydan boshlanadi. Frodo jamoadan ajralishga qaror qiladi, Sem esa uning ortidan ketadi, voqealar shu asnoda rivojlanadi. Suratga olish jarayoni juda ham qiziqarli kechgan. Shlem tepiladigan sahnaning beshinchi dublida Viggo Mortensen oyog‘ining ikkita barmog‘ini sindirib olgan. Ammo aynan mazkur dubl eng yaxshi deb topilgan. Umuman olganda, filmda nafaqat Mortensen, balki Orlando Blum ham jarohatlangan. “Tutqich bermas firibgar” (Catch me if you can) Stiven Spilbergning Leonardo Di Kaprio va Tom Xenks suratga tushgan mazkur filmi hayotiy voqelikka asoslangan. Unda Frenk Ebigneyl ismli firibgar yoshligidan aldash bobida ustasifarang bo‘ladi. Ota-onasi ajrashganidan keyin uyini tark etgan qahramon o‘z “mehnati” — bank cheklari, turli hujjatlarni qalbakilashtirish bilan kun ko‘ra boshlaydi va bu ham yetmagandek, katta mablag‘ to‘lanadigan ishlarga joylashib oladi. Tez orada FBR agenti Karl Xarnetti uning bu qilmishlarini fosh qilishga kirishadi. Ammo tutqich bermas firibgar hamisha agentdan bir qadam oldinda bo‘ladi. “Pianinochi” (The Pianist) Film urushning barcha mashaqqatlariga dosh bergan, o‘tgan asrning 30-yillaridagi Polshaning eng yaxshi pianinochilaridan biri — Vladislav Shpilmanning tarjimayi holiga asoslangan. Ajoyib musiqa va ta’sirchan voqealarni o‘z ichiga oluvchi film uchun 2002-yilda “Oltin palma shoxi” mukofoti berilgan. Unda bosh qahramonni gavdalantirgan Edrian Broudi esa eng yaxshi aktyor sifatida “Oskar”ga sazovor bo‘lgan. “Garri Potter va maxfiy hujra” ( Harry Potter and the chamber of secrets) 2021-yilda “Garri Potter” ekran yuzini ko‘rganiga 20 yil bo‘lgan. 2022-yil esa ikkinchi qism taqdim qilinganining yubileyi hisoblanadi. “Maxfiy hujra”da Garri do‘stlari bilan Xogvartsga qaytadi. Ammo yangi o‘quv yili noxush voqea bilan boshlanadi. Kimdir janob Filchning mushugini o‘g‘rilab, maxfiy hujra haqida noma qoldirib ketadi. Garri maktabning sobiq o‘quvchilaridan bo‘lgan Tom Reddlning kundaligini topib oladi, unda ushbu hujrani Slizerinning haqiqiy avlodigina ochishi mumkinligi aytiladi. Maktabdagi ko‘ngilsiz hodisalarga nuqta qo‘yish uchun Garri va Ron maxfiy hujrani topishi kerakligini tushunib yetadi. “Frida” Ushbu film tarixda qolgan iste’dod egasi, meksikalik rassomning qisqa, ammo yorqin hayoti haqida hikoya qiladi. Salomatligida bolaligidanoq muammo bo‘lgan qizning ahvoli 15 yoshidagi avtohalokatdan keyin yanada yomonlashadi. Singan umurtqa tiklanishi uchun ko‘plab jarrohlik amaliyotlarini boshdan kechiradi. Xiyonatkor, zo‘ravon inson bilan turmush qurgani esa unga yanada katta zarba bo‘ladi. Frida o‘z turmushiga u bilan sodir bo‘lgan ikkinchi halokat deb ta’rif bergan. “Muvozanat” ( Equilibrium) Sujetga ko‘ra, Yerda totalitarizm hukmronlik qiladi va barcha tuyg‘ular taqiqda bo‘ladi. Unda “emotsional jinoyat qiladigan” barchani jazolaydigan politsiyachi Jin Prestonning o‘zi kunlardan bir kuni qoidalarni buzgan sherigini qatl qilishga majbur bo‘lib qoladi. Hamkasbining o‘limidan qattiq ta’sirlanib, unutganiga ancha bo‘lgan tuyg‘ularni his qila boshlaydi. Shunday qilib, uning o‘zi “emotsional jinoyatchi”ga aylanadi. “8-mil” Voqealar markazida musiqa olamida oq va qora tanlilar orasidagi mojarolar avj olgan bir pallada detroytlik reperning o‘z o‘rnini topishga bo‘lgan urinishi yotadi. Unda bosh qahramonni mazkur roli uchun MTV Awards’ning ikki mukofotiga sazovor bo‘lgan Eminem gavdalantirgan. Film uchun kuylagan Lose yourself qo‘shig‘i esa “Oskar”ga munosib deb topilgan. “Chikago” Roksi Xart ismli qiz Velma ismli yulduzga taqlid qiladi va u singari mashhur bo‘lishni istaydi. Unga yaqin bo‘lish uchun Velmaning menejeri ekanligini aytgan Fredo ismli kishi bilan uchrasha boshlaydi. Ammo vaqt o‘tib erkakning niyati boshqa bo‘lgani ma’lum bo‘ladi. Shundan keyin Roksi jahl ustida Fredoni o‘ldirib qo‘yadi. Velma esa parallel ravishda erining xiyonatidan xabar topib, uning o‘limiga sababchi bo‘ladi. Taqdir taqozosi bilan ularning har ikkisi ham qamoqxonada uchrashib qoladi. “O‘rgimchak odam” (Spider-man) Maktabda o‘qib, fotografiyaga qiziqadigan oddiy Piter Parker ismli yigit sinfdoshlari bilan muzeyga ekskursiyaga boradi. Shunda qo‘lini o‘rgimchak tishlab oladi. Ertasi kuni uyqudan turgan Piter ko‘rish qobiliyati yaxshilangani, kuchga to‘lib-toshgani va qo‘lidan o‘rgimchak to‘ri chiqarishi mumkinligini payqaydi. O‘zida kashf qilgan ushbu yangi qobiliyatni jinoyatchilarga qarshi qo‘llashga qaror qiladi. Shunday qilib, odamlar o‘rgimchak odam va uning yovuzlarga qarshi kurashishi haqida xabar topa boshlaydi. Bu rejissor Sem Raymining trilogiyasidagi o‘rgimchak odam haqidagi ilk film sanaladi. “Yovuzlik qarorgohi” (Resident Evil) Franshizaning birinchi qismida hayhotdek qo‘rg‘onda paydo bo‘lib qolgan Elis ismli qahramon o‘ziga nima bo‘lganini eslay olmaydi. U Umbrella korporatsiyasining maxfiy laboratoriyasidagi xatolar oqibatlarini bartaraf etish uchun binoga kirgan maxsus kuchlar guruhi tomonidan topiladi. Xato tufayli o‘limga sabab bo‘ladigan virus tarqab, barcha xodimlar zombiga aylangan bo‘ladi. Elis virusni yo‘q qilish uchun maxsus guruhga qo‘shilib, ichkariga kiradi. Film shunchalik muvaffaqiyatli chiqqanidan yana 5 ta qism suratga olingan.
73
5,462
Foto
Qish ertagi: Qor bilan qoplangan Yevropaning qush parvozi balandligidan olingan suratlari
Love Opium fotojurnali Yevropaning qush parvozi balandligidan olingan qishki manzaralari suratlarini e’lon qildi, deb yozadi “Bigmir.net”. “Uchuvchisiz uchar qurilmalar yilning eng sovuq va oppoq fasliga noodatiy tomondan nazar tashlash imkonini beradi”, — deya ta’kidlaydi nashr. Suratlar orasida Yevropaning qor bilan qoplangan shaharlari bilan bir qatorda tabiat manzaralarini ham ko‘rish mumkin. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
89
580
Foto
Biz qadog‘ini bir umr noto‘g‘ri ochib kelgan 10 ta mahsulot (foto)
AdMe qadog‘ini tezkorlik va qulaylik bilan ochish mumkin bo‘lgan o‘nta mahsulot ro‘yxatini keltirib o‘tdi. Tan oling, bularning ko‘pchiligini biz shu paytgacha bilmaganmiz. Bunday shakar o‘ramini Benjamin Eyzenshtadt ixtiro qilgan. Buning mohiyati oddiy: paketchani o‘rtasidan sindirish kerak, shunda shakarning hammasi chashkaga tushadi. Ko‘pchiligimiz esa paketchaning bir uchini yirtib olish bilan kifoyalanamiz. Banka ichiga taxlangan qog‘oz bo‘lagini qo‘ysangiz, uni yeyish ancha qulay bo‘ladi. O‘ramni qaychi yoki boshqa uchli buyum bilan teshish kerak bo‘ladi. Kartoshka atrofiga kesim tushiring. Uni qaynating, so‘ng sovuq suvda yuvib oling. Endi po‘stini qo‘lda “shilish” juda oson. Tic-tac qutisini ag‘daring, shunda donachaning o‘zi qopqoq ichidagi maxsus teshikchaga tushadi. Konteyner og‘zining chetida osilib turgan “tilcha”ni ko‘tarib, idish yuzasidan ko‘ndalangiga olib o‘tish kerak. Shunda qaymoq hech qanday muammosiz chashkaga quyiladi. Qahva idishining qopqog‘ini butunlay olib tashlash kerak emas. Uning ustida maxsus tiqin bor. Uni tiralib qolgunicha qayirish kerak, shunda u teshikchani yopib qoladi. Qutining og‘zi odatda bir tomonga yaqinroq qilib joylangan. Uni xuddi kanistrdan benzin quygandek, og‘zini yuqorida qoldirib quyish kerak. Shunda sharbat sachramasdan tushadi. Ochqichni o‘zimiz tomonga qaratib ushlaymiz va yurgizamiz, bir vaqtning o‘zida bankani aylantiramiz. Kokosning bir uchidan bir-biriga yaqin joylashgan uchta nuqtani toping. Ulardan birini uchli narsa bilan teshing va somoncha qo‘yib, iching. Kokosni yorish uchun shu uchta nuqtadan sal pastroqda xayolan aylana chiziq o‘tkazing va uni urib chiqing, shunda u yoriladi.
66
1,677
Foto
Birinchi uchrashuv: o‘z uy hayvonlari bilan ilk bor “tanishgan” odamlar (fotogalereya)
AdMe o‘z xo‘jayini bilan uchrashgan uy hayvonlarining ajoyib suratlarini to‘plab taqdim etdi. “Nihoyat kecha o‘z kuchukcham bilan uchrashdim!” Oilaga kirishdan rosmana xursand bo‘layotgan it “Qizimga kuchukcha yoqdi degan umiddaman” Birinchi uchrashuvni unutib bo‘lmaydi! “Bugun eng yaxshi do‘stim bilan uchrashdim!” Siz mushukni emas, mushuk sizni tanlaydi Tanishganidan xursand ko‘rinadi Eng yaxshi sovg‘a “Meni quchoqla, ey odam!” Evakuator haydovchisiga ham hamkasb kerak Yangi uyiga yo‘l olayotgan kuchuk “Uyga ketdikmi?” “Yangi do‘st paydo bo‘lganida eskini unutmaslik kerak”
86
593
Foto
Shimoliy Koreyadagi olti yulduzli mehmonxonaning “asl basharasi” (foto)
Pxenyanda joylashgan “Ryangan” mehmonxonasi Shimoliy Koreyadagi eng hashamatlisi hisoblanadi va “olti yulduzli” nomi bilan g‘ururlanadi, deb yozadi Travel Ask. Ushbu yopiq mamlakat fuqarolari mehmonxona haqiqatan ham maqtovga loyiq va lyuks darajadagi xizmatlari bilan farqlanadi, deb o‘ylaydi. Ammo TripAdvisor saytiga KXDRga safar qilgan sayohatchilar joylagan suratlarda mehmonxonaning “asl basharasi”ni ko‘rish mumkin. Ushbu saytda mehmonxonaning umumiy reytingi 2,5 ga teng (5 dan).
71
487
Foto
Fotogalereya: Chang ichidagi Pekin
Gobi cho‘lidan shamol keltirgan chang Xitoy shimolida havoni keskin ifloslantirib yubordi, deb xabar beradi Tjournal. Ilgariroq xabar qilinganidek, Pekin shahrida havoning PM2.5 zararli zarralari bilan ifloslanish darajasi keskin ravishda xavfsiz ko‘rsatkichdan oshib ketdi. Aytilishicha, zararli zarralarning havodagi konsentratsiyasi Xalqaro sog‘liqni saqlash tashkiloti belgilagan xavfsiz ko‘rsatkichdan 21 barobarga oshib ketgan. Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, 4-may ertalabki soatlarida poytaxtning ayrim tumanlarida PM2.5 zarralari zichligi 630 mkg / metr kubni tashkil qildi. Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari megapolisdagi havoning ahvolini aks ettiruvchi o‘nlab fotosuratlarni chop etib bormoqda.
34
710
Foto
Foto: Qorli Yevropa
Yevropa mamlakatlari 26-fevralda kuchli sovuq va qor bo‘roni ostida qoldi. OAV Sibirdan kirib kelgan bu hodisani “Sharqdan kelgan hayvon” deb atadi. Buyuk Britaniya meteorologlarining ma’lumotlariga ko‘ra, sovuq havo oqimi Shimoliy yarimsharda fevralning boshida bo‘lgan “stratosfera isishi” natijasida yuzaga kelgan. Sovuq havo oqibatida Bryussel shahri meri politsiyaga uysizlarni ularning ixtiyoriga qarshi bo‘lsa ham, issiq joylarga olib borish haqida topshiriq bergan, Italiyaning Rim shahrida esa olti yil ichida birinchi marta qor yog‘di. “Sharqdan kelgan hayvon” butun Yevropa bo‘ylab parvozlarning bekor qilinishiga va yo‘llarning yopilishiga sabab bo‘ldi. TJournal ijtimoiy tarmoqlarda Yevropadagi holatni aks ettirgan suratlarni jamlab, taqdim etdi.
19
760
Foto
Fotogalereya: Fotograf zebra va otning gibridini suratga oldi
Karina Meyvald — otlarni suratga olish bilan shuhrat topgan fotograf. U 6 yildan beri mana shu sohada faoliyat ko‘rsatadi. Yaqinda esa otlarni emas, balki zebraot — zebra va otning gibridini suratga oldi. Travel Ask ularni taqdim etdi.
61
235
Foto
Dunyodagi eng yaxshi temir yo‘l marshrutlari (foto)
National Geographic Traveler jurnali o‘zining avgust—sentabr oyidagi sonida uzoq masofaga mo‘ljallangan dunyoning eng yaxshi poyezlari haqida ma’lumotlarni taqdim etdi, deb xabar berdi Insider Pro. Belgrad — Bar temir yo‘l liniyasi 12 soat davomida yo‘lovchilarni Serbiya poytaxtidan Chernogoriyaning Adriatika qirg‘oqlariga qadar 435 ta ko‘prik va 254 ta tunneldan olib o‘tadi. Markaziy Amerika bilan tanishishning eng yaxshi usuli — California Zephyr temir yo‘li orqali sayohat uyushtirishdir. Ushbu yo‘l Rocky Mountains qorli tog‘ bag‘irlari va Serra-Nevada orqali o‘tib, Tinch okeani qirg‘oqlariga yetib boradi. Kanada temir yo‘l xizmatidan foydalanib Torontodan Vankuverga otlangan yo‘lovchilar uch kun davomida oltin preriyalar, ko‘plab ko‘llar va chiroyli shaharchalarning ko‘rinishidan bahra oladi. Royal Rajasthan on Wheels — bu poyezd bortidagi shohona kurort: u yerda hatto spa-salonlar ham mavjud! Yo‘lovchilar bir hafta davomida hind qal’alarini, ibodatxonalarini va Toj Mahalni tomosha qilishi mumkin. Glacier Express Shveysariya Alpidagi ikkita yirik tog‘ kurortini o‘zaro bog‘lab turadi — yo‘lovchilarni tog‘ yonbag‘rida joylashgan ajoyib manzaralar, maysazorlar va qishloqlar kutmoqda. Train to the Clouds Salta, Argentina va Chili chegarasiga qadar And tizmasi orqali o‘tib boradi. Bu dunyodagi eng baland tog‘ temir yo‘llaridan biri hisoblanadi. Shongololo Express yo‘lovchilari go‘zal tabiat qo‘riqxonalarini va Namibiya, JAR hamda Zimbabvedagi hunarmadlar bozorlarini tomosha qilish baxtiga muyassar bo‘ladi. Orient Express yo‘lovchilar o‘zlarini temir yo‘lning oltin asriga tushib qolgandek his qilishadi. Bu yerda to‘rt mahal shohona tushlik tortiladi. U ikki kun davomida London — Venetsiya yo‘nalishi bo‘yicha qatnaydi. Belmond Grand Hibernian poyezdi Irlandiya bo‘ylab harakatlanadi. Dublindan Kork yoki Belfastga sayohat qilganingizda uning ajoyib vagonlaridan bahramand bo‘lishingiz mumkin.
51
1,926
Foto
Turk aktyori Halit Ergenchning hayoti “Muhtasham yuz yil”dan keyin qanchalik o‘zgardi?
“Muhtasham yuz yil” serialida sulton Sulaymonni gavdalantirganidan keyin nafaqat Turkiya, balki butun dunyoda mashhurlikka erishgan turk aktyori Halit Ergenchning shaxsiy hayoti va karyerasi bilan bog‘liq ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etamiz. Dengizchi, xonanda, aktyor Halit taniqli aktyor, xonanda va kompozitor Sait Ergenchning oilasida dunyoga kelgan. Bolaligidan ijodkorona muhitda katta bo‘lgan aktyor musiqa va raqsga qiziqqan. Istanbul texnika universitetining dengiz fakultetiga o‘qishga kirgan, ammo mazkur muassasada tahsil olish unga qimmatga tushishini bilgach, hujjatlarini olib konservatoriyaga topshirgan. Aynan shu yerda u kelajakda u o‘zini teatr va kinoda ko‘rishni istashini tushunib yetgan. O‘qish bilan birga u operator va marketolog sifatida ham faoliyat olib borgan. Pul topish maqsadida turli tadbirlarda chiqish qilgan. Diplomni qo‘lga kiritgan vaqtida hali rejissorlar unga qiziqib ulgurmagani sabab, teatrda kichik rollar ijro qilishi va reklamalarda suratga tushishiga to‘g‘ri kelgan. Bora-bora unga omad kulib boqqan va filmlarda suratga tushish taklif qilina boshlangan. Uning ijrosidagi “Aliya” seriali va “Otam va o‘g‘lim” filmi mashhurlikka erishgan. Turkiya yulduzi Aktyor tanilishga ulgurganidan keyin AQShga jo‘nab ketgan va bir yarim yil davomida u yerda yashab Brodvey teatrida rol o‘ynagan. Qaytganidan keyin esa rejissorlar Amerikada ham tajribaga ega bo‘lgan aktyorni o‘z filmlarida ko‘rishni istab taklif bildira boshlagan. “Birinchi sevgi”, “O‘limga qadar” va “Bir ming bir kecha” loyihalarida ishtirok etgan. 2011-yilda esa unga “Muhtasham yuz yil” serialida bosh rol ijro qilish taklif qilingan. Tarixiy faktlarga o‘zgartirishlar kiritilgani sabab turli tanqidlar bo‘lganiga qaramay, loyiha Turkiyadan tashqarida ham mashhurlikka erishgan. “Serialning birinchi mavsum ekran yuzini ko‘rganidan keyin bizga oson bo‘lmagan. ‘Muhtasham yuz yil’ juda ham ko‘p tanqid qilingan. Ko‘pchilikka biz talqin qilgan Sulaymon obrazi yoqmagan. Ammo mening fikrimcha, hamma yaxshi surat chizolgan odam Sulaymonning suratini o‘zicha chizsa, rassomlar soni qancha ko‘p bo‘lsa, uning portretlari ham shuncha bo‘lardi. Mazkur fikr meni tanqidlarga e’tibor bermasligimga yordam berdi. Keyinroq esa Sulaymonning sevgiga to‘la, bag‘ri keng ekani sabab meni qahramonimni yaxshi ko‘ra boshladilar”, — degan aktyor. View this post on Instagram Ushbu serialning suratga olish ishlari yakunlanganidan keyin Halit biroz muddat dam olishni istab, ba’zi rejissorlarning taklifini rad qilgan. Tanaffusdan keyin esa “Vatanim sensan” serialida suratga tushgan. Ma’lumotlarga qaraganda, Ergench haqiqiy yulduz sifatida serialning yaratilish jarayonning barcha bosqichini nazorat qilgan va asosiy ayol qahramon rolini rafiqasi gavdalantirishini istagan. Ammo loyiha “Muhtasham yuz yil”chalik omadli chiqmagan. View this post on Instagram Aktyor suratga tushish bilan birga xonandalikni ham unutmaydi, konsert beradi va turli tadbirlarda chiqish qiladi. U qilayotgan ishini yaxshi ko‘radigan odamlar borligi muhimligi, o‘zi musiqa bilan shug‘ullanganida huzur-halovatni his qilishini ta’kidlaydi. Ajrashish va yangi hayot Halit 2007-yilda Gizem Soysaldi bilan turmush qurgan, ammo ularning turmushi 1 yil, ya’ni u suratga olish jarayonida Berguzar bilan tanishguniga qadar davom etgan. “Bir ming bir kecha” serialida tanishgan juftlik bir-biriga ko‘ngil qo‘ygan. Shundan keyin aktyor Gizem bilan ajrashishga qaror qilgan. Ko‘pchilik aktyorga loy chaplagan, Berguzar esa guldek oilani ajrashib ketishga sababchi bo‘lishda ayblangan. “Oradan shuncha vaqt o‘tishiga qaramay, odamlar hali ham bizning turmushimizni muhokama qiladi. Nima uchun ular bizni unuta olmaydi? Berguzarning birinchi turmushim buzilishiga aloqasi yo‘qligini yana bir marta takrorlashga majburman. Berguzar men behad yaxshi ko‘radigan va hurmat qiladigan rafiqam. Munosabatlarimiz boshlanganida biz qiyinchiliklarga tayyor edik. Rafiqamga nisbatan ayblovlaringiz hech nimani o‘zgartirmaydi. Shu bois hurmat ko‘rsatishingiz va turmush o‘rtog‘imni haqorat qilmasligingizni talab qilaman”, — degan Ergench. Bundan tashqari, “Muhtasham yuz yil”ning suratga olish vaqtida ko‘pchilik u va Maryam o‘rtasida ishqiy munosabatlar bor deb hisoblagan. Aktyorlar ular shunchaki rolini professional ijro qilayotganini bir necha marta tushuntirishiga to‘g‘ri kelgan. Bu kabi mish-mishlar ko‘p ekaniga qaramay, juftlik 10 yildan ortiq vaqt davomida baxtli hayot kechirib kelmoqda. Ular ilk bor 2010-yilda, 2020-yilda esa ikkinchi marta farzandli bo‘lgan. Ikki nafar o‘g‘il — Ali va Xonning ota-onasi bo‘lgan yulduzlar nafaqat karyera balki, shaxsiy hayot borasida ham muvaffaqiyatga erishib ulgurgan.
86
4,706
Foto
Vladimir Putin aks etgan eng mashhur jurnallar muqovalari (fotogalereya)
“Vedomosti” Rossiya prezidenti Vladimir Putin 18 yil davomida qaysi jurnallar muqovalarida aks ettirilganini yodga oldi. 2000-yil mart. Time jurnali. “Soyadan chiqish. Ammo Rossiyaning keyingi prezidenti bo‘ladigan odam jumboq bo‘lib qolmoqda” nomli maqola chop etildi. 2001-yil yanvar. Time jurnali. “Putin Rossiyasi. Prezidentning avtoritarligi oshib borgani sari, mashhurligi ham o‘sib bormoqda”. 2003-yil noyabr. Time jurnali. YuKOS rahbari Mixail Xodorkovskiy hibsga olinganidan keyin “Rossiya prezidenti boshqaruvning sovetcha uslubiga qaytayaptimi?” degan maqola chiqarildi. 2006-yil 16-dekabr. The Economist jurnali. Rossiya tomonidan energetika resurslari “suiiste’mol qilinayotgani haqida “Rossiya bilan o‘ynashmang” sarlavhali maqola chop etildi. 2007-yil. Time jurnali Putinni mamlakat iqtisodiyotini mustahkamlash yo‘lidagi harakatlari uchun “yil odami” deb e’lon qildi. 2008-yil 16-avgust. The Economist Rossiyaning Gruziya bilan qurolli nizosidan keyin “Rossiya qayta tiklanmoqda. G‘arbning javobi qanday bo‘ladi?” degan maqola chiqardi. 2014-yil yanvar. Sochidagi Olimpiada arafasida The New Yorker muqovasida Vladimir Putin figurachi sifatida tasvirlandi. 2014-yil 10-mart. Germaniyaning Der Spiegel jurnali. Muqovadagi sarlavha: “Qasddan o‘t qo‘yuvchi. Putinni kim to‘xtatib qoladi?” 2014-yil mart. Qrim Rossiyaga qo‘shilgach, The Economist “Yangi dunyo tuzumi” sarlavhali maqola chiqardi. 2014-yil avgust. Malayziya Boeing’i halokatidan so‘ng Time “Ikkinchi sovuq urush. G‘arb xavfli o‘yinda Putinga yutqazmoqda” sarlavhali maqola chop etdi. 2016-yil avgust. The Week “Putin tomonidan kuchning namoyon qilinishi. Moskva AQSh siyosatiga aralashyaptimi?” sarlavhali maqola chiqardi. 2018-yil aprelida muqovasida Putin egniga kostyum, boshiga toj kiygan holatda tasvirlangan Time jurnali chiqadi. Muqovaga qaraganda, Mixail Zigarning “Yuksalib borayotgan sar. Vladimir Putin yuqorida qolishni qanday rejalashtirmoqda?” sarlavhali maqolasi chiqadi.
72
1,974
Foto
Foto: O‘z qo‘llari bilan go‘zallik yaratishga muvaffaq bo‘lgan kishilarning ijod mahsuli
Biroz vaqt ajratib, kreativlikni ishga solgan holda o‘ziga xos narsa hamda buyumlarni bir-biridan ajoyib ijod mahsuli muhrlangan kadrlarni e’tiboringizga havola qilamiz. “Bu mening uy sharoitida limonli konfet va sharbatdan tayyorlagan biskvitim”. “Eng quvnoq odamlar uchun krujka tayyorlayapman. Uyg‘onishim bilan tabassum qildim”. “Va nihoyat 66 sm balandlikdagi skulpturani bitirdim”. Oddiy mato va kreativlik bilan san’at asari yaratish mumkin. “Hammaning didiga to‘g‘ri kelavermagani bilan shunday ijod namunalari yaratishni yaxshi ko‘raman”. O‘ziga xos narsalar yaratish uchun ishlatilgan materiallardan ham foydalansa bo‘ladi. “Bobomdan qolgan krujka. Uning do‘sti kulol bo‘lgan”. “Pyure, non va tovuqdan tayyorlangan tort”. View this post on Instagram Havo sharlaridan yasalgan ajoyib skulptura. Sabzidan tayyorlangan pirog. “Birinchi marta loydan narsa yasashning uddasidan chiqdim”. View this post on Instagram Rassomning go‘yo plastikka o‘ralgandek tasavvur uyg‘otadigan suratlari. “Didsiz, ammo a’lo bajarilgan, deb baho berilgan ijod mahsulim”. “Abstrakt gullarni chizishni yaxshi ko‘raman”. View this post on Instagram “Jun matosidan tikilgan ajoyib shakllar”.
88
1,234
Foto
Foto: Metro installyatsiyasiga aylantirilgan 80 yillik eskalator
Sidney (Avstraliya) metropolitenining Wynyard stansiyasida yo‘lovchilar boshi uzra osilib turuvchi cheksizlik halqasiga o‘xshash Interloop installyatsiyasi ochildi, deb xabar berdi TJournal. Og‘irligi 5 tonna keladigan konstruksiya ushbu metroda ishlagan eski eskalator qismlaridan yig‘ilgan. Installyatsiyani Sidney universitetining arxitektura professori Kris Foks yaratdi. Birinchi yog‘och eskalator stansiyaga 1931-yilda o‘rnatilgan. Keyinroq u zamonaviy po‘lat eskalatorlarga almashtirilgan.
64
497
Foto
Xitoydagi osmono‘par bino qurilishi (foto)
Zahi Hadid arxitektura byurosi Pekindagi Leeza Soho minorasini qurishda davom etmoqda. Kompaniya binoning ikki qismini bog‘lovchi atrium aks etgan oq-qora suratlarni e’lon qildi. Binoning qurilishini 2018-yilda tugatish rejalashtirilmoqda. 46 qavatli binoda do‘konlar va ofislar joylashadi. TJournal qurilish aks etgan suratlarga e’tibor qaratdi.
42
346
Foto
Tojikistonda oʻtgan harbiy mashqlar, Shotlandiyada start olgan kiyik ovi, dengizda qutqarilgan muhojirlar — 19 oktyabr suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz. Gaitida zoʻravonlikka qarshi ommaviy norozilik namoyishlari oqibatida tartibsizlik kelib chiqdi. Oʻrta yer dengizining Liviya qirgʻoqlaridan 35 mil uzoqlikda afrikalik muhojirlar qutqarib qolindi. Qrimda Rossiya dengiz qoʻshinlarining jihozlanmagan qirgʻoqqa tushish mashqlari boʻlib oʻtdi. Neapolda haykallar boshiga preslangan qogʻozdan yasalgan kalla skeletlari kiydirib ketildi. Londonda Deni Vilnevning «Dyuna» deb nomlangan filmi premerasi boʻlib oʻtdi. Suratda bosh rol ijrochisi Zendaya Koleman. Shotlandiyada kiyik ovlash mavsumi fevral oyi oʻrtasigacha davom etadi. Chilida jamoat transportida yoʻlkira haqi oshishiga qarshi norozilik namoyishlari tinmayapti. Namoyishchilar ijtimoiy-iqtisodiy tengsizlikning oldini olish boʻyicha choralar koʻrishni talab qilmoqda. Nyu-York markazida akril bilan bezatilgan bir necha qavatli fontan oʻrnatildi. Tojikistonda KXShTga a‘zo mamlakatlar harbiylari oʻrtasida mashgʻulotlar boʻlib oʻtdi. Kambodjaning Chamkar-man qishlogʻida bolalar voleybol oʻynamoqda.
128
1,068
Foto
Fotogalereya: Mashhurlarning qiyofadoshlari
AdMe mashhurlarga ikki tomchi suvdek o‘xshash oddiy odamlarning suratlarini to‘plab taqdim etdi.
43
96
Foto
Belgiyalik ona tomonidan o‘g‘liga tayyorlangan san’at asari darajasidagi nonushtalar (foto)
53 yoshli Iolanda Stokkermans deyarli dunyo miqyosida shuhrat qozondi. Belgiyada yashovchi ayol har doim ishtahasi yaxshi bo‘lmagan o‘g‘lining nonushtasini tayyorlashga ijodiy yondashadi. Buning uchun Iolanda likopchada oddiy mahsulotlardan hayvon va multfilm qahramonlarni tasvirlaydi. Ayol yaratgan tasvirlar shunchalar mukammalki, ular xuddi tirikka o‘xshaydi. Hozirda Iolanda o‘z blogini yuritadi va u yerda tayyorlagan nonushta suratlarini joylashtiradi. Kasbi bo‘yicha grafik dizayner bo‘lgan ayol (aftidan, bu uning g‘oyalarini amalga oshirishda katta yordam bergan), hatto g‘ayrioddiy uslubda pishirish bo‘yicha pazandalik biznesini ham ochgan. Iolanda tayyorlagan nonushtani ko‘rgan ba’zi kuzatuvchilar bunday san’at asarini tanovul qilishga ko‘z qiymasligini ta’kidlaydi.
91
783
Foto
Kaliforniya qirgʻoqlariga sizib chiqqan neft oqimi, Anqaradagi qushlar tanlovi, Palma orolida otilgan vulqon — hafta suratlari
Haftaning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz. Kaliforniyaning Xantington-Bich sohiliga katta miqdorda neft oqib keldi. Anqarada Otaturk kubogi doirasida qushlar tanlovi boʻlib oʻtdi. Ispaniyaning Palma orolida vulqon otilishi hafta davomida davom etdi. Lids universitetida talabalar ranglar bayramini nishonlamoqda. Buyuk Britaniyaning Saffolk shahridagi «Africa Alive» hayvonot bogʻida gepard bolasi tugʻildi. Indoneziyaning Palu shahridagi maktab-madrasa oʻquvchilari. Germaniyaning Gessen shahrida kun botishi. Shveysariyaning Kintal kommunasidagi alpaka chorvachilik fermasi. Rio de Janeyro plyajida dam olayotgan sayyohlar. Germaniyaning Baden-Vyurtemberg federal yerida tonggi tuman.
126
704
Foto
“Muhtasham yuz yil” dagi Mehrimoh — Pelin Karaxanning uch qavatli koshonasiga sayohat (foto)
“Muhtasham yuz yil” serialida sulton Sulaymonning qizi rolini gavdalantirganidan keyin mashhurlikka erishgan turk aktrisasi Pelin Karaxanning uch qavatli, hashamatli uyi suratlarini e’tiboringizga havola etamiz. Keng, dizaynerlik mebellari bilan qoplangan hamda oilaviy dam olish mumkin bo‘lgan katta mehmonxonada uyning o‘ziga xosligi aks etgan. Aynan shu mehmonxonadan hovuzli terrasaga chiqsa bo‘ladi. Uyning oldidagi maydonda joylashgan bog‘ yashil maysalar bilan qoplangan. Pelin bergan intervyusida butun umri davomida shunday uy haqida orzu qilganini ta’kidlagan. “Men hayhotdek uy, farzandlar va turmush o‘rtoq haqida orzu qilgan oddiy qiz bo‘lganman. Endilikda bularning barchasi borligi sabab men o‘zimni baxtli inson deb hisoblayman”, — deydi yulduz. Ko‘p vaqtini oshxonada o‘tkazadigan aktrisaning pazandalik shousi ham aynan shu yerda suratga olinadi. Devordagi naqshlar va oq rangli shkaflar oshxonaning shinam ko‘rinishiga sabab bo‘ladi. Umuman olganda, Pelin interyer dizayni borasida yorqin detallarni yaxshi ko‘radi. Uning uyida zamonaviy san’at asarlari va noodatiy mebellarni uchratish mumkin. Shunga qaramay, xona devorlari rangining och ekani kishi e’tiborini o‘ziga tortadi. Yotoqxonada ham gulli suratlar bilan bezalgan pannoni ko‘rish mumkin. U dizaynerlarning uy loyihasini ishlab chiqish jarayonida bevosita ishtirok etgani sabab ham interyerlar o‘ziga xos va noodatiyligi bilan kishini o‘ziga jalb qiladi.
92
1,439
Foto
1-aprel – hazil kuni turli mamlakatlarda qanday nishonlanadi? (foto)
1-aprelda dunyoda norasmiy xalqaro bayram – kulgi yoki hazil kuni nishonlanadi. Aynan shu kunda do‘stlarni aldash yoki hazil qilish odat tusiga kirgan. Yangi Zelandiya, Irlandiya, Buyuk Britaniya, Avstraliya va Janubiy Afrikada hazil qilish kunning birinchi yarmigacha bo‘ladi va bu vaqtdan keyin hazillashganlar “aprel tentaklari” deb nomlanadi. Bayram tarixi Bayram kuni ixtiro qilingan mamlakat haqida bir necha versiyalar mavjud. Ularning biriga ko‘ra, bayram qadimgi Rimda paydo bo‘lgan va kulgi ma’budi sharafiga nishonlash bilan bog‘liq. Boshqa variantlarga ko‘ra, bayram qadimgi Hindistonda paydo bo‘lgan va u yerda 31-mart kuni nishonlanadi. Bundan tashqari, dastlab Hindiston va Qadimgi Rimda 1-aprel kuni bahoriy tenglik kuni sifatida ham bayram qilingan. Shu munosabat bilan bu kunda turli xil hazillar, o‘yin-kulgilar uyushtirilgan. Shunday qilib odamlar tabiatni bahorgi injiqliklaridan tinchlantirishga harakat qilgan. Ayrim manbalarga ko‘ra, 1-aprel Grigoriy taqvimiga o‘tish bilan bog‘liq. O‘rta asrlarda Yangi yil mart oyining oxirida kutib olingan va aprelning ilk kuniga qadar davom etgan. XVI asr o‘rtalarida Fransiya qiroli Karl IX Yangi yilni 1-yanvarga o‘tkazib, taqvimni isloh qilgan. Ammo ko‘pchilik uni 1-aprelda nishonlashda davom etavergan. Shundan so‘ng ularni “aprel tentaklari” deb atashgan va o‘shandan buyon 1-aprel kulgi kuni sifatida qabul qilingan. XVIII asrga kelib bayram ommalashgan. Ingliz, shotland va fransuz koloniyalarida ham keng tarqalgan. Qadimgi slavyanlarda esa ushbu bayram “uy odami”ni uyg‘otish sifatida nishonlanadi. Ular “uy odami” qishda uyquga ketadi va bahorda uyg‘onadi deb ishonishgan. Shuningdek, ular ham bu kunda kulgili kiyimlar kiyib, bir-birlari bilan hazillashgan. Angliyada esa hazil va aldash kunning birinchi qismiga qadar qabul qilinadi. Kunning ikkinchi yarmidagi hazillar esa omadsizlik keltiradi, degan qarashlar mavjud. Germaniyada 1-aprel kuni ishlamaslik va yangi ish boshlamaslikka harakat qilinadi. Kattalar orasida aqlbovar qilmas hikoyalar aytilsa, yosh bolalarga kabutar suti, chivin yog‘i olib kelish kabi imkonsiz bo‘lgan topshiriqlar beriladi. Portugaliyada hazil kuni yakshanba va dushanba kunlari Pasxa bayramidan oldin keladi. Shu kunda odamlar bir-biriga un sepadi. Ispaniyada xuddi shu bayram 28-dekabrda nishonlanadi. Fransiyada esa ushbu kunda odamlar bir-biriga qog‘ozdan yasalgan baliqni ehtiyotkorlik bilan yopishtirib qo‘yadi va ular “aprel baliqlari” deb ataladi. Hindistonda esa mazkur bayram Holi festivali deb nomlanadi. Ular 31-mart kuni bir-birlariga bo‘yoq sepadi, olov ustidan sakrab, bahor kelishini shu tarzda nishonlaydi.
68
2,635
Foto
Idlibda qurilgan briket uylar, Italiyada eshkakchilar, Namanganda karting poygasi — 3 aprel suratlari
Suriyadagi urushdan eng koʻp aziyat chekkan hududlardan biri — Idlib viloyatida Turk Qiziloy nodavlat-notijorat tashkiloti tomonidan beton briketlardan hudud aholisi uchun uylar qurilmoqda. Bugun besh mingta qurilishi moʻljallangan uylarning 784 tasi bitkazilib, unga oilalar joylashtirildi. Uylarning har birining maydoni 35 metr kvadratni tashkil qiladi. Bugun Namangan viloyatining Uchqoʻrgʻon tumanida «Formula-1»dan qolishmaydigan karting musobaqasi oʻtkazildi. Unda yetti yoshdan yetmish yoshgacha boʻlgan barcha karting ixlosmandlari ishtirok etdi. Musobaqa yakunida gʻoliblar taqdirlandi. Poygadan fotolavhalarni tomosha qilishingiz mumkin. Italiyada eshkak eshish boʻyicha Yevropa chempionati va Tokio olimpiadasiga yoʻllanma uchun boʻladigan bahslarda ishtirok etuvchi atletlar Vareze koʻlida tayyorgarlik mashgʻulotlarini oʻtkazmoqda. Jarayondan olingan ajoyib suratlarni e'tiboringizga havola etishdan mamnunmiz.
101
924
Foto
Fotogalereya: Yaponiyadagi noodatiy hojatxonali uylar
Yaponiyaning Totigi prefekturasida yashovchi muxbir va tarjimon Piter Durfi savdoga qo‘yilgan noodatiy uylarning sxemasini o‘zining Twitter’dagi sahifasida e’lon qilib boradi. U markaziy yoki eng katta xonalar hojatxonaga aylantirilgan uylarga e’tibor qaratdi, deb yozmoqda TJournal. Mazkur kvartira 840 dollarga ijaraga berilgan. Undagi uzun xona — hojatxona. Hojatxona uyning kirish qismida joylashgan. Hojatxonaga kirish uchun umumiy foydalanishdagi zinadan o‘tish kerak. Uyning barcha xonasiga faqat hojatxona orqali kiriladi. Hojatxona uyning eng katta qismini egallagan. Markazdagi lift hojatxona va yuvinish xonasiga olib chiqadi. Tashqi tomonda esa boshqa xonalar joylashgan. Dahlizga chiqish hojatxona orqali.
53
724
Foto
Fotogalereya: Uy hayvonlarining “qilmishlari” aks etgan suratlar
Uy hayvonlari qing‘ir ish qilib qo‘ysa ham hamisha o‘z egalarining yoqimtoyi bo‘lib qolaveradi. Uy hayvonlari tomonidan yetkazilgan zarar aks etgan “jinoyat” izlarini ijtimoiy tarmoqlarga joylash odat bo‘lib qoldi. Quyida ana shunday qiziqarli fotosuratlarni e’tiboringizga havola etamiz.
64
288
Foto
Xitoylik yigit itining yungini parvarishlashga minglab dollar pul sarflaydi (foto)
Kevin Chan ismli 29 yoshli xitoylik yigit Bettl laqabli afg‘on tozisi zotiga mansub itining yungini parvarishlashga minglab dollar pul sarflaydi, deb yozadi Big Picture. Gruming (SPA, yungni parvarishlash, professional manikyur) vositalarining o‘zi uchun yigit 100 ming yuan (14,5 ming dollar) sarflaydi. Bundan tashqari, har oyda 4500 yuan (650 dollar) it uchun shampun va kosmetikaga xarj qilinadi. Haftasiga olti-sakkiz soat vaqtini Kevin itining yungini tarashga sarflaydi. “U oilamiz a’zosiga aylanib qolgan, shu sababli unga vaqt va pulimni sarflashga qarshi emasman”, — dedi yigit. Har kuni Kevin itning yungiga maxsus eritma purkab, taraydi va maxsus upa sepib qo‘yadi. Itiga shuncha vaqt va mehnat sarflaganidan keyin Kevin Chan uning suratlarini ijtimoiy tarmoqlarda ko‘z-ko‘z qilishni ham unutmaydi.
82
814
Foto
Fotogalereya: La-Mansh to‘fonlarini “pisand” qilmaydigan poyezdlar
Britaniyalik sinoptiklar hafta oxiriga kelib ob-havoning yomonlashishi haqida ma’lum qildi. Reuters agentligi Ekseter va Plimut oralig‘idagi temiryo‘l tarmog‘i sohilbo‘yi qismlaridan birining antiqa suratlarini chop etdi. “Gazeta.ru” esa La-Mansh bo‘g‘ozi orqali o‘tayotgan poyezdlar suratlarini taqdim qildi. Suratlarda yo‘lovchi poyezdlarining Devon grafligidagi Dolish stansiyasi atrofidagi suv to‘sig‘idan o‘tayotganligi aks ettirilgan. Buyuk Britaniya janubi-g‘arbidagi Dolish shahri temiryo‘l stansiyasi yonidagi poyezdlar, 2017-yil 2-fevral Dolish shahri temiryo‘l stansiyasidagi yo‘lovchilar, 2017-yil 2-fevral Buyuk Britaniya janubi-g‘arbidagi noqulay ob-havo sharoitida cho‘milayotgan odam, 2017-yil 2-fevral Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
66
897
Foto
Pokiston va Oʻzbekiston rahbarlari uchrashuvi, Avstraliyada tabiiy ofatlar, AQShdagi namoyishlar, Tailanddagi «tirik murdalar» — 14 aprel suratlari
Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi bosh vaziri Imron Xonning 14 aprel kuni  videoanjuman shaklidagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Myanmada 1 fevraldan buyon harbiylar tomonidan amalga oshirilgan davlat toʻntarishiga qarshi xalq noroziligi hamon davom etmoqda. Shu paytgacha mamlakat harbiylari tomonidan 700 dan ortiq namoyishchi oʻldirilgan. Odamlar 300 dan ziyod san'at asarlari taqdim etiladigan Van Gog koʻrgazmasiga tashrif buyurmoqda. Tailand poytaxti Bangkok shahrida odamlar Budda ibodatxonasidagi tobutlar ichida yotibdi. Mazkur ritual yordamida ular oʻzlarini yomonliklardan asrashlariga va baxtli boʻlishga ishonadi. Rimdagi Biopark hayvonot bogʻidan oʻgʻirlab ketilgan Gladio laqabli oq Bengal yoʻlbarsi oʻz uyiga qaytarildi hamda u xavfdan yiroq yashashda davom etmoqda. Paragvaydagi Serro botqoqligi sanoat korxonalari sababli pushti tusga kirib qolgan edi. Ammo Leonardo Di Kaprio kabi tashabbuskorlarning sa'y-harakatlari bilan u oʻz holiga qaytdi. Botqoq gullari va suvi oʻzlarining avvalgi yashil ranglarini qaytardi. Artist Bryus Munro tomonidan yaratilgan Kaliforniyadagi optik tolali quyoshdan quvvat oladigan chiroqlar maydoni. Gʻarbiy Avstraliya bugun kuchli toʻfon bilan toʻqnashdi. Mazkur tabiiy ofat natijasida koʻplab uylarning tomlari uchib ketdi, daraxtlar ildizidan chiqib ketdi. Mana shunday uylardan birining oldida turgan kenguru. 13 apreldan buyon butun dunyo musulmonlari muqaddas Ramazon oyini oʻtkazmoqda. Jumladan, olis Meksika musulmonlari ham mazkur oyda ibodatlar bilan mashgʻul boʻlmoqda. Hadislarda mazkur oyda qilingan ibodatlarning savobi qolgan oylarda qilingan ibodatlar savobidan ming karra afzal ekani aytiladi. AQShning Minnesota shtati qora tanlilar bilan bogʻliq yana bir holat bilan toʻqnash kelib turibdi. 20 yoshli Daunte Rayt polisiya xodimi tomonidan otib oʻldirilgani ortidan shtatda yana norozilik namoyishlari avj olib ketdi. Pandemiya sabab 2021 yilga qoldirilgan Tokio olipiadasi mash'alasi mamlakat boʻylab sayohatini davom ettirmoqda. Bugun u Osaka shahriga yetib keldi. Tailandda koronavirusga qarshi test topshirayotgan kishi. Mamlakatda bugun 1000 kishida koronavirus aniqlandi hamda kunlik antirekord yangilandi. Pokistonda Tahriki Labbayk partiyasi liderining hibsga olinishi ortidan uning tarafdorlari norozilik namoyishlariga chiqdi. Indoneziyadagi eng faol vulqon — Maunt Merapi harakatga keldi. Turkiyada davom etayotgan Tour of Turkey velopoygasi davomida kameraga tushib qolgan eshak. Buyuk Britaniya qirgʻoqlaridan birida soʻnggi 60 yillikning eng yirik qum koʻchkisi sodir boʻldi. 4000 tonna qum koʻchishi oqibatida plyaj toʻsilib qolgan. Hindistondagi muqaddas bayram paytida shahar boʻylab motosiklda aylanib yurgan rohiblar. Hindistonning Chennai shtatidagi aholi Vishu festivali davomida ibodatxonaga ehsonlarni olib kelmoqda. Istanbulning Moviy masjidi oldida yurgan turist. Turkiyada karantin talablari kuchaytirilmoqda. Dam olish kunlari koʻchaga chiqish taqiqlangan.
147
2,961
Foto
Insoniyat tarixidagi eng qudratli va badavlat odamlar (foto)
Novate insoniyat tarixidagi eng qudratli va badavlat kishilar reytingini e’lon qildi. Boyligi hozirgi qiymatda taxminan 165 milliard dollarga teng bo‘lgan Tug‘ilgan yili: 1794 Tug‘ilgan joyi:  AQSh Kasbi: avval dengiz, keyinroq temiryo‘l orqali ham yuk yetkazib berish bilan shug‘ullangan. Boyligi hozirgi qiymatda taxminan 168 milliard dollarga teng bo‘lgan Tug‘ilgan yili: I asr Tug‘ilgan joyi: Vizantiya Kasbi: imperator Boyligi hozirgi qiymatda taxminan 170 milliard dollarga teng bo‘lgan Tug‘ilgan joyi: Qadimgi Rim Kasbi: sarkarda, siyosatchi. Ko‘chmas mulk va qullar savdosi, shuningdek, kumush qazib chiqarish bilan shug‘ullangan. Boyligi hozirgi qiymatda taxminan 186 milliard dollarga teng bo‘lgan Tug‘ilgan yili: 1863 Tug‘ilgan joyi: AQSh Kasbi: Ford Motor Company asoschisi Boyligi hozirgi qiymatda taxminan 188 milliard dollarga teng bo‘lgan Tug‘ilgan yili: 1855 Tug‘ilgan joyi: AQSh Kasbi: banker, biznesmen, sanoatchi Boyligi hozirgi qiymatda taxminan 230 milliard dollarga teng bo‘lgan Tug‘ilgan yili: 1886 Tug‘ilgan joyi: Hindiston Kasbi: Haydarobod knyazligi hukmdori Boyligi hozirgi qiymatda taxminan 239 milliard dollarga teng bo‘lgan Tug‘ilgan yili: 1821 Tug‘ilgan joyi: AQSh Kasbi: otasi Kornelius Vanderbilt asos solgan temiryo‘l kompaniyasi prezidenti Boyligi hozirgi qiymatda taxminan 300 milliard dollarga teng bo‘lgan Tug‘ilgan yili: 1868 Tug‘ilgan joyi: Rossiya imperiyasi Kasbi: Rossiya imperatori Boyligi hozirgi qiymatda taxminan 310 milliard dollarga teng bo‘lgan Tug‘ilgan yili: 1835 Tug‘ilgan joyi: Shotlandiya Kasbi: sanoatchi, po‘lat magnati Boyligi hozirgi qiymatda taxminan 340 milliard dollarga teng bo‘lgan Tug‘ilgan yili: 1839 Tug‘ilgan joyi: AQSh Kasbi: neft magnati
60
1,718
Foto
Vaqt va yillar ta’sir qilmagan mashhurlar (foto)
Ba’zi mashhurlarning ko‘rinishi yillar davomida o‘zgarmaydi. Ko‘pchilik ularga havas qiladi, chunki ular 10 yil oldingi holatidan ham yoshroq ko‘rinadi. AdMe ularning suratlarini taqdim etdi. Mila Kunis Liv Tayler Kanye Uest Beyonse Adam Levin Elayja Vud Farrell Uilyams Keyt Uinslet Gabriel Yunion Yeva Mendes Jared Leto Kristi Tarlington Gvinet Peltrou Riz Uizerspun Jessika Alba
48
395
Foto
Fotogalereya: Har qanday muammoni hal qiladigan ota-onalar
Chaqaloqlar oilaga nafaqat quvonch olib keladi, balki ota-onalar yelkasiga bir qator majburiyatlarni ham yuklaydi. Mazkur majburiyatlarni bajarishda ota-onalar har qanday muammoni hal qilishga tayyor bo‘ladi. AdMe yosh bolalar bilan bog’liq bir qator muammolarning yechimlari aks etgan suratlarni taqdim etdi.
58
309
Foto
Foto: Yevropadagi eng chiroyli Yangi yil archalari
2020-yilning dekabr oyi boshida Europen Best Destinations tashkiloti  mutaxassislari tomonidan Yevropada eng chiroyli Rojdestvo archalari reytingi tuzildi. Ushbu reytingda birinchi o‘rinni Vilnyusdagi ( Litva) ajoyib ko‘rinishga ega bo‘lgan bayram archasi oldi. Ikkinchi o‘rin esa Strasburgdagi (Fransiya) bayramona archaga nasib etdi. Pragadagi (Chexiya) Rojdestvo archasi kuchli uchlikni yakunladi. Litva, Vilnyus Fransiya, Strasburg Chexiya, Praga Yevropaning boshqa mamlakatlarida yasatilgan archalar
50
512
Foto
G‘ildirakli xonadondan temir qafasgacha: dunyodagi eng mitti uylar (fotogalereya)
Ba’zilarning talabga to‘la javob beradigan uy-joy sotib olishga qurbi yetmaydi, shunda vaziyatga juda kichik xonadon yechim bo‘lib xizmat qiladi. U ba’zan shunchalik mitti bo‘ladiki, ba’zilarning omborchasi yoki kiyinish xonasi ham undan kengrong bo‘lishi mumkin. “Marketium” aynan ana shunday uylar haqida hikoya qiladi.
81
321
Foto
Fotogalereya: Yaponlar Olimpiya o‘yinlarning medallarini yasash uchun keraksiz buyumlarini topshirmoqda
Tokioda 2020-yilgi Yozgi Olimpiada tashkilotchilari 2019-yilning mart oyi oxiriga qadar medallarni qayta ishlash uchun eski gadjetlarni to‘plamoqchi ekani xabar qilingan edi. Yapon xalqi uyidagi barcha keraksiz smartfon, texnika va kompyuter qismlarini tashkilotchilarga topshirmoqda, deb yozadi Travel Ask.
103
307
Foto
2017-yilda yashash uchun eng qimmat 10 shahar (foto)
Demographia tadqiqotlar tashkiloti dunyoning turli nuqtalarida yashash narxlari haqidagi 13-yillik hisobotini e’lon qildi. Bu haqda “Vc.ru” xabar berdi. Tadqiqotchilar dunyoning to‘qqizta davlati — AQSh, Avstraliya, Kanada, Gonkong, Irlandiya, Yaponiya, Yangi Zelandiya, Singapur, Buyuk Britaniyadagi 406 ta katta shaharlarning ko‘chmas mulk bozorlari haqidagi ma‘lumotlarni o‘rganib chiqdi. Demographia hududlardagi o‘rtacha yashash narxi va ish haqi darajasini qiyoslab chiqdi. Olingan farqlarga asoslanib, tadqiqotchilar hududda yashash narxi va aholi daromadlari o‘rtasida nisbatan katta farq bo‘lgan shaharlarni aniqladi. 2017-yilda yashash uchun eng qimmat bo‘lgan shaharlar o‘ntaligi: 1. Gonkong (Gonkong) 2. Sidney (Avstraliya) 3. Vankuver (Kanada) 4. Oklend (Yangi Zelandiya) 5. San-Xose (Italiya) 6. Melburn (Avstraliya) 7. Gonolulu (AQSh) 8. Los-Anjeles (AQSh) 9. San-Fransisko (AQSh) 10. Bornmut va Dorset (Buyuk Britaniya) Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
52
1,118
Foto
Toshkentdagi yomg'irlar mavsumi, vertolyotdan bekingan askar, urush shifoxonasiga aylantirilgan tug'ruqxona — 11 mart suratlari
Dunyoning turli burchaklarida olingan eng sara suratlar to'plamini e'tiboringizga havola etamiz. Evropa Ittifoqi rahbarlari Parij yaqinidagi Versal shahridagi Versal saroyida norasmiy sammitga yig'ildi. Gondurasda giyohvand moddalarga qarshi politsiya xodimlari 8500 kilogramm og'uni yoqib yubordi. Litva poytaxti Vilnyus shahrida mamlakat mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan bo'lib o'tgan mitingda odamlar Ukraina bayrog'ini namoyish qildi. Filippinda “Greenpeace” ekologik harakati a'zolari mamlakat hukumatining atom energiyasini ko'paytirish haqidagi qaroriga nisbatan norozilik bildirdi. Taqlidchi Dom Charland Nyu-Yorkdagi osmono'par binoda Betmen kiyimida suratga tushmoqda. Yaponiyaliklar Fukucimada yuz bergan tsunami qurbonlarini xotirlamoqda. Bundan 11 yil oldin Yaponiyaning Fukusima prefekturasida zilzila oqibatida tsunami yuz bergan edi. Kievdagi tug'ruqxona bombardimondan so'ng urush yaradorlariga xizmat ko'rsatadigan shifoxonaga aylantirildi. Bir necha kundan buyon Toshkentda yomg'ir yog'ishi kuzatilmoqda. Yomg'ir ostida non tarqatib yurgan yigit. Yomg'ir bo'lishiga qaramasdan YPx xodimlari o'z vazifasini bajarmoqda. Toshkentdagi yomg'ir aks etgan suratlarni bu yerda tomosha qilishingiz mumkin. Ukrainaning Odessa shahrida odamlar rus harbiylari hujumidan haykallarni muhofaza qilmoqda. Ukraina harbiysi rus vertolyotlaridan yashirinish maqsadida akopda bekinib yotibdi.
127
1,403
Foto
Fotogalereya: Chiroyli selfi uchun sayyohlar tomonidan zarar ko‘rayotgan dunyoning mashhur joylari
AdMe dunyoning turli diqqatga sazovor joylariga sayyohlar oqimining ortishi qanday salbiy oqibatlarga olib kelishini aniqladi. Xitoy Buyuk Xitoy devorining uchdan biri saqlanib qolgan, xolos. Uning xarob bo‘lishiga nafaqat vaqt va eroziya, tashrif buyuruvchilar oqimi ham sabab bo‘lgan. Devorning ba’zi qismlari yemirilgan bo‘lib, graffit bilan qoplangan. Nepal Everest so‘nggi 10 yilda eng talabgir joyga aylandi. Tog‘ 2019-yilda turistlar tomonidan qoldirilgan 11 tonna chiqindidan tozalangan. Tailand Tailand dunyoda plastik chiqindilar bilan ifloslangan joylar top-5 taligidan o‘rin olgan. Tadqiqotchilar tashrif buyuruvchilarning maqbul sonini hisoblab chiqishga harakat qilmoqda. Bugungi kunda Pattaya yaqinidagi Ko Lan oroliga har kuni minglab odamlar tashrif buyurmoqda. Gretsiya Akropolga har yili minglab odamlar tashrif buyuradi. Shu sababdi 1975-yildayoq ehtiyot chorasini ko‘rish boshlangan, lekin o‘sha vaqtdan boshlab uning vayron bo‘layotgani yanada yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Bunga sabab bo‘layotgan omillardan biri toshning oyoq ta’sirida yemirilishidir. Buning oqibatida zinalar restavratsiyaga muhtoj bo‘lmoqda. Portugaliya Lissabon aholisi turistlar oqimiga qarshidir. Iqtisodiyot mamlakatga tashrif buyuruvchilarga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Bu esa ko‘chmas mulk bozorida chayqovchilikni keltirib chiqarib, mahalliy aholiga ijara haqini to‘lashda qiyinchilik tug‘dirmoqda. Bali Kuta plyaji Balining asosiy turistik yo‘nalishlaridan biridir. Qish oylarida turistlar oqimi ayniqsa kuchayadi va qirg‘oqda bir uyum chiqindilar yig‘iladi. Islandiya Islandiyada barcha turistlar ogohlantirilishiga qaramasdan, ularning hammasi ham mamlakat tabiatiga hurmat bilan munosabatda bo‘lmaydi. AQSh Kaliforniya hukumati 2019-yilning mart oyida lolaqizg‘aldoqlar gullashini ko‘rish va ularni suratga olib Instagram’ga joylash uchun qariyb 50 ming turist kelganidan so‘ng Uolker kanyonini yopib qo‘ydi. Trassada tirbandlik yuzaga kelib, odamlar 1,5 soatlab yo‘lda qolib ketgan. Ayrim turistlar gullarni yulgan, ustidan bosib ketgan, rasmga tushish uchun joy talashib o‘zaro janjallashib ketgan. Rim Rimdagi Kolizey amfiteatri dunyoda eng mashhur diqqatga sazovor joydir. Bu yerga 2018-yilda 7,4 million odam tashrif buyurgan. Ba’zan sayyohlar devorlarga o‘z ismlarini toshlar bilan o‘yib yozishga harakat qiladi. Lekin bu yerdagi eng katta muammo graffitdir. Misr Minglab sayyohlarning nafasi Misr dahmalariga tuzatib bo‘lmas zarar keltiradi, degan fikr mavjud. Bunga namlik darajasi va zamburug‘lar soni ortishi sabab bo‘ladi, deb qaraladi. Agar vaziyat o‘zgarmasa, Shohlar Vodiysi oradan 150-500 yil o‘tib vayron bo‘lishi mumkin. Buyuk Britaniya Stounxenjni tartibga keltiruvchilarga eng qiyin vaqt bu qishgi teng kunlikdan keyingi paytdir. Minglab odamlar bu kunni shu yerda nishonlab, o‘zlarida keyin toshlarda chiqindi, graffit, saqich va boshqa narsalarni qoldiradi. Yaponiya Yaponiyaga har yili qariyb 30 million sayyohlar tashrif buyuradi. Eng mashhur joylar bu — Tokio va Kioto. Avtobuslarda odamlar ko‘paygani, chet elliklarning chiqindilarni saralashni xohlamasligi va mamlakat urf-odatlariga rioya qilmaslik kabilardan mahalliy aholidan borgan sari ko‘proq shikoyatlar tushmoqda. Kioto tarixiy hududida o‘rnatilgan belgi. Unda kimono kiygan ayolga tegish, selfi qilish, ovqatlanish, chiqindi tashlash, chekish va to‘siqqa suyanish taqiqlangan. Surat 2016-yilda olingan.
98
3,401
Foto
Yevropa shaharlarini shaxsiy mashinasi — Cobalt’ida aylanib, Alp tog‘larini kezgan, orzusi sabab yirik shaharlar madaniyatini o‘rgangan toshkentlik jahongashta sayyoh
Dunyo kezib, yurt ko‘rish uchun samolyot va tezyurar poyezdlar qulay transport vositasidir. Lekin uzoq manziliga havo yoki temir yo‘llari orqali borish shart emas deb hisoblaydigan va buni amalda isbotlagan Konstantin Bushayev shaxsiy ulovi (Cobalt)da Toshkentdan Shveysariyagacha borgan. “Daryo” jahongashta sayyoh, iqlim uskunalari (ventilyator, konditsioner, isitgichlar) ustasi, Yevropa shaharlarini avtomobilida kezgan sayohatchining noodatiy safari haqida hikoya qiladi. Konstantin Bushayev — Toshkent shahrida tug‘ilgan. 33 yoshda. Oilali, ikki nafar farzandi bor. Ekstremal sport turlari va mashinada dunyo kezishni yoqtiradi. YouTube’da Bushaev Travel videoblogini yuritadi. Konstantin Bushayev ko‘hna Kolizey amfiteatri oldida shaxsiy avtomobili bilan “Yevropa safariga tayyorgarlik ancha avval, to‘rt yil oldin boshlangandi. Alp tog‘larini ko‘rish va u yerda snoubordda uchish orzuyim bor edi. Kun kelib istagim amalga oshadi deb o‘ylamaganman ham. Moskva shahrida zarur ishim chiqib qolgach, ’ana endi sayohatga otlansam bo‘lar’, deb o‘ylaganman. Uzoq yo‘lga mashinada chiqish fikri balki tabiatan ekstremallikni yoqtirganim uchun paydo bo‘lgandir. Lekin Yevropa ancha olis. U yerlarga avtomobilda borish oson emas, ustiga ustak, mashinada qandaydir muammo bo‘lmasligi uchun yangi mashina sotib olgan yaxshiroq edi. Ammo bu ham imkonsizdek edi. Yo‘lim ochilib, yangi mashina ham sotib oldim. Amalga oshmaydigandek ko‘ringan ishlar baribir ro‘yobga chiqishiga ishonaman. Yevropa bo‘ylab sayohat rejamizni eshitgan va bizga hamroh bo‘laman deganlar ko‘p edi, lekin oxiri turmush o‘rtog‘imgina meni qo‘llab-quvvatladi. Shunday qilib, hammasi oddiygina snoubordda uchish haqidagi xayoldan boshlangan”. Italiyaning Rimini kurort-shahridagi mehmonxonaga kiraverishda “2016-yilning sentyabri. Rejamdagi sayohatga ikki oy qolgan. Italiya va Germaniya elchixonasidagi onlayn navbatlar kelasi bir yarim oy uchun ham to‘lib bo‘lgandi. Viza olish uchun navbatga yozilgach, chet elga chiqadigan shaxslarni sug‘urta qilish, chet el valyutasi borligi haqida bankdan xabarnoma, rasm, mahalladan ma’lumotnoma va shu kabi turli hujjatlarning nusxasini tayyorlashga kirishdim. Elchixonada navbatimiz kelgach, hujjatlarni olib, turmush o‘rtog‘im bilan suhbatga bordik. Ko‘p savollarga javob bergach, hujjatlarimiz qabul qilindi. Tayyorgarlik avjida. Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasining javobini kutyapmiz, ammo oxirgi kungacha bizga ijobiy yoki salbiy javob berishini bilmasdik. Shu sabab, qo‘shimcha ehtiyot choralarini ham o‘ylab qo‘ygandim. Agar viza berishmasa, Moskvagacha borib, u yerdan Kemerovsk oblastiga o‘tib, Sheregesh tog‘-chang‘i kurortida snoubordda uchishni reja qilganman. Elchixona javobini kutarkanman, eng avval mashina moyini almashtirdim. Har qanday holat bo‘lishi mumkin deb g‘ildiraklar, qishki shinalar — hammasini tekshirib, to‘g‘rilab, tayyorladim. Xullas, jomadonlarni yig‘ishtirdik. Ertasi kuni Italiyaning O‘zbekistondagi elchixonasidan javob olishimiz kerak edi. Navbatimni kutyapman, menga o‘xshaganlarniki besh daqiqaga qolmay chiqyapti. Lekin negadir hamma ketib, o‘zim qoldim hamki hech kim chaqiravermasdi. Nihoyat, galim keldi. Adashmasam, shaxsan elchining qabuliga kiritishdi. Savollar berildi. Qarorim jiddiyligini isbotlab, viza berilishiga erishgandim. Ruxsat qo‘limda, xursandligimdan ayolimga qo‘ng‘iroq qildim va ertaga uzoq kutilgan kun — Yevropa sayohatiga ketishimizni aytdim”. Italiyaning shimoli-g‘arbidagi Chervinya tog‘-kurortida Xorijga samolyotda borsangiz, qanday hujjat kerakligini bilish muammo emas. Lekin avtomobildagi sayohatga nima kerakligi bo‘yicha tayinli javob yo‘q. Shu haqda ma’lumot olish niyatida saytlarni qidirdim. Deyarli barida havo yo‘llari orqali zarur bo‘ladigan hujjatlar haqida ma’lumot berilgandi. Elchixonalarga shu savol bilan qo‘ng‘iroq qilganimda internetdan ma’lumot topishimni aytishar yoki o‘zlari ham internet ma’lumotlaridan o‘qib berishardi. Mantiqqa tayanib, xalqaro haydovchilik guvohnomasini tayyorlab, ’texpasport’imni notariusda rus va ingliz tiliga tarjima qildirib, tasdiqlatib olgach, yo‘nalishimni belgiladim. Qog‘ozga qayerdan qayerga borishimgacha chizib, internetdan mehmonxonalarni band qildim”. Konstantin va uning ayoli Liliya Bushayeva Venetsiya shahridagi Muqaddas Mark maydonida “Toshkentdan erta tongda yo‘lga chiqqanmiz. Kechga borib, Qoraqalpog‘istonga kirib bordik va Nukusda qarindoshlarimizning uyida tunadik. Ertasi kuni saharlab O‘zbekiston chegarasidan chiqib, Qozog‘istonga kirgandik. U yerdan esa Rossiyaga o‘tgandik. Moskvada ishim bo‘lgani uchun to‘rt kuncha shu yerda qolib, yumushlarimni bitirdim va Qizil maydonni aylandik. So‘ng Belarusga qarab yo‘lga tushdik. Shu tariqa sayohat xaritamizdagi mamlakatlar ketma-ketligi — O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya, Belarus, Polsha, Germaniya, Avstriya, Italiya, Shveysariya edi va shunday bo‘lgan ham. Ortga esa Italiya, Avstriya, Chexiya, Polsha, Belarus, Rossiya, Qozog‘iston orqali qaytganmiz. Aslida uzoq safarlarga tajribam yo‘q edi, bir o‘tirishda Qarshi shahriga 450 kilometr masofani bosib o‘tgandim, xolos. Chexiyaning Praga shahrida Asosan internetdagi xaritalar orqali harakatlanganmiz. Chunki yo‘llarni bilmayman, mutlaqo notanish edi. Ayrim davlatlarda ikki mamlakatni ajratib turuvchi chegara nazorat punktlari ham yo‘q edi. Misol uchun, Yevroittifoqda hech qanday chegara yo‘q. Germaniyaga kirib borganimizni faqatgina yo‘l ko‘rsatgich (navigator) orqali bilgandim. Belarusda ko‘p qolmay, Polshaga yetib bordik. Shahar aylandik va kechki ovqat vaqtida bizga notanish bo‘lgan taomlarni tatib ko‘rdik. Baribir o‘zimiznikilarga yetmaskan... Ertalab Berlinga qarab yo‘lga chiqdik. Tushlikka yaqin poytaxt shaharga yetib, mehmonxonaga yuklarimizni joylashtirdig-u, diqqatga sazovor joylarni ko‘rishga oshiqdik. Berlinda tarixiy, mahobatli, ko‘rganda aqlni shoshiradigan binolar ko‘p edi. Ularni bir chetdan tomosha qilaverdik. Nemis oshxonalariga kirdik. Kech tushmay Germaniyaning boshqa shaharlarini ko‘rishga qaror qildik. Nyurnberng, Myunxen kabilar chiroyi bilan bizni lol qoldirdi. Polsha poytaxti Varshava shahrida Avstriyaga qarab kirib kelyapmiz. Hech qanday chegara punkti yo‘q. U yerda cho‘ntakbop narxga ovqatlandik va ko‘p ham qolib ketmadik. Italiya tomon yo‘lga tushdik. Venetsiya shahriga keldik. Qayiqda suzdik, do‘konlarni ham aylandik. Bir kecha yotib, ertasiga mamlakat shimoli-g‘arbidagi Chervinya tog‘-kurortiga qarab yo‘l oldik. Mehmonxonaga joylashgach, dam olmay ham snoubordda uchish vaqti kelganini sezdim. Birinchi marta yuqoriga olib chiquvchi ’kabinka’ga o‘tirdim. Tepaga ko‘tarilganim sari bulutlar tobora pastda qolib ketayotgandek tuyulgandi. Shveysariyadagi tog‘-kurortlardan birida snoubordda uchayotgan Konstantin Bir nechta o‘tish yo‘lidan keyin eng baland cho‘qqi — taxminan, 3800 metrga chiqdik. Toqqa ko‘tarilgach, Shveysariya va Italiya chegaralari ko‘z oldimda yastandi-qoldi. 4000 metr balandlikka, kanat yo‘lining eng yuqori nuqtasiga chiqqach, nihoyat orzuyimga yetdim — Alp tog‘ida snoubord uchdim. Yevropaning yo‘llari tekis va ayrimlari uchun pul to‘lab, mashina boshqarasiz. Agar yo‘lda tunneli bo‘lsa, ularning narxi yanayam oshadi. Belarusda pullik yo‘llarga transponder — yo‘l haqini to‘lash uchun maxsus kompakt-elektron qurilma sotib olish kerak bo‘lgan. Aks holda katta jarima solinib, avtomobil musodara qilinishi ham mumkin. Yo‘llarda eng muhimi, haydovchi avtoulovni qanday boshqarishi. Yevropada yo‘l harakati qoidalariga hamma rioya qiladi. Sayohatim davomida biror qoidabuzarni uchratmadim. Hatto o‘zim ham o‘ta ehtiyotkor bo‘lib yurdim. Yana chet mamlakatlari, masalan, Qozog‘iston, Rossiya, Belarus va Yevroittifoqda mashinada harakatlanish uchun alohida-alohida sug‘urta zarur bo‘ladi. Ma’lumot uchun: Pullik avtomobil yo‘llari — haydovchilar uchun muayyan haq olinadigan avtomobil yo‘li. Ushbu to‘lov yo‘lni ko‘rish va saqlash xarajatlarini qoplash uchun ishlatiladi. Ko‘pincha tezyurar yo‘llar, ko‘priklar va tunnellardan foydalanish uchun pul to‘lanadi. Bugungi kunda bu faqat avtomobil transportiga tegishli bo‘lib, yo‘l haqi miqdori avtomobil sinfi, og‘irligi yoki g‘ildirak o‘qi soniga qarab o‘zgaradi; katta va katta yuk tashish uchun tariflar odatda yengil avtomobillarga qaraganda yuqori bo‘ladi. Yonilg‘i quyish masalasida faqat O‘zbekistonda qiynalganman. Samarqanddan Qo‘ng‘irotgacha bo‘lgan masofada birorta ishlaydigan gaz shoxobchasi topilmagan. Hatto o‘shanda Toshkentdan yonilg‘i yetkazib turishga to‘g‘ri kelgan. Yevropadagi mashina yuvish shoxobchalari hali-beri esimdan chiqmasa kerak. Mashinani yuvishga olib kiryapman, lekin ishchilar yo‘q. Keyin bilsam, o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish ekan. Avtomat ichiga tanga tashlaganimda, yuvish uchun hamma kerakli anjomlarni chiqarib bergan. Qo‘limni sovuq suvga urmay, ulovimni yaraqlatib yuvgandik. Bu yerda ko‘p xizmatlar avtomatlashtirilgani juda yoqqandi. Avtoturargoh uchun ham to‘lovni avtomat orqali tez va oson do‘ndirganmiz. Venetsiya shahridagi Grand kanali oldida Yevropaning Berlin, Venetsiya, Myunxen kabi katta shaharlarini ko‘rish orzuyim edi. Chindanam, bu o‘lkalar go‘zal va juda betakror ekan. Sayohat davomida eng unutilmas voqea — Venetsiyadagi katta Grand kanali bo‘ylab gondolada suzganimiz bo‘lgan. Xuddi ertak deysiz. To‘g‘ri, butun shaharni qayiqda kezish sal qimmatlik qiladi, lekin shunga arziydi. Yana qayiqni boshqarayotgan italiyalik men va ayolim uchun italyancha qo‘shiqlarni kuylab bergandi. Buyam ancha qimmatga tushgan. Italiya mana shu shahar ichidagi qayiqlarisiz va pitsasisiz Italiya emas. Berlinda metroga tushdik. Hech qanday turniket yo‘q. Odamlar bilet sotib olmay ham ichkarida yuraverisharkan. Metro iflos, hatto relslarga ham butilkalarni tashlab ketishgandi. Qayerdan chipta olishni so‘raganimda, sotib olmay yursa ham bo‘laverishi, ammo tekshirganda katta jarima borligini aytishdi. Kim, qachon tekshirishini esa birov bilmasdi. Odatda, borgan joylarimizda 2-3 kuncha qolib, tarixini o‘rganardik. Shungami, bizga notanish-u qiziq tuyulgani uchun Berlinda yana bir kun qolishga qaror qilganmiz. Avstriyaning Vena shahrida Biz ko‘pincha noma’lum tomonga harakatlanar va hammasini yo‘l-yo‘lakay bilib olaverardik. Masalan, Rossiyadan keyin bizni nimalar kutayotganini bilmasdim. Germaniya va Italiyada ro‘yxatdan o‘tib, band qilgan mehmonxonamiz manzilini topolmay, mashinada bir necha marta tunab qolishga ham to‘g‘ri kelgan. Qo‘shimchasiga, Belarus bojxona xodimlari noto‘g‘ri yo‘l ko‘rsatgani uchun ortiqcha 600 kilometrni haqiqiy nazorat punktini topishga sarflaganmiz. Agar sayohat qiyinchiliksiz o‘tsa, u zerikarli bo‘ladi. Bor mashaqqatga huzurbaxsh sinov sifatida qarash kerak, deb o‘ylayman. Yevropaga safarimda 16 ming kilometr yo‘l bosibmiz. 1184 litr yonilg‘i sarfladim, 32 kun yurt kezdim, ikki kishi uchun 4 ming dollar xarjladim. Samolyotni tanlaganimda, 6 kunga kishi boshiga 2 ming dollar sarflashimga to‘g‘ri kelardi. Venetsiya Sayohatlarim davomida shaharlar tarixi bilan tanishdim. G‘aroyib ajoyibotlarni ko‘rdim. Sayohat menga odamlar bilan qanday muomala qilish kerakligini o‘rgatdi. Bir shaharning turli qismlarida madaniyatlar ham turfa, manzaralari ham bir-biridan go‘zal. O‘sha ellarning madaniyati haqida uzoq vaqt gaplashish, o‘rni kelsa, kitob yozish ham mumkin. Lekin bir haqiqatga ishondim: bizning xalq baribir mehribon, kengfe’l, dilkash va mehnatsevar... Avtoturizm – xayolotingdagina cheklangan, aslida esa juda keng tushuncha. Sayohat kishini chiniqtiradi – ham ma’nan, ham jismonan. Sayohatning o‘zi alohida olam. Germaniyaning Myunxen shahrida Turli mamlakatlar orqali g‘ayrioddiy va qiziqarli yo‘nalishlar tuzib, uzoq masofaga, ya’ni Malayziyaga borishni rejalashtiryapman. Hozir shuning harakatidaman. Maqsad va orzularim kun kelib amalga oshishiga doimgidek ishonaman.
166
11,782
Foto
Britaniyalik er-xotin Ispaniyadagi g‘orni shinam mehmonxonaga aylantirdi (foto)
Edinburglik er-xotin Mark va Shirli sakkiz yilga yaqin Ispaniya janubidagi an’anaviy g‘or uyda yashagan, deb yozadi Travel Ask. Ularga bunday boshpana shunchalik ma’qul keldiki, er-xotin shunday konstruksiyali mehmonxona qurishga qaror qildi. Buning uchun ular “g‘orlar mamlakati” sifatida mashhur bo‘lgan Andalusiyadan 25 ming yevroga yer sotib oldi va yana 50 ming yevroga uni ta’mirdan chiqarib, “zindon”ni yoqimli va shinam mehmonxonaga aylantirdi. Uchta xonadan iborat mehmonxona hududini ko‘kalamzorlashtirish va hashamatli basseyn qurish uchun yana taxminan 20 ming yevro sarflandi. Cuevas Helena deb nomlangan mehmonxona allaqachon mehmonlarni qabul qilishni boshlab yuborgan.
79
684
Foto
Chin sevgining ajoyib namunasi: to‘yining 65 yilligini ta’sirli fotosessiya bilan nishonlagan juftlik (foto)
Rubi va Garold 1950-yilda turmush qurgan. Ularning to‘yida suratkash bo‘lmaganligi tufayli, Garold buni kech bo‘lsa-da amalga oshirishni istadi va to‘yining 65 yilligi sharafiga fotosessiya o‘tkazishga qaror qildi. Ularning samimiy tuyg‘ulari aks etgan suratlarga ko‘z yoshisiz qarashning iloji yo‘q. Garold va Rubi butun hayotini fermada o‘tkazdi, ular chorva boqadi. Shuningdek, Garold bog‘dorchilikni yaxshi ko‘radi va ortiqcha mahsulotlarni boshpanasi yo‘q insonlarga tarqatadi. Juftlikning 5 farzandi, 7 nabirasi, 14 chevarasi va yaqindagina tug‘ilgan birinchi evarasi ham bor. Suratga tushish uchun Garold to‘y marosimidagi bo‘yinbog‘ini taqdi. Buni ko‘rgan Rubi ko‘z yoshlarini tiya olmadi, uning fikricha, o‘tgan yillar mobaynida Garold deyarli o‘zgarmagan. Suratkash Rubidan yillar davomida nima uni baxtli qilganini so‘radi. Rubi bunga “Garoldning hamisha yonimda ekanligi”, deya javob qaytardi. “65 yil davomida o‘tgan har bir on bizni tobora yaqinlashtirdi, — deydi Garold, — Shuningdek, bizda o‘zgarmas an’analar mavjud: men Rubini bo‘salar bilan uyg‘otaman va unga qahva tayyorlayman”. “Men hech qachon ishlamaganman, — deydi Rubi, — Agar siz sevimli odamingizga yordam berayotgan bo‘lsangiz, qanday qilib hayvonlarga g‘amxo‘rlik qilish va bog‘dorchilikni ish deb atash mumkin”. “Biz abadiy muhabbat bor yoki yo‘q ekanligi haqida hech qachon o‘ylamaganmiz. Biz shunchaki muhabbat bilan yashaymiz”. “Bizning yana qancha umrimiz qolganini bilmaymiz, lekin shunisi aniqki, hayotda juda omadlimiz”.
108
1,516
Foto
Mashhurlarning bir qarashda tanish qiyin bo‘lgan mum haykallari (foto)
Ba’zida mashhurlarning aynan nusxasini takrorlaydigan mum haykallarni tanib olish qiyin. To‘g‘ri, bu kabi san’at asarini yaratish katta mehnat va mahorat talab etadi. Lekin ayrim haykallar prototipidan shunchalar farq qiladiki, uning kimligini darhol aniqlab bo‘lmaydi. Zak Efron Mel Gibson Leonardo Di Kaprio Jennifer Lopes Adel Nikol Kidman Rianna Jennifer Eniston Teylor Svift Sofiya Vergara Rayan Gosling Juliya Roberts Selena Gomes Ledi Gaga Uma Turman Robert De Niro
70
487
Foto
Fotogalereya: Jo Baydenning AQSh prezidenti kursisidagi bir yili qanday o‘tdi?
Bir yil avval, aniqrog‘i 2021-yil 20-yanvarda AQShning 46-prezidenti Jo Baydenning inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tgandi. “RBK” uning AQSh prezidentligidagi birinchi yili qanday o‘tgani haqidagi fotosuratlar to‘plamini taqdim etdi. Ledi Gaga, AQSh prezidenti Jo Bayden (chapda) va o‘sha vaqtdagi vitse-prezident Mayk Pens (o‘ngda) Jo Baydenning prezidentlik qasamyodini qabul qilish marosimi 2021-yil 20-yanvarda koronavirus pandemiyasi tufayli an’anaviy ommaviy tadbirlarsiz o‘tkazilgan. Marosim boshlanishidan avval AQSh madhiyasini Ledi Gaga ijro qilgandi.   AQSh prezidenti Jo Bayden va mamlakatning birinchi xonimi Jill Bayden norozilik namoyishlarini bostirish vaqtida halok bo‘lgan politsiya zobiti xotirasiga hurmat bajo keltirmoqda Baydenning inauguratsiyasidan avval 6-yanvarda sobiq prezidenti Donald Tramp tarafdorlari Kapitoliyga hujum uyushtirgandi. Shturm oqibatida bir necha kishi halok bo‘lgan, keyinchalik mazkur to‘polonlarda ishtirok etganlarning aksariyati qamoq jazosiga hukm qilingandi. 19-martda Bayden Atlantaga uchishdan oldin samolyot trapidan chiqishda bir necha marta qoqildi va yiqilishiga oz qoldi. Oq uy mazkur holatga izoh berib, o‘sha vaqtda kuchli shamol kuzatilganini bildirdi. Ushbu epizodni sobiq prezident Donald Tramp ham e’tibordan qochirmadi: “Jo Baydenning trapga chiqayotgan videosini ko‘rdim va o‘zimga o‘zim shunday dedim: ‘Men unga yutqazmaganman!’” 5-aprelda Jo Bayden rafiqasi Jill xonim bilan Pasxa bayrami tabrigini rezidensiya balkonidan turib yo‘llashdi. Jo Bayden vagondan tushayotgan nevarasi Finneganga qo‘l uzatmoqda 30-aprelda Bayden Amtrak yo‘lovchi tashuvchi temir yo‘l kompaniyasining 50 yilligi munosabati bilan Filadelfiyada o‘tgan tadbirda ishtirok etdi. 27-mayda AQSh prezidenti Klivlendga bordi va u yerda iqtisodiyot haqida nutq so‘zladi. 11 – 13-iyun kunlari Buyuk Britaniyada o‘tgan “Katta yettilik” (G7) sammitida davlat rahbarlari koronavirusga qarshi vaksinalarni qashshoq mamlakatlarga yetkazib berish va uglerod chiqindilarini qisqartirish borasida kelishib oldi. Er-xotin Baydenlar Londondagi Xitrou aeroportida Jo Bayden va AQSh birinchi xonimi Jill Bayden yozda Yevropa bo‘ylab sayohat qilishdi. Baydenlarni Vindzor saroyida Buyuk Britaniya qirolichasi yelizaveta II qabul qildi. 16-iyunda Jo Bayden hamda Vladimir Putin Jenevada uchrashuv o‘tkazishdi. Jo Bayden uchun bu Rossiya davlat rahbari bilan AQSh prezidenti sifatidagi birinchi uchrashuv bo‘ldi.  “Yuzma-yuz uchrashuvlar har doim foydali”. Bayden va Putinning Jenevadagi to‘rt soatlik uchrashuvi — suratlarda Germaniya sobiq kansleri Angela Merkel hamda Jo Bayden, Oq uy 15-iyul Angela Merkelning AQShga qilgan tashrifi vaqtida Germaniya kansleri hamda AQSh prezidenti demokratiyani himoya qilishga kelishib olishdi. Jo Bayden 20-iyulda Oq uyda Superboul-2021’da qatnashgan Amerika futboli bo‘yicha “Tampa-Bey” jamoasi a’zolari bilan uchrashdi. 26-avgustda Bayden Oq uyda matbuot bilan muloqot qilib, Afg‘onistondagi vaziyat haqida bayonot qildi. AQSh prezidenti amerikalik harbiylarning Afg‘oniston hududidan chiqib ketishi haqida aprelda e’lon qilgandi. Shundan keyin “Tolibon” harakati jangarilari faol hujumlarni boshladi va 15-avgustga borib mamlakat toliblar tomonidan egallab olindi. Ammo avgust oyida Bayden o‘zining AQSh qo‘shinini Afg‘onistondan olib chiqib ketish haqidagi qarori to‘g‘ri ekanligi haqida gapirgan. Jo Bayden (markazda), senator Kori Buker (chapdan ikkinchi) va Nyu-Jersi gubernatori Fil Merfi (o‘ngdan ikkinchi) Mevil shahrida (Nyu-Jersi shtati), 7-sentabr Sentabr boshida AQSh prezidenti “Ida” to‘fonidan talafot ko‘rgan mamlakat hududlari bo‘ylab safarlarni amalga oshirdi.   27-sentabrda Jo Bayden koronavirusga qarshi Pfizer vaksinasining uchinchi busterini qabul qildi va emlanish taqiqlanmagan hammani vaksinatsiya qilinishga chaqirdi. Bayden 6-noyabr kuni Oq uyda o‘tkazilgan matbuot anjumani ishtirokchilari orasidan o‘ziga keyingi savolni kim berishini tanlamoqda Jo Bayden prezidentligining birinchi yilida agar sog‘lig‘i bilan muammolar bo‘lmasa, ikkinchi bor prezidentlikka saylanish uchun harakat qilib ko‘rmoqchi ekanligi haqida bir necha marta gapirgan. Bayden saylovlarda g‘alaba qozonganidan keyin AQShda prezidentlikka saylangan eng qariya davlat rahbariga aylangan — u 79 yoshda prezidentlik kursisini egallagandi. AQSh prezidenti va uning rafiqasi Jill xonim Delaverda Kommander laqabli nemis ovcharkasini sayr qildirmoqda, 28-dekabr Jo Bayden prezidentlikka saylanganidan bir yil o‘tib, Gallup so‘rovnomasiga ko‘ra uning reytingi 57 dan 43 foizga tushib ketgan. Biroq u hali ham o‘zidan avvalgi hamkasbi Donald Trampdan ommaboproq va ikkinchi bor prezidentlik saylovlarida qatnashishga tayyorligini bildirgan.
78
4,718
Foto
Fotogalereya: Yapon rassomlari dunyo mamlakatlarini va bayroqlarini anime personajlar obrazida qanday tasavvur qiladi?
Tokio Olimpiada-2020 o‘yinlariga faollik bilan tayyorlanmoqda. Yaponlar ushbu katta tadbirni o‘ziga xos tarzda o‘tkazmoqchi. Yaponiya o‘z anime personajlari bilan mashhur. Ushbu janrdan rassomlar boshqa mamlakatlarni hamda bayroqlarni tasvirlashga urindi. Ularning rasmlarini Travel Ask taqdim etdi. Braziliya Ispaniya Hindiston Argentina Venesuela Belgiya Vyetnam Kanada Xitoy Daniya Finlandiya Fransiya Germaniya Buyuk Britaniya Indoneziya Italiya Yaponiya Janubiy Koreya Malayziya Meksika Janubiy Afrika Norvegiya Niderlandiya Filippin Rossiya Singapur Shvetsiya Shveysariya Tayland AQSh
118
650
Foto
O‘lchami bo‘yicha sotiladigan tuxumlar, kayfiyat ulashuvchi chiqindi konteynerlari. Faqat Ispaniyada uchratish mumkin bo‘lgan g‘aroyib holatlar (foto)
Ispaniyada choy uchun suv mikroto‘lqinli pechda isitiladi, chunki uylarda choynak yo‘q va mahalliy aholi ko‘proq qahvani afzal ko‘radi. Tonggi soat 7 da mazali churro issiq shokolad bilan iste’mol qilinadi. Shuningdek, kechki ovqat uchun paela buyurtma qilinmaydi, chunki ular bu taomni faqat tushlik uchun tanovul qiladi. Ha, bularning barchasi o‘zining rang-barang an’analariga ega bo‘lgan Ispaniyadir, u yerda hayot boshqa mamlakatlar odatidan juda farq qiladi. Do‘konlarda tuxumlar o‘lchami bilan sotiladi. Sut solingan qadoqlarda uning yog‘ tarkibini aniqlash uchun raqamlarni topib bo‘lmaydi, buning uchun faqat lug‘at bilan do‘konga borish kerak.. Rus salati Ispaniyada mashhur bo‘lib, u tapas sifatida datsurxonga tortiladi. Do‘kon peshtaxtalarida erkaklar soch bo‘yog‘i ko‘p, lekin soqol uchun bo‘yoqni topish biroz qiyin. Ispanlar do‘konlardan bir vaqtning o‘zida ulgurji xarid qilishni yaxshi ko‘radi, masalan, bir o‘ramda 48 dona qog‘oz bor. Ispanlarning aravachali sumkalarga bo‘lgan muhabbati cheksiz. Do‘konlarda odatiy shkaflar o‘rniga qulfli bo‘lmalar o‘rnatiladi. Granisado va orchata ispanlarning sevimli ichimligidir. Issiqdan ham, sovuqdan ham saqlaydigan universal jalyuzilar. Faqat oq rang va marmar plitkalar. Ispaniyadagi barcha kvartiralar dizayni bo‘yicha shinam. Har doim devorlar an’anaviy oq rangda. Gilamlar esa bo‘lmaydi, uylar shunday qurilganki, quyosh nuri iloji boricha ichkarigacha tushadi. Manzarali kvartirani orzu qilganlar, shuni yodda tutishi kerakki, qishda kuchli shamol esadiki, uyda mo‘ynali kiyimda yurish kerak. Chunki odatda qirg‘oqdagi uylarda markaziy isitish tizimi bo‘lmaydi. Qish oylarida xonadonga qaraganda tashqarida havo issiqroq. G‘orga kirish yarim million yevro. 1,5 metrli yostiq. Ushbu eshikni qulflashning keragi yo‘q. Kirlar umumiy ayvonda quritiladi. Televizor hech qachon divan oldidan olinmaydi. Ispancha “Mo‘jizalar maydoni”. Ispaniyada har qanday yoshda ham juft topish mumkin. Ispanlar yangilik yaratish uchun nafaqaga chiqadi. Bog‘larda oilaviy dam olish uchun hamma sharoit mavjud. Apelsinlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri daraxtdan uzib yeyish mumkin. Odamlarga nafaqat ispan quyoshi, balki chiqindi qutilari ham yaxshi kayfiyat bag‘ishlaydi. Mahalliy aholidan oddiy layfxak. E’lon yomg‘irda ho‘l bo‘lmasligi uchun fayl ichiga kiritilgan. Agar mamlakat bo‘ylab avtobusda sayohat qilishni istovchilar bo‘lsa,  u holda deraza yonidagi 15-o‘rindiqda o‘tirish tavsiya etiladi. Yangi yil uchun bunday sovg‘ani faqat o‘ziga xos hazil tuyg‘usiga ega ispanlargina 1,5 yevroga berishlari mumkin.
150
2,575
Foto
Fotogalereya: Toshkentga keltirilgan Airbus A320neo layneri
11-mart kuni Uzbekistan Airways parki iqtisodiy jihatdan samaradorligi yuqori bo‘lgan birinchi Airbus A320neo samolyoti bilan to‘ldirildi. Uzbekistan Airways matbuot xizmati ushbu samolyot keltirilishidan fotoreportaj taqdim etdi. Ushbu layner ikki klassli komponovkada ishlangan bo‘lib, 150 yo‘lovchini (biznesda - 12 ta, ekonom klassda - 138 ta) tashishga mo‘ljallangan. Yangi samolyot  yoqilg‘i tejamkorligini ta’minlovchi CFM International kompaniyasining LEAP-1A dvigatellari va aerodinamik xususiyatlarini yanada yaxshilash imkonini beruvchi fyuzelyaj konstruksiyasidagi zamonaviy ishlanmalar tufayli oldingilariga nisbatan 20 foizga tejamkordir.
59
652
Foto
Vazn tashlagan Alla Pugachyova o‘z stilisti Alisher bilan birga fotosessiya uyushtirdi
Rossiyalik xonanda Alla Pugachyova Maksim Galkin bilan birga istiqomat qiladigan hashamatli uyida o‘z stilisti Alisher bilan birga fotosessiya uyushtirdi. “Segodnya.ua” xabariga ko‘ra, Alla Pugachyova bir necha kilogrammga ozganidan so‘ng, o‘z liboslarini almashtirishga qaror qilgan. Stilist Alisherning so‘zlariga ko‘ra, u Alla Pugachyova bilan kamida 10 yildan beri tanish. Uning aytishicha, xonanda o‘zidan o‘lcham olishni, tikilayotgan libosni o‘zida sinab ko‘rishni va tanlangan libos qayta tikilishini yoqtirmaydi. Shu sababli stilist Alisher mashhur xonanda uchun tayyorlanayotgan barcha liboslarni vazni to‘la, ko‘rinishi Alla Pugachyovanikiga o‘xshash o‘z tikuvchisida sinab, tekshirib tika boshlagan. Alla Pugachyova vazn tashlaganidan so‘ng, tikuvchini ham ozishga majbur qilgan. “Hozir hammasi osonroq — u ishonyapti, men esa bemalol o‘lchamlarni olyapman. Pugachyova ozib, tanaga yopishib turadigan liboslar kiyishni boshlayapti. Bu holatda, libos ko‘rkam ko‘rinishi uchun, o‘lcham olishda har bir santimetr muhim ahamiyatga ega”, — dedi Alla Pugachyovaning stilisti.
86
1,084
Foto
Piter Pendek kiyingan kuchukcha, turistlarga ochilayotgan davlatlar, iqlim boʻyicha sammit — 1 noyabr suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz. Sidney aeroportiga qaytib kelgan sayyoh. Toʻliq emlangan avstraliyaliklar 2020 yil martdan buyon ilk bor Sidneyga xorijdan karantinsiz kirib kelish imkoniga ega boʻldi. Isroil ham oʻz chegaralarini individual turistlar uchun qayta ochdi. Mexikoda Oʻliklar kuni munosabati bilan parad oʻtkazildi. Tayland ham oʻzining ilk turistlarini dezinfeksiya tutunlari ila qarshi olmoqda. AQShda Hellouin kuni Piter Pen libosida namoyon boʻlgan kuchukcha. AQSh prezidenti Jo Bayden hamda Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Glazgoda BMTning iqlim oʻzgarishlariga bagʻishlangan sammiti doirasida uchrashdi. Plastik chiqindilar yigʻayotgan indoneziyalik ayol. Mamlakat yiliga 3 million tonna qayta ishlanmaydigan plastik chiqindi chiqaradi. Bugun 11 million iroqlik oʻquvchi bir oylik karantindan soʻng oʻqishini qayta boshladi. JAR poytaxti Keyptaunda aholi shaharlar va munisipalitetlarga saylovlarni qutlamoqda. Hindiston polisiyasi tomonidan Agrada hibsga olingan uch nafar kashmirlik talabani ozod qilishni talab qilib, Kashmirda norozilik namoyishlari boʻlib oʻtmoqda.
111
1,126
Foto
Foto: “Eng qo‘rqinchli mushuk”ning ommalashib ketgan suratlari
Instagram ijtimoiy tarmog‘ida g‘aroyib mushukning suratlari paydo bo‘ldi. Hayvon qo‘rqituvchi ko‘rinishga ega, shuning uchun u dunyodagi “eng qo‘rqinchli” mushuk degan laqabni oldi. “Korrespondent.net” mushukning suratlariga e’tibor qaratdi. Mushukning egasi uning Instagram sahifasini yuritadi. Mushuk Fors shinshillasi zotiga mansub bo‘lib, u Londonda yashaydi. Mushukning haqiqiy laqabi Vilfred bo‘lib, “qo‘rqmas jangchi” degan ma’noni anglatadi. Uning Instagram sahifasiga qariyb 68 ming kishi a’zo bo‘lgan.
62
513
Foto
Fotoreportaj: Ramazon shukuhi bilan yashayotgan Turkiya
Barcha musulmon davlatlarida bo‘lgani kabi Turkiyada ham Ramazon oyi munosib qarshi olindi. “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev mazkur mamlakatda bo‘lib, muborak oyni o‘tkazish bilan bog‘liq ayrim jihatlarga e’tibor qaratdi. Turkiyaning katta-kichik shaharlari, xususan, Istanbulning markaziy ko‘chalari Ramazon oyini madh etuvchi ulkan bannerlar bilan bezatilgan. Ularni gavjum transport oqimida ham payqash qiyin emas. Istanbuldagi mashhur “Ayo Sofiya” masjidi Ramazon oyida bu yerni ziyorat qilish istagida bo‘lgan sayyohlar bilan to‘la. Ular qatorida ko‘plab o‘zbekistonliklarni ham uchratish mumkin. Ramazon oyida Istanbuldagi ayrim mashhur obidalar, xususan, Sulton Ahmad masjidida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Ramazon shukuhi Istanbul xalqaro aeroportida ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ulkan havo qo‘nalg‘asining turli nuqtalarida shunday installyatsiyalarga guvoh bo‘lasiz. Turkish Airlines samolyotlarida iftorlik payti yo‘lovchilarga “Xayrli Ramazonlar” degan yozuv tushirilgan qog‘oz qutilar tarqatilmoqda. Ulardan suv, xurmo, zaytun, shirinlik va yegulik o‘rin olgan. Ramazon oyida turkiyaliklar toat-ibodat bilan bir qatorda o‘zlarining odatiy yumush va mashg‘ulotlari bilan ham band. Ulardan ba’zilarining faoliyatlari kameraga muhrlandi. Chanoqqal’a shahrida qayig‘ini ta’mirlayotgan baliqchi. O‘rta yer dengiziga sho‘ng‘ish bilan shug‘ullanayotgan g‘avvos. Xiyerapolis antik shahar-muzeyi farroshi. O‘rta yer dengizi sohilidagi midiyalar sotuvchisi. Antaliyaning Dyuden parkidagi apelsin va anor sharbatlari tayyorlovchi. Antaliyaning Dyuden parkidagi fotograf. Istanbuldagi To‘pqopi saroyi qarshisida hordiq olayotgan qariya. Antaliyadagi ko‘cha xonandasi. Istanbuldagi To‘pqopi saroyida xizmat qilayotgan jandarmeriya xodimi. Istanbul ko‘chalaridagi xizmatdan biroz tin olgan politsiya xodimlari. “Daryo” muxbiri Ramazon oyi shukuhi bilan yashayotgan Turkiyani shunday nigoh bilan ko‘rdi. Bu muborak oyda ushbu davlatda ilg‘ashga ulgurilgan ayrim qirralar, xolos.
55
2,015
Foto
Toshkentning qaysi maydonida kabutarlarni qo‘lda boqsa bo‘ladi?
Xorijiy shaharlar haqidagi sayohatnoma-ko‘rsatuvlarda ko‘p ko‘rganmiz — tarixiy markaziy maydonlar nafaqat odamlar, balki kabutarlar bilan ham gavjum bo‘ladi, katta-yu kichik bu qushlarni boqishga intiladi, kabutarlar ham odamlardan hadiksiramaydi. Toshkent, Gagarin ko‘chasi. “Kabutarlarni boqishdek quvonch Toshkentning Gagarin ko‘chasida ham bor. Non ushoqlarni sochib, ozgina kutib tursangiz, kifoya”, — deb yozadi fotosuratchi Rustam Husanov Facebook’dagi X-Places guruhida qoldirgan xabarida.
63
500
Foto
Yovvoyi tabiatning eng yaxshi fotosuratlari e’lon qilindi (fotogalereya)
An’anaviy Nature Photographer of the Year tanlovi doirasida National Geographic jurnali mutaxassislari yovvoyi tabiatning eng yaxshi suratlarini tanlab oldi, deb yozadi “Korrespondent.net”. Ular nashr tahririyatiga yuborilgan minglab fotosuratlar orasidan saralab olindi. Bu yil fransiyalik Greg Lekurning Janubiy Afrika qirg‘oqlarida sardinalarning migratsiyasini aks ettirgan fotoasari eng yaxshi deb tan olindi. Shu va boshqa suratlarni nashr fotogalereyasida tomosha qilishingiz mumkin.
72
490
Foto
Islandiya ertaklardagi mo‘jizaviy mamlakatlardan ortda qolmasligini isbotlovchi 10 ta surat (fotogalereya)
Hamma Islandiya haqida eshitgan, ammo sanoqli kishilargina bu mamlakatni borib ko‘rgan. AdMe ushbu ajoyib yurtning go‘zalligiga maftun bo‘lgan holda, Islandiya — jozibali shimol mo‘jizasi ekanligini isbotlovchi dalillarni keltirib o‘tdi.
106
237
Foto
Foto: Vyetnamdagi “Damri” to‘foni oqibatlari
Vyetnamning janubiy va markaziy provinsiyalariga 4-noyabr kuni “Damri” to‘foni yopirildi. Tabiiy ofat kamida 60 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi, o‘nlab kishilar bedarak yo‘qolgan, deb hisoblanmoqda. “Interfaks” to‘fon oqibatlari aks etgan suratlarni taqdim etdi.
44
262
Foto
Iroqlik rassom vatanidagi muammolarni kollaj yordamida aks ettirmoqda (foto)
Iroqlik farmatsevt va rassom Mohallad Habib o‘z vatani suratlariga multfilm qahramonlarini kollaj qilib, ta’sirli san’at asarlarini yaratadi, deb yozadi Esquire. “Men yashaydigan hududda zo‘ravonlik, uylarni vayron qilish hamda ko‘plab fojiaviy narsalar kundalik hayotning ajralmas qismiga aylandi. Men ushbu fojialar mohiyatini qiziqarli usulda odamlarga yetkazish uchun ularni suratlarda aks ettirishga urinmoqdaman”, — deydi rassom.  Rivojlangan va notinchlik hukm surayotgan mamlakatlar aholisining hayot tarzidagi keskin farqni aks ettiruvchi suratlar
76
563
Foto
Fotogalereya: Dunyoning turli nuqtalarida bahorning boshlanishi
Bahor dunyoning turli nuqtalariga turlicha kirib keladi. Qayerdadir sakuralar gullab, atrof yashil maysalar bilan qoplansa, boshqa joyda bahor yomg‘ir va eriyotgan muzlar bilan boshlanadi. AdMe nashri taqdim etgan fotojamlanmada sayyoraning turli nuqtalarida bahorning qanday boshlanishi aks etgan. Sakura deb ataluvchi yapon olchalari har bahorda kunchiqar mamlakatni go‘zallikka burkaydi. Hamma joyda tabiat uyg‘ona boshlagan vaqtda, Alyaskada hamon qish hukmronlik qiladi. Qor may oyigacha erimaydi. Tog‘ cho‘qqilaridagi qor yil bo‘yi erimaydi. Tog‘ yonbag‘rida yashnayotgan maysalar bahor kelganidan darak beradi. Mart oyining boshida tabiat uyg‘onib, qor uyumlari eriy boshlaydi. Ukraina Ukraina bahori ranglarga boy. Mart oyida havo harorati +10 darajaga ko‘tariladi va qor tez erib ketadi. Germaniyada bahor havosi tez o‘zgaruvchan bo‘ladi. Iliq kunda to‘satdan qor bo‘roni boshlanishi mumkin, bu holat, asosan, mart oyida yuz beradi. Bahor to‘laligicha aprel oyida boshlanadi. Bahorda tabiat tez o‘zgaruvchan bo‘ladi, tez-tez shamol va yog‘ingarchilik bo‘lib turadi. May oyida Shveysariyaning shimolida oq tunlar boshlanadi. Bahor bag‘oyat go‘zal va turli ranglarga boy. Qor erishi bilan, tabiat oq, zangori, pushti gullar bilan qoplanadi. Qanchalik g‘alati bo‘lmasin, Norvegiyada bahor erta ham, kech ham keladi. Yil iliq kelganda fevral oyida gullar unib chiqib, may oyida esa qor yog‘ishi mumkin. Odatda, Buyuk Britaniyada bahor anchagina iliq, biroq tabiat tez o‘zgaruvchan bo‘ladi. Bir lahzada iliq quyoshli ob-havo sovuq va yomg‘irli kunga aylanishi mumkin. Boy hayvonot va o‘smlik olamiga ega mamlakatda bahorda havo harorati +12—22 darajani tashkil qilib, sayyohlar uchun qulay vaqt hisoblanadi. Ko‘plab Yevropa mamlakatlarida bo‘lgani kabi Ispaniyada bahor yilning eng go‘zal fasllaridan biri hisoblanadi. Mamlakatning orol qismida bahor o‘zgacha go‘zal. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
63
1,957
Foto
Fotogalereya: Aql-idrokni shoshirib qo‘yadigan suratlar
AdMe kundalik hayotda uchrab turadigan, biroq sog‘lom odamning aql-idrokini shoshirib qo‘yadigan suratlarni to‘plab taqdim etdi. Zamonaviy texnologiyalar kundalik hayotimizda “Selfi tayoqchasini sotib oldim, biroq hozircha farqni sezmadim” Yukxona qay tarzda ochilishini tomosha qilish qiziq Qachondir shunaqa bo‘lishi kerak edi Ekzorsistni chaqiring! “Taxtlar o‘yini”ning yangi personaji M — maskirovka Ushbu harakatdagi eng qo‘rqinchli narsa — bu odam nimani maqsad qilganini hech qachon bila olmaysiz Ba’zida barchaga shu kabi o‘ziga bo‘lgan ishonch yetishmaydi “Nega masxarabozlar ko‘pchilikni qo‘rquvga solishini endi tushundim” Barchasi yangi yil ertagiga aylanayotganini ko‘rishni istaganlar uchun Pushti rang — yegulik uchun eng yoqimsiz rang “Negadir ular shubhalidek tuyulmoqda” “Bugun taksi chaqirib qo‘ya qolaman shekilli” Muzlatilgan gazli ichimlik hali hech qachon bu qadar chiroyli bo‘lmagan
55
920
Foto
Fotogalereya: Xitoyning uzoq provinsiyalaridagi aholi hayoti va mulki
Xitoylik fotograf Xuan Sintszyun bir necha yil mamlakatning uzoq provinsiyalari bo‘ylab sayohat qilib, qiziq loyiha ustida ishladi. U xitoylik oilalarni o‘z uyi oldida bor mol-mulki bilan suratga olgan. TravelAsk suratkashning ijod namunalarini taqdim etdi.
69
257
Foto
Fotogalereya: Osiyoning yuqoridan olingan suratlari (foto)
Osiyo o‘zining madaniyatli xalqi, go‘zal tabiati va muhtasham inshootlari bilan boshqa mintaqalardan ajralib turadi. Osiyodagi go‘zal manzara har doim fotograflar uchun ilhom manbai bo‘lib kelgan. Tayvanlik suratkash Kosuke Kurata samolyotdan Osiyoning eng ajoyib joylarini suratga oladi. U Bangkok, Gonkong, Kuala-Lumpur, Tokio, Xanoy va Singapurning aeropeyzajlarini dron yordamida suratga oldi . TravelAsk ana shunday rasmlarni jamlab, taqdim etdi.
58
451
Foto
Fotogalereya: Bolalar bilan sayohatni yengillashtiruvchi vositalar
Bolalar bilan sayohatga chiqishning o‘ziga xos mas’uliyati va qiyinchiligi bor. AdMe ana shu qiyinchiliklarni yengillashtiruvchi buyumlar jamlanmasini taqdim etdi.
66
163
Foto
Fotogalereya: Rassom Aaron Shuerr va tabiat tomonidan yaratilgan ajoyib peyzajlar
Aaron Shuerr — ko‘pqirrali inson: rassom, yozuvchi, aktyor, turmush o‘rtoq va ota. Lekin uning shu rollaridan biri boshqa uni boshqa odamlar bilan kuchli bog‘lab turadi. U san’atdan odamlarga tabiatning turli tomonlarini va go‘zalligini ko‘rsatuvchi qurol sifatida foydalanadi. Shuerrning suratlari o‘zida turli ranglarni jamlab, tabiatning buyukligini aks ettiradi. Travel Ask uning ijodidan lavhalar taqdim etdi.
81
414
Foto
Foto: Sirdaryodagi falokat oqibatlarini bartaraf etish jarayoni Ikkinchi jahon urushidagi tarixiy kadrni takrorladi
Prezident Xalq qabulxonasi Sardoba suv omborida yuz bergan avariya oqibatlarini bartaraf etish jarayonlaridan katta fotoreportaj taqdim etdi. Reportajda falokat oqibatlarini bartaraf qilish ishlariga turli vazirlik va idoralardan 20 mingdan ziyod ishchilar hamda 3,5 mingga yaqin maxsus texnika jalb etilgani aytiladi. “Sirdaryo viloyatining Oqoltin, Sardoba va Mirzaobod tumanlarida suv toshqinidan zarar ko‘rgan 24 ta mahallada talafot oqibatlarini bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda”, — deyiladi reportajda. Fotosuratlarda harbiylar, FVV xodimlari, SEOM xodimlari va boshqa ko‘ngillilar tomonidan suv toshqinidan talafot ko‘rgan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘rish mumkin. Prezident Xalq qabulxonasi reportajni “Sirdaryodagi ‘jang’ maydonlaridan fotoreportaj” deb nomlagan. Suratlar O‘zbekistonda nishonlanadigan Xotira va qadrlash kuni bayrami va dunyoning ko‘plab davlatlarida nishonlanadigan Ikkinchi jahon urushidagi g‘alaba kuni arafasida olingani uchun ham Prezident Xalq qabulxonasi talafot oqibatlarini bartaraf etish jarayonini jangga qiyoslagan bo‘lishi mumkin. Ammo ushbu jarayondagi bir necha harbiyning vayronalarni tozalash vaqtida ustunni ko‘tarayotgan lahzasi haqiqiy jangdagi bir holatni takrorladi. Sirdaryodagi toshqin oqibatlarini bartaraf etayotgan harbiylar. Gap Ikkinchi jahon urushi vaqtida AQSh va Yaponiya askarlari o‘rtasida Ivodzima oroli uchun kechgan jang haqida ketmoqda. 1945-yil fevral—mart oylarida strategik jihatdan juda muhim hisoblangan Ivodzima oroli uchun kechgan janglarda amerikaliklarning qo‘li baland kelgan. AQSh armiyasi orolning eng yuqori nuqtasi — Suribati tog‘ini egallaganidan so‘ng u yerga AQSh bayrog‘i o‘rnatilgan. Besh nafar dengiz piyoda qo‘shini askari va bir nafar dengiz-harbiy kuchlari sanitari tomonidan bayroqning o‘rnatilishini Associated Press fotojurnalisti Jo Rozental tarixga muhrlagan. Bu surat Ikkinchi jahon urushidagi eng mashhur suratlardan biriga aylangan. Mana o‘sha surat: Amerikalik harbiylar Ivodzima orolidagi Suribati tog‘ida AQSh bayrog‘ini o‘rnatmoqda. 1945-yil 23-fevral. Jo Rozentalning surati asosida Vashington yaqinida AQSh dengiz piyoda korpusi yodgorligi ham o‘rnatilgan. Bayroq o‘rnatish bilan bog‘liq hodisalar Gollivud rejissori Klint Istvudning “Otalarimizning bayrog‘i” (Flags of Our Fathers) filmida ham namoyish etilgan. AQSh dengiz piyoda korpusi yodgorligi. Ikkala suratni solishtirsangiz, Sirdaryoda ham, Suribati tog‘i cho‘qqisida ham vayronalar ustidagi harbiylar bir maqsad yo‘lida harakat qilayotganini ko‘rish mumkin. Ushbu suratlar bir-biriga qanchalik o‘xshashiga o‘zingiz baho bering. Sirdaryoda falokat oqibatlarini bartaraf etish (2020-yil) va Suribati tog‘iga bayroq o‘rnatish (1945-yil).
115
2,730
Foto
Fotogalereya: Londonda 2017-yilda ishga tushadigan yangi yerosti temiryo‘li qurilishi
Londonda uzunligi 118 kilometr bo‘lgan, yiliga, taxminlarga ko‘ra, 200 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadigan yangi yerosti temiryo‘l tizimi — Crossrail qurilmoqda, deya xabar bermoqda TravelAsk. Tonnellarni qurish uchun og‘irligi 1000 tonna bo‘lgan yer kavlaydigan parmalardan foydalanilgan. Hozirga kelib “quvurlar” to‘liq tayyor holga kelgan va, poyezdlar harakatini ta’minlash uchun, ularni zarur infratuzilma — ventilyatsiya shaxtalari, elektr simlari, signal qurilmalari, aloqa va kuzatuv tizimlari bilan ta’minlab chiqish qoldi, xolos. Yo‘lovchilar uchun barcha qulayliklar muhayyo qilinmoqda — poyezdlarning eshiklari yetarli darajada keng bo‘ladi (bir vaqtning o‘zida bir eshikdan uch kishi vagonga kira oladi), vagonlarga konditsionerlar, bepul Wi-Fi o‘rnatiladi, shuningdek, 4G tarmoqqa ham ulanish mumkin bo‘ladi. Qurilishiga 28 milliard dollar sarflangan Crossrail 2017-yilda foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.
85
937
Foto
Fotojamlanma: Toshkentning eng noodatiy mozaikalari
O‘zbek mozaikasining o‘ziga xos xususiyati — bu uning sharqona naqshlarga egaligida. Ular mustaqil naqshlardan yasalib, yakuniy sujetni o‘zida mujassamlashtiradi. Mozaika mavzusini geometrik, ertaknamo, bayramona (masalan, “Navro‘z”), targ‘ibot sujetlari tashkil etadi. “MyTashkent.uz” Toshkent shahrida joylashgan eng ajoyib mozaikalarning suratlarni to‘plab taqdim etdi. Bu kabi naqshlar nafaqat dekoratsiya, balki targ‘ibot vositasi sifatida ham xizmat qiladi. Ko‘pincha ularda pionerlar, umumiy tenglik va birodarlik, shu davrning ramzlari tasvirlanadi. Ularning aksariyati hozirda yo‘qolib ketgan yoki bo‘yalgan. Mozaika davrining rivojlanishi 1960—1980-yillarga to‘g‘ri keladi. Uni tayyorlash ishi ancha qiyin va uzoq vaqt talab qilgan. Mozaikaning asarlari rassomlar tomonidan tayyorlangan shablonga o‘rnatiladi. Plitkalarning old qismi qog‘oz yordamida yelimlangan va “yuzini” pastga qaratib shaklning tubiga terib chiqilgan. Surat xaritasiga asosan alohida panellardan keramik gilam tayyorlangan. Shundan so‘ng panellar ustida beton quyilib issiq kameraga quritishga jo‘natilgan.
51
1,092
Foto
Yilning iPhone’da olingan eng yaxshi fotosuratlari e’lon qilindi (foto)
iPhone Photography Awards (IPPA) tanlovi hay’ati g‘oliblarni e’lon qildi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”. Tanlovda iPhone’ning turli modellari orqali olingan fotosuratlar ishtirok etdi. Tanlovdagi yagona cheklov suratga olish vositasi sifatida iPhone’dan foydalanish bo‘ldi, qo‘shimcha optikani qo‘llash esa taqiqlanmadi. Fotosuratlarga mobil redaktorlarda ishlov berishga ruxsat etildi, ammo Photoshop yoki Lightroom kabi professional paketlarda ularni tahrirlash taqiqlandi. IPPA 2016 g‘olibi Syuan Nyuning “Erkak va burgut” fotosi bo‘ldi, Nyu, shuningdek, “Yil fotosuratchisi” nomini ham qo‘lga kiritdi. Tanlovda 139 mamlakat vakillarining bir necha minglab suratlari qatnashdi.
71
679
Foto
Karikatura: Hashar vaqti Krakoziyaga borib qolgan koronavirus
Telegramdagi @Habikatura kanalida e’lon qilingan karikatura: “Agar bitta virus Krakoziyaga ayni hashar payti borib qolsa”. Ma’lumot uchun, 14-mart holatiga ko‘ra, koronavirus bilan kasallanish holati jahonning 139 ta mamlakati va hududida, jumladan, O‘zbekistonga qo‘shni Qozog‘istonda ham qayd etilgan, jami kasallanganlar soni 145 ming kishidan oshgan, ulardan 71,6 ming nafari sog‘ayib ulgurdi, 5429 kishi esa vafot etgan. O‘zbekistonda shu kungacha koronavirus bilan kasallanish holati qayd etilgani yo‘q — mamlakatda 14—15-mart kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda. Darvoqe, Krakoziya — “Terminal” filmidagi xayoliy mamlakat; unda bosh rolni ijro etgan aktyor Tom Xenks ham rafiqasi bilan birga koronavirusga chalingan. Karikatura: Telegram/@habikatura
61
768
Foto
Fotogalereya: Eng yirik aviahalokatlar
1923-yildan bugungi kungacha dunyoda 540 dan ortiq aviahalokat yuz bergan. Halokatlarning sabablari turlicha bo‘lib, ular qatoridan yomon ob-havodan tortib teraktlar ham joy olgan. Qariyb yuz yil ichida yuz bergan samolyotlar halokati natijasida 53 mingdan ortiq inson qurbon bo‘lgan. “Kommersant” yaqin o‘tmishda yuz bergan eng yirik aviahalokatlarga e’tibor qaratdi. 1985-yil 23-iyunda Air-India kompaniyasiga qarashli Boeing 747-237B samolyoti halokatga uchragan. Havo kemasi Bombey — Dehli — Frankfurt-Mayn — Toronto — Monreal yo‘nalishida parvoz qilayotgan edi. Samolyotning yukxonasiga o‘rnatilgan bomba Boeing Atlantika okeani ustidan uchib o‘tayotgan vaqtda portlagan. Halokat Boeing-747 da yuz bergan birinchi va Kanadadagi eng yirik terakt bo‘lgan. Halokat oqibatida 329 kishi halok bo‘lgan. 1977-yil 27-martda Kanar orollarining Tenerife shahridagi Los-Rodeos aeroportida ikki Boeing-747 samolyoti to‘qnashib ketgan. Inson omili tufayli yuz bergan baxtsiz hodisa aviatsiya tarixida qurbonlar soni bo‘yicha eng yirik halokat hisoblanadi. Aviahalokat natijasida 583 kishi qurbon bo‘lgan. Halokatdan biroz oldin “Kanar orollari avtonomiyasi va mustaqilligi uchun harakat” jangarilar guruhi Las-Palmas aeroportining kutish zalida bomba portlatgan. Aeroport Los-Rodeos aeroportidan 100 km uzoqlikda joylashgan bo‘lib, bomba portlagandan so‘ng barcha reyslar Los-Rodeos aeroportiga yo‘naltirilgan edi. 1985-yil 12-avgustda Yaponiyaning Gumma prefekturasida Japan Airlines aviakompaniyasiga tegishli Boeing-747SR havo kemasi halokatga uchradi. Atigi 4 kishi omon qolgan, 520 kishi, shu jumladan, ekipajning barcha a’zolari halok bo‘lgan. Samolyot Xaneda aeroportidan havoga ko‘tarilganidan 12 daqiqa o‘tib boshqaruvni yo‘qotgan va aeroportdan 88 kilometr uzoqlikda joylashgan Osutaka tog‘iga borib urilgan. Samolyot qulagandan so‘ng yong‘in yuz bergan va u 14 soat davomida qutqaruvchilarga halokat joyiga yaqinlashishga imkon bermagan. Texnik ko‘rikni kerakli darajada o‘tkazmagani uchun aviakompaniya halokatda aybdor deb topilgan. 1974-yil 3-martda Parij yaqinidagi Ermenonvil aholi punktida Turkish Airlines aviakompaniyasiga qarashli Istanbul — Parij — London yo‘nalishida uchayotgan McDonnell Douglas DC-10-10 samolyoti quladi. Samolyot bortida bo‘lgan 346 kishining barchasi halok bo‘lgan. Halokatga samolyotdagi texnik nosozlik, aniqrog‘i samolyot yukxonasi eshiklarining qulf tizimidagi nosozlik sabab bo‘lgan. Uch kilometr balandlikda bosimlar o‘rtasidagi farq sababli yukxona eshigi ochilib ketgan va boshqaruv tizimining izdan chiqishiga olib kelgan. Samolyot katta tezlikda tumshug‘i bilan yerga urilgan. Halokat shu kungacha Fransiya tarixidagi eng yirik aviahalokat bo‘lib qolmoqda. 1996-yil 12-noyabrda Dehli osmonida Saudiya Arabistoniga uchib ketayotgan Boeing-747 va Qozog‘istondan uchib kelayotgan Il-76 TD charter samolyoti to‘qnashgan va kuchli portlash yuz bergan. 349 kishi halok bo‘lgan. Halokat sabablari shu kungacha aniqlanmagan. Halok bo‘lganlarning ko‘pchiligi havoda jon bergan. Samolyot bo‘laklari tushgan qishloq aholisidan hech kim jabrlanmagan. Yo‘lning yo‘qligi sababli qutqaruv xizmati, shifokorlar va o‘t o‘chiruvchilar bir necha soatdan keyin halokat joyiga yetib borgan. Bu vaqt ichida halokat joyiga yig‘ilgan mahalliy aholi qurbon bo‘lganlarning shaxsiy buyumlarini o‘g‘irlab ketishga ulgurgan. 1988-yil 3-iyulda Eronning Bandar-Abbos shahridan BAAning Dubay shahriga uchayotgan Airbus A300B2-203 samolyotini Fors ko‘rfazi ustida AQSh harbiy dengiz kuchlari tomonidan uchirilgan raketa urib tushirgan. 290 kishi, shu jumladan, 66 nafar yosh bola halok bo‘lgan. AQSh harbiy dengiz kuchlari halokatni xato tufayli yuz bergan deb izohlagan. 1979-yil 25-mayda Chikagodan Los-Anjelesga parvoz qilayotgan McDonnell Douglas DC-10-10 samolyoti qulagan. 273 kishi qurbon bo‘lgan. Halokatga samolyotdagi texnik nosozlik sabab bo‘lgan — havoga ko‘tarilish vaqtida chap dvigatel gidrotizimlardan birini ishdan chiqargan va chap qanotga zarar yetkazgan. Nima bo‘layotganini tushunmagan ekipaj yo‘riqnoma bo‘yicha harakatni davom ettirgan va Chikago yaqinida qulagan. 2003-yil 19-fevralda Eronning Kermon shahri yaqinida bortida Islom inqilobi soqchilar korpusining jangchilari bo‘lgan Il-76MD samolyoti quladi. 275 kishi halok bo‘lgan. Halokatga noqulay ob-havo sabab bo‘lgan. 2001-yil 12-noyabrda Nyu-York — Santo-Domingo yo‘nalishida parvoz qilayotgan Airbus A300 layneri halokatga uchradi. Samolyot Kvins shahri atrofidagi aholi yashash punktiga qulagan va 265 kishi qurbon bo‘lgan. Halokat sabablaridan biri sifatida terakt ko‘rsatilgan bo‘lsa ham, samolyot biroz avvalroq uchib o‘tgan Boeing-747 havo kemasining havo oqimiga tushib qolishi natijasida qulagan deb topilgan. Uchuvchi nima bo‘layotganini tushunmasdan noto‘g‘ri harakat qilgan. 2014-yil 17-iyulda Amsterdam — Kuala-Lumpur yo‘nalishida uchayotgan Malaysia Airlines kompaniyasiga qarashli Boeing-777 havo kemasi Donetsk shahri yaqinida urib tushirilgan. Samolyot bortida bo‘lgan 298 kishining barchasi halok bo‘lgan. 2015-yil 31-oktabrda bortida 224 kishi bo‘lgan “Kogalimavia” kompaniyasiga tegishli A321 samolyoti terakt natijasida qulagan. Ekspertlar tomonidan aniqlanishicha, layner bortida bomba portlagan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
38
5,302
Foto
Yangi yil shirinliklari bilan siylangan maymunlar, “omikron”dan qo'rqmaydigan braziliyaliklar, madaniy ob'ektlarning yopilishiga qarshi namoyishlar — 27 dekabr suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz. Moskva hayvonot bog'ida maymunlarga Yangi yil shirinliklari tarqatildi. Pshemisl shahrida sovuq va qorli havo hukm surmoqda. Parijdagi koronavirusga qarshi test punktida navbatga turgan odamlar. Moskva istirohat bog'laridagi bayram kayfiyati. Belgiya poytaxti Bryussel shahrida koronavirusning yangi shtami sabab madaniy ob'ektlar yopilishiga qarshi norozilik namoyishlari o'tkazilmoqda. Antverpenda Moderna vaktsinasi bilan qayta emlash jarayoni davom etmoqda. Madriddagi Yangi yil kechasi bong urishi kerak bo'lgan soat tekshiruvdan o'tkazildi. Frankfurtda tumanli tong. Rio-de-Janeyroda “omikron” xavfiga qaramasdan plyajlar ochilmoqda. Shanxay ko'chalari Yangi yil bayrami arafasida bezatib qo'yilgan.
169
766
Foto
Atrof-muhit va suv resurslari muammolari yo‘nalishidagi Nature Conservancy foto tanlovining g‘oliblari e’lon qilindi (foto)
Har yili o‘tkaziladigan Nature Conservancy foto tanlovida kapalaklar bilan o‘ralgan dasht gorillasining suratini olgan Anup Shoh Gran-pri bilan bilan taqdirlandi. Bu haqda tabiatni muhofaza qilish tashkiloti saytida xabar berilgan, deb yozadi “Korrespondent.net”. Suratkash dasht gorillasini Markaziy Afrika Respublikasida kadrlarga muhrlashga muvaffaq bo‘ldi. Keniyada tug‘ilgan va hozirda Buyuk Britaniyada yashovchi Shohning ishi tanlovda ishtirok etgan 100 mingdan ortiq kadrning eng yaxshisi deb topilgan. Tomoshabinlar mukofoti hindistonlik Pratxamesh Gadekarning tropik yomg‘irdan oldin tushirgan fotosuratiga nasib etdi. “Peyzaj” turkumi bo‘yicha Braziliyaning Mato Grosso shtatidagi qurib qolgan botqoq tuprog‘ida Paragvay timsohi skeleti aks etgan braziliyalik Deniyel de Granvil Mansuning “Qurg‘oqchilik” deb nomlangan surati g‘olib bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni braziliyalik Denis Fereyra Netuning Serra-du-Mar surati, uchinchi o‘rin esa amerikalik suratkash Yassen Todorovning “Tuzli hovuzlar”iga nasib etdi. “Odamlar va tabiat” nominatsiyasida belgiyalik Alan Shrederning “Orangutanlarni qutqarish” surati g‘olib bo‘ldi. Unda operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rayotgan indoneziyalik orangutan – uch oylik Brenda tasvirlangan. Ikkinchi o‘ringa avstraliyalik Tom Overollning “Qum bo‘roni” surati, uchinchi o‘ringa esa turkiyalik Sebnem Joshkunning “COVID -19 chiqindilari” surati loyiq ko‘rilgan. “Suv” toifasida birinchi o‘rin bangladeshlik Kazi Arifujamanning “Suv va odamlar” suratiga nasib etdi. Ikkinchi o‘rinni meksikalik Xoram Mennes “Cho‘kish”, uchinchi o‘rinni “Qishki Islandiya” surati bilan gongkonglik Man Vay Vong egalladi. “Yovvoyi tabiat” nominatsiyasida g‘olib avstraliyalik Buddxilini de Suzaning “Mashaqqatli suzish” surati bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni polshalik Mateush Pesakning “Kungaboqar”, uchinchi o‘rinni chexiyalik Viktor Vrbovskiyning “Baliq ovi” deb nomlangan surati egalladi.
123
1,911
Foto
Fotogalereya: Dunyoning eng nufuzli ayollari Forbes reytingining asosiy o‘nligiga kimlar kirdi?
Hafta boshida Forbes jurnali har yili taqdim etishi an’anaga kirgan dunyoning 100 nafar eng nufuzli ayollari reytingi e’lon qilindi. Ro‘yxatni Amazon asoschisi Jef Bezosning sobiq rafiqasi va jahonning eng boy ayollaridan biri Makkenzi Skott boshqarmoqda. 1-o‘rin yozuvchi Makkenzi Skott Avval ushbu reytingda 11 yil davomida Germaniya sobiq kansleri Angela Merkel yetakchilik qilgan. “Kommersant” Forbes reytingida kuchli o‘nlikka kirgan taniqli ayollar fotogalereyasini tuzgan. 2-o‘rin AQSh vitse prezidenti Kamala Xarris 3-o‘rin Yevropa markaziy banki rahbari Kristin Lagard 4-o‘rin General Motors Company bosh direktori Merri Barra 5-o‘rin Microsoft asoschisi Bill Geytsning rafiqasi filantrop, Melinda Geyts 6-o‘rin Fidelity Investments investitsiya kompaniyasi bosh direktori Ebigayl Jonson 7-o‘rin Santander moliyaviy-kredit guruhi direktorlar kengashi raisi Ana Patrisiya Botin 8-o‘rin Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen 9-o‘rin Tayvan administratsiyasi rahbari Say Inven 10-o‘rin Accenture bosh direktori Juli Svit 2020-yilda Forbes’ning eng nufuzli ayollar reytingida yuqori uchlikdan Merkel, Lagard va Harris joy olgan. Shuningdek, o‘tgan yili Finencial Times gazetasi ham o‘z talqini bo‘yicha eng nufuzli ayollar ro‘yxatini e’lon qilgan: unga inqirozga qarshi kurashgan va hozirgi davrdagi muhim muammolarga e’tibor qaratgan 12 ayol kiritilgan. Mazkur reytingda birinchi o‘rinni Yangi Zelandiya bosh vaziri Zasinda Arden egallagan.
95
1,473
Foto
Foto uchun million: mualliflik huquqi sabab fotograflar bilan sudlashgan yulduzlar
Mashhurlar ba’zida Instagram’ga joylagan suratlarini o‘chirishga majbur bo‘lishi yoki fotograflar bilan sudlashishiga to‘g‘ri kelishi ham mumkin. Bella Hadid 2019-yilning sentabr oyida supermodel Tommy Hilfiger’ning Zendaya bilan hamkorlikda taqdim qilgan oq-qora kepkasida tushgan foto bilan bo‘lishgan. Shundan keyin fotograf Timur Mishiyev mualliflik huquqini buzgani uchun Bellani Manxettenning federal sudiga bergan. Kim Kardashyan 2018-yilda Kim Kanye bilan birga tushgan suratini ijtimoiy tarmoqqa joylagan. Unga 2,2 million layk bosilgan. Fotograf Said Bolden e’lon qilishga ruxsat so‘ralmagani uchun Kimdan qattiq achchiqlangan. Shundan keyin suratdan tushadigan daromad va ma’naviy zarar qoplanishni talab qilgan. Hayratda qolgan Kim o‘z fotografini ishga solgan va muxlislariga fotoagentlik logotipi tushirilgan suratlardan boshqa barcha fotolar bilan bo‘lishishga ruxsat bergan. Liam Xemsvort 2018-yilda Mayli Sayrusning sobiq turmush o‘rtog‘i “Romantik emasmi?” nomli filmni suratga olish maydonchasidagi foto bilan bo‘lishib, promosaytni manba qilib ko‘rsatgan. Mualliflik huquqini buzgan deb hisoblagan Splash and Photos Agency agentligi esa undan 150 ming dollar talab qilgan. Emili Ratakovski Model Instagram stories’iga ruxsatsiz surat qo‘ygani sabab fotograf Robert O’nil tomonidan sudga berilgan. Robert Emilidan 150 ming dollar va fotodan tushadigan daromadni talab qilgan. Xuddi shu holat model Jiji Hadid bilan ham yuz bergan. Jastin Biber Xonanda Instagram sahifasida fotograf Richard Barber tomonidan olingan foto bilan bo‘lishgan. Richard Jastinni sudga bergan, ammo Biber suratlar allaqachon o‘chirilganini ma’lum qilgan. Barber fotolarni beruxsat joylagani uchun Ariana Grandedan ham xafa bo‘lgan. Jennifer Lopes Lopes Aleks Rodriges bilan tushgan surati bilan bo‘lishganidan keyin Splash and Photos Agency agentligi yuqoridagi singari muallifni ko‘rsatmagani sabab undan 150 ming dollar talab qilgan. Jessika Simpson Model Nyu-Yorkdagi Bowery mehmonxonasidan chiqishda olingan suratini joylagan. Shundan keyin Splash agentligi e’tiroz bildirgan. Ammo Jessika boshqalardan farqli o‘laroq muammoga tinchlik yo‘li bilan yechim topgan.
82
2,167
Foto
Noodatiy rakurs tufayli kayfiyat ulashuvchi antiqa suratlar
Atrofdagi narsalarni yangicha ko‘rinishda suratga olish uchun uzoqqa borish shart emas. Shunchaki rakursni o‘zgartirish kifoya. Nostandart kadrlar, albatta, hammani qiziqtirib qo‘yishi tabiiy. “Itimni suratga olayotgan edim, esnab yubordi. So‘ngra orqa fondagi graffitga o‘xshab qoldi”. “Men itimni suratga olmoqchi edim, to‘satdan noto‘g‘ri obyektivga duch keldim”. “Klaviaturaning orqadan taratgan nuri stakanimda bir yurakcha hosil qildi”. “Orqa o‘rindiqda o‘tirgan ayolning sochlari do‘stimniki bilan bir xil ekan. Go‘yoki u uzun sochini turmaklaganga o‘xshaydi”. “Qo‘limdan bo‘rtib chiqqan tomirlar “Yo, hi”, ya’ni “Hey, salom” degan yozuvga o‘xshash”. “Ish stolimdagi kaktus mushti bilan devorga urayotganga o‘xshaydi”. “Derazadagi yorliq xuddi Bobbining tanasidagi muhrga o‘xshaydi”. “Divanda cho‘zilib yotgan Sadi ko‘zguli kameradan foydalangan shekilli, ammo u shunchaki uzun mushuk xolos”. “Mushuk yangi rakursdan jamoaning boshi kabi ko‘rinadi”. “Do‘stimning sochlariga ilon mana shu tarzda o‘ralgan”. “Ushbu rasm kerakli vaqtda kadrga muhrlandi”. “Kuzatuv kamerasi qushning uchayotgan vaqtida uni xuddi ustaxona ustida o‘tirganday suratga tushirdi”. “Quyosh nuri pardalar tufayli shkafimga shunday tushadi”. “Do‘stim sohilda Pikassoning suratlari uslubidagi toshni topdi”. “Yorug‘lik tufayli idishda loviyalar emas, shunchaki ularning surati turgandek ko‘rinadi”. “Qizim xuddi tuyaning boshini yodga soluvchi tayoq topib oldi”. “Anubis ham kuchli jismoniy mashqlardan so‘ng dam oladi”. “Shahrimizdagi puma haykali muzlar tufayli yo‘lbarsga o‘xshab qoldi”. “Ushbu monitor aftidan ruhlar bilan aloqa qilishda ishlatiladi”. “Ulkan brokkoliga o‘xshash daraxt”. “Mushugim tasma bilan yurishni yaxshi ko‘radi, bu uning baxtdan xursandligi”.
59
1,766
Foto
Haqiqiyligiga ishonish mushkul bo‘lgan tabiat mo‘jizalari (foto)
Yerdagi hayot chindan ham ajoyib. Dumaloq kamalakni, marjon taqqan yaproq yoki kaftdek keladigan qulupnay va boshqalar tabiat in’om etgan mo‘jizalardir. Lekin ayrimlargagina shunday damlarda suratga tushirish baxti nasib etadi va ular tufayli biz ham ona tabiat mo‘jizalariga guvoh bo‘lamiz. Sigir og‘zining ichki ko‘rinishi. “Men bugun sariq rangli katta qo‘ziqorinlar terdim”. Yaproqlarga tushgan shudring. Agar asalarichi uyaga ramka qo‘yishni unutib qo‘ysa, asalarilar bir hafta ichida shunday qilishlari mumkin. Bakteriyalar tufayli tayoqning ichki qismi ko‘k rangga aylandi. Bu daraxt ajdahoga o‘xshaydi. Tosh ham ajdahoning kesilgan boshiga o‘xshaydi. “O‘yin maydonchamizdagi mana bu beton oyga o‘xshaydi”. “Mashinamdan topilgan yaproq”. Sabzining hajmi qo‘lim bilan teng. Xuddi yurakchaga o‘xshaydi. “Quyosh va deraza bizga ma’ruzada yorug‘lik tarqalishining haqiqiy misolini ko‘rsatishga qaror qildi”. “Kecha xuddi DNK spirali ko‘rinishidagi bulutni ko‘rdim”. “Kaftim bilan teng qulupnay”. “Dumaloq kamalakni ko‘rganmisiz?”
64
1,046
Foto
Fotogalereya: Meva-sabzavotlar kecha va bugun
Bugungi kunda iste’mol qilinadigan sabzavot va mevalarning ba’zilari genetik jihatdan katta o‘zgarishlarga uchragan. Asrlar davomida olimlar mevalar va sabzavotlarning turli xillariga istalgan sifatni berishga uringan. TravelAsk ana shu urinishlar natijasida yuz bergan o‘zgarishlarni taqdim etdi.
45
297
Foto
Foto: Velosiped mingan davlat rahbarlari va taniqli siyosatchilar
3-iyun kuni Xalqaro velosiped kuni nishonlanadi. Ikki g‘ildirakli ushbu transport vositasi insoniyatga 200 yildan beri xizmat qilib kelmoqda. Karantin vaqtida shaxsiy avtomobillarda harakatlanishning cheklanishi velosipedning ahamiyatini yanada oshirdi. “Kommersant” velosiped mingan davlat rahbarlari hamda taniqli siyosatchilar haqida fotojamlanmani taqdim etdi. Ashxobod bo‘ylab velosipedda sayr qilayotgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov Rossiya prezidenti Vladimir Putin va xavfsizlik kengashi rahbari Dmitriy Medvedev Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson. AQShning sobiq prezidenti Jorj Bush Fransiyaning sobiq prezidenti Nikola Sarkozi AQShning 44-prezidenti Barak Obama qizi Maliya bilan. Ukrainaning Kiyev shahri meri Vitaliy Klichko Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili AQShning Kaliforniya shtati 38-gubernatori Arnold Shvarsenegger Britaniya shahzodasi Garri va Yangi Zelandiya bosh vaziri Jon Ki AQShning sobiq davlat kotibi Jon Kerri BMTning sobiq bosh kotibi Pan Gi Mun Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Checheniston prezidenti Ramzan Qodirov  Gurbanguli Berdimuhamedov Ashxobodda velosipedga qo‘yilgan monumentning ochilish marosimida ishtirok etdi Boshqa qiziqarli fotojamlanmalar:
65
1,307
Foto
Fotogalereya: dunyoning eng ekstremal mehmonxonalari
Dunyoda shunday mehmonxonalar borki, ularda faqat ekstremal sarguzasht ishqibozlarigina tunab qola oladi. Quyidagi fotojamlanmadan ana shunday muassasalar o‘rin olgan. Bir qarashda yarim vayrona kulbaga o‘xshab turgan bino aslida besh yulduzli mehmonxonadir. JARning sud poytaxti Blumfonteyn yaqinida joylashgan muassasaning shiori — “Dunyodagi yagona poli qizdiriluvchi xaroba”. Garajga o‘xshab turgan xonalardagi sharoit ham shunga yarasha: mebel va texnika minimal darajada, hojatxona — ko‘chada. Ovqat an’anaviy afrikacha o‘choqda pishiriladi. Bunday garajning bittasida tunab qolish uchun sayyoh 75 dollar to‘lashiga to‘g‘ri keladi. Nonushta 10 dollar turadi. Mehmonxona hududida bepul Wi-Fi va spa-markazlar bor. Bu mehmonxona esa mijozlarga yuqorisidagidanam qiziqroq sarguzashtni taklif qiladi — garajda emas, kanalizatsiya quvurida yotib qolish. Avstriyada joylashgan mehmonxona tejamkor turistlar va ochiq osmon ostidagi hayot shinavandalariga mo‘ljallangan. Xona vazifasini bajaruvchi quvur diametri — 2 metr. Derazalar shiftda joylashgan. Xonaga faqat bitta yotoq joyi sig‘adi. Viktoriya asri qamoqxonasi binosida tashkil etilgan muassasada bir kecha tunab qolish narxi — 125 funt sterling. Germaniyaning Alcatraz mehmonxonasi ham qamoq shaklidadir. Uning yuqoridagi raqobatchisidan asosiy farqi narxidadir — bu yerda 50 yevro evaziga qolish mumkin. Bundan tashqari, Alcatraz’da tanlov kattaroq: mijozlar qamoqxona kamerasi shaklidagi xonalarni yoki barcha qulayliklarga ega standart xonalarni tanlashi mumkin. Bostondagi Charlz-Strit qamoqxonasi o‘zining “mehmonlari” — jamoat arbobi Malkolm Iks, italiyalik anarxistlar Sakko va Vansetti bilan mashhur. Bugun binoda dunyoning eng shinam mehmonxonalaridan biri joylashgan. Mehmonxonada bir kecha turish uchun tashrifchi 550 sarf qilishiga to‘g‘ri keladi. Yana bir qiziq fakt shundaki, bir paytlar qamoqxona bo‘lgan binoning bugungi nomi Liberty — ozodlik. Vyetnamdagi Crazy House mehmonxonasi esa bir paytlar jinnixona bo‘lgan. Undagi ikki o‘rinli xonalar 30 dollarga taklif qilinadi. Bino me’mori — Vyetnam kompartiyasi sobiq bosh kotibining qizi Dang Vyet Nga. Berlinda joylashgan Propeller Island City Lodge mehmonxonasi yanada qo‘rqinchliroq konsepsiyaga ega — uning tashrifchilari tobutda tunab qolishi mumkin. Mehmonxona Jyul Vernning Propeller Island romani sharafiga shunday nomlangan. Tobut — Propeller Island City Lodge mijozlariga taklif etiladigan yagona “qulaylik” emas. Aytaylik, o‘tkir hissiyot ishqibozlari gilyotina ostida yoki sher qafasida tunab qolishi mumkin. To‘g‘ri, ular haqiqiy emas — qafas ichida sher yo‘q, gilyotina esa tegishli shakl berilgan chiroqdan boshqa narsa emas.
52
2,676
Foto
Hayratda qolishingiz kafolatlangan: butunlay boshqa qiyofaga kirgan grimdagi yulduzlar (foto)
Aktyorlarning filmdagi obrazi uchun ajoyib o‘zgarishlari ba’zan tomoshabinlarni qo‘rquvga ham soladi. Rejissor istagiga ko‘ra qahramoniga o‘xshash uchun og‘ir va murakkab grimlarga rozi bo‘lgan mashhurlar bilan tanishing. Mishel Pfayffer, “Yulduzli chang” Mishel Pfayffer ijro etgan jodugar Lamiya — yovuz va jirkanch kampir, u allaqachon so‘nggi nafasini olayotgan, ammo avvalgi go‘zalligini qaytarishga harakat qilayotgan afsungar. Ba’zan u muvaffaqiyatga erishadi, shunda ekranlarda maftunkor Mishel Pfayffer paydo bo‘ladi. Jon Travolta, “Soch laki” Jonni qopga o‘xshash ayollar ko‘ylagini kiyishga ko‘ndirish uchun bir yildan ko‘proq vaqt ketgan. Shu vaqtgacha Edna Tarnblad kabi maftunkor semiz ayol ekranlarda bo‘lmagan edi. Uning quvnoq raqsi barchaning xotirasida qoldi. “Men bu rolni o‘ynash uchun uzoq vaqt davomida o‘zimning erkaklik egoim bilan kurashishimga to‘g‘ri kelgan”, — deb tan oladi Jon Travolta intervyusida. Kristian Beyl, “Mashinist” Gollivud yulduzi qahramoniga o‘xshashi uchun parhez qilishga majbur bo‘ldi. Natijada Kristian Beyl 30 kilogrammgacha ozdi. Qolgani grimyorlarning san’ati: uning qahramoni Trevor Reznik — xayol va haqiqat orasidagi tirik skelet tomoshabinlarda haqiqiy qo‘rquvni uyg‘ota oldi. Nikol Kidman, “Soatlar” Paparatsilar ham yangi obrazdagi aktrisani tanimagan. Nikol suratga olish maydonchasidan tashqarida ham qahramoni britaniyalik yozuvchi Virjiniya Vulfniki kabi soxta burunda yurgan. Aktrisa yangi roli uchun chap qo‘lda yozishni ham o‘rgangan. Mila Kunis, “Buyuk va qudratli Oz” G‘arbning yovuz jodugari Mila ijrosida dahshatli va isyonkor bo‘lib chiqdi. Mohirona grim o‘z ishini qildi: yashil teri, egri tishlar, ilgaksimon burun, sariq linzalar Milani yoqimli va jozibador qizdan yirtqich maxluqqa aylantirdi. Helena Bonem Karter, “Frankenshteyn Meri Shelli” Kelinining o‘limi haqidagi xabardan yuragi ezilgan doktor Frankenshteyn uni yana tiriltirishga qaror qiladi. Tabiiyki, qizning avvalgi go‘zalligi va nozikligidan asar ham qolmaydi. Helena Bonem Karterning grimi esa juda dahshatli bo‘lib chiqqan. Jonni Depp, “Qora massa” Mashhur mafioz qiyofasini yaratish uchun grimyorlar Deppning boshini skanerlashgan. Ushbu protsedura natijasida ular mos zichlikdagi silikon qoplama ishlab chiqdi, bu esa aktyorning yuziga qarilik va yovuzlik xususiyatlarini bera olgan. Eddi Merfi, “Tentak professor” Aktyor ushbu filmda yettita rol o‘ynagan. Shu sababli ham har bir obrazining grimi ko‘p vaqt talab qilgan. Agar dublyori Virjil Karter ba’zi ishlarni o‘z zimmasiga olmaganida, “Tentak professor”ga qiyin bo‘lardi. Bred Pitt, “Benjamin Battonning sirli tarixi” Qariya Battonning boshi to‘lig‘icha kompyuterda qilingan. Grimyorlar hamma narsa ishonchli bo‘lishi uchun go‘dak Benjamin obraziga ko‘p vaqt sarflashgan. Uorvik Devis, “Laprekon” Gollivud yulduzining bo‘yi 88 ​​santimetr, ammo bu holat uning aktyorlik shon-shuhratiga soya solmaydi. Uorvik o‘ynagan Laprekon obrazi jahon dahshatli filmlari klassikasiga kirgan. Tim Rot, “Maymunlar sayyorasi” Ayyor va aqlli general Teyd rolini o‘ynagan Tim Rot maymunlar harakatining plastikligi va xususiyatlarini o‘rganishiga to‘g‘ri kelgan. Aktyorning (shuningdek, butun ijodiy jamoaning) ishini grimga qarab baholash mumkin: film rassomlari ajoyib ishi uchun “Oskar” bilan taqdirlangan. Gvinet Peltrou, “Sevgi yomon” Nozik va jozibali Gvinet filmni suratga olishning barcha qiyinchiliklariga jasorat bilan chidadi. Qalin qatlamli grim va og‘ir kombinezonda yurish juda qiyin edi. Ammo Peltrou o‘zining ijodiy vazifasini a’lo darajada bajardi. Enn Xeteuey, “Xo‘rlanganlar” Zavodda ishlaydigan qiz Fantine roli uchun maxsus detallar va aksessuarlarning butun arsenali kerak edi: kontakt linzalari, chirigan tishlarga o‘xshash maxsus plastinalar, har xil pariklar. Albatta, aktrisaning ham qoyilmaqom ijrosi tahsinga loyiq. Shu tufayli ham Enn Xeteuey mazkur roli uchun “Eng yaxshi aktrisa“ nominatsiyasida “Oskar” bilan taqdirlandi. Maykl Jekson, “Triller” Avvaliga u yaxshi yigit, keyin bo‘ri va nihoyat zombi. O‘z davrida Maykl Jeksonning qo‘shiq, musiqa va raqs bilan birga ijro etilgan uch xil obrazi mashhur bo‘lgan. Ko‘rinishidan, taniqli xonandaning iste’dodidan ilhomlangan grimyorlar ham o‘z ishlarini yuksak ijodiy saviyada bajargan. Syuzan Sarandon, “Sehrlangan” Ertak multfilm olamidagi yovuz malika Narissa odamlar jamiyatiga kirib, ajoyib go‘zal ayolga aylanadi. Ammo jodugarning yovuz maqsadi hali ham ustunlik qiladi, shu tufayli go‘zal ayol vaqti-vaqti bilan jirkanch afsungarga aylanadi. Monika Belluchchi, “Aka-uka Grimmlar” Sochlari oqargan, xunuk yuzi chuqur ajinlarga to‘la, bahaybat tirnoqlari bilan o‘z qasrida o‘tirgan keksa ayol go‘zal Monika Belluchchi o‘ynagan obrazlardan biridir. Biroq Monika keksayishdan qo‘rqmasligini va o‘zini qariya rolida ko‘rishga juda qiziqayotganini aytgan.
93
4,829
Foto
Fotogalereya: Taniqli yulduzlarning yoshligi va ularning mashhurlik pallasi
Hozirda ular boy, chiroyli va ularga talab katta. Ammo mashhurlikka erishgunicha ularning oddiy odamlardan sira farqi yo‘q bo‘lgan. AdMe yulduzlarning shuhrat qozongunigacha tushgan rasmlarini taqdim etdi. 1. Kseniya Borodina 2. Mixail Galustyan 3. Garik Xarlamov 4. Roman Madyanov 5. Dmitriy Nazarov 6. Anastasiya Zavorotnyuk 7. Iosif Prigojin 8. Natali (Natalya Rudina) 9. Nastasya Samburskaya 10. Sergey Jukov 11. Sergey Burunov 12. Pavel Priluchniy
75
463
Foto
Fotogalereya: Sokinlik baxsh etuvchi suratlar
Ba’zan suratlarga qarab, odamning asabi tinchlanadi, sokinlik oladi. AdMe ana shunday, asabni tinchlantiruvchi suratlar jamlanmasini taqdim etdi.
45
145
Foto
San-Diego qirg‘oqlari neonli suv o‘tlari sabab yorqin rangga kirmoqda (foto+video)
May oyi boshidan buyon Kaliforniyaning San-Diego qirg‘oqlari bo‘yida “qizil suv ko‘tarilishi” — kunduzi okean suvining qizil rangga kirayotganini kuzatish mumkin, kechasi esa suv yorqin ko‘k rangda tovlanmoqda, deb xabar berdi Forum Daily. Suvning bu kabi rangga kirishiga biolyuminesstensiyaga qodir bir hujayrali suv o‘tlari sababchi. Ular ko‘p miqdorda suv qatlamlari orasiga to‘planib, qirg‘oqni va hatto to‘lqinlarni yoritishga qodir. View this post on Instagram View this post on Instagram Skrinshot: Instagram Skrinshot: Instagram Skrinshot: Instagram Skrinshot: Instagram Skrinshot: Instagram Skrinshot: Instagram Skrinshot: Instagram Skrinshot: Instagram Skrinshot: Instagram Skrinshot: Instagram Skrinshot: Instagram Skrinshot: Instagram
82
802
Foto
Hazil-galereya: Fotosuratchi ideal suratlar ortida nimalar yashiringanini ko‘rsatib berdi
Hammaning ham ideal hayotdan lazzatlanayotgani aks etgan suratlarini ijtimoiy tarmoqlarga muntazam joylashtiruvchi do‘stlari bor. Agar bu suratlarga qarab, o‘z hayotingiz zerikarli va ma’nosizdek tuyulsa, xato qilasiz. AdMe nashri vyetnamlik mashhur fotosuratchi Xo An Dikning qiziqarli fotoloyihasiga nazar tashlashni taklif qiladi. U o‘z suratlari bilan Instagram’dagi ideal hayot suratlari ortida nima yashiringanini ko‘rsatib berishga uringan.
89
447
Foto
Fotogalereya: Kameraga muhrlangan yorqin hissiyotlar
AdMe biroz bo‘lsada yaxshi kayfiyat ulashish maqsadida kamera orqali tarixga muhrlangan ajoyib suratlarni to‘plab taqdim etdi. Bu it o‘zini bog‘da “eng kattaman” deya hisoblaydigan ko‘rinadi Jiyan tog‘asidan o‘zini iloji boricha tezroq aylantirishni so‘radi Yangi kuchukcha kelganidan hamma ham xursand emas ko‘rinadi Emlashdan qo‘rqmaydigan jasur bolakay Xellouinda “yo‘l” bo‘lishni judayam xohlagan qizaloq Tortlarni yeyish bo‘yicha chempion “Buvim shifoxonaga yotishdan oldin okeanni ko‘rishni istadi” “Mening dadam Chak Norrisning ikkala kuragini ham yerga tekkizgan” Qizaloq bu qadar katta kosada ovqat keladi deb o‘ylamagan ko‘rinadi Xo‘jayinini Skype orqali ko‘rib qolgan it Qimmatbaho lahzalar O‘ng tarafdagi qizaloq orqalarida nima turganini bilib qolgan ko‘rinadi “Mening har dushanba kunidagi ahvolim”
52
824
Foto
Fotoreportaj: Yangidan bunyod etilgan Toshkent shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasi
“MyTashkent.uz” yangidan bunyod etilgan Toshkent shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasidan fotoreportaj taqdim qildi. Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 26-iyunda shifoxonaga tashrif buyurgan va binolarni ta’mirlash haqida ko‘rsatmalar bergan edi.
90
272
Foto
Fotogalereya: O‘z tashqi ko‘rinishidan norozi yulduzlar
AdMe o‘zining mukammal tashqi ko‘rinishiga emas ekanligidan “azob chekuvchi” Gollivud yulduzlarining suratlariga o‘zgartirish kiritib taqdim etdi. Tabassum — qalb nuri deyishadi. Viktoriya Bekxemning ta’kidlashicha, u xarakteri jiddiy bo‘lgani uchun emas, balki tabassumi chiroyli bo‘lmagani uchun tishining oqini ko‘rsatavermaydi. Zak o‘zining boshini noproportsional katta deb hisoblaydi. Teylorning tarmoqdagi muxlislari uning ko‘zlarini kichkina deb hisoblashadi. Bu yerda hammasi oddiy: Kira Naytli biroz semirishni xohlaydi. Dunyoga mashhur aktrisa ham o‘z qomatidan butunlay qoniqish hosil qilmaydi. Louni ko‘pchilik yoqimtoy deya ataydi. Aktyorning o‘ylashicha, agarda uning yuzi biroz bo‘lsada salobatli bo‘lganida u ko‘pchilikning qalbini zabt etgan bo‘lardi. Vampirlar haqidagi saganing qahramoni o‘zining quloqlari biroz “yotgan” bo‘lishini xohlaydi. Aktrisaning aytishicha, reklama posterlari va fotosessiyalarda uning xolini berkitib qo‘yishadi. Bu esa xollarni o‘zining kamchiligi deb o‘ylashiga sabab bo‘ladi. Uill Smit — “quloqlaridan norozilar” klubining yana bir vakili. Mashhur supermodel bir umr burnini o‘zgaritishni xohlagan. The Hunger Games qahramoni uzoq vaqt faqat bir narsani — o‘sishni istagan.
55
1,234
Foto
Selena Gomes, Ledi Gaga va taom tayyorlashni xush ko‘radigan boshqa yulduzlar (foto)
Shou-biznes vakillarining orasida ham o‘zi va oila a’zolari uchun shirinlik hamda taom tayyorlab berishni yaxshi ko‘radiganlar yo‘q emas. Ledi Gaga Xonandaga pazandalik qondan o‘tgan. Kelib chiqishi italiyalik bo‘lgan otasi restorator bo‘lgani sabab Gaga mehmonlarni o‘zi tayyorlagan pasta bilan mehmon qilishni yaxshi ko‘radi. U tayyorlagan taomni tatib ko‘rgan mashhurlar qo‘shiqchi bu ishning ustasi ekanini ta’kidlaydi. Taom tayyorlashni tinchlanishning eng yaxshi usuli deb hisoblaydigan Gaganing eng sevimli taomi — qovoq va rayhon qo‘shib tayyorlangan italyancha makaron hisoblanadi. Kemeron Dias Aktrisalikni tark etgan Dias o‘zini oilasiga bag‘ishlab yangi xobbi — pazandachilik bilan shug‘ullana boshlagan. Ovqat tayyorlashni yaxshi ko‘radigan xonanda bir kunda uch marta taom tayyorlab yaqinlari bilan ulashishni yaxshi ko‘radi. “Vegetariancha roll” retsepti Buning uchun 1 dona sabzi, piyoz, nori yaproqlari avokado, zanjabil va brokkolidan tashqari 2-3 qoshiq soya sousi, limon sharbati, uzum sirkasi kerak bo‘ladi. Tayyorlanish jarayoni: Selena Gomes Selena aktrisalik va xonandalikdan tashqari Selena+Chef shousini ham olib boradi. Mashhur oshpazlar bilan uy bekalariga to‘g‘ri keladigan tajribalar bilan bo‘lishadigan Gomes pandemiya vaqtida shouni video muloqot tarzida olib borgan. Shuningdek, xonanda nosog‘lom mahsulotlar shokolad, popkorn va yog‘li taomlarni yaxshi ko‘radi. Jessika Alba Gollivud yulduzi turmush o‘rtog‘i va farzandlariga mazali taomlar tayyorlab berishni juda ham yaxshi ko‘radi. Yozda pomidor, karam, avokadodan salat tayyorlab, tovuq qanotlarini gril qilib pishiradigan Alba sovuq kunlarda go‘shtni pechda pishirishni afzal biladi. U taom tayyorlash jarayonida ko‘plab ziravor va souslardan foydalanadi. Nafaqat oilasi, balki mehmonlar uchun ham taom tayyorlaydigan Jessika bu unga stresslarni bartaraf qilish uchun yordam berishini ta’kidlaydi. Jessika Albadan mazali kotletlar retsepti Buning uchun 1 kg qiyma, qotgan non talqoni, 1 dona sabzi, qovoqcha, tuxum, piyoz, yarim stakan tovuq sho‘rva hamda ziravorlar kerak bo‘ladi. Tayyorlanish jarayoni: Kortni Kardashyan Kim Kardashyanning opasi sog‘lom ovqatlanishni va oila a’zolari uchun taom tayyorlashni yaxshi ko‘radi. Birinchi farzandi Meyson dunyoga kelganida uning o‘zi sabzavot va mevalardan maxsus taomlar tayyorlab bergan. Bugungi kunda esa oila a’zolariga quymoq, pasta va o‘zi uchun kam kaloriyali taomlar tayyorlaydi. Kayli Jenner Kaylining saytida “Kayli bilan birga tayyorlaymiz” nomli bo‘lim bor. U tovuq va shirinliklarni maromiga yetkazib pishiradi. Kaylidan kapkeyklar retsepti Buning uchun 200 g sariyog‘, 200 g shakar, 4 dona tuxum, 700 g un, 300 ml sut va 1 ta razrixlitel kerak bo‘ladi. Tayyorlanish jarayoni: Riz Uizerspun Band ekanligiga qaramay, Riz pazandachilik bilan shug‘ullanishga vaqt topadi va pishirgan taomlari suratini ijtimoiy tarmoqlarga joylab turadi. Whiskey in a teacup nomli kitobida esa mazali lazanya va pechenyelar retsepti bilan bo‘lishadi. Aktrisa sabzavot va mevalardan smuzi tayyorlashni yaxshi ko‘radi. Uni tayyorlash uchun ismaloq, olma, nok, banan va limondan foydalanadi. Mahsulotlarga kokos suvi solib, blenderda aralashtiradi. Gvinet Peltrou Sog‘lom turmush tarzi tarafdori bo‘lgan aktrisa “Toza tarelka” nomli retseptlar kitobini taqdim qilgan. U sabzavot, ko‘katlardan foydalanib taom tayyorlashni yaxshi ko‘radi, shuningdek, shirinlik va italyancha taomlarni ham xush ko‘radi. Baliqdan tayyorlanadigan choppino sho‘rvasi u uchun sevimli hisoblanadi.
84
3,508
Foto
Ota qizini tabiiy go‘zallikni qadrlashga o‘rgatishga qaror qildi (foto)
Benni Xarlem model va musiqachi bo‘lish bilan birga, ajoyib ota hamdir, deb yozadi AdMe. Yaqinda u o‘z Instagram’iga 6 yoshli qizi Jaksin bilan tushgan suratlarini joylay boshladi. Bir qarashda, suratlarning o‘ziga xos xislati ota-bolaning noodatiy soch turmagi bo‘lib tuyuladi. Biroq aslida Benni bu suratlarni butunlay boshqa sabab bilan e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u ota sifatida qizini tarbiyalash va himoya qilishdan tashqari, unga tabiat ato etgan go‘zallikdan uyalmaslikni ko‘rsatib berishi ham kerak. Shu tariqa, Benni qizi Jaksin kuchli va o‘ziga ishongan odam bo‘lib ulg‘ayishiga umid qilmoqda.
71
617
Foto
Fotogalereya: Yaponiyaning eng qimmat sayyohlik poyezdi
Dunyodagi eng noyob poyezlardan biri hisoblangan Yaponiyaning eng qimmat Siki-Shima sayyohlik poyezdi kuzatish maydonchalari, xususiy kvartiralar va yuqori darajali restoranlar bilan jihozlangan. Bu yerda eksklyuziv platformaga o‘tishdan oldin maxsus dam olish zalida hordiq chiqarish mumkin. Keyin esa Yaponiyaga unutilmas 3 kunlik sayohat boshlanadi. Bundan tashqari, poyezdda 2 qavatli kupe joylashgan bo‘lib: pastda yotoqxona va  yuqorida mehmonxona mavjud. Bunday kupening narxi 10 ming dollargacha yetadi. Mazkur poyezd Siki-Shima yoki Fasllar oroli deb ataladi. Bu nom yaponlarning mag‘rurligi ramzi bo‘lib, quyosh mamlakati — Yaponiyada to‘rt mavsumning qanchalik chiroyli ekanligini aks ettiradi. Shuning uchun ham har bir mavsum uchun maxsus vagonlar ishlab chiqilgan. Ekspress 10 ta vagondan iborat bo‘lib, 34 kishi qulay tarzda joylashishi mumkin. Poyezdda jami 17 ta: 2 katta va 15 kichik xona mavjud. Sayohat davomida yo‘lovchilar uchun uchun eng qulay sharoitlar yaratilgan: poyezdda haqiqiy vannalar, restoran vagonlari, panoramali derazalar va shisha shiftli vagonlar mavjud. Birinchi va oxirgi vagonlardagi panoramali derazalar Yaponiyaning ajoyib manzaralaridan bahramand bo‘lish imkonini beradi. Sayohat odatda yo‘nalishga qarab 3—4 kun davom etadi. Shu vaqt davomida Yaponiyaning tarixiy va dam olish joylarini ko‘rish va tashrif buyurish mumkin. Poyezd birinchi marta 2017-yilning may oyida ilk safarini amalga oshirgan va kutilgan mashhurlikka erishgan. Ushbu sayohat chiptalari bir yil oldin sotib olingan. Qizig‘i shundaki, vagonlarni bezashda an’anaviy yapon materiallari — yog‘och, yapon qog‘ozi va maxsus lak ishlatilgan. Dizaynerning fikricha, sayyohlar sayohat davomida o‘zlarini Yaponiyaning noyob o‘rmonida yurgandek his qilishi kerak. Barcha xodimlar uchun ijodiy direktor Naoki Takizava (Naoki Takizawa) tomonidan maxsus kostyumlar yaratilgan.
55
1,884