folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Foto | Foto: Inson va akulaning do‘stligi | Avstraliyalik dayver Rik Anderson yetti yildan buyon kulrang akula bilan do‘st, deb yozadi “Bigmir.net”.
Rik bu akulani u hali juda kichikligida silab, erkalab qo‘ygan. Shundan buyon baliq har safar dayverni ko‘rganda uning oldiga suzib keladi.
“Men yetti yil avval u bilan o‘ynab boshlaganman. O‘shanda u juda kichik, uzunligi 15 santimetr atrofida edi. Uni qo‘rqitib yubormaslik uchun sekin unga yaqinlashib, silab qo‘yganman”, — deydi Aderson.
Keyinchalik akula uni taniy boshladi va unga yaqin suzib kelib, Rik uni quchoqlashi uchun tumshug‘i bilan uning oyog‘iga turtishni odat qildi.
Ta’kidlash joizki, dayver akulaga ozuqa bermaydi — u bilan faqat o‘ynaydi, xolos.
“Akula bilan o‘ynayotganimni ko‘rgan boshqa dayverlar ko‘zlariga ishona olmaydi”, — deydi Rik.
Rik 27 yildan beri suv ostida suzish bilan shug‘ullanadi va dayving maktabida murabbiylik qiladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 34 | 1,043 |
Foto | Fotogalereya: Xuddi triller filmlaridagidek ko‘rinuvchi hayotiy suratlar | TravelAsk fotokamera obyektiviga triller filmlardagidek muhrlangan suratlarni to‘plab taqdim etdi.
Kuzatuv kamerasi tomonidan tushirilgan surat
Tuman hatto to‘y suratini ham triller filmidagi kadrga aylantira oladi
Tunda olingan surat shunaqa qo‘rqinchli chiqishi mumkin
Bekorga ayrimlar suvdan qo‘rqmaydi, chunki uning ostida nimalar yotganini hech qachon bila olmaysan
Xellouin bayramidan qolgan qalpoq ichiga in qurgan o‘rgimchaklar
Italiyaning Komo ko‘lining go‘zalligidan bahra olish uchun o‘tirgan arvoh-haykal
G‘ozlarni tishini ko‘rmaguncha ularni yumshoq va mayin qush deb o‘ylash mumkin
Tashlandiq park tumanli erta tongda
Kechki mashg‘ulotlardan uyiga qaytayotgan oddiy talabalar
Taxta bo‘lagining o‘ziga yarasha sirlari bor ko‘rinadi | 72 | 753 |
Foto | Fotogalereya: 1958-yildagi Mercedes-Benz 190 SL montaj liniyasini ko‘rsatuvchi rasmlar | Mercedes-Benz 190 SL — bu 1955-yil bahoridan 1963-yil qishining oxirigacha ishlab chiqarilgan va brendning faxri bo‘lgan chiroyli ikki o‘rinli mashina hisoblanadi. Travel Ask uning 1958-yildagi uni zavodda yasalish jarayoni aks etgan suratlarni taqdim etdi. | 86 | 257 |
Foto | Fotogalereya: Muzlagan Niagara tasvirlari | Dunyodagi eng mashhur sharshara bo‘lgan Niagarani ko‘rish uchun har yili qariyb 25 million sayyoh tashrif buyuradi. TravelAsk mazkur sharsharaning XIX—XX asrlarda asosan qish faslida olingan suratlarini taqdim etdi. | 41 | 215 |
Foto | Fotogalereya: Janob Binning qizi — Lili Atkinsonning asl ko‘rinishi | “Fotoshedevri” nashri dunyoga mashhur komik aktyor Rouen Atkinsonning qizi Lilining suratlarini to‘plab taqdim etdi. Lili Atkinson otasining izidan borib aktyorlikni tanlamadi. U soul usulida Londonning tungi klublarida qo‘shiq kuylaydi. | 67 | 237 |
Foto | Fil va uning soyasi: AQShda “Sug‘ur kuni” nishonlandi (foto) | Amerika Qo‘shma Shtatlarida har yili fevral oyining ikkinchi sanasi “Sug‘ur kuni” sifatida nishonlanadi. Bayram kuni sug‘ur o‘z soyasini sezmasa va xotirjamlik bilan inidan chiqib kelsa, qish tez orada tugaydi. Bordi-yu, u o‘z soyasidan ham qo‘rqib yashirinsa, demak, bahorni uzoq kutish kerak bo‘ladi. Bu safar jonivor o‘zini qanday tutgani va mavsum borasidagi ehtimollar haqidagi savolga quyidagi suratlar orqali javob topish mumkin.
Marosim an’anaviy ravishda Pensilvaniya shtati Panksatoni shahrida o‘tkazildi.
“Sug‘ur kuni” bayramiga odatda minglab tomoshabinlar tashrif buyuradi, ammo koronavirus pandemiyasi tufayli ushbu marosim “virtual” tarzda bo‘lib o‘tdi.
Pandemiya munosabati bilan marosimni kartondan yasalgan tomoshabinlar kuzatib bordi.
“Sug‘ur kuni” marosimi vaqtida.
2021-yil 2-fevral kuni ertalab Panksatonida qor yog‘di. Shuning uchun ham Fil uyasidan chiqishga shoshilmadi.
Tashkilotchilarning biri sug‘urni o‘z uyasidan chiqarib oldi.
Bu hali qish uzoq davom etadi, degan qarorni anglatadi.
Shuning uchun bahorni yana 6 hafta kutishga to‘g‘ri keladi.
Amerikalik iqlimshunoslar Filning bashoratini 39 foizga to‘g‘ri deb hisoblaydi.
Amerikadagi eng mashhur sug‘ur − bu “meteorolog” Fil hisoblanadi. | 60 | 1,230 |
Foto | Begona mamlakatda sayyohlar ajabtovur holatlarga duch kelishini aks ettiruvchi suratlar | Har bir mamlakat o‘ziga xos madaniyatiga ega bo‘lib, bu narsa aholining kundalik hayotida aks etganini ko‘rish mumkin. Inson o‘z vataniga moslashganligi tufayli sayohat chog‘ida atrof-muhitning oddiy hodisalari ham g‘ayrioddiy tuyulishi mumkin.
Finlyandiyadagi McDonald’sda kartoshka-fri batat, ya’ni shirin kartoshkadan tayyorlanadi.
Myunxenda stol tennisini yarim aylana shaklidagi stolda o‘ynash mumkin. Noodatiy shakl tufayli to‘p chegaradan uchib chiqmaydi.
Chilida politsiya itlari maxsus oyoq kiyim kiyadi.
Tailandda muzqaymoq banan yaprog‘ida sotiladi.
Niderlandiyada jamoat hojatxonasi yer tagidan chiqib keladi.
Xorvatiyada svetofor chiroqlari yerga ham tushib turadi. Bu telefoni bilan band bo‘ladigan piyodalar uchun ayni muddao.
Shvetsiya chorrahalarida velosipedchilar uchun qizil chiroq yonib turgan paytda suyanadigan oyoq tirgaklari mavjud.
Vyetnam restoranlarida plastik nay o‘rniga o‘simlik poyalari ishlatiladi.
Avstriyadagi avtobuslarda ushlagichlar eski chang‘i tayoqlaridan yasalgan.
Belarusdagi qo‘riqchilar shunday ko‘rinishda.
Finlyandiyada supermarket yaqinida itlar bog‘lanadigan joylar mavjud.
Belizda ichimlik suvi paketlarda sotiladi.
Bolgariyadagi restoranlarda stolga ofitsiantning soatiga ulangan maxsus pultlar joylashtirilgan. Pult orqali ofitsiantga qo‘ng‘iroq qilish yoki hisobni so‘rash mumkin.
Daniyada xot-dog bulochkalari oldindan tayyorlangan holda sotiladi.
Irlandiyada old oynasida to‘g‘ri chiziqni eslatuvchi stiker qo‘yilgan mashinani ijaraga olish mumkin.
Filippinda Pringles chipslari an’anaviy dumaloq idishda emas, balki paketda sotiladi.
Belgiyada ba’zi avtobuslarda gadjetlarni quvvatlantirish uchun maxsus qurilmalar mavjud.
Fransiyada faqat bir chiziqdan iborat kichik piyodalar o‘tish joyi.
“Men Daniyada yashayman va bu yerda barcha chiroqlar xuddi shu uslubda joylashtirilgan”.
Shvetsiyada ushbu mahsulot qadog‘ida ota tasvirlangan. | 87 | 1,909 |
Foto | Fotogalereya: “Buvilar uchun maktab” | Hindistonda keksa ayollar uchun maktab ochildi. Yoshi 60 dan oshgan o‘quvchilar alifboni va yozishni o‘rganmoqda, chunki avval ularda bunday imkoniyat bo‘lmagan. Mamlakatda ayollarning 35 foizi savodsiz bo‘lib, mahalliy o‘qituvchilarning bu tashabbusi ommalashib ketdi. “Kommersant” nashri maktabdagi o‘quv jarayoni aks etgan fotojamlanmani taqdim etdi.
Fangan qishlog‘idagi Aajibaichi Shaala maktabi o‘quvchilarining barchasi 60 dan oshgan. Ular bolalikda ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lmagan. O‘quvchilarning ko‘pchiligi o‘qish va yozishni bilmaydi.
Noodatiy ta’lim muassasasini yaratish g‘oyasi mahalliy boshlang‘ich maktab o‘qituvchilari jamoasiga tegishli.
Bolalarga baqirish, ularni urishish mumkin. Buvilar bilan bunday qilib bo‘lmaydi. Bu yerda chin mehr va ko‘p sabr kerak. Ba’zi ayollar yaxshi eshitmaydi yoki yaxshi ko‘rmaydi, shuning uchun ularga yaqin kelib, bir necha marta baland ovozda qayta tushuntirishga to‘g‘ri keladi.
Shitar Prakash More, maktab o‘qituvchisi
Maktabdagi mashg‘ulotlarda bolalarni o‘qitishda qo‘llaniladigan metodlardan foydalaniladi. O‘quv qurollarini o‘quvchilarning o‘zi tayyorlaydi.
“Buvilar maktabi”da darslar kunning ikkinchi yarmida, ayollar uy ishlarini qilib bo‘lgach boshlanadi.
Aajibaichi Shaala maktabi o‘quvchisi mashg‘ulotga borishdan oldin ovqat tayyorlash uchun olov yoqmoqda.
Maktab o‘quvchilaridan biri darsga ketishdan avval nevarasini uxlatmoqda.
Maktabdagi darslar haftasiga olti kun, bir kunda esa ikki soat davom etadi.
Mening tizzalarim og‘riydi va ikki soat shunday o‘tirish men uchun qiyin. Biroq baribir darslarga boraman.
Maktab o‘quvchilaridan biri
70 yoshli Drupada Pandurangkedar keksa ayollar maktabiga boradi, uning nevarasi esa davlat boshlang‘ich maktabida o‘qiydi.
Oddiy maktabda bo‘lgani kabi Aajibaichi Shaala maktabida ham o‘quvchilar uchun belgilangan forma mavjud. Maktab o‘quvchilari mashg‘ulot vaqtida pushti sari kiyishi shart.
Hindistonda aholining savodsizligi dolzarb muammo hisoblanadi. YuNESKOning ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda taxminan 287 million aholi yozish ko‘nikmalariga ega emas. Bu aholining to‘rtdan bir qismini tashkil qiladi.
YuNESKO ekspertlarining “Barcha uchun ta’lim” ma’ruzasida keltirilgan hisob-kitobiga ko‘ra, Hindistonda butun dunyodagi savodsiz aholining 37 foizi yashaydi.
Hindistondagi ayollarning 35 foizi, erkaklarning esa 18 foizi savodsiz hisoblanadi.
Ekspertlarning fikriga ko‘ra, ayollar va erkaklar savodxonligi o‘rtasidagi farq mamlakatda saqlanib qolayotgan qizlarni erta turmushga berish an’anasi tufayli yuzaga kelmoqda. Balog‘atga yetmagan 12 yoshli qizlarni uzatish holatlari ham uchraydi.
Muammolar ko‘lamining kengligiga qaramasdan, Hindiston budjetining atigi 10 foizi ta’limga yo‘naltiriladi. 20 yil oldin bu ko‘rsatkich 13 foizni tashkil qilgan.
Bolaligimda maktabga bora olmaganman va bir umr savodsiz bo‘lib qoldim. Biroq men shunday o‘lishni xohlamayman. Men bu o‘tkinchi dunyoda hech bo‘lmasa o‘z ismimni yoza olishdan baxtliman.
Maktab o‘quvchisi
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 36 | 3,072 |
Foto | 2021-yilning eng yaxshi astronomik fotosuratlari aniqlandi | Grinvich Qirollik observatoriyasi 13-marotaba o‘tkazilayotgan “Astronomiya bo‘yicha yil suratkashi” tanlovidagi eng yaxshi kosmik suratlarning yakuniy ro‘yxatini e’lon qildi.
2021-yildagi tanlov uchun dunyoning 75 mamlakatidan havaskor va professional fotograflardan 4500 dan ortiq ish yuborilgan. Ro‘yxatga olingan fotosuratchilar eng chiroyli kosmik tasvirlarni kadrga muhrlagan.
Hakamlar hay’ati fikriga ko‘ra, sayyoralar, kometalar va asteroidlar bu yilgi tanlovda eng mashhur tasvirlar bo‘ldi.
Yulduzlararo shamollar tufayli hosil bo‘lgan ideal kosmik pufak
Sidneyda joylashgan parkning kirish qismi
Valensoladagi lavanda dalasi uzra Somon yo‘lining ajoyib manzarasi
Islandiyadagi Shimol yog‘dusi
Qalb tumanligining yirik plandagi tasviri
Adirning maftunkor manzarasi
Shanxay uzra uchar yulduzlar
Saturnning eng yaxshi tasviri
Fransiyadagi shahar uzra taralayotgan to‘lin oy nurlari
65 million yorug‘lik yili uzoqligida joylashgan spiralsimon galaktika
Yulduzlar harakati
Sharqiy And tizmalaridagi kanyonlar
Bulutli minora
Alyaskada joylashgan Klivlend vulqoni
Shimol yog‘dusi
Elba va O‘rta Yer dengizining tungi manzarasi
Tayfun
Appalach so‘qmog‘i | 58 | 1,171 |
Foto | Keksayganidan so‘ng shuhrat qozongan Bollivud aktrisalarining yoshligidagi ko‘rinishi (foto) | Bollivudning mashhur onalariga aylangan aktrisalar yoshligidanoq kino olamiga qadam qo‘ygan. Ammo ularni ko‘pchilik yoshlikdagi rollari bilan emas, aynan ona obrazida yaxshi taniydi.
Nirupa Roy
Nirupa Bollivudning eng mashhur onasi, deb tan olingan. O‘tgan asrning 70-yillarida u ko‘plab asosiy qahramonlarni “tarbiyalagan”, ayniqsa, Amitabh Bachchan va Shashi Kapurning onasi sifatida yodda qolgan. Shuningdek, unga kambag‘al va mazluma ayol qiyofasi juda mos tushgan. Uning ishtirokidagi “Amar, Akbar, Antoni”, “Devor”, “Ona”, “Oilaviy baxt”, “Taqdir egasi” kabi filmlar ham muvaffaqiyat qozongan.
Nirupaning aktrisalik faoliyati juda erta – 15 yoshligida boshlangan. U “Amar Raj” filmida ilk debyutini ijro etgan. 22 yoshida esa Bimal Royning dunyoga mashhur “Yerning ikki bighasi” filmida suratga tushgan va bir necha mukofotlarga sazovor bo‘lgan.
Farida Jalol
Shohrux Xon va Kajolning onasiga aylangan Farida Jalolni “O‘g‘irlanmagan kelin”, “Hayotda hamma narsa bo‘ladi”, “Gohi shodlik, gohi g‘am” kabi filmlar orqali barchaga tanish. Ammo mahoratli aktrisa yoshligida ko‘proq ikkinchi darajali rollarni ijro etgan. Uning esda qolarli obrazlari “Bobbi” va “Sadoqat” filmlaridagi ijrosidir.
Kirron Kxer
Kirron Kxer o‘zining tabassumi bilan hind kino olamida xushchaqchaq ona obrazini talqin etgan. Uning “Devdas”, “Om Shanti, Om”, “Vir va Zara”, “Ko‘r muhabbat” filmlaridagi ijrosini sevmaslikning iloji yo‘q.
Afsuski, uning yoshligidagi kino sohasida o‘z o‘rnini egallashga bo‘lgan urinishlari behuda bo‘lgan. U kinolarda faqat kichik rollarni ijro etgan bo‘lsa-da, teatrda eng talabgir aktrisalaridan biri edi. Aktrisa 50 yoshdan keyingina kino olamida mashhurlikka erishgan.
Rima Lagu
2017-yilda, afsuski, Bollivud bir mehribon onasidan ayrilgan. Rima filmlarda ham xuddi hayotdagi kabi beg‘ubor va mehr-muhabbatga to‘lgan ona rolini ijro etib kelgan. Uning ishtirokidagi “Sevib qolganman”, “Siz uchun kimman?”, “Hayotda hamma narsa bo‘ladi?”, “Bizni ajratib bo‘lmaydi” kabi filmlar mashhurlikka erishgan.
Rimaning aktyorlik faoliyati bolaligidan onasining ta’sirida boshlangan va maratxa tilida so‘zlashuvchi aktrisa sifatida tanilgan.
Raxi Gulzar
Yangi avlod Raxini “Karan Arjun” filmidagi taniqli ijrosi bilangina eslaydi. Biroq Rani ham mashhur qahramonlarga onalik qilgan hind aktrisalaridan biri bo‘lgan. Juda ham go‘zal bo‘lgan aktrisa 20 yoshidan Bengal filmlarida rol ijro eta boshlagan. Raxini “Parchalangan hayot” , “Sodda qiz” va “Reshma va Shera” filmlarida betakror obrazlarda ko‘rish mumkin.
Ratna Patxak Shah
Aktyor Nasiruddin Shahning rafiqasi Ratna hind filmlarida yangi avlod onasi sifatida tanilgan. Ratna kulrang sochlari bilan unutilmas ko‘rinishga ega ayol. Aktrisa 26 yoshdan buyon filmlarda rol ijro etsa-da, u haqida ma’lumotlar kam. 1983-yilda “Bozor maydoni” filmida ilk debyutini ijro etgan.
Durga Xote
Durga “Bobbi” filmida Bobbining buvisi va mashhur enaga Raja roli bilan tanilgan. U karyerasini 26 yoshida, ikki bolasi bilan beva qolganida boshlagan. Shundan so‘ng oilasini boqish uchun aktrisa sifatida ish boshlashga qaror qilgan. O‘sha davrda ayol obrazlarini ham erkaklar ijro etganligi tufayli Dura Bollivudning birinchi ayol aktrisalaridan biriga aylangan. | 92 | 3,213 |
Foto | Pandemiya sharoitida Ramazon hayitini nishonlagan dunyo musulmonlari — suratlarda | 24-may kuni dunyo musulmonlari Ramazon hayitini nishonladi. Reuters turli mamlakatlarda yashovchi musulmonlar muqaddas bayramni qanday nishonlagani aks etgan fotojamlanmani taqdim etdi.
Afg‘onistonning Kobul shahrida Hayit kuni attraksion uchayotgan bolalar.
Turkiyaning Istanbul shahridagi Sulaymoniya masjidi xodimlari Hayit kuni bo‘m-bo‘sh masjid ichida namoz o‘qimoqda.
Kashmir musulmonlari uy hovlisidagi bog‘da namoz o‘qimoqda.
Buyuk Britaniyada yashovchi musulmonlar oilasi Hayit namozini uydagi hovlida o‘qimoqda.
Senegalda musulmonlar Hayit namozini o‘qimoqda.
Kobulda o‘qilayotgan Hayit namozi.
Indoneziyadagi masjidda Hayit namozini o‘qiyotgan musulmonlar.
Keniyada karantin tufayli masjidlar yopiq. Shu bois musulmonlar uy hovlisida namoz o‘qimoqda.
Suriyaning Idlib shahrida Ramazon hayitining birinchi kunida batutda o‘ynayotgan bolalar.
Indoneziyada musulmon ayollar masjidda Hayit namozini o‘qimoqda.
Londondagi musulmon oila. Oila boshlig‘i Farud Ahmed, rafiqasi Sana hamda farzandlari bilan videoaloqa orqali qarindoshlari bilan gaplashmoqda.
Keyptaundagi imomlar Ramazon oyi nihoyasiga yetganini bildiruvchi Oy ko‘rinishini kutmoqda.
Shri-Lankadagi musulmon oila uy tomida ibodat qilmoqda.
Misrda masjidlar yopiqligi bois musulmonlar uylari tomida namoz o‘qimoqda.
Indoneziyada msjidga kelayotgan musulmonlarning tana harorati o‘lchanmoqda.
Kot-d’Ivuarda Hayit kuni namoz o‘qiyotgan musulmonlar.
Bangkokdagi islom markazida Hayitni nishonlayotgan musulmonlar.
Kot-d’Ivuarda ko‘chada namoz o‘qiyotgan musulmonlar.
Bayrutdagi masjidda masofa saqlagan holda namoz o‘qiyotgan musulmonlar.
Kobuldagi kichik fabrikada bayram shirinliklarini tayyorlayotgan erkaklar.
Afg‘onistondagi masjidlardan birining oldida o‘ynab yurgan yosh bola. | 81 | 1,790 |
Foto | Haqiqatda noyob bo‘lgan 23 ta tarixiy fotosurat (fotogalereya) | Tarixiy fotosuratlar orasida tarixni boshqa tomondan ko‘rsatib beradiganlari ham bor. Shunday tasvirlar sharofati bilan ba’zi taniqli shaxslar yoki hodisalar real hayotda qanday bo‘lganini bir lahzaga bo‘lsa-da tasavvur qilish mumkin. AdMe aynan shunday kadrlarni to‘pladi.
Fransuz erkak Uinston Cherchillga papiros tutmoqda, 1944-yil. | 62 | 349 |
Foto | Fotogalereya: Kameraga muhrlangan noyob hodisalar | AdMe anchadan buyon barchaga ma’lum, biroq noyob va qiziqarli bo‘lgan hodisalar tasvirlangan suratlarni to‘plab taqdim etdi.
Ilmiy suratlar tanlovida g‘olib chiqqan bir dona atomning surati
Yo‘lni tozalab qo‘yishibdi
“Nur taratuvchi” Bigar sharsharasi, Ruminiya
Gruzidagi tog‘ cho‘qqisida joylashgan uy
Qo‘l kalkulyatori. Ikkita plastinadan iborat bo‘lib, kastet kabi qo‘lga taqiladi. Hisob plastinalar va barmoqlar orasida amalga oshiriladi
Muzlab qolgan sharshara
Kichikroq, biroq juda och qolgan do‘stlar bilan kabobxo‘rlik
Bulutlardan yasalgan spiral
Yog‘och bruslarga o‘xshash kruassanlar
Yo‘ldagi avariyalar sonini kamaytirish uchun ushbu bug‘uning shoxi yorug‘lik qaytaruvchi bo‘yoq bilan bo‘yab qo‘yilgan
Musiqiy notalarni yozishga mo‘ljallangan mashina | 49 | 771 |
Foto | Instagram’dan fotoreportaj: Qor ostida qolgan AQSh Sharqiy sohili | Nyu-York, Filadelfiya va Boston mart oyining kuchli qor bo‘roni ostida qoldi. 14-mart kuni AQSh Sharqiy sohiliga kuchli qor bo‘roni yopirildi. U norasman “Stella” nomini oldi. Qor mamlakatning 13 ta shtatida yog‘di.
Bo‘ron boshlanishidan biroz avval Nyu-Yorkda favqulodda holat e’lon qilindi. Shahardagi maktab va aeroportlar vaqtincha yopildi. AQShda jami besh mingdan ortiq reys bekor qilindi.
Biroq bo‘ron 60 santimetr qor va kuchli shamolni va’da qilgan mutaxassislarning taxminlaridan kuchsizroq bo‘ldi. Mamlakat sharqiy qismidagi ko‘plab yirik shaharlar, jumladan, Nyu-York, Boston va Filadelfiya aholisidan bo‘ron tugagunga qadar uylarini tark etmaslik so‘raldi. Biroq mazkur ogohlantirishlar odamlarga ko‘chalarga chiqib, kutilmaganda qaytgan qish manzaralarini suratga olishga to‘sqinlik qilmadi.
TJournal ijtimoiy tarmoqqa joylangan mazkur suratlarni taqdim etishga qaror qildi.
Nyu-York
Filadelfiya
Boston
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 65 | 1,005 |
Foto | Fotogalereya: Haqiqiy professionallar nimaga qodir ekaniga 11 misol | Haqiqiy usta nima bilan shug‘ullanmasin, uni a’lo darajada bajaradi. U xoh ko‘cha supuruvchi, kuryer, akskavatorchi, ko‘chadagi fokuschi, chilangar yoki xoh oshpaz bo‘lsin, o‘z ishining ustasi bo‘lishi mumkin.AdMe o‘z sohasida aqlbovar qilmas yuksaklikka erishgan odamlarning suratini taqdim etdi.
View this post on Instagram
2. Oshpaz ovqatni shunchalar chiroyli taqdim etdiki, go‘shtli sous kartoshka friga yetmay qoldi
3. Payvandchining ajoyib ishi
4. Mahsulotni haqiqiy professional taxlab chiqqanida
5. “Do‘stim daraxtdan san’at asari yaratadi. Benzopila yordamida”
6. Mukammal beton yo‘l qurilishining so‘nggi bosqichi
7. Ko‘cha supuruvchi qalban zargar bo‘lganida
8. G‘isht terishning oliy darajasi
9. Kabel joylashtirish bilan perfeksionist shug‘ullansa
10. Mana shu rassom orqasidagi rasmlarni barini qalam bilan chizgan
11. Quvurdagi bo‘yoq hatto soya bilan ham mos tushgan | 67 | 909 |
Foto | Foto: Toshkentda fevral bahori | Havo harorati bir muddat keskin pasayib, bir-ikki kun yog‘ingarchilik kuzatilganini hisobga olmasa, yanvardagi bahoriy havo fevralda ham davom etmoqda.
Toshkentlik fotosuratchi Pavel Kravets Facebook’dagi sahifasida qishning uchinchi oyi uchinchi kunida olingan, lekin haqiqiy bahoriy fotosuratni e’lon qildi. Ajoyib surat. | 30 | 323 |
Foto | Koinotga parvoz qilgan musulmonlar (fotogalereya) | O‘zbekiston musulmonlari idorasi saytida koinotga parvoz qilgan musulmon fazogirlar haqida ma’lumot e’lon qilindi. Ta’kidlanishicha, ularning jami soni o‘n kishidan iborat.
1.Saudiya shahzodasi Sulton ibn Salmon. U 1985-yilda “Diskaveri” kosmik kemasida koinotga parvoz qilgan.
2. 1987-yilning iyulida koinotga Foris Muhammad Ahmad parvoz qildi. U “Soyuz TM-3” kosmik kemasi va “Mir” orbital ilmiy-tadqiqot kompleksida kosmonavt-tadqiqotchi sifatida faoliyat olib borgan. U suriyalik ilk kosmonavtdir.
3. Kelib chiqishi dog‘istonlik bo‘lgan Muso Xiramanovich Manarov 1987-yilning 21-dekabridan 1988-yilning 21-dekabrigacha bort muhandisi sifatida fazoga parvozni amalga oshirdi. U “Soyuz TM-4” kosmik kemasida parvoz qilib, “Mir” orbital kompleksida bir yil faoliyat olib bordi.
4. 1988-yilda koinotga “Soyuz TM-6” kosmik kemasida kosmonavt-tadqiqotchi sifatida Momand Abdul Ahad parvoz qildi. U Afg‘oniston Respublikasining birinchi kosmonavtidir.
5. 1991-yilda koinotga Abubakirov To‘xtar Ongarbayevich parvoz qildi. U qozoq millatiga mansub ilk kosmonavtdir.
6. 1994-yilda Musabayev Tal’at Omonkeldiyevich koinotga parvoz qildi.
7. Sharipov Solijon Shokirovich 1998-yilda koinotga parvozni amalga oshirdi. O‘zbek millatiga mansub ilk kosmonavt bo‘lib, O‘sh viloyatining O‘zgan shahrida tug‘ilgan.
8. Ansari Anushe 2006-yilda koinotga parvoz qildi. Kelib chiqishi eronlik.
9. Shayx Muzaffar Shukor malayziyalik kosmonavt bo‘lib, 2007-yilning 10-oktabrida XKSda faoliyat olib borgan 13-ekspeditsiya a’zosi bo‘lgan. Uning parvozi muborak Ramazon oyiga to‘g‘ri keldi.
10. Aydin Akanovich Aimbetov qozog‘istonlik kosmonavt bo‘lib, 2015-yilda “Soyuz TMA-18M” kosmik kemasida XKSga parvoz qilgan. | 49 | 1,701 |
Foto | Madam Tyusso muzeyidagi Bollivud yulduzlarining aslidan farq qilmaydigan mum haykallari | Madam Tyusso muzeyi asliga juda o‘xshash bo‘lgan mashhur insonlar eksponatlari bilan yaxshi ma’lum. Unda siyosatchi, sportchi, xonanda, aktyor va aktrisalarning mumdan yasalgan haykallarini uchratish mumkin. “Yandeks Dzen” platformasi muzeyda Bollivud yulduzlaridan kimlarga haykal qo‘yilgani haqidagi ma’lumotni havola etadi.
Madam Tyusso muzeyidan hindlardan birinchi marta Mahatma Gandining haykali o‘rin olgan bo‘lsa, Bollivud yulduzlaridan birinchi bo‘lib Amitabx Bachchanga haykal qo‘yilgan.
Britaniyaning turizm adminstratsiyasi tomonidan qaysi hind aktyori haykalini o‘rnatish borasida o‘tkazilgan so‘rovnomada Amitabx Bachchan eng ko‘p ovozga ega bo‘lgan va 2000-yil 20-dekabrida aktyor haykali o‘rnatilgan.
Bollivud aktrisalaridan birinchi bo‘lib, Ayshvariya Rayning haykali 2004-yilda muzeyning Londondagi filialiga o‘rnatilgan. Aktrisaga atab naqd ikkita haykal o‘rnatilgan: birinchisi turmushga chiqquniga qadar, ikkinchisi bo‘lsa oila qurganidan keyin 2012-yilda muzeyning San-Fransisko filialiga o‘rnatilgan.
Bollivud yulduzlari haqida gap ketganda Shohrux Xon nomini tilga olmaslik, uning haykalini o‘rnatmaslikning iloji yo‘q. 2007-yilda birinchi marta haykal o‘rnatilgan bo‘lsa, keyinchalik aktyor haykali Berlin, Sidney, Singapur va boshqa filiallardan ham o‘rin olgan.
2004-yilda People jurnali tomonidan tuzilgan “Dunyoning eng chiroyli erkaklari” reytingida Salmon Xon 7-o‘ringa loyiq topilganidan keyin Madam Tyusso muzeyidagi Bollivud yulduzlari haykali yana bittaga ko‘paydi. 2012-yilda aktyor haykali muzeyning Nyu-York filialiga ham o‘rnatilgan.
Ritik Roshansiz Bollivudni tasavvur qilish mumkinmi? Albatta, yo‘q! Buning isbotini yana qaysi hind akyori haykalini o‘rnatish borasida o‘tkazilgan so‘rovnomada Ritikka berilgan 10 ming ovozdan ham bilish mumkin. Aktyor muzeyda “Tezlik” filmidagi aqlli o‘g‘ri obrazida talqin qilingan. Bachkana bo‘lsa ham inkor etib bo‘lmaydigan fakt: Ritikning mum haykali eng ko‘p o‘pilgan haykallar o‘ntaligiga kiradi.
Ijodkorlar hammadan ham Karina Kapurning haykalini o‘xshatish qiyin bo‘lganini ta’kidlaydi. Muzeydan aktrisaning “Biz uchrashganimizda” filmidagi obrazi o‘rin olgan bo‘lib, keyinchalik 2004-yilda Singapur filialiga ham aktrisa haykali o‘rnatilgan.
2015-yilda Katrina Kaifga haykal qo‘yilgan va mazkur mum haykal ustida 20 ta rassom ishlagan.
“Xarobadan chiqqan millioner” filmi orqali yaxshi tanish bo‘lgan Anil Kapur obrazi ham muzeydan o‘rin olgan.
Shuningdek, muzeyda hind go‘zallari Priyanka Chopra, Dipika Padukone, Anushka Sharma, afsonaviy aktrisa Shridevi va boshqalarning haykallari bor. | 87 | 2,587 |
Foto | 6 ta eng qisqa geografik nom (foto) | Qanchalik hayratlanarli bo‘lmasin, ba’zi geografik obyektlar yagona harfdan iborat nomga ega. Masalan, “Å” qishlog‘i yoki “D” daryosi haqida eshitganmisiz? Travel Ask shunga o‘xshash bir harfli joylar haqida batafsil ma’lumotni taqdim etdi.
Å qishlog‘i Norvegiyaning Moskenes munitsepalitetida joylashgan bo‘lib, uning aholisi baliqchilik bilan shug‘ullanadi va quritilgan baliq tayyorlaydi.
Eng qisqa nomga ega D daryosi Amerikaning Linkoln shahridan oqib o‘tadi. Qisqa nomi bilan birga, u bor-yo‘g‘i 130 metrdan iborat uzunligi bilan ham mashhur. Daryoni hatto eng qisqa daryo sifatida Ginnesning Rekordlar kitobiga ham kiritishgan, biroq 1989-yilda bunday nom Montanadagi Rou daryosiga o‘tdi.
Ø balandliklari Daniyadagi Nørreå vodiysining bir qismi hisoblanadi. “Ø” daniyaliklar tilida “orol” demakdir, biroq bu yer maydonining atrofi suv emas, maysazor bilan o‘ralgan.
Shotlandiyaning tog‘ yonbag‘irlaridan oqib o‘tuvchi ushbu daryo taxminan 10 km uzunlikda bo‘lib, oxir-oqibat Mhòr ko‘liga borib taqaladi.
Shunday nomga ega boshqa bir qishloq Shvetsiyada joylashgan, u yerda 200 ga yaqin kishi yashaydi. Å qishlog‘ining nomi “Ay” deb talaffuz etiladi.
Fransiya shimolida esa Y deb nomlanuvchi qishloq bor. U ushbu mamlakatdagi eng qisqa nomli qishloqdir. | 35 | 1,266 |
Foto | Misrda 200 gektar cho‘lda yaratilgan o‘rmon (foto) | Cho‘llarning kengayishi Afrika uchun jiddiy muammo sanaladi, o‘rmonlar esa bu jarayonni to‘xtatishning eng yaxshi usuli hisoblanadi. Misrda 1990-yildan buyon turli daraxtlardan iborat 200 gektarli o‘rmon paydo bo‘ldi. TravelAsk Serapium deb ataluvchi ana shu o‘rmonning suratlarini taqdim etdi. | 50 | 294 |
Foto | Fotogelereya: Ikki oyoqda turgan mushuklarning noodatiy portretlari | Mushuklarni kuzatsangiz ularning tushunarsiz mavjudot ekaniga guvoh bo‘lasiz. Ular goh xona bo‘ylab yuguradi, goh qandaydir idishlarni yaxshi ko‘rib qoladi. Ayrimlarga esa mushuklarning bunday odatlari ijodiy ishlarga ilhom beradi. Ulardan biri suratkash Aleksis Reyno bo‘lib, Standing Cats deb nomlanuvchi suratlar to‘plamini yaratgan. Unda mushuklar odamlar kabi ikki oyoqda turgani suratga olingan. TravelAsk anu shu suratlardan namunalar keltirdi. | 67 | 451 |
Foto | Foto: Alyaska qirg‘oqlaridagi mingdan ortiq morj | Alyaskadagi Port-Xeyden qishlog‘i yaqinida qariyb 200 ta morj yig‘ildi va mahalliy aholini hayratga soldi. Qishloq aholisining soni 110 kishini tashkil qiladi. Bu haqda TJournal xabar berdi.
Port-Xeyden qabila kengashi rahbari Jon Kristensen 7-aprelda qirg‘oq bo‘yidagi morjlarni ko‘rib qolgan. Ikki haftadan so‘ng Kristensen qishloqdan 32 kilometr uzoqlikda yig‘ilgan minglab morjlarni uchratgan.
Hayvonlarning nima sababdan bu yerda to‘plangani hozircha noma’lum. Olimlar bunga sabab sifatida yegulik izlab kelishni ko‘rsatmoqda. | 48 | 533 |
Foto | Fotogalereya: TripAdvisor 2019-yil uchun sayyoradagi eng yaxshi sohillar ro‘yxatini e’lon qildi | TripAdvisor 2019-yilda yozgi ta’til uchun sayyoradagi eng yaxshi hisoblangan sohillar nomini e’lon qildi. Travel Ask ularning rasmini taqdim etdi.
Bornmut-Bich, Dorset, Buyuk Britaniya
Menli-Bich, Sidney, Avstraliya
Fig-Tri-Bey, Protaras, Kipr
Radxanagar sohili, Hindiston
Kaanapali-Bich, Gavayi, AQSh
Manuel Antonio, Kosta Rika
Kelingking-Bich, Bali, Indoneziya
Santa-Monika sohili, Kabo-Verde, Afrika
Laguna Balos, Krit, Gretsiya
Anse Lasio, Praslin oroli
Serfers-Pradayz-Bich, Gold Kost, Avstraliya
Elafoni sohili, Krit, Gretsiya | 95 | 543 |
Foto | Avstraliyada yashashning o‘ziga xos jihatlarini aks ettiruvchi suratlar | Avstraliya deganda ko‘pchilikning ko‘z oldiga hamma yerda sudralib yuruvchi, sakraydigan hayvonlarni uchratish mumkin bo‘lgan quruqlik keladi. U yerdagi o‘ziga xoslikni ko‘rish uchun esa atrofga mahalliy aholi va sayohatchilar ko‘zi bilan qarash kerak.
“Tinch sayr qilishga umid qilgandim, ammo chirildoqning rejalari boshqa ekan”.
“Odam hayvonga taqlid qilganmi yoki hayvon odamga?”.
Avstraliyancha juda ham kulgili ogohlantirish: “Ilonlar, plyajga kirish uchun boshqa yo‘l toping”.
“Aksari mahsulotlarda uning qancha qismi Avstraliyada ishlab chiqarilganini ko‘rsatuvchi shkala bor”.
Avstraliya qirg‘og‘ida yashaydigan mollyuska.
Qurbaqalar megapolisi.
“Poyabzalni kiyishdan avval tekshirib ko‘rishni unutmang”.
“Daryodagi kenguru”.
“40 daraja issiqda hovuzga otlangan kichik do‘stim”.
Avstraliyadagi bankomat.
Bu yerda qushlar juda ham ko‘p.
Kvinslendning Deyntri tropik o‘rmonidagi daraxt.
Bog‘dagi odatiy ogohlantiruvchi belgi: “Ilonlar yashaydigan hudud”.
Avstraliyada to‘rsimon qopdan ifloslanishning oldini olish uchun foydalaniladi.
Salomlashish uchun texnik xizmat ko‘rsatish bekatiga chiqqan ilon. | 71 | 1,124 |
Foto | Niderlandiyadagi piyoz ekilgan dala nur sochuvchi installyatsiyaga aylantirildi (foto) | Niderlandiyaning qalin piyoz dalalarini yoritayotgan nur gollandiyalik rassom va dizayner Daan Ruzegardning yangi san’at namunasi hisoblanadi. Daan Ruzegard piyozning ikki yillik turi ekilgan maydonga bir vaqtning o‘zida ham estetik zavq beradigan, ham ekinlar uchun amaliy foyda bo‘ladigan vertikal ravishda porlovchi qizil, ko‘k hamda ultrabinafsha chiroqlarni installyatsiya yordamida (ya’ni kompyuterga maxsus dastur o‘rnatish orqali) joylashtirib chiqdi.
Bu kompozitsiya chiroyli ko‘rinish bilan birgalikda, daladagi piyozlarning o‘sishini tezlashtirib beradi va kimyoviy moddalardan foydalanishga hojat qoldirmaydi.
Ilm-fan va san’at birlashishidan yana ham go‘zal dunyo yaratishni ko‘zlagan loyiha muallifi “Ushbu landshaftga jonli san’at asari sifatida qarash orqali endi ‘qishloq xo‘jaligi’ so‘ziga yangi ma’no beriladi”, deb aytib o‘tdi.
20 ming kvadrat metr maydonni o‘z ichiga olgan ushbu loyihaga fitobiologik texnologiyalardan foydalangan holda taxminan ikki yil vaqt sarflandi. Quyida siz ushbu go‘zallik muhrlangan fotosuratlar va video tasvir bilan tanishasiz. | 86 | 1,078 |
Foto | Fotogalereya: Sayohatdagi yoqimsiz holatlar | Sayohat har doim turli xatar va ma’lum to‘siqlar bilan birga bo‘ladi, shuning uchun har bir sayohatda o‘ziga xos yoqimsiz holatlar yuzaga keladi. TravelAsk ana shunday holatlar aks etgan suratlarni taqdim etdi. | 43 | 210 |
Foto | Foto: Habib Nurmagomedovning qishloqdagi bolalik uyi | UFC bo‘yicha jahon chempioni rossiyalik Habib Nurmagomedov Dog‘istonda tug‘ilgan. Uning asosiy yashash joyi Maxachqal’a shahri, Qirovovul qishlog‘i hisoblanadi. Bu yerda nafaqat Habibning bolaligi o‘tgan, balki u hozir ham mazkur qishloqqa kelganda, o‘zining bolalikdagi uyida yashaydi. “1news.az” sportchining uyi va qishlog‘i aks etgan suratlarni taqdim etdi.
Uning uyi juda oddiy bo‘lib, qo‘shnilarinikidan farq qilmaydi.
Habibning muxlislari uning g‘alabalari bilan birga, sportchining kamtarligini, o‘z yurtiga va diniga sodiqligini ham hurmat qiladi.
Uning bolalik uyi ikkita kichik xonadan iborat bo‘lib, u yerda eski muzlatkich bor, derazadan esa masjid ko‘rinib turadi.
Qishloqdagi bolalar hali ham Habibning o‘zi qurgan sport maydonchasiga shug‘ullanish va suratga tushish uchun keladi.
Ma’lumot uchun, Habib Nurmagomedov 20-noyabr, chorshanba kuni Toshkentga tashrif buyurdi va 23-noyabr, shanba kuni bo‘lib o‘tgan GFC turnirining faxriy mehmoni bo‘ldi. | 52 | 969 |
Foto | Leonardo di Kaprioning shaxsiy oroli (fotogalereya) | Gollivud yulduzi Leonardo di Kaprio o‘n yil avval Belizdagi kichik orolni sotib olgan edi, deb yozadi “Fotoshedevri”. O‘shandayoq aktyor uni atrof-muhitni qayta tiklovchi dunyodagi ilk kurortga aylantirishni rejalashtirgandi.
Leonardo ekologiya tizimini tozalash tarafdori ekanligini hamma yaxshi biladi. Kurort qurilishi atrofdagi suvlarni tozalab, buzilgan qirg‘oq chizig‘ini qayta tiklashni ko‘zda tutadi.
Di Kaprio ta’til chog‘ida shu orolga borib qolgan va baliqchilar ekotizimni buzayotganini tushungan. Bu uni orolni sotib olishga undagan. Barcha ishlar tugagach, orolda yangilanuvchi energiya manbalari ishlaydi.
Ayni paytda oroldan qolgan narsalarni saqlab qolish uchun u qayta tiklanmoqda. Qayta tiklash ishlarini 2018-yilda yakunlash rejalashtirilmoqda. Orol tashrifchilari uchun qat’iy qoidalar joriy etiladi.
Aktyorning loyihasiga ko‘ra, orolga yoysimon platforma biriktiriladi, u yerda villalar va sun’iy qoyalar bo‘ladi, baliqlar bemalol suzib yuradi. Orolda 68 ta villa va 48 ta alohida uy bo‘ladi, ularning har biri 5 dan 15 million dollargacha narxda bo‘ladi. | 51 | 1,081 |
Foto | Kuzda Toshkentni qoplayotgan birinchi qor — suratlarda | “O‘zgidromet” 17-noyabr, chorshanba kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qilgan edi. Xususan, bugun Toshkent shahrida havo o‘zgarib turib, yomg‘ir qorga aylanishi, shamol g‘arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esib, 12-17 metr/sekundgacha kuchayishi mumkinligi yozilgan. Harorat kechasi va ertalab 3-5 daraja iliq bo‘lishi, kunduzi 0 darajagacha pasayishi qayd etilgan.
17-noyabr erta tongdan Toshkent shahrida ana shu kutilgan yomg‘ir aralash qor poytaxtni sekin-asta qoplay boshladi. “Daryo” fotomuxbiri ushbu manzaralarni kadrlarga muhrladi.
Mirzo Ulug‘bek tumani, Yahyo G‘ulomov ko‘chasida joylashgan Bosh prokuratura binosi oldidagi qorli manzara.
O‘qishga ketayotgan talaba qiz fonida turgan qor bilan qoplangan mashina.
Mirzo Ulug‘bek tumani, Maxtumquli ko‘chasi.
Mirzo Ulug‘bek tumani, Maxtumquli ko‘chasida qahvaxonadan nonushta olib kelayotgan ayol.
Mirzo Ulug‘bek tumani, Maxtumquli ko‘chasida qor bilan qoplanayotgan archalar.
Mirzo Ulug‘bek tumani, Sodiq Azimov ko‘chasida qor bilan qoplanayotgan “Jiguli”.
Mirzo Ulug‘bek tumani, Maxtumquli ko‘chasida yurib ketayotgan yigit.
Avtomobillar ustidagi sariq yaproqlarga endi qor ham qo‘shildi.
Mirzo Ulug‘bek tumani, Sodiq Azimov ko‘chasidagi qahvaxonalardan birida qor ostida turgan o‘rindiqlar.
Qor ostidagi o‘tish ko‘prikchasi.
Tong otganiga qaramay, lampalar nuri kerak bo‘ladigan joylar ham bor. Sababi kun unchalik yorug‘ emas.
Mirzo Ulug‘bek tumani, Maxtumquli ko‘chasidagi bekatda avtobusini kutayotgan yo‘lovchi.
Mirzo Ulug‘bek tumani, Maxtumquli ko‘chasidagi bekatda avtobusini kutayotgan yo‘lovchi.
Avtomobili oynasini qordan tozalayotgan kishi.
Aksariyat yo‘lovchilar bugun soyabon ostida.
Mirzo Ulug‘bek tumani, Maxtumquli va Sodiq Azimov ko‘chalari kesishgan chorraha.
Mirzo Ulug‘bek tumani, Maxtumquli ko‘chasida yo‘ldan o‘tayotgan ayol.
V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyiga kelayotgan o‘quvchi.
Qor ostidagi svetoforlar.
Mirzo Ulug‘bek tumani, Sodiq Azimov ko‘chasida yo‘ldan o‘tayotgan erkak.
Qor ostidagi qahvaxona terrasasi.
Muzlay, deb qolgan ko‘lmak ichidagi sarg‘ish yaproqlar.
V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi hududida turgan, qor bilan qoplangan qush uyasi.
Mirzo Ulug‘bek tumani, Sodiq Azimov ko‘chasida yurib ketayotgan ayol.
Qorda qolgan yaproqlar.
Qor ostidagi chiroq va yaproqlar.
Qor ostidagi yo‘l belgisi.
Qor ostidagi yaproqlar.
Qor ostidagi ko‘rgazma mashina.
Qor ostidagi avtomobil.
Qor ostidagi yaproqlar.
Qor ostidagi Maxtumquli alleyasi.
Qor ostidagi yaproqlar.
Ko‘lmakda aksi ko‘rinib turgan qor bilan qoplangan archa.
Qor ostidagi yo‘l belgilari.
Qor ostidagi avtomobil.
Qor ostidagi manzarali daraxt.
Ko‘pqavatli uy balkonida turgan qorda yotgan barg yaprog‘i.
Qor ostidagi yaproqlar.
Qor ostidagi tuvakda turgan gul.
Mirzo Ulug‘bek tumani, Maxtumquli ko‘chasi.
Qor ostidagi yaproq va manzarali o‘simlik.
Qor ostidagi chiroq.
Qor ostidagi yaproqlar.
Qorga qorishgan yaproq.
Qor ostidagi yaproqlar.
Qor ostidagi yaproqlar.
Mirzo Ulug‘bek tumani, Maxtumquli ko‘chasida qor bilan qoplanayotgan manzarali daraxtlar.
Mirzo Ulug‘bek tumani, Sodiq Azimov ko‘chasi.
Mirzo Ulug‘bek tumani, Sodiq Azimov ko‘chasidagi daraxtlar.
Qor bilan qoplangan avtomobil oynalari.
Ko‘chalarda ko‘lmaklar uzra «balqiyotgan» svetofor nuri.
Qor bilan qoplangan archa.
Qor ostidagi daraxt. | 54 | 3,457 |
Foto | Oq uy parisining fojiali qismati: Jaklin Kennedi haqida hammaga ham ma’lum bo‘lmagan 10 ta fakt (foto) | Amerika xalqining faxri, 1960-yillarning moda timsoli va ko‘p jihatdan o‘rnak bo‘lgan ayol Jaklin Kennedi haqidagi ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etamiz.
Vogue jurnalining muharriri bo‘lgan
Turmushga chiqquniga qadar jurnalistika bilan shug‘ullangan Jaklin, 21 yoshida Vogue jurnalining kichik muharriri lavozimini egallagan. Bir yarim yil davomi jurnalning Amerika keyin esa fransuz tahririyatida ishlagan.
O‘zining to‘y libosini yoqtirmagan
Enn Lou tomonidan tikilgan ko‘ylakni yoqtirmagan Kennedi xonim, uni lampaning qalpog‘iga o‘xshatgan. Ammo minglab amerikaliklar uning bu fikriga qo‘shilmagan va shunday obrazni o‘zlarida takrorlashni istagan. Jaklin tomonidan taqilgan vintaj uslubidagi fata esa uning buvisiga tegishli bo‘lgan. Jon Kennedi esa uning ko‘rinishini go‘zal va pariga o‘xshaydi deb hisoblagan. Shundan keyin odamlar Jaklinni Oq uyning parisi deb atay boshlagan.
Onasi hashamatli to‘yga qarshi bo‘lgan
Kennedi xonim to‘y marosimidan avval onasi va bo‘lajak qaynanasining suhbatini eshitib qolgan, onasi mehmonlar soning ko‘pligi (1500 taga yaqin)dan shikoyat qilgan. “Ochinkloss xonim, sizga lo‘ndasini aytaman. Siz shunchaki qizingizni uzatyapsiz. Men esa mazkur to‘yda mamlakatga AQShning bo‘lajak birinchi xonimini tanishtirishim kerak”, — degan Jozef Kennedi.
“Emmi” mukofotiga sazovor bo‘lgan
1960- yilda Jon Kennedi prezident bo‘lgach, Jekida Oq uyni qayta ta’mirlash imkoni paydo bo‘lgan. Bunday joyda tarixiy muhit hukm surishi kerak deb hisoblagan Jeki, noyob san’at qo‘mitasini tashkil qilgan. Loyihani moliyalashtirish bilan birga antikvar mebellar, idishlar va Amerika tarixi uchun ahamiyatli bo‘lgan boshqa narsalarni xarid qilgan. 1962-yilda CBS telekanali bilan birga amerikalik teletomoshabinlar uchun Oq uyda ekskursiya taskil qilgan. Shundan so‘ngra mamlakat merosini saqlashga qo‘shgan hissasi sabab “Emmi” mukofotiga loyiq ko‘rilgan. Hozirgi kunda uning mukofoti Massachusetsdagi Kennedi kutubxonasida saqlanadi.
Erining “surunkali” xiyonatlariga ko‘z yumgan
To‘ydan keyin hammasi idealdek ko‘ringani bilan unday bo‘lmagan. Jonning Merilin Monro bilan munosabatlari butun mamlakatda gap-so‘z bo‘lgan. Mish-mishlarga qaraganda kunlardan bir kuni xonanda, Oq uyga telefon qilib, Jaklinga uning eri bilan munosabatda ekanini doston qilgan. Bunga javoban birinchi xonim: “Juda ham ajoyib… Men ketaman va siz mening barcha muammolarimni hal qilasiz”, — deb javob bergan.
Jaklin turmush o‘rtog‘ining qoni bilan qoplangan kostyumni almashtirishdan bosh tortgan
Jonning Dallasda o‘ldirilishi butun mamlakat aholisi uchun kutilmagan holat bo‘lgan. U Jaklinning qo‘lida jon bergan. Ayolning ustidagi pushti Chanel kostyumi, uning qoni bilan “qoplangan”. Ammo bir necha soatdan so‘ng keyingi prezident Lindon Jonsonning qasamyodida ham Jeki, nima qilishganini hamma ko‘rib qo‘ysin, deb kiyimni almashtirishdan bosh tortgan. Shundan buyon o‘sha pushti kostyum motam ramziga aylangan va noyabrdagi o‘sha mudhish kunni esga solib turadi.
Mish-mishlarga qaraganda Robert Kennedi bilan munosabatda bo‘lgan
Jaklinning Robert bilan munosabatda bo‘lganiga isbot bo‘lmasa ham yildan-yilga ular o‘rtasida bir gap borligi haqida mish-mishlar bolalayveradi. Taxminlarga qaraganda, Jeki Robert sevgan yagona ayol bo‘lgan. Jonning o‘limidan keyin uni qo‘llab-quvvatlagani esa bu kabi gap-so‘zlar ko‘payishiga yana bir sabab bo‘lgan. Aytishlaricha, ularning munosabati uch yil davom etgan, ammo hech kim bu haqida og‘iz juftlay olmagan, oqibatda yopiq qozon yopiqligicha qolgan.
Kennediga yaqin oilalar 1964-yilning qishiga yaqin ularning har ikkisi ham bir-biriga bo‘lgan munosabatlarini yaqinlari orasida yashirmaganini ta’kidlagan. Robert prezidentlik saylovlarida qatnashishi arafasida esa juftlik bir-biridan uzoqlashgan. Ayriliqni hazm qilishi oson bo‘lmagan Jaklin keyinchalik milliarder Aristotel Onassis bilan uchrasha boshlagan va ko‘p o‘tmay ular turmush qurgan. Robert esa akasi singari suiqasd oqibatida vafot etgan.
Kennedilar la’natga uchraganmi?
Amerikalik jurnalistlarning Kennedilarning la’natlangani haqida bong urishiga, ularning birin-ketin fojiali vafot etgani sabab bo‘lgan. Katta Jon Jozefning otasi va uning rafiqasi Roza Fisjerarld Kennedining 9 farzandidan to‘rttasi yoshligida vafot etgan. Jon va Jaklinning ikki farzandi ham hayotdan ko‘z yumgan. O‘g‘li kichik Jon Kennedi esa 39 yoshida aviahalokatda vafot etgan. Robert Kennedining o‘g‘li Devid esa 28 yoshida kokain dozasini oshirib yuborishdan hayotdan ko‘z yumgan.
Jaklin Kennedi Nyu-Yorkning markaziy vokzalini saqlab qolgan
1975-yilda Nyu-Yorkning markaziy vokzalini buzish haqida qaror qabul qilingan. Bundan xabar topgan Jaklin bunga qarshi kurashgan va shahar hokimiga xat yozgan.
“Shahrimizning faxri bo‘lgan yodgorliklarni yo‘q qilib sekin-asta o‘likka aylanishiga qo‘yib berish vahshiylik emasmi? Uning go‘zalligi va tarixi qolmasa, farzandlarimiz nimadan ilhomlanadi? Farzandlarimiz shahrimizning o‘tmishidan ruhlanmasa, kelajagi uchun kurashishga qayerdan kuch topadi? Amerikaliklar o‘tmishini qadrlaydi, ammo qisqa muddatli manfaatni deb uni inkor qiladi va barcha qadrli joylarni buzib tashlaydi”.
Mazkur maktubdan keyin Jaklin nafaqat vokzal, balki Nyu-Yorkdagi Lafayet maydonini ham saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan.
Jaklin Kennedi muharrir sifatida muvaffaqiyatli karyera qilgan
Jekining kitoblarga bo‘lgan sevgisi hamisha yuqori bo‘lgan. Ikkinchi turmush o‘rtog‘i Aristotelning vafotidan keyin Nyu-Yorkka ko‘chib kelgan hamda Viking Press kitob nashrining konsalting muharriri bo‘lgan. Umrining oxiriga qadar esa Doubleday nashrining muharriri bo‘lib faoliyat yuritgan. | 102 | 5,604 |
Foto | Foto: Bishkek ostonasidagi “Boing” halokati | Tuzatish: Dastlab samolyot Turkiyaning Turkish Airlines aviakompaniyasiga tegishli ekani haqida noaniq axborot berilgan edi, keyinroq yuk samolyoti Turkiyaning boshqa — MyCargo Airlines aviashirkatiga tegishli ekani ma’lum qilindi.
Bishkekning “Manas” aeroportidan bir necha kilometr uzoqlikdagi “Dacha” qo‘rg‘oniga MyCargo Airlines’ning Boeing 747 yuk samolyoti halokati quladi.
Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi axborotiga ko‘ra, hodisa oqibatida kamida 32 kishi halok bo‘lgan. Mamlakat hukumati matbuot xizmati tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida qo‘rg‘ondagi 15 ta uy vayron bo‘lgan va bu “yakuniy raqam emas”.
Qirg‘izistonning “AKIpress” axborot agentligi hodisa joyidan olingan fotosuratlarni e’lon qildi.
Qirg‘iziston bosh vaziri So‘ronboy Jeenbekov.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 43 | 961 |
Foto | Har qanday uy jihozini chiqindiga aylanishiga yo‘l qo‘ymaydigan mohir qo‘llar ijodi (foto) | Kundan-kunga texnika rivojlanayotgan zamonda uyning biror eski jihozi eskirsa yoki ishdan chiqsa, uni ustaga olib borish, qayta ishlashni hech kim xohlamaydi. Darhol mazkur buyumlarga chiqindidan joy ajratiladi. Ammo bunday vaqtda shoshqaloqlik qilish tavsiya etilmaydi. Yaxshilab o‘ylab ko‘rish va ularni avvalgidan ham ko‘ra yaxshiroq holatga keltirish uchun imkoniyatlar hamisha bo‘ladi.
“Eski stulni topib oldim va ulni qaytadan yig‘ib, bo‘yab, mana shunday holga keltirdim”.
“Koftamga yopishtirilgan ko‘zchalar tushib qoldi. Men yangi usulni topdim, unga turli rangdagi piston bezaklarini tikib chiqdim”.
“Butunlay yangilangan idishlar javoni. Uning yoshi 60 da”.
“Do‘kondan 195o-yillarda ishlab chiqarilgan quyma temirdan yasalgan tova sotib oldim va uni butunlay qayta ishlab chiqdim”.
“Eski jinsi matosidan ushbu o‘rindiqni qaytadan ishladim”.
“Men butunlay qayta tiklagan 1900-yillarga tegishli bo‘lgan qo‘l dreli”.
“1959-yilgi ushbu stol mening qo‘limga tushgunicha ko‘p narsalarni ko‘rdi. Aytgancha, uning yoshi menikidan ikki baravar katta”.
“Turmush o‘rtog‘imning kurtkasiga ishlov berdim”.
“Ikki qavat bo‘yoq ostiga yashiringan holat”.
“Eski chamadonlarning yangi hayoti”.
“Otam eski tortmalarni butunlay yangisiga aylantirdi, u juda ham yaxshi odam”.
“Bolalikdagi eski qo‘g‘irchoqni yoyma bozorida oldim va va uni yangiladim”.
“Ushbu stulni ko‘chadan topib oldim. Uni mushuklar g‘ajib tashlagan edi. Stulni yangilash uchun 1 hafta vaqt ketdi va bu mening birinchi ishim”.
“Ushbu taqinchoq ro‘mol matosidan tayyorlangan”.
“Qayta tiklanishidan oldin va keyingi shkaf”.
“Eski soatni yangiladim, oldingi va keyingi holat”.
“1970-yillarning telefon stolini bo‘yab, yangi qoplamalar kiydirdik”.
“Oddiygina choyshabdan kofta va klyosh yubka tikib oldim”.
“1980-yillardagi stulni ko‘k va qora rangga bo‘yadim va o‘rindiqqa geometrik shakllar bilan ishlov berdim”.
“Men hamma jihozlarning umrini uzaytirishni yaxshi ko‘raman”.
“Ushbu shkaf menga bepulga tushdi va uni yangilab, ofisning eng yaxshi jihoziga aylantirdim”.
“Bolaligimni yodga soluvchi menga qadrdon bo‘lgan buvimning eski bufetini o‘g‘lim uchun dengiz uslubidagi o‘yinchoq shkafiga aylantirdim”. | 90 | 2,186 |
Foto | Hind filmlaridagi go‘zal aktrisalarni vaqt qay darajada o‘zgartirgani aks etgan suratlar | O‘tgan asrning 50-70 yillarida mashhurlikka erishgan hind aktrisalariga havas qilmagan odam bo‘lmasa kerak. Ular oradan yillar o‘tganiga qaramay, hamon go‘zal va ijod qilishda davom etmoqda.
Vijayantimala – 85 yosh
Vijayantimala har qanday yoshda ham hind go‘zalligining noyob namunasidir. U bugungi kunda ham chiroyli va maftunkor.
Mala Sinxa – 85 yosh
“Guldagi chang” yulduzi o‘zining faxriy yoshida ajoyib ko‘rinishda va uni ijtimoiy tadbirlarda tez-tez ko‘rish mumkin.
Vohida Rahmon – 83 yosh
Vohida hind kinosining oltin davrida ommaning sevimli aktrisasiga aylandi va bugungi kunda ham shunday.
Asha Parex – 79 yosh
60-yillarning eng muvaffaqiyatli aktrisalaridan biri Asha Parex yaqinda o‘zining 79 yoshini nishonladi.
Tanuja – 78 yosh
Tanuja 1965-yilda “Oy va Quyosh” filmidagi ishtiroki bilan mashhurlikka erishdi. 78 yoshida ham Tanuja avvalgidek maftunkor.
Sayra Banu – 77 yosh
Dilip Kumar vafoti Sayraga qattiq ta’sir qildi, lekin u ko‘nglini cho‘ktirmaslikka harakat qiladi va uning xotiralar bilan yashaydi.
Sharmila Tagor – 76 yosh
76 yoshli Sharmila Tagor ajoyib ko‘rinishda. Uning samimiy tabassumi esa barcha hind kino ixlosmandlarining qalbidan joy olgan.
Aruna Irani – 75 yosh
Aktrisa 75 yoshida ham filmlarda rol o‘ynashda davom etmoqda.
Rakhi Gulzar – 74 yosh
Rakhi Gulzar hozir 74 yoshda. U kamera va e’tibordan uzoqda sokin va tanho hayot tarzini kechirmoqda.
Mumtaz – 74 yosh
Aktrisa Mumtoz allaqachon 74 yoshga kirgan deb kim o‘ylabdi! Ammo u hali ham muxlislarni xursand qilishda davom etmoqda.
Simi Gareval – 74 yosh
70-yillarda Simi Gareval eng mashhur aktrisalardan biri ed. Uning allaqachon 74 yoshda ekaniga ishonish qiyin.
Babita Shivdasani – 74 yosh
Babitaning karyerasi qisqa umr ko‘rdi, lekin aynan u tufayli Bollivudda ikkita go‘zal aktrisa paydo bo‘ldi: Karishma va Karina Kapur.
Jaya Bachchan – 73 yoshda
Bugungi kunda Jaya Bachchan kinoda kam ko‘rinsa-da, lekin ko‘p ishlashda davom etmoqda. U siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanmoqda. Jaya shu yoshida ham ajoyib ko‘rinadi va hurmatga loyiq.
Hema Malini – 73 yosh
Barcha uchun sevimli bo‘lgan “Zita va Gita” filmining qahramoni yaqinda o‘zining 73 yoshini nishonladi. | 88 | 2,172 |
Foto | Kam pul sarflab, Parijdagidek taassurotlar olish mumkin bo‘lgan Budapeshtning g‘aroyib olamiga sayohat (foto) | Budapesht o‘zining qaynar buloqlari, musiqiy festivallari va albatta, mazali taomlari hamda samimiy mezbonlari bilan mashhur. Odatda sayyohlar ushbu shaharga e’tibor bermay, ko‘proq mashhur Parij yoki Berlinni afzal ko‘radi. Afsuski, bularning bari behuda. Budapeshtda kam mablag‘ evaziga dam olish va Fransiya poytaxtidan kam bo‘lmagan taassurotga ega bo‘lish mumkin.
Ar-nuvo uslubidagi mashhur “Gellert” termal cho‘milish havzalari
Oddiygina Budapesht muzqaymog‘i.
“Rakotsi ter” metro bekati.
Sixda tayyorlanadigan an’anaviy kamin piroglarini, albatta, tatib ko‘rish kerak.Usti qattiq, ichi yumshoq – ajoyib kashfiyot!
Bu qahvaxonada mehmonlarga robotlar xizmat ko‘rsatadi.
Mixail Kolodko tomonidan yasalgan kichik haykallarni eng kutilmagan joylarda uchratish mumkin.
“Bu yerga birinchi marta oilam bilan kelganimizda, tashqaridan stol tanladik – ob-havo quyoshli edi. “Qahvamizni tugatib, hisobni to‘lash uchun ichkariga kirdik. Va o‘zimizni haqiqiy ahmoqdek his qildik, chunki ichkaridagi manzara betakror edi”.
Budapeshtda “Zombilendga xush kelibsiz” filmi aktyori Vudi Xarrelson haykali bor. Aslida bu Arpad sulolasining Baliqchilar qal’asidagi jangchilar haykallari.
“Bolalar hayvonot bog‘ida yalqovning oldiga borib, u bilan vaqt o‘tkazish mumkin”.
Leytenant Kolombo va uning iti haykali.
Langosh – odatiy ko‘cha yeguliklari.
“G‘isht bo‘lish orzularini ro‘yobga chiqarayotgan Jeyk”.
Budapeshtdagi odatiy tramvay 150 nafar yo‘lovchini tashlab, 15 soniyadan kamroq vaqt ichida harakatga keladi. Dunyodagi eng uzun tramvaylarni ham Budapeshtda ko‘rish mumkin – 53,9 metr.
“Doboshni sevmaslik qiyin. Ishonamanki, hatto yomon pishirilgan bo‘lsa ham, mazali bo‘ladi”.
“G‘arbiy vokzal binosi Gustav Eyfel boshchiligida qurilgan. Sizga uslub tanishmi?”
Momiqvoy mushuklar qahvaxonasida.
Kattagina nonlar.
Vengriya parlamenti binosi Vengriyadagi eng katta binolardan biridir. 691 ta xona, 29 ta zinapoya va 10 ta hovli mavjud.
Bu ajoyib va mazali shtrudellarni Dunay manzarasiga qoyil qolganda yeyish mumkin.
“Men Gellert tog‘ini yaxshi ko‘raman! Sharshara bilan yanada ajoyib manzara!”
Budapesht – ko‘plab diqqatga sazovor joylari va ajoyib qahvaxonasi bo‘lgan shahar. | 109 | 2,189 |
Foto | Fotoreportaj: Belmond Andean Explorer — g‘ildiraklar ustidagi hashamatli mehmonxona | Belmond Andean Explorer — VIP-klassga ega noyob besh yulduzli poyezd-mehmonxona. BigPicture ushbu poyezdning o‘ziga xos tomonlari tasvirlangan suratlar bilan bo‘lishdi.
Belmond Andean Explorer Peruning Arekipa va Kusko shaharlari o‘rtasidagi marshrut bo‘yicha harakatlanadi.
Mazkur poyezd ish yoki shaxsiy safarlar uchun mo‘ljallanmagan — poyezd-mehmonxona ekskursiya transporti vazifasini bajarib, turistlarni Peru bilan yaqindan tanishishiga yordam beradi.
Besh yulduzli poyezdning vagon-restorani dunyodagi eng yaxshi mehmonxonalarning restoranlari bilan bemalol raqobatlasha oladi.
Mazali taom bilan birga atrofdagi ajoyib manzalarni ham tomosha qilib ketish mumkin.
Dasturdan kelib chiqib safar 2—3 kunni tashkil etishi mumkin — sostav Perudagi diqqatga sazovor maskanlarda to‘xtab, yo‘lovchilar uchun ekskursiya o‘tkazadi. Marshrutdan inklarning sivilizatasiya markazi bo‘lgan Machu-Pikchu, Kolka kanyoni, Kusko xarobalari va Muqaddas vodiy o‘rin olgan.
Shuningdek, yo‘lovchilar safar davomida And tog‘larining ajoyib peyzajlari va Tinch okeani sohillarini ham kuzatishi mumkin. Temiryo‘l vodiylar, tunellar, boshni aylantiruvchi tog‘li ko‘priklar va qoyalar orasidan o‘tgan bo‘lib, poyezd dengiz sathidan 4800 metrgacha ko‘tariladi.
Belmond Andean Explorer vagonlarida 24 ta nomer bo‘lib, o‘ziga 48 yo‘lovchini sig‘dira oladi. Safar davomida yo‘lovchilarni shohona restoran, simsiz internet, sputnik televideniye, turli janrdagi qo‘shiqchilarning chiqishlari kabi ko‘ngilochar dasturlar kutadi.
Mazkur poyezda bir kun sayohat qilish bir kishi uchun 460 AQSh dollari turadi | 83 | 1,588 |
Foto | “Ko‘cha san’atining poytaxti” — Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahri suratlarda (fotogalereya) | Yangi Zelandiya Janubiy orolidagi Kraystcherch shahri Lonely Planet tomonidan ko‘cha san’atining dunyoviy poytaxtlaridan biri nomini olgan. Ko‘cha san’ati vayronkor zilziladan keyin yangilangan shaharning ajralmas qismiga aylangan.
2011-yilning 22-fevralida Kraystcherchda 6,3 magnitudali kuchli yer silkinishi yuz berdi. Hodisa oqibatida 185 kishi halok bo‘ldi, ko‘plab tarixiy binolar vayron bo‘ldi.
Graffiti yangidan barpo etilgan shaharning timsoliga aylandi. TJournal shahardagi ko‘cha san’ati namunalarini taqdim etishga qaror qildi. | 97 | 540 |
Foto | Germaniyada karnavallar mavsumi boshlandi (foto) | Germaniyada 11-noyabr kuni soat 11 dan 11 daqiqa o‘tganda an’anaviy karnavallar mavsumi boshlandi. Bu haqda “Korrespondent.net” fotoreportaj tayyorladi.
Festivalning boshlanish vaqti ramziy ma’noga ega, ushbu raqam Germaniyada 1823-yilgi Reyn karnaval islohotida joriy etilgan 11 tentakdan iborat kengashni anglatadi. Mamlakatning Kyoln shahrida bayramga karnaval liboslarini kiygan minglab odamlar yig‘ildi.
Karnavalda faqat COVID-19 ga qarshi emlangan yoki yaqin orada kasallikdan tuzalgan kishilar ishtirok etishi mumkin, deya belgilangan. Qizig‘i shundaki, shahzoda roliga tayinlangan aktyorning festival arafasida koronavirusga topshirgan testi ijobiy chiqqan.
Germaniyada karnavallar mavsumi uch oy davom etadi va Pasxa ro‘zasidan oldin tugaydi. | 48 | 754 |
Foto | Fotogalereya: Kattalarni ham qo‘rqitadigan eski o‘yinchoqlar | Bugungi kunda turli ko‘rinishdagi va turli imkoniyatlarga ega ko‘plab o‘yinchoqlar mavjud. TravelAsk esa bir qator noodatiy eski o‘yinchoqlarga e’tibor qaratdi. | 60 | 160 |
Foto | Fotogalereya: Dunyoning eng ehtiyotkor odamlari | AdMe oldindan ehtiyotini qilib o‘z xavfsizligini ta’minlagan odamlarning ajoyib suratlarini to‘plab taqdim etdi.
Qadoqlash san’ati
Xavfsizlik birinchi o‘rinda
Ishonchli himoya
Endi xavotirlanmasa ham bo‘ladi
Politsiyachi velosipedining qulfini uyda qoldirgan ko‘rinadi
Ayiq qoidani xuddi o‘rnatilgandek buzdi
Mana nima uchun ayollar erkaklardan ko‘proq umr ko‘radi
Yilning eng dolzarb yo‘l belgisi
100 foizli himoya
Endi qumdan xavotirlanmasa ham bo‘ladi | 47 | 463 |
Foto | Fotogalereya: Belgiya qum festivalidagi ajoyib haykaltaroshlik namunalari | Yaqinda Ostend shahrida qum festivali o‘tkazildi. Dunyodan turli burchaklaridan rassomlar yig‘ilib, o‘zlarining ertaknamo olamini yaratdi. Bu safargi festival mavzusi orzular va tushlar bo‘ldi. TravelAsk tadbir davomida yaratilgan san’at asarlari bilan bo‘lishdi. | 73 | 263 |
Foto | Fotogalereya: Insoniyat bugun tamoman boshqa dunyoda yashayotganini isbotlovchi tarixiy suratlar | Dunyo jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Yarim asr avval hammasi boshqacha edi.
O‘sha paytlarda odamlar bir necha knopkalarni bosib, dunyoning bir burchagidan ikkinchi burchagiga pul yuborishni tasavvur qilganmi?
Yoki qalinligi daftardek keladigan kompyuterda bir necha yillik ishini o‘zi bilan olib yurishnichi? TravelAsk bugun retro suratlarni taqdim etdi.
Maktabdagi raqs, 50-yillar
Moskva tug‘ruqxonasidagi chaqaloqlar tushlikdan so‘ng toza havoda uxlamoqda, 1958-yil
Birinchi selfi, 1900-yil
Stiv Voznyak imperiyasi asosida ishlab chiqilgan birinchi Apple
Vladimir Zvorikin elektronn televideniyeni namoyish qilmoqda, 1929-yil
Berlin 1945-yil va bugun
Bob Rayli tomonidan loyihalashtirilgan futurist mashina
Muz mashina yordamidagi byuti-jarayon, 50-yillar
Atletlar paradi, 1938-yil
Atlas kosmik stansiyasi, 1958-yil
Bort kuzatuvchi qiz gepard bilan sayrga chiqdi, 1961-yil
NASA xodimlari ish doskasi yonida
Xorijlikning chet elga chiqqanda foydalanadigan guvohnomasi, 1943-yil
Sobiq Ittifoqdagi raqs maktabi | 96 | 1,034 |
Foto | Zamonaviy arxitektura: Fasadi smayliklar bilan bezatilgan Gollandiyadagi bino (foto) | Arxitektor Changiz Texrani Gollandiyaning Amersfort shahridagi bino fasadida emodzi smayliklarini arxitektura elementi sifatida foydalandi, deb yozadi TJournal.
Binoni bezatish uchun 22 ta har xil smaylikdan foydalanildi. Smayliklar dizayni WhatsApp messenjeridan olingan.
Texranining aytishicha, avvallari arxitektorlar binolarni eski gotik arxitektura uslubida bezatgan. Arxitektorning fikricha, XXI asr timsoliga aylangan emodzilar eski uslub o‘rnini bosa oladi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 84 | 542 |
Foto | Foto: Gollivudning mashhur aktyorlari kinoda birinchi marta chiqish qilganidan beri qanchalik o‘zgargan? | Gollivud yulduzlari har yangi filmda o‘zining yorqin obrazlari va qoyilmaqom aktyorlik mahorati bilan bizni hayratda qoldiradi. Biroq ularning shuhrat yo‘lidagi ilk qadamlari qanday bo‘lganini ko‘pchilik bilmaydi. Vaholanki, ba’zilari ilk bor kinoda rol o‘ynaganida hali bola edi.
AdMe nashri Gollivudning mashhur aktyor va aktrisalari o‘z faoliyati boshida qanday ko‘rinishda bo‘lganini yodga olish uchun qiziqarli fotojamlanma tayyorladi. | 104 | 440 |
Foto | Fotogalereya: Uxlash bo‘yicha haqiqiy chempion hisoblangan 7 jonivor | To‘yib uxlab olish yoki dangasalikka berilish istagi har kimda ham paydo bo‘lib turadi. Ba’zan og‘ir ish haftasidan so‘ng, dam olish kunlarini qimirlamasdan uxlab o‘tkazish mumkindek tuyuladi. Dunyoda shunday baxtiyorlar ham yo‘q emas — ular tiniqib uxlash masalasida nolimasa ham bo‘ladi.
AdMe yalqovlik va uyqu borasida haqiqiy chempionlarning yettitalik ro‘yxatini tayyorladi. Eh, ba’zan bir muddat bo‘lsa-da ularning o‘rnida bo‘lging kelib ketadi kishi!
Uyqu vaqti: kuniga 18—22 soat
Uyqu vaqti: kuniga 20 soat
Uyqu vaqti: kuniga 16—20 soat
Uyqu vaqti: kuniga 18—20 soat (ba’zan 24 soatga ham cho‘zilishi mumkin!)
Uyqu vaqti: kuniga 18 soat
Uyqu vaqti: kuniga 16 soat
Uyqu vaqti: kuniga 10 soat | 68 | 704 |
Foto | Bollivud yulduzi Ritik Roshan ishtirok etishi kutilayotgan yangi loyihalar (foto) | Ijro mahorati va o‘ziga xos rollari bilan muxlislar qalbidan joy olib ulgurgan hind aktyori — Ritik Roshan qanday filmlarda ishtirok etmoqchi ekani haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
“Vikram Vedha”
2021-yilning oktabrida Ritik Roshan tamil filmi “Vikram Vedha”ning hind tilidagi remeykini suratga olish ishlarida ishtirok etishni boshlab yubordi. Tamil filmi “Vikram Vedha” 2017-yil ekran yuzini ko‘rgan bo‘lib, unda Madxavan, Vijay Setupati suratga tushgan. Hindcha versiyada esa muxlislar Ritik bilan birga Saif Ali Xonni ham ko‘rishi mumkin bo‘ladi.
“Ramayana”
Ritik Roshan “Ramayana”ning yangi versiyasida Dipika Padukone bilan suratga tushadi. Ular Ram va Sitani gavdalantirishi kutilayotgan loyihada, shuningdek, Ranbir Kapur ham rol ijro qiladi.
“Jangchi”
Ayni vaqtda Shohruh Xon ijrosidagi “Pathan” filmini suratga olayotgan Siddxart Anandning keyingi “Jangchi” (Fighter) nomli loyihasi Hindiston tarixidagi ilk havo-harbiy kuchlari faoliyatiga asoslangan film bo‘lishi kutilmoqda. Unda ham aktyor Dipika Padukone bilan birga suratga tushadi.
“Krish-4”
Ritik Roshan ishtirokidagi “Krish” filmi ilk bor bundan 15 yil avval 2006-yilda ekran yuzini ko‘rgan edi. Film nafaqat Hindiston, balki butun dunyoda mashhurlikka erishgan. Aktyor franshizaning to‘rtinchi qismida ham suratga tushib, bosh qahramonni gavdalantiradi. Muxlislar anchadan intiqlik bilan kutayotganiga qaramay, “Krish-4”ning suratga olishni boshlash biroz cho‘zilgan, rejissor Rakesh Roshan esa buning boisi bir necha sabab bilan bog‘liqligini ta’kidlagan. Shuningdek, u ssenariy ustida ishlash hali yakuniga yetmaganini ma’lum qilgan. Ritik Roshan “Vikram Vedha” va “Jangchi”dan keyin “Krish-4”ning suratga olish ishlarida ishtirok etishni boshlab yuboradi. | 81 | 1,730 |
Foto | Fotogalereya: Gonkong aholisi uchun suv quvuridan yaratilgan uylar | Gonkongdagi “katalak uylar” haqida ko‘pchilik eshitgan bo‘lsa kerak. Biroq bu yerda qurilishi rejalashtirilayotgan yangi mikrouylar ko‘plarning aqlini shoshirib qo‘yishi hech gap emas. Yaqinda bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmada eski suv quvurlaridan foydalangan holda yaratilgan uylar taqdim etildi. Diametri salkam 2,5 metr bo‘lgan bu kabi uyda bemalol ikki kishidan iborat oila yashay oladi, deb xabar berdi TravelAsk.
OPod Tube House yirik megapolisdan hozircha uy sotib olishga qurbi yetmaydigan yoshlar uchun ayni muddao. Og‘irligi 22 tonna keladigan “truba uy”ning maydoni katta bo‘lmasa ham uning ichiga yashash uchun kerak bo‘ladigan barcha narsani joylashtirsa bo‘ladi: yig‘ma karavot, yuvinish xonasi, mini-muzlatgich… | 66 | 720 |
Foto | Stilistlar obrazni qaytadan kashf etishi yoki unga putur yetkazishining isboti yulduzlar misolida (foto) | Libos har qanday insonning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishi aniq. Insonlar kundalik kiyimda bunga unchalik ham ahamiyat bermasligi mumkin. Ammo yulduzlar qizil yo‘lakchada chindan ham betakror ko‘rinishga majbur. Ammo oldindan tanlangan makiyaj, libos va soch turmagi qanday natijani berishi noma’lum. Shuningdek, bularning barchasi birinchi o‘rinda stilist mahoratiga ham chambarchas bog‘liq.
Emma Stoun
Nikol Kidman
Julianna Mur
Kira Naytli
Keyt Xadson
Sharliz Teron
Dryu Berrimor
Vaynona Rayder
Margo Robbi
Anjelina Joli | 104 | 533 |
Foto | Fotogalereya: Yaxshi kayfiyat ulashuvchi suratlar | Yapon olimlaridan birining xulosasiga ko‘ra, hayvonlar suratlarini tomosha qilish nafaqat kayfiyatni yaxshilaydi, balki insonning ish samaradorligini ham oshiradi. AdMe kayfiyat va samaradorlikni birdek oshiradigan suratlarni taqdim etdi. | 49 | 238 |
Foto | Fotogalereya: Renessans shedevridan o‘rmondagi uychagacha — odamga ilhom beruvchi kutubxonalar | Kutubxonalar sayyoradagi eng sokin va xotirjam joylardan biri. Ularda o‘ziga xos joziba bor. Travel Ask nafaqat o‘zining ma’naviy boyligi hisoblanmish kitoblari bilan, balki tashqi ko‘rinishi va dizayni bilan odamlarni jalb qiluvchi kutubxonalarning suratini taqdim etdi. | 94 | 272 |
Foto | Fotogalereya: tashqi ko‘rinish, boylik, millat, bo‘y va yoshning ahamiyati bo‘lmagan juftliklar | AdMe ko‘ngil ishida hech qanday standartlar mavjud emasligini isbotlovchi mashhurlar juftligini to‘plab taqdim etdi.
Meri-Keyt Olsen (1,57 sm) va Olivye Sarkozi (1,90 sm). Meri-Keytning qadimiy buyumlarga qiziqishini bilgan Olivye unga sovg‘a sifatida Manxettendan tarixiy koshonani sotib olishga kattagina pul sarfladi va u bilan oila qurdi.
Deniel Redkliff (1,65 sm) va Erin Dark (1,70 sm). Erin nafaqat o‘zidan po‘yi past yigitga turmushga chiqqan, balki u Denieldan 5 yosh ham katta. Biroq bularning barchasi ikki sevishgan uchun to‘sqinlik qila olmadi.
Tilda Suinton va Sandro Koppning o‘rtasida 18 yosh farq bo‘lishiga qaramay ular 13 yildan beri birga.
Ketrin Zeta-Jons va Maykl Duglas — ajoyib juftlik. Er-xotin 25 yillik farq bilan bir kunda tavallud topgan. Maykl Ketrinni birinchi bor “Zorro niqobi” filmida ko‘rgan va sevib qolgan.
Mett Deymon (aktyor) va Lusiana Barroso (barmen). 2003-yilda Stuck on You filmidan so‘ng Mett mahalliy barlardan biriga kirgan va argentinalik go‘zalga oshiq bo‘lib qolgan. Ular ikki marta turmush qurishgan: 2005-yilda ortiqcha dabdabalarsiz, shuningdek, 2013-yilda Sent-Lyusiya orolidagi “Shakalri plyaj”da.
Xokon (Norvegiya valiahd shahzodasi) va Mette-Marit (ofitsant). Mette Xokon bilan uchrashguniga qadar giyohvand modda saqlagani uchun jinoiy javobgarlikka torilgan erkakdan o‘g‘il farzand ko‘rgan. Qirollik oilasi ularning turmushiga qarshilik bildirgan. Faqatgina qirolicha Sonya uning o‘tmishiga ko‘z yumgan va Mette-Maritni darhol qabul qilgan.
Shakira va Jerard Pike (7 yildan beri birga). Ular Waka Waka qo‘shig‘iga klip olish jarayonida tanishib qolishgan. Qo‘shiqchi mashhur futbolchidan 10 yosh katta. U doim turmush o‘rtog‘ining o‘yinlariga tashrif buyuradi.
Yeva Mendes va Rayan Gosling (6 yildan beri birga). Ularning ishqiy zarguzashtlari suratga olish maydonchasida boshlangan, biroq ular shaxsiy hayotini sir saqlashadi.
Zoi Saldana va Marko Perego. Amerikalik aktrisa italiyalik rassomga tanishganlaridan bir oy o‘tib turmushga chiqqan. Ular shaxsiy hayotida sodir bo‘ladigan barcha muhim voqealarni sir saqlashadi. Biroq ularning egizak farzandi bor ekanligi ma’lum.
Mettyu Makkonaxi va Kamila Alves. Mettyu restoranda tushlik qilayotganida shu yerda tug‘ilgan kunini nishonlayotgan braziliyalik qizga e’tibor qaratadi. Aktyor qizni uchrashuvga taklif qiladi. Ularning ishqish sarguzashti tezda boshlanib ketadi va oradan besh yil o‘tib Kamilaning o‘zi Mettyuning qo‘lini so‘raydi. Hozirda ularning uch nafar farzandi bor.
Keyt Blanshett va Endryu Apton. “Biz Endryu bilan tanishganimizda u menga kibrli, men esa unga zabt etib bo‘lmasdek ko‘ringanman. Gaplashib o‘tirganimizda u to‘satdan meni o‘pgan. Men “endi tamom!” deya o‘ylaganman” deydi aktrisa.
Kristina Xendriks va Jeffri Arend. Crazies serialining to‘lachadan kelgan malla sochli go‘zali Jeffrining telefon raqamini so‘ragan va o‘zi birinchi bo‘lib unga sevgi izhor qilgan. | 95 | 2,907 |
Foto | Sayohatga chiqqanda mahalliy oshxona bilan yaqindan tanishish uchun albatta tatib ko‘rish kerak bo‘lgan taomlar (foto) | Dunyoning har bir mamlakati o‘zining oshxonasi bilan faxrlanadi. Afsuski, ulardan ayrimlari sayyohlar nazaridan chetda qolmoqda. Bunga shunchaki g‘alati ko‘rinish, g‘ayrioddiy hid yoki iste’molchini hayratga soladigan mahsulotlar sabab bo‘lishi mumkin.
Kolumbiya
“Oddiy issiq shokoladning o‘ziga xos xususiyati nimada?” deb savol berish mumkin. Ammo Kolumbiyada shokolad umuman boshqa uslubda tayyorlanadi.
Polsha
Kartoshka va pishloqli yegulik piyoz bilan birgalikda qovuriladi. Uni smetana bilan iste’mol qilish mumkin. “Bigos” deb ataluvchi ushbu yegulik karam, kolbasa va qo‘ziqorindan ham tayyorlanadi.
Italiya
Sitsiliyada muzqaymoqlar uch xil uslubda: stakan, konus va sendvich sifatida iste’mol qilinadi. Yumshoq bulochka ustiga uch bo‘lak muzqaymoq joylashtirish mumkin. Istaganlar uchun ko‘pirtirilgan krem ham qo‘shiladi.
Niderlandiya
Niderlandiyada ikki xil milliy taom mavjud. Ulardan biri – piyoz va tuzlangan bodring bilan tayyorlangan Atlantika seldi, uni ko‘pchilik yoqtirmaydi, ammo u juda mazali. Ikkinchisi esa stropvafli. Uni hattoki dunyodagi eng yaxshi shirinlik deb bilishadi.
Xorvatiya
Xorvatiyaning “prshut” deb ataladigan taomi dunyoga mashhur. Taomga mazali pishloq hamda go‘sht qo‘shiladi. Xorvatiya kichkina mamlakat bo‘lishiga qaramay, o‘zining noodatiy milliy taomi bilan ajralib turadi.
Ispaniya
Ispaniyaga tashrif buyurgan mehmonlarga, albatta, “tumbet” taomini sinab ko‘rish tavsiya etiladi. Ushbu taom qovurilgan baqlajon, qovoq, kartoshka hamda dafna yaproqlari, pomidor sousidan tayyorlanadi.
Angliya
Qadoqdagi baliq va chipslar dengiz bo‘yida ovqatlanishda tavsiya etiladi. Unga no‘xat pyuresi va souslar ham qo‘shish mumkin.
Fransiya
Kruassanlarni dastlab Fransiya oshxonalarida tatib ko‘rish kerak. Shundagina ularni yoqtirmaydiganlarning ham fikri o‘zgarishi mumkin.
Portugaliya
Portugaliyaga tashrif buyuruvchilar ushbu yegulikni, albatta, tatib ko‘rishi kerak. Shuningdek, boshqa bir-biridan mazali taomlar ham mavjud. Ularni portugallar maromiga yetkazib tayyorlaydi.
Singapur
Yog‘li guruch hamda tovuq Singapurning eng mazali taomidir. Guruch xushbo‘y tovuq suvida pishiriladi. Bundan tashqari, soya, chili, sarimsoq kabi mahsulotlar taomga o‘zgacha ta’m bag‘ishlaydi.
Nepal
Qanday bo‘lmasin, Nepalda “dal bxat tarkari” taomini tatib ko‘rish kerak. U yasmiq, guruch va sabzavotlardan tayyorlanadi. Har bir nepallik oshpaz uni o‘ziga xos tarzda tayyorlaydi va ushbu taomning haqiqiy mutaxassisi hisoblanadi.
Kanada
Ushbu shirinlik oddiygina xamirdan tayyorlansa-da, juda to‘yimli va mazali. Unga karamel, shokolad, yong‘oq kabi mahsulotlar ham qo‘shiladi va shirinlikni yanada mazali qiladi.
Finlyandiya
Jigardan tayyorlanadigan zapekanka mamlakatdagi eng mashhur taomlardan biri. U guruch, mayiz, jigar, sariyog‘ va tuxumdan tayyorlanadi. Ammo yoshlar ushbu taomni unchalik ham yoqtirmaydi.
Turkiya
“Imam bayaldi” taomining tarixi rivoyatlariga ko‘ra, imom rafiqasining taomga qancha yog‘ sarflaganini eshitib, hushidan ayrilgan. Shuning uchun ham taomga shunday nom berilgan. Turkiyada milliy taomlar qanchalar ko‘p bo‘lmasin, ushbu taom barchaning sevimli taomi hisoblanadi. | 118 | 3,135 |
Foto | Fotogalereya: Hayvonlarning zavq ulashuvchi suratlari | Uy hayvonlari, ba’zan esa yovvoyi hayvonlar o‘zlarining qiziqarli holatlari bilan odamlarga zavq bag‘ishlaydi. AdMe hayvonlarning ana shunday holatlari aks etgan suratlarni taqdim etdi. | 53 | 185 |
Foto | To‘y fotosessiyasida kadrga muhrlangan noodatiy suratlar (foto) | Har bir kelin to‘yi mukammal bo‘lishini orzu qiladi, ammo doim nimadir kutilganidek bo‘lmaydi. Biroq bundan xafa bo‘lmaslik kerak, chunki shunday qiziq holatlar to‘y oqshomining unutilmas bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Ayniqsa, kimdir kamera tugmachasini vaqtida bosishga ulgurgan bo‘lsa. Ba’zilar hatto bunday kulgili daqiqalarni to‘y fotosessiyasi uchun maxsus tashkil qiladi.
“To‘yimiz uchun xotinim menga zirh yasattirdi”
Ijodkor juftlikning torti ham shunday ajoyib bo‘ldi
“Kelinni birinchi marta to‘y libosida ko‘rganimda”
“Bo‘yimizdagi farq tufayli fotosuratchi biroz muammoga duch keldi”
“To‘y fotosessiyasidagi bu kadr kuyovga bitta telefon narxiga tushishiga sal qoldi”
“Mana, to‘yimizda bo‘lgan xursandchiligimizni aks ettiruvchi fotosurat”
“Onam bugun ikkinchi marta turmush qurdi”
“Sepgan guruch donalari kelinning yuziga tegib ketdi. Unga bu unchalik yoqmadi, shekilli”
“Opam bugun turmushga chiqdi, undan ko‘ra Rolex’imni suratga tushirganim ma’qul”
“O‘ylaymanki, bu mening fotograflik faoliyatimdagi eng zo‘r kadr”
“Kuyov va kelinni suratga olmoqchi edim, menimcha, yomon chiqmadi”
“Akam to‘y tortini ag‘darib yuborayotgan lahza...”
“Ha, to‘yda ayollar erkaklarga qaraganda ko‘proq hissiyotga beriladi. Hatto ular it bo‘lsa ham”
Kelinning otasi qizini birinchi marta to‘y libosida ko‘rganida...
“Men gul sochuvchi qizlarni buvilarga almashtirishni maslahat beraman”
Kuyovning do‘stlari uning nikoh uzugidan qanchalik shokka tushganliklarini ko‘rsatib berishmoqda
“Qaynonam kamtarona to‘yimizda har qanday ovqatga buyurtma berishim mumkinligini aytdi”
“Men: Turmush qurishga shoshilmayapman va guldastani ushlab qolishga ham harakat qilmayman” | 63 | 1,670 |
Foto | Foto: Bryus Lining oilaviy arxividagi ko‘pchilikka noma’lum suratlari | Amerikalik va gonkonglik aktyor hamda sharq yakkakurashlari ustasi Bryus Li butun dunyoni Xitoyning turli jang san’atlari bilan qiziqtira olgan. Big Picture 27-noyabr — aktyorning tug‘ilgan kuni munosabati bilan uning oilaviy arxividan joy olgan ko‘pchilikka noma’lum suratlarini e’lon qildi.
Tomoshabinlar har doim jangovar qiyofadagi Bryus Lini ko‘rishga o‘rgangan. Shu sababli, bu suratlar noodatiy ko‘rinishi mumkin. Suratlarda aktyor har doim kulib turuvchi va o‘z rafiqasi hamda ikki nafar bolasi bilan baxtiyor bo‘lgan mehribon ota va sevimli er qiyofasida aks etgan.
Bolalikdagi ismi Li Syaolun (“kichkina ajdar”) bo‘lgan Bryus Li o‘z rafiqasi Linda, o‘g‘li Brendon va qizi Shennon bilan birga.
Aktyor o‘zining bo‘lajak rafiqasi Linda Everi bilan Vashington universitetida tanishgan, o‘shanda Linda 17 yoshda bo‘lgan. Linda ham Bryus Lidan kung-funi o‘rgangan.
Bryus Li bir muddat o‘z oilasi bilan Gonkongda yashagan. Uning qizi Shennon ham sharq yakkakurashlarining bir nechta turini o‘rgangan.
Bryus Li jismoniy jihatdan ishonib bo‘lmas darajada kuchli bo‘lgan. U oldinga cho‘zilgan qo‘lida 34 kilogrammli toshni bir necha soniya davomida tutib tura olgan. | 69 | 1,170 |
Foto | Fotoreportaj: AQSh va Janubiy Koreya harbiylarining KXDR ehtimoliy hujumiga qarshi mashg‘ulotlari | Amerika dengiz piyodalari janubiy koreyalik harbiylar bilan qo‘shma mashg‘ulotlarda ishtirok etdi, deb xabar bermoqda TJournal.
Mashg‘ulot davomida Shimoliy Koreyaning bostirib kirishi ssenariysi ko‘rib chiqilib, unda ishtirok etganlar kurash, otish, chang‘ida yurish va boshqa zaruriy ko‘nikmalarga ega bo‘ldi.
Avvalroq AQSh va Janubiy Koreya tomonidan KXDR yetakchisi Kim Chen In va Shimoliy Koreya oliy siyosiy hamda harbiy rahbariyatini yo‘q qilish bo‘yicha maxsus topshiriqli bo‘linma tuzilishi haqida xabar berilgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 97 | 704 |
Foto | 50 dan oshsa-da, kinolarda navqiron yigitlar rolini ijro etadigan Bollivud aktyorlari (foto) | Hamma ham bir kuni qariydi, afsuski, bu jarayonni to‘xtatishning iloji yo‘q. Ammo ko‘pchilikning sevimli kumiri bo‘lgan ba’zi aktyorlar 50 dan oshgan bo‘lsa-da, qarilik oldida bosh egmaydigan ko‘rinadi.
Anil Kapur — 64 yosh
Anil Kapur uzoq yillik ijod yo‘lini bosib o‘tgan aktyorlardan biri va u hali ham o‘zining ajoyib jismoniy ko‘rinishi bilan mashhur.
Bollivud filmlarida rekord darajada ko‘p suratga tushgan juftliklar (foto)
Milind Soman — 55 yosh
Yana bir Bollivud aktyorining bardam ko‘rinishi odamni xayron qoldiradi. Agar chiroyli qarish uchun mukofot ta’sis etilsa, Milind Soman aniq g‘olib bo‘lardi.
Mehrga to‘la qalb egalari: Bollivudning xayriya bilan shug‘ullanadigan yulduzlari (foto)
Akshay Kumar — 53 yosh
Akshay Kumarning jismoniy faolligi haqida gap ketganda uning 53 yoshda ekanligiga ishonish qiyin.
Bollivud yulduzlari suratga tushishdan tashqari bo‘sh vaqtlarida qanday mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanadi? (foto)
Saif Ali Xon — 50 yosh
Aktyor har doim sog‘lig‘i va tashqi ko‘rinishini birinchi o‘ringa qo‘yib kelgan, shuning uchun 50 yoshida ham yoshlardek faol.
Bollivudning eng mashhur juftliklaridan biri Saif Ali Xon va Karina Kapur ikkinchi marta ota-ona bo‘ldi
Amir Xon — 55 yosh
Amir Xonni ko‘plab sabablarga ko‘ra hurmat qilish mumkin. Ulardan biri — uning fitnessga bo‘lgan muhabbatidir.
Bollivud faxrlansa arziydigan Amir Xon ijrosidagi 3 film
Ronit Roy — 55 yosh
Ronit — Bollivudning yana bir mashhur yuzi, u yosh shunchaki raqam ekanligini isbotlaganlardan biri. Ronit doimo sog‘lom turmush tarzini olib borgan. Tashqi ko‘rinishi va uslubi jihatidan yosh avlodning har qanday aktyoridan ustun desa bo‘ladi.
Avval va hozir: Bollivud aktyorlarining bolalikdagi suratlari (foto) | 92 | 1,722 |
Foto | Sayyoh 40 yil ochilmagan seyfni ochdi hamda barchani hayratga soldi (foto) | Kanadaning Albert provinsiyasidagi Vermilion muzeyi sayyohlar orasida juda ham mashhur emas. O‘z nomini u Kanadaning xuddi shunday nomga ega bir guruh orollaridan olgan. Tabiatning ushbu ajoyib burchagi Banf milliy parkining bir qismi hisoblanadi. Arxeologlarning aniqlashicha, bu yerda 10 ming yil avval odamlar yashagan, deya yozadi Travel Ask.
Muassasaning o‘zi haqida gapiradigan bo‘lsak, u tashrif buyuruvchilarga bu yerda yashagan qadimgi odamlarning turmush tarzi haqida hikoya qiladi. Bino esa ularning uyini aks ettiradi. Muzeyda nafaqat mahalliy aholi tasvirlangan, balki o‘sha davrda qishloq xo‘jaligi, do‘konlar va savdoning ko‘rinishi qanday bo‘lgani ham yoritilgan. Shuni ta’kidlash kerakki, muzeyda ko‘plab kolleksiyalar mavjud. Biroq 70-yillardagi mahalliy mehmonxonalardan birining yopilishi natijasida muzey tomonidan meros qilingan eski seyf alohida ahamiyatga ega.
Aslida, og‘ir metall saqlash jihozi qulflangan va hech kim uning ichida nima borligini va qanday ochishni bilmas edi. O‘nlab yillar davomida muzey xodimlari ishlab chiqaruvchilar, mutaxassislar, temirchilarni taklif qilib, uni ochishga urindi. Muzey vakillari hatto sayohatchilar uchun xavfsiz turdagi ko‘ngilochar tadbirlarni uyushtirib, uni ochib ko‘rish haqida tanlov e’lon qildi. Biroq, bularning hammasi foydasiz edi, katta seyf o‘z sirlarini saqlab qoldi.
Iyun oyida esa muzeyga 36 yoshli Stiven Mills ismli sayyoh tashrif buyurdi. U shaharga bolalari va rafiqasi bilan kelgan edi, lekin u kelgan kun muzey ishlamadi. Shunda tabdbirkor oila boshlig‘i shu yerlik ko‘ngillilardan biri bilan kelishdi va ichkariga kichik ekskursiya uyushtirdi. Ekskursiya davomida seyf haqida gap ketdi. Sayyoh esa kutilmaganda uni ochishga muvaffaq bo‘ldi.
Hamma hayratga tushdi deyishning o‘zi kamlik qiladi. Stivenning o‘zi 60 gacha bo‘lgan raqamlarga qaragan, keyin esa mexanizmga quloq solgan hamda oddiy raqamlar kombinatsiyasi, ya’ni 20-40-60 ni tergan. 3 marta o‘ngga, 2 marta chapga va yana 1 marta o‘ngga buragan. Seyfning eshigi ochilganida o‘zi ham hayron bo‘lganidan ortga tisarildi.
Seyfning ichida bir ofitsiantga tegishli bo‘lgan qaydlar qog‘ozi, 77—78-yillardagi gazetalar, shuningdek, mehmonxona kvitansiyasi bor ekan. | 74 | 2,211 |
Foto | AQSh janubida ob-havoning ogʻir sharoitidan millionlab odamlar aziyat chekmoqdareportaj | Hafta boshidan beri AQSh janubida yashovchilar ushbu mintaqada kuzatilayotgan noqulay ob-havoning ogʻir sharoitlaridan aziyat chekmoqda. Harorat minus 18 darajagacha pasaygan. Kamida 47 kishi vafot etgan. 4 milliondan ortiq xonadon issiqlik va elektr ta'minotidan uzilib qolgan.
Texasda 30 yil ichidagi eng past harorat tufayli (minimal koʻrsatkich minus 18 darajaga yetgan) favqulodda holat joriy etildi. Elektr energiyasiga boʻlgan talabning ortishi natijasida tizimlar ishlamay qoldi.
Harorat Texasdagi kamida 4,3 millionta xonadonga ta'sir koʻrsatdi. Juma kunigacha shtatdagi 200 mingga yaqin uy elektrsiz qolgan. 13 milliondan ortiq texasliklarning uyida esa issiq suv yoʻq.
Elektr energiyasidan tashqari, shtatda oziq-ovqat mahsulotlarining uzilishi kuzatilmoqda.
Kamida 47 kishi bunday ob-havo sabab halok boʻldi, ulardan 30 nafari Texasda yashagan. Ushbu raqamlar «Washington Post» tomonidan keltirib oʻtilgan.
Ta'minotdagi uzilishlar va elektrdagi muammolar tufayli hukumat 19 fevral kuni Galveston (Meksika koʻrfazi sohillari yaqinida joylashgan shu nomdagi orolda joylashgan shahar) va Korpus shahriga ikkita harbiy samolyotni yuborishga majbur boʻldi.
18 fevral kuni 35-avtomagistralda janubga tomon choʻzilgan katta tirbandlik yuzaga kelgan.
Texas rasmiylari buning oqibatlari bundan ham yomonroq boʻlishi mumkinligini aytmoqda, ammo ular anomal sovuq va qorga tayyor emasliklarini tan olgan.
Texas shtati Yuless shahridagi yonilgʻi quyish shoxobchasida 18 fevral kuni benzin tugagan.
Fermer hayvonlarini sugʻorish uchun muzni yormoqda.
Oklaxomada uzoq davom etgan kuchli sovuq, qor va muzli yomgʻir odamlarni soʻng federal yordam soʻrashga majbur qildi.
Odamlar nafaqat oʻtin ishlatmoqda, balki kerosin isitgichlarni ham sotib olgan.
19 fevralga kelib mamlakat janubida havo bir oz isiy boshlagan. Taxmin qilinishicha, sovuq tez orada tugaydi va hafta oxirida havo harorati plyus 10 darajaga yetadi.
Texasda sovuq ob-havo kuzatilib, quvurlar yorilishi oqibatida 13 million aholi ichimlik suvisiz qoldi — fotoreportaj | 87 | 2,031 |
Foto | Foto: “Shaftolidek mazali o‘zbek pomidorlari” sabab Moskvagacha borgan “Toshkent haqiqati” | Rossiyalik taniqli blogerlardan biri Ilya Varlamov 17-yanvar, yakshanba (bozor) kuni oddiy moskvaliklar singari bozorga borib, meva-sabzavot sotib oldi va bozordagi narx-navo haqida o‘z blogida axborot berdi.
“Shaftolidek shirin, choy bilan ham ichsa bo‘ladigan o‘zbek pomidorlarining bir kilogrammi — 550 rubl (qariyb 21,5 ming so‘m), O‘zbekistondan olib kelingan limonlarning bir donasi esa 80 rubl (taxminan 3,1 ming so‘m)”, — deb yozadi bloger.
Varlamovning qayd etishicha, bozordagi meva-sabzavotlar sifati bilan yirik supermarketlar tarmog‘idagi shunday mahsulotlarni taqqoslab bo‘lmaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, supermarketda hammasi bir xil ko‘rinishga ega va bir necha oylab saqlab tursa bo‘ladigan meva-sabzavot sotiladi.
“Bunday meva-sabzavotni tabiiy yo‘l bilan yetishtirib bo‘lmaydi. Shu sababli ham do‘konlardan ko‘rinishi chiroyli, lekin bemaza sabzavotlarni sotib olasiz. Bozorlarga esa hammasi, ko‘p yillar avvalgidek, mashinalarda, poyezdlarda, murakkab logistika dasturlarisiz olib kelinadi. Sabzavotga qo‘shib, yoqimli bonus sifatida, ‘Toshkent haqiqati’ni ham olasiz”, — deb yozadi bloger. | 90 | 1,111 |
Foto | Fotogalereya: Superqahramon rolini ijro etgan aktyorlar hozir qanday ko‘rinishda | AdMe ancha yillar oldin superqahramon rolini ijro etgan aktyorlarning hozirgi rasmini to‘pladi.
Jeki Chan —Jeki (Ma’budlar aslahasi, 1986)
Dunkan Reje — Zorro (Zorro, 1990)
Jimm Kerri — Stenli Ipkiss (Niqob, 1994)
Silvestr Stallone — Jon Rembo (Rembo, 1982)
Linda Xemilton — Sara Konnor (Terminator, 1984)
Arnold Shvartsenegger — Terminator (Terminator, 1984)
Edrian Pol — Dunkan Maklaud (Tog‘lik, 1992)
Piter Ueller —Aleks Merfi/Robokop (Robokop, 1987)
Kevin Sorbo — Gerakl (Geraklning qaytishi, 1995)
Dolf Lundgren — Endryu Skott (Universal soldat, 1992)
Jan-Klod Van Damm — Lyuk Devero (Universal soldat, 1992)
Lyusi Louless — Zena (Zena — jangchilar qirolichasi, 1995)
Klarens Gilyard — Jeyms Trivett (Ajoyib Uoker: Texas uslubidagi adolat, 1993)
Chak Norris — Kordell Uoker (Ajoyib Uoker: Texas uslubidagi adolat, 1993) | 80 | 837 |
Foto | Fotogalereya: Siba-inu gullar bilan tushgan suratlari tufayli Instagram’da mashhur bo‘lib ketdi | Yaponiyalik Masayo Ishizuki o‘zining ilhom manbai hisoblanmish siba-inu zotli iti Xachini suratga oldi. Deyarli barcha suratlarda Xachi gulzorlar orasidan egasiga qarab, viqor bilan suratga tushadi. Mana shu ochilib turgan gullar singari siba-inu ham Yaponiyaning timsoli hisoblanadi. Travel Ask uning suratlariga e’tibor qaratdi. | 95 | 330 |
Foto | Fotogalereya: Madaniy arxitekura yodgorligi sanaladigan dunyo muzeylari | Asrlar davomida muzey har qanday mamlakatda madaniy muassasa sifatida qolmoqda. San’at, madaniyat va boshqa obyektlarni saqlash va ularni namoyish etish bilan birga, ko‘plab muzeylar o‘zining ta’lim dasturlari va o‘ziga xos arxitekturasi bilan mashhur. TravelAsk ana shunday mashhur arxitekturaga ega muzeylar jamlanmasini taqdim etdi. | 71 | 335 |
Foto | Daydi oʻqdan vafot etgan rejissyor, qalampir saralayotgan ayollar, Xitoydagi piyoz sotuvchilar — 25 oktyabr suratlari | Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz.
Shri-Lankada maktab oʻquvchilari maktabga kirishdan oldin qoʻllarini yuvmoqda.
Kosovolik ayollar mahalliy Ajvar deb nomlangan qayla tayyorlash uchun qizil qalampirlarni saralamoqda.
Bagʻdod mahallalaridagi devorlarga chizilgan devoriy suratlar. Bir guruh rassomlar shaharga hayot bagʻishlash maqsadida bu ishga qoʻl urgan.
Koʻkrak bezi saratoniga chalinganlarga dastak boʻlish maqsadida faol Shahika Erjumen pushti sharf bilan suv ostiga shoʻngʻidi.
Kaliforniyada rejissyor Halina Hatchins suratga olish jarayonida aktyor Alek Boldvin tomonidan tasodifan otib qoʻyildi. Natijada u vafot etdi.
Rimdagi kinofestivalda qatnashayotgan aktrisa Gemma Chan.
Xitoydagi piyoz savdogalari.
London polisiyasi Insulate Britain faolini namoyish paytida qoʻlga olmoqda.
2016 yildan buyon Eronda hibsda saqlanayotgan Nozanin Zogʻari-Ratklifning turmush oʻrtogʻi va qizi Londondagi tashqi ishlar vazirligi oldida ayolining ozodlikka chiqishiga yordam soʻrab, norozilik namoyishi oʻtkazmoqda.
Angliya oʻtloqlarida oʻtlab yurgan otlar. | 117 | 1,078 |
Foto | Sankt-Peterburgda ko‘k qor yog‘di (foto) | Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi hovlilardan biriga ko‘k qor yog‘di. “Rosprirodnadzor” holatning sababini aniqlashga harakat qilmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Buzilishi kerak bo‘lgan uylardan birining atrofidagi qor binafsharangda. Mahalliy aholining shikoyatlari tekshiruvlarni boshlashga sabab bo‘lgan. | 40 | 323 |
Foto | Fotogalereya: Kalahari sherlari | Bloger Dmitriy Cherkasov Afrikaga sayohat qilgan. U yerda turli antilopa va qushlarni rasmga olgan. Ammo uchinchi kundan boshlab, yo‘lida sherlar chiqa boshlagan. Travel Ask ana shu suratlarni taqdim etdi. | 31 | 205 |
Foto | Fotogalereya: Yurakni eritib yuboradigan suratlar | Vaqt bir umrga ketadi, o‘zidan esa ajoyib xotiralar qoldiradi. Hayotimizdagi muhim lahzalarni suratga joylasak juda yaxshi. Kadr ortida nima bo‘lganini aytib beradigan inson bo‘lsa undan ham yaxshi. AdMe insonlar uchun qadrli bo‘lgan lahzalar aks ettirilgan fotosuratlarni yig‘di.
Yoshligimizda bir xil filmga muxlislik qilgan ekanmiz
Kuchuk qutqarib olinganidan beri o‘zini kerakli ekanini his qiladi
“Uch marta nobud bo‘lgan bolalarimizdan keyingi chaqaloqni qo‘limga olishim”
Parvoz vaqtida tanishib bir umrga do‘stlashgan insonlar
Qizaloq ko‘rish qobiliyatini yo‘qotgan, lekin u ukasini ko‘rayotganday suratga tushgan
“ ‘Kolumbiya’ shatllida dadam uchishlaridan oldin u bilan xayrlashishga ruxsat berishdi”
O‘sha davra o‘sha do‘stlar
U quyosh nurlaridan bahra olyapti
Otam bo‘lishga qaror qilgan insonni Otalar bayrami bilan tabriklayman
Maktab yordamchi iti ham albomdan joy oldi
Do‘stlarim ko‘z qarashimni “shubhali” deb hisoblashadi. Bu yoshligimdan qolgan qarash ekanini tushuntirdim
Irlandiya prezidenti doimo sodiq do‘sti bilan
Autizmga uchragan bola oradan ancha vaqt o‘tib to‘yda buvisining qo‘lidan ushlab birga ketdi
Oxirgi Onalar kunini birga o‘tkazishga yordam berganlarga tashakkur
Uyda ta’lim olib, hisobchi diplomiga ega bo‘ldim | 49 | 1,263 |
Foto | IKEA o‘z reklamasida Leonardo da Vinchining 450 mln dollarga sotilgan “Dunyo xaloskori” asaridan foydalandi (foto) | IKEA kompaniyasi o‘zining reklamasida Leonardo da Vinchining 16-noyabr kuni auksionda 450 million dollarga sotilgan “Dunyo xaloskori” asaridan foydalandi. Bu haqda Meduza xabar berdi.
Reklama plakati Shvetsiyaning Acne agentligi tomonidan tayyorlangan. “Dunyo xaloskori” 13 dollarlik Virserum ramkasiga joylashtirilgan.
“Qachonki sen surat uchun 450 million dollar sarflab, arzonginaga yangi ramka sotib olganingda”, — deyiladi reklama matnida.
San’atshunoslarning taxmin qilishicha, “Dunyo xaloskori” 1500-yillarda chizilgan. XVIII asrdan XX asrgacha surat yo‘qolgan, deb hisoblangan. 1900-yilda surat da Vinchining shogirdlaridan birining ishi sifatida sotilgan. 2007-yilda ekspertlar surat da Vinchining o‘zi tomonidan chizilganini aniqlagan. | 114 | 746 |
Foto | “Shahar fokus ostida” tanlovining eng yaxshi suratlari (foto) | Shu yilning 6–20-aprel kunlari National Geographic saytida “Shahar fokus ostida” fototanlovi bo‘lib o‘tdi. Vera Minayeva tomonidan suratga olingan “Tom ketdi” fotosi tanlov g‘olibiga aylandi.
“Tom ketdi”.
Boshqa suratlarni quyida tomosha qiling.
“Vertolyot”.
“Ko‘k tuman”.
Urban Skylines.
“Og‘ir xayollar”.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 61 | 390 |
Foto | Fotogalereya: Muzlab qolgan Amerika | 30-yanvardan boshlab, AQSh g‘arbiy qismida o‘ta sovuq havo harorati boshlangan – ba’zi joylarda Antarktidan ham sovuqroq. Michigan, Viskonsin va Illinoys shtatlari favqulodda holat e’lon qilgan. Kelgusida havo harorati -50 ° Selsiyga tushishi kutilmoqda. AdMe mana shu shtatlardagi holatni rasmlarda taqdim etdi.
Michigan ko‘li muz bilan qoplangan
Yuzlab maktablar yopilgan, minglab reyslar bekor qilingan
Aholi sovuq havo bilan kurashmoqda
Qor tozalash xizmati bor kuchi bilan ishlamoqda
Milliy meteorologiya xizmati ushbu holatni tarixiy hodisa deb atamoqda
Ammo odamlar hamma muzlagan narsalarni rasmga olib, memlar o‘ylab topishmoqda | 35 | 644 |
Foto | Fotograf bilan do‘stlashgan olmaxonlar (foto) | Fotograf Gert Veggen bir necha yildan buyon olmaxonlarni suratga oladi. U Shveysariyada o‘rmon yaqinida joylashgan qishloqda yashaydi. Olmaxonlar uning uyiga shunchaki mehmon bo‘lib keladi. Fotograf ularga yong‘oq va qiziqarli buyumlar berib, suratga olish uchun noodatiy sujet yaratadi. Olmaxonlar Gertga o‘rganib qolgan, hatto bir nechtasi uning uyi tomiga joylashib olgan. AdMe fotograf tomonidan olingan suratlarni taqdim etdi. | 45 | 431 |
Foto | Fotogalereya: So‘nggi o‘n yillikning eng serdaromad milliarderlari | Forbes jurnali o‘n yillikning ya’ni 2010-yildan 2020-yilga qadar bo‘lgan oraliqda muvaffaqiyatga erishgan eng boy, milliarder insonlar o‘nligini e’lon qildi. Jurnal talqiniga ko‘ra, reytingni Amazon asoschisi Jeff Bezos boshqarmoqda, u 2010-yildan beri jami 97,4 milliard dollarga boyigan, deb yozmoqda “Kommersant”.
1-o‘rin. Amazon asoschisi Jeff Bezos – 97,4 milliard AQSh dollar
2-o‘rin. Dior va Louis Vuitton egasi Bernar Arno – 80,2 milliard dollar
3-o‘rin. Facebook asoschisi Mark Sukerberg – 68 milliard dollar
4-o‘rin. Microsoft asosochisi Bill Geyts – 54,6 milliard dollar
5-o‘rin. Inditex kompaniyasiga yaratuvchisi Amansio Ortega – 49,9 milliard dollar
6-o‘rin. Google asoschilaridan biri Larri Peyj – 43,5 milliard dollar
7-o‘rin. Berkshire Hathaway fondi rahbari va investori Uorren Baffet – 41,8 milliard dollar
8-o‘rin. Microsoft korporatsiyasining sobiq bosh direktori Stiv Balmer – 41,8 milliard dollar
9-o‘rin. Google asoschilaridan biri hisoblanuvchi Sergey Brin – 41,3 milliard dollar
10-o‘rin. Alibaba Group asoschisi va direktorlar kengashi raisi Jek Ma – 40,8 milliard dollar | 66 | 1,118 |
Foto | 10 ta eng mashhur yadro poligonlari (foto) | “Kommersant” dunyodagi o‘nta eng mashhur yadro poligonlari haqida ma’lumot berdi.
Yopiq poligon Tinch okeanida, Ralik tizmasida joylashgan. Maydoni — 6 kvadrat kilometr. Birinchi marta AQSh tomonidan 1946-yil iyulida “Chorrahalar” operatsiyasi chog‘ida ishlatilgan. 1946—1958-yillarda Marshall orollarida jami 67 ta sinov amalga oshirildi. Ayni paytda faoliyat yuritmaydi, ammo 1946-yilda evakuatsiya qilingan aholi radiatsiyaning yuqori darajasi tufayli atollga qaytib bora olmaydi.
Poligon Sharqiy Qozog‘iston, Pavlodar va Karaganda viloyatlari chegarasida joylashib, Kurchatov shahrini egallab olgan. Maydoni — 18,5 ming kvadrat kilometr. 1949-yil 29-avgustda bu yerda birinchi sovet atom bombasi, 1953-yil 12-avgustda esa birinchi vodorod bombasi portlatilgan. 1991-yilda Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev poligonni yopdi.
Poligon Las-Vegasdan 105 km uzoqlikda joylashgan va 3,5 ming kv. m maydonni egallagan. 1951—1992-yillarda uning hududida 928 ta yadro sinovlari o‘tkazilgan. Ayni paytda poligon yadro kraterlari bilan to‘la. Ulardan biri — Sedanning chuqurligi 100 m, eni 390 metrga teng.
Novaya Zemlya arxipelagi tanlanishiga Shimoliy Muz okeanining ushbu qismida muzlamaydigan portlarning borligi va orollarning aholisi kamligi sabab bo‘lgan. 1955—1990-yillarda poligonda 132 marta portlash sodir etilgan. 1969-yilda eng yirik avariya yuz berdi: radioaktiv gaz va bug‘ oqimi yuzaga sirqib chiqib ketdi. 344 kishi jabrlandi.
Britaniya sobiq poligoni Janubiy Avstraliya shtatidagi cho‘lda joylashgan. Maydoni — 3,3 ming kv km. 1956—1963-yillarda bu yerda 7 ta atmosfera portlashlari sodir etilgan. 1967-yilda yopilgan.
Poligon Shinjon-Uyg‘ur avtonom tumanidagi qurib bitgan Lobnor ko‘li o‘rnida joylashgan. Maydoni — 2,4 ming kv. km. Birinchi sinovlar 1964-yilda bo‘lib o‘tgan, 1967-yilda esa bu yerda Xitoyning birinchi vodorod bombasi portlatilgan. 1996-yil — Xitoy yadro sinovlarini har tomonlama taqiqlash to‘g‘risidagi shartnomani imzolaguniga qadar bu yerda 45 ta sinov o‘tkazilgan.
Fransiya sobiq poligoni Tinch okeanidagi Tiamotu arxipelagida joylashgan, maydoni — 15 kv. km. 1966—1996-yillarda Fransiya bu yerda 175 ta sinov o‘tkazdi. Ayni paytda faoliyat yuritmaydi.
Poligon Rajastxan shtatidagi Tar cho‘lida joylashgan. 1974-yilda uning hududida birinchi sinov o‘tkazildi, u Osiyoda qurollanish poygasini boshlab berdi. Yadro quroli borligini mamlakat 1998-yilda tan oldi, ungacha poligonda yana beshta qurilma portlatildi. So‘nggi yillarda sinovlar haqida xabar qilinmadi.
Sinov poligoni Ras Kox tizmasi hududidagi Belujiston provinsiyasida joylashgan. 1998-yil 28- va 30-may kuni, Hindiston bilan munosabatlar keskinlashgan paytda, bu yerda ilk sinovlar o‘tkazildi. So‘nggi yillarda sinovlar haqida xabar berilmayapti.
Poligon Xamgen-Pukto provinsiyasidagi Kilxu shahri yaqinida joylashgan. Ilk yadro sinovlari 2006-yil 9-oktabrda o‘tkazilgan. Yadro sinovlari 2009- va 2013-yillarda ham olib borilgan. 2016-yil 6-yanvarda Pungi-rida vodorod bombasi portlatildi. Poligon faol hisoblanadi. | 42 | 3,029 |
Foto | Har qanday sayohatchi Qorbobodan olishni orzu qiluvchi 13 sovg‘a (foto) | Qishki bayramlar yaqinlashib kelmoqda. Shu munosabat bilan yaqin odamingizga qanday sovg‘a qilish masalasi o‘ylantirayotgan bo‘lsa ajabmas. Agar u sayohatlar ishqibozi bo‘lsa, bu masala yanada qiyinlashadi.
TravelAsk har bir sarguzasht qidiruvchisi Qorbobodan olishni orzu qiluvchi foydali va qiziqarli buyumlar ro‘yxatini keltirdi. | 71 | 332 |
Foto | “Insoniyat portreti”: Dunyo aholisining farqlaridan ko‘ra o‘xshash jihatlari ko‘pligini ko‘rsatuvchi suratlar | “Insoniyat portreti 2020” xalqaro rasmlar tanlovi g‘oliblari aniqlandi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Fotograflarning butun dunyo insonlarining farqli jihatlaridan o‘xshash tomonlari ko‘pligini isbotlovchi suratlarida qahramonlarning qayg‘usi, quvonchi, ularning o‘ylari, tashvishlari, qarshi olish va vidolashishlari aks etgan.
Hindistonlik fotograf Udayan Shankar ona va qizining hissiyotlarga to‘la yuz ifodalarini aks ettirgan.
Fotograf Antuan Veling sidneylik xonandaning konsertida ishtirok etdi va u sahnada o‘zi bilan raqs tushish uchun muxlislarini taklif etgan onlarni tarixga muhrladi.
Ketrin Makfining “Po‘lat ayol” deb nomlangan ushbu surati qahramoni Daqqadan Bangladesh poytaxtiga ish izlab ketishga majbur bo‘lgan ko‘p sonli aholi vakillaridan biri.
Attilio Fyumarellaning “Suzuvchilar” surati. Birmengemdagi Moseley Road Baths yopilishiga qarshi chiqqan yuzdan ortiq kishi to‘plandi.
Anya Emtaj Legranoning bir yoshli o‘g‘li voleybol o‘ynayotgan opalarini kuzatmoqda.
Fotograf Deniyel Fernandesni Amazonka shamanlarining ayyauaski marosimiga taklif qilishdi.
Dengiz sathidan ming metr balandlikdagi vodiyda sayr qilayotgan budda monaxlarini suratga olgan Shinya Itahana.
Fotograf Tiberio Sorvilloning fikricha, karanavallar inson xotirasida bir umrga muhrlanadi.
Efiopiyadagi Abun Yemet Gux ibodatxonasi osmon va yer o‘rtasida joylashgan. U ikki yarim ming metr balandlikdagi cho‘qqida bo‘lib, unga faqat piyoda borish mumkin.
Greta Tunberg Monrealda odamlar qarshisida nutq so‘zlamoqda.
Boshqa qiziqarli fotojamlanmalar: | 109 | 1,554 |
Foto | To'p tepayotgan mer, muzqaymoq yeyayotgan panda va dezinfektsiyachi masxaraboz — 4 iyun suratlari | So'nggi 24 soatning diqqatga sazovor suratlarini e'tiboringizga taqdim etamiz.
Afg'onistonning G'azni shahrida ko'chada yurgan ayollar.
Formula-1 bo'yicha Petronas jamoasi a'zosi Luis Hamilton Boku gran-prisi oldidan tayyorgarlik ko'rmoqda.
Tayvan poytaxti Taypey shahrida kuchli bo'ron ortidan yoqqan kuchli yomg'ir ostida Chan Kay Shi maydonida qolib ketgan odam. Yomg'irning kuchliligidan maydondagi bino ko'rinmay qolgan.
Pekin shahridagi hayvonot bog'ida muzqaymoq yeyayotgan ulkan panda.
Venesuela poytaxti Karakas shahrida aholi “Sputnik V” vaktsinasi bilan emlanmoqda.
Hindistonning Mumbay shahrida masxaraboz kiyimidagi ijtimoiy xizmat xodimi shaharda dezinfektsiya ishlarini olib bormoqda.
Janubiy koreyalik ekofaol Yaponiya elchixonasi qarshisida ushbu mamlakat bosh vaziri niqobini kiyib, norozilik namoyishi o'tkazmoqda. Bunga esa bosh vazirning Fukushima AESdagi chiqindi suvlarning okeanga chiqarib yuborish haqidagi qarori sabab bo'lgan.
London meri Sodiq xon Evro-2020 kubogi oldida to'p tepmoqda. Koronavirus sabab qoldirilgan ko'hna qit'a chempionati bir haftadan so'ng start oladi.
Filippin poytaxti Manila shahrida politsiya tomonidan o'ldirilgan Lilibet Valdez jasadi ustidan chaqaloq o'tkazilmoqda. Ularning e'tiqodiga ko'ra, mazkur amaldan so'ng marhumning ruhi chaqaloqqa ko'chib o'tadi.
Gonkong universitetida aholi 1989 yilgi Tyananmen maydonida sodir bo'lgan ommaviy xunrezlik qurbonlari xotirasiga o'rnatilgan “Uyat ustuni” yodgorligini tomosha qilmoqda. | 97 | 1,483 |
Foto | Fotogalereya: Lotin Amerikasida O‘liklar kuni nishonlanmoqda | Dunyoda bir-biridan g‘alati bayramlar va festivallar ko‘p. Ana shunday festivallardan biri Lotin Amerikasi mamlakatlari va AQShning ispanzabon janubiy shtatlarida o‘tkaziladigan O‘liklar kuni (El Día de Muertos) festivalidir. Bu festival ikki kun – 1–2-noyabr kunlari o‘tkaziladi. Festival tarixi 2500–3000 yilga borib taqaladi deb hisoblanadi.
2003-yilda YuNESKO ushbu bayram-festivalni “Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxati”ga kiritgan.
O‘liklar kunini nega quvonch bilan nishonlashadi? “Koko siri” multfilmi haqida
Festival bo‘lib o‘tadigan kunlarda Lotin Amerikasi mamlakatlari va AQShda odamlar inson skeleti tasviri tushirilgan kiyimlarni kiyib, bosh suyagi tasviri tushirilgan niqoblarni taqib yoki yuzlarini bosh suyak tasviriga o‘xshatib bo‘yab olib, katta-katta karnavallarni o‘tkazadi. Har yili Meksika va Lotin Amerikasining yana bir qator mamlakatlariga festivalni tomosha qilish, unda ishtirok etish maqsadida dunyoning turli burchaklaridan millionlab sayyohlar keladi. O‘liklar kuni allaqachon mashhur madaniy fenomenga va turistik brendga aylangan bo‘lib, Lotin Amerikasi mamlakatlariga millionlab dollar pul keltiradi.
“Daryo” bu yilgi festivaldan fotogalereya taqdim etadi. | 60 | 1,202 |
Foto | Janubiy Afrikalik kelin-kuyov to‘yini sakkiz mamlakatda nishonladi (foto) | Janubiy Afrikalik juftlik — Ameliya va Brett Irvin to‘yini o‘ziga xos tarzda nishonlashga qaror qildi. Ular an’anaviy ziyofat bilan cheklanmay, to‘yni sakkiz davlatda o‘tkazdi.
AdMe saytining ma’lum qilishicha, to‘y tantanalari JARda, Rossiyada, Hindistonda, Xitoyda, Nepalda, Mavrikiyda, Fransiya va Buyuk Britaniyada bo‘lib o‘tgan. Kelin har bir davlatdagi marosimga alohida libos kiygan.
Yoshlarning ta’kidlashicha, umumiy xarajatlar bitta katta to‘y bazmiga ketadigan puldan oshmagan. | 73 | 488 |
Foto | Sartaroshxonadan butunlay boshqacha qiyofada chiqqan kishilar (fotogalereya) | AdMe soch turmagini yangilash orqali, butunlay o‘zgacha qiyofaga kirib qolgan odamlar suratlarini to‘pladi. | 76 | 107 |
Foto | Fotogalereya: Amerikaliklar bo‘lajak prezidentdan noroziliklarini qanday ifodalamoqda? | Bugun — 20-yanvar, juma kuni AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp qasamyod keltiradi va rasman davlat rahbari lavozimini egallaydi. Butun mamlakat bo‘ylab faollar milliarderning inauguratsiyasiga qarshi aksiyalarni boshladi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
30 ga yaqin guruh marosimdan oldin va keyin namoyish hamda mitinglar o‘tkazishga ruxsat oldi. Amerikaliklar bo‘lajak prezidentlaridan noroziliklarini qanday ifodalayotgani quyidagi fotolavhalarda o‘z aksini topgan.
Gollivud aktyorlari Nyu-York markazida Trampga qarshi miting uyushtirdi
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 86 | 738 |
Foto | «Mehr» operasiyasi, Xalqaro mehnatkashlar kuni, masjiddagi prezidentlar — hafta suratlari | Oʻtgan haftaning eng diqqatga sazovor suratlarini e'tiboringizga havol etamiz.
Markaziy amerikalik muhojirlar Rio Grande daryosining Meksika sohiliga qaytib ketmoqda. Ular daryodan suzib oʻtishning imkoni boʻlmagani sabab ortga qaytishga majbur boʻlgan.
Rossiyaning Amur viloyatidagi Sharqiy kosmodromdan «Soyuz-2.1V» raketasi samoga parvoz qildi.
Koronavirus kasalligi keltirib chiqargan ogʻir sharoit tufayli Nyu Dehlida kasallikdan vafot etgan bemorlar jasadlari ommaviy ravishda yoqib yuborilmoqda.
Falastinning Gʻazo mintaqasida nazoratni ushlab turgan Hamas guruhining xavfsizlik kuchlari mashgʻulot oʻtkazmoqda.
Hindistondagi koronavirus bemorlari davolanayotgan shifoxonada shifokorlar bemorlarga kislorod ballonlarini ulamoqda. Mamlakat hozirda kislorod ballonlariga ehtiyoj sezmoqda.
Oʻzbekiston hukumati tashabbusi bilan Suriya va Afgʻonistonda qolgan 93 nafar ayollar va bolalar harbiy harakatlar boʻlayotgan hududdan vatanga qaytarildi. Mazkur operasiya «Mehr» deb nomlanib, bu beshinchi shunday operasiya boʻldi.
«Mehr-5» operasiyasi paytida Suriya va Afgʻonistondan olib kelingan vatandoshlar. Toshkent shahar bosh imom xatibi Nuriddin Xoliqnazarov bolalarga samolyotdan tushishga koʻmaklashmoqda.
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi muxolifatchi Aleksey Navalniy portreti chizilgan devoriy surat oʻchirilmoqda.
Quddusdagi Masjidul Aqsoda oʻtgan juma kuni oʻqilgan juma namozida 60 ming kishi toʻplandi. Masjid hududida joylashgan Qubbatus Sahro masjidi gumbazida Falastin bayrogʻini koʻtarib turgan falastinlik.
Oʻzbekiston va Turkmaniston prezidentlari ikki mamlakat muftiylari bilan birgalikda «Turkmanboshi ruhi» masjidiga tashrif buyurdi. U yerda Qur'on tilovat qilinib, Turkmaniston yetakchisining marhum otasi Malikguli Berdimuhamedov haqiga duo qilindi.
Oʻtgan haftada noyob hodisalardan boʻlgan oyning toʻliq shaklga kelish hodisasi yuz berdi. Parij osmonida porlab turgan toʻlin oy.
Isroilning falastinliklar Quddusdagi Damashq darvozasi oldiga kelishini toʻsib qoʻyishi ortidan namoyishlar oʻtkazildi.
Chernobil AESdagi halokat natijasida tashlandiq holga kelib qolgan karusel. 1986 yilning 26 aprel kuni Chernobil AESda yuz bergan falokat natijasida shahar aholisi evakuasiya qilingan.
Sardoba suv omborida yuz bergan ofat natijasida atrofni suv bosishi ortidan suvda qolib ketgan chorva mollari. Eslatib oʻtamiz, mazkur fojiaga bir yil toʻldi.
Hindistonda koronavirus bemorlariga qarayotgan shifokorlar qahramonlik koʻrsatmoqda. Lekin ular ham odam, ular ham charchaydi. Shunday charchab qolgan shifokorlar nafas rostlamoqda.
Kolumbiyada Xalqaro mehnatkashlar kuni munosabati bilan 1 may kuni hukumatning yangi soliq siyosatiga qarshi norozilik namoyishlari boʻlib oʻtdi. Namoyishchilar koʻchada turgan avtomobillarga oʻt qoʻyib yubordi.
1 may Oʻzbekistonda Fontanlar kuni sifatida nishonlanadi. Shu munosabat bilan 1 maydan boshlab poytaxt va viloyatlardagi fontanlarga start berildi. | 89 | 2,916 |
Foto | Olimlar okean tubidan topilgan dahshatli jonivorlarni namoyish qildi (foto) | Yaqinda olimlarning xalqaro guruhi Avstraliyaning sharqiy qirg‘og‘idagi suvlarda biologik xilma-xillik bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi, deya xabar beradi “TravelAsk”.
Tadqiq etilgan hudud 4000-6000 metr chuqurlikda joylashgan. Ushbu hudud doimiy zulmatda bo‘lib, bu yerda suvning harorati 2-3 gradus Selsiyni tashkil qiladi, ozuqa quvvati cheklangan.
Mazkur tubsizlik dunyo okeanlari va Avstraliyaning uchdan bir qismini qamrab olgan sayyoramizdagi eng katta va eng chuqur joydir, biroq u Yerning o‘rganilmagan qismi bo‘lib qolmoqda ", — deydi Viktoriya Muzeyining katta rahbari O-Hara.
Olimlar ikki smenaga (2:00-14:00, 14:00-2:00) bo‘linib, uzluksiz 5000 metr chuqurlikka uskunalarni tushirgan. Ular kemaga 100 dan ortiq turdagi jonivorlarni olib chiqqan. Ulardan beshtasi avval hech qachon kashf qilinmagan!
Mazkur jarayonda qo‘rqinchli mavjudotlarni suratga olish ishlari va tahlillarni o‘z ichiga olgan. Ixtiolog Jon Pogonooskining aytishicha, ularning namunalarini qayta ishlash uchun ko‘p vaqt talab etiladi. Uning fikricha, bunday “sayohat”lar shubhasiz, dengiz haqida tushunchani yaxshilaydi.
Qizil tikonli krab
Xaunaks
Shishali lab
Yong‘oqli qurt
Yonadigan nahang
Kaltakesak baliq
Tomchi baliq
Yuzsiz baliq
Corallimorph
Ofiura
Grimpotevtis
Zombi chuvalchangi
Ulkan dengiz o‘rgimchagi
Dengiz cho‘chqasi
Yassi dengiz tipratikoni
Yirtqich qisqichbaqasimon
Tushov baliq | 75 | 1,387 |
Foto | Fotogalereya: Ikki marta qarashga majbur qiluvchi suratlar | AdMe noodatiy va bir qarashda nima bo‘layotganini anglash qiyin bo‘lgan kulgili suratlarni to‘plab taqdim etdi.
Ha, ular rostdan ham haqiqiy
“Ikki boshli ot”
Shokoladli kruassanlar kichkina yalqovlar kabi qarab turgandek
Baxtli karbyurator
Yo‘lovchi xursand ko‘rinadi
Diploming bor, ammo ish yo‘q
“Ayolning soch turmagi menga ko‘zoynak taqib olgan itni eslatmoqda”
Filning ustiga sepilayotgan suvning o‘zi fil shaklida
Vampir mashina
“Bu uy sizlarni kuzatmoqda”
Chilidagi vulqonning kullari yer ostidan chiqqan maxluqni eslatmoqda
Bu NUJ emas, shunchaki chiroqning oynadagi aksi | 58 | 589 |
Foto | Bollivudning Merilin Monrosi — Madhuri Dikshit 54 yoshda: Aktrisa haqida qiziqarli faktlar (foto) | Bollivud yulduzi Madhuri Dikshit bugun, 15-may kuni 54 yoshni qarshiladi. Iste’dodi, mahorati va go‘zalligi bilan hind kinosanoatida o‘z o‘rniga ega aktrisa haqidagi ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etamiz.
Aktrisa 1967-yil 15-mayda maxarashtralik brahmanlar oilasida dunyoga kelgan. Uch yoshidan katxak uslubidagi klassik raqs bilan shug‘ullana boshlagan. Maktabni bitirganidan keyin Mumbay universitetida mikrobiologiya bo‘yicha ta’lim olgan.
Bor diqqatini o‘qishga qaratgan Dikshit uchun raqs tushish shunchaki xobbi bo‘lgan. Uning aktrisalik olamiga kirib kelishi esa tasodif bo‘lgan.
Maktab davridayoq rejissorlar e’tiboriga tushgan aktrisaning katta opasi studiya xodimlaridan birining qizining do‘sti bo‘lgan. Tasodifiy uchrashuvlar sabab Madhuri suratga olish maydonchasiga borib qolgan. Kino olamida karyera boshlashi bilanoq omadi chopmagan. Ilk debyuti “Tentak” filmi keyingi suratga tushgan 5 nafar filmlari singari prokatlarda muvaffaqiyatsizlikka uchragan.
1994-yilda Salmon Xon bilan birga asosiy qahramonlardan birini gavdalantirgan “Sen uchun kimman?” filmi esa uning aktrisa sifatida tanilishiga sababchi bo‘lgan. Shundan keyin 1995-yilda “Shahzoda Raja”, 1997-yilda “Devona qalb” hamda 2002-yilda “Devdas” singari omadli loyihalarda ishtirok etgan.
Aktrisani shaxsiy hayotda karyeradagi singari omadli deb bo‘lmaydi. U 90-yillarda suratga olish maydonchasidagi hamkasbi Sanjay Datt bilan uchrasha boshlagan. Oilali aktyor rafiqasi kasal vaqtida Madhuriga ilakishib qolgani matbuotda turli muhokamalarga sabab bo‘lgan. Keyinchalik Sanjayning hayotida qamoqqa tushishiga sabab bo‘ladigan jiddiy muammolar kuzatilgan.
Munosabatlariga nuqta qo‘yishga majbur bo‘lgan aktrisa amerikalik kardiojarroh Shrimam Nene bilan tanishgan. Uchrashishni boshlagan juftlik boshqalar e’tiborini jalb qilmagan holda turmush qurgan. Turmushi davomida ikki nafar o‘g‘il — Arin va Reyyan dunyoga kelgan.
Serqirra ijodkor hisoblangan Dikshit 2013-yil Bollivudda onlayn raqs akademiyasi Dance With Madhuri’ga asos solgan.
Bu hali hammasi emas, Madz.Мadhuri brendi ostida kiyim ishlab chiqarishdan tashqari, YuNISEF’ning ko‘ngilli elchisi va taekvondo bo‘yicha ko‘k belbog‘ sohibi sanaladi. | 97 | 2,194 |
Foto | Fotogalereya: Lonely Planet talqiniga ko‘ra 2019-yilda sayohat qilishga arziydigan mamlakatlar | Lonely Planet yo‘lboshlovchisi 2019-yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi yo‘nalishlarni tanladi. AdMe ana shu yo‘nalishlarga e’tibor qaratdi. | 94 | 142 |
Foto | Stilist va plastik operatsiyalardan avval: Gollivud yulduzlari ilk bor qizil yo‘lakda qanday ko‘rinishda bo‘lgan? (foto) | Bundan chamasi 20-30 yillar avval Gollivud yulduzlari juda yosh, tabiiy go‘zal va soddagina ko‘rinishda bo‘lgan. Yillar davomida obrazlar ustida ishlash, malakali stilistlar va jarrohlik amaliyoti tufayli ular orasida butunlay o‘zgarib ketgani ham yo‘q emas. Quyida ularni qizil yo‘lakda ilk va hozirgi ko‘rinishini bir-biriga qiyoslab ko‘rish mumkin.
Jennifer Lopes
Enn Xeteuey
Xilari Daff
Jennifer Lourens
Dakota Jonson
Emili Blant
Kristen Danst
Skarlett Yoxansson
Natali Portman
Leonardo Di Kaprio
Julianna Mur
Gvinet Peltrou
Riz Uizerspun
Jennifer Eniston
Xelli Berri
Bred Pitt
Juliya Roberts
Meril Strip
Dryu Berrimor | 120 | 641 |
Foto | Bahorni kutish, Rimdagi Afrika va ko‘l o‘rtasidagi tabiiy orol. EIPA tanlovi g‘oliblari aniqlandi (foto) | Odamning umumiy ko‘rish maydoni 180, boyqush esa 270 darajaga boshini bura oladi. Ammo panoramali suratlarning imkoniyati yanada kengroq, ular 360 darajani o‘z ichiga oladi. Har yili o‘tkaziladigan Epson International Pano Awards tanlovi g‘oliblari ham ana shunday go‘zallikni suratga olishga erishgan ijodkorlardir. “Moya planeta” ularning ichida g‘oliblikka loyiq ko‘rilganlarini taqdim etadi.
Liviya hududida sayohatchilarga saroylar va masjidlari bo‘lgan shaharni eslatib turuvchi tepalik.
Leptis Magna − zamonaviy Liviya hududidagi qadimiy shahar. Uning joylashuvidan kelib chiqib “Rimdagi Afrika” den nomlashgan.
Yaponiyaning shimolidagi Makomanay-Takino qabristonidagi Budda haykali.
Geotermik energiya Islandiyaning aksariyat uylarini issiqlik bilan ta’minlaydi. “Ajdahoning ko‘zi” deb nomlangan ushbu suratda shu kabi hovuzlarning biri ko‘rsatilgan.
Murmansk suratkashi Vitaliy Novikov 2020-yilning yanvar oyida bo‘ron tufayli Teriberka qirg‘og‘i chetidagi kema tasvirini muhrlashga muvaffaq bo‘ldi.
Norvegiyadagi 50 mingga yaqin orollardan biri.
Sloveniyadagi yagona tabiiy orol Bled ko‘lining o‘rtasida joylashgan.
Ontaro (Kanada) san’at galereyasi nafaqat muzey, balki me’moriy yodgorlik sifatida ham qiziqarli.
Ushbu tog‘ tizmasi Italiyada joylashgan bo‘lib, 2009-yildan buyon YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
Myanmada ishlab chiqariladigan qimmatbaho lotos poyasi matolari.
Ajoyib me’morchilik namunalari aks etgan Milan majmuasi.
Chivita-di-Banorejo qishlog‘i vulqon ustidagi chiroyli tog‘da joylashgan. Aholining aksariyati hozirda tekisliklarga ko‘chib ketgan.
Yaponiyaga buddizm kirib kelishi bilan birinchilardan bo‘lib rivojlangan tibbiy Budda haykali.
Shamol va yog‘ingarchilik tufayli vayron bo‘lgan tog‘larning g‘alati ko‘rinishiga ega bo‘lgan yodgorliklar vodiysi.
“Bahorni kutish” surati tanlovning eng yaxshi mukofotiga sazovor bo‘ldi. | 104 | 1,897 |
Foto | Ajoyib kadrlarni yaratish imkoniyatini qo‘ldan boy bermagan suratkashlar (foto) | Suratga olish uchun katta tayyorgarlik ko‘riladigan kunlar tarixda qoldi. Qiziq ko‘ringan barcha narsani o‘sha zahoti muhrlash imkoniyati mavjud. Shunga qaramay, doim ham urinishlar muvaffaqiyatli chiqavermaydi.
“Opam Yangi yil uchun itiga koptok sotib olgan edi”.
“Onam mushukni suratga olish uchun ayni vaqtini topdi”.
“Men o‘rgimchaklarning sakkizta oyog‘i bo‘lishini bilar edim, ammo otlarda endi ko‘rishim”.
“Oyning mukammal joylashuvi”.
“Yeyishni xohlaysiz, ammo bu oson emas”.
Bu asarni “Ko‘zgu” deb ataylik.
Ko‘zgudagi rasm atrofdagi manzara bilan to‘liq mos keladi.
“Qachonlardir orqada kimdir borligini his qilganmisiz?”
“Toshdan yasalgan bo‘lsada, yeging keladi”.
“Bugungi ish kuni juda og‘ir bo‘ldi”.
“Yangi yilni to‘xtatishim uchun yo‘l topishim kerak”.
“Suratga tushish vaqtida ko‘zgudan foydalanilmagan”.
“Tuxum sarig‘ida besh”.
“Ikki boshli itmi?”
“O‘rdakni sayr qildirish imkoni yo‘q”.
“Men bunga 10 daqiqa kuldim”.
“Biroz dahshatli tabassum, shunday emasmi?”
“Uning yubkasi toshlardan tashkil topganga o‘xshaydi”. | 79 | 1,048 |
Foto | Fotogalereya: G‘alati holatlar aks etgan suratlar | AdMe turli vaziyatlardagi g‘alati holatlar aks etgan suratlarni taqdim etdi. | 49 | 76 |
Foto | Aholiga shunchaki pul to‘lanadigan 9 ta mamlakat (fotogalereya) | Shartsiz asosiy daromad g‘oyasi o‘tgan asrdayoq paydo bo‘lgan. Har oy sizga o‘z ehtiyojlaringizga sarflash uchun muayyan summadagi mablag‘ shunchaki beriladi. AdMe qaysi mamlakat va shaharlarda bugungi kunda fuqarolarga shunchaki pul to‘lanayotgani haqida gapirib berdi.
2017-yildan 25—58 yoshdagi 2000 nafar ishsizga har oy 560 yevro to‘lanadi. Eksperiment 2 yil davom etadi. Finlyandiyadagi o‘rtacha oylik — 2202 yevro.
2016-yil 1-iyunidan mer qarori bilan 100 ta eng qashshoq oilaga har oyda 517 yevro to‘lanadi. 2017-yil yanvaridan loyihaga yana 100 ta oila qo‘shildi. Livornodagi o‘rtacha oylik — 1480 yevro.
GiveDirectly notijorat tashkiloti Keniya qishloqlaridagi 6000 fuqaroga 12 yil davomida har oyda 22 dollardan to‘laydi. Keniya shaharlaridagi o‘rtacha oylik — 291 dollar.
2017-yil mayidan Utrextning 250 fuqarosiga davlat ikki yil davomida har oyda 960 yevrodan to‘lab turadi. Tajriba muvaffaqiyatli o‘tsa, loyihaga yana boshqa shaharlar ham jalb qilinadi. Utrextdagi o‘rtacha oylik — 2227 yevro.
Marika merining qarori bilan 150 ming fuqaroga har oyda 30 dollardan to‘lanadi. Kam ta’minlangan oilalarga qo‘shimcha 28 dollar beriladi. U yerdagi o‘rtacha oylik — 642 dollar.
Hindiston hukumati 2017-yilda yetti yil avval ajoyib natijalarni ko‘rsatgan tajribaviy loyihani yana ishga tushirmoqchi. O‘shanda 6000 nafar qishloq fuqarolari 18 oy davomida bir necha dollar miqdorida to‘lov olib turgan edi. Hindiston shaharlaridagi o‘rtacha oylik — 535 dollar.
2017-yil mayidan 18—64 yoshli kam daromad oluvchi 4000 kishi hukumatdan tayanch daromad oladi, u ularning joriy ish haqiga nisbatan hisoblanadi. Ontariodagi o‘rtacha oylik — 2216 dollar.
2017-yildan Eight notijorat tashkiloti qishloqlardan birida 50 ta oilaga har hafta 8 dollardan to‘lamoqda. Uganda shaharlaridagi o‘rtacha oylik — 168 dollar.
2017-yil yanvaridan 100 ta oila Y Combinator venchur fondidan oyiga 2000 dollargacha olmoqda. Oilalar tasodifiy tanlov orqali tanlab olingan. Oklenddagi o‘rtacha oylik — 3215 dollar. | 63 | 2,002 |
Foto | Fotogalereya: Dunyodagi eng noodatiy soch turmaklari | Qadim zamonlardan beri odamlar murakkab va g‘ayritabiiy soch turmaklarini yaratishga harakat qilgan. TravelAsk dunyoning turli burchaklaridagi eng noodatiy soch turmaklari suratlarini to‘plab taqdim etdi. | 52 | 204 |
Foto | Fransuz rassomining har qanday insonni bolalikning beg‘ubor dunyosiga qaytaruvchi suratlari | Set nomi bilan tanilgan fransuz rassomi qayerga bormasin, o‘z imzosini qoldiradi. Iste’dodli rassom tom ma’noda dunyoni o‘zining ijodxonasiga aylantirdi. U o‘zining rang-barang rasmlarida, asosan, o‘ynayotgan, o‘qiyotgan va atrofdagi dunyoni o‘rganayotgan bolalarni tasvirlaydi. Set atrofdagi ko‘pchilik sezmaydigan mo‘jizalarni abadiylashtiradi. | 91 | 346 |
Foto | Buyuk Xitoy devorining ta’mirlanishi (foto) | Xitoyda bir necha o‘n yildan buyon Buyuk Xitoy devori qayta tiklanmoqda. Yodgorlikni qayta tiklash bo‘yicha ishlar turli omillar hisobiga murakkablashadi. “Kommersant” nashri devorni qayta tiklash jarayoni aks etgan fotojamlanmani taqdim etdi.
Buyuk Xitoy devori — dunyo arxitekturasining yirik yodgorligi. Mudofaa inshootining qurilishi miloddan avvalgi III asrda boshlangan. Devor uzunligi 20 ming kilometrdan oshadi.
Xitoy hukumati 30 yil avval mamlakat bo‘ylab devorni qayta tiklash bo‘yicha keng qamrovli loyihani boshladi. Biroq hozircha devorning atigi 10 foizi qayta ta’mirlangan.
Pekin shimolidagi Szyankou uchastkasida ishlar 2005-yildan buyon davom etmoqda. Devorga olib boruvchi ilonizi yo‘llar sababli g‘ishtlar xachirlarda olib chiqiladi.
Devor noqulay ob-havo vaqtida o‘zidan qulagan g‘ishtlar yordamida qayta tiklanmoqda. Haqiqiy g‘ishtlarni topishning iloji bo‘lmagan joylarda ko‘p asrlik standartlar asosida tayyorlangan yangi g‘ishtlardan foydalaniladi.
“Biz devorning haqiqiyligini, uning madaniy va tarixiy ahamiyatini saqlab qolish uchun eski material va texnologiyalardan foydalanishimiz kerak”, — deydi Szyankou uchastkasidagi ta’mirlash ishlarining bosh muhandisi Chen Yonmao.
Chen Yonmaoning ma’lum qilishicha, ekologiyani yaxshilash maqsadida mamlakatdagi ko‘plab g‘isht zavodlari yopilgan. Bu ta’mirlash ishlarini anchagina murakkablashtirmoqda.
Ta’mirlash vaqtida loyiha atrofida bir nechta janjallar yuzaga kelgan. Lyonin provinsiyasida ishchilar devor bo‘laklarini qum va sement bilan mustahkamlagan. Bu esa jamoatchilikning salbiy reaksiyasiga sabab bo‘lgan. Hozirgi vaqtda ta’mirlash ishlarini nafaqat mahalliy mutasaddilar, balki Madaniy meros bo‘yicha davlat qo‘mitasi nazorat qilmoqda.
Quruvchilar o‘z ishida zamonaviy uskunalardan foydalana olmaydi. Ular kirka, zubilo va bolg‘adan foydalanish bilan chegaralinishiga to‘g‘ri keladi. Bu nafaqat devor tashqi ko‘rinishining aslligini saqlab qolishga imkon beradi, balki devorning butun qismlarini buzilishdan asraydi.
Ishchilar tanaffus vaqtida dam olmoqda
“Avval devor faqat sayyohlik hududlarida qayta tiklangan. Hozir esa siyosat o‘zgardi, biz bu yodgorlikni kelajak avlodlar uchun saqlab qolishni xohlaymiz”, — deydi Chen Yonmao. | 43 | 2,228 |
Foto | Yaponiya ko‘chalaridagi aqlbovar qilmas moda (fotogalereya) | Hayratlanarli va aqlbovar qilmas yapon modasi Kunchiqar yurtni qarama-qarshiliklar mamlakatiga aylantiradi, deb yozadi TravelAsk.
Yaponiya ko‘chalarida sayr qilarkansiz, umuman aqlga sig‘maydigan, fantastik liboslardagi turli-tuman odamlarni uchratasiz.
Oldingizda paydo bo‘lgan kimsaning kiyimiga qarab: “Bundan-da g‘alatiroq libos bo‘lishi aslo mumkin emas!”, — deb o‘ylashingiz bilan, undan keyingi yaponiyalik bu fikringizni chilparchin qilib, yanada originalroq libosda namoyon bo‘ladi.
Umuman olganda, bu yerda gap faqat libosda emas.
Makiyaj, soch turmagi yoki qandaydir ajib libos bo‘ladimi, farqi yo‘q — yaponiyaliklar bularning har birini juda sinchikovlik bilan, eng kichik detallariga ham ahamiyatga bergan holda tanlaydi. | 59 | 745 |
Foto | Fotogalereya: O‘zining seriallardagi ajoyib rollari bilan odamlar yodida qolgan qahramonlar | AdMe kuchli iroda va esda qolarli obrazi orqali seriallarni yanada qiziqarliroq qilgan qahramonlar haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.
Kler Andervud — “Qartadan qurilgan uy”
“Taqlid qilsa arzigulik namuna” — Kler Andervudni aynan shunday ta’riflashadi. U xayriya ishlari bilan shug‘ullanib, AQSh prezidentiga aylanadi, shu bilan birga u doim jozibador ko‘rinishga ega. Robin Rayt Kler roli uchun “Oltin globus”ni qo‘lga kiritgan.
Liza Kaddi — “Doktor Xaus”
O‘zining aqli va tirishqoqligi bilan 29 yoshida shifoxonaning eng yosh boshqaruvchisiga aylangan. Kaddi — qaysidir darajada Xausni boshqarishga qodir yagona inson. Liza Edelshteyn ushbu rolni maromiga yetkazib ijro etgan.
Emi Farra Dauler — “Katta portlash nazariyasi”
O‘zining aqliy salohiyati bilan serialning bosh qahramoniga qarshilik ko‘rsata olgan neyrobiolog. Emi avvaliga o‘zini kibrli tutgan bo‘lsa-da, vaqt o‘tishi bilan yoqimtoy qizaloqqa aylanib boradi.
Dolores Abernati — “Yovvoyi G‘arb olami”
O‘z tarixini o‘zi yozgan, butun umr “muhtoj ayol” bo‘lib qolmaslik uchun harakat qilgan, shu bilan birga o‘zining jozibadorligi va muloyimligini yo‘qotmagan qahramon.
Lagerta — “Vikinglar”
O‘z oilasi sha’nining himoyasi yo‘lida barcha narsaga tayyor jangchi ayol. Lagerta — o‘ziga tegishli bo‘lgan yerlarni qaytarib olishga va butun xalqni boshqarishga qodir jangchi.
Mishon — “Tirik murdalar”
Uning tashqi ko‘rinishi va qilichni mohirona o‘ynatishi ko‘plab “murda”larni qo‘rquvga soladi, qat’iyati, jasurligi va do‘stlariga sodiqligi esa odamda iliq taassurotlarni uyg‘otishga xizmat qiladi.
“O‘n uchinchi” (Remi Xedli) — “Doktor Xaus”
O‘zining qobiliyati va nostandart davolash usuli bilan doktor Xausning jamoasidan o‘rin olgan ajoyib shifokor.
Iren Adler — “Sherlok”
Ushbu ayol o‘zining hayratlanarli go‘zalligi, aqli va xarakteri bilan nafaqat ulkan iqtidor egasi Sherlok Xolmsni, balki barcha tomoshabinlarni ham o‘ziga maftun etgan.
Dana Skalli — “Maxfiy materiallar”
Barchaga birdek yoquvchi FQB agenti. Dana ish jarayoni vaqtida doimo paranormal holatlarga duch keladi. Uning xarakterini bukib bo‘lmaydi, professionalligi va ishonchi serialning birinchi qismlaridanoq odamni o‘ziga jalb qiladi.
Odri Xorn — “Tvin Piks”
Umidsiz Odri Xord o‘zida Tvin Piksning sirliligini va go‘zalligini aks ettiradi. U istagan narsasini qo‘lga kiritishga qodir, ammo shu bilan birga haqiqat uchun doim mardonavor kurashadi. | 91 | 2,390 |
Foto | Fotogalereya: G‘aroyib tasodifiy suratlar | Ba’zan suratga olish jarayonida tasodifiy kadrlar juda g‘aroyib ko‘rinish oladi. AdMe ana shunday suratlarni taqdim etdi. | 41 | 121 |
Foto | Cho‘l o‘rtasidagi ikki yurak: BAAdagi Sevgi ko‘liga sayohat | Dubaydan 50 km uzoqlikda Sevgi ko‘li joylashgan. Al-Qudra cho‘li o‘rtasidagi mazkur ko‘lning ko‘rinishi tutashgan ikki yurak shaklini esga soladi.
Dubayda diqqatga sazovor joylar bisyor: palma shaklidagi orol, mashhur Burj Xalifa va yelkan shaklidagi hashamatli Burj Al Arab mehmonxonasi. Ammo paydo bo‘lganiga bir necha yil bo‘lishiga qaramay, Sevgi ko‘li tashrif buyuruvchilarning e’tiboridan chetda qoladi.
Sevgi ko‘li 2018-yilda cho‘lning qoq o‘rtasida paydo bo‘lgan.
Ko‘l bir-biri bilan tutashgan ikki yurak shaklini esga soladi.
Yuraklarning chetlari suv bilan to‘ldirilgan, markazda esa orolchalar qoldirilgan. Uning atrofida yo‘lak va daraxtlar borligini ko‘rish mumkin.
Ushbu go‘zallikdan bahra olish uchun yuqoriga ko‘tarilish kerak.
Chunki pastdan qaralganda oddiy hovuz va butalardan iborat manzara ko‘rinadi, xolos.
Aslida, cho‘l o‘rtasida suvni ko‘rish ham kishini hayratga solishiga shubha yo‘q.
Bu yerda 16 mingta daraxt va buta, bundan tashqari, minglab o‘simliklarni uchratish mumkin.
Yuraklar yo‘nalishi bo‘ylab ekilgan o‘simliklar yuqoridan qaraganda ko‘rinmaydi.
Mazkur vohadagi gulzor, hovuz va hatto o‘yin maydoni ham yurak shaklida.
Atrof esa qumlardan iborat. | 59 | 1,195 |
Foto | Kino: Ekran ortida nimalar sodir bo‘ladi? (fotogalereya) | AdMe film suratga olish jarayoni qiziqarli tarzda kechishini isbotlovchi suratlarni to‘plab taqdim etdi.
Piter Jekson, Galadriel va Gendalf
Bryus Uillis Pulp Fiction filmining suratga olish maydonida hordiq chiqarmoqda
Favn ham ovqatlanishi kerak
“Styuart: Oldingi hayot”: Tom Xardi va Benedikt Kamberbetch birgalikda ovqatlanmoqda
Ford Blade Runner 2049 filmini suratga olish vaqtida tasodifan Goslingni urib yubordi
Kventin Tarantino “Billni o‘ldirish” filmini suratga olish jarayonida Uma Turman bilan suhbatlashmoqda
“Kelajakka qaytib-2” filmidagi Martining dublyorlari
Dayan Kiton va Al Pachino “Cho‘qintirgan ota” filmini suratga olish jarayonida
“Yulduzlar jangi” filmini suratga olish jarayoni: malika Leya va Chui
Bill Myurrey suratga olish maydonida uxlab qoldi
Sleepy Hollow: Jonni Depp boshsiz chavandozga qarshi qurol topdi
“Mariya-Antuanetta” zamonaviy texnologiyalardan foydalanmoqda
Titanik: Bu safar suvda Roza qolib ketdi | 56 | 951 |
Foto | Moskvadagi qor bo'roni, Belarus–Polsha chegarasidagi muhojirlar, Turkiy kengashda nutq so'zlagan Prezident — 12 noyabr suratlari | Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz.
O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Turkiy kengashning sakkizinchi sammitida ishtirok etdi. Savdo, investitsiyalar, “yashil” iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, transport va kommunikatsiyalar, ta'lim va madaniyat sohalaridagi munosabatlarni har tomonlama kengaytirish va mustahkamlash masalalari ko'rib chiqildi. Prezident tashkilot doirasidagi hamkorlikning ulkan salohiyatini to'liq ro'yobga chiqarish va tashkilotni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surdi.
Sammitda turk davlatlari rahbarlari umumiy suratga tushdi.
AQSh, Hindiston va Braziliya 20 milliondan ortiq koronavirus holati qayd etilgan davlatlarga aylandi.
JARning Yohannesburg shahrida aeroyoga studiyasida mashg'ulot o'tayotganlar.
Moskvaga qor bo'roni yopirildi.
Bangladesh poytaxti Dakka shahridagi Baytul Mukarram masjidida juma namozi o'qildi.
Frankfurtda tong otishi.
Belarus–Polsha chegarasida yuzaga kelgan muhojirlar inqirozi bugun eng ko'p muhokama etilayotgan voqea bo'lmoqda.
Tokioda figurali uchish bo'yicha gran pri turniri bo'lib o'tmoqda.
Kopengagendagi hayvonot bog'ida fillarga ulkan qovoqlar yemish sifatida berildi.
Qozonda KxShT ning “Buzilmas birodarlik–2021” harbiy mashqlari bo'lib o'tdi. | 128 | 1,269 |
Foto | Fotogalereya: Italiya ko‘chalari zilziladan oldin va keyin | 25-avgust kuni Italiya hukumati zilziladan zarar ko‘rgan hududlarda favqulodda holat rejimini e’lon qildi va shoshilinch yordam ko‘rsatish uchun 50 million yevro ajratdi, deb yozadi TJournal.
6,0 magnitudali asosiy yer silkinishi 23 dan 24-avgustga o‘tar kechasi sodir bo‘ldi, undan keyin 5,4 magnitudali yana bir zilzila kuzatildi. Kamida 250 kishi halok bo‘ldi, 360 dan ortiq kishi yaralandi.
Tabiiy ofat 293 ta me’moriy yodgorlikka ziyon keltirdi, ularning 50 tasi to‘liq yoki qisman vayron bo‘ldi.
BoredPanda portali vayron bo‘lgan Italiya ko‘chalari manzaralarining ofatdan avvalgi va keyingi suratlarini taqqosladi. | 58 | 621 |
Foto | Fotogalereya: Mustaqil Suriya | 1941-yilning 27-sentabrida Fransiya Suriya mustaqilligini tan olib, o‘z qo‘shinlarini Ikkinchi jahon urushi tugagunga qadar uning hududida qoldiradigan bo‘ldi. 1946-yilda fransuz qo‘shini Suriyadan evakuatsiya qilingan, biroq ushbu mamlakatda fransuz ta’siri ancha vaqtga qadar saqlanib qolgan. 2011-yildan buyon Suriyada fuqarolik urushi davom etib kelmoqda, shundan beri mamlakatda 400 mingdan ortiq odam halok bo‘ldi. 5 millionga yaqin suriyalik qochoqqa aylandi. “Kommersant” Suriya fuqarolik urushiga qadar qay ko‘rinishda bo‘lgani tasvirlangan suratlarni to‘plab taqdim etdi. | 29 | 581 |