folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Foto | Fotogalereya: Yer yuzidagi eng noodatiy shaharlar | AdMe bir necha haftalik ta’tilni maroqli o‘tkazish mumkin bo‘lgan Yer sayyorasidagi eng noodatiy shaharlar haqida ma’lumot to‘plab taqim etdi.
Norvegiyaning ushbu Longyir shahrida o‘lish rasman taqiqlanadi. Shaharda qabriston mavjud, biroq 70 yildan beri marhumlarni qabul qilmaydi.
Bunga sabab muntazam sovuq tufayli jasad buzilmay turadi va yovvoyi yirtqichlarni o‘ziga jalb qiladi. Shaharda vafot etganlar samolyot yordamida mamlakatning boshqa shaharlariga olib boriladi.
AQShning Michigan shtatida Hell (Do‘zax) nomli shahar mavjud. Bu yerga tashrif buyurgan sayyohlar “Do‘zaxga xush kelibsiz” yozuvi ostida suratga tushishni yaxshi ko‘radi.
Xitoyliklar barcha narsadan nusxa ko‘chira oladi. Hatto shaharlardan ham. Xitoyliklar mamlakatdan chiqmay turib o‘zlarini Yevropada yurgandek his qilishlari uchun Avstriyaning Xallshtatt shahridan nusxa ko‘chirishga ruxsat berilgan.
Xitoy Xallshtattidagi ko‘chmas mulklar Avstriyadagidan qimmatroq turadi.
Tunis janubidagi Matmata shahrida hamon g‘or uylar saqlanib qolgan. 1970-yillarda shahar bo‘ylab yer ustiga uylar qurilgan bo‘lsada, ko‘plab mahalliy aholi avvalgidek g‘orlarda yashashni ma’qul ko‘rgan.
Marokashda Shaven nomli ajoyib shahar mavjud bo‘lib, u yerdagi uylar, devorlar, eshiklar va zinapoyalarning rangi ko‘k hamda havorang. Bu yerda qachonlardir yahudiylar yashagan va ular uylarini o‘zlari uchun muqaddas bo‘lgan ko‘k rangga bo‘yab chiqqan. Bu yerda yahudiylar bir necha yuz yildan beri yashamaydi, biroq an’ana saqlanib qolgan.
1947-yilda AQShning Rozuell shahri yaqiniga noma’lum jism qulab tushgan. Bu qanday jism ekanligi borasida hamon bahs-munozalar davom etmoqda. Shunga qaramay Rozuell shahri butun dunyoga o‘zga sayyoraliklar shahri sifatida tanildi.
Ispaniyadagi Setenil-de-las-Bodoges shaharchasi ulkan bazalit qoya bilan o‘ralgan. | 49 | 1,817 |
Foto | Xitoylik yigit o‘z qallig‘i uchun 600 ta shardan kelin ko‘ylak yasadi (foto) | Xitoyning Sindao shahrida yashovchi yigit 600 ta shardan o‘z qallig‘i uchun ikkita to‘y libosi yaratdi, deb yozadi Mashable. Yangi ko‘ylaklarni kiyib, qiz kuyov bilan ko‘chalarni kezdi va fotosessiyada ishtirok etdi.
To‘ylarni tashkil qilish bilan shug‘ullanadigan 25 yoshli Lu Kepen ko‘ylaklarni loyihalashtirish va yaratish ustida bir kecha ishladi. Ulardan birini yigit nikoh marosimi uchun oq rangdagi, ikkinchisini esa rang-barang sharlardan yasadi.
Yigitning so‘zlariga ko‘ra, u o‘zining bu ishi bilan qallig‘i Su Syuenoga uni qanchalik qattiq sevishini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan. | 76 | 585 |
Foto | 70 yoshli talaba, autist bolaning istagi. Har qanday insonning jilmayishiga sabab bo‘ladigan quvnoq suratlar | Baxtli bo‘lish uchun ko‘p narsa kerak emasligini tushuna boshlaganimizda, butun dunyo quvonish uchun katta sabablardan biriga aylanadi. Bunday paytlarda aziz odamingning kutilmagan syurprizi, esdalik do‘konidan yoqimli kichkina narsa sotib olish yoki derazadan ko‘rinib turgan chiroyli manzara ham yangi yutuqlarimiz uchun katta kuch bag‘ishlaydi.
“Onalar kunida bo‘rdan ‘pishirgan’ quymoqlarim”
“Bu hafta qizimning sinfida ko‘ngilli yordamchi bo‘ldim va har tanaffusdan keyin bolalar o‘qituvchisiga momaqaymoq berishiga hayron qoldim”
“Bitirganimni nishonlashga hech kim yo‘q edi, shuning uchun o‘zimga o‘zim sovg‘a sotib oldim”
“2 yillik masofaviy ishdan keyin ofisga qaytib kelganimda gulimni shu holatda ko‘rdim”
“Dadam hozirgina universitetni bitirdi. U 70 yoshda!”
“Eng yaqin do‘stim ikkita yangi old tishidan xursand. U 20 yildan keyingina tish qo‘ydirdi”
“Nihoyat birinchi uyimizni sotib oldik!”
“Bolalikdagi orzumni amalga oshirishga qaror qildim — 27 yoshimda men nihoyat skeytbord uchishni o‘rgandim”
“Onam 2013-yilda ular uchun ekkan daraxtimning birinchi mevasidan olmali pirog pishirdi”
“Mening autist o‘g‘lim ochiq havoda bo‘lishni yaxshi ko‘rishini bilganimizdan keyin gapira boshladi. Hech qachon taslim bo‘lmang”
“U har doim qo‘limni og‘ziga solish uchun yonimga keladi”
“Metall detektorim tufayli qimmat telefonni topib, egasiga qaytardim”
“Bu holatni ko‘rib, kayfiyatim ko‘tarildi” | 108 | 1,413 |
Foto | IT sohasidagi millioner va milliarderlar qanday mashinalarda yuradi? (foto) | Tech Insider nashri texnologiyalar sohasidagi millioner va milliarderlarning avtomobillari bilan tanishtirdi.
Tim Kukning birinchi mashinasi Porsche Boxster bo‘lgan, biroq shu kunlarda u BMW 5 Series avtomobilidan foydalanmoqda.
Tesla va SpaceX ortidan milliarderga aylangan Ilon Mask 67 Series 1 E Type Jaguar’ga egalik qiladi.
Facebook asoschisi va bosh direktori Mark Sukerbergning, ma’lumotlarga ko‘ra, bir nechta avtomobili bor, shulardan biri 1,3 million dollardan boshlanadigan Pagani Huayra superkaridir.
Microsoft asoschisi Bill Geytsning Porsche mashinalaridan iborat kattagina kolleksiyasi bor, biroq ular orasida eng zo‘ri, shubhasiz, Porsche 959 sportkaridir.
Amazon bosh direktori Jeff Bezos haligacha 1996-yilgi Honda Accord avtomobilini haydab yuradi. Bugungi kunda bu model taxminan 4000 dollar turadi.
Snapchat asoschisi va rahbari Evan Shpigelning Ferrari’si bor.
Uber taksi xizmati bosh direktori Trevis Kalanik faqat Uber’dan foydalanib harakatlanadi. Shuningdek, u qo‘shimcha ravishda Uber taksichisi bo‘lib ishlashi bilan mashhur.
Google asoschilaridan biri Sergey Brin Tesla’ning eng yangi mashinasi va birinchi yo‘ltanlamasi — Model X’ni qo‘lga kiritgan to‘rtinchi kishidir.
Sergeyning Google bo‘yicha sherigi Lerri Peyj ham Tesla avtomobiliga ega.
Napster asoschilaridan biri va Facebook birinchi prezidenti Shon Parker San-Fransiskoda Audi S5 haydab yursa, Los-Anjelesda uni 100 ming dollarlik Tesla Model S’da ko‘rish mumkin.
Dell bosh direktori Maykl Dell bir nechta mashinalar, jumladan Hummer H2 va Porsche Carrera GT’ga egalik qiladi. | 75 | 1,577 |
Foto | Kun fotosi: Lionel Messi sevimli aktrisasi Juliya Roberts bilan | Ispaniya chempionati 33-turi doirasida “Barselona” va “Real Madrid” o‘rtasidagi o‘yinda g‘alaba to‘pini kiritgan Lionel Messi Facebook’dagi sahifasiga Gollivud aktrisasi Juliya Roberts bilan tushgan suratini joyladi.
“Ajoyib g‘alabaga erishish bilan birgalikda, men sevimli aktrisalarimdan biri, Juliya Robertsni uchratdim”, — deya suratga izoh yozdi futbolchi. | 63 | 362 |
Foto | Yaponiyadagi Simmoe vulqoni harakatga keldi (foto va video) | Balandligi 1421 metr bo‘lgan Simmoe — Miyadzaki va Kagosima (Kyusyu oroli) prefekturalari chegarasida joylashgan Kirisima-yama vulqonining 20 ta konusidan biridir, deb yozadi National Geographic.
Olti yillik sokinlikdan so‘ng, vulqon 2017-yilning sentabrida yana harakatga keldi: vulqon atrofida unchalik kuchli bo‘lmagan yer osti silkinishlari sezilgan. Simmoega eltuvchi yo‘llar yopilgan. 11-oktabr kuni vulqon o‘z kullarini 300 metr balandlikka qadar otdi.
Ertasi kuni esa kul ustunining balandligi 2 ming metrgacha ko‘paygan. Metrologik agentlik mazkur vulqon otilishini 5 darajalik tizimda 3-darajaga baholadi — bu yaqin 2 kilometr masofada yirik toshlar va boshqa zararli moddalar tushishi mumkinligini anglatadi.
Vulqon yaqinidagi to‘rtta aholi punkti kul buluti ostida qolgan. Aksariyat aholi o‘zini mufohaza qilish uchun ko‘chaga niqob taqib, soyabonda chiqmoqda. Taxminlarga ko‘ra, vulqon o‘zining faolligini bir muddat saqlab turadi. Shamol yo‘nalishining harakatiga qarab, kul atrofga tarqalishi mumkin. | 59 | 1,018 |
Foto | Mutaxassislar dunyoda eng chiroyli qizlar yashaydigan mamlakatlar reytingini tuzdi (foto) | Dunyoda jozibador qizlar ko‘p bo‘lsa, qaysi mamlakatda chiroyli qizlar ko‘proq ekanligini qanday aniqlash mumkin? Missosology portali bu savolga javob topdi. Ular 2018-yil davomida o‘tkazilgan barcha yirik go‘zallik tanlovlarini taxlil qilib, boshqa mamlakatlarga nisbatan ko‘proq g‘olib bo‘lgan davlatlar go‘zallarini aniqlagan. AdMe quyida dunyoda eng chiroyli qiz nomzodi bo‘lgan qizlar va ular yashaydigan davlatlar reytingini keltirdi.
19. Avstriya
View this post on Instagram
18. Belarus
View this post on Instagram
17. Yamayka
View this post on Instagram
16. Avstraliya
View this post on Instagram
15. Braziliya
View this post on Instagram
14. Polsha
View this post on Instagram
13. Yaponiya
View this post on Instagram
12. Ruminiya
View this post on Instagram
11. Nepal
View this post on Instagram
10. AQSh
View this post on Instagram
9. Kolumbiya
View this post on Instagram
8. Indoneziya
View this post on Instagram
7. Puerto-Riko
View this post on Instagram
6. Tailand
View this post on Instagram
5. Vyetnam
View this post on Instagram
4. JAR
View this post on Instagram
3. Meksika
View this post on Instagram
2. Filippin
View this post on Instagram
1. Venesuela
View this post on Instagram | 89 | 1,497 |
Foto | Fotogalereya: O‘z jozibasi otalaridan meros o‘tgan Gollivud aktyorlarining qizlari | AdMe o‘zining iqtidori va jozibadorligi bilan mashhur otalaridan qolishmaydigan Gollivudning taniqli aktyorlarining qizlari suratlarini taqdim etdi. | 82 | 148 |
Foto | Yoshligimizdagi seriallar aktyorlari qanchalik o‘zgargan? (fotogalereya) | AdMe yoshligimizdagi eng yaxshi seriallar aktyorlari bugungi kunga kelib qanchalik o‘zgarganini ko‘rsatib berdi. | 72 | 112 |
Foto | Dunyoning eng chiroyli osmono‘par binolari (fotogalereya) | Emporis Skyscraper Award yillik mukofoti doirasida dunyoning eng chiroyli osmono‘par binolari aniqlandi. Reytingda Xitoydagi Shanxay minorasi yetakchilik qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
Shanxay minorasi betakror dizayni, soniyasiga 20 metr tezlikda harakat qiladigan dunyodagi eng tezkor lifti va energiyadan tejamkorlik bilan foydalanilishi tufayli g‘oliblikka loyiq ko‘rildi.
“Evolyutsiya” minorasi (Moskva, Rossiya).
Reytingdagi keyingi o‘rinlarni “Evolyutsiya” minorasi (Moskva, Rossiya), Il Dritto (Milan, Italiya), Jiangxi Nanchang Greenland Central Plaza (Nanchan, Xitoy), ABODE 318 (Melburn, Avstraliya), Icon Bay (Mayami, AQSh), D1 (Dubay, BAA), 432 Park-avenyu (Nyu-York, AQSh), Citygate (Vena, Avstriya) va ICE II (Toronto, Kanada) egalladi.
Il Dritto (Milan, Italiya).
Jiangxi Nanchang Greenland Central Plaza (Nanchan, Xitoy).
ABODE 318 (Melburn, Avstraliya).
Icon Bay (Mayami, AQSh).
D1 (Dubay, BAA).
432 Park-avenyu (Nyu-York, AQSh).
Citygate (Vena, Avstriya).
ICE II (Toronto, Kanada). | 57 | 1,034 |
Foto | “Tasodifiy Uyg‘onish davri”: 2016-yilda hayot qanchalik telbanamo bo‘lganligini ko‘rsatuvchi suratlar | Yangi yilni nishonlayotganlarni suratga olib yurgan fotograf Manchester ko‘chalaridan birida tunda sayr qilayotgan olomonga duch keldi. Ulardan biri, shirakayf erkak, qo‘lidagi shisha bilan asfalt ustida juda obrazli yotib olgan edi. U fotografga Uyg‘onish davri tasviriy san’ati asarlari qahramonlarini eslatdi, deb yozadi TravelAsk.
Accidental Renaissance deb nomlangan suratlar jamlanmasi o‘tgan 2016-yilda yer sharining turli burchaklarida odamlar hayoti qanchalik telbanamo bo‘lganligini ko‘rsatadi. Suratlar fotograf tufayli ana shunday qiziqarli nomlandi. Quyida ushbu suratlarni tomosha qilishingiz mumkin.
Novvoy ayol
Bog‘dagi do‘stlik
Mushuklar
Haqiqiy quvonch
Sipoh
Non sog‘inchi
Pitssa kechasi
Olomon ichidagi oq ot
Lesbosdagi boshpana
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 101 | 932 |
Foto | Tashqi ko‘rinishidan Ledi Gagani eslatadigan hamda Instagram’da 25 mingdan ortiq obunachisi bo‘lgan kuchukcha (foto) | Ko‘plab internet foydalanuvchilarining fikricha, ushbu yoqimtoy it Ledi Gaga yoki Sia bilan bemalol raqobatlasha oladi. To‘g‘ri, u qo‘shiq aytishni bilmaydi, lekin tekis kesilgan chyolkasi va hurpagan yungi bilan mazkur xonandalarga o‘xshab ketadi.
Kuchukning laqabi Bontenmaru, egasi esa Tomoyo Matsuura. Egasining aytishicha, bu mitti jonivorning hayot tarzi boshqa kuchuklarnikidan farq qilmaydi: ertalab u sayrga chiqadi, tushdan keyin esa uxlashni yaxshi ko‘radi. Bontemaru allaqachon internet yulduziga aylangan: uning Instagram’da 25 mingga yaqin obunachisi bor. Yoqimtoyligi uchun esa uni reklama roliklarida suratga tushishga taklif qilishadi.
Hozirda Bontemaru 6 yoshda. Egasi uni oddiy hayvonlar sotiladigan do‘kondan sotib olgan. Tomoyoning aytishicha, u kuchukni tasodifan ko‘rib qolgan va shu zahotiyoq uni yoqtirib qolgan.
Bontemaruning, aniqrog‘i, uning egasining didi chakkimasligini jonivorning tartibli turmagi va kiyinish uslubidan ham sezish mumkin.
Bontemaru shi-tsu zotiga mansub bo‘lib, bu qadimiy zotlardan hisoblanadi. Aytishlaricha bu genotip bo‘rilar avlodiga juda yaqin nasldir.
Itlarning bu zoti Xitoy imperatorlari tomonidan taqiqlangan tur bo‘lgan. Ya’ni bunday kuchuklarni faqatgina imperator oilasigina boqishi mumkin bo‘lgan. Agar oddiy aholidan kimdir shunday itga egalik qilsa, unga hatto o‘lim jazosi ham qo‘llanilgan.
Shunday qilib, bunday itlarga 1920-yilgacha qirollik oilasi egalik qilgan. Istisno holatlarda esa shaxsan qirolning o‘zi biror saroy amaldoriga bu zotni sovg‘a qilishi mumkin bo‘lgan. | 116 | 1,547 |
Foto | “Arvoh-shahar”ga aylangan Sharm-ash-Shayx (foto) | Rossiya samolyoti bortida amalga oshirilgan terakt Misr sayyohlik sohasiga jiddiy zarba bo‘lib tushdi. “Arab bahori” sabab yiliga 15 milliondan 9 milliongacha tushib ketgan sayyohlar soni yanada kamayib ketdi: Misrga reyslarni, xususan, British Airways va EasyJet bekor qildi, o‘n minglab rossiyalik sayyohlar Sinay yarimorolidagi kurortlardan evakuatsiya qilindi.
Fotosuratchilar Andrea va Magda bir necha oyni Misrning kurort mintaqasida o‘tkazib, sayohatchilar oqimi qanday tinib qolganini fotolarga hujjatlashtirdi. Antropolog Mark Oje Misr kurortlarini mahalliy hayotdan ajratib qo‘yilgan “sun’iy olam” deb atadi.
Fotosuratchilarning obyektivlariga kimsasiz savdo markazlari va plyajlar, qarovsiz tuyalar hamda tomoshabinlar va mijozlar bo‘lmasa-da, o‘zi ishini davom ettirayotgan mahalliy aholi tushgan. Original fotosuratlarni 17-yanvarga qadar Parijdagi “Yevropa fotosuratlar uyi”dagi ko‘rgazmada tomosha qilish mumkin, deb yozadi TJournal.
Ayni vaqtda, Misr sayyohlik sohasidagi vaziyatni umidsiz, deb bo‘lmaydi: 30 noyabr kuni Buyuk Britaniya va Misr britaniyalik sayyohlarni Sharm-ash-Shayx kurortlariga eltish bo‘yicha birgalikdagi tayyorgarlikni yakunlagani ma’lum bo‘ldi. | 48 | 1,185 |
Foto | Xurgadadagi Rixos Premium Magawish Suites & Villas hashamatli mehmonxonasiga sayohat (foto) | Misr xaritasida yangi, shu bilan birga, shunchaki besh yulduzli bo‘lmagan mehmonxona Rixos Premium Magawish Suites & Villas paydo bo‘ldi. Xurgadada joylashgan mazkur maskanning oynalaridan go‘zal dengiz manzarasini ko‘rish mumkin.
Shahar o‘rtasida barpo etilgan hashamatli mehmonxona eng didi nozik mijozning ham talabiga javob bera oladi. Uning suratlariga nazar tashlab, mehmonxona nomer fondining naqadar xilma-xil ekanini bilish mumkin.
Tashrif buyurgan mehmon xohishiga ko‘ra syut (bir nechta xonani o‘z ichiga oladigan, qulaylikka ega nomer) yoki villalarni tanlashi mumkin. To‘g‘ridan to‘g‘ri hovuzga chiqish mumkin bo‘lgan va qirollik uslubida bezatilgan xonalar shular jumlasidan.
Lyuks toifasidagi Lagoon Swim-up Suites o‘z bog‘i, hovuzi borligi va dengiz manzarasining ko‘rinib turishi bilan o‘ziga xos. Sayyoh va mehmonlarning har biri bu yerda o‘z xohishiga ko‘ra ko‘ngil yozishi mumkin. 30 ta hovuz va uzunligi 1 kilometrni tashkil etadigan plyaj dam oluvchilar ixtiyorida bo‘ladi. Bundan tashqari, spa-muolajalari, otda sayr qilish mumkinligi ham mehmonxonaning afzalliklari sirasiga kiradi.
Bolalar bilan dam olib bo‘lmaydi deb o‘ylovchilar fikri u yerga borgandan keyin o‘zgarishi aniq. Bolalar uchun mo‘ljallangan Rixy Club’da kichkintoylar kun bo‘yi turli mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishi, zavq olishi mumkin. Jismoniy faol bo‘lishni yoqtiruvchilar uchun ham o‘ziga yarasha qulayliklar bor. Hududda yoga va boshqa sport turlari bilan shug‘ullanish, yugurish uchun alohida maydon mavjud.
Premium All Inclusive konsepsiyasiga asosan tashrif buyuruvchilar kunning istalgan qismida mazali taomlarni iste’mol qilishi mumkin. Rixos Premium Magawish Suites & Villas bir-biridan ajoyib va o‘ziga xos restoranlar — turkcha Lalezar, Braziliya oshxonasi — La Churrascaria, shuningdek, Salt, People’s va Asian’ni o‘z ichiga oladi. Har bir restoran mualliflik taomlari va boshqalarga o‘xshamagan muhiti bilan ajralib turadi. Mehmonxona hududida joylashgan jami 10 ta barda esa mehmonlarga eng sara brend mahsulotlar taklif qilinadi. | 91 | 2,046 |
Foto | Isroilda parlament saylovlari, Turkiya boʻylab yoqqan qor, Avstraliyada suv toshqinlari, harakatga kelgan Etna vulqoni — 24 mart suratlari | 24 martning eng dolzarb va qiziqarli suratlarini taqdim etamiz.
Isroilda navtabdagi parlament saylovlari boʻlib oʻtdi. Unda amaldagi bosh vazir Benyamin Netanyahuning Likud partiyasi yetakchilik qilmoqda. Unga esa muxolifatdagi Yesh Atid partiyasi qarshilik qilmoqda. Likudning yetakchiligiga qaramay, uning Knessetda yetarli oʻrin egallashi hamon soʻroq ostida qolmoqda.
Mart oyining yakuni boʻlishiga qaramasdan, bugun erta tongdan Turkiyaning bir qator hududlarida qor yogʻdi. Qor yogʻishi natijasida yer oppoq tusga kirgan. Quyidagi suratlarda qorning koʻlamini tomosha qilishingiz mumkin.
Shuningdek, bugun Italiyaning Sisiliya orolida joylashgan mashhur Etna vulqoni harakatga kelishni boshladi. 3300 metrdan baland boʻlgan vulqon Yevropaning eng katta faol vulqoni hisoblanadi. U dunyodagi eng faol vulqonlardan biri boʻlib, XX asr mobaynida 80 marta harakatga kelgan.
Bir necha kundan buyon Avstraliyada yuz bergan soʻnggi oʻn yilliklarning eng yirik suv toshqini oqibatlari bilan kurash davom etmoqda. Mazkur suv toshqinlari natijasida hududlarda istiqomat qiluvchi yuzlab insonlar evakuasiya qilingan. Tabiiy ofat oqibatlarini suratlarda tomosha qilishingiz mumkin. | 138 | 1,175 |
Foto | Fotogalereya: Top-modellarning ishdagi va oddiy hayotdagi qiyofasi | Supermodellarning ishdagi va uydagi hayoti ularni turli ko‘rinishda namoyon qiladi. AdMe ana shu qiyofalarga e’tibor qaratdi.
View this post on Instagram | 66 | 175 |
Foto | Yulduzlarning qizil yo‘lakdagi eng omadsiz pardozlari (foto) | Mashhurlar qizil gilam to‘shalgan yo‘lakchadagi fotosessiya uchun eng yaxshi vizajist va stilistlar tomonidan tayyorlanadi. Biroq yulduzlarning ba’zi bir chiqishlari shunchaki tushunarsiz: aktrisaning o‘zi yoki yordamchilaridan biri uning pardozi qanchalik beo‘xshov va tartibsizligini payqamagan lahzalar quyidagi suratlar singari kadrga muhrlanadi.
Jennifer Lopes
Ha, Jennifer Lopes xuddi shu makiyaj bilan qizil yo‘lakka chiqqan. Vizajistning ushbu ijodini makiyaj deb atash qiyin: pandanikiga o‘xshash qora halqali ko‘zlar, lablar esa jigarrang qalam bilan shunchalik chizilganki, hatto bir necha santimetrlik joyni egallagan. Bu mashhur vizajist Meri Fillipsning ishi ekanligiga ishonging ham kelmaydi.
Anjelina Joli
Ko‘pchilik Anjelina Jolining ushbu “yulduzli” chiqishini un tegganga o‘xshagan yuzi orqali eslaydi. Shaffof pudrani qanday ishlatishni bilmasangiz, shu holga o‘zingiz ham tushishingiz aniq. Tabiiy yorug‘likda hammasi ajoyib ko‘rinadi, lekin “vspishka”ni yoqishingiz bilan ko‘z oldingizda makiyaj “sxema”si yaqqol namoyon bo‘ladi.
Tayra Benks
Tayra Benksning bu makiyajini to‘la ma’noda omadsiz chiqqan deyish mumkin. Bunday makiyajni vizajist yaratishi mumkinligiga ishonish qiyin: qoshlargacha yetib borgan qora ten va umumiy obrazga mos tushmagan siyohrang-pushti lab bo‘yog‘i Benksning noqulay ahvolga tushishiga sababchi bo‘lgandir, ehtimol.
Nikol Kidman
Shaffof pudraning noto‘g‘ri ishlatilganiga yana bir misol: Nikol Kidman bilan bunday xatolar bir necha bor yuz bergan. Fotosessiya paytida aktrisa o‘zining ajoyib ko‘rinishiga amin bo‘lgan bo‘lsa kerak. Qiziq, keyinroq ushbu suratlariga qarab qanday ahvolga tushgan ekan?
Yeva Longoriya
Yeva Longoriya konsiler ustidan shaffof pudra surtganini unutgan, shekilli. Aftidan, aktrisa ziyofatda paparatssilar tomonidan suratga olinishini kutmagan.
Dryu Berrimor
Mana, Dryu Berrimorning mashhur chiqishi: aktrisa yuziga shu qadar ko‘p pudra surtganki, hattoki sochlari ham oqarib ketgan. Ushbu makiyaj qizil gilamcha uchun mo‘ljallangan vizajist obrazidan ko‘ra, ko‘proq Helloun arvohini eslatadi.
Lindsi Lohan
Ba’zilar yuzlarini pudra yordamida oqartirsa, Lindsi Lohan esa aksincha, yuziga haddan tashqari to‘q rang ishlatgan. Aktrisaning lablari esa shunchaki “san’at asari”!
Mayli Sayrus
Ko‘rinishidan vizajist Maylining iyagini pudra bilan yopishga astoydil uringan, shekilli. Shunisi aniqki, marosimda hamma aktrisaning iyagiga qaragan, chunki u haqiqatan ham “porlab” turgan.
Jennifer Gudvin
Gudvinning ushbu pardozi kreativlik makiyajda har doim ham yaxshi natija bermasligiga yorqin misol bo‘la oladi. Qovoqlarining qoshlargacha qora qalam bilan tutashtirilgani panda ko‘zlarini yodga soladi.
Sienna Miller
Sienna Millerning yonoqlari qizarib pishgan olmaga o‘xshab qolgan. Shu sababli bu rangdagi rumyana aktrisaning yoshini katta ko‘rsatgan.
Sheron Stoun
Ba’zi moda brendlari tillarang lab bo‘yog‘ini ishlab chiqaradi. Fotosuratlardagi modellarda bu rang ajoyib ko‘rinishi mumkin. Aftidan, Sheron Stoun ham ularga taqlid qilmoqchi bo‘lgan
Kelly Osborn
Hozirda Kelli Osborn ajoyib ko‘rinishga ega va o‘ziga yarashgan obrazni topa olgan. Ammo avvallari aktrisa yuqoridagi makiyajda ham namoyon bo‘lgan. | 60 | 3,198 |
Foto | Fotogalereya: Kundan kunga insonga o‘xshab borayotgan itlar | Itlar oddiygina uy hayvoni emas. Ular yaxshi suhbatdosh bo‘ladi, kuladi, ba’zan esa sizning o‘rningizga telefonda gaplashadi. AdMe ana shunday rasmlarni taqdim etdi. | 59 | 165 |
Foto | Shaxsiy hojatxonasini olib yuradigan, filmdagidek qo‘riqlanadigan, pishloqsevar diktator. Kim Chen In haqida 7 ta fakt | Bugun, 8-yanvar Shimoliy Koreya rahbari tug‘ilgan kuni lekin qizig‘i shundaki, uning tug‘ilgan kuni 4-iyunda ham bo‘lishi mumkin. Bu hali hammasi emas, ba’zi manbalarda uning tug‘ilgan yili 1982-yil deb ko‘rsatilsa, ayrimlarida 1983 hatto 1984 deb ham aytiladi. Janubiy Koreya razvedkasi uni 1984-yilda tug‘ilgan deb hisoblaydi lekin rasman 1982-yil deb e’lon qilingan. Bu kabi mavhumlik Kim Chen In kattaroq va jiddiyroq ko‘rishni istashi bilan bog‘liq. Rasmiy ma’lumot qanchalik tog‘ri yoki noto‘g‘ri aniq emas lekin unga asoslanilsa, bugun Kim 38 yoshga to‘ldi. Yopiq mamlakat rahbari haqidagi ma’lumotlar ham shunga yarasha lekin internet rivojlangan vaqtda yopiq qozon yopiqligicha qolishi dargumon.
Aka qolib rahbar bo‘lgan uka
The Washington Post jurnalisti Anna Fayfild muallifligida “Buyuk merosxo‘r: Kim Chen Inning parvoz va boshqaruv siri ” kitobi iyun oyida nashrdan chiqqan bo‘lib unda ta’kidlanishicha, 2011-yilda otasi Kim Chen Ir vafotidan keyin akasi qolib Kim Chen Inning mamlakat rahbari bo‘lishiga sabab tashqi ko‘rinishining bobosi, Shimoliy Koreya asoschisi bo‘lga Kim Ir Senga o‘xshashligida. Shuningdek o‘xshashlikni yanada bo‘rttirish maqsadida plastik operatsiya qildirgan deyiladi kitobda.
Pishloqsevar diktator
U Shvetsariyada boshqa ism va familya bilan ta’lim olgan. O‘quvchilik yillarida shvetsar pishlog‘iga ko‘ngil qo‘yadi va bora-bora u qaramlikka aylanadi. Uning kunlik taomnomasi pishloqsiz bo‘lmagan. Keyinchalik yurtiga qaytgach, Shimoliy koreyalik oshpazlarni pishloq tayyorlashning sir-asrorlarini o‘rganish uchun Fransiyaga yuborgan. Xususan, Emmental pishlog‘i Kim Chen In uchun maxsus Shimoliy Koreyaga import qilingan. Emmental tarkibida 45% yog‘ mavjud va uning tinimsiz iste’moli tabiiyki to‘lishishga olib keladi. 2014-yilda Emmental’ni me’yoridan ortiq iste’mol qilgani Kim ortiqcha vazn to‘plagan hamda sog‘lig‘ida bir qancha muammolar kuzatilgan. KXDR qochoqlarining ma’lumotiga ko‘ra, yetakchi Kim Ir Senga o‘xshash uchun vazn to‘playdi.
U asos solgan musiqiy guruh uni madh etib kuylaydi
Davlat rahbarlari ham boshqalar kabi oddiy odam. Ulardan biri qo‘shiq aytishi, dijeylik qilishi, ikkinchisi esa musiqiy guruhga asos solishi ajablanarli bo‘lmay qoldi. Kim 2012-yilda Moranbong nomli 10 ta solist qizlardan iborat guruhga asos solgan. Yetakchining o‘zi qizlarni bittalab tanlab olgan, guruh repertuaridagi qo‘shiqlarning asosiy qismi KXDR rahbarining naqadar mehribonligi, uning kulgusidan olam yashnashi va boshqa bir qancha samimiy maqtovlarni o‘z ichiga oladi. Moranbong barcha konsert va tadbirlarda harbiy kiyimda bo‘ladi.
Soch turmagida ham Kim Chen Indan o‘rnak olinsin
Soqol o‘stirishga qanday qaraladi mavhumku-ya, lekin soch borasida o‘ziga yarasha tartib-qoidalar mavjud. 2015-yilda Shimoliy Koreya rasmiylari tomonidan erkaklar sochining uzunligi 2 santimetrdan uzun bo‘lmasligi kerakligi haqida buyruq e’lon qilinib, namunaviy turmak sifatida Kim Chen Inning soch turmagi tavsiya qilingan. Universitetlarda paypoq rangiga qanchalik e’tiroz borligi ham mavhum lekin, uzun qilib o‘stirib olingan yigitlar sochi o‘qituvchilar tomonidan kerak bo‘lsa kesib tashlanishi aniq.
Informatsion xavfsizlik sabab jamoat hojatxonasidan foydalanmaydi
Kim aslo jamoat hojatxonalaridan foydalanmaydi. Qulaylik yoki gigiyena nuqtai nazaridan deb o‘ylasangiz yanglishasiz: informatsion xavfsizlik sabab. Bu bilan u sog‘ligi bilan bog‘liq ahamiyatli ma’lumotlarni oshkor bo‘lishining oldini oladi. Uning shaxsiy hojatxonasi bor va Kim qayerda bo‘lsa, hojatxona ham o‘sha yerda. Mercedes’ga o‘rnatilgan shaxsiy hojatxona davlat ahamiyatiga molik sirlarni tarqalishining oldini oladi.
Qo‘riqlanishda filmdan ilhomlangan
Muzokaralarga avtomobilda boradigan bo‘lsa uni “jonli kortej” qo‘riqlab ketadi ya’ni mashina atrofini 12 kishilik qo‘riqlovchilar qurshab, mashina atrofida yugurib harakatlanadi. Ushbu g‘ayrioddiy uslubni u “Olov chizig‘ida” nomli filmda ko‘rgan, unda Klint Istvud maxfiy xizmat agenti rolini ijro etgan bo‘lib, Jon Kennidi mashinasini shunday himoya qilgan .
“Biz bu mashinalar KXDRga qanday borib qolganini bilmaymiz”. Mercedes’larning ishlab chiqaruvchisi — Kim Chen Inning avtomobillari haqida
Jeyms Bond filmidan yana bir ilhomlanish
Generallaridan birining 2018-yilda Donald Tramp bilan kelishuvi omadsiz bo‘lgani uchun qatl ettirgan va aybdorni akvariumga tashlagan. Bu uslubni u Jeyms Bond ijrosidagi “Meni sevgan josus” filmida ko‘rgan va hayotga tadbiq etgan. Filmda Karl Stromberg dushmanlarini o‘ldirib, akulalar bor bo‘lgan akvariumga tashlaganini aks etgan sahna bo‘lgan. | 118 | 4,566 |
Foto | Foto: Tog‘li Qorabog‘ga yetib borgan rossiyalik tinchlikparvarlar | Ozarbayjon prezidenti, Armaniston bosh vaziri va Rossiya prezidenti tomonidan imzolangan bitimga ko‘ra, Tog‘li Qorabog‘dagi mojaroga barham berilgan va o‘t ochishni to‘xtatish rejimi o‘rnatilgan. Ushbu kelishuvlarning amalga oshirilishini nazorat qilish maqsadida Tog‘li Qorabog‘ hududi va Lochin koridoriga Rossiyaning tinchlikparvar kontingentini joylashtirishga qaror qilingan. Uning asosini Markaziy harbiy okrugining 15-motoo‘qchi brigadasining 1960 nafar harbiy xizmatchidan iborat bo‘linmasi tashkil etadi. “Interfaks” Qorabog‘ga yo‘l olgan rossiyalik harbiylarning suratlarini to‘plab taqdim etdi. | 65 | 605 |
Foto | Fotosuratchilar Orolbo‘yidagi qo‘riqxonaga borib, bug‘ularni suratga tushirdi (foto) | Fotosuratchilar Orolbo‘yidagi qo‘riqxonaga borib, bug‘ularni suratga tushirdi, deb yozadi “Pisma o Tashkente”. Suratlar “Baday-To‘qay” qo‘riqxonasi va Janpik Qal’ada olingan. | 84 | 174 |
Foto | Fotogalereya: Dunyoning eng chiroyli binolari | Business Insider jurnali xodimlari yangi tendensiyalar o‘rnatib, arxitektura sohasida haqiqiy inqilobni amalga oshirgan dunyoning eng chiroyli binolari reytingini tuzdi. Buning uchun ekspertlar arxitektorlar orasida so‘rov o‘tkazdi. TravelAsk ana shunday maftunkor binolar suratlarini taqdim etdi.
Parfenon Afina xudosi sharafiga Afinada barpo etilgan Akropolning eng muhim binosidir. Bino mamlakat bo‘ylab eng yaxshi qurilish materiallari keltirilgan holda 15 yildan ortiq vaqt davomida qurilgan. Parfenondagi har bir kichik detal o‘ziga xos shaklga ega.
Mazkur saroyda Braziliya Milliy kongressining majlislari bo‘lib o‘tadi. Bino mashhur arxitektor Oskar Nimeyerning loyihasi asosida qurilgan. Bu haqiqiy futuristik fantaziyadir.
Bu dunyodagi eng katta saroy majmuasi: uning maydoni 720 ming kvadrat metrdir. Taqiqlangan shahar XV asrda qurilgan. Uning barpo etilish o‘rnini aniqlagan astronomlar fikricha, bu joy yer sharining markazidir.
Bu arxitektura mo‘jizasi 2014-yilda ochildi. Biroq bu qisqa davr ichida bino Floridaning haqiqiy madaniy ramziga aylandi. Ilmiy markaz ispaniyalik Santyago Kalatrava tomonidan qurilgan bo‘lib, qurilish ishlari uchun 60 million dollarga yaqin mablag‘ sarflangan.
Xubertus uyi yarim asr avval barpo etilgan. U yolg‘iz ota-onalar uchun mo‘ljallangan ijtimoiy turar-joydir. Aynan shuning uchun mazkur olti qavatli bino yorqin ranglarga bo‘yalgan.
Empire State Building arxitekturada haqiqiy burilish yasadi: bino qurilgan paytda (1931-yil) originallik va balandligi bo‘yicha unga o‘xshash bino bo‘lmagan. Uzoq vaqt davomida bu osmono‘par bino sayyoraning eng baland binosi bo‘lib keldi.
Oskar Nimeyerning yana bir mo‘jizasi bo‘lib, u ham Braziliyada joylashgan. “Qachonlardir shahar ustidan uchib o‘tgan uchar likopcha bu joylarning chiroyiga maftun bo‘lib, shu yerda abadiy qolishga qaror qilgan”, — deydi arxitektor mazkur bino xususida.
Mazkur cherkov 1989-yilda qurilgan. Loyiha ustida mashhur arxitektor Tadao Ando ish olib borgan. Ibodatxona Xudo bilan muloqot qilish uchun ortiqcha hasham kerak emasligining isbotidir. | 45 | 2,071 |
Foto | Foto: O‘zbekiston bayrog‘i Kilimanjaro, Elbrus cho‘qqisi hamda dunyoning boshqa burchaklarida | 18-noyabr — O‘zbekiston Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan dunyoning turli nuqtalarida o‘zbek bayrog‘i aks etgan suratlarni e’tiboringizga havola etamiz.
O‘zbekiston bayrog‘i Xitoyda
Buyuk Xitoy devori
Shanxay— Xuanpu daryosi bo‘yi.
O‘zbekiston bayrog‘i Fransiyada. Eyfel minorasi
O‘zbekiston bayrog‘i Dubayda. Burj al-Arab
Dubay. Burj Halifa
O‘zbekiston bayrog‘i Hindistonda. Humoyun maqbarasi
O‘zbekiston bayrog‘i Misrda
O‘zbekiston bayrog‘i Kilimanjaro cho‘qqisida
O‘zbekiston bayrog‘i Elbrus cho‘qqisida | 93 | 534 |
Foto | Kuz tabiatdan zavq olish vaqti ekanligini isbotlovchi 15 ta surat | Kuz fasli go‘yoki xotiralarni tiriltirishga undaydi. Atrofda hukm surayotgan muhit o‘z-o‘zidan kayfiyatga ko‘chadi. Kuzning haqiqiy mo‘jizasi—daraxtdan to‘kilayotgan oltin yaproqlar suratida o‘zgacha zavq yashirindek... Har qanday insonning ongi va qalbini boshqa bir tuyg‘u chulg‘aydi, eng qizig‘i, bularning barchasi faqatgina kuz faslida ro‘y beradi.
Ko‘lmakka tushgan yaproq ham san’at asari bo‘lishga qodir
Xellouin arafasida
Xobbitnikiga tashrif buyurganda
View this post on Instagram
Darhol bunday sayohatga borish istagi tug‘iladi
View this post on Instagram
Ta’rifsiz ranglar ...
View this post on Instagram
Sehrli aks!
View this post on Instagram
Afsuski, diqqatga sazovor joylar yopilmoqda
View this post on Instagram
Sayohat qilish uchun ajoyib vaqt ...
View this post on Instagram
... Va chiroyli yaproqlarni izlash uchun ham
View this post on Instagram
Tez orada barcha ijtimoiy tarmoqlarda
Kuz shunday noyob manzara sababchisi: g‘ishtli ko‘chalar, porlab turgan chiroqlar va issiqqina yegulik
Ushbu suratda chinakam xotirjamlik aks etgan
View this post on Instagram
Kuzgi fotosessiya uchun ajoyib g‘oya ( faqat shamol esmay tursa)
View this post on Instagram
Bargning suv uzra to‘kilishi – bundan go‘zal manzara bo‘lishi mumkinmi?
View this post on Instagram
Orzularning ko‘rinishi
View this post on Instagram
Koshki, bu joylardan poyezd o‘tsa ...
View this post on Instagram
Nima uchun teleport ixtiro qilinmagan? Qaniydi, o‘sha muhitga tushib qolsam ...
Biz bunday sehrgarlardan qo‘rqmaymiz
Bonus: Hech qachon taslim bo‘lmang! | 65 | 1,742 |
Foto | Kir avtomobillardagi san’at asarlari (fotogalereya) | Moskva shahrida kir mashinalar ustiga odatiy “Tanklar kirdan qo‘rqmaydi” yoki “Meni yuvib qo‘y” yozuvlari o‘rniga haqiqiy san’at asarini yaratadigan rassom paydo bo‘ldi, deb yozadi Afisha Daily.
Rassom Nikita Golubev uchun mashina kuzovidagi kir va loy rasm chizish uchun mo‘ljallangan dag‘al sifatida xizmat qiladi.
O‘z san’at asarlarini ProBoyNick nomi ostida qoldiradigan rassomning mehnati samarasini quyida tomosha qilish mumkin.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 51 | 513 |
Foto | Turkiyadagi oʻrmon yongʻinlari — suratlarda | «Bugun suratlari» ruknining bugungi sonini Turkiyada yuz berayotgan oʻrmon yongʻinlariga bagʻishlaymiz.
Bir necha kundan buyon Turkiyaning janubiy hududlari olov ichida qolmoqda. Gap shundaki, mamlakatning Manavgat, Alanya, Adana, Bodrum, Mersin va Marmaris kabi shaharlari yaqinlarida joylashgan oʻrmonlarda yongʻin kelib chiqqan va kuchli shamol oqibatida aholi yashaydigan hududlarga ham tarqab ketgan. Yongʻin dastlab 28 iyul kuni Manavgatda boshlangan va mamlakatning Oʻrta dengiz sohillari boʻylab tarqalgan.
Turkiya qishloq va oʻrmon xoʻjaligi vaziri Bekir Pakdemirlining soʻzlariga qaraganda, soʻnggi 5 kunda jami 132 ta yongʻin qayd etilgan. Shulardan 125 tasi nazoratga olingan va oʻchirishga muvaffaq boʻlingan. Qolgan yongʻinlar bilan kurash ishlari davom ettirilmoqda.
Yongʻinlarni oʻchirish maqsadida 16 ta samolyot, 9 ta dron, 51 ta vertolyot, 850 ta purkagich va 5 mingdan ortiq oʻt oʻchirish xizmati xodimlari jalb etilgan. Shuningdek, Rossiya va Ukrainadan ogʻir vaznli samolyotlar ham yordamga yetib kelgan. Yevropa Ittifoqi, Ozarbayjon ham oʻz yordamini taklif qilgan.
Dastlab oʻrmon yongʻinlariga anomal issiq ob-havo sabab boʻlgani aytilgan boʻlsa-da, keyinchalik Turkiyada terrorchi tashkilot deya tan olingan Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador «Olov bolalari» guruhi yongʻinlar uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olgan.
Ta‘kidlanishicha, «Olov bolalari» 1990 yildan beri mamlakatda muntazam ravishda oʻrmon yongʻinlarini keltirib chiqarayotgani qayd etilgan. Ular 2020 yilda ham xuddi shunday harakatlarni amalga oshirgani ma‘lum qilingan. Oʻz navbatida, hozirda Antaliyaning Manavgat, Gundogush va Mugʻla, Marmaris, Keysegiz va Milas tumanlarida oʻrmon yongʻinlariga qarshi kurash davom etmoqda. Yongʻinlarda hozirgacha 8 kishi halok boʻlgan, 864 kishi esa jarohatlangan. Mugʻladan 10 mingga yaqin kishi xavfsiz hududlarga evakuasiya qilingan.
Oʻt oʻchiruvchilar olov bilan kurashmoqda.
Aholi uylari yaqinida yonayotgan oʻrmon.
Yongʻinlar koʻplab uylarni vayron qilib yuborgan.
Mahalliy aholi ham olovni oʻchirishda oʻt oʻchiruvchilarga yordam bermoqda.
Yongʻin oqibatida vayron boʻlgan aholi uylaridan biri.
Olov yonishini kuzatib turgan qiz.
Olov bilan kurashib, charchab qolgan oʻt oʻchirish xizmati xodimlari oʻrmonda dam olmoqda.
Yonib ketgan hududning yuqoridan koʻrinishi.
Olovni oʻchirish ishlari davom etmoqda.
Oymapinar yaqinidagi yongʻin chegarasi. Sun‘iy yoʻldoshdan olingan surat.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon va qishliq va oʻrmon xoʻjaligi vaziri Bekir Pakdemirli samolyotdan oʻrmon yongʻinlarining koʻlamini kuzatmoqda.
Yongʻindan jabr koʻrgan qishloqlik erkak xoʻroziga suv bermoqda. Hech qanday olov insoniylikni olib qoʻyolmaydi.
Manavgatlik ayol oʻrmon yongʻinlarini koʻzda yosh bilan kuzatmoqda.
Nafaqat oʻt oʻchiruvchilar, balki oddiy aholi ham olov bilan kurashda jonbozlik koʻrsatmoqda.
Olov ichidagi Antalya. | 43 | 2,872 |
Foto | Fotogalereya: Suv ustiga qurilgan masjidlar | Islam-today nashri butun dunyo bo‘ylab suv ustiga qurilgan bir-biridan ajoyib masjidlarning suratlarini to‘plab taqdim etdi. | 43 | 124 |
Foto | Mustaqillik bayramini nishonlayotgan Meksika, chegaradan oʻtayotgan migrantlar, Rossiyadagi saylovlar — 17 sentyabr suratlari | Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz.
Buenos-Ayresda uzoq davom etgan iqtisodiy inqiroz sharoitida yuzaga kelgan qashshoqlik va ishsizlik bilan bogʻliq norozilik namoyishlari oʻtkazilmoqda.
Meksika davlati oʻz mustaqilligining 200 yilligini nishonladi.
Angliyaning shimoli-sharqiy sohilida tong otmoqda.
Muhojirlar AQShdan boshpana topish umidida Kolumbiya-Panama chegarasini kesib oʻtmoqda.
Avstraliyaning Karrambin plyajida har yili oʻtkaziladigan Swell Sculpture haykaltaroshlik festivali boʻlib oʻtmoqda.
Bali orolidagi Uluvatu burnida oʻrnatilgan eski Boeing 737 yoʻlovchi samolyoti mehmonxonaga aylantirilmoqda.
Xitoyning Guangdong viloyatidagi Chimelong safari-parkidagi gigant panda Kuku.
Krasnoyarskda Rossiya Davlat dumasi deputatlari saylovida ovoz berish uchun yuzaga kelgan navbat.
Londondagi COVID-19 qurbonlarini xotirlaydigan yurak devori.
Suriyaning Idlib shahrida oyogʻi amputasiya qilingan itni silab turgan bolakay. | 125 | 958 |
Foto | Fotogalereya: G‘aroyib topilmalar | Ba’zan odam g‘aroyib narsalarni topib oladi. AdMe ana shunday topilmalardan iborat fotojamlanmani taqdim etdi. | 33 | 110 |
Foto | Fotogalereya: Italiyaning sayohat qilishga arziydigan go‘zal joylari | Dunyoning eng go‘zal mamlakatlaridan biri bo‘lgan Italiyada qadimiy arxitektura, muzeylar, ko‘ngilga xush yoquvchi qirg‘oqlar va maftunkor manzaralar bor. TOPvoyager ana shunday manzaralardan iborat fotojamlanmani taqdim etdi. | 68 | 226 |
Foto | Yillar o‘tishi bilan didi noziklashib borgan yulduzlar (fotogalereya) | AdMe yillar o‘tgani sari tashqi qiyofasi “sayqallangan” shou-biznes yulduzlari bilan tanishtirdi. Bularning barchasi nafaqat stilistlarning mehnati, balki o‘z ustida tinmay ishlash natijasi hamdir. | 69 | 197 |
Foto | O‘zbekiston bayrog‘i butun dunyo bo‘ylab (fotogalereya) | My Day dunyoning turli burchaklaridagi O‘zbekiston bayrog‘i aks etgan suratlardan iborat fotogalereyani taqdim etdi. | 55 | 116 |
Foto | Foto: R2D2 ko‘rinishidagi bunker ventilyatsiyasi | Chexiyaning Praga shahridagi Folimanka xiyobonida “Sovuq urush” yillariga mansub bunker ventilyatsiyasi “Yulduzlar jangi” filmidagi R2D2 robotiga aylantirildi. Ishni noma’lum rassomlar bajargan, deb yozmoqda TJournal.
Mualliflar nafaqat inshootni bo‘yagan, balki unga robotning beton “oyoqlar”ini ham qo‘shgan, shu tufayli R2D2 yerga tiqilib qolgandek tassurot uyg‘onadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Praga rasmiylari ventilyatsiyani avvalgi ko‘rinishga qaytarmaydi. “Surat tufayli ventilyatsiya “robot” so‘zini o‘ylab topgan chex yozuvchisi Karel Chapekni eslatib turadi”, — deya ma’lum qilgan Praga 2 munisipaliteti rahbari Yana Chernoxova. Shunigdek, u rasmiylar vandalizmni qo‘llab-quvvatlamasligini qayd etib o‘tgan. | 48 | 715 |
Foto | Bosh vazirlar uchrashuvi, Frantsiyadagi saylov kampaniyasi, al-Aqsodagi to'qnashuvlar — 22 aprel suratlari | Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz.
Hindiston poytaxtida Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson hamda Hindiston bosh vaziri Narendra Modi o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Edinburgdagi teatr festivalida Buyuk Getsbi spektaklini namoyish etayotgan Northern Ballet jamoasi.
Meksikaning Verakruz sohillarida meditatsiya qilayotgan ayol.
Ukraina qutqaruv xizmati xodimi rus bombalari tushgan yerda qutqaruv ishlarini olib bormoqda.
Koronavirus karantini sabab bo'shab qolgan xitoyning Nanchang shahri ko'chalari. Hozirda xitoyda koronavirus xuruji kuchaygan.
Shimoliy Koreyada mamlakat yetakchisi bo'lgan Kim oilasining kattasi Kim Ir Sen tavalludining 110 yilligi keng nishonlanmoqda. Talabalar maxsus bayramda raqsga tushmoqdalar. Ularning yuzidan buyuk dohiyga nisbatan chuqur muhabbat ufurib turibdi.
Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida an'anaviy karnaval o'tkazilmoqda. Mazkur karnaval ikki yillik tanaffusdan so'ng endi o'tkazilmoqda.
Frantsiyaning amaldagi prezidenti va “La République En Marche” partiyasidan prezidentlikka nomzod Emmanuel Makron “Radio France” xodimlari bilan suhbatlashmoqda.
Frantsiyadagi prezidentlik saylovida yana bir nomzod Marin Le Pen saylov kampaniyasi davomida o'z tarafdorlari bilan suratga tushmoqda.
Juma kuni Quddus shahrida Isroil politsiyasi va falastinliklar o'rtasida yana to'qnashuvlar sodir bo'ldi. | 106 | 1,369 |
Foto | Foto: Tumandagi svetoforlarning maftunkor nurlari | Fotograf Lukas Simmerman qalin tuman turli ranglar oqimiga urg‘u bergan svetoforlarning bir qator suratlarini oldi. U barcha suratlarni Germaniyaning Veymar shahri yaqinida kechki payt olgan, deb yozadi TJournal.
Simmerman ranglarning tumandagi ko‘rinishiga mahliyo bo‘lganligini hikoya qilgan. Shuningdek, noodatiy vaziyatlardagi suratlar biz kundalik hayotda e’tibor bermaydigan oddiy narsalarning chiroyini ko‘rsata olishi mumkinligiga urg‘u bergan.
Simmerman tumandagi svetoforlarning ilk suratlarini 2013-yilda tushirgan. Biroq uch yil o‘tib, u avvalgi g‘oyasiga yana qaytib, suratlar kolleksiyasini to‘ldirgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 49 | 792 |
Foto | Muhammad Yusufni xotirlagan Shuhrat Abdurahmonov, “polka”ga o'ynayotgan andijonliklar, Shimoliy Koreyadagi harbiy parad — 26 aprel suratlari | Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz.
Bugun — O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning tug'ilgan kuni. Shu munosabat bilan shoir o'sgan Marhamat tumanida (Andijon) uni xotiralash tadbirlari bo'lib o'tdi. Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov ushbu tumanda bo'lib, shoirning qabri va uyini ziyorat qildi.
Bu ham Andijonda olingan surat. U yerda (majburanmi, o'zi xohlabmi — farqi yo'q) andijonliklar (o'zini haqiqiy andijonlikman deb hisoblaganlar) “Andijon polka”siga raqsga tushmoqda. Bu, albatta, viloyat hokimining “tashabbusi”dan keyin sodir bo'lmoqda.
Bu esa Shimoliy Koreyada olingan surat. U yerda Armiya tashkil topganining 90 yilligiga bag'ishlangan parad bo'lib o'tdi. Bunday katta, zalvorli, vahimali tashabbuslar shimolliklarda kimdan chiqishini yaxshi bilasiz.
“Inkuzart” tomonidan Aksilkorruptsiya agentligi binosi devoriga chizilgan antikorruptsion graffiti.
Endi jahonning turli nuqtalaridagi suratlarni ulushsak ham bo'lar, bizningcha. Bu — xitoyda joylashgan Makao avtonom respublikasi qirg'oqlarida yonayotgan kema.
Ukrainalik ayol jang maydoniga ketayotgan eri bilan xayrlashmoqda. Balki so'nggi marta ko'rayotgandir, so'nggi marta xayrlashayotgandir, balki so'nggi marta quchayotgandir. Hayot shunaqa. Tinchlik shunaqa — bebaho. Ikkisining ham qadriga yeting.
Rossiyalik harbiylar nishoniga tushgan Ukrainaning Krasne temiryo'l stantsiyasi. Yana bir bor: noming o'chsin, urush (va uni boshlaganlar)!
Kanadaning Qizil daryo vodiysida sodir bo'lgan suv toshqini oqibatlari.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin BMT bosh kotibi Antonio Guterrishni qabul qildi. Doimgidek, uzun(dan uzun) stol atrofida. | 140 | 1,648 |
Foto | Fotogalereya: Yurakka yetib boruvchi ijtimoiy reklamalar | AdMe turli mazmundagi ijtimoiy reklamalardan iborat jamlanmani taqdim etdi. | 56 | 75 |
Foto | Fotoreportaj: Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Is’hoqxon Ibrat muzeyi | O‘zA Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Is’hoqxon Ibrat muzeyidan fotoreportaj tayyorladi.
Ma’lumot uchun, Is’hoqxon Ibrat muzeyi To‘raqo‘rg‘on tumanidagi madaniy meros obyekti bo‘lgan G‘oyibnazar Qozi madrasasi negizida tashkil etilgan. | 79 | 245 |
Foto | Oddiy odamlarning yog‘ochdan yasagan san’at asari darajasidagi jihozlari (foto) | Uyni kerakli jihoz va buyumlar bilan to‘ldirish uchun har doim ham xarid qilishga hojat yo‘q. Internetdagi tavsiyalar asosida kerakli buyumni mustaqil ravishda yasasa ham bo‘ladi.
“Rafiqam 150 dollarlik stulni olishni istaganida unga o‘zim yasay olishim va buning uchun yarim narxi ketishini aytgandim. Aytganimdek yasay oldim, faqat buning uchun 300 dollar sarfladim”.
“Bolalar xonasi uchun kitob javoni yasadim”.
Mayda faner (yupqa yog‘och qatlami) bo‘laklaridan yasalgan, kran ko‘rinishidagi yorituvchi lampa.
“Dastgoh ishlatmay turib poyabzal qo‘yish uchun shkaf yasadim”.
“O‘g‘lim ko‘zoynaklarini qo‘yishi uchun ikki qavatli mini karavot yasab berdim”.
Uch nafar farzandi bor ayolning o‘zi shkaf yasay oldi.
“6 dollar sarflab, gullar turishi uchun taglik yasadim. Rafiqam esa xuddi shunaqasini 74 dollarga olmoqchi edi”.
“Internetda ko‘rgan bir nechta loyihalarimni birlashtirib, poyabzallar uchun javon yasadim”.
“O‘g‘lim uchun yog‘ochdan uzunligi 42 santimetrni tashkil etadigan mashina yasadim”.
“Do‘stimning kuchugi uchun uycha yasadim”.
Uy egasining o‘z qo‘li bilan yasagan bezakli lampalari.
“Bir necha kun avval kresloni yasab bitirdim”.
Eman va yong‘oq daraxtidan yasalgan kitob javoni.
Uy egasining televizorni devorga ilishga ruxsat bermagani, ijarada turadigan erkakning o‘z qo‘llari bilan shkaf yasashiga sababchi bo‘ldi.
Yog‘och qoldiqlaridan yasalgan salfetka soladigan idish.
“Yong‘oq daraxtidan kreslo yasab, yumshoq qismi uchun charmdan foydalandim”.
“O‘z qo‘llarim bilan yasadim, ammo bu men o‘ylaganimdan qiyinroq bo‘ldi”. | 79 | 1,563 |
Foto | Fotogalereya: Eronlik otalar o‘z qizlari bilan | Eron oilalari haqida turli qarashlar va fikrlar mavjud. Eronlik Nafisa Motlakning otasi undan uzoqda yashagan vaqtda sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolardan qiynalgan. Bunidan ta’sirlangan qiz eronlik otalar va qizlarni aks ettirgan fotoloyihani amalga oshirgan. TravelAsk ana shu loyihadan o‘rin olgan suratlarni taqdim etdi. | 46 | 323 |
Foto | Fotogalereya: Dronlarda olingan beqiyos suratlar | “Chastniy Korrespondent” dronlarda olingan suratlar tanlovida ishtirok etgan suratlarni taqdim etdi. Taqdim etilgan suratlar turli ijodkorlar tomonidan dronlarda olingan. | 48 | 170 |
Foto | Markalar, tangalar va qo‘ng‘izlar: milliarderlarning eng noodatiy kolleksiyalari (foto) | Forbes ro‘yxatidagi milliarderlar uchun odatiy xarajatlar ro‘yxatidan yaxtalar, dang‘illama hovli-joylar, samolyotlar o‘rin olgan. Biznesmenlar kamdan-kam hollarda o‘zlari to‘plagan kapitallarni kolleksiya yig‘ishga sarflaydi. Forbes milliarderlarning eng noodatiy to‘plamlari haqida hikoya qildi.
101 yoshli Devid Rokfeller 2017-yil martida vafot etdi. U o‘zidan keyin 94 yil davomida — bolaligidan to‘plagan qo‘ng‘izlar kolleksiyasini qoldirdi. Rokfellerning o‘limidan keyin kolleksiya va uni o‘rnatish uchun 250 ming dollar pul Garvardning solishtirma zoologiya muzeyiga berildi.
Jeyms Ayrsi kolleksiyasida 170 dan ortiq gitara bor, ular orasida afsonaviy Jorj Xarrison, Elvis Presli, Prins va Bob Dilanning gitaralari bor. Biznesmen san’at bakalavri nomini olgan va o‘zi ham gitara chala oladi.
Magness Investment Group LLC investitsiya kompaniyasi raisi Geri Magness ko‘p yillar davomida mashinalarni sotib oladi. Uning avtomobillari soni 40 tadan oshib ketgach, u avtosalon ochishga qaror qildi.
Milliarder Bryus Xoll avtomobil shinalari reklamasi aks etgan vintaj posterlarni 1980-yillar boshidan yig‘gan. Hozir uning kolleksiyasidagi plakatlar 400 dan oshadi, ularning eng eskisi XIX asr oxirida yaratilgan.
Alan Kasdenning kolleksiyasida 1500 ta qadimiy yahudiy tangalari bor, ularning narxi 40 million dollarga baholanmoqda. Biznesmen kolleksiyasidagi eng qadimiy tanga eramizning I—II asrlariga taalluqli.
Dunyodagi eng qimmatli marka kolleksiyalaridan biri milliarder Bill Grossga tegishli. U marka yig‘ishni onasining maslahati bilan 20 yil avval boshlagan. | 87 | 1,576 |
Foto | Fotogalereya: 11-sentabrdagi teraktning ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan suratlari | Nyu-Yorkdagi egizak binolarga (Xalqaro savdo markazi) terakt uyushtirilganiga ham 16 yildan oshdi. Mazkur fojia oqibatida salkam 3000 kishi halok bo‘lgan edi. TravelAsk dunyoni butunlay o‘zgartirib yuborgan ushbu teraktning ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan suratlarini to‘plab taqdim etdi.
Bikman-stritda joylashgan avtoturargohdagi odamlar janubiy binoning qulashini tomosha qilmoqda
Suratkash o‘rta formatdagi kamera yordamida ikkinchi samolyotning binoga urilgan vaqtini tarixga muhrlashga muvaffaq bo‘lgan
Binodan qulayotgan odamlar
Odamlar binoning qulashi oqibatida yuzaga kelgan changdan Brodvey bo‘ylab qochmoqda
O‘z ishini bajarayotgan inson
Savdo markazidan to‘rtta daha uzoqlikda joylashgan kvartiradan Fisheye obyektivi yordamida olingan shimoliy binoning surati
11 American Airlines reysi (yuqori o‘ng burchakda) Xalqaro savdo markaziga yaqinlashmoqda
Janubiy binoning qulashi
Terakt bo‘layotganini tushunmagan Izabel Deyzel 8 oylik homilasi bilan suratga tushmoqda | 79 | 983 |
Foto | 2021-yil bahor va yoz mavsumida qanday ko‘ylaklar urfda bo‘ladi? | Ushbu mavsumda eng zamonaviy uslubda kiyinmoqchi bo‘lsangiz, bu yilgi trendlarni e’tiboringizga havola qilamiz. Bu borada dizaynerlar quyidagi modellarni tavsiya qiladi.
Gulli ko‘ylak
Hajmli yeng
Qirqimli va tasmali libos
Denim jinsilari
Burmali ko‘ylak
Orqasi ochiq libos | 64 | 277 |
Foto | Fotogalereya: Afsonaviy hind aktyorlari 40 yil avval va keyin | Vaqt hech kim, jumladan, sevimli hind filmlarida suratga tushgan san’atkorlarni ham ayamaydi. Bunga hind aktyor hamda aktrisalarining 40 yil avvalgi va keyingi qiyofalari aks etgan suratlarini ko‘rib amin bo‘lasiz, deya hikoya qiladi “Darakchi.uz”.
“Disko raqqosi” filmi
“Shunday aldoqchi” filmi
“Zita va Gita” filmi
“Sevimli Raj” filmi | 61 | 344 |
Foto | Sham yorug'ida qolgan Toshkent — suratlarda | Energetika vazirligi 25 yanvar kuni soat 19:30 holatiga ko'ra respublika hududlarida elektr energiyasi ta'minoti bilan bog'liq holat yuzasidan qo'shimcha ma'lumot bergandi. Unda xususan, Toshkent shahrining Mirzo Ulug'bek, Yunusobod, Shayxontohur, Olmazor, Yakkasaroy, Yashnobod, Mirobod va Sergeli tumanida iste'molchilar tarmoqqa ulangani qayd etilgan. “Bugun.uz” hali “svet” yetib bormagan, sham yorug'ida qolgan Toshkentning katta hududlaridan biri bo'lgan Chilonzor tumanidan maxsus fotoreportaj tayyorladi.
“Chilonzor” metro bekati atrofidagi sotuvchilar va ayrim kafelar sham yorug'ida faoliyatlarini davom ettirmoqda.
Elektr energiyasi ta'minotidan uzilgan Toshkent — suratlarda
Eslatib o'tamiz, avvalroq O'zbekistonda, xususan, Toshkentda 25 yanvar kuni elektr energiyasi uzilishi sabab bir qator favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgani xabar qilingandi. Shuningdek, “Bugun.uz” manbasiga ko'ra, Qozog'iston tomoni 21 yanvar kuni Markaziy Osiyo yagona elektr tarmog'ida uzilish bo'lishini bilgan. “Agar bizga xabar berilganda, o'z energiya halqamizni ishga tushirgan bo'lardik”, deydi manba. | 43 | 1,097 |
Foto | Fotogalereya: Shimoliy Koreyadagi bechorahol xonadonlar | Shimoliy Koreyaga borgan sayyohlarga faqatgina diqqatga sazovor joylarni va tabiat go‘zalligini rasmga olishga ruxsat beriladi. Ammo jurnalistlar oddiy aholining uylariga kirib, ular qanchalik kamtar hayot kechirishiga, ba’zi uylarda mebel va texnika yo‘qligiga guvoh bo‘ldi. Travel Ask ana shu rasmlarni taqdim etdi. | 55 | 317 |
Foto | Fotogalereya: Tashqi ko‘rinishdagi kamchiliklaridan uyalmaydigan mashhurlar | Ko‘pincha mashhurlar go‘zallikning etaloni sifatida qabul qilinsa ham, ularning tashqi ko‘rinishida ham kamchiliklar uchrab turadi. Ular mazkur kamchiliklardan uyalmaydi, balki uni tashqi ko‘rinishning bir elementiga aylantiradi. AdMe ana shunday mashhurlarga e’tibor qaratdi. | 75 | 276 |
Foto | Ham aqlli, ham chiroyli: dunyoning eng kelishgan siyosatchilari (fotogalereya) | Qirg‘izistonning KNews nashri dunyoning eng maftunkor siyosatchilari ro‘yxatini tuzdi. | 78 | 86 |
Foto | Roli uchun tashqi qiyofasini xunuklashtirgan aktrisalar (foto) | Ajoyib rollarni ijro etish, qizil yo‘lakdan yurib borish, mashhurlikka erishish uchun aktrisalar barchasiga tayyor: vazn yo‘qotadi, sochlarni qirqadi, 40 yoshga qariydi, iloji boricha xunuk ko‘rinish uchun soatlab vaqtini ko‘zgu qarshisida o‘tkazadi. Keling, tashqi qiyofasini antiqa tajribalarda sinab ko‘rgan jasoratli aktrisalarni bir yodga olaylik.
Sharliz Teron
Aktrisaning fikriga ko‘ra, tashqi qiyofaga o‘zgartirish kiritish g‘azabni qo‘zg‘ash uchun emas, balki muvaffaqiyatga yo‘l ochish demak. U “Maxluq” filmidagi roli uchun “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘ldi.
“‘Telba Maks’ filmi har tomonlama foyda keltiradigan bo‘ldi. Sochlarim shu qadar ko‘p ediki, ularni eplab bo‘lmasdi. Mana endi to‘liq erkinlikka erishdim” – deydi sochlaridan voz kechgan Sharliz.
Demi Mur
2015-yilda Demi Murning qizi Rumer singlisi Tallulaning sochlarini qanday kesishini ko‘rsatdi. U 1997-yildagi mashhur “Askar Jeyn” dramasidagi onasining rolidan ilhomlangan.
Sigurni Uiver
“Begona-3” filmi ijodkorlari Sigurni Uiverni ilk marotaba sochsiz holda ko‘rsatishga qaror qildi. Gollivudda bunday holatlar tez-tez uchrab turadi, odatda suratga olish jarayoni tugagandan so‘ng rejissor ayrim kartinalar ustida qayta ishlaydi. Lekin bu paytda Sigurnining sochi qayta o‘sishni boshlagan edi. Rejissor Sigurnining sochini yana bir marotaba qirishini va buning evaziga 40 ming dollar berishni taklif etadi. Shuningdek, aktrisaning kalligini yashirib turuvchi xuddi asliga o‘xshagan parik sotib olinadi. Sigurni sochsizlikka ancha o‘rganib qolgan edi, parikni esa ikki yoshli qizalog‘ini qo‘rqitib yubormaslik uchun kiyadigan bo‘ldi.
Natali Portman
Natali Portmanning sochini qirish sahnasi ibodat bilan bog‘liq “Vachovskiy” filmining asosiy voqealaridan biri. Bundan tashqari, Natali o‘zining tashqi ko‘rinishi tamoman o‘zgarganidan mamnun bo‘lgan. Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, sochini kesish uchun anchadan buyon shunday qulay imkoniyatni kutib yurgan.
Naomi Grossman
“Amerika dahshati qissasi” seriali doimo aktyorlarni kutilmagan obrazlarda sinab ko‘rishi bilan mashhur. Albatta, kimdadir o‘zgarish juda katta bo‘lishi kerak. Masalan, Naomi Grossman tasvir uchun nafaqat sochlarini qirdirgan, balki soxta burun, quloq va tishlarni kiyib, yuz ifodasi hamda imo-ishoralar ustida ham puxta ishlashiga to‘g‘ri kelgan. Naomining aytishicha, grim uchun taxminan uch soat vaqt ketgan.
Keyt Blanshett
Keyt parik kiyib yurishni yoqtirmasligini tez-tez ta’kidlaydi. U o‘zining bor sochi bilan qiziqarli rollar ijro etishni yaxshi ko‘radi. “Jannat” filmidagi roli uchun sochlarini kesib tashlagan aktrisa bu ishni yana takrorlashi mumkin.
Runi Mara
Runi Mara “Ajdaho naqshli qiz” filmidagi detektiv roli uchun maxsus taqinchoqlar taqiladigan joylarini bir kunda teshtirgan. Aktrisa bundan avval hatto zirak ham taqmagan.
Tilda Suinton
Tilda hech qachon kasbi uchun tajriba qilishdan qo‘rqmagan. Shuning uchun 84 yoshli beva va badavlat ayol obrazi uni mardona aktrisaga aylantirdi.
Meril Strip
Eski klassik ertaklar motivlari asosida suratga olingan “O‘rmon ichkarisida” filmida Meril Strip juda xunuk hamda istalgan kishini sehr-jodusiz ham qo‘rqitishga qodir bo‘lgan yovuz jodugar rolini ijro etgan.
Emma Tompson
“Mening qo‘rqinchli enagam” filmida enaga Makfi rolini ijro etgan aktrisaning tashqi ko‘rinishi qo‘rquv uyg‘otsa-da, aslida mehribon, haqiqiy sehrgar. Odatda insonlar sehrgarlarni ham go‘zal bo‘ladi, deb o‘ylaydi. Ammo barcha qoidalarda ham istisnolar mavjud.
Gvinet Peltrou
“Sevgi yomon” filmida baqaloq Rozmarini ijro etgan Gvinet yaxshiyamki semirishga majbur bo‘lmadi. Aktrisa maxsus kostyumlar yordamida o‘z rolini qoyilmaqom tarzda o‘ynadi. | 62 | 3,642 |
Foto | 2018-yilgi qip-qizil super Oy: butun dunyo bo‘ylab olingan eng yaxshi fotosuratlar (foto) | Ikki kun (31-yanvar va 1-fevral) davomida Yer aholisi butun dunyo bo‘ylab noodatiy osmon hodisasini kuzatdi: Oy to‘q qizil tusga kirdi, bu esa to‘liq Oy tutilishi bilan bir vaqtga to‘g‘ri keldi, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru. Bu super Oy deyiladi. Oddiy kishilar va professional fotosuratchilar ushbu hodisani suratga oldi. | 89 | 320 |
Foto | Fotogalereya: Ispaniya ko‘chalaridagi darg‘azab buqalar | Ispaniyada an’anaviy buqalar poygasi davom etmoqda. Sakkiz yuz yildan beri har yili 6-iyundan 14-iyunga qadar Pamplonada Navarra homiysi muqaddas Fermin kuni arafasida karnaval bo‘lib o‘tadi. O‘rta asrlardan qolgan shiddatli ko‘ngilxushlik hayot qiyinchiliklaridan charchagan oddiy insonlarga barcha narsani unutish va yaxshigana dam olish imkonini beradi. Bunda yoshlar o‘z jasoratini namoyish qiladi, biroq hammaga ham doim hayvonlar bilan tezlik raqobatida omad kelavermaydi. Mahalliy OAVning ma’lumotlariga ko‘ra, festival boshlanganidan beri kamida 77 kishi, jumladan 12 nafar sayyoh jarohat olgan. “Gazeta.ru” ushbu an’anaga bog‘liq yorqin suratlarni to‘plab taqdim etdi.
v | 55 | 686 |
Foto | Buyuk Britaniyada shahzoda Garri va Megan Marklning nikoh to‘yi surati aks etgan Yangi yil otkritkasi chiqarildi | Buyuk Britaniyada shahzoda Garri va uning rafiqasi Megan Marklning nikoh to‘yi vaqtida tushgan surati aks etgan Rojdestvo otkritkasi chiqarildi. Juftlikning mazkur surati nikoh marosimining yopiq qismida olingan. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Suratda qirollik juftligi nikoh marosimi vaqtida uyushtirilgan mushakbozlikni tomosha qilayotgan holatda orqa tomondan aks etgan.
Xabar qilinishicha, suratning muallifi Kris Allerton hisoblanadi. | 112 | 443 |
Foto | Foto: Yolg‘iz qolgan gepard bolasi kuchukcha bilan do‘stlashib oldi | Tug‘ilganidan keyin ko‘p o‘tmay kasal bo‘lib qolgan gepard bolasi oilasidan yiroqlashib, odamlar atrofida o‘sdi. Uning hayvonot dunyosidagi birinchi do‘sti — tengdosh-kuchukcha bo‘ldi, deb xabar bermoqda National Geographic.
Shu yilning iyun oyi oxirida AQShning tabiatni muhofaza qilish markazlaridan birida Emmet laqabini olgan gepard tug‘ildi, ammo u ko‘p o‘tmay zotiljam kasalligiga chalindi. Natijada gepard bolasi tavalludidan keyingi dastlabki oylarini inson nazorati ostida o‘tkazdi va uni oilasiga qaytarish xavfli edi.
Sog‘ayishda davom etayotgan gepard bolasi 10 haftaligida Kolambusdagi Columbus Zoo and Aquarium hayvonot bog‘iga o‘tkazildi. Emmetni 7 haftalik Kallen laqabli kuchukcha bilan tanishtirishdi. Jonzotlar bir zumda do‘stlashib oldi va vaqtini birgalikda o‘tkazmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 67 | 950 |
Foto | Avstraliyalik shifokor mijozlarining itlari uchun Instagram’da akkaunt ochdi. U koronavirusga test topshirgani kelgan xo‘jayinini kutayotgan jonivorlarni suratga olmoqda | Koronavirusga test olish markazida ishlaydigan Tiffani Uayt ismli melburnlik shifokor itlar uchun Instagram ijtimoiy tarmog‘ida akkaunt ochishga qaror qildi, deb xabar beradi Esquire.
Ko‘plab insonlar testdan o‘tish uchun itlari bilan keladi. Tiffani esa ushbu holatni rasmga olib, Instagram’da o‘z egalarini sabr bilan kutayotgan hayvonlarning suratlaridan iborat sahifani to‘ldirib boradi. U loyihani Swab dogs deb atagan.
Uaytning aytishicha, u doimo bemorlarning hayvonlariga e’tibor qaratgan va bu borada nimadir ish qilishi kerakligini qat’iy rejalashtirib kelgan. “Koronavirus pandemiyasi vaqtida juda qattiq charchaganimiz sabab biror ijobiy narsa qidirishga urinardik. Va biz buni topdik”, — deydi shifokor.
Uning so‘zlariga ko‘ra, odamlar o‘z itlarini suratga olishayotganidan xursand. Hozirda akkauntning 426 ta posti va 10,5 mingdan ortiq obunachisi bor. Quyida o‘z egasini kutayotgan ayrim jonivorlarning suratlari keltirilgan: | 169 | 941 |
Foto | Inson o‘ylaganidan ko‘ra kuchliroq bo‘la olishini isbotlagan qiz haqida hikoya | Ikki yil muqaddam, 2014-yili braziliyalik model Paola Antoninining hayoti tubdan o‘zgarib ketdi. Sayr paytida qizni mashina urib ketdi, shifokorlar esa uning oyog‘ini kesib tashlashga majbur bo‘ldi. Bu baxtsiz hodisa modellik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi qizning baxtli hayotiga amalda nuqta qo‘yishi mumkin edi, ammo Paola taslim bo‘lmaslikka qaror qildi. Uning bu boradagi sa’y-harakatlari xususida AdMe sayti hikoya qilib berdi.
Oyog‘idan mahrum bo‘lganiga qaramay, Paola hayotga qiziqishini yo‘qotmadi. Uning Instagram’dagi sahifasida yorqin va quvonchli lahzalar aks etgan suratlar ko‘p.
Paola jismoniy holatini nazorat qilib boradi, muntazam ravishda raqs va fitnes bilan shug‘ullanadi, skeytbordda uchadi, ot minadi va ko‘p sayohat qiladi.
Boshiga tushgan qiyinchiliklarga qaramay, qiz model sifatida faoliyat yuritishda davom etmoqda. Shuningdek, u teleshoularda faol ishtirok etadi va yirik go‘zallik firmalari bilan shartnomalar imzolaydi.
Bundan tashqari, Paola modalar syomkalarida hamda nogiron bolalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlarda qatnashadi, ularga taslim bo‘lmaslikni, o‘z kuchiga ishonishni o‘rgatadi. U o‘z blogiga va YouTube’da kanaliga ega. | 78 | 1,189 |
Foto | Fotogalereya: Dunyoning eng xavfli jonivorlari | Nidelandiyalik fotograf Matteys Keypers 30 yildan beri yer yuzini aylanib, eng xavfli sovuq hayvonlarni rasmga olib yuradi. Travel Ask uning ijodidan namunalar taqdim etdi.
Missisipi albinos alligatori
Tikonli yapaloqbosh buta iloni
Uchburchak qurbaqa
Ko‘kdumli ssink
Kichik belbog‘dum
Siam shaqildoq iloni
Moviy oqlab zaharli iloni
Zaharli qurbaqa
Zaharli qulupnay qurbaqa
Gigant maymun qurbaqa
Binafsharang arlekin
G‘arb ko‘ktil ssinki
Jekson buqalamuni
Shayton gekkon | 46 | 483 |
Foto | Eski yog‘och qutilardan yasalgan Yangi yil bezaklari (fotogalereya) | “Kak Xaker” nashri eski yog‘och qutilardan qanday ajoyib Yangi yil bezaklari yasash mumkinligini ko‘rsatib berdi. | 67 | 113 |
Foto | Madrid ko'chalaridagi qorbobolar, yasama ko'prikdan o'tayotgan Santa, qulab tushgan yo'l o'tkazgich — 19 dekabr suratlari | Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz.
xitoyning Hubey provintsiyasida yo'l o'tkazgichlardan biri qulab tushdi.
Ispaniyada an'anaviy qorbobolar poygasi bo'lib o'tdi. Bunda yuguruvchilar qorbobo libosida bo'lgan.
Rim papasi Frantsisk Vatikanda bolalar bilan ko'rishdi.
Braziliyada Amazoniya havzasida istiqomat qiladigan bolalarga sovg'a ulashish maqsadida kelgan Santa Klaus kiyimidagi kishi yasama ko'prikdan o'tmoqda.
Filippinda yuz bergan kuchli to'fon simyog'ochlarni qulatdi.
Panamadagi xalq o'yinlarida kuch sinashayotgan ayollar.
Buyuk Britaniya sohillarida itlar an'anaviy yugurish musobaqasida egalari bilan qatnashmoqda.
Tayvanlik Tai Su Ying badminton bo'yicha jahon chempionatida qatnashmoqda.
Kuala Lumpurda kuchli yomg'ir oqibatida kelib chiqqan suv toshqinidan jabr ko'rganlarga yordam berayotgan qutqaruvchilar.
Yakutiyadagi muzli yo'laklarda turgan kishi. | 121 | 894 |
Foto | Fotogalereya: Orol dengizining qurishidan oldingi holati | “KRuz.uz” Orol dengizining qurishidan oldin qay ko‘rinishda bo‘lganligi tushirilgan suratlarni to‘plab taqdim etdi. | 56 | 115 |
Foto | Fotoshop bilan ishlov berilmagan tabiat (fotogalereya) | Tabiat — buyuk rassom! Uning qo‘li bilan yaratilgan shedevrlarga aqlbovar qilmaydi.
Bright Side tabiat manzaralari aks etgan va biror marta Photoshop qalamchalari tekkazilmagan suratlarni to‘pladi. | 54 | 197 |
Foto | Qochqin bolalarga gitara chalayotgan askar, Kaliforniyadagi dahshatli oʻrmon yongʻinlari, Afgʻonistondan evakuasiya qilinayotgan afgʻonlar — hafta suratlari | Haftaning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz.
Tokioda oʻtayotgan Paralimpiya oʻyinlarida basketbol boʻyicha AQSh termasi Germaniya termasi bilan bahs olib bordi.
Kobul aeroportida yuzaga kelgan tartibsizliklarda jarohatlangan ayol shifoxonaga yetkazildi.
Ispaniyaning Malaga shahrida korrida oʻtkazildi.
Vengriyada tumanli tong.
Turkiyaning Adana shahridagi koʻl sohilida yashil dengiz toshbaqachalari suvga tushib ketmoqda.
Toshkent orqali Germaniyaga evakuasiya qilingan afgʻonistonliklar Frankfurt aeroportiga qoʻndi.
Extinction Rebellion ekoharakati a‘zosi Bukingem saroyi yaqinidagi fontanda norozilik namoyishini oʻtkazmoqda.
Afgʻonistondan evakuasiya qilingan qizaloq Virjiniya shtatida avtobus oynasidan qarab turibdi
AQShdagi Nyu-Jersi shtatining ayrim hududlarini suv bosdi.
Afgʻonistondan evakuasiya qilinganlar Angliyaning Brayz Norton shahri aeroportiga kelib qoʻndi.
Kaliforniyada davom etayotgan dahshatli oʻrmon yongʻinlarini oʻchirishga harakat qilayotgan vertolyot.
Germaniyadagi AQSh harbiy ba‘zasida amerikalik askar Afgʻonistondan olib kelingan bolalarga gitara chalib bermoqda. | 156 | 1,114 |
Foto | Foto: Buyuk Britaniyada sotilayotgan shar uylar | Buyuk Britaniyada ajoyib shar uylar paydo bo‘ldi. Ularning muallifi — muhandis Jag Virdi. Bir vaqtlar u Rolls-Royce kompaniyasida ishlagan. Shar uy Conker nomini olgan bo‘lib, zamonaviy va qimmat bo‘lmagan turar joy hisoblanadi. Bitta shunday konteyner 27 ming dollar turadi. Xohishga qarab, ularni birlashtirish mumkin. TravelAsk ana shu uylar suratlarini taqdim etdi.
Shar to‘rtta ustun nuqtali asosga mahkamlanadi, shu tufayli uni har qanday landhsaftga moslashtirish mumkin. Sharning diametri to‘rt metrni tashkil qiladi. Bo‘lajak xaridor uning tashqi ko‘rinishiga o‘zi xohlagan suratni buyurtma qilishi mumkin. Ichki ko‘rinish ham individual loyiha asosida bezatiladi. | 47 | 674 |
Foto | Bir qarashda oddiy tuyuladigan, biroq tarbiyasizlikni namoyon qiluvchi 10 ta odat (foto) | Kundalik hayotda duch keladigan ahamiyatsiz tuyulgandek odatlar, aslida, insonning tarbiya borasida bilimini aks ettiradi. Masalan, jamoat joyida telefonda gaplashish, yoshi katta yoki homilador ayollarga joy berish kabi. Ushbu odob-axloq doirasida bajariladigan ishlar barchaga tanish, ammo hamma ham uni aslidagidek bajara olmaydi.
Soyabonni ochiq holda quritish
Buning nimasi yomon, degan savol tug‘ilishi mumkin. Hamma ham uyda yoki ishxonada ho‘l soyabon ochiq holda tezroq qurishini biladi. Ammo ushbu quritish usuli ularning nafaqat ishlash muddatini qisqartiradi, balki rangini ham o‘zgartiradi. Buning uchun eng yaxshisi, xonaga kirishdan avval soyabon yaxshilab silkitiladi va yarim ochiq holda ilgichda quritish tavsiya etiladi. Albatta, bunday holda ham soyabon boshqalarning kiyimiga xalaqit bermayotganiga e’tiborli bo‘lish kerak.
Jamoat transportida sumka bilan noqulaylik tug‘dirish
Ko‘pincha maktab bolalari, ayrim hollarda katta yoshli insonlarda ham jamoat transportiga chiqqanidan so‘ng orqasiga ilingan sumka yechilmaganini ko‘rish mumkin. Bu bilan inson o‘zini yaxshi his qilar yoki yo‘q, noma’lum. Ammo bunday odobsizlik atrofdagilarning qulayligiga putur yetkazadi. Shuning uchun jamoat transportlarida har tomonlama e’tiborli bo‘lish kerak.
Issiq ovqatni puflash
Chidab bo‘lmas och qolganda ham, biror davarada ovqatni puflab sovitishga urinmaslik kerak. Bu ham tarbiyasizlikning bir ko‘rinishi hisoblanadi. Yaxshisi, ovqatni sovigandan so‘ng iste’mol qilish mumkin.
Bir chimdim tuzni barmoq bilan olish
Ovqatlanish davomida ochiq tuz idishdan qo‘l bilan bir chimdim tuz olish ham odobsizlikning bir ko‘rinishidir. Bunday vaqtda qoshiq yoki pichoq bilan tuzni olish mumkin. Sababi tuzdan hamma birdek foydalanishi kerak.
Limonni choyga solib qo‘yish
Mehmon yoki do‘stga choy taklif qilish juda o‘rinli fikr, albatta. Ammo ichiga limon bo‘lagini solib tayyorlash biroz madaniyatsizlikka ham kiradi. Sababi kimdir limonli choyni yoqtirmasligi mumkin. Qayta choy so‘rash esa mehmon uchun biroz g‘alati. Shuning uchun limon bo‘lagi va shakarni choy bilan uning yonidagi idishda olib kirish tavsiya etiladi.
Ofitsiant barchaga ovqat olib kelishini kutmasdan, tanovul qilishni boshlash
Odob-axloq qoidalarining qo‘pol ravishda buzilishining yana bir misoli restoran yoki boshqa ovqatlanish maskanida atrofdagilarni kutmasdan, taom yeyishni boshlab yuborishdir. Bunday vaqtda och qolgan inson ham atrofdagilarga hurmat yuzasidan sabr qila olishi kerak.
Qo‘shimcha taom so‘rash
Shuningdek, xuddi shunday davrada ovqatning qo‘shimchasini so‘rash ham biroz g‘alati odat. Sababi bu ham insonning kamchiligidan darak beradi. Agar mezbon yoki ofitsiant tomonidan shunday taklif bo‘lmasa, iloji boricha qo‘shimcha taom so‘rashni to‘xtatish zarur.
Qo‘ng‘iroqda “Alo, bu kim?” deya savol berish
Aniq kimga qo‘ng‘iroq qilayotganini bilmagan inson go‘shakni ko‘targan odamga “Bu kim?” deya savol berishi ham etiket qoidalariga to‘g‘ri kelmaydi. Buning uchun avval kimligi, ism-sharifi aytilishi kerak. Ortiqcha vaqt olish esa tarbiyasizlikning namunasi bo‘lishi mumkin.
Jamoat joylarida navbatda turib, telefonda gaplashish
Xulq-atvorning yana bir kamchiligi jamoat joylarida, ayniqsa, navbatda turganda telefonda uzoq suhbat qurishdir. Bunday holatda iloji boricha telefonga qisqa javob berish kerak yoki uni o‘chirib qo‘yish yaxshiroq. Muhim qo‘ng‘iroqlarga esa, albatta, holi joyda javob berish mumkin.
Maqtovlarga javoban o‘zini oqlash
Ishxona yoki o‘qishda tashqi ko‘rinishdagi qandaydir o‘zgarish uchun bildirilgan maqtovlar evaziga o‘zini oqlash yoki o‘zgarganlikni chindan ham tan olmaslik bu hurmatsizlik belgisidir. Aslida tarbiyasizlikdan boshqa hech narsa emas, sababi bunday vaziyatda maqtagan kishi o‘zini noqulay his qilishi mumkin. Bunday vaziyatga tushmaslik uchun ikkinchi tomonga tabassum va minnatdorlik bildirish kifoya. | 88 | 3,858 |
Foto | Fotoreportaj: Moskva shahrida niqob-qo‘lqop rejimi qanday o‘tmoqda? | Moskvada 12-maydan boshlab jamoat joylarida individual himoya vositalari — niqob va qo‘lqopda yurmagan fuqarolar jarimaga tortiladigan bo‘ldi. “Kommersant” poytaxt meriyasining qarori qay tarzda ijro etilayotgani tasvirlangan suratni to‘plab taqdim etdi.
Moskva meri Sergey Sobyaninning tegishli qaroriga ko‘ra, jamoat transportlari, taksi, savdo markazlar, shuningdek, ish joyidagi barcha fuqarolar niqob va qo‘lqop taqishi majburiy etib belgilandi
Moskva shahrida jamoat joylarida niqobsiz yurganlar 4 ming rubl (52 dollar), transportdagilar esa — 5 ming rubl (65 dollar) jarimaga tortiladi.
Himoya niqoblarida metropolitenning barcha kassalarida va vending apparatlarida sotilmoqda
Tibbiy niqob narxi 30 rubl, qo‘lqop esa — 20 rubldan sotilmoqda
Niqob rejimining birinchi kunidagi transportdagi yo‘lovchilar faqatgina ogohlantirilmoqda
Supermarket eshigidagi e’lon: “Iltimos, niqob taqing”
Moskva metropoliteni poyezdi vagonidagi yo‘lovchilar
12-may kuni Yo‘l-patrul xizmati haydovchilarning shaharga kirish ruxsatnomalarini tekshirmoqda. Oldinroq berilgan ruxsatnomalar muddati avtomatik ravishda oy oxiriga qadar uzaytirilgan
Moskva transport departamentining ma’lumotlariga ko‘ra, 12-may tongida metropolitenning 94 foiz yo‘lovchisi niqobda, 68 foizida qo‘lqop bo‘lgan
Avtobusga o‘tirayotgan erkak niqob va rezina qo‘lqopda
Fuqarolarning niqob va qo‘lqop taqmaganligi do‘konlar va jamoat transportidagi kameralar yordamida aniqlanishi mumkin, biroq jismoniy shaxsga nisbatan rejimni buzganlik uchun jarima faqat to‘g‘ridan to‘g‘ri rasmiylashtirilishi mumkin
Videokuzatuv kameralaridagi ma’lumotlardan yuridik shaxslarning qonunbuzarligini qayd etishda foydalanish mumkin
Metro poyezdining vagoniga chiqayotga qiz
“Ashan” gipermarketida joylashgan savdo zalidagi xaridorlar
“Niqob taqilganida u og‘iz va burunni yaxshi yopishi, biror ochiq joy qolmasligi kerak”, — deyiladi FVV tavsiyasida
Tver ko‘chasidagi politsiya posti jamoat joylarida niqob va qo‘lqopda yurilishini nazorat qilmoqda
Mutaxassislar niqobdan 2-3 soatdan ortiq foydalanmaslikni tavsiya qiladi, virusdan himoyalovchi respiratorlar uchun ushbu chegara 8 soatni tashkil etadi | 67 | 2,162 |
Foto | Iti bilan yugurayotgan bosh vazir, Turkiyada yoqqan kuchli qor, koronavirus cheklovlariga qarshi namoyishlar — 24 yanvar suratlari | Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz.
Hindistonning Shrinagar shahrida Respublika kuniga tayyorgarlik ko'rilmoqda.
Turkiyaning bir qator hududlarida kuchli qor yog'di. Anqaradagi qordan so'ng yurgan kiyiklar.
Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson o'zining iti bilan yugurmoqda.
xitoy yirik pandalarni muhofaza qilish va o'rganish markazi xodimlari 2021 yilda tug'ilgan panda bolalarini ommaga namoyish qildi.
Novosibrsk shahridagi ko'p qavatli turar joy binolari.
Reper Kane Uest va aktrisa Juliya Foks Parijdagi modalar haftaligida ko'rinish berdi.
Angliyadagi hayvonot bog'ida hayvonlarni inventarizatsiyadan o'tkazish ishlari olib borilmoqda.
Janubiy Afrikada brakonerlardan omon qolgan karkidonlarga yordam ko'rsatilmoqda.
Istanbulda qor ostida yuk tashiyotgan kishi.
Belgiyada koronavirusga qarshi tadbirlardan norozilar o'tkazgan namoyishlarda 239 kishi hibsga olindi. | 130 | 900 |
Foto | Fotoreportaj: Qorga burkangan qadimiy Buxoro | O‘zbekiston Milliy axborot agentligi qorga burkangan qadimiy Buxoroning ajoyib suratlarni to‘plab taqdim etdi. | 44 | 110 |
Foto | Fotogalereya: Dunyoning turli mamlakatlaridagi maktablarda yangi o‘quv yilining birinchi kuni | Buyuk Britaniya, Norvegiya, Finlyandiya, Fransiya kabi ko‘plab mamlakatlarda faqat bitiruv marosimlari nishonlanadi, o‘quv yilining birinchi kunida esa tantanalar bo‘lmaydi. Bolalar shunchaki darslarga boradi. Boshqa bir qator mamlakatlarda esa bu kun katta tantanalar bilan o‘tadi. AdMe ana shu mamlakatlar haqida hikoya qildi.
Yozgi ta’til va o‘quv yilining boshlanish sanalari Germaniyaning turli hududlarida farqlanadi. Ta’til olti hafta davom etadi. O‘qish iyul oyining oxirida va sentabr oyining boshida boshlanishi mumkin.
Germaniyada XIX asrning boshlarida shakllangan an’analarga ko‘ra, bolalarning ko‘pchiligi maktabga xursandchilik bilan boradi. O‘quv yilining birinchi kunida ular shultyute deb ataladigan katta rang-barang konuslar oladi. Konuslar konfetlar va shirinliklar bilan to‘ldirilgan bo‘ladi. Shuningdek, ularga o‘quv qurollari ham beriladi.
Ota-onalar tomonidan olib kelingan konuslar maxsus daraxtga ilinadi, bolalar konuslarni ochmasdan, o‘zlariga yoqqanini tanlab oladi.
Bolgariyada o‘quv yili 15-sentabrda boshlanadi va may—iyun oylarida yakunlanadi. Bolalar maktabga yetti yoshdan boradi.
Bayram maktab bayrog‘i ko‘tarilishi va qo‘ng‘iroqdan boshlanadi. Ba’zan mashhur kishilar nutq so‘zlaydi va duo qiladi. An’naviy musiqiy qismdan keyin osmonga kabutarlar va havo sharlari uchiriladi. Bu o‘quv faoliyatida yuqori cho‘qqilarga chiqishning ramzi hisoblanadi. Bayramdan keyin maktab binosida o‘quvchilarni dasturxon kutadi.
Ko‘plab mamlakatlarda o‘quv yilining boshi yozning oxiri — kuzning boshiga to‘g‘ri keladi. Yaponiyada esa o‘quv yili 1-aprelda, bahor kelib, tabiat uyg‘onganda boshlanadi. Bolalar sakuralar gullashidan bahra olib, yangilanish hissi bilan maktabga boradi.
O‘quv muassasidagi birinchi kun yaponlar uchun bayram hisoblanadi. Oilalar va do‘stlar o‘quvchilarni tabriklaydi va sovg‘a beradi. Ota-onalar va o‘quvchilar, albatta, bayram kiyimlarini kiyadi, maktabning darvozasi yoki kirish eshigi oldida suratga tushadi. Odatda surat sakura ostida olinadi. Shundan keyin o‘quvchilar ota-onalari bilan qabul marosimi — nyugakushikiga yo‘l oladi.
Tadbirlar qatorida yangi o‘quvchilarning katta sinflar qarsaklari ostidagi paradi ham mavjud.
Shundan keyin 5 va 6-sinf o‘quvchilari yangi qabul qilinganlar uchun salom so‘zlari va sakura gullari bilan bezatilgan maktab bo‘ylab ekskursiya uyushtiradi.
Chexiyada bolalar olti yoshdan maktabga boradi. Mashg‘ulotlar sentabrning birinchi ish kunida boshlanadi, dars esa atigi bir soat davom etadi. Birinchi darsda ota-onalar ham ishtirok etadi. Darsdan keyin ota-onalar bolalari bilan muzqaymoq va boshqa shirinliklar tanovul qilish uchun qandolat do‘koniga yo‘l oladi.
Rossiyada 1-sentabr Bilimlar kuni sanaladi. Bu kunda barcha o‘quvchilar ishtirokida yig‘ilish bo‘ladi. Unda katta sinf o‘quvchisi birinchi sinf o‘quvchisi bilan davrani aylanib, qo‘ng‘iroq chaladi.
Isroilda bola o‘zini katta maktab jamoasining bir qismi sifatida his qilishiga katta e’tibor beriladi. Birinchi o‘qish kuniga bag‘ishlangan tantanalar ham shuning uchun tashkil qilinadi.
Bolalar maktabga 1-sentabr kuni boradi. Ular raqslar bilan va baraban sadolari ostida kutib olinadi. Ruhoniy bolalarga o‘z duosini beradi, ular qo‘shiq kuylaydi va bir-birini quchoqlaydi.
Shuningdek, Isroilda o‘qishni boshlanishi bilan bog‘liq qiziq an’ana mavjud. Doska yoki yahudiy alifbosi tushirilgan qog‘ozga biroz asal suriladi, bolalar shirinlikni yalaydi. Bu Torani tanish asaldek shirin bo‘lishini bildiradi.
Bu odat hanuzgacha Isrolidagi ba’zi pravoslav jamolarida saqlanib qolgan. Ko‘plab maktablarda esa asal konfet yoki alifboli pechenyelar bilan almashtirilgan, biroq uning mazmuni avvalgidek qolgan.
Hindistonda o‘qish hudud va ob-havo sharoitiga bog‘liq holda apreldan martgacha yoki iyundan maygacha davom etadi. Bolalar maktabga olti yoshda boradi. Nisbatan yaxshi yashaydigan birinchi sinf o‘quvchilari uchun o‘quv yilining boshlanishi tantanali bayram hisoblanadi.
Bolalar mehnati taqiqlanganiga qaramasdan, ko‘plab bolalar yashash uchun ishlashga majbur bo‘ladi. Ba’zan bunda boshlang‘ich ta’limdan voz kechishga to‘g‘ri keladi. | 93 | 4,098 |
Foto | AQShda 11-sentabrdagi terrakt oqibatlari aks etgan suratlar topildi (foto) | AQShdagi chayqov bozorlaridan birida bir nechta eski disklar topildi, deb yozmoqda TravelAsk. Disklar ochib ko‘rilganda ularda 11-sentabrdagi terraktdan so‘ng olingan 2 mingdan ortiq suratlar borligi aniqlangan. Kadrda AQShdagi Jahon savdo markazining vayron bo‘lgan binosi aks etgan. Ularni amerikalik arxivchilar qayta ishlab, internetga joylagan. Suratlar muallifi hududni tozalashda ishtirok etgan ishchilardan biri bo‘lsa kerak, deb taxmin qilinmoqda.
Disklar yomon bo‘lib ketganiga qaramay, ularning ichidagi suratlarni tiklashga erishilgan. Suratlarda Graund-Ziro egizak minoralar joylashgan hudud aks ettirilgan. Tasvirlar pastdan ham, yuqoridan ham olingan. Unda hududni tozalayotgan ishchilarning surati ham bor. Quyida ana shu suratlar keltirildi. | 74 | 759 |
Foto | Yoxanssondan popkorn, Klunidan tekila: Gollivud yulduzlarining qo‘shimcha daromadlari | Ko‘plab yulduzlar o‘zlarining asosiy faoliyati — filmlarda o‘ynash, qo‘shiq aytish yoki ijtimoiy tadbirlarda qatnashishdan tashqari qo‘shimcha daromad olish maqsadida biznes bilan ham shug‘ullanishadi. Ulardan ba’zilari haqida to‘xtalib o‘tamiz.
Jorj Kluni
Mashhur aktyor tekila ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Uning Casamigos nomli brendi AQSh va Meksikada juda mashhur. Aktyorning biznes sherigi Kluni o‘nlab tekilalarni sinab ko‘rgani, oxir-oqibat eng yaxshisini o'zi yaratishga qaror qilganini aytadi.
Jessika Alba
Jessika — uy-ro‘zg‘or buyumlari va terini parvarish qiluvchi mahsulotlarini ishlab chiqaradigan Honest Company’ning asoschisi hisoblanadi.
Gvinet Peltrou
Aktrisaning o‘ziga xos Goop nomli brendi bor, u ba’zida qimmat aksessuarlar yoki sauna uchun infraqizil adyol kabi juda g‘alati narsalarni sotadi.
Venera Uilyams
Mashhur tennischi V*Starr Interiors dizaynerlik kompaniyasini asos solgan va interyer dizayner sifatida nom qozongan. U tomonidan yaratilgan loyihalarga Mayamidagi futbolchi va basketbolchilar uchun uy, o‘sha yerdagi mehmonxonalar tarmog'i, Vashingtondagi Govard universiteti sport inshootlarini misol qilib keltirish mumkin. Ma’lum bo‘lishicha, Uilyams Niido bilan hamkorlikda Airbnb’ning hashamatli kvartiralarini ham loyihalashtirishda ishtirok etadi.
Bill Myurrey
Aktyor o‘zining noodatiy xatti-harakati va g‘ayritabiiy istaklari bilan tanilgan. U golf o‘ynashni yaxshi ko‘radi, shu sababli 2016-yilda aynan shu sport uchun shaxsiy kiyimlar tarmog‘ini yaratgan.
Nikolas Keyj
Aktyor Bagama arxipelagida shaxsiy orol sotib olgani va bir muncha vaqt uy hayvoni sifatida sakkizoyoq boqqani bilan ham yaxshi tanish. Ammo eng qiziq voqea 2011-yilda bo‘lgan.
1997-yilda u superqahramonlar tasvirlangan 1934-yildagi komiksini 150 ming dollarga sotib oladi. 2000-yilda aktyor komiks o‘g‘irlanganligini ovoza qiladi, 2011-yilda esa go‘yo uni uyining chordog‘idan topib oladi. Shundan so‘ng komiksni onlayn kimoshdi savdosiga qo‘yib, ikki million dollardan oshiq narxga sotadi.
Skarlett Yoxansson
Jozibador aktrisa 2016-yilda Parijda popkorn do‘konini ochgan. Yoxanssonning aytishicha, uning orzusi – Yevropadagi sevimli shahriga sevimli Amerika taomlarini olib kelish edi. Uning do‘konida pishloq, truffel, zaytun moyi, shokolad bilan qoplangan qulupnayli popkornlar sotilgan. Afsuski, uning biznesi oradan ko‘p o‘tmay omadsizlikka uchragan. | 85 | 2,383 |
Foto | Fotogalereya: Suratga muhrlangan mosliklar | Turli vaziyatlarda buyumlar, kiyimlar va holatlar o‘rtasida mosliklar va o‘xshashliklar uchraydi. AdMe ana shunday holatlar aks etgan suratlarni taqdim etdi. | 42 | 157 |
Foto | Ziyoratga borgan shialar, Myanmadagi namoyishlar, qayta ochilgan hayvonot bogʻi, uyi buzilgan falastinliklar — 10 mart suratlari | 10 martning eng diqqatga sazovor suratlarini e'tiboringizga havola etamiz.
Dunyoning koʻplab mintaqalarida turli maqsaddagi norozilik namoyishlari boʻlib oʻtmoqda. Jumladan, Myanmada bir necha haftadan buyon davlat toʻntarishiga qarshi xalq gʻalayonlari boʻlayotgan boʻlsa, Gresiyada polisiya zoʻravonligiga qarshi namoyishlar boʻlib oʻtmoqda.
Hijriy-qamariy yil hisobi boʻyicha 799 yil Rajab oyining 25-kuni imom Ja'far as Sodiqning oʻgʻli Muso al Kozim qamoqxonada vafot etgan. Shialar e'tiqodi boʻyicha shu kuni ular mazkur imom qabriga ziyoratga boradi. Bu yil ushbu sana 10 martga toʻgʻri keldi. Maqbara Iroqda joylashgan.
2011 yilning mart oyida Yaponiyaning Fukushima prefekturasida kuchli zilzila sodir boʻlgan edi va uning oqibatida sunami yuzaga kelgan. Mazkur tabiiy ofat natijasida koʻplab odamlar halok boʻlgan.
Bir necha oylik tanaffusdan soʻng Germaniyaning Shtutgart shahridagi hayvonot bogʻi mehmonlarga oʻz eshiklarini qaytadan ochdi. | 128 | 952 |
Foto | Fotogalereya: Yer yuzidagi tashlandiq maskanlar | TravelAsk yer yuzida insonlar tomonidan butunlay tark etilgan maskanlarning suratlarini to‘plab taqdim etdi. | 47 | 108 |
Foto | Xarita: Toshkentning 1870-yilgi rejasi | Ko‘plab kitoblar va tarixiy saytlarda chop etiladigan Toshkentning 1870-yilgi rejasi nusxasi ko‘pchilikka yaxshi tanish, deb yozadi “Stariy Tashkent” loyihasi muallifi.
“Stariy Tashkent” loyihasi o‘sha rejaning asl nusxasi suratlarini ilk bor internetda e’lon qildi. Bu reja Toshkent arxitektori, muhandis-kapitan Makarov tomonidan tayyorlangan va Turkistonning o‘sha vaqtdagi gubernatori fon Kaufman tomonidan imzolangan.
Bunisi esa hammaga tanish — rejaning nusxasi. | 38 | 471 |
Foto | Reklama suratlari aslida qanday yaratilishi oshkor qilindi (fotogalereya) | Jiloli jurnallarda chop etiladigan reklama suratlari aslida qanday sharoitlarda olinishini bilgach, hayratga tushishingiz aniq. “Samoye interesnoye” nashri fotosuratchilarning haqiqiy ixtirochi ekanligini ko‘rsatib beruvchi rasmlar bilan bo‘lishdi. | 73 | 248 |
Foto | Fotogalereya: Dunyodagi eng go‘zal styuard va styuardessalar | Tijorat avialiniyalari tashkil topgan kunidan boshlab, xodimlarining chiroyiga katta e’tibor beradi. Chunki styuard va styuardessalar aviakompaniyalarning yuzi hisoblanadi. “Darakchi.uz” dunyodagi eng go‘zal chehrali styuard va styuardessalari fotosuratlarini taqdim qildi.
United Airlines aviakompaniyasi, AQSh
Privilege Style aviakompaniyasi, Ispaniya
Brussels Airlines aviakompaniyasi, Belgiya
KLM aviakompaniyasi, Gollandiya
“El Al” aviakompaniyasi, Isroil
Thai Airways International aviakompaniyasi, Tailand
Norwegian Air Shuttle aviakompaniyasi, Norvegiya
“Aeroflot” aviakompaniyasi, Rossiya
Qantas aviakompaniyasi, Avstraliya
EgyptAir aviakompaniyasi, Misr
Qeshm Air aviakompaniyasi, Eron
British Airways aviakompaniyasi, Buyuk Britaniya
Avianca Brasil aviakompaniyasi, Braziliya
Malaysia Airlines aviakompaniyasi, Malayziya
South African Airways aviakompaniyasi, JAR
Etihad Airways aviakompaniyasi, BAA
Azul Brazilian Airlines aviakompaniyasi, Braziliya
Polish Enter Air aviakompaniyasi, Polsha
Safi Airways aviakompaniyasi, Afg‘oniston
Germanwings aviakompaniyasi, Germaniya
Vietnam Airlines aviakompaniyasi, Vyetnam
Blue Panorama Airlines aviakompaniyasi, Italiya
Ethiopian Airlines aviakompaniyasi, Efiopiya
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 60 | 1,315 |
Foto | Fotogalereya: Dunyoni boshqa tomondan ko‘rsatuvchi suratlar | Odamlar hamma narsani o‘rganib bo‘ldim deganida yana bir yangilik paydo bo‘lib, ularni hayron qoldiradi. Ko‘pincha bunday hodisalarning sababchisi odamlarning o‘zi bo‘ladi. AdMe mana shunday qiziq narsalar bilan bo‘lishdi. | 59 | 222 |
Foto | Forbes dunyoning eng yosh milliarderlari reytingini tuzdi (foto) | Forbes dunyoning 40 yoshgacha bo‘lgan milliarderlari reytingini e’lon qildi. 2016-yilda ularning soni 56 kishini tashkil etdi. Bu o‘tgan yildagidan o‘n kishiga kam demakdir. Yosh milliarderlarning 30 nafari o‘z kuchi bilan boylik to‘plagan bo‘lsa, qolgani katta davlatlar merosxo‘rlaridir. Galereyada reytingning o‘n nafar ishtirokchisini keltirib o‘tamiz.
Qanday boyigan: otasi Yoxan Andresen unga va opasiga Ferd investitsiya kompaniyasining 42 foizdan ulushini bergan.
Qanday boyigan: otasi Yoxan Andresen unga va singlisiga Ferd investitsiya kompaniyasining 42 foizdan ulushini bergan.
Qanday boyigan: otasi Gustav Vitze Salmar ASA kompaniyasining 47 foiz aksiyalarini sovg‘a qilgan.
Qanday boyigan: Stripe to‘lov tizimiga asos solgan.
Qanday boyigan: Snapchat asoschisi va ijrochi direktori.
Qanday boyigan: oilasiga tegishli B. Braun Melsungen AG kompaniyasining 9,69 foiziga egalik qiladi.
Qanday boyigan: ukasi bilan Stripe to‘lov tizimiga asos solgan.
Qanday boyigan: Snapchat messenjeri asoschilaridan biri.
Qanday boyigan: Juneyao Air aviakompaniyasining 27 foizini otasidan meros qilib olgan.
Qanday boyigan: oilasiga tegishli B. Braun Melsungen AG kompaniyasining 11 foiziga egalik qiladi. Lyudvig Teodor Braunning amakivachchasi. | 64 | 1,253 |
Foto | Yer sayyorasining koinotdan burchak ostida olingan ajoyib suratlari (fotogalereya) | Planet Labs Yer sayyorasining sun’iy yo‘ldoshdan odatdagidek vertikal rakursdan emas, balki burchak ostida olingan suratlarini taqdim etdi, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru.
Sun’iy yo‘ldoshdan olingan an’anaviy tasvirlar “yassi” bo‘lib, ularda obyektlarga tepadan qaraymiz. Kamera vertikal tarzda pastga qaratiladi, shunda tasvir surat emas, balki xarita kabi ko‘rinadi. Ammo Planet Labs taqdim etgan suratlar sayyoraga o‘zgacha nigoh tashlash imkonini beradi. | 82 | 454 |
Foto | Foto: Tabiat mohir rassom singari rang ato etgan jonivorlar | Tabiatda hayvonlar qoida bo‘yicha standart ranglar to‘plamiga ega. Ammo ba’zida ular orasida ushbu qoidaga bo‘ysunmagan holda g‘ayrioddiy rang yoki antiqa shakldagi dog‘larga ega hayvonlar ham uchraydi. Marhamat, odatdagidek ko‘rinishda bo‘lmagan 20 ta hayvon suratini e’tiboringizga havola etamiz.
Vallis qora burun qo‘zichog‘i
Mushukning orqa qismida juftlik surati joylashgan
Itning yuziga In-Yan belgisi ajoyib tarzda tushirilgan
Oq-qora tog‘ echkisi
Ikki xil echki jamlanmasi
Albinos zebra
Ofeliyaning ko‘zlari ustidagi qora dog‘lar unda qayg‘uli ko‘rinishni aks ettiradi
Tug‘ilganiga bir kun bo‘lgan noodatiy dog‘li qulun
Ben laqabli buqaning yuz qismida 7 raqami chizilgan
Mushukchaning yon qismida ideal tarzda chizilgan yurakcha shakli bor
Kuchukcha ham tabiatning sevimlisiga aylangan
Moviy dengiz yulduzi
Noodatiy rangli tuya bolasi
https://www.flickr.com/photos/g_travels/49406826218
Bu shirintoy mushuk ajoyib qoshlarga ega
Tarixdagi yagona albinos gorilla
Ximera – ikki yuzli mushuk
Betmen-mushuk
Siz ko‘rgan narsa mo‘ylov emas, shunchaki oq dog‘
Sinay agamalari. Ushbu turdagi kaltakesaklar vaqti-vaqti bilan ko‘k rangga kiradi
Go‘yoki sigirlar uchun maxsus kiyim ta’sis etilgandek
Pushti delfin ko‘rganmisiz?
Dunyodagi yagona oq-jigarrang panda | 59 | 1,281 |
Foto | Fotogalereya: Yozda sayohat qilish uchun tavsiya etilmaydigan mamlakatlar | Yozning ikkinchi oyi ham o‘z nihoyasiga yetib boryapti. Shubhasiz, aksariyat insonlar ofis konditsionerining shovqinini iloji boricha tezroq dengiz havosi bilan almashtirishni, dam olishni xohlaydi. Shu boisdan AdMe sayohat qilishni rejalashtirganlar uchun yozda dam olish tavsiya etilmaydigan davlatlar ro‘yxatini tuzdi va rasmlari bilan taqdim etdi.
Birlashgan Arab Amirliklari
Yozda Birlashgan Arab Amirliklarida chidab bo‘lmaydigan issiq hukm suradi. Ba‘zan harorat 50° S gacha ko‘tariladi. Ushbu mashhur davlatlarga borish uchun kuzning o‘rtasidan bahorning o‘rtalariga qadar bo‘lgan vaqtlarni tanlagan ma’qul.
Bolgariya
Iordaniya
Kipr
Hindiston
Kuba
Tanzaniya
Italiya
Singapur
Marokko
Meksika | 73 | 708 |
Foto | Fotogalereya: Dunyo go‘zallari va ularning qizlari | Genetik lotereya oldindan aytib bo‘lmaydigan va qiziq o‘yin sanaladi. Ba’zan butun dunyoga mashhur go‘zallarning bolalari oddiy tashqi ko‘rinishga ega bo‘lsa, ba’zan farzandlarning go‘zalligi ota-onasini ortda qoldiradi. AdMe dunyoga mashhur go‘zallar va ularning qizlari aks etgan fotojamlanmani taqdim etdi. | 50 | 309 |
Foto | Xitoyda avtomobilning orqa oynasiga qo‘rqinchli stikerlar yopishtirish ommalashmoqda (foto) | Xitoyda avtomobil faralarining uzoq masofani yoritishga mo‘ljallangan funksiyasidan foydalanishni yaxshi ko‘radigan odamlarga qarshi kurashishning ajoyib usuli o‘ylab topildi. Ko‘plab haydovchilar o‘z avtomobilining orqa oynasiga qo‘rqinchli stikerlarni yopishtirmoqda. Ushbu stikerlar orqadan kelayotgan avtomobil uzoqni yoritishga mo‘ljallangan faralarini o‘chirmagan taqdirda ko‘rinadi, deb xabar berdi TravelAsk.
Mamlakatda mashhurlikka erishgan ushbu stikerlarning narxi uch dollardan 20 dollargacha.
Stikerlarni mamlakatning hamma joyida ham ijobiy qabul qilishmadi. Masalan, Shandunda stiker yopishtirib olgan haydovchi 15 dollar jarimaga tortiladi. Pekinda esa qonun stikerlarni yopishtirishni taqiqlamaydi, biroq orqadan kelayotgan haydovchi qo‘rqib ketib YTH sodir esa, bunda uni qoʻrqitgan haydovchi aybdor deb topiladi. | 91 | 833 |
Foto | Foto: Oq uyning faqatgina prezidentlarga ma’lum bo‘lgan sirlari | AdMe Oq uyning ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan sirlari haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.
Bolalar bog‘i
Bolalar bog‘i 1968-yilda qurilgan bo‘lib, prezident Lindon B.Jonson va uning rafiqasini prezidentlik muddati tugashi munosabati bilan taqdim etgan xayrlashuv sovg‘asi bo‘lgan. Aynan o‘sha vaqtda birinchi bor toshlarga bolalar qo‘lining bronza izi tushirilgan.
Yegulik va ichimliklar
Prezidentlar Oq uyda xuddi mehmonxonada yashagandek yashashadi, ya’ni har oyning oxirida ularga iste’mol qilgan yeguliklari va foydalangan xizmatlari uchun hisob varag‘i beriladi. Sobiq bosh boshaqruvchi Garri Uoltersning eslashicha, barcha prezident oilalari narxlar yuqoriligidan shikoyat qilishadi. Narxlar yuqoriligidan tashqari prezidentlar tanlovi cheklangan — Oq uydagi barcha vinolar Amerikada ishlab chiqarilgan bo‘lishi kerak.
Yerto‘ladagi shahar
Xaridni amalga oshirish yoki stomatolog yoniga borish uchun prezident oilasining a’zolari yerto‘laga tushishlari kifoya. Binoning shimoliy qanotida do‘kon, bouling, stomatolog xonasi, gullar do‘koni mavjud.
Oq uyga maxfiy kirish joyi
G‘azna va departament o‘rtasida yashirin yerosti yo‘lagi 1920-yilda xavfsizlik nuqtai nazaridan paydo bo‘lgan. Hozirda undan foydalaniladimi yoki yo‘q noma’lum, biroq kirish kun-u tun videonazorat ostida.
Eskirgan texnologiyalar
Yaqin vaqtlarga qadar Oq uyda eski texnologiyalardan foydalanilgan. Wi-Fi’siz sekin internet, oq-qora printer, disketlar va eskirgan telefonlar prezident ma’muriyatining sekin ishlashiga sabab bo‘lgan.
“Ko‘k g‘oz” minbari
Oq uyning brifinglar zalidagi minbarning yana bir nomi “Ko‘k g‘oz”. Ushbu minbardan faqatgina prezidentning chiqishlarida foydalaniladi, chunki u birinchi navbatda o‘q o‘tmas materialdan tayyorlangani bilan prezident xavfsizligini ta’minlaydi.
AQSh hukumatining majlislar zali
Faqatgina prezident ushbu xonada majlis o‘tkaza oladi. Ushbu huquq ramziy ma’noda prezidentlik o‘rindig‘ida ham aks ettirilgan, ya’ni uning balandiligi boshqalarnikidan 5 santimetrga balandroq. | 63 | 2,006 |
Foto | Fotoreportaj: Harbiy xizmatchilar murakkab vazifalarni bajarish mashg‘ulotlarida | Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugning Surxondaryo viloyatida joylashgan dala-o‘quv maydonlarining birida zamonaviy jang uslublari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti “Daryo”ga ma’lum qildi.
“Yig‘in!” signali berilishi bilan harbiy xizmatchilar poligon tomon yo‘l oldi va bo‘linmalarning jipsligini yanada mustahkamlash, o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha bilimlarini oshirish maqsadida tashkil etilgan mazkur mashg‘ulotda harbiy xizmatchilar tog‘ tayyorgarligiga oid bilim va malakalarini mustahkamladi.
Shaxsiy tarkibning tog‘ tayyorgarligiga oid ko‘nikmalarini tobora mustahkamlab borishni ta’minlaydigan o‘quv nuqtasida guruh shaxsiy tarkibi tog‘ tayyorgarligi bo‘yicha amaliy mashqlarni bajardi.
Shundan so‘ng shaxsiy tarkib tog‘li to‘siqlarga chiqish, tushish, jangovar pozitsiyani egallash mashqlarini amalda bajardi. Bu jarayonda shaxsiy tarkib taktik harakatlanib, yon atrofni kuzatish uchun dozorlar qo‘ydi, shu orqali ehtimoliy xavfning oldi olindi. | 80 | 1,044 |
Foto | Fotogalereya: XXI asrga kelib ayollarga erkaklar bilan tenglashish huquqini bergan 13 mamlakat | Ayollar huquqlari va erkinliklari uchun kurash XIX asrdayoq boshlangan. Lekin hozirgi kungacha ba’zi mamlakat ayollari har doim ham erkaklar bilan teng huquqqa ega bo‘lavermaydi. AdMe XXI asrga kelib, ayollari teng huquq olgan 13 mamlakat haqida yozdi.
Xitoy
Saudiya Arabistoni
AQSh
Islandiya
Filippin
Tunis
Isroil
Shveysariya
Hindiston
Fransiya
Ispaniya
Chili
Turkiya
View this post on Instagram | 94 | 416 |
Foto | Yonayotgan JAR parlamenti binosi, muzlab qolgan osma dor yo'li, Niderlandiyada Yangi yilda yoqilgan mashinalar — 2 yanvar suratlari | Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz.
AQShning Nyu-Mexiko shtatida dor yo'lidan foydalanib, kechasi bilan o'sha yerda qolib ketgan yo'lovchi pastga tushirilmoqda. Kanat yo'li muzlab qolgan. Tuni bilan qolib ketgan yo'lovchilar ushbu osma yo'l yoki tog' cho'qqisida joylashgan restoran xodimlari edi.
Bangladeshdagi maktablarning birida o'quvchilarga yangi kitoblar tarqatildi.
Janubiy Afrika Respublikasining Keyptaun shahrida o't o'chiruvchilar joylashgan parlament binosining olovini o'chiryapti.
Tailandning Moei daryosi yonidagi vaqtinchalik lagerda yashovchi Myanmadan vaqtinchalik ko'chirilgan odamlar xayriya mollarini olishmoqda.
xitoyning Sudjou daryosi bo'yida joylashgan 1000 daraxt majmuasi. U san'at galereyalari, muzeylar, restoranlar va ko'ngilochar joylarni o'z ichiga oladi.
Tailand poytaxti Bangkok shahrida rohiblar smartfoniga qaragancha o'z poezdlarini kutmoqda.
Eshkak eshuvchilar Buyuk Britaniyadagi Avon daryosi bo'ylab suzib bormoqda. Ma'lumot uchun, mamlakatda eng issiq Yangi yil bayrami kunlari qayd etilmoqda.
Tomoshabinlar erta tongda Hindistondagi Yamuna daryosi qirg'og'iga Sibirdan ko'chmanchi chayqalarni ko'rish uchun kelishadi.
Saudiya Arabistoni cho'llarida Dakar Rallisi poyga musobaqasining guruh bosqichi davom etmoqda.
Afg'onistonning Kobul shahrida ko'cha ovqatlarini sotuvchi kishi o'z do'konida o'tiribdi.
Meksikaning Nyu-Mexiko shahrida bolakay o'tgan yilgi berilgan noz-ne'matga shukr keltirish uchun ibodat qilishga ketmoqda.
Niderlandiyaning Ven qishlog'ida yangi yil boshlanishida eski mashinalarni yoqish an'anasi bor. Suratda o't o'chiruvchilar ana shu an'ananing oqibatini bartaraf etmoqda. | 131 | 1,665 |
Foto | 2016-yilning sportga oid eng yorqin suratlari (fotogalereya) | 2016-yilda yirik sport musobaqalari – Yevropa chempionati, Rio–2016 Olimpiya o‘yinlari, “Tur de Frans” velopoygasi va qator turnirlar bo‘lib o‘tdi. Quyida 2016 yilning sportga oid eng yorqin suratlari keltirilgan.
Rio–2016 Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimi
Britaniyalik velopoygachi Kris Frum “Tur de Frans”da g‘alaba sari yo‘l olmoqda
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi bo‘lib ishlagan Lui van Gal yordamchi hakam oldida yiqilib bergan holati
Rio–2016. Amerikalik suzuvchi Jordan Villimovskiy
Rio–2016. Venesuela velopoygachi Enji Sabrina Gonsales final poygasi vaqtida
“Formula-1” poygachisi Niko Xyulkenberg
Rio–2016. Rossiyalik qilichboz Artur Axmatxuzin (o‘ngda) amerikalik Mayls Maynxardtga hujum qilmoqda
“Manchester Siti” posboni Jo Xart “Real” himoyachisi Pepening zarbasini qorni bilan qaytargan vaziyat
2016-yilda faoliyatini yakunlagan Kobi Brayant Los-Anjelesdagi Kids’ Choice Sports Awards mukofotini taqdirlash marosimida
Nemui Fan Mi va Mariya Kurxo suvga sakrash bo‘yicha Londonda bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionati vaqtida tayyorgarlik ko‘rmoqda
Rio–2016. Avstraliya va Braziliya voterpolchilari
Rio–2016. Rossiya termasining sinxron suzish bo‘yicha ishtiroki
“Filadelfiya Flayers” xokkeychisi Maykl Del Zotto “Monreal Kanadiyens”ga qarshi o‘yinda oynali to‘siqqa urilib, uni sindirib yubordi
Avstraliyalik suzuvchi Mitch Larkin Sidneydagi turnirda
Rio–2016. O‘zbekistonlik Bektemir Meliqo‘ziyev meksikalik Misael Rodrigesga qarshi. Mazkur uchrashuvda 20 yoshli Bektemir g‘alaba qozondi. Turnir yakunida esa o‘zbekistonlik bokschi -75 kg vazn toifasida kumush medalga sazovor bo‘ldi
Yevro–2016 finalida Portugaliya termasi sardori Krishtianu Ronaldu jarohat olgandi. U maxsus zambilda olib chiqilgan
“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan “Atletiko”ga qarshi YChL finalidan keyin. “Real” penaltilar seriyasida zafar quchgandi
Rio–2016. Gollandiyalik velotrekchi Lorin van Rissen va fransiyalik Virjin Kef qulay pozitsiya uchun kurashmoqda
Chexiyalik tennischi Barbara Stritsova Australian Open–2016 da belaruslik Viktoriya Azarenkoga qarshi o‘yinda breyk-poyntni amalga oshirgan vaqtida
Rio–2016. Yamaykalik sprinter Useyn Bolt 100 metrga yugurish bo‘yicha yarim final bahsida. Marraga birinchi bo‘lib yetib kelayotgan Bolt raqibiga hamda kamera obyektiviga qarashga ulgurdi
Venadagi marafon vaqtida 42 ming ishtirokchi Rayxsbryuk ko‘prigi orqali Dunay daryosini kesib o‘tmoqda
Rio–2016. Britaniyalik Tomas Deyli 10 metr balandlikdan suvga sakrash bahslari yarim finalida. Yakunda u Olimpiada bronza medaliga sazovor bo‘ldi
“Bruklin Nets” basketbolchisi Bruk Lopes “Klivlend Kavalyers” a’zosi Tristan Tompson bilan to‘p uchun kurashmoqda
“Frayburg” darvozaboni Aleksandr Shvolov “RB Leypsig” darvozasiga kiritilgan golni nishonlamoqda. Uchrashuv 2016-yilning 7-mart kuni bo‘lib o‘tdi
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 60 | 2,987 |
Foto | Fotogalereya: XX asrning eng go‘zal ayollari | AdMe o‘z talqini asosida XX asrning eng go‘zal ayollarining suratlarini taqdim etdi. | 44 | 84 |
Foto | Turkiy kengash vazirlari yigʻilishining birinchi kuni qanday oʻtdi? — suratlarda | Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida 23–24 iyun kunlari Turkiy kengash turizm masalalari vazirlarining VI yigʻilishi va Turizm boʻyicha ishchi guruhning XV yigʻilishi boʻlib oʻtishi rejalashtirilgani haqida xabar berilgan edi. Shu munosabat bilan Turizm va sport vazirligi tomonidan tashkil etilgan press-tur doirasida «Bugun.uz» muxbiri tashrifning birinchi kunidan fotoreportaj tayyorladi.
OAV vakillarining dastlabki manzili viloyatning Margʻilon shahri boʻldi. Shaharda 2020 yilda usta Ibrohim Sultonov tashabbusi bilan davlat-xususiy sheriklik asosida Hunarmandlar markazi qurilib, foydalanishga topshirilgan edi.
Ta'kidlanishicha, tadbirda turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Turkiy kengash bosh kotibi Bagʻdat Amreev, Turkiya madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy, Qozogʻiston madaniyat va sport ishlari vaziri Aktoti Raimkulova, Qirgʻiziston iqtisodiyot va moliya vaziri Akilbek Japarov, Ozarbayjon davlat turizm agentligi raisi Fuad Nagiev ishtirok etgan.
Muassasada 600 nafar usta faoliyat boshlab, 200 ortiq turdagi atlas va adras toʻqish, gilamchilik, maishiy xizmat, tikuvchilik, hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, ular tomonidan 2 mingga yaqin xotin-qiz, yoshlar ishga jalb etildi.
Binoning yuqori qavatida gilam sexi joylashgan. Bu yerda barcha mahsulotlar toʻliq qoʻl mehnati yordamida, 100 foiz toza ipakdan toʻqiladi.
Hunarmand Ibrohim Sultonovning «Ismoiljon gilamlari» korxonasi mahsulotlari butun dunyoga mashhur. Hunarmandlar markazida ham mahsulotlarning sifati yuqori. Asl ipakka tabiiy boʻyoqlardan gul chizib, mato toʻqiladi. Shu bois bu mahsulotlarga hozirdan xaridor tayyor. Gilamlar, asosan, Turkiyaga, atlas, adras matolar AQSh, Italiya, Fransiya, Rossiya, Qozogʻiston, Tojikiston kabi mamlakatlarga eksport qilinadi.
Ikki qavatli markazning qoʻyi qavatida atlas, adras, shoyi, baxmal, beqasam matolar toʻqiladi. Birinchi qavatdan tayyor mahsulotlar koʻrgazmasi, podium, chevarxona oʻrin olgan. Bu yerdagi doʻkonda matoga gul chizish, bogʻlash, davra, qad tayyorlash jarayonlari koʻrgazmali tarzda namoyish etiladi.
Hunarmandlar markazi ushbu shaharning sayyohlik salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. Osori atiqalar bilan tanishgan sayyohlar bu yerga kelib atlas, adras toʻqish jarayonini bevosita kuzatish imkoniga ega boʻladi, ham oʻzi xohlagan mahsulotni xarid qiladi, shu yerdagi chevarxonada oʻz didiga mos libos tiktirib kiyib ketaveradi. Markaz binosida bank shoxobchasi faoliyat koʻrsatadi, fotogalereya tashkil etilgan.
Bundan keyin OAV vakillari viloyatning Rishton tumaniga borib, u yerdagi Xalqaro kulolchilik markaziga tashrif buyurdi. Bu yerda 20 ta ikki qavatli kulollar xonadoni, Rishton tarixi muzeyi, bank xizmatlari markazi bunyod etilgan. Uylarning birinchi qavatida ustaxona va savdo doʻkoni joylashgan, ikkinchi qavatda hunarmandlar oilasi yashaydi.
Xonadonlarda 6 oʻrinli mehmonxona ham mavjud. Chet ellik sayyohlar bu yerda yashab, kulollarning ishi bilan tanishishi mumkin. Markaz foydalanishga topshirilishi bilan 250 ga yaqin ish oʻrni yaratilgan. Kulolchilik mahsulotlari Birlashgan Arab Amirliklari, Chexiya, Turkiya, Rossiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston kabi davlatlarga eksport qilinmoqda.
Oʻzbekiston xalq ustasi Alisher Nazirov mazkur ustaxona rahbari hisoblanadi. Xalqaro kulolchilik markazida «Hunarmand» uyushmasining tuman boʻlimi, oʻquv markazi ham joylashgan. Qurilish jarayonida shu yerdagi Xoʻja Rushnoiy maqbarasi obod qilingan. Tadbir ishtirokchilari ushbu maqbarani ham ziyorat qildi.
Turning birinchi kunini viloyatning Uchkoʻprik tumaniga qilingan tashrif yakunlab berdi. «Mehrigiyo» xususiy korxonasida dorivor oʻsimliklarni yetishtirish, tayyorlash va birlamchi qayta ishlash, klasterlar bilan hamkorlik qilish yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, OAV vakillari ushbu korxonaga qarashli 5 gektar maydonda joylashgan lavanda dalasi bilan tanishtirildi. Ularga ushbu oʻsimlikning foydali xususiyatlari va afzalliklari korxona xodimlari tomonidan tushuntirildi.
Tadbir soʻngida madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ham mazkur korxonaga tashrif buyurdi.
Ma'lumot uchun, Turkiy kengash turizm masalalari vazirlarining VI yigʻilishi 24 iyun sanasida boʻlib oʻtadi. | 80 | 4,225 |
Foto | Hayvonlar insonlarni ular o‘ylaganidan ham ko‘ra ko‘proq yaxshi ko‘rishini isbotlovchi suratlar (foto) | Ma’lumki, insonlarga itdan ko‘ra sodiqroq jonzot yo‘q. Mushuklar esa o‘z egasining holatini bir chaqirim naridan his qiladi. Ular chinakam muhabbati va samimiyligi uchun ham odamlar tomonidan qadrlanadi.
Men otlar bo‘yicha veterinarman. Bu kichkintoyning egasi bilan suhbatlashguncha u oyoqlarim ustida uxlab qoldi.
Ushbu kuchuk homilador ayolimni bir zumga ham tark etmaydi.
Yotoq o‘rni endi egasiga qaytarilmasa kerak.
Do‘stimning mushugi men bilan o‘tirishni yaxshi ko‘radi.
“Kichkina” himoyachi doimo qo‘riqlash bilan band.
Uyimizning yangi mehmoni Gyunter.
Turmush o‘rtog‘im mushuk olib kelishni istamagandi. Lekin mushuk doimo unga mehr bilan qaraydi.
Birgina fotosuratda akst etgan olam-olam ma’yuslik.
Go‘yoki u hamisha yonimda bo‘lgan.
Mashinadan topib olingan mushukchaga yangi uy manzur kelganga o‘xshaydi.
Volter buni juda yoqtiradi.
3 oylik Zora quchoqlashishni juda ham yaxshi ko‘radi.
Fin 5 kunlik ayriliqdan keyin...
Rasmga tushishni o‘rganish darsi.
Ba’zilarda depressiyadan chiqaradigan narsalar bor, mening esa Stellam bor. U eng yomon kunlarimda ham xursand qila oladi.
Ishdagi stress tufayli yig‘layotgan edim. U yupatish uchun keldi.
Kuni kecha turmush o‘rtog‘im Oola ismli mushukni olib keldi.
Kalamushni boqayotgan mushuk. | 102 | 1,263 |
Foto | Fotograf har qanday sharoitda ham chiroyli suratga olish sirlarini fosh etdi (fotogalereya) | Nemis fotografi Kay Byottxerning (Kai Böttcher) ishlari tomoshabinni hayratlantiradi: yorqin bo‘yoqlar, yorug‘lik va soyaning yengil o‘yini hamda go‘zallik timsoli bo‘lgan sohibjamol qizlar. Suratkashning Instagram’dagi sahifasi 500 mingdan ko‘proq obunachiga ega. Ba’zan Kay o‘zini Instagram’da kuzatib boruvchi auditoriyaga suratlarining yaratilish jarayoni haqidagi ma’lumotlarni ham berib boradi. Ushbu jarayondan lavhalarda betakror suratlarning oddiy ko‘p qavatli uylar oldi, yuvinish xonasi yoki oddiy do‘konda yaralganini bilish mumkin.
AdMe nashri iste’dodli fotografning asarlarini to‘plagan. Fotogalereyani tomosha qilib mohir ijodkorning g‘aroyib suratlari siri bilan tanishing.
Suratlar ortidagi sirlar: Instagram’dagi fotobloger eng omadli suratlarining sirini fosh etdi (foto) | 91 | 802 |
Foto | Selfi tayoqchalari, labirintga o‘xshash ko‘chalar va buddaviylar: bugungi Xitoy (fotogalereya) | 21-asrda Xitoy dunyoning eng seraholi davlatlari ro‘yxatini boshqarib kelmoqda, uning iqtisodiy ko‘rsatkichlari esa faol o‘sib bormoqda. Мamlakat qadim madaniyatga ega, xotirjamlik muhiti va bir maromdagi hayot tarzi esa bugungi kungacha sezilib turadi. Travelask tomonidan tayyorlangan quyidagi fotojamlanma zamonaviy Xitoyning kundalik hayoti bilan yaqindan tanishish imkonini beradi.
Dengiz piyoda askarlarining harbiy mashg‘uloti.
Mamlakatda aholi ko‘p bo‘lgani uchun haqiqiy ko‘p qavatli “chumoli uyalari” qurishga to‘g‘ri keladi. Mazkur daha Gonkongda suratga tushirilgan.
Xitoyliklar ko‘pincha niqob va respiratorlarda yurishlariga to‘g‘ri keladi, chunki havodagi zararli moddalar darajasi me’yordagidan salkam besh barobar ko‘p.
Shanxaydagi mashhur 468 metrli “Sharq durdonasi” teleminorasi.
Xanchjou temir yo‘l bekatidagi odatiy kun.
Chjenchjouda mazkur hudud quyuq zaharli havo bo‘lmaganida qanday ko‘rinish kasb etishini ko‘rsatadigan teleekran o‘rnatilgan.
Sertarda Tibetning sirli makoni va buddaviylar uchun eng ahamiyatli manzil — Larung Gar buddaviylar akademiyasi joylashgan.
Guanchjoudagi ulkan teleminoraning eng yuqorisida shunday kabinkalar yuradi va u yerdan ajoyib manzaralarni tomosha qilish mumkin.
Xitoycha ko‘cha san’ati.
Mazkur yo‘llar yuqoridan haqiqiy labirintga o‘xshaydi.
Bu ruhoniy Syuanchjouda uch yil avval, 94 yoshida vafot etgan va hurmat tariqasida tanasi mo‘miyolashtirilgan.
Xitoy yangi yili uchun bezatilgan Pekindagi ko‘cha.
Gonkongdagi osmono‘par binolar qurshovida qolgan qishloq.
Pekindagi Tyananmen maydonida bayroq ko‘tarish marosimida selfi tayoqlari Xitoyda qanchalik ommalashganini payqash mumkin.
Xitoylik harbiy Chaoxu okrugidagi (Anxoy provinsiyasi) mashqlar chog‘ida. | 94 | 1,735 |
Foto | Dunyoda shunday orol bor: Unda atigi 136 kishi istiqomat qiladi (fotogalereya) | Mgingo oroli Afrikadagi Viktoriya ko‘lida joylashgan. Uning maydoni 1,8 ming kvadrat metr atrofida bo‘lib, oroldagi kulbalarda 131 kishi istiqomat qiladi. Bu yerlik kishilar o‘zlari uchun “senat respublikasi”ni tashkil qilib olgan va ular baliqchilik evaziga kun ko‘rad. Aholi o‘z jamiyatlariga begonalarning qo‘shilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Orol Keniya va Uganda o‘rtasidagi bahsli hudud sifatida qayd etilgan.
Qayd etish joiz, orol faqat 1991-yilga kelib o‘z aholisiga ega bo‘lgan. O‘shanda keniyalik ikki baliqchi — Dalmas Tembo va Dorj Kibebe orolda qolib yashashni maqsad qiladi. Orolga kelishdan avval esa ular Viktoriya ko‘li atrofidagi yovuz ruhlarni haydash uchun keksa afsungarga 300 kg baliq berishga majbur bo‘lgan. “BigPikcha” Mgingo oroli haqidagi ma’lumotlarni taqdim qildi.
1. Shundan so‘ng ikki botir baliqchiga Keniya, Uganda va Tanzaniyadan yana 60 afrikalik kelib qo‘shilgan. Mgingoga ko‘chib o‘tishdan asosiy maqsad faqat yaxshi ov qilish imkoniyati emas, balki tengsizlik va johillik bo‘lmagan shaxsiy “davlat”ni barpo etish ham iborat bo‘lgan. 2009-yilga kelib, orol aholisi 131 kishiga yetadi. Shundan so‘ng “nufuzli senatorlar” — Tembo va Kibebe o‘z kommunalariga boshqa hech kimni qabul qilmaslik borasida qarorni qabul qiladi.
2. Mgingoda asosiy ovlanuvchi baliq — Nil olabug‘asidir. Orolda bir oila o‘rtacha bir hafta ichida 200—250 dollar ishlashi topishi mumkin. Bu esa qo‘shni mamlakatlardagi afrikaliklarning 2-3 oylik o‘rtacha maoshiga teng.
3. Mgingo “davlatcha”sining mustaqilligini saqlab qolishga orolning Keniya va Uganda o‘rtasidagi bahsli hudud sifatida qolayotgani imkoniyat yaratmoqda. Har ikki davlat ham orolni o‘z tarkibiga qo‘shib ololgani yo‘q, shu sababdan ham ular bu yerdagi baliqchilar hayotiga aralashishga ko‘z yumib kelmoqda.
4. So‘nggi 20 yil ichida ikki mamlakat Mgingo tufayli 9 bora qurolli to‘qnashuvga borgan. Avvaliga Keniya va Uganda qirg‘oq muhofazasi xodimlari baliqchilarning qayiqlarini sindirib tashlagan. Hattoki ularning to‘rlarini uzib, olti kishini otib ham tashlagan. Ammo keyin ikki mamlakat kelishuvga erishgan. Natijada kommuna ularga soliq to‘laydigan bo‘lib qolgan.
5. Keniya va Ugandaga to‘lanadigan soliqlar baliqchilar daromadining 25 foizini tashkil etadi. Shuningdek, yan 10 foiz daromad apparat va kommuna mudofaa kuchlariga sarflanadi, ya’ni orol aholisi o‘z ozodligi uchun ishlab topgan pulining 60 foizini “davlat”larga to‘lashiga to‘g‘ri keladi. Lekin qoladigan 40 foiz daromadning o‘zi ham ularga Viktoriya ko‘lidagi boshqa qo‘shnilaridan yetarlicha yaxshi yashashga imkoniyat beradi.
6. Orolda 5 ta bar, go‘zallik saloni, dorixona, shuningdek, bir necha mehmonxona va 4 ta ko‘ngilochar uy mavjud. Erkaklar bu yerda baliq ovlash, ularning ayollari va qarindoshlari esa qomatlariga e’tibor berish bilan mashg‘ul bo‘ladi. Bu yerda begona odam kommuna qoidalariga ko‘ra bir kundan ko‘p qola olmaydi.
7. Kommunani umrbod ikki “nufuzli senator” Tembo va Kibebe boshqaradi, bulardan tashqari, yana 5 nafar senator (faqat 30 yoshdan oshgan erkaklar) tanlab olinadi. Qarorlar “kuchli yettilik” orqali ko‘pchilik bilan qabul qilinadi.
8. Mgingodagi eng oliy jazo undan haydalish hisoblanadi, xashak qamchilarda savalash esa eng oddiy jazodir. “Davlat” paydo bo‘lgan vaqtdan boshlab oroldan 6 kishi quvg‘in bo‘lgan. Ularning quvilishiga sabab esa — o‘g‘irlik.
9. Mgingodan 200 metr narida yana bir orol — Usingo ham bor. U yerda aholi yo‘q. Kommuna aholisi Usingoda Tuk ismli yovuz ruh yashaydi degan fikrda. Ularning qarashi ko‘ra Mgingodan quvilgan yovuz ruh — Kalele ham Usingodan qo‘nim topgan. Usingo ham Keniya va Uganda o‘rtasidagi bahsli hudud hisoblanadi. | 78 | 3,647 |
Foto | Fotogalereya: Ispaniyadagi “o‘zga sayyora me’morchiligi” | Ispaniyalik suratkash va talaba Al Mafer Valensiyaning Benidorm shahrida joylashgan binolarni suratga olib, ularni “o‘zga sayyora me’morchiligi” nomli fotojamlanmaga birlashtirdi. | 56 | 179 |
Foto | Fotogalereya: Tabiat in’om etgan go‘zallikka ega bolajonlar | Madawoman nashri dunyoning turli mamlakatlarida yashovchi jajji qizaloqlarning ajoyib suratlarni taqdim etdi. | 59 | 109 |
Foto | Foto: Tabiat qudrati va go‘zalligini o‘zida mujassamlashtirgan suratlar | Hayotda eng oddiy narsalarda go‘zallikni ko‘ra olish muhim hisoblanadi. Ayrim hollarda uy yoki ofis derazasi ortida hayratlanarli go‘zallik yashiringan bo‘ladi. Yaxshiki, hozirda hammada telefon bor. Ushbu gadjet go‘zalliklarni tarixga muhrlab, uni boshqalar bilan bo‘lishishga imkon beradi.
AdMe tabiat qudrati va go‘zalliklarini o‘zida jamlagan suratlarni taqdim etdi.
“Ochiq osmonda aks etgan bo‘ron”.
“Montana tog‘larida suv ichayotgan akamning oti. Uning laqabi Amigo Jo”.
“Bugungi hayking mashg‘uloti paytida olingan go‘zal manzara tasviri”.
Vankuverdagi Stenli-park
Kanyon yaqinida o‘suvchi daraxt.
“Quyosh botishi oldidan sayrga chiqishimning sababi shu manzara”.
“Tabiat bilan uyg‘unlik”.
“Finlyandiyada yoz oqshomi”.
“Tumanli kunda do‘stlarimni suratga oldim”.
“Islandiyadagi muz ortidan ko‘rinuvchi manzara”.
“Tashlandiq trubadan o‘sib chiqqan daraxt”.
“Kokonino” milliy qo‘riqxonasi
“Yangi ofisim derazasidan ko‘rinadigan manzara”.
“Texas ustida ko‘ringan bulut”
“Quyon ini ichidagi manzara”.
“Yotoqxonam derazasidan ko‘rinadigan manzara”.
“Tailandning Pxi-Pxi oroli. Filtrsiz”.
Portugaliyadagi 9 ta izolyatsiya qilingan orollarning milliy guli gortenziya.
“Chaqmoq rasmi”
“Derazamdan tong otishi shunday ko‘rinadi”.
“Kanat yo‘lining tundagi ko‘rinishi”
“Olimpik” milliy bog‘i
Tabiatdan zavqlanish
Boshqa qiziqarli fotojamlanmalar: | 71 | 1,390 |
Foto | Fotogalereya: Italiyaning qarovsiz qolgan saroylari fransuz fotografi nigohida | Qariyb o‘n yil davomida fransuz fotografi Tomas Jorion Italiyaga tashrif buyurib, 18—19-asrga oid dekadent saroylarni o‘rgandi. Veduta loyihasi doirasida u vayron bo‘lgan saroylarni kameraga joyladi. Travel Ask ushbu suratlarni taqdim etdi. | 78 | 241 |
Foto | Vandallar hujumiga uchragan Kolumb haykali, Kaliforniyada yongan kanon, Ispaniyada oʻtgan harbiy parad — 12 oktyabr suratlari | Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz.
Chilining Makul shahridagi shina zavodida yongʻin kelib chiqdi. Oqibatda bir kishi halok boʻldi.
Podmoskove viloyatidagi turar-joy muzeyidagi oʻrdak.
Nepaldagi nevar jamoalari xudolar va ma‘budlarning shaytonlar ustidan gʻalabasi sharafiga oʻtkaziladigan Sikaali bayramini nishonlamoqda.
Kompasu tropik sikloni Gongkong sohillariga kuchli shamol va baland toʻlqinlarni boshlab keldi.
Madridda Ispaniya milliy bayrami munosabati bilan harbiy parad oʻtkazildi.
Sankt-Peterburgda Andreevskiy bayrogʻini koʻtarish va «Magadan» suv osti kemasini Rossiya dengiz flotiga qabul qilishning tantanali marosimi boʻlib oʻtdi.
Londondagi Xristofor Kolumb haykali vandallar hujumiga uchradi. Ular haykalni qizil boʻyoq bilan boʻyagan.
Buyuk Britaniyada qandolatchi Villi Vonka haqidagi filmni suratga olish ishlari boshlandi. Filmda bosh rolni Gollivud aktyori Timoti Shalame oʻynaydi.
Mavrikiy orollaridagi gekkon.
Kaliforniyadagi Refuxio kanonida yongʻin sodir boʻldi. | 125 | 1,017 |
Foto | Foto: Xarid borasida aldangan odamlar tomonidan sotib olingan buyumlar | Biron narsa yoki buyum sotib olish bugungi kunda lotereyaga o‘xshaydi. Ushlab ko‘rib, tekshirilgani bilan hech kimning aldanmasligiga kafolat yo‘q. Internet do‘konlari haqida-ku gapirmasa ham bo‘laveradi.
“Qilgan buyurtmam yetib keldi”.
“Meni cho‘ntakbop narxdagi iPhone deb o‘ylagandim, bu stol bo‘lib chiqdi”.
“O‘g‘limga qishki kurtka xarid qilgandik. Kapyushoni kutganimizdan ham ortiq bo‘lib chiqdi”.
Atrof to‘la razolat.
Tort sotuvchisiga uyat-uyat!
“Patlari bor xalatga buyurtma bergandim, kelganidan keyin ochib ko‘rib patlar yopishtirilganini tushunib yetdim”.
Ishlab chiqaruvchilarning saxovatiga izoh yo‘q.
Xavfsizlik kamarining g‘alatiroq g‘ilofi.
Ichidan yong‘oq deyarli chiqmadi.
“Yashil no‘xati bor makaron deb xarid qilganimiz, makaroni bor yashil no‘xat bo‘lib chiqdi”.
“Chuchvarani xom sanash: birinchi bo‘lib buyurtma qildim, deb o‘ylagandim, ikkinchi bo‘lib qo‘lga kiritdim”.
“Otam AliExpress’dan buyurtma qilgan qoshiq”.
“Voy alam jon, jon alam”.
“Bahaybat Ferrero Rocher! Buncha yaxshi, deb o‘ylagandim. Sifatsiz shokoladdan yasalgan dumaloq ichiga solingan ikkita konfet bo‘lib chiqdi. Buning uchun 10 dollar to‘lagandim”. | 70 | 1,158 |