Header|Content Biometrik ma’lumotlar|Foydalanuvchining, originallari raqamli ko‘rinishda elektron hisoblash mashinasi xotirasida saqlanadigan, ovoz tembri, qo‘l barmoqlarining shakli, izi va shular kabi shaxsiy farqlovchi belgilarini o‘zida ifodalovchi autentifikatsiya qilish vositalari. Biometrik texnologiya|Inson komandalarini biotoklar orqali foydalanuvchi tizimga yetkazish usuli. Biometriya|1. Shaxsni identifikatsiya qilish uchun biologik xususiyatlardan, masalan, barmoqlar izi yoki ovozdan foydalanish to‘g‘risidagi fan.2. Odam shaxsini fiziologik xarakteristikalarga asoslangan avtomatik identifikatsiya qilish usullari. Bionika|Tirik tabiat tamoyillari, xossalari, vazifalari va tuzilmalarini texnik qurilma va tizimlarda qo‘llashga qaratilgan amaliy fan. Internet o‘z-o‘zini tashkil qiluvchi tizim bo‘lib, ko‘p jihatlari bilan tirik organizm evolyutsiyasini «takrorlaydi». Bipolyar kod|Birliklar navbatma-navbat qarama-qarshi qutblilikning kuchlanish impulslarini, «0» esa impulsning yo‘qligini bildiradigan signal uzatish usuli. Bir/bir modeli|Ko‘p oqimlilik modeli, bunda har bir foydalanuvchi oqimi yadroning bitta aniq oqimida aks etadi. Bir darajali qurilma|Berilgan vaqtda bitta xavfsizlik darajasidagi ma’lumotlarni qayta ishlay olishi mumkin bo‘lgan funksional blok. Bir darajali tarmoq|Bitta yoki bir nechta kompyuterning boshqa oraliq qurilmalariga murojaat qilmasdan bir birlari bilan o‘zaro hamkorlikda ishlashi mumkin bo‘lgan tarmoq. Bir darajali tarmoqda kompyuterlar bir vaqtda mijoz ham, server ham bo‘lishi mumkin. «Bir darcha» prinsipi|Davlat xizmatlarini taqdim etish prinsipi, unga ko‘ra, bunday xizmatlar talabnoma beruvchi tegishli talab bilan bir marta murojaat qilgandan so‘ng ko‘rsatilishi kerak. Bir dyumdagi nuqtalar soni|Ekran va printerning ruxsat etish imkonini o‘lchashda qo‘llaniladigan birlik. Qurilma bir dyuymdagi kesmada ko‘rsatishi yoki chop etishi mumkin bo‘lgan nuqtalar soni. Dyuymdagi nuqtalar soni qancha ko‘p bo‘lsa, ekrandagi tasvir shuncha sifatli ko‘rinadi. Bir jinsli bo‘lmagan tarmoq|Turli topologiya fragmentlaridan va turli xil texnik vositalardan tuzilgan kompyuter tarmog‘i. Bunday tarmoqda har xil turdagi uskunalar va almashuv protokollaridan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi. Bir jinsli tarmoq|Mos keladigan uskuna va umumiy almashuv protokollaridan foydalanadigan, bir jinsli tuzilmaga ega tarmoq. Gomogen tarmoq deb ataladi. Bir kanalli kuchaytirgich (jamoaviy qabul qiluvchi antennalar uchun)|Chastotalar polosasining kengligi bitta muayyan televizion kanal bilan chegaralangan kuchaytirgich. Bir ko‘zguli antenna|Asosiy elementi fokusda nurlagich bilan joylashtirilgan parabolik ko‘zgu hisoblanadigan antenna. Bir lahzada suratga olish|1. Maxsus dastur yordamida olinadigan ekran nusxasi, kompyuter videoxotirasining bir zumlik nusxasi (kam hollarda tezkor xotira qurilmasi). So‘ng bunday nusxani diskda saqlab qo‘yish, bosib chiqarish, tahrir qilish mumkin va h.k.2. Bir onlik nusxa, stop-kadr. Bir martali bloknot|Vernam shifri deb ham ataladigan kriptotizim, mutlaqo tasodifan generatsiyalanadigan bit satridan foydalanadi. Kalit oqim uzunligi ochiq matn uzunligiga teng. Tasodifiy bitlar satri va ochiq matn XOR operatsiyasidan foydalanib, shifrmatnni ishlab chiqish uchun kombinatsiyalanadi. Bunday algoritm mutlaqo maxfiy hisoblanadi. Bir martali parol|Tarmoqqa har bir kirishdan so‘ng o‘zgaradigan, amal qilish muddati juda qisqa bo‘lgan parol. Bir martali raqamli imzo|Har qanday xabar uchun raqamli imzo faqat bir marta ishlatilishi mumkin bo‘lgan sxema, ya’ni har bir yangi xabar uchun kalitlarning yangi jufti talab qilinadi. Bunday sxemaning afzalligi uning tezkorligi hisoblanadi, kamchiligi – katta miqdordagi axborotni (ochiq kalitlarni) e’lon qilish zarurligi, chunki har bir imzo faqat bir marta ishlatiladi. Bir martali xabar|Faqat bir marta ishlatiladigan identifikator yoki raqam, ya’ni har bir keyingi aloqa seansida uning qiymati yangilanadi. Bir martali yoziladigan kompakt disk|Maxsus CD-disklarga bir martalik yozish imkonini beradigan qurilma. Bir modali optik tola|1. Signal bir moda yoki tarqalish yo‘li bo‘ylab o‘tadigan optik to‘lqin o‘tkazgich (tola). Bunday tola yadrosining diametri uncha katta bo‘lmaydi.2. Faqat bir moda tarqalishi mumkin bo‘lgan optik tola; odatda, bu tola pog‘onali sinish ko‘rsatgichiga ega bo‘ladi. Bir modali tola|Markaziy o‘tkazgichi to‘lqin uzunligi bilan taqqoslanadigan juda kichik diametrga ega bo‘lgan (odatda, 5-10 mkm), yorug‘lik to‘lqinining tarqalish sharoitlari yagona moda bilan cheklangan tola. Nurlar, qobiqdan qaytmagan holda, yorug‘lik o‘tkazgichning optik o‘qi bo‘ylab tarqaladi. Bir modali tolaning o‘tkazish polosasi 100 Gs/km va undan ko‘pni tashkil etadi. Bir nechta amaliy muhitning mavjudligi|Bitta operatsion tizim doirasida bir nechta operatsion tizim uchun ishlab chiqilgan dasturlarni bir vaqtda bajarish imkonini beradi. Ko‘p zamonaviy operatsion tizimlar bir vaqtda MS-DOS, Windows, UNIX (POSIX), OS/2 amaliy muhitlarini yoki bu ommabop to‘plamdan ayrim ko‘plikni ta’minlaydi. Ko‘plab amaliy muhitlar konsepsiyasi, bir qismi u yoki bu operatsion tizimning amaliy muhitini amalga oshiradigan turli serverlar ishlaydigan mikroyadro bazasidagi operatson tizimda oddiy amalga oshiriladi. Bir nechta kamerani tutib turish|Abonentning translyatsiya vaqtida foydalaniladigan turli kameralardan tasvirni tanlash imkoniyati. Bir nurli antenna panjarasi|Bitta nurni shakllantiruvchi antenna panjarasi. Bir platali kompyuter|Butunlay bitta bosma platada joylashtirilgan kompyuter. Bir pog‘onali muhofaza qilish tizimi|Yagona kalit dasturiy ta’minotdan foydalanishni ta’minlaydigan muhofaza qilish tizimi. Bir rangli arxitektura|Har bir abonent tizimi bir xil ko‘lamda resurslarni taqdim va isteʼmol qilishi mumkin bo‘lgan, axborot tizimining konsepsiyasi. Bir rangli arxitektura shu bilan tavsiflanadiki, unda hamma abonent tizimlar teng huquqli va ularning bir- birlarini resurslariga murojaatlari simmetrik bo‘ladi. Buning evaziga, foydalanuvchi maʼlumotlarning taqsimlangan ishlovini bajarishi, amaliy dasturlar, tashqi qurilmalar, shu jumladan, ixtiyoriy tizimlarda joylashgan fayllar bilan ishlashi mumkin. Bir rangli arxitektura tarmoq vositalarining oddiy yuklanishi, yengil kengaytirilishi bilan tavsiflanadi. Bir sekunddagi kilobit|SI tizimidagi ma’lumot uzatish tezligining birligi. Bir tomonga yo‘nalgan interfeys|Maʼlumotlarning faqat bitta yo‘nalishda uzatilishini taʼminlaydigan interfeys. Bir tomonlama autentifikatsiya qilish|Xabar jo‘natuvchi yoki oluvchini autentifikatsiya qilish. Bir tomonlama funksiya|Berilgan x argument bo‘yicha f(x) funksiya qiymati oson hisoblab chiqariladigan funksiya. f(x) ni x dan hisoblab chiqarish anchagina murakkab. Hozirgacha bir tomonlama funksiyalarning mavjudligi qat’iy isbotlanmagan. Axborotni shifrlash uchun bir tomonlama funksiyalarni qo‘llab bo‘lmaydi, chunki ular yordamida shifrlangan matnni, hatto uning qonuniy egasi ham rasshifrovka qila olmaydi. Kriptografiyada siri bo‘lgan bir tomonlama funksiyadan foydalaniladi. Bir tomonlama xeshlash algoritmi|Xesh-kod olingan dastlabki ma’lumotlarning xesh-kod qiymati asosida amalda tiklab bo‘lmaslik xossasiga ega bo‘lgan xeshlash algoritmi. Bir tomonlama shifrlash|Shifrlash, dastlabki ma’lumotlari tiklanishi mumkin bo‘lmagan shifrlangan matn uning natijasi hisoblanadi.Izoh – Bir tomonlama shifrlash autentifikatsiya qilishda ishlatiladi. Masalan, bir tomonlama shifrlash usuli bilan parolni shifrlash natijasida olingan shifrlangan matn saqlanib qoladi. Kechroq taqdim etilgan parol xuddi shu tarzda shifrlanadi. Keyin olingan ikkala shifrlangan matn solishtiriladi, agar ular bir xil bo‘lsa, unda to‘g‘ri parol taqdim etilgan. Bir turdagi uya; bir xil chastota sohasiga ega uya|Axborot almashinuvi qo‘shni klasterga kiruvchi yacheykalardan biridagi kabi, ayni shu chastotalar polosalarida ta’minlanadigan, hududiy jihatdan uzoqda joylashgan yacheyka (uya). Bir vaqtda uzatish|Bitta dasturni bir nechta tovush yoki televizion uzatish tarmoq‘i orqali bir vaqtda uzatish. Bir vaqtdagi qo‘ng‘iroq|Kiruvchi chaqiruvning birdaniga abonentning bir nechta (masalan, xizmat va mobil) рақамiga tushishi. Chaqiruvni ulash birinchi bo‘lib javob bergan рақамga amalga oshiriladi. Bir vazifali operatsion tizimlar|Virtual mashina foydalanuvchisiga kompyuter bilan ishlashni yanada sodda va qulay qilish vazifasini bajaradi. Bir vazifali operatsion tizimlar periferiya qurilmalarini boshqarish, fayllarni boshqarish vositalari, foydalanuvchi bilan muloqot vositalarini o‘z ichiga oladi. Bir xil darajali lokal hisoblash tarmog‘i (LHT)|Ajratilgan serveri bo‘lmagan va markazlashtirilgan tarzda boshqarilmaydigan LHT Bir yo‘ldoshning o‘tkazish qobiliyati|Yo‘ldosh retranslyatori samaradorligining integral ko‘rsatgichi. Yo‘ldosh orqali uzatiladigan berilgan o‘tkazish qobiliyati (masalan, 4,8 kbit/s) bilan telefon kanallarining o‘rtacha soni sifatida baholanadi. Ma’lumotlar uzatishga mo‘ljallangan tizimlarda o‘tkazish qobiliyati ma’lum vaqt oralig‘ida (masalan, bir sutka davomida) yo‘ldosh orqali uzatiladigan ma’lumotlarning yig‘ma hajmi sifatida baholanadi. Bir o‘lchamli taxminlash, 1-D taxminlash|Taxminlangan qiymat, yoyishning o‘sha satridagi kadrning qo‘shni elementlaridan kelib chiqib olinadigan taxminlash. Bir chastotali tarmoq|Bitta radiochastota kanalida bir xil signallarni nurlantiradigan sinxronlangan uzatuvchi stansiyalar tarmog‘i. Xususan, bir xil radiochastota kanalidan birgalikda foydalaniladigan va o‘xshash signallar uzatiladigan DVB-T sinxronlangan stansiyalar tarmog‘i. Birga yo‘naltirilgan interfeys|Interfeys turi bo‘lib, tarmoqdagi har bir stansiya bir vaqtning o‘zida axborot signalini generatsiyalaydi. Ikkala signal ham aynan bir yo‘nalishda, tarmoqning bir uzelidan ikkinchisiga izchil uzatiladi. Bunday usulda axborot ayirboshlaganda qarama-qarshi yo‘nalishlarda uzatish, liniyaning har ikki uchidagi tayanch generatorlari avtonom bo‘lgani sababli, har xil tezlik bilan amalga oshirilishi mumkin. Birgalikda foydalaniladigan resurslar|Bir vaqtda bir nechta foydalanuvchiga yoki jarayonga ajratiladigan resurslar. Birgalikda stroblash yoki diskretlash|Rangli alohida (komponentli) videosignalga nisbatan qo‘llaniladigan diskretlash usuli. Videosignallar bu holda yorqinlik signalini zichlash quyi eltuvchi chastotalarida diskretlanadi. Masalan, 4:2:2 usul orqali. Birgalikda stroblashda ikkita rang ajratuvchi signal yoki ajratilgan yorqinlik signali aynan o‘sha chastotalarda yoki yorqinlik signali stroblanadigan chastotalarning biri bilan bir vaqtda diskretlanadi. Biriktirilgan|Elektron xatga matn ko‘rinishidagi faylni biriktirish. Agar fayl formati *.txt yoki *.html ko‘rinishda bo‘lsa, uning mazmuni xatni o‘qishda ko‘rinadi. Birin-ketin joylashtirib muhofaza qilish|Xavfsizlik tizimi konsepsiyasi, unda tarmoqdagi har bir kichik tizim mumkin bo‘lgan maksimal darajagacha muhofaza qilinadi. Birinchi avlod|Analog ma’lumotlar uzatilishidan foydalaniladigan mobil aloqa tizimlari. Ularga NMT, AMPS standartlarining tarmoqlari kiradi. «Birinchi bo‘lib keldi – birinchi bo‘lib xizmat ko‘rsatildi»|Navbatni qayta ishlash usuli, bunda elementlar navbatdan navbatga kiritilgan tartibda chiqarib tashlanadi. «Birinchi bo‘lib keldi ‒ oxirgi bo‘lib xizmat ko‘rsatildi».|Navbatni qayta ishlash usuli, bunda elementlar, ular navbatga kiritilishiga teskari tartibda navbatdan chiqarib tashlanadi va ularga xizmat ko‘rsatiladi. Birinchi munosib usul|Resurslarni taqsimlash algoritmi (sxemasi), unga ko‘ra, yangi ma’lumotlarni joylashtirish uchun birinchi bo‘lib mos keladigan blok egallanadi. Birlamchi halqa|FDDI standartining ikki halqali optik tolali tarmog‘idagi, foydali axborotni asosiy rejimda uzatish uchun mo‘ljallangan bog‘lovchi liniya. Birlamchi kalit|Amaliyotda jadvalning qatorini noyob aniqlagich sifatida ishlatiladigan ustun mazmuni yoki ustun guruhi mazmunlari to‘plami. Birlamchi muhofaza|Telekommunikatsiya simlari va yer ostida kuchlanishni cheklovchi qurilma. Namunaviy protektorlar 215 dan 350 voltgacha bo‘lgan o‘zgarmas tok kuchlanishini cheklaydi. Birlamchi xatolarni aniqlovchi va tuzatuvchi tezkor xotira qurilmasi|Xatolarni aniqlash va to‘g‘rilash sxemasi. 1-bitli xotoliklarni to‘g‘rilashi mumkin bo‘lgan va 2-bitli xatolarni aniqlay oladigan xotira sxemasi. Birlashtirilgan protsessor|Kompyuterga ulangan ikkilamchi protsessor. Birlashtirilgan yuqori tezlikli boshqaruv kanali|Ikki tomonlama boshqarish kanali, u orqali, odatda, mobil stansiyaning bir yacheykadan boshqasiga o‘tishida chastotani almashlab ulash komandalari uzatiladi. Birlashish|Turli axborot manbalaridan kelayotgang ikki yoki undan ortiq maʼlumot oqimini birlashtirish. Bit|Mashina kodining ikkili razryadi; ikkili sanoq tizimidagi 0 yoki 1 qiymatini oluvchi axborotning eng kichik birligi. Bit intervali|1. Bit tezligiga teskari bo‘lgan birliklarda o‘lchana-digan, bitta bit elementni uzatish davomiyligi.2. Bir bitni uzatish uchun zarur bo‘lgan vaqt, uzatish tezligi 10 Mbit/s bo‘lganda, 0,1 μs ni tashkil etadi.Izoh − Vaqt nisbatlari bit intervallarida o‘lchanadi. Bit protokoli|Maʼlumotlarni bitma-bit uzatish protokoli. Bitdagi xato ehtimolligi|Aloqa kanallarining sifatini fizik sathda baholash uchun foydalaniladigan, ikkilik simvollarni qabul qilishning ishonchlilik ko‘rsatgichi. Miqdor jihatdan xato qabul qilingan bitlar sonining uzatilgan bitlarning umumiy soniga nisbati sifatida aniqlanadi. Bitkoin|Bir nomdagi hisob-kitob birligidan va bir nomdagi maʼlumotlar uzatish protokolidan foydalaniladigan piring to‘lov tizimi.Izohlar1. Turli mualliflar bitkoynlarni turlicha tasniflaydilar. Ko‘proq, kriptovalyuta, virtual valyuta, raqamli valyuta, elektron naqd pullar variantlari uchraydi.2. Bitkoynlardan, ularni qabul qilishga rozilik bildirgan sotuvchilarda tovarlar va xizmatlarga ayirboshlash uchun foydalanilishi mumkin. Oddiy valyutalarga ayirboshlash raqamli valyutalarni ayirboshlash onlayn-servisi, boshqa to‘lov tizimlari yoki ayirboshlash punktlari orqali yuz beradi.3. Bu nafaqat mahsulotlar va xizmatlar uchun hisob-kitob qilish mumkin bo‘lgan raqamli valyuta yoki investitsiyalar uchun vosita, balki moliya dunyosini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan yangi texnologiyalarni testlash uchun mo‘ljallangan tajriba maydoni hamdir. Bu markazlashtirilmagan, to‘liq shaffof va kriptografik jihatdan himoyalangan, blokcheyn deb nomlanadigan bloklar zanjiriga asoslangan tranzaksiyalarni qayta ishlash global tarmog‘i va taqsimlangan maʼlumotlar bazasidir. Bitlar bo‘yicha xatolar koeffitsiyenti|Xatolar bilan qabul qilingan bitlar sonining, berilgan vaqt intervali ichida qabul qilingan umumiy bitlar soniga bo‘lgan nisbati. Bitlar bo‘yicha xatolarning qoldiq koeffitsiyenti|Tinish bo‘lmagan holatda bitlar bo‘yicha xatolar koeffitsiyenti, sistema ichidagi xatolarga qo‘yimlarni, atrof muhit ta’sirini, eskirish effektrlarini va uzoq muddatli xalaqtlarni ichiga oladi. Bitlar satri|Dasturlash tillarida, ikkilik razryadlar ketma-ketliklari bilan satrlar bilan bo‘lgan kabi ishlashni ta’minlaydigan ma’lumotlar turi. Bitlar spetsifikatsiyasi|Bir vaqtda aks ettirilishi mumkin bo‘lgan ranglar yoki kul rang darajalarining soni. Kompyuter grafik kartasi kontrollerining xotira hajmi bilan belgilanadi. 8 bitli kontroller 256 rangni, 16 bitli − 64000, 24 bitli − 16,8 million rangni aks ettirishi mumkin. Bitlar taqsimlanishining teskari moslashishi|Bitlarning koderda ham, dekoderda ham bir xil hisob-kitoblar amalga oshiriladigan taqsimlash usuli. Bitlarni nazorat qilish|Nusxa ko‘chirishdan muhofaza qilish usuli, unga ko‘ra, yo‘lka (yoki boshqa soha) bitlarning ma’lum sonini o‘z ichiga olsa, disk original sifatida aniqlanadi. Bitli tasvir|Binar tasvir, uni raqamli shaklda aks ettirish va saqlash uchun uning har bir elementi (pikseli)ga axborotning 1 biti ajratilgan bit xaritasi ishlatiladi. Piksellarning mazmuni faqat «0» va «1» bo‘lishi mumkin bo‘lgani uchun binar tasvirlar, ayniqsa bir bitli binar tasvirlar, juda yaxshi siqiladi va rastrli tasvirlarning boshqa turlariga qaraganda maʼlumotlarning kichik hajmi bilan ajralib turadi. Bitli xatolar chastotasi|Uzatish sifatining o‘lchami. Tayyorlik holatida turgan kanal bo‘yicha test o‘tkazish vaqtida uzatilgan xatoli bitlar sonining umumiy bitlar soniga nisbati teng bo‘lgan raqamli uzatish tizimi uchun asosiy parametr. Bitma-bit hisoblash|Nusxa olinishdan muhofaza qilish usuli bo‘lib, qandaydir yo‘lka (yoki boshqa soha) bitlarning muayyan sonini ichiga olganda, disk original sifatida aniqlanadi. Bitreyt|Raqamli ma’lumotlar oqimining uzatish tezligi. Bitta dastur ‒ ko‘p ma’lumotlar|Bir dasturda ma’lumotlar oqimlarining parallel qayta ishlanishi (bajarilishi) ko‘zda tutiladigan arxitektura. Bitta kirishga ega ko‘p diapazonli kuchaytirgich (jamoaviy qabul qiluvchi antenna uchun)|Bir nechta muayyan radioeshittirish diapazonida ishlash uchun mo‘ljallangan bitta kirishga ega kuchaytirgich. Bitta komandalar oqimi ‒ ko‘p ma’lumotlar oqimi|Bir necha protsessordan bir xil ma’lumotlar massivlarini qayta ishlash uchun bitta komandadan foydalaniladigan, parallel kompyuter tizimi arxitekturasi. Bitta qo‘ng‘iroq|Firibgarlik usuli, bunda uyali telefon faqat bir marta jiringlaydi, agar uning egasi aniqlangan telefon raqamiga qayta qo‘ng‘iroq qilsa, firibgar ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng unga katta miqdordagi summaga hisob yuboradi. Bitta raqamga xizmat ko‘rsatish – chaqiruvni ketma-ket tugatish|Chaqirayotgan abonentga menyu taqdim etish xizmati. Undan abonent klassik IS xizmatini, yoki АТС bazasidagi IS xizmatini, yoki istalgan talab qilinayotgan servisni tanlashi mumkin. Chaqirayotgan abonent DTMF yordamida uzatiladigan, o‘z telefon apparatidagi raqamlar yoki belgilar kombinatsiyasini bosish yoli bilan talab qilinadigan servicni tanlaydi. Agar tanlangan xizmat qo‘shimcha raqamlarni kiritishni talab qilsa, chaqiruvchi abonent aytib turish yordamida DTMF bilan uzatiladigan raqamlarni teradi. Bitta raqamga xizmat ko‘rsatish – xizmatni avtomatik tanlash|Abonent turli joylarda bo‘la turib va ushbu xizmatdan foydalana turib, o‘zining noyob telefon raqamidan (One number service) foydalanishi mumkin. Buning uchun beshta har xil oxirgi (terminal) liniyalar ro‘yxati tegishli abonent raqamlari bilan tuziladi, ulardan foydalanish ma’lum ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Bunda abonentning shaxsiy oxirgi (terminal) liniyasi bu ro‘yxatda birinchi turadi. Boshqa turli raqamlarga chaqiruvning izchil marshrutizatsiyasi ma’lum shartlar bilan amalga oshiriladi. Bunday shartlar «Abonent band», yoki «Abonent B hozir javob bermaydi» yoki ikkala shart ham bo‘lishi mumkin. Bunday shartlar beshta mumkin bo‘lgan bog‘lanishlar uchun uning shaxsiy telefon raqamini qo‘shgan holda, oldindan aniqlangan bo‘lishi mumkin. Biznes-guruhlar uchun hisob kodlari|Abonentga CDR (Call detail record – chaqiruvning batafsil yozuvi) ga alohida telekommunikatsiya to‘lovlarini yaratish uchun hisobga olish kodini kiritish imkonini beradigan xizmat. Biznes-hamkor uchun mo‘ljallangan elektron biznes|Axborot makonidagi iqtisodiy faoliyatning qo‘shimcha qiymat zanjirini shakllantirishda qatnashadigan tashkilotlar bilan, uzoq muddatli va samarali iqtisodiy munosabatlarni shakllantirishga qaratilgan sohasi Biznes-jarayon|Resurslar iste’mol qiladigan, natijada mahsulotning muayyan guruhi (sanoat mahsuloti, qurilgan obyekt, axborot mahsuloti, boshqarish qarori va h.k.lar) ishlab chiqariladigan, o‘zaro bog‘langan biznes-protseduralar to‘plami. Barcha biznes-jarayonlar kompaniya funksiyalarini bajarish uchun mavjud bo‘lib, maqsadlar hamda strategiyalarning belgilangan iyerarxiyasiga mos kelishi kerak. Biznes-jarayon modeli|Tizimda biznes jarayonning nusxalari yaratilishida asos bo‘lib xizmat qiladigan andoza (shablon). O‘z ichiga quyidagilarni oladi:- biznes-jarayon sxemasini;- foydalaniladigan rekvizitlar ro‘yxatini;rekvizitlarni biznes-jarayon nuqtalariga bog‘lashni, ularni hisoblash va to‘ldirish algoritmlarini;- vazifa bajarilishining reja muddatlarini.Biznes-jarayon modeli quyidagi savollarga javob berishi kerak:belgilangan pirovard natijani olish uchun qanday protseduralar (funksiyalar, ishlar)ni bajarish zarur;- bu protseduralar qanday ketma-ketlikda bajaraladi;qarab chiqiladigan biznes-jarayon doirasida nazorat va boshqaruvning qanday mexanizmlari mavjud;- jarayon protseduralarini kim bajaradi;- jarayonning har bir protsedurasida kiruvchi qanday hujjatlar/axborotdan foydalaniladi;- jarayon protsedurasi chiquvchi qanday hujjatlar/axborotni yuzaga keltiradi;- jarayonning har bir protsedurasi bajarilishi uchun qanday resurslar zarur;- qanday hujjatlar/shartlar jarayon bajarilishini reglamentlaydi qanday parametrlar protseduralar va umuman jarayon bajarilishini tavsiflaydi. Biznes-jarayon sxemasi|Biznes jarayon tuzilmasini aks ettiradigan grafik sxema, shuningdek, bu tuzilma doirasida jarayonning bajarilish ketma-ketligi. Biznes-jarayon tavsifi|Biznes-jarayon sxemasini matnli, jadval yoki grafik tarzda taqdim etish. Biznes-jarayonlar reinjiniringi|Ishlab chiqarish-xo‘jalik va iqtisodiy-moliyaviy faoliyatning eng yuqori samarasiga erishish uchun, tegishli tashkiliy-boshqaruv hamda normativ hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan, biznes-jarayonlarni tubdan qayta anglab yetish va qayta loyihalash. Reinjiniring axborot tizimlarining ishlab chiquvchilariga ham, menejerlariga ham tushunarli bo‘lgan muammoli axborotni taqdim etish va qayta ishlashning o‘ziga xos vositalaridan foydalanadi. Biznes-jarayonlar reinjiniringining mazmuni uning ikki asosiy bosqichida:- biznes-jarayonning optimal (ideal) turini (avvalo, asosiy turini) aniqlashda;- mavjud biznes-jarayonni (mablag‘lar, vaqt, resurslar bo‘yicha) optimalga ko‘chirishning eng yaxshi yo‘lini aniqlashda ko‘rinadi. Biznes-jarayonlarni avtomatlashtirish|Axborot texnologiyalari yordamida biznes jarayonlarni boshqarish tizimining amalga oshirilishi. Biznes-jarayonlarni boshqarish|Zamonaviy boshqarish uslublaridan biri, o‘z ichiga biznes-jarayonlarni boshqarishning dasturiy ta’minoti va g‘oyasini oladi. Biznes-jarayonlarni modellash notatsiyasi|Biznes jarayonlarni, biznes sohasining ishlab chiquvchilardan tortib, monitoring jarayonlarini amalga oshiradigan boshqaruvchilargacha bo‘lgan har bir qatnashchisiga tushunarli bo‘lgan yagona standart bo‘yicha biznes jarayonlarni tavsiflash uchun ishlab chiqilgan notatsiya (shartli yozma belgilar tizimi). BPMN sxemasini yaratish, biznes jarayonlarni ishlab chiqish va ularni joriy qilish bo‘yicha loyihaning ajralmas qismi hisoblanadi. Biznes-jarayonlarni optimallash|Tashkilotning mavjud biznes-jarayonlarini qisman takomillashtirish. Funksiyalarning takrorlanishi, axborot sirtmoqlari kabi oshkor kamchiliklardan xalos bo‘lish orqali yuz beradi.Izoh – Biznes-jarayonlarni optimallash tegishli tashkiliy-boshqaruv va normativ hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi. Biznes-jarayonlarni optimallash korxona o‘z ishini yaxshilash zarur bo‘lgan: xarajatlarni kamaytirish, ishlab chiqarish siklini qisqartirish, boshqarishdagi xatolar sonini kamaytirish, krizisdan chiqish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar ko‘rish zarur bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. Odatda, muhim biznes-jarayonlar optimallashtirilishi kerak, chunki aynan shu jarayonlarni optimallash katta samara beradi. Blitter|Rastrli grafik tasvirlar bilan operatsiyalar bajarish uchun mo‘ljallangan, ixtisoslashtirilgan mikrosxema. Blog|O‘quvchilar uchun sharh qoldirish imkoniyati bo‘lgan shaxsiy onlayn kundalik (ya’ni, yozuvlarning xronologik tuzilmasiga ega veb-sayt).Izoh – Blogdan, shuningdek, piar kanali sifatida yoki hatto, ommaviy axborot vositasi sifatida ham foydalanish mumkin. Bloger|Qar.: Blog. Blogosfera|Qar.: Blog. Blok|1. Manzil , boshqaruvchi maydon va xatolarni aniqlash imkonini beradigan nazorat summasi yakunlangan va alohida mohiyat kabi ko‘rib chiqiladigan uzatilgan ma’lumotlar ketma-ketligi.2. Sarlavha va axborot maydonidan iborat axborot birligi.3. Ma’lum bir funksiyani bajaradigan, konstruktiv va funksional jihatdan o‘zaro bog‘langan elementlar va uzellar majmui. Blok bo‘yicha almashlagich|Kirish ketma-ketligidagi qo‘shni bitlar o‘rni almashtirib qo‘yilishini ta’minlovchi almashlagich.Izoh − U ularni turli bloklar bo‘yicha blok o‘lchamiga teng «chuqurlikka» taqsimlaydi. Blok bo‘yicha almashish operatsiyasi ortiqlilik kiritmaydi, kirish va chiqish oqimlari tezligini bir xilda saqlaydi. Blok manzili|Xotira sohasining manzilsi. Bloklarga manzillar orqali murojaat qilinadi. Blok-multipleks kanal|Ma’lumotlar bloklab uzatiladigan multipleks kanal. Blok raqami|Qurilma (odatda, disk) blokini yoki faylni identifikatsiyalovchi son. Fizik raqam manzilni (yo‘lka raqamini va yo‘lkadagi raqamni) belgilaydi. Mantiqiy raqam qurilmadagi blokning tartib raqamini bildiradi va qurilma drayveri tomonidan fizik raqamga aylantiriladi. Virtual raqam fayl ichidagi blok raqamini belgilaydi va fayl tizimi tomonidan mantiqiy raqamga aylantiriladi. Birmuncha oddiy tizimlarda «blokning mantiqiy raqami» va «blokning virtual raqami» mos tushadi. Blok-sxema|1. Algoritmning grafik tarzda taqdim qilinishi. Algoritm ko‘rgazmaliligini oshiradi. Blok-sxemalar tuzish ayniqsa, boshlovchi dasturchilar uchun foydali.2. Tizim tuzilmasi yoki texnik vositalar tarkibining grafik tarzda taqdim qilinishi. Blok uzunligi|Bitta blokda bo‘lgan yozuvlar, so‘zlar yoki simvollarning umumiy soni. Blokcheyn|"Ichida axborot bo‘lgan bloklarning, muayyan qoidalar bo‘yicha qurilgan uzluksiz ketma-ket zanjiri.Izohlar1. Atama birinchi marta «Bitkoyn» tizimida amalga oshirilgan taqsimlangan maʼlumotlar bazasining nomi sifatida paydo bo‘ldi, shu sababli, blokcheyn ko‘pincha turli kriptovalyutalardagi tranzaksiyalarga kiritiladi.2. Bloklar zanjiri texnologiyasi o‘zaro bog‘langan har qanday axborot bloklariga tatbiq qilinishi mumkin.3. Blokcheyn texnologiyasiga kriptovalyutalar, jumladan, bitkoyn va laytkoyn, HYPERLINK ""https://ru.wikipedia.org/wiki/Namecoin"" Namecoin, Emercoin domen nomlari-yozuvlari tizimining maʼlumotlar bazasi asoslanadi." Blokirovka qilish|Bir nechta foydalanuvchilar yoki jarayonlarning bitta resursdan nazorat qilinadigan foydalana olishni tashkil etish usuli. Barcha foydalanuvchilarga, bitta foydalanuvchi bundan mustasno, aniq turdagi operatsiyalarni (o‘qish, yozish, o‘chirish va h.k.) vaqt bo‘yicha taqiqlashdan iborat. Blokirovkalangan|Biron-bir narsaga kira olishning chegaralanganligi (vaqtinchalik yoki doimiy). Masalan, biron-bir resursdan foydalana olish hisobi blokirovkalangan bo‘lsa, u resursga bu hisob orqali ulanib bo‘lmaydi. Blokirovkalash|Ruxsat etilmagan tarzda nusxa ko‘chirishga qarshi, ma’lumotlar yoki dasturiy ta’minotni muhofaza qilishning maxsus usullarini qo‘llash. Blokirovkalash sohasi|Ma’lumotlar bazasining, bitta dastur tomonidan monopol (yakka) qayta ishlash uchun ochiq bo‘lgan, yopilish paytigacha boshqa dasturlar foydalana olmaydigan qismi (yozuv, soha, fayl). Bloklab foydalanish qurilmasi|Almashinish bloklar orqali amalga oshiriladigan tashqi xotira qurilmasi (masalan, disk). Bloklab izlash (qiymatlar blokini o‘qish)|Kursor ko‘rsatadigan qiymatlarni o‘qish, uni boshqa satrga ko‘chirish maxsus operator tomonidan amalga oshiriladi. Blokli kod|Kodlash va dekodlash kodli ketma-ketlikning ma’lum qismi – bloki doirasida amalga oshiriladigan kod. Blokli qurilma|Axborotni simvollar (alohida baytlar) bilan emas, balki bloklar (baytlar guruhlari) orqali qayta ishlaydigan qurilma. Blokli testlash|Dasturlashdagi jarayon, dasturning ilk kodi maxsus modullari to‘g‘riligini tekshirishgaimkon beradi. G‘oya – har bir notrivial (murakkab) funksiya yoki usul uchun test yozish. Bu o‘zgartirilgan kod xato keltirib chiqarmaganligini tezda aniqlashga imkon beradi. U regressiya – oldin yozilgan va testdan o‘tkazilgan dasturlarda xato kelib chiqmaganligini osonlik bilan tekshirishni va xatoni to‘g‘rilashni o‘z ichiga oladi. Blokli shifr|Ma’lumotlar bir xil o‘lchamdagi (blokli) miqdorlar bilan shifrlanadigan shifr, keyingi blokning shifrlanish natijasi faqatgina ushbu blokning qiymatiga va shifrlash kalitiga bog‘liq bo‘ladi, lekin shifrlanayotgan massivdagi blokning joylashuviga va massivning boshqa bloklariga bog‘liq bo‘lmaydi. Blokni bekor qilish simvoli|Blokning oldingi qismi e‘tiborga olinmasligi kerakligini ko‘rsatadigan, boshqaruvchi simvol. Blokni nazorat qilish simvoli|Uzatiladigan ma’lumotlar blokiga qo‘shiladigan va nazorat summasini ichiga oladigan xizmatga oid simvol. Bloknot|Microsoft Windows operatsion tizimlarining bir qismi bo'lgan oddiy matn muharriri Bloknotli kompyuter|Statsionar shaxsiy kompyuterning keng funksional imkoniyatlariga ega bo‘lgan portativ kompyuter. Kompyuterning ba’zi qurilmalari statsionar qurilmalardan farq qiladi: displey odatda, suyuq kristalli, monoxrom yoki rangli (passiv yoki aktiv matritsali); protsessor unumliligi bo‘yicha statsionar protsessorlardan farq qilmaydi, biroq energiya iste’moli kam; klaviaturada klavishlar soni kam. «Blyu-rey» texnologiyasi|Yozib oladigan optik disklarning eng yangi avlodi; ko‘k lazerdan foydalaniladigan va bir tomonlama bir qatlamli bolvankaga 17 GB dan 27 GB gacha yozish imkonini beradigan texnologiya. To‘qqizta eng yirik kompaniya (Sony, Matsushita, Samsung, LG, Philips, Thomson, Hitachi, Sharp i Pioneer) tomonidan taklif qilingan, HP, Dell firmalari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. «Blyu-rey» texnologiyasi bo‘yicha birinchi yozish qurilmasi 2003-yilda Sony firmasi tomonidan chiqarilgan. Tashuvchiga ma’lumotlar sig‘imi darajasini oshirishga λ=405 nm, aperturasi 0,85 bo‘lgan to‘q qizil-ko‘k lazerdan foydalanish hisobiga erishiladi. Tashuvchilar diametri 120 mm bo‘lgan standart disklarni o‘zida ifodalaydi, himoya qatlamining qalinligi 0,1 mm. Bod|Analog aloqa liniyalaridagi uzatish tezligining o‘lchov birligi. Bir bod bir sekundda uzatilgan bitlar soniga teng. Bofort kvadrati|Vijеner kriptotizimiga o‘xshash ko‘p alifboli kriptotizim. Teskari tartibda yozilgan Vijеner kvadrati satrlari kvadrat satrlari hisoblanadi. Kriptotizim admiral Frensis Bofort sharafiga nomlangan. Bolalardan himoya tizimi|Elektron himoya tizimi, ishlatilganda qurilma (masalan, televizor) faqat masofadan boshqarish pulti orqali boshqariladi, bu bolalarning undan foydalanishlarini bartaraf etadi. Boricha/qanday bo‘lsa shunday|Erkin va ochiq dasturiy ta’minotni tarqatish sharti. Foydalanuvchi dasturiy ta’minotdan istiqbolli foydalanishga, ishlab chiquvchiga hech qanday da’volarsiz o‘z mas’uliyati ostida rozilik bildiradi. Bort retranslyatori (yo‘ldoshli tizimning)|Signallarni retranslyatsiya qilish uchun mo‘ljallangan kosmik stansiya uskunasi.Izoh – Antenna tizimi bu uskunaga kirmaydi. Bog‘langan munosabat|Atributlarga ega bo‘lgan munosabat. Bog‘langan ro‘yxat|Elementlari xotirada ketma-ket joylashishi shart bo‘lmagan ro‘yxat (ma’lumotlar tuzilmasi). Navbatdagi elementdan foydalanish, ro‘yxatning oldingi elementida saqlanadigan ko‘rsatgich yordamida amalga oshiriladi. Oxirgi elementda ko‘rsatgich, ro‘yxat oxiri belgilanadigan maxsus qiymatga ega bo‘ladi. Ro‘yxat, uning har bir elementi ham navbatdagi, ham oldingi elementlarga havolalarni ichiga oladigan ikki yo‘nalishli bo‘lishi mumkin. Bog‘langanlik|Bog‘langan tarmoqni bog‘lanmagan qilish uchun chiqarib tashlanishi kerak bo‘lgan liniyalar sonini ko‘rsatadigan tarmoq parametri. O‘rtasida bog‘lovchi liniyalar bo‘lmagan, kamida ikki qismdan iborat tarmoq bog‘lanmagan tarmoq hisoblanadi. Bog‘lanish o‘rnatilishining yarim avtomatik usuli|Bog‘lanishni o‘rnatish usuli. Telefon stansiyasida bog‘lanishni avtomatik o‘rnatish uchun raqamni tergan holda, qo‘lda amalga oshiriladi. Bog‘lanishga ulanish xizmati|O‘z telefonidan uzoqda bo‘lgan abonent o‘z liniyasiga boshqa telefon apparatidan bunday bog‘lanish mavjudligi to‘g‘risidagi radio izlash tizimi orqali axborotni olgandan keyin, o‘z telefon raqamini va/yoki maxsus kodni terib, bunday bog‘lanishni qabul qilishi mumkin bo‘lgan xizmat. Bog‘lanishlar asosida|Ma’lumotlar almashinish modeli, bunda almashinish aniq ifodalangan uch bosqichga bo‘linadi: bog‘lanishni tashkil qilish, ma’lumotlar uzatish va bog‘lanishni uzish. Bog‘lanishning o‘rnatilish vaqti|Chaqiruv jo‘natilgan paytdan to aloqa kanali taqdim etilgunga qadar o‘tadigan to‘liq vaqt. Bog‘lanishsiz xizmat|Xizmat ko‘rsatiladigan abonentlar o‘rtasida, oxiridan oxiriga bog‘lanishni o‘rnatish tadbirlaridan foydalanmagan holda axborot o‘tkazilishini ta’minlaydigan xizmat.Izoh – Interaktiv xizmatlar kabi, taqsimlash xizmatlari uchun ham foydalanilishi mumkin bo‘lgan bog‘lanishsiz xizmat. Bog‘lashlar|Tarmoqlarda protokol drayveri va tarmoq adapterining drayveri o‘rtasida aloqa o‘rnatish jarayoni. Bog‘liq bo‘lmagan parallelizm|Jarayonlarni aniq sinxronlamasdan parallel bajarish. Ularning har biri alohida, mustaqil vazifani o‘zida ifodalaydi. Parallelizmning bu turidan odatda, har bir foydalanuvchi o‘zining ilovasi bilan ishlaydigan vaqtni ajratish tizimlarida foydalaniladi. Bog‘liqlik|Tizim tarkibiy qismlarining o‘zaro bog‘langanligi, ulanish imkoniyati (masalan, kompyuterlarning), o‘zaro ishlash qobiliyati (masalan, dasturlarning). Bog‘lovchi dasturiy ta’minot|Bir xil bo‘lmagan tarmoq muhitida ilovalarning ochiq ishlashini ta’minlaydigan dasturiy ta’minot. Tarmoqning turli mashinalari bo‘ylab taqsimlangan ilova qismlarini birlashtirilish bo‘yicha xizmatlarni taqdim etadi. Bog‘lovchi dasturiy ta’minotning quyidagi asosiy turlari bor: chiqarib tashlangan protseduralarni chaqirish; xabarlar uzatish; chiqarib tashlangan protseduralarni chaqirish; xabarlar uzatish; obyektlarga bo‘ladigan so‘rovlar vositachisi. Bog‘lovchi uzatish liniyasi|Tarmoq stansiyasi va uzelini yoki ikkita tarmoq stansiyasini o‘zaro bog‘lovchi uzatish liniyasi. Bog‘lovchi yuklagich|Qisman komponovkachi vazifasini bajaradigan yuklagich (ta’minotchi). Bog‘lovchi yo‘l|Axborot uzatish vaqtiga tashkil qilingan, kommutatsiya tarmog‘i liniyalari, kanallari, kommutatsiya stansiyasi to‘plamlari va kommutatsiya maydoni kommutatsiya nuqtalarining majmui. Bosh domen|Domen tizimi nomlar iуerarxiyasidagi eng yuqori yozuv. Bosh fayl|Normativ-ma’lumotnomali axborot fayli. Bosh katalog|Disk kataloglarining iуerarxik tuzilmasiga kirish nuqtasi. Barcha fayllar va quyi kataloglar saqlanadigan xotira qurilmasi nomini ko‘rsatadi. Bosh kompyuter|1. Ko‘p mashinali hisoblash majmualarida, boshqa kompyuterlarni boshqaradigan, tizimda (hisoblash tarmog‘ida) ishlarni tashkillashtiradigan va asosiy axborotni qayta ishlaydigan kompyuter.2. Telekommunikatsiya hisoblash tarmoqlarida, tarmoqqa xizmat ko‘rsatishni, xabarlarni uzatishni va dasturlarni bajarish bilan bog‘liq qo‘shimcha funksiyalar yoki vazifalar bajarilishini taʼminlaydigan kompyuter. Bosh sahifa|Asosiy sahifa. Ingliz tilidan to‘g‘ri tarjima qilinganligidan qatʼiy nazar, bu muayyan insonning uy (shaxsiy) sahifasi emas, balki veb-saytning boshlang‘ich sahifasidir.Odatda murojaatlar aynan veb-saytning bosh sahifasiga qilinadi, shuning uchun ushbu sahifaga tashrif buyuruvchilar soni xohlagan boshqa sahifaga qaraganda ko‘proq. Bosh sahifa (veb-sayt yuzi) bo‘yicha foydalanuvchi qayerda ekanligi va saytning boshqa sahifalarida nimalarni ko‘rish mumkinligi to‘g‘risida tasavvur oladi (baʼzan bosh sahifa birinchi va yagona bo‘ladi). Bosh stansiya|Eshittirishlari bitta yoki bir nechta retranslyator orqali retranslyatsiya qilinadigan uzatuvchi radioeshittirish stansiyasi. Bosh zona serverlari|Internet tarmog‘idagi, yettita yuqori sath domenlariga (.com, .edu, .mil, .gov, .net, .rod i maxsus .arpa) xizmat ko‘rsatadigan nomlar serverlarining xost-kompyuterlariga, shuningdek, a.root-server.net dan i.root-server.net gacha nomlanadigan milliy tarmoqlar yuqori sath nomlar serverlariga ko‘rsatgichlar saqlanadigan to‘qqizta server. Bosh o‘zgartirgich|Monokanalli kabelda signal uzatishda bir chastota kengligini boshqasiga o‘zgartirish uchun ishlatiladigan qurilma. «Boshiga» (home) klavishi|Asosiy klaviaturadan o‘ngda joylashgan klavish. Kursorni matn boshiga surish uchun xizmat qiladi. Boshlang‘ich kod|Hisoblash tizimida qabul qilingan kodda yozilgan dastur matni (odatda, fayl shaklida). Boshlang‘ich kod bajariladigan kodga butunlay, dastur kompilyator yordamida ishga tushirilgunga qadar translyatsiya qilinadi yoki interpretator yordamida darhol bajarilishi mumkin. Boshlang‘ich qiymat|Dastur sozlamalarida ichki o‘zgaruvchilarning boshlang‘ich qiymati. Tez-tez qo‘llaniladigan qiymat asosida oldindan to‘ldiriladi. Bu qiymat ish jarayo-nida o‘zgartirilishi mumkin Boshlang‘ich sahifa|Brauzer ochilishida ko‘rsatiladigan lokal veb-sahifa yoki Internetdagi sayt. Boshlang‘ich son|Boshqa bir, yanada uzunroq bo‘lgan psevdotasodifiy ketma-ketlikni generatsiyalash uchun foydalaniladigan tasodifiy sonli ketma-ketlik. Boshlang‘ich tezlikda foydalanish|PRI interfeysi bilan belgilanadigan, boshlang‘ich tezlikda ko‘p kanalli oxirgi (terminal) uskunaning ISDN tarmog‘i bilan birgalikda ishlashini reglamentlovchi foydalanish protokoli. Boshlang‘ich videosignal|Videosignal datchigida hosil qilinadigan videosignal. Boshlang‘ich yorqinlik signali|Tasvir elementlarining yorqinligi to‘g‘risidagi axborotni eltuvchi elektr impulslar. Boshlang‘ich yuklagich|Kompyuter ulanganda operatsion tizimni tezkor xotira qurilmasiga yuklaydigan dastur. Odatda, monitor tarkibiga kiradi. Boshlang‘ich yuklash|Operatsion tizim (dastur) boshlang‘ich qismini kompyuterga yuklash jarayoni, bundan keyin tizim (dastur) o‘z boshqaruvi ostida ishlashni davom ettirishi mumkin. Bu protsedura kompyuter ishga tushirilganda yoki qisqa muddat yonib-o‘chganda avtomatik tarzda bajariladi. Boshlang‘ich o‘rnatish qiymati|Kalit oqimi generatorini berilgan (ma’lum bir) holatga o‘rnatish uchun qo‘llaniladigan simvollar ketma-ketligi. Boshlang‘ich shart|Haqiqatligi protsedura yoki sikl jismi bajarilishining boshlanishida tekshiriladigan shart. Bu, sikl yoki protsedura faqat shart chin bo‘lgan holdagina bajarilishini bildiradi. Boshlang‘ich shlyuz|Foydalanuvchi kompyuteri va tarmoq o‘rtasidagi ma’lumotlarni o‘tkazadigan, joriy tarmoq uzeli rolini bajaradigan kompyuter. Internetga bog‘lanishda ma’lum bir kompyuter shlyuz deb ko‘rsatilmagan bo‘lsa, joriy shlyuzdan foydalaniladi. Boshqa oynalar ustida|Dasturlarning barcha qolganlarni, jumladan aktiv oynalarni ham qoplash imkoniyati. Boshqariladigan|Yetakchi deb nomlanuvchi boshqa qurilma tomonidan boshqariladigan qurilma (kompyuter, kontroller). Boshqariladigan ilovalar|NET ishlab chiqish vositalaridan foydalanib va spetsifikatsiyalarga muvofiq yaratilgan dasturlar. Boshqariladigan kod|Boshqa dasturlar tomonidan tahlil qilinishi mumkin bo‘lgan, oraliq tildagi kod. Boshqariladigan obyekt|Protseduraning asinxron chaqiruvi bilan boshqariladigan, uzilishni qayta ishlash, elektr ta’minoti to‘g‘risidagi notifikatsiya yoki profillash bilan boshqariladigan Windows tizimi obyekti. Boshqariladigan raqamli video yozuv|Kontentni keyinchalik individual ko‘rib chiqish maqsadida tarmoqda saqlash. Boshqariladigan resurs|Axborot texnologiyalari muhitida – tizimda mavjud bo‘lgan va boshqarish mumkin bo‘lgan obyekt. Boshqariladigan yetkazib berish dasturi|Eshittirish dasturlarining dasturning har bir qismi foydalanuvchiga qabul qilgichni ulash yoki tanlangan dasturni yozib olish uchun dasturning bir yoki undan ko‘p qismini oldindan tanlash imkonini beradigan farqlash signaliga ega turi. Boshqariluvchi sinxronlash|Boshqariluvchi sinxronizator signallarining chastotasi va fazasini yetakchi sinxrosignal yoki to‘liq videosignal chastotasi va fazasiga sozlash orqali amalga oshiriladigan televizion sinxronlash. Boshqarish|1. Obyektga maqsadga yo‘naltirilgan ta’sir etish jarayoni. Berilgan talablarga muvofiq, uning ishlashini tashkil qilish uchun amalga oshiriladi.2. Aniq bir maqsadni taʼminlash uchun, obyektga taʼsir ko‘rsatish jarayoni. Boshqariladigan obyekt; boshqarishni amalga oshiradigan blok; boshqarish obyektidan boshqaruvchi blokka kelib tushadigan, teskari aloqani amalga oshiradigan maʼlumotlar; boshqarishning o‘zini taʼminlaydigan signallar yoki maʼlumotlar boshqaruvda ishtirok etadi. Boshqaruv bilan fan sifatida kibernetika shug‘ullanadi. Boshqarish bloki|Boshqaruvchi axborotni saqlash uchun foydalaniladigan xotira sohasi. Boshqarish domeni|Maʼlumotlar va jarayonlarni almashinish uchun loyihalashtirilgan va qurilgan, har biri taqsimlangan ikki yoki undan ortiq axborot tizimidan iborat ko‘plikni qamrab oladigan soha. Boshqarish imkoniyatlari bo‘lgan ko‘p stansion foydalana olish|UMTS tizimida foydalanish uchun ETSI tomonidan 1997-yilda tavsiya qilingan va CDMA/TDMA ni kod-vaqt bo‘yicha ajratish usuliga asoslangan uyali aloqa texnologiyasi. Ilgari bu usul E konsepsiyasi nomi bilan ma’lum edi. ODMA da qisqa zondlovchi paketlarni uzatish jarayoni maxsuslashtirilgan, uning yordamida mobil stansiya o‘zining yaqin qo‘shnilarini aniqlab oladi, bu unga yo uyali aloqa rejimida yoki tayanch stansiyani chetlab, qo‘shni stansiyalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlash imkonini beradi. Boshqarish oqimi|Jarayonlar bajaradigan komandalarning ketma-ketligi. Boshqarish paneli|Zamonaviy kompyuterlar ekranida operatsion tizim, qurilma yoki kompyuter kichik tizimlarining u yoki bu funksiyalarini sozlaydigan utilitalar piktogrammalari to‘plami ko‘rinishida taqdim etilgan panel. Boshqarish qurilmasi|Protsessorning komandalar bajarilishi tashkillashtirilishini boshqaradigan, muhim bloklaridan biri. Protsessorlarda qat'iy mantiqqa ega (sxemaviy) va mikrodasturli ikkita boshqarish usulidan foydalaniladi. Boshqarish tizimi|Sayt, portal, axborot majmui yoki ularning qismini boshqarishni taʼminlaydigan tizim. U, shuningdek, obyektdan foydalanish nazoratini va undan ruxsatsiz foydalanishdan muhofaza qilishni amalga oshiradi. Boshqarish vositalari|Riskni modifikatsiya qilishda qo‘llaniladigan o‘lchov.Izohlar1. Boshqarish vositalariga har qanday jarayonlar, siyosatlar, qurilmalar, protseduralar yoki riskni modifikatsiya qilishga yo‘naltirilgan boshqa ishlar kiradi.2. Boshqarish vositalari taxmin qilinadigan yoki yo‘l qo‘yiladigan modifikatsiyani har doim ham bajara olmaydi. Boshqaruv axborot tizimi|Rahbarga qarorlar qabul qilishda yordam beradigan qayta ishlangan va tizimlashtirilgan axborot taqdim etadigan muassasa hisoblash tizimi. Boshqaruv kanali|Tayanch stansiyadan mobil stansiya tomon yo‘nalishda tashkil etiladigan mantiqiy kanal, undan xizmat axboroti, shu jumladan, aloqa kanalining berilishi yuzasidan so‘rovlar uzatiladi.Izoh − Tranking tizimlarda tayanch stansiya boshqarish kanali orqali ishchi kanalning ajratib berilishi so‘rovini yoki navbatga qo‘yish to‘g‘risidagi xabarni uzatadi. Boshqaruv nazorati|Axborot-hisoblash tarmog‘ini boshqarish vazifalarini bajaradi. U maʼlumotlarni uzatish tizimlari, terminallari va kanallarini ishga tushirish va o‘chirish, nosozliklarni aniqlash, statistik maʼlumotlarni to‘plash, hisobotlarni tayyorlash va h.k. bilan bog‘liq. Boshqaruv shinasi|Kompyuter qurilmasini birlashtiruvchi uchta shinadan biri, boshqaruvchi signallarni yuborish uchun xizmat qiladi. Boshqaruvchi axborotning umumiy protokoli|Tarmoqni boshqarish tartibotlarini aniqlaydigan ISO standarti. CMIP protokoli tarmoqni boshqarish funksiyalarini aniqlaydi va olti xil xizmatlarni taqdim qiladi:- konfiguratsiyani – tashqi shaklini, hamda tarmoq tarkibiy qismlarini o‘zaro joylashuvini boshqarish;- maʼlumotlar muhofazasini boshqarish;- maʼlumotlar xavfsizligini nazorat qilish;- tarmoq ishining hisobini olib borish;- faoliyat sifatini boshqarish;- kataloglar xizmatini olib borish. Boshqaruvchi dastur|Boshqa dasturlarning bajarilishi bilan boshqariladigan va kiritish-chiqarish qurilmasining ishlashi bilan boshqariladigan operatsion tizimning kichik tizimi. Boshqaruvchi ketma-ketlik|Periferik qurilmalarning ba’zi turlarini, masalan, printer va modemlarni boshqarish uchun foydalaniladigan simvollar ketma-ketligi. Boshqaruvchi signallar|Tashqi qurilmalarni boshqarish uchun resiver tomonidan shakllantiriladigan va TV signal bilan umumiy kabel orqali uzatiladigan signallar. 0/12 V signalli alohida sim orqali uzatiladi. Boshqaruvchi tuzilma|Operatsiyalar bajarilishi ketma-ketligini berish uchun mo‘ljallangan dasturlash tili konstruksiyasi: sikl operatorlari, shartli operator. Boshqaruvchi xotira|Boshqaruvchi dasturlar yoki mikrodasturlarni ichiga oladigan xotira qurilmasi. Boshqaruvni markazlashtirish|Operatsion tizimning rejalashtiruvchisi tomonidan jarayonlarga protsessor vaqti kvantlarini navbati bilan ajratish. Bosib turish|Bosgan holda ushlab turish: masalan, klaviatura klavishini bosib turish. Bosma plata|Dielektrik material (masalan, shisha tekstolit) dan qilingan plastina. Bu plastinada maxsus usullar (masalan, kimyoviy usul bilan ishlov berish yoki elektrokimyoviy cho‘ktirish) bilan, plastinada mahkamlangan elektron qurilmalar (tranzistorlar, integral sxemalar) ni birlashtiradigan o‘tkazgichlar hosil qilinadi. Tizim platalari va kengaytirish platalari bosma platalar hisoblanadi. Bosmadan chiqarish|Maʼlumotlarni yoki dasturlarni printer orqali chiqarish. Bosmaga chiqmaydigan belgilar|Tasvirga ega bo‘lmagan va matnni boshqarishda ishlatiladigan belgilar (formatlash, joyini belgilash). Masalan, tabulyatsiya. Bostirib kirish|Axborot resurslaridan ruxsat etilmagan tarzda foydalanishni amalga oshirish maqsadidagi hujum. Bostirib kirishlarni aniqlash tizimi|Axborot tizimida axborotdan qasddan foydalanishga yo‘naltirilgan harakatlarni avtomatlashtirilgan tarzda aniqlash (blokirovkalash) funksiyalarini amalga oshiradigan, dasturiy yoki dasturiy-texnik vosita, axborotni qo‘lga kiritish, yo‘q qilish, buzish va undan foydalanishni blokirovkalash maqsadida, axborotga (axborot tashuvchilariga) maxsus ta’sir ko‘rsatish. Bostirib kirishlarning oldini olish tizimi|Qar.: IPS. Bostirilgan eltuvchi|Eltuvchi chastotada to‘plangan, quvvat darajasi nisbatan kichik bo‘lgan modulyatsiyalangan signal (ideal holatda bu quvvat kattaligi nolga intiladi). Bostirish|Qandaydir noxush effektlar paydo bo‘lishining oldini olish, masalan, foydali signallarni qabul qilishda xalaqit va shovqinlar salbiy ta’sirining yo‘qotilishi. Bot|Avtomatik ravishda va/yoki belgilangan jadval bo‘yicha oddiy foydalanuvchi kabi va interfeyslar orqali biror-bir harakatni bajaradigan maxsus dastur.Izoh – Odatda, kompyuterlarga bo‘ladigan tarmoq hujumlari – spamni yuborish, foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini o‘g‘irlash, olisda tizim parollarini tanlash, «xizmat ko‘rsatishni rad etish» hujumlarini muvofiqlashtirish uchun va boshqalarda ishlatiladi. Botnet|Maʼlum sondagi xostlardan iborat va botlar (avtonom dasturiy taʼminot) ishlayotgan kompyuter tarmog‘i. Odatda botnet tarkibidagi bot qurbon kompyuterida yashirin o‘rnatiladigan va badniyat shaxsga (botnet «egasiga») kompyuter resurslaridan foydalangan holda maʼlum harakatlarni bajarishga imkon beradigan dasturiy taʼminotdir. Botnetlar ko‘pincha spam yuborish, uzoqdagi tizimda parollarni birma-bir ko‘rib chiqish, xizmat ko‘rsatishni rad etish kabi noqonuniy yoki ruxsat etilmagan faoliyat uchun foydalaniladi. Qar.: Bot. Bouz-Choudxuri-Xokengem kodlari|Xatolarni tuzatuvchi ikkilik chiziqli blokli kodlar turkumi. Bu kodlar ancha samarador, lekin ularning asosiy afzalligi kodlash/de-kodlashning oddiyligida (siljish registrlaridan foydalanib). BChX kodlari siklik kodlar sifatida ham ishlatiladi. Boys-Kodd normal formasi|Munosabatli axborot baza jadvalining ehtimoliy normal formasidan biri. Bu uchinchi normal formani o‘zgarishi (baʼzi manbalarda 3-Boys Kodd normal formasi deb ataladi). Rey Boys va Edgar Kodd sharafiga nomlangan. Brauzer|Mijozning server bilan birga ishlashini ta’minlaydigan dasturiy kompleks. Internet tarmog‘ining WWW texnologiyasida brauzer axborot sahifalarini ko‘rib chiqish, ma’lumotlar olish imkonini beradi. Ba’zi bir brauzerlar o‘z ichiga Java tili vositalarini oladi. Broker|Turli ko‘rinishdagi operatsiyalarda vosita-chi. Broker-inson bilan bir qatorda, elektron brokerlar ham faoliyat ko‘rsatadilar. Infor-matikada broker amaliy dastur bo‘lib, bosh-qa guruh dasturlarining o‘zaro aloqasini taʼminlaydi. Buning misoli sifatida obyekt so‘rovlari brokerini keltirish mumkin. Bryuster burchagi (to‘liq qutblanish burchagi)|Qutblanmagan yorug‘lik nurining tushish burchagi, bunda dielektrik yuzasidan qaytgan yorug‘lik yassi qutblangan bo‘ladi. Bufer|1. Ma’lumotlarni oraliqda saqlash uchun xotirani dasturiy yoki apparatli tarzda ishlatish va undan turli tezlikda ishlaydigan ikki qurilma o‘rtasida ma’lumotlar uzatishda axborotni qayta ishlash tezligidagi farqni yo‘qotishda foydalanish.2. Optik tola atrofida joylashgan himoya qobig‘i. Bufer registri|Sxemotexnikada asinxron jarayonlarni moslashtirish uchun, masalan, kompyuterga ma’lumotlarni sekin ishlaydigan tashqi qurilmadan kiritish uchun keng foydalaniladigan registr. Buferlash|Bufer xotira qurilmasidan foydalanish. Buferning to‘lishi|Himoyalash tizimining zaiflashishiga olib keladigan dasturiy xatolik. Xotirada massivning chegarasidan ma’lumot yozuvlarining chiqib ketishini avtomatik nazorat qila olmaslik natijasida yuz beradi. Bul algebrasi|Zamonaviy kompyuterlarda keng qo‘llaniladigan, ikki belgili mantiqiy o‘zgaruvchilar (1 va 0) ustida bajariladigan operatsiyalar to‘plami. Uni yaratgan matematik Jorj Bul sharafiga shunday deb ataladi. Mantiqiy ko‘paytirish, qo‘shish va inkor etish operatsiyalaridan foydalaniladi, ulardan istalgan boshqa Bul operatsiyasini tuzish mumkin. Bul ifodasi|Barcha o‘zgaruvchilar yo nol yoki 1 qiymatga ega bo‘lgan matematik ifoda.«Bulutli hisoblashlar»ing. - cloud-based computingru – «облачные вычисления»Dinamik masshtablanadigan va virtuallashtirilgan resurslar (ma’lumotlar, ilovalar, operatsion tizimlar va b.q.) ga asoslangan hisoblash modeli. Undan foydalanish mumkin va servis sifatida Internet orqali foydalaniladi hamda yuqori samarali ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari yordamida amalga oshiriladi.«Bulutli ilovalar»ing. - cloud applicationsru – «облачные приложения»Ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarining kompyuterlarida «bulutli hisoblash» (masalan, Windows Azure) muhitida bajariladigan ilova. Burchak tarqoqligi|Fazoviy tarqalish usuli, unda ikki nurli yoki koʻp nurli yoʻnalganlik diagrammasini shakllantiruvchi bir nechta nurlagichli bitta antenna ishlatiladi. Buriladigan platforma|Obyektning harakati jarayonida berilgan yo‘nalishdan nur og‘ishining avtomatik kompensatsiyasini ta’minlaydigan, ko‘chma obyektga yoki yo‘ldoshga o‘rnatilgan parabolik antennali yoki nurlagichli platforma. Burmoq|Har bir nuqtani markazga nisbatan bir xil gradusga burishdan iborat rasmlar yoki grafik obyektlar ustida bajariladigan operatsiya. Burchakli antenna|Ikkita yassi qaytadigan sirtlar bilan hosil qilinadigan burchak ichiga joylashtirilgan bitta yoki bir nechta nur tarqatgichdan iborat yo‘naltirilgan antenna. Butun|Kiritiladigan oddiy turdagi ma’lumotlar. Belgili, belgisiz, qisqa yoki uzun bo‘lishi mumkin. Butun sonli o‘zgaruvchi|Butun sonli qiymatlarni saqlaydigan oddiy turdagi o‘zgaruvchi. Butunga bo‘lish|Arifmetik amal. Uning natijasi – xususiy-ning butun qismi, kasr qismi tashlab yuboriladi. Deyarli barcha dasturlash tillarida bor. A div b yozuv bilan, ba’zi tillarda a/b qilib belgilanadi. Butunjahon hisoblash tarmog‘i|1. Yer sharidagi barcha axborot-hisoblash tarmoqlarining jami.2. Bir nechta mamlakat yoki kontinent hududini qamrab oladigan axborot-hisoblash tarmog‘i.3. Kommutatsiyalanadigan va ajratilgan liniyalardan yoki maxsus telekommunikat-siya kanallaridan foydalangan holda, axborotning katta masofalarga uzatilishini taʼminlaydigan tarmoq. Butunjahon tarmog‘i|1. Internetda resurslarni izlashning va ulardan foydalanishning gipermatnli tizimi.Izoh – World Wide Web bu tarmoq kompyuterlarida saqlanadigan har qanday maʼlumotni, ularni bog‘laydigan giperhavolalar tizimi orqali ko‘rib chiqish imkonini beradigan Internet xizmatlari to‘plamini taqdim etadi.2.Internet orqali foydalana olish amalga oshiriladigan veb-uzellar ko‘pligi. Buyuk Britaniyaning universitetlar tarmog‘i|O‘zini ta’lim va tadqiqot ishlariga bag‘ishlagan Britaniya Davlat xususiy kompyuter tarmog‘i. Buyumlar Interneti|Axborot jamiyati uchun mo‘ljallangan, mavjud va rivojlanadigan, funksional jihatdan mos Axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida (fizik va virtual) buyumlarni bir-biri bilan bog‘lash yo‘li orqali, birmuncha murakkabroq xizmatlar taqdim etish imkoniyatini taʼminlaydigan global infratuzilma.Izoh – Keng maʼnoda, buyumlar Internetini texnologik va ijtimoiy oqibatlarga ega bo‘lgan konsepsiya sifatida qabul qilish mumkin. Buyurtma dasturiy ta’minot|Berilgan ilova (dastur) uchun maxsus ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot. Buyurtma pochta jo‘natmasi|Jo‘natuvchiga kvitansiya berib joylanma-ning qiymati baholanmasdan qabul qilinadi-gan va adresatga tilxat bilan topshiriladigan pochta jo‘natmasi (xat, pochta varaqchasi, banderol, sekogramma, mayda paket va «М» belgili qop). Buzilish|Aloqa liniyasi orqali uzatiladigan xabar mazmunining asliga qaytarib bo‘lmaydigan tarzda o‘zgartirilishi. Buzilishga nisbatan barqarorlik|Tizimning uzluksiz ishlay olishi va biror-bir xatolik ro‘y berganda uni muvafaqqiyatli bartaraf etish imkoniyati. Buzilishgacha ishlash muddati|Televizor (tiklanadigan mahsulot)ning ishlamay qolishlari o‘rtasidagi ishlash muddatining o‘rtacha qiymati. Buzilishgacha ishlash vaqti|Hisoblash tizimi yoki qurilmaning ikkita texnik ketma-ket buzilishlari orasidagi o‘rtacha vaqt. Tizimning ishonchlilik ko‘rsatgichlaridan biri. Buzish|1. Tarmoqda ishlovchi foydalanuvchi autentifikasiyani tugatganda, odatda, aktiv hujumni amalga oshirish maqsadida, aloqa seansining boshlanishini tutib olish. Bu vaqtda jinoyatkor tizimga qonuniy foydalanuvchi sifatida kirishga harakat qiladi, bu unga ikkita stansiya o‘rtasidagi ulanishni nazorat qilish imkonini beradi.2. Raqib tomonidan kriptografik protokol (kriptografik sxema)ning barqarorligiga tahdidlarning amalga oshirilishi, ya’ni ushbu tahdidni belgilovchi masalani hal qilish. Buzuvchi|Muhofazalangan tizimga ruxsat etilmagan tarzda kirishga urinuvchi shaxs. Buzg‘unchi|Tizim resurslaridan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishga (bu resurs bilan ishlashda uning uchun taqiqlangan harakatlarni bajarishga urinish) xato, bilmaslik oqibatida yoki yovuz niyatda (o‘z manfaatlari yo‘lida) yoki shunchaki (o‘yin yoki o‘zini namoyon qilish maqsadida) uringan (urinib ko‘rgan) va buning uchun turli xil imkoniyatlar, usullar va vositalardan foydalangan shaxs (subyekt). Bo‘lim|Dasturning maxsus ma’noga ega bo‘lgan qismi. Masalan, Pascal tilida dasturiy blok umumiy ko‘rinishda belgilar, konstantalarni tavsiflash boʻlimlaridan, ma‘lumotlar turlarini aniqlash, o‘zgaruvchilarni, protseduralar, funksiyalar, operatorlarni tavsiflash bo‘limlaridan tuzilgan. Bo‘lingan ekran|Kompyuter grafikasida bitta ekranning bir nechta (odatda bir biriga bog‘liq bo‘lgan) video oqimlari yoki matnli axborotni bitta displeyda bir vaqtning o‘zida aks ettirish uchun bir nechta yondosh qismlarga ajratilishini taʼminlaydigan aks ettirish texnikasi. Bo‘lingan vaqt rejimi|Kompyuterdan foydalanish rejimi. Bunda mashinaga joylashtirilgan maxsus dastur turli vazifalarning alohida qismlarini, bir biriga «aralashtirmagan» holda, ketma-ket yechishi taʼminlanadi. Bo‘luvchi|Berilgan nisbatda kuchlanish yoki quvvat pasayishini yoki chastotaning butun son marta bo‘linishini taʼminlovchi qurilma. Bo‘yash|Grafik ekranning ba’zi sohasini rang yoki standart ornament bilan to‘ldirish protsedurasi. Bo‘yash grafik redaktorlarda yoki amaliy dasturlarda dasturlash tillarining tegishli protseduralari bilan amalga oshirilishi mumkin. Bo‘yash bloki|Televizion tasvirni yoki uning fragment(lar)ini istalgan rangga bo‘yash uchun mo‘ljallangan qurilma. Bo‘sh bog‘langan tizim|Har bir protsessor o‘zining lokal xotirasiga ega bo‘lgan, turli protsessorlar esa o‘zaro aloqa liniyalari orqali ishlaydigan taqsimlangan kompyuter tizimi. «Bo‘sh joy» klavishi|Klaviaturadagi, bo‘sh joy simvolini terish uchun xizmat qiladigan klavish. Bo‘shash vaqti|Abonentlardan birining bog‘lanishi tugagan vaqtdan to shu liniya boshqa abonentlar uchun bo‘shaguncha ketgan vaqt. Bo‘shliq|1. C va C++ dasturlash tillarida nol ko‘rsatgichni anglatadi.2. Ma’lumotlar bazasi jadvalining maydonida yozish mumkin bo‘lgan maxsus qiymat (soxta qiymat).3. Ayrim dasturlash tillaridagi mutlaqo hech qanday qiymatga ega bo‘lmagan konstanta.D Dalil|O‘zicha yoki boshqa axborot bilan birga foydalanilganda, bahsni hal qilish uchun qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan axborot.Izohlar1. Raqamli imzolar, himoya qobiqlari va xavfsizlik markerlari dalilning aniq ko‘rinishlari hisoblanadi.2. Raqamli imzolardan ochiq kalitlar usullari bilan birga foydalaniladi, himoya qobiqlari va xavfsizlik markerlari esa, maxfiy kalitlar usullari bilan birga qo‘llaniladi. Damp|1. Xotira yoki fayl ichidagini ekranga chiqarish, faylga olish yoki chop etish. Odatda, matnli xabarlarni izlash uchun, yoki kompyuterning osilib qolish sabablarini aniqlash maqsadida, shuningdek, dasturni sozlash paytida amalga oshiriladi.2. Kriptovalyuta kursining iqtisodiy jihatdan juda tez va asossiz pasayishiga olib boruvchi vaziyat. Odatda tajribali treyderlarning maqsadli harakatlari natijasida yuzaga keladi. Daqiqa|60 sekundga teng vaqt birligi. Ma’lumotlarni uzatish tezligini aniqlashda ishlatiladigan asosiy kattaliklardan biri. Daraja videosignal|Videosignalni, odatda, kuchlanishni taqdim etuvchi elektr kattalikning ko‘pincha foizlarda yoki ma’lum tayanch ko‘lamining ulushi, masalan, 1 volt bilan ifodalanadigan videosignal chegarasiga nisbatan oniy qiymati. Darajalarni oldindan korreksiya qilish|Muayyan signallar yoki kabel taqsimlash tizimining shu nuqtasidagi signallar guruhi o‘rtasida atayin o‘rnatilgan darajalar farqi. Darajalarni uzatish xarakteristikasi|Eshittirish televideniyesi trakti yoki trakti zvenosining tasvir kanali chiqishidagi televizion tasvir yorqinlik darajalarining yoki yorqinlik signali darajalarining bu kanal kirishidagi obyektlar yorqinlik darajalariga yoki yorqinlik signali darajalariga bog‘liqligi. Darajani nazorat qilish|Ma’lum xarakteristikalarga ega o‘lchash apparaturasidan foydalanib dasturiy signallarning darajasini kuzatish. Darajani qayd etish|1. To‘liq videosignal bir qismi darajasini ma’lum qiymatda ushlab turish.2. Sinxronlash signali impulslarining o‘chirish darajasi yoki yuqori darajasi bitta potensialga keltiriladigan videosignalni qayta ishlash.Izoh – Darajani qayd etish, odatda, tasvirning doimiy tashkil etuvchisini tiklashda qo‘llaniladi. Darajani rostlagich (kabel tarmog‘ida)|Bitta yoki bir nechta signalning doimiy darajasini, signalga nisbatan boshqa vositalar yordamida, masalan, pilot-signal, temperaturali kompensator, distansion boshqaruv va b.lar yordamida ushlab turish qurilmasi. Daraxt|Daraxtni eslatadigan tuzilma. Uning asosida bir qancha element (tana) bog‘langan bitta element (ildiz) bo‘ladi. Bu elementlar (tanalar) o‘z navbatida yana bir qancha (shoxlar) bilan bog‘langan va h.k, shu tarzda so‘nggi elementlargacha (yaproqlargacha). Natijada ko‘p pog‘onali daraxt hosil bo‘ladi. Daraxt – bu, bog‘langan yo‘naltirilmagan siklsiz grafdir. Daraxtsimon kod|Simvollarni qayta ishlash uzluksiz tarzda, bloklarga ajratmasdan amalga oshiriladigan kod. «Darcha»|Displeyning ma’lum jarayonni aks ettiruvchi qismi. Dastlabki, boshlang‘ich berilgan|Tanlash elementlaridan biri. Barcha sozlashlar avvaldan kiritilgan boshlang‘ich konfiguratsiyada qo‘llaniladi. Aksariyat hollarda dasturiy ta’minotni o‘rnatishda foydalaniladi. Bunday holatda ishlab chiquvchilar tomonidan eng ommabop tanlov zanjiri shakllantiriladi, bu esa foydalanuvchining sozlash jarayonini amalga oshirmasligiga imkon beradi. Dastlabki buzilish|Signal/shovqin nisbatini yaxshilash maqsadida, aloqa kanali bo‘ylab uzatishdan oldin signalning amplitudasi, fazasi, chastotasi yoki shaklini ataylab o‘zgartirish. Dastlabki ko‘rib chiqish|Bosib chiqarishga tayyorlangan hujjat yoki tasvirni, uning sahifada joylashishini va/yoki tashqi ko‘rinishini aniqlashtirish maqsadida ko‘rib chiqish. Dastlabki ochiq kod|Dasturiy ta’minotni yaratish usuli, bunda yaratilayotgan dasturiy ta’minotning dastlabki kodlari ochiq beriladi, ya’ni dasturiy ta’minotning dastlabki kodi ko‘rish va o‘zgartirishlar uchun ochiqdir. Ushbu imkoniyat barcha xohlovchilar uchun tayyor kodni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatishlari va ochiq dasturlarni yaratishga o‘z hissalarini qo‘shishlariga yordam beradi. Foydalanuvchining dasturiy ta’minotdan bepul foydalanishga haqqi bor, lekin «ochiq litsenziya» ishlab chiqaruvchini ushbu «ochiq kodli» dasturiy mahsulotning «bepulligini» ta’minlashga majbur qilmaydi. Ammo ko‘pgina samarali «ochiq» dasturiy mahsulotlar loyihasi bepul. Dastlabki papka|Dasturga taalluqli papka bo‘lib, unda dasturga tegishli bo‘lgan sozlash fayllari va vaqtinchalik fayllar saqlanadi. Dastlabki o‘rnatish|Foydalanuvchi tanloviga ko‘ra yoki boshlang‘ich o‘rnatiladigan parametrlar bilan oxirgi foydalanuvchi kompyuteriga dasturiy ta’minotni o‘rnatish jarayoni. Dastlabki o‘zgartirishlar yoki filtrlash|Axborotni siqish uchun emas, balki uni keyinchalik siqish uchun qulay shaklda taqdim etishga xizmat qiladigan usul. Masalan, siqilmagan multimedia ma’lumotlari uchun signal darajasining ohista o‘zgarishi xosdir. Shu sababli delta-o‘zgartirish qo‘llaniladi, ya’ni absolyut qiymat o‘rniga nisbiy qiymat olinadi. Matn, bajariladigan fayllar, ma’lumotlar bazasi va boshqalar uchun filtrlar mavjud. Dastur|1. Elektron hisoblash mashinasida amalga oshirish uchun mo‘ljallangan, operatorlar ketma-ketligi.2. Bajarilishi kerak bo‘lgan hisoblash jarayonining dasturlash tilidagi yoki mashina yo‘riqnomalaridagi tavsifi. Funksional masala hal qilinishini bajaradigan operatorlar, komandalarning tugallangan izchil to‘plami. Dastur (eshittirishda)|Radioeshittirish uchun maxsus mo‘ljallangan va tayyorlangan tovushli yoki vizual epizodlar ketma-ketligi.Izoh ‒ Dasturlarni turiga ko‘ra – tovushli, televizion, musiqali, nutqli dasturlar; maqsadiga ko‘ra – yangiliklar, o‘quv, ko‘ngilochar dasturlar; manbaiga ko‘ra – ma’lum uzatuvchi stansiyalar, tashkilotlar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib ko‘rsatiladigan ko‘rsatuvlar, yozib olinadigan ko‘rsatuvlar dasturi va boshqa dasturlarlarga tasniflash mumkin. Dastur hisoblagichi|Protsessorning, tanlanadigan navbatdagi komanda manzilini yoki dastur keyingi bayti (so‘zi)ni ichiga oladigan ichki registri. Dastur qadami|Dasturning bitta elementar operatsiyasini, odatda mashina tilidagi komandani bajarish. Atama ko‘pincha, dasturiy ta’minotni sozlash tizimlarini tavsiflashda ishlatiladi. Dastur soatiga havola|90 kHz chastota davrida hisoblanadigan va transport oqimiga dastur darajasida kiritiladigan 33 bitli son bo‘lib, berilgan dasturni qabul qilishda dekoderni sinxronlash uchun xizmat qiladi. Dastur tahlili|Dasturlarni jamoaviy ishlab chiqishda ‒ dastur matnining dasturchilar guruhi tomonidan, uning to‘g‘riligini tekshirish maqsadida tahlil qili-nishi. Dastur to‘g‘risidagi axborot fayli|Windows yoki ОS/2 boshqaruvida DОS seansida dasturning ishlash parametrlarini sozlash fayli. Dasturdagi operator|Operatsiyani va uning operandlari qiymatlari yoki joylashgan o‘rnini ko‘rsatuvchi simvollar jami; dasturning, uning ishlash spetsifikatsiyasini va operandlarning joylashgan o‘rni bo‘lgan bitta yoki bir nechta manzilni ta’minlaydigan alohida elementi. Dasturiy-apparat vosita|Asosiy xotiradan alohida faoliyat ko‘rsatish mumkin bo‘lgan holda (odatda doimiy xotira qurilmasida) saqlanuvchi jami tartibga solingan komandalar va ular bilan bog‘liq maʼlumotlar. Dasturiy apparatxona|Televizion dasturni turli manbalardan dastur signallarini ulash yo‘li bilan ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan uskunaga ega apparatxona. Dasturiy bog‘liq axborot jadvallari|MPEG-2 da dasturlarning tarkibi hamda ular komponentlarining identifikatorlari to‘g‘risidagi axborotni ichiga oluvchi PAT, PMT, CAT majburiy jadvallari va majburiy bo‘lmagan NIT jadvali. Dasturiy bomba|Muayyan sharoitlarda bir yoki bir necha marta ishga tushishi zarur bo‘lgan komandalarni dasturga yashirin o‘rnatish.Izoh – Mantiqiy va vaqt bombalari dasturiy bombaning variantlari hisoblanadi. Dasturiy boshqariladigan radiostansiya|Ish rejimi va chastotalarning sozlanishini dasturiy usul bilan o‘zgartiradigan abonent stansiyasi. Dasturlarning ish bilan ta’minlanishi SIM-karta orqali yoki stansiyani radiokanal bo‘yicha qayta dasturlash yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. Dasturiy hujjat|Dasturiy mahsulot uchun ilova hujjat. Masalan, foydalanuvchi yo‘riqnomasi. Dasturiy ilova|Muayyan qo‘llanish sohasida ma’lumotlar qayta ishlanishini amalga oshiradigan dasturlar majmui (xususan, veb muhitdagi veb-ilova). Dasturiy interfeys|Tizimda jarayonni abstrakt tavsiflash yoki hisoblash jarayonlarining o‘zaro aloqasi atamalarida: ma’lumotlar formati, ma’lumotlar almashinish protokoli, kichik dasturlarni chaqirish, dasturlash tili, ma’lumotlarni tavsiflash tili yoki ma’lumotlar bilan ishlash, tizimlarning bir-biriga ta’siri. Dasturiy kommutator (moslashuvchan)|IP tarmoqda chaqiruvlarni boshqarish funk-siyasini amalga oshiradigan qurilma.Izoh – Dasturiy kommutator IP-tarmoqda trafikka xizmat ko‘rsatishning zarur funksiyalarini bajarishga mo‘ljallangan protokollar to‘plamini quvvatlaydigan apparat-dasturiy vositalardan iborat. Dasturiy mahsulot|Foydalanuvchiga yetkazib berish, uzatish, sotish uchun mo‘ljallangan dasturiy vositalar. Dasturiy mahsulot sifatini baholash|Sifat ko‘rsatgichlari tanlanishini, bu ko‘rsatgichlarning miqdor qiymatlarini tanlash va aniqlash usullari ishlab chiqilishini, ko‘rsatgichlarning bazaviy qiymatlari belgilanishini, ko‘rsatgichlarning haqiqiy qiymatlarini hisoblash, bazaviy qiymatlarni hisoblangan qiymatlar bilan taqqoslashni ichiga oladigan tadbirlar kompleksi. Dasturiy modem|Protsessorga modem funksiyalarini bajarish imkonini beradigan dastur. Dasturiy moslik|Kompyuter tizimining boshqa tizim uchun yozilgan dasturiy ta’minotni bajara olish qobiliyati. Dasturiy qaroqchilik|Mualliflik asari hisoblanadigan litsenzion dasturiy mahsulotlardan noqonuniy foydalanish, nusxa ko‘chirish yoki tarqatish. Dasturiy signal, modulyatsiyalovchi signal|Tovushli yoki televizion dasturlarni ifoda-laydigan, uzatish uchun modulyatsiyalovchi signal sifatida foydalaniladigan elektr signallari. (Dasturiy signallarni) mikshirlash|Oxirgi dasturiy signalni olish uchun turli manbalardan dasturiy signallarni kombinatsiyalash. Dasturiy so‘raladigan uzib-ulagich|Elektron hisoblash mashinasi pultidagi yoki dastur modellaydigan kalit. Mashina komandalarini boshqarish uchun yoqilgan yoki o‘chirilgan holatga o‘rnatilishi mumkin. Dasturiy talqin etish|Kodli optimizator yordamida o‘zgartirilgan shaklda yuklash yo‘li bilan, boshqaruvchi dasturni ruxsat etilmagan o‘zgartirishdan muhofaza qilish usuli. Dasturiy ta’minot|1. Kompyuter ishini boshqaradigan koman-dalar to‘plami.2. Avtomatlashtiriladigan faoliyatni elektron hisoblash mashinalari uchun belgilangan dasturlar bilan ta’minlash, jumladan, vazifa-ning qo‘yilishi, loyihalash, amalga oshirish va keyingi ishlanma, shuningdek, EVM uchun dasturlarning o‘zi.3. Axborotni qayta ishlash tizimi dasturlari va bu dasturlardan foydalanish uchun zarur bo‘lgan dasturiy hujjatlar jami. Dasturiy ta’minot tizimi|Kompyuter tizimining tarkibiy qismi bo‘l-gan dasturiy ta’minotga asoslangan tizim (kompyuter uskunasi va dasturiy ta’mino-tining birgalikda ishlashi). Dasturiy ta’minot xavfsizligi|Umummaqsadlardagi (bajaruvchi dasturlar, utilitalar yoki dasturiy ta’minotni ishlab chiqish vositalari) hamda amaliy dastur va vositalarning avtomatlashtirilgan tizimda ma’lumotlarning xavfsiz qayta ishlanishini va tizim resurslaridan xavfsiz foydalanishni amalga oshirish xususiyati. Dasturiy ta’minotni elektron tarqatish|Dasturlarni kompyuterlarga axborot tarmog‘i orqali yuklash texnologiyasi. Dasturiy ta’minotni injeneriyasi ishlab chiqish|Dasturiy ta’minotni tahlil qilish, loyihalash, ishlab chiqish, joriy etish va kuzatib borish usullari. Dasturiy ta’minotni standartlash|Davlat hokimiyat organlarida foydalaniladigan elektron hisoblash mashinalari uchun qo‘llaniladigan dasturlarda ishlatiladigan texnologiyalarni tanlashning asosiy prinsiplari bo‘yicha o‘zaro bog‘langan yechimlar kompleksi. Dasturiy ta’minotning kaskad modeli|Ishlab chiqarish sikli bilan taqqoslab qarab chiqiladigan dasturiy ta’minot. Dasturiy taʼminot replikatsiyasi|Namunaviy axborot majmuasining dasturiy taʼminotini, uni keyinchalik, yangi soha portali yoki majmui asosida klonlash maqsadida takror ishlab chiqarish. Dasturiy taʼminot sifati|Dasturiy taʼminotning afzalliklari va kamchiliklarini belgilaydigan alomatlar, xossalar, fazilatlar majmui. Yaratilayotgan dasturiy taʼminot sifatini baholash miqdoriy usullarni ishlatib amalga oshiriladi. Bu tadbir dasturlash jarayonida amalga oshadi. Bu masalaning dolzarbligi oshishiga munosib ravishda, bozorda yaratilayotgan dasturlarning sifatini aniqlashni taʼminlaydigan dasturlar paydo bo‘ldi. Dasturiy taʼminotni moslashtirish|Foydalanuvchining muayyan texnik vositalari yoki aniq dasturlari boshqaruvidagi kompyuter uchun mo‘ljallangan dasturning faoliyatini taʼminlash maqsadida amalga oshiriladigan o‘zgartirishlar kiritish. Dasturiy taʼminotni muhofazalash vositalari|Dasturiy vositalarni beruxsat foydalanishdan muhofaza qiluvchi vositalar. Dasturiy taʼminotning hayotiy sikli|Kompyuter dasturiy taʼminotini loyihalash boshlangan daqiqadan to uning ishlatilishi to‘xtashigacha o‘tgan vaqt. Dasturiy token|Muvaffaqiyatli mualliflashtirishdan keyin foydalanuvchiga servislardan foydalana olish uchun beriladigan kalit. Dasturiy uzilish|Operatsion tizimlarda yoki tayanch kiritish/chiqarish tizimida quyi dasturlarga uzilishlarni qayta ishlash boshqaruvini berish uchun, maxsus mashina komandasining bajarilishi keltirib chiqaradigan uzilish. Dasturiy uzilishlardan sozlagichlarda keng foydalaniladi. Dasturiy virus, virus|Boshqa dasturlarga o‘zining o‘zgartirilgan nusxalarini qo‘yish yo‘li bilan o‘z-o‘zidan ko‘payadigan, uni o‘zgartiradigan, zararlangan dasturni ochishda amalga oshadigan maxsus ishlab chiqilgan zararli dastur.Izoh – Virus ko‘pincha buzilishlar yoki ishdan chiqishlarga sabab bo‘ladi hamda ba’zi hollarda ma’lum sana boshlanishi bilan aktivlashishi mumkin. Dasturiy vosita|Dasturchi tomonidan dasturiy ta’minotni loyihalash, ishlab chiqish yoki boshqa dasturiy ta’minotni sozlashda foydalaniladigan har qanday dastur yoki utilita. Dasturiy o‘rnatma|Dasturiy ta’minotga ataylab kiritilgan funksional obyektlar, ular ma’lum sharoitlarda (kirish ma’lumotlarida) axborotning konfidensialligi, undan foydalanish yoki yaxlitligi buzilishiga olib keladigan dasturiy ta’minot hujjatlarida tavsiflanmagan funksiyalarning bajarilishini boshlab beradi. Dasturlanadigan doimiy xotira qurilmasi|Maxsus qurilma, programmator yordamida, eruvchan ko‘prikchalarni yuqori kuchlanishli impulslar yordamida kuydirish orqali, faqatgina bir marotaba yozish mumkin bo‘lgan xotira turi. Ichiga joylashtirilgan dasturiy ta’minotni saqlash uchun turli xil elektron qurilmalarda ishlatiladi. Dasturlanadigan uzilish|Protsessorning (odatda dasturdagi xatoni qayta ishlash uchun) maxsus komandasi yordamida aniq generatsiyalanadigan uzilish. Dasturlararo takomillashtirilgan aloqa|Dasturlararo takomillashtirilgan aloqa interfeysi. APPC protokoli IBM tomonidan «yangi» SNA arxitekturasi kabi ishlab chiqilgan. SNA ga ulangan ishchi stansiyalar va bu stansiyalardagi amaldagi dasturlararo bir rangdagi aloqani ta’minlaydi. LU 6.2 nomi bilan ham ma’lum. Dasturlarni avtomatlashtirilgan ishlab chiqish vositasi|1. Kompyuter boshqaruvli dasturiy ta’minot-ni ishlab chiqish uchun foydalaniladigan dasturiy vosita.2. Tizimli loyihalash va dasturiy ta’minot hayotiy siklini avtomatlashtirilgan ta’min-lash yo‘li bilan, dasturlar va tizim muhandis-lariga yordamlashadigan dasturiy mahsulot. Dasturlarni avtomatlashtirilgan ishlab chiqishga bo‘lgan ehtiyoj|Dasturlarni avtomatlashtirilgan ishlab chiqish vositasining xarakteristikalari qanoatlantiradigan tashkiliy talablar. Ular boshqaruv jarayonini, ishlab chiqish jarayonini, xizmat ko‘rsatishni, hujjatlarni, konfiguratsiya boshqaruvini, sifat tekshirilishini, atrof muhitga bo‘lgan ehtiyoj tekshirilishini, CASE vositasining jamlanganligini, sifat xarakteristikalarini, xarid qilishga, sotishga bo‘lgan ehtiyojlarni, ta’minlash indikatorlari va sertifikatlash talablarini o‘z ichiga oladi. Dasturlarni avtomatlashtirilgan tarzda tuzish|Instrumental CASE vositalarning maxsus paketlaridan foydalanib, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish texnologiyasi. Dasturlarni boshqarish|Resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishga, xavf-xatarni kamaytirishga va har bir loyihani muvaffaqiyatli yakunlashga yo‘naltirilgan, o‘zaro bog‘langan bir qancha loyihalarni boshqarish jarayoni. Amalda va maqsadlarga ko‘ra dasturiy boshqarish tizim muhandisligi va sanoat muhandisligi bilan chambarchas bog‘liqdir. Dasturlarni (tarmoqning boshqa kompyuterida) uzoqdan ishga tushirish|Uzoqda joylashgan (odatda, katta quvvatli) mashinaning xotirasi, protsessori va diskidan foydalanib va mijoz kompyuteridan terminal sifatida foydalanib, tarmoqning boshqa kompyuteriga kirish va unda ishlash imkoniyati. Dasturlarni o‘rnatish/o‘chirish|Windows operatsion tizimidagi foydalanuvchiga kompyuterga o‘rnatilgan dasturiy ta’minot ro‘yxatini boshqarish imkonini beradigan boshqarish panelining qismi. Afsuski, unda kompyuterda foydalaniladigan dasturlarning hammasi ham aks ettirilmaydi. Dasturlarning boshlang‘ich kodini zararlaydigan viruslar|Dasturning boshlang‘ich kodini yoki uning komponentlarini (OBJ-, LIB-, DCU-fayllarni), shuningdek, VCL hamda ActiveX komponentlarni zararlaydigan viruslar. Kompilyatsiyadan so‘ng dasturlar unga kiritilgan bo‘ladi. Dasturlarning ko‘rsatish uchun belgilangan paketlari|Ma’lum bir axborotni auditoriyaga samarali yetkazish uchun mo‘ljallangan aniq maqsadga yo‘naltirilgan dasturiy komplekslar. Asosan, prezentatsiya va reklama maqsadida qo‘llaniladi. O‘qitish-o‘rgatish maqsadlarida qo‘llanilishi foydaliroq bo‘ladi. Dasturlarning yaxshi muhofazalanmaganlik skaneri|Hujumning u yoki boshqa bir aniq turidan yaxshi muhofazalanmagan mashinalarni izlab topish maqsadida, Internet tarmog‘ida kompyuterlarning katta guruhi tekshirilishini amalga oshiradigan dastur. Dasturlash|Vazifani yechish algoritmini elektron hisoblash mashinasi tomonidan «idrok etiladigan» ko‘rinishda taqdim etish jarayoni. Dasturlash algoritmni elementar operatorlar darajasigacha batafsil tekshirish, algoritmni tanlangan dasturlash tilida yozib olish va dasturlarning elektron hisoblash mashinasida bajarilishini boshqarish jarayonlarini tavsiflashni o‘z ichiga oladi. Dasturlash tili|Odam tomonidan ta’riflanadigan va kompyuter yordamida hal qilinadigan muayyan muammolarning qulay tavsiflanishini ta’minlaydigan rasmiy til. Dasturlash tili sintaksis va semantika kabi ikkita tashkil etuvchidan iborat. Til konstruksiyalaridan mashina komandalariga o‘tishni til translyatori amalga oshiradi. Dasturlash tillari masalani qanday atamalarda ta’riflash kerakligiga ko‘ra, yuqori va quyi daraja tillariga ajratiladi. Agar, til tabiiy tilga yaqin bo‘lsa, yuqori daraja tili deb, mashina komandalariga yaqin bo‘lsa, quyi daraja tili deb ataladi. Dasturlash tizimi|Jami dasturlash tili va dasturlarni yaratish tizimi. U berilgan tilda dasturlarni avtomatlashtirilgan tarzda yaratish va bajarish hamda tegishli hujjatlar tayyorlashni taʼminlaydi. Odatda dasturlash tizimi tilning etalon xilini emas, balki uning dialektik – maʼlum osonlashtirish yoki kengaytirishlarga ega rusumini o‘z ichiga oladi. Baʼzi dasturlash tizimlari dasturlarni bir necha tilda yaratishni qo‘llab-quvvatlashi mumkin. Shaxsiy kompyuterlar uchun eng mashhur dasturlash tizimlari: Microsoft kompaniyasining Basic, Java, C++ tillarini qo‘llab-quvvatlovchi Visual Studio; Inprise (Borland International) kompaniyasining Delphi tili va boshqalar. Dasturlashtiriladigan kommutator (softsvich)|IP tarmog‘ida chaqiruvlarni boshqarish va signalizatsiya funksiyalarini amalga oshiruvchi qurilma. Dasturlashtiriladigan kommutator IP tarmog‘ida xizmat ko‘rsatish trafikining zarur funksiyalarini bajarishga yo‘naltirilgan protokollar to‘plamini taʼminlaydigan apparat-dasturiy vositalardan iborat. Dasturlashtiriladigan mantiqiy matritsa|Bitta mikrosxema ko‘rinishida tayyorlanadigan bir turdagi elementlar matritsasi. Dasturlashtiriladigan ma’lumotlar bazasi|O‘rnatilgan dasturlash tiliga ega ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi. Dasturni boshlang‘ich yuklash|Boshlang‘ich holatga o‘rnatish protsedurasi, dastur (tizim) yadrosini yuklaydi va uni bajarish bo‘yicha operatsiyani bajaradi. Dasturni ekspluatatsiya qilish bo‘yicha hujjat|Dasturiy mahsulotning ishlashini ta’minlash va uni ekspluatatsiya qilish bo‘yicha zarur ma’lumotlarni o‘zida saqlovchi dasturiy hujjat. Dasturni mualliflashtirish|Tizim yoki foydalanuvchi dasturidan boshqa dasturlar yoki foydalanuvchilarning foydalana olishi bo‘yicha cheklashlarning o‘rnatilishi. Dasturni muhofaza qilish|Dasturning bajarilishi uchun ishga tushirib yuborilishini bartaraf etuvchi shartlarning majmui. Dasturni ruxsat etilgan tarzda tahlil qilish|Texnik talablar bilan dasturning haqiqiy imkoniyatlari o‘rtasidagi farqni belgilash maqsadida bajariladigan tahlil. Dasturni sozlash|Dasturlarni ishlab chiqish bosqichlaridan biri; dastur yozilishining to‘g‘riligi tekshiriladi, xatolar aniqlanadi va to‘g‘rilanadi. Odatda, sozlash ma’lum natijalar bo‘lgan real namunalarga yaqin nazorat namunalarda bajariladi. Hozirgi dasturlash tillarida sozlash jarayonini soddalashtiradigan sozlovchi dasturlar mavjud. Dasturni yig‘ish|Boshlang‘ich kodni obyekt fayllariga kompilyatsiyalash va modullarni bajariladigan fayllarga yoki bibliotekalarga komponovka qilish. Dasturni yuklash|Dasturning bajarilishi kerak bo‘lgan kodi va zarur bibliotekalarni shaxsiy kompyuterning tezkor xotirasiga bajarish uchun yozish jarayoni. Dasturning bajarilish vaqti|1. Kompilyatsiya va yuklash vaqtidan farqli ravishda, dasturni bajarish uchun zarur bo‘lgan vaqt bo‘lagi.2. Markaziy protsessor faqat bir jarayonni bajarish uchun sarflaydigan vaqt. Dasturning bajarilishi|Mashina kodlaridagi dastur boshlang‘ich ma’lumotlarning kiritilishi va natijalar olinishi bilan bajariladigan jarayon. Sozlash rejimida dastur qadamlab bajarilishi mumkin. Agar dastur operatsion tizim boshqaruvida bajarilsa, qadamlab bajarish dasturlash muhiti boshqaruvida amalga oshiriladi. Dasturning xotiradagi binar obrazi|Xotirada o‘qish uchun dastur obraziga va buyurtmachi tomonidan shakllantiriladigan ishga tushirishga ega fayl. Dasturchi|Kompyuter taʼminotini yozuvchi kishi. Kompyuter dasturchisi deb kompyuter dasturlash bo‘yicha mutaxassis yoki turli xil dasturiy taʼminot uchun kodlar yozuvchi mutaxassislarni atashadi. Amaliyotda dasturlashni formal tarzda o‘qitadigan insonlarni ham dasturiy tahlilchi deb nomlash mumkin. Dasturchining asosiy ishlov tilini (Lisp, Java, Delphi, C++, h.k.) nomiga qo‘shib xuddi veb muhitida ishlovchilarni veb nomlari bilan ishlatganday nomlashadi. Dasturchi atamasi taʼminot yozuvchisiga, taʼminot muhandisiga, kompyuter olimi yoki taʼminot tahlilchisiga nisbatan ishlatilishi mumkin. Data-markaz|Abonentlarni Internet tarmog‘i kanallariga ulash, server va tarmoq uskunasini joylashtirish (xosting) uchun mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan bino. Datchik|Qandaydir fizik kattalikning qayd etilishini, uning signallarga o‘zgartilishini va bu signallarning, qayta ishlash uchun, boshqarish tizimiga uzatilishini ta’minlaydigan qurilma. Davlat axborot resurslari|Davlat axborot resurslari quyidagilardan shakllantiriladi: davlat organlarining axborot resuslaridan;yuridik va jismoniy shaxslar-ning davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan yaratilgan axborot resurslaridan;yuridik va jismoniy shaxslarning davlat sirlari hamda maxfiy axborotni o‘z ichiga olgan axborot resurslaridan. Davlat axborot siyosati|Jamiyatning geosiyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy rivojlanishining umumdavlat ustuvorliklarini taʼminlashga va mamlakatning axborot jamiyatiga o‘tish shart-sharoitlarini yaratishga yo‘naltirilgan o‘zaro bog‘liq siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy va tashkiliy tadbirlar kompleksi. Davlat axborot tizimi|Davlat organlarining vakolatlarini amalga oshirish, davlat organlari o‘rtasida axborot almashinuvini ta’minlash maqsadida tuzilgan yoki foydalaniladigan axborot tizimi. Davlat axborot xavfsizligi|Davlat axborot resurslarining saqlanganlik va axborot sohasida jamiyat hamda shaxs qonuniy huquqlarining himoyalanganlik holati. Zamonaviy kishilik jamiyatida axborot sohasi ikkita tarkibiy qismga ega: axborot-texnik tashkil etuvchi (odam tomonidan sun’iy yaratilgan texnika, texnologiyalar dunyosi) hamda axborotruhiy tashkil etuvchi (jonli tabiatning odam ham kiradigan tabiiy dunyosi). Tegishlicha, jamiyat (davlat)ning axborot xavfsizligini umumiy holda axborot-ruhiy xavfsizlik kabi ikki tarkibiy qism orqali ko‘rsatish mumkin. Xavfsizlikka bo‘ladigan ehtimoliy tahdidlarni aniqlash va tasniflash ham axborot xavfsizligining muhim jihatidir. Davlat axborotini oshkor etish infratuzilmasi|Davlat elektron hujjatlarining ommaviy oshkor etilishini ta’minlaydigan repozitoriylar majmui. Davlat boshqaruvi|Davlat hokimiyati organlari va ular mansabdor shaxslarining, tegishli protseduralar asosida ishlab chiqilgan siyosiy kursni amalga oshirish bo‘yicha faoliyati. Davlat buyurtmasi|Davlat byudjeti, mahalliy byudjetlar mablag‘lari va moliyalashtirishning byudjetdan tashqari manbalari hisobiga tovarlar yetkazib berish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatishga bo‘lgan buyurtma. Davlat elektron xizmati|Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llangan holda ko‘rsatiladigan davlat xizmati. Davlat korxonasi|Har qanday tashkiliy-huquqiy shakldagi, asosiy vositalari davlat mulki hisoblanadigan tashkilot. Davlat organi xonasi|Davlat organining shaxsiy xonasi, davlat organi vakolatli mansabdor shaxsi tomonidan, elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishda, kelib tushadigan rasmiy so‘rovlarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan, zarur hujjatlar va ma’lumotlar tayyorlash, tahrir qilish, izlash va berish imkoniyatini yaratadi. Davlat organlarining davlat axborot resurslari va axborot tizimlari reyestri|Internet tarmog‘idagi, qonun hujjatlfriga muvofiq, davlat axborot resurslari va axborot tizimlari ro‘yxatini hamda ular to‘g‘risidagi axborotni ichiga oladigan axborot resursi. Davlat siri bo‘lgan ma’lumotlardan foydalana olish|Vakolatli mansabdor shaxs tomonidan ruxsat etilgan tarzda, muayyan shaxsni davlat siri bo‘lgan ma’lumotlar bilan tanishtirish. Davlat siri hisoblanadigan ma’lumotlarni tashuvchilar|Davlat sirlarini tashkil qiladigan ma’lumotlar xotira, simvollar, obrazlar, signallar, texnik yechimlar va jarayonlar ko‘rinishida aks etadigan, jismoniy shaxslar, moddiy obyektlar, shu jumladan, fizik maydonlar. Davlat sirlari|Tarqatilishi O‘zbekiston Respublikasi manfaatlariga ziyon keltirishi mumkin bo‘lgan harbiy, tashqi siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, razvedka, kontrrazvedka bilan shug‘ullanuvchi va operativ-qidiruv fao-liyati sohasidagi davlat tomonidan muhofaza qilinadigan ma’lumotlar. Davlat sirlari maxfiylik darajasiga ko‘ra, alohida muhim ma’lumotlar va mutlaqo maxfiy (davlat siri) ma’lumotlarga bo‘linadi. Davlat tomonidan hisobga olish|Identifikatsiya qilinadigan shaxslar, obyektlar va/ yoki turli xarakterdagi hodisalar to‘g‘risida muayyan tarkibdagi ma’lumotlarni to‘plash va saqlash bo‘yicha olib boriladigan muntazam ish. Davlat xizmati|Davlat organlari tomonidan ariza beruvchilarning talabiga ko‘ra amalga oshiriladigan, o‘zlarining vazifalarini bajarish yuzasidan ko‘rsatiladigan xizmat.Izoh – Davlat xizmatini, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq, davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha vazifalar yuklangan hollarda, boshqa tashkilotlar ham ko‘rsatishlari mumkin. Davlat xizmati formati|Bajarilishi shart bo‘lgan, davlat xizmatini oluvchining manfaatlari yo‘lida ushbu davlat xizmatini ko‘rsatish jarayoni, shakli, mazmuni va natijasi xarakteristikalarini ichiga oladigan davlat xizmati ko‘rsatilishiga bo‘lgan talablarni belgilaydigan qoidalar. Davlat xizmatini avtomatlashtirish|Odamni elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida ishtirok etishdan ozod qilish uchun, shuningdek, ma’muriy protseduralarning sonini sezilarli qisqartirish uchun texnik vositalar hamda matematik usullar qo‘llanilishini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar majmui. Davlat xizmatining pasporti|Xizmat to‘g‘risidagi, bu xizmatni qat’iy identifykatsiyalash imkonini beradigan ma’lumotlar majmui. Davlat xizmatlari portali|Davlat xizmatlarining elektron shaklda taqdim etilishini, shuningdek, talabgorlarning davlat xizmatlari reyestrlari yuritilishini ta’minlaydigan davlat axborot tizimlarida joylashtirilgan va Internet tarmog‘idan foydalanib tarqatish uchun mo‘ljallangan davlat xizmatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanishni ta’minlaydigan davlat axborot tizimi. Davlat xizmatlari reyestri|Davlat xizmatlarining taqdim etilishi tartibi to‘g‘risidagi qisqacha asosiy ma’lumotlarni o‘z ichiga oladigan ma’lumotlar bazasi. Davlat xizmatlarining elektron shaklda taqdim etilishi|Davlat xizmatlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib, shu jumladan, davlat xizmatlari portalidan, ko‘p funksiyali markazlardan, universal elektron karta va boshqa vositalardan foydalanib taqdim etilishi, jumladan, bunday taqdim etish doirasida davlat organlari, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari, tashkilot hamda ariza beruvchilar o‘rtasida elektron o‘zaro hamkorlikning amalga oshirilishi. Davom ettirish|Tanlash varianti (oddiy tugma). U foydalanuvchi joriy sahifadagi shartlarga va o‘zgartirishlarga rozi ekanligini va navbatdagi sahifaga o‘tishga tayyorligini anglatadi. Dayjest|O‘zgaruvchan uzunlikdagi ma’lumotlarning kirish oqimini xesh-funksiya yordamida qayta ishlash natijasida hosil bo‘ladigan, qat’iy uzunlikdagi kod. Masalan, SHA-1 xeshlash algoritmi kirish xabarining hajmidan qat’i nazar, 20 bit hajmidagi dayjestni yaratadi. Deduktiv xulosa|Prolog tilida berilgan faktlar va qoidalar asosida yechim topish uchun foydalaniladigan usul. Defektli sektor|1. Qattiq yoki egiluvchan diskdagi, ishlab chiqarishdagi defekt yoki tasodifiy shikastlanish tufayli ma’lumotlarni saqlab bo‘lmaydigan soha.2. Diskdagi, ma’lumotlarni yozish/o‘qish mumkin bo‘lmagan sektor. Defektli yo‘lkalar jadvali|Tayyorlovchi zavodda yakuniy testlash paytida aniqlanadigan, qattiq disk defektli sohalarining ro‘yxati. Diskni operatsion tizim foydalanishiga tayyorlaydigan ba’zi dasturlar, foydalanuvchilardan, tuzish vaqtini kamaytirish maqsadida bu ro‘yхatdan bo‘lgan axborotning kiritilishini so‘raydi. Defeys|Xakerlik hujumining turi. Unda veb-saytning sahifasi boshqasiga almashtiriladi (odatda bosh sahifa), saytning qolgan sahifalari esa blokirovka qilinadi yoki butunlay o‘chiriladi – buning maqsadida reklama, ogohlantirish, tahdid va boshqalar bo‘lishi mumkin. Baʼzi buzuvchilar sayt defeysini krekerlik doiralarida tanilish, o‘z imijini oshirish yoki sayt administratoriga zaiflikni ko‘rsatish uchun amalga oshiradi. Defragmentatsiya|Fayllarni uzluksiz ketma-ket klasterlarda saqlanishini ta’minlash maqsadida disk bo‘limining mantiqiy tuzilmasini optimallash va yangilash jarayoni.Izoh − Asosan FAT va NTFS fayl tizimlarida ishlatiladi. Defragmentatsiyadan so‘ng fayllarni o‘qish va yozish, shuningdek, dastur ishlari ham tezlashadi. Defragmenta-siyaning boshqa vazifasi: diskda fayllarni uzluksiz maydonda joylashadigan qilib taqsimlash. Deinstallyator|Qandaydir ilovani deinstallyatsiya qilish (o‘chirib tashlash) uchun mo‘ljallangan kompleks dastur. Deinstallyatorlarni qo‘llash zarurati, ko‘plab zamonaviy ilovalar o‘rnatish paytida o‘z dastur fayllarini turli manzillar bo‘yicha yozishi, shuningdek, o‘z ma’lumotlarini tez-tez tizim reyestrida qayd etishi bilan izohlanadi. Dekametrli to‘lqinlar|10 m dan 100 m gacha bo‘lgan to‘lqin uzunliklari diapazoni. 3 MHz dan 30 MHz gacha bo‘lgan chastotalar diapazoni. Dekapsullash|Qabul qilingan axborot oqimidan dastlabki xabarni ajratish jarayoni. Dekatenatsiya|Simvollar satrlarini alohida qismlarga ajratish operatsiyasi; konkatenatsiyaga teskari bo‘lgan operatsiya. Dasturlash tillarida bu operatsiyani bajaradigan maxsus funksiyalar mavjud. Deklarativ til|Dasturchi, til interpretatoriga tegishli xulosalar chiqarishni qoldirgan holda, qandaydir sohaga tegishli faktlarni bayon qiladigan (ya’ni, vazifani ta’riflaydigan) dasturlash tili. Deklarativ tillarni, o‘z navbatida, funksional va mantiqiy tillarga bo‘lish mumkin. Deklaratsiya (e’lon) qilinmagan imkoniyatlar|Dasturiy ta’minotning bayon qilinmagan yoki hujjatda bayon qilinganlarga mos kelmaydigan funksional imkoniyatlari. Ulardan foydalanish qayta ishlanadigan axborotning konfidensialligi, tushunarli bo‘lishi yoki yaxlitligi buzilishiga olib kelishi mumkin. Dekoder|Dekoderlash uchun mo’ljallangan qurilma, uning asosida kodlangan signalni dastlabki xabarga qayta o‘zgartirishni bajaruvchi mantiqiy cxema ishlaydi. Dekoder-qabul qilgich|TV yo‘ldosh qabul qilgichi va MPEG – dekoderni birlashtiruvchi, raqamli yo‘ldoshli eshittirish TV dasturlarni qabul qilish uchun xizmat qiluvchi qurilma. Dekodlash vaqtining belgisi|Kadrlarni dekodlash tartibini aniqlaydigan belgi. Dekompilyator|Bajariladigan dastur va boshlang‘ich matnni matn yozilgan yuqori darajadagi tilda dekompilyatsiya qilinishini bajaradigan dastur. Bunda, ichki o‘zgaruvchilarning dasturchi tomonidan berilgan ma’noviy belgilari tiklanmaydi. Si, Fortran, PL/M-80 tillari uchun mo‘ljallangan dekompilyatorlar ma’lum. Dekompozitsiya|Murakkab obyektni oddiy obyektlar yig‘indisi sifatida taqdim etish, masalan, masalalarni kichik masalalarga bo‘lish. Dellinjer effekti|Signallarning (2 MHz dan 30 MHz gacha bo‘lgan chastotalarda) to‘satdan bo‘ladigan ionosfera g‘alayonlanishi (Quyosh chaqnashlari) paytida vujudga keladigan qisqa muddatli tinishi. Delta impuls|Vaqtning t=0 dan boshqa barcha qiymatlarida amplitudasi nolga teng mono impuls. Delta-kadr|Faqat oldingi kadrdan farqlanuvchi piksellardan tashkil topgan ayirma (differensial) kadr. Delta-kadrlar diskka yozilishi kerak bo‘lgan videoklipning umumiy o‘lchamini pasaytiradi. Delta-modulyatsiya|Differensial impuls-kodli modulyatsiya turi, bunda faqat har bir signal sanog‘i va taxmin qilingan qiymat o‘rtasidagi farq ishorasi qayd etiladi va yagona ikkilik razryad bilan kodlanadi.«Demilitarizatsiya qilingan zona»ing. - demilitarized zone (DMZ)ru – «демилитаризованная зона»Ayrim axborot resurslari (veb-server, pochta serveri va sh.k.)ni nafaqat korporativ tarmoq tashqarisidagi hujumlardan, balki ichki hujumlardan ham himoya qilish uchun tarmoqlararo ekranlardan foydalanish mexanizmi. Bu mexanizmni amalga oshirish uchun himoya qilinadigan resurslar joylashgan zona tarmoqlararo ekranlar bilan cheklanadi. Demo|Dasturning bepul tarqatiladigan (masalan, reklama maqsadlarida), to‘liq bo‘lmagan versiyasi yoki qurilma namunasi. Qo‘shimcha taqdimot materiallarini ichiga olishi mumkin. Demon|Boshqa dasturning ishini sezdirmay nazorat qiladigan va vaqt-vaqti bilan dasturni (ko‘pincha bu periferik (tashqi) qurilmalarni boshqarish dasturi), uning ishini buzmasdan to‘xtatadigan dastur. Demon-jarayon|Tizimda, u qayta ishga tushirilgunga qadar, doimo mavjud bo‘lgan jarayon. Dempfer|Optik yorug‘lik o‘tkazgich yadrosini o‘rab turuvchi material. Dempfer yorug‘likni yadroga yo‘naltirish uchun kichik sinish koeffitsiyentiga ega bo‘lishi kerak. Dempfirlash|Tebranishlar so‘nishini oshirish yoki uni tebranish tizimidan aperiodik tizimga aylantirish maqsadida tizimda energiya yo‘qolishini ataylab ko‘paytirish. Demultipleksor|Multipleksor bajaradigan operatsiyaning teskarisini amalga oshiradigan, yaʼni berilgan ish algoritmiga muvofiq, guruhli oqimni bir nechta kanalga ajratadigan qurilma. Demultipleksorlash|Axborot bloklarini bir bog‘lanishdan bir nechta bog‘lanishlarga identifi-katsiya qiluvchi va ajratuvchi funksiya. Depesha|Bir vaqtning o‘zida bir mamlakatning xalqaro pochta almashinuv joyidan boshqa mamlakatning tegishli xalqaro pochta almashinuv joyiga shakli Umumjahon pochta ittifoqining hujjatlarida belgilangan hujjatlar ilova qilingan holda jo‘natiladigan yozma xat-xabarlar, qiymati eʼlon qilingan xatlar yoki posilkalar yoxud pochta buyumiga berkitilmagan posilkalar to‘plami joylangan bitta yoki bir nechta qop. Deskrembler|Skrembler tomonidan o‘zgartirilgan elektraloqa raqamli signali boshlang‘ich tuzilmasini tiklash uchun mo‘ljallangan qurilma. Deskremblerlash|1. Raqamli uzatishda – dastlabki signalni tiklash maqsadida, skremblerlangan signalga nisbatan qo‘llaniladigan jarayon.2. Televideniyeda – axborotni sof shaklda qabul qilishga ruxsat berish uchun, skremblerlangan televizion signal xarakteristikalarini tiklash.Izoh – Deskremblerlash shartli foydalana olish tizimi nazorati ostidagi o‘rnatilgan tartibdagi jarayondan iborat. Deskriptor|1. Ma’lumotlarning shakli yoki mazmunini tavsiflovchi axborot tuzilmasi elementi, masalan, signatura deskriptori – diskdagi ma’lumotlar ketma-ketligini tavsiflovchidan diskdagi ma’lumotlarni tekshirishda foydalanish mumkin.2. Axborot tizimida saqlanadigan ma’lumotlarni topish va tavsiflash imkonini beradigan so‘z yoki so‘z birikmasi (kod bo‘lishi mumkin). Ba’zan, kalit so‘z deb ataladi. Tizimni ishlab chiqishda deskriptorlarni aniqlash va ularning mavjudligini hisobga olish zarur. Destabillashtiruvchi omil|1. Yuz berishi oqibatida axborot resurslarining konfidensialligi, yaxlitligi va/yoki ulardan erkin foydalanish, tarmoq yoki tarmoq elementlari ish qobiliyatlari buzilishi mumkin bo‘lgan voqea yoki hodisa. Masalan, axborot xavfsizligiga tahdid.2. Manbai telekommunikatsiyalar tarmog‘iga nisbatan ichki yoki tashqi xarakterdagi fizik yoki texnologik jarayon bo‘lgan, tarmoq elementlarining ishdan chiqishiga olib keladigan ta’sir. Detektor dasturlar|Ma’lum bo‘lgan bir qancha viruslarning biri bilan zararlangan fayllarni aniqlash imkonini beradigan dasturlar. Bu dasturlardan ko‘pchiligi zararlangan fayllarni tuzatish yoki yo‘q qilish rejimlariga ega. Detektorli kallak|O‘ta yuqori chastota signalini ancha past chastota signaliga to‘lqin o‘tkazgich kesmasi yoki unga ulangan detektor va liniya bilan kelishish qurilmalari bilan yo‘l-yo‘l liniyalar ko‘rinishida o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan qurilma. Determinallangan (aniqlangan) telefon chaqiruvlar oqimi|Kelish vaqti qayd qilingan telefon chaqiruvlar oqimi. Determinallangan xalaqitlar|Vaqtning belgilangan funksiyalari bilan tavsiflanadigan xalaqitlar. Detsibel (dB)|Belning o‘ndan biri energiyani aylantirish yoki uzatishda quvvatning kuchayishi va pasayishini o‘lchash uchun foydalaniladigan logarifmik shkala birligi. Detsibel-millivatt (dBm)|1 millivattga nisbatan detsibellarda hisoblanadigan quvvat o‘lchov birligi. Detsibel-vatt (dBw)|Uzatgich quvvatining o‘lchov birligi. Detsibel-volt (dBv)|Quvvat darajasining o‘lchov birligi. Odatda, videosignallar darajasini baholashda foydalaniladi. Detsimetrli to‘lqinlar|To‘lqin uzunliklari 0,1 dan 1 m gacha, chastotalar diapazoni esa 300 dan 3000 MHz gacha bo‘lgan to‘lqinlar. Detsimillimetrli to‘lqinlar|(300 – 3 000) GHz bo‘lgan chastotalar diapazoni. Devorga o‘rnatiladigan (televizion) ekran|Zamonaviy televizorlarga nisbatan ekrani sezilarli darajada katta bo‘lgan, xona devoriga o‘rnatish mumkin bo‘lgan yupqa televizion ekran. Deytagramma|1. Tarmoq bo‘ylab, aynan bir foydalanuvchiga yo‘llangan axborotning boshqa qismiga bog‘liq bo‘lmagan tarzda uzatiladigan maʼlumotlar paketi.2. Tarmoq bo‘ylab, bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan tarzda uzatiladigan qisqa paketlarga bo‘lingan uzun xabar. Dastlabki xabar qabul qilish tomonda paketlar yig‘ilgandan so‘ng to‘liq tiklanadi. Paketning uzunligi uzatish tezligi va tarmoq xarakteristikalariga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Deytagrammali soket|Deytagrammalarni, bog‘lanish o‘rnatilmasdan, ikki tomonlama qabul qilish va uzatish imkonini taʼminlovchi interfeys turi. Deytagrammali tarmoq|Paketlar kommutatsiyalangan maʼlumotlar uzatish tarmog‘i. Bu tarmoqda har bir deytagramma tayinlangan punktga, tarmoqning yuklanganligiga bog‘liq holda tanlanadigan alohida (mustaqil) yo‘nalish bo‘ylab uzatiladi. Transport sath protokollari turli yo‘nalishda uzatilgan deytagramma-larni tiklaydi. Deytagrammali tarmoqda oldindan ulanish talab etilmaydi, shuning uchun trafikning kechikishi kamroq uchraydi. Bu ayniqsa, kichik hajmdagi axborotni uzatishda qulaylik yaratadi. Dezinformatsiya|Maʼlumotlarni bitta obyektdan boshqa obyektga biror maqsad bilan uzatishning shunday holatini yuzaga keltiradiki, unda maʼlumot uzatishning amalga oshirilishi bitta obyekt uchun maʼqul bo‘lib, boshqa obyekt uchun maʼqul bo‘lmaydi. Deshifrator|1. Razryadma razryad kiruvchi ikkilik so‘z (shifr, kod) ni sxemaning 2n chiqish uchlarining birida birlik signalga o‘zgartiruvchi mantiqiy sxema.2. Televideniyeda – kodlangan dasturlarni deshifrlash uchun mo‘ljallangan qurilma; shifrlangan yldoshli/telefon/faksimil signallarini dekodlaydigan qurilma. Deshifrlash algoritmi|Deshifrlash funksiyasini amalga oshiradigan algoritm. Diafragma|1. To‘lqin o‘tkazgichdagi, elektr maydonning katta kuchlanishli liniyalari yoki ular bo‘ylab perpendikulyar o‘rnatiladigan va mos ravishda ma’lum turdagi to‘lqinlar susayishida sig‘imli yoki induktiv o‘tkazuvchanlikni hosil qiladigan to‘siq.2. Optik tizimlardagi yorug‘lik oqimining ko‘ndalang kesimini cheklovchi noshaffof to‘siq. Diagnostik xabar identifikatori|Tizim dasturi tomonidan aniqlangan xatoga javoban beriladigan xabar kodi. Diagnostika|Apparatura va dasturiy ta’minotdagi uzilishlar va nosozliklarni aniqlash jarayoni. Diagramma|O‘lchanadigan kattaliklar va ularning nisbatlarini grafik tarzda shartli tasvirlash. Amaliy grafikaning ko‘pgina tizimlarida diagrammalar ikki o‘lchamli va uch o‘lchamli ko‘rinishda ustunlar va doiralar ko‘rinishida taqdim qilinadi. Dialekt|Ba’zi bir dasturlash tilining xususiy versiyasi. Masalan, Apple firmasining kompyuterlarida dasturlash uchun BASIC dialektlari mavjud. Dialog|Foydalanuvchining kompyuter bilan birgalikda ishlash turlaridan biri, bunda foydalanuvchi so‘rovlar kiritadi va ularga javob yoki aniqlashtiruvchi savollar oladi. Dialogli rejim|Odam va tarmoqdagi kompyuter(lar) bilan yoki kompyuter va periferik qurilma o‘rtasidagi bevosita birgalikda ishlash rejimi, bunda birga ishlaydigan ti-zimlar o‘rtasida aloqa uzilmaydi. Ko‘pincha, interaktiv yoki «on-line» rejimi deb ataladi. Diapazon|Birorta kattalikning o‘zgarish sohasi. Radiochastota (radioto‘lqin) lar diapazoni – radiochastotalarning butun sohasi shartli ravishda taqsimlangan qismlardir. Diapazonli antenna|Parametrlari ishchi chastotalar diapazonidagi qo‘yiladigan talablarga mos keladigan antenna. Dielektrik antenna|To‘lqin o‘tkazgich yoki koaksial kabel orqali qo‘zg‘atiladigan yaxlit yoki naychasimon (polistirol, polietilen) dielekrik o‘zak ko‘rinishidagi yuza to‘lqin antennasi.Izoh ‒ Dielektrik antenna, mohiyatiga ko‘ra, yuguruvchi to‘lqin antennasini o‘zida aks ettiradi va asosan antenna panjaralari va uchish apparatlarining radioqurilmalarida qo‘llaniladi. Dielektrik linza|Elektromagnit to‘lqinlarni fokuslash uchun qo‘llaniladigan dielektrikdan iborat linza. Dielektrik to‘lqin o‘tkazgich|Dielektrikdan iborat sterjen ko‘rinishidagi yoki dielektrik muhit ichidagi kanal ko‘rinishidagi to‘lqin o‘tkazgich, ular bo‘ylab ular yo‘naltiradigan elektromagnit to‘lqinlar tarqatilishi mumkin. Dielektrik uzatish liniyasi|Nolinchi bog‘langanlikdagi ochiq uzatish liniyasi. Dielektrik yo‘qotishlar|Dielektrikda, unga elektr maydon ta’sir etishi tufayli ajraladigan quvvat. Dielektrik o‘tkazuvchanlik|Moddaning izotrop modda uchun skalyar va anizotrop modda uchun tenzor bo‘lgan dielektrik xususiyatini tavsiflaydigan kattalik, uning elektr maydon kuchlanganligiga bo‘lgan hosilasi elektr siljishiga teng. Dielektriklar|Qutblanish qobiliyatiga ega bo‘lgan qattiq, suyuq va gazsimon moddalar. Differensial analizator|Differensial tenglamalarni yechish uchun mo‘ljallangan analog kompyuter (uzluksiz ishlaydigan mashina). Differensial faza|Yorqinlik signali oniy qiymati o‘zgarganda ranglilik signali fazasining o‘zgarishi. Differensial impuls-kodli modulyatsiya (DIKM)|Signal diskretlashdan o‘tadigan, har bir sanoq va oldingi sanoqlar yoki kvantlangan qiymatlarning ketma-ketligidan olinadigan va taxmin qilingan qiymat o‘rtasidagi farq hisoblanadigan, keyin hisoblangan farq kvantlanadigan jarayon. Olingan kvantlangan qiymatlarning ketma-ketligi kodlash yo‘li bilan raqamli signalga aylantiriladi.Izoh – Differensial impuls-kodli modulyatsiya differensial kodlash uchun misol bo‘ladi. Differensial kodlash|Sanoq qiymati va taxminlangan qiymat o‘rtasidagi farqdan foydalanib signalni kodlash usuli.Izoh – Differensial kodlash yo‘li bilan ketma-ket sanoqlar o‘rtasida kuchli korrelyatsiya mavjud bo‘lgan signallarning bitreytini pasaytirishga erishish mumkin, chunki sanoqlar o‘rtasidagi farqni ayni darajadagi aniqlik bilan sanoqlarning o‘zini kvantlashga nisbatan kamroq sondagi kvantlash intervallaridan foydalanib kvantlash mumkin. Differensial kriptotahlil|Takrorlanuvchi blokli shifrlar uchun qo‘llaniladigan kriptotahlil usuli. Bu kriptotahlil usuli tanlangan ochiq matn bo‘yicha kriptotahlil usuliga asoslanadi va bitta kalitda shifrlangan ikki ochiq matn o‘rtasidagi farqni tahlil qiladi. Mumkin bo‘lgan kalitlarning har biriga uning «to‘g‘riligi» ehtimoli belgilanadi va pirovardida foydalaniladigan kalit hisoblab chiqariladi. Differensial kuchaytirish|Yorqinlik signali oniy qiymati o‘zgarganda ranglilik signallari ko‘lamining nisbiy o‘zgarishi. Diffi-Xellman algoritmi|1. Himoyalanmagan aloqa kanalidan foydalanib, ikki tomonga umumiy maxfiy kalitga ega bo‘lish imkonini beradigan ochiq kalitdan foydalanadigan algoritm.2. Kalitlarni ochiq taqsimlash, shuningdek, kalitlarni eksponensial taqsimlash deb nomlanuvchi bir tomonlama ko‘rsatgichli funksiyadan foydalanishga asoslangan algoritm. Diffuz qaytish|Elektromagnit to‘lqinlarning notekis sirtdan qaytishi, uning qiyshiqligini turli yo‘nalishlar bo‘yicha sodir bo‘ladigan tushuvchi to‘lqin uzunligi bilan solishtirsa bo‘ladi. Diffuz tarqalish|Metrli va detsimetrli to‘lqinlarni ko‘zga ko‘rinadigan gorizontdan tashqarida, ularning ionosfera va troposferadagi har xil sochilishi bilan asoslangan, tarqalishi. Difraksion panjara|Spektral asboblarda elektromagnit nurlanishni spektrga fazoviy yoyish uchun ishlatiladigan, bir xil kenglikdagi shtrixlarning muntazam joylashgan ko‘p soni bilan uning sirtiga transparant ko‘rinishida kiritilgan optik element. Digitayzer|Turli texnik prinsiplarga asoslangan, grafik ma’lu-motlarni kompyuterga kiritish uchun xizmat qiladigan qurilma. Dinamik bog‘liqlik|Bir nechta dastur bilan ajratilgan ma’lumotlarni birlashtirish usuli. Ma’lumotlarning bir dasturda o‘zgarishi, ularning qolgan dasturlarda ham o‘zgarishiga olib keladi. Dinamik diapazon|Tovush yoki elektr signalining, detsibellarda ifodalangan eng katta dinamik darajasining eng kichigiga bo‘lgan nisbati. Dinamik fokuslash|Nurning ekran markazidan og‘ishi bilan, lyuminoforda shu nur bilan yorishgan nuqtaning shakli va o‘lchami o‘zgaradi, bu yorqinlikning pasayishiga va ekran chetlariga fokuslashning yomonlashuviga olib keladi; dinamik fokuslashda ishlaydigan elektron linza tizimlari shu effektni tuzatishga xizmat qiladi. Dinamik joylashtiriladigan biblioteka|Maxsus ravishda Windows da ishlash uchun yozilgan dasturlar-ilovalarda foydalaniladigan ma’lumotlar va funksiyalarni ichiga oladigan fayllar majmui. Ma’lumotlar deganda, piktogrammalar, shriftlar va menyu tushuniladi. DLL bajariladigan dasturga kerak bo‘ladigan funksiyalar va/yoki ma’lumotlar ishga, ishlaydigan dasturga standart kirishdan farqli ravishda, ularga murojaat qilish paytida jalb qilingan paytda, Windows da ishlash usulini ta’minlaydi. Dinamik kompоnovkalash|Dasturga, bajariladigan dasturdan ularga murojaat qilinishiga qarab, tashqi protseduralarni ulash. Usullardan biri shundan iboratki, kompilyator bunday protseduralarga murojaat qilish joylariga, protsedurani birinchi chaqirishda muayyan dasturiy uzilishni keltirib chiqaradigan kod kiritadi, undan so‘ng, uni qayta ishlash natijasida tezkor xotira qurilmasiga protsedurani yuklash va chaqirish nuqtasida manzilni sozlash amalga oshiriladi. Dinamik kontrastlash|Maqbul tasavvurga erishish maqsadida har bir kadrning kontrastliligini doimiy sozlaydigan texnologiya. Har bir tasvir sekundiga 25 marta tahlil qilinadi, zarur bo‘lganda, tasvir kontrastliligi tezda sozlanadi. Dinamik linkovka|Dasturni bajarish vaqtidagi linkovka. Dinamik ma’lumotlar almashinuvi|Windows muhitidagi dasturlararo birgalikda ishlash protokoli. OLE mexanizmi asta-sekin siqib chiqarmoqda. Uning amal qilishining mohiyati, ikki dastur o‘rtasida doimiy aloqa o‘rnatishdan iborat, natijada bir ilovadagi hujjat yangilanganda, u bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa ilova hujjatlaridagi axborot ham yangilanadi. Dinamik marshrutlash|Xabarlarni jo‘natish uchun berilgan ikkita tarmoq uzellari o‘rtasidagi yo‘l faqat ushbu xabar jo‘natilgan vaqtda aniqlanadigan marshrutlash usuli. Dinamik mos kelmaslik|Tasvir mazmuniga bog‘liq holda o‘zgaruvchi videosignal datchigidan asosiy ranglar signallarining mos kelmasligi. Dinamik tezkor xotira qurilmasi|Zamonaviy kompyuterlarda tezkor xotira qurilmasi sifatida keng qo‘llaniladigan erkin foydalanish imkoniga ega kompyuter xotirasi turlaridan biri. Dinamik xotira|Ma’lumotlarning fizik taqdim etilishi o‘zgarib turadigan va ma’lumotlardan turli vaqt onlarida bir xilda foydalanib bo‘lmaydigan xotira qurilmasi; murojaat qilish turli oraliqlar bilan ajratilgan muayyan onlarda mumkin bo‘ladigan xotira. Dinamik yuklash|Xotiraga quyi dasturni foydalanuvchi dasturidan unga birinchi murojaat qilinganida yuklash. Dinamik o‘zgaruvchi|Xotira foydalanuvchining aniq komandasi bilan ajratiladigan o‘zgaruvchi; xotira protseduraga (funksiya, usul yoki blokka) kirishda avtomatik ajratiladigan avtomatik o‘zgaruvchiga qarama-qarshi qo‘yiladi. Dinamik HTML, DHTML tili|Serverdan sahifani qayta yuklamasdan (ya’ni, aks ettiruvchi sahifalarga interaktivlikni berish uchun), foydalanuvchining harakatiga (masalan, «sichqoncha» harakatiga) HTML-sahifalari reaksiyasini tashkil qilishga imkon beruvchi HTML tilining kengaytirilgan versiyasi. Sahifa, ularni taqdim etish skriptlar yordamida o‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan obyektlar to‘plami) kabi ko‘rib chiqiladi. Gipermatnni dinamik belgilash tili stillarining kaskadli jadvallarini, hujjatning obyektli modelini, shuningdek, JavaScript, JScript, ECMAScript va VBScript ssenariylari tillarini qo‘llab-quvvatlaydi. Dipleks|1. Bir nechta uzatgich yoki qabul qilgichning turli chastotalarda bitta antenna orqali bir vaqtda ishlashi.2. Bir nechta uzatgich yoki qabul qilgichning bitta chastotada bitta antenna orqali navbatma-navbat ishlashi. Diplekser|Ikki signalni bitta liniya orqali bir vaqtda va o‘zaro xalaqitlarsiz uzatish imkonini beruvchi chastotaviy ajratish qurilmasi. Dipol|1. Uzatgichga, qabul qilgichga yoki bog‘lovchi liniyaga simmetrik qo‘shilgan ikkita bir xil to‘g‘ri chiziqli o‘tkazgichdan iborat simmetrik vibrator.2. Elektromagnit maydon nurlanish nazariyasida dipol sifatida Gers elektromagnit nur tarqatgichi, ya’ni uzunligi nurlanuvchi elektromagnit to‘lqin uzunligidan ancha kichik bo‘lgan simning bir qismi qaraladi. Dipolga nisbatan hisoblanadigan detsibellar (dBd)|Antenna kuchaytirish koeffitsiyentining, yarimto‘lqinli simmetrik vibratorni (dipolni) kuchaytirish koeffitsiyentiga bo‘lgan, detsibellarda ifodalangan nisbati. Direktiva|Dasturga muayyan ishlarni bajarishni buyuradigan komanda (ko‘rsatma). Dasturlashda ‒ bu assembler yoki kompilyatorga, translyatsiya qilinadigan dasturga boshqa fayllarni shartli translyatsiya qilish yoki kiritish to‘g‘risidagi ko‘rsatma (direktiva)dir. Direktor|Antennaning yo‘naltirilgan harakati koeffitsiyentini oshirish maqsadida antenna yo‘nalganlik diagrammasining asosiy yaprog‘i tomonidan birlamchi nur tarqatgichga nisbatan joylashgan antennalar ikkilamchi nur tarqatgichlari majmui yoki ikkilamchi nur tarqatgich. Direktoriy|O‘zaro bog‘langan obyektlar to‘g‘risida saqlanadigan ma’lumotlar to‘plami. Biroq, ko‘pincha atama tashqi qurilmadagi fayllar katalogini bildiradi. U noldan bir nechtagacha fayllar va boshqa kataloglarni o‘z ichiga oladi. Iyerarxik fayl tizimining boshlang‘ich katalogi asosiy katalog deb ataladi. Disk|Muayyan fayl tizimi uchun formatlangan va biron-bir harf bilan belgilangan ma’lumotlarni saqlash joyi. Ma’lumotlarni saqlash uchun yumshoq-disk, kompakt-disk, qattiq disk yoki boshqa xil diskdan foydalanish mumkin. Disk kanali|Ma’lumotlarning diskli to‘plagich bilan kompyuter o‘rtasida tez yuborilishini ta’minlaydigan qurilma. Disk kesh-xotirasi|O‘qiladigan yoki diskka yoziladigan ma’lumotlarni keshlash uchun foydalaniladigan maxsus tezkor xotira qurilmasi. Disk kontrolleri|Protsessorning diskli to‘plagich bilan birgalikda ishlashini ta’minlaydigan mikrosxema va/yoki kengaytirish platasi. . Disk-konusli antenna|Konus cho‘qqisiga yaqin o‘rnatilgan, konus va diskdan iborat antenna; disk va konusning ta’minoti fazaga qarshi amalga oshiriladi. Disk optimizatori|Tizimning unumdorligini oshirish uchun, diskdagi fayl va kataloglar joylashuvini qayta tartibga soladigan utilita. Disk sektori|Diskli xotira qurilmalarida axborot saqlashning minimal manzillanadigan birligi. Disk yo‘lkasining bir qismi hisoblanadi. Ko‘pgina qurilmalarda sektorning o‘lchami 512 byteni (masalan, qattiq va egiluvchan disklarda) yoki 2048 byteni (masalan, optik disklarda) tashkil qiladi. Yangi qattiq disklarda kengaytirilgan format sifatida ma’lum bo‘lgan 4096 byte sektor o‘lchamidan foydalaniladi. Disk serveri|Olisdagi diskovod sifatida ishlaydigan va foydalanuvchilar tomonidan birgalikda foydalaniladigan lokal tarmoq uzeli. Disk sig‘imi|Diskda joylashtirish mumkin bo‘lgan axborotning (baytlardagi) umumiy sig‘imi. Disklar va flesh-to‘plagichlar (fleshkalar) xususiyatlaridagi atribut|Fayllar va papkalarning, har qanday fayl va papkaga kontekst menyu orqali berish mumkin bo‘lgan, shu orqali uni o‘zgartirish, yo‘q qilish xususiyatlarini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan parametri. Disklardan foydalana olish indikatori|Kompyuterning tizim blokidagi yorug‘lik diodi bo‘lib, diskka yozish yoki undan o‘qish paytida yonadi. Disklarga murojaat qilish indikatori|Kompyuterning tizim blokidagi, o‘qish yoki yozish paytida yonadigan yorug‘lik diodi. Disklarni aks ettirish|Ma’lumotlarni, disk massivining alohida diskida (ko‘zgu diskda) ularning qo‘shimcha nusxasini yaratish yo‘li bilan muhofaza qilish. Bunda disklar bitta kiritish-chiqarish kanaliga ulanishi mumkin. Disklarni defragmentatsiya qiluvchi|Qattiq disklarni defragmentatsiya qilish uchun mo‘ljallangan dastur. Disklarni duplekslash|Ishlamay qolishlarga chidamli tizimlarda ma’lumotlarni muhofaza qilish mexanizmi. Alohida erkin foydalanish kanallari (kontrollerlari) bo‘lgan ikkita turli qattiq diskka ayni bir ma’lumotni bir vaqtda yozish. Diskli avtomat|Disklar avtomatik ravishda almashinadigan diskovodni o‘zida ifodalaydigan, robotlashtirilgan avtomat-biblioteka. Diskli kartrij|Himoya qobig‘i bilan o‘ralgan, olinadigan disk. Diskli operatsion tizimi|Bir qiymatli, 16-bitli, terminal operatsion tizim. 1981-yilda ishlab chiqilgan. Nisbatan mashhur ko‘rinishlaridan biri MS-DOS dir. Diskni bo‘lish|Bitta diskni bir nechta mantiqiy disklarga bo‘lish. Diskni keshlash|Fayl tizimining unumdorligini oshirish uchun foydalaniladigan usul. O‘qish va yozish operatsiyalarini bajarish uchun diskka muntazam murojaat qilishlar o‘rniga, fayllar tezkor xotira keshida saqlanadi. Barcha o‘qish/yozish operatsiyalari xotiraga murojaat qilish tezligi bilan bajariladi, bu diskka murojaat qilishga qaraganda ancha tez. Diskovod|1. Egiluvchan yoki qattiq diskdan ma’lumotlarni o‘qish/yozish uchun mo‘ljallangan elektromexanik periferik qurilma.2. Berilgan tezlik bilan magnit yoki boshqa turdagi tashuvchini siljitadigan, shuningdek, kerak joyga o‘qiydigan/yozadigan kallaklarni keltiradigan mexanik qurilma. Diskret|Ramzlar kabi alohida elementlardan iborat bo‘lgan maʼlumotlar yoki aniq ko‘rsatilgan qiymatlarning chekli soniga ega bo‘lgan fizik miqdorlarga, shuningdek, jarayonlar va ushbu maʼlumotlardan foydalanuvchi funksional moslamalarga tegishli taʼrif. Diskret Furye o‘zgartirishi|Diskret vaqt funksiyasi bilan bo‘luvchi bazis funksiya koeffitsiyentlari to‘plami o‘rtasida o‘zaro bir xil tenglikni ta’minlydigan o‘zgartirish. Diskret kattalik|Qiymatlari sakrashsimon o‘zgaradigan kattalik. Masalan, elektr zanjirda tok borligini yoki yo‘qligini tavsiflaydigan kattalik diskret kattalik bo‘lib, «ha» yoki «yo‘q» (0 va 1) qiymatlarini olishi mumkin. Diskret ma’lumotlar|Simvollar yordamida taqdim etilgan ma’lumotlar. Diskret modellash|O‘rganiladigan jarayon voqealarning diskret ketma-ketligi ko‘rinishida taqdim etiladigan modellash. Diskretlash|1. Ma’lumotlarning qandaydir manbadan tanlab olinishi.2. Analog kattalik qiymatlarini davriy o‘lchash va ularni raqamli shaklga o‘zgartirgandan so‘ng kompyuterga kiritish. Diskretsion foydalana olishni boshqarish|1. Nomma-nom ko‘rsatilgan subyektlar va nomma-nom ko‘rsatilgan obyektlar o‘rtasidagi foydalanishni chegaralash.Izoh – Foydalanishning ma’lum huquqiga ega subyekt bu huquqni istalgan boshqa teng huquqli subyektga berishi mumkin.2. Foydalana olishni boshqarish ro‘yxatlari yoki erkin foydalanish matritsasi asosida, subyektlarning obyektlardan foydalana olishini boshqarish. Diskretsion (tanlab) foydalana olish|Foydalanuvchi, jarayon va/yoki u tegishli bo‘lgan guruhni identifikatsiya qilish va tanishga asoslangan, obyektlardan tizim subyektlarining erkin foydalanishini boshqarish usuli. Ma’lum huquqlarga ega subyekt istalgan obyektga, belgilangan cheklashlardan qat’i nazar, huquqlarni berishni amalga oshirishi mumkin bo‘lganda, boshqaruv saylanma hisoblanadi (foydalana olish – bevosita bo‘lmagan tarzda ham amalga oshirilishi mumkin). Diskriminator; selektor|Foydali signalni xalaqitlar va shovqinlar bo‘lgan signallar aralashmasidan ajratish qurilmasi. Disksiz (ishchi) stansiya|Lokal disk xotirasi bo‘lmagan ishchi stansiya yoki shaxsiy kompyuter. Dasturlarni yuklash va fayllar bilan bajariladigan barcha ishlar lokal tarmoq orqali fayl-serverdan amalga oshiriladi. Dispersion kanal|Vaqtda o‘zgaradigan parametrlar va chastotaselektiv tinishlarga ega aloqa kanali; dispersion kanalda signal davomiyligi bo‘yicha kengayadi va buziladi. Dispersiya|1. Sochilish.2. Tasodifiy kattalikning uning o‘rtacha qiymatidan o‘rtacha kvadratik og‘ishi. Dispersiyasiz tola|Tez harakatlanuvchi modalar uzun yo‘l bo‘ylab (qobiqqa yaqin), sekin harakatlanadigan modalar esa, qisqa yo‘l bo‘ylab (o‘zakka yaqin) tarqaladigan tola. Natijada barcha turdagi to‘lqinlar tolaning olis uchiga aynan bir paytda yetib boradi, bu esa, moddiy dispersiya bilan bog‘liq bo‘lgan signal buzilishini bartaraf etish imkonini beradi. Biroq, bunday toladagi jami yo‘qotishlar dispersiyasi siljigan toladagiga qaraganda ancha katta. Dispetcher|Operatsion tizimning, dasturlarning bajarilishini boshqarish ta’minlanadigan moduli. Tizimda muvofiqlashtirish va boshqaruv rolini bajaradigan dastur. Dispetcher identifikatori|Dispinterfeys usulini yoki xususiyatini iden-tifikatsiyalaydigan 32-bitli butun sonli atribut. Dispetcher ustuvorligi|Topshiriqlarga beriladigan va multidastur rejimda, topshiriq markaziy protsessor tomonidan qayta ishlanadigan tartibni aniqlash uchun foydalaniladigan raqam. Dispetcherning yashirin (latent) aktivligi|Bir jarayonni to‘xtatish va boshqasiga start berishda dispetcher uchun talab qilinadigan vaqt. Displey|Ma’lumotlarni vizual aks ettirish qurilmasi. Displeydan ma’lumotlarni kiritish va chiqarish uchun foydalaniladi. Displeyning ishlash prinsiplari turlicha. Shaxsiy kompyuterlarda elektron-nurli trubkalardan foydalanilgan displeylar juda keng tarqalgan. Shuningdek, plazma panellar, suyuq kristallar, yorug‘lik diodlari asosidagi displeylar ham bor. Displeyni kompyuterga ulash uchun tegishli adapter zarur. Displeydan, shuningdek, kompyuterni boshqarish uchun ham foydalaniladi, shu sababli ko‘pincha monitor deb ham ataladi. Displeyli panel|Plazma yoki suyuq kristall texnologiya asosida qurilgan displey. Asosida suyuq kristall bo‘lgan displey – bu, suyuq kristallar va mikroo‘tkazgichlardan iborat to‘r joylashgan yassi ekrandir. Mikroo‘tkazgichlar kristallarga elektr toki uzatadi, kristallar kuchlanish ostida tasvir hosil qilgan holda, yorisha boshlaydi. Nuqta qadami 0,26-0,3 mm. Maksimal ajrata olish: 1280x1024, 75 Hz. Distorsiya (buzilish)|Kommunikatsiya tizimining ikki nuqtasi o‘rtasida signalni uzatishda signal shaklining o‘rinsiz o‘zgarishi. Distributiv|Ishlab chiqaruvchi tomonidan taqdim etilgan shakldagi dastur mahsuloti. Distributiv diskda, odatda, dasturning o‘zi hamda dasturni qattiq diskka o‘rnatish va uning parametrlarini moslashtirish uchun mo‘ljallangan o‘rnatuvchi bo‘ladi. Distributiv komplekti|Kompakt-diskda distributiv bilan taqdim etiladigan dasturiy ta’minotning to‘liq to‘plami. Dixroik kontrreflektor|Antennaning, bir xil chastotalarda aks etadigan va boshqalarda radioshaffofroq bo‘lgan yordamchi ko‘zgusi. Dizassembler|Mashina kodlarini assembler tiliga o‘zgartiradigan kompyuter dasturi. Dizassemblirlash|Mashina kodlaridagi dasturdan assemblerdagi dasturning boshlang‘ich matnini olish jarayoni va/yoki usuli. Dasturning o‘zining kodlarini gene-ratsiyalashda translyatorning optimallik darajasini belgilashda foydali. Dastlabki matnlari bo‘lmagan dasturlarni tuzish usuli va/yoki algoritmini tushunish imkonini beradi. Bu jarayonni bajaradigan maxsus dasturlar – dizassemblerlar mavjud. Dizayn|Qar.: Veb-dizayn. Dizering|Nisbatan kam ranglardan iborat tasvirlar uchun rang teranligi illyuziyasini yaratish uchun kompyuter grafikasida qo‘llaniladigan usul. Mavjud bo‘lmagan ranglar bor ranglarni «aralashtirish» yo‘li bilan yaratiladi. Tasvirlar-ni ranglar sonini kamaytirish orqali optimal-lashtirishda dizering tasvirning vizual yaxshi-lanishiga olib keladi, biroq, baʼzi formatlarda (masalan, PNG) tasvirning hajmi oshadi. Dizyunksiya|n ≥ 2 ifodalar uchun mo‘ljallangan mantiqiy operatsiya. Natijaviy ifoda boshlang‘ich ifodalar noto‘g‘ri bo‘lgandagina, yolg‘on bo‘ladi. Dizyunksiyani belgilash uchun standart ravishda V belgisidan foydalaniladi. Doimiy bor bo‘lish|Harakatlanadigan tasvirlarni qayta ishlash, uzatish va namoyish qilish usuli. Bunda elektronika vositalari yordamida ikkita alohida harakatchan tasvir qismlari yagona axborot oqimida uzatish uchun kombinatsiyalanadi (birlashtiriladi). Qabul nuqtasida tasvir umumiy monitorda yoki ikkita yonma-yon turgan monitorda namoyish qilinishi mumkin. Doimiy ifoda|Berilgan matnda ixtiyoriy murakkablikdagi belgilar tuzilmalarini izlashni amalga oshirishda va tuzishda kerak bo‘ladigan shablonlarni yaratishda qo‘llaniladigan kuchli vosita. Doimiy ifodalarda bitta yoki bir nechta belgini o‘zgartiruvchi qo‘shimcha belgilardan foydalanish mumkin. Doimiy kanal (trakt) ni taqdim qilish xizmati, doimiy kanal (trakt) orqali aloqa xizmati|Aloqa kanali (trakti), ekspluatatsion yoki ma’muriy xabar vositasida amalga oshirilgan, abonentning so‘roviga javoban yuzaga keladigan telekommunikatsiyalar xizmatining turi.Izoh – Aloqa kanali (trakti) ning uzib qo‘yilishi uning o‘rnatilishiga o‘xshash tarzda amalga oshiriladi. Doimiy tashkil etuvchini tiklash|Videosignalni yoki doimiy tashkil etuvchiga ega bo‘lmagan signaldan yo belgilangan doimiy tashkil etuvchiga ega bo‘lgan signaldan to‘liq videosignalni unung doimiy tashkil etuvchisi bilan yangitdan yaratish jarayoni. Doimiy uzatish tezligi|Real vaqtda ulanish o‘rnatilishiga yo‘naltirilgan, maʼlumotlar oqimini (siqilmagan nutq, videomaʼlumotlar, televizion tasvirlar) o‘zgarmas tezlik va taxminlash mumkin bo‘lgan jadallik bilan uzatish uchun qo‘llaniladigan, ATM tarmog‘idagi trafik turi (A turkumi). Doimiy virtual kanal|Tarmoqning ikkita oxirgi nuqtalari o‘rtasida doimo amalga oshadigan bog‘lanish. Doimiy virtual zanjir|Tarmoq sathida muayyan vaqt davriga (minutning ulushidan bir necha kun va hatto, oygacha) o‘rnatiladigan mantiqiy bog‘lanish. Tarmoqdagi har bir kanal uchun yo‘nalish, uzatish tezligi hamda xizmat ko‘rsatish sinfi qatʼiy belgilangan. Doimiy xotira|O‘zgarmaydigan ma’lumotlar massivini saqlash uchun foydalaniladigan, energiyaga bog‘liq bo‘lmagan xotira. Doimiy xotira qurilmasi|Kompyuterni boshqarish uchun dasturlar doimiy saqlanadigan, bitta yoki bir nechta mikrosxemadan iborat qurilma. Doimiy xotira qurilmasi energiyaga bog‘liq bo‘lmagan xotiradir, ya’ni kompyuter o‘chirilganda xotira ichidagi o‘zgarmaydi. Doimiy xotira qurilmasi shaxsiy kompyuterlarning apparat xususiyatlari va operatsion tizimning tayanch kiritish/chiqarish tizimi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish uchun xizmat qiladi. Ba’zi mashinalarda doimiy xotira qurilmasiga bundan tashqari, dasturlash tilidan translyator yoziladi. Ko‘pincha, doimiy xotira deb ataladi. Doimiy chiziqli tezlik|Diskka yozish usuli xarakteristikalaridan biri. Doiraviy-ikki simli toʻlqinoʻtkazgich|Ikki simli liniyani qamrab oluvchi tashqi oʻtkazgichning doiraviy kesimi boʻlgan uch bogʻlamli toʻlqinoʻtkazgich. Doiraviy qutblanish|Elektr maydonining ikkita garmonik tashkil etuvchisi kattalik boʻyicha teng va faza boʻyicha 90° ga siljigandagi (bu elektr maydonini doira boʻylab aylanishiga olib keladi) qutblanish. Magnit maydon vektori markazda joylashgan va doira tekisligiga perpendikulyar. Domen|1. Internet tarmog‘idagi kompyuter nomining tarkibiy qismi.2. Internet tarmog‘ining, nomi yozilgan mezon bo‘yicha ajratilgan va uni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan javob beradigan tashkilot tasarrufiga berilgan qismi.Izoh – Domen bo‘yicha kompyuter joylashgan yer aniqlanadi, undan foydalanish mumkin bo‘ladi.3. Markazlashtirilgan tarzda maʼmuriy boshqariladigan, bir-biri bilan muayyan usulda domen nomlari serveri orqali birgalikda ishlaydigan kompyuterlar to‘plami.Izoh – Kompyuterlarni domenga birlashtirish ularning geografik joylashuvi, tashkilot bo‘yicha yoki aktivlik turi bo‘yicha amalga oshiriladi. Domen administratori|Domenni to‘liq nazorat qila oladigan hisobga olish yozuvi. Domen administratori foydalanuvchisining nomi|Domen administratori foydalanuvchisining nomi. U ushbu domendagi deyarli barcha huquqlarga ega. Domen kontrolleri|Haqiqiylikni yalpi tekshirishda parolning tekshirilishini bajaradigan, domenning hisobga olish yozuvlari ro‘yxati saqlanadigan kompyuter. Domen manzili|Qar.: Domen nomi. Domen nomi|1. Nomlarning domen tizimiga muvofiq, kompyuter tarmog‘i uzeliga berilgan, noyob simvolli nom.2. IP-manzilni simvolli ko‘rsatish. Domen nomini ro‘yxatga kiritish|Talabnoma asosida domen nomi va uning administratori to‘g‘risidagi axborotni ro‘yxatga oluvchi tomonidan reyestrga kiritib qo‘yish. Reyestrga domen nomi to‘g‘risidagi axborot kiritilgan vaqtdan boshlab u ro‘yxatga olingan hisoblanadi. Masalan, «uz» domenida ro‘yxatning kuchga ega bo‘lish muddati uch yilgacha. Domen nomlari reyestri|Domenning markaziy maʼlumotlar bazasi. Unda ro‘yxatdan o‘tgan domen nomlari, domenlarning administratorlari to‘g‘risidagi va domenlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun zarur axborot saqlanadi. Domen nomlari tizimi|Internetga o‘xshash tarmoqda bog‘langan kompyuterlarning har biriga noyob nomlar berishning iyerarxik tizimi.Izoh – Nom chapdan o‘ngga oshib boradigan iyerarxiya darajalariga mos keladigan, nuqta bilan ajratilgan qismlar domenlaridan iborat. Domen nomlari xizmati|IP-manzil sonlari va matnli nomlar o‘rtasida moslik o‘rnatadigan, Internet tarmog‘ida qo‘llaniladigan mexanizm. Domen nomlarini ro‘yxatdan o‘tkazuvchi|Domen nomlarini ro‘yxatga olish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadigan va tegishli axborotni reyestrga uzatadigan yuridik shaxs. Domen nomlarini o‘girish|Internet domen nomini mos ravishda IP-manzilga o‘girish jarayoni. Domen nomlarining serveri|Kompyuter nomlarini IP-manzillaridagi domen nomlariga o‘tkazadigan tarmoqning xizmatga oid kompyuteri. Domenni joylashtirish|Domen nomlarini DNS-serverlarda ro‘yxatdan o‘tkazish. Domenni xususan qayd etuv-chida, shuningdek tashqi maydonlarda qayd etish mumkin. Domenning rezerv kontrolleri|Windows NT domenidagi kompyuter, domenning xavfsizlik siyosati va ma’lumotlar bazasi nusxalarini o‘zida saqlaydi. Agarda domenning bosh kontrolleridan foydalanish mumkin bo‘lmasa, undan zaxira sifatida foydalaniladi. Domenning yordamchi kontrolleri|Tarmoq yuklanganida yoki ishdan chiqqanida domenning asosiy kontrolleri (tartibga soluvchi)ni almashtirib turuvchi va Active Directory dagi ma’lumotni replitslovchi (nusxalovchi) zahira serveri. Dominant (asosiy) marshrutizator|Aktiv abonentlarni aniqlaydigan va so‘rovlarning davriy ravishda yuborilishi uchun javob beradigan asosiy marshrutizator. Doppler effekti|Signal manbaiga va/yoki tarqalish muhitiga nisbatan harakat qiladigan, nuqtada kuzatiladigan signal chastotasining o‘zgarishi. Dorvey|1-3 kalitli so‘z yoki iboralar uchun maqbullashtirilgan sahifalar. Ularni odatda kirish sahifalari, shlyuzlar (gateway) .g yoki reklama sahifalari (splash pages) deyiladi. Ko‘p hollarda dorveylar maʼlum izlash mashinasi uchun maxsus yaratiladi. Dotkom|Biznes-modeli to‘liq Internet tarmog‘i doirasidagi faoliyatga asoslangan kompaniya. Ushbu nom 1990-yillarning oxirida keng tarqalgan bo‘lib, inglizcha «dot-com» («nuqta-com») iborasidan kelib chiqqan. Dog‘ vobulyatsiyasi|Yoyuvchi elementga satrlarni kengaytirish bilan satr tuzilmasini qisman sezilarli qilish uchun xabar beradigan, yoyish satrlariga perpendikulyar bo‘lgan tebranma harakat.Izoh – Taalluqli fransuzcha atama «Vobuler». Drayver|1. Amaliy jarayonlar va tashqi qurilmalar o‘rtasida maʼlumotlar almashinuvini boshqaradigan, tezkor xotiraga yuklanadigan dastur.2. Operatsion tizimning, bajariladigan dasturning ayrim qurilmalar bilan birgalikda ishlashini taʼminlaydigan va undan qulayroq foydalanishga ko‘maklashadigan boshqaruvchi dasturi. Drayverlarning yangilanishi|Drayverning yanada yangi, yanada funksional versiyasini qabul qilish uchun xizmat qiladi. Drogen|Dorvey generatori, ko‘pincha Markov zanjiri bilan ishlatiladi. Dorvey generatsiyasi kalit so‘zlar ro‘yxati va mavzuli saytlar matni asosida amalga oshadi. Dorgen berilgan algoritm bo‘yicha ko‘pgina bet mazmunsiz matnlarni to‘playdi. Ular o‘zaro (baʼzida esa boshqa dorveylar bilan) ulagich orqali bog‘langan bo‘ladi. Dupleks aloqa|Aloqa usuli, bunda uzatish telekommunikatsiyalar kanalining ikkala yo‘nalishida bir vaqtda amalga oshiriladi. Dupleks uzatish|Axborotni ikkala yo‘nalishda navbatma-navbat (yarim dupleks) hamda bir vaqtning o‘zida (to‘liq dupleks) uzatish. Duplekser|Axborotni uzatish va qabul qilish uchun bitta antennadan bir vaqtda foydalanishga yo‘l qo‘yiladigan antenna ajratuvchi filtri. Dupleksorlash|Ikkita fizik mustaqil simpleks kanalining har biridan axborot faqat bir yo‘nalishda uzatiladigan abonentlar o‘rtasida ikki tomonlama aloqani tashkil etish.Izoh – Amaliyotda dupleksorlashning ikkita: qabul qilish va uzatish kanallarini FDD va TDD bo‘yicha bo‘lish sxemasi qo‘llaniladi. Duplikator|Disklar, disketalar, magnit tasmalarni ko‘paytirish (nusxa olish) qurilmasi. Do‘stona interfeys|Foydalanish, qo‘llash uchun qulay va oddiy tashkil qilingan foydalanuvchining interfeysi.E Effektiv nurlanadigan quvvat|Berilgan yo‘nalishda yarimto‘lqinli dipolga nisbatan, antennaga uzatilayotgan quvvatning uning kuchaytirish koeffitsiyentiga bo‘lgan ko‘paytmasi. Effektiv sochilish maydoni|Maydon o‘lchamliligiga ega radiolokatsiya obyektlarining xususiyatlarini aks ettiradigan va nurlantiruvchi obyektning shu energiya oqimi zichligiga radiolokatsion stansiyaga obyektdan qaytadigan elektromagnit energiya quvvatining nisbatiga teng xarakteristikasi. Efir|Radioto‘lqinlar tarqaladigan elektromagnit muhitning umumlashtirilgan nomi. Efir orti radiokuzatuvi|Aloqa vositalarining ishchi chastotalari va ish rejimlarini elektromagnit va xalaqit mavjud vaziyatlarni tahlil qilish maqsadida nazorat qilish. Efirda bo‘lish vaqti|1. Abonent qurilmasi radiokanalga ulanib turgan umumiy vaqt.2. Abonent tomonidan bir oy ichida radioaloqa kanalidan jami foydalanish vaqti (minutlarda) bo‘lib, har oylik to‘lovlarni hisoblashda ishlatiladi. Efirga chiqilmasdan amalga oshiriladigan nazorat|Radiostansiyani halqali tekshirish rejimi, bunda qabul qilgich o‘z uzatgichining signalini qabul qiladi. Egalik|Obyektga egalik qilishga nisbatan mutlaq huquqlarga egalikni nazarda tutuvchi harakat. Egallash, tutish|Axborotni qandaydir bir qurilmadan signalni bekor qilish va rasshifrovka qilish yo‘li bilan qabul qilish. Odatda, ovoz va videoni tutish amalga oshiriladi. Egilish tufayli yo‘qotishlar|Toladagi so‘nish shakli. Tolaning xilma-xillik atrofida egilishi (makro egilish) yoki toladagi mikroskopik buzilish (mik-ro egilish) natijasi hisoblanadi. Egiluvchan disk|Kompyuter axborotni yozish uchun mo‘ljallangan, asosi yupqa egiluvchan polimer magnit moddadan plastina shaklida yasalgan magnit disk. Plastina chang va shikastlanishdan saqlovchi, ichki tomonida tozalovchi qoplama bo‘lgan zich korpusga joylashtirilgan. Korpusdagi o‘yiq maʼlumotlarni yozish va o‘qish uchun xizmat qiladi. Axborot diskda konsentrik yo‘laklar bo‘ylab joylashtiriladi va saqlanadi. Egiluvchan magnit diskdagi o‘qish qurilmasi|Disketadan ma’lumotlarni o‘qiydigan va ma’lumotlarni disketaga yozadigan elektron hisoblash mashinalari apparat vositalarining qurilmasi. Egiluvchan magnit disklar diskovodi|"Egiluvchan magnit disklardagi to‘plagich. Dastlab 8"" o‘lchamga ega edi, keyinchalik esa 5,25"" gacha kichraytirildi. Oxirgi ishlatilgan disketalar 3,5"" o‘lchamli va 1.44 Mbyte hajmga ega edi. Hozirda CD-diskovod va Flash-jamlovchilar uning o‘rnini egallab olgan." Egiluvchan to‘lqin o‘tkazgich|Geometrik shaklining o‘zgarishi, elektr xossalari jiddiy o‘zgarishiga olib kelmaydigan to‘lqin o‘tkazgich. Ehtimoliy shifrlash|1. Bitta ochiq matnga shifrmatnlar to‘plami to‘g‘ri kelishi mumkin bo‘lgan shifrlash sxemasi.2. Tasodifiy parametrlardan foydalangan holda shifrlash jarayoni. Ehtiyoj dugasi|Resurslarni taqsimlash grafasidagi duga, jarayonni cho‘qqidan cho‘qqiga olib o‘tadi, resurs punktir chiziq bilan ifodalanadi va bu jarayon ushbu resursni talab qilishi mumkinligini bildiradi. Ekran|1. Proyektor tomonidan hosil qilingan tasvir aks etayotgan yuza.2. Matnli yoki tasvirli ixtiyoriy mazmundagi axborot ko‘rsatiladigan qurilma (televizor, monitor, elektron soatlar, telefon va h.k.).3. Parazit nurlanishni kamaytirish va elektromagnit nurlanishlarning kabelga zararli ta’sirini kamaytirish uchun mo‘ljallangan kabelning sirtini to‘r to‘qib o‘rash.4. Insonni yoki texnik qurilmalarni noqulay, zararli yoki bu ta’sirni uning yuzasi bilan aks ettirish orqali xavfli zararlardan himoya qilish uchun mo‘ljallangan qurilma yoki obyekt. Ekran imitatsiyasi|Hech narsadan gumon qilmagan foydalanuvchiga, uning nomi va parolini bilib olish uchun soxta so‘roq ekranini yoritish bilan bog‘liq ekran maskirovkasi. Ekran klaviaturasi|Operatsion tizimning, ekranda haqiqiy klaviatura kabi ishlaydigan virtual klaviaturani aks ettiradigan standart dasturi. Ekran lupasi|Turli operatsion tizimlarning maxsus imkoniyatlari tarkibiga kiruvchi dastur. Ishlash tartibi oddiy lupa kabi, ya’ni ekrandagi biror elementning qismlarini aniqroq ko‘rish yoki ko‘rish qobiliyati past bo‘lganda kattaroq qilib ko‘rsatadi. Ekran operatsiyalarini tezlashtirgich|Markaziy protsessorning ishtirokisiz, ekranda oynani o‘zgartirish yoki qayta chizish yo‘li bilan operatsion tizim ishini tezlatish uchun mo‘ljallangan grafik plata. Ekran surati|Foydalanuvchi tomonidan ekranda ko‘rinib turgan yoki boshqa qurilmani ko‘rsatishda kompyuter tomonidan olingan tasvir. Odatda, bu raqamli tasvir foydalanuvchining komandasiga asosan operatsion tizim yoki boshqa dastur tomonidan amalga oshiriladi. Ekran o‘lchami|Monitor ekranida chiqadigan axborot miqdorini aniqlovchi kattalik (nuqtalarda o‘lchanadi). Ekranning quyi ruxsat etish darajasida, masalan 640 x 480 da, tasvir sohasi kichrayadi va alohida elementlar kattalashadi. Yuqori ruxsat etish darajasi 1024 x 768 da esa tasvir sohasi kattalashadi va unga muvofiq alohida elementlarni kichik ko‘rinishda chiqarish mumkin bo‘ladi. Ekran shakli|Operator interfeysi, bunda ma’lumotlar ekrandagi maydonlarda kiritiladi va chiqariladi, operator esa, kiritish kursorini maydonlar o‘rtasida siljitib, ularning ichidagini to‘ldiradi yoki o‘zgartiradi. Ekranlangan kamera|Ichki va tashqi elektromagnit vaziyatni ajratish uchun ekranlash xususiyatlariga ega bo‘lgan xona. Ekranlanmagan o‘ralgan juft|Telefon aloqasi yoki kompyuter qurilmalarining bog‘lanishi uchun foydalaniladigan ichki sim. U egiluvchan izolyatsion trubka ichidagi ikkitalik yoki to‘rttalik o‘ralgan juft simlardan tashkil topadi va modulli tiqin yoki telefon ajratgichlardan foydalanadi. Ekranlash|1. Tarmoqlararo ekranning, tashqi sohadan bo‘ladigan ruxsat etilmagan so‘rovlarni rad qilgan holda, ichki soha obyektlarining xavfsizligini ta’minlaydigan funksiyasi.2. Uzatiladigan ma’lumotlarni filtrlash yo‘li bilan tarmoqlararo foydalanishni chegaralash. Ekranlash koeffitsiyenti|Maydonning, ekranda hosil qilinadigan fazoning shu nuqtasidagi tashqi manbadan, susayishini tavsiflovchi koeffitsiyent. Ekranni himoyalash dasturi|Klavish oxirgi marta bosilgandan yoki «sichqoncha» surilgandan keyin ma’lum vaqt o‘tgach, ekranni umuman o‘chiradigan yoki vaqtda o‘zgaradigan rasmni ko‘rsata-digan dastur. Bunday dasturlar ekran lyumi-nofori tez yonib tugashining oldini olish uchun mo‘ljallangan. Ekranni saqlovchi|Foydalanuvchi kompyuterda ishlamayotgan vaqtida, ekranga harakatdagi tasvirni chiqaruvchi dastur. Klaviaturadan birorta klavish bosilsa yoki «sichqoncha» qimirlasa, ekran saqlovchisi chiqargan tasvir darhol yo‘qolib ketadi. Bunday dasturlar ayrim monitorlar ekranlarini lyuminofor yonishidan saqlaydi. Ekranning kuchaytirish koeffitsiyenti|Ekranning akslantirish xossasi kattaligining, etalon materialning xuddi shu xarakteristikaga nisbati. Ekspert baholash|Izlash usuli va ekspertning shaxsiy fikridan yoki ekspertlar guruhining umumiy fikridan foydalanish asosida olingan, usulni qo‘llash natijasi. Ekspert darajadagi tarmoqlararo ekran|Paketlarni filtrlashning maxsus algoritmlari. Ular yordamida har bir paket mualliflashtirilgan paketlarning ma’lum namunasi bilan taqqoslanadi. Qabul qilinadigan paketlarning ichidagi VOS modelining uchta: tarmoq, seans va amaliy darajalarida tekshiriladi. Ekspert tizimi|Malakali ekspertlarning bilimi, tajribasi hamda kompyuterlarning imkoniyatlari asosida vazifalarni hal qilish uchun yaratilgan sun’iy intellekt tizimi. Ekspert tizimi – bu, kompyuter uchun dastur bo‘lib, uning yordamida rasmiy, absolyut aniq yechimlar olish mumkin bo‘lmagan vaziyatda maqbul yechim olish mumkin bo‘ladi. Ekspert tizimi odatda, uchta blokdan, ya’ni bilimlar bazasi, mantiqiy xulosa bloki, foydalanuvchi bo‘lgan interfeysdan iborat bo‘ladi. Ekspert xulosasi|Ekspertiza obyektining talablarga mos kelishi yoki to‘g‘risida asoslangan xulosalarni ichiga oladigan hujjat. Eksploit|Kompyuter tizimiga dasturiy ta’minotning zaif joyidan foydalanish orqali hujum qilish. Keyinchalik tizimga hujum qilish maqsadidagi g‘araz niyatli foydalanuvchi huquqlarini oshirishda foydalaniladi. Ekspluatatsion dasturlash|Dasturning, dastur buyurtmachida joriy qilingandan so‘ng o‘zgartirilishi. Yangi funksional imkoniyatlarni qo‘shish, xatolarni tuzatish yoki foydalanishda qulayroq qilish maqsadida bajariladi. Eksport|Bir platformadagi ma’lumotlar bazasi ma’lumotlarini boshqa platformadagi ma’lumotlar bazasiga yoki bir formatdagi fayl ma’lumotlarini boshqa dasturdan foydalanish uchun boshqa formatdagi faylga o‘tkazish. Ekstent|Kirish/chiqarish qurilmasidagi, ma’lumotlarning muayyan jami uchun band qilingan yoki zaxiralangan fizik soha. Ekstrakod|Operatsion tizim ichidagi, apparat funksiyalarni emulyatsiyalaydigan qisqa kichik dasturlar. Ekstranet tarmog‘i|Yopiq korporativ intratarmoqni kengaytirish natijasida hosil bo‘lgan tarmoq. U biznesni samaraliroq olib borish uchun tashkilot axborot tizimidan tanlov asosida foydalanish zarurati bo‘lgan mijoz, yetqazib beruvchi, subpudratchi va ishchan hamkorlarni hamda tashkilotga nisbatan boshqa tashqi tomonlarni o‘zaro bog‘laydi. Ekstremal dasturlash|Dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish metodologiyalaridan biri. Ekvayrer (bank-ekvayrer)|To‘lov tizimi vositalari bilan xizmat ko‘rsatish ishtirokchilarining o‘zaro hamkorligini taʼminlash bo‘yicha zarur operatsiyalar bajarilishini amalga oshiradigan moliya tashkiloti. Ekvidistant antenna panjarasi|Qo‘shni elementlar o‘rtasida bir xil masofaga ega liniya antenna panjarasi. Ekvidistant elementlar|Bir-biriga nisbatan bir xil masofada joylashgan antenna panjarasining elementar nur tarqatgichlari. Ekvivalent izotrop nurlanuvchi quvvat (e.i.n.q.)|Antennaga uzatiladigan quvvatning, izotrop antennaga nisbatan berilgan yo‘nalishda bu antennaning kuchaytirish koeffitsientiga ko‘paytmasi.Izoh – Izotrop antenna, unga 1kW quvvat uzatilganda barcha yo’nalishlarda 1 kW ga teng e.i.n.q. ni taʼminlaydi, va 1km masofada 173 mV/m maydon kuchlanganligini hosil qiladi, deb hisoblanadi. Elektr pastga og‘ish|Antenna elementlarini fazalash yo‘li bilan yoki analog elektr vositalar yordamida amalga oshiriladigan antennaning pastga og‘ishi.Elektr ravishda o‘chiriladigan dasturlashtiriladigan doimiy xotira qurilmasiing. - electrically (electrical) erasable programmable read-only memory (EEPROM)ru – электрически стираемое программируемое постоянное запоминающее устройствоKam ishlatiladigan yarim o‘tkazgich turiga tegishli dasturlashtirilgan doimiy xotira qurilmasi, uni tozalash yoki qayta dasturlash uchun elektr signallardan foydalaniladi. Ushbu signallar mikrosxemaning maxsus oyoqchalariga kompyuterning o‘zi yoki tashqi qurilma (dasturlovchi) tomonidan yuboriladi. 10 dan 100 ming siklgacha qayta yozish imkoniyatini beradi. Elektr skanlanadigan antenna panjarasi|Nurning elektr skanlanishi uning parametrlarini elektr boshqarish vositasida amalga oshiriladigan antenna panjarasi. Elektr ta’minot tarmog‘i bo‘yicha xalaqitga chidamlilik (hisoblash texnikasi vositasining)|Hisoblash texnikasi vositasining tarmoq xalaqitlari ta’siriga chidamliligi. Elektrolyuminessensiya|Elektr maydoni yoki tok qo‘zg‘atadigan lyuminessensiya. Elektrolyuminoforlar|Elektrolyuminessensiya xossasiga ega bo‘lgan moddalar. Elektromagnit moslashuv|Turli radioaloqa vositalaridan birgalikda foydalanish mumkin bo‘lgan hamda ularning o‘zaro ta’siri aloqa sifatining belgilangan normalardan pasayishiga olib kelmasligini kafolatlaydigan sharoit. Elektromagnit moslashuv darajasi (hisoblash texnikasi vositasining)|Parametrlarining qiymatlari qat’iy belgilangan tashqi xalaqitning hisoblash texnikasi vositasining xalaqit emissiyasiga bo’lgan normasi bilan xalaqitga chidamlilik normasi o‘rtasida yotuvchi, darajasi. Real sharoitlarda uning oshib ketish ehtimoli kam. Elektromagnit moslashuv xarakteristikasi|Texnik vositaning berilgan elektromagnit vaziyatda ishlash imkoniyatini va/yoki uning boshqa texnik vositalarga ta’siri darajasini ko‘rsatadigan xarakteristikasi. Elektromagnit nurlanish|Energiyaning manbadan elektromagnit to‘lqinlar ko‘rinishida fazoga nurlanish jarayoni. (Elektromagnit nurlanishdan) biologik himoya|Sanitariya normalari bilan belgilangan sathlarga mos keladigan elektromagnit nurlanishlarning qat’iy belgilangan darajalarini ta’minlash. Elektromagnit to‘lqinlar dispersiyasi|Elektromagnit to‘lqin fazaviy tezligining chastotaga bog‘liqligi. Elektromagnit to‘lqinlarning nurlanishi|Istalgan manbadan chiqayotgan energiyaning elektromagnit to‘lqinlar shaklidagi oqimi. Elektromagnit to‘lqinlarning qaytishi|Elektromagnit to‘lqinlar tarqalish yo‘nalishining ikki muhit chegarasida o‘zgarishi, bunda bo‘linish chegarasiga tushayotgan to‘lqin qisman yoki to‘liq holda o‘zi kelayotgan muhitga qaytadi. Elektromagnit xalaqit|Manbai tabiatdagi fizik hodisalar bo‘lgan elektromagnit xalaqit. Elektromagnit xalaqitga chidamlilik; xalaqitga chidamlilik|Texnik vositaning, elektromagnit xalaqitlar mavjudligi sharoitida sifatni pasaytirmasdan ishlash qobiliyati. Elektromagnit xalaqitlardan himoyalash|Telekommunikatsiya signalini elektromagnit xalaqitlardan himoya qilish maqsadida izolyatsiyalash. (Elektromagnit) ta’sirchanlik|Retseptorning elektromagnit xalaqitga ta’sirchanlik qobiliyati. Elektromagnit g‘alayonlanish|Qurilma, uskuna yoki tizim xarakteristikalarini yomonlashtirishi mumkin bo‘lgan har qanday elektromagnit hodisa. Elektron arxiv|Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda saqlanishi zarur bo‘lgan elektron hujjatlar to‘plami. Elektron autsorsing|Boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga biznes-jarayonlar bajarilishini topshirish, axborot texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan xizmatlarni taqdim etish. Elektron axborot-xizmati hujjati|Elektron raqamli imzo bilan himoyalangan, hisob-kitobni amalga oshirishda va banklarda ochilgan schyotlar (hisob varaqlari) bo‘yicha operatsiyalarni o‘tkazishda axborot almashinuvini taʼminlaydigan hujjat. Elektron bildirish|Axborot tizimi vositasida jismoniy yoki yuridik shaxsni davlat organi yoki boshqa tashkilotning elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish yuzasidan harakatlarini tasdiqlash to‘g‘risida xabardor qilish. Elektron biznes|Samaradorligi va raqobatbardoshliligi axborot texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan biznes.Izoh – Elektron biznes sheriklar va buyurtmachilar bilan bo‘ladigan butun o‘zaro munosabatlar tizimini qamrab oladi va faqat tijoriy faoliyatga taalluqli bo‘lgan elektron tijorat tushunchasini ichiga oladi. Elektron boshqaruvchi qurilma|Tashqi qurilmalar ishini boshqarish uchun mo‘ljallangan qurilma (mikrosxema). Elektron bozor|Yagona axborot-texnologik infratuzilmada o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradigan yetkazib beruvchilar va xaridorlar guruhi. Elektron davlat xizmati|Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilgan holda ko‘rsatiladigan davlat xizmati. Elektron davlat xizmati reglamenti|Elektron davlat xizmati ko‘rsatish tartibi va unga qo‘yiladigan talablarni belgilaydigan normativ-huquqiy hujjat. Elektron davlat xizmatini ko‘rsatish natijasi|Talabnoma beruvchilar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining amalga oshirilishi, shu jumladan, ularga tegishli axborot va hujjatlarning taqdim etilishi. Davlat organlari tomonidan elektron davlat xizmati ko‘rsatish reglamentiga muvofiq tegishli ishlarni amalga oshirishda ifodalanadi. Elektron davlat xizmatlarining yagona reyestri|Elektron davlat xizmatlarining to‘liq ro‘yxatini ichiga oladigan interaktiv davlat xizmatlarining yagona portalida e’lon qilinadigan, davlat xizmatlari, shakllari va blanklari yagona reyestri tarkibida shakllantiriladigan, Internet tarmog‘idagi ochiq va hamma foydalana oladigan axborot resursi. Elektron demokratiya|Mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarishdan tortib xalqaro darajagacha bo‘lgan barcha bosqichlarda jamoaviy fikrlash (kraudsorsing) va ma’muriy jarayonlar (xabardor qilish, birgalikda qarorlar qabul qilish – elektron ovoz berish, qarorlar bajarilishini nazorat qilish) uchun asosiy vosita sifatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bilan tavsiflanadigan demokratiya shakli. Elektron disk|Tezkor xotira qismidan dasturiy tarzda yaratilgan psevdodiskli to‘plagich. Operatsion tizim u bilan real mavjud bo‘lgan disk bilan ishlagandek ishlaydi. Ma’lumotlardan foydalanishni tezlatish maqsadida fizik mavjud diskdan ma’lumotlarni vaqtinchalik takrorlash uchun foydalaniladi, chunki tezkor xotira diskli xotiraga nisbatan birmuncha tez ishlaydi. Ko‘pincha, virtual disk deb ataladi. Elektron (elektr) sinov jadvali|Elektr vositalari yordamida olingan signal hosil qilgan televizion sinov jadvali. Elektron e’lonlar taxtasi|Terminal kira olish interfeysi orqali elektron pochtadan foydalanish, kerakli fayllarni ko‘chirib olish va alohida Internet-xizmatlaridan foydalanish tizimi. Uning asosini turli foydalanuvchilar joylashtirgan e’lonlar va ularni boshqa foydalanuvchilarga namoyish qilish maqsadida yuborilgan xabarlardan iborat maxsus ma’lumotlar bazasi tashkil qiladi. Elektron hisoblash mashinasi|Elektron asboblari bo‘lgan hisoblash mashinasi. Elektron hujjat|1. Elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa elektron hujjat rekvizitlariga ega bo‘lgan axborot.2. Hisoblash tizimi xotirasidagi odamning dasturiy va apparat vositalari yordamida ko‘rishi hamda eshitishi uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar to‘plami. Matnli, grafik va ovozli axborotga ega bo‘lishi mumkin. Elektron hujjat aylanishi|Axborot tizimi orqali elektron hujjatlarni jo‘natish va olish jarayonlarining majmui. Elektron hujjat aylanishi ishtirokchisi|Elektron hujjatni jo‘natuvchi va elektron hujjatni oluvchi.Izoh – Elektron hujjat aylanishida axborot vositachilari ham ishtirok etishlari mumkin. Elektron hujjat aylanishi tizimi|1. Elektron hujjatlar bilan ishlash (yaratish, o‘zgartirish, izlash), shuningdek, xodimlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik o‘rnatish (hujjatlarni uzatish, topshiriqlar berish, xabarnomalar jo‘natish va b.lar) imkonini beradigan kompyuter dasturi (dasturiy ta‘minot, tizim).2. Elektron hujjatlar bilan ishlash (ya’ni, elektron hujjat aylanishi) ni tashkil qilish va avtomatlashtirishga imkon beradigan tizim (kompyuter dasturi, dasturiy ta’minot va b.lar). Elektron hujjat aylanishi vositalari|Elektron hujjat aylanishida qo‘llaniladigan dasturiy, texnik va texnologik vositalar majmui. Elektron hujjat egasi|Qonun hujjatlarida belgilangan huquqlar chegarasida elektron hujjatlarga egalik qilish, foydalanish va boshqarishni amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs. Elektron hujjat formati|«Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi Qonuni yoki tizim ishtirokchilarining kelishuvlari bilan o‘rnatilgan еlektron hujjatning majburiy standartlashtirilgan rekvizitlari. Elektron hujjat haqiqiyligini tasdiqlash|Elektron hujjat barcha rekvizitlari o‘zgarmasligini tekshirishning ijobiy natijasi. Elektron hujjat rekvizitlari|Elektron hujjatning haqiqiyligini tan olish uchun zarur bo‘lgan majburiy ma’lumotlar (elektron raqamli imzo, yuridik shaxsning nomi yoki elektron hujjat jo‘natuvchisi – jismoniy shaxsning familiyasi, ism-sharifi, elektron hujjat jo‘natuvchisining pochta va elektron manzili, uning yaratilish sanasi). Elektron hujjatlar qiymati ekspertizasi|Elektron hujjatlarning, ularni saqlash uchun saralash va ularni saqlash muddatlarini belgilash maqsadida, qiymatini aniqlash. Elektron hujjatlar repozitoriyi|Elektron hujjatlar qayta ishlanishini va saqlanishligini ta’minlaydigan, shuningdek, Yagona portalda shakllantirilgan elektron hujjatning haqiqiyligini tekshirish vositalarini taqdim etadigan axborot resursi. Elektron hujjatlarni boshqarish tizimi|Elektron hujjatlar bilan ishlash jarayonini avtomatlashtirish tizimi. Hujjatlar arxivini va ish jarayonlarini avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan dasturiy ta’minotni o‘z ichiga oladi. Elektron hujjatni identifikatsiyalash|Elektron hujjatning rekvizitlari asosida uning tuzilmasini aniqlash. Elektron hujjatni jo‘natuvchisi|Elektron hujjat rekvizitlarida nomi ko‘rsatilgan hamda elektron hujjat oluvchisiga elektron hujjatni jo‘natayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs. Elektron hujjatni qabul qilib oluvchi|Elektron hujjatning jo‘natuvchisi tomonidan elektron hujjat manzillangan yuridik yoki jismoniy shaxs. Elektron hujjatni qayta tiklash|Odamning bevosita idrok qilishi uchun qulay bo‘lgan elektron hujjatni amalga oshirish. Elektron hujjatni tuzuvchi|Saqlash uchun kimdir tomonidan yoki kimningdir nomidan elektron hujjatni jo‘natgan yoki tayyorlagan shaxs. Elektron hujjatning asl nusxasi|Elektron hujjatning aynan bir xil nusxasi, basharti u belgilangan tartibda haqiqiy deb tasdiqlangan bo‘lsa, asl nusxadir. Elektron hujjatning nazorat xarakteristikasi|Xeshlash vositalari yordamida ishlab chiqilgan va elektron hujjatning yaxlitligini tasdiqlash uchun mo‘ljallangan xesh funksiyaning ahamiyati.Izoh – Elektron hujjatning yaxlitligi, unga ruxsat etilmagan o‘zgarishlar kiritilmaganligini va elektron hujjatni qayta ishlashda yoki uni aloqa kanallari bo‘yicha uzatishda mashina tashuvchilaridagi shikastlanishlar va dasturiy-texnik vositalardagi nosozliklar natijasida buzilmaganligini ko‘rsatadi. Elektron hujjatning qog‘ozdagi nusxasi|Elektron hujjatning qog‘ozdagi nusxasining tashqi shaklini ifodalashni qonunchilik tomonidan o‘rnatilgan tartibda guvohnomalash yo‘li bilan yaratiladi. Elektron hujjatning qog‘ozdagi nusxasi qonunchilik bilan o‘rnatilgan tartibda guvohnomalanadi va saqlanadi. Elektron hukumat|Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash yo‘li bilan, davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatini, shuningdek, idoralararo elektron o‘zaro hamkorlikni taʼminlashga yo‘naltirilgan, tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimi. Elektron hukumat infratuzilmasi|Elektron shaklda funksiyalarni amalga oshirish va xizmatlar ko‘rsatishda davlat hokimiyati organlari, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari, fuqarolar va yuridik shaxslarning o‘zaro hamkorligini ta’minlaydigan, joylashtirilgan davlat axborot tizimlari, dasturiy-apparat vositalari va aloqa tarmoqlarining majmui. Elektron hukumat yagona identifikatorlari|Har bir jismoniy va yuridik shaxsga, kadastr va ko‘chmas mulk obyektlariga, geografik va boshqa obyektlarga beriladigan hamda ularni elektron hukumatda identifikatsiya-lash imkonini beradigan noyob kodlar. Elektron iqtisodiyot|Raqamli texnologiyalarga asoslangan iqtisodiy faoliyat. Elektron ish yuritish|Elektron hujjatlashtirishni va elektron hujjatlar bilan ishlashni qamrab oladigan tashkil qilish faoliyati. Elektron jadval|Har xil hisoblash vazifalari uchun mo‘ljallangan dasturiy mahsulot. Foydalanuvchiga yacheykalarida matnli va sonli ma’lumotlar, shuningdek, formulalar saqlanadigan jadval ko‘rinishida taqdim qilinadi. Qo‘yilgan formulalar bo‘yicha tezkor hisoblash mumkin, ma’lumotlar o‘zgarganda avtomatik qayta hisoblash bajariladi. Elektron jadvallar ‒ boshqarish tizimi bilan birgalikdagi spetsifik ma’lumotlar bazasidir. Dasturchi bo‘lmagan foydalanuvchi uchun mo‘ljallangan. Elektron jurnal|Kompyuter dasturi yaratadigan, qandaydir voqea yoki operatsiya to‘g‘risidagi axborotni maxsus faylga yozish. Elektron kalit|Dasturiy mahsulotlarni noqonuniy ko‘pay-tirish va foydalanishdan muhofaza qilish qurilmasi. Elektron kalit – bu qandaydir parol yozilgan xotirali mikrosxemadan iborat, kichik o‘lchamdagi blokdir. Blok kompyuterning parallel portiga ulanadi, printer yoki boshqa qurilmani ulashga xalaqit bermaydi. Himoyalangan dastur ishga tushirilganda elektron kalitda yozilgan parol tekshiriladi. Elektron karmon|Elektron pullarni saqlash va turli to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradigan, ichiga chip o‘rnatilgan smart-karta yoki boshqa elektron tashuvchi.Izoh – Umuman olganda elektron karmon tushunchasi yaqindan ommalashib bormoqda. Elektron kitob|Raqamli ko‘rinishdagi, stol, cho‘ntak kompyuterlaridagi, noutbuklardagi, shuningdek, bu maqsad uchun maxsus mo‘ljallangan kompyuterlardagi maxsus dasturiy ta’minot (masalan, Microsoft Reader) yordamida o‘qish uchun mo‘ljallangan kitob. Kitob tegishli tugmalarni bosish orqali varaqlanadi. Matnni kompyuterning yoritiladigan displeyida batareya yoki akkumulyatorning ishlash muddati mobaynida o‘qish mumkin. Elektron kommunikatsiya|Qatnashchilarning elektron aloqa kanallari bilan bevosita ifodalangan o‘zaro aloqasi. Elektron litsenziyalash portali|Litsenziyalash va ruxsat beradigan protseduralar sohasida interaktiv xizmatlarni taqdim etishning «Litsenziya» axborot tizimlari kompleksi. Bu kompleks elektron ko‘rinishda litsenziyalar va ruxsatnomalar rasmiylashtirilishini avtomatlashtirishdan foydalanishning yagona nuqtasi hisoblanadi. Elektron marka|Oddiy va buyurtma xatlar, pochta varaqchalari va banderollarga tushirish uchun mo‘ljallangan, qo‘shimcha axborot kiritilgan, pochta aloqasi xizmatlariga to‘lovni tasdiqlovchi shtrixli pochta identifikatori ko‘rinishidagi pochta markasi. Elektron maydon|Internet tarmog‘ida joylashtirilgan umumiy foydalanishdagi axborot tizimi. Jumladan, axborot tizimi deganda, ma’lumotlar bazalarida bo‘lgan axborot va uning qayta ishlanishini ta’minlaydigan axborot texnologiyalari hamda texnik vositalar majmui tushuniladi. Elektron maydon:- saytning Internet tarmog‘idagi domen nomi;- ma’lumotlar bazasi;- dasturiy-apparat kompleksi;- aloqa kanali;- texnik ta’minot xizmati kabi beshta elementdan iborat. Elektron ma’lumotlar|1. Elektron vositalar yordamida shakllantiriladigan, qayta ishlanadigan, saqlanadigan, jo‘natiladigan va olinadigan ma’lumotlar.2. Elektron, optik yoki shunga o‘xshash vositalar yordamida tayyorlangan, jo‘natilgan, olingan yoki saqlanadigan axborot, shu jumladan ma‘lumotlar bilan elektron almashish, elektron pochta, telegraf, teleks yoki telefaks va b.lar. Elektron ma’lumotlar almashinuvi|Axborotni bir kompyuterdan boshqasiga, kelishilgan axborotni tizimlashtirish standartidan foydalanib, elektron uzatish. Elektron ma’lumotlarni jo‘natuvchi|Nomiga yoki nomidan elektron ma’lumotlar yuboriladigan yuridik yoki jismoniy shaxs, bu ma’lumotlarga nisbatan axborot vositachilari sifatida ish ko‘radigan shaxslardan tashqari. Elektron maʼlumotlarni oluvchi|Jo‘natuvchi tomonidan yoki jo‘natuvchi nomidan, elektron maʼlumotlar jo‘natiladigan yuridik yoki jismoniy shaxs, bu maʼlumotlarga nisbatan axborot vositachisi sifatida ish ko‘radigan shaxslardan tashqari. Elektron muhofaza qilish qurilmasi|Kompyuter tarkibidagi qulf, javob bergich va sh.k. funksiyalarni bajaruvchi va dasturni hamda ma’lumotlarni ruxsat etilmagan tarzda foydalanishdan muhofaza qilish uchun mo‘ljallangan elektron qurilma. Elektron naqd pullar|Hisob-kitoblar uchun, shu jumladan Internet tarmog‘idan foydalanib amalga oshiriladigan hisob-qitoblar uchun foydalaniladigan, bank yoki boshqa tuzilma tomonidan elektron (raqamli) sertifikatlar shaklida emissiya qilingan, ko‘rsatuvchiga bo‘lgan pul majburiyatlari.Izoh – Elektron naqd pullarning bank kafolatlari, majburiyatni uning emitentiga taqdim etish paytida oddiy pul mablag‘lari bilan taminlashdan iborat. Elektron nashr|Internet yoki boshqa onlayn xizmatlar orqali foydalanish mumkin bo‘lgan nashr. Elektron-nurli trubka|Tasvirlarni qayta tiklash qurilmasi, unda elektr signal ekranning ichki tomonidagi lyuminaforlarning yorug‘lanishiga sababchi bo‘ladigan elektron nurga aylantiradi. CRT qisqartmasini, shuningdek, Cathode Ray Terminal kabi ham o‘qish mumkin, bu trubkaning o‘ziga emas, balki unga asoslangan qurilmaga mos keladi. Elektron-nurli trubka asosidagi displey|Ekranida tasvir elektron-nurli trubka yordamida yaratiladigan displey. Ishlash uchun, displeydan tashqari tegishli adapter yoki karta zarur bo‘ladi. Rangli tasvirni yaratish uchun va grafikadan foydalanish mumkin bo‘lishi uchun grafik adapter zarur. Elektron-nurli trubka asosidagi displeyda tasvir fluoressensiyalanadigan ekranni elektron nur bilan bombardimon qilish orqali yaratiladi. Nur ekran bo‘ylab chapdan o‘ngga, yuqoridan pastga harakatlanadi, bitta o‘tish ichida barcha gorizontal satrlar shakllantiriladi. Displeyning satr chastotasi – displey 1 s ichida shakllantiradigan satrlar soni; kadrlarning yangilanish chastotasi (kadr chastotasi) muhim ko‘rsatgichlar hisoblanadi. Raqamli boshqariladigan displeylar keng tarqalgan. Yaqin vaqtda displeyli panellarga ommaviy o‘tish kutilmoqda. Elektron-optik o‘zgartirgish|Tasvirning spektral tarkibini o‘zgartirish va/yoki tasvir yorqinligini kuchaytirish uchun mo‘ljallangan fotoelektron elektrovakuum asbob. Elektron ovoz berish|Ovoz berishning har xil turlarini belgilay-digan, ham elektron ovoz berish vositalarini (elektron demokratiya), ham ovozlarni sanab chiqishning texnik elektron vositalarini qam-rab oladigan atama. Internet-saylovlar elek-tron ovoz berishning bir ko‘rinishi hisoblanadi. Elektron ovoz berish texnologiyalari perfokartalarni, optik skanlash tizimlarini va ovoz berish uchun mo‘ljallangan ixtisoslash-tirilgan terminallarni o‘z ichiga olishi mumkin. Bu texnologiyalar, shuningdek, saylov byulletenlari va ovozlar telefon, xususiy kompyuter tarmoqlari yoki Internet orqali uzatilishini ham o‘z ichiga olishi mumkin. Elektron ovoz berish texnologiyasi ovozlarni sanab chiqish jarayonini tezlashtirish, shuningdek, imkoniyati cheklangan odamlarning ovoz berishini osonlashtirish imkonini beradi. Elektron papka|Elektron hujjatlarning o‘zaro bog‘langan to‘plami. Elektron pochta|1. Bir elektron pochta qutisidan boshqa bir elektron pochta qutisiga xabarlar jo‘natish yoki olish imkonini beradigan dasturiy-texnik vositalar kompleksi.2. Internet tarmog‘ining istalgan abonenti bilan elektron pochta xabarlarini almashinish.3.Tarmoqlar orqali xabarlarning foydalanuvchidan foydalanuvchiga yuborilishini, shuningdek, bu xabarni o‘qish va saqlash imkonini beradigan servis dasturlar tizimi. Elektron pochta hisobga olish yozuvi|Foydalanuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan yozuv, bunda foydalanuvchi o‘zi haqida elektron pochta tizimiga xabar beradi. Elektron pochta Internet-xizmatlari|Xizmatlar isteʼmolchisiga manzilni berish va bu manzilga maʼlumotlar qabul qilish, shuningdek, xizmatlar isteʼmolchisiga yuborilgan yoki uning nomiga kelgan maʼlumotlarni saqlash va jo‘natish bo‘yicha harakat yoki faoliyat. Elektron pochta manzili|Elektron pochta xabari yetkazib berilishi kerak bo‘lgan pochta qutisini identifikatsiya qiladigan yozuv. User@domain (masalan, chief@ pcweek.ru) formatiga ega. Ko‘pchilik Internet provayderlari elektron pochta manzili sifatida hisobga olish yozuvini taklif qiladilar. Elektron pochta qutisi|Internet tarmog‘i orqali xabarlarni olish yoki jo‘natish uchun noyob raqamdan (elektron pochta manzilidan) foydalaniladigan dasturiy-texnik vositalar kompleksi. Elektron pochta serveri|Ayrim lokal tarmoq kompyuterlari uchun elektron pochtani jo‘natish, qabul qilib olish va «taqsimlash»ni bajaradigan kompyuter va dasturiy ta’minot. Elektron pochta xizmati|Elektron pochta serveri tomonidan ko‘rsatiladigan xizmat, ya’ni mijoz o‘z serverini joriy xizmatga moslaganda u elektron xatlarini shu server orqali uzatish va qabul kilish imkoniga ega bo‘ladi. «Elektron pochta» xizmatlari|Istalgan foydalanuvchiga matn yoki matn ko‘rinishiga o‘zgartirilgan ixtiyoriy faylni jo‘natish imkonini beradigan xizmatlar. Elektron pullar|1. Kompyuterda yoki intellektual kartada maxsus yozuvlar ko‘rinishida mavjud bo‘lgan, aniq bir axborot texnologiyasi doirasida kontragentlarning o‘zaro hisob-kitoblari va xaridlar uchun foydalaniladigan pullar.2. Emitentga bo‘lgan talabni o‘zida ifodalaydigan, elektron qurilmada saqlanadigan, chiqariladigan pul qiymatidan kam bo‘lmagan miqdorda mablag‘ olingandan so‘ng emissiya qilinadigan va boshqa korxonalar tomonidan to‘lov vositasi sifatida qabul qilinadigan pul qiymati.Izoh – yandexmoney, webmoney, qiwi karmon an’anaviy elektron pullarga kiradi. Elektron pullar sohasidagi muassasa|Elektron pullar shaklida to‘lov vositalari chiqaradigan (kredit muassasasiga qaraganda boshqacha) korxona yoki har qanday yuridik shaxs. Elektron raqamli imzo|Elektron raqamli imzo yopiq kalitidan foydalangan holda elektron hujjatdagi axborotni maxsus almashtirish natijasida ushbu elektron hujjatda hosil qilingan va elektron raqamli imzo ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborot buzib ko‘rsatilmaganligini aniqlash hamda elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkonini beradigan imzo. Elektron raqamli imzo haqiqiyligini tasdiqlash|1. Elektron raqamli imzo elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga tegishliligini va elektron hujjatda axborotni buzib ko‘rsatishlar yo‘qligini tekshirishning ijobiy natijasi.2. Elektron raqamli imzoni tekshirish maʼlumotlarini muayyan shaxs bilan bog‘laydigan va bu shaxsning aynan o‘xshashligini tasdiqlaydigan elektron guvohnoma. Elektron raqamli imzo haqiqiyligini tekshirish|Reglamentlangan harakatlar ketma-ketligi, uning natijasida elektron raqamli imzo bilan imzolangan elektron hujjatni va ro‘yxatga olish guvohnomasi egasining ochiq kalitini olgan shaxs, elektron raqamli imzo haqiqiyligini tasdiqlaydi yoki uni rad etadi. Elektron raqamli imzo kalitining sertifikati|1. Ro‘yxatga olish markazi tomonidan berilgan va tasdiqlangan, elektron raqamli imzo ochiq kaliti muayyan yuridik yoki jismoniy shaxsga tegishliligini tasdiqlaydigan hujjat.Izoh – Sertifikat elektron raqamli imzo ochiq kalitidan foydalanish xavfsizligini taʼminlash uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha axborotni ichiga olishi mumkin. Sertifikat elektron hujjat shaklida berilganda, ushbu Markazning elektron raqamli imzosi bilan imzolanadi.2. Ro‘yxatga olish markazi tomonidan berilgan va tasdiqlangan, elektron raqamli imzo ochiq kaliti imzo kaliti sertifikatining egasiga tegishliligini tasdiqlaydigan hujjat. Elektron raqamli imzo kalitlarini qayd etish markazi|Maxsus vakolatli organning davlat ro‘yxatidan o‘tgan va elektron raqamli imzo kalitlarining sertifikatlarini berish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs. Elektron raqamli imzo vositalari|1. Elektron hujjatda elektron raqamli imzo yaratilishini, elektron raqamli imzo haqiqiyligi tasdiqlanishini, elektron raqamli imzo ochiq va yopiq kaliti yaratilishini taʼminlaydigan texnik va dasturiy vositalarning majmui.2. Kalitlarni tayyorlash, elektron raqamli imzoni ishlab chiqish va/yoki tekshirish funksiyalarini amalga oshiradigan dasturiy va texnik vositalar majmui. Elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasi|Elektron raqamli imzoni yaratadigan (elektron hujjatni imzolaydigan) va nomiga ro‘yxatga olish markazi tomonidan elektron raqamli imzo sertifikati berilgan jismoniy shaxs. Elektron savdo|1. Internetda elektron hujjat aylanishi orqali amalga oshiriladigan savdo.2. Elektron aloqa vositalaridan, birinchi navbatda, Internet tarmog‘idan foydalangan holda tovarlar, ishlar, xizmatlarni xarid qilish va sotish, foydalanish va elektron kontent huquqlarini o‘z ichiga olgan iqtisodiyot segmenti. Elektron servis|Elektron servis iste’molchisiga idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik tizimi orqali taqdim etiladigan, reglamentlangan xizmat ko‘rsatish turi. Elektron servisning asosiy turlari:- idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik tizimiga ulangan axborot tizimidan so‘ralgan axborotni olish;- idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik tizimiga ulangan axborot tizimiga axborot uzatish;- idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik tizimining ishlashi bo‘yicha axborot-tahliliy hisobotlarni olish. Elektron servislar reyestri|Idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik tizimining, elektron servislar tavsiflari saqlanishini, shuningdek, kerakli servislarni topish uchun bu tavsiflardan foydalanishni ta’minlaydigan kichik tizimi. Elektron so‘rov|Butunjahon Internet axborot tarmog‘ida va ommaviy ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkaziladigan, yuridik va jismoniy shaxslar so‘rovi. Elektron tender maydoni|Foydalanuvchilarga elektron tijoriy faoliyatni amalga oshirish uchun virtual axborot makonini taqdim etadigan ixtisoslashtirilgan Internet-resurs. Amalda birja rolini bajargan, olisdagi qatnashchilar o‘rtasida onlayn rejimida kelishuvlarni olib borishga imkon yaratgan holda, elektron auksion formatida tashkil qilinishi mumkin. Elektron tijorat|Axborot tizimlaridan foydalangan holda amalga oshiriladigan, tovarlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatishga doir tadbirkorlik faoliyati. Elektron tijorat ishtirokchisi|Elektron tijoratni amalga oshiradigan jismoniy va yuridik shaxs, shuningdek, tegishli tovarlar (ishlar, xizmatlar) xaridorlari hisoblanadigan yuridik va jismoniy shaxslar. Elektron tijoratni yuritish bo‘yicha xizmatlar sifatining kafolati|Xizmatlardan foydalana olishlik, korporativ maʼlumotlarning muhofaza qilinishi, biznes-jarayonlarni taʼminlashning yuqori sifati va biznesni yuritish ochiqligini taʼminlashning yuridik amaliyotiga rioya qilinishining kafolati. Elektron to‘lov|Qonunchilikka va o‘rnatilgan protseduralarga muvofiq, elektron to‘lov hujjati yordamida o‘tkaziladigan to‘lov. Elektron to‘lov hujjati|Belgilangan shaklda birlamchi pul-hisob-kitob hujjati asosida yaratilgan, tashabbuskor bank va bank mijozining «Elektron» belgisi bo‘lgan noyob elektron raqamli imzo bilan himoyalangan to‘lov hujjati, uning aniq nusxasi hisoblanadi va elektron raqamli imzoni hamda rasmiylashtirishning to‘g‘riligini tekshirish ijobiy natija bergan sharoitda, asl nusxaning yuridik kuchiga ega bo‘ladi. Elektron to‘lov hujjatini qayta ishlash|Elektron to‘lov hujjati operatsiyalari – to‘plash, kiritish, yozish, o‘zgartirish, solishtirib tekshirish, saqlash, yo‘q qilish, qayd etishlarning butun jami. Elektron to‘lov tizimi|Texnik vositalardan, axborot texnologiyalaridan va axborot tizimlarining xizmatlaridan foydalanib, elektron to‘lov hujjatlari vositasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish. Elektron to‘lovlar|Internet orqali turli xizmatlar uchun va tovarlar oldi-sotdisi paytida Internet foydalanuvchilar va moliya tashkilotlari, biznes tashkilotlar o‘rtasidagi hisob-kitoblar tizimi. Elektron to‘lovlar tizimi|Banklararo hisob-kitoblar elektron to‘lov hujjati asosida amalga oshiriladigan to‘lov tizimi. Elektron to‘lovlar tizimi ishtirokchisi|Elektron to‘lovlarni o‘tkazish bo‘yicha xizmatlarni taqdim etadigan yoki foydalanadigan jismoniy yoki yuridik shaxs. Elektron to‘p|Talab qilinadigan shakl va jadallikdagi yo‘naltirilgan elektronlar oqimini vujudga keltirish uchun mo‘ljallangan qurilma. Elektron to‘pdan elektron-optik o‘zgartirgichlarda, gazli lazerlarda, elektron mikroskoplarda va hokazolarda foydalaniladi. Elektron vositalar|Elektron ma’lumotlarni shakllantirish, qayta ishlash, saqlash, uzatish va qabul qilishda foydalaniladigan texnik vositalar. Elektron xabar|Elektron hisoblash texnikasi, axborotni qayta ishlash, saqlash va uzatishning boshqa elektron vositalari elementlari holatlarining to‘plami shaklida berilgan, inson tomonidan bir xil idrok qilishga yaroqli shaklga o‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan axborot. Elektron xaridlar|Samaradorligi Internet tarmog‘idan va korporativ intratarmoqlardan foydalangan holda taʼminlanadigan xaridlar jarayonini avtomatlashtirish va integratsiyalash. Elektron o‘qitish|Ham o‘qitishni ham malaka oshirishni qo‘llab-quvvatlash uchun, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bilan bog‘langan o‘quv jarayoni uchun umumiy ifoda hisoblanadigan o‘qitish. Elektron o‘qitish, shuningdek, raqamli texnologiyalar yordamida, ba’zida an’anaviy ta’lim kanallariga qo‘shimcha sifatida beriladigan bilimlarning keng spektrini qamrab oladigan veb-o‘qitish deb ham ataladi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan foydalanish, an’anaviy ta’lim va o‘qitishdan foydalana olmaydigan shaxslar uchun ayniqsa samarali. Elektronika sanoati sohalarining alyansi|AQSh hududida joylashgan, elektr va funksional standartlarni ishlab chiquvchi, tashkilot. Elektrostatik xalaqit|Elektrlash bilan shartlangan va to‘plangan elektr zaryadlari impuls toklari oqib kelishi va/yoki elektrostatik razryadlar natijasida hosil bo‘luvchi tabiiy xalaqit. Element maydoni|Qar.: Tasvir elementi. Elementar oqim|MPEG kodlashda bitta dasturga taalluqli bitta turdagi ma’lumotlar oqimi (video oqim, audio oqim, ma’lumotlar oqimi yoki boshqa axborot). Elliptik egri chiziq asosidagi kriptografiya|Asimmetrik shifrlash va elektron raqamli imzoning tez rivojlanib borayotgan yo‘nalishi. Bunda barcha hisoblashlar (masalan, kalitning qiymatini tanlash) elliptik egri chiziq nuqtalari ustida amalga oshiriladi, ya’ni, masalan, ikkita sonni oddiy qo‘shish o‘rniga, ma’lum qoidalarga ko‘ra egri chiziqning ikki nuqtasini qo‘shish bajariladi, bunda natija sifatida uchinchi nuqta olinadi. Elliptik egri chiziqli kriptotizim|Elliptik egri chiziq xossalariga asoslangan asimmetrik kriptotizim.Izoh – Masalan, guruh tuzilmasi elliptik egri chiziq nuqtalari bilan berilishi mumkin va shunday guruh uchun diskret logarifm muammosini ifodalashi mumkin. Bu muammo qat’iy hisoblanadi va shuning uchun kriptotizimni yaratishda foydalanilishi mumkin. Elliptik qutblangan to‘lqin|Elektr maydon kuchlanganlik vektorining uchi ellips chizadigan tarzda qutblangan elektromagnit to‘lqin. Elliptiklik koeffitsiyenti|Elektr va magnit maydon vektorlarining darajasi va fazaviy siljishiga bogʻliq parametr. Eltuvchi|Modulyatsiyalovchi signal bilan modulyatsiyalashga yaroqli bo‘lgan tebranish. Axborot uzatishda uni tashuvchi o‘rnida xizmat qiladigan garmonik elektromagnit tebranishlar chastotasi. Axborot uzatish eltuvchi chastotaning shu tebranishlarini uzatilayotgan xabarga mos signallar bilan modulyatsiyalash vositasida amalga oshiriladi. Eltuvchi chastota|Axborot uzatish maqsadida signallar bilan modulyatsiyalanadigan garmonik tebranishlar chastotasi. Modulyatsiyalangan signallar garmonik hisoblanmaydi, ularning spektri, eltuvchi chastotadan tashqari yon chastotalarga ega. Faqat yon chastotalar tebranishlari uzatiladigan signallarni o‘z ichiga oladi. Shuning uchun eltuvchi chastotasiz yoki bir polosali uzatish ham mumkin, bunda maxsus sxemalar yordamida modulyatsiyalangan tebranishlar spektridan eltuvchi chastota tebranishlari bartaraf qilinadi. Eltuvchi chastota nazorat qilingan va konfliktlarning oldi olingan holda, ko‘plab foydalana olish|Vaqt bo‘yicha kvantlashdan foydalaniladi-gan protokollar turkumiga muvofiq, foydala-na olish, bunda har bir stansiya axborotni faqat uning uchun qat’iy belgilangan vaqtda uzatishi va muhitdan foydalanish huquqini olishga so‘rovni yuborishi mumkin; har bir stansiya boshqaruvchi stansiyaga manzilla-nadigan uzatishga maxsus so‘rovni shakl-lantiradi. Eltuvchi chastotalalrning siljishi|Ikkita televizion radiouzatgichga xalaqitlarni ko‘rish yoki eshitishni kamaytirish uchun atayin kiritilgan tasvir eltuvchi chastotalar yoki tovush jo‘rligidagi eltuvchilarning uncha katta bo‘lmagan farqi. Eltuvchidagi bir kanal|Ko‘p kanalli xabarni alohida kanallarning signallari alohida eltuvchilarda uzatilgandagi, uzatish usuli. Eltuvchidagi bir nechta kanal|Ko‘p kanalli xabar uzatish usuli, bunda alohida kanallar signallari bitta eltuvchida ajratish usuli bilan uzatiladi. Eltuvchidagi nominal chiqish quvvati (tovush uzatgich)|Uzatgichning chiqish qisqichlaridagi quvvat, bunda uzatgichga normal yuklama yoki uning ekvivalent zanjiri ulangan. Eltuvchidagi oqning etalon darajasi|Eltuvchining, oqning etalon darajasiga mos keladigan amplitudasi. Eltuvchiga nisbatan hisoblanadigan detsibellar (dBc)|Yon yaproqlar bo‘ylab nurlanadigan, eltuvchi chastotaga nisbatan hisoblanadigan signal quvvatining o‘lchov birligi. Eltuvchini nazorat qilish bilan ko‘plab foydalana olish|Lokal kompyuter tarmog‘i umumiy uzatish muhitidan ko‘plab foydalana olish texnologiyasi. Eltuvchini nazorat qilish va nizolarning oldini olish bilan ko‘plab foydalana olish|Uzatish muhitidan foydalana olish uchun stansiyalar raqobatiga asoslangan tarmoqlardagi foydalana olish usuli. Eltuvchining qoldig‘i|Tasvir radiosignalining, bu signalning maksimal darajasiga nisbatan, foizlarda ifodalangan minimal darajasi. Eltuvchisi bostirilgan amplituda-fazaviy modulyatsiya|Ko‘p pozitsiyali kvadratura modulyatsiyalashning spektral samarali usuli. Bunda eltuvchi chastota N ta holatga ega kodli fazo hosil qilgan holda, faza va amplituda bo‘yicha modulyatsiyalanadi. Odatda, N ning qiymati 16 (SAR16), 64 (SAR64) yoki 128 ga (SAR128) teng. Eltuvchi chastota liniyaga uzatilmaydi, signaldan «kesib olinadi», so‘ngra qabul qilgichda tiklanadi. SAR64 modulyatsiya ADSL va HDSL (1,168 Mbit/s) abonent kirish liniyalarida, SAR128 esa, SDSL (2,32 Mbit/s) da qo‘llaniladi. Emitent|Plastik kartalar chiqaradigan va chiqarilgan kartalardan to‘lov vositasi sifatida foydalanilishi bilan bog‘liq moliyaviy majburiyatlar bajarilishini kafolatlaydigan moliya tashkiloti. Emulyator|Emulyatsiya amalga oshiriladigan dastur, apparat-dasturiy tizim yoki mikrodastur. Emulyator yordamida kompyuter boshqa mashina, qurilma yoki operatsion tizim uchun yozilgan dasturlarni bajarishi mumkin. Ular ichki sxemali, shinali va dasturiy emulyatorlarga bo‘linadi. Odatda, biror-bir tashqi qurilma tomonidan amalga oshiriladigan funksiyani bajaradigan dastur. Emulyatsiya|Apparat yoki dasturiy vositalar yoki ularning birikmasi bilan boshqa qurilmalar yoki dasturlar ishini qayta takrorlash. Emulyatsiya rejimi|Protsessorning ishlash rejimi bo‘lib, bunda protsessor boshqa modeldagi elektron hisoblash mashinasi komandalarini bajaradi. Emulyatsiya rejimidagi arxitektura yangi elektron hisoblash mashinasining eski modellar bilan qisman moslashuvini ta’minlaydi. Energiyaga bog‘liq xotira|Faqat kompyuter yoqilgandagina ma’lumotlarni (dasturlarni, o‘zgaruvchilarni) saqlash uchun mo‘ljallangan xotira qurilmasi. Kompyuter o‘chirilishi bilan (elektr energiya kelmaydi), xotira ichidagi yo‘qoladi, uni tiklash mumkin bo‘lmaydi. Tezkor xotira qurilmasi bunday xotiraga misol bo‘ladi. Energiyaga bog‘liq bo‘lmagan xotira|Elektr ta’minoti mavjudligiga bog‘liq bo‘lmagan magnit, optik yoki har qanday boshqa yozuv prinsiplariga asoslangan, ma’lumotlarni saqlash uchun mo‘ljallangan xotira qurilmasi. Masalan, elektron disklardan tashqari, har qanday diskli xotira. Eng kam imtiyozlar|Muhofaza tizimini tashkillashtirishning asosiy tamoyillaridan biri. Unga ko‘ra, har bir subyekt o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun mumkin bo‘lgan eng kam imtiyozlarga ega bo‘lishi lozim. Ushbu tamoyilga rioya qilish yovuz niyat, xato yoki imtiyozlardan ruxsatsiz foydalanish natijasida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan buzishlarning oldini olish imkonini beradi. Eng kam munosib usuli|Xotirani taqsimlashning umumiy vazifasini hal qilish usuli, bunda ro‘yxat bo‘yicha n ga nisbatan kam bo‘lmagan maksimal o‘lchamdagi bo‘sh joy tanlanadi. Eng katta yuklama soati|60 minutdan iborat uzluksiz vaqt intervali. Uning mobaynida telefon yuklamaning o‘rtacha intensivligi maksimal bo‘ladi. Eng munosib usuli|Xotirani taqsimlashning umumiy vazifasini hal qilish usuli, bunda ro‘yxat bo‘yicha n ga nisbatan kam bo‘lmagan minimal o‘lchamdagi bo‘sh joy tanlanadi. Entropiya|1. Xabarlarni uzatish paytida paydo bo‘ladigan u yoki bu simvollarning paydo bo‘lish ehtimolliklari bilan belgilanadigan xabar manbaining noaniqlik darajasi.2. Axborot nazariyasida – obyekt holatining yoki qandaydir vaziyatning (tasodifiy kattalikning) noaniqlik o‘lchovi. Entropiya tushunchasi K.Shennon tomonidan kiritilgan va undan xabardagi axborotning miqdorini aniqlash uchun foydalaniladi. Entropiyaviy kodlash, statistik kodlash|Raqamli televizion videosignalni, uning statistik xossalaridan foydalanib, yo‘qotishlarsiz siqish bilan raqamli kodlash usuli. Erkin fazoda uzatishdagi asosiy yo‘qotishlar|Antennalar ideal dielektrik, bir jinsli, izotrop va antennalar o‘rtasidagi masofani saqlagan holda cheklanmagan muhitda o‘zgartirilgan, uzatishdagi yo‘qotishlar.Izoh – Agar antennalar o‘rtasidagi d masofa to‘qin uzunligidan katta bo‘lsa, detsibellarda ifodalandigan erkin fazodagi so‘nish quyidagicha aniqlanadi:dB. Erkin foydalanish konsepsiyasi|Abstrakt elektron hisoblash mashinasida amalga oshiriladigan, erkin foydalanishni boshqarish modeli, u subyektlarning axborot resurslariga qiladigan barcha murojaatlarida vositachilik qiladi. Quyidagi erkin foydalanish konsepsiyalari mavjud: diskretsion boshqarish, mandatli boshqarish, ko‘p darajali muhofaza. Erkin foydalanish subyekti|1. Harakatlari foydalanishni chegaralash qoidalari bilan qat’iy tartibga solinadigan shaxs yoki jarayon.2. Shtat texnik vositalar yordamida, axborot resursidan erkin foydalanishni amalga oshiruvchi shaxs yoki jarayon. Erkin foydalanish toifasi|Mantiqiy obyektlarga beriladigan kategoriya, uning asosida obyektlar resurslardan foydalanish uchun ruxsat oladilar. Erkin foydalanishni boshqarish ro‘yxati|Oldindan belgilangan obyektdan erkin foydalanish huquqini beradigan himoya deskriptorining bir qismi. Erkin foydalanishni boshqarish ro‘yxati foydalanishni nazorat qilish elementlaridan iborat. Foydalanuvchilarning nomini, ularning parollarini va ularga berilgan imkoniyatlarni o‘z ichiga oladi. Erkin foydalanishni boshqarish toifasi|Ruxsat etilmagan operatsiyalardan saqlovchi qoidalarni aniqlash uchun mo‘ljallangan til elementlari. Erkin foydalanishni boshqarish vositalari|Ma’lumotlardan tasodifiy yoki qasddan foydalana olishni bartaraf etuvchi vositalar. Erkin foydalanishni nazorat qiluvchi tizim ro‘yxati|Tizim administratori tasarrufidagi himoyalash deskriptorining tarkibiy qismi bo‘lib, obyektga tizim darajasidagi xavfsizlikni o‘zlashtirish imkonini beradi. Erkin foydalanishni tanlangan boshqarish|Foydalanuvchi, jarayon va/yoki u tegishli bo‘lgan guruhni identifikatsiya qilish va aniqlashga asoslangan, tizim subyektlarining obyektlardan foydalana olishini boshqarish usuli. Ma’lum huquqlarga ega subyekt istalgan obyektga belgilangan cheklashlardan qat’i nazar, huquqlar berishni amalga oshira oladi (erkin foydalanish bilvosita ham amalga oshirilishi mumkin) degan ma’noda boshqarish tanlangan bo‘ladi. Erkin foydalanishni taqdim etish siyosati|Turli boshqariladigan resurslardan, masalan, dasturlardan yoki operatsion tizimlardan foydalanish imkoniyatini belgilaydigan siyosat. Erkin foydalanish barcha foydalanuvchilarga, muayyan rol tayinlangan foydalanuvchilarga yoki muayyan rolga kiruvchi foydalanuvchilarga taqdim etiladi. Erkin litsenziya|Dasturga ilova qilinadigan, foydalanuvchining intellektual faoliyatning turli mahsulotlarini cheklanmagan qayta tiklash, o‘rganish, tarqatish va o‘zgartirish (modifikatsiyalash yoki takomillashtirish) huquqini mustahkamlaydigan mualliflik shartnomasi. Erkin va ochiq dasturiy ta’minot|Dasturiy maxsulotni ishlab chiqish usuli, unda dasturlarning yaratilgan dastlabki kodi ochiq, ya’ni ko‘rib chiqish va o‘zgartirishlar kiritish imkoni mavjud. Eroziya|Tasvirlarni sochiladigan va ekrandan yo‘qoladigan mayda zarralarga kuchayib parchalanish illyuziyasini hosil qiluvchi videoeffekt; jarayon tasvir tomonlarining biridan boshlanadi. Eshitish|1. Axborot nurlanishlarini ruxsat etilmagan tarzda tutib olish.2. Muhofaza qilish tizimining sust joylarini aniqlash va undan keyinchalik foydalanish maqsadida tarmoq bo‘yicha uzatiladigan axborotni jinoyatkor tomonidan tutib olinishi. Eshitish rejimi|Radiostansiya ma’lumotlar uzatmaydigan va qabul qilmaydigan, lekin boshqa stansiyalardan uzatiladigan xabarlarni nazorat qila oladigan ish rejimi. Eshittirish|Tegishli qabul qilish vositalariga ega bo‘lgan ko‘p sonli tinglovchilar uchun mo‘ljallangan va radio yoki kabel tarmoqlari yordamida amalga oshiriladigan bir tomonlama telekommunikatsiyalarning turi. Eshittirish dasturining moduli|Chiqarishga tayyorlangan, televizion axborot foydalanuvchisining ma’lumotlari va metama’lumotlar bilan birgalikdagi televizion dastur. Eshittirish tarmog‘i|Bitta tashkilot, bitta hudud yoki bitta mamlakat tovushli yoki televizion dasturlar eshittirishlarini ta’minlaydigan qurilmalarning majmui. Eshittirish televideniyesi|Tomoshabinlarning keng ommasiga mo‘ljallangan tovush jo‘rligidagi televideniye. Eshittirish televideniyesi dasturlaridan foydalanish imkoniyati cheklangan tizim|Multipleks tarkibiga kiruvchi, lekin eshittirish televideniyesining obuna bo‘yicha tarqatiladigan dasturlaridan va qo‘shimcha axborotdan foydalanish imkoniyatining cheklanishini ta’minlaydigan raqamli televizion eshittirish tizimi. Eshittirish televideniyesi radiosignali|Bitta televizion dastur tasviri hamda tovush jo‘rligidagi radiosignallarining majmui. Eshittirish televideniyesi radiosignali eltuvchisini birlamchi modulyatsiyalash|Radiosignal ortogonal kodlangan eltuvchilarining birlashmasi tarkibiga kiruvchi eshittirish (keng tarqatish) televideniyesi radiosignalining alohida olingan har bir eltuvchisini, raqamli televizion signal orqali modulyatsiyalash. Eshittirish televideniyesi radiosignalining ortogonal kodlangan eltuvchilarini birlashtirish|Xalaqitga chidamli kodlashni qo‘llagan holda, kvadratura-amplitudaviy modulyatsiya qilingan eshittirish televideniyesining chastota-ortogonal eltuvchi radiosignalini o‘zida ifodalaydigan, murakkab raqamli televizion signalni shakllantirish. Eshittirish televideniyesi tizimi|1. Televizion signalning, xususan, yoyish usuli, sinxronizatsiya signali shakli, eltuv-chilarni tasvir va tovush signallari bilan modulyatsiyalash turi, radiokanal polosasi-ning kengligi va shu kanal doirasida tasvir va tovush jo’rligi eltuvchilarining nisbiy joylashuvini belgilaydigan xarakteristikalari va parametrlarining majmui.2. Televizion dasturning tasviri va tovushi to‘g‘risidagi axborotni shakllantirish, uzatish va qabul qilish usullarini aniqlaydigan xarakteristikalar va parametrlarning majmui. Eshittirish televideniyesining trakti|Televizion tasvirni televizion datchik kirishidan televizor ekranigacha, tovush jo’rligini mikrofon kirishidan televizor karnayigacha uzatish texnik vositalarining kompleksi. (Eshittirish televideniyesining) trakti zvenosi|Eshittirish televideniyesi traktining mustaqil funksional vazifaga ega bo‘lgan qismi. Eshittirish televideniyesining dasturiy paketi|Televizion dastur fragmentlarining majmui. Eshittirish televideniyesining raqamli trakti|Mos ravishda raqamli televizion signal manbaining chiqishidan raqamli televizor yoki raqamli televizion qo‘shimcha moslama kirishigacha raqamli televizion videosignallar, tovush signallari va xizmatga oid ma’lumotlarni shakllantirish, uzatish hamda qabul qilish uchun mo‘ljallangan texnik vositalar kompleksi. (Eshittirish uzatgichi bilan) qamrab olish zonasi|Radioeshittirish uzatgichlari eshittirishlarini qabul qilish, uy qabul qilgichlariga (priyemniklariga) mo‘ljallangan muayyan texnik shartlarga muvofiq, kelishilgan normalangan xarakteristikalar asosida bajariladigan zona. (Eshittirish uzatgichi bilan) qamrab olish|Uzatgich qamrab oladigan zona o‘lchami yoki uning ichidagi aholining soni. (Eshittirishda) efir nazorati|Eshittirish dasturini uni eshittirish uzatgichi orqali bevosita qabul qilishdagi nazorat.«Eslatib turuvchi»ing. - reminderru – «напоминалка»Dastur yoki tizim tomonidan foydalanuvchiga bir narsani eslatib turish xarakteriga ega bo‘lgan xabar. Estafeta halqasi|Halqa topologiyasiga mo‘ljallangan lokal kompyuter tarmog‘ining turi. IBM firmasi tomonidan 1986-yilda ishlab chiqilgan. Ma’lumotlar uzatish tezligi 16 Mbyte/s ga yetadi. Estafeta rejimi|Bitta yetakchi va bir nechta bo‘ysunuvchi stansiyaga ega bo‘lgan liniyada ma’lumotlarni ketma-ket uzatish rejimi.Izoh − Odatda, halqasimon strukturali tarmoqlarda tashkil etiladi. Estafetali uzatish|Mobil stansiyani, tarmoq bo‘ylab harakatlanishi jarayonida, bir tayanch stansiyadan boshqasiga ko‘chirib ulash. Etalon test|Kompyuter, tizim yoki aniq dasturiy ta’minotning ish unumdorligini baholovchi test dasturi yoki paket. Etalon videonazorat qurilmasi|Uzatish sifatini subyektiv baholash uchun xizmat qiladigan, shartlangan ish sifatiga ega televizion tiklash qurilmasi. Evolyutsion hisoblashlar|Optimal yechim topish uchun evolyutsiya nazariyasi prinsiplari qo‘llaniladigan hisoblashlar usullari turkumi. Unga, jumladan, genetik dasturlash, kompyuter ilovalar va robot texnikasi qurilmalarining avtonom va adaptiv holati kiradi. Evristik|O‘rganish talab etiladigan ko‘plab yechimlarga ega jarayon yoki dastur. Muammoni tajriba yo‘li bilan, xatolar va tekshirishlar usuli bilan hal qilish. Dasturlashda hissiy bilish (intuitsiya) va taxminlarga, shuningdek, odam tomonidan, muayyan turdagi amaliy vazifalarni hal qilishda tajriba to‘plana borgan sari egallangan bilimlarga asoslangan evristik yondashuvdan ko‘p foydalaniladi. Ekspert tizimlarda qo‘llaniladi. E’lon qilinmagan|Xotira ajratilmagan, lekin dasturga murojaat qilinayotgan o‘zgaruvchi. Bajarish vaqtida, xatolarga olib kelishi mumkin, shuning uchun ham, kompilyator e’lon qilinmagan o‘zgaruvchilarni qo‘llashga yo‘l qo‘ymaydi. Dasturlashning zamonaviy dinamik tili bunday muammodan xoli bo‘lib, ulardagi o‘zgaruvchi birinchi murojaat vaqtida aniqlanadi. E’lon, tavsif|Dasturning, kompilyator yoki interpretatorni muayyan o‘zgaruvchi, konstanta yoki obyektning turi, o‘lchami va/yoki qiymati to‘g‘risida xabardor qiladigan taklifi. E’lonlar taxtasi|TDMA har bir kadrida birinchi bo‘lib uzatiladigan va kadrda vaqt intervalining taqsimlanish jadvalini saqlovchi paket.F Fag|Mualliflashtirilmagan tarzda boshqa dasturlarni yoki MB ni o‘zgartiradigan dastur. Faks|Faksimil xabarlar, hujjatlarni kommutatsiya liniyalari (odatda, telefon liniyalari) orqali masofaga uzatish hamda masofadan qabul qilish qurilmasi. Faks-modem|Faksimil xabarlarni qabul qilish imkoniga ega bo‘lgan kompyuterning dial-up-modemi. Faks-dastur bilan (masalan, Venta Fax and Voice) kompyuter faks funksiyalarini bajarishi mumkin bo‘ladi. Faks-server|Bitta yoki bir nechta faks-modem orqali lokal tarmoq foydalanuvchilarining kiruvchi va chiquvchi faksimil xabarlari oqimini markazlashtirilgan tarzda boshqaradigan server. Faksimil xabarlarni uzatish|Telefon tarmog‘iga ulangan telefakslar o‘rtasida hujjatlar uzatilushini tashkil qilish. Faktik (aniq) parametr|Protsedura, makrokomanda yoki funksiyalar aniq chaqirilganda uzatiladigan argument. Faktik (aniq) xotira|Hisoblash tizimining, ma’lum bir xotira qurilmasi amalga oshiradigan tashqi yoki tezkor xotirasi. Falsh-pol|Olinadigan va o‘zaro to‘la almashinadigan panellardan iborat pol qoplami tizimi. Panellar ularning ostidagi bo‘shliqqa kira olishni ta’minlaydigan maxsus tagliklar yoki to‘sinlar (yoki unisi ham, bunisi ham) yordamida tutib turiladi. Faoliyatni ro‘yxatdan o‘tkazish|Foydalanuvchi subyekt yoki g‘araz niyatli shaxsning tizimdagi xatti-harakatlarini kuzatish. Faoliyatsizlik|Windows operatsion tizimining holati, bunda shaxsiy kompyuterning asosiy tizimlari aktiv bo‘lmagan rejimga o‘tadi va undan chiqqandan so‘ng ishni davom ettiradi. Aktivlashtirish kaliti|Himoyalangan litsenziyali dasturiy ta’minotni ishga tushirishni ta’minlaydigan maxsus kod. Odatda, tasodifiy son va harflar birikmasidan, foydalanuvchi to‘g‘risidagi xeshlash ma’lumotlaridan iborat bo‘ladi. Aktivlashtirmoq|Ishchi holatga qaytarish.Izoh ‒ Odatda hisobga olish yozuvlari, xizmatlar yoki dasturlarning qismlariga taalluqli. Internet-saytlarda ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, foydalanuvchidan ro‘yxatdan o‘tganlikni tasdiqlashni talab qiladigan harakat (odatda ro‘yxatga olish jarayonini tugatish uchun havola bo‘yicha o‘tish). Aktivlik koeffitsiyenti|Aloqa kanali orqali, maʼlum hajmdagi axborotni berilgan yo‘nalishda uzatish uchun zarur bo‘lgan vaqtning aloqa kanalini umumiy band qilish vaqtiga nisbati. Kanallari kommutatsiyalanadigan maʼlumotlar uzatish tarmoqlarida aktivlik koeffitsiyenti odatda 1 ga teng. Nutqni uzatishda bu ko‘rsatgich 0,4 gacha pasayadi, chunki bunda ikkita abonent so‘zlashganda pauzalar hisobga olinadi. Paketlar kommutatsiyalanadigan tarmoqlardagi asimmetrik trafik holida esa, aktivlik koeffitsiyenti «pastga» liniyasida 0,0015 ni, «yuqoriga» liniyasida esa 0,0028 ni tashkil qiladi. Faqat yozish (DWD-WO)|Ma’lumotlardan tez foydalanadigan va faqat bir marta yozish mumkin bo‘lgan DVD-disk. Faqat o‘qish|Faylning, uni o‘zgartirishdan yoki chiqarib tashlashdan himoya qiladigan atributi. Faqat shifrmatn bo‘yicha qilinadigan hujum|Analitik hujum, bunda kriptoanalitik faqat shifrmatnga ega bo‘ladi. Faraz|Rejalashtirish jarayonidagi, dalilsiz yoki ko‘rsatmasdan turib chin, haqiqiy yoki muayyan deb hisoblanadigan omil. Farmoyish|Rahbariyat, asosan kollegial organ tomonidan, operativ masalalarni hal qilish maqsadida tayyorlanadigan huquqiy hujjat; odatda, cheklangan amal qilish muddatiga ega bo‘ladi hamda mansabdor shaxs va fuqarolarning tor doirasiga taalluqli bo‘ladi. Fatal xato|Apparatura, operatsion tizim yoki ilova xatosi. Ilovaning bajarilish yoki butun tizimning bundan keyin ishlash imkoniyatini yo‘qqa chiqaradi. Fayl|Kompyuter tizimida umumiy nom bilan saqlanadigan yozuvlar yoki boshqa maʼlumotlar majmui. Barcha fayllar majmui ikkita katta turkumga bo‘linadi – dastur fayllari (bajariladigan fayllar) va ma’lumotlar fayllari (bajarilmaydigan fayllar). Saqlanadigan ma’lumotlarning turiga ko‘ra, fayllar matn, grafik, ikkili, komanda, ma’lumotlar bazasi fayllari, video va audiofayllarga bo‘linadi. Fayl atributi|Fayl tizimi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan, fayllar bilan ishlashni tartibga solish imkonini beradigan belgi. Turli operatsion tizimlarda fayllar turli atributlar to‘plamiga ega bo‘ladi. Fayl egasi|Fayl yoki katalogni yaratuvchi (jismoniy) shaxs. Fayl formati|Ma’lumotlarni faylda saqlash tuzilmasi. Standart formatlar, xususan, grafik fayllar formatlarining to‘plami mavjud. Fayl formatini odatda fayl nomi kengaytmasi ko‘rsatadi. Fayl nomi|Elektron, magnit yoki optik tashuvchida saqlanganda, faylga beriladigan nom. Fayllar nomlarini yozish qoidalari foydalaniladigan operatsion tizimga bog‘liq. Fayl nomi andozasi|Fayl nomining namunasi. * turidagi simvol, fayl nomi shablonida bitta shablonning fayllar guruhini qidirib topish uchun xizmat qiladi. Fayl nomini kengaytirish|Ajratgich nuqtadan keyin faylning turi yoki uning formatini identifikatsiya qiladigan faylning nomi joylashadigan, muayyan simvollar to‘plami. Masalan, «.txt» ‒ matnli fayl, «.bmp» ‒ fayl-rasm, «.gif», «.jpg» ‒ ham fayl-rasm, lekin ular boshqa formatda. Fayl «qurtlari»|Kompyuter tarmog‘i uzellari bo‘ylab ko‘payadigan kompyuter viruslari turlaridan biri. Zararli dasturni o‘z ichiga oladi. Bu viruslar, foydalanuvchi uni ishga tushirib yuboradi degan umidda, uning eʼtiborini tortadigan nomlar ostida (masalan, Game.exe, install.exe va b.lar) o‘zining nusxalarini yaratadi. Fayl sarlavhasi|Faylning boshlang‘ich qismi, unda uning atributlari saqlanadi. Fayl serveri|1. Diskli to‘plagichlari bo‘lgan, tarmoqqa ulangan va tarmoq foydalanuvchilari uchun, unda saqlanadigan ma’lumotlar va ilovalardan foydalanish imkoniyatini ta’minlaydigan markaziy kompyuter.2. Barcha tarmoq xizmatlarining manbai – elektron pochta bo‘ylab (orqali) abonentlarning so‘rovlarini oladigan, agar talab etilsa, ayni shu yo‘l bilan, ularning bajarilish natijalarini qaytaradigan maxsus dastur. Dasturlar, ma’lumotlar va boshqa axborot bo‘lgan, doimiy ravishda to‘ldirilib boriladigan katta arxivni o‘zida ifodalaydi. Asosiy funksiyasi elektron pochta vositalari orqli axborot taqdim etish. Fayl taqsimoti|Ko‘p foydalanuvchili operatsion tizimlarda bitta fayldan bir vaqtning o‘zida bir nechta foydalanuvchining foydalanish imkoniyati. Atribut faylga tizim administratori tomonidan beriladi. Fayl tizimi|1. Operatsion tizimning bir qismi bo‘lib, diskdagi katalog va fayllar boshqarilishini ta’minlaydi.2. Operatsion tizimda fayllarni nomlash, saqlash va joylashni belgilovchi umumiy tuzilma. NTFS, FAT va FAT32 tizimlari fayl tizimlarining har xil turlari bo‘lib hisoblanadi. Fayl turi|Fayl mazmuni yoki hajmini tavsiflash. Fayl turli fayl nomidan keyin uning kengaytmasi sifatida yoziladi. Fayl viruslari|O‘z kodini dastur fayliga yoki makrokomandalar bo‘lgan hujjatga yozadigan viruslar. Dasturni ishga tushirishda (yoki hujjatni tahrir qilish uchun yuklashda) viruslar boshqaruvga ega bo‘ladi.Izoh – Zararlash usuliga ko‘ra, fayl viruslari qayta yozadigan, parazit, zveno viruslar, qurt viruslar, kompanon viruslarga, shuningdek, dasturlarning dastlabki matnini va dasturiy ta’minot komponentlarini zararlovchi viruslarga ajratiladi. Fayl o‘zgartirilgan sana va vaqt|Fayl ko‘rsatgichidagi sarlavhada, uni yaratish yoki oxirgi o‘zgartirish sanasi hamda vaqtini avtomatik tarzda qayd etish. Faylga kira olish|Faylni ko‘rib chiqish, o‘zgartirish, almashtirish yoki o‘chirib tashlash, shuningdek, uning atributlarini ko‘rib chiqish va ularni manipulyatsiya qilish. Faylga chop etish|Ma’lumotlarni (tasvir va sh.k.) qog‘ozga emas, balki faylga chop etish imkoniyati. Fayllar dispetcheri|Windows3x da fayllar bilan ishlash uchun mo‘ljallangan tizim dasturi. Fayllar joylashishining kengaytirilgan jadvali|Asosan, flesh-to‘plagichlar uchun mo‘ljallangan propriyetar fayl tizimi. Birinchi marta Microsoft firmasi tomonidan Windows Embedded CE 6.0.da o‘rnatilgan qurilmalar uchun taqdim etilgan. Fayllar joylashishining virtual jadvali, virtual FAT|Windows 95 da qo‘llanuvchi fayl tizimi. Birinchi marotaba Windows for Workgroups 3.11 uchun paydo bo‘lgan. Faylga oxirgi murojaat vaqtini saqlab qolish va uzun (255 simvolgacha) fayl nomlarini ishlatish imkonini beradi. Fayllar katalogi|Disk xotirasini fayllar va boshqa kataloglar saqlanishi mumkin bo‘lgan qismlarga mantiqiy bo‘lish. Kataloglar majmui o‘zak katalogli kataloglar daraxtini hosil qiladi. Har bir katalogda boshqa kataloglar va fayllar bo‘lishi mumkin. Har bir katalog foydalanuvchi tomonidan beriladigan nomga ega; o‘zak katalog diskli operatsion tizimda «/» (teskari slesh) standart nomga ega. Disk egasining o‘zi kataloglar daraxtini tuzishi mumkin, xususan, bu faqat, barcha fayllarni ichiga oladigan o‘zak katalog bo‘lishi mumkin. Fayllarni ajratgich|Joylashtirilgan papkalarni bir-biridan farqlash uchun bo‘luvchi sifatida ishlatiladigan simvol. Zamonaviy operatsion tizimlarida odatda ortga teskari egri chiziqcha ishlatiladi. Fayllarni almashish dasturi|Foydalanuvchilarga PtP protokoli orqali ma’lumotlarni almashish imkonini beradigan dastur. Bunda fayllar markazlashgan serverda emas, balki tarmoqdagi foydalanuvchilar kompyuterida saqlanadi. Fayllarni boshqarish|Faylni yaratish, saqlash, o‘zgartirish va o‘chirishdan iborat barcha protseduralar. Fayllarni boshqarish operatsion tizim vositalari, shuningdek, maxsus dasturlar – fayl menejerlari yordamida ham olib boriladi. Fayllarni havola bilan joylashtirish|Har bir fayl diskli bloklarning bog‘langan ro‘yxati ko‘rinishida taqdim etiladigan joylashtirish usuli. Fayllarni joylashtirish jadvali|MS-DOS va Windows oilasidagi boshqa operatsion tizimlarda fayllarni tartibga solish va boshqarish uchun qo‘llaniladigan fayllar tizimi. FAT o‘zida FAT yoki FAT32 uchun tomlarni formatlashda Windows da tuziladigan ma’lumotlar tuzilmasini ifodalaydi. Windows jadvalda fayllarning joylashishi, har bir fayl to‘g‘risidagi ma’lumotlarni saqlaydi va kerakli faylni olish zarurati tug‘ilganda, joriy jadvaldan foydalaniladi. Fayllarni qo‘shish|Ikki yoki undan ortiq fayl ichidagini birlash-tirish operatsiyasi. Fayllarni sinxronlash|1. Aloqa buzilganda fayllarni jo‘natish texnologiyasi. Aloqa tiklangandan so‘ng, faylning qanday qismi buzilishlarsiz qabul qilinganligi aniqlanadi va qolgan qismlarning jo‘natilishi amalga oshiriladi.2. Fayl nusxalarini, o‘zgartirishlar kiritilganda, originalga mos keltirish. Fayllarni uzatish|Tarmoq muhitida, bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga fayllardan nusxa ko‘chirish. Fayllarni uzatish protokoli|IP-protokollari to‘plamiga kiradigan, TCP/IP tarmog‘i orqali ikkita turli xildagi mashinalar orqali fayllarni izlash va jo‘natishni ta’minlovchi mijoz-server protokoli. Internetda FTP-serverlar bilan ishlashda qo‘llaniladi. Fayllarni uzatish protokolining demoni|FTP-server funksiyalarini bajaruvchi Linux-dastur. Qoidaga ko‘ra, avtonom rejimda ishlaydi hamda kompyuterning 21- va 22-portiga manzillangan so‘rovlarni qabul qiladi. Fayllarni uzatish va ularga kira olishni boshqarish|Turli xil abonent tizimlari fayllarini bir xil shaklda boshqarishni ta’minlaydigan tarmoq xizmati. U ma’lumotlar bazasini boshqaruvchi bir amaliy jarayonni, boshqa bir uning fayllari bilan ishlovchi amaliy jarayon bilan o‘zaro aloqasini tashkil qilish uchun mo‘ljallangan. Fayllarning asosiy jadvali|NTFS fayl tizimi tomning tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni saqlaydigan relyatsion ma’lumotlar bazasi. Fayllarning indekslangan joylashishi|Joylashtirish usuli, bunda fayl bloklari uchun barcha ko‘rsatgichlar indeks blokiga birga to‘planadi. Fayl ma’lumotlari blokiga tayanadigan indeks jadvallardan foydlaniladi. Fayllarning yaxlitligini aniqlash|Tizimdagi juda muhim fayllarning o‘zgarishini tekshiradigan dasturiy ta’minot. Fayllarning yonma-yon joylashishi|Har bir fayl diskda yonma-yon bloklar to‘plamini egallaydigan joylashtirish usuli. Faylli obyekt|Fayl, qurilma, katalog, tom va sh.k. amalga oshirish kabi foydalanuvchi holatidagi ko‘rinadigan obyekt. Faylni aniqlovchi|Dastur fayl, dialog shakli, shuningdek, qurilma va oyna kabi obyektlarni identifikatsiya qilish va ulardan foydalana olish imkoniga ega bo‘lishida qo‘llaniladigan ixtiyoriy belgi. Faylni arxivlash|Ma’lumotlarning saqlanishini ta’minlash maqsadida, bir tashuvchidan boshqasiga faylning nusxasini ko‘chirish. Faylni blokirovkalash|Ko‘p vazifali tarmoq operatsion tizimlarida – ma’lumotlar yaxlitligini nazorat qilish usuli. Ikki dasturga bir vaqtda fayl ichidagini o‘zgartirish imkonini bermaydi: faylga yozish amali bajarilayotganda, undan boshqa dasturlardan yozish uchun foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Faylni boshqarish bloki|Operatsion tizim muayyan faylni kiritish-chiqarish operatsiyalarini boshqaradigan tizim jadvali. Faylni fragmentlash|Berilgan faylni yozish uchun ajratilgan klasterlarni ketma-ket emas, balki qattiq yoki egiluvchan diskning turli joylarida (bo‘laklab) joylashtirish. Bunday vaziyat, ishlash jarayonida bo‘sh disk xotirasi puliga, diskdan chiqarib tashlangan klasterlar qaytganda yuzaga keladi. Fayllarning uzunligi turlicha bo‘lgani sababli, bo‘sh klasterlarning uzluksiz zanjiri yangi faylni yozish uchun yetmay qolishi mumkin, shunda u turli joylarda yoziladi. Fragmentlash sektorlarini izlash va ko‘p sonli disk kallaklarini joylashtirish operatsiyalari sababli, diskdan faylni o‘qish tezligini kamaytiradi. Faylni konvertasiyalash|Fayl ichidagi ma’lumotni, ma’lumotlarni saqlashning bir formatidan boshqa formatga o‘tkazish. Faylni ko‘chirish (ko‘chirib o‘tkazish)|Ma’lumotni disk fazosining boshqa joyiga yoki vositaga ko‘chirish. Bunda ma’lumot oldingi joyidan o‘chiriladi. Faylni muhofaza qilish|Faylga ruxsatsiz kirish, uni o‘zgartirish yoki o‘chirishning oldini olish maqsadida tegishli ma’muriy, texnik yoki fizik chora-tadbirlarni amalga oshirish. Faylni nusxalash|Axborotni takrorlash va uni hujjatning boshqa qismida, boshqa faylda, xotiraning boshqa sohasiga yoki boshqa muhitga qaytadan tiklash. Faylni ochish|Asosiy xotiraga uning sarlavhasini va kiritish-chiqarish operatsiyalarini bajarishdan oldin bitta yoki bir nechta qo‘shni blokni qo‘shish. Faylni qayta nomlash|Faylga yangi nom berish. Faylni saqlash|Yangi yaratilgan yoki o‘zgartirishlar kiritilgan faylni hotirada saqlash bilan bog‘liq harakat. Faylni siqish|Fayl yoki papkadan ortiqcha ma’lumotlarni chiqarib tashlash jarayoni. Fayllar va papkalar siqilganda, ularning hajmi kichrayadi. Faylni tiklash|Xatoliklar aniqlangandan so‘ng, faylning yaxlitligini tiklash jarayoni. Faylni yopmoq|Dasturning fayl bilan ishlashini tugallash operatsiyasi. Bu operatsiyani bajarishda fayl bilan bog‘langan barcha buferlar tashlab yuboriladi va amalga oshirilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risidagi axborot diskka kiritiladi. Faylning mansubligi|Ko‘p foydalaniladigan operatsion tizimlarda ‒ fayl yaratadigan foydalanuvchining nomini ko‘rsatadigan atribut. Faylning yaratilish sanasi|Ma’lum bir fayl yaratilgan kun, oy, yil. Bu sana fayl sarlavhasida saqlanadi, faylni to‘g‘rilashda joriy sanaga o‘zgartiriladi. Faylning yaratilish sanasini istalgan operatsion tizimda yoki qobiqda ko‘rish mumkin. Faystel muvozanatlangan tarmog‘i|Doimiy va o‘zgaradigan qismlari bir xil hajmga ega bo‘lgan tarmoq. Faza|Tebranma yoki to‘lqinli jarayonni tavsiflaydigan funksiyaning davriy o‘zgaradigan argumenti. Faza buzilishlari|Qandaydir qurilmaning, masalan, keng polosali kuchaytirgich kirishi va chiqishidagi signalning ayrim tashkil etuvchilari o‘rtasidagi fazaviy nisbatning buzilishi. Faza bo‘yicha orqada qolish|Chiqish signalining fazasi bo‘yicha kiruvchi taʼsirga yoki tayanch tebranishga nisbatan kechikish. Faza-chastota xarakteristikasi (tasvir uzatgich)|Tasvir uzatgichi chiqishidagi og‘ib o‘tuvchi tebranishlar fazasining kirishdagi videochastota o‘zgarib borgan sari, chiquvchi uchlardagi signalga bog‘liqligini aks ettiruvchi egri chiziq. Fazalangan antenna panjarasi|Nurlanish yo‘nalishi va/yoki tegishli yo‘nalganlik diagrammasining shakli nurlantiruvchi elementlardagi qo‘zg‘atish toklari yoki maydonlarining amplituda-fazaviy taqsimlanshi o‘zgarishi bilan tartibga solinadigan antenna panjarasi. Fazalangan antenna panjarasining moduli|Nurlantiruvchi element yoki nurlantiruvchi elementlarning guruhi va/yoki uning funksional elementlari konstruktiv birlashgan antenna panjarasining qismi hisoblanadigan qurilma. Fazalash|Biri odatda, etalon signal bo‘lgan ikkita signal o‘rtasida faza siljishini rostlash. Fazalar farqi nolga keltirilgan bo‘lsa, «fazalash» atamasi o‘rniga «sinxronlash» atamasi ishlatiladi. Fazaning oʻzgarish koeffitsiyenti|Tarqalish koeffitsiyentining mavhum qismi. Fazaviy skanlanadigan antenna panjarasi|Nurning elektr skanlanishi uning nurlantiruvchi elementlariga uzatiladigan radiosignallar fazasining o‘zgarishi bilan amalga oshiriladigan antenna panjarasi. Fazaviy yo‘nalganlik diagrammasi|Antennaning asosiy qutblanish maydoni fazasining bog‘liqligini aks ettiradigan antenna yo‘nalganlik diagrammasi. Fazoviy kommutatsiya|Telekommunikatsiyalar tarmoqlaridagi, kommutatsiya tarmog‘i fazoviy hamda vaqt kanallarini, ularning vaqt bo‘yicha o‘rinlarini o‘zgartirmas-dan bog‘lash orqali amalga oshiriladigan kommutatsiya. Fazoviy tarqoq qabul|Radiostansiyadagi bir-biridan tegishli masofalarda joylashgan bir nechta antenna va ular bilan bog‘liq qabul qilgichlar ishlatiladigan tarqoq qabul.Izoh – Odatda, to‘g‘ri ko‘rinishdagi radioreleli tizimlar uchun, troposferali radioreleli tizimlarda gorizontal bo‘yicha tarqoqlik ishlatilgan bir paytda, vertikal bo‘yicha tarqoqlik ishlatiladi. Fazoviy to‘lqin (ionosferali to‘lqin)|Ionosferadan bir martali yoki ko‘p martali qaytish natijasida sodir bo‘ladigan va joyning katta burchaklari ostida qabul qilish nuqtasiga keladigan radioto‘lqin. Fazoviy yoyish|Tinishlarga qarshi kurash usuli, bunda tarqoq signallarni qabul qilish/uzatish bir nechta antenna yordamida amalga oshiriladi. Fazoviy chastota|Signal parametrining (masalan, uzunligining) fazoviy koordinata bo‘ylab davriy o‘zgarish xarakteristikasi. Femtouya|Qoplash zonasi kichik bo‘lgan, xonalarda uyali aloqa bilan qoplanishni ta’minlash uchun mo‘ljallangan uya. Ferrit antenna|Ferrit sterjen ko‘rinishidagi o‘zagi bo‘lgan magnit antenna. Ferroelektron tezkor xotira qurilmasi|NEC korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan energiyaga bog‘liq bo‘lmagan yarimo‘tkazgichli xotira qurilmasi. Fexner qonuni|Hissiy sezish intensivligi qo‘zg‘alish intensivligi logarifmiga proporsional. Tajribada logarifmik munosabat saqlab turilmaydi, biroq, his qilish kamayishining umumiy prinsipi barcha hissiy taassurotni ifodalaydi. Fider|Elektr zanjiri va radiochastota signalining energiyasini radiouzatgichdan antennaga yoki antennadan radioqabulqilgichga yetkazadigan yordamchi qurilmalar (ulagichlar, ventillar, faza aylantirgichlar). Fikr|Rost yoki yolg‘on ekanligini deyarli har doim tasdiqlash mumkin bo‘lgan mantiqiy ifoda. Fiksatsiya impulsi|Videosignalning qayd etilishi kerak bo‘lgan qismini aniqlashda foydalaniladigan impuls. Filtr|Kiruvchi ma’lumotlarni standart kiritishdan oladigan, ularni aniq bir tartib bo‘yicha qayta ishlaydigan va standart chiqarishga yo‘naltiradigan dastur. Indekslash xizmatida – hujjatlarni indekslash uchun ulardan mazmuni, xossalari qiymatini ajratib oladigan dasturiy vosita. Filtr-dasturlar|Kompyuterning tezkor xotirasida rezident tarzda joylashgan va operatsion tizimga qilin-gan, viruslar ko‘payish va zarar yetkazish uchun foydalanadigan murojaatlarni tutib oladigan, shuningdek, ular to‘g‘risida foydalanuvchiga xabar beradigan dasturlar. Filtr-diplekser|Yon polosani bostirish filtri va juda yuqori chastota ajratish filtri funksiyalari birlashti-rilgan qurilma. Filtrlar bloki|Har biriga tegishli filtrlarning o‘tkazish polosasiga to‘g‘ri keladigan signal qismi tushuvchi, umumiy kirish hamda alohida chiqishga ega bo‘lgan polosali filtrlar guruhi. Firibgarlik|1. Efir vaqti uchun tegishli to‘lovlarsiz, masalan, yolg‘on ma’lumotlarni taqdim etish yo‘li bilan mobil aloqaning tarmog‘i resurslaridan foydalanish bilan bog‘liq har qanday noqonuniy harakat.2. Foyda olish maqsadida lozim darajadagi to‘lovlarsiz telekommunikatsiyalar xizmatlaridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday noqonuniy ataylab qilingan harakatlar. Firibgarlik orqali foydalana olish|Uyali apparatlarning seriya raqamlarini qayta dasturlash yo‘li bilan uyali aloqa xizmatlaridan ruxsat etilmagan tarzda foydalanish. Firibgarlikni aniqlaydigan tizim|Ma’lumotlar bazasini tahlil qilish asosida telefon chaqiruvlarini (CDR) batafsil ro‘yxatga olish, firibgarlik holatlarini aniqlash imkonini beruvchi dastur. Fishing|1. Maqsadi foydalanuvchilarning konfidensial ma’lumotlari – loginlari va parollariga kirish hisoblanadigan Internet-firibgarlik turi.Izoh – Bunga mashhur brendlar nomidan elektron xatlarni ommaviy yuborish orqali, shuningdek, turli servislarning ichida shaxsiy xabarlar orqali erishiladi, masalan, bank nomidan yoki sotsial tarmoq ichida.2. Ijtimoiy muhandislikning turli ko‘rinishlaridan biri, foydalanuvchilarning tarmoq xavfsizligi asoslarini bilmasligiga asoslangan: xususan, ko‘pchilik oddiy faktni bilmaydi: servislar o‘zining hisob ma’lumotlari, parol yoki boshqa xabarlarni berish to‘g‘risidagi xatlarni jo‘natmaydi. Fizik blok|Tashuvchida yozilgan ajralmaydigan ma’lumotlar bloki. Magnit disklarda u sektor deb ataladi. Fizik daraja|Ma’lumotlar bitlarini uzatish uchun aktiv-lashtirish va fizik ulanish usulini ta’minlaydigan OSI modelining quyi (birinchi) sathi. Fizik foydalana olishni boshqarish|Foydalana olishning boshqarilishini ta’minlaydigan fizik mexanizmlardan foydalanish.Izoh – Kompyuterni qulflanadigan xonada saqlash foydalana olishni fizik boshqarishga misol bo‘lib hisoblanadi. Fizik kanal|Abonentlar o‘rtasida axborot almashinuvi amalga oshiriladigan bog‘lovchi liniya. Eltuvchi chastota, o‘tkazish polosasi, modulyatsiyalash va kodlash, kanal intervali kabi parametrlar bilan tavsiflanadi. Fizik manzil|Xotiradagi xotirani boshqarish qurilmasini «ko‘radigan» va «tushunadigan» aniq manzil. Fizik tahdid|Shunday tahdidki, uning amalga oshirilishi oqibatida, butun tizimga fizik zarar yetkaziladi. Fizik zanjir|Telekommunikatsiyalar signallarini uzatish uchun yo‘naltiruvchi muhit hosil qiladigan metall simlar yoki optik tolalar. Flesh-xotira|Intel kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan yarimo‘tkazgichli xotiraning energiyaga bog‘liq bo‘lmagan turi. Flesh-xotira elektr usul bilan o‘chirilishi mumkin, bu uni kompyuterdan olmay turib qayta dasturlash imkonini beradi. Xotiraning bu turi alohida baytlar bilan emas, balki faqat bloklar bilan o‘chirib bo‘lishligi sababli, tezkor xotira qurilmasining asosiy komponenti sifatida yaroqsiz, biroq, flesh-xotiradan ko‘pincha RS-kartalarda, modemlarda va boshqa qurilmalarda, shuningdek, portativ kompyuterlarda qo‘shimcha xotira sifatida foydalaniladi. Flops|Kompyuter tezligining o‘lchov birligi; protsessor sekundiga bajaradigan siljiydigan nuqta (vergul) li operatsiyalar sonini bildiradi. Floptik disk|Egiluvchan optik diskka yozish texnologiyasi. Disk sirtini belgilash va o‘qish/yozish kallagini joylashtirish lazer yordamida amalga oshiriladi, axborotni yozishning o‘zi magnitli hisoblanadi. LS-120 diskovodlarida foydalaniladi. Flud (toshqin)|Keraksiz axborotlar oqimi. Fluktuatsion televizion xalaqitlar|Televizion tasvirda miltillaydigan, xaotik harakatlanadigan mayda nuqta va shtrixlar ko‘rinishida aks etadigan, uzluksiz spektrga ega xalaqitlar. Fluktuatsion xalaqitning vazniy funksiyasi|Televizion tasvirdagi fluktuatsion xalaqit ko‘rinarliligi-ning uning chastotasiga bog‘liqligi. Fokus|Ekrandagi piksel yoki piksellarning o‘ta ravshanligi. Dog‘ o‘lchami sifatida o‘lchanadi. Fon bo‘limi|Xotiraning, fonli dasturlar yuklanadigan sohasi (bo‘limi). Fon jarayoni|Asosiy harakatlar bilan bir vaqtda bajariladigan jarayon. Fon operatsiyalari|Dasturni bajarishda amalga oshiriladigan ikkilamchi jarayon. Masalan, matn redaktori ma’lumotlarni printerga, dasturdan tahrir qilish uchun foydalanilayotgan paytda yuborishi mumkin. Fon operatsiyalari uzilishlardan foydalanish hisobiga ishlashi mumkin. Fon rejimidagi dastur|Fon rejimida ishlaydigan dastur. Ayrim eskirgan tizimlarda bu vazifa protsessor asosiy vazifa bilan band bo‘lmagan vaqtda bajariladigan quyi ustuvorlikdagi vazifa hisoblanadi. Fonli ishlash rejimi|Obyektlar chiziladigan yoki ekranga chiqariladigan maydon (rang). Ba’zida aktiv oynadan tashqaridagi ekranning qismi shunday ataladi. Windows foydalanuvchisining grafik interfeysida qo‘llaniladigan fonli tasvir. Fonli tasvir|Grafik ma’lumotlarni chiqarish qurilmalari (printer, displey, proektor va h.k.) da taqdim etish shakli. Fonohujjat|Ovoz yozishning istalgan tizimida qayd etilgan ovozli axborotga ega hujjat. Forjin|Komission yig‘imlar va yangi birliklar shaklida mukofot olish imkoniyati bo‘lgan holda, egalik ulushini tasdiqlash asosida, blokcheynda turli kriptovalyutalarda yangi bloklar yaratish. Fork|Dasturiy loyihaning kodli bazasidan boshqasi uchun boshlanish sifatida foydalanish.Izoh – Bunda asosiy loyiha mavjudlikda davom etishi uchun ham, uni to‘xtatish ham mumkin. Tarmoqlangan loyiha asosiy loyiha bilan ichidagining bir qismi bilan almashinishi va tutib turishi, asosiy loyiha bilan qandaydir umumiylikka ega bo‘lmagan holda, mutlaqo boshqa xossalarni olish mumkin. Formallashtirish|Tadqiqot obyektini, mumkin qadar, bu obyekt har xil ma’noda talqin etilishi istisno qilinadigan ko‘rinishda ta’riflash jarayoni. Format|Saqlashda, tashqi qurilmalarga kiritishda/tashqi qurilmalardan chiqarishda yoki kompyuter tarmoqlari orqali yuborishda ma’lumotlarni joylashtirish va taqdim etish sxemasi. Format (ekran formati)|Teleekranning normal kesimi, ya’ni balandligining kengligiga bo‘lgan nisbati, u 3:4, 3:5, 9:16 ga teng. Formatni o‘zgartirish|Maʼlumotlarni bir formatdan boshqasiga, o‘zga tizim qabul qila oladigan formatga (odatda, maʼlumotlar eksportida va importida) o‘zgartirish. Formatlash|1. Ma’lumotlarni bosishga, monitor ekraniga chiqarish uchun tayyorlash operatsiyasi.2. (Magnit) tashuvchini, unga ma’lumotlar yozishdan oldin belgilash operatsiyasi.3. Diskni foydalanish uchun tayyorlash – axborotlarni joylashtirish va o‘qib olish tuzilmasi va usullarini o‘rnatish jarayoni. Xotiraning diskli fazosi – ma’lumotlar kolleksiyasi ‒ «bo‘limlar» orqali tashkil qilinib, ularning har biri operatsion tizimga shunday joylashtiriladiki, bunda ma’lumotlarni tartiblash, izlash va tiklash imkoni mavjud bo‘ladi. Foydalanilayotgan disk formatlansa, unda oldin mavjud bo‘lgan axborot o‘chiriladi. Fosh etish|Ilgari qo‘llanilgan muhofazani qisman yoki to‘liq olib tashlash operatsiyasi. Fotodiod|Yarimo‘tkazgichning ikki turi o‘rtasidagi yoki yarimo‘tkazgich va metall o‘rtasidagi p-n-o‘tishga ega bo‘lgan yarimo‘tkazgichli diod, unda bevosita o‘tish yaqinida yuz beradigan nurlanishning yutilishi fotogalvanik effektni keltirib chiqaradi. Fotografiya sohasi ekspertlarining birlashgan guruhi|Faylning hajmi kichik bo‘lishi va tez o‘tkazish imkoniyatiga egaligi bilan tavsiflanadigan, lekin dekodlash jarayoni sekin davom etadigan va tasvir detallarining yo‘qolishiga olib keladigan grafik tasvirlarni siqish usuli. Fotohujjat|Fotografiya usulida tayyorlangan tasviriy hujjat. Foydalana olinadigan zaiflik|Baholash obyektining ishlash muhitida fuksional xavfsizlik talablari buzilishi uchun ishlatiladigan, baholash obyektining zaif joyi. Foydalana olinishi cheklangan axborot|Davlat sirlari va konfidensial axborotdan iborat ma’lumotlarga ega bo‘lgan hujjatlashtirilgan axborot, ulardan foydalana olish qonun hujjatlariga muvofiq chegaralanadi. Foydalana olish atributi|Muhofaza obyekti bilan bog‘langan va shu obyektdan tizim subyektining foydalana olish huquqini belgilovchi axborot elementi. Berilgan ko‘plab qiymatlardan ahamiyatlisini qabul qilishi mumkin (odatda, «o‘qish», «yozish» va «bajarish»). Foydalana olish darajasi|1. Mantiqiy obyektga muhofaza qilingan resursdan foydalanish imkoniyatini olish uchun zarur bo‘lgan vakolatlar darajasi.Izoh – Berilgan xavfsizlik darajasidagi axborotdan yoki ma’lumotlardan foydalana olishga vakolatlar foydalana olish darajasi bo‘lishi mumkin.2. Ma’lumotlarning kritikligini yoki subyektlarning ochiqligini identifikatsiya qilish uchun qo‘llaniladigan, xavfsizlik darajasi belgisining iyerarxik qismi. Erkin foydalanish darajasi noiyerarxik toifalar bilan birga xavfsizlik darajasini tashkil etadi. Foydalana olish huquqi|1. Qonuniy hujjatlar yoki axborot egasi, mulkdori tomonidan belgilangan, muhofaza qilinadigan axborotdan foydalanish qoidalarining majmui.2. Resurs (fayl, printer) bilan bog‘liq qoida, undan kim, qanday foydalanishini aniqlab beradi. Asosan to‘rt xil darajadagi foydalana olish/kira olish huquqlari aniqlangan – foydalana olish/kira olish huquqi taqiqlangan, faqat o‘qish uchun, o‘zgartirish va to‘liq foydalana olish/kira olish huquqi. Tizim administratori yoki ushbu resurs egasi tomonidan o‘rnatiladi. Foydalana olish huquqlarini taqdim etish|Muayyan dasturlar va ma’lumotlardan foydalanishga ruxsat (sanksiya) berish. Foydalana olish identifikatori|Foydalana olish subyekti yoki obyektining noyob belgisi. Foydalana olish kanali|Foydalanuvchi uskunasi tayanch stansiya bilan aloqa o‘rnatish uchun foydalaniladigan, ko‘tariluvchi WCDMA kanal.Izoh – Foydalana olish kanalidan chiquvchi chaqiruvlar, qayd etish (ro‘yhatga olish) kabi qisqa signal xabarlar almashinishda foydalaniladi. Foydalana olish/kira olish huquqlarining buzilishi|Xotiraning taqiqlangan qismiga murojaat qilinganda ro‘y beradigan xatolik. Dasturlardagi xatoliklar hisobiga yuzaga keladi. Foydalana olish/kira olish taqiqlangan|Foydalanuvchilarning, foydalanuvchida (masalan, operatsion tizim fayllaridan yoki jarayonlardan) foydalana olish huquqi bo‘lmagan resurslarga murojaat qilishga urinishida, ma’lumotlarni «faqat o‘qish uchun» deb nomlangan fayllarga yozishga urinishda yuzaga keladigan holat. Foydalana olish/kira olishni boshqarish tizimi|Dasturiy-texnik vositalarning majmui, ular yordamida turli resurslardan erkin foydalanishni nazorat qilish va boshqarish vazifasi hal etiladi. Tizim erkin foydalanishga ruxsat berish yoki taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi hamda kirishlar, trevogalar, xavfsizlikning buzilish hollari to‘g‘risida jurnal yuritadi. Foydalana olish/kirish|1. Subyekt va obyekt o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning maxsus turi, uning natijasida ularning biridan ikkinchisiga o‘tuvchi axborot oqimi paydo bo‘ladi.2. Ma’lum turdagi operatsiyalarni keyin-chalik bajarish uchun obyektning ochili-shiga so‘rov jarayoni.3. Abonent, jarayon, qurilma tomonidan, tizimning tarmoq uchun umumiy resurslariga murojaat qilish protsedurasi. Foydalana olish kodi|Foydalanuvchini kompyuter tizimida identifikatsiyalaydigan simvollar va sonlar guruhi. Foydalana olish markeri|Jarayon bilan bog‘liq va uning operatsion tizim resurslaridan foydalana olishi uchun «ruxsatnomasi» hisoblanadigan, ma’lumot-lar tuzilmasi. Xususan, jarayonni ishga tushirgan foydalanuvchining barcha xavfsiz-lik identifikatorlarini o‘z ichiga oladi. Foydalana olish matritsasi|1. Erkin foydalanishni chegaralash huquqini aks ettiruvchi va tanlaydigan kirishning xu-susiyatlarini tasvirlash uchun mo‘ljallangan jadval. Tizim obyektiga ustun, subyektiga esa, satr mos keladigan matritsani o‘zida aks ettiradi. Matritsaning ustun va satrlari kesishgan joyda subyektning obyektdan erkin foydalanish huquqi ko‘rsatiladi.2. Subyektlarning axborot resurslaridan erkin foydalanish qoidalarini aks ettiradigan jadval.3. Jadval ko‘rinishida taqdim etilgan, ma’lumotlarning tizimli tuzilmasi. Jadvalning ustunlari tizimda mavjud bo‘lgan barcha resurslarning identifikatorlari bilan, satrlar esa tizimda qayd etilgan barcha foydalanuvchilarning identifikatorlari bilan belgilangan. Jadval har bir ustunining har bir satr bilan kesishish joyida tizim administratori tomonidan berilgan obyektdan erkin foydalanish turining muayyan foydalanuvchiga ruxsat etilgan maxsus ko‘rsatgichi qo‘yiladi. Foydalana olish (murojaat qilish) vaqti|Ma’lumotlarni kiritish-chiqarishga komanda berish payti bilan almashinishning boshlanish payti orasidagi vaqt intervali. Foydalana olish niqobi|1. Ayrim bitlari foydalana olishning har-xil turlariga mos keladigan ikkilik son.2. Oldindan belgilangan huquqlar ro‘yxati, foydalanuvchi va foydalanuvchilar guruhiga andoza bo‘yicha beriladi. Linux operatsion tizimida standart foydalana olish/kira olish huquqi niqobi 755 ta foydalanuvchiga o‘qish, o‘zgartirish, fayllarni ishga tushirish huquqini beradi, qolgan foydalanuvchilar esa faqat o‘qish va fayllarni ishga tushirish huquqidan foydalanishlari mumkin. Foydalana olish nuqtasi|Simsiz yoki simli qurilmalarning simli tarmoqqa ulanishiga imkon beradigan qurilma yoki uskuna qismi. Foydalana olish obyekti|Tizimning axborot resursi birligi, undan foydalana olish erkin foydalanishni chegaralash qoidalari bilan tartibga solinadi. Foydalana olish protokoli|Toqnashuvlarning oldini olish maqsadida, ishchi stansiyalar tomonidan axborotni tarmoqning alohida segmentlari orqali uzatishda foydalaniladigan qoidalar yig‘indisi. Foydalana olish qoidalari|1. Muhofaza qilinadigan axborot va uning tashuvchilaridan foydalana olish tartibi va shartlarini qat’iy tartibga soladigan qoidalar majmui.2. Doimiy texnik vositalardan foydalangan holda, subyektning axborot resursidan foydalana olishini amalga oshirish maqsadida o‘rnatilgan qoidalar. Foydalana olish rejimi|Foydalana olish rejimi protsessorning tizim resurslaridan foydalanishda imtiyozga egaligini belgilaydi. «Yadro» rejimida protsessor barcha xotira va komandalardan foydalanishi mumkin. Foydalana olish ro‘yxati|Resurslardan foydalana olish huquqlari bilan birgalikda resursdan foydalana olish ruxsatiga ega obyektlar ro‘yxati. Foydalana olish serveri|Ixtisoslashtirilgan elektron hisoblash mashinasi (kommunikatsiya protsessori) yoki tegishli kengaytirish platalari bilan jihozlangan va kommutatsiyalanadigan telefon kanallari orqali olisdagi foydalanuvchilarga tarmoq resurslaridan foydalana olish imkonini taqdim etadigan standart shaxsiy kompyuter. Foydalana olish usuli|Xotira qurilmalarida, fayllarda, ma’lumotlar bazalarida, tarmoqlarda ma’lumotlar saqlanishini va almashinuvini tashkil qilish usuli. To‘g‘ridan-to‘g‘ri, ketma-ket masofadan erkin foydalanish usullari bor. Foydalana olish vaqtining samaradorligi|Foydalana olish vaqtining sahifaga nisbatan matematik kutishi. Foydalana olish yo‘li|1. Faylning diskdagi o‘rnini belgilaydigan nomlar zanjiri.2. Ba’zi operatsiyani bajarish uchun zarur bo‘lgan murojaatlar ketma-ketligi.3. Ma’lumotlar elementlarining ketma-ketligi, ular ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi tomonidan yozuvlardan yoki ma’lumotlar bazasida saqlanadigan ma’lumotlarning boshqa elementlaridan erkin foydalanishda qo‘llaniladi. Foydalana olish shlyuzi|Foydalana olishning turli ko‘rinishlariga ega oxirgi foydalanuvchilarga KAT paketli uzatish uzeli bilan ulanish imkonini beruvchi blok. Foydalana olishlik|1. Ma’lumotlar yoki resurslarning, vakolatli mantiqiy obyektning so‘roviga ko‘ra, foydalana olish mumkin bo‘lgan va foydalanishga yaroqlilik xususiyati.2. Maqbul vaqt ichida axborot tizimidan talab qilinadigan axborot xizmatini olish mumkinligi.3. Axborot va uning tashuvchisining holati, unda foydalanuvchilar tomonidan ular uchun mo‘ljallangan axborotning hech qanday qarshiliksiz va o‘z vaqtida olinishi ta’minlanadi. Foydalana olishni blokirovkalash (axborotdan)|1. Axborotdan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar (qonuniy foydalanuvchilar)ning undan foydalanishini to‘xtatish yoki qiyinlashtirish.2. Axborotdan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan subyektning axborotdan foydalanishida to‘sqinlik qiladigan sharoitlar yaratish.Izoh – Axborotdan foydalanishda to‘sqinlik qiladigan sharoitlar yaratish, foydalana olish vaqti bo‘yicha qayta ishlash funksiyalari (foydalana olish turlari) bo‘yicha va/yoki foydalanish mumkin bo‘lgan axborot resurslari bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. Foydalana olishni boshqarish|1. Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi resurslariga faqat vakolatga ega mantiqiy obyektlar va faqat ruxsat etilgan usul bilan murojaat qilish imkoniyatini ta’minlaydigan usullar.2. Tizimning barcha resurslaridan (ma’lumotlar bazalari elementlari, dasturiy va texnik vositalari) foydalanishni tartibga solish bilan, axborotni muhofaza qilish usuli.3. Biznes va xavfsizlik talablariga asoslangan, aktivlardan ruxsat etilgan va cheklangan tarzda foydalana olishni ta’minlash usullari.4. Faqat ruxsat etilgan dasturlar, jarayonlar yoki boshqa tizimlarga (tarmoqdagi) tizim resurslaridan erkin foydalanishni cheklash jarayoni. Foydalana olishni boshqarish kaliti|Jarayon tomonidan ma’lumotlar bazasi boshqarish tizimiga beriladigan va ma’lumotlardan ruxsat etilmagan tarzda erkin foydalanishning oldini olish maqsadida, tegishli qiymat bilan solishtiriladigan qiymat. Foydalana olishni boshqarish ro‘yxati|Windows NT va Windows 2000 dagi xavfsizlik tizimi elementi. Foydalanuvchilar va ular guruhlarining resursdan (masalan, fayldan) erkin foydalanish huquqlarini belgilaydi. Tartiblashtirilgan ACE ro‘yxatidan iborat. Obyekt egasi o‘z xohishiga ko‘ra, obyekt ACL ni o‘zgartirishi mumkin. Tarmoq operatsion tizimi foydalana olishni boshqarish ro‘yxatidan umumiy tarmoq resurslaridan foydalanish huquqlarini belgilashda foydalanadi. Foydalana olishni boshqarish siyosati|Foydalana olish o‘z o‘rniga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan sharoitlarni belgilaydigan qoidalar to‘plami. Foydalana olishni boshqarish tizimi|Foydalana olishni jismoniy boshqarishning avtomatlashtirilgan vositalari.Izoh – Foydalana olishni boshqarish tizimida magnit polosali identifikatsion kartalardan, o‘qiydigan biometrik qurilmalardan, smart-kartalardan foydalaniladi. Foydalana olishni boshqarish xizmati|Subyektlarning faqat ruxsat etilgan yo‘l bilan foydalana olishini ta’minlaydigan usullar. Foydalana olishni mantiqiy boshqarish|Ma’lumotlar yoki axborotdan foydalana olish boshqarilishini ta’minlaydigan mexanizmlarning qo‘llanilishi.Izoh – Qoidaga ko‘ra, foydalana olishni mantiqiy boshqarishda paroldan foydalaniladi. Foydalana olishni nazorat qilish|Talab qilinadigan muhofaza qilish modeliga muvofiq, avtomatlashtirilgan tizim resurslaridan erkin foydalanishni cheklaydigan jarayon. Foydalana olishni nazorat qilish yozuvi|Windows NT va Windows 2000 xavfsizlik tizimida erkin foydalanishni boshqarish jadvalining elementi. Muayyan foydalanuvchi yoki foydalanuvchilar guruhi uchun audit va fayllar hamda boshqa obyektlardan foydalanish muhofaza qilinishini belgilaydi. Foydalana olishni tekshirish|Foydalanuvchining hisobga olish yozuvi to‘g‘risidagi ma’lumotni tekshirish. Subyektga so‘ralayotgan operatsiyani bajarish huquqini taqdim etish imkoniyatini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi. Foydalana olishning o‘rtacha vaqti|Sahifali tashkil qilishda xotiraga bo‘lgan murojaatlar sonining matematik kutish bahosi. Foydalaniladigan maydon kuchlanganligi|Maydon kuchlanganligining median qiymatlari minimal foydalaniladiganlardan past bo‘lmagan radiotelevizion stansiyaning xizmat ko‘rsatish zonasi chegaralarini rejalashtirishda qabul qilingan maydon kuchlanganligi. Foydalanilayotgan parametrlarni nazorat qilish|Tarmoqning barcha resurslaridan foydalanilayotganda, ortiqcha trafikni tarmoqqa o‘tkazmagan holda, o‘ta yuklanish paydo bo‘lishining oldini oladi. UPC ortiqcha trafikni chiqarib tashlash imkonini beruvchi CLP yacheykalari bitlarini o‘zgartiradi. Foydalanish dasturi|Ma’lumotlar, hisoblashlar va h.k.lar ustida qandaydir operatsiyalarni bajarishga mo‘ljallangan amaliy dasturiy ta’minot. Foydalanish davri|Foydalanish uchun ko‘rsatilgan huquqlar amal qiladigan vaqt intervali. Foydalanish huquqini beradigan kalit|Tarmoq o‘lchamlariga bog‘liq huquq kategoriyasi: uyalar soni kichik bo‘lgan (A); murakkab kommutatsiyali va lokal tarmoqlar bilan aloqaga ega bo‘lgan ofis (V); umumiy foydalanishdagi tarmoqlar bilan qo‘shilgan (S); GSM tarmoqlari bilan qo‘shilgan (D). Foydalanish jarayoni|Operatsion tizimda foydalanuvchi tomonidan ishga tushirilgan jarayon. Foydalanish turi|Foydalanish huquqida ko‘rsatilgan operatsiyalar turi.Izoh – Foydalanish huquqida quyidagi operatsiyalar ko‘rsatilishi mumkin: o‘qish, yozish, bajarish, to‘ldirish, modifikatsiya qilish, o‘chirish, yaratish. Foydalanish vazifalari uchun xotirani taqsimlash|Yuklanadigan foydalanish vazifasi uchun xotirani ajratish va uni har bir vazifa tugagandan so‘ng bo‘shatish. Foydalanishga ruxsat|Resurs (masalan, fayl, printer) bilan bog‘liq bo‘lgan, berilgan resursdan kim va qanday foydalanishi mumkinligini belgilovchi qoida. Foydalanishning to‘rt darajasini foydalanish taqiqlangan, faqat o‘qish uchun, takomillashtirish uchun va to‘la foydalanish aniqlash tipik hisoblanadi. Foydalanishga ruxsat olish|Kompyuter tizimida yoki tarmoqda, biron-bir dastur yoki qurilmalar resursidan foydalanishga ruxsat olish. Xotira yacheykasiga, registrga, ma’lumotlar bazasiga, fayllarga va b.larga o‘qish yoki ma’lumot yoza olish imkoni. Obyektning qandaydir operatsiyalarni bajara olishi uchun olinadigan ruxsat. Foydalanishni majburiy nazorat qilish|Qar.: Foydalanishni mandatli boshqarish. Foydalanishni mandatli boshqarish|1. Obyektlardan erkin foydalanishni boshqarish usuli obyektda mavjud bo‘lgan axborotning (maxsus belgilar bilan taqdim etilgan) maxfiylik yoki kritiklik darajasiga va berilgan kritiklik darajasidagi axborotdan erkin foydalanishda subyektning vakolatlari va huquqlarini rasman tekshirishga asoslangan.2. Obyektlarda bo‘lgan axborot uchun konfidensiallik belgisini tayinlashga va subyektlarga shunday konfidensiallik darajasidagi axborotga murojaat qilishlari uchun rasmiy ruxsatlar berilishiga asoslangan subyektlarning obyektlardan foydalanishini chegaralash. Foydalanishni chegaralash|1. Tizim resurslaridan foydalanish tartibi, bunda subyektlar belgilangan qoidalarga qat’iy muvofiq holda obyektlardan foydalana oladilar.2. Har bir foydalanuvchiga (foydalanish subyektiga) axborot resursidan erkin foydalanish, axborot bilan tanishish, uni hujjatlashtirish, o‘zgartirish va yo‘q qilish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish yuzasidan alohida huquqlar berish.Izoh – Foydalanishni chegaralash tematik belgiga ko‘ra qurilgan turli modellar yoki foydalanish ruxsat etilgan axborotning maxfiylik grifi bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. Foydalanishni chegaralash qoidalari|Foydalana olish subуektlarining foydalana olish obуektidan foydalana olish huquqlarini tartibga soluvchi qoidalar majmui. Foydalanishni chegaralash qoidalarini buzuvchi|1. Axborotdan ruxsatsiz foydalana olishni amalga oshiruvchi foydalana olish subyekti.2. Shtat texnik vositalar yordamida axborot resursidan ruxsat etilmagan tarzda erkin foydalanadigan shaxs. Foydalanishni chegaralash qoidalarini buzuvchining modeli|Foydalanishni chegaralash qoidalarini buzuvchining abstrakt (formallashtirilgan yoki formallashtirilmagan) tavsifi. Foydalanishni chegaralash rejimi|Shaxslarning, oldindan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan qoidalarga muvofiq, hisoblash texnikasi vositalaridan, qayta ishlashda dasturdan foydalana olish tartibi. Foydalanishni chegaralash tizimi|Hisoblash texnikasi vositalari yoki avtomatlashtirilgan tizimlarda foydalanishni chegaralashni amalga oshiradigan qoidalar majmui. Foydalanishni chegaralash vositasi|Qabul qilingan modelga muvofiq, subyektlarning axborot resurslaridan foydalanishi chegaralanishini ta’minlovchi dasturiy-apparat vosita.Izoh – Foydalanish matritsasi va maxfiylik (konfidensiallik) belgisi erkin foydalanishni chegaralash vositalari hisoblanadi. Foydalanishning qulayligi|Tizimning, unda tayyorgarlik ko‘rmagan foydalanuvchi ishi yengillik darajasini tavsiflash xususiyati. Foydalanuvchi|Baholash obуekti bilan birgalikda ishlaydigan, baholash obуektidan tashqarida bo‘lgan har qanday mantiqiy obуekt (foydalanuvchi-odam yoki AT tashqi obуekti). Foydalanuvchi agenti|Foydalanuvchining nomidan ish ko‘radigan intellektual agent. Foydalanuvchini tizimda ifoda etuvchi, ochiq tizimlar o‘zaro ishlay olish modelining amaliy jarayoni. Foydalanuvchi nomidan xabarlar qabul qilishi, jo‘natishi, baʼzi hollarda esa, hatto tuzishi mumkin.Izoh – Bu toifaga elektron pochtani tekshirish va muhim xatlar kelganligi to‘g‘risida xabardor qilish, buyurtma qilingan yangiliklar hisobotlarini yig‘ish, mavzu bo‘yicha axborot izlash, veb-shakllarni avtomatik to‘ldirish vazifalarini bajarayotgan intellektual agentlar kiradi. Foydalanuvchi dasturlashtiradigan mantiqiy integral sxema|Loyihalashda yoki (ekspluatatsiya qilish sharoitlarida) foydalanuvchi tomonidan dasturlashtirilishi mumkin bo‘lgan mantiqiy integral sxema. Foydalanuvchi deytagrammalari protokoli|TSR/IP protokollari guruhiga kiradigan, bog‘lanish o‘rnatilmaydigan transport sathi protokoli. UDP – tasdiqlashlarsiz yoki yetkazish kafolatlanmagan holda, deytagrammalar almashinuvini ta’minlaydigan oddiy protokol, bunda xatolar qayta ishlanishini va uzatish takrorlanishini biror-bir boshqa protokol nazorat qilishi talab etiladi. «Foydalanuvchi-foydalanuvchi» signalizatsiyasi|ISDN foydalanuvchisiga boshqa ISDN foydalanuvchisi bilan signal kanali orqali cheklangan hajmdagi axborot almashinish imkonini taqdim etadigan qo‘shimcha xizmat; ushbu imkoniyat asosiy aloqa xizmatini shu (boshqa) foydalanuvchi bilan qo‘shib taqdim etiladi. «Foydalanuvchi foydalanuvchiga» protokoli|Ma’lumotlarni qabul qilish markazlashtirilgan serverdan emas, balki xuddi shunaqa foydalanuvchilarning kompyuterlari tomonidan amalga oshiriladigan protokol. Serverda turli kompyuterlarda fayllarning mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumot saqlanadi. eDonkey, Kazaa turidagi piring tarmoqlarida qo‘llaniladi. Foydalanuvchi guruhi|Foydalanuvchilarning qaysidir xususiyatlari (mezonlari) asosida guruhlarga birlashishi. Masalan, tizim administratorlari guruhi. Foydalanuvchi identifikatori|1. Foydalanuvchini identifikatsiya qilish uchun ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi-da foydalaniladigan tasvir yoki simvollar ketma-ketligi.2. Barcha boshqa subyektlar (obyektlar) ning to‘liq ko‘pligi o‘rtasida identifikat-siya qilinuvchi subyekt (obyekt)ni bir xil ajratishga imkon beradigan xususiy belgi-lanish (nom, kod va sh.k.).3. Alohida shaxsga yoki shaxslar guruhiga beriladigan hamda hisoblash tizimi resurs-laridan foydalanishga ruxsat beradigan ramziy nom. Foydalanuvchi interfeysi|Foydalanuvchining kompyuter tizimi bilan hamkorlik jarayonlarini belgilaydigan interfeys. Matnli, grafikli yoki ovozli bo‘lishi mumkin. Foydalanuvchi interfeysining obyekti|Voqealar bog‘langan funksiyalar ishlaydigan grafik interfeys obyekti. Masalan, tugmalar, matn maydoni va boshqalar. Foydalanuvchi interfeysining oqimi|Windows operatsion tizimidagi, foydalanuvchining grafik interfeysi to‘g‘risidagi axborotni qaytaruvchi ma’lumotlar oqimi. Foydalanuvchi konteksti|Aniq holat ta’rifi. Kontekstga bog‘liq xoda, atamalar har xil ma’noga ega. Foydalanuvchi rasmi|Foydalanuvchi hisob yozuvining, foydalanuvchining o‘zi tomonidan tanlangan rasm bilan ko‘rsatish turi. Foydalanuvchi rejimi|Protsessorning, amaliy dasturlarni bajarish uchun mo‘ljallangan, imtiyozli bo‘lmagan ishlash rejimi. «Foydalanuvchi-Tarmoq» interfeysi|Asosiy tezlikda «Foydalanuvchi-Tarmoq» interfeysi bilan o‘zaro ishlaydigan foydalanuvchining terminali orqali standartlashtirilgan to‘rt simli «Foydalanuvchi-Tarmoq» interfeysi (SQ etalon nuqta). Foydalanuvchi tomonidan boshqariladigan qayta manzillash xizmati|Foydalanuvchi tomonidan boshqariladigan qayta manzillash xizmati individual liniya tayinlanmagan abonentlar uchun amalga oshirilishi mumkin. Qayta manzillash xizmatlari uchun to‘lov ushbu xizmat aktivlashtirilganda generatsiyalanadi.Izoh – Bu xizmat faqat MGCP protokolining oxirgi (terminal) qurilmalari uchun yaratiladi. Foydalanuvchi uchun xotira|Xotira qurilmasining foydalanuvchi uchun ajratilgan qismi. Foydalanuvchilar adresatsiyasi|Internet-xizmatlar (elektron pochta, xosting va b.) foydalanuvchilariga, berilgan manzillarga maʼlumotlar qabul qilish yoki uzatish mumkin bo‘lishi uchun, manzillar berish protsedurasi. Foydalanuvchilar huquqlarini muhofaza qilish|Foydalanuvchilarning dasturlar va ma’lumotlardan to‘sqinliklarsiz hamda o‘z vaqtida foydalana olishlarini ta’minlashga va ulardagi axborotdan boshqa shaxslar foydalanishidan muhofaza qilishga qaratil-gan qoidalar, usullar hamda vositalar majmui. Foydalanuvchilar paketlarining protokoli|Foydalanuvchining deytagrammalar protokoli, UDP protokoli, TCP/IP protokollari oilasidan transport darajasidagi tarmoq protokoli. Alohida paketlar IP dan foydalanib uzatishning to‘g‘riligi va yetkazish kafolatini tekshirmasdan, lekin iloji boricha tezroq uzatiladi. Bunda paketlarning bir qismi yo‘qoladi, lekin, masalan, nutqni uzatishda ovoz uzilmaydi, bu uning aniqligini ta’minlashda muhim hisoblanadi. Ma’lumotlar uzatish transport protokoli RFC 768 da tavsiflangan. Foydalanuvchilarni identifikatsiyalash-ning yagona axborot tizimi|Yuridik va jismoniy shaxslar to‘liq identifikatsiya qilinishini, shuningdek, idoralararo elektron o‘zaro hamkorlikda mansabdor shaxslarning ma’lumotlar bazalari va axborot tizimlaridan ruxsat etilgan tarzda foydalana olishini ta’minlaydigan davlat axborot tizimi. Foydalanuvchilarning standart interfeysi|Turli dasturlar va operatsion tizimlarga qo‘yiladigan talablar majmui. Bunday dasturlarni shakllantirishda oldindan aniqlangan standart elementlardan foydalaniladi. Bu esa tajribasiz foydalanuvchilarga dasturdan foydalanishni osonlashtiradi. Foydalanuvchilarning yopiq guruhi|Foydalanuvchilarga, unga va undan foydalanish cheklangan guruhni tashkil etish imkonini beradigan qo‘shimcha xizmat. Foydalanuvchini identifikatsiyalash|Vakolatlarni – ma’lumotlardan erkin foydalanish huquqi va ulardan foydalanish tartibini aniqlash maqsadida, foydalanuvchilarni (familiya va parolga qarab) tanish. Foydalanuvchini ro‘yxatga olish|Kompyuter tizimiga (tarmog‘iga) kirishda foydalanuvchini identifikatsiyalаsh protsedurasi; kompyuter tizimidan foydalanishga ruxsat olish uchun qo‘llaniladigan ochiq hisobga olish nomi. Foydalanuvchining grafik interfeysi|1. Operatsion tizim ostida foydalanuvchining shaxsiy grafik interfeysini yaratish moslamasi.2. Ma’lumotlarni vizuallashtirish imkonini beruvchi dastur.Misol: Windows, OS/2 Presentation Manager. Foydalanuvchining hisobga olish yozuvi|Lokal tarmoqlarda va ko‘p foydalanuvchili operatsion tizimlarda har bir foydalanuvchini va uning aktivligini qayd qiluvchi yozuv. Administratorlik qilish, taqsimlangan resurslarni ifodalash va ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash uchun xizmat qiladi. Kishining operatsion tizimga tegishliligini ifodalaydigan yozuv. Foydalanuvchining huquqlari|Ma’lum turdagi tizimga kirishni amalga oshirish imkoniyati va u yoki boshqa imtiyozlarning mavjudligi. Foydalanuvchining ma’lumotlari|OXFni bajarishga ta’sir etmaydigan foydalanuvchi uchun ma’lumotlar. Foydalanuvchining nomi|Foydalanuvchining tizimdagi hisobga olish yozuvini belgilaydigan noyob nom. Hisob yozuvidagi nom guruhdagi boshqa nom bilan yoki shu domen yoki ishchi guruhdagi foydalanuvchining nomi bilan mos kelmasligi kerak. Foydalanuvchining paroli|Foydalanuvchining har bir hisob yozuvida saqlanadigan maxfiy so‘z. Har bir foydalanuvchi, odatda takrorlanmaydigan maxfiy so‘zga ega bo‘ladi va uni tizimga kirish yoki serverga ulanishda ishlatadi. Foydalanuvchining profili|1. Odatda, erkin foydalanishni boshqarish uchun qo‘llaniladigan foydalanuvchining tavsifi.Izoh – Foydalanuvchining profili foydalanuvchining identifikatori, foydalanuv-chining nomi, parol, erkin foydalanish huquqi va boshqa atributlardan iborat bo‘lishi mumkin.2. Foydalanuvchi faoliyatining namunasi foydalanuvchining faoliyatidagi o‘zgarishlarni aniqlash uchun qo‘llaniladi. Foydalanuvchining tizimga kirishi|Ekranning ro‘yxatga olish oynasi, foydalanuvchi uning yordamida kompyuterga kiradi va ish seansini boshlaydi. Foydalanuvchining tizimga kirishi|Ko‘p foydalanuvchili tizimga nisbatan foydalanuvchining jami huquqlari. Foydalanish uchun o‘z ismi, paroli, uy katalogi va h.k. mavjudligi nazarda tutiladi. Foydalanuvchining shaxsiy identifikatori|PIN-raqamiga o‘xshab qo‘lda kiritiladigan identifikator. Foydali signal|Texnik vositaning ishlab turishi uchun mo‘ljallangan elektromagnit signal. Fragment|Katta ma’lumotlar paketi yoki faylning qismi. Disk fayllarining fragmentlari qanchalik katta bo‘lsa, ularga kirish shunchalik sekin amalga oshadi. Shuning uchun davriy ravishda diskni defragmentatsiyalash dasturini ishga tushirib turish kerak. Fragmentlash|Bitta faylni bir nechta qismga (fragmentga) ajratish jarayoni. Fraktal tasvir formati|Tasvirlarning qattiq siqilgan fayllari formati Integrated Systems firmasi tomonidan taklif qilingan. Frankirlash mashinasi|Yozma xat-xabarlarga pochta aloqasi xizmatlari uchun haq to‘langanligini, ushbu xat-xabarlar qabul qilingan sanani va boshqa axborotni tasdiqlovchi tamg‘a izlarini tushirishga mo‘ljallangan mashina. Freymlarni global ajratish|Erkin freymlarni to‘plash barcha jarayonlar uchun umumiy bo‘lgan asosiy xotirada sahifalar freymlarini jarayonlarga ajratish, bir jarayon boshqasidan freym olishi mumkin. Freymlarni lokal ajratish|Asosiy xotirada, bo‘sh freymlarning to‘plami har bir jarayon uchun alohida ajratiladigan jarayonlarga sahifalar freymlarini ajratish. Freymlarni proporsional ajratish|Jarayonlarga xotiradagi jarayonlar o‘lchamiga proporsional bo‘lgan asosiy xotiradagi sahifalar freymlarini ajratish. Freymlarni qayd etib ajratish|Jarayonlarga asosiy xotiradagi sahifalar freymlarini yo bir xilda, yoki xotiradagi jarayonlar o‘lchamiga proporsional tarzda ajratish. Freymlarni ustuvorlik bo‘yicha ajratish|Jarayonlarga asosiy xotiradagi sahifalar freymini ajratish. Jarayonlarning ustuvorligiga muvofiq: sahifalarni almashtirishda quyi ustuvorlik jarayonining sahifasi joylashtiriladi. Freymli namoyishlar tili|80-yillarda yaratilgan dasturlash tili. Freym obyekt yoki hodisaning asosiy xossalarini o‘zida aks ettiradi. Freymning tuzilmasi xossalar ro‘yxati ko‘rinishida yozilib, freym slotlari deb nomlanadi. Funksional arxitektura|Funksional obyektlar va ular o‘rtasidagi KAT tuzilmasini tavsiflashda ishlatiladigan, etalon nuqtalar to‘plami. Bunday funksional obyektlar etalon nuqtalar bilan ajratilgan, shuning uchun, ular funksiyalar taqsimlanishini belgilaydi.Izoh – Funksional obyektlar etalon konfiguratsiyalarni tasvirlashda ishlatilishi mumkin. Bu etalon konfi-guratsiyalar, qanday etalon nuqtalar uskunani ishlatish doirasida va ma’muriy domenlar o‘rtasida ko‘rinishini aniqlab beradi. Funksional blok|Tizimdagi qurilma, qandaydir qurilmaning kichik tizimi yoki mikrosxemaning bir qismi, masalan, arifmetik-mantiqiy qurilma bloki, registr fayli va sh.k. Funksional bog‘lanish|Modulning faqat bitta vazifa bilan bog‘liq harakatlarni bajaradigan funksional xarakteristikasi.Izoh – Funksional bog‘langan modul bir turdagi kiruvchi ma’lumotlarni bir turdagi chiquvchi ma’lumotlarga o‘zgartiradi; bunday modullarga stekni boshqaradigan modul yoki navbatni boshqaradigan modul misol bo‘lib hisoblanadi. Funksional dasturlash|Dasturlash tilining barcha konstruksiyalari funksiyalar ko‘rinishida amalga oshiriladigan dasturlash uslubi. Funksional dasturlash tili|Deklarativ turdagi dasturlash tili. Funksional tur tilidagi dastur ma’lum funksiyalar majmui ko‘rinishida taqdim etiladi. Amalda barcha funksiyalar rekursiv. LISP va Logo funksional tillarning o‘ziga xos vakillaridir. Funksional ishonchlilik|Xavfsizlikning ba’zi mezonlarga, masalan, xavfsizlik siyosati bilan belgilanadigan mezonlarga mos kelishi xususiyati. Funksional klavishlar|Klaviaturadagi F1 dan F10 (ba’zan F12) gacha belgilangan va har bir dasturda maxsus belgilanishga ega bo‘lgan dasturlashtiriladigan klavishlar guruhi. Funksional moslashuv (raqamli televideniyeda)|Turli uzatish muhiti bo‘yicha ishlashga imkon beradigan raqamli televizion tizim xarakteristikasi.Izoh – Yer usti televizion eshittirishi kontekstidagi funksional moslashuvchanlik uzatishning muqobil muhitlari bo‘yicha kabelli, yo‘ldoshli, keng polosali tarmoqlar, videkassetalarni, shuningdek, mavjud analog televizion tizimlarga kinematografiya va video standartlarini o‘zgartirish, kompyuterlar va interaktiv tizimlar bilan o‘zaro aloqani o‘z ichiga oladi. Funksional sxema|Kompyuter tizimi funksional komponentlarining va ular o‘zaro aloqadorligining grafik taqdim etilishi. Funksional testlash|Ilovaning, dastur tuzilmasiga tegmasdan, belgilangan funksional talablarni bajarishini tekshirish. Funksiya|Dastur yoki tizim tomonidan hal qilinadigan masala yoki maqsad, shuningdek qandaydir qurilmaning vazifasi. Masalan, printerning funksiyasi ‒ bosib chiqarish, kompyuterning funksiyalaridan biri o‘qitish, matn redaktorining funksiyasi ‒ hujjatni tayyorlash va h.k. Funksiya prototipi|Ba’zi dasturlash tillarida ‒ dastur boshida funk-siyalar parametrlari va ularning turlari ro‘yxati bilan birgalikdagi, funksiyalar turlari va nomlarini e‘lon qilish. Bu translyatsiya qilish jarayonini soddalashtiradi. Funksiyalar ustasi|Foydalanuvchining grafik interfeysidagi interaktiv funksiya. Bosqichma-bosqich bajariladigan operatsiyani (masalan, dasturni o‘rnatish) ketma-ket o‘zgarib turadigan dialog oynalar yordamida bajarish.Baʼzida bu kabi interfeyslar druid, djin yoki assistent deb nomlanadi. Funksiyalar ustasi qurilgan tizim utiliti sifatida birinchi bor Microsoft Windows 95 operatsion tizimida foydalanilgan. Funksiyaning o‘ta yuklanishi|Dasturda, aynan bir nomga, biroq parametrlarning har xil turlariga va boshqarish qaytarilganda uzatiladigan qiymatlarga ega bir nechta protseduradan foydalanish. Furye tez o‘zgartirishi|Hisoblashlar hajmi kamaytirilgan Furye o‘zgartirishini hisoblash algoritmi. Fеystel tarmog‘i|Blokli shifrlar tuzish arxitekturasi. Bunda blokni shifrlashning butun jarayoni qadamlar (raundlar) ichida bajariladi. Ularning har birida blok o‘zgaradigan va o‘zgarmaydigan qismlarga ajratiladi. Shifrlash funksiyasi yordamida o‘zgarmaydigan qism va raund kalitidan, gammalash operatsiyasi vositasida o‘zgaradigan qismni modifikatsiyalashda foydalaniladigan modifikatsiyalovchi kod ishlab chiqiladi. Fеystel shifri|Takrorlanadigan blokli shifrning maxsus sinfi, unda shifr matn chetlab o‘tish funksiyasi qo‘llanishini takrorlash bilan ochiq matndan hisoblab chiqiladi.G ...ga almashtirish|Matnning bir fragmentini boshqasi bilan almashtirish. Gabidulin kriptotizimi|Rang (daraja) metrikasida xatolarni tuzatuvchi kodlarga asoslangan kriptotizim. Gamma|Qayta tiklash yarim ton xarakteristikasi nochiziqliligini ifodalaydigan televizion tizim kontrastliligining omili yoki koeffitsiyenti. Gamma tuzatuvchi|Televizion eshittirish gamma qiymatini nochiziqli element signali o‘tish zanjiriga kiritish orqali rostlash uchun mo‘ljallangan qurilma. Gammalash|Ochiq ma’lumotlarni shifrlash uchun ushbu ma’lumotlarga muayan qonun bo‘yicha shifr gammalarini qo‘yish jarayoni. Gammalash shifri|Ma’lumotlarni shifrlash uchun gammalash-dan foydalaniladigan oqimli shifr. Gamma-testlash|Dasturiy mahsulotni, uni tijoriy chiqarishdan oldin testlashning uchinchi bosqichi. Gamma-testlash bosqichida faqat hujjatlar va o‘ramgina so‘nggi ko‘rinishda bo‘lmaydi. Gamma-tuzatish|Elektron-nur trubkaga beriladigan kuchlanish va yorqinlik o‘rtasidagi noliniyaviy bog‘liqlik tufayli sodir bo‘lgan, elektron-nur trubkadagi rang yorqinligi buzilishini tuzatishga imkon beradigan mexanizm. Gant diagrammasi|Jarayonlarning nomini va ularni bajarishning vaqtinchalik diapazonlarini tasvirlaydigan, ayrim vaqt birliklarida ifodalangan, «vaqt chizig‘i» ko‘rinishidagi sxema. Garmonikalar analizatori (spektr analizatori)|Tebranishlar spektrini tadqiq qilish uchun mo‘ljallangan asbob. Garmonikalar analizatorining ishlash prinsipi berilgan tebranish joylashtirilishi mumkin bo‘lgan turli chastotalardagi garmonik tebranishlarni (tor polosali filtrlar yordamida) ajratishdan iborat. Gauss chastotaviy manipulyatsiyasi|Kirishida, kirish impulslari shakllarining Gauss qonuni asosida silliqlanishini ta’minlovchi past chastotali filtrga ega chastotaviy manipulyatsiya usuli, odatda, silliqlanish koeffitsenti 0,5 ga teng.Izoh − (DECT, Bluetooth tizimlarida foydalaniladi). Gauss kanali|Bir tekis oq shovqinli akslantirishsiz kanal. Gaz-razryadli almashlab ulagich|Tarmoqlangan o‘ta yuqori chastotali trakt-larni kommutatsiyalash uchun mo‘ljallan-gan, tashqaridan boshqariladigan gazli razryadlagich. Oddiy gazli razryadlagichdan farqli ravishda, gazrazryadli almashlab ulagich maydon o‘ta yuqori chastotasining quvvati oshib ketganda, o‘z-o‘zidan ishlab ketmasligi kerak, shu sababli, gaz bosimi mustaqil razryad uchun optimal bo‘lganga nisbatan, ko‘p karra kamaytirilishi yoki oshirilishi kerak. Geksagonal yacheyka|Qo‘shni uchastkalarni qoplamasdan yoki ayrim uchastkalarni qoldirib ketmasdan, xizmat ko‘rsatiladigan butun hududni qamrab olish imkonini beradigan yacheyka. Gektometrli to‘lqinlar|100 m dan 1000 m gacha bo‘lgan to‘lqin uzunliklari diapazoni (300 kHz dan 3000 kHz gacha bo‘lgan chastotalar diapazoni). Generator|O‘zining ishlash jarayonida nimadir yaratadigan dastur, masalan, ilovalar generatori, kod generatori va sh.k. Geografik axborot tizimi|Joy kartalari, planlar, sxemalar kabi makonga oid ma’lumotlarni kiritish, qayta ishlash, saqlash va aks ettirish bilan bog‘langan dasturiy tizimlar turkumi. Geografik domen|Geografik belgi bo‘yicha birlashtirilgan domen nomlari guruhi. Geoinformatika|Ilmiy, texnologik va ishlab chiqarish faoliyati. U amaliy yoki geoilmiy maqsad-larda ilmiy asoslash, loyihalash, yaratish, ekspluatatsiya qilish va geografik axborot tizimlaridan foydalanish, geoaxborot texnologiyalarni ishlab chiqish hamda amaliy jihatlar yoki GAT qo‘llanmalari bilan shug‘ullanadi. Geoinformatsion tizim|1. Matnli, jadval, illyustratsiyali va boshqa shakllarda kartografik ma’lumotlarni va ular bilan bog‘liq ma’lumotlarni saqlab turishga, qayta ishlash va berishga qaratilgan dasturiy, axborot va texnik vositalar kompleksi.2. Fazoviy ma’lumotlarni to‘plash, saqlash, tahlil qilish va grafik vizuallashtirish uchun mo‘ljallangan tizim. Ushbu tizim raqamli kartalarni, shuningdek, obyektlar to‘g‘risidagi qo‘shimcha axborotni, masalan, bino balandligini, yashovchilarining manzili, sonini izlab topish, tahlil va tahrir qilish imkonini beradi. Geomatika|1. Axborot texnologiyalari, multimedia va telekommunikatsiya vositalaridan foydalanish yo‘nalishi. Maʼlumotlarni qayta ishlash, geotizimlarni tahlil qilish va avtomatlashtirilgan xaritaga olish mazkur ilmiy yo‘nalishning asosiy vazifasidir.2. Geoinformatika yoki geoaxborotlashgan xaritaga olish atamalarining sinonimi sifatida ham ishlatiladigan atama. Geometrik (koordinata) buzilishlarni tuzatish|«Gorizontal bo‘yicha chiziqlilik» rostlagichi yordamida amalga oshiriladigan tuzatish. Geosinxron yo‘ldosh|Aylanish davri Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanish davriga teng bo‘lgan Yer yo‘ldoshi. Geostatsionar yo‘ldosh|To‘g‘ri va doiraviy orbitasi Yer ekvatori tekisligida yotadigan, shu tariqa Yerga nisbatan qo‘zg‘almas bo‘lgan geosinxron yo‘ldosh. Keng ma’noda –Yerga nisbatan taxminan qo‘zg‘almas bo‘lib qoluvchi yo‘ldosh. Geostatsionar yo‘ldoshlar orbitasi|To‘g‘ri va doiraviy orbitasi yer ekvatorining tekisligida joylashgan geosinxron yo‘ldosh orbitasi. Gers dipoli|O‘rtasiga yuqori chastotali tebranishlar manbai ulanadigan, oxiri yo‘g‘onlashgan to‘lqin uzunligiga nisbatan kichik uzunlikdagi sim kesmasi (bo‘lagi). Gers vibratori|G.Gers tomonidan konstruksiyalangan tebranish manbaini (tebranish rejimida) yoki yuklamani (qabul rejimida) o‘rtadagi uzilish bilan ulash uchun mo‘ljallangan metall shtir ko‘rinishidagi antenna. Geterodin chastotasini ohista rostlash|Konvertor geterodinining zavodda sozlanish noaniqligini yo‘qotish imkonini beradi. Amalda bu qabul qilinayotgan tasvir sifatini yaxshilaydi. Qo‘lda sozlashdan tashqari ayrim resiverlarda chastotani avtomatik sozlash imkoniyati ham mavjud. Geterogen tarmoq|Turli operatsion tizimlar, tarmoq kartalari o‘rnatilgan har xil kompyuterlardan iborat va/yoki turli tarmoq protokollaridan foydalaniladigan tarmoq. Geteroxrom|Turli nominal uzatish tezliklariga ega signallar. Geytvey|Qar.: Dorvey. Gibrid differensial impuls kodli modulyatsiya|Differensial impuls-kodli modulyatsiya (DIKM) va kodlashning boshqa usullarini o‘z ichiga oladigan manbani kodlash usuli.Izoh – DIKM va IKM kombinatsiyasi misol bo‘ladi, bunda sanoqning haqiqiy va taxmin qilingan qiymati o’rtasidagi farqning kvantlangan qiymatiga mos kela-digan kodli so‘zlar haqiqiy sanoqning kvantlangan qiymatiga mos keladigan kodli so‘zlar bilan oldindan belgilangan tartibga muvofiq almashinib keladi. Gibrid ekran|Maʼlumotlarni ham chiqarishni, ham kiritishni taʼminlovchi ekran. Gibrid ekran maxsus jarayonlarda masalan, dispetcherlar, sotuvchilar, bank xizmatchilari bajaradigan ixtisoslashgan jarayonlarda alohida katta ahamiyat kasb etadi. Texnologiyalar orasida quyidagi ikki tamoyil ko‘proq ishlatiladi. Sig‘imli tamoyilda, foydalanuvchining qo‘l barmog‘i ekranga chiqarilgan tasvir detallariga tegishi bilan maʼlumot kiritish yuz beradi. Buning uchun, suyuq kristalli indikatorning old va orqa tomonlaridan elektr o‘tkazuvchi qatlamli shisha plastinalar qo‘yiladi, yon tomonda esa elektrodlar joylashadi. Elektromagnit tamoyili maxsus pero ishlatishga asoslangan. Buning uchun, suyuq kristalli indikatorning orqa tomoniga sezgir panjara yoki magnit konturlari joylashtiriladi. Pero ekran qabul qilayotgan kuchlanishni induksiyalaydi. Gibrid kabel|Umumiy qobiq bilan o‘ralgan, har xil turdagi yoki toifadagi ikki yoki undan ortiq kabeldan iborat qurilma. Umumiy ekranga ega bo‘lishi mumkin. Gibrid kodlash|Harakatlanuvchi televizion tasvirlarni qayta ishlash uchun kadr ichida va kadrlararo kodlashni o‘z ichiga oladigan, videosignal raqamli oqimini siqish. Raqamli oqimni qisqartirish maqsadida kadr ichida va kadrlararo kodlashni o‘zida mujassamlashtirgan kodlash. Gibrid kommunikatsiyalash|Kanallar kommutatsiyasini va paketlar kommutatsiyasini taʼminlovchi kompleks transport xizmat ko‘rsatish turi. Gibrid mikrosxema|Sopol taglikka (asosga) o‘rnatilgan diskret komponentlar va har хil turdagi integral sxemalardan iborat mikrosxema. Gibrid optik-tolali arxitektura|Signallar ikki tomonlama asimmetrik uzatiladigan abonent foydalanish tarmog‘i arxi-tekturasi, 802.U. standarti doirasida ishlab chiqilgan. Unda optik-tolali kabellar, o‘ralgan juft, koaksial kabellar va raqamli uzatish usullari qo‘llanilishi mumkin. Gibrid pochta|Jo‘natuvchiga xabarlarni, telekommunikatsiyalar tarmog‘i orqali, keyinchalik adresatning pochta manziliga yetkazib berish imkoniyati bilan uzatish amalga oshiriladigan elektron pochta xizmati. Gibrid pochta jo‘natmasi|Jo‘natuvchidan fizik yoki elektron shaklda qabul qilinadigan,telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanib ishlov beriladigan, yozma xat-xabarlar jo‘natmaga o‘zgartiriladigan va oluvchiga fizik ko‘rinishda topshiriladigan xabar. Gibrid tarmoq|Turli xil kompyuterlarni birlashtiradigan lokal tarmoq. Gibrid to‘lqin|Elektr va magnit maydon vektorlari noldan farqli bo‘ylama tashkil etuvchilarga ega elektromagnit to‘lqin. Gigabayt (Gbyte)|Kompyuter tizimlari xotira sig‘imining o‘lchov birligi 230 yoki 1.073.741.824 byte ga teng. Gigaflops|Unumdorligi yuqori bo‘lgan protsessor yoki superkompyuterning ishlash tezligi birligi (vaqt birligi ichida siljuvchi nuqta bilan bajariladigan operatsiyalar soni). Gilbert o‘zgartirgichi|Chastotalarning keng polosasida signal fazalarining 90º ga siljishini ta’minlovchi qurilma. Giperdiapazon (giperpolosa)|Kabelli televizion eshittirishlar uchun ajratilgan, 230 MHz dan 470 MHz gacha bo‘lgan chastotalar diapazoni. Giperhavola|Faylga, faylning biror o‘rniga, Internet yoki intranetdagi HTML-sahifaga o‘tish imkonini beradigan rangli va ostiga chizilgan matn yoki rasm. Giperilovalar, shuningdek, yangiliklar guruhi va Gopher, Telnet va FTP dagi uzellarni ko‘rsatishi mumkin. Giperkanallar|Kabelli televideniye tarmoqlarida foydalaniladigan 300 MHz dan 470 MHz gacha bo‘lgan chastotalar polosasidagi chastota kanallari. Giperkard|Macintosh kompyuterida, 6-9 versiyalar MAC OS tizimida gipermedia ilovalar yaratish imkonini beradigan vizual dasturlash muhiti. Giperkardni, foydalanuvchiga qulay, interaktiv ko‘rinishda taklif etgan holda, matnlar, rasmlar, tovushlar, animatsiyani birga to‘plash imkonini beradigan «axborot tashkilotchisi» deb atash mumkin. Giperkub|1. Ko‘p protsessorli tizimda protsessorlarni birlashtirish usullaridan biri.2. Uzellari ko‘p o‘lchamli kub grafasining cho‘qqisi hisoblanadigan tarmoq topologiyasi. Gipermatn|1. Boshqa hujjatlarga giperhavolalarni (ko‘rsatgichlarni) ichiga oladigan har qanday matn. Axborotni hujjatlar o‘rtasidagi bog‘lanishlar orqali taqdim etish usuli.2. Matnlarda maxsus ko‘rsatgichlardan (giperhavolalardan) foydalangan holda, matn massivlarida berilgan mavzularni izlab topishni ta’minlaydigan texnologiya. Gipermatn preprotsessori|Veb-serverda HTML sahifalarni yaratish va ma’lumotlar bazalari bilan ishlash uchun yaratilgan dasturlash tili. Bugungi kunda ko‘plab xosting kompaniyalarida qo‘llab-quvvatlanadi. Gipermatnli belgilash tili|veb-brauzerning dizayn matnini loyihalash imkonini beradigan, maxsus simvollar (teglar)dan tarkib topgan, veb-hujjat matnini yozish tili. HTML tili shakllarni formatlash va qayta ishlash, shriftlarni boshqarish, ma’lumotlarni grafik ko‘rinishda uzatish, gipermatnli aloqalarni tashkil etish va Java appletlarni qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi. Gipermatnli ishorat|Qar.: Giperishorat. Gipermatnni uzatish protokoli|Gipermatnni uzatish uchun foydalaniladigan protokol. Protokolning asosiy vazifasi veb-server bilan aloqa oʻrnatish va HTML sahifalarini mijozning veb-brauzeriga yetkazilishini ta’minlash hisoblanadi. Protokol ishlashi uchun IP bogʻlanish orqali Internetga ulanish talab etiladi. veb-hujjat olinadigan kompyuter manzili oldidan http:// prefiksi qoʻyiladi. Gipermedia|Multimedia-axborotni tashkil qilish usuli. Bunda matndan tashqari, ma’lumotlarning boshqa turlariga (video, grafika, tovush) havolalar ta’minlanadi. Giperoqimlilik|Pentium 4 protsessorida amalga oshirilgan yangi texnologiyaning nomi. Bu texnologiyada protsessor registlari va bloklarining ishga solinmagan imkoniyatlaridan foydalaniladi, natijada protsessor unumdorligi 30 foizgacha oshadi. Gipervizor|Ayni bir xost-kompyuterda bir vaqtda bir qancha yoki ko‘plab operatsion tizimlar parallel bajarilishini ta’minlaydigan yoki bajarilishiga imkon yaratadigan dasturiy yoki apparat sxema. Gipervizor, shuningdek, operatsion tizimlarning bir-biridan izolyatsiya qilinishini, muhofazasini va xavfsizligini, ishga tushirilgan turli operatsion tizimlar o‘rtasida resurslar ajratilishini va bu resurslar boshqarilishini ham ta’minlaydi. Gipervizor qandaydir ma’noda minimal operatsion tizim (mikroyadro yoki nanoyadro) hisoblanadi. Giromagnit chastota|1. Lorens kuchi va markazdan qochma kuchlarning tengligi bilan aniqlanadigan, Yer magnit maydonining katta kuchlanishli liniyalari atrofida erkin elektronlarning aylanish chastotasi.2. Doimiy bir jinsli magnit maydonda erkin zaryadlangan zarralarning aylanish chastotasi. Giromagnitli rezonans|Doimiy magnit maydonidagi elektronlarning aylantirish harakati hodisasi. Gistogramma|Ma’lumotlarning vaqt bo‘lagi davomida o‘zgarishini aks ettiradigan diagramma. Bu xil diagrammalar kattaliklarni ko‘rgazmali taqqoslash uchun juda qulay. Gistogrammada kategoriyalar o‘qi gorizontal bo‘ylab, qiymatlar o‘qi vertikal bo‘ylab joylashadi. O‘qlarning bunday joylashuvi qiymatlarning vaqt bo‘yicha o‘zgarish xarakterini ta’kidlaydi. Global axborot infratuzilmasi|Sifat jihatidan tamomila yangi axborot tuzilmasi. Uni dunyo hamjamiyatining bir qator rivojlangan davlatlari 1995-yildan boshlab shakllantira boshlashgan. Ularning niyatlariga ko‘ra, global axborot infratuzilmasi global va mintaqaviy axborot-kommunikatsion tarmoqlarining hamda raqamli televideniye va radio eshittirishlar, yo‘ldosh tizimlar va harakatlanuvchi aloqaning uyg‘unlashuvi asosida sayyoramizning aholisiga ommaviy xizmat ko‘rsatadigan umumjahon integrallashgan axborot tarmog‘idan iborat bo‘ladi. Global axborot tizimi|Internet tarmog‘ining maʼlumotlar bazalaridan axborot izlash bo‘yicha tarmoq xizmati. Global axborot tizimi ko‘p sonli maʼlumotlar bazalaridan axborot izlashni osonlashtirish uchun yaratilgan. Gopher tarmoq xizmatidan farqli, global axborot tizimi bilan ishlashda dastlab menyuni ko‘rib chiqish kerak emas. Izlashda so‘z kiritish kifoya. Shunda global axborot tizimi Internetdagi maʼlumotlar bazalarining nomlarini qarab chiqadi, natijada foydalanuvchi bu so‘z uchraydigan obyektlarning ro‘yxatini oladi. Muhimi shuki, har bir baza o‘zining axborot izlash usuliga ega. Global axborot tizimi esa bu usullarning barchasi bilan ishlay oladi va foydalanuvchiga yagona umumiy interfeys taqdim qiladi. Global hisoblash tarmog‘i|1. Turli davlatlar va qit’alarni qamrab oladigan katta hududga yoyilgan abonent tizimlarini birlashtiradi. Insoniyat va tashkilotlarning undan foydalana olish bo‘yicha axborot resurslarini birlashtirish muammosini xal qiladi.2. Hududi jihatidan taqsimlangan tarmoq yoki ma’lumotlar uzatish tarmog‘i, ma’lum geografik hududni (region, mamlakat, qator mamlakatlarni) qamrab oluvchi va kommutatsiyalanadigan hamda ajratilgan liniyalar yoki maxsus aloqa kanallaridan foydalanib axborot uzatishni ta’minlaydigan tarmoq. Global identifikator|Ta’sir sohasi butun dastur bo‘lgan identifikator. Global izlash|Butun hujjat, ma’lumotlar bazasi yoki disk bo‘yicha izlash operatsiyasi. Global manzil|Tarmoqda ishlatiladigan manzil turlaridan biri. Global manzil maʼlumotlar bloki, xabar yoki signal barcha obyektlar uchun mo‘ljallanganini ko‘rsatadi. Tarmoqda global manzillar ishlatilganda, keng qamrovli eshittirish bajariladi. Shuningdek, tarmoqda guruhli manzil (maʼlumotlar bloki mo‘ljallangan obyektlar to‘plamini aniqlaydi) va noyob manzil (tarmoqda faqat bitta obyektni ajratadi) ishlatiladi. Global manzillash|Tarmoq elementlarining aniq joylashuvini oydinlashtirmay, marshrutizatorga ma’lum tarmoqni tanib olishga imkon beruvchi manzillash.Izoh − Global miqyosdagi manzillarning kiritilishi o‘zaro bog‘langan ko‘p sonli uzellar mavjudligida tarmoqlararo birgalikda ishlash protsedurasini soddalashtirish imkonini beradi. Global mobil aloqa tizimi|ETSI da mobil aloqaning maxsus ishchi guruhi Group Special Mobile (GSM nomining dastlabki talqini) tomonidan ishlab chiqilgan raqamli uyali aloqaning umumEvropa standarti.Izoh − GSM standartida ishlaydigan birinchi tijorat tarmog‘i 1992-yilda Germaniyada ishga tushirilgan. O‘shandan buyon standart uzluksiz takomillashib va rivojlanib bormoqda. Hozirgi paytda uning foydalaniladigan chastotalar diapazoni bilan farqlanuvchi to‘rtta versiyasi: GSM-900, GSM-1800 (DCS-1800), PCS-1900 va GSM-400 hamda uchta evolyutsion texnologiyasi: HSCSD, GPRS va EDGE tarqalgan bo‘lib, ular ma’lumotlar uzatish xizmatlarining joriy etilishi bilan bog‘liq. Global nur|Geostatsionar yo‘ldoshning Yer yuzasining butun ko‘rinadigan sirti qamrab olinishini ta’minlaydigan 17°x17° kenglikdagi antenna nuri. Global nurga ega antenna|Yo‘nalganlik diagrammasi Yer sathini qamrab oladigan retranslyator-yo‘ldosh antennasi. Global o‘zgaruvchi|Ta’sir sohasi dasturning barcha bloklari yoki modullari bo‘lgan o‘zgaruvchi (Java Script da aynan bir HTML hujjatning barcha ssenariylari) yoki yuqori sath blokida tavsiflangan o‘zgaruvchi. Global optimallash|Dasturni optimallash, sikllardan konstant ifodalarni chiqarish, hisoblashlar ketma-ketligini qayta tartibga solinishini ichiga oladi. Global rouming|Hududiy va tashkiliy cheklashlarsiz mobil abonent bilan aloqa o‘rnatish rejimi. Global tarmoq|Lokal va shahar hisoblash tarmoqlarini birlashtiruvchi tarmoq. Ma’lumotlarning mamlakat yoki butun dunyo miqyosida katta masofalarga uzatilishini ta’minlaydi. Global telekommunikatsiyalar tarmog‘i|Bir nechta mamlakat yoki qitʼa hududini qamrab oluvchi telekommunikatsiyalar tarmog‘i. Global ulanish|Internet tarmog‘ining maʼlumotlar bazalaridan foydalanishning gipermuhitini yaratuvchi tarmoq xizmati. CERNdagi Tim Berners-Li tomonidan ishlab chiqilgan. Uning asosiy g‘oyasi, cho‘qqilari hujjatlar bo‘lgan, hujjatlardagi so‘zlar va jumlalar ularning o‘zaro aloqasini aniqlaydigan katta grafni yaratishdadir. Globallashuv|Axborot texnologiyalari, mahsulotlari va tizimlarining butun dunyoga tarqalish jarayoni. U iqtisodiy va madaniy jihatlardan qaraganda uyg‘unlashuvga olib keladi. Bu jarayonning tarafdorlari bundan keyingi taraqqiyot imkoniyatlarini faqat global axborot jamiyatining rivojlanish sharoitlarida ko‘rishadi. Opponentlar globallashuvning milliy madaniy qadriyatlarga keltiradigan xatarlari to‘g‘risida ogohlantirishmoqda. Globallashuv jarayoni|Yagona, umumjahon axborot-moliya makonini yaratish.Izoh – Globallashuv yangi texnologiyalarsiz, birinchi navbatda, axborot texnologiyalarisiz mumkin emas va ko‘p jihatdan, innovatsion iqtisodiyotga tayanadi. Gofrlangan to‘lqin o‘tkazgich|Choklari bo‘lmagan, devorlari gofrlangan, egiluvchan to‘g‘ri burchakli to‘lqin o‘tkazgich. Goley kodlari|Xatolarni tuzatuvchi chiziqli blokli kodlar turkumi. Goley kodlari siklik kod sifatida ham ko‘rib chiqilishi mumkin. Golografik televideniye|Uch o‘lchamli obyekt illyuziyasini hosil qiluvchi uch o‘lchamli televideniye. Televideniye, bunda sahna tasviri kogerent manbadan kelayotgan yorug‘lik va shu manbaning o‘zidan kelayotgan, lekin sahnadan akslangan yorug‘lik o‘rtasidagi interferensiya natijasida hosil bo’ladi. Golografiya|Fan va texnikaning, tabiati turlicha bo‘lgan to‘lqin maydonlarni yozish va qayta ishlash uchun mo‘ljallangan qurilmalar va usullar yaratish, ularni o‘rganish bilan shug‘ullanadigan bo‘limi. Gomogen tarmoq|Yagona dasturiy platforma yoki bir turdagi kompyuterlar asosida qurilgan lokal tarmoq. Gopp kodlari|Turli kriptotizimlarda ishlatiladigan, xatolarni tuzatuvchi kodlar. Gopp kodlaridan foydalanish Gopp kodlarini dekodlashni qo‘lda amalga oshirish mumkinligiga asoslangan (Gopp kodlari «yashirinadigan») chiziqli blokli kodlarni dekodlash. NP to‘liq vazifa bo‘lib, uni bajarish juda qiyin. Gorizont orti aloqasi|Bevosita ko‘rinishdan tashqarida joylashgan stansiyalar o‘rtasidagi aloqa, bunda biror bir aktiv yoki passiv retronslyatorlar qo‘llanilmaydi.Izoh ‒ Radioto‘lqinlarning gorizont ortida tarqalishi difraksiya, refraksiya effektlari va atmosferaning turli qatlamlaridan qaytish hisobiga amalga oshiriladi. Gorizont ortidagi trassa|Uzatuvchi va qabul qiluvchi antennalar o‘rtasida to‘g‘ri ko‘rinish mavjud bo‘lmagan radioto‘lqinlarning tarqalish trassasi.Izoh – Gorizont orti tarqalishda radioto‘lqinlarning tarqalish mexanizmi radioto‘lqinlarni troposfera (troposferali aloqa)ning bir xil emasligidan qayta nurlanishi yoki ionosfera qatlamlaridan (qisqa to‘lqinli aloqa)ning bir xil emasligidan qayta nurlanishi yoki ionosfera qatlamlaridan (qisqa to‘lqinli aloqa) qaytishiga asoslangan. Gorizontal bo‘yicha ajratish|Tasvirning har bir gorizontal chizig‘ida videomonitor tiklashi mumkin bo‘lgan minimal tasvir elementlarining (chiziqlarining) soni yoki manba videosignalining bitta gorizontal chizig‘ida bo‘lgan videoaxborotning umumiy soni. Masalan, VHS videoyozuv formati gorizontal bo‘yicha 240 ta, lazerli disk – 480 ta, DVD – 500 ta, HDTV – 1080 ta chiziqni tashkil qiladi. Gorizontal portal|Umumiy tavsifga ega bo‘lgan, turli mavzular bo‘yicha xizmatlar taqdim etuvchi veb-sayt. Gorizontal qutblangan to‘lqin|Magnit maydon vektori Yer sirtiga nisbatan vertikal, elektr maydon vektori esa, gorizontal yo‘nalgan, chiziqli qutblangan elektromagnit to‘lqin. Gorizontal va vertiakl tekisliklardagi antenna yoʻnalganlik diagrammasi asosiy yaprogʻining oraliq burchagi|Yoʻnalishlar bilan hosil qilingan gorizontal va vertikal tekisliklardagi burchaklar, ular uchun antennaning kuchayishi qabulning asosiy yoʻnalishida kuchayishning maksimal qiymatidan 3 dB ga kam. Gorizontal yo‘nalganlik diagrammasi|Antennaning gorizontal tekislikdagi yo‘nalganlik diagrammasi. Gradatsion buzilishlar|1. Gradatsion xarakteristikaning talab etilgandan og‘ishi.2. Kul rang shkala turli darajalarining noto‘g‘ri qayta tiklanishi. Gradatsion xarakteristika|Televizion tasvir yorqinligining yoki yorqinlik signali darajasining tashqi obyekt yorqinligi yoki kiruvchi yorqinlik signali darajasiga bog‘liqligi. Gradatsiya|Rang zichligining asta-sekin o‘zgarishi, obyektning qo‘shni qismlari yoki tegishli tasvir o‘rtasidagi tonning o‘zgarishi. Gradiyent|Kompyuter grafikasida qurish usuli. Muayyan (asosiy) nuqtalarning rangi va shaffofligi belgilanib, qolgan nuqtalarning rangi va shaffofligi ularga nisbatan yoki muayyan matematik algoritmlar asosida hisoblanadi. Shu tarzda dastlabki va so‘nggi nuqtalarning koordinatalari va rangini belgilab, bitta rangdan boshqa rangga tekis o‘tishlarni hosil qilish mumkin. Gradiyent sindirish ko‘rsatgichli tola|Sindirish ko‘rsatgichi ko‘ndalang kesimda, yorug‘lik o‘tkazuvchi o‘tkazgichning chetidan uning o‘zagi tomon ortib borgan holda tekis o‘zgaradigan ko‘p modali optik tola. Sindirish ko‘rsatgichining gradiyentli profilda tola ichidagi nur sinishi, binobarin, oqim tezligi sinish ko‘rsatgichi nisbatan keng o‘tkazish polosasi taʼminlaydi. Grafema|Yozma matnning eng kichik birligi (harf, raqam, iyeroglif, tinish belgisi). Grafik|Biror bir funksional bog‘lanishning grafik tasvirlanishi. Grafik adapter|1. 1984-yilda ishlab chiqilgan yaxshilangan grafik adapter. VGA va SVGA adapterlari tomonidan siqib chiqarilgan. 640x350 piksellar uchun 16 xil rangga ega.2. Shaxsiy kompyuterning, displey qurilmaning grafik funksiyalarini ta’minlaydigan kengaytirish platasi. Grafik akselerator|Markaziy protsessordan foydalanmasdan, grafik ma’lumotlar bilan ko‘plab operatsiyalarni bajarish imkonini beradigan qurilma. Grafik akseleratorlar shartli ravishda uch turga bo‘linadi: grafik qobiqlar uchun mo‘ljallangan, uch o‘lchamli grafikani yaratish uchun mo‘ljallangan (3D akseleratorlar), dinamik tasvirlarni tiklash uchun mo‘ljallangan grafik akseleratorlar. Grafik almashish formati|Aniq nomlanishi − GIF89A; grafik tasvirni siqish usuli va grafik fayllar formati, Internet sahifalarida ko‘proq ishlatiladigan format hisoblanadi; ma’lumotlarni yo‘qotmasdan siqishni ta’minlaydi. Grafik axborot|Sxemalar, eskizlar, tasvirlar, grafiklar, diagrammalar, ramzlar ko‘rinishida ifodalangan maʼlumotlar yoki xabarlar. Grafik displey|Ekranda nuqtalar matritsasini yuzaga keltirishni ta’minlaydigan tasvir va/yoki matnlarni yorituvchi displey. Bu nuqtalar topologiyasi ko‘pincha videografika matritsasi orqali aniqlanadi. Grafik fayl|Grafik tasvirni ichiga oladigan fayl. Grafik filtr|Tasvirni bir grafik formatdan boshqasiga o‘zgartiradigan yoki uning ustida qandaydir boshqa operatsiyalarni bajaradigan dasturiy modul. Grafik format|Grafik fayllarni almashish formati (GIF) bilan patent bo‘yicha muammolar paydo bo‘lganidan so‘ng, GIF formatining o‘rniga kiritilgan format, pikselga 48 bit gacha bo‘lgan chuqurlikka ega bo‘lgan rangga ega tasvirni saqlash imkoniyatini beradi, alohida alfa-kanalga ega va yo‘qotishlarsiz siqilishi yaxshilangan. Grafik formatlar|Grafik fayl formatlari grafikani/rasmlarni saqlash va boshqarishning standart usulidir. Bu qo‘llanma rasmlarni va boshqa grafikalarni raqamli rasmlar formatlar sifatida saqlaydi. Grafik formatlar pikselda yoki pikselga rastrlash (bir necha istisno bilan) qilinadigan (geometrik) vektorda yoziladi. Rasm/grafika piksellar panjara (ustunlar va qatorlar) sifatida bo‘ladi; har bir piksel raqamlardan tashkil topgan, ular yorug‘lik va rang darajasini bildiradi. Bu turdagi formatlarga jpg, tiff, gif, png, bmp va boshqalar kiradi. Grafik hujjat|Obyekt tasviri chiziqlar, shtrixlar, yorug‘ va soya tomonlarni bo‘yoqlarda ko‘rsatish vositasida olingan tasviriy hujjat. Grafik interfeys|Foydalanuvchining hisoblash tizimi bilan o‘zaro aloqasini tashkil qiladigan grafik muhit. Grafik interfeys g‘oyasi amaliy tizim to‘g‘risida axborot taqdim etishning tabiiyligidan foydalanishdan iborat. Foydalanuvchi interfeysining asosiy tushunchalari bo‘lib, oyna va piktogramma hisoblanadi. Grafik kichik tizim|Grafika bilan ishlash uchun mo‘ljallangan, kompyuter apparat vositalari jami. Grafik kompakt-disk|Kompakt-diskka ma’lumotni yozish formati, uning asosiy spetsifikatsiyasiga qo‘shimcha tariqasida kengaytirilgan tasviriy imkoniyatlar qo‘shilgan. Grafik maʼlumotlar bazasi|Grafik maʼlumotlar saqlanayotgan maʼlumotlar bazasi. Grafik ma’lumotlar bilan almashish boshlang‘ich standarti|AQSh Milliy standartlar byurosi tomonidan uch o‘lchamli geometrik ma’lumotlarni almashish imkonini ta’minlash uchun e’lon qilingan standart. Grafik protsessor|Grafik tezlatgichlar uchun mo‘ljallangan prot-sessor. Hozirgi vaqtda 64 va 128 razryadli grafik protsessorlardan foydalaniladi. Grafik qobiq|Foydalanuvchilarning grafik foydalanish interfeysini amalga oshiradigan va tizim administratorlarining operatsion tizim bilan foydalanish interfeysini amalga oshiradigan operatsion tizimning kichik tizimi. Grafik redaktor (muharrir)|Kompyuter yordamida ikki o‘lchovli tasvirlarni tuzish va tahrir qilish imkonini beradigan dastur (yoki dasturlar paketi).Izoh − Grafik redaktorlarning turlari: 1 Rastrli grafik redaktorlar. Nisbatan ommalashgan redaktorlar: Microsoft Windows va MAC OS X operatsion tizimlari uchun Adobe Photoshop. GNU/Linux va boshqa POSIX standartiga muvofiq operatsion tizimlari uchun GIMP redaktori. 2 Vektorli grafik redaktorlar. Nisbatan ommalashgan redaktorlar: Corel Draw, Macromedia Free Hand − Windows uchun, Inkscape − barcha operatsion tizimlar uchun. Grafik rejim|Chiziqlar va belgilarni ekranda nuqtalar bilan chiqarish orqali tavsirlash rejimi. Grafik rejimda tasvir bevosita shakl nuqtalarini birlashtirish orqali tuziladi, xuddi «sichqoncha»ning ko‘rsatgichi singari. Bundan tashqari, u belgilarni (quyuq shrift yoki kursiv) chop etishda ularning tashqi ko‘rinishini oldindan ko‘rish imkonini ham beradi. Grafik soprotsessor|Markaziy protsessor bilan bitta platada joylashgan, grafik komandalarning bajarilishi topshiriladigan (yoki o‘zi tutib oladigan) grafik protsessor. Markaziy protsessorga tushadigan hisoblash yukini kamaytiradi va kompyuter videotizimining ishlash tezligini oshiradi. Grafik stansiya|Uch o‘lchamli tasvirlarni qayta ishlash uchun grafik tezlatgichli katta quvvatga ega kompyuter. Grafik sxema|Masalalarni yechish algoritmining grafik taqdim etilishi, unda simvollardan operatsiyalarni, oqim ma’lumotlarini tavsiflash va boshqarish uchun foydalaniladi. Grafik tezlatgich|Chiziqlar va yuzalarni chizish, konturlarni to‘ldirish, bo‘yash, yashirin chiziqlarni o‘chirish kabi murakkab grafik operatsiyalarni bajarishni tezlashtiruvchi plata yoki ixtisoslashtirilgan mikrosxema (mikroprotsessorlar to‘plami). Grafika|Matnli ma’lumotlar va grafik timsollar birlashtirilgan kompyuterda ma’lumotlarni vizual taqdim etishning eng umumiy usuli. Mashina tashuvchilarda grafik tasvirning o‘zini taqdim etishning rastrli va vektorli grafika kabi ikki turi bor. Grafika chizadigan|Egri va to‘g‘ri chiziqlar o‘tkazish yo‘li bilan tasvir chizadigan qurilma. Ikki turdagi, yaʼni barabanli va planshetli grafika chizuvchi qurilmalar ishlab chiqariladi. Barabanli (rulonli) grafika chizuvchi qurilmada tasvir chiqariladigan qog‘oz yoki plyonka barabanga mahkamlanadi. Barabanli grafika chizuvchi qurilmalar ixcham, ishlatishda qulay hamda katta hajmdagi chizmalar bilan ishlash imkonini beradi. Planshetli (yassi) grafika chizuvchilarda qog‘oz yoki plyonka tekislikda joylashadi. Tekislik ustidan metall konstruksiya o‘rnatiladi, u yozuv blokini bir vaqtning o‘zida ikki koordinata o‘qi bo‘yicha tekislik bo‘ylab siljitish imkonini beradi. Yozuv blokining turiga qarab grafika chizuvchi qurilmalar peroli, sharrachali va elektrostatik xillarga bo‘linadi. Grafika chizuvchilarning ikki toifasi farqlanadi. Vektorli turda yozuvchi blok vektorli tasvirlarni ikki yo‘nalishda siljib chizadi. Rastrli grafika chizuvchi qurilmalarda rastrli tasvirlar rastr nuqtalari yordamida yaratiladi. Grafikani optimallash|Tasvir fayllari o‘lchamlarini, ularning maqbul sifatini saqlagan holda, mumkin qadar kichraytirish. Veb-sahifa yaratishda, uning sahifalarini yuklanish tezligini oshirish maqsadida ishlatiladi. Grafikdagi nuqta|Grafikada tasvirlanadigan sonli qiymatlarning istalgan jufti. Grafikon|Kompyuter grafikasi, mashina ko‘rishi, tasvirlar va videoni qayta ishlash bo‘yicha Rossiyada har yili o‘tkaziladigan katta xalqaro anjuman. Granulyatsiyalangan shovqin|Kvantlash tufayli sodir bo‘lgan va tasvirning bir xil yoki qisman bir xil qismlarida yorqinlik va/yoki ranglilik fluktuatsiyasi kabi namoyon bo‘ladigan vizual nuqson. Gregori antennasi|Ikkita: parabolik (asosiy) va elliptik (yordamchi) ko‘zgulardan iborat bo‘lgan, o‘ta yuqori yoki ultra yuqori chastotali keskin yo‘naltirilgan antenna. Antennaning bunday konstruksiyasida ochilish yuzasidan foydalanish koeffitsiyenti ortadi va qutblanish xususiyatlari yaxshilanadi. Grey kodi|Ketma-ket keladigan elementlari bir razryadda farq qiladigan ikkilik kod (masalan, 000, 001, 011, 101, 100, 110, 010). Grid texnologiyasi, konsepsiyasi|Hisoblashlarni virtuallashtirishga qaratilgan hisoblash jarayonini tashkil qilish usuli. Bunda vazifaning qismlari tarmoqning barcha bo‘sh resurslari bo‘ylab taqsimlanadi. Dasturiy ta’minotni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri. Guruh|Foydalanuvchilar, kompyuterlar, kontaktlar va boshqa guruhlar majmui. Guruhlar foydalanish huquqini boshqarish yoki xabarlarni tarqatish ro‘yxati sifatida qo‘llanilishi mumkin. Tarqatish guruhlari faqat elektron pochtada qo‘llaniladi. Xavfsizlik guruhlari erkin foydalanishni boshqarishda hamda xabarlarni tarqatish ro‘yxatida ham ishlatiladi. Guruh ichida chaqiruvni tutib qolish|Foydalana olish kodini terish yoki «Group Pickup» (SIP telefon) tugmasini bosish orqali guruhning boshqa terminaliga kelgan kiruvchi chaqiruvni qabul qilish imkonini beradigan xizmat.Izoh – Agar bir necha chaqiruv olingan bo‘lsa, ko‘p qo‘ng‘iroq qilgani tutib qolinadi. Guruh (jamoa) bo‘lib foydalana olish|Ikki yoki undan ko‘p foydalanuvchining paketli yoki interaktiv rejimda hisoblash tizimidan birgalikda foydalanishi. Guruh manzillari|Obyektlar to‘plamini aniqlaydigan manzil. Maʼlumotlar bloki shu manzilga atalgan. Guruhiy aloqa seansi|Bir nechta foydalanuvchi ishtirok etadigan aloqa seansi. Guruhiy dasturiy ta’minot|Mutaxassislar guruhining loyiha ustida yoki taqsimlangan hisoblash tizimidagi yoki tarmoqdagi ma’lumotlar bilan birgalikda yanada samarali ishlashi uchun foydalaniladigan tarmoq dasturiy ta’minoti. Guruhiy imzo|1991-yilda Chom va Van Xeyst tomonidan taklif qilingan raqamli imzo sxemasi, guruhning istalgan a’zosiga xabarni, tekshirish paytida, xabar guruh a’zolaridan biri tomonidan imzo qo‘yuvchining shaxsi aniqlashtirilmasdan imzolanganini aniqlash mumkin bo‘ladigan tarzda imzolash imkonini beradi. Guruhiy xabar|Bir vaqtda bir necha adresatga uzatiladigan xabar; odatda, uni uzatishda raqam terishdan foydalanilmaydi. Guruhiy chaqiruv|Radiotarmoqlardagi, bitta chastotada ishlaydigan (bitta guruhga mansub) abonentlar uchun belgilangan chaqiruv turi. Guruhli aloqa kanali|Bir nechta radiostansiyaning, odatda, qayd etilgan chastotada birgalikda ishlashi ta’minlanadigan aloqa kanali.Izoh − Radiostansiyalardan har biri ushbu kanal bo‘yicha xabarlarni qabul qilishi va uzatishi mumkin, agarda uning uchun guruhli (dispetcherli) aloqa rejimi o‘rnatilgan bo‘lsa. Guruhli kechikish|Umumiy chegara kattaligiga yetgan qisman farq qiladigan chastotali amplitudaga teng ikkita ustma-ust to‘lqinlar bilan taqdim etilishi mumkin bo‘lgan signalning ikki nuqtasi o‘rtasidagi tarqalish vaqti. Guruhli kodlash|Sanoq qiymatlarining sanoq o‘rtacha qiymatlaridan og‘ishining belgilar matritsasi uzatiladigan blokli kodlash. Guruhli signal|Multipleksor chiqishidagi turli axborot manbalaridan keladigan birmuncha past tezlikli kirish signallarining birlashishi natijasi bo‘lgan yuqori tezlikli signal yoki raqamli oqim. Guruhli tezlik|Elektromagnit to‘lqin energiyasini ko‘chirish tezligi. Guruhli uzatish|1. Xabarni uzatish rejimi, bunda xabar bir vaqtda tarmoq uzellari guruhiga yuboriladi.2. Har bir xabar qabul qilinganligini orada tasdiqlamay turib, bir stansiyadan boshqa biriga ikki yoki undan ortiq xabarni uzatish usuli. Guruhli yetkazib berish|Keng ko‘lamli eshittirishning maxsus shakli, unda paketlar faqat foydalanuvchilarning muayyan guruhiga yetkazib beriladi. Guruhni chaqirish|Bitta yoki bir nechta guruh abonentlarining barchasini bir vaqtda chaqirish, odatda yarim dupleks aloqa rejimida amalga oshiriladi.Izoh − Chaqirishni initsializatsiya qilish bitta tugmachani bosish orqali bajariladi, bunda bog‘lanishni o‘rnatish (0,3−0,5) s dan oshmaydi. Guruhdagi abonentlar sonidan qat’i nazar, guruhli chaqiruvda faqat bitta aloqa kanalidan foydalaniladi. Go‘shagi ko‘tarilgan telefon bilan bog‘lanish xizmati|Go‘shagi ko‘tarilgan telefon apparati bilan, chaqiriluvchi abonentning xonasini eshitib nazorat qilish imkoniyatini ta’minlagan holda, bog‘lanishni o‘rnatish imkoniga ega xizmat.H Haftada bir bo‘ladigan kollegial seminar|Davlat va xo‘jalik organlarining ixtisoslashtirilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘linmalarining vakillari uchun, «Elektron hukumat» tizimi doirasida loyihalarning amalga oshirilishi muhokama qilinadigan seminar. Hajmiy grafika|Qar.: Uch o‘lchamli grafika. Halqa tarmog‘i|O‘zagi davriy halqa bo‘lgan kabelli lokal tarmoq. Bunday tarmoqda davriy halqa fizik ulanishlar vositasi vazifasini bajaradi. Ushbu halqaning ishlash ishonchliligiga butun tarmoqning ishlay olish qobiliyati bog‘liq. Mono halqa kanalining uzilishi tarmoq faoliyatining to‘xtashiga olib keladi. Shu sababli sodda halqali kanal tarmoq qiymati eng kam bo‘lishi lozim bo‘lgan hollardagina qo‘llaniladi. Yuqori ishonchlilik halqa tarmog‘ida qayta ulanadigan konsentratorli halqa ishlatiladi, u tarmoqning ishdan chiqqan qismlarini uzib qo‘yadi. Bundan ham yuqori ishonchlilikni juft halqa taʼminlay oladi, u ikki halqadan biri ishdan chiqqan holatlarda ham ishlash imkoniyatiga ega. Halqali tekshirish|Raqamli axborotning ishonchliligini «shleyf» bo‘yicha baholash usuli. Liniyaning qabul qilish tomonidan, teskari yo‘nalishda qabul qilingan barcha maʼlumotlar oqimini retranslyatsiya qilish orqali amalga oshiriladi. Uzatuvchi tomonidan qabul qilingan va dastlab uzatilgan ketma-ketliklar taqqoslanadi, keyin xato qabul qilingan belgilar soni aniqlanadi. Halqali chiqish|Konvertordan qabul qilinadigan o‘ta yuqori chastotali (O‘YuCh) signal chiqariladigan ajratgich. U kirish signalini boshqa resiverga «tranzit» uzatish uchun mo‘ljallangan. Halqasimon antenna panjarasi|Nurlantiruvchi elementlari atrofida joylashgan antenna panjarasi. Halqasimon rezonator|Elektromagnit tebranishlar yopiq kontur boʻyicha tarqaladigan optik rezonator. Hamjamiyat|Umumiy manfaatlar yo‘lida birlashgan odamlar guruhi. Odatda, hamjamiyatlar forum va bloglar asosida vujudga keladi. Hamkorlik|Linux operatsion tizimida xotira bloklarining bo‘linishiga va qo‘shni bo‘sh bloklarni birlashtirishga asoslangan jismoniy xotirani taqsimlash usuli. Hammaga ma’lum xavfsizlik identifikatori|Muhofaza tizimi uchun qayd qilingan sonli qiymatga va belgilanishga ega xavfsizlik identifikatori. Haqiqiy manzil|Absolyut mashina manzili, xotiraning haqiqiy yacheykasi. Haqiqiy vaqt|Jarayon sodir bo‘layotgan vaqt muddati. Haqiqiy vaqt obyektning kirish signallariga yoki maʼlumotlarga javoban shunday taʼsirlanishini belgilaydiki, bu holda u chiqish signalarini yoki maʼlumotlarni yetarlicha tez ishlab chiqishga ulguradi. Shu asosda haqiqiy vaqt tizimlari quriladi, haqiqiy vaqtda analitik qayta ishlash bajariladi. Haqiqiy vaqtda analitik qayta ishlash|Ma’lumotlarning tezkor tahlili, ma’lumotlarni onlayn analitik qayta ishlanishi, muhim qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash uchun ma’lumotlarning tezkor tahlili.Izoh − Ma’lumotlar ustidagi operatsiyalar OLAP-mashinalar tomonidan amalga oshiriladi. Ma’lumotlarni saqlash uchun MOLAP, ROLAP va HOLAP dan foydalaniladi. OLAP atamasi Ye. Kodd (E.F.Codd) tomonidan 12 ta qoida bilan birga 1993-yilda taklif qilingan. Haqiqiy vaqtning transport protokoli|Ma’lumotlarni bitta yoki undan ortiq adresatga berilgan chegaralarda kechikish bilan yetkazishni kafolatlaydigan transport protokoli, ya’ni ma’lumotlar real vaqtda amalga oshirilishi mumkin. Haqiqiylik, asllik|1. Mantiqiy obyekt tasdiqlanganiga o‘xshashligini kafolatlovchi xususiyat.2. Ma’lumotlarning haqiqiy bo‘lish xususiyati yoki tizimlarning ma’lumotlar haqiqiyligini ta’minlay olish xususiyati. Haqiqiylikni aniqlashdagi almashish|Axborot almashinuvi yordamida qandaydir obyektning haqiqiyligini aniqlash uchun mo‘ljallangan mexanizm. Haqiqiylikni kriptografik aniqlash|Simmetrik shifrlash yoki ochiq kalit bilan shifrlashdan foydalaniladigan kriptografik o‘zgartirishlarga asoslangan holda, haqiqiylikni aniqlash. Haqiqiylikni tasdiqlash|Haqiqiylikni tasdiqlashga yo‘naltirilgan va axborot almashinuvi ko‘zda tutiladigan mexanizm. Haqiqiylikni tekshirish|Foydalanuvchining, o‘zini aynan shu odam deb ko‘rsatishligini tasdiqlovchi protsedu-ra. Oddiy holda foydalanuvchining, uning hisobga olish yozuvida saqlanadigan, parolni bilishi tekshiriladi. Haqiqiylikni tekshirish protokoli|Foydalanuvchining paroli va boshqa ma’lumotlari to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotlarni uzatishni amalga oshiruvchi haqiqiylikni tekshirish protokoli. Undan foydalangan holda uzoqlashgan nuqtadagi mijoz o‘z shaxsiy ma’lumotlarini serverga shifrlangan ko‘rinishda uzatadi. Microsoft korporatsiyasi Windows uchun mo‘ljallangan MS-CHAP protokolini ishlab chiqqan. Har doim, doimiy|Dasturning ishlashi davomida doimiy foydalaniladigan xususiyat, argument yoki parametr. Har tomonga yo‘naltirilgan antenna|Barcha azimutal yo‘nalishlar bo‘yicha har qanday vaqtda nurlanish xossasi bir xil bo‘lgan antenna. Har tomonga yo‘naltirilgan uya|Har tomonga yo‘naltirilgan antenna va bitta tayanch stansiyaga ega bo‘lgan, odatda, zonaning markazida joylashgan uyali aloqa tarmog‘idagi xizmat ko‘rsatish zonasi. Har tomonga yo‘naltirilgan yo‘nalganlik diagrammasi|Antennadan bir xil masofada o‘lchangan elektr maydon kuchlanganligi barcha yo‘nalishlar uchun bir xil bo‘lgan yo‘nalganlik diagrammasi. Har tomonlama havolalar jadvali|Translyator, assembler yoki komponovkachi beradigan va har bir identifikator uchun tur, manzil, aniqlash joyi va foydalanish joylarining ro‘yxati ko‘rsatilgan jadval. Harakat, ta’sir, amal|Foydalanuvchi tomonidan amalga oshiriladigan va dastur tomonidan qabul qilinadigan har qanday harakat. Harakatlanuvchi tasvirlar sohasidagi ekspertlarguruhi|Video va audio uchun standartlar ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan xalqaro tashkilot. MPEG 1983-yilda tashkil etilgan. Standartlashtirishda bu guruhga tasvirlarni zichlashtirish usullari, ularni uzatish va tiklash sohasi ajratilgan. 1993-yilda videodisklarda ishlatiladigan MPEG texnologiyasi standartlari ishlab chiqildi. 1995-yilda DVD raqamli videodisk pleyerlari, televizorlar, HDTV, videokameralar, yo‘ldosh tarmoqlarning raqamli televizion qabul qilgichlari uchun standartlar paydo bo‘ldi. Harakatni raqamli interpolyatsiyalash|Kamerani tez harakatlantirganda, keskin burishlar paytida yoki kadr yoyish chastotasi 100 Hz bo‘lganda, yuguruvchi satrda to‘lqinsimon xalaqitlarning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, tasvirning yetishmayotgan fazasini interpolyatsiyalash. Harbiy tarmoq|1984-yilda harbiy maqsadlarda ishonchli tarmoq xizmatini ta’minlash uchun ARPANET dan ajralib chiqqan tarmoq. Harf-raqamli kodlash|Harflar, sonlar va alifboning boshqa ramzlaridan tashkil topgan koddan foydalanib kodlash. Havo fideri|Simlarning parallel joylashishi bir-biriga nisbatan liniya bo‘ylab ayrim masofada joylashgan izolyatorlar bilan qayd etilgan simli liniya ko‘rinishidagi fider. Havo kabel|Havoda muallaq turadigan, ustunlar, bino devorlari va boshqa tayanchlar tutib turadigan telekommunikatsiya kabeli. Havo ko‘chma yo‘ldoshli xizmati|Ko‘chma yo‘ldoshli xizmat, bunda ko‘chma yer usti stansiyalari havo kemasining bortiga o‘rnatiladi; bu xizmatda qutqarish vositalari stansiyalari va falokat joyini ko‘rsatuvchi radiomayoq stansiyalari ham qatnashishi mumkin. Havo radionavigatsiya yo‘ldoshli xizmati|Yer stansiyalari havo kemasining bortiga o‘rnatiladigan radionavigatsiya yo‘ldoshli xizmati. Havola, aloqa kanali|1. Boshqa veb-sahifa, fayl, Internet-resurs bilan aktiv ulanish.2. Ikki kompyuter (ma’lumotlarni oluvchi va jo‘natuvchi) o‘rtasidagi kommunikatsion yo‘lning har qanday turi. Atama, odatda, global tarmoqlarga ko‘proq taalluqli. Havola biti|Sahifaga murojaat qilinmagan bo‘lsa 0 ga teng va agar sahifaga murojaat qilingan bo‘lsa 1 ga teng bo‘lgan sahifalar jadvalining element biti. Havolalar jadvali|Dasturni translyatsiya qilish jarayonida kompilyator tuzadigan jadval. Havorang-to‘q-qizil-sariq-qora|Rangli tasvirlarni monitorlar va printerlarda (purkagich printerlarda) chop etish uchun RGB ranglar jilosiga muqobil tizim. Dastlabki uch rangning aralashmasi qora rang beradi, ammo har doim ham toza chiqmaydi, shuning uchun yaxshi printerlarda qora rang uchun, bo‘yoqlarning aralashmasi emas, alohida kartrij ishlatiladi. Hayotiy sikl|Vaqtda obyekt (masalan, mahsulot yoki tizim) mavjudligi bosqichlarining ketma-ketligi. Ha/yo‘q|1. Interaktiv tizimning muayyan qaror qabul qilishga bo‘lgan so‘rovi.2. Terminalda tanlash imkoniyati. Foydalanuvchiga, tanlash ixtiyoriga bog‘liq holda yoki u (ha) yoki n (yo‘q) ni bosish taklif qilinadi. Himoya bloki|Aloqa vositalarini o‘ta yuqori kuchlanish va toklardan himoya qilish uchun mo‘ljallangan blok. Kabelli tarmoqlardagi kuchli impulsli xalaqitlar ayniqsa xavflidir. Himoya intervali|Videosignal darajalarining qora daraja va so‘ndirish darajasi o‘rtasidagi farqi. Himoya nisbati|1. Foydali radiosignal darajasining radio-qabulqiluvchi qurilmaning kirishidagi radioxalaqit darajasiga bo‘lgan minimal nisbati, bunda radioelektron vosita ishlashining talab etiladigan sifati ta’minlanadi.2. Foydali signal va xalaqit quvvatlari nisbatining minimal qiymati, bunda signallarning berilgan sifat bilan qabul qilinishi ta’minlanadi (detsibellarda ifodalanadi). Himoya profili|1. Amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan, iste’molchining spetsifik ehtiyojlariga javob beradigan, qandaydir toifadagi baholash obуektlari uchun mo‘ljallangan, xavfsizlik talablarining majmui.2. Funksional jihatdan to‘la, aprobatsiyadan o‘tgan, ko‘p marotaba foydalanish uchun mo‘ljallangan, standartlashtirilgan talablar to‘plami. himoyaga ega xotira|Istalgan yacheykasiga ruxsat etilmagan tarzda kira olishdan muhofaza qiluvchi maxsus vositalarga egs bo‘lgan xotira. Himoyalangan|Obyektning holati, bunda u tashqi negativ omillar ta’siridan bararqaror bo‘ladi. Himoyalangan axborotlashtirish texnik vositasi|Qayta ishlanadigan axborot yaxlitligi buzilishdan va texnik kanallar orqali chiqib ketishdan muhofaza qilish vositalari kompleksi bo‘lgan axborotlashtirish texnik vositasi. Himoyalangan tranzaksiyalar protokoli|Tarmoq muhitlarida, shu jumladan, Internetda amalga oshiriladigan kelishuvlar to‘g‘risidagi axborot konfidensialligini saqlashning yuqori darajasini, magnit va intellektual kartalardan foydalanib, to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yaxlitligini va to‘lov operatsiyalari barcha ishtirokchilarining autentifikatsiya qilinishini ta’minlaydigan ochiq standart. Himoyalash|Dasturiy ta’minotni buzishdan himoyalash. Himoyalash qurilmasi|O‘ta kuchlanish yoki ortiqcha toklardan yoki har ikkisidan himoyalovchi qurilma. Himoyalovchi harakat|Asosiyga qarama-qarshi yo‘nalishdagi antenna bilan yoki burchaklarning ma’lum belgilangan sektorida, shu signal bilan taqqoslaganda asosiy yo‘nalishda qabul qilinadigan signalning pasayishi. Hisobdan chiqarish|Pochta jo‘natmasining jo‘natilganligini yoki olinganligini bildiruvchi, markadan takroran foydalanishning oldini olish maqsadida qo‘l shtempeli, shtempellash mashinasi yoki sharikli ruchka bilan qo‘yiladigan pochta markasidagi belgi yoki istalgan turdagi boshka shtempellash belgisi. Hisobdorlik|Tizim subyektlari faoliyatini nazorat qilish va maʼlum harakatlar uchun javobgarlikni o‘rnatish uchun ularni individual identifikatorlar bilan bog‘lashga imkon beruvchi tizim xususiyati. AKT xavfsizligi tamoyillaridan biri. Hisobga oliishni boshqarish|Tegishli imkoniyatlar taqdim etish (o‘tkazish qobiliyatiga va xavfsizlik talablariga nisbatan) maqsadida, ma’lumotlar to‘plash hamda turli tarmoq resurslaridan yakka va guruh bo‘lib foydalanishni muvofiqlashtirish jarayoni. Hisobga olish ma’lumotlari|Hisobga olish predmeti to‘g‘risidagi ma’lumotlar va hisobga olishni yuritish doirasida to‘planadigan, qayta ishlanadigan va saqlanadigan xizmatga oid ma’lumotlar. Hisobga olish ma’lumotlarining ishonchliligi|Ma’lumotlarning, yuqori aniqlikda ma’lumotlarga o‘zgartirish kiritilganlik faktini, mohiyatini, kiritilish vaqti va uni bajargan shaxslarni aniqlash imkonini beradigan xossasi. Hisobga olish ma’lumotlarining yuridik ahamiyati|Hisobga olish ma’lumotlarining elektron ma’lumotlar asosida huquq va majburiyatlar belgilanish imkoniyatini ta’minlaydigan xossasi. Hisobga olish strategiyasi|Ko‘p foydalanishli va tarmoq operatsion tizimlari xavfsizlik tizimidagi qoidalar to‘plami, foydalanuvchining tizim bilan ishlash paytida o‘zini qanday tutishini va tizim resurslaridan foydalanishga ruxsat berilishini belgilaydi. Hisobga olish yozuvi|Xavfsizlik tizimi subyektini identifikatsiya qiluvchi axborot. Hisobga olish yozuvining ko‘rsatgichi bo‘lib, uning xavfsizlik identifikatori hisoblanadi. Foydalanuvchilar, guruhlar, kompyuterlar va domenlarning hisobga olish yozuvlari ajratiladi. Hisobga olish yozuvini blokirovkalash|Tizimda qayd etilishga muvaffaqiyatsiz urinishlar soni muayyan chegaradan oshganda, muayyan hisobga olish yozuvini blokirovkalash imkonini beradigan funksiya. Hisobga olish yozuvlari dispetcheri|Foydalanuvchilarning hisobga olish yozuvini, shuningdek, shu foydalanuvchilar turgan guruhlarni yaratish, o‘zgartirish va o‘chirish imkonini beradigan operatsion tizim dasturi yoki vositasi. Hisobga olishni uyushtiruvchi|Mustaqil ravishda hisobga olish ma’lumotlari to‘planishini, qayta ishlanishini va saqlanishini amalga oshiruvchi yoki boshqa shaxsni bu faoliyatni to‘liq yoki qisman amalga oshirish uchun vakil qilgan yoki zimmasiga yuklagan shaxs. Hisob-kitoblar tizimi|Xizmatlar ko‘rsatishning texnologik jarayoni ishtirokchilari o‘rtasida sarflangan pul xarajatlari to‘g‘risidagi axborotning taqsimlanishini taʼminlovchi, foydalanuvchilar, xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar va hisob-kitob markazlari (uchastkalari, guruhlari), umumiy foydalanish xizmatlarini taqdim etish punktlari, to‘lov punktlari hamda normativ-maʼlumotnoma axboroti, normativ-maʼlumotnoma hujjatlarining majmui. Hisoblagich|1. Dasturdagi o‘zgaruvchi yoki qandaydir operatsiyaning takrorlanish sonini aniqlaydigan apparat registri, masalan, siklni hisoblagich.2. Biror narsaning, masalan, foydalanilgan elektr energiyasi, gaz yoki suvning miqdorini o‘lchaydigan va qo‘shimcha ravishda, kattaligini, darajasini yoki jadalligini qayd etadigan qurilma.Izoh – Hisoblagich berilgan vaqt davri ichida iste’mol qilingan biror narsaning jami miqdori o‘lchanishi yuzasidan javob beradi.3. Biror-bir sayt yoki sahifaga kiruvchilar sonini hisoblashga mo‘ljallangan dastur. Zamonaviy hisoblagichlar kiruvchilarning noyobligini va bir soat yoki sutkada sahifaga kiruvchilarning o‘rtacha sonini hisoblash imkonini beradi. Hisoblash|Axborotni kompyuterda qayta ishlash jarayoni. Hisoblash eksperimenti|Kompyuter modeli ishlab chiqilgan hodisa, jarayon, mashinani o‘rganish usuli. Hisoblash eksperimentining sifati, modelning real obyektga o‘xshashligiga va hisoblanadigan parametrlarni belgilaydigan eksperimentatorga bog‘liq. Hisoblash eksperimentining boshqa har qanday eksperimentdan afzalligi, tezligining yuqori bo‘lishligida va xarajatlarning nisbatan kamligida. Texnika va informatikada, matematika, fizika, ximiya, biologiya, ekologiyada keng foydalaniladi. Hisoblash jarayoni|Hisoblash tizimi holatlarining vaqtda dastur belgilaydigan almashinishi. Hisoblash lingvistikasi|Lingvistika va sun’iy intellekt oralig‘idagi fan. Elektron hisoblash mashinasi yordamida tabiiy tillarning formal xususiyatlarini o‘rganish va analiz-sintez jarayonlarini hamda elektron hisoblash mashinasida tabiiy til matnlarini tushunishni modellash bilan shug‘ullanadi. Hisoblash majmui|Yagona hisoblash tizimi sifatida ishlaydigan ikki yoki undan ko‘p kompyuterlar majmui. Hisoblash mashinasi|Matematik, asosan axborot bilan bog‘liq vazifalarni hal qilishda ma’lumotlarni avtomatik qayta ishlash uchun mo‘ljallangan dasturiy vositalar va qurilmalar kompleksi. Mashinani boshqarish ma’lumotlarni qayta ishlash, dasturlar ko‘rinishida mashinaga kiritiladigan algoritmlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Dasturlar va ma’lumotlar mashina xotirasida saqlanadi. Asosiy qurilmasi markaziy protsessor. Hisoblash muhiti (tizimi, tuzilmasi, tarmog‘i)|Tarmoqning jami resurslaridan foydalanib, parallel, taqsimlangan hisoblashlar ko‘zda tutiladigan, kristalldagi funksional blok va tizimdan tortib, global, regional va muassasa kompyuter tarmoqlarigacha bo‘lgan turli darajdagi hisoblash vositalari (to‘liq bog‘langan, taqsimlangan, matritsali) arxitekturasi. Zarur bo‘lganda, eng murakkab va resurs ko‘p talab qiladigan vazifalarni hal qilish uchun maksimal hisoblash quvvatini ta’minlash imkonini beradi. Hisoblash murakkabligi|Qaysidir algoritm bajaradigan ish hajmi kirish ma’lumotlarining miqdoriga bog‘liqligi funksiyasini bildiruvchi informatika va algoritmlar nazariyasidagi tushuncha. Hisoblash murakkabligini o‘rganuvchi bo‘lim hisoblashlar murakkabligi nazariyasi deb nomlanadi. Hisoblash resurslarining almashinuvi|Internetga ulangan bir necha kompyuter o‘rtasida, hisoblash va boshqa resurslari bilan ayirboshlash imkoniyatini ta’minlaydigan axborot texnologiyasi. Hisoblash tarmog‘i|1. Axborotning taqsimlangan qayta ishlanishini tashkil qilish uchun mo‘ljallangan, o‘zaro bog‘langan va bu bog‘lanishni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan maʼlumotlar uzatish tarmog‘i va/yoki texnik vositalarning majmui.2.Hududiy jihatdan tarqoq maʼlumotlarni qayta ishlash tizimlari, telekommunikatsiyalar va maʼlumotlar uzatish vositalari va/yoki tizimlarining, foydalanuvchilarga uning resurslaridan masofadan va jamoaviy foydalanish imkonini beradigan o‘zaro bog‘langan majmui. Hisoblash tarmog‘ini muhofaza qilish|Apparat, dasturiy va kriptografik muhofaza qilish usullari hamda vositalaridan, shuningdek tashkiliy tadbirlardan foydalanish yo‘li bilan, foydalanuvchilarning tarmoq elementlari hamda resurslaridan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishlariga yo‘l qo‘ymaslik. Hisoblash texnikasi|Axborotni qayta ishlash bilan bog‘liq bo‘lgan mehnat talab masalalarning, jumladan, hisoblash jarayonini sonli, qisman yoki to‘liq avtomatlashtirish yo‘li bilan hal etilishini osonlashtirish va tezlashtirish uchun qo‘llaniladigan usullar va yo‘llar, texnik va matematik vositalar majmui. Hisoblash texnikasi obyekti|O‘zida hisoblash texnikasi vositalari kompleksini ifodalaydigan, axborotni qayta ishlashning muayyan funksiyalarini bajarish uchun mo‘ljallangan statsionar yoki ko‘chma obyekt.Izohlar1. Hisoblash texnikasi obyektlariga avtomatlashtirilgan tizimlar, avtomatlashtirilgan ish joylari, axborot-hisoblash markazlari va hisoblash texnikasi vositalarining boshqa komplekslari kiradi.2. Hisoblash texnikasi obyektlariga, shuningdek, hisoblash texnikasining, axborotni qayta ishlashning mustaqil funksiyalarini bajaradigan ayrim vositalari ham kiradi. Hisoblash texnikasi vositalarining (avtomatlashtirilgan tizimning) muhofaza qilinganlik ko‘rsatgichlari|Muhofaza qilinganlik ko‘rsatgichlarini aks ettiruvchi va hisoblash texnikasi vositalari (avtomatlashtirilgan tizim) ning muhofaza qilinganlik klassiga muvofiq daraja va kenglik bo‘yicha o‘zgaradigan talablarning ma’lum guruhi bilan tavsiflanadigan hisoblash texnikasi vositalari (avtomatlashtirilgan tizim)ning xarakteristikasi. Hisoblash texnikasi vositalarining (avtomatlashtirilgan tizimning) muhofaza qilinganlik turkumi|Hisoblash texnikasi vositalari (avtomatlashtirilgan tizim)ni axborotdan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishdan muhofaza qilish bo‘yicha talablarning muayyan majmui. Hisoblash texnikasi vositasiga mikrosekundli impuls xalaqit|Davomiyligi bir mikrosekunddan bir millisekundgacha bo‘lgan oraliqda yotuvchi, hisoblash texnikasi vositasiga ta’sir qiladigan impulsli xalaqit. Hisoblash tizimi|Hisoblash texnikasining muayyan amaliy masalalarini hal etish uchun mo‘ljallangan moddiy va mantiqiy (dasturiy) vositalar majmui. Hisoblash tizimidan qasddan foydalanish|Shaxsiy, odatda moliyaviy foyda olish maqsadida hisoblash tizimi ichida axborot bilan manipulyatsiya qilishga qaratilgan har qanday faoliyat. Hisoblash tizimining muhofazasi|Qar.: Kompyuter muhofazasi. Hisoblash tizimlari sohasidagi strategiya loyihasi, CSPP guruhi|AQShning o‘n bitta boshqaruvchi yirik kompyuter kompaniyasidan iborat assotsiatsiya. AQSh axborot texnologiyalarining yanada rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqadi. Hisoblashga qaytarib bo‘lmaydigan funksiya|Berilgan argument bo‘yicha funksiyaning qiymati oson hisoblanadigan va funksiyaning berilgan qiymatiga asosan uning argumentini hisoblash qiyin bo‘lgan funksiyalar. Hisobot|Foydalanuvchining so‘roviga ko‘ra to‘ldiri-ladigan va ekranga, fayl yoki bosmaga chiqariladigan, maxsus shakllantiriladigan chiqish shakli. Hisobotlarda sarlavha, sahi-falarning raqamlari, ko‘rsatuvchi yakunlar, o‘rtacha qiymatlar, hisoblab chiqariladigan maydonlar va h.k. bo‘ladi. Hisobotlar dasturi generatori|Hisobotlar formalarini (report) dasturlash uchun IBM korporatsiyasi tomonidan 1965-yilda ishlab chiqilgan til. Hisobotlar generatori|Dasturchi bo‘lmagan foydalanuvchiga o‘z ma’lumotlar bazasi uchun hisobotlar shaklini tayyorlash imkonini beradigan dastur (yoki dasturlar paketi). Hisobotlar va ko‘chirmalar amaliy tili|Umumiy shlyuz interfeysi ssenariylarini yaratish uchun mo‘ljallangan dasturlash tili. Talqin qiluvchi turdagi kuchli til. XX asrning 80-yillarida Lari Uoll tomonidan yaratilgan. Hodisa|1. Muhim normal yoki normaldan farq qiluvchi holatning paydo bo‘lishi.2. Voqealarning muqarrar bir-biriga to‘g‘ri kelib qolish holati.Izohlar1. Voqea-hodisa bir yoki bir necha marta yuzaga kelishi va bir qancha sababga ega bo‘lishi mumkin.2. Voqea-hodisa ma’lum yoki noma’lum bo‘lishi mumkin.3. «Voqea-hodisa» atamasi o‘rniga «insident» yoki «baxtsiz hodisa» atamalaridan ham foydalanish mumkin. Hodisa alomati|Voqeaning bajarish indikatori yoki muvaffaqiyatli bajarilishi hisoblanadigan parametr yoki tashqi o‘zgaruvchi. Hodisalar jurnali|Operatsion tizimdagi ahamiyatga ega bo‘lgan hodisalarni qayd etuvchi reyestr. Tizim administratorlarining ishini yengillashtirish uchun xizmat qiladi. Hodisalarni kuzatuvchi|Jurnaldan hodisalar to‘g‘risidagi xabarlarni o‘qish uchun mo‘ljallangan dastur. Holat|Obyekt o‘zgaruvchan parametrlarining ko‘plab barqaror qiymatlari majmuasini ifodalaydigan tushuncha. Holat satri|Dasturning ishchi oynasidagi, jarayonlar va instrumentlar (vositalar) xossalari to‘g‘risidagi joriy va yordamchi ma’lumotlar aks etadigan, ajratilgan soha. Hoshiya|Predmetlarning chetini yoritadigan maxsus effekt. Hududiy boshqarma|O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining boshqarmasi. Asosiy vazifalari hududiy darajada mintaqaning axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishining borishini tahlil qilish, litsenziya bitimlari shartlarining bajarilishi, radiochastota spektridan foydalanish, shuningdek, Milliy axborot tizimi va «Elektron hukumat» tizimini shakllantirish va rivojlantirish doirasida joylardagi davlat hokimiyat organlarida tadbirlarni amalga oshirish hamda bajarilishini nazorat qilish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish hisoblanadi. Hujjat|Ilovada yaratilgan, o‘ziga xos nom bilan saqlangan va keyinchalik shu nom orqali foydalaniladigan ixtiyoriy fayl. Bu faylning nomi o‘zi joylashgan katalogda takrorlanmasligi kerak. Hujjat aylanishi|Hujjatlar yaratilgan yoki olingan paytdan boshlab bajarilishi tugallangungacha: tashkilotdan jo‘natilgungacha va/yoki arxivga yuborilgungacha ularning harakatlanishini tashkil qilish bo‘yicha ishlar. Hujjat aylanishining hajmi|Tashkilotga kelib tushgan va u tomonidan ma’lum davr uchun tuzilgan hujjatlar soni. (Hujjat) formati|Ma’lumotlar turiga cheklov o‘rnatilgan ma’lumotlarni taqdim etishning aniq shakli.Izoh – Fayllar formati, kodlash, gipermatn strukturalari. Hujjat muallifi|Hujjatni tuzgan jismoniy yoki yuridik shaxs. Hujjat nusxasi|Asl hujjatdagi axborotni va uning barcha tashqi belgilari yoki yuridik kuchga ega bo‘lmagam qismini to‘liq qayta tiklaydigan hujjat. (Hujjat) qonuniyligi|Namoyish qilinayotgan hujjat taqdimoti, hujjatning hayot sikli davomida foydalanilgan texnologiyalarning qonuniyligini obyektiv tasdiqlaydigan parametrlarga ega ekanligini ko‘rsatuvchi hujjat xususiyati. Hujjat rezolyutsiyasi|Mansabdor shaxs tomonidan hujjatga qo‘yilgan va u qabul qilgan qarorga ega yozuvdan iborat rekvizit. Hujjat tarkibi|Hujjat to‘g‘risidagi axborotni aks ettiradigan va odam idrok qilishi uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar. Hujjat turining nomi|Hujjatning turini belgilaydigan hujjat rekviziti. Hujjat versiyasi|Hujjatni ishlab chiqishning ma’lum bosqichiga mos keluvchi elektron hujjat. Hujjatlar|Foydalanuvchiga tegishli bo‘lgan axborotlar majmui. Shuningdek, hujjat egasi va administratordan boshqa kishi kira olish huquqiga ega bo‘lmagan maxsus papka. Hujjatlar nomenklaturasi|Tashkilotda ularni saqlash muddatlarini ko‘rsatib, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan holatda yuritiladigan ish nomlarining tizimlashtirilgan ro‘yxati. Hujjatlar va topshiriqlarni marshrutlash|Bajaruvchining ish joyiga hujjatlarni va topshiriqlarni yetkazish. Marshrutlashning ikkita: On-line (foydalanuvchining shaxsiy papkasida topshiriq kartochkasiga yorliqni joylashtirish) va Off-line (topshiriqni elektron pochta orqali jo‘natish) usuli mavjud. Hujjat bilan ishlayotgan foydalanuvchi tomonidan topshirilishi mumkin bo‘lgan, bir foydalanuvchidan boshqasiga hujjatning harakatlanish marshrutini aniqlash. Hujjatlarni boshqarish tizimi|Tashkilot hujjatlarini tuzish, tahrir qilish, tarqatish, saqlash, izlash, qabul qilish, ro‘yxatga olish, hisobini yuritish va boshqa qator operatsiyalarni bajaruvchi dasturiy tizim. Hujjatlarni indekslash|Axborot-qidiruv tili atamalarida so‘rovlar va hujjatlar mazmunini tavsiflash jarayoni; hujjatga, uning ma’naviy mazmunini aks ettiradigan asosiy so‘zlar to‘plamini belgilash. Hujjatlarni qayta ishlash|Faylni (hujjatni) izlash, yaratish, tahrir qilish, saqlash. Hujjatlarni ro‘yxatga olishning avtomatlashtirilgan shakli|Maxsus dasturiy ta’minotdan foydalanib hujjatni ro‘yxatga olish usuli. Hujjatlarning obyekt modeli|Bitta veb-sahifadagi obyektlar va tasvirlarning manipulyatsiya qilinadigan usullarini belgilaydigan WWW konsorsium standarti. Hujjatlashtirilgan axborot|1. Moddiy tashuvchida qayd etilgan va uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan rekvizitlarga ega axborot.2. Tashkilotni boshqarish va uning ishlashi uchun zarur axborot, shuningdek, axborot saqlanadigan moddiy tashuvchi.Izoh – Hujjatlashtirilgan axborot har qanday shaklda va har qanday tashuvchida taqdim etilishi, shuningdek, har qanday manbadan olinishi mumkin. Hujjatlashtirilmagan axborot|Jismoniy shaxslar tashiydigan yoki ramz, timsol, signal, texnik yechim, jarayonlar shaklida fizik maydon va muhitlarda aks ettirilgan maʼlumotlar. Hujjatlashtirish|Belgilangan qoidalarga ko‘ra turli tashuvchilardagi axborot yozuvi. Hujjatli axborot-qidiruv tizimi|Zarur axborotni o‘zida saqlovchi hujjatlarni izlash uchun mo‘ljallangan tizim. Hujjatli axborot-qidiruv tizimining izlash massivi hujjatlarning izlash tasviri yoki hujjatlarning o‘zidan tashkil topgan bo‘ladi. Hujjatli nusxa|Fayl yoki ekran ichidagining, qog‘oz, plyonka yoki boshqa elektron bo‘lmagan tashuvchidagi nusxasi. Hujjatni bajarish muddati|Normativ-huquqiy hujjatlar, tashkiliy-farmoyish hujjatlari yoki rezolyutsiyalarda belgilangan muddat. (Hujjatni) tahrir qilish|Hujjat tarkibi, tuzilmasi va/yoki atributlarini tuzish va/yoki o‘zgartirishni o‘z ichiga oladigan hujjatni qayta ishlash jarayoni. Hujjatning elektron qayd qilish-nazorat kartochkasi|Hujjat rekvizitlarini kiritish uchun mo‘ljallangan maydonlar to‘plami shakli. Hujjatning hayotiy sikli|Hujjatni shakllantirish onidan arxivga (saqlashga) yoki yo’q qilish uchun topshirishgacha bo‘lgan jarayon. Hujjatning qayd etilganligi|Hujjatning, uni taqdim etish shaklidan qat’i nazar, unda mavjud ma’lumotlarni ifodalaydigan funksional xususiyati. Hujjatning yuridik kuchi|Rasmiy hujjatning, uni tayyorlagan organ vakolati doirasida va o‘rnatilgan rasmiylashtirish tartibiga ko‘ra, unga amaldagi qonun hujjatlariga ko‘ra xabar qilinadigan xususiyati. Hujum|1. Aktivlarni yo‘q qilish, ochish, o‘zgartirish, blokirovkalash, tutib olish, ruxsat etilmagan foydalanish huquqini olish yoki aktivlardan ruxsatsiz foydalanishga urinish.2. Buzg‘unchi tomonidan avtomatlashtirilgan tizim zaifliklaridan foydalanish yo‘li bilan tahdidni amalga oshirish harakati.3. Xavfsizlikni ta’minlash mexanizmlarini chetlab o‘tish maqsadida yoki ularning kamchiliklaridan foydalanish maqsadida qo‘llaniladigan harakatlar.4. Axborotni qo‘lga kiritish, unga putur yetkazish (obro‘sizlantirish), tarmoq xizmati rejimini buzish va boshqa maqsadda tizim himoyasini buzishga urinish.5. Tizim himoyasini yengib o‘tishga urinish. Hujum ma’lumotlarni o‘zgartirishga olib keluvchi aktiv yoki passiv bo‘lishi mumkin.Izoh Hujumning amalga oshirilganligi uning muvaffaqiyatini bildirmaydi. Hujumning «muvaffaqiyat» darajasi tizim qanchalik zaifligiga va muhofaza choralarining samaradorligiga bog‘liq. Hujum potensiali|Baholash obyektiga hujum qilishda ishlatish uchun kerak bo‘lgan, buzg‘unchining kompetentlik, resurslar va motivatsiya ko‘rsatgichlarida ifodalangan kuch o‘lchovi. Hujum yuzasi|Kompyuter tizimlari axborot xavfsizligi vazifalarini yechishda qo‘llaniladigan va mumkin bo‘lgan zaif joylarning umumiy sonini bildiradigan atama. Serverda qancha ko‘p komponent o‘rnatilgan bo‘lsa, mumkin bo‘lgan zaif joylarning soni shunchalik ko‘p va demak, hujum yuzasi shunchalik katta bo‘ladi. Hujumlarni aniqlash|Tizim obyektlariga bo‘ladigan hujumlarni aniqlash uchun qo‘llaniladigan mexanizm. Hujumlarni aniqlaydigan IETF ishchi guruhi|Hujumlarni aniqlash muhitida Internet standartlarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan guruh. «HUKUMATGA OID» belgili pochta jo‘natmasi|Pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanganda afzalliklar taqdim etiladigan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatda ko‘rsatilgan alohida toifadagi foydalanuvchilar tomonidan jo‘natiladigan pochta jo‘natmasi. Hukumat shlyuzi|Turli davlat idoralari axborot tizimlarining integratsiyasi ta’minlanadigan ilovalar to‘plami. Huquqiy informatika|Huquqda (yoki huquqiy tizimda) axborot, axborot jarayonlari va axborot tizimlarini o‘rganuvchi fan. Huquqiy informatikaning tadqiqot obyektlari:- huquqiy tizimda axborot maxsus obyekt turi sifatida;- huquqiy tizimda axborot jarayonlari va ular bajarilayotganda paydo bo‘ladigan axborot munosabatlari;- huquqiy maqsadlarda qo‘llaniladigan hisoblash texnikasi, aloqa va telekommunikatsiyalar vositalari asosida yaratiladigan axborot tizimlari, axborot-telekommunikatsiya texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari, jumladan, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari, maʼlumotlar bazalari va banklari, ularning tizimlari, boshqa axborot texnologiyalari. Huquqiy kibernetika|Huquqiy tizimning ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish tizimi sifatidagi axborot xususiyatlarini o‘rganuvchi fan. Huquqlar|Tizimda biror bir operatsiyalarni bajarish huquqi. Administrator tomonidan boshqariladi. Huquqni belgilovchi (huquqni yuzaga keltiradigan) hisobga olish hodisasi|Yuzaga kelishi, o‘zgarishi yoki tugallanishi davlat hisobga olish tizimida qayd etilmasdan mumkin bo‘lmagan huquq va/yoki majburiyatlarni yuzaga keltiradigan, o‘zgartiradigan yoki tugatadigan hisobga olish hodisasi. Huquqni tasdiqlaydigan (guvohlik beradigan) hisobga olish hodisasi|Muayyan shaxs huquqlari va/yoki majburiyatlarining yuzaga kelishini, o‘zgarishi yoki tugallanishini aks ettiradigan hisobga olish hodisasi (huquqni belgilaydigan hujjatlar yoki hodisalarga nisbatan ikkilamchi hodisa).I Identifikator|1. Tegishli baholash obyekti kontekstida mantiqiy obyekt (masalan, foydalanuvchi, jarayon yoki disk) qat’iy identifikatsiya qilinganligining taqdim etilishi.Izoh – Bunga simvollar qatori misol sifatida ko‘rsatilishi mumkin. Foydalanuvchi-odam uchun uning to‘liq yoki qisqartirilgan ismi, yo (shaxsiy) laqabi ko‘rsatilishi mumkin.2. Obyektni tavsiflovchi va uni boshqa ko‘plab obyektlar orasida ajratib ko‘rsatish imkonini beruvchi kod yoki ramziy nom. Identifikator tarmoq turini, protokolini, port raqamini va b.q. ko‘rsatishi mumkin.3. Foydalana olish subyekti yoki obyektining farqli belgisini aks ettiruvchi, foydalana olishni identifikatsiya qilish vositasi. Foydalanuvchilar uchun foydalana olishni identifikatsiya qilishning asosiy vositasi parol hisoblanadi. Identifikator turkumi|Identifikatorning qiymat bilan bog‘lanish va undan foydalanish usulini belgilovchi toifa. Identifikatsion (kodli) karta|Foydalanuvchining axborot resursidan foydalana olishini identifikatsiya qilish uchun mo‘ljallangan, kodli so‘z (parol) tushirilgan, perforatsiyalangan qog‘oz yoki magnit karta. Identifikatsion belgi|Kodlangan yoki shifrlangan ko‘rinishdagi haqiqiy axborot (muallif, dastur nomi). Identifikatsion ma’lumotlar|Autentifikatsiya vaqtida so‘raladigan va foydalanuvchini, guruhlarning aloqasini yoki identifikatsiyaning boshqa atributlarini ifodalaydigan axborot. Identifikatsion ma’lumotlar ombori|Umumiy foydalanish uchun mo‘ljallangan identifikatsion ma’lumotlar saqlanadigan, konfiguratsiyalangan repozitoriy. Identifikatsion ma’lumotlar puli|Bir xil foydalana olish huquqlariga ega identifikatsion ma’luomotlar guruhi. Pulni xizmatlar guruhiga ham yoki xizmatlarning guruhlar to‘plamiga ham berish mumkin. Identifikatsion xavfsizlik siyosati|Foydalaniladigan tarmoq resurslarining, tarmoq foydalanuvchilarining, foydalanuvchilar guruhining identifikatsiyalovchi xossalari va/yoki atributlariga asoslangan xavfsizlik siyosati. Identifikatsiya qilish|1. Foydalana olish subyektlari va obyektlariga identifikator berish va/yoki taqdim etilayotgan identifikatorni o‘zlashtirilgan identifikatorlar ro‘yxati bilan solishtirish.2. Tizimning ayrim komponentlarini, odatda tizimda qabul qilinadigan noyob nomlar (identifikatorlar) yordamida aniqlash jarayoni.3. Foydalanuvchining shaxsini, unga tizim bilan ishlashda huquq va imtiyozlarning ma’lum to‘plamini berish maqsadida aniqlash, masalan, foydalanuvchiga taalluqli xavfsizlik identifikatorini belgilash. Identifikatsiyalash ishonchliligini oshirish qurilmasi|Telekommunikatsiyalar kanallari orqali olisdagi terminallardan uzatilgan identifikatsiya xatolari tuzatilishini ta’minlaydigan dasturiy-apparat qurilma.Izoh – Xatolarni tuzatish uchun turli usullar; xabarlarni uzatuvchi tomonga original bilan taqqoslash uchun qayta yuborish; xabar bilan bir vaqtda nazorat razryadlarini yuborish; ortiqcha kodlardan (Xemming kodi, siklik kodlar) foydalanish va h.k. qo‘llaniladi. Identifikatsiyalash tizimi|Axborotga oid (informatsion) o‘zaro hamkorlik jarayonida tomonlarni autentifikatsiya qilish funksiyasini bajaradigan kriptografik tizim. Ideogramma|Obyektni, butun so‘zni, tushunchani va ular bilan qo‘shilib keladigan tovush elementlarini bildiradigan, shartli grafik belgi. Idoralararo elektron hamkorlik|Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida davlat organlari o‘rtasida maʼlumotlar almashinish. Idoralararo elektron so‘rov|Davlat organining, davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va ma’lumot taqdim etilishi to‘g‘risida, talabnoma beruvchining so‘rovi asosida so‘raladigan hujjatlar va ma’lumotga ega bo‘lgan tashkilotlarga elektron hujjat shaklida yuborilgan talabnomasi. Idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik|Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida davlat organlari o‘rtasida ma’lumotlar almashinish. Idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik tizimi|Mahalliy hokimiyat organlariga, kredit tashkilotlariga (banklarga), nodavlat pensiya fondlariga, bu tizimning boshqa qatnashchilariga, fuqarolar va tashkilotlarga elektron shaklda davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun zarur bo‘ladigan ma’lumotlarni almashinish imkonini beradigan axborot tizimi. Idoralararo integratsion platforma|Idoralararo o‘zaro hamkorlikni tashkil qilish va elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish doirasida elektron hukumat axborot tizimlarini integratsiyalash uchun mo‘ljallangan apparat-dasturiy vositalar majmui. Idoralararo kompyuter tarmog‘i|Bitta yoki bir necha davlat doirasida bir necha idoralarning lokal va korporativ tarmoqlarini birlashtiruvchi axborot- hisoblash tarmog‘i. Idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘i|Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatadigan davlat organlarining idoraviy va idoralararo axborot resurslari va elektron hukumat markaziy ma’lumotlar bazalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik uchun belgilangan tarmoq. Idoraning rasmiy sayti|Internet tarmog‘ida noyob manzilga ega bo‘lgan, tashkilotlar va fuqarolarga tegishli idoraning faoliyati to‘g‘risidagi axborotdan, shuningdek, axborot bilan bog‘liq va boshqa xizmatlardan (servislardan) foydalana olishni ta’minlaydigan, davlat organi axborot-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlarining majmui. Ifloslanish|Bitta maxfiylik grifi yoki xavfsizlik toifasidagi ma’lumotlarni maxfiylik grifining darajasi pastroq bo‘lgan yoki boshqa xavfsizlik toifasidagi ma’lumotlarga kiritish. Ifoda|Mаtematik formula va/yoki nisbat bilan ifodalangan, ma’lumotlar ustida qandaydir operatsiyalar bajarilishini dasturlash tilida yozish. Operatsiyalar belgilari (operatorlar) bilan birlashtirilgan o‘zgaruvchilar, konstantalar, funksiyalardan (ularning barchasi operandlar deb ataladi) iborat. Operatsiyalar unar (bitta operand bilan), binar (ikkita operand bilan) bo‘ladi. Arifmetik, mantiqiy va simvolli ifodalar mavjud. Ignasimon yo‘nalganlik diagrammasi|Antennaning maksimal nurlanish o‘qiga nisbatan simmetrik bo‘lgan tor yo‘nalganlik diagrammasi. Ijaradagi liniya|Monopol (yakka tartibda) foydalanish uchun abonentga (tashkilot yoki xususiy shaxsga) ajratilgan, «nuqta-nuqta» turidagi, kommutatsiyalanmaydigan yer usti yoki yo‘ldoshli aloqa liniyasi. Ijaraga olingan kanal|Tarmoq operatori tomonidan tarmoq foydalanuvchisiga shartnoma asosida ijaraga berilgan kanal. Ijtimoiy informatika|Jamiyatda axborot harakatlanishi qonuniyatlari va shakllari to‘g‘risidagi fan. Informatikaning ilmiy tadqiqotlarning yangi fanlararo sohasini bildiruvchi bo‘limi. Ijtimoiy muhandislik|Kompyuter tizimlariga texnik vositalardan foydalanmasdan hujum qilish usuli. Bu usul inson omiliga, uning ojizligiga asoslangan. Ijtimoiy munosabatlar|Ijtimoiy subyektlar o‘rtasida hayotiy ne’matlar taqsimlanishida ijtimoiy adolat bo‘lishi va subyektlarning tengligi, shaxsning qaror topish va rivojlanish sharoitlari, moddity, ijtimoiy, ma’naviy ehtiyojlar qondirilishi yuzasidan amalga oshiriladigan munosabatlar. Ijtimoiy tarmoq|Internetda ijtimoiy o‘zaro munosabatlarni qurish, aks ettirish va tashkillashtirish uchun mo‘ljallangan platforma, onlayn-servis, veb-sayt. Ikki bog‘lanishli topologiya|Uzellarning har bir jufti, kam deganda, ikkita bog‘lovchi liniyaga ega bo‘ladigan tarmoqning tuzilmaviy sxemasi. Ikki diapazonli (ikkita diapazonda ishlash)|Turli chastota diapazonlarida, masalan, GSM 900 va GSM 1800 ishlay oladigan mobil telefon.Izoh − Dual Band markasi bo‘lgan GSM tarmoqlarining telefonlari va uskunasi ikkita chastota diapazonida ishlay oladi. Ikki fazali kod|Birining davri taktli intervalga, ikkinchisi esa taktli intervalning yarmiga teng bo‘lgan ikki holat ikkita chastota impulslari orqali uzatiladigan kod. Ikki hissa almashinuv tezligiga ega bo‘lgan SDRAM|DDR SDRAM mikrosxemasi (texnologiyasi, xotirasi) sinxron dinamik tezkor xotira qurilmasi mikrosxemalarining turi bo‘lib, unda ma’lumotlar uzatish takt signalining ikkala frontida ham amalga oshiriladi, bu esa ma’lumotlar almashinuvi tezligini ikki hissa oshirsh imkonini beradi. Ikki kanalli (n-kanalli) televizion server|Ikki (n ta) mustaqil ishlaydigan televizion kanalga ega televizion server. Ikki ko‘zguli antenna|Ikkita asosiy reflektor va kontrreflektor ko‘zgudan iborat bo‘lgan ko‘zguli antennalar.Izoh – Antennaning ikki ko‘zguli sxemasi antenna yo‘nalganlik diagrammasi yon yaproqlarining kichik darajasini ta‘minlaydi, shuning uchun u ko‘proq uzatuvchi antennalarda ishlatiladi. Ikki liniyali ulanish|Abonent terminalini bir vaqtda tarmoqning ikkita uzeliga ulash. Ikkinchi liniya, odatda rezerv hisoblanadi, yaʼni u orqali normal ish sharoitlarida ishlash qobiliyatini nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan uncha katta bo‘lmagan xizmatga oid oqim uzatiladi. Ikki marta bosish|«Sichqoncha» tugmasini ikki marta tez bosish. Foydalanuvchining grafik interfeysida obyektni tez tanlash yoki qandaydir ishni amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Ikki nuqta|Dasturlash tilida qatordagi operatorlarni ajratish uchun qo‘llaniladi. Masalan, Beysik tilida bir satrda yozilgan operatorlar ikki nuqta orqali ajratiladi. Ikki nuqtali aloqa protokoli|SLIP protokolining davomchisi. Bu protokol marshrutizatorni marshrutizator bilan va xost-mashinani tarmoq bilan sinxron va asinxron aloqa liniyalari bo‘yicha ulashni o‘rnatadi. Agar SLIP protokoli faqat IP-protokoli bilan ishlash uchun loyihalashtirilgan bo‘lsa, RRR protokoli esa tarmoq sathidagi bir necha protokollar bilan IP, IPX va ARA protokollarini qo‘shgan holda, ishlash uchun loyihalashtirilgan. RRR protokoli, shuningdek, axborotni muhofaza qilishning o‘rnatilgan mexanizmiga ega: SNAR va RAR protokollari. Ikki nuqtali bog‘lanish|Faqat ikkita punkt o‘rtasida o‘rnatiladigan bog‘lanish. Ikki nuqtali topologiya|Tarmoqning, ikki uzelini o‘zaro biron-bir kommutatsion uskunadan foydalanmasdan bog‘laydigan, oddiy fragmenti. Soddaligiga qaramay, bu bazaviy topologiyadan axborotni yuqori tezlikli magistral aloqa liniyalari orqali uzatishda keng foydalaniladi. Ikki polosali|C-diapazon signallari kabi Ku-diapazon (12 GHz dan 18 GHz gacha) signallari bilan ham ishlash imkoniyatiga ega bo‘lgan uskuna va antennalarni belgilashda foydalaniladigan atama. Ikki portli|Operatsiyalarning parallel bajarilishini topshirish uchun, mustaqil ikkita kirish nuqtasi bo‘lgan xotira mikrosxemasi. Ikki portli xotira|Bir vaqtda bittadan ortiq protsessor yoki kontroller erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan xotira. Ikki portli shlyuz|Tarmoqlararo ekran dasturiy ta’minoti ishlaydigan va ikkita – biri ichki tarmoqqa, ikkinchisi tashqi tarmoqqa ulangan tarmoq kartalariga ega bo‘lgan kompyuter. Shlyuz axborotni bir tarmoqdan ikkinchisiga, ular o‘rtasida bevosita o‘zaro ta’sirni istisno qilgan holda, uzatadi. Ikki pog‘onali tizim|Ikki pog‘onasida joylashgan kollektor va taqsimlash kanallariga ega bo‘lgan kanallar tizimi. Ikki protsessorli|Ikkita protsessorli kompyuter. Ikki rangda ko‘rish|Barcha ranglar tegishli tarzda tanlangan faqat ikkita qo‘zg‘atuvchi aralashmasi bilan mos kelishi mumkin bo‘lgan normal bo‘lmagan rang ko‘rish. Ikki rejimli terminal|Turli tarmoqlarda ishlashga mo‘ljallangan abonent terminali.Misol – analog va raqamli standartlarda (TDMA/ AMPS), yo‘ldoshli va uyali aloqa GSM/Glo-balstar rejimlarida ishlaydigan terminallar. Ikki standartli telefon|Turli tarmoqlarda, masalan, CDMA va AMPS, GSM va DECT da ishlay oladigan mobil telefon. Ikki tomonga yo‘naltirilgan port|Ma’lumotlar ikkala yo‘nalishda yuborilishi mumkin bo‘lgan port. Ikki tomonga yo‘naltirilgan interfeys|Bir vaqtning o‘zida aloqaning ikkala yo‘nalishida maʼlumotlar uzatilishini taʼminlovchi interfeys. Ikki tomonlama bog‘lanish|Tarmoq elementlarining istalgan jufti o‘rtasida ikki aloqa liniyasining mavjud bo‘la olishi. Ikki tomonlama muvofiqlashtirish|To‘g‘ri va teskari yo‘nalishlarda aloqa kanallarining real xarakteristikalari hisobga olingan holda, liniyalarning parametrlari va ish rejimlarini tanlash amalga oshiriladigan, bog‘lanishni o‘rnatish protsedurasi. Ikki tomonlama xotira moduli|DRAM xotira modullarining form-faktori. Modulning turli tomonlarida joylashgan kontaktlarning bog‘liq bo‘lmasligi DIMM ning asosiy farqi hisoblanadi. DIMM 64 (juftlikni nazorat qilmasdan) yoki 72 (juftlik yoki ESS kodi bo‘yicha nazorat qilish bilan) ma’lumotlar uzatish liniyasida xatolarni aniqlash va tuzatish funksiyasini bajaradi. Ikki tomonlama yo‘naltirilgan antenna|1. Bitta machtada joylashgan va qarama-qarshi tomonga yo‘naltirilgan ikkita yo‘naltirilgan antennadan iborat antennali tizim.2. Radiosignallarni ikki yo‘nalishda bir vaqtda nurlantiruvchi ikki yaproqli yo‘nalganlik diagrammasiga ega antenna. Ikki uyli shlyuz|Brandmauerning dasturiy taʼminoti ishlaydigan va biri ichki tarmoqqa, boshqa biri tashqi tarmoqqa ulangan ikkita tarmoq interfeys platasi bo‘lgan kompyuter.Izoh – Shlyuz axborotni bir tarmoqdan ikkinchi tarmoqqa uzatadi, ular o‘rtasida bevosita taʼsirga yo‘l qo‘ymagan holda. Seans va amaliy sath shlyuzlari ikki uyli shlyuzga kiradi. «Ikki yarim» yoki «gibrid» animatsiya|Uch o‘lchamli perspektiva imitatsiyasiga ega ikki o‘lchamli animatsiya. Obyektlarning «ko‘p qatlamli» siljishidan foydalanilganda «yaqinda joylashgan»larga nisbatan «uzoqlashgan» obyektlar sekinroq siljiydi. Ikki yo‘nalishli|Ikki tomonga yo‘naltirilgan signal. Ikki yo‘nalishli oldindan aytish|«Oldinga» (o‘tgan videokadrlar bo‘yicha) yoki «orqaga» (oldindagi videokadrlar bo‘yicha) oldindan aytishdan foydalaniladigan kodlash usuli. Ikki o‘lchamli grafika|X va Y o‘qlari bo‘yicha ikkita koordinata bilan tavsiflanadigan grafika. Ikki o‘lchamli taxminlash, 2-D taxminlash|Taxminlangan qiymat, ayni bir maydon satrlaridagi qo‘shni tasvir elementlaridan kelib chiqib olinadigan taxminlash. Ikki shinali arxitektura|Pentium Pro protsessorlari ichki shinasi arxitekturasining nomi. Turli taktli chastotalarida ishlashini ta’minlash va tizim unumdorligini oshirish imkonini beradi. Ikkilamchi halqa|Ikki halqali optik tolali tarmoqdagi (FDDI standarti) rezerv bog‘lovchi liniya. Bu liniya orqali normal ish rejimida (nosozliklar bo‘lmaganda) liniya ishlash qobiliyatini nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan xizmat signallari uzatiladi. Ikkilamchi kalit|1. Asosiy xabarni va biror bir kirish parametrini, masalan, abonent stansiyasining seriya raqamini mantiqiy qayta o‘zgartirish yo‘li bilan olinadigan kalit.2. Dasturiy ta’minotni muhofaza qilish usuli, unda birinchi kriptografik kalit dasturiy ta’minotni deshifrovka qilish uchun kalit hisoblanadigan ikkinchi kalitdan foydalana olish uchun yo‘l ochadi. Ikkilamchi kesh-xotira|Protsessordan tashqarida, birlamchi kesh-xotira bilan tezkor xotira qurilmasi o‘rtasida joylashgan ikkinchi sath kesh-xotira. Ikkilamchi kuchlanishdan muhofaza qilish qurilmasi|Shaxsiy hayot sirlarini taʼminlash uchun bajarilayotgan tadbirlar. Ushbu tadbirlar, ayrim shaxslar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni muhofazalash va ularni yig‘ish, to‘plash va ularni qayta ishlashga cheklovlarni o‘z ichiga oladi. Ikkilamchi nur tarqatgich|Fider bilan bog‘lanmagan va birlamchi nur tarqatgichning elektromagnit maydoni bilan qo‘zg‘atiladigan antennaning nurlantiruvchi elementi. Ikkilamchi nurlanish|Yuqori chastotali toklar va elektr zaryadlarni yo‘naltirish hisobiga, radioto‘lqinlarning uzatish muhitidagi to‘siqlardan qaytish va tarqalish hodisasi. Ikkilamchi rangli rirproyeksiya|Rang videosignali bilan dastlabki tasvir yoki yozuv yaratilgandan so‘ng bajariladigan rirproyeksiya. Ikkilamchi tarmoq kanali|Telekommunikatsiyalar ikkilamchi tarmog‘ining kommutatsiya uzellari va stansiyalari oralig‘idagi telekommunikatsiyalar kanalining qismi. Ikkilamchi tarmoqning turiga qarab uning kanallari quyidagicha nomlanadi: telefon tarmog‘i kanali, telegraf tarmog‘i kanali, maʼlumotlar uzatish kanali va h.k. Ikkilamchi zichlanishga ega kanal|Nutqli axborot bilan bir qatorda, qo‘shimcha past tezlikli ma’lumotlar oqimi ham uzatilishi mumkin bo‘lgan aloqa kanali.Izoh − Polosasining kengligi (0,3−3,4) kHz bo‘lgan kanal ma’lumotlarning bitta yoki bir nechta past tezlikli kanali bilan qo‘shimcha zichlanishi mumkin. Ikkilanma nur sinishi|Yorug‘lik nurining optik anizotrop muhit orqali tarqalishida yorug‘lik sinish ko‘rsatgichining nur qutblanganligiga bog‘liqligi oqibatida ikkiga ajralishi. Ikkilik|Ikkilik sanoq tizimida taqdim etilgan ma’lumotlar turi. Ikkilik fayl|Ma’lumotlar ikkilik ko‘rinishida, masalan, dastur kodi, shrift yoki tasvir bilan taqdim etiladigan fayl. Matnli fayllardan farqli ravishda, ekranda ko‘rish uchun maxsus dastur talab etadi. Ikkilik fazaviy manipulyatsiya|Fazaviy modulyatsiyalash usuli bo‘lib, bunda kirish ikkilik simvolining 1 dan 0 ga yoki aksincha, almashinishi signal fazasining 180° ga o‘zgarishiga olib keladi. Masalan, modulyator chiqishidagi faza siljishi 0 simvoli uchun +90°, 1 simvoli uchun – 90° bo‘lishi mumkin. Ikkilik izlash|1. Tartiblashtirilgan ko‘plikdagi izlash usuli bo‘lib, uning har bir qadamida ko‘plikning o‘rtacha elementi izlangan element bilan taqqoslanadi va taqqoslash natijasiga bog‘liq holda, keyingi qadamda qayta ishlash uchun ko‘plikning yarmi tanlanadi.2. Elementlar to‘plami ikki qismga bo‘linadigan va bir qismi tashlab yuboriladigan izlash. Jarayon maqbul xossaga ega elementlar topilgunga qadar takrorlanadi. Ikkilik jamp|Xotira ichidagini ikkilik ko‘rinishida bosib chiqarish. Ikkilik kiritish|Kompyterga ikkilik ma’lumotlarni kiritish. Ikkilik kod|1. Xotira ichidagini nollar va birlar ketma-ketligi ko‘rinishida taqdim etish, biroq bu atama ko‘pincha bajariladigan dasturni belgilash uchun qo‘llaniladi.2. Bajarish uchun yaroqli ko‘rinishda bo‘lgan faqat mashina komandalari va konstantalarni ichiga oladigan dasturiy modul. Ikkilik kodlar darajasidagi moslik|Bitta kompyuter tizimi dasturining o‘zgartirishsiz boshqa platformada bajarilish qobiliyati. Ikkilik ko‘rinishdagi fayllarni uzatish|Fayllarni ikkilik ko‘rinishda uzatish protokoli. Ma’lumotlar uzatish jarayonida o‘zgarmaydi. Ikkilik nuqta|Ikkilik sondagi, butun qismni kasrli qismdan ajratadigan nuqta. Ikkilik raqam|Ikkilik sanoq tizimidagi ikkita ‒ 0 va 1 raqamdan biri. Ikkilik sanoq tizimi|Asosi 2 bo‘lgan pozitsion sanoq tizimi. Sonlarni yozish uchun 0 va 1 ikkilik raqamlardan foydalaniladi. Informatikada asosiy sanoq tizimi hisoblanadi. Ikkilik semafor|0 va 1 qiymatlarni oladigan semafor. Ikkilik sinxron uzatish|Olisdagi terminallarning markaziy elektron hisoblash mashinasi bilan aloqasida foydalaniladigan protokol. Ikkilik skanlash ekrani|DSTN displey − qattiq buralgan nematik bilan to‘ldirilib, bir-biriga yopishtirilgan shishali yacheykalar. Birinchisi – suyuq kristalli displey, ikkinchisi – elektrodlar va qutblagichlarsiz yoki oq fonda qora rangning aks etishini ta’minlovchi va kontrastni ko‘paytiruvchi kompensator sifatida foydalanish uchun suyuq kristall modda bilan to‘ldirilgan shisha yacheyka. Ikkilik son|Ikkilik sanoq tizimida yozilgan son. Kompyuter xotirasidagi har qanday narsani ikkilik sonlar ko‘rinishida taqdim etish mumkin. Ikkilik sonlar psevdotasodifiy ketma-ketligining generatori|Ma’lumotlarning initsializatsiyalanadigan so‘zini kiritishda muayyan psevdotasodifiy ikkilik ketma-ketligini generatsiyalaydigan uskuna. Ikkilik tasvir|Ma’lumotlarning ikkilik massiv ko‘rinishida taqdim etilishi. Ikkilik yoqlama litsenziyalash|Erkin dasturiy taʼminotning biznes modeli va uni ikkita litsenziya bo‘yicha amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Ko‘pincha bittasi – shaxsiy mulk sifatida ko‘riladi va shu dasturiy taʼminot asosida uning qo‘llanmalarini yaratishga imkon beradi. Ikkilik-o‘nli kod|O‘nli sonlarni ixcham tarzda mashina tiliga o‘girish usullaridan biri bo‘lib, har bir o‘nli raqamni kodlash uchun to‘rt bit talab qilinadi. Bunday sonlar meynfreymlarda iqtisodiy hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun qo‘llaniladi. Ikkilik-o‘nlik kodlash|O‘nli (0 ‒ 9) raqamlarni to‘rt razryadli ikkilik kodlar bilan taqdim etish usuli. Ikkinchi avlod (2G)|Mobil aloqa tizimlarining ikkinchi avlodi, analog tizimlarning birinchi avlodidan keyingi, simsiz texnologiyalar raqamli standartlarining birinchi guruhi.Izoh − Birinchi navbatda ovozni uzatish maqsadida ishlab chiqilgan, 2G tarmoqlarida ma’lumotlar ancha sekin uzatiladi. Ma’lumotlar uzatishda 2G tizimlari 2,5G va 3G tizimlardan farqli ravishda, ma’lumotlar ayni paytda uzatilayotganidan yoki uzatilmayotganidan qat’i nazar, butun aloqa seansi mobaynida tarmoqning o‘tkazish polosasini egallaydi. 2G tizimlari o‘z ichiga cdmaOne va GSM tizimlarini oladi. Ikkinchi avlod tili|Ikkinchi avlod tili, shuningdek, assembler dasturlash tili sifatida ham ma’lum til. Ikkinchi bosqich kesh xotirasi|Protsessorlarning yangi modellarida ikkinchi bosqich kesh xotirasi protsessorga ichki qurilgan va birichni darajali kesh xotirasini to‘ldirishda ishlatiladi. Ikkinchi shans algoritmi|Uzoq vaqt murojaat bo‘lmagan sahifa emas, murojaatlarning vaqt bo‘yicha o‘sib borishi tartibi bo‘yicha tartiblangan ro‘yxatdan keyin keladigan sahifalar almashtiriladigan algoritm. Ikoncha|Displey ekranida operatsion tizimi muhitida obyekt yoki dasturni aks ettiruvchi kichik tasvir. Ilmiy-axborot faoliyati|Ilmiy-texnikaviy axborotni tashkil qilish, to‘plash, tartibga keltirish, tahliliy-sintetik qayta ishlash, yozish, saqlash, tarqatish va foydalanuvchi (isteʼmolchi)ga taqdim etish bilan bog‘liq harakatlar majmui. Ilmiy-texnik axborot|Ilmiy, ilmiy-texnikaviy, innovatsion va ijtimoiy faoliyat davomida yig‘ilgan hujjat va faktlar to‘g‘risidagi axborot. Ilmiy-texnik axborot mahsuloti|Ilmiy-texnikaviy axborot foydalanuvchilari (isteʼmolchilari) ehtiyojlarini qondirish uchun mo‘ljallangan axborot, ilmiy-texnikaviy faoliyatning moddiy natijasi. Ilonsimon to‘lqin o‘tkazgich|Konstruksiyasida qattiq metall sirtlar bo‘lmagan, qayriladigan egiluvchan to‘lqin o‘tkazgich. To‘g‘ri burchakli teshiklari bo‘lgan va ularni rezinali qobiq bilan biriktiriladigan bir qator metall shaybalardan tashkil topgan. Ilova|Tizimli proseduralarni chaqirish vositasida operatsion tizim bilan birgalikda ishlagan holda, bevosita foydalanuvchiga zarur boʻlgan funksiyalarni bajaradigan amaliy dastur yoki dasturlar paketi (vazifaning toʻla bajarilishini ta’minlaydigan dagturlar toʻplami) – masalan, hisoblash dasturi, matn redaktori yoki elektron jadval. Ilova bibliotekasi|Foydalanuvchiga muayyan masalani hal etish imkoniyatini ta’minlaydigan, tugallangan amaliy dastur yoki paket, masalan, elektron jadval yoki matn protsessori. Ilova oynasi|Ilovaning ishchi sohasi sifatida foydalaniladigan oyna. Ilovalar generatori|Ilovalarning muayyan sohasida bitta yoki bir nechta masalani hal qilish uchun dastur yaratadigan kod generatori. Ilovalar identifikatori|Faylli tuzilma tomi deskriptorining maydoni, disk yaratilishida bajariladigan birinchi amaliy dastur marshruti nomini belgilaydi. Ilovalar portfeli|Butun hayotiy sikli mobaynida ilovalarni boshqarish uchun foydalaniladigan tizimlashtirilgan hujjat yoki ma’lumotlar bazasi. Barcha ilovalarning asosiy, muhim atributlarini ichiga oladi. Ilovalar severi|Tarmoq amaliy (mijoz server) dasturlari bajariladigan, shuningdek, mijozlar foydalana oladigan ma’lumotlar bo‘lgan server. Ilovalar talablari spetsifikatsiyasi|Ilovaning spetsifik talablari hujjatlashtiriladigan, variantlari bog‘liq bo‘lgan, domenga ko‘rsatiladigan talablar spetsifikatsiyasi bilan yaxlit holatga keltiriladigan kichik jarayon. Ilovalar talablarini boshqarish|Ilovalar talablarining o‘zgarishlari va kuzatib borishlik mumkinligi boshqariladigan quyi jarayon. Ilovalar talablarini tahlil qilish|Muayyan ilovalarga bo‘lgan barcha talablar tushuniladigan, modellash vositasida ilovalarga bo‘lgan noto‘g‘ri va noizchil talablar tahlil qilinadigan, keyin esa, domenga qo‘yiladigan talablar yordamida qanoatlantirilishi mumkin bo‘lmagan ilovalar talablari tahlil qilinadigan va kelishiladigan quyi jarayon. Ilovalarni hamkorlikda ishlab chiqish|1977-yilda IBM tomonidan taklif qilingan tizimlarni tahlil qilish va ishlab chiqishga yondashuv. Ilovalarni integratsiyalash|Turli dasturlash tillarida yozilgan va turli arxitekturalarda ishlab chiqilgan turli ilovalarni o‘zaro birlashtirish imkonini beradi. Ilovalarni ishlab chiqish muhandisligi|1. Aktivlardan takror foydalanish yo‘li bilan, amaliy tizimlarni yaratish yoki aniqlashtirish jarayoni.2. Jarayonlar to‘plamidan iborat hayotiy sikl. Bu jarayonlarda ilova aktivlari va mahsulotlar, mahsulotlar chizig‘i bo‘laklari, domen arxitekturasiga muvofiq va platforma o‘zgaruvchanligini bog‘lash yo‘li bilan, aktivlardan takror foydalanish orqali boshqariladi va bajariladi. Ilovalarni tez ishlab chiqish|Obyektga yo‘naltirilgan va vizual dasturlashdan foydalanish hisobiga, ilovalarning tezda ishlab chiqilishini ta’minlaydigan dasturiy mahsulot. Ilovalarning asosiy oynasi|Ilovadagi asosiy vazifani bajaruvchi oyna. Asosiy oynadan butun dasturni moslash va konfiguratsiyasini o‘zgartirish mumkin bo‘lgan bir qator yordamchi oynalarni ochish mumkin. Ilovani ma’muriy boshqarish funksiyasi|Foydalanuvchi tomonidan bajariladigan funksiya, jumladan ilovani o‘rnatish, joylashtirish, zaxiralash, xizmat ko‘rsatish (tuzatishlar kiritish va o‘zgartirish) hamda chiqarib tashlash. Ilovaning ishga tushirilishi|Ishlash uchun kerak bo‘ladigan dastur modullari, bibliotekalari va tezkor xotiradan undan foydalanish va tez ma’lumot almashinish uchun nusxa olish. Ilg‘or texnologiya|Biror-bir dasturiy va apparat ta’minot sohasida tub burilish yasagan eng ilg‘or texnologiya. Masalan, DirectX 10, kompyuter bilan ishlash tezligini keskin oshirishga qodir ilg‘or texnologiya hisoblanadi. Imitatsion xalaqit|Tuzilmasiga ko‘ra, foydali signalga o‘xshiydi, shuning uchun uni topish va ajratish qiyin bo‘lgan xalaqit. Odatda, u xuddi foydali signaldagi singari, lekin boshqacha modulyatsiya parametrlariga ega elementlardan tashkil topgan bo‘ladi. Imitatsiya|1. Texnik yolg‘on xabar tarqatishning tarkibiy qismi, soxta obyektlar va texnik demaskirovka qiluvchi belgilarni sun’iy qayta tiklash yo‘li bilan amalga oshiriladi.2. Kriptografik protokolga aktiv hujum, uning maqsadi bir tomondagi raqib va/yoki buzg‘unchi tomonidan boshqa tomon nomidan qabul qilayotgan rad etilmaydigan xabarni majburan qabul qildirish hisoblanadi. Imitatsiyalanadigan xalaqit|Xalaqitga chidamlilikni baholash yoki o‘lchash maqsadida hosil qilinadigan, parametrlarning berilgan qiymatiga ega elektromagnit xalaqit. Imitobardoshlik|Maqsadi yolg‘on xabarni majburan kiritish (qabul qilish) yoki uzatiladigan axborotni yoki saqlanadigan ma’lumotlarni almashtirib qo‘yish bo‘lgan, jinoyatkorning aktiv hujumlariga qarshi tura olish qobiliyati. Imitomuhofaza|1. Shifrlangan aloqa tizimini yolg‘on ma’lumotlar majburan kiritilishidan (qabul qilinishidan) saqlashning apparat, apparat-dasturiy yoki dasturiy muhofaza vositalari.2. Shifrlangan aloqani yolg‘on ma’lumotlarning ortiqcha o‘rnashishidan muhofaza qilish tizimi. Imitomuhofaza tizimi|Xabarlarni autentifikatsiyalashni bajaruvchi va axborotni ruxsatsiz o‘zgartirish yoki soxta axborotni majburan qabul qildirishdan himoya qilish uchun mo‘ljallangan kriptografik tizim. Xususan, imitomuhofaza tizimi axborotning yaxlitligini ta’minlaydi.Izoh – Imitomuhofaza tizimining matematik modeli imitomuhofazalovchi kodlash algoritmini (bu shifrlash algoritmi, autentifikatsiyalash kodi yoki boshqa o‘zgartirish bo‘lishi mumkin) va olingan axborotning haqiqiyligi to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish algoritmini hamda kalit tizimni o‘z ichiga oladi. Imitomuhofaza vositalari|Axborotni kriptografik almashtirish algoritmlarini amalga oshiruvchi va yolg‘on axborotni majburan qabul qildirishdan muhofaza qilish uchun mo‘ljallangan apparat, dasturiy va apparat-dasturiy vositalar. Imitoqo‘shimcha|Ochiq ma’lumotlar va kalitdan ma’lum qoidaga ko‘ra olingan hamda shifrlangan ma’lumotlarga imitomuhofazani ta’minlash uchun qo‘shilgan, qayd qilingan uzunlikdagi axborot bo‘lagi. Imkoniyati yuqori bo‘lgan texnologiya (bosmaga chiqarilayotganda)|Bosmaga chiqarishda yuqori sifatga (1200x1200 dpi gacha) erishish imkoniyatini beradigan texnologiya. Imkoniyatlar|Qurilma yoki dasturning funksional xarakteristikalari. Imloni tekshirish|Kiritilgan matnni imlo qoidalariga ko‘ra tekshiruvchi dastur. Impedans|Elektr zanjirining o‘zgaruvchan tokka nisbatan to‘liq qarshiligi. Impedansli antennalar|Yuguruvchi to‘lqin antennalarining bir turi, unda elektromagnit energiya oqimini to‘plash sayoz turdagi sekinlashtiruvchi ti-zimdan foydalanib amalga oshiriladi. Impedansni moslashtirish|Zanjir qo‘shni elementlarining to‘la to‘lqin qarshiliklarini (impedanslarini) interfeys nuqtasi orqali o‘tuvchi quvvat unumdorlikni yaxshilash yoki alohida samaraga erishish uchun maksimal darajada mumkin bo‘ladigan tarzda tanlash. Implikatsiya|Ikkita ifoda uchun mo‘ljallangan mantiqiy operatsiya. Natija beruvchi ifoda faqat birinchi ifoda to‘g‘ri, ikkinchisi esa noto‘g‘ri bo‘lganda (implikatsiya operatsiyasi kommutativ bo‘lmaganda) yolg‘on bo‘ladi. Implikatsiyaning standart belgisi: →. Impuls|Barqaror shakllangan jarayonning vaqtinchalik xarakteristikalariga nisbatan kichik vaqt intervali bilan tavsiflanuvchi, (kuchlanish, tok va b.) shakllangan holatining qisqa muddatli o‘zgarishi. Impulsning shakli turlicha – to‘g‘ri burchakli, trapetsiyasimon va h.k. bo‘lishi mumkin. Impulsning asosiy parametrlari davomiylik, amplituda, front hisoblanadi. Impulslar videoimpulslarga (eltuvchisi to‘ldirilmaydigan impuls) va radioimpulslarga ajratiladi. Impuls-kodli modulyatsiya|Modulyatsiyalash usuli, unga ko‘ra, analog signal qatʼiy uzunlikdagi ketma-ket uzatiladigan n razryadli (n=8) kodli so‘zlardan iborat raqamli maʼlumotlar oqimiga aylantiriladi. Tovushni uzatish 64 kbit/s tezlik hamda A- yoki qonuni bo‘yicha kompanderlash bilan amalga oshiriladi. IKM yordamida o‘zgartirilgan tovush signalining sifati yuqori bo‘ladi (ekspert baholanishi MOS shkalasi bo‘yicha 4,3). Impulslar generatsiyasi|Telefon raqamini terish paytida telefon aloqa liniyasiga impulslar jo‘natish. Impulsli modulyatsiya|Modulyatsiyalangan signal video yoki radioimpulslar ketma-ketligi ko‘rinishida bo‘lishi bilan farqlanadigan modulyatsiyalash usullari guruhi. Imtiyozlar|Operatsion tizimga yuborilgan imtiyozli, ya’ni cheklangan doiradagi foydalanuvchilar uchun mumkin bo‘lgan so‘rovlarni bajarish huquqi. Masalan, tizim vaqtini o‘zgartirishga so‘rov. Imtiyozlarni boshqarish infratuzilmasi|Kompleks mualliflashtirish xizmati ko‘magida hamda ochiq kalitlar infratuzilmasi bilan o‘zaro hamkorlikda imtiyozlarni boshqarish ta’minlanadigan infratuzilma. Imtiyozlarning taqsimlanishi|Ma’lumotlarni muhofaza qilish mexanizmini ochish prinsipi, bunda erkin foydalanish (kirish) uchun bir emas, balki ikkita parolni (masalan, ikkita shaxs tomonidan) ko‘rsatish zarur bo‘ladi. (Imtiyozli bo‘lmagan) foydalanish rejimi|Foydalanuvchilarning dasturlari bajariladigan dasturlarni bajarishning standart rejimi. Bu rejimda ayrim imtiyozli operatsiyalar (masalan, xotiraning va registrlarning tizim sohalarini o‘zgartirish) ta’qiqlanadi. Imzo|Familiya, ism, manzil va boshqa axborotdan iborat kichik matn. Uy katalogidagi maxsus fayldan olinadigan imzo avtomatik ravishda jo‘natilayotgan xat va teleanjumanda jo‘natilgan maqolalarning oxiriga qo‘shiladi. q: raqamli imzo. Imzo kaliti sertifikatining egasi|Ro‘yxatga olish markazi tomonidan imzo kaliti sertifikatini olgan va o‘z yopiq elek-tron raqamli imzo kalitiga ega bo‘lgan jismoniy shaxs. Elektron raqamli imzo kaliti vositalari yordamida elektron hujjatlarda o‘z elektron raqamli imzosini yaratish (elektron hujjatlarga imzo chekish) imkonini beradi. Imzo sertifikatining egasi|Nomiga imzo kalitining sertifikati berilgan, sertifikatda ko‘rsatilgan ochiq kalitga mos keluvchi elektron raqamli imzo kalitining yopiq kalitiga egalik qiladigan jismoniy yoki yuridik shaxs. Indeks|Berilgan har bir massivning har bir elementini identifikatsiya qilish uchun massiv nomiga qo‘yiladigan raqam (yoki raqamlar, agar ma’lumotlar massivi ko‘p o‘lchamli bo‘lsa). Indekslangan fayl|Yozuvlaridan foydalanish uchun indeksi bo‘lgan fayl. Bunday faylda yozuvni topish uchun, avvalo, indeks faylidagi tegishli elementni topish kerak. Unda yozuvni identifikatsiyalaydigan kalit maydoni va uning mantiqiy yoki fizik manzili bo‘ladi. Turli kalitlar bo‘yicha izlashni osonlashtirish uchun, faylda bir nechta indeks bo‘lishi mumkin. Indekslash yozuvlardan bevosita foydalanishni ta’minlaydi va faylni ko‘rib chiqish vaqtini qisqartiradi. Indekslangan manzil|Xotirada ma’lumotlarning spetsifik elementi, masalan, jadvalning, birinchi elementi joylashgan yer. Tayanch manzilni va indeksli registrda saqlanadigan qiymatni qo‘shish yo‘li bilan hisoblanadi. Indeksli fayl|Ma’lumotlar bazasi yozuvlari indekslarini saqlaydigan fayl. Indekslarning bo‘lishi yozuvlar izlab topilishini va ular bilan ishlashni tezlashtiradi. Indeksli registr|Komanda manziliga, uning haqiqiy qiymatini olish uchun qo‘shish yoki chiqarib tashlash zarur bo‘lgan muayyan ma’lumotlarni ichiga oladigan registr. Indikator|Muayyan axborot ehtiyojlari uchun ishlab chiqilgan tahliliy modeldan olingan tegishli atributlarni baholash imkonini beradigan o‘lchov. Indikatorlar qiymatini aniqlash mezonlari|Har bir indikatorga u yoki bu sonli qiymatni berish to‘g‘risida qaror qabul qilish algoritmining formal bayoni. Individual boshqaruv bilan taqsimlash xizmati|Taqsimlash xizmati, bunda axborot axborot bloklarining ketma-ketligi ko‘rinishida, masalan, davriy qaytariluvchi kadrlar shunday taqdim etiladiki, natijada foydalanuvchi axborot bloklarini shaxsan tanlash va axborot borishining boshlanishi hamda tartibini boshqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Individual boshqaruvsiz taqsimlash xizmati|Taqsimlash xizmati, undan foydalanuvchilar taqsimlangan axborotni taqdim etishning boshlanishi va tartibini boshqarish imkoniga ega bo‘lmagan holda foydalana oladi. Individual qabul (yo‘ldoshli eshittirishda)|Maishiy qurilmalar, odatda, uncha katta bo‘lmagan hajmdagi antennalar bilan yo‘ldoshli eshittirishlarni bevosita qabul qilish. Individual chaqiruv|Mobil aloqa tarmog‘idagi, ikki abonent o‘rtasida «nuqta-nuqta» turidagi bog‘lanish o‘rnatilishi taxmin qilinadigan chaqiruv. Industrial xalaqitlar|Elektr yoyi yoki uchquni (elektr payvandlash, elektrotransport, sh.o‘.) paydo bo‘ladigan turli elektr qurilmalarning ishlashidan hosil bo‘ladigan xalaqitlar. Industrial xalaqitlar, odatda, juda keng chastotalar spektriga ega bo‘ladi, shuning uchun qabul qilish qurilmalarida ular bilan kurashish qiyin. Lekin xalaqit manbalarining o‘zida xalaqitlar jadalligini pasaytiradigan choralar ko‘rilishi, masalan ekranlashtirish, maxsus filtrlarni qo‘llash mumkin. Inersion sinxronlash|Satr va kadr sinxronlash impulslari qabul qilgichda keluvchi impulslar chastotasi bilan qamrab olingan satr chastota generatori yordamida qaytadan shakllantiriladigan xalaqitga chidamli sinxronlash. Inersion sinxronlash cxemasi|Televizordagi, yoyish zanjirlari satr chastotasi bilan satr sinxronizatsiyasi signalining qisqa muddatli buzilishi vaqtida ham harakat qilishda davom etadigan, sinxronizatsiya sxemasining turi. Infiks yozuv|Matematik va mantiqiy ifodalarni yozish usullaridan biri bo‘lib, bunda binar operatsiya belgisi operandlar orasida bo‘ladi. Infokommunikatsiyalar|Zamonaviy axborot, kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalarini, ularni amalga oshiradigan tizim hamda vositalarni uzviy ravishda bog‘laydigan, tashkilotlarga va aholiga axborot, kommunikatsiya maxsulotlarini va xizmatlarini taqdim etish uchun mo‘ljallangan kompleks. Infomat|Davlat xizmatlari taqdim etilishining axborot kioski. Sensorli monitori bo‘lgan, jamoat joyida joylashgan, davlat xizmatlari portaliga yoki uning ixtisoslashtirilgan bo‘limlariga kirishni ta’minlaydigan elektron terminal. Terminal har bir fuqaroga interaktiv o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatish tartibida davlat xizmatlari olish imkonini beradi. Infomat yordamida xizmat to‘g‘risida ma’lumot olish, blanklarni to‘ldirish va chiqarish, videomaslahatlar olish, navbatga yozilish, bojlar va tariflarni to‘lash mumkin. Informatika|Axborotning xususiyatlarini va uni olish, qayta ishlash, o‘zgartirish, saqlash, taqdim etish, uzatish va axborotdan foydalanish usullarini o‘rganadigan ilmiy yo‘nalish. Informatika obyektlari|Turli maqsadlardagi avtomatlashtirilgan tizimlar, telekommunikatsiyalar, aks ettirish va ko‘paytirish tizimlari, shuningdek, axborotni qayta ishlashning alohida texnik vositalari va konfidensial muzokaralar olib borish uchun mo‘ljallangan xonalar. Informodinamika|Axborot va uning o‘zini o‘zi tashkil qilishiga oid noyob hodisa, axborot hodisalari bo‘ysunuvchi qonun (qoidalar) to‘g‘risidagi fan. U axborot hodisalarining energetika hodisalari bilan aloqalari, jumladan jami axborot hodisalari va tafakkur, aql, umuman barcha negentropiya jarayonlarini ham qamrab oladi. Informografiya|Axborot resurslarining jahon hamjamiyatida hamda u yoki bu mamlakat hududida taqsimlanish topologiyasini o‘rganuvchi fan. U, shuningdek, resurslar xususiyatlari, ulardan foydalanish osonligi, samarali foydalanish mumkinligini o‘rganadi. Informologiya|O‘rganish obyekti makon, axborotning makondagi tashkillanishi hamda axborot tizimlarining makonda qurilishi qonuniyatlari bo‘lgan fan. Informologiyaning umumiy vazifasi turli tadqiqot tamoyillariga asoslangan ilmiy yo‘nalishlar doirasida olingan bilimlarni umumlashtirish va tartibga solishdir. Infraqizil aloqa bo‘yicha fayllarni uzatish|Ma’lumotlarni, kompyuter va qurilma o‘rtasida, infraqizil nurlanish yordamida simsiz uzatish. Infraqizil interfeys|Infraqizil portga ega simsiz bog‘lanadigan qurilmalarni, masalan, printerlar va noutbuk-larni ulash uchun foydalaniladigan interfeys. Infraqizil kanal|Ishlashi uchun simli ulanishlar talab qilinmaydigan maʼlumotlar uzatish kanali. Infraqizil klaviatura|Tizim bloki bilan simsiz bog‘lanish uchun mo‘ljallangan, infraqizil interfeysli klaviatura. Infraqizil nur tarqatgich|Elektr energiyani to‘lqin uzunligi 1-2 mm dan 0,74 mkm gacha bo‘lgan elektromagnit nurlanishga aylantiruvchi yarimo‘tkazgichli asbob. Infraqizil nurlanish manbalariga galaktika jismlarining aksariyati tegishlidir. Infraqizil port|Ikkita qurilma o‘rtasida shu port bilan simsiz aloqa o‘rnatish imkonini yaratuvchi port. Amal qilish radiusining kichikligi (qurilmalar o‘rtasidagi masofa 30 santimetrdan ko‘p emas), ma’lumot uzatish tezligining kichikligi, xalaqitga bardoshlilikning ozligi (qurilmalar o‘rtasiga har qanday shaffof bo‘lmagan predmetning qo‘yilishi aloqa uzilishiga sabab bo‘ladi) ushbu aloqa texnologiyasining kamchiliklari hisoblanadi. Initsializatsiya|Qurilmani maʼlumotlarni tashuvchidan foydalanish yoki qandaydir jarayonni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshlang‘ich holatga keltirish operatsiyasi. Initsializatsiya qilish|1. Boshlang‘ich holatiga o‘rnatish.2. Boshlang‘ich shartlarni berish. Initsializatsiya vektori|1. Kriptografik algoritm doirasida kriptografik jarayonning tayanch nuqtasini aniqlash uchun foydalaniladigan vektor.2. Muntazam yangilanadigan, boshqaruv kanali bo‘ylab uzatiladigan va shifrlash algoritmini initsializatsiya qilish uchun foydalaniladigan tasodifiy son. Inkor|1 Kommunikatsiyaga kiritilgan subyektlardan birining muloqotdan to‘la yoki qisman voz kechishi. Kommunikatsiya usullari va mexanizmlarini tavsiflashda «inkor mumkin emasligi» tushunchasi, ko‘p hollarda, almashuvga kiritilgan subyektlar, o‘zlarining kommunikatsiyada ishtiroklarini inkor qila olmaydigan holatini ifodalaydi.2 Bul algebrasining mantiqiy inkor, NOT operatori. Operatorni bajarish natijasi, rost (TRUE) yoki yolg‘on (FALSE) bo‘ladi. Inkor qilish protokoli|Imzo qo‘yuvchi shaxsga imzolangan xabarni rad qilishiga yo‘l qo‘ymaydigan protokol turi. Insident|Xizmatlarning rejalashtirilmagan tarzda uzilishiga yoki uning sifati pasayishiga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan har qanday hodisa.Izoh – Masalan, infratuzilma elementlaridan biridagi uzilish insidentga misol bo‘ladi. Insonning kompyuter bilan o‘zaro ishlashi|«Inson-mashina» axborot tizimida ro‘y berayotgan jarayonlarni o‘rganuvchi ilmiy-tadqiqot yo‘nalishi. Installyator|Fayllarni, masalan, kompyuterga ilova, drayverlar yoki boshqa dasturiy ta’minotni o‘rnatuvchi kompyuter dasturi. Ayrim installyatorlar ulardagi mavjud fayllarni o‘rnatish uchun maxsus ishlangan; boshqalari universal hisoblanadi va o‘rnatish zarur bo‘lgan dasturiy ta’minot komplektini hisobga olib ishlaydi. Instrumental komanda tili|Interpretatsiya (talqin) qilinadigan dasturlash tili, vebda ssenariylar yozish uchun mo‘ljallangan tillardan biri. Instrumental konfiguratsiyani boshqarish vositalari|Qo‘lda boshqariladigan instrumental vositalar yoki konfiguratsiyani boshqarish tizimini qo‘llab-quvvatlaydigan yoki amalga oshiradigan, avtomatlashtirilgan instrumental vositalar. Instrumental platforma|Hisoblash tizimining yangi elementini ishlab chiqish davriga yoki joriy qilish paytiga o‘z-garmas deb faraz qilinadigan instrumental dasturlar (dastur bajaruvchi kodini ishlab chiqish, translyatsiya qilish va yig‘ish uchun qo‘llaniladigan dasturlar) majmui. Instrumental elektron hisoblash mashinasi|Dasturni ishlab chiqish va uni translyatsiya qilish amalga oshiriladigan kompyuter. Instrumentariy|Asosiy vazifaga nisbatan yordamchi dasturiy vositalar to‘plami. Foydalanuvchining instrumentariysi, masalan, antivirus dasturlarni, fayllarni arxivlash va qurilmalar holatini tekshirish dasturlarini ichiga olishi mumkin. Dasturchi instrumentariysiga, shuningdek, standart protseduralar bibliotekasini ham kiritish mumkin. Rivojlangan operatsion tizimlarda va qobiqlarda instrumentariy katta miqdorda yetkazib beriladi. instrumentlar paneli|Windows-dasturlari grafik interfeysining elementi. U dasturning foydalanuvchi grafik interfeysidagi ekran tugmalari va belgilari satri, ustuni yoki blokidir. Foydalanuvchi bu tugma yoki belgilarni bosish orqali dasturning biror bir funksiyasini aktivlashtiradi. Integral mikrosxema|1. O‘zaro bog‘liq elektron elementlarga ega yarimo‘tkazgich mate-rialdan yasalgan kichik tarkibiy qism.2. Oxirgi yoki oraliq shaklga ega bo‘lgan elektron sxema vazifalarini bajarish uchun mo‘ljallangan mikroelektronika mahsuloti. Uning elementlari va aloqalari mahsulot yaratilgan material hajmi va (yoki) yuzasida ajratib bo‘lmas ravishda shakllantirilgan.3. Bitta yarimo‘tkazgich kristall yuzasida yoki ichida yaratilgan elektron sxema. Integral mikrosxema mantiqiy operatsiyalarni bajarish va axborotni saqlash qobiliyatiga ega bo‘lgan ko‘p sonli elektron elementlardan iborat. Buning uchun integral mikrosxema axborotni qayta ishlash, uni saqlash va uzatishga oid turli vazifalar bajarishi mumkin. Katta integral mikrosxemalar bitta kristallda minglab elektron mantiqiy elementlardan iborat bo‘lishi mumkin, o‘rta kattalari esa millionlab elementlardan yaralgan. Integral sxema|Qar.: Integral mikrosxema. Integratsion testlash|Dasturiy taʼminotni testdan o‘tkazish bosqichlaridan biri. Unda muayyan dasturiy modullar birlashadi va guruhda testdan o‘tadi. Odatda integratsion testlash modul testlashdan so‘ng va tizim testlashdan oldin o‘tkaziladi. Integratsiyalash|Dasturiy va/yoki apparat komponentlarni yagona tizimga birlashtirish. Integratsiyalashgan dasturiy taʼminot|Keng formatli jadvallar, matnni qayta ishlash, maʼlumotlar bazalarini boshqarish va amaliy grafika kabi ayrim dasturlar bajaradigan baʼzi funksiyalarni birlashtiradigan dasturiy taʼminot paketi. Integratsiyalashgan ishlab chiqish muhiti|Amaliy tizimlarni samarador ishlab chiqishga mo‘ljallangan va boshlang‘ich matnlar redaktorlari va resurslardan, kompilyatordan, sozlovchidan, loyihani boshqarish vositasidan va standart vazifalarni ishlab chiqishni yengillashtiruvchi standartlarni o‘z ichiga oladigan tezkor yordamdan iborat dasturiy kompleks. Integratsiyalashgan muhit|Dasturiy ta’minotni ishlab chiqishda dasturchilar to-monidan ishlatiladigan vositalar to‘plami.Misol – Turbo Pascal, Borland C++, Borland Delphi va b.q. Integratsiyalashgan tizim|Analog va raqamli oqimlarning uzatilishi aynan bir kommutatsiyalovchi tarmoqda amalga oshiriladigan telekommunikatsiya tizimi. Integratsiyalashgan shaxsiy tarmoqlararo interfeys|Ethernet-ATM aralash tarmog‘ida trafikni boshqarish uchun ixtisoslashtirilgan marshrutlash protokoli. Intellekt|Odamning fikrlash, o‘zining va boshqa bir odam faoliyatining mumkin bo‘ladigan oqibatlarini ko‘zda tutish, optimal variantlar topish, yangi bilimlar yaratish qobiliyati. Intellektual aloqa tarmog‘i xizmatlari|Intellektual aloqa tarmog‘i mantiqiy raqamiga foydalanuvchilardan kelib tushgan barcha chaqiruvlar har bir muayyan abonent uchun intellektual aloqa tarmog‘i xizmatlarini yetkazib beruvchi tomonidan shakllantiriladigan oldindan belgilangan algoritm (xizmat profili) bo‘yicha qayta ishlash imkoniga ega aloqa xizmatlari. Intellektual antenna|1. Signallarni qayta ishlash imkoniyatiga ega ko‘plab antennalarning elementlarni o‘z ichiga oladigan, uning nurlanish yo‘nalganlik diagrammasini avtomatik optimallashtirish uchun va/yoki signallarning shartlariga bog‘liq holda qabuli uchun mo‘ljallangan, antennalar tizimi.Izoh ‒ XEI-R M.1797 Tavsiyalarida qayd qilinganidek, adaptiv antennalar va yo‘nalganlik diagrammasi nurlarini qayta ulaydigan antennalar intellektual antennalarning ikkita asosiy kategoriyalari bo‘lib hisoblanadi.2. Maxsus boshqarish bloki (antenna «intellekti») yordamida antennaning yo‘nalganlik diagrammasini qayta qurishning elektron (dasturiy) usuli tatbiq qilingan antennalar turkumi. Yaproqlar almashlab ulanadigan antennalar, fazalangan antenna panjaralari, adaptiv panjaralar va signallarning fazoviy seleksiyasini ta’minlovchi boshqa turdagi antennalar intellektual guruhga mansubdir. Intellektual interfeys|Foydalanuvchining kompyuter bilan tabiiy tilda o‘zaro aloqada bo‘lishini taʼminlovchi interfeys. Aqlli interfeys odatda foydalanuvchining kasbiy tilini o‘giruvchi muloqot protsessori va vazifa tavsifini bilimlar bazasida saqlanuvchi axborot asosida uni bajarish dasturiga qadam-baqadam o‘giruvchi loyihalagichni o‘z ichiga oladi. Intellektual karta|Keng funksional imkoniyatlarga ega bo‘lgan, mikroprotsessor asosidagi, shaxsni identifikatsiya qilish uchun terminal bilan ishlashda foydalaniladigan ixcham plastik kartochka. Intellektual muhofaza qilish moduli|Dasturiy ta’minotni muhofaza qilishning, yuqori darajada muhofazalanganlik bilan tavsiflanuvchi hamda protsessordan foydalanuvchi apparat-dasturiy sxemasi. Intellektual mulk|Shaxsga vaqtinchalik berilgan barcha eksklyuziv nomoddiy huquqlarni bildiruvchi atama. Ushbu atama birinchi navbatda mualliflik va yondosh huquqlarga vaqtinchalik egalik qilish, tovar belgilariga guvohnomalar va amaldagi patentlarga ega bo‘lishni nazarda tutadi. Intellektual mulk turlari: mualliflik huquqi, yondosh huquqlar, tovar belgilari, sanoat namunalari, patentlar. Intellektual platforma|So‘rovlarni qayta ishlash, uskunani abonentlar talabiga moslashtirish hamda yangi xizmatlarni taqdim etish maqsadida intellektual texnologiyalar qo‘llanilishini taʼminlaydigan dasturiy-apparat «ustqurma». Intellektual qurilma|1. Ichiga o‘rnatilgan protsessor yordamida tashqi muhitning holatiga bog‘liq ravishda o‘zining parametrlarini o‘zgartiradigan (sozlaydigan), dasturiy ta’minoti bo‘lgan tizim yoki qurilma.2. Dasturiy-texnik kompleks; sun’iy intellekt usullaridan foydalangan holda, predmet sohaning muayyan masalalarini hal qilish uchun mo‘ljallangan kompyuterni o‘z ichiga oladi. Ekspert tizimlar bunga misol bo‘ladi. Intellektual tarmoq|1. Xalqaro elektroaloqa ittifoqi tomonidan belgilangan tushuncha. Yangi standartlarga va qo‘shimcha xizmatlarni, shu jumladan, elektraloqaning ovozli tarmog‘ida manzillarni translyatsiya qilish xizmatlarining taqdim etilishini tashkil qilish usullariga taalluqli.2. Nafaqat ma’lumotlar uzatilishi amalga oshiriladigan, balki turli-tuman murakkab axborot servisi ham taqdim etiladigan kommunikatsiya tarmog‘i. Intellektual terminal|Mikroprotsessorlar va tezkor xotira bilan jihozlangan, oddiy qayta ishlashni mustaqil bajara oladigan terminal. Intellektual xavfsizlik|Jamiyatning aqliy sohasi, uning kognitiv tuzilmalari (ilmiy maktablar, tadqiqot markazlari, laboratoriyalar, universitetlar va h.k.) hamda inson aqliy qobiliyatlarining zararli taʼsirlardan muhofaza qilinganlik holati. Intellektual o‘qitish tizimi|Avtomatlashtirilgan o‘rgatuvchi tizim. U o‘rganuvchiga o‘rganish jarayonida muloqot olib borish, savollarga javob berish va vazifalarni tabiiy tilda bajarishga imkon beruvchi aqliy interfeysga ega. Interaktiv|Ishining natijasi, ham natijani, ham natija taqdim etilishini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan foydalanuvchiga bog‘liq bo‘lgan ilova. Interaktiv axborot tizimi|Kodlovchi va dekodlovchi (kodlangan ma’lumotni qayta tiklaydigan) qurilmalar bitta moddiy obyekt sifatida ifoda etadigan axborot tizimi. Interaktiv dastur turi|Foydalanuvchining kompyuter bilan muloqot (interaktiv) shak-lida o‘zaro ishlashga asoslangan, barcha turdagi shaxsiy kompyuterlar (jumladan, televizion o‘yin kompyuter qo‘shimchalari) uchun dastur. Interaktiv davlat xizmatlari|Idoralar tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga idoralarning axborot tizimlari vositasida telekommunikatsiyalar tarmog‘i orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar. Interaktiv davlat xizmatlarining yagona portali (yagona portal)|Davlat organlari tomonidan, jumladan, haq to‘lash asosida taqdim etiladigan interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanishning yagona nuqtasi. Yagona portal zamonaviy axborot texnologiyalaridan foyda-lanish asosida interaktiv davlat xizmatlarini olishda foydalanuvchi imkoniyatlarini rivojlantirish va sharoitlarni kengaytirish uchun mo‘ljallangan. Quyidagilar yagona portalning asosiy vazifalari hisoblanadi:- foydalanuvchilarga murojaatlarni davlat organlariga bevosita berish imkoniyatini taqdim etish;- foydalanuvchilarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi boshqa loyihalar bilan integratsiyasi;- foydalanuvchilarning davlat organlari bilan o‘zaro hamkorligi samaradorligini oshirish;- davlat organlariga murojaat qilishda foydalanuvchilar uchun byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, kamaytirish;- davlat boshqaruvida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilishda va «elektron hukumat» ning keyingi rivojida ko‘maklashish. Interaktiv elektron davlat xizmati|Davlat hokimiyati organlari va tashkilotlar yoki fuqarolar o‘rtasida elektron ko‘rinishdagi, yuridik oqibatlarga ega bo‘lgan ikki tomonlama o‘zaro hamkorlik. Interaktiv kompakt disk|Audio-, video-, matnli ma’lumotlarning umumlashuvini ko‘zda tutadigan optik disklar standarti. Interaktiv muloqot oynasi|Foydalanuvchining javobini kiritish uchun mo‘ljallangan muloqot oynasi. Bunday muloqot oynasini masofaviy murojaat serveri va foydalanuvchi o‘rtasida qo‘shimcha himoya darajasi sifatida ishlatiladi. Bu yerda (masofadan kira olish terminali eranida) foydalana olish kodi yoki foydalanuvchi nomi va parol kiritiladi. Interaktiv raqamli televizion eshittirish|Axborot oluvchidan axborot yetkazuvchiga teskari aloqadan foydalanib amalga oshiriladigan raqamli televizion eshittirish. Interaktiv raqamli video|Qar.: DVI. Interaktiv rejim|Foydalanuvchining kompyuter bilan dialogli rejimda o‘zaro muloqotda bo‘lish rejimi. Misol tariqasida «sichqoncha»ni biror bir element ustiga olib borish bilan chiqadigan yordamchi ma’lumotlarni yoki foydalanuvchidan dialogli rejimda harakatni tanlashni so‘rovchi instalyator dasturini ko‘rsatish mumkin. Interaktiv televideniye|Multimediali axborot ma’lumotlar bazasiga erkin kira olish, telekonferensiyalarda ishtirok etish va masofadagi abonent bilan televizion muloqot olib borish. Interaktiv tovushli javob|Abonentga kompyuter bilan tovush va klaviaturadan DTMF kiritishlar yordamida o‘zaro ishlashga imkon beradigan xizmat. Telekommunikatsiyalar sohasida IVR mijozlarga kompaniya ma‘lumotlar bazasidan telefon klaviaturasi yoki nutqni aniqlash yordamida foydalanish imkoniyatini taqdim etadi, shundan so‘ng, ular IVR dialogiga rioya qilib, o‘zlarining so‘rovlarini berishlari mumkin. IVR tizimlari oldindan yozilgan yoki dinamik generatsiyalanadigan, foydalanuvchilarga keyin qanday yo‘l tutishlari kerakligi to’g’risida ko‘rsatma beradigan audioxabarlar bilan javob berishlari mumkin. Interaktiv video|Foydalanuvchining harakati, uning tanlovi va qarori syujetning rivojiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. Interaktiv xizmat|Foydalanuvchilar o‘rtasida yoki foydalanuvchilar va yetakchi uzellar o‘rtasida ikki tomonlama axborot almashinuvi vositalarini ta’minlaydigan xizmat.Izohlar:1. Interaktiv xizmatlar uch turkumdagi xizmatlarga bo‘linadi: dialogli xizmatlar, xabarlarni uzatish xizmatlari va izlash (axborotni) xizmatlari.2. Axborotni to‘plamasdan va keyinchalik uzatmasdan real vaqt masshtabida uni foydalanuvchidan foydalanuvchiga bir uchidan boshqa uchiga ko‘chirish yo‘li bilan ikki tomonlama aloqani ko‘zda tutadigan interaktiv xizmat. Interaktivlik|Obyektlar va subyektlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik xususiyati va darajasini ochib beradigan tushuncha.Izoh – Axborot nazariyasi, informatika va dasturlash, telekommunikatsiyalar tizimlari, sotsiologiya, dizaynda jumladan, o‘zaro hamkorlikni loyihalashda va boshqa sohalarda qo‘llaniladi. Interferension qoplash|Qoplash sirtidan va himoya qilinadigan obyekt sirtidan qaytgan to‘lqinlar fazaga qarama-qarshi holatda bo‘ladigan va o‘zaro yo‘q qilinadigan qoplash. Interferension so‘nish|Yagona manbadan qabul nuqtasiga turli yo‘llar bo‘ylab keladigan ikkita yoki undan ko‘p radioto‘lqinlarning interferensiyasi bilan hosil bo‘ladigan radiosignallarning so‘nishi. Interferensiya|Turli manbalardan chiqadigan (tovush, yorug‘lik, radio) to‘lqinlarning, ular bir-birining ustiga tushganda, o‘zaro kuchayishi yoki susayishi. Interfeys|1. Odam va kompyuter o‘rtasida axborotni grafik aks ettirish va almashishni ta’minlaydigan apparat-dasturiy vositalar.2. Tizim ikki yoki undan ortiq elementining ushbu tizimda birgalikda ishlashini ta’minlaydigan texnik va/yoki dasturiy vositalar majmui.3. Aniq fizik, funksional va elektr parametrlarga ega ikkita qurilma yoki tizim o‘rtasidagi chegara. Interfeys-ilova|Foydalanuvchi bilan interfeysni va mijoz-server tizimlarida ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimining server qismi uchun ma’lumotlarning dastlabki qayta ishlanishini ta’minlaydigan ilova. Interfeys tizim|Radioelektron vositalarning birgalikdagi funksiyalarini amalga oshirish uchun xizmat qiladigan interfeyslar va/yoki konstruktiv vositalar majmui. Interfeyslar o‘zgartirgichi|Signallarni mantiqan o‘zgartirmasdan, maʼlumotlar uzatishning bir muhitidan boshqasiga o‘tishini amalga oshiradigan qurilma, masalan, o‘ralgan juftdan optik tolaga o‘tish va aksincha. Intermodulyatsiya|Ikki yoki undan ortiq f1, f2, f3 garmonik tebranishlarning nochiziqli element kirishiga ta’siri, bunda uning chiqishida m1f1m2f2m3f3 ko‘rinishidagi (intermodulyatsion tashkil etuvchilar deb nomlanuvchi) ko‘plab kombinatsion chastotalardan tashkil topgan tebranishlarning murakkab spektri hosil bo‘ladi. Internatsionallashtirish|Mahsulotni (dasturiy yoki apparat taʼminot) boshqa hudud yoki hududlarning til va madaniy xususiyatlariga moslashtirishni osonlashtiruvchi ishlab chiqishning texnologik usullari. Boshqa so‘z bilan aytganda, internatsionallashtirish – bu mahsulotni deyarli barcha joylarda potensial ishlatish uchun moslashtirish, mahalliylashtirish esa – maʼlum hududda foydalanish uchun maxsus funksiyalarni qo‘shish. Internatsionallashtirish ishlab chiqishning dastlabki bosqichlarida bajarilsa, mahalliylashtirish har bir mo‘ljal til uchun alohida bajariladi. Ingliz tilida «internasionallashtirish» so‘zi uchun «i18n» qisqartmasi qabul qilingan. Bunda 18 raqami «i» va «n» harflari orasida o‘tkazib yuborilgan harflarning sonini bildiradi. Internet|1. Tarmoqlararo protokolga yoki uning istiqbolli kengaytmalari/izdoshlariga asoslangan unitar manzil makoni bilan mantiqan bog‘langan;- Transmission Control Protocol/Internet Protocol (TCP/IP)dan yoki kengaytmalari/izdoshlaridan va/yoki IP-mos protokollaridan foydalangan holda, kommunikatsiyalarni ta’minlaydigan;- kommunikatsiyalarga va ular bilan bog‘liq infratuzilmaga asoslangan yuqori darajadagi servislarni (barcha uchun yoki konfidensial) taqdim etadigan, foydalanadigan yoki foydalana olishni mumkin qiladigan global axborot tizimi.2. Standart ochiq protokollar orqali axborot almashinish uchun o‘zaro birlashtirilgan mustaqil kompyuter tarmoqlarining global (butunjahon) ko‘pligi.3. Umumfoydalanadigan axborot-kommunikatsiya tarmoqlarining majmui, ular o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik bir xil nomdagi tarmoqlararo protokolni qo‘llash orqali ta’minlanadi. Internet axborot serveri|Windows NT Server 4.0 komponentasi. Uchta asosiy xizmat: ftp, gopher va www.larni, shuningdek, grafik ma’muriy boshqarish vosita-larini, ma’lumotlar bazasi bilan aloqani, muhofaza qilish protokollari va turli xil usullarni taklif etadi. Internet banki|Internet orqali bank xizmatlarini ko‘rsatuvchi bank. Mijozlarga Internet orqali xizmat ko‘rsatuvchi anʼanaviy bank ham, virtual bank ham Internet-bank hisoblanishi mumkin. Internet-broker|Internet treyding xizmatlarini ko‘rsatuvchi brokerlik (sarmoya) kompaniyasi yoki uning vakili. Internet hamjamiyati|Nisbatan barqaror aloqalar va munosabatlar tizimi bo‘lib, u tarmoq axborot makoni foydalanuvchilari orasidagi birgalashgan faoliyat jarayonida tashkil topadi. Shaxslararo aloqalardan farqli o‘laroq, Internet hamjamiyati aʼzolari «barcha barcha bilan» turidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri axborot almashuvi asosida o‘zaro aloqada ishlaydilar. Internet inkubatori|Internet kompaniyalari va loyihalarini tezkor ravishda tayyorlash va bozorga chiqarishga qaratilgan venchur sarmoya modeli. Internet jamiyati|Internetni rivojlantirish sohasida hamkorlikni tashkillashtirish va muvofiqlashtirish masalalari bilan shug‘ullanuvchi xalqaro notijorat tashkiloti. ISOC 1991-yili AQSHda manfaatdor tashkilotlar tomonidan tuzilgan. Uning asosiy vazifasi zamonaviy axborot texnologiyalarini ommalashtirish va axborot tarmoqlarining global axborot infratuzilmasiga birlashishiga yordam berish hisoblanadi.Mazkur jamiyat Internet tarmog‘ini rivojlantirish va undan foydalanishda yordam ko‘rsatadi. Shu bilan birga, u Internet arxitekturasini o‘rganish va tarmoqni ekspluatatsiya qilish bo‘yicha o‘qitish ishlarini olib boradi, hamda tarmoq tadqiqotlari va ishlanmalarini rag‘batlantiradi. Internet jurnalistika|XX asr oxirida Internetning rivojlanishi va tarqalishi bilan paydo bo‘lgan jurnalistikaning turi. Internet katalogi|Turli tarmoq resurslariga, birinchi navbatda WWW hujjatlariga havolalarning mavzu jihatdan tizimlashtirilgan to‘plamlarini saqlash vositasi. Internet kimoshdi savdosi|Elektron savdo tizimi. Unda mahsulotlar bevosita bitta insondan boshqasiga sotiladi. Odatda «isteʼmolchi-isteʼmolchi» sohasiga tegishli. Bunday kimoshdi savdosiga mashhur www.ebay.com sayti misol bo‘lishi mumkin.Kimoshdi savdolari to‘g‘ridan-to‘g‘ri «biznes-biznes» sohasiga ham taalluqli bo‘lishi mumkin, masalan, energiya kimoshdi savdolari. Internet-kompaniya|Internet xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs. Uni axborot texnologiyalaridan foydalangan holda anʼanaviy biznes (jumladan, savdo) yurituvchi kompaniyalardan farqlash lozim. Internet maslahatlar|Huquq, soliq, firmalarni taʼsis etish va boshqa masalalar bo‘yicha onlayn rejimida o‘zaro aloqada ishlash. Ularni yo‘lga qo‘yish uchun elektron pochta, Internet anjumanlaridan foydalaniladi. Uni elektron biznes turi bo‘lgan elektron konsaltingdan farqlash lozim. Internet-media|Qar.: Internet OAV. Internet OAV|Internetda ommaviy axborot vositasi vazifasini bajaruvchi veb-sayt. Anʼanaviy OAV (matbuot, radio, televideniye) kabi, Internet OAV jurnalistika tamoyillariga amal qiladi. Internet OAVning ikki turi mavjud: faqat Internetda nashr etiladigan va anʼanaviy OAVning Internetdagi versiyasi. Internet OAV rasmiy OAV maqomiga (litsenziyaga) ega bo‘lishi yoki bo‘lmasligi mumkin. Internet orqali dialogli muloqot tizimi|Internetda boshqa odamlar bilan real vaqt rejimida bog‘lanish uchun ishlatiladigan xizmat tizimi. IRC 1988-yilda fin talabasi Yarko Oykarinen (Jarkko Oikarinen) tomonidan yaratilgan. Internet orqali ovoz berish|Ovoz berish shakli. Ijtimoiy fikrni o‘rganishdan tortib Internet orqali o‘tkaziladigan referendumlar va siyosiy saylovni ham o‘z ichiga oladi. Saylovchi maʼlum veb-saytda elektron byulleten orqali ovoz beradi. Byulleten haqiqiyligi raqamli imzo orqali kafolatlanadi. Elektron hukumati faoliyati doirasida alohida ahamiyatga ega. Internet-protokol|Ulanish o‘rnatilmasdan tarmoq komplekslariga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan, TCP/IP protokollari guruhiga kiradigan tarmoq sathi protokoli. Internet-protokol manzillash, servis turini ko‘rsatish, paketlarni fragmentlash va keyinchalik qayta yig‘ish, shuningdek, axborotning muhofaza qilinishini tashkil qilish vositalariga ega. Internet-provayder|1. Internet tarmog‘iga kirish bo‘yicha va serverlar yaratish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xizmatlar taqdim etadigan jismoniy yoki yuridik shaxs.2. Tijoriy asosda foydalanuvchilarga telekommunikatsiyalar operatorlarining tarmog‘i orqali Internet tarmog‘iga kirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadigan jismoniy yoki yuridik shaxs. Internet qaramlik|Internetga ruhiy bog‘liq bo‘lishning haqiqatan mavjud bo‘lgan hodisasi. Internetga bog‘liqlik ko‘rinishlari orqasida, shuningdek, boshqa ruhiy og‘ishlar ham yashiringan bo‘lishi mumkin. Voqelikdan o‘ziga xos uzoqlashish ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bunda tarmoqdan foydalanish jarayoni subyektni shu darajada o‘ziga rom qiladiki, u haqiqiy dunyoda to‘la faoliyat ko‘rsatish qobiliyatini yo‘qotadi. Internet raqamlarini berish markazi|AQSh hukumati tomonidan moliyalashtiriluvchi Internetda oliy darajadagi domenlarning ma’muriy boshqaruviga javob beruvchi tashkilot, ularga .com, .net, .org lar kiradi. U bajaradigan vazifalarni 1998-yilning sentyabr oyidan ICANN Xalqaro notijorat tashkiloti o‘z zimmasiga oldi. Internet-resurs reytingi|Berilgan vaqt onida qandaydir Internet resurs (o‘xshash tarzda, teledastur, bosma nashr, radiostansiya) bilan qamrab olingan maqsadli guruh auditoriyasining foizi. Reytingning bitta punkti bir foizga to‘g‘ri keladi. Internet sanoati|Tarmoq axborot makonining faoliyatini taʼminlovchi moddiy va aqliy ishlab chiqarish sohasi. Internet-server|Internet xizmatlar faoliyatini taʼminlovchi texnikaviy va dasturiy vositalar: HTTP (sayt), elektron pochta, anjumanlar, FTP va h.k. Saytni Internetda joylashtirish uchun kamida HTTP xizmatini qo‘llovchi Internet-server zarur. Internet tarmog‘i|Global kompyuter tarmog‘i yoki tarmoqlar birlashmasi. Internet timsoli Arpanet tarmog‘i ko‘rinishida 1969-yilda yaratilgan. Hozirgi ko‘rinishda Internet XX asrning 90-yillaridan mavjud. «Off-line» va «on-line» rejimlarida ishlaydi. Internet tarmog‘ining asosi TCP/IP protokoli hisoblanadi. Internet taklif qiladigan tarmoq xizmatlari ichida fayllar uzatish gipermatnli hujjatlar bilan ishlash va elektron pochta keng tarqalgan. Internet tarmog‘i foydalanuvchisi|Internet tarmog‘idan foydalangan holda, xizmatlar olish huquqiga ega bo‘lgan shaxs. Internet tarmog‘idagi rasmiy sayt|Yuridik shaxsning, uning nomi va rekvizitlarini ichiga oladigan sayti. Internet tarmog‘idagi sayt|IP-manzilga va qo‘shimcha ravishda domen nomiga ega bo‘lgan, tizimlashtirilgan axborot to‘plami. Internet tarmog‘iga ulanish xizmatlari|Mulkdorlik huquqi asosida yoki boshqa huquq asosida xizmatlar isteʼmolchisiga tegishli bo‘lgan chetki uskunani Internet tarmog‘iga ulash bo‘yicha harakatlar yoki faoliyat. Internet tarmog‘ining axborot resursi|Internet tarmog‘i vositalari bilan ochiq foydalana olish rejimida taqdim etilgan va noyob manzilga ega bo‘lgan, tizimlashtirilgan axborot to‘plami. Internet-telefoniya|IP-telefoniyasining xususiy holi bo‘lib, telefon trafigini uzatish liniyalari sifatida oddiy Internet kanallaridan foydalanishni nazarda tutadi. Internet treyding|Internet fond birjasida qimmatli qog‘ozlarni (aksiyalar, obligatsiyalar, fyucherslar, opsionlar) sotish yoki sotib olish. Shuningdek, valyuta va tovar birjalarida savdo bilan shug‘ullanish. Internet uzatish|Axborotning (yangiliklar, radio, video va h.k.) Internet kanallari orqali oqimli uzatish texnologiyasi. Internet xabarlaridan erkin foydalanish protokoli|Internetdagi xabarlardan foydalana olish protokoli, 1986-yil Stenford universitetida ishlab chiqilgan. Serverdagi elektron pochta xabarlarini yaratish, ulardan foydalanish va ularni boshqarish operatsiyalarini o‘z ichiga oladi. Internet xizmatlarini taqdim etuvchi|Yuridik va jismoniy shaxslarga xizmatlardan (tijorat) erkin foydalanish yoki Internetdan mavjudligini taqdim etuvchi Internet-provayder, tashkilot. Internet-2|200 ta Amerika universitetlari va 50 ta yirik korporatsiyalardan tashkil topgan, tasvir va tovushni uzilishlarsiz uzatilishi va uzatish kanallarini barqaror kengligini kafolatlovchi keyingi avlod Internet texnologiyasini ishlab chiqayotgan konsorsium. Loyiha 1996-yil oktyabr oyida keng omma e’tiboriga chiqarilgan. Internetda ishlashni tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash|Veb-uzellarni tashkil etish, xususiy IP-manzillarni ajratish, domen nomlarining bazasi va Internet-provayderlarning boshqa xizmatlarini yuritish bo‘yicha xizmatlar. Internetda muloqot|Internetda muloqot joylari – chatlar, forumlar, ijtimoiy tarmoqlar va h.k. Qoida bo‘yicha muloqot saytlari yoki xizmatlarida administratorlar mavjud bo‘lib, ular u yerdagi tartibni nazorat qiladi. Internetda pochta xizmatlarini ko‘p maqsadli kengaytirish|Internetda elektron pochta orqali uzatish uchun matnli va matnsiz (masalan, grafik) axborotni bitta xabarda kodlashtirishga oid standart. Internetdagi domen nomlari xizmati|Domen nomlari serverini qo‘llab-quvvatlash dasturi, dastlab Unix uchun yozilgan, ayni vaqtda uning nisbatan ommabop amaliyoti bo‘lgan DNS barcha platformalarda qo‘llaniladi. BIND ma’lumotlar bazasi tuzilmasini, DNS funksiyalari va o‘rnatish uchun talab qilinadigan konfiguratsion fayllar va server nomlari funksionalligini aniqlaydi. Internetdagi manzil|Oddiy qilib aytganda, domen nomi (cppmp.uz, yandex.ru va b.q.). Internetdan erkin foydalanish xizmatlari|Internetga kirgan tarmoqlarning birlamchi provayderlari (yetkazib beruvchilari) – tashkilot egalari, yoki birlamchi provayderlaridan foydalana olish kanallarini ijaraga oluvchi ikkilamchi provayderlar–firmalar tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar. Internetga ulanish|1. Ajratilgan aloqa kanali (optik tola, yo‘ldosh aloqasi, ra-diokanal, ajratilgan kommutatsiyalanmaydigan telefon liniya-si) bo‘yicha doimiy ulanish.2. Kommutatsiyalanadigan, yaʼni uzib-ulanadigan ulanish (dial-up). Internetika|Amaliy ilmiy yo‘nalish bo‘lib, u global kompyuter tarmog‘ining inson faoliyatining turli sohalarida qo‘llanilishiga oid xususiyatlar, qonuniyatlar va foydalanish usullarini o‘rganadi. Internet-magazin|Tovarlar katalogi, xaridlar uchun virtual savat, to‘lov vositalari va ehtimol, buyurtmalarning yetkazib berilishini boshqarish tizimi bo‘lgan veb-sayt. Internet-marketing|Internet tarmog‘idagi, veb-saytlardan foydalanish, elektron pochta orqali axborotni maqsadga muvofiq ravishda yuborish, axborotni foydalanuvchilarning mijoz ilovalariga tezkor yetkazib berish texnologiyasi orqali amalga oshiriladigan marketing. Internetni tartibga solish|Internetni rivojlantirish va quvvatlashga qaratilgan qonunchilikka oid va tashkiliy tadbirlar majmui. Bularga: tijorat sohasidagi qonunchilik, raqobatni rivojlantirish, litsenziyalash, texnologiya standartlari, narxlarni rostlash, soliq solish, intellektual mulkni, isteʼmolchilarni, pinhoniylikni muhofazalash, provayderlarning masʼuliyatini taʼminlash, kompyuter jinoyatchiligini taʼqib qilish va boshqalar kiradi. Internetni rostlash tadbirlari shaffoflikni va oshkoralikni taʼminlashi zarur. Internetning noyob tabiati sababli, uni tartibga solish mushkul bo‘lganligi uchun ko‘p mamlakatlarda «Internet to‘g‘risida» maxsus qonun yo‘q. Internetning ichki tahdidlari|Tarmoq axborot makonining ahvoli va rivojlanishi uchun salbiy oqibatlarga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan tahdidlar. Bular: tarmoqning ortiqcha yuklanganligi tufayli axborot kollapsi (qulashi); xakerlarning maʼlumotlarni yo‘q qilishi yoki o‘zgartirishi, «bog‘lamalar va trafikni «chetlab o‘tish» yo‘nalishlarini blokirovkalash maqsadida uyushtirgan hujumlari; kommunikatsiya kanallarining tasodifiy yoki uyushtirilgan avariyalari; axborot-izlash tizimlarining mukammal emasligi; protokollarning «maʼnaviy» eskirib qolishi va boshqalar. Internetning tashqi tahdidlari|Foydalanuvchilar uchun salbiy oqibatlarga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan tahdidlar. Tashqi tahdidlar texnologik va ijtimoiy bo‘lishi mumkin. Texnologik: sekin kanallar; tarmoqqa ulanishning unumsiz uslublari; olib keltirilgan viruslar; axborot «toshqini» va h.k. Ijtimoiy: foydalanuvchilarning jismoniy va psixik sog‘lig‘iga bo‘lgan taʼsir; insonning shaxsiy ongiga bo‘lgan taʼsir; axborot terrorchiligi va jinoyati va boshqalar. Internet-portal|Internetdan foydalanuvchiga, mavzu bo‘yicha bog‘langan bir qancha sayt ma’lumotlaridan foydalanishning navigatsiya, izlash va boshqa vositalarini taqdim etadigan veb-sayt. Internet-reklama|Internet tarmog‘idagi reklama. Internet-serverni amaliy dasturlash interfeysi|Yordamchi amaliy tizimlar uchun veb-serverni dasturlash interfeysi. Dastlab Process Software korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan, so‘ngra Microsoft tomonidan moslashtirilgan. Internet-televizion eshittirish|Televizion va multimediali dasturlarni yetkazish uchun global Internet telekommunikatsiya tarmog‘idan foydalaniladigan raqamli televizion eshittirish. Internet-xizmatlar|Ko‘rsatilishi, maʼlumotlarni Internet kanallari orqali uzatish yoki qabul qilish yo‘li bilan amalga oshiriladigan xizmatlar. Eng keng tarqalgan xizmatlar: maʼlumotlarni saqlash, xabarlar va maʼlumotlar blokini uzatish, elektron va nutqli pochta, videoservis. Interneziya|Maʼlum axborotning qaysi veb-sayt yoki boshqa Internet manbaidan (masalan, elektron pochta) olinganligini eslash mumkin emasligi. Internet va amneziya so‘zlari birikmasidan yasalgan.InteroperabellikIng. – interoperabilityrus. - интероперабельностьAvtomatlashtirilgan axborot tizimlarining ma’lumotlar almashinish va boshqa manbalardan olinadigan axborotdan foydalanish qobiliyati. Interpolyatsion kodlash (raqamli televideniyeda)|Signal bitreytini pasaytirish maqsadida interpolyatsiyadan foydalanib manbani kodlash usuli. Interpolyatsiya (raqamli televideniyeda)|Yetmayotgan yoki o‘tkazib yuborilgan kadrlarni, yoki kadrlarning qismini fazo va vaqt bo‘yicha qo‘shni kadrlar yoki kadrlar qismidan kelib chiqib, olib chiqilgan axborotdan foydalanib, tiklash usuli. Interpretator|Boshlang‘ich tilning har bir operatorini bajarish va ketma-ket o‘zgartirish uchun belgilangan dastur; dastur matnini bitta yo‘riqnoma bo‘yicha, uni darhol bajargan holda tarjima qiladi.Misol – BASIC com dasturi. Intranet|Intratarmoq, intranet, ichki korporativ Internet, Internet texnologiyalari, standartlari va dasturiy ta’minotidan foydalanadi. Intratarmoq tashqi foydalanuvchilardan, ularni Internet orqali ruxsatsiz foydalanishdan himoya qiluvchi brandmauer yordamida izolyatsiyalanishi yoki tashqi foydalanishga ega bo‘lmagan avtonom tarmoq kabi ishlashi mumkin. Odatda, kompaniyalar o‘z xodimlari uchun Intranet yaratishadi, lekin bunga boshqa foydalanuvchilar guruhini ham jalb qilish mumkin. Tarmoqning bu holati Еxtranet deyiladi. Invariant|Bajarilish jarayonida o‘zgarmaydigan dasturiy obyekt. Dasturlarning to‘g‘riligini isbotlashda foydalaniladi. Inversiyalash bilan nolga qaytmasdan|Nolga qaytmasdan kodlashning modifikatsiyalangan usuli, bunda signal har doim nol bo‘lmagan qiymatlarga ega, 1 simvoli signal darajasi almashishiga, 0 simvoli esa, uning yo‘qligiga to‘g‘ri keladi. Takrorlanadigan simvollarning uzunligini cheklash uchun davriy ravishda 1 simvolining inversiyasi amalga oshiriladi. FDDI va 100BaseFX da qo‘llaniladi. Invertirlangan fayl|Yozuv kalitini va unga bo‘lgan ko‘rsatgichni ichiga oladigan kalit. Har bir kalit yozuvni unikal tarzda identifikatsiyalaydi, ko‘rsatgich esa dasturga ma’lumotlar bazasida yozuvni fizik joylashtirishni ko‘rsatadi. Fayl shu ma’noda invertirlanganki, kalitlar tartib bo‘yicha saralangan, ma’lumotlar bazasidagi, bu fayl bilan ko‘rsatgichlar orqali bog‘langan yozuvlar esa ixtiyoriy, ularning yaratilishi tartibida joylashtirilishi mumkin. Invertirlangan proksi-server|Mijozga boshlang‘ich server sifatida ko‘rinadigan proksi-server. Xavfsizlik yoki serverlar yuklanishini balanslash maqsadida tashkil qilinadi. Invertirlangan televizion kanallar|Amplitudaviy modulyatsiyadagi ikkita televizion kanaldan, ularning birida tovush jo‘rligidagi eltuvchi tasvir eltuvchiga nisbatan chastota bo‘yicha yuqori, boshqasida past joylashgan bo‘lsa, chastota spektrida bir xil o‘rinni egallaydigan tizim.Izoh ‒ Bu tizimda ikkita kanaldan biri to‘g‘ri, boshqasi inventirlangan deb, nomlanadi. Investitsiya loyihasi|Loyiha-smeta hujjatlarida bayon qilingan, investitsiyalarning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi, investitsiyalarni amalga oshirish muddatlari va hajmlari asoslanganligiga tayanadigan, uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar loyihasi. Ionlash|Modda neytral atomlarining va molekulalarining ionlarga aylanishi. Ionlovchi nurlanish|Muhitni ionlaydigan nurlanish. Ionogramma|Ionosferali zondlash yo‘li bilan olingan ionosferaning yuqori chastotali xarakteristikasi. Ionosfera|Fotoionlanish tufayli sodir bo‘ladigan ionlar va erkin elektronlarning mavjudligi bilan tavsiflanadigan atmosferaning yuqori qismi, bunda elektron zichlik chastotalarning ma’lum polosalarida radioto‘lqinlar tarqalish shartlarining katta o‘zgarishlarini yaratish uchun yetarli.Izoh – Yer ionosferasi taxminan 50 km balanlikdan 2000 km balandlikgacha cho‘ziladi. Ionosfera aloqa liniyasi|Katta masofada (500 km dan 5000 km gacha) aloqani ta’minlaydigan (50 bit/s dan 1200 bit/s gacha) past o‘tkazish qobiliyatiga ega gorizont orti aloqa liniyasi. Ionosfera radioaloqasi|Radioto‘lqinlarning ionosferadan qaytishida yoki ularning ionosferaning xilma-xilligida sochilishida foydalaniladigan radioaloqa. Ionosfera stansiyasi|Ionosfera holatini tadqiq etish radiostansiyasi. Ionosferadagi sakrash|Radioto‘lqinlarning Yer sirtining bir nuqtasidan boshqasiga tarqalish trayektoriyasi, u bo‘ylab o‘tish ionosferadan bir qaytish bilan kuzatiladi. Ionosferadagi sochilish|Radioto‘lqinlarning, ionosfera ionlanishining bir xil emasligi natijasida sochilishi hisobiga tarqalishi. Ionosferadagi tarqalish|Yer ionosferasining radioto‘lqinlar tarqalishi xususiyatiga ta’siri bilan bog‘liq radioto‘lqinlarning tarqalish turlaridan biri. Ionosferadagi zondlash|Maxsus radiosignallarni uzatish va qabul qilish yordamida radioto‘lqinlarning ionosferada tarqalishi yoki ionosfera xarakteristikalari sharoitlarini aniqlash. «Issiq liniya» xizmati|Raqam termasdan telefon apparatga (telefon apparatning raqami abonent tomonidan oldindan kommutatsiya stansiyasiga xabar beriladi), agar telefon go‘shagi ko‘tarilgandan so‘ng ma’lum vaqt davomida abonent raqam termasa, chaqiruv yuborish imkonini beruvchi xizmat. Bu vaqt tugagandan so‘ng abonent raqam terishi va xohlagan yo‘nalishga qo‘ng‘iroq qilishi mumkin. «Issiq» start|Kompyuterni o‘chirmasdan qayta yuklash. Bunda faqat operatsion tizimning qayta yuklanishi yuz beradi. Odatda, Reset tugmasi bosilganda bajariladi. Isteʼmolchi isteʼmolchi uchun|Tijorat munosabatlari isteʼmolchilarning bir-biri bilan muloqotida quriladigan bozor sohasi. Ushbu soha veb-resurslarga Internet kimoshdi savdolari misol bo‘la oladi. Istiqbolli tadqiqot loyihalarini boshqarish tarmog‘i|1969-yilda tashkil topgan hamda ilmiy va harbiy tashkilotlarni birlashtirgan kompyuter tarmog‘i. Internetning ajdodi hisoblanadi. Istisno|Dasturning biron-bir operatsiyani bajarishi davomida dasturni ishni davom ettira olmaydigan holatga olib keluvchi hodisa. Istisno qiluvchi «yoki»|Mantiqiy operatsiya. Ba’zi dasturlash tillarida XOR kabi belgilanadi, p XOR q deb yoziladi, bu yerda r va q mantiqiy ifodalar. Ba’zida «2 moduli bo‘yicha mantiqiy qo‘shish» deb ataladi. Istisnolar lug‘ati|Matn protsessorlariga yoki stol noshirlik tizimlari dasturlariga qo‘yilgan oddiy ko‘chirish qoidalariga bo‘ysunmaydigan so‘zlarni ichiga oladigan lug‘at. Iteratsiya|Aynan bir komponentdan ikki yoki undan ortiq turli talabni ifodalash uchun foydalanish. Ixtilof|Qurilmalar yoki dasturlar o‘rtasida yuz beradigan dasturiy yoki uskunaviy ixtilof. U bir qurilmaga yoki xotira sohasiga bir vaqtning o‘zida murojaat qilinganda ro‘y beradi. Ixtisoslashtirilgan axborot resurslaridan foydalana olish xizmatlari|Xususiy tarmoq yoki ijaraga olingan kanal bazasidagi moliyaviy (birja) va boshqa axborot resurslaridan masofadan foydalana olishni tashkil etish hamda foydalanuvchining terminal uskunasini moliyaviy-axborot resyrslari operatorlari yoki egalarining tarmoqlariga ajratilgan ulanish. Ixtisoslashtirilgan integral mikrosxema|Har qanday aniq maqsadlar uchun mo‘ljallangan kompyuter mikrosxemasi. Ixtisoslashtirilgan server|Katta kompyuter tarmog‘ida alohida funksiyani bajaradigan server. Fayl-server, faks-server, pochta serveri, ilovalar serveri, kommunikatsiya serverlari va b.lar ajratiladi. Ixtisoslashtirilgan tuzilmaviy bo‘linmalar|Tashkilotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy qilinishi va amalga oshirilishi uchun javob beradigan bo‘linma. Ixtiyoriy almashtirish|Boshlang‘ich tasvir har qanday tashkil etuvchisidan farqlash belgisi sifatida foydalanishda videotasvir ba’zi bir qismlarini boshqasiga almashtirish. Tutun yoki soya kabi «shaffof» effektlar yaratish imkonini beradigan elektron almashtirishning eng mukammal texnologiyasi. Ixtiyoriy foydalana olish|Xotirada ma’lumotlarni bevosita olish yoki almashtirish jarayoni. Ixtiyoriy foydalana olish kanali|Liniya «yuqoriga» yo‘nalishidagi boshqarish kanali bo‘lib, mobil stansiya tomonidan qisqa xabarlar va kanallar taqdim etilishi yuzasidan so‘rovlarni uzatishda foydalaniladi. Ixchamlashtirmoq|Dasturni, uning ishini to‘xtatmagan holda vazifalar paneliga yig‘ish. Ishlayotgan dasturlar oynalari orasida harakatlanishni qulaylashtirish maqsadida yaratilgan. Iуerarxik fayl tizimi|Daraxtsimon tuzilishga ega fayl tizimi. Unda ba’zi fayl (papka, kataloglar) boshqalari-ning ichiga solinishi mumkin. Iyerarxik hisoblash tarmog‘i|Uzellar, o‘zlarining operatsiyalarni boshqarish imkoniyatlariga nisbatan turkumlar iyerarxiyasiga birlashtirilgan hisoblash tarmog‘i. Iyerarxik kodlash, ko‘p darajali kodlash|Manbani, dastlabki tasvirni sifatning bir nechta darajalarida qayta tiklashga imkon beradigan ma’lumotlar oqimini maxsus tuzilma asosida, kodlash usuli.Izoh – Radioeshittirishda iyerarxik kodlash, masalan, qayd etilgan antennaga yuqori aniqlikdagi tasvirni qabul qilishni, shu bilan bir vaqtda, sifati past tasvirni portativ qabul qilgichning o‘rnatilgan antennaga qabul qilinishini amalga oshirish imkonini beradi. Iyerarxik marshrutlash|Ko‘p sathli tarmoqdagi, uning har bir sathida mustaqil bajariladigan marshrutlash. Iyerarxik ma’lumotlar bazasi|Elementlari iyerarxik prinsip asosida tashkillashtirilgan ma’lumotlar bazasi. Daraxtsimon graf bilan tavsiflanadi. Iyerarxik tahlil|Dastur boshlang‘ich matnini sintaksik tahlil qilish, uning natijasida simvollar yoki tokenlar qo‘yilgan to‘plamlarga iyerarxik guruhlanadi. Iyerarxik tarmoq|Liniyalar va uzellar turli bog‘lanishlar tuzilmasiga ega bo‘lgan bir qancha daraja bo‘lingan axborot tarmog‘i. Iyerarxiya|O‘zaro aloqadorligini belgilovchi bir necha darajaga ega bo‘lgan, bir-biriga bog‘liq obyektlarning tartiblashtirilgan majmui. Quyi daraja obyektlari yuqori daraja obyektlariga bo‘ysunadi, agar ularning o‘rtasida bog‘lanish bo‘lsa. Iyerarxiya daraxt shaklida ko‘rsatilishi mumkin. Iz|Ortiqcha kodning, mualliflik huquqi buzilgan hollarni aniqlashda foydalanish mumkin bo‘lgan qismi. Iz tushirish moslamasi|Posilkalar va qiymati eʼlon qilingan banderollarni o‘rab joylashda, shuningdek, xalqaro pochta almashinuv joylarida keluvchi mayda paketlarni o‘rab joylashda foydalaniladigan qog‘oz tasmalariga pochta aloqasi obyektining nomi va pochta indeksi izini tushirish uchun mo‘ljallangan maxsus qurilma. Izlash|Ma’lumotlar bazasidan axborotni, faylni, direktoriyni va h.k.larni izlash komandasi. Izlash agenti|Tarmoqni doimiy ravishda kezib yuruvchi va veb-sahifalardan axborot yig‘uvchi (ularni indekslovchi) maxsus dastur. Izlovchi|Qar.: Izlash tizimi. Izoh, havola|Hujjat yoki dasturdagi muayyan joyga taalluqli qo‘shimcha axborot. Izomorfizm|Obyektlardan tuzilgan ikki to‘plam orasidagi munosabat bo‘lib, birinchi to‘plamdan tanlangan har bir obyekt uchun ikkinchi to‘plamning yagona elementi mos keladi. Izomorfizm analogiya tushunchasining matematik aniqlashgan holidir. Izomorfizm ushbu ikki to‘plam uchun bir xil bo‘lgan jami xususiyatlarni belgilaydi, yaʼni ularning biri uchun chiqarilgan xulosalar boshqasi uchun ham to‘g‘ridir. Izotrop antenna|Har tarafga bir tekisda nurlanadigan, yo‘qotishlarsiz tasavvur etiladigan antenna. Izotrop muhit|Xususiyati, uning yo‘nalishidan qat’i nazar bir xil bo‘lgan muhit. Izotrop nur tarqatgich|Intensivlikning barcha yo‘nalishlarida doimiyga ega bo‘lgan elektromagnit nurlanishni paydo qiluvchi gipotetik nuqtasimon manba. Izotrop nur tarqatgichgichga nisbatan hisoblanadigan detsibellar (dBi)|Antenna kuchaytirish koeffitsiyentining, izotrop nur tarqatgichgichni kuchaytirish koeffitsiyentiga bo‘lgan, detsibellarda ifodalangan nisbati. Ish (harakat) turi|Ayni bir algoritmning bajarilishi bilan belgilanadigan faoliyatni tasniflash. Ish (harakatlar) ustuni|Muammoni hal qilishda amalga oshirilishi zarur boʻlgan barcha ish (harakat)lar roʻyxati. Ish stoli|Foydalanuvchining ish komponentalari simvollari bilan tasvirlangan ekranli interaktiv vosita. Ekranning oyna (shuningdek, dialog oynalari), belgi va menyu joylashgan ish maydoni. Ish stoli muhiti|Foydalanuvchining grafik interfeyslari turi. Bunday muhit ish stoli deb atalgan makonni taʼminlab, unda oynalar, piktogrammalar, panellar va boshqa elementlar paydo bo‘ladi. Odatda muhitning turli qismlarini birlashtiruvchi mexanizmlar qo‘llanadi – masalan, drag- n-drop (maʼlumotlarni ko‘rsor yordamida oynalar orasida ko‘chirish).Misol – Microsoft Windows va Mac OS tizimlarining grafik interfeyslari, GNOME, KDE va Xfce muhitlari. Ish varag‘i|Tizimlashtirilgan maʼlumotlarni qayta ishlash va ularni yozishga mo‘ljallangan rasmiylashtirilgan anketa. Ish varaqasi qayta ishlanayotgan hujjatlar yoki maʼlumotlar turiga mos keladigan maʼlumotlar maydonining tarkibi hamda mazmuni va ularni to‘ldirish qoidalari to‘g‘risidagi maʼlumotlar to‘plamidan iborat. Ish yuritish|Rasmiy hujjatlarni tuzish va ular bilan ishlashni tashkil qilishni ta’minlovchi faoliyat. Ish yuritishni avtomatlashtirish|Korxona va tashkilotlarning hujjatlar bilan ishlash aspektlari va funksiyalari yig‘indisi. Ishga tushirish|Jarayon (obyekt), dastur va h.k.larni zarur hisob-kitoblar, o‘zgartirishlarni amalga oshirish maqsadida ishga tushirish. Masalan Doppix operatsion tizimini ishga tushirish. Ishga yaroqlilik|1. Apparat qurilma yoki tizimning turli ish rejimlarida talab qilinadigan xizmat ko‘rsatish sifati bilan ishlay olishi, xizmat ko‘rsatishda ishdan chiqish yoki tasodifan to‘xtab qolishlar bo‘lganida, o‘zining boshlang‘ich ishchi holatini tezda tiklay olish qobiliyati.2. Foydalanuvchining tizim bilan ishlay olishi va unga texnik xizmat ko‘rsatishdagi qulaylik. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi|Yirik firma yoki korxona ishlarini yengillashtirish yoki hujjat aylanishini osonlashtirish uchun xizmat qiladigan tizim.Izoh − Odatda bunday tizimlar buyurtmaga ko‘ra ishlab chiqiladi. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish|Mashinalashtirilgan ishlab chiqarish rivojlanishidagi jarayon, bunda ilgari odam tomonidan bajarilgan boshqaruv va nazorat funksiyalari asboblarga va avtomatik qurilmalarga beriladi. Ishlab chiqarishni kompleks avtomatlashtirish|Kompyuterlar yordamida ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish uslubi. U o‘zida loyiha ishlari, texnologik vositalar bilan bir qatorda rejalashtirish, nazorat, boshqarish va hisob tizimlarini birlashtiradi. CIM ni ishlatish avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish korxonalarini yaratishga imkon beradi. Natijada korxona qo‘shimcha harajatlarni va moliya sarfini sezilarli kamaytiradi. Bundan tashqari, energiyani va xom ashyoni tejash taʼminlanadi, yaroqsiz mahsulot va chiqindilar kamayadi. CIM asosida kompyuterlashgan logistik tizimlar yaratiladi. Ishlab chiqaruvchi-iste’molchi|Jarayonlarning o‘zaro harakat paradigmasi, bunda jarayon-ishlab chiqaruvchi (producer) jarayon-iste’molchi (consumer) tomonidan ishlatilayotgan axborotni biror buferda generatsiyalaydi. Ishlab chiqish|Mahsulot hayotiy siklining, BOni amalga oshirishni taqdim etishda yaratilishi bilan bog‘liq bosqichi.Izoh – ALC turkumidagi barcha talablarda «ishlab chiqish» atamasi va u bilan bog‘liq bo‘lgan (ishlab chiquvchi, ishlab chiqish) atamalari keng ma’noda ishlatiladi, ham ishlab chiqish, ham ishlab chiqarishni bildiradi. Ishlab chiqish muhiti|1. Baholash obyekti ishlab chiqiladigan muhit.2. Ular asosida va ularning yordamida ishlab chiqish amalga oshiriladigan dasturiy va/yoki apparat vositalar majmui. Ishlab chiqish va testlash tizimi|Elektron qurilmalarni ishlab chiqish va to‘g‘ri ishlashini tekshirish uchun mo‘ljallangan dasturlar hamda vositalar kompleksi. Ishlab chiqish vositalari|Dasturlashda ‒ kompilyatorlar, komponovkachilar, sozlovchilar, utilitalar, loyihani yuritish va versiyalarni nazorat qilish vositalari va h.k. Ishlab chiquvchi|1. Dasturiy taʼminotni ishlab chiquvchi (ingl. software developer, software engineer). Informatika, loyihalarni boshqarish, matematika, muhandislik va boshqa bilim sohalaridan texnologiyalar, uslubiyat va amaliyotdan foydalangan holda dasturiy taʼminotni yaratish va uning ishini qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanuvchi shaxs.2. Veb ishlab chiquvchi (ingl. web developer). Veb-sayt yoki veb-qo‘llanmani yaratish, jumladan, veb-dizayn, elektron tijorat qo‘llanmalarini ishlab chiqish, veb-serverni konfiguratsiyalash, mijoz va server tomonida veb uchun dasturlash bilan shug‘ullanuvchi shaxs.3. Maʼlumotlar bazasini ishlab chiquvchi (ingl. database developer). Tashkilot maʼlumotlar bazalarini tashkillashtirish va yurgizish uchun mo‘ljallangan dasturiy taʼminotni ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi shaxs. Ishlamay qolish|Televizor (element) ishlash xususiyatining to‘liq yoki qisman yo‘qolishi. Ishlamay qolish (dasturning)|Qurilma yoki tizim funksiyalari bajarilishini to‘xtatishi. Bu atama ko‘pincha «apparat vositalarning ishlamay qolishi» yoki «dasturdagi fatal uzilish» ko‘rinishida ishlatiladi. Ishlamay qolishda foydalana olish|Uskuna yoki dasturiy ta’minotning buzilishi natijasida yo‘l qo‘yilishi mumkinbo‘lgan ma’lumotlarni qayta ishlash tizimidagi ma’lumotlardan ruxsat etilmagan tarzda va tasodifiy foydalana olish. Ishlamay qolishdan so‘ng tiklash|Hisoblash tizimi ishini ishlamay qolishdan so‘ng tiklash protsedurasi tizimning noto‘g‘ri natijalar chiqarishini istisno qiladi. Ishlamay qolishlar o‘rtasidagi ishlash muddati|Televizor (tiklanadigan mahsulot)ning ikkita ketma-ket ishlamay qolishlari o‘rtasidagi ishlash davomiyligi. Ishlamay qolishlardan muhofaza qilinganlik|Mumkin bo‘lgan ishlamay qolishlardan muhofaza qiladigan vositalar bilan jihozlangan kompyuter yoki qurilma. Ishlamay qolishni chetlab o‘tish|Klasterli konfiguratsiyalarda ‒ tizimning, ishlash qobiliyatini saqlab qolgan boshqa qurilmaga ulangan holda, qandaydir qurilmaning ishlamay qolishiga tez javob bera olish qobiliyati. Ishlash muddati|Televizor (element) ning ma’lum sharoitlarda miqdor jihatdan vaqt bilan baholanadigan ishlash davomiyligi. Ishonch|Baholash obyekti xavfsizlik funksiyasi siyosatiga mos kelishi to‘g‘risida ishonch uchun asos. Ishonch ma’lumotlari|Mantiqiy obyektning qayd qilingan haqiqiyligini belgilash uchun uzatiladigan ma’lumotlar. Ishonchli hisoblash bazasi|Hisoblash tizimi muhofaza mexanizmlarining majmui, jumladan, xavfsizlik siyosatini qo‘llab-quvvatlash uchun javobgar dasturiy va apparat komponentlar. Ishonchli hisoblash tizimi|Maʼlumotlarni qayta ishlash tizimi. Bunda turli foydalanish huquqlariga ega foydalanuvchilarning turli muhofaza tasnifi va muhofaza darajalaridagi ruxsat etish uchun yetarli kompyuter muhofazasi borligi nazarda tutilgan. Ishonchli kanal|OXF va axborot texnologiyalarining boshqa ishonchli mahsuloti orasidagi, zarur qat’iylik darajasini ta’minlovchi birgalikda ishlash vositasi. Ishonchli kompyuter tizimi|1. Foydalanuvchilarning maxfiylik griflari va xavfsizlik toifalari turlicha bo‘lgan ma’lumotlardan bir vaqtda foydalana olish imkoniyati hisobga olingan holda, yetarlicha kompyuter xavfsizligi ko‘zda tutiladigan ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi.2. Xavfsizlikni ta’minlashning apparat va dasturiy vositalaridan foydalanish hisobiga, saralanmagan kritik axborot oqimining qayta ishlanishi xavfsiz olib borilishini ta’minlovchi tizim. Ishonchlilik|1. O‘rnatilgan vaqt davomida tizimning o‘z funksiyasini bajarish qobiliyati. Ishonchlilikni baholash uchun hisob-kitobga oid hamda statistik (sinovlar jarayonida olingan) xarakteristikalar qo‘llaniladi va ular, odatda, qurilmaning ishga layoqatli holatda bo‘la olish vaqtining foizi sifatida aniqlanadi. Ishonchlilikning asosiy ko‘rsatgichlari: buzilishgacha o‘rtacha ishlash muddati, o‘rtacha tiklanish vaqti va boshqalar.2. Tizim, qurilma yoki dasturiy mahsulot berilgan sharoitlarda va belgilangan vaqt davomida undan talab qilinadigan funksiyalarni so‘zsiz bajara olish ehtimoli. Ishonchlilik biti|Elektron hisoblash mashinasi xotirasidagi so‘zga axborotning ishonchliligini ko‘rsatish uchun qo‘shiladigan razryad. Ishonchlilik (dasturiy vositaning)|Dasturiy taʼminotning, o‘rnatilgan vaqt davri ichida o‘zining ishlash sifati darajasini saqlab qolish qobiliyatiga taalluqli atributlar to‘plami. Ishonchlilik mezoni bilan kodlash|Manba xabarini kodli so‘zga qayta o‘zgartirish, bunda teskari o‘zgartirishdan so‘ng, dastlabki xabarga berilgan ishonchlilik mezoni ma’nosida yaqin bo‘lgan qandaydir boshqa xabar olinadi. Ishonchlilikka sinash|Televizor (element)ning ishonchlilik parametrlari qiymatlarini texnik shartlarga muvofiqligini belgilangan usulda baholash maqsadida tajribaviy aniqlash. Ishonchlilikni yalpi tekshirish|Ishonchlilikni tekshirish, bunda kirish kompyuteri foydalanuvchini identifikatsiya qiluvchi axborotni boshqa kompyuterga uzatadi. Ishonchsiz qabul|Mobil stansiya xizmat ko‘rsatish zonasining chekkasida ishlayotganida signallarni qabul qilish sharoitlarining yomonlashuvini tavsiflovchi tushuncha. Ishoratlar halqasi|O‘xshash mavzudagi veb-saytlarni birlashtirish. Bu tashrifchiga halqaning ixtiyoriy saytlaridan uni qiziqtirayotgan mavzu bo‘yicha boshqa saytlarni yengillik bilan topishga imkon beradi. Halqaning yaratilishi resurslarni birlashtirishga yordam beradi hamda foydalanuvchilarga kamroq vaqt sarflab ko‘proq axborot olishga imkon beradi. Ishchi guruh|1. Umumiy loyiha ustida ishlovchi va shu tarmoqda fayllar, ma’lumotlar bazasi va h.k. larni bo‘lishuvchi lokal hisoblash tarmog‘ining foydalanuvchilar guruhi. Guruhning ishi, guruh dasturiy ta’minoti yordamida koordinatsiya qilinadi.2. Windows NT da umumiy o‘ziga xos nom ostida mujassamlangan kompyuterlar guruhi ishchi guruh hisoblanadi, ularning boshqaruvi bir kompyuterning boshqaruviga monand bo‘ladi. Ishchi guruhlar uchun Windows|Windows 3.1 operatsion tizimining, Ethernet bazasidagi uncha katta bo‘lmagan lokal tarmoqlarda ishlash uchun mo‘ljallangan versiyasi (1992-yilda chiqarilgan). Ishchi radiochastotalar diapazoni|Radiostansiyaning ishlashi ta’minlanadigan chastotalar polosasi. Ishchi ro‘yxat|Tez-tez foydalaniladigan manzillar (hujjatlar, veb-sahifalar va h.k.) ro‘yxati. Ishchi soha|Ekspert tizimlarida ma’lumotlar bazasining mantiqiy xulosa jarayonida olingan barcha xulosa komponentlari uchun qulay bo‘lgan va ular orasida birgalikda ishlash uchun foydalaniladigan faktlarni ichiga oladigan qismi. Ishchi stansiya|Odatda, kompyuter tarmog‘ida ishlaydigan kompyuter yoki terminal. Ishchi xotira|Xotiraning, bajariladigan jarayonlarning oraliq natijalarini saqlash uchun foydalaniladigan qismi. Ishchi chastotalar polosasi|Past va yuqori chastotalar bilan cheklangan polosa, uning doirasida antennaning elektr parametrlari aniq turdagi antennaga qo‘yiladigan texnik talablarni qanoatlantiradi. Ichiga joylashtirilgan|1. Dasturning asosiy vazifasidan ancha yiroq bo‘lgan qo‘shimcha imkoniyati. Masalan, fayl boshqaruvchilaridagi arxivlarni ko‘rish yoki ACDSee grafik redaktorida musiqali fayllarni ishga tushirish.2. Biror bir uskuna tarkibida ishlatiladigan, uning ichiga o‘rnatilgan qurilma (masalan, kompyuter bosh platasi ichiga o‘rnatilgan modem yoki videokarta), masalan, embedded computer. Ichiga kiritilgan (singdirilgan) tovush|SDI signali ichiga kiritilgan va video bilan birgalikda uzatiladigan tovushli ma’lumotlarning raqamli oqimi. Ichiga solmoq, biriktirmoq|Elektron xatga biror-bir faylni biriktirish. Bu fayllar serverda turadi va elektron xat qayta uzatilganda u kompyuterdan qayta ko‘chirib olinmaydi. Ichki firibgarlik|Xizmatchilar tomonidan uchinchi shaxslarga konfidensial xarakterdagi texnik ma’lumotlarni uzatish yo‘li bilan, shaxsan yoki ushbu shaxslar orqali foyda olish uchun o‘z xizmat mavqeidan foydalanishi. Ichki fotoeffekt|Elektronlarni yarimo‘tkazgich yoki dielektrik ichidan tashqariga chiqarmagan holda bog‘langan holatdan erkin holatga elektromagnit nurlanish ta’siri keltirib chiqaradigan kvant o‘tishlar. Ichki fragmentatsiya|Xotirani ajratish strategiyasini qo‘llash natijasida sahifagacha bo‘lgan aniqlikda bo‘sh xotira samarali sarflanmaydigan tizimdagi holat. Ichki frod|Jinoiy faoliyat turi bo‘lib, xizmatchilar o‘zlarining xizmat mavqelaridan shaxsan yoki uchinchi shaxslar orqali, ularga konfidensial xarakterdagi ma’lumotlarni berish yo‘li bilan manfaat ko‘rishda foydalanadilar. Ichki giperishorat|Aktiv veb-saytdagi xohlagan veb-sahifa yoki faylga ko‘rsatuvchi giperishorat (sayt ichidagi giperishorat). Ichki havola|Ayni bir modulda bo‘lgan (aniqlangan) obyektga havola. Ichki hujjat|Hujjat tayyorlangan tashkilotdan tashqariga chiqmaydigan rasmiy hujjat. Ichki hujum|Muhofazalangan tarmoqning o‘zidan amalga oshiriladigan hujum. Ichki ilovalar|Foydalanuvchining lokal kompyuterida bajariladigan ilovalar. Ichki kanal|Katta diametrli konduitga joylashtirilgan qo‘shimcha konduit. Ichki koder (dekoder)|Kaskadli kodlashda kanalga nisbatan ichki bo‘lgan koder (dekoder). Ichki korporativ tarmoq|Qar.: Intranet. Ichki magistral|Bino kichik tizimining bir qismi bo‘lgan, bir telekommunikatsiya shkafini boshqasi bilan bog‘lovchi magistral telekommunikatsiya kabeli (kabellari). Ichki modem|Elektr ta’minoti alohida bo‘lgan ixcham avtonom qurilmani o‘zida ifodalaydigan tashqi modemdan farqli ravishda, kompyuterning ichida o‘rnatilgan plataga montaj qilingan modem mikrosxemasi. Ichki pochta, kuryerlik jo‘natmasi|O‘zbekiston Respublikasi hududida jo‘natish va adresatga yetkazib berish (topshirish) uchun qabul qilinadigan pochta, kuryerlik jo‘natmasi. Ichki tarmoq|Internetga chiqish imkoniyati bo‘lmagan yoki undan tarmoqlararo ekran bilan ajratilgan korporativ kompyuter tarmog‘i. Ichki tarmoqlararo ekran|Lokal tarmoq orqali uyushtiriladigan hujumlardan himoya qiluvchi tarmoq ekrani. Ichki uzilish|Uzilish komandasi yoki komandani bajarishdagi xato keltirib chiqaradigan uzilish. Ichki veb-sayt|Tashkilot doirasida yaratilgan va faqat o‘sha tashkilot ichki tarmog‘idan foydalanish mumkin bo‘lgan veb-sayt. Ichki xalaqit (hisoblash texnikasi vositasiga)|Manbai hisoblash texnikasi vositasining bir qismi hisoblanadigan hisoblash texnikasi vositasiga bo‘ladigan elektromagnit xalaqit. Ichki yozma xat-xabarlar|O‘zbekiston Respublikasi hududida jo‘natish va adresatga yetkazib berish uchun qabul qilinadigan yozma xat-xabarlar. Ichki shina|Protsessorning ichki shinasi yoki markaziy protsessor bilan operativ xotira qurilmasi o‘rtasidagi shina.J Jadval|1. Relyatsion ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimida – identifikatorlari (nomlari) bo‘lgan yozuvlar ketma-ketligi ko‘rinishidagi ma’lumotlar tuzilmasi.2. Elektron jadvalning ishchi varag‘i. Jamiyatning axborot madaniyati|Jamiyatning o‘z ixtiyorida bo‘lgan axborot resurslari va axborot kommunikatsiyasi vositalaridan samarali foydalanish qobiliyati. Shuningdek, ushbu maqsadlarda axborotlashtirish va axborot texnologiyalari vositalarini rivojlantirish sohasidagi ilg‘or yutuqlardan foydalanish ham nazarda tutiladi. Jamiyatning axborot muhiti|1. Axborot resurslari, axborotni shakllantirish, tarqatish va undan foydalanish tizimi, axborot infratuzilmasi jami.2. Aholi yashash sifatining sezilarli oshirilishini, davlatning ijtimoiy-siyosiy barqarorligini va jamiyatning barqaror rivojlanishga o‘tishini taʼminlash imkonini beradigan axborot resurslari, axborot-kommunikatsiya infra-tuzilmasi, axborotlashtirish vositalari, axborot mahsulotlari va xizmatlari, axborotlashtirish jarayonlarini amalga oshirishning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy shart-sharoitlari jami. Jamiyatning axborot potensiali|1. Axborot resurslarini aktivlashtirish va ulardan samarali foydalanish imkonini beruvchi jami vosita, usul va sharoitlar.2. Axborotni ishlab chiqish va axborot xizmatlarini ko‘rsatish qobiliyati. Jamoa bo‘lib foydalanish liniyasi|Ko‘p tomonlama aloqa liniyasi. Bu liniyadagi barcha abonentlar bir xil raqamga ega bo‘ladilar, individual farqlash boshqa belgilarga, masalan, chaqiruv signali parametrlariga qarab yuz beradi. Jamoat foydalanish markazi|Elektron hukumat infratuzilmasining, quyidagi komponentlarni:- Internet axborot-telekommunikatsiya tarmog‘idan foydalanishni ta’minlaydigan telekommunikatsiya uskunasini;- komponentlari ishonchli himoyalanishi ta’minlanadigan qutilarga solingan alohida konstruksiyalardan (infomatlar) va/yoki avtomatlashtirilgan ish o‘rinlaridan iborat dasturiy-texnik kompleksni ichiga oladigan funksional elementi. Jamoat tarmog‘i|Davlat tasarrufidagi axborot tarmog‘i. Jamoaviy antenna|Teleradioeshittirish dasturlarini abonentlarning katta sonli qabul qilgichlari bilan bir vaqtda qabul qilish uchun mo‘ljallangan antenna. Jamoaviy maxfiy qiymat|Muhofaza qilish tizimining, kriptografik algoritmlar uchun mo‘ljallangan kaliti. Jamoaviy qabul|Yer usti yoki yo‘ldoshli uzatishlarni bu qurilmalar joylashgan joylarda yoki cheklangan zonadagi kabel taqsimlash tizimida odamlar guruhini qurilmalar bilan ta’minlaydigan qabul.Izoh ‒ Jamoaviy qabul qilinadigan yo‘ldoshli eshittirishni bevosita yo‘ldoshli taqsimlash bilan adashtirmaslik kerak. Jamoaviy qabul qiluvchi antenna|Kabelli taqsimlash tizimi bilan bog‘langan va signallarni bir binoda yoki binolar kompleksida joylashgan abonentlar radioeshittirish qabul qilgichlariga va televizorlariga uzatish uchun mo‘ljallangan antenna. Jamper|Qar.: Tutashtirgich. Jarayon|1. Xotiraning bajariluvchi kodlar va ma’lumotlar bilan muhofazalangan sohasini, bitta yoki bir nechta bajarish oqimini hamda foydalanishning bosh markerini o‘z ichiga oluvchi operatsion tizim obуekti.2. Bajarilayotgan dastur.3. Kirishlarni chiqishlarga o‘zgartiruvchi o‘zaro bog‘langan va o‘zaro harakat qiluvchi faoliyat turlarining majmui. Jarayon identifikatori|Operatsion tizimdagi jarayonlarni ko‘rsatish uchun ishlatiladigan son. Jarayon konteksti|Bajarilayotgan dasturning vaqtning istalgan onidagi holati. Rejalash konteksti, fayllar tizimi konteksti, signallarni qayta ishlash jadvallari va virtual xotira kontekstidan iborat. Jarayon muhiti|Nol bilan tugaydigan: jarayon komanda satri argumentlarining vektori va jarayon muhiti (o‘zgaruvchan) vektoridan iborat tizim tuzilmasi. Jarayondan foydalanish vaqti|Shaxsiy kompyuterning tizim resursi. Protsessor amaliy dastur kodini bajarishga qancha vaqt sarflayotganini ko‘rsatadi. Jarayonlarni kaskadli yo‘q qilish|Ona-jarayonni tugatish yoki yo‘q qilishda shu’ba jarayonlarni avtomatik yo‘q qilish qoidasini rekursiv qo‘llash natijasidagi jarayonlarni guruhli yo‘q qilish. Jarayonlarni parallel (yoki navbati bilan bir protsessorli kompyuterda) boshqarish|Foydalanish jarayonlarini bajarish, parallel jarayonlarni aniq ishga tushirish, ularni boshqarish va ularni sinxronlash. Jarayonlarni to‘xtatish bilan boshqaruvni markazlashtirish|Tizimga juda qisqa yoki juda muhim jarayonlar kelib tushganda jarayonlar ishini to‘xtatishdan foydalanadigan boshqaruvni markazlashtirish strategiyasi. Jarayonlarni to‘xtatmasdan boshqaruvni markazlashtirish|Tizimga juda qisqa yoki juda muhim jarayonlar kelib tushganda jarayonlar ishini to‘xtatishdan foydalanmaydigan boshqaruvni markazlashtirish strategiyasi. Jarayonlarni xotiraga yoki diskka ko‘chirishni rejalashtiruvchi|Operatsion tizimning, qaysi foydalanish jarayonlari xotiraga tushirilishi yoki diskka yozilishi kerakligini aniqlaydigan rejalashtiruvchisi. Jarayonlarning tayanch tarkibi|Tayanch yetilganlik darajasiga erishishni taʼminlaydigan jarayonlar tarkibi.Izohlar1. Jarayonlar tarkibi jarayonlarni baholashning muayyan modellari asosida shakllantiriladi.2. Jarayonlarning tayanch tarkibi jarayonlarning eng lam tarkibini, shuningdek, baholash uchun tashkiliy kontekst talab qiladigan qoʻshimcha va fakultativ jarayonlarni oʻz ichiga oladi. Jarayonni boshqarish bloki|Operatsion tizim tomonidan jarayonni boshqarishda foydalaniladigan ma’lumotlarning tizimlashtirilgan tuzilmasi. Jarayonni ishga tushirish|Amaliy jarayonlarni avtomatlashtirish tizimlarida muayyan jarayonning bajarilishini boshlash. Jarаyonning yetilganligi|Muayyan jarayon aniqlik, boshqaruvchanlik, o‘lchash mumkinlik, nazorat qilib bo‘lishlik, natijalilik talablarini qanoatlantiradigan daraja. Java server sahifalari|Veb-serverda dinamik sahifalarni generatsiya qilish uchun mo‘ljallangan Java Servlet API kengaytmasi. Microsoft korporatsiyasinig ASP spetsifikatsiyasiga muqobil hisoblanadi. Java virtual mashinasi|Abstrakt kompyuterni o‘zida ifodalovchi Java dasturlar bayt-kodlarining interpretatori. Java tilida yozilgan va kompilyatsiya qilingan bayt-kodli dasturlarni ishga tushiradi. Javob berish|Pochta qutilarida xatni jo‘natgan kishiga javob berish. Bunda xatning mavzusi saqlab qolinadi, xat matni esa javob berish maydoniga ko‘chiriladi. Javob bermagan abonentni takroriy chaqirish toni bilan chaqiruvlarni tugallash|Abonentga takroriy chaqiruv tonida chaqiruvga javob bermagan abonentni chaqirishni tugallash imkonini beradigan xizmat. Javob bermagan (chaqirilayotgan) abonent terminali aktivizatsiyadan so‘ng bo‘shatilsa, chaqiriluvchi abonent, xabardor qilinadi (takroriy chaqiruv toni yuboriladi). Chaqiriluvchi abonent takroriy chaqiriv tonini qabul qilganda, tarmoq chaqirilayotgan abonentga chaqiruvni avtomatik tarzda generatsiyalaydi. Takroriy chaqiruvning maxsus toni faqat SIP abonentlarga yuboriladi. Javob bo‘lmaganda chaqiruvni qayta manzillash|Xizmat abonentiga jo‘natiladigan har bir kiruvchi chaqiruvni boshqa belgilangan raqamga, oldindan belgilangan vaqt davomida chaqiruvga javob bo‘lmaganda, avtomatik qayta manzilslash imkonini beradigan xizmat. Javob bo‘lmaganda chaqiruvni o‘tkazib yuborish|Uyali aloqa tarmoqlari operatorlari tomonidan taqdim etiladigan, aloqa tizimining abonenti chaqiruvga javob bermaganda, kiruvchi chaqiruvni boshqa telefon raqamiga avtomatik ravishda qayta manzillash imkonini beradigan xizmat. Javob vaqti|Birinchi so‘rovdan birinchi javobgacha bo‘lgan davrda talab chilinadigan vaqt. Optimallashtirish mezoni: minimallashtirish. Jgut|Yaxlit bir butun qilib yig‘ilgan hamda mexanik mahkamlangan bog‘lovchi simlar, kabellar yoki optik tolalar dastasi. Jinoyatkor|1. G‘arazli niyatda qasddan harakat qiluvchi buzg‘unchi.2. Axborot tizimi va uning resurslaridan ruxsat etilmagan tarzda foydalanishdan manfaatdar bo‘lgan va ularni ruxsat etilmagan tarzda olish, o‘zgartirish uchun oldindan o‘ylab harakat qilgan shaxs yoki tashkilot.3. Yomon niyatdagi chaqiruvlarni amalga oshirish maqsadida ruxsat etilmagan foydalana olishga ega bo‘lgan shaxs.4. Muhofaza obyektining axborot xavfsizligi buzilishini anglagan holda harakat qiluvchi shaxs. Jism|Dasturiy konstruksiyalarda tugallangan harakatlarni belgilaydigan operatorlar ketma-ketligi. Dastur jismiga dasturning bajariladigan qismi kiradi, ya’ni dastur sarlavhasi va o‘zgaruvchilar, konstantalar ta’rifi kirmaydi. Sikl jismiga siklni boshqarish operatorlaridan tashqari, barcha takrorlanadigan operatorlar kiradi. Protsedura va blokning jismi o‘xshash tarzda aniqlanadi. Jismoniy muhofaza qilish vositalari|Jinoyatkorning suqulib kirishi va foydalana olishi mumkin bo‘lgan yo‘llarda jismoniy to‘siqlarni yaratish uchun maxsus mo‘ljallangan avtonom qurilma va tizimlar.Izoh – Apparatura joylashgan eshiklardagi qulflar, derazadagi panjaralar, qo‘riqlash signalizatsiyasining elektron mexanik uskunasi jismoniy muhofaza qilish vositalari bo‘lishi mumkin. Jismoniy xavfsizlik|Tizim resurslari va kritik axborotga jismoniy tahdidlar (buzish, o‘g‘irlash, terrorchilik akti, shuningdek, yong‘in, suv toshqini va b.q.)ga qarshi ogohlantiruvchi yoki qarshi chora kabi jismoniy to‘siqlar va nazorat protseduralarini amalga oshirish. Jismoniy shaxs|Fuqarolik huquqi subyekti. Jitter|Impulslar frontining bir tekis borishi qat’iyligini buzadigan raqamli signal frontining titrashi. Jonli jurnal|Onlayn kundaliklarni (bloglarni) joylashtirish uchun bloglar platformasi yoki ushbu platformadagi alohida blog. Yozuvlarni nashr qilish, o‘quvchilar tomonidan sharhlarni qoldirish, do‘stlarning yozuvlarini o‘qish kabi imkoniyatlarni beradi. Joriy katalog|Foydalanuvchi ayni vaqtda joylashgan katalog. Qoida bo‘yicha foydalanuvchi tomonidan bajariladigan barcha operatsiyalar shu katalogda bajariladi. Joriy marshrut|Kompyuter tarmoqlarida joriy marshrut paket jo‘natuvchiga tarmoq bo‘yicha o‘tuvchi manzillari ro‘yxatini ko‘rsatishga imkon beradi. Josuslikka qarshi dastur|Kompyuterdagi josus dasturlarni tanib oluvchi, ularga qarshi to‘siq qo‘yuvchi/o‘chiruvchi dastur.Izoh − Ba’zan reklama bannerlariga va sh.k.larga to‘siqlar qo‘yish uchun ham ishlatiladi. Joylashgan yer bo‘yicha chaqiruv|Parametrlarni berish usuli, bunda chaqiruvchi model chaqiriladigan modulga uzaytiriladigan parametrning manzilini beradi.Izoh – Bu usul yordamida chaqiriladigan modul, chaqiradigan modul saqlagan parametr qiymatini o‘zgartirishi mumkin. Joylashgan yer tayanch registri|Xotirasida ko‘chma (mobil) stansiya abonentining barcha parametrlari va joriy joylashuvi doimiy saqlanadigan registr. Joylashgan yerni aniqlashga asoslangan xizmatlar|Foydalanuvchilarning qayerdaligini kuzatib borish va ular ayni paytda bo‘lgan aniq hududga taalluqli axborotni yetkazish. UMTS tarmoqlarida koordinatalarni belgilash aniqligi 50 m ga yaqin. Joylashgan yerning vizit registri|Hozirgi vaqtda berilgan registr nazorat qiladigan zonadagi ko‘chma stansiyalar ulanishini o‘rnatish uchun zarur bo‘lgan abonentlar to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar to‘plangan registr. Joylashtirish, o‘rnatish|Dasturni bajarish uchun kompyuter resurslarini joylashtirish. Joylashuviga ko‘ra boshqariladigan yo‘ldosh|Markazi o‘rnini, massasini ma’lum qonun bo‘yicha, yoki shu kosmik tizimga mansub boshqa yo‘ldoshlarga nisbatan, yoki Yerdagi harakatlanmaydigan yoki muayyan tarzda ko‘chadigan nuqtaga nisbatan ko‘chirish mumkin bo‘lgan yo‘ldosh. Joystik|Ekranda kursor bilan boshqarish uchun xizmat qiladigan, uni istalgan yo‘nalishdagi harakatlanishini ta’minlaydigan, tutqich ko‘rinishidagi qurilma. Bu qurilmalar barcha manipulyatorlarning asosi hisoblanadi. Simulyatorlar va arkadali kompyuter o‘yinlarida, o‘yin pristavkalarida va shunga o‘xshash qurilmalarda keng qo‘llaniladi. Buning uchun tutqichda ko‘plab tugmalar va polzunlar mavjud. Ayrim joystiklar tutqichni harakatlantirishdan tashqari, uning o‘z o‘qi atrofida aylanishini ham ta’minlaydi. Juda ham yuqori chastota|300 HHz dan 3000 HHz gacha bo‘lgan diapazonda yotadigan chastotalar sohasi. Bu chastotalarga submillimetrli yoki detsimillimetrli to‘lqinlar (λ = 0,001 – 0,0001 m) mos keladi. Juda katta tezlikli asosiy tarmoq servisi|NSF homiyligi ostidagi super hisoblash markazlari va tanlangan erkin foydalanish nuqtalari orasidagi yuqori tezlikli ulanishni ta’minlaydigan loyiha qismi. Juda katta uzunlikdagi komanda so‘zlari mavjud arxitektura|Bu arxitekturadagi komandalarda bir vaqtning o‘zida (parallel tarzda) protsessorning tezligini oshirish uchun uning turli funksional bloklarida bajariluvchi oddiy komandalar birlashtirilgan bo‘ladi. Bunda protsessorning samaradorligini oshirish uchun komanda darajasidagi parallelizmni tashkil qilish uchun vaqt sarflash talab qilinmaydi. Juda past chastotalar|3 kHz dan 30 kHz gacha diapazonda yotadigan chastotalar sohasi. Juda yuqori chastotalar|Elektromagnit to‘lqinlarning 30 MHz dan 300 MHz gacha (uzunligi 10 m dan 1 m gacha) bo‘lgan chastotalar dipazoni. Juda yuqori chastotali ajratuvchi filtr, diplekser|Tasvir va tovush jo‘rligi radiouzatgichlaridan keladigan radiosignallar kombinatsiyalanishi va qo‘shish ko‘prigiga yoki bevosita antennaga uzatilishi mumkin bo‘lgan qurilma. Juda xavfli viruslar|Ta’sir etishi dasturlarning yo‘qotilishiga, ma’lumotlar yo‘q bo‘lishiga, diskning tizim sohalarida axborot o‘chib ketishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan viruslar. Juft chastotalar polosasi|Biri qabul uchun, ikkinchisi uzatish uchun ajratilgan, har birining o‘rtasida himoya oralig‘i bo‘lgan ikkita chastota intervalini ichiga oluvchi polosa. Chastotalarning juft polosasi kanallarni chastota bo‘yicha ajratish bilan dupleks uzatishda foydalaniladi (FDD rejimi). Juftlangan moslashuv|Chastotaviy rejalashtirish usuli bo‘lib, abonentlarning har bir juftiga ikkita – biri uzatish, ikkinchisi esa, qabul qilish uchun mo‘ljallangan qayd etilgan chastota beriladi. Juftlash, biriktirish|1. Ikkita bitni bitta kodli kombinatsiyaga birlashtiish; kodlash va modulyatsiyalash tizimlarida qo‘llaniladi.2. TDMA kadridagi ikkita qo‘shni intervalni uzatish tezligini oshirish maqsadida agregirlash. Juftlik asosida nazorat qilish|Xatolarni aniqlashning eng sodda usuli. Axborot ketma-ketligini guruhlar (bloklar) ga bo‘lish va ularning har biriga bitlar yig‘indisi doimo juft yoki toq bo‘ladigan tarzda tekshirish belgisi (0 yoki 1) ni qo‘shishga asoslangan. Juftlikni nazorat qilish tekshiriladigan maʼlumotlarda yakka xatolarni aniqlash imkonini beradi. Juftlik biti|Jo‘natiladigan ma’lumotlarning har bir baytiga (yoki so‘zga) yuborish to‘g‘riligini nazorat qilish uchun qo‘shiladigan qo‘shimcha bit. Juftlik bitlari generatori|Ikkining moduli bo‘yicha boshlang‘ich maʼlumotlarga qo‘shiladigan «soxta» tekshiruvchi bitni generatsiyalaydigan summator ko‘rinishida bajarilgan mantiqiy sxema. Juftlikni tekshirish tartiboti protokol bilan ko‘zda tutilgan, kiruvchi ketma-ketlikda tekshiruvchi bitlar bo‘lmagan tizimlarda foydalaniladi. Juftlik bo‘yicha bo‘ylama nazorat|Matritsani shakllantiruvchi to‘plam bo‘lagi hisoblanadigan ikkilik raqamlar satrida juftlik bo‘yicha nazorat qilish. Juftlik bo‘yicha ko‘ndalang nazorat|Matritsani shakllantiruvchi to‘plam bo‘lagi hisoblanadigan ikkilik raqamlar ustunida juftlik bo‘yicha nazorat qilish. Juftlik bo‘yicha nazorat biti|Ma’lumotlarga, ularning ishonchliligini nazorat qilish uchun ma’lumotlarni tashkil etuvchi ikkilik birliklarning yig‘indisi, jumladan, nazorat biti birligi, har doim juft yoki toq bo‘ladigan tarzda qo‘shiladigan nazorat biti. Juftlik xatosi|Ma’lumotlardagi, ularni saqlash yoki juftlikni nazorat qilish orqali uzatish jarayonida aniqlanadigan xato. Juftlikni nazorat qilish|Xatolarni aniqlashning eng oddiy usuli. Axborot ketma-ketligini guruhlar (bloklar) ga bo‘lish va ularning har biriga bitlar yig‘indisi doimo juft yoki toq bo‘ladigan tarzda tekshirish simvoli (0 yoki 1)ni qo‘shishga asoslangan. Juftlikni nazorat qilish tekshiriladigan ma’lumotlarda yakka xatolarni aniqlash imkonini beradi. Jurnal|1. Qayd yozuvlarini saqlovchi fayl. Ushbu fayl matn formatida yoki maʼlumotlar bazasi formatida bo‘lishi mumkin.2. Internet brauzerida oxirgi bir necha kun yoki hafta ichida ko‘rilgan sahifalar manzillari saqlanadigan joy. «Tarix» deb ham ataladi. Jurnalli fayl tizimi|Jurnallash imkoniyati fsck dasturining ishlashini kutish zaruriyatidan va metama’lumotlarning shikastlanish xavotiridan xalos etadi. Qattiq diskning tanlangan bo‘limida ext2 fayl tizimidan ext3 fayl tizimiga va aksincha, muammosiz amalga oshirilishi mumkin. Jo‘natish ro‘yxatlari|Internetning o‘z protokoliga ega bo‘lmagan va faqat elektron pochta orqali ishlaydigan oddiy xizmati. Xabarlarni bitta maxsus manzildan barcha obunachilarga yetkazishni amalga oshiradi. Jo‘natuvchi|Buyurtma berish niyatida bo‘lgan yoki aloqa xizmatiga buyurtma beradigan aloqa foydalanuvchisi. Jo‘natuvchining manzili|Axborot manbai bo‘lgan abonent yoki tarmoqning raqami.K Kabanov effekti (gorizont orti radiolokatsiyasi)|Yerdan (5-30) MHz chastotalar diapazonidagi qisqa to‘lqinli (dekametrli) uzoqqa sochilish hodisasi.Kabelrus. - кабельing. - cableIkkita yoki undan ortiq simdan, ekran va izolyatsiya qatlamidan iborat ulovchi element. Kabel tarkibiga tizimning konstruktiv elementi sifatida ajratgichlar ham kiradi. Kabel elementi|Kabeldagi eng kichik konstruksion birlik (masalan, juftlik, to‘rtlik yoki alohida tola). Kabel elementi ekranga ega bo‘lishi mumkin. Kabel kanali|O‘tkazgichlar, kabellar yoki optik tolani yotqizish uchun mo‘ljallangan alohida yopiq kanal. Kabel lotogi|Telekommunikatsiya muhitini (masalan, kabelni) tutib turish uchun mo‘ljallangan, zinapoya, novlar ko‘rinishidagi yoki ventilyatsiyalanadigan kanal tizimi. Kabel qobig‘i|Bir to‘plam simni o‘rab turadigan tashqi qoplama. Bitta yoki undan ortiq metall yoki optik-tolali elementni, qattiqlik yoki ekranlash elementlarini ichiga olishi mumkin. Kabel, sim|Kompyuterning elektr tokini o‘tkazuvchi (ko‘pincha metalldan tayyorlangan) ko‘p kontaktli elementi. Elektr energiyasini va signalni turli komponentlarga uzatish uchun xizmat qiladi. Ular ikkita – parallel va koaksial turga bo‘linadi. Koaksial kabellar nisbatan qimmatroq, lekin signallarni yuqori chastotada uzatish imkonini beradi. Kabel skaneri|Kabellarning elektr va mexanik parametrlari – uzunligi, so‘nishi, impedansi, o‘tish xalaqitlarini o‘lchash hamda uzilish, qisqa tutashish, noto‘g‘ri o‘rnatilgan ajratgich kabi nosozliklarni aniqlash uchun mo‘ljallangan qurilma. Kabel taqsimlash tizimi|Tovushli va televizion dasturlarni hamda boshqa turdagi signallarni ko‘plab abonentlarga uzatish uchun mo‘ljallangan nurlantirmaydigan kabellar va shunga taalluqli uskunadan iborat tarmoq. Kabel taqsimlash tizimining bosh stansiyasi|Mahalliy yoki tashqi manbalardan, signallarni qabul qilish va qayta ishlash uchun uskunani qo’shgan holda, kabel taqsimlash tizimiga signallarni uzatuvchi uskuna kompleksi. Kabel televideniyesi qabul qilgichi|Abonent rozetkasidagi kabelli taqsimlash tizimi bilan ta’minlanadigan signallarni qabul qilish uchun maxsus loyihalashtirilgan radioeshittirish qabul qilgichi yoki televizor.Izoh ‒ Bunday qabul qilgichlar radioeshittirish diapazonlaridan tashqaridagi kanallarga sozlanishi mumkin. Kabel terminali|Kabel o‘tkazgichlariga kira olish va ulanishni amalga oshirish uchun foydalaniladigan qurilma. Kabel tizimi|1. Kabellar, shnurlar, simlar hamda kommutatsion uskuna yig‘indisi.2. Uzatgich va qabul qilgich orasida joylashgan optik elementlardan, masalan, tolalar, konnektorlar, muftalar va boshqa elementlardan iborat tizim. Kabel ustuni|Shift yoki devorga mahkamlangan, kabel oqimlarini ochiq ushlab turish uchun mo‘ljallangan vertikal yoki gorizontal qurilma (odatda, alyuminiy yoki po‘latdan tayyorlanadi). Kabel uzeli (optik tola)|Bitta yoki ikkala uchida konnektorlar ulangan optik-tolali kabel. Konnektor kabelning faqat bir uchiga ulangan bo‘lsa, kabel uzeli egiluvchan o‘tkazgich, agar ikkala uchiga ulansa, tutashtirgich bo‘ladi. Kabel uchastkasi|Uzatgich va qabul qilgich o‘rtasida joylashgan kabellar, ulagichlar, ajratgichlar va boshqa elementlarning majmui. Kabel shkafi|Binoga xizmat ko‘rsatadigan kommutatsion uskuna o‘rnatilgan texnologik (apparat) shkaf. Kabelli lokal tarmoq|Kanallari kabellar asosida yaratilgan lokal tarmoq. Kabelli lokal tarmoqlarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, har bir kanalga o‘nlab tizimlar ulanishi mumkin. Shu tarzda, monokanalli tarmoq, halqasimon tarmoq va kommutatsiyalanadigan lokal tarmoq hosil bo‘ladi. Kabelli modem|Kompyuterni onlayn servisni o‘zida ifodalaydigan kabelli televizion tizim bilan ulash uchun ishlatiladigan modem. Kabelli optik kiritish qurilmasi|Ichida ulovchi optik tolalar (kabel) bo‘lgan, ularning uzatish tizimi oraliq stansiyasining konteyneriga (sisternasiga) zich kiritilishini, ortiqcha uzunliklari yotqizilishini, shuningdek, liniya kabelining optik tolalari bilan ulanishini hamda tegishli optik ulagichlarning himoyasini taʼminlovchi qurilma. Kabelli raqamli televizion eshittirish|Kabelli tarmoqlardan foydalangan holda amalga oshiriladigan raqamli televizion eshittirish. Kabelli (raqamli televizion) eshittirish tizimi|Televizion dasturlarni iste’molchiga kabel tarmog‘i orqali yetkazish uchun mo‘ljallangan raqamli televizion eshittirish tizimi. Kabelli taqsimlah|Foydalanuvchilar guruhiga televizion yoki tovushli dasturlarni kabelli tarmoqlar orqali taqsimlash.Izoh – Ayrim titzimlarda boshqa signallar uzatilishi mumkin, shuningdek, teskari aloqa kanali ta’minlanishi mumkin. Kabelli tarmoq|Tizimlari kabellar orqali o‘zaro aloqada bo‘lgan axborot tarmog‘i. Axborot tizimlarida kabellarni ishlatish atmosfera shovqinlari va quyosh nurlanishidan saqlash, maʼlumotlarning yuqori darajadagi xavfsizligini taʼminlash bilan bog‘liq qator ijobiy xossalarga olib keladi. Ayni vaqtda, simsiz tarmoqlarga nisbatan, kabelli tarmoqlar fazo va koinotdagi tizimlar bilan aloqa qiluvchi mobil tizimlarni yaratish uchun yaroqsiz. Bundan tashqari, kabelli tarmoqlar aholi kam istiqomat qiluvchi hududlarda va foydalanish qiyin bo‘lgan tarmoqlarda tejamli emas. Kabelli tarmoqlar, birinchi navbatda, global va hududiy tarmoqlarda ishlatiladi. Kabelli telefoniya|Kabel televideniyesi xizmatlarini yetkazib beruvchilar tomonidan taqdim etiladigan telefon aloqasi xizmatlari. Kabelli televideniye|Televizion dasturlarni kabel bo‘yicha taqsimlash. Kadensiya|Audiosignal, raqamning impulsli terilishi yoki chaqiruv signali uchun xos bo‘lgan, almashinib keladigan tovush va pauzalar ketma-ketligi.Kadrrus. - кадрing. - frame1. Telekommunikatsiyalarda va kompyuter tarmoqlarida: aloqa kanali orqali uzatish uchun mo’ljallangan ma’lum bir formatdagi ma’lumotlar paketi; videografikada: videooqimdagi alohida kadr; HTML tili va veb-dizaynda: brauzer oynasining alohida veb-sahifani ko‘rsatuvchi qismi; dasturlash da (asosan quyi daraja tillarida): funksiyaning lokal o‘zgaruvchilarini saqlash uchun ajratiladigan xotira qismi.2. Televideniyeda – teskari qaytishni qo‘shgan holda, tasvirni to‘liq tavsiflashga mos keluvchi satrlar jami.Izoh − Ba’zi ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarda «frame» atamasi televizion kadrning tarkibiy qismini belgilash uchun qo‘llaniladi. Kadr identifikatori|Paket sarlavhasidagi maydon bo‘lib, unda uzatiladigan kadrning turi – axborot kadri yoki xizmatga oid kadr ekanligi, ko‘rsatiladi. Kadr sinxronizatori, sinxronizator|Tashqi manbadan kelgan sinxron bo‘lmagan to‘liq videosignalni yoki to‘liq rangli videosignalni, xotira qurilmasiga yozish va keyinchalik uni mahalliy signallar bilan sinxron sanash orqali sinxronlash va fazalashni amalga oshiruvchi qurilma. Kadr sinxronizatsiyasi, siklik sinxronizatsiya|Holat, bunda qabul qiluvchi uskuna bilan generatsiyalangan raqamli kadr qabul qilingan signalning raqamli kadri bilan doimiy vaqt bo‘yicha nisbatga ega va alohida taym-slotlar har bir raqamli kadrda noyob identifikatsiyalangan bo‘lishi mumkin. Kadr sinxronizatsiyasi so‘zi, siklik sinxronizatsiya so‘zi|Har bir raqamli kadrga yoki har bir n ta raqamli kadrdan keyin kiritilgan, doimo raqamli kadrda o‘zgarmas nisbiy pozitsiyani egallaydigan va kadrni siklik sinxronizatsiyani o‘rnatish va qo‘llab-quvvatlashda foydalaniladigan razryadlarning farqlovchi guruhi. Kadr tarkibi jadvali|Kadrning davomiyligi, kadrdagi slotlarning umumiy soni, kadrning boshlanish vaqti hamda chastotaning surilishi to‘g‘risidagi axborotni ichiga oladigan jadval. Kadrlar chastotasi|Sekund ichida yoyiladigan kadrlar soni.Izoh – Ayrim ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarda «Frame frequency» atamasi 1 sekunddagi maydonlar sonini belgilashda ishlatiladi. Kadrlararo (maydonlararo) kodlash|Tasvirning ikki va undan ortiq qo‘shni kadri (maydoni) sanoqlari o‘rtasidagi fazoviy va vaqt korrelyatsiyasidan foydalanishga asoslangan, raqamli oqimni qisqartirish maqsadida kodlash. Kadrlararo taxminlash bilan kodlash|Kanal bo‘yicha mavjud kadr va koderda taxmin qilingan kadr o‘rtasidagi farq uzatiladigan kodlash usuli. Kadrlarni retranslyatsiya qilish|Kadrlarning uzellarda minimal kechikishlar bilan tez uzatilishini taʼminlaydigan HDSL boshqaruv protokoliga asoslangan FR yuqori sath protokoli negizida qurilgan tarmoq turi. FR tarmoqlarida X.25 protokoli negizidagi tarmoqlarga xos bo‘lgan ortiqchalik yo‘q, trafikni inkapsulyatsiyalash yo‘qotishlari 2-3 foizdan oshmaydi, chunki butun kadrdagi xatolarni nazorat qilish o‘rniga, faqat uning yaxlitligi tekshiriladi, xatolarni aniqlash protsedurasi manzil maydoni uchungina saqlanadi. FR tarmoqlarida axborot qabul qilinishi ishonchlilik darajasini belgilash foydalanuvchilarning uskunasiga yuklatiladi. Kadrlarni yuborishning tarmoq mexanizmi signal/shovqin nisbati yuqori (odatda, 10-7 dan yomon bo‘lmagan) kanallardan foydalanishni talab qiladi. frame relay tarmoqlari arxitekturasida virtual kanallarning ikki – doimiy (PVC) va kommutatsiyalanadigan (SVC) turidan foydalaniladi. Aloqani tashkil qilishda afzallik doimiy kanallar orqali uzatish tomonda bo‘ladi. frame relay protokoli foydalanuvchilarni xabardor qilgan holda, tarmoqning o‘ta yuklanishi ustidan nazorat olib borilishini ko‘zda tutadi. FR texnologiyasi ITU-T (I.233, Q.920-933, I.370 tavsiyalar) hamda ANSI (Т1.606, 602, 617, 618 standartlari) tomonidan standartlashtirilgan. Kadrlash|Videosignal datchigida yoki tiklash qurilmasida yoyuvchi element bilan aylanib chiqadigan sirtning to‘g‘ri joylashishi. Kadrni differensial kodlash|Harakatdagi tasvirlar holatida signallarni siqish bilan kodlashdan foydalanib faqatgina ikkita qo‘shni kadrlar orasidagi farq to‘g‘risidagi axborotni uzatish. Kadrni diskret-kosinus o‘zgartirish|Tasvirni satrlararo qayta ishlash usuli orqali ikki maydonni bir kadrga satrma-satr birlashtirish va progressiv yoyish bilan uni oddiy tasvir kabi qayta ishlash usuli. Kadrning tebranishi|Vertikal yo‘nalishdagi televizion tasvirda paydo bo‘ladigan fazaviy titrash. Kafolat|Xavfsizlik siyosatini o‘tkazishning to‘g‘riligi va batartibligiga nisbatan arxitektura va tizim xavfsizligini ta’minlash vositalariga ishonch o‘lchovi. Kafolatlangan xizmat ko‘rsatish zonasi|Har qanday tashqi omillar ta’siriga qaramay, turg‘un aloqa ta’minlanadigan xizmat ko‘rsatish zonasi. Kafolatlangan yo‘nalganlik diagrammasi|Real yo‘nalganlik diagrammasi yaproqlari cho‘qqi qiymatlarining og‘ib o‘tuvchisi.Izoh – Kafolatlangan yo‘nalganlik diagrammasi darajasining 3 dB dan ko‘p bo‘lmagan va real yo‘nalganlik diagrammasi yon yaproqlari piklarining 10 foizidan ko‘p bo‘lmagan oshishiga yo‘l qo‘yiladi. Kalibrlash|Audio- yoki video qurilmalarning to‘g‘ri ishlashini ta’minlash maqsadida, ularni aniq sozlash. Kalit, kod|Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimidagi kalit. Baza faylida xabarni identifikatsiya qilish va unga tez kira olishni ta’minlash uchun ishlatiladigan belgilar ketma-ketligi. Kalit oqimi|Ikkining moduli bo‘yicha bitma-bit jamlash yordamida o‘zgartiriladigan ochiq xabarga qo‘yiladigan uzun psevdotasodifiy ketma-ketlik. Kalit oqimi generatori|Oqimli kriptotizimlar uchun kalit oqimini ishlab chiquvchi algoritm. Yo jo‘natuvchi va oluvchi uchlarida bir xil kalit oqimini qayta ishlab chiqish uchun determinallangan, yo tasodifiy bo‘lishi mumkin. Agar generator determinlangan bo‘lsa, u maxfiy kalitga bog‘liq bo‘ladi. Kalit oqimi generatorlari odatda siljish registrlarining kombinatsiyasiga va nochiziqli Bul funksiyalariga asoslanadi. Kalit oqimi generatorlarini tuzishda ko‘pincha, blokli shifrlarni kriptografik qayta tuzishdan, masalan OFB yoki hisoblagichli usuldan foydalaniladi. Kalit sertifikati|1. Ochiq kalit, kalit egasining xizmatga oid axboroti, shuningdek ishonchli sertifikatlashtirish markazi (tasdiqlochi markaz) vakolatlangan shaxsining raqamli imzosi bilan tasdiqlangan boshqa xizmatga oid axborotni o‘z ichiga olgan oldindan belgilangan formatdagi maʼlumotlar tuzilmasi (kalitning amal qilish vaqti va vazifasi, foydalanilayotgan kriptografik algoritmlar turi va b.).2. Ochiq kalitning, uni ishlab chiquvchi shaxsga muvofiqligini tasdiqlovchi raqamli guvohnoma. Eng oddiy shaklda sertifikatlar ochiq kalit va kalit muallifining nomini o‘z ichiga oladi. Bu axborotdan tashqari, sertifikatda sertifikatning amal qilish muddati tugagan sana, sertifikat bergan tashkilot nomi va ayrim boshqa axborot bo‘lishi mumkin. Kalit so‘z|1. Dasturlash tillarida – oldindan belgilangan harakat, o‘rnatilgan funksiya yoki operatsiya aniqlanadigan so‘z.2. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimida – qandaydir yozuvlar yoki hujjatlarni izlash amalga oshiriladigan so‘z. Kalit tizimi|1. Kriptografik kalitlarni generatsiya qilish, taqsimlash, ulardan foydalanish, saqlash, almashtirish, yo‘q qilish va tiklash tartibini belgilovchi qoidalar majmui.2. Axborotning kriptografik muhofaza qilinishini ta’minlashda, kriptografik kalitlar va ulardan foydalanish qoidalarining majmui. Kalitlar bilan almashish|1. Obyektlar o‘rtasida, bu obyektlar orasida bog‘lanishni kodlash uchun foydalanilishi kerak bo‘lgan ochiq kalitlarni almashinish.2. Odatda ikki tomon keyinchalik shifrlangan axborot bilan almashish uchun kriptotizim kalitlari bilan almashadigan jarayon. Kalitlar generatsiyasi|Kriptografik kalitlarni generatsiyalash jarayoni. Kirxgoff qoidasiga muvofiq, kriptografik algoritmning o‘zgarmasligi kalitning maxfiyligiga asoslanadi, shuning uchun kalitlar generatsiyasi juda muhim jarayon hisoblanadi, uni bajarish uchun turli usullardan, masalan, tasodifiy va psevdotasodifiy ketma-ketlikdagi generatorlardan foydalaniladi. Kalitlarni autentifikatsiya qilish va tanlash to‘g‘risida bitim|3G tarmoqlarida ikki tomonlama autentifikasiya qilish protsedurasi, bunda uzatuvchi tomonda autentifikatsion vektor shakllanadi va qabul qiluvchi tomon bilan kelishiladi. Agar kelishuvga erishilsa, shifrlash kalitini hisoblash amalga oshiriladi, aks holda, so‘rov bekor qilinadi. Kalitlarni boshqarish|1. Kalitlarning muhofazalangan generatsiyalanishi, taqsimlanishi, saqlanishi va yo‘q qilinishini ta’minlovchi tadbirlar va protseduralarning majmui.2. Kalitlarning to‘liq yashash sikli davomida bajariladigan, kriptografik kalitlarni va xavfsizlik (masalan, initsializatsiya qilish vektorlari va parollar) bilan bog‘liq boshqa parametrlarini boshqarishni, shuningdek ularni generatsiyalash, saqlash, o‘rnatish, kiritish, chiqarish va nollashni o‘z ichiga olgan harakatlar.3. Xavfsizlik siyosatiga muvofiq, kalitlarni generatsiyalash, saqlash, taqsimlash, chiqarib tashlash, hisobga olish va qo‘llash. Kalitlarni boshqarish tizimi|Kalit tizimining, putur yetkazilgan (obro‘sizlantirilgan) kalitlardan foydalanish, ularni almashtirish, saqlash va arxivlash, zaxira nusxa ko‘chirish, tiklash, muomaladan chiqarib tashlash, shuningdek, eski kalitlarni yo‘q qilish tartibini belgilovchi tarkibiy qismi. Kalitlarni oldindan taqsimlash sxemasi|Boshlang‘ich kalit axborotni taqsimlash va kalitlarni shakllantirish algoritmlarining majmui. Kalitlarni ochiq taqsimlash|1. Muhofazalanmagan telekommunikatsiyalar kanallari bo‘yicha kriptografik kalitlarni taqsimlash mexanizmi.2. Ikkita abonentga, oldindan taqsimlanadigan qandaydir umumiy maxfiy axborotni uzatmasdan turib, ochiq telekommunikatsiyalar kanali orqali xabarlarni almashinish yo‘li bilan, umumiy maxfiy kalit ishlab chiqish imkonini beradigan protokol. Kalitlarni saqlash uchun topshirish|Kriptografik kalitlarni ikki qismga ajratib, kalitlarni saqlash uchun topshirish jarayoni, ularning har biri shifrlanadi va kalit komponentlari, amal qilish muddati davomida ishonchli saqlashni ta’minlovchi ishonchli hukumat tashkilotlariga saqlash uchun topshiriladi. Bu komponentlar milliy xavfsizlik uchun javobgar xizmatlarga noyob kalitlarni tiklash va xabarlarni rasshifrovka qilish imkonini beradi. Kalitlarni sertifikatlash markazi|Muhofazalangan bog‘lanishga bo‘lgan har bir so‘rovda abonent-respondent kalitiga murojaat qilinishini talab etmaydigan mexanizm. Kalitlarni taqsimlash|1. Kalitlarni boshqarishning asosiy mexanizmlaridan biri. Turli xil usullar orqali amalga oshirilishi mumkin. Simmetrik kriptotizimlar uchun abonentlarga kalitlarni yetkazib berishning quyidagi variantlari mavjud:– muhofazalangan kanallar bo‘ylab, masalan feldyegerlik xizmati yordamida;– turli kanallar bo‘ylab qismlarga bo‘lib;– kalitlarni taqsimlash markazi orqali.Asimmetrik kriptotizimlar uchun kalitlarni ochiq taqsimlash mexanizmidan foydalanish mumkin.2. Kriptografik kalitlarni generatsiyalash, foydalanuvchilarga yuborish, saqlash va bekor qilish tartibini belgilovchi qoidalar majmui. Kalitlarni taqsimlash markazi|1. Simmetrik kriptotizimlarda maxfiy kalitlarni taqsimlash imkonini beradigan mexanizm.2. Ishonch bildirilgan shaxslarga vaqtinchalik seans kalitlarini berish vakolatiga ega tizim.Izoh – Har bir seans kaliti shifrlangan ko‘rinishda topshiriladi, buning uchun ma’lumotlar beriladigan ishonch bildirilgan shaxs bilan birgalikda kalitlarni taqsimlash markazi tomonidan qo‘llaniladigan asosiy kalitdan foydalaniladi.3. Ishtirokchilar (protokolning ishtirokchilari) o‘rtasida simmetrik shifrtizimlardagi yoki asimmetrik shifrtizimlardagi maxfiy kalitlarni taqsimlovchi ishonch markazi. Kalitlarni taqsimlash protokoli|1. Bajarilishi natijasida birgalikda ishlaydigan tomonlar (foydalanuvchilar, foydalanuvchilar guruhi) kriptografik tizim ishlashi uchun zarur bo‘lgan kalitlarni oladigan protokol.2. Foydalanuvchilar tomonidan kriptografik tizim ishlashi uchun zarur bo‘lgan kalitlarni olish protokoli. Kalitlarni taqsimlash protokolining quyidagi turlari farqlanadi: (generatsiyalangan) kalitlarni uzatish protokollari; umumiy kalitni ishlab chiqish protokollari (kalitlarni ochiq taqsimlash); kalitlarni dastlabki taqsimlash sxemalari. Kalitlarni tarqatish xizmati|Kalitlarni vakolatli obyektlarga xavfsiz tarqatish xizmati. Kalitlarni tarqatish markazi tomonidan bajariladi. Kalitlarni tez yangilash|Kalitli axborotni ochishdan muhofaza qilish usuli, unga ko‘ra, har bir yangi aloqa seansida kalitlar yangilanadi, bunda kalitlarning hech qaysisi takroran ishlatilmaydi. Kalitlarni o‘rnatish tizimi|1. Kalitlarni generatsiyalash, taqsimlash, uzatish va tekshirish algoritmlari va protseduralarini belgilovchi kalit tizimining kichik tizimi.2. Kalit tizimining, kalitlarni generatsiyalash, taqsimlash, berish va tekshirish algoritmlari hamda protseduralarini belgilovchi tarkibiy qismi. Kalitlarning hayotiy sikli|Kalitlar generatsiya vaqtidan yo‘q qilish vaqtigacha o‘tadigan bosqichlar ketma-ketligi. Kalitni ochib ko‘rsatish|Shifrlash kalitidan raundli kalitlar ketma-ketligini ishlab chiqish protsedurasi. Odatda, raundli kalitlarning jami hajmi shifrlash kalitining o‘lchamidan ancha ko‘p bo‘ladi. Kalitning amal qilish davri|Vaqt intervali, uning mobaynida kriptografik kalit almashtirilmasdan, zarur muhofazalanganlik kafolatlanadi. Kalkulyator|Hisob-kitoblarni bajarishga yordam beradigan ko‘pgina operatsion tizimlarning maxsus, ichki qurilgan dasturi. Ikki xil ko‘rinishi mavjud – oddiy va injenerlik uchun. Kallak|Maʼlumotlarni diskdan o‘qish va unga ёзиш komponenti. Dastlabki diskdan o‘qish va unga ёзиш kallaklari ferritdan yasalgan edi. So‘ngra ular o‘rniga juda yupqa metall qatlamli tuzilmali kompozit moddalardan yasalgan kallaklar ishlatila boshladi. Yupqa plyonkali kallaklarga o‘tish ularning o‘lchamlarini ancha kichraytirishga imkon berdi. Maʼlumotlarni diskda yuqori zichlikda ёзиш uchun ishlab chiqilgan magnit rezistiv kallaklar haqiqiy inqilob bo‘ldi. Kam harakatli tasvirga ega televideniye|Tiklanadigan tasvir va shu tasvirning yoki yangi tasvirning o‘zgartirilgan versiyasini qayta tiklash o‘rtasidagi vaqt intervali, tasvirlar ketma-ketligining tarkibiy qismi, odatda, kadrlarning oddiy davridan qisman oshadigan televideniye. Kam shovqinli konvertor|Tarkibida kam shovqinli kuchaytirgichi va L-diapazonda yuqori oraliq chastotali (OCh) o‘zgartirgichi bo‘lgan yo‘ldoshli aloqa (yo‘ldoshli televideniyeni qabul qilish) stansiyasining kam shovqinli kirish qurilmasi. Kam shovqinli kuchaytirgich|Yo‘ldoshli aloqa liniyasining qabul qilish qurilmasi kirishidagi kichik xususiy shovqinli dastlabki kuchaytirgich. Kamayib borish bo‘yicha saralash|Ma’lumotlarni katta qiymatlardan kichik qiymatlarga tomon masalan, sanalarni ‒ hozirgisidan oldingi sana tomon, matnli ma’lumotlarni ‒ alifbo tartibiga teskari tartibda qo‘yish. Kamera|Yorug‘likka sezgir moddalarda predmetlarning tasvirini olishga mo‘ljallangan qurilma. Eslab qolinadigan signalning turiga qarab kameralar analog va raqamli turlarga bo‘linadi. Kamerali kanal|Televizion kamera bilan bog‘liq, sinxrogenerator, kuchaytirgich, kamerani boshqarish bloki va to‘liq videosignalni paydo qilishga imkon beradigan tuzatadigan qurilmalarni o‘z ichiga olgan uskunalarning jami. Kanal|1. Axborotni uzatish marshruti.2. Telekommunikatsiyalar tizimining, manba va xabarlar qabul qilgichni o‘zaro bog‘lovchi qismi. Kanal bo‘yicha kodlash|1. Telekommunikatsiyalar kanali orqali ishonchli uzatishni ta’minlash uchun, xatolarni aniqlovchi kodlardan yoki xatolarni tuzatuvchi kodlardan foydalanish.2. Shifrlangan xabarlarni uzatish usuli, bunda har bir xabar deshifrovka qilinadi va uni qayta jo‘natishning har bir bosqichidan so‘ng yana qayta kodlanadi.3. Raqamli signalni uzatish kanali xarakteristikalari bilan muvofiqlashtirilgan signalga aylantirish uchun raqamli kodlash.Izohlar1. Kanalli kodlashda, ayrim ortiqchalik atayin kiritilishi mumkin, masalan, xatolardan himoya qilish uchun.2. «Liniyani kodlash» atamasi kabelli uzatishda ham xuddi shu ma’noga ega, lekin, odatda, xatolardan himoya qilishni o‘z ichiga olmaydi. Kanal darajasi (ma’lumotlar bo‘g‘ini darajasi)|Tarmoq elementlari o‘rtasida ma’lumotlar uzatish darajasida aloqani tashkil qilish, qo‘llab-quvvatlash va uzilishlarni ta’minlaydigan OSI modelining ikkinchi sathi. Paketlarni qabul qilish va uzatish, deytagramma darajasidagi servis, lokal manzillash va xatolarni nazorat qilish uchun javob beradi. Kanal hosil qiluvchi apparatura|Alohida kanallar signallarining guruhli signallarga birlashtirilishini ta’minlaydigan apparatura. Kanallar chastotaviy bo‘linadigan tizimlarda ko‘p kanalli signal kanallarni chastota bo‘yicha transponirlash hisobiga hosil qilinadi. Kanal intervali|Siklda muayyan o‘rinni egallovchi va kanallarni vaqt bo‘yicha ajratish usuli bilan olingan bitta kanal uchun mo‘ljallangan vaqt intervali. Kanal sathi protokoli|Muhitga kira olishni boshqarish (MAC - sathidagi) va OSI yetti sathli modelining fizik (PHY) sathidagi simsiz tarmoqlarni tashkil qilish tartibini belgilaydigan protokol. Kanal chegarasi|Kanal polosa kengligi bilan ajratilgan E-UTRA eltuvchining quyi va yuqori chastotalari. Kanaldan muvozanatli foydalana olish tartiboti|X.25 protokoli asosidagi paketlar kommutatsiyalanadigan tarmoqlarda foydalaniladigan kanal pog‘onasidagi tartibot. Foydalanuvchi uskunasi va tarmoq kommutatori o‘rtasida maʼlumotlar almashinuvining simmetrik rejimini tashkil qilish imkonini beradi. Ishlash jarayonida xatolarning nazorat qilinishi va uzatiladigan maʼlumotlarning yaxlitligi taʼminlanadi. Kanalga xizmat ko‘rsatish moduli|Tashqi telefon tarmog‘idan mijoz territoriyasiga signal o‘tkazadigan dastlabki moslama. CSU telefon tarmog‘ining to‘g‘ri yakunlanishini, uning kelishuvi va xatosini, bundan tashqari qurilma nosozligini qidirganda shleyf orqali liniya tekshiruvini ta’minlaydi. Kanallar adapteri|Televizion kanalda eltuvchilar tarqoqligini va ularning chastota spektridagi holatini o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan qurilma. Kanallar kommutatsiyasi|1. Paketlarni uzatish uchun foydalaniladigan ikki xost o‘rtasida ajratilgan kommunikatsiya yo‘li tashkil etiladigan kommunikatsiya modeli. Yo‘l faqat uzatish vaqtida mavjud bo‘ladi, uzatish tugagandan so‘ng yo‘l yopiladi. Ulanish yopilgach undan boshqa xostlar foydalanishi mumkin.2. Foydalanuvchilar o‘rtasida aniq hajmdagi xabarlarni uzatish uchun zarur vaqt talab etiladigan kanallarning ketma-ket bog‘lanishini ta’minlaydigan stansiyalar va uzellardagi operatsiyalar majmui.3. Jo‘natuvchi va oluvchi o‘rtasida ulanish davomida ajratilgan fizik aloqa kanali mavjud bo‘ladigan kommutatsiya tizimi. Telefon tarmog‘ida keng qo‘llaniladi. Kanallar kommutatsiyasining mobil markazi|Radiotarmoqning kommutatsiya markazi bo‘lib, barcha chaqiruvlarni nazorat qiladi, umuman tizim ishini boshqaradi. Kanallar puli|Umumiy pulga birlashtirilgan bitta yoki bir nechta tayanch stansiyaga mansub bo‘lgan ishchi kanallar guruhi. Kanallardagi qutblanish nosozligini xotirada saqlab qolish|Har bir kanal uchun dasturlarni qayta ulashdan so‘ng avtomatik tarzda almashtirish orqali qutblanish burchagini moslash mumkinligi. Kanallarni fazoviy ajratish bilan ko‘p stansion foydalana olish|Butun xizmat ko‘rsatish zonasi ko‘plab mayda hududlarga bo‘linadigan va ularning har biri alohida nur bilan qamrab olinadigan foydalana olish usuli.Izoh − Turli zonalarda ishlab turgan abonentlar o‘rtasidagi aloqa nurlararo kommutatsiya hisobiga amalga oshiriladi. Kanallarni fazoviy-kodli ajratish bilan ko‘p stansion foydalana olish|Kanallarni fazoviy ajratishga asoslangan gibrid foydalana olish usuli, unda qo‘shni nurlarda turli kodli ketma-ketliklar ishlatiladi.Izoh − Bunday foydalana olish usulida turli nurlar signallari o‘rtasidagi kerakli bo‘shalish ular hatto ustma-ust tushganida ham amalga oshadi. Kanallarni kod bo‘yicha ajratish bilan ko‘p stansion foydalana olish texnologiyasi|Kengaytirilgan spektrli signallardan foydalanishga asoslangan kodli foydalana olish texnologiyasi. Bunda, odatda, o‘zaro «yaxshi» korrelyatsiyalanish xossalariga ega bo‘lgan kodli psevdotasodifiy ketma-ketlik (PTK) lar negizida tashkil etilgan fazaviy manipulyatsiyalangan signallar qo‘llaniladi. Turli psevdotasodifiy ketma-ketliklardan foydalanish CDMA tizimi abonentlariga chastotalarning umumiy polosasida ishlash va har qanday kanaldan foydalanish imkonini beradi. CDMA texnologiyasining asosiy ustunliklariga: signalni o‘ramga aylantirish jarayonida oddiy shovqinga transformatsiyalanadigan tor polosali xalaqitlarga nisbatan yuqori xalaqitga chidamlilik, radioto‘lqinlar ko‘p nurli tarqaladigan kanallarda yuqori spektral samaradorlik, abonent bir zonadan boshqasiga ko‘chib o‘tganida kanallarni ohista almashlab ulash (xendover) kiradi. Tarmoqdagi barcha tayanch stansiyalar bitta chastotada ishlaydi, shuning uchun chastotaviy rejalashtirish zarurati yo‘q. Abonent stansiyalari quvvatlarining sochilishiga bo‘lgan yuqori sezgirlik va tayanch stansiyalarni sinxronlash zarurati (IS-95 standarti) – CDMA texnologiyasini joriy etishdagi asosiy qiyinchiliklardir. Kanallarni kod bo‘yicha ajratish hamda vaqt bo‘yicha psevdotasodifiy qayta sozlash bilan ko‘p stansion foydalana olish|Gibrid foydalana olish texnologiyasi, unda axborot vaqtda siqiladi va shovqinsimon signallardan foydalanilgan holda uzatiladi. Kanallarni kod bo‘yicha ajratish texnologiyasi|Bitta eltuvchi chastotadan kanallarni ajratish usuli, bunda turli kanallarning signallari foydalaniladigan kodli (odatda, psevdotasodifiy) ketma-ketlik turlari bo‘yicha farqlanishi talab qilinadi. Kanallarni kod-vaqt bo‘yicha ajratish bilan ko‘p stansion foydalana olish|1. Gibrid foydalana olish texnologiyasi, bunda vaqt kadri kanalli intervallar (KI)ga bo‘linadi, uzatiluvchi ma’lumotlar bloki esa, uch parametr – chastota, vaqt hamda kod bilan tavsiflanadi.Izoh − «Bitta abonent – bitta KI» yoki «ikkita abonent – bitta KI» (yarim tezlikli kanallar uchun) prinsipi amalga oshiriladigan klassik TDMA texnologiyasidan farqli ravishda, TD-CDMA ning bitta vaqt intervalida kengaytirilgan spektrli bir necha CDMA-signallarning uzatilishi ta’minlanadi.2. (TDD) vaqt dupleksidan foydalaniladigan WCDMA tizimlarning ishlash rejimlaridan biri. Kanallarni kodli ajratish bilan ko‘p stansion foydalana olish|cdmOne, CDMA2000 va WCDMA radiointerfeyslari uchun mo‘ljallangan ko‘p stansion kira olish texnologiyasi. Bunda har bir abonent umumiy chastotalar polosasida tarmoqqa kirish uchun o‘ziga xos kodli ketma-ketlikdan foydalanadi. Kanallarni kodli ajratish bilan ko‘plab kira olish|Tarmoqda bir turdagi chastotalardan ko‘p marta foydalanadigan uyali aloqaning raqamli tizimi (radiochastotali resursdan samarali foydalaniladi).Izoh – Nurlanuvchi quvvat va shovqinlar darajasining bir vaqtda pasayishida yuqori sig‘imni va nutqning yuqori sifatini ta’minlaydigan uyali aloqa tizimi. Kanallarni kommutatsiya qilish bilan uzatish rejimi|Uzatish va kommutatsiya qilish funksiyalari bog‘lanishlar o‘rtasidagi kanallar yoki chastotalar polosasini doimiy biriktirish yo‘li bilan amalga oshiriladigan axborotni ko‘chirish rejimi. Kanallarni kommutatsiyalash usuli|Uzatish kanallari butun bog‘lanish vaqtiga ajratiladigan kommutatsiyalash usuli.Izoh − 2G simsiz tarmoq va an’anaviy telefon tarmog‘i kanallarni kommutatsiyalash usulidan foydalanib qurilgan tarmoqlarga misoldir. Bu usul ma’lumotlar uzatish uchun, paketlarni kommutatsiyalash usuliga qaraganda, kam samarali. Kanallarni ko‘p tezlikli kommutatsiyalash|Kanallarni 64 Kbit/sekund tezlikka karrali, yaʼni, n*64 Kbit/sekund bo‘lgan tezliklar bilan sinxron kommutatsiya usuli. Bu yerda n – butun son. Kanallarni majburiy ravishda o‘zlashtirib olish bilan taqsimlash|Kanallarni taqsimlash protsedurasi, bunda ortiqcha trafik paydo bo‘lgan uyalar (yacheykalar)ning ishchi kanallari soni, nisbatan kamroq trafikli yacheykalardan o‘zlashtirish hisobiga ko‘paytiriladi. Protsedura avtomatik ravishda bajariladi. Kanallarni skanlash|Aloqa kanallari holatini, ularning axborotni uzatishga yaroqliligi nuqtai nazaridan, tekshirish tartiboti. Bunda, odatda, qabul qilgichning kirishida mavjud bo‘lgan shovqinlar darajasi o‘lchanadi yoki joriy signal/xalaqit nisbati aniqlanadi. Kanallarni vaqt bo‘yicha ajratish|Vaqtni ajratish (kanallarni vaqt bo‘yicha zichlash) bilan multipleksorlash. Kanallarni chastota bo‘yicha ajratish bilan ko‘plab/ko‘p stansion foydalana olish|1. Spektrdan foydalana olish usuli, bunda bir yoki bir nechta chastota polosasi bitta abonentga taqsimlanadi, turli abonentlar turli chastota polosalaridan foydalanadilar. Biroq, abonentlar TDMA, CDMA yoki SDMA foydalana olish usullarini qo‘llagan holda, spektrdan birgalikda foydalanishlari mumkin. FDMA ning xususiyati shundaki, apparat amalga oshirish (ko‘rinish)da filtrlarga qo‘yiladigan talab TDMA yoki CDMAga qaraganda yuqoriroq, lekin vaqt bo‘yicha sinxronizatsiyaga qo‘yiladigan talab TDMA yoki CDMA uchun bo‘lganiga qaraganda pastroq. Bundan tashqari, chastota bo‘yicha filtratsiya tufayli, CDMA da yaqqol namoyon bo‘ladigan «yaqin−uzoq» muammosi FDMA da unchalik sezilarli emas.2. Ajratilgan chastotalar diapazonining barchasi, har birining o‘rtasida himoyaviy chastota oraliqlari mavjud bo‘lgan bir-birini qoplamaydigan tor polosalarga ajratiladigan foydalana olish usuli. FDMA asosida aloqani tashkil etishda har bir abonentga alohida kanal ajratiladi, ular orqali signallar o‘z eltuvchi chastotalarida uzatiladi. Foydalana olishning bunday usuli abonentlar soni kam, kanallarning yuklanishi past bo‘lganida kam samaralidir. Kanallarning adaptiv taqsimlanishi|Tizim chastota resursining uyalar o‘rtasida, ularning kutilgan yoki haqiqiy yuklanishiga mos ravishda taqsimlanishi.Izoh − Kanallarni adaptiv tayinlash algoritmlari eng intensiv trafikli uyalarning o‘ta yuklanib ketishining oldini olish va shuning hisobiga butun mobil aloqa tizimining samaradorligini oshirish imkonini beradi. Kanallarning dinamik ko‘rsatgichi|Televizorlardagi funksiya, u aktivlashganda ayni vaqtda ko‘rilayotgan telekanaldagi tasvir markazga suriladi, uning atrofida tasvirni har sekundda yangilagan holda, boshqa 12 ta kanalni uzatuvchi 12 ta kichik darcha paydo bo‘ladi. Kanallarning dinamik taqsimlanishi|Xalaqitlardan xoli kanallarni tanlash maqsadida, ishchi chastotalarning muayyan to‘plamini davriy skanlashga asoslangan kanallarni tayinlash usuli. Kanallarning qayd etilgan taqsimoti (uyali aloqada)|Chastota-hududiy rejalashga asoslangan kanallarni taqsimlash usuli, bunda har bir uyaga (yacheykaga) yetarlicha uzoq vaqtga aniq miqdorda eltuvchilar ajratiladi. Ajratilgan eltuvchilar soni, odatda trafikning zichligi va yacheykaning o‘lchamlariga bog‘liq bo‘ladi. Kanalli shifrlash|Telekommunikatsiya vositalari orqali uzatilayotgan axborotni kriptografik usullar bilan muhofazalash. Shifrlash, aloqa kanalining ikkita uzeli (yuboruvchidan qabul qiluvchigacha yo‘lda oraliq shifrlash ham bo‘lishi mumkin) or‘tasida amalga oshiriladi. Kanalni egallash|Maʼlumotlarni uzatish uchun kanalni band qilish maqsadida so‘rov uzatishga urinish. Aniq vaziyatga bog‘liq tarzda, bunday urinish muvaffaqiyatli, muvaffaqiyatsiz va to‘qnashuvga olib keluvchi bo‘lishi mumkin. Kanalning ishonchliligi|Kanal aloqa uchun yaroqli bo‘lgan vaqt ulushi. Kanalning tayyorlik vaqti|Aloqa kanalining sifat ko‘rsatgichi. Test signali davomiyligi va xatolar bilan qabul qilingan sekundli intervallar soni o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Aloqa kanalining tayyorligi odatda, foizlarda ifodalanadi. Kandela|Yorug‘lik kuchining birligi; SI tizimining asosiy birligi. Kandela parametrlari aniq belgilangan manbaning berilgan yo‘nalishdagi yorug‘lik kuchiga teng. Kapalaksimon antenna|Yassi o‘tuvchi sirtning markaziy o‘qi bo‘yicha teshilgan, nurlanish to‘lqinining uzunligiga teng kenglikdagi bo‘ylama tirqishi bo‘lgan tirqishli nur tarqatgich. Kaptcha|Tyuringning kompyuterlar va insonlarni farqlash uchun to‘liq avtomatlashtirilgan ochiq sinovi. Tizim foydalanuvchisi inson yoki kompyuter ekanligini aniqlash uchun qo‘llaniladigan kompyuter sinovi. Karnegi-Mellon universitetining savdo markasi. Atama 2000-yilda paydo bo‘lgan. Sinovning asosiy g‘oyasi: foydalanuvchilarga inson yecha oladigan biroq kompyuter yechishni o‘rganishi ancha qiyin bo‘lgan vazifani taqdim etish. Odatda bu belgilarni aniqlash vazifalari. Kaptcha ko‘pincha internet-servislarning botlar tomonidan foydalanilishining oldini olish maqsadida qo‘llaniladi, jumladan, xabarlarning avtomatik jo‘natilishi, ro‘yxatdan o‘tish, fayllarni yuklash, spamni jo‘natish va h.k. Kardano panjarasi|Almashtirib qo‘yish shifrini amalga oshiruvchi kriptografik tizim. O‘zida, yacheykalarning to‘rtdan biri to‘rt burilishda barcha jadvalni qamrab oladigan tarzda kesilgan kvadrat jadval (panjara)ni aks ettiradi. Ochiq matn 90° ga buriladigan panjaraning kesilgan yacheykalariga yoziladi, shu bilan yangi, to‘ldirilmagan yacheykalar ochiladi. Karder|Plastik kartalar bilan bog‘liq qalbaki ishlar bilan shug‘ullanuvchi firibgar («virtual o‘g‘ri»). Karding|Tovar yoki xizmatlarga tegishli bo‘lmagan (o‘g‘irlangan) kredit karta orqali to‘lovni amalga oshirish. Odatda, kredit kartaning egasi bundan bexabar bo‘ladi. Kardrider|Xotira kartalari-flesh-kartalarni o‘qish va yozish. Karetkani orqaga qaytarish|Karetkani qaytarish operatsiyasini belgilaydigan ASCII boshqaruv simvoli, ya’ni matn belgilari chiqaradigan qurilmada karetkani varaqning chap tomoniga va keyingi satrga o‘tkazilishi. Karnay|Shaxsiy kompyuterning dinamik qurilmasi, akustik kolonka. Karta, perfokarta|Mashinada qayta ishlanadigan alohida sifatdagi qog‘ozdan qilinadigan axborot tashuvchi. Karta to‘g‘risidagi axborot bloki|PC Card da ma’lumotlarni shakllantirish, formati va talab qilinadigan resurslar to‘g‘risidagi axborotni ichiga olgan ma’lumotlar tuzilmasi. Kartografik axborot|1. Kartografik asarlar to‘g‘risida maʼlumotlar.2. Kartografik asarlar shaklida ifodalangan axborot.3. Kartografik asarlarni yaratishda va yangilashda ishlatiladigan axborot. Kartografik kommunikatsiya|Kartografik axborotni xarita yaratuvchidan foydalanuvchiga uzatish. Buning ustiga xaritaning o‘zi o‘ziga xos aloqa kanali sifatida ham talqin qilinadi. Kartografik maʼlumotlar banki|Raqamli kartografik maʼlumotlarni saqlash, qayta ishlash va ishlatishning texnik, dasturiy, axborot va tashkiliy vositalari majmui. Uning tarkibiga bitta yoki bir nechta predmet (mavzu) sohasidagi kartografik maʼlumotlar bazalari, maʼlumotlar bazasining boshqarish tizimi hamda so‘rovlar va amaliy dasturlar kutubxonasi kiradi. Kartografik maʼlumotlar bazasi|Biror bir predmet (mavzu) sohasi bo‘yicha o‘zaro bog‘liq kartografik maʼlumotlar majmui. U raqamli shaklda (shu jumladan kartografik maʼlumotlar bazasi shaklida) maʼlumotlar ifodalash, saqlash va joyini o‘zgartirishga oid umumiy qoidalarga mos ravishda berilgan. Kartografik maʼlumotlar bazasiga ko‘pgina foydalanuvchilar kira olishlari mumkin. U amaliy dasturlar paketiga bog‘liq bo‘lmay, maʼlumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) tomonidan boshqariladi. Kartochka|Ma’lumotlar va ularni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan vizual interfeysning majmui. Kartochkali operatsion tizim|Mikroprotsessorli kartochkalar uchun mo‘ljallangan operatsion tizim. Kartrij|Qurilmaning almashtiriladigan qismi. Odatda, bu, printer uchun bo‘yaydigan tasma, lazer printerlar yoki ko‘paytiruvchi apparatlar uchun toner, purkagichli printerlar uchun siyoh saqlanadigan kasseta. Kasr chizig‘i|Bo‘lish operatsiyasini anglatuvchi simvol. Kassegren antennasi|Parabola ko‘rinishidagi asosiy ko‘zguga va antenna fokusida joylashtirilgan aylanish giperboloidi shaklidagi kichik profillangan ko‘zguga ega ikki ko‘zguli antenna.Izoh − Antennada, asosiy va yordamchi ko‘zgular yuzasining profillarini tanlash hisobiga, asosiy ko‘zguning yanada samarali nurlanishi ta’minlanadi va yon yaproqlarning darajasini pasaytirishga erishiladi. Katalog|1. Ma’lumotlarni qayta ishlash va ularni saqlashning tashkil qilinishi orqali ta’minlanadigan, ma’lumotlar ko‘pligi tavsiflarining majmui.2. Obyektning matnli nomi bo‘yicha izlab topilishini ta’minlaydigan ma’lumotlar tuzilmasi. Katalog elementi|Papkada yoki diskning tub katalogida saqlanadigan, diskda saqlanadigan diskret obyektni (odatda, fayl yoki papkani) tavsiflaydigan axborot. Katalog elementi obyektning nomi, joylashgan yeri, o‘lchami va maxsus fayl atributlari kabi axborotni ichiga oladi. Har bir fayl va papka diskda tegishli katalog elementiga ega. Nomlari uzun fayllar joylashtirish uchun bittadan ortiq katalog elementini talab qilishi mumkin. Katalog serveri|Mijoz nomidan katalog maʼlumotlarini qo‘shishi, yo‘q qilishi, o‘zgartirishi va izlashi mumkin bo‘lgan server. Katalogdan foydalana olish protokoli|Mijozlar va X.500 serverlari o‘rtasida almashinuvni boshqaradigan protokol. Kataloglar xizmati|Ma’lumotlarni saqlash uchun kataloglar to‘g‘risida vositalarni taqdim etadigan va bu ma’lumotlardan foydalanuvchilar va tarmoq administratorlari foydalana olishlarini ta’minlaydigan xizmat. Katod nurlari|Magnit maydonini yuzaga keltiruvchi, magnit va elektromagnit maydonlarida og‘uvchi, vakuumdagi elektron dasta. Katta hajmdagi maʼlumotlar|1. Odam tomonidan idrok qilinadigan, uzluksiz o‘sish, hisoblash tarmog‘ining ko‘p sonli uzellar bo‘ylab taqsimlash sharoitida samarali natijalarni olish uchun, katta hajmdagi turli-tuman tuzilmlashtirilgan va tizimlashtirilmagan maʼlumotlarni qayta ishlash usullari, vositalari, yondashuvlari turkumi.2. Katta hajmi va o‘zgarishlarning tezligi bilan tavsiflanadigan (shu jumladan haqiqiy vaqt rejimida) tuzilmlashtirilgan va tizimlashtirilmagan axborot massivlarini to‘plash, qayta ishlash va saqlash texnologiyalari, bu maxsus vositalar va ular bilan ishlash usullarini talab qiladi. Katta harflar|Yuqori registr harflari to‘plami. Katta ikkilik obyekt|Ba’zi dasturlash tillaridagi va ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimidagi, ixtiyoriy ikkilik axborotni saqlash uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar turi. Katta (ikkilik) razryad, katta ahamiyatli bit|Kodli so‘z doirasidagi eng katta ahamiyatga ega bo‘lgan ikkilik razryadi. «Katta portlash» testlash usuli|Kompleks testlash, bunda dasturiy elementlar, apparat elementlar yoki ularning har ikkisi bir vaqtda tizimga birlashtiriladi va bosqichma-bosqich emas, balki bir butun yaxlit sifatida testlanadi. Katta simvolli obyekt|Katta matnli obyektlarni saqlash uchun mo‘ljallangan maydon turi. Katta tezlikka ega bo‘lgan ketma-ket shina|Kuchli serverlardagi SCSI texnologiyasini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan FC-AL optik-tolali interfeysga ega texnologiya. Uzatishning bazaviy tezligi 100 (200-800) Mbit/s bo‘lgan, ikki portli, avtomatik konfiguratsiya qilinadigan qurilmalarning «қайноқ» almashinuvi. Qurilmalar o‘rtasidagi masofa 10 km gacha yetishi mumkin. Katta vaqt mobaynidagi buzilishlar|Tasvirning, namoyon bo‘lishi bir nechta kadr mobaynida sezilishi mumkin bo’lgan, buzilishlari. Kattalashtirish|Grafik redaktorlarda – tasvir masshtabini yoki tasvir bir qismini kattalashtirish. Kattalik|O‘z nomi yoki qiymati bilan yoki ham unisi, ham bunisi bilan belgilanadigan ma’lumotlar elementi. Xotiraning bir qismi, nom (identifikator) va xotirada saqlanadigan qiymat bilan beriladi. Kaziski usuli|Shifrmatndagi bir xil so‘zlarni aniqlash yordamida ko‘p alifboli kriptotizim davrini hisoblash imkonini beruvchi kriptotahlil usuli. Agar ko‘p alifboli kriptotizim davri ma’lum bo‘lsa, kriptotahlil bir alifboli tizimlar kriptotahliliga keltiriladi. Kegl|Spetsifik shriftdagi simvollar to‘plami nuqtasining o‘lchami. Keladigan telefon yuklama|Kelayotgan har bir chaqiruvga band bo‘lmagan chiqish bilan darhol bog‘lanish taqdim qilingan holda, qarab chiqiladigan vaqt intervali ichida keladigan barcha chaqiruvlarga xizmat ko‘rsatishning taxmin qilinadigan jami vaqti. Kelgan telefon chaqiruvi|Telefon stansiyasida qayd qilingan telefon chaqiruv. Kelgusi avlod tarmog‘i (KAT)|Sifati kafolatlangan telekommunikatsiya xizmatlarining cheklanmagan to‘plami taqdim etilishini va foydalanuvchining global mobilligini ta’minlaydigan, xizmatlar/dasturlarni boshqarish funksiyalarini kommutatsiya qilish va uzatish funksiyalaridan ajratish hamda qayd etilgan va mobil tarmoqlarga kira olishning turli texnologiyalaridan foydalanish imkonini beradigan, keng polosali paketli tarmoq asosida qurilgan universal tarmoq. Kelib tushuvchi yuklama (abonent yuklamasi)|Tarmoqqa ulangan barcha axborot manbalaridan keluvchi jami trafik; odatda, ma’lum vaqt davri ichida aniqlanadi. Tarmoq orqali o‘tkazilgan umumiy trafikdan farqli o‘laroq, kelib tushuvchi yuklama tarmoqning xizmat axboroti va signalizatsiyani uzatish uchun zarur ichki trafigini hisobga olmaydi. Kelishish grifi|Hujjat muallifi hisoblanmaydigan muassasa yoki uning organining hujjat mazmuni bilan roziligini ifodalaydigan rasmiy hujjat rekviziti. Kelishish varag‘i|Bitta yoki bir nechta elektron hujjatning haqiqiyligini tasdiqlash uchun mo‘ljallangan hujjat. Kembrij halqasi|Halqali topologiyaga ega tadqiqot qilinadigan tarmoq tizimining bir turi. Keng ekranga panoramali ko‘rsatish|4:3 kadr formatini, tasvirning minimal buzilishi bilan, 16:9 formatga o‘zgartirish. Keng eshittirishli kanal|Uzatilayotgan axborot keng auditoriya tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilinishiga qaratilgan kanal. Keng eshittirishli tarqatish|Bir nechta maxsus bo‘lmagan qabul qiluvchilarga yo‘naltirilgan uzatish. Ethernetda tarmoqning barcha uzellarini oluvchi paket turi. Maxsus manzil turi bilan identifikatsiya qilinadi. Keng eshittirishli vebtranslyatsiya|Teleradioeshittirishlar dasturlarini Internet tarmog‘i orqali uzatish. Keng formatli televizor|Ekran tomonlarining nisbati 16:9 bo‘lgan televizor (oddiy televizorlarda bu nisbat 4:3 ni tashkil etadi). 4:3 nisbatli ekran kengligi balandligiga qaraganda 33 foizga, 16:9 nisbatlida esa 75 foizga katta bo‘ladi. Keng imkoniyatlarga ega integratsiyalashgan raqamli tarmoqlar|Ma’lumotlar, ovoz, SMS-xabarlarning birgalikda uzatilishini ta’minlaydigan simsiz tarmoq.Izoh − IDEN «bittada to‘rtta» texnologiyasini o‘zida ifodalaydi: foydalanuvchilar bitta korpusda raqamli uyali telefon, ikki tomonlama radioaloqa, alifbo-raqamli peyjer va faks-modem imkoniyatlari birlashtirilishi tufayli, simsiz aloqaning barcha afzalliklaridan bir vaqtda foydalanishlari mumkin. IDEN TDMA texnologiyasiga asoslanadi va 800 MHz hamda 1,5 GHz chastotalar diapazonida ishlaydi. IDEN 25 kHz polosada 65 Kbit/s uzatish tezligini ta’minlash uchun tovushni siqishdan, VSELP kodekidan va kvadraturali amplitudaviy modulyatsiya texnologiyasidan foydalaniladi. Keng impuls, yarim satrli impuls|Odatda, satrlarning ikkilangan chastotasi bilan takrorlanadigan va maydonlarning sinxronlanuvchi impulslarini hosil qiladigan impulslar. Keng polosali aloqa|Chastotalarning keng diapazonidan foydalaniladigan aloqa turi. Televizion eshittirish, kabelli televideniye, o‘ta yuqori chastota diapazonidagi aloqa hamda yo‘ldoshli aloqa bunga misol bo‘ladi. Keng polosali antenna|Parametrlari chastotalar diapazonining qoplash koeffitsiyenti 1,2-1,5 bo‘lganda qo‘yiladigan talablarga mos keladigan antenna. Keng polosali kanal|Ko‘p sonli tor polosali axborot manbalari (nutq, ma’lumotlar, faks), yoki bitta yoki bir nechta yuqori tezlikli manbalardan (videotasvirlar, multimedia ma’lumotlari) bir vaqtda ma’lumotlar uzatilishi ta’minlanishi mumkin bo‘lgan kanal.Misol – DSL liniyalari, kabelli kanallar, WCDMA radiokanallari. Keng polosali kuchaytirgich (jamoaviy qabul qiluvchi antennalar uchun)|Chastotalarning barcha diapazonida ishlash uchun loyihalashtirilgan, jamoaviy qabul qiluvchi antennalarda foydalanish mumkin bo‘lgan kuchaytirgich. Keng polosali signal|Ishchi diapazon markaziy chastotasining 0,1 foizdan ortiq chastotalar polosasini egallagan signal.Izoh − Masalan, 500 MHz ishchi chastotaga ega bo‘lgan signal, agar uning polosa kengligi 0,5 MHz dan katta bo‘lsa keng polosali signal hisoblanadi. Keng polosali o‘q|Quyi eltuvchidagi ranglilik signalining birmuncha kengroq uzatish chastotalari polosasi ko‘zda tutilgan tashkil etuvchisining fazasi. Signalni vektorli taqdim etishda – ranglilikning nozik asosiy rangini ifodalaydigan vektor yo‘nalishi. Keng yo‘lka|Nusxa ko‘chirishdan himoya qilish usulining qismi, bunda diskdagi ikki yoki undan ortiq yonma-yon yo‘lkaga aynan bir xil ma’lumotlar yoziladi. Kengayadigan belgilash tili|WWW tarmog‘ida gipermatnli hujjatlarni tayyorlash, saqlash va uzatish uchun mo‘ljallangan til. Kengayadigan uslublar jadvallari tili, XSL|XML hujjatlarni taqdim etish (masalan, veb-brauzerda aks ettirishda) qoidalarini va ularni ma’lumotlarning boshqa sxemalari asosida yaratilgan XML hujjatlarga, shuningdek, boshqa formatlardagi (masalan, PDF) hujjatlarga o‘zgartirish yo‘llarini belgilash imkonini beradigan spetsifikatsiyalar turkumi. Kengayish polosalari|Spektr bo‘yicha tub polosalar bilan kesishmaydigan, chastotalarning qo‘shimcha polosalari. Jumladan, IMT-2000 tizimining o‘tkazish qobiliyatini kengaytirish uchun, Yevropa va dunyoning ba’zi hududlarida (2−3) GHz li spektr uchastkasi ajratilgan. Kengaytiriladigan tizim|Samaradorlikni, periferik qurilmalar soni yoki xotira sig‘imini oshirish imkoniyati ko‘zda tutilgan kompyuter tizimi. Kengaytirilgan|Asosiy versiyaga nisbatan qo‘shimcha imkoniyatlar bilan ta’minlangan dasturiy ta’minot. Odatda bu atama yangi imkoniyatlarni o‘z ichiga olib dasturning nomi bilan birga qo‘shib ishlatiladi. Kengaytirilgan fayl tizimi|Linux yadrosi uchun fayl tizimi. U Rémy Card tomonidan extended file system fayl tizimini almashtiruvchi tizim sifatida ishlab chiqilgan. U fayl tizimlari sinovlarida namuna qilib ishlatsa bo‘ladigan, yetarlicha samarali ishlaydigan fayl tizimi hisoblanadi. Jurnallanadigan fayl tizimi emasligi uning asosiy kamchiligidir. ext2 fayl tizimining rivoji bo‘lib, jurnallanadigan va ext2 tizimiga to‘liq mos keladigan ext3 fayl tizimi hisoblanadi. Kengaytirilgan imkoniyatlarga ega raqamli radioxizmatlar|Personal mobil abonentning to‘liq mobilligini 155 Mbit/s dan kam bo‘lmagan uzatish tezligida ta’minlab bera oladigan, istiqbolli aloqa texnologiyasi. Kengaytirilgan matnli format|Micrоsоft korporatsiyasi tomonidan, amaliy dasturlar o‘rtasida formatlangan matnli hujjatlarni (ya’ni rasmiylashtirilgan) almashish uchun ishlab chiqilgan fayllar formati. Turli kod jadvallarini qo‘llaydi. Ko‘plab platformalarda amalga oshirilgan. Kengaytirilgan spektrli signallarni qo‘llagan holda ko‘p stansion foydalana olish|Ko‘p sonli abonentlarning bir vaqtda foydalana olish usuli bo‘lib, bunda ularning har biri kengaytirilgan spektrli signalni umumiy retranslyatorga uzatadi.Izoh − Qabul paytida signal (chulg‘am)ning teskari qayta o‘zgarishi amalga oshiriladi, u dastlabki tor polosali signal spektrini buzilishlarsiz tiklash imkonini beradi, chunki turli abonentlar tomonidan uzatilayotgan signallar o‘rtasidagi o‘zaro korrelyatsiya koeffitsiyenti ancha kichik. Kengaytirilgan xotira|1 МB manzil fazоsidan tashqaridagi qo‘shimcha tezkor xotira. Kengaytirilgan yuklanadigan yozuv|Bitta mantiqiy bo‘limning o‘lchamini tasvirlaydigan, shuningdek, keyingi kengaytirilgan yuklanadigan yozuvni ko‘rsatuvchi qattiq diskdagi (512 bayt) sektor. Kengaytirish platasi|Kiritish/chiqarish qurilmalari (diskovodlar, modemlar, tarmoq) adapterlari o‘rnatilgan bosma plata. Kengaytirish uyasi|Kengaytirish platasi o‘rnatiladigan tizim platasidagi uya. Bunday platalar ularning nimaga mo‘ljallanganligiga bog‘liq ravishda, interfeys kartalari, tarmoq adapterlari va h.k. deb ataladi. Kengaytirish shinasi|Tizim shinasining, kengaytirish platalari uchun mo‘ljallangan uyalarni lokal shina bilan birlashtiradigan qismi. Qo‘shimcha periferik qurilmalar kontrollerlarini ulash uchun xizmat qiladi. Kengaytiruvchi kodli ketma-ketlik|Signalni kodi bo‘yicha ajratish tizimlarida, masalan, DS-CDMA da spektrni kengaytirish uchun qo‘llaniladigan kodli ketma-ketlik. Kengaytma|1. Fayl nomining bir qismi; uning yordamida fayllarni tasniflash amalga oshiriladi. Masalan, MS-DOS da kengayish, agar bor bo‘lsa, nuqtadan keyingi (bittadan uchtagacha) simvoldan iborat bo‘lishi mumkin; kengayishdan bajariladigan fayllarni (.COM, .EXE, .BAT), turli dasturlash tillari dasturlarining matnlarini ajratish uchun (BAS – BASIC, PAS – Pascal) foydalaniladi.2. Tegishli standartlarda bo‘lmagan talablarning xavfsizlik bo‘yicha topshiriqqa yoki himoya profiliga qo‘shilishi. Kengayuvchanlik|1. Dasturlash tilida yangi til konstruksiyalarini belgilash mumkinligi.2. Raqamli televideniye tizimining kengaytirilgan funksiyalarni va kelgusi texnologik yutuqlarni qo‘llab-quvvatlash va kiritish qobiliyati. Kenglik- impulsli modulyatsiya|Impulslar davomiyligi (kengligi) o‘zgaradigan impulsli modulyatsiya. Kermit|Fayllarni uzatishga yo‘naltirilgan dastur. Umumiy foydalaniladigan dasturiy ta’minot sifatida tarqatiladi. Kerr yacheykasi|Elektrooptik Kerr effektidan foydalanishga asoslangan yorug‘lik oqimini modulyatsiyalash qurilmasi. Kesish|Matn yoki tasvir bilan ishlayotganda bajariladigan operatsiyalardan biri. U matndagi/tasvirdagi ajratilgan fragmentni o‘chiradi va almashtiruv buferiga ko‘chirib qo‘yadi. Ko‘p hollarda bu operatsiyalarni bajarish uchun mo‘ljallangan «qaynoq» klavi-shlar Ctrl+X yoki Shift+Del lardir. Kesishuv|Interaktiv grafik tizimlarda kursor shakli. Kesishuvchi aloqa|Kanallar, zanjirlar yoki o‘tkazgichlar o‘rtasida yuzaga keladi-gan parazit bog‘lanish (aloqa) bo‘lib, uning natijasida turli xalaqit beruvchi signallar paydo bo‘ladi. Kesishuvchi buzilishlar (televideniyeda)|Tasvirga boshqa videokanallardagi signallar bilan hosil qilinadigan beixtiyoriy tasvirlarni tushirish. Kesishuvchi modulyatsiya|Xalaqit signalini bir zanjir yoki simdan boshqa bir zanjir simga yo‘llash natijasida yuzaga keladigan to‘g‘rilash. Kesishuvchi xalaqitlar|Ko‘p kanalli tizimlarda, bitta kanal orqali uzatilgan signal boshqa kanalning chiqishida anchayin kuchsizlangan holda paydo bo‘lishi hisobiga yuzaga keladigan o‘zaro xalaqitlar. Simli aloqa liniyalari uchun uzoq uchdagi kesishuvchi xalaqit FEXT hamda liniyaning yaqin uchidagi xalaqit NEXT xosdir. Chastotaviy ajratilgan tizimlarda kanal filtrlarining yetarlicha selektiv bo‘lmasligi hamda barcha kanallar uchun umumiy bo‘lgan traktda tashkil qilinadigan kombinatsion chastotalar kesishuvchi xalaqitlar paydo bo‘lishining asosiy sabablaridir. Kesishuvchi xalaqitlarning yo‘l qo‘yiladigan darajasi|Noqulay xalaqit beruvchi vaziyatda, masalan, aynan bir ishchi chastotalardan foydalaniladigan qo‘shni uyalarning o‘zaro taʼsiri mavjudligi sharoitida ishlaydigan radiostansiyalar vujudga keltiradigan o‘zaro xalaqitlar. Keskin yo‘naltirilgan antenna|Nurlanadigan yoki qabul qilinadigan quvvatning asosiy ulushi tor fazoviy burchakda to‘plangan antenna. Keskin yo‘naltirilgan nur|Asosiy nurlanuvchi energiyasi nisbatan tor fazoviy burchakda teng taqsimlangan, «qalam» turidagi nur. Keskinlik|Televizion tasvirning tavsifi bo‘lib, tasvir yirik detallari chegaralarining uzatilish sifatini ifodalaydi. Keskinlik miqdor jihatdan televizion tizim o‘tish xarakteristikaning surkalib ketuvchi zonasi orqali baholanadi. Ketma-ket erkin foydalanish|Barcha oraliq bloklarni, boshidan ko‘rib chiqish yo‘li bilan xotira qurilmasi ma’lumotlar blokidan erkin foydalanishni tashkil qilish usuli. Ketma-ket kompyuter|Dastur komandalarini ketma-ket amalga oshirish yo‘li bilan ma’lumotlar qayta ishlanishini bajaradigan kompyuter. Ketma-ket-parallel o‘zgartirgich|Ketma-ket uzatishdan parallel uzatishga o‘tish qurilmasi. Ketma-ket port|Ma’lumotlar o‘tish tartibiga ko‘ra bitma-bit uzatiladigan port; ma’lumotlar parallel portga qaraganda birmuncha sekin uzatiladi. Odatda, ketma-ket portga modem ulanadi. Ketma-ket printer|Kompyuterga standart ketma-ket port orqali ulanadigan printer. Ketma-ket qayta ishlash|Ma’lumotlarni xotirada saqlanadigan yoki xotiraga kelib tushadigan ketma-ketlikda qayta ishlash. Ketma-ket uzatish|Axborot almashinuv usuli, unda ayrim belgilar aynan bitta aloqa kanali orqali birin-ketin uzluksiz tarzda yoki to‘xtashlar bilan uzatiladi. Ketma-ket uzatish ikkita rejimda amalga oshirilishi mumkin: asinxron va sinxron. Asinxron rejimda maʼlumotlar alohida jo‘natmalar tarzida uzatiladi va ularning har biriga qabul qiluvchi tomonda uzatishning boshlanishi va tugashi haqida signal beradigan start va stop bitlari kiritiladi. Sinxron uzatishda axborotning uzluksiz oqimi sinxrojo‘natmalar yordamida kadrlarga ajratiladi. Keyingi|Tizimlashtirilgan zanjirdagi (ketma-ketlikdagi) elementlar joylashuvi. Masalan, ma’lumotlar bazasi jadvalidagi keyingi yozuv. Keyingi nurlanish davomiyligi|Kineskoplar keyingi nurlanishining o‘rtacha vaqtiga ega, bu vaqt davomida ekranning nurlanish (so‘nish) yorqinligi ta’sir to‘xtatilgandan so‘ng ta’sir paytidagi boshlang‘ich yorqinlikka nisbatan bir foizgacha kamayadi. Keyingi nurlanishni tuzatish|Yuguruvchi nurni yoyishdan olingan va lyuminoforning beixtiyoriy nurlanishidan buzilgan videosignal shaklini tuzatish. Keylogger|Klaviaturadan kiritishni tutib olish uchun mo‘ljallangan apparat qurilma yoki dastur.Izoh – Keylogger bosilgan klavishlar skan-kodlarini aniqlashni ular yashirin saqlanishini va/yoki qandaydir kanal orqali uzatilishini amalga oshiradi. Keytnet|Xost-kompyuterlar turli tarmoqlarga shlyuzlar yoki marshrutizatorlar yordamida ulangan tarmoq. Internet shunday tarmoqqa misol bo‘la oladi. Kesh|O‘qilishi sekinroq bo‘lgan xotirada saqlanayotgan, biroq u yerdan so‘ralish ehtimoli katta bo‘lgan axborotning nusxasi saqlanadigan tez o‘qiladigan oraliq bufer. Keshdagi maʼlumotlar sekin xotiradan olinishi yoki qayta hisoblab chiqilishiga qaraganda ancha tezroq o‘qiladi, bu esa o‘rtacha kira olish vaqtini kamaytiradi. Kesh-xotira|Ma’lumotlarni vaqtinchalik saqlash uchun xizmat qiladigan xotira. Kompyuterning ishlash samaradorligini oshirish uchun foydalaniladi. Tezkor xotira va qattiq magnit disk o‘rtasidagi kesh-xotira ikki turda bo‘ladi; apparat va dasturiy kesh-xotira. Apparat kesh-xotiradan odatda, tarmoq serverlarida, diskli adapterlarda (kontrollerlarda) foydalaniladi, u yarimo‘tkazgichli, energiyaga bog‘liq, juda tez ishlaydigan xotirani o‘zida ifodalaydi. Dasturiy kesh-xotira tezkor xotiraning bir qismidir, odatda, stol tizimlarida tashqi xotira bilan ishlash samaradorligini oshirish uchun foydalaniladi. Kesh-xotira kontrolleri|Kesh-xotirani boshqarish uchun mo‘ljallangan maxsus mikrosxema. Kesh-xotira ma’lumotlarining tezkor xotira qurilmasi|Kesh-xotira ma’lumotlari turlarining teglari (alomatlari) saqlanadigan mikrosxema. Keshlash|Oldingi operasiyalar natijasida olingan ma’lumotlarni keyingi operasiyalarni tezlashtirish uchun saqlash. Keshlash disk ma’lumotlarining bir qismini xotirada saqlab qolish bilan chegaralanib qolmaydi, ayrim hollarda, buning uchun diskda vaqtinchalik fayllar yaratiladi. Ma’lumotlar uzatish kontekstida bu atamadan xabarlar uzatilishini tezlashtirish uchun ma’lumotnomalar va boshqa axborot atributlaridan nusxa olinishini belgilashda foydalaniladi. Kechikish|Qandaydir operatsiya yoki komanda bajarilishi davomida pauza sodir bo‘ladigan vaqtinchalik muddat. Kechikish bilan bo‘ladigan xendover|Mobil stansiya bir yacheykadan boshqasiga o‘tishida chastotaning ma’lum vaqtdan so‘ng qayta sozlanishi. Texnik jihatdan quvvat darajalarining ikkita – minimal va maksimal qiymat bo‘yicha chegarasidan foydalanish hisobiga amalga oshiriladi. Ikkita tayanch stansiyaning xizmat ko‘rsatish zonalari chegarasida «ping-pong» effektini bartaraf etish imkonini beradi. Kechikish bo‘yicha quvvat spektri|Qabul qilinadigan signal spektral tashkil etuvchilari quvvatining vaqtga bog‘liq holda taqsimlanishi. Kechikish bo‘yicha sochilganlik|Qabul qilinayotgan ko‘p nurli signalning darajasi noldan farqli va uni o‘lchash uchun hali yetarli bo‘lgan vaqt intervali. Uyali aloqa tizimlarida kechikish vaqti joy relyefiga bog‘liq ravishda, mikrosekundning ulushlaridan boshlab bir necha o‘n mikrosekund qiymatlarigacha o‘lchanadi, bunday katta kechikishlar odatda radioto‘lqinlarning yirik shaharlarda tarqalishi uchun xosdir. Kechikish tufayli yuzaga keladigan buzilishlar|Signal turli komponentlarining qabul qilish nuqtasiga vaqt bo‘yicha turli darajadagi ushlanishlar bilan yetib kelishi hisobiga paydo bo‘ladigan buzilishlar. Kechikish, ushlanib qolish, orqada qolish|Tizimning inersionligi yoki ekranning kechikib shu’lalanishi bilan tavsiflanadigan, chiqish signalining kirishdagi ta’sirga nisbatan vaqt bo‘yicha siljishi. Kechikish variatsiyasi (fluktuatsiyasi)|Paketlarni uzatishda kechikish vaqtidan mumkin bo‘lgan og‘ishlarni tavsiflovchi parametr. Kechikkan ulanish|Aloqa seansi boshlanganidan keyin yoki telefon so‘zlashuvi davom etayotgan paytda, uchinchi abonentning tarmoqqa ulanishi. Kiberjinoyat|Kompyuter tizimi yoki tarmog‘i yordamida, kompyuter tizimi yoki tarmog‘i doirasida yoki kompyuter tizimi yoki tarmog‘iga qarshi sodir etilishi mumkin bo‘lgan har qanday jinoyat. Kiberkasallik|Inson ruhiyati va fiziologik funksiyalariga virtual voqelik texnologiyalarining zararli taʼsiri oqibatida paydo bo‘lgan kasallikning yangi turi. Kibermadaniyat|Madaniyatni rivojlantirishdagi texnokrat yangi yo‘nalish. U kompyuter o‘yinlarining imkoniyatlari va virtual voqelik texnologiyalarini ishlatishga asoslangan. Kibermakon|U.Gibson tomonidan 1984-yilda kiritilgan atama. Hozirda bu atama kompyuter tizimlari uchun tuzilgan virtual fazoni tavsiflaydi va axborot resurslarining butun fazosini anglatadi. Kibernetika|Tabiat va jamiyatdagi aloqa va boshqaruvning umumiy qonunlari, axborot olinishi, uzatilishi va o‘zgartirilishi to‘g‘risidagi fan. Kiberskvotter|Kiberskvotting bilan shug‘ullanuvchi shaxs. Kiberskvotting|Mashhur kompaniyalar nomlariga o‘xshash yoki shunchaki «qimmat» hisoblangan domen nomlarini ularning keyingi qayta sotilishi yoki reklamani joylashtirish maqsadida xarid qilish. Turlari:1. Taypskvotting.2. Brend kiberskvottingi – tovar belgilari, firma nomlari, mashhur ism va nomlar, yaʼni qonun tomonidan himoyalangan shaxsiy aniqlovchi vositalarni xarid qilish.3. Himoyalovchi kiberskvotting – mashhur sayt (tovar belgisi)ning qonuniy egasi tomonidan uning domen nomiga yozilishi va aytilishi yaqin, o‘xshash, maʼnodosh barcha domen nomlarining xarid qilinishi. Bu kiberskvotterlardan himoyalanish maqsadida amalga oshiriladi. Kiberterrorizm|Submilliy guruhlar yoki maxfiy agentlar tomonidan noharbiy nishonlarga nisbatan kuch ishlatilishida ifodalangan, axborot, kompyuter tizimlariga, kompyuter dasturlari va ma’lumotlarga siyosiy asoslangan qasddan qilinadigan hujumlar. Kiberxavfsizlik|Axborot muhitida foydalanuvchilar resurslarini muhofaza qilish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan vositalar, yo‘llar, rahbariy ko‘rsatmalar, ehtimoliy xavflarni boshqarishga yondashuvlar, o‘rgatishlar, eng yaxshi tajribani tarqatish, sug‘urta, axborot xavfsizligi texnologiyalari va axborot texnologiyalarining majmui. Kilobayt|1024 byte yoki 2^10 byte ga teng xotira sig‘imining o‘lchov birligi. Kilolips (bir sekunddagi minglab mantiqiy xulosalar)|Sun’iy intellekt dasturiy ta’minotining imkoniyatlarini tahlil qilishga bag‘ishlangan mantiqiy xulosalarning o‘lchov birligi. Kinofilmni avtomatik aniqlash|Filmni to‘g‘ri kadr formati bilan ko‘rsatish maqsadida translyatsiya qilinayotgan film turini avtomatik aniqlash, masalan, keng ekranli film 4:3 formatda translyatsiya qilinganida, bu funksiya filmni 16:9 formatli ekranda ekranning yuqori va pastki qismidagi xarakterli qora keng chiziqlarsiz, to‘liq formatli ko‘rsatish imkonini beradi. Kinohujjat|Kinematografiya usulida tayyorlangan tasviriy yoki audiovizual hujjat. Kira olishni boshqarish usuli|Har bir foydalanuvchiga xizmat ko‘rsatishning maqbul darajasini ta’minlash uchun tarmoq uzellarining ma’lumotlar uzatish muhitiga kira olishni taqdim etish tartibini tasniflaydigan lokal hisoblash tarmoqlarining turli texnologiyalarini belgilaydigan asosiy xarakteristika. Kirgich (kirish yo‘li)|Simlar yoki kabellar chiqadigan taqsimlash kanalidagi yoki yacheykadagi teshik. Kirgich zavod sharoitlarida, montaj paytida ham, undan keyin ham (agar zarur bo‘lsa) o‘rnatilishi mumkin. Kirish|Foydalanuvchining tarmoqda o‘zini identifikatsiya qilish uchun logini va parolini kiritish orqali tarmoqda ish boshlashi. Kirish (foydalanish)ga urinish|1. Bitta yoki bir nechta abonent tomonidan, axborot uzatishga ruxsat olish maqsadida, aloqa tizimi bilan o‘zaro ta’sirlashuv tartiboti.2. Kira olish (kirishga urinish) uchun radiokanal orqali jo‘natilgan bir nechta so‘rovdan iborat ketma-ketlik. Ma’lum vaqt intervalidan keyin tarmoq tomonidan tasdiq signali (tarmoqqa kirishga ruxsat) kelsa, urinish muvaffaqqiyatli bo‘lgan hisoblanadi. Kirish kuchaytirgichi|Qabul qilgichning kirishiga o‘rnatilgan, odatda, konstruktiv jihatdan antenna bilan birlashtirilgan kam shovqinli qurilma. Kirish navbati|Diskda, xotirada o‘z dasturlarini bajarish uchun joylashtirishni kutadigan jarayonlarning majmui. Kirish nuqtasi|Dasturga kirishda birinchi bo‘lib bajariladigan komanda manzili yoki belgisi; dasturdagi, boshqaruv uzatilishi mumkin bo‘lgan har qanday joy. Kirish sezgirligi|Qurilmaning chiqishida nominal chiqish signalini olish uchun uning kirishiga uzatilishi kerak bo‘lgan (odatda millivoltlarda o‘lchanadigan) kuchlanish. Integral kuchaytirgich yoki resiver uchun chiquvchi quvvatni, aktiv akustika uchun – tovush bosimi darajasini tashkil etadi. Kirish sinovi|Preambula hamda so‘rovdan tashkil topgan qisqa paket bo‘lib, davriy ravishda (yoki avvaldan berilgan algoritm bo‘yicha) kirish kanali orqali uzatiladi.Izoh − Keng polosali mobil aloqa tizimlarida o‘zaro xalaqitlar darajasini pasaytirish uchun shunday algoritm ishlatiladiki, bunda har bir keyingi kirish sinovida quvvat darajasi diskret ravishda ∆P kattalikka oshiriladi. Quvvatning joriy qiymati P=Pо+P (n–1) nisbat orqali aniqlanadi, bunda Pо – quvvatning boshlang‘ich qiymati, n – bitta kirish urinishidagi sinov tartib raqami (n=1- nmax). Kirish sinovlari, so‘rovga javob qabul qilinmagunigacha yoki kirish o‘rnatishga ajratilgan nazorat vaqti tugamagunigacha uzatiladi. Kirish-chiqish jufti|Kommutatorning berilgan kirish liniyasini muayyan chiqish liniyasi bilan bog‘lash. Aloqa seansi vaqtiga o‘rnatiladi. Kirishga ruxsat berilgan interval|Bitta yoki bir nechta stansiya so‘rovlarni uzatishi mumkin bo‘lgan vaqt intervali. Aynan bir interval bir vaqtning o‘zida bir nechta stansiyaga ajratilsa, kanalda to‘qnashuvlar kelib chiqishi mumkin. Kirishlarni hisoblagich|veb-sahifa yoki saytga kiruvchilar va/yoki kirishlar sonini hisoblash imkonini beradigan skrip. Kiritiladigan signal|Maydonlarni sinxronlash signalidan tashqari maydon so‘ndirish intervalining ma’lum satrlariga kiritilgan ma’lumotlarni tanish, sinash, nazorat qilish yoki uzatishda foydalaniladigan signal. Kiritiladigan yo‘qotishlar|Yuklamada liniyaga qo‘shimcha uzel kiritilgunga qadar va undan keyin o‘lchangan quvvatlar o‘rtasidagi farq. Agar olingan natija salbiy bo‘lsa, yo‘qotishlar ortadi. Kiritiladigan o‘lchash signali, sinov satrining o‘lchash signali|Videosignalni uzatish xarakteristikasini o‘lchashda foydalaniladigan kiritiladigan signal.Izoh – Bu signaldan ayrim buzilishlarni avtomatik tarzda tuzatishda foydalanish mumkin. Kiritish|1. Klaviatura kabi maxsus kiritish qurilmalari yordamida ma’lumotlarni kompyuterga yuklash.2. Ma’lumotlarni protsessorga, tezkor xotiraga yoki tashqi qurilmaga yozish jarayoni. Foydalanuvchi tomonidan klaviaturadan, ovoz orqali; avtomatik tarzda tashqi qurilmadan amalga oshirilishi mumkin. Komandalarni (hajmi katta bo‘lmagan) joystik, «sichqoncha», trekbol, perolar, trekpoint va sensor panel yordamida kiritish mumkin. Kiritish buferi|Kiritiladigan va chiqariladigan axborotni oraliq saqlash uchun mo‘ljallangan xotira. «Kiritish» klavishi|«Enter» yozuvli klaviatura tugmasi. Foydalanuvchi tomonidan, biror-bir harakatni tasdiqlashda, ushbu tugmani bosish orqali ishlatiladi. Kiritish rejimi|Kursordan keyin turgan, har bir yangi belgi mavjud belgidan oldin qo‘yiladigan, shu bilan birga kursordan o‘ng tarafda turgan barcha matn qator oxiriga suriladigan, matnni kiritishdagi ikkita tahrir qilish rejimidan biri. Kiritish-chiqarish|Atama ham kompyuterning kiritish-chiqarish kichik tizimini, ham protsessor yoki tezkor xotira bilan tashqi qurilmalar o‘rtasida har qanday ma’lumotlar uzatish operatsiyalarini anglatadi. Kiritish-chiqarish operatsiyalarini bajarishning bir nechta asosiy usullari mavjud: dasturlashtiriladigan kiritish-chiqarish, uzilish bo‘yicha kiritish-chiqarish va xotiradan bevosita foydalanish. Kiritish-chiqarish qurilmalari|Turli ish prinsiplariga asoslangan, lekin funksional jihatdan ma’lumotlar, komandalar kiritilishini va ma’lumotlar chiqarilishini bajaradigan fizik qurilmalar. Ma’lumotlarni kiritish qurilmalari: manipu-lyatorlar (klaviatura, «sichqoncha», joystik, trekbol, trekpoint, skaner, pero, sensorli panel), datchiklar, mikrofon, videokamera. Ma’lumotlarni chiqarish qurilmalari: printer, plotter, radiokarnay, televizor. Kiritish/chiqarish qurilmalari: telefon, teletayp, teletekst, telefaks, displey. Kiritish-chiqarish interfeysi|Tashqi qurilmani, kompyuter va uning tashqi qurilmalari bilan ma’lumotlar almashinuvini taminlaydigan kompyuterning asosiy bloki bilan ulanish interfeysi. Kiritish-chiqarish kanali|Ma’lumotlarning asosiy xotira va periferiya o‘rtasida yuborilishini ta’minlaydigan qurilma. Kiritish-chiqarish kontrolleri|Ma’lumotlarning kiritilishi va chiqarilishini boshqaradigan mikrosxema. Kiritish-chiqarish qurilmalari bilan mikroprotsessor o‘rtasidagi apparat interfeysi hisoblanadi. Kiritish-chiqarish manzili|Qurilmaning, kiritish-chiqarish operatsiyalari amalga oshiriladigan noyob fizik manzili. Kiritish-chiqarish protsessori|Unumdorligi yuqori bo‘lgan hisoblash tizimlaridagi, kiritish-chiqarish operatsiyalarini bajarish uchun mo‘ljallangan, ixtisoslashtirilgan protsessor. Kiritish-chiqarishga yo‘naltirilgan|Hisoblashlarga qaraganda kiritish-chiqarishga ko‘p vaqt sarf qiladigan jarayon. Kiritish-chiqarishni kutadigan jarayonlarning navbati|Kiritish-chiqarish qurilmalari ishining natijalarini kutayotgan jarayonlar to‘plami (har bir qurilma uchun o‘zining navbati tashkil qilinadi).«Kiruvchi»ing. - inboxru – «входящие»Elektron pochtadagi kiruvchi xatlar qutisi. Kiruvchi aloqani vaqtinchalik taqiqlash|Abonent tomonidan kommutatsiya stansiyasiga oldindan xabar berilgan vaqt davrida kiruvchi telefon aloqani taqiqlash imkonini beradigan telefon tarmog‘i abonentiga xizmat ko‘rsatishning qo‘shimcha turi. Kiruvchi aloqaning chaqiriluvchi abonent tomonidan to‘lanishi|Shaqiriluvchi abonent tomonidan, agar chaqiruvchi abonent bog‘lanish boshlanishida bu haqda so‘rasa, chaqiriluvchi abonent esa rozilik bersa, muayyan bog‘lanish to‘lovini amalga oshirish imkonini beradigan xizmat. Kiruvchi hujjat|Tashkilotga kelib tushgan rasmiy hujjat. Kiruvchi kabelli kanal|Abonent qurilmalarni aloqa uzeliga ulash liniyasi. Kiruvchi liniya|Abonentdan aloqa stansiyasiga axborot oqimi kelib tushadigan liniya yoki retranslyator. Kiruvchi ma’lumotlar|Axborotni qayta ishlash tizimiga yoki uning biror bir qismiga saqlash yoki qayta ishlash uchun kiritilgan ma’lumotlar. Kiruvchi oqim|Tizimga kiritish uchun kelib tushadigan ma’lumotlar va hujjatlar ketma-ketligi. Kiruvchi sonli apertura|Optik tizimning, yorug‘lik o‘tkazgich kirishidagi haqiqiy optik quvvatni tavsiflovchi sonli aperturasi. Ishlab chiqaruvchi firmalar tomonidan optik tolaning har bir turi uchun o‘rnatiladigan NA sonli apertura qatʼiy ko‘rsatgichidan farqli ravishda, LNA qiymati yorug‘lik o‘tkazgichni bir vaqtda, bir necha optik signal bilan qo‘zg‘atganda turli nuqsonlarni, shu jumladan, fokusning siljishini hisobga oladi. Shuning uchun LNA parametri optik tolada turli to‘lqinlar optik quvvatining boshlang‘ich taqsimlanishini ifodalaydi. Kiruvchi telefon trafik (yuklama)|Liniya (kanal) lar bog‘lamlari yoki kommutatsiya aloqa asboblari guruhiga telefon yuklamaning tashqi manbalaridan keladigan telefon yuklama. (Kiruvchi) qo‘ng‘iroq/elektron ro‘yxatdan chaqiruvni kutish|Elektron ro‘yxatga kiritilgan abonentlardan qabul qilingan chaqiruvlar abonentgafarq qiluvchi qo‘ng‘iroq bilan kelib tushishini ta’minlaydigan xizmat. Shuningdek, elektron ro‘yxatdagi abonent tomonidan bo‘ladigan chaqiruvni kutish signali oddiy signaldan farq qiladi.Izoh – Abonentlar elektron ro‘yxatni xizmatdan foydalanish kodini terib modifikatsiya qilishlari mumkin. Kiruvchi chaqiruv uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqam terish|Foydalanuvchiga xususiy (muassasaviy) kommutatsiya stansiyasi yoki boshqa xususiy aloqa tizimi boshqa foqdalanuvchisini, xodimlarning aralashuvisiz, bevosita chaqirish imkonini beradigan xizmat, bunda kiruvchi chaqiruv uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri teriladigan raqam (raqamlar) chaqiriluvchi ISDN raqamining eng kam sonli raqami (raqamlari) bo‘lib hisoblanadi. Kiruvchi chaqiruvlarga xizmat ko’rsatish turlarini sozlash|Abonentning joriy statusga bog‘liq kiruvchi chaqiruvlar dastlabki konfiguratsiyasining interfeysi:- kirish mumkin – ofisda;- kirish mumkin – ofisdan tashqarida;- band;- kirish mumkin emas statuslardan har biri alohida konfiguratsiyalanishi mumkin. Kiruvchi chaqiruvlarni qayd etish xizmati|Aniq raqamlarga kelib tushadigan barcha chaqiruvlar (masalan, nutqni yozishdan tashqari chaqiruvchi abonent raqami, chaqiruvning boshlanish vaqti, chaqiruvga javob berish yoki rad etish vaqti, uzilish vaqti) to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlarning ro‘yxatdan o‘tkazilishini amalga oshiradigan xizmat. Kiruvchi chaqiruvlarni chegaralash xizmati|Ma’muriyatga yoki abonentga barcha yoki ayrim kiruvchi chaqiruvlarni telefon liniyasiga kirishini taqiqlash imkonini beradigan xizmat. Kirxgof prinsipi|1. Kriptografik algoritmlarni tuzish prinsipi. Unga ko‘ra, bu algoritmlarning ma’lum bir to‘plami (kalit) sir tutiladi, qolgan barchasi esa, algoritm bardoshliligini yo‘l qo‘yiladigan miqdordan pasaytirmasdan, ochiq bo‘lishi mumkin.2. Shifr buzib ochishga nisbatan yetarlicha barqarorlikni ta’minlashi kerak, shifrdan foydalanish oson bo‘lishi kerak, shifrning buzib ochishga nisbatan barqarorligi algoritmni emas, kalitning maxfiyligini ta’minlashga to‘liq bog‘liq bo‘lishi kerak. Kitobiy yo‘naltirilganlik|Microsoft Office Word va Open Office Writer kabi ofis dasturiy ta’minotidagi sahifa parametrining ikkita variantidan biri (kitobiy, albomli). Kitobiy yo‘naltirilganlik gorizontal holatda A4 formatidagi hujjatlarni yaratish va bosmadan chiqarish imkonini beradi. Kichik ahamiyatli raqam|Taqdim etiladigan sonning o‘ng tomondagi (kichik) raqami. Kichik dastur|Dasturning maxsus ravishda rasmiylashtirilgan qismi; unga zarur bo‘lganda boshqa dasturlardan murojaat qilish mumkin. Ko‘plab dasturlash tillarida protsedura tushunchasi bilan mos tushadi. Dasturning tez-tez takrorlanadigan fragmentlarini almashtirish va uning kompaktligiga erishish uchun foydalaniladi. Kichik hisoblash tizimlari interfeysi|Shaxsiy kompyuterlarning periferik qurilmalar (masalan, qattiq magnit disk, printer, lokal tarmoq) bilan birgalikda ishlashi uchun belgilangan standart. Yuqori tezlikli parallel interfeysni ta’minlaydi. Kichik (ikkilik) razryad, kichik ahamiyatli bit|Kodli so‘z doirasidagi eng kichik ahamiyatga ega bo‘lgan ikkilik razryad. Kichik katalog|Fayl tizimi kataloglari iyerarxiyasida boshqa katalogning ichida bo‘lgan katalog. Kichik kompyuterlarning tizim interfeysi|SD-ROM yoki DVD uzatmalarida disklar turidagi tasmali va blokli saqlash qurilmalari kabi oqim qurilmalarini birlashtirish uchun ishlab chiqilgan. Shuningdek, printer va skaner kabi boshqa qurilmalar uchun ham ishlatiladi. SCSI bir nechta qurilmani bitta shinaga joylashtirish uchun ishlab chiqilgan. Uning kontroller deb nomlanuvchi bir qurilmasi ushbu shinani boshqaradi. SCSI qurilmalar ham ichki, ham tashqi bo‘lishi mumkin. Kichik tarmoq|Tuzilishi eng sodda va arzon bo‘lgan lokal tarmoq. Bu tizim imkoniyatlarini cheklash va ish tezligini pasaytirish orqali amalga oshiradi. Tizimga oddiy shaxsiy kompyuterlar, o‘lchov apparaturasi va asboblar kiradi. Bog‘lanishning fizik vositalari yassi kabel, o‘rama juft yoki elektr tarmog‘i simlari asosida quriladi. Ushbu vositalarga bog‘lanish uchun keng qo‘llaniladigan interfeyslardan foydalaniladi. Kichik tarmoq niqobi|32-razryadli qiymat bo‘lib, IP-paketni qabul qiluvchilarga IP-manzilda tarmoq raqami va uzel raqamlarini ajratish imkonini beradi. Odatda, tarmoq qismi niqoblari 255.x.x.x. formatga ega bo‘ladi. Kichik vaqtlar mobaynidagi buzilishlar|Tasvirning, namoyon bo‘lishi faqat vaqt mobaynida satrning kam davri uchun aniq bo‘lgan, buzilishlari. Kichik varaq|Bir mavzuga bag‘ishlangan miqdori uncha ko‘p bo‘lmagan pochta markalari joylashtirilgan markali varaq. Kichik o‘lchamdagi korpus|"Shaxsiy kompyuterlar uchun ishlab chiqariladi. Bosh platalar uchun maxsus form-faktorga va kam sonli 5.25""slotlarga ega." Kichiklashtirish|Biror narsani kichiklashtirish. Masalan, olingan faylni kichiklashtirish. Kichiklik belgisi|Sonli qiymatlarni taqqoslashda ishlatiladi. < – «kichik» belgisi. Klassiz domenlararo marshrutlash|Sinfiy manzillashning qoidalarini ishlatmagan holda, IP-manzillar fazosidan egiluvchan, optimal foydalanish imkonini beruvchi IP-manzillash usuli. Bu usulni ishlatib IP-manzillar resursini iqtisod qilish mumkin. Sinfiy manzillashda aniq belgilab qo‘yilgan 0, 1, 2 yoki 3 byte tarmoq osti niqobidan foydalanilsa, sinfsiz manzillash esa o‘zgaruvchan tarmoq osti niqobiga asoslanadi. Sinfsiz domenlararo marshrutlash qo‘llaniladigan IP-manzilga misol: 10.1.2.33/27. Klassiz hududlararo marshrutlash protokoli|IP-manzillarning butun majmuini turkumlarga ajratish mavjud bo‘lmagandagi marshrutlashning muqobil protokoli.Izohlar1. Har bir tarmoqning CIDR protokol modelida 256 manzillar bo‘yicha yonma-yon bloklarning muayyan soni moslashtiriladi, keyin IP-manzillarning ma’lum geografik zonali taqsimlashdan foydalaniladi (RFC-1519).2. Marshrutli jadvallarni ko‘rib chiqishda protokol maxsus maskalarni va indeksli mexanizmlarni qo‘llashni ko‘zda tutadi.3. Bunday protokollarni yaratish zarurligi klassik IP-adreslashda manzilli fazoning (ko‘p sonli marshrutlarning muammosi) yetarli emasligi tufayli qabul qilingan. Klassiz marshrutlash|Bir qancha axborot oqimini (masalan, bir tashkilotga tegishli bo‘lgan) bitta guruhli yo‘nalishga agregirlash hamda unga umumiy tarmoq raqamini berish hisobiga tizimning manzil sig‘imi kamaytiriladigan. marshrutlash usuli. Klasslarni yuklovchi|Virtual mashinaga dasturni bajarish vaqtida klasslarni yuklashni bajaruvchi JVM komponent. Klaster|1. Umumiy diskli xotiraga (umumiy fayl tizimiga), mashinalararo o‘zaro hamkorlik va ma’lumotlar bazalarining yaxlitligini ta’minlash vositalariga ega tegishli avtonom tizimlar majmuini ifodalaydigan ko‘p mashinali hisoblash tizimi.2. Yuqori tezlikli kanal bilan birlashtirilgan bir nechta kompyuterdan tashkil topgan hisoblash tizimi.Izoh – Abonentlar uchun klaster bir butun yaxlit sifatida ko‘rinadi. Klaster nurlagich|Bir nechta konstruktiv birlashtirilgan nurlagichdan iborat guruh, ularning har biri ta’minotning bogʻliq boʻlmagan zanjiriga ega. Klaviatura|Simvollarni standart kiritish oqimiga qo‘lda kiritish uchun mo‘ljallangan qurilma. Shaxsiy kompyuterning standart klaviaturasi funksional klavishlar, raqamli klaviatura, boshqaruvchi klavishlar va matnni kiritish uchun mo‘ljallangan klaviaturadan tashkil topgan 101 ta klavishdan iborat. Klaviatura ayg‘oqchisi|Foydalanuvchidan yashirin ravishda klavishlarning bosilishini yozib boruvchi maxsus dastur. Xakerlar tomonidan foydalanuvchi parolini olish uchun ishlatiladi. Klaviatura klavishlarining joylashishi|Klaviatura klavishlarining milliy alifbo belgilari va harflariga monandligi. Ekranda paydo bo‘ladigan belgi faqatgina bosilgan harflargagina emas, balki klavishlar tartibiga ham bog‘liqdir. Klaviatura tartibi o‘zgarishi bilan ekrandagi belgilar klavishlarda aks ettirilgan belgilarga mos kelmay qolishi mumkin. Klaviatura qisqartmalari|Klaviaturada maʼlum komandani bajarish yoki dasturni boshlash uchun bitta yoki bir nechta tugmani bosish. Klaviatura qisqartmalaridan foydalanish ishni ancha tezlash-tiradi va klaviatura yordamida bajariladigan operatsiyalarning mumkin bo‘lgan sonini ko‘paytiradi. Tugma birikmalari ayniqsa kompyuter o‘yinlarida keng qo‘llaniladi. Klaviaturani belgilab chiqish|Operatsion tizimning, kompyuterga kiritiladigan simvollar kodlarining bosiladigan klavishlarga va klaviatura klavishlari kombinatsiyasiga to‘g‘ri kelishini belgilaydigan parametri. Klaviaturani blokirovkalash|1. Ma’lumotlarning terminal klaviaturasidan elektron hisoblash mashinasiga kiritilishini taqiqlash. Operatsion tizim tomonidan bajariladi.2. Klaviaturadan kelayotgan barcha signallarning rad etilishi va/yoki klavishlarni jismoniy bosishning mumkin bo‘lmasligi. Klaviaturasiz cho‘ntak kompyuteri|Ma’lumotlarni kiritish uchun plastik perodan foydalaniladigan cho‘ntak kompyuterinong turi. Pero bosilishga sezgir bo‘lgan displey sirtiga tekkiziladi. Matn yozma tarzda kiritiladi yoki virtual klaviaturada teriladi. Klavish (kalit)|1. Kompyuter klaviaturasidagi klavish.2. Xabarni shifrlash jarayonida, ya’ni uni ma’noga ega bo‘lmagan ko‘rinishga keltirish jarayonida ishlatiladigan kalit kod. Kalit xabarni shifrdan chiqarish uchun ham kerak bo‘ladi.3. Platani noto‘g‘ri qo‘yish yoki mikrosxemani xato o‘rnatishga yo‘l qo‘ymaydigan maxsus konstruktiv element.4. Ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimida – uzluksiz indeksli faylda yozuvni identifikatsiyalash va undan tez foydalanish uchun ishlatiladigan belgilar ketma-ketligi. Klavishlar kodi|Klavishlar bosilganda yoki klavishlarning muayyan birikmalarida klaviatura kontrolleri protsessorga uzatadigan, aniq bir klavishning raqamli kodi. Klavishlar uyg‘unligii|Muayyan tartibda bosilganda tizim biror (dasturni ishga tushirish, klavishlar tartibini o‘zgartirish kabi) harakatni amalga oshiradigan, oldindan aniqlanadigan klavishlar. Klavishlarni bosish ketma-ketligi|Biror narsaga murojaat qilish uchun bir nechta klavishni ketma-ket bosish tartibi. Klavishlarni bog‘lash|Aniq bir klavishni bosish natijasida bajariladigan vazifani aniqlash. Har qanday joydan turib dasturni tez chaqirishda ishlatiladi. Tizim bu klavishlar bosilishini o‘zi aniqlab, berilgan vazifani bajaradi. Klavishlarning joylashish sxemasi|Tugmalar tartibining har bir harfiga monand chaqirish kodi yozilgan jadval, ya’ni foydalanuvchi biron klavishni bosganda tizimga bosilgan tugmaning kodi yetib boradi va operatsion tizim tanlangan tugmalar tartibidan kelib chiqib klavishlar joylashgan jadvalga qarab, simvolni standart chiqarish oqimiga (monitorga) chiqaradi. Kliplar jamlanmasi|Hujjatlarga qo‘shish mumkin bo‘lgan, bir nechta dasturga joylashtirilgan multimedia ma’lumotlari to‘plami. Kliring|O‘zaro talablarni va majburiyatlarni hisobga olishga asoslangan hisob-kitoblar tizimi. Kliring hisob-kitoblarini o‘tkazishda elektronika va informatika usul va vositalari keng ishlatiladi. Kliring operatsiyalari kommunikatsiya tarmog‘i orqali amalga oshiriladi. Kloaking|Veb-serverning foydalanuvchiga bir mazmunni, izlovchi robotga boshqa mazmunni ko‘rsatuvchi ish usuli. Izlovchi robotlar qaragan IP-manzillarni kuzatib borish va ularga boshqa axborotni berish yordamida amalga oshiriladi. Kloaking aldovni yashirish imkonini beradi, buning evaziga sahifa izlash natijalarida yuqori joylashtirish imkoni yaratiladi. Kloakingning ayon bo‘lishi ko‘p hollarda saytning, izlash tizimining «qora ro‘yxati»ga kiritilishiga va uni indekslashning to‘la to‘xtatilishiga olib keladi. Klon|Avval yaratilgan boshqa vositalarga funksional jihatdan o‘xshash bo‘lgan texnik yoki dasturiy vositalar. Klonlash|1. Qayta dasturlash yo‘li bilan, begona raqamli uyali o‘xshash telefonni tayyorlash.2. Telefonlar yoki abonentlarning qalbaki identifikatori bo‘lgan telefon to‘lov kartalari, raqamlar va to‘lov belgilarini vakolatga ega bo‘lmagan holda tayyorlash. Koaksial kabel|Bir-biridan izolyatsiyalangan ichki va tashqi o‘tkazgichlardan iborat kabel. Ma’lumotlarni yuqori chastotada, kam yo‘qotish bilan uzatish imkonini beradi. Kod|1. Ochiq matn elementlarini (harflar, harflar birik-masi, so‘z va sh.k.) simvollar guruhlari (harflar, raqamlar yoki boshqa belgilar) bilan ko‘plab qayta o‘zgartirish. Shifrning maxsus turi hisoblanadi.2. Xabarni bir (dastlabki) alifbodan boshqasiga (obyekt) axborotni hech qanday yo‘qotishlarsiz qayta o‘zgartirish qoidasi. Kod jadvali|Klaviaturada simvollar to‘plamini tezda o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan simvollarni kodlash jadvali. Windows va OS/2 operatsion tizimlarida qo‘llaniladi. Kod kitobi|Ochiq matnni kodlangan shaklga (kriptogrammaga) aylantirishda foydalaniladigan kitob. Kod ortiqchaligi|Kodli kombinatsiyalarning bir qismi foydalanilmay qoladigan kodning xossasi. Bunday kombinatsiyalar taqiqlangan hisoblanadi, bu esa qabul qilishda kodga tekshiradigan belgilarni kiritmasdan xatolarni aniqlash imkonini beradi. Kod tuzilmasining buzilish|Uzatish tomonda kiritilmagan (ortiqcha kodlar), lekin qabul qilish tomonida ajratilgan, taqiqlangan kodlarni aniqlash. Bu xil kombinatsiyalarni topish, qabul qilinayotgan signalda xato mavjudligini ko‘rsatadi. Kod yozuvi|Umumiy foydalanish tarmoqlari bo‘ylab tarqatiladigan dasturiy ta’minotni imzolash imkonini beruvchi mexanizm. Bu, dasturiy ta’minot muallifini autentifikatsiya qilish va uzatish jarayonida kodning o‘zgartirilmasligini kafolatlash imkonini beradi. Kodek|Videoma’lumotlar va tovushni kompressiya/dekompressiyalaydigan qurilma. Videokonferensiya o‘tkazilganda, u mikrofon va kameradan analog signallarni qabul qiladi. Bu signallar diskret shaklga o‘zgartiriladi va tarmoq orqali boshqa tizimga yuboriladi. Kodek tarmoq orqali boshqa tizimning diskret signallarini qabul qilib, ularni analog signallarga o‘zgartiradi va radiokarnaylar hamda monitorlar orasida taqsimlaydi. Kodek (bir tomonga yo‘naltirilgan uzatishda)|Televizion uzatish liniyasining kirishi va chiqishida muvofiq tarzda joylashgan koder va qo‘shimcha dekoder kombinatsiyasi.Izoh – «Kodek» atamasi ikki tomonga yo‘naltirilgan uzatishda boshqa ma’noga ega va buni noto‘g‘ri tushunmaslik kerak. Kodek (ikki tomonga yo‘naltirilgan uzatishda)|Qarama-qarshi yo‘nalishda ishlaydigan, bitta uskuna tarkibidagi koder va dekoderni yig‘ish. Koder|Analog signallarni raqamli shaklga o‘zgartiradigan qurilma.Izoh – Shuningdek, koder – raqamli signallar yoki kodlarni bir formatdan boshqa formatga o‘zgartirgich. Qayta kodlanuvchi axborotning (umumiy foydalanish yoki konfidensiallik) turiga bog‘liq ravishda kodlovchi yoki shifrator deb atalishi mumkin. Koder, kodlovchi qurilma|Kodlash uchun mo‘ljallangan qurilma.Izoh – Koder va kodlovchi qurilma rangli televideniyeda spetsifik ahamiyatga ega. Kodga bog‘liq bo‘lmagan kanal|Kodlangan maʼlumotlar oqimi shaffof (ochiq) rejimda, yaʼni qo‘shimcha tarzda ishlov berilmasdan hamda xizmatga oid simvollar qo‘shilmasdan uzatiladigan aloqa kanali. Kodga bog‘liq bo‘lmagan uzatish|Boshlang‘ich ketma-ketlik tuzilmasiga bog‘liq bo‘lmagan, bitlarni qayta ishlash protokolidan foydalaniladigan uzatish usuli. Kodlama|Ramzlar (insonlar tili) bilan sonlar (kompyuterlar tili) orasidagi mutanosiblik. Bir xil sonlarni turli alifbolarning ramzlariga almashtirish mumkin. Internetda keng tarqalgan kodlamalardan biri – YUNIKOD. Kodlash|Dastlabki alifboni obyektli alifboga qayta o‘zgartirish jarayoni. Kodlash kaliti|Kriptografiyada – kodlarni o‘zgartirishda ularning o‘zaro mosligini tekshirish uchun ishlatiladigan kalit. Bu kalitning vazifasi begona obyektlar tomonidan dasturlarni va maʼlumotlarni ishlatishdan muhofazalashdan iborat. Kodlash masofasi|Berilgan kod kodlar ketma-ketligining ixtiyoriy jufti o‘rtasidagi masofaning eng kichigi. Kodlash qonuni|Kvantlash va kodlashda foydalaniladigan kvantlash qadamlarining nisbiy kattaliklarini aniqlovchi, tovushni siqish qonuni. Kodlash qurilmasi|1. Dasturlar va ma’lumotlarni axborot tashuvchisidagi, ularni keyinchalik elektron hisoblash mashinasiga kiritish maqsadida kodlash uchun mo‘ljallangan avtomatik yoki avtomatlashtirilgan qurilma.2. Axborotni taqdim etish shaklini o‘zgartiruvchi qurilma, bunda har bir kirish signaliga, kirish signalining kodi hisoblanadigan, chiqish signallarining ma’lum kombinatsiyasi mos keladi. Kodlash tizimi|Kodlash simvollari va qoidalarining majmui; kod. Kodlash vositalari|Almashtirishning bir qismini qo‘l operatsiyalari yordamida bajargan holda axborotni kriptografik almashtirish algoritmlarini amalga oshiruvchi vositalar. Kodlash, shifrlash|Axborotni ruxsat etilmagan tarzda foydalanishdan, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida, muhofaza qilish. Kodlash chegarasi|Kod unumdorligining chegarasi, u kod quvvati, minimal Xemming masofasi, kodli kombinatsiya uzunligi kabi parametrlarga bog‘liq. Kodli panjara|Yo‘naltirilgan graf bo‘lib, unga oxirgi cheklash uzunligiga ega yuqori aniqlikdagi kod daraxti aylanadi. Kodli rejalashtirish|Umumiy xizmat ko‘rsatish zonasidagi tayanch va mobil stansiyalar o‘rtasida kodli ketma-ketlikning taqsimlanishi. Kodlarni taqsimlash algoritmi o‘zaro (tizim ichidagi) xalaqitlar darajasini pasaytirishga asoslanadi. Kodli sahifa|Simvol raqami va uning yozilishi o‘rtasidagi muvofiqlik jadvali. Odatda, faqat 128-255 simvollari uchun yo‘naltiriladi. Kodli so‘z (tasvirni kodlashda)|Tasvir to‘g‘risidagi axborotning (kadrning) elementini, masalan, kvantlangan qiymatni, muayyan kodga mos ravishda ifodalovchi tartibli razryadlar ketma-ketligi. Kodli chegaralash uzunligi|O‘ramli koderdagi +1kechikish elementlarining soni. Kodli cheklash|Qisqartma kodni dekoderlashda hisobga olinadigan oldingi simvollar soni. Kodlovchi|Axborotning kodlashtirilishini bajaradigan qurilma, mikrosxema yoki dastur. Kodni ochish, dekodlash|Kodlangan signallarni, uzatilayotgan axborotni bevosita aks ettiruvchi, unga mos signallarga almashtirish Kodni chiqarib tashlash|Dasturni optimallashda ‒ dasturning hech qanday ish bajarmaydigan yoki boshqarishga ega bo‘lolmaydigan fragmentlarini chiqarib tashlash. Kodning buziluvchi segmenti|Xotiradagi Windows ilovasining kod segmenti bo‘lib, zarur bo‘lganda buzilishi, qayta yozilishi yoki diskdan chiqarib tashlanishi mumkin. Kodning energetik yutug‘i|Kodlash tizimi va kodlashsiz tayanch tizimdagi xatoning berilgan ehtimolligida talab qilingan signal/shovqin nisbatidagi farq. Kodning ortiqchaligi|Manbaning bir xabarini kodlash uchun qo‘llaniladigan bitlarning o‘rtacha soni va Shennon teoremasidan olingan bitlarning mumkin bo‘lgan eng kam soni o‘rtasidagi farq. Kodulyatsiya|Odatda, bitta DSP-protsessor yordamida bajariladigan, signalni kodlash va modulyatsiyalash operatsiyalarini birlashtiruvchi jarayon. Kogerant toʻlqinlar|Bir xil chastotadagi yoki uzunlikdagi, vaqt boʻyicha fazalar farqi oʻzgarmas boʻlgan toʻlqinlar. Kogerent nurlanish|Chastotasi va fazasi fazoning istalgan nuqtasida va vaqtning istalgan onida doimiy bo‘lgan elektromagnit nurlanish. Kogerent optoelektronika|Murakkab axborot tizimlari yaratishning yangi tamoyillarini belgilaydigan optoelektronika turi. Kogerentlik|Vaqt davomida yoki fazoda bir nechta tebranma yoki to‘lqinli (ularning qo‘shilishida paydo bo‘ladigan) jarayonlarning bir-biriga muvofiq o‘tishi. Kogerentlik masofasi|Qabul qilinuvchi signallar kuchsiz korrelyatsiyalangan bo‘lishi uchun, antennalar tarqoq holda o‘rnatilishi kerak bo‘lgan minimal fazoviy masofa, yaʼni bunda ularning o‘zaro kogerentlik koeffitsiyenti o‘zining minimal yo‘l qo‘yiladigan qiymatidan past bo‘ladi. Kogerentlik vaqti|Vaqt intervali, shu vaqt oralig‘ida qabul qilinuvchi signallar kogerent deb qaralishi mumkin. Tinishlar kuzatiladigan kanaldagi kogerentlik vaqti Dopler chastotasining tarqoqligiga bog‘liq bo‘ladi. Abonent harakatlanishining yuqori bo‘lmagan tezligida u interaktiv almashinuv uchun kerak bo‘ladigandan ancha kattadir. Shu sababli, vaqt bo‘yicha tarqoqlik «sof holda» amaliyotda juda kam uchraydigan. Kognitiv radio|Tizimga o‘zini ekspluatatsion yoki geografik o‘rab turgan muhit to‘g‘risida bilim olish; o‘zining ekspluatatsion parametrlari va protokollarini olingan bilimlarga muvofiq, qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun, dinamik va avtonom rostlash; o‘z harakatlari natijalari asosida o‘rganish imkonini beradigan texnologiyadan foydalaniladigan radiotizim. Kognitiv texnologiyalar|Inson tafakkuri imkoniyatlarini rivojlantirishga maxsus yo‘naltirilgan axborot texnologiyasi. Bunday texnologiyaning o‘ziga xos misoli bo‘lib, kognitiv kompyuter grafikasi hisoblanadi. U kompyuter ekranida fazoviy shaklda nafaqat turli geometrik shakllarni, balki turli matematik formulalarni ham ifodalay oladi. Bunday ifodalashlar insonning fazoviy tasavvurini va uning assotsiativ fikrlashini rivojlantiradi. Interbilding kognitiv texnologiyaning misoli bo‘lib, u insonning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishning tashxisi, treningi va monitoringining kompyuter texnologiyasidir. Kollaps funksional profili|Bitta yoki bir nechta pog‘ona yetishmaydigan soxta to‘la funksional profil. Chala profilda yetishmagan pog‘onalar funksiyalari shunchalik soddalashganki, ular boshqa pog‘onalar vazifalari tarkibiga kiritilgan. Chala profillar paydo bo‘lishi juda sodda va tez ishlaydigan lokal tarmoqlar yaratish imkonini ochdi. Tabiiyki, bu afzalliklar o‘zaro ishlash sohasidagi qator funksiyalarni o‘ta soddalashtirish evaziga yuzaga kelgan. Shu munosabat bilan, bunday profillarning imkoniyatlari maʼlumotlarni berishda va seanslar o‘tkazishda cheklangan. Bundan tashqari, bu holda kommunikatsiya tarmog‘i orqali maʼlumotlar uzatish soddalashtirilgan. Kollektorli kanal|1. Yacheykasimon va pol osti kanallar tizimida kabelni telekommunikatsiya shkafidan taqsimlash kanallarigacha o‘tkazish uchun foydalaniladigan asosiy kanal. Sinonimi: fiderli kanal.2. To‘g‘ri burchakli kesimga ega, pol chegarasida yoki toza poldan sal quyida joylashgan, taqsimlash kanalini yoki yacheykani telekommunikatsiya shkafi bilan bog‘lash uchun xizmat qiluvchi kanal. Ko‘pincha, berk fider yoki transheya kanali deb ataladi. Toza pol bilan bir sathda o‘rnatilgan, butun uzunligi bo‘ylab olinadigan qopqoqlari va servislarni ajratuvchilari bo‘lgan transheya kanal-fideri. Kolliziya|1. Ikki (yoki undan ortiq) stansiyaning bir vaqtda CSMA/CD tarmog‘ida paketni uzatishni boshlashga urinishi; kelishmovchilik aniqlanganda ikkala stansiya ham uzatishni to‘xtatadi va uni kelishmovchilik yuzaga kelish muammosini hal etish imkoniga ega tasodifiy ravishda aniqlanuvchi vaqt oralig‘i o‘tgandan so‘ng takroran tiklashga urinadilar.2. Vaqt birligi ichida paketlarning radiokanalda urilishlar soni.3. Turli xabarlarning xesh-funksiyasi bir-biriga mos keladigan hodisa. Kolokeyshn|Provayder mijoz jihozlarini o‘z hududida (odatda maʼlumotlar markazi) joylashtirib, ularni yuqori o‘tkazish qobiliyatiga ega aloqa kanallariga ulashdan iborat aloqa xizmati. Baʼzan ko‘rsatilgan jihozlar mijozga tegishli bo‘lmasdan, provayderdan ijaraga olinadi. Bunday joylashtirish provayderdan mijozga (so‘nggi milya) aloqa kanalini tashkil qilish xarajatlarini kamaytirishga imkon beradi. Kolokeyshnga ko‘pincha trafik hajmi katta bo‘lgan veb-saytlar va boshqa tarmoq xizmatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan serverlar, shuningdek, ko‘p nuqtalardan ishonchli kira olish talab etilgan jihozlar (masalan, VPN konsentratorlar, IP telefoniya shlyuzlari) qo‘yiladi. Kolorimetrik funksiya|Ranglar uyg‘unligi funksiyasi. Ushbu kolorimetrik tizimda to‘lqinlar uzunligining funksiyasiga teng energetik spektr monoxromatik tashkil etuvchilaridan har biriga rang bo‘yicha tenglashtirish uchun kerak bo‘lgan uchta asosiy ranglar soni keltiriladi.Izoh ‒ Bu kolorimetrik funksiyalar avvallari «taqsimlash koeffitsiyentlari», keyinchalik «uch xil rangli spektral tashkil etuvchilar» deb nomlangan. Kolorimetrik tizim (televideniyeda)|Uchta asosiy rangdan va tayanch oq rangdan iborat guruh. Kolorimetriya|Rangni o‘lchash usullari va ularni miqdor jihatdan ifodalash to‘g‘risidagi fan.Komandarus. - командаing. - commandBajaruvchiga, uning uchun tushunarli tilda berilgan va bajaruvchining harakatini qat’iy belgilaydigan ko‘rsatma. Komanda turli usullar bilan berilishi mumkin; kompyuterda bu simvollarning ma’lum bir to‘plami, agar kiritish klaviatura orqali amalga oshirilsa, va/yoki elektr signallar, agar kiritish portlar orqali (masalan, modem bo‘ylab) amalga oshirilsa. Komanda fayli|Operatsion tizim komandalari to‘plamini ichiga oladigan, formatlanmagan matn fayli. Komanda fayllari ko‘p bajariladigan operatsiyalarni avtomatlashtirish imkonini beradi. Komanda interpretatori|Foydalanuvchi tomonidan terminaldan yoki komanda fayli ko‘rinishida beriladigan operatsion tizimni boshqarish operatorlarini o‘qiydigan va interpretatsiya qiladigan dastur. Komanda protsessori|Matnli foydalanuvchi interfeysi bo‘lgan tizimlarda ‒ foydalanuvchi komandalarini qayta ishlaydigan modul. Komanda satri|Kompyuter bilan ishlashdagi terminal rejim. Komandalar qo‘lda yozish orqali kiritiladi. Barchasi minimal grafik sozlashlar bilan bajarilgan. Komandalar darajasidagi parallelizm|Protsessorning, bir nechta mashina komandasini bir vaqtda bitta dasturiy oqim doirasida bajara olish qobiliyati. Komandalar deshifratori|Markaziy protsessorning, operatsiya kodi va komanda operandlarini ajratadigan, keyin esa, berilgan komandani bajaradigan mikrodasturni chaqiradigan bloki (mikrosxemasi). Komandalar generatori|Translyatorning, translyatsiya qilinayotgan dasturga mos keladigan mashina komandalari ketma-ketligini hosil qiladigan qismi. Komandalar keshi|Komandalarni saqlash uchun garvard arxitekturasidan foydalaniladigan, mikroprotsessor kesh-xotirasi bloki. Komandalar navbati|Protsessor buferi, bu erga tanlash operatsiyasidan keyin komanda kelib tushadi va tegishli bajarish qurilmasiga yuboriladi. Komandalar registri|Hozirda bajariladigan komandani saqlash uchun mo‘ljallangan, protsessor registri (xotira mikrosxemasi). Komandalar tizimi soddalashtirilgan kompyuterlar|1980-yillarning boshlarida professor Devid Patterson (Berkli universiteti, AQSh) va uning talabasi Devid Ditsel (keyinchalik yirik olim, Transmeta kompaniyasining rahbari) tomonidan taklif qilingan kompyuterlar arxitekturasiga soddalashtirilgan yondashuv. Komandalar to‘plami|Berilgan protsessor bajaradigan barcha mashina komandalari jami. Komandalar to‘plamini modellash tizimi|Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va baholash hamda ichki qurilgan tizimlarni testdan o‘tkazish uchun qo‘llaniladigan dastur. Murakkablik darajasiga ko‘ra uch turdagi imitatorlar qo‘llaniladi:a) oddiy, faqat protsessor komandalarini bajaradi. Bunda konveyerlash samaradorligi va komandalarni bajarish uchun sarflangan sikllar hisobga olinmaydi;b) Nisbatan murakkabroq versiya – komandalarni bajarish uchun sarflangan sikllarni hisobga oladi, lekin kesh-xotiradan va MMU (Memory Management Unit) xotirani boshqarish qurilmasidan foydalana olishdagi kutishlarni hisobga olmaydi;c) murakkab versiya – protsessorning to‘liq faoliyatini modellashtiradi. Komandalarni bajarish bloki|Protsessorning komandalarning bajarilishini boshqaradigan qurilmasi. Zamonaviy protsessor o‘z ichiga bir nechta komandalarni bajarish blokini olishi mumkin. Komandalarni hisoblagich|Protsessorning navbatdagi tanlanadigan komanda manzilini yoki dasturning navbatdagi bayti (so‘zi)ni ichiga oladigan ichki registri. Komandalarning qisqartirilgan to‘plamini hisoblash|Qisqartirilgan komandalar to‘plamiga asoslangan protsessorlar arxitekturasi. Qisqartirilgan uzunlikdagi komandalar, katta miqdordagi registrlar, registr-registr turidagi operatsiyalar, shuningdek, bilvosita manzillashning yo‘qligi bilan ta’riflanadi. Komandani kiritishga taklif|Dasturiy qobiqning komandani bajarishga tayyor ekanligini ko‘rsatuvchi satr. Odatda joriy papka nomi va boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Komandani tanlash vaqti|Xotiradan mashina komandasini chiqarib olish va uni komandalar registriga kiritish vaqti. Komandaning boshqaruvchi parametri|Firma operatsion tizimlarining komanda tillarida ‒ komandani bajarish usuli yoki rejimini ko‘rsatadigan, komanda satri parametri.Kombaynerrus. - комбайнерing. - combiner1. Summator (quvvat); (tarqoq signallarni) qoʻshish sxemasi.2. Birlashtiruvchi. Kombinatsiyalangan portlash|Intellektual tizimlardagi, qarorlarning fazoviy hajmi elementar qarorlarning soni o‘sishi bilan favqulodda tez ko‘payadigan vaziyat. Shu sababga ko‘ra, yechim izlash uchun ajratish usuli to‘g‘ri kelmaydi: evristik qoidalardan foydalanish zarur. Kombinatsiyalangan stereosignal|Tarkibida ko‘p kanalli signal komponentalari uzatiladigan murakkab ikkita kanalli tovush signali. Undan MPEG-2 standartida MPEG-1 bilan teskari moslashishda foydalaniladi. Kommunikativistika|Axborot kommunikatsiyalari (shu jumladan, tarmoqlar) muammolarini o‘rganadigan fan. Kommunikator|Mobil telefon funksionalligiga ega bo‘lgan cho‘ntak shaxsiy kompyuter. Kommunikatorlarning oddiy mobil telefonlardan farqi shundaki, ular dasturiy taʼminot ishlab chiquvchilariga ochiq bo‘lgan rivojlangan operatsion tizimga ega. Qo‘shimcha qo‘llanmalarni o‘rnatish esa kommunikatorlarning imkoniyatlarini yanada oshirishga imkon beradi. Kommunikatsion xavfsizlik|Kommunikatsiyalarning (telekommunikatsiyalar liniyalari va kanallari-ning) ruxsat etilmagan tarzda foydalanishdan muhofazalanganligi. Kommunikatsiya|1. Aloqa, xabar, aloqa vositasi, axborot, axborot vositasi, tutashma, muloqot, ulanish.2. Telekommunikatsiyalar. Faoliyat sohasi – axborot uzatish usullari va vositalari. Kommunikatsiya kontrolleri|Bufer protsessorlari va kommutatsiya bog‘lamasi vazifalarini bajaradi. Kontrollerlar har xil turdagi kanallar bilan ishlaydilar. Uzoqlashgan (bosh kompyuterdan) kommunikatsiya kontrollerlari guruhiy kontrollerlar deb ataladi. Hamma kontrollerlarga terminallar ulanadi. Kommunikatsiya protsessori|Meynfreym va klasterli kontrollerlar o‘rtasida aloqani ta’minlaydigan kommunikatsiya qurilmasi. Kommunikatsion protsessor butunlay, uzatiladigan axborotni qayta ishlash, xatolarni nazorat qilish va bartaraf etish, xabarlarni kodlash, aloqa liniyalarini boshqarish va h.k.lar uchun ajratiladi. Kommunikatsiya tarmog‘i|Muayyan tarmoq faoliyatini taʼminlaydigan jami aloqa kanallari (simli, radio yoki optik), kanallarni hosil qiluvchi apparatura hamda aloqa markazlari va uzellari. Kommunikatsiya tizimi|Boshqa tizimlar orasida axborot uzatish bilan bog‘liq yordamchi vazifalarni bajaradigan tizim. Kommutator|Bir nechta kompyuterni lokal tarmoqqa birlashtiradigan, ularning bir-biri bilan va qolgan tarmoqlar bilan birgalikda ishlashini, Internetdan foydalanishni ta’minlaydigan tarmoq qurilmasi.Izoh − Kommutatorga ulangan shaxsiy kompyuterlar o‘rtasida o‘tkazish polosasi taqsimlanmaydi (konsentratorga ulangandagi kabi): kommutatorning har bir porti to‘liq o‘tkazish qobiliyati bilan ishlaydi. Kommutatorlar ma’lumotlar uzatish tezligini yo‘qotmagan holda, ko‘plab shaxsiy kompyuterlarni bitta tarmoqqa ulash imkonini beradi. Kommutatsion blok|Kommutatsion maydon umumiy chiqish uchlari va oraliq liniyalarining barchasini yoki bir qismini o‘z ichiga oluvchi kommutatsion aloqa asboblarining konstruktiv tugallangan majmui. Kommutatsion xalaqit|Tok va kuchlanish kommutatsiyasi jarayonlarida paydo bo‘ladigan industrial xalaqit. Kommutatsiya|Tarmoq abonentlari o‘rtasida, ularning umumiy fizik aloqa liniyasiga kira olishini ta’minlagan holda, ulanish o‘rnatilishiga imkon beradigan protsedura. Kommutatsiyaning printsipal farq qiladigan uchta sxemasi ajratiladi: kanallar, xabarlar va paketlar kommutatsiyasi. Kommutatsiya bloki (stansiyasi) kommutatsiya maydonining zvenoli tuzilmasi|Kommutatsiya bloki (stansiyasi) ning kommutatsiya maydoni, ular orqali kirishdan chiqishga bog‘lanishlar o‘rnatiladigan, o‘zaro muayyan bir nechta zvenodan iborat bo‘lgan tuzilma. Kommutatsiya maydoni|Kabelni ulash uchun konnektorlarning bir yoki undan ortiq qatori yoki kolonkalarini ichiga oluvchi alohida qurilma yoki element. 24 portli petch-panel; 100 juftli 110 turidagi kommutatsiya bloki, 25 juftli 66 M1-50 turidagi kommutatsiya bloki; optik-tolali petch-panel kommutatsiya uskunasi maydonlariga misol bo‘ladi. Kommutatsiya nuqtasi|Kommutatsiya guruhining telekommunikatsiyalar kommutatsiya asbobida, blokida yoki maydonida joylashish o‘rni. Kommutatsiya paneli|Rozetkali blok ko‘rinishida qilingan kabelli tizim interfeysi; kommutatsion shnurlar yordamida uskuna portlari bilan ulanadi. Kommutatsiya stansiyasi|Oxirgi (terminal) va tranzit bog‘lanishlarni amalga oshirishda abonent hamda bog‘lovchi liniyalar kommutatsiyasini taʼminlovchi texnik vositalar majmui. Kommutatsiya tarmog‘i|Kommutatsiya stansiyalari va uzellari bazasida tashkil etilgan, telekommunikatsiyalar transport tarmog‘ining resurslaridan foydalangan holda, kanallar yoki paketlar kommutatsiyasini taʼminlaydigan tarmoq. Kommutatsiya tarmog‘i stansiyasi|Kommutatsiya tarmog‘i liniyalari va kanallarining ulanishini, shu jumladan, oxirgi (terminal) abonent qurilmalari bilan taʼminlaydigan texnik vositalar kompleksi. Kommutatsiya tizimi|1. Stantsiya yoki uzelning barcha kommutatsiya bloklari va izlash bosqichlarining majmui.2. Har bir kirishda kelayotgan paketlar oqimini takrorlash bilan kommutatsiyalashning ko‘p kaskadli sxemasi; bunda har bir kirish-chiqish jufti o‘rtasida bir nechta bog‘lanish bo‘ladi. Kommutatsiya uskunasi|Kabelning mexanik ulanishini ta’minlovchi qurilma. Kommutatsiya shnuri|Bitta yoki har ikki uchida ajratgichlari bo‘lgan, kommunikatsion uskunani kommutatsion panel yoki krossga ulash uchun mo‘ljallangan qisqa (bir necha metrgacha bo‘lgan) shnur. Kommutatsiyalanadigan kanal|Kommunikatsiya tarmog‘ining mantiqiy kanali. Kanallarni kommutatsiyalash natijasida, aksariyat holda, faqat tizimlar orasida seans vaqtiga taqdim qilinadi. Kommutatsiyalanadigan kanallar orqali ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i|Shaxsiy kompyuterga ulangan ikkita telefon liniyasi va ikkita modem qurilmasi yordamida ikki tomonlama raqamli maʼlumotlar bilan almashish rejimini tashkil etish imkonini beradigan texnologiya. Kommutatsiyalanadigan kanallar orqali IP-tarmog‘iga ulanish (qo‘ng‘iroq)|SLIP yoki PPP protokollari orqali IP-tarmog‘i bilan ulanish. Odatda modem orqali amalga oshiriladi. Kommutatsiyalanadigan liniya|Faqat ikki qurilmaning ulanish vaqtida o‘rnatiluvchi telekommunikatsiyalar liniyasi. Kommutatsiyalanadigan liniyalar bo‘yicha olisdagi foydalanuvchilarni autentifi-katsiya qilish xizmati|Autentifikatsiya qilish serverida foydalanuvchilarning qayd qilingan ma’lumotlarini (parollar va sh.k.) markazlashtirilgan tarzda tekshirish uchun mo‘ljallangan protokol. Kommutatsiyalanadigan liniyalar orqali Internetdan erkin foydalanish|Foydalanuvchi kompyuterining Internet tarmog‘i va uning resurslariga telefon liniyasi bo‘yicha seansli ulanishdan foydalanishni ta’minlash. Kommutatsiyalanadigan lokal tarmoq|Segmentlardan iborat lokal tarmoq. U kommutatsiya majmui yordamida yagona bir butun bo‘ladi. Yuqori o‘tkazish qobiliyatli kommutatsiyalanadigan majmua orqali, faqat boshqa segmentlarda joylashgan tizimlarga yo‘llangan maʼlumot bloklari uzatiladi. Qolgan bloklar faqat o‘zlarining segmentlari ichida aylanib yuradilar, bu esa tarmoqning xavfsizligiga imkon yaratadi. Kommutatsiyalanadigan majmua fizik kommutatsiyasini ham, mantiqiy kommutatsiyasini ham taʼminlaydi. Buning natijasida, bir-biri bilan bog‘langan turli-tuman virtual tarmoqlar yaratiladi. Kommutatsiyalanadigan telekommunikatsiyalar tarmog‘i|Abonentning so‘rovi bo‘yicha yoki berilgan dasturga muvofiq, tarmoqining stansiyalari va kommutatsiya qilish uzellari yordamida oxirgi (terminal) abonent qurilmalari o‘rtasida xabarlarni uzatish uchun talab qilingan vaqtda aloqani ta’minlaydigan telekommunikatsiyalarning kommutatsiya tarmog‘i. Kommutatsiyalanadigan virtual tarmoq|IBM korporatsiyasi tomonidan taklif qilingan, tuzilmasi jo‘shqin o‘zgaradigan tezkor kommunikatsiya tarmoqlarining arxitekturasi. SVN tizimli tarmoq arxitekturasi va marshrutizatorlar asosida yaratilayotgan tarmoqlar o‘rnini bosmoqda. SVNning asosiy xususiyati uzatishning asinxron usulini ishlatish va ulanishning fizik vositalarining rang-barangligidir. Shuning evaziga, SVN strategiyasi turli rusumdagi tarmoqlarni qamrab olmoqda. Kommutatsiyalanadigan yaproq|Aloqaning bir yoʻnalishidan boshqasiga tezkor qayta ulanadigan koʻp nurli antenna yoʻnalganlik diagrammasining yaproqlaridan biri. Kommutatsiyalanmaydigan liniya|Ulanish o‘rnatilishi uchun raqam terish talab etilmaydigan telefon liniyasi. Kommutatsiyalanmaydigan telekommunikatsiyalar tarmog‘i|Oxirgi (terminal) qurilmalarning telekommunikatsiyalar kanali orqali, tarmoq stansiyalari va qayta ulash uzellari yordamida uzoq muddatli bog‘lanishlarni taʼminlaydigan telekommunikatsiyalar tarmog‘i. Kommutatsiyalash xabi|Tarmoq ishining samaraliligini oshiruvchi Ethernet texnologiyasining keyingi rivojlanishi. Bu holda muhitdan foydalanishni boshqarish aslida bog‘lamalardan port juftlari – paket manbalari va ularni qabul qiluvchilar – o‘rtasida virtual ajratilgan kanallar o‘rnatilishini taʼminlovchi markaziy kommutatsiyalanadigan qurilmaga ko‘chiriladi. Uzatuvchi uzellardan kommutatsiya xabi deyarli har doim paketni yo o‘z buferiga qabul qilish, yo uni deyarli uzilishsiz maqsad portiga uzatishga tayyor. Kommutatsiya xab orqali o‘zaro maʼlumotlarni almashuvchi kompyuterlar umumiy trafik yukini oshirmaydi. Bunday xab-lar, shuningdek, Ethernet va Fast Ethernet tarmoqlarini bog‘lash uchun qo‘llaniladi. Kompakt-disk|Axborotni (ma’lumotlarni), ya’ni ma’lumotlarni saqlash formatini raqamli shaklda saqlash uchun mo‘ljallangan ko‘chma optik disk. Kompakt disk surati|Doimiy xotira qurilmasi kompakt-diski fayllari katalogi va tuzilmasining aks ettirilishi. Kompakt-disklarni klonlashtirish uchun xizmat qiladi. Shuningdek, u kompakt diskning obrazi ham deyiladi. Kompakt disklar bilan ishlash uchun real vaqtli operatsion tizim|Interaktiv mazmunga ega bo‘lgan kompakt-disklarni qayta ishlash imkonini beradigan operatsion tizim. Turli audio- va videoproigrivatellarda bo‘ladi. Kompakt disklarning fayl tizimi|Kompakt-disklar uchun fayl tizimi. Klasterning 2 kbit qayd etilgan o‘lchamiga ega. Barcha zamonaviy operatsion tizimlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Kompakt-diskdagi doimiy xotira qurilmasi|1. Kompyuter va boshqa kompyuterlashtirilgan qurilmalar uchun mo‘ljallangan, kompakt-diskda joylashtirilgan tashqi doimiy xotira. Foydalanuchining ma’lumotlar bloki diskda 2048 byte ni egallaydi. Har bir blokdagi 304 byte dan qo‘shimcha axborot va xatolarni to‘liq kuzatib borish va tuzatish uchun foydalaniladi. To‘la fizik blok 2352 byte ni egallaydi.2. Kompakt-disklarni o‘qish uchun mo‘ljallangan qurilma. Kompakt-diskdan yuklash|Kompakt-diskning birinchi yo‘lkasida yozilgan ma’lumotdan foydalanib kompyuterni yuklash. Odatda, operatsion tizimni yuklashda va diagnostika qilishda qo‘llaniladi. Kompakt-diskka yozish qurilmasi|Ma’lumotlarni kompakt-diskka yozuvchi qurilma. Kompakt-disklarni dasturlashtiruvchi|Kompakt-disklarga ma’lumotlarni yozadigan dastur. Kompaktlash|Xotiradagi qo‘shni bo‘lmagan barcha bo‘sh sohalarni bitta uzluksiz blokka birlashtirish maqsadida xotiraning siljishi yoki aralashtirib yuborilishi. Kompander|Kompressor va ekspander funksiyalarini birlashtiradigan hamda aloqa kanali orqali signallarni uzatishdan oldin, ularning dinamik diapazoni siqilishini va qabul qiluvchi tomonda signallarning dastlabki shakli tiklanishini ta’minlaydigan qurilma. Kompandirlanmagan uzatish|Uzatish usuli, bunda uzatiladigan signallarning dinamik diapazonini siqish yuz bermaydi. Kompanon viruslar|Nusxasini zararlanadigan dastur o‘rnida yaratadigan, original faylni yo‘q qilmasdan, uni qayta nomlaydigan yoki siljitadigan viruslar. Dasturni ishga tushirishda avval virus kodi bajariladi, keyin boshqaruv original dasturga beriladi. Komparator|O‘lchanayotgan kattalikni etalon kattalik bilan solishtirish uchun mo‘ljallangan o‘lchash asbobi. Komparatorlar optik, elektr, interferension va h.k. bo‘lishi mumkin. Komparatorlar, masalan, nurlantiruvchi tizimlarning elektromagnit maydon kuchlanishini o‘lchashda qo‘llaniladi. Kompetensiya|Shaxs tajribaga, bilimlarga ega bo‘lgan masalalar doirasi; qandaydir organ yoki mansabdor shaxsning vakolatlar doirasi. Kompetentlik, muayyan vakolatga egalik|1. Vakolatga, huquqqa, nimadir to‘g‘risida hukm chiqarish, mulohaza yuritish imkonini beradigan bilimlarga ega bo‘lishlik. Muayyan vaziyatda ko‘rsatilgan bilimlar, malakalar, mahoratning mavjudligi.2. Istalgan natijalarga erishish uchun bilim va ko‘nikmalarni qo‘llash qobiliyati. Kompilyator|1. Dasturni muammoga yo‘naltirilgan tildan mashinaga yo‘naltirilgan tilga o‘giradigan translyator, yuqori darajadagi tillarni mashina kodiga (yoki ba’zida, keyinchalik interpretator bajaradigan oraliq kodga) aylantiradigan dasturiy ta’minot.2. Dasturning boshlang‘ich matnini dasturlash tilidan dasturning mashina (obyekt) yoki oraliq kodiga translyatsiya qilinishini bajaradigan maxsus dastur. Translyatsiyadan so‘ng, kompilyator obyekt faylini bajariladigan mashinaga bog‘liq kodga o‘zgartirib, komponovka qilishni (yig‘ishni) amalga oshiradi. Kompilyatsiya|Biror-bir dasturlash tilida yozilgan dasturni unga ekvivalent bo‘lgan tilga (mashina tili yoki oraliq til) o‘girish. Kompilyatsiya jarayoni mantiqan boshlang‘ich matnni tahlil qilish, sintezlash yoki kodni generatsiya qilishga asoslangan bosqichlardan iborat. Fizik jihatdan – har bir bosqichda kompilyator boshlang‘ich matnni boshdan oxirigacha tekshirib chiqadi. Kompilyatsiya vaqti|Kompilyator dasturni boshlang‘ich dasturlash tilidan bajariladigan mashina (obyekt) kodiga aylantirishi uchun sarflaydigan vaqt. Kompilyatsiya vaqti (fazasi)|Dasturning boshlag‘ich kodi obyekt moduliga kompilyatsiyalanadigan dasturni qayta ishlash bosqichi. Kompilyatsiyalash parametrlari|Ishga tushirish paytida komanda satrida yoki dastur matnida translyatorga ko‘rsatmalarda keltiriladigan va uning ishini boshqaradigan parametrlar. Kompilyatsiyalash tartibi|Dastur modullari uzatilishi kerak bo‘lgan tartib. Rivojlangan modul tuzilmali tillarda (masalan, Ada, Modula) modulning translyatsiya qilinishi, foydalaniladigan barcha ta’riflash aniqlash modullaridan oldin bajarilishi mumkin emas. Kompleks axborot tizimlari|Korxonaning, kompleks avtomatlashtirish g‘oyalari va usullarini amalga oshiradigan texnik va dasturiy vositalari majmui. Kompleks avtomatlashtirish tashkilotning barcha asosiy amaliy jarayonlari integratsiyasini va kompyuter texnologiyalariga o‘tilishini ko‘zda tutadi. Kompleks xizmatlarga ega keng polosali raqamli tarmoq|ISDN standartining rivojlantirilgan versiyasi, ma’lumotlar uzatish tezligi 155 dan 622 Mbit/s va undan yuqoriroq bo‘lishini ta’minlaydi. Ma’lumotlar trafigi, ovoz va videoni qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan, ATM/SDH texnologiyalariga asoslangan. Komplementar metall-oksidli yarimo‘tkazgich|Elektron sxemalarni tuzish texnologiyasi. Afzalligi – elektr energiyani kam iste’mol qiladi. Kamchiligi – murakkab sxemani tuzish imkoniyatining yo‘qligi. Komponent (alohida) signallar|Komponent videosignallarda yorqinlik signali va ranglilik signalini alohida qayta ishlash va uzatish tushuniladi. Videosignal uchta: yorqinlik signali va ikkita rang farqlovchi (Y, B-Y, R-Y kabi belgilanadi, ya’ni Uy, UR-y va UB-Y yoki UR, UG va UB) tarkibiy qismga ajratilgan. U kompozit yoki S-video signalga nisbatan ustunliklarga ega. Komponent blok|Quyi daraja traktlari qatlami va yuqori daraja traktlari qatlami o‘rtasida moslashuvni taʼminlovchi axborot tuzilmasi. Axborot yuklamasi va yuklama sikli boshlanishining yuqori daraja virtual konteyneri sikli boshlanishiga nisbatan siljishini bildiruvchi komponent blok ko‘rsatgichidan iborat. Komponent kirish|Qizil, yashil va ko‘k ranglarda elektronlar chiqaradigan kineskopning elektron to‘pini boshqaradigan yarimo‘tkazgichli sxemalardan bevosita foydalanish imkonini beradigan kirish. Komponent (rangli televideniyeda)|Asosiy ranglarning signallaridan hosil qilinadigan uchta signaldan biri. Odatda, yorug‘lik signali va ikkita tor polosali ayirmarang signallar komponenta hisoblanadi. Komponentlararo kabel|A/B-tizimning komponentlari o‘rtasida chiziqli darajadagi audiosignal (tovush kabel) yoki kompozit videosignal (videokabel) uzatiladigan kabel. Komponentlarning obyekt modeli|O‘zaro hamkorlikda ishlovchi tarqatilgan va har biri bir vaqtning o‘zida bir nechta dasturda ishlatilishi mumkin bo‘lgan komponentlar asosidagi dasturiy ta’minotni yaratishga mo‘ljallangan Microsoft kompaniyasining texnologik standarti. Komponentli dasturiy taʼminot|Standart tashkil etuvchilarni terib biriktirish bilan yaratiladigan dasturlar majmui. Mazkur texnologiyada, dasturning ixtiyoriy qismi takror ishlatilishi mumkin bo‘lsa, u tarkibiy qismdir (komponentdir). Komponentli dasturiy taʼminotning afzalliklari ishlab chiqish davrini qisqartirishda va dastur arzonlashuvida namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, dasturiy taʼminotning yuqori sifati taʼminlanadi. Komponentli dasturiy taʼminot texnologiyasining rivojlanishi obyektga yo‘naltirilgan dasturlashning yaratilishiga olib keldi. Komponovka qilingan blok|.NET texnologiyasida boshqarilayotgan kodni saqlaydigan binar fayl. .NET platformasi kompilyatori YEXE yoki DLL modulni yaratganda, o‘sha modulning tarkibi komponovka qilingan blok deb ataladi. Komponovka qilingan blok o‘z tarkibida versiya raqami, metaaxborot va IL yo‘riqnomalarni saqlaydi. Komponovkachi|Dasturlash tizimining bir qismi yoki mustaqil dastur, obyekt modullardan va bibliotekadan olinadigan standart qismlardan bajariladigan dasturni yig‘adi. Kompozit kirish/chiqish (PCh video kirish/chiqish)|Videoapparaturaning, qandaydir NTSC, PAL yoki SECAM standartida kompozit videosignallarni almashishda foydalaniladigan interfeys turi. Kompozit (qo‘shma yoki to‘liq) signallar|Tasvirning ham yorqinligi, ham rangliligi to‘g‘risidagi axborotga ega bo‘lgan videosignal. Yorqinlik va ranglilik to‘g‘risidagi axborot NTSC, PAL, SECAM kabi TV standartlar talablariga muvofiq kodlanadi. Kompozit rangli videosignal|Ayirmarang signallarni uzatish uchun rangli quyi eltuvchilardan foydalaniladigan rangli televideniye tizimlaridagi rangli videosignal. Kompressiya (siqish)|Tarmoqda ishlash vaqtida uzatiladigan ma’lumotlar hajmini kamaytirish va saqlash uchun zarur bo‘lgan xotira hajmini kamaytirish maqsadida ma’lumotlarni o‘zgartirish. Ma’lumotlarni siqish usullari kodlash yo‘li bilan ortiqchalikni kamaytirishga asoslangan. Siqish darajasi fayl turiga bog‘liq, bajariladigan fayllar amalda kamaymaydi, grafik ma’lumotlar bo‘lgan fayllar 4 marta siqiladi. Kompyuter|Komandalarni bajara oladigan raqamli (diskret) hisoblash mashinasi. Kompyuterning asosiy vazifasi – dasturlar yordamida ma’lumotlarni qayta ishlashdir. Kompyuterda apparatura qismi va dasturiy ta’minot ajratiladi. Apparatura qismining asosini mikroprotsessor tashkil qiladi. Dasturiy ta’minot asosi – operatsion tizim. Kompyuter aloqasi|Aloqa kanallari bo‘ylab kompyuterdan kompyuterga axborot uzatish. Aloqa elektron vositalar yoki jamoa telekommunikatsiya kanallari (telefon, radio- va yo‘ldoshli aloqa), yoki maxsus kabellar va simlar orqali amalga oshiriladi. Kompyuter arxitekturasi|Kompyuterning tashkiliy tuzilmasi bo‘lib, ichiga ma’lumotlar oqimini, interfeyslarni, apparat va dasturiy ta’minotni oladi. Atama IBM korporatsiyasi tomonidan mos keladigan System/360 elektron hisoblash mashinalari turkumini yaratishda kiritilgan. Kompyuter-bosma|Raqamli poligrafiyada ishlatiladigan tushuncha. U kompyuter bilan poligrafiya o‘rtasida oraliq operatsiyalar yo‘qligini bildiradi. Kompyuter dasturi|1. Masalani yechish algoritmining tavsifi. Dasturlash tilida beriladigan, dasturchi tomonidan tuziladigan va kompyuter bajaradigan ko‘rsatmalar yig‘masi.2. Muayyan funksiyalarni, masalalarni va muammolarni yechish uchun zarur bo‘lgan, ixtisoslashgan dasturlash tilining qoidalariga bo‘ysunadigan va operatorlar yoki komandalar tavsifidan iborat sintaksis birlik.3. Hisoblash mashinasiga algoritmni belgilab beradigan, ko‘rsatmalar (komandalar yoki tavsiflar va operatorlar) ketma-ketligi. Kompyuter dasturi kompyuter qanday tartibda, qaysi maʼlumotlar ustidan va qanday operatsiyalarni bajarishi kerakligini, hamda qanday shaklda natija berishi kerakligini ko‘rsatib beradi. Kompyuterni boshqarish qurilmasi kompyuter dasturini mashina komandalari ketma-ketligi shaklida qabul qiladi. Kompyuter dasturini mashina tilida tuzish – noqulay va sermehnat jarayon. Shu sababli, odatda kompyuter dasturi inson tomonidan biror-bir dasturlash tilida tuziladi, so‘ngra kompyuterning o‘zi bu dasturni mashina tiliga o‘tkazadi (translyatsiya qiladi). Kompyuter dasturini modifikatsiya qilish|Moslashtirish bo‘lmagan va dastlabki matnning o‘zgarishiga olib keluvchi har qanday o‘zgartirishlar. Kompyuter dasturining chiqarilishi|Kompyuter uchun dastur nusxalarini muallif roziligi asosida cheklanmagan shaxslar doirasiga taqdim etish (jumladan, kompyuter xotirasiga yozish va bosma matn chop etish orqali ham). Bunday nusxalar soni ko‘rsatilgan asarlar tavsifiga ko‘ra mazkur doiradagi shaxslar ehtiyojlarini qondirishi lozim. Kompyuter dasturlarini qo‘riqlash|Ixtiyoriy tilda va ixtiyoriy shaklda, shu jumladan, dastlabki matn yoki obyektli kod ham, ifodalanishi mumkin bo‘lgan dasturlarning (shu qatori operatsion tizimlar ham) barchasiga tegishli bo‘lgan qo‘riqlash turi. Kompyuter firibgarligi|Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi yoki kompyuter tarmog‘i yordamida yoki undan bevosita foydalangan holda sodir etilgan firibgarlik. Kompyuter grafikasi|Kompyuter yordamida yaratiladigan, saqlanadigan yoki qayta ishlanadigan har qanday tasvir, shuningdek, bu bilan bog‘liq maxsus apparat vositalar, dasturiy ta’minot va dasturlash. Kompyuter grafikasi metafayli, CGM formati|Grafik ma’lumotlar hamda tasvirlarni saqlash va uzatish formatining standarti. Kompyuter hodisalariga chora ko‘rish xizmati|Qar.: CERT. Kompyuter huquqi|Qonunchilikning kompyuter, kompyuter tizimlari va tarmoqlarini ishlatish jarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladigan huquqiy hujjatlar majmuidan iborat yangi sohasi. Huquqshunoslikka oid adabiyotlarda «kompyuter huquqi» atamasi bilan birga: «informatika huquqi», «axborot huquqi», «kompyuter-axborot huquqi» kabi atamalar ham uchraydi. Axborot huquqi tushunchasi kompyuter huquqi tushunchasiga nisbatan kengroq maʼnoga ega, chunki u axborot qanday texnik vositalar bilan qayta ishlanishidan va uni tashuvchilar qandayligidan qatʼiy nazar, axborot faoliyati sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Kompyuter ilmi|Qar.: Informatika. Kompyuter jinoyati|1. Axborot resursidan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olish, uni o‘zgartirish (qalbakilashtirish) yoki o‘zi uchun yo uchinchi shaxs uchun mulkiy foyda olish, shuningdek, o‘z raqibiga mulkiy zarar yetkazish maqsadida bu resursni yo‘q qilish.2. Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi yoki kompyuter tarmog‘i yordamida yoki undan bevosita foydalangan holda sodir etilgan jinoyat. Kompyuter jinoyatlari tasniflagichi|Interpol tashkiloti Bosh kotibiyatining ishchi guruhi tomonidan 1991-yilda ishlab chiqilgan. U so‘rovlar bo‘yicha axborotni avtomatlashtirilgan axtarish tizimi bilan uyg‘unlashgan va hozirgi kunda, Interpolning yuzdan ortiq Milliy bo‘limlaridan foydalanish imkonini beradi. Tasniflagich kompyuter jinoyatlarining olti guruhini o‘z ichiga oladi, ularning har biri yana ayrim turlarga bo‘linadi. Tasniflagichda Z shartli belgisi nazarda tutilgan bo‘lib, u «jinoyatlarning boshqa turlari»ni ifodalaydi va kompyuter texnologiyalarining bo‘lajak rivojlanishini hisobga olib kiritilgan. QA guruhi – ruxsat etilmagan foydalanish va tutib olish, QD guruhi - kompyuter maʼlumotlarini o‘zgartirish, QF guruhi – kompyuter qallobligi, QR guruhi – noqonuniy nusxa olish, QS guruhi – kompyuter ish tashlashi, QZ guruhi – boshqa kompyuter jinoyatlari. Kompyuter kartochkasi|Ichiga mikroprotsessor, dasturiy taʼminot va energiyaga qaram bo‘lmagan xotira qurilmasi o‘rnatilgan plastik kartochkasi. Kompyuter kartochkasi, boshqacha, intellektual kartochkasi deb ham atalib, uncha katta bo‘lmagan o‘lchamlarga, o‘zining oddiy operatsion tizimiga va beruxsat foydalanishdan ichiga o‘rnatilgan muhofazasiga ega. Kartochkada bir guruh tutashmalar bo‘lib, ular ozuqa manbaiga ulanish, kartochkaga maʼlumotlarni kiritish va undan maʼlumotlarni chiqarish uchun xizmat qiladi. Kompyuter kartochkasi uning egasini aniqlash uchun va qo‘shimcha axborot (bankdagi hisob raqami, biror tovar uchun to‘langan pul miqdori va h.k.) taqdim qilish uchun mo‘ljallangan. Kompyuter maʼlumotlarini g‘ayriqonuniy egallab olish|Kompyuter tizimida, tarmoqda yoki mashina tashuvchilarida saqlanayotgan axborotni ruxsatsiz ko‘chirish yoki boshqa g‘ayriqonuniy yo‘l bilan egallab olish, yoki kompyuter aloqasi vositalari yordamida uzatiladigan axborotni ushlab qolish. Kompyuter muhofazasi|Maʼlumotlar va tizim resurslarini, odatda tasodifiy va qasddan qilingan harakatlarga qarshi qo‘llanadigan tegishli tadbirlar tizimi bilan muhofazalash. Bunday harakatlar o‘zgalar axborotini o‘zgartirish, yo‘q qilish, oshkor etish, olish yo undan foydalanish kabilar bo‘lishi mumkin. Kompyuter musiqasi|Kompyuter texnikasi va tegishli dasturiy taʼminotni ishla-tib yaratiladigan musiqa. Kompyuter-pyupitr|Papka-pyupitr ko‘rinishidagi, axborotni kiritish uchun yassi ekrani va perosi bo‘lgan portativ kompyuterlar turkumi. Kompyuter reklamasi|Axborot tarmog‘i tomonidan texnologiyalar, tovarlar va taklif qilinayotgan xizmat turlari to‘g‘risida taqdim qilinayotgan axborot. Kompyuter reklamasi audiovideotizimlar, multimuhit va virtual borliqdan foydalanishga tayanadi. Reklamada taklif qilinayotgan obyektlar to‘g‘risidagi maʼlumotlar joylashgan maʼlumotlar bazasi katta ahamiyatga ega. Barcha hollarda maʼlumotlarning hamma turlari, yaʼni, matn, nutq, musiqa va tasvirlar, shu jumladan, rangli, hajmiy tasvirlar ishlatiladi. Ommaviy tomoshabinga mo‘ljallangan reklama uchun, teleko‘rsatuvlar tarmog‘i ishlatiladi. Kompyuter sabotaji|Qasddan kompyuter axborotini yoki dasturini yo‘q qilish, blokirovkalash, yaroqsiz holga keltirish, kompyuter uskunalarini safdan chiqarish, kompyuter tizimini, tarmog‘ini yoki axborotning mashinali tashuvchisini barbod qilish. Kompyuter savodxonligi|Hisoblash texnikasi vositalaridan foydalanish, kompyuterda ishlash ko‘nikma va bilimlarining eng kam to‘plamiga egalik qilish; informatika asoslarini va axborot texnologiyasining jamiyat hayotidagi ahamiyatini tushunib yetish.Izoh – Kompyuter savodxonligi axborot jamiyati va kompyuterlashtirish to‘g‘risida bilim, kompyuterdan foydalanish mahorat va ko‘nikmalarini, gibrid intellekt yaratishning muvaffaqiyatini ta’minlaydigan shaxsiy sifatlarni beradi. Bi-lish faoliyatining vositasi sifatida kompyuterdan keng foydalanish imkonini beradi, axborotni taqdim etish va saqlash imkoniyatini kengaytiradi. Kompyuter steganografiyasi|Xabar yoki faylni boshqa xabar yoki faylda yashirish. Kompyuter suiiste’molligi|Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimining kompyuter xavfsizligiga ta’sir etadigan yoki uni buzadigan, qasddan yoki tasodifiy ruxsat berilmagan harakat. Kompyuter tarmog‘i|Resurslardan birgalikda foydalanish va ma’lumotlar almashinish uchun, aloqa kanallari bilan o‘zaro bog‘langan kompyuterlar va tarmoq uskunasi majmui. Resurslar – bu uskuna, dasturlar va ma’lumotlar bazasidir. Kompyuter tarmog‘i adminstratori|Tarmoqni joriy boshqarish va uni rivojlantirish istiqboli bilan shug‘ullanadigan shaxs yoki shaxslar guruhi. Asosiy vazifalari: ishonchli ishlashni ta’minlash, foydalanish (kirish) parollari va manzillarini aniqlash va berish, boshqa tarmoqlar bilan birgalikda ishlashni ta’minlash, ma’lumotlar bazalarining administratorlari bilan birgalikda ishlash. Kompyuter telefoniyasi|Maxsus dasturlar va protokollar yordamida telefon tarmog‘i foydalanuvchilari bilan muloqot qilish imkoniyati. Bunday imkoniyat bepul berilmaydi. Kompyuter texnologiyasi|Qar.: Axborot texnologiyasi. Kompyuter tili|Hisoblash mashinasi tushunadigan til. Dastlab u faqatgina nol va birlardan iborat til edi. Keyin esa, mashinalar protsessor darajasidagi Assembler ni «tushunishni o‘rganishdi». Kompyuter tizimi|Markaziy kompyuter va unga aloqador chekka qurilmalar, konsol kompyuterlar, disk massivlari, lentali tashuvchilar, maʼlumotlarni robotlashgan saqlash tizimi va shunga o‘xshashlar. Kompyuter tizimining auditi|Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimida qo‘llaniladigan protseduralarni, ularning samaradorligi va to‘g‘ri bajarilayotganligini baholash yuzasidan ekspertiza qilish, shuningdek, xavfsizlikni oshirish bo‘yicha tavsiyalar berish. Kompyuter virusi|1. Hisoblash tizimiga, ma’lumotlarni buzish, o‘zgartirish yoki yo‘q qilish maqsadida kiritiladigan anonim dastur.2. Quyidagi xususiyatlarga: o‘zini boshqa fayllarga, diskka, elektron hisoblash mashinasiga ko‘chirish; aniq chaqiruvsiz bajarish; axborotdan ruxsat etilmagan tarzda foydalanishni amalga oshirish; aniqlashga urinishdan maskirovka qilish imkoniyatiga ega dastur.3. O‘zining nusxasini yoki boshqa zararli dasturlar yarata oladigan va ularni kompyuter fayllariga, tizim sohalariga kiritadigan, shuningdek, boshqa destruktiv xarakatlarni amalga oshiradigan zararli dastur. Kompyuter vositasida buzish|Manfaat ko‘rish, begonalarning ma’lumotlaridan foydalanish, shaxsiy qiziqishni qanoatlantirish va boshqa maqsadda kompyuter tarmog‘iga yoki begona shaxs kompyuteriga ruxsat etilmagan tarzda kirish. Kompyuter xaritasi|Avtomatlashtirilgan kartografik tizim yoki geografik axborot tizimi vositalari yordamida olingan xarita. U grafika chiqarish qurilmalari – grafika chizadigan, printer va boshqalar yordamida qog‘oz, fototasma va boshqa materiallarda tayyorlanadi. Qar.: Geografik axborot tizimi. Kompyuter xavfsizligi|Kompyuter tizimlarining, qayta ishlanadigan va saqlanadigan axborotdan ruxsat etilmagan tarzda foydalanish yo‘lidagi urinishlarga, buzg‘unchilik harakatlariga olib keluvchi axborotning kiritilishiga hamda soxta axborot majburan kiritilishiga (qabul qilinishiga) qarshi tura olish xususiyati. Kompyuterlar avlodi|Kompyuterlar, dasturlash tillari, tarmoqlarni tasniflash vositasi. Kompyuterlashtirilgan dasturiy taʼminotni ishlab chiqish|Dasturiy taʼminot ishlab chiqishga mo‘ljallangan tizim. CASE texnologiyasi dasturlarni ishlab chiqishga, umumiy maʼlumotlar bazasini yaratishga, shu baza bilan o‘zaro ishlashning yagona usulidan foydalanishga mo‘ljallangan kompyuterlashgan tizim vositalari to‘plamidan iborat. Buning ustiga, bu yondashuv yagona axborot tarmog‘iga ulanadigan axborot tizimlarida ishlatiladigan operatsion tizimlarning xilma-xilligini hisobga oladi. Bundan tashqari, CASE turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlatiladigan tarmoq texnologiyalarining yagona asosini belgilaydi. CASE yana, yaratilayotgan dasturlarni testlashning uslubiyatini va testlash vositalarini taqdim qiladi. CASE ni ishlatish evaziga ishlanmalar arzonga tushadi va ularni ishlab chiqish davri qisqaradi. Kompyuterlashtirilgan ishlab chiqarish|Ishlab chiqarishni, texnologik jarayonlarni kompyuterlashtirilgan tizim ishtirokida boshqarish. Kompyuterlashtirilgan logistik tizim|Loyihalash va murakkab qurilmalar to‘plamini kuzatib borish texnologiyalari majmui. CALS tizimi avtomatlashtirish funksiyalari to‘plamini belgilab beradi. U bozorni o‘rganish va marketing, texnik shartlarni ishlab chiqish, loyihalash, ishlarning moddiy-texnik taʼminoti, texnologik jarayonni ishlab chiqish va tayyorlash, ishlab chiqarish, nazorat va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Ko‘rsatib o‘tilgan funksiyalarni bajarish uchun CALS quyidagi vositalarni ishlatadi:logistik tizimlarning spetsifikatsiyasini yaratish;loyihalash, shu jumladan, maʼlumotlar bazalarini;dasturlash;uyg‘unlashuv uchun platformalarni kuzatib borish;turli nimtizimlarni yaratuvchilarning o‘zaro ishlashini rejalash, nazorat qilish. Kompyuterlashtirilgan loyihalash|Ishlab chiquvchilar mehnatini avtomatlashtirish texnologiyasi. Mahsulotlar (asboblar, qurilmalar, apparatlar, tizimlar) tobora murakkablasha borishi, ularni yaratishda yangicha yondashuvlar qo‘llashni taqozo etadi. Ular CAD, Loyiha Ishlarini Avtomatlashtirish Tizi-mi (LIAT) deb ham ataladigan texnologiya bilan amalga oshiriladi. CAD loyihalash va chizmachilikni, yassi yoki hajmiy detallar va konstruksiyalarni uch o‘lchamli modellashni taʼminlaydigan amaliy dasturlar paketidir. Bundan tashqari CAD, konseptual konstruktorlash, animatsiya, vizuallashtirish, maʼlumotlar bazalarini boshqarish va muhandislik hujjatlari tayyorlash vazifalarini bajaradi. CAD yaratilishi kerak bo‘lgan mahsulot to‘g‘risida maʼlumotlar yig‘ishdan tortib, uni tayyorlashgacha bo‘lgan masalalarni qamrab oladi. Kompyuterlashtirilgan tarjima|Kompyuter yordamida, bir tabiiy tildan boshqasiga bajariladigan tarjima. Kompyuterlashgan tarjima, ko‘p hollarda mashinali tarjima deyiladi, sunʼiy tafakkurga ega bo‘lgan amaliy jarayon tomonidan bajariladi. Kompyuterlashgan tarjimaning uch turi mavjud. To‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima usuli eng eskisi bo‘lib, faqat bir juft tillarga mo‘ljallangan. Vositachi – til ishlatishga asoslangan tarjima usuli. U avvalgidan matn mazmunini ifodalash uchun vositachi kiritilishi bilan farqlanadi. Bu usul, ayniqsa, ko‘ptilli muhitda samarali hisoblanadi. Bundan tashqari u oldingi to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima usulidan tejamliroq. Transfer (uzatish) usulida, tarjimaning yana bir bosqichi kiritiladi. Ulardan birinchisida, boshlang‘ich matn kirish tilining ifodalariga aylantiriladi. Ikkinchi bosqichda bu ifodalanish chiqish tili ifodalariga qayta aylantiriladi. Nihoyat oxirgi bosqichda chiqish tilidagi matn hosil bo‘ladi. Kompyuterlashtirilgan tizim|Kompyuter yordamida ixtiyoriy ishlarni avtomatlashtirishga mo‘ljallangan tizim. CAS tizimi, modellash, loyihalash, ishlab chiqish, yaratish, amalda ixtiyoriy mashinalarni, apparatlarni, asboblarni va boshqa mahsulotlarni tayyorlash va sinash bilan bog‘liq ishlarni qamrab oladi. Kompyuterlashtirish|1. Kompyuterlar vositasida avtomatlashtirish.2. Inson faoliyatining turli sohalarida, axborot jarayonlarini va texnologiyalarni avtomatlashtirishni taʼminlaydigan kompyuterlarni rivojlantirish va tatbiq qilish jarayoni.3. Kompyuter mahsulotlari va xizmatlari sanoatini, hamda jamiyatda ulardan foydalanishni rivojlantirish jarayoni. Internetni keng rivojlantirishning zaruriy shartlaridan biri. Kompyuterlashtirish markazi|Asosiy faoliyati joylarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va kompyuterlashtirishni ishlab chiqish va rivojlantirish tadbirlarini amalga oshirish, axborot resurslarini yuritish va yangilash, mintaqalarda yaratilgan va yaratiladigan davlat axborot resurslari hamda axborot tizimlari ro‘yхatga olinishida yordam korsatish, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyatlarining veb-portallarini muntazam yangilab borish, shuningdek, mintaqada axborot-kommunikatsiya texnologiyalari holati va rivojlanish istiqbollarini muntazam tahlil qilib borish hamda uning natijalari asosida bu sohani takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritishdan iborat bo‘lgan tashkilot. Kompyuterning tez ishlashi|Aniq bir kompyuterning ma’lumotlarni qayta ishlash tezligi. Ko‘pgina omillarga, jumladan, tashqi qurilmalarning tez ishlashiga bog‘liq. Kompyuterning tez ishlashini odatda, protsessorning tez ishlashi belgilaydi. Kompyuteromaniya|Insonning kompyuter tizimlarini muntazam ishlatishdagi patologik ehtiyoji. Bu inson ruhiyatiga kompyuter o‘yinlari va virtual borliq texnologiyalari taʼsiriga ko‘nikib qolishi bilan yuzaga kelgan. Kompyutron|Kompyuter unumdorligini baholashning mavhum birligi. Konduktiv xalaqit|O‘tkazgichlar bo‘ylab tarqaladigan elektromagnit xalaqit. Konferens-aloqa|Foydalanuvchilarga bir vaqtning o‘zida bir nechta, o‘zaro aloqada bo‘lgan abonentlar bilan axborot almashish imkoniyatini beruvchi xizmat. Konfidensial|Ommaviy foydalana olishga mo‘ljallanmagan axborot (parollar va h.k.). Odatda konfidensial axborot shifrlanadi. Konfidensial axborot|1. Davlat siri hisoblanadigan ma’lumotlar bo‘lmagan hujjatlashtirilgan axborot, undan foydalanish O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq chegaralanadi.2. Foydalanuvchilar tomonidan erkin foydalanish huquqi cheklangan va ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishdan muhofaza qilinishi talab etiladigan axborot.3. Xizmatga oid, professional, sanoat, tijoratga oid yoki huquqiy rejimi egasi tomonidan qonunchilikka asosan belgilanadigan va muhofaza qilinishi talab etiladigan axborot. Konfidensiallik|1. Axborotning avtorizatsiya qilinmagan shaxslar, mantiqiy obyektlar yoki jarayonlar uchun foydalanib bo‘lmaslik yoki yopiqlik xususiyati.2. Axborotdan foydalanish huquqiga ega subyektlar doirasiga cheklovlar kiritish zarurligini ko‘rsatuvchi va tizimning (muhitning) ko‘rsatilgan axborotni undan erkin foydalanish huquqi bo‘lmagan subyektlardan sir saqlash zarurligini ta’minlovchi, subyektiv aniqlanadigan (qo‘shib yoziladigan) axborot xarakteristikasi (xususiyati).3. Axborot va uning tashuvchisining holati, bunda u bilan ruxsat etilmagan tarzda tanishishning yoki ruxsat etilmagan tarzda hujjatlashtirish (nusxa ko‘chirish)ning oldini olish ta’minlanadi.4. Tutib olish va boshqa ruxsat etilmagan harakatlar natijasida axborotdan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishning mumkin bo‘lmasligi. Konfidensiallik belgisi|Obyektda mavjud bo‘lgan axborotning konfidensialligini tavsiflovchi axborot elementi. Konfidensiallik toifasi|Resursning, uning muhimligini yoki ahamiyatliligini belgilovchi va o‘z ichiga resurs zaifligini olish xarakteristikasi. Konfidensiallik xizmati|Almashinadigan ma’lumotlarning ruxsat etilmagan tarzda oshkor etilishdan muhofaza qilinishini ifodalaydigan konfidensiallik xizmati.Izoh – Konfidensiallikni ta’minlash xizmatlarining quyidagi turlari ajratiladi: tanlangan maydon konfidensialligi; bog‘lanish o‘rnatilgan rejimdagi konfidensiallik; bog‘lanish o‘rnatilmagan rejimdagi konfidensiallik; trafikning konfidensialligi. Konfiguratsion fayl|Tizimning tarkibiy qismlari, tizimning muayyan sozlanishini belgilaydigan yordamchi parametrlar tavsiflanadigan fayl. Konfiguratsion fayllar deyarli barcha kuchli tizimlarda bor. Odatda, bu tizimning o‘zi interpretatsiya qiladigan matnli fayllardir. Konfiguratsiya|Qurilma yoki ilovaning ishlash rejimlarini belgilaydigan apparat yoki dasturiy ko‘rsatmalar to‘plami. Konfiguratsiya fayli|MAYDON:QIYMAT formatidagi fayl bo‘lib, unda dasturlarning foydalanuvchi tomonidan sozlangan qiymatlari saqlanadi. Konfiguratsiyani boshqarish rejasi|Baholash obyektlari uchun konfiguratsiyani boshqarish tizimidan foydalanish tavsifi. Konfokal rezonator|Sferik koʻzgularning egrilik radiusiga teng masofada joylashgan, ikkita bir xil sferik koʻzguda hosil qilingan optik rezonator. Konform antenna|1. Shakli eltuvchining atroflama chiziqlarini takrorlaydigan va yassi, silindrsimon, konussimon yoki sferik sirtda joylashgan antenna.2 Transport vositasining gabarit o‘lchamidan turtib chiqmaydigan va kichik aerodinamik qarshilikka ega bo‘lgan antenna. Konkatenatsiya|Simvollarning bir nechta satrini bitta satrga birlashtirish operatsiyasi. Dasturlash tillarida bu operatsiyani bajaradigan maxsus funksiyalar mavjud. Masalan, Pascal tilida konkatenatsiya operatsiyasi + bilan belgilanadi. Konnektor|Tola bilan birgalikda, tolaning pozitsiyalashuvini, uzatgich, qabul qilgich yoki boshqa tolaga ulanishini ta’minlash uchun foydalaniladigan mexanik qurilma. Odatda konnektorning quyidagi turlaridan foydalaniladi: SC (SC-Subscriber Connector, 568SC), ST Compatible (ST-Straight Tip, BFOC/2.5), FC, FCPC, FDDI, Escon, Biconic, D4, SMA 905, 906. Konsalting|Ekspertiza o‘tkazish va maslahat berish faoliyati bilan bog‘liq xizmat turi. Muhim rolni axborot konsaltingi egallaydi. Konsentrator|1. Ko‘plab abonent liniyalari, stansiyalari yoki boshqa konsentratorlar ulanadigan aktiv yoki passiv qurilma. Bunday qurilmaning chiqish uchlari kirish uchlariga qaraganda ancha kam. Qo‘llash sohasiga bog‘liq ravishda konsentrator funksiyalari an’anaviy kanallar konsentratori funksiyalaridan farq qilishi mumkin. Jumladan, lokal aloqa tarmoqlarida u ko‘p portli takrorlagich funksiyasini bajaradi.2. Markaziy stansiya. Tarmoqning, «yulduz» topologiyali tarmoqlarida radial bog‘lanishlarni tashkil qilish uchun mo‘ljallangan kommutatsion yadrosi.3. Markaziy kross (strukturalangan kabelli tizimlarda). Konseptual model|Muammoli sohaning tushuncha darajasida formal taqdim etilishi. Konsol|Foydalanuvchi tomonidan kompyuter ishini boshqarish uchun mo‘ljallangan qurilma. Masalan, klaviatura, displey, «sichqoncha» konsol qurilmalardir. Konsolli kompyuter|Asosiy kompyuterni ishga tushirib yuborish uchun tayyorgarlik harakatlarini bajaruvchi kompyuter. Bunday vazifa «kata» kompyuter tizimlari, masalan, superkompyuterlar bajarilganda, ayrim mashinaga berilishi mumkin. Odatda, konsolli kompyuterdan bosh kompyuter tizimining elementlari va tugunlari holatining monitoringi bajariladi, shu bilan birga unda, asosiy kompyuterni sozlash va unda xizmat ko‘rsatish uchun ishlatiladigan konfiguratsiya axboroti va xizmat utilitalari saqlanadi. Konstanta|Doimiy, o‘zgarmas kattalik. Xotirada biror bir muhim parametrni saqlash uchun xizmat qiladi. Konstantalar sohasi|Dastur konstantalarining qiymatlari joylashgan xotira sohasi. Konstruksiya tahlili|Birmuncha yuqori abstraksiya darajasida yoki boshqa shaklda dasturning ba’zi bir yoki barcha funksiyalarini imitatsiya qilish yoki takrorlash maqsadida, dasturning ishlash algoritmlarini o‘rganish uchun, dastur yoki mikrosxemani doimiy tahlil qilish jarayoni. Konstruktor|Obyektga yo‘naltirilgan dasturlashdagi turkum konstruktori – bu obyektni yaratishda yoki uni eʼlon qilishda (C++ da stek yoki statik xotirada joylashgan, ammo Javada emas va baʼzi turdagi obyektga yo‘naltirilgan tillarda) qo‘llaniladigan maxsus yo‘riqnoma yig‘indisi. Yoki u new kalit so‘zni ishlatganda dinamik holatda to‘plamda joylashadi. Konstruktor uslubga o‘xshash, lekin undan farqi, bu uni aniq turdagi qaytuvchi maʼlumot, meroslikka ega emasligi va ko‘rilayotgan modifikatorlar uchun turli qoidalar mavjudligidir. Konstruktorlar eʼlon qilingan turkum bilan bir xil nomga egaligi bilan ajralib turadi. Ularning vazifalari – obyekt aʼzosini initsializatsiya qilish va turkum invariantini aniqlash, hamda invariant noto‘g‘ri bo‘lsa xabar berish. To‘g‘ri yozilgan konstruktor, obyektning to‘g‘ri statusini belgilaydi. O‘zgarmaydigan obyektlar ham konstruktor tomonidan initsializatsiya qilinishi kerak. Konsultatsion (maslahat) chaqiruv|Aktiv abonentga liniyani ushlab turish rejimiga o‘tkazish va boshqa abonentdan kerakli axborotni olish uchun bog‘lanish imkonini beruvchi xizmat. Kontaktli xalaqit|Elektromagnit maydon ta’sirida tok o‘tkazuvchi kontaktlar va/yoki nochiziqli o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan muhitning nurlantirilishi bilan bog‘liq elektromagnit xalaqit. Kontaktsiz kommutatsion aloqa elementi|Aloqa tarmoqlarida, fazoda kontakt-detallarni (tutashadigan qismlarni) ko‘chirmasdan, telekommunikatsiyalar signallarining o‘tish sharoitlarini o‘zgartirish orqali kommutatsiyalashni amalga oshiradigan kommutatsion aloqa elementi.Izoh – Ishlash prinsipiga bog‘liq ravishda, yarimo‘tkazgichli, magnit, gaz-razryad, optik kontaktsiz elementlar ajratiladi. Kontaktsiz (zarbsiz) printer|Bosiladigan elementlarni nomexanik (zarbsiz) usul bilan shakllantiradigan printer. Termoprinterlar, elektrostatik, purkagichli, lazer va yorug‘lik diodli printerlar shular jumlasidandir. Kontekst|Foydalanuvchi muhiti xarakteristikalarini aniqlash uchun foydalanilishi mumkin bo‘lgan axborot.Izoh – Kontekst foydalanuvchi qayerdaligi, uning yaqinida qanday resurslar (qurilmalar, foydalanish punktlari, shovqin darajasi, o‘tkazish polosasi va h.k.lar) borligi, foydalanuvchi qaysi paytda ko‘chib yuradi, odam va predmetlar o‘rtasidagi hamkorlik xronologiyasini ichiga olishi mumkin. Kontekst axborot aniq ilovalarga muvofiq yangilanishi mumkin. Kontekstli menyu|Qaysi joyda ishga tushirilishidan qat’i nazar, o‘zgaruvchan matnli menyu. Odatda, «sichqoncha»ning o‘ng tugmasini bosish orqali ishga tushiriladi. Kontekstning o‘zgarishi|Operatsion tizimning eski jarayon holatini saqlash va saqlangan holatni yangi jarayon uchun yuklash bo‘yicha bir jarayondan boshqa jarayonga o‘tishdagi holati. Kontent|Serverni, axborot kompleksini axborot jihatdan ahamiyatli har qanday to‘ldirish – matnlar, grafika, multimedia. Sahifalar ko‘rinishida gipermatnli belgilash vositalari bilan tashkillashtiriladi. Axborot bilan to‘ldirishda uning hajmi, dolzarbligi va izlash tizimi talabni qanoatlantira olishi zarur ko‘rsatgichlar bo‘lib hisoblanadi. Internet tarmog‘ida axborot to‘ldirish gipermatnli belgilash tili orqali veb-sahifalar ko‘rinishida tashkil etiladi. Kontent-provayder|Foydalanuvchilarga muayyan axborot yoki ko‘ngil ochadigan xizmatlarni ko‘rsatuvchi tashkilot. Kontentni boshqarish tizimi|Matn va multimedia hujjatlarini yaratish, tahrir qilish va boshqarishning qo‘shma jarayonini taʼminlash va tashkillashtirishda qo‘llaniladigan kompyuter dasturi yoki tizimi. Konteyner|1. Maxfiy xabarlarni yashirish uchun mo‘ljallangan fayl.2. Maxfiy xabarlarni yashirish uchun mo‘ljallangan har qanday axborot. Kontraktlar bilan bog‘liq firibgarlik|Mobil aloqa tarmog‘i operatori bilan kontrakt tuzishda yolg‘on ma’lumotlarni ataylab ko‘rsatish. Kontrast (televideniyeda)|Uzatilayotgan ko‘rinish yoki tiklanayotgan tasvirning ikki nuqtasidagi yorug‘lik nisbati. Kontrastlilikni sozlash|Tasvir signalining kuchayishini qo‘lda sozlash. Kontroller|O‘ziga ulangan qurilmalar ishini boshqaruvchi, lekin, o‘zi orqali o‘tadigan ma’lumotlarni o‘zgartirmaydigan qurilma. Kontrreflektor|Oʻlchami asosiy koʻzgudan nisbatan kam boʻlgan ikkita koʻzguli antennaning yordamchi koʻzgusi. Konturlarning nostabilligi|Asosan, DIKM da sodir bo‘ladigan, noaniq taxminlash tufayli tasvir konturlaridagi asosan tasodifiy tebranuvchi notekisliklar kabi paydo bo‘ladigan vizual nuqson. Konturlash|Predmetlarning faqat chetlari tiklanadigan maxsus effekt. Konturli tuzatish|Tasvirning subyektiv aniqligini predmetlarning chekka qismlarini ajratib ko‘rsatish uchun videosignallarning yuqori chastotali tashkil etuvchilari darajasini tanlab ko‘tarish yo‘li bilan oshirish. Konussimon antenna panjarasi|Nurlantiruvchi elementlari konussimon yuzada joylashgan sirt antenna panjarasi. Konussimon spiral antenna|Qobigʻi posangi, shuningdek, reflektor sifatida ishlatiladigan (dumaloq yoki toʻgʻri burchakli) yassi metall ekran bilan birlashtirilishi mumkin boʻlgan, koaksial fider bilan taʻminlanadigan simli konussimon spiraldan iborat antenna. Konvensional tizim|Biriktirilgan chastotalarda, bir yoki ikki chastotali simpleks rejimida ishlaydigan radioaloqa tizimi (odatda 160 MHz va undan past chastotalar diapazonida ishlatiladi).Izoh − Konvensional tizim xizmat ko‘rsatish zonasining radiusi, odatda, uyali aloqa tiziminikiga nisbatan kattaroq bo‘ladi va u, asosan, antennaning o‘rnatilish balandligi bilan belgilanadi. Konvergensiya|Raqamli video, raqamli tovush, kompyuterlar va Internet kabi turli texnologiyalarning birikmasi. Konvert|1. Uzatish jarayonida o‘zgarishi mumkin bo‘lgan xabar qismi. Xabar jo‘natuvchini va potensial oluvchilarni aniqlab beradi, o‘z ichiga olganlarni tavsiflaydi.2. 5 byte uzunlikdagi sarlavha va 48 byte ma’lumotlar maydoni bilan qayd etilgan o‘lchamning kadri. Konvertor|Antenna fokusiga o‘rnatiladigan elektron blok. Qabul qilish tomonida antenna fokusida aks etgan elektromagnit to‘lqinlar konvertorning to‘lqin o‘tkazuvchi kirishiga tushadi va elektr signaliga aylanadi. Konvertorda bu signal kuchayadi, uning chastota spektri birinchi oraliq chastotagacha pasayadi. Konveyyer|Markaziy protsessorning, komandalarni qayta ishlash, bir taktda bajariladigan uncha katta bo’lmagan qadamlarga ajratiladigan parallel ishlaydigan bajaruvchi qurilmalari zanjiri. Konyunksiya|n ≥ 2 ifodalar uchun mo‘ljallangan mantiqiy operatsiya. Natijaviy ifoda (boshlang‘ich ifodalar konyunksiyasi) barcha boshlang‘ich ifodalar to‘g‘ri bo‘lgandagina to‘g‘ri bo‘ladi. Konyunksiyani belgilash uchun standart ravishda & belgisi (ba’zida ˄), shuningdek, ko‘paytirish belgisi nuqta shaklida ishlatiladi. Ko‘pgina hollarda, konyunksiya belgisi tushirib qoldirilishi mumkin. Kooperativ hisoblashlar|Umumiy axborotdan va taqsimlangan hamda tarmoq tizimlaridagi umumiy resurslardan foydalanib, birgalikda olib boriladigan hisoblash ishlari. Koordinata buzilishlari|Sintezlangan televizion tasvir nuqtalari koordinatalarining obyektning tahlil qilinadigan tasviri tegishli nuqtalari koordinatalaridan og‘ishi. Kopileft|Ingliz tilidagi copy – nusxa, kopiya va left – chap, so‘zlari birikmasidan hosil bo‘lgan – mualliflik huquqi qonunini qo‘llash g‘oyasi va amaliyoti, yaʼni mahsulotni ilk ishlangan holida va unga asoslanib ishlangan yangi mahsulot holida ixtiyoriy kimsa foydalanishini, o‘zgartirishini va tarqatishini cheklamaslikni taʼminlash. Kopileft, mualliflik huquqiga teskari holda ushbu qonunni odamlarning huquqini kengaytirishga qo‘llaydi. Kopileftning asosiy g‘oyasi shundaki, har bir dasturni o‘zgartirishsiz yoki o‘zgartirib tarqatayotgan shaxs bu dasturni keyingi tarqatishni yoki o‘zgartirishni cheklash huquqiga ega emas. Kopileft har bir foydalanuvchining erkin faoliyatini kafolatlaydi, shu tarzda, yuridik maʼnoda, kopileft kopiraytga antonim hisoblanadi. Korporativ aloqa tarmog‘i|Ham bitta davlat miqyosida, ham bir nechta davlat miqyosida alohida korxonalar (firmalar, tashkilotlar, aksiyadorlik jamiyatlari va sh.k.) tarmoqlarini birlashtiradigan tarmoq. Korporativ axborot tizimi|Ishtirokchilari cheklangan doiradagi shaxslar bo‘lgan axborot tizimi. Ishtirokchilar axborot tizimining egasi tomonidan yoki shu axborot tizimi ishtirokchilari orasidagi bitim bilan aniqlanadi. Korporativ axborot xavfsizligini boshqarish|Axborot xavfsizligi sohasida tashkilot faoliyatiga rahbarlik qilish va nazorat qilishni ta’minlovchi tizim. Korporativ hisoblash tarmog‘i|Ham bitta davlat, ham bir nechta davlat miqyosida alohida korxonalar (firmalar, tashkilotlar, aksiyadorlik jamiyatlari va sh.k.), korporatsiyalarning lokal tarmoqlarini birlashtiradigan axborot-hisoblash tarmog‘i. Korporativ ijtimoiy tarmoq|Biznes ehtiyojlarni qondirish uchun yaratilgan tarmoq. Bu, kompaniya faoliyatini tashkillashtirish va ta’minlash masalalarini hal qiladigan professional ijtimoiy tarmoqdir. Korporativ professional ijtimoiy tarmoqlar Internetda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishga yoki kompaniya faoliyati yoki biznesi manfaatlarini ma’qullaydigan odamlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarga e’tibor qaratadi. Korporativ ijtimoiy tarmoqlar dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilar faoliyatining natijasi bo‘lib, ichki korporativ muloqotni tashkillashtirish va tashqi muhit bilan o‘zaro hamkorlik (birgalikda ishlash) uchun xizmat qiladi. Korporativ kontentni boshqarish|Tashkilot doirasida raqamli hujjatlarni va kontentning boshqa turlarini boshqarish, shuningdek, ularni saqlash, qayta ishlash va yetkazish. Korporativ portal|Korporativ tarmoqning asosiy kirish nuqtasi.Izoh – Korporativ portalning vazifasi xodimlarga, ularning foydalanish huquqlari va afzalliklari hisobga olingan holda, tashqi va ichki korporativ axborotning keng to‘plamidan foydalanish imkoniyatini berish hisoblanadi. Korporativ portal foydalanuvchi uchun muhim bo‘lgan axborotni, foydalanuvchining tashkilotdagi vazifalariga muvofiq saralangan holda, tanlab yetkazilishini ta’minlaydi. Korporativ tarmoq|Tarqoq bo‘limlar va ma’muriy ofislarni birlashtiruvchi bir korxonaning tarmog‘i.Izoh – Tarmoqning majburiy komponenti bo‘lib, telefon liniyalari, radiokanallar yoki yo‘ldosh aloqa kanallar yordamida o‘zaro bog‘langan uzoqdagi lokal tarmoqlar hisoblanadi. Korporativ tarmoqlarning barcha foydalanuvchilari umumiy (odatda, muhofaza qilingan) tarmoq resurslaridan foydalana oladi. Korporativ tarmoqlarni tashkil etish|Tashkilot bo‘linmalarining (filiallar, vakolatxonalar va h.k.lar) hududiy ajratilgan yagona tarmog‘iga (mahalliy, hududiy, xalqaro masshtabda) birlashadigan telekommunikatsiya infratuzilmasini, jumladan, umumiy foydalanishdagi telefon tarmoqlari, ma’lumotlar uzatish tarmoqlari va kompyuter tarmoqlarining vositalarini yaratish va kuzatib borish. Korpus|Kompyuterning mexanik qismi bo‘lib, uning barcha qolgan qismlari unga biriktiriladi. Odatda, «korpus» deganda korpus va ta’minot bloki juftligi tushuniladi. Korpussiz integral sxema|Muhofazalovchi qobig‘i bo‘lmagan integral sxema. Ularning chiqarilishi sharofati bilan, apparatura ishlab chiqaruvchilar o‘zlarining ko‘p mikrosxemali komplekslarini (mikroprotsessorlar, elektron xotira qurilmalari, maxsus mantiqiy modullar, mikrokontrollerlar, modemlar) yaratish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bunda ko‘p mikrosxemali kompleks avval seriyalab ishlab chiqarilgan tarkibiy qismlardan yig‘ilib, so‘ngra biror bir qobiqqa yoki boshqa muhofazalovchi korpusga joylashtiriladi. Korreksiyalash to‘g‘risidagi xabarlar jadvali|Tarmoqqa kiradigan stansiyalar guruhiga signallar vaqtini, chastotasi va amplitudasini korreksiyalash uchun yuboriladigan jadval. Kortej|Kortej bu ko‘plik nazariyasining atamasi. U bitta yoki bir nechta atributlarning yig‘imiga tegishli. Korxona arxitekturasi|Korxona tuzilmaviy aloqalari va jarayonlarini tavsiflash usullari to‘plami. Bu to‘plamdan axborot texnologiyalari sohasida asosan, axborot tizimlarini rejalashtirishda va ularning samaradorligini baholashda foydalaniladi. Korxona axborot resurslarini boshqarish|Korxonada hujjat aylanishini tartibga solishda va tez-tez uchrab turadigan har xil protseduralarni (masalan, ishchilarning kelib-ketish vaqtini nazorat qilishni) avtomatlashtirishda yordam beruvchi dasturiy ta’minot. Korxona resurslarini rejalashtirish|Faoliyatning barcha sohalari uchun jarayonlar va ma’lumotlarning umumiy modelini ta’minlaydigan, ixtisoslashtirilgan integratsiyalashgan amaliy dasturiy ta’minot paketi vositasida korxona resurslarini uzluksiz balanslash va optimallashga qaratilgan, ishlab chiqarish va operatsiyalarni, mehnat resurslarini boshqarishni, moliyaviy menejment va aktivlarni boshqarishni integratsiyalashning tashkiliy strategiyasi. Korxona resurslarini rejalashtirish tizimi|Korxonaning ishlab chiqarish va moliyaviy resurslarini hisob-kitob va nazorat qilish, rejalashtirish hamda boshqarish vazifalarini kelishilgan holda bajarishni taʼminlashga qaratilgan axborot tizimi. ERP tizimlarida taʼminlash va savdo vazifalarini bajarish odatda hisoblash vazifalaridan iborat. Bunda yetkazuvchi va isteʼmolchilar resurslarini rejalashtirish tizimlari bilan ularga o‘xshash tizimlar o‘rtasida bevosita o‘zaro ishlash mexa-nizmi mavjud bo‘lmaydi. Kosmik nurlanish|Manbai kosmik obyektlar boʻlgan nurlanish. Kosmik radionurlanish|Radioto‘lqinlar diapazonida turli samo jismlari nurlantiradigan elektromagnit to‘lqinlar. Radionurlanishning eng kuchli manbai bo‘lib, Yerga yaqinligi tufayli, Quyosh hisoblanadi. Kosmik stansiya antennasining kuchaytirish konturi|Yer sirti kartasida tasvirlangan, kosmik stansiyaning uzatuvchi yoki qabul qiluvchi antennalarini bir xil kuchaytiradigan berk konturlar. (Kosmik stansiyaning) kontur nuri|Yer sirti bilan kesishganda, shu kosmik stansiyaning qoplash zonasini takrorlaydigan, bir xil quvvat oqimi zichligiga mos keladigan liniyalar hosil qiladigan nur. (Kosmik stansiyaning) nur maydoni|Kosmik stansiya uzatuvchi antennasi nurining Yer yuzasi kesishish konturi bilan asosiy yo‘nalishdagi nurlanishning yarim quvvati darajasida chegaralangan Yer sirti qismi. (Kosmik stansiyaning) xalaqit zonasi|Yer yuzasining istalgan nuqtasida kosmik stansiyadan keladigan xalal beruvchi signal quvvatining oqim zichligi talab etiladigan sathga teng yoki undan katta bo‘ladigan qismi. Kosmik televideniye|Televizion texnikadan kosmosda foydalanish. Kosmik xalaqit|Manbai Quyosh, yulduzlar va galaktikalarning nurlanishi bo‘lgan tabiiy xalaqit. Kosmik zond|Kosmosda kuzatuvlar yoki o‘lchashlar olib borish uchun mo‘ljallangan kosmik kema. Kosmos-Yer liniyasi (liniya pastga)|Uzatuvchi kosmik stansiya va qabul qiluvchi yer stansiyasi o‘rtasidagi radioliniya.Izohlar1. Bu atama, shuningdek, Yer usti aloqasida uzatuvchi tayanch stansiya va qabul qiluvchi ko‘chma stansiya o‘rtasida aloqa liniyasini belgilashda ishlatiladi.2. ↓ belgisi liniya pastga bilan bog‘liq kattaliklarni harfli belgilashlarda quyi indeks sifatida ishlatiladi. Kosmos shovqinlari|Qabul qiluvchi antennadagi Quyosh, yulduzlar, sayyoralar, yulduzlararo muhit va b.q.larning radionurlanishi bilan shartlangan elektr fluktuatsiyalar. Kotelnikov chastotasi, Naykvist chastotasi|Diskretlashning, dastlabki signalni buzilishlarsiz tiklash nazariy jihatdan mumkin bo‘lgan, minimal chastotasi.Izoh – Spektri nol chastotadan boshlanadigan va maksimal chastota bilan cheklangan signal uchun Naykvist chastotasi ikkilangan maksimal chastotaga teng. Kotib xizmati|Abonentga barcha kiruvchi chaqiruvlarni qayta ishlash uchun boshqa telefon (kotib telefoni) tayinlash imkonini beradigan xizmat, ya’ni barcha kiruvchi chaqiruvlar avval kotib telefoniga yuboriladi va faqat kotib ushbu xizmat abonentini bevosita chaqirishi mumkin bo‘ladi. Kraker|Amaliy dasturiy ta’minot sohasida ixtisoslashgan xakerlarning bir turi. Krakerlarning faoliyati odatda, g‘arazli maqsadlarga yo‘naltirilgan va «begona» axborotdan, jumladan, konfidensial axborotdan ruxsat etilmagan tarzda foydalanish bilan bog‘liq. Kredit kartochka|Bank tizimlarida keng tarqalgan magnit kartochka. Bankomatlarda, savdo va xizmat ko‘rsatish tashkilotlarining kassa apparatlarida kartochkaning egasini aniqlash uchun ishlatiladi. Har qaysi bunday kartochka o‘zining «shaxsiy identifikatsiya tartib raqami» (PIN) ga ega bo‘lib, u uning egasiga biriktiriladi. Kredit kartochkalar avtomatik xizmati|Maxsus jihozlangan telefon apparatiga kredit kartochkani kiritish yo‘li bilan yoki kartochkaning raqamini terish orqali so‘zlashuv uchun to‘lov amalga oshiriladigan xizmat. So‘zlashuv uchun hisob bunday kredit kartochkaning egasiga yuboriladi. Kredit muassasa|Faoliyati, cheklanmagan doiradagi shaxslardan depozitlar yoki boshqa, qaytarilishi zarur pul mablag‘larini qabul qilish va o‘z hisobidan kreditlar taqdim etishdan iborat bo‘lgan korxona. Kreker|Xakerning Internetda qabul qilingan nomlanishi. Tarmoqda haqorat so‘zi hisoblanmaydigan «xaker» so‘zidan farqli, aynan qo‘poruvchi (sindiruvchi – «yomon odam»). Kreking|Kompyuter tizimiga yoki tarmoqqa suqulib kirish harakati. Kremniyli kompilyator|Mikrosxemalar topologiyasini avtomatlashtirilgan tarzda loyihalash uchun mo‘ljallangan kompilyator-dastur. Kriptoalgoritm|Algoritm, uning yordamida dastlabki xabar (ochiq matn)ni belgilarning shifrlangan ketma-ketligiga mantiqiy qayta o‘zgartirish amalga oshiriladi. Kriptobardoshli gamma|Ma’lum qismi bo‘yicha uning boshqa qismlarini aniq-lash va uni ishlab chiqish algoritmini to‘liq tiklash mumkin bo‘lmagan gamma. Kriptobardoshli xabar|Kriptografik kalitni bilmasdan turib, deshifrovka qilish mumkin bo‘lmagan xabar. Kriptografik algoritm|1. Axborotni buzib ko‘rsatish imkoniyatining oldini olish va ruxsatsiz foydalanishdan muhofaza qilish maqsadida axborot (ma’lumotlar)ni o‘zgartirishning matematik algoritmi.2. O‘z ishida, odatda, ochiq matbuotda e’lon qilinadigan maxfiy va ochiq parametrlar to‘plamidan foydalanadigan ma’lumotlarni o‘zgartirish algoritmi.3. Kriptografik funksiyalardan birini hisoblashni amalga oshirish algoritmi. Kriptografik bardoshlilik|1. Shifrning, kalitni bilmasdan turib axborotni rasshifrovka qilishga bardoshliligini belgilovchi xarakteristikasi.2. Kriptografik tizimning, jinoyatkorning kalitni, ochiq xabarni olish yoki yolg‘on xabarni kiritish maqsadida qiladigan hujumlariga qarshi tura olish qobiliyatini tavsiflovchi xossasi.3. Kriptografik algoritmning kriptotahlilga bardoshliligi. Kriptografik blok|Berilgan kriptoalgoritm uchun qat’iy o‘lchamdagi ma’lumotlar to‘plami bo‘lib, ular kriptoalgoritm ishining bir siklida qayta ishlanadi. Kriptografik ilashish|Kriptografik algoritmdan foydalanish rejimi, bunda o‘zgartirish oldingi kirish yoki chiqish ma’lumotlari qiymatlariga bog‘liq bo‘lgan algoritm tomonidan amalga oshiriladi. Kriptografik kalit|Kriptografik algoritmning parametrlari to‘plamining muayyan maxfiy qiymatlari bo‘lib, bu algoritm uchun mumkin bo‘lgan o‘zgartirishlar majmuidan bittasi tanlanishini ta’minlaydi. Kriptografik kalit shifrlash va shifrni ochish (deshifrlash) protseduralarini boshqaradi. Kriptografik muhofaza qilish|1. Axborot jarayonlarini ma’lumotlarni kriptografik o‘zgartirishlarga asoslangan, normal kechish sharoitlaridan og‘dirishga mo‘ljallangan urinishlardan muhofaza qilish.2. Axborotni undan ruxsat etilmagan tarzda foydalanish va kriptografik o‘zgartirishlar algoritmlari yordamida o‘zgartirishdan muhofaza qilish.Izoh – Masofadan bank xizmatini ko‘rsatish tizimlarida kriptografik muhofaza qilish uchun elektron raqamli imzodan va uzatiladigan axborotni shifrlashdan foydalaniladi. Kriptografik nazorat kattaligi|Ma’lumotlar blokini kriptografik o‘zgartirish natijasida olinadigan axborot. Kriptografik nazorat qiymati|Ma’lumotlar blokini kriptografik qayta o‘zgartirishda aniqlanadigan va uzatiladigan axborotning yaxlitligini nazorat qilish uchun mo‘ljallangan axborot. Kriptografik protokol|1. Algoritm, uning vositasida ikki yoki undan ortiq tomon qandaydir axborotni almashinadi va almashinadigan axborotning xavfsizligi kafolatlanadi. Bunday algoritm kriptografik o‘zgartirishlardan foydalanadi va odatda, ochiq kalitli kriptografiyaga asoslanadi.2. Kriptoalgoritmdan va shifrlash kalitlaridan foydalanishni belgilaydigan qoidalar va protseduralar to‘plami.3. Kriptografik algoritmlardan foydalangan holda, ikki va undan ko‘p tomonning o‘zaro ishlashini ko‘zda tutuvchi protokol. Kriptografik tahlil|1. Shifrni yoki har qanday boshqa shakldagi kriptografiya obyektining sirini ochish san’ati va ilmi.2. Kalitni bilmasdan turib shifrlangan matndan dastlabki matnni olish yoki dastlabki matn va shifrlangan matn bo‘yicha kalitni hisoblab chiqarish jarayoni. Kriptografik tekshiruv|Kriptografik o‘zgartirish yordamida axborot olish jarayoni. Kriptografik tizim|1. Ochiq matnni shifrmatnga va aksincha o‘zgartiradigan qayta o‘zgartirishlarning kalit yordamida tanlab olinadigan turkumi.2. Axborotning kriptografik qayta o‘zgartirilishini va kalitlarni taqsimlash jarayoni boshqarilishini ta’minlovchi texnik va/yoki dasturiy vositalar, tashkiliy usullarning majmui. Kriptografik uskuna|Kriptografik algoritmlarni amalga oshiruvchi, shifrlash, rasshifrovka qilish, shifr kalitlarni tayyorlash, ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishdan muhofaza qilish va axborotni uzatish, qayta ishlash va saqlashda muhofaza qilish uchun mo‘ljallangan apparat, dasturiy-apparat, dasturiy kompleks va vositalar. Kriptografik vositalar|1. Axborotni kriptografik o‘zgartirishlardan foydalaniladigan, axborot xavfsizligini ta’minlashning usullsri hamda vositalari.2. Kriptografik tizim funksiyalarini bajarish uchun mo‘ljallangan hujjatlar, mexanik, elektromexanik, elektron texnik qurilmalar yoki dasturlar ko‘rinishidagi vositalar. Kriptografik o‘zgartirishlar|Ma’lumotlarni shifrlash va deshifrlash operatsiyalarining majmui, shuningdek, shifr almashganda ma’lumotlarni qayta shifrlash. Kriptografiya|1. Ma’lumotlarning semantik mazmunini yashirish, ulardan ruxsat etilmagan tarzda foydalanish yoki ularning aniqlab bo‘lmaydigan o‘zgartirilishini oldini olish maqsadida, ma’lumotlarni o‘zgartirish prinsiplari, vositalari va usullarini, qamrab oluvchi fan.2. Ma’lumotlarni telekommunikatsiyalar kanallari orqali uzatishda yoki saqlashda, ularning maxfiyligi va/yoki haqiqiyligini ta’minlash usullari to‘g‘risidagi fan.3. Axborotni tushunarsiz ko‘rinishga keltirish prinsiplari, vositalari va usullari, shuningdek, uni qabul qilish uchun yaroqli ko‘rinishga qayta tiklash. Kriptografiya uchun API|Kriptografiya va elektron imzo bilan ishlash uchun mo‘ljallangan dasturiy interfeys. Xabarlarni kodlash/dekodlash bibliotekalarini o‘zida saqlaydi. Kriptologiya|Axborotni xavfsiz saqlash va aloqa kanallari bo‘ylab uzatish tizimini yaratish hamda tahlil qilish to‘g‘risidagi fan. Kriptologiya ikki qismga – kriptografiya va kriptotahlilga bo‘linadi. Kriptotahlil|1. Ta’sirchan axborotni, jumladan, ochiq matnni olish maqsadida, kriptografik tizimni va/yoki uning kirishlari hamda chiqishlarini tahlil qilish.2. Ma’lumotlarni ochish va/yoki qalbakilashtirish usullari to‘g‘risidagi fan.3. Yashirin o‘zgaruvchan yoki haqiqiy ma’lumotlarni, jumladan, dastlabki matnni ajratish maqsadida xabarlarni muhofaza qilish tizimini o‘rganish va/yoki uning kirish va chiqish xabarlarini tekshirish. Kriptotizim|1 Shifrlash yoki deshifrlashni ta’minlashda foydalaniladigan hujjatlar, qurilmalar, uskunalar va usullar majmui.2 Axborotning kriptografik o‘zgartirilishini va/yoki kriptografik kalitlarni tayyorlash va taqsimlash jarayoni boshqarilishini, jumladan, avtomatlashtirilgan tarzda, ta’minlovchi tashkiliy, texnik va dasturiy vositalar majmui. Kriptotizimni buzish, ochish|Kriptotizim bilan muhofaza qilingan axborot jarayonining uning normal (shtat) kechish sharoitlaridan og‘ishini keltirib chiqarish imkonini beradigan protsedurani yuzaga keltirish. Kriptovalyuta|1. Raqamli tranzaksiyalar reyestrini yuritish qoidalariga muvofiq, ushbu reyestr ishtirokchilari tomonidan raqamli tranzaksiyalarning taqsimlangan reyestrida yaratilgan va hisobga olingan raqamli moliyaviy aktiv turi.2. Hisobga olinishi markazlashtirilmagan, raqamli hisoblash birliklari.Izohlar1. Bunday tizimlarning ishlashi taqsimlangan kompyuter tarmog‘i yordamida yuz beradi. Bunda tranzaksiyalar to‘g‘risidagi axborot shifrlanmaydi, undan ochiq ko‘rinishda foydalanish mumkin.2. Tranzaksiyalar bloklari zanjiri bazasining doimiyligini ta’minlash uchun, kriptografiya elementlari (ketma-ket xeshlash, ochiq kalitli tizim asosidagi raqamli imzo)dan foydalaniladi. Kritik (maxfiy) bo‘lmagan axborot|1. Ochilishdan muhofaza qilishga ehtiyoj bo‘lmagan axborot.2. Davlat, xizmat, tijorat sirlarini yoki shaxsiy sirni ichiga olmaydigan, ochiq matbuotda e’lon qilinishi mumkin bo‘lgan axborot. Kritik radionurlanish chastotasi|Radionurlanishning eng katta chastotasi, bunda vertikal yo‘nalgan radioto‘lqin ionosferaning ionlashgan qatlamidan qaytadi. Kritik refraksiya|Ijobiy atmosfera refraksiyasi, bunda nurning egri radiusi yer sharining radiusiga teng, toʻlqini esa yer sirtiga parallel harakat qiladi. Kritik seksiya|Bir nechta jarayon bilan parallel bajarilishi mumkin bo‘lgan va barcha jarayon uchun ayrim umumiy resurslardan – masalan, global xotira sohasi yoki umumiy fayldan foydalana olishni amalga oshiradigan kod. Kritik seksiyalar bo‘yicha jarayonlarni sinxronlash|Jarayonlarni parallel bajarish rejimini ta’minlash, bunda, agar bitta jarayon o‘zining kritik seksiyasiga kirgan bo‘lsa, u tugamaguncha boshqa hech qaysi jarayon o‘zining kritik seksiyasiga bir vaqtda kira olmaydi. Kritik soha|Sinxronlash uchun, ajratiladigan resurslar va konstruksiyasini tasvirlashga asoslangan, umumiy resurs bilan ishlashda o‘zaro bartaraf qilishni ta’minlaydigan yuqori darajali konstruksiya. Kritik chastota|Eng kichik chastota, bunda uzatish liniyasida shunday turdagi toʻlqin tarqalishi mumkin boʻladi. Kross|Bog‘lanish kommutatsion shnurlar yoki tutashtirgichlar yordamida amalga oshiriladigan, oddiy turdagi kommutatsiyalanadigan qurilma. Kross-brauzerlik|Veb-saytning turli brauzerlarda bir xil, yaʼni tuzilishi buzilmasdan va materialning o‘qilishi darajasi o‘zgarmasdan aks ettirilishi va ishlay olish xususiyati. Kross-dastur|Ekstratarmoqlar foydalanuvchilari uchun ishlab chiqiladigan dastur. Bu amaliy dasturlar odatdagilardan shu bilan farq qiladiki, ular muayyan amaliy tizimlar bilan emas, balki operatsion tizimlar yig‘masi bilan ishlashi mumkin. Shu sababli, kross-dasturlarni ishlatganda, turli ishlab chiquvchilarga umumiy bo‘lgan standartlarni qo‘llash zarur. Kross-modulyatsiya|Boshqa xalaqit beradigan signal bilan modulyatsiyalash yoki foydali signal uzatiladigan eltuvchi chastota xalaqiti natijasida paydo boʻladigan intermodulyatsion buzilishlar. Kross-qutblanish|Elektromagnit to‘lqin tarqalish jarayonida kutilayotgan qutblanishga ortogonal bo‘lgan tashkil etuvchi qutblanishning paydo bo‘lishi. Kross-qutblanish koeffitsiyenti|Qabul qilish nuqtasidagi, kutilgan qutblanish bilan qabul qilingan quvvatning ortogonal qutblanish bilan qabul qilingan quvvatga nisbati.Izoh – Kross-qutblanish koeffitsiyenti antennalar xarakteristikalari kabi, tarqalish muhitiga ham bog‘liq. Kross-qutblanish seleksiyasi|Chiziqli qutblangan toʻlqin uchun XPD = 20 log (E1/E2) tarzida aniqlanadigan koʻrsatgich boʻlib, bunda E1 – mos tushuvchi (foydali) qutblanishga ega elektromagnit toʻlqinning tashkil etuvchisi, E2 – ortogonal (xalaqit beruvchi) qutblanishga ega toʻlqinning kross-qutblanishli tashkil etuvchisi. Kross-qutblanishni ajratish|Ushbu qutblanishdan uzatilgan radioto‘lqin uchun ortogonal qutblanish bilan qabul qilingan quvvatga kutilayotgan qutblanish bilan qabul qilingan quvvatning qabul qilish nuqtasidagi nisbati.Izoh – Kross-qutblanish koeffitsiyenti, antennaning xarakteristikasi kabi, tarqalish muhitiga ham bog‘liq. Kross-tizim|Dasturlar yaratish imkoniyati bo‘lmagan va tayyor dastur «tikiladigan» ixtisoslashtirilgan kompyuterlar uchun dasturlar ishlab chiqish imkonini beradigan dasturiy vosita (universal kompyuterdagi). Krosslash|Tarmoqning ikkita oxirgi (terminal) qurilmasi o‘rtasida o‘rnatiladigan vaqtinchalik bog‘lanish, odatda, kommutatsion shnurlar yordamida ta’minlanadi. Krossli kommutatsiya|Ma’lumotlarning bitta xabarini uzatish uchun zarur bo‘lgan ortiqroq vaqtda va ma’lumotlar xabarini takroran uzatishda o‘rnatilgan bog‘lanishni saqlaydigan ma’lumotlar uzatish kanallarining kommutatsiyasi. Kross-platformali dasturiy ta’minot|Bittadan ko‘p apparat platformada va/yoki operatsion tizimda ishlaydigan dasturiy ta’minot. Bir vaqtda Linux hamda Windows operatsion tizimlarida ishlash uchun mo‘ljallangan dasturiy ta’minot bunga tipik misol bo‘la oladi. Kross-platformalilik|Ishlanmani joriy qilish platformasi bilan mos tushmaydigan instrumental platformada olib borish mumkinligi. Kruk kriptotizimi|Xatolarni tuzatuvchi kodlarga asoslangan kriptotizim. Unda Mak Ellis kriptotizimining kamchiliklari bartaraf qilingan. Kuki|Foydalanuvchi brauzerini, veb-serverga tashrif buyurganda veb-server qo‘yib chiqadigan belgidan iborat maʼlumotlar (katta bo‘lmagan blok). Foydalanuvchi keyin tashrif buyurganda, server bu yerda uni avval bo‘lganini biladi. Shuni hisobga olib, masalan, o‘tgan gal ko‘rsatgan bannerni bu gal unga ko‘rsatmaydi. Takomillashgan tizimlarda, kuki (cookies) texnologiyasi yordamida tashrifchining qiziqishlarini o‘rganib, uning har tashrifida tegishli reklamani ko‘rsatish mumkin. Avvalgi iz, misol uchun loginlarni, onlayn do‘kon savati maʼlumotlarini va boshqalarni eslab qolishga qodir. Kulrang darajasi|Videosignalning qora daraja va oq daraja o‘rtasidagi oraliq darajasi. Kulrang shkalasi|Bir vaqtning o‘zida aks ettirilayotgan kulrang qatlamlar soni. Kundalik|Operatsion tizim yoki ilova tomonidan tizim hodisalarining qayd etilishi yoki protokoli yuritiladigan fayl. Kursor|Kompyuter tizimi monitoriga chiqariladigan va berilgan onda foydalanuvchi ishlaydigan joyni ko‘rsatadigan maxsus belgi. Kursor o‘rnini tiklash|Win32-Console-ANSI-1.00 modulining «sichqoncha» harakati uchun o‘tish ketma-ketliklarining biri, SCP (Save Cursor Position – kursor o‘rnini saqlovchi) yordamida saqlangan kursor o‘rnini koordinatalardan foydalangan holda qaytaradi. Kursorni boshqarish klavishlari|Klaviaturadagi, kursorning ekranda surilishini boshqarish uchun mo‘ljallangan klavishlar guruhi. Kuryerlik jo‘natmalari|Jo‘natilishi qisqa muddatlarda qo‘ldan qo‘lga yetkazib berilgan (topshirilgan) holda amalga oshiriladigan pochta varaqchalari, xatlar, banderollar, posilkalar, bosma nashrlar. Kuryerlik xizmatlari|Pochta aloqasi operatori yoki provayderining kuryerlik jo‘natmalarini jo‘natish va yetkazib berish (topshirish) bo‘yicha faoliyati. Kutilayotgan|Ba’zi voqealarning (masalan, kiritish-chiqarishni tugatish) sodir bo‘lishini kutayotgan jarayon holati. Jarayon kutish vaqtida protsessorni band qilmaydi. Kutish holati|1. Protsessor ishidagi, bitta yoki bir nechta komanda taktlari orasidagi pauza. Bu pauza mobaynida xotiradan yoki kiritish qurilmasidan ma’lumotlar kelishi kutiladi.2. Vazifa yoki jarayonning keyinchalik bajarilishi kutiladigan holat. Kutish rejimi|Ko‘p vazifali operatsion tizimlarda – topshiriq bajarilishini qandaydir voqea yuz bergungacha yoki belgilangan vaqt intervaliga to‘xtatib turish. Kutish sikli|Qandaydir tashqi shart bajarilgunga qadar yoki voqeagacha, masalan, foydalanuvchining harakatigacha bajariladigan dasturiy sikl. Kutish vaqti (javobni)|1. Radiostansiyadan so‘rov uzatilishi va aloqa seansi boshlangan onlar o‘rtasidagi vaqt intervali. Foydalana olish vaqti aloqani tashkil etish sxemasi va ishlatiladigan protokollarga bog‘liq bo‘ladi.2. Mobil stansiya o‘z so‘roviga javob xabarni kutadigan vaqt intervali. Kuydirish|Kompakt diskka yozish. Kuzatish|1. Yangiliklar turkumini, ularning muhokamasida ishtirok etmasdan, o‘qish.2. O‘rganilayotgan obyekt o‘zgarishlarini maqsadli yo‘naltirilgan va tashkiliy idrok qilish va qayd qilishdan iborat tadqiqiot usuli. Kuzatish moslamasi|Operatorga sahnani kamera «kuzatganidek» ko‘rish imkonini beradigan uzatuvchi televizion kameraning tarkibiga kiradigan yordamchi optik yoki elektron qurilma. Kuzatmoq, taqqoslamoq|Eng kam talabchanlik bilan ikkita mantiqiy obуekt o‘rtasidagi muvofiqlikning norasmiy tahlilini bajarish. Kuzatuvchi|1. Yashirin ko‘rib chiqish bilan shug‘ullanuvchi odam.2. Elektron e’lonlar taxtasidagi xatlarni o‘quvchi, lekin ularning muhokamasida ishtirok etmaydigan va u yerga o‘zining xatlarini yubormaydigan shaxs. Kuzatuvchi dastur|Real vaqt rejimida muntazam ravishda obyekt (obyektlar) holatini kuzatib boradigan dastur yoki operatsion tizim xizmati. Kuzatuvchi jurnali|Foydalanuvchi kirgan sayt sahifalarining sanasi, kirgan domeni bo‘yicha tartiblangan ro‘yxati. Bu foydalanuvchini Internetda ishlashini osonlashtirish uchun xizmat qiladi. Kuchayishni avtomatik rostlash|Qabul qilgichning bitta yoki bir nechta kaskadini qamrab oladigan teskari bog‘lanish zanjiri yordamida qabul qilinadigan signal darajasini avtomatik o‘zgartirish jarayoni. Kuchaytirgichli antenna|Kam shovqinli kuchaytirgich o‘rnatilgan antenna. Kuchaytirish|Paketga bitta yoki bir nechta talabni qo‘shish. Kuchli autentifikatsiya|Foydalanuvchining identifikatori va parolini tekshirish jarayonidan tashqari barcha autentifikatsiya qilinadigan axborotni kriptografik o‘zgartirishdan foydalananiladigan autentifikasiya. Kuchli bog‘langan tizim|Ko‘p mashinali hisoblash tizimidan yoki bir xil yoki turli qurilmalardan iborat bo‘lgan tarmoqdan farqli ravishda, umumiy tezkor xotira maydoniga ega ko‘p protsessorli hisoblash tizimi yoki klaster. Kuchli tinishlar|Signalning anchagina susayishi bilan davom etadigan chuqur tinishlar, bunda ishonchli signallarning barqaror qabul qilinishi qiyinlashadi. Kuchsiz autentifikatsiya|Autentifikatsiya qilish jarayonini amalga oshiruvchi foydalanuvchining faqat identifikatori va parolini tekshirish. Kvadratura-amplitudaviy modulyatsiya|Faza bo‘yicha siljitilgan ikkita eltuvchidan foydalaniladigan radiochastotali signalni raqamli signal bilan modulyatsiyalash usuli. Amlituda va fazaning realizatsiya qilinadigan diskret qiymatlari soni ushbu modulyatsiya turning belgilanishida ko‘rsatiladi, masalan, 16-QAM yoki 64-QAM. Kvadratura-fazaviy manipulyatsiya|Bir-biriga nisbatan 90° ga surilgan ikkita eltuvchining ikkita fazaviy holati (0 va 180°) dan foydalanadigan modulyatsiyalash turi. Kvadratura-ko‘zguli filtr|M-seksiyali raqamli polosa filtri. Berilgan polosalar chastotasini har bir qismidagi signalni bir vaqtda pasayuvchi diskretizatsiylash bilan teng 2m qismga bo‘ladi. Kvadratguraviy o‘zaro kesishuvchi buzilishlar|Rangli televideniye tizimlarida rangli tashkil etuvchilar quyi eltuvchining kvadratura amplitudaviy modulyatsiyasida uzatiladigan, kvadraturaviy buzilishlar bilan asoslagan ranglilik signalining ikkita tashkil etuvchilari o‘rtasidagi kesishuvchi xalaqit tufayli sodir bo‘ladigan buzilishlar. Kvant|Diskret fizik kattalik, masalan, signal o‘zgarishi mumkin bo‘lgan eng kam kattalik. Kvant axborot nazariyasi|Kvant axborotining vujudga kelishi, uni qayta ishlash, uzatish va saqlash jarayonlarini ifodalovchi futuristik nazariya. Bu axborot ustidagi operatsiyalar bitlar sifatida elementar zarrachalar holatini ishlatish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Kvant kompyuter|Kvant fizikasiga asoslangan, determinatsiyalanmagan algoritmlarni amalga oshira oladigan hisoblash qurilmasi. Kvant kriptografiyasi|Kvant fizikasi prinsiplaridan foydalanishga asoslangan kriptografik mexanizm. Xabarlarni uzatish uchun fotonlardan foydalaniladi, bu kriptoanalitik tomonidan axborotni o‘zgartirish yoki uni uzatish jarayonini buzish mumkin bo‘lmasligini kafolatlaydi. Hozirgi vaqtda kvant kriptografiyasi qo‘llanilmaydi; faqat eksperiment sifatida ishlatiladi. Kvantlagich|Analog signalni raqamli signalga aylantirish uchun mo‘ljallangan qurilma.Izoh − Kvantlagich, signalni vaqtning diskret momentlarida, kattaligi jihatidan eng yaqin bo‘lgan raqamli qiymatlar orqali approksimatsiyalaydi va keyinchalik bu qiymatlarni xotirada saqlab qoladi. Ko‘proq, bir tekis simmetrik amplitudaviy xarakteristikaga ega bo‘lgan kvantlagichlar ishlatiladi. Kvantlangan sanoq|Analog signalning diskret vaqt onida olingan va qatʼiy kattalikkacha yaxlitlangan qiymati. Kvantlash|Fizik kattalikni qiymatlarning muayyan to‘plamigacha cheklash jarayoni. Kvantlash darajasi|Sanoqlar «bog‘lanadigan» qayd etilgan darajalar. Kvantlash xatosi|Chiqish (kvantlangan) va kirish (analog) signallari shakllarining muvofiq kelmasligi keltirib chiqaradigan xato. Kvantlash qadami kattaligiga va diskretlash chastotasiga bog‘liq. Kvantlash shovqini|Kvantlash jarayonida yuzaga keladigan hamda additiv tarzda tiklangan foydali signal bilan qo‘shiladigan qo‘shimcha shovqin signal. Bu xil buzilishlarni bartaraf etib bo‘lmaydi, lekin uning kattaligini kvantlash darajalari sonini oshirish yoki kvantlash qadamini kichiklashtirish yo‘li bilan kamaytirish mumkin. Kvantlashda tasodifiy shovqindan tashqari, o‘ta yuklanishdagi shovqin, parchalash shovqini kabi signalning qator spetsifik buzilishlari, shuningdek, kvazidoimiy darajali signallarni uzatishda vujudga keladigan buzilishlar paydo bo‘ladi. Kvantlashning buzilishi|Chiquvchi signalni kvantlash jarayoni natijasida signalning buzilishi.Izohlar1. «Kvantlashning buzilishi», «kvantlash shovqini» atamalaridan foydalanish, odatda, kvantlash ishchi diapazoni doirasidagi hodisalar bilan cheklangan.2. «Kvantlash shovqini» atamasi, buzilish odatda, axborotni eltuvchi signal ustidagi tasodifiy signal ko‘rinishida kuzatilishi tufayli, qo‘llaniladi. Kvazi-stereoskopik televideniye|Har bir ko‘zga monoskopik tasvirdan hosil qilingan alohida tasvirlar taqdim etilgan uch o‘lchamli televideniye.Izoh – Kvazi-stereoskopik televizion tasvir sun’iy parallaksni kiritish yo‘li bilan, masalan, alohida tasvirlarni nisbiy siljitish yo‘li bilan olinishi mumkin. Kvintet|Beshta komponent − RAND, XRES, CK, IK va AUTN dan tashkil topgan, UMTS dagi autentifikatsion vektor.Kvotaing. - quotaAjratilgan resurs limiti. Kvota chegarasi|Kvotaning maksimal hajmi, kvotaning tugash nuqtasi.Kyubit, kubitrus. - кьюбит, кубитing. - qubitKvant hisoblash texnikasida axborotning eng kichik bo‘lagi. «Ko‘k ekran»|Obyekt yorqinlik maydoni fonida olinadigan usul. So‘ngra, fotografik yoki elektron usul yordamida ko‘k rang fon tasvirga almashtiriladi («chroma-key» effekti). Buning natijasida boshlang‘ich obyekt shu fonda tasvirga olingan, degan tasavvur paydo bo‘ladi. Ko‘lamlilik|Tizim yoki uning alohida qismlarining, tizimning o‘zining alohida parametrlari kamayishiga yoki oshishiga moslasha olish imkoniyatini tavsiflaydigan xossasi. Masalan, Windows 95 operatsion tizim turli o‘lchamdagi displeylardan foydalanilganda bir xil tashqi ko‘rinishni ta’minlaydigan keng ko‘lamlanadigan foydalanuvchi interfeysiga ega. Ko‘ndalang nurlanishli antenna panjarasi|Markazlari bitta o‘qqa joylashtiriladigan, sinfazali nurlantiruvchi elementlarning jamidan tashkil topgan antenna panjarasining turi. Ko‘p darajali kriptografiya|Simmetrik kriptotizimlar uchun kriptografik kalitlarni tuzishning maxsus usulidan iborat mexanizm. Ushbu mexanizmni amalga oshiruvchi kriptotizim, keyingi kalitlarning barchasini tanlash ma’lum qonunga bo‘ysunishi kerak bo‘lgan vaqtda birinchi kriptografik kalit ixtiyoriy tanlanishi mumkin bo‘lgan tarzda, tuzilgan. Ko‘p darajali qurilma|Kompyuter xavfsizligining buzilish riski bo‘lmagan holda, ikki yoki undan ko‘p xavfsizlik darajasidagi ma’lumotlarni bir vaqtning o‘zida qayta ishlay olishi mumkin bo‘lgan funksional blok. Ko‘p darajali xavfsizlik|Kritiklik darajasi turlicha bo‘lgan axborotni o‘z ichiga olgan tizimlar toifasi. Ko‘p dasturli rejim|Kompyuter yoki hisoblash majmui tomonidan bir paytning o‘zida bir necha vazifani yechish. Uning turlaridan biri taqsimlangan vaqt rejimi, boshqasi – vazifaning paketli yechilishi, yaʼni hisoblash qurilmalarini to‘la yuklash maqsadida vazifalarning tanlab guruhlarga birlashtirilishi. Ko‘p faktorli autentifikatsiya|Foydalanuvchini bir nechta mustaqil faktor (biometrik ma’lumotlar, u biladigan hamda u ega bo‘lganlar) asosida autentifikatsiya qilish.Izoh – Ko‘p faktorli autentifikatsiya tashkilotga autentifikatsiya qilishning turli usullaridan (bir martalik parollar, sertifikatlar, kontekst va boshqalar) foydalanish asosida foydalana olishning barqaror tizimini amalga oshirish imkonini beradigan moslashuvchan yondashuvni o‘zida ifodalaydi. Ko‘p foydalanuvchili muhit|Telekonferensiya turlaridan biri. Virtual voqeiylikni yaratuvchi kompyuter dasturi, unda foydalanuvchi turli holatlarni amalda qo‘llashi mumkin. Ko‘p foydalanuvchili tizim|Bir vaqtda bir nechta foydalanuvchi ishlay olishi mumkin bo‘lgan kompyuter tizimi. Ko‘p funksiyali printer|Faks, skaner va nusxa ko‘chirish apparati rejimlarida ishlaydigan printer. Ko‘p funksiyali qurilma|Bir necha vazifani bajaruvchi qurilma. Har biri printer, skaner, faks apparati, nusxa olish apparati bo‘lgan qurilmalar ayniqsa keng tarqalgan. Ko‘p kanalli kuchaytirgich (jamoaviy qabul qiluvchi antenna uchun)|Bitta radioeshittirish diapazonida joylashgan tovush va tasvirning bir nechta radioeshittirish kanallarida ishlash uchun loyihalashtirilgan kuchaytirgich. Ko‘p karrali tasvirlar (to‘liq tasvir signali)|Ko‘p martali tasvirlar apparaturada signallarning ko‘p nurli uzatilishi yoki qaytarilishi oqibatida vaqt bo‘yicha asosiy tasvirdan siljigan tasvirlarni o’zida ifodalaydi. Koʻp kirishli antenna panjarasi|Koʻp kirishli antenna panjarasiga ega boʻlgan va bir nechta korrespondentlar bilan aloqaning turli chastota kanallari orqali signallarni bir vaqtda mustaqil uzatishni va/yoki qabul qilishni ta’minlaydigan antenna-fider qurilmasi. Koʻp kirishli antenna panjarasining kirishi boʻyicha berilgan yoʻnalishdagi kuchaytirish koeffitsiyenti|Ideal moslashgan yarimto‘lqinli vibrator kirishidagi quvvat qiymatining ko‘pkirishli antenna panjarasining ushbu kirishiga keltirilgan yo‘qotishlarsiz quvvat qiymatiga nisbati, bunda ikkala antenna ham berilgan yo‘nalishda bir xil masofada maydon kuchlanganligining teng qiymatlarini yoki quvvat oqimi zichligining xuddi shunday qiymatlarini hosil qilishi va panjaraning qolgan kirishlari moslashgan yuklamalarga ulanishi kerak. Ko‘p konturlilik|Asosiy tasvirga nisbatan aralash bo‘lgan pozitiv yoki negativ qo‘shimcha tasvirlar ketma-ketligi. Ko‘p kristalli integral sxema|Bitta korpusda joylashgan va o‘zaro bog‘langan kristallar guruhidan iborat integral sxema. Kristallar bitta taglikda joylashgan bo‘lib ko‘p qatlamli yupqa tasmali bog‘lovchi chiziqlar yordamida o‘zaro ishlaydi. Albatta, ishlatiladigan kristallar korpussizdir. Ko‘p kristalli modullarda o‘zaro bog‘lanishlar uzunligi bosma plataga qaraganda ancha kichkina bo‘lishi sababli, modullar ishlaydigan tezliklar gigagers chastotalarga yetib borgan. Ko‘p kristalli modular avvalo katta kompyuterlarda qo‘llanilgan. Endilikda esa ular shaxsiy kompyuterlarda ishlatiladi. Bu maʼlumotlarni qayta ishlash tezligini oshirish imkonini beradi. Ko‘p kristalli modul|Analog va raqamli komponentlarni ichiga oladigan mikrosxema. Ko‘p liniyali ulanish|Oxirgi abonent uskunasini bir qancha alohida kirish liniyalari orqali ATSga ulash. O‘xshash tarzda, ishchi stansiyani tarmoq adapterlari yordamida lokal tarmoqning bir nechta bog‘lamasiga ulash amalga oshiriladi. Ko‘p manzilli tarqatish|Xabarlarni bitta emas, bir nechta foydalanuvchiga jo‘natish. Natijada xabarni bir vaqtning o‘zida oluvchi maydonida sanab o‘tilgan bir nechta foydalanuvchilar oladi. Ko‘p manzilli xabar|Bittadan ko‘p manzilga yuborish uchun mo‘ljallangan xabar. Ko‘p mashinali hisoblash tizimi|Bir nechta birlashtirilgan kompyuterdan iborat va yagona hisoblash tizimi sifatida ishlaydigan hisoblash kompleksi. Ko‘p modali optik tola|Yorug‘lik ko‘plab yo‘l (modda) bo‘ylab o‘tadigan optik to‘lqin o‘tkazgich. Tola gradiyentli yoki bosqichli sinish ko‘rsatgichiga ega bo‘lishi mumkin. Ko‘p nuqtali bog‘lanish|Tarmoq uskunasining aynan bitta komplekti yordamida, uchta yoki undan ortiq stansiyani bog‘lash. Ko‘p nuqtali; ko‘p punktli|Uchta va undan ortiq qurilma yoki stansiya o‘rtasida, kommutatsiya vositalarini qo‘llamasdan turib, umumiy resurslardan foydalangan holda bog‘lanish o‘rnatish imkoniyati. Ko‘p nuqtali liniya|Bitta yoki bir nechta oraliq stansiyadan foydalangan holda, ikkita yoki undan ko‘p aloqa punktini bog‘laydigan ma’lumotlarni uzatish liniyasi. Ko‘p nurli|Ultraqisqa to‘lqinlar diapazonidagi qabulda qabul qilgich va uzatgich o‘rtasida signalning ikki va undan ko‘p tarqalish yo‘li. Bu hodisa radiosignallarning to‘siqlardan qaytishi natijasida kelib chiqadi. Koʻp nurli antenna|1. Har biri ma’lum geografik hududga xizmat qilish uchun yoʻnaltirilgan kơplab nurlarning shakllanishini ta’minlaydigan antenna.2. Bir nechta mustaqil kirishlari bo‘lgan antenna, (ularning har biriga o‘zining nuri (parsial yo‘nalganlik diagrammasi) mos keladi). Koʻp nurli antenna panjarasi|Bir nechta nurlarni (ularning soni uning kirish va/yoki chiqish soniga teng) shakllantiradigan antenna panjarasi. Koʻp nurli signal|Uzatgichdan qabul qilish nuqtasiga turli yoʻllar (nurlar) orqali keladigan, amplitudasi, boshlangʻich fazalari hamda Doppler chastota siljishi turlicha boʻlgan signallarning vaqt boʻyicha siljigan bir nechta nusxalarini oʻzida ifodalaydigan signal. Koʻp nurli tarqalish|1. Bitta radiosignalning tarqalishning bir nechta alohida trassalari bo‘ylab uzatish nuqtasi va qabul qilish nuqtasi o‘rtasida tarqalishi.2. Radiotoʻlqinlarning uzatgichdan qabul qilgich tomon bir vaqtda, bir qancha trayektoriya boʻylab turli yer usti obyektlari (togʻlar, baland imoratlar va shunga oʻxshashlar) dan qaytishi oqibatida tarqalishi. Ko‘p nurli tarqalishdagi tinishlar|Mobil aloqa kanallarida ko‘p nurli signal qo‘shni nurlarining parazit ta’siri evaziga paydo bo‘ladigan tinishlar turi. Koʻp nurli yoyish|Noaniq yoyish usuli, bunda uzatgich bitta signal tarqatadi, qabul qilish nuqtasiga esa, radiotoʻlqinlarning koʻp nurli tarqalishi oqibatida bu signalning bir qancha nusxasi bir vaqtda keladi. Ko‘p nurlilik|Aynan bir signalning turli yo‘l (trayektoriya)lar bo‘ylab tarqalishi bilan bog‘liq va qabul qilish nuqtasida interferensiyani yuzaga keltiruvchi hodisa.Izoh − Ushbu atama ko‘pincha «ko‘p nurli» tarzida qo‘llaniladi va radioto‘lqinlarning tarqalishi ko‘p nurlilik tabiatiga ega ekanligini ko‘rsatadi. Ko‘p oqimlilik|Protsessorning bir vaqtda bir nechta vazifani parallel bajara olish imkoniyati. Bu rejimni qo‘llashdan maqsad – protsessorning operatsiyani, masalan xotiraga yozish jarayonini tugatish vaqtini kamaytirish. Bu vaqtda u boshqa oqimdagi komandani bajaradi. Ko‘p pog‘onali himoya|Konfidensiallikning turli darajasidagi obyektlardan foydalana olishning turli huquqlariga ega subyektlarning foydalanishini chegaralanishi ta’minlanadigan muhofaza. Ko‘p protokolli inkapsulyatsiya|Ma’lumotlarni MPEG-2 transport oqimida transport oqimi seksiyasiga joylashtirish yo‘li bilan uzatish usuli. Ko‘p protokolli marshrutlash|IP va IPX tarmoqlarida lokal tarmoqlarni o‘zaro birlashtirish yoki ularni global tarmoqlar bilan birlashtirish orqali tashkillashtiriladigan marshrutlash. Ko‘p protsessorli tizim spetsifikatsiyasi|Bir qancha turli protsessorlarning tezkor xotira qurilmasidan va kiritish-chiqarish kichik tizimlaridan birgalikda foydalanish mexanizmi. Ko‘p radial tizim|Abonent liniyalari bittadan ko‘p nuqtada boshlanadigan kabel taqsimlash tizimi. Ko‘p sathli navbat|Turli sinflarning jarayonlarini va alohida navbatdagi ustuvorliklarni (masalan, paketli va interaktiv) o‘z ichiga oladigan tizim navbatlarining majmui. Ko‘p seksiyali rupor|Koʻzguli antennalar uchun, bir uchi ochiq boʻlgan va toʻlqinoʻtkazgich traktiga boshqasi bilan ulangan bir nechta konstruktiv birlashtirilgan ruporli toʻlqinoʻtkazgichli seksiyalar kơrinishida bajarilgan klaster nurlagich. Ko‘p slotli rejim|1. Abonent stansiyasining, bitta axborot kanalini uzatish va qabul qilish uchun, radiokanaldagi uzatish kadrining bir nechta (8 tagacha) vaqt intervallaridan (slotlaridan) foydalaniladigan ish rejimi.2. Ma’lumotlarni yuqori tezlikda uzatish usuli bo‘lib, bunda TDMA kadridagi ikki yoki undan ortiq vaqt intervali (sloti) birlashtirilishi va turli uzatish tezliklari bilan ishlaydigan abonentlar o‘rtasida qayta taqsimlanishi mumkin. Ko‘p standartli televizor|Eshittirish televideniyesining turli televizion standartlariga mos keladigan, ishchi rejimlari avtomatik ravishda yoki qo‘l bilan qayta ulanadigan televizor. Ko‘p stansion foydalana olish|Bitta kirish foydalana olish kanaliga ko‘p sonli stansiyalarning bir vaqtda murojaat etish imkoniyati.Izoh − Kanallarning abonentlarga biriktirilish usuliga ko‘ra, foydalana olishning uchta asosiy usuli farq qilinadi: tayinlab o‘rnatilgan (FA – Fixed Assigned), talabga ko‘ra (DA – Demand Assigned) va tasodifiy kira olish (RA – Random Access). Kengaytirilgan spektrli signallardan foydalanishga asoslangan foydalana olish usullari alohida kichik turkumga ajratilgan. Ko‘p stansion kira olish qurilmasi|Yulduzsimon topologiyaga ega, Token Ring tarmog‘ida konsentrator (xab) sifatida ishlaydigan qurilma. Ko‘p tarmoqli kompyuter|Turli fizik kompyuter tarmoqlariga ulangan bir nechta tarmoq adapterlari bo‘lgan kompyuter. Ko‘p tarmoqli operatsion tizim|Protsessor vaqtini vazifalar o‘rtasida emas, ularning alohida tarmoqlari o‘rtasida taqsimlaydigan tizim. Ko‘p terminalli tizim|Bir qancha terminal ulanadigan kompyuterni ichiga oladigan tizim; bu terminallar yaqinda ham bo‘lishi, ko‘plab kilometr uzoqlikda ham bo‘lishi mumkin. Tizim kompyuter tarmog‘iga o‘xshab ketadi, agar terminallar intellektual bo‘lsa. Ko‘p tilli domen|Milliy alifbo belgilaridan iborat bo‘lgan domen nomi. Masalan, Rossiya uchun yuqori pog‘onali milliy kirillik domeni rasmiy tasdiqlangan. Ko‘p tolali kabel|Har biri alohida axborot kanalini o‘zida ifodalovchi, ikkitadan ortiq tolani o‘z ichiga olgan optik-tolali kabel. Ko‘p tomonlama kira olish|Bir necha abonent (foydalanuvchi, dastur yoki qurilma)ning bitta resurs bilan o‘zaro ishlash jarayoni. Foydalanish amalga oshiriladigan resurslarga fayllar, xotira qurilmalari, printerlar, kanallar va h.k. kiradi. Foydalanishni boshqarish tanlangan foydalanish usuliga bog‘liq. Ko‘p tomonlama uzatishlar|Ikki yoki undan ortiq mamlakatga bir vaqtning o‘zida yo‘naltiriladigan bitta yoki bir nechta mamlakatdan, bitta yoki bir nechta chiquvchi punktdan uzatishlar. Ko‘p tomonlama chaqiruv|Konferensaloqa xizmatining atributi bo‘lib, abonentga ko‘p tomonlama bog‘lanish imkonini beradi. Ko‘p uzelli liniya|Bir nechta terminal, oraliq qurilma yoki dasturlashtiriladigan datchiklar bir vaqtda ulangan liniya. Axborot almashish ularni ketma-ket so‘rov yo‘li bilan tashkil qilinadi. Ko‘p vazifali operatsion tizim|Bir vaqtning o‘zida bir nechta vazifani bajara oladigan operatsion tizim. Birinchi ko‘p vazifali operatsion tizim – bu Unix operatsion tizimi. Ko‘p vazifali rejim|Bir vaqtda (yoki qisqa vaqt intervallari oralatib) ikki yoki undan ko‘p vazifa bajariladigan ish rejimi. Ko‘p vazifalilik|Bir vaqtning o‘zida bir nechta jarayon (vazifalar)ni ishga tushira oladigan operatsion tizimning xususiyati. Ko‘p vibratorli antennalar|Keskin yo‘naltirilgan nurlanish va qabulni ta’minlaydigan antennalar. Ko‘p yadroli kompyuter|Bitta kristallda joylashgan, ikkinchi darajali assotsiativ (kesh) xotirani ajratadigan va umumiy xotirada ishlaydigan bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan protsessorlar (yadrolar)ga asoslangan kompyuter tizimi. Ko‘p yadroli protsessor|Bir korpusda yoki bitta protsessor kristalida ikkita va undan ortiq hisoblash yadrolarini ichiga oladigan markaziy protsessor. Koʻp yoʻlli antenna|Yuqori kuchlanish koeffitsiyentiga ega bơlgan, bir nechta parallel ulangan va sinfaz ta’minlanadigan spiral nur tarqatgichlardan iborat spiral antenna. Ko‘p o‘lchamli taqdim etish|Maʼlumotlarni tezkor tahliliy qayta ishlash uchun qulay tarzda taqdim etish texnologiyasi. Maʼlumotlar ko‘p o‘lchamli maʼlumotlar bazalari ko‘rinishida taqdim etiladi. Relyatsion maʼlumotlar bazalaridan farqli o‘laroq, ushbu maʼlumotlar bazalarida maʼlumotlar ayrim jadvallarda joylashmaydi. Foydalanuvchi uni qiziqtirayotgan obyektlar to‘g‘risida turli axborotga ega bo‘lishini xohlasa, u jadvallar guruhi bo‘yicha izlashi lozim. Ko‘p o‘lchamli bazada sanab o‘tilgan uchala tavsifnoma ham bitta massiv ichida joylashgan va izlash aynan uning doirasida amalga oshiriladi. Shu tufayli turli xildagi elementlardan iborat murakkab so‘rovga tezkor javob beriladi. Maʼlumotlarning ko‘p o‘lchamli taqdim etilishi mijoz-server arxitekturasida qo‘llaniladi. Bazalar, relyatsion tuzilmalarni ko‘p o‘lchamli massivlarga aylantirish imkonini beruvchi dasturiy taʼminotga ega. Bu foydalanuvchilarning tegishli so‘rovlariga javoban tarmoqda uzatiluvchi maʼlumotlar hajmini kichraytirish imkonini beradi. Ko‘p chastotali signalizatsiya|Ayrim chastotalarning susayishi va boshqalarining kuchayishi hisobiga bir holatdan ikkinchi holatga o‘tish ta’minlanadigan signalizatsiya usuli. Ko‘p chastotali tarmoq|Turli radiochastota kanallaridan foydalanadigan uzatuvchi stansiyalar tarmog‘i. Xususan, turli radiochastota kanallaridan foydalanuvchi DVB-T stansiyalar tarmog’i. Ko‘p chastotali TDMA|Vaqt bo‘yicha ajratilgan ko‘p stansion foydalana olishning gibrid texnologiyasi bo‘lib, unda har bir kanal kadrdagi vaqt intervali raqami va chastotasi bilan tavsiflanadi. «Ko‘plab portlar ‒ ko‘plab xotira modullari»|Har tomonlama almashinish shinasiga ega ko‘p portli xotira. Ko‘prik|Ikki yoki bir nechta fizik tarmoqni bog‘lovchi va paketlarni bir tarmoqdan boshqasiga uzatuvchi qurilma. Turli protokollardan foydalanadigan tarmoqlarni bog‘lash uchun foydalaniladi.Izohlar1. Ko‘prik shlyuzning bir ko‘rinishidir, lekin soddaroq tarzda o‘zaro bog‘lanishni ta’minlaydi. OSI modelining kanal sathida ishlaydi.2. Ko‘prik ko‘pincha MAS sathining – ya’ni muhitga kira olishni boshqarish qurilmasi kabi aniqlanadi. Ko‘priklar paketlarni filtrlashi mumkin, ya’ni kanal sathining axboroti asosida boshqa segment yoki tarmoqlarga trafikning faqat bir qismini uzatishi mumkin (MAC-adres).3. Agar oluvchining adresi ko‘prikning adreslar jadvalida mavjud bo‘lsa, kadr faqat oluvchi joylashgan segment yoki tarmoqqa uzatiladi. Ko‘prik-marshrutizator|O‘zida ko‘prik va marshrutizator funksiyalarini birlashtirgan qurilma bo‘lib, maʼlum bir transport protokollari (masalan, TCP/IP) uchun marshrutizator, baʼzilari uchun esa, ko‘prik sifatida xizmat qiladi, yaʼni paketlarni tarmoqning bir segmentidan boshqasiga uzatadi. Ko‘pchilik-ko‘pchilikka munosabati|A jadvalning bitta qatoriga V jadvaldagi bir nechta qator muvofiq bo‘lsa va teskarisi ham to‘g‘ri bo‘lsa ko‘pchilik-ko‘pchilikka munosabati namoyon bo‘ladi. Ko‘rib chiqish|Axborot izlash bo‘lib, ko‘pincha konfidensial ma’lumotlardan ruxsat etilmagan tarzda foydalanishni maqsad qilib qo‘yadi, shu tufayli tizim uchun xavf tug‘diradi. Ko‘rib chiqmoq|Kataloglar, fayllar, disklar, foydalanuvchi hisoblari, guruhlar, domenlar yoki kompyuterlar ro‘yxatidan kerakli elementni izlab topish. Ko‘rilgan giperishorat|Bog‘lama tashrifchisi oldinroq «sichqoncha», klaviatura yoki boshqa qurilma yordamida aktivlashtirgan veb-sahifadagi giperishorat. Ko‘rinish|Identifikatorning ta’sir sohasi bilan bog‘liq tushuncha. Ko‘rinish yoyi|Geostatsionar yo‘ldosh yoyi, uning doirasida kosmik stansiya, u orqali ushbu yo‘ldosh tarmog‘ida ishlaydigan barcha yer stansiyalaridan mahalliy gorizontda ko‘rinadi. Ko‘rinish zonasi|Yer yuzasining, joyning minimal yo‘l qo‘yiladigan katta (masalan, 5° dan ortiq) ma’lum burchagi ostida vaqtning berilgan davri (aloqa seansi) mobaynida yo‘ldosh ko‘rinadigan qismi. Ko‘rinmas viruslar|1. Aniqlanishi va zararsizlantirilishi qiyin bo‘lgan viruslar, chunki ular operatsion tizimning zararlangan fayllarga va disk sektorlariga murojaatini tutib oladi va o‘z o‘rniga diskning zararlanmagan uchast-kalarini qo‘yadi.2. O‘zining diskda, ba’zi hollarda tezkor xotirada mavjudligini niqoblovchi maxsus algoritmlardan foydalanadigan viruslar. Ko‘rinuvchi nurlanish|Odam ko‘zi qabul (idrok) qiladigan elektromagnit to‘lqinlar. Spektrning to‘lqin uzunligi taxminan 380 nm dan (binafsha) 740 nm gacha (qizil) bo‘lgan qismni ichiga oladi. Bunday to‘lqinlar 400 teragersdan 790 teragersgacha bo‘lgan chastota diapazonini egallaydi. Bunday to‘lqin uzunliklariga ega elektromagnit nurlanish ko‘rinadigan yorug‘lik yoki oddiygina yorug‘lik deb ham ataladi. Odam ko‘zi 555 nm sohada yorug‘likka juda sezgir bo‘ladi. (Ko‘rinuvchi) tasvir|Televizion ekranda kadrlarning o‘tish davri mobaynida paydo bo‘ladigan tasvir. Ko‘rish adaptatsiyasi|Ko‘rish organining yorug‘lik ta’siri intensivligiga yorug‘lik sezgirligining o‘zgarishi tufayli namoyon bo‘ladigan moslashishi. Ko‘rish dasturi|Faylni ko‘rishni formatlardan birida amalga oshiruvchi ilovadagi funksiya. Fayllarning formatlari to‘plami tufayli, odatda katta sondagi vyuverlar bajariladi. Ko‘rish inersiyasi|Odamning ko‘rish sezgisi orqali qabul qilish jarayonidagi hodisa, bunda tasvir ko‘zning to‘r pardasi orqali ma’lum inersiya bilan qabul qilinadi. Aks holda, televideniye, kinematografiya va animatsiya tasvirlarning miltillagan harakatsiz to‘plami sifatida qabul qilingan bo‘lar edi. Ko‘rish o‘tkirligi bilan (chastotalar polosasini) moslash|Yorug‘lik signali va ayirmarang signallar chastotalar polosasi nisbiy kengligini, ko‘rish o‘tkirligi bilan moslash uchun, aniqlash. Ko‘r-ko‘rona imzo|DigiCash to‘lov tizimida ishlatiladigan va tasodifiy ko‘paytiruvchini (blinding factor) qo‘llashga asoslangan elektron raqamli imzo mexanizmi. Ko‘rsatishlar kompilyatori|Ko‘rsatishlar onlayn tizimi matnini berilgan tizimda qabul qilingan ichki tasavvurga o‘tkazadigan dasturiy ta’minot. Dasturiy mahsulotni lokallashtirish va modifikatsiyalashda foydalaniladi. Ko‘rsatgich|Ma’lumotlarning maxsus turi. Bu turdagi ma’lumotlar elementining yoki o‘zgaruvchining qiymati, boshqa ma’lumotlarni (bevosita manzillash), shu jumladan, boshqa ko‘rsatgichni (bilvosita manzillash) ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan manzil hisoblanadi. Odatda, ko‘rsatgichlardan yozuvlar bilan ishlashda, protseduralarga parametrlar berishda va bog‘langan ro‘yxatlarni tashkil qilishda foydalaniladi. Ko‘rsatmalar satri|Displey ekranidagi, tushunilishi oson bo‘lgan komandalar menyusiga ega satr. Ko‘tarilish uzeli (orbitaning)|Yo‘ldosh janubdan shimolga harakatlanganda orbita ekvator tekisligini kesib o‘tadigan nuqta. Ko‘tariluvchi (abonent) trafik|Periferik uzeldan markaziy uzel tomon, masalan, telefon modemidan Internetga, mobil stansiyadan tayanch stansiyaga tomon uzatiladigan trafik. Ko‘tariluvchi kanal|Foydalanuvchi uskunasidan tayanch stansiyagacha bo‘lgan uzatish kanali. Ko‘tariluvchi oqim|Periferik uzeldan markaziy uzel tomon uzatiladigan ma’lumotlar oqimi. Ko‘z akkomodatsiyasi|Ko‘zning kuzatiladigan obyektgacha bo‘lgan masofaga bog‘liq holda ko‘z gavharining fokus masofasi va optik kuchini o‘zgartirish xususiyati. Shu tufayli ko‘zdan turli masofada joylashgan obyektlarning aniq tasvirini kuzatish mumkin. Ko‘zgu|«Oyna-tom» tizimini tashkil etgan ikki tomdan biri. Tom oynalari har-xil disklarda joylashgan bo‘ladi. Agar oyna disklaridan biri ishdan chiqsa, operatsion tizim ma’lumotlarga ikkinchi disk yordamida murojaat qilishda davom eta oladi. Ko‘zguli antenna|Metall sirt ko‘rinishidagi dastlabki nur tarqatgich va qaytargichni o‘z ichiga oladigan yo‘naltirilgan antenna. Ko‘zguli-dipolli antenna (ko‘zguli-vibratorli antenna)|Ikkita kesishgan simmetrik vibratorlardan va ta’minoti uchun amplitudaga teng, lekin faza bo‘yicha 90° ga siljigan, toklardan foydalaniladigan pallali nurlagichdan iborat aylantiruvchi qutblanishga ega antenna. Ko‘zguli qaytish|1. Qaytish burchagi tushish burchagiga teng bo‘lgandagi to‘lqinlar qaytishi.2. Yorug‘likning tekis optik sirtdan qaytishi. Ko‘zguli yorug‘lik o‘tkazgich|Yorug‘lik nuri truba bo‘ylab o‘rnatilgan ko‘zguning periskopik tizimi yordamida fokuslanadigan yorug‘liko‘tkazgich. Ko‘chiriladigan dastur|Kompyuter manzil qismining ixtiyoriy sohalariga yuklanishi mumkin bo‘lgan dastur. Ko‘chiriladigan dasturiy ta’minot|Kompyuterlarning bitta turida bajarilishi yoki kam kuch bilan boshqa platformaga ko‘chirilishi mumkin bo‘lgan, mashinaga bog‘liq bo‘lmagan dastur (ilova). Ko‘chiriladigan kod|manzillash ko‘chiriladigan registr qiymatiga va komandada hisoblanadigan manzilga nisbatan yuzaga keladigan va xotiradagi manzil ko‘chiriladigan registr qiymatining summasiga teng kod. Ko‘chirish|Arifmetik amallarda ikkilik razryadni katta raqam o‘rniga o‘tkazish yoki surish amallarida uning registr tashqarisiga chiqishi. Ko‘chirish bayrog‘i|Ikkita yoki uchta birlikning quyi razryadlarini qo‘shishda ishlatiladigan qo‘shimcha birlik. Ko‘chirish indeksi|Veb-sahifa yoki veb-saytning mashhurligining son ko‘rsatgichi. Bu sahifaga yoki saytga boshqa veb-resurslardan murojaatlar soni shaklida aniqlanadi. Shu bilan birga, har bir murojaat u joylashgan veb-saytning «nufuzi»ga hamda har ikki saytning mavzulari mos kelishiga bog‘liq o‘zining «vazni»ga ega. Ko‘chirish (otkachka) fayli|Operatsion tizim tomonidan ko‘chirib olingan jarayonlarning obrazlarini saqlash uchun ishlatiladigan diskli xotira sohasi. Ko‘chirmoq|Fayllarni turgan joyidan boshqa joyga ko‘chirish, bunda eski manzildagi fayl o‘chiriladi. «Sichqoncha» bilan harakatlanish, bunda «sichqoncha» kursori eski joydan yangi joyga ko‘chadi. Ko‘chma disk|Olib qo‘yiladigan xotira qurilmasi. Masalan, flesh-kartalar, olib qo‘yiladigan qattiq disklar va b.q. Ko‘chma pochta aloqasi bo‘limi|Statsionar pochta aloqasi obyektlari mavjud bo‘lmagan joylarda pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish uchun, shuningdek, pochtani tashish uchun pochta transportida tashkil etiladigan pochta aloqasi bo‘limi. Ko‘chma televizion stansiya|Studiyadan tashqari sharoitlarda televizion ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan apparatura kompleksi joylashtirilgan transport vositasi. Ko‘chma yo‘ldoshli aloqa xizmatidagi abonent liniyasi|Ko‘chma yo‘ldoshli aloqa xizmati abonent stansiyasidan kosmik stansiyagacha va kosmik stansiyadan ko‘chma yo‘ldoshli aloqa xizmati abonent stansiyasigacha bo‘lgan radioliniya. Ko‘chma yo‘ldoshli aloqa xizmatidagi abonent stansiyasi|Abonent foydalanishida bo‘lgan ko‘chma aloqa yer stansiyasi.L Laboratoriya axborot tizimi|Turli soha laboratoriyalarida ishchilarni boshqarish, hujjat va standartlar bilan ishlash, hamda boshqa laboratoriya ishlari, masalan ish jarayonlarini avtomatlashtirish, hisob-fakturani tuzish va jo‘natishni amalga oshiradigan maxsus dasturiy ta’minot. Asosan atrof-muhitni muhofaza qilish, ilmiy tadqiqot ishlari yoki tijorat tahliliga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Lamer|O‘zini kompyuter ekspertlari deb hisoblaydigan odamlarning o‘ylashicha, (jargon) (inglizcha lame – «zaif») kompyuterni yomon tushunadigan odamlarga beriladigan laqab. Lazer disk|Musiqa, shuningdek, video ma’lumotlarni yozish va o‘qish uchun ishlatiladigan disk. Yozish jarayoni lazer nuri yordamida ma’lumot saqlovchi raqamli signalni metall yuzaga kichik o‘yiqlarni kuydirish orqali amalga oshiriladi. Lazer xotira|Optik disklardagi maxsus xotira. Lazerli printer|Tasvirni shakllantirishda kserografiya prinitsipi asosida ishlaydigan elektrostatik chop etish qurilmasining turi. Lazerli skanlash qurilmasi|Tasvir to‘g‘risidagi axborotni raqamli shaklga aylantirish uchun qo‘llaniladigan qurilma. Ajratishning o‘ta yuqori va ko‘p tusli tasvirlar (yorqinlik pog‘onalar) sonining yuqori darajaga ko‘tarilishiga erishish mumkin. Leksema|Simvollar ketma-ketligi, dasturlash tilining elementi, translyator uchun ma’noga ega. Har qanday dastur bu, leksemalar ketma-ketligidir. Leksik analizator|Dastur boshlang‘ich matnini leksik tahlil qiladigan translyator moduli. Leksik tahlil|Dasturlashda so‘zlar (leksemalar) yozilishining to‘g‘riligini tekshirish. Dasturning leksik tahlili dasturni translyatsiya qilish paytida amalga oshiriladi. Leksikon|Shaxsiy kompyuterlar uchun mo‘ljallangan matn redaktorlaridan biri, integratsiyalashgan master tizimiga kiradi. Ko‘p oynali, foydalanuvchi bilan qulay interfeysga ega, orfografiyani tekshiradi, so‘zlarning to‘g‘ri ko‘chirilishini bajaradi. Lempel-Ziv usulida kodlash|Maʼlumotlarni jo‘natuvchi va qabul qiluvchidagi ikki aynan o‘xshash lug‘atdan foydalanishga asoslangan, maʼlumotlarni statistik siqishning yuksak samarali algoritmi. Aloqa kanali bo‘ylab axborotning o‘zi emas, balki uning lug‘atda joylashgan o‘rni to‘g‘risidagi maʼlumotlar uzatiladi. Kodlashning ushbu usuli nutq, matn va grafikani siqishda keng qo‘llaniladi. Lentikulyar stereoskopik kineskop (display)|Stereoskopik kineskop, bunda lentikulyar (linzorastrli) obyektivlar ekranning old qismida ikki tomonga yo‘naltirilgan yorug‘lik bo‘lgich (tasvir ajratgich) ni hosil qiladi, shuning uchun, chap va o‘ng ko‘z uchun navbatma-navbat ko‘rsatiladigan tasvirlarni ajratish uchun boshqa vositalarga (masalan, ko‘zoynak)ka zarurat bo‘lmaydi. Libratsiya|Osmon jismining orbita bo‘ylab harakatlanishi paytida, turli g‘alayonlanishlar natijasida, undan qaytgan signalning tinishida aks etadigan hodisa. Liniya|1. Konnektorlar yordamida uzatgichga (manbaga) va qabul qilgichga (detektorga) ulangan optik-tolali kabel.2. Ikki nuqta o‘rtasidagi, terminal uskunadan tashqari, telekommunikatsiya vositalarining yig‘indisi.3. Har qanday ikki nuqtani bog‘lovchi uzatish kanali. Liniya band bo‘lganda chaqiruvlarni qayta manzillash|Xizmat abonentiga jo‘natiladigan kiruvchi chaqiruvlarni, xizmat abonenti band bo‘lganda, boshqa belgilangan raqamga avtomatik tarzda qayta manzillash imkonini beradigan xizmat. Liniya (kabel taqsimlash tizimida)|Kabelli taqsimlash tizimida, masalan, metall kabel, optik kabel, to‘lqin o‘tkazgich yoki ularning istalgan kombinatsiyasi ikki nuqtasi o‘rtasidagi uzatish vositasi. Liniya kodi|Dastlabki bitlar oqimining optik-tolali va kabelli aloqa liniyalari orqali uzatish uchun qulay shaklga mantiqiy o‘zgartirilishini ta’minlovchi kodlar (odatda, blokli) turkumi. Bunday kodlashning asosiy mazmuni faqat nollardan iborat ketma-ketliklarni 1 hamda 0 simvollarini ichiga oladigan ketma-ketlikka almashtirishdan iborat. Ushbu operatsiya signallarning sinxronlash xossalarini yaxshilash imkonini beradi. Liniya olis uchidagi kesishuvchi xalaqitlar|Bitta yo‘nalishda axborot uzatadigan kanallar vujudga keltiradigan o‘zaro xalaqitlar. Qabul qilgichga nisbatan liniyaning olis uchida joylashgan uzatgichlar shunday xalaqitlarning manbai hisoblanadi. Liniya «pastga»|Tayanch stansiyadan mobil stansiyaga bo‘lgan aloqa liniyasi.Izoh − Yo‘ldoshli aloqada shunga o‘xshash liniya yo‘ldosh retranslyatoridan yerdagi stansiyaga tashkil qilinadi va «yo‘ldosh−Yer» liniyasi deb ataladi. Liniya signali|Kommutatsiya maydoni va telekommunikatsiyalar tarmog‘i liniyalari, kanallari orqali uzatiladigan, liniyalar, kanallar holatini tavsiflaydigan va bog‘lanish o‘rnatilishining asosiy bosqichlarini belgilaydigan telekommunikatsiyalar signali. Liniya yaqin uchidagi kesishuvchi xalaqitlar|Uzatish yo‘nalishi o‘zaro qarama-qarshi bo‘lgan kanallar vujudga keltiradigan xalaqitlar. Qabul qilgichga nisbatan liniyaning yaqin uchida joylashgan uzatgichlar bunday xalaqitlarning manbai hisoblanadi. Liniyaga aktiv ulanish|Maʼlumotlarni o‘zgartirish yoki kiritish maqsadida tarmoqqa ulanish. Liniyaga passiv ulanish|Maʼlumotlarni o‘qish maqsadida tarmoqqa ulanish. Liniyani eshitish|Telefon liniyasida bir vaqtning o‘zida bir nechta shaxs ishtirokidagi so‘zlashuvni eshitishga imkon beradigan funksiya. Ushbu rejimda telefon apparatining korpusidagi mikrofon uzib qo‘yilgan bo‘ladi. Liniyaning antenna effekti|Liniyaning elektromagnit to‘lqinlarni nurlantirish yoki qabul qilish xususiyati. Link|Fayl yoki direktoriya manzili. Odatda, ushbu manzil maxsus faylda saqlanadi. Microsoft Windows va boshqa operatsion tizimlarda bunday fayllar yorliq deb ataladi. Linza|Linzani o‘rab turuvchi fazoda va linza tuzilmasida tarqalishning fazali tezliklaridan foydalanib, to‘lqinlar nurlanishining yo‘nalganlik diagrammasini shakllantirish qurilmasi. Linzali antennalar|Aperturali antennalarning bir turi (koʻndalang antenna panjaralari), unda elektromagnit energiya oqimini toʻplash oqimning tutib olingan qismini elektromagnit linza yordamida fokuslash orqali amalga oshiriladi. Listing|Dastur matni yoki printerda bosilgan yoki displey ekraniga chiqarilgan ma’lumotlar. Liter atributi|Mashina grafikasida ‒ litera rangi, shrifti, yo‘naltirilganligi va o‘lchami. Liter kattalik|Matn konstantasi sifatida qabul qilinadigan kattalik. Liter kattalikni sonlarsiz literal sifatida belgilash mumkin. Boshqa nomlari: simvolli, satrli kattalik, zanjir. Ko‘pchilik dasturlash tillarida liter kattalik apostroflarga olinadi – «123», «abed». Literal|Dasturlash tilidagi o‘zining xususiy qiymatini konstanta sifatida qat’iy belgilaydigan, lekin o‘zgaruvchi, konstanta yoki boshqa bir konstruksiyaning belgisi hisoblanmaydigan simvol yoki so‘z. Litsenziya|1. Davlat organlari tomonidan xizmatlarni sotish yoki taqdim etish huquqini beradigan ruxsat.2. Mulkchilikka egalik qilish huquqini beradigan rasmiylashtirilgan hujjat.3. Axborotni muhofaza qilish sohasida u yoki bu ishlarni olib borish huquqi uchun berilgan, tegishli ravishda rasmiylashtirilgan ruxsatnoma. Litsenziya shartnomasi|Bir tomon (litsenziar yoki litsenziya beruvchi) tegishli haq evaziga ixtirodan yoki boshqa texnik yutuqdan (litsenziyadan) foydalanish huquqini boshqa tomonga (litsenziya oluvchiga yoki litsenziatga) taqdim etadigan shartnoma. Litsenziyalanmaydigan chastotalar polosasi|Butun jahonda global foydalanish uchun ruxsat etilgan chastotalarning ochiq diapazoni. Bu diapazonda ishlash chastota idoralarining ruxsatini talab etmaydi va bu diapazon, agarda ular ma’lum bo‘lgan nomaqbul va polosadan tashqari nurlanishlar sathi bo‘yicha qo‘yilgan talablarni bajarsa, har qanday tizimlarning ishlashi uchun qulay. Litsenziyalash|Axborotni muhofaza qilish sohasida ishlarni olib borish huquqini berish yoki olishdan iborat faoliyat. Log|Veb-saytning o‘ziga xos bortdagi jurnali. Server loglariga u yoki bu foydalanuvchi qayerdan va qachon kelgani, saytda qancha vaqt bo‘lgani va u yerda nimani ko‘rgani va yuklab olgani, uning brauzeri va uning kompyuterining IP-manzili qandayligi to‘g‘risidagi maʼlumot yoziladi. Logga har bir yozuv maʼlum xitga tegishli bo‘ladi, chunki server aynan sayt elementlaridan biriga murojaatni qayd qilishi mumkin. Log-fayl|Server ishi va foydalanuvchilarning harakati to‘g‘risidagi: sana va vaqt, foydalanuvchining tashrifi, foydalanuvchi kompyuterining IP-manzili, foydalanuvchi brauzerining nomi, foydalanuvchi tomonidan so‘ralgan varaqlar, foydalanuvchi refereri kabi tizimli axborotga ega fayl. Login|Kompyuter tizimiga (tarmoqqa) kirishda foydalanuvchini identifikatsiya qilish jarayoni, protsedurasi. Logo|Yuqori darajadagi dasturlash tili, LISP tilining maxsus versiyasi. Juda sodda til, oson kengayadi, kichik yoshdagi bolalarni o‘rgatishda foydalaniladi. S.Paypert tomonidan 1980-yilda Massachuset texnologiya instituti (AQSh)da ishlab chiqilgan. Logotip|Hududiy tuzilmalar, tijorat korxonalari, tashkilotlari va xususiy shaxslar tomonidan kishilik jamiyatida farqlay olishlikni va taqqoslash mumkinligini oshirish uchun foydalaniladigan grafik belgi, emblema yoki simvol. Logotip stilizatsiyalangan harflar va/yoki ideogramma ko‘rinishidagi o‘zi identifikatsiyalaydigan mohiyat nomini o‘zida ifodalaydi. Logotiplar tovar belgilari sifatida keng qo‘llaniladi. Lokal|Foydalanuvchi o‘zining interfeysida ko‘rishni xohlayotgan parametrlar to‘plami, belgilar to‘plami, shu jumladan, foydalanuvchi tili, mamlakati, vaqt chizig‘i va boshqa boshlang‘ich o‘rnatishlar. Lokal blokirovkalash|Ayrim foydalanuvchi tomonidan yo‘llanayotgan sohaga tegishli resurslarni muhofaza qilish maqsadida blokirovkalash. Lokal disk|Fayl-serverga emas, balki ishchi stansiyaga ulangan disk. Lokal hisoblash tarmog‘i|Geografik chegaralangan tarmoqlarning bir turi. Lokal hisoblash tarmog‘i turli ma’lumotlarni juda yuqori tezlikda almashishga va tarmoq uchun umumiy bo‘lgan resurslardan birgalikda foydalanishga (masalan, printerlar, modemlar) imkon berib kompyuterlar, printerlar va boshqa elektron uskunalarni bog‘laydi. Lokal hisoblash tarmog‘i kommutatsiyasi|Paketlar faqat ularning qabul qiluvchilariga yo‘naltirilishini ta’minlaydigan texnologiya. Lokal hisoblash tarmog‘i kommutatsiyasining ikkita asosiy usuli mavjud: matritsali (fizik darajada) va MAS darajasidagi kommutatsiya. Lokal manzil|Tarmoq doirasida biriktiriladigan manzil. Tarmoqlararo interfeys pog‘onasida IP-manzillarni lokal manzillarda aks ettirish vazifasi turadi. IP-manzil bo‘yicha lokal manzilni aniqlash uchun manzilning ruxsat berish protokoli (Address Resolution Protocol, ARP) ishlatiladi. Bunga tamomila teskari bo‘lgan masalani yechadigan protokol ham mavjud, u maʼlum lokal manzil bo‘yicha IP- manzilni aniqlash imkonini beradi. Lokal printer|Kompyuterdagi portlardan bittasiga bevosita ulanadigan printer. Lokal tarmoq|Uncha katta bo‘lmagan hudud (bino, korxona) ni qamrab oluvchi va obyektlar o‘rtasida nisbatan qisqa (500 m dan ko‘p emas) aloqa liniyalaridan foydalanuvchi ma’lumotlar uzatish tarmog‘i. Lokal tarmoq foydalanuvchilar ish joylari va oraliq qurilmalarni yagona tarmoq operatsion tizim boshqaruvida ishlovchi yagona makonga birlashtiradi. Masofaning qisqaligi ma’lumotlarni yuqori tezlikda (100 Mbit/s gacha) uzatilishiga erishish hamda real vaqt rejimida xizmatlarning keng to‘plami taqdim etilishini ta’minlash imkonini beradi. Lokal tarmoq kommutatori|Bitta yoki bir guruh lokal tarmoq segmentlari o‘zaro ishlashini taʼminlaydigan qurilma. Lokal tarmoq kommutatori odatdagi kommutator kabi, unga ulangan lokal tarmoqlarning o‘zaro ishlashini, hamda lokal tarmoq segmentlarining har xil turi ulanayotgan bo‘lsa, interfeyslarni o‘zgartirishni taʼminlaydi. Lokal tarmoqqa ulanish|Tarmoq resurslaridan foydalanish mumkin bo‘lgan tarmoqqa ulanish holati. Lokal xotira|Qandaydir dastur yoki funksiyaga ajratilgan tezkor xotira qurilmasi. Lokal o‘zgaruvchi|Dasturlash tillaridagi o‘zgaruvchi; butun dastur bo‘yicha foydalanilishi mumkin bo‘lgan global o‘zgaruvchidan farqli ravishda, faqat o‘zining blokida yoki protsedurasida foydalanilishi mumkin. Lokal shina|Markaziy protsessorni tashqi kesh-xotira bilan bog‘laydigan, qo‘shimcha yuqori tezlikli shina. Lokalizator|Nosozlik yoki shikastlanish yerini topishni taʼminlaydigan yoxud qabul qilinadigan belgilar ketma-ketligidagi xatolarni aniqlaydigan apparat va dasturiy vosita. Longli-Rays modeli|Mobil aloqa tarmoqlarida radioto‘lqinlarning tarqalishidagi yo‘qotishlarni hisoblash uchun foydalaniladigan model. Loyiha|Vaqtda cheklangan, noyob mahsulot olishga yo‘naltirilgan tadbirlar kompleksi. Loyiha fayli|Ishlab chiqiladigan ilova loyihasini tashkil qiladigan barcha fayllar to‘g‘risidagi axborotni ichiga oladigan fayl. Loyihalarni boshqarish|Faoliyat sohasi, uning davomida ishlar hajmi, resurslar (pul, mehnat, materiallar, energiya, makon kabi), sifat va tavakkalchiliklar o‘rtasida muvozanat saqlangan holda, loyihaning aniq maqsadlari belgilanadi va unga erishiladi. Oldindan aniq belgilangan rejaning, rejadan chetga chiqishlar va tavakkalchiliklarni kamaytirishning, o‘zgarishlarni samarali boshqarishning (jarayonli, funksional boshqaruvdan, xizmatlar darajasini boshqarishdan farqli ravishda) mavjudligi, loyihalarni boshqarish muvaffaqiyatining muhim omilidir. Loyihalash shabloni|Loyihalashtirish masalalarini yechishning eng samarali usullaridan biri, ayniqsa kompyuter dasturlarini loyihalashtirishda keng qo‘llaniladi. Pattern bu kodga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aylantirish mumkin bo‘lgan loyihaning tayyor namunasi emas, bu ko‘proq har xil vaziyatlarning yechimini topish uchun qo‘llaniladigan tasvir yoki namuna. Obyektga yo‘naltirilgan shablonlar ilovada qanday obyekt va klasslar qo‘llanilishini aniqlaydi, balki klasslar va obyektlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat va ta’sirni ko‘rsatadi. Algoritmlar shablonlar sifatida qaralmaydi, chunki, ular loyihalash vazifalarini emas, balki, hisoblashga oid vazifalarni bajaradi. Lug‘at|Har bir elementi ikki qismdan iborat, ma’lumotlarning uyushtirilgan majmui. Birinchi qismda ikkinchi qismda bo‘lganning qisqacha nomi. Birinchi qismda ko‘rsatilgan nom bo‘yicha bajariladigan ma’lumotlar qayta ishlanishini tezlashtirish uchun mo‘ljallangan, zarur bo‘lganda ikkinchi qism qo‘shiladi. Lyuk|1. Kompyuter xavfsizligi mexanizmlarini chetlab o‘tish imkonini beruvchi, asosan testlash va nosozliklarni izlab topish uchun yaratiladigan yashirin dasturiy yoki apparat mexanizm.2. Avtomatlashtirilgan tizimga kirishning yashirin yoki hujjatlashtirilgan nuqtasi. Muhofaza tizimini chetlab o‘tishda qo‘llash mumkin.3. Katta dasturga yashiringan, foydalanuvchiga muhofaza tizimidan o‘tishga ruxsat beradigan yoki tizim resurslaridan shtat rejimida foydalanish imkonini beradigan blok. Lyuks (ℓk)|Xalqaro birliklar tizimi (SI) da yoritilganlik o‘lchov birligi. Lyumen (ℓm)|Xalqaro birliklar tizimi (SI) da yorug‘lik oqimi birligi. Bir lyumen bir sham (bir candela) yorug‘lik kuchida bir steradian fazoviy burchakda nuqtaviy yorug‘lik manbayi tomonidan nurlanadigan yorug‘lik oqimiga teng. Lyuminofor|Elektron nur bilan «bombardirovka» qilinganda yoki elektromagnit maydon ta’sirida yorug’lik chiqaradigan maxsus material.M Magistral aloqa|Katta uzunlikka hamda o‘tkazish qobiliyatiga ega liniyalardan (shaharlararo, milliy, xalqaro va global) foydalaniladigan aloqa. Magistral fider (antenna panjarasining)|Antenna panjarasining tegishli kirishi bilan diagramma hosil qiluvchi sxemaning chiqishini birlashtiruvchi fider. Magistral kabel tizimi|1. Shahar kirgichi (kirish yo‘li), apparatxona, telekommunikatsiya shkaflari, shuningdek, binolar orasidan o‘tuvchi kabel tizimi.2. Asosiy va oraliq krosslarni tashkil etuvchi kabel hamda kommutatsiya uskunasi, shuningdek, telekommunikatsiya shkaflari, apparatxona va shahar kirgichi (kirish yo‘li) orasidan o‘tuvchi kabel segmentlari. Magistral kanal|Ikkita kommutatsiya tugunini bog‘lovchi jismoniy kanal. Kommutatsiya tugunlari bilan birga magistral kanallari maʼlumotlar marshrutlash tarmog‘ini tashkil qiluvchi asosiy tarkibiy qismlardir. Magistral kanal ko‘p sonli tizimlar tomonidan yo‘naltirilgan maʼlumotlarni uzatish uchun mo‘ljallanganligi sababli, u ayniqsa katta ishonchlik va yuqori o‘tkazish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim. Shuning uchun magistral kanallar odatda efir, optik kabel va koaksial kabellar asosida quriladi. Magistral kommutator|Kompyuterlarining magistral tarmoq bilan ulanishlarini o‘rnatish uchun mo‘ljallangan qurilma. Magistral; magistral liniya|1. Ikkita tarmoqni o‘zaro bog‘lovchi, intensiv trafikli va xizmat ko‘rsatish sifati yuqori bo‘lgan, yuqori tezlikli aloqa liniyasi.2. Umumiy yuqori tezlikli aloqa liniyasi yordamida tarmoqqa birlashtirilgan uzellar va stantsiyalar guruhi. Magistral mediashlyuz|KAT paketlari uzellari va axborotni yetkazish trafikini uzatish uchun KTSOP (umumiy foydalanishdagi kommutatsiyalanadigan telefon tarmog‘i)/SSIS (xizmatlari integratsiyalashgan raqamli tarmoq) tarmoqlari (masalan, tranzit stansiyalar, mahalliy ATS, xalqaro stansiyalar) ning kanallar kommutatsiyalanadigan uzellari o‘rtasida interfeys bo‘lib xizmat qiluvchi blok. TMG axborotni yetkazish trafiki uchun barcha zarur o‘zgarishlarni ta’minlaydi. Magistral monokanal|Bitta yoki bir necha umumiy bo‘g‘inlari magistral tarzida amalga oshirilgan monokanal. Magistral monokanalning umumiy bo‘g‘ini odatda yassi kabelning o‘rama jufti, koaksial kabel va radio kanal asosida yaratiladi. Juft past tezliklarda, koaksial kabel esa katta tezliklarda ishlatiladi. Magistral pochta yo‘nalishi|Xalqaro pochtamtni pochta almashinuv punktlari, jumladan, xalqaro pochta almashinuv punktlari bilan bog‘lovchi pochta yo‘nalishi. Magistral tarmoq|Umumiy yuqori tezlikli aloqa liniyalariga ko‘priklar, marshrutizatorlar va kanal kontsentratorlari orqali bog‘lanadigan tarmoq segmentlari, uzellari hamda alohida stantsiyalarining majmui. Magistral uzel|Internet va/yoki elektron pochta tizimining, katta hajmdagi trafikni qayta ishlaydigan uzeli. Magnit disk|Kompyuterlarning xotira qurilmalarida ishlatiluvchi va bir o‘qda parallel joylashgan dumaloq plastina yoki plastinalar shaklida yaratilgan maʼlumotlar tashuvchisi. Magnit diskda har bir plastinaning bitta yoki ikkita tomoni magnit qatlami bilan qoplangan. Maʼlumotlar ushbu qatlamdagi halqa yo‘lkalariga yoziladi. Maʼlumotlarni yozish va o‘qish diskni aylantiruvchi diskyuritma yordamida amalga oshiriladi. Magnit disklarning asosiy turlariga qattiq disk va egiluvchan disk kiradi. Magnit karta|Magnit moddasi bilan qoplangan maʼlumotlar tashuvchi. U standart o‘lchamdagi plastik karta shaklida bo‘lib, undan ketma-ket foydalanish mumkin. Maʼlumotlarni yozish, saqlash va o‘qish uchun mo‘ljallangan. Ixtisoslashtirilgan kompyuterlar, masalan, bank xizmati tizimida qo‘llaniladi. Magnit tasma|Maʼlumotlarni saqlash uchun magnit moddasi bilan qoplangan egiluvchan tasma. Magnit tasma g‘altakka o‘raladi yoki ikki g‘altakli kassetada bo‘ladi. G‘altakli xotira to‘plagichlari boshqalaridan oldin paydo bo‘lgan bo‘lib,asosan katta va o‘rtacha kompyuterlarda ishlatiladi. Shu bilan birga, 4 mm kenglikdagi DAT raqamli audiotasmalar bilan ishlaydigan magnitofonlar ham keng tarqalgan. Magnit tasmasidagi to‘plagich (strimmer)|Axborotni magnit tasmaga yozuvchi uskuna, ishlash prinsipi xuddi oddiy kassetali magnitofonga o‘xshaydi. Afzalligi – katta hajm, ishonchlilik, arzon narx. Kamchiligi – ishlash tezligining pastligi. Magnit to‘plagich|Moddalarning magnit xususiyatlaridan foydalanadigan xotira qurilmasi. Magnit to‘plagichlari o‘qish usuli bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linadi: magnit tasma, magnit disk, magnit karta. Magnit chiziqli kartalar|Axborot kartaning orqa tomonida joylashgan uch yo‘lkali magnit chiziqda saqlanadigan oddiy kartalar. Magnitli antenna|Magnitli materialdan tayyorlangan (odatda ko‘p o‘ramli) o‘zakli ramkasimon antenna. Magnitli materiallar sifatida ko‘pincha magnitodielektriklar yoki ferritlar (ferrit antenna) ishlatiladi. Magnitli dipol|1. Elementar konturdagi, ya’ni konturdagi berk elektr toki, kuzatish nuqtasigacha bo‘lgan masofa bilan taqqoslanganda uning o‘lchami kichkina bo‘ladi.2. Elektr tokining elementar konturi magnit maydoniga teng, uning oʻlchamiga nisbatan katta masofada magnit maydoni hosil qiladigan istalgan elementar hajm. Magnitooptik disk|Maʼlumotlarni o‘ta zich saqlash uchun magnitooptik texnologiyalar asosida yaratilgan disk. U 1988-yilda yuzaga kelgan. Uning aktiv tashuvchisi terbiy qo‘shilgan temirkobalt qotishmasidir. Yozish uslubi qutblanishga asoslangan. Yozish jarayonida lazer nuri 1 mkmdan kam bo‘lgan joyni qizdiradi, buning natijasida ushbu nuqtadagi magnitlanganlik vektori tashqi magnit maydoniga parallel yo‘naladi. Aks etgan lazer nuri kuchsiz bo‘lib, magnitlanganlikni o‘zgartirish uchun yetarli bo‘lmaydi. Yozilgan maʼlumotlarni o‘chirish uchun tashuvchiga bir paytning o‘zida lazer nuri va tashqi magnit maydoni taʼsiridan foydalaniladi. Shu tarzda maʼlumotni o‘chirish va qayta yozish 10 mln. marta amalga oshirilishi mumkin. Disk juda katta xotiraga ega bo‘lib, maʼlumotlarni arxiv usulida saqlash uchun qo‘llaniladi. Magnitooptik kommutatsiyalanadigan asbob|Optik kommutatsiyalash elementlarida kuzatiladigan magnitooptik effekt hisobiga amalga oshiriladigan optik kommutatsiya asbobi. Magnitooptik kompakt-disk|1988-yilda ishlab chiqilgan kompakt-disk turi. Ma’lumotni ko‘p marotaba yozish va o‘chirish imkoniyatini beradi. Hajmi 128 Mbyte dan 2,6 Gbyte gacha. Hozirgi vaqtda bu formatdan foydalanilmaydi. Magnitooptik to‘plagich|Magnitooptik disklar bilan ishlash uchun mo‘ljallangan to‘plagich. Magnitooptik disk alyumin qotishmadan tayyorlanadi va plastik qobiqqa joylangan. Magnitooptik disklar (mos ravishda, diskovodlar) ikki o‘lchamda chiqariladi: 3,5 dyuymli disk 500 Mbyte ma’lumotni ichiga oladi; 5,25 dyuymli disk 2,3 Gbyte ma’lumotni ichiga oladi. Ma’lumotlardan erkin foydalanish vaqti 50 ms ga yaqin. Mahalliy foydalana olish va uzatish zonasi|Ko‘p juftli kabeldan iborat magistral kabelli uchastkani, bir yoki bir nechta tuman ATS hamda abonentlarni ulash uchun mo‘ljallangan kabelli liniyalarni ichiga oluvchi mahalliy telefon aloqa tarmog‘i. Mahalliy kommutatsiya markazi|Bitta aholi punkti yoki maʼmuriy tuman doirasida joylashgan foydalanuvchilar o‘rtasidagi telefon bog‘lanishlar o‘rnatilishini taʼminlaydigan uskunalar majmui. Mahalliy (lokal) ko‘p nuqtali taqsimlangan xizmat|26 GHz dan 30 GHz gacha bo‘lgan juda yuqori chastotalar diapazonida ishlaydigan simsiz aloqa tizimi yoki simsiz modem xizmati. Mahalliy tarif|Ma’lum geografik hududda amal qiladigan tarif stavkalari. Mahalliy telefon raqamlarining ko‘chirib o‘tkaziluvchanligi|Xizmatlar provayderi o‘zgartirilganda ayni telefon raqamini saqlab qolish imkoniyati. Mahalliy telefon tarmog‘ining abonent raqami|Telekommunikatsiyalar xizmatlarini ko‘rsatish yuzasidan shartnoma tuzilganda abonentga ajratiladigan raqam. Bu raqamga qarab, telekommunikatsiyalar tarmog‘iga ulangan oxirgi (terminal) uskuna identifikatsiya qilinadi. Mahalliylashtirish|Mavjud dasturiy mahsulotni tili boshqa mamlakatlarda foydalanish maqsadida qayta ishlash. Hujjatlar va foydalanuvchi interfeysi (menyu, xabarlar, aytib turishlar va yordam) ko‘chirilishini, hisoblashlar metodikalari o‘zgartirilishini va dasturlar birmuncha qayta ishlanishini ko‘zda tutadi. Ba’zida mahalliylashtirishga maslahat ta’minoti ham qo‘shiladi. Maishiy elektronika|Aholi foydalanadigan elektron apparatlar. Maishiy radioelektron apparat|Radioeshittirish va televizion dasturlarni, simli eshittirish dasturlarini, fonogrammalarni, videogrammalarni, shuningdek maxsus signallarni qabul qilish, qayta ishlash, sintez qilish, yozish, kuchaytirish va qayta eshittirish kabi bitta yoki bir nechta funksiyani bajarish uchun qo‘llaniladigan radioelektron qurilma. Majburiy nusxa tizimi|Jami shartli nusxa turlari, shuningdek, ularni to‘plash, tarqatish va foydalanishning belgilangan tartibi. Majburiy sinxronlash|Tarmoqning barcha tayanch generatorlarini sinxronlash usuli, unda o‘zaro bog‘langan va bo‘ysunuvchi qurilmalarning barchasiga sinxronlovchi signal bitta yetakchi stansiyadan kelib tushadi. Majburlash|Muhofaza usuli, bunga ko‘ra foydalanuvchilar va tizim personali moddiy, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik tahdidi ostida muhofaza qilinadigan axborotni qayta ishlash, uzatish va undan foydalanish qoidalariga rioya qilishga majbur bo‘ladilar. Majoritar element|Chiqish diskret signali qiymati uning kirishlarida ko‘pchilikni tashkil etgan bir-biriga teng qiymatlarga mos obyekt. Majoritar element ham qurilma tarkibiy qismi, ham dastur qismi bo‘lishi mumkin. Uning mohiyati shundaki, u toq sonli kirishlarga va bitta chiqishga ega bo‘lib, go‘yo ovoz berish jarayonini aks ettiradi. Yaʼni, elementning chiqish signali uning kirishlaridagi bir xil signallar qiymatini aks ettiradi. Masalan, uchta kirishli majoritar elementning ikkita yoki uchta kirishiga «bir» berilgan bo‘lsa, ushbu element chiqishida ham «bir» paydo bo‘ladi. Ikki yoki uch kirishida «nol»lar bo‘lsa, chiqishda ham «nol» bo‘ladi. Mak Ellis kriptotizimi|Xatolarni tuzatuvchi kodlarga asoslangan kriptotizim. Uning o‘ziga xos ikki kamchiligi bor: kalit uzunligining katta bo‘lishi va katta ortiqchalik (shifrmatn uzunligi xabar uzunligidan ikki marta oshadi). Maket plata|Laboratoriya sharoitlarida qurilmaning boshlang‘ich versiyasi yig‘iladigan va sozlanadigan plata. Makro|1. MAChine ROutine qisqartmasi. Bir necha mashina komandasidan tashkil topgan to‘plamga o‘giriluvchi dasturlash tilida berilgan alohida ko‘rsatma.2. Boshqa komandalar ketma-ketligini chaqiruvchi komanda.3. «Juda kata» maʼnosida ishlatiladi, masalan – makroiqtisodiyot. Makroblok|Yorqinlik va ranglilik signallari koeffitsiyentlarini bir necha DKO‘ bloklari orqali tasvirlanadigan hamda bitta siljish vektori bilan ifodalanuvchi odatda, 16x16 piksel kattalikka ega bo‘lgan tasvir sohasi. Makrodasturlash|Dasturlarni makrokomandalardan foydalanib yozish jarayoni. Makrogenerator|Translyator yoki makroassemblerning makroalmashtirishlarni bajaradigan qismi. Makrokengaytirish|Dasturda foydalaniladigan makrokomandani mashina komandalarga kompilyatsiyalash natijasi. Makrokomanda|Foydalanuvchi tomonidan ma’lum standart komandalardan tuziladigan, qandaydir tildagi komanda. Bu komandalarni tuzish uchun tegishli vosita – makrotil bo‘lishi kerak. Makros|Komandalar ketma-ketligi va/yoki noyob nomdagi makroregistratorda yozilgan klavishlarni bosish ketma-ketligi. Makrotil|Foydalanuvchiga boshlang‘ich komandalarni birlashtirish mumkinligi hisobiga o‘z ishini osonlashtirish yoki uzun, tez-tez takrorlanadigan matn o‘rniga uning shartli ekvivalentini kiritish imkonini beradigan dasturiy vosita. Makrotil foydalanuvchi tomonidan yaratiladigan makrotavsiflardan (makrokomandalardan, makroalmashtirishlardan) va ularni natijalovchi matnlarga (shu jumladan, dasturlarga) o‘tkazadigan dasturlardan iborat. Makrouya|Odatda, radiusi 1 km dan to 35 km gacha bo‘lgan hududni o‘z ichiga oladigan uyali aloqa tarmog‘ining xizmat ko‘rsatish sohasi.Izoh − Bir nechta mikro va pikouyalardan iborat bo‘lishi mumkin. Makrouya chegarasida bir vaqtda bitta chaqiruvga xizmat ko‘rsatadigan, ikkita yoki undan ortiq parallel bog‘lanishni saqlab turish imkoniyati ta’minlanadi. Makrovirus|Aniq bir ilova uchun mo‘ljallangan makros ko‘rinishidagi fayl virusi. Zararlangan fayl ochilganda virus dasturga birikib oladi va u murojaat qiladigan barcha fayllarni zararlaydi. Maksimal ajratish|Monitorda o‘rnatish mumkin bo‘lgan eng katta ajratish. U ba’zan mavjud o‘lchamdagi monitor uchun talab etilganidan katta bo‘ladi. Maksimal haqiqatga o‘xshash algoritm|Dekoder uzatishda shartli ehtimolligi maksimal bo‘lgan kodli so‘zni tanlaydigan dekodlash ketma-ketligi. Maksimal qoʻllaniladigan chastota|Ma’lum bir sharoitlarda berilgan vaqtda berilgan punktlar oʻrtasida radiotoʻlqinlarning ionosferali tarqalishi mavjud boʻlgan radionurlanishning eng katta chastotasi. Maksimal yorqinlik|Tashqi yoritish bo‘lmaganda va farqlanuvchi satr tuzilma mavjudligida qoraning tasvirda berilgan darajasida televizion ekranda o‘lchanishi mumkin bo‘lgan eng katta yorqinlik. Maksimal yoʻl qoʻyiladigan quvvat|Antennaga oʻtkazilishi mumkin boʻlgan va elektr teshilish hamda antenna elementlarining buzilish imkoniyati cheklangan quvvat. Mamlakat bilan bevosita so‘zlashuv yoki boshqa mamlakat operatorini to‘g‘ridan-to‘g‘ri chaqirish|Mamlakatdan tashqarida joylashgan foydalanuvchining maxsus raqamini terib, chaqiriluvchi abonent hisobidan to‘langan (xizmat uchun hisob-kitob) yoki oldindan to‘langan kredit kartochka (xalqaro yoki abonent yashagan mamlakat) orqali ushbu mamlakat abonenti bilan so‘zlashuvga buyurtma uchun mamlakatning operatori (o‘zining yashash joyi va foydalanuvchi raqamini ro‘yxatga olish) bilan bog‘lanish imkonini beradigan xizmat.Izohlar1. Chaqiriluvchi abonent to‘lov yig‘indisi to‘g‘risida xabardor qilinishi kerak. Ma’lumotlar so‘rovi xizmatlarning ushbu turidan chiqarib tashlangan bo‘lishi mumkin.2. Ayrim hollarda chaqiruvchi abonentga xizmatlarning ushbu turidan erkin foydalanish uchun to‘lov tavsiya qilinishi mumkin. Har qanday holatda bunday tarifning qo‘llanilishi bog‘lanishga buyurtma amalga oshiriladigan mamlakatning milliy vakolatiga kiradi. Mamlakat kodi|Chaqirilayotgan mamlakatni belgilaydigan, bitta, ikkita yoki uchta raqamdan iborat birikma. Mamlakat mobil kodi|Xalqaro identifikatsiyalash raqami IMSIning sarlavhasida ko‘rsatilgan uchta raqamdan iborat indeks. Mamlakatning yagona axborot makoni|Yagona prinsiplar va umumiy qoidalar asosida, dunyo axborot makoniga kirishdagi manfaatlar muvozanati saqlangan va milliy axborot mustaqilligi taʼminlangan holda, mamlakatning barcha hududida ochiq axborot resurslaridan teng ravishda foydalana olish sharoitida, davlat, tashkilotlar va fuqarolarning xavfsiz axborot o‘zaro hamkorligini, shuningdek, ularning axborotga bo‘lgan ehtiyojlari iloji boricha to‘liq qondirilishini taʼminlash imkonini beradigan axborot resurslari hamda axborot infratuzilmasining yig‘indisi. Manba|Turli fizik tabiatdagi xabarlar yoki signallar ko‘rinishidagi axborotni to‘plash, saqlash, o‘zgartirish va berishi mumkin bo‘lgan moddiy obyekt yoki subyekt. Manba kuchlanishini avtomatik almashlab ulash|Operator ishtirokisiz ta’minot kuchlanishini 120 V dan 220 V yoki 240 V ga almashlab ulash. Manbani kodlash|Berilgan alifbo doirasida o‘zgaruvchan uzunlikdagi kodlardan, xabardagi simvollar sonini, xabardagi butun axborotni taqdim etish yoki hech bo‘lmaganda bunday qisqartirish shartlarini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan eng kam darajagacha kamaytirish maqsadida foydalanish. Manbani o‘chirish|Asbob-uskunalarni elektr manbaidan uzish. Manchestercha kodlash|Maʼlumotlarni kanal orqali uzatish uchun kodlash uslubiyati. Manchestercha kodlash mantig‘i ikkilik sanoq tizimiga oid signalni manchestercha kodga aylantirish bilan bog‘liq. Mazkur kodlashni amalga oshirishda muvaqqat bit oraliqlari deb atalmish muddatlarga bo‘linadi. Mandat|1. Obyektdan erkin foydalanish uchun bitta yoki bir nechta huquqlarni taqdim etish.Izoh – Mandat erkin foydalanishga ruxsat berish hisoblanadi.2. Ma’lum subyektning ma’lum obyektdan foydalanish turini belgilovchi, erkin foydalanish matritsasi elementi. Har safar mandat subyektga dinamik ravishda – erkin foydalanish so‘ralganda beriladi. Mandatlarni tarqatish juda ham o‘zgaruvchan tarzda yuz berishi sababli, ular bevosita obyektlar ichida joylashishi mumkin, buning oqibatida ularni nazorat qilish juda ham qiyin. Sof ko‘rinishda bu mexanizmdan juda kam foydalaniladi. Biroq, erkin foydalanishni nazorat qilishning boshqa mexanizmlari ko‘pincha mandatlar yordamida amalga oshiriladi.3. Taqdim etiladigan vakolat shakli, unga egalik qilish tizim resursidan erkin foydalanish huquqini tasdiqlaydi.4. Qandaydir obyektning talab etiladigan identikligini (o‘xshashligini) tasdiqlash uchun uzatiladigan axborot. Mandatli foydalana olish|Obyektlardan foydalana olishni boshqarish usuli. Obyektda mavjud bo‘lgan axborotning maxfiylik yoki kritiklik darajasiga, ma’lum bir kritiklik darajasidagi axborotdan foydalana olishda subyektning vakolatlari va huquqlarini rasman tekshirishga asoslangan.Izoh – Foydalana olishni mandatli boshqarish:– tizimning barcha subyektlari va obyektlari bir xil identifikatsiya qilinganligini;– tizimning har bir obyektiga, undagi axborotning qiymatini belgilovchi kritiklik belgisi berilganligini;– tizimning har bir obyektiga subyekt foydalana olishi mumkin bo‘lgan obyektlar kritiklik belgisining maksimal qiymatini o‘rnatuvchi bazaviy xavfsizlik darajasi berilishini nazarda tutadi. Manfaatdor bo‘lmagan hakam protokoli|Arbitrli protokolga o‘xshash protokol, lekin undan farqli ravishda manfaatdor bo‘lmagan hakam faqat protokol ishtirokchilari o‘rtasida bahsli holatlar yuz bergan hollardagina paydo bo‘ladi. Manfaatdor bo‘lmagan hakam, arbitrdan farqli ravishda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri protokolda ishtirok etmaydi, lekin manfaatdor bo‘lmagan hakamga aldovni aniqlash uchun imkon beradigan ma’lumotlar mavjud bo‘ladi. Manipulyator|Kompyuter holatini boshqarish, shu jumladan, qo‘llar yordamida ma’lumotlarni kiritish imkonini beradigan qurilma. Manipulyatorga joystik, «sichqoncha», trekbol, sensorli panel, pero, trekpoint, J-klavish kiradi. Eng keng tarqalgan manipulyator – klaviatura. Manipulyatsion kod|Har bir signalga simvollar to‘plamini taqqoslaydigan kod, bunda qo‘shni signallarga tegishli bo‘lgan ketma-ketliklar ikkilik simvollarning eng kam soni bilan farqlanib turishi kerak. Manipulyatsiya qilish|1. Biror narsa ustida murakkab usul, harakat.2. Informatikada – maʼlumotlarni qayta ishlash. Bunda dasturlar foydalanuvchi komandalarini qabul qilib, kompyuterga nima va qaysi tartibda bajarish kerakligini buyuradi.3. Algebraik ifodalarni qayta o‘zgartirish.4. Maʼlum qurilmani boshqarayotganda muayyan vazifani bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘l harakati. Odatda robotlar inson qo‘llari harakatlariga taqlid qiladi va buyumlarni olib ularning fazodagi joyini o‘zgartirishni taʼminlaydi. Manipulyatsiyani aniqlash|Ma’lumotlarning tasodifan yoki qasddan qilinadigan o‘zgartirishlarni aniqlash uchun qo‘llaniladigan protsedura. Mansell bo‘yicha rang miqdori|Odatdagi sharoitlarda, yorqinlikni sezishning taxminan bir tekis darajasini kuzatish imkonini beradigan shkala yordamida ifodalangan rangli predmet uchun yorug‘likni o‘tkazish yoki qaytarish kattaligi. Mansell rang tizimi|Uch o‘zgaruvchidan ikkitasi, xususan, tusi (rangning tusi), miqdori va xromlari doimiy bo‘lgan bir tekis rang shkalasidan foydalanishga asoslangan jismlar rangini aniqlaydigan tizim. Mantiq|Mantiqiy tafakkur shakli va qonunlari to‘g‘risidagi fan. Mantiq fanining obyekti – tafakkur qonunlari, shakllari, uslublari va operatsiyalaridir. Mantiq fani u o‘rganadigan predmet sohasining turi bo‘yicha ikki bo‘limdan iborat: formal mantiq va dialektik mantiq. Formal mantiq statik borliqqa, dialektik mantiq dinamik borliqqa oiddir. Formal mantiq ilmining asoslari eramizdan avvalgi IV asrda buyuk yunon olimi Aristotel tomonidan yaratilgan. IX asrda yashab o‘tgan Markaziy Osiyolik alloma Abu Nasr Farobiy Aristotelning umumiy formal mantiq tizimini uning boshqa asarlari asosida to‘ldirib, o‘z zamonasi uchun eng muhim mantiq fanini shakllantirib bergan. Yo rost yo yolg‘on bo‘lishi mumkin bo‘lib qiymatlari ikkilik sanoq tizimiga xos fikrlar, yaʼni hukmlar ustida matematik tahlil va deduktiv fikrlashni birinchi bo‘lib XIX asr o‘rtalarida Irlandiyalik Jorj Bul qo‘llagan. Bu Bul algebrasi deb ataluvchi mantiq algebrasi yaratilishiga va oxir oqibatda XX asr o‘rtalarida elektron hisoblash mashinalarining yaratilishiga olib kelgan. Mantiqiy analizator|Murakkab raqamli qurilmalarni sozlash va diagnostika qilish uchun mo‘ljallangan qurilma. Mantiqiy bomba|1. Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimining muayyan bir holatida ishga tushadigan va tizimni ishdan chiqishiga olib keluvchi zararli dastur.2. Avtomatlashtirilgan tizim resurslarining (ma’lumotlar, dasturiy yoki apparat ta’minot) shikastlanishiga olib keluvchi va ayrim shartlar bajarilganda ishga tushadigan kompyuter dasturi yoki dastur fragmenti.3. Elektron hisoblash mashinasining, ma’lumotlarni buzish, yo‘q qilish yoki o‘zgartirish maqsadida, davriy ravishda yoki muayyan vaqtda bajaradigan dasturi. Mantiqiy dasturlash|Dasturlash uslubi, bunda dastur xulosalar shakllanadigan faktlar va bog‘liqliklardan iborat bo‘ladi. Prolog tilida amalga oshirilgan. Mantiqiy dasturlash tili|Deklarativ tillarga tegishli bo‘lgan dasturlash tili; mantiqiy xulosa qoidalari va kirish ma’lumotlari o‘rtasidagi munosabatlarni belgilash asosida qurilgan. Mantiqiy disk|Qattiq disk xotirasining maxsus qismi. Mantiqiy diskni operatsion tizim alohida qurilma sifatida qabul qiladi. U o‘zining nomiga, katаloglarga ega. Mantiqiy formatlash|Diskda operatsion tizim foydalanadigan jadvallar, kataloglar va xizmat sektorlari tuziladigan formatlash. Mantiqiy ifoda|Ustida mantiqiy operatsiyalar bajariladigan obyektlar operandlar bo‘lgan ifoda. Har bir dasturlash tili o‘zining ifodalar tuzish qoidalarini va operatsiyalarni belgilashlarni belgilaydi (sintaksis). Mantiqiy ifodaning bajarilish natijasi – ChIN yoki YoLG‘ON mantiqiy qiymatlardan biri. Mantiqiy inkor|Mantiqiy amal. Ba’zi dasturlash tillarida NOT kabi belgilanadi va NOT p ko‘rinishida yoziladi, bu yerda p – mantiqiy ifoda. Mantiqiy kanal raqami|x.25 tarmoqlaridagi virtual kanal identifikatori. Mantiqiy ko‘paytirish, VA mantiqiy funksiyasi|Operandlarning ikkilik (0,1) razryadlari yoki mantiqiy kattaliklari ustida bajariladigan, «chin» qiymati faqat har ikki operand 1 ga teng bo‘lganda yoki ikkala operand chin bo‘lgandagina qaytariladigan operatsiyalar. Mantiqiy ko‘paytma|Operandlarining har ikkisi chin bo‘lganda, natijasi chin bo‘ladigan VA mantiqiy amali. Mantiqiy manzil|Xotira sohasining, periferik yoki tarmoq qurilmasi, Internet, elektron pochtaning ramziy yoki shartli manzili. Translyatsiya qilishda yoki ishlash jarayonida tegishlicha dasturiy yoki apparat ta’minot yordamida fizik manzilga aylantiriladi. Mantiqiy matritsa, ventilli matritsa|Berilgan funksiyalarni bajarish imkoniyati bo‘ladigan qilib birlashtirilgan mantiqiy ventillarning jami ko‘rinishidagi maxsus mikrosxema. Mantiqiy mikroprotsessor|Axborotni qayta ishlaydigan va saqlaydigan, mantiqiy sxemalardan tashkil topgan mikroprotsessor. Mantiqiy nom|Operatsion tizim qandaydir qurilma yoki qurilmalar toifasiga, amaliy dasturiy ta’minot qurilma konstruksiyasining o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq bo‘lmasligi uchun beriladigan nom. Mantiqiy obyekt|Obyekt to‘g‘risidagi axborot saqlanishi mumkin bo‘lgan obyekt, mantiqiy obyekt deb hisoblanadi. Mantiqiy obyektlar va ularning munosabatlari munosabatlar diagrammasi yordamida tavsiflanadi. Mantiqiy operatsiya|Mantiqiy mulohazalar ustidagi operatsiyalar. Ko‘pgina dasturlash tillarida ikki o‘rinli operatsiyalar: mantiqiy qo‘shish (OR), mantiqiy ko‘paytirish (AND), implikatsiya («-»), istisno qiluvchi «yoki»; bir o‘rinli operatsiya – mantiqiy inkor (NOT) belgilanadi. Mantiqiy operatsiya belgisi|Mantiqiy operatsiya simvoli (VA-AND, YO‘Q-NOT, YoKI-OR, Faqat YoKI-XOR). Mantiqiy qiymat|1 yoki 0 ikkilik qiymatlar. Mantiqiy qurilma|Dasturiy yo‘l bilan yaratilgan, biroq funksional jihatdan fizik qurilma kabi ishlaydigan qurilma. Bitta mantiqiy qurilmaga bir nechta fizik qurilma, va aksincha, to‘g‘ri kelishi mumkin. Masalan, bitta fizik qattiq disk bir qancha mantiqiy disklarga bo‘linishi mumkin. Mantiqiy qo‘shish|Hech bo‘lmasa bitta operandi yoki har ikki operandi chin bo‘lganda, natijasi chin bo‘ladigan YoKI mantiqiy operatsiyasi. Mantiqiy siljish|Registr ichidagini, registrdan chiqarib tashlanadigan bitni yo‘qotgan holda, chapga yoki o‘ngga razryadlab ko‘chirish. Bo‘sh razryadlar nollar bilan to‘ldiriladi. Mantiqiy sxema|Ma’lumotlarni qayta ishlaydigan yoki mantiqiy operatsiyalarni bajaradigan mikrosxema. Mantiqiy sxemalar sintezi|Mikrosxemani loyihalashdagi bosqich. Yuqori daraja tilidagi mikrosxema tavsifini mantiqiy ventillar va ularning birikmalariga aylantirishda ifodalanadi. Mantiqiy topologiya|Tizimning fizik topologiyasidan farq qiluvchi mantiqiy chizmasi. Masalan, lokal tarmoqlarda tarmoq fizik nuqtai nazardan «yulduz» topologiyasi ko‘rinishida bo‘lishi mumkin bo‘lsada, tarmoq mantiqiy shina sifatida faoliyat ko‘rsatishi mumkin. Mantiqiy ventil|Kirish signallari ustida eng oddiy mantiqiy operatsiyalarni amalga oshiradigan ventil. Mantiqiy xulosa mashinasi|Ekspert tizim bilimlar bazasida saqlanadigan mantiqiy xulosa qoidalari va faktlar asosida xulosa shakllantirish mexanizmi. Mantiqiy yozuv|Fizik joylashishiga bog‘liq bo‘lmagan holda ma’lumotlarni yozish. Yozuv, masalan, ikkita turli xil faylda saqlanishi mumkin. Mantiqiy shina|Lokal tarmoqlar topologiyasi, masalan, Ethernet kabi umumiy aloqa kanalidan foydalanadigan topologiya. Manzil|1. Tarmoq yoki tarmoq qurilmasiga uni axborot almashinuvi vaqtida boshqa tarmoqlar va qurilmalar aniqlay olishi uchun beriladigan noyob identifikator.Izoh − Manzillar mantiqiy (ramziy yoki shartli), fizik (apparat) yoki tarmoq manzillari shaklida bo‘lishi mumkin.2. Internet tarmog‘ida avtomatlashtirilgan axborot tizimi joylashgan yerning simvolli taqdim etilishi. Manzil arifmetikasi|Murakkab manzillash tizimlarida manzillarni hisoblash protsedurasi. Manzil deshifratori|Manzilni, xotira qurilmasiga yuborilayotgan boshqaruvchi signallarga o‘zgartirgich. Manzil fazosi|1. Protsessor yoki dastur foydalana oladigan yoki foydalana olishi mumkin bo‘lgan manzillar diapazoni. Manzil shina kengligiga va protsessor registrlarining razryadliligiga bog‘liq.2. Dasturga ajratilgan fizik yoki virtual manzillar diapazoni. Manzil liniyasi, manzil satri|1. So‘raladigan yoki saqlanadigan axborotning manzilini ko‘rsatish uchun foydalaniladigan chiziqlardan biri. Axborot matritsa ko‘rinishida tashkil qilinishi sababli, manzil liniyalaridan to‘liq foydalanish sikli ichida ikki marta ‒ satr va ustun raqamini ko‘rsatish uchun foydalaniladi.2. Internetda yoki lokal kompyuterda bo‘lgan fayllarni ochish vositasi. Manzilning manzil satriga kiritilishi, shu manzilda bo‘lgan faylning ochilishiga so‘rovni bildiradi. Manzil maydoni|Mashina komandasi yoki xabarning manzilni ichiga oladigan qismi. Manzil niqobi|Manzilning qaysi qismi tarmoqqa yoki kichik tarmoqqa, qaysi biri xost-mashinaga taalluqli ekanligini tasvirlash uchun foydalaniladigan bitlar kombinatsiyasi. Ba’zan oddiygina qilib, niqob deb ham ataladi.Manzil registrirus. - адресный регистрing. - аddress registerProtsessorning, tezkor xotira qurilmasi to‘liq manzilini yoki manzilning ma’lumotlar bajaruvchi manzilini yoki navbatdagi bajariladigan komandani hisoblashda foydalaniladigan qismini ichiga oladigan registri. Manzil strobi|Protsessor yoki xotira kontrolleri yuzaga keltiradigan, xotira mikrosxemasining kiruvchi boshqaruv signallaridan biri. Manzil zanjiri|Manzil shinasi va manzil qurilmasi o‘rtasida o‘rnatiladigan mikrosxem (masalan, tezkor xotira qurilmasi). Manzil shinasi|1. Kompyuter xotirasida axborot saqlanadigan va kiritish mumkin bo‘lgan joyni aniqlash uchun xizmat qiladigan o‘tkazgichlar va yordamchi elementlar tizimi.2. Signallarni uzatishda ishlatiladigan tizim shinasidagi liniyalar to‘plami, ular yordamida protsessor tomonidan bajariladigan o‘qish/yozish va kiritish-chiqarish operatsiyalarini bajarish uchun xotira yacheykasining joylashgan o‘rni aniqlanadi.Izoh − Shina kengligi plataning xarakteristikalariga qarab o‘zgaradi (8 dan 64 razryadgacha). Ayrim kompyuterlarda tashqi qurilmalar registrlariga kira olish uchun ham ishlatilishi mumkin. Manzillar jadvallari|Kommutatorlar, ko‘priklar va marshrutizatorlarda saqlanadigan va ushbu qurilmalarga tarmoqdagi fizik qurilmalarning joylashishini «eslab qolish» imkonini beradigan jadvallar. Manzillar kitobi|Pochta dasturlaridagi pochta manzillari ro‘yxati.Izoh − U pochta qutisining egasi tomonidan to‘ldiriladi, ayrim hollarda avtomatik to‘ldirish imkoni ham mavjuddir. Pochta manzillarini kiritishdan tashqari manzil kitobida odatda ism, familiya, telefon raqami va boshqa shaxsiy ma’lumotlar kiritiladi. Manzillarni aniqlash protokoli|TCP/IP va Apple Talk tarmoqlarida foydalaniladigan protokol. U xost-kompyuterga agarda uning faqat mantiqiy manzili ma’lum bo‘lsa, tarmoq uzelining fizik manzilini aniqlash imkonini beradi. Protokoldan foydalanishda, tarmoq platasi tarmoq uzellarining mantiqiy manzillarini apparat manzillarga o‘zgartirish uchun xizmat qiladigan jadvalni ichiga oladi. Manzillarni hal etishning teskari protokoli|Teskari ARP amalini bajaradigan protokol. Manzillarni sozlash|Manzillarning obyekt yoki yuklash modulida modifikatsiyalash. Komponovkachi yoki yuklovchi tomonidan, uni muayyan manzil bo‘yicha joylashtirish paytida bajariladi. Manzillarni tasvirlash|1. Manzillarni bir formatdan boshqasiga ko‘chirish usuli. Turli tarmoq protokollariga birgalikda ishlash imkonini beradi.2. Fizik manzilni virtual yoki mantiqiy manzil bo‘yicha hisoblash. Manzil(lar)ni o‘zgartirish|Protokol IP-manzilini tegishli fizik manzilga o‘zgartirish. Manzillarning dinamik translyatsiyasi|Virtual manzillarni virtual xotira bilan ishlashni qo‘llab-quvvatlaydigan xotirani boshqarish qurilmasi va operatsion tizim tomonidan bajariladigan jismoniy xotira manzillariga aylantirish. Manzillash|1. Nomerlarini ko‘rsatish yo‘li bilan kompyuter portlariga yoki xotiraning alohida yacheykalariga, tez kirishni (foydalanishni) ta’minlash usuli.2. Kompyuter tarmoqlarida abonent joylashgan yerni aniqlash usuli. Manzillash rejimi (usuli)|Protsessor tomonidan, komanda murojaat qiladigan ma’lumotlar elementi manzili (operand) ni hisoblab topish usuli. Registrli va noregistrli, to‘g‘ri, indeksli, nisbiy va bilvosita, operand manzilini bir vaqtda oshirish yoki kamaytirish bilan manzillash bor. Manzilli dastur|Tashkilot tomonidan yil mobaynida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlar rejasi. Manzilni modifikatsiya qilish|Obyektga murojaat qilish. Bunda maxsus dasturlar va elektron jadvallar yordamida mantiqiy va virtual manzillar fizik manzillarga aylantiriladi. Foydalanuvchilar ko‘zlangan obyekt, masalan, bitta tizimdan boshqasiga ko‘chirilganligini sezmasligi mumkin. Manzilni o‘zgartirish|Kompyuterlardagi adreslash sxemalarida farqlarni bartaraf etish usuli. Manzilni o‘zgartirish odatda, tarmoq sathi (IP-manzillari)ni kanal sathi (MAS-manzillari) bilan birlashtirish usulini aniqlaydi. Manzilning o‘zgarishi|Manzil bo‘yicha bajariladigan arifmetik, mantiqiy yoki sintaksis operatsiya. Masalan, effektiv manzil, indeksli manzil, nisbiy manzil, ko‘chiriladigan manzil. Mapping|1.Ma’lumotlarni bir shakldan boshqa shaklga o‘zgartirish jarayoni.2. Eltuvchining mumkin bo‘lgan holatlarini modulyatsiyaning vektor diagrammasida (signal yulduzida) tegishli pozitsiyalar bilan tasvirlash, bunda pozitsiyaning gorizontal o‘qqa nisbatan burchagi eltuvchi fazasini, koordinata boshidan pozitsiyagacha bo‘lgan masofa eltuvchi amplitudasini belgilaydi.3. Bitlar ketma-ketligini boshqa bitlar ketma-ketligiga modulyatsiya turiga bog‘liq ravishda ma’lum qoida bo‘yicha o‘zgartirish jarayoni.4. Bitlar ketma-ketligini signal yulduzining modulyatsiya simvollariga bog‘liq ravishda ma’lum qoida bo‘yicha o‘zgartirish garayoni. Maqsadli dastur|Muayyan maqsad (vazifa) ga erishishga yo‘naltiril-gan, muddatlar, bajaruvchilar, resurslar tomondan o‘zaro muvofiqlashtirilgan, bajariladigan tadbirlar (ko‘rsatiladigan xizmatlar) majmui. Maqsadli katalog|Fayllardan nusxa ko‘chiriladigan katalog. Maqsadli til|Dasturning boshlang‘ich matni translyatsiya qilinadigan yoki assembrlanadigan til. Boshqa dasturlash tili yoki mikrokontrollerdan superkompyutergacha bo‘lgan har qanday protsessorning mashina tili maqsadli til bo‘lishi mumkin. Markalangan badiiy pochta konverti (varaqchasi)|Bosmaxona usulida pochta markasi tasviri va badiiy illyustratsiya tushirilgan standart pochta konverti (standart pochta varaqchasi). Markalangan pochta konverti: markalangan pochta konverti (varaqchasi)|Bosmaxona usulida pochta markasi tasviri tushirilgan standart pochta konverti (standart pochta varaqchasi). Markalar preyskuranti|Kolleksion pochta markalari va bloklari uchun narxlar maʼlumotnomasi. Markali varaq|Perforatsiyalangan yoki perforatsiyalanmagan qog‘ozning bir varag‘ida chiqariladigan ikkitadan ortiq pochta markasining har qanday kombinatsiyasi. Markaz|Matn yoki tasvirlarni tekislash variantlaridan biri. Bunda satrlar sahifa yoki yacheyka markazi bo‘yicha gorizontal tarzda tekislanadi. Markaziy davlat boshqaruvi organlari|Davlat hokimiyatining yuqori pog‘onasidagi, o‘zining vakolati doirasida mustaqil davlatning butun hududida davlat boshqaruvini amalga oshirishga vakolati bo‘lgan organlar. Markaziy protsessor|Kompyuterning, hisoblashlarni, komandalarni bajaradigan va kompyuterning qolgan qismlari o‘rtasida axborot almashinuvini amalga oshiradigan elementi. Markaziy protsessor boshqaruvchi va bajaruvchi qurilmalarini o‘z ichiga oladi, kompyuter barcha qurilmalarning ishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi, arifmetik va mantiqiy axborot jarayonlarini bajaradi. Markaziy zona|Televizion kadrning chetlari bo‘yicha yo‘qotishlar miqdoridan qat’i nazar, barcha televizion qabul qilgichlarda tiklanadigan qismi. Markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasi|Tarkibi yagona axborot massivi ko‘rinishida bitta elektron hisoblash mashinasidagi bitta yoki bir nechta tashuvchida joylashtirilgan ma’lumotlar bazasi. Markazlashtirilgan sinxronlash|Bir nechta televizion signal manbalari chiqaradigan signallarning chastota va fazasini bitta (markaziy) manba ishlab chiqaradigan tayanch signalning chastota va fazasiga sozlash orqali televizion sinxronlash. Markazlashtirilgan tarmoq|Boshqarilishi, tarmoqning barcha resurslari tegishli bo‘lgan yagona serverdan amalga oshiriladigan kompyuter tarmog‘i. Markazlashtirilgan tarzda boshqarilаdigan tarmoq xavfsizlik kontrolleri|Tarmoq xavfsizligini ta’minlash usuli, bunda asosiy xavfsizlik funksiyalari tarmoqning bitta uzelida (yacheykasida) – markaziy kontrollerida amalga oshiriladi. Markazlashtirilmagan (bir rangdagi) tarmoq|Lokal hisoblash tarmog‘i, unda boshqarish funksiyasi navbati bilan bir ishchi stansiyadan ajratilgan serverlarga ega bo‘lmagan boshqa ishchi stansiyaga uzatiladi. Markazlashtirilmagan qayta ishlash|Qayta ishlaydigan uzellari turli уerda joylashgan, ular o‘rtasidagi ma’lumotlar almashinish trafik hajmi bilan cheklangan kompyuter tizimi. Marker|1. Elektron mazmun tashuvchi.2. Aniqlanadigan so‘zlarni, masalan, tilning xizmatga oid so‘zlarini, konstantalarni va sh.k., taqdim etish uchun mo‘ljallangan qisqa kod. Marker-kanal|WCDMA tizimidagi, mobil stansiya tomonidan tayanch stansiyani aniqlashda foydalaniladigan kanal. Bu kanalda, vaqt bo‘yicha uchta signal multipleksorlangan, ya’ni umumiy pilot signal, mantiqiy kanallar to‘g‘risidagi ma’lumotlar va Gold kodli ketma-ketliklari. Markerni uzatish, markerli halqa|Halqali topologiya tarmog‘idagi kommunikatsiya usuli, bunda markerlar deb ataladigan maxsus xabarlar tizimda doimo aylanadi. Markerning sirkulyatsiya vaqti|Halqa tuzilmali hamda markerli kirishga ega tarmoqda markerning aloqa bog‘lamasiga kelishining ikki ketma-ket onlari o‘rtasidagi vaqt. Marketing|Mahsulot yoki xizmatlarni sotish bilan bog‘liq jamiyat faoliyati. Marketingni o‘tkazish uchun maxsus axborot tizimlari yaratiladi. Ularning har biri mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan axborotni yaratish, tahlil qilish va tarqatishga qaratilgan jami uslub va tartiblardan iborat. Marke-tingni o‘tkazishda maʼlumotlarni qayta ishlash va ularni uzatish uslublari va vositalari, amaliy dasturlar majmuidan foydalanish muhim rol o‘ynaydi. Bular axborotni to‘plash, saqlash, olingan maʼlumotlarga statistik qayta ishlash, kalendar rejalashtirish va h.k.larni taʼminlaydi. Marshrutizator|1. Bir nechta lokal tarmoqni bitta tarmoqqa birlashtiruvchi va ma’lumotlarni bir tarmoqdan, paketlarni filtrlaydigan va tarmoqni kerak bo‘lmagan paketlardan muhofaza qiladigan, boshqa tarmoqqa uzatilishini ta’minlaydigan qurilma.Izoh – Marshrutizator uchinchi (tarmoq) OSI cathda joylashadi va paketlarni uzatishning bir nechta yo‘llaridan birini tanlashni ta’minlaydi.2. Bir nechta tarmoq trafigini uzatish yo‘llaridan birini tanlash to‘g‘risidagi qarorlarni qabul qilish uchun javob beruvchi tizim. Bu vazifani bajarish uchun tarmoq to‘g‘risidagi axborot va marshrutlash metrikasi («routing metrics») deb nomlanuvchi, bir nechta mezonlar asosida eng yaxshi yo‘lni tanlash algoritmlarini o‘z ichiga oluvchi marshrutlash protokollaridan foydalaniladi.3. Tarmoq trafigi yo‘naltirilishi kerak bo‘lgan optimal yo‘lni tanlash uchun, bir yoki bir necha metrikadan foydalanadigan, OSI modelining tarmoq sathida ishlaydigan qurilma. Marshrutizatorlar paketlarni bir tarmoqdan boshqasiga, marshrutli axborotni yangilash paketlaridagi mavjud tarmoq sathi axborotlariga tayangan holda, qayta yo‘llaydi. Marshrutlash|1. Axborot manbadan qabul qilgichga uzatiladigan uzatish traktlari va tarmoq uzellarining ketma-ketligini tanlash.2. Xabarlarni uzatish uchun optimal yo‘lni tanlash jarayoni.3. Bitta yoki bir nechta tarmoq orqali paketni uzatishning optimal yo‘li (marshruti) ni tanlash jarayoni. Barcha tarmoq uchun markazlashgan tarzda yoki bir-biridan mustaqil ravishda tarmoqning turli uzellarida hisoblanadigan taqsimlangan usulda shakllanishi mumkin bo‘lgan doimiy (tizimning ish boshlashidan oldin hisoblanadigan) yoki dinamik marshrut jadvallari asosida amalga oshiriladi. Marshrutlash usullari vektorlar uzunligi, qisqa yo‘lni afzal ko‘ruvchi algoritm ma’lumotlaridan, shuningdek, turli tarmoqlarda qo‘llaniladigan boshqa usullar va texnologiyalardan foydalanishga asoslangan. Bu usullar, algoritmlar va texnologiyalar marshrutlash protokollaridan foydalanib amalga oshiriladi.4. Oluvchining xost-mashinasigacha bo‘lgan yo‘lni belgilash jarayoni. Oluvchining xost-mashinasiga yetgunga qadar, paket o‘tishi kerak bo‘lgan potensial oraliq uzellar soni katta bo‘lishi tufayli, yirik tarmoqlardagi marshrutlash murakkab operatsiyani o‘zida aks ettiradi. Marshrutlash jadvali|1. Paketlar yoki xabarlar kommutatsiyasi bilan tarmoq uzeliga bog‘langan va har bir adresat uchun optimal chiqish kanalini ko‘rsatuvchi jadval; bir nechta chiqish kanallari ularning afzalliklari tartibida ko‘rsatilishi mumkin.2. Marshrutizatorda yoki tarmoqlararo birlikda ishlash qurilmasida tarmoqlarga marshrutlar aniq saqlanadigan jadval, ayrim hollarda, shunday marshrutlar uchun metrikalar yoziladi. Marshrutlash jadvallari porotokoli|VINES arxitekturasi uchun RIP protokoliga asoslangan marshrutlash protokoli. Tarmoq topologiyasi to‘g‘risidagi axborotni tarqatadi va VINES-serverlarga qo‘shni mijoz serverlar va marshrutizatorlarni topishga yordam beradi. Marshrutlash metrikasi sifatida kechikish kattaligidan foydalaniladi. Marshrutlash jadvallarini boshqarish protokoli|Apple Computer kompaniyasi ishlab chiqqan axborotlarni marshrutlash protokoli. Bu protokol Apple Talk tarmog‘idagi ixtiyoriy jo‘natuvchidan ixtiyoriy oluvchigacha deytagramma marshrutlarini o‘tkazish uchun talab qilinadigan marshrutli axborotni boshqaradi. RTMP protokolidan foydalanib, marshrutizatorlar topologiyadagi o‘zgarishlarni aks ettirish uchun marshrutlash jadvallaridagi ma’lumotlarni dinamik boshqaradi. Marshrutlash protokoli|Berilgan jo‘natuvchi va oluvchi uchun optimal marshrutni tanlash usulini belgilaydigan va marshrut tanlangandan so‘ng xabarlarni yetkazish to‘g‘riligini ta’minlaydigan protokol. Odatda, marshrutlash protokollari marshrutizatorlarning o‘zaro harakati orqali amalga oshiriladi. Marshrutlash protokollariga IGRP, OSPF va RIP protokollari misol bo‘ladi. Marshrutlash serveri|Xabarlar qabul qilinishini va ularning eng samarali yo‘llar orqali adresatga tez yetkazib berilishini amalga oshiradigan server. Marshrutlashni boshqarish|Chaqiruvni yoki paketni adresatga yetkazishi mumkin bo‘lgan marshrutni aniqlash jarayoni. Marshrutli axborot protokoli|Internetda keng qo‘llaniladigan ichki shlyuzlar protokoli. Marshrutlash metrikasi sifatida bu protokol o‘tishlar sonidan foydalanadi. Maskarad|1. Ruxsat etilmagan tarzda foydalana olish uchun biror-bir mantiqiy obyektning o‘zini boshqa mantiqiy obyekt qilib ko‘rsatishga urinishi.2. Tegishli harakatlarni amalga oshirishga vakolatlari bo‘lmagan va o‘zini bu harakatlar ruxsat berilgan boshqa shaxs qilib ko‘rsatadigan subyekt tomonidan, tizimdan, obyektdan erkin foydalanishga urinish yoki boshqa harakatlarning bajarilishi.3. Qandaydir qonuniy foydalanuvchining ishini imitatsiya qilish yo‘li bilan tarmoqqa ruxsat etilmagan tarzda kirishga urinish. Maskirator|Axborotni o‘zgartirishning matematik algoritmini amalga oshiradigan, maxfiy kalitdan foydalanmaydigan yoki uni xabar bilan birga uzatadigan (saqlaydigan) axborotni muhofaza qilish vositasi. Maslahat beruvchi axborot|Tizimda to‘g‘ri ishlash uchun foydalanuvchi tomonidan so‘raladigan ma’lumot. Masofadan boshqarish dasturi|Bir kompyuterning boshqa kompyuter bilan aloqasini ta’minlaydigan va unda amaliy dasturni ishga tushiradigan dastur. Kompyuterlar tarmoqqa ulangan bo‘lishi kerak. Masofadan foydalana olish uchun ulanish|Odatdagi kommutatsiyalanadigan telefon aloqa liniyasi orqali modem yordamida tarmoqqa ulanish. Masofadan tarqatiladigan dasturiy taʼminot|Internet hamda teletex, viewdata va shu kabi boshqa telematik xizmatlar orqali tarqatiladigan dasturiy taʼminot. Masofadan turib foydalanish|Kompyuter tarmog‘ining elementlari o‘rtasida birgalikda ishlashning uchta variantini ta’minlaydigan foydalanish: masofadan boshqarish – olisdagi abonent va/yoki server dasturlarining ishga tushirilishini amalga oshirish imkonini beradi; tizimning uzoq muddatli xotirasidan foydalanish; elektron pochta rejimida ishlash. Masofadan turib foydalanish xizmati|1. Tarmoq foydalanuvchilariga ularda yetarli huquqi bo‘lganida uzoqdan turib kompyuterdan foydalanish imkonini beruvchi va ularni boshqaruvchi Windows xizmati.2. Mobil foydalanuvchilarni ulashda va hududiy jihatdan olisda joylashgan filiallar bilan aloqa o‘rnatishda foydalaniladi. Shu bilan birga ular tarmoqning hamma imkoniyatlarini oladi (tizim administratorlari va mobil xizmatchilariga masofaviy ruxsatni ta’minlaydi, bu kommutatsiya liniyalaridan printerlar, elektron pochta, SQL ma’lumotlar bazasini loyihalash va ishlatishda shaxsiy tarmoq orqali umumiy foydalanish imkonini beradi). Masofadan zondlash yo‘ldoshi|Aktiv yoki passiv datchiklardan foydalanib elektromagnit to‘lqinlarni qabul qilish yo‘li bilan masofadan kuzatadigan yo‘ldosh. Masofadan o‘qitish|1. Masofadan o‘qitish usullaridan foydalanish asosida aholining keng qatlamlariga taqdim etiladigan ta’lim xizmatlarining zamonaviy kompleksi.2. Ta’lim xizmatlarini taqdim etadigan o‘quv yurtidan geografik jihatdan olisda bo‘lgan o‘quvchilarga ta’lim olish imkonini beradigan vositalar va chora-tadbirlar majmui. Mastday|Microsoft Windows operatsion tizimlarining boshqa operatsion tizimlar fanatlari tomonidan kamsitib atalishi. Master|Zamonaviy dasturlash va ma’lumotlarni boshqarish tizimlaridagi funksiya. Foydalanuvchiga tegishli standart ishlanmalar to‘plamini taqdim etadi. Qandaydir tizimda asosiy rolni bajaradigan qurilma (masalan, diskovod) yoki blok. Masshtablash|Ekranda aks ettiriladigan butun grafik tasvirni yoki uning bir qismini kattalashtirish/kichraytirish. Mas’uliyati cheklangan jamiyat, MChJ|Bitta yoki bir nechta jismoniy va/yoki yuridik shaxs tomonidan ta’sis qilingan, ustav kapitali ulushlarga bo‘lingan xo‘jalik jamiyati.Izoh – Jamiyat qatnashchilari uning majburiyatlari bo‘yicha javobgar emaslar va jamiyatning ustav kapitalidagi o‘zlariga tegishli bo‘lgan ulushlar yoki aksiyalarning qiymati doirasida jamiyat faoliyati bilan bog‘liq zararlar xavfini ko‘taradilar. Muomalaga aksiyalar chiqarmaydi. Matematik mantiq|Mantiq fani bo‘limi. U matematika uslublari asosida rivojlantiriladi. Unga fikr (hukm) larni asoslash, isbotlar, mantiqiy xulosalar chiqarish kiradi. Buning uchun matematik mantiqda algebra uslublari va algoritmlar nazariyasi qo‘llaniladi. Matematik soprotsessor|Asosiy markaziy protsessorga qo‘shimcha integral sxema. Siljiydigan nuqta (vergul) shaklida taqdim etilgan sonlar bilan ishlaydigan komandalarni tez bajaradi. Soprotsessordan foydalanish hisobiga shaxsiy kompyuterning ish tezligi 4-20 marta oshadi. Bunday yutuqqa nafaqat hisoblashga oid masalalarni hal qilishda, balki grafika bilan ishlashda ham erishiladi. Matnlar bilan ishlashda soprotsessordan foydalanilmaydi. Matn|Biror bir tildagi so‘zlarning ketma-ketligi. Matn fayli|Ko‘rinmaydigan (bosilmaydigan) simvollarni ichiga olmagan fayl. Matn redaktori tomonidan yaratiladi. Matn maydoni|Muloqot darchasidagi axborot kiritish uchun mo‘ljallangan maydon. Matn redaktori|Matnlar tuzish va ularni o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan dastur. Matnbop reklama|Mazmuni foydalanuvchining izlash tizimiga qilgan so‘roviga bog‘liq reklama. Shuningdek, Internet-resurslar kataloglari va turli sahifalarga tashrif buyuruvchilar uchun reklamaga nisbatan ham ishlatiladi. Bunday reklama uni izchil qidirayotganlarga ko‘rsatilishi sababli, uning samaradorligi ham oddiy reklamaga nisbatan yuqoriroq. Matnlarni qayta ishlash|Matn protsessorlari yordamida matnli hujjatlar bilan ishlash. Matnli raqamlar|Ko‘p xonali sonlarni raqamlar va matnlar kombinatsiyasi orqali ifodalash. Masalan, 3 trln. 42 mlrd. 24 mln. 325 ming. Matnli rejim|Aks ettirish rejimi, bunda monitor kursiv, ustki indeks kabi grafik tasvirlar va belgilarni emas, balki harflar, raqamlar va matnli belgilarni tasvirlaydi. Matnli segment|Matnning nusxa olishga, ko‘chirishga yoki o‘chirishga tayyorligi belgilangan qismi. Matnni joylashtirish|Matnni chap va o‘ng chegaralari orasida avtomatik ravishda to‘g‘rilash va oldingi satrga sig‘magan so‘zlarni keyingi satrlarga ko‘chirish. Matnni nutqiy kiritish tizimi|Kompyuterga kiritiladigan nutqni (ovozdan) matnga aylantirish tizimi. Matritsa|1. Har bir elementi, biri ustunni, boshqa biri berilgan element joylashgan satrni belgilaydigan ikkita indeks qiymatlari bilan manzillanadigan ma’lumotlarni tartiblashtirilgan tarzda joylashtirish.2. Rangli televideniyeda matematik amalni belgilaydigan koeffitsiyentlar jadvali, uning bajarilishi rang koordinatalarining o‘zgarishiga olib keladi. Matritsalalsh (rang bo‘yicha)|1. Asosiy ranglar signallarini va/yoki ayirmarang signallar, yorqinlik signali va bitta rang tasviriga mos keladigan ayirmarang signallarni vaznlab qo‘shish.2. Rang koordinatalarini hisoblash yo‘li bilan yoki elektr, optik yoki boshqa vositalar yordamida o‘zgartirish. Matritsali blok|Rang koordinatalarining o‘zgartirilishi elektr, optik yoki boshqa vositalar yordamida bajariladigan qurilma. Matritsali kommutator|Har bir kirish kanali oldindan berilgan chiqish kanali bilan birlashtiriladigan kommutator. Matritsali printer|Belgi tasvirini chop etuvchi ignalar matritsasi va bo‘yovchi tasma yordamida shakllantiruvchi printer. Matritsali protsessor|Ma’lumotlar jadvali matritsasi elementlarini parallel qayta ishlaydigan protsessor. Matritsali videopanel|Elektrodlarning matritsali tuzilmasiga ega yassi signal-yorug‘lik o‘zgartirgich. Mavjud bo‘lgan|Mavjud bo‘lgan fayl nomi bilan yangi fayl yaratilganda yuzaga keladigan vaziyat. Bunday vaziyatdan chiqishning birgina yo‘li eski fayl nomini o‘zgartirishdir. Mavzu rejasi|Maʼlum davr ichida chiqarish rejalashtiriladigan, pochta markalari seriyasi va alohida pochta markalari, markalangan va filateliya mahsulotlari ro‘yxati. Maxfiy axborotdan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olish|Maxfiy ma’lumotlardan foydalana olish huquqiga ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan maxfiy ma’lumotlarning olinishi. Maxfiy axborotning buzilishi|Texnik vositalarning nosozligi, dasturiy ta’minotning takomillashmaganligi va xatolari, xizmat ko‘rsatuvchi personalning mas’uliyatsizligi, tabiiy ofatlar yoki jinoyatkorlar (buzg‘unchilar) harakatlari natijasida, axborotning noqonuniy yoki qasddan o‘zgartirilishi, buzilishi yoki yo‘q qilinishi. Maxfiy axborotning chiqib ketishi (yo‘qolishi)|Davlat va xizmat siri hisoblanadigan ma’lumotlarning, shu ma’lumotlar ishonib topshirilgan (bunday ma’lumotlar bo‘lgan) tashkilot yoki shaxslar doirasidan tashqariga noqonuniy tarqatilishi. Maxfiy bo‘lmagan axborot|Davlat, xizmat sirini, tijorat bilan bog‘liq sirni va shaxsiy sirni o‘zida ifodalamaydigan, ochiq matbuotda eʼlon qilinishi mumkin bo‘lgan axborot.Izoh – Maxfiy bo‘lmagan axborot oshkor bo‘lishdan himoyalanmaydi, chunki unda hech qanday sir bo‘lmaydi, biroq bu axborot (biblioteka) hujjatlari yoki kompyuterning maʼlumotlar banki shaklida taqdim etilgan holda, yaxlitligi buzilishidan va blokirovkalanishdan himoyalanishi kerak. Maxfiy ish|Ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik, loyiha, texnologik, qidiruv va boshqa ishlar (shu jumladan, talabalar, diplomniklar, dissertantlarning ishlari), shuningdek, maxfiylashtirish lozim bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxatida ko‘zda tutilgan har qanday ma’lumot. Maxfiy kalit|1. Mazkur kalit yordamida kriptografik o‘zgartirishlarni shakllantirgan shaxsga tegishli va ma’lum bo‘lgan kriptografik kalit.2. Bir yoki bir nechta ishtirokchilarga ma’lum bo‘lgan va raqibga ma’lum bo‘lmagan kriptografik protokol (kriptografik sxema)ning maxsus parametri. Raqibda maxfiy kalitning qiymati to‘g‘risidagi axborotning yo‘qligi – ko‘plab kriptografik protokollar (kriptografik sxemalar) barqarorligining zarur sharti.3. Ushbu simmetrik shifrtizim kalitlaridan foydalana olish yoki ushbu asimmetrik shifrtizimning ba’zi funksiyalaridan foydalanish huquqiga ega bo‘lmagan shaxslardan sir saqlanadigan kalit. Maxfiy kalitli kriptotizim|Kriptografik tizim, bunda aynan bitta kriptografik kalitdan axborotni shifrlash va rasshifrovka qilish uchun foydalaniladi. Bunday kriptotizimlar bir kalitli, simmetrik, oddiy, ikki tomonlama yoki klassik deb ham ataladi. Maxfiy kalitli kriptografik tizimlar blokli va oqimli kriptotizimlarga bo‘linadi. Maxfiy ma’lumotlar|Ma’lum bir maxfiylik grifi (darajasi) berilgan yopiq ma’lumotlar.Maxfiy-rejimli organ (MRO)ing. - regime and secret authority (RSA)ru – режимнo-секретный орган (РСО)Maxfiylik rejimini ta’minlash bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi hamda maxfiy ishlar yuritiladigan tashkilotlarda unga rioya qilinishini muntazam tekshirib turadigan mustaqil tashkiliy bo‘linma. Maxfiylashtirilishi zarur bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxati|Belgilangan tartibda tasdiqlangan, tarqatilishi O‘zbekiston Respublikasi manfaatlariga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarning maxfiylik darajasini belgilovchi hujjat. Maxfiylashtirish apparaturasi|Telefon va telegraf so‘zlashuvlarini (xabarlarini) avtomatik ravishda shifrlash va deshifrlash uchun mo‘ljallangan maxsus texnik qurilmalar. Maxfiylik grifi|1. Berilgan muayyan holatda ma’lumotlar yoki axborotni ruxsat etilmagan tarzda foydalanishdan muhofaza qilish uchun zarur bo‘lgan aniq belgilangan daraja. Masalan, «mutlaqo maxfiy», «maxfiy», «konfidensial».2. Hujjat yoki nashrdagi, shu hujjatdan foydalanishning muhim tartibini belgilovchi yozuv (tamg‘a).3. Axborot tashuvchidagi, shu tashuvchida saqlanadigan axborotning konfidensiallik darajasini tasdiqlovchi maxsus belgi.4. Tashuvchining o‘ziga va/yoki unga ilova qilinadigan hujjatlarga qo‘yiladigan, ularning eltuvchilarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlarning maxfiylik darajasini tasdiqlovchi rekvizitlar. Maxfiylik kaliti|Foydalanuvchining yoki dasturning resurslar va maʼlumotlar bilan ishlash huquqlarini aniqlaydigan kalit. Maxfiylik kaliti autentifikatsiyada ishlatilib, parol, yaʼni, maxfiy so‘z turlaridan biridir. Maxsus effektlar generatori|Televizion tasvirlarda maxsus effektlarni yaratish uchun mo‘ljallangan uskuna. Maxsus foydalanish ilovalari uchun mobil aloqaning takomillashtirilgan mantig‘i|Intellektual tarmoq prinsiplariga asoslangan, aniq foydalanuvchilarning talablariga moslashtirilgan mobil aloqa tarmoqlarini boshqarish texnologiyasi. GSM standartining amaldagi MAP protokoli negizida, operatorlarga yangi xizmatlarni GSM doirasida, ularning standartlashtirilishini talab qilmagan holda, aniqlash va kiritish imkonini beradigan tarmoq infratuzilmasi tuzilishini ta’minlaydi. Maxsus imkoniyatlar|Ba’zi bir operatsion tizimlarning imkoniyati cheklangan kishilarning ishini onsonlashtirish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratishga mo‘ljallangan. Bularning qatoriga ekran maydonini kattalashtiruvchi ekran lupasini, tasvirning kontrastliligini oshirish, ekran klaviaturasi va klaviatura yordamida «sichqoncha»ni boshqarish imkoniyatlarini kiritish mumkin. Maxsus kanallar|Kabelli televideniye tarmoqlarida foydalaniladigan, 110 MHz dan 174 MHz gacha hamda 230 MHz dan 294 MHz gacha chastotalar polosasidagi chastota kanallari. Maxsus mobil radioaloqa|220 MHz dan 900 MHz gacha chastotalar diapazonida ishlaydigan va mobil obyektlari bo‘lgan tarmoqlarda dispetcherlik aloqasini tashkil etish uchun mo‘ljallangan harakatdagi radioaloqaning ixtisoslashgan xizmatlari: tez yordam, o‘t o‘chirish, avariya xizmatlari va b.lar. Axborot almashinuvi, asosan, alohida radiostansiyalarni emas, balki abonentlar guruhini bir vaqtda chaqirish imkonini beradigan yarim dupleks rejimda amalga oshiriladi. Maxsus muhofaza belgisi|Belgining o‘zini haqiqiyligini va yaxlitligini aniqlash yoki xarakterli alomatlarga mos kelishlik mezonlari bo‘yicha, «Maxsus muhofaza belgisi – taglik» kompozitsiyasini aniqlash yo‘li bilan muhofaza qilinadigan obyektlardan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishni nazorat qilish uchun mo‘ljallangan, belgilangan tartibda sertifikatlangan va ro‘yxatga olingan buyum. Maxsus simvol|Biror bir sanoq tizimi yoki A-Ya alifbosiga kirmaydigan belgi. Unga ~!@#$$%^&*()_+ va boshqa belgilar misol bo‘la oladi. Maxsus tadqiqotlar|1. Axborotni qayta ishlash texnik vositalarini ekspluatatsiya qilish obyektida axborotni muhofaza qilish tizimining standartlar va normativ hujjatlar talablariga mos kelishini aniqlash, shuningdek, muhofaza qilish tizimini talab qilinadigan darajagacha yetkazish bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida olib boriladigan tadqiqotlar.2. Nazorat-o‘lchash apparaturasidan foydalanib, muhofaza qilinadigan axborot asosiy va yordamchi texnik vositalar hamda tizimlardan chiqib ketishi mumkin bo‘lgan texnik kanallarni aniqlash va axborotni muhofaza qilishning shu mazmundagi normativ hujjatlar talablariga mos kelishini baholash bo‘yicha faoliyat. Maxsus xotira shtempeli|Muhim davlat voqealariga, tarixiy va xotira joylari hamda sanalar, ko‘rgazmalarga va hokazolarga bag‘ishlangan tadbirlarni o‘tkazishda pochta markalarini maxsus hisobdan chiqarish uchun qo‘llaniladigan shtempel. Maxsus o‘rnatiladigan elektron qurilma|Zarur vaqt onida axborotning chiqib ketishini, uning yaxlitligi buzilishini yoki blokirovka qilinishini ta’minlash uchun, ruxsatsiz va yashirin holda texnik vositada o‘rnatilgan elektron qurilma. Maxsus chiqarilgan (kommemorativ) marka|Tarixiy sanalar, yubileylar yoki biror-bir voqealarga, mavzuga bag‘ishlab bosib chiqariladigan pochta markasi. Maxsuslashtirilgan yo‘ldosh|Foydalanuvchilarning muayyan kontingenti uchun xizmat ko‘rsatadigan yo‘ldosh. Mayda donador pigmentli lyuminoforlar|LG televizorlarida foydalaniladigan mayda donador pigmentli lyuminoforlar, ular ko‘rish sifati yaxshilanishi uchun tashqi yorug‘likni yutadi, bunda lyuminessensiyaning yuqori samaradorligiga erishiladi. Pigmentning mayda donadorligi yorqinlik va kontrastlilik oshishiga ko‘maklashadi hamda ranglarning aks ettirilishi yaxshilanishiga yordam beradi. Mayda paket|Joylanmasi, o‘lchamlari, og‘irligi va o‘rash tartibi Pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish qoidalarida belgilangan, tovarlarning namunalari, katta bo‘lmagan predmetlar solingan pochta jo‘natmasining turi. Maydon|1. Ma’lumotlar bazasidagi eng kichik ahamiyatli yozuv elementi (relyatsion ma’lumotlar bazasida maydon ma’lumotlar ustuni deb ham ataladi). Har bir yozuv maydoni atributlar sifatida turga (sonli, simvolli, mantiqiy, sana maydoniga va sh.k.) va maksimal uzunlikka ega bo‘ladi.2. Ma’lumotlar tuzilmasining nomlangan elementi. Maydon bo‘yicha diskret-kosinus o‘zgartirish|Satr tashlab olingan tasvirlarni qayta ishlash usuli, bunda bitta kadrning ikki maydoni mustaqil tasvir sifatida alohida kodlanadi. Maydon ichra (kadr ichra) kodlash|Raqamli oqimni qisqartirish maqsadida bir maydon tasvirining qo‘shni sanoqlari o‘rtasidagi fazoviy korrelyatsiyadan foydalanishga asoslangan kodlash. Maydon (kadr) yoyish|Vertikal yo‘nalishda maydonlar chastotasi bilan (satrma-satr yoyishda kadrlar chastotasi bilan) yoyish. (Maydonlar, kadrlar) satrlari davri|(Maydon, kadr) bitta satrini yoyish davomiyligi. Maydon (televideniyeda)|Navbatma-navbat o‘tadigan satrlarning bir-biriga nisbatan teng turuvchi guruhni o‘z ichiga olgan televizion kadrning tarkibiy qismi. Bu satrlar guruhlarining o‘tish chastotasi kadr uchun qisqa.Izoh ‒ Ayrim ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarda «frame» atamasi televizion kadrning tarkibiy qismini, ya’ni yuqorida keltirilgan ta’rifga ko‘ra «maydon» ni belgilashda qo’llaniladi. Maydonlararo kodlash|Taxminlash uchun qiymat oldingi, joriy va keyingi maydonlardan olinadigan taxminlash bilan kodlash. Maydonlarni o‘chirish intervalidagi telematn|Axborot oddiy televizion tasvir bilan bir vaqtda, asosan, maydonlarni o‘chirish intervalining bir qismi davomida uzatiladigan telematn. Maydonlarning ketma-ket almashinishi|Ayrim asosiy ranglarning ketma-ket keladigan yoyish maydonlariga o‘tishi.Misollar − Maydonlarni ketma-ket almashlash bilan yorug‘likni signalga o‘zgartiruvchi qurilma, maydonlarni almashlash bilan tiklovchi qurilma, maydonlar ketma-ket almashinadigan tizim, maydonlarni ketma-ket almashlash bilan uzatish. Mayning|1. Kriptovalyuta ko‘rinishida mukofot olish maqsadida kriptovalyutani yaratish va/yoki validatsiyalashga yo‘naltirilgan tadbirkorlik faoliyati.2. Turli kriptovalyutalarda, xususan Bitkoynda komission yig‘imlar va yangi birliklar shaklida mukofot olish imkoniyati bilan, taqsimlangan platformani qo‘llab-quvvatlash va yangi bloklarni yaratish bo‘yicha faoliyat. Mazmunni boshqarish tizimi|Ma’lumotlarni, ulardan Internet orqali foydalanish mumkin bo‘lishi uchun (jumladan, ma’lumotlarni sayt sahifalari bo‘yicha joylashtirish va kerakli formatga keltirish) rasmiylashtiradigan dasturiy tizim. Mashina grafikasi|Qar.: Kompyuter grafikasi. Mashina identifikatori|Raqamli kod, uning asosida bajariladigan dastur kompyuter va dastur ishlaydigan boshqa qurilmalar xarakteristikalarining muvofiqligini aniqlaydi. Mashina kodi|Dastlabki matnni kompilyatsiya qilish va uni ishga tushirish uchun tayyorlash bosqichlaridan o‘tgan mashina tilidagi dastur. Mashina kodi mashina komandalari ketma-ketligidan iborat bo‘lib, ular protsessor tomonidan tezkor yoki doimiy xotiradan olib o‘qiladi va bajariladi. Mashina kodlarida dasturlash|Dastlabki elektron hisoblash mashinalari uchun ommaviy bo‘lgan, lekin hozirda muomaladan chiqib ketgan mashina komandalari va absolyut manzillardan foydalanib dasturlash usuli. Bunday dastur oldindan translyatsiya va komponovka qilinmasdan, bevosita protsessor tomonidan bajarilishi mumkin. Ba’zan oddiy mikroprotsessorlarda ichki qurilgan tizimlarni sozlashda qo‘llaniladi. Mashina komandasi|Mikroprotsessor bajarishi mumkin bo‘lgan mashina kodi operatori (komandasi). Mashina manzili|Hisoblash tizimi qurilmasi yoki xotira yacheykasi baytini qat’iy identifikatsiyalaydigan, raqamli kod ko‘rinishidagi manzil. Mashina sikli|Har bir mashina komandasini bajarish sikli. Elementar operatsiyalar to‘plamidan: komandani tanlash, dekodlash, bajarish va natijani yodda saqlashdan iborat. Mashina, tarmoq stansiyasi|Kompyuter so‘zi uchun mo‘ljallangan umumiy atama; lokal tarmoqdagi ishchi stansiya; ba’zi funksiya yoki vazifani bajaradigan qurilma. Mashina tarjimasi|Matn yoki nutqni, kompyuterdan foydalanib bir tabiiy tildan boshqa bir tabiiy tilga o‘zgartirish. Tarjima jarayoni to‘la avtomatlashtiriladigan dasturni yaratish bo‘yicha ishlar o‘nlab yillardan buyon olib borilmoqda. Texnik matnlarni tarjima qilishda eng yaxshi natijaga erishilmoqda, lekin olingan tarjimani tekshirish va tuzatishda odamning ishtiroki baribir taqozo qilinmoqda. Bu muammoni hal qilish yuzasidan ko‘plab yondashuvlar mavjud; shunday yondashuvlardan biri IBM firmasi tomonidan taklif qilingan: natijalar solishtiriladigan bir tildan boshqa tilga va aksincha, tarjima qiladigan, mustaqil ravishda o‘rgatadigan tizim yaratilmoqda. Mashina tili|Konstruksiyalari bevosita apparatura tomonidan talqin qilinadigan til. Aynan shu tilga yuqori daraja tillarida (Paskal, Basik) yozilgan dasturlar pirovardida o‘tkaziladi (translyatsiya qilinadi). Mashina o‘qiy oladigan tashuvchi|Texnik vositalar (kompyuter) tomonidan maʼlumotlarni bevosita yozish va o‘qish uchun mos tashuvchi. Mashinada o‘qiladigan format|Ma’lumotlarni taqdim etishning, ularning dasturiy qayta ishlanishini ta’minlaydigan elektron formati. Mashinada o‘qiladigan CSV formati|Jadval ma’lumotlarni taqdim etish uchun mo‘ljal-langan matnli format. Faylning har bir satri – jadvalning bitta satridir. Ayrim ustunlarning qiymatlari bir-biridan tizimda belgilangan ajratuvchi belgi – (,), nuqtali vergul – (;) yoki tabulyatsiya belgisi bilan ajratiladi. Mashinada o‘qiladigan HTML formati|Ma’lumotlarni HTML tili elementlaridan foydalanib semantik belgilash usullari majvui. Standart funksionallik saqlangan holda, HTML hujjatga kiritilgan atributiv axborotni avtomatik tarzda o‘qish (hujjatni brauzerdan foydalanib vizual ko‘rib chiqish) imkoniyatini ta’minlaydi. Mashinada o‘qiladigan JSON formati|Ma’lumotlar almashinishning, Java Script ga asoslangan va odatda, aynan shu til bilan foydalaniladigan matnli formati. Mashinada o‘qiladigan XML formati|Butunjahon «o‘rgimchak to‘ri» (W3C) Konsorsiumi tomonidan tavsiya etilgan belgilash tili. XML spetsifikatsiyasi XML hujjatlarni, qisman XML protsessorlar (XML hujjatlarni o‘qiydigan va ularning mazmunidan foydalanishni ta’minlaydigan dasturlar) o‘zini qanday tutishini tavsiflaydi. Mashinaga bog‘liq bo‘lmagan til|Har xil kompyuterlarda foydalanish mumkin bo‘lgan dastur yoki qurilma. Mashinaga bog‘liq til|Boshqa turdagi muayyan elektron hisoblash mashinasining o‘ziga xos xususiyatlaridan foydalanadigan dasturlash tili. Mashinaga yo‘naltirilgan til|Muayyan turdagi kompyuter va/yoki protsessor arxitekturasining (tuzilishining) o‘ziga xos xu-susiyatlaridan maxsus tarzda foydalaniladigan dasturlash tili, dastur yoki qurilma. Mashinalar ish faoiyatini baholash bo‘yicha konsorsium|Notijorat tashkilot bo‘lib, kompyuterlar uchun «adolatli, betaraf, xolis va mazmunli» standartlarni tuzishga intiladi. Standartlarning asosiy maqsadi «hayotiy» vaziyatlarni testdan o‘tkazishdir. Masalan, SPECweb2005 – veb-server unumdorligini turli xildagi parallel NTTR-so‘rovlarni yaratish yo‘li bilan testdan o‘tkazish. Mashinaning to‘liq domen nomi|Internetdagi tarmoq uzellari nomlari tizimi. Noyob nom domen-soha nomidan va mashinaning o‘z nomidan iborat bo‘ladi. Mashinaviy intellekt|Qar.: Sunʼiy intellekt. Mashinaviy so‘zi|Protsessor tanlaydigan yoki bir marta murojaat qilish (foydalanish) davomida yaxlit guruh sifatida shu protsessor qayta ishlaydigan, tezkor xotira razryadlarining guruhi. Mashina so‘zining uzunligi odatda, 16, 32, 64 razryaddan iborat bo‘ladi. Ma’lum ochiq xabar bilan qilinadigan hujum|Jinoyatkor tizimga kira oladigan va unga uzatiladigan xabarning matni ma’lum bo‘ladigan hujum turi. Jinoyatkor shifrlangan matnni yashirishga uringan holda, uzatiladigan xabar matnini dinamik tarzda o‘zgartirishi mumkin. Ma’lumot berish tizimi|Amaliy dasturlar orqali foydalanuvchiga yordam sifatida taqdim etiladigan axborot. Maʼlumotlar|Raqam shaklida taqdim etilgan, telekommunikatsiyalar vositalari va maʼlumotlarni saqlash hamda ularni qayta ishlash vositalari bilan ishlov berish uchun yaroqli turli xildagi axborot (nutq, matn, grafik, tasvir, audio, video, va h.) Ma’lumotlar agregati|Yozuvga murojaat qilish uchun umumiy nomga ega bo‘lgan, yozuv ichidagi ma’lumotlar elementlarining istalgan to‘plami; ma’lumotlarning tarkibiy elementi. Ma’lumotlar almashinish kanali|Tarmoqdagi kompyuterlar o‘rtasida ma’lumotlarning almashinishi yuz beradigan texnik vositalar jami. Maʼlumotlar almashuvi|Funksional qurilmalar orasida maʼlumotlarni ko‘chirish. Bu maʼlumotlarni siljitishni va almashuvni kelishtirishni boshqarish qoidalar to‘plamiga muvofiq amalga oshiriladi. Ma’lumotlar atributi|Kirish paytida nomi (semantikasi), formati, mumkin bo‘lgan qiymatlar diapazoni va qiymatlar taqdimotini ko‘rsatadigan maʼlumotlar elementi. Ma’lumotlar banki|Ma’lumotlarni markazlashtirilgan tarzda saqlash va jamoa bo‘lib foydalanishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi.Izoh – Ma’lumotlar banki tarkibiga bitta yoki bir nechta ma’lumotlar bazasi, ma’lumotlar bazalarining ma’lumotnomasi, ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi, shuningdek, amaliy dasturlar va so‘rovlar bibliotekalari kiradi. Ma’lumotlar bankiga murojaat qilish xizmati|Ma’lumotlar bazasining markazida saqlanadigan axborotdan erkin foydalana olish imkonini ta’minlaydigan interaktiv xizmat.Izoh – Axborot foydalanuvchiga faqat uning so‘rovi bo‘yicha uzatiladi. Axborotga murojaat qilish individual ravishda amalga oshirilishi mumkin, ya’ni axborot ketma-ketligi uzatilishining boshlanish vaqtini foydalanuvchi boshqaradi. Ma’lumotlar bazalari bilan birgalikda ishlash ochiq interfeysi|Tizimlashtirilgan so‘rovlar tilidan foydalaniladigan ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlarida ma’lumotlardan erkin foydalanish imkonini beradigan dasturiy kompleks. Microsoft firmasi tomonidan ishlab chiqilgan. Ma’lumotlar bazalari ishlashining ochiq interfeysi|Fayllar formatiga bog‘liq bo‘lmagan amaliy dasturlash interfeysi yordamida turli ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi tomonidan yaratilgan ma’lumotlar bazasiga kirishni ta’minlovchi Microsoft standarti. Operatsiyalarni bajarishda ODBC drayverlari SQL so‘rovlar formasidan foydalanadi. Ma’lumotlar bazalari kompyuteri|Apparatlar yordamida MBBT qator funksiyalarini bajaradigan ixtisoslashtirilgan kompyuter. Ma’lumotlar bazalarini tuzish|Ma’lumotlar bazalarini loyihalash, modellash va yaratish shuningdek, ma’lumotlarni tahlil qilish, ma’lumotlar bazalarini ma’muriy boshqarish, ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi bilan bog‘liq boshqa masalalarni o‘rganadigan fan. Ma’lumotlar bazasi|1. Obyektiv shaklda ifodalangan va bu ma’lumotlar elektron hisoblash mashinalari yordamida topilishi va qayta ishlanishi mumkin bo‘lgan tarzda tizimlashtirilgan ma’lumotlar (moddalar, hisob-kitoblar va h.k.)ning majmui.2. Amaliy dasturlarga bog‘liq bo‘lmagan holda, ma’lumotlarni tavsiflash, saqlash va boshqarishning umumiy prinsiplarini ko‘zda tutadigan muayyan qoidalar bo‘yicha tashkil qilingan ma’lumotlarning majmui. Ma’lumotlar bazasi administratori|Ma’lumotlar bazasi to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega bo‘lgan va bu ma’lumotlar bazasini yuritish, undan foydalanish, uni rivojlantirish yuzasidan javobgar maxsus mansabdor shaxs (shaxslar guruhi). Ma’lumotlar banki ma’muriyati tarkibiga kiradi. Ma’lumotlar bazasi kaliti|Boshqaruv tizimi tomonidan ma’lumotlar bazasiga berilgan va ma’lumotlar bazasi yozuvini qat’iy identifikatsiya qiluvchi kalit. Ma’lumotlar bazasi replikasi|Ma’lumotlar bazasining foydalanuvchi kompyuteridagi nusxasi. Foydalanuvchi, xususan mobil aloqa foydalanuvchisi ma’lumotlar bazasini o‘zgartirib, keyin esa asosiy ma’lumotlar bazasi bilan sinxronlashtiradi. Ma’lumotlar bazasi serveri|Lokal tarmoqdagi kompyuter-serverda joylashgan ma’lumotlar bazasiga boshqa kompyuter tarmoqla-rining kira olishlarini taqdim etuvchi kompyuter va dasturiy ta’minot. Ma’lumotlar bazasi uchun OLE|Microsoft korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan – ma’lumotlardan foydalanish spetsifikasiyasining nomi (avvalgi nomi – Nile). Open Connectivity Database va OLE ni birlashtiradi. Ma’lumotlar bazasini boshqarish|Ma’lumotlar bazasida ma’lumotlarni belgilash, tashkillashtirish, boshqarish va muhofaza qilish funksiyalarining bajarilishi. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT)|Rivojlangan so‘rovlar tili yordamida ma’lumotlar bazasi ma’lumotlari tuzilmasini hosil qilish, saqlash, yangilash, yangi ma’lumotlar qo‘shish, izlash operatsiyalarining bajarilishini ta’minlaydigan dasturiy ta’minot. Zamonaviy MBBTlari tranzaksiya mexanizmi orqali ma’lumotlardan bir vaqtda ko‘plab foydalanuvchilarning erkin foydalanishlarini ta’minlaydi. Bunda bir foydalanuvchining olgan natijasi boshqasinikiga ta’sir qilmaydi. Ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi tarkibiga dasturlash tili; dasturlar generatorlari – dasturlar tuzilishini, ma’lumotlar bazasi yaratilishini va ularning qayta ishlanishini osonlashtiradi; kompilyatorlar – mashina kodlaridagi boshqarish dasturlarini, dasturlarning ishlashini tezlashtirish va ularning muhitga bog‘liq bo‘lmasligi uchun generatsiyalaydi; hisobot generatorlari – foydalanuvchiga chiqish hujjatlarini tezkor yaratish, tanlab olish, saralash va hisoblashlarni bajarish imkonini beradi; hujjatlashtirish vositalari –ma’lumotlar bazasini yaratish bilan bir vaqtda, matn va grafik ko‘rinishlarda uning tavsifini yaratish, listinglar bo‘lgan dasturlarni tavsiflash imkonini beradi. Ma’lumotlar bazalarining turlariga ko‘ra, iyerarxik, tarmoq va relyatsion MBBT mavjud. Amalda barcha MBBT «mijoz‒server» arxitekturali tarmoqda ishlashni ta’minlaydi. Maʼlumotlar bazasini boshqarishning gibrid tizimi|Gibrid MBBT. U relyatsion va obyektga yo‘naltirilgan tizimlarning ijobiy sifatlarini o‘zida mujassamlashtirgan. Relyatsion MBBT ning tranzaksiyalarini qayta ishlash vositalarini o‘z ichiga olib, obyektga yo‘naltirilgan MBBT ning ko‘pgina maʼlumot turlarini ham quvvatlaydi. Gibrid MBBT «tuzilmalashtirilgan so‘rovlar tili» SQL dan foydalanadi. Maʼlumotlar bazasini boshqarishning ko‘p o‘lchamli tizimi|Maʼlumotlarning N-o‘lchamli kub shaklida taqdim etilishini taʼminlaydi. Shu tufayli MDDBMS murakkab hujjatlar tizimlarini qayta ishlaydi. Maʼlumotlar bazasini moslashtirish|Foydalanuvchining muayyan texnik vositalari yoki aniq dasturlari boshqaruvidagi maʼlumotlar bazasi faoliyatini taʼminlash maqsadida amalga oshiriladigan o‘zgartirishlar kiritish jarayoni. Maʼlumotlar bazasini chop etish|Maʼlumotlar bazasi nusxalarini muallif roziligi asosida cheklanmagan shaxslar doirasiga taqdim etish (jumladan, kompyuter xotirasiga yozish va bosma matn chop etish orqali ham). Bunday nusxalar soni ko‘rsatilgan asarlar tavsifiga ko‘ra mazkur doiradagi shaxslar ehtiyojlarini qondirishi lozim. Ma’lumotlar bazasining tuzilmasi|Ma’lumotlar bazasida yozuvlarni va ular orasidagi bog‘liqliklarni tashkil qilish tartibi yoki prinsipi. Ma’lumotlar bilan ishlashni nazorat qilish|Ma’lumotlar bloki tasodifiy yoki qasddan qilingan ta’sirlar ostida bo‘lgan yoki bo‘lmaganligini aniqlash imkonini beradigan protsedura. Ma’lumotlar biti|Ikkilik pozitsion hisoblash tizimida taqdim etilgan ma’lumotlar simvollaridan biri. Maʼlumotlar bloki|Bir xil uzunlikdagi ramzlar ketma-ketligi. U maʼlumotlarni ifodalashda yoki o‘z holicha uzatishda ishlatiladi. Ma’lumotlar blokini saralash usuli|O‘zgartirishlarning alohida ko‘rinishi yoki guruhi, uning asosida saralash yotadi. Ma’lumotlar buferi|Ma’lumotlarni kiritish-chiqarishda yoki bir joydan boshqa joyga jo‘natishda to‘plash va/yoki vaqtinchalik saqlash uchun xizmat qiladigan xotira sohasi. Ma’lumotlar elementi|Tarkibiy qismlarga bo‘linmaydigan ma’lumotlar qismi. Ma’lumotlar fayli|Matnli, sonli, grafik yoki multimediali ma’lumotlar bo‘lgan fayl. Ma’lumotlar formati|Ma’lumotlar simvollarining joylashish tartibi bo‘lib, ularning tarkibiy qismini tanlab olish imkonini beradi.Izoh – Ma’lumotlar formati ma’lumotlar simvollarining muayyan majmuiga bog‘liq holda nom oladi, masalan, ma’lumotlar xabarining formati. Maʼlumotlar izlash|Qar.: Axborot izlash. Ma’lumotlar kanali|Meynfreymlarda – o‘zining komandalar tizimiga ega xususiy protsessori bo‘lgan kiritish-chiqarish qurilmasidir. Markaziy protsessor kanalga tegishli komandani yuborgan holda, ma’lumotlar uzatish seansini initsializatsiya qiladi (o‘zlashtiradi), kanal protsessorni spetsifik vazifalardan ozod qilgan, tezkor xotira qurilmasidan o‘z dasturini olgan holda, keyingi barcha operatsiyalarni mustaqil bajaradi. Ma’lumotlar kanali chetki apparaturasi|Ma’lumotlar uzatish tarmog‘i tarkibiga kiruvchi va bu tarmoq bo‘yicha uzatiladigan hamda qabul qilinadigan signallar parametrlarini ma’lumotlar oxirgi (terminal) uskunasi parametrlari bilan moslashuvini ta’minlaydigan apparatura.Izoh – Ma’lumotlar kanali chetki apparaturasi ITU-T tavsiyalarida DCE (Data Communications Equipment) kabi belgilanadi. Ma’lumotlar karuseli|Transport oqimida ma’lumotlar modulini davriy takrorlash bilan uzatish. Ma’lumotlar kommutatori|Kompyuter tizimidagi, kiritiladigan ma’lumotlarni turli joylarga qayta yo‘llaydigan qurilma. Ma’lumotlar lug‘ati|1. Ma’lum bir MBBT da foydalaniladigan barcha fayllar, maydonlar va o‘zgaruvchilar ro‘yхati. Ishlab chiquvchiga (ba’zi MBBT da foydalanuvchiga ham) u yoki bu elementlar qanday berilganini aniqlashga imkon beradi.2. Bir nechta ilovada foydalanilishi mumkin bo‘lgan, ma’lumotlar tavsiflarining to‘plami. Ma’lumotlar manbaini autentifikatsiya qilish|Olingan ma’lumotlar manbaining haqiqiyligini tasdiqlash. Ma’lumotlar massivi|Har biri massiv nomi va indeks(lar) bilan identifikatsiya qilinadigan bir turdagi ma’lumotlar majmui. Indekslar soniga bog‘liq ravishda, massivlar bir o‘lchamli (chiziqli) ikki o‘lchamli va h.k. bo‘ladi. Ma’lumotlar maydoni|Disk maydoni (sektori)ning, manzil undan oldin keladigan ma’lumotlarni joylashtirish uchun mo‘ljallangan qismi. Maʼlumotlar modeli|Maʼlumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash sohalarida tarkibiy qismlar turi va ularning aloqalari to‘g‘risidagi tasavvur. Maʼlumotlar modeli maʼlumotlarni tavsiflash tili bilan belgilanadi. Ma’lumotlar ombori|Ma’lumotlarni saqlash konsepsiyasi. Ma’lumotlar bazasidan birinchidan, ma’lumotlarni aktuallashtirish ma’lumotlar yangilanishini emas, balki mavjudlariga qo‘shilishini bildirishligi bilan; ikkinchidan, boshqarish tizimining holatini aks ettiradigan ma’lumotlardan tashqari, ma’lumotlar omborida metama’lumotlar ham (omborning tuzilmasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ma’lumotlar o‘rtasidagi bog‘lanish) saqlanishligi bilan ajralib turadi. Ma’lumotlar oqimi|1. Har bir operatsiyaning bajarilishi, uning barcha operandlari tayyor bo‘lgandagina amalga oshiriladigan parallel hisoblashlar algoritmlariga yoki arxitekturalariga tegishli umumiy atama. Bunda komandalarning bajarilish ketma-ketligi oldindan berilmaydi.2. Konveyyerli arxitekturada, ularning ustida bir xil operatsiyalarni bajaradigan operatsion qurilmaga uzluksiz uzatiladigan ma’lumotlar ketma-ketligi. Ma’lumotlar oqimi boshqaradigan kompyuter|Parallel hisoblashlar arxitekturasiga ega kompyuter. Unda har bir operatsiyaning bajarilishi ma’lumotlar oqimining barcha operandlari tayyor bo‘lgandagina amalga oshiriladi. Ma’lumotlar oqimi diagrammasi|Asosiy komponentlari tashqi obyektlar bo‘lgan, o‘zida axborot manbai va uni qabul qiluvchisini; aniq algoritmlarga muvofiq ravishda kiruvchi ma’lu-motlarni chiquvchi ma’lumotlarga akslantirish jarayonini; axborotlarni joylashtirish va ularni olish mumkin bo‘lgan tashuvchilarni; manbadan qabul qiluvchiga biror-bir bog‘lanish orqali uzatilayotgan axborotni aniqlovchi ma’lumotlar oqimini ifodalovchi axborot modeli. Ma’lumotlar oxirgi (terminal) uskunasi (MOU)|Ma’lumotlar manbai yoki ma’lumotlar qabul qiluvchisi, yoki unisi ham, bunisi ham bo‘lib hisoblangan oxirgi (terminal) uskuna (masalan, elektron hisoblash mashinasi).Izoh – MChU ma’lumotlar uzatish tarmog‘i tarkibiga kirmaydi. MChU o‘rnida ma’lumotlar tarmog‘iga ulangan telefon xizmati serverlari ham bo‘lishi mumkin. Ma’lumotlar raqamli signalining fazali titrashi (djitterning fazali titrashi)|Ma’lumotlar raqamli signali ahamiyatli onlarining vaqt bo‘yicha ideal holatidan og‘ishi. Ma’lumotlar saqlanuvchi tarmoq|Kanallar va konsentratorlarni 100 Mbyte/s vositasida ma’lumotlarni saqlashning turli xil qurilmalarini va serverlarni birlashtiruvchi maxsus yuqori tezlikka ega bo‘lgan tarmoq. Bunday tarmoqlarda ma’lumotlar saqlash qurilmalari va boshqa qurilmalar orasida vositachi server bo‘lmaydi. Ma’lumot uzatishda Fibre Channel texnologiyasidan foydalaniladi. Segmentlarning katta masofasi hisobiga bunday tarmoqlar firma egallab turgan binodan tashqarida korporativ ma’lumotlarni saqlashni tashkil qilishga imkon beradi. Ma’lumotlar segmenti|1. 80x86 protsessorlarda – ma’lumotlar segmenti registri yuboradigan tezkor xotira qurilmasining bir qismi.2. Tezkor xotira qurilmasi yoki tashqi xotiraning, dastur foydalaniladigan ma’lumotlarni ichiga oladigan qismi. Ma’lumotlar seksiyasi|Operatsion tizim tomonidan global o‘zgaruvchilar, massivlar, tuzilmalar, obyektlar saqlanadigan jarayonga ajratiladigan asosiy xotiraning statik (o‘z-garmaydigan o‘lchamdagi doimiy ajratilgan) sohasi. Ma’lumotlar sektori|Magnit diskdagi axborot sektori. Ma’lumotlar signali|Ma’lumotlar xabarini fizik kattalik yordamida taqdim etish shakli, bunda uning bitta yoki bir nechta parametrlarining o‘zgarishi xabar o‘zgarishini aks ettiradi. Ma’lumotlar signalini analog-raqamli o‘zgartirish|Diskretlashning berilgan qadamida ma’lumotlar signalining mumkin bo‘lgan uzluksiz ko‘plab qiymatlar funksiyasi ushbu signalning oxirgi ko‘plab mos keluvchi qiymatlar funksiyalari bilan almashadigan ma’lumotlar signalini o‘zgartirish. Maʼlumotlar tashuvchisi|1. Moddiy obyekt yoki moslama. U maʼlumotlarni yozish, saqlash va o‘qish imkonini beruvchi maʼlum fizik xususiyatlarga ega. Hisoblash texnikasida maʼlumotlar tashuvchisi sifatida yarimo‘tkazgich kristallar, magnit va lazer disklari, flesh-xotira, magnit tasmalar, magnit kartalar, perfokarta va perfotasmalar hamda (bosish uchun) qog‘oz ishlatiladi. Maʼlumotlar tashuvchisiga maʼlumotlar tashuvchisi xotira qurilmasini tashkil qiladi.2. Axborotni yozish uchun va doimiy xotira qurilmasi sifatida ishlatiladigan jism yoki muhit. Ma’lumotlar trakti|Protsessorning ichki ma’lumotlar shinasi. Uning kengligi protsessor unumdorligiga ta’sir qiladi. Protsessorning yuqori unumdorligiga keng (ko‘p razryadli) ajratilgan ma’lumotlar traktidan foydalanish va tashqi hamda ichki kesh-xotira sig‘imi kattaligi tufayli erishiladi. Ma’lumotlar turi|Biror belgisi bo‘yicha bitta nom bilan birlashtirilgan ma’lumotlar. Ma’lumotlar turi ma’lumotlar bazalarida qo‘llaniladi. Ma’lumotlar tuzilmasi|Tartiblangan ma’lumotlarga muvofiq keluvchi yozuv yoki massivning tashkil qilish sxemasi bo‘lib, u bilan ma’lumotlarni tushunib olish va ular ustida ma’lum bir operatsiyalarni bajarish mumkin bo‘ladi. Maʼlumotlar toʻplash|Turli xil tashqi datchiklardan kompyuter tizimiga ma’lumotlar kiritish jarayoni. Ma’lumotlar, ma’lumotlarni yig‘ish platasidan olinganda, ularni u yoki bu tashqi hodisa bilan sinxronlash ehtiyoji paydo bo‘lishi mumkin. Maʼlumotlar toʻplash strategiyasi|Mahsulotlar va xizmatlarni sotib olishga boʻlgan, yetkazib berishlar manbalariga, xarid usullariga, talablar spetsifikatsiyalari turlari, shartnomalar yoki bitimlar turlariga va ular bilan bogʻliq xarid tavakkalchiligiga asoslangan muayyan yondashuv. Ma’lumotlar uzatish|1. Ikkilik signallar ko‘rinishidagi ma’lumotlarni telekommunikatsiyalar vositalari yordamida bir punktdan boshqa punktga, qoidaga ko‘ra, keyinchalik hisoblash texnikasi vositalari yordamida qayta ishlash maqsadida ko‘chirish.Izoh – Bu yerda «ma’lumotlar» deb, odam ishtirok etishi mumkin bo‘lgan holda avtomatik vositalar (masalan, komputer) bilan qayta ishlash uchun yaroqli bo‘lgan axborotga aytiladi.2. Tovushli yoki televizion uzatgichlar orqali axborot signallarini, odatda, raqamli signallarni telematn, subtitr, sinov va boshqaruv signallari kabi tizimlar uchun uzatish. Maʼlumotlar uzatish adresati|Tuzuvchining maqsadiga ko‘ra, maʼlumotlar xabarini olishi kerak bo‘lgan qandaydir shaxs, bu maʼlumotlar xabariga nisbatan vositachi sifatida ish ko‘radigan shaxsdan tashqari. Ma’lumotlar uzatish apparaturasi|1. Ma’lumotlar uzatish kanali oxirgi (terminal) uskunasining aynan o‘zi. «Foydalanuvchi-Tarmoq» interfeysi tarmog‘i tomonidan kommunikatsiya tarmog‘i qurilmasi va ulanishni o‘z ichiga oladi. DCE – qurilmasi tarmoqqa fizik ulanishni, DCE va DTE qurilmalari o‘rtasida ma’lumotlarni sinxronlash va uzatishda ishlatiladigan taktli signallarni berish va o‘zidan trafikni o‘tkazishni ta’minlaydi. DCE – qurilmasiga modem misol bo‘ladi.2. Ma’lumotlar uzatish tarmog‘i tarkibiga kiradigan (yoki telekommunikatsiyalarning ixtisoslashtirilmagan tarmog‘ini to‘ldiradigan) va uzatiladigan hamda qabul qilinadigan ma’lumotlar signallarini ma’lumotlar oxirgi (terminal) uskunasi bilan moslashishini ta’minlaydigan apparatura (yoki apparat-dasturiy vositalar).Izoh – MUA signalni o‘zgartirish, xatolardan himoyalash, avtomatik chaqiruv va javob, signal sifatining detektori, korrektor va ular bilan bog‘liq bo‘lgan yordamchi qurilmalar, masalan, nazorat-o‘lchash qurilmalaridan iborat bo‘lishi mumkin. Maʼlumotlar uzatish kanali|1. Maʼlumotlar uzatish uchun yaroqli bo‘lgan, maʼlumotlarni jo‘natuvchi va oluvchi vositalaridan hamda boshqaruvchi uzellardan tashqari, barcha tarmoq elementlarini ichiga oladigan aloqa kanali yoki liniyasi.2. Oxirgi terminallarga bir-biri bilan bevosita bog‘lanish imkonini beradigan fizik qurilmalar konfiguratsiyasi. Maʼlumotlar uzatish kanalini yuqori darajada boshqarish|Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) tomonidan kadrlar bo‘yicha cheklangan, razryadli maʼlumotlar uzatish kanallari uchun belgilangan standart protokol. Ma’lumotlar uzatish muhiti|Ma’lumotlar uzatiladigan fizik muhit. Bu simli yoki simsiz liniya bo‘lishi mumkin. Simli liniya – mis yoki optik tolali kabel. Simsiz liniya – radio-, televizion, infraqizil kanallar. Ma’lumotlar uzatish oddiy protokoli|Disksiz stansiyalarni masofadan yuklash uchun foydalaniladigan protokol. Ma’lumotlar uzatish protokoli|Ma’lumotlar uzatish tarmog‘i qurilmalari o‘rtasida axborot paketlari tuzilmasiga va axborot paketlari almashuvi algoritmiga bo‘lgan talablarning shakllantirilgan to‘plami. Ma’lumotlar uzatish tarmog‘i|1. Ma’lumotlar uzatilishini ta’minlaydigan raqamli tarmoq.2. Ma’lumotlar uzatilishini ta’minlash maqsadida ma’lum nuqtalar o‘rtasida telekommunikatsiyani tashkil etish uchun maxsus tuzilgan tele-kommunikatsiyalar uzellari va kanallarining majmui. Ma’lumotlar uzatish tarmog‘i orqali bog‘lanish|Aloqa vositalari o‘rtasidagi, abonent va/yoki foydalanuvchiga ovozli va/yoki ovozsiz axborotni uzatish va/yoki qabul qilish imkonini beruvchi, chaqirish natijasida yoki oldindan o‘rnatilgan o‘zaro hamkorlik.Ma’lumotlar uzatish tarmog‘ining tuzilmasiing. - structure data transmission networkru – с ттруктура сети передачи данныхMa’lumotlar uzatish tarmog‘ida o‘zaro ishlaydigan qurilmalarining o‘zaro joylashishi va bog‘lanishi. Ma’lumotlar uzatish tezligi|Ma’lumotlar uzatishda bir sekunddagi bitlar soni. Bu tezlik tashqi xotira bo‘lgan lokal shina turiga, periferik qurilmalar bo‘lgan interfeys turiga bog‘liq. Kompyuter tarmoqlarda ma’lumotlar almashinish tezligi. Kanalning holati va ma’lumotlar uzatish apparaturasi bilan belgilanadi. Ma’lumotlar uzatish tizimi|Ma’lumotlar uzatishni ta’minlaydigan telekommunikatsiyalar tizimi. Ma’lumotlar uzatish vositalari|Aloqa kanali va ma’lumotlar uzatish apparaturasining majmui. Ma’lumotlar uzatish xizmatlari foydalanuvchisi|Ma’lumotlar uzatish xizmatlari xizmatidan foydalanuvchi odam (yoki unga tegishli MChU yoki MChUdagi ma’lum jarayon). Ma’lumotlar va ularning tashuvchilarini maxfiylashtirish|Qonunda ko‘zda tutilgan tartibda, davlat siri hisoblanadigan ma’lumotlar uchun, ularni tarqatish va tashuvchilardan foydalanish yuzasidan cheklashlar kiritish. Ma’lumotlar xabari|Elektron, optik yoki analog vositalar yordamida, ma’lumotlarning elektron almashinuvi, elektron pochta, telegramma, teleks yoki telefaksni qo‘shgan holda, lekin ular bilan cheklanmagan holda tayyorlangan, jo‘natilgan, olingan yoki saqlanadigan axborot. Ma’lumotlar xabarini jo‘natuvchi (xabar jo‘natuvchi)|Xabarlar oqimidan ma’lumotlar xabarlarini tanlashni amalga oshiruvchi va ushbu xabarni keyinchalik uzatish uchun shakllantiruvchi inson va/yoki qurilma. Maʼlumotlar xabarini tuzuvchi|Nomidan yoki nomiga saqlash uchun maʼlumotlar xabari tayyorlangan yoki jo‘natilgan shaxs.Izoh – Maʼlumotlar xabarini tuzuvchiga, bu maʼlumotlar xabariga nisbatan vositachi sifatida ish ko‘ruvchi shaxs kirmaydi. Maʼlumotlar yaxlitligining buzilishi|Axborotning, uning tuzilmasining o‘zgarishiga va maʼlumotlarning bir qismi yo‘qolishiga olib keladigan buzilishi. Ma’lumotlar yo‘li|Ma’lumotlar uzatiladigan virtual yo‘l. Ma’lumotlar zvenosining ulanishi|Bevosita tarmoqqa ulangan printerlardan ma’lumotlar uzatish kanalini boshqarish protokoli. Ma’lumotlar shinasi|1. Kompyuter qurilmasini (masalan, protsessor va tezkor xotira qurilmasini) birlashtiruvchi va ular orasida ma’lumotlar uzatish uchun xizmat qiladigan uchta shinadan biri. Hozirda 32 va 64 razryadli ma’lumotlar shinalaridan foydalaniladi. Ma’lumotlar shinasining kengligi kompyuter unumdorligini belgilaydi. Ma’lumotlar shinasi har doim ikki yo‘nalishli bo‘ladi. Atamadan, ko‘pincha dasturiy ta’minotni sozlash tizimlarini tavsiflashda foydalaniladi.2. Mikroprotsessor ichki shinalaridan biri. Odatda, tizim platasidagi ma’lumotlar shinasiga qaraganda kengroq (128 yoki 256 razryadli) bo‘ladi. Ma’lumotlardan birgalikda foydalanish|Bitta fayldan bir vaqtda bir nechta foydalanuvchi (ilova)ning foydalana olishi. Ma’lumotlardan erkin foydalanish mexanizmi|Modemni telefon liniyasiga ulash uchun mo‘ljallangan dasturiy xizmat. Ma’lumotlardan erkin foydalanish obyektlari|Ma’lumotlar bazalari bilan ishlashning asosiy jarayonlarini ifodalaydigan, ishlab chiquvchilarni ma’lumotlarni o‘qish va yozish jarayonining texnik detallariga murojaat qilishdan xalos etadigan toifalar bibliotekasi, yuqori darajali obyektlar to‘plami. Ma’lumotlardan foydalana olishlik|Axborotning (avtomatlashtirilgan axborot tizimi resurslarining) holati, bunda foydalana olish huquqiga ega bo‘lgan subyektlar ulardan to‘sqinliksiz foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Ma’lumotlardan foydalanish texnologiyasi|Ishlab chiquvchilarga ma’lumotlarga istalgan dasturlash tilida murojaat qilishlariga imkon beradigan, yuqori darajali interfeyslar to‘plamini o‘z ichiga oladigan texnologiya. Ma’lumotlardan universal foydalanish|Microsoft ma’lumotlardan foydalana olish texnologiyasi, Windows DNA ning qismi bo‘lib, o‘z ichiga ADO va OLE DB larni oladi. Ma’lumotlarni aktuallashtirish|Ma’lumotlarni aktual holatda saqlab turish, ya’ni ularni predmet sohaning aks ettiriladigan obyektlarining holati bilan muvofiqlikka keltirish. Aktuallashtirish yozuvlar qo‘shish, ularni chiqarib tashlash, shuningdek, tahrir qilish operatsiyalarini o‘z ichiga oladi. Ma’lumotlarni arxivlash|Ma’lumotlarni doimiy xotirada uzoq vaqt saqlash uchun, ularni zichlash va joylashtirish. Ma’lumotlarni asinxron oqimli uzatish|Ma’lumotlarni vaqt bo‘yicha sinxronlash talablarisiz oqimli uzatish (masalan, RS-232 protokoli bo‘yicha ma’lumotlar). Ma’lumotlarni asinxron uzatish|Uzluksiz xabarlar oqimidan ma’lumotlarni olish uslubi va uzatish usuli; uzatuvchi tomon har bir ma’lumotga, ma’lumot qayerda tugashini ko‘rsatadigan start va stop bitlarini kiritadi. Bu, ma’lumotlar uzatishning, modemli aloqada qo‘llaniladigan ancha ishonchli usulidir. Ma’lumotlarni autentifikatsiya qilish|Ma’lumotlar yaxlitligini tekshirish jarayoni. Masalan, olingan ma’lumotlarning jo‘natilgan ma’lumotlar bilan bir xilligini, shuningdek, dasturda virus bor yoki yo‘qligini tekshirish. Maʼlumotlarni avtomatlashtirilgan qayta ishlash|Maʼlumotlarni asosan hisoblash texnikasi vositalari yordamida qayta ishlash. Ma’lumotlarni blokirovkalash|Bitta foydalanuvchidan tashqari, barcha foydalanuvchilarga kirishni taqiqlash yo‘li bilan fayl yoki uning bir qismini (yozuv blokini) muhofaza qilish. Ma’lumotlarni bo‘lish|Xatolar ta’sirini kamaytirish uchun, bit oqimini ikki oqimga ajratish usul. Dekodlashdan oldin ikkala oqim birlashtiriladi. Ma’lumotlarni e‘lon qilish|O‘zgaruvchining xarakteristikalarini: ma’lumotlar nomi, turi, boshlang‘ich qiymatini tavsiflovchi dastur operatori. Ma’lumotlarni kiritish|Ma’lumotlarni, axborotni qayta ishlash tizimiga yoki uning biror bir qismiga, uni saqlash yoki qayta ishlash uchun kirirtish jarayoni. Ma’lumotlarni kommutatsiyalanadigan tarmoqlar orqali yuqori tezlikda uzatish|1. GSM standartidagi, ma’lumotlarni oshirilgan tezlikda (57 Kbit/s gacha) uzatish texnologiyasi.Izoh − Bu texnologiyaning asosiy afzalligi, ma’lumotlar uzatish tezligining yuqoriligida. Bu, bog‘lanishni o‘rnatishga ketadigan vaqtni kamaytirish va dasturlar ishini tezlashtirish imkonini beradi. Ma’lumotlarni uzatish oldingiga nisbatan to‘rt marta tez bajariladi, bu esa, kartalar va grafik interfeysdan foydalanib, mobil navigatsiya kabi xizmatlarni amalga oshirish imkonini beradi. HSCSD texnologiyasi kommutatsiyalanadigan tarmoqlarda qo‘llanilishi tufayli, ma’lumotlar qisqa impulslar tarzida uzatiladigan elektron pochta uzatishga qaraganda, multimedia va videodasturlar ishi uchun yaxshiroq moslashtirilgan. Texnologiyadan GSM tarmog‘ida foydalanishda uzatish tezligi 43,2 Kbit/s bo‘lishiga erishiladi. Bu qiymat zamonaviy modemlardan foydalaniladigan simli tarmoqlar orqali ma’lumotlar uzatish tezligiga teng.2. GSM mobil tarmoqlar ustqurmasi. 57,6 Kbit/s yuqori o‘tkazish qobiliyatiga erishish uchun, to‘rtta 14,4 Kbit/s past tezlikli kanalni birlashtirish imkonini beradi.Izoh − GPRS dan farqli ravishda, kanallarni kommutatsiyalash usulidan foydalaniladi. HSCSD uskunasi multimedia ma’lumotlarni uzatish uchun mo‘ljallangan, videokonferens aloqa uchun ham to‘g‘ri keladi. Ma’lumotlarni konvertatsiya qilish|Ma’lumotlarni taqdim etish shaklini ma’lum qoidalarga muvofiq, undagi axborotni saqlagan holda, o‘zgartirish. Ma’lumotlarni konveyyerlash|MPEG-2 transport oqimining foydali ma’lumotlar paketi sohasiga ma’lumotlarni bevosita uzatish. Maʼlumotlarni ko‘chirish darajasi|Dasturiy taʼminotni ishga tushirmasdan va bajarmasdan turib, maʼlumotlarni bir tizimdan boshqa tizimga oson uzatish mumkinligi. Maʼlumotlarni masofadan qayta ishlash|Kiritish yoki chiqarish qurilmalari markaziy protsessordan uzoqda joylashgan holda maʼlumotlarni avtomatlashtirilgan qayta ishlash. Ma’lumotlarni mualliflashtirish|Ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlarning xususiylik darajasini aniqlash va belgilash. Ma’lumotlarni muhofaza qilish|1. Ma’lumotlardan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishning oldini olish uchun ma’muriy, texnik yoki jismoniy chora-tadbirlarni amalga oshirish.2. Ma’lumotlarni, qasddan yoki qasddan bo‘lmagan tarzda o‘zgartirilishiga, fosh bo‘lishiga yoki buzilishiga olib keladigan nomaqbul oqibatlardan va harakatlardan saqlash uchun qo‘llaniladigan chora-tadbirlar. Ma’lumotlarni nazorat qilish|Ma’lumotlarning ishonchliligi va yaxlitligini tekshirish. Sintaksis, semantik va pragmatik nazorat farq qilinadi. Maʼlumotlarni ochiq tarmoqda qayta ishlash|SUN Microsystems korporatsiyasi tomonidan taklif qilingan asosiy funksional profil. SUN Microsystems korporatsiyasiga tegishli bo‘lgan ONC 1985-yili paydo bo‘lgan va turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan chiqarilgan axborot tizimlarida tatbiq qilishga mo‘ljallangan standartlar to‘plamidir. Bu standartlar, operatsion tizim va kompyuterlarning arxitekturasiga bog‘liq emas. Interfeyslarning barcha spetsifikatsiyalari va tavsiflari nashr qilingan va mutaxassislarning keng doirasiga murojaat etilgan, yaʼni, ONC ochiqdir. Unda dastlabki matnlarning talaygina qismi bepul uzatiladi, qolgan qismi uchun – arzimagan pul to‘lanadi. ONC asosiy profili keng tarqalib, maʼlumotlarga tarqoq ishlov berish uchun de-fakto standart bo‘lib qoldi. (Ma’lumotlarni) paketli radio uzatish umumiy xizmati|Uyali aloqa tarmoqlarida ma’lumotlarni uzatish standarti. Ma’lumotlarni qayta ishlash apparaturasi|Foydalanuvchi tomonidan «Foydalanuvchi-Tarmoq» interfeysida joylashgan va ma’lumotlar manbaiga va/yoki qabul qiluvchiga xizmat ko‘rsatuvchi qurilma. DTE-qurilmasi ma’lumotlar uzatish tarmog‘iga DCE-qurilmasi (masalan, modem) orqali ulanadi va DCE-qurilmasida generatsiyalanadigan taktli signallardan foydalanadi. DTE qurilmalariga kompyuterlar, marshrutizatorlar va multipleksorlar kiradi. Ma’lumotlarni qayta ishlash dasturi|Biror bir ma’lumotni qayta ishlaydigan istalgan dastur Maʼlumotlarni qayta ishlash ochiq tizimi|Boshqacha maqsadlardagi va bajarilgan boshqa tizimlar bilan funksional moslikni yaxshilash uchun, birgalikda o‘rnatilgan interfeyslar va protokollarni ichiga oladigan tizim. Maʼlumotlarni qayta ishlash tizimi|Dasturiy taʼminot va maʼlumotlar avtomatlashtirilgan tarzda qayta ishlanishini bajaradigan hamda apparat vositalarini ishga soladigan tegishli xodimlar. Maʼlumotlarni real vaqtda qayta ishlash|Maʼlumotlarga ishlov berish tezligi, hodisaning modellash tezligi bilan bir xil yuz bergan hol. (Ma’lumotlarni) saqlash|Ma’lumotlarni, ularni saqlagandan so‘ng o‘zgarmas holatda ushlab turish, vaqtning istalgan onida keyinchalik hisoblash imkonini ta’minlovchi jarayon. Ma’lumotlarni sinxronlangan oqimli uzatish|Ma’lumotlarni vaqt bo‘yicha sinxronlash talablari bilan oqimli uzatish, shu ma’nodaki, oqim tarkibidagi ma’lumotlar ma’lumotlar oqimlarining boshqa turlari bilan majburiy sinxronlash orqali qayta tiklangan bo‘lishi mumkin (masalan, audio va video oqimlari). Ma’lumotlarni siqish|Ma’lumotlar hajmini kamaytirish maqsadida uni qayta kodlash protsedurasi. Ma’lumotlarni saqlash va uzatish qurilmalaridan yanada oqilona foydalanish uchun qo‘llaniladi. Ma’lumotlarni skanlash|Ma’lumotlar traktlarini skanlaydigan test ketma-ketlik (diagnostik testlashda ma’lumotlar traktlarini tekshirish maqsadida). Ma’lumotlarni taqdim etish|Ma’lumotlar bazasining maxsus sxemasi orqali qayd etilgan fizik muhitda ma’lumotlarning joylashishi. Ushbu sxemadan foydalanib, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi ma’lumotlarning fizik joylashuviga ega bo‘lgan kerakli axborotni izlash so‘rovini aniqlaydi. Ma’lumotlar bazasi sxemasini tuzishning turli prinsiplari ma’lumotlarni taqdim etishning har xil (relyatsion, iyerarxik va tarmoq) turlarini keltirib chiqaradi. Maʼlumotlarni taqdim etish darajasi|Ochiq tizimlar o‘zaro bog‘liqligining, maʼlumotlar kerakli formatda taqdim etilishi va o‘zgartirilishini, amaliy daraja mantiqiy obyektlari o‘rtasida maʼlumotlar almashinish bo‘yicha xizmatlarni taʼminlaydigan darajasi. Ma’lumotlarni taqdim etish protokoli|Taqdimot darajasidagi protokol, unda TCP/IP stekini bir qancha cheklovlarga ega tarmoqlarda qo‘llab-quvvatlash usuli ifodalanadi. Ma’lumotlarni taqsimlangan holda qayta ishlash|Amaliy dasturlarning tizim guruhlari tomonidan bajarilish metodikasi. Bunda foydalanuvchi bir nechta o‘zaro bog‘liq abonent tizimlarida joylashgan tarmoq xizmatlari va amaliy jarayonlar bilan ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ma’lumotlarni taqsimlangan qayta ishlash muhiti|Ma’lumotlarni taqsimlangan qayta ishlash texnologiyasi, abonent tizimlarining guruhlari bo‘yicha bo‘lib-bo‘lib taqsimlangan amaliy jarayonlarni bajarish uchun tarmoq xizmatlarining standart to‘plamini o‘zida aks ettiradi. Ma’lumotlarni taqsimlangan qayta ishlash milliy platformasi|«Bulutli» hisoblashlarni amalga oshiradigan axborot tizimlari kompleksi. Milliy platformani yaratishdan maqsad, davlat hokimiyati organlarining IT-ta’minotga qilinadigan sarf-xarajatlarini optimallashtirish va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarini avtomatlashtirish darajasini oshirishdan iborat. Maʼlumotlarni tezkor analitik qayta ishlash|Axborotni qayta ishlash texnologiyasi. O‘z ichiga hisobot va hujjatlarni dinamik tuzish va chop etishni oladi. Tahlilchilar tomonidan axborot bazasidagi qiyin so‘rovlarni tez qayta ishlashda foydalaniladi. Maʼlumotlarni tezkor yetkazish|Foydalanuvchilar tomonidan axborotni tezkor olish texnologiyasi. Foydalanuvchilar o‘z abonent tizimlariga axborotni ikki texnologiyadan birini ishlatib olishlari mumkin. Maʼlumotlarni ko‘chirib olish texnologiyasi shu bilan tavsiflanadiki, unda foydalanuvchi mustaqil yoki mobil agentlar yordamida kerakli axborotni bazadan qidiradi, uni topib, bazadan oladi. Maʼlumotlarni turtkilab chiqarish texnologiyasining mohiyati shundaki, foydalanuvchilar guruhiga ularning muayyan talabnomalarisiz aniq axborot tarqatiladi. Uni buyurtma bergan va tarqatish manzili egalari ro‘yxatiga kiritilganlar oladi. Ma’lumotlarni tiklash|1. Ma’lumotlarni oldindan ma’lum bo‘lgan yoki muayyan bir holatga keltirish.2. Ma’lumotlarni, ma’lumotlarning himoya nusxasi bo‘lgan tashuvchidan original tashuvchiga, ma’lumotlar yaxlitligi buzilgan holda, ko‘chirish. Ma’lumotlarni tozalash|Voris ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlarni, ularning takrorlanishini, mos kelmasligini va kiritishdagi xatolarni aniqlash yo‘li bilan tuzatish. Ma’lumotlarni tozalash jarayonida mumkin bo‘lgan joyda, bir nechta ma’lumotlar bazasidan olingan yozuvlar birlashtiriladi. Tozalash operatsiyasi ma’lumotlar omborini to‘ldirish paytida amalga oshiriladi. Ma’lumotlarni turlarga bo‘lish|Ma’lumotlarni, ularning qiymat sohalari va ular ishtirok etadigan operatsiyalar bo‘yicha tasniflash. Ma’lumotlar, ular qayta ishlanadigan tizimlarda o‘zgaruvchilar va konstantalar ko‘rinishida, shuningdek, ifodalar va funksiyalar ko‘rinishidagi ularning birikmasi shaklida taqdim etiladi. Ma’lumotlarni turlarga bo‘lish o‘zgaruvchilar va konstantalar, tegishlicha, ifodalar va funksiyalar kiradigan klassni belgilaydi. Dasturlash tillarida ma’lumotlar turlarini aniqlash, dasturlashda xatolarni kamaytirish va talab qilinadigan xotirani minimallashtirish maqsadida amalga oshiriladi. Ma’lumotlar turlari oddiy va tarkibli (murakkab) bo‘ladi. Oddiy ma’lumotlarga, masalan, butun sonlar, haqiqiy sonlar; tarkibiy ma’lumotlarga massivlar, fayllar kiradi. Ba’zi dasturlash tillarida ma’lumotlar turi foydalanuvchi tomonidan belgilanishi mumkin. Maʼlumotlarni (to‘g‘rilikka) tekshirish|Kirish maʼlumotlarining dastur ko‘rsatadigan talablarga (qiymatlar diapazoni, taqdim etish formati) mos kelishini tekshirish uchun, ularni oldindan qayta ishlash. Ma’lumotlarni uyali aloqa tarmog‘i orqali raqamli paketli uzatish|Ma’lumotlarni analog uyli telefon aloqa tizimi orqali 19,2 Kbit/s tezlik bilan uzatish imkonini beradigan paketli uzatish. Zamonaviy 3G tizimlari joriy qilina borgan sari, CDPD texnologiyasi asta-sekin iste’moldan chiqib bormoqda. Ma’lumotlarni uzatishning taqsimlangan o‘tkazuvchi interfeysi|FDDI protokolining o‘ralgan juftli tarmoq orqali amalga oshirilishi. Ma’lumotlarni va ularni tashuvchilarni oshkor qilish|Qonunchilikda ko‘zda tutilgan tartibda oldin kiritilgan, davlat siri hisoblanadigan ma’lumotlarni tarqatishga va ularni tashuvchilardan foydalana olishga bo‘lgan cheklovlarni olib tashlash. Ma’lumotlarni vizuallashtirish|Eksperimental yoki boshqa ma’lumotlarni grafik taqdim etish usullarining majmui, foydalanuvchiga ular ichidan ahamiyatli ma’lumotni tezda ajratish imkonini beradi. Ma’lumotlarni xavfsiz uzatish protokoli|Amaliy darajada trafikni oxirgi shifrlash uchun foydalaniladigan protokol. Ma’lumotlarni yuklash|Ma’lumotlarni, ular tozalangandan keyin boshlang‘ich ma’lumotlar bazasidan ma’lumotlar bazasining yangi segmentiga (yoki boshqa xotira qurilmasiga) ko‘chirish. Maʼlumotlarni zichlash samarasizligi|O‘tkazish qobiliyatining, maʼlumotlar guruhli oqimini marshrutlash va aloqa uzellaridagi turli abonentlar maʼlumotlarini ajratish uchun zarur bo‘lgan xizmatga oid axborot bilan to‘ldirishga bog‘liq holda yo‘qolishi. Ma’lumotlarni o‘rganish|Ma’lumotlar omborlarini tahlil qilish texnologiyasi. Sun’iy intellekt usullariga va qarorlar qabul qilishni ta’minlash vositalariga asoslanadi. Jumladan, bunga ma’lumotlar o‘rtasida assotsiativ aloqadorlikni, ularning o‘zgarish trendlarini topish, ma’lumotlar turlarini aniqlash kiradi. Ma’lumotlarni o‘zgartirish|Boshlang‘ich ma’lumotlarni, ma’lumotlar ombori uchun belgilangan formatga o‘tkazish. Ma’lumotlarni shifrlash|Ma’lumotlarni, ularning yashirin uzatilishini ta’minlaydigan maxsus algoritmlardan foydalanib, qayta ishlash usuli. Axborotning o‘zgartirilishi kodlash birlik-lari, odatda, mazmunli so‘z yoki jumlalar bo‘lgan kriptografik usullardan farqli o‘laroq, bitlar yoki ularning ketma-ketligi darajasida amalga oshiriladi. Ma’lumotlarni shifrlash algoritmi|Axborotni taqdim etishning dastlabki shakli (ochiq matn)ni, qayta o‘zgartirish siriga ega ko‘rinishga (shifrlangan matn) aylantirish bo‘yicha, muhim o‘zgaruvchi (shifrlash kaliti)ga bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarning mazmuni va izchilligini belgilaydigan matematik qoidalar to‘plami. Ma’lumotlarni shifrlash standarti|Shifrlash va deshifrlashda keng qo‘llaniladigan yuqori darajadagi ishonchlilikka ega bo‘lgan algoritm. U.S.National Bureau of Standarts tomonidan ishlab chiqilgan. Ayni vaqtda Tripple DES uch karra uzunlikda shifrlash versiyasi ishlab chiqilgan. Ma’lumotlarni chiqarib tashlash|Belgilangan mezonlarga muvofiq, ma’lumotlar bazalaridan ma’lumotlarni avtomatik tarzda yoki qo‘lda chiqarib tashlash. Ma’lumotlarni chiqarish|Axborotni qayta ishlash tizimi yoki uning biror bir qismi yordamida ma’lumotlarni bu tizimdan yoki qismdan uzatish jarayoni. Ma’lumotlarning analog shakli|Ma’lumotlarni elektr kuchlanish yoki elektr toki kabi maʼlum diapazonda to‘xtovsiz o‘zgaruvchi fizik kattaliklar shaklida taqdim etish, saqlash va uzatish uslubi. Ma’lumotlarning buzilishi|Ma’lumotlar yaxlitligining tasodifan yoki qasddan buzilishi. Ma’lumotlarning ishonchliligini tekshirish|Ma’lumotlarning aniqligini, ularning to‘liqligini yoki berilgan mezonllarga mosligini aniqlash uchun qo‘llaniladigan jarayon.Izoh – Ma’lumotlarning ishonchliligini tekshirish ularning formatlarini va to‘liqligini tekshirish, kalitning nazorat testlari, to‘g‘riligini va cheklashlarni tekshirishdan iborat. Maʼlumotlarning protokol bloki|Paket yoki kadr turidagi vaqtinchalik blok, maʼlumotlar blokining yuqori pog‘ona protokollaridan quyi pog‘ona protokollari tomon harakatlanishda davriy o‘zgarishning uchinchi (oxirgi) fazasi. Maʼlumotlarning servis blokidan (ikkinchi faza) hamda PCI protokolining boshqaruvchi axboroti bo‘lgan sarlavhadan iborat. Quyi pog‘onasidagi ICI interfeysining boshqaruvchi axboroti qo‘shilishi natijasida, quyi pog‘ona bilan chegaralangan maʼlumotlarning interfeysli blokiga (quyi pog‘onasining birinchi fazasi) aylanadi. Ma’lumotlarning mustaqilligi|Ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimida – ma’lumotlarning, ular bilan ishlaydigan dasturlardan ajratilishi. Ma’lumotlardan foydalana olishlik darajasini oshiradi. Mantiqiy, fizik va fazoviy ma’lumotlar mustaqilligi farqlanadi. Ma’lumotlarning sifati|Ma’lumotlarning muayyan vazifalarni bajarish uchun yaroqliligini ta’minlovchi xossalari majmui. Aniqlik, to‘liqlik, adekvatlik, ziddiyatsizlik, muhofaza qilinganlik ma’lumotlarning sifat ko‘rsatgichlari hisoblanadi. Ma’lumotlarning vizit bazasi|Abonentlarning joylashgan o‘rni to‘g‘risidagi axborotning, ularning ko‘chib yurishini kuzatish imkonini beradigan qismi saqlanadigan ma’lumotlar bazasi. Ma’lumotlarning xavfsizligi|1. Ma’lumotlarga nisbatan qo‘llaniladigan kompyuter xavfsizligi.2. Ma’lumotlarning, ma’lumotlar o‘zgartirilishiga, fosh bo‘lishi yoki buzilishiga olib keluvchi, ruxsat etilmagan ta’sirlardan (tasodifiy yoki qasddan) muhofaza qilinganligi.3. Tizimning, qayta ishlanadigan va saqlanadigan axborotdan ruxsat etilmagan tarzda foydalanish yo‘lidagi urinishlarga qarshi tura olish xususiyati. Ma’lumotlarning yaxlitligi|1. Amalga oshiriladigan o‘zgartirishlardan qat’i nazar, ma’lumotlarning aniqlikni va zid kelmaslikni saqlash qobiliyati.2. Ma’lumotlarni ruxsat etilmagan usulda o‘zgartirib, o‘rnini almashtirib yoki yo‘q qilish mumkin bo‘lmasligini kafolatlaydigan xususiyat.Izoh – Ma’lumotlarning yaxlitligi tizimning buzilishlarga chidamliligini va avtomatik tiklanishini ichiga oladi. Ma’lumotlarning yaxshi saqlanganligi|Axborot tizimining, o‘z hayotiy sikli mobaynida, ma’lumotlarning buzilmagan holda saqlanishini va ularning tasodifiy ravishda yo‘q qilinmasligini ta’minlash xususiyati. Ma’lumotlarning o‘zgaruvchan oqimi|ATM tarmoqlaridagi bu servis ikki turining umumiy nomlanishi. Bu rejimda o‘tkazish kengligiga bir necha kafolatlar beriladi: odatda minimal yoki o‘rtacha o‘tkazish polosasi kafolatlanadi. Real (rtVBR) va noreal vaqtdagi uzatishlar (nrtVBR) farqlanadi. Ma’lumotlarning n-simvoli|n-sanoq pozitsiyasi tizimida taqdim etilgan ma’lumotlarning simvollaridan biri. Ma’lumotnoma|1. Ma’lumotlar elementlari va ularning kompyuter xotirasida joylashishi o‘rtasidagi muvofiqlikni belgilaydigan havolalar to‘plami.2. Oddiy kartochkalarni to‘ldirishda qo‘llaniladigan axborotni qayd etish uchun xizmat qiladigan maxsus kartochka. Odatda, tizimda ma’lumotlarning ma’lum turidagi yagona kartochkasi saqlanadi. Ma’lumotnomalar va tasniflagichlar registri|Elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishda va boshqa vazifalarni bajarishda davlat organlari axborot tizimlarining idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik vazifalarini hal qilish uchun, yagona talablar asosida dolzarb ma’lumotnomalar va tasniflagichlarni shakllantirish, saqlash, aktuallashtirish hamda taqdim etishni ta’minlaydigan davlat axborot tizimi. Ma’muriy axborot tizimi|Korxonalar, tashkilotlarning rahbarlari va ma’muriy xodimlar uchun mo‘ljallangan avtomatlashtirilgan axborot tizimi. Maʼmuriy boshqaruv domeni|X.400 xabarlarni boshqarish tizimida xizmatlar taqdim etadigan yuridik shaxs (Masalan, AQSHda MClmail va ATTmail, Buyuk Britaniyada British Telecom Gold400mail). Ma’muriy domen|Bitta tashkilot tomonidan boshqariladigan serverlar, marshrutizatorlar va tarmoqlar guruhi. Ma’muriy funksiya|Ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajariladigan davlat funksiyasi. Maʼmuriy muhofaza choralari|Xavfsizlik siyosatini ishlab chiqish va uni yurgizish choralari. U muhofaza to‘g‘risidagi hujjatlar talablariga ko‘ra faoliyat doiralarida (masalan, xavfsizlik siyosati va uni yurgizish bo‘yicha hujjatlar yuritish, obyekt joylashish joyini tanlash, nazorat qilinadigan (tekshiriladigan) zonani tashkil qilish, turli tashuvchilardagi muhofaza qilish lozim bo‘lgan maʼlumotlarga ega hujjatlarni qayd qilish, saqlash va aylanish qoidalarini bajarish va h.k. Ma’muriy hisobga olish|Davlat tomonidan hisobga olish turi, uning ma’lumotlarining o‘zgarishi jismoniy yoki yuridik shaxs huquqlari yoki majburiyatlarining yuzaga kelishiga, o‘zgarishiga yoki tugatilishiga olib keladi yoxud jismoniy yoki yuridik shaxs huquqlari yoki majburiyatlari yuzaga kelishining, o‘zgarishining yoki tugatilishining oqibati hisoblanadi. Ma’muriy protsedura|Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan funksiyalari hamda vazifalarini bajarishlari uchun amalga oshiriladigan jarayonlar majmui. Ma’muriy reglament|Davlat funksiyasini bajarish chog‘ida, ijro etuvchi hokimiyat va/yoki mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organining ma’muriy protseduralari va harakatlarining izchilligini va muddatlarini, uning tuzilmaviy bo‘linmalari bilan mansabdor shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik tartibini, shuningdek, ijro etuvchi hokimiyat va/yoki mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organining jismoniy yoki yuridik shaxslar bilan, davlat hokimiyat va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishning boshqa organlari, tashkilotlar va muassasalar bilan o‘zaro hamkorligini belgilaydigan normativ-huquqiy hujjat. Ma’muriy xabarlar|Serverga yoki resurslardan foydalanishga taalluqli bo‘lgan xabarlar. Ular foydalanuvchilarni xavfsizlik va foydalanishni boshqarish tizimida, foydalanuvchilar seanslarida, ta’minotni boshqarish tizimida yuz berayotgan voqealar to‘g‘risida, katalogni replikatsiya qilish va bosishda xabardor qiladi. Kompyuter xabarni qabul qilganda, kompyuterlar va foydalanuvchilarning oldindan belgilangan ro‘yxati bo‘yicha bu xabar jo‘natiladi. Ma’muriy xavfsizlik|Kompyuter xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan ma’muriy chora-tadbirlar. Operatsion protseduralar va hisob berish protseduralari, xavfsizlik buzilishlarini tekshirish hamda audit jurnallarini tahlil qilish protseduralari shunday chora-tadbirlar hisoblanadi. MBBT-ilova|Foydalanuvchining ma’lumotlar bazasi ma’lumotlaridan foydalana olishini ta’minlaydigan dastur. Ma’lumotlarni kiritish, so‘rovlar va hisobotlar shaklida amalga oshiriladi. «M» belgili qop|Bir jo‘natuvchi tomonidan bitta adresatga yuboriladigan bosma nashrlar (davriy nashrlar, kitoblar va sh.k.) solingan xalqaro pochta jo‘natmasi turi (maxsus qop). Media|1. Ommaviy axborot vositalari (OAB). Maʼlum axborotni ko‘p abonentlarga uzatish vositasi.2. Informatikada «media» so‘zi turli moddalarni – qog‘oz, optik disk, magnit disk, magnit tasmalarni bildiradi. Mediaprotsessor|Oqimli video va/yoki audio axborotni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan, bir kristalli multiprotsessor. Mediashlyuz kontrolleri|Mediashlyuzdagi media kanallar uchun ulanishni boshqarishga taalluqli bo‘lgan faqat chaqiruv holatining qismlarini nazorat qiladi. Megabayt (Mbyte)|Xotira hajmini yoki ma’lumotlar miqdorining o‘lchov birligi. 220 = 1048576 byte ga teng. Megapiksel|Tasvirni shakllantiradigan bir million piksellar. Raqamli foto- va videokameralarning eng muhim xarakteristikalaridan biri, yaʼni matritsaning ajrata olish qobiliyati, megapikselda o‘lchanadi. Shuningdek, yaratilgan yoki skanlangan tasvirning kattaligini ham maʼlum tasvirning kattaligi bilan solishtirish uchun megapikselda o‘lchanadi. Megauya|Uyali aloqa tarmog‘idagi, harakat radiusi (100−500) km bo‘lgan qoplash zonasi. Mehmonlar kitobi|Saytga tashrif buyuruvchilar bilan teskari aloqa vositasi. Sahifa mazmuni to‘g‘risida o‘z fikringizni yozib jo‘natish mumkin bo‘lgan forma. Foydalanuvchi mehmonlar kitobida formani to‘ldirgandan keyin uning fikri saytda chop etiladi. «Men seni izlayman»|Internetda sherik izlash va ular bilan real vaqtda xat orqali muloqot qilish imkonini beradigan interaktiv muloqot tizimi. Hozirgi vaqtda America Online korporatsiyasiga tegishli bo‘lgan Mirabilis kompaniyasining mahsuloti. Menejer|Obyektni boshqarish vazifalarini bajaruvchi inson, qurilma yoki dastur. Boshqaruv obyekti tarmoq, katta tarmoqning qismi, tizim, maʼlumotlar banki va h.k. bo‘lishi mumkin. Menejment|1. Kerakli natijalarga erishish maqsadida insonlar va obyektlarga taʼsir o‘tkazish. Avtomatika, informatika, texnologik jarayonlarda boshqaruv obyektlarga, ularning faoliyatini taʼminlash uchun maqsadli taʼsir ko‘rsatishni taʼminlaydi. U asosan qurilmalar va amaliy dasturlar majmui tomonidan amalga oshiriladi. Shu bilan birga, boshqaruvda xodimlar ham ishtirok etishi mumkin. Jamiyatlarning axborot faoliyatini boshqarishning usullari va vositalari axborot menejmenti deyiladi.2. Maqsadga qaratilgan jami harakatlar. Bunga ahvol va boshqaruv obyektining holatini baholash, boshqaruv taʼsirlarini tanlash va amalga oshirish ham kiradi. Menyu|Dastur ekranga chiqaradigan komandalar yoki javoblar ro‘yxati. Menyuda tanlash «sichqoncha» kursori bilan, unda belgilangan harfni klaviaturadan bosib yoki kursorni harakatlantirish yordamida amalga oshiriladi. Menyular ekranga kiritilgan bo‘lishi mumkin va tashkil qilish usuli bo‘yicha hamda ekranda ko‘rinishi bo‘yicha farqlanadi. Menyu komandasi|Dastur bilan ishlaganda uning menyusidagi biror bir punktni chaqirish uchun ishlatiladigan tezkor klavishlar birikmasi bo‘lib, qulaylik uchun yaratilgan. Masalan, ochish ‒ Ctrl+O, saqlash – Ctrl+S va hokazo. Menyu qatori|Oynaning yuqori qismida joylashgan, aktiv dasturda foydalanish mumkin bo‘lgan, tanlash elementlari (menyu punktlari) dan iborat bo‘lgan, gorizontal yo‘lak. Menyu tarkibiy qismi|Menyu punktidagi dastur bilan ishlash uchun kira olish mumkin bo‘lgan komandalar. Masalan, «fayl» menyusida ochish, saqlash, yopish va h.k. qismlar bor. Menyu tugmasi|Bosh menyudagi tugma, dastur oynasi bilan ishlanganda asosiy amalni bajaradi. Merkl «daraxti»|Bir martali signaturalar va xesh-funksiyaga asoslanadigan raqamli imzo sxemasi. Bir martali imzolar sxemasidagi kamchiliklarni bartaraf qilish uchun qo‘llaniladi. Har bir yangi xabar uchun kalit juftini generatsiyalashdan voz kechish imkonini beradi. Merkl sharadasi|Kalitlarni taqsimlash algoritmi. Shifrlash uchun foydalaniladigan maxfiy kalitni, sharadalarning katta to‘plamida uni yashirgan holda, uzatishda qo‘llaniladi. Metabilim|O‘zining bilimlar bazasida saqlanadigan bilimlar to‘g‘risida yoki bazada saqlanadigan bilimlar orqali bajarilishi mumkin bo‘lgan protseduralar to‘g‘risidagi intellektual tizimni bilish. Metabilimlarni kiritish rekursiv jarayondir. Metabilim tabiiy tildagi matnlarda: «Men Ivanov suzolmasligini bilaman» yoki «Sidorov Petrov algebrani bilmaydi deb taxmin qilgan» kabi iboralar bilan kiritiladi. Metafayl|Grafik elementlar tegishli parametrlarga ega grafik komandalar ko‘rinishida tavsiflanadigan yozuvlarni ichiga olgan oddiy fayl. Metafayl ikkilik kodda taqdim etiladi. Metaizlash|Bir vaqtning o‘zida bir necha izlash tizimidan foydalangan holda Internetda izlash. Metaizlash mexanizmi|Boshqa izlash tizimlariga so‘rov berib, ularning barchasidan olingan natijalarni umumlashti-ruvchi izlash tizimi. Aslida, foydalanuvchi izlashni maqbullashtirish uchun bitta izlash tizimi-dan foydalanish bilan cheklanib qolmasdan ko‘p izlash tizimlaridan foydalanadi. Metaizlash tizimlari misoli sifatida Dogpile, CurryGuide, Excite, Fazzle larni ko‘rsatish mumkin. Metakompyuting|Kompyuter tarmoqlaridan milliy va jahon miqyosidagi taqsimlangan hisoblash tizimini yaratish uchun foydalanish. Metakompyuting maqsadi hududiy taqsimlangan va Internetga ulangan yuqori quvvatli kompyuter va chekka qurilmalarini xohlagan shaxsiy kompyuter yoki ishchi stansiyasidan foydalanish mumkin bo‘lgan, foydalanuvchi va dasturlashtiruvchilar uchun yagona hisoblash muhiti bo‘lgan o‘ta kuchli kompyuter yoki metakompyuterga aylantirish imkonini beruvchi dasturiy taʼminotni yaratishdir. Bunda foydalanuvchi bitta, biroq stolida turgan mashinadan anchagina katta mashina bilan ishlash tasavvuriga ega bo‘ladi. Metama’lumotlar|Boshqa ma’lumotlarni aniqlaydigan va tavsiflaydigan ma’lumotlar. Metasimvollar|Fayllar nomlarining maskalarini yaratish uchun foydalaniladigan * va ? simvollari. «?» simvoli har qanday yakka simvolga to‘g‘ri keladi, «*» simvoli esa, nolga yoki simvollarning katta soniga to‘g‘ri keladi. Metatarmoq|O‘zaro aloqada bo‘lgan hududiy tarmoqlardan iborat bo‘lgan global tarmoq. Metatarmoq|O‘zaro aloqada bo‘lgan hududiy tarmoqlardan iborat bo‘lgan global tarmoq. Metatil|Dasturlash tillarini tavsiflash tili. Meteor aloqasi|Signalning meteoritlarning ionlashgan izlaridan qaytishiga asoslangan maʼlumotlarni uzatish texnologiyasi. Ushbu kanaldan foydalanishning iqtisodiy manfaatlardan kelib chiqqan holda (bepul «yo‘ldosh»), maʼlumotlarni uzatishning kerakli sifatini taʼminlash uchun maxsus choralar ko‘rilmoqda. Birinchidan, meteor kanallaridan diskret signallar uzatiladi. Ikkinchidan, kodlaganda xatolarni to‘g‘rilovchi maxsus kodlar ishlatiladi. Meteor aloqasi uzoqligi 1000 kmgacha yetib boradi. Meteor aloqasi katta mablag‘ talab qilmasdan, yo‘ldosh tarmog‘idan uch baravar arzondir. Metrli toʻlqinlar|To‘lqin uzunligi 1 m dan 10 m (chastotasi 30 MHz dan 300 MHz) gacha bo‘lgan radioto‘lqinlar. «Mexanik» rouming|Rouming davrida abonent (roumer) xizmat ko‘rsatuvchi operatordan boshqa abonent raqamini oladigan va o‘zining uyali raqami bo‘yicha mahalliy operatorga taalluqli kiruvchi chaqiruvlarni qabul qilish imkoniga ega bo‘lmaydigan rouming xizmati. Meynfreym|Ma’lumotlar juda katta tezlikda qayta ishlanishini ta’minlaydigan, juda katta hajmdagi xotiraga ega bo‘lgan, katta o‘lchamdagi hisoblash mashinalari. Juda yirik tijorat va ilmiy ilovalar uchun foydalaniladi. Meʼyorlik|Obyektni uning normativ-texnik hujjatlariga mos kelishi. Obyekt sifatida tizim, stansiya, dastur, funksional blok bo‘lishi mumkin. U qurilma shaklida yaratilgan bo‘lishi yoki, dasturlar majmui shaklida taqdim etilishi mumkin. Mijoz|1. dastur yoki kompyuterdan xizmatlar, resurslar, ma’lumotlar yoki qayta ishlashni so‘raydigan foydalanuvchi, kompyuter yoki boshqa dastur.2. Server deb ataladigan boshqa bir dasturning muayyan xizmatlaridan foydalanadigan dastur.3. Mijoz-dastur bajariladigan kompyuter.4. Muayyan vazifalarni bajarish uchun serverlar deb ataladigan boshqa tizimlarga (yoki dasturlarga) so‘rov yuboradigan tizim (yoki dastur).Izoh – Serverlar va mijozlar maxsus protokollar orqali birgalikda ishlaydi va turli toifadagi kompyuterlarni ifodalaydigan tarmoqning turli uzellarida ishlashlari mumkin. Mijoz dasturiy ta’minoti|Oxirgi foydalanuvchiga tarmoq ilovasi bilan ishlash imkonini beradigan dasturiy ta’minot. Mijoz ilova|Kompyuterga o‘rnatilgan, lekin uzoqdagi server bilan ishlash imkoniyati bo‘lgan dastur. Mijoz qurilmasi|Simsiz tarmoq dasturini qo‘llash imkonini beradigan foydalanuvchi interfeysiga ega bo‘lgan apparat ta’minoti.Izoh − Mijoz qurilmasi – kompyuter qurilmasining boshqa bir nomidir. Mijoz-server|1. Xizmatlarni tavsiflashning umumiy usuli va bu xizmatlar uchun foydalanuvchi jarayonlarining (dasturlarining) modeli.Izoh – Vazifani bajarish ikki qismga ajratiladi oxirgi foydalanuvchi rasmiy talablarining tizim (mijoz qismi) tomonidan so‘ralishi va server qismning (resurslar omborining) ularga javobi.2. Mijozlar, serverlar va umuman, tarmoq yig‘indisi. Mijoz-server arxitekturasi|Ma’lumotlarning katta qismi serverda saqlanib, qayta ishlanayotgan paytdagi dasturiy mahsulotlarni realizatsiya qilish usuli. Mijoz kompyuterlari sifatida kam quvvatli mashinalar qo‘llanilayotganda yoki ma’lumotlarni markazlashtirilgan tarzda saqlash (har bir xodim foydalana olishi uchun) zarur bo‘lganda qo‘llaniladi. «Mijoz-server» arxitekturasining ma’lumotlar bazasi|Saqlash va olib borish funksiyalari, baza bir kompyuterda (serverda) saqlanishi, foydalanuvchi esa, boshqa bir mashinaga (mijozga) egaligi sababli, jismonan ajratilgan ma’lumotlar bazasi. Ma’lumotlar bazasi va foydalanuvchi aloqa kanallari bilan bog‘langan. Mijoz-server munosabati|Mijozning daraja tarmog‘ida ma’lumotlarni uzatish kanalini serverning daraja tarmog‘i trakti yordamida ushlab turishga imkon beruvchi «adaptatsiya» funksiyasi yordamida amalga oshriladigan daraja tarmoqlari o‘rtasidagi aloqa. Mijoz terminal|Hisoblash resurslari cheklangan tarmoq kompyuteri. Mijoz tomonidagi dastur|Internetda serverda bajarilmay, mijoz kompyuterida bajariluvchi dastur. Mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni boshqarish|Axborot texnologiyalaridan foydalanish asosida mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni boshqarish.Izoh – Mijozlar bilan o‘zaro hamkorlikning barcha faktlari to‘g‘risidagi axborotning yagona ombori mavjudligini, tashkilot faoliyatining samaradorligini oshirishga va buyurtmachilarni saqlab qolish dasturlarini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan qarorlarni tayyorlash maqsadida, to‘plangan axborotni doimo tahlil qilib borilishini o‘z ichiga oladi. Mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni boshqarish tizimi|Buyurtmachilar (mijozlar) bilan hamkorlik strategiyalarini avtomatlashtirish, xususan, sotuvlar darajasini oshirish, mijozlar to‘g‘risidagi axborotni, ular bilan o‘zaro munosabatlar tarixini saqlash yo‘li bilan, marketingni optimallash va mijozlarga xizmat ko‘rsatilishini yaxshilash, biznes-jarayonlarni aniqlash va ularni yaxshilash hamda keyinchalik natijalarni tahlil qilish uchun mo‘ljallangan, tashkilotlar uchun amaliy dasturiy ta’minot. Mikrodastur|Maxsus xotirada saqlanadigan, bajarilishi komandalar registriga kiritilgan ishga tushirish komandasi orqali bo‘ladigan, elementar komandalar ketma-ketligi. Mikrodasturiy boshqarish bloki|Tegishli qurilmalarni boshqarish uchun mikrodastur yozilgan mikrosxema. Mikrodasturlash|Komandalarni bajarishda protsessor elementar qadamlarining tavsifi. Mikrodasturlash asosi mikrodasturdir. Protsessor boshqaruvining deyarli barcha bloklari mikrodasturlashtiriladi. Bu protsessorlarni loyihalash osonligini taʼminlaydi va xotira tarkibini oddiy o‘zgartirish orqali boshqaruv vazifalarini o‘zgartirish imkonini beradi. Mikroelektronika|Elektronikaning XX asrning 60-yillarida paydo bo‘lgan va mayda shakldagi elektron qurilmalarni yaratish muammosini o‘rganuvchi sohasi. Mikroelektronikada elektr, konstruktiv va texnologik maʼnoda bog‘liq bo‘lgan yarimo‘tkazgichlar xususiyatlaridan foydalaniladi. Ushbu jarayonda tarkibiy qismlar bir butunga birlashtirilib, integral sxemani tashkil qiladi. Mikrofon|Tovushni elektr signaliga aylantirilishini taʼminlovchi qurilma. Mikrofon tovushni tizim va axborot tarmog‘iga kiritish uchun mo‘ljallangan. Tovush tebranishlari uzluksiz shaklga ega bo‘lgani tufayli mikrofonning analog signali analog-raqamli o‘girilishda qatnashadi. Ish prinsipi bo‘yicha ko‘mir, elektrodinamik, elektrostatik va pyezoelektrik mikrofonlar farqlanadi. Mikrofonlar asta-sekin klaviatura o‘rnini bosyapti. Bunga nutqni tushunish muvaffaqiyatlari tufayli erishiladi. Birinchi navbatda, bu ishlab chiqarishni boshqarish va taʼminlash sohalarida ro‘y bermoqda. Mikrointerval|Matnni to‘g‘rilash uchun, simvollar orasidagi masofaga qo‘shiladigan, o‘zgaruvchan uzunlikdagi interval. Mikrokalkulyator|O‘ta ixcham mikrokompyuter. Nisbatan oddiy muhandislik, iqtisodiy va boshqa hisoblashlar uchun mo‘ljallangan. Dasturlashtiriladigan kalkulyatorlar keng tarqalgan. Murakkab bo‘lmagan dasturni kiritish orqali mutaxassis bunday mikrokalkulyatorda tenglamalarni yechishi, formulalar bo‘yicha hisoblashlar qilishi mumkin. Mikrokomanda|Mikrokod komandalari to‘plamidan iborat komanda. Mikrokomandalar o‘ta tez xotirada joylashtiriladi va registrlarning alohida razryadlari va protsessorning boshqa qurilmalari darajasida ishlaydi. Mikrokompyuter|Mikroprotsessor asosidagi kompyuter. Mikrokontroller|Texnologik jarayonlarni, periferik, kommunikatsion qurilmalarni boshqarish tizimlari uchun maxsus ishlab chiqilgan, bir kristalli mikroprotsessor. Mikro (mikroskopik) yoyish|To‘lqin uzunligiga teng yoki undan kichik kattalikdagi chastotaviy, vaqt bo‘yicha yoki fazoviy tarqoqlikdan foydalanishga asoslangan yoyish usuli.Izoh − Mikroyoyishdan keladigan yutuq signallarni qayta ishlash usullari (avtotanlov bilan qabul qilish, signal/ shovqin nisbatini maksimumga ko‘ra joylashtirish, RAKE qabul qilgichlarni qo‘llash)ga bog‘liq bo‘ladi. Mikropolosali antennalar|Mikropolosali uzatish liniyalarining boʻlaklari asosida tuzilgan antennalar. Mikroprotsessor|Ma’lumotlar qayta ishlanishini va bu jarayon boshqarilishini amalga oshiradigan, bitta yoki bir nechta katta integral sxema asosida qilingan qurilma. Mikrokompyuterli tizimlarning asosiy komponentlaridan biri. Mikroprotsessor yadrosi|Mikroprotsessorning boshqarish bloki bo‘lmagan qismi. Mikrosayt|Minisayt deb ham nomlanadigan mikrosayt – bu veb-saytning bosh sahifadan tashqari alohida URLra ega bo‘lgan va axborotni taqdim etish va/yoki bosh sahifaga bog‘liq bo‘lgan nimanidir reklama qilish uchun foydalaniladigan alohida sahifasi. Masalan, muzey veb-sayti u yerda o‘tkazilayotgan maxsus ko‘rgazma to‘g‘risida axborotdan iborat mikrosaytga murojaatga ega bo‘lishi mumkin, yoki kompyuter ishlab chiqaruvchisi foydalanuvchiga yangi mahsulot to‘g‘risida axborot berish uchun mikrosayt yaratishi mumkin. Mikrosaytlar odatda reklama kampaniyasi tugagach yoki axborot ahamiyatsiz bo‘lib qolganda veb-serverlaridan olinadigan vaqtinchalik veb-saytlardir. Mikrosxema|Elementlari konstruktiv va texnologik ravishda birlashtirilgan mayda elektron qurilma. Mikrouya|Odatda, 100 m dan 1000 m gacha bo‘lgan kichik radiusli ta’sir doirasiga ega uyali aloqa tarmog‘ining xizmat ko‘rsatish sohasi, kanallarning yuqori o‘tkazuvchanlik qobiliyati bilan tavsiflanadi. Mikrouyali radiotarmoq|Kichik o‘lchamdagi uyali aloqa. Mikrouyali tizim|Mikrouyali topologiyaga ega tizim bo‘lib, odatda, 10000 Erl/km2 gacha bo‘lgan yuqori zichlikdagi trafikli hududlarda ishga tushiriladi. Mikrouyali tuzilmaga ega tarmoq|Cheklangan hududda joylashgan ko‘p sonli tayanch stansiyalarga ega tarmoq. Mikroyadro|Operatsion tizimni ishlab chiqish prinsipi. Modullarning maksimal mumkin bo‘lgan sonini tizimlidan foydalanuvchi «fazosiga» o‘tkazish, ya’ni operatsion tizim shunday ishlab chiqiladiki, uning ko‘pchilik modullari foydalanuvchi rejimida bajariladi, yadro o‘lchami esa ixchamlashtiriladi. Mikroyadro bazasidagi operatsion tizim|Yuqori darajadagi operatsion tizimlarning funksiyalarini foydalanish rejimidagi maxsus komponentlar – operatsion tizim-serverlarlar bajarayotgan vaqtda, apparaturani boshqarish bo‘yicha faqat minimum funksiyalarni bajaradigan operatsion tizim. Mikrochip|Qar.: Integral mikrosxema. Miksher|Dasturiy signallarni mikshirlash uchun mo‘ljallangan uskuna.Misol – Tovushli miksher, videomiksher. Mikshirlash pulti|Dastur signallarini mikshirlash uchun zarur bo‘lgan barcha boshqaruv va nazorat organlari jamlangan pult. Millimetrli toʻlqinlar|Toʻlqin uzunliklari 0,01 m dan 0,001 m gacha, chastotalar diapazoni esa 30 GHz dan 300 GHz gacha boʻlgan toʻlqinlar. Milliy aloqa tarmog‘i|Muayyan mamlakatning, ushbu mamlakat ichidagi abonentlar o‘rtasida aloqani va xalqaro tarmoqqa chiqishni taʼminlovchi aloqa tarmog‘i. Milliy operator xizmatchilarining ko‘krak nishoni|Xodimlarning milliy operatorga taalluqliligini ko‘rsatuvchi formali kiyim-boshdagi rasmiy belgi. Milliy operator xodimlarining formali kiyim-boshi|Xizmat vazifalarini bajarishda milliy operator xodimlarining kiyib yurishlari uchun mo‘ljallangan, belgilangan namunadagi kiyim-bosh komplekti to‘plami. Milliy yo‘ldosh|Bir mamlakat doirasida aloqa yoki teleradioeshittirish xizmatlarini ko‘rsatuvchi yo‘ldosh. Miltillash|Biror hodisaga diqqatni tortish usuli. Xabar sarlavhasi muhim vaziyatlarda o‘zining ran-gini o‘zgartiradi (miltillaydi). Miltillashning kritik chastotasi|Bir sekundda ikki turli xil qo‘zg‘atgich (qo‘zg‘atgichlar chastotasi yoki davriy o‘zgaruvchi qo‘zg‘atgich chastotasi) navbatlashuvining minimal soni. Mini blok|Pochta markalarining to‘plami bosilgan yoki aynan bir pochta markasi takrorlanadigan pochta markalari varag‘i. Miniatyura|Grafik obyekt, shuningdek, vyorstkalanadigan hujjatning kichraytirilgan vasoddalashtirilgan nusxasi (odatda alohida kichik oynada). Minikompyuter|Maʼlumotlarni qayta ishlash imkoniyatlari cheklangan kompyuter. Minikompyuterlar 1960-yillarning oxirida paydo bo‘lgan. Asosiy kompyuterga qaraganda minikompyuter uzunligi kamroq bo‘lgan so‘zlar bilan ishlaydi, cheklangan tezkor xotira va nisbatan katta bo‘lmagan tezlikka ega. Shuning uchun minikompyuterlar asosiy kompyuterga qaraganda oddiyroq vazifalarni bajarish uchun qo‘llaniladi. Biroq, asosiy kompyuter bilan solishtirganda minikompyuter kichikroq hajmga ega, hamda foydalanilishi osonroq. «Minikompyuter» atamasi shaxsiy kompyuterlar yaratilishidan oldin paydo bo‘lgan. Minimal mumkin bo‘lgan javob vaqti|Tizim ortib ketishi fojiali oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan axborotni datchiklardan, foydalanuvchidan yoki tarmoqdan olib qayta ishlashi davomidagi interval. Minimal oraliqli kod|Ortiqcha kod, unda yo‘l qo‘yiladigan bir qiymatdan keyingisiga o‘tish kodli kombinatsiyadagi minimal o‘zgarish bilan boradi. Uzatiladigan ma’lumotlarda faqat yakka xatolarni aniqlash imkonini beradi. Minimal ortiqchalikka ega kod|Qoidaga ko‘ra, bunda Xaffman protsedurasi bo‘yicha tuzilgan kod tushuniladi. Umumiy holda kodli so‘zning o‘rtacha uzunligi nuqtai nazaridan qaraganda «optimal» kod, kodlashni amalga oshirishning murakkabligi ko‘rib chiqilmaydi. Minimumga keltirish|Foydalanuvchining grafik interfeysida ‒ dasturni to‘xtatmasdan, uni piktogramma oynasiga aylantiruvchi opsiya.Izoh ‒ Windowsning oxirgi versiyalarida bu oynaning nomi vazifalar panelida oynaning pastida paydo bo‘ladi. Bu nomni bosish vazifani qayta aktivlashtiradi. Miniplata|Kompyuter imkoniyatlarini kengaytiradigan mayda xotira qurilmasi. Miniplatalar turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilib qattiq disk yoki flesh-xotira qurilmalari vazifalarini bajaradi. Minislot|TDMA kadridagi vaqt intervalining bir qismi bo‘lib, u turli abonentlarning axborotini uzatish uchun ishlatilishi mumkin. Mintaqaviy tarmoq|Geografik tarqoq yirik tarmoq bo‘lib, u turli joylardagi kompyuterlarni kommunikatsiya vositalari bilan yagona yaxlit tarmoqqa birlashtiradi. Bitta tumanda ko‘plab binolarni qamrab olishi ham, davlat chegarasidan tashqariga chiqishi ham mumkin. Bir biri bilan bog‘langan bir nechta taqsimlangan, mintaqaviy tarmoq deyish o‘rniga, ko‘pincha intertarmoq yoki tarmoqlar majmui deb ataladi. Miriametrli to‘lqinlar|Uzunligi 10 km dan 100 km gacha bo‘lgan radioto‘lqinlar. Mis kabel bo‘ylab taqsimlangan interfeys|Kabelli tizimlar uchun, ekranlangan yoki ekranlanmagan o‘ralgan juftlar asosida FDDI standartining modifikatsiyasi. Ushbu texnologiya kabel tizimini installyatsiya qilish jarayonini ancha soddalashtiradi va arzonlashtiradi, biroq, o‘ralgan juftlardan foydalanilayotganda, stansiyalar o‘rtasidagi maksimal masofa cheklanadi. U 100 metrdan oshmasligi kerak. Mnemonika|Qisqa va osonlik bilan eslanadigan so‘z yoki qisqartma. U inson va kompyuter muloqotida komanda sifatida ishlatiladi. Masalan, «Ctrl» tugmasi kompyuterning baʼzi operatsiyalarini boshqaradi. Bu yerda «Ctrl» – mnemonika, «Control» so‘zining qisqartmasi. Mobil abonent|Yer usti yoki yo‘ldoshli aloqaning harakatlana turib ishlaydigan har qanday abonenti. Odatda, u muayyan xizmat ko‘rsatish zonasida qayd etilgan bo‘lib, shu hududda erkin ko‘chib yurishi va boshqa abonentlar bilan aloqa o‘rnatishi mumkin. Mobil abonent joylashgan yer registri|Mobil aloqa tarmog‘ining ma’lumotlar bazasi, unda abonentlarning ko‘chib yurishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar saqlanadi. Har bir tayanch stansiyada o‘zining zonasi va «begona» zonalarning abonentlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni saqlaydigan registr (VLR) bo‘ladi. Yig‘ilgan axborot vaqtincha, ya’ni abonent aniq geografik zonada qayd etilgan vaqt davomida saqlanadi. Abonent bir zonadan boshqasiga ko‘chib o‘tganida, u joylashgan yer to‘g‘risidagi ma’lumotlar avtomatik ravishda yangilanadi. Mobil abonentning identifikatsiya raqami|IMSI mobil stansiya xalqaro identifikatsiya raqamining ma’lum pozitsiyalarida yozib qo‘yilgan, 10 ta sondan iborat raqam. Mobil abonentning xalqaro telefon raqami|Uchinchi avlod mobil aloqa tarmoqlarida abonentni chaqirish uchun foydalaniladigan raqam. Mobil agent|Maʼlumotlar bazalari bo‘ylab axborot izlash maqsadida «o‘rmalovchi» dastur. Mobil agent izlashni amalga oshirish lozim bo‘lgan maʼlumotlar bazasiga ega tizimga o‘tadi. O‘rgimchak deb ham nomlanuvchi mobil agent faqat nimadir topilganda va o‘z foydalanuvchisiga topilganni berish lozim bo‘lganda tarmoqqa murojaat qiladi. Bitta tizim bazasida izlashdan keyin mobil agent boshqa abonent tizimiga o‘tib, u yerda izlashni davom ettirishi mumkin. Mobil agentlar global bog‘lanish xizmatida ayniqsa keng tarqalgan. Bu yerda mobil agentlardan foydalanish kerakli axborotni topish tezligini ancha oshiradi. Robotlar deb ham nomlanuvchi agentlar deyarli to‘xtovsiz bog‘lamalar bo‘ylab «o‘rmalab», ular tarkibini so‘raydi va ularda mavjud axborotni tahlil qiladi. Mobil aloqa avlodlari|Simsiz mobil aloqa tizimlarining rivojlanib borishini aks ettiruvchi avlodlar. 1G mobil kommunikatsiya tizimlari faqat ovozni uzatish uchun mo‘ljallangan edi. 1G analog standartlari – AMPS, TACS va NMT o‘tgan asrning 70-yillari oxiri va 80-yillarining boshida ishlab chiqilgan edi. 2G 90-yillarda tarqala boshladi. Signallarni raqamli kodlashdan foydalaniladigan asosiy standartlar GSM, TDMA hamda CDMA lardir. GSM tarmoqlari taqdim etadigan qisqa SMS xabarlarni jo‘natish xizmatidan tashqari, 2G ovozni uzatish uchun qo‘llaniladi. Asta-sekin foydalanishga, elektron pochta va Internet bilan mobil ishlash imkoniyatini beruvchi, oraliq avlod deb ataluvchi 2,5G yoki 2G+ mobil standartlar joriy qilinmoqda. Asosiy standartlari – GPRS paketli uzatishni GSM uchun kengaytirish, oshirilgan ma’lumotlar uzatish tezligiga ega GSM va TDMA (EDGE) modifikatsiyalari, shuningdek, modifikatsiyalangan CDMA (IS-95B i HDR). 3G (3 Generation) mobil aloqa tizimlarining yangi 3-avlodi. Radiokirish (foydalanish) tarmog‘ining bu avlodi yuqori mobil (harakatlanish tezligi 120 km/h gacha), abonentlar uchun 144 Kbit/s gacha tezlik bilan, mobilligi past bo‘lgan abonentlar uchun (tezlik 3 km/h gacha) 384 Kbit/s va 2,048 Mbit/s tezlik bilan axborot almashishni ta’minlaydi. 4G – mobil aloqa tizimlarining, ma’lumotlar uzatish tezligi yuqori bo‘lishi va ovozli aloqa sifati oshirilganligi bilan farq qiladigan yangi avlodidir. 4-avlodga 100 Mbit/s dan yuqori tezlik bilan axborot almashishni ta’minlaydigan texnologiyalar kiradi. Wi-Fi va WiMAX 4 G texnologiyalarga misol bo‘ladi. Soni uncha katta bo‘lmagan, 4G tarmoqlar bilan ishlashi mumkin bo‘lgan kam sonli apparatlarning energiya iste’molining yuqoriligi bu texnologiyaning kamchiligidir. Mobil aloqa kommutatsiya markazi|Telekommunikatsiyalar tarmog‘i ichida mobil abonentlarning bog‘lanishini va ularning statsionar tarmoqlar bilan birgalikda ishlay olishini taʼminlaydigan kommutatsiya stansiyasi. Mobil aloqa operatori|Mobil aloqa tarmog‘iga ega bo‘lgan, uning qurilishi, ishlashi, rivojlanishini taʼminlovchi va litsenziyaga asosan mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs. Mobil aloqa tarmoqlarining kengaytirilgan mantig‘i uchun mo‘ljallangan dasturlar|GSM tarmog‘ining funksiyasi. Intellektual funksionallikni qo‘shgan holda, tarmoq imkoniyatlarini kengaytirish imkonini beradi. Undan tayanch stansiyada foydalanuvchilar qiladigan qo‘ng‘iroqlarni kuzatib borish va nazorat qilish imkoni bo‘lgan holda, rouming vaqtida foydalaniladi.Izoh − Bu funksiya teriladigan raqamlarni chaqiruvni sozlash jarayonida o‘zgartirish, chaqiruvga javobni va so‘zlashuv tugallanishini kuzatib borish imkonini beradi. Bundan tashqari, rouming xizmatlariga oldindan haq to‘lanishini, ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishning nazorat qilinishini, maxsus raqamlar (masalan, ovozli pochtani chaqirish uchun hamma joyda 123 raqamini terish mumkin) va foydalanuvchilarning yopiq guruhi raqamlari terilishini ta’minlaydi. CAMEL uchta bosqichda standartlashtirilgan, ulardan birinchisi foydalanishga topshirilmoqda. Mobil banking|Bank hisob raqamidan simsiz foydalanish texnologiyasidan (WAP protokoli) foydalangan holda mobil telefon yoki portativ kompyuter (PDA) yordamida boshqarish. Mobil Internet|WAP protokoli asosida Internetdan simsiz foydalanish texnologiyasi. Mobil aloqa tarmoqlarida so‘rovlarni uzatish transporti GPRS ma’lumotlarni paketli uzatish xizmati yoki CSD bo‘lishi mumkin. Texnologiya yuqori darajada servisni, ayniqsa, biznesni samarali boshqarish imkoniyatini ta’minlaydi. Mobil Internet-foydalanish|Internetdan mobil aloqa yoki simsiz ulanishlar tarmog‘i orqali, uydan yoki ish joyidan uzoqda portativ kompyuterlarda yoki cho‘ntak qurilmalarida foydalanish. Mobil (ko‘chiriladigan) operatsion tizim|Bir nechta kompyuter to‘plamida uning kodini ko‘chirish yo‘li bilan (uncha katta bo‘lmagan o‘zgarishlar bilan bo‘lishi mumkin) ishlatiladigan operatsion tizim. Mobil modul|Intel korporatsiyasining bloknotli shaxsiy kompyuterlar uchun mo‘ljallangan protsessorli moduli. Mobil radioaloqa|Statsionar va mobil radiostansiyalar o‘rtasidagi yoki faqat mobil radiostansiyalar o‘rtasidagi radioaloqa.Izoh − Mobil radioaloqaga trankli va uyali radioaloqa, mobil stansiyalarning retranslyatorlar orqali aloqasi, har qanday mobil radiostansiyalarning o‘zaro aloqasi taalluqlidir. Mobil radiotelefon aloqa tarmog‘i|Bitta yoki bir nechta tayanch stansiyadan va mobil abonent stansiyalar guruhidan tashkil topgan, umumiy erkin foydalanish protokolidan foydalanilganda uzluksiz aloqani ta’minlaydigan radioaloqa tarmog‘i. Mobil stansiya|Harakatlana turib ishlashga mo‘ljallangan barcha dengiz, havo va quruqlik radiostansiyalariga nisbatan qo‘llaniladigan umumiy nom.Izoh − Mobil radiostansiyalar qatoriga ko‘pincha portativ terminallar, jumladan, «telefon go‘shagi» turidagi terminal ham kiritiladi. Mobil stansiya klassi|Mobil stansiyaning asosiy xarakteristikalarini, birlamchi navbatda, uzatgichning maksimal nurlanish quvvatini tavsiflovchi ko‘rsatgich.Izoh − GSM standarti doirasida mobil stansiyalarning 8 ta klassi mavjud. Mobil stansiya mansub bo‘lgan tarmoq kodi|Xalqaro IMSI identifikatsiya raqamida ko‘rsatilgan, ikkita raqamdan iborat indeks. Mobil stansiya qayd etilgan mamlakat kodi|Xalqaro IMSI identifikatsiyalash raqami sarlavhasida ko‘rsatilgan uchta raqamdan iborat indeks. Mobil stansiya tomonidan boshqariladigan xendover|Mobil stansiyaning bir uyadan boshqasiga o‘tish protsedurasi, bunda turli tayanch stansiyalardan qabul qilinuvchi signal darajasi mobil stansiya tomonidan o‘lchanadi; aynan shu stansiya o‘ziga qayerda va qanday xendover kerakligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Ushbu usul simsiz foydalana olish tarmoqlarida qo‘llaniladi. Mobil stansiya uskunasining xalqaro identifikatori|Raqamli mobil telefonning yagona xos seriyali raqami. Mobil stansiya yordamidagi xendover|Mobil stansiya ishtirokida xizmat ko‘rsatishni bir tayanch stansiyasidan boshqasiga uzatish. Avtomatik qayta ulash usuli, bunda abonent stansiyasi signal darajasini o‘lchaydi va o‘lchash natijalari to‘g‘risida tayanch stansiyaga hisobot yuboradi. Mobil stansiyaning identifikatsiya raqami|Mobil stansiyaning tarmoqdagi raqami bo‘lib, u orqali stansiya aniq identifikatsiya qilinishi mumkin; stansiyaning tarmoq raqami.Izoh − Bu raqam, odatda, tayyorlovchi zavod tomonidan beriladigan seriyaviy raqam (ESN)dan farq qiladi. Ruxsat etilmagan kirish (foydalanish)ning oldini olish maqsadida, MIN va ESN lar elektron usulda nazorat qilinadi. Mobil stansiyaning vaqtinchalik rouming raqami|Abonent-roumerga, kiruvchi ulanishni o‘rnatishda faqat bog‘lanish vaqtiga beriladigan raqam. Mobil telefon|Mobil aloqada foydalaniladigan telefon apparati turi. Mobil telefon asta-sekin kompyuter, faks apparati, telefon apparati, qaydlar kitobchasi vazifalarini bajaruvchi ko‘p maqsadli abonent tizimiga aylanmoqda. Buning uchun apparat klaviatura va ekranga ega. Mobil telefoniya|Ko‘chma telefon qurilmalarini zamonaviy kundalik hayotga tatbiq etish. Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, mobil telefoniya zamonaviy insonlarning yashash va fikrlash tarzidagi o‘zgarishlarga sezilarli taʼsir ko‘rsatadi. Mobil tijorat|Mobil terminal yordamida hisob-kitob qilish, bank operatsiyalarini bajarish, tovarlarga buyurtma berish va turli xizmatlarni ko‘rsatishga imkon beradigan mobil aloqaning yangi xizmat turi. Mobil tizim|Harakatlanuvchan va harakatlanmaydigan abonentlarning bir-biri bilan o‘zaro ishlashini taʼminlovchi kommunikatsiya tarmog‘i xizmati. Mobil tizimlar yer usti va sunʼiy yo‘ldosh tarmoqlarida tashkil etiladi. Ular, shuningdek, uyali paketli radio tarmoqlarida, jumladan uyasimon raqamli paketli maʼlumotlardan foydalanganda ham keng qo‘llaniladi. Natijada mobil aloqa tarmoqlari, yaʼni harakatlanuvchan mobil aloqa tizimlari tashkil etiladi. Mobil treyding|Investitsiya hisob raqamidan simsiz foydalanish texnologiyasidan (WAP protokoli) foydalangan holda mobil telefon yoki portativ kompyuter (PDA) yordamida boshqarish. Mobil yo‘ldoshli xizmat|Mobil yer stansiyalari yoki mobil va statsionar yer stansiyalari o‘rtasida axborot almashinuvini tashkil etish uchun mo‘ljallangan radioaloqa xizmati. Bunday xizmat uchun 1 GHz gacha chastotalar diapazoni, shuningdek, L(1,5/1,6 GHz) va S(1,9/2,5 GHz) chastotalar diapazonidagi chastotalar polosalari ajratilgan. Mobil IP|IP-protokolidan foydalanishga asoslangan mobil aloqa protokoli. Unda, aloqada uzoq muddatli tanaffuslar ko‘zda tutiladi, abonentni bir tayanch stansiyadan boshqasiga o‘tkazish rejimi saqlab turiladi. Protokolni amalga oshirish abonent terminallarida ham, marshrutizatorlarda ham TCP/IP protokollari steklariga o‘zgartirishlar kiritishni talab qiladi. Mobillik|Abonent stansiyasining, uning dastlab qayd etilgan joyidan qat’i nazar, ko‘chib yurish va aloqa o‘rnatish imkoniyati. Mobillikni boshqarish|Mobil stansiyalarni ro‘yxatdan o‘tkazish, ularni autentifikatsiya qilish va tarmoq resurslarining ular uchun taqsimlanishi bilan bog‘liq protsedura. Mobillikni boshqarish tizim arxitekturasining tarmoq darajasida amalga oshiriladi. Moda|Alohida yorug‘lik nuri ham ko‘p modali, ham bir modali tola orqali o‘tadigan yo‘l. Modal oyna|Boshqa oynaga o‘tishdan oldin foydalanuvchidan qandaydir harakatlar talab qilinadigan oyna. Modallik|Tartibotning uzluksizlik xossasi, yaʼni, uni to‘liq tugamaguncha to‘xtatishning iloji yo‘q. Moddiy axborot tashuvchisi|Axborotni yozish va saqlash uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan muayyan fizik xususiyatlarga ega modda. Moddiy dispersiya|Xromatik dispersiyaning bir turi. Optik tola yoki to‘lqin o‘tkazgich materiali xossalari bilan belgilanadi va sindirish ko‘rsatgichining to‘lqin uzunligiga bog‘liqligi orqali tavsiflanadi. Model|Dastlabkidan farq qiladigan, ammo yechilayotgan vazifalar doirasida uni almashtirishga layoqatli bo‘lgan (haqiqiy, belgili yoki faraziy) obyekt. Modellash|O‘rganiladigan obyekt (tizim, hodisa) modelini ishlab chiqish jarayoni. Asosiy vazifa – obyektni o‘rganish. Modelni yaratish – bu iteratsion jarayon bo‘lib, model original bilan taqqoslanadi va aniqlashtiriladi. Informatikada asosan, modellashning informatsion va matematik usuli qo‘llaniladi. Modem|1. Kommutatsiyalanadigan uzatish liniyasining modemi. Telefon aloqa liniyalarida ishlaydi. Ma’lumotlar uzatish maksimal tezligi raqamli aloqa liniyalarida 56,6 kbit/s, analog aloqa liniyalarida 33,6 kbit/s.2. Raqamli signalni analog tovush signaliga va analog signalni raqamli signalga aylantiruvchi qurilma bo‘lib, u telefon tarmog‘i orqali boshqa kompyuterga ma’lumotlarni uzatadi va undan qabul qiladi. Modem-dastur|Modem vazifalarini bajaruvchi dastur. Kerakli dasturiy taʼminot kompyuterning «doimiy xotira qurilmasiga» yuklanadi. Modem-dastur modemga ko‘ra qator afzalliklarga ega: modem apparati uchun zarur bo‘lgan joy egallamaydi; narxi solishtirib bo‘lmaydigan darajada arzon; energiya isteʼmoli kam; modemni yangilash oson. Modemlar to‘plami|Modemlar to‘plami. Foydalanuvchi o‘z terminalini ulashga ruxsat so‘raganda ushbu modemlarning bittasiga ulanadi va uni telefon tarmog‘i orqali maʼlumotlar uzatish va olish uchun ishlatadi. Modemli server|Bitta modem yoki modemlar guruhidan iborat tarmoq elektron hisoblash mashinasi. Tarmoq foydalanuvchilariga chiquvchi chaqiruvlar uchun mo‘ljallangan modemlardan birgalikda foydalanish imkonini beradi. Moder|O‘rnatilgan kodlovchi qurilma bilan tuzilishi jihatidan va ishlashi bo‘yicha moslashgan modulyator. Moderator|1. Forum, teleanjuman va chatlarda qoidalarga rioya qilishni nazorat qiluvchi yetakchi. Odatda teleanjuman qoidalari juda oddiy: spam, fleym va anjumanga tegishli bo‘lmagan mulohazalar man etiladi. Moderator, zarur bo‘lganda ishtirokchilarga nisbatan maʼmuriy choralar ko‘rishi mumkin – tartibbuzarlarni ogohlantirishdan tortib maʼlum xabarlarni o‘chirish yoki hatto baʼzi foydalanuvchilar uchun foydalanishni man etishgacha.2. Kataloglarda moderator – u yoki bu mavzu bo‘limiga javobgar shaxs. U sayt mavzusi va katalog bo‘limining mosligini tekshirib turadi. Baʼzan (agarda bu katalogda axborotni joylashtirish shartlari bilan belgilangan bo‘lsa) moderator saytlar mazmuni bilan tanishib chiqadi. Modifikatsiya biti|Diskka, faqat modifikatsiyalangan sahifalarni ko‘chirib olish (otkachka) maqsadida, sahifalar modifikatsiyasini ko‘rsatuvchi sahifalar jadvalining element biti. Modul|Tizim texnik ta’minotining, bitta blokda qilingan va boshqa modullar bilan birikish uzellariga ega bo‘lgan funksional qismi. Modullar tizimdan oson foydalanish uchun qo‘llaniladi, ishdan chiqqanda va modernizatsiya qilishda ularni almashtirish mumkin. Protseduralar, kichik dasturlarni ajratish, mustaqil sozlash va dasturga tayyor qismlarni kiritish uchun mo‘ljallangan dasturlash tili obyekti. Modul bo‘yicha bo‘lish|Arifmetik amal. Uning natijasi – butunga bo‘lish qoldig‘i. Deyarli barcha dasturlash tillarida bor. a mod b ko‘rinishida belgilanadi. Modula|Protsedura turidagi universal dasturlash tili. N.Virt tomonidan 1975-yilda ishlab chiqilgan; Paskal tilining to‘g‘ridan-to‘g‘ri avlodi. Standart Paskal tilidan asosiy farqlari: modul va jarayon tushunchasi kiritilgan, sintaksis yanada tizimlashtirilgan, til past daraja dasturlash vositalari bilan to‘ldirilgan. 1979-yilda tilning Modula – 2 versiyasi yaratilgan. Modulli arxitektura|Birga bog‘lanishi mumkin bo‘lgan alohida tarkibiy qismlardan iborat xohlagan tizim dizayniga tegishli atama. Modulli arxitektura afzalligi xohlagan tarkibiy qism (modul)ni qolgan tizimga taʼsir ko‘rsatmasdan o‘zgartirish yoki qo‘shish mumkinligidadir. Modulli arxitektura qarama-qarshi tarkibiy qismlar orasida aniq chegaralari bo‘lmagan birlashgan arxitekturadir. Modulli A/V kontroller|Qurilmani takomillashtirishda almashtirishga yaroqli bo‘lgan, chiqarib olinadigan modullar asosida konstruksiyalangan A/V-kontroller. Modullik|Qurilmaning turli vazifalarni bajaruvchi funksional bloklardan foydalanish orqali o‘z imkoniyatlarini o‘zgartirish xususiyati.Modulyatorrus. - модуляторing. - modulatorNoliniyaviy zanjirlarni o‘z ichiga oladigan, elektr tebranishlarni modulyatsiyalash uchun mo‘ljallangan qurilma.Izoh − Modulyatorda uzatiladigan axborot qonuniyatlariga muvofiq tebranish jarayonining istalgan parametrining (amplituda, chastota, faza) o‘zgarishlari ro‘y beradi. Modulyator-demodulyator|Kompyuterning raqamli signallarini keyinchalik telefon liniyalari orqali uzatish maqsadida analog signallarga, va aksincha, aylantiradigan qurilma. Modulyatsiya|Eltuvchi chastota parametrlari (amplituda, chastota yoki faza) ning berilgan qonun bo‘yicha o‘zgarish jarayoni. Bu jarayon yuqori chastotali tebranish davriga nisbatan past tezlik bilan amalga oshiriladi.Izoh − Modulyatsiyalash metodlari egallangan spektr kengligi, xalaqitga bardoshlilik va spektral samaradorlik bilan farqlanadi. Modulyatsiya simvoli|Eltuvchining signal vektor diagrammasida (signal yulduzida) tegishli pozitsiya bilan tasvirlanadigan muayyan holati. Har bir pozitsiya eltuvchi fazasi va amplitudasining muayyan qiymatiga mos keladi va muayyan bitlar ketma-ketligini ifodalaydi. Modulyatsiyalash xatoliklari koeffitsiyenti|Eshittirish televideniyesi radiosignalining ortogonal kodlangan eltuvchilarining signal yulduzidagi vektorlarning hisoblangan va haqiqiy pozitsiyasi o‘rtasidagi tafovutni tavsifllaydigan hamda shu pozitsiyalarda radiosignallar quvvatlarining nisbati sifatida aniqlanadigan koeffitsiyent. Modulyatsiyalovchi kod|QPSK, 8PSK, 16QAM murakkab modulyatsiyalash usullarida ishlatiladigan, n bitdan iborat kodli kombinatsiya.Izoh − Bunday kodli kombinatsiyalar dibit, tribit, kvadbit va h.k.lar tarzida ham ma’lum. «Mohiyat – bog‘liqlik» modeli|Mohiyatlar va bog‘liqliklar diagrammasi ko‘rinishida ma’lumotlar bazalari tuzilmalarini grafik taqdim etishning keng tarqalgan vositasi. Mohiyat ‒ muayyan turdagi abstrakt obyekt. Bog‘liqliklar ‒ bu mohiyatlar o‘rtasidagi bog‘lanish, atributlar esa, mohiyatlarning xossalaridir. Molekulyar kompyuter|Molekulalarning (ko‘proq biologik) hisoblash imkoniyatidan foydalanuvchi hisoblash tizimi. Molekulyar kompyuterlar atomlarning bo‘shlikda joylashishini hisoblash g‘oyasini qo‘llaydi. Moliyalashtirish|Nimanidir amalga oshirishga, rivojlantirishga qilinadigan xarajatlarning zarur moliyaviy resurslar bilan ta’minlanishi. Monipyuter|Nomi «monitor» va «kompyuter» so‘zlarining qo‘shilishidan olingan qurilma. Monitor (displey)|1. Axborotni matn, jadvallar, rasmlar, chizmalar va b.lar ko‘rinishida vizual aks ettiradigan qurilma. Monitorlarning aksariyati elektron-nur trubka asosida konstruksiyalangan.2. Televizion signal yoki uning sifatini baholash bilan harakatlarni soddalashtirish uchun tasvirning mavjudligini belgilash maqsadida televizion tasvirni qayta tiklashga mo‘ljallangan apparatura.Izoh ‒ Fransuz tilidagi «moniteur» atamasi va ingliz tilidagi «class 1 monitor» va «studio monitor» atamalari tasvir sifatini baholashga yordam beradigan yuqori sifatli uskunalardagina qo‘llanilishi mumkin. Monitoring|Tizim, jarayon yoki faoliyat holatini aniqlash.Izoh – Holatni aniqlash uchun, balki uni nazorat qilish, kuzatish yoki kritik baholash zarur bo‘lishi mumkin. (Monitorlarda) yorqinlikni avtomatik tarzda nazorat qilish|Tasvirning yorqinligiga bog‘liq holda monitorning yorqinligi va kontrastliligini o‘zgartirish imkonini beruvchi funksiya.Izoh − Ko‘pincha nazorat oq rang bo‘yicha olib boriladi. Monokanal|Ajratilgan kanal, u orqali xabarlar jo‘natuvchi abonent stansiyadan tarmoqning boshqa barcha stansiyalariga bevosita, kechikishlarsiz va navbat kutmasdan uzatilishi mumkin. Monokanal tarmog‘i|O‘zagi monokanal bo‘lgan tarmoq. Monokanal tarmog‘i abonent tizimlari guruhini monokanalga ulash orqali hosil qilinadi. Tarmoq topologiyasi ishlatilayotgan monokanal turi bilan belgilanadi. Odatda monokanal tarmog‘i boshqa lokal tarmoqlar va hududiy tarmoqlar bilan o‘zaro aloqada bo‘ladi. Monokenglikdagi shrift|Belgilar kengligining bir xilda qayd etilgan shrifti, ya’ni har bir belgining kengligidan qat’i nazar gorizontal bo‘yicha ham bir xil kenglikka ega bo‘ladi. Monolog|Foydalanuvchi yoki amaliy jarayonning o‘ziga o‘xshash foydalanuvchi yoki jarayonga darrov javob berishni talab qilmaydigan murojaati. Monolog darrov javob berishni talab qilmaydigan turli xil xabarlarni uzatish uchun mo‘ljallangan. Foydalanuvchi yoki dastur nutqi abonent tizimining tashqi xotirasida haqiqiy oluvchi tomonidan talab qilinmaguncha saqlanadi. Monopol rejim|Biron-bir drayver yoki dasturning, boshqa dasturlarning murojaatlarini blokirovka qilib faylga yoki qurilmaga murojaat qilib ishlashi. Monoprotsessor|Yuqori unumdorlik bilan ishlaydigan bitta protsessori bo‘lgan hisoblash tizimi. Monoxrom|Bir rangli. Misol uchun, monitorlar monoxrom, oq-qora yoki rangli bo‘lishi mumkin. Monoxrom monitorlar aslida ikkita rangdan foydalanadi, ularning bittasi displey tasviri, ikkinchisi esa fon uchun ishlatiladi. Grafik tasvirlar ham monoxrom, oq-qora yoki rangli bo‘lishi mumkin. Monoxrom kanal|Rangli televizion uzatishda monoxrom signalni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan istalgan trakt. Monoxrom kanal boshqa signallarni ham ko‘chirishi mumkin, masalan, mumkin bo‘lgan yoki bo‘lmagan rangli quyi eltuvchi signalini. Monoxrom kanal polosasining kengligi|Monoxrom signal videopolosasining kengligi. Monoxrom matritsali, rangli, suyuq kristalli displey|Monoxrom (qora-oq) passiv suyuq kristalli displey turi. Odatdagi suyuq kristalli displeylardan farqi ranglar kontrastliligi molekulalarni 180º dan 270º burchakkacha o‘zgartirilishi hisobiga yaxshilangan. Yana bir afzalligi, bunday monitorlarning kam elektr energiyasini talab qilishi va ishlab chiqarishda arzonligidir. Monoxrom signal|Monoxrom televizion uzatishda – ranglilikni emas, faqat tasvir yorqinligini boshqaruvchi signal. Rangli televizion uzatishda, asosan rangli tasvir yorqinligini, shuningdek, oddiy monoxrom qabul qilgichda yaratiladigan tasvir yorqinligini boshqaruvchi signal. Montaj (dasturni)|Turli tovushli va vizual syujetlarni kompilyatsiya qilish yo‘li bilan dastur yaratish. Morfing|Bitta obyektdan boshqa obyektga tekis o‘tishni yaratadigan kompyuter grafikasi texnologiyasi. Uch o‘lchamli va ikki o‘lchamli, rastrli va vektorli grafikada uchraydi. Morfingdan foydalanganda odam faqat tayanch figuralarni yaratadi va baʼzan kompyuterga morfingni to‘g‘ri bajarishda yordam beradigan kalit nuqtalarni belgilaydi. Mos kelmaslik|Dasturiy va/yoki apparat ta’minotning bir-biriga mos kelmasligi, ularning birgalikda ishlashini cheklaydi yoki mumkin qilmaydi. Mos keluvchi chastotadagi ikki yoqlama qutblanish|Turli signallar uzatiladigan, ortogonal qutblanishga ega ikki eltuvchili bitta radiochastotadan foydalanish. Moslashgan yuklama|1. Parametrlari unda ko‘proq quvvatni olishga imkon beradigan yuklama.2. Liniyada qaytgan to‘lqin yo‘qligini bildiradigan liniya yuklamasi.3. Kuchlanish bo‘yicha turg‘un to‘lqin koeffitsiyenti 1,05 dan ko‘p bo‘lmagan yuklama. Moslashuvchi rangli televideniye tizimi|Rangli televideniyening rangli televideniye signallarini qabul qilish va tasvirni oq-qora televizorda aks ettirish; oq-qora televideniye signallarini qabul qilish va tasvirlarni rangli televideniyeda aks ettirish; rangli va oq-qora televideniye televizion signallarini aloqa kanallari bo‘yicha uzatishni ta’minlaydigan tizimi. Moslashtirish; solishtirish|1. Ma’lumotlar bazasida saqlanadigan modelni real tarmoq konfiguratsiyasiga mos keltirish.2 Mashinada tarjima qilish tizimlarida: ikki tilda juft fragmentlarni avtomatik tarzda shakllantirish maqsadida, parallel matnlarni solishtirishning intellektual vositalariga nisbatan turli dasturlarda solishtirish protseduralari turlicha, biroq, qoidaga ko‘ra, ular dialog elementini ichiga oladi va ba’zan, parallel matnlardan biri o‘zgartirilishini talab qiladi. Moslashuvchanlik|Farqlanadigan yoki takomillashtirilgan apparat vositalar, dasturiy ta’minot, boshqa operatsion muhitlar yoki foydalanish sharoitlari uchun samarali va oqilona moslashning oddiylik darajasi.Izoh – Moslashuvchanlikka ichki potensial imkoniyatlarning (masalan, ekran maydonlarining, jadvallarning, tranzaksiya hajmlarining, hisobotlar shakllarining) ko‘lamliligi ham kiradi. Moslik|1. Turli dasturiy va apparat ta’minot vositalarining birgalikda ishlash va axborot almashinish qobiliyati.2. Eshittirish teleideniyesi yangi tizimining dasturlarni shu tizim bo‘yicha o‘zgartirilmagan mavjud televizorlarga qabul qilishni amalga oshirishga imkon beradigan xususiyati.Izoh ‒ Taalluqli atama «moslashtirish». Moslikka testlash|Mahsulotning, kompyuterlarning har xil modellarida va turlarida, tashqi qurilmalar (masalan, printerlar) ning har xil turlari bilan ishlay olish qobiliyatini, shuningdek, tizimning boshqa dasturiy va apparat komponentlari bilan mosligini tekshirish. Mozaika (yoyish qurilmasida)|Optik tasvirni elektron tasvirga o‘zgartirishda xizmat qiladigan bir nechta o‘zaro izolyatsiyalangan yorug‘likka sezgir elementlardan tashkil topgan sirt. Muallif|Fayl yaratuvchi. Bu fayl uchun boshqa foydalanuvchilarga qaraganda ko‘proq huquqqa ega bo‘ladi. Muallifga tegishli yorliq|Dasturiy mahsulotda muallif huquqi borligini bildiruvchi yorliq.Izoh − Odatda muallifga tegishli yorliq dasturiy listing boshiga kiritiladi va albatta kompyuter displeyida aks ettiriladi. Mualliflashtirilgan erkin foydalanish subyekti|Tizim obyektlaridan erkin foydalanish yuzasidan tegishli huquqlar (vakolatlar) taqdim etilgan subyekt. Mualliflashtirilgan foydalanuvchi|Ma’lum huquq va imtiyozlarga ega foydalanuvchi. Mualliflashtirilmagan foydalana olish|Foydalanuvchining, o‘qish, o‘zgartirish yoki buzish maqsadida, unga erkin foydalanish ruxsat etilmagan ma’lumotlarga ataylab murojaat qilishi. Mualliflashtirish|1. Foydalanish huquqlari asosida foydalanish imkoniyatini taqdim etishdan iborat bo‘lgan huquqlarni taqdim etish.2. Foydalanuvchining foydalana olish huquqlarini tekshirish va unga berilgan huquqlarga muvofiq resurslardan foydalana olishga ruxsat olish.Izoh – Mualliflashtirish odatda autentifikatsiya protsedurasidan ilgari bo‘ladi.3. Subyektga obyektga kira olish huquqlarini taqdim etish.4. Foydalanuvchi, dastur yoki jarayonga kira olishni taqdim etish.5. Turli xildagi tizim resurslaridan foydalanishni taqdim etish yoki foydalanishning rad etilishi. Mualliflashtirish sertifikati|Axborotdan erkin foydalanish huquqini, foydalanuvchining shaxsini yoki uning boshqa huquqlari va vakolatlarini tasdiqlovchi elektron hujjat. Mualliflik dasturi|O‘rgatuvchi kompyuter dasturlarini ishlab chiqish uchun mo‘ljallangan yoki interaktiv multimedia ilovalarni ishlab chiqish imkonini beradigan, ixtisoslashtirilgan dasturiy ta’minot. Bunday dasturiy ta’minotdan foydalanish, o‘rgatuvchi dasturni ishlab chiquvchida dasturlash sohasida eng kam bilim, tushuncha bo‘lishini talab etadi. Mualliflik huquqi|Qonun tomonidan muallifga yoki uning vakiliga original ishni qayta tiklash, e’lon qilish va nusxa ko‘chirish uchun taqdim etiladigan yagona huquq. Mualliflik huquqini qo‘riqlash|Asarning har bir nusxasida joylashtirilgan nishon. U uch elementdan iborat: 1) aylana ichida «C» lotin harfi; 2) alohida mualliflik huquqi egasining ismi (rasmiy nomi); 3) asar birinchi marta chop etilgan yil. Mualliflik huquqlarini himoyalash texnik vositalari|Dasturiy kodlarni o‘zida saqlamaydigan himoyalanadigan asarlarning (masalan, audio va video fayllarning) nusxalarini ko‘chirish imkonini qiyinlashtiruvchi dasturiy vositalar. Rivojlanishning navbatdagi bosqichida, qayta eshittirish vositalari butunlay huquq egasi nazoratida bo‘lgandagina, DRM to‘laqonli qayta eshittirishni ta’minlash va nusxa ko‘chirishdan himoyalashni ta’minlash imkoniga ega bo‘ladi. Mualliflik ishlab chiqish tili|Dasturchi bo‘lmagan mutaxassislar tomonidan multimedia mahsulotlar va taqdimotlar ishlab chiqishda foydalaniladigan yuqori darajadagi ixtisoslashtirilgan til. Mualliflikni qayd etish|1. Jo‘natuvchining xabarni jo‘natish yoki harakatni bajarish faktini keyinchalik tan olmasligini bartaraf qilish qobiliyati.2. Obyektlarning aloqa seansida ishtirok etuvchilardan biri tomonidan, aloqa seansining barchasida yoki bir qismida ishtirok etganlikni tan olishni rad etishdan muhofaza qilish.3. Jo‘natuvchi tomonidan xabarni, (masalan, «dasturni ko‘rish uchun bir martalik to‘lov» xizmatiga so‘rov) uning jo‘natish faktini tan olmaslik mumkin emasligini ta’minlash jarayoni. Mualliflikni rad etish|Qandaydir hujjat yoki xabarga aloqadorlikni rad etish. Muammoga yo‘naltirilgan dasturlash tili|Til tuzilishining o‘zi va/yoki ma’lumotlar strukturasi ishlab chiqiladigan masalalarning o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiradigan dasturlash tili. Deyarli barcha ma’lum bo‘lgan universal dasturlash tillari ixtisoslashtirilgan, muammoga yo‘naltirilgan tillar sifatida ishlab chiqilgan. Masalan; Fortran tili ilmiy hisoblashlar uchun mo‘ljallangan til sifatida, Pascal − o‘qitish uchun, Si − tizim dasturlarini ishlab chiqish uchun, COBOL − iqtisodiy masalalarni hal qilish uchun, LISP − sun’iy intellekt masalalarini hal qilish uchun, Fox − ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari bilan bog‘liq vazifalar uchun ishlab chiqilgan. Muammoga yo‘naltirilgan maʼlumotlar bazasi|Muayyan turdagi amaliy vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan mavzuga bog‘liq hujjat va/yoki maʼlumotlarga ega maʼlumotlar bazasi. Muammolarni yechish|Xatolarni topish, diagnostika qilish, qurilmalarning ishlash jarayonidagi nosozlik sabablarini topish va ularni bartaraf etish. Muar (televideniyeda)|Televizion tasvirda, tasvirning qo‘shni uchastkalarida yorug‘ligi va rangi bo‘yicha bir oz farq qiladigan to‘lqinli liniyalardan tashkil topgan va tasvirga nam ipak ko‘rinishiga o‘xshash tus beradigan uchastkalar paydo bo‘lishiga olib keladigan effekt. Muassasa-ishlab chiqarish telefon stansiyasi|Muassasa yoki korxona abonentlarini telefon aloqa bilan taʼminlaydigan telefon stansiyasi. Muassasa ichidagi mikrouyalar|Ta’sir radiusi kichik va idora hududida joylashgan tayanch stansiyalarga ega simsiz aloqa tarmog‘i uyalari. Muhandis|Malakali texnik mutaxassis. Muhandis amaliy muammoning iqtisodiy va xavfsiz yechimini izlaydi va texnik muammolarni yechishda matematik va ilmiy bilimlarni qo‘llaydi. Bu atama lotincha ingenium dan, yaʼni bilimlilik so‘zidan kelib chiqqan. Dasturiy muhandis dasturiy taʼminot tamoyillarini, tizimlarni dizayn qilishda, rivojlantirishda, testlash va baholashda qo‘llaydi va shu kabi taʼminotlarni (masalan chip) ishga tushiradi. Muhandislik mehnatini kompyuterlashtirish|Modellash, sxemotexnika va mahsulotlar sinashga oid muammoli masalalarni yechadigan, kompyuterlashgan loyihalashning mustaqil sohasi. Muhim bo‘lmagan ma’lumot|Uncha muhim bo‘lmagan, ikkinchi darajali hisoblangan ma’lumotlar. Bu bir sekunddagi kadrlar soni to‘g‘risidagi axborot bo‘lishi mumkin. Muhit|Tizim (obyekt) ishlaydigan texnik va dasturiy vositalarining majmui. Muhitga eltuvchini detektorlab va nizolarni aniqlab ko‘plab kira olish|Har bir uzel uzatishni boshlagandan so‘ng, boshqa qurilma tomonidan bir vaqtda uzatishga urinish – kolliziyani aniqlash uchun tarmoqni «eshitishni» davom ettirishni talab etuvchiuzatish muhitiga kira olish usuli.Izoh – CSMA/CD usuli Ethernet tarmoqlarida qo‘llaniladi. Ushbu tarmoqlarda (35-40) foiz yuklama bilan kolliziyalar tez-tez ro‘y beradi va ishni ancha sekinlashtiradi. Muhitga kira olish bloki|Foydalanuvchi tizimning yoki maʼmuriy tizimning monokanal yoki davriy halqaning umumiy bo‘g‘ini bilan ulanish qurilmasi. Ulanish bloki uch qismdan tashkil topadi. Ulardan ikkitasining tuzilmasi bu bo‘g‘inlarning turiga bog‘liq bo‘lib, ulanish blokining foydalanuvchi bo‘g‘in yoki umumiy bo‘g‘in bilan tutashishini taʼminlaydi. Blokning uchinchi (mantiqiy) qismi ulanish blokining nosozligini tashxis qilish va «o‘zining» tizimiga paydo bo‘layotgan nosozliklar to‘g‘risida xabar uzatish, tizimdan signallarni umumiy bo‘g‘inga va unga teskari yo‘nalishda uzatish va qabul qilish, umumiy bo‘g‘inning bandligini aniqlash maqsadida eshitib turish kabi foydalanish funksiyalarini bajaradi. Ko‘pincha ulanish bloklarini kontrollerlar deb atashadi. Muhofaza auditi|Maʼlumotlarni qayta ishlash tizimi yozuvlari va resurslarining mustaqil tahlil va tadqiq qilinishi. U tizimni boshqarish vositalarining talablarga muvofiqligini tekshirish, ularning belgilangan xavfsizlik siyosati va amaliy vazifalarga mosligini kafolatlash, muhofaza tizimidan buzib foydalanishni aniqlash va boshqaruv, xavfsizlik siyosati va tartiblarda muayyan o‘zgarishlar bo‘yicha tavsiyalar berish maqsadida amalga oshiriladi. Muhofaza biti|Xotira kalitidagi, tegishli xotira blokining yozishdan yoki tanlash va yozishdan muhofa qilinishini belgilovchi ikkilik razryad. Muhofaza falsafasi|Muhofaza mexanizmlaridan foydalanishni (rasmiy yoki norasmiy usullar bilan) ko‘rishga imkon beruvchi tizimning to‘la umumiy sxemasi. Muhofaza halqalari|Tizim va foydalanuvchi vakolatlar pog‘onasini apparatli ajratishni amalga oshiruvchi axborot xavfsizligi va funksional radga turg‘un arxitekturasi. Vakolatlar tuzilmasini bir necha konsentrik doira shaklida aks ettirish mumkin. Bu tarzda resurslarga maksimal kira olishni taʼminlovchi tizim rejimi (supervayzer rejimi yoki nol halqasi, yaʼni «halqa 0») ichki doira, kira olishi cheklangan foydalanuvchi rejimi esa tashqi doira hisoblanadi. Anʼanaviy x86 mikroprotsessorlar oilasi himoyaning to‘rtta halqasini taʼminlaydi. Muhofaza kafolati|Axborotni qayta ishlash texnik vositasi uchun mutanosiblik sertifikati yoki informatika obyekti uchun attestat mavjudligi. Bular qayta ishlanayotgan axborot xavfsizlik standartlari va boshqa normativ hujjatlar talablariga javob berishini tasdiqlaydi. Muhofaza (maxfiylik) qulfi|Ma’lumotlar bazasiga yoki uning fragmentlariga (fayllarga, sohalarga) murojaat qilingandagi parollarni tekshirishning dasturiy mexanizmi. Yozuvlardan foydalanishni cheklaydi. Muhofaza obyekti|1. Kirish nazorat ostida bo‘lgan obyekt. Misollar – fayl, dastur, asosiy xotira sohasi; inson tomonidan yig‘ilayotgan va quvvatlanayotgan maʼlumotlar.2. Axborotni muhofazalash maqsadiga binoan axborotning muhofazasini taʼminlash zarur bo‘lgan axborot yoki axborot tashuvchi, yoki axborot jarayoni.3. Texnik razvedkadan muhofaza talab qilinadigan, axborotning barcha mavjudlik shakllari uchun umumlashma atama. Tarkibiga ko‘ra, muhofaza obyektlari yakka va guruhiy bo‘lishi mumkin. Muhofaza qilinadigan axborot|Mulkchilik predmeti hisoblanadigan va normativ hujjatlar talablari yoki axborot egasi tomonidan belgilanadigan talablarga muvofiq muhofaza qilinishi kerak bo‘lgan axborot. Muhofaza qilinadigan axborotga ta’sir ko‘rsatuvchi omil|Muhofaza qilinadigan axborot chiqib ketishi, buzib ko‘rsatilishi, yo‘q qilinishi, undan foydalana olish blokirovkalanishi mumkin bo‘lgan hodisa, harakat yoki jarayon. Muhofaza qilinadigan obyekt attestati|Sertifikatlash bo‘yicha organ yoki muhofaza qilinadigan obyektda axborotni muhofaza qilishning belgilangan talablari va samaradorlik normalari bajarilishi uchun zarur va yetarli shart-sharoitlar mavjudligini tasdiqlaydigan boshqa maxsus vakolatlangan organ tomonidan beriladigan hujjat. Muhofaza qilingan avtomatlashtirilgan tizim|Axborotni muhofaza qilish bo‘yicha sfandartlar va/yoki normativ hujjatlarning talablariga muvofiq, belgilangan funksiyalar bajarilishining axborot texnologiyasini amalga oshiradigan avtomatlashtirilgan tizim. Muhofaza qilingan fayl|Yozuvlaridan foydalana olish uchun parol kiritilishi zarur bo‘lgan fayl. Muhofaza qilingan soketlar darajasi|Netscape Communications korporatsiyasi tomonidan shifrlangan, autentifikatsiya qilingan xabarlarni Internet orqali uzatish uchun ishlab chiqilgan protokolning tasnifi. SSL 2.0 versiyasi IETF standarti sifatida qabul qilingan va veb-brauzerning veb-server bilan ishlashida transport darajasidagi ma’lumotlarni shifrlash va vakolatlarni tekshirishda keng qo‘llaniladi. SSL protokoli bilan himoyalangan sahifalardan foydalanish uchun URL da oddiy http prefiksi o‘rniga, SSL-ulanishdan foydalanilishi ko‘rsatilgan https (443 port) prefiksi qo‘llaniladi. Shifrlash/deshifrlash operatsiyalari ko‘plab hisoblash resurslarini talab qiladi, veb-serverdagi yuklamani kamaytirish uchun SSL-apparat tezlatgichlaridan foydalaniladi. SSL 3.0 ishlab chiqish jarayonida va muhokama uchun ochiq hisoblanadi. Muhofaza qilingan tizim|Kirish uchun parolning kiritilishi talab etiladigan tizim. Muhofaza qilinganlik|Tizimning, muhofaza qilinadigan axborotdan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishga, uning buzilishiga yoki unga zarar yetkazilishiga qarshi tura olish qobiliyati. Muhofaza qilinganlikni tahlil qilish|1. Avtomatlashtirilgan tizim resurslarining zaif joylarini aniqlash, shuningdek, ularni bartaraf qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish jarayoni.2. Axborotni muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlar samaradorligi sifat va miqdor ko‘rsatgichlarining axborot xavfsizligi talablariga mos kelishini tekshirish. Muhofaza qilinganlikni tahlil qilish tizimi|Texnik vositalar yoki avtomatlashtirilgan tizimning muhofaza qilinganligini tahlil qilish uchun mo‘ljallangan yoki ishlatiladigan texnik yoki dasturiy vosita. Muhofaza qilinmaganlik|Muayyan hujum amalga oshirilganda ma’lumotlarni qayta ishlash tizimining muayyan zaifligidan foydalanish imkoniyati. Muhofaza qilish|Apparatura, dasturlar va ma’lumotlardan ruxsat etilmagan tarzda foydalanishning oldini olish bo‘yicha yuridik, tashkiliy, texnik, shu jumladan, dasturiy chora-tadbirlar. Muhofaza qilish apparat vositalari|Axborotni ruxsatsiz olish, ko‘chirish, o‘g‘irlash yoki turlashdan muhofaza qilish uchun mo‘ljallangan mexanik, elektromexanik, elektron, optik, lazer, radio, radiotexnik, radiolokatsion va boshqa qurilma, tizim va inshootlar. Muhofaza qilish modeli|Ruxsatsiz foydalana olishdan muhofaza qilish dasturiy-texnik vositalari va/yoki tashkiliy choralari kompleksining abstrakt tavsifi. Muhofaza qilish sertifikati|1. Hisoblash texnikasi yoki avtomatlashtirilgan tizim vositalarining axborotdan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishdan muhofaza qilish bo‘yicha talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi va ishlab chiquvchiga axborotdan muhofazalangan axborot sifatida foydalanish va/yoki tarqatish huquqini beradigan hujjat.2. Tegishli ravishda rasmiylashtirilgan, sertifikatlash tizimi qoidalariga ko‘ra berilgan va axborotni muhofaza qilish vositalarining axborot xavfsizligi bo‘yicha talablarga muvofiq kelishini tasdiqlovchi hujjat. Muhofaza qilish strategiyasi|Tizimning ma’lum tahdidlardan muhofaza qilinishini ta’minlashda amal qilinishi kerak bo‘lgan mezonlarni, ayniqsa, tezkor mezonlarni rasmiy aniqlash. Muhofaza qilish tizimini chetlab o‘tish yo‘li|Harakat natijasi bo‘lib, bunda tizim obуekti jinoyatkorga komandaga yoki oldindan belgilangan hodisaga yoki hodisalar ketma-ketligiga ruxsat etilmagan tarzda ta’sir ko‘rsatish imkonini beradigan darajada o‘zgaradi. Masalan, parolni tekshirish shunday o‘zgartirilishi mumkinki, u o‘zining odatdagi natijasidan tashqari, jinoyatkor parolining to‘g‘riligini ham tasdiqlaydi. Muhofaza qilish vositalari kompleksi|Hisoblash texnikasi vositalari yoki tizimlarining axborotdan hamda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasi obyektlaridan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishdan muhofaza qilinishini ta’-minlash uchun yaratiladigan va tutib turiladigan dasturiy hamda texnik vositalar majmui. Muhofaza qilish vositasi|Turli xavfsizlik darajasiga ega bo‘lgan ikkita ma’lumotni qayta ishlash tizimi o‘rtasida yoki foydalanuvchi terminali va ma’lumotlar bazasi o‘rtasida himoya filtri sifatida foydalaniladigan hamda foydalanuvchida ulardan erkin foydalanish vakolati bo‘lmagan ma’lumotlarni saralash uchun mo‘ljallangan funksional blok. Muhofaza qilish yadrosi, foydalana olish dispetcheri|1. Belgilangan qoidalarga muvofiq, subyektlarning axborot resurslaridan foydalana olishini nazorat qilishning tashqi ta’sirlardan muhofazalangan dasturiy va apparat vositalarining majmui.2. Foydalana olish dispetcheri konsepsiyasini amalga oshiruvchi muhofaza qilish vositalari kompleksining apparat, dasturiy va dasturiy-apparat elementlari. Muhofaza qilishning buzilishi|Kompyuter xavfsizligi tizimini chetlab o‘tish yoki uning biror-bir elementini ishdan chiqarish, natijada ma’lumotlarni qayta ishlash tizimiga kirib olish mumkin bo‘ladi. Muhofaza razryadi|Aniqlik saqlanib qolishini ta’minlaydigan oraliq natijalarning qo‘shimcha razryadlaridan biri. Muhofaza rejasi|Axborot va obyektni muhofaza qilish maqsadlariga erishish uchun mo‘ljallangan asosiy g‘oya. U bajariladigan tadbirlarning tarkibini, mazmunini, aloqadorligini va ketma-ketligini ochib beradi. Muhofaza tizimi ma’muriyati|Xavfsizlik siyosatini belgilaydigan hamda bu siyosat qo‘llaniladigan obyekt va subyektlarni aniqlaydigan boshqaruv organi. Muhofaza tizimi orqali o‘tish, aylanma yo‘l|Shifrlash tizimiga kiritilgan chetlab o‘tish bloki. Muhofaza toifasi|Nozik axborotning noshajaraviy tasnifi. U maʼlumotlardan foydalanishni faqatgina shajaraviy tasnif muhofazasiga nisbatan aniqroq boshqarish uchun qo‘llanadi. Muhofaza vositalari nazorat qilinishini qayd etish|Vaqt bo‘yicha to‘planadigan va muhofaza vositalarini boshqarishni soddalashtirish uchun mo‘ljallangan, muhofaza vositalarining holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar majmui. Muhofaza vositalarini nazorat qilish|Muhofaza tizimlarining ishlashini, ularning ekspluatatsiya qilish talablariga va qabul qilingan xavfsizlik siyosatiga muvofiqligini tekshirish, shuningdek, tegishli tavsiyalarni ishlab chiqish maqsadida, tizim yozuvlari va personal ishini nazorat qilish. Muhofazalangan axborot tizimi|Tahdidlarni tahlil qilish asosida o‘rnatilgan, axborotni hamda tizim komponentlarini muhofaza qilish bo‘yicha talablar ro‘yxatini qondiradigan qoidalarning bajarilish mexanizmi amalga oshirilgan axborot tizimi. Muhofazalangan axbotor obyekti|Qayta ishlanadigan axborotning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha standartlar va boshqa normativ hujjatlarning talablariga mos keladigan axborotlashtirish obyekti. Muhofazalangan elektron tranzaksiyalar|Internet kabi ommaviy foydalanish tarmoqlarida kredit kartalar bo‘yicha to‘lovlar muhofazasi protokolining nomi. Visa va MasterCard kompaniyalari tomonidan 1996-yili ishlab chiqilgan. Moliyaviy axborotning konfidensialligini va kelishuv qatnashchilarining autentifikatsiyasini taʼminlaydi. Muhofazalangan foydalanish rejimi|Ma’lumotlar bazasini muhofazalangan tarzda qayta ishlash rejimi, bu rejimda ma’lumotlar bazasi sohalarini ochgan dastur bilan parallel ishlaydigan barcha amaliy dasturlar yozuvlarni o‘qishi mumkin, lekin dastur bu sohalarni yopmaguncha, ularni yangilay olmaydi. Muhofazalangan hisoblash texnikasi vositasi|Muhofaza qilish vositalarining kompleksi amalga oshirilgan hisoblash texnikasi vositasi. Muhofazalangan kanal|Domen kompyuterlarining va Netlogon xizmatlari o‘rtasidagi nomlangan kanal. Muhofazalangan kanalni hosil qilishda kanal bo‘yicha uzatiladigan xabarlarning haqiqiyligini tekshirish va uzatilayotgan axborotning bir qismini shifrlash uchun qo‘llaniladigan seans kaliti yaratiladi. Muhofazalangan kompyuter|Muhofazalangan kompyuterlarni bir qator kompaniyalar ishlab chiqaradi. Ular agressiv muhitga – qattiq vibratsiya, kuchli changlanish, yuqori namlik va boshqa turdagi buzg‘unchilikka oddiy kompyuterdan chidamliroq bo‘ladi. Ko‘pincha ular noutbuk ko‘rinishida bo‘ladi lekin, undan og‘irligi va o‘lchami kattaroqdir. Muhofazalangan muhit|Maʼlumotlarni va resurslarni tasodifiy yoki qasddan qilingan harakatlardan muhofazalashga alohida eʼtibor (mualliflash, foydalanish, konfiguratsiyani boshqarish va h.k. shakllarda) beriladigan muhit. Muhofazalangan resurs|Muhofaza (maxfiylik) qulfi belgilangan, ya’ni erkin foydalanishni boshqarish spetsifikatsiyalangan (tasniflangan) resurs. Muhofazalangan umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘i|Muhofazalangan umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘i, bunda buzg‘unchining har qanday ta’siriga (loyihalashda berilgan ko‘plikdan), yo berilgan ehtimollik bilan yo‘l qo‘yilmaydi, yo tarmoq vositalari bilan berilgan ehtimollikda aniqlanadi, bunda tarmoqning ushbu ta’sir oqibatlarini berilgan ehtimollikda bartaraf qilishga yo‘naltirilgan javobi: foydalanuvchilarni xabardor qilish, ta’sir joyini kengayishiga yo‘l qo‘ymasligini, tarmoqning ish qobiliyatini tiklash va foydalanuvchilarning axboroti (ma’lumotlari) uzatilishini ta’minlovchi sharoitlar yaratiladi. Muhofazalangan xesh-algoritm|Elektron imzolarni generatsiyalash imkonini beradigan xesh-algoritm. Muhofazani bevosita buzishga urinish|Bazaviy algoritmlarning, xavfsizlikni ta’minlash mexanizmi prinsiplari yoki xususiyatlarining kamchiliklariga asoslangan, tizim muhofazasini buzishga bo‘lgan urinish. Muhofazani tasniflash|Maʼlumotlar yoki axborotdan foydalanishning zarur bo‘lgan maxsus muhofaza darajasini aniqlash va shu muhofaza darajasini belgilash. Masalan, «o‘ta maxfiy», «maxfiy». Muhofazaning kompleksliligi|Texnik razvedkaning barcha xavfli turlari va vositalariga qarshi tadbirlarni ko‘zda tutuvchi muhofaza qilish prinsipi. Muhofazaning uzluksizligi|Obyektning hayotiy siklining barcha bosqichlarida (ishlab chiqish, yaratish yoki qurish, sinovdan o‘tkazish, foydalanish va utilizatsiya qilish) muhofazasini tashkil qilishdan iborat muhofaza tamoyili. Muhr|Kriptografik nazorat qiymati bo‘lib, yaxlitlik saqlanib turishini ta’minlaydi, lekin oluvchi tomonidan amalga oshiriladigan qalbakilashtirishdan muhofaza qila olmaydi (ya’ni, mualliflik qayd etilishini ta’minlay olmaydi). Mukammal izlash|1. Ma’lumotlar bazasi har bir yozuvida izlash.2. Masalani barcha variantlarni o‘rganish yo‘li bilan yechish. Mukammal maxfiylik|Ochiq matn va shifrmatn statistik jihatdan mustaqil va shifrmatnning qo‘lga kiritilishi (tutib olinishi) kriptotahlilchiga ochiq matn to‘g‘risida qo‘shimcha axborot bermasligidan iborat bo‘lgan sharoit. Mukammal testlash|Dasturning o‘zgaruvchi kirish qiymatlarining mumkin bo‘lgan barcha kombinatsiyalari bilan bajarilishi. Mulohaza, to‘g‘ri fikr|1. Qiymati noto‘g‘ri bo‘lsa, xatoni bildiradigan ifoda. Bunday ifodalardan dasturlarni sozlash maqsadlarida foydalaniladi.2. Mantiqiy dasturlashda – bajarilish vaqtida, dastur ma’lumotlar bazasiga kiritadigan yangi fakt yoki qoida. Muloqot oyna shabloni|Windows operatsion tizimida ekranda muloqot oynalarini yaratish va chiqarish uchun ishlatiladigan, hamda ularning xarakeristikasini belgilaydigan andoza. Foydalanuvchiga, operatsion tizim tomonidan aniq aks ettiriladigan, o‘z muloqot oynalarini yaratish imkonini beradi. Muloqot oynasi|Biror komanda yoki vazifani bajaradigan tugma va boshqa boshqaruv elementlarini o‘z ichiga olgan yordamchi oyna. Muloqot qila olishga asoslangan firibgarlik|Foydalanuvchilar yoki tarmoq administratorlarini, ulardan tarmoqdan noqonu-niy foydalana olish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni bilib olish yo‘li bilan aldash mahorati; odatda, mualliflashtirilgan foydalanuvchi nomidan ularga murojaat qilish orqali amalga oshiriladi. Multidasturlash|Bitta kompyuterda bir necha dasturning bajarilishini tashkil qilish usuli. Multidasturlash darajasi (koeffitsiyenti)|Tizim vaqt birligida xizmat ko‘rsatadigan jarayonlarning soni. Multidasturlash tizimi|Bir vaqtda ikkita yoki undan ortiq dasturni ishga tushiruvchi tizim. Multiekran|Suyuq kristalli ekranning darchalarga (odatda 4 yoki 9) ajratib, ularda olinayotgan harakatlanuvchi obyektlarning to‘xtatilgan kadrlarini sekunddan kam oraliqda (odatda 0,1 s dan 0,5 s gacha) ko‘rsatish. Multikadrli sinxronlash|Kiruvchi oqimdan multikadr boshlanishini belgilaydigan sinxronlovchi signalni ajratishga asoslangan sinxronlash usuli. Sinxron kod multikadrning boshida joylashtirilishi ham, uning uzunligi bo‘ylab taqsimlanishi ham mumkin. Multimedia|Axborotni taqdim etishning turli shakllaridan va uning yagona obyekt-konteynerida qayta ishlanishidan bir vaqtda foydalanish. Masalan, bitta obyekt-konteynerda matnli, audio, trafik va video axborot bo‘lishi mumkin. Multimedia atamasi, shuningdek, katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlash va ulardan tez foydalanish imkonini beradigan axborot tashuvchilarni belgilash uchun ham qo‘llaniladi. Multimedia funksiyalari|Videoni raqamli filtrlash va masshtabga solish, videoni apparatli raqamli zichlash va yoyish, uch o‘lchamli grafika (3D) bilan bog‘liq grafik operatsiyalarni tezlashtirish, jonli videoni monitorga chiqarish, kompozitli video chiqishga ega bo‘lish, TV signalini monitorga chiqarish. Multimedia-kengayishlar uchun ko‘rsatmalar to‘plami|Intel korporatsiyasining, Pentium protsessorlarida multimediani ta’minlash va multimedia-ilovalarning grafika, tovush va video bilan ishlashini tezlatish uchun ishlab chiqilgan texnologiyasi. Multimedia-server|Lokal multimedia tarmoqlar uchun mo‘ljallangan server. Multimedia tarmog‘i|Kanallar bo‘yicha turli shakldagi axborot (matn, tovush, video va h.k.)ni tashish uchunmo‘ljallangan tarmoq. Multimedia xabarlarini uzatish xizmati|Musiqali, foto- va video fayllarni ichiga oladigan multimedia xabarlarini uzatish va qabul qilish xizmati. Multimedia xizmatining xizmatlari|Telekommunikatsiyalar tarmog‘i bo‘ylab bir nechta turdagi axborotni bir vaqtda shakllantirish va keyinchalik uzatishni amalga oshiradigan (masalan, tovush, matn, ma’lumotlar, harakatsiz va harakatli tasvirlar uzatilishi mumkin) va ularni birgalikda aks ettirish, qayta ishlash, kombinatsiyalash imkonini va h.k.larni ta’minlaydigan telekommunikatsiyalar xizmatining xizmatlari. Multimediali dastur moduli|Tarkibida ta’lim-tarbiyaviy, telematik, Internetga mos keladigan, mediametrik va teletibbiyot ma’lumotlari bo‘lgan, chiqarishga tayyorlangan televizion dastur. Multimediali televizion eshittirish|Televizion dasturlarni uzatishdan tashqari, kompyuter texnologiyalari uchun xos bo‘lgan axborotning uzatilishi ham ko‘zda tutilgan raqamli televizion eshittirish.Izoh – Kompyuter texnologiyasi deganda, axborotni matn, grafika (chizma), tasvir, animatsiya va ovozdan foydalangan holda kompleks taqdim etish tushuniladi. Multimediali shaxsiy kompyuter|Multimedia PC Council taʼrifiga ko‘ra, hozirgi kunda yaxshi tezkor xotira hajmi, katta qattiq disk, CD-ROM yoki DVD qurilmasi, raqamli tovushni qo‘llab-quvvatlash tizimiga ega shaxsiy kompyuter multimedia shaxsiy kompyuteri deb hisoblanadi. Multipleks analog komponent|D-MAC da signallarni uzatish formati, bunda videosignal tovushli raqamli signal bilan birgalikda alohida tashkil etuvchilarni vaqtinchalik zichlash bajariladi. Multipleks (televizion dasturda)|Eshittirish televideniyesining bir nechta dasturiy paketlaridan iborat to‘plam. Multipleks shinasi|Bir xil liniyalar bo‘yicha maʼlumotlar uzatiladigan va boshqaruv amalga oshiriladigan shina. Multipleksor|1. Raqamli televizion signal ma’lumotlarining bir nechta oqimini xizmat bitlarini qo‘shish bilan, yagona oqimga birlashtirish uchun mo‘ljallangan qurilma.2. Radiouzatgichlarning istalmagan o‘zaro ta’sirlanishining oldini olgan holda, bitta antennaga bir nechta radiouzatgichni parallel ulash imkonini beradigan qurilma. Multipleksorlangan abonent raqami|Umumiy foydalanishdagi bitta foydalanish uchun va xususiy foydalanish uchun multipleksorlangan raqamlarni berish imkonini ta’minlaydigan abonent raqamini multipleksorlash qo‘shimcha xizmati.Izoh – Abonent raqamini multipleksorlash qo‘shimcha xizmati zarur foydalanuvchini umumiy foydalanish tarmog‘i orqali chaqirish, ko‘p sonli tanlashlardan bitta yoki bir nechta individual terminalni aniqlash imkonini beradi. Multipleksorlash|1. Axborot alohida oqimlarini yagona transport oqimiga birlashtirish jarayoni.2. Bitta fizik kanalda mantiqiy kanallar guruhi tuziladigan obyektlarning vositalaridan foydalanadigan guruhlar o‘rtasidagi ma’lumotlar uzatish vositalarini bo‘lish texnologiyasi.Izoh – Vaqt va chastota bo‘yicha multipleksorlashga bo‘linadi. Multiplikatsiya|Lotincha «multiplicati» – «ko‘paytirish». Harakatlanuvchi tasvirlarni modellash jarayoni. Harakatlanuvchi tasvir soxta tasavvurni yaratadi. U tasvirlarni tez almashtirishga asoslangan. Axborot tizimida multiplikatsiya bir necha yo‘l bilan amalga oshirilishi mumkin. Ulardan biri faqat «harakatlanish» lozim bo‘lgan jihatlari farq qiluvchi ko‘plab tasvirlarni chizishdan iborat. Ikkinchi yo‘l ekranni boshqarish dasturlaridan foydalanishni nazarda tutadi. Ular yordamida boshlang‘ich va oxirgi mo‘ljal punktlari belgilash orqali tasvirning ketma-ket o‘zgarishi amalga oshiriladi. Bunda kompyuter tomonidan tasvirlarni yaratish tezligi ko‘rsatish tezligidan ancha past bo‘lishi mumkin. Bunday holatda tasvirlar ekranga chiqarilishidan oldin xotirada to‘planadi. Harakat soxta tasavvurini yaratish uchun ekranga sekundiga kamida 16 tasvirni chiqarish lozim. Televideniye standarti sekundiga 24 tasvirga teng tezlikni belgilaydi. Multiprotsessor|Bir vaqtda foydalanish uchun bir nechta arifmetik va mantiqiy bloklari bo‘lgan mashina. Multiprotsessorlash rejimi|Ma’lumotlarni qayta ishlash parallel ravishda bir nechta protsessorda olib boriladigan rejim. Bu rejimning ishlashi uchun operatsion tizim va ilova multiprotsessorlikni quvvatlashi kerak. Multiprotsessorli spetsifikatsiya|Operatsion tizim va protsessor proshivkasi o‘rtasidagi interfeysni tavsiflaydigan, ularga multiprotsessorli konfiguratsiyada x86 mos keladigan protsessor bilan ishlash imkonini beradigan ochiq standart. Multitelefon|Bir nechta mikrotelefon go‘shagi bo‘lgan radiotelefon. Multitilli xabarlar|Turli tillarda xabar uzatish imkonini beradigan xizmat. Til kodlari ulanuvchi liniyalar guruhiga va PRI dastlabki foydalanish interfeysiga kiruvchi abonentga tayinlanishi mumkin. Mumkin bo‘lgan, ruxsat etilgan|Kira olish va foydalanish erkin bo‘lgan bo‘sh resurs. Mundarija|Ma’lumotnoma tizimida ma’lumot olish uchun mo‘ljallangan mavzular va kichik mavzular ro‘yxati. Munosabat|Biror jadvaldagi tashqi kalit boshqa jadvaldagi birlamchi kalitga muvofiq bo‘lsa, jadvallar o‘rtasidagi munosabat mavjud bo‘ladi. Munosabat, aloqadorlik|Relyatsion malumotlar bazalarida jadvallar ustunlari va satrlarining elementlari o‘rtasidagi bog‘liqlik. Munosabat (taqqoslash) operatori|Operandlar nisbatini aniqlash imkonini beradigan binar operator: teng (EQ), teng emas (NE), dan kam (LT), dan ko‘p (GT), dan kam yoki teng (LE), dan ko‘p yoki teng (GE). Munosabatlar diagrammasi|Munosabatlar diagrammasi konseptual chizmalarni tavsiflaydigan axborot andozasi. U grafi-kali bo‘lib blok va chiziqlarga asoslangan. Bu blok va chiziqlar boshqa bir axborot andozasining obyektlar va ular o‘rtasidagi munosabatlarni tavsiflaydi. Shu mazmunda munosabatlar diagrammasi axborot meta andozasi hisoblanadi, shuningdek axborot andozalarni tavsiflovchi vosita deb hisoblanadi. Munosib, mos|Kompyuter dasturiy va apparat ta’minotining birgalikda ishlashi va axborot almashina olish imkoniyati. Muqobil matn|O‘xshash simvollar ketma-ketligining o‘rnini to‘ldirishga mo‘ljallangan, oldindan aniqlangan matn.Izoh − Ko‘p takrorlanuvchi matnli axborotni kiritishni soddalashtirish uchun mo‘ljallangan. Murakkab kalit|Bir nechta atributdan iborat kalit. Murakkab komandalar to‘plamiga ega kompyuter|O‘zgaruvchan uzunlikdagi, bajarilish vaqti turlicha bo‘lgan turli mashina komandalarining keng to‘plamiga ega, kompyuterlar arxitekturasi. Murakkab komandalar to‘plamiga ega protsessor|RISC-protsessorlariga teskari bo‘lgan to‘la komandalar to‘plamiga ega an’anaviy protsessorlar arxitekturasi. Mashina komandalari to‘plami keng, turli, o‘zgaruvchan uzunlik va bajarish vaqtiga ega bo‘lgan ommabop protsessorlar. x86 va 680x0 guruhiga mansub protsessorlar CISC-protsessorlari qatoriga kiradi, ammo CISC-protsessorlarining ichida ko‘pincha RISC-arxitekturasidan foydalaniladi. Murakkab tizimlarni loyihalash va obyektga yo‘naltirilgan tahlil qilish|XX asrning 80-90-yillarida yuzaga kelgan, murakkab tizimlarni loyihalash va tahlil qilish metodologiyasi, dasturiy mahsulotlarni, texnik, iqtisodiy, ijtimoiy tizimlarni, shuningdek, ularni boshqarish tizimlarini ishlab chiqishda asosiy metodologiya hisoblanadi. Tadqiq qilinadigan yoki ishlab chiqiladigan tizim modellarining ketma-ketligi: informatsion model, holatlar modeli va jarayonlar modelini tuzish metodologiyaning asosini tashkil etadi. Murakkablik|Dasturiy ta’minotni tushunishdagi, tahlil qilish, testlash va ta’minlashdagi qiyinchiliklar o‘lchovi. Murojaatlar monitori|Foydalanish nazorati tamoyillari. U subyektlarning obyektlardan foydalanishga urinishlarini ajratuvchi mavhum mashina tushunchasiga asoslangan. Xavfsizlik o‘zagi shaklida amalga oshiriladi. Mushkul holat|Ikkita oqimning bajarilishida ularning bir-birini blokirovka qilib qo‘yishida yuzaga keladigan holat xatoligi. Bunda har bir oqim boshqa oqim foydalanayotgan resursning bo‘shashini kutib turadi. Musiqa tizimi|Ixtisoslashtirilgan abonent tizimi. U musiqa asarlarini yaratish, ishlov berish va ijro etish uchun mo‘ljallangan. Kompyuterga tashqi qurilmalar, yaʼni maxsus klaviatura, mikrofonlar, karnaylar va tegishli dasturiy taʼminotning qo‘shilishi orqali yaratiladi. Tizim imkoniyatlari ishlab chiqaruvchilarga maʼlumotlarni taqdim qilishning turli shakllaridan foydalanish imkonini beradi. Musiqa asari bilan ishlab, foydalanuvchi uning tarkibiy qismlarini kesib olish, nusxa olish, qo‘shish, tozalash operatsiyalarini bajaradi. Musiqa tizimlari uchun musiqa qurilmasi interfeysi belgilangan va «standart musiqani tavsif qilish tili» SMDL yaratilgan. Mustaqil jarayon|Boshqa jarayonlar bilan bog‘lanmagan, boshqa jarayonlarning bajarilishiga ta’sir ko‘rsatmaydigan yoki ularning ta’sirini sezmaydigan jarayon. Mutanosiblik|Mutanosiblik faqat to‘g‘ri axborotni bazaga yozishga ruxsat beradi. Agarda tranzaksiya bazaning mutanosibligini buzsa, butun tranzaksiya orqaga qaytariladi va baza mutanosib qoladi. Mutant viruslar|Shifrlash-rasshifrovka qilish algoritmlarini ichiga oluvchi viruslar. Bu algoritmlar tufayli, aynan bir virusning nusxalari baytlarning birorta ham takrorlanadigan zanjiriga ega bo‘lmaydi. Mutlaqo maxfiy ma’lumotlar|Alohida muhim ma’lumotlardan tashqari davlat siri hisoblanadigan ma’lumotlar. Muvaffaqiyatsiz chaqiruv; muvaffaqiyatsiz murojaat|Bog‘lanish o‘rnatilishi bilan tugallanmagan kira olishga urinish.Izoh − Mobil aloqa tarmoqlarida, aktiv izlash yakunida hech bo‘lmaganda bitta radiostansiya tomonidan tasdiqlanmagan chaqiruv. Muvofiqlashtirilgan translyatsiya|Umumiy tavsifga ega bo‘lgan bir nechta dasturiy modulni translyatsiya qilish, bunda barcha translyatsiya birliklari tavsiflarning bir xil versiyalaridan foydalanadi. Muvofiqlik deklaratsiyasi|Ochiq konkurs qatnashchisining yuridik kuchga ega bo‘lgan, davlat axborot tizimi interfeyslarini amalga oshirish uchun, axborot tizimlarining moslashuvchanligi bo‘yicha talablar to‘plamida ko‘rsatilgan spetsifikatsiyalardan foydalanish majburiyati. Muvofiqlik sertifikati|Hisoblash texnikasi vositalari yoki avtomatlashtirilgan tizimning, davlat standartlari talablariga, sertifikatlash bo‘yicha davlat organlari tomonidan, ularning vakolatlari doirasida tasdiqlangan axborotni muhofaza qilish bo‘yicha boshqa normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi va ishlab chiquvchiga ulardan muhofaza qilingan hujjat sifatida foydalanish va/yoki tarqatish huquqini beruvchi hujjat. Muvofiqlikni baholash|Qandaydir standartga yoki tavsiyalarga rioya qilinishini, yozuvlarning olib borilishi aniqligini tekshirishga yoki samaradorlik va natijalilikning maqsadli qiymatlariga erishishga yo‘naltirilgan tekshiruv va tahlil. Muzlatishga qarshi tizim|Antenna ko‘zgusining orqa sirtiga montaj qilinadigan elektr isitgichlar yordamida ko‘zguni va nurlantiruvchi tizimni sun’iy isitish uchun xizmat qiladigan antennaning issiqlik himoyasi tizimi. Myuteks|Operatsion tizimlarda ishlatiladigan semaforlarning o‘zaro bartaraf qilishni ta’minlaydigan analogi. Mo‘rt posilka|Alohida ehtiyotkorlikni talab qiluvchi tez sinadigan predmetlarni o‘z ichiga olgan posilka.N Nadenenko dipoli|Yelkalari silindr hosil qilishi bo‘yicha joylashgan, bir nechta parallel simlardan iborat cimmetrik vibrator ko‘rinishidagi antenna. Namoyish qilinadigan versiya|Bepul tarqatiladigan (masalan, reklama maqsadida) tugallanmagan dastur. U qo‘shimcha namoyish materiallarini o‘z ichiga olishi, shuningdek, magazin yoki ko‘rgazmadagi kompyuter namunasi ham bo‘lishi mumkin. Namunaviy almashtirish elementi|Ishlash qobiliyatini tiklash vada almashtirilishi zarur bo‘lgan, almashtiriladigan eng kichik, funksional tugallangan yig‘ma birlik. Namunaviy guruhli trakt|Elektraloqa signallarini, tonal chastota kanallari me’yorlashtirilgan sonini yoki chastotalar polosasidagi asosiy raqamli kanallarni berilgan guruhli traktga xos bo‘lgan uzatish tezligi bilan uzatish uchun mo‘ljallangan texnik vositalarning jami.Izoh – Guruhli trakt kanallarning me’yorlashtirilgan soniga bog‘liq ravishda birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi, to‘rtlamchi yoki N-guruhli trakt deb nomlanadi. Namunaviy uzatish kanali|Parametrlari qabul qilingan meʼyorlarga javob beruvchi uzatish kanali. Nanokompyuter|Mantiqiy elementlari bir necha nanometr bo‘lgan elektron (biokimyo, kvant) texnologiya asosida qurilgan hisoblash asbobi. Nanotexnologiya asosida ishlab chiqarilgan kompyuter ham juda kichkina. Nanokompyuter nazariyasining mantiqiy asoslari hali yo‘q. Nanotexnologiya|Informatikada − kompyuterlardagi protsessorlar uchun integral sxemalar tayyorlash texnologiyasi. Molekulalar va atomlar bilan ishlashga asoslangan. Navbat|1. Elementlar qanday tartibda kiritilgan bo‘lsa, o‘sha tartibda o‘chiriladigan ma’lumotlar tuzilmasi.2. Printerdan chiqarish uchun topshiriqlar ro‘yxati yoki topshiriqlar navbati, ishlarning tartibini operatsion tizimning o‘zi aniqlaydi. Navbatlar bilan taqsimlangan ikki yoqlama shina|Bir juft optik kanal yordamida hosil bo‘lgan tezkor ko‘p kanalli tarmoq. U birinchi navbatda, katta shaharning axborot tarmog‘ini yaratish uchun mo‘ljallangan. Ishda yuqori o‘tkazish qobiliyati va ishonchlilikka ega. Navbatlashish ketma-ketligi|Navbatma-navbat yoyishda ayrim maydonlarning vaqtinchalik ketma-ketligini aniqlaydigan sonlar guruhi. Navbatma-navbat yoyish|Navbatma-navbat (ketma-ket) yoyiladigan satrlar bir-biridan bir satrning kengligidan butun son marta katta masofaga tarqatilgan va bunda yondosh satrlar maydonlarning chastotalari bilan bir-birining ketidan keladigan vaqt intervallari davomida yoyiladigan yoyish jarayoni. Navigatsiya, siljish, joyini o‘zgartirish|1. Foydalanuvchi interfeysi yordamida menyu, ma’lumot beruvchi fayllar yoki qandaydir boshqa obyektlar murakkab tizimida yo‘lni aniqlash jarayoni yoki usuli.2. Tarmoq obyektlari bo‘yicha joyini o‘zgartirish.3. Transport vositasining harakatlanish yo‘nalishini rejalashtirish va kuzatish, transportda yurish vaqtini hisoblash.4. Mobil robotning o‘z harakati yo‘nalishini tanlashi, masalan oriyentirlar bo‘yicha. Nazorat|Tizim xavfsizligining joriy holatini aniqlash maqsadida, mustaqil obzor va tizim yozuvlarining tahlilini hamda tizim aktivligini olish imkonini beruvchi operatsiyalar majmui. Nazorat-geraldli muhr|Pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalari blanklari, 5-shakldagi daftarlar, 10-shakldagi reyestrlar va pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalari bo‘yicha xizmatga oid yozishmalar hamda alohida yo‘riqnomalarga muvofiq boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish uchun mo‘ljallangan maxsus muhr. Nazorat jurnali|Qar.: Audit jurnali. Nazorat kodi|Uzatiladigan ma’lumotlardagi xatolarni avtomatik tarzda aniqlash, tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik va bartaraf qilish imkonini beradigan kod. Nazorat muddatlari|Pochta, kuryerlik jo‘natmalari va pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalarini qabul qilish joyidagi pochta aloqasi obyektidan ularni topshirish va yetkazib berish joyidagi pochta aloqasi obyektigacha jo‘natish uchun belgilangan eng ko‘p vaqt oralig‘i. Nazorat nuqtasi|Jarayon bajariladigan nuqta, unda jarayonni shu nuqtadan takror ishga tushirish uchun zarur bo‘lgan axborot saqlanadi. Nazorat nuqtasi ma’lumotlari to‘plami|Nazorat nuqtasida saqlangan vazifa yoki tizim holatini ichiga oladigan ma’lumotlar to‘plami (fayl). Nazorat nuqtasidan qayta ishga tushirish|To‘xtab qolishdan so‘ng, saqlangan jarayon yoki topshiriq bajarilishining tiklanishi. Nazorat qilinadigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa rejimi|Mobil stansiyalar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqani tashkil etish prinsipi bo‘lib, unga muvofiq abonent tarmoq xizmatida qayd qilinadi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa rejimiga kirgunicha autentifikatsion tekshiruvdan o‘tkaziladi. Nazorat qilinadigan zona|Axborotni qayta ishlash texnik vositasi atrofidagi hudud, uning chegarasida begona shaxslarning va transport vositalarining ruxsat etilmagan tarzda bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Nazorat qiluvchi so‘z|Signalni skremblerlash uchun shartli foydalanish tizimida qo‘llaniladigan va abonentga signal bilan birga uzatiladigan kodli so‘z. Nazorat raqami|Bitta raqam (simvol)dan iborat bo‘lgan tekshiruv kaliti. Nazorat summasi|1. Baytlar summasini hisoblash va uni yozuvga qo‘shish yo‘li bilan ma’lumotlar yozuvining to‘g‘riligini tekshirish uchun mo‘ljallangan axborot. Ma’lumotlarni hisoblashda baytlar summasi nazorat summasi bilan mos kelishi kerak.2. Ma’lumotlar blokiga tekshirish maqsadlarida solishtiriladigan qandaydir funksiya, odatda faylning barcha yozuvlari maydonlariga mos keluvchi summa ko‘rinishida shakllanadi. Bu son biror-bir muhim ma’noga ega emas, faqat fayl yozuvlarini tekshirish uchun xizmat qiladi. Maydon qiymatining har qanday o‘zgarishi oldindan qayd qilingan va qaytadan hisoblangan nazorat summalarining mos kelmasligidan aniqlanadi. Nazorat (tekshirish) kodi|Ruxsat etilmagan tarzda ko‘chirib olingan nusxa emasligini aniqlash uchun, diskning bir qismini o‘qiydigan mashina komandalari. Nazorat zvenosi|Dasturning eng kichik, alohida o‘tkaziladigan elementi. Nazorat chastotalari diapazoni|Nomaqbul radionurlanishlarning darajasini nazorat qilish majburiy hisoblanadigan chastotalar diapazoni. Negativ uzatish|Boshlang‘ich yoritish kuchining kamayishi uzatiladigan quvvatning oshishini keltirib chiqaradigan uzatish usuli. Negativ videosignal|Qoradan oqga o‘tishda oniy qiymatlari kamayadigan videosignal. Netbook|Internetdan foydalanish va ofis dasturlari bilan ishlash uchun mo‘ljallangan kichik noutbuk. Netbuklar ixcham o‘lchamlari, kichik vazni, kam energiya isteʼmoli va nisbatan arzon narxlari bilan ajralib turadi. Nettop|Asosan Internet dasturlari bilan ishlash uchun mo‘ljallangan kichik tejamkor shaxsiy kompyuter. Nettoplar energetik samarali mikroarxitekturalarga ega protsessorlarga asoslanadi. Nettop atamasi Intel kompaniyasi tomonidan Atom protsessori eʼlon qilinishi paytida taklif etilgan. Nettop – bu netbukning statsionar analogi. Neyman arxitekturasi|Kompyuter qurishning, ham ma’lumotlar, ham dasturning o‘zi saqlanadigan tezkor, ketma-ket manzillanadigan xotira ajratilgan klassik arxitekturasi. Hozirgi vaqtda ko‘pchilik kompyuterlar shunday arxitekturaga ega. Nomi bu arxitekturani ishlab chiquvchilardan biri bo‘lgan mashhur matematik Jon fon Neyman sharafiga berilgan. Neymkoin|Bitcoin texnologiyasiga asoslangan, «nom-qiymat» turidagi ixtiyoriy kombinatsiyalarni saqlash tizimi, uning eng maʼlum qo‘llanilishi domen nomlari tizimining muqobil tub serverlar tizimi hisoblanadi. Neyrokompyuter|Neyron tarmoqlar asosida yaratilgan kompyuter. Hozircha mustaqil tarzda mavjud emas, lekin zamonaviy kompyuterlarda aktiv ravishda modellashtirilmoqda. Neyrokompyuting|Neyron tarmoqlar yordamida amalga oshiriladigan hisoblashlar. Neyrokontroller|Arxitekturasida neyron tarmoqlardan foydalaniladigan kontroller. Neyrolingvistik dasturlash|So‘z orqali ishontirishning alohida shakllari yordamida inson ichki ongiga manipulyativ taʼsir ko‘rsatish uslubi. Bunda insonda yetarli darajada mustahkam psixologik ko‘rsatmalar paydo bo‘lib, ular keyinchalik muayyan harakatlarga undashi mumkin. Internet orqali amalga oshirilishi mumkin. Neyron kompyuteri|Bir-biriga bog‘langan elektron neyronlar tarmog‘idan tuzilgan kompyuter turi. Ushbu mashinalar o‘rganish uchun yaratilgan va dasturlash uchun yaratilmagan. Dizayni va faoliyati bo‘yicha ular inson miyasiga o‘xshaydi. Miyadagidek, neyronlar bir-biriga minglab moslashtiriladigan kanallar orqali signallar jo‘natadi. O‘rganish jarayoni davomida mashina kanallarni sozlaydi. O‘zini sozlaganidan keyin mashina yozuv yoki ovozni tushuna oladi. Neyron tarmoq|1. Formal neyronlar, summatorlar va sinapslar majmuini hosil qilgan tarmoq.2. Neyronlarning soddalashtirilgan funksional modellari hisoblanadigan, bir jinsli protsessorli elementlardan tuzilgan hisoblovchi yoki mantiqiy sxema. Neytral optik tarmoqlagich|Optik qutblar o‘rtasidagi uzatish koeffitsiyentlari optik nurlanish to‘lqin uzunliklarining berilgan diapazonidagi to‘lqin uzunligiga bog‘liq bo‘lmagan optik tarmoqlagich. Niderrayter kriptotizimi|Xatolarni tuzatuvchi kodlarga asoslangan kriptotizim. Nihoyatda past chastotalar|300 Hz dan quyida yotuvchi chastotalar sohasi. Toʻlqin uzunligi 1000 km dan ortiq boʻlgan megametrli toʻlqinlar mos keladi. Bu diapazоnda 50 Hz chastota va uning garmonikalarida elektromagnit toʻlqinlarni generatsiyalaydigan elektr uzatish liniyalari xalaqitlarning asosiy manbai hisoblanadi. Nik|Tarmoq foydalanuvchisi odatda chatlar, yangilik guruhlarida, elektron pochtasida ishlatadigan taxallus, haqiqiy bo‘lmagan ism. Odatda nik turli xil qayd yozuvlarida foydalanuvchi nomi sifatida ishlatiladi. Nimani ko‘rsang, shuni olasan|Rejim (prinsip) WYSIWYG («vizivig» deb talaffuz qilinadi), «nimani ko‘rsang, shuni olasan» matn redaktorlarida va shaxsiy redaktorlik tizimlari – ekrandagi tahrir qilinayotgan hujjat tasvirining bosma variantiga grafik jixatdan to‘liq monand rejim. Tayyorlangan maket qanday ko‘rinishini oldindan aytib berishga imkon beradi. Niqob|Qiymatda muayyan bitlarni ko‘rsatish yoki tanlab aks ettirish uchun foydalaniladigan ikkilik qiymat. Niqob biti|Muayyan operatsiyalarga ruxsat etish yoki ularni taqiqlash yoki maydon ichidagini tekshirish yo bo‘lmasa o‘zgartirish uchun, nol yoki birlik qiymatga o‘rnatiladigan bitlar yig‘indisi. Niqoblanadigan uzilish|Protsessor birmuncha muhimroq ishni bajarishi uchun, uzilishlar kontrolleri yoki protsessorning maxsus registridagi qurilma yordamida taqiqlash (yoki ruxsat etilishi) mumkin bo‘lgan apparat uzilish. Niqoblash|1. Shovqinga qo‘shib foydali signalni yashirin uzatish, bunda oddiy vositalar bilan uni aniqlash imkoni bo‘lmaydi.2. Tovush balandligi yuqori bo‘lgan fon signali mavjudligida, so‘zlashuvni eshitishning yomonlashuvi.3. Obyektni jinoyatkorlar uchun kirib bo‘lmaydigan (ko‘rinmaydigan) yoki undan foydalanishni murakkablashtiruvchi harakatlarni bajarishga asoslangan obyektlarni muhofaza qilish uslubi.4. Kompyuter nazariyasida, niqob bu binar operatsiyalar uchun ishlatiladigan maʼlumotdir. Niqobni ishlatish bu turli baytdagi bitlar yo yoqilishi yo o‘chirilishi, yoki yagona binar operatsiyada yoqiqdan o‘chiqqacha o‘girilishi (yoki aksi) dir. Niqob IP-manzillar bilan kompyuter nimtarmog‘ini aniqlashda yoki kompyuter grafikasida, masalan, shaffof muhit ko‘rinishini aniqlashda ishlatiladi. Nisbatlar|Kompyuterlar displeylari va rasmlarda rasm enining bo‘yiga bo‘lgan nisbati. Masalan, 2:1 nisbati rasm eni uning bo‘yidan ikki baravar kattaligini ko‘rsatadi. Rasmni veb-sahifa kabi boshqa hujjatga qo‘shish paytida nisbatini saqlash katta ahamiyatga egadir. Nisbiy identifikator|Xavfsizlik identifikatorining kichik qismi. Domen doirasida xavfsizlik identifikatorlari bir xil katta qismga ega, nisbiy identifikator esa 1000 dan boshlab ketma-ket ko‘payuvchi qiymatni oladi. Nisbiy yo‘l|1. Fayl yoki katalogning tarkibiy nomi bo‘lib, unda fayl nomining oldidan joriy katalogdan boshlanadigan kataloglar ketma-ketligi yozilgan bo‘ladi.2. Ayrim mavjud direktoriyaga nisbatan fayldan foydalana olish yo‘li. Nizom|Qandaydir sohada munosabatlarni tartibga soladigan qoidalаr to‘plami, qonun protseduralari. Noaniq autentifikatsiya|Autentifikatsiya qilish jarayonida berilgan algoritm bo‘yicha generatsiyalanadigan shifrlash kalitlaridan foydalanishga asoslangan autentifikatsiya qilish protsedurasi. Noaniq holat|Ish rejimi, bunda tarmoq qurilmasi (ko‘prik, kommutator) adreslar manbai va maqsadidan qat’i nazar barcha portlardan unga kelayotgan paketlarni ko‘rib turadi. «Noaniq nusxa»|Pochta xabarlari sarlavhasidagi elektron xat nusxasi yuboriladigan manzil. Bunda VSS qabul qiluvchisiga xat yuborilgan boshqa manzillar ro‘yxati ko‘rinmaydi. Noaniq nutq|Nutqni qayta eshittirish va uning tushunarlilik sifatini yomonlashtiruvchi buzilishlar turi. Past chastotalar sohasidagi xalaqitlar, odatda, og‘ib o‘tuvchining tutilib qolishiga bog‘liq bo‘lib, ular nutqning eshitilish sifati yomonlashuvida aks etadi, ayni paytda, yuqori chastotalar sohasidagi xalaqitlar, asosan, nutqning tushunarliligi yomonlashuviga olib keladi. Noekvidistant antenna panjarasi|Element antenna panjarasining markaziy o‘qidan qancha uzoq joylashgan bo‘lsa, bir-biridan shuncha katta turli masofalarda joylashgan elementar nur tarqatgichlar guruhi. Nogeostatsionar orbita|Nogeostatsionar orbitalarga elliptik (NEO) o‘rta balandlik (MEO) va past Yer atrofi (LEO) orbitalari tegishlidir. Nol|Matematik (0) qiymat. Bul algebrasida «yolg‘on» qiymatni anglatadi. Nol holati boshqariluvchi antenna panjarasi|Yo‘nalganlik diagrammasida xalaqitlar manbai yo‘nalishida qisqa uzilish shakllanadigan antenna panjarasining turi. Yo‘nalganlik diagrammasining nol holatini boshqarishda xalaqit signali amalda bostirilgan bo‘lishi kerak. Nol nurlanish bo‘yicha yo‘nalganlik diagrammasining kengligi|Ikkita yo‘nalish o‘rtasida o‘lchangan yo‘nalganlik diagrammasi asosiy yaprog‘ining kengligi, ular bo‘ylab maydon kuchlanganligi nolga yaqin bo‘ladi. Nolga qaytmasdan|Kodlash usuli, bunda signallar har doim musbat yoki manfiy, nol bo‘lmagan qiymatlarga ega, 1 va 0 ikkilik simvollari turlicha qutblanadigan signallar bilan kodlanadi. Bunday signal 1 larni uzatishda takt davomida, yaʼni har bir bitdan keyin 0 ga qaytmaydi. Usul xatolarni yaxshi aniqlashni taʼminlaydi, lekin o‘zini o‘zi sinxronlash xossasiga ega emas. Nolinchi argument|UNIX operatsion tizimlarida komanda nomi nolinchi raqamli argument hisoblanadi. Ishga tushiriladigan dasturning validligini tekshirish uchun xizmat qiladi. $0 parametri bilan belgilanadi. Nolinchi kun zaifligi|Himoya mexanizmlari hali ishlab chiqilmagan zararli dastur yoki zaiflik. Nolinchi paketlar|Axborot tashimaydigan va oqim tezligi o‘zgarmasligiga xizmat qiladigan transport oqimi paketlari. Nolinchi qurilma|Unix-monand operatsion tizimlarda hech qanday maqsadga yetkazmaydigan bo‘sh qurilma. Qabul qilinadigan barcha signallarni yutadi. Ekranga chiqarish va hech qayerda saqlanishi kerak bo‘lmagan axborotni qayta yo‘naltirish uchun ishlatiladi. Nollashtirish|Disk sektori, xotira bloki yoki o‘zgaruvchilarni nollar bilan to‘ldirish. Nom|Dasturlashda – ma’lumotni, dasturni yoki kataloglashtirilgan protsedurani identifikatsiyalaydigan harf-raqamli simvollar ketma-ketligi (nomning birinchi simvoli harfli bo‘lishi kerak). Nom boʻyicha chaqiruv|Parametrlarni berish usuli, bunda chaqiruvchi modul chaqiriladigan modulga uzaytiriladigan parametrlarni ifodalaydigan ramziy ifodani taqdim etadi, xizmatga oid protsedura ifodani baholaydi hamda natijalovchi qimmatni chaqiriladigan modulga taqdim etadi. Nomaqbul effekt|Dastur yoki funksiyani bajarishda hisoblash muhiti holatining yoki o‘zgaruvchilar global qiymatlarining o‘zgarishi. Nomaqbul yaproq|Antenna ko‘zgusi bilan nurlanadigan energiyani qisman qamrab olishda hosil qilinadigan parazit yaproq. Nomer (raqam)|Qandaydir qurilma yoki foydalanuvchiga beriladigan va keyinchalik uni identifikatsiya qilish uchun qo‘llaniladigan yagona sonli kod yoki indeks. Nomidan kirish|Login va paroldan foydalanib resursdan foydalana olish huquqini olish. Nominal daraja|U yoki bu qurilma (aloqa tizimida qo‘llaniladigan) kirishidagi elektr signalining yo‘l qo‘yiladigan chegaraviy darajasi, bunda qurilma tomonidan kiritiladigan nochiziqli buzilishlarning qiymati yo‘l qo‘yiladigan chegaralardan oshmaydi. Nominal kanal intervali|Qo‘shni kanallar orasida chastotata bo‘yicha tarqatish. Kanal intervali teng bo‘lishi yoki teng bo‘lmasligi mumkin. Nominal quvvat|Radiokarnayga beriladigan eng katta elektr quvvati, bunda nochiziqli buzilishlar berilgan turdagi radiokarnayning texnik hujjatlarida keltirilgan normalardan oshmaydi. Nomlar jadvali|Dasturda foydalaniladigan identifikatorlar (belgilar, kichik dasturlar va o‘zgaruvchilar nomlari)ni va ularning atributlarini (belgilarini) ichiga oladi; nomlar jadvali ishlash paytida translyator va komponovkachi tomonidan tuziladi; semantik tahlil va oraliq kodni generatsiyalash bosqichlarida, shuningdek dasturni komponovkalash uchun foydalaniladi. Nomlar jadvali tegishlicha, sozlash maqsadida obyekt yoki yuklash modulida saqlanishi mumkin. Nomlar serveri|Boshqa nomlar serverlari bilan birgalikda xost-kompyuterlar nomlarining, ularning IP-manzillariga o‘zgartirilishini amalga oshiradigan kompyuter. Nomli buyum|Hujjatlar, pochta, kuryerlik jo‘natmalari va pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalari blanklariga pochta aloqasi obyekti nomi, pochta vagoni, yo‘nalishi, pochta, kuryerlik jo‘natmasi, pul mablag‘larining pochta o‘tkazmasi va boshqa axborotni qabul qilish hamda kelib tushgan sanasini ko‘rsatgan holda iz tushirish uchun mo‘ljallangan moslama (shtamp). Nomukammal shifr|Mutloq chidamli bo‘lmagan shifr. Noortogonal diskretlash|Diskretlash onlariga mos keladigan yoyish satrlaridagi nuqtalar tasvirga yoyish satri yo‘nalishiga perpendikulyar ravishda yo‘naltirilmagan tasvirni diskretlash.Izoh – Progressiv yoyish hollarida, yoyish satridagi nuqtalar shu maydonning vaqt bo‘yicha qo‘shni satrlari nuqtalariga yo‘naltirilmagan, satr oralatib yoyishda, yoyish satridagi nuqtalar keyingi maydonning fazo bo‘yicha qo‘shni satrlariga yo‘naltirilmagan. Nopozitsion sanoq tizimi|Sonlarni belgilash uchun, miqdor qiymati har doim bir xil va joylashgan o‘rniga bog‘liq bo‘lmaydigan muayyan belgilar kiritiladigan sanoq tizimi. Nopozitsion sanoq tizimidan kam foydalaniladi, chunki u hisoblashlar uchun moslashtirilmagan. Xarakterli misol – rimcha sanoq tizimi. Lotin alifbosining quyidagi qiymatlarga ega simvollari bor: I-1, V-5, X-10, L-50, C-100, D-500, M-1000. Norekursiv filtr|Yakuniy javobi ratsional funksiya orqali ifodalanadigan raqamli filtr. Normallashtirish|Ma’lumotlarni, takrorlanadigan ma’lumotlar guruhlarini saqlamaslik va ma’lumotlar ortiqchaligiga yo‘l qo‘ymaslik imkonini beradigan alohida jadvallarga guruhlash usuli. Normativ-huquqiy hujjat|Belgilangan shakldagi, vakolatli davlat organining yoki boshqa tuzilmalarning vakolati doirasida yoki qonun hujjatlarida belgilangan protseduralarga rioya qilingan holda referendum yo‘li bilan qabul qilingan rasmiy hujjat. Normativ-huquqiy hujjat muhokamasi|Normativ-huquqiy hujjatning tegishli loyihasini yoki boshqa zarur axborotni rasmiy saytda joylashtirish, shuningdek, muhokama qatnashchilarining taqdim etilgan takliflarini ko‘rib chiqish va umumlashtirish. Nosimmetrik liniya|O‘tkazgichlardan biri signalni uzatish uchun, ikkinchisi esa, erga ulash vositasi sifatida xizmat qiladigan uzatish liniyasi. Nosimmetrik vibrator|O‘tkazuvchi sirt ustida joylashadigan, bir uchi bilan fiderga, ikkinchi uchi esa, o‘tkazuvchi sirtga, masalan, yer, antenna posangisi yoki obyekt korpusi bilan ulanadigan vibrator. Nosimmetrik zanjir|Bir-biridan yerga yoki boshqa simga nisbatan qarshilik, elektr sig‘imi, o‘tkazuvchanlik yoki induktivlik bilan farqlanadigan yelkalari bo‘lgan ikki o‘tkazgichli liniya. Nosozlik|Tashqi ta’sirlar tugagandan so‘ng bartaraf etiladigan, juda ham jiddiy bo‘lmagan ishlamay qolish. Nostandart foydalana olish usuli|Dasturda ko‘zda tutilmagan, lekin resurslardan erkin foydalanishda ishlaydigan usul. Asosan veb-dasturlar uchun xos. Notariallashtirish|Ma’lumotlarni uchinchi ishonchli tomondan qayd etilishi, bu esa keyinchalik ularning ichidagi, jo‘natuvchi, vaqt va oluvchi kabi tavsiflarining tasdiqlanishini ta’minlaydi. Notarqoq zona (uyali aloqada)|Har tomonga yo‘nalgan antennali bitta tayanch stansiyaga ega xizmat ko‘rsatish zonasi. Tayanch stansiya ushbu zonaning markazida joylashadi. Notatsiya|Matematik yoki ilmiy ifodalarni, dasturlar elementlarini tavsiflash uchun mo‘ljallangan qoidalar va simvollar to‘plami. Notekis kvantlash|Kvantlashning ikkita chetki intervallari uchun belgilangan tashqi chegaralar o‘rtasidagi kvantlashning barcha intervallari o‘zaro teng bo‘lmagan kvantlash. Notekis nurlanish|Antennaning ochilishida qo‘zg‘atiladigan elektromagnit maydon tekis hisoblanmaydigan, balki ko‘zguning chetlariga tekis tushadigan nurlanish. Noto‘g‘ri kadrlash|Videosignal datchigi yoki tiklash qurilmasidagi belgilangan kadrga nisbatan yoyish elementi bilan aylantirib chiqiladigan sirtning noto‘g‘ri joylashishi. Noutbuk, leptop|Odatda o‘lchami A4 formatdagi varaq o‘lchami bilan mos keladigan, og‘irligi bir necha kilogramm atrofida bo‘lgan ko‘chma shaxsiy kompyuter. Nov|Olinadigan qopqog‘i bo‘lgan, yer osti kabelini o‘tkazish uchun yer ostidagi trenchga joylashtirilgan kanal. Noyob nom|Berilgan nomlar makonidagi aniq (yagona) nom. Nozik axborot|To‘la huquqli shaxs nuqtai nazaridan muhofazalanishi zarur bo‘lgan axborot. Chunki, uni oshkor aylash, o‘zgartirish, yo‘q qilish yoki yo‘qotish kimgadir yoki nimagadir sezilarli zarar yetkazishga sabab bo‘lishi mumkin. Nochiziqli buzilishlar|Signal shakli (tovush tebranishlari) ning qo‘shimcha garmonikalar (tovush tembrining buzilishi, xirillash, zirillash) ning paydo bo‘lishi hisobiga buzilishi. Buzilishlar garmonikalar koeffitsiyenti (klirfaktor) bilan baholanadi. Nochiziqli buzilishlar o‘lchagichi|Signalning o‘tish traktida liniya, kuchaytirgich va sh.k.lar tomonidan kiritiladigan nochiziqli buzilishlar koeffitsiyentini yoki tovush chastotasi sinusoidal tebranishlari generatorining chiqishida vujudga keladigan buzilishlarni aniqlaydigan asbob. Nochiziqli montaj|Montaj texnologiyasining kompyuterda amalga oshiriladigan yangi avlodi. Videoplenkalar, disklar va grafikalardagi tasvir raqamlashtiriladi, magnit disklarda saqlanadi. Istalgan kadr, istalgan paytda va istalgan ketma-ketlikda chaqirib olinishi mumkin. Nuqta o‘lchami (lyuminofor zarrasining qadami)|Bitta rangdagi nuqtalar (piksellar) o‘rtasidagi masofa. Har xil turdagi kineskoplar uchun diagonal yoki gorizontal bo‘yicha o‘lchanadi. Nuqtalar qadami|Qo‘shni triadalarning markazlari o‘rtasidagi masofa. Nuqtali vergul|Elektron pochtani bir nechta foydalanuvchilarga jo‘natish uchun manzillarni ajratishda ishlatiladigan bo‘lgich. Dasturlashda esa u satrning mantiqiy tugallash belgisi hisoblanadi. Nur|Antenna yoʻnalganlik diagrammasining bitta yaprogʻi nurlanishi tarqaladigan fazo qismi.Izoh – Nur keskin yoʻnaltirilgan, profillangan, qayta yoʻnaltiriladigan yoki vaqt davomida kommutatsiyalanadigan boʻlishi mumkin. Nur (antenna panjarasining)|Yoʻnaltirilgan antenna panjarasi yoʻnalganlik diagrammasining asosiy yaprogʻi. Nur tarqatgich|Elektr signallarning elektromagnit to‘lqinlarga aylantirilishini ta’minlaydigan manbaning umumiy nomi. Nur o‘qi|Nurda uzatiladigan maksimal energiya xos bo‘lgan yo‘nalish, odatda, antennaning yo‘nalganlik diagrammasi asosiy yaprog‘iga mos keladi. Nurlagich bilan soyalsh (antenna koʻzgusi)|Antenna ko‘zgusi sirti nurlanish samaradorligining nurlagichning soyalantiruvchi harakati va uning konstruktiv (tayanch) elementlari tufayli pasayishi. Nurlanish|1. Istalgan manbadan chiqayotgan energiyaning radioto‘lqinlar shaklidagi oqimi.2. Elektromagnit to‘lqinlarning manbadan atrof-muhitga yoki uzatish liniyalari orqali tarqalish jarayoni. Nurlanish darajasi|Texnik vosita nurlantirayotgan elektr va/yoki magnit maydonlar va/yoki quvvat oqimi zichligining, qat’iy belgilangan sharoitlarda o‘lchangan darajasi. Nurlanish turkumi|Belgilangan shartli belgilar orqali ifodalanadigan nurlanishlar xarakteristikalarining majmui, masalan, asosiy eltuvchini modulyatsiyalash turi, modulyatsiyalaydigan signal, uzatiladigan xabarlar turi, shuningdek, (zarur bo‘lganda) signalning har qanday qo‘shimcha xarakteristikalari. Nurlantiruvchi element (antenna panjarasi)|Antenna yoki antenna panjarasining tarkibiy qismi hisoblanadigan berilgan qo‘zg‘atish qonuniga ega antennalar guruhi. Nurlanuvchi quvvat|Vaqt birligida, chastotalarning cheklangan polosasida nurlanadigan energiya.Izoh − Nurlanuvchi quvvat qiymati uzatish vaqtiga, uzatish muhitining xarakteristikalariga hamda o‘lchash usuliga bog‘liq. Og‘ib o‘tuvchining oniy cho‘qqi quvvati, vaqtda yoki uzatish liniyasining berilgan ko‘ndalang kesimida (masalan, to‘lqin o‘tkazgichda) o‘rtachalashtirilgan quvvat farqlanadi. Antennadan keladigan to‘la quvvat belgilangan yo‘nalishda (cheklangan fazoviy burchakda) uzatilishi yoki izotrop, ya’ni barcha yo‘nalishlarda bir tekis nurlanishi mumkin. Nurlanuvchi radioxalaqit|Fazoda tarqaladigan radioxalaqit. Nurli (energetik) yorqinlik|Fazoviy burchak birligida manba proyeksiyasi maydon birligiga to‘g‘ri keladigan nurli oqim.Izoh − Birligi vatt taqsim steradian, kvadrat metr (Vt/sr.m2). Nurli oqim|Nurlanuvchi energiyaning ko‘chirish quvvati, ya’ni vaqt birligida o‘tadigan energiya miqdori. Nurni kombinatsiyalangan boshqaruvga ega antenna|Bir tekislikda mexanik skanlash va boshqasida elektr skanlashga ega antenna. Nusxa ko‘chirilishidan muhofaza qilish|1. Ma’lumotlardan, dasturiy yoki dasturiy-apparat ta’minotidan ruxsat etilmagan tarzda nusxa ko‘chirilishini aniqlash yoki oldini olish uchun maxsus usullarning qo‘llanilishi.2. Magnit tashuvchida, masalan, tijorat yo‘nalishidagi dasturiy mahsulotga ega diskda, yozilgan axborotdan nusxa ko‘chirilishining oldini olish usuli. Nusxa ko‘chirish|Belgilangan matn yoki obyektni almashinuv buferiga ko‘chirish. Nusxa ko‘chirish platasi|Elektron hisoblash mashinasiga o‘rnatilgandan so‘ng, tezkor xotiradan diskka muhofazalangan dasturiy ta’minotni ko‘chirish imkonini beradigan elektron qurilma. Nusxa ko‘chirishga ruxsat etilgan|FSF ga kiritilgan mualliflik huquqining turi bo‘lib, mahsulotni notijoriy maqsadlar uchun erkin tarqatilishiga ruxsat etilganligini bildiradi . Nusxalovchi arxivlash|Barcha belgilangan fayllardan nusxa ko‘chirilishi mumkin bo‘lgan, lekin rezervlangan fayllar belgilanmaydigan arxivlash rejimi. Nutq aktivligi detektori|Nutq intervallarini yoki nutqsiz shovqinni aniqlash va ajratish uchun mo‘ljallangan qurilma.Izoh − Nutq detektori pauzalar va aloqa seansi tugaganda, uzatgichni o‘chirish (uzib qo‘yish) uchun ham ishlatiladi. Detektorda qaror qabul qilish chegarasi juda past ham bo‘lishi kerak emas, aks holda, qurilma shovqindan «ishlab» ketadi, shuningdek, juda yuqori ham bo‘lmasligi kerak, unda nutq jumlasining boshlanishi «kesilib» qoladi va tushunarlilik yomonlashadi. Nutq orqali (raqam) terish xizmati|Telefon raqamini yoki familiyani aytish orqali raqamni termasdan bog‘lanishni o‘rnatish imkoniga ega xizmat.Izoh – Xizmat ham telefon stansiyada, ham abonent terminalida amalga oshirilishi mumkin. Nutq polosasi|Nutq uzatilishini taʼminlaydigan, 3000 Gs (300 dan 3400 gacha) ga teng bo‘lgan chastotalar polosasi. Nutq sifati|Nutq mazmun va rasmiy tomonlarining mavjud xususiyatlari: to‘g‘riligi, aniqligi, mantiqiyligi, sofligi, ifodaliligi, boyligi va o‘rinli ekanligi. Nutqiy axborot|Manbai inson nutqi bo‘lgan akustik axborot. Nutqiy erkin foydalanish|Foydalanuvchi ovozini identifikatsiyalash asosida erkin foydalanishga ruxsat berish tizimi. Nutqiy interfeys|Nutq shaklida komandalar va maʼlumotlar kiritish interfeysi. U foydalanuvchi va axborot tizimi o‘zaro ishlashiga oid usullarni soddalashtirish maqsadida yaratilgan. Tizimga maʼlumotlarni qayta ishlashni boshqarish komandalari yoki maʼlumotlarning o‘zi kiritiladi. Nutqiy kiritish|Ma’lumotlarni kompyuterga ovoz yordamida (klaviaturasiz) kiritish texnologiyasi. Nutqiy kiritishdan foydalanish uchun, tazkor xotirasi kamida 8 Mbyte bo‘lgan Pentium yoki i486 protsessorga ega katta quvvatli shaxsiy kompyuter va lug‘atli dasturiy ta’minot bo‘lishi zarur. Dastur nutqni raqamlashtiradi, har bir so‘zni ajratadi va aniq ta’riflash uchun uni o‘zining lug‘atidan topishni bajaradi. Nutqiy pochta|Nutqiy xabarlar uzatishga mo‘ljallangan elektron pochta turi. Nutqiy pochta foydalanuvchilar monologini taʼminlaydi. Nutq xabarlar shaklida uzatilib, ularni talab qilinmaguncha xotirada saqlana beradi. Buning uchun abonent tizimlarida pochta qutisi deb ataluvchi xotira sohasi ajratib beriladi. Nutqiy xabar|Tarmoq orqali uzatilayotgan nutqdan iborat bo‘lgan xabar. Nutqiy xabar uzatish odatdagiga nisbatan juda oson, chunki, klaviatura yoki nurli pero ishlatishga ehtiyoj bo‘lmaydi. Shu bilan birga, uzatish jarayoni analog-raqamli o‘zgartirishni, qabul qilish jarayoni esa raqamli-analog o‘zgartirishni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, nutqiy xabarlar katta hajmliligini hisobga olgan holda, maʼlumotlarni zichlashtirishdan foydalaniladi. Nutqli (ovozli) xabarlarni qayta ishlash|Ovozli pochtani, raqamli avtojavobbergichlarni, ma’lumot beradigan kiosklarni ichiga oladigan texnologiyalar jami. Nutqli xabar|Nutq signallari ko‘rinishida taqdim etiladigan xabar. Nutqni anglash|Nutqiy ma’lumotlarni mashina yordamida anglash va ularni mashina matniga o‘girish. Nutqni anglash dasturi matnni klaviatura orqali emas, balki kompyuterga ulangan mikrofon yordamida kiritish imkonini beradi. Nutqni kodlash|Nutqni kodlar ketma-ketligiga aylantirish. Nutqni kodlash algoritmi|Nutqni raqamlashtirish tizimi zida tovushlar lug‘atini ifodalaydi, bu lug‘at yordamida gapiruvchining ovozi aloqa liniyasi ob‘ylab uzatish uchun nollar va birlar to‘plamiga o‘zgartiriladi. Nutqni qayta ishlash|Nutqni tahlil qilish, o‘zgartirish va sintezlash jarayoni. Nutqni tanish uni matnga aylantirishdan iborat, uni axborot manbai sifatida ishlatish imkoniyatini ochadi. Tanishga teskari bo‘lgan holat nutqni sintezlashdir, yaʼni, aniq kod bilan ifodalangan matnni nutqqa o‘girish.O Obfuskatsiyalash|Birlamchi matn yoki dasturning bajariladigan kodining funksionalligini saqlab qoladigan, biroq uni tahlil qilish, ish algoritmlarini tushunish va dekompilyatsiya paytida modifikatsiyalashni murakkablashtiradigan shaklga keltirish. Kodni «chalkashtirish» algoritmi, birlamchi matn, assemblerlik darajasida amalga oshirilishi mumkin.Chalkash assemblerlik matnni yaratish uchun dasturni bajarish muhitining yashirin yoki hujjatlashtirilmagan imkoniyatlaridan foydalanuvchi maxsus kompilyatorlar qo‘llanilishi mumkin. Obfuskatsiyalashni bajarish uchun maxsus dasturlar ham mavjud, ular obfuskatorlar deyiladi. Obrazlarni aniqlash|Funksional blok yordamida fizik yoki abstrakt obrazlarni, tuzilmalar va konfiguratsiyalarni identifikatsiyalash. Aniqlash, qabul qilinayotgan signallarning xususiyatlari va qonuniyatlariga asoslangan holda, namunaning tuzilishini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Obyekt|1. Atributlarini o‘lchash yordamida tavsiflanadigan alohida element.2. Foydalanilishi nazorat qilinadigan mantiqiy obyekt.Masalan, fayl, dastur, tezkor xotira doirasi; yig‘ilgan va saqlanayotgan shaxsiy ma’lumotlar.3. Axborotni saqlovchi, qabul qiluvchi yoki uzatuvchi tizimning passiv komponenti, undan foydalana olish erkin foydalanishni chegaralash qoidalari bilan tartibga solinadi.Izoh – Obyektdan foydalana olishda unda saqlanayotgan axborotdan erkin foydalanishni anglatadi. Obyektlar: yozuvlar, bloklar, sahifalar, segmentlar, fayllar, direktoriyalar va dasturlar, shuningdek, alohida bitlar, baytlar, so‘zlar, maydonlar; turli qurilmalar (terminallar, printerlar, diskovodlar va h.k.); turli tarmoq qurilmalari (alohida uzellar, kabellar va h.k.). Obyekt-dispetcher|Windows 2000 operatsion tizimidagi sinxronlash vositasi, myuteks va semafor kabi ishlaydigan, ularning semantikasi shartli o‘zgaruvchi semantikasiga o‘xshash voqealarni generatsiyalaydi. Obyekt fayli|Kompilyator bilan boshlang‘ich kodni qayta ishlash natijasida olingan, dasturning alohida moduli oraliq taqdim etilgan fayl. Obyekt fayli o‘z ichiga alohida tarzda tayyorlangan (ko‘pincha, ikkilik yoki binar kod deb ataladigan) kodni oladi. Bu kod, tayyor bajariladigan modulni yoki bibliotekani olish uchun, bog‘lanishlar redaktori (komponovkachi) yordamida boshqa obyekt fayllari bilan birlashtirilishi mumkin. Obyekt fayllarining umumiy formati|Microsoft korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan standart. Obyekt kodi|Dasturlovchi tizim yaratadigan, bir yoki undan ortiq jarayonni (dastur matni yoki tili) qulay taqdim etish shakli. Obyekt moduli|Bajariladigan mashina komandalari va simvollar jadvalini o‘z ichiga oladigan, kompilyator bilan generatsiyalanadigan dastur binar kodining fayli. Obyekt so‘rovlari brokeri|Namunaviy dasturlar blokini ishlab chiqish texnologiyasi. ORB texnologiyasi dasturiy taʼminotning oraliq qatlamlari turlaridan biri bo‘ladi. ORB yordamida yaratilayotgan dasturlar murakkab dasturiy tizimlarni qurish uchun qayta-qayta ishlatilishi mumkin. Bu tizimlar, birinchi navbatda global ulanish xizmatida foydalanishga mo‘ljallangan. ORB obyektga yo‘naltirilgan arxitekturaga tayanadi, broker operatsiyalarini bajara turib, bir obyektga boshqa obyektlarni topib olish va ularga tarmoq orqali so‘rovlar bilan murojaat qilish imkonini yaratadi. ORB yordamida yaratilayotgan dasturlar, tarmoqda qo‘llanilayotgan platformaga, ular yaratilgan dasturlash tillariga bog‘liq emas. Obyekt so‘rovlari vositachisi|Kompyuter tarmog‘i orqali obyektning boshqa obyektlar bilan o‘zaro ta’sirini ta’minlovchi tizim, OMG standartining qismi. RPC va MOM ga o‘xshab, ORB ham foydalanuvchidan uzoqdagi obyektlarga kirishni berkitadi. So‘ralgan obyekt aktiv-lashtirilayotgan obyekt nomini bilishi va unga bir qator parametrlarni jo‘natishi kerak. Obyektdan takroriy foydalanish|Avval bitta yoki bir nechta obyektdan iborat bo‘lgan xotira maydonining (masalan, bet, freym, disk sohasi, magnit tasma) qayta tayinlanishi va takroriy qo‘llanilishi. Xavfsizlikni taʼminlash uchun ushbu maydon yangi obyekt uchun ajratilganda, unda eski obyektlar axboroti bo‘lmasligi lozim. Obyektga havola|Windows yadrosining tizim obyektiga havola. Obyektga kira olish|1. Obyektdagi axborotni olish.2. Obyektdan biror maqsad yo‘lida foydalanish. Obyektga yo‘naltirilgan|Obyektlardan foydalanish ta’minlanadigan operatsion tizim, ishlab chiqish muhiti, ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi yoki ilova. Obyektga yo‘naltirilgan arxitektura|Asosi, tizim yoki tarmoqning bir biri bilan o‘zaro aloqada ishlovchi obyektlar to‘plami bo‘lgan arxitektura. Obyektga yo‘naltirilgan arxitektura obyekt texnologiyalarini belgilaydi. Bu arxitektura asosida dasturlashda, maʼlumotlarni qanday qayta ishlanishi tavsiflanmaydi, balki, qayta ishlash natijasida nima yuz berishi uqtirilgan xabar yo‘llanadi. Algoritmlarni tavsiflash obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tillaridan foydalanib amalga oshiriladi. Obyektga yo‘naltirilgan boshqarish|Obyektga yo‘naltirilgan arxitekturadan foydalanadigan tarmoqni boshqarish. Obyektga yo‘naltirilgan boshqarishning asosida axborot tarmog‘ini o‘zaro bog‘langan obyektlar – qurilmalar va dasturlar to‘plami shaklida ifodalash yotadi. Obyektga yo‘naltirilgan boshqarishni ishlatish amaliy dasturlarni ishlashga ketayotgan vaqtni qisqartirishni va boshqariladigan tarmog‘i konfiguratsiyasini sozlashda epchillikni taʼminlaydi. Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash|Dasturlash rivojlanishidagi ommabop yo‘nalish. Ma’lumotlar muayyan xossalarga ega bo‘lgan va o‘zining ichiga ham ma’lumotlar tuzilmasini, ham ular bilan ishlash protseduralarini oladigan protseduralar ko‘rinishida taqdim etilishida ifodalanadi. Obyektga yo‘naltirilgan ma’lumotlar bazasi|Ma’lumotlar bazasi, unda ma’lumotlar tashqi hodisalarni boshqaradigan, amaliy dasturlarni o‘z ichiga oladigan obyektlar modeli ko‘rinishida rasmiylashtiriladi. Obyektga yo‘naltirilgan maʼlumotlar bazalarini boshqarish guruhi|Maʼlumotlar bazalari sohasida standartlarni ishlash bilan shug‘ullanadigan jamiyat. ODMG, birinchi navbatda obyektga yo‘naltirilgan maʼlumotlar bazalari bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqadi. Obyektga yo‘naltirilgan maʼlumotlar bazasini boshqarish tizimi|Obyektga yo‘naltirilgan maʼlumotlar bazasiga asoslangan. Obyektlar shaklida saqlanayotgan maʼlumotlarning murakkab turlari bilan ishlashga imkon beradi, shu bilan birga, maʼlumotlar amaliy dasturlardan mustaqil ravishda saqlanadi. OODBMS tranzaksiyalar ishlovida yuqori unum beradi, shu sababli, tasvirlar va tovushni, relyatsion baza talab qilgani kabi jadval shaklida ifodalamaydi. Obyektga yo‘naltirilgan operatsion tizim|Obyektga yo‘naltirilgan arxitekturaga ega bo‘lgan operatsion tizim. Tizimning eng muhim bo‘g‘ini bo‘lib, operatsion tizimning asosiy vazifalarini bajaradigan mikroo‘zagi hisoblanadi. Uning yuqorisida, turli xizmatlarni taqdim qiladigan modullar joylashadi. Mikroo‘zak bilan obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tillari bog‘langan. Obyektlar karuseli|Transport oqimida ma’lumotlarning muayyan oqimlari bilan bog‘liq umumlashgan obyektlar (fayllar, direktoriylar)ni davriy takrorlagan holda uzatish. Obyektlardan foydalanishning oddiy protokoli|Microsoft korporatsiyasi va uning hamkorlari tomonidan taklif qilingan onlayn savdo maydonchalarini (elektron kommersiya tugunlari va portallari) yaratishning umumiy standartidir. Bu protokolda ma’lumotlar almashinuvi XML tiliga asoslangan. Obyektlarni bog‘lash va joylash texnologiyasi|Elektron jadval yoki matnli protsessor fayli kabi boshqa ilovalar bilan yaratilgan hujjatga bir ilova bilan yaratilgan obyektni o‘rnatish vositasida ilova ma’lumotlardan birgalikda foydalanish va almashish usuli. Obyektlarni boshqarish guruhi|Tarmoq va axborot tizimlari obyektlarini boshqarish standartlarini ishlab chiqadigan notijorat tashkilot. 1989-yilda tashkil topgan. Uning taniqli ishlanmalaridan biri bo‘lib, «obyektlar so‘rovlari agentlarining umumiy arxitekturasi» deb ataluvchi CORBA hisoblanadi. U tillar va amaliy tizimlardan qatʼiy nazar, turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan tayyorlangan amaliy dasturlarning o‘zaro ishlashini taʼminlaydi. Obyektlarni muhofaza qilish|Muhofazalangan sohadan chiqarilishi mumkin bo‘lgan obyektlarni (masalan, fayllarni, tashuvchilarni, seyflarni) muhofaza qilish vositalari. Obyektli interaktiv loyihalash|Murakkab masalalarni qulay bajarishga mo‘ljallangan, foydalanuvchi interfeysini ishlab chiqish uslubiyati. OVID uslubiyati bir masalaning o‘zini yechishda foydalanuvchilar tomonidan muntazam operatsiyalar bajariladigan hol uchun mo‘ljallangan. Masalan, matnlarni tahrir qilish, moliya hisoblarini bajarish, chizmalarni yaratish. Bu uslubiyat obyekt deb ataluvchi tushunchalarni ishlatishga asoslangan. Obyektli so‘rovlar brokerining umumiy arxitekturasi|Taqsimlangan obyektlar uchun o‘zaro harakatni amalga oshirish tilidan mustaqil model. OMG (OS/2, SOM modeli) guruhi tomonidan ishlab chiqilgan standart. Obyektli texnologiya|Obyektga yo‘naltirilgan arxitektura bilan aniqlanadigan texnologiya. Avvalgi yondashuvlardan farqli o‘laroq, tartibot va maʼlumotlar tushunchalari obyekt degan tushuncha bilan almashtirilgan. Obyektning atributiv turi|Obyekt boshqa bir turining bitta yoki bir nechta atributini tavsiflaydigan mohiyat turi. Obyektning demaskirovkalovchi bilvosita belgisi|Ta’minlovchi kuch va vositalarning harakati yoki muhofaza obyektining ishlashi natijasida atrof muhitning o‘zgarishi bilan bog‘liq demaskirovkalovchi texnik belgi. Bilvosita demaskirovkalovchi belgilarga obyekt faoliyatining vizual-optik belgilari, shuningdek, joy-ning kimyoviy yoki radioaktiv zararlanishi kiradi. Odam-mashina interfeysi|Ishlab chiquvchi tomonidan kompyuter tizimidan foydalanuvchiga, bu tizim bilan birgalikda ishlash uchun taqdim etiladigan vositalar jami. Odatda, menyuning turli xil kombinatsiyalarini, klaviatura komandalarini, ekranda oyna tashkil qilinishini, ko‘rsatmalar tizimini, «sichqoncha» bilan ishlash uchun mo‘ljallangan ekran tugmalarini, nutq komandalari aniqlanishini va sh.k. larni o‘z ichiga oladi. Odam-mashina terminali|Foydalanuvchi va tizimning bir-biri bilan o‘zaro bog‘lanish imkoniyatini taʼminlaydigan kiritish/chiqarish qurilmasi (masalan, telefon apparat, vizual displeyli terminal, bosib chiqaruvchi qurilma). Odatdagi posilka|Jo‘natuvchiga kvitansiya berish bilan joylanma qiymatini baholamasdan qabul qilinadigan va adresatga tilxat bilan topshiriladigan posilka. Oddiy fayl|Oddiy matn yoki matn va binar axborotni saqlaydigan fayl. Ushbu faylda bitta qator bitta yozuvga teng. Qatorda axborot vergul yoki boshqa bo‘lgichlar bilan bo‘linishi yoki uzunligi aniq belgilangan bo‘lishi mumkin. Oddiy pochta jo‘natmasi|Jo‘natuvchiga kvitansiya berilmasdan qabul qilinadigan, ilova hujjatlariga qo‘shimcha yozuvlar yozilmasdan jo‘natiladigan va adresatga tilxatsiz topshiriladigan pochta jo‘natmasi. Oddiy so‘rov|Izlaydigan veb-serverlar ishlash algoritmlaridan biri. Oddiy viruslar|Fayllar va disk sektorlarining ichidagini o‘zgartiruvchi, oson aniqlanadigan va yo‘q qilinadigan viruslar. Oflayn|1. Foydalanuvchining kompyuteri bog‘lama kompyuteri bilan ulanmagan holat.2. Telefon liniyasi bilan ulanmagan, ammo, bu tizim bilan ishlash uchun aktivlashtirilishi mumkin bo‘lgan ixtiyoriy qurilma. Oflayn rejimi|Qar.: Oflayn. Oflayn texnologiyalar|Maʼlumotlar va xabarlar almashuvida, sezilarli asinxronlikka yo‘l qo‘yadigan, axborot makonidagi xabarlar kommunikatsiyasi vositalari: tarqatish ro‘yxatlari, yangiliklar guruhi, veb-forumlar va h.k. Ogohlantirish|Xato to‘g‘risidagi tovush signali yoki vizual signal, foydalanuvchini mumkin bo‘lgan xato yoki uning harakatlarining salbiy oqibatlari to‘g‘risida ogohlantirish; dasturlashda ‒ bu, protseduralarni ko‘p oqimli (multitred) tizimlarda asinxron chaqiruv bilan bog‘liq bo‘lgan xabar. Bunday ogohlantiruvchi xabarlarni turkumlarga bo‘lish mumkin. Ogohlantirish oynasi|Xatolik yoki ogohlantirish to‘g‘risidagi xabar bo‘lgan dialog oynasi. Foydalanuvchi bunday vaziyatda ishni davom ettirishdan oldin qanday operatsiyalarni bajarishi zarurligi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani ichiga olishi mumkin. Ogohlantiruvchi muhofaza qilish|Nusxa ko‘chirishdan muhofaza qilish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar. Dastur yoki fayldan ruxsat etilmagan tarzda nusxa ko‘chirishga urinadigan shaxs jarimaga tortilishini yoki jarima to‘lash tahdidini ko‘zda tutadi. Oktava|Yuqori chastotaning past chastotaga nisbati ikkiga teng chastotalar intervali. Oktet|Yaxlit bir butun sifatida qayta ishlanadigan, 8 bit uzunlikdagi kodli kombinatsiya. «Bayt» va «oktet» atamalari orasidagi asosiy farq, ularning qo‘llanish sohasida. «Bayt» atamasi asosan, kompyuterda saqlanadigan va qayta ishlanadigan axborotga tatbiqan ishlatiladi, «oktet» esa, har bir sanoq 8 bitdan iborat bo‘lgan impuls-kodli modulyatsiyada qo‘llaniladi. Old fon rangi|Monitor ekranidagi shakl, shrift va boshqa ixtiyoriy obyektning rangi. Oldindan filtrlash|Televizion videosignalni analog-raqamli signalga o‘zgartirishdan oldin chastotaviy filtrlash. Oldindan tanlash qurilmasi|Mikroprotsessorlarning, protsessor unumdorligini oshirish maqsadida, komandalar tanlashni ilgariroq boshlaydigan qurilmasi. Oldindan to‘langan kartalar|Provayder (operator) ga xizmat ko‘rsatishning yangi turini, oldindan to‘langan hisob telefon co‘zlashuvlar to‘lovi uchun ishlatilganda amalga oshirish imkonini beradigan xizmat. Oldindan to‘langan kartochkadan foydalanuvchi xohlagan telefon apparatidan qo‘ng‘iroq qilishi mumkin. Bunda kartochkalar uchun hech qanday hisoblash qurilmasi talab qilinmaydi. Oldindan to‘lov kartochkalari bilan bog‘liq firibgarlik|Oldindan to‘langan kartochkalar yordamida hisobni to‘ldirishning noqonuniy usullari bilan bog‘liq har qanday harakatlar. Oldinga|Harakat yo‘nalishi. Masalan, navbatdagi sahifaga o‘tish. Olib tashlamoq|Assembler tilidagi komandaning nomi. Olib yuriladigan radiostansiya; ratsiya|O‘zining xususiy quvvat olish manbaiga ega va ishchi holatda olib yurishga mo‘ljallangan mobil aloqa radiostansiyasi. Olinganligi to‘g‘risida bildirishnoma|Pochta, kuryerlik jo‘natmasi yoki pul mablag‘lari pochta o‘tkazmasining jo‘natuvchisi (yoki uning tomonidan ko‘rsatilgan shaxs)ni ro‘yxatga olinadigan pochta, kuryerlik jo‘natmasi qachon va kimga topshirilganligi, pul mablag‘larining pochta o‘tkazmasi to‘langanligi to‘g‘risida xabardor qilish xizmati. Olisdagi ofis|Masofadan turib ishlash funksiyasi. Bunda lokal terminal yoki telefon apparatidan foydalanish, bahca chaqiruvlarni esa, local telefon yoki terminal raqamini sir saqlagan holda, BroadWorks orqali amalga oshirish imkoniyati mavjud. Ishchi terminal raqamini almashtirish funksiyasi ishlaydi. Funksiya administrator tomonidan sozlanadi. Olisdagi uzellar serveri|Olisdagi shaxsiy kompyuterning lokal kompyuter tarmog‘i bilan ishlashini ta’minlaydigan maxsus dasturlar va kompyuter. Server va olisdagi shaxsiy kompyuter modemlar bilan ta’minlanishi kerak. Asosiy vazifalari – ruxsat etilmagan tarzda erkin foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik, ma’lumotlar uzatish va birlashtirish ishonchliligini ta’minlashdir. Oltin disk|Dasturiy mahsulot nusxalari ko‘paytiriladigan dasturiy taʼminotning to‘la va so‘nggi rusumi. Oltin toifasidagi raqam|Oson eslab qolinadigan telefon tartib raqami. Oluvchi|Ma’lumotlarni (masalan, FTP-serverdan faylni) tarmoq orqali qabul qiluvchi foydalanuvchi yoki kompyuter. Ommaviy axborot|Cheklanmagan shaxslar doirasi uchun mo‘ljallangan hujjatlashtirilgan axborot, matbuot, audio, audio-vizual hamda boshqa xabarlar va materiallar. Ommaviy kommunikatsiya|Qar.: Ommaviy axborot. Ommaviy parallel qayta ishlash|Ma’lumotlarni ko‘p sonli protsessorlar bilan parallel qayta ishlash uslubi. Ommaviy parallelizm bilan hisoblashlar|Protsessorlarning har biri o‘zining tezkor xotira qurilmasi, operatsion tizim, ilova nusxasiga ega bo‘ladigan va ma’lumotlarni mustaqil qayta ishlaydigan ko‘p protsessorli tizim arxitekturasi. Ommaviy parallelli sanoq tizimi|Ko‘p protsessorli tizim arxitekturasi, unda barcha ishlayotgan jarayonlar ma’lumotlarni bir-biridan mustaqil ravishda qayta ishlash imkoniga ega bo‘ladi. Bu har bir jarayon uchun alohida tezkor xotira qurilmasi va ilova nusxasi taqdim qilinishi hisobiga amalga oshiriladi. Ommaviy tarqatish|1. Xabarlar (maʼlumotlar)ni lokal tarmoq, global tarmoq yoki Internet tarmog‘ining muayyan ajratilgan foydalanuvchilar guruhiga jo‘natish texnologiyasi.2. Televideniyeda – tomoshabinlar ko‘rishi uchun ko‘p sonli kanallarning mavjudligi. Ommaviy xizmat ko‘rsatish nazariyasi|Tasodifiy jarayonlar nazariyasining, talab va xizmat ko‘rsatishning tasodifiy xarakteri hisobga olingan holda turli sohalarda real xizmat ko‘rsatish modellarini o‘rganish bilan shug‘ullanadigan bo‘limi. Navbatda turish vaqtini kamaytirish, ommaviy xizmat ko‘rsatish nazariyasi shug‘ullanadigan asosiy masalalardan biridir. Masalan, «mijoz ‒ server» tarmog‘ida ommaviy xizmat ko‘rsatish nazariyasi, mijozlar javobni kutishga vaqtlarini yo‘qotmasliklari uchun qaysi serverni qo‘yish zarur degan savolga javob beradi. Ommaviy xotira|Ma’lumotlar hajmi juda katta bo‘lgan axborot tashuvchilar. Ommaviy xotira qurilmasi|1. Katta hajmdagi tashqi xotira qurilmalari, masalan, qattiq disk, magnit tasma yoki optik disk.2. Katta hajmdagi maʼlumotlar yozuvlarini saqlay oladigan magnit tasmali kartrijlar kutubxonasi turidagi zaxiraviy saqlash tizimi. Onlayn|1. Kompyuter xost-tizim bilan ulangan rejim hamda kompyuter FTP-server, WWW-server va boshqa umumiy foydalanish mumkin bo‘lgan tizim bilan ulanganda bevosita xizmatni taqdim qilish. O‘zgacha qilib aytganda, foydalanuvchi bilan bevosita o‘zaro aloqada ishlash rejimi.2. Elektron, tarmoqli nashrlarga, maʼlumotlar bazalariga nisbatan. Masalan, onlayn jurnal; onlayn hujjatlar; onlayn yordam va h.k. Onlayn anketa|To‘ldirishning barcha bosqichlari butunjahon Internet axborot tarmog‘ida mumkin bo‘ladigan so‘rovnoma. Onlayn-banking|Bank hisob raqamlarini telefon (telebanking), shaxsiy kompyuter va Internet (Internet-banking) yoki ixcham qurilmalar (mobil banking) orqali masofadan boshqarish. Onlayn-broker|Internet orqali o‘z xizmatlarini taqdim qiladigan broker. Texnologiya nuqtai nazaridan Internet telefonga nisbatan, ko‘proq mijozlarga xizmat ko‘rsatish uchun buyurtmalar qabul qilish uchun qo‘shimcha vositadir. Onlayn jurnalistika|Qar.: Internet-jurnalistika. Onlayn marketing|Kompyuter tarmoqlarini – tijorat onlayn kanallarini va Internet tarmoqlarini ishlatishga asoslangan marketing. Kanallardan foydalanib, xaridorlar marketing axborotini oladilar va savdo bitimi tuzadilar. Onlayn ovoz berish|Qar.: Ovoz berish. Onlayn rejimi|Qar.: Onlayn. Onlayn resurs|Foydalanish, maʼlumotlar uzatish tarmog‘iga ulangan kompyuter vositasida real vaqt rejimida amalga oshiriladigan resurs.Izoh – Onlayn resurslar ko‘rinishida tezkor axborot yoki dialog rejimida dastur yoki boshqa foydalanuvchi bilan ishlash imkoniyati taqdim etilishi mumkin. Onlayn so‘rov|Xalqaro Internet kompyuter tarmog‘i vositasida ijtimoiy voqelikning aniq bir voqealari, faktlari, hodisalari bo‘yicha sotsiologik ma’lumot to‘plash usuli. Onlayn tahliliy qayta ishlash|Qarorlar qabul qilinishini ta’minlash uchun, ko‘p sonli turli xil ma’lumotlarni tez tahlil qilish. Onlayn texnologiyalar|Tarmoq axborot fazosida, haqiqiy vaqtda axborotning sinxron almashuvini taʼminlab beruvchi, xabarlarning kommunikatsiya vositalari: «suhbat kanallari» (chatlar), audio- va videoanjumanlar va boshqalar. Onlayn xizmat|1. Elektron pochta, yangiliklar xizmati va foydalanuvchi bilan dialog rejimida axborot almashinish («savol-javob» turidagi) mo‘ljallangan boshqa ilovalarning ishlashini ta’minlaydigan axborot xizmati.2. Real vaqtda maʼlumotlar uzatish tarmog‘i vositasida taqdim etiladigan xizmat. Onlayn-treyding|Savdo (investitsion) hisob raqamlarni shaxsiy kompyuter va Internet (Internet treyding) yoki ko‘chma qurilmalar (mobil treyding) orqali masofadan boshqarish. Onlayn o‘yinlar|Internetda o‘ynaladigan o‘yinlarning ikki turi mavjud: bevosita veb-sahifadagi soddagina o‘yinlar va ko‘p foydalanuvchilarga mo‘ljallangan o‘yinlar. Birinchi holda, o‘yin bevosita veb-sahifada o‘ynaladi – sahifaga kirishda katta bo‘lmagan dasturcha yuklanadi va o‘yin «isteʼmolga tayyor». Odatda bunday o‘yinlar yetarlicha murakkab bo‘lmay, ayrim hollarda juda zavqli. Ko‘p foydalanuvchilarga mo‘ljallangan o‘yinlar, odatda mijoz-dastur bo‘lishini talab qiladi, yaʼni, siz sotib yoki ko‘chirib oladigan o‘yinlar. Bu mijozni ishga tushirib yuborib, siz Internet orqali o‘yinlar serveri bilan ulanasiz va shu serverga ulangan boshqa o‘yinchilar bilan birgalikda o‘yinda ishtirok etasiz. Operand|Arifmetik jarayonda foydalaniladigan element yoki shunday elementlarning manzili; ustida amal bajariladigan ma’lumotlar elementi, masalan, «in 3х4» ifodada 3 va 4 sonlari operandlar hisoblanadi. Operandlar soni|Funksiya yoki operator argumentlarining soni. Ba’zi dasturlash tillarida funksiyalar argumentlarning o‘zgaruvchan soniga ega bo‘ladi. Operator|1. Uskunani boshqarish va unga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni bajaruvchi malakali mutaxassis.2. Dasturiy-apparat resurslari va aloqa kanallariga ega bo‘lgan holda telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etuvchi tashkilot yoki jismoniy shaxs.3. O‘tkaziladigan operatsiyaning belgisi yoki simvoli. Operatorlarni ajratgich|Dasturlash tilida bir operatorni boshqasidan ajratish uchun ishlatiladigan simvol. Operatorlarning chaqiruvlarini taqiqlash|Agar bu xizmat aktivlashtirilgan bo‘lsa, xizmat abonentiga ingliz, fransuz, nemis, yapon, ispan, italyan va rus tillarida so‘zlashuvchi operatorlardan xalqaro chaqiruvlar taqiqlanadi. Operatsion muhit|1. Amaliy dasturlarlarni ishlab chiqarish va ishlatishni ta’minlaydigan dasturiy ta’minot kompleksi. Operatsion muhit operatsion tizimni, amaliy dasturlar interfeyslarini, amaliy dasturlarni, tarmoq xizmatlarini, ma’lumotlar bazasini va dasturlash tillarini o‘z ichiga oladi.2. Operatorga fayllar va hisoblash jarayonlarini boshqarish imkonini beradigan kompyuter dasturlarining majmui. Operatsion tizimlarning standarti etib, shu operatsion tizim boshqaruvi ostida ishlayotgan va ushbu kompyuterning operatsion muhitini tashkil etuvchi utilita va til qobiqlarining sintaksisi va semantikasi aniqlangan. Operatsion platforma|Amaliy dasturlar va operatsion tizimlar guruhi o‘rtasida interfeysni ta’minlaydigan funksional blok. Operatsion tizim|Vazifalarning markazlashtirilishini, resurslarning taqsimlanishini, uzilishlarning qayta ishlanishini, kiritish-chiqarishni, foydalanuvchi interfeysini, fayl tizimi va boshqa tizimlar boshqarilishini ta’minlaydigan dasturiy ta’minot. Operatsion tizim yadrosi|Operatsion tizimning markaziy, asosiy qismi bo‘lib, tezkor xotirada doimo bo‘ladi, operatsion tizimni boshqaradi; qurilmalar drayverlari, xotirani boshqaruvchi kichik dasturlar, vazifalarni rejalovchidan tashkil topgan. Operatsion tizim yuklagichi|Bevosita kompyuter ulangandan so‘ng operatsion tizimning yuklanishini ta’minlaydigan tizim dasturiy ta’minoti. Operatsion tizimning ishonchliligi va ishlamay qolishlarga chidamliligi|Ichki va tashqi xatolar, to‘xtab qolishlar va ishlamay qolishlardan himoyalangan tizim. Uning harakatini har doim oldindan bilish zarur, dasturlar esa operatsion tizimga zarar yetkaza olmasliklari zarur. Operatsion tizimning ko‘chiruvchanligi|Kod bir turdagi protsessordan boshqa turdagi protsessorga va bir turdagi apparat platformasidan (protsessor turi bilan bir qatorda kompyuterning barcha appraturasini tashkil qilish usulini o‘z ichiga oladi) boshqa turdagi apparat platformasiga oson ko‘chiriladi. Operatsion tizimning monolit yadrosi|Imtiyozli rejimda ishlaydigan va imtiyozli hamda foydalanuvchi rejimlari o‘rtasida ulanishni talab qilmaydigan bir protseduradan boshqasiga tez o‘tishda ishlatiladigan bitta dastur kabi kompanovkalanadi. Operatsion tizimning moslashuvi|Operatsion tizim boshqa operatsion tizimlar uchun yozilgan amaliy dasturlarni bajarish uchun vositalarga ega bo‘lishi kerak. Bundan tashqari foydalanish interfeysi mavjud tizimlar va standartlar bilan mos kelishi kerak. Operatsion tizimning samaradorligi|Tizim apparat platformasining imkoniyati darajasida tez harakat va vaqtdan o‘zishga ega bo‘lishi kerak. Operatsion tizimning yuklanishi|Tizimning o‘z ishini amalga oshirishi uchun, yadroni va boshqa tizim modullarini tezkor xotiraga yuklash jarayoni. Operatsion xavfsizlik|Kiritish, qayta ishlash yoki chiqarish operatsiyalarini bajarish vaqtida, ma’lumotlarning o‘zgartirishlardan, buzilishlardan yoki oshkor qilishlardan (tasodifiy, muallif tomonidan bo‘lmagan yoki qasddan) muhofaza qilinganligi. Operatsiya|Dasturlash tili obyektlari, ma’lumotlar, o‘zgaruvchilar, konstantalar, funksiyalar – ope-randlar ustida bajariladigan ish. Operandlarning turiga bog‘liq ravishda, arifmetik, satrli (simvolli), mantiqiy, faylli operatsiyalar farqlanadi. Operandlarning soniga bog‘liq ravishda, bir o‘rinli (unar), ikki o‘rinli (binar) va ko‘p o‘rinli (n-ar) operatsiyalar farqlanadi. Umuman olganda, operatsiyalar dasturlash tili bilan belgilanadi. Operatsiya kodi|Mashina kodi darajasidagi elektron hisoblash mashinasining komandasi. Operatsiya (komponent ustida)|Komponentning takrorlanishi yoki o‘zgartirilishi.Izoh – Komponentlar ustida ruxsat etilgan operatsiyalar: «tayinlamoq», «iteratsiya», «aniqlamoq» va «tanlamoq». Operatsiya (obyekt ustida)|Subyektning obyekt ustida bajaradigan aniq turdagi harakati. Operatsiyalarni tadqiq qilish|Odam faoliyatining turli sohalarida eng yaxshi yechimlarni topish usullarini ishlab chiqish va qo‘llash bilan shug‘ullanadigan matematik fan. Operatsiyalarni tadqiq qilishning asosiy prinsiplari haqiqiy muammoning modelini tuzishdan iborat. Bunda natijada erishilishi kerak bo‘lgan maqsad; qanoatlantirilishi kerak bo‘lgan cheklashlar; boshqarilishi maqsadga erishish imkonini beradigan parametrlar ajratiladi. Operatsiyalarni tadqiq qilishning ko‘plab masalalarini hal qilish imkonini beradigan dasturiy komplekslar ishlab chiqilgan. Opsiya|Bajarish uchun tanlab olinishi mumkin bo‘lgan menyu elementi. Optik aloqa liniyasi|Uzatgich sifatida foydalaniladigan modulyatsiyalanuvchi yorug‘lik manbaidan, optik-tolali kabel hamda fotodetektordan (qabul qilgichdan) iborat aloqa liniyasi. Liniyaning barcha elementlari optik signallar manbadan qabul qilgichga etib boradigan tarzda, ulanadi. Optik aloqa tarmog‘i|Optik tolali aloqa tarmog‘i. Optik aralashtirgich|Monokanal shoxchalarini ulaydigan va ixtiyoriy kirishlaridan biriga berilgan yorug‘lik signali uning barcha chiqishlariga yetib keladigan qilib yasalgan qurilma. Optik disk|O‘qish optik nurlanish yordamida boradigan disk ko‘rinishidagi axborot tashuvchi. Disk odatda, yassi bo‘lib, asosi polikarbonatdan qilingan. Polikarbonat asosga axborotni saqlash uchun xizmat qiladigan maxsus qatlam surtilgan. Axborotni o‘qish uchun maxsus qatlamga yo‘naltiriladigan va undan qaytadigan lazer nuridan foydalaniladi. Optik kabel|Ekspluatatsiya qilishning berilgan sharoitlarida ularning ishlash qobiliyatini ta’minlaydigan yagona konstruksiyaga birlashtirilgan bitta yoki bir nechta optik toladan iborat kabel mahsuloti.Izoh – Zarur bo‘lganda, optik kabelda tok o‘tkazuvchi simlar ham bo‘lishi mumkin. Optik kanal (optik-tolali aloqa liniyasi)|Yorug‘lik o‘tkazgichlar va optik kuchaytirgichlardan iborat aloqa liniyalari bo‘ylab yorug‘lik signallarini uzatish uchun mo‘ljallangan kanal. Optik kommutator|Ma’lumotlar uzatish optik tolali liniyalarini ulash uchun bitta yoki bir nechta port bilan jihozlangan an’anaviy tarmoq kommutatorlari. Ushbu qurilmalar bir vaqtning o‘zida ikkita funksiyani bajaradi. Optik kommutatsiyalash|Optik kanallar orasida yorug‘lik signallarini tarqatishni va xotirada saqlashni taʼminlovchi kommutatsiyalash. Optik kompyuter|Ma’lumotlarni taqdim etish uchun yorug‘likdan foydalanish maqsadida loyihalashtirilgan va o‘zgartirilgan, hisoblash mantig‘i elementlari bevosita bog‘langan optik qurilmalarga asoslangan apparatura. Optik kuchaytirgich|Optik nurlanish quvvatini kuchaytirishni taʼminlovchi kuchaytirgich. Optik kanal va tizimlarda, yorug‘likni kuchaytirish tashqi manba energiyasi evaziga amalga oshiriladi. Kuchaytirgichning asosi bo‘lib, aktiv fizik muhit hisoblanadi, unda energetik dam berish hisobiga nurlanish quvvati ortadi. Aktiv fizik muhit sifatida, lazerlarda ishlatiladigan moddalar ishlatiladi. Kuchaytirishda, boshlang‘ich signal spektri o‘zgarishi mumkin. Optik qayta ulagich|Optik-tolali kabelga ega tarmoqlarda qo‘llaniladigan, konsentratorga o‘xshash tez harakat qiladigan tarmoq qurilmasi. Optik qaytargich (qaytargich)|Yorug‘lik manbai chiqaradigan yorug‘lik oqimini uning fazoviy taqsimlanishini o‘zgartirish maqsadida qaytaruvchi qurilma. Optik sinov jadvali|Shaffof yoki noshaffof asosga tushirilgan televizion sinov jadvali. Optik «sichqoncha»|«Sichqoncha» ning maxsus turi. «Sichqoncha» siljishlarini indikatsiyalash uchun yorug‘lik diodlaridan va qaytaruvchi sirtdan foydalaniladi. Optik skaner|Simvollarni optik tanish usullaridan foydalanib, matnni o‘qish uchun mo’ljallangan qurilma. Optik spektr|Optik nurlanishning nurlanish yoki yutilish spektri.Izoh – To‘lqin uzunligi 100 nm dan 10000 nm gacha bo‘lgan elektromagnit nurlanish. Optik nurlanish to‘lqin uzunligiga bog‘liq ravishda, ultrabinafsha, ko‘rinuvchi va infraqizil nurlanishlarga bo‘linadi. Optik tarmoqlagichning uzatish matritsasi|Satr raqamlari kirish optik qutblari raqamlariga, ustun raqamlari optik tarmoqlagichning chiqish qutblari raqamlariga mos keladigan, matritsa elementlari esa, berilgan ulanishda tegishli kirish va chiqish optik qutblari o‘rtasida uzatish koeffitsiyentlarini o‘zida ifodalaydigan matritsa. Optik tarmoq|Yorug‘lik signallari uzatadigan kommunikatsiya tarmog‘i. Optik kommunikatsiya tarmog‘i, bir biri bilan ulangan optik kommutatsiya bog‘lamalaridan va optik kanalli abonent tizimlaridan tashkil topadi. Optik tola|Optik-tolali uzatish tizimining, qoplamali dielektrik materialdan qilingan sim ko‘rinishida yasalgan optik to‘lqin o‘tkazgichi. Optik tola dispersiyasi|Optik nurlanish turli tashkil etuvchilari guruhiy tezliklarining farqi. Optik tolali segment|Har ikkala uchida optik signallarni kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi qurilmalar ulanishi mumkin bo‘lgan optik kabel (tola). Optik tolali taqsimlangan ma’lumotlar interfeysi|Optik tolali kompyuter tarmoqlarida ma’lumotlarni 100 Mbit/s tezlik bilan uzatish tizimlari uchun mo‘ljallangan standart. Optik tolaning qutbliligi|Optik-tolali tarmoq uzatgichi va qabul qilgichini marshrutlash. Farqlanish (uzatgich yoki qabul qilgich) signal manbaining fazoviy holatiga bog‘liq bo‘ladi. Har qanday berilgan nuqtadan boshlab, uzatuvchi tola pirovardida, qarama-qarshi tomonda qabul qiluvchi tolaga aylanadi. Optik tranzistor|Yorug‘lik signalini ichki elektr taʼsiriga asoslangan kuchaytirgich. Optik-tolali attenyuator|Optik-tolali uzatish tizimida optik signal quvvatini kamaytirish maqsadida o‘rnatilgan komponent. Ko‘pincha, fotodekoder olgan optik quvvatni optik qabul qilgichning sezgirlik chegarasigacha cheklash uchun foydalaniladi. Optik-tolali kabel|Ma’lumotlar yorug‘lik yordamida uzatiladigan kabel, bu uzatish sifati va tezligini oshiradi. Kompyuter tarmoqlarida ishlatiladi. Kvarts shisha asosida qilingan va sindirish ko‘rsatgichi o‘zakdagiga nisbatan kichik bo‘lgan qobiq bilan o‘ralgan tolali (egiluvchan) dielektrik. Optik-tolali kichik tizim|Muayyan bog‘lanishlar va interfeyslarga ega, tizimning bir qismi hisoblanadigan funksional birlik. O‘z ichiga fizik tuzilmalar va/yoki komponentlarni oladi. Optik-tolali kommunikatsiya tizimi|Modulyatsiyalangan yoki modulyatsiyalanmagan optik energiyani optik-tolali muhit bo‘ylab uzatish. Optik-tolali liniya|1. Bog‘langanda uzatish yo‘lini hosil qiladigan optik-tolali segmentlar va repiterlar majmui.2. Yorug‘lik energiyasining, uzatgichdan qabul qilgichga 850 nm dan 1350 nm gacha to‘lqin uzunliklari diapazonida uzatilishini taʼminlovchi, passiv va aktiv optik elementlar jami. Optik to‘lqin o‘tkazgich|Qar.: Tola. Optik to‘plagich|Lazer texnologiyasiga asoslangan ma’lumotlarni saqlash qurilmasi. Optik to‘plagichlar «faqat o‘qish uchun» (CD-ROM), «o‘qish va bir marta yozish uchun» (CD-R, Compact Disk-Recordable), «o‘qish va ko‘p marta yozish uchun» (CD-RW, Compact Disk-Re Writable) kabi turlarga bo‘linadi. Bu turlardan tashqari, magneto-optik to‘plagichlar va DVD qurilmalari bor. Optimal marshrutni tanlash algoritmi|Paketni oxirgi adresatga yetkazib berish vaqti minimallashtirilgan marshrutlash algoritmi. Optimallash|Davlat xizmatlarini taqdim etish jarayonining eng yuqori samaradorligiga erishish uchun, mumkin bo‘lgan variantlardan eng yaxshisini tanlash. Optoelektronika|Elektronikaning asosini elektr signallarni optik signallarga va aksincha, aylantirish printsipi, shuningdek, optik to‘lqinlar yordamida ko‘chiriladigan axborotni uzatish, qabul qilish va qayta ishlash usullari tashkil etadigan bo‘limi. Oq rang balansi|Qizil, yashil va ko‘k signallar jadalligini muvofiqlash jarayoni, ularning aralashishi natijasida oq rang hosil bo‘ladi. Ekran rangliligi rangli kineskop uchta nurining toklari nisbati bilan aniqlanadi. Oq ro‘yxat|Avtomatik tarzda eʼtiborga olinmasligi yoki blokirovka qilinishi lozim bo‘lmagan obyektlarning ishonchli xostlari, manzillari va boshqa identifikatorlarining ro‘yxati. Oq ro‘yxatlardan foydalanish «ro‘yxatdagi obyektlarning operatsiyalarini bajarishni doimo ruxsat etish» tamoyilini amalga oshiradi. «Oq» shovqin|Vaqt bo‘yicha uzluksiz va o‘zgarmas amplitudali shovqin, uning spektral tashkil etuvchilari quyi va yuqori chegaralar bilan cheklangan chastotalarning keng polosasida bir tekis taqsimlanadi. Oqib chiquvchi moda|Nurning, tola chetiga qA apertura burchagidan katta bo‘lgan burchak ostida tushishidan hosil bo‘lgan to‘lqin. O‘zak-qobiq bo‘linish chegarasidagi sinish hisobiga to‘lqin energiyaning bir qismini yo‘qotadi va so‘nadi. Oqib chiquvchi to‘lqin|Dielektrik yoki optik to‘lqin o‘tkazgichda kiruvchi elektromagnit to‘lqinning to‘lqin o‘tkazgich chetidan oqib o‘tadigan va nurlanish manbaidan uzoqlashgan sari so‘nib borgan holda, uning tashqi tomoni bo‘ylab tarqaladigan qismi. Oqib chiquvchi to‘lqin odatda, yuqori tartibdagi modalardan iborat bo‘ladi, quyi modalar to‘lqin o‘tkazgichda qoladi. Oqim|Aloqa kanali yoki liniyasi orqali uzatiladigan ma’lumotlarning uzluksiz ketma-ketligi. Oqim, jarayon|1. Mijoz bilan so‘rovlar yuboriladigan server o‘rtasidagi mantiqiy ulanish.2. Ko‘p vazifali tizimda yuzaga kelgan jarayon (tred) ‒ zamonaviy operatsion tizimlarda ‒ dispetcherlash (boshqaruvni markazlashtirish) birligi. Oqimlar puli|Oqimlarni .NET dagi guruhlarga tizimlashtirishning samarali mexanizmi. Oqimli multimedia|Foydalanuvchi tomonidan oqimli uzatish provayderidan to‘xtovsiz olinadigan multimedia. Mazkur tushuncha telekommunikatsiyalar orqali uzatiladigan axborotga nisbatan ham, dastlab oqimli (radio, TV) yoki oqimli bo‘lmagan uzatish (kitob, videokasseta, audiodisk)larga nisbatan ham qo‘llanilishi mumkin. Oqimli shifr|Ochiq matnning ketma-ket ayrim bitlarini yoki belgilarini o‘zgartiruvchi va dastur ko‘rinishida amalga oshirish uchun mo‘ljallangan shifr. Oqni siqish (televizion tasvirda)|Tasvirning yorqin uchastkalari kontrastliligini sezilarli kamaytirish. Oqning darajasi|Eshittirish televideniyesi berilgan tizimi uchun yorqinlik signalining belgilangan maksimal darajasi.Izohlar1. Yorqinlik signali pozitiv deb taxmin qilinadi.2. Rangli televideniyeda rangli videosignalning maksimal darajasi oqning darajasidan oshishi mumkin. Oqning etalon darajasi|Kuzatish nuqtasidagi, oqning yonalishida tasvir signalining muayyan maksimal kirishiga mos keladigan daraja. Oqning nominal darajasi|Obyektda normalangan oqni uzatish vaqtidagi yorqinlik signalining darajasi. Oqning tayanch impulsi|So‘nish darajasidan oqning nominal darajasigacha bo‘lgan ko‘lamdagi to‘g‘ri burchakli etalon impuls. Oraliq|Grafik tasvirga ega bo‘lmagan ikkita element o‘rtasidagi masofa. Oraliq avlod (2,5G)|Mobil aloqa tizimlari rivojlanishining, 2G va 3G tizimlari o‘rtasidagi o‘tish bosqichi.Izoh − Bu bosqich 3G tizimlariga xos bo‘lgan xizmatlarni taqdim eta oladigan, 2G ning takomillashtirilgan vositalaridan foydalanishi bilan tavsiflanadi. 2,5G ham 2G foydalanadigan chastota diapazonidan foydalanadi va uskunaning eng kam darajada takomillashtirilishini talab qiladi. 2,5G tizimlari GPRS hamda 1xRTT tizimlarini o‘z ichiga oladi. Oraliq radioreleli stansiya|Televizion radioreleli tizimning bir qismi. Televizion signalni qabul qiladigan va uzatadigan muayyan apparatura kompleksi. Oraliq tasvir (tovush jo‘rligidagi) eltuvchi|Televizion apparaturada (tovush jo‘rligidagi) tasvir radiosignalining qayta ishlanishini soddalashtirish uchun foydalaniladigan (tovush jo‘rligidagi) tasvir eltuvchi. Oraliq til|Dasturlarning boshlang‘ich matnlari turli dasturlash tillaridan, keyin interpretator bajaradigan yoki mashina kodiga kompilyatsiya qilinadigan qandaydir oraliq tilga ko‘chiriladigan texnologiya. Xususan, Java va Microsoft NETda qo‘llaniladi. Yangi dasturlash tillarini amalga oshirish vaqtini qisqartiradi va turli jarayonlar uchun ayni bir kompilyatordan foydalanish imkonini beradi. Oraliq zona|Nurlantiruvchi antenna uchun yaqin va uzoq zona o‘rtasidagi o‘tish sohasi, bunda elektromagnit maydon kuchlanganligi nurlanish manbaigacha bo‘lgan masofaning kvadratiga, shuningdek kubiga teskari proporsional nurlanish manbaigacha masofaga teskari proporsional tarzda o‘zgaradi. (Orbitaning) pastdagi uzeli|Yo‘ldosh shimoldan janubga harakat qilganda, orbita ekvator tekisligini kesib o‘tadigan nuqta. Organ|Sertifikatlar berilishi yuzasidan javobgar obyekt. Organlarning ikki turi: ochiq kalitlar sertifikatlarini beradigan sertifikatlash organi hamda atributlar sertifikatlarini beradigan atributlar organi belgilangan. Organ sertifikati|Organga (masalan, sertifikatlash organiga yoki atributlarni berish bo‘yicha organga) berilgan sertifikat. Organik yorug‘lik diodi|Yassi displeylar uchun istiqbolli qurilma. Elektr energiyasini kam iste’mol qiladi, o‘lchamlari kichik, og‘irligi kam, ko‘rish burchagi birmuncha keng, ekranni yoritib turish zarurati yo‘q. Original uskuna ishlab chiqaruvchi|Biror bir tashqi qurilmani, odatda unga drayverni ham, ishlab chiqaradigan firma. Orqa fon rangi|Dasturlar va operatsion tizimlarda − asosiy ishlash maydonining rangi. Odatda, o‘zgarishi mumkin. Operatsion tizimlarda orqa fonga istalgan tasvirni ham qo‘yish mumkin. Orqa yaproqning nisbiy darajasi|Orqa va asosiy yaproqlar bo‘yicha nurlanadigan signallar quvvatining nisbati. Orqaga|Veb-brauzerda oldingi sahifaga o‘tish yoki fayl boshqaruvchilarda oldingi papkaga o‘tish operatsiyasini bajaruvchi tugmacha. Backspace yoki Alt + <- klavishlari bu operatsiya uchun «qaynoq klavish» hisoblanadi. Orqaga qaytish|SGLda orqaga qaytish tranzaksiyadagi taklif qilingan o‘zgartirishlarni qaytaradi. Orqaga qaytish protsedurasida tranzaksiyaning nomi ishlatilgan bo‘lsa, tranzaksiya butunlay qaytarilishi mumkin. Agarda tranzaksiyada saqlash nuqtasi ishlatilgan bo‘lsa qisman orqaga qaytish ham mumkin. Orqaga qaytishning muqobili – tranzaksiyani qayd etish. Ortga qaytarish|Oldingi (o‘zgartirishlargacha bo‘lgan) holatga qaytarish. Ortib borish bo‘yicha saralash|Maʼlumotlarni kichik qiymatlardan katta qiymatlarga tomon, masalan, sanalarni ‒ oldingisidan hozirgi sana tomon, matnli maʼlumotlarni ‒ alifbo tartibi bo‘yicha tartibga solish. Ortiqcha bitlar|Axborotni qabul qilishda xatolardan himoya qilish maqsadida, signalga qo‘yiladigan qo‘shimcha bitlar ketma-ketligi. Ortiqcha kod|Xatolar mavjudligini avtomatik tarzda aniqlash uchun qurilgan kod (masalan, sarlav-hadagi CRC-8, ekspluatatsiya qilish va boshqarish yacheykalaridagi CRC-10 va RIP-16 kod). Ortiqcha kod bilan bo‘ylama nazorat qilish|O‘qish/magnit tasmaga yozishda ma’lumotlar yaxlitligini nazorat qilish usuli, nazorat summalari har bir yo‘lka bo‘yicha ma’lumotlar bloki uchun hisoblanadi. Ortiqcha siklik kod bilan nazorat qilish|1. Ma’lumotlarni uzatish va saqlashda ularning yaxlitligini avtomatik nazorat qilish usullaridan biri. Polinomial kodning bir turi yordamida hisoblangan (ya’ni, nazorat summasiga qaraganda murakkabroq qoidalar bo‘yicha) son xotiradagi yozuvning oxirida joylashtiriladi, o‘qish/yozish operatsiyalarida yoki telekommunikatsiyalar kanallari orqali uzatishda ma’lumotlarning yaxlitligini nazorat qilish uchun foydalaniladi.2. Ma’lumotlarni bo‘ylama nazorat qilish usuli, xatolarning tuzatilishini ta’minlaydi. Ortiqcha telefon trafigi|Keladigan telefon trafikning, telefon tarmog‘i liniyalari (kanallari) bog‘lami tomonidan xizmat ko‘rsatilmagan va telefon tarmog‘i aylanma yo‘llarining liniyalari (kanallari) bog‘lamlariga yo‘naltiriladigan qismi. Ortiqcha trafik|Trafikning, texnik vositalar to‘plamiga kelib tushgan va bu to‘plam orqali o‘tmagan qismi. Ortiqcha uzatish tezligi|Belgilangan ulanish uchun kafolatlangan o‘tkazish polosasidan oshuvchi trafik. Xususan, uzatishning ortiqcha tezligi uzatishning kafolatlangan tezligisiz uzatishning maksimal tezligiga teng. Ortiqcha trafik tegishli resurslar mavjud bo‘lgan hollardagina yetkaziladi, o‘ta yuklanish vaqtida u chiqarib tashlanishi mumkin. Ortiqcha yuklanish|Sifatning asosiy ko‘rsatgichlari tez yomonlasha boshlaydigan tarmoq holati. Ortiqchalik|1. Ishlashning zarur ishonchliligini ta’minlash maqsadida, tizimga eng kam miqdordagi apparat yoki dasturiy vositalarning ustiga qo‘shimcha kiritish.Izoh − Tegishli ravishda apparat va dastur ortiqchaligi farq qilinadi. Axborot nazariyasida – raqamli shaklga o‘zgartirilgan signaldan uning qayta tiklanish aniqligini buzmasdan chiqarib tashlash mumkin bo‘lgan ma’lumotlar xarakteristikasi (axborot ortiqchaligi deb ham ataladi).2. Ishonchlilikni oshirish usuli bo‘lib, asosiy elementlar ishlamay qolganda, ularni almashtirishi mumkin bo‘lgan ortiqcha elementlarning kiritilishiga asoslangan.3. Har qanday xabarni birmuncha qisqa shaklda taqdim etish mumkinligining miqdor xarakteristikasi. Diskret signallar shaklida kodlangan xabarlar uchun ortiqchalik kodning undan chiqarib tashlanishi mumkin bo‘lgan elementlari miqdorining elementlarning boshlang‘ich miqdoriga nisbati bilan o‘lchanadi. Ortiqchalik bo‘lgan arzon disklar massivi|Ma’lumotlarni saqlash ishonchliligini ta’minlovchi (RAID 1, RAID 5) tizimi yoki ma’lumotlarni o‘qish-yozish tezligini oshiruvchi (RAID 0) texnologiya. Bitta massivga birlashtirilgan bir qancha disklardan foydalanishni ifodalaydi. Ortiqchalik bo‘yicha siklik nazorat|Ortiqchalik bo‘yicha nazorat bo‘lib, qo‘shimcha raqamlar yoki simvollar siklik algoritm orqali generatsiyalanadi. Ortiqchalikni qisqartirish|Bitreytni pasaytirish usuli, bunda imkon qadar axborotning ortiqcha bo‘lmagan qismi uzatiladi.Izoh – Ortiqchalikni qisqartirish qaytariluvchi jarayon hisoblanadi. Ortogonal diskretlash|Yoyish satrlaridagi diskretlash sanoqlariga tegishli nuqtalar tasvirga yoyish satrining yo‘nalishiga perpendikulyar ravishda yo‘naltirilgan tasvirni diskretlash.Izoh – Progressiv yoyish hollarida, yoyish satri nuqtasi shu maydondagi vaqt bo‘yicha qo‘shni satrlar nuqtasiga yo‘naltirilgan, satr oralatib yoyishda, yoyish satridagi nuqtalar keyingi maydonning fazo bo‘yicha qo‘shni satrlariga yo‘naltirilgan. Ortogonal diskretlash tuzilmasi|Signaldagi sanoqlar chastotasi satrlar chastotasiga karrali qilib tanlangan diskretlash, bunda sanoqlar to‘g‘ri burchakli panjara tugunlarida joylashadi. Orttirilgan aniqlikdagi televideniye|Mavjud eshittirish televideniyesi tizimlariga nisbatan aniqlikni oshirish uchun eshittirish televideniyesi radiosignalining parametrlari o‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan sifati yaxshilangan televideniye. Osiyo uyali va yo‘ldoshli aloqa tizimi|Tarkibiga Indoneziya, Filippin va Tailand kiradigan ACeS konsorsiumi tomonidan yaratilgan shaxsiy radiotelefon aloqa tizimi.Izoh − Tizim Osiyo va Yevropa hududlarini qamrovchi bir nechta geostatsionar kosmik apparat (Garuda) yordamida 2 mln.gacha abonentga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan. Abonent qurilmalari sifatida, uyali va yo‘ldoshli aloqa tizimlarida ishlash imkoniyatlari mujassamlashtirilgan, ikki rejimli portativ «go‘shak»lar ishlatiladi. Osonlashtirilgan jarayon|Virtual xotira fazosida jarayon-ona kabi bajariladigan jarayon. Ostvald rang tizimi|Sirtlar rangini ideal sirt rangi bilan muvofiqlashtirishga asoslangan aniqlash tizimi. Overley|Dasturning, zarur bo‘lganda dastur bajarilish paytida tashqi xotira qurilmasidan qoplash (overleylar) sohasiga, undagi kodni o‘chirgan holda, yuklanadigan segmenti. Overleylar bu sohaga ixtiyoriy tartibda yuklanishi mumkin. Dasturni yadroga va overleylarga bo‘lish, uning tezkor xotirasi uchun zarur bo‘lgan hajmni keskin kamaytirish imkonini beradi, lekin diskli kiritish-chiqarish operatsiyalari hajmini oshiradi. Overley drayveri|Xotiraning bitta sohasiga foydalanuvchi dasturidagi modullarning yo birinchi guruhiini yoki boshqa guruhini navbati bilan yuklashni bajaradigan tizim dasturi. Overley tuzilmasi|Dasturni, turli guruhlar bir vaqtda xotirada saqlashi kerak bo‘lmagan o‘zaro bog‘langan modullar guruhiga, dastur uchun ajratilgan xotira sohasida ularni navbatma-navbat yuklash maqsadida bo‘lish. Ovoz balandligini rostlash|Elektr signal amplitudalarini past chastota kuchaytirgichi o‘ta zo‘riqishining yoki radiokarnay tiklayotgan tovush signallari ortiqcha baland bo‘lishining oldini olish maqsadida o‘zgartirish. Ovoz berish|Veb-sayt auditoriyasi va uning fikrlari to‘g‘risida axborot yig‘ish uchun asbobiy dastur. Odatda ovoz berish har bitta savolga standart javob xillaridan birini tanlash mumkin bo‘lganda qulay. Ovoz bilan boshqariladigan|Nutqiy komandalar orqali boshqariladigan jarayonlar yoki qurilmalar. Ovoz yordamida raqam terish|Mobil telefonning, chaqiriluvchi abonent raqami nutq yordamida terilishini ta’minlovchi funksiyasi. Ovoz yozish qurilmasi|Tovush to‘lqinlarini analog yoki raqamli signallarga o‘girib, keyinchalik ma’lumotlarning tashuvchilarda saqlanishini ta’minlaydigan ovoz yozish qurilmasi. Ovozlashtirish|Tovush jo‘rligi tasvir yozib olingandan so‘ng ekranda kuzatiladigan dastur mazmuniga muvofiq qo‘shiladigan televizion dasturlar qismini ishlab chiqish. Ovozli kitob|Ovozli kitobni o‘zida saqlovchi tovushli fayl. Ovoz berish professional artistlar tomonidan amalga oshiriladi. Ovozli, nutqli va audio moslamalar|Ovozga ishlov berish, chiqarish uchun qurilma. Masalan, ovozli karta, audiokolonkalar va sh.k. Ovozli pochta xizmatlari|Operator tomonidan taqdim etiladigan, ovozli pochta deb ataladigan xizmatlar kompleksi. Mobil telefon band bo‘lganda, o‘chirib qo‘yilganda, tarmoq qoplash zonasidan tashqarida bo‘lganda, qandaydir vaqt mobaynida chaqiruvga javob bermaganda, qayta manzillash xizmatidan foydalanib, qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish imkonini beradi. Ovozni qabul qilish|Manbadan ovozli axborotni qabul qilish. Masalan, ovozli yo‘lakni AudioCD dan qabul qilish. Ovozsiz|Tovush chiqarilmaydigan rejim. Qisqa muddatga tovushni o‘chirib turishda foydalaniladi. «Oxirgi bo‘lib keldi – birinchi bo‘lib xizmat ko‘rsatildi»|Stek, tuzilma, qurilma va boshqalarning ishlash prinsipi, birinchi bo‘lib oxirgi kelgan elementga xizmat ko‘rsatiladi. Oxirgi foydalanuvchiga mo‘ljallangan elektron biznes|Axborot makonidagi iqtisodiy faoliyatning, oxirgi foydalanuvchining ehtiyojlarini qondirishga va uzoq muddatli iqtisodiy munosabatlarni shakllantirishga qaratilgan sohasi. «Oxirgi milya»|Aloqa tarmog‘ining, oxirgi (terminal) abonent qurilmasidan to magistral liniya yoki kommutatsion stansiyagacha bo‘lgan qismi. Boshqacha izohi – abonent foydalanish tarmog‘i. Oxirgi nuqta|Seans manbai yoki belgilanishi bo‘lib xizmat qiladigan tizim. Oxirgi obyekt|Sertifikati bo‘lgan, o‘zining shaxsiy kalitidan sertifikatlarni imzolash maqsadlarida foydalanmaydigan subyekt yoki ishonchli tomon hisoblanadigan obyekt. Oxirgi (terminal) abonent qurilmasi|Abonent xonasida o‘rnatiladigan va uning tasarrufida bo‘lgan oxirgi (terminal) qurilma. Oxirgi (terminal) abonent telefon qurilmasi|So‘zlashuv olib borish uchun mo‘ljallangan abonent telefon qurilmasi. Oxirgi (terminal) maʼlumotlar uskunasi|Maʼlumotlar manbai yoki maʼlumotlarni oluvchi yoki unisi ham, bunisi ham bo‘lgan (masalan, elektron hisoblash mashinasi) oxirgi (terminal) uskuna. Oxirgi (terminal) qabul qiluvchi stansiya|Kirishiga radioreleli liniyadan televizion signal uzatiladigan, chiqishida esa radioreleli liniyaning televizion chiqish signali olinadigan apparatura kompleksi. Oxirgi (terminal) tarmoq qurilmasi|Abonent uskunasi va abonentni tarmoqqa ulaydigan aloqa liniyasi o‘rtasidagi interfeys qurilma. ISDN tarmog‘ida apparat murakkabligi bilan farqlanadigan oxirgi (terminal) uskunaning ikki turi ajratiladi. Oddiy NT1 da fizik sathning asosiy funksiyalari amalga oshirilgan, NT2 qurilmasi (kontroller vazifasini bajaradigan) yordamida esa, bir vaqtning o‘zida bir nechta NT1 ning tarmoqqa ulanishi taʼminlanadi. Oxirgi (terminal) uskuna|Telekommunikatsiyalar tarmoqlari bilan o‘zaro ishlaydigan hamda telekommunikatsiyalar tarmoqlari orqali uzatiladigan yoki qabul qilinadigan signallarni hosil qilish, o‘zgartirish, qayta ishlashga mo‘ljallangan foydalanuvchilarning texnik vositalari (telefon, faksimil, radiotelepriyomniklar va boshqa qurilmalar). Oxirgi tizim|OSI modelidagi OSI protokolining barcha (yettita) bosqichi orqali aloqani ta’minlaydigan, o‘zida amaliy jarayonlarni saqlovchi tizim. Internetdagi xost-ning analogi. Oxirgi uzel|Kommunikatsiya tarmog‘i orqali o‘zaro ishlashda maʼmuriy yoki abonent tizimlar ulangan uzellar. Oxirgi yozuv|Maʼlumotlar blokining yakunlovchi qismi. Unga, uzatish oldidan, maʼlumotlar bloki uzatilgandan so‘ng xato paydo bo‘lganligini aniqlash imkonini beradigan nazoratlovchi yig‘indi – bitlar ketma-ketligi yoziladi. Oxirgi shifrlash|Avtomatlashtirilgan tizimning ikki subyekti o‘rtasida uzatiladigan axborotning kriptografik muhofazasi. Oyna|Displey ekranining to‘rtburchakli qismi, u orqali ilova yoki uning qismi bilan birga ishlash amalga oshiriladi. Grafik foydalanuvchi interfeyslarida va barcha mumkin bo‘lgan qobiqlarda keng qo‘llaniladi, status satri, sarlavha va menyu kabi standart elementlarni o‘z ichiga oladi. Ekranning dastur va jarayonlar bajarilishi mumkin bo‘lgan qismi. Bir vaqtda bir nechta oyna ochilishi mumkin. Masalan, bir oynada elektron pochta dasturini ochish, boshqasida elektron jadval bilan ishlash, uchinchisida raqamli kamerada tasvirni yuklash, to‘rtinchisida esa Internet-magazinda buyurtmani rasmiylashtirish mumkin. Oynani yopish, hajmini o‘zgartirish, vazifalar panelida tugmalarni burish yoki ekranda to‘laligicha aks ettirish mumkin. Oyna mexanizmi|1. Maʼlumotlarni uzatishni boshqarishda muhim rol o‘ynaydi. Oyna deyilganda kommunikatsion tizim orqali, xatosiz yetib borishi to‘g‘risidagi xabar kutilmasdan uzatiluvchi maʼlumotlar bloklari soni tushuniladi. Ushbu uzatishning tugashida haqiqiy oluvchi jo‘natilgan maʼlumotlar bloklarini olganligini tasdiqlashi lozim.2. Bir paytning o‘zida bir necha dasturni ishlatish texnologiyasi, bunda har bitta dastur alohida oynada bajariladi. Masalan, birinchi oyna hujjatni qayta ishlash uchun, ikkinchisi elektron jadvallarni tuzish, uchinchisi esa elektron pochtani qabul qilish uchun ishlatilishi mumkin. Oyna tizimi|Ekranda bir vaqtda turli hisoblash jarayonlariga (dasturlariga) tegishli bo‘lgan bir qancha chiqish joylari (oynalar) aks etadigan operator interfeysi. Oyna turkumi|Microsoft Windows operatsion tizimi va uning API tizimidagi fundamental tuzilmalardan biri. Tuzilma nishonchalar, menyu, fon rangi va bir qancha parametrlarni ko‘rsatish yo‘li bilan oyna yaratish imkonini yaratadi. U o‘zida foydalanuvchining harakatiga ko‘ra amalga oshirish kerak bo‘lgan oynaning harakatlarini ifodalovchi funksiyaga ko‘rsatgichni ham saqlaydi. Bundan tashqari, u operatsion tizimga klassning o‘zi uchun va har bir oyna uchun qancha xotira kerakligi to‘g‘risida ham xabar beradi. window classlarning ikkita versiyasi bo‘lgan. Ikkinchi versiyasiga qo‘shilgan yagona texnik bo‘lmagan qo‘shimcha, bu ‒ oyna uchun qo‘shimcha kichik nishoncha. Birinchi versiyasi Windows 3.x da ishlatilgan bo‘lsa, ikkinchisi Windows 95 va Windows NT 3.1 lardan boshlab qo‘llaniladi. Oyna uslubi|Oyna klassi bilan tasniflanmaydigan oyna ko‘rini-shini belgilaydigan konstanta. Oyna o‘lchovi|Mos ravishda oynaning bo‘yi va enini piksellarda aniqlovchi ikkita – x, y son. Oynalar dispetcheri|Windows funksiyasi oynalarni ekranda tartiblashga, oynalarni barcha oynali ilovalarga xos ravishda joylashtirishga, o‘zgartishga mas’ul. Oynali server|Aloqa kanallarining o‘tkazish qobiliyati yoki server samaradorligi yetarli bo‘lmasligi tufayli, barcha foydalanuvchilar foydalana olmaydigan, tarmoqda ommaviy bo‘lgan serverlarni takrorlaydigan xizmatlar va axborotni taqdim etadigan server. Turli yerlarda o‘rnashgan «oynalar» bu muammoni hal qiladi. Boshlang‘ich server ma’lumotlaridagi barcha o‘zgartirishlar oyna serverlarga tarqatiladi. Oynani aniqlovchi|Foydalanilayotgan oynaga kirish uchun ruxsat oladigan noyob oyna identifikatori. Oynani boshqarish funksiyasi|Oynalarni masshtablash, joyini o‘zgartirish, o‘lchamini o‘zgartirish va ularning o‘zaro joylashuvini boshqaradigan funksiya. «Og‘ir vaznli» jarayon|Shaxsiy manzil fazosida ishlaydigan, yengillashtirilgan jarayonga qarama-qarshi bo‘lgan klassik jarayonning nomi. Og‘ish bo‘yicha o‘ta yuklanish|Kvantlagichning, kirishga beriladigan sanoqlar ketma-ketligidagi qiymatlar o‘rtasidagi katta farqqa mos ravishda, ta’sir ko‘rsata olmasligi hollarida sodir bo‘ladigan buzilishlar. Ogʻish burchagi|1. Nurning antenna yo‘nalganlik diagrammasining o‘qidan og‘ish burchagi.2. Qutblanish ellipsi o‘qi va asosiy qutblanish o‘rtasidagi burchak. Og‘zaki xabarni uzatish xizmati|Foydalanuvchining (abonent bo‘lishi yoki bo‘lmasligidan qat’i nazar) so‘rovi bo‘yicha telefonchi, bitta yoki bir nechta telefon raqamlarini belgilangan vaqtda chaqirib yoki oldindan aniqlangan shaxsning (abonent bo‘lishi yoki bo‘lmasligidan qat’i nazar) chaqiruviga javob berib, qisqa xabarni uzatadigan xizmat. Oshib boruvchi diskretlash (interpolyatsiya)|Vaqt birligida sanoqlar sonini oshirgan holda qayta diskretlash. Ochiladigan ro‘yxat|Qiymatlar ro‘yxatidagi bitta yoki bir nechta qiymatni tanlab olish uchun mo‘ljallangan boshqaruv elementi. Ochilish portali|Davlatning ishonchli va yuridik jihatdan ahamiyatli axboroti joylashtiriladigan hamda undan cheklanmagan doiradagi shaxslar foydalana oladigan avtomatlashtirilgan tizim. Ochiq amaliy jarayonlar guruhi|Umumiy foydalanishdagi modellarni va amaliy dasturlarning standartlarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan tashkilot. OAG o‘nta eng yirik dasturiy taʼminot ishlab chiqaruvchilari tomonidan yaratilgan bo‘lib, o‘z eʼtiborini qo‘llanmalarni uyg‘unlashtirishga qaratgan. Yaratilayotgan standartlar foydalanuvchilarga amaliy dasturlarni ishlab chiqaruvchilarni tanlash imkoniyatini va moliyaviy vositalarni iqtisod qilishni taʼminlaydi. Ochiq arxitektura|Kompyuter yoki periferik qurilma arxitekturasi, bu arxitektera uchun boshqa ishlab chiqaruvchilarga shunday arxitekturali tizimlarga qo‘shimcha qurilmalar ishlab chiqish imkonini beradigan spetsifikatsiya nashr qilingan. Ochiq boshlang‘ich matnlar|Ishlab chiqiladigan tizimning boshlang‘ich kodi, uni takomillashtirish istagida bo‘lgan barcha xohlovchilarga erkin va bepul taqdim etilishida ifodalanadigan prinsip. Ochiq dasturiy muhit|Dasturlar uyg‘unligini taʼminlay oladigan dasturiy muhit. Ochiq dasturiy taʼminot|Dastlabki kodi ochiq bo‘lgan, yaʼni ko‘rish va o‘zgartirish imkoniyati mavjud dasturiy taʼminot. Bu yaratilgan dasturning yangi versiyalarini yaratish, xatolarni tuzatish hamda ochiq dasturni qo‘shimcha qayta ishlash imkonini beradi. «Ochiq» litsenziya ochiq dasturiy taʼminot tekinga taqdim qilinishini talab qilmaydi. Shunga qaramay, ko‘pchilik ochiq dasturiy taʼminotning muvaffaqiyatli loyihalari bepul. Ochiq dasturiy ta’minot fondi|DEC, IBM, Hewlett-Packard va bir qator ish stansiyalari va serverlarning unchalik taniqli bo‘lmagan yetkazib beruvchi kompaniyalardan tashkil topgan konsorsium. 1988-yili Unix tizimiga o‘xshash ochiq kodli operatsion tizimni ishlab chiqarish uchun tuzilgan. 1996-yili X/Open konsorsiumi bilan birlashgan. Ochiq elektron raqamli imzo kaliti|Elektron raqamli imzoning tegishli yopiq kaliti bilan qat’iy bog‘langan axborot tizimining istalgan foydalanuvchisi foydalana oladigan va elektron hujjatning haqiqiyligini tasdiqlash uchun mo‘ljallangan simvollar ketma-ketligi. Ochiq e‘lon|O‘zgaruvchilarni, ulardan dasturda foydalanishgacha e‘lon qilish. Ochiq fayl|O‘qish yoki qayta yozish yoki ham o‘qish, ham qayta yozish mumkin bo‘lgan fayl. Ochiq hujjat|Maʼlumotlar abonent tizimlarini qayta ishlashga qulay va xalqaro standartlarda belgilangan ommabop shaklda yozilgan hujjat. Ochiq hujjat formati|Ofis dasturlari uchun erkin tarqatiladigan standart format. Ochiq kalit bilan shifrlash|Shifrmatnni shakllantirish uchun ochiq kalitdan va shifrmatnni dastlabki matnga almashtirish uchun yopiq kalitdan foydalaniladigan kriptografik usul. Ochiq kalit foydalanuvchisi|Elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash uchun elektron raqamli imzo ochiq kalitidan foydalanadigan yuridik yoki jismoniy shaxs. Ochiq kalit sertifikati|1. Foydalanuvchining ochiq kaliti, uni bergan sertifikatlash organining shaxsiy kaliti bilan birga, shuningdek, shifrlash tufayli qalbakilashtirib bo‘lmaydigan ba’zi bir boshqa axborot.2. Qalbakilashtirib bo‘lmaydigan formatda vakolatli organ tomonidan tekshirilgan va imzolangan, o‘zida egalarining ochiq kalitini (boshqa ixtiyoriy axborotni) ifodalaydigan qiymatlar. Ochiq kalitlar infratuzilmasi|Ochiq kalitli kriptoo‘zgartirishlar texnologiyalaridan foydalanishni ta’minlaydigan texnik va tashkiliy infratuzilma.Izoh – Ochiq kalitlar infratuzilmasi raqamli sertifikatlarni tarqatish texnologiyalarini qo‘llashi kerak: sertifikatlarni berish va bekor qilish, sertifikatlar haqiqiyligini tekshirish uchun zarur bo‘lgan axborotni saqlash. Ochiq kalitli kriptografiya|1. Shifrlash va deshifrlash uchun ochiq kalit kabi, unga mos keladigan shaxsiy kalitdan foydalaniladigan kriptografiya.Izoh – Agar ochiq kalit shifrlash uchun foydalanilsa, unga mos keladigan shaxsiy kalitdan deshifrlash uchun foydalaniladi, va aksincha.2. Biri ochiq, ikkinchisi yopiq bo‘lgan juft kalitlardan foydalaniladigan shifrlash usuli. Ochiq kalitli kriptotizim|Ikkita – maxfiy va ochiq kalitdan foydalaniladigan kriptografik tizim. Shuni hisobga olish kerakki, kalitlarning birortasi ham, maqbul vaqt ichida boshqasidan hisoblab chiqarilishi mumkin emas. Maxfiy kalit sir saqlanishi kerak, ochiq kalit o‘zaro hamkorlik qilinadigan barcha abonentlarga yuborilishi mumkin. Bunday kriptotizimlar, shuningdek, ikki kalitli va asimmetrik kriptotizimlar deb ham nomlanadi. Bunday tizimlar kalitlarni boshqarishda va elektron raqamli imzoni yaratishda qo‘llaniladi. Ochiq kalitni ro‘yxatga olish|Ochiq kalitning qiymati qalbakilashtirilishini bartaraf qilish maqsadida, so‘rovni amalga oshiruvchi shaxsga ishonchli axborotni ta’minlovchi, ochiq kalitlarni qayd etish jarayoni. Ochiq kod|Keng doiradagi mustaqil ishlab chiquvchilar foydalanishi mumkin bo‘lgan bepul dastlabki kod yoki dastur. Oshkora kalitli loyihalarning asosiy g‘oyasi shundaki, mustaqil dasturchilarning keng guruhi sifatli firma dasturiy taʼminotiga (yopiq kodga) xos bo‘lgan, «qo‘ng‘iz» va «teshiklar»dan holi bo‘lgan, dasturiy mahsulotni tayyorlashlari mumkin. Bunga erishish uchun, dastlabki kod undagi xatolarni topish maqsadida loyihaning ko‘pchilik ishtirokchilari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari har bir ishtirokchi, o‘zining shaxsiy talablariga monand turlashni kiritishi uchun, tarqatiladigan ochiq dasturiy taʼminotdan foydalanishi mumkin. Mashhur ochiq dasturlardan biri bo‘lib, Apache veb- serveri, Linux operatsion tizimi va Mozilla Firefox brauzeri hisoblanadi. Ochiq mahsulot|Umumfoydalanuvchilar tomonidan tan olingan interfeysli amaliy dasturiy taʼminot. OSI sohasida standartlarning yaratilishi, UNIX operatsion tizimi, amaliy tiziming va amaliy jarayonlar va amaliy pog‘ona orasidagi ochiq interfeyslarning keng ishlatilishi, turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan abonent tizimlarda ishlatiladigan ochiq mahsulotlarni yaratish imkoniyatlarini berdi. Natijada, dasturiy mahsulotlarning katta bozori vujudga keldi. Bu yerda dasturlar muayyan turlarga emas, balki, bu mahsulotlarni ishlatishga ochiq bo‘lgan barcha kompyuterlar uchun taklif qilinadi. Ochiq matn|Passiv raqibdan himoyalanmagan aloqa kanali bo‘ylab jo‘natiladigan va kriptotizim yordamida himoyalanadigan konfidensial axborotni o‘z ichiga olgan xabar. Ochiq matn shifrlash kaliti bilan birga shifrlash algoritmi uchun dastlabki ma’lumotlarni tashkil qiladi. Ochiq ma’lumotlar|Muayyan ma’lumotlar mashinada o‘qish uchun erkin ravishda mumkin blishi va mualliflik huquqi, patentlar cheklanmasdan hamda nazorat qilishning boshqa mexanizmlarisiz keyinchalik qayta e’lon qilinishi kerak degan g‘oya aks ettirilgan konsepsiya. Ochiq ma’lumotlar portali|O‘zbekiston Respublikasining Internet tarmog‘idagi Hukumat portali doirasida ishlaydigan, davlat va xo‘jalik boshqaruv organlarining, joylardagi davlat hokimiyat organlarining ochiq ma’lumotlarini joylashtirish uchun mo‘ljallangan, ochiq ma’lumotlardan foydalanishda va ularni e’lon qilishda foydalanuvchilar va ochiq ma’lumotlarni yetkazib beruvchilar, portal operatori o‘rtasida hamkorlikni ta’minlaydigan apparat va dasturiy vositalar majmuidan iborat axborot resursi. Ochiq muhit|Maʼlumot va resurslarni tasodifiy yoki qasddan qilingan taʼsirlardan muhofazalash uchun sodda operatsion tartibotlar yordamida erishiladigan muhit. Ochiq savdo|CommerceNet tomonidan taklif qilingan bo‘lib, obyektli so‘rovlar brokerining umumiy arxitekturasiga (CORBA) tayanadi va format, interfeys va protokollar uchun standartlar taklif qiladi. Ochiq standartlar|Mustaqil ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan ochiq tartibda ishlab chiqiladigan va barcha manfaatdor shaxslar foydalanishiga to‘sqinlik bo‘lmaydigan shartlarda e’lon qilinadigan texnik spetsifikatsiyalar. Ochiq tarmoq arxitekturasi|Foydalanuvchilarning keng doirasi erkin foydalana (kira) oladigan tarmoq arxitekturasi. Ochiq tizim|Ishlab chiquvchilar tomonidan ishlab chiqilgan tizimning barcha zarur standartlaridan umumfoydalanib bo‘ladigan tizim. Bu, boshqa bir ishlab chiquvchiga o‘xshash tizimni yaratish, uning xarakteristikalarini yaxshilash, o‘z qurilmalari yoki dasturiy vositalarini qo‘shish, ularnnig birgalikda ishlashini tashkil qilish imkonini beradi. Ochiq tizimlarga misollar: IBM firmasining shaxsiy kompyuterlari, dBASE turidagi ma’lumotlar bazalari, Internet. Ochiq tizim muhiti|Har xil operatsion tizimlar asosida sintezlanuvchi va har xil dasturchi-ishlab chiqaruvchilar tomonidan taklif etiladigan bir xil amaliy dasturlarning operatsion tizimlarda ishlashini ta’minlaydigan operatsion muhit. Ochiq tizimlar|Tayyorlovchilarga bog‘liq bo‘lmagan, qator standartlar talablarini qanoatlantiradigan ti-zimlar. Ochiq tizimlar o‘zaro bog‘liqlik modeli|Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) tomonidan taklif qilingan ochiq tizimlarning yetti pog‘onali o‘zaro bog‘lanish (birgalikda ishlash) modeli (OSI).Izoh – Natijada tarmoqdagi o‘zaro bog‘lanish kichik va osonroq vazifalarga bo‘linadi, turli ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari o‘rtasida moslashuvchanlik taʼminlanadi, alohida pog‘onalarni yaratish va mavjud amalga oshirilganlardan foydalanish hisobiga, ilovalarni ishlab chiqish soddalashadi. Ochiq tizimlarning o‘zaro bog‘liqligi|Ochiq tizimlarning birgalikda ishlashini ta’minlash uchun Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) tomonidan tasdiqlangan ma’lumotlar uzatish protokollarining yetti sathli modeli. Pastdan yuqoriga qarab boradigan sathlar: fizik sath, kanal sathi, tarmoq sathi, transport sathi, seans sathi, ma’lumotlar taqdim etish sathi hamda amaliy sath. Ochiq tizimlarning o‘zaro ishlashi|1. Protokollarning yetti sathli etalon modeli bazasida ISO tomonidan ishlab chiqilgan standartlar turkumi xarakteristikalari va xossalarini belgilovchi konseptual asos.Izoh − «Ochiq» atamasi standartlashtirilgan protokollar va spetsifikatsiyalar to‘plami, turli ishlab chiqaruvchilarning uskunalari birgalikda ishlay olishini kafolatlashini bildiradi.2. Turli rusumdagi kompyuterlar va tarmoqlarni protokollar to‘plami orqali xalqaro (standartlashtirilgan) aloqasini ta’minlash imkoniyati. Ochiq usul|Obyekt tashqarisidan cheklanmagan tarzda amalga oshiriladigan usul. Ochiq xavfsiz muhit|Ma’lumotlar va resurslarni tasodifiy yoki qasddan qilinadigan harakatlardan muhofaza qilishga normal operatsion protseduralar vositasida erishiladigan muhit. Ochiq shifrlash|1. Axborotni maxfiylashtirish usuli bo‘lib, shifrlangan oqim tarmoq orqali ochiq rejimda, ya’ni trafikni oraliq telekommunikatsiyalar uzellarida qayta shifrlamasdan, uzatiladi.2. Ma’lumotlarni tizim doirasida yoki tegishlicha deshifrlash bilan manba tomonda shifrlash. Faqat tizim doirasida yoki mo‘ljallangan tomonda amalga oshiriladi. Ochiqlik darajasi|Xavfsizlikning maksimal darajasi, subyektga undan foydalana olish uchun Bella-Lapadula modeli qoidalariga ko‘ra ruxsat berilgan. Subyektning joriy darajasi (u shu vaqtda operatsiyalar bajarayotgan daraja) minimaldan ochiqlik darajasigacha o‘zgartirilishi mumkin. Ochish|Faylning dastur tomonidan ochilish jarayoni. Ochilganidan so‘ng, faylni ko‘rib chiqish, agar huquqlar yetarli bo‘lsa tahrir qilish mumkin bo‘ladi. Ochish|Ma’lumotlarni saqlash va uzatish uchun qulay bo‘lgan shakldan qayta ishlash uchun qulay shaklga o‘zgartirish jarayoni. Joylashtirish jarayoniga teskari jarayon. Ochuvchi bayroq|Bitlarning qayd qilingan ketma-ketligi. Kadr ajralishi boshlanishining belgisi bo‘lib xizmat qiladi.P Paket|1. Xavfsizlikning funksional talablari yoki ishonch talablarining nomma-nom ko‘rsatilgan guruhlari.Izoh – Ishonch paketlariga misol bo‘lib, ishonchni baholovchi darajalari hisoblanadi.2. Ko‘p marta foydalanishga mo‘ljallangan funksional komponentlar yoki ishonch komponentlarining majmui. Paket identifikatori|MPEG-2 transport paketi sarlavhasidagi ma’lumotlar paketida muayyan elementar oqim mavjudligini ko‘rsatadigan, 13 bitli ko‘rsatgich. Paket protokoli|Xabarni bo‘lish, qayta jo‘natish va yig‘ish qoidalari. Paket sarlavhasi|Paketning, paket tuzilmasi to‘g‘risidagi axborotni ichiga oladigan birinchi elementi. Paketlar filtrlanadigan tarmoqlararo ekran|1. Mualliflashtirilgan mijoz bilan tashqi xost o‘rtasida kiruvchi va chiquvchi paketlarni filtrlash orqali bevosita o‘zaro ta’sirni istisno qiladigan tarmoqlararo ekran.Izoh Filtrlash paket sarlavhasidagi axborot asosida (jo‘natuvchi va oluvchi manzillari, port raqamlari va sh.k.) amalga oshiriladi.2. Marshrutizatorlar yoki serverda ishlaydigan, kiruvchi va chiquvchi paketlar filtrlanadigan qilib konfiguratsiyalangan dasturlar. Paketlar kommutatori|Abonent stansiyalaridan yoki tarmoqning qo‘shni uzellaridan paketlar qabul qiladigan va ularni manzil qismi asosida o‘zining portlari bo‘ylab taqsimlaydigan qurilma. Maʼlumotlarni bir kommutatordan boshqasiga izchil uzatish, paket mo‘ljallangan oxirgi punktga yetib borgunga qadar amalga oshiriladi. Ushbu turdagi kommutatorning kanallar kommutatsiyalanadigan tarmoqdagi o‘xshash qurilmadan asosiy farqi, bufer xotira mavjudligidadir. Bufer xotira kommutatorning chiqish porti boshqa paketni qayta ishlash bilan band bo‘lganda, axborotni yo‘qotmagan holda paketlarni saqlash imkonini beradi. Paketlar kommutatsiyasi|Ma’lumotlar uzatish texnologiyasi bo‘lib, unga ko‘ra, uzatiladigan axborot oqimi tarmoqda mustaqil bloklar sifatida qayta ishlanadigan va kommutatsiyalanadigan, qat’iy yoki o‘zgaruvchan uzunlikdagi paketlarga ajratiladi. Ulanish faqat paketni uzatish vaqtiga o‘rnatiladi, u tugagach, ulanish darhol uziladi. Paketlar kommutatsiyasiga ega tarmoq|Paketlar kommutatsiyasi texnologiyasidan foydalanuvchi kommunikatsiya tarmog‘i. Paketlar kommutatsiyasining tarmoq interfeysi|Paketlar kommutatsiyasi tarmog‘i abonentlari intefeyslarini belgilaydigan X.25, X.75 va boshqa standartlar. Paketlarni erta tashlash|Tarmoqda ortiqcha yuklanish paydo bo‘lishidan oldin, ustivor bo‘lmagan xabarlarga daxldor paketlarni tashlab yuborishga imkon beradigan va bu bilan yuqori ustivorlikdagi trafik uchun qayta uzatishlar sonini kamaytiradigan mexanizm. Paketlarni kommutatsiya qilish bilan uzatish rejimi|Uzatish va kommutatsiya qilish funksiyalari paketli usul bilan amalga oshiriladigan axborotni ko‘chirish rejimi, bunda uzatish va kommutatsiya qilishning tarmoq resurslari bir nechta bog‘lanishlar o‘rtasida dinamik ravishda taqsimlanadi. Paketlarni kommutatsiyalash tarmoqlarining tarmoqlararo interfeysi|Paketlarni kommutatsiyalash tarmoqlari o‘rtasidagi interfeys. Tarmoqlararo interfeys X.75 tavsiyasi tomonidan belgilangan. Paketlarni kommutatsiyalash usuli|Axborot simli va simsiz tarmoqlar orqali «ma’lumotlar paketi» deb nomlanadigan bo‘laklar bilan uzatiladigan kommutatsiyalash usuli. 2,5G yoki 3G tarmoqlarda telefon so‘zlashuv paketlarga bo‘linadi va audio oqimga qayta yig‘iladigan tarmoq orqali jo‘natiladi.Izoh − Paketli kommutatsiya tarmoqlarida kommunikatsiya kanali ma’lumotlar haqiqatda uzatiladigan vaqtga band qilinadi, bu kanallarning sig‘imidan yanada samarali foydalanish imkonini beradi. Paketlarni qayta ishlash|Paketlarni yig‘ish, marshrutlash, saralash va ishlab chiqish, shuningdek, xizmat ko‘rsatish sifatini ta’minlash. Paketlarni yig‘uvchi/ajratuvchi|1. Paketlar kommutatsiyasi operetsiyalarini bajaruvchi tarmoqdan foydalana olishni ta’minlaydigan, lekin paketlar kommutatsiyasining rejimida ishlash uchun mo‘ljallanmagan funksional blok.2. Terminallarni paketlar kommutatsiyasi tarmog‘iga ulash imkonini beradigan protokollar o‘zgartirgichi. Qabul qilish oxirida paketlar ajratiladi va terminalga uzatiladi. PAD asinxron ma’lumotlar paketlarini to‘playdi va ularni paketlar kommutatsiyasi tarmog‘iga uzatadi. PAD, shuningdek, paketlarni ajratish va ularni paketlar bilan ishlamaydigan qurilmalar yoki dasturlarga uzatishga teskari bo‘lgan tadbirni ham bajaradi. Paketlarning o‘zgarishi|Tarmoq ulanishi usuli, bunda o‘zgaruvchan uzunlikdagi xabar qayd qilingan uzunlikdagi paketlarga bo‘linadi va adresatga jo‘natiladi. Paketlarning tez kommutatsiyasi|Bir nechta yo‘nalishlar: uzatish tezligini oshirishga ko‘maklashadigan turli ko‘rinishdagi axborotlar (ma’lumotlar, nutq va video) uchun paketlarning yagona o‘lchami qo‘llanilishi; qayd etilgan uzunlikdagi – 53 byte paketlardan foydalanish, sekundiga 100 mingdan 1 milliongacha bo‘lgan paketlarni uzatish tezligiga erishish imkonini beradigan apparatli amalga oshirish bo‘yicha paketlarning an’anaviy kommutatsiyasidan farq qiladigan raqamli texnologiya.Izoh – Paketlarni tez kommutatsiyalash kanallar kommutatsiyasiga asoslangan ilovalar (ayniqsa nutqni uzatish) da va vaqt bo‘yicha multipleksorlash usullaridan foydalanganda qo‘llanilishi mumkin. Paketlash (inkapsulyatsiya)|Maʼlumotlarni o‘zgartirish jarayoni bo‘lib, ularni tarmoq orqali ochiq rejimda uzatish imkonini beradi. Inkapsullangan paket sarlavha va qo‘shimcha axborot qo‘shish orqali shakllantiriladi. Ko‘p sathli iyerarxiyaga ega tarmoqlarda inkapsullangan paket turli sathdagi bir nechta sarlavhadan iborat bo‘lishi mumkin: dastlab fizik sath sarlavhasi ko‘rsatiladi, keyin tarmoq sathining sarlavhasi, undan so‘ng transport sathi sarlavhasi keladi. Bularning ketidan amaliy protokollarning maʼlumotlari joylashishi mumkin. Trafikni inkapsullashga qilinadigan o‘tkazish qobiliyati resurslarining sarfi 2-3 foizdan oshmaydi. Paketli fayl|Har bir satrini operatsion tizim o‘zining komandalari sifatida talqin qiladigan matnli fayl. Paketli qayta ishlashni tashkil qilish uchun foydalaniladi. Bajariladigan fayl turlaridan biri. Fayl nomida kengaytirish tizimi orqali aniqlanadi. Paketli komanda fayli|Qanday yozilgan bo‘lsa, xuddi shunday tartibda avtomatik chaqiriladigan diskli operatsion tizim dasturlari va komandalari ro‘yxatini ichiga oladigan fayl yoki ularni bajarish tartibi shartli operatorlar tomonidan belgilanishi mumkin. Paketli kommutatsiya|1. Paketlarning bir uzeldan ikkinchisiga ketma-ket uzatilishini ta’minlaydigan, ma’lumotlar uzatish usuli. Paketli kommutatsiya axborot almashinishning butun seansi mobaynida paketlar manbai va oluvchisi o‘rtasida kanal band etilishini ko‘zda tutmaydi.2. Tayanch tarmoqda axborot uzatish texnologiyasi. Turli marshrutlar bo‘ylab tarmoq orqali tayinlangan joyga o‘tadigan axborot massivining ma’lumotlar paketlariga ajratilishini ko‘zda tutadi, bu radiodiapazondan ma’lumotlarni haqiqatda uzatish vaqtida foydalanilganligi sababli, mobil foydalana olishda qulaydir. Kanallar kommutatsiyasining muqobili. GPRS mobil aloqa raqamli tarmoqlari uchun ishlab chiqilgan paketli texnologiyadir. Paketlar kommutatsiyasi tarmoqdagi ikki alohida mijozning birgalikda ishlashini sekinlashtiradi, lekin umuman olganda, tarmoqda uzatiladigan ma’lumotlar hajmini sezilarli oshirish imkonini beradi. Paketli kommutatsiya umumiy radiotizimi|Axborotni standart tovush kanaliga 9,6 Kbit/s (GSM) nisbatan ahamiyatli ravishda juda yuqori tezliklarda, mobil telefon yordamida olish va uzatish imkonini beradigan ma’lumotlarni paketli uzatish texnologiyasi. Paketli qayta ishlash|Operatsion tizim yordamida ma’lum bir izchillikda bir nechta dasturning bajarilishini tashkil qilish. Paketli qayta ishlash paketli fayllar yordamida tashkil qilinadi. Paketli qayta ishlash tizimlari|Tezkor natijalarni talab qilmaydigan, asosan hisoblash xususiyatidagi vazifalarni hal qilish uchun mo‘ljallangan tizimlar. Paketli rejim|Ma’lumotlarni uzatish usuli, bunda axborot alohida simvollar ko‘rinishida emas, balki paketlarga to‘plangan holda, yuqori tezlikli kommunikatsiya vositalari yordamida uzatiladi. Paketli rejim har bir kanalga alohida xizmat ko‘rsatish uchun multipleksorlardan foydalaniladigan tizimlarda keng qo‘llaniladi. Ko‘pgina lokal hisoblash tizimlari shunday rejimda ishlaydi. Paketli topshiriq|Paketli rejimida bajariladigan topshiriq. Paketli uzatish rejimi|Uzatish va kommutatsiya qilish funksiyalari ko‘p sonli bog‘lanishlar o‘rtasida resurslarni uzatish va kommutatsiya qilish muhitini dinamik ajratish uchun paketlar darajasida amalga oshiriladigan rejim. Paketning mavjudlik vaqti|TTL maydonidagi paket sarlavhasida ko‘rsatilgan qiymat.Izohlar1. Bu qiymat IP-paket sarlavhasi qayta ishlanadigan har bir uzelda kamayadi.2. Marshrutizator bilan tarmoqdagi IP-paketning mavjudlik vaqtini tekshirish va to‘g‘rilash bajariladi, zarur bo‘lganda, paket sarlavhasining nazorat summasini standart bilan belgilangan saqlash sharti bilan paketning mavjudlik vaqti oshadi. panel|Oynaning, menyu yoki tugmalar to‘plami joylashgan, to‘g‘riburchakli ajratilgan sohasi. Papka|Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash nuqtai nazaridan qaraganda, kompyuter resurslari va fayllar uchun konteyner hisoblanadigan obyekt. Parabolik antenna|Ko‘zguli antenna, unda elektromagnit energiyani fokuslash uchun kerakli yo‘nalishda qaytargich sifatida metall yoki metall bilan qoplangan parabolik shakldagi sirtdan foydalaniladi, masalan, aylantirish paraboloidi yoki parabolik silindr. Parabolik profilli sindirish ko‘rsatgichiga ega tola|Tarqalish o‘qiga perpendikulyar kesim bo‘ylab parabolik qonuniyat bo‘yicha o‘zgaradigan va uning o‘qida maksimal qiymatga ega bo‘ladigan, gradiyent sindirish ko‘rsatgichli optik tola. Parabolik qaytargich|Aylanish paraboloidi shakliga ega (yaʼni, parabolaning o‘z o‘qi atrofida aylanishidan hosil bo‘lgan) (yaxlit yoki qaytarilayotgan to‘lqin uzunligiga nisbatan kichik o‘lchamga ega teshikli) metall sirt.Izoh − Parabolik qaytargich millimetrli, santimetrli va detsimetrli, baʼzida esa metrli to‘lqinlar antennalarida qo‘llaniladi. Detsimetrli va santimetrli to‘lqinlarda parabolik qaytargich yordamida yetarlicha tor yo‘nalganlik diagrammalarini olish mumkin bo‘ladi. Paralel qayta ishlash|Kompyuterda bir nechta jarayonning bir vaqtda bajarilishi. Umumiy holda, bu jarayonning bajarilishi uchun ko‘p protsessorli tizimlar zarur. Parallel qayta ishlash vazifalarning bajarilishini tezlashtiradi. Parallel dasturlash|Birgalikda ishlaydigan parallel jarayonlardan foydalanib dasturlash. Parallel hisoblashlar uchun dasturiy ta’minot|Dasturlarni avtomatik dinamik parallellash dasturiy vositalari. Murakkab parallel dasturlarni ishlab chiqish hamda ulardan turli uskunalarda foydalanish jarayonini osonlashtiradi. Parallel jarayonlar|Har birini izchil dastur tavsiflaydigan va boshqalari bilan birgalikda ishlaydigan ikki yoki bir necha jarayon. Parallel kompyuter|Operatsiyalar ko‘plab arifmetik va mantiqiy bloklar (protsessorlar)da parallel bajariladigan ko‘p protsessorli hisoblash tizimi. Parallel kompyuter tizimlari|Bir nechta bevosita o‘zaro hamkorlikda ishlaydigan protsessorlarning multiprotsessorli tizimlari. Parallel port|Ma’lumotlarning baytlar bilan (barcha bitlar bir vaqtda) kiritilishi/chiqarilishini amalga oshiradigan port. Parallel port ma’lumotlarni ketma-ket portga nisbatan tezroq uzatadi, odatda unga printer ulanadi. Parallel siljitgich|Protsessorning, bir takt ichida kirish so‘zini istalgan tomonga berilgan bitlar soniga surish imkonini beradigan, ichki registrli sxemasi. Parallel (solishtirma) testlash|Ayni bir kirish maʼlumotlarini modul yoki tizimning ikki yoki undan koʻp nusxasiga uzatish koʻzda tutiladigan, dasturiy mahsulotlarni testlash metodologiyasi, olinadigan chiqish maʼlumotlarini (natijalarini) taqqoslash va mos tushmasliklarini tahlil qilish, agar shunday holat aniqlansa. Parallel summator|Bir necha razryadning bir vaqtda qo‘shilishini amalga oshiradigan mantiqiy qurilma. Parallel uzatish|Simvol, manzil yoki ma’lumotlarni bir nechta alohida liniya orqali uzatish. Parallel shina|Bir vaqtning o‘zida n-razryadli axborot signallari, boshqaruvchi signallar va manzillar uzatilishi mumkin bo‘lgan bog‘lovchi liniya. Parallelizm|Platforma (masalan, operatsion tizim, JVM va sh.k.) yoki dasturning xossasi. Operatsion tizim jarayoni bir necha parallel (yoki vaqt bo‘yicha tartibsiz) bajariladigan oqimdan iborat bo‘lishi mumkinligini bildiradi. Bir xil vazifalarni bajarganda kompyuter resurslarini samaraliroq ishlatishga erishish mumkin. Parametr|Qiymati kichik dasturga (protseduraga, funksiyaga) tashqi muhitdan beriladigan o‘zgaruvchan kattalik. Rasmiy va haqiqiy parametrlar ajratiladi. O‘z nomi bilan keltirilgan o‘zgaruvchilar rasmiy parametrlar deb ataladi. Umuman olganda, ular ustida kichik dasturlarni yozishda zarur bo‘lgan barcha harakatlar amalga oshiriladi. Kichik dasturlardan rasmiy parametrlar o‘rniga foydalanishda taqdim etilgan o‘zgaruvchilar yoki ularning qiymatlari haqiqiy parametrlar deb ataladi. Parametrlar assotsiatsiyasi|Rasmiy va haqiqiy parametrlar o‘rtasida muvofiqlikni o‘rnatish mexanizmi. Parametrlarni berish|Ma’lumotlar tuzilmasi, registrlar, taqsimlanishi va chaqiruvchi dastur tomonidan chaqiriluvchi dasturga obyektlar va ustida amallar bajarilishi kerak bo‘lgan qiymatlarni ko‘rsatish uchun amalga oshiriladigan operatsiyalar bo‘yicha kelishuv. Dasturlashda chaqiriladigan funksiyaga, quyi dasturga yoki protseduraga parametrlar berishning bir nechta asosiy usuli mavjud. Ulardan asosiylari havola bo‘yicha berish va qiymat bo‘yicha berish. Beriladigan parametrlarning soni va ularning turlari funksiya yoki protsedura tavsifida qilingan e’lonlarga mos kelishi kerak. Aks holda, xato yuzaga keladi. Parametrlarning o‘zgarishiga qarab qayd qilish|Mobil stansiyalarni qayd qilish usuli. Uzatiladigan kodli ketma-ketlikni davriy ravishda tahlil qilishga asoslangan. Ma’lumotlar bazasida saqlanayotgan etalon bilan mos tushmaganda, takror qayd etish amalga oshiriladi. Parazit tok|Kabel bo‘ylab o‘tadigan, o‘ta qizish tufayli aloqa liniyasidagi uskunani shikastlaydigan, hosil qilingan tok. Uning darajasi himoya tizimi ishlab ketishi uchun yetarli emas. Parazit tokdan muhofazalash|Qurilmalardan parazit tokdan himoyalash uchun, zanjirni uzish yoki o‘tkazgichni yerga ulash orqali foydalanish. Parazit viruslar|Nusxalarini tarqatishda, fayllarni to‘liq yoki qisman ishlash qobiliyatini saqlagan holda, faylga o‘zining kodini qo‘shish orqali fayllarning ichidagini albatta o‘zgartiradigan viruslar.Izoh – Virus kodi virusni dasturga kiritish joyiga bog‘liq ravishda dastur oldidan, undan keyin yoki dastur bilan birga bajariladi. Parchalash|Xizmat ko‘rsatish zonasini, maʼlumotlar oqimini yoki signalni bir necha qismga bo‘lish. «Parking» rejimidagi chaqiruvni o’rnatish|«Parking» rejimidagi chaqiruvni o’rnatish uni shu abonent tomonidan (erkin foydalanish kodini terish) yoki guruhning boshqa raqamidan (boshqa abonent tomonidan) keyinchalik tutib qolish uchun bajarish imkonini beradigan xizmat. Parol|1. Autentifikatsiya qilish axboroti sifatida foydalaniladigan simvollar ketma-ketligi.2. Erkin foydalanish subyektining siri bo‘lib hisoblanadigan identifikator.3. Foydalanuvchining muhofaza qilingan ma’lumotlardan erkin foydalanishi uchun ega bo‘lishi kerak bo‘lgan belgilar satrini o‘zida aks ettiruvchi maxfiy autentifikatsiya qilish axboroti.4. Elektron hisoblash mashinasiga terminal klaviaturasidan yoki identifikatsion (kodli) karta yordamida kiritiladigan, harf, harf-raqam yoki raqam shaklidagi kodli so‘zni o‘zida ifodalovchi, erkin foydalanishni identifikatsiyalovchi vosita. Parol bilan muhofaza qilish|1. Tizimdan foydalana olishni boshqarish mexanizmi bo‘lib, tizim yoki tarmoq ichida dasturiy ta’minot yaxlitligi saqlanishini ta’minlaydi.2. Ma’lumotlarni muhofaza qilish usuli, bunda ma’lumotlardan foydalana olish uchun parol kiritish zarur. Parol bo‘yicha identifikatsiyalash|Nusxasi tizimda saqlanadigan parol bo‘yicha foydalanuvchini qatʼiy identifikatsiyalash imkonini beradigan protsedura. Foydalanuvchining tizim resurslaridan foydalanish yuzasidan huquqlari hamda vakolatlarini aniqlash maqsadida bajariladi. Parollarni egallab oluvchilar|Operatsion tizimga aldamchi ta’sirlar ko‘rsatish orqali parollarni o‘g‘irlovchi dasturlar. Parollarni keshlash|Lokal kompyuterda parollarni va foydalanuvchi to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlarni saqlash. Parollarni ochuvchi|Parollarning tanlanishini va aniqlanishini amalga oshiruvchi dastur. Parollashtirish|Kompyuter tizimi va uning fayllariga kira olishni cheklash usullaridan biri. Parolni ko‘rsatish|Identifikatsiyalashning tugallanishi va foydalanuvchining haqiqiyligini o‘rnatish. Parolni tez-tez o‘zgartirish bilan qilinadigan hujum|Ko‘p darajali muhofaza tizimiga qilinadigan aktiv hujum turi, bunda jinoyatkor begona identifikatsion ma’lumotlardan foydalanadi, birinchi chaqiruv qayerdan kelganligini aniqlash mumkin bo‘lmaydigan tarzda izlarni chigallashtirib, ularni muntazam o‘zgartiradi. Parolsiz|Pochta mijozi yoki Internetni ko‘ruvchi (brauzer)ni sozlashdagi biron-bir dasturiy mahsulotni o‘rnatish jarayonida xavfsizlikni kamaytirish maqsadida foydalaniladigan atama. Parsing|Yuqori daraja dasturlash tilida yozilgan jumlani, uni kompilyatsiyalash paytida tahlil qilish. Pasayib boradigan ishlanma|Loyihalar, tizimlar, dasturlar ishlab chiqish usuli, bunda ishlab chiqish yuqoridan pastga tomon amalga oshiriladi. Tuzilmaviy aktivlashning asosiy usullaridan biri. Pasayib boradigan dasturlash pasayib boradigan ishlanmaning xususiy holidir. Pasayib boruvchi kanal|Tayanch stansiyadan foydalanuvchi uskunasiga tomon yo‘nalgan uzatish kanali. Pasayib boruvchi trafik|Tarmoq markaziy uzelidan periferik uzellarga uzatiladigan trafik, masalan, Internet dan telefon modemiga, tayanch stansiyadan abonent stansiyasiga va h.k. Pasaytirmoq|Detallarni eskirog‘iga almashtirish yo‘li bilan kompyuter quvvatini pasaytirish. Kompyuterning kam energiya sarflashi yoki narxini pasaytirish uchun xizmat qiladi. Pasayuvchi oqim|1. Kabelli televideniye tarmog‘ida o‘zaro bog‘lanish interaktiv kanalining bevosita (bosh stansiya – abonent) trakti.2. Yo‘ldoshdan Yer stansiyasigacha bo‘lgan kanal. Passiv antenna panjarasi|Aktiv qurilmalarni o‘z ichiga olmaydigan antenna panjarasi. Passiv hujum|1. Kriptotizim yoki kriptografik protokolga hujum, bunda raqib va/yoki buzg‘unchi uzatiladigan shifrlangan xabarlarni kuzatadi va ulardan foydalanadi, ammo qonuniy foydalanuvchilarning xatti-harakatlariga ta’sir ko‘rsatmaydi.2. Uzatilayotgan ma’lumotlarni tutib olish yoki monitoring qilish xususiyatiga ega hujum. Bu holatda buzg‘unchining maqsadi uzatilayotgan axborotni olish hisoblanadi. Passiv konsentrator|Tarmoqdagi bir nechta stansiyadan keladigan simlarni, cignallarni qayta ishlamasdan yoki ularni regeneratsiya qilmasdan, birlashtiruvchi ulanish qurilmasi. Passiv rejim|Abonent stansiyasi boshqa stansiyalarning boshqaruvida ishlaydigan va mustaqil tarzda aloqaga chiqish huquqiga ega bo‘lmagan aloqa rejimi. Passiv tahdid|1. Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi holatini o‘zgartirmasdan, axborot mazmunini ruxsat etilmagan tarzda, ochishga bo‘lgan tahdid.Izoh – Amalga oshirilishi natijasida qo‘lga kiritilib, uzatilgan ma’lumotlardan ta’sirchan axborotni tiklash imkoni bo‘lgan tahdid passiv tahdidga misol bo‘lib hisoblanadi.2. Tizimning ishlash rejimini o‘zgartirmasdan axborotdan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olish imkoniyati. Past tezlikli qo‘shma boshqaruv kanali|Ikki tomonlama kanal, odatda, undan mobil aloqa tarmoqlaridagi quvvatni boshqarish uchun foydalaniladi. Tayanch stansiya tomonidan uzatgichning chiqish quvvati darajasini o‘zgartirish komandalari beriladi, mobil stansiyadan tayanch stansiyaga esa, qabul qilgichning kirish signali darajasini o‘lchash ma’lumotlari uzatiladi. Past chastotalar|30 kHz dan 300 kHz gacha bo‘lgan diapazondagi chastotalar sohasi. «Pastdan yuqoriga» dasturlash|Umumiy sxemani ishlab chiqish yakunlanmagan bir vaqtda, protseduralar, kichik dasturlarni ishlab chiqishdan boshlanadigan dasturlarni ishlab chiqish metodikasi. Bunday metodika, ko‘pincha ma’qul bo‘lmagan natijalarga, qayta ishlashlarga va ishlab chiqish vaqti oshib ketishiga olib keladi. Ikkinchi nomi – ko‘tarilib boradigan dasturlash. Pastga mexanil ogʻish|Antennaning, antenna tuzilmasini mustahkamlash fizik korrektirovka yoʻli orqali amalga oshiriladigan, pastga ogʻishi. Pastga og‘ish burchagi, antennaning pastga og‘ish burchagi|Asosiy yaproq va gorizontal tekislik yo‘nalishi o‘rtasidagi burchak. Pastki kolontitul|Har bir sahifaning ostiga qo‘yiladigan yoki avtomatik tarzda takrorlanadigan bitta yoki bir nechta satr. Tez-tez yangilanib turiladigan hujjatning bob, versiya nomini va tuzilish sanasini joylashtirish uchun foydalaniladi. Pauza|1. Oldingi aloqa seansi tugagan payt bilan keyingi aloqa seansi boshlangan payt orasidagi vaqt intervali.2. Ikkilik modulyatsiya usullarida signal bo‘lmaydigan, uning qiymati esa, mantiqiy nolga teng bo‘ladigan holat. Pauzada qayta ulash|Aloqa mavjud bo‘lmagan vaziyatda mobil stansiyani bir tayanch stansiyadan boshqasiga qayta ulash protsedurasi. Perfokartalarni uzatish|Perfokartani kirish kolodasidan o‘qish yoki perforatsiya blokiga ko‘chirish jarayoni. Periferik qurilma|Kompyuterga kiritish/chiqarish portlari orqali ulanadigan va keng ko‘lamdagi vazifalar hal qilinishini ta’minlaydigan qurilmalar. Periferik shina|Periferik qurilmalarni kompyuter bilan bog‘laydigan kiritish-chiqarish shinalarining umumiy nomi. Periferiya asbob-uskunalari|Alohida kompyuter bilan o‘zaro ishlashi va u tomonidan boshqarilishi mumkin bo‘lgan har qanday qurilma. Masalan, kiritish-chiqarish qurilmasi, tashqi xotira. Perigey|Yer yo‘ldoshi orbitasidagi, Yer markazidan minimal masofada joylashgan nuqta. Perigey Yer yo‘ldoshining periapsisi hisoblanadi. Periskopik antenna|Machta yoki minoraning asosi va u uning cho‘qqisiga tegishli ravishda joylashtiriladigan ikkita alohida: nurlantiruvchi va qayta nurlantiruvchi antennalardan tashkil topgan murakkab ko‘zguli antenna.Izoh − Radioreleli aloqa liniyalarida qo‘llaniladi. Peritelevideniye|Televizordan, boshqa apparatura bilan birgalikda, televizion dasturni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rishdan farq qiluvchi maqsadlarda foydalanishga imkon beradigan uskuna.Misollar − Videoo‘yinlar, videograflar, maishiy videomagnitofon yoki maishiy kompyuterdan foydalanish. Peritelevizion ajratgich|Ayrim turdagi televizorlarda, tashqi uskunani ulash, odatda, peritelevideniyeni qo‘llash uchun ko‘zda tutilgan ko‘p kontaktli ajratgich. Pero|Kiritish qurilmasi; ko‘rinishiga qarab, displey ekranida yoza oladigan avtoruchkani o‘zida ifodalaydi. Juda qulay kiritish vositasi, ayniqsa grafik ma’lumotlar uchun. Pero bilan qo‘lyozma matnni ham kiritish mumkin, agar simvollarni optik aniqlash dasturi bo‘lsa. Peroli kompyuter|Ma’lumotlarni kiritish pero (yoki qalam) yordamida amalga oshiriladigan kompyuter. Persepsion kodlash|Raqamli audio yoki videosignallarni kodlash uchun zarur bo‘lgan bitlar sonini, odam idrok etishi nuqtai nazaridan, ahamiyatli bo‘lmagan axborotni tushirib qoldirish hisobiga kamaytirish usuli. Perspektivaning buzilishi|Ko‘z va uzatuvchi TV kamera bilan turli ko‘rish burchaklari ostida qaraladigan cheklangan muhit. Petabayt|Bir million gigabaytga teng xotira hajmining o‘lchov birligi,. Petabayt hajmli bazalar asosan telekompaniyalarda videoarxivlar uchun yaratiladi. Petch-kord (qayta ulash shnuri)|1. Krossda telekommunikatsiya sxemalarini ulash uchun foydalaniladigan, bir yoki har ikkala uchida konnektorlari bo‘lgan kabel bo‘lagi.2. Petch-panelda ulanishlarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan, egiluvchan kabel birligi yoki konnektorli element. Petch-panel (qayta ulash paneli)|1. Biriktirilgan konnektorlardan iborat, boshqarishni osonlashtiruvchi kross-tizim.2. Petch-kordlardan foydalanish uchun loyihalashtirilgan kross. Ko‘chishlarda va o‘zgarishlar kiritishda boshqaruvni osonlashtiradi. Peyjer|Radiopeyjing – shaxsiy radiochaqiruv tizimi orqali uzatiladigan xabarlarni qabul qiladigan individual abonent qurilmasi. Peyjerli aloqa|Alifbo-raqamli bir tomonlama radioaloqa tizimi. Tizim uzelida o‘ta yuqori chastotalarda ishlaydigan radiouzatgich o‘rnatiladi. Tizim abonentlari har doim o‘zlari bilan xabarlarni qabul qiluvchi qurilma − peyjer olib yuradilar. Peyjer − bu, xabar aks etadigan displeyli qabul qilgichdir. Xabarni peyjerga uzatish uchun, peyjerli aloqa tizimi operatorining telefon raqamini va peyjer raqamini bilish zarur. Operator telefon orqali uzatiladigan xabarni olgach, uni kompyuterga kiritadi. Kompyuter peyjerga alifbo-raqamli radioxabar jo‘natadi. Peyjing|Radioaloqa (telekommunikatsiya) xizmati bo‘lib, abonentlarga bir yo‘nalishda akustik chaqiruv signallarini uzatish uchun mo‘ljallangan. qabul qiluvchi displeyida chaqiruvni aks ettirish uchun zarur maʼlumotlar ham uzatiladi. Pikouya|Uyali aloqa tizimidagi, ta’sir doirasi juda kichik (10−100 m) bo‘lgan, xizmat ko‘rsatish sohasi. Piko-uya aholi zichligi yuqori bo‘lgan yerlarda, masalan, yirik supermarketda, ofis va boshqalarda vujudga keltiriladi. Piksel, nuqta|Tasvirning minimal elementi. Tasvirlarning ajrata olish qobiliyatini o‘lchash uchun xizmat qiladi. Videotasvirda to‘g‘ri burchak, fotokadrlarda kvadrat shakliga ega. Piktogramma|Qandaydir harakatning, ogohlantirishning, obyektning (dastur, fayl) yoki tushunchaning grafik tasviri. Grafik interfeyslarda tezda tushunish va o‘zlashtirish uchun foydalaniladi, bunda eng umumiy, tushunarli obrazlar tanlanadi. Pilot-signal|1. Eltuvchi chastotada nurlanadigan va odatda sinxronlashtirish uchun foydalaniladigan modulyatsiyalanmagan signal. Radioto‘lqinlarning tarqalish sharoitlarini nazorat qilish uchun bitta yoki turli eltuvchi chastotada nurlanadigan bir nechta pilot-signal qo‘llaniladi.2. Spektri kengaytirilgan tizimlarda – umumiy chastotalar polosasida boshqa foydali signallar bilan birgalikda uzatiladigan kodli ketma-ketlik.Izoh − Pilot-signalning nurlanishi, shuningdek, berilgan tayanch stansiya xizmat ko‘rsatadigan zonada joylashgan barcha mobil stansiyalar qabul qila olishi uchun, keng eshittirish rejimida ham amalga oshiriladi. Pilot-signal yordamida kadrni sinxronlash va eltuvchining kogerent tiklanishi ta’minlanadi, shuningdek, bu xil signal stansiyani tezda izlab topish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha axborotni ham ichiga olishi mumkin. Pilot-signal kanali|Pilot-signal kodli ketma-ketligi uzatiladigan kanal.Izoh − IS-95 standartida «faqat nollar» turidagi ketma-ketlik. Pilot-kanal dastlabki sinxronlashni o‘rnatish, radiokanalning uzatish koeffitsiyenti va qabul qilinadigan signallar fazasini baholash, uyalarni izlashda tayanch stansiyalarni identifikatsiyalash hamda xendoverni ta’minlash uchun mo‘ljallangan. Ping|Inglizchadan tarjimasi «taqillatmoq» so‘zini bildiradi. Tarmoq kompyuteri o‘rtasida paketlarning o‘tish vaqtini o‘lchash ping buyrug‘i orqali amalga oshiriladi. Domen va istalgan tarmoq qurilmasining IP-manzili orasida muvofiqlikni o‘rnatish imkonini beradi. Pir|Tarmoqning, servislarni teng darajadagi tarmoqning boshqa qatnashchilariga taqdim etadigan va o‘zi ham ularning servislaridan foydalanadigan teng huquqli qatnashchisi (foydalanuvchi).Izohlar1. Ko‘pincha, fayl almashinadigan tarmoqlarda tarqatishda ishtirok etadigan mijoz pir deb ataladi.2. Pir mijoz-server arxitekturasida mijoz yoki serverning qarama-qarshisi hisoblanadi, chunki servislarni ifodalaydi va ulardan foydalanadi. Piring|Internet operatorlarining o‘z tarmoqlari orasida trafik almashish. Piring tarmoqlar orasida paketlarni uzatish marshrutlarini qisqartirish va trafik xarajatlarini kamaytirishga imkoniyat yaratadi. Trafik almashishning shahar yoki milliy nuqtalarini yaratish bitta shahar yoki mamlakat pro-vayderlari o‘rtasida maʼlumotlarni uzatganda shaharlararo va xalqaro aloqa kanallaridan foydalanmaslikka imkon beradi. «Pirpirak»|Solaris operatsion tizimidagi sinxronlanuvchi primitiv. Sinxronlash uchun zarur bo‘lganda, yoki adaptiv myuteksdan, yoki o‘quvchilar-yozuvchilarni blokirovkalovchidan foydalanishga imkon beradi. Piyoda abonent|Abonentlar toifasi. Yer usti uyali aloqa tarmoqlarining barcha abonentlari shartli ravishda uch toifaga ajratilgan: tez harakatli, kam harakatli va statsionar (turg‘un). Kam harakatli obyektlar toifasiga, harakat tezligi 3 km/h, ma’lumot uzatish tezligi esa 384 Kbit/s gacha bo‘lgan piyoda abonentlar kiradi. «Pishloq» turidagi antenna (segment-parabolik antenna)|Parabolik silindr (yarim silindr) ko‘rinishidagi ko‘zgu va o‘qqa nisbatan siljigan nurlagichdan iborat segment-parabolik antenna. Plagin|Asosiy dasturga dinamik tarzda ulanadigan, dasturning imkoniyatlarini kengaytirish va/yoki undan foydalanish uchun mo‘ljallangan mustaqil ishga tushuriluvchi dasturiy modul. Plaginlar odatda taqsimlangan bibliotekalar ko‘rinishida ishlaydi. Planar to‘lqin o‘tkazgich|Yassi va tekis taglikka kiritilgan yassi tuzilmalar asosidagi to‘lqin o‘tkazgich. Plank chizig‘i|Turli temperaturaga ega bo‘lgan Plank nur tarqatgichlari (mutlaq qora jism) ranglilik nuqtalarining geometrik o‘rni. Planshetli kompyuter|Ekran bilan bog‘langan qo‘lda kiritish planshet qurilmasi bilan jihozlangan noutbuklar turkumi. Planshet kompyuter stilus yoki barmoqlar yordamida, klaviatura va «sichqoncha»siz ishlashga imkon beradi. Foydalanuvchi matnni qo‘lyozmani aniqlash dasturi, ekrandagi (virtual) klaviatura, nutqni tanish dasturi yoki oddiy klaviatura orqali kiritishi mumkin. Planshetli skaner|Fotosuratlar, qog‘oz hujjatlar, slaydlarni skanlash uchun foydalaniladigan sahifa skanerlarining keng tarqalgan va arzon turlaridan biri. Plastik karta|Kartadan foydalanuvchi shaxsga tovarlar va xizmatlar uchun naqd pulsiz haq to‘lash, shuningdek, to‘lov tizimi ishtirokchilari bo‘lgan bank bo‘limlarida va bankomatlardan naqd pul mablag‘larini olish imkonini beruvchi shaxsiylashtirilgan to‘lov vositasi. Plastik optik tola|Plastikdan tayyorlangan optik tolali kabel. Shisha tolaga nisbatan kattaroq so‘nish va sochilish qobiliyatiga ega.«Plastik» rouminging. - «plastic» roamingru – «пластиковый» роумингAbonentning mahalliy operator bilan uning xizmat ko‘rsatish imkoniyati to‘g‘risida oldindan kelishib oladigan va undan xizmat ko‘rsatadigan operatorga taalluqli boshqa abonent raqamini, unga o‘zining uyali raqamiga kiruvchi barcha chaqiruvlarni qayta manzillash bilan oladigan «mexanik» rouming turi. Plata|IBM-PCli kompyuterlar arxitekturasining qo‘shimcha, alohida elementi. Platadagi kompyuter|Bitta platada amalga oshirilgan (bajarilgan) kompyuter. Platani identifikatsiya qilish tuzilmasi|Kompyuterga o‘z xarakteristikalarini – xotira va bufferlarning mavjudligini, uzatiladigan ma’lumotlarning formati va h.k.larni yetkazish imkonini beradigan tuzilma. Platforma|Oddiy kompyuterlarda yoki mobil telefonlarga o‘rnatilgan operatsion tizim turi. Zamonaviy smartfonlar uchun 4 ta asosiy turdagi platforma mavjud: Palm OS, Symbian, Linux va Pocket PC/Windows Mobile. Platformaning barqarorligi|Tizimni ta’mirlash yoki modernizatsiya qilish uchun qo‘shimcha komponentlarning mavjudligi, shuningdek, uchinchi tomon dasturiy ta’minot qismlarini qo‘llab-quvvatlash yoki ularni almashtirish imkoniyati uchun ijobiy prognoz. Platformaning ko‘lamdorligi|Platformaning komponentlarni modernizatsiyalash hisobiga samaradorlikni oshirishga tayyorligi. Plazmali antenna|Metall o‘tkazgichlarning o‘rniga radioto‘lqinlarni qabul qilish va uzatish uchun ionlangan gaz – yuqori elektr o‘tkazuvchanlikka ega plazma ishlatiladigan radioantennalar turi. Plazmali displey|Yuzasiga o‘rnatilgan parallel elektrodlar bilan ikki mustahkamlangan shisha platalari orasiga neon/ksenon gazlari aralashmasini zichlash yo‘li bilan ishlovchi yassi panelli displey turi. Platalar elektrodlar to‘g‘ri burchaklarni tashkil qilib piksellarni yaratishi mumkin bo‘lgan holda mustahkamlanadi. Ikkita elektrod orasida kuchlanish impulsi o‘tganda, gaz bo‘linib, ultrabinafsha nurlanishni chiqaruvchi kuchsiz ionlangan plazmani ishlab chiqaradi. Ultrabinafsha nurlanish rang fosforlarini aktivlashtiradi va har bir pikseldan ko‘zga ko‘rinadigan yorug‘lik chiqadi. Plenum|1. Bino ichidagi havo quvuri, u orqali kabel tortilishi yoki unda kabel o‘rnatilishi mumkin.2. Havo taqsimlash tizimining bir qismini tashkil etuvchi, bitta yoki undan ortiq havo o‘tkazuvchi kanal ulanadigan bo‘shliq yoki xona. Plezioxron raqamli iyerarxiya|Ma’lumotlarni yuqori tezlikda plezioxron (deyarli sinxron) uzatish konsepsiyasi. O‘tgan asrning 80-yillari boshida ishlab chiqilgan. Hozirgi vaqtda iyerarxik tezliklarning uch sathi keng tarqalgan. Ular tezligi 64 kbit/s bo‘lgan DSO raqamli kanal asosida qurilgan. Evropada boshlang‘ich tezlik sifatida 2,048 Mbit/s, AQSh da esa, 1,544 Mbit/s tanlangan. Plezioxron signallar|Nominal tezliklari bir xil, biroq taktli signal manbalari turlicha bo‘lgan sinxron signallar, shu sababli joriy tezlik qiymatlari, ruxsat etilgan chegarada farq qilishi mumkin. Plezioxron tarmoq|Tayanch generatorlar chastotalari bir-biridan amalda farq qilmaydigan tarmoq. Buning oqibatida belgilarning o‘tib ketishini keltirib chiqaradigan yo‘qotishlar juda kam bo‘ladi. Plombir puansoni|Pochta buyumlari, pochta, kuryerlik jo‘natmalari va shuningdek qimmatbaho buyumlar saqlanadigan omborxonalar va magistral pochta yo‘nalishlari bo‘yicha pochtani tashiydigan pochta avtomashinalarining plombalanadigan pochta aloqasi obyekti nomining izini plastmassa yoki qo‘rg‘oshin plombirlarga tushirish uchun mo‘ljallangan maxsus qurilma. Plotter|Grafik axborotni qog‘oz tashuvchiga yoki boshqa bir tashuvchiga chiqarish qurilmasi.Izoh − Peroli, qalamli, purkagichli, elektrostatik graftuzgichlar, tasvir to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqariladigan plotterlar, termoplotterlar va lazer graftuzgichlar ajratiladi. «Plyus» xizmati|Ob-havo ma’lumoti, valyuta kursi, abonentning hisob holati, oxirgi to‘lov to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shoshilinch xizmatlarning telefon raqamlari to‘g‘risida va boshqa ma’lumotlarni olish imkoniga ega xizmat. Podkasting|Inglizcha «iPod» va «broadcasting» so‘zlaridan kelib chiqqan. Vebda audio eshittirishlar yoki video ko‘rsatuvlar (pod-kastlar)ni yaratish va tarqatish jarayoni. Odatda podkastlar muayyan mavzu va chop etilish doimiyligiga ega bo‘ladi. Pod-kastlarni eshitish yoki ko‘rish uchun maxsus dasturiy mahsulotlar mavjud. Podyezd pochta yo‘nalishi|Pochta aloqasi obyekti (tuman yoki shahar pochta aloqasi bog‘lamasi, pochta aloqasi bo‘limi, pochta almashinuv punkti)ni pochta almashinuvi amalga oshiriladigan temir yo‘l stansiyasi, aeroport bilan bog‘lovchi pochta yo‘nalishi. Polibiy kvadrati|Grek tarixchisi Polibiy tomonidan tavsiflangan bir alifboli kriptotizim. O‘zida 5x5 kvadratni ifodalaydi. Ochiq matnning har bir simvoli ochiq matnning simvoli joylashgan ustun va satrni ko‘rsatuvchi juft simvollar bilan almashtiriladi. Polimorf viruslar|Zararlangan dasturlarda o‘z kodini, aynan bir virusning ikkita nusxasi birorta ham bitda mos tushmaydigan qilib o‘zgartiradigan viruslar. Polimorfizm|Kichik dasturlar (protseduralar, funksiyalar)ning, ma’lumotlarni ularning turiga bog‘liq holda turli algoritm bo‘yicha qayta ishlash xususiyati; obyektga yo‘naltirilgan dasturlashda keng foydalaniladi. Polosa|Chastotaning ikki qo‘shni qiymatlari o‘rtasidagi o‘zgarmas chastotalar diapazoni. Shuningdek, chastotalar polosasi deb ham ataladi.Izoh – Optik-tolali kabelni tavsiflashda bu atamadan faqat ko‘p modali tolalarning o‘tkazish qobiliyatini aniqlashda foydalaniladi. Bir modali tolalar uchun «dispersiya» atamasi ishlatiladi. Polosa filtri|Qirqimning yuqori va nolinchi bo‘lmagan quyi chastotasi bilan cheklangan muayyan chastotalar polosasini o‘tkazuvchi filtr. Berilgan polosadan tashqarida qolgan barcha chastotalar filtr tomonidan bostiriladi. Qirqimning quyi chastotasi nolinchi, yuqori chastotasi esa oxirgi chastota bo‘lsa, u holda bunday filtr quyi chastotalar filtri deyiladi. Qirqimning uzluksiz katta yuqori chastotasiga hamda quyi chegara bo‘yicha cheklashga ega bo‘lgan filtr yuqori chastotalar filtri deb ataladi. Polosadan tashqari nurlanish|Modulyatsiya jarayoni natijasi bo‘lgan, lekin nomaqbul nurlanishlarni ichiga olmaydigan, chastotalar polosasining zarur kengligiga bevosita tutashadigan chastota yoki chastotalardagi nurlanish. Polosalar qadami|Bitta rangning qo‘shni piksellari o‘rtasidagi masofani o‘lchash usuli, apertura panjarali monitorlarda qo‘llaniladi. Polosalar qadami vertikal polosalar orasidagi masofa sifatida o‘lchanadi. Polosali liniya|O‘rtasidan ensiz metall tasma ko‘rinishidagi o‘tkazgich o‘tgan, bir-biriga qaratilgan keng sirtlar orqali yaqin joylashgan ikki metall tasma hosil qilgan uzatish liniyasi. Metall tasmalar o‘rniga dielektrik sirtiga yupqa surtilgan folga qatlamlar qo‘llanilishi mumkin. Polosali to‘lqin o‘tkazgich|Dielektrik bilan ajratilgan metall polosalardan iborat to‘lqin o‘tkazgich. Polosali vibrator|Ochiq polosasi liniya kesimi ko‘rinishidagi dielektrik qatlamida joylashgan vibrator. Port|1. Tashqi qurilmani mikroprotsessorning ichki shinasiga ulash nuqtasi.Izoh – Dastur maʼlumotlarni portga yuborish yoki ularni portdan olishi mumkin.2. Biriktirish qurilmasi, uning yordamida kompyuterning tezkor xotirasi yoki markaziy protsessor maʼlumotlar uzatish maqsadida boshqa qurilmalar bilan bog‘lanishi mumkin. Port tartib raqami|"Bitta kompyuterda tarmoq orqali aloqa qila oladigan bir necha dasturni yurgizish mumkin. Ushbu dasturlarni ajratish uchun ularga yurgizilish paytida shaxsiy port tartib raqami beriladi. Port tartib raqami URLga kompyuter nomidan keyin yoziladi. Masalan, HYPERLINK ""http://www.site.com:80"" http://www.site.com:80" Portal|1. Internetga yoki Internet texnologiyasiga qurilgan korporativ tarmoqqa kirishning asosiy nuqtasi.2. Spetsifik auditoriya uchun mo‘ljallangan va axborot to‘ldirish (kontent) birlashtirilishini, ushbu auditoriya uchun muhim bo‘lgan axborot yetkazilishini; birgalikda ishlashni va jamoaviy xizmatlarni; tanlangan auditoriya uchun mo‘ljallangan, shaxsiylashtirish asosida taqdim etiladigan xizmatlardan va ilovalardan foydalanishni ta’minlaydigan veb-sayt.Izoh ‒ Portallar vazifasiga bog‘liq holda umumfoydalanadigan (universal va ixtisoslashtirilgan) portallarga va korporativ (axborot va bilimlarni boshqarish) savdo (iste’mol va korporativaro) portallariga bo‘linadi. Portativ kompyuter|Avtonom taʼminot manbaidan ishlay oladigan o‘lchami kichik, ko‘tarib yuriladigan shaxsiy kompyuter. Portativ radiostansiya|Nutqning past sifat bilan uzatilishini ta’minlaydigan va konvensional mobil radioaloqa tarmoqlari uchun mo‘ljallangan stansiya. Portlar skaneri|Kerakli portlar ochiq bo‘lgan tarmoq xostlarini izlash uchun xizmat qiladigan dasturiy vosita. Mazkur dasturlar odatda tizim administratorlari tomonidan o‘z tarmoqlarining xavf-sizligini tekshirish va badniyat shaxslar tomonidan tarmoqni buzish maqsadida qo‘llaniladi. Portlarni birlashtirish|Ikkita portni bir nechta (odatda, to‘rttagacha) parallel liniya yordamida mustahkam bog‘lash texnologiyasi. Birlashgan portning unumdorligi ishga solingan liniyalar unumdorligining yig‘indisiga teng. Liniyalarning biri ishdan chiqsa, yuklama qolgan liniyalar o‘rtasida teng taqsimlanadi. Portlash|Hisoblash tizimlarida – xato to‘g‘risida xabar berish bilan, dasturning keyinchalik bajarilishiga to‘sqinlik qiladigan avariyaviy to‘xtash. Portni kengaytirgich|Bir nechta (ketma-ket) liniyani kompyuterning bitta porti bilan bog‘laydigan qurilma. Posilka|O‘lchamlari, og‘irligi va o‘rash tartibi Pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish qoidalarida belgilangan, jo‘natishga ruxsat etilgan sanoat tovarlari, oziq-ovqat mahsulotlari, madaniy-maishiy va boshqa tovarlar solingan pochta, kuryerlik jo‘natmasi. Postfiks|Asosiy element orqasidan yoziladigan, operator, komandani tavsiflash elementi; o‘zining operandidan keyin yoziladigan operatsiya. Masalan, Si tilida x++. Postfiltratsiya|1. Televizion videosignalni raqamli-analog signalga o‘zgartirishdan keyin chastotaviy filtrlash.2. Videoma’lumotlarni MPEG-dekodlashdan so‘ng qayta ishlash jarayoni. Signalni yanada aniqroq tiklashga ko‘maklashadi. Postmaster|Pochta serverining turli sozlamalarini boshqarish uchun mo‘ljallangan maʼmuriy qayd yozuvi. Postuslovie|Haqiqiyligi protsedura yoki sikl jismi bajarilgandan keyin tekshiriladigan shart. Pоtensial imkoniyatlar|Mahsulot yoki tizim parametrlari chekka qiymatlarining talablarga mos kelishlik darajasi. Potensial kalit|Ortiqcha axborotsiz axborot bazasida qatorni aniqlaydigan atributlar kombinatsiyasi. Xar bir jadval bir nechta potensial kalitga ega bo‘lishi mumkin. Bulardan biri asosiy kalit sifatida tanlanadi. Potensial zaiflik|Taxmin qilinayotgan, lekin tasdiqlanmagan zaif joy.Izoh – FXTni o‘zgartirish maqsadida, hujumlarning bo‘lish ehtimoli taxminiga asoslanadi. Poynting vektori|Elektromagnit maydon energiyasi oqimining vektor zichligi. Pozitiv modulyatsiya (televideniyeda)|Modulyatsiyalovchi videosignalda qoradan oqgacha bo‘lgan o‘zgarish amplitudaviy modulyatsiyada modulyatsiyalovchi signal amplitudasining oshishiga yoki chastotaviy modulyatsiyada oniy chastotaning oshishiga mos keladigan modulyatsiya. Pozitiv (negativ) amplitudaviy modulyatsiya|Tasvir eltuvchini televizion videosignal bilan amplitudaviy modulyatsiyalash. Bunda signal ko‘lamining oshishi modulyatsiyalangan eltuvchi ko‘lamining oshishiga (kamayishiga) olib keladi. Pozitiv uzatish|Tasvir axborotini shunday usulda uzatishki, bunda dastlabki jadallikning oshishi uzatiladigan quvvatning oshishiga olib keladi. Pozitiv videosignal|Oniy qiymatlari qoradan oqga o‘tishda ko‘payadigan videosignal. Pozitsion sanoq tizimi|Sonlarni yozishda raqamlarning joylashgan o‘rni ahamiyatga ega bo‘ladigan sanoq tizimi. Har bir pozitsion sanoq tizimida asos mavjud bo‘ladi. Har qanday son asos raqamlardan tuzilgan ketma-ketlik ko‘rinishida yoziladi. Asos raqamlari soni asosning o‘ziga teng bo‘ladi. Asos, har bir raqamning salmog‘i katta qo‘shni razryadda turgan raqam salmog‘idan necha marta kichikligini ko‘rsatadi. Qurilgan pozitsion sanoq tizimlarining soni har qanday bo‘lishi mumkin. Informatikada asosan to‘rtta tizimdan: o‘nlik, ikkilik, sakkizlik va o‘n oltitalik tizimdan foydalaniladi. Pozitsion sanoq tizimlari hisoblashlar, ham butun, ham kasr sonlarni ko‘rsatish uchun juda qulay. Pochta|1. Pochta, kuryerlik jo‘natmalari va pochta buyumlarining majmui.2. Odamlarning o‘zaro muloqot qilish usullaridan biri. Haqiqiy hayotda ham, Internet tarmog‘ida ham mavjud. Bu jarayonda ikki tomon ishtirok etadi: jo‘natuvchi va qabul qiluvchi. Jo‘natuvchi boshqa odamga yoki odamlar guruhiga xat yozayotgan tomon, oluvchi esa xatni qabul qilishi ko‘zda tutilgan odam yoki odamlar guruhidir. Pochta almashinuv punkti|Pochta aloqasi obyekti va transport o‘rtasida pochtani vaqtinchalik saqlash, ishlov berish va almashish maqsadida tashkil etilgan pochta aloqasi obyekti. Pochta almashinuvi|Transport yordamida pochta aloqasi obyektlari va pochta aloqasi obyekti xodimlari va transport o‘rtasidagi pochtani qabul qilish-topshirish jarayoni.Izoh – Pochta faqat qabul qilinishi yoki faqat topshirilishi amalga oshirilsa, bunda almashuv faqat bir tomonlama hisoblanadi. Pochta aloqasi|Pochta, kuryerlik jo‘natmalari va pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalarini jo‘natish va yetkazib berishni (topshirishni) taʼminlovchi texnika va transport vositalarining yagona ishlab chiqarish-texnologiya majmuidan iborat aloqa turi. Pochta aloqasi bog‘lamasi|Pochta yo‘nalishlarining kesishgan yoki tutashgan punktida joylashgan, biriktirilgan hududda pochta va kuryerlik jo‘natmalari, pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalarini jo‘natish va yetkazib berish (topshirish), pochtaga ishlov berish va uning almashinuvi bo‘yicha o‘zaro bog‘liq vazifalar bajarilishini taʼminlovchi pochta aloqasi obyekti. Pochta aloqasi bo‘limi|Foydalanuvchilarga pochta aloqasi xizmatlarini, boshqa turdagi xizmatlarni ko‘rsatuvchi, pochtaga ishlov berish va uning almashinuvini amalga oshiruvchi pochta aloqasi obyekti. Pochta aloqasi obyektlari|Pochta aloqasi operatorlarining alohida bo‘linmalari (pochtamtlar, pochta aloqasi bog‘lamalari, bo‘limlari, punktlari, shuningdek, boshqa bo‘linmalar). Pochta aloqasi operatori|Mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida pochta aloqasi tarmog‘iga egalik qiluvchi va faoliyatning asosiy turi sifatida pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lgan yuridik shaxs. Pochta aloqasi provayderi|Foydalanuvchilarga pochta aloqasi operatorlarining tarmog‘i orqali pochta, kuryerlik xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs. Pochta aloqasi tarmog‘i|Pochta aloqasi obyektlari va pochta yo‘nalishlari majmui. Pochta aloqasi tayinlangan operatori|O‘zbekiston Respublikasi hududida pochta aloqasini amalga oshirish va Umumjahon pochta ittifoqining xujjatlaridan kelib chiquvchi majburiyatlarni bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlangan pochta aloqasi operatori. Pochta aloqasi vositalari|Pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish uchun foydalaniladigan binolar, yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar, asbob-uskunalar, texnika va transport vositalari, shuningdek, pochta konvertlari, varaqchalari va taralar. Pochta aloqasi xizmatlari|Pochta aloqasi operatori yoki provayderining pochta va kuryerlik xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha faoliyati. Pochta aloqasi xizmatlari uchun tarif|Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish uchun maxsus vakolatli organ, pochta aloqasi operatori yoki provayderi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda belgilanadigan to‘lov miqdori. Pochta aloqasining asosiy xizmatlari|Pochta aloqasining pochta, kuryerlik jo‘natmalari, shuningdek, pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalarini jo‘natish va yetkazib berish (topshirish) bo‘yicha xizmatlari. Pochta aloqasining hududiy (viloyat) tashkiloti|Pochta aloqasi obyektlariga biriktirilgan hududda ishlab chiqarish faoliyatini tashkil qiluvchi pochta aloqasi operatorining hududiy tarkibiy bo‘linmasi. Pochta aloqasining ishlab chiqarish jarayoni|Pochta, kuryerlik jo‘natmalari va pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalarini jo‘natish va yetkazib berish (topshirish) bo‘yicha qatʼiy tartibga solingan va o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish operatsiyalarining kompleksini tashkil qiluvchi xodimlarning barcha harakatlari va ishlab chiqarish uskunalari jami. Pochta aloqasining milliy operatori|O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan zimmasiga O‘zbekiston Respublikasi doirasida majburiy ravishda universal xizmatlar ko‘rsatish vazifasi yuklatilgan pochta aloqasi operatori. Pochta aviajo‘natmasi|Havo transporti orqali jo‘natiladigan (barcha yo‘llarda yoki uning ayrim uchastkalarida) pochta jo‘natmasi. Pochta-bagaj poyezdi|Pochta va bagajni tashish uchun o‘z tarkibida asosan pochta hamda bagaj vagonlariga ega bo‘lgan maxsus tuzilgan poyezd. Pochta bloki|Maxsus varaqda bir va undan ortiq qatorda bosilgan hamda markalarga nisbatan kengroq hoshiya bilan ajratilgan bitta yoki bir nechta pochta markasi. Pochta bombasi|Saytni, pochta serverini ko‘p sonli xatlarni yuborish orqali posilkasi bilan ishdan chiqarish yo‘li bilan blokirovkalash. Sayt orqali hujum chog‘ida xatlar olinishini bartaraf qilish yoki o‘ch olish maqsadida ishlatiladi. Pochta buyumi|Belgilangan tartibda yopilgan hamda rasmiylashtirilgan qop yoki pochta konteyneri. Pochta indeksi|Pochta aloqasi obyekti manzilining shartli belgisi. Pochta jo‘natishning oddiy protokoli|IP-protokollari to‘plamiga kiruvchi protokol. RFC 0821da tavsiflangan 14 ta komandadan iborat. Internetda elektron pochtani marshrutizatsiyalash uchun ishlatiladi (e-mail, IMAP, POP, TCP/IP). Pochta jo‘natmalari|Manzili ko‘rsatilgan yozma xat-xabarlar, posilkalar va tegishli o‘rovdagi bosma nashrlar. Pochta konteyneri|Pochta, kuryerlik jo‘natmalarini tashish va vaqtinchalik saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus konteyner. Pochta konverti|Yozma xabarni o‘rash uchun xizmat qiladigan, yelimlash uchun klapanlari bo‘lgan, belgilangan o‘lchamlardagi to‘g‘ri burchak shaklidagi qog‘ozli qobiq. Pochta, kuryerlik jo‘natmalarini ochiq holda jo‘natish|Pochta, kuryerlik jo‘natmalarini pochta tarasiga berkitmasdan jo‘natish. Pochta, kuryerlik jo‘natmalarini yopiq holda jo‘natish|Пересылка почтовых, курьерских отправлений в почтовой таре.Pochta, kuryerlik jo‘natmalarini pochta tarasida jo‘natish. Pochta, kuryerlik jo‘natmasi, pul mablag‘larining pochta o‘tkazmasini qayta jo‘natish|Pochta, kuryerlik jo‘natmasi, pul mablag‘larining pochta o‘tkazmasini arizaga asosan yangi manzil bo‘yicha yoki yetkazib berishga asosan pochta aloqasi obyektining manzili bo‘yicha yo‘llashdan iborat ishlab chiqarish operatsiyasi. Pochta, kuryerlik jo‘natmasini indekslash|Pochta, kuryerlik jo‘natmasiga jo‘natilishi belgilangan joy pochta aloqasi obyektining pochta indeksini yozish. Pochta ko‘prigi (filtri)|Bir nechta kompyuter tarmog‘ini birlashtiradigan va ular o‘rtasida elektron pochtani yuborish imkoniyatini ta’minlaydigan, shuningdek, berilgan manzilar bo‘yicha uni saralaydigan (filtrlaydigan) qurilma. Pochta manzili|Tegishli pochta aloqasi obyektining pochta indeksi ko‘rsatilgan foydalanuvchining turar joyi. Pochta manzillari ro‘yxati|Qabul qiluvchilarning elektron manzillari ro‘yxati. Xat jo‘natilayotganda «Kimga» jo‘natilayotgani to‘g‘risida yoziladigan joyda manzillar ro‘yxatini kiritish mumkin va bu xatni ro‘yxatdagi barcha qabul qiladi. Pochta markalari seriyasi|Yagona mavzuga yoki muayyan voqeaga bag‘ishlangan, o‘xshash rasmiylashtirish uslubiga ega. Pochta markasi|Badiiy tasvirga ega bo‘lgan, nominal qiymati va mamlakatini ko‘rsatgan holda, bosma usulda tayyorlangan pochta to‘lovining davlat belgisi. Pochta markasining asli|Pochta markasi eskizini tayyorlash uchun dastlabki asos bo‘lib hisoblanadigan rasm. Pochta markasining eskizi|Pochta markasining namunasini tayyorlash uchun dastlabki asos bo‘lib hisoblanadigan rasm. Pochta markasining namunasi|Pochta markasining eskiziga muvofiqligini tekshirish va keyingi nashr etishga tasdiqlash uchun qimmatli qog‘ozlar blanklarini ishlab chiqarish huquqiga ega tashkilotlar tomonidan tayyorlangan, «Namuna» yozuvi. Pochta markasining nominal qiymati|Yozma xat-xabarlarni jo‘natish bo‘yicha xizmatlarning pochta markasida arab raqamlari yoki lotin harflari bilan ko‘rsatiladigan qiymati. Pochta mijozi|Xatlarni o‘qish, qabul qilish, jo‘natish va ular ustida boshqa operatsiyalarni bajarish uchun mo‘ljallangan dastur. Ushbu dastur yordamida foydalanuvchi pochta va News-serverlar bilan ishlashi mumkin bo‘ladi. Pochta mulki|Pochta aloqasi obyektlarida ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish imkonini beruvchi predmetlar va moslamalar.Izoh – Pochta mulkiga nomli buyumlar, shtamplar, tayanch punktlarning javonlari, seyflar, metall qutilar va javonlar, reklama uchun vitrinalar, pochta tarasi va h.k.kiradi. Pochta protokoli|Serverdan elektron pochtani olish uchun mo‘ljallangan eng ommaviy protokol. Pochta qoidalari|Pochta, kuryerlik jo‘natmalari, shu jumladan, xalqaro pochta jo‘natmalarini jo‘natish va yetkazib berish (topshirish) tartibini belgilovchi hujjat. Pochta qurti|Elektron pochta orqali har bir yetkazib berish ro‘yxatidagi adresatlarga mustaqil tarzda tarqalish qobiliyatiga ega bo‘lgan dastur. Pochta qutisi|Pochta aloqasi milliy operatorining manzili ko‘rsatilgan oddiy xatlar va pochta varaqchalarini yig‘ish uchun mo‘ljallangan, belgilangan shakl va o‘lchamdagi qulflanadigan maxsus qutisi. Pochta qutisi (elektron xabarlar saqlanadigan joy)|Aniq foydalanuvchiga manzillangan, elektron pochta xabarlari to‘planadigan xotira sohasi. Pochta ro‘yxatlari|Global tarmoq servis turlaridan biri, tarmoqda ko‘plab foydalanuvchilar – tarqatish ro‘yxatining muayyan obunachilari uchun umumiy hisoblanadigan elektron pochta manzili ajratilganda, foydalanuvchi-obunachilar o‘z xabarlarini umumiy manzil bo‘yicha yuboradilar va bu xabarlar ushbu tarqatish ro‘yxatiga obuna bo‘lganlarning barchasiga jo‘natiladi. Pochta serveri|So‘rovlar bo‘yicha elektron pochta orqali fayllar yoki axborot jo‘natadigan dastur. Pochta taqvim shtempeli|Pochta markalarini hisobdan chiqarish va/yoki pochta, kuryerlik jo‘natmalari, pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalari blanklari va/yoki ilova hujjatlari, kvitansiyalarga pochta aloqasining tegishli obyeti nomi, pochta vagoni, yo‘nalishi, sanani tushirish uchun mo‘ljallangan maxsus shtempel. Pochta tarasi|Pochta, kuryerlik jo‘natmalarini jo‘natish uchun qo‘llaniladigan maxsus qoplar, konteynerlar. Pochta transporti yo‘nalishi|Pochta tashiladigan temir yo‘l, avtotrakt uchastkasi. Pochta to‘lovining davlat belgilari|Pochta markalari hamda frankirlash mashinalarining pochta jo‘natmalariga pochta aloqasi xizmatlari haqi to‘langanligini tasdiqlash uchun tushiriladigan tamg‘asi. Pochta vagoni|Poyezd harakatlanayotgan yo‘lda pochtani tashish, ishlov berish va almashish uchun mo‘ljallangan maxsus konstruksiyadagi temir yo‘l vagoni. Pochta varaqchasi|O‘lchamlari, og‘irligi va o‘rash tartibi Pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish qoidalarida belgilangan, ochiq holda jo‘natiladigan maxsus blankdagi pochta, kuryerlik jo‘natmasining turi. Pochta xizmatlari|Pochta aloqasi operatori yoki provayderining pochta jo‘natmalarini, shuningdek, pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalarini jo‘natish va yetkazib berish (topshirish) bo‘yicha faoliyati. Pochta yo‘nalishi|Transportning, pochta aloqasi obyektlari o‘rtasidagi, belgilangan tartibda tasdiqlangan harakatlanish yo‘li. Pochta yo‘nalishi rejasi|Pochta yo‘nalishining turli yo‘llari mavjud bo‘lganda, pochtani jo‘natish va o‘tishining optimal tartibini belgilaydigan hujjat. Pochta shlyuzi|Ikki yoki bir necha turli elektron pochta tizimini bog‘laydigan va ular o‘rtasida xabarlar uzatilishini ta’minlaydigan mashina. Pochtamt|Shaharning markaziy qismida joylashgan, unga bo‘ysunadigan pochta aloqasi bog‘lamalari va/yoki bo‘limlarida rahbarlikni amalga oshiradigan hamda pochta, kuryerlik jo‘natmalari va pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalarini jo‘natish hamda yetkazib berish (topshirish)ni taʼminlaydigan pochta aloqasi obyekti. Predikat|Predikatlarni hisoblashda mohiyatlar – dalillarning oxirgi to‘plami o‘rtasidagi muayyan munosabatni aks ettiruvchi maxsus belgi. Predikatlarni hisoblashning odatiy variantida keltirilgan dalillar to‘plamida predikatning qiymati sifatida ikkita – chin va yolg‘on qiymat ishtirok etadi. Predmet sohasi modeli|1. Bilimlar yoki tajriba muayyan sohasining modeli.2. O‘rganilishi, boshqa bir tizim to‘g‘risida axborot olish uchun vosita bo‘lib xizmat qiladigan tizim.3. Qandaydir real jarayon, qurilma yoki konsepsiyani taqdim etish. Preprotsessor|Ma’lumotlarning asosiy qayta ishlash jarayoniga qadar, masalan, kompilyatsiyadan oldin dastlabki qayta ishlanishini bajaradigan dastur. Kompilyatorda bir nechta turli preprotsessor bo‘lishi mumkin, masalan, makroprotsessor, fayllar qo‘shish preprotsessori, til kengaytmalarini qayta ishlash preprotsessori. Press-kit|Loyiha, tashkilot yoki voqea to‘g‘risida batafsil axborot bo‘lgan bir qancha matnli, audio va vizual hujjatlar to‘plami. Press-reliz|Matbuot uchun mo‘ljallangan, joriy yoki yaqinlashib kelayotgan tadbirlar, voqealar to‘g‘risida muhim, jiddiy axborot bo‘lgan maxsus byulleten. Preyskurantdagi narx|Milliy operator tomonidan pochta markalari va bloklari kolleksiyasi uchun belgilanadigan, preyskurantda qayd qilingan narx. Primitiv|1. Dasturlarning bajarilish tezligini oshirish uchun, dasturlash tillariga kiritilgan funksiya yoki operator.2. Dasturni tuzishda foydalaniladigan asosiy element. Print-server|Lokal tarmoqda, ushbu tarmoqning barcha ishchi stansiyalari tomonidan, bitta printerdan foydalanish qurilmasi. Printer|Ma’lumotlarni kompyuterdan qog‘ozga, plyonkaga o‘qish uchun qulay ko‘rinishda chiqarish uchun xizmat qiladigan qurilma. Printerlar bosish usuli, vazifasi va bosma ranglari soni bo‘yicha farqlanadi. Bosish usuliga ko‘ra, matritsali, termik, purkagichli va lazer printerlarga bo‘linadi; vazifasiga ko‘ra, ko‘tarib yuriladigan (bloknotli shaxsiy kompyuterlar uchun) shaxsiy, muassasa, mini tipografiyalar; ranglar soniga ko‘ra, bir rangli, rangli. Asosiy xarakteristikalari: chop etish tezligi (sekundiga belgi, minutiga sahifa, varaq); chop etish sifati (nuqta/dyuym). Printerning ajrata olishi|Tasvirni chop etishda bir dyuymda yotgan nuqtalar soni. Masalan, 300-dpi (300 dyuymga 300 nuqta) ajrata olishga ega printer 1 dyuym chiziqqa 300 nuqtani choplay oladi. Bu degani u bir dyuym kvadratga 90 mingta nuqtani chop etishi mumkin. Privatlik, xususiylik|Xususiy shaxsning shaxsiy hayoti yoki ishiga aralashuv natijasida shu shaxs ma’lumotlarini to‘plash va ulardan foydalanish favqulodda yoki qonunga xilof ravishda bo‘lganda bu aralashuvni taqiqlash. Profillangan ko‘zgu|1. Maxsus profilga ega sirtqi antenna ko‘zgusi, uning shakli elektromagnit maydonni antennaning ochilishidagi taqsimlanishini aniqlab beradi.2. Sirt profili antenna yo‘nalganlik diagrammasining talab qilinadigan shaklidan kelib chiqib tanlanadigan ko‘zgu. Profillangan yo‘nalganlik diagrammasi|Xizmat ko‘rsatish zonasining konturini, xalaqitlarning darajasini pasaytirish maqsadida, uzatilayotgan trafikka muvofiq turli qismlari bo‘yicha yoki alohida yo‘nalishlar bo‘yicha antennani kuchaytirishni o‘zgartirishga imkon berib, takrorlaydigan murakkab shakldagi yo‘nalganlik diagrammasi. Profillangan yo‘nalganlik diagrammasiga ega antenna|Yo‘ldosh bort retranslyatorining antennasi, uning nurlantiruvchi xususiyatlari xizmat ko‘rsatiladigan geografik mintaqa hududini hisobga olib, tanlangan. Programmator|Ma’lumotlarni, shu jumladan, dasturlarni doimiy xotira qurilmasiga yozish qurilmasi.Ma’lumotlar doimiy xotira qurilmasida elektron sxemalar ko‘rinishida saqlanadi. Programmator qattiq ultrabinafsha nurlanish vujudga keltiradi, uning yordamida elektron sxemalar o‘zgaradi. Programmofon|Shaxsiy kompyuterdan telefon sifatida foydalanish imkonini beradigan dasturiy mahsulot. Programmofondan foydalanish uchun modem, mikrofon va radiokarnay bilan jihozlangan kompyuter zarur bo‘ladi. Progressiv (satrma-satr) yoyish|1. To‘g‘ri chiziqli yoyish, bunda galma-gal yoyiladigan satrlarning markazlari orasidagi masofa satrning nominal kengligiga teng bo‘ladi.2. Tasvir bitta maydon davomida to’liq yoyiladigan yoyish turi (televideniyeda). Proksi server|Lokal kompyuter tarmog‘i va Internet o‘rtasida uzatiladigan paketlar filtratsiyasini amalga oshiradigan dasturiy ta’minot. Eng ko‘p so‘raladigan hujjatlarni keshlash hisobiga, tarmoq trafigini kamaytirish va lokal tarmoq xavfsizligini oshirish uchun mo‘ljallangan. Prolog|Sun’iy intellekt masalalari, tabiiy va boshqa tillarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan deklarativ dasturlash tili. Propriyetar dasturiy taʼminot|Mualliflar yoki huquq egalarining shaxsiy mulki bo‘lgan dasturiy taʼminot. U erkin dasturiy taʼminot g‘oyalariga to‘g‘ri kelmaydi. Erkin dasturiy taʼminot jamg‘armasi nuqtai nazaridan qaraganda, u yarim erkin dasturiy taʼminot ham emas. Huquqqa ega tomon uni butunlay yoki muhim tomonlarini ishlatishda, nusxa ko‘chirishda va o‘zgartirishda monopolistik imkoniyatga ega. Propriyetar dasturiy taʼminotni erkin bo‘la oladigan tijorat dasturiy taʼminoti bilan adashtirmaslik kerak. Propriyetar texnologiya|Bozorning aniq bir qatnashchisi tomonidan nazorat qilinadigan ma’lumotlar formati, texnologiya, elektron hisoblash mashinasi uchun dastur. Ular bozorning raqobatlashuvchi qatnashchilariga yoki boshqa foydalanuvchilarga bu format yoki texnologiyani erkin o‘rganish, tarqatish, o‘zgartirish yoki o‘zlarining mos ishlanmalarini yaratish imkonini bermaydi. Protektor|Metall telekommunikatsiya o‘tkazgichlarida zararli yot kuchlanishlarni cheklash uchun foydalaniladigan qurilma. Protokol|1. Ikkita yoki bir nechta mustaqil qurilma yoki jarayon o‘rtasida ma’lumotlar uzatish formati va tartibotini tartibga soluvchi qoidalar va kelishuvlar majmui.2. Ma’lum bir natijaga erishish maqsadida ikki va undan ko‘p sub’ekt tomonidan berilgan ketma-ketlikda bajariladigan harakatlar (yo‘riqnomalar, komandalar, hisoblashlar, algoritmlar)ning majmui. Protokol identifikatori|Paket sarlavhasidagi, maʼlumotlar maydonida joylashtirilgan axborotni qayta ishlashda foydalaniladigan muayyan protokol turini ko‘rsatuvchi maydon. Protokollar analizatori|Paketlarni aniqlashi va ayrim maydonlar mazmunini rasshifrovka qilgan (o‘qigan) holda dekodlovchi yordamchi apparat-dasturiy kompleks. Zamonaviy analizatorlar turli protokollarning maʼlumotlarini qayta ishlashi mumkin. Protokollar steki|Ma’lum kommunikatsiya arxitekturasini amalga oshirib, birgalikda ishlaydigan, darajalarga bo‘lingan protokollar to‘plami. Odatda, u yoki bu darajaning vazifasi bitta yoki bir nechta protokol bilan amalga oshiriladi. Protokollar stekiga TCP/IP misol bo‘ladi. Prototip|Tizimning boshlang‘ich versiyasi, uni baholash va/yoki muammo mohiyatini va talablarning to‘g‘riligini chuqurroq tushunish uchun xizmat qiladi. Protsedura|Dasturning, umumiy holda kirish parametrlariga bog‘liq bo‘lgan ba’zi standart operatsiyalarni bajaradigan qismi. Protsedurani kichik dastur deb hisoblash mumkin.Izoh ‒ Protseduralar standart protseduralar va foydalanuvchi protseduralariga, dasturga nisbatan tashqi va ichki protseduralarga bo‘linadi. Standart protsedura dasturlash tili tarkibiga kiradi va tegishli biblioteka tarkibida yetkaziladi, foydalanuvchi protsedurasini har bir ishlab chiquvchi mustaqil yaratadi. Tashqi protsedura dasturga bog‘liq bo‘lmagan tarzda saqlanadi, ichki protsedura dastur tarkibiga kiradi. Protsedura firibgarligi|Aloqa xizmatlari to‘lovini kamaytirish maqsadida, rouming va boshqa tarmoq protseduralaridan (masalan, billingdan) vakolatsiz foydalanish. Protsedura tili|Dasturchi natija olish uchun bajarilishi kerak bo‘lgan qadamlar ketma-ketligini (yechim algoritmini) tavsiflaydigan dasturlash tili. Protseduraga yo‘naltirilgan dasturlash tili|Asosiga «masalani hal qilish uchun nima qilish kerak» ish prinsipi qo‘yilgan yuqori daraja dasturlash tili. Ishlar operatorlar tomonidan yoziladi va bajariladi. Pirovard natijani olish uchun bajarilishi zarur bo‘lgan operatorlar ketma-ketligi to‘planadi. Bunday ketma-ketlik dastur deb ataladi. Protsedura tillarini oddiy (BASIC, Fortran, COBOL) va blokli (modulli) (Pascal, Modula-2 va Si) tillarga ajratish mumkin. Protsedura tillari shuningdek, operator tillari yoki imperativ tillar deb ham ataladi. Protseduralar bo‘yicha xavfsizlik|Axborotning muhofaza qilinishiga kritik bo‘lgan ma’lumotlar uchun, talab qilinadigan xavfsizlik darajasini ta’minlash maqsadida foydalaniladigan tegishli boshqarish usullari. Protseduraning lokal chaqiruvi|Lokal mashinada mijoz va server jarayonlari o‘rtasidagi so‘rovlar va natijalarni uzatuvchi Windows protseduralarni chaqirishning tizimli mexanizmi. Operatsion tizimning turli kichik tizimlari xizmatlariga so‘rov berish uchun foydalaniladi. Protseduraning uzoqlashgan chaqiruvi|Sun firmasi tomonidan ishlab chiqilgan, lokal tarmoqning boshqa kompyuterida mijozda va axborotni hamda tartibga soladigan parametrlarni uzatadigan serverda protsedura-tiqinlardan foydalanib, protsedurani chaqirish mexanizmi va uzoqlashgan protseduraning natijasi. Protseduraviy bo‘lmagan til|Relyatsion ma’lumotlar bazalarida ma’lumotlarni boshqarish, o‘zgartirish, yaratish uchun qo‘llaniladigan universal kompyuter tili. Protsessing markazi|To‘lov tizimining xizmat ko‘rsatish nuqtalaridan yoki ekvayrerlardan mualliflashtirishga va/yoki tranzaksiyalar protokollariga kelib tushadigan rasmiy talablar qayta ishlanishini taʼminlaydigan, ixtisoslashgan servis tashkilot. Protsessor|Operatsion tizim dasturlari belgilagan arifmetik operatsiyalarning bajarilishiga javob beradigan va kompyuterning boshqa barcha qurilmalari ishini muvofiqlashtiradigan apparat ta’minoti. Protsessor registri|O‘lchami odatda bir yoki ikki mashina so‘ziga teng bo‘lgan, asosiy yoki oraliq ma’lumotlarni saqlash uchun mo‘ljallangan va mashina komandalarni bajarishda foydalaniladigan protsessor xotirasi. «Protsessor – xotira» shinasi|Protsessor va xotira o‘rtasida bevosita axborot almashinish kanali. Protsessor (yadro) ning takt chastotasi|Bitta eng oddiy mashina komandasini bajarish vaqti. Protsessor yadrosi|Kesh-xotiradan tashqari, protsessorning barcha bloklarini ichiga oladigan mikrosxema. Chip markazida odatda «yadro» deb nomlanadigan narsa joylashgan. Bu hamma hisoblashlar, yuklama va saqlashga so‘rovlar, saqlashlar bajariladigan kremniy bo‘lagidir. Protsessordan foydalanish|Protsessorni maksimal vaqt davrida bandlik rejimida ushlab turish. Optimallashtirish mezoni: ushbu ko‘rsatgichni maksimallashtirish. Protsessordan foydalanishga yo‘naltirilgan|Asosiy vaqtini hisoblashlarga ketkazadigan jarayon. Protsessorni yuklashni rejalashtirish|Algoritmlarning operatsion tizimlarida xotiraga yuklangan vazifalar to‘plamidan galdagi vazifani tanlash va markaziy protsessorning vaqt kvantini navbatdagi tanlangan vazifaga ajratishni amalga oshirish. Provayder|qar.: Internet-provayder. Proyeksion televizor|Televizion dasturlar tasvirini ekranga optik proyeksiyalash orqali (videoproyektordan foydalangan holda) tiklash uchun mo‘ljallangan televizior. Proyeksion texnologiya|DLP (Digital Light Processing) tizimini qo‘llashga asoslangan texnologiya. DMD (Digital Micromirror Device) mikrosxemasi mikroskopik ko‘zgulardan tuzilgan yuzada tasvirni shakllantiradi. Proyeksion lampadan chiquvchi yorug‘lik rangli selektorlari bo‘lgan disk orqali mikroko‘zgularga yo‘naltiriladi. Tasvir mikroko‘zgulardan qaytadi va aniq optika yordamida ekranga proyeksiyalanadi. Natijada rang uzatish, o‘ta ravshanlik va kontrastlilikning o‘ziga xos sifatiga ega bo‘lgan keng formatli tasvir olinadi. Proshivka|Kompyuter yoki har qanday raqamli hisoblash qurilmasi – mikrokalkulyator, uyali telefon, GPS navigatorning, ichida mikrodasturi bo‘lgan energiyaga bog‘liq bo‘lmagan xotirasining ichidagi. «Proshivka» so‘zi bilan ba’zan, xotiraga tegishli qurilmani, uning mikrodasturini yangilash maqsadida yozish uchun mo‘ljallangan doimiy xotira qurilmasining obrazi, shuningdek, bu obrazni qurilmaning energiyaga bog‘liq bo‘lmagan xotirasiga yozish jarayonining o‘zi nomlanadi. Psevdo-bayt kod|Quyi darajadagi mashina-mustaqil kodi, kompilyator bilan generatsiya qilinadi va virtual mashina tomonidan bajariladi. Shuningdek, u algoritmlarni tavsiflash tili hisoblanib, dasturlash tillarining kalit so‘zlarini ishlatadi va qo‘shimcha ma’lumotlarni va maxsus sintaksisni qoldirib ketadi. Psevdografika|Klaviatura klavishlariga biriktirilgan simvollar yordamida matn rejimida displey ekranida olingan grafik tasvir. Psevdokadr|Televizion tasvirning MPEG-2 raqamli siqish usullaridan biri orqali kodlangan, sarlavha bilan ta’minlangan hamda televizion tasvirning aktiv sohasini tashkil etuvchi slayslar guruhidan iborat kadri. Psevdokadr-kadr|Makrobloklari televizion tasvirning ikkita maydonidagi birgalikda kodlanadigan satrlaridan tuzilgan psevdokadr. Psevdokadrlar guruhi|Televizion tasvirning o‘zaro bog‘langan I-, P-, B-psev-dokadrlari qatori.Izoh – Odatda guruh I-psevdokadrdan boshlanadi, keyin R- va V- psevdokadrlar keladi. Psevdokadrlar ketma-ketligi|Tarkibida psevdokadrlarni aks ettirish va dekodlashning zarur vaqt onlari to‘g‘risidagi axborot saqlanadigan psevdokadr guruhlaridan iborat ketma-ketlik.Izoh – Psevdokadrlarning ketma-ketligi raqamli televizion signal ma’lumotlarining paketlangan oqimini hosil qiladi. Psevdokadr-maydon|Makrobloklari television tasvir bir maydonining boshqa maydon satrlariga bog‘liq bo‘lmagan tarzda kodlanadigan satrlaridan tuzilgan psevdokadr. Psevdokod|1. Dasturlash tilini eslatadigan va dastur tuzilmasini tavsiflash uchun foydalaniladigan til.2. Operatsiyalar va operatorlarni belgilash uchun mo‘ljallangan, simvollarning ixtiyoriy tizimi. Psevdosiljish; psevdoshovqinli siljish|CDMA texnologiyasi asosidagi tizimlarda foydalaniladigan, kodli ketma-ketliklar o‘rtasidagi minimal siljish. Aynan bir kodli ketma-ketlikning psevdosiljish kattaligiga qarab, mobil stansiya bir tayanch stansiyani ikkinchisidan farqlaydi. Psevdotasodifiy ketma-ketlik|Determinallangan tarzda generatsiyalanadigan, biroq, tasodifiy signalga xos bo‘lgan barcha xossalarga ega simvollarning davriy ketma-ketligi. Bunday ketma-ketliklar teskari bog‘lanishli siljish registrlari yordamida amalga oshiriladi. Psevdotasodifiy shovqin|Additiv «oq» shovqinga xos barcha xossalarga ega jarayon yoki signaning o‘zgarishi shovqinsimon xususiyatdaligin ko‘rsatuvchi alomat. Psevdotasodifiy sonlar|1. Qandaydir algoritm bo‘yicha olingan, amalda esa tasodifiy sonlar sifatida foydalaniladigan sonlar.2. Qandaydir formula bo‘yicha hosil qilingan va tasodifiy kattalik qiymatlarini imitatsiya qiluvchi sonlar. «Imitatsiya qiluvchi» so‘zi deganda, agar bu sonlar bu tasodifiy kattalikning qiymatlari bo‘lganidek, bu sonlar bir qator testlarga javob berishi ko‘zda tutiladi. Psevdotranking|Bo‘sh kanallar markazlashtirilmagan tarzda taqsimlanadigan tranking aloqa rejimi. Bu rejimda har bir abonent stansiyasibo‘sh kanalni, foydalanish mumkin bo‘lgan barcha ishchi chastotalarni skanlash orqali avtonom izlaydi. Psevdotrankingda ajratilgan boshqarish kanali mavjud bo‘lmaydi, xizmat aloqasi ikki tonalli, ko‘p chastotali signalizatsiya yordamida amalga oshiriladi. Pufakchali diagramma|Obyektlar doirachalar (pufakchalar) yordamida tasvirlanadigan, munosabatlar doirachalar o‘rtasida keltirilgan havolalar bilan ko‘rsatiladigan diagramma. Pul|Abonentlar guruhiga ajratilgan, dinamik taqsimlanadigan resurslar majmui. Pul mablag‘larining gibrid pochta o‘tkazmasi|Pochta aloqasi operatori yoki provayderining pochta aloqasi tarmog‘i va telekommunikatsiyalar tarmog‘idan foydalangan holda pul mablag‘larini jo‘natish bo‘yicha xizmati. Pul mablag‘larining ichki pochta o‘tkazmasi|O‘zbekiston Respublikasi hududida jo‘natish va adresatga yetkazib berish (topshirish) uchun qabul qilinadigan pul mablag‘larining pochta o‘tkazmasi. Pul mablag‘larining pochta o‘tkazmasi|Pochta aloqasi va telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalangan holda, pul mablag‘larini jo‘natish va yetkazib berish (topshirish) bo‘yicha pochta xizmati. Pul mablag‘larining xalqaro pochta o‘tkazmasi|O‘zbekiston Respublikasi doirasidan tashqariga jo‘natiladigan va uning hududiga boshqa davlatlardan keladigan pul mablag‘larining pochta o‘tkazmasi. Pullarning birlamchi taklif qilinishi|Investitsiyalarni yangi kriptovalyutalarni investorlarga sotish va emissiya ko‘rinishida yangi texnologik loyihalarga va startaplarga jalb qilish.Izoh – Shuningdek, «tokenlarning birlamchi taklif qilinishi» ko‘rinishida ham qo‘llaniladi. Pulsatsiya|Televizion tasvir yorqinligi, rangi yoki o‘lchamining sekin ritmik o‘zgarishi. Purkagichli printer|Bosuvchi kallak soplosidan otiladigan juda mayda siyoh tomchilari yordamida qog‘ozda tasvir yuzaga keltiradigan kontaktsiz printer. Putur yetkazuvchi nurlanish|Kompyuterlar yoki boshqa uskunaning, tutib olinishi va uzatiladigan axborotni tahlil qilish uchun tutib olinishi va foydalanilishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha nurlanishi.Q Qabul qiladigan antenna|Radioto‘lqinlarni qabul qilish uchun mo‘ljallangan antenna. Qabul qilgich|Signallarni aniqlash va ularni qayta ishlash yoki idrok etish uchun qulay shaklga aylantiradigan qurilma. Qabul qilgichning asosiy ranglari|Boshqa ranglarni hosil qilish uchun tegishli mutanosiblikda foydalaniladigan, qabul qilgich tomonidan yuzaga keltiriladigan doimiy ranglilik va o‘zgaruvchan yorqinlikdagi ranglar.Izoh – Odatda uchta asosiy rangdan foydalaniladi: qizil, yashil va ko‘k. Qabul qilgichning tanlovchanligi|Qabul qilgichning xalaqit beruvchi signallar aralashmasidan o‘zi sozlangan foydali signalni ajrata olish qobiliyatining o‘lchovi. Qabul qilgich-uzatgich (transiver)|Bitta korpusdagi, portativ hamda mobil foydalanish uchun mo‘ljallangan uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilmalar birikmasi. Bunda signallarni uzatish va qabul qilish uchun zanjirning oddiy komponentlaridan foydalaniladi, simpleks operatsiyalar bajariladi. Qabul qiluvchi antennaning effektiv maydoni|Yassi tushuvchi radioto‘lqinda maydon birligiga keladigan quvvatga moslashgan yuklamada yo‘qotishlarsiz qabul qiluvchi antennada berilishi mumkin bo‘lgan maksimal quvvatning nisbati bilan aniqlanadigan maydon. Qabul qiluvchi optoelektron modul|Optik-tolali uzatish tizimida uzatiladigan optik signallarni elektr signallarga aylantirish uchun mo‘ljallangan optoelektronika mahsuloti. Qabul qiluvchi-uzatuvchi optoelektron modul|Qabul qiluvchi va uzatuvchi optoelektron modullar funksiyalarini bajaradigan, konstruktiv jihatdan yaxlit qilib ishlangan optik ulagichlar yoki optik kabel bo‘laklarining bir yoki bir nechta blokli qismlaridan tuzilgan optoelektronika mahsuloti. Qabul qiluvchi-uzatuvchi oxirgi (terminal) stansiya|Televizion radioreleli tizimning bir qismi. U ham uzatuvchi, ham qabul qiluvchi oxirgi (terminal) stansiya funksiyalari bajariladigan yoki bajarilishi mumkin bo‘lgan maxsus apparatura kompleksidir. Qadamli yoyish|Elektron dasta yoki elektron tasvirning satr bo‘ylab bir rastr elementiga sakrashsimon siljishi. Qalbakilashtirish|Boshqa tizim ostida niqoblanish yordamida, uning IP-manzilidan foydalanib, IP-manzillar asosida erkin foydalanishni boshqarish tizimlarini chetlab o‘tish uchun turli texnologiyalardan foydalanish. Qalqib chiqadigan|Foydalanuvchining grafik interfeysi elementlarining xususiyati, bu element foydalanuvchining harakati natijasida «qalqib chiqadi». Qalqib chiqadigan menyu|Ekranda ko‘rinmaydigan va foydalanuvchi dasturni uni ekranga chiqarishga majbur qiladigan amalni bajarganda paydo bo‘ladigan menyu. Qalqib chiqadigan oyna|Internet tarmog‘idagi reklama shakli. Reklamaning qalquvchi oynalari odatda JavaScript yordamida yaratiladi, lekin boshqa yo‘llari ham mavjud. Qamrov polosasi|Chastotaning fazaviy avtosozlanishi ta’minlanadigan chastotalar intervali. Qanaqa saqlash|Berilgan nom (identifikator) bilan xotiraga, diskga yoki magnit tasmaga yozish. «Qanday bo‘lishi kerak» modeli|Biznes jarayonlarni mavjud tashkil qilinishidagi kamchiliklar bartaraf qilingan, shuningdek, ular takomillashtirilgan va optimallashgan holda, «Qanchalik mavjud» modeli asosida yaratiladigan model. «Qanchalik mavjud» modeli|Tashkilot mavjud holatining modeli. Ushbu model shu onda kechayotgan jarayonlarni, shuningdek, foydalaniladigan axborot obyektlarini tizimlashtirish imkonini beradi. Buning asosida biznes-jarayonlarni tashkil qilish va birga ishlashidagi kamchiliklar aniqlanadi, mavjud tuzilmada u yoki bu o‘zgarishlar zarurligi belgilanadi. Bunday model ko‘pincha funksional model deyiladi va turli grafik notatsiyalar, case-vositalardan foydalanib bajariladi. Qaroqchilik|Dasturlarni ruxsat etilmagan tarzda qabul qilish, yashirin dekoderlar va abonent kartochkalarini tayyorlash, tarqatish hamda mualliflik huquqlarining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa faoliyat turlari. Qaroqchilik uzatgichi (eshittirishda)|Rasmiy ruxsatsiz ishlaydigan radioeshittirish uzatgichi. Qarorlar qabul qilinishini ta’minlash tizimlari|Qarorlar qabul qilish uchun tavsiyalar tayyorlash maqsadida, ma’lumotlarni tahlil qilish uchun mo‘ljallangan dasturlar to‘plami. Qarshi chora|Harakat, qurilma, protsedura, usul yoki zaifligini eng kam darajaga keltirish uchun mo‘ljallangan boshqa chora-tadbir. Qarshi harakat|Akustik va optik aloqa vositalarining ishini qiyinlashtiruvchi chora va tadbirlar. Radiokanallarga nisbatan radioelektron bostirish atamasi ishlatiladi. Qarshi turmoq|Aniq tahdidlarning taʼsirini kamaytirish, biroq, butunlay bartaraf etish shart bo‘lmagan holat. Qarshi yo‘naltirilgan interfeys|Interfeys turi, bunda aloqa liniyasining qarama-qarshi uchlaridagi stansiyalardan biri boshqaruvchi, ikkinchisi boshqariluvchi bo‘ladi. Sinxrosignal har doim boshqaruvchi stansiyadan axborot va taktli signallarni uzatish yo‘nalishi o‘zaro qarama-qarshi bo‘lgan boshqariluvchi stansiyaga uzatiladi. Qasddan qilinadigan tahdidlar|Foydalanish oson bo‘lgan kuzatuv asboblaridan foydalanib tasodifiy ko‘rib chiqishdan tortib tizim to‘g‘risida maxsus bilimlardan foydalanib muhofaza buzilishiga ustalik bilan urinishgacha bo‘lgan tahdidlar. Qattiq disk|Katta hajmdagi dasturlar va ma’lumotlarni saqlash mumkin bo‘lgan qurilma. U bir shpindelda joylashtirilgan bir nechta magnit disk, o‘qish/yozish kallagi va disk kontrolleridan tashkil topadi. Olinadigan qattiq disklar va doimiy disklarga bo‘linadi. Qattiq jismli to‘plagich|Harakatlanadigan mexanik qismlarsiz, energiyaga bog‘liq bo‘lmagan, qayta yozib oladigan kompyuter xotira qurilmasi. Qattiq jismli to‘plagichlardan asosan, ixtisoslashtirilgan hisoblash tizimlarida va noutbuklarning ba’zi modellarida foydalaniladi. Qattiq magnit disk|Ma’lumotlar saqlash uchun mo‘ljallangan disk. Olinadigan egiluvchan diskdan farqli ravishda, qattiq magnit disk hech qachon olinmaydi, diskovod bilan bir butun yaxlitni tashkil qiladi. Disk alyumin qotishma va magnit qoplamadan qilingan. Disklar yuqori tezlikli dvigatel va yupqa plyonkali o‘qish/yozish kallaklari bilan birga germetik korpusga joylashtiriladi. Qattiq disklarning sig‘imi turlicha – 20 Mbyte dan 9,1 Gbyte gacha bo‘ladi. Qat’iy sinxronlash (TV)|Har bir satr va kadr yoyishning boshlanish onlari sinxronlash impulslari bilan boshqariladigan sinxronlash. Qayd etilgan bo‘sh joy|Matn protsessorlarida ‒ ikkita so‘z yoki simvol o‘rtasidagi doimiy bo‘sh joy. Qayd etilgan marshrutlash|Marshrutlash usuli, bunda ikkita tarmoq uzellari o‘rtasidagi tarmoq paketining yo‘li oldindan aniq bo‘ladi va faqat tarmoq qurilmalari nosoz bo‘lgan vaqtdagina o‘zgaradi. Qayd etilgan/mobil konvergensiya|Qayd etilgan va mobil abonentlar uchun nutq va ma’lumotlarni uzatish xizmatlarini umumiy tavsiyalar paketiga birlashtirish.Izoh − Konvergensiyaning maqsadi – «bitta odam – bitta telefon» prinsipini amalga oshirishdir, ya’ni abonentni, abonent qayerdaligidan qat’i nazar, yagona raqam va bitta aloqa qurilmasi bilan ta’minlashdir. Qayd etish|Hujjatlarni boshqaradigan tizimda hujjatni qayd etish, tasniflash, metama’lumotlarni qo‘shish va saqlash. Qayd etishning o‘tishi (axborot tizimida)|Foydalanuvchini autentifikatsiya qilish va unga u o‘zining hisobga olish yozuvini yaratadigan axborot tizimidan foydalanish huquqini berish uchun, foydalanuvchi to‘g‘risida elektron shaklda saqlanadigan ma’lumotlar majmuini shakllantirish. «Qaynoq» almashtirish|Periferik qurilmalarni tizim modullari yoki boshqa bloklarini, uning shakllanishini to‘xtatmay turib ulash va uzish. «Qaynoq» klavish|Birgalikda bosilishi bilan aniq bir komandani bajarishga dasturlashtirilgan klaviaturadagi bitta yoki bir nechta klavishning birikmasi. Bunday klavishlar birikmasidan foydalanish ishlashni tezlashtiradi va klaviatura yordamida bajarish mumkin bo‘lgan operatsiyalar sonini oshiradi. «Qaynoq» liniya|Alohida ajratilgan liniya, unda aloqa go‘shak ko‘tarilgan zahoti, ya’ni raqam terilmasdan va operator aralashuvisiz o‘rnatiladi.Izoh − Bunday liniyadan shoshilinch aloqani ta’minlashda foydalaniladi, boshqa abonent bu liniyani band qila olmaydi. «Qaynoq» nuqta|1. Dasturning eng ko‘p foydalaniladigan qismi; parallel superkompyuter xotirasining, bir vaqtda ko‘plab protsessorlar murojaat qilinadigan yacheykasi.2. «Sichqoncha» ko‘rsatgichidagi, ekranning «sichqoncha» ishtirokidagi operatsiya, masalan, tugmani bosish taalluqli bo‘lgan elementini belgilaydigan nuqta (bir piksel o‘lchamdagi). «Qaynoq» rezervlash|Rezervlash usuli bo‘lib, qo‘shimcha qurilma asosiy qurilma bilan parallel ishlaydi hamda maʼlumotlarni qayta ishlash va saqlash bo‘yicha bir xil operatsiyani bajaradi. Asosiy vositalar to‘liq yoki qisman ishlamay qolganda, ular ishida kamchilik aniqlanganda rezervga o‘tish mumkin. «Qaynoq» start|Operatsion tizimni kompyuterni uzib qo‘ymasdan/ulamasdan turib qayta yuklash. MS-DOS operatsion tizimli kompyuterlarda bu – uchta, Ctrl, Alt, Delete klavishlarini bir vaqtda bosish (Ctrl+Alt+Delete ko‘rinishda yoziladi). «Qaynoq» ulanish|Kompyuter tizimlarida uskunalarning ular ishlab turgan vaqtda (ta’minotni o‘chirmasdan, protsessorni to‘xtatmasdan) almashtirilishi. Bu prinsipga ko‘ra, uskunalar «qaynoq» almashtirilishi mumkin bo‘lgan va mumkin bo‘lmagan qurilmalarga bo‘linadi. «qaynoq» almashtirilishi mumkin bo‘lgan qurilmaga tipik misol − USB. Qayta dasturlanadigan xotira|Ultrabinafsha orqali o‘chiriladigan qayta dasturlanadigan doimiy xotira mikrosxemalarining bir turi. Qayta eshittirish qurilmasining gammasi|Logarifmik shkalada ekran elementi yorug‘ligining tegishli videosignalning ko‘lamiga bog‘liqligini aks ettiradigan egri approksimatsiyalaydigan ishchi uchastkasining to‘g‘ri maksimal og’ishi. Qayta ishga tushirish|Shaxsiy kompyuterlar olamida atama operatsion tizimlarda qayta yuklash ko‘rinishida kelsa, katta mashinalar olamida esa, dasturni nazorat nuqtasidan ishga tushirish yoki dasturning ishlash jarayonini tiklashni anglatadi. Qayta ishga tushirish tugmasi|Shaxsiy kompyuter tizim blokining old tomonida joylashadigan va tizimning «issiq» restartini bajarish, ya’ni elektr manbaini uzib qo‘ymasdan tizimni qayta ishga tushirish imkonini beradigan tugma. Qayta ishlamoq|Dasturlarni yozish, dizaynni ishlab chiqish. Qayta ishlash vaqti|Ma’lumotlarni qayta ishlash uchun dastur tomonidan sarflangan vaqt. Qayta ishlovchi|Qandaydir hodisa yuz berganda ishga tushiriladigan, hodisalarni qayta ishlovchi. Qayta ishlovchi parametrlarga bog‘liq ravishda hodisadan uzatilgan tegishli operatsiyalarni bajaradi. Qayta kodlash va uzatish tezligi bo‘yicha moslash bloki|Alohida dekodlashsiz (raqamli o‘zgartirish yo‘li bilan) turli uzatish tezligidan va modulyatsiyalash usullaridan foydalaniladigan nutq kanallarining qo‘shilishini ta’minlaydigan raqamli qurilma.Izoh − Bunday qurilma avtonom hisoblanadi, lekin mobil kommutatsiya markazi tarkibiga ham kirishi mumkin. Qayta manzillashni masofadan turib aktivlash|Abonentga turli qayta manzillash xizmatlarini aktivlash/deaktivlash, shuningdek, boshqa liniyadan (masofadan turib) qayta manzillangan raqamni o‘zgartirish imkonini beradigan xizmat. Abonent qayta manzillash xizmatlari funksiyasini RACF raqamini terib chaqiradi. Qayta nomlash|Fayl yoki katalogning nomini o‘zgartirish. Qayta nurlantiruvchi antenna panjarasi|Qabul qilingan signalni teskari yo‘nalishda qayta nurlantiradigan antenna panjarasi. Qayta tiklash|Foydalanuvchi foydalanishi mumkin bo‘lgan ko‘rinishda taqdim etilgan elektron hujjat. Qayta ulanadigan konsentratorli halqa|O‘zaro bog‘langan bir yoki bir nechta guruh yulduzlar shaklida ifodalangan halqa tarmog‘i. Ulanib turadigan konsentratorning vazifasi davriy halqaning ishonchli ishlashini taʼminlashdir. Buning uchun konsentrator yoylarni bir-biri bilan shunday ulaydiki, topologiya maʼnosida yulduzsimon tarmoq hosil bo‘ladi. Natijada barcha ulanish bloklari orqali o‘tadigan yagona halqa paydo bo‘ladi. Yoyda yoki abonent tizimida nosozlik paydo bo‘lishi bilan konsentrator tegishli yoyni halqadan o‘chiradi. Shuning evaziga halqaning qolgan qismi odatdagi ishini davom ettiraveradi. Qayta yo‘naltirish|1. URLni qayta marshrutlash. Veb-sayt yoki veb-sahifaga boshqa manzil orqali kira olishni taʼminlash usuli. Veb-sayt manzilining o‘zgarishi yoki foydalanuvchi tomonidan noto‘g‘ri yozilishida (masalan, maktab.uz o‘rniga matkab.uz) to‘g‘ri vebsaytga marshrutlash uchun ishlatiladi. Baʼzi hollarda uzun URL o‘rniga uning qisqa variantini ishlatish ham mumkin.2. Informatikada komanda qobiqlariga (masalan, UNIX) xos xususiyat bo‘lib, u standart oqimlarni foydalanuvchi tomonidan belgilangan joyga, masalan, faylga qayta marshrutlash imkonini beradi. Qayta yozadigan viruslar|Dastur kodi o‘rniga, bajariladigan fayl nomini o‘zgartirmagan holda, o‘z jismini yozadigan viruslar. Buning oqibatida, dastlabki dasturni ishga tushirish mumkin bo‘lmay qoladi. Dasturni ishga tushirishda dasturning o‘zi emas, balki virus kodi bajariladi. Qayta yoziladigan kompakt-disk|Kompakt-disklardagi ma’lumotlarni o‘qish va yozish uchun xizmat qiladigan qurilma. Qayta yozish|Eski ma’lumotlar ustidan yangilarini yozish. Masalan, o‘zgartirilgan eski faylni o‘sha eski nomi bilan o‘zgartirib saqlash (qayta yozish). Qayta yozish rejimi|Matnni kiritishda tahrir qilishning ikki tartibidan biri, bunda yangi matn kursordan o‘ngda turgan simvollarni o‘chirib tashlaydi (o‘rnini oladi). Qayta yuklash|Kompyuterni klaviaturadan yoki maxsus tugma yordamida qayta ishga tushirish. Qayta yuklash odatda, dastur osilib qolgandan keyin talab etiladi. Qayta-qayta chaqiruv|Bog‘lanish o‘rnatishga ko‘p marta urinish yo‘li bilan amalga oshiriladigan shoshilinch chaqiruv rejimi. Qayta qo‘ng‘iroq qilish|Chaqiruvchi terminalni autentifikatsiya qilish uchun mo‘ljallangan protsedura: dastlab ma’lumotlarni qayta tiklash tizimi chaqiruvchi terminalni identifikatsiya qiladi, keyin chaqiruvning uzilishi yuz beradi, so‘ngra chaqiruvchi terminal raqami teriladi. Qayta chizish|Displeyda aks etgan tasvirdagi rasmni yangilash uchun uni «qaytadan chizish». Qaytar yo‘qotishlar|Uzatish liniyasi yoki kabelida ularning impedansi va oxirgi (terminal) yuklama mos kelmasligi tufayli vujudga keladigan yo‘qotishlar.Izoh ‒ O‘xshash tarzda, tushayotgan elektromagnit energiya oqimining qaytgan oqimga nisbati ko‘rinishida, quvvat bo‘yicha teskari yo‘qotishlar hisoblanadi. Qaytarish manzili|Protsedura, funksiya yoki quyi dastur chaqirilganda stekka yoziladigan, operator yoki navbatdagi komanda manzili. Qaytarish qobiliyati|Jism sirtining yoki ikkita muhitni bo‘lish chegaralarining unga tushuvchi elektromagnit nurlanish oqimini qaytarish qobiliyatini tavsiflovchi kattaligi. Qaytarishlarning keragidan ortiqchaligi|Mantiqiy dasturlash tillarida yechim izlash usuli. Qaytaruvchi antenna panjarasi|Fazoviy qo‘zg‘atilishga yoki fazoviy va fider qo‘zg‘atilishning birikmasiga ega antenna panjarasi, unda radioto‘lqinlarni dastlabki nurlagichdan qabul qilishni va ularni fazoda nurlantirishni aynan bir xil nurlantiruvchi elementlar amalga oshiradi. Qaytaruvchi yo‘ldosh|Radioaloqa signallarini qaytarishga mo‘ljallangan yo‘ldosh. Qaytish koeffitsiyenti|Nurlanish qaytgan oqimining tushuvchi oqim nisbatiga teng koeffitsiyent yoki qaytgan toʻlqinning tuchuvchi toʻlqinga intensivligi. Qaytishdagi optik yo‘qotishlar|Komponent yoki qurilma qaytargan optik quvvatning bu komponent yoki qurilma liniyaga yoxud tizimga ulanganda komponent kirishida o‘lchangan optik quvvatga nisbati. Qaytishdagi yo‘qotishlar|Telekommunikatsiyalar tizimining istalgan ikki nuqtasi o‘rtasida quvvatning kamayishi. Qidirish algoritmi|Ma’lumotlar yoki fayllar joylashgan yerni topish algoritmi. Qidirish kaliti|Axborotni izlash amalga oshirilayotgan maydon, qiymat, identifikator. Qidiruv serveri|Internet tarmog‘ining barcha resurslarini avtomatik ravishda ko‘rib chiqish vaqtida so‘ralgan resursni topishi mumkin bo‘lgan va ularning mazmunini indekslashi mumkin bo‘lgan maxsus dasturiy ta’minot. Qirmizi ranglar chizig‘i|Spektral ranglar chiziqlari oxirini ulaydigan to‘g‘ri chiziq. Qisman parallel arxitekturali hisoblash tizimi|Protsessorlarning hammasi emas, balki bir qismi ma’lumotlarning parallel qayta ishlanishini bajarishi mumkin bo‘lgan ko‘p protsessorli tizimlar. Qisqa muddatli rejalovchi (protsessor rejalovchisi)|Qaysi jarayon bajarilishi kerakligini va protsessor qaysi jarayonlarga berilishi kerakligini aniqlaydigan operatsion tizim rejalovchisi. Qisqa muddatli xalaqit|Qat’iy belgilangan sharoitlarda o‘lchangan davomiyligi berilgan texnik vosita uchun qat’iy belgilangan qandaydir kattalikdan kichik bo‘lgan elektromagnit xalaqit. Qisqa toʻlqinlar|Toʻlqin uzunligi 100 m dan 10 m gacha (chastotasi 3 MHz dan 30 MHz) gacha boʻlgan radiotoʻlqinlar. Qisqa xabarlarni uzatish|Telefon tarmog‘ining foydalanuvchisiga, MAT tizimining mobil abonentiga qisqa harf-raqamli xabarni uzatish yoki undan shunday xabarni qabul qilish imkoniga ega xizmat (agar mobil stansiyada ushbu xizmatni bajarish vositalari mavjud bo‘lsa va qisqa xabarlar markaziga ega bo‘lsa). Qisqartirilgan komandalar to‘plamiga ega kontroller|Oddiy qurilmalarni boshqarishning cheklangan operatsiyalarini bajarish uchun mo‘ljallangan mikrosxema. Qisqartirilgan komandalar to‘plamiga ega mikrosxema|Qisqartirilgan komandalar to‘plamiga asoslangan protsessorlar arxitekturasi. Qisqartirilgan uzunlikdagi komandalar, katta miqdordagi registrlar, registr-registr turidagi operatsiyalar, bilvosita manzillashning yo‘qligi bilan tavsiflanadi. Qisqartirilgan raqam terish xizmati|Abonent uchun to‘liq telefon raqami o‘rniga raqamni qisqartirib terish yo‘li orqali bog‘lanishni o‘rnatish imkonini beradigan xizmat. Qiya|Harflar o‘ng tomonga egilgandagi shriftning tuzilishi. So‘zni, jumlani yoki sarlavhani belgilashda ishlatiladi. Qiya chiziq|Dasturlash tillarida bo‘lish operatori sifatida keng qo‘llaniladigan simvol. Qiyalik bo‘yicha ortiqcha yuklanish|Taxminlash signalida frontlarning cho‘zilishini tavsiflovchi buzilishlar. Qiymat|Ifoda yoki o‘zgaruvchining aniq bir mazmuni; har doim yo‘l qo‘yiladigan qiymatlar sohasiga tegishli bo‘lishi kerak. Qiymat bo‘yicha chaqiruv|Parametrlarni berish usuli, bunda chaqiruvchi modul chaqiriladigan modulga uzatiladigan parametrning haqiqiy (aniq) qiymatini taqdim etadi.Izoh – Bu usul yordamida chaqiriladigan modul chaqiradigan modul saqlagan parametr qiymatini o‘zgartira olmaydi. Qiymati eʼlon qilingan banderol|Qiymati jo‘natilayotganda foydalanuvchi tomonidan eʼlon qilingan bosma nashrlar, madaniy-maishiy va ishlab chiqarishga mo‘ljallangan predmetlar jo‘natiladigan ichki pochta jo‘natmasi.Izoh – Qiymati eʼlon qilingan banderollarda yuborishga ruxsat etilgan buyumlarning to‘liq ro‘yxati Pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish qoidalari bilan belgilanadi. Qiymati eʼlon qilingan jo‘natmalar|Qiymati jo‘natilayotganda foydalanuvchi tomonidan eʼlon qilingan predmetlar va hujjatlar jo‘natiladigan pochta jo‘natmasi.Izoh – Qiymati eʼlon qilingan xatlarda jo‘natishga ruxsat etilgan buyumlarning to‘liq ro‘yxati Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari bilan belgilanadi. Qiymati eʼlon qilingan posilka|Joylanma qiymati jo‘natilayotganda foydalanuvchi tomonidan eʼlon qilingan posilka. Qiymati eʼlon qilingan xat|Qiymati jo‘natilayotganda foydalanuvchi tomonidan eʼlon qilingan predmetlar va hujjatlar jo‘natiladigan pochta jo‘natmasi.Izoh – Qiymati eʼlon qilingan xatlarda jo‘natishga ruxsat etilgan buyumlarning to‘liq ro‘yxati Pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish qoidalari bilan belgilanadi. Qizil kitob|1. AQSH Mudofaa vazirligi tomonidan kompyuter tarmoqlarini baholash bo‘yicha yo‘riqnoma sifatida chiqarilgan kitobi. National Computer Security Center nashri. U hisoblash tarmoqlari uchun Trusted Computer System Evaluation Guidelines (TCSEC)HU taʼriflab bergan. Qizil muqovali ikkita alohida kitobdan iborat. Birinchisi Trusted Network Interpretation of the Trusted Computer System Evaluation Criteria (NCSC-TG-005) nomi bilan chop etilgan va 1987-yil 31 iyulda tasdiqlangan. Ikkinchisi Trusted Network Interpretation Environments Guideline: Guidance for Applying the Trusted Network Interpretation (NCSC-TG-011) nomi bilan chop etilgan va 1990-yil 1 avgustda tasdiqlangan.2. ITU-T X.400 Message Handling System (MHS) tavsiyanomasi elektron pochtani saqlash va jo‘natishga oid xalqaro ikkita standartning birini (ikkinchi standart – SMTP) bildiradi. U ifodalashni, uzatishni va yetkazib qo‘yishni muhofazalashning turli usullarini qo‘llab-quvvatlashni taʼminlaydi. X.400 standartini uning muqovasi sababli qizil kitob deb ham atashadi. Qizil-yashil-ko‘k|RGB rang uzatish tizimi, rangli monitorda chiqarish uchun ranglar tizimi. Atama monitor turi va ranglar modelini belgilashda ishlatiladi. Kerakli rang uchta birlamchi ranglarni kerakli proporsiyada aralashtirish yordamida olinadi − bular qizil (R), yashil (G) va ko‘k (B). Birlamchi ranglarning yo‘qligi qora rangni beradi. 1931-yilda bazaviy ranglar standartlashtirilgan: R-700 Hm; G-546,1 Hm; B-435,8 Hm. Qobiq|Ekspert tizimlarini loyihalash va yaratishdagi instrumental vosita. Qobiqning tarkibiga bilimlarni turli xil shakllarda taqdim etish va vazifalarni hal qiluvchi vositalarning ishlash rejimini tanlash orqali bilimlar bazalarini loyihalash vositalarini o‘z ichiga oladi. Muayyan mavzu sohasi uchun fanlar bo‘yicha muhandis kerakli bilimlarni taqdim etish va vazifalarni hal qilish strategiyalarini aniqlaydi, keyin esa, ularni qobiqqa kiritib, muayyan ekspert tizimini yaratadi. Qobiq (optik tola qobig‘i)|O‘zakni o‘rab turadigan, kichik sindirish ko‘rsatgichiga ega, yuqori o‘tkazuvchan optik material. Qoidabuzar modeli|Qoidabuzarning amaliy va nazariy imkoniyatlari, oldingi bilimlari, harakat vaqti va joyi va h.k.ni aks ettiruvchi mavhum (rasmiylashtirilgan yoki rasmiylashtirilmagan) tavsifi. Qoidalar asosida|Natija olish uchun qoidalardan (sonli amallardan emas) foydalanishga asoslangan hisoblashlar. Ekspert tizimlarida qo‘llaniladi. Qoldiq axborot|Xotira qurilmasida operatsion tizim tomonidan rasman o‘chirilgan maʼlumotlardan qolgan axborot. Axborot faylning rasman o‘chirilishi yoki xotira qurilmalarining fizik xususiyatlari sababli qolishi mumkin. Qoldiq axborot, agarda maʼlumotlar ombori nazorat zonasidan tashqari chiqib ketsa (masalan, «axlat» bilan tashlab yuborilsa yoki uchinchi tomonga berilsa), konfidensial axborotning ixtiyorsiz tarqalishiga olib kelishi mumkin. Qoldiq bo‘yicha nazorat, n moduli bo‘yicha nazorat|Xatolarni aniqlashning, ma’lumotlarning ayrim to‘plami yoki dasturning ayrim qismini tahlil qilishga asoslangan, oddiy usuli. Agar bu to‘plam, m bit uzunlikdagi bloklarning jamini o‘zida ifodalasa, n moduli bo‘yicha summa olinadi, bunda n = 2**m, va to‘plamning oxiriga qo‘yiladi. Keyinchalik (masalan, ma’lumotlar to‘plami boshqa joyga o‘tkazilgach) nazorat summasini takroriy hisoblashni amalga oshirish mumkin, bunda bitlar darajasidan ayrim xatolar aniqlanadi. (m = 1, n =2) usulining oddiy varianti juftlikni nazorat qilish hisoblanadi. Qoldiq risk|Risk qayta ishlanganidan so‘ng qoladigan risk.Izohlar 1. Qoldiq risk noaniq riskdan iborat bo‘lishi mumkin.2. Qoldiq risk ba’zida «saqlanadigan risk» deb ataladi. Qoldiq zaiflik|BO ishlash sohasidagi foydalanish uchun yaroqsiz bo‘lgan, biroq buzg‘unchi tomonidan BO ishlashining oldindan belgilangan muhiti uchun mo‘ljallanganga qaraganda, yuqori hujum potensiali bilan FXT buzilishi uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan zaif joy. Qoldiqli yaproq|Antenna tizimida yo‘nalganlik diagrammasi bilan to‘liq kompensatsiyalanmagan yon yaproq. Qonuniy foydalanuvchi|Berilgan resurslar va servislardan erkin foydalanish uchun qonuniy asosga ega bo‘lgan foydalanuvchi. Qonuniylikni o‘zi ta’minlaydigan protokol|Kriptografik protokollarning uchinchi tomonga ehtiyoj bo‘lmagan eng yaxshi turlaridan biri. Protokol barcha qoidalarga rioya qilinishini kafolatlaydi. Bunday protokol bir tomonda aldov paydo bo‘lganda, boshqa tomon har doim buni aniqlashi mumkin bo‘lgan tarzda tuzilgan. Qora daraja|1. Yorqinlikning muayyan minimal darajasiga mos keladigan videosignal darajasi.2. Yorqinlik signalining obyektdagi qora rangni uzatishdagi minimal darajasi. Qora darajani qayd etish|So‘ndirish darajasi ma’lum qiymatda ushlab turiladigan darajani qayd etish.Izoh – Satrlar sinxronizatsiyasining impulsli signalida qora darajani qayd etish satrlarni sinxronlovchi impulsning orqa maydonida amalga oshiriladi. Qora darajaning siljishi|Videosignalning yoki tasvir signalida doimiy tashkil etuvchi noto‘g‘ri uzatilganligi yoki tiklanganligi tufayli paydo bo‘lgan nuqson. Qora darajasi va so‘nish darajasi o‘rtasidagi tirqish (qorani belgilash)|Televideniyeda qoraning etalon darajasi va oqning etalon darajasi o‘rtasidagi nisbat, bunda ikkalasi ham so‘nish darajasiga qarab o‘lchanadi. Odatda, foizlarda ifodalanadi. Qora (oq) notekisligini tuzatish|Bir tekis qora (oq) tasvirni uzatishda televizion tasvir yorqinligi yoki rangining notekisligini videosignalni qayta ishlash orqali bartaraf etish. Qora ro‘yxat|Qoidani buzgan foydalanuvchilarning e-mail yoki IP-manzili ro‘yxati. Ushbu ro‘yxatdagi foydalanuvchilarga ba’zi resurslardan foydalana olish/kira olish huquqlari man etiladi yoki umuman tizimdan o‘chiriladi. Yetakchi pochta kompaniyalari odatda spamerlarning umumiy qora ro‘yxatiga ega bo‘ladilar. Qoradan qoraroq daraja|Sinxronlash impulslarining tasvir signalidan boshqa tomon bo‘ylab qoraning darajasiga nisbatan joylashgan eng yuqori darajasi. Qorani siqish (televizion tasvirda)|Tasvir qorong‘i uchastkalari kontrastliligini sezilarli kamaytirish. Qoraning etalon darajasi|Qora yo‘nalishida tasvir signalining muayyan maksimal kirishiga mos keladigan daraja. Qoraning yorqinligi|Ranglilik signali nolga teng, yorqinlik signali esa qora darajaga ega bo‘lgandagi televizion ekran yorqinligi. Qotil ilova|1. Potensial xavfli ilova bo‘lib, ishlash uchun tizimning ulkan resurslarini (kanallarning o‘tkazish qobiliyati, xotira va h.k.) talab qiladi. Qandaydir resursni egallab (baʼzan monopol tarzda) olgach, bunday ilova boshqalarini siqib chiqarishga («o‘ldirishga») qodir.2. Aloqa xizmatlari bozoridagi yangi taklif, u tezda ommaviylashib ketadi va boshqa, uncha ommaviy bo‘lmagan ilovalarni siqib chiqaradi. Qotil paketlar|Tizimning ishini avariyaviy tugatish uchun tarmoq dasturlaridagi xatolardan foydalanadigan Ethernet yoki IP-paketlarini yuborish yo‘li bilan, axborot tizimini ishdan chiqarish usuli. «Qotil» ilovalar|Dasturiy mahsulot; foydalanuvchiga qo‘shimcha dasturlashsiz uni o‘zining aniq ehtiyojlariga qo‘llanish imkoniyatini beradi. Oxirgi foydalanuvchining muayyan ma’lumotlar bazalarini yaratish yoki buxgalteriya hisob-kitoblarini bajarish vositasidir, ya’ni foydalanuvchi ilovani ishlab chiqadigan amaliy dasturchini chetlab o‘tishi mumkin. Bunday tizimlarga misollar – Microsoft firmasining Works, Excel mahsulotlari. Qog‘ozsiz texnologiya|Axborotning asosiy tashuvchisi qog‘oz emas, balki, mashina eltuvchida (kompyuter xotirasida) shakllantiriladigan va foydalanuvchiga displey ekrani orqali yetkaziladigan elektron hujjat bo‘lib hisoblanadigan texnologiya. Qulflar va kalitlar tizimi|Xotirani muhofaza qilish tizimi. Unda xotira segmentlariga operatsion tizim tomonidan identifikatsion raqamlar – qulflar, ro‘yxatga olingan foydalanuvchilarga esa, sonli kodlar – kalitlar beriladi. Qumdon|Kompyuter xavfsizligida dasturlarning xavfsiz bajarilishi uchun mo‘ljallangan mexanizm. Qurilma|Kompyuter yoki tarmoq uskunasining har qanday apparat birligi. Bu mikrosxema, masalan, takt generatori ham, alohida funksional qurilma: printer, monitor, diskovod, modem va h.k. ham bo‘lishi mumkin. Qurilma drayveri|Operatsion tizim tomonidan shu qurilmani boshqarish funksiyasini ta’minlash maqsadida mazkur qurilma uchun maxsus yozilgan dastur. Qurilma manzili|Tezkor xotira manzil fazosining, ham mikroprotsessor, ham tashqi qurilma undan o‘qiy va yoza oladigan yacheykasi. Qurilma nomi|Operatsion tizimga kompyuter tizimi qurilmasini tanish (identifikatsiyalash)da yordam beradigan qurilma. Qurilmalar holatining jadvali|Operatsion tizimda saqlanadigan va ishlatiladigan jadval, bunda har bir qurilmaga qurilmaning turini, uning manzili va holatini o‘z ichiga oladigan element, band qurilmaga esa unga bo‘lgan qayta ishlanadigan so‘rovlarning navbatiga havola mos keladi. Qurilmalarning tekshirilishi bo‘yicha so‘rov|Barcha portlar va tashqi qurilmalarning davriy tekshirilishi bo‘yicha, vaqt davomida o‘zgarishi mumkin bo‘lgan operatsion tizim harakati. Qurilmani qo‘shish|MS Windows operatsion tizimidagi boshqaruv panelining qismi. Kompyuterga yangi qurilma o‘rnatish va o‘rnatilgan uskunani o‘chirish, shuningdek, drayverni yangilash imkonini beradi. Qurilmani zaxiralash|Operatsion tizim tomonidan kiritish-chiqarish qurilmasidan foydalanish jarayonlarining monopol foydalana olishini ta’minlash. Qurilmaning mantiqiy raqami|Qurilmaga beriladigan (0 dan 7 gacha) raqam. Kichik raqamga birmuncha yuqori ustuvorlik to‘g‘ri keladi. Qurt|1. Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimlarida yoki kompyuter tarmoqlarida o‘z-o‘zidan tarqalish qobiliyatiga ega bo‘lgan mustaqil dastur.Izoh – Qurtlar, ko‘pincha mumkin bo‘lgan, resurslardan, masalan, xotira hajmi yoki qayta ishlash vaqtidan foydalanish uchun ishlab chiqiladi.2. Tarmoq bo‘ylab tarqaladigan, o‘zining nusxalarini tarmoq uzellari orqali tarqatish uchun tarmoq protokollari yoki dasturlarining zaif tomonlaridan foydalanadigan dastur.3. O‘zining nusxalarini magnit tashuvchida qoldirmagan holda, tarmoq bo‘ylab tarqaladigan, tarmoq kompyuterlarining manzillarini hisoblab chiqadigan va bu manzillar bo‘yicha o‘z nusxalarini yozadigan zararli dastur.Izoh – Odatda, «qurt» topib bo‘lmaydigan holatda qolib, tizimda axborotni qayta ishlash jarayonini to‘xtatib qo‘yadi, so‘ng o‘zini o‘zi yo‘q qiladi. Qutblangan diagramma|Antenna maydonining qutblanishini uzoq zonadagi yo‘nalishga bog‘liqligini aks ettiradigan diagramma. Qutblangan elektromagnit to‘lqini|To‘lqin tarqalishining yo‘nalishiga perpendikulyar tekislikdagi turli yo‘nalishlarda magnit va tegishli ravishdla elektr maydonning bir xil bo‘lmagan amplitudalariga ega elektromagnit to‘lqin. Qutblanish|Elektromagnit maydon elektr maydoni kuchlanganligi vektorining yo‘naltirilganligi. Qutblanish koeffitsiyenti|Asosiy qutblanish yoʻnalishidagi nurlanish quvvatining antenna ochilishidagi nurlanish toʻliq quvvatiga nisbati. Qutbsizlanish|Aniq belgilangan qytblanish bilan uzatilgan radioto‘lqinlar quvvatining barchasi yoki bir qismi tarqatilgandan so‘ng ushbu qutblanishga ega bo‘lmaydigan hodisa. Quvvatni boshqarish bitlari|Tayanch stansiya uzatadigan, mobil stansiya uzatgichi uchun boshqaruvchi bo‘lib hisoblanadigan, quvvatni boshqarish signali. Uzatgich quvvatini berilgan diskret qiymatga (masalan, 0,5 yoki 1dB) oshirish yoki kamaytirish zarurligini ko‘rsatadi. Quvvatni bo‘luvchi|Radiouzatgich vositasida antennalar yoki antennalarning elementlari o‘rtasida quvvatni ma’lum bir nisbatlarda taqsimlash uchun mo‘ljallangan qurilma. Quvvatning o‘rtacha qiymati|1. Bitta kanalning polosa kengligiga ega (uzatilgan yoki qabul qilingan) LTE modulyatsiyalangan signal quvvatining (davomiyligi 1 ms bo‘lgan subkadrning kamida bitta o‘tish davri ichida, radiofoydalanish rejimida o‘lchangan) qiymati.2. Radiofoydalanish rejimida chip tezlik (1+) polosa kengligiga ega (uzatilgan yoki qabul qilingan) WCDMA modulyatsiyalangan signali quvvatining, kamida bitta vaqt intervali ichida o‘lchangan qiymati.Izoh − Kodli sohadagi barcha quvvatlarning yig‘indisi, radiofoydalanish rejimida chip tezlik (1+) polosa kengligiga ega signal o‘rtacha quvvatining qiymatiga teng. Quyi|Obyektlarni vertikal holatda to‘g‘rilash uchun ishlatiladigan yakorlardan biri. To‘g‘rilash obyektlarning quyi qismidan amalga oshiriladi. Quyi daraja tili|Kompyuter apparaturasini bevosita boshqarish uchun mo‘ljallangan, assembler turidagi til. Quyi daraja tilining o‘ziga xos xususiyati til har bir instruksiyasining unga mos keladigan bitta mashina komandasiga o‘zgartirilishida namo-yon bo‘ladi. Quyi daraja tilidagi dasturlar mashinaga bog‘liq bo‘ladi, shuning uchun ularni boshqa platformalarga o‘tkazish birmuncha qiyin. Quyi darajadagi formatlash|Yozilmagan qattiq yoki yumshoq diskda sektorlar va yo‘lkalarning boshlang‘ich, dastlabki belgilanishini yaratish jarayoni yoki ularni to‘la qayta formatlash. Quyi dasturga murojaat|Komandalar to‘plami yoki parametr va boshqarishni quyi dasturga uzatadigan operator. Quyi diapazon|Ishchi chastotalar diapazonining, radiostansiyaning ishi ta’minlanadigan bir qismi. Quyi menyu|O‘zidan oldingi menyu tomonidan chaqirilgan menyu, ya’ni sarlavhasi boshqa menyuning elementi bo‘lgan menyu. Quyi registr|Matn yoki ma’lumotlarni kichik (katta) harflarda kiritish rejimi. Quyi sathli dasturlash|Kompyuterning apparat imkoniyatlaridan va/ yoki quyi sath tillaridan foydalanib dasturlash. Quyi satr|WWW izlash serverlaridagi so‘rovlarda nomning yoki kalit so‘zning bir qismi. Dasturlashda – satrli o‘zgaruvchi yoki konstantaning har qanday qismi, ya’ni boshqa satrning bir qismi bo‘lgan satr. Quyi tarmoq|1. Tarmoqning, o‘zining elementlari uchun umumiy xarakteristikalari to‘plamiga, muayyan chegaralarga ega bo‘lgan va mustaqil tarmoq sifatida qaraladigan bir qismi.2. IP-tarmog‘ining qismi. Har bir tarmoq qismi o‘zining tarmoqdagi noyob raqamiga ega bo‘ladi.3. OSI-tarmoqlarida – bitta administrativ domenda boshqariladigan hamda tarmoqdan foydalana olishning bitta protokolidan foydalanadigan oxirgi va oraliq tizimlar guruhi. Quyi tarmoq manzili|Kichik tarmoq identifikatori sifatida kichik tarmoq maskasi bilan beriladigan IP-manzil qismi. Quyi tizim|Tizimning, tizimdagi qandaydir funksiyani bajaradigan qismi. Quyi xotira|Manzillashning eng quyi raqamlariga ega bo‘lgan xotira yacheykalari. Quyi Yer atrofi orbitasi|700 km dan 2000 km gacha bo‘lgan balandlikda joylashgan doiraviy orbita. Bu balandliklardagi yo‘ldoshning aylanish davri 100 min dan 120 min gacha bo‘lgan davrni tashkil qiladi. Radioko‘rinish zonasida kosmik apparatning maksimal bo‘lish vaqti 10-15 min dan oshmaydi. Global qamrovni ta‘minlash ushun orbital gruhdagi yo‘ldoshlar soni 48 tadan kam bo‘lmasligi kerak. Quyi yon polosani bostirish (tasvir uzatgich)|Modulyatsiya mahsulotlarining, tasvir uzatgichi eltuvchisining chastotasidan past bo‘lgan chastotali amplituda-chastota xarakteristikasi. Quyi chastotalar filtri|Berilgan qirqim chastotasidan past o‘tkazish polosasiga va pastroq chastotalar uchun tutib qolish polosasiga ega bo‘lgan elektr chastota filtri. «Quyuq» dasturiy ta’minot|Funksional jihatdan keragidan ortiq va resurs sig‘imi katta bo‘lgan dasturiy ta’minot. Qo‘l skaneri|O‘qiydigan kallagini skanlanadigan muhit ustida siljitish foydalanuvchi tomonidan amalga oshiriladigan portativ kompyuter turi. Qo‘lda kiritish qurilmasi|Foydalanuvchi ma’lumotlarni qo‘lfda kiritadigan qurilma, misol uchun klaviatura. Qo‘llaniladigan maydon kuchlanganligi (qo‘llaniladigan quvvat oqimi zichligi)|Maydon kuchlanganligining (quvvat oqimi zichligining) aniq vaziyatlarda yoki chastota rejalari yoki kelishuvlarida belgilangani kabi, qabul qilishning tabiiy va sanoat shovqini hamda xalaqitlar mavjud bo‘lgan muayyan sharoitlarida, talab etilgan qabul qilishning sifatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan minimal miqdori.Izoh – «Qo‘llaniladigan maydon kuchlanganligi» atamasi XEIning ko‘plab matnlarida ishlatiladigan «zarur maydon kuchlanganligi» atamasiga muvofiq keladi. Qo‘llanish sohasi|Ma’lumotlarning aniq bir elementidan foydalanish mumkin bo‘ladigan dastur fragmenti. Qo‘llanishlik to‘g‘risidagi bayonot|Tashkilot axborot xavfsizligini boshqarish tizimiga mos keladigan va qo‘llaniladigan boshqarish vositalari va maqsadlarni tavsiflovchi hujjatlashtirilgan bayonnoma. Qo‘llanmalari to‘plami kompleks qisqartirilgan protsessor|Komandalar to‘plami qisqartirilgan protsessor; CRISP arxitekturali protsessor RISC va CISC protsessorlari va arxitekturalari o‘rtasidagi oraliq variant protsessori bo‘lib hisoblana Qo‘llash|Sozlash oynasidagi tugma, uni bosish orqali formadagi barcha ma’lumotlar saqlanadi va formani berkitmagan holda qo‘llaniladi. Kiritilgan o‘zgartirishlarni oldindan ko‘rib chiqish uchun xizmat qiladi. «Qo‘lyozma» ilovalar|Kompyuterdan «qo‘lda», ya’ni qo‘l harakati orqali boshqariladigan klaviaturasi bo‘lmagan kiritish qurilmalari (pero, (sensorli) planshet) asosida foydalanish uslubi. Qo‘lyozma matnini tanish|Qo‘lyozma matn ramzlarini kodlar ketma-ketligiga aylantirish texnologiyasi. Qo‘lyozma matnini tanish, matnni skaner yoki yorug‘lik perosi yordamida axborot tizimiga kiritish imkonini beradi. «Qo‘ng‘iroq»|Simvol kodi, unga qarab kompyuter yoki terminal foydalanuvchi yoki operator e‘tiborini tortadigan standart tovush signali beradi. Qo‘ng‘iroq qilish|Kompyuterga modem va umumiy foydalanishdagi telefon tarmog‘idan foydalanib, ma’lumotlarni uzatish seansini o‘zlashtirish uchun boshqa kompyuterga ulanish imkonini beruvchi xizmat (masalan, Internet tarmog‘idan foydalana olish yoki Fidonet uzeli bilan bog‘lanish uchun). Qo‘ng‘iroqni qayta manzillash|Abonentning raqamidan kelib tushgan qo‘ng‘iroq-larning barchasini yoki qismini istalgan boshqa (boshqa uyali, oddiy shahar, shaharlararo, xalqaro) raqamga yoki tovushli pochtaga o‘tkazish imkonini beradigan xizmat. Qo‘riqlanadigan axborot|1. Axborot mulkdori yoki mulkdor vakolat bergan shaxs tomonidan, kuchga ega qonunchilikka binoan muhofaza qilish rejimi o‘rnatilgan axborot.2. Foydalanish va almashuv bilan bog‘liq jarayonlarda, ishlatilishi, qonunchilik bilan o‘rnatilgan qoidalarga mos bajariladigan axborot. Qo‘sh mustaqil shina arxitekturasi|Protsessorni qurish arxitekturasi, bunda ma’lumotlar bir vaqtda bir-biriga bog‘liqbo‘lmagan holda ikkita shina orqali parallel uzatiladi. Kompyuter platformalari o‘tkazish qobiliyatining ko‘pgina muammolarini hal qiladi. Amaliy dasturlarning talablarini qondirish va protsessorlarning yangi avlodlarini yanada rivojlantirish imkoniyatlarini ta’minlash uchun, Intel firmasi tomonidan ishlab chiqilgan. Qo‘sh telefon raqamlari xizmati|Bitta abonent ikkita telegon raqamini oladigan xizmat. Bitta raqam hammaga ma’lum, boshqasi abonent tomonidan cheklangan shaxslarga ma‘lum qilinadi. Birinchi raqamga nisbatan abonent «Chaqiruvni boshqa raqamga o‘tkazish» yoki «Bezovta qilinmasin» xizmatlaridan foydalanganda, uning ikkinchi raqamini bilgan shaxslar u bilan bog‘lanishlari mumkin. Qo‘sh uzatish|Televizion dasturni televizion uzatish tarmog‘idan va tegishli tovush jo‘rligidagi alohida tovushli eshittirish uzatish tarmog‘idan, televideniyedagi stereofonik tovushni ta’minlash uchun bir vaqtda uzatish. Qo‘shiladigan yozuv|Fayl qayta ishlanayotgan vaqtda yaratilgan yozuv. Qo‘shilgan menyu|Bir nechta daraja elementlaridan tuzilgan menyu. Birinchi daraja elementini tanlash qo‘shimcha tanlash imkonini beradi. Qo‘shimcha|Qandaydir tartiblashtirilgan tuzilmaga (massivga, ro‘yxatga, faylga) tegishli joyga yangi elementni qo‘shish protsedurasi. Mantiqiy va fizik darajalarda qilinishi mumkin. Qo‘shimcha bog‘lanish texnologiyasi|IBM AT kompyuterlarida qattiq diskdan foydalanishda ilk bor qo‘llanilgan dastlabki interfeys va protokolga havola. IDE nomi bilan ham mashhur. Qo‘shimcha bo‘lim|Qattiq diskning nolli yo‘lkasidan tashqarida yaratilgan bo‘lim. Primary-bo‘limidan farqli o‘laroq, ularning soni cheksiz bo‘lishi mumkin. Qo‘shimcha kanal|Yuqori tezlikli axborotni uzatish uchun foydalanilishi va turli xizmatlarni ko‘rsatishga moslashtirilishi mumkin bo‘lgan yordamchi kanallardan biri (IS-95 va CDMA2000 standartlarida).Izoh − Qo‘shimcha kanal bo‘ylab uzatish tezligi qayd etilgan yoki o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin, shu bilan birgalikda, qabul qilgichda tezlikning aniqlanishi kirish signali bo‘yicha avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Qo‘shimcha klaviatura|1. Kompyuter standart klaviaturasining o‘ng tomonidagi klavishlar guruhi.2. Klavishlar soni ko‘p bo‘lmagan maxsus funksional klaviatura. Qo‘shimcha kodli so‘z|Autentifikatsiya qilish vositasi. Parol ko‘rsatilgandan keyin foydalanuvchidan qo‘shimcha ravishda so‘raladigan kodli so‘z. Qo‘shimcha manzillash|Xizmat ko‘rsatilayotgan foydalanuvchiga uning bitta berilgan raqamidan ortiq manzillash qobiliyatini kengaytirish imkonini beradigan qo‘shimcha xizmat. Qo‘shimcha nusxa|Asosiy eltuvchidagi ma’lumotlarning buzilish, shikastlanish yoki yo‘qolish hollarida, keyinchalik tiklash uchun alohida fayllar, fayllar guruhi (katalog) ning nusxasi. Qo‘shimcha protsessor|Asosiy protsessorning funksional imkoniyatlarini oshiradigan qo‘shimcha protsessor. Qo‘shimcha ranglar|Aralashmada oq rang hosil qiladigan juft ranglar. Ko‘k-yashil (havorang) va qizil; yashil-qizil (sariq) va ko‘k; ko‘k-qizil (qirmizi) va yashil qo‘shimcha ranglar bo‘lib hisoblanadi. Qo‘shimcha raqam guruhi|Foydalanuvchilarni guruhning ichki qo‘shimcha raqami orqali to‘plash imkonini beradigan xizmat. Qo‘shimcha simvol|Alifboda mavjud bo‘lmagan yoki raqamli bo‘lmagan simvol. Masalan: ♫,►,♪,☼. Qo‘shimcha tarkibiy qism|Dasturga yangi imkoniyatlar qo‘shuvchi dastur bibliotekasi. Plaginlardan farqli ravishda, o‘rnatilgan addon o‘chirilishi mumkin emas. Ko‘pincha, dasturni ishga tushirishda foydalanuvchidan original dasturdan yoki addondan foydalanishi to‘g‘risida so‘raladi. Qo‘shimcha xizmatlar|Alohida taqdim etilmaydigan, balki xizmat ko‘rsatishning asosiy turlariga, ularning funksional imkoniyatlarini kengaytirgan holda qo‘shimcha sifatida xizmat qiladigan aloqa xizmatlari. Qo‘shimcha xizmatlar provayderi|Telefon kompaniyalari an’anaviy ravishda ta’minlab kelayotgan xizmatlardan tashqari, ixtisoslashgan aloqa xizmatlarini taqdim etuvchi provayder. Qo‘shimcha yo‘lka|Nusxa ko‘chirishdan himoya qilish usulining qismi, bunda diskka standart miqdordagi yo‘lkalar ustidan yana bitta yo‘lka yoziladi. Qo‘shimcha, orqa tomondan mahkamlanadigan|Kompyuter korpusining orqa tomonidagi, qurilmalarni o‘rnatish uchun mo‘ljallangan port yoki uya. Qo‘shimchalar|Alohida o‘rnatiladigan va dasturga yangi operatsiyalarni bajarish imkonini beradigan qo‘shimchalar. Qo‘shish ko‘prigi|Umumiy antenna bilan uzatish uchun turli kanallarda ishlaydigan bir nechta uzatgichlardan televizion signallarni kombinatsiyalash imkonini beradigan qurilma. Qo‘shmoq|Avvaldan mavjud ro‘yxatga yangi elementni qo‘shish. Qo‘yilganlik|O‘xshash yoki boshqa bir konstruktsiyaga kirish yuz beradigan algoritm, dastur, komanda tuzilmasi. Masalan, sikldagi sikl, shartli operatordagi shartli operator. Qo‘yish|Obyekt (fayl, matn, tasvir va sh.k.lar)ni almashinuv buferidan olib qo‘yish. Qo‘yish nuqtasi|Axborot (ma’lumot) kiritiladigan joyni belgilaydigan, ekrandagi lipillaydigan tik chiziq, kursor. Qo‘zg‘atilish|Elektromagnit tebranishlarning, to‘lqino‘tkazgish yoki yorug‘lik o‘tkazgich kirishiga uzatilishi. Qo‘zg‘atgich|1. Uzatgichdagi yuqori chastotali, masalan, koaksial-tirqishli yoki to‘lqin o‘tkazgich turidagi generator.2. Modulyator va chastotalarning ishchi to‘rini shakllantiruvchi chastotalar sintezatorini o‘z ichiga oluvchi qurilma. Qo‘zg‘atgich tarkibiga signalni oldindan kuchaytirish qurilmasi kirishi mumkin.R Rad etib bo‘lmaslik|1. Muayyan hodisa yoki faoliyatning yuzaga kelishini isbotlash va ularni initsiatsiya qiluvchi mantiqiy obyektlarni aniqlash imkoniyati.2. Xabarlarni kafolatli yetkazib berish bilan elektron hujjatlarni almashish protsedurasi. Bunday protsedura natijasida jo‘natuvchi uzatish faktini, oluvchi esa xabar muddatida yetkazilmaganligini rad etolmaydi. Rad etish|Biror bir foydalanuvchi tomonidan bajarilgan hujjatdagi yoki moslamalardagi o‘zgarishlarni rad etish va avvalgi konfiguratsiyaga yoki hujjatga qaytish. Rad etish (radiokanaldan foydalanishni)|Kanaldagi sifat yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan darajada past bo‘lishi tufayli, aloqa xizmatlaridan foydalanishning to‘xtatilishi. Rad etmoq|Foydalanuvchi tomonidan, qurilma, fayl, papkadan foydalanishga urinish yoki yetarli huquqlarga ega bo‘lmay turib, biror-bir dasturni bajarish uchun ruxsatni rad etish. Radial tizim|Barcha abonent liniyalari bitta nuqtadan boshlanadigan kabel taqsimlash tizimi. Radial-kommutatsion tizim|Abonent liniyalarining har biri alohida ulanishi mumkin bo‘lgan radial yoki ko‘p radial tizim. Radiatsion himoya; nurlanishdan himoya qilish|1. Ham tabiiy, ham sun’iy xarakterdagi ionlashtiruvchi nurlanishlar ta’siridan odamlar va uskunalarni himoya qilish.2. Ekranlash va nurlanish darajasini kuchsizlantirish imkonini beradigan boshqa texnik chora-tadbirlar. Radio aks sado|Signalning tarqalish yo‘lida joylashgan obyektdan qaytgan va undan keyingi kuzatish punktida qabul qilingan elektromagnit signal. Barcha zamonaviy radiolokatsiya radio aks sadosining obyektdan kuzatuv punktigacha o‘tish vaqtini o‘lchashga asoslangan. Radioaloqa|Radioto‘lqinlar yordamida amalga oshiriladigan aloqa. Radioaloqa reglamenti|Radioaloqa xizmatlari tomonidan radiochastota spektridan foydalanish tartibini aks ettiruvchi asosiy hujjat. Radioelektron qurilma|Bitta yoki bir nechta radiouzatish va/yoki qabul qilish vositasi hamda yordamchi uskunasidan tashkil topgan texnik qurilma. Radioelektron vosita|Radioto‘lqinlar uzatishga va qabul qilishga mo‘ljallangan bitta yoki bir nechta radiouzatuvchi yoki qabul qiluvchi qurilma yoki ularning birikmasi va yordamchi uskunalaridan iborat bo‘lgan texnik vosita. Bu vosita uzatish va qabul qilish uchun mo‘ljallangan, o‘z ishida chastotasi 5 KHzdan yuqori bo‘lgan elektromagnit tebranishlardan foydalanadigan radiostansiyalar, radiotelefonlar, radionavigatsiya va radioaniqlash tizimlari, kabel teleko‘rsatuvlari tizimi hamda boshqa vositalardan iborat. Radioelektron vositaning ta’sirchanligi|Radioelektron vosita va uning tarkibiy qismlarining, antenna orqali yoki antennadan tashqarida bo‘ladigan elektromagnit, elektr, magnit maydonlar ko‘rinishidagi yoki fiderdagi, ta’minot, boshqaruv, axborotni uzatish, kommutatsiyalash va уerga ulash zanjirlaridagi kuchlanishlar yoki toklar ko‘rinishidagi radioxalaqitlarga javob qaytarish xususiyati. Radioeshittirish diapazoni|Radioeshittirish xizmati uchun Xalqaro elektraloqa ittifoqi Radioaloqa reglamenti tomonidan ajratilgan chastotalar polosasi. Radiokanal|Maʼlumotlar uzatish uchun radionurlanishdan foydalanadigan kanal. Radiokanal radiouzatgich va radio qabul qiluvchidan tarkib topadi. Radionurlanish chastotasi radiokanal vazifasiga ko‘ra tanlanadi. Axborot tarmoqlarida radiokanallar ikki maqsadda ishlatiladi. Birinchisi – abonent tizimini kabellar guruhi asosida qurilgan tarmoq bilan ulash. Bunga yer bo‘ylab kabel tortish iloji bo‘lmasa yoki tizim bir joydan boshqasiga ko‘chib yursa ehtiyoj tug‘iladi. Ikkinchisi – radiotarmoq yaratishda ishlatiladi. Radiomayoq kanali|Simsiz kira olish tarmoqlarida, tayanch stansiyalar marker signalini uzatish uchun foydalanadigan kanal.Izoh − Qabul qilinayotgan signal darajasini o‘lchash orqali mobil abonent aloqaning sifatini baholash va aloqa davomida qabul qilishning eng yaxshi sharoitlari ta’minlanadigan tayanch stansiyani tanlashi mumkin. Tayanch stansiya bilan aloqa oldindan so‘rovlar va boshqa xizmat komandalarini uzatmasdan amalga oshiriladi. Radionurlanish|Elektromagnit spektrda infraqizil nurlanishdan oldin joylashgan elektromagnit nurlanish. Tebranish chastotasi 3-30 KGsdan 300-6000 GGsgacha bo‘lgan elektromagnit to‘lqinlari radionurlanishga oiddir. Bu chastotalar polosasini olti diapazonga bo‘lish qabul qilingan. Bu diapazonlar radionurlanishlar tarqalishi xususiyatini belgilab beruvchi turli xil radioto‘lqinlarga tegishli. Shuni nazarda tutish kerakki, bu polosalar doimiy bo‘lmay, radiotexnika rivojlana borgan sari kengayib boradi. Radionurlanishning zarur chastotalar polosasi|Signalni talab qilingan tezlik va sifat bilan uzatish uchun yetarli bo‘lgan berilgan turkumdagi radionurlanish chastotalarining minimal polosasi. Radiooptik antenna panjarasi|Kogerent optika va golografiya vositalarida yo‘nalganlikning fazoviy xarakteristikalarini shakllantirishga ega antenna panjarasi. Radiopeleng|Radiopelengatorning antenna tizimi o‘rnatilgan joyidan radiosignallar nurlatadigan obyektga bo‘lgan yo‘nalish. Bu yo‘nalish, gorizontal tekislikdagi radiopelengatorning antenna tizimi o‘rnatilgan joyi orqali o‘tuvchi haqiqiy yoki magnit meridianning shimoliy yo‘nalish bilan bu joydan obyektning gorizontal tekislikka proeksiyasiga bo‘lgan yo‘nalish orasidagi, 0° dan 360° gacha hisoblanadigan burchak bilan o‘lchanadi. Radioqabul qilgichning shovqin koeffitsiyenti|Signal manbaining temperaturasi 293 K bo‘lganda, detektor kirishida yoki radioqabulqilgich chiziqli qismining chiqishida o‘lchangan shovqin darajasining, tegishli chiqishda bo‘lishi mumkin bo‘lgan shovqin quvvatiga nisbati (agar signal manbai yagona shovqin manbai bo‘lishi mumkin bo‘lganda). Radioqidiruv xizmati|Abonentga belgilangan zonada ishlab turgan shaxsiy qurilma yordamida umumiy foydalanishdagi tarmoqning istalgan telefon apparatidan chaqiruv to‘g‘risida radio orqali ogohlantirishni olish imkonini beradigan xizmat.Izoh – Ogohlantirish tovushli xabarnoma yoki kodlangan shakldagi vizual indikatsiya bilan kuzatilishi va chaqiruvchi shaxsdan kelib tushishi yoki tarmoqning o‘zida generatsiya qilinishi mumkin. Radiorazvedka; radio tutib olish|Spektral tarkibini, modulyatsiya turini va ishlayotgan bir radiostansiyani boshqasidan ajratish imkonini beruvchi boshqa alomatlarni tahlil qilish maqsadida, aloqa vositalari yordamida nurlantiriladigan signallarni qabul qilish. Radioreleli kanal|Televizion radioreleli signalni uzatishda foydalaniladigan chastotalar polosasi. Radioreleli liniya|O‘ta yuqori chastota diapazonida ishlaydigan radiokanal. Radioreleli liniya 2, 7, 13, 15, 18, 23, 38 GGs chastotalarda ishlaydigan, o‘tkazish polosasining kengligi 3,5-28 MGs bo‘lgan, 50 km uzoqlikkacha maʼlumotlarni uzata oladigan yerusti radio tarmog‘ining tarkibiy qismidir. Radioreleli qabul qilgich|Kirishiga televizion radioreleli liniya signali keladigan, chiqishidan esa radioreleli liniyaning chiquvchi televizion signali olinadigan apparatura kompleksi. Radioreleli uzatgich|Muayyan bir apparatura kompleksi, uning kirishiga radioreleli liniyaning kiruvchi televizion signali keladi, chiqishida esa, radioreleli liniyaning chiquvchi televizion signali mavjud bo‘ladi. Radiosignal eltuvchisini raqamli televizion signal bilan kvadratura fazaviy manipu-lyatsiya qilish|Modulyatsiyalovchi diskret raqamli televizion signalning har bir ahamiyatli holati radiosignal eltuvchisi fazasining raqamli televizion signal oldindagi elementining radiosignal eltuvchisi fazasiga nisbatan diskret o‘zgarishi orqali ifodalangan eshittirish televideniysi radiosignali eltuvchisining fazaviy manipulyatsiyasi. Radiosignalning kvadraturaviy diagrammasi|Eshittirish televideniyesi radiosignalining, kvadraturaviy modulyator chiqishidagi radiosignallar fazasini mos tarzda aks ettirish uchun koordinatalarning to‘g‘ri burchakli koordinatalar tizimiga aylantirilgan qutbiy diagrammasi.Izoh – I gorizontal o‘q bo‘yicha radiosignalning sinfazali kanaldagi darajasi, Q vertikal o‘q bo‘yicha esa, kvadratura kanalidagi darajasi ajratiladi. Radiosignalning qutbiy diagrammasi|Eshittirish televideniyesi radiosignalining eltuvchisi tayanch element bo‘lgan doiraviy diagramma. Bu tayanch elementga nisbatan fazaviy siljish burchagi va eshittirish televideniyesi modulyatsiyalangan signali darajasining o‘zgarishi hisoblanadi. Radiostansiya|Bitta yoki bir nechta uzatgich yoki qabul qilgich, shu jumladan, uzat-kich va qabul qilgichlarning yordamchi uskunalari birikmasi. U belgilangan joyda radioaloqa xizmatini yoki radioastronomiya xizmatini bajarish uchun xizmat qiladi. Radiotarmoq|Radiokanallarga ega bo‘lgan simsiz tarmoq. Radiotarmoqlar hududiy yoki lokal bo‘lishi mumkin. Arxitekturasiga ko‘ra – maʼlumotlarni marshrutlash tarmoqlari va maʼlumotlarni tanlashga asoslangan tarmoqlar farqlanadi. Xuddi shunday, yer usti radiotarmoqlari va yo‘ldoshli aloqa tarmoqlari farqlanadi. Radiotarmoqlarning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, tayanch stansiyalari, yaʼni abonent tizimlari bevosita o‘zaro ishlaydigan axborot tizimlari hisoblanadi. Radiotelefon|Tovush signallarini radioto‘lqinlar orqali uzatish va qabul qilish apparati. Radioteleskop|Yo‘naltirilgan antenna (yoki antennalar tizimi) va radiometrdan iborat bo‘lgan, osmon obyektlarining xususiy radionurlanishini qabul qilish va qayd etish hamda uning xarakteristikalarini tadqiq etish uchun mo‘ljallangan radioqabul qurilmasi. Radioteleo‘lchashlar|O‘lchash natijalarini uzatishda radiotelemetrik deb ataladigan maxsus radioliniyalardan foydalanadigan teleo‘lchash texnikasining sohasi. Radioto‘lqin|Shartli ravishda chastotasi 6000 GGsdan past deb qabul qilingan elektromagnit to‘lqinlar. Ular fazoda sunʼiy to‘lqin o‘tkazgichisiz ishoralar, signallar, yozma matn, tasvir va tovushni uzatish yoki qabul qilish uchun tarqatiladi. Oltita radioto‘lqin diapazoni ajratiladi:1. O‘ta uzun to‘lqinlar (tebranishlar chastotasi - 3-30 KGs).2. Uzun to‘lqinlar (30-300 KGs).3. O‘rta to‘lqinlar (300-3000 KGs).4. Qisqa to‘lqinlar (3-30 MGs).5. O‘ta qisqa to‘lqinlar (30 MGs-300 GGs).6. Submillimetrli to‘lqinlar (300-6000 GGs). Radioto‘lqinlar diapazoni|Radioto‘lqinlar uzunligining shartli nom berilgan muayyan uzluksiz qismi. Radioto‘lqinlarning gorizont ortida (troposferali) tarqalishi|Yer sirtiga yaqin nuqtalar o‘rtasidagi troposferaviy tarqalish, bunda qabul qilish nuqtasi uzatish nuqtasi radiogorizontidan tashqarida bo‘ladi. Radioto‘lqinlarning nurlanishi|Radioto‘lqinlar diapazoniga tegishli bo‘lgan va asosan radiouzatgichlarning antennasi orqali qo‘zg‘aluvchi elektromagnit to‘lqinlarning paydo bo‘lishi. Radioto‘lqinlarning olis troposferali tarqalishi|Havo sindirish koeffitsiyentining bir xil emasligi bilan asoslangan ularning qaytishi va sochilishi natijasi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rinish masofasidan oshadigan masofadagi troposferada radioto‘lqinlarning tarqalishi. Radiotoʻlqinlarning qaytish koeffitsiyenti|Qaytuvchi radiotoʻlqindagi elektr maydoni kuchlanganligi koʻrsatilgan tashkil etuvchisining tushuvchi radiotoʻlqindagi oʻsha tashkil etuvchiga nisbati. Radioto‘lqinning qutblanishi|Elektr maydon kuchlanganlik vektorining yo‘nalishini aniqlaydigan radioto‘lqinlar xarakteristikasi. Radiouzaytirgich|Quvvat kuchaytirgichi bo‘lgan qabul qilgich – uzatgich ko‘rinishida ishlangan, signallarni oraliq kuchaytirish va keyinchalik nurlantirish uchun ishlatiladigan qo‘shimcha retranslyator. Radiouzaytirgich, odatda, signallar ishonchli qabul qilinmaydigan zonalarda o‘rnatiladi yoki xizmat ko‘rsatish zonasini kengaytirish uchun qo‘llaniladi. Radiouzatgichning chiqish quvvati|Radiouzatgichdan antenna-fider qurilmasiga yoki yuklama ekvivalentiga uzatiladigan aktiv quvvat. Radiouzel|Simli eshittirish tarmog‘i abonentlariga radioeshittirish dasturlari va mahalliy eshittirishlarni uzatish uchun mo‘ljallangan qabul qiluvchi-kuchaytiruvchi va boshqa apparaturalar majmui. Radioxalaqit|Radioaloqa tizimida qabul qilishga bo‘lgan, bir yoki bir nechta nurlanish keltirib chiqaradigan, axborot sifatining yomonlashuvida, xatoliklar bo‘lishida yoki axborot yo‘qolishida namoyon bo‘ladigan, elektromagnit energiya ta’siri. Radiochastota|Qar.: Radioto‘lqin. Radiochastota biriktirish|Radiochastota taqsimlovchi tashkilot tomonidan foydalanuvchiga maʼlum radiochastotadan foydalanishga beriladigan ruxsat. Radiochastota kabeli|Radiosignallarni uzatish uchun mo‘ljallangan kabel. Radiochastota organi|Qonunchilikka muvofiq, radiochastota spektridan foydalanishni (unga ajratilgan radiochastotalar polosasi chegarasida) tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi. Radiochastota spektri|Shartli ravishda 3000 GHz deb qabul qilingan intervaldagi radiochastotalar majmui. Radiochastota spektri monitoringi|Radiochastota spektri holatini muntazam kuzatish, undan foydalanishni baholash, radiochastota spektri to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishining oldini olish va bartaraf etish uchun mo‘ljallangan tashkiliy-texnik tadbirlar kompleksi. Radiochastota spektridan foydalanuvchi|Radiochastotalardan foydalanish va radioelektron vositalar yoki yuqori chastotali qurilmalarni ekspluatatsiya qilish uchun radiochastota idorasining tegishli ruxsatiga ega bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs. Radiochastota spektrining bandligi|Ma’lum vaqt oralig‘ida bitta chastotada, bitta radiochastota kanalida yoki chastotalar polosasida nurlanish mavjudligining davomiyligi. Radiochastotalar diapazoni|Tebranishlar o‘xshash xossalarga ega bo‘ladigan uzluksiz chastotalar intervali. Radiochastotalar diapazoni (quyi diapazoni)ning qoplash koeffitsiyenti|Ishchi chastotalar diapazoni (quyi diapazoni) eng yuqori chastotasining shu diapazon (quyi diapazon) ning eng yuqori chastotasiga nisbati. Radiochastotali ma’lumotlar uzatish vositalari|Fayllarni radiokanal orqali (to‘g‘ri ko‘rinishsiz) kompyuterdan printerga, ma’lumotlar to‘plagichga 9-12 m ga uzatish uchun xizmat qiladigan elektron qurilmalar va dasturiy vositalar. Ishlashda qulaylik yaratadi, ulardan foydalanilganda qurilmalarni o‘zaro birlashtiradigan kabellar kerak bo‘lmaydi. Ramdrayv|tezkor xotirada modellashtiriladigan psevdodisk; mantiqiy diskni imitatsiya qilish uchun ajratilgan kompyuter tezkor xotirasining bir qismini o‘zida ifodalaydi. Ramkasimon antenna|Asosiy elementi ixtiyoriy shakldagi, bir yoki ko‘p o‘ramli ramka bo‘lgan antenna. Ramziy havola|Haqiqiy faylga ko‘rsatgich bo‘lgan faylning maxsus bir turi. Siz havola bilan ishlayotganingizda, aslida haqiqiy fayl bilan ishlayotgan bo‘lasiz. Ramziy mantiq|Xulosalar chiqarish uchun tabiiy til ifodalaridan emas, balki simvollardan foydalaniladigan matematik mantiq. Ramziy manzil|Dasturchu uchun qulay shaklda ifodalangan va absolyut manzilni avtomatik tarzda aniqlash imkonini deradigan manzil. Randevu|Jarayonlar kommunikatsiyasi mexanizmi, bunda ikkala jarayon xabarlarni uzatish tugagunga qadar to‘xtatiladi. Randomizatsiya(lash)|Ma’lumotlarda identik bloklar mavjudligini yashirish maqsadida, ma’lumotlarning psevdotasodifiy ketma-ketligidan foydalanib, shifrlashdan oldin yoki shifrlash paytida boshlang‘ich ma’lumotlarni o‘zgartirish. Rang balansi, balans|Asosiy ranglar signali darajasining normalangan axromatik obyektlarni tahlil yoki axromatik tasvirlarni sintez qilishda tayanch oqning rangliligi bilan tengligi.Izoh − Axromatik obyektlar oq, kul rang yoki qora rangda bo‘lishi mumkin. Rang buzilishlari|Obyekt ranglari va qayta tiklanayotgan tasvirning tegishli ranglari o‘rtasidagi sezilarli farq. Rang kontrasti|Rang grafigida ikkita ranglilikni bog‘lovchi to‘g‘ri chiziqda yotuvchi rang chegaralarining soni bilan o‘lchanadigan ranglilikdagi farq. Rang koordinatalari|Namunaga mos kelishi uchun aralashtirilishi kerak bo‘lgan asosiy ranglar miqdori.Izoh – YoXK (Yoritish bo‘yicha xalqaro komissiya) tizimida X, Y, Z simvollari bilan belgilanadi. Rang koordinatalarini o‘zgartirish|Asosiy ranglarning bir tizimiga tegishli bo‘lgan ranglarning rang koordinatalarini asosiy ranglarning boshqa tizimiga tegishli bo‘lgan aynan o‘sha ranglarning rang koordinatalari bo‘yicha hisoblash. Rang parametrlari|Rangning uchta subyektiv, ajralmas sifati: rang toni, to‘yinganligi va yorqinligi. Rang signali|Rangli televizion tasvirning rangliligini to‘liq yoki qisman aks ettiruvchi elektr signali. Rang sinxronizatsiyasi|Ranglilik signallarining sinxronligi va/yoki sinfazligini o‘rnatish hamda saqlab turish. Rang sinxronizatsiyasi signali|Muayyan shakldagi impulslar bilan modulyatsiyalangan rang quyi eltuvchi signali. Rang temperaturasi|Tiklanadigan tasvir rang tonining obyektiv o‘lchovi. U yorug‘lik manbai nurlanishining spektral tarkibini, shuningdek, yorug‘lik manbai rangidan olinadigan obyektiv taassurotni tavsiflaydi. Ekranda oq rangning «oqlik darajasi»ni belgilaydi (Kelvinda o‘lchanadi). Rang teranligi|Tasvirning bitta pikselini kodlash uchun kerak bo‘lgan bitlar soni. Rang turi|Rangning spektrdagi o‘rnini aniqlaydigan qiymat. Masalan, yashil rang sariq va moviy ranglarning orasida joylashadi. Ishchi stolda bu atributni boshqaruv paneli orqali ham berish mumkin. Rang uzatish indeksi|Muayyan kuzatish sharoitlarida tadqiq etilayotgan va standart yorug‘lik manbalari bilan yoritilgan rangli obyektni ko‘rish orqali idrok etishning muvofiqlik o‘lchami. Rang uzatish ishonchliligi|TV tasvir ranglarining etalon sifatida qabul qilingan ranglarga mos kelish darajasi. Rang uzatish sifati|Qar.: Rang teranligi. Rang videosignali|Rangli televizion tasvir xarakteristikalarini aks ettiruvchi elektr signali. Ranglar sxemasi|Ekran elementlari uchun o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi ranglar kombinatsiyasi. Ranglarni aralashtirish|Tegishli tasvirlar mos tushishiga erishilgunga qadar, ya’ni qizil, yashil va ko‘k elektron nurlarining bir pikselda uchrashguniga qadar asosiy ranglar maydonlarining uchta yoyish rastrlarini rostlash. Yomon aralashtirish monitorning ruxsat etish qobiliyatini pasaytirib oq piksellar rangini kirlantiradi. Ranglarni tiklash ishonchliligi|Ikkita rang shkalasi bo‘yicha pasaytirilgan to‘yinganlik shkalasi bo‘yicha «oq» ning darajasi 75 foiz, «qora»ning darajasi 37,5 foiz va darajasi 750 750 bo‘lgan signallar orqali shakllantirilgan yuqori to‘yinganlik shkalasi bo‘yicha vizual baholash. Ranglarning uzilishi|Kuzatish sharoitlaridagi farq tufayli ikki maydon orasida paydo bo‘ladigan har qanday soxta rang. Kuzatish sharoitlarining tez o‘zgarishi tufayli tasvirning tiklash qurilmasida rangli tasvir asosiy rang tashkil etuvchilariga qisman ajralishi yoki har qanday yoyilib ketishi. Rangli polosalar|1. Rangli signalning sifatini baholash uchun vertikal rangli polosalar hosil qiluvchi televizion sinov jadvali.Izoh – Odatda, bu jadval oq, sariq, havo rang, yashil, to‘q qizil, qizil, ko‘k va yashil ranglarga mos keluvchi sakkizta polosadan iborat bo‘ladi.2. Belgilangan ketma-ketlikda joylashgan asosiy, qo‘shimcha, qora va oq ranglarning vertikal yoki gorizontal polosalaridan tashkil topgan elektr sinov jadvali. Rangli quyi eltuvchi fazasi inversiyasining qo‘zg‘almas o‘qi|Qayd etilgan etalon faza, unga nisbatan ranglilik signali rangli quyi eltuvchida doimiy ranglilik uchun keyingi maydonlar vaqtida teng va qarama-qarshi burchak qiymatlarini oladi, bu etalon faza barcha ranglilik uchun yagonadir. Rangli quyi eltuvchi fazasining inversiyasi|Ranglilik signali quyi eltuvchisining bitta yoki bir nechta tashkil etuvchisi rangli fazasining ikkita belgilangan qiymat o‘rtasida davriy o‘zgarishi. Rangli rirproyeksiyaga kiritish|Rangli rirproyeksiya tizimini boshqarish. Bu bir videosignalni boshqasining ustiga elektron tushirish jarayonidir. Ustiga tushirish maydoni yoki zonasi signallardan birining rang to‘yinganlik darajasi bilan belgilanadi. Ustiga tushirishni amalga oshirish uchun rang to‘yinganlik alohida xususiy ajrata olish xossasiga yoki chastotalar polosasiga ega bo‘lishi kerak. Rangli tasvir signali|Barcha sinxronlovchi signallardan boshqa, rangli tasvir to‘g‘risidagi to‘liq axborotni ichiga oluvchi, elektr signali.Izoh – Rangli tasvir signalining bir turi monoxrom tashkil etuvchini va ranglilik axboroti modulyatsiyalagan quyi eltuvchini ichiga oladi. Rangli televideniyening bir vaqtdagi satr-navbatma-navbat tizimi|Rangli televideniyening, yorug‘lik signali uzluksiz uzatiladigan, ranglilikni uzatish uchun navbatma-navbat satr bo‘yicha almashinib, lekin yorug‘lik signali bilan bir vaqtda uzatiladigan ikkita signaldan foydalaniladigan tizimi. Rangli televideniyening bir vaqtdagi tizimi|Rangli televideniyening, asosiy ranglarga mos keladigan signal tashkil etuvchilari bir vaqtda uzatiladigan tizimi. Rangli televideniyening komponent tizimi|To‘liq videosignal bir nechta alohida tashkil etuvchilar shaklida mavjud bo‘ladigan rangli televideniye tizimi. Rangli televideniyening maydon-navbatma-navbat tizimi|Rangli televideniyening navbatma-navbat tizimi, bunda asosiy ranglarga mos keluvchi signal tashkil etuvchilari maydon bo‘ylab navbat bilan almashinib uzatiladi. Rangli televideniyening navbatma-navbat tizimi|Rangli televideniyening, asosiy ranglarga mos keluvchi signal tashkil etuvchilari navbatma-navbat uzatiladigan tizimi. Rangli uzatish|Qayta tasvirlashni turli rang toni, to‘yinganlik hamda yorqinlik qiymatlari bilan ta’minlashi mumkin bo‘lgan rangli televideniye signalini uzatish. Ranglilik diagrammasi|Ranglilik uchta koordinatasidan birining boshqasiga bog‘liq ravishda tuzilishidan hosil bo‘lgan diagramma. Ranglilik grafigi|Rangning ranglilik koordinatalarini o‘zida aks ettiradigan ma’lum o‘qlar bo‘ylab o‘lchanadigan masofa tekis grafigi.Izohlar1. Odatda, ikkita ortogonal o‘q, xususan, ranglilik grafigida – xy yoki Xalqaro yoritish bo‘yicha komissiyaning ranglilik teng kontrastlilik grafigida uv foydalaniladi.2. Ranglilik grafigida real ranglar monoxromatik ranglarni aks ettiruvchi nuqtalarni va boshqa tomondan, bu egri chiziqning to‘q qizil ranglilik liniyalari deb nomlanadigan to‘g‘ri liniyasi bilan cheklangan sath qismini egallaydi. (Ranglilik grafikasidagi) oq zona|Axromatik sezgirlikni kuzatish sharoitlarida yetarlicha yaxshi mos keladigan ranglilikni taqdim etadi, deb hisoblash mumkin bo‘lgan ranglilik grafikasidagi zona. Ranglilik kanali|Televizion uskunaning ushbu blokidan ranglilik signali bilan o‘tadigan yo‘l. Ranglilik modulyatori|Rangli televizion uzatishda ranglilik signali va rang quyi eltuvchisining videochastotaviy tashkil etuvchilaridan ranglilik signalini hosil qilish uchun qo‘llaniladigan modulyator. Ranglilik quyi eltuvchisining signali|Modulyatsiyalangan ranglilik quyi eltuvchisining rangga oid axborotni uzatish uchun monoxrom signalga qo‘shiladigan yon polosalari. Ranglilik signali|1. Rangli axborotni ko‘chirishda yorqinlik signaliga qo‘shiladigan elektr signal. Bu signal amalda ikki ayirmarang signal bilan modulyatsiyalangan ikkita tashkil etuvchidan iborat bo‘ladi.2. Ayirmarang signallar bilan modulyatsiyalangan bitta yoki bir nechta ranglilik quyi el-tuvchisi va rang sinxronizatsiyasi signali. Ranglilik signali eltuvchisi|Qar.: Ranglilik signalining quyi eltuvchisi. Ranglilik signali eltuvchisining chastota etaloni|Ranglilik signalining quyi eltuvchisi ega bo‘lgan chastotaga va rang chaqnashiga nisbatan qayd etilgan fazaga ega uzluksiz signal. Bu signal etalon hisoblanadi. Ranglilik signalining kanali|Rangli televideniye tizimidagi ranglilik signalini rangli quyi eltuvchiga o‘tkazish uchun mo‘ljallangan har qanday trakt. Ranglilik signalining quyi eltuvchisi|Rang axborotini uzatish uchun monoxrom signalga modulyatsiya yon polosalari qo‘shiladigan eltuvchi. Ranglilik axboroti modulyatsiyalaydigan eltuvchi. Ranglilik signalining tashkil etuvchisi|Ranglilik signalining quyi eltuvchi kuchlanishini tegishli fazada ranglilik asosiy rang signali bilan modulyatsiyalashda olinadigan tashkil etuvchisi. Ranglilik vektori|Rang fazosidagi va doimiy yorug‘lik tekisligidagi vektor, uning boshlanishi yorug‘lik o‘qida, tugashi esa rangli nurlanishni aks ettiradigan o‘qda joylashgan. Ranglilik vektori tashkil etuvchilari|Ranglilik vektorining doimiy yorug‘lik tekisligidagi ikkita o‘qqa taalluqli, rangli fazo yorug‘lik o‘qida umumiy boshlanishga ega ikkita tashkil etuvchisi. Ranglilik vektorining o‘qi|Rangli fazo doimiy yorug‘ligi sirtidagi ikkita o‘qdan biri, ular bo‘ylab ranglilik vektorining tashkil etuvchilari ajratib qo‘yiladi. Ranglilikni uzgich|Rangli televizordagi, qabul qilinayotgan signalda rangli axborot mavjud bo‘lmaganda, ranglilik kanalini yopish yo‘li bilan qora-oq tasvirni qayta tiklashni ta’minlash uchun xizmat qiladigan qurilma. Ranglilikning asosiy dag‘al rangi|Uzatishning, yorqinligi nolga teng, ranglilikni chastotalar polosasining minimal kengligi bilan uzatishga mos keladigan va rangli tasvirning subyektiv aniqligiga nisbatan kam ta’sir etishi hisobiga tanlangan asosiy rangi. Ranglilikning asosiy nozik rangi|Uzatishning, yorqinligi nolga teng, ranglilikni chastotalar polosasining maksimal kengligi bilan uzatishga mos keladigan va rangli tasvirning subyektiv aniqligiga ta’sir etishi muhimligi uchun tanlangan asosiy rangi. Ranglilikning asosiy rangi|Yorqinligi nolga teng bo‘lgan uzatishdagi ikkita asosiy rangdan biri. Ranglilikning miltillashi|Faqat ranglilikning o‘zgarishlari natijasida paydo bo‘ladigan miltillash. Ranglilikning to‘yinganligi|Berilgan nurlanish rangliligini sezishning oqning rangliligini sezishdan farqlash darajasi. Ranglilik-yorqinlik kesishuvchi buzilishi|Yorqinlik signalining ranglilik signali keltirib chiqaradigan buzilishi. Rangni kodlash tizimi|Rang koordinatalari yorqinlik signali va ayirmarang signallar orqali belgilanadigan rang koordinata tizimi. Rangni tiklash tizimi|Qayta tiklash qurilmasi uchta asosiy rangining nominal rangliligi va tayanch oqning rangliligi bilan belgilanadigan uch rangli kolorimetrik tizim. Rangning bir xilligi|Katta uzunlikdagi yirik oq, kul rang va qora uchastkalardagi ishchi maydon bo‘ylab nazorat qilinadigan tasvir.Rangning «sudralishi»ing. - сhroma сreepru – «наползание» цветаTasvir nuqsoni, bunda to‘yingan ranglar, ayniqsa, vertikal qizil chiziqlar «shovqinli» bo‘lib qoladi. Rangning to‘yinganligi|Rang bo‘yicha ko‘rib chiqilayotgan rang omili bilan tenglashadigan ma’lum axromatik oxirgi omilning additiv aralashmasidagi monoxromatik rang omilining ulushi bilan tavsiflanadigan rang belgisi.Izohlar1. Televideniyeda to‘yinganlik tushunchasi kolorimetriyada qo‘llaniladigan rang tozaligi tushunchasiga o‘xshash.2. Rangning to‘yinganligi uning monoxromatik rangga yaqinlashgani sari ortib boradi.3. Qirmizi stimul hollarida monoxromatik stimul qirmizi ranglilik liniyalaridagi tegishli nuqtadagi stimul bilan almashtiriladi. Ranjlash|Obyektlar yoki ma’lumotlarni, tasniflash maqsadida darajalar bo‘yicha qandaydir belgilarga ko‘ra taqsimlash. Tasniflanadigan obyektlar yoki ma’lumotlar taqsimlanadigan darajalar ranglar deb ataladi. Raqam-analogli o‘zgartirgich|Raqamli kod ko‘rinishidagi diskret signallarni, ularga ekvivalent bo‘lgan analog (vaqt davomida uzluksiz bo‘lgan) signallarga avtomatik o‘zgartiradigan qurilma. «Raqam bilan bog‘lanish mumkin emas» tonal signali|Chaqiruvchi abonentga chaqiriluvchi abonentning raqamiga bog‘lanish mumkin bo‘lmagan holatda uzatiladigan tovushli signalizatsiya (masalan, chiqariluvchi, retranslyatorning ta’sir zonasidan tashqarida yoki uning radiostansiyasi o‘chirilgan bo‘lsa). Agar liniya band bo‘lsa yoki abonent javob bermasa, bunday vaziyatda «raqam bilan bog‘lanish mumkin emas» signali hosil qilinadi. Raqam termasdan bog‘lanish (yarim doimiy bog‘lanish)|Raqam termasdan bog‘lanishni ta’minlovchi xizmat.Izoh – MML komandasi yordamida operator foydalanuvchini oldindan buyurtma berilgan manzil bilan bog‘laydi. Raqam teruvchi|Foydalanuvchi kompyuteriga keyinchalik yukla-nadigan va ishga tushiriladigan unchalik katta bo‘lmagan ushbu dastur modem aloqasini to‘lovli modem puli orqali amalga oshirishga harakat qiladi. Raqamdan universal foydalanish xizmati|Mamlakatning turli qismlarida mamlakatning istalgan nuqtasidagi bir nechta telefon apparatlariga ega bo‘lgan abonent bilan, bitta aniq raqamni terish orqali bog‘lanish imkoniga ega xizmat. Mamlakatning o‘zaro bog‘langan zonalarida joylashgan telefon stansiyalariga ulangan abonentlar tomonidan chaqiruvlar ushbu zonalardagi shu xizmatlardan foydalanadigan telefon apparatlariga (ayrim cheklashlar bilan) yo‘llanadi. Raqamlarni siklik saralash|O‘xshash telefonlarning raqamlarini siklik saralash orqali yopiq klonlash, unda har bir keyingi chaqiruv yangi raqam bilan amalga oshiriladi. Raqamlash (nomerlash)|Tarmoq obyektlari o‘rtasida raqamlarni taqsimlash jarayoni, bunda ularning bir ma’noli identifikatsiya qilinishi kafolatlanadi. Raqamlash tizimi|Operatorlar, provayderlar va foydalanuvchilarning oxirgi (terminal) uskunasi o‘rtasida raqamlash va taqsimlash tartibi hamda qoidalari. Raqamlashtirish|Analog signalni diskret signalga aylantirish jarayoni, yaʼni analog maʼlumotlarni raqamli, kompyuter muhitida mavjud bo‘la oladigan va mashina o‘qiydigan tashuvchilarda saqlanadigan shaklga o‘tkazish. Analog tasvirlarni raqamlash ko‘pincha skaner yordamida bajariladi. Raqamli|Ma’lumotlarning qandaydir chekli to‘plamdan bo‘lgan belgilar ketma-ketligi ko‘rinishida taqdim etilishini tavsiflaydi. Kompyuter texnikasida «raqamli» atamasi «ikkili» atamasining sinonimi hisoblanadi, chunki kompyuterlarda axborot ikkili raqamlar (0,1) ko‘rinishda taqdim etiladi. Raqamli abonent liniyasi|Mis simlar bo‘yicha diskret signallarni translyatsiya qilishning fizik va kanal darajalar maxsus protokollari bilan aniqlangan fizik liniyalar bo‘yicha ma’lumotlarni yuqori tezlikli uzatish texnologiyasi.Izoh – Shunga o‘xshash raqamli aloqa liniyasini tashkil etish uchun provayderda o‘rnatilgani kabi oxirgi foydalanuvchida ham o‘rnatilishi zarur bo‘lgan maxsus uskuna qo‘llaniladi. (Raqamli) alohida kodlash|Rangli televizion signalni analog-raqamli o‘zgartirish usuli, uni uchta tashkil etuvchilardan har biri alohida qayta tashkil qilinadi, masalan, yorug‘lik signali va ikkita ayirmarang signal. Raqamli-analog o‘zgartirish|Raqamli signallarni, muhim axborotni saqlab qolgan holda, analog signallarga o‘zgartirish jarayoni. Raqamli audio kasseta|Ham tovush signallarini, ham ma’lumotlarni yuqori sifatli raqamli yozish va qayta eshittirish uchun mo‘ljallangan magnit tasmali, uncha katta bo‘lmagan kasseta. Raqamli audio kassetalardan ma’lumotlarni arxivlashda foydalaniladi. (Raqamli) dekodlash|1. Dastlabki signalni, qayta tiklash maqsadida, razryadlar ketma-ketligiga nisbatan qo‘llaniladigan jarayon.2. Rangli televideniyeda – rangli videosignaldan uchta asosiy rangga mos keladigan signallarni olish jarayoni. Raqamli diskli videomagnitofon|Axborot eltuvchi sifatida disklardan foydalaniladigan «plyonkasiz» videomagnitofon. Raqamli (elektron) diplomatiya|Internet tarmog‘i imkoniyatlaridan va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan diplomatik vazifalarni hal etishda foydalanish. Raqamli diplomatiya doirasida global tarmoqda yangi media, ijtimoiy tarmoqlar, bloglar va shunga o‘xshash mediamaydonchalardan foydalaniladi. Elektron diplomatiyada davlat muassasalari, birinchi navbatda, tashqi siyosat, hukumat organlari, shuningdek, faoliyati tashqi siyosiy kun tartibini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan nohukumat tashkilotlar ishtirok etadilar. Raqamli diplomatiyaning asosiy maqsadlari – tashqi siyosiy manfaatlarni ilgari surish, Internet-televideniye, ijtimoiy tarmoqlar, mobil telefonlar orqali, omma ongiga va siyosiy elitaga yo‘naltirilgan axborot targ‘ibotidan iborat. Raqamli eshittirish televideniyesi tizimi|Raqamli eshittirish televideniyesining televizion tasvir, tovush va xizmatga oid axborot to‘g‘risidagi ma’lumotni shakllantirish, uzatish va qabul qilish usullarini belgilaydigan texnik vositalari hamda tegishli texnik parametrlari va tavsiflarining majmui. (Raqamli eshittirish televideniyesi) transport oqimidagi xatolik bayrog‘i|Raqamli eshittirish televideniyesining ma’lumotlar transport oqimi tegishli darajasi sarlavhasida bo‘lgan, bu oqimni shakllantirish, uzatish yoki qabul qilish jarayonida yuzaga keladigan muayyan turdagi xatolar to‘g‘risidagi axborotni tashuvchi bitta yoki bir nechta bit. (Raqamli eshittirish televideniyesida transport oqimi paketlarini) randomizatsiyalash|Raqamli eshittirish televideniyesi ma’lumotlari transport oqimi paketlarini modulyatsiyalangan televizion signal energiyasini radiokanal polosasida yanada tekisroq taqsimlash va raqamli oqim ma’lumotlarining bitlari o‘rtasidagi o‘tishlarni tasodifiy statistikaga yaqinlashtirish uchun skremblerlashni amalga oshirish operatsiyasi. (Raqamli eshittirish televideniyesining) dasturiy oqimi|Bitta umumiy taktli chastotaga ega bo‘lgan video, audio ma’lumotlari va xizmatga oid axborotlar elementar oqimlarini multiplekorslash yo‘li bilan hosil qilingan hamda eshittirish televideniyesi o‘zgaruvchan uzunlikdagi dasturiy paketlaridan tuzilgan ma’lumotlar oqimi. Raqamli filtrlash|Raqamli signal chastota spektrining ba’zi komponentlarini raqamli filtr bilan bostirish. Raqamli guruh hosil qilish iyerarxiyasi|Raqamli multipleksorlarning bosqichlar bo‘yicha o‘tkazish qobiliyatiga muvofiq, biror tartibdagi guruh hosil qilishlar, har biri quyi darajadagi belgilarni uzatish tezligiga ega va shu tezlikdagi boshqa raqamli signallar bilan keyingi, yanada yuqori darajadagi raqamli multipleksor yordamida bundan keyingi birlashish uchun yaroqli bo‘lgan raqamli signalga birlashishni ko‘zda tutadigan tarzda joylashadigan qatori. Raqamli imzo|1. Xabarga qo‘shimcha qilinadigan hamda xabar oluvchiga jo‘natuvchining haqiqiyligini tekshirish imkonini beradigan ma’lumotlar.2. Ma’lumotlar blokiga yoki uni kriptografik qayta o‘zgartirish natijasiga qo‘shimcha qilinadigan ma’lumotlar ketma-ketligi, u ma’lumotlar oluvchisiga manba va ma’lumotlar blokining yaxlitligini tekshirish, shuningdek, soxtalashtirishdan yoki almashtirishdan muhofaza qilish imkonini beradi. Raqamli imzo sxemasi|Raqamli imzoni shakllantirish va uni tekshirish algoritmlarining majmui. Raqamli imzo sxemasining ishonchliligi maxfiy kalit egasi bo‘lmagan shaxs uchun quyidagi uchta vazifani hal qilish murakkabligi bilan belgilanadi: raqamli imzoni qalbakilashtirish, ya’ni berilgan hujjat tagidagi imzoning qiymatini hisoblash; imzolangan xabarni yaratish, ya’ni imzoning to‘g‘ri qiymatiga ega hech bo‘lmasa bitta imzoni topish (raqamli imzoni ekzistensial qalbakilashtirish); xabarni almashtirish, ya’ni imzoning bir xil qiymatlariga ega ikkita turli xabarni tanlash. Raqamli imzo tizimi|1. Ma’lumotlar manbaini autentifikatsiyalovchi yoki xabarni autentifikatsiyalovchi kriptografik tizim. Subyektlarning ular avvalroq bajargan xatti-harakatlarini rad etishlaridan muhofaza qilish uchun mo‘ljallangan.2. Oluvchiga, olingan ma’lumotlar to‘plamining haqiqiyligini va ma’lumotlarning, aynan, nomidan xabar yuborilgan jo‘natuvchi tomonidan yuborilganlik faktining ishonchliligini ta’minlaydigan protsedura hamda vositalar. Raqamli imzoli xabar|Shifrlanmagan, lekin raqamli imzoga ega bo‘lgan xabar. Raqamli imzoni shakllantirish algoritmi|Dastlabki ma’lumotlari sifatida xabar, imzo kaliti va raqamli imzo sxemasi parametrlaridan foydalaniladigan algoritm, natijada raqamli imzo shakllanadi. Raqamli imzoni tekshirish algoritmi|Dastlabki maʼlumotlari sifatida imzolangan xabar, tekshirish kaliti va raqamli imzo sxemasi parametrlaridan foydalaniladigan, raqamli imzoning to‘g‘riligi yoki xatoligi to‘g‘risidagi xulosa esa natijasi bo‘lib hisoblanadigan algoritm. Raqamli iqtisodiyot|1. Ishlab chiqarishning asosiy omili raqamli shakldagi ma’lumotlar hisoblanadigan xo‘jalik faoliyati, katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash va ularni tahlil qilish natijalaridan foydalanish, xo‘jalik yuritishning an’anaviy shakllariga nisbatan, ishlab chiqarishning har xil turlari, texnologiyalar, uskunalar, tovarlar va xizmatlarni saqlash, sotish, yetkazib berish samaradorligini sezilarli oshirish imkonini beradi.2. Onlayn-xizmatlar taqdim etish bo‘yicha servislar, elektron to‘lovlar, Internet-savdo, kraudfanding va boshqalar kiradigan raqamli kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan faoliyat. Odatda, elektron tijorat, Internet-banking elektron to‘lovlar, Internet-reklama, shuningdek, Internet-o‘yinlar, raqamli iqtisodiyotning asosiy elementlari sifatida tilga olinadi. Raqamli «iz»|Ma’lumotlar elementining xarakteristikasi, masalan, kriptografik nazorat qiymati yoki ma’lumotlarga nisbatan bir tomonlama xeshlash funksiyasini bajarish natijasi. (Raqamli) kadr|Signalning to‘liq siklini tashkil etuvchi ketma-ket taym-slotlarning takrorlanuvchi to‘plami, bunda har bir taym-slotning nisbiy pozitsiyasi identifikatsiyalanadi. Raqamli kira olish va kommutatsiyalash tizimi|DS-0 (64 kbit/s) darajasiga T1 va E1 liniyalarini elektron usulda aks ettirish imkonini beradigan kommutator; DCS va DXS deb ham ataladi. Raqamli klaviatura|Standart klaviaturaning o‘ng tomonidagi, Num Lock indikatori yonib turganda sonli ma’lumotlarni tezda kiritish uchun mo‘ljallangan klavishlar bloki. Raqamli kompyuter|Diskret ma’lumotlarni qayta ishlash yo‘li bilan masalalarni hal etadigan kompyuter; bitta yoki undan ko‘p diskret o‘zgaruvchilar shaklida keyingi barcha funksiyalarni bajara oladigan, ya’ni a) kiritiladigan ma’lumotlarni qabul qiladigan; b) doimiy yoki o‘zgaradigan saqlash qurilmalarida ma’lumotlar yoki komandalarni saqlaydigan; c) o‘zgarishi mumkin bo‘lgan ko‘rsatmalarning yozilgan ketma-ketligi vositasida ma’lumotlarni qayta ishlaydigan; d) ma’lumotlar chiqarilishini ta’minlaydigan apparatura. Raqamli konvert|1. Xabarga qo‘shimcha qilinadigan hamda mo‘ljallangan oluvchiga xabar mazmunining yaxlitligini tekshirish imkonini beradigan ma’lumotlar.2. Xabarlarni shifrlash uchun simmetrik kriptotizimdan, maxfiy kalitlarni shifrlash uchun esa asimmetrik kriptotizimdan foydalaniladigan mexanizm. Shu tarzda uzoq muddatli kalit asimmetrik kriptotizimga, seansli kalit simmetrik kriptotizimga tegishli bo‘ladi. Raqamli ko‘p maqsadli disk|DVD-diskka yuqori sifat bilan yozilgan video-fayl. MPEG-2 tasvir siqishda va Dolby Digital standartidagi tovushda ishlatiladi. Kinoqaroqchilik bilan kurashish maqsadida har bir DVD da region kodi ko‘rsatiladi, DVD-proigrivatellar esa disklarni faqat regionning tegishli kodi bilan qayta tiklashi mumkin. Raqamli ma’lumotlar bazasi|Raqamli ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar bazasi. Raqamli mikrouyali simsiz aloqa tizimi|1. O‘z foydalanuvchilariga, ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishdan himoyalangan yuqori sifatli barqaror aloqani ta’minlaydigan tizim. DECT standarti nutqli va faksimil aloqani, shuningdek, ma’lumotlar uzatishni ta’minlaydi.2. Yevropa raqamli simsiz telekommunikatsiyalari. Yevropa simsiz telefon aloqa standarti. TDMA texnologiyasi asosida 1,8 GHz va 1,9 GHz chastota diapazonida ishlaydi. Kanalni dinamik tanlash/ajratish texnologiyasidan foydalanish bir nechta DECT telefoni foydalanuvchilariga so‘zlashuvni aynan bitta tayanch chastotada olib borish imkonini beradi. Paketlarni kommutatsiyalash usulini qo‘llash hisobiga, DECT ma’lumotlarni simsiz uzatish tezligi 522 Kbit/s gacha, kelajakda esa, 2 Mbit/s gacha yetishini ta’minlaydi. DECT/GSM ikkita standartli mobil tarmoqlar tarqalishi bilan DECT yanada ommaviylashadi. Raqamli miksher|Raqamli televizion signalning bir nechta ma’lumotlar oqimini qayta ishlash uchun mo‘ljallangan qurilma. Raqamli modem|Axborot uzatish uchun analog modemlarga nisbatan, yuqoriroq chastotalardan (4 kHz dan (1-2) MHz gacha) foydalanadigan modem. Raqamli multipleks iyerarxiyasi|Multipleksorlashning bir qator darajalari, bunda har bir daraja aniq bitreyt bilan tavsiflanadi va har bir daraja past darajadagi bitreyt bilan multipleksorlangan signallardan tashkil topgan raqamli signallar bilan ishlaydi.Izoh – XEI standartizatsiya sektori raqamli multipleks iyerarxiya-ning ikkita: plezioxron raqamli iyerarxiya va sinxron raqamli iyerarxiya turini standartlashtirgan. Raqamli oqimlar va kanallarni ajratish apparaturasi|Bo‘shagan pozitsiyalarga kiritiladigan signallar guruhiga kiradigan, iyerarxiya oldingi bosqichining qatʼiy belgilangan raqamli oqimiga tegishli bo‘lgan pozitsiyalarni raqamli signallar guruhidan ajratib olinishini taʼminlovchi apparatura. Raqamli oqimlarni uzatishning ko‘p tezlikli texnologiyasi|Ikki simli tarmoqdan ma’lumotlar o‘tish tezligini 2 Mbit/s gacha ta’minlab beruvchi texnologiya. Modulyatsiya usuli – 2BIQ. Barcha o‘tkazish yo‘li Е1 butun kanali va bir nechta nutq kanallari o‘rtasida bo‘linadi. Raqamli ovoz yoziladigan kompakt disk|Disk tovush yo‘lkalaridan tuzilgan bo‘lib, u 73 min davomida yuqori sifatli jarangli ma’lumotlarni berish imkoniga ega. Musiqani diskdan kompyuterga ko‘chirib olish maxsus dastur – grabberlar orqali amalga oshiriladi. Raqamli resurslarni boshqarish|Video, audio va fotoalbomlarga tez kira olish va kataloglash uchun mo‘ljallangan dasturiy vosita. Bunga Google Picasa ni yorqin misol qilib keltirish mumkin. Raqamli savodxonlik|Raqamli kompetentlikka (chuqur bilimga ega bo‘lishlikka) erishish, axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan ish, dam olish, muloqot uchun qat’iy va tanqidiy foydalanish uchun zarur bo‘lgan malaka. Raqamli sertifikat|Foydalanuvchi, kompyuter, server, kompaniya yoki boshqa obyektni identifikatsiya qilish uchun va ochiq kalitni obyekt bilan bog‘lash uchun xizmat qiladigan elektron hujjat. Raqamli sertifikat sertifikator (Certification Authority) tomonidan beriladi va shu sertifikatorning raqamli imzosi bilan ta’minlanadi. Raqamli signallar protsessori|Analog signallarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan protsessor (mikrosxema). Tovush kartalarida, ma’lumotlar to‘plash tizimlarida va tasvirlarga ishlov berishda foydalaniladi. Raqamli tafovut|Internetga kirish huquqi bo‘lganlar, Butunjahon o‘rgimchak to‘rida taklif qilinadigan yangi xizmatlardan foydalana oladiganlar bilan, bu xizmatlardan chiqarib tashlanganlar o‘rtasidagi farq.Izoh – Tayanch darajada fuqarolar va korxonalarning axborot jamiyatida ishtirok etishi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga, ya’ni kompyuterlar va Internet ulanishlar kabi elektron qurilmalar mavjudligiga bog‘liq. Raqamli tafovutni yosh, ma’lumot, jins, daromad, ijtimoiy guruhlar yoki geografik o‘ringa bog‘liq holda ishtirok etishdagi farqni tavsiflaydigan mezonlarga muvofiq tasniflash mumkin. Raqamli tarmoq|Ikki yoki bir nechta punkt o‘rtasida aloqani tashkil qilish maqsadida ular o‘rtasidagi raqamli bog‘lanishlarni yaratish uchun foydalaniladigan raqamli uzellar va raqamli ulovchi liniyalar majmui. Raqamli taroqsimon filtr|Televizion eshittirishda aralashib ketgan yorqinlik va ranglilik signallarini ajratadigan filtr. Bu texnologiya signalning buzilishini, rang shovqinlarini, «nuqtalarning sirpanish» effektlarini pasaytirish imkonini beradi. Televizion dasturlarda ba’zida kesishuvchi rang buzilishlari paydo bo‘ladi, (masalan, ko’rsatuv boshlovchisi yo‘l-yo‘l kostyum yoki mayda xol-xol ko‘ylak kiygan hollarda). Taroqsimon filtr bu buzilishlarni bartaraf etadi. Natijada tasvir aniqroq va tozaroq chiqadi. Raqamli tasvir kanali|Eshittirish televideniyesi raqamli traktining raqamli televizion videosignallarni shakllantirish, uzatish va qabul qilish uchun mo‘ljallangan qismi. Raqamli televideniye|Axborot raqamli signallar yordamida ifodalanadigan televideniye. Raqamli televizion bog‘lovchi liniya|Eshittirish televidenyiesi raqamli traktining qismlari o‘rtasida, raqamli televizion videosignallar va tovush signallarini, shuningdek, translyatsiya qilinishi zarur bo‘lgan maxsus ma’lumotlarni uzatish uchun mo‘ljallangan liniya. Raqamli televizion dekoder|Televizion videosignalni raqamli dekodlash qurilmasi. Raqamli televizion eshittirish|Raqamli eshittirish televideniyesining iste’molchiga televizion dasturlar va xizmatga oid axborotni uzatish uchun mo‘ljallangan tarkibiy qismi.Izoh – Xizmatga oid axborot deganda, metama’lumotlar, iste’molchining ma’lumotlari va h.k.lar tushuniladi. (Raqamli televizion eshittirish tizimining) global modeli|XEI tomonidan Xalqaro standartlashtirish tashkiloti bilan birgalikda yaratilgan vaiste’molchilarga ommaviy ko‘p maqsadli axborot xizmatlari ko‘rsatishda raqamli televizion eshittirishdan foydalanishni ko‘zda tutadigan model. Raqamli televizion kamera|Tasvir signalini raqamli qayta ishlaydigan va chiqish televizion signallari raqamli bo‘lgan televizion kamera. Raqamli televizion koder|Televizion videosignalni raqamli kodlash qurilmasi. Raqamli televizion qo‘shimcha moslama|Raqamli televizion signalni qabul qilish va analog signalga o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan, analog televizorga qo‘yiladigan qo‘shimcha moslama.Izoh – Qo‘shimcha moslamaga multimedia funksiyalari yuklatilishi mumkin. Raqamli televizion signal ma’lumotlar oqimini yashirin markalash|Raqamli televizion signal ma’lumotlar oqimiga maxsus kalitsiz aniqlab bo‘lmaydigan va o‘chirilmaydigan kodni kiritish.Izoh – Bu kod materialning aslligini tekshirish imkonini beradi hamda yashirin axborotni tashish vositasini taqdim etadi. Raqamli televizion signallar regeneratori|Raqamli televizion videosignallar va tovush signallarining taktli sinxronlanishini tiklash uchun mo‘ljallangan qurilma. Raqamli televizion sinov jadvali|Elementlari eshittirish televideniyesining raqamli traktida yoki uning qismlarining chiqishida televizion tasvir parametrlari va xarakteristikalarini baholash uchun xizmat qiladigan standart tasvir. Raqamli televizion videosignal|Analog televizion videosignalni raqamli kodlash natijasida olingan televizion videosignal. Raqamli televizion yo‘ldoshli liniya|Raqamli televizion videosignallar va tovush signallarini, shuningdek, translyatsiya qilinishi zarur bo‘lgan maxsus ma’lumotlarni bitta yoki bir nechta aloqa yo‘ldoshi orqali uzatuvchi va qabul qiluvchi yer stansiyalari o‘rtasida uzatish uchun mo‘ljallangan radioliniya. Raqamli (televizion) matritsali kommutator|Raqamli televizion signal ma’lumotlarining kirish va chiqish oqimlarini qo‘shimcha tarzda qayta ishlash imkoniyati bilan, o‘z portlari o‘rtasida iste’molchilarning manzillarini hisobga olgan holda fizik bog‘lanishni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan qurilma. Raqamli televizion o‘lchash signallari generatori|Raqamli televizion o‘lchash signallarining parallel yoki ketma-ketlikdagi oqimlarini shakllantirish uchun mo‘ljallangan qurilma. Raqamli televizor|Televizion videosignallarni, sinxronizatsiya signallarini va tovush jo‘rligi signallarini raqamli qayta ishlash jarayonini o‘z ichiga olgan televizor. Raqamli texnologiyalar asri|Raqamli texnologiyalar global ravishda tarqalganda yuzaga kelgan atama. Bu jarayon zamonaviy hayotning ijtimoiy-madaniy jihatlariga sezilarli taʼsir ko‘rsatadi. Raqamli tovush kanali|Eshittirish televideniyesi raqamli traktining raqamli televizion tovush signallarini shakllantirish, uzatish va qabul qilish uchun mo‘ljallangan qismi. Raqamli ulanish|Telekommunikatsiyalar tarmog‘ining punktlari o‘rtasida raqamli signallarni uzatish uchun tashkil qilingan raqamli kanallar, kommutatsion va boshqa funksional bloklarni ketma-ket birlashtirish. Raqamli universal disk|Axborot tashuvchining turi. Bir qatlamli bir tomonlama «oddiy» DVD diskning sig‘imi 4,7 Gb ga (DVD-4,7) teng. Ikki tomonlama (DVD-10) hamda ikki qatlam (DVD-9) DVD-disklar mavjud. Ikki qatlamli ikki tomonlama super DVD disk (DVD-18) o‘zining axborot «sig‘imiga» ko‘ra, to‘rtta «oddiy» diskka teng. Raqamli valyutalarni almashish onlayn-servisi|Mijozlarga raqamli vositalarni boshqa aktivlarga, jumladan, milliy valyutalarga va boshqa raqamli valyutalarga ayirboshlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadigan veb-xizmat.Izoh – Bu atama bilan bir qatorda, «raqamli valyutalar birjasi», «raqamli valyutalar bilan savdolarni tashkillashtiruvchi», «savdo servisi», «elektron ayirboshlash maydoni» ta’riflari ham ishlatiladi. Bunday xizmatlar odatda, faqat onlayn-servislar taqdim etadi, barcha operatsiyalarni elektron shaklda amalga oshirgan holda. Biroq, valyutalarni ayirboshlashning an’anaviy usullari ham taklif qilinishi mumkin. Odatda operatsiyalar uchun vositachilik haqi olinadi. Bank kartalari bo‘yicha operatsiyalar, pul o‘tkazmalari, shu jumladan pochta o‘tkazmalari yoki raqamli valyutalarga ayirboshlash evaziga boshqa to‘lov shakllari amalga oshirilishi mumkin. Mijozdan raqamli valyutalar sotib olinganda, pul mablag‘lari bank hisobraqamlariga, shu jumladan, kartochka hisobraqamlariga o‘tkazilishi mumkin. Raqamli video|Raqamli shaklda yoziladigan va qayta ishlanadigan videosignal. Raqamli videointerfeys|Interfeys standarti va videotasvirlarni suyuq kristalli monitor, televizor, proyektor kabi raqamli aks ettirish qurilmalariga uzatish uchun mo‘ljallangan tegishli razyom. Digital Display Working Group konsorsiumi tomonidan ishlab chiqilgan. Raqamli (video) kamera|Bevosita raqamli shaklda (harakatlanadigan yoki harakatlanmaydigan) tasvirni yaratadigan, shuning uchun tasvirni xotiraga yozib olishdan yoki aloqa liniyasi bo‘ylab uzatishdan avval analog-raqamli o‘zgartirish talab etilmaydigan kamera. Raqamli videosignal yozilgan interaktiv kompakt disk|CD-ROMning bir turi bo‘lib, foydalanuvchining diskdan maxsus yozish formatiga ega, tasvir hamda tovush fayllarini ijro etishning sifatini oshirib beruvchi ma’lumotlarni o‘qishda (yozishda) boshqarishga xizmat qiladi. Raqamli videointeraktiv (DVI) formati ushbu disklar uchun muqobil format hisoblanadi. Raqamli xavfsizlik|Axborotning konfidensialligini, yaxlitligini va undan foydalana olishlikni, viruslar hujumidan va ruxstsiz aralashuvdan himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar kompleksi. (Raqamli) tasvirni kodlash|Tasvir (kadr) to‘g‘risidagi axborotning har bir elementi, masalan, kvantlangan qiymat belgilangan qoidalarga muvofiq, razryadlar ketma-ketligida taqdim etiladigan jarayon.Izoh – «Kodlash» atamasi rangli televideniyeda boshqa mazmunga ega. Raqamli yo‘ldoshli televizion eshittirish|Aloqa yo‘ldoshlarida va kosmik stansiyalarda joylashtiriladigan televizion retranslyatorlar orqali amalga oshiriladigan raqamli televizion eshittirish. Raqamli o‘zgartirgich|Nuqtalar koordinatalarini avtomatik raqamlash yo‘li bilan grafik axborotni (sxemalarni, chizmalarni) kiritish qurilmasi. Raqamli chiqish|Raqamli oqimni uzatish imkonini beradi. Fizik jihatdan elektrik (RCA ajratgich) yoki optik (Toslink ulagich) bo‘lishi mumkin. Raqamni aniqlamaydigan qurilma|Abonentga boshqa telefonlar tomonidan o‘z raqamini aniqlashni taqiqlash imkonini beradigan xizmat. Raqamni avtomatik aniqlash apparaturasi|Chaqirayotgan abonent oxirgi (terminal) abonent telefon qurilmasining kategoriyasi va raqamini aniqlash uchun mo‘ljallangan qurilma. Raqamni ko‘chirish|Bir operatordan boshqasiga o‘tishda abonent raqamini saqlash imkonini beradigan xizmat. Raqamni qayta manzillash bilan chaqiruv|Abonent raqami band bo‘lganda yoki ma’lum vaqt davomida javob bermaganida, barcha kiruvchi chaqiruvlarni saqlab qolish mumkinligi.Izoh − Barcha chaqiruvlar avtomatik ravishda boshqa raqamga o‘tkaziladi va ulardan navbat shakllantiriladi. Shuningdek, xabarlar abonentning tovushli pochta qutisiga jo‘natilishi ham mumkin. Raqamni takrorlash xizmati|Abonent uchun qisqa kodni terish orqali avval terilgan raqam bilan takroran bog‘lanish imkonini beradigan xizmat. Rasm (shakl)|Veb-sahifada illyustratsiya vazifasini bajaruvchi rasm. Texnik matnlar o‘zlashtirilishini osonlashtiradi. Rasm va matn|Ikkita tyunerli televizorlarda mumkin bo‘lgan, ekranning chap tomonida telematn, o‘ng tomonida esa o‘lchami rostlanadigan tasvir proyeksiyalanadigan dinamik funksiya. Rasmda rasm (videokameralarda)|Qandaydir yozuv yoki rasm yoxud obyektni suratga olib, keyin uni harakatlanmaydigan tasvir ko‘rinishida xotiraga kiritish. Rasmiy hujjat matni|Axborotning biror bir tashuvchisida qayd etilgan va hujjatdagi axborot nutqining barchasini yoki asosiy qismini o‘zida aks ettiruvchi axborot. Rasmiy hujjat sanasi|Hujjat tuzilgan yoki imzolangan sanani o‘z ichiga oluvchi rasmiy hujjat rekviziti. Rasmiy hujjat sarlavhasi|Hujjatning mazmunini qisqa bayon qiluvchi hujjat rekviziti. Rasmiy hujjatni rasmiylashtirish|Zarur rekvizitlarni qo‘yish. Rasmiy parametr|Protsedura sarlavhasida, protsedura e‘lon qilinadigan paytda ko‘rsatiladigan parametr. Protsedurani chaqirishda unga aniq (aktual) parametrlar beriladi. Rasmiy til|Sintaksisi va semantikasi ochiq ko‘rinishda, undan foydalangunga qadar berilgan til. Rasmiy tillarga, xususan, dasturlash tillari kiradi. Rastr|Tasvirlarni to‘g‘ri burchakli matritsaviy tasvir elementlari – piksellar shaklida taqdim qilish raqamli vositasi. Ular tasvirlarni yoki fazoviy obyektlarni rastrli ifodalash asosidir. Rastrlash|Vektor formatidagi ikki o‘lchamli tasvirni displey yoki printerga chiqarish uchun piksellar yoki nuqtalarga o‘girish. Vektorlashga teskari bo‘lgan jarayon. Atama XIX asrning o‘rtalarida chop etishning ofset usuli va sifatli chop etish uchun zarur bo‘lgan rastr texnologiyasi yaratilishi bilan paydo bo‘lgan. Rastrli|Grafik obyektni bitli ko‘rinishda, rastrli tasvirlanishi. Tasvir va shriftlarni «katakchali» ko‘rinishda ifodalash uchun qo‘llaniladi. Rastrli tasvirlarni taqdim etish formati, tasvirning har bir pikseliga uning rangini ifodalovchi bir nechta ikkilik razryad mos keladi. Rastrli grafika|Tasvir nuqtalar to‘plami ko‘rinishida taqdim etiladigan grafika. Har bir nuqta rastr elementi deyiladi, uning tavsifi maxsus rastrli fayllarda saqlanadi. Rastrli fayllarning bir nechta formati bor, masalan, Windows da foydalaniladigan, apparat jihatdan mustaqil rastrli format DIB (Device Independent Bitmap). Rastrli operatsiyalar kodi|Eski va yangi tasvir piksellarini tenglash yo‘li ko‘rsatgichi. Odatda boshlang‘ich tasvir oddiygina natija tasvir bilan qayta yoziladi. Rastrli protsessor|Rastrli tasvirlarni fototerish avtomatida yoki raqamli bosma tizimda chiqarish vositasi. Rastrli tasvir|Alohida oddiy elementlar bo‘lmish piksellardan qatorlab shakllantirilgan tasvir. Tasvir matritsasidagi ko‘p sonli piksellar uning shunday shaklini taʼminlaydiki, unda nuqtalar bir biri bilan deyarli qo‘shilib ketadi. Rastrli grafikaning muhim fazilati bo‘lib, u tasvirlarga ishlov berishni ancha yengillashtirish, tasvirning har bir elementini tahrir qilish imkonidir. Rastrli tasvirlarning kamchiligi ohista o‘zgara-digan egri chiziqlarni yarata olmasligidir. Masalan, aylana har doim siniq egri chiziq shaklida tasvirlanadi. Bu sinishlarni tasvir rastri nuqtalari sonini oshirish hisobiga kamaytirish mumkin, ammo to‘liq yo‘q qilib bo‘lmaydi. Rastrli to‘sig‘i (parallaks to‘sig‘i) bo‘lgan stereoskopik kineskop (displey)|Stereoskopik kineskop, bunda to‘r shaklidagi niqob ekranning old qismida ikki tomonga yo‘naltirilgan yorug‘lik bo‘lgich (tasvir ajratgich) ni hosil qiladi, shuning uchun, chap va o‘ng ko‘z uchun navbatma-navbat ko‘rsatiladigan tasvirlarni ajratish uchun boshqa vositalar (masalan, ko‘zoynak) ga zarurat bo‘lmaydi. Rastrli-vektorli o‘zgartirish|Obyektlarni rastrli ifodalashdan vektorli shaklga avtomatik yoki yarimavtomatik ravishda aylantirish. Rasshifrovkalash|Oldindan aniqlangan algoritm yordamida shifrlangan matnni o‘qish uchun yaroqli matnga o‘girish jarayoni. Shifrlash jarayoniga teskari operatsiya. Raund|Faystel shifridagi va arxitektura jihatdan unga yaqin bo‘lgan shifrlardagi shifrlashning bitta qadami. Shifrlash jarayonida shifrlanadigan blokning bitta yoki bir nechta qismi o‘zgarishga uchraydi. Raund kaliti|Kriptoalgoritm kalitidan olinadigan va shifrlashning bir raundida Fеystel shifri hamda o‘xshash kriptoalgoritmlar tomonidan foydalaniladigan maxfiy element. Ravon to‘lqin o‘tkazgichli o‘tish|Ko‘ndalang kesimi asta-sekin o‘zgaradigan to‘lqin o‘tkazgichli seksiya. Kesimi turlicha bo‘lgan to‘lqin o‘tkazgichlarni biriktirish uchun qo‘llaniladi. Razryad|Pozitsion sanoq tizimida raqam egallaydigan, tartib raqamiga ega joy. So‘zda har qanday simvolning joyi. Razryad raqami birdan boshlab chapdan o‘ngga hisoblanadi. Razryadlarning umumiy soni so‘zning uzunligini belgilaydi. Razryad ahamiyati|Razryadning kodli so‘zdagi pozitsiyasi bilan ifodalanadigan qiymat. Real ochiq tizim xavfsizligi|Uskuna, dasturiy ta’minot va ma’lumotlarni, tasodifiy hamda ataylab qilinadigan o‘zgartirishlardan, ochish va buzishdan muhofaza qilish uchun, real ochiq tizimda qo‘llaniladigan texnologik va ma’muriy himoya chora-tadbirlari. Real vaqt rejimi|Hisoblash tizimining ishlash rejimi, bunda tashqi muhitda yuz beradigan jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qayta ishlash, jarayonlar o‘zi kechadigan sur’atda kechadi. Real vaqt rejimida hisoblashlar|Foydalanuvchi yoki tashqi protsessorlar tezligida axborotni qayta ishlash rejimi. Real vaqt tizimlari|Real vaqt rejimida turli xil texnik, harbiy va boshqa obyektlarni boshqarish uchun mo‘ljallangan hisoblash tizimlari. Apparaturaga va dasturiy ta’minotga, shu jumladan, operatsion tizimga: tizim javob vaqtining, ya’ni operatsion tizim bajarilishi kutilayotgan vaqtning oshishiga yo‘l qo‘ymasdik uchun qo‘yiladigan asosiy talab bilan tavsiflanadi. Real vaqtda uzatish protokoli|IPv6 (Internet protocol, ver.6) protokoli tarkibiga kiradigan protokollardan biri. Ko‘p yoki bir manzilli xizmatlardan foydalanib, ma’lumotlarni real vaqtda (masalan, audio va videoma’lumotlar yoki modellash ma’lumotlari) uzatuvchi tarmoqda ilovalar uchun ochiq uzatish funksiyasini ta’minlash uchun loyihalashtirilgan. RTP protokoli foydali yuklama turini identifikatsiyalash, ketma-ketliklarni raqamlash, vaqt belgilari bilan ta’minlash va real vaqt ilovalarini yetkazish monitoringi kabi xizmatlarni taqdim etadi. Redaktor|Foydalanuvchiga klaviaturadan dasturlarning boshlang‘ich matnini kiritish va o‘zgartirish, shuningdek, ixtiyoriy matnli fayllar bilan ishlash imkonini beradigan dastur. Redirekt|Qar.: Qayta marshrutlash. Referer|HTTP protokolida mijoz so‘rovlari sarlavhalaridan biri. So‘rov manbaining URL manzilini saqlaydi. Biror bir veb-sahifadan boshqa sahifaga o‘tganda referer birinchi sahifaning manzilini saqlab qoladi. HTTP serverida o‘rnatilgan dasturiy taʼminot refererni tahlil qilib, undan turli maʼlumotlarni olishi mumkin. Regenerator|Uzatish jarayonida qisman buzilgan raqamli signalni dastlabki signalga aylantiruvchi qurilma. Regeneratsiya qilish|Qisman buzilgan raqamli axborot va tasvir elementlarini tiklash tartiboti. Region; zona; rayon|Yer sharining, doirasida chastotalar polosalari taqsimlanishining yagona qoidalari amal qiladigan qismi. Butun Yer shari shartli ravishda uchta rayonga bo‘lingan bo‘lib, (ITU tavsiyalari), Radioaloqalar Reglamentida ularning har biri uchun tegishli talablar mavjud. Regional hisoblash tarmog‘i|Masshtab bo‘yicha lokal va global tarmoqlar o‘rtasidagi oraliq tarmoq. Registr|Jismonan protsessorda joylashgan va katta bo‘lmagan ma’lumotlarni vaqtincha saqlash, ulardan tez foydalanish imkonini beradigan qurilma. Registr nomi|Protsessorning har bir registrini aniqlaydigan identifikator (harfli yoki harf-raqamli belgi). Registr uchun ta’sirli|Harflar registrlarini taniydigan ma’lumotlar. Bular «password» turidagi maydonlar, konsol komandalari va *nix kabi operatsion tizimlardagi fayllarning nomlari. Registr uchun ta’sirli bo‘lmagan|Bosh va kichik harflar bir xil ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlar. Bular Windows operatsion tizimining matnli maydonlari va konsol komandalaridir. «Registrlar tablosi» usuli|RISC-protsessorlarda konveyerlar samarali yuklanishini ta’minlash va komandalarning o‘tish tartibi o‘zgartirilgan holda, ularning birgalikda bajarilishini tashkil qilish uchun qo‘llaniladigan usul. Registrli fayl|Dasturchi foydalana olishi mumkin bo‘lgan protsessor registrlarining jami. Registrli manzillash|Operand maydonida komandaга, xotiraning bajaruvchi manzilini ichiga oladigan umumiy maqsadlardagi registrlardan birining raqami beriladigan manzillash usuli. Registrli o‘zgaruvchi|Translyator tezkor xotira yacheykasini emas, balki protsessor registrini ajratadigan o‘zgaruvchi. Reglament|Odatda, bosqichlarning talab qilinadigan bajarilish muddatlari ko‘rsatilgan holda, biznes-jarayonni bajarish uchun, qatnashchilar guruhi bosib o‘tadigan bosqichlar tartib bilan tavsiflanadigan va sanab o‘tiladigan hujjat. Regressiv testlash|Tahrir qilingan dasturiy ta’minotni, avval ishlagan funksiyalarning ishlash qobiliyatini tekshirish maqsadida testlash. Regressiya|Maʼlumotlarni intellektual tahlil qilish texnikasi. Bir necha ko‘paytmali tenglamalarda ishlatiladi. Regressiyaning eng sodda turi chiziqli regressiyadir. Reinjiniring|Axborot texnologiyalari asosida biznes jarayonlarni takror, takomillashtirilgan tarzda loyihalash. Rejalashtirish|Ketma-ket bajarilishi (yoki erishilishi) tizim oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishishga olib keladigan harakatlar, kichik vazifalar, operatsiyalar, kichik maqsadlar ketma-ketligini tuzish jarayoni. Intellektual tizimlarda rejalashtirish vazifalar makonida yoki holatlar makonida amalga oshirilishi mumkin. Rejalashtirmoq|Rejalar tuzish, vazifalarni hal qilishning borishi, ularning ketma-ketligi va x.k. bilan bog‘liq harakat. Rejalashtiruvchi|Harakatlar rejasini izlash uchun mo‘ljallangan dasturiy vositalar kompleksi. Rejektorli filtr|Uncha qimmat bo‘lmagan televizorlarda taroqsimon filtrning o‘rnini bosuvchi sxema. Yorqinlik va ranglilik signallarini ajratadi. Rejim biti|Tizim registrida saqlanadigan va tizim rejimi uchun 0 ga teng va foydalanuvchi rejimi uchun 1 ga teng komandalarni bajarishning joriy rejimini belgilaydigan bit. Rejimli obyektlar|Texnologik ishlab chiqarishi, hisobotlari davlat siri hisoblanadigan ma’lumotlarni o‘z ichiga oladigan tashkilotlar. Reklama|Qar.: Internet reklama. Reklama dasturiy taʼminoti|Foydalanuvchining ruxsati bilan yoki ruxsatisiz reklamani namoyish qiluvchi dastur. Bunday dasturiy taʼminot yashirin tarzda yoki foydalanuvchini chalkashtirib ishlamaydi, balki foydalanuvchiga yangi xizmatlarni taklif etadi. Reklama maydonchasi|Veb-sahifada grafik yoki matnli reklama bannerlari materiallarini joylashtirish uchun ajratilgan o‘rin. Reklama o‘rinlari odatda standart o‘lchamlarga ega bo‘ladi (masalan, 100x100, 468X60, 600X90 piksel). Reklama tarmog‘i|Muayyan reklama o‘rinlarida reklama materiallarini joylashtirishni boshqarish tizimi. Tarmoqlar turli reklama maydonchalaridagi reklama o‘rinlarini birlashtirishi mumkin (masalan, banner ayirboshlovchi tarmoq, banner xarid tarmoqlari) yoki bir saytning yoki portalning ichida (ichki tarmoqlar) ishlatiladi. Reklama o‘rni|Qar.: Reklama maydonchasi. Rekombinatsiya koeffitsiyenti|Hajm birligidagi ionlashtirilgan zarralarni vaqt birligiga birlashtirish ehtimolligini tavsiflovchi koeffitsiyent. Rekursiv filtr|Chiqishdan kirishga teskari bog‘lanishga va tuganmas impulsli javobga ega raqamli filtr. Rekursiv funksiya|O‘ziga-o‘zi murojaat qiladigan funksiya. Rekursiv funksiyalardan funksional dasturlash tillarida, xususan, LISP tilida keng foydalaniladi. Rekursiya|Kichik dastur yoki funksiyaning, bajarilish paytida iterativ operatsiyani bajarish uchun o‘zini-o‘zi chaqirish qobiliyati. Relevantlik|Izlash mashinalarida ‒ tanlangan axborotning izlash mezonlariga mos kelish darajasi. Reley qonuni|Sochilgan yorug‘lik intensivligi yorug‘lik to‘lqin uzunligining to‘rtinchi darajasiga teskari proporsional bo‘lishini belgilaydigan fizik qonun. Relyatsion ma’lumotlar bazasi|O‘zaro bog‘langan ikki o‘lchamli (relyatsion) jadvallar yig‘indisi. Har bir jadval bitta mohiyatni aks ettiradi. Relyatsion ma’lumotlar bazasida ikkita jadval orasidagi aloqalar aloqa kaliti (bosh jadval kaliti) orqali ta’minlanadi. Ma’lumotlar bazasi bilan ishlash uchun, jadvallardan, shakllar, so‘rovlar, hisobotlar, makroslar va modullardan foydalaniladi. Jadvallar ma’lumotlar bazasida axborotni saqlash uchun foydalanuvchilar tomonidan tuziladi, bunda har bir mohiyatga bitta jadval mos keladi. Jadval (maydon) ustunlari rekvizitlarning qiymatlarini, jadval (yozuv) satrlari esa, mohiyat nusxalarini ichiga oladi. Relyatsion ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (RMBBT)|Relyatsion model asosida tuzilgan, relyatsion ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi. Har bir relyatsion ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi – bu, jadvallarni qayta ishlashga spetsifik yetarlicha kuchli dasturlash tilidir. Bu tizimlarning oxirgi versiyalari na faqat yaxshi tezlik sifatlariga, balki qulay foydalanuvchi interfeysiga ham ega. Bu tizim tarkibiga odatda tuzimlastirilgan so‘rovlar tili kiradi. Shaxsiy kompyuterlar uchun belgilangan ko‘plab relyatsion ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi tarkibiga uchta modul: komanda tili, talqin qiladigan va/yoki kompilyatsiyalovchi tizim va foydalanuvchi qobig‘i kiradi. Relyatsion model|Ma’lumotlar tuzilmasini, ma’lumotlar ustidagi yo‘l qo‘yiladigan operatsiyalar, ma’lumotlarning yaxlitligi ta’minlanadigan maxsus qoidalar tavsiflangan ma’lumotlar modeli. Edgar Kodd tomonidan IBM firmasida 1970-yilda ishlab chiqilgan. An’anaviy nazariy ko‘plik operatsiyalar (birlashtirish, kesishish, farq va dekart ko‘paytmasi) va maxsus relyatsion operatsiyalar (seleksiya, proeksiya, birlashtirish va bo‘lish) yo‘l qo‘yiladigan ikki o‘lchamli jadvallar ko‘rinishida taqdim etiladi. Modeldan foydalanish, ham relyatsion ma’lumotlar bazalarini, ham relyatsion ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimini yaratish imkonini berdi. Remultipleksorlash|Mahalliy transport oqimiga aloqa liniyasi bo‘yicha keluvchi, boshqa vaqt bazasiga ega bo‘lgan «begona» transport oqimini kiritish. Rendering|1. Ekranda rang, soyalarni (uch o‘lchamli electron grafikada) qo‘shish uchun matematik modellar (formulalar)dan foydalanib amaliy tasvirlarni yaratish jarayoni.2. Kompyuter dasturi yordamida (masalan, maʼlumotlar tuzilmasi ko‘rinishida) tasvir olish, vizuallashtirish. Repiter (takrorlagich)|Tarmoq elementlari orasida kabel uzunligi oshganda, kompyuter tarmog‘idagi signalni kuchaytiradigan va regeneratsiyalaydigan elektron qurilma. Repozitoriy|Qandaydir ma’lumotlar saqlanadigan va ta’minlanadigan joy, omborxona. Ma’lumotlar repozitoriyda ko‘pincha, keyinchalik tarmoq bo‘ylab tarqatish mumkin bo‘ladigan fayllar ko‘rinishida saqlanadi. Reselling|1. Xosting resellingi. Serverni qismlarga ajratib, uning quvvatlarini boshqa provayderlarga sotish.2. Domenlar resellingi. Domen administratoridan domen nomlarini sotib olib, ularni boshqalarga sotish. Resiver|Qar.: Raqamli televizion qo‘shimcha moslama. Resurs|1. Tizimning, foydalanuvchiga yoki jarayonga ajratilishi mumkin bo‘lgan, mantiqiy yoki fizik qismi.2. Hisoblash tizimi komponentlaridan istalgani va u taqdim etadigan imkoniyatlar. Resurs bloki|LTE kanalda uzatish resursi birligi, 0,5 ms vaqt intervali mobaynida egallanadigan 12 ta subchastota intervalidan tashkil topgan. Summar resurs bloki chastotalar polosasi 180 kHz ga teng. Binobarin, maksimal chastotalar diapazonidagi resurs bloklari soni 36 MHz/180 kHz = 200. Resurslarni boshqarish kichik tizim|Kompyuterning tezkor va tashqi xotirasi, protsessor va b.q. hisoblash resurslarini boshqaradigan operatsion tizimning bir qismi. Resurslarni rejalash|Ko‘p sonli foydalanuvchilar, jarayonlar yoki kanallar o‘rtasida resurslarni dinamik yoki statik taqsimlash tartiboti. Rejalashtirish algoritmlari potensiial ehtiyojlarining tahlili, resurslarning kelib tushgan so‘rovlarga muvofiq ravishda taqsimlanishi, taqismlangan resurslardan foydalanish samaradorligini kuzatib borish va bo‘sh resurslarni aniqlash, shuningdek, bir nechta foydalanuvchining aynan bir resursga bir vaqtda murojaat qilishi oqibatida yuzaga keladigan ixtiloflarning hal etilishiga asoslanadi. Resurslarni zaxiralash protokoli|IP-protokolida ishlaydi. Vaqtinchalik uzilishlarga sezgir trafikni Internet orqali uzatishda xizmat qiladi. Retranslyator|Interfeyslararo almashinishda, ma’lumotlarning o‘zgartirilishini ta’minlaydigan qurilma. Retranslyator-o‘zgartirgich, transpozer|Kelayotgan signal chastotasi qayta nurlanishgacha demodulyatsiyasiz o‘zgaradigan retranslyator. Retranslyatsion antenna|Machtaga o‘rnatilgan, ikkita qarama-qarshi yo‘naltirilgan ko‘zguli antenna. Retranslyatsion qabul qilgich|Tovushli yoki televizion radioeshittirish uzatgichlaridan eshittirishni qabul qilish va retranslyatsiya qilish uchun tovushli va videochastota dasturiy signallarini uzatish uchun maxsus loyihalashtirilgan radioqabulqilgich. Retranslyatsiya|Tovushli yoki televizion eshittirish dasturini qabul qilish va bir vaqtda uni qayta nurlantirish.Izoh – Taalluqli atama «retranslyatsiya qilish». Retranslyatsiya qilish bilan yomon niyatda qilinadigan ta’sir|Autentifikatsiyaga yomon niyatda ta’sir ko‘rsatish. Bunda autentifikatsion axborot almashinuvi tutib olinadi va darhol retranslyatsiya qilinadi. Retranslyatsiya qilish tizimi|Maʼlumotlar uzatish yoki protokollarni o‘zgartirishga mo‘ljallangan axborot tizimi. Turli arxitekturaga ega bo‘lgan tarmoqlarni birlashtiradi. Qayta uzatish tizimlarida har bir tarmoq to‘la muxtoriyatga va o‘zining boshqarish vositalariga ega. O‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun, qayta uzatuvchi tizimlar quyidagilarni amalga oshiradi:- maʼlumotlar kommunikatsiyasi va ularni marshrutlash;- ulanadigan kommunikatsiya tarmoqlarida yoki tarmoqlar qismlarida protokollarni moslash;- maʼlumotlar bloklarini tarmoqlar yoki ularning qismlari orasida uzatish;- maʼlumotlar bloklarini, agar tarmoqlarda (ularning qismlarida) ular turlio‘lchovlarga ega bo‘lsalar, yiriklashtirish yoki kichraytirish;tizimlar buferlari toshib ketishi va yuz bergan nosozliklar to‘g‘risida xabar berish;- rad qilishlar va nosozliklardan so‘ng ishni qayta tiklash;- ulanayotgan tarmoqlar yoki ularning qismlari holatini aniqlash. Retranslyatsiya stansiyasi|Bitta yoki bir nechta retranslyatordan iborat bo‘lgan, ular uchun antenna va tegishli uskunalarga ega stansiya. Retseptor|Elektromagnit signal va/yoki elektromagnit xalaqitni sezuvchi texnik vosita. Revers|Odatda oldingi simvolni o‘chirish bilan ekrandagi kursorni orqaga qaytarishni boshqaruvchi simvol (CTRL-H yoki ASCII jadvalidagi 08h simvoli) yoki klavish. Odatda matn kiritilayotganda terish xatolarini to‘g‘rilashda qo‘llaniladi. Boshqa qurilmalarda esa (masalan, teletayp yoki matritsali printerlarda) ushbu simvol bosmaga chiqaruvchi printer kallagini oldingi holatiga qaytarish vazifasini o‘taydi. Revers-injiniring|Maʼlum qurilma yoki dasturni, shuningdek, ularning hujjatlarini, ishlash tamoyilini tushunish maqsadida va ko‘pincha ushbu qurilma, dastur yoki boshqa obyektni to‘liq nusxalamasdan, ularning o‘xshash funksiyali analogini yaratish maqsadida tadqiq etish. Odatda original obyektning yaratuvchisi o‘sha obyektning tuzilmasi va yaratish (ishlab chiqarish) usuli to‘g‘risidagi maʼlumotni taqdim etmagan holda qo‘llaniladi. Revers- injiniringdan foydalanish mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonun va patent qonunchiligiga zid bo‘lishi mumkin. Reyestr|Metamaʼlumotlar sxemalaridan foydalanishga asoslangan, doimiy identifikator uchun reyestrda izlash imkoniyati bilan taʼminlaydigan raqamli obyektlar to‘g‘risidagi meta-maʼlumotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va metamaʼlumotlar sxemalarini saqlash mexanizmi. Rezerv qurilma|1. Asosiy uskuna nosoz holatda bo‘lganda, ishonchlilikni oshirish uchun xizmat qiladigan qo‘shimcha qurilma.2. Hujjat, xabar yoki faylning asli shikastlanganda foydalanish uchun yaratiladigan zaxira nusxasi. Rezerv so‘z|Protsedura, funksiya yoki biror operatorning yoki xizmatga oid o‘zgaruvchining nomi (identifikatori) bo‘lib, dasturchining o‘zi kiritadigan o‘zgaruvchi, protsedura yoki funksiyaning nomi sifatida ishlatib bo‘lmaydi. Rezident|Qar.: Rezident dastur. Rezident bo‘lmagan tom|Operatsion tizimning katalogi joylashgan tom. Rezident dastur|Operatsion tizim qobig‘iga boshqaruvni, yoki operatsion tizim ustidan sozlashni (Norton Commander va sh.k.) qaytarib bergan, lekin shaxsiy kompyuterning tezkor xotirasida qolgan operatsion tizimdagi MS-DOS dasturi. Rezident viruslar|Kompyuterni zararlashda tezkor xotirada o‘zining rezident qismini qoldiradigan viruslar. Bu rezident qism operatsion tizimning zararlangan obyektlarga (fayllarga, disklarning yuklash sektorlariga) murojaatini tutib oladi va ularga kiradi. Rezident viruslar xotirada bo‘ladi va kompyuter o‘chirilgunga yoki qayta yuklangunga qadar aktivligicha qoladi. Rezistor|Elektronikada qo‘llaniladigan, elektromagnit nurlanishni energiyaning boshqa turlariga aylantirishni taʼminlaydigan yarimo‘tkazgichli asbob. Rezonans antenna|Chastotalarning tor intervalida o‘z xarakteristikalari va parametrlarini saqlab qoladigan antenna. Rid-Myuller kodi|Uzunligi 2n bo‘lgan biortogonal kodning ko‘rinishlaridan biri hisoblanadigan ikkilik siklik kodlar turkumi, bu yerda n – butun son. Rid-Solomon kodi|1. Blokning berilgan uzunligida, so‘zlar o‘rtasidagi minimal masofani ta’minlaydigan 2m o‘lchamli ikkilik bo‘lmagan blokli kodlarning quyi toifasi. Blokdagi xatolar tuzatilisinii ta’minlaydi.2. MPEG-2 transport paketlari baytlarida xatolarni tuzatishga imkon beradigan ikkilik bo‘lmagan siklik kod. Rirproyeksiya|Elektron apparatura yordamida ikkita (yoki undan ko‘p) alohida tasvirdan tashkil topgan, jamlanganda ma’no jihatidan tugallangan sahna ko‘rinishini hosil qiluvchi, kombinatsiyalangan televizion tasvirni olish usuli. Risk|Maqsadga ta’sir ko‘rsatishning noma’lum natijasi. Izohlar1. Ta’sir ko‘rsatish natijasi – bu, taxmin qilingan maqsaddan chetga chiqishdir (ijobiy va/yoki salbiy).2. Maqsadlar turli aspektlarga ega bo‘lishi (masalan, moliyaviy, xodimlar xavfsizligi va salomatligini saqlash, axborot xavfsizligi, ekologik) va turli darajalarda (strategik, tashkilot, loyiha, mahsulot yoki jarayon darajasida) qo‘llanilishi mumkin.3. Risk odatda, potensial voqea-hodisalar va oqibatlar bilan yoki ularning birikmasi bilan tavsiflanadi.4. Axborot xavfsizligi riski odatda, axborot xavfsizligi voqea-hodisalarining oqibatlari birikmasi ko‘rinishida va ular bilan bog‘liq bo‘lgan yuzaga kelish ehtimolligi ko‘rinishida ifodalanadi.5. Noaniqlik – bu, hodisani tushunish yoki u to‘g‘rida bilish, uning oqibatlari yoki yuzaga kelish ehtimolligi bilan bog‘liq axborotning yetarli bo‘lmaslik (hatto qisman bo‘lsa ham) holatidir.6. Axborot xavfsizligi riski axborot aktivlari zaifliklaridan yoki tahdidlar amalga oshirilishida axborot aktivlari guruhining zaifliklaridan foydalaniladigan holda tashkilotga zarar yetkazish ehtimolligi bilan assotsiatsiyalanadi. Risk darajasi|Risk oqibatlari va ular ehtimolligi birikmasini ifodalaydigan risk kattaligi. Risk egasi|Riskni boshqarish bo‘yicha javobgar bo‘lgan va vakolatga ega jismoniy shaxs yoki mantiqiy obyekt. Risk mezonlari|Riskning ahamiyatini baholaydigan belgilar.Izohlar1. Risk mezonlari tashkilot maqsadlariga, shuningdek, ichki va tashqi vaziyatlarga asoslanadi.2. Risk mezonlari standartlar, qonunlar, siyosatlar va boshqa talablardan olinishi mumkin. Risk taqsimoti|Bir nechta tomonlar o‘rtasida riskning kelishilgan holda taqsimlanishini ichiga oladigan riskni qaya ishlash shakli.Izohlar1. Qonuniy yoki majburiy talablar, risk taqsimlanishi o‘tkazilishini cheklashi, ta’qiqlashi yoki buyurishi mumkin.2. Riskning taqsimlanishi o‘zida sug‘urta qilishni ifodalashi yoki shartnoma (kontrakt) shaklini olishi mumkin.3. Risk taqsimlanishi bo‘yicha shartnoma shartlarida riskning aniqligi va mazmunan bir xilligiga bog‘liq bo‘lgungacha bo‘lgan daraja.4. Riskni ko‘chirish riskni tasqimlash shakli hisoblanadi. Risklar turkumi|Ma’lum bir, masalan, muayyan kichik tizimga yoki resurs turiga tegishli belgiga qarab ajratilgan, axborot xavfsizligiga bo‘ladigan ko‘plab tahdidlar. Risklarni boshqarish|1. Tizimlar yoki tarmoqlar xavfsizligi sohasida boshqarish amaliyoti davomida ishlab chiqilgan operatsiyalar ketma-ketligi.2. Risklarni baholashga muvofiq, qarshi chora-tadbirlarni belgilash jarayoni.3. Riskka nisbatan tashkilotga rahbarlik qilish va uni boshqarish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan faoliyat.Izoh – Risklarni boshqarish, odatda, risklarni aniqlash, risklarni qayta ishlash, risklarni qabul qilish va risklar to‘g‘risida xabar berishni o‘z ichiga oladi. Risklarning asosiy tahlili|Axborot xavfsizligi asosiy darajasining talablariga muvofiq o‘tkaziladigan riskni tahlil qilish. Riskni aniqlash|Riskni identifikatsiya qilish, risk tahlili va riskni baholashni ichiga oladigan jarayon. Riskni baholash|1. Riskni tahlil qilish natijalarini risk va/yoki uning kattaligi maqbul yoki yo‘l qo‘yib bo‘lishligini aniqlash uchun risk mezonlari bilan taqqoslash jarayoni.Izoh – Riskni qiyosiy baholashdan riskni qayta ishlash to‘g‘risida qaror qabul qilishda foydalanilishi mumkin.2. Ma’lum bo‘lgan va taxmin qilinayotgan tahdidlar va zaif tomonlarni tahlil qilish usuli. Kutilayotgan zarar miqdorini va uning tizim ishi uchun maqbullik darajasini aniqlash imkonini beradi.3. Risklarni identifikatsiya qilish, ularni tavsiflash uchun parametrlar tanlash va bu parametrlar bo‘yicha baho olish. Riskni boshqarish jarayoni|Tashkilotni boshqarish siyosati, protseduralari va usullariga muvofiq bajariladigan, axborot almashinuvi, maslahatlashuvlar, maqsadlarni belgilash, qo‘llash sohasi, riskni identifikatsiya qilish, tadqiq qilish, baholash, qayta ishlash, monitoring va tahlil qilish bo‘yicha o‘zaro bog‘langan xatti-harakatlar.Izoh – Riskni boshqarishni to‘liq tavsiflash uchun «jarayon» atamasidan foydalaniladi. Riskni boshqarish jarayoni doirasidagi elementlar «faoliyat» deb ataladi. Riskni identifikatsiya qilish|Riskni aniqlash, ro‘yxatini tuzish va tavsiflash jarayoni.Izohlar1. Riskni identifikatsiya qilish riskning manbalarini, hodisalarini, ularning sabablari va ro‘y berishi mumkin bo‘lgan oqibatlarini o‘z ichiga oladi.2. Riskni identifikatsiya qilish, shuningdek, xronologik ma’lumotlar tahlilini, ekspert baholashlarni va manfaatdor tomonlarning ehtiyojlarini o‘z ichiga oladi. Riskni qabul qilish|1. Riskni qabul qilish qarori.2. Ma’muriyatning, qoida bo‘yicha, texnik yoki moliyaviy sabablarga ko‘ra riskning ba’zi bir darajasini ma’qul deb hisoblaydigan qarori. Riskni qayta ishlash|Riskni modifikatsiyalash jarayoni.Izohlar1. Riskni qayta ishlash:- risk jarayoni yoki uning natijasida xavfli hodisa yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan faoliyatni boshlamaslik yoki davom ettirmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilish yordamida riskning oldi olinishini;- yanada keng imkoniyatlarni ta’minlash uchun riskning qabul qilinishini yoki riskning oshirilishini;- risk manbai bartaraf etilishini;- xavfli hodisa ehtimolligi o‘zgarishini;- xavfli hodisa oqibatlari o‘zgarishini;- boshqa tomon yoki tomonlar bilan riskning taqsimlanishini (shartnomalarga kiritish va riskni qayta ishlashni moliyalashtirish yo‘li bilan);- riskni saqlash to‘g‘risida asoslangan qarorni o‘z ichiga olishi mumkin.2. Riskni qayta ishlash riskning bartaraf etilishi, oldi olinishi yoki kamaytirilishini o‘z ichiga olishi mumkin.3. Riskni qayta ishlashda yangi risklar vujudga kelishi yoki mavjud risklar o‘zgartirilishi mumkin. Riskni tahlil qilish|1. Risk tabiati va xususiyatini o‘rganish va risk darajasini aniqlash jarayoni.Izohlar1. Riskni tahlil qilish riskni baholash va riskni qayta ishlash to‘g‘risida qaror qabul qilinishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.2. Riskni tahlil qilish riskning miqdor jihatdan baholanishini o‘z ichiga oladi.2. Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi resurslarini, bu resurslarga tahdidlarni va bu tahdidlarga nisbatan tizimning zaifliklarini identifikatsiya qilish protseduralarining muntazam bajarilishi.3. Umuman tizim xavfsizligiga va uning alohida (nafaqat texnik) komponentlariga tahdidlarni, tahdidlar xarakteristikasini va ular amalga oshirilganda yetkazilishi mumkin bo‘lgan potensial zararni aniqlash, shuningdek, himoya choralarini ishlab chiqish jarayoni. Riskni to‘liq tahlil qilish|Axborot xavfsizligi sohasida oshirilgan (muhofaza qilinganlikning bazaviy darajasiga qaraganda yuqoriroq bo‘lgan) talablar qo‘yadigan axborot tizimlari uchun risklarni tahlil qilish.Izoh – Risklarni to‘liq tahlil qilish resurslarning qimmatliligi aniqlanishini, tahdidlar va zaifliklar baholanishini, adekvat qarshi choralar tanlanishini va ularning samaradorligi baholanishini ko‘zda tutadi. Riskning pasayishi|Risk bilan bog‘liq bo‘lgan ehtimollikni, salbiy oqi-batlarni yoki har ikkisini birgalikda kamaytirish uchun amalga oshiriladigan ishlar. Rivest-Shamir-Adleman usuli bilan shifrlash|Ochiq kalit bilan shifrlash usuli bo‘lib, shifrlash uchun foydalaniladigan kalit shifrni ochish uchun mo‘ljallangan kalit bilan mos tushmaydi (shifrni ochish kaliti oluvchiga ma’lum bo‘lishi kerak). Rivojlantirilgan mobil telefon xizmati, AMPS standarti|AQShda keng tarqalgan analog uyali aloqa tizimlaridan biri. Mobil terminallarni tayanch stansiyalar bilan radioaloqasi (qabul qilish kanali) uchun (825-845) MHz chastotali diapazondan foydalanadi. 600 kanaldan har birining chastotalar polosasi kengligi 30 kHz ni tashkil etadi. Robastlik|Hisoblash tizimining ham ichki, ham tashqi xato holatlar yuz berganda qayta tiklana olish qobiliyatining o‘lchovi. Robot|1. Tashqi ta’sirlarni qabul qila oladigan va ularga javob beradigan, shuningdek, mustaqil ravishda turli xil, odatda, intellektual operatsiyalarni bajaradigan mashina.2. Ikki va undan ortiq o‘q bo‘yicha dasturlanadigan, o‘z ishchi muhiti ichida harakatlanadigan va belgilangan vazifalarni bajaradigan yuritmali mexanizm.Izohlar1. Robot boshqarish tizimi va boshqaruv tizimining interfeysini o‘z ichiga oladi.2. Robotlarni sanoat robotlariga va xizmat ko‘rsatuvchi robotlarga ajratish ularning vazifasiga muvofiq bajariladi. Rol|Muayyan ko‘plikdagi foydalanuvchilarga tizim funksional imkoniyatlaridan erkin foydalanish ruxsatnomalarining majmui. Rollar asosida foydalana olishni boshqarish|1. Foydalanish huquqini aniq belgilash tizimining modeli, bunda rollardan turli vazifalarni bajarish uchun foydalaniladi, operatsiyalarni bajarishga ruxsat esa, rollarga bog‘lanadi.2. Foydalanuvchilarga rollarni belgilash va bu rollar uchun ruxsat o‘rnatish orqali ma’muriy boshqarishni soddalashtiradigan, xavfsizlikni ta’minlashning umumiy modeli. Rombsimon antenna|Yer ustida osilgan romb tomonlarini hosil qiluvchi sim ko‘rinishidagi antenna. Rostlash|Tizimning alohida komponentlarini to‘g‘ri va qulay ishlashini ta’minlash uchun sozlash. Rotor mashinasi|Umumiy o‘q atrofida erkin aylanadigan disklardan iborat kriptografik mashina. U mexanik va elektromexanik bo‘lishi mumkin. Mashinaning disklari (rotori) bir biriga nisbatan harakatlanadi, shu bilan har bir taktda burchak holatlaridan noyob birikma hosil bo‘ladi. Mashinaning hamma disklari qo‘zg‘almas bo‘lganda, rotor mashinasi bir diskli oddiy ekvivalent almashtirishni bajaruvchiga o‘xshab qolgan bo‘lar edi. Disklar soni yetarlicha (odatda 5-10) bo‘lsa, disklarning to‘g‘ri tanlangan soxta tasodifiy harakatida rotor mashinasi yuqori kriptobardoshlilikni taʼminlaydi. Roumer|Bir tizimda qayd qilingan, lekin vaqtincha boshqasida ishlayotgan abonent mobil stansiyasi. Abonent bir tizim qoplash zonasidan boshqa tizimning qoplash zonasiga o‘tganida stansiya ana shu – keyingi tarmoqda qayd etiladi. Qayd etish ma’lumotlari VLR – tizimining vizit registrida saqlanadi. Roumer abonent|1. Bir xizmat ko‘rsatish zonasidan boshqasiga ko‘chib yuruvchi mobil abonent.2. O‘zi doimiy qayd etilgan «uy» zonasidan tashqarida vaqtincha xizmat ko‘rsatiladigan Yer usti yoki yo‘ldoshli aloqa tarmog‘i abonenti. Rouming|1. Radioqurilmaning tayanch stansiya ta’sir doirasidan tashqarida harakatlanish imkoniyati va «mehmon» stansiya ta’sir zonasida bo‘la turib, «o‘zining» tarmog‘idan foydalana olishi. Simsiz tarmoqlarda rouming, tarmoq xizmatlaridan foydalanish yo‘qolmasdan va bog‘lanish uzilmasdan, bitta foydalanish nuqtasidan boshqasiga o‘tishni bildiradi. Rouming foydalanuvchilarga, Internet va elektron pochtadan foydalanish saqlangan holda, erkin harakatlanish imkoniyatini beradi.2. Asosan, yer usti mobil aloqa tarmoqlariga xos bo‘lgan maxsus xizmat. Roumingga ehtiyoj abonent o‘z o‘rnini o‘zgartirganida va o‘zining uy tarmog‘idan (abonent doimiy qayd etilgan) boshqa operatorga qarashli o‘xshash tarmoqqa o‘tganida yuzaga keladi. Lokal, milliy va xalqaro rouminglar bo‘ladi. Qayd etish usuliga ko‘ra, qo‘lda va avtomatik amalga oshiriladigan rouminglar farqlanadi. Rouming hududlari|Rouming to‘g‘risida o‘zaro bitim tuzgan turli operatorlar tomonidan mobil aloqa xizmatlari taqdim etiladigan geografik rayonlar. Router|1. Tarmoq trafigini uzatishning bitta yoki bir nechta marshrutini tanlash bo‘yicha qarorlar qabul qilishga javobgar tizim yoki qurilma. Mazkur vazifani bajarish uchun tarmoq to‘g‘risidagi axborotni va marshrutlash metrikasi deb nomlangan bir nechta mezon asosida eng yaxshi marshrutni tanlash algoritmlariga ega marshrutlash protokolidan fodalaniladi. Xabarlarni tezkor va eng samarali marshrutlash uchun marshrutizatorlar bir-biri orasida tarmoqning ayni paytdagi holati to‘g‘risidagi maʼlumotlarni almashish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim.2. Tarmoqda paketlarni marshrutlash, yaʼni paketlarning tarmoq bo‘ylab uzatilishida eng qisqa marshrutni tanlab berish bilan shug‘ullanuvchi tarmoq kompyuteri.3. Maʼlumotlar bloklarini marshrutlash bilan shug‘ullanuvchi qayta uzatish tizimi. Runet|Internetning Rossiyaga bag‘ishlangan va rus tilida bo‘lgan qismi. Runetga .ru domenidagi saytlardan tashqari, barcha rusiy zabon saytlarni ham kiritsa bo‘ladi. Rupor-linzali antenna|Katta ochilish burchagiga ega rupordan va uning chiqishiga qo‘yilgan, rupordagi sferik yoki silindrsimon to‘lqin frontini yassiga o‘zgartiradigan linzadan iborat antenna. Rupor-parabolik antenna|Konussimon rupor va aylanish paraboloidi uchastkasi ko‘rinishidagi qaytargichning birikmasini o‘zida aks ettiradigan antenna. Ruporli antenna|1. Nurlantiruvchi elementi, o‘ziga ulangan to‘lqin o‘tkazgichdan to‘yinadigan rupor bo‘lgan yuqori chastotali diapazon antennasi.2. Oxiri ochiq bo‘lgan tomonga tekis ko‘ndalang kesim bilan kengayuvchi to‘lqin o‘tkazgich ko‘rinishidagi antenna. Ruporli nur tarqatgich|Rupor, reflektor yoki shunga o‘xshash nurlantiruvchi qurilmaning ochiq uchi. Ruporli nurlagich|Ko‘zguli va linzali antennalarda nurlagich sifatida ishlatiladigan ruporli antenna. Ruslashtiruvchi drayver|Kirill kodli sahifada 128 dan 255 tagacha simvolni ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan rezident dastur. DOS uchun taniqli ruslashtiruvchi drayver keyrus.com edi. Rutkit|Tizimda jinoyatkor shaxs yoki zararli dasturning borligi izlarini yashirish uchun ishlatiladigan dastur yoki dasturlar to‘plami. Rutkit buzuvchiga buzilgan tizimda o‘rnashib olish va fayllar, jarayonlar hamda tizimda rutkit borligini yashirish orqali o‘z faoliyati izlarini yashirishga imkon beradi. Ruxsat, ajratish|Obyekt bilan bog‘liq qoida, u foydalanuvchilarni shu obyektga kira olishini boshqarishda qo‘llaniladi. Ruxsat obyektning egasi tomonidan beriladi va bekor qilinadi. Ruxsat berish|Shaxsga, darajasi belgilangan yoki birmuncha past bo‘lgan xavfsizlik ma’lumotlari yoki axborotdan foydalana olish huquqiga berilgan ruxsat. Ruxsat etilgan foydalana olish kanali|Tayanch stansiya tomonidan istalgan mobil stansiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirishni tashkil etish uchun foydalaniladigan, ajratilgan boshqaruv kanali. Ruxsat etilgan foydalanish (kirish)|Huquqlari autentifikatsiya qilish jarayonida tasdiqlangandan so‘ng, qayd etilgan foydalanuvchilarning tizimdan foydalana (tizimga kira) olishiga beriladigan ruxsat. Ruxsat etilgan foydalanish siyosati|Ko‘pgina tarmoqlar undan foydalanish mumkin bo‘lgan usullarni cheklashni ko‘zda tutadi. Masalan, ayrim tarmoqlarda AUP undan tijorat maqsadlarida foydalanilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Ruxsat etilgan holat|Imtiyozga ega bo‘lmagan dastur boshqa sharoitlarda erkin foydalanish mumkin bo‘lmagan resurslardan foydalana oladigan holat. Ruxsat etilgan imkoniyat|Grafik kiritish-chiqarish qurilmasi tomonidan (ekran, printer, skaner) tiniq aks ettiriluvchi (yoki qabul qilinuvchi) tasvir elementlari soni. Agar ish maydonining o‘lchamlari chegaralangan bo‘lsa (monitor ekranidagidek), unda o‘lchamlar gorizontal va vertikal nuqtalar soni bilan o‘lchanadi (yozilishi XXXX×YYYY ko‘rinishda bo‘ladi, masalan, 480×640), aks holda bu o‘lchamlar dyuym sanog‘ida beriladi. Hosil qilinadigan tasvirning tiniqlik darajasi past, o‘rtacha va yuqori bo‘lishi mumkin. Bunday ajratish uchun belgilangan chegaralar yo‘q bo‘lib, u hozirgi texnologiyaga bog‘liqdir. Ruxsat etilgan chaqiruv|Belgilangan (ma’lum) foydalanuvchiga ruxsat etilgan, tizimni, dastur yoki ma’lumotlarni chaqirish. Odatda, parolni kiritish va uni tekshirish orqali bajariladi. Ruxsat etilganlar ro‘yxati|Biron bir amalni bajarishga ruxsat berilgan yoki resurslardan erkin foydalanish/uchun ruxsat etilgan foydalanuvchilar yoki dasturlar ro‘yxati. Ruxsat etilmagan tarzda foydalana olish|1. Subyektning obyektdan yoki axborotdan, tizimda belgilangan foydalanishni chegaralash qoidalarini buzgan holda foydalana olishi.2. Tarmoq resurslaridan o‘rnatilgan muhofazani chetlab o‘tib foydalana olish.3. Muhofaza obyektidan reglamentlangan tarzda foydalana olishning buzilishi. Ruxsat taqiqlangan|Resurslardan ruxsat berilmagan holda foydalanilganda paydo bo‘ladigan xabar. Agar foydalanuvchi qandaydir resurslardan (fayllar, hujjatlar, musiqa va h.k.) foydalanish uchun kerakli huquqlarga ega bo‘lmasa, operatsion tizim bu haqda xabar beradi. Ruxsatsiz faoliyat|Belgilangan qoidalarni buzgan holdagi faoliyat. Ruxsatsiz foydalana olishdan muhofaza qilish|Muhofaza qilinadigan axborotdan foydalana olishning huquqiy hujjatlari bilan yoki axborot mulkdori (egasi) tomonidan belgilangan huquqlar yoki qoidalar buzilgan holda manfaatdor subyekt tomonidan muhofaza qilinadigan axborotni olishning oldini olish bo‘yicha faoliyat. Ro‘yxat|1. Tartiblashtirilgan elementlar to‘plami.2. Dasturlashda – faqat kompyuter xotirasi bilan chegaralangan, ixtiyoriy uzunlikdagi turli elementlarni birlashtiradigan ma’lumotlar tuzilmasi. Uzunligi nolga teng ro‘yxat bo‘sh ro‘yxat deb ataladi. Ro‘yxatning kamchiligi, uning elementiga ro‘yxatdagi pozitsiyasidan kelib chiqib to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat eta olmasligidadir. Ro‘yxatga olingan drayver|Operatsion tizim bilan birgalikda ishlash uchun tekshirilgan va tasdiqlangan drayver. Imzolanmagan drayverlarni o‘rnatish shaxsiy kompyuterlarga va periferiya asbobiga zarar keltirishi mumkin. Ro‘yxatga olingan foydalanuvchi|1. Berilgan jamoa bo‘lib foydalanish tizimida ustuvor raqamga ega bo‘lgan foydalanuvchi.2. Elektron hisoblash mashinasidagi ishlar grafigiga kiritilgan foydalanuvchi. Ro‘yxatga olish|1. Hujjatga tizim noyob identifikatorini berish jarayoni.2. Hujjat to‘g‘isidagi asosiy ma’lumotlarni ro‘yxatga olish-nazorat qilish kartochkasiga kiritish va unga ro‘yxatga olish raqamini berish yo‘li bilan hujjat tuzilganligi yoki olinganligini tasdiqlash. Ro‘yxatga olish organi|1. Sertifikatlar subyektlarini identifikasiyalash va autentifikatsiya qilish yuzasidan javobgar, biroq, sertifikatlash organi ham, atributlar berish organi ham bo‘lmagan qandaydir obyekt.2. Ro‘yxatga olish xizmatini taqdim etish huquqi berilgan va ishonib topshirilgan organ. Ro‘yxatga olish ssenariysi|Tarmoq administratori tomonidan foydalanuvchiga belgilangan va foydalanuvchini tizimda ro‘yxatga olish paytida bajariladigan kichik dastur, komanda fayli yoki makros. Ro‘yxatlarni qayta ishlash|1. Ma’lumotlarning ro‘yxat tuzilmalarini qayta ishlash dasturiy vositalari. Ular «keraksiz narsalar»ni yig‘gan holda va ro‘yxatlarni tuzish hamda tahlil qilish yordamida xotiraning dinamik taqsimlanishini ta’minlaydi.2. Ko‘rsatgichlar bilan bog‘langan bir xil pozitsiyalardan iborat ma’lumotlar tuzilmasini o‘zgartirish jarayonlarini dasturlash. Ro‘yxatlarni qayta ishlashda xotiradan foydalanishning qulay usuliga asoslangan ro‘yxatlarni qayta ishlash tillari ishlatiladi.S Sahifa|1. Ikkining darajalariga karrali (odatda 512 byte dan 16 kbyte gacha) qayd etilgan o‘lchamdagi xotira bloki. Blok o‘lchami konkret mikroprosessor arxitekturasiga bog‘liq bo‘ladi.2. Bitta to‘la ekranli tasvirni o‘zida saqlovchi videoxotira qismi.3. Berilgan formatdagi, bitta chop etiladigan sahifadan oshmaydigan hujjat qismi.4. Veb-uzel sahifasi, shuningdek, vebda e’lon qilingan hujjat. Sahifa bloki|Virtual xotira sahifasi ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan fizik manzillar diapazoni. Sahifa fayli|Qattiq diskdagi, Windows da tezkor xotiraga sig‘magan dasturlar va ma’lumot fayllarining bir qismini saqlash uchun qo‘llaniladigan yashirin fayl. Sahifa pastga|Hujjatni bitta ekran sahifasiga pastga siljitish uchun mo‘ljallangan klavish. Sahifa skaneri|Hajmi katta bo‘lmagan tashuvchilardan matnlar va tasvirlarni kiritadigan skaner. Sahifa tavsifining standart tili|Mashina tili talablariga muvofiq keladigan fayllarni ishlab chiquvchi va foydalanuvchidan faylni tuzish uchun zarur komandalarni kiritishni talab qilmaydigan usullar va apparaturalar. Sahifa xotirasini boshqarish bloki|Virtual xotira bilan ishlaydigan turli ilovalar yoki operatsion tizimlar foydalanadigan xotiradan erkin foydalanish va bu xotirani boshqarish operatsiyalarini bajaradigan qurilma. Sahifa yuqoriga|Hujjatni bitta ekran sahifasiga yuqoriga siljitish uchun mo‘ljallangan klavish. Sahifalar jadvali|Operatsion tizim jarayoniga uning mantiqiy manzillarini jismoniyga translyatsiya qilish uchun ajratiladigan tizim tuzilmasi. Sahifalar jadvalining registri|Sahifalar jadvalini va uning uzunligini saqlaydigan registr. Sahifalarni ajratgich|Bosiladigan hujjatda, hisobotda yoki shaklda printerga yangi sahifa boshlanishini ko‘rsatadigan boshqaruvchi simvol. Sahifalarni almashtirish optimal algoritmi|Sahifalarni almashtirish algoritmi, bunda uzoq vaqt davomida ishlatilmagan sahifa almashtiriladi. Sahifalarni rad etish koeffitsiyenti|0 dan 1 gacha bo‘lgan, sahifalarni rad etish ehtimolligini tavsiflaydigan son. Sahifalarning iyerarxik jadvali|Sahifalar jadvalini iyerarxik (odatda, ikki darajali) ko‘rinishda tashkil qilish. Jismoniy xotiraning aniq (haqiqiy) sahifasi adresi foydalana olishning natijasi hisoblanadi. Sahifalarning xeshlangan jadvali|Mantiqiy sahifaning raqami xeshlanishiga asoslangan qidiruv amalga oshiriladigan sahifalar jadvali. Sahifali printer|Sahifaning tasviri to‘la-to‘kis chiqariladigan alohida qog‘oz varaqlarini uzatadigan va bosadigan printer. Sahifani almashtirish|Operatsion tizim tomonidan murojaat qilingan sahifani boshqa sahifa o‘rniga, agar talab qilinsa oxirgi sahifani olish bilan, chiqarish. Sahifani to‘ldirish|Ma’lumotlar blokiga ahamiyatli bo‘lmagan axborotning oxirgi, to‘liq to‘ldirilmagan sahifasini yozish usuli. Sahifani o‘tkazish|Printerda bosib chiqarishda yangi sahifaga o‘tish uchun foydalaniladigan boshqaruvchi simvol. Sahifaning assotsiativ xotirasi (kesh), manzillarni translyatsiya qilish buferi|Tez-tez ishlatiladigan sahifalarning raqamini o‘z ichiga oladigan va ularning manzilini asosiy xotirada saqlaydigan o‘ta tez harakatlanadigan assotsiativ xotira. Sahifaning invertirlangan jadvali|Sahifalar jadvali, unga murojaat etilganda, talab etilayotgan jismoniy sahifani izlash jarayon raqami va sahifaning mantiqiy raqami bo‘yicha amalga oshiriladi. Sahifaning ishlamay qolishi|Asosiy xotirada sahifa yo‘qligi tufayli uzilish. Sahnani raqamli boshqarish|Televizion tasvir kontrastliligini optimallash funksiyasi. Juda keskin kontrastlikda tasvirning oq qismlari, masalan matnlar juda aniq hamda ortiqcha yorqin shu’lalanishsiz qayta tiklanadi. Biroq, ushbu funksiya kul rangning gradatsiyasini o‘zgartirmaydi, u tufayli tasvir o‘zining tabiiyligini saqlab qoladi.Sakkizlik sanoq tizimiing. - octal number systemrus. - восьмеричная система счисления8 razryadli sanoq tizimi. Unda 0 dan 7 gacha bo‘lgan raqamlar ishlatiladi. Sakkizlik sanoq tizimi raqamli qurilmalar bilan bog‘liq joylarda ishlatiladi. Sakkizlik sanoq sonlari ikkilik sanoqni triadalariga aylantirish osonligi bilan tavsiflanadi. Oldin dasturlashda va umuman kompyuter hujjatlarida ishlatilar edi, lekin hozirga kelib o‘n oltilik sanoq tizimi tomonidan siqib chiqarilgan. Sakrash|Signalning keskin o‘zgarishi, shovqinning kuchayishi yoki elektr taʼminot tarmog‘idagi kuchlanishning to‘satdan sakrashi. Salbiy ta’sir etish|Tahdid agentining aktivga ko‘rsatadigan ta’siri. Samaradorlikning muhim ko‘rsatgichlari|Qo‘yilgan maqsadlarga erishib bo‘lishlik o‘lchovlarini o‘zida ifodalaydigan ko‘rsatgichlar. Bu ko‘rsatgichlar boshqaruv funksiyalari, jarayonlar, harakatlar samaradorligi va natijaliligini baholash uchun foydalaniladigan tizimni hosil qiladi. Bunday ko‘rsatgichlardan, shuningdek, tashkilot boshqaruvining barcha sohalarini: biznes jarayonlarni, ishlab chiqarish sohasidagi texnologik jarayonlarni, xodimlarni boshqarish tizimini, moliyaviy operatsiyalarni rejalashtirish va tahlil qilishda ham foydalaniladi. Samarali boshqaruv|Davlat boshqaruvining yangi konsepsiyasi. Samarali davlat boshqaruvi barcha darajalarda mamlakat ishlariga rahbarlik qilish maqsadida, iqtisodiy, siyosiy, ma’muriy hokimiyatning amalga oshirilishi sifatida qarab chiqiladi. Boshqaruv huquqlarning ajratilishi, xalq hokimiyati, yuqori mansabdor shaxslarni saylov yo‘li bilan tayinlash va almashtirib turish, ijro etuvchi hokimiyat institutlarining hisobdorligi, qonun ustuvorligi, siyosiy plyuralizm, ommaviy axborot vositalarining mustaqilligi, prinsiplari asosida quriladi. Samba|GNU General Public License litsenziyasi asosida ishlab chiqarilgan SMB/CIFS protokoli bo‘yicha ishlash uchun bepul tarqatiladigan dasturiy ta’minot. Uchinchi versiyadan boshlab Samba Microsoft Windows tarmog‘i mijozlari uchun fayllarni boshqarish va chop etish xizmatlarini taqdim etadi va Windows Server bilan yo domenning asosiy kontrolleri, yoki domen a’zosi sifatida uyg‘unlashishi mumkin. U shuningdek, Active Directory domenining qismi bo‘lishi mumkin. Samba GNU/Linux, Solaris kabi va BSD turli variantlarida, shu jumladan Mac OS X Server kabi Unix va Unix-o‘xshash tizimlarda ishlaydi. Sana|Kompyuterning CMOS-xotirasida saqlanadigan sana. Hujjat yaratilgan vaqtni aniqlash uchun xizmat qiladi va sinxronlashda yordam beradi. Sana va vaqtga bog‘liq chaqiruvlarni qayta manzillash|Kiruvchi chaqiruvni belgilangan vaqt davomida boshqa abonent raqamiga qayta manzillash imkonini beradigan xizmat. Bir kecha-kunduzdagi turli vaqtlar uchun qayta manzillashning turli raqamlari belgilanishi mumkin. Sanani eslatish xizmati|Abonentning telefon apparatiga aniq kun va vaqtda oldindan belgilangan ko‘rsatma bo‘yicha chaqiruv va ushbu chaqiruvga javoban magnit tasmaga avtomatik tarzda yoziladigan hamda abonentga har qanday ma’lum hodisa (masalan, qarindoshlarning tug‘ilgan kuni) to‘g‘risida eslatuvchi xabarni uzatadigan xizmat.Izoh – Ushbu xizmatning ikkita varianti ko‘zda tutiladi:– har bir alohida holatda abonent uzatilishi kerak bo‘lgan tegishli xabarni aytib turadi;– oldindan yozilgan ko‘pgina xabarlardan uzatilishi kerak bo‘lgan xabar tanlanadi. Sanoat josusligi|Egasiga zarar yetkazuvchi yoki yetkazishi mumkin bo‘lgan noqonuniy harakatlar. Bunda tijorat sirini tashkil qiluvchi maʼlumotlarni to‘plash, egallab olish va uzatish nazarda tutiladi. Sanoq tizimi|Sonlarni aks ettirish usuli va ular ustida bo‘ladigan operatsiyalar qoidalari. Pozitsion va nopozitsion sanoq tizimlari farqlanadi. Kompyuterda hisoblashlarda pozitsion sanoq tizimlaridan foydalaniladi. Sanoqlar tuzilmasi|Sanoqlarning televizion tasvirdagi o‘zaro nisbiy joylashuvi. Santimetrli to‘lqinlar|To‘lqin uzunligi 10 sm dan 1 sm gacha (chastotasi 3 GHz dan 30 GHz gacha) bo‘lgan radioto‘lqinlar. Saqlash|Ma’lumotlarni xotira qurilmasiga kiritish jarayoni. Saralash|Qandaydir ko‘plikdagi kerakli elementni izlab topish usuli. To‘la saralash usullari real vazifalarda juda ko‘p mashina vaqtini talab qiladi, shuning uchun, imkoni bo‘lsa, yo‘naltirilgan izlab topish usullaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Saralash kaliti|Yozuvlarni saralash ketma-ketligini belgilaydigan maydon yoki maydonlar. Dastlab saralash asosiy kalit maydonidagi qiymatlar bo‘yicha boradi, keyin esa, maydonda bir xil ma’lumotlarga ega bo‘lgan yozuvlar ikkilamchi kalitlar qiymatlari bo‘yicha saralanadi. Saralash, tartiblash|Ketma-ket keluvchi ma’lumot elementlarini (masalan, jadvallar satri yoki ma’lumotlar bazasi yozuvlarini) biror bir berilgan qoida asosida saralash, tartiblash, odatda qiymatlar kalit maydonlar bo‘yicha o‘sishi yoki kamayishi bo‘yicha tartiblanadi. «Sariq kitob»|Yetti pog‘onali tarmoq modelining transport darajasidagi standart protokoli ta’rifini o‘zida aks ettirgan sariq rangdagi kitob. Sarlavha|Fayl yoki xabarning, asosiy axborotni o‘z ichiga olgan birinchi so‘zi. Sarlavha belgisi|Faylni yozishdan oldin keladigan va uning boshlanishini hamda ichidagini identifikatsiya qilish uchun foydalaniladigan xizmatga oid belgi. Sarlavha satri|Foydalanuvchining grafik interfeysida – dialog oynasining nomi va boshqarish tugmalari bo‘lgan ingichka gorizontal chiziq. Amaliy dasturlarda qayta ishlanadigan fayl nomini ham ichiga olishi mumkin. Sath|Axborotni o‘tkazish nuqtai nazaridan tarmoqning iyerarxik tuzilmasini bayon etish uchun foydalaniladigan element.Izoh – «Sath» tushunchasi OSI modelidagi «sanh» tushunchasiga mos keladi. Satr|Simvollarning tartiblashtirilgan ketma-ketligi. Dasturlash tillarida – tegishli operatsiyalar – konkatenatsiya, nisbatlar belgilangan ma’lumotlar turi. Satrni simvollarning bir o‘lchamli massivi sifatida ham ta’riflash mumkin. Satr konstantasi|Qo‘shtirnoq yoki qo‘sh qo‘shtirnoq ichiga olingan simvollar ketma-ketligi. Satr ko‘chirish simvoli|Simvol yoki matn satri tugaganini bildiradigan va ekrandagi kursorni yoki printer bosuvchi kallagini navbatdagi satr boshiga ko‘chiradigan simvollar ketma-ketligi. Satr osti indeksi|Ko‘plik elementlari yoki element raqamini aniqlash uchun identifikatordan pastda yoziladigan harf yoki simvol. Satrbay printer|Birdaniga matnning butun satrini va minutiga 3000 tagacha satrni bosib chiqaradigan, katta mashinalar uchun mo‘ljallangan, tez ishlaydigan printer. Shovqin darajasi anchagina yuqori. Satrga ko‘chirish|Matnni aks ettirishda yangi satrga avtomatik ravishda (so‘z iсhida ko‘chirishsiz) o‘tish. Satrlar jadvali|Ishga tushirish komandalarini turli vaqtlarda berishda foydalaniladigan nomlangan belgili satrlar jadvali. Satrlar juftligi|Yoyish satrlarini navbatma-navbat yoyishning takomillashmaganligi. Satrlar orasiga kirish|Qonuniy foydalanuvchining resurslari bilan bog‘liq bo‘lgan, ma’lumotlar uzatish kanalini qisqa vaqtga o‘chirish paytida buzg‘unchi tomonidan aktiv tutib olish vositasida olingan kirish huquqi. Satrlar sezilarliligi|Ekrandan normal masofada turgan kuzatuvchiga tasvirning satr tuzilmasi sezilarli bo‘lgan sharoit. Satrlar yorqinligining har xilligi|Televizion tasvir qo‘shni satrlari yorqinligining ranglilik-yorqinlik kesishuvchi buzilishlari keltirib chiqargan parazit farqi. Satrlar chastotasini rostlash|Satr bo‘yicha yoyish generatorining erkin tebranishlar davrini o‘zgartiradigan sozlash. (Satrlarni sinxronlovchi impuls) oldingi maydoni|Satrlarni sinxronlovchi impulsdan oldin joylashgan satr o‘chirish intervalining uchastkasi. (Satrlarni sinxronlovchi impulsning) orqa maydoni|Satrlarni sinxronlovchi impulsdan tashqarida joylashgan satr so‘ndirish intervalining uchastkasi. Satrlarni chiqarish|Satr sinxronizatsiyasining yo‘qolishi tufayli tasvir bitta yoki bir nechta qismining uzluksiz yoki doimiy siljishi. Satrlarning yopishib qolishi|Satr oralatib yoyishning buzilishi. Bunda bir maydonning satrlari boshqa maydon satrlariga yaqinlashadi. Satrlarning to‘liq yopishib qolishida satr oralatib yoyish satrlarning soni ikki marta kam bo’lgan progressiv yoyishga aylanadi. Satrma-satr yo‘naltirilgan|Foydalanuvchi bilan birgalikda ishlashda grafik interfeysdan emas, balki komanda satridan foydalaniladigan dastur. Satrning nominal kengligi|Satrlar yo‘nalishidagi uzunlik birligiga to‘g‘ri keladigan satrlar soniga teskari kattalik. Savatcha|Chiqarib tashlangan fayllarni Windows muhitida saqlash joyi. Savatcha yordamida xato bo‘yicha chiqarib tashlangan fayllarni tiklash, yoki diskning ichidagi kerak bo‘lmagan ma’lumotlarni tozalab joyni bo‘shatish mumkin. Savdo (tijorat) banki|Servis yoki savdo korxonasi bilan hisob-kitoblarni tranzaksiyalarni to‘lov tizimiga uzatish va mualliflashtirish natijalarini qaytarish yo‘li bilan amalga oshiradigan moliya tashkiloti. Sayt|Umumiy nom, mavzu va navigatsiya tizimi bilan bog‘langan veb-sahifalar to‘plami. Matn, grafika, animatsiya, tovush sifatida talqin qilinadigan dastur. Saytni rasmiylashtirish HTML, Java tillari yordamida amalga oshiriladi. Saytlararo printing|Qar.: XSP. Saytlararo skripting|Qar.: XSS. Saytni indekslash|Ishlatilayotgan so‘zlar va iboralar ro‘yxatini tuzish maqsadida saytning matn materiallarini mantiqiy tahlil qilish. Shu tarzda tuzilgan ro‘yxat foydalanuvchi so‘rovi bo‘yicha saytda axborotni izlashda ishlatiladi. Indekslash avtomatik rejimda izlash robotlari deb nomlangan maxsus dasturlar tomonidan amalga oshiriladi. Seans darajasi|Tizimlar o‘rtasidagi dialog boshqaruvini yuritish usullarini ta’minlaydigan OSI modelining beshinchi sathi. Seans darajasidagi shlyuz|Tarmoqlararo ekranni amalga oshirish variantlaridan biri. Mualliflashtirilgan mijoz bilan tashqi xost o‘rtasida bevosita o‘zaro hamkorlikni istisno qiladi. Vakolatli mijozning muayyan xizmatlarga bo‘lgan so‘rovini qabul qiladi, so‘ralgan seansga kira olish huquqi tekshirilgandan so‘ng, tashqi xost bilan bog‘lanishni amalga oshiradi. Bundan keyin shlyuz paketlar filtratsiyasini bajarmasdan, ikkala yo‘nalishda bu paketlardan nusxa oladi. Seans kaliti|Bir seansga teng bo‘lgan cheklangan vaqt oralig‘ida shifrlash uchun ishlatiladigan kriptografik kalit; uzatish tugagandan so‘ng kalit avtomatik ravishda o‘chib ketadi. Segment|Tezkor xotiraning, dastur, ma’lumotlar yoki ma’lumotlar stekini saqlash uchun operatsion tizim ajratadigan sohasi. Segmentlar jadvali|Xotirani segmentli tashkil qilishda mantiqiy manzillarni jismoniy manzillarda aks ettirish uchun mo‘ljallangan tizimli jadval. Uning har bir elementi jismoniy xotiradagi segmentning dastlabki manzilini, segment uzunligini va himoya belgilarini o‘z ichiga oladi. Segmentlar jadvalining uzunlik registri|Dastur tomonidan ishlatiladigan segmentlar sonini o‘z ichiga oladigan registr. Segmentlar jadvalining tayanch registri|Xotiradagi segmentlar jadvalining manzilini o‘z ichiga oladigan registr. Segmentlash|Bir jinsli qismlarga oldindan ajratish. Keyin bu qismlar alohida yoki guruhlab kodlanadi. Siqishning barcha usullarida ma’lumotlar turi o‘zgarganda o‘tish juda yomon kodlanadi. Shunday holatda segmentlash qo‘llaniladi. Sekin tinishlar|Signal og‘ib o‘tuvchisining silliq o‘zgarishlari; ular, odatda, radioto‘lqin tarqalish yo‘lining, uning to‘lqin uzunligidan ancha katta masofaga o‘zgarishi oqibatida hosil bo‘ladi.Izoh − Tinishlarning bunday turi mobil aloqa radiokanallariga xosdir. Ko‘p yillik kuzatishlar natijalari shuni ko‘rsatadiki, refraksiya sharoitlarining o‘zgarishi va atmosfera quyi qatlamlarining holati bilan bog‘liq bo‘lgan sekin tinishlarni logorifmik normal qonun bilan tavsiflash qulaydir. Sekin tinishlarning yana bir sababi abonentning ko‘chib yurishi chog‘ida joy relefining o‘zgarishi bo‘lishi mumkin. Sekinlashuv|1. Protsessor yoki boshqa elektron sxemaning pasaytirilgan takt chastotasida ishlashi.2. Abonent trafigining uzatish tezligi pasayishiga asoslangan, tarmoq liniyalari yoki kanallarning ortiqcha yuklanishiga qarshi kurash mexanizmi. Sekogramma|Ko‘zi ojizlar uchun muassasalar tomonidan pochta aloqasi tarmog‘i orqali jo‘natiladigan, ko‘zi ojizlar uchun ochiq holda beriladigan yozma xat-xabarlar, bosma nashrlar, ko‘zi ojizlar uchun yozuv tizimining belgilariga ega tamg‘a, shuningdek ko‘zi ojizlar uchun mo‘ljallangan ovozli yozuvlar va maxsus qog‘oz. Sektor|Egiluvchan yoki magnit qattiq disk yo‘lkasining, ma’lumotlar yozilgan qismi. Sektor – xotiraning o‘z manziliga ega bo‘lgan eng kichik birligi. Sektorlangan uya|Abonentlarga sektorli antennasi bo‘lgan tayanch stansiya xizmat ko‘rsatadigan uya. Har tomonga yo‘nalgan antennadan foydalanishga nisbatan, aloqani tashkil etishning ushbu varianti tizimning chastota-vaqt resursidan samaraliroq foydalanish imkonini beradi. Sektorli antenna|Yo‘nalganlik diagrammasining kengligi qoplash zonasi sektorining burchak o‘lchamiga mos keladigan antenna. Sektorni to‘g‘rilash|Nusxa ko‘chirishdan muhofaza qilish usuli, sektorlarning yo‘lkadan yo‘lkaga to‘g‘ri o‘rnatilganligini tekshirishda disk ruxsat etilmagan nusxa bo‘lib hisoblanishi yoki hisoblanmasligini aniqlash imkonini beradi. Sekunddagi chiplar soni, chip/s|Kengaytirilgan spektrli signallarni uzatish tezligining o‘lchov birligi. Sekundiga bit, bit/s|Aloqa kanalidagi bir sekund ichida uzatiladigan bitta ikkilik birligiga teng bo‘lgan tezlikning o‘lchov birligi. Sekundiga megachip, Мcip/с|Shovqinsimon signal elementlarini uzatish tezligining o‘lchov birligi (CDMA texnologiyasida). Sekundiga million signal|Ma’lumotlarni raqamli qayta ishlash qurilmasiga signallar kelib tushish tezligining o‘lchov birligi. Selektiv foydalana olish|Navigatsiya signalini generatsiya qilish rejimi. GPS dan harbiy maqsadlarda foydalanishning oldini olish maqsadida, AQSH mudofaa vazirligi tomonidan qo‘llaniladi. Semafor|Ba’zi dasturlash tillarida ma’lumotlarning maxsus turi. Kompyuterning, turli jarayonlar intiladigan ba’zi resurslaridan foydalanishni boshqaradi, ya’ni jarayonlar bajarilishini sinxronlashtiradi. Semantik moslik|Axborot tizimlarining ma’lumotlarni talqin qilishning o‘xshashligi darajasida birgalikda ishlay olish qobiliyati. Semantik tarmoq|Bilimlarni intellektual tizimlarda, uchlari obyektlar yoki tushunchalarni bildiradigan nomlangan uzellarni, ularni birlashtiradigan nomlangan yoylar esa, obyektlar o‘rtasidagi munosabatni o‘zida ifodalaydigan ustun (grafa) ko‘rinishida taqdim etish usuli. Semantik xato|Dasturlashdagi xato dasturlash u yoki bu konstruksiyasining ma’nosini, ahamiyatini yoki ishini tushunmaslik tufayli yuzaga keladi. Semantika|1. Semiotikaning jihatlaridan biri. Belgi adresati kim bo‘lishidan qat’i nazar, belgilarning belgilanganiga (belgilar tarkibi) nisbatini qarab chiqadi.2. Belgi alohida birliklarining qiymatlari.3. Tilning alohida birliklarini o‘rganish – elementar o‘rganish obyekti belgilovchi, belgilanuvchi va denotat kabi uchta obyektning birligidan iborat bo‘lgan tilshunoslik semantikasi. Belgilovchi – tashqi element (tovushlar yoki belgilar ketma-ketligi), denotat – haqiqatning belgilanadigan obyekti va belgilanuvchi – ushbu obyektning inson ongida aks etishi. Sensorli ekran|Monitor ekranidagi grafik tugmalarga yoki piktogrammalarga barmoq yoki peroni tegizish orqali kompyuterda ishlash imkonini beradigan ekran ‒ kiritish qurilmasi. Sensorli panel|Barmoqning harakatlanishi paytida qurilma yuzasidagi elektr maydonning o‘zgarishidan ishlaydigan manipulyator. Sentreks xizmati|Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmog‘ining abonentlariga virtual tarmoqni tashkil qilish uchun umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmog‘ining resurslaridan foydalangan holda, virtual MIATS funksiyalari va servis xarakteristikalaridan foydalanish imkonini beradigan xizmat. Seriya raqami|Analog mahsulotlar o‘rtasida dasturiy ta’minotni, uskunani belgilaydigan noyob identifikator. Seriyalar uzunligi bo‘yicha kodlash|Ma’lumotlarni siqishning oddiy algoritmi bo‘lib, bitta simvol ketma-ket bir necha marta takrorlanuvchi ketma-ketlikdan tuzilgan ma’lumotlar seriyasi bilan ishlaydi. Kodlashtirishda takrorlanuvchi belgilar satri shu belgining o‘zi va uning takrorlanishlari soni bilan almashtiriladi. Seriyali chaqiruv|Chaqirilayotgan abonent band bo‘lganda yoki javob bermaganda abonentlar ro‘yxatidagi boshqa abonent tomonidan chaqiruvni qayta yuborish imkonini beradigan xizmat. Sertifikat|Xavfsizlikni ta’minlash organi yoki ishonch qozongan uchinchi tomon bergan, xavfsizlikni ta’minlashga taalluqli bo‘lgan, ma’lumotlar manbaini autentifikatsiya qilishni ta’minlash xizmatlarini taqdim etish uchun foydalaniladigan, xavfsizlik to‘g‘risidagi axborot bilan birgalikdagi, ma’lumotlar majmui. Sertifikat yo‘li|Obуektlar sertifikatlarining, katalogning axborot daraxtidagi tartiblashtirilgan ketma-ketligi bo‘lib, berilgan yo‘l boshlang‘ich obуektining ochiq kaliti bilan birga shu yo‘l oxirgi obуektining ochiq kalitini olish maqsadida qayta ishlanishi mumkin. Sertifikatlash|1. Qandaydir faktni tasdiqlash protsedurasi.2. Ishchi tizim yoki kompyuter tizimi uchun tanlab olingan nazorat va xavfsizlik choralari talablarga mos kelishligi va normal ishlayotganligi texnik tasdiqlash.3. Dasturni rasman attestatsiya qilish.4. Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi yoki uning qismi xavfsizlik talablariga mos kelishini uchinchi tomon kafolatlaydigan protsedura. Sertifikatlash organi|1. Bitta yoki bir nechta foydalanuvchi tomonidan ochiq kalitlar sertifikatlarini tuzish va taqsimlash ishonib topshirilgan organ.2. Xavfsizlikni ta’minlashga taalluqli bo‘lgan ma’lumotlarning bitta yoki undan ortiq turkumini ichiga olgan xavfsizlik sertifikatlarini tuzish ishonib topshirilgan obyekt (xavfsizlikni ta’minlash siyosati kontekstida). Sertifikatsion artefakt|Sertifikatlash jarayonining ko‘rinib turgan natijalari.Misol – tekshiruvlarning nazorat ro‘yxatlari, ko‘rsatgichlar, muammolar to‘g‘risidagi hisobotlar. Server|1. Kompyuterga, boshqa bir kompyuterga xizmat ko‘rsatish imkonini beradigan apparat va dasturiy ta’minot majmui (server-dastur).2. Tarmoq kompyuteri uchun belgilangan, bir kompyuter xizmatini boshqa bir kompyuterga taqdim etish imkonini beradigan dastur.Izoh – Xizmat ko‘rsatiladigan kompyuterlar server dastur bilan foydalanuvchi dasturi (mijoz dastur) yordamida bog‘lanadi.3. Tarmoq resurslarining muayyan turini boshqaradigan hisoblash mashinasi (tizimi).Izoh – Fayl-server, ilovalar serveri, faks-serverlar, pochta, kommunikatsiya serverlari, veb-serverlar ajratiladi. Server bek-end|Katta ishonchlilik va katta hajmdagi resurslarni taqdim etish maqsadida bitta server o‘rniga ishlatiladigan server kompyuterlarining lokal tarmoqqa bog‘langan guruhi (puli). Servislarni identifikatsiya qilish|Aniqlangan ochiq portlarni tarmoq o‘zaro ishlaydigan aktiv komponentiga solishtirish. Sessiya|1. Foydalanuvchi va kompyuter yoki ikki kompyuter o‘rtasidagi aktiv bog‘lanish.2. Tarmoqning stansiyalari o‘rtasida bog‘lanishni tashkil etish, ma’lumot almashish va bog‘lanishni tugatish operatsiyalarining ketma-ketligi. Sferik antenna panjarasi|Nurlantiruvchi elementlari sferik yuzada joylashgan sirtli antenna panjarasi. Sferik radiotoʻlqin|Teng fazalarning sirti konsentrik sferani oʻzida aks ettiradigan koʻndalang radiotoʻlqin. Sifat shkalasi|Kuzatishning ma’lum sharoitlarida tasvirning texnik sifatini miqdor jihatidan subyektiv baholash imkoniyatini beradigan beshta, oltita yoki yettita bosqichga ega shkala. Sifati yaxshilangan televideniye|Satrlar va maydonlar standart chastotalrini (625/50 yoki 525/60) saqlab qolgan holda, eshittirish televideniyesi radiosignali parametrlarini o‘zgartirib yoki o‘zgatrirmasdan, signalni tahlil qilish, sintez qilish va qayta ishlashning yangi jarayonlaridan foydalanish hisobiga tasvir sifatini yaxshilash va qo‘shimcha xarakteristikalarga erishiladigan eshittirish televideniyesi tizimi. Sifati yaxshilangan televideniye|Oddiy televizor ta’minlaydigan sifatdan yuqoriroq, lekin yuqori aniqlikdagi televideniye sifatidan pastroq sifatga ega televideniye. Sifatning maqsadi|Milliy operatorning pochta aloqasi sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan pochta aloqasi xizmatlarining o‘rnatilgan sifat normativlariga erishish bo‘yicha majburiyati. Signal|Vaqt bo‘yicha o‘zgaruvchi, turli xildagi axborotlarni uzatish, shuningdek, qandaydir voqea yoki obyektlarning holati to‘g‘risida xabar berish uchun foydalaniladigan fizik kattalik. Signal bazasi|Signal spektri kengligining uning davomiyligiga ko‘paytmasi. Signal kechikishining buzilishi|Uzatish uchun zarur bo‘lgan chastotalar diapazoni bo‘yicha sxema (tizim) dagi og‘ib o‘tuvchining kechikichi doimiy bo‘lmagan hollarda yuzaga keladigan buzilish turi. Signal manbalari|Tele-, radioqabulqilgich apparaturalar, yo‘ldoshli qabul qiluvchi tizimlar, videomagnitofonlar, lazer disklar va DVD proigrivatellariga audio va videosignallar uzatadigan qurilmalar signal manbalari bo‘lib hisoblanadi. Signal yulduzi (signalning yulduz ko‘rinishi)|Modulyatsiyalangan radiosignalning kompleks tekisligida nuqtalar ko‘rinishida ifodalanishi. Bunda nuqtalarning har biri alohida modulyatsiya simvoliga, ularning pozitsiyasi esa amplituda va fazaning muayyan qiymatiga mos keladi. Signal/xalaqit nisbati|Odatda, detsibellarda ifodalanadigan uzatish kanalining ma’lum nuqtasidagi muayyan sharoitlarda o‘lchanadigan foydali signal quvvatining, xalaqit beruvchi signallar va shovqinning umumiy quvvatiga nisbati. Signal/shovqin nisbati|1. Ma’lum vaqt davomida qabul qilgichning belgilangan nuqtasida, masalan, demodulyatorning kirishida, o‘lchangan foydali signal quvvatining additiv shovqinning spektral zichligiga nisbati.2. Ma’lum vaqt davomida qabul qilgichning belgilangan nuqtasida o‘lchangan foydali signal kuchlanishining shovqin kuchlanishiga nisbati.Izoh − Har ikki holatda ham signal/shovqin nisbati detsibellarda ifodalanadi, biroq uni aniqlash paytida shovqin turini aniq tafovutlash lozim. Jumladan, agar shovqin impulsli bo‘lsa, uning cho‘qqi qiymati, agar shovqin tasodifiy bo‘lsa, uning o‘rtacha kvadratik qiymati hisobga olinadi. Signalizatsiya|Bog‘lanishlarni o‘rnatish, bo‘shatish va boshqarishning boshqa operatsiyalariga, shuningdek, bog‘lanishlarni o‘rnatishning avtomatik usulida telekommunikatsiyalar tarmog‘ini boshqarishga taalluqli bo‘lgan, nutqli bo‘lmagan axborot almashinuvi jarayoni. Signalizatsiya guruhi|Signalizatsiya bo‘g‘inlari majmui. Ushbu bo‘g‘inlar ikki punktni bevosita bog‘laydi va bir xil fizik xususiyatlarga (bitlar tezligi, tarqalish vaqti va h.k.) ega. Signalizatsiya kanali|Boshqaruv signallarini uzatish uchun foydalaniladigan alohida yoki ishchi kanal bilan birlashtirilgan xizmat kanali. Uning funksiyalari va tuzilmasi aloqa tizimida foydalaniladigan aniq algoritmlar va almashinish protokollari bilan belgilanadi. Signalizatsiya marshruti|Signalizatsiya punktlari ketma-ketligi sifatida oldindan belgilangan marshrut. Undan signalizatsiya punkti tomonidan muayyan belgilangan punktga yo‘naltirilgan signal xabarlari uzatilishi mumkin. Signalizatsiya shlyuzi|KAT va boshqa tarmoqlar o‘rtasidagi (masalan, KAT va STP dagi yoki SS7 dagi SSP chaqiruv serverlari o‘rtasidagi) chaqiruvni polosadan tashqari boshqarish signallari o‘zgartirilishini bajaradigan blok. Signalizatsiyaning mantiqiy kanali|Xizmatlar va signalizatsiya belgili kanallar bilan ta’minlanadigan interfeys tuzilmasi. Interfeysning belgili tuzilmasi siklik interfeysda yoki o‘z-o‘zini ajratadigan belgili interfeysda amalga oshishi mumkin. Signallar (UNIX da)|Xatoli holatlarni qayta ishlashning quyi darajali mexanizmi. Signallar ansambli|(I, Q) koordinatalar tizimida (I+Q) vektorlar to‘plami cho‘qqi holatlarining majmuasi. Signallar qayta ishlanadigan antenna panjarasi|Funksional elementlarga ega bo‘lgan, u qabul qilgan signallarni o‘zgartirishga imkon beradigan antenna panjarasi. Signallar raqamli qayta ishlanadigan antenna panjarasi|Signallar element bilan qayta ishlanadigan antenna panjarasi, bunda nurlantiruvchi elementlardan signallar ma’lum algoritmlar bo‘yicha keyingi qayta ishlash uchun analog-raqamli qayta tiklashga uzatiladi. Signallar ushlab turiladigan liniya|Tarmoqlagichlari bo‘lgan passiv to‘rt qutblagichni o‘zida ifodalovchi, signallarni ma’lum bir vaqtga ushlab turish uchun mo‘ljallangan qurilma. Signallar shaklining koderi|Ish prinsipi, analog signallarni ixcham qayta o‘zgartirishga va ular shaklini vaqt birligi ichida tiklashga asoslangan, nutqli kodlovchi qurilmalar toifasi.Izoh − Uzatish tezligining 16 Kbit/s dan 64 Kbit/s gacha bo‘lishini ta’minlaydi. PCM, ADPCM, CVSD, RELP lar shunga o‘xshash toifadagi koderlar hisoblanadi. Signalni qayta ishlash|Dasturiy signal bilan tovush yoki tasvirni uzatish, ularni qabul qilish, maxsus effektlar yoki tovushli effektlarni kiritish shartlariga muvofiqligini ta’minlash yoki qo‘shni kanallardagi xalaqitlarni kamaytirish uchun bajariladigan turli faoliyatlar. Signalni qayta ishlash antennasi|Antenna elementlari bilan qabul qilingan signallar maxsus qayta ishlanishi talab etiladigan, shundan so‘ng natijaviy signal qabul qiluvchi qurilmaga to‘g‘rilanadigan qabul qiluvchi antenna. Signalni uzatish|To‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki kodlangan axborotni tashuvchi elektromagnit impuls. Signalning buzilishi|U yoki bu aloqa tizimi bo‘ylab uzatilgan signalning boshlang‘ich signalga mos kelmasligi. Chastotaviy, nochiziqli, fazaviy buzilishlar buzilishlarning asosiy turlaridir. Turli xil buzilishlarning sezilarliligiga bog‘liq holda, ularning yo‘l qo‘yiladigan qiymatlariga va apparatura sifati toifalariga normalar belgilanadi. Signalning so‘nishi (susayishi)|Signal quvvatining, uzatuvchi muhit orqali o‘tishi natijasida kamayishi. Signal so‘nishining asosiy sabablari radioto‘lqinlarning yutilishi va qaytishi, difraksiya va refraksiya hisoblanadi. Signalning tinish darajasi|Tinishlar paytidagi qabul qilinuvchi signal og‘ib o‘tuvchisining maksimal va minimal qiymatlari o‘rtasidagi farq. Signalning yo‘qolishi|Qabul qilgich tomonidan signalning uzatilishi to‘xtab qolganini bildirish uchun yuboriladigan xavotirlik signali. Masalan, LOS optik-tolali kabel orqali uzatilganda va qabul qilish uchun uchida hech qanday signal qabul qilinmay qolganda eʼlon qilinadi. LOS signali qo‘lda bekor qilinmaguncha yoki muammo hal bo‘lmaguncha uzatilaveradi. Signalning chiqish quvvati|Tayanch stansiya uzatgichi chiqishida, uzatgichning nominal to‘la chiqish qarshiligiga teng bo‘lgan qarshilik bilan yuklamaga uzatiladigan bitta eltuvchi o‘rtacha quvvatining qiymati. Signatura|1. Tizimning dasturiy usulda tekshirish mumkin bo‘lgan noyob xarakteristikasi. Original-diskning identifikatsion belgisi sifatida qo‘llaniladigan diskning ikkinchi belgisi signaturaga misol bo‘ladi. Bu belgidan dasturiy usulda nusxa ko‘chirish mumkin emas.2. Dastur doimiy kodining qismi, unga qarab, virusga qarshi dasturlar dasturlarning virus dasturlarga va dasturlarning boshqa nomaqbul turlariga mansubligini aniqlaydi.3. Bostirib kirilish (hujum)ining, uni aniqlashda qo‘llaniladigan, oziga xos belgilari. Sikl|Maʼlum bir sharoit buzilmaguncha ko‘p marta bajarilishi mumkin bo‘lgan operatsiyalar yoki komandalar ketma-ketligi. Sikl parametri|Sikl bajarilishini boshqaradigan o‘zgaruvchi. Dasturning har bir siklida o‘z qiymatini sikl jismining har bir o‘tishida o‘zgartiradigan parametr mavjud. Agar bunday parametr bo‘lmasa, sikl noto‘g‘ri tuzilgan va sikllanish imkoniyati yuzaga keladi. Dasturlashda ba’zan «abadiy» sikllar quriladi, ulardan chiqib ketish maxsus komandalar orqali amalga oshiriladi. Bunday sikllarda sikl parametrlari bo‘lmaydi, bu esa, dasturlash uslubini buzadi. Sikl sarlavhasi|Sikl operatorining bir qismi yoki hisoblagichning boshlang‘ich qiymatlarini, sikl qadamini va davom ettirish yoki tugallash shartini belgilaydigan alohida operator. Siklik ortiqcha kod|Asosan xatolarni aniqlash maqsadida, siklik koddan foydalanib xatolarni nazorat qilish usuli.Izoh – Himoya qilinishi kerak bo‘lgan ma’lumotlar blokining bitlari berilgan generator polinomi yordamida 2 moduli bo‘yicha bo‘linadigan polinom koeffitsiyentlari sifatida ishlatiladi, qoldiq koeffitsiyentlari bo‘lishdan so‘ng blokning tekshiriluvchi ketma-ketligi ko‘rinishida ma’lumotlar blokiga qo‘shiladi. Siklik siljish|Registrning bir uchidan suriladigan razryadlar boshqa bir uchiga kelib tushadigan siljish operatsiyasi. Silindrsimon antenna panjarasi|Nurlantiruvchi elementlari silindr sirtda joylashgan sirtqi antenna panjarasi. Silindrsimon radioto‘lqin|Ko‘ndalang radioto‘lqin, uning teng fazalari sirti konsentrik silindrlarni o‘zida aks ettiradi. Ularga urinmalar urilish nuqtasida to‘lqin tarqalishi yo‘nalishiga perpendikulyardir. Siljigan nurlagichga ega parabolik ko‘zgu (ofset antenna)|Nurlanishning asosiy yo‘nalishidan tashqariga chiqarilgan nurlagichli o‘qqa nosimmetrik parabolik ko‘zgu (parabola segmenti). Bunday konstruksiyada antenna ko‘zgusi sirtining soyalanishiga yo‘l qo‘yilmaydi va yon yaproqlar bo‘yicha nurlanish darajasi pasayadi. Siljigan yo‘lka|Nusxa ko‘chirishdan himoya qilish usulining qismi, bunda diskdagi yo‘lka nostandart pozitsiyaga yoziladi. Siljish|Nisbiy manzillash usulida xotira yacheykasining tayanch manzilga nisbatan siljishini, ya’ni xotiraning ikki yacheykasi o‘rtasida manzillanadigan elementlar sonini (masofani) ko‘rsatadigan kattalik. Siljish registri|Barcha bitlari har bir siklda o‘ngga yoki chapga bir razryadga suriladigan registr mikrosxemasi. Siljish vektori|Harakatni kompensatsiyalashda tayanch kadrda makroblok siljishining yo‘nalishi va kattaligini ifodalaydigan ikki o‘lchovli vektor. Siljitish|Siljitish lineykasi yordamida rasm yoki boshqa turdagi fayllarni ko‘rish oynasi tashqarisidagi mazmunini ko‘rish uchun oynani yuqoriga, pastga, chapga va o‘ngga siljitish. Matnli hujjatlarda oynani satr yoki sahifa bo‘yicha siljitish mumkin. Siljitish registri|Operatsion tizim tomonidan xotiraga yuklangan dastur uchun ajratilgan xotira sohasining dastlabki msnzilini o‘z ichiga oladigan registr. Siljitish chizig‘i|Ekranning pastiga va/yoki oynaning o‘ng tomoniga joylashgan ingichka to‘rtburchak tasma. Oynadagi ma’lumotlar o‘rnini «sichqoncha» kursori yordamida o‘zgartirish uchun qo‘llaniladi. Silliq xendover; bog‘lanishni uzmasdan qilinuvchi xendover|Mobil stansiya tomonidan o‘rnatilgan bog‘lanish yangi bog‘lanish o‘rnatilmaguncha uzilmasdan bajariladigan xendover protsedurasi. Silliq xendoverda aloqa sifati qayta ulanish paytida yomonlashmaydi. Simli antenna|Elektromagnit to‘lqinlarni nurlantirish yoki qabul qilish uchun bitta yoki bir nechta metall sim yoki shtirdan iborat muayyan konstruksiya. Simmetrik autentifikatsiya qilish usuli|Ikkala obyekt umumiy autentifikatsiya axborotidan birgalikda foydalanadigan autentifikasiya qilish usuli. Simmetrik kabel|Uchta o‘tkazgich bo‘ylab simmetrik signal uzatuvchi kabel. Simmetrik klasterizatsiya|Klasterning barcha mashinalari bitta katta ilovaning turli qismlarini bir vaqtda bajarganda kompyuter klasterini tashkil qilish. Simmetrik kriptografik algoritm|Shifrlash va deshifrlash uchun aynan bitta kalitdan foydalaniladigan, shifrlash yoki tegishlicha deshifrlashni bajarish algoritmi. Simmetrik kriptografiya|Shifrlash va deshifrlash uchun bitta kalitdan foydalaniladigan kriptografiya. Simmetrik ko‘p protsessorli qayta ishlash|Parallel hisoblashda qo‘llaniladigan, bir turdagi protsessor elementlari yagona operatsion tizim tomonidan boshqarilishi bilan bog‘liq tizimni anglatadi. Bunda har bir protsessor bitta kiritish-chiqarish qurilmasiga ega bo‘ladi va barcha protsessorlar umumiy fazoni bo‘lib oladi. Vazifalar (oqimlar) turli protsessorlar orasida taqsimlanadi. Bunda barcha protsessorlar ekvivalent sifatida qaraladi va yangi vazifa u taqsimlanayotgan vaqtda eng kam yuklamaga ega protsessorga beriladi. Simmetrik ko‘p protsessorli tizim|Parallel hisoblashlarda qo‘llaniladigan, bir turdagi protsessor elementlari yagona operatsion tizim tomonidan boshqarilishi bilan bog‘liq tizim. Bunda har bir protsessor bitta kiritish-chiqarish qurilmasiga ega bo‘ladi va barcha protsessorlar umumiy fazoni bo‘lib olishadi. Vazifalar (oqimlar) turli protsessorlar orasida taqsimlanadi. Bunda barcha protsessorlar ekvivalent sifatida qaraladi va yangi vazifa u taqsimlanayotgan vaqtda eng kam yuklamaga ega bo‘lgan protsessorga beriladi. Simmetrik operatsion tizim|Protsessorlarning barcha pullarini, tizimli va amaliy vazifalar o‘rtasida taqsimlab ishlatadigan to‘liq markazlashtirilmagan operatsion tizim. Simmetrik raqamli abonent liniyasi|Axborotning, har bir aloqa yo‘nalishida bitta o‘ralgan juft orqali 2,048 Mbit/s tezlik bilan dupleks uzatilishini ta’minlaydigani, yuqori tezlikli abonent foydalanish liniyasi. Simmetrik shifr|Simmetrik kriptografik tizim bo‘lgan, ya’ni shifrlash va rasshifrovka qilish uchun aynan bir kalitdan yoki biri orqali boshqasi oson olinadigan turli kalitlardan foydalaniladigan shifr. Simmetrik siqish|Tasvirni siqish va tiklash uchun teng hisoblashlarni talab etuvchi siqish tizimi. Siqishning bu shaklidan qo‘shimchalarda, tasvirni ham siqish, ham tiklash sifatida foydalaniladi.Misollar – Ma’lumotlar bazasida harakatlanmaydigan tasvirlarni saqlash, rangli tasvirlarni uzatish (rangli faksimil aloqa), video ishlab chiqarish, videopochta, videotelefon hamda videokonferens aloqa. Simmetrik vibrator|Bitta tekislikda simmetrik joylashgan, bir xil uzunlik va shakldagi o‘tkazgichlar ko‘rinishidagi vibrator, uning tutashgan uchlariga fider ulanadi. Simpleks interfeys|Ma’lumotlarni faqat bitta yo‘nalishda uzatadigan interfeys; bir tomonga yo‘naltirilgan interfeys. Simpleks ulanish|Orasida faqat bir yo‘nalishda ma’lumotlar uzatilishi amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan ikki nuqtaning mantiqiy va fizik birikishi. Simmetrik chiqish|Ba’zi A/V qurilmalarning simmetrik signalni uchta o‘tkazgich orqali uzatish uchun mo‘ljallangan ajratgich. Konstruktiv jihatdan simmetrik chiqish XLR turidagi ajratgichlarda bajariladi. Faqat high-end turkumidagi apparaturada va professional texnikada uchraydi. Simsiz abonent liniyasi|Statsionar aloqa tarmoqlarida foydalaniladigan va simli aloqa liniyalarini simsiz aloqa liniyalari bilan almashtirish uchun mo‘ljallangan radio kira olish texnologiyasi. Abonent chaqiruvlarining umumiy foydalanish tarmoqlariga chiqishi, simsiz abonent liniyasining majburiy talabi hisoblanadi. Statsionar terminallar sifatida, multipleksor yordamida birlashtirilgan, telefon apparatidan, maishiy televizion pristavka hamda shaxsiy kompyuterdan foydalaniladi. Simsiz aloqa|Ma’lumotlarni uzatish elektromagnit to‘lqinlar vositasida amalga oshiriladigan aloqa. Simsiz aloqa modeli|Maʼlumotlarni qabul qilish va uzatish uchun mobil aloqa operatorlari tarmoqlaridan foydalanuvchi modem. Simsiz aloqada shifrlash protokoli|RC4 shifrlash sxemasiga asoslanadi, ma’lumotlar radiokanali bo‘yicha uzatiladigan 40-razryadli shifrlashni ta’minlaydi. 802.11b standartining qismi. Ishonchliligi bilan farqlanmaydi, chunki bitta kalitning o‘zidan foydalanishni nazarda tutadi. Simsiz aniqlik|1. Simsiz aloqa uchun Wi-Fi standarti; uskuna WECA assotsiatsiyasi tomonidan sertifikatsiyalangandan so‘ng beriladigan va LAN simsiz PC-kartalari, turli ishlab chiqaruvchilarning qurilmalari va foydalana olish nuqtalari o‘rtasida interaperabellikni kafolatlaydigan logotip.2. Wi-Fi-ultra qisqa radioto‘lqinlarda ma’lumotlarni uzatish texnologiyasi. 1990-yillarning oxirida paydo bo‘lgan. IEEE (Institute of Electrical and Electronics Engineers) da standartlashtirilgan. Hozirda zamonaviy kompyuterlarning ko‘pi shu aloqa vositasi bilan jihozlangan. Wi-Fi kompyuter, noutbuk bilan simsiz tarmoq ulanishiga yoki muammolarsiz mavjud Wi-Fi tarmog‘iga ulanishga imkon beradi. Simsiz belgilash tili|Simsiz tizimlarni belgilash tili – XML spesifikatsiyasiga mos keluvchi sintaksisli WWW sahifalarini yaratish tili. Soddalashtirilgan HTML ga o‘xshaydi. Simsiz biznes-kommunikatsiya|UMTS tarmoqlarida radioulanish uchun DECT texnologiyasini qo‘llash imkoniyatlarini namoyish qilishga qaratilgan Yevropa loyihasi.Izoh − Asosiy maqsadi – mobil aloqa tizimlarining 2G va 3G o‘rtasida oraliq bo‘lgan amaldagi kommunikatsiya tizimi namunasini yaratishdir. Simsiz erkin foydalanish protokoli|Barcha turdagi mobil radioaloqa tizimlarini, portativ kompyuterlarni Internet tarmog‘iga ulash uchun belgilangan spetsifikatsiyalar to‘plami. Mobil qurilmalarda WWW resurslarini qarab chiqish imkonini beradigan ilovalarni yaratish uchun WML tili tavsiya qilinadi. Bu protokol negizida WAP tarmoqlar quriladi. WAP protokoli 1997-yilda kompaniyalar guruhi (200 dan ortiq, shu jumladan, Motorola, Nokia, Ericsson va b.lar.) kompaniyalar guruhi tomonidan ishlab chiqilgan. Simsiz foydalana olish|1. Tarmoq uzellari yoki serverlardan radiokanallar orqali olisdan foydalana olish.2. Uyali va simli aloqa o‘rtasida oraliq o‘rinni egallovchi erkin foydalanish texnologiyasi.Izoh − Farq qiluvchi jihatlari: abonentlarning harakatlanish tezligi uncha yuqori emasligi (10 km/h gacha), abonentlarning yuqori zichligi va xizmat ko‘rsatish maydon birligiga to‘g‘ri keladigan tayanch stansiyalar sonining ko‘pligi. Piko va mikrouyali arxitekturadagi aloqa tizimlari o‘tkazuvchanlik qobiliyati 10000 Erl/km2 gacha bo‘lgan rayonlarga xizmat ko‘rsatishga qodir, biroq ta’sir radiusi, odatda, 300 m dan oshmaydi. Abonent qurilmalarida nutqning uzatilish sifatini simli aloqadagiga yaqinlashishini ta’minlovchi kam quvvatli uzatgichlar (1−10) mW va nutq kodeklari ishlatiladi. Simsiz foydalana olish tizimi|Qayd etilgan abonent terminallari (telefon apparatlari) va ATS o‘rtasidagi uchastkada, umumiy foydalanishdagi telefon tarmog‘ining simli abonent qismi o‘rniga foydalaniladigan ko‘p stansiyali kira olish radioaloqa tizimi. Simsiz gipermatnli belgilash tili|Har ikkala yo‘nalishda WAP funksiyalari bo‘lgan mobil telefonga ma’lumotlar uzatish uchun, WAP texnologiyasida foydalaniladigan mobil (simsiz) dasturlar uchun mo‘ljallangan gipermatnli belgilash tili.Izoh − Dasturlar ishlab chiqish uchun WML standart gipermatnli XML va HTML tillaridan foydalanish imkonini beradi. WML Phone.com kompaniyasi tomonidan yaratilgan HDML tilidan kelib chiqqan, biroq u HDML ko‘rinishi hisoblanmaydi: HDML ning ba’zi imkoniyatlari WML da yo‘q. Simsiz global tarmoq|O‘lchamiga ko‘ra, mamlakat yoki kontinent bilan tenglashtiriladigan katta geografik zonalarda bog‘lanishlarga bo‘lgan ehtiyojni qondiruvchi tarmoq. Simsiz global tarmoqlarda radiosignallarni uzatish uchun yo‘ldoshlardan foydalaniladi. Simsiz ilovalar protokoli|Simsiz qurilmalar (mobil telefon, cho‘ntak kompyuteri) yordamida WML tilida yaratilgan Internet resurslaridan foydalanishni taʼminlovchi protokol. Simsiz intellektual tarmoq|Simsiz tarmoqlarni intellektual nazorat qilish va boshqarish tizimi. O‘z ichiga signal protokolini, shuningdek, tranzaksiyalar jarayonini va servislarni boshqarish komponentlarini oladi.Izoh − Tizim IS-41 va ANSI-41 sifatida ham ma’lum. Simsiz klaviatura|Tizim bloki bilan infraqizil interfeys yordamida simsiz aloqaga ega kompyuter klaviaturasi. Simsiz lokal tarmoq|Ham ofisda, ham uyda, 30 m dan 150 m gacha qisqa masofada ikkita va undan ortiq qurilmani bog‘lovchi simsiz tarmoq. WLANning yetakchi standarti Wi-Fi hisoblanadi.Izoh – Simsiz lokal tarmoq foydalanuvchilarning tarmoq qurilmalarida erkin ko‘chib yurishini ta’minlaydigan lokal hisoblash tarmog‘ining simsiz ko‘rinishidir. Ma’lumotlar uzatish tezligi 802.11b standarti tarmoqlarida 11 Mbit/s ni, 802.11a standarti tarmoqlarida 54 Mbit/s ni tashkil etadi. Simsiz lokal tarmoqlar, odatda, 802.11 standarti asosida quriladi. Lokal tarmoqlarning simsiz texnologiyalari tarmoq bilan bog‘lanishni yo‘qotmagan, shaxsiy kompyuterni bir joydan boshqa bir joyga erkin ko‘chirish imkoniyatini ta’minlagan holda, kabellar yotqizmasdan, tezda tarmoqni yoyish imkonini beradi. Simsiz ofis tizimi|Foydalanuvchiga qo‘ng‘iroqlarni mobil telefonga o‘tkazib yuborish imkonini beradigan texnologiya. Simsiz qurilma|Simsiz ulanish imkoniyatiga ega bo‘lgan har qanday qurilma. Masalan: eshitish vositalari, klaviatura, «sichqoncha». Simsiz tarmoq|Simsiz uzatishdan foydalanmaydigan kompyuter tarmog‘i. Simsiz tayanch stansiya|Mikrouyali aloqa tarmoqlarida aloqani tashkil etish uchun ishlatiladigan statsionar stansiya. Simsiz texnologiyalar|Axborotni, simlar bilan bog‘lanish talab qilinmagan holda, ikki va undan ko‘p nuqta o‘rtasida masofaga uzatish uchun xizmat qiladigan axborot texnologiyalarining kenja sinfi.Izoh – Axborotni uzatish uchun radioto‘lqinlardan, shuningdek infraqizil, optik yoki lazer nurlanishdan foydalanilishi mumkin. Simsiz shahar tarmog‘i|Shahar miqyosidagi zonalarda radiokanal yordamida bog‘lanishlarga bo‘lgan ehtiyojni qondiradigan tarmoq.Izoh − Har bir 25 MHz radiokanalning o‘tkazish qobiliyati 120 Mbit/s ni tashkil qiladi. Simsiz shahar tarmoqlari 802.16 standartiga va patentlangan standartlarga mos keladi. Simvol|Belgilarni ifodalash uchun foydalaniladigan moddiy predmetlar kelishilgan to‘plamining elementi. Simvol kodi|Mashinaviy taqdim etishda berilgan simvolni bildiradigan son. Kompyuterda ishlatiladigan simvollar to‘plamidan bo‘lgan har bir simvol kodi standartlashtirilgan kod jadvalidan olinadi. Simvolga qaytarish|Boshqaruvchi simvol yoki ekranda kursorni, odatda oldingi simvolni chiqarib tashlagan holda, bitta simvolga orqaga qaytaruvchi klavishlar. Matnni kiritishda terishdagi xatoliklarni tuzatish uchun qo‘llaniladi. Simvollar jadvali|Obyekt modulidagi yoki yuklanadigan moduldagi, kodning modulida aniqlangan yoki ishlatiladigan simvollarni (o‘zgaruvchlar, protseduralar va b.q.) o‘z ichiga oladigan jadval. Simvollar to‘plami|Harflar, sonlar va u yoki bu tilda foydalaniladigan simvollar to‘plamini tashkil qiladigan boshqa belgilar to‘plami, shuningdek, muayyan kompyuter va kiritish/chiqarish qurilmasi kodlash uchun qabul qiladigan simvollar ro‘yxati. Simvollararo interferensiya|Radioto‘lqinlar ko‘p nurli tarqaladigan kanalda signal qo‘shni simvollarini uzunligi bo‘yicha to‘sishda sodir bo‘ladigan beixtiyoriy effekt. Simvollararo interferensiya signal buzilishiga olib keladi. Simvollarni optik aniqlash dasturi|Simvolning (mashinada yoki qo‘lda yozilgan) grafik obrazini kompyuterdagi simvol kodi bilan muvofiqlikka keltiradigan dastur. Odatda, skanerlar orqali yoki pero yordamida kiritilgan matnni qayta ishlashda foydalaniladi. Hozirgi vaqtda mashinada yozilgan matnni talqin qilish aniqligi 95 foizdan ko‘proq. Simvollarni tanish|Kompyuterga kiritiladigan simvollarni tanish uchun mo‘ljallangan dastur. Simvollarning ikki baytli kombinatsiyasi|Ideografik belgilarni qo‘llaydigan, tillarni taqdim etish uchun mo‘ljallangan simvollar to‘plami. Bir baytli va ikki baytli simvollar kombinatsiyasidan iborat. Sinaps|Neyron tarmoqlar tushunchasi. Sinaps – neyronlar o‘rtasidagi bog‘lanishdir. Bir neyrondan chiqadigan chiqish signali, bu signalni boshqa neyronga uzatadigan sinapsga kelib tushadi. Bunda signal o‘zgartirilishi mumkin. Murakkab sinapslarda xotira bo‘lishi mumkin. Sinergetika|Fizik, ximik va biologik ochiq tizimlarda yuqori tartiblashtirilgan tuzilmalarning spontan (o‘z-o‘zidan) hosil bo‘lishini o‘rganadigan fan. Sinfaz antenna|Bir xil fazadagi radiochastota toklari bilan qo‘zg‘atiladigan nur tarqatgich panjarasi ko‘rinishidagi antenna. Sinfaz antenna panjarasi|Nurlantiruvchi elementlarini qo‘zg‘atish fazasi bir xil bo‘lgan chiziqli yoki yassi antenna panjarasi. Sinfazlik|Bir xil vaqtdagi ikkita tebranishning faza bo‘yicha mos kelishi. Sinov jadvali generatori|Oddiy yoyish blokidan foydalanmasdan televizion sinov jadvalining videosignali hosil qilinadigan qurilma. Sinov signali generatori|Televizion qabul qilgichlarning asosiy sifat ko‘rsatgichlarini tekshirish uchun mo‘ljallangan qurilma. Sinov vektorlari fayli|SCF kanalli fayllar uchun vektorlar tavsifini o‘z ichiga oladigan ASCII formatidagi .vec turidagi fayl. Sintaksis|Til yoki tizimda matn so‘zlari, konstruksiyalari va tuzilmalarini qurish qoidalari to‘plami. Ba’zi mualliflar sintaksisga alifboni ham kiritadilar. Til sintaksisini tavsiflashning ko‘plab usullari mavjud, ularning ichida eng ko‘p tarqalganlari – sintaktik diagrammalar va kengaytirilgan Bekus-Naur shakli. Dasturni yozishda paydo bo‘ladigan va faqat sintaksisga taalluqli xatolar, translyator amalga oshiradigan sintaktik tahlil paytida aniqlanadi. Sintaksisni tekshirsh|Kompilyator yoki interpretatorning leksik analizatori bajaradigan operatsiya. Zamonaviy dasturlash tizimlarida sintaksisni avtomatik tekshirish, dastur matnini yozish paytida amalga oshiriladi. Sintaktik analizator|Kompilyatorning, dastur boshlang‘ich matnining sintaktik tahlilini amalga oshiradigan qismi. Sintaktik diagramma|Dasturlash tili sintaksisining grafik ko‘rsatilishi. Sintaktik diagrammalar kengaytirilgan Bekus-Naur shakliga to‘g‘ri keladi va dasturlash tilini tavsiflashda foydalaniladi. Sintaktik tahlil|Dasturni translyatsiya qilishning, uni leksik tahlil qilishdan keyin keladigan bosqichi. Sintaktik xato|Dasturdagi, berilgan til sintaksis qoidalarini buzadigan simvollar ketma-ketligi. Sintezlangan ochilishga ega antenna panjarasi|Fazoda nurlantiruvchi elementlarning biri yoki elementlar guruhining siljishi jarayonida amalga oshiriladigan, signallar qayta ishlanadigan antenna panjarasi. Sinxron dinamik tezkor xotira qurilmasi|Oddiy tezkor xotira qurilmasidan maxsus mantiqiy blok va ikki bankli tuzilmasi mavjudligi bilan farq qiladigan xotira qurilmasi. Barcha o‘qish/yozish operatsiyalari asosiy takt signali bilan sinxronlanadi. 168-kontaktli DIMM modullari yoki 144-kontaktli SO-DIMM modullari ko‘rinishida joylashtiriladi. Sinxron interfeys|Bir vaqtda yuz beradigan ikki yoki undan ortiq jarayon. Sinxron interfeys bir vaqtning o‘zida bir nechta o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan signalni nazorat qiladi. Sinxron kiritish-chiqarish|Kiritish-chiqarish operatsiyasiga so‘rov bergan vazifa supervizor tomonidan buyurtma qilingan operatsiyani tugatishni kutish holatiga o‘tkaziladi. Supervizor tugatish seksiyasidan operatsiya tugagani to‘g‘risidagi xabarni olgach, vazifani bajarishga tayyor holatga keltiradi va bajarilishda davom etadi. Sinxron raqamli abonent liniyasi|O‘ralgan juft uchun HDSL varianti, 3-4 km gacha masofada oqimni 2048 kbit/s dupleks uzatishni ta’minlaydi. Symmetric DSL nomi ikkala yo‘nalishdagi oqimlar tezligining simmetrik ekanligini ta’kidlaydi. Sinxron raqamli iyerarxiya|Uzatishning fizik tarmoqlari bo‘ylab mos ravishda adaptatsiya qilingan yuklamani tashish uchun standartlashtirilgan raqamli transportli tuzilmaning iyerarxik to‘plami.Izoh – SDH texnologiyasi 2 Mbit/s dan 10 Gbit/s gacha qayd etilgan tezliklardagi raqamli trafik uzatilishini ta’minlaydi. Sinxron transport moduli|SRI seksiyalari qatlamida ulanishlarni tashkil qilish uchun ishlatiladigan axborot tuzilmasi. 125 mks takrorlanish davriga ega bo‘lgan blokli cho‘qqi tuzilmaga birlashtirilgan (SOH) seksiya sarlavhasi va axborot yuklamasidan iborat. Bu axborot mos ravishda tarmoq bilan sinxronlashtirilgan tezlikda ketma-ket uzatish uchun tayyorlangan. Tayanch STM 155520 kbit/s tezlikka ega va STM-l deb ataladi. Yuqori STMlapning tezligi n marta ortiq. n4 va n16 ekanligi aniqlangan. Yuqoriroq bo‘lgan qiymatlar o‘rganilmoqda. STM-l bir guruhli ma’muriy blok (AUG) va SOHni o‘z ichiga oladi. STM-n o‘z ichiga n AUG va SOH ni oladi. n qiymatlari CPI darajalariga mos keladi. Sinxron uzatish|Raqamli signalni taktli chastota signali bilan bir vaqtda yoki uni qabul qilinayotgan signaldan ajratgan holda uzatish. Sinxron uzatish rejimi|Signallarni uzatish rejimi. Kanallari vaqt bo‘yicha taqsimlangan ko‘p kanalli siklda har bir ulanishga belgilangan uzunlikdagi kodlangan so‘zning davriy ravishda taqdim etilishini ko‘zda tutadi. Kodlangan so‘zlarning ketma-ketlik chastotasi doimiy va foydali axborotni uzatish tezligiga bog‘liq bo‘lmaydi. Sinxronizatsiya|1. Axborotni uzatish va qabul qilish paytlari orasida aniq muvofiqlikni o‘rnatishga imkon beradigan protsedura.Izoh − Sinxronizatsiyaning uchta asosiy usuli farq qilinadi: yuqori (eltuvchi) chastota bo‘yicha, taktli impulslar bo‘yicha va kadrlar bo‘yicha.2. Chastotani egallash yoki eltuvchi chastotadan foydalanib sinxronlikka kirish.3. Qurilmani, u o‘zining asosiy funksiyalarini bajara oladigan ma’lum bir holatda qayd etish. Sinxronizatsiya signali, sinxrosignal|1. Uzatish va qabul qilishda yoyish jarayonlarini vaqt bo‘yicha kelishtirishda foydalaniladigan signal.2. Satrlar, maydonlar sinxronlovchi impulslaridan hamda tenglashtiruv-chi impulslardan iborat signal. Sinxronizm|Ikkita yoki bir nechta signal yoki davriy ravishda takrorlanuvchi jarayonlarning vaqt bo‘yicha aniq mos tushishi ta’minlanadigan holat. Sinxronlanuvchi oqimli kriptotizim|Kalit oqimi ochiq matn va shifrmatnga bog‘liq bo‘lmagan tarzda ishlab chiqiladigan oqim kriptotizimi. Shifrmatnning biror-bir simvoli uzatishda yo‘qolgan bo‘lsa, oluvchi shifr matnning keyingi belgilarini to‘g‘ri rasshifrovka qilish uchun, kalit oqimining tegishli simvolini olib tashlab, o‘zining kalit oqimini qayta sinxronlashi kerak. Sinxronlash darajasi|To‘liq videosignalning satr sinxronlivchi impulsi cho‘qqi qiymatiga mos keladigan darajasi. Sinxroregenerator|Buzilgan videosignaldan sinxronizatsiya signallarining to‘g‘ri turini va ko‘lamini tiklash uchun mo‘ljallangan uskuna. Sinxroselektor|To‘liq videosignaldan sinxronizatsiya signallarini ajratish uchun mo‘ljallangan qurilma. Sinxrosignaldagi tovush|Satrlar sinxronizatsiyasi signaliga qo‘yilgan raqamli signal ko‘rinishidagi tovush signalini uzatish usuli. Siqib chiqarmaydigan ko‘p vazifalilik|Ko‘p vazifalilik turlaridan biri, bunda operasion tizim ikki va undan ortiq dasturni bir vaqtda xotiraga yuklaydi, lekin protsessor vaqti faqat asosiy dastur uchun taqdim qilinadi. Fondagi dasturni bajarish uchun u aktivlashtirilishi lozim. Siqilmagan videotasvir uchun port|RS Card uyasi orqali videoma’lumotlarni tizim shinasidan aylanib o‘tib katta tezlikda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazishni ta’minlaydigan arxitektura. Siqish koeffitsiyenti|1. Siqish amalidan so‘nggi axborot hajmining siqish amaligacha bo‘lgan axborot hajmiga nisbati.2. Siqish amalidan so‘nggi ma’lumotlar oqimi bitreytining siqish amaligacha bo‘lgan ma’lumotlar oqimi bitreytiga nisbati. Sir|Faqat vakolatli foydalanuvchiga ma’lum bo‘lgan va/yoki baholash obyektining xavfsizlik funksiyasi uchun belgilangan xavfsizlik funksiyasi siyosatini amalga oshiradigan axborot. Siri bo‘lgan bir tomonlama funksiya|k parametrga bog‘liq bo‘lgan f(x) funksiya, bu shunday funksiyaki, k ma’lum bo‘lganda, barcha x lar uchun fk (x)ni, barcha y lar uchun f -1k (y)ni oson hisoblab chiqarish imkonini beradigan Ek va Dk polinomial algoritmlarni topish mumkin. K ni bilmasdan turib, f -1k(y) ni topish, hatto Ek algoritm ma’lum bo‘lganda ham, hisoblab chiqarish murakkab bo‘lgan vazifa (polinomial algoritm mavjud emas). Siri bo‘lgan bir tomonlama funksiya tushunchasi asosida, kalitlarni ochiq taqsimlash, uning natijasida ochiq kalitli kriptotizim prinsipi taklif qilingan. Sirkulyar bog‘lanish|Foydalanuvchiga п+1 MChU o‘rtasida bog‘lanishni o‘rnatish imkonini beradigan abonentlar uchun fakultativ xizmat. Bosh MChU deb ataladigan bitta MChU n ta bochqa tobe MChUga uzatadi. Sirkulyator|Uchta va undan ko‘p yelkali (to‘lqin o‘tkazgichli sirkulyator holatida) passiv qurilma, unda har qanday yelkaga keltiriladigan ta’minot ketma-ket ravishda keyingisiga uzatiladi, shu bilan birga, tartib bo‘yicha oxirgisidan keyin keladigan yelka birinchisi hisoblanadi. Sirlarning taqsimlanishi|Sirni taqsimlash sxemasi, uning asosiy g‘oyasi maxfiy kalitni bir nechta subyekt o‘rtasida, ular birga to‘planib, kalitni bir nechta qismlardan tiklashlari mumkin bo‘ladigan tarzda ajratishda ifodalanadi. Sirt effekti|O‘tkazgichdagi elektr toki zichligining o‘tkazgichning sirtidan ichiga kirib yo‘qotib borgan sari elektromagnit maydonning o‘tkazgichiga singadigan so‘nish bilan sodir etilgan kamayish hodisasi. (Sirt nuqtasidagi) yoritilganlik (E simvol)|Elementar sirtga tushadigan, shu sirt maydoniga bo‘lingan yorug‘lik oqimi.Izoh ‒ SI birliklar tizimida yoritilganlik kvadrat metrga (ℓm/m2) lyukslarda (ℓk) yoki lyumen (ℓm) larda ifodalanadi. Sirtqi antenna panjarasi|Nurlantiruvchi elementlari ayrim sirtni hosil qiladigan antenna panjarasi. Sirtqi radioto‘lqin|Ikkita muhitni ajratuvchi sirt bo‘ylab tarqaladigan, uning xarakteristikalari esa shu muhitning xususiyatlari bilan aniqlanadigan radioto‘lqin. Sirtqi to‘lqin antennasi|Yo‘naltirilgan nurlanishi sirt to‘lqinning tarqalishini ta’minlovchi ko‘ndalang yoki bo‘ylama tuzilma (metalldagi, tekis yoki qirrali silindrsimon metall sirtdagi dielektrik qatlam) yordamida ta’minlanadigan antenna. Sirt to‘lqin antennasi nurlatgich va aytib o‘tilgan tuzilmadan tashkil topgan. Uchish apparatlarida bo‘rtib chiqmagan antenna, antenna panjarasi elementi va h.k.lar sifatida qo‘llaniladi. Sirtmoq|Dasturlashdagi sikl – maxsus hisoblagich (sikl hisoblagichi) yordamida, shuningdek, uning davomiyligi yoki tugallanish mantiqiy sharti bo‘yicha nazorat qilinadigan operatorlar ketma-ketligini takroran bajarish. Sizish|1. Signal yoki taktli impulslar bir qismining qurilma chiqishiga o‘tishi.2. Kompyuterga virus kirganda, simvollar ketma-ketligining uning xotirasiga o‘tib olishi. «Sichqoncha»|Displeyda ma’lumotlarni tanlash, grafik ma’lumotlarni kiritish imkonini beradigan manipulyator. Shar, ikkita optik datchik, shuningdek, ikkita asosiy tugmadan iborat bo‘lgan pozitsion qurilmani o‘zida ifodalaydi. Qurilma XX asrning 60-yillarida AQShda, Dug Engelbart tomonidan ixtiro qilingan. «Sichqoncha» kursori|«Sichqoncha»ning harakatiga monand indikator vazifasini bajaruvchi ko‘rsatgich. «Sichqoncha» nishonchasi|Kursor tasviri. Ilovadan yoki bajarayotgan vazifasidan qat’i nazar o‘zining ko‘rinishini o‘zgartira oladi. Qoida bo‘yicha, strelka ko‘rinishiga egadir. «Sichqoncha» nishoni animatsiyali bo‘lishi ham mumkin, bunda maxsus dizaynerlar tomonidan yaratilgan kursorlardan foydalanish mumkin, buning uchun kursorlarning nomiga qarab ularni joy-joyiga qo‘yib chiqish kifoyadir. «Sichqoncha» tugmasi|Dasturni boshqarish amalga oshiriladigan «sichqoncha»ning ishchi elementi. Avval «sichqoncha» bir tugmali bo‘lib, hozigi vaqtga kelib ularning soni vazifasiga qarab ikkitaga oshdi. Oddiy ikki tugmali va bir g‘ildirakchali «sichqoncha»larda g‘ildirakcha o‘z navbatida tugma vazifasini ham bajaradi, masalan, AutoCAD dasturida bu tugmani bosib ish maydonining holatini o‘zgartirish mumkin, bu esa foydalanuvchilar uchun ancha qulaylik yaratadi. «Sichqoncha» tugmasini bosib raqam terish|Foydalanuvchiga tanlangan raqamni bosish yo‘li bilan telefon chaqiruvini amalga oshirish, xizmat ko‘rsatuvchiga esa foydalanuvchiga aniq xizmatni chaqirish uchun raqam (bir nechta raqam) tavsiya qilish imkonini beradigan xizmat.Izoh – Xizmat, telefoniya xizmatlari foydalanuvchilariga tavsiya qilingani kabi, Internet xizmatlari foydalanuvchilariga ham tavsiya qilinishi mumkin. «Sichqoncha» tugmachasini bosish|Kompyuterga tegishli komandani berish uchun «sichqoncha» tugmachasini bosish. Skalyar protsessor|Skalyar kattaliklarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan protsessor. Bitta arifmetik mantiqiy qurilmasi bor va bir vaqtning o‘zida (bir mashina sikli davomida) faqat bitta komandani qayta ishlaydi. Skan-kod|Klaviaturadagi klavishlar bosilganda va qo‘yib yuborilganda generatsiyalanadigan kod. Har bir klavish, tayanch kiritish/chiqarish tizimi ASCII kodiga aylantiradigan o‘zining noyob kodiga ega. Skaner|Tasvirni ikki o‘lchamli sirtdan kompyuterga kiritish qurilmasi.Izoh ‒ To‘rt turdagi skaner farqlanadi: qo‘l skaneri, varaqli skaner, planshetli skaner, barabanli skaner. Skanlash|Maxsus qurilma – skanerdan foydalanib tasvirni elektron ko‘rinishda olish jarayoni. Skanlash tezligini modulyatsiyalash|Televizorlarda qo‘llaniladigan, ekran uchastkasining yorqinliligiga bog‘liq holda signalni skanlash tezligini tuzatuvchi texnologiya. Skrembler|1. Elektraloqa raqamli signalining tuzilmasini, signal simvollarini uzatish tezligi saqlangan holda uning xossalarini tasodifiy signal xossalariga yaqinlashtirish maqsadida o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan qurilma.2. Pulli (yopiq) yo‘ldoshli kanallarni mualliflashtirilgan tarzda ko‘rishda qo‘llaniladigan video va audio signallarni kodlash uchun mo‘ljallangan qurilma. Skremblerlangan nutq|Spektrining ayrim qismlari invertirlangan va chastota bo‘yicha siljigan nutq signali. Skremblerlangan televideniye, shifrlangan televideniye|Dastlabki tasvir qabul qilgichlar tomonidan faqat tegishli dekoderlar bilan tiklanishi mumkin bo‘lgan televideniye. Skremblerlash|1. Ma’lumotlar oqimini uning sinxronlovchi xususiyatlarini yaxshilash maqsadida, aralashtirish protsedurasi. Boshlang‘ich kod va hisoblashlarning oldingi sikllarida olingan natijalovchi kod simvollarini ikkining moduli bo‘yicha bitma-bit qo‘shishga asoslangan usul. Skremblerlash, shuningdek, signalning eng kuchli spektral tarkibiy qismlarini, ularni chastotalarning keng polosasi bo‘yicha yoyib yuborish bilan bostirish imkonini beradi.2. Analog signalni boshlang‘ich signal uchastkalarining o‘rnini o‘zgartirish va ularni inversiyalash yo‘li bilan maxfiylashtirish usuli.3. Televideniyeda – televizion signal xarakteristikalarini, axborotni toza shaklda ruxsat etilmagan tarzda qabul qilishni bartaraf etish uchun, o‘zgartirish.Izoh – Skremblerlash belgilangan tartibda shartli foydalanish tizimi nazorati ostidagi jarayonni o‘zida aks ettiradi.4. Raqamli uzatishda – psevdotasodifiy ketma-ketlikdagi raqamli signalni birlashtirish uchun va uzatishga imkon beradigan o‘sha axborotni ko‘chiradigan tasodifiy raqamli signalni olish uchun ishlatiladigan jarayon. Skremblerlashning yagona algoritmi|DVB Project da qabul qilingan, barcha shartli foydalanish tizimlari uchun bir xillashtirilgan, raqamli oqimni skremblerlash algoritmi. Skrembrlangan kadr|Turli abonentlarlarning maʼlumotlarini uzatish uchun ajratilgan vaqt intervallari psevdotasodifiy qonunga ko‘ra navbatlashtirilgan kadr. Skrinshot|Foydalanuvchi buyrug‘i bo‘yicha kompyuter tomonidan olingan va monitor ekrani yoki boshqa chiqish qurilmasida ko‘rinayotgan obyektni ko‘rsatuvchi tasvir. Skript|Operatsion tizim yoki dastur muayyan holatda ishga tushiradigan komandalar va/yoki harakatlar ketma-ketligi, kichik dastur yoki makros. Ssenariylar ko‘pincha matnli fayllarda saqlanadi. Skript kiddi|Buzish uchun qo‘llaniladigan xakerlik vositalarining ishlash tamoyillarini tushunmaydigan odam. Zaiflikni aniqlash yoki eksploitni yozish qo‘lidan kelmasdan, u faqat tayyor narsalardan – eng keng tarqalgan zaifliklar, mavjud bo‘lgan eksploitlardan foydalanadi. Maʼlum holatlarda skript kiddilar virus konstruktorlaridan foydalanib, dasturlash tillarini bilmasdan, turli xavf darajasiga ega viruslarni yaratadi va ulardan o‘z maqsadlarida foydalanadi. Slays|Videokadrdagi yagona kvantlash shkalasi orqali birlashtiriladigan ketma-ket bloklar guruhi. Slot|Raqamli oqim kadridagi vaqt intervali. Kadrning to‘rtdan bir qismini egallaydi va radiokanaldagi bitta axborot kanalining signalini uzatish uchun mo‘ljallangan. Slotlar tuzilmasining jadvali|Har bir slotning parametrlarini – simvol tezligini, kodlashning nisbiy tezligini, preambulani, foydali yuklama mazmunini ichiga oladigan jadval. Smarfing|Xakerlarning provayder serveriga qiladigan hujum usuli. Teskari manzili soxta bo‘lgan ko‘plab ping so‘rovlarni yuborishda ifodalanadi. Smart-karta|Mikroprotsessor o‘rnatilgan intellektual plastik kartochka. Foydalanuvchi to‘g‘risidagi zarur bo‘lgan barcha identifikatsion, shu jumladan, shaxsiy ma’lumotlar (bankdagi hisob raqami, sug‘urta polisi va boshqalar) ni ichiga oladi. Bu kartochkadan ko‘pincha foydalanuvchining chetki uskunasida (masalan, mobil telefonda) foydalaniladi, u tarmoqqa ruxsat etilgan tarzda kirishni ta’minlaydi. Smart shartnoma|Blokcheynda shartnomalar bajarilish jarayonini avtomatlashtirishga mo‘ljallangan elek-tron algoritm. Smartbuk|ARM arxitekturasi asosidagi 3G moduli integratsiya qilingan va uzoq vaqt mustaqil ishlaydigan noutbuk. Smartfon|Cho‘ntak shaxsiy kompyuterining funksionalligi qo‘shilgan mobil telefon. Smaylik, «tabassumcha»|His-tuyg’uni bildiruvchi ideogramma. Turli xil, jumladan, xizmatga oid belgilardan tashkil topgan. Internet va SMS da «tabassumcha» keng tarqalgan, keyingi vaqtlarda u hamma joyda ishlatilmoqda. Sniffer|Kanal orqali uzatiladigan ma’lumotlarni (ehtimol, ruxsat etilmagan tarzda) kuzatib borish dasturi. Sniffing|Uzatiladigan parollar, kalitlar va boshqa identifikatsion yoki autentifikatsion axborotni to‘plash maqsadida, trafikni eshitish. Snippet|Qayta ishlanishi mumkin bo‘lgan dastlabki kod yoki matn qismini bildiradigan dasturiy atama. Inglizchadan tarjimasi – «parcha», «bo‘lak». Snippetlar tartibot, funksiya yoki tuzilmaviy dasturlashning shunga o‘xshash boshqa atamalari o‘rnini bosmaydi. Ular odatda funksiyalar kodining o‘qilishini osonlashtirish yoki kodning bir xil bo‘lgan umumiy qismini takrorlamaslik uchun ishlatiladi. Soat|Ona plataga o‘rnatilgan va batareyka orqali ta’minlanadigan soat. Sana/vaqtni ko‘rsatish va vaqt sikllari bilan to‘g‘ri ishlash imkonini beradi. Softfon|Shaxsiy kompyuter yordamida Internet orqali telefon qo‘ng‘iroqlarini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan dastur. Odatda kompyuterga ulangan garnitura yoki mikrofon va dinamiklar bilan ishlatiladi. Soket|Transport sathidagi turli obyektlar o‘rtasida tarmoqlararo o‘zaro ishlay olishni taʼminlash uchun zarur bo‘lgan parametrlar to‘plami bilan tavsiflanadigan intenrfeys nuqta. TCP/IP atamashunosligida identifikatsiyalovchi parametrlar to‘plami: port raqami, tarmoq manzili hamda oxirgi uzel raqami. Sokol tarmog‘i adapteri|Kompyuterni lokal kompyuterlar tarmog‘iga ulash uchun mo‘ljallangan adapter. Solishtirish shkalasi|Kuzatishning ma’lum sharoitlarida ikkita berilgan tasvirning texnik sifatidagi tafovutlarni miqdor jihatidan subyektiv baholash imkonini beradigan yettita bosqichli shkala. Solishtirma tahlil natijalari bazasi|Solishtirma tahlil harakatlari va axborot mahsulotlarini baholashlar, shuningdek, solishtirma testlash va tahlil vaqtida to‘plangan butun tajriba saqlanadigan ma’lumotlar bazasi. Solishtirma yutilish koeffitsiyenti|1. Ma’lum shakl (odatda, kub) va berilgan solishtirma zichlikka ega jismning massa birligi tomonidan yutiladigan quvvatga qiymati jihatidan teng koʻrsatgich.Izoh ‒ Ayrim mamlakatlarda solishtirma yutilish koeffitsiyenti biologik xavfsizlik normasi hisoblanadi.2. ρ zichligidagi dV hajmi elementida mavjud bo‘lgan dm massa elementi bilan yutiladigan (sochiladigan) dW elektromagnit energiyasining vaqt bo‘yicha hosilasi. «Sovuq» qayta yuklash|Tizimning to‘liq qayta ishga tushirilishi bo‘lib, bunda elektr ta’minoti uziladi va tezkor xotira ichidagi yo‘qoladi. «Sovuq» start|Tizimning barcha qurilmalarini uzib qo‘yish, so‘ng ulash bilan tizimning barcha qismlarini qayta yuk-lash. «Issiq» start ishlamagan hollarda qo‘llaniladi. Soxta konturlar|Raqamli televizion tasvirlarda dastlabki analog signalni uzatish uchun foydalanilgan kvantlash intervallari sonining yetarli emasligi natijasida yuzaga keladigan effekt. Soxta «naqsh»|Tasvirlarning aksariyatida bo‘lmaydigan va na foto, na kino mahsulotlarida paydo bo‘lmaydigan detallar. Soxta pochta markasi|Firibgarlik maqsadida norasmiy ravishda bosib chiqarilgan pochta markasi. Soxtalashtirish|Jinoyatkor tomonidan tutib olingan paketlar mazmunining, ularning yaxlitligi buzilishiga olib keladigan tarzda, o‘zgartirilishi. Soya hududi; qabul yo‘q zona|Radioko‘rinish hududidan tashqarida joylashgan, yer yuzasidagi zona. Soya hududining yaqin chegarasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rinish masofasida bo‘ladi, olis chegarasi esa, to‘lqinlarning atmosfera refraksiyasi musbat bo‘lganda ufq orqasiga tarqalish shart-sharoitlari bilan belgilanadi. Soyabonsimon antenna|Vertikal konus hosil qiluvchi o‘tkazgichlardan iborat antenna. Konus cho‘qqisida joylashgan o‘tkazgichlar oxiri antennani pasaytirish vertikal simi bilan birlashtirilgan va bog‘langan. Soyalanish|Joy relyefi va shahar imoratlarining to‘suvchi ta’siri tufayli, uzatgich va qabul qilgich o‘rtasidagi trassadagi sekin asta tinishlar.Misol – Shahar sharoitida 36 km/h tezlikda harakat qiluvchi abonentlarga uyali aloqa tarmoqlarida bu xildagi tinishlar masofaning har 12-60 metri uchun xosdir (vaqt intervali 1,2 s-6 s). Sozlanadigan havolalar|Obyekt ostida avtomatik ravishda tuzatiladigan havolalar. Havolalar, ular havola qilinadigan obyekt ko‘chirilganda, sozlanadi va baribir xuddi shu obyektga havola qilinadi. Sozlanadigan yagona qidiruv tizimi|Muayyan foydalanuvchining sozlashlarini saqlaydigan va bir nechta toifa bo‘yicha qidiruvni amalga oshiradigan qidiruv mashinasi. Sozlangan antenna (rezonans antenna)|Yo‘naltirilgan nurlantiruvchi xususiyatlari antennaning ishchi chastotasiga bevosita yondashgan chastotalarning cheklangan polosasi uchun belgilanadigan tor polosali antenna. Sozlash|Foydalanuvchi tomonidan uskuna, dasturiy ta’minotlarni to‘g‘ri (istalgan tarzda) ishlashi uchun sozlanishi. Sozlash operatori|Sozlanadigan dasturga qandaydir shartni yoki o‘zgaruvchilar qiymatlarining chiqarilishini tekshirish uchun kiritiladigan operator. Bunday operatorlar sozlangan dasturdan yoki chiqarib tashlanadi yoki sharhlar satrlariga aylantiriladi. Sozlash registri|Dasturlarni sozlash jarayonini tezlashtirish uchun xizmat qiladigan maxsus registr. Sozlik|Televizor (element) ning ma’lum bir vaqtda barcha talablarga mos keladigan holati. Sozlovchi|Dasturiy ta’minotdagi xatolarni aniqlash uchun mo‘ljallangan dastur yoki qurilma. Sochilish|To‘siqlardan qaytish natijasida yoki bir xil bo‘lmagan muhit orqali o‘tishda radioto‘lqinlar tarqalish yo‘nalishining o‘zgarishi. Spam|Foydalanuvchining so‘rovisiz, majburiy tarzda jo‘natiladigan keraksiz ma’lumotlar. Bunga misol tariqasida turli telekonferensiyalarda ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilarga diskussiya olib borish qoidalarini ma’lum qilish, yoki reklamalar va boshqalar kiradi. Yana bu turli xildagi «elektron axlat»ni atashda ham ishlatiladi. Spamni yashirish yo‘llari mavjud bo‘lib, stealth spam deb ataladi. Spamni yuborish|Tizimni o‘ta band qiladigan, so‘ralmagan ma’lumotlarni yuborish. Spektr|Signal amplitudasi va fazasi o‘zgarishining chastotaga bog‘liqligini tavsiflovchi hamda uning xossalari va xarakteristikalarini qatʼiy belglovchi funksiya. Spektral ranglar chizig‘i|Nuqtalarning ranglilik diagrammasidagi geometrik o‘rni. Spektral samaradorlik|1. Uyali aloqa tarmoqlarida fazo, chastota va vaqtdan foydalanishning samaradorligini tavsiflovchi integral ko‘rsatgich.2. Vaqt birligi ichida 1 Hz kenglikdagi polosada uzatilgan ma’lumotlarning maksimal miqdori sifatida aniqlanadigan samaradorlik ko‘rsatgichi bo‘lib, u modulyatsiyaning turli usullaridan foydalanib raqamli axborotni uzatishda ishlatiladi. Spektral sezgirlik|Optik asbobning muayyan to‘lqin uzunligidagi elektromagnit tebranishlarning taʼsiriga bog‘liq bo‘lgan sezgirligi. Spektral tuzilma bo‘yicha identifikatsiyalash|Tarqalayotgan signalning spektri bo‘yicha radiostansiya (mobil telefon)ni tanib olish jarayoni.Izoh − Bu usul klonlash bilan bog‘liq aldamchilikning oldini olish uchun ishlatiladi, chunki klonlangan telefon legal mobil telefon bilan bir xil elektron identifikatsiyalash raqamiga ega bo‘ladi, biroq nurlanayotgan signalning spektral tarkibi bo‘yicha farqlanadi. Legal radiostansiyani tanib olishdagi radio-signal spektrogrammasi, amalda, shaxsiy identifikatsiyalashdagi barmoq izlari kabi rol o‘ynaydi. Spektral xarakteristika|Alohida rang kanallari sezgirligining to‘lqin uzunligiga bog‘liqligini ko‘rsatadigan spektral egri chiziqlar guruhi.Izohlar.1. Atamaga tegishli aniqlashtirish kiritilishi mumkin, masalan, yorug‘likni signalga aylantirish qurilmasining spektral tavsifi yoki studiya kamerasining spektral tavsifi.2. Nochiziqlilik oqibatida ba’zi spektral tavsiflar ularni o‘lchashda foydalaniladigan nurlanish miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.3. Kanallarda matritsalash va nochiziqlilikni kiritish operatsiyalari bajarilishi mumkin. Spektral zichlik|Signal o‘rtacha quvvatining, chastotaga bog‘liq holda taqsimlanish zichligi. Spektral zichlik cheklangan chastotalar polosasida aniqlanadi. Spektral zichlik modulining kvadrati signalning energetik spektral zichligi deyiladi. Spektrlarni ustama qo‘yilishidan muhofazalash|telekom. Diskretlashda yuzaga keladigan xatolarni tuzatish imkonini beradigan filtrlash tartiboti. Spektrning infraqizil sohasi|Asosiy spektri 0,76 mkm dan 1000 mkm gacha bo‘lgan chegaralarda yotadigan to‘lqin uzunliklarida to‘plangan optik nurlanish. Spektrning ko‘rinadigan sohasi|To‘lqin uzunliklari 0,4-0,75 mkm bo‘lgan optik nurlanish spektri sohasi. Spetsifikatsiya|Tizimning maqsadi va funksional imkoniyatlarini belgilaydigan tavsif. Qoidaga ko‘ra, tizimni ishlab chiqish paytida foydalaniladi. Dastur spetsifikatsiyasi kirish va chiqish ma’lumotlari tavsiflanishini ko‘zda tutadi. Spiral antenna|1. Metall spiral koʻrinishida bajarilgan aylanadigan qutblanishga ega antenna.2. Oʻq boʻylab nurlanish va aylanadigan qutblanishga ega yuguruvchi toʻlqin rejimida foydalaniladigan metall (silindrsimon, konussimon yoki yassi) spiral koʻrinishidagi antenna. Spiral yo‘lka|Nusxa ko‘chirishdan himoya qilish usulining qismi, bunda diskka spiral shaklidagi yo‘lka yoziladi. Splayn|Kompyuter grafikasida – bir nechta nuqta bo‘yicha tuzilgan egri chiziq. Egri chiziqning tavsifi qandaydir darajadagi polinom bilan beriladi. Splays-plastina|O‘tkazuvchi optik kabelni tarmoqlash uchun uning tolalarini qisqa optik tarmoqlagich bilan ulaydigan plata. Bu tarzda tarmoqlagichlar yordamida optik-tolali kabelni optik taqsimlash qutisining o‘tish rozetkalariga ulash taʼminlanadi. Splitter|Turli chastotalar signallarini ajratish imkonini beruvchi qurilma. Masalan, ADSL – splitter telefon aloqasining past chastotali signali va ADSLHU^ yuqori chastotali signalini ajratadi. Sprayt|1. Videoobyektning uzoq vaqt mobaynida deyarli o‘zgarishsiz shu obyektda bo‘ladigan qismi.2. Ekranda tasvirning boshqa qismlaridan qati nazar siljiydigan, odatda fon bo‘lib hisoblanadigan grafik obyekt. Spufing|Muayyan shaxs (yoki dastur) o‘zini boshqa birov sifatida bildiradigan va buning natijasida o‘zi uchun qo‘shimcha (odatda noqonuniy) foyda oladigan hujumning turi. Bunday hujumlarga misollar:- Man-in-the-middle (qar.: MITM);- URL spufing va fishing – URL manzilni almashtirish (qar.: Fishing). Spuler|Ma’lumotlarni fon rejimida qabul qiladigan va qayta ishlaydigan (masalan, bosadigan) qurilma yoki dastur. Ssenariy|Operatsion tizim yoki dastur tomonidan muayyan holatda ishga tushiriladigan komandalar va/yoki harakatlar ketma-ketligi, kichik dastur yoki makros. Ssenariylar ko’pincha oddiy matn fayllar ko’rinishida saqlanadi. Ssenariylar tili|Ssenariylar yoziladigan til yoki komanda fayliga to‘plangan tizim komandalarining oddiy to‘plami. Ssintillyatsiya|Lyuminessensiyaning bir ko‘rinishi, tez harakatlanuvchi zaryadlangan zarra kinetik energiyasini yorug‘lik chaqnash energiyasiga aylantirish jarayoni. Staffing|Raqamli oqim tezligini to‘g‘rilash uchun qo‘shimcha «bo‘sh» bitlarni kiritish. Standart|Tizimlarning birgalikda ishlash va birikish imkoniyatini yaratish maqsadida, texnik, dasturiy, axborot ta’minotiga ko‘rsatiladigan talablar.Izoh ‒ Standartlar ikki turda bo‘ladi: deyure, standartlar rasman e’lon qilinadi va ma’qullanadi; de-fakto, ko‘pchilik standartlardan haqiqatda foydalanadi, lekin rasmiy ravishda ular rasmiylashtirilmagan bo‘ladi. Ba’zan, firma ichida foydalanish uchun ishlab chiqilgan standart umumqabul qilingan standart bo‘ladi. Standart .NET Framework klasslari bibliotekasi|Tayanch klasslar bibliotekasi, barcha .NET-dasturlari ushbu biblioteka asosida quriladi. Qisqartmasi FCL – «.NET Framework» platforma klasslarining standart bibliotekasi. .NET platformasida ishlaydigan ixtiyoriy dasturlash tilida yozilgan dasturlar FCL ning usullari va klasslaridan foydalanishlari mumkin. Standart dasturiy ta’minot|Kompyuter, periferik qurilmalar yoki boshqa paketlar bilan birga yetkazib beriladigan dasturiy ta’minot. Standart kanal|Telefon GSM bog‘lanish yordamida ma’lumotlar uzatish kanali. Bog‘lanish tezligi pastligi (9600 bit/s gacha) tufayli, GPRS dan orqada. Tarif GPRS dagi bog‘lanishga qaraganda yuqori. Bu xizmatdan foydalanish mumkin bo‘lmagan hududlarda GPRS ga muqobil sifatida foydalaniladi. Standart kuzatuvchi|Ko‘rish orqali idrok etish mexanizmi x, y, z solishtirma koeffitsiyent jadvali hamda teng energetik spektrning x, y, z ranglilik koordinatalari ko‘rinishidagi kolorimetrik xossalarga ega gipotetik kuzatuvchi. Standart operatsion protseduralar|Apparat va dasturiy ta’minot bilan bog‘liq masalalarni bajarishda eng yaxshi amaliy uslubni tavsiflash uchun qo‘llaniladigan protsedura. Standart pochta markasi|Muomalaga ommaviy adad bilan chiqariladigan va yodgorlik bo‘lib hisoblanmaydigan pochta markasi. Standart qo‘shimchalar|Operatsion tizim bilan birga ishlab chiqiladigan standart dasturlar, ya’ni kalkulyator, o‘yin, matn va grafik redaktorlar. Standartlar profili|Hisoblash texnikasini ishlab chiqish va/yoki xarid qilish uchun qo‘llaniladigan ochiq tizimlar standartlarining majmui. Standartlarni o‘zgartirish|Eshittirish televideniyesi bitta tizimiga muvofiq kodlangan televizion videosignalni boshqa tizimga, xususan, boshqa yoyish chastotalari bilan mos keladigan signalga o‘zgartirish. Standartlarni amalga oshirish va qo‘llashga ko‘maklashish guruhi|Tarmoqlar uchun xalqaro standartlarni qo‘llashga ko‘maklashadigan tashkilot. SPAG 1986-yilda Yevropa ittifoqi komissiyasi, hamda YEIga aʼzo davlatlarning iqtisodiyot va sanoat vazirliklari tomonidan yaratilgan. SPAGning vazifalari bo‘lib, Xalqaro standartlar tashkilotining hujjatlarini sanoatga tatbiq qilish, shu standartlarni amalga oshirishdagi testlash va sertifikatlashni o‘tkazish hisoblanadi. Stansiya|Tarkibida qabul qilgich-uzatgich (ba’zan faqat uzatgich yoki faqat qabul qilgich), shuningdek, aloqa xizmatlarini ko‘rsatish uchun kerakli yordamchi va interfeys uskunani saqlovchi uskunalar komplekti.Izoh − Axborotni uzatish uchun foydalaniladigan radiokanal turiga bog‘liq ravishda, radiostansiyalar yo‘ldoshli, uyali, tranking, radioreleli, troposferaviy va b.larga bo‘linadi. Stansiya ichidagi liniya|Yerdagi stansiyaning turli qismlarini o‘zaro bog‘laydigan ulovchi liniya. Bunday liniya odatda, antennali uzatgichni yoki boshqarish pulti chiqarilgan uzatgichni bog‘laydi. Stansiya ichidagi telefon yuklama|Kommutatsiya stansiyasiga ulangan oxirgi (terminal) abonent telefon qurilmalari vujudga keltiradigan, shu stansiyaning boshqa oxirgi (terminal) telefon abonent qurilmalari uchun mo‘ljallangan telefon yuklama. Start-bit|Ketma-ket kanal orqali simvolni uzatish boshlanishini ko‘rsatadigan bit (signal). Statik kompanovka|Bajariladigan dasturga bibliotekalardan olingan standart funksiyalarni, dasturning bajariladigan faylga ularni joylashtirish yordamida qo‘shish usuli, ya’ni statik komponovkada biblioteka obyekti bevosita dasturning bir qismiga aylanib ketadi. Diskli operatsion tizim boshqaruvidagi tillarda foydalaniladi. Statik konstanta|Qiymati dasturni translyatsiya qilish paytida aniqlanadigan konstanta. Statik linklanadigan biblioteka|Aloqa va yuklashni tahrir qilish bosqichida yuklash modulida uning obyekt modullaridan foydalanadigan kod bilan birlashadigan kichik dasturlar bibliotekasining kodi. Statik marshrutlash|Marshrutlash turi, bunda ma’lumotlar ma’lum marshrut bo‘yicha uzatiladi; agar tegishli yo‘l yopiq bo‘lsa, uzatish kechikadi. Statik tekshiruv|Dasturni translyatsiya qilish vaqtida amalga oshiriladigan tekshiruv. Statik tezkor xotira|Yarimo‘tkazgichli tezkor xotiraning bir turi. Har bir ikkilik razryad (bit) to‘rtta tranzistor va ikkita rezistordan iborat sxemada saqlanadi. Sxemada kondensator yo‘qligi uchun zaryadlash kerak bo‘lmaydi. Statik tezkor xotira dinamik tezkor xotiraga qaraganda tezroq ishlaydi. Lekin qimmat va ko‘p joyni egallaydi. Statik xotira|Ikki barqaror holatga ega elektron sxemalar (triggerlar) asosida qurilgan energiyaga bog‘liq tezkor xotira qurilmasi. Dinamik xotiradan farqli ravishda, xotira yacheykalarini davriy regeneratsiyalash signallarini talab qilmaydi. Statistik multipleksorlash|Tasvirning har bir dasturdagi mavjud xossalarini hisobga olish bilan, ko‘p dasturli raqamli oqimdagi koderlar o‘rtasida bitlar resursini dinamik qayta taqsimlash. Statistik paket|Ma’lumotlarni statistik qayta ishlash uchun mo‘ljallangan belgilangan dasturiy mahsulot, qabul qilinadigan qarorlar sifatini oshirishning ishonchli vositasi. Paketga amaliy grafika, dispersion tahlil, regression tahlil, vaqt qatorlari tahlili va boshqalar kiradi. Statsionar abonent|Mobil aloqa tarmog‘ining, aloqa vositalari «yurganda» ishlashga mo‘ljallanmagan har qanday abonenti. Steganografiya|Ochiq axborot massivlarida konfidensial axborotni yashirishning matematik usullarini o‘rganuvchi fan sohasi. Stegokalit|Axborotni yashirish (shifrlash) uchun zarur bo‘ladigan maxfiy kalit. Stegokanal|Axborotni yashirin uzatish kanali. Stek|Xotiraning, protseduralar va funksiyalardan qaytish manzillari, ularning parametrlari va chaqirilgan protsedura yoki funksiya nusxasiga taalluqli bo‘lgan boshqa ma’lumotlar saqlanadigan, ya’ni dasturda ma’lumotlarni vaqtinchalik saqlash uchun foydalaniladigan qismi. Stekka joylashtiriladigan oxirgi element u yerdan birinchi bo‘lib olinadi. Stek ko‘rsatgichi|Stekning joriy uchini ko‘rsatib turuvchi prosessor registri yoki o‘zgaruvchi (keyingi element joylashadigan yacheyka). Stek bilan bog‘liq barcha operatsiyalar shu ko‘rsatgichni ishlatish orqali amalga oshiriladi. Steker|Bitta to‘plagichi va qat’iy belgilangan tartibda to‘plagichga uzatiladigan bir nechta kartriji bo‘lgan qurilma. Ma’lumotlar bitta kartrijga sig‘maganda zaxira nusxa olish uchun foydalaniladi. Stekning to‘lib ketishi|Stekka keragidan ortiq elementlarni joylashtirishga harakat qilinganda yuzaga keladigan xato. Stekni apparat nazorat qilish bo‘lmaganda, ma’lumotlar sohasi yoki dastur kodining bir qismi o‘chib ketishiga olib keladi. Stereofonik televideniye|Tovush jo‘rligi stereofonik tarzda uzatiladigan televideniye. Stereoskopik kineskop (display)|Stereoskopik televizion tasvirni shakllantirish uchun ikkita tasvirni bir vaqtda tiklash kineskopi. Stereoskopik ko‘zoynak|Har bir ko‘z uchun stereoskopik televizion tasvirning alohida tasvirlarini taqdim etishda ikki tomonga yo‘naltirilgan yorug‘lik bo‘lgichni (tasvir ajratgichni) hosil qiladigan ko‘zoynak. Stereoskopik televideniye, 3 D-televideniye|Tomoshabinda kuzatilayotgan tasvirlarning teran va yaqqol (uch o‘lchamli) ekanligi to‘g‘risida taassurot hosil qilishni ta’minlaydigan televideniye tizimi. Hajmli (uch o‘lchamli) idrok qilish binokulyar ko‘rishga asoslangan. Shuning uchun stereoskopik televideniyeda bir xil obyektlarning tasviri bir biridan ayrim masofada joylashgan ikkita pozitsiyadan uzatiladi, shunday qilib, obyektning stereojuftni hosil qiluvchi ikkita tasviri shakllanadi. Qasbul qiluvchi tomonda ular tomoshabinga alohida: chap ko‘zga – stereojugtning chap tasviri, o‘ng ko‘zga – stereojuftning o‘ng tasviri kabi ta’sir etadi. Stereoskopik televizion kamera|Stereoskopik televideniye uchun signallar hosil qilishga mo‘ljallangan televizion kamera. Stereoskopik televizion proyektor|Stereoskopik televizion tasvirni tiklash uchun mo‘ljallangan televizion proyektor.Izoh – Chap va o‘ng ko‘z uchun tasvirlar yo proyeksiyaning ikkita alohida qurilmasidan bir vaqtda yoki proyeksiyaning bitta qurilmasidan ketma-ket taqdim etiladi. Stereoskopik televizion qabul qilgich|Stereoskopik televizion tasvirni tiklash uchun mo‘ljallan gan televizion qabul qilgich. Stereotovushli televizor|Qabul qilish va tiklashni stereotovush jo‘rligida ta’minlaydigan televizor. Stil|Matn protsessorlari va stol noshirlik tizimida ‒ matnni formatlash parametrlarining nomlangan to‘plami (shriftning o‘lchami va garniturasi, satrlarni to‘g‘rilash (tekislash), sahifada joylashtirish va h.k.). Stillarning kiritilgan jadvallari|HTML-sahifalar bilan ishlashda muayyan elementlar uchun shablon tuzish imkonini beruvchi standart. U o‘zida shriftning rangi, o‘lchovi, bo‘sh joylar va boshqalarni ifodalaydi. Stol tizimlarini boshqarish interfeysi|Shaxsiy kompyuterning dasturiy va apparat komponentlarini (ishlab chiqaruvchi, mahsulot nomi, seriya raqami, installyatsiya vaqti hamda sanasini) avtomatik identifikatsiyalash imkonini beradigan interfeys. Stop-kadr|Bitta yoki bir nechta maydondan hosil qilinib, ma’lum bir vaqt mobaynida oddiy harakatlanayotgan tasvirning o‘rnini bosadigan tasvir. Stornett-Xaber algoritmi|Hujjatlarning vaqt bo‘yicha, ularni qalbakilashtirish imkoniyati bo‘lmaydigan tarzda, imzolanishini ta’minlovchi algoritm. Stratovideniye|Samolyot yoki aerostat bortiga joylashtirilgan uzatgichdan uzatiladigan televizion eshittirish. Strimer|Ma’lumotlarni magnit tasmada uzoq muddat saqlash uchun mo‘ljallangan qurilma. Ma’lumotlarning zaxira nusxalarini tuzish uchun qo‘llaniladi. Sig‘imi 80 Mbyte dan boshlab (siqishsiz), saqlanishlik muddati katta, saqlash qiymati nisbatan arzon Studiyadan uzatgichgacha radioreleli uzatish tizimi|Televizion signalni dasturning qayd etilgan manbaidan statsionar eshittirish uzatgichigacha uzatish tizimi. Stvol|Yo‘ldoshdagi, ma’lum bir chastotalar polosasida signallarni retranslyatsiya qilish uchun foydalaniladigan, qabul qiluvchi va uzatuvchi uskuna komplekti. Subdiskretlash|Kotelnikov (Naykvist) chastotasidan past diskretlash chastotasi bilan diskretlash jarayoni. Subkalit|Asosiy kalit tarkibiga kiritiladigan va istalgan vaqtda asosiy kalit uchun salbiy oqibatlarsiz bekor qilinishi mumkin bo‘lgan kalit. Submagistral liniya|Taqsimlash punktini uy taqsimlash tarmoqlari bilan birlashtiradigan liniya. Submillimetrli radiotoʻlqinlar|THF (Tremendously High Frequency) (300-3000 HHz) chastotalalr diapazoniga mos keladigan 1 mm dan 0,1 mm gacha boʻlgan toʻlqin uzunligidagi radiotoʻlqinlar. Sub-polosali kodlash|Analog televizion signal chastotalari polosasi filtrlar bankida bir necha kichik polosalarga ajratiladigan va har bir kichik polosa alohida kodlanadigan manbani kodlash turi.Izoh – Kichik polosalar teng yoki teng bo‘lmagan polosa kengligiga ega bo‘lishi mumkin. Subtitr|Film yoki ko‘rsatuvlarning ovozi bilan birga uning matnini ovozdagi tilda yoki tarjima qilingan boshqa tilda taqdim qiladigan matn. Subyekt vakolatlari darajasi|Foydalana olish subyektining foydalana olish yuzasidan huquqlarining majmui. Sukunat zonasi|Radioto‘lqinlarning o‘tish shartlari bo‘yicha radioqabul amaliy jihatdan mumkin bo‘lmagan yoki qiyin bo‘lgan, radiostansiyaning harakat radiusi chegarasidagi fazo. Summator|Ikki sonni razryadma-razryad qo‘shish amalga oshiriladigan sxema. Alohida mikrosxema ham, mikroprotsessor arifmetik-mantiqiy qurilmasining tarkibiy qismi ham bo‘lishi mumkin. Sun’iy intellekt|1. Ilmiy tadqiqotlarning fanlararo faol rivojlanayotgan yo‘nalishi va intellektual kompyuter tizimlarini, ya’ni inson ongiga qo‘shimcha ravishda yozib qo‘yiladigan imkoniyatlarga – bilimlarni olish va saqlash, undan samarali foydalanish imkoniyatlariga ega bo‘lgan tizimlarni ishlab chiqishda qo‘llaniladigan tushuncha. Sun՚iy intellekt inson zakovatining alohida funksiyalarini, masalan, avval olingan tajriba va tashqi ta’sirlarni oqilona tahlil qilish asosida maqbul qarorlarni tanlash va qabul qilish qobiliyatini o‘ziga oladigan avtomatik tizimlarning xususiyati sifatida talqin qilinadi.2. Muayyan avtonomlik darajasida ma’lumotni qabul qilish, katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish, shuningdek, odamning xatti-harakatlarini imitatsiya qilish asosida o‘rganish va qarorlar qabul qilishga layoqatli bo‘lgan dasturiy ta’minot va/yoki apparat vositalari tizimi. Sun’iy neyron tarmoq|Odam asab tizimi hujayralarining (neyronlarning) o‘zaro ta’sirlashuv prinsiplari asosida qurilgan tarmoqni modellashtiruvchi dastur yoki apparatura. Apparat ko‘rinishda sun’iy neyron tarmoq o‘zida, har biri uncha katta bo‘lmagan lokal xotiraga va boshqa protsessorlar bilan kommunikatsion bog‘lanishga ega bo‘lgan oddiy protsessorlar ko‘pligini ifodalaydi. Kiruvchi bog‘lanishlar orqali sonli ma’lumotlar, chiquvchi bog‘lanishlar orqali esa, ularni qayta ishlash natijalari uzatiladi. Bunday tarmoqlardan obrazlarni, nutqni aniqlashda, moliya sohasida vaziyatni prognozlashda va h.k. foydalaniladi. Sunʼiy til|Foydalanish uchun qoidalari qatʼiy belgilangan til. Superkadr|DVB-T tizimining 4 kadridan iborat chastota-vaqt bo‘yicha strukturasi. Superkadr tarkibi jadvali|Interaktiv tarmoqda resursning superkadr va kadrlarga bo‘linishini tasvirlaydi. Superkompyuter|Eng yuqori tezlikda ishlaydigan va katta hajmdagi xotiraga ega bo‘lgan ko‘p protsessorli kompyuter. Superskalyar arxitektura|Bir vaqtda bittadan ortiq oddiy (skalyar) mashina komandasini bajarish mumkinligi ko‘zda tutilgan bir necha konveyyerli protsessor arxitekturasi. Supervideografik matritsa|Displey ekranida 256 rangda 1280x1024 pikselni hamda 16 million rangda 1024x768 pikselni aks ettirishi mumkin bo‘lgan videoadapter. Supervizor|Operatsion tizimda resurslardan foydalanishni muvofiqlashtiradigan va markaziy protsessor orqali operatsiyalarning bajarilishini ta’minlaydigan dasturlar yoki dastur; operatsion tizimning, ma’lumotlarni avtomatik qayta ishlash tizimida boshqa dasturlarning bajarilishini boshqarish uchun mo‘ljallangan qismi. Suqulib kirish|1. Ham tasodifiy, ham ataylab ruxsat etilmagan tarzda kira olish natijasida, tizim himoyasining yengib o‘tilishi.2. Region yoki butun mamlakat masshtabida muayyan turdagi (masalan, uyali) aloqa xizmatlarining tarqatilishi (foizlarda hisoblanadi). Suqulib kirish yo‘li|Muhofazalangan tizimga suqulib kirish paytida, foydalanuvchi ruxsat etilmagan harakatlarining ketma-ketligi. Suqulib kirishga sinash|Muhofaza qilish vositalarini tekshirish maqsadida tizimni sinab ko‘rish (xususan, ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishdan). Suqulib kirishga testlash|Kompyuter xavfsizligini chetlab o‘tish usullarini izlab topish maqsadida, ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi funksiyalarini tadqiq etish. Suriluvchi vergul (nuqta)|Kompyuterda haqiqiy sonlarni taqdim etish va qayta ishlash tizimi. Suriluvchi vergulli protsessor|Suriluvchi vergulli sonlar bilan hisoblashlar bajaradigan soprotsessor. Surish|Ma’lumotlarni xotira maydonlarida (registrlarida) chapga yoki o‘ngga ko‘chirish. Sust yo‘naltirilgan antenna|Nurlantirish xususiyatlari vaqtning istalgan onida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy jihatdan bir xil bo‘lgan antenna. Sutka davomidagi yuklama|Aloqa liniyasi yoki kanalning bir sutka davomidagi yig‘indi yuklamasi. Sutkadagi chaqiruvlar (soni)|Bitta abonent uchun bir sutka davomida to‘g‘ri keladigan telefon yuklamasi jadalligini tavsiflovchi ko‘rsatgich. Suyuq kristalli displey|Suyuq kristaldan iborat massivlar boshqarish signaliga bog‘liq holda yorug‘likni o‘tkazadigan yoki ushlab qoladigan tasvir yoki matnli axborotni aks ettiruvchi qurilma. Suyuq kristalli ekran|Portativ shaxsiy kompyuterlarning yassi ekranlarida, soatlarda, kalkulyatorlarda va boshqa qurilmalarda qo‘llaniladigan displey turi. Suyuq kristallar o‘zining molekulyar tuzulishini o‘zgartirish orqali, elektr signallari yordamida ular orqali o‘tuvchi yorug‘lik oqimini boshqaradi. Suyuq kristalli proyektor|Uchta suyuq kristalli panel va cho‘g‘lanma lampa ko‘rinishidagi yorug‘lik manbaidan tuzilgan proyektor. Sug‘urta muhri|Qiymati eʼlon qilingan xatlar va qiymati eʼlon qilingan banderollar, posilkalar, sug‘urta qoplari, brezent sumkalar, konteynerlar, shuningdek, qimmatbaho buyumlar saqlanadigan joylarni surg‘uch bilan muhrlash uchun mo‘ljallangan maxsus muhr. Sug‘urta qopi|Belgilangan talablarga muvofiq muhrlangan (plombalangan), ro‘yxatga olinadigan pochta jo‘natmalari (qiymati eʼlon qilingan jo‘natmalar, mayda paketlar, odatdagi posilkalar) joylangan maxsus qop. Sxemalarni qayta ulash|Tarmoq ulanishi usuli, bunda kommunikatsiyaning hamma vaqti uchun doimiy fizik ulanish o‘rnatiladi. So‘ndirish darajasining uzilishi|So‘ndirish va maydonlar davrining qolgan qismi davomida so‘ndirish darajalari o‘rtasidagi farq. «So‘nggi milya» dagi bog‘lanish|Olisdagi abonentning, magistral aloqa liniyasiga ulanishini ta’minlaydigan bog‘lanish. So‘nggi cheklovchi|Token Ring tarmoq texnologiyasidagi markerning so‘nggi maydoni. O‘zida axborot ma’lumotlari bilan adashtirib bo‘lmaydigan elektr impulslarining noyob seriyasini saqlaydi. Soʻnish koeffitsiyenti|1. Tarqalish koeffitsiyentining haqiqiy qismi.2. Soʻnuvchi tebranishlar amplitudasining kamayishini tavsiflaydigan koeffitsiyent. So‘nuvchi maydon|Amplitudasi ko‘ndalang tarzda bir tekis pasayib boradigan to‘lqin o‘tkazgichning ochiq uchi yaqinidagi, fazaviy siljimagan nostansionar elektromagnit maydon. So‘ralmagan axborot|1. Elektron pochtadan foydalanib, pochta qutisi egasiga so‘rovsiz yoki uning oldindan roziligisiz yuborilgan xabar ko‘rinishidagi axborot.2. Odatda, reklama xarakteridagi katta miqdordagi xabarlarning, ularni buyurtma qilmagan oluvchilarga yuborilishi.3. Katta miqdordagi axborotning, tarmoqning bitta yoki bir nechta bog‘langan manziliga, ularni o‘ta yuklash va boshqa foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatilishini rad etish maqsadida (hujum usuli sifatida) yuborilishi. So‘roqlash|Umumiy aloqa liniyasiga ulangan olisdagi terminallardan, markazlashtirilgan tarzda ma’lumotlar to‘plash usuli. So‘rov izchil amalga oshiriladi, bu esa, qisqa vaqt ichida xizmat ko‘rsatilishiga ehtiyoji bo‘lgan barcha terminallarni aniqlash imkonini beradi. So‘rov|Elektron pochta orqali jo‘natilgan, muayyan turdagi xizmatlar taqdim etilishi so‘ralgan, muayyan standartga muvofiq rasmiylashtirilgan va IP-tarmoqlar ma’lumotlar bazasida axborot kiritilishi/o‘zgartirilishi talab qilingan xabar. So‘rov bo‘yicha video|TV eshittirishni, abonent buyurtma qilingan dasturini ko‘rish uchun oladigan, tashkil qilish usuli. So‘rov rejasi|Ma’lumotlar ustida, foydalanuvchining MB ga qiladigan muayyan so‘rovini amalga oshirish uchun bajarilishi zarur bo‘lgan harakatlar ketma-ketligi. So‘rov/javob|Autentifikatsiya usuli, unga ko‘ra, bir tomon shifrlangan so‘rov jo‘natadi, ikkinchi tomon esa, aynan bitta autentifikatsiya algoritmi yordamida javob beradi. So‘rovlar kompilyatori|Foydalanuvchining ma’lumotlar bazasiga so‘rovini sintaksik va semantik tahlil qiladigan, so‘rovni so‘rov plani deb ataladigan ichki formatga ko‘chiradigan, shuningdek, so‘rov planini optimallashtiradigan dasturiy ta’minot . So‘z|1. Berilgan alifboda simvollarning muayyan ma’noga ega bo‘lgan tartiblashtirilgan to‘plami.2. Protsessorda ma’lumotlarni qayta ishlash va uzatishda bir butun deb qaraladigan ma’lumotlar birligi. Odatda, bitlarda yoki ikkilik razryadlarda o‘lchanadi. Qoidaga ko‘ra, mashina so‘zi deb ataladi. So‘z o‘lchami|Protsessor arxitekturasini tavsiflaydi va bir vaqtda ma’lumotlar shinasi orqali uzatilishi yoki protsessor registrlarida saqlanishi va qayta ishlanishi mumkin bo‘lgan razryadlar soni bilan belgilanadi. Odatda, bu 8, 16, 32 yoki 64 razryad. So‘zlashuv vaqti|Portativ yoki olib yuriladigan terminal yordamida abonent batareyani qayta zaryadlamasdan aloqani ushlab tura oladigan vaqt. Batareyaning sig‘imi, odatda, terminalning aktiv rejimda o‘rtacha ishlash vaqti bilan tavsiflanadi. So‘zlashuvga avtomatik tarzda buyurtma berish xizmati|Abonentning oldindan berilgan buyurtmasi bo‘yicha, unga telefon apparatidan ma‘lum kun va soatda, muayyan telefon raqami yoki xizmati (uyg‘otish xizmati bundan mustasno) bilan bog‘lanish avtomatik tarzda taqdim etilishi mumkin bo‘lgan xizmat.T Tabiiy til|1. Inson muloqoti, fikrlashi uchun xizmat qiladigan tovushlar, lug‘at va grammatik vositalar tizimi.2. Qoidalari aniq ifodalanmasada, zamonaviy so‘z ishlatishga asoslangan til. Tabiiy xalaqit|Manbai tabiatdagi fizik hodisalar bo‘lgan elektromagnit xalaqit. Tabulyatsiya|Axborotni jadval ko‘rinishida taqdim etish. Tadbirkor xonasi|Yuridik shaxsning shaxsiy xonasi, tadbirkorlik faoliyati uchun xos bo‘lgan yo‘nalishlar, aynan yuridik shaxs rekvizitlari, kommunal xo‘jalik, soliqqa tortish, statistik hisobot taqdim etish, avtotransport vositalarini ro‘yxatga olish bo‘yicha bloklarni o‘zida ifodalaydi. Tadqiqot olib borish|Biror-bir predmet ustida ilmiy ish olib borish. Yangi dastur yoki algoritm yoki ularga bo‘lgan ehtiyoj tadqiqot obyekti bo‘lishi mumkin.Tafsilotlaring. - detailsподробноO‘rnatish, disklarga yozish, nusxa ko‘chirish va h.k. jarayonlar to‘g‘risidagi qo‘shimcha axborotni olishda foydalaniladi. Taglik|Planar texnologiya kirishiga taglik deb ataluvchi plastina kiritiladi. Taglik materiali – kristall tuzilmadan tortib atomlararo masofalargacha va kristallografik yo‘nalganlik qatʼiy nazorat qilinadi. Texnologik jaryon davomida taglikda turli xildagi o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan maydonlar hosil qilinadi, bu esa yarim o‘tkazgich asbobining yoki integral mikrosxemaning tuzilmasini tashkil qiladi. Tahdid|1. Kompyuter xavfsizligi buzilishining potensial imkoniyati.2. Ma’lumotlarni buzish, ochish yoki o‘zgartirish va/yoki xizmat ko‘rsatishni rad etish shaklida tizimga zarar yetkazish sababchisi hisoblanishi mumkin bo‘lgan har qanday holat yoki voqea.3. Tizim yoki tashkilotga zarar keltirishi mumkin bo‘lgan nomaqbul insidentning potensial sababi.4. Raqib oldida turgan konfidensiallik, yaxlitlik, kuzatib bo‘lmaslikni buzish vazifasi (kriptografik protokolning turiga bog‘liq holda istalgan kombinatsiyada). Tahdidlar manbalari|Potensial antropogen, texnogen yoki tabiiy (stixiyali) xavfsizlikka bo‘lgan tahdidlarni tarqatuvchilar. Tahdidlar modeli|Axborot xavfsizligi tahdidlari xarakteristikalari yoki xususiyatlarining fizik, matematik, tavsifiy taqdim etilishi. Tahdidlarning tahlili|Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimiga salbiy ta’sir etishi mumkin bo‘lgan harakatlar va hodisalarni tadqiq etish. Tahlil|Haqiqiy yoki tasavvur qilinadigan obyekt tarkibiy qismlarga (elementlarga) ajratiladigan hamda bu elementlar va ular o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘rganiladigan tadqiqot usuli, turi. Tahlilchi|Axborot texnologiyasi sohasidagi tahlilchi bevosita muammo mavzusidagi axborotni yig‘adi, uni tizimlashtiradi va formalizatsiya qiladi. Bundan tashqari axborot oqimlari modelini, biznes jarayonlarning yuz berishini o‘rganadi. Shular asosida biznes reja tuzadi. Tahrir qilish|Biron-bir turdagi axborottga o‘zgartirish kiritish. Maxsus dastur (redaktor)lar yordamida amalga oshiriladi. Tahrir qilish rejimi|Dastur ishining maxsus rejimi bo‘lib, unda matn, ma’lumotlar tasvir va sh.k. tahrir qilinishi amalga oshiriladi. Tahrir qilishni foydalanuvchi uchun yanada qulayroq qilish maqsadida joriy qilingan. Tajribaviy ekspluatatsiya qilish|Televizor (yoki uning elementi) dan maxsus tashkil etilgan ekspluatatsiya qilish, u normal sharoitlarga maksimal yaqinlashtirilgan vaziyatlarda bajariladi, bunda televizor (yoki uning elementi) ning ekspluatatsion xossalarini o‘rganish maqsadida muntazam nazorat olib boriladi. Taklif|Matn interfeysiga ega tizimlarda – ekranda aks etgan qisqa so‘z yoki belgi (masalan, «>»), foydalanuvchiga dastur komandani bajarishga tayyorligi to‘g‘risida xabar beradi. Takomillashtirilgan|Oddiy qurilmaga nisbatan yaxshilangan qurilma yoki dasturiy ta’minot. Odatda advanced-versiya qo‘shimcha narxga sotiladi. Takomillashtirilgan, energiya iste’moli va joylashishni boshqarish interfeysi|Intel, Microsoft va Toshiba korporatsiyalari tomonidan 1996-yilda ishlab chiqilgan ochiq standart. Kompyuterlarning energiyaga bo‘lgan ehtiyojini tayanch kiritish-chiqarish tizimi tomonidan emas, balki operatsion tizim tomonidan to‘liq boshqarilishini (alohida qurilmalarni yoqish va o‘chirib qo‘yish imkoniyati bo‘lgan holda) amalga oshirish imkonini beradi. Takomillashtirilgan grafika adapteri|16 rangli grafika rejimini saqlab turuvchi videoadapter:- 640 x 350 piksel;- 640 x 200 piksel;- 320 x 200 piksel. Takomillashtirilgan intellektual (magnit) tasma|Tasmali to‘plagichlar va magnit tasmadagi ommaviy xotira tizimlari uchun mo‘ljallangan standart. Takomillashtirilgan mobil telefon aloqa xizmati|FDMA texnologiyasiga asoslangan uyali aloqa xizmati standartlaridan biri. Takomillashtirilgan raqamli yozuv|Philips kompaniyasi tomonidan 90-yillarda ishlab chiqilgan 8-mm li magnit tasmaga yozish texnologiyasi. Kasseta sig‘imi 15 dan 60 Gb gacha bo‘ladi. Takomillashtirilgan ta’minotni boshqarish qurilmalari|Shaxsiy kompyuterlarda ta’minotni boshqarish uchun mo’ljallangan Microsoft spetsifikatsiyasi va tizimi (Intel ishtirokida). Klavishlarni bosish orasidagi vaqtda energiya iste’molini kamaytiradi. Takomillashtirilgan tayanch kiritish-chiqarish tizimi|Mikrokompyuterlarga o‘rnatilgan va ko‘p vazifali rejimni ta’minlash uchun mo‘ljallangan kiritish-chiqarish servis dasturlari to‘plami. Takomillashtirilgan tovushli kodlash|Panasonic, Samsung kabi firmalar qo‘llaydigan tovushni kodlash (siqish) texnologiyasi. Dolby Laboratories kompaniyasi AAC ni Dolby Digital AC-3 ga muqobil sifatida qaramoqda. Takomillashtirilgan uzatish tezligi o‘zgaruvchan nutq kodeki|Motorola kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, o‘zgaruvchan uzatish tezligiga ega vokoder. Uzatishning o‘rtacha tezligi – 8,5 Kbit/s (IS-127). Takomillashtirish|Avvalgi mahsulotni takomillashtirish uchun belgilangan qurilma va/yoki dasturiy mahsulot. Avvalgi versiyani to‘ldiradi. O‘rnatilgandan so‘ng tizim yangi mahsulotning funksional imkoniyatlarini oladi. Takror uzatishni avtomatik so‘rash|1. Xalaqitlardan himoyalanish mexanizmi, bunda ma’lumotlarni uzatish bloklar bo‘yicha amalga oshiriladi. Qabul qilish tomonida xatolarni nazorat qilish va axborotning xato qabul qilingan qismini takroran uzatish to‘g‘risidagi so‘rovni generatsiyalash ta’minlanadi.2. Ma’lumotlarni qayta uzatish mexanizmi mavjud aloqa liniyalarida uzatgich va qabul qilgich o‘rtasida o‘zaro ishlash signallari bilan almashuv protsedurasini belgilaydigan protokol. Takror chaqiruv, chaqiruv-eslatish|1. Telefon liniyasining bandligida ko‘p marta uzatiladigan chaqiruv.2. Telefon xizmatining bir turi bo‘lib, uni amalga oshirishda abonentga aynan bitta xabar bir necha marta jo‘natiladi. Takror(lash)|Tarmoqqa qilinadigan hujumning oddiy turi, bunda jinoyatkor xabarni tutib oladi va uni o‘zgartirmasdan, birmuncha kechroq takrorlaydi. Takroriy so‘rov|Tizimni aniq bir vazifani bajarishga yo‘naltiruvchi qandaydir bir xabar, masalan, kiritish-chiqarish yoki tranzaksiyalarni qayta ishlash. Takroriy tasvir|Aks sado signallari keltirib chiqaradigan ikkita yoki undan ortiq (gorizontal yo‘nalishda siljitilgan) tasvirning mavjudligi. Takrorlanish|Algoritmlarni tuzishda foydalaniladigan uchta asosiy tuzilmadan biri; sharoitga bog‘liq ravishda, algoritmning ayrim qadamlarini bir necha marta bajarish imkonini beradi. Ba’zi manbalarda bu tuzilma sikl deb ataladi. Takrorlanuvchi kodlar|Xatolarni tuzatuvchi mukammal siklik blokli kodlar turkumi, unda kalit so‘zlar xabardagi so‘zlarni r marta oddiy takrorlash bilan shakllanadi. Agar bu kodlarni (n, k) parametrlarga ega kodlar deb qaralsa, ularda istalgan k uchun n = rk bo‘ladi. Takrorlash|Matnli protsessorlardagi komanda, u hujjatni Undo operatsiyasidan oldingi holatga qaytaradi. Taksofon|Telefon bog‘lanishlarni o‘rnatish, foydalanuvchilarga so‘zlashuvlar va qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etish uchun mo‘ljallangan, foydalanuvchilar bilan tangalar yoki naqd pulsiz to‘lov vositalari (maxsus jetonlar, to‘lov karatlari) yordamida zudlik bilan hisob-kitob qilish qurilmasidan iborat, shuningdek, ko‘rsatilgan telefon aloqa xizmatlari uchun to‘lov tangalar, jetonlar, to‘lov kartalari va naqd pulli to‘lov vositalari yordamida qabul qilinadigan so‘zlashuv punktlarida o‘rnatilgan oxirgi (terminal) abonent telefon qurilmasi. Taksofon orqali ko‘rsatiladigan telefon aloqa xizmati|Telefon bog‘lanishlarni o‘rnatish, foydalanuvchilarga so‘zlashuvlar va qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etish uchun mo‘ljallangan hamda tanga yoki naqd pulsiz to‘lov vositalari (maxsus jetonlar, to‘lov kartalari) yordamida foydalanuvchilar bilan darhol hisob-kitob qilish uchun mo‘ljallangan texnik vositalarni o‘z ichiga olgan taksofon – oxirgi (terminal) abonent telefon qurilmasidan taqdim etiladigan telefon aloqa xizmati. Takt intervali|Takt chastotasi davri. Takt signali|Impulslar ketma-ketligi ko‘rinishidagi, ayrim elementlar ishini sinxronlaydigan va raqamli qurilmaning ishlash ritmini belgilaydigan maxsus davriy signal. Takt chastota generatori|Teng vaqt oraliqlaridan so‘ng impulslar ketma-ketligini ishlab chiqaradigan qurilma. Ikkita ketma-ket impuls o‘rtasidagi vaqt takt deb ataladi. Protsessorning ba’zi komandalari bir nechta takt ichida chiqariladi. Kompyuterning barcha elementlari orqali o‘tadigan impulslar ularni yagona taktda – sinxron ishlashga majbur qiladi. Takt impulslarning generatsiya chastotasi kompyuterning tez ishlashini belgilaydi. Takt chastotasi|Takt chastotasi generatori vaqt birligida bajaradigan tebranishlar soni. Kompyuter diskret, qadamlar (taktlar) bo‘yicha ishlaydi, shuning uchun barcha operat-siyalarning bajarilish tezligi, kompyuterning yagona ishlash ritmini belgilaydigan protsessorning takt chastotasiga bog‘liq. Takt chastotasi gertslarda o‘lchanadi, takt chastotasi qancha katta bo‘lsa, qayta ishlash tezligi shuncha yuqori bo‘ladi. Taktlanadigan halqa tarmog‘i|Halqa tarmog‘i. Bunda tarmoq ish vaqti bir bitli oraliqlarga bo‘lish evaziga, maʼlumotlar uzatish amalga oshiriladi. Tarmoq halqa kanali, takrorlagichlar va foydalanish bloklaridan tashkil topgan. Foydalanish bloklariga maʼmuriy tizim va abonent tizimlari ulanadi. Halqa kanalini ikki o‘rama juft simlari tashkil qiladi. Ular bo‘ylab maʼlumotlar, sinxronlovchi signallar, takrorlagichlarga ozuqa, ozuqani yoqish-o‘chirish signallari uzatiladi. Taktli impuls|Sinxronlash yoki vaqt bo‘yicha muvofiqlashtirish uchun foydalaniladigan davriy uzatiluvchi impuls. Taktli impulslar davri; takt|Uzluksiz keladigan ikkita impuls o‘rtasidagi vaqt intervali. Taktli impulslar generatori|Berilgan takrorlanish davri bilan impulslar ketma-ketligini generatsiyalovchi qurilma. Taktli sinxronlash|Qabul qilinadigan signal bilan taktli impulslar ketma-ketligi o‘rtasida vaqt jihatidan aniq muvofiqlikni o‘rnatish jarayoni. Taktli chastotani tiklash|Qabul qilingan ma’lumotlar signalidan taktli chastota signalini ajratish. Talab bo‘yicha kanallarni ajratish yo‘li bilan ko‘p tomonlama foydalana olish|Yo‘ldoshli radioaloqada ishlatiladigan standart. Markaziy stansiya seansda ishtirok etayotgan barcha terminallar va yo‘ldoshlar o‘rtasida aloqa o‘rnatish uchun mavjud puldan kanallarni so‘rovga muvofiq ajratib beradi. Talab etilgan|Amalning (harakatning) bajarilishi uchun talab etiladigan (zarur bo‘lgan) shart yoki parametr. Talabga ko‘ra o‘tkazish qobiliyati|Global tarmoqlar funksiyasi, foydalanuvchiga, uning tomonidan foydalaniladigan ilova talablariga muvofiq, qo‘shimcha o‘tkazish qobiliyatini taqdim etish mumkinligida ifodalanadi. Bu funksiya tufayli, foydalanuvchilar faqat o‘zlari foydalanadigan o‘tkazish qobiliyati uchun haq to‘lash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Talabga ko‘ra sahifali tashkil qilish|Virtual xotiraning sahifali tashkil qilishga asoslangan tashkil qilish usuli, bunda har bir sahifa, faqat, agar u dasturni bajarish vaqtida aniq talab etilsa, xotiraga yuklanadi va murojaat qilingan kod yoki ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Talabga ko‘ra segment tashkil qilish|Segment tashkil qilishga asoslangan virtual xotira tashkil qilish usuli, bunda faqat agar murojaat qilingan kod yoki ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan dasturni bajarish vaqtida haqiqatdan talab qilinsa, har bir segment xotiraga yuklanadi. Talabga ko‘ra videopochta|Abonent qayd etilgan vaqt intervali (15 yoki 30 minut) davomida buyurtma qilingan dasturni oladigan «talabga ko‘ra video» ning bir ko‘rinishi. Talqin qiluvchi dastur|Dasturni dasturlash tilida, uni darhol bajarmasdan mashina tilidagi dasturga o‘giradigan kompilyatordan farqli ravishda, dasturlash tilida yozilgan komandalarni darhol bajaradigan va rasshifrovka qiladigan dastur. Tamakisimon antenna|To‘g‘ri simdan tashkil topgan o‘q bo‘ylab nurlanadigan antenna. Sim bo‘ylab ma’lum nuqtalarda turli o‘lchamdagi yaproqli metalldan iborat yassi elementlar bir-biriga nisbatan parallel joylashgan. Tanaffus bilan uzatish|Energiya tejaydigan funksiya. Bunday funksiya mavjudligida, so‘zlashuvdagi pauzalar vaqtida telefon uzatishga ishlamaydi, bu bilan batareyaning energiya sarfi kamayadi. Bu funksiya ishga tushganda tovush sifati yomonlashadi. Tanho egalik|Biror narsaga alohida huquq. Informatikada foydalanuvchi tanho ravishda abonent tizimidan foydalanishi mumkin, abonent tizimi esa tanho ravishda kanalni egallashi mumkin, masalan, kanallarni kommutatsiyasida. Tanib farqlash|Qabul qilish jarayonining, buyum umumiy belgilarini ajratishning keyinchalik signalning to‘liq qaytishi bilan almashinadigan dastlabki bosqichini o‘z ichiga oladigan, markaziy zvenosi. Tanishtiruvchi fayl|Dasturlar uchun mualliflar tomonidan yoziladigan readme fayli. Bu faylda biror bir dasturni qanday o‘rnatish va u bilan qanday ishlash to‘g‘risida bilib olish mumkin. Tanlab olinuvchi hisob-kitob xizmati|Alohida telefon hisoblarning ayrim soni ulanish uskunasi bo‘yicha telefon stansiyasida guruhlanadigan, hisob raqami esa, ushbu so‘zlashuv uchun to‘lov yozilishi kerak bo‘lgan debetga chaqiruvlarni o‘rnatishda aniqlanadigan xizmat. Tanlab-tanlab olish|Saralash maqsadida, ma’lumotlarni qandaydir belgilariga ko‘ra bir joydan boshqa bir joyga ko‘chirish yoki ulardan nusxa olish, natijalovchi hujjatlarni tuzish jarayoni. Tanlanadigan|Tanlash elementlaridan biri. Oldindan aniqlangan moslamalar to‘plamlaridan farqli ravishda, foydalanuvchi o‘z moslamasi parametrlarini tanlashi va o‘rnatishi mumkin. Tanlangan|Ko‘p ishlatadigan operaysiyalar yoki ulanishlar. Brauzerlarda tanlangan operatsiyalarning ro‘yxatini ulardan tezroq foydalana olishni ta’minlash va ulanishni yengillashtirish uchun avtomatik ravishda tuzish imkoniyati mavjud. Tanlash|Keyinchalik ular ustida amal bajaradigan menyu punktlari, grafik obyekt qismi yoki matn qismini tanlash. Tanlash operatori|Dasturlash tillarinida ko‘rsatilgan ifodaning qiymatiga bog‘liq ravishda bir necha amaldan bittasini tanlash imkonini beradigan boshqaruv konstruksiyasi. Tanlash sikli|Protsessorning mashina komandasini qayta ishlashidagi birinchi bosqich. Komandani kesh-xotira yoki tezkor xotira qurilmasidan komandalar registriga olish va uni dekodlashga tayyorlashdan iborat. Tanlovchanlik|1. Berilgan chastota kuchlanishining televizor kirishidagi tasvir eltuvchi chastotasi kuchlanishiga, uning chiqishidagi kuchlanish doimiy bo‘lgandagi, nisbati.2. Qabul qilgichning spektral tashkil etuvchilarini chastotalar shkalasi bo‘yicha, turli taqsimlashlardan foydalangan holda, foydali signalni xalaqit qiluvchi signaldan ajrata olish qobiliyati. Taqiqlangan komanda|Kodi berilgan protsessorning komandalar kodi ro‘yxatida bo‘lmagan yoki uning berilgan ishlash rejimida bajarilmaydigan komanda. Taqiqlangan xabar|Darhol uzatib bo‘lmaydigan xabar. Uzatilishiga taqiq bekor qilingan zahoti xabar uzatiladi. «Taqiqlovchi (nazorat qiluvchi) kalit»|Kanallar va dasturiy funksiyalarni parol yordamida yopish imkoniyati. Taqqoslash|Bir qiymatni boshqasiga akslantirish jarayoni. Virtual xotirali tizimlarda kompyuter virtual xotira manzilini fizik xotira manziliga taqqoslaydi. Taqsimlagich|Optik quvvatni taqsimlashda foydalaniladigan ko‘p portli qurilma. Taqsimlanadigan xotira|1. Ko‘p vazifali rejimda bir nechta dastur foydalana olishi mumkin bo‘lgan xotira.2. Ko‘p protsessorli parallel tizimlarning bir nechta dasturida birgalikda foydalaniladigan xotiraning bir qismi. Taqsimlangan, ajratiladigan xotirali arxitektura|Ko‘p protsessorli tizim xotirasining arxitekturasi. Bunda xotiradan erkin foydalanish vaqti uning joylashishiga bog‘liq bo‘ladi. Buning uchun, protsessorlar, har biri o‘zining umumiy tezkor xotira qurilmasi puliga ega bo‘lgan kichik guruhlarga birlashtiriladi. Taqsimlangan fayl tizimi|Fizik jihatdan kompyuter tarmog‘ining turli qismlarida joylashgan fayllardan foydalanishni soddalashtirish imkonini beradigan tizim. Taqsimlangan hisoblashlar|Unumdorlikni oshirish maqsadida, bajarilishi hisoblash kompyuter tizimining turli uzellari bo‘ylab taqsimlanadigan hisoblashlar. Taqsimlangan hisoblashlar muhiti|Taqsimlangan dasturlarning birgalikda ishlashini tashkillashtirish texnologiyasi. Bu muhit tarkibiga taqsimlangan fayllarga xizmat ko‘rsa-tish, nomlar berish, vaqtni nazorat qilish, protseduralarni olisdan chaqirish, oqimlarga xizmat ko‘rsatish, xavfsizlikni ta’minlash funksiyalari kiradi. Taqsimlangan ilova|Komponentlari, ma’lumotlarni tarmoq orqali almashgan holda, turli kompyuterlarda va platformalarda bajariladigan ilova. Taqsimlangan kommunikatsiyalar|Tarmoqda kommunikatsiyani tashkil qilish turi. Bunda kommunikatsion jarayonda ishtirok etuvchi tomonlar, aloqa seansini (sessiyasini) boshlab berishda, qo‘llab-quvvatlashda, yakunlashda teng huquqlarga egadirlar. U xost (bosh uzel, server) qanday jarayonlar (kompyuterlar) aloqa seansini boshlab berishini belgilaydigan katta-bo‘ysunuvchi (master-slave communications) shajarasidan keskin farq qiladi. Taqsimlangan ma’lumotlar bazasi|Ikki yoki undan ortiq kompyuterda joylashtiriladigan, foydalanuvchi tomonidan yaxlit, bir butun ma’lumotlar bazasi sifatida tushuniladigan ma’lumotlar bazasi. Taqsimlangan maʼlumotlar banki|Hududiy tarqoq maʼlumotlar banklari tizimi. Hisoblash texnikasi vositalari bilan birlashgan va yagona boshqaruv ostida faoliyat ko‘rsatadi. Taqsimlangan parametrlarga ega liniyadagi susayish koeffitsiyenti|Taqsimlangan parametrlar liniyasida (muhitida) yuguruvchi toʻlqin elektromagnit maydoni kuchlanganligi amplitudasining, toʻlqinning uzunlik birligiga siljishida, pasayishi bilan tavsiflanadigan kattalik. Taqsimlangan qayta ishlash|Ma’lumotlarni qayta ishlash uchun, hisoblash tarmoqlariga ulangan katta miqdordagi kompyuterlarning qo‘llanilishi; ikki yoki undan ko‘p kompyuterni, yagona dastur boshqaruvi ostida shart emas, aynan bir topshiriq ustida birgalikda ishlaydigan qilib ulash. Barcha qayta ishlash bitta katta kompyuterda bajariladigan markazlashtirilgan qayta ishlashdan farqli ravishda, taqsimlangan qayta ishlashda topshiriq bitta tarmoqqa birlashtirilgan ko‘plab meynfreymlar, mini-kompyuterlar, shaxsiy kompyuterlar, serverlar va ishchi stansiyalar o‘rtasida bo‘linadi. Taqsimlangan sun’iy intellekt|Taqsimlangan apparat va/yoki dasturiy vositalar orqali amalga oshiriladigan sun’iy intellekt tizimi. Taqsimlangan tarmoq|Boshqarish barcha serverlar o‘rtasida taqsimlangan, resurslar (apparat, dasturiy resurslar, ma’lumotlar) va foydalanuvchilar alohida serverlarga biriktirilmagan, balki butun tarmoqqa tegishli bo‘lgan kompyuter tarmog‘i. Taqsimlangan tizim obyektlari modeli|IBM firmasining OS/2 uchun maxsus yaratilgan texnologiyasi. Taqsimlangan tizimlar|Simli yoki simsiz tarmoqqa birlashtirilgan bir nechta kompyuterdan iborat tizim. Taqsimlangan xesh-jadval|Xesh-funksiyalarni bajarishga asoslangan IP-tarmog‘i ko‘plab uzellari o‘rtasidagi tezkor o‘zaro ishlash usuli. Taqsimlash|Lokal tarmoqda resurslarni taqsimlashga yo‘naltirilgan harakat. Masalan, tarmoqdagi printerni (skanerni va sh.k.) o‘rnatish. Taqsimlash liniyasi|Dastur signallarini dastur ishlab chiqish markazidan uzatgichga yoki kabel taqsimlash tizimi bosh stansiyasiga uzatish uchun mo‘ljallangan liniya. Taqsimlash paneli|1. Kabel juftlarini ulash uchun foydalaniladigan, protektorlari yoki terminal bloklari (yoki har ikkalasi) bo‘lgan, devorga yoki polga o‘rnatiladigan vertikal metall rama.2. Kabel segmentlarini o‘zaro ulash yoki kross-ulash oson bajariladigan tarzda ulash uchun mo‘ljallangan qurilma. Taqsimlash punkti|Signallar, uni submagistral liniyaga yoki uy taqsimlash tarmog‘i liniyalariga uzatish uchun, magistral liniyadan yoki submagistral liniyadan olinadigan nuqta. Taqsimlash signali|Studiyaga yoki eshittirish dasturining boshqa manbaiga dasturning normal borishiga aralashish uchun yuboriladigan oldindan tanlangan signal. Taqsimlash xizmati|Tarmoqdan berilgan punktdan boshqa (bir nechta) punktlar tomonga bir yo‘nalishli axborot oqimi bilan tavsiflanuvchi xizmat.Izoh – Taqsimlash xizmati ikki sinfga: axborotni individual boshqaruvsiz taqdim etish va axborotni individual boshqaruvli taqdim etishga bo‘linadi. Taqsimlash zanjiri|Fayl egallagan klasterlar ro‘yxati. Taqsimlash shkafigacha o‘tkazilgan optik tola|Tarmoq qurish konsepsiyasi. Unga ko‘ra, ATS magistral optik-tolali aloqa liniyasi yordamida konsentrator bilan bog‘lanadi. Konsentratorda optik signal, optik signallar o‘ralgan juft orqali uzatiladigan, elektr signallarga aylantiriladigan, abonentda joylashgan, oxirgi optik o‘zgartirgichlari bo‘lgan optik-tolali kanallar bo‘yicha taqsimlanadi. Taqsimlovchi fiderli liniya|Abonent liniyalari yoki uy tarmoqlari ta’minoti uchun mo‘ljallangan liniya. Taqvim bo‘yicha vaqt birligi|Loyihani rejalashtirishda foydalaniladigan eng kichik vaqt birligi. Tarifikatsiya o‘lchov birligi|Telefonda so‘zlashish (ulanish) davomati uchun to‘lanadigan birlik. U telekommunikatsiya operatori tomonidan tanlangan (to‘la daqiqalar yoki davriy impulslar bo‘yicha hisob) tarifikatsiya tizimiga bog‘liq. Tariflash|To‘lov asosida xizmat ko‘rsatish va shu xizmatlar uchun to‘lov narxlarini taqsimlash. Tarix paneli|Brauzerlarda – foydalanuvchi kirgan veb-sahifalar xronologiyasini ichiga oladigan panel. Tarkib|Veb-resurslarni tashkil qiluvchi matn-tasvirli va boshqa axborotlar. Tarkibiy hujjat|Elektron hujjatning bir turi, o‘z ichiga ma’lumotlarning har xil turlariga ega elementlarni, masalan, matndan tashqari, jadvallarni, grafik materiallarni, foto, boshqa ilovalar (masalan, malumotlar bazasi, elektron jadval) ma’lumotlarini olishi mumkin. Tarkibiy ishonch paketi|Xavfsizlikning ishonch talablari bo‘lgan, (asosan, ASO klassi talablari) va ishonch shkalasida joylashgan ishonch paketi. Tarkibiy shifr|Ma’lumotlarni shifrlash va rasshifrovka qilishda ma’lum bir ketma-ketlikda foydalaniladigan bir nechta oddiyroq bo‘lgan shifrdan tuzilgan shifr. Tarmoq|Dasturdagi komandalar ketma-ketligida o‘zgarish bo‘ladigan yoki bo‘lishi mumkin bo‘lgan tarmoqlanish nuqtasi, ya’ni, bunda boshqaruv hozir ishlab turgan komandadan keyin turgan komandaga uzatilmaydi. Tarmoq|Texnik vositalar, ma’lumotlar, dasturlar tashkil qilish tuzilmasi. Graflar yordamida tavsiflanadi va tadqiq qilinadi. Qurilmalar o‘rtasidagi ulanishlar bo‘lib, foydalanuvchilarga ma’lumotlarni saqlash, ular bilan almashinish, ularga murojaat qilish imkonini yaratadi. Tarmoqqa asosan mikrokompyuterlar, minikompyuterlar, meyn-freymlar, terminallar, printerlar, fakslar, peyjerlar va turli ma’lumot saqlaydigan qurilmalar ulanadi. Tarmoq adapteri|Kompyuterlarni lokal hisoblash tarmog‘i bilan bog‘lash uchun mo‘ljallangan, kengaytirish platasi ko‘rinishidagi uskuna. Tarmoq administratori|Kompyuter tarmog‘ining ishlay olishi uchun, ishchi stansiyalar qo‘shilishi, foydalanuvchilarni mualliflashtirish, fayllarni arxivlash va tiklash protseduralari hamda ko‘plab boshqa funksiyalar uchun javob beradigan shaxs. Tarmoq analizatori|1. Signallarning asosiy xarakteristikalarini o‘lchash, aloqa kanallari sifatini baholash (xato kadrlar protsenti va sh.k. ko‘rinishida), tarmoq monitoringi funksiyasini amalga oshirish va trafikning statistik tahlilini o‘tkazish imkonini beradigan, keng maqsadlardagi diagnostika vositasi.2. Tarmoq trafigini «eshitishni» va trafikdan avtomatik ravishda foydalanuvchilar nomlarining, parollar, kredit kartochkalar raqamlarining va boshqa shunga o‘xshash axborotning ajratib olinishini amalga oshiradigan dasturlar. Tarmoq arxitekturasi|1. Tarmoqning o‘tkazish qobiliyatini va boshqa xarakteristikalarini belgilovchi tarmoq elementlari (uzellari, marshrutizatorlari, kommutatorlari va b.lar), ma’lumotlarni almashish protseduralari va protokollari, xabarlar formatlari, tarmoq ichi va tarmoqlararo interfeyslar, tarmoqni boshqarish prinsiplari majmui.2. Mantiqiy tuzilma va hisoblash tarmog‘ining ishlash prinsiplari.Izoh – Hisoblash tarmog‘ining ishlash prinsiplari o‘z ichiga xizmatlar, funksiyalar, protokollarga taalluqli prinsiplarni oladi. Tarmoq boshqaruv tizimi|Tarmoqni boshqarish va nazorat qilishning apparat va dasturiy vositalari majmui, tarmoqni boshqaradigan kompyuterda joylashtirilgan dasturdan; tarmoq abo-nentlarining kompyuterlarida joylashtirilgan apparat va dasturiy agentlardan iborat. Tarmoqlarni boshqarishning umumqabul qilingan protokoli – SNMP (Simple Network Management Protokol – oddiy tarmoqni boshqarish protokoli) mavjud, bu protokol hatto turli xil abonentlar bo‘lgan tarmoqni ham boshqarish imkonini beradi. Tarmoqni boshqarishning asosiy funksiyalari: tarmoqni skanlash va SNMP protokoli bo‘lgan qurilmalar mavjudligini aniqlash; tarmoq holatini aniqlash, portlar darajasida abonentlarni masofadan diagnostika qilish, parol bo‘yicha foydalanishga cheklashlar belgilash, 7/0I tarmoq jurnalini yuritish va boshqalar, ya’ni tarmoq administratorini ma’lumotlarni boshqarish uchun barcha zarur narsalar bilan ta’minlash. Tarmoq brandmaueri|Ikki yoki bir nechta tarmoq o‘rtasida himoya to‘sig‘i (tarmoqlararo ekran)ni vujudga keltiruvchi apparat-dasturiy kompleks. Muhofaza qilinadigan tarmoqqa tashqaridan ruxsatsiz kira olishni bartaraf etish hamda kirayotgan va chiqayotgan maʼlumotlarni nazorat qilish uchun mo‘ljallangan. Brandmauer muhofaza qilinadigan tarmoq chegarasida o‘rnatiladi, uning mavjudligi tarmoq uzellari uchun sezilmasligi kerak. Tarmoq dasturiy ta’minoti|Kompyuterlarning hisoblash tarmog‘ida ishlashini ta’minlaydigan dasturiy ta’minot. Tarmoq fayl tizimi|UDP transport protokoliga asoslangan, fayl tizimidan erkin foydalana olish uchun mo‘ljallangan protokollar to‘plami. NFS UNIX, PC (Windows asosida) va Macintosh mashinalarida (ya’ni, turli operatsion tizimlarda ishlaydigan kompyuterlarda) alohida kompyuterda fayllarning ko‘p sonli nusxalarini saqlamasdan, ulardan mahalliy tarmoqda birgalikda foydalanish imkonini beradi. Tarmoq foydalanuvchisi identifikatori|Paketlarni kommutatsiyalash xizmati tomonidan foydalanuvchini identifikatsiya qilish uchun ishlatiladigan noyob kod. Tarmoq grid-hisoblashlari|Atama global, regional va muassasa kompyuter tarmoqlari arxitekturasiga tegishli, berilgan onda bo‘sh tarmoq resurslaridan alohida olingan kompyuter uchun juda murakkab bo‘lgan vazifalarni hal etishda foydalanilishini ko‘zda tutadi va maxsus dasturiy ta’minotni talab qiladi. (Tarmoq) hujumlarini aniqlash tizimi|Kompyuter tizimlariga qilinadigan hujumlarni aniqlashda ishlatiladigan turli apparat va dasturiy vositalar (ba’zi hollarda dasturiy ta’minot turkumi sifatida qaraladi). Tarmoq identifikatori|Belgilangan oqim qaysi tarmoqqa (provayderga/eshittiruvchiga) tegishliligini aniqlaydi. Tarmoq identifikatori|Bitta lokal tarmoqda joylashgan kompyuterlar va qurilmalar guruhini identifikatsiya qiladigan IP-manzilning bir qismi. (Tarmoq) kataloglaridan erkin foydalanish osonlashtirilgan protokol|University of Washington tomonidan ishlab chiqilgan, Netscape va yana 40 ta firma tomonidan qo‘llab-quvvatlangan, Internet orqali aloqa o‘rnatmagan holda uning kataloglariga murojaat qilish uchun mo‘ljallangan sanoat standarti. X.5 standartlariga kiruvchi DAP protokoliga yo‘naltirilgan soddalashtirilgan versiyaga ega. Tarmoq kompyuteri|Terminal sifatida global yoki korporativ tarmoqlarda ishlash uchun mo‘ljallangan kompyuter. An’anaviy shaxsiy kompyuterlardan tarmoqqa ulash uchun mo‘ljallangan o‘rnatiladigan vositalar va qattiq diskning bo‘lmasligi bilan farqlanadi. Tarmoq kompyuterini IBM, Apple, Sun kabi mashhur firmalar kiradigan konsorsium ishlab chiqadi. Tarmoq kompyuterlari asosan uyda qo‘llash uchun yaratiladi, Internet tarmog‘i standartlariga asoslanadi. Tarmoq magistrali|Global tarmoqning tarmoq segmentlarini yagona tizimga birlashtiradigan yuqori tezlikli liniya yoki kommunikatsiya tizimining bir nechta liniyasi. Tarmoq magistrali bilan ulash porti|Kompyuterlarni kommunikatsiya tarmog‘i liniyalariga ulash uchun mo‘ljallangan qurilma. Tarmoq manzili|Jo‘natuvchi/oluvchi manzilining standart atributi. Tarmoq ma’lumotlar bazasi|Elementlari o‘zaro ixtiyoriy ravishda bog‘langan ma’lumotlar bazasi. Nazariy jihatdan har bir element bazaning istalgan boshqa bir elementi bilan bog‘langan bo‘lishi mumkin. Graf yordamida tavsiflanadi. Tarmoq niqobi|Internet-manzilning tarmoqqa, kichik tarmoqqa va yetakchi uzelga taalluqli qismlarga ajralishini aniqlaydigan 32-bitli shablon. Tarmoq operatori|Tarmoqning ekspluatatsiya qilinishini amalga oshiruvchi va uning ishga layoqatli holatini saqlab turuvchi kompaniya. Tarmoq operatori bir vaqtning o‘zida xizmatlar ta’minotchisi ham bo‘lishi mumkin. Tarmoq operatsion tizimi|Tarmoqning ishini ta’minlaydigan operatsion tizim. Asosiy funksiyalari: xabarlar uzatilishini boshqarish, ma’lumotlarni ruxsatsiz foydalanishdan himoyalash, kataloglarni boshqarish, elektron pochta. Lokal tarmoqlarda Novell firmasining NetWare tarmoq operatsion tizimidan keng foydalaniladi. Tarmoq printeri|Lokal hisoblash tarmog‘ida ko‘plab foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan, bittа yoki bir nechta tarmoq interfeysiga ega, yuqori tezlikda ishlaydigan printer. Tarmoq protokoli|Aloqaning o‘ziga xos turiga qaratilgan qoidalar to‘plami. Turli protokollar ko‘p hollarda bir turdagi aloqaning turli taraflarinigina tavsiflaydi; birgalikda ular protokollar stekini hosil qiladi. «Protokol» va «protokollar steki» nomlari protokol yaratiluvchi dasturiy ta’minotni xam ko‘rsatadi. Internetga yangi protokollar IETF, boshqa protokollar esa – IEEE yoki ISO tomonidan belgilanadi. ITU-T telekomunikatsiya protokollari va formatlari bilan shug‘ullanadi. OSI modeli tarmoq protokollarini tasniflash tizimining eng ko‘p tarqalgan turi hisoblanadi. Tarmoq provayderi|Abonentlik punkti va bevosita tarmoq abonentlariga tarmoq xizmatlarini ko‘rsatuvchi vakolatli tashkilot. Tarmoq qismiga kira olish protokoli|Tarmoqlarda IEEE 802.2, LLC va boshqa protokollardan foydalanib, multipleksorlashni ta’minlaydigan mexanizm bo‘lib, u 8 bitli maydonlarga ajratilishi mumkin. Tarmoq resurslari|Tarmoq abonentlari foydalanishlari mumkin bo‘lgan ma’lumotlar bazalari, dasturlar, alohida qurilmalar (masalan, printer, diskli to‘plagichlar). Tarmoq samaradorligi|Tarmoqning ma’lumotlar uzatish tezligini, ishonchliligini va b.q.larni ko‘rsatadigan xarakteristikalar majmui. Tarmoq sathi|Axborot oqimlarini manzillsh va marshrutlashni ta’minlaydigan OSI tarmoq modelining uchinchi sathi. Tarmoq sathida tarmoq xizmatlari tomonidan protokollarni tanish, paketlarni identifikatsiyalash, shuningdek, mobillikni boshqarish bilan bog‘liq funksiyalar amalga oshiriladi. Tarmoq segmenti|Bitta marshrutlovchi qurilma (kommutator, marshrutizator) ga ulangan va bitta fizik protokol bo‘yicha ishlaydigan tarmoq uzellari. Tarmoq serveriga kira olish nuqtasi|Tarmoq xizmatidan transport qatlamida erkin foydalanish mumkin bo‘ladigan nuqta; NSAP OSI ning tarmoq manzillari orqali ishlaydi. Tarmoq serverlari|Oddiy abonent tizimi kabi ishlash imkoniyatiga ega umumiy foydalanishning tarmoq resurslarini taqsimlashni boshqarish funksiyasini bajaradigan apparat-dasturiy tizim. Tarmoq skaneri|Hujumlardan potensial yaxshi muhofazalanmagan dasturlar va kompyuterlarni topish maqsadida, tarmoq to‘g‘risida axborot to‘plovchi dastur. Tarmoq tahdidlariga qarshi harakat|Tarmoq infratuzilmasini jinoyatkorlarning hujumlaridan muhofaza qilish uchun mo‘ljallangan xavfsizlik choralari kompleksi. Tarmoq tayanch kiritish-chiqarish tizimi interfeysi|IBM RС va mos keladigan tizimlar uchun taklif qilingan standart tarmoq interfeysi – olisdagi kompyuterning kiritish/chiqarish bo‘yicha so‘-rovlarini yuborish va qabul qilish imkonini beradigan dasturlash interfeysi. Tarmoqning texnik qismini dasturlardan yashiradi. Tarmoq tizimining arxitekturasi|Korporativ tizimlar uchun mo‘ljallangan kompyuter tarmog‘i arxitekturasi. Tarmoq trakti|Kirishi va chiqishida traktni shakllantirish apparaturasi ulangan namunaviy guruhli trakt yoki bir nechta ketma-ket bog‘langan namunaviy guruhli traktlar. Tarmoq uzelining interfeysi|Tarmoqlar yoki tarmoq uzellari o‘rtasidagi standart tutashish. Tarmoq va Internet ulanishlar|Windows XPdan boshlab Windows operatsion tizimi boshqaruv panelining qismi. Internet bilan ulanish usuli va lokal tarmoq parametrlarini sozlashga yordam beradi. Tarmoq xavfsizligi|Axborot tarmog‘ini ruxsat etilmagan tarzda foydalanishdan, normal ishlashga tasodifiy yoki qasddan bo‘ladigan aralashuvlardan, uning komponentlarini buzishga urinishlardan saqlovchi chora-tadbirlar. Axborot tarmog‘ining xavfsizligi uskuna, dasturiy ta’minot, ma’lumot va personalning muhofazasini o‘z ichiga oladi. Tarmoq xavfsizligini tahlil qiluvchi administrator vositalari|Tarmoq xostlari to‘g‘risida ma’lumotlarni yig‘ish, testlash va hisobotlar tuzish uchun mo‘ljallangan vositalar tizimi. Qulay HTML-interfeysida bajarilgan. U dastlabki eng qulay portlar skaneridir. Tarmoq xizmatining zaifligi|Tegishli dasturiy ta’minot nuqsoni, undan foydalanish hisobiga quyidagilarni amalga oshirish mumkin: buferning to‘lib ketishi, DoS-hujumlardan bo‘sh himoyalanganlik, xizmatning xato konfiguratsiyasi, kuchsiz parolli himoya, foydalanuvchining imtiyozlarini oshirish imkoniyati, SQL-inyeksiya, kod in’eksiyasi, skriptlarni saytlararo bajarish. Tarmoq xizmatlari markazi|Transport darajasida tarmoq xizmatiga murojaat qilish mumkin bo‘ladigan nuqta. Tarmoq xizmatlarini yetkazib beruvchi|Axborot xizmatlarini va kompyuter tarmoqlariga ulanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadigan yuridik shaxs. Tarmoq yuklamasi|Tarmoqqa ulangan barcha axborot manbalari vaqt birligida generatsiyalaydigan trafikning jami hajmi. Tarmoq (yuklanganligidan) foydalanish koeffitsiyenti|Tarmoqning foydalanish xarakteristikalarini belgilaydi va uning arxitekturasini optimallashtirish uchun ishlatiladi, tarmoq bo‘ylab uzatiladigan trafik uning maksimal o‘tkazish qobiliyatiga bo‘lgan nisbatiga teng. Tarmoq choki|Maʼlumotlarni qayta ishlash tizimidan beruxsat foydalanish usuli. Tarmoq choki foydalanishga ruxsat olish uchun payqash va foydalanish yo‘llarini taʼqib qilish tizimini chetlab o‘tib, turli aloqa tarmoqlaridan foydalanishga asoslanadi. Tarmoqdagi kolliziya|Bir nechta tizim bir vaqtning o‘zida tarmoqning bitta uchastkasiga axborotni uzatish uchun murojaat qilgan vaqtdagi holat. Tarmoqdan erkin foydalanishni himoyalash|Foydalanishni cheklovchi va tarmoq xavfsizligini ta’minlovchi protseduralar va sozlashlar. Simsiz tarmoqlar uchun ahamiyatli. Tarmoqdan foydalana olish nuqtasi|Tarmoq operatori foydalanuvchiga xizmatlarni ko‘rsatadigan nuqta, ya’ni ekspluatatsiya qilish sharoitlarida operator javobgarligi va foydalanuvchi javobgarligini ajratish nuqtasi. Tarmoqdan foydalanish|Tarmoqdagi trafik o‘lchovi. Tarmoqning o‘tkazish polosasi kattaligiga nisbatan foizlarda ifodalanadi. Tarmoqning mavjud imkoniyatlaridan foydalanish samaradorligini tavsiflaydi. Tarmoqlagich|1. Energiyaning bir qismini bir liniyadan boshqasiga yoki bir nechta tarmoqlangan liniyalarga tarmoqlash uchun mo‘ljallangan taqsimlash tarmog‘i elementi.2. Radiosignal (opik signal) energiyasining bir qismini bitta yoki bir nechta yo‘nalishlarga tarmoqlanishini ta’minlaydigan liniya tarmoq elementi. Tarmoqlangan aralash yuqori chastotalar|Rang quyi eltuvchisi modulyatori yoki demodulyatorini aylanib o‘tuvchi, aralash yuqori chastotalar signali. Tarmoqlangan bog‘lanish|Bir nechta optik toladan keladigan signallarni umumiy optik-tolali trakt orqali, umumiy guruh signaliga birlashtirilayotgan signallarning barcha komponentlarini o‘z ichiga oladigan tarzda o‘tkazish hisobiga aralashtirish. Tarmoqlangan monoxrom signal|Ranglilik signali modulyatori yoki demodulyatorini chetlab uzatiladigan monoxrom signal. Tarmoqlangan so‘nish|Radiosignalning kirish va taqsimlagichning har bir chiqishlari o‘rtasida so‘nishi. Tarmoqlangan tizim; daraxtsimon tizim|Bitta yoki bir nechta liniyaga ega kabel taqsimlash tizimi, ulardan turli nuqtalarda abonent liniyalari tarmoqlanadi. Tarmoqlanish|Algoritmlarni tuzishda foydalaniladigan uchta asosiy tuzilmadan biri. Sharoitga bog‘liq holda, algoritm turli tarmoqlarini bajarish imkonini beradi. Ba’zi manbalarda bu tuzilma tanlash deb ataladi. Tarmoqlanishga yuqori daraja dasturlash tillaridagi if… then… else; case… of kabi komandalar kiradi. Tarmoqlararo almashuv protokoli|Internet protokollari to‘plamidan tarmoq sathi protokoli. Tarmoqlararo aloqa liniyasi|Ikkita lokal tarmoq bog‘lamalarini birlashtiruvchi aloqa liniyasi. Uzatish uchun mos keladigan almashinuv protokollaridan foydalaniladi. Tarmoqlararo birikish|1. Formatlar o‘zgarishi mumkin bo‘lgan holda, bir xil qurilmalar o‘rtasidagi birikish.2. Telefon liniyalarining parallellashtirilishi. Tarmoqlararo ekran administratori|Tarmoqlararo ekranning kuzatib borilishi yuzasidan javobgar shaxs. Tarmoqlararo ekran, brandmauer|Tizimga kelib tushadigan va/yoki tizimdan chiqib ketadigan axborotning nazorat qilinishini amalga oshiradigan lokal (bir komponentli) yoki funksional taqsimlangan dasturiy (dasturiy-apparat) vosita (kompleks).Izohlar1. Tarmoqlararo ekran axborotni filtrlash, ya’ni mezonlar majmui bo‘yicha tahlil qilish va uni berilgan qoidalar asosida tizimga (tizimdan) tarqatish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish yordamida tizim muhofaza qilinishini ta’minlaydi, shu yo‘l bilan subyektning bir tizimdan turib boshqa tizim obyektidan foydalanishini chegaralash amalga oshiriladi.2. Trafikdan bitta tarmoqni muhofaza qiladigan ikkita tarmoqning tutashgan joyida o‘rnatiladigan, boshqa tarmoqda aylanadigan va tashqaridan hujumlarning oldini olish uchun xizmat qiladigan muhofaza qilish vositasi. Tarmoqlararo hamkorlikning tayanch mexanizmi|Hisoblash operatsiyalarini modellashtiradigan hisoblash signallari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muvofiqlikda boʻlgan xizmat primitivlari toʻplami. Tarmoqlararo interfeys|Boshqa tarmoq uzellari bilan o‘zaro aloqa qilish uchun mo‘ljallangan interfeys. Tarmoqlararo texnologiyalar|Kommunikatsiya tarmog‘i orqali marshrutlarni o‘tkazishning turli protokollaridan foydalanish uslubiyatlari. Bitta tarmoqda tarmoq pog‘onasidagi turli protokollar ishlashini taʼminlash zaruriyati «asinxron uzatish usulidan foydalanuvchi ko‘p protokollar», yaʼni MPAO deb nomlangan texnologiyaning yaratilishiga olib keldi. Mazkur texnologiya tezkor tarmoqlarda samarali ishlovchi asinxron uzatish usuliga asoslangan. Tarmoqlararo ulanishlar (kanal)|Foydalanuvchilar o‘rtasida axborotni uzatish va qabul qilishni ta’minlovchi turli telekommunikatsiyalar operatorlarining telekommunikatsiyalar tarmoqlari o‘rtasidagi texnologik o‘zaro hamkorligi. Tarmoqlararo o‘zaro ishlash|Umymiy vazifalarni bajarish maqsadida texnologik birlashtirilgan tarmoqlarning birgalikda ishlashi.Izoh – Bajariladigan vazifalarga bog‘liq holda, o‘zaro ishlash texnologik, iqtisodiy va huquqiy bo‘lishi mumkin. Tarmoqlararo chaqiruv|Mobil abonent bilan umumiy foydalanish tarmog‘i o‘rtasida amalga oshiriladigan chaqiruv.Izoh − Agar chaqiruvning tashabbuskori mobil stansiya bo‘lsa, chaqiruv mobil aloqa tizimida autentifikatsion tekshiruvdan o‘tadi va qayd etiladi. Agar mobil abonentga shahar telefon raqami berilgan bo‘lsa, aloqa odatdagi telefon chaqiruvi kabi amalga oshiriladi. Tarmoqlarni loyihalash bo‘yicha sertifikatga ega mutaxassis|Cisco Systems korporatsiyasi mahsulotlari bo‘yicha sertifikatlangan o‘qitish tizimida o‘zlashtiriladigan unvonlardan biri . Tarmoqni boshqarish bloki|Redirektor tomonidan qayta yo‘naltirilgan SMB (Server Message Block) so‘rovlarini o‘z ichiga oladigan va tarmoq orqali uzoqdagi qurilmaga jo‘natiladigan tuzilma. Tarmoqni boshqarish platformasi|Tarmoq va unga kiruvchi tizimlarni boshqarishga mo‘ljallangan dasturlar kompleksi. Platforma bilan ishlash uchun administratorga abonent tizimlari (konsollar)dan biri yoki bir nechtasi taqdim qilinadi. Odatda platforma SNMP protokoli asosida yaratiladi. Platforma qurilmalar ishi va kabellar holatining nazorati, ishchi protseduralar nazorati, tarmoq ishining boshqa aspektlari nazorati kabilarni ta’minlaydi. Tarmoqni boshqarish oddiy protokoli|Turli xil lokal hisoblash tarmoqlarining ishlash qobiliyatini aniqlash protokollaridan biri. Lokal hisoblash tarmog‘i administratoriga tarmoqning uzoqda joylashgan uzellari ishini nazorat qilish imkonini beradi. RFC 1157da standart sifatida belgilangan. Tarmoqni rejalashtirish axborot xizmati|Tizimga/tarmoqqa kirishlarni va parollar sozlanishini soddalashtirgan holda, TCP/IP tarmoq bo‘yicha foydalanuvchilarning byudjetlari markazlashtirilgan tarzda boshqarilishini amalga oshirish imkonini beradigan xizmat. Tarmoqni tashkil etish; tarmoq hosil qilish|Marshrutizatorlar, kommutatorlar va turli xil aloqa liniyalari (kabelli, radioreleli, yo‘ldoshli va boshqalar) yordamida abonent stansiyalari va aloqa uzellarini tarmoqqa birlashtirish. Tarmoqning ishonchliligi|Tarmoqning, berilgan rejimlarda va foydalanish hamda texnik xizmat ko‘rsatish sharoitlarida, talab qilinadigan funksiyalarni bajarish qobiliyatini tavsiflovchi barcha parametrlar qiymatlarini belgilangan chegarada vaqt bo‘yicha saqlash xususiyati. Tarmoqning o‘ta yuklanishi|Ma’lumotlar uzatish tarmoqlarida kuzatiladigan hodisa. Tarmoq bog‘lanishi yoki uzeli orqali uzatiladigan ma’lumotlarning katta hajmda bo‘lishi, xizmatlar sifati darajasining pasayishiga olib kelishida ifodalanadi.Izoh − Tarmoqning o‘ta yuklanishi uzatishda kechikishlarga, ma’lumotlar paketlari yo‘qolishiga yoki yangi bog‘lanishlar blokirovka qilinishiga olib keladi. Tarmoqqa ulanishlar|Lokal tarmoqda tarmoq resurslari va funksiyalariga murojaat qilish uchun qo‘llaniladigan komponent. «Tarmoq ulanishlari» papkasi tarmoq ulanishlarini yaratish, sozlash, saqlash va nazorat qilish imkonini beradi. «Tarmoq-Tarmoq» interfeysi|ATM kommutatorlarining o‘zaro ishlashini aniqlaydigan tarmoqlararo interfeys. Taroqsimon filtr|Almashinib keladigan bir nechta o‘tkazish va tutib turish polosasiga ega bo‘lgan elektr chastota filtri. Tarqalish|Shifrlash jarayoni, bunda ochiq matnning har qanday belgisini yoki kalitni o‘zgartirish shifrmatn belgilarining ko‘plab soniga ta’sir ko‘rsatadi, bu esa ochiq matnning statistik xususiyatlarini berkitadi. Tarqalish koeffitsiyenti|Toʻlqinlarning tarqalish (uning susayishi va tarqalish tezligi) xususiyatini aniqlovchi koeffitsiyent. Tarqalishdagi so‘nish|Signal quvvatining, uning uzatgichdan qabul qilgichgacha tarqalishiga ko‘ra, pasayishi.Izoh ‒ Tarqalish trassasiga va signal-chastota spektri, qutblanish, quvvat parametrlariga bog‘liq. Tarqatilmagan pochta, kuryerlik jo‘natmalari, pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalari|Belgilangan muddat davomida, ayrim sabablarga ko‘ra, adresatga yoki jo‘natuvchiga yetkazib berilmagan (topshirilmagan) pochta, kuryerlik jo‘natmalari, pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalari. Tarqatish karraliligi|Tarqoq qabul qilishda foydalaniladigan turli radiosignallarning soni. Tarqoq kanallar kogerentligi|Amaliyotda muhim bo‘lgan, qabul nuqtasiga turli yoʻllar bilan keladigan aynan bir signal nusxalarining o‘zaro bog‘langanlik darajasini aniqlovchi shart. Tarqoq kanalli xendover|Kanallarni ohista qayta ulash protsedurasi, bunda chastotalarni almashtirish vaqtida mobil stansiya bilan aloqa kamida ikki kanal bo‘yicha saqlab turiladi. Bu aloqa sifati eng yaxshi bo‘lgan signalni tanlab olish va kanallarni qayta ulashda ehtimoli bo‘lgan kechikishni bartaraf etish imkonini beradi. Tarqoq qabul zonasi|Bir nechta aloqa yo‘nalishidan, masalan bir nechta tayanch stansiyadan bir vaqtda signallar qabul qilinadigan zona. Tartib|Biror bir vazifaning ishlash tartibi. Uni ishga tushirish parametrlariga qarab vazifalarning ishlash tartibi o‘zgarishi mumkin. Tartibga solish|Axborotni muhofaza qilish usuli. Muhofaza qilinayotgan axborotni avtomatlashtirilgan qayta ishlash, uni saqlash va uzatishning shunday sharoitlari yaratiladiki, natijada axborotdan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olish imkoniyatlari minimumga keltiriladi. Tartiblash|Chiqarib tashlangan protsedura (usul) parametrlarini ularni tarmoqda ketma-ket oqim ko‘rinishida uzatish uchun o‘zgartirish mexanizmi. Tasdiqlamoq|Yetarlilikni mustaqil aniqlash bilan nimanidir batafsil ko‘rilganligini bildirish.Izoh – Detallashtirishning talab etilayotgan darajasi qarab chiqiladigan predmet turiga bog‘liq bo‘ladi. Bu atama faqat baholovchining harakatida qo‘llaniladi. Tasdiqlash|Xabar jo‘natuvchiga xabar yetkazilganligi to‘g‘risida tasdiqni so‘rash va uni olish imkonini beradigan funksiya. Tasdiqlash grifi|Hujjat mazmuniga normativ yoki huquqiy xarakter beradigan rasmiy hujjat rekviziti. Tasdiqlovchi markaz|1. Himoyalangan hujjat aylanishining boshqa bir qatnashchilar ochiq kalitlari sertifikatlarini chiqarishga ixtisoslashgan qatnashchisi.2. Elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlarini chiqaradigan tashkilot yoki tashkilotning bo‘linmasi. Tasnif indeksi|Biror bir tasnif tizimida bo‘linishlarning raqamli yoki harf-raqamli ramzlardagi shartli belgisi. Tasniflagich|Har biriga muvofiqlikda noyob kod berilgan nomlangan obyektlarning tizimlashtirilgan ro‘yxati. Tasniflash|Ko‘plab obyektlarda yoki ularni turkumlar o‘rtasida «jins-tur», «element-turkum», «butun-qism» va sh.k. munosabatlarni o‘rnatish orqali turkumlarga ajratish imkonini beradigan hodisalarga munosabatlarni joriy qilish. Tasodifiy foydalana olish|Foydalana olish usuli, bunda bir nechta stansiya paketlarni bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan vaqt onlarida uzatgan holda, umumiy aloqa kanali orqali bog‘lanish o‘rnatishga urinadi. Agar, uzatishda to‘qnashuv yuz bersa, qayta urinish tasodifiy tanlangan vaqt intervali orqali amalga oshiriladi. Tasvir elementi|Tasvirning eng kichik detali, uning ichida yorqinlik va rang yot hisoblanadi, ya’ni element ichida yorqinlik va rangning bir tekis emasligini ko‘z bilan ajratib bo‘lmaydi. Tasvir-tovush kesishuvchi buzilishi|Tovush jo‘rligidagi signalning tasvir radiosignali yoki televizion videosignal keltirib chiqaradigan buzilishi. Tasodifiy parollar generatori|Parollar sifatida foydalaniladigan tasodifiy sonlar generatorini o‘zida ifodalaydigan dasturiy-apparat vosita. Tasodifiy son|1. Psevdotasodifiy sonlar generatori yordamida shakllanadigan va autentifikatsiya qilishda, shifrlashda, yaxlitlikni tekshirishda foydalaniladigan kod.2. Sonlarning ma’lum to‘plamidagi har bir son bir xil ehtimollik bilan tanlab olinishi mumkin bo‘lgan, ushbu sonlar to‘plamidan tanlab olingan son. Tasodifiy sonlar generatori|1. Tasodifiy sonlar ishlab chiqadigan qurilma yoki dastur. Haqiqatda tasodifiy sonlarni olish juda qiyin, amalda natijada doim psevdotasodifiy sonlar paydo bo‘ladi.2. Berilgan ehtimoliy va algebraik xarakteristikalar bilan tasodifiy vektorlar (qiymatlar, sonlar)ni hosil qilish (ishlab chiqish) algoritmi. Tasodifiy tahdidlar|Qasddan qilingan niyat bilan bog‘liq bo‘lmagan tahdidlar. Masalan, tizim ishlashining buzilishi, qo‘pol ekspluatatsion xatolar va dasturiy ta’minotdagi xatolar. Tasodifiy xato|Tasodifiy tarzda olingan qiymat bilan biror bir formula yoki qoida asosida hisoblangan qiymat orasidagi farq. Tasvir|Grafik ma’lumotlarni chiqarish qurilmalari (printer, displey, proyektor va b.q) orqali taqdim etish. Tasvir buferi|Tasvirning bir kadri (ikkita yarim kadri) to‘g‘risidagi axborotni saqlay oladigan qurilma. Bu kompyuter xotirasidagi, tasvirni qayta ishlash paytida tasvir joylashgan zonadir. Tasvir buzilishlari|Ekranda ko‘rinuvchi tasvirning texnologiyaning nomukammalligi, geomagnit, elektr va boshqa maydonlarning ta’siri oqibatida yuzaga keladigan geometrik, chiziqli bo‘lmagan va koordinata buzilishlari farqlanadi. Natijaviy signal shaklining boshlang‘ich signaldan, sanab o‘tilgan omillar tufayli og‘ishi buzilishlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Tasvir chetlaridagi yorug‘lik|Tasvirning chetlarida paydo bo‘ladigan beixtiyoriy qo‘shimcha nurlanish. Tasvir eltuvchisi|Videosignal orqali modulyatsiyalangan eltuvchi. Tasvir fayli|Grafik axborotni mavjud formatlardan birida o‘z ichiga olgan fayl. Tasvir formati|Tasvir tomonlarining nisbatini ko‘rsatadi. U standart televideniye uchun 4:3, keng ekranli televideniye uchun 16:9 ni tashkil etadi. Katta kinoteatrlarda, shuningdek, 21:9 nisbatdagi keng formatli varianti ham mavjud. Tasvir o‘lchamlarini avtomatik o‘rnatish|Turli videorejimlarda, tasvirning doimiy o‘lchamini saqlash monitor orqali qo‘llab-quvvatlanganda, tasvir o‘lchamlarini avtomatik tarzda aniq o‘rnatish. Tasvir o‘lchamlarini avtomatik tarzda o‘rnatish rejimi oldindan dasturlanishi yoki foydalanuvchi tomonidan belgilanishi mumkin. Tasvir radiosignali|1. To‘liq videosignal yoki to‘liq rangli videosignal bilan modulyatsiyalangan tasvir eltuvchi signal.2. To‘liq videosignal tasvirining eltuvchisini modulyatsiyalashdan olinadigan radiochastota signali. Tasvir radiouzatgichi|Televizion dasturning vizual mazmunini tashuvchi radiochastota signallarini hosil qilishda foydalaniladigan televizion radioeshittirish uzatgichining qismi. Tasvir shaklining koeffitsiyenti (kadr formati)|Tasvir (kadr) enining uning balandligiga nisbati. Tasvir signali liniyaviy kuchaytirgichining chiqishi|Tasvir signali liniyaviy kuchaytirgichining chiqish qisqichlari radioreleli uzatgich, tasvir uzatgich yoki tarmoqni ta’minlovchi studiya uskunasi va liniyaning ulanish joyi hisoblanadi. Tasvir signalining qutbliligi|Signalning sahna (manzara) ning qorong‘i uchastkasini ifodalaydigan qismi potensialining, signalning yorug‘ maydonini ifodalaydigan qismi potensialiga nisbatan belgisi. Qutblilik «musbat qora» yoki «manfiy qora» so‘zlari orqali belgilanadi. Tasvir signallari|Televideniye va fototelegrafiyada tasvirning yoyilishidan olinadigan kuchlanish (yoki tok). Tasvir signallari satr bo‘ylab tasvir elementlarining yorqinligi (rangliligi) to‘g‘risidagi axborotni tashiydi. Tasvir uzatgich|Faqat tasvir signallarini uzatish uchun mo‘ljallangan radiouskuna. Standart chiqish signalini olish uchun talab etiladigan radiochastotaviy zanjirlar va modulyatsion uskuna. Tasvir uzatgich quvvati|Standart televizion signalni uzatish paytidagi cho‘qqi chiquvchi quvvat. (Tasvir) sinxronizatsiya(si) dagi uzilish|Barcha tasvirning maydon yoki satr sinxronizatsiyasi buzilishi tufayli uzlukli yoki doimiy yo‘qolishi.Izoh ‒ Taalluqli atama «sinxronizatsiyani yo‘qotish». Tasvirda soxta konturlarning paydo bo‘lishi|Nomaqbul effekt signalni qayta ishlash jarayonida, signal darajalarini kvantlash yetarlicha bo‘lmagan raqamli tizimlarda kuzatiladi, ya’ni, bu – yorqinlik yoki ranglilik kvantlash shkalasining dag‘allashish effektidir. Tasvirdan so‘ng|Tasvir almashinuvida kuzatiladigan, oldingi tasvirning ijobiy yoki salbiy qoldig‘i yangi tasvirga tushadigan, effekt. Tasvirlarni aniqlash|Funksional blok yordamida tasvirni, uni tashkil etadigan obyektlarni, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini va fazoviy o‘zaro munosabatlarini idrok etish va tahlil qilish. Tasvirlarni masshtablash|Tasvir o‘lchamini proporsiyalarni saqlagan holda o‘zgartirish. Masshtablash deganda tasvir o‘lchamini kattalashtirish ham, kichraytirish ham tushuniladi. Grafika turiga qarab (rastrli, vektorli), masshtablash turli algoritmlar asosida bajariladi. Vektorli grafikada masshtablash tasvir sifatining yomonlashishiga olib kelmaydi, rastrli grafikada esa tasvir sifati yomonlashadi. Tasvirlarni mikshirlash|Ikkita kameradan chiquvchi signallarni ustma-ust tushirish yo‘li bilan va signallar yig‘indisini oq rang sathidan oshirmasdan, ular qiymatini ohista rostlash tasvirni asta-sekin almashtirish. Tasvirlarni qayta ishlash|Vizual axborotni qayta ishlash bilan bog‘liq jarayon (masshtabni o‘zgartirish, konturlarni ajratish, tasvirning ko‘rinadigan va ko‘rinmas qismlarini aniqlash va sh.k.lar). (Tasvirni) diskret-kosinus o‘zgartirish, DKO‘|Raqamli tasvirning sanoqlar blokidagi ortiqchalikni identifikatsiya qilish uchun koeffitsiyentlar to‘plamini shakllantirishni ta’minlovchi tasvirni spektral o‘zgartirish. (Tasvirni kodlashdagi) taxminlash|Kadrning fazo va vaqt bo‘yicha qo‘shni elementlarini taqdim etuvchi signal qiymatlaridan kelib chiqib, kadr elementini ifodalaydigan signal qiymatini baholash jarayoni. Tasvirni markazlashtirish|Tasvirni gorizontal va vertikal yo‘nalishlarda ekranda to‘g‘ri joylashtirish maqsadida siljitish. Tasvirni qayta tiklash|Videoaxborot tashuvchi elektr signallarni tasvirni kuzatish uchun qulay bo‘lgan, ko‘rinadigan tasvirga aylantirish. (Tasvirni) siqish; (tasvirni) kengaytirish|Tasvirni gorizontal yoki vertikal yo‘nalishda cho‘zish yoki siqish yo‘li bilan ataylab buzish. Tasvirni yoyish|Tasvirni tahlil yoki sintez qilishda yoyuvchi elementning berilgan davriy qonun bo‘yicha siljishi. Tasvirning bitligi|Qar.: Rang teranligi. Tasvirning gorizontal bo‘yicha aniqligi|Guruh aniqligi shtrixli o‘lcham bilan baholanadigan mayda oq-qora detallarni qayta tiklash sifati. Tasvirning granulyar shovqini|Signal shaklining past-balandligi bilan bog‘liq shovqin. Tasvirning nochiziqli buzilishlari|Yoyish tezligi doimiy bo‘lmasligi keltirib chiqaradigan, uzatish obyekti normalangan o‘lchamining uni satrlar bo‘ylab yoki satrlarga ko‘ndalang ravishda ko‘chirish vaqtidagi o‘zgarishida ko‘rinadigan koordinata buzilishlari. Tasvirning televizion tahlili|Obyekt tasvirining rangi yoki yorqinligini vaqtda hamda fazoda elektr signallarga izchil o‘zgartirish jarayoni. Tasvirning vertikal bo‘yicha aniqligi|Satr oralatib yoyish sifatini sinov elementlaridagi qiya oq liniyalarning tiklanishini baholash orqali bilvosita baholash. Tasvirning vertikal bo‘yicha nominal aniqligi|Rastrning diskret tuzilmasi va Z ga teng bo‘lgan tasvir ajralish satrlari soni orqali aniqlanadigan kattalik. Tasvirning yagona formati|Amerika va Yevropa standartlari uchun yuqori aniqlikdagi televideniye signallari parametrlarining ba’zi umumiy qiymatlarini belgilaydigan XEI-R BT.709 Tavsiyalarida qabul qilingan format. Tavsiflash sxemasi|MPEG-7 da kontentni, deskriptor va tavsiflash sxemalari o‘rtasidagi bog‘lanishlar tuzilmasi hamda semantikasini belgilaydigan tavsiflash vositasi. Taxallus|1. Ismlar fazosining muqobil nomi, ya’ni tez-tez takrorlashda foydalanish qulay bo‘lgan qisqartma ism. Taxallus mavjud ism bilan mos tushmasligi kerak. Ismlarning mos tushishi aniqlanganda, kompilyator taxallusni boshqasiga almashtirishni taklif qiladi.2. Kimgadir yoki nimagadir havola qilish uchun foydalaniladigan ism, jumladan, foydalanuvchi tizimga ma’lum bo‘lgan ismlar va elektron manzillar majmui. Taxminiy ishonch darajasi|Berilgan ishonch shkalasida ma’lum joyni band etib va ishonch paketini tashkil etadigan, xavfsizlikning ishonch talablari majmui. Taxminlangan qiymat|Taxminlash yordamida olingan signal qiymati. Taxminlash|Signalning joriy sanoq qiymatini bitta yoki bir nechta undan oldin keladigan sanoq asosida baholash. Taxminlash bilan adaptiv kodlash vektori|Axborot uzatishning eng past guruhiy tezliklarida foydalanish uchun dastlab kiritilgan nutq signalini kodlash uchun ishlab chiqilgan algoritm. Taxminlash bilan kodlash|Taxminlashdan foydalanib manbani kodlash usuli. Tayanch bevosita foydalana olish usuli|Yozuv fayl ichidagi yozuv raqami bilan yoki qurilmadagi fizik manzil bilan identifikatsiya qilinadigan quyi sath foydalana olish usuli. Tayanch dizayn|Tizimni ishlab chiqishda barcha mafaatdor tomonlar bilan kelishilgan, tizim dizayni. Tayanch etalon model|Ochiq tizimlar o‘zaro bog‘liqligining umumiy prinsiplarini ifodalaydigan va OSI standartlarini ishlab chiqish uchun asos bo‘lib hisoblangan model. Tayanch foydalana olish usuli|Dastlabki shaxsiy kompyuterlarda foydalanilgan yuqori daraja protsedura tili. Tayanch ketma-ket foydalana olish usuli|Fizik fayl yozuvlarini ketma-ket qayta ishlash imkonini beradigan quyi darajali foydalana olish usuli.Tayanch kiritish/chiqarish tizimi parametrlarining blokirus. - блок параметров базовой системы ввода/выводаing. - basik input/output system parameter blockTizim diskining yuklash sektoridagi, bu diskning tuzilmasini tavsiflaydigan jadval. Tayanch kiritish-chiqarish manzili|Kiritiladigan-chiqariladigan ma’lumotlarning boshlang‘ich manzili. Tayanch kiritish-chiqarish tizimi|Shaxsiy kompyuterlarda ishga tushirish vaqtida qurilmalarni tekshirish, operatsion tizimni yuklash hamda qurilmalar o‘rtasidagi ma’lumot almashinuvini ta’minlash uchun kerak bo‘lgan asosiy dasturiy ta’minot. Tayanch kiritish-chiqarish tizimi doimiy xotira qurilmasida bo‘lgan dasturni o‘zida aks ettiradi. Tayanch kompyuter|Axborot tizimida ko‘p sonli chekka-tashqi (chegara) qurilmlari (diskli to‘plovchi, printerlar va boshqalar) bilan ulanadigan katta quvvatli kompyuter. Undan korporativ pog‘onada ko‘p masalali muhitda foydalaniladi. Tayanch kompyuter yuqori tezlik bilan ishlaydi, nisbatan katta tezkor xotiraga ega va yechilayotgan masalalarning keng doirasini qamrab oladi. Tayanch kompyuter kommunikatsiya tarmog‘i orqali o‘zining resurslarini ko‘p sonli foydalanuvchilarga taqdim qiladi va maʼlumolarni qayta ishlashda asosiy oqimlarni o‘z zimmasiga oladi. Tayanch liniya funksiyalarini hisoblash|Muayyan vaqt onida funksionallik sifatida olingan, ilova funksiyalari nuqtalarining soni. Tayanch manzil|1. Hisoblash mashinasining absolyut manzilini hisoblash uchun boshlang‘ich kattalik sifatida foydalaniladigan manzil.2. Periferik qurilmalardan foydalanish amalga oshiriladigan portlarning qo‘shni manzillari guruhidan eng kichigi. Tayanch muhofaza choralari|Bitta tizim yoki butun tashkilot uchun o‘rnatilgan xavfsizlik choralarining minimal to‘plami. Tayanch nuqta|Dasturiy ta’minotni rejalashtirishning, loyiha hayotiy siklining asosiy o‘tishi yuz beradigan bosqichi. Tayanch oq rang|Asosiy ranglarni matritsalashda olinadigan, ushbu o‘rab turuvchi yoritishda oqning taassurotini beradigan muayyan rang omili.Izoh ‒ Rangli televideniyeda tayanch oq rang uskunani sozlashda ishlatiladi. Tayanch platforma|Instrumental dasturlar tizimiga ega bo‘lgan, ishlab chiqilgan dasturlardan foydalanish va qo‘llab-quvvatlash imkoniyatini ta’minlaydigan bazaviy kompyuter. Tayanch qiymatini tanlash|Kirish parametrining, tayanch tanlovni testlashda foydalaniladigan, parametr uchun tipik bo‘lgan qiymat asosida tanlanadigan qiymat. Tayanch radiostansiya|Mobil stansiyalar o‘rtasida aloqani tashkil etish uchun bitta yoki bir nechta retranslyatori bo‘lgan qabul qiluvchi-uzatuvchi stansiya. (Tayanch) rang chaqnashi|Ranglilik signali quyi eltuvchisi chastotasiga ega sinusoidal to‘lqinning bir nechta davridan iborat bo‘lgan to‘liq rangli signalning bir qismi, u ranglilik signalini demodulyatsiyalashda etalon vazifasini bajaradi. Tayanch registr|Tayanch manzilni va unga nisbatan manzillashni saqlash uchun foydalaniladigan registr. Tayanch retranslyator|O‘ziga biriktirilgan abonentlar guruhi foydalana oladigan retranslyator.Izoh − Uning yordamida abonentlar ayni paytda band bo‘lmagan retranslyatorlar mavjudligi to‘g‘risida bilib oladilar, agar tayanch retranslyator band bo‘lsa, abonentga boshqa, ayni vaqtda bo‘sh bo‘lgan retranslyator taqdim etiladi. Tayanch sahifa|Elektron hisoblash mashinalarining ba’zi arxitekturalarida – tezkor xotiraning birinchi sahifasi. Tayanch signallar generatori|Tizim ayrim elementlarining ishini sinxronlash uchun foydalaniladigan qurilma. Ishlab chiqariladigan impulslar doimiy takrorlanish chastotasiga, davomiylik va amplitudaga ega bo‘ladi, ularning vaqt bo‘yicha holati esa, yuqori aniqlikdagi vaqt shkalasiga bog‘langan. Tayanch sinovlar|Normal ish rejimi sifatida qarash taxmin qilinadigan rejimda ishlaganda, tarmoqning samaradorligi bilan bog‘liq xarakteristikalarini aniqlash va hujjatlashtirish jarayoni. Bu xarakteristikalar o‘z ichiga xatolarning paydo bo‘lish chastotasi va ma’lumotlar uzatish tezligi, shuningdek, eng faol foydalanuvchilar va ular tomonidan ishlatiladigan ilovalar to‘g‘risidagi ma’lumotni olishi mumkin. Tayanch stansiya|1. Quruqlikdagi ko‘chma xizmatning quruqlikdagi stansiyasi.2. Cheklangan geografik zonada mobil abonentlar bilan aloqa o‘rnatish uchun foydalaniladigan bir kanalli yoki ko‘p kanalli statsionar qabul qiluvchi-uzatuvchi stansiya. «Tayanch stansiya» atamasi tranking aloqa tizimini qoplash zonasiga, uyaga, uya ichidagi sektorga yoki uyalar guruhiga tegishli bo‘lishi mumkin. Tayanch stansiya kontrolleri|Uyali yoki tranking aloqa tarmog‘ining, u bir nechta qabul qiluvchi-uzatuvchi tayanch stansiya ishini boshqaradigan elementi. Tayanch stansiya uskunasi|Mobil stansiyalar va mobil aloqa kommutatsiya markazi kommutatsiya markazi o‘rtasida interfeysni ta’minlovchi va o‘z tarkibiga tayanch stansiya kontrollyori, bir nechta qabul qiluvchi-uzatuvchi tayanch stansiyani va radioresurslarni boshqarish qurilmasini oluvchi uskuna. Tayanch tarmoq|Global tarmoqning tarmoq segmentlarini yagona tizimga birlashtiruvchi yuqori tezlikdagi liniya yoki bir nechta liniyalar (10 Base5, optik-tola), Atama kommunikatsiya tarmog‘ini, foydalana olish qurilmalari o‘rtasida o‘tkazuvchi tarmoq trafigini ta’riflashda ishlatiladi. Magistralning o‘tkazish qobiliyati odatda sekundiga yuz va ming megabitdan oshadi. Tayanch tur|Obyektga (o‘zgaruvchiga, yozuv maydoni funksiyasiga, konstantaga, massivga va sh.k.larga) ochiq yoki ochiq bo‘lmagan holda beriladigan tavsif. Tayanch to‘plam|Multiko‘plikni yaratish uchun foydalaniladigan obyektlar to‘plami. Tayanch yacheyka|Elektron jadvallarda ‒ yacheykalar diapazonining boshlanishi sifatida chiqadigan qayd etilgan yacheyka. Tayanch yer stansiyasi|Quruqlikdagi ko‘chma yo‘ldoshli xizmatga fiderli liniyani ta’minlash uchun, quruqlikdagi ma’lum zona chegarasida yoki ma’lum punktda joylashgan muqim yo‘ldoshli xizmatning yoki ba’zi hollarda, quruqlikdagi ko‘chma yo‘ldoshli xizmatning Yer stansiyasi. Tayanch chastota generatori|Ishchi chastotalar to‘rini tuzishda asos sifatida foydalaniladigan tayanch tebranishlar hosil qiluvchi generator.Izoh − Amaliyotda, etalon chastotalar generatorlarining seziyli, rubidiyli va kvarsli turidan foydalaniladi. Tayinlangan abonent chaqiruvini tutib qolish|Abonentga, boshqa abonentning kiruvchi chaqiruviga, tegishli prefiks va chaqiriluvchi abonent raqamini terish yordamida, javob berish imkonini beradigan xizmat. Tayinlangan manzil|Maʼlumotlarni oluvchi qurilmaning tarmoq manzili.2. Ma’lumotlar nusхa ko‘chiriladigan, yuboriladigan yoki suriladigan yozuv, fayl, katalog yoki qurilma. Tayinlash, o‘zlashtirish|Ayrim o‘zgaruvchiga yangi, tashqi qiymatni berish yoki taqqoslash. Dasturlashda bu maxsus operator yordamida bajariladi. Taym-aut|Aniq bir faoliyatning ma’lum bajarilish vaqtini tavsiflovchi tushuncha. Masalan, veb-texnologiyalarda sessiyaning yashash vaqti tushunchasini beradi. Taym-kod|Videotasvir kadrlarini aniq markalashning elektron usuli. Har bir kadrga soat, minut, sekund va kadrlarda ifodalangan raqam beriladi. Taym-slot|Istalgan vaqt bo‘yicha interval siklik va noyob tarzda aniqlangan va belgilangan bo‘lishi mumkin.Izoh – Vaqt bo‘yicha ajratish bilan multipleks uzatish hollarida har bir alohida signalga alohida taym-slot tayinlanadi. Taymer|Videoapparat yoki boshqa radioelektron apparatni vaqtinchalik dasturlash qurilmasi. Apparatni berilgan vaqtda avtomatik yoqish, uning ma’lum bir funksiyalari (yozish, qayta eshittirish va sh.k.lar)ni boshqarish va berilgan vaqt oralig‘idan keyin apparatni o‘chirish uchun mo‘ljallangan. Taymer bo‘yicha uzilishlar|Qurilmalar va operatsion tizimning boshqa zarur muntazam harakatlarining so‘rovi uchun mo‘ljallangan vaqtning ma’lum kvanti orqali vaqti-vaqti bilan uzilishlari. Tayyor jarayonlarning navbati|Asosiy xotirada mavjud bo‘lgan va bajarish uchun tayyor bo‘lgan barcha jarayonlarning to‘plamini o‘z ichiga oladigan navbat. Tayyorlik|Tizim, mahsulot yoki komponentning ishlay olish qobiliyati va foydalana olishlilik darajasi. Tayyorlik darajasi yuqori tizim|Ishlamay qolishlarga chidamli kompyuter tizimi. Unda ishlamay qolish yuz bergan holda, bir necha minut ichida ishlash qobiliyatining avtomatik tarzda tiklanishi va maʼlumotlar bazasi yaxlitligining saqlanishi kafolatlanadi. Tashimoq va tashlamoq|«Sichqoncha» yordamida amalga oshiriladigan operatsiya. Biron-bir obyektni «sichqoncha» bilan ushlab, uning chap tugmasini qo‘yib yubormagan holda amalga oshiriladi. Odatda fayllardan nusxa ko‘chirishda yoki ochilgan dasturning ichidagi faylni ochishda qo‘llaniladi. Tashish (uzatish)|Turli punktlar o‘rtasida axborot uzatishning funksional jarayoni. Tashkiliy-farmoyish hujjati|Ma’muriy va tashkiliy masalalarni, shuningdek, hukumat organlari, muassasalar, korxonalar, tashkilotlar, ularning bo‘linmalari va mansabdor shaxslarining faoliyatini boshqarish, o‘zaro hamkorlik qilish, ta’minlash va tartibga solish masalalarini hal qilish vazifalari qayd etiladigan hujjat turi. Tashkiliy-huquqiy shakl|Mamlakat qonunlari va boshqa huquqiy normalari bilan ko‘zda tutilgan, korxona, kompaniya, korporatsiyalar tuzilmasi barpo etilishining turi va usuli.Izoh – Tashkiliy-huquqiy tuzilma mulkchilik shakliga, egalarining javobgarlik darajasiga, korxona ko‘lamiga, kapitalini shakllantirish yo‘llariga, kompaniya tarkibiy qismlarining birlashish va teng huquq asosida bo‘ysunish xususiyatiga bog‘liq. Tashkiliy rahbarlik|Tashkilot o‘zining operatsion va strategik harakatlarini yo‘naltirishiga, nazorat qilishiga, shuningdek, qatnashchilarning qonuniy huquqlariga, talablari va kutishlariga munosabatini bildiradigan jarayon. Tashkiliy rahbarlik lavozim vazifalarini, xulq-atvor qoidalarini belgilaydi. Shuningdek, tashkilotlar tomonidan qo‘yilgan strategik maqsadlarga erishish uchun qo‘llaniladigan hujjatlarni ishlab chiqadi. Tashkilotning xavfsizlik siyosati|Tashkilotdagi xavfsizlik bo‘yicha qoidalar, protseduralar yoki tavsiyalar majmui.Izoh – Siyosat muayyan ishlash muhitiga taalluqli bo‘ladi. Tashlab yuborilgan paket|Qabul qilish tomonda axborotning ishonchlilik ko‘rsatgichi past bo‘lganda yoki yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan darajada uzoq kechikkanda tashlab yuboriladigan paket. Bunday vaziyat tarmoq o‘ta yuklanish ostida bo‘lganda, paketni adresatga yetkazib berish vaqti aloqa protokoli bilan belgilanadigan chegaradan oshganda vujudga keladi. Tashlash|Registr yoki hisoblagichni boshlang‘ich holatga o‘rnatish; boshlang‘ich holatga qaytish. Tizimning joriy holatdan, boshlang‘ich, nol bo‘lmagan holatga o‘tishi. Tashqariga uzatiladigan ma’lumotlar protokoli|Geterogen tarkibli muhitlar uchun taqsimlangan dasturlarni ishlab chiqishni osonlashtiradigan protokol bo‘lib, platformalarning apparat xususiyatlarini hisobga olishni o‘z zimmasiga oladi. Tashqi antenna|Ochiq havoda ekspluatatsiya qilish shartlarini qanoatlantiruvchi antenna. Tashqi belgi|Dasturning boshqa protsedurasida (modulida) aniqlangan belgi. Tashqi blok|Uskunaning foydalanuvchi binosidan tashqariga o‘rnatiladigan va atrof-muhit haroratida ekspluatatsiya qilinadigan qismi.Masalan – VSAT stansiyalarida tashqi blok kam shovqinli kuchaytirgich va qabulqilgich-uzatgichdan iborat bo‘ladi. Antenna-fider traktidagi yo‘qotishlarni kamaytirish maqsadida kam shovqinli kuchaytirgich bevosita nurlagichga o‘rnatiladi, qabulqilgich-uzatgich esa, antenna konstruksiyasining elementlariga joylashtiriladi. Tashqi bostirib kirish usullari|Tashqi muhitda ta’sir manbaini topish o‘ziga xos xususiyati hisoblanadigan, qo‘yilgan maqsadlarga erishish usullari majmui.Izoh – Tashqi bostirib kirishlarda quyidagi usullardan foydalanilishi mumkin: liniyaga (aktiv yoki passiv) ulanish; nurlanishni tutib olish; tizim vakolatli foydalanuvchisi yoki uning komponentlari ostida niqoblanish; autentifikatsiya yoki kira olishni boshqarish mexanizmlarini chetlab o‘tish. Tashqi fotoeffekt|Elektronlarning nurlanish ta’sirida vakuumda yoki boshqa muhitda qattiq jismlar (metallar, yarimo‘tkazgichlar, dielektriklar) dan uchib chiqishi. Tashqi fragmentatsiya|Tizimda katta bo‘sh xotira mavjud bo‘lgan, lekin u uzluksiz deb hisoblanmagan holat. Tashqi giperishorat|Aktiv veb-sayt qismi bo‘lmagan sahifa yoki faylga ko‘rsatuvchi giperishorat. Tashqi havola|Dasturdan boshqa bir dasturiy modulda bo‘lgan identifikatorga qilinadigan havola. Tashqi havolalar mexanizmidan modullarni alohida kompilyatsiyalashda foydalaniladi. Tashqi himoya|Armaturalangan simdan yoki metall tasmadan tayyorlangan, kabel qobig‘ini qoplovchi materialning tashqi qatlami. Tashqi himoya rodentlar (kemiruvchilar), ko‘chadigan toshlar kabi tashqi ta’sirlardan qo‘shimcha mexanik himoyalash talab qilingan hollarda qo‘llaniladi. Tashqi (ikkilamchi) xotira|Katta hajmdagi barqaror (saqlanadigan) xotiraning funksionalligini ta’minlovchi asosiy xotirani kengaytirish. Tashqi kalit|Relyatsion maʼlumotlar bazasi nazariyasining tushunchasi. Boshqa jadvalning birlamchi kalitni saqlashga mo‘ljallangan jadvalning maydoni. Ushbu tashqi kalit ikkita jadval o‘rtasida aloqani o‘rnatish uchun kiritiladi. Tashqi koder (dekoder)|Kaskadli kodlashda kanalga nisbatan tashqi koder (dekoder). Tashqi krossover uchun kirish|Faqat tashqi quyi chastotalar filtri bilan sozlangan past amplitudali signalga yoki maxsus past chastotali kanalni kommutatsiyalash uchun mo‘ljallangan kirish. Tashqi ko‘rinish (bezash) va mavzular|MS Windows operatsion tizimi boshqaruv panelining qismi bo‘lib, foydalanuvchi interfeysi ranglari va grafikasini uning xohishiga ko‘ra moslash imkonini beradi. Tashqi magistral|Kampus kichik tizimining bir qismi hisoblanadigan, bir binoni boshqasi bilan bog‘lovchi magistral telekommunikatsiya kabeli (kabellari). Tashqi marshrutlash protokoli|Internet yadrosidagi ikki darajali tarmoq shlyuzlaridan foydalaniladigan marshrutlash protokoli. Tashqi qurilma|Kompyuterning markaziy protsessori bilan bevosita ishlamaydigan qurilma. Tashqi qurilmalar shinasi|33 MGz chastotada ishlash uchun mo‘ljallangan 32 razryadli tizim shinasi. Tashqi raqamli klaviatura|Shaxsiy kompyuter standart klaviaturasi o‘ng qismidagi klavishlar bloki. Num Lock klavishi ishga tushirilganda sonli ma’lumotlarni tez kiritish uchun mo‘ljallangan. Tashqi saralash|Tashqi xotira qurilmalarining xotirasidan foydalanib bajariladigan saralash. Tashqi taqdim etish shakli|Elektron hujjatni displey ekranida, qog‘oz eltuvchida yoki boshqa shunga o‘xshash eltuvchida vizual anglash uchun tushunarli yoki inson idrok etishi uchun yaroqli shaklda qayta tiklash. Tashqi uskuna|1. Muayyan markaziy protsessorga nisbatan protsessor va foydalanuvchi o‘rtasida maʼlumotlar uzatilishini taʼminlaydigan har qanday qurilma.2.Kompyuter tashqi qurilmalari kompleksi. Tashqi uzilish|Mikroprotsessorga nisbatan tashqi bo‘lgan qurilma yoki kontroller keltirib chiqaradigan apparat uzilish. Tashqi xalaqit (hisoblash texnikasi vositasiga)|Tashqi zanjirlarda va/yoki atrof-muhitda har qanday tashqi manba vujudga keltiradigan, hisoblash texnikasi vositasiga bo‘ladigan elektromagnit xalaqit. Tashqi xotira|Ma’lumotlarni saqlaydigan tashqi qurilma. Tashqi xotira qurilmasi|Kompyuter tizim blokidan tashqarida joylashgan qurilma. Protsessor faqat kiritish-chiqarish kanallari orqali foydalanishi mumkin bo‘lgan xotira. Tashqi yo‘qotishlar|Tolali ulanishlardagi, tola sifatiga bog‘liq bo‘lmagan, balki konnektor yoki mufta yordamida bajarilgan sifatsiz ulanish keltirib chiqaradigan yo‘qotishlarning bir qismi. Tashrif buyuruvchi|Tarmoqning muayyan resurslaridan foydalanuvchi shaxs. Baʼzi server (yoki sayt) egalari sahifalarda tashrif buyuruvchilar soni hisoblagichini joylashtiradi. Tashrif buyurish|Foydalanuvchining veb-sahifaga murojaat qilishi. Murojaatlar soni, reklamani joylashtirishda hisobga olinadigan sahifa ommabopligining (qancha odam kirayotganligining) ko‘rsatgichi bo‘lib xizmat qiladi. Tashrif buyuruvchilar soni|Muayyan vaqt birligi davomida (kun, oy va h.k.) veb-saytga (yoki uning maʼlum sahifasiga) tashrif buyurganlar soni. Tashrif buyuruvchilar sonini ko‘paytirish|Maxsus yaratiladigan (bir nechta) sayt, mazmunan hech qanday axborotga ega bo‘lmay asosan uchinchi saytga bo‘ladigan tashriflarni (ishoratlar indeksini) sunʼiy ravishda ko‘paytirishga yo‘naltirilgan. Qo‘lda yoki maxsus yaratiladigan dasturiy taʼminot vositasida avtomatik tarzda amalga oshiriladi. Tashuvchi|Ma’lumotlarni turli shaklda saqlaydigan yoki ularni o‘zi orqali uzatishga imkon beradigan axborot uzatish vositalari. Masalan: qattiq disklar, egiluvchan disklar, magnit tasmalar, kompakt disklar. Ta’minlangan Internet dasturlari|An’anaviy Desktop-dasturlarning o‘ziga xosligi va funksionalligini o‘zida namoyon qiluvchi veb-sahifa, dastur. RIA foydalanuvchi interfeysiga kerakli bo‘lgan jarayonlarni Web-Clientga o‘tkazishga asoslanadi, shu bilan birga barcha ma’lumotlar (ma’lumotlar oqimi)ni server dasturlari ko‘magida saqlaydi. Taʼminlovchi kichik tizimlar|Avtomatlashtirilgan boshqarish tizimining, asosiy funksional nimtizimlari moʻtadil faoliyatini taʼminlab beruvchi nimtizimlar guruhi. Ularga tashkiliy, iqtisodiy, matematik, axborot, texnik, huquqiy va boshqa taʼminotlar kiradi. Ta’minot|Faoliyatning qandaydir turlarini amalga oshirish uchun xizmat qiladigan usullar, vositalar to‘plami. Tizimning texnik ta’minoti – bu, tizimga kiradigan texnik vositalar to‘plamidir. Dasturiy ta’minot – dasturlar va ularni qo‘llash yuzasidan yo‘l-yo‘riqlar yig‘indisi. Tizim dasturiy ta’minoti – operatsion tizim va ma’lumotlar muhofaza qilinishini, ularni arxivlash va dearxivlashni amalga oshiradigan yordamchi dasturlar to‘plami, har xil testlar, ma’lumotlarni tiklash dasturlaridir. Ta’minot shinasi|Qurilmalarni kuchlanish manbaiga ulash uchun xizmat qiladigan ta’minot liniyasi. Ta’mirga yaroqlilik|1. Televizor (element) ning sozligini tiklashga bo‘lgan moslashuvchanligida, berilgan texnik resursni nosozliklar va ishlamay qolishlarning oldini olish, aniqlash hamda bartaraf etish orqali saqlab turishida ifodalanadigan xususiyati.2. Tuzatib bo‘lmaydigan buyum (element) ning ta’mir yaroqliligi deganda, uning texnik holatini tekshirishga hamda qulay tarzda almashtirishga bo‘lgan moslashuvchanligi tushuniladi. Ta’rif|Biror atama yoki tushuncha to‘g‘risidagi kengaytirilgan axborot. Ta’sir etish|Tizim ishini buzishga urinish bilan, masalan, xalaqitlarni generatsiyalash yoki signalning «nozik tuzilmasini konfidensial axborot olish maqsadida tahlil qilish yo‘li bilan bog‘liq har qanday yomon niyatdagi harakat. Ta’sir etuvchi tashqi omil|Muhofaza qilinadigan axborotning buzib ko‘rsatilishiga, yo‘q qilinishiga yoki blokirovkalanishiga olib keluvchi, axborotga yoki uni tashuvchiga ko‘rsatiladigan tashqi ta’sir. Ta’sirchan (kritik) axborot|Ochilishi, o‘zgartirilishi, yo‘q qilinishi yoki yashirilishi kimgadir yohud nimagadir sezilarli ziyon yetkazishi mumkin bo‘lganligi uchun, vakolatlangan organ tomonidan muhofaza qilinishi zarur deb belgilangan axborot. Ta’sirchanlik, kritiklik|1. Axborotning, uning egasi tomonidan belgilanadigan va axborot muhofaza qilinishi zarurligini ko‘rsatadigan muhimlik darajasi.2. Tarmoq resursining xarakteristikasi bo‘lib, uning muhimlik darajasini belgilaydi. Tarmoqning zaif tomonlarini ham ichiga olishi mumkin. Ta’sirchansizlik (elektromagnit)|Texnik vositaning elektromagnit xalaqit ta’siriga qarshi tura olish qobiliyati. Teg|HTML tilida ‒ hujjatning bo‘linishini, matnni formatlash usulini yoki boshqa operatsiyalarni belgilovchi maxsus simvol. «<» belgisi bilan boshlanib, «>» belgisi bilan yakunlanadi. Odatda HTML da teglardan juft holda foydalaniladi. Yopadigan teg ochadigan tegdan, chap burchakdagi qavsdan keyin keladigan qiya chiziq bo‘lishi bilan farq qiladi. Tegishli o‘ramdagi bosma nashr|O‘lchamlari, og‘irligi va o‘rash tartibi Pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish qoidalarida belgilangan, manzil tizimi bo‘yicha ekspeditsiya qilinadigan bosma nashrlar (gazetalar, jurnallar) joylangan pochta jo‘natmasining turi. Tekis qoplamali uya|Signalning yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan past darajali uchastkalari yoki soyali joylari yo‘q bo‘lgan uya. Tekis tinishlar|Qabul qilinadigan signalning barcha chastotaviy tashkil etuvchilari amplitudasi va boshlang‘ich faza siljishi taxminan bir xil (tasodifiy) o‘zgaradigan, ular o‘rtasidagi kechikish bo‘yicha farq esa 1/F dan kichik bo‘lgan tinishlar, bunda F – uzatiladigan signalning chastotalari farqi. Tekislash|Matn va/yoki grafik obyektlarni kolonka ichida va/yoki sahifa markaziga, chap va o‘ng chekkalariga nisbatan joylashtirish. Tekislash vertikal va gorizontal bo‘yicha, kolonkaning o‘ng yoki chap cheti, shuningdek, markaz bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. Tekshirish maqsadida o‘qish|Fayl yoki uning qismlarini, ma’lumotlar yaxlitligini tekshirish maqsadida o‘qish. Bunda fayl ichidagi o‘zgarmaydi. Tekshirish oynasi|Tuzilmalar, massivlar va ma’lumotlar elementlari qiymatlarini o‘zgartirish va tekshirish uchun foydalaniladigan oyna. Tekshiruv|Tarmoqdagi, tarmoqning muhofazalanganligiga u yoki bu darajada ta’sir etishi mumkin bo‘lgan barcha voqealarni kuzatib borish jarayoni, shuningdek, tranzaksiyalar qayta ishlanishi to‘g‘riligini tekshirish. Tekshiruv paytida fayllar va kataloglar yaratish va ularni yo‘q qilishga, shuningdek, ularga murojaat qilishga urinishlar, ayniqsa, diqqat bilan o‘rganiladi. Ushbu barcha voqealar to‘g‘risidagi yozuvlar mahsus muhofaza qilingan fayl-protokolda saqlanadi. Bu fayl-protokollar alohida vakolatlarga ega bo‘lgan foydalanuvchilar tomonidangina ko‘rib chiqilishi mumkin. Tekshiruvchi simvollar|Korreksiyalovchi koddagi xatolarni aniqlash va tuzatish uchun xizmat qiladigan ortiqcha simvollar. Teksturani kodlash|MPEG-4 da fraktal yoki tasvirni konturli – asoslangan kodlash (TKAK) deb nomlanadi-gan texnologiya elementi. Kontur bu figuraning chegaralarini tekislikda ifodalaydigan liniya. Tekstura – tasvir yuzasi tuzilmasini ifodalaydi. TKAK tasvirni tekstura qismi (tekstura bilan to‘ldirilgan qismlar) ni og‘ib o‘tuvchi konturlar kabi taqdim etadi. «Telefaks» xizmatining xizmatlari|Faksimil qurilmalar o‘rtasida hujjatlat (matnlar, grafik tasvirlar) uzatilishini ta’minlaydigan xizmatlar. Telefon aloqa|Abonentlar va/yoki operatorlar o‘rtasida berilgan chastotalar polosasi bilan nutqni ifodalaydigan signallarning masofaga uzatilishini taʼminlaydigan telekommunikatsiyalar turi. Telefon aloqa ilovalarini dasturlash interfeysi|Dasturlar tomonidan ma’lumotlarni, faks va ovozli xatlarni (HyperTerminal, Dial-up Networking, Phone Dialer va Windows NT ni boshqa komunikatsion amaliy qo‘llanmaliri kabi) uzatish uchun ishlatiladigan amaliy dasturlash interfeysi (API). Telefon aloqa yo‘nalishining o‘tkazuvchanlik qobiliyati|Telefon chaqiruvlarga belgilangan yo‘nalishda berilgan xizmat ko‘rsatish sifati bilan, telefon aloqa yo‘nalishida xizmat ko‘rsatilgan telefon yuklama jadalligi. Telefon apparati|Nutqni uzatish va qabul qilish uchun mo‘ljallangan oxirgi (terminal) abonent telefon qurilmasi. Telefon avtojavob bergich|Telefon aloqani taʼminlash maqsadida nutqli xabarlarning avtomatik ravishda yozilishini va qayta eshittirilishini taʼminlaydigan qurilma. Telefon bandligining davomiyligi|Telefon tarmog‘i liniyasi, kanali yoki kommutatsion aloqa asbobi bitta telefon chaqiruvga xizmat ko‘rsatish bilan band bo‘ladigan vaqt intervali. Telefon bog‘lanishining davomiyligi|Telefon chaqiruv kommutatsiya stansiyasiga yoki uzeliga kelgan paytdan telefon tarmog‘i liniyalari, kanallari va kommutatsion aloqa asboblari bo‘shaydigan va ular boshlang‘ich holatga qaytgungacha bo‘lgan vaqt intervali. Telefon bog‘lanishning o‘rnatilish davomiyligi|Telefon chaqiruv kommutatsiya stansiyasiga yoki uzeliga kelgan paytdan telefon tarmog‘i abonentiga chaqiruv signali yuborilgan paytgacha bo‘lgan vaqt intervali. Telefon-kompyuter|Radiotelefon va shaxsiy kompyuter imkoniyatlari bo‘lgan qurilma. Uyali telefon, Pentium protsessori, sensorli ekran, modem va amaliy dasturlarni o‘zida ifodalaydigan sanoat mahsulotlari mavjud. Telefon qaroqchisi (telefon tarmoqlarini buzuvchi)|Xaker malakasiga ega professional aloqachi bo‘lgan firibgar. Telefon tarmoqlariga ulanish va ularning resurslaridan tegishli to‘lovlarsiz foydalanish imkonini beradigan elektron qurilmalarni yaratadi. Telefon stansiyasi|Abonentlarni telefon aloqasi bilan taʼminlash uchun mo‘ljallangan kommutatsiya stansiyasi. Telefon so‘zlashuvining davomiyligi|Chaqirilayotgan abonentning javob signali olingan paytdan, otboy signali olingan paytgacha bo‘lgan vaqt intervali. Telefon so‘zlashuvlar qiymatini vaqtbay hisobga olish apparaturasi|Telekommunikatsiyalar xizmatlarini tariflashtirish maqsadida, chaqirayotgan abonent oxirgi (terminal) abonent telefon qurilmasining kategoriyasi va raqamini aniqlash uchun mo‘ljallangan qurilma. Telefon tarmog‘i abonentiga qo‘shimcha xizmat turini ko‘rsatish|Telefon aloqadan foydalanishda kengaytirilgan imkoniyatlarni taʼminlash maqsadida, telefon tarmog‘i abonentining buyurtmasi bo‘yicha taqdim etiladigan, telefon tarmog‘i abonentiga xizmat ko‘rsatish turi. Telefon tarmog‘ining ajratilgan signalizatsiya kanali|Kommutatsiya stansiyalari bilan telefon tarmog‘ining kommutatsiya uzellari o‘rtasida telekommunikatsiya signallarini almashish uchun foydalaniladigan individual (so‘zlashuv kanalidan alohida bo‘lgan) kanal. Telefon tarmog‘ining bog‘lovchi liniyasi|Telefon tarmog‘ining, telefon stansiyalari va uzellarini o‘zaro hamda podstansiyani mahalliy telefon tarmog‘ining tayanch stansiyasi bilan bog‘laydigan liniyasi. Telefon tarmog‘ining signalizatsiya tizimi|Avtomatik kommutatsiya qurilmalarining normal ishlashini, shuningdek, yarim avtomatik aloqada operatorga, avtomatik aloqada abonentga zarur va yetarlicha axborotni taʼminlaydigan, telekommunikatsiya signallari hamda ularni almashish algoritmlarining majmui. Telefon tarmog‘ining umumiy signalizatsiya kanali|Telefon tarmog‘ining, kommutatsiya stansiyalari va telefon tarmog‘ining kommutatsiya uzellari o‘rtasida signallar almashinishda foydalaniladigan guruhli ajratilgan signalizatsiya kanali. Telefon trafik (telefon yuklamasi)|Vaqt intervali ichida telefon tarmog‘i liniyalari, kanallari yoki kommutatsion aloqa asboblari guruhi telefon bandligining jami vaqti. Telefon yuklama intensivligi|Vaqt birligi, odatda, bir soat ichidagi telefon trafik. Telefon yuklama intensivligini o‘lchash birligi erlang hisoblanadi. Bir erlang bir soat ichidagi bir bandlik soatini o‘zida ifodalaydi. Telefon yuklama manbai|Oxirgi (terminal) abonent telefon qurilmasi, telefon tarmog‘i kanali yoki liniyasi, yoki kommutatsion aloqa asbobi. Trafik ulardan telefon tarmog‘iga yoki uning alohida qismlariga keladi. Telefon zichligi|100 ta yashovchiga to‘g‘ri keladigan telefon apparatlari soni. Telefon zichligi foizlarda o‘lchanadi Telefon chaqiruvi|Oxirgi (terminal) abonent telefon qurilmasidan telefon stansiyasiga kelib tushgan, bog‘lanishni o‘rnatishga bo‘lgan telefon talabnoma. Telefon chaqiruvlar oqimlariga xizmat ko‘rsatish intizomi|Kommutatsiya stansiyasidan keladigan telefon chaqiruvlar oqimi o‘zaro bog‘lanish algoritmining xarakteristikasi, telefon chaqiruvlarga xizmat ko‘rsatish usuli va tartibini ichiga oladi. Telefon chaqiruvlarga xizmat ko‘rsatish sifati|Axborotni taqsimlash tizimining xususiyati, telefon yo‘qotishlar va telefon chaqiruvlariga xizmat ko‘rsatilishini kutishni ehtimoliy baholashlar majmui orqali aniqlanadi. Telekommunikatsiya infratuzilmasi|Telekommunikatsiyalar tizimi barcha tarkibiy qismlarining yordamchi quyi tizimlar va abonent uskunasi bilan birgalikdagi majmui. Telekommunikatsiya liniyasi (telekommunikatsiya kanali)|Ma’lumotlarni uzatish uchun foydalaniladigan istalgan fizik muhit, masalan, telefon simi yoki radioto‘lqinlar. Telekommunikatsiya operatorining xizmat doirasi|Telekommunikatsiya operatori o‘z aloqa xizmatlarini ko‘rsatadigan hudud. Telekommunikatsiya transport tarmog‘i|Tarmoq uzellari va/yoki tarmoq stansiyalari va ularni birlashtiruvchi aloqa liniyalari negizida tashkil etilgan, namunaviy fizik zanjirlar, namunaviy uzatish kanallari va tarmoq traktlarining majmui. Telekommunikatsiya vositalari|Elektromagnit yoki optik signallarni hosil qilish, uzatish, qabul qilish, qayta ishlash, kommutatsiya qilish hamda ularni boshqarish imkonini beruvchi texnik qurilmalar, asbob-uskunalar, inshootlar va tizimlar. (qonun). Telekommunikatsiya shkafi|Telekommunikatsiya uskunasi, kabel va krosslarni ulash nuqtalarini o‘rnatish uchun mo‘ljallangan berk bo‘shliq. Shkaf magistral va gorizontal kabel tizimlarining krossi joylashgan er hisoblanadi. Telekommunikatsiyalar inshooti|Telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalarining ishlashi hamda ulardan foydalanishni ta’minlovchi binolar, qurilmalar, telekommunikatsiyalar liniyalari, moslamalar, tayanchlar, machtalar va boshqa inshootlar. Telekommunikatsiyalar kanali|Kommutatsiya stansiyalari va uzellari yordamida ketma-ket ulangan kommutatsiya tarmog‘i kanallari va liniyalaridan tashkil topgan, abonent oxirgi (terminal) qurilmalari (terminallari) uning uchlariga ulanganda xabarning manbadan oluvchiga (oluvchilarga) uzatilishini taʼminlaydigan telekommunikatsiyalar signallarining o‘tish yo‘li. Telekommunikatsiyalar makroiqtisodiyoti|Iqtisodiyot sohasi. U mamlakatda telekommunikatsiyalar rivojini statistik qonuniyat asosida jamiyatning iqtisodiy darajasi bilan o‘zaro bog‘liqlikda belgilaydi. Telekommunikatsiyalar mikroiqtisodiyoti|Ayrim telekommunikatsiya subyektlari, masalan, telekommunikatsiyalar operatori, aloqa tashkillashtiruvchisi faoliyati bilan bog‘liq iqtisodiyot sohasi. Telekommunikatsiyalar operatori|Mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida telekommunikatsiyalar tarmog‘iga ega bo‘lgan, uning ishlashi, rivojlanishini ta’minlovchi va telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs. Telekommunikatsiyalar tarmog‘i|1. O‘zbekiston Respublikasi hududida barcha yuridik shaxslarga yagona xizmat ko‘rsatish prinsiplari ularni taqdim qilish tartibi asosida telekommunikatsiyalar xizmatlarini ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan tar-moq.2. Telefon, telegraf, faksimil kabi uzatishlarning bir yoki bitta necha turini, ma’lumotlar va hujjatli xabarlarning boshqa turlari uzatilishini, televizion va radioeshittirish dasturlari traslyatsiyasini ta’minlaydigan telekommunikatsiyalar vositalari majmui. Telekommunikatsiyalar tarmog‘i abonenti|Telekommunikatsiyalar operatori bilan muayyan turdagi aloqa xizmatlari ko‘rsatilishi yuzasidan shartnoma munosabatlariga ega bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxs. Telekommunikatsiyalar tarmog‘ining axborot xavfsizligi|Telekommunikatsiyalar tarmog‘ining, buzg‘unchilarning tarmoq obyektlariga, ularda aylanadigan ma’lumotlarga va tarmoqni boshqarish axborotiga, ular bilan tanishish, buzib ko‘rsatish, yo‘q qilish maqsadida bo‘ladigan muayyan (berilgan) ko‘plab tasodifiy va ataylab qilinadigan ta’sirlaridan (xavfsizlikka tahdidlaridan) yoki uzatish jarayonida telekommunikasiyalar tarmog‘ining ishlash jarayonlarini izdan chiqarish uchun blokirovka qilishdan muhofaza qilinganlik holati. Telekommunikatsiyalar tarmog‘ining texnologik xavfsizligi|Telekommunikatsiyalar tarmog‘i apparat-dasturiy ta’minotining, qo‘poruvchilik turidagi jinoyatkorona nuqsonlarga, ya’ni ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng yoki komanda bo‘yicha nomaqbul oqibatlarga olib keluvchi harakatni amalga oshirishga qodir vositalarga ega bo‘lmaslik xususiyati. Telekommunikatsiyalar tarmog‘ining to‘xtovsiz ishlashi|Telekommunikatsiyalar tarmog‘ining uzluksiz ishchi holatini biror vaqt davomida yoki biror ishini saqlab qolish xususiyati. Telekommunikatsiyalar tarmoqlarining o‘zaro bog‘liqligi|Tarmoqlarning o‘zaro hamkorligi bo‘lib, bunda birgalikda ishlaydigan tarmoqlarning abonentlari o‘rtasida aloqaning maʼlum turi taʼminlanadi. Telekommunikatsiyalar tashkiloti|Mulkchilik turidan qatʼiy nazar, telekommunikatsiya xizmatlarini jismoniy va yuridik shaxslarga o‘zining asosiy faoliyat turi sifatida taqdim qiladigan yuridik shaxs. Telekommunikatsiyalar tizimi (tarmog‘i) ning ishonchliligi|Telekommunikatsiyalar tizimining (tarmog‘ining) vaqtda, belgilangan chegaralarda, berilgan qo‘llash va texnik xizmat ko‘rsatish sharoitlarida talab qilinadigan funksiyalarni bajara olish qobiliyatini tavsiflovchi muayyan parametrlar qiymatlarini saqlash xususiyati. Telekommunikatsiyalar tizimi (tarmog‘i)ning barqarorligi|Telekommunikatsiyalar tizimi (tarmog‘i) talab qilinadigan funksiyalarni normal foydalanish sharoitlarida ham, beqarorlashtiruvchi tashqi omillar taʼsirida vujudga keladigan sharoitlarda ham bajara olish qobiliyati. Telekommunikatsiyalar tizimi (tarmog‘i)ning yashovchanligi|Telekommunikatsiyalar tizimi (tarmog‘i) ning, uning barqarorligini buzuvchi tashqi omillar taʼsirida talab qilingan funksiyalarni bajarish qobiliyatini saqlab qolish xususiyati; yashovchanlik koeffitsiyenti orqali tavsiflanadi. Telekommunikatsiyalar xizmati|Telekommunikatsiyalar xabarlarini qabul qilish, qayta ishlash, uzatish va yetkazib berish bo‘yicha faoliyat mahsuli. Telekommunikatsiyalar xizmatlari|Operator va provayderning signallar hamda boshqa axborot turlarini telekommunikatsiya tarmoqlari orqali qabul qilish, uzatish, qayta ishlashga doir faoliyati mahsuli. Telekommunikatsiyalar xizmatlari foydalanuvchisi|Telekommunikatsiyalar xizmatlarining iste’molchisi bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs. Telekommunikatsiyalarni boshqarish tarmog‘i|Xalqaro elektraloqa ittifoqi tomonidan standartlashtirilgan yagona interfeyslar va protokollar asosida, turli telekommunikatsiyalar tarmoqlarining komponentlari bilan o‘zaro aloqani tashkillashtirish orqali telekommunikatsiyalar tarmoqlari va ularning xizmatlari boshqarilishini taʼminlaydigan maxsus tarmoq. Telekommunikatsiyalarni boshqarish tizimi arxitekturasi|Telekommunikatsiyalarni boshqarish tizimi apparat-dasturiy vositalarining, ularning tarkibini, konfiguratsiyasi, strukturasini, axborot o‘zaro hamkorlik prinsiplarini belgilovchi umumiy tuzilishi. Telekommunikatsiyalarning asosiy (bazaviy) xizmati|Telekommunikatsiyalar xizmatining asosiy vazifasini aniqlaydigan, foydalanuvchiga, uning telekommunikatsiyalar xizmatiga qilgan har bir murojaati bo‘yicha taqdim etiladigan xizmat.Izoh – Asosiy (bazaviy) xizmatlar u yoki boshqa telekommunikatsiyalar xizmatlari tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar umumiy hajmining eng katta ulushini tashkil etadi. Ularga mahalliy va xalqaro telefon so‘zlashuvlar, radionuqtadan foydalanish, oddiy telegrammalarni jo‘natish kiradi. Telekommunikatsiyalarning buyurtma xizmati, buyurtma bo‘yicha xizmat ko‘rsatish|Telekommunikatsiyalar xizmatining turi, bunda aloqa trakti foydalanuvchi tomonidan oldindan aniqlanadigan vaqtda foydalanuvchi-tarmoq signalizatsiyasi vositasida amalga oshirilgan foydalanuvchining so‘rovigaga javoban belgilanadi.Izoh – Foydalanuvchi aloqa davomiyligini yoki aloqa trakti uzilishi kerak bo‘lgan vaqtni oldindan aniqlashi mumkin. Telekommunikatsiyalarning darhol xizmati, so‘rov bo‘yicha xizmat ko‘rsatish|Telekommunikatsiyalar xizmatining turi, bunda aloqa trakti, foydalanuvchi-tarmoq signalizatsiyasi yordamida amalga oshirilgan, foydalanuvchining so‘roviga javoban amaliy tarzda zudlik bilan o‘rnatiladi. Telekommunikatsiyalarning qo‘shimcha (fakultativ) xizmati|Foydalanuvchining talabi bo‘yicha asosiy xizmatga (yoki xizmatlariga) qo‘shimcha qilib xizmat (yoki tarmoq) tomonidan taqdim etiladigan telekommunikatsiyalarning istalgan xizmati.Izoh – Qo‘shimcha xizmatlarga misol bo‘lib, telefon xizmati tomonidan yangi chaqiruv to‘g‘risidagi xabarnoma, chaqiruvlarni qayta manzillash, raqamni qisqartirib terish, foydalanuvchiga so‘zlashuv punkti kabinasidan xalqaro telefon so‘zlashuvi vaqtida magnitofonni ulash imkoniyatining, telegrammalar xizmati uchun esa – shoshilinch telegrammalarni, badiiy blankda telegrammalarni uzatish kabi imkoniyatlarning taqdim etilishi hisoblanadi. Telekomyuting|Kompyuter tarmog‘i orqali ofis bilan bog‘lanadigan xodimning shaxsiy kompyuterda masofadan ishlash rejimi. Telekonferensiya|Foydalanuvchilarning olisdagi guruhlari o‘rtasida munozaralar o‘tkazish usuli. Real vaqt yoki hujjatlarni qo‘rib chiqish rejimida amalga oshiriladi. Telematn|Telematn televizion qabul qilgich kineskopi ekranida standart TV tarmoqdan foydalangan holda matnli va oddiy grafik axborotni uzatish hamda aks ettirish tizimi. Telematn adapteri|Kadr bo‘ylab nurning qaytishi mobaynida uzatiladigan televizion dasturlarning ma’lumotnoma alifbo-raqamli axborot elektr signallarini, keyinchalik televizion qabul qilgich yoki maishiy videomonitor ekranida aks ettirish bilan qabul qilish va xotirada saqlash uchun mo‘ljallangan maishiy radioelektron apparat. (Telematn tizimini) tiklash sifati|Telematn tizimining, belgilarning turi, o‘lchami va rangi hamda fon va har qanday chaqnashlarga nisbatan ularning kontrastligi bilan tavsiflanadigan, aniq tasvir hosil qiladigan xususiyati. Teleport|Yo‘ldoshli va yer usti aloqa tizimlari o‘rtasida interfeysni ta’minlovchi yirik yer stansiyasi. Telepyuter|O‘zida televizor, kompyuter, DVD va kommunikatorni birlashtiradigan multimedia-qurilma. Teleskopik antenna|Shtirli antennaning bir qator biri biridan tortib chiqariladigan (bu antennani ishlamaydigan vaqtda kompakt holatga keltiradi) trubalardan iborat bir turi. Teleskopik machta|Bir nechta biri biridan tortib chiqariladigan seksiyalardan iborat antenna machtasi. «Teleteks» xizmatining xizmatlari|Abonentlarga ISDN orqali teleteks kodlangan axborotini o‘z ichiga olgan hujjatlar shaklidagi ishga oid xat-xabarlar almashish imkonini beradigan xizmatlar; almashinuv xotiradan xotiraga avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Teletyuner|Eshittirish televideniyesi radiosignallarini qabul qilish va uni videosignallarga hamda tovush chastotasining elektr signallariga o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan maishiy radioelektron apparat, ularni tiklash maishiy videomonitor orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, «Tyuner»ga qar. Televideniye|Harakatlanmaydigan yoki harakatlanadigan obyektlarning bir-birini almashtiradigan tasvirlarini uzatish uchun mo‘ljallangan elektraloqa turi.Izoh – Umuman olganda, televideniyening asosiy qo‘llanilishi televizion eshittirish hisoblanadi, lekin televideniye, shuningdek, sanoatda, fanda, meditsinada va boshqa sohalarda ham qo‘llaniladi. (Televideniye) kommutatsion-taqsimlash apparatxonasi|Dastur signallarini turli manbalardan oladigan va ularni boshqa kommutatsiyataqsimlash apparatxonalariga, dasturlash apparatxonalariga yoki uzatish stansiyalariga yetkazib beruvchi kommutatsiya markazi. (Televideniyeda) kontrast diapazoni|Uzatilayotgan ko‘rinishdagi yoki tiklanayotgan tasvirdagi maksimal yorug‘likning minimal yorug‘likka nisbati. Televizion adaptiv kodlash|Algoritmi uzatiladigan tasvirning joriy fazoviy va/yoki vaqt bo‘yicha xarakteristikalariga moslanadigan raqamli oqimni qisqartirish maqsadida kodlash. Televizion antenna kuchaytirgichi|Antenna qabul qilgan eshittirish televideniyesi radiosignallarini, bog‘lovchi antenna kabelida yuzaga keladigan yo‘qotishlarni kompensatsiya qilish maqsadida kuchaytirish uchun mo‘ljallangan, yordamchi maishiy radioelektron qurilma. Televizion belgilar generatori|Elektr vositalar yordamida harf-raqamli va grafik simvollar televizion videosignallarini ishlab chiqaradigan televizion datchik. Televizion blokli kodlash, blokli kodlash|Raqamli oqimni qisqartirish maqsadida, uzatiladigan tasvir sanoqlarini bitta, ikkita yoki uchta o‘lchamli bloklarga guruhlash hamda bir blokka kiruvchi sanoqlarni birgalikda kodlashga asoslangan, kodlash. Televizion dasturlarni ko‘p nuqtali taqsimlash tizimi|Uyali aloqa prinsipi bo‘yicha qurilgan va foydalanuvchilarga 40,5 GHz dan 42,5 GHz gacha chastotalar diapazonida ko‘p dasturli teleeshittirish, ma’lumotlarni yuqori tezlikda uzatish va interaktiv teleeshittirishlarning turli xizmatlarini taqdim etadigan, yuqori tezlikli simsiz foydalana olish tarmog‘i. Televizion datchik|1. To‘liq videosignal, to‘liq rangli videosignal yoki asosiy ranglar signallarini ishlab chiqaruvchi qurilma.2. Obyektdan qaytgan va o‘zgartirgichning fotosezgir sirtiga proyeksiyalangan yorug‘lik energiyasini elektr signallar ketma-ketligiga o‘zgartirgich. Televizion eshittirish|Televizion dasturlarni eshittirish televideniyesi vositalari orqali uzatish. Televizion eshittirish stansiyasi|Televizion eshittirish diapazonida ishlaydigan, aholi tomonidan qabul qilish uchun mo‘ljallangan tovush va tasvir signallarini bir vaqtda uzatuvchi stansiya. Televizion eshittirish chastotalari diapazoni|Televizion eshittirish stansiyalari uchun ajratilgan 54 MHz dan 800 MHz gacha bo‘lgan oraliqdagi chastotalar diapazoni. Televizion kanal|Televizion dasturlarni metrli va detsimetrli to‘lqinlar diapazonida uzatish uchun ajratiladigan, 8 MHz (Yevropada 7 MHz, AQSh da 6 MHz) kenglikdagi chastotalar polosasi. Televizion ko‘rsatuvlarni olisdan qabul qilish|Televizion signallarni uzatuvchi va qabul qiluvchi antennalar o‘rtasida, bevosita ko‘rinish masofasidan bir necha marta ortiq bo‘lgan masofada qabul qilish. Televizion qabul qilgich|Efirdan va/yoki kabeldan eshittirish televideniyesi radiosignalini, shuningdek, tiklash qurilmalaridan (masalan, videomagnitofonlar va DVD-proigrivatellar) va boshqa mumkin bo‘lgan manbalardan signalni qabul qilish va televizion dastur tasvirini, tovush jo‘rligini va maʼlumotlarni tiklash uchun mo‘ljallangan radioelektron qurilma. Televizion qabul qilgich geterodinining nurlanishi|Televizion qabul qilgich geterodinining parazit nurlanishi oqibatida hosil bo‘ladigan va xalaqit deb hisoblanadigan elektromagnit maydoni. Televizion qabul qilgichning tasvir kanali|Televizion qabul qilgichning radiosignalni televizion tasvirga aylantirish uchun mo‘ljallangan qismi. Televizion (radioeshittirish) uzatgichi|Modulyatsiyalovchi signallar o‘zida, televizion eshittirish dasturini aholi tomonidan bevosita qabul qilib olinishini ifodalaydigan radiouzatgich. Antennali tizim ko‘pincha uzatgichning qismi kabi ko‘rib chiqiladi. Televizion radiosignalni bir o‘lchamli taxminlash|Raqamli televizion videosignal joriy sanog‘i izlanayotgan qiymatining, shu joriy sanoq olingan televizion tasvir satridagi bitta yoki bir nechta qo‘shni sanoqlar qiymatlari asosida shakllantirish. Televizion radiouzatgichning tasvir kanali|Televizion radiouzatgichning to‘liq rangli televizion signalni tasvir radiosignaliga o‘zgartirish va uni nurlantirish uchun mo‘ljallangan qismi. Televizion raqamli dekoder|Televizion videosignalni raqamli dekodlash qurilmasi. Televizion raqamli koder|Televizion videosignalni raqamli kodlash qurilmasi. Televizion rastrlarning ustma-ust tushishi|Tasvirlarning asosiy ranglarda yoki yorug‘lik-signal o‘zgartirgichlarida optik tasvirli rastrlarning fazoviy mos kelishini ta’minlash. Televizion retranslyator|Eshittirish televideniyesi radiosignalini qabul qilish va uni takroran nurlantirish uchun mo‘ljallangan qurilma. Televizion server|Eshittirish televideniyesining raqamli televizion videosignallarini va tovush signallarini magnit disklarga yozish hamda tiklash uchun mo‘ljallangan qurilma. Televizion signal|Videochastotalarning boshlang‘ich polosasidagi televizion signal. Televizion signallarni magnit yozish|Televizion dasturlarni harakatlanuvchi ferromagnit tasma bo‘ylab, televizion eshittirish elektr signallariga mos bo‘lgan o‘zgaruvchan qoldiq magnitlanishni hosil qilish orqali (amplituda, chastota va faza bo‘yicha) konservatsiyalash. Televizion signalni diskretlash|Uzluksiz analog TV signalini shu signalning vaqt bo‘yicha alohida sanoqlari ketma-ketligi bilan almashtirish. Televizion signalning oldindan buzilishi|Signalning dastlabki qayta ishlanishi, quyi chastotalarning nihoyatda pasayishida va yuqori chastotalarning birmuncha ko‘tarilishida ifodalanadi. Televizion sinov jadvali|1. Televizion ko‘rsatuvlar yoki televizion uskuna ishining sifatini aniqlashda optik yoki elektron vositalarda hosil qilinadigan standart tasvir.2. Elementlari eshittirish televideniyesi traktining yoki eshittirish televideniyesi trakti zvenolarining tasvir parametrlari va tavsiflarini baholash uchun xizmat qiladigan standart tasvir. Televizion standart (eshittirish televideniyesining)|Eshittirish televideniyesi tizimini aniqlaydigan normalangan parametrlarning majmui. Televizion standartni o‘zgartirgich|Eshittirish televideniyesi bitta televizion standartining to‘liq videosignali yoki to‘liq rang videosignalini boshqa bir televizion standartning to‘liq videosignali yoki to‘liq rang videosignaliga o‘zgartirish qurilmasi. (Televizion studiya) apparatxonasi|Videosignallar va tovush jo‘rligi signallari qayta ishlanadigan, xususan, signal darajasini rostlash, turli manbalar kommutatsiyasi va signallar nazorati amalga oshiriladigan televizion studiya xonasi. U, shuningdek, studiya uchun talab qilinadigan turli uskunalarni ham o‘z ichiga oladi. Televizion tanish signali|Televizion dastur shakllantiriladigan yoki sinov satrlar signallari kiritiladigan punktni belgilash uchun, maydonlarni so‘ndirish intervalining belgilangan satrlariga kiritiladigan impulslarning kodli ketma-ketligi. Televizion tasvir|Tiklash qurilmasi ekranida televizion sintez orqali olingan tasvir. Televizion tasvir makrobloki (slaysi, kadri) ning sarlavhasi|Televizion tasvir makrobloki (slaysi, kadri) ning boshlanishiga qo‘shiladigan, ularni to‘g‘ri talqin etish va marshrutlash uchun muhim bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan xizmatga oid axborot. Televizion tasvir ranglarining surkalib ketishi|Ranglilik boshlang‘ich signallarining ustma-ust tushmasligidan kelib chiqadigan va ekranda tasvirning rangli konturlari paydo bo‘lishiga hamda yorqinlikning tebranishlariga olib keladigan rang uzatish buzilishlari. (Televizion tasvirdagi) shovqin|Tasvirdagi fazoda va vaqtda tartibsiz paydo bo‘ladigan va videosignal datchigidagi yoki uzatish kanalidagi shovqinlar tufayli sodir bo‘ladigan, yo kvantlash tufayli raqamli signallar holatlarida paydo bo‘ladigan yorqinlik yoki ranglilikning buzilishlari.Izoh – Taalluqli atama «shovqinlilik». Televizion tasvirning blokliligi|Raqamli eshittirish televideniyesi ma’lumotlar oqimini kadr ichida kodlashda vizual ravishda kuzatiladigan, televizion tasvirning turli uchastkalarida sezilarli chegaralari bo‘lgan, televizion tasvir bloklari ko‘rinishidagi buzilishlar.Izoh – Bloklar chegarasi ko‘z tomonidan bir blokdan boshqasiga o‘tilganida yorqinlikning sakrab o‘zgarishi sifatida aniqlanadi. Televizion tasvirning fazoviy ortiqchaligi|Bitta kadr yoki maydon doirasida, televizion tasvirning qo‘shni elementlari o‘rtasidagi yuqori korrelyatsiya bilan belgilanadigan ortiqchalik. Televizion tasvirning miltillashi|Televizion tasvirda, yorqinlikning kritik chastotadan kichik bo‘lgan chastota bilan yuz beradigan nomaqbul davriy o‘zgarishlari. Televizion tasvirning mozaika effekti|Raqamli eshittirish televideniyesi ma’lumotlar oqimini kadr ichida kodlashda vizual kuzatiladigan, televizion tasvir kadrining alohida uchastkalarida chegaralari deyarli sezilmaydigan televizion tasvir bloklari ko‘rinishidagi buzilishlar. Televizion tasvirning psixovizual ortiqchaligi|Ko‘zning televizion tasvirdagi mayda detallarni va rang o‘tishlarini farqlay olmasligi bilan aniqlanadigan ortiqchalik. Televizion tasvirning sintezi|Elektr signallarni vaqt hamda fazoda uzluksiz ravishda televizion tasvirning rangi yoki yorqinligiga aylantirish. Televizion tasvirning vaqt bo‘yicha ortiqchaligi|Televizion tasvirning qo‘shni kadrlari yoki maydonlari o‘rtasidagi yuqori korrelyatsiya orqali aniqlanadigan ortiqchalik. Televizion uzatish|Eshittirish tashkilotlari o‘rtasida televizion eshittirish dasturlari almashinuvi uchun telekommunikatsiyalar tarmog‘i bo‘ylab videosignallarni uzatish. Televizion videosignal|Videochastotalarning boshlang‘ich polosasidagi televizion signal. Televizion videosignalni diskret veyvlet-o‘zgartirish|Televizion tasvirni yaxlit qayta ishlash bilan bog‘liq bo‘lgan veyvlet-jarayon yordamida, o‘zgartirish va kodlash jarayonida nolli koeffitsiyentlarni chiqarib tashlash yo‘li bilan erishiladigan televizion videosignalni spektral o‘zgartirish. Televizion videosignalni ikki o‘lchamli taxminlash|Raqamli televizion videosignal joriy sanog‘i yoki joriy sanoqlar guruhining izlanayotgan qiymatini shu joriy sanoq olingan televizion tasvir maydoni yoki kadrdagi joriy va qo‘shni satrlardan olingan qator qo‘shni sanoq qiymatlari asosida shakllantirish. Televizion videosignalni uch o‘lchamli taxminlash|Raqamli televizion videosignal joriy sanog‘i yoki joriy sanoqlar guruhining izlanayotgan qiymatini, ham shu joriy sanoq olingan televizion tasvir maydoni yoki kadrlaridagi, ham televizion tasvirning qo‘shni maydonlari yoki kadrlaridagi joriy va qo‘shni satrlardan olingan qator qo‘shni sanoq qiymatlari asosida shakllantirish. (Televizion videosignalni) raqamli kodlash|Kiruvchi analog televizion videosignalni raqamli televizion videosignalga o‘zgartirish.Izoh – Raqamli kodlashda raqamli oqimni siqish usulidan foydalanish mumkin. Televizion o‘lchash signali|Televizion uskunaning yoki uzatish kanalining ma’lum bir parametrlari yoki xarakteristikalarini o‘lchash uchun mo‘ljallangan, o‘rnatilgan cheklovlarga ega bo‘lgan, berilgan shakldagi videosignal. Televizor|Maishiy televizion qabul qilgich. Televizorning eskirishi|Televizor (elementlar) parametrlarining, mavjudligi faqat uning ish rejimi bilan aniqlanadigan, mexanik, elektr, issiqlik va boshqa yuklamalar ta’siri keltirib chiqaradigan, asta-sekin o‘zgarish jarayoni. Teng amplitudali antenna panjarasi|Nurlantiruvchi elementlari bir xil amplitudalar bilan qo‘zg‘atiladigan antenna panjarasi. Teng darajada sinxronlanadigan tarmoq|Tayanch generatorlari bir xil maqomga ega bo‘lgan hamda tarmoqning barcha sozlanmaydigan tayanch generatorlarining o‘rtacha statistik chastotasi sifatida belgilanadigan ishchi chastotaga bir xil taʼsir ko‘rsatadigan tarmoq. Tenglashtirgich|Kodlangan maʼlumotlar oqimi kanal tezligini radiokanaldagi qayd etilgan maʼlumotlar uzatish tezligi bilan moslashtirish maqsadida tenglashtirish uchun mo‘ljallangan qurilma. Tenglashtiruvchi impulslar|Ayrim eshittirish televideniyesi tizimlarida bevosita kadr sinxronlovchi impulslardan avval va ulardan keyin joylashuvchi ikkilangan satr chastotali impulslar. Ular satr oralatib yoyishda tiklash qurilmasida qo‘shni maydonlar satrlarining aniq almashinib kelishini ta’minlash uchun xizmat qiladi.Izoh – Tenglashtiruvchi impulslar satr chastotali impulslarning satrlar almashinishiga ta’sirini minimal darajagacha kamaytiradi. Terabayt|Xotira hajmi yoki ma’lumotlar miqdorining o‘lchov birligi. 240=1099511627776 byte. Ba’zida 1 trillion Tbyte – 1012 = 1000 000 000 000 byte deb hisoblanadi. Farq salkam 10 foizni tashkil qiladi. Term|Tashkil etuvchilarga bo‘linmaydigan, arifmetik, simvolli yoki mantiqiy ifoda elementlari. Terminal|1. Telkommunikatsiya yoki aloqa liniyalari orqali axborot olish va/yoki uzatish uchun mo‘ljallangan qurilma.2. Ma’lumotlarni kiritish/chiqarish qurilmasi. Mikrokompyuter yoki meynfreymdan hisoblash imkoniyatining bo‘lmasligi yoki kam darajada bo‘lishi bilan farqlanadi.3. Ma’lumotlarni kompyuterga kiritish va olingan natijalarni chiqarish uchun mo‘ljallangan elektron (odatda klaviaturali monitor) yoki elektromexanik qurilma. Bu ommabop atama yana ko‘p foydalaniladigan tizimlarda ham ishlatiladi. Terminal serveri|Ko‘plab terminallarni lokal tarmoq bilan bitta tarmoq ulanishi vositasida bog‘lovchi qurilma. Terminalni identifikatsiya qilish|Ulanish o‘rnatilgan uzoqdagi abonent terminali (terminallari)ga taalluqli belgilangan identifikatorni abonent terminaliga avtomatik uzatish jarayoni. Terminalni ko‘chirish imkoniyati|Foydalanuvchiga terminalni chaqiruvning aktiv holati davomida bitta berilgan bazaviy foydalana olish doirasida bir rozetkadan boshqasiga o‘tkazish imkonini beradigan terminalni ko‘chirish qo‘shimcha xizmati. Terminalning mobilligi|Mobil aloqa olib yuriladigan yoki tashiladigan terminalining chaqiruv maqomini o‘zgartirmagan holda, tarmoqqa ulanish joyini o‘zgartira olish qobiliyati. Terminalning qayta ulanishi avtomatik ravishda, ya’ni bog‘lanishni uzmasdan va raqamni qayta termasdan sodir bo‘ladi. Terminator|Shina topologiyasiga ega kompyuter tarmoqlarida qo‘llaniladigan elektron sxema. Shinaning passiv holatida signalning ma’lum bir sathini saqlab turish va signalning qaytishlarini bostirish uchun shina oxiriga ulanadi. Termografik printer|Kontaktsiz, shovqin chiqarmaydigan printer. Termokallakka ega, maxsus ishlov berilgan qog‘ozga bosib chiqaradi. Termopayvandlash mashinasining plastinasi|Pochta aloqasi obyektining nomi o‘yib yozilgan metall plastina bo‘lib, banderollarni o‘rab joylashda termopayvandlash mashinalarida polietilen plyonkalarni payvandlash uchun, shuningdek keluvchi mayda paketlarni polietilen paketlarga joylash bilan bir vaqtda ularga pochta indeksi izini va pochta aloqasi obyektining nomini tushirish uchun mo‘ljallangan. Teskari almashlash|Simvollarni qabul qilinadigan ketma-ketlikda almashlash (operatsiya, teskari almashlash) sodir bo‘lgan raqamli signalning dastlabki tuzilmasini tiklash maqsadida o‘rin almashtirish usuli. Teskari aloqa|Tizim chiqish parametrlarining tizimning ishlashiga ta’sir ko‘rsatishi. Teskari aloqa prinsipi kibernetika tizimlaridagi asosiy prinsipdir. Masalan, odam – kompyuter teskari aloqa bo‘lgan tizimdir: odam kompyuterdagi o‘z ishining natijasini ko‘radi va natijaga bog‘liq ravishda keyingi ishni amalga oshiradi. Teskari injiniring, teskari ishlanma|Qar.: Revers-injiniring. Teskari izlash|Ma’lumotlar bazalarida, elektron jadvallarda, matn protsessorlarida – joriy pozitsiyadan hujjat (fayl) boshlanishiga qarab izlash. Teskari kanal|Axborotni abonent terminalidan tayanch stansiyaga uzatish kanali. Teskari kuzatish|Signalning teskari yo‘nalishda (zanjir chiqishidan uning kirishi tomon) o‘tish yo‘lini kuzatish. Teskari moslik|Yangi protsessordagi mashinaning eski dasturlarni, ularga o‘zgartirishlar kiritish zaruratisiz bajara olish qobiliyati. Teskari mulohazalar zanjiri|Ekspert tizimlarda yechim izlash usullaridan biri. Bunda mulohaza yuritish, oqibatdan uni keltirib chiqargan sabablarga (faktlarga) tomon boradi. Teskari qiya chiziq|Bir qancha operatsion tizimlarda kataloglarni ajratish uchun ishlatiladigan simvol. Teskari tiklash|Ma’lumotlarning jurnalga yozilgan oxirgi versiyasidan ma’lumotlarning dastlabki versiyasini tiklashda foydalanish. Test|Tizimdagi xatoliklarni aniqlash yoki ishlash unumdorligini baholash uchun ishlatiladigan dastur yoki dasturlar to‘plami. Test-dastur|Elektron hisoblash mashinasi protsessori va tashqi qurilmalar ayrim bloklari, uzellari ishlashining to‘g‘riligini tekshirish uchun mo‘ljallangan dastur. Testlash|Butun kompyuter va uning dasturiy ta’minoti yoki ayrim uzellari ishlashining to‘g‘riligini aniqlash jarayoni. Dasturiy ta’minotni testlashning ikki bosqichi ajratiladi: alfa-testlash ‒ maxsus tuzilgan masalalarda tayyor mahsulotni testlash. Beta-testlash – potensial foydalanuvchilarga bepul tarqatilgan dasturiy mahsulotni haqiqiy masalalarda sinab ko‘rish. Texnik boshqaruv hujjati|Qo‘llanilishi shart bo‘lgan, texnik talablar va telekommunikatsiyalar tarmoqlari apparaturasining o‘zaro aloqada ishlash protokollarini aks ettirgadigan hujjat. Texnik ekspluatatsiya markazi|Texnik vositalar va telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan foydalanish hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish yuzasidan javobgar texnik xodimlar bilan butlangan bo‘linma. Texnik moslik|Axborot tizimlarining o‘zaro birgalikda ishlash protokollari, dasturlash tillari, ma’lumotlarning formatlari, elektron hisoblash mashinasi apparat interfeyslari darajasida birgalikda ishlay olish qobiliyati. Texnik muhofaza qilish qurilmasi|Elektron yoki boshqa turdagi qurilma. Bunday qurilmaga ega bo‘lmagan shaxslarga dastur bilan ishlash imkoniyati berilmaydi. Texnik nazorat vositalari|Xavfli pochta, kuryerlik jo‘natmalarini aniqlash uchun qo‘llaniladigan maxsus texnika (metallodetektorlar, rentgen texnikasi, dozimetrlar, gazanaliza torlari va boshqalar). Texnik qo‘llab-quvvatlash markazi|Texnik qo‘llab-quvvatlash markazi mansub bo‘lgan, ishlab chiqaruvchi firmaning mahsulotini ishlatish mobaynida foydalanuvchiga yordam ko‘rsatuvchi tashkilot, mutaxassislar guruhi. Texnik radionazorat stansiyasi, texnik radionazorat markazi|Eshittirish dasturlarini nazorat qilish yoki yozib olish maqsadida, ularni qabul qilish uchun mo‘ljallangan stansiya. Texnik topshiriq|Axborot tizimini yaratish talablari va tartibini belgilaydigan asosiy hujjat. Axborot tizimini ishlab chiqish hamda amalga kiritishda uni qabul qilib olish shu hujjat asosida olib boriladi. Texnik vositalarni tavsiflash tili|Diskret signallarni qayta ishlashga mo‘ljallangan qurilmalarni modellash, ishlab chiqish va testlash jarayonlarining ixtisoslashgan tili. Texnik vositalarning elektromagnit moslashuvi|Texnik vositaning ma’lum bir elektromagnit vaziyatda, berilgan sifat bilan ishlash va boshqa texnik vositalarga yo‘l qo‘yilmaydigan elektromagnit xalaqitlar vujudga keltirmaslik qobiliyati. Texnik shartlarga muvofiqlikni tekshirish|Foydalanuvchilar tomonidan yangi yoki takomillashtirilgan tizimni tasdiqlash va uni yakuniy chiqarish uchun o‘tkaziladigan testlash. Texnologik bog‘liqlik|Dasturiy ta’minotdan foydalanuvchi yetkazib beruvchining texnologik, strategik, narx bilan bog‘liq qarorlariga bog‘liq bo‘lgan vaziyat, shuningdek, yetkazib beruvchi dasturiy ta’minotni qo‘llab-quvvatlashdan voz kechgan hollarda, dasturiy ta’minot ekspluatatsion yaroqliligi yo‘qolish xavfining mavjudligi. Texnologiyalar egasi|Qonun tomonidan belgilangan chegaralar doirasida texnologiyalarga ega bo‘lgan va foydalanilayotgan hamda foydalanish vakolatlarini amalga oshirayotgan subyekt. Texnologiyalar va ularni taʼminlash vositalarining mulkdori|To‘liq hajmda ko‘rsatilgan obyektlarga egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish vakolatlarini amalga oshiradigan subyekt. Tez ishlaydigan infraqizil port|Periferik qurilmalarni simsiz ulash uchun mo‘ljallangan port. Mobil kompyuterlarda qo‘llaniladi. Tez kira olish yo‘li|Biror-bir tez-tez ishlatiladigan komandalardan «sichqoncha» tugmasini bir marta bosish orqali tez foydalanish uchun mo‘ljallangan uncha katta bo‘lmagan panel. «Tez» klavish|Klaviaturadagi yakka klavish yoki klavishlar birikmasi. Ularning bosilishi menyu punkti tanlanishiga yoki muayyan komanda berilishiga mos keladi. Tez tinishlar|Qabul qilinadigan signal og‘ib o‘tuvchisining tez o‘zgarishlari, ular qabul qilish nuqtasida turli amplituda, boshlang‘ich faza, ushlanib qolish va chastotalarning Doppler siljishiga ega nusxalarning interferensiyasi natijasida hosil bo‘ladi.Izoh – Tez tinishlar og‘ib o‘tuvchisining qiymati, odatda, Reley qonuniga binoan taqsimlanadi. Tezarus|Bilimning qandaydir sohasiga tegishli bo‘lgan so‘zlar tematik prinsip bo‘yicha joylashtirilgan va leksik birliklar o‘rtasidagi semantik (turjins, sinonimik) munosabatlar ko‘rsatilgan lug‘at. Axborot-izlash tezaruslarida matnning leksik birliklari deskriptorlar bilan almashtiriladi. Tezkor beysik|Microsoft kompaniyasi tomonidan yaratilgan BASIC dasturlash tilining dialekti, shuningdek, dasturlarni shu tilda yozish, ishga tushirish va kuzatib borish imkoniyatini beruvchi ishlab chiqish muhiti. Tezkor fayl tizimi|OS/2 operatsion tizimining fayllarni nomlashda 254 ta belgidan foydalanish va fayllarni minimal fragmentlashni ta’minlaydigan fayl tizimi. Tezkor ma’lumotlar|Onlayn rejimida olingan ma’lumotlar. Tezkor paket|Kanal pog‘onasida, foydalanuvchi tizimlar va maʼmuriy tizimlar o‘rtasida uzatiladigan maʼlumotlar bloki. Tezkor pochta|Pochta jo‘natmalarini tezkor rejimda jo‘natish va yetkazib berish (topshirish) bo‘yicha pochta xizmati. Tezkor pochta rejimdagi ichki pochta jo‘natmasi|O‘zbekiston Respublikasi doirasida tezkor pochta rejimida jo‘natiladigan va adresatga yetkazib beriladigan (topshiriladigan) pochta jo‘natmasi. Tezkor pochta rejimdagi xalqaro pochta jo‘natmasi|Jo‘natilishi va yetkazib berilishi (topshirilishi) «EMS» tezkor pochta tizimi bo‘yicha Umumjahon pochta ittifoqining hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan pochta jo‘natmasi. Tezkor-qidiruv tadbirlari tizimi (TQTT)|Huquqni muhofaza qilish organlarining (TQTT dan foydalanuvchilar) olisda joylashgan boshqarish punktidan, bu punktning stansiya uskunasi bilan birgalikda ishlash yo‘li bilan, oldindan tanlangan abonent raqamlarining ulanishlarini yoki liniyalar va kanallar orqali o‘tadigan ulanishlarni tezkor nazorat qilish uchun mo‘ljallangan tizim. Tezkor xotira|Ma’lumotlar va komandalar joylashtiriladigan, dasturga yo‘naltiriladigan barcha xotira. Tezkor xotira qurilmasi|Ma’lumotlarni yozish va o‘qish uchun mo‘ljallangan yarimo‘tkazgichli qurilma. Oddiy kompyuterlarda – dastur bajarilishi uchun yuklanadigan joy. Doimiy xotiradan farqli o‘laroq, tezkor xotira qurilmasi xotirasidagi ma’lumotlarga istalgan tarzda o‘zgartirish va istalgan tartibda murojaat qilish mumkin. Tezkor xotira qurilmasining interfeysi|PC Card kartasining andoza interfeysi. Xotira bilan bog‘liq operatsiyalarni bajaradi hamda tezkor xotira qurilmasi va kiritish-chiqarish kartalari uchun qo‘llaniladi. Tezkor xotira qurilmasining platasi|Tezkor xotira qurilmasining mikrosxemalari va ulanish paytida interfeysni ta’minlaydigan sxemali bosma platasi. Tezkorlik|Tizimdan tashqaridagi kattalik, bajarilgan ish hajmining u bajarilgan vaqtga bo‘lgan nisbatiga teng. Tezlashtirilgan grafika porti|Videoadapter va tizim platasi mikrosxemalari o‘rtasidagi interfeys. PSI shinasiga asoslanadi. 1997-yilning ikkinchi yarmida ishlab chiqilgan. AGP ning bir nechta realizatsiyalari mavjud: AGP 1x, AGP 2x, AGP 4x lar mos ravishda 266, 533 va 1066 Mbyte/s uzatish tezligiga ega. Ayni vaqtda PCI-Express grafika porti ularning o‘rnini egallagan. Tezlatgich|Kompyuter biror-bir kichik tizimining ishlash tezligini oshiruvchi qo‘shimcha apparat ta’minoti (buyurtma mikrosxema, kengaytmali plata, ustun). Tezlik bo‘yicha moslashish|Tizimning yuklanganlik darajasi yoki radioto‘lqinlarning tarqalish sharoitlariga bog‘liq holda, kanalda axborot uzatish tezligining o‘zgarishi. Tez-tez qayta ulash bilan kuzatiladigan xendover|Mobil aloqa tarmoqlarida uchraydigan nomaqbul hodisa. Abonent stansiyasi ikki qo‘shni tayanch stansiyaning xizmat ko‘rsatish zonasi doirasida bo‘lganda vujudga keladi. Qabul qilinadigan signallar darajasining fluktuatsiyasi natijasida abonent stansiyasining bir tayanch stansiyadan boshqasiga, ko‘p marotaba qayta ulanishi sodir bo‘ladi. Bu tarmoqning umumiy o‘tkazish qobiliyati pasayishiga olib keladi. Bunday holatning oldini olish maqsadida gisterezis bilan qayta ulash sxemasidan foydalaniladi. Teshik|Hisoblash texnikasida – dasturiy ta’minot yoki apparaturadagi, foydalana olishni boshqarish jarayonlarini chetlab o‘tish imkonini beruvchi xatolar, kamchiliklar. Teshik, tuynuk|1. Vakolatlarni belgilashdagi, ishlab chiqishdagi xato. Muhofaza mexanizmlarini chetlab o‘tish yoki ularni ishdan chiqarish imkonini beradi.2. Kompyuterning biror portini ochadigan va xakerga tizimdan foydalanish/tizimga kirish imkonini yaratib beradigan josus-dastur. Teshik chelak algoritmi|Tizimninig yuklanishi ortib ketganda, aloqa sifati eng yomon bo‘lgan kanallarni vaqtincha uzib qo‘yish bilan xatolardan himoyalanish usuli. Texnik taʼminot tizimning har bir abonenti uchun aloqa sifati to‘g‘risidagi maʼlumotlar kiritiladigan o‘z hisoblagichini tuzadi. Bunday axborot asosida boshqaruv tizimi past sifatli «yomon» kanallarni saralaydi. Natijada qolgan abonentlardagi aloqa sifatining ko‘rsatgichlari yaxshilanadi. Tijorat dasturiy taʼminoti|Tijorat tashkiloti tomonidan foyda olish maqsadida yaratilgan dasturiy taʼminot. Foydalanuvchiga dasturiy taʼminot nusxalarini sotishdan foyda keladi. Ko‘pchilik odamlar tijorat dasturiy taʼminot erkin dasturiy taʼminotga qarama-qarshi deb xato qilishadi. Bular orasidagi farq unchalik yaqqol emas. Erkin dasturiy taʼminot – bu muallif tomonidan erkin o‘zgartirishga, tarqatishga va foyda olish huquqini berishdir. Shundan kelib chiqqan holda, erkin dasturlar tijorat mahsulotlari ham bo‘lishi mumkin. Tijorat siri|Davlat yoki xususiy korxona faoliyatining istalgan sohasidagi konfidensial xarakterdagi ma’lumotlar, ularning tarqatilishi egalari yoki foydalanuvchilariga (yuridik shaxslarga) moddiy yoki ma’naviy zarar yetkazishi mumkin. Tijorat sirini saqlash uning egasi tomonidan amalga oshiriladi. Tijoratga oid axborot|Faqat egasining xohishiga ko‘ra va uning shartlari asosida tarqatiladigan kompaniyalar, firmalar, korporatsiyalar bo‘yicha ularning faoliyati va ishlab chiqaradigan mahsulotlari, moliyaviy ahvoli, amaliy aloqalar, bitimlar, rahbarlar to‘g‘risidagi axborot, shuningdek, axborot xizmatlari tomonidan taqdim etiladigan iqtisodiyot va biznes sohasidagi ishga oid yangiliklar. Tiklamoq|Ma’lum bir vaqtga to‘xtatib qo‘yilgan jarayonni to‘xtatilgan joyidan qaytadan tiklash. Tiklash|1. Registr va o‘zgaruvchilarning oldingi holatini tiklash.2. Oldingi joyga qaytarish, oldingi holatiga qaytarish, misol uchun, ma’lumotlar bazasini oldingi holatiga qaytarish. Tiklash nuqtasi|Foydalanuvchi tomonidan sozlanadigan kompyuterdagi xususiyatlar, u o‘rnatgan dasturlar va ma’lumotlarni zaxiralash, kerak bo‘lganda operatsion tizimdagi avvalgi holatni qaytarish maqsadida yaratiladi. U tiklash nuqtasi deb ataladi. Tiklash qurilmasi|Televizion tasvir sintezini amalga oshiradigan qurilma. Tiklash qurilmasining asosiy ranglari|Qabul qilgich hosil qiladigan doimiy ranglilik va o‘zgaruvchan yorqinlikdagi ranglar, ulardan, tegishli mutanosiblikda aralashtirgan holda, boshqa ranglarni olishda foydalaniladi.Izoh – Odatda uchta asosiy rangdan foydalaniladi: qizil, yashil va ko‘k rang. Tiklash rejasi|Tizimni yuz bergan falokatdan keyin tiklash rejasi. Tiklash standartini o‘zgartirgich|Standart satr oralatib televizion ko‘rsatishdan maydonlarning chastotasi yuqori bo‘lgan satrma-satr tiklashga o‘tish qurilmasi. Tiklash tartibotlari|Avariya yoki to‘xtab qolishdan so‘ng tizimning axborotni qayta ishlash qobiliyatini tiklash uchun bajariladigan harakatlar hamda maʼlumotlar to‘plamlarini tiklash. Tiklash tizimi|Ma’lumotlarning yaxlitligini ta’minlashga qaratilgan dasturlar hamda boshqaruvchi jadvallar kompleksi. Ma’lumotlar bankida va boshqa avtomatlashtirilgan tizimlarda foydalaniladi. Til|Axborot uzatish uchun foydalaniladigan qoidalar, kelishuvlar, tavsiyalar to‘plami. Til protsessori|Ixtisoslashtirilgan tilda yozilgan komandalarni idrok qilish va mashina kodiga trantslyatsiya qilish uchun mo‘ljallangan qurilma yoki dastur. Til standarti|Mahalliy o‘ziga xoslik. Tizim yoki dastur ishlayotgan milliy va madaniy muhit. Tilni kengaytirish|Dasturlash tili spetsifikatsiyasiga, uni muayyan mashinada amalga oshirishda qilingan qo‘shimchalar. Tilning amalga oshirilishi|Dasturlash tilining muayyan platformada kompilyator yoki interpretator ko‘rinishida amalga oshirilishi. Amalga oshirilish har doim ham til spetsifikatsiyasiga mos kelmasligi, shuningdek, uni turli xil kengaytirishlarni ichiga olishi mumkin. Tinish|1. Manbadan katta masofada qabul qilinadigan radiosignallar darajasini qisqa muddatli yoki uzoq muddatli kamayishi (yo‘qolishi).2. Uzatuvchi muhit (temperatura, namlik, bosim) parametrlarining tasodifiy o‘zgarishlari bilan asoslangan, shuningdek qabul qilish nuqtasiga turli yo‘llar bilan keladigan radioto‘lqinlarning interferensiyasi tufayli radiosignalning to‘satdan susayishi yoki hattoki to‘liq yo‘qolishi. Tinishlarga zaxira|Tinishlar mavjud kanalda qabul qilinuvchi signalning quvvat darajasi oshirilishi lozim bo‘lgan shunday kattalikki, bunda signal/shovqin nisbatining tinishlarsiz kanaldagi kabi nisbati ta’minlanadi. Tiqilish|Tarmoqdagi konflikt, tarmoqda paketlarning to‘qnashishi oqibatida vujudga keladi va uning o‘ta yuklanishiga sababchi bo‘ladi. Tiqin|Tuzilmaviy dasturlashda (dasturni normal bajarish va kompilyatsiyalash mumkin bo‘lishi uchun) amalda dasturlashning har bir qadamida dasturga kiritiladigan ahamiyatsiz protsedura. Tirqishli antenna|Elektromagnit to‘lqinlarni nurlantirish va qabul qilish to‘lqin o‘tkazgichda yoki hajmli rezonatorda o‘yilgan bitta yoki bir nechta tirqish orqali amalga oshiriladigan antenna. Tirqishli niqob|Soya niqobi va panjara aperturasining birikmasi. Bunda lyuminofor elementlar vertikal elliptik yacheykalarda joylashgan, niqob esa vertikal chiziqlardan qilingan bo‘ladi. Tirqishli nur tarqatgich|To‘lqin o‘tkazgich devoridagi yoki dastlabki nur tarqatgich rolini bajaradigan tor o‘tkazuvchi listdagi tirqish. Tishlatish|Qog‘ozni bo‘lish turi bo‘lib, unda qog‘oz ajratilmaydi, balki unda teshiklar yoki uncha katta bo‘lmagan kertiklar hosil qilinadi. Titrash|Raqamli signallar qiymatining qisqa muddatli o‘z-garishlari. Impuls frontlarining ularning vaqtdagi ideal holatiga nisbatan tasodifiy fluktuatsiyalari ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Faza titrashlari. Fazaning tez og‘ishi yoki chastotaning siljishi. Aloqa sifati yomonlashishiga yoki sinxronizatsiya buzilishiga olib keladi. Titrni ushlab turgich|Televideniyeda yozuvlar yoki hujjatlar ko‘rsatuvi uchun maxsus yasalgan qurilma. Titul varag‘i|Bosib chiqarilgan matnning birinchi sahifasi, topshiriq, foydalanuvchi nomi va boshqa hisobga olish ma’lumotidan tashkil topadi. Tizim|Qo‘yilgan vazifa (vazifalar) ni birgalikda hal etish maqsadida bog‘langan dasturlar, modullar, obyektlar majmui. Masalan, operatsion tizim foydalanuvchi bilan shaxsiy kompyuter o‘rtasidagi bog‘lanishni ta’minlash uchun mo‘ljallangan. Tizim administratori|Tizimning ekspluatatsiya qilinishi va ishchi holatda saqlab turilishi yuzasidan javobgar shaxs. Tizim arxitekturasi|Hisoblash tizimining funksional komponentlar (shinalar, signallar, protokollar, interfeyslar va h.k.lar), ularning tashkil qilinishi va o‘zaro aloqadorligi yig‘indisi sifatida taqdim etilishi. Tizim dasturchisi|Tizimli dasturiy taʼminot ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan dasturchi. Tizim dasturi|Operatsion tizim tarkibiga kiradigan, yoki operatsion tizimlar bilan, kompyuter tizimiga yoki uning alohida qurilmalariga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq funksiyalarni bajaradigan dastur. Tizim dasturiy ta’minoti|Foydalanuvchilarga kompyuter bilan ishlash imkoniyatini beradigan va bu ishni osonlashtiradigan dasturiy ta’minot. Operatsion tizim tizimli dasturiy ta’minotning asosiy qismi hisoblanadi. Tizimli dasturiy ta’minotga translyatorlar, qobiqlar, ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari kiradi. Tizim diski|Operatsion tizimning asosiy fayllarini ichiga oladigan disk. Tizim fayli|Operatsion tizimning to‘g‘ri ishlashi uchun zarur fayl. Tizim gammasi (televideniyeda)|Logarifmik shkalada qayta tiklanadigan tasvir element yorug‘ligining obyekt tegishli elementining yorug‘ligiga bog‘liqligini aks ettiradigan egri approksimatsiyalaydigan ishchi uchastkasining to‘g‘ri og‘ishi. Tizim ichidagi radioxalaqit|Radioelektron vositaga, radioelektron tizimning radioelektron vositasi bilan hosil qilinadigan, ataylab qilinmaydigan radioxalaqit. Tizim integratori|Turli yetkazib beruvchilardan olingan tarkibiy qismlarni birlashtirish yo‘li bilan to‘liq kompyuter tizimlarini qurishga ixtisoslashgan shaxs yoki kompaniya. Dasturlarni ishlab chiqaruvchilardan farqli o‘laroq, tizim integratorlari hech qanday dastlabki kod ishlab chiqmaydi. Buning evaziga ular kompaniyalarni ularning hisoblash ehtiyojlarini qondirish uchun do‘konlarda sotilmaydigan kompyuter va dastur paketlaridan foydalanishga undaydi. Tizim integratsiyasi|Umumiy ko‘p tarmoqli axborot tizimlarini yaratish va ulardan foydalanishga yo‘naltirilgan loyiha ishlari hamda xarid operatsiyalarining majmui. Tizim jarayoni|Operatsion tizimni yuklashda hosil qilinadigan jarayon. Operatsion tizimning to‘g‘ri ishlashi uchun zarur. Tizim jurnali|Tizimda kechayotgan hamma jarayonlar, yuzaga kelayotgan xatoliklar va h.k.lar yozib boriladigan fayl. Avariya holatlarida hodisalarning borishini tiklash, oldingi holatga qaytarish va h.k.larni bajarish maqsadida yuritiladi. Tizim kaliti|Tizim vositalarining ruxsat etilmagan tarzda erkin foydalanishdan muhofaza qilinishini ta’minlaydigan kalit. Tizim katalogi|Operatsion tizim o‘rnatilayotganda tuziladigan standart papka. Bu papkada tizimning barcha bibliotekalari, uning standart dasturlari va boshqalar saqlanadi. Tizim muhandisi|Tizim dasturiy taʼminotini ishlatish va kuzatib borish bilan shug‘ullanuvchi shaxs (odatda muhandis-dasturlashtiruvchi). Baʼzi hollarda tizim muhandisi tizim administratori vazifasini ham bajaradi. Tizim obrazi|Fayl yaratilish mobaynida tizimning hamma sozlashlarini o‘zida saqlovchi fayl. Tizimni to‘xtab qolishdan keyin tiklash uchun zarur. Tizim operatori|Server, kichik tarmoq yoki BBS ning ishga layoqatliligini ta’minlash va unga xizmat ko‘rsatish kabi xizmatlarni bajaruvchi shaxs (operator va kopincha egasi). Tizim papkasi|Tizimning ishlashi uchun zarur bo‘lgan dastur va modullar joylashtiriladigan katalog. Tizim platasi|Shaxsiy kompyuterning, protsessor, tezkor xotira qurilmasi, asosiy kiritish-chiqarish portlari va kengaytirish shinalarining ajratgichlari joylashtiriladigan asosiy platasi. Tizim reestri|Iyerarxik Windows 95, 98, 2000 va NT dagi tarmoq orqali foydalanish mumkin bo‘lgan, shaxsiy kompyuterni boshqarish, dasturiy ta’minot distributsiyasini ta’minlash, tizimni ma’muriy boshqarish va masofadan sozlash uchun foydalaniladigan ma’lumotlar bazasi. Tizim resursi|Markaziy protsessor vaqti, tezkor xotira qurilmasi sig‘imi, disk xotirasi, periferik qurilmalar yoki bajarish vaqtida ilovalarda foydalaniladigan boshqa tizim komponentlari. Tizim resurslarini hisobga olish|Tarmoqda foydalaniladigan resurslarni belgilash yo‘li. Bunda, tarmoq administratori har bir foydalanuvchi uchun, ular tomonidan o‘qilgan yoki yozilgan ma’lumotlar hajmini, foydalanuvchi va tarmoq o‘rtasida bog‘lanish o‘rnatilgan vaqtni, bu foydalanuvchi foydalanadigan disk hajmini, shuningdek, turli xizmatlarga qilingan so‘rovlarni qayd etib borishi mumkin. Tizim soatiga havola|90 kHz chastota davrida tizim vaqtini ko‘rsatadigan hamda koder va dekoderning taktli chastotalarini sinxronlash uchun xizmat qiladigan 33 bitli son. Tizim tahlilchisi|Amaliy muammolarga tavsif beruvchi, tizim spetsifikatsiyalarini belgilovchi, qurilmalarni o‘zgartirish bo‘yicha tavsiyalar beruvchi, maʼlumotlarga ishlov berish tartibotlarini va ko‘zda tutilgan maʼlumotlar tuzilmalarini loyihalashtiruvchi mutaxassis. Tizim takt generatori|Ma’lumotlar uzatish yoki boshqa qurilmalarni sinxronlash uchun foydalaniladigan davriyt signallarni generatsiyalaydigan qurilma. Tizim utilitasi|Tizimning ishga yaroqliligini diagnostika qilish, modifikatsiyalash va h.k. uchun ishlatiladigan dasturiy ta’minot. Tizim vazifasi|Tizimning to‘g‘ri ishlashini ta’minlaydigan va fon rejimda amalga oshiriladigan jarayon. Tizim xotirasi|Tizim platasidagi tezkor xotira qurilmasi. Tizim yadrosi|Operatsion tizimning asosiy moduli. Tizim (yuklanuvchi) qismi|Qattiq diskning operatsion tizim o‘z-o‘zini yuklashi uchun zarur bo‘lgan tashkiliy fayllari joylashgan qismi. Tizim shinasi|Amaliy dasturda operatsion tizim u yoki bu tizim funksiyasini bajarishi uchun foydalaniladigan mexanizm. Tizim shrifti|Grafik interfeysli tizimlarda ‒ ekranga xabarlar, menyu va sh.k.larni chiqarish uchun foydalaniladigan shrift. Tizim chaqiruvi|Operatsion tizim u yoki bu tizim funksiyasini bajarishi uchun amaliy dastur foydalanadigan mexanizm. Operatsion tizim odatda, himoyalangan tizimda bajarilishi hisobga olinsa, u holda tizim chaqiruvlarini tashkil qilish uchun bitta yoki bir nechta dasturli uzilish zaxiralanadi, masalan, MS-DOS da int 21 h. Tizimdan foydalana olishlik|Tegishli vakolatlari bo‘lgan subyektlarning axborotdan o‘z vaqtida hech qanday to‘siqlarsiz foydalana olishini ta’minlash qobiliyatini tavsiflovchi axborot (uni qayta ishlash vositalari va texnologiyalari) aylanadigan (tarqaladigan) tizimning xususiyati. Tizimdan chiqish|Foydalanuvchining kompyuter tizimidan chiqish jarayoni. Tizimga kirish|Foydalanuvchi tomonidan, uni identifikatsiya qiluvchi ma’lumotlarning (masalan, nomi, domeni va paroli) taqdim etilishi, haqiqiylikni tekshirish va foydalanuvchining ish seansini tashkil qilish. Tizimlararo xalaqit|Manbai ko‘rilayotgan tizimga tegishli bo‘lmagan tizimda joylashgan elektromagnit xalaqit. Tizimlarni boshqarish serveri, qisqa xabarlar xizmati|1. Microsoft Windows NT Back Office dasturiy paketining tarkibiy qismi.2. Uyali aloqa tarmoqlaridagi qisqa xabarlar xizmati. Tizimlashtirilgan kabel tizimi|Ofis binolarida nutq va ma’lumotlarni uzatish uchun maxsus loyihalashtirilgan kabel tarmog‘i hisoblanadi, masalan AT&T korporatsiyasining SYSTIMAX tizimi ekranlashtirilmagan o‘ralgan juftlikda. Ma’lumot o‘tkazuvchanlik imkoniyati bo‘yicha mis kabelli strukturalangan qabul tizimi turli standartlarda toifalar va turkumlarga bo‘linadi. Tizimlashtirilgan so‘rovlar tili|Ma’lumotlar bazasi bilan ishlashga mo‘ljallangan xalqaro standart til. Tizimli blok|Shaxsiy kompyuterning, ta’minot bloki, asosiy plata, kengaytirish platasi, magnit va optik disklardagi to‘plagichlar joylashgan qismi. Tizimli dasturlash|Tizim va/yoki tarmoq dasturiy ta’minotini ishlab chiqish va ta’minlash. Tizimli (imtiyozga ega) rejim|Komandalarni bajarishning alohida rejimi, bunda imtiyozga ega bir qator, masalan, xotira va registrlarning tizimli sohalarini o‘zgartirish operatsiyalarini bajarishga yo‘l qo‘yadigan operasion tizim yadrosining moduli bajariladi. Tizimli navbatlar sohasi|Umumiy tizim jadvallari, boshqaruv bloklari va navbatlarini, tizim konfiguratsiyasini aniqlaydigan tarkib va mazmunni hamda ish jarayonida tuziladigan umumiy sondagi manzilli fazolarni joylashtirish uchun xizmat qiladi. Tizimli oqim|MPEG-1 standartida bir dasturga tegishli bo‘lgan hamda umumiy taktli sinxronlash orqali birlashtirilgan paketlangan elementar oqimlarni yig‘ish. Tizimli tahlil|Takomillashtirish yoki yangi tizim ishlab chiqish maqsadida, tizimni va uning o‘zaro bog‘langan kichik tizimlarini tadqiq qilish. Tizimli yondashuv|Har bir masala, vazifa, hodisa, obyektni birmuncha keng yaxlit va ajralmas butunning – o‘zaro bog‘lagan tarkibiy elementlar tizimining bir qismi sifatida qarab chiqish usuli. Tizim ishlashining maqsadlari aniqlanishini, uning boshqa tizimlar bilan aloqalari ajratib ko‘rsatilishini ko‘zda tutadi; vazifaning hal etilishi o‘zaro bog‘langan vazifalar va yuqoriroq darajadagi muammolar hal etilishiga bog‘liq qilib qo‘yiladi. Tizimni muhofaza qilish|Dasturlar va tizim ma’lumotlaridan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishni yoki tizim ishiga tasodifiy aralashishni bartaraf etish maqsadida ko‘riladigan chora-tadbirlar majmui. Tizimni optimallash|Optimallash mezoni, optimallash parametrlari va cheklashlar belgilanadigan, tizimni takomillashtirish jarayoni. Tizimni to‘la qayta yuklash|Tizimni, ko‘pincha kompyuter ta’minot manbaini uzib-ulash orqali takroriy yuklash. Tizimning minimal talablari|Texnik va dasturiy vositalarga, elektron hujjat aylanishi imkoniyatlarini amalga oshirish uchun qo‘yiladigan, minimal zarur bo‘lgan talablar. Tizimning yaxlitligi|Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimining, o‘zining tezkor vazifasini bajarish bilan bir vaqtda, ro‘yxatga olinmagan foydalanuvchilar tomonidan resurslardan foydalanishning yoki o‘zgartirilishining oldini olish, shuningdek, ro‘yxatga olingan foydalanuvchilar tomonidan ularga tegishli bo‘lmagan resurslardan foydalanishning yoki o‘zgartirilishining oldini olish xususiyati. Tizimning o‘tkazish qobiliyati|Jarayonlarning bir vaqt birligi ichida o‘z ishini tugatishining (o‘rtacha) soni. Tobe jarayon|Ona-jarayonga bog‘liq jarayon, ona-jarayon yo‘q qilinganda yo‘q qilinadi, ona-jarayon tugallanishdan oldin barcha o‘ziga tobe jarayonlarning tugashini kutib turishi kerak. Toifalaish sxemasi|Dasturiy ta’minot bilan bog‘liq bo‘lgan toifalalar va turlarning tartiblashtirilgan birikmasi. Toifalashh makoni|Tizimlar va dasturiy ta’minotning, o‘zining individual o‘lchovi sifatida bitta yoki bir nechta tasniflashga ega bo‘lgan manfaatdor tomonlarning toifalash bo‘yicha muammolari ifodalangan universal to‘plami. Token|Pul mablag‘lari evaziga investor kompaniyadan oladigan raqamli aktiv. Tola|1. Ingichka shisha ip.2. Yadro va dempferdan iborat, axborotni yorug‘lik ko‘rinishida uzata oladigan optik to‘lqin o‘tkazgich. Tola (optik tola)|Elektromagnit nurlanishni atmosfera orqali bo‘ladigan optik aloqaga nisbatan uzoqroq masofaga uzatish uchun mo‘ljallangan tola. Optik tolalarning barchasi o‘zak va qobiq diametri, shuningdek, sindirish ko‘rsatgichi profili bilan farq qiladi. Tola optikasi|Telekommunikatsiya maqsadlarida, yorug‘lik diodi yoki lazer bilan generatsiyalanadigan yorug‘lik nurlanishini uzatish uchun shishali yoki polimer yo‘naltiruvchi tuzilma (optik tola). Tolalarni ulash|O‘xshash yoki yaqin tola uchlarini konnektordan foydalanmasdan doimiy ulash. Tolali kanal|Tolali tarmoqning asosiy va o‘ta yuqori tezlikli ishchi stansiyalari o‘rtasida maʼlumotlar uzatish vositalari uchun maxsus ishlab chiqilgan standart. Unda maʼlumotlar uzatishning turli tezliklaridan va masofalardan, bir modali yoki ko‘p modali tolalardan foydalaniladi. Tolali yorug‘lik o‘tkazgich|Doiraviy kesimga ega va ikkita konsentrik dielektrik qatlamdan iborat yorug‘lik o‘tkazgich. Uning ishlashi optik to‘lqinning optik xossalari turlicha bo‘lgan ikki muhit chegarasida sinish jarayonlaridan foydalanishga asoslangan. Tom|Fayl tizimida foydalanish uchun formatlashtirilgan, diskning bir nechta bo‘limi yoki bo‘limi; o‘qish va yozish uchun mumkin bo‘lgan axborot tashuvchi alohida blokning bir qismi. Operatsion tizim ma’lumotlarni saqlash uchun foydalanadigan joyni o‘zida ifodalaydi. Har bir tom noyob belgiga, ko‘pincha, tomni kompyuterda belgilaydigan disk harfiga ega. Tom diskni, diskning bir qismini, bir qancha disklarning qismlarini yoki magnit tasmani ichiga olishi mumkin. Tomlar, shuningdek, «disk tomlari» yoki «mantiqiy disklar» deb ham ataladi. Har bir tom o‘zining mustaqil yuklash yozuvini, o‘zak katalogini va papkalar daraxtini ichiga oladi. Tom nomi|Ma’lumot tashuvchi (qattiq disk) formatlanayotganda yoki maxsus utilita yordamida beriladigan nom. Har bir jismoniy disk tomi dasturni arxivlashda zarur bo‘ladigan o‘zining nomiga ega bo‘ladi. Tom nomi bilan ishlash operatsion tizim tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Tonal chastotani uzatish kanali|300-3400 Gs chastota kengligiga ega bo‘lgan namunaviy analog uzatish kanali. Tonal ko‘p chastotali raqam terish|Raqamlarni DTMF ikkita tovush signalining qo‘shilishi yordamida kodlash usuli. Turli chastotadagi signallarni tarmoq orqali uzatish − telefonning sonli tugmalari bosilganda tarmoqqa yakka signal uzatiladi. Bunday imkoniyat ba’zi bir tarmoq funksiyalaridan (ovozli pochta, E-mail) foydalanish uchun zarur. Tonal tayyorlik signali|Stansiyaning xabarlarni qabul qilishga tayyor ekanligini bildiruvchi tovush signali. Topologiya|1. Telekommunikatsiyalar tizimining umumjismoniy yoki mantiqiy konfiguratsiyasi: jismoniy topologiya – komponentlarni kabellar va simlar bilan ulash sxemasi, mantiqiy topologiya esa xabarlar tarmoqdan qanday o‘tishini tavsiflaydi.2. O‘zaro aloqalar, o‘zaro ulanishlarni o‘rganish. Windows tarmog‘i komponentlari o‘rtasidagi munosabat tizimi. Active Directory replikatsiyasiga qo‘llash mumkin, topologiyasi ma’lumotlarni bir-biri bilan almashish uchun domen kontrollerlari tomonidan ishlatiladigan ulanishlar to‘plamidan iborat. Topshiriq|Kompyuter bajaradigan ish hajmi. U maʼlumotlar, dasturlar, fayllar va mashina uchun ko‘rsatmalar majmuidan iborat. Ixtiyoriy topshiriq bir necha bosqichda bajarilishi mumkin, ularning bir qismi o‘zidan avvalgilarining natijalariga bog‘liq bo‘ladi. Topshiriqlar ikki xil rejimda, yaʼni bir dasturli va ko‘p dasturli rejimda bajarilishi mumkin. Oxirgi holda, tizimda qandaydir vaqt mobaynida topshiriqlar majmui bajariladi. Uni maxsus rejalovchi dastur boshqarib, u amaliy jarayonlar tomonidan qo‘shma resurslarni ishlatish tartibini belgilaydi. Toq|Ikkiga qoldiqsiz bo‘linmaydigan sonlar. Tor nurga ega antenna|Keskin yo‘naltirilgan antenna. Tor polosali antenna|Chastotalar ishchi polosasi kengligining polosaning o‘rta chastotasiga kichik (0,1 dan kam) nisbati bo‘lgan antenna. Tor polosali xalaqit|Spektr kengligi retseptorning o‘tkazish polosasi kengligidan kichik yoki unga teng bo‘lgan elektromagnit xalaqit. Tortqichli machta|Qishloq joylarida radioreleli aloqa liniyalarini tez yoyish uchun moʻljallangan antennaning oddiy turi.Izoh – Odatda, bir-biri bilan mexanik bogʻlangan uchburchak kesimli bir nechta seksiyadan iborat. Antennani vertikal holatda ushlab turish metall troslar yordamida amalga oshiriladi. Tortqichsiz machta|Konstruksiyasi dala sharoitlarida mahkamlashning qoʻshimcha vositalaridan foydalanmasdan yoyishga imkon beradigan antenna machtasi. Tovush balandligini avtomatik rostlagich|Bir kanaldan boshqasiga o‘tilganda yoki reklama roliklari uzatilganda, tovush balandligi darajasining yoqimsiz sakrashlarini avtomatik tarzda bartaraf etadigan tizim, bunda tovush balandligi bir xil darajada saqlanadi. Tovush fayli|Nuqtama-nuqta kodlangan tovush bo‘laklaridan iborat fayl. Bundan tashqari, tovush fayli dasturlar va qurilmalar tomonidan ishlatiladigan boshqaruvchi kodlarni ham o‘z ichiga oladi. Tovush fayllarining namunaviy kengaytmalari:Microsoft Windows-wav;MPEG (Moving Pictures Expert Group) Layer-3;.mp3;Apple-aif;MIDI-mid;Windows Media Audio-wma. Tovush jo‘rligi|Televizion dasturning tovushli tashkil etuvchisi. Tovush jo‘rligidagi eltuvchi|Tovush jo‘rligidagi signal bilan televizion dasturni modulyatsiyalash uchun mo‘ljallangan eltuvchi. Tovush jo‘rligidagi radiosignal|Tovush jo‘rligidagi signal bilan modulyatsiyalangan tovush jo‘rligidagi eltuvchi signal. Tovush jo‘rligidagi radiouzatgich|Radiochastota signallarini yaratishda foydalaniladigan, televizion dasturning tovush jo‘rligini tashuvchi televizion radioeshittirish uzatgichining qismi. Tovush jo‘rligidagi uzatgichning o‘rtacha chastotasi|Sinusoidal signal modulyatsiyalagan nurlantiruvchi to‘lqinning o‘rtacha chastotasi. Nurlantiruvchi to‘lqinning modulyatsiya bo‘lmagandagi chastotasi. (Tovush jo‘rligidagi) tasvir kanali|Eshittirish televideniyesi trakti yoki trakti zvenosining, (tovush jo‘rligidagi) televizion tasvirni uzatish uchun mo‘ljallangan qismi. Tovush kanali|Tovush eshittirish signallari yoki tovush jo‘rligi signallarini uzatishga mo‘ljallangan namunaviy uzatish kanali. Tovush kanalidagi tovush bosimi bo‘yicha nochiziqli buzilishlar koeffitsiyenti|Televizorning akustik tizimi tomonidan kuchaytiriladigan tovush bosimi garmonikalari amaldagi qiymatining, asosiy chastota va uning garmonikalarining amaldagi qiymatiga nisbati. Tovush kartasi|Kompyuterlashtirilgan qurilmalarda tovushni qayta ishlash uchun qo‘llaniladigan electron qurilma. Tovush kodeki|Tovushni kodlash/dekodlash uchun mo‘ljallangan dasturlar. Kodlangan tovush o‘z sifatini qariyb yo‘qotmaydi va xotiradan kamroq joy egallaydi. Tovush miksheri|Tovush jo‘rligidagi signallarni shakllantirish maqsadida bir necha manbadan keladigan tovush signallarini birlashtiruvchi qurilma. Tovush oldi buzilishlari|Uzatuvchi tomonda tovush signalini dastlabki qayta ishlash, bunda yuqori chastotalar ma’lum logorifmik qonunga asosan ko‘tariladi. Qabul qiluvchi tomonda old buzilish bartaraf etiladi. Old buzilishlardan maqsad − signalning xalaqitga bardoshliligini oshirishdir. Yuqori chastotalarni ko‘tarish, ularning xalaqitlarga uchrash ehtimoli ko‘pligi bilan bog‘liqdir. Bartaraf etiladigan old buzilishlarning noto‘g‘ri tanlovi, qabul qiluvchi tomondan tovushni tiklashga imkon bersa ham uning sifatini sezilarli pasaytiradi. Tovush platasi|Shaxsiy kompyuterlar uchun tovushlarni yozish va qayta eshittirish imkonini beruvchi qo‘shimcha plata. Tovush-tasvir kesichuvchi buzilishi|Tasvir videosignali yoki televizion videosignalning tovush jo‘rligidagi signal keltirib chiqaradigan buzilishi. Tovush va tasvirning nosinxronligi|Tasvir va tovush jo‘rligi o‘rtasidagi aniq sezilarli vaqt oralig‘i. Tovush shovqinini pasaytirish (kompandirlash)|Audiosignalning, boshlang‘ich signal amplitudaviy spektrini siqishdan iborat bo‘lgan, xalaqitbardoshliligini oshirish usuli, bunda amplitudaning quyi chegarasi ehtimol tutilgan shovqin darajasidan yuqori bo‘ladi, yuqoridagisi esa joyida qoladi. Qabul qilish tomonda signal tiklanadi. Tovush chastotasi|20 Hz dan 20 kHz gacha diapazondagi chastota. Tovush chastotasi bo‘yicha nochiziqli buzilish|Kirish signalidagi garmonikalar tarkibining, uning uzatgichdan o‘tishi natijasida o‘zgarishi. Tovushli axborotni qayta ishlash|Tovushli axborotni qayta ishlovchi dasturlarda qo‘llaniladigan algoritm. Tovushli axborotni tanlash xizmati|Foydalanuvchi tomonidan (talabi bo‘yicha) musiqiy yoki boshqa audio-konferensiyani tashabbusli tanlash. Tovushli kodlar|Xatoliklar to‘g‘risida tovush signallari bilan xabardor qilish tizimi. tezkor-himoya qurilmasi, kesh-xotira yoki protsessor xatoliklarini aniqlashda ishning dastlabki bosqichida tayanch kiritish/chiqarish tizimi (BIOS) da foydalaniladi. Xatolik turi qisqa va uzun gudoklar soni hamda ularning ketma-ketligi bilan belgilanadi. Tovushli ma’lumotlarni qayta ishlash darajasi|Tovushli ma’lumotlar oqimini kodlashda foydalaniladigan algoritmlar majmui. Siqilish darajasi hamda koder va dekoderning murakkabligini belgilaydi. Tovushli pochta|Telefon band bo‘lganda, javob bermaganda, yoki mobil telefon uyali aloqaning xizmat ko‘rsatish zonasidan tashqarida joylashgan yoki o‘chirib qo‘yilganda, xabarni qabul qiluvchi avtojavobbergichning takomillashtirilgan analogi.Izoh – Tovushli pochta uchun abonentga kelib tushgan sanasi va vaqtli ko‘rsatiladigan xabarlarni saqlash uchun yana bitta telefon raqami – «quti» raqami taqdim etiladi. Tovushli signal|Tovush chastotasining, televizion tasvirning tovushli dasturi yoki tovush jo‘rligini aks ettiruvchi, dasturiy signali. Tovushni boshqarish|Chiquvchi audio qurilma, odatda kolonkadan chiqadigan tovushlarni boshqarish uchun utilita. Tovushning past-balandligini o‘zgartirish mumkin. Tovushni zichlash − MP3 texnologiyasi|Tasvirni hamda MPEG-1 va MPEG-2 tovushlarni raqamli siqish standartlarini yo‘qotish bilan Layer 3 tovushli axborotini siqish va saqlash formati. 10-12 kompressiyaning keng tarqalgan koeffitsiyenti. Format katta formatdagi musiqali fayllarni Internet orqali uzatishni soddalashtirish va arzonlashtirish maqsadida yaratilgan. Oddiy tinglovchining eshitish qobiliyati farqlay olmaydigan yozuvdagi tovush chastotalarini olib tashlashga imkon beradigan siqishning maxsus algoritmidan foydalaniladi; shunga muvofiq yozuvning hajmi ancha qisqaradi. Shu bilan birga, format ptofessional foydalanish uchun nobop hisoblanadi. Toza|Odatda, ushbu atama Internet Explorer moslamalarida qo‘llaniladi, agar ushbu moslama tanlansa, kuzatib boruvchi andoza bo‘yicha Internet Explorer ishga tushirilganda Internetga ulanmagan holda toza sahifani ochadi. Tozalash|Vaqtinchalik fayllarni o‘chirish. Diskdagi bo‘sh joyni ko‘paytirish uchun xizmat qiladi. Tozalik|1. Ustunlik qiluvchi va qo‘shimcha to‘lqin uzunligi bilan tavsiflanuvchi aralashmalardagi spektral hamda axromatik tashkil etuvchilarning nisbiy yorqinligi rangning tozaligi orqali aniqlanadi va uni belgilaydi.2. Ushbu rangni tashkil qiluvchi sof spektral rangning oq va spektral rang yig‘indisiga nisbati bilan belgilanadigan rang xarakteristikasi. Toshiba korporatsiyasi|1875-yil Yaponiyada tashkil qilingan yirik xalqaro konsern. Faoliyatining asosiy yo‘nalishlari – elektrotexnika, elektronika va tibbiyot uskunalari. Trafik|Ma’lumotlarning uzatiladigan muhitdagi harakati, masalan, ma’lumotlarning lokal yoki global tarmoqdardagi oqimi. Tarmoqning bandligi (xuddi avtomobil yo‘llaridagi harakat kabi). Trafik analizatori|Boshqa bog‘lamalar uchun mo‘ljallangan tarmoq trafigini ushlab qolish va keyingi tahlillash yoki faqat tahlil qilishni amalga oshiradigan dastur yoki dasturiy-apparat vosita. Analizator ishlayotganda tarmoq interfeysi «tinglash rejimiga» o‘tadi va bu unga tarmoqdagi boshqa interfeyslarga yuborilgan ft paketlarni qabul qilish imkonini beradi. Trafik kanal|Abonent va tayanch stansiyalar o‘rtasida foydali va xizmatga oid axborotni uzatish kanali. Bu tushunchaga to‘g‘ri va teskari kanallar ham kiritiladi. Trafikni nazorat qilish|Ortiqcha yuklanishning oldini olish uchun barcha tarmoq elementlarida tarmoq tomonidan bajariladigan operatsiyalar. Trafikni tahlil qilish|Trafik oqimlarini kuzatish paytida olingan axborot tahlili. Masalan, trafik mavjudligi, mavjud emasligi, hajmi, yo‘nalishi va chastotasining tahlili. Trafikni tiqishtirish|Axborot muhofaza qilish sohasida – aksil chora. U trafikni tahlillashni yoki shifrlangan matnni ochiq matnga o‘girishni murakkablashtirish uchun uzatish muhitida maʼnosiz maʼlumotlarni yaratib ulardan foydalanishni nazarda tutadi. Masalan, ramzlar ketma-ketligi sifatida kodlangan xabar uzatishda ketma-ketlikning ayrim xonalarini yaratilgan ramzlar bilan to‘ldirish tushuniladi. Trafikni o‘rniga qo‘yish (to‘ldirish)|1. Soxta ulanishlarni aniqlash, qalbaki ma’lumotlar bloklarini va/yoki ma’lumotlar bloki ichidagi alohida qalbaki ma’lumotlarni generatsiyalash.2. Ma’lumotlar bloki doirasida noto‘g‘ri aloqa voqealarini, noto‘g‘ri ma’lumotlar blokini va/yoki noto‘g‘ri ma’lumotlarni generatsiyalash. Trafikning konfidensialligi|1. Trafik (xabarlar oqimi)ni tahlildan muhofaza qilinishini ta’minlovchi konfidensiallik xizmatlari.2. Aloqa tizimining raqib va/yoki axborotni buzuvchining tizimda uzatilayotgan ma’lumotlar va/yoki trafikni tahlil qilish orqali tizimning umuman ishlashi to‘g‘risidagi axborotni olishidan muhofazalanganligini tavsiflovchi xususiyat. Trafikni tahlil qilishdan himoyalash identifikatorlar hamda jo‘natuvchi va oluvchining manzillarini, paketlar uzunligini, uzatishlar jadalligini yashirish yo‘li va sh.k.orqali ta’minlanadi. Traktni uzatish koeffitsiyenti|Traktning chiqishdagi berilgan kesimida tushuvchi toʻlqinning normalangan kuchlanishi yoki toki kompleks amplitudasining, chiqishda qaytuvchi toʻlqin boʻlmaganda, traktning kirishdagi berilgan kesimida tushuvchi toʻlqinning normalangan kuchlanishi yoki toki kompleks amplitudasiga nisbati. Tranking|Abonent so‘roviga muvofiq taqdim etiladigan, bo‘sh kanallarni taqsimlashning avtomatik usuli; bunda har bir terminal ajratilgan diapazonning bir nechta qayd etilgan chastotalarning istalgan birida ishlashi mumkin. Transdyuser o‘zgartirgich|Energiyani bir shakldan boshqasiga, masalan, optik energiyani elektr energiyasiga aylantirish uchun mo‘ljallangan qurilma. Transformatsiya (videoo‘zgartirish)|Administrator tomonidan o‘rnatiladigan kiruvchi va chiquvchi xabarlarga qo‘shiladigan domen nomlarini qo‘shish, olib tashlash va o‘zgartirish qoidalari. Transiver (qabul qilgich-uzatgich)|Ethernet dagi kabi xost interfeysini lokal tarmoq bilan bog‘laydigan fizik qurilma.Izoh – Ethernet transiverlari kabelga signalni uzatuvchi va detektorlovchi elektron qurilmadan iborat. Transkoderlash (rangli televideniyeda)|Rangli televideniyening bitta tizimiga muvofiq kodlangan rangli videosignalni xuddi shunday satr va maydonlar chastotasiga ega bo‘lgan boshqa tizimga muvofiq kodlangan signalga o‘zgartirish. Translyator|Dastur yoki dasturning translyatsiya qilinishini bajaradigan texnik vosita. Translyator, shuningdek, xatolar aniqlanishini bajaradi, bosib chiqarish uchun dastur matnlarini beradi. Translyatorga ko‘rsatma|Dastur mazmunini o‘zgartirmaydigan, lekin translyator ishini boshqaradigan yoki unga qandaydir parametrlar beradigan, kirish tili konstruksiyasi. Translyatsiya|1. Bir dasturlash tilida yozilgan dasturni boshqa bir tildagi dasturga o‘zgartirish jarayoni. Translyatsiya – bu, bajarilishi mumkin bo‘lgan, mashina kodlaridagi dasturni tuzishdir; biblioteka kichik dasturlari, modullar, protseduralarni mashina tilidagi yakuniy dasturga qo‘shilishini ta’minlaydi.Izoh ‒ Translyatsiyaning ikki turi farqlanadi: kompilyatsiya – natija, dasturning boshlang‘ich matnidan mustaqil bajariladigan tayyor dastur ko‘rinishida olinadi; interpretatsiya – dasturning bajarilishi va translyatsiya qilinishi komandalar bo‘yicha yuz beradi.2. Elektraloqa signallarini (tovush yoki televizion eshittirish signallarini, telefon so‘zlashuvlarni, telegraf xabarlarini va shu kabilarni) oraliq (translyatsion) stansiya orqali uzatish. Translyatsiya davri o‘zgaruvchisi|Makrobelgilashlar va translyatorga ko‘rsatmalarda foydalaniladigan o‘zgaruvchi. Translyatsiya qilishdagi xato|Dastur matnidagi, translyator aniqlaydigan xato. Transponder (retranslyator)|Ko‘plab yer stansiyalaridan signallarni qabul qiladigan va ularni boshqa chastotalar diapazonida Yerga qayta nurlantiradigan yo‘ldoshli qabul qilgich-uzatgich. Retranslyatorning kirish va chiqishidagi signallarning tuzilmasi odatda o‘zgarmaydi. Transport darajasi|Oxirgi (terminal) qurilmalar o‘rtasida ma’lumotlarni ishonchli uzatish uchun javob beruvchi OSI modelining to‘rtinchi sathi. Transport oqimi|Xatolarni to‘g‘rilash va o‘zining sinxronlash manbalaridan mustaqil izohlashga ega doimiy uzunlikdagi dasturiy paketlardan shakllangan raqamli eshittirish televideniyesi ma’lumotlarining bir nechta dasturiy oqimlarining to‘plami. Transport protokoli, transport darajasidagi protokol|OSI modelining transport darajasidagi funksiyalarini bajaruvchi tarmoq protokoli. Transpyuter|Ko‘p protsessorli hisoblash tizimlarida parallel hisoblashlar uchun foydalanishga mo‘ljallangan, maxsus arxitektura protsessori. Tranzaksiya|Obyektlarning vaqt bo‘yicha qisqa birgalikda ishlash sikli. O‘z ichiga «so‘rov ‒ topshiriqning bajarilishi ‒ javob»ni oladi. Odatda, dialog rejimida amalga oshiriladi. Tranzaksiyalar jurnaliga ega fayl tizimi|Har qanday o‘zgarishni tranzaksiya kabi qayd qiladigan fayl tizimi. Barcha tranzaksiyalar jurnalga yoziladi. Tranzaksiyalar protsessori|Tranzaksiyalar qayta ishlanishini rejalashtirish bilan shug‘ullanadigan va ularning bir-biridan alohida ajralib turishini ta’minlash uchun javob beradigan, shuningdek, tranzaksiyalarni qayta ishlash protokollashtirilishini ta’minlaydigan, maʼlumolar bazasini boshqarish tizimining kichik tizimlaridan biri. Tranzaksiyalardan nusxa ko‘chirish|Tranzaksiyalardan nusxa ko‘chirish – bu muntazam tarzda o‘zgaradigan maʼlumotlar bazalari uchun qulay yechim. Tranzaksiyalardan nusxa ko‘chirishda nusxa ko‘chirish agenti asosiy bazadagi o‘zgarishlarni obunachilarga yuboradi. Bu o‘zgarishlar ayni paytda yoki muntazam ravishda yuborilishi mumkin. Tranzaksiyalarni tezkor qayta ishlash|Real vaqt rejimida tranzaksiyalarning (so‘roq berish va natija olish jarayonlarining) bajarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan, maʼlumotlar bazalarini boshqarish turi. Tranzit|Chastotalar polosasi yoki uzatish tezligi o‘zgartirilmasdan, telekommunikatsiyalar signallari o‘tishini taʼminlaydigan, bir xil uzatish kanallari yoki traktlarining ulanishi. Trassa|Telekommunikatsiyalar kabelini o‘rnatish uchun mo‘ljallangan vosita (muhit, fazo). Trassadagi oraliq masofa|Trassaning eng yuqori geografik nuqtasidan qabul qiluvchi va uzatuvchi antennalarning fazaviy markazlarini birlashtiruvchi to‘g‘ri liniyagacha bo‘lgan raqamli eng kichik masofa. Trassalashtirish|Dastur har bir komandasining bajarilishi natijalarini aks ettirish. Bunda o‘zgaruvchilar, funksiyalar, ifodalarning qiymatlari beriladi. Trassalashtirishdan dasturni sozlashda foydalaniladi. Trek|Magnit disk. Har birini diskning aylanadigan plastinasi sirtida qo‘zg‘almas o‘qish/yozish kallagi qoldiradigan halqa ko‘rinishida tasavvur qilish mumkin bo‘lgan magnit yo‘lkalar majmuini o‘zida ifodalaydi. Yo‘lkalar 0 dan boshlab, chetki qismidan markaz tomon raqamlab boriladi. Disk formatlanganda, har bir yo‘lka sektorlarga bo‘linadi. Trekbol|Kompyuter tizimlari tarkibida ishlash uchun mo‘ljallangan grafik manipulyator. Harakatlanishi nazorat qilinadigan shar – shar shaklidagi va «sichqoncha»ning o‘rnini bosadigan 2ta yoki 3 ta tugmadan iborat maxsus qurilma. Trekpoint|Displeyda ma’lumotlarni tanlash, grafik ma’lumotlarni kiritish imkonini beradigan qurilma. Displey ekranida kursor yordamida barmoqning unga bo‘ladigan bosimi yo‘nalishini kuzatib boradigan tugmani o‘zida ifodalaydi. Odatda, klaviatura o‘rtasida o‘rnatiladi. Trellis kodlash|Maxsus tanlangan yoyish kodi va bitlarni simvollarga joylashtirish algoritmining kombinatsiyasi, u ortiqchalikni uncha ko‘paytirmasdan, energiyadan sezilarli yutishni ta’minlaydi. Trevoga|Viruslar xavfi tug‘ilganda, xavfsizlik buzilganligi to‘g‘risidagi xabarda, ruxsat etilmagan foydalanish/ kirish amalga oshirilganda uzatiladigan tovushli yoki vizual trevoga signali. Trevoga signalini berish qurilmasi|Ruxsat etilmagan tarzda foydalanishga urinish bo‘lganda, nazorat postiga tovush va/yoki yorug‘lik signali uzatilishini ta’minlovchi dasturiy-apparat qurilma. Triada|Uchta: qizil, ko‘k va yashil rangdan iborat lyuminofor guruh. Trigger|Ikki yoki undan ko‘p barqaror holatga ega elektron qurilma. Triggerlar integral sxemalar tarkibiga kiradi. Asosan, xotira sifatida foydalaniladi. Trilateratsiya|Mobil obyekt joylashgan yerni aniqlashning, bir vaqtda tarmoqning uchta stansiyasidan obyektgacha bo‘lgan masofani o‘lchashga asoslangan usuli. «Troya oti»|Ma’lumotlarni ruxsat etilmagan tarzda to‘plash, falsifikatsiya qilish yoki yo‘q qilishni amalga oshirish imkonini beradigan, funksional foydali bo‘lib ko‘rinadigan, zarar yetkazuvchi dastur. Tugallash, tamomlash|Operator yoki blokning oxirini (tugashini) ko‘rsatadigan xizmatga oid so‘z. Tugatish|Jarayonning, uning dasturini bajarish tugallanganligini bildiradigan holati. Tugma|Shaklning asosiy elementlaridan biri. To‘g‘riburchakni o‘zida aks ettiradi, uni bosish natijasida biror harakat yuz beradi. Tugmadagi tasvir|Tugma yuzida tasvirlangan piktogramma. Matnga muqobil hisoblanadi. Tugmalar paneli|Bevosita menyu satri ostida joylashgan va nusxa ko‘chirish, ma’lumotlarni surish, olib tashlash kabi, tez-tez talab qilinadigan operatsiyalarni bajarish imkonini beradigan tugmalar qatori. Tuman pochta aloqasi bog‘lamasi|Tuman markazlarida tashkil etiladigan pochta aloqasi bog‘lamasi. Tumanichi pochta yo‘nalishi|Bitta tuman pochta aloqasi obyektlarini bog‘lovchi pochta yo‘nalishi. «Tungi servis» xizmatini ta’minlash|Tungi vaqtlarda chaqiruvlarni muqobil (belgilangan) raqamga qayta yuborish imkonini beradigan xizmat. Xizmatni aktivlashtirish ikkita:- avtomatik, ko‘p liniyali bog‘lam guruhining barcha a’zolari band bo‘lganda;- qo‘lda, ko‘p liniyali bog‘lam guruhi a’zolalaridan biri tomonidan aktivlashtirish usuli orqali amalga oshiriladi.Izoh – Xizmat ko‘p liniyali bog‘lam guruhlari uchun mo‘ljallangan. Tungi televideniye|10-4 ℓk dan 10-5 ℓk gacha yetadigan, o‘rtacha 10-2 ℓk dan 10-3 ℓk gacha tashkil etadigan tungi tabiiy yoritilganlikdagi televizion uzatish. Tur|Dasturlash tillarida foydalaniladigan ma’lumotlar ko‘rinishi (masalan, simvolli, butun sonli va h.k.) Turbo|1. Protsessorning ishlash chastotasi oshirilgan kompyuterning ishlash rejimi. Turbo rejimi i80286 protsessordan boshlab asosiy hisoblanadi. Eskirgan dasturlar bilan ishlashda bu rejim uzib qo‘yiladi. Pentium protsessorli kompyuterlarda foydalanilmaydi.2. Borland firmasining savdo markasi. Mashhur Turbo Paskal, Turbo C, Turbo Prolog mahsulotlari bir xil muhitga va sifatli translyatorlarga ega. Turbo-kodlash|Parallel ulangan bir nechta koder orqali simvolli ketma-ketlikni kodlash. Turkumlar verifikatori|Turkumni yuklashda uning bayt-kodi, turlarining nazorati va boshqa zarur tekshirishlarni bajaradigan JVM tarkibiy qismi. Turlarni o‘zgartirish|Bir turdan boshqa turga o‘zgartirish operatsiyasi, masalan, «1234» qatori 1234 butun raqamiga aylantirilishi mumkin. Turli tomonga yo‘naltiriladigan antennalardan foydalanib yoyish|Harakatdagi (masalan, poyezdga o‘rnatilgan) radiostansiyalar uchun katta kuchayish koeffitsiyentiga ega antennani avtotanlashga asoslangan signallarni qabul qilish usuli. Turniket antenna|Ta’minoti fazalarni 90° ga burish bilan uzatiladigan bir nechta oʻzaro perpendikulyar vibratorlar antenna boʻylab joylashadigan machta (shtanga)ni oʻzida aks ettiradigan antenna. Turg‘un qoplanish zonasi|Radiosignal ishonchli qabul qilish uchun yetarli darajada nurlanadigan zona. Turgʻun toʻlqin|1. Qarama-qarshi yo‘nalishlarda tarqaladigan, ulardan biri to‘g‘ri, ikkinchisi esa uzatish liniyasining olisdagi uchidan qaytuvchi ikki to‘lqinning ustma-ust tushishidan hosil bo‘ladigan to‘lqin. Turgʻun toʻlqinda kuchlanish va tok faza boʻyicha 90° ga surilgan, amplitudalari ba’zi nuqtalarda maksimumga (bogʻlamlilik maksimumiga), ba’zilarida esa, nolga (uzellar) yetgan holda, aloqa liniyasi boʻylab oʻzgaradi.2. Bir xil amplitudali, bir-biriga tomon tarqaladigan hamda vaqt va fazoda oʻzgaradigan ikkita yuguruvchi elektromagnit toʻlqin interferensiyasi paytida fazoda yuzaga keladigan elektromagnit toʻlqin. Turgʻun toʻlqin koeffitsiyenti (TTK)|1. Uzatish liniyasidagi turgʻun toʻlqin elektr yoki magnit maydoni kuchlanganligi amplitudasi eng yuqori qiymatining eng kichik qiymatga nisbati.2. Uzatish liniyasidagi turgʻun va yuguruvchi toʻlqin amplitudalari oʻrtasidagi oʻzaro nisbatni tavsiflovchi koʻrsatgich boʻlib, SWR = (1 + k)/(1 – k) tarzida aniqlanadi, bunda k – qaytish koeffitsiyenti. Turg‘un to‘lqinlar rejimi|1. Liniyada teng amplitudali tushuvchi va qaytgan to‘lqinlar mavjud bo‘ladigan, yo‘qotishlarsiz uzun liniyaning ishlash rejimi.2. Liniya yuklamasi u yo‘naltiradigan to‘lqin energiyasini to‘liq qaytaradigan rejim. Tutash huquqlarni qo‘riqlash nishoni|Fonogrammaning har bir nusxasida va/yoki uning har bir g‘ilofida joylashtiriladigan nishon. U uch elementdan iborat bo‘ladi: aylanada «R» lotin harfi; alohida tutash huquqlari egasining ismi (rasmiy nomi); fonogramma birinchi marta chop etilgan yil. Tutashtirgich|1. Har ikki uchida konnektorlari bo‘lgan optik-tolali kabel.2. Krossda yarim doimiy ulanishlar uchun foydalaniladigan konnektorsiz kabel birligi yoki elementi.3.Konnektorlarsiz o‘ralgan juftlar asosidagi, krossda telekommunikatsiya sxemalari/liniyalarini ulash uchun foydalaniladigan qurilma. Tutib olish xizmati|Agar chaqiruv mavjud bo‘lmagan yoki o‘zgartirilgan raqamga chaqiruv yuborilsa yoki chaqiruv vaqtida marshrut vaqtincha blokirovkalangan bo‘lsa, yoki chaqiruv yuborilganda abonent noto‘g‘ri harakat qilsa, chaqiruv avtomatik tarzda tutib qolinadi va kommutatsiya uskunasi orqali keraksiz bog‘lanishni o‘rnatishning oldini olish uchun, chaqiruvlarni tutib olish qurilmasiga uzatiladi. Tuzatilgan versiya|Apparat yoki dasturiy vositaning aniqlangan barcha xatoliklar tuzatilgan va qo‘shimcha hech qanday funksiyalari bo‘lmagan versiyasi. Tuzatmoq|Xatolarni izlash va tuzatish amali. Ma’lumot kiritish orqali dastur instruksiyasini qadam-baqadam bajarish orqali amalga oshiriladi. Tuzatuvchi kod|Uzatiladigan xabarga ba’zi bir ortiqchalilik kiritilishi orqali xatolarni tuzatuvchi kod. Tuzatuvchi qurilma|Aloqa kanalida yoki axborotni qayta ishlashda vujudga keladigan muntazam (tasodifiy bo‘lmagan) xatolarni bartaraf etish uchun mo‘ljallangan qurilma. Kanal tuzatuvchi qurilmasining ishlash prinsipi signal xarakteristikalarini aloqa kanalining uzatish funksiyasi bilan moslashtirishga asoslangan. Tuzilma|Bitta yoki bir nechta, balki har xil turdagi elementlardan iborat ma’lumotlar elementi. Tuzilmaviy dasturlash|Har birida bitta kirish va bitta chiqish nuqtalari bo‘lgan, iyerarxik ixcham modullardan tashkil topgan (Edsger Dijkstra tomonidan yaratilgan) dasturlarni loyihalash metodologiyasi. Bundan tashqari tuzilmaviy dasturlash GОTО operatorini ishlatishni cheklab qo‘yadi. Tuzish va yig‘ishning quyi darajasi|ATM tarmoqlarida AAL ning ikkita darajasidan biri. Nisbatan yuqori darajadagi kiruvchi ma’lumotlar oqimini 48 byte li yacheykalarga bo‘ladi va u yacheykalardan chiquvchi ma’lumotlarni yig‘adi. Odatda tarmoq kontrollerida alohida mikrosxemalar ko‘rinishida amalga oshiriladi. Ma’lumotlarni yacheykalarga ajratish usullarini aniqlovchi turli standartlar mavjud. Ular ATM Adaptation Layers deyiladi. Tuzoq|Jinoyatkorning har qanday harakatini sinchiklab protokollashtiradigan kompyuterdagi ma’lum servislar (pochta, Telnet va sh.k.) ishini tezlashtiradigan dastur. Tuzoqlardan foydalanish|Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimiga, oshkora kamchiliklarni (zaifliklarni) atayin kiritish. Buzg‘unchi bu kamchiliklardan (zaifliklardan) foydalanganda, uni chalg‘itish uchun yoki kirishga urinishlarni aniqlash uchun mo‘ljallangan. Tuzuvchi|Faylni yaratadigan maxsus dastur. Tushadigan menyu|Barcha oynalarga qo‘llaniladigan komandalar menyusi; displey ekranining yuqori burchagida joylashgan sarlavhasi ko‘rsatilgan holda chaqiriladigan, bevosita shu sarlavha ostida paydo bo‘ladigan va komanda tanlangandan so‘ng yo‘qoladigan menyu. Shuningdek, «global menyu» deb ham ataladi. Tushuvchi radioto‘lqin|O‘z yo‘lida ikkita muhitning ajralish sirtiga yoki muhitning bir xil emasligiga duch keladigan radioto‘lqin. Tushuvchi to‘lqin|Manbadan tarqaladigan yuguruvchi to‘lqin. TV ko‘rsatuvlarni keyinga qoldirib ko‘rish|Kontentni kechikish bilan (odatda 1 soatga karrali) uzatuvchi kanal yordamida ko‘rsatuvning yoqib qolgan fragmentlarini takrorlash imkoniyati. TV signalning inersionliligi|Fotoelektron o‘zgartirgich chiqishidagi TV signal o‘zgarishining uning fotosezgir yuzasi yoritilganligining o‘zgarishiga nisbatan kechikishini tavsiflaydigan parametr. TV signalning ortiqchaligi|Axborotning sezilarli ortiqchaligi yoki ko‘rish apparati imkoniyatlarining cheklanganligi bilan bog‘liqlik. TV tasvirlarning sifati|TV tasvirlarning universal optik yoki elektron televizion sinov jadvallarining tasviri bo‘yicha, vizual baholanadigan parametrlari. Tyuner|Ma’lum chastotalardagi televizion signallarni ajratadigan va uni audio va videoaxborotga o‘zgartiradigan qabul qiluvchi qurilma. Tyuner sezgirligi|Kirish signali darajasi, bunda tyuner sifatli (ma’lum bir standart mezonlar bo‘yicha) qabulni ta’minlaydi. Tyuring mashinasi|1936-yilda ingliz matematigi Alan Tyuring tomonidan algoritm tushunchasini rasmiylashtirish va algoritmlar murakkabligini (murakkablik toifalarini) o‘rganish vositasi sifatida taklif qilingan gipotetik hisoblagich. Tyurinning maqsadi hisoblash mashinasi nimani bajara olishi va nimani bajara olmasligi o‘rtasidagi chegarani tavsiflashdan iborat edi. Tyuring mashinasi bu matematik jihatdan ideallashtirilgan kompyuter bo‘lib, u hech qachon xato qilmaydi, istaganingizcha uzoq vaqt ishlaydi va cheksiz xotira hajmiga ega. Umumiy foydalanishdagi zamonaviy protsessorlar, ularda cheksiz xotira hajmi mavjud emasligini hisobga olmaganda, Tyuring mashinasiga juda o‘xshashdir. Determinallangan va determinallanmagan Tyuring mashinalari farqlanadi. Tyuring testi|Ingliz matematigi Alan Tyuring (1912-1954) tomonidan «Hisoblash mashinalari va intellekt» (1950-yilda «Mind» jurnalida chop etilgan) eng muhim maqolasida sun’iy intellekt tizimlarini intellekt mavjudligiga tekshirish uchun taklif qilingan test. Ushbu testdan o‘tish uchun boshqa xonada joylashgan mashina odam («tergovchi») bilan shunday tarzda suhbat qurishi kerakki, bunda odam kompyuter bilan suhbatlashayotganini payqamasligi kerak. Bir kishi teletaypda (hozirgi vaqtda klaviaturada) mashinaga bir nechta savollarni kiritadi, mashina esa javoblarni monitor ekranida aks ettiradi. Faqatgina ushbu matnli xabar orqali u suhbatdoshining mashina yoki odam ekanligini aniqlashi kerak. Agar test o‘tkazuvchi odam bilan gaplashayotganiga ishonsa, u tomonidan baholanayotgan mashina sun’iy intellektga ega bo‘ladi. Tyuring testi va testga tanqidiy yondashuv sun’iy intellekt rivojlanishida ijobiy rol o‘ynadi. Shuningdek, sun’iy intellektda, kompyuterning ko‘rish va harakatlana olish qobiliyatini qo‘shimcha ravishda tekshiradigan umumiy Tyuring testi tushunchasi mavjud. To‘la dupleks|Qurilmaning bir vaqtning o‘zida ikki yo‘nalishda – signalni qabul qilish va uzatishda ishlash qobiliyati. To‘la ekranli dastur|To‘la ekran rejimida ishlaydigan dastur. To‘la matnli izlash|Zarur axborotni olish uchun, hujjatlar to‘plamidagi har bir so‘z bo‘yicha izlash. To‘la matnli maʼlumotlar bazasi|To‘la matnli hujjatlar yoki ularning qismlari saqlanayotgan maʼlumotlar bazasi. To‘la sug‘urta nusxalash|Disk ichidagi barcha narsadan yoki ma’lumotlar bazasidan rezerv zaxira ko’chirish. To‘ldirib yuborish hujumi|Katta hajmdagi soxta trafikni kiritish hisobiga tarmoq uskunasining (marshrutizator, kommutator va b.larning) sun’iy ravishda o‘ta yuklanishini vujudga keltirish. To‘ldiriladigan operatsion kod|Komandaning boshqa qismidan olingan axborot orqali qo‘shimcha aniqlanadigan operatsion kod. To‘ldirish bayrog‘i|Protsessorlardagi holat registri bayroqlaridan biri. To‘lib ketish|Ma’lumotlarning katta hajmini tasodifan yoki qasddan kiritish, uning natijasida xizmat ko‘rsatishning rad etilishi yuz beradi. To‘liq ajratib bajariladigan hujum, brutfors|Parol va kalitlarning mumkin bo‘lgan variantlarini tanlab, sinashlar va xato qilishlar usulida kompyuter xavfsizligini buzishga urinish.Izoh – To‘liq ajratib bajariladigan hujum analitik hujumning aksi hisoblanadi. To‘liq aylanadigan antenna|Fazoning istalgan nuqtasiga yo‘naltirilishi mumkin bo‘lgan antenna. To‘liq bog‘langan topologiya|Bog‘lagichlarning har bir jufti uchun eng kamida bitta aloqa mavjud bo‘lgan konfiguratsiya. To‘liq kadrning vaqt bo‘yicha kodi|Kadrlar bilan haqiqiy vaqt o‘rtasida muvofiqlik o‘rnatilishi o‘rniga kadrlarning aniq sonini hisoblash yuz beradigan videotasmadagi kadrlarni manzillash uchun mo‘ljallangan SMPTE standarti. To‘liq maydondagi telematn|Axborot televizion tasvir signallari mavjud emasligida va bu signallar bilan shug‘ullanuvchi vaqt davomida uzatiladigan telematn. To‘liq mos kelishlik|Ikkita yoki undan ko‘p kompyuter foydalanuvchilari uchun hech qanday cheklashlarsiz texnik, dasturiy va axborot uyg‘unligi. To‘liq rang sinxronlash signali|Rangli televideniye qabul qilgichi to‘g‘ri ishlashi uchun zarur bo‘lgan barcha sinxronlovchi signallarni ichiga olgan signal. To‘liq rang videosignali|To‘liq yorqinlik signali hamda ranglilik signalidan iborat televizion videosignal. To‘liq saralash|To‘g‘ri kriptografik kalitni barcha mumkin bo‘lgan kalitlar ichidan uni to‘liq saralash yo‘li bilan izlashning asosiy usuli. Shifrlash algoritmi yoki kalitlarni ishlab chiqishda zaifliklar topilganda, kalitlar sonini qisqartirish mumkin bo‘ladi. To‘liq tasvir signali|So‘ndiruvchi impulsli tasvir signali hamda sinxronlovchi signallardan iborat signal. To‘liq tasvir signalidagi oqning etalon darajasi|Signalni sinxronlovchi signalning cho‘qqisidan uzoqlashtirilgan (oqning yo‘nalishida) daraja. (To‘liq tasvir signalining) qulochi|To‘liq tasvir signali kuchlanishining eng katta musbat va eng katta manfiy potensiallari o‘rtasidagi farq. To‘liq ulangan tarmoq|Har qanday mashina boshqa har qanday mashina bilan ulangan tarmoq. To‘liq videosignal|Videosignalning sinxronizatsiya signali bilan kombinatsiyasi. To‘liq yorqinlik signali|Yorqinlik va sinxronlash signallaridan iborat signal. To‘lov to‘g‘risidagi ma’lumotlarni avtomatik tarzda uzatish xizmati|Abonentga bog‘lanish uchun to‘lovni to‘lashga taalluqli barcha ma’lumotlar yoki ularning qismi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish imkonini beradigan xizmat. To‘lqin kiritish-chiqarish multipleksori|To‘lqinli multipleksorlashdan foydalanadigan, kiritish-chiqarish multipleksori. To‘lqin qarshilik|1. Liniyaning to‘lqin qarshiligi, shu liniya bo‘ylab taqsimlangan sig‘imga liniya bo‘ylab taqsimlangan induktivlik kvadrat nisbatining ildiziga teng.2. Berilgan tarqalish muhitida ma’lum turdagi to‘lqin uchun elektr va magnit maydonlari kuchlanganlik qiymatlarining nisbati. To‘lqin uzunligi|1. Fazodagi ikki nuqta o‘rtasida yotuvchi eng qisqa masofa, unda elektromagnit to‘lqin fazasi 2π ga o‘zgaradi.2. Tebranishlar bir xil fazаga ega bo‘lgan, to‘lqin tarqalish yo‘nalishi bo‘ylab joylashgan ikki nuqta o‘rtasidagi eng kichik masofa. To‘lqin uzunligi bo‘yicha ajratish bilan multipleksorlash|1. Liniya agregat kanali to‘lqin uzunligi bo‘yicha turlicha n ta kanalni (modulyatsiyalovchi signal texnologiyasiga ko‘ra o‘xshash bo‘lmagan) birlashtirish yo‘li bilan shakllantiriladigan multipleksorlash.2. Signallarni multipleksorlash usuli. Bitta optik-tolali kabel orqali to‘lqin uzunligi turlicha bo‘lgan bir nechta (odatda, 16 tagacha) yorug‘lik dastasini uzatish imkonini beradi. To‘lqin uzunligiga ko‘ra, multipleksorlash signalning minimal so‘nishi (bir modali to‘lqin uchun 0,2 dB/km gacha) ta’minlanadigan 1530-1560 nm chegarada amalga oshiriladi. To‘lqin uzunligi bo‘yicha ajratish bilan zichlashtirish|Optoelektron signallarni, quyi chastotalarda qo‘llaniladigan chastotaviy zichlashtirishga o‘xshash, yuqori tezlikli uzatish usuli. Texnologiya optik tolali muhitda bir nechta mustaqil trafiklarni spektral tashkil etuvchilar (tonlar) o‘rtasida kesishmaydigan ko‘plikka rangni ajratish mumkinligi hisobiga uzatish imkoniyatidan foydalanadi. Kanallar 4, 16 ta va undan ko‘p bo‘lishi mumkin. To‘lqin uzunligi bo‘yicha multipleksorlash|Turli uzunlikdagi yorug‘lik to‘lqinlaridan foydalanishga asoslangan spektral zichlashtirish texnologiyasi va DWDM texnologiyalari. Bu optik-tolali kabellarda 1022 tagacha turli hajmdagi kanal hosil qilish imkonini beradi. To‘lqin o‘lchagich|Radiochastotalar diapazonida to‘lqin uzunligini yoki elektromagnit tebranishlar chastotasini o‘lchaydigan asbob. To‘lqin o‘tkazgiсh|1. Bo‘sh metall truba yoki dielektrik sterjen, uning ichida o‘q bo‘ylab radioto‘lqinlar qaytgan to‘lqinlarning ichki devorlari va interferensiyasidan ko‘p martali qaytishlar natijasida tarqaladi.2. Energiyani masofaga uzatish maqsadida kanal hosil qiladigan har qanday tuzilma. To‘lqin o‘tkazgichning quyidagi turlari mavjud: radio, atmosfera, yorug‘lik o‘tkazgich va plazmali. To‘lqin o‘tkazgich traktining germetik elementi|To‘lqin o‘tkazgich traktini quritish tizimi uchun yopiq hajm hosil qiluvchi maxsus to‘lqino‘tkazgishli qo‘shimcha. To‘lqin o‘tkazgichli antenna|To‘lqin o‘tkazgich kesmasi ko‘rinishidagi, oxiri ochiq antenna. To‘lqin o‘tkazgichli kallak|Quvvatni o‘lchash va indikatsiyalash uchun mo‘ljallangan qurilma. Odatda detektor va moslovchi elementlari ulangan to‘lqin o‘tkazgich bo‘lagi ko‘rinishida tayyorlanadi. To‘lqin o‘tkazgichli koaksial o‘tish|To‘lqin o‘tkazgichli kirish va koaksial chiqishga ega o‘ta yuqori chastota uzatish liniyasining o‘tish seksiyasi. To‘lqin o‘tkazgichli moda|Metall to‘lqin o‘tkazgichda qo‘zg‘atiladigan, elektromagnit maydon va chastota tuzilmasi bilan tavsiflanadigan to‘lqin turi. To‘lqin o‘tkazgichli tarqalish|Radioto‘lqinlarning ma’lum cheklovchi sirtlar o‘rtasida tarqalishi, bunda shu sirtlar o‘rtasidagi to‘lqinli maydonlar bir xil muhitdagiga qaraganda masofa bilan sekin kamayadi. To‘lqinlar dispersiyasi|Tarqalish muhitida garmonik to‘lqinlar fazaviy tezligining chastotaga bog‘liqligi. To‘lqinlar dispersiyasi, masalan, ionosferada, to‘lqin o‘tkazgichlarda radioto‘lqinlarning tarqalish jarayonida kuzatiladi. To‘lqinlar interferensiyasi|Fazoda bir xil davriylikdagi ikkita (yoki bir nechta) to‘lqinning qo‘shilishi, buning natijasida fazoning turli nuqtalarida qo‘shiladigan to‘lqinlarning fazalari o‘rtasidagi nisbatlarga bog‘liq bo‘lgan to‘lqinlar natijaviy amplitudalarining ko‘payishi yoki kamayishi yuzaga keladi. «To‘lqinli kanal» antennasi (direktorli antenna)|Liniya bo‘ylab bitta tekislikda joylashgan, maksimal nurlanish va/yoki qabul qilish bilan mos keladigan bir qator parallel vibratorlardan (aktiv vibrator, passiv reflektor va bir nechta passiv direktordan) iborat yo‘naltirilgan antenna. To‘lqinli kodlash|Har bir bosqichda ketma-ket ikki marta filtrlash va detsimatsiyalash tufayli kichiklashtirilgan tayanch hamda bitlar sonining kichik yig‘indisiga ega uchta tasvir hosil bo‘ladigan, iteratsion kodlash algoritmi. To‘lqinli marshrutlash; ko‘chkili marshrutlash|Marshrutlashni amalga oshirishning eng oddiy, bog‘langanlik jadvali tuzilishini talab qilmaydigan, usullaridan biri. Har bir aloqa uzelidan olinadigan so‘rov bir vaqtda barcha qo‘shni uzellarga uzatiladi, qandaydir paket avval olinganligi aniqlansa, marshrutizator uni chiqarib tashlaydi. To‘lqin usuli ortiqcha trafikni keltirib chiqaradi, shuning uchun uzellar soni ko‘p bo‘lgan tarmoqlarda uning samaradorligi past. Toʻlqinning kritik uzunligi|Toʻlqinning erkin fazodagi eng katta uzunligi, berilgan turdagi toʻlqinlarning toʻlqinoʻtkazgichda undan yuqori tarqalishi mumkin boʻlmay qoladi. To‘lqinning ustuvor uzunligi (grafik ta’rif)|Ranglilik diagrammasida tanlangan boshlang‘ich nuqtadan namuna rangini ifodalovchi nuqta orqali o‘tkazilgan to‘g‘ri chiziqning spektral ranglar chizig‘i bilan kesishishiga mos keladigan to‘lqin uzunligi. To‘plagich|Ma’lumotlarni muayyan tashuvchiga yozish/o‘qish uchun mo‘ljallangan qurilma. To‘plagichlar tashqi xotira qurilmalariga kiradi.Izoh – Disklardagi, lentalardagi, kartalardagi to‘plagichlar farqlanadi. Tashuvchilari olinadigan to‘plagichlar, bu holda ma’lumotlar tashuvchisini almashtirish mumkin bo‘ladigan tashuvchilari olinadigan to‘plagichlar (masalan, egiluvchan magnit disklar, magnit lentalar, kompakt-disklar, DVD) va, tashuvchi to‘plagichga o‘rnatilgan, uni almashtirish mumkin bo‘lmaydigan doimiy tashuvchili to‘plagichlar (masalan, qattiq magnit disk) farqlanadi. To‘plagichning tez ishlashi|To‘plagichdagi ma’lumotlarni o‘qish/yozish tezligi. Ikkita parametr bilan: o‘rtacha foydalanish vaqti hamda ma’lumotlar uzatish tezligi bilan belgilanadi. To‘plam|Bir butun yaxlit sifatida qarab chiqish mumkin bo‘lgan bir jinsli elementlar majmui. Ba’zi dasturlash tillarida «to‘plam» ma’lumotlar turi mavjud. «To‘plam» ma’lumotlarda birlashtirish, kesishish, kirish operatsiyalariga to‘g‘ri keladi. To‘plamli pochta jo‘natmalari, pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalari|Yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan bir va bir nechta manzilga topshiriladigan beshta va undan ortiq bir turdagi ro‘yxatga olinadigan pochta jo‘natmalari, pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalari. To‘plangan ma’lumotlar bazasi|Ko‘plab manbalardan va ko‘pincha o‘zaro mos kelmaydigan tizimlardan olingan ma’lumotlar birlashtiriladigan MB. To‘plash buferlari|Uch o‘lchamli grafikada ‒ ketma-ket keladigan kadrlarni saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus buferlar. To‘plash orqali muhofaza qilish|Tashqi hotirada saqlanadigan ma’lumotlarni tiklash usuli. Qo‘shimcha tashuvchiga ma’lum bir muddatdan keyin yaratilgan fayllar ko‘chirilishida ifodalanadi. To‘plovchi summator|Registr yoki arifmetik yo mantiqiy amal natijasi joylashtiriladigan xotira seksiyasi. To‘q ranglar|Rangning to‘qligi, uning yorqinligiga nisbatan rang kuchini tavsiflaydi. Rangning «intensivligi» deb ham ataladi. «To‘q sariq» kitob|1985-yil dekabr oyida Trusted Computer System Evaluation Criteria (DoD 5200.28 STD) (Kompyuter tizimlarining ishonchidan foydalanuvchilarni baholash mezonlari) kitobida nashr etilgan, kompyuter dasturlariga tegishli yaroqlilik mezonlarini o‘rnatuvchi, Kompyuter xavfsizligi bo‘yicha Milliy kengash standarti. To‘rsimon tarmoq|Gibrid yoki yulduzsimon tarmoq, o‘rgimchak to‘ri topologiyasini hosil qiladigan bitta yoki bir nechta halqali tarmoq. «To‘rt so‘zli» xotira qurilmasi|Ma’lumotlar to‘rtta so‘zini bir vaqtda tanlab-tanlab oladigan tezkor xotira qurilmasi. To‘rtinchi avlod (4G)|Mobil aloqa tizimlarining istiqbolli texnologiyalari. Ularning asosini, axborot uzatish tezligi 10-44 Mbit/s bo‘lishini ta’minlaydigan multimedia va mobil teleeshittirish xizmatlari tashkil etadi. To‘rtinchi avlod kompyuteri|Katta integral sxema va o‘ta kata integral sxema ko‘rinishidagi element bazasidan foydalaniladigan kompyuterlar. To‘rtinchi avlod tili|Lug‘atlarga asoslangan dasturlash tillari. Tizimlarni ishlab chiqish unumdorligini oshirish imkonini beradi. 4 GL ga so‘rovlar va hisobotlar tillari mansub. To‘siq|Muhofaza qilinadigan axborot va obyektdan foydalana olishga tashkiliy, texnik, dasturiy jihatdan to‘sqinlik qilish usuli. To‘suvchi filtr|Chastotalarning muayyan polosasidagi elektr tebranishlarni o‘tkazmaydigan qurilma; barcha boshqa chastotalarning tebranishlari o‘tkaziladi. To‘suvchi filtrlar yaqin joydagi kuchli radiostansiyalardan radioqabulqilish xalaqitlarini kuchsizlantirish, teleko‘rsatuv dasturlarini olib borishda tovush chastotalarini bostirish uchun qo‘llaniladi. To‘suvchi radioxalaqit|Bostirilayotgan signal spektriga nisbatan ancha kengroq spektrga ega, ataylab qilingan aktiv radioxalaqit. To‘xtab-to‘xtab uzatish|Uzatgichni pauzalarda yoki so‘zlashuv oxirida uzib (o‘chirib) qo‘yish hisobiga aloqa liniyasining spektral samaradorligini oshirish usuli. To‘xtash|Kompyuter ishlashini apparatli to‘xtatish. Unga monand o‘chirish va o‘chirib-yoqishdan farqli ravishda, bu holda tezkor xotira qurilmasidagi ma’lumotlar yo‘qolmaydi. Tizim dasturiy ta’minotini sozlashda, shuningdek, tizimning buzilish oqibatlarini tekshirishda foydalaniladi. To‘xtash nuqtasi|Dasturdagi, muayyan ish (amal) bajarilishi kerak bo‘lgan nuqta. To‘xtashni (ishlamay qolishni) ro‘yxatga olish|Ta’minotda uzilish bo‘lganda yoki fatal xatoga yo‘l qo‘yilganda, ma’lumotlarning va protsessor registrlari ichidagining saqlanishi. To‘xtatish|Ilovalar bajarilishi jarayonidagi tanlov varianti. Bajarilayotgan jarayonning, saqlanmagan ma’lumotlarning yo‘qolish bilan, to‘xtashi tushuniladi. Odatda bu biror bir xatoliklardan kelib chiqadi. Masalan, mavjud faylni qayta yozishga urinishda. To‘xtatuvchi (uzuvchi) guruh|Tranzaksiyalarni uza oladigan tarmoq uzellarining majmui. To‘xtovsiz ishlash|Obyektning berilgan sharoitlarda muayyan vaqt oralig‘i davomida talab qilingan funksiyalarni bajara olish qobiliyati. To‘yinganlik|Rangli tonni qabul qilish xarakteristikasi, unga o‘xshash axromatik rang sezishdan uning farqlanishini belgilaydi. To‘yinganlikni (rangni) rostlash|Rangning to‘yinganligini rostlashga imkon beradigan rangli televizor kanalida ranglilikni kuchaytirishni rostlash. To‘yinish|Chiqishi va kirishidagi signallar o‘rtasida nochiziqli bog‘lanish bo‘lgan kuchaytirgichning ish rejimi. To‘yinish sohasida chiqish signali darajasi maksimal qiymatga yetadi va kirish signali kuchayganda (oshganda) deyarli o‘zgarmaydi. To‘yinmagan ranglar (rangli fotosurat)|To‘yinganligi standart to‘yinganlikka qaraganda sezilarli darajada kam bo‘lgan ranglar. To‘g‘ri sim|Telefon kabellarida juftliklarni band qilish yo‘li bilan tashkil qilingan krosslar va/yoki taqsimlash qutilari orqali o‘zaro bog‘langan, shuningdek, stansiyalararo, magistral yoki taqsimlash tarmog‘i uchastkalarining qanchasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa uchun band qilinishidan qat’i nazar, raqamli aloqa kanallari hisobiga tashkil qilingan ikkita oxirgi punktlar o‘rtasidagi ikki simli qayd etilgan, kommutatsiya qilinmaydigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa. To‘g‘ri chiziqli yoyish|Televideniyeda, maydonni oldindan belgilangan tor, to‘g‘ri parallel chiziqlar ketma-ketligi bo‘yicha yoyish jarayoni. To‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa rejimi|Abonent radiostansiyalari tayanch stansiyani chetlab o‘tgan holda, o‘zaro bevosita bog‘lanishni o‘rnata oladigan rejim. To‘g‘ridan-to‘g‘ri erkin foydalanish|manzil yoki yozuv kaliti bo‘yicha ma’lumotlardan erkin foydalanish usuli. To‘g‘ridan-to‘g‘ri eshittirish yo‘ldoshi|Signallarni orbitadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kichik, uncha qimmat bo‘lmagan yer stansiyalariga, bevosita turar joy yoki mikrorayonlardagi oluvchilarga uzatish uchun yetarli quvvatga ega bo‘lgan yo‘ldoshli tizim. To‘g‘ridan-to‘g‘ri ketma-ketlikdan foydalanib, kodli ajratish orqali ko‘plab foydalana olish|Spektrni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kengaytirish va kanallarni kodli ajratish bilan ko‘p stansion foydalana olish. CDMA tizimlarida signallarni keng polosali uzatish usuli, kodlangan ma’lumotlar oqimini ikki bosqichli modulyatsiyalashdan foydalanishga asoslangan.Izoh − Modulyatsiyalashning birinchi bosqichida kodlangan ma’lumotlar oqimi eltuvchini modulyatsiyalaydi (odatda, BPSK yoki QPSK usuli bilan), ikkinchi bosqichda esa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ketma-ketlikdan foydalanib, spektrni kengaytirish bilan modulyatsiyalash amalga oshiriladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rinish|Uzatuvchi va qabul qiluvchi antennalar o‘rtasida geometrik (optik) ko‘rinishning mavjudligi.Izoh ‒ Atama, shuningdek «to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rinish chegarasida» yoki «radioreleli» (trassa to‘g‘risida) mazmunlarida ham qo‘llaniladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri manzillash|Komandaning manzil qismi operand manzilini ichiga oladigan manzillash usuli. To‘g‘ridan-to‘g‘ri televizion eshittirish yo‘ldoshi|Geostatsionar orbitadagi, foydalanishdagi qabul stansiyalariga teledasturlarni translyatsiya qilish uchun mo‘ljallangan yo‘ldosh. To‘g‘ridan-to‘g‘ri televizion eshittirish yo‘ldoshi chastotalarning Ku – diapazonida (11/14 GHz) kichik diametrli (0,4-1,2 m) parabolik antennalar («tarelkalar») ga qabulni ta’minlaydi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatish (to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya)|Dasturni yaratish va uzatish bir vaqtda amalga oshiriladigan tovushli yoki televizion dastur. To‘g‘ridan-to‘g‘ri chiquvchi terish|Xususiy tarmoqda terminalga ushbu xususiy tarmoq operatorining aralashuvisiz boshqa tarmoq bilan bog‘lanishni o‘rnatish imkoniga ega xizmat. To‘g‘rilamoq|Matn ko‘rinishidagi ma’lumotlarning qandaydir qoidaga binoan o‘zgarishi. Odatda hujjatda o‘rtaga, o‘ng, chap tomonlarga tekislanadi.U U boshdan bu boshga signallar uzatish|Foydalanuvchiga, talab qilinadigan asosiy yoki qo‘shimcha xizmatni taqdim etish maqsadida, oxirgi (terminal) punktga tegishli bo‘lgan signalli axborotni, bevosita oxirgi (terminal) punktlar orasida uzatish mumkinligi. Uda-Yagi antennasi («to‘lqinli kanal» antennasi, direktorli antenna)|«To‘lqinli kanal» turidagi antenna, bitta aktiv yarimto‘lqinli vibratordan va bir nechta passiv (bittasi reflektor deb, qolganlari esa direktorlar deb nomlanadigan) elementlardan iborat. «Ula va ishla»|Kompyuterga ulanadigan qo‘shimcha uskuna: modem, printer, audikartani tezda ulash va avtomatik tarzda konfiguratsiyalash spetsifikatsiyalari to‘plami. Kompyuterlarga o‘rnatiladigan qurilmalarni avtomatik tarzda aniqlash va sozlash, shuningdek, tegishli drayverlarni o‘rnatish imkonini beradi. Almashlab-ulagichlar va peremichkalarni o‘rnatish bilan bog‘liq muammolarni bartaraf qiladi. «Ula va o‘yna»|Zamonaviy BIOS, operatsion tizimlar va apparat vositalarini qo‘llovchi, kompyuterga qo‘shimcha uskunani tez ulash va tizimning o‘z-o‘zini konfiguratsiyalash xususiyati va prinsipi. Operatsion tizim qaytadan ulangan qurilmani aniqlaydi, tekshiradi, tizimga mosligini aniqlaydi va har bir qurilmaning optimal o‘rnatilishini ta’minlaydi. Ulanadigan autentifikatsiya modullari|Foydalanuvchilarning Linuxda ishlatiladigan dinamik ulanadigan autentifikatsiya modullari. Ulanadigan dastur|Asosiy amaliy dasturda qo‘shimcha funksiyalarni bajaradigan yordamchi dastur. Ilova bilan bir vaqtda yuklanishi va tegishli menyuda opsiya sifatida ko‘rinishi mumkin. Ulanadigan modul|Qar.: Plagin. Ulanadigan (tarmoq) qurilmalar interfeysi|Ethernet tarmog‘idagi IEEE 802.3 standartining 7-bo‘limida bayon qilingan, to‘rt juft ekranlangan o‘tkazgich yoki koaksial kabel va MAU qurilmasini ulash uchun ajratgich turidagi interfeys. Ulangan|1. Doim yoqilgan holatdagi (qurilma), avtonom bo‘lmagan ish yoki ishlash jarayoni.2. Tezkor, dialogli, interaktiv, onlaynli ish yoki ishlash jarayoni.3. Kompyuter tarmog‘iga doimo ulangan holatdagi ishlash jarayoni. Ulangan abonent raqami identifikatsiya qilinishini taqiqlash|Chaqiruvchi tomonga chaqiriluvchi abonent raqamini aniqlash imkoniyatining oldini olishga imkon beruvchi, chaqirilayotgan abonent raqami identifikatsiya qilinishini taqiqlash xizmati. Ulangan abonent raqamini identifikatsiya qilish|Chaqiruvchi tomonga chaqiriluvchi abonentning raqami identifikatsiya qilinishini qabul qilish imkonini ta’minlaydigan xizmat. Ulanish|Ishchi stansiya bilan tarmoq fayl-serveri o‘rtasida bog‘lanish o‘rnatish; qandaydir server bilan ishlash seansi ochilgandan so‘ng, ishchi stansiya qo‘shimcha serverlarga ulanishi mumkin. Ulanish joyi|Aktiv uskuna kabellari petch-kordlar yoki tutashtirgichlardan foydalanmasdan, kabel kichik tizimlariga ulanadigan joy. Ulanish, qo‘shilish|1. Bir nechta ma’lumotlar kanalining yagona mantiqiy kanalda birlashishini ta’minlovchi xalqaro standart. Bu standart videokonferensiyalarni tashkillashtiruvchi dasturlarga nisbatan tatbiq qilinadi.2. Boshqa kompyuter yoki tarmoqqa ulanish. Ulanish turi|Ulanishlar to‘plamining bitta yoki bir nechta ulanish atributining berilgan qiymatlaridan iborat tavsifi. Ulanish xizmati|Aloqa operatorlarining elektraloqa tarmoqlarining birgalikda ishlashini tashkil qilishga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga qaratilgan xizmat. Bunda birgalikda ishlaydigan elektraloqa tarmoqlarining foydalanuvchilari o‘rtasida axborot uzatish va bog‘lanish o‘rnatilishi ta’minlanishi kerak. Ulanma|Tasviri bo‘yicha turlicha bo‘lgan, lekin umumiy mavzu, yozuv yoki bezalish g‘oyasi bilan bog‘liq bo‘lgan, bir varaqda bosiladigan va bir-biri bilan ulangan ikki yoki undan ortiq pochta markasi. Ulash|*nix tizimlarida ‒ uskunadagi fayl tizimidan foydalanish uchun uni tizimdagi biror bir katalogga (odatda /mnt dagi biror katalogga) ulash. Ulash nuqtasi|Fayl tizimining katalogi, papkasi (*nix tizimlarida odatda /mnt), qurilmalarni o‘rnatish joyi. Ulash yaqinidagi shlyuz|Xizmatlarni taqdim etuvchilarning ikki tayanch tarmog‘i o‘rtasida paketlarning o‘zaro hamkorligi uchun javob beradigan uzel. Ultra qisqa to‘lqinlar|Detsimetrli, santimetrli, millimetrli va detsimillimetrli to‘lqinlar diapazonlarining radioto‘lqinlari. Ultra yuqori chastota|0,3 GHz dan 3 GHz gacha bo‘lgan diapazonda yotuvchi ultra yuqori chastotalar sohasi. Umum foydalanishdagi axborot tizimi|Barcha jismoniy va yuridik shaxslarning foydalanishi uchun ochiq va ushbu shaxslarga xizmatlari rad etilishi mumkin bo‘lmagan axborot tizimi. Umum foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘ining axborot xavfsizligi mexanizmi|Tarmoqning belgilangan axborot xavfsizligi siyosatiga muvofiq, bir-birini to‘ldiruvchi uchta – buzish ko‘rsatadigan ta’sirning oldini olish, jinoyatkor tomonidan yetkazilgan oqibatlarni aniqlash, bu oqibatlarni tiklash (bartaraf qilish) kabi, muhofaza qilish toifasining biriga muvofiq, tarmoqni axborot xavfsizligiga bo‘ladigan tahdidlardan muhofaza qilishning bitta yoki bir nechta aspektini amalga oshiradigan umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘i axborot xavfsizligini ta’minlash tizimining apparat-dasturiy va tashkiliy vositalari.Izoh – Tarmoqda xabarlar uzatish jarayonini muhofaza qilishda umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘i axborot xavfsizligi mexanizmlariga erkin foydalanishni nazorat qilish mexanizmi, xabarlarni autentifikatsiya qilish mexanizmi, almashuv autentifikatsiya mexanizmi kiradi. Umumfoydalaniladigan axborot|Hammaga maʼlum bo‘lgan maʼlumotlar va foydalanilishi cheklanmagan boshqa axborot. Umumfoydalaniladigan fayl|Boshqa kompyuterda joylashgan fayl va bu faylga tarmoqdagi hamma kompyuterlar uchun ochiq huquq berilgan. Umumiy|Dasturlashda dasturning barcha prseduralaridan foydalanish mumkin bo‘lgan umumiy o‘zgaruvchilarni e’lon qilishda foydalaniladigan operatorlardan biri. Umumiy antennali televizion tizim|Qar.: Kabelli televideniye. Umumiy apparat platformasi, tasnifi (arxitekturasi)|MacOS, Windows NT va OS/2 operatsion tizimlari bilan ishlashni ta’minlaydigan Apple, IBM va Motorola kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan shaxsiy kompter. 1995-yildan ishlab chiqarilishi boshlangan prototipning tayanch konfiguratsiyasi o‘z ichiga PowerPC, 8 Mbyte RAM (1 Gbyte gacha kengaytiriladigan) va PCI shinasini olgan. Umumiy arxitektura standarti|Mikrosxemalar ishlab chiqaruvchilar guruhi tomoni-dan ishlab chiqilgan asosiy platalar arxitekturasining umumiy standarti; asosiy plataning funksional blok-larga ajratilishini tartiblashtiradi. Standartning asosini PCI shinasi tashkil qiladi. Umumiy axborot nazariyasi|Ilmiy bilimlarning fundamental sohalaridan biridir. U tabiat va jamiyatning rivoji asosida yotgan, axborot voqeiyligining namoyon bo‘lishiga oid eng umumiy qonuniyatlarga asoslanadi. Umumiy blok|FОRTRAN tilida ‒ bir nechta dastur qismlarining umumiy o‘zgaruvchilari joylashadigan xotira sohasi. Umumiy bo‘g‘in|Monokanalning bir qismi, u orqali har bir maʼlumotlar bloki barcha abonent tizimlarga uzatiladi. Umumiy bo‘g‘in o‘rama juft, yassi kabel, koaksial kabel, optik kabel yoki radio-kanal asosida yaratiladi. Umumiy foydalana olish|Umumiy identifikatsiya ma’lumotlaridan foydalanib resurs yoki dasturdan foydalana olish. Umumiy foydalana olish mumkin bo‘lgan mobil radioaloqa tizimi|Umumiy foydalanishdagi tarmoqqa kira olishni ta’minlaydigan va PMR tizimdagiga qaraganda, foydalanuvchilarning keng doirasiga mo‘ljallangan xizmatlar to‘plamiga ega tranking aloqa tizimi. Umumiy foydalana olish profili|Tarmoq bilan ishlashda foydalaniladigan foydalana olish profili. Bunda foydalanuvchi serverda – domen kontrollerida o‘z sozlashlari va afzalliklarini saqlaydi. Tizimga birinchi kirishda yangi kompyuterda sozlash serverdan nusxa qilib olinadi va o‘rnatiladi, bu tizim-ni har safar yangitdan sozlash zaruriyatidan xalos etadi. Umumiy foydalana olish siyosati|Identifikatsion ma’lumotlar yoki identifikatsion ma’lumotlar puli vositasida umumiy foydalanish uchun a’zolarni mualliflashtirish siyosati. Identifikatsion ma’lumotlarning muayyan puli uchun muayyan identifikatsion ma’lumotlar, barcha pullar yoki tashkilot konteynerining bitta kontekstiga ega identifikatsion ma’lumotlar siyosatini qo‘llash mumkin. Umumiy foydalanishdagi mobil telefon aloqaning istiqbolli yer usti tizimlari|Xalqaro elektraloqa ittifoqi (ITU) tomonidan ishlab chiqilgan, uchinchi avlod (3G) aloqa xizmatlarining dastlabki konsepsiyasi.Izoh − Multimedia axborot uzatilishini ta’minlash uchun mo‘ljallangan. Lekin bu konsepsiya yagona global standart yaratish mumkin emasligi ma’lum bo‘lgach, rad etildi. Keyinchalik IMT-2000 standartlar turkumi paydo bo‘ldi. Umumiy foydalanishdagi telefon tarmog‘i (UFTF)|Avtomatik telefon stansiyalari, kommutatsiya uzellari, telefon tarmog‘i liniyalari, kanallari, oxirgi (terminal) abonent qurilmalari majmuini o‘zida ifodalaydigan, aholi, muassasalar, korxonalar hamda tashkilotlarning telefon tarmog‘i xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlarini taʼminlaydigan telefon tarmog‘i. Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘i|O‘zbekiston Respublikasi hududida barcha yuridik shaxslarga telekommunikatsiya xizmatlarini xizmat ko‘rsatishning yagona prinsiplari, ularni taqdim etish va haq to‘lash tartibi asosida ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan telekommunikatsiyalar tarmog‘i. Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘ining axborot xavfsizligi|Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘i axborot resurslarining, xizmat sifati darajasining pasayishiga yoki tarmoq ishi sifat xarakteristikalarining yomonlashishiga olib keluvchi, shu bilan uning egasi yoki foydalanuvchilarga ziyon yetkazuvchi tahdidlardan muhofaza qilinganlik holati (darajasi). Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘ining axborot xavfsizligi obyekti|Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘i obyekt(lar)i, jinoyatkorning unga (ularga) bo‘ladigan ta’siri umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘ining axborot xavfsizligiga tahdid amalga oshirilishiga olib kelishi mumkin. Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘ining axborot xavfsizligini ta’minlash tizimi|Umumiy foydalanishdagi muayyan telekommunikatsiyalar tarmog‘idagi, bu tarmoqning axborot xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan huquqiy, tashkiliy va texnik tadbirlar, axborot xavfsizligi xizmatlari va mexanizmlari, normalar, boshqaruv organlari va bajaruvchilar majmui. Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘ining axborot xavfsizligiga tahdid|Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘iga jinoyatkorning ko‘zda tutilgan ta’siri, uning tarmoq vositalari bilan bartaraf qilinmagani, aniqlanmagani va yo‘q qilinmagani umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘i axborot xavfsizligini ta’minlashning berilgan darajasi pasayishiga olib kelishi mumkin. Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘ining axborot xavfsizligi siyosati|Tarmoq administratori tomonidan, muhofaza qilinadigan resurslarning qiymati va umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘i axborot xavfsizligini ta’minlash tizimining bahosini hisobga olib, tarmoqning axborot xavfsizligiga bo‘ladigan ma’lum tahdidlarga qarshi harakat qilish maqsadida ishlab chiqilgan, umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘i axborot xavfsizligi obyekti (obyektlari) uchun mo‘ljallangan talablar va qoidalarining majmui. Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘ining axborot xavfsizligi xizmati|Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘i axborot xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan, axborot xavfsizligining belgilangan mexanizmlari asosida belgilangan muhofaza protseduralarini amalga oshiruvchi, umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘ining tashkiliy-texnik tuzilmasi. Umumiy interfeys|Yangi raqamli modullar – Digital-TV Retrofit 2 St-CI yoki Twin-Sat-CI da mavjud bo‘lgan ikkita standart ajratgich, ular tegishli dekodlovchi qurilmalar va ularda oson o‘rnatiladigan, raqamli kanal egasining smart-kartasi bilan birgalikda, kodlangan dasturlarning qabul qilinishini ta’minlaydi. Umumiy ishonchlilik (ishonchlilik)|Televizor (element) ning, uning to‘xtamasdan ishlashi, chidamliligi va ta’mirga yaroqliligi bilan bog‘liq bo‘lgan hamda berilgan funksiyalarning televizor (element) uchun belgilangan hajmda normal bajarilishini ta’minlash xususiyati. Umumiy kalit|Simmetrik kriptotizimdagi, ikki yoki bir nechta foydalanuvchi tomonidan birgalikda ishlatiladigan maxfiy kalit. Umumiy kechikish|Signalni uzatishdan to uning qabul qilinganligi tasdiqlanguncha o‘tgan to‘liq kechikishvaqti. Umumiy maqsadlardagi kolonna|Shift va pol orasida joylashgan, shift taqsimlash tizimlari bilan bog‘langan kabel kanali. Shift bo‘shlig‘idan ish o‘rinlariga boradigan telekommunikatsiya hamda elektr simlari va kabellarini joylashtirish uchun foydalaniladi. Sinonimlari: Shift ustuni; Katta kuchlanishli ustun; Shift kapiteli; Ta’minot liniyasining tayanchi. Umumiy maqsadlardagi registr|Markaziy protsessorning, ma’lumotlar yuborish operatsiyalaridan tashqari, mantiqiy va arifmetik komandalarni ham bajarish mumkin bo‘lgan registri. Umumiy ma’lumotlar uchun raqobat|Birgalikda ishlaydigan jarayonlar hech qanday sinxronlashsiz umumiy ma’lumotlarga parallel (bir vaqtda) murojaat qilishi mumkin bo‘lgan holat. Umumiy muammolarni hal qiluvchi|Sun’iy intellekt usullaridan foydalanib, vazifalarning katta turkumini hal qilish uchun mo‘ljallangan dastur. Umumiy navbatni tashkil etish|Navbatni tashkil etish usuli, bunda ma’lumotlar kommutatsiya elementlarining kirishi va chiqishi bilan bog‘langan bufer xotira qurilmasida to‘planadi. Umumiy obyekt xizmatlari|CORBA texnologiyasi obyektlarining bazaviy funksiyalarini qo‘llab-quvvatlashni ta’minlaydigan va obyekt interfeysi bilan ta’minlangan xizmatlar kolleksiyasini taqdim etuvchi servis. Umumiy oraliq format|Videokonferensiyalarda qo‘llaniladigan video uzatuvchi baza formatining nomi (ITU-T H.261 spetsifikatsiyasi bilan solishtirganda), tasvir imkoniyati va uning uzatilish tezligi bilan beriladi. Bir nechta modifikatsiyalari mavjud. Umumiy ochiq litsenziya|Erkin dasturiy ta’minot fondi tomonidan ishlab chiqilgan litsenziya kelishuvi bo‘lib, erkin dasturiy ta’minotning tarqatilishini boshqaradi. Umumiy paketli uzatish radioxizmati|GSM tizimi doirasida tuzilgan, ma’lumotlarni paketli uzatish xizmati.Izoh − GPRS texnologiyasi GSM tizimidan IMT-2000 tizimga evolyutsion o‘tishning bosqichi sifatida qaraladi va u mavjud infrastrukturani amalda o‘zgartirmasdan yangi imkoniyatlar berilishini ta’minlaydi. Bunda axborotni paketli uzatish tezligi 115 Kbit/s dan ortiq bo‘lmaydi. Umumiy papka|Hamma foydalanuvchilarga tarmoq orqali foydalana olishlari uchun ruxsat etilgan boshqa kompyuterdagi papka. Umumiy resurs|Bittadan ortiq qurilma yoki dasturda foydalaniladigan har qanday qurilma, ma’lumotlar yoki dastur (masalan, katalog, fayllar, printerlar, nomlangan kanallar). Umumiy resurs nomi|Identifikator (nom), u yoki bu taqsimlangan resursni aniqlashda ishlatiladi. Masalan, tarmoqdagi printerning nomi. Umumiy semafor|S butun o‘zgaruvchi, bunda ikkita wait (S) va signal (S) atomar semafor operatsiyalar aniqlangan. Umumiy signalizatsiya kanali bo‘yicha signalizatsiya|Telekommunikatsiya signallarini uzatish usuli, bunda liniya signallarini va so‘zlashuv kanallari muayyan guruhi telefon tarmog‘ini boshqarish signallarini almashish uchun, telefon kanalining alohida (ajratilgan) signalizatsiya kanalidan foydalaniladi. Umumiy tarmoqlararo fayl tizimi|Masofadagi kompyuterda saqlanayotgan faylni, FTP protokollari kabi, Internetda ishlashda yuzaga keladigan lokal mashinaga ko‘chirishni talab qilmasdan bevosita o‘qish/yozishni ta’minlaydigan tizim. Umumiy titrash|10 Hz dan yuqori bo‘lgan chastotalar polosasidagi nominal pozitsiyalarga nisbatan impulslar frontining tasodifiy siljishi. Umumiy xotirali displey|Rastrli displeyning protsessor bilan birgalikda ishlashini tashkil qilish, bunda tasvirning har bir nuqtasiga elektron hisoblash mashinasi manzil fazosidagi xotiraning bitta yoki bir nechta razryadi to‘g‘ri keladi; dastur xotira yacheykalari ichidagini o‘zgartirgan holda, ekrandagi tasvirni o‘zgartiradi. Umumiy shina|Periferik qurilmalar ulanadigan kompyuterda elektr signallarni uzatish uchun mo‘ljallangan yagona kanal. Kompyuter tarmog‘ining sxemasi – barcha kompyuterlar va tarmoq qurilmalari ma’lumotlar uzatiladigan yagona tarmoq kanaliga ulanadi. Umumiy shlyuz interfeysi|HTTP-server dasturlarini yaratish uchun mo‘ljallangan, NCSA tomonidan ishlab chiqilgan tarmoq standarti. Veb-serverlarda ssenariylar yoki dasturlar orasida ma’lumotlar almashishda, keyin veb-sahifa yoki brauzerga ma’lumotlarni uzatishda qo‘llaniladi. CGI ssenariylari odatda, Perl tilida yoziladi va veb-sahifaning dinamik mazmunini generatsiya qiladi (masalan, elektron tijoratda buyurtmalar savatini hosil qiladi). Umumjahon o‘rgimchak to‘ri konsorsiumi|1994-yili tashkil etilgan xalqaro tashkilot. Uning maqsadi – WWWdan global foydalanish xizmati uchun standartlar, protokollar, amaliy dasturlar ishlashni qo‘llash va muvofiqlashtirish. CERN (q: CERN) ishtirokida asos solingan, WWW dunyoga kelgan ilmiy markazda bugungi kunda Konsorsium uch tashkilot asosida ishlamoqda: AQSHdagi Massachusets texnologiyalar instituti (Massachusets Institute of Technology, Laboratory for Computer Sciense), Fransiyadagi informatika va avtomatika sohasidagi tadqiqotlar milliy instituti (Institut National de Recherche en Informatique et en Automatiqu) va Yaponiyadagi Keio universiteti. Konsorsium saytida (http://www.w3.org) WWW rivojlanishi tarixi va dunyoda WWWhu^ hozirgi kundagi ahvoli to‘g‘risida umumiy axborot, Konsorsiumning yangiliklari, WWW bo‘yicha konferensiya materiallari bilan tanishish mumkin. WWW bilan bog‘liq barcha texnik materiallarning katta kolleksiyasi (arxitektura, protokollar, foydalanuvchi interfeysi) muhim amaliy ahamiyatga ega. Umumkanal signalizatsiyasi tizimi|Kommutatsiya kanallari bog‘lami uchun umumiy bo‘lgan maxsus signalizatsiya kanali orqali stansiyalararo signalizatsiyani uzatish tizimi. Unar operatsiya|Bitta argument ustida bajariladigan operatsiya. Unifikatsiyalashtirilgan buferli kesh-xotira|Bitta kesh sahifani keshlash uchun va xotirada aks etadigan fayllarni hamda fayl tizimi orqali odatdagi operatsiyalarni kiritish-chiqarishda ishlatiladigan kesh-xotira. Unifikatsiyalashtirilgan modellash tili|Dasturiy ta’minot ishlab chiqish sohasida, obyektlarni modellashtirish uchun grafik tasvirlash tili. UML ko‘p sohalarda foydalanish uchun mo‘ljallangan til hisoblanadi, bu UML model deb ataluvchi, tizimning abstrakt modelining grafik ko‘rinishini tasvirlovchi ochiq standartdir. UML dasturiy tizimda aniqlik kiritish, tasvirlash, loyihalash va hujjatlashtirish uchun yaratilgan. UML dasturiy ta’minotda foydalanish bilan cheklanib qolmaydi. Uni shu kabi biznes-jarayonlarni modellashtirish, tizimli loyihalash va tashkilotlar tuzilmasini tasvirlashda qo‘llash mumkin. UML dasturiy ta’minot dasturchilariga umumiy tushunchalarni (klass, komponent, umumlashtirish, birlashtirish va o‘zini tutish kabi) tasvirlashni grafik izohlashda kelishuvga erishish hamda loyihalash va arxitekturada ko‘proq e’tibor qaratishga imkon beradi. Unifikatsiyalashtirilgan resurs identifikatori|Mavhum yoki jismoniy resursni identifikatsiya qilish uchun ishlatiladigan simvollarning qisqa satri. Rasman RFC 2396da belgilangan. vebda ishlatiladigan URI URL deb nomlanadi. Unifikatsiyalashtirilgan resurs nomi|Abstrakt yoki fizik resursni identifikatsiya qiluvchi simvollarning doimiy ketma-ketligi. Unifikatsiyalashtirilgan xotira arxitekturasi|Tizim platasida joylashgan tezkor xotiraning bir qismidan video xotira sifatida foydalanish ko‘zda tutiladigan tizim platalari arxitekturasi. Unitar korxona|Yuridik shaxsning alohida tashkiliy-huquqiy shakli. Mulk egasi tomonidan o‘ziga birkitib qo‘yilgan mulkka egalik qilish huquqi berilmagan tijorat tashkiloti. Mulk bo‘linmas hisoblanadi va hissalar (ulushlar, paylar) ga qarab, jumladan, korxona ishchilari o‘rtasida taqsimlanmaydi. Universal elektron karta|O‘zida vizual (grafik) va elektron (mashinada o‘qiladigan) shakllarda qayd etilgan kartadan foydalanuvchi to‘g‘risidagi axborotni saqlaydigan moddiy tashuvchi. Universal interfeysli shina|Kompyuterga ulash uchun foydalaniladigan, 24 shtirli parallel interfeys shinasi. Universal ketma-ket shina|1995-yilda yettita yetakchi kompyuter va telekommunikatsiya firmalari (Compaq, IBM, Intel, NEC, Micrisoft, Digital, Northern Telecom) konsorsiumi tomonidan taklif etilgan, shaxsiy kompyuter va o‘rtacha tezlikli periferik qurilmalar o‘rtasida uncha qimmat bo‘lmagan shina orqali ma’lumotlar almashinish uchun belgilangan standart. Qurilmani ulash, kompyuter qayta yuklanishini, tizim qayta konfiguratsiyalanishini yoki interfeysli karta o‘rnatilishini talab qilmaydi. Qurilmani aniqlash va tegishli drayverni o‘rnatish kompyuterda avtomat ravishda odamning aralashuvisiz bajariladi. Universal resurs identifikatori|Qandaydir resurs: hujjat, tasvir, fayl, xizmat, elektron pochta qutisini identifikatsiya qilish imkonini beradigan simvolli satr. Universal resurs ko‘rsatgichi|veb-brauzer orqali Internet tarmog‘ida resursni izlashda ishlatiladigan manzil. Tim Ber-ners Li tomonidan kiritilgan. U, o‘zida resurs, hujjat yoki uning qismining Internetdagi joylashgan o‘rnini ko‘rsatuvchi simvollarning standartlashtirilgan satrini ifodalaydi. Odatda, protokolning turini ko‘rsatish bilan boshlanadi (masalan, FTP://, agar hujjat FTP-server yoki http:// da bo‘lsa), keyin aniq axborot identifikatori keladi, masalan, server taalluqli bo‘lgan domen nomi, tashkilot nomi yoki shu serverdagi fayl nomining yo‘li. Universal simvollar to‘plami|ISO 10646, Unicode ko‘pligi, 31-bit li kodli fazoga ega. Universal tovush|Kuchaytirishni avtomatik tarzda nazorat qilish asosida to‘plangan tovush obyektlarining keng doirasini kodlash algoritmlarining MPEG-4 da qabul qilingan majmui. Universal xizmatlar|Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘i bo‘yicha barcha foydalanuvchilarga taqdim etiladigan belgilangan sifatdagi majburiy xizmatlar to‘plami (foydalanuvchilarning ushbu tarmoqdan foydalana olishini ta’minlash, mahalliy, shaharlararo va xalqaro telefon so‘zlashuvlari, telegrammalarni jo‘natish va boshqalar). Universal xizmatlarga tarif|Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maxsus vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadigan universal xizmatlar ko‘rsatish uchun to‘lov miqdori. Universitet tarmog‘i|Bitta o‘quv dargohi kompyuterlarini tarmoqqa birlashtirish. Odatda, bu tarmoqda veb-portal, forum va ko‘chirib olish uchun o‘quv materiallari mavjud bo‘ladi. Urinish|Biror bir operatsiyani bajarish va chiquvchi natijalarni tekshirish. Agar natija to‘g‘ri bo‘lsa, urinish samarali hisoblanadi va bajarilgan o‘zgarishlar saqlanadi. Aks holda tizim dastlabki holatga qaytadi. Uskunani identifikatsiya qilish registri|Aloqa tizimining markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasi, u odatda, mobil stansiyalar uskunalari identifikatsiya raqamlari (IMEI)ning uchta ro‘yxatini saqlaydi: oq, qora va kul rang. Oq ro‘yxatda ayni paytgacha ro‘yxatdan o‘tgan stansiyalarning raqami saqlanadi. Qora ro‘yxatga o‘g‘irlangan stansiyalar yoki xizmat ko‘rsatish rad etilgan abonentlarning raqami kiritilgan. Kul rang ro‘yxatga hali qora ro‘yxatga ko‘chirilmagan, ro‘yxatdan o‘tish bilan bog‘liq muammolari bo‘lgan barcha stansiyalarning raqami kiritiladi. Uskunaning identifikatsion raqami|Dasturning buzilishi va uni tarqalib ketishidan himoyalash usullaridan biri. Bunda dastur o‘rnatilish vaqtida uni aktiv-lashtirish uchun identifikatsion raqamni generatsiya qiladi. Bu raqam apparat ta’minotning seriyali raqami bilan bog‘langan bo‘lib joriy dasturni boshqa kompyuterlarda shu kalit bilan aktiv-lashtirish mumkin emas. Ustama aloqa tarmog‘i|Mavjud tarmoqqa parallel ravishda quriladigan tarmoq tuzilmasi. Ustama bosish|Pochta markasining yangi nominal qiymatini belgilash yoki markaning boshqa elementlarini o‘zgartirish uchun bosilgandan keyin uning old tomoniga tushirilgan har qanday matn yoki rasm. Ustama qo‘ymoq|Eshittirish dasturiga qisqacha axborot xabarini uni uzatish jarayonida ustama qo‘yish. Ustama to‘lov bilan yuboriladigan pochta jo‘natmasi|Jo‘natuvchi topshirayotganda mo‘ljallangan joyning pochta aloqasi obyektiga adresatdan belgilagan pul summasini undirish va uni jo‘natuvchining manziliga yuborish uchun topshiriq beradigan qiymati eʼlon qilingan pochta jo‘natmasi. Ustivorlik, imtiyoz|Uzilishga, vazifa yoki jarayonga belgilangan, ularning bajarilish yoki ularga xizmat ko‘rsatish navbatini belgilaydigan son. Ustma-ust tushish (qayta tiklash qurilmasida)|Proyeksiya tizimidan keladigan yorug‘lik nurlari yoki ko‘p projektorli tiklash qurilmasining elektron nurlari ekranga kerakli vaqtda kerakli joyga tushishini, uchta asosiy rangga mos keladigan tasvir to‘g‘ri joylashishini bajarish sharti. Ustma-ust tushmaslik|Asosiy ranglardagi uchta tasvirning videosignal datchigida yoki tiklash qurilmasida noto‘g‘ri ustma-ust tushishi. Ustun|Jadval ustuni. Qoidaga ko‘ra, ustun barcha elementlari bir xil ma’lumotlar turiga ega. Ustuvor bo‘lmagan pochta jo‘natmalari|Jo‘natuvchi arzon tarif tanlaganda jo‘natish va yetkazib berish (topshirish) uchun uzoq muddat taxmin qilinadigan jo‘natmalar. Ustuvor bo‘lmagan rejalash|Operatsion tizimdagi rejalash shakli. Topshiriqlar tezkor xotirada bir birini qoplamasdan yakka tarzda ishlatilishi mumkin. Ustuvor loyiha|Oldiga ustuvor vazifa yechimi qo‘yilgan loyiha. Ustuvor pochta jo‘natmalari|Yuqori tarif belgilangan, ustuvor tartibda ishlov beriladigan va eng tezkor yo‘l bilan tashiladigan (havo yoki yer usti) jo‘natmalar. Ustuvor vazifa|Ko‘p vazifali tizimlarda ‒ aktiv oynada bajariladigan vazifa. Usul|Qandaydir vazifani hal qilish mexanizmi. Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tushunchasi. Obyekt bajaradigan protseduralar ko‘rinishidagi ishlar. Usulning uzoqlashgan chaqiruvi|Sun firmasi tomonidan ishlab chiqilgan, obyektga yo‘naltirilgan Java mexanizmi – Java usulini protseduraning uzoqlashgan chaqiruviga o‘xshash tarmoqning boshqa kompyuterida chaqirish texnologiyasi. Utilita (xizmat ko‘rsatuvchi dastur)|Xizmat ko‘rsatadigan tizim dasturi, (yordamchi) xizmatga oid funksiyalarni, masalan, diskni belgilashlarni bajarish uchun mo‘ljallangan. Uy (asosiy) holat registri|Aloqa tarmog‘ining ma’lumotlar bazasi; unda tarmoqda doimiy qayd etilgan abonentlar to‘g‘risidagi axborot (raqamlari va manzillari, ko‘rsatiladigan xizmatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar va b.lar) saqlanadi.Izoh − Amalda, uy registrida abonentlar joylashgan yer to‘g‘risidagi axborotning, kommutatsiya markazi tomonidan mobil stansiyalarga chaqiruvlarni marshrutlash imkonini beradigan qismi saqlanadi. Uy katalogi|Foydalanuvchining maʼlumotlari, sozlamalari va h.k. saqlanayotgan operatsion tizimdagi shaxsiy katalogi. Uy katalogining nomi va joylashishi operatsion tizim turiga bog‘liq - masalan, Windows XRda u Documents and Settings papkasida (Windows Vistada – Users), Linuxda esa – /home papkasida joylashadi. Uy kompyuteri|Uyda foydalaniladigan, universal, ko‘p funksiyali, muomala qilish oson bo‘lgan, ishonchli, yuqori unumli, arzon, zamonaviy dizaynga ega kompyuter. Uy sahifasi|Veb-saytga tashrif qiluvchi tushadigan va saytni ko‘rib chiqish boshlanadigan boshlang‘ich veb-sahifa.Izoh – Uy sahifasiga qarab, tashrif qiluvchi qayerga tushganligi va saytning boshqa sahifalarida nimani ko‘rish mumkinligi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘ladi. Uya ichidagi xalaqit|Bitta tayanch stansiyaning ta’sir doirasida, bitta ishchi chastotada ishlayotgan boshqa uzatgichlarning signallari keltirib chiqaradigan xalaqit. Uya ichidagi xendover|Abonent stansiyasining ishchi parametrlarini, odatda, chastota yoki kanal intervali raqamini, aynan shu abonent stansiyasi bilan aloqa paytida almashtirish protsedurasi. Uya, yacheyka|Bitta tayanch stansiyaning geografik qoplash zonasi. Uyalarni retranslyatsiya qilish|Maʼlumotlarning tezkor kommutatsiyasini apparat bilan taʼminlovchi tarmoq texnologiyasi. Uyalarga taxlab joylashtirilgan maʼlumotlarni qayta uzatib to‘g‘ridan-to‘g‘ri kommutatsiyalanadi. Birinchi navbatda, asosiy tarmoqlarda ishlatiladi. U kadrlarni qayta uzatishdan, bu tarmoqlar orqali o‘zgarmas uzunlikdagi, uya deb ataluvchi maʼlumotlar blokini uzatishni taʼminlashi bilan farqlanadi. Uyalarni qayta uzatish birlashgan kommutatsiya bog‘lamalarida bajariladi. Uyali avtomat|Har biri qo‘shni kataklar bilan birgalikda ishlashning muayyan qoidalari bilan bog‘langan, parallel ishlaydigan kataklar (avtomatlar, protsessorlar) to‘ridan iborat, ko‘p protsessorli parallel kompyuterlar modeli. Har bir katak qo‘shni kataklar holatiga bog‘liq bo‘lgan bir nechta berilgan (ma’lum) holatlarning birida bo‘lishi mumkin. Kataklar holatining barcha o‘zgarishlari diskret vaqt onida sinxron ravishda ro‘y beradi. Uyali aloqa|Mobil aloqa va shaxsiy aloqa xizmatlarini o‘z ichiga oluvchi aloqa. Aloqani ta’minlovchi stansiyalarning yuqorisiga asalari uyasiga o‘xshash olti burchakli yacheykalar joylashtiriladi. Uyali aloqa kompaniya-operatori|Uyali aloqa xizmatlarini taqdim etuvchi telekommunikatsiya kompaniyasi. Uyali aloqa operatori|Qar.: Mobil aloqa operatori. Uyali aloqa tarmog‘i|Xizmat ko‘rsatiladigan hududning, tayanch qabul qiluvchi-uzatuvchi radiostansiyalar joylashtirilgan holda qator yacheykalarga (uyalarga) bo‘linishidan foydalaniladigan va mobil foydalanuvchi yacheykadan yacheykaga ko‘chganda, aloqaning uzluksizligini avtomatik ravishda taʼminlaydigan telekommunikatsiyalar tarmog‘i. Uyali aloqa uzeli|Tayanch stansiya, antenna kompleksi va boshqa aloqa uskunasi joylashgan aloqa punkti. Uyali aloqa virtual operatori|Boshqa bir operatorning mavjud infratuzilmasidan foydalanadigan, biroq xizmatlarni o‘z nomi ostida sotadigan uyali aloqa operatori. Odatda, bazaviy operator bilan birgalikda umumiy uyali tarmoqdan va kommutatorlardan, ko‘pincha, umumiy billing tizimidan foydalaniladi. Ishning bunday sxemasi virtual operatorga uyali tarmoqni qurish va uni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan yirik kapital mablag‘lar sarfiga yo‘l qo‘ymaslik imkonini beradi. Uyali aloqaning raqamli kanallari bo‘ylab ma’lumotlarni paketli uzatish|Dupleks rejimida radiokanal bo‘ylab ma’lumotlarni 19,2 Kbit/s tezlikda uzatish. Ma’lumotlar so‘zlashuvlar orasidagi pauzalarda yoki ajratilgan aloqa kanallari bo‘ylab uzunligi 138 baytli paketlar bilan uzatiladi (axborot tezligi 9,0-14,4 Kbit/s). Uyali kasseta|Mobil yo‘ldoshli telefonning, GSM tarmog‘i bilan birga ishlashini ta’minlaydigan va apparaturaga ikki rejimda ishlash imkonini beradigan qo‘shimcha jihozi. Telefon rejimlardan biriga tanlov bo‘yicha yoki avval GSM standarti tarmog‘iga ulanishga urinayotganda avtomatik rejimga ulanishi mumkin. Agar, tarmoqqa kirish mumkin bo‘lmasa, apparat avtomatik tarzda yo‘ldoshli rejimga ulanadi. Uyali keng eshittirish|Uyali aloqa kanallari bo‘ylab, ro‘yxatga olingan barcha abonentlar foydalana olishi mumkin bo‘lgan axborot-ma’lumotnoma xabarlarining tarqatilishi. Keng eshittirish zonasi binoning bir qismi yoki lokal shahar zonasidan to butun tarmoq o‘lchamigacha, dinamik ravishda o‘zgarishi mumkin. Uyali mobil aloqa tarmog‘i|Xizmat ko‘rsatiladigan hududni tayanch qabul qiluvchi uzatuvchi radiostansiyalar joylashtiriladigan qator yacheykalarga (uyalarga) bo‘lishdan foydalaniladigan va harakatdagi foydalanuvchi yacheykadan yacheykaga ko‘chganda aloqaning uzluksizligi ta’minlanadigan mobil aloqa tarmog‘i. Uyali raqamli paketli maʼlumotlar|Uyali paketli radiotarmoqda maʼlumotlar uzatish usuli. CDPD texnologiyaga ega tarmoqlar 1994-yili paydo bo‘lib, tezda ommaviylashib ketdi. Mobil aloqa maʼlumotlarning ixtiyoriy turini (matnlar, tasvirlar va tovushni) uzatishni taʼminlay boshladi. Shu bilan birga, uzatishning yuqori ishonchliligi va xilma xil xizmatlar taqdim qilish kafolatlanadi. Uyali raqamli televizion eshittirish|Xizmat ko‘rsatiladigan hududda joylashgan tayanch stansiyalardan foydalangan holda amalga oshiriladigan raqamli televizion eshittirish.Izoh – Uyali raqamli televizion eshittirishning ko‘p kanalli (MMDS) hamda lokal (LMDS) ko‘p nuqtali taqsimlash tizimlari mavjud. Uyali (raqamli televizion) eshittirish tizimi|Televizion dasturlarni iste’molchiga tayanch stansiyalardan foydalangan holda yetkazish uchun mo‘ljallangan raqamli televizion eshittirish tizimi. Uyali tarmoq|Markazida, oltita qo‘shni tayanch stansiya bilan birgalikda ishlaydigan tayanch stansiyalar joylashgan ko‘plab yacheykalar (uyalar)dan iborat tarmoq. Signal bir tayanch stansiyadan boshqasiga uyali tarmoqning butun qamrov zonasi bo‘ylab uzatiladi. Tarmoqning bunday tuzilmasi abonentga mobil telefondan erkin harakatlangan holda, ayni paytda qaysi tayanch stansiyaga ulanganligi to‘g‘risida o‘ylamay foydalanish imkonini beradi. Uyali tizim|Bir nechta qabulqiluvchi-uzatuvchi tayanch stansiya va mobil terminallar joylashtirilgan qoplash zonalari (yacheykalar)dan iborat aloqa tizimi. Abonent bir yacheykadan boshqasiga o‘tganda, u avtomatik ravishda, ayni damda aloqa sifati eng yaxshi bo‘lgan boshqa bir, yaqinroqdagi tayanch stansiyaga ulanadi. Barcha tayanch stansiyalar bir-biri bilan bog‘langan, bu esa har qanday abonent juftligi o‘rtasida aloqani tashkil etish imkonini beradi. Bundan tashqari, har bir tayanch stansiya umumiy foydalanish tarmog‘iga ulangan bo‘lib, ham kiruvchi, ham chiquvchi qo‘ng‘iroqlarni ta’minlaydi. Konvensial va tranking tizimlardan farqli o‘laroq, uyali aloqa, birinchi navbatda, dupleks rejimda shaxsiy aloqani ta’minlash uchun mo‘ljallangan. Uyani e’lon qilingan qayta tanlash|Mobil radiostansiyaning aloqa kanalining xarakteristikalari birmuncha yaxshi bo‘lgan yangi uya aniqlanganda, o‘z uyasini yangisiga almashtirishi.Izoh − Uyani almashtirishdan oldin, u hozir xizmat ko‘rsatayotgan tayanch stansiyaga bu haqda xabar beradi, bunda yangi tayanch stansiyaga o‘tishning turli variantlari bor: yangi tayanch stansiya qaysi ekanligini bildirib yoki bildir-masdan, joriy bog‘lanishni tugatib yoki uni uzmasdan o‘tish. Uyaning e’lon qilinmagan qayta tanlanishi|Mobil aloqa tarmog‘ida uyaning almashish jarayoni bo‘lib, odatda mobil radiostansiyaning tayanch stansiyada ro‘yxatdan o‘chishi bilan birga amalga oshadi.Izoh − Biroq, bunday vaziyat har doim ham mumkin bo‘lavermaydi. Masalan, bog‘lanishning uzilishi to‘satdan sodir bo‘lib, mobil stansiya esa bu vaqtda ikki yoki undan ortiq tayanch stansiyalarning ta’sir zonasida joylashgan bo‘lsa, radiostansiya uyalarni skanlash orqali uzilgan bog‘lanishni tiklashga urinadi. Mobil stansiya yangi uyani egallagandan so‘ng, unda ro‘yxatdan o‘chishga, shu bilan birga, aloqa uzilgan paytda u qayta ro‘yxatdan o‘tishga ulgurmaganligi sababli, «eski» uyada ro‘yxatdan o‘tganligicha qolaveradi. Uyaning «nafas olishi»|Tarmoq yuklamasi, xalaqitli vaziyat va boshqa omillarga bog‘liq ravishda, yacheyka (uya) o‘lchamlarining o‘zgarishi. Uyaning ogohlantirishsiz qayta tanlanishi|Mobil stansiya ishchi holatda turgan, biroq, axborot uzatmayotgan vaqtda, tranking aloqa tarmog‘ida uyaning almashtirilish jarayoni.Izoh − Tarmoqni boshqarish tizimi, abonent aloqaga kirishga va yangi uyada ro‘yxatdan o‘tishga urinmagungacha, uning turgan joyi to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lmaydi. Uyaning cho‘qqi tezligi|Virtual zanjir bo‘ylab uya uzatilishi mumkin bo‘lgan maksimal tezlik. Bir sekundda uzatiladigan uyalar bilan o‘lchanadi hamda bir uyaning oxirgi bitini va keyingi uyaning birinchi bitini uzatish o‘rtasidagi intervalni belgilaydi. Uygacha o‘tkazilgan optik tola|Tarmoq qurish konsepsiyasi. Unga ko‘ra, optik-tolali liniyalar har bir xonadongacha yetkaziladi. Asosiy bog‘lamani abonent bilan bog‘lash uchun passiv optik taqsimlash qurilmalaridan foydalaniladi. Bu qurilmalar yordamida ko‘p simli magistral kabeldan kam tolali kabelga o‘tish taʼminlanadi. Abonentni ulash uchun ikki simli optik kabeldan foydalaniladi. Uyg‘otish xizmati|Abonent tomonidan oldindan belgilangan soatda yoki soatlarda o‘z liniyasida u uchun uyg‘otish chaqiruvi yoki chaqiruvlarini shart qilish va ushbu chaqiruvga javob bergandan keyin tegishli xabarnomani eshitish imkonini beradigan xizmat. Uzatish|Axborotni, aloqa kanali bo‘ylab manbadan qabul qilgichga ko‘chirish jarayoni. Uzatish (eshittirishda)|1. Radioto‘lqinlar yoki signallarni eshittirish uzatgichida nurlantirish.2. Dastur yoki uning ma’lum bir qismi. Uzatish kanali|Telekommunikatsiyalar signalini muayyan chastotalar polosasida yoki berilgan uzatish kanali uchun xos bo‘lgan uzatish tezligi bilan tarmoq stansiyalari, tarmoq uzellari o‘rtasida yoki tarmoq stansiyasi va tarmoq uzeli, shuningdek, tarmoq stansiyasi yoki uzeli hamda telekommunikatsiyalar transport tarmog‘ining oxirgi (terminal) qurilmasi o‘rtasida uzatilishini taʼminlaydigan texnik vositalar kompleksi hamda uzatish muhiti. Uzatish liniyalari|Energiyani belgilangan yoʻnalishda uzatish qurilmalari.Izoh – Ekranlangan (koaksial liniyalar, naychasimon toʻgʻri burchakli, dumaloq yoki maxsus shakldagi metall toʻlqinoʻtkazgichlar), qisman ekranlangan (ikki simli, polosali, mikropolosali, tirqish liniyalar) va ekranlanmagan (ochiq dielektrik va nur toʻlqinoʻtkazgichlar) ajratiladi. Uzatish liniyasi dispersiyasi|Uzatish liniyasining, fazaviy tezlikni chastotaga bog‘liq holda o‘zgartirishni tavsiflaydigan xususiyati. Uzatish muhitiga kira olish qurilmasining interfeysi|Ekranlangan simlarning to‘rtta o‘ralgan juftidan iborat, Ethernet tarmog‘ining magistral kabeliga ulanadigan interfeys kabeli. Uzatish radiotizimi|Telekommunikatsiya signallari ochiq fazoda radioto‘lqinlar tarzida tarqatiladigan uzatish tizimi. Radioto‘lqinlarning tarqalish muhiti va shakliga qarab, uzatish radiotizimi: to‘g‘ri ko‘rinadigan radioreleli, troposferali, yo‘ldosh aloqali, ionosferali va h.k. deb ataladi. Uzatish sifati|Uzatuvchi foydalanuvchidan qabul qiluvchi foydalanuvchiga kelayotgan telekommunikatsiya signalini qayta tiklash darajasi. Uzatish tezligi|1. Ketma-ket kanal orqali ma’lumotlar uzatish tezligi.2. Shina, kanal va h.k.larning o‘tkazuvchanlik xususiyati. Uzatish tizimi|Birlamchi tarmoq liniya traktlari, namunaviy guruh traktlari va uzatish kanallarining hosil qilinishini ta’minlovchi texnik vositalar kompleksi.Izohlar1. Liniya trakti bo‘ylab uzatilayotgan signallarning turiga qarab uzatish tizimi analog yoki raqamli deb ataladi.2. Elektraloqa signallarining tarqalish muhitiga qarab, simli uzatish tizimi va uzatish radiotizimi deb ataladi. Uzatishni boshqarish protokoli|O‘rnatilgan ulanish bilan ma’lumotlarni to‘liq dupleksli ishonchli uzatishni ta’minlaydigan transport sathidagi protokol. TCP/IP guruhi protokollari tarkibiga kiradi. Uzatishning asosiy ranglari|Uchta haqiqiy yoki haqiqiy bo‘lmagan asosiy ranglar guruhi, ular, odatda, yorug‘likni uzatish uchun bitta asosiy rang va ranglilikning ikkita asosiy rangidan tarkib topgan, ularning har biri miqdor jihatdan rangli tasvir signali tarkibida bor bo‘lgan uchta mustaqil signalning biriga mos keladigan qilib tanlanadi. Uzatishning to‘xtab qolishi|Dasturlarni uzatishning to‘satdan to‘xtab qolishi. Uzatuvchi muhit|1. Elektr energiyasi yoki elektromagnit nurlanishning fizik tashuvchisi. Yoshimcha signallarni uzatishda, tovushlarni yoki maʼlumotlarni uzaytirishda foydalanishda, qar khil holatdagi simlar yoki optik-tolali kabellarda. Ish, mis simlar – o‘ralgan zhuft, koaksial va twinaxial optik-tolali kabellardir. Bir, ikki, to‘rtta, kup simli va tasmali optik-tolali kabellar o‘tkazildi.2. Axborotni uzatish uchun foydalaniladigan, turli xil yer usti radioaloqa vositalari, yo‘ldoshli, kabelli va optik-tolali liniyalarning jami. Uzatuvchi optoelektron modul|Elektr signallarni optik signallarga aylantirish uchun mo‘ljallangan optoelektronika asbobi. Uzatuvchi radioeshittirish tarmog‘i|1. Bitta dasturni bir vaqtda uzatish uchun mo‘ljallangan tovushli yoki televizion radioeshittirish uzatgichlari guruhi.2. Shu tashkilot, hudud yoki mamlakatga taalluqli tovushli yoki televizion radioeshittirish uzatgichlari guruhi. Uzatuvchi radioeshittirish stansiyasi|Bitta yoki bir nechta uzatgichni ularning antennalari va tegishli uskunalari bilan o‘z ichiga olgan tovushli yoki televizion eshittirish markazi.Misollar − Uzatuvchi radio(eshittirish) stansiyasi, uzatuvchi televizion stansiya. Uzaytirilgan tola|Birga ulangan ikkita yoki undan ortiq optik toladan iborat tola. Tolalarning uzaytirilishi ajratgichli ulanishga qaraganda yaxshiroq xarakteristikalarni hamda yo‘qotishlar kam bo‘lishini taʼminlaydi. Uzel|1. Tarmoqqa ulanish nuqtasi, tarmoqqa ulangan qurilma; kompyuter tarmog‘idagi yoki ma’lumotlar uzatish tarmog‘idagi bir xil protokoldan foydalanadigan ikkita tarmoqni bog‘laydigan kompyuterni o‘zida ifodalaydigan uzel. Ikkita o‘xshash tarmoqdagi ikki mos dasturning bog‘lanishini ta’minlaydi. Uzatiladigan paketlarda bo‘ladigan manzilli axborotdan foydalanadi. Tarmoq uzellari marshrutizatorlar kabi, ko‘priklardan farqli ravishda, tarmoq darajasidagi qurilmalar hisoblanadi.2. Iyerarxik tuzilmada: tuzilma elementi, masalan, «gipermatn uzeli».3. Ikki komponent o‘rtasidagi bog‘lovchi nuqta.4. Windows 2000/XP operatsion tizimida: boshqarish konsoliga tatbiqan, har qanday boshqariladigan obyekt, topshiriq yoki tur: masalan, kompyuterlar, foydalanuvchilar, veb-sahifalar. Uzelni dinamik konfiguratsiyalash protokoli|32-razryadli IP-manzillarning yetishmaslik muammosini yengillashtirish uchun ularning Internet dagi ish vaqtida IP-manzillarni lokal tarmoqning uzellariga (ishchi stansiyalariga) dinamik tayinlash uchun uzelni dinamik kongfiguratsiyalash protokoli. Uzellarga manzillarni o‘zlashtirish manzillarning markazlashtirilgan pulida amalga oshirilishi sababli, ularning noyobligi va nizoli manzillarning bo‘lmasligi kafolatlanadi. Uzib qo‘yish|Qurilmaning ishlashini to‘xtatish. Masalan, uskunaning biror konfiguratsiyasida uzib qo‘yilgan qurilmaga, uskunaning shu konfiguratsiyasidan foydalanlayotganda, kira olish imkoni bo‘lmaydi. Bu qurilmalar band qilgan resurslarni bo‘shatish imkonini beradi. Uzib qo‘yishning rad etilishi|Uskunaning nosozligi oqibatida yuzaga keladigan, ulanishni uzib qo‘yishga bo‘lgan muvaffaqiyatsiz urinish. Bu, liniyaning uzib qo‘yilish davri juda uzoq bo‘lishiga olib keladi. Uzilish|Kompyuter dasturning bajarilishini to‘xtatadigan va xizmat dasturi bajarilishini boshlaydigan signal. Uzilish to‘g‘risidagi niqoblanadigan signal|Uzilishni inkor qilish yoki ushlab qolish maqsadida blokirovkalangan uzilish to‘g‘risidagi signal. Uzilishlar boshqariladigan dastur|Markaziy protsessor (masalan, operatsion tizim) da uzilish sodir bo‘lganda avtomatik ravishda ishga tushadigan dastur. Uzilishlar kontrolleri|Apparat uzilishlarni boshqarish uchun tizim platasiga o‘rnatiladigan mikrosxema. Uzilishlar navbati|Barcha sodir bo‘lgan uzilishlarni navbati bilan qayta ishlashni ta’minlaydigan operatsion tizimning tizimli tuzilmasi. Uzilishlar vektori|Tezkor xotiradagi rezident massiv, unda quyi dastur-uzilishlarni qayta ishlagichlarning (operatsion tizim modullarining) manzili uzilishlar raqamlari bo‘yicha saqlanadi. Uzilishlarning yo‘qligi|Resursni faqat o‘z ishini tugatgach, ixtiyoriy ravishda bo‘shatish mumkin bo‘lgan jarayon. Uzilishni qayta ishlovchi|Berilgan raqam bilan uzilishni qayta ishlashni amalga oshiradigan operatsion tizim yadrosining moduli. Uzish|Ushbu atama odatda Linux operatsion tizimlarida ishlatilib, kompyuter tizimidan biron bir qurilmani uzish ma’nosini anglatadi. Uzluksiz bloklar yoki uzluksiz rejim|Minimal yo‘qotish bilan bir faylni chiqarib olish uchun, butun arxivni emas, faqat bitta uzluksiz blokni ochish zarur bo‘lgan siqish usuli. Uzluksiz fayl|Fizik jihatdan diskdagi uzluksiz sohani egallaydigan fayl. Uzluksiz ishlashni ta’minlash va tiklash rejasi|Muhofaza qilish dasturining bir qismi hisoblanadigan hamda tizimning asosiy resurslaridan foydalanishni va krizisli vaziyatlarda qayta ishlashning uzluksizligini ta’minlovchi, xavfli vaziyatlarga javob berish, zaxira nusxa ko‘chirish va keyingi tiklash protseduralari rejasi. Uzluksiz modellash|Tadqiq qilinadigan jarayonning uzluksiz xarakterdaligi hisobga olinadigan modellash. Uzluksiz signal|Qar.: Analog signal. Uzluksiz sikl|Mantiqiy xato sababli hech qachon tugallanmaydigan sikl yoki shu tarzda maxsus dasturlashtirilgan sikl. Uzluksiz soha|Qo‘shni elementlardan tuzilgan xotira sohasi (masalan, ketma-ket bloklardan iborat disk sohasi). Uzluksiz ta’minot manbai|Tarkibida akkumulyator bo‘lgan va asosiy elektr ta’minot kuchlanishi sakraganda yoki tushganda kompyuter va periferiya ta’minotini va himoyasini, shuningdek, kuchlanish yo‘qolganda ma’lumotlarning avtomatik ravishda ishonchli saqlanishini ta’minlaydigan qurilma. Uzluksiz ta’minot qurilmasi|Tarkibida akkumulyatorlar bo‘lgan va asosiy elektr ta’minot kuchlanishi tushib ketganda yoki sakrashlarida kompyuter va periferiyaning ta’minoti va himoyasini ta’minlaydigan, shuningdek, kuchlanish yo‘qolganda ma’lumotlarni avtomatik ravishda saqlash imkoniyatiga ega qurilma. Uzluksizlik|Tizimning xizmat ko‘rsatishda, berilgan ishchi xarakteristikalarga muvofiq, to‘xtovsiz ishlash qobiliyati. Uzoq muddatli rejalovchi (vazifalarni rejalovchi)|Tayyor jarayonlar navbatiga qaysi jarayonlar joylashtirilishi kerakligini aniqlaydigan operatsion tizim rejalovchisi. Uzoq muddatli xotira|Uzoq muddat mobaynida ma’lumotlarni saqlash uchun mo‘ljallangan kompyuter xotira qurilmasi. Saqlash vaqtida energiya ta’minoti bo‘lishiga bog‘liq emas. Ma’lumotlarni saqlashning turli fizik: magnit, optik, magnitooptik prinsiplariga ega. Uzoq zona|Elektromagnit maydonning burchak taqsimlanishi nurlanish manbaigacha bo‘lgan masofaga jiddiy bog‘liq bo‘lmagan soha.Izoh − Agar antennaning to‘liq o‘lchami D ga teng va to‘lqin uzunligidan katta bo‘lsa, uzoq zona antennadan ga katta masofadan boshlanadi, deb hisoblanadi,bunda λ – to‘lqin uzunligi. Elementar elektr vibrator uchun uzoq zona shart bilan belgilanadi, bunda:λ – nurlanish to‘lqin uzunligi;r – antennaning fazaviy markazidan kuzatish nuqtasigacha bo‘lgan masofa. Cheksizlikka fokuslangan (to‘g‘rilangan) nur uchun uzoq zona, ba’zan Fraungofer zonasi deb ham nomlanadi. Uzoqdagi displeylar uchun protokol|Windows NT TSE dagi serverlarda mavjud bo‘lgan Windows-ilovalar bilan ishlash imkonini ta’minlaydigan protokol. RDP odatda doimiy xotira qurilmasiga yozib olingan «ta’sirchan mijoz» dasturida keng qo‘llaniladi. Uzoqdagi ish stoliga ulanish|Uzoqda joylashgan kompyuterdagi ish stoli bilan aloqa o‘rnatish. Uzoqdagi monitor|Tarmoqning holati to‘g‘risidagi tezkor axborotni aks ettirish, shuningdek, kompyuterlar, ishini masofadan monitoring qilish uchun mo‘ljallangan monitor. Uzoqlashgan|Tarmoq yoki Internet yetib borgan joy chegarasida joylashgan kompyuter. Uzoqlashtirish|Tasvir masshtabini kichiklashtirish. Uzun liniya|Elektr uzunligi to‘lqin uzunligiga teng yoki undan katta uzatish liniyasi. Uzun tire|Matnlarda, HTML va boshqa hujjatlarda so‘zlar orasida ajratgich sifatida qo‘llaniladi. Microsoft Word va Open Office.org kabi ayrim dasturlar avtomatik tarzda ajratgichlarni taniydi va defisni uzun tirega almashtiradi. Uzun to‘lqinlar (shuningdek, kilometrli to‘lqinlar)|To‘lqin uzunliklari diapazoni 1000 m dan 10000 m gacha bo‘lgan, chastotalar diapazoni esa 30 kHz dan 300 kHz gacha bo‘lgan intervalda joylashgan to‘lqinlar. Uzviy bog‘liq tizim|Protsessorlar umumiy xotira va taymer (taktlar)ni ajratadigan parallel kompyuter tizimi. Ular o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir umumiy xotira orqali amalga oshadi. Ushlab turish rejimida musiqa tinglash|WAV faylini, chaqiruv ushlab turish rejimida bo‘lgan vaqtda, musiqa qo‘yish uchun tayinlash funksiyasi. Ushlab turish va kutish|Bir resursni ushlab turish jarayoni boshqa jarayonlar ega bo‘lgan boshqa resurslarni olishni kutib turadi. Uch belgili mantiq|Uchta chin qiymat, masalan, 1, 0, – 1 bilan ish ko‘radigan mantiq. Uch martali DES algoritmi|DES algoritmidan uch marta uchta turli kalit bilan foydalaniladigan shifrlash usuli. Uch vibratorli antenna|Bir-biriga nisbatan 120° burchak ostida siljigan uchta simmetrik vibrator koʻrinishidagi antenna. Uch zvenoli model|Oraliq zveno (kompyuter) ikki sathli model mijoz kompyuteri va server kompyuteri orasida joylashtiriladigan hamda tranzaksiyalarni qayta ishlaydigan monitor yoki obyektlarga bo‘ladigan so‘rovlar vositachisi sifatida ishlaydigan mijoz-server tizimi.Uch o‘lchamli grafikaing. - three-dimensional graphics (3D)ru – трехмерная графикаKompyuter grafikasida ishlatiladigan atama bo‘lib, obyektlarning ustida uch o‘lchamli fazoda operatsiyalar bajarish uchun algoritmlar va dasturiy mahsulotlarni hamda ularning natijalarini o‘z ichiga oladi. Uch o‘lchamli taxminlash, 3-D taxminlash|Taxminlangan qiymat, o‘sha maydonning yoki bitta yo bir nechta oldingi maydon satrlaridan kadrning qo‘shni elementlaridan kelib chiqib olinadigan taxminlash. Uch o‘lchamli televideniye, 3-D televideniye|Sahnaning uch o‘lchamli ko‘rinishi amalga oshiriladigan televideniye.Izoh – Uch o‘lchamli ko‘rinish amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan jarayonlar stereoskopik televideniye va golografik televideniyeni o‘z ichiga oladi. Uchastkalar bo‘yicha signalizatsiya|Xizmatga oid barcha axborot bitta kommutatsiya stansiyasidan boshqasiga ketma-ket uzatiladigan signalizatsiya usuli. Har bir aloqa uzelida bu axborot ajratib olinadi va tahlil qilinadi. Uchinchi avlod (3G)|Uchinchi avlod raqamli mobil aloqa tizimlari. Multimediani ta’minlaydi, uzatish tezligi 2 Mbit/s gacha. Uchinchi darajali kesh xotira|Tizim platasida ikkinchi kesh va tezkor xotira qurilmasi o‘rtasida o‘rnatiladigan qo‘shimcha kesh xotira. Bu turdagi kesh xotira birlamchi (L1) va ikkilamchi (L2) kesh xotiralar ishlab chiqaruvchilar tomonidan protsessor ichiga o‘rnatila boshlangandan keyin paydo bo‘ldi. Uchta abonentning ulanishi|Boshqa foydalanuvchi bilan aloqada ishtirok etuvchi foydalanuvchining, ushbu aloqani buzmasdan, uchinchi foydalanuvchi bilan qo‘shimcha ulanish, bir aloqadan boshqasiga ko‘p marotaba (ularning har birini sir saqlagan holda) qayta ulanish va/yoki qolganlariga qaytgan holda ushbu aloqalardan birini buzush imkonini beradigan qo‘shimcha xizmat.Izoh – Xizmatdan foydalanuvchi abonent ushbu ikkita aloqani bitta uch tomonlama aloqaga birlashtirish imkoniyatiga ega bo‘lgandagi xizmat varianti ko‘zda tutilgan.V Vakillik serveri|To‘siq hosil qiluvchi kompyuter yoki unda ishlovchi dasturiy taʼminot. Vakillik serveri ikki tarmoq o‘rtasida joylashib, biri uchun foydalanish chetdan mumkin bo‘lsa, boshqasiga esa mumkin bo‘lmaydi. Ichki tarmoqni ajratib, Internetda uning vakili sifatida bo‘ladi. Uning asosiy vazifasi – tarmoq mijozlarining so‘rovlarini Internet bog‘lamalariga uzatish va talab qilingan axborotni mijozga qaytarish. Vakolatlar|Foydalanuvchilarga nimanidir yaratish, o‘zgartirish yoki o‘chirishga berilgan huquq va imkoniyatlar. Vakolatlar matritsasi|Elementlari muayyan obyektning muhofaza qilinadigan ma’lumotlarga nisbatan huquqlarini (vakolatlarini, imtiyozlarini) belgilaydigan jadval. Vakolatlar profili|Har bir subyekt bilan assotsiatsiyalangan tizimning muhofaza qilinadigan obуektlari va ulardan erkin foydalanish huquqlari ro‘yxati. Obуektga murojaat qilishda subуekt profili foydalanishning tegishli huquqlari mavjudligiga tekshiriladi. Profil erkin foydalanish matritsasining satri ko‘rinishida taqdim etiladi. Vakolatli foydalanuvchi|Xavfsizlik funksiyasi siyosatiga muvofiq, har qanday operatsiyani bajarishga ruxsat etilgan, baholash obуekti foydalanuvchisi. Vaksina-dastur|Boshqa dasturlar va disklarni, ularning ishiga ta’sir qilmaydigan darajada o‘zgartiradigan dastur. Biroq, vaksinatsiya manbai bo‘lgan virus bu dasturlar yoki disklar zararlanib bo‘lgan deb hisoblaydi. Vaksinalash|Berilgan (ma’lum bir) virus turi tomonidan zararlanishni aniqlash (topish) uchun foydalaniladigan shart-sharoitlarni imitatsiyalovchi, ya’ni virusni «aldaydigan» rezident vaksina dasturlarni ishga tushirish. Valid-invalid biti|Sahifa jarayonning mantiqiy xotirasiga taalluqli yo taalluqli emasligini ko‘rsatadigan sahifalar jadvalining element biti. Validatlash|Dasturiy mahsulotni unga qo‘yiladigan barcha talablarga muvofiqligi nuqtai nazaridan baholash. Vaqt belgisi|Yagona vaqt tizimiga nisbatan vaqt onini ko‘rsatadigan maʼlumotlar elementi.Izoh – Vaqt belgisidan hujjatning yaratilish vaqti aniqligini va elektron raqamli imzo aktualligi saqlanganligini tekshirish uchun foydalaniladi. Vaqt bombasi|Muayyan vaqtda aktivlashtirilishi mumkin bo‘lgan mantiqiy bomba. Vaqt bo‘yicha ajratish bilan dupleks uzatish|Bitta kadrning turli vaqt intervallarida, uzatish va qabul qilish kanallarini zichlash bilan bitta eltuvchida raqamli axborotni ikki tomonlama uzatish. Vaqt bo‘yicha ajratish bilan dupleks uzatish, birinchi navbatda, abonentlar cheklangan makonda nisbatan past tezlikda harakatlanadigan piko- va mikrouyalar uchun mo‘ljallangan. Vaqt bo‘yicha ajratish bilan multipleksorlash|Aloqada va ajratilgan taym-slotlardan foydalangan holda, raqamli ma’lumotlarni uzatishdagi multipleksorlash texnikasi (usuli). Vaqt bo‘yicha ajratish bilan ko‘plab foydalana olish|1. Bitta chastota slotida bir nechta abonent bo‘ladigan, turli abonentlar uzatish uchun turli vaqt slotlaridan foydalanadigan spektrdan foydalanish usuli.Izoh − TDMA prinsipidan GSM, D-AMPS va PDC (Yaponiya standarti) standartlarida foydalaniladi.2. Signallarni 2G uyali va yo‘ldoshli tarmoqlar orqali uzatish usuli, bunda har bir signalning o‘z chastota-vaqt intervali bo‘ladi. GSM TDMA texnologiyadan foydalanishga asoslangan. 2,5G tarmoqlari 3G tarmoqlar bilan almashtirilsa, TDMA katta o‘tkazish polosasidan foydalaniladigan CDMA texnologiyasi tomonidan qisman siqib chiqariladi.3. Barcha abonentlarning axboroti bitta eltuvchi chastotada, biroq, o‘rtasida himoya oraliqlari kiritilgan turli vaqt intervallari («darchalar») da uzatiladigan foydalana olish usuli.4. D-AMPS (IS-136) raqamli uyali aloqa tizimi standartining yangi nomi.5. VSAT tarmog‘ining ish rejimi bo‘lib, bunda ko‘p sonli stansiyalar bir vaqtning o‘zida yo‘ldoshli retranslyatorning umumiy kanalidan kanallar vaqt bo‘yicha ajratilgan rejimda dinamik foydalana olishlari mumkin bo‘ladi. Vaqt bo‘yicha asinxron multipleksorlash|Uzatish vositalarining foydalaniladigan resursi har bir foydalanuvchining shu vaqtdagi haqiqiy ehtiyojlarini hisobga olgan holda, axborotning yacheykalari bilan to‘ldiriladigan vaqt bo‘yicha intervallardan oldin belgilanmaydigan ketma-ketlikdan iborat bo‘lgan multipleksorlash usuli. Vaqt bo‘yicha belgi qo‘yish|Axborotni uzatish jarayonida almashtirilish yoki o‘zgartirilishdan muhofaza qilish usuli. Har bir xabarga ma’lumotlar bilan qat’iy bog‘liq bo‘lgan vaqtinchalik belgilarni kiritishga asoslanadi. Vaqt bo‘yicha kommutatsiya|Telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan kommutatsiya tarmog‘i vaqt kanallarining vaqt bo‘yicha pozitsiyalarini bog‘lash orqali amalga oshiriladigan kommutatsiya. Vaqt bo‘yicha siqish|Ma’lumotlarni xotiraga bir taktli chastota bilan yozish va boshqa taktli chastota bilan o‘qish orqali amalga oshiriladigan signalni vaqt bo‘yicha siqish operatsiyasi. Vaqt bo‘yicha o‘zgartirish|Signal vaqt o‘qida gi diskret sanoqlar holatining, ularning amplitudaviy qiymatlari saqlangan holda o‘zgaradigan aylantirish. Vaqt bo‘yicha chaqiruvlarni cheklash|Xizmat abonenti tomonidan boshlab berilgan, har bir chaqiruvning so‘zlashuv davomiyligini cheklaydigan xizmat. Abonent so‘zlashuvining davomiyligi berilgan cheklanishdan oshsa, tizim bog‘lanishni majburan uzadi. Vaqt domeniga ega optik reflektometr|Optik tolalarni, qaytgan yorug‘likni detektorlashga asoslangan (optik «radar»), testlash usuli. Tola so‘nishini o‘lchash, muftali va konnektorli ulanishlar sifatini baholash hamda uzilish joylarini aniqlashda foydalaniladi. Vaqt intervallarining qayta taqsimlanishi|Vaqt bo‘yicha ajratilgan foydalana olishda ishlatiladigan, kanal intervallari abonentlarga qat’iy tarzda emas, balki tizimning real yuklanishiga bog‘liq holda, mos ravishda qayta taqsimlanadigan protsedura. Kanallarning yangi taqsimoti to‘g‘risidagi ma’lumotlar, xizmat kanali orqali shu yoki undan keyingi kadrda uzatiladi. Vaqt kvanti|Ko‘p vazifali muhitdagi, mikroprotsessor alohada bajariladigan vazifani boshqaradigan qisqa vaqt davri. Vaqt oralig‘i (paketlararo interval)|Paketni jo‘natgan uzatish qurilmasi, paket keyingi gal yuborilgunga qadar kutishi zarur bo‘lgan, mikrosekundlarda o‘lchanadigan vaqt. Vaqtbay tarif|Telekommunikatsiya xizmatlari uchun kanal yoki aloqa liniyasi band etilgan vaqt bilan bog‘liq differensiallangan to‘lov. Vaqtda o‘zgaruvchi kod|So‘zlari ish jarayonida biror-bir tarzda o‘zgaradigan kod. Vaqtga qarab ochiladigan kriptotizim|Faqat berilgan vaqt intervali tugagandan so‘ng muhofazalangan axborotni rasshifrovka qilish imkonini beradigan kriptografik tizim. Hozirgi vaqtda bunday tizimlarni amalga oshirishning ikkita varianti mavjud:– vaqtinchalik qulflovchi sharadalar;– berilgan vaqt intervali mobaynida axborotni ochmaslik majburiyatini zimmasiga olgan ishonchli agentlardan foydalanish. Agentlardan foydalanishga to‘g‘ri kelganda ularga nisbatan ishonch muammosi yuzaga keladi, buni sirlarni taqsimlash mexanizmini qo‘llash hisobiga qisman hal qilish mumkin. Vaqtinchalik bog‘langanlik|Funksiyalari deyarli bir vaqtda bajarilishi zarur bo‘lgan modul xarakteristikalari.Izoh – Initsializatsiya moduli, qayta tiklanish moduli va ishni tugatish moduli vaqtinchalik bog‘langanlik modullariga misol bo‘ladi. Vaqtinchalik fayl|Operatsion tizim yoki amaliy dastur tomonidan, vaqtinchalik (oraliq) ma’lumotlarni saqlash uchun yaratiladigan fayl. Ba’zan, vaqtinchalik fayllar bilan ishlash tugatilganidan so‘ng, ular o‘chirib tashlanadi. Vaqtinchalik ortiqchalik|Tizimning ishlash imkoniyatini qayta tiklash uchun ketadigan maksimal vaqt. Vaqtinchalik qator|Vaqt ichida o‘zgaradigan ma’lumotlar to‘plami. Vaqtinchalik xotira|Hisoblashlarda oraliq ma’lumotlarni saqlash uchun vaqtinchalik ajratiladigan xotira qismi. Vaqtinchalik yashirin kanal|Yashirin kanal, unda bir jarayon axborotni boshqasiga tizim resurslaridan (masalan, markaziy protsessorning bandlik vaqtidan) foydalanishni modulyatsiyalash vositasida, bu modulyatsiyalash boshqa jarayon tomonidan aniqlanishi va detektorlanishi mumkin bo‘ladigan tarzda uzatadi. Vaqtni ajratish tizimi|Foydalanuvchi-dasturchini uning vazifalarini bajaruvchi jarayondan izolyatsiyalash – paketli qayta ishlash tizimining asosiy kamchiligini tuzatish uchun mo‘ljallangan. Vaqtni ajratish tizimining har bir foydalanuvchisiga o‘zining dasturi bo‘yicha dialog olib borishi mumkin bo‘lgan terminal taqdim etiladi. Vaqtni belgilash xizmati|Ma’lum bir vaqt onida elektron ma’lumotlar mavjudligini tasdiqlaydigan xizmat.Izoh – Vaqtni belgilash xizmatlari foydali, shuningdek, uzoq muddat mobaynida raqamli imzolar tekshiruvini olib borish uchun mutlaqo zarur. Vaqtni taqsimlash|Kompyuterning bitta markaziy protsessor bilan ishlash rejimi, bunda protsessor muntazam ravishda bir vazifani hal qilishdan boshqasiga o‘tib turadi. Vaqtning taqsimlanishini operatsion tizim amalga oshiradi. Bu rejimdan ko‘p dasturli «bir vaqtda» ishlash uchun foydalaniladi. Protsessor barcha ishlarni izchil, lekin juda tez bajaradi. Shuning uchun, har bir vazifaga juda qisqa muddatga protsessor resurslari ajratilsa, foydalanuvchiga ishlar parallel bajarilayotgandek tuyuladi. Vaqtni taqsimlash rejimi UNIX va Windows tizimlarida yaxshi amalga oshirilgan. Masalan, vaqtni taqsimlash rejimida bir vaqtda matn redaktori bilan ishlash, qandaydir faylni bosib chiqarish va ma’lumotlarni tarmoq orqali qabul qilish mumkin. Vardrayving|Wi-Fi simsiz tarmoqlariga kirish nuqtalarini izlash va buzish jarayoni. Wi-Fi adapterli tashuvchan kompyuterga ega shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan amalga oshiriladi. Nuqtani makonda izlash va aniqlashda transport vositasi ishlatilgani uchun «urush haydashi» deyiladi. Varez|Muallif ruxsatisiz noqonuniy yo‘llar bilan (kamdan-kam hollarda simvolli plata uchun eltuvchilarda) tekin tarqatiladigan tijorat dasturi. Tekin foydalanishga imkon beruvchi o‘zgarishlar va/yoki qo‘shimchalarni albatta o‘z ichiga oladi. Vayp|Axborotning to‘liq o‘chirilishi. Oddiy o‘chirishdan (maʼlumotlar bloklari foydalanish uchun bo‘sh deb ko‘rsatilishi) farqli o‘laroq axborot saqlangan hamma bloklar majburiy tozalanadi. Fayl vaypi holatida quyidagi operatsiyalar bajariladi: faylning har bir biti nolga almashtiriladi; fayl hajmi nolga keltiriladi; faylning nomi ixtiyoriy nomga o‘zgartiriladi va fayl o‘chiriladi. Bu nafaqat fayldan axborotning o‘chirilishini, balki fayl mavjudligining barcha (bilvosita) belgilarining ham yo‘q qilinishini kafolatlaydi. Qar.: Qoldiq axborot. Vazifa|Avtonom, mustaqil bajariladigan amaliy dastur. Vazifa identifikatori|Bajariladigan yoki bajarishga tayyor vazifaga beriladigan ramziy kod. Vazifalar dispetcheri|Kompyuterda bajariladigan dasturlar va jarayonlar to‘g‘risida ma’lumot beruvchi Windows operatsion tizimining dasturi. Vazifalar dispetcheri yordamida dasturlarni ishga tushirish yoki to‘xtatish, jarayonlarni to‘xtatish va tizimning bandlik darajasi to‘g‘risida ma’lumot olish mumkin. Vazifalar navbati|1. Operatsion tizimlarda bajarishga tayyor bo‘lgan vazifalarning qaysidir qiymatiga ko‘ra tuzilgan ro‘yxat.2. Tizimdagi barcha jarayonlarning to‘plamini o‘z ichiga oladigan navbat. vazifalar paneli|Windows operatsion tizimida ekranning pastki qismidagi vazifalar ro‘yxatini ko‘rsatuvchi gorizontal yo‘lakcha. Vazifalar panelidagi tugmalar yordamida ishlab turgan dasturlarni unisidan bunisiga o‘tkazish, hamda vazifalar panelini ekranning yuqori yoki yon tomoniga ko‘chirish va yashirish mumkin. Vazifalar panelini blokirovkalash|Vazifalar panelining holati, bunda vazifalar paneliga bevosita dasturlarga tez murojaat etish yorlig‘ini joylashtirish mumkin bo‘lmaydi. Vazifalar ro‘yxati|Ishga tushirilgan dasturlar va bajariladigan jarayonlar ro‘yxati. Kompyuter resurslari harajatlarining monitoringi uchun xizmat qiladi. Vazifalarni boshqarish|Operatsion tizimning ko‘p vazifali rejimda hisoblash jarayonini boshqarish bo‘yicha funksiyalari. Vazifalarni rejalashtiruvchi|Dasturlarni belgilangan vaqtda, belgilangan tartibda ishlashini ta’minlaydi. Vaziyat xatosi|Muayyan vaziyatlarda operatsion tizim yoki dasturda yuz beradigan xatolik. Vaznlangan (TV) shovqin|Ko‘rinadigan fluktuatsion xalaqitlarning ko‘z bilan baholanadigan jadalligi. Vaznlovchi filtr|Amplituda-chastotaviy xarakteristikasi fluktuatsion xalaqitning vazniy funksiyasini modellashtiradigan elektr filtr. Veb-…|WorldWideWeb ga, WWWga yoki WorldWideWeb prinsipi bo‘yicha tashkil qilingan korporativ maʼlumotlar almashinish tarmog‘iga mansublikni bildiradigan old qo‘shimcha. Veb-anjuman|Internet orqali real vaqt rejimida onlayn uchrashuvlar o‘tkazish va birgalikda ishlash uchun texnologiyalar va vositalar. Veb-anjumanlar onlayn taqdimotlar o‘tkazish, hujjat va ilovalar bilan birgalikda ishlash, saytlarni, videofayllarni va tasvirlarni sinxron ko‘rish imkonini beradi. Veb-bord|Qar.: E’lonlar taxtasi. Veb-brauzer|Veb-sahifalarni ko‘rish va tasvirlash uchun mo‘ljallangan dastur. Gipermatnli hujjatlarni tasvirlash va veb-resurslar orqali harakatlanish imkonini beradi.Izoh – Veb-brauzer tarmoqdagi server yoki boshqa kompyuterlardan o‘zida gipermatn, audio va video fayllarni saqlovchi veb-hujjatlarni olishi va lokal kompyuterda ko‘rsatishi mumkin. Bugungi kunda eng ko‘p qo‘llaniladigan veb-brauzerlar Microsoft Internet Explorer va Mozilla Firefox hisoblanadi. Veb-dizayn|Veb-sahifalarini bezash. Veb-dizayn qog‘oz nashri uchun poligrafik dizayn va sahifalash qanday vazifani bajarsa, sayt uchun ham xuddi shunday vazifani bajaradi. Veb-dizayn deganda odatda nafaqat sayt uchun grafik elementlarni yaratishni, balki uning tuzilmasi, navigatsiyasi va baʼzan sayt ishi uchun zarur bo‘lgan skriptlarni loyihalash, yaʼni saytni to‘liq yaratish nazarda tutiladi. Dizayn saytning aqlli tuzilishi maʼnosida uning «chiroyliligi»dan ancha muhimroq. Sayt dizayni odatda ixtisoslashtirilgan veb-dizayn studiyalari tomonidan bajariladi. Sayt uchun dizayn yaratish bahosi sayt hajmi, grafik elementlar soni, uning ustida ishlovchi mutaxassislar saviyasi, dasturlash zarurligi va h.k.larga bog‘liq. Veb-hujjat|HTML yoki XML tilida yozilgan va Internet tarmog‘iga joylashtirish uchun tayyor bo‘lgan hujjat. Veb-interfeys|Foydalanuvchiga veb-brauzer orqali turli dasturlar bilan o‘zaro ishlash imkonini beruvchi interfeys (masalan, o‘z buyurtmasini boshqarish, Internet do‘konida yoki tarmoq printerini sozlash). veb-interfeyslarining qulayligi shundaki, ular bitta ofisda joylashmagan xodimlarga birgalikda ish yuritish imkonini beradi. Masalan, veb-interfeyslar turli maʼlumotlar bazalarini to‘ldirish yoki Internet OAVda materiallarni chop etish uchun ishlatiladi. Veb-kamera|Ko‘chmas kamera bo‘lib, u bilan olingan tasvirlar Internetdagi muayyan saytda ko‘rsatiladi. Odatda bu video oqimi emas, balki muayyan muddatlardan keyin masalan, har 20 sekundda yangilanuvchi statik tasvir. Odatda videokameralar saytga tashrif buyuruvchilar ko‘nglini ovlash uchun ishlatiladi. Veb-portal orqali statistikani ko‘rish|O‘z qo‘ng‘iroqlari statistikasini ko‘rib chiqish (Call Detail Server mavjud bo‘lganda ishlaydi) imkoniyatini beradigan xizmat. Veb-ranglar|Rasmlarda ranglarni aniq solishtirish va aks ettirish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan 256 ta rangdan 216tasini o‘z ichiga olgan ranglar jadvali. Qolgan 40 ta rang ishlatilmaydi, chunki ular kompyuterlarda rang uzatish sifatining sozlanganligiga ko‘ra turlicha aks ettirilishi mumkin. Veb-standart palitra odatda xavfsiz ranglar palitrasi deyiladi. Veb-sahifa|Veb orqali erkin foydalanish mumkin bo‘lgan HTML hujjat. Gipermatn yoki gipermedia ko‘rinishidagi axborotni ichiga oladi. Veb-sahifa sarlavhasi|Veb-sahifani aynanlashtiruvchi tavsiflovchi matn. Ochiq sahifa nomi veb-brauzeri oyna-sining sarlavha qatorida aks o‘tiriladi. Veb-sayt|Ma’no jihatidan birlashtirilgan, umumiy tuzilma va navigatsiyaga ega bo‘lgan veb-sahifalar majmui. Veb-saytni optimallash|Qar.: SEO. Veb-saytning ko‘chirma indeksi|Veb-saytga boshqa Internet resurslaridan ishoratlar soni asosida hisoblanadigan qidiruv tizimi ko‘rsatgichi. Ko‘chirma indeksining eng oddiy shaklida faqat ishoratlar soni hisobga olinadi. Tematik ko‘chirma indeksida veb-saytga ishoratlarga ega bo‘lgan resurslarning mavzusi, o‘lchangan ko‘chirma indeksida esa o‘sha resurslarning mashhurligiga eʼtibor beriladi. Veb-server|1. Bitta yoki bir nechta veb-uzel ishini taʼminlaydigan dasturiy ilova.2.Serverning dasturiy taʼminoti bilan taʼminlangan va Internet mijozlaridan rasmiy talablar olish, ularni qayta ishlash va bajarish uchun mo‘ljallangan kompyuter. Veb-server imkoniyatlarini tahlil qilish asbobi|Ko‘plab ko‘zda tutilgan yuklamalardan foydalanib, mijoz-server konfiguratsiyasini testdan o‘tkazadigan, skriptlar bilan boshqariladigan utilita. Veb-standartli palitra|Qar.: Veb-ranglar. Veb-televizor|Internet tarmog‘i orqali tashkil qilinadigan teskari kanalli teleko‘rsatuvlarni interaktiv ko‘rish imkoniyatini ta’minlaydigan televizor va kompyuter kombinatsiyasi. Veb-usta|Veb-uzel yaratilishi va uni boshqarish yuzasidan javobgar bo‘lgan, veb-uzel administratori. Veb-uzel|Maxsus dasturlar – veb-sharhlovchilar yordamida kompyuter tarmog‘i orqali ko‘rib chiqish uchun mo‘ljallangan, o‘zaro bog‘langan axborot onlayn resurslar to‘plami.Izoh – Veb-uzel elektron ko‘rinishdagi hujjatlar to‘plamini, onlayn xizmatni o‘zida ifodalashi mumkin. Veb-хosting|«Xosting» so‘zi to‘laqonli ikki tomonlama aloqa bilan taʼminlangan tarmoqdagi kompyuterni bildiruvchi xost so‘zidan olingan (qar.: xost). Xosting pulli va tekin, oddiy va mukammallashgan bo‘lishi mumkin. Xosting provayderini tanlayotganda quyidagi tavsifnomalarga eʼtibor berish lozim: 1) disk makoni; 2) Internet kanalining o‘tkazish qobiliyati (kengligi); 3) fayllarni boshqarish usullari: veb-forma yoki FTP protokoli orqali foydalanish; 4) standart skriptlar to‘plami; 5) server tomonida dasturlash mumkinligi (SSI, PHP, ASPlarni qo‘llab-quvvatlash, cgi-bin katalogi); 6) serverda maʼlumotlar bazalaridan foydalanish – o‘z maʼlumotlar bazalarini yaratish va ishlatish mumkinligi; 7) Shell dan foydalanish; 8) .htaccess fayli orqali serverni konfiguratsiyalash mumkinligi; 9) log-fayllardan foydalanish; 10) uchinchi darajali domenlarni taqdim etish (name.your-name.uz, name1.your-name.uz va boshqa turdagi manzil); 11) bitta yoki bir necha pochta qutisini qo‘llab-quvvatlash; 12) uzluksiz elektr energiya bilan taʼminlash. Veb-shablon|Mundarijani veb-sahifa dizaynidan ajratish uchun va veb-hujjatlarni ko‘plab ishlab chiqish uchun qo‘llaniladigan moslama. Veb-shablondan istagan inson yoki tashkilot o‘zining veb-saytini yaratishda foydalanishi mumkin. Shablon sotib olingandan yoki saqlab olingandan so‘ng, foydalanuvchi barcha shablonning asosiy maʼlumotlarini o‘zining tashkiloti yoki mahsuloti maʼlumotlari bilan to‘ldiradi. Veb 2.0|WWW rivojlanishining ikkinchi avlodini belgilovchi atama. Veb 2.0 ning asosiy xususiyati – ko‘p sondagi foydalanuvchilarning kontentni yaratish va maʼlumotlar almashishdagi bevosita ishtiroki.Misol – ijtimoiy tarmoqlar, videoxosting saytlari, viki, bloglar, folksonomiya. Vektor|Sonli qiymat va yo‘nalish bilan tavsiflanadigan, to‘g‘ri kesma bilan tasvirlanadigan matematik kattalik. Vektorlash|Rastr grafikasini vektor grafikasiga o‘girish, rastrlashga teskari bo‘lgan jarayon. Rastrlashdan farqli o‘laroq ushbu jarayon juda murakkab bo‘lib, uni to‘liq avtomatik tartibda bajarib bo‘lmaydi. Vektorli displey|Ishda vektor grafikadan foydalanadigan kompyuter displeyi. Vektorli grafika|Tasvirni, har qanday usul bilan, shu jumladan, grafik komandalar bilan tavsiflangan grafik elementlar yig‘indisi sifatida taqdim etish usuli. Ko‘pincha, ikkilik koddagi fayllar sifatida taqdim qilinadi. Vektorli kodlash|Kodlash usuli, bunda kanal bo‘yicha tasvir sanog‘i blokining qiymatlari emas, blokning kod daftaridagi uzatilayotganga eng yaqin manzili jo‘natiladi. Vektorli kompyuter|Vektorlarni (bir o‘lchamli ma’lumotlar massivlarini) qayta ishlash uchun mo‘ljallangan kompyuter. Vektorli protsessor|Bir o‘lchovli raqamli ma’lumotlar massivlari (vektorlar) ustida bir vaqtda hisoblashlar uchun komandalar to‘plami bo‘lgan kompyuter. Vektorli yoyish|Ekranda sintezlangan tasvirni qayta tiklash usuli, bunda yoyuvchi element tasvirni olish uchun zarur bo‘lgan faqat qisqa yo‘l bo‘yicha, ularning joylashishidan qat’i nazar, bevosita bir nuqtadan boshqasiga harakatlanadi. Vergullar bilan ajratilgan qiymatlar|Jadvalli ma’lumotlarni taqdim etish uchun mo‘ljallangan matnli format. Faylning har bir satri – bu jadvalning bir satridir. Alohida ustunchalarning ma’nolari ajratish simvoli masalan, vergul, nuqtali vergul va tabulyatsiya simvollari yordamida ajratiladi. Verifikator|Autentifikatsiyalangan identifikatsiya qilish talab qilinadigan yoki uni ko‘rsatadigan obyekt. Verifikator autentifikatsiya maqsadlarida almashinuvlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan funksiyalarni o‘z ichiga oladi. Verifikatsiyalash|1. Belgilangan talablar bajarilganligining obyektiv isbotlarini taqdim etish yo‘li bilan tasdiqlash.Izoh – Verifikatsiyalashni muvofiqlikka testlash deb ham atash mumkin.2. Hisoblash texnikasi vositalari yoki avtomatlashtirilgan tizimlar spetsifikatsiyalarining ikki darajasini tegishli muvofiqlikka taqqoslash jarayoni.3. ID-kartaga kiritilgan biometrik ma’lumotlarning ID-karta egasining biometrik ma’lumotlariga mosligini maxsus texnik qurilma yordamida tekshirish. Verifikatsiyalash qoidasi|Dastur talablariga muvofiq kelishini tekshirish maqsadida, kiruvchi ma’lumotlarning dastlabki qayta ishlanishini belgilovchi qoida. Verifikatsiyalash va tasdiqlash|Tekshirishlarning to‘la to‘plami bo‘lib, tizimning o‘zi mo‘ljallangan maqsadlarga muvofiqligini kafolatlash uchun kerak.Izoh – Funksional testlarni qat’iy tanlash, o‘tkazish qobiliyatini nazorat qilish, ishonchlilikni tekshirish va sh.k. tekshirishlar qatoriga kiradi. Vernam kriptotizimi|Kriptotizim, xuddi shunday Vernam shifri deb ham ataladi, tamomila tasodifiy ravishda hosil qilinadigan bit satrini ishlatadi. Kalitlar oqimining uzunligi dastlabki matn uzunligiga teng, dastlabki matn va tasodifiy bit satri shifrlangan matn hosil qilish uchun, XOR amalidan foydalanib aralashtiriladi. Bunday algoritm o‘ta maxfiylikka ega. Ushbu kriptotizim omilkor emas, chunki katta o‘lchamdagi kalitlardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. U asosan, harbiy va diplomatik maqsadlarda ishlatiladi. Bu shifrning asosiy kamchiligi kalitlarni boshqarish qiyinligi. Versiya|Dasturiy mahsulotning, ba’zi o‘zgartirishlar kiritilgan varianti. Turli versiyalar quyidagi tarzda indekslanadi: jiddiy o‘zgartirishlar nuqtagacha raqam bilan oraliq variantlar nuqtadan keyingi raqamlar bilan ko‘rsatiladi. Versiya raqami|Ishlab chiqish va/yoki ishlab chiqarish paytida dasturiy ta’minotga beriladigan belgi. Odatda, versiya raqami X, Y ko‘rinishida yoziladi, bu erda X ‒ versiyaning bosh raqami, Y esa, reliz raqami. Reliz raqamining o‘zgartirilishi mahsulotga ba’zi o‘zgartirishlar kiritilganligini bildiradi. Versiya raqami qancha katta bo‘lsa, mahsulot shuncha ko‘p rivojlanish bosqichlarini o‘tgan hisoblanadi. Versiyalar raqamlaridan versiyalarni boshqarish tizimlarida foydalaniladi. Vertikal menyu|Navigatsiya nuqtalari vertikal (yuqoridan pastga tomon) joylashgan menyuning ko‘rinishi. Vertikal portal|Maʼlum mavzu yo‘nalishidagi, ushbu mavzu doirasida turli xizmatlarni taqdim etuvchi veb-sayt. Eng istiqbolli axborot resursi va uskunasi bo‘lib, butun dunyo bo‘ylab o‘z izdoshlariga ega. Vertikal qutblangan to‘lqin|Elektr maydonining kuchlanganlik vektori yer sirtiga nisbatan har doim vertikal, magnit maydonining kuchlanganlik vektori esa, gorizontal yo‘nalgan, chiziqli qutblangan elektromagnit to‘lqin.Izoh − To‘lqinning tarqalish yo‘nalishi yuqorida ko‘rsatilgan har ikki vektorga ortogonal bo‘lib, ularning vektor ko‘paytmasi bilan belgilanadi. Vertikal qutblanishga ega antenna|Yer sirtiga perpendikulyar joylashgan va gorizontal tekislikda yo‘nalganlik doiraviy diagrammasiga ega chiziqli simmetrik vubrator ko‘rinishidagi antenna. Vibrator|To‘g‘ri chiziqli simning bo‘lagi, unda uzun liniya bo‘lagidagi kabi xususiy elektr tebranishlar paydo bo‘lishi hamda turg‘un elektromagnit to‘lqinlar hosil bo‘lishi mumkin. Vibrator eng sodda (uzatuvchi yoki qabul qiluvchi) antennani o‘zida ifodalaydi. Vibratorli antennalar|Bazaviy elementi vibrator hisoblanadigan antennalar. Video|Aniq yoki tasvirlashning u yoki bu usuli bilan yaratilgan kadrlarning ma’lum chastotaga ega o‘zgaruvchan ketma-ketligi. Kino va televideniye videoning bir turi hisoblanadi. Video disk|Qar.: Lazer disk. Video ketma-ketlik|Ixtiyoriy uzunlikdagi videokadrlar ketma-ketligi. Video kirish|Foydalanuvchining shaxsiy kompyuter yordamida ko‘ngil ochar yoki ishga oid dasturlari va Internet resurslari bilan fizik o‘zaro ishlashini taʼminlaydigan moslama. Ushbu istiqbolli texnologiya insonni virtual dunyoga «olib kiradi». Videoadapter|Shaxsiy kompyuterning, tasvirlarning monitorga chiqarilishini boshqaradigan kengaytirish platasi. Videografik adapter|Eskirgan videostandart va displeyning 1987-yil 2 aprelda IBM kompaniyasi tomonidan birinchi marta joriy qilingan 256 palitradan 2 yoki 16 rangli 640х480 piksellarning video-ekrandagi maksimal hal qilinishiga mos keluvchi videoadpter. VGA matnli va grafik rejimni qo‘llab-quvvatlaydi. Matnli rejim 80x25 simvollarning va 16 ranglarning (9x16 piksellarining simvol hajmi) qobiliyatini maksimal hal qilishda qo‘llab-quvvatlanadi. Videografik matritsa|Displey ekranida 640x480 pikselni 256 rangda aks ettira oladigan videoadapter. Videografiya|Axborot asosan, raqamli shaklda uzatiladigan va foydalanuvchiga bu axborotni tanlash hamda matnli yoki grafik shaklda displey ekranida, masalan, televizor ekranida qayta tiklash imkonini beradigan aloqa turi.Izoh – Telematn va telegrafiyaning har xil turlari videografiyaga taalluqli emas. Videokadr|Boshlang‘ich tasvirning bitta kadri yoki ikkita maydonini tasvirlaydigan videoma’lumotlar to‘plami. Yorqinlik va ayirma rang signallarning sanoqlarini ifodalovchi 8 bitli sonlarning uchta to‘g‘ri burchakli matritsasidan tashkil topgan. Videokadrlar guruhi|Raqamli signal ko‘p sonli davrlarining ustma-ust tushishidan boshlanadigan videoketma-ketlikning qismi. Videokonferens aloqa|Bir-biridan olisda bo‘lgan foydalanuvchilar o‘rtasidagi ko‘p tomonlama aloqa usuli, bunda ular real vaqtda video hamda audiosignallarni qabul qilishi va aks ettirishi mumkin.Izoh − Uzatish tezligi uzatiladigan videosyujetning sifatiga qo‘yiladigan talablarga bog‘liq bo‘lib, o‘zgarishi mumkin, masalan, ISDN tarmog‘ida 128 (BRI) dan 384 (3BRI) Kbit/s gacha. Videokuchaytirgich o‘tkazish polosasining kengligi|Videosignal chastotalari polosasining kengligi, bunda signalning so‘nish darajasi ma’lum bir kattalikdan, masalan, 3 dB dan oshmaydi. Videoma’lumotlarni qayta ishlash darajasi|Raqamli oqim asosiy parametrlarini o‘zgartirishning yo‘l qo‘yiladigan chegarasini belgilaydigan ko‘rsatmalar majmui. Videoma’lumotli kompakt-disk|Analog-raqamli lazerli disklar uchun standart nomi. Videomiksher|Kombinatsiyalangan tasvirni shakllantirish maqsadida bir nechta televizion datchik videosignallarini birlashtirish uchun mo‘ljallangan qurilma. Videomontaj apparatxonasi|Elektron videomontaj tizimi bilan ta’minlangan hamda televizion dasturlarni tuzish uchun mo‘ljallangan videoyozuv apparatxonasi. Videonazorat qurilmasi, videomonitor, monitor|Kirishiga to‘liq videosignal yoki to‘liq rangli videosignal yoki asosiy rang signallari uzatiladigan, televizion tasvirni kuzatish va/yoki nazorat qilish uchun mo‘ljallangan tiklash qurilmasi. (Videoni) siqish, videokompressiya|Videoaxborot hajmini axborot ortiqchaligini bartaraf etish yo‘li bilan, masalan, kadrlararo va kadr ichida korrelyatsion hamda statistik bog‘lanishlarini hisobga olgan holda qisqartirish.Izoh – Siqish darajasi siqish koeffitsiyenti bilan belgilanadi. Videoqurilmalar interfeysi|Videoqurilmani boshqarish uchun mo‘ljallangan dastur-drayver (odatda videokarta deyiladi). Qoida bo‘yicha ishlab chiqaruvchi tomonidan diskda videoqurilma bilan yetkazib beriladi. Videorekorder|Televizion signallarni yozish va qayta tiklash uchun mo‘ljallangan uskuna. Videoretush|Olingan video kadrdan «keraksiz» obyektlarni: binolar, telefon ustunlarini olib tashlash yoki unga nimanidir qo‘shish uchun qo‘shimcha surat chizish. Videoserver|1. Axborot uzatish yuqori tezligiga ega lokal va global tarmoqlarga ulangan, hajmi terabitlarda o‘lchanadigan disk xotirali nutq va harakatlanadigan tasvirni saqlaydigan fayllar serveri.2. So‘rovga ko‘ra, video ilovalarga oqimli videoni yetkazib beradigan kompyuter yoki dasturiy ta’minot. Videosignal|Tasvir paydo qilish uchun mo‘ljallangan elektr signal. (Videosignal) bitreytini pasaytirish|Video raqamli signalini, tasvirning yo‘l qo‘yiladigan sifatini saqlashda, bitreyt (bitlarni uzatish tezligi) ni pasaytirish uchun qayta ishlash.Izoh – Bitreytni pasaytirish manbani kodlashda bajariladi. (Videosignal datchigidagi) optik tasvir|Videosignal datchigida yorug‘lik sezgirlik sirtining optik vositalari bilan hosil qilinadigan tasvir. Videosignal datchigining gammasi|Loqarifmik shkalada videosignal ko‘lamining obyekt tegishli yorug‘ligiga bog‘liqligini aks ettiradigan egri approksimatsiyalaydigan ishchi uchastkasining to‘g‘ri maksimal og‘ishi. (Videosignal datchigining) kontrast diapazoni|Videosignal datchigi chiqish signallari darajalarining maksimal nisbati. Videosignal kuchlanishi o‘zgarganda sinxronlashning saqlanishi|Barqaror sinxronlash saqlanganda videosignal kuchlanishi ijobiy (musbat) yoki manfiy (salbiy) o‘zgarishining videosignal nominal kuchlanishiga nisbati. (Videosignalni) raqamli siqish (tavsiya qilinmaydigan)|Videosignalni tasvir sifatini ta’minlashda zurur bo‘lgan yuborishga bitlar sonini kamaytirish maqsadida notekis kvantlash jarayoni. (Videosignalning) doimiy tashkil etuvchisi|Tasvirning o‘rtacha yorug‘ligiga va ayrim hollarda ayirmarang tashkil etuvchi o‘rtacha qiymatga bog‘liq va bir kadrdan boshqasiga o‘zgarishi mumkin bo‘lgan videosignalning belgilangan tashkil etuvchisi. Videosignalning o‘rtacha darajasi|O‘chirish intervalidan tashqari, kadrlar o‘tish vaqti mo-baynida videosignalning o‘rtacha darajasi.Izoh – Videosignalning o‘rtacha darajasi odatda o‘chirish darajasi va oq daraja o‘rtasidagi farqlar o‘chirish darajasiga nisbatan foizlarda ifodalanadi. Videoteks|Televizion qabul qilgich kineskopining ekraniga telefon tarmog‘i orqali matnli va grafik axborotni uzatish tizimi. Videoteks xizmatining xizmatlari|Videotekc xizmatida amaliy darajani amalga oshiruvchi va videoteks foydalanuvchilari uchun muayyan, aniq belgilangan xizmatni ta’minlaydigan xizmatlar.Izoh – Videoteks xizmati foydalanuvchilarga bunday xizmatlardan bir nechtasini taqdim etadi. Videotelefon|Telefon so‘zlashuvlari vaqtida foydalanuvchilarning bir-birini ko‘rishlariga imkon beruvchi telefon va televizion usullarini birlashtirish. Videoto‘plagich|Videokadrlar to‘plamini yozish, saqlash va qayta ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan qurilma. Videouzatish|Televizion tasvirlarni muayyan joyga, ba’zida tovush jo’rligida uzatish. Videoxotira|Displeyda sifatli tasvirni ta’minlash uchun mo‘ljallangan qo‘shimcha xotira. Videoadapterning qismi hisoblanadi, bir necha megabaytgacha hajmga ega. Videoxotirada bitta yoki bir nechta ekranning tasviri shakllanadi, displeyga uzatiladi. Ba’zi kompyuterlarda videoxotira tezkor xotiradan ajratiladi. Videoo‘yin qurilmasi|Televizion qabul qilgich yoki maishiy videomonitor ekranida o‘yin axborotini aks ettirish uchun mo‘ljallangan qurilma. Vidjet|1. Interfeys vidjeti. Foydalanuvchi grafik interfeysining stardartlashtirilgan elementi (matn maydoni, tugma, ro‘yxat, menyu va h.k.).2. Veb-vidjet. Veb-sahifa ichida yoki kompyuter ish stolida joylashgan va tashqi resurslarning maʼlumotlari yoki funksionalidan foydalanish uchun mo‘ljallangan kod parchalari yoki kichik dasturlar (ob-havo, taqvim, lug‘at va h.k.).Mobil vidjet. Mobil telefonda biror bir dastur yoki tarmoq resurslari bilan ishlab, foydalanuvchi imkoniyatlarini kengaytiruvchi qo‘llanma. Vijеner kvadrati|Ko‘p alifboli mashhur kriptotizimlardan biri. Vijеner kvadrati n2 elementlar bo‘lgan kvadrat matritsani ifodalaydi, bunda n – foydalaniladigan alifbo simvollarining soni. Kvadratning har bir satri alifboni bir simvolga siklik siljitish bilan to‘ldiriladi. Qadamdan qadamgacha Sezar kriptotizimiga o‘xshash o‘zgaradigan kalit so‘z shifrlash kaliti hisoblanadi. Har bir ustun 0, 1, …, 25 kalitlari bo‘lgan Sezar kriptotizimi sifatida qaralishi mumkin. Kalit so‘z, odatda ochiq matndan qisqa bo‘lgani uchun, undan davriy ravishda foydalaniladi. Viki|Veb-sayt, saytning o‘zi taqdim qilgan instrumentlar yordamida foydalanuvchi uning shakli va tarkibini o‘zgartirishi mumkin. Eng katta va mashhur viki sayt – Vikipediya. Vikipediya|Ko‘p tillik erkin onlayn ensiklopediya. U ko‘pchilik tomonidan yoziladi va uni yozishda hech qanday cheklanishlar quyilmaydi. Ushbu loyiha 15 yanvar 2001-yil mutaxassislarga mo‘ljallangan Nupediara to‘ldiruvchi sifatida yaratilib, hozirda uni notijorat Wikimedia Foundation tashkiloti boshqaradi. Vikipediyaning eng katta ingliz tili bo‘limi 2009-yil oxirida 3 milliardga yaqin maqolaga ega edi (taqqoslash uchun: qog‘oz nashrdagi ensiklopediyalar orasida eng katta bo‘lmish VgKappyuadagi maqolalar soni 130 ming atrofidadir). Bundan tashqari Vikipediyaning juda mashhur bo‘lib ketishi tufayli unga yo‘ldosh Wiktionary, Wikibooks, Wikiquote, Wikisource hamda Wikinews kabi loyihalarning ham paydo bo‘lganidir. Vilka|Ajratgichning shtirli yoki o‘tkazuvchan chiquvchi kontaktlari bo‘lgan qismi. Viloyat ichi pochta yo‘nalishi|Viloyat pochta almashinuv punktini viloyat (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)ning tumanlararo, tuman, shahar pochta aloqasi bog‘lamalari bilan bog‘lovchi pochta yo‘nalishi. Vinchester|Ma’lumotlarni saqlash qurilmasi, qattiq magnit diskdagi to‘plagichning o‘zi IBM firmasi tomonidan 1973 yilda ishlab chiqilgan. Diskning xarakteristikalari quyidagicha edi: sig‘imi 30 Mbyte, foydalanish vaqti 30 ms. Boshqa versiyaga ko‘ra, to‘plagich har biri 30 Mbyte bo‘lgan ikkita diskdan iborat bo‘lgan. Virtual|Amalda mavjud bo‘lmagan, lekin ma’lum sharoitlarda paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan obyekt yoki holat. Virtual bank|Mijozlarga xizmat ko‘rsatish Internet tarmog‘idan foydalanib bajariladigan bank.Izoh – Brauzerlardan yoki maxsus dasturiy taʼminotdan foydalanadigan mijozlar real bankda amalga oshiriladigan aksariyat operatsiyalarni bajarishlari va axborot olishlari mumkin. Virtual bog‘lanish|Paketlarni kommutatsiyalash bilan ma’lumotlar uzatish xizmatlarining xizmatlaridan biri, bunda bog‘lanishni o‘rnatish va uzish protsedurasi ma’lumotlar uzatish uchun oxirgi (terminal) uskunaning ikkita qurilmasini bog‘lash davrini belgilaydi, bu davr mobaynida foydalanuvchilardan ma’lumotlar tarmoq bo‘ylab paket rejimida uzatiladi. Barcha ma’lumotlar, foydalanuvchilardan qabul qilingan tartibda, tarmoqdan kelib tushadi. Virtual disk|Tezkor xotira qismidan dasturiy tarzda yaratilgan, psevdodiskli to‘plagich. Operatsion tizim u bilan, haqiqatda mavjud bo‘lgan disk bilan ishlagandek ishlaydi. Ikki holatda, moddiy mavjud bo‘lgan diskni vaqtinchalik takrorlash uchun va ma’lumotlardan foydalanishni tezlashtirish maqsadida foydalaniladi, chunki tezkor xotira diskli xotiraga nisbatan ancha tez. Ko‘pincha elektron disk deb ataladi. Virtual fayl tizimi|Fayl tizimlarini amalga oshirishning obyektga yo‘naltirilganligini ta’minlovchi fayl tizimi. Fayl tizimlarini qo‘shgan holda, fayl tizimlarining turlari uchun tizimli chaqiruvlarning yagona interfeysi. Virtual hamjamiyatlar|Internetning rivojlanishi natijasida paydo bo‘lgan ushbu atama quyidagilarni bildiradi:1. Elektron makonda paydo bo‘lib faoliyat yurgizuvchi uyushmalarning yangi turi.2. Tarmoq foydalanuvchilarining elektron makonda ishlash uchun bir xil qiziqishlarga ega bo‘lgan guruhlarga birlashishi. Ushbu atama Veb 2.0 asosiy atamalaridan biridir. Virtual iqtisodiyot|Elektron makonda iqtisodiy operatsiyalarni bajarish. Virtual kanal|1. Paketli kommutatsiya tarmog‘ida dastlabki ketma-ketlikni saqlagan holda, hattoki paketlar ikkita uzellar o‘rtasida turli fizik yo‘nalishlar bo‘yicha uzatilsa ham, paketlar uzatilishini ta’minlaydigan vositalar. Virtual kanal chaqiruv vaqtida o‘rnatiladi va aloqa seansidan keyin bekor qilinadi.2. Virtual kanal identifikatori deb nomlanadigan identifikatorning umumiy noyob (yagona) qiymatiga ega ATM yacheykasining bir yo‘nalishli o‘tkazish tavsifi uchun foydalaniladigan tushuncha.3. Ikkita tarmoq qurilmasi o‘rtasida ishonchli aloqani ta’minlash uchun hosil qilinadigan mantiqiy kanal. Virtual kanal sonlar juftligi: virtual yo‘l identifikatori (VPI) va virtual kanal identifikatori (VCI) bilan identifikatsiya qilinadi, doimiy (PVC) yoki kommutatsiyalanadigan (SVC) bo‘lishi mumkin. Virtual kanallar Frame Relay va X.25 texnologiyalarida ishlatiladi. ATM tarmoqlarida Virtual Channel deb ataladi. Virtual kanal identifikatori|ATM tarmog‘idagi har bir virtual kanalni identifikatsiya qilish uchun ishlatiladigan, ATM yacheykasi sarlavhasidagi 16 bitli maydon bilan belgilanadigan yagona raqamli yorliq. Virtual kanal zvenosi|Virtual kanal identifikatorining qiymati aniqlanadigan nuqta va ushbu qiymatlar o‘zgaradigan yoki o‘chiriladigan nuqta o‘rtasida ATM yacheykalarini bir yo‘nalishda uzatish vositasi. Virtual kanallar kommutatori|Virtual kanallar zvenolarini bog‘laydigan, virtual yo‘llar bog‘lanishini tugatadigan tarmoq elementi. Virtual kanalning ulanishi|Adaptatsiya darajasidan foydalana olishni ta’minlaydigan ikki nuqta o‘rtasida amalga oshiriladigan virtual kanal zvenolarining ketma-ket ulanishi. Virtual kompaniya|Muayyan maqsadlarga erishish uchun, axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, birgalikdagi kelishilgan faoliyatni amalga oshiradigan turli sohalarda ixtisoslashgan jismoniy va yuridik shaxs. Virtual korxona|1. Faoliyat jarayonida elektron aloqa vositalaridan foydalangan holda eng kam yoki umuman bo‘lmagan shaxsiy, bevosita aloqasiz muloqotda bo‘ladigan, o‘zaro ishlaydigan geografik nuqtai nazardan ajratilgan xodimlar uyushmasidan iborat bo‘lgan korxona.2. Bitta tashkilotning bir-biridan hududiy ajratilgan va axborot-kommunikatsiya tarmoqlari yordamida o‘zaro ishlaydigan tuzilmalari. Virtual lokal tarmoq|Tarmoq turi, bunda kommunikatsiya va erkin foydalanish tarmoq tuzilmasini yoki aniq resursning joylashgan o‘rnini bilmasdan turib amalga oshiriladi. Virtual manzil|Dasturlarda xotiraga murojaat qilish uchun qo‘llaniladigan virtual xotira tizimidagi manzil. Jismoniy xotiradan ma’lumotlarni o‘qish yoki unga ma’lumotlarni yozishda yadro va xotirani boshqarish bloki tomonidan virtual manzil jismoniy manzilga aylantiriladi. Virtual mashina|Kompyuterda dasturiy ta’minot yaratadigan, fizik qurilma modellashtiriladigan muhit. Windows da virtual mashinalar, har biri o‘zining xususiy xizmatlariga, jumladan, xotira resurslariga, fayl tizimi serverlariga, qurilmalar drayverlariga, periferiyadan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan alohida kompyuterlarni modellashtiradi. Windows virtual mashinalarning ikkita asosiy turini ichiga oladi: Windows ilovalarini ishga tushirish uchun foydalaniladigan System VM va Windows da bajariladigan MS-DOS ning har bir ilovasi uchun yaratiladigan DOS VM. Virtual ofis|Geografik jihatdan bir-biri bilan bog‘lanmagan kompaniya xodimlariga, axborot hamda boshqariluvchi ta’sirlarni almashish, saqlash, qayta ishlash va uzatish uchun tashkiliy ravishda yagona tizim vositasida o‘zaro hamkorlik qilishga imkon beradigan internet-resurs yoki uning bir qismi. Virtual port|Aniq moddiylikda mavjud bo‘lmagan, tashqi qurilmalarni qayta ishlashni unifikatsiya qilish uchun operatsion tizimda tashkil qilinadigan va installyatsiya qilinadigan port; odatda simsiz aloqa qurilmalari, masalan, mobil telefonlar va organayzerlar bilan almashinishda qo‘llaniladigan katta sonli (COM10, COM15) kommunikatsiya porti. Virtual real holat|1. Zamonaviy texnik va dasturiy vositalar bilan real dunyoni imitatsiya qilish.2. Kuzatuvchini ekran ortidagi tasavvur dunyosiga olib o‘tuvchi vizual va tovush effektlarini ta’minlaydigan kompyuter tizimlari. Bunda foydalanuvchi, kompyuter yordamida paydo qilingan, reallik taassurotini beruvchi tasvir va tovushlar bilan o‘rab olinadi. Foydalanuvchi turli sensorlar, masalan, o‘z harakati va taassurotlarini hamda audiovizual effektlarni bog‘laydigan shlem va qo‘lqoplar yordamida sun’iy dunyo bilan o‘zaro bog‘lanadi. Virtual reallikka oid kelgusidagi tadqiqotlar kuzatuvchining reallikka bo‘lgan hissini orttirishga yo‘naltirilgan. Virtual server|O‘z veb-serverini tashkil qilish, qo‘llab-quvvatlash va doimiy ravishda Internetga ulanishni talab qilmaydigan, WWWda axborotni joylashtirish uchun qo‘llaniladigan usul. Bu holda siz yaratgan axborot mavjud bo‘lgan provayder yoki biron bir uchinchi shaxs ulanish bo‘lmaganda doimiy ulanish uchun to‘lashga qaraganda o‘nlab va yuzlab marotaba arzonroqdir. Virtual serverni tashkil etish|Xususiy veb-serverni tashkil etish va quvvatlash, hamda doimiy Internetga ulanish zaruratini chetlab, WWWda axborotni joylashtirish uchun ishlatiladigan usul. Bu holda, siz yaratgan axborot (bepul yoki qandaydir to‘lov bilan) provayderning yoki uchinchi shaxsning mavjud veb-serverida joylashtiriladi. Virtual server domen nomiga ega bo‘lishi mumkin. Bitta kompyuterda bir nechta virtual serverni joylashtirish mumkin. Virtual tarmoq operatori|Boshqa operatorning ijaraga olinadigan resurslari va tarmoq infratuzilmasi negizida o‘zining virtual tarmog‘ini yaratuvchi kompaniya. Virtual tarmoq operatori xizmat ko‘rsatish bozorida, o‘z savdo markasi ostida, o‘z xizmatlar paketi va tariflarini tavsiya qiladi. Virtual tarmoq texnologiyalari|Virtual lokal tarmoqlar ichidagi va ular o‘rtasidagi kommunikatsiyalar yoki Internetdan olisdagi bo‘linmalar bilan bog‘lanish uchun xususiy tarmoq o‘rnida foydalanish. Virtual tarmoq tizimi|Hududiy tarmoq orqali o‘zaro hamkorlik qiluvchi lokal tarmoqlar assotsiatsiyasi tuzilishini ko‘zda tutadigan, Banyan Systems korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan tarmoq operatsion tizimi. Bunda lokal tarmoqlar quyi sathlarda bir xil bo‘lmagan tuzilmaga ega bo‘lishi mumkin (turli ishlab chiqaruvchilar uskunasi). Virtual tashkilot|Qo‘shma, kelishilgan faoliyat bajaruvchi jismoniy yoki yuridik shaxs. U odatda turli sohalarda, aniq maqsadlarga erishish uchun axborot texnologiyalaridan foydalanadi. Virtual tezkor xotira|Qattiq diskdan rezerv qilingan xotira. Agarda biror-bir dasturni yuklash uchun tezkor xotira yetishmasa, yangi jarayonlarni ishga tushirish uchun tezkor xotirani bo‘shatish maqsadida, ayni vaqtda aktiv bo‘lmagan jarayonlar qattiq diskka «tashlanadi». Virtual voqelikni modellashtiradigan til|HTML tilining uch o‘lchamli analogi hisoblanadigan til; WWW texnologiyasida ilovalar yaratish uchun foydalaniladi. Silicon Graphics kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Virtual xosting|Bitta Internet provayderi (xosting provayderi) serveri bir necha (yuz va minglab) kichik va katta hajmdagi virtual veb-saytlarning faoliyatini taʼminlaydigan xizmat. Ushbu xizmat virtual serverlar xostingi deb ham nomlanadi. Virtual xotira|Kompyuterning qattiq diskda tezkor xotira bilan kabi ishlash usuli. Katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash imkonini beradi va ko‘p vazifali ishlash rejimini ta’minlaydi. Virtual xususiy tarmoq|Korporativ tarmoqning, olisdagi foydalanuvchilarning bu tarmoqqa xavfsiz kirishini ta’minlaydigan kichik (quyi) tarmog‘i. Virtual xususiy tarmoqlarni, jumladan, VPN IP tashkil etish|Ajratilgan tarmoqning (statistik yoki dinamik) foydalanuvchilari umumiy foydalanishdagi tarmoqning ochiq kanallari bo‘yicha bog‘lanadigan «virtual kanallar» asosida xususiy raqamlash rejasi bilan ajratilgan tarmoqni tashkil etish.Izoh – Tarmoqni muhofaza qilish bosqichini buyurtmachi belgilaydi. Virtual yo‘l identifikatori|ATM yacheykasi sarlavhasidagi, yacheyka yo‘llanadigan virtual yo‘lni belgilaydigan 8 bitli maydon. Virtual yo‘l zvenosi|Virtual yo‘l identifikatori (VYI) qiymati aniqlanadigan nuqta va VYI qiymati o‘zgaradigan nuqta o‘rtasidagi VYI umumiy qiymatiga ega virtual kanallar zvenolarining guruhi. Virtual yo‘llar kommutatori|Virtual yo‘llar liniyalarini bog‘laydigan tarmoq elementi. Virtual yo‘lning ulanishi|Kanallar identifikatorlarining qiymatlari aniqlanadigan nuqta va ushbu qiymatlar o‘zgaradigan nuqta o‘rtasida amalga oshiriladigan virtual trakt zvenolarining ketma-ket ulanishi. Virtual zanjir|Ikkita tarmoq uzeli o‘rtasidagi tarmoq paketlarining yo‘li bitta aloqa seansida qayd etiladigan marshrutlash usuli. «Virtual» MVNO operatori|Infratuzilma tarmoq mulkdori bo‘lmagan, chastotalardan foydalanishga ruxsat yo‘q, ammo shartnoma asosida va amaldagi uyali ko‘chma aloqa operatori resurslaridan foydalanib, aloqa xizmatlarini taqdim etuvchi «virtual» operator. Virus signaturasi|Bitlarning, spetsifik virusning har bir nusxasiga xos bo‘lgan va uning mavjudligini aniqlash uchun skanlovchi dastur tomonidan foydalanilishi mumkin bo‘lgan, yagona ketma-ketligi. Virusga qarshi dastur|Kompyuterning ishlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan virus-dasturlardan himoya qilish uchun mo‘ljallangan maxsus dastur. Virusga qarshi dasturiy ta’minot|Zararli dasturlarni bartaraf qilish, aniqlash va chiqarib tashlash uchun mo‘ljallangan dasturiy ta’minot. Virusli litsenziya|Bu mualliflik huquqini bildiradi. Teng tarzda barcha qilingan ishlarga tegishli litsenziya. Bu litsenziyalar keng ko‘lamda va cheksiz qo‘llanila boshlaydi va kopileft raqiblariga (aynan Microsoft korporatsiyasidan) uni viruslar bilan ishlatishga bahona bo‘ldi. Virusni «davolash»|Zararlangan obyektdan virusni chiqarib tashlash va bu obyektning (faylning, disk yuklanadigan qismining) virus bilan zararlangunga qadar bo‘lgan holatini tiklash jarayoni. Vizit registri|Гостевой регистр (база данных, содержащая сведения об абонентахроумерах). Vizual dasturlash|Ko‘rgazmali vositalar yordamida ilovalar yaratish ko‘zda tutiladigan dasturlash. Dasturchi dastur matnini yaratmaydi, balki natijada nima bo‘lishini ko‘rsatadi. Dastur matni vizual prototip yordamida avtomatik tarzda yuzaga keladi. Vizual dasturlash obyektga yo‘naltirilgan dasturlashga va OLE texnologiyalarga yoki unga o‘xshash texnologiyalarga asoslanadi. Vizual harf-raqamli indikatsiya xizmati|Umumiy foydalanishdagi telefon tarmog‘iga uzatilgan yoki ushbu tarmoqdan olingan axborotning vizual indikatsiyasini abonentning telefon terminalida taqdim etadigan xizmat.Izoh – Axborotni ekranda chiqarish chiquvchi va/yoki kiruvchi chaqiruvlar uchun amalga oshiriladi. Vizual komandalar tizimi|48 komandadan iborat bo‘lgan, UltraSPARC protsessorlariga SUN Microsystems firmasi tomonidan multimedia dasturlari, video muloqotlari, videolarni siqish uchun qo‘shilgan grafika bilan ishlash komandalari. Birinchi bor Photoshop tizimi tomonidan ishlab chiqilgan. Vizual komponentlar bibliotekasi|Ilovalarni tez ishlab chiqish uchun Borland С++ Builder va Delphi instrumental paketlarda ishlatiladigan, obyektga qaratilgan bibilioteka. O‘zida 100 dan ortiq foydalanish uchun tayyor komponentlarni mujassamlashtirgan bo‘lib, ularni takomillashtirish yoki bo‘lmasa ular asosida boshqa yangi komponentlarni yaratish imkonini beradi. Voqealarni qayta ishlagich|Foydalanuvchi, tizim yoki dastur keltirib chiqaradigan qandaydir voqea tugagandan so‘ng, har gal avtomatik tarzda chaqiriladigan maxsus protsedura. Voqeiy-boshqariladigan dasturlash|Dastur turli voqealarga (foydalanuvchining harakatlariga) qanday javob berishi tavsiflanadigan dasturlash. Obyektga yo‘naltirilgan dasturlashning bir turi. Vositachi|Shlyuzda bajariladigan, mualliflashtirilgan mijoz va tashqi xost o‘rtasida paketlarni uzatuvchi ilova (dastur). Vositachi Internetning ma’lum servislari uchun mijozdan so‘rov qabul qiladi, keyin, mijoz nomidan harakat qilib (ya’ni uning vositachisi bo‘lib), rasmiy ravishda so‘rab olingan servis uchun ulanishni o‘rnatadi. Amaliy darajadagi barcha shlyuzlar ilovalar bilan bog‘liq dasturiy vositalardan foydalanadi. Seans darajasidagi ko‘pchilik shlyuzlar so‘rovlarni qayta yo‘naltirishning aynan bir xil funksiyalarini ta’minlaydigan, lekin TCP/IP servislarining katta qismini tutib turadigan kanal vositachilaridir.X Xab|Yulduz topologiyasida tarmoq uzellari birlashtiriladigan konsentrator yoki takrorlagich. Xabar|1. Cheklangan uzunlikdagi bitlar satri.2. Muayyan shaklda ifodalangan va turli fizik tabiatga ega bo‘lgan signallar yordamida axborot manbaidan uni oluvchiga uzatish uchun mo‘ljallangan axborot. Xabar adresati|Jo‘natuvchining o‘zi yoki uning nomidan jo‘natilgan xabarni oluvchi jismoniy yoki yuridik shaxs. Xabar berish|Tahdid qilayotgan xavf yoki bo‘lishi mumkin bo‘lgan muammo to‘g‘risida ogohlantirish yoki xabar berish uchun mo‘ljallangan xabar. Xabar yaxlitligi kodi|Dastlabki matn va kalitdan muayyan qoida bo‘yicha hosil qilingan tayinli uzunlikdagi maʼlumotlar ketma-ketligi. Xabarlar bilan almashinish xizmati|Pochta qutisi va/yoki xabarlarni qayta ishlash (masalan, tahrir qilish, qayta ishlash va o‘zgartirish) funksiyalarini bajarish buferizatsiyali xotira qurilmasi orqali foydalanuvchi-foydalanuvchi aloqani ta’minlaydigan interaktiv xizmat. Xabarlar bilan juda tez almashinuv|SIP foydalanuvchilarga qisqa xabarlar bilan juda tez almashinish imkonini beradigan xizmat.Izoh – MSRP (Message Session Relay Protocol) protokoli foydalanuvchilarga fayllarni uzatish imkonini beradi. Xabarlar kommutatsiyasi|Kommutatsiya stansiyasi yoki tarmoq uzelidagi, to‘liq xabarni qabul qilish, yig‘ish, so‘ng undagi manzil belgisiga ko‘ra uzatishdan iborat operatsiyalar majmui. Xabarlar navbati|Jarayonlar o‘rtasida xabarlarni saqlash uchun mo‘ljallangan tizimli tuzilma (bufer). Xabarlar uchun slotlar|Halqali topologiyaga ega tarmoqdagi kommunikasiya usuli, bunda qayd qilingan o‘lchamdagi xabarlar uchun bir nechta slot tizimda muntazam aylanadi. Xabarlarni ajratish|Abonentga yonma-yon bosib chiqarilgan xabarlar o‘rtasidagi bo‘sh joylarni ta’minlash uchun, otboydan oldin har bir amalga oshirilgan bog‘lanish oxirida bir nechta satr ko‘chirish belgilarini uning terminaliga tarmoqdan uzatilishini so‘rash imkonini beradigan xizmat. Xabarlarni autentifikatsiya qilish kodi|1. Ikkala ma’lumotning (ochiq matn yoki shifrmatn) hamda maxfiy kalitning funksiyasi bo‘lgan bitlar ketma-ketligi. Ma’lumotlarni autentifikatsiya qilishni ta’minlash uchun ularga qo‘shiladi.Izoh – Xabarlarni autentifikatsiya qilish kodini generatsiyalash uchun foydalaniladigan funksiya, ko‘pchilik hollarda, bir tomonlama funksiya hisoblanadi.2. Berilgan algoritm bo‘yicha tasodifiy kirish oqimi va shifrlash kalitidan tuziladigan, qayd qilingan uzunlikdagi kod. Xabarlarni qayta ishlash tizimi|Foydalanuvchi xabarlarining agentlari, xabarlarni uzatish, xabarlarni saqlash va ruxsat berish qurilmalari agentlarining, elektron pochta ishini ta’minlaydigan tizim. Xabarlarni tutib qolish|Maxsus terminalni telekommunikatsiyalar liniyasiga ruxsatsiz ulash, abonent punktlari bilan elektron hisoblash mashinasi o‘rtasida aylanadigan xabarlarni qabul qilish va ulardan foydalanish. Xabarlarni uzatish agenti|Xabarlarni saqlash va jo‘natish uchun foydalaniladigan OSI amaliy jarayoni. Xabarlarni uzatish tizimi uchun amaliy dasturlash interfeysi|Microsoft Windows operatsion tizimida elektron pochta bilan ishlaydigan dasturlar interfeysi. Shunday dasturlardan biri Microsoft Outlook. Xabarlarni o‘tkazish|Tarmoq ulanishi usuli, bunda xabarlarni uzatishda vaqtinchalik ulanish o‘rnatiladi. Xabarni autentifikatsiya qilish|Tayinlangan jo‘natuvchining xabari belgilangan oluvchiga shikastlanmasdan va o‘zgartirmasdan uzatilganligini verifikatsiyalash. Xabarning haqiqiyligini o‘rnatish kodi|Xabarga jo‘natuvchi tomonidan qo‘shiladigan, kriptografiya jarayoni orqali xabarni qayta ishlash natijasi hisoblanadigan kod. Xabarnoma|Muhim ma’lumotni yetkazish maqsadida, tizim yoki amaliy dasturiy ta’minot chiqaradigan axborot xabari. Xaffman kodi|Prefiksli kod, unda kodli kombinatsiyaning uzunligi kodlashtiriladigan elementning paydo bo‘lish chastotasiga teskari proporsional (element qancha ko‘p uchrasa, kodli kombinatsiya shuncha qisqa). Xaffman kodlash usuli|Alohida elementlar uchrashining nisbiy chastotasini qo‘llash asosida ma’lumotlarni siqish usuli Ko‘p uchraydigan elementlar nisbatan qisqa bitlar ketma-ketligi orqali kodlanadi. Xaker|Tarmoqdagi axborotni o‘g‘irlash istagi va imkoniyati bo‘lgan odam. Xakerlar, ko‘pincha hazil tariqasida simsiz tarmoqlarning zaifliklaridan foydalangan holda, korporativ tizimlarga suqulib kirishga harakat qiladilar. Xakerlik frodi|Tarmoq muhofazasini buzish va tarmoq resurslaridan ruxsat etilmagan tarzda foydalanish bilan bog‘liq firibgarlik turi. Xalaqit beruvchi signal|Texnik vositaning ishlash sifatini yomonlashtiradigan elektromagnit signal. Xalaqit kuchlanishi|Signal kanalida mavjud bo‘lgan har qanday chetki kuchlanish. Xalaqit manbai|Elektromagnit xalaqitni yuzaga keltiradigan yoki yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan, kelib chiqishi tabiiy yoki sun’iy manba. Xalaqitga chidamlilik darajasi (hisoblash texnikasi vositalari)|Parametrlarining qiymatlari qat’iy belgilangan tashqi xalaqitning maksimal darajasi, bunda hisoblash texnikasi vositasi belgilangan ishlash sifatini saqlab qoladi. Xalaqitga chidamlilik normasi (hisoblash texnikasi vositalarining)|Hisoblash texnikasi vositasi xalaqitga chidamlilik darajasining qat’iy belgilangan minimal qiymati. Xalaqitlar|Radioaloqa tizimida bitta yoki bir nechta nurlanish, radiatsiya yoki induksiya keltirib chiqaradigan beixtiyoriy energiyaning qabulga ta’siri. Bu energiyaning ta’siri axborot sifatining har qanday yomonlashuvida, xatolarda yoki yo‘qotishlarda (bunday beixtiyoriy energiya ta’siri bo‘lmaganda, ularni chetlab o‘tsa bo‘lar edi) namoyon bo‘ladi. Xalaqitlar analizatori|Vaqt bo‘yicha seleksiyalash qurilmasi bilan jihozlangan xalaqitlarni o‘lchagich. Xalaqitlar uzatgichi|Foydali signallarni qabul qilish chastotalar polosasida foydali signallarni buzish yoki butunlay bostirish maqsadida xalaqitlarni generatsiyalash uchun mo‘ljallangan maxsus radiouzatgich. Xalaqitlarni bostirish|Xalaqitlar ta’sirini bartaraf etishga yoki kamaytirishga qaratilgan tadbirlar. Xalaqitning ta’siri|Elektromagnit xalaqit ta’sirida texnik vosita ishlashidagi sifat ko‘rsatgichlarining pasayishi. Xalaqitning yuqori darajali zonasi|Uzatgichdan bevosita yaqinda joylashgan zona, bunda xalaqit darajasi shunchalik sezilarliki, qo‘shni chastotalarda ishlaydigan boshqa stansiyalar qabul qilgichlarining ishi blokirovkalanishi mumkin. Xalqaro aloqa tarmog‘i|Turli milliy tarmoqlar abonentlarini xalqaro aloqa bilan taʼminlaydigan xalqaro stansiyalar hamda ularni bog‘laydigan kanallar majmui. Xalqaro avtomatik boshqaruv federatsiyasi|Avtomatik boshqaruv nazariyasini rivojlantirish bilan shug‘ullanuvchi olimlarni birlashtiruvchi xalqaro tashkilot. IFAC 1957-yilda turli mamlakatlardagi mutaxassislar o‘rtasida ijodiy aloqa o‘rnatish hamda ular orasida axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish uchun yaratilgan. Xalqaro axborot almashinuvi|Mamlakatning davlat chegarasi orqali axborot mahsulotlarini olish va uzatish, shuningdek, axborot xizmatlarini ko‘rsatish. Xalqaro axborotni qayta ishlash federatsiyasi|Maʼlumotlarni qayta ishlash vositalari nazariyasini rivojlantirish va ulardan foydalanishga ko‘maklashuvchi xalqaro tashkilot. IFIP 1959-yilda turli mamlakatlardagi olimlar va ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida axborot almashish va ish aloqalarini o‘rnatish uchun tashkil etilgan. Xalqaro dengiz yo‘ldoshli aloqa konsorsiumi|1979-yil 16 iyulda tashkil topgan. 75000 tadan ortiq ko‘chma obyektlarga (ularning ichidi 42000 ta dengiz kemasi) turli aloqa xizmatlarini va maxsus xizmatlarni taqdim etadi. To‘rtta geostatsionar yo‘ldoshdan iborat tizimga asoslanadi. Xalqaro elektrotexnika komissiyasi (XEK)|Elektrotexnika sohasida standartlar ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi tashkilot. Elektrotexnik apparat va mashinalar uchun standartlardan tashqari XEK elektron qurilmalar uchun hujjatlarni ham ishlab chiqadi. Xalqaro kommutatsiya markazi|Chiquvchi, kiruvchi va tranzit xalqaro trafik o‘tishini taʼminlaydigan stansiya. Xalqaro kuryerlik jo‘natmasi|O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududi doirasidan tashqariga pochta aloqasi operatori va provayderlari tomonidan jo‘natiladigan, O‘zbekiston Respublikasi hududiga pochta aloqasi operatori va provayderlari manziliga keladigan yoki O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit tarzda o‘tadigan kuryerlik jo‘natmasi. Xalqaro pochta almashinuvi joyi|O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan, boshqa davlatlardan keladigan va tranzit tarzda jo‘natiladigan xalqaro pochta, kuryerlik jo‘natmalariga ishlov berish va mo‘ljallangan joyiga jo‘natishni amalga oshiruvchi pochta aloqasi tayinlangan operatorining tarkibiy bo‘linmasi. Xalqaro pochta almashinuvi punkti|Boshqa davlatlar bilan, bevosita xalqaro pochta almashinuvini amalga oshiruvchi pochta aloqasi tayinlangan operatorining punkti.Izoh – Ayrim hollarda pochta vagonlari xalqaro pochta almashinuvi punktlari bo‘lib hisoblanadi. Xalqaro pochta jo‘natmasi|O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududi doirasidan tashqariga pochta aloqasi tayinlangan operatori tomonidan jo‘natiladigan, O‘zbekiston Respublikasi hududiga pochta aloqasi operatori manziliga keladigan yoki O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit tarzda o‘tadigan pochta jo‘natmasi. Xalqaro pochtamt|Xalqaro pochta almashinuvi joyi bo‘lib hisoblangan, xalqaro pochta, kuryerlik jo‘natmalarini jo‘natish, topshirish, pochtani biriktirilgan magistral yo‘nalishlar bo‘yicha tashish, tranzit, chiquvchi va keluvchi pochta almashinuviga ishlov berish, shuningdek, foydalanuvchilarga pochta aloqasi xizmatlarini taqdim etishni amalga oshiruvchi pochta aloqasi milliy operatorining tarkibiy bo‘linmasi. Xalqaro standartlashtirish tashkiloti|Ko‘plab sohalarda, shu jumladan hisoblash texnikasi va aloqa sohasida xalqaro standartlarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan, shtab kvartirasi Jenevada joylashgan ko‘ngilli notijorat Xalqaro standartlashtirish tashkiloti. 1946-yilda tuzilgan. Xalqaro telefon stansiyasi|Xalqaro kanalning bir uchida joylashgan va boshqa mamlakatga yo‘naltirilayotgan yoki boshqa mamlakatdan chiqayotgan ulanishlarni taʼminlaydigan stansiya. Xalqaro telekommunikatsiyalar ittifoqi (XTI)|Elektraloqasidan foydalanish va uni rivojlantirish masalalari bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilot. XTI Jeneva (Shveysariya)da joylashgan bo‘lib, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tomonidan boshqariladi. XTI 1865-yilda yaratilib, 1932-yilgacha Xalqaro telegraf ittifoqi deb atalgan. XTI maqsadi barcha aloqa turlaridan mintaqaviy foydalanishda xalqaro hamkorlikni taʼminlash va kengaytirish, texnik vositalarini mukamallashtirish va ulardan samarali foydalanishdir. XTI, shuningdek, simsiz tarmoqlar uchun chastotalarni ro‘yxatga olishga ham javobgardir. Xalqaro yozma xat-xabarlar|O‘zbekiston Respublikasi doirasidan tashqariga jo‘natish uchun qabul qilinadigan va uning hududiga xorijiy davlatdan keladigan yoki tranzit tarzda o‘tadigan yozma xat-xabarlar. Xalqaro 3GPP2 guruhi|AQSh, Yaponiya va janubiy Koreya mamlakatlarining standartlashtirish institutlari tomonidan CDMA2000/IMT-MC standarti ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish maqsadida ITU doirasida tuzilgan xalqaro guruh. Xarajatlar (foyda)ni tahlil qilish|Tizimni ishlab chiqish yoki ishlashidagi bosqich bo‘lib, bunda axborot tizimidagi ma’lumotlarning talab etiladigan darajada muhofaza qilinishini ta’minlash qiymati aniqlanadi. Ba’zida bu qiymat ostida, muhofaza qilinishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarning yo‘qolishi yoki putur yetkazilishi (obro‘sizlantirilishi) oqibatida yetkazilishi mumkin bo‘lgan zarar tushuniladi. Xarakteristikali impedans|Elektr jihatidan bir turdagi uzatish liniyasining yakunlovchi qarshiligi. Xat|O‘lchamlari, og‘irligi va o‘rash tartibi Pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish qoidalarida belgilangan, ichida yozma xabar, hujjatlar bo‘lgan pochta, kuryerlik jo‘natmasining turi. Xato|Dasturning normal bajarilmasligi oqibatida yuzaga keladigan holat. Asosan dastur kodidagi xatoliklar yoki foydalanuvchining noto‘g‘ri harakatlari oqibatida yuzaga keladi. Xato bitlar intensivligi|Ma’lumotlarni uzatishda olingan xato bitlarning paydo bo‘lish foizi. Xato bo‘yicha uzilish|Xatoni qayta ishlash uchun, dasturning apparat yoki dasturiy uzilishi. Xato to‘g‘risida xabar|1. Operatsion tizim yoki dastur ishida yuz bergan xato to‘g‘risidagi ma’lumot bo‘lib, uni yo‘qotish uchun foydalanuvchining aralashuvi kerak bo‘ladi.2. Dasturda biror bir xatolik chiqsa o‘sha xatolik to‘g‘risida xabar berish. Odatda, xatolik kodi va qisqacha tavsifini (ayrim hollarda uni barataraf qilish bo‘yicha tavsiyalarni) o‘zida saqlaydi. Xato ruxsat (tizimga kirish uchun)|Biometrik nazorat qilish (identifikatsiyalash) vositalari boshqa bir odamni ro‘yxatga olingan foydalanuvchi deb qabul qiladigan va unga tizimdan erkin foydalanishga yanglishib ruxsat beradigan vaziyat. Xato yacheyka|Xatolarni nazorat qilish jarayoni amalga oshirilgandan keyin sarlavhada xatolar aniqlangan yacheyka. Xatolar bo‘lganda tiklash|Tizimning belgilangan holatini tiklash imkoniyatini beradigan, nosozlikni tuzatish yoki aylanib o‘tish jarayoni. Xatolar ehtimolligini baholash asbobi|Test ketma-ketligini shakllantiradigan, uning uzatilishi, qabul qilinishi, qayta ishlanishini taʼminlaydigan, dekodlaydigan, uzatilgan va qabul qilingan ketma-ketliklarni taqqoslaydigan hamda xato qabul qilingan bitlar sonini hisoblaydigan qurilma. Asbobdan odatda telefon aloqa kanallari orqali ishlaydigan modemlar signallarini qabul qilish ishonchliligini baholashda foydalaniladi. Xatolar koeffitsiyenti|Xato qabul qilingan raqamli signal elementlari sonining berilgan vaqt intervali davomida uzatilgan elementlarning umumiy soniga nisbati.Izoh – Elementlar razryadlar, kodli so‘zlar yoki bloklarni o‘zida aks ettirishi mumkin. Xatolardan notekis muhofazalanganlik|Qurilma chiqishida ishlatiladigan, raqamli tovushli oqimni xatolardan himoyalash usuli, unda axborot qiymati yuqori bo‘lgan belgilar yuqori darajadagi xalaqitdan himoyalanganlik bilan uzatiladi, qiymati pastroq belgilar esa, pastroq himoyalanganlik bilan yoki umuman kodlanmasdan uzatiladi. Xatolarni aniqlaydigan kod|Uzatiladigan signalga kam sonli ortiqcha simvollarni kiritish hisobiga, xatolarni avtomatik ravishda aniqlovchi, FEC turidagi kodlar toifasi. Xatolarni aniqlash|Xatolarni, tegishli koddan foydalanib, qabul qilingan signalda xato elementlarning mavjudligini aniqlash uchun, nazorat qilish usuli. Xatolarni nazorat qilish, xatolardan himoya|Raqamli signalda yozish, qayta ishlash va uzatish jarayonida sodir bo‘ladigan xatolarning ta’sirini kamaytirish uchun ishlatiladigan usullar.Izoh – Xatolarni nazorat qilishda xatolarni aniqlash, xatolarni tuzatish va xatolarni alohida, yoki uyg‘unlikda niqoblash usullaridan foydalanilishi mumkin. Xatolarni niqoblash (raqamli televideniyeda)|Subyektiv effektlar aniqlangan, lekin tuzatilmagan xatolarning ta’siri tufayli kamayishi mumkin bo‘lgan xatolarni nazorat qilish usuli.Izoh – Xatolarni niqoblash xatolardan xoli sanoqlarning qo‘shni qiymatlari interpolyatsiyasi yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. Xatolarni qayta ishlagich|Dasturni bajarishda yuzaga keladigan muayyan xato vaziyatni qayta ishlash uchun avtomatik chaqiriladigan kod qismi (protsedura). Dasturda xatolarni qayta ishlagich bo‘lmasa, tizim dasturiy ta’minotiga o‘rnatilgan qayta ishlagichdan foydalaniladi. Apparatura, shuningdek, markaziy protsessor holati saqlanilishini va bu holat, xatolarni qayta ishlagichning ishi tuga-gandan so‘ng tiklanishini amalga oshiradi. Xatolarni qayta ishlash|Bajarish paytida xatolar aniqlanganda dasturning ishlashi, ogohlantirish va tugallash kabi standart harakatlardan iborat bo‘lishi mumkin, biroq jiddiy ilovalar va tizim dasturlarida alohida e‘tibor talab qilinadi. Xatolarni topish va vizuallashtirish usuli|Raqamli eshittirish televideniyesining izchil transport ma’lumotlar oqimida televizion tasvirning o‘tuvchi va uning ketidan keluvchi kadrning shakllanish jarayonida hisoblanadigan, ortiqcha siklik tekshiruv kodining nazorat so‘zlarini solishtirishdan iborat bo‘lgan xatolarni diagnostika qilish usuli. Xatolarni tovushli kodlash tizimi|Xatolar to‘g‘risida tovush signallari bilan xabar berish tizimi. Kompyuter ishga tushishi bilan ishlab ketadi va xatolik kodiga bog‘liq ravishda turli signallar beradi. Qurilmalar muvaffaqiyatli tekshirilganda bitta qisqa signal chiqaradi. Xatolarni tuzatish|Xatolarni tegishli koddan foydalanib, qabul qilingan signalda xato deb tan olingan elementlarning qismini tuzatish uchun, nazorat qilish usuli. Xatolarni to‘g‘rilash kodi|Uzatiladigan signalga ortiqcha simvollarni kiritish hisobiga, xatolarni avtomatik ravishda tuzatuvchi, FEC turidagi kodlar toifasi. Xatolik jiddiyligining kodi|Muayyan xatolikning dasturga ta’siri darajasini aniqlaydigan kod. Ular tizimning osilib qolishiga olib keluvchi – fayllarni buzuvchi va yo‘qotuvchi; foydalanuvchi xohlagan operatsiyani bajarishiga yo‘l qo‘ymaydigan – funksional; lokallashtirish va kosmetik; trivial xatoliklarga bo‘linadi. Joriy kod tester xatoliklarini o‘zlashtiradi. Xatoni qarshi yo‘nalishda tarqatish|Neyron tarmoqni o‘rganish usuli. Xatcho‘p|Ma’lumotlar bazasidagi yozuv yoki satrni, dastur matnidagi satrni yoki matn redaktori faylidagi joyini noyob tarzda identifikatsiya qiluvchi marker. Xavf omili|Axborotni texnik vositalar bilan qayta ishlashda, uning xavfsizligi uchun tahdidlar paydo bo‘lishini shartlovchi sabab.Izoh – Yondosh elektromagnit nurlanishlar va to‘g‘rilashlar, axborotdan shtat texnik vositalari bilan ruxsat etilmagan tarzda foydalanish, maxsus elektron o‘rnatuvchi qurilmalar; axborot resursiga bo‘ladigan tashqi ta’sirlar texnik vositalar bilan qayta ishlanadigan axborot uchun asosiy xavf omillari hisoblanadi. Xavfli bo‘lmagan viruslar|Kompyuter ishiga xalaqit bermaydigan, lekin bo‘sh tezkor xotira va disklardagi xotira hajmini kamaytiradigan viruslar. Bunday viruslarning ta’siri, odatda, qandaydir grafik yoki tovush effektlarida namoyon bo‘ladi. Xavfli pochta, kuryerlik jo‘natmalari|Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarining 3-ilovasi 1-bandi «a» va «b» kichik bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan predmetlar va moddalar yoki ularning belgilarini o‘z ichiga olgan jo‘natmalar. Xavfli viruslar|Kompyuter ishida turli buzilishlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan viruslar. Xavfsirash, vahimaga tushish, gumonsirash|Elektron pochtadan qabul qilingan abbreviatura. IBM kompaniyasi menejerlariga, raqobatchilarning mahsulotlarini mijozlar bilan muhokama qilayotganda, mahsulotni yomonlamasdan, faqatgina FUD bilan kifoyalanish tavsiya etilgan. Xavfsiz dasturiy ta’minot|Tizim yoki tarmoqda ma’lumotlarning xavfsiz qayta ishlanishini amalga oshiruvchi, tizim resurslaridan xavfsiz foydalanuvchi umumiy maqsadlardagi hamda amaliy dastur va vositalar. Xavfsiz holat|Baholash obyektining xavfsizlik funksiyasi ma’lumotlari ziddiyatsiz bo‘lgan va baholash obyektining xavfsizlik funksiyasi, xavfsizlikning funksional talablarini samarali bajarishda davom etadigan holat. Xavfsiz kompyuter|Ishlash paytida odamlar salomatligiga xavf tug‘dirmaydigan kompyuter. Asosiy zararli ta’sirni elektron-nurli trubka bazasidagi monitor, kompyuter vujudga keltiradigan elektromagnit maydonlar ko‘rsatadi. Kompyuterning zararli ta’sirini cheklash maqsadida, MPR I standarti (Shvetsiya) qabul qilingan. Xavfsiz operatsion tizim|Tizim tomonidan nazorat qilinadigan ma’lumotlar va resurslar mazmuniga mos keladigan muhofaza darajasini ta’minlash maqsadida, apparat va dasturiy vositalarni samarali boshqaradigan operatsion tizim. Xavfsiz rejim|Windows operatsion tizimidagi yuklash rejimlaridan biri, bunda faqat eng zarur modullar va dasturlar yuklanadi, bu tizimni tiklash yoki boshqa profilaktika ishlarini o‘tkazishga imkon beradi. Xavfsiz ulanishlar protokoli|Birgalikda ishlaydigan tomonlarni autentifikatsiya qilish va trafikni protokollar tutashgan tarmoqlarda, jumladan, Internetda shifrlash uchun belgilangan protokol.Izoh – Odatda, ushbu protokoldan, xabarlar almashinish yaxlitligini, autentifikatsiya qilinishini, konfidensiallikni taʼminlagan holda, veb-serverlar va brauzerlar o‘rtasida himoyalangan ulanishni tashkil qilish uchun foydaniladi. Xavfsiz vaqt|Ma’lumotlardan foydalanishning mumkin bo‘lgan variantlarini statistik sinash orqali muhofaza tizimining ochilish vaqtini matematik kutish. Xavfsizlik|1. Tizim yoki tarmoqning, axborotning muhofaza qilinishini, haqiqiyligini va ishonchli saqlanishini ta’minlash qobiliyati.2. Obyektning tasodifiy va qasddan qilinadigan tahdidlar ta’siriga qarshi tura olish qobiliyati. Xavfsizlik atributi|Subyektlar, foydalanuvchilar xarakteristikasi (shu jumladan tashqi axborot texnologiyalari mahsulotlari), obyektlar, axborotlar, seanslar va/yoki resurslar, funksional xavfsizlik talablari shakllanishida va funksional xavfsizlik talablarini amalga oshirishda foydalaniladigan qiymatlar. Xavfsizlik auditi|Tizimning boshqaruvchi funksiyalarini adekvatlikka tekshirish, qabul qilingan xavfsizlik siyosatiga va operatsion protseduralarga muvofiqligini ta’minlash, xavfsizlikning buzilishlarini aniqlash hamda boshqaruvda, xavfsizlik siyosatida va protseduralarda har qanday muayyan o‘zgarishlar bo‘yicha tavsiyalar berish maqsadida, ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi yozuvlarini va uning ishini mustaqil ko‘rib chiqish va tahlil qilish. Xavfsizlik auditori|Xavfsizlikni tekshirishga oid ma’lumotlardan foydalanish va tekshiruv to‘g‘risida hisobotlar tuzish ruxsat etilgan shaxs yoki jarayon. Xavfsizlik axboroti|Xavfsizlikni ta’minlash xizmatlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan axborot. Xavfsizlik belgisi|Resurs (ma’lumotlar bloki bo‘lishi mumkin) bilan bog‘langan, berilgan resurs xavfsizlik atributlarining nomini yoki belgilanishini aniqlaydigan markalash. Xavfsizlik bo‘yicha topshiriq|1. Muayyan baholash obyektini baholash uchun asos sifatida foydalanishga mo‘ljallangan, xavfsizlik talablari va spetsifikatsiyalar majmui.2. Ayrim aniq belgilangan baholash obyekti uchun amalga oshirilishiga bog‘liq bo‘lgan, xavfsizlik yuzasidan ehtiyojlar bayoni. Xavfsizlik darajasi|1. Obyektning shaxs foydalanish huquqi toifasiga sezgirligini ko‘rsatadigan iyerarxik maxfiylik grifi va xavfsizlik toifasi majmui.2. Axborotning kritiklik (sezgirlik) darajasini ko‘rsatuvchi, noiyerarxik toifa va iyerarxik tasniflash (foydalana olish darajasi) birikmasi. Xavfsizlik deskriptori|Xavfsizlik tizimi uchun axborotga ega bo‘lgan obyekt atributi. Obyekt egasining xavfsizlik identifikatorini, erkin foydalanishni nazorat qilishning diskretsion va tizimga oid ro‘yxatlarini o‘z ichiga oladi. Xavfsizlik domeni|1. Yagona xavfsizlik siyosatiga va yagona xavfsizlik ma’muriyatiga bo‘ysunuvchi foydalanuvchilar, tizimlar yoki resurslar majmui.2. Aktiv mantiqiy obyekt foydalana olish huquqiga ega resurslar majmui. Xavfsizlik filtri|Tizimda aylanuvchi ma’lumotlarning xavfsizlik siyosatini amalga oshiradigan ishonchli kompyuter tizimi. Xavfsizlik funksiyasi siyosati|Baholash obyekti xavfsizlik funksiyalari amalga oshiradigan aniq xavfsizlik rejimini tavsiflaydigan va funksional xavfsizlik talablari yig‘indisi ko‘rinishida ifodalangan qoidalar majmui. Xavfsizlik holati|Ochiq tizimda saqlanadigan va xavfsizlik xizmatlarini taqdim etish uchun talab etiladigan, holat to‘g‘risidagi axborot. Xavfsizlik identifikatori|Xavfsizlik tizimi subyektining global noyob identifikatori. Hisobga olinadigan yozuvlarning xavfsizlik identifikatorlari va hammaga ma’lum xavfsizlik identifikatorlari farqlanadi. Xavfsizlik jurnali|Audit siyosatida ko‘rsatilgan tizim xavfsizligi xabarlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zida saqlaydigan xabarlar jurnali. Xavfsizlik konfiguratsiyasi|Tanlangan xavfsizlik siyosatining parametrlarining majmui. Xavfsizlik konfiguratsiyasi fayllar shaklida (standart konfiguratsiyalar mavjud) saqlanib, ularni, xususiy konfiguratsiyalarni yaratib turlash va kompyuterlarga tatbiq qilish mumkin. Xavfsizlik maqsadi|Belgilangan tahdidlarga qarshi tura olish va/yoki tashkilotning belgilangan xavfsizlik siyosatini va/yoki taxminlarni qanoatlantirishning ifodalangan maqsadi. Xavfsizlik markazi|Operatsion tizimning barcha xavfsizlik bo‘yicha moslamalari to‘plangan tizimdagi joy. «Xavfsizlikni ta’minlash markazi» xavfsizlikni ta’minlovchi muhim moslamalar holatini kuzatib turish imkonini beradi. Xavfsizlik markeri|Telekommunikatsiyalar obyektlari o‘rtasida uzatiladigan, ma’lumotlarni taqdim etishda foydalaniladigan xavfsizlik axboroti bilan birga, bitta yoki bir nechta xavfsizlik xizmati tomonidan muhofazalangan, ma’lumotlar to‘plami. Xavfsizlik ma’lumotlari almashinuvi|Ochiq tizimlar o‘rtasida boshqarish-protokol ilova ma’lumotlarini uzatish yoki uzatishlar ketma-ketligi. Bitta yoki bir nechta xavfsizlikni ta’minlash mexanizmlarining ishi hisoblanadi. Xavfsizlik (muhofaza qilish) administratori|1. Tizim xavfsizligini ta’minlash, o‘rnatilgan ma’muriy muhofaza choralarini amalga oshirish va ularga rioya qilinishining uzluksizligi uchun javobgar, qo‘llaniladigan jismoniy va texnik muhofaza vositalari ishlashini tashkiliy jihatdan muntazam qo‘llab-quvvatlanishini amalga oshiruvchi vakolatli vakil (shaxs yoki shaxslar guruhi).2. Telekommunikatsiyalar tarmog‘i (tizimlari)ning axborotdan ruxsat etilmagan tarzda foydalanishdan muhofaza qilinishi yuzasidan javobgar, foydalanish subyekti.3. Avtomatlashtirilgan tizimning axborotdan ruxsat etilmagan tarzda foydalanishdan muhofaza qilinishi uchun javobgar bo‘lgan foydalana olish subyekti. Xavfsizlik normasi|Xavfsizlik toifasiga bog‘liq ravishda o‘rnatiladigan, axborot xavfsizligi mezonining miqdor qiymati. Xavfsizlik obyekti|Xavfsizlik siyosati qo‘llaniladigan, tizimning passiv tashkil etuvchisi. Xavfsizlik organi|1. Xavfsizlik siyosatining belgilanishi, amalga oshirilishi va bajarilishi yuzasidan javobgar obyekt.2. Xavfsizlik domenida xavfsizlik siyosatini boshqarish yuzasidan javobgar obyekt.3. Xavfsizlik siyosati amalga oshirilishi yuzasidan javobgar administrator. Xavfsizlik paketi|Foydalanuvchilar va serverlar o‘rtasidagi haqqoniylikni taʼminlab beradigan paket. Xavfsizlik sertifikati|Xavfsizlik organi yoki ishonch qozongan uchinchi tomon bergan xavfsizlik bilan bog‘liq ma’lumotlarning, ma’lumotlar manbaini autentifikatsiya qilish va ma’lumotlarning yaxlitligini ta’minlash uchun foydalaniladigan xavfsizlik axboroti bilan birgalikdagi, to‘plami. Xavfsizlik siyosati|1. Kompyuter xavfsizligini ta’minlash uchun qabul qilingan harakatlar rejasi yoki dasturi.2. Qonunlar, qoidalar va amaliy tavsiyanomalar to‘plami, unga asosan tizimdagi muhofaza qilinayotgan axborotni boshqarish, muhofaza qilish va taqsimlash yo‘lga qo‘yiladi. U, turli vaziyatlarda tizim o‘zini qanday tutishini belgilagan holda, axborotni qayta ishlash jarayonining barcha xususiyatlarini qamrab oladi.3. Xavfsizlik obyektlari va subyektlari berilgan ko‘pligining xavfsizligini ta’minlash prosedura va mexanizmlarini belgilovchi qoidalar to‘plami.4. Tizimning ma’lum tahdidlardan muhofaza qilinishini ta’minlashda tayanish mumkin bo‘lgan mezonlarning, ayniqsa, tezkor mezonlarning rasmiy belgilanishi.5. Tashkilotda ahamiyatli axborotning qayta ishlanishini, muhofaza qilinishini va tarqatilishini tartibga soladigan qonunlar, normalar, qoidalar, amaliy tavsiyalar va usullar to‘plami. Xavfsizlik siyosatining formal modeli|Tizim boshlang‘ich holati tavsifini, tizimning bir holatdan ikkinchi holatga o‘tish usullarini, shuningdek, xavfsiz holat aniqlanishini nazarda tutuvchi, xavfsizlik siyosatining qat’iy matematik tavsifi. Bella-Lapadula modeli rasmiy modelga misol bo‘ladi. Xavfsizlik siyosatining modeli|Tizim uchun ishlab chiqilgan xavfsizlik siyosatining rasmiy ko‘rinishi. U ahamiyatli axborotning boshqarilishi, taqsimlanishi va muhofazasini belgilovchi talablarning rasmiy tavsifini o‘z ichiga olishi lozim. Xavfsizlik siyosatining qoidalari|Tanlab olingan xavfsizlik xizmatlarini hisobga olgan holda, qo‘llash uchun xavfsizlik mexanizmlarini, jumladan, ushbu mexanizmning ishlashi uchun zarur bo‘lgan barcha parametrlarni belgilaydigan mahalliy axborot. Xavfsizlik skaneri|Tarmoq xavfsizligini tahlil va avtomatlashtirilgan nazorat qilish, tarmoq birgalikda ishlash aktiv komponentlarini aniqlash va ularning zaif tomonlarini tahlil qilish uchun mo‘ljallangan dasturiy vosita. Xavfsizlik subyekti|Xavfsizlik siyosati tatbiq qilinadigan aktiv tizim tashkil etuvchisi. Xavfsizlik talabi|Standartlashtirilgan tilda ifodalangan, baholash obyektining xavfsizlikka erishish maqsadida, ko‘maklashishga mo‘ljallangan talab. Xavfsizlik tizimidagi hisobga olish ma’lumotlari administratori|Foydalanuvchilar ustunliklari, parollari va sh.k. darajalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan, foydalanuvchilarning hisob yozuvlari bazasi yuritilishini ta’minlaydigan kichik tizim. Xavfsizlik toifasi|Faqat iyerarxik maxfiylik grifini qo‘llashdan ko‘ra, juda aniq bo‘lgan ma’lumotlardan erkin foydalanishni boshqarishda qo‘llaniladigan nozik axborotni noiyerarxik guruhlash. Xavfsizlik uzeli|Uzoqda joylashgan abonentga uzoqdagi server bilan bog‘lanish huquqini, ro‘yxatga olingan mijozlarga RAS serveridan xavfsiz foydalanishni ta’minlagan holda, tekshiradigan autentifikatsiya qurilmasi. Xavfsizlik vazifasi|Baholash obyektiga manzillash taxmin qilinadigan xavfsizlik harakatlari sohasi va xarakteri belgilanadigan formal izoh bayon.Izohlar – Xavfsizlik vazifasi:- baholash obyekti qarshi tura olishi lozim bo‘lgan tahdidlarni;- baholash obyekti tomonidan amalga oshiriladigan tashkilotning xavfsizlik siyosatini;- baholash obyektidan foydalanish hamda ishlash muhitiga oid taxminlarni o‘z ichiga oladi. Xavfsizlik vositalarini boshqarish|Xavfsizlik servislarining ishlashi uchun zarur bo‘lgan axborotning tarqatilishini, shuningdek, ularning ishlashi to‘g‘risidagi axborotni to‘plash va tahlil qilishni ichiga oladigan jarayon. Masalan, kriptografik kalitlarning tarqatilishi, foydalana olish huquqlarining o‘rnatilishi, audit jurnalining tahlili va sh.k. Xavfsizlik xizmati|Ochiq tizimlar o‘zaro bog‘liqligining qandaydir darajasi taqdim etadigan xizmat. Ma’lumotlar uzatish tizimlari yoki jarayonlarining yetarlicha muhofaza qilinishini kafolatlaydi. Xavfsizlik xizmati administratori|Bitta yoki bir nechta xavfsizlikni ta’minlash tizimi to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega bo‘lgan, ularning loyihalashtirilishini va ulardan foydalanishni nazorat qiluvchi shaxs (yoki shaxslar guruhi). Xavfsizlik yadrosi|Ishonchli hisoblash bazasining, havolalar monitori konsepsiyasini amalga oshiradigan dasturiy va apparat elementlari. Ular subyektlarning obyektlardan erkin foydalanishga bo‘lgan barcha urinishlarini ajratishi, o‘zgartirishlardan muhofazalangan bo‘lishi va o‘z funksiyalarini to‘laqonli bajarish yuzasidan tekshirilishi kerak. Xavfsizlik zonasi|1. Axborot muhofaza qilinishining talab etiladigan darajasi ta’minlanadigan makon.2. Internet-serverlar guruhi uchun xavfsizlik sozlanishlari o‘rnatilishiga imkon beruvchi Microsoft kompaniyasining Microsoft Internet Explorer brаuzerida belgilangan mexanizm.Izoh Zonalarning har biri uchun shu server uchun yo‘l qo‘yiladigan, mumkin bo‘lgan harakatlarni belgilovchi xavfsizlikning turli darajalarini qo‘llash mumkin (Java-appletlarini, ActiveX boshqaruvchi elementlarini ishga tushirish, SSL protokoli bo‘yicha muhofazalangan ulanishni o‘rnatish va sh.k.). Xavfsizlikka tahdid|Axborotning buzib ko‘rsatilishi va yo‘qolish xavfi bo‘lishida ko‘rinadigan, mulkdorga yoki foydalanuvchiga zarar yetkazadigan, muhofaza obyektiga (axborot resurslariga) qarshi yo‘naltirilgan qandaydir harakatni amalga oshirishning mumkin bo‘lgan (potensial yoki real mavjud) xavfi. Xavfsizlikni baholash|Tizimni, belgilangan muhofaza modeliga, muhofaza qilishni ta’minlash standarti va texnik shartlarga mos kelish darajasini aniqlash maqsadida tekshirish. Xavfsizlikni boshqarish|Tarmoq resurslaridan erkin foydalanishni boshqarish va nazorat qilish xizmati. Tashqi hujumlardan muhofaza qilish mexanizmi ishga tushirilishini amalga oshiradi va ma’lumotlarning, ularni saqlash va tarmoq orqali uzatishda yaxlitligini tekshiradi. Xavfsizlikni taʼminlash rejimi|Hamma foydalanuvchilar barcha foydalanish toifalarining tavsifi. U tizimda saqlanadigan va qayta ishlanadigan, axborot muhofazasiga oid barcha toifalar bilan bog‘liq holda beriladi. Xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi standart|Xavfsizlikni ta’minlash usullarini belgilab beradigan rasmiy qabul qilingan hujjat. Xavfsizlikni tekshirish|Tizimni nazorat qilish vositalarining yetarliligini, qabul qilingan xavfsizlik siyosatiga va ma’lumotlarni qayta ishlash protseduralariga mosligini, xavfsizlik buzilishlarini aniqlash, nazorat vositalari va xavfsizlik protseduralarini o‘zgartirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida, tizim jurnallarini mustaqil ko‘rib chiqish, o‘rganish va ishlashi ustidan kuzatish olib borish. Xavfsizlikni tekshirish ma’lumotlari|Xavfsizlikni tekshirishga ko‘maklashish maqsadida to‘plangan va foydalanilishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar Xemming kodi|Yakka xatolarning tuzatilishini ta’minlovchi minimal ortiqchalikka ega kod. Xendover|1. So‘zlashayotgan (yoki ma’lumot uzatayotgan) mobil foydalanuvchi yacheykadan yacheykaga ko‘chayotganda, boshqaruvning bir tayanch stansiyadan boshqasiga uzatilishi.2. Tayanch stansiyalar o‘rtasida bog‘lanish (aloqa) jarayonida abonent stansiyasining boshqaruvni bir tayanch stansiyadan boshqasiga uzatishi. Xendover hisobiga yutish|Xendover samaradorligining ko‘rsatgichi; son jihatdan muvaffaqiyatli o‘tishlar sonining, o‘tishga bo‘lgan barcha urinishlar soniga nisbati sifatida Xendover uchastkasi|Mobil abonent bir tayanch stansiyadan boshqasiga o‘tishi mumkin bo‘lgan yo‘nalishlardan biri. Xesh-funksiya (xeshlash funksiyasi)|1. Bitlar satrini belgilangan uzunlikdagi bitlar satriga aylantirish funksiyasi.2. Ixtiyoriy o‘lchamdagi ma’lumotlar massivini matematik almashtirish va uning uchun uncha uzun bo‘lmagan belgilangan yagona ketma-ketlikni hisoblash. Xeshlash|1. Xesh-funksiya qiymatlarini hisoblash jarayoni.2. Ba’zi bir matn bo‘laklarida dastlabki massivning o‘rnini bosishga xizmat qiluvchi ixtiyoriy o‘lchamdagi ma’lumotlar massivini belgilangan o‘lchamdagi ma’lumotlar blokiga almashtirish. Xeshlash vositalari|Elektron hujjat nazorat tavsifi qiymatining hisob-kitobini ta’minlaydigan va muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lgan dasturiy-texnik vositalar. Xeshreyt|Bitkoyn tarmog‘idagi hisoblash quvvatining o‘lchov birligi. Xit, mos kelish|1. Sahifani qayta yuklash mustasno qilinganda, foydalanuvchining veb-sahifaga murojaat qilishi.2. Fayl ichidagini tiklashda va profilaktik tekshirishda – asosiy yozish va joriy yozish oʻrtasida muvofiqlikni topish. Xizmat biti|Foydali axborotni o‘z ichiga olmagan hamda uni bir abonent terminalidan boshqasiga tashishda yordamchi maʼlumotlar (masalan, sarlavha, xatolarni aniqlash bitlari va boshqalar) ni uzatish uchun mo‘ljallangan ikkilik raqamli signal. Xizmat kanali|Texnik xarakteristikalarni, texnik xizmat ko‘rsatilishini tekshirish yoki xizmatga oid axborotni almashish uchun foydalaniladigan tovush yoki ma’lumotlarni uzatish kanali. Yo‘ldoshli aloqa liniyalarida bunday kanal erdagi stantsiyalar va boshqarish markazlari o‘rtasida tashkil qilinadi. Xizmat ko‘rsatilgan telefon trafik|Telefon tarmog‘i liniyalari, kanallari yoki kommutatsion aloqa asboblarining qarab chiqiladigan vaqt intervali ichida telefon chaqiruvlar bilan band bo‘lishining jami vaqti. Xizmat ko‘rsatilgan telefon chaqiruv|Bog‘lanish o‘rnatilganda, liniyalar (kanallar) bog‘lami, kommutatsion aloqa asboblari va boshqaruvchi qurilmalar taqdim etilgan telefon chaqiruv. Xizmat ko‘rsatish darajasi to‘g‘risidagi kelishuv|Buyurtmachi va yetkazib beruvchi o‘rtasidagi, xizmatlar hujjatlashtirilgan va xizmatlarning darajalari kelishib olingan yozma kelishuv. Xizmat ko‘rsatish platformasi|Foydalanuvchilarga foydalanish va KAT bilan tarmoq orqali aloqa o‘rnatish tizimining oxirgi qurilmalar (ya’ni, oxirgi (terminal) uskuna: shaxsiy kompyuter, telefon apparati, mobil telefon va h.k.lar) va xizmat ilovalarida qo‘llaniladigan server (ya’ni, server ilova, uzatish muhiti serveri va h.k.lar.) ni tasvirlashda qo‘llash imkonini beradigan uskuna. Xizmat ko‘rsatish turkumi|Foydalanuvchiga taqdim etiladigan xizmatlar turini tavsiflaydigan ko‘rsatgich.Izoh – Xizmat ko‘rsatish turkumiga ajratiladigan uchta asosiy belgi: axborotni uzatish tezligi, yetkazish tezligi (ustuvorlik) va bog‘lanish rejimi (kanallar yoki paketlar kommutatsiyasi, sinxron yoki asinxron) mavjud. Xizmat ko‘rsatish yoyi|Geostatsionar yo‘ldoshlar orbitasining yoyi, uning chegarasida kosmik stansiya xizmat ko‘rsatish zonasida mavjud bo‘lgan, shu kosmik stansiya bilan bog‘liq bo‘lgan barcha yer stansiyalari uchun talab qilinadigan xizmatni ta’minlashi mumkin. Xizmat ko‘rsatish zonasi|1. To‘g‘ri va teskari yo‘nalishlarda abonent hamda tayanch stansiyalardan keladigan radiosignallarning ishonchli qabul qilinishi kafolatlanadigan geografik zona.2. Yer sirtidagi, yer usti stansiyalardan yoki yo‘ldosh retranslyatorlaridan signallar barqaror qabul qilinishi ta’minlanadigan va talab qilinadigan aloqa sifati kafolatlanadigan soha. Xizmat ko‘rsatishdagi taqsimlangan rad javobi|Saytga kompyuter hujumi turi. Saytga turli kompyuterlardan katta oqim bilan murojaat qilinishi natijasida aloqa kanali yoki server dasturiy ta’minotining ishdan chiqishi. Birinchi DdoS hujumlari to‘lqini 2000-yilning fevralida kuzatilgan edi. Xizmat ko‘rsatishni rad etish|Serverga tizim tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarga bo‘lgan ko‘plab talablar kelib tushishidan iborat Internet tarmog‘iga hujum turi. Server o‘z resurslarini ulanishni o‘rnatishga va unga xizmat ko‘rsatishga sarflaydi va so‘rovlarning ma’lum oqimida ularni uddalay olmaydi. «Xizmat ko‘rsatishni rad etish» turidagi hujum|Qonuniy foydalanuvchilar tizim yoki uskuna yordamida taqdim etila-digan resurslardan foydalana olmasligi mumkin bo‘lgan yoki ularga foydalana olishda qiyinchilik tug‘diradigan sharoitlarni yaratish maqsadida axborot tizimiga yoki uskunaga qasddan ta’sir etish. Xizmat sifati|Foydalanuvchining taqdim etiladigan xizmatlardan qoniqqanlik darajasining kompleks xarakteristikasi. Xizmatlar sifati barcha xizmatlarga qo‘llasa bo‘ladigan quyidagi xarakteristikalar bilan ifodalanadi: operabelligi; xizmatdan foydalana olishlik; xizmatning ishonchliligi; xizmatning yaxlitligi; har bir xizmat uchun spetsifik bo‘lgan boshqa omillar. Xizmat siri|Ilm-fan, texnika, ishlab chiqarish va boshqaruv sohasidagi mamlakat qiziqishlariga oshkor etilishi zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan maʼlumotlar. Xizmat siri harbiy sir va davlat siri bilan bir qatorda davlat sirlari turlarining biri hisoblanadi. Xizmat taqdim etiladigan zona|Xizmat ko‘rsatilishi aloqa operatori tomonidan kafolatlanadigan hududiy zona (uyali telefon aloqa ta’sir zonasi bilan mos kelmasligi mumkin). Xizmatga bo‘lgan sifat standarti|Xizmatning vazifasiga muvofiqligini ta’minlash maqsadida, xizmat qanoatlantirishi kerak bo‘lgan talablarni belgilaydigan standart. Xizmatga buyurtma (berish)|Iste’molchi va xizmatni taqdim etuvchi o‘rtasidagi shartnoma, tomonlarning yuridik, iqtisodiy va texnik munosabatlarini belgilaydi. Xizmatga oid hisobga olish ma’lumotlari|Hisobga olish predmetlariga taalluqli bo‘lmagan va faqat hisobga olishni yuritish funksiyalarining amalga oshirilishi bilan bog‘liq holda to‘planadigan, qayta ishlanadigan va saqlanadigan ma’lumotlar. Xizmatga oid pochta jo‘natmasi|Umumjahon pochta ittifoqi aʼzo mamlakatlari va ularning muassasalari, pochta aloqasining milliy operatori (pochta aloqasining hududiy (viloyat) tashkilotlari va ularning tarkibiy bo‘linmalari) tomonidan pochta yig‘imlarini undirmasdan jo‘natiladigan pochta jo‘natmasi. Xizmatga oid so‘z|Dasturlash tillarida yoki boshqa tizimlarda maxsus qiymatga ega bo‘lgan so‘z. Xizmatga oid so‘zdan belgilanmagan maqsadda foydalanishga ruxsat etilmaydi. Xizmatlar isteʼmolchisi|Xizmat ko‘rsatadigan shaxs bilan tuzilgan shartnoma asosida Internet tarmog‘i kanallari orqali nomidan yoki nomiga maʼlumotlar uzatiladigan jismoniy yoki yuridik shaxs. Xizmatlar provayderi|1. Foydalanuvchilarga operatorlar tarmog‘i orqali tijoriy asosda xizmatlar ko‘rsatadigan yuridik yoki jismoniy shaxs.2. Axborot-kommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatadigan va o‘zining telekommunikatsiyalar infratuzilmasiga ega bo‘lmagan yuridik shaxs. Xizmatlar sifatini nazorat qilish metodikasi|Sifat ko‘rsatgichlarini aniqlash va aloqa tarmog‘ida ta’minlanadigan sifat ko‘rsatgichlari qiymatlarining o‘rnatilgan talablarga mos kelishini tekshirish operatsiyalari va qoidalarining belgilangan majmui. Xizmatlar to‘g‘risidagi axborot|Qabul qilgichlarni sozlash uchun zarur bo‘lgan eshittirish oqimlari, dasturlari va boshqa parametrlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan jadvallarning majmui. Xizmatlardan foydalanish qulayligi|Xizmat ko‘rsatishning qulayligi va abonentlarga telekommunikatsiya xizmatlari taqdim etilishining tezkorligini tavsiflovchi ko‘rsatgich. Xizmatlari integratsiyalashgan raqamli tarmoq|Kommutatsiyalanadigan telefon liniyasi bo‘ylab o‘tadigan raqamli aloqa xalqaro standarti, kompyuter va multimedia (ovoz, video) trafikini uzatishda foydalaniladi. Odatda, foydalanuvchining ISDN liniyasi ikkita 64 kbit/s tezlikli kanal orqali ma’lumotlar uzatilishini ta’minlaydi, 16 kbit/s tezlikli kanaldan boshqaruvchi axborotni uzatish uchun foydalaniladi. Lokal tarmoqlar ISDN kanalga marshrutizator orqali, alohida foydalanuvchilar esa, ISDN modem orqali ulanadi. Tashkilotlar uchun, 23×64 kbit/s ISDN kanalni – boshqaruvchi kanalni ulash imkoniyati mavjud. Xizmatlarni boshqarish uzeli|Intellektual tarmoqda xizmatlarni boshqarish funksiyalari bajarilishini taʼminlaydigan fizik qurilma. Xizmatlarni oluvchi|Professional ehtiyojlar yoki boshqa ehtiyojlar uchun axborot xizmatlaridan, ayniqsa, axborotni izlash yoki undan foydalanish maqsadida foydalanadigan jismoniy yoki yuridik shaxs.Izoh – Xizmatlarni oluvchi isteʼmolchi hisoblanadi, agar u ushbu shaxsning savdosi, biznesi yoki kasbi bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda ish ko‘rayotgan jismoniy shaxs bo‘lsa. Xizmatlarni taqdim etuvchi|Foydalanuvchilarga o‘z telekommunikatsiyalar tarmog‘idan erkin foydalanishni taqdim etuvchi telekommunikatsiyalar tarmoqlarining operatori. Xizmatlarning maxsus turlari|Manfaatdor Ma’muriyatlar o‘rtasida kelishuv bo‘yicha xalqaro telefon aloqadan foydalanuvchiga taqdim etiladigan xizmatlar.Izoh – Maxsus xizmatlarga quyidagi xizmat turlari kiradi:a) shaxsiy so‘zlashuvlar;b) ma’lumotlar uzatish;c) chaqirilayotgan shaxs hisobidan so‘zlashuvlar;d) kredit kartochka bo‘yicha so‘zlashuvlar;e) konferens-aloqa;f) mamlakat bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri so‘zlashuv (boshqa mamlakat operatorini to‘g‘ridan-to‘g‘ri chaqirish) va h.k. Xizmatni bajaruvchi|Iste’molchiga xizmat ko‘rsatadigan korxona, tashkilot yoki tadbirkor. Xodimlarni boshqarish|Tashkilotni, o‘ziga yuklatilgan mehnat vazifalarini bajarishga qodir sifatli xodimlar bilan ta’minlashga va undan oqilona foydalanishga yo‘naltirilgan amaliy faoliyat va bilimlar sohasi. Xodimlarni boshqarish, tashkilotni boshqarish sifatli tizimlarining ajralmas qismidir. Xomaki bosma|Matritsali va boshqa turdagi printerlarning tez, lekin past sifatli bosib chiqarish rejimi. Xost|1. Tarmoq mashinasi.2. Asosiy kompyuter.3. Tarmoq funksiyalaridan (tarmoqqa xizmat ko‘rsatish, xabarlarni uzatish) tashqari, foydalanuvchi topshiriqlari (dasturlar, hisob-kitoblar)ni ham bajaradigan tarmoq kompyuteri.4. Tarmoqda nafaqat maʼlumotlar uzatish funksiyalarini, balki amaliy dasturlarning ishi bilan bog‘liq boshqa baʼzi bir funksiyalarni ham bajaradigan, o‘zining axborot va hisoblash resurslarini terminallarga taqdim etadigan kompyuter. Xost nomi|1. Kompyuter tarmog‘idagi asosiy mashinaning nomi.2. Asosiy va tobe kompyuterlar bo‘lgan tarmoqdagi asosiy uzelning nomi. Kompyuterning tarmoqdagi, xost boshqa bir kompyuter orqali topish uchun foydalaniladigan nomi. Xosting|Ma’lumotlar bazasi va veb-ilovalarni joylashtirish uchun xosting-provayderlar tomonidan taqdim etiladigan xizmat. Xosting Internet-xizmatlari|Internet provayderining Internetdan foydalanuvchilarga xizmat isteʼmolchisining axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etish bo‘yicha harakati yoki faoliyati. Xosting xizmatlari provayderi|Boshqa yuridik shaxslarning veb-uzellari uchun Internetga muntazam kirishni taʼminlash, kuzatib borish va o‘zida joylashtirishga ixtisoslashgan yuridik shaxs. Xot-spot|Umumfoydalaniladigan simsiz lokal tarmoq tashkil qilingan joy. «Qaynoq nuqtalar» aeroportlar, mehmonxonalar, syezdlar saroyi va kafelar kabi kompyuter qurilmalari bo‘lgan, odamlar gavjum zonalarda joylashtiriladi. 802.11 turkum standartlari (masalan, mobil yoki cho‘ntak shaxsiy kompyuterlari) simsiz aloqa qo‘llanilgan qurilmalar, foydalanuvchilarga Internetdan, shuningdek, provayderning maxsus xizmatlaridan foydalana olish imkonini beradi. Xot-spot operatori|Kafe, vokzallar va aeroportlarda tijorat xot-spotlari o‘rnatgan va ularga xizmat ko‘rsatuvchi kompaniya.Izoh − Wi-Fi kompaniyalarning tarixan turlitumanligi sababli, xot-spot operatorlar Quantum kabi agregatorlar orqali rouming munosabatlarga kirishib, HSO bir-biri bilan o‘zaro hamkorlik qilishga intilmoqda. Bu barcha Wi-Fi tarmoqlari o‘rtasida rouming va xizmatlarga qo‘shimcha talabni ta’minlaydi. xotira|Kompyuterning, ma’lumotlarning saqlanishi va uzatilishini ta’minlaydigan funksional qismi. Xotira ajratish birligi (bloki)|Faylga ajratiladigan diskli xotira birligi. Xotira dampi|Tezkor xotiradagi ma’lumotlarni qattiq diskka yozish. Tizim ishida buzilish ro‘y berganda, avtomatik tarzda yoki tizim foydalanuvchisi tomonidan amalga oshiriladi. Xotira elementi|«0» yoki «1» ko‘rinishdagi ikki holatdan birini qabul qilishi va saqlashi mumkin bo‘lgan raqamli qurilma. Xotira hajmi|Xotirada saqlanishi mumkin bo‘lgan axborot-ning maksimal miqdori. Xotira kartasi|Tezkor yoki doimiy xotiraning taqsimlanish sxemasi. Xotira kassetasi|Ixtiyoriy foydalana olinadigan, energiyaga bog‘liq bo‘lmagan xotira mikrosxemalarini ichiga oladigan, almashtiriladigan modul. Xotira manzili|Qurilma uchun ajratiladigan yoki dastur yo operatsion tizim tomonidan ishlatiladigan kompyuter xotirasining bir qismi.Izoh − Qurilmaga odatda manzillar diapazoni ajratiladi. Xotira qulfi|Xotiraning muhofaza tizimi tomonidan foydalanishni cheklash uchun ishlatiladigan, segment deskriptoridagi kod yoki virtual xotira sahifasi kodi. Bunda segmentga o‘z deskriptorida tegishli kalitga ega bo‘lgan jarayonlargina murojaat qila oladi. Xotira qurilmasi|Ma’lumotlarni yozish, saqlash va berish uchun mo‘ljallangan funksional qurilma. Xotira qurilmalarini ko‘plab parametrlar bo‘yicha tasniflash mumkin. Ma’lumotlarni uzoq muddatli va tezkor saqlash, energiyaga bog‘liq bo‘lmagan va energiyaga bog‘liq; faqat ma’lumotlarni o‘qish (doimiy xotira qurilmasi, kompakt-disklar) va ham o‘qish, ham yozish uchun mo‘ljallangan qurilmalar farqlanadi. Ma’lumotlarni saqlashning fizik prinsiplariga bog‘liq ravishda, magnit, magnitooptik va yarimo‘tkazgichli qurilmalar farqlanadi. Xotira qurilmasining asosiy texnik xarakteristikalari ularning sig‘imi va tez ishlashidir. Xotira qurilmasi ko‘pincha xotira deb ataladi. Xotira tizimi|Ma’lumotlarni saqlash tizimi. Xotira yacheykasi|Tezkor yoki doimiy xotiraning eng kam manzillanadigan qismi. Xotirada aks etadigan fayl|Bloklari sahifalar jadvali orqali asosiy xotirada aks etgan fayl. Xotiradan bevosita foydalanish kontrolleri|Xotiradan bevosita foydalanish imkonini beradigan ixtisoslashgan kontroller, shuningdek, xotiradan bevosita foydalanish rejimi zarur bo‘lgan kiritish-chiqarish qurilmalari tarkibiga ham kiritish mumkin. Protsessor kontrollerga manzil, qayerdan ma’lumotlarni olish, ularni qayerga joylashtirish va blok uzunligi to‘g‘risida xabar beradi. Xotiradan diskka va diskdan xotiraga|Diskdan xotiraga vazifalarni yuklash va ularni xotiradan diskka yuklash. Xotiradan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanish|Protsessordan foydalanmasdan (uni chetlab o‘tib) umumiy shina bo‘yicha tezkor xotira qurilmasi va periferik qurilmalarga (masalan, qattiq diskka) ma’lumotlarni yuqori tezlikda uzatish usuli. Bu vaqtda protsessor barcha shinalardan uziladi. Xotiraga ega yashirin kanal|Xotira maydoniga bir jarayon tomonidan bevosita yoki bilvosita yozishni va bu axborotning boshqa jarayon tomonidan o‘qilishini ta’minlovchi yashirin kanal.Ilova – Yashirin kanal xavfsizlik darajasi turlicha bo‘lgan ikkita subyekt bilan ajratiladigan cheklangan xajmdagi resurslardan (masalan, diskdagi sektorlardan) foydalanish bilan bog‘liq. Xotiraga kira olishni blokirovkalash|Xotiraning cheklangan uchastkasiga, masalan, disk yo‘lkasiga, bu uchastkada aniqlangan nuqsonlar oqibatida kira olishning taqiqlanishi. Dasturiy yoki apparat vositalar tomonidan bajariladi. Xotiraga yozishni blokirovkalash|Ma’lumotlar almashinishda vujudga keladigan vaziyat. Tashqi eltuvchidan o‘qiladigan yozuv asosiy xotiraga ko‘chirilmasligi bilan tavsiflanadi. Xotirali kartalar|Xotira qurilmasi sifatida xotira mikrosxemasiga ega bo‘lgan, oddiy mikroprotsessorli kartalar.Izoh – Magnit chiziq kartaning orqa tomonida joylashadi va uchta yo‘lkadan iborat. Xotirali kommutatsiyalash|Kommutatsiyalash usuli. Bunda qayta uzatish tizimi tomonidan maʼlumotlar bo‘lagi ichidagi narsa to‘la qabul qilingandan so‘ng uzatiladi. Kommutatsiyalash xotiraga olish mumtoz texnologiyalardan bo‘lib, u paketlar kommutatsiya va xabarlar kommutatsiyasida ishlatiladi. Uning mohiyati shundaki, qayta uzatish tizimi qabul qilgan paketdan yoki xabardan sarlavha, oxirgi qism va undagi uzatilayotgan axborot chiqarib olinadi. So‘ngra, xatolarni «davriy ortiqchalik bilan nazorat» CRC (q: CRC) yordamida tekshiriladi. Ko‘rilayotgan kommutatsiyalash oddiy, lekin qayta uzatish tizimida yuz beradigan operatsiyalar kechikib amalga oshadi. Shu sababdan u tezkor tarmoqlarda to‘g‘ri boradigan kommutatsiyalash bilan almashtiriladi. Xotirani avtomatik boshqarish|Xotirani taqsimlash algoritmi, bunda quyi sathning bajaruvchi (boshqaruvchi) tizimi xotiraning foydalanish imkoniyati bo‘lmagan bloklarini (binobarin, keraksizlarini) topish va ulardan takror foydalanilishiga javob beradi. Xotirani boshqarish bloki|Axborotni yozish va o‘qish jarayonlarini boshqarish uchun mo‘ljallangan elektron qurilma. Xotirani boshqarish qurilmasi|Virtual xotira ishini boshqaruvchi dasturiy-apparat vositalari. Xotirani dinamik taqsimlash|Xotirani taqsimlash usuli, bunda dasturlar va ma’lumotlarning joylashgan o‘rni, zarur paytda beriladigan mezonlar bo‘yicha belgilanadi. Xotirani fragmentlash|Bo‘sh xotirani, operatsion tizimdan bo‘sh va talab qilinadigan xotira uchastkalari mos kelmasligi natijasidagi so‘rovlar vaqtida mayda qo‘shni bo‘lmagan uchastkalarga bo‘lish. Xotirani muhofaza qilish|1. Ishlab chiqilgan murojaatlarni hisobga olgan holda, xotiraning qandaydir qismiga kira olishni mexanik nazorat qilish .2. Yozilgan ma’lumotlarning doimiyligini saqlash maqsadida, xotiraning ba’zi bir qismlariga ruxsat etilmagan tarzda kirishning oldini olish vositalari hamda usullari. Xotirani muhofaza qilish kaliti|Dastur uchun ajratilgan xotira blokiga berilgan va muhofaza qilish maqsadida dastur xotiraga murojaat qilishi uchun ishlatiladigan kod. Muhofaza kaliti bilan mos kelishi kerak; mos kelmaganda topshiriq avariya bilan tugaydi. Xotirani muhofaza qilish registrlari|Virtual xotirali tizimlarda ‒ topshiriq uchun mumkin bo‘lgan xotira segmenti boshlanish manzili va uzunligini ko‘rsatadigan bir juft registr. Xotirani qisman buzib yozish usuli|Xotiraning qisman buzilish jarayonini boshqarish yo‘li bilan, uning kristall noyob shaklini yaratishga imkon beruvchi usul. Xotirani sahifali tashkil qilish|Xotirani boshqarish strategiyasi, bunda mantiqiy va jismoniy xotira bir xil uzunlikdagi sahifalarga bo‘linadi va asosiy xotirada mantiqiy sahifalarning obrazi ixtiyoriy tarzda joylashtirilishi mumkin. Xotirani segmentli manzillash|manzil maydoni alohida segmentlarga bo‘lingan xotira. Xotirani segmentli tashkil qilish|Xotirani taqsimlashning foydalanuvchi talqiniga, yaʼni dastur va maʼlumotlarning mantiqiy tuzilmasiga mos keladigan, o‘zgaruvchan uzunlikdagi segmentlar ko‘rinishidagi sxemasi. Xotirani segment-sahifali tashkil qilish|Fragmentatsiya bilan kurashish uchun, har bir segmentni sahifali tashkil qilishga asoslangan xotirani segmentli tashkil qilish modifikatsiyasi. Xotirani taqsimlash|Xotira resurslarini ayrim vazifalarni hal qilish uchun biriktirish. Xotirani testdan o‘tkazish|Kompyuter yuklanayotganda tezkor xotira hajmini aniqlash jarayoni. Xotirani to‘ldirish|Xotira qismini ko‘rsatilgan simvol bilan to‘ldirish. Xotirani yonma-yon taqsimlash|Asosiy xotiraning bitta qo‘shni sohasidagi foydalanish jarayonlari uchun xotirani taqsimlash. Xotiraning yo‘qolishi|Tezkor xotira bo‘sh qismining hajmi doimiy tarzda qisqarib boradigan, nazorat qilib bo‘lmaydigan jarayon. Asosan dasturiy ta’minotdagi xatoliklar tufayli yuzaga keladi. Xulosa|1. Kompyuter tizimidan uzatilayotgan ixtiyoriy turdagi ma’lumotlarni uzatish.2. Boshqa dasturga uzatiladigan yoki tarmoq orqali uzatiladigan, kompyuter ekraniga yoki boshqa tashqi qurilmalarga chiqariladigan natijalar, chiquvchi ma’lumotlar.3. Hisoblashlar natijasi.4. Chiquvchi (signal, kontakt va h.k.) Xususiy|Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tillarida (C++, C#) ishlatiladigan kirish huquqi. U o‘zgaruvchilar, klasslar va usullarning qo‘shimcha parametrlarini ko‘rsatishga xizmat qiladi. Mazkur kirish huquqi o‘zgaruvchi u mansub bo‘lgan turga kirish mumkin ekanligini bildiradi, klass faqatgina o‘zi tegishli bo‘lgan yig‘maga va usul faqat o‘zining turiga tegishli usullarga ochilishini bildiradi. Xususiy ichki tarmoq|Xususiy ulanish tarmog‘i. O‘zidan kichik radiusda (taxminan 10 m gacha) simsiz bog‘lanishni ta’minlovchi tarmoqni tashkil qiladi. Xususiy maydon|Elektromagnit to‘lqin (moda)ning, u boshqa to‘lqinlarning taʼsiri hisobga olinmaydigan va yo‘qotishlar bo‘lmagan to‘lqin o‘tkazgich yoki yorug‘lik o‘tkazgichda tarqalayotgandagi maydoni.Y Yadro|Operatsion tizimning, ilovalarga protsessor vaqti, xotira, tashqi apparat ta’minoti, axborotni kiritish va chiqarish tashqi qurilmasi kabi kompyuter resurslaridan foydalanishni ta’minlaydigan markaziy qismi. Yadro, shuningdek, fayl tizimi va tarmoq protokollari servislarini ham ifodalaydi. Yadro oqimi|Operatsion tizim yadrosi darajasida ushlab turilgan va qo‘llanilgan quyi darajali tizim oqimi, foydalanuvchi darajasi oqimlarini amalga oshirishda ishlatiladi. Yadro rejimi|Protsessorning imtiyozli ishlash rejimi, bunday dasturda butun xotiradan foydalanish mumkin bo‘ladi va protsessorning har qanday komandalari bajarilishiga ruxsat etiladi. Yadroning yuklanuvchi moduli|Yadro kodining, yadroning qolgan qismidan qat’i nazar, alohida modullarini kompilyatsiyalash, yuklash va bo‘shatish imkonini beradigan Linux mexanizmi. Yagona axborot makoni|Ma’lumotlar bazalari va banklari, ularni yuritish va ishlatish texnologiyalari, tashkilotlar va fuqarolarning axborot almashinuvini, shuningdek, ularning axborotga bo‘lgan ehtiyojlari qondirilishini ta’minlaydigan yagona prinsiplar va umumiy qoidalar asosida ishlaydigan axborot-kommunikatsiya tizimlari va tarmoqlarining majmui. «Yagona darcha»|Davlat xizmatlari ko‘rsatilishiga bo‘lgan yangicha yondashuv. Xizmatlar taqdim etilish usulini o‘zgartirish yo‘li bilan protsedura qadamlari sonini qisqartirishga ko‘maklashadi.Izoh – Yangilikning mohiyati shundaki, aholi uchun mo‘ljallangan davlat va ijtimoiy xizmatlarning ko‘pchiligi bir joyda to‘planadi, bu fuqarolarga vaqt sarflamasdan ma’lumotnomalar, litsenziyalar, akkreditlash va boshqa xizmatlarni olish imkonini beradi. Yagona identifikatsiya va autentifikatsiya qilish tizimi|Axborot o‘zaro hamkorlik qatnashchilarining (ariza beruvchi fuqarolar va ijro etuvchi hokimiyat organlari mansabdor shaxslarining) davlat axborot tizimlarida va boshqa axborot tizimlarida bo‘lgan axborotdan ruxsat etilgan tarzda foydalana olishini ta’minlaydigan axborot tizimi. Yagona manzil|Tarmoqdagi takrorlanmaydigan resurs manzili. Aks holda tarmoqda xato yuzaga keladi va ish buziladi. Yagona qayd etish|Foydalanuvchiga bir nechta tizimlar yoki ilovalardan, foydalanuvchining ID va parolini kiritgan holda, bir marta foydalana olish imkonini beradigan autentifikatsiya jarayoni. Yagona ro‘yxatga olish tartibi|Tasdiqlovchi markazda autentifikatsiya qilingan foydalanuvchini boshqa servisda avtomatik tarzda autentifikatsiya qilish imkonini beradigan texnologiya. Yagona tarmoq manzili|Tarmoqning kichik tarmoqlarga bo‘linishini hisobga olmagan holda, butun tarmoq doirasida qabul qilingan umumiy manzillash tizimi. Yakka protsessorli|Bitta protsessor bilan ishlaydigan kompyuter yoki operatsion tizim. Yakka-ko‘pchilikka munosabati|A jadvalning bitta qatoriga V jadvaldagi bir nechta qator muvofiq bo‘lsa, lekin V jadvalning har bir qatorga A jadvalda faqat bitta qator muvofiq bo‘lsa, birga-ko‘pchilik munosabati namoyon bo‘ladi. Yakka-yakkaga munosabati|A jadvalning bitta qatoriga V jadvalda faqat bitta qator muvofiq bo‘lsa, yakka-yakkaga munosabati namoyon bo‘ladi. Yakor (HTML elementi)|Veb-hujjatlarni birlashtiradigan HTML tili. Odatda, yakor boshqa rang bilan ajratiladi. Yakor foydalanuvchilarga boshqa veb-sahifalarga o‘tish imkonini beradi. Bundan tashqari yakor bu gipermatn ilovasi bog‘langan so‘z yoki so‘zlar guruhidir. Yalang integral sxema|Qar.: Korpussiz integral sxema. Yaltirashga qarshi ustki qatlam|Displey yuzasiga maxsus, odatda ko‘p qatlamli, purkash. Tushayotgan yorug‘likni taqsimlab, yaltirashlar paydo bo‘lishining oldini oladi. Yaltirashga qarshi ustki qatlamli displeylarda hatto juda yorug‘ xonalarda ham tasvir har doim keskin farqlanadi va yorqin bo‘ladi. Yamoq|Bajariladigan dasturda xatolarni tezda bartaraf qilish va to‘g‘rilash uchun foydalaniladigan kod. Ba’zan bu usuldan ilovaga yangi funksionallik qo‘shishda ham foydalaniladi. Yangi|Operatsion tizim tomonidan yaratilgan, lekin bajarish boshlanmagan jarayon holati. Yangi axborot resursi|Birinchi marta yaratilgan va o‘zida bir xillikni yoki o‘xshashlikni takrorlamaydigan axborot resursi. Yangi axborot texnologiyalari|Ham kompyuterlarning, ham ularning yordamida qurilgan tizimlarning yanada rivojlantirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan axborot texnologiyalari. Yangi axborot texnologiyalari kompyuter tarmoqlarini, multimedia tizimlarini va virtual borliqni joriy qilishga va rivojlantirishga asoslanadi. Tibbiyotda, boshqarishda, ta’limda, moliyada va elektron ommaviy axborot vositalari tizimida keng qo‘llaniladi. Yangi texnologiya fayl tizimi|Microsoft Windows NT operatsion tizimlar oilasi uchun belgilangan standart fayl tizimi. Yangilab turish chastotasi|Miltillashni bartaraf etish uchun ekrandagi tasvirni yangilash chastotasi. Yangilash|Mavjud paketlarni xatolarni tuzatish yoki funksional imkoniyatlarni kengaytirish maqsadida modifikatsiyalash. Yangilash paketi|Alohida modul va bibliotekalarni almashtirish, ularga tuzatishlar kiritish orqali dasturiy tizim xatoliklarini yo‘qotuvchi yoki ularni neytral holatga keltiruvchi dasturiy vosita. Yangiliklarni uzatuvchi tarmoq protokoli|Internetdagi NNTP serverlari va NNTP mijozlari o‘rtasida yangiliklarni uzatishda foydalaniladigan protokol; yangiliklarni taqsimlash, izlash, parcha ko‘chirish va yuborishni ta’minlaydi; NNTP protokoli serverning markaziy ma’lumotlar bazasida yangiliklarni saqlash imkonini beradi. Yanglish rad etish (erkin foydalanishni)|Ro‘yxatga olingan foydalanuvchi biometrik atributlar bo‘yicha (masalan, barmoq izlariga qarab) identifikatsiyalashdan o‘tishga urinib ko‘radi, biroq nazorat qilish vositalari yaxshi ishlamasligi tufayli rad javobini oladidigan vaziyat. Yaproq kengligi|Antennaning nurlanishi minimal darajada bo‘ladigan ikki yo‘nalish bilan chegaralangan soha ichidagi burchak sektori. «Yaqin-uzoq» effekti|Mobil aloqa tarmoqlarida kuzatiladigan hodisa bo‘lib, bir chastotada ishlaydigan stansiyalarning bir-biriga xalaqit berishida namoyon bo‘ladi. Masalan, agar bir mobil stansiya tayanch stansiya yaqinida bo‘lib, boshqasi esa xizmat ko‘rsatish zonasi chegarasida joylashgan bo‘lsa, qabul qilinayotgan signallar darajasidagi farq 80 dB va undan ko‘pga yetadi. Bu hodisa barcha ko‘p stansion foydalana olish texnologiyalariga xosdir, ammo barcha qo‘shni tayanch stansiyalar bir chastotada ishlaydigan DS-CDMA tizimining ishida eng ko‘p seziladi. «Yaqin-uzoq» muammosi|Qabul qilgich kirishida uzatgich bilan yonma-yon joylashgan va aynan o‘sha chastotada ishlayotgan stansiyalarning kuchli signallari ta’sirida uzoq stansiyalardan keluvchi kuchsiz signallarning bostirilishi.Izoh − Bunda asosiy kurash choralari sifatida qabul qilish dinamik diapazonini kengaytirishdan, mobil stansiya uzatgichi quvvatining boshqarilishidan, shuningdek, chastota-hududiy rejalashtirishdan foydalaniladi. Yaqin zona|Nurlantiruvchi antennaga bevosita yaqinlikda joylashgan, elektromagnit maydonning burchak taqsimlanishi nurlanish manbaigacha bo‘lgan masofaga bog‘liq soha.Izoh − Elementar elektr vibrator uchun yaqin zona 2π/λ≪r shart bilan belgilanadi, bunda:– nurlanish to‘lqin uzunligi;r – antennaning fazaviy markazidan kuzatish nuqtasigacha bo‘lgan masofa. Yaqinlashtirish|Tasvir masshtabini kattalashtirish. Yaratish|Yangi obyektni yaratish. Odatda, yangi obyektda axborot mavjud bo‘lmaydi yoki u qandaydir shablondan olinadi. Yarim avtomatik xendover|Abonentni bir tayanch stansiyadan boshqasiga avtomatik tarzda qayta ulash usuli, bunda uning mobil stansiyasi signal darajasini o‘lchaydi va bu ma’lumotlar (o‘lchash natijalari)ni tayanch stansiyaga uzatadi. Yarim bayt|To‘rt bitga teng bo‘lgan axborotning o‘lchov birligi. Yarim dupleks aloqa|Aloqa liniyasining, liniyaning bir uchida dupleks stansiyasidan, ikkinchi uchida esa, simpleks stansiyadan foydalaniladigan ishlash rejimi. Tayanch stansiya, odatda, dupleks rejimda, mobil stansiya esa, simpleks rejimda ishlaydi. Yarim dupleks uzatish|Ikki yo‘nalishda amalga oshiriladigan, biroq har vaqt onida ma’lumotlar faqat bitta yo‘nalishda uzatilishi mumkin bo‘lgan aloqa kanalida ma’lumotlar uzatish rejimi.Izoh − Konsentratorlar ham to‘liq dupleks, ham yarim dupleks rejimda uzatishni amalga oshira oladigan kommutatorlardan farqli ravishda, faqat yarim dupleks rejimda ishlashi mumkin. Yarim kadr|1. Tasvir to‘liq kadrining faqat juft yoki toq satrlardan iborat qismi. Yarim kadrlar odatda, bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan tarzda qayta ishlanadi va uzatiladi.2. Yoyiladigan satrlarning almashinib keladigan ikki to‘plamidan biri, ular birgalikda televizion kadrni tashkil qiladi. NTSC standarti sekundiga 60 ta, PAL da 50 ta yarim kadrdan iborat chastota bilan o‘qiladi. Yarim summator|Ventillar to‘plamidan iborat mantiqiy sxema. Ikkita kirishi va ikkita chiqishi bor. Ikkita ikkilik raqamni qo‘shadi va ko‘chirish signalini beradi. Yarim tezlikli kanal|TDMA kadrida, boshqa kanal bilan birgalikda ajratilgan vaqt intervali.Izoh − Ikkita axborot manbaidan olingan ma’lumotlar galma-gal, ya’ni qo‘shni kadrlarda oralatib uzatiladi. Bir abonent xabarlarini uzatish uchun, odatda, faqat juft kadrlardan, ikkinchi abonent xabarlarini uzatish uchun esa, toq kadrlardan foydalaniladi. Yarim ton (gradatsion) buzilishlarni minimallashtirish|Tasvirlar (TV signallar maksimal ko‘lamining) yorqinligi va kontrastliligining optimal qiymatlarini tanlash yordamida TV tasvirlarni yanada yaxshiroq tiklash amalga oshiriladigan operatsiya (yorqinlik shkalasining gradatsiyasi 8-9 ga teng bo‘lishi kerak). Yarim to‘lqinli (bir to‘lqinli) simmetrik vibrator|Uzunligi to‘lqin (to‘lqinning bitta uzunligi) uzunligining yarmiga teng liniyaviy simmetrrik vibrator. Yarim o‘tkazgichli xotira|Axborotni saqlash elementlari elektron yarimo‘tkazgichli komponentlar (tranzistorli integral sxemalar) asosida yasalgan xotira qurilmasi. Yaroqli/yaroqsiz|O‘g‘irlangan radiostansiyani jinoyatkor foydalanishi uchun yaroqsiz holatga keltirish imkonini beruvchi funksiya. Yassi antenna panjarasi|Nurlantiruvchi elementlari tekislikda joylashgan sirtli antenna panjarasi. Yassi (xotira) modeli|Bir darajali segmentlanmagan xotira (xotirani tashkil qilishning) (chiziqli) modeli. Yaxlitligi muhofazalangan ma’lumotlar|Yaxlitlik muhofazalangan muhitdagi ma’lumotlar va barcha tegishli atributlar. Yaxlitlik|1. To‘g‘rilik va to‘liqlikni saqlab qolish xususiyati.2. Axborot va uning tashuvchisining holati bo‘lib, bunda umuman va uning alohida tarkibiy qismlarining bo‘linmasligi va ruxsat etilmagan tarzda yoki qasddan yo‘q qilinishi, buzilishi, chiqib ketishi, o‘g‘irlanishi, qalbakilashtirilishining oldini olish ta’minlanadi.3. Kriptografiyada yaxlitlik ushbu muayyan kriptografik protokolning har bir ishtirokchisi uchun alohida belgilanadi va protokolni bajarish jarayonida ushbu ishtirokchi uchun nomaqbul bo‘lgan oqibatlarga olib kelgan faol raqibning aralashuvi bo‘lmaganligining kafolatini bildiradi. Yaxlitlik kaliti|Axborotni o‘zgartirilishdan yoki almashtirilishdan yo tarmoq orqali uzatish jarayonida muhofaza qilish uchun qo‘llaniladigan shifrlash kaliti. Yaxlitlik muhofaza qilingan muhit|Ma’lumotlarning ruxsat etilmagan tarzda o‘zgartirilishi (jumladan, yaratilishi va chiqarib tashlanishi)ning oldi olinadigan yoki aniqlanadigan muhit. Yaxlitlik muhofaza qilingan kanal|Xavfsizlikni ta’minlash xizmati qo‘llanilgan telekommunikatsiyalar kanali. Yaxlitlik xizmati|Almashinadigan ma’lumotlar to‘g‘riligini, almashinadigan ma’lumotlarning o‘zgarishlardan, chiqarib tashlashlardan, yaratish (kiritish) va takror foydalanishdan muhofaza qilinishini kafolatlash usullarining taqdim etilishi. Yaxlitlikni tekshirish|Ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimida – ma’lumotlar bazasi yozuvlarining to‘g‘riligini tekshirish. Ma’lumotlarni yuklash paytida amalga oshiriladi. Yaxlitlikning buzilishi|1. Fayl yozuvlari yoki ma’lumotlar bazasi tarkibidagilarning mashina bilan bog‘liq uzilishlar, dasturdagi xatolar, shuningdek, foydalanuvchilarning noto‘g‘ri harakatlari oqibatida yuz beradigan o‘zgarishi.2. Ma’lumotlarni maqsadli yaratish, almashtirish va buzish yo‘li orqali ma’lumotlarning muvofiqlashtirilganligini obro‘sizlantirish. Yashash vaqti|Dastur obyekti (masalan, o‘zgaruvchi) o‘z ahamiyatini saqlab turadigan dasturning bajarilish intervali. «Yashil» shaxsiy kompyuter|Elektr energiyasining eng kam darajada («tinch» rejimda 30 W ga yaqin) iste‘mol qilini-shini ta’minlaydigan shaxsiy kompyuterlar. Bunday kompyuterlar ekranni avtomatik ravishda o‘chiradi va foydalanuvchining faolligi kuzatilmaydigan hamda diskka murojaat qilishning belgilangan vaqtida diskovodning aylanishini to‘xtatadi. Yashirin boshqarish utilitalari|Olisdagi kompyuterlarning ruxsat etilmagan tarzda boshqarilishini amalga oshirish, ya’ni, fayllarni qabul qilish/jo‘natish, ularni ishga tushirish yoki yo‘q qilish, xabarlarni chiqarish, axborotni o‘chirish, kompyuterni qayta yuklash va h.k. uchun mo‘ljallangan dasturlar. Yashirin eshitish|1. Jinoyatkor tomonidan, tarmoq bo‘ylab uzatiladigan axborotni, muhofaza tizimining zaif joylarini aniqlash va keyinchalik undan foydalanish maqsadida tutib olish.2. Konfidensial axborotni tutib olish bilan bog‘liq har qanday harakatlar, shu jumladan, qo‘shni kanallar orqali nurlanishlarni qabul qilish hisobiga. Yashirin fayl|Nomi, ma’lumotlar xavfsizligini oshirish maqsadida katalogning fayllar ro‘yxatida ko‘rsatilmaydigan fayl. Buning uchun faylga maxsus belgi (atribut) beriladi (belgilanadi). Yashirin kalit|Stansiyada ochiq ko‘rinishda saqlanmaydigan, har safar kriptografik algoritmlar yordamida qayta ishlab chiqiladigan shifrlash kaliti. Yashirin kanal|1. Ma’lumotlarni, xavfsizlik siyosatini buzadigan usulda uzatish uchun qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan uzatish kanali.2. Foydalanuvchiga yashirin tarzda ko‘p darajali foydalanishni chegaralash siyosatini va baholash obyekti uchun kuzatib bo‘lmaslik talabini buzishga imkon beradigan deklaratsiya qilinmagan uzatish kanali. Yashirin papka|Operatsion tizimga tegishli muhim fayllar va foydalanuvchi sozlamalarini yashirish uchun mo‘ljallangan papka. Yashirin reklama|Reklama deb belgilanmagan, joylashtirilishi va ko‘rinishi bo‘yicha boshqa materiallardan farq qilmaydigan, shaxsiy xabar sifatida yuborilgan va shularga o‘xshash axborot. Yashirin reklama foydalanuvchi anglay olmaydigan holda uning ongiga taʼsir qiladi. Yashirin xotira|Xotirani tashkil qilish usuli, bunda bir xotira bloki BIOS dasturlar yozilgan boshqa bir blok bilan almashtiriladi. Yashirish|Axborotni texnik muhofaza qilish usuli bo‘lib, axborot tashuvchilarni aniqlash va axborotni olish sharoitlarini yomonlashtirishdan iborat. Yashovchanlik|To‘xtalishlar, ishlamay qolishlar, ilojsiz va boshqa noqulay vaziyatlarda tizimning muvaffaqiyatli ishlay olish qobiliyati. Yacheyka|Tezkor xotira qurilmasining minimal manzillanadigan sohasi yoki massivning manzillanadigan elementi. Yacheyka sarlavhasi|Tarmoq bo‘yicha yacheykaning foydali yuklanishini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan funksiyalarni bajarish uchun ajratilgan yacheykalar ichidagi bitlar. Yacheyka (uya) geometriyasi|Yacheyka (uya) konfiguratsiyasi; amalda u hech qachon qat’iy geometrik shaklga ega bo‘lmaydi.Izoh − Yacheyka (uya)ning real chegaralari, odatda, qat’iy belgilanmagan bo‘ladi va radioto‘lqinlarning turli yo‘nalishlarda tarqalish sharoitlariga bog‘liq ravishda surilishi mumkin. Signallarning susayishi joyning rel-yefiga, imoratlarning zichligiga, yer usti qoplami va boshqalarga bog‘liq. Yacheykalararo xendover|Abonentning yangi tayanch stansiya (uya)ga ko‘chib ulanishi, odatda, bunday qayta ulanish ma’lumotlarni uzatish yoki qabul qilish uchun ajratilgan chastota va/yoki vaqt intervalining o‘zgarishi bilan sodir bo‘ladi. Yacheykalarni uzatishdagi kechikish|ATM tarmoqlarida xizmatlar sifatining parametrlaridan biri, ular bog‘lanish o‘rnatilayotganda tarmoq qurilmalari bilan mos kelishi lozim. U yacheykalarning jo‘natuvchidan oluvchiga uzatishdagi maksimal kechikish kattaligini tavsiflaydi. Yacheykalarni uzatishning yo‘l qo‘yiladigan tezligi|ATM tarmoqlarida ATM Forum assotsiatsiyasi tomonidan belgilangan trafikni boshqarish parametri. ACR minimal (MCR) va eng yuqori uzatish tezligi (PCR) orasida kanalning yuklanishini boshqarish orqali o‘zgaradi. Yacheykali avtomat|Har biri qo‘shni munosabat qoidalari bilan bog‘langan, parallel ishlaydigan yacheykalar to‘ridan iborat bo‘lgan model yoki moslama. Har bir yacheyka qo‘shnilarining holati bilan bog‘liq bo‘lgan berilgan holatlardan birida bo‘lishi mumkin. Har bir yacheykadagi holatning o‘zgartirilishi vaqtning diskret onida sinxron tarzda sodir bo‘ladi. Yacheykani maydalash|Yacheyka (uya)ni harakat doirasi kichik bo‘lgan bir nechta yacheykaga bo‘lish usuli, odatda, intensiv trafikli rayonlarda xizmat ko‘rsatish xarakteristikalarini yaxshilash uchun qo‘llaniladi.Izoh − Yacheykalar maydalanganda, tarmoqdagi tayanch stansiyalarning soni ortadi, biroq tayanch va mobil stansiyalar uzatgichlarining nurlanish quvvati kamayadi. Yacheykani qayta tanlash|Mobil abonentning harakatlanish jarayonida bir tayanch stansiyadan boshqasiga o‘tishida yacheykaning almashishi.Izoh − Jumladan, TETRA standartida yacheyka almashinuvining 5 ta rejimi nazarda tutilgan: uchtasi tayanch stansiyani ogohlantirish bilan va ikkitasi uni ogohlantirmasdan. Yacheykasimon topologiya|Kompyuterlarni tarmoqqa birlashtirish sxemasi, bunda yonma-yon turgan barcha kompyuterlar bilan fizik aloqa liniyalari o‘rnatilgan bo‘ladi. Bu topologiyaning afzalligi, uning yuklanishlarga chidamliligida. Yelka osha yashirincha qarash|Parollar yoki PIN-kodlarni, ularning klaviaturada terilishini kuzatish yo‘li bilan o‘g‘irlash. Yelkasimon yaproq|Antenna yo‘nalganlik diagrammasining o‘qiga nisbatan siljigan va yo‘nalganlik diagrammasining asosiy yaprog‘i bilan kesishuvchi yon yaproq. Yerning sun’iy yo‘ldoshi|Yer atrofiga chiqarilgan va Yer atrofini kamida bir marta aylanib chiqqan kosmik apparat. Yetakchi signallar|Televideniyeda – uzatiladigan sahna optik tasvirini elektr signallariga aylantirish joyida yoyish maydoni yoki satr boshlanish vaqtini boshqaruvchi signallar. Yetakchi stansiya|Tarmoqning barcha trafigini sinxronlaydigan va bir nechta yetaklanuvchi (bo‘ysunuvchi) stansiya ishini boshqaradigan stansiya. Vaqtning har bir daqiqasida sinxronlash tarmog‘ida faqat bitta yetakchi stansiya mavjud bo‘ladi, garchi stansiyaning bunday maqomi vaqtinchalik va ish jarayonida o‘zgarishi mumkin bo‘lsa ham. Yetaklanuvchi stansiya|Yetakchi stansiya boshqaruvida ishlaydigan va o‘zining avtonom generatori chiqish chastotasini yetakchi stansiyaning tayanch generatori chastotasiga sozlay oladigan bo‘ysunuvchi stansiya. Yetarli|Operatsion tizim yoki biror-bir uskuna tomonidan ularning to‘g‘ri ishlashi uchun qo‘yiladigan talablarning qanoatlantirilishi. Yetarli darajadagi maxfiylik|Ochiq kalit sxemasidan foydalanib assimetrik shifrlovchi ochiq dastur. Muallifi – Filip Simmerman. Algoritm va dastur 1992-yilda yaratilgan. Yetarli huquqlar|Foydalanuvchi uchun kerak bo‘lgan fayllar yoki papkalar ustida operatsiyalar bajarish uchun kerakli bo‘lgan huquqlar. Yetkazib berish uchastkasi|Shahar, posyolka yoki qishloq tumani hududining bitta pochtalyon tomonidan xizmat ko‘rsatilishi mo‘ljallangan qismi. Yetkazib berishlar zanjirini boshqarish|Korxonaning logistik va ishlab chiqarish jarayonlarida vujudga keladigan va o‘zgaradigan xom ashyo, materiallar, mahsulotlar, xizmatlar to‘g‘risida o‘lchanadigan jami iqtisodiy samaraga qaratilgan (chiqimlarni kamaytirish, pirovard mahsulotga bo‘lgan talabni qondirish) butun axborot oqimini rejalashtirish va boshqarishga bo‘lgan yaxlit yondashuvdan iborat tashkiliy konsepsiya va tashkiliy strategiya.Izoh – Konsepsiya 1982-yilda Keyt Oliver tomonidan taklif qilingan, keyinchalik rivojlantirildi va amaliy dasturiy ta’minot-yetkazib berishlar zanjirini boshqarish tizimidan foydalangan holda, amalda qo‘llandi. Yevropa axborot va hisoblash tizimlarini standartlashtirish assotsiatsiyasi|Faoliyati axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini standartlashtirishga bag‘ishlangan assotsiatsiya. U uchta maqsadni nazarda tutadi: axborot va tarmoq tizimlarini qo‘llab-quvvatlash va standartlashtirishda foydalaniladigan standartlar va texnik hisobotlarni tuzish, standartlarning to‘g‘ri qo‘llanilishini kengaytirish, standartlar hamda texnik hisobotlarni qog‘oz ko‘rinishida va elektron variantda tarqatish. Yevropada OSI tarmoqlarini birlashtirish|OSI asosida Yevropa kuzatish ishlarini olib boradigan tarmoqlarni birlashtirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan, Yevropa komissiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan dastur. Yechim|Buyurtmachining talab va ehtiyojlariga qaratilgan dasturlar va dasturiy vositalar, shuningdek, xizmatlar birikmasi. Yechimlar daraxti|Yechimlar qabul qilish uzellari va ushbu uzellarga mos keladigan muqobillardan iborat tuzilma. Yechimlar daraxti bo‘ylab harakat tasodifiy tarzda yoki uzellarda mavjud bo‘lgan lokal ma’lumotlarga asoslanib amalga oshirilishi mumkin. Muvaffaqiyatli izlash natijasida, yechimlar daraxtida daraxt ildizidan (boshlang‘ich vaziyat) maqsadli vaziyatga muvofiq keladigan, daraxtning uzeliga olib boradigan yo‘l hosil bo‘ladi. Yechimlar daraxti bo‘ylab harakatlanish jarayonida ko‘pincha, bektreking protsedurasi yordamida amalga oshiriladigan, ilgari o‘tilgan uzellarga qaytish zarurati yuzaga keladi. «Yilning eng yomon soati»|Radioto‘lqinlarning tarqalish trassasidagi maksimal ehtimoliy yo‘qotishlar davri. Troposfera va ionosfera aloqa liniyalari uchun zaxira tanlashda hisobga olinadi. Yirik detallardagi kontrastlilik|Maksimal oq va maksimal qora maydonlar yorqinliklarining nisbati (tashqi yoritish bo‘lmaganda). Yig‘ish|«Yig‘ish» (oyna sarlavhasining o‘ng qismi) tugmasini bosish yordamida oyna o‘lchamini vazifalar panelidagi tugma o‘lchami darajasigacha kichraytirish. Bunga «ALT+BO‘Sh JOY» keyin «S» klavishlarini ketma-ket bosish bilan ham erishsa bo‘ladi. Yig‘ish, qurish|Dasturni yig‘ish (kompanovka qilish). Relizdan farqi shundaki, unda o‘zidan oldingi versiyadagi kod saqlanib qoladi, dastlabki kodda o‘zgarish bo‘lmaydi. Yig‘uvchi|Yozib olingan yozuvlarni qabul qilib oladigan va ularni saqlashning doimiy muhitida saqlaydigan veb-xizmat. Yolg‘on|Mantiqiy ifoda bilan qabul qilinadigan ikki qiymatdan biri. Yolg‘on o‘tkazish koeffitsiyenti|Bioidentifikatsiya tizimi tizimda ro‘yxatdan o‘tmagan foydalanuvchi barmoq izlarining haqiqiyligini xato qilib qayd etish ehtimolligi. U qancha past bo‘lsa, tizim shuncha ishonchli ishlaydi. Yomon niyatda qilinadigan ta’sir|Tizimning xavfsizlikni ta’minlash mexanizmlarini chetlab o‘tish yoki ularning kamchiliklaridan foydalanish maqsadida amalga oshiriladigan harakat.Izohlar1. Tizimga bevosita yomon niyatda ta’sir ko‘rsatilganda, bazaviy algoritmlarning xavfsizlikni ta’minlash mexanizmining prinsiplari yoki xususiyatlari kamchiliklaridan foydalaniladi.2. Bilvosita yomon niyatda qilinadigan ta’sir xavfsizlik mexanizmini chetlab o‘tish yoki tizimni bu mexanizmdan noto‘g‘ri foydalanishga majbur qilish orqali amalga oshiriladi. Yomon niyatli chaqiruvlarni aniqlash xizmati|Ma’muriyatning ixtiyori bo‘yicha abonentga niyati buzuq, bezovta qiluvchi yoki yomon niyatdagi chaqiruvlar manbaini aniqlash uchun yordam beradigan xizmat.Izoh – Bunda chaqiruvchi va chaqiriluvchi abonentlar raqami, chaqiruv (so‘rov) vaqti va sanasi ko‘rsatiladi. Xizmat aniq vaqt davomida bog‘lanish vaqtida yoki bog‘lanishning aktiv fazasida so‘ralishi kerak. U tarmoqda avtomatik tarzda (unda barcha kiruvchi chaqiruvlarning ma’lumotlari qayd etiladi) yoki abonent tomonidan (abonent tugmani bosadi yoki aniq raqamni teradi) ishga tushirilishi mumkin. Yomonlashuv birligi, imp|Sifat shkalasi yoki yomonlashuv shkalasidan foydalanishda o‘rtacha bahoga ega tayanch tasvirdan olinadigan kuzatishning ma’lum sharoitlarida tasvirning yomonlashuvini subyektiv baholaydigan birlik.Izoh − Muayyan sharoitlarda imp birligi o‘zaro bog‘lanmagan bir nechta nuqsonning subyektiv yomonlashuvi, shu nuqsonlarning alohida namoyon bo‘lishi tufayli yomonlashuvining yig‘indisiga teng deb jamlanadi. Yomonlashuv shkalasi|Kuzatishning ma’lum sharoitlarida, berilgan beixtiyoriy effekt tufayli tasvirning texnik yomonlashuvini miqdoriy subyektiv baholash imkonini beradigan, odatda, beshta, oltita yoki yettita bosqichli shkala. Yomg‘ir vaqtidagi qutbsizlanish|Yomg‘ir tomchilarining shakli nosferik bo‘lishi tufayli yuzaga keladigan, atmosfera yog‘inlarida radioto‘lqinlar qutblanishining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan effekt.Izoh – Radioto‘lqinlar gorizontal va vertikal tashkil etuvchilarining tarqalish bir xil bo‘lmasligi natijasida amplituda va faza siljishida tafovut paydo bo‘ladi, bu esa qabul qilish nuqtasida krocc-qutblanish komponenti paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Yon polosa|Sinusoidal eltuvchi chastotadan yuqori yoki quyida joylashgan va modulyatsiya jarayonida hosil bo‘lgan muhim spektral tashkil etuvchilarni o‘z ichiga olgan chastotalar polosasi. Yon polosani bostirish filtri|Tasvir radiosignalining bitta yon polosasi qismini susaytiruvchi filtr. Yon yaproqdagi uzilish|Xalaqitlarni fazoviy rezeksiyalash maqsadida shakllanadigan antenna yo‘nalganlik diagrammasining yon yaprog‘idagi chuqur uzilish. Yon yaproqlarni bostirish|1. Antenna yo‘nalganlik diagrammasining yon yaproqlari bo‘yicha nurlanishni susaytirish uchun joy relyefining ekranlashtiruvchi ta’siridan foydalanish.2. Xalaqitlar seleksiyasining fazoviy usuli, unda antenna yo‘nalganlik diagrammasida fazoviy holati yo‘nalishi bilan halaqit manbaiga mos keladigan yon yaproq o‘rnida pasayish shakllanadi. Yondosh elektromagnit nurlanish|Istalmagan axborotli elektromagnit nurlanish. U axborotni texnik vositalar bilan qayta ishlash paytida va axborot sizib chiqib ketishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan elektr zanjirlarda nochiziqli jarayonlar natijasida paydo bo‘ladi. Yonlama nurlanishdagi yo‘qotishlar|Energiyaning antenna ko‘zgusining chetidan sizib chiqishi hisobiga yo‘qotishlar. «Yopiq antenna»|Chiqish uchlariga uzatgich yoki qabul qilgichning fiderli liniyasi ulangan, ixtiyoriy konfigyratsiyaning yopiq konturini o‘zida aks ettiradigan ramkasimon antennaning bir turi.Yopiq arxitekturaing. - closed architectureing. - закрытая архитектураYagona ishlab chiqaruvchining texnik va dasturiy taʼminotiga mos keladigan arxitektura. Yopiq dastlabki kod|Yopiq dastlabki kod – ochiq kodning antonimi. Ochiq kod tushunchasiga kirmaydigan ixtiyoriy dastur va litsenziyalar. Bunda, faqat binar (kompilyatsiya qilingan) dastur versiyalari tarqatiladi. Litsenziya mavjudligi dastlabki kodga kirish imkoniyati yo‘qligini bildiradi. Dasturni o‘zgartirishni texnik jihatdan bajarib bo‘lmaydi. Dastlabki kodga kirish imkoniyati uchinchi tarafga faqat ovoza qilmaslik kelishuviga qo‘l qo‘yilgandan keyin beriladi. Yopiq kodli dasturiy taʼminot propriyetar (shaxsiy mulk) dasturiy taʼminoti hisoblanadi. Yopiq elektron raqamli imzo kaliti|1. Elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mos keladigan, axborot tizimining istalgan foydalanuvchisi foydalana oladigan va elektron hujjatda elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash uchun mo‘ljallangan simvollar ketma-ketligi.2. Elektron raqamli imzoni ishlab chiqish uchun mo‘ljallangan va faqat vakolatli shaxsga ma’lum bo‘lgan simvollar ketma-ketligi. Yopiq kalit|1. Nosimmetrik shifrlash tizimining kalitlaridan biri. Xabarlarni rasshifrovka qilishda va elektron imzoni shakllantirishda ishlatiladi.2. Ochiq kalitli shifrlash tizimidagi juft kriptografik kalitlarning yopiq (maxfiy) qismi. Yopiq kanal|Maʼlumotlardan ruxsatsiz foydalanishdan muhofazalangan mantiqiy kanal. Bunday mantiqiy kanallarning protokollari transport pog‘onasidan yuqorida joylashgan bo‘ladi va o‘zaro aloqadagi foydalanuvchilar orasidagi uzatishning konfidensialligini kafolatlaydi. Yopiq (muhofazalangan) ma’lumotlar|Foydalanuvchilarning tor doirasiga mo‘ljallangan ma’lumotlar. Qoidaga ko‘ra, erkin foydalanishning cheklanishi parollar tizimi orqali amalga oshiriladi. Yopiq obyekt|Obyektning yopiq yoki butunlay chegaralangan muhitga mansubligi. Yopiq tarmoq|Cheklangan miqdordagi qayd qilingan foydalanuvchilar kira oladigan ajratilgan aloqa tarmog‘i. Yopiq televideniye|Tasvirni nisbatan qisqa masofaga, odatda, kabel bo‘yicha uzatishga imkon beradigan va foydalanuvchilarning ma’lum guruhlari uchun mo‘ljallangan televideniye.Misol ‒ jamoat joylari, xavfli yoki kirish qiyin bo‘lgan joylarni, jarrohlik operatsiyalari va h.k.larni kuzatish. Yopiq televizion tizimlar|Cheklangan auditoriyaga vizual axborotni uzatish uchun mo‘ljallangan televizion tizimlar.Misol ‒ Qo‘riqlash televideniyesi tizimi. Yopiq trassa|Profili mahalliy relyef bilan qorong‘ilangan trassa, buning oqibatida uzatuvchi va qabul qiluvchi antennalarning fazaviy markazlari o‘rtasidagi to‘g‘ri ko‘rinish ko‘rinmaydi.Izoh ‒ Yopiq trassalar uchun yorug‘lik kattaligi har doim salbiy. Yopiq xavfsiz muhit|Ma’lumotlar va resurslarni tasodifiy yoki qasddan qilinadigan harakatlardan (mualliflik, ruxsat berish kategoriyalari, konfigurasiyani boshqarish va h.k. ko‘rinishda) muhofaza qilishga alohida e’tibor beriladigan muhit. Yopish|Ilovani tugallashga olib keladigan harakat. Yoppasiga qoplash|Ma’lum geografik mintaqaning xizmat ko‘rsatish zonasi, unda abonent radioliniyasining turg‘un ishlashi uchun kerakli energetik nisbat ta’minlanmagan birorta ham uchastka bo‘lmaydi. Yoqilgan|Tizim ishga (ma’lumotlarni qabul qilishga) tayyor holatda bo‘lgan rejim. Yoqmoq|Qurilmaning ishga tushirilishini anglatadi. Masalan, biron-bir qurilma moslamasining parametrlarida yoqiq deb ko‘rsatilgan bo‘lsa, ushbu qurilma moslamasidan foydalana olishga ruxsat etiladi. Yordam va qo‘llab-quvvatlash|Xizmatning ichki va tashqi buyurtmachilarini texnik qo‘llab quvvatlovchi, foydalanuvchilarni kompyuterning apparat va dasturiy ta’minot bilan bog‘liq muammolarini hal qiluvchi axborot tizimi. Axborot texnologiyalari infratuzilmalarining muammoli qismlarini aniqlash, axborot texnologiyalari bo‘limining ish samaradorligini baholash imkonini beruvchi axborot texnologiyalari infratuzilmasi bibliotekasining muhim funksional tashkil etuvchisi. Yordam, ma’lumot berish tizimi|O‘zida dasturiy ta’minot bilan ishlash bo‘yicha maqolalar (maslahatlar)ni saqlovchi ma’lumot berish tizimi. Yordamchi protsessor|Fon rejimidagi yoki maxsus masalalarni bosh protsessordan ajratib olgan holda bajaradigan kompyuter tizimidagi ikkilamchi protsessor. Yordamchi retranslyator|Radiosoya zonasini qoplashda ishlatiladigan retranslyator. Yordamchi texnologiyalar|Tizimga qo‘shilgan yoki kiritilgan apparat yoki dasturiy ta’minot. Yordamchi xizmat|Telefon orqali qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish; masalan, belgilangan vaqtda abonentni ogohlantirish (xabardor qilish) va boshqalar. Yordamchi xotira|Axborotni yodda tutish va saqlashning, elektron hisoblash mashinasining asosiy, ichki manzillanadigan xotira qurilmasiga kirmaydigan vositalari. Yorqinlik gradatsiyasi|Normalangan axromatik gradatsion ponaning qo‘shni uchastkalari yorqinliklarining farqi. Yorqinlik kanali|Rangli televideniye tizimidagi yorqinlik signalini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan har qanday trakt. Yorqinlik kanalidagi rejektor|Dekoderdagi ranglilik-yorqinlik kesishuvchi xalaqitlarini yoki koderdagi yorqinlik-ranglilik kesishuvchi xalaqitlarini kamaytirish maqsadida yorqinlik kanaliga kiritiladigan filtr. Yorqinlik koyeffitsiyentlari|Har qanday rangning tegishli rang koyeffitsientiga bo‘lgan doimiy ko‘paytiruvchilar. Yorqinlik signali|Televizion tasvir elementlarining yorqinligi to‘g‘risidagi axborotni tashuvchi elektr signal.Izoh – Rangli televideniyeda yorqinlik signali uchta asosiy rang signallarining muayyan chiziqli kombinatsiyasi ko‘rinishida hosil qilinadi. Yorqinlik signalidagi oqning etalon darajasi|Oq yo‘nalishida yorqinlik signalining muayyan maksimal kirishiga mos keladigan daraja. Yorqinlik signalining nochiziqli buzilishlari|Uzatish trakti amplitudaviy tavsifining nochiziqli shakli tufayli yuzaga keladigan, pog‘onali yoki arrasimon signallar yordamida baholanadigan buzilishlar. Yorqinlik va ranglilik signallarining vaqt davomidagi farqi|Yorqinlik va ranglilik signallarining kechikishidagi, tegishli yorqinlik uchastkasidan rangning chap yoki o‘ngga o‘tishiga olib keladigan, farq. Yorqinlik, ravshanlik|Piksel bilan birlashtirilgan va kul rangning (oqdan qoragacha bo‘lgan) kattaligini aks ettiradigan qiymat. Shuningdek, foydalanuvchi monitorida qoradan oqqacha shkala bo‘yicha rang yorqinligini bildiradi. Yorqinlikni rostlash|Qabul qiluvchi televizion trubkada siljituvchi kuchlanishni qo‘lda sozlash.Izoh – Yorqinlikni sozlash tasvirning o‘rtacha yorqinligiga ham, kontrastlilikka ham ta’sir etadi. Yorqinlik-ranglilik kesichuvchi buzilishi|Ranglilik signalining yorqinlik signali spektrining ranglilik signalining chastotalar polosasida yotuvchi tashkil etuvchilari keltirib chiqaradigan buzilishi. Yorqinlik-ranglilik kesishuvchi shovqini|Tasvirdagi yorqinlik kanalidan ranglilik kanaliga shovqinni kiritish tufayli yuzaga keladigan nomaqbul rang effekti.Izoh ‒ Bu yomonlashuv, xususan, kompozit rang videosignallardan foydalanadigan tizimlarda yuzaga keladi. Yorug‘lik aberratsiyasi|Yorug‘lik nuri yo‘nalishining kuzatuvchining yorug‘lik manbaiga nisbatan harakatlanishi oqibatida o‘zgarishi. Yorug‘lik diodi|Elektr tokini yorug‘lik nurlanishiga aylantiradigan, nanoo‘lchamli geterotuzilmalarga asoslangan asbob. Yorug‘lik perosi|Ekran nuqtalari koordinatasini olishda kerak bo‘lgan yoruqlikka sezgir qurilma. Yorug‘lik perosi ma’lumotlarni chiqarishda ishlatiladi va maxsus ekranni talab qilmaydi. Yorug‘lik perosi uchiga o‘rnatilgan maxsus fotoelement, peroni ekran bilan ta’sir nuqtasidan uzatilayotgan yorug‘lik signalini sezadi. Signal paydo bo‘lishi bilan tasvirning ochilishi sinxrosignalni taqqoslash yorug‘lik perosining ekrandagi joylashuvini aniqlash imkonini beradi. Yorug‘lik (rang) ning maydon bo‘ylab notekisligi|Qayta tiklanayotgan televizion tasvir maydoni bo‘yicha yorug‘lik va/yoki rangning beixtiyoriy o‘zgarishi. Yorug‘lik sarfi|Tarqalayotgan yorug‘lik oqimining iste’mol qilingan quvvatga nisbati. Yorug‘lik sarfining birligi lyumen/vatt. (ℓm/W). Yorug‘lik sochilishini tuzatish|Telekameraning optik tizimida yorug‘lik sochilishi ta’sirida qora darajasida buzilgan videosignal shaklini tuzatish. Yorug‘lik to‘lqinlari|0,4 mkm dan 0,76 mkm gacha bo‘lgan diapazondagi elektromagnit to‘lqin uzunliklari. Yorug‘lik va sinxronizatsiya signallarining nisbati|Oq darajaning sinxronizatsiya darajasiga, ikkalasi ham so‘ndirish darajasiga nisbatan ifodalangandagi, nisbati. Yorug‘lik xarakteristikasi|O‘zgartirgich chiqishidagi signal tokining uning fotosezgir yuzasi yoritilganligiga bog‘liqligi. Yorug‘lik o‘qi|Har bir rang uchun yorug‘lik tashkil etuvchisi ajratiladigan tayanch oq rangni o‘z ichiga oladigan rangli fazo o‘qi. Yorug‘lik o‘tkazgich|Silindr shaklidagi, ikki qavat ingichka shisha o‘tkazgich ko‘rinishida yasalgan optik to‘lqin o‘tkazgich. Uning bo‘ylab to‘lqin uzunligi 400 nm dan 3000 nm gacha bo‘lgan elektromagnit nurlanish uzatiladi. Yorug‘likka sezgirlikning mutlaq chegarasi|Qorong‘ulikka moslashish sharoitida qora fonda ko‘z ilg‘aydigan yorug‘lik dog‘i yorqinligining eng kichik (chegaraviy) qiymati. Yorug‘likning kombinatsion sochilishi (Raman effekti)|Modda tomonidan sochilgan yorug‘lik chastotasining o‘zgarish hodisasi. Yorug‘likning yutilish koeffitsiyenti|Jism yutgan yorug‘lik miqdorining jismga tushadigaan yorug‘lik miqdoriga nisbati. Yoyiladigan ko‘zgu|Ko‘plab seksiyalardan iborat bo‘lgan katta antenna ko‘zgusi. Yo‘ldoshli aloqa tizimlarida qo‘llaniladi. Yoyish|1. signal datchigida – elektr signalni olish uchun, har bir elementning yorug‘lik xarakteristikalarini aks ettiradigan, sirtning har bir element bo‘yicha tizimli o‘tishi.Izoh ‒ Taalluqli atama «ochib ko‘rsatish».2. Televideniyeda – to‘g‘riburchakli sirt elementlari to‘g‘riburchakning katta tomoniga parallel bo‘lgan bir biriga nisbatan teng uzoqlashtirilgan to‘g‘ri liniyalar bo‘yicha doimiy aniq tezlik bilan aylangandagi yoyish. Yoyish davri|To‘g‘ri va teskari yoyilish yo‘llarining vaqt yig‘indisi. Yoyish qadami|Televizion rastr ikkita qo‘shni satrlarining o‘qlari orasidagi masofa. Yoyish qadami satrlarning aktiv soniga bo‘lingan tasvir (kadr) balandligiga teng bo‘lishi kerak. Yoyish signali|Yoyuvchi element harakatini boshqaruvchi signal. Yoyish tezligi|Yoyuvchi element yoyiladigan sirt bo‘ylab o‘tadigan liniyaviy tezlik. Yoyli antenna panjarasi|Nurlantiruvchi elementlari egri chiziq qismida joylashgan antenna panjarasi. Yoymoq|Oynani uning yuqori o‘ng burchagidagi yoyish tugmasini bosib, maksimal o‘lchamga yetguncha kattalashtirish. Yozib olingan xabar|Kelib tushgan xabarlarni yozish uchun qurilmaga chaqiriluvchi abonentga kelib tushadigan chaqiruvlarni uzatish imkonini beradigan, ushbu abonent yoki oxirgi (terminal) tarmoq tomonidan taqdim etiladigan xizmat. Yozib olingandan so‘ng uzatish|Efiirga, faqat yozib olingandan so‘ng uzatiladigan tovushli yoki televizion dastur. Yozib olish|Internet tarmog‘idan faylni olish. Yozib olishdan muhofaza qilish|"Diskdagi axborotni, 5,25"" disketalarida solishtirib o‘qish belgisini yopishtirish va 3,5"" disketalarida solishtirib o‘qish belgisini surib, muhofaza qilish usuli, bu yangi ma’lumotlar yozib olishning oldini oladi va mavjud ma’lumotlarni yo‘qolishdan saqlaydi." Yozib olishga ruxsat|Ma’lumotlarni yozib olish uchun ruxsat beradigan foydalana olish huquqi.Izoh – Yozib olishga ruxsat ma’lumotlarni to‘ldirish, o‘zgartirish, o‘chirish yoki yaratishga ruxsat hisoblanadi. Yozish vaqtida nusxalash|Jarayonni yaratish strategiyasi, bunda yangi jarayon adres fazosini bosh jarayon bilan manzil fazosining birinchi yozuvigacha ajratadi, shundan so‘ng shu’ba jarayon uchun yangi manzil fazosi yaratiladi. Yozishdagi xato|Axborotni tezkor xotiradan ma’lumotlarni saqlash yoki chiqarish qurilmasiga uzatish paytida yuz beradigan xato. Yozma xat-xabarlar|Oddiy, buyurtma, qiymati eʼlon qilingan xatlar va banderollar, oddiy, buyurtma pochta varaqchalari hamda oddiy, buyurtma sekogrammalar, shuningdek, mayda paketlar. Yozma xat-xabarlarga shtempellash|Pochta markalarining va/yoki yozma xat-xabarlarning jo‘natilishi belgilangan manzildagi pochta aloqasi obyektiga kelib tushgan sanasini hisobdan chiqarish yo‘li bilan qabul qilish joyi va sanasini belgilash maqsadida unga taqvim shtempeli izini tushirishni o‘z ichiga olgan yozma xat-xabarlarga ishlov berish. Yozmoq|Ma’lumotlarni tezkor xotira qurilmasidan tashqi qurilmaga yoki protsessordan tezkor xotira qurilmasiga uzatish. Yozuv|1. Dasturlash tillarida ma’lumotlar tuzilmasi – yaxlit bir butun sifatida qaralishi mumkin bo‘lgan, bir jinsli bo‘lmagan tizimlashtilangan elementlar to‘plami. Har bir element yozuv maydoni deb ataladi, u nomga va turga ega bo‘ladi. Muayyan yozuv maydonida saqlanadigan ma’lumotlardan foydalanish uchun, yozuvni saqlaydigan o‘zgaruvchi nomi ko‘rsatiladi, keyin nuqtadan so‘ng maydon nomi keladi.2. Magnit tashuvchidagi, masalan, magnit tasmadagi ma’lumotlar bloki. Yozuv agenti|Kuzatib boriladigan ilova jarayonining fazoda yuklangan kadrni qamrab oladigan umumiy bibliotekasi. Yozuv demoni|Kuzatiladigan dastur joylashgani kabi oxirgi nuqtada ishlaydigan va kengaytirilgan vakolatlar talab qilinadigan operatsiyalarni bajaradigan imtiyozli jarayon. Yuguruvchi nurli kamera|Tasvirlarni yuguruvchi yorug dog‘ orqali yoyishga asoslangan uzatish qurilmasi. Yuguruvchi to‘lqin|Uzatish liniyasida, uzatuvchi muhitning xossalari bilan belgilanadigan tezlikda faqat bir yo‘nalish bo‘ylab tarqaladigan elektromagnit to‘lqin. Yuguruvchi to‘lqin antennasi|Geometrik o‘qi bo‘ylab elektromagnit tebranishlarning yuguruvchi to‘lqinlari tarqaladigan yo‘naltirilgan antenna.Izoh ‒ Yuguruvchi to‘lqin antennalariga «to‘lqinli kanal» turidagi antenna, spiral antenna, dielektrik antenna, rombsimon antenna va boshqa qator antennalar kiritiladi. Yuguruvchi toʻlqin koeffitsiyenti|Uzatish liniyasidagi toʻlqin elektr yoki magnit maydoni eng kichik amplituda kuchlanganligi nisbatiga teng koeffitsiyent. Yuklagich|Boshqa dasturlarni ularni amalga oshirilishi uchun tezkor xotiraga yuklovchi tizim dasturi. Boshlang‘ich yuklovchining farqli tomoni, u BIOS da joylashgan bo‘lib, u operatsion tizimni yuklaydi va unga boshqaruvni uzatadi, shuningdek yuklovchilar operatsion tizimning o‘zida ham mavjud. Yuklama koeffitsiyenti|Foydalanishning ma’lum sharoitlarida elementga ta’sir etadigan ishchi yuklamaning nominal (standartlar, foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomalar va boshqa tegishli hujjatlar bilan belgilangan) yuklamaga nisbati. Yuklama konsentratori|Maʼlumotlarni uzatish tarmog‘ida paketlarni kommutatsiya markaziga ulanadigan va paketlarni yig‘ish-sochish operatsiyalarini bajarish uchun mo‘ljallangan texnik vosita. Yuklamoq|Ma’lumotlarni boshqa kompyuterga (tarmoq orqali) yuklash. Yuklanish paytida|Operatsion tizim yoki dasturning xotiraga yukla-nishida bajariladigan protseduralar yoki dasturlar. Yuklanishdagi tasvir|Operatsion tizimning nomini va logotipini aks ettiruvchi tasvir. Yuklanishni balanslash|Klaster serverlaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida, hisoblash klasterida yuklanishni taqsimlash. Yuklanishni initsializatsiya qilish|Windows NT/2000/XP/10 operatsion tizim yuklanishini initsializatsiya qiladigan fayl. Operatsion tizimlarni yuklash usullarini ifodalaydi. Yuklanuvchi disk|Operatsion tizimni yuklash yoki qayta yuklash amalga oshiriladigan qattiq disk (disketa). Yuklanuvchi drayver|Tezkor xotiraga faqat kerak vaqtda yuklanuvchi drayver. Bunday drayverlar tezkor xotirani tejashni va protsessor resursining bekor sarflanishini oldini oladi. Yuklanuvchi sektor, butsektor|Axborotni saqlaydigan qattiq disk, disketa yoki boshqa disk qurilmasidagi muhim sektor. Disketa va optik disk uchun bu birinchi jismoniy sektor, qattiq disk uchun har bir bo‘limning birinchi jismoniy sektori. Fleshkada yuklash sektori bo‘lmaydi. Yuklanuvchi virus|Kompyuterni yuklashda bajariladigan va qattiq yoki egiluvchan magnit diskning yuklash sektoridagi dasturni zararlaydigan virus. Yuklash|1. Ishga tushayotgan dastur, jarayon va sh.k. fayllarni dasturning keyingi ishini ta’minlash uchun tezkor xotiraga yuklash jarayoni.2. Kompyuterni operatsion tizim yadrosini yuklash orqali ishga tushirish. Yuklash manzili|Tezkor xotira qurilmasining manzili, undan boshlab dastur xotirada joylashtiriladi. Absolyut dasturlarda yuklash manzili qayd etilgan bo‘ladi va dasturchi tomonidan beriladi. Yuklash paytida suriladigan dasturlardan (chiziqli xotiraga ega kompyuterlarda) manzillarni sozlash amalga oshiriladi. Bu sozlash suriladigan barcha manzillarni yuklash manziliga teng bo‘lgan konstantaga oshirishda ifodalanadi. Yuklash qurilmasi|Olinadigan yoki doimiy yuklash diski qurilma. Yuklash vaqti (fazasi)|Dasturning xotiradagi binar obrazini olish uchun aloqa redaktori va yuklagichni chaqirish fazasi. Yuklash vaqtida manzillarni bog‘lash|Manzillash sxemasi, bunda generatsiyalanadigan kod ma’lumotlarni va dasturni qiymati dasturni yuklashda aniqlanadigan ko‘chirish registriga nisbatan manzillaydi. Yuklash yozuvi|Disketdagi birinchi fizik sektor yoki qattiq disk bo‘limining birinchi mantiqiy sektori. Bitta yoki bir nechta sektordan iborat bo‘lishi mumkin. Yuklovchi yozuvning birinchi sektori yuklovchi sektorning imzosi bilan tugallanadi. Yuklovchi disklarda, shuningdek, operatsion tizim yuklaydigan dastur ham bo‘ladi. Ba’zida yuklash sektor deb ataladi. Yuklashni balanslash klasterlari|Server bek-endi kompyuterlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydigan, (front-ends) so‘rovlarni balanslaydigan bir nechta kirish kompyuterlariga ega kompyuter klasterlari. Yulduz|Kompyuterlarni tarmoqqa birlashtirish usuli: bitta kompyuter ajratiladi va u asosiy (bosh) kompyuter ataladi, qolgan barcha kompyuterlar u bilan bevosita ulanadi. Ma’lumotlar bitta periferik kompyuterdan boshqasiga faqat bosh kompyuter orqali uzatilishi mumkin. Bosh kompyuter ishlamay qolsa, butun tarmoq ishlash qobiliyatini yo‘qotadi. «Yulduz» topologiyasi|Lokal hisoblash tarmog‘ining uchta tayanch fizik topologiyasidan biri. Bunda kompyuterlar va qurilmalar markaziy uzel bilan radial liniyalar orqali ulanadi. Yulduzcha, «*» simvoli|Qator operatsion tizimlarda faylning umumlashtirilgan nomini berish uchun foydalaniladigan simvol. Tizim yulduzcha simvoli o‘rnida ixtiyoriy sondan iborat ixtiyoriy simvolni qo‘yishi mumkin. Yulduzsimon tarmoqlagich|1. Bitta kirish va ikkitadan ko‘p chiqish optik qutblari bo‘lgan optik tarmoqlagich.2. Signal energiyasini o‘zining chiqish uchlari o‘rtasida bir tekis taqsimlaydigan (chiqish uchlari kamida to‘rtta bo‘lgan) passiv qurilma. Yulduzsimon topologiya|«Yulduz»ni eslatuvchi topologik sxema. Undagi har bir olisdagi tarmoq uzeli bitta markaziy kommutator, uzel stansiyasi yoki kanallar konsentratori bilan bog‘lanadi. «Yulduz»simon topologiyali tarmoq mahalliy foydalanuvchilar uchun trafikni tarmoqlash (ajratish) va olisdagi foydalanuvchilar o‘rtasida qayta taqsimlash imkonini beradi. Yulduzsimon to‘rtlik|Birga buralgan, to‘rtta izolyatsiyalangan o‘tkazgichdan iborat kabel elementi. Ikki qarama-qarshi o‘tkazgich uzatuvchi juftlikni hosil qiladi. Yulduzsimon to‘rtligi bo‘lgan kabellar, ularning elektr xarakteristikalari aynan shu spetsifikatsiyalar talablariga javob beradigan hollarda, juftliklardan iborat kabellar bilan o‘zaro almashinuvchan bo‘lishi mumkin. Yumshoq xendover|Axborotni yo‘qotmay turib, ishchi kanalni bir tayanch stansiyadan boshqasiga avtomatik tarzda qayta ulash. Yumshoq qayta ulash rejimi bir vaqtda, bittadan ko‘p tayanch stansiya bilan ishlash imkoniyatini nazarda tutadi.Izoh − O‘xshash protsedura ko‘p yo‘ldoshli aloqa tizimida ham mavjud bo‘lib, unda yer stansiyasining bitta kosmik apparat (tushayotgan)dan boshqa kosmik apparat (ko‘tariluvchi) ga qayta ulanishi sodir bo‘ladi. Yumshoqroq xendover|Ishchi kanallarni bir sektorli antennadan boshqasiga qayta o‘zgartirish, bitta tayanch stansiyada amalga oshirilishi tufayli, sinxronizmga qayta kirish protsedurasi talab qilinmaydigan xendover. Yuqori|Obyektning ma’lum bir chegaralarga nisbatan yuqori joylashgan o‘rni. Yuqori aniqlikdagi televideniye (YuAT)|Vertikal va gorizontal bo‘yicha taxminan ikki marta kattalashtirilgan aniqlikka ega va standart aniqlikdagi televideniye bilan solishtirganda kadrning kattalashtirilgan formatiga ega televideniye. Yuqori aniqlikdagi TV (HDTV) va oddiy sifatli TV dasturlarini taqsimlash xizmatlari|HDTV xarakteristikalariga yoki oddiy tasvir sifatiga ega televizion dasturlarni taqsimlash imkonini beradigan xizmatlar. Yuqori daraja tili|Uchinchi avlod va undan yuqori darajadagi dasturlash tillari, ya’ni assemblerlarga qaraganda, abstraktlashning birmuncha yuqori darajasini ta’minlaydigan tillar. Yuqori elliptik orbita (yo‘ldoshning)|Yo‘ldoshning ellips shaklidagi aylanish orbitasi, uning fokuslaridan birida Yer markazi joylashadi va uning o‘qlari yulduzlarga nisbatan ma’lum yo‘nalishda bo‘ladi.Izoh – «Molniya» yo‘ldoshlari yuqori elliptik orbitasining apogey balandligi 40000 km ga yaqin, perigey balandligi 500 km, ekvator tekisligiga og‘ishi 63,4° ga teng. Yuqori huquqlar bilan ishga tushirmoq|Bir foydalanuvchi ega bo‘lgan huquqlardan ko‘proq huquqlarga ega foydalanuvchi nomidan dasturni ishga tushirish. Masalan, kichkina sozlashlarda ishlatilishi mumkin. Yuqori indeks|Matn satri harflaridan yuqorida bosilgan bitta yoki bir nechta simvol. Yuqori natija|Yuqori baho va eng yuqori balli natija Yuqori pog‘ona domeni|Qar.: gTLD, ccTLD. Yuqori quvvatli eltuvchi|Energiyasining asosiy qismi eltuvchi chastotada to‘plangan, modulyatsiyalangan signal. Yuqori registr|Klaviaturadan kiritish Caps Lock klavishi bosilganda amalga oshiriladigan rejim. Bunda matn katta harflar bilan kiritiladi. Yuqori sifatli keng polosali videokonferensaloqa xizmatlari|Ikkita yoki undan ortiq punkt o‘rtasida konferens-aloqani ta‘minlash uchun turli axborotni, jumladan, avvalo nutq (tovush), oddiy videofilmlar, harakatdagi tasvirlar va qo‘shimcha ravishda, videoskanlaydigan harakatsiz tasvirlar, hujjatlar hamda boshqa videoaxborotni yuqori sifatli uzatish bilan abonent-abonent yoki guruh-guruh (abonentlar) aloqa imkoniyatini ta’minlaydigan xizmatlar. Yuqori sifatli rang|Rangni 15- va 16-bitli kodlash orqali (multimediyali shaxsiy kompyuterlar grafik kontrollerining platalarida) monitorda bir vaqtning o‘zida 32 K yoki 64 K ranglarni ko‘rsatish imkoniyati. U tasvir sifatini rangli fotosurat sifatiga yaqinlashishini ta’minlaydi. Yuqori texnologiyalar kompaniyalari|Asosiy aktivlari intellektual mulk va yuqori malakali mutaxassislar bo‘lgan kompaniyalarning shartli nomi. Faoliyat sohasi – yuqori va postindustrial texnologiyalar. Bu turdagi kompaniyalarga odatda quyidagilar kiradi: internet kompaniyalari; dasturiy taʼminot va yarimo‘tkazgichli qurilmalar ishlab chiqaruvchilar; mobil va kosmik aloqa operatorlari; biotexnologiya kompaniyalari; ilmiy-tekshirish tajriba konstruktorlik ishlanmalari sohasidagi kompaniyalar; yuqori texnologiyali uskunalar ishlab chiqaruvchilar va h.k. Yuqori tezlikdagi raqamli abonent liniyasi texnologiyalarining turkumi|DSL standartining protokollar majmui, unda «x» simvoli o‘rniga DSL (ADSL, HDSL, SDSL) standartining quyi turini belgilaydigan harflardan istalganini qo‘yish mumkin. Yuqori tezlikli foydalana olish klasterlari|Klaster kompyuterlari taqdim etadigan resurslardan, masalan, ma’lumotlar bazasidan optimal foydalana olishni ta’minlaydigan kompyuter klasterlari. Yuqori tezlikli raqamli abonent liniyasi|O‘tkazish qobiliyati 10 Mbit/s dan ortiq bo‘lgan asimmetrik hamda simmetrik aloqa liniyalarini yaratish uchun mo‘ljallangan abonent foydalanish texnologiyasi. Yuqori unumli fayl tizimi|IBM va Microsoft tomonidan birgalikda ishlab chiqilgan, operatsion tizim uchun mo‘ljallangan fayl tizimining nomi. Windows NT tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Yuqori xotira|MS DOS operatsion tizimiga oid atama. Birinchi 640 kbyte xotiradan tashqarida joylashtirilgan tezkor xotirani anglatadi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlatilmagan, bu esa dasturlarni birmuncha chegaralaydi. Yuqori xotira sohasi|Qo‘shimcha xotiraning dastlabki 64 kB i. Yuqori xotira tizimi|Yuqori tezkor xotiraning ulanish drayveri. Bu drayversiz operatsion tizim faqatgina BIOS bilan belgilab qo‘yilgan 640 kilobayt quyi xotiradangina foydalana oladi. Windows da bu muammo o‘zining dolzarbligini yo‘qotgan. Yuqori zichlikli bipolyar kodlash|Modifikatsiyalangan bipolyar RZ kodi yordamida kodlash usuli. Bunda majburiy inversiya (qutblilikni o‘zgartirish) vositasida takrorlanadigan simvollarning davomiy ketma-ketligi chiqarib tashlanadi. Natijada davomli pauzalarsiz kod shakllanadi, bu esa, xabarlarni qabul qilishda sinxronlash buzilishlarini bartaraf etish imkonini beradi. Yuqori chastotalar|3 МНz dan 30 МНz gacha diapazondagi chastotalar sohasi. Ko‘rsatilgan chastotalarga dekametrli (qisqa) to‘lqinlar (λ=100–10 m) mos keladi. Yuqori chastotalar filtri|Berilgan qirqim chastotasidan yuqori o‘tkazish polosasiga va pastroq chastotalar uchun tutib qolish polosasiga ega bo‘lgan elektr chastota filtri. Yuqori chastotali kabel|Elektromagnit energiyani yuqori chastotalarda kichik yo‘qotishlar bilan uzatish uchun mo‘ljallangan kabel. Yuqori chastotali qurilmalar|Radioto‘lqinlarni qabul qilish yoki nurlantirishda foydalanishdan tashqari, sanoat, ilmiy, tibbiy, maishiy yoki boshqa maqsadlarda radiochastota energiyasini generatsiyalash va undan foydalanish uchun mo‘ljallangan uskuna yoki asboblar. «Yuqoridan pastga» dasturlash|Dasturlarni ishlab chiqish metodikasi, bu metodikaga ko‘ra, ishlab chiqish muammoni hal qilish maqsadlarini aniqlashdan boshlanadi, shundan keyin batafsil dastur bilan tugaydigan izchil detallashtirish ketadi. Strukturaviy dasturlash texnologiyasiga kiradi. Ikkinchi nomi pasayib boradigan dasturlash. Yuridik shaxs|Alohida mulkka ega bo‘lgan, o‘z majburiyatlari yuzasidan javob beradigan, o‘z nomidan fuqarolik huquqlarini amalga oshiradigan va oladigan, fuqarolik majburiyatlarini ko‘taradigan, sudda da’vogar va javobgar bo‘ladigan tashkilot. Yuritgich|Qar.: CMS. Yutilish|1. Optik quvvatning metallar va gidroksil ionlar kabi ifloslanishlari mavjudligi, shuningdek, radiatsion nurlanishga taʼsirchanlik orqasida kelib chiqadigan issiqlikka aylanishi natijasida optik tolada quvvatning yo‘qolishi.2. Elektromagnit to‘lqinlarning energiyaning boshqa turiga, odatda, issiqlikka aylanishi oqibatida radioto‘lqinlarning so‘nishi. Yutuvchi attenyator|Signal quvvatini kamaytirish katta yo‘qotishli materiallarda energiyaning yutilishi hisobiga yoki yarimo‘tkazgichli diodlar qarshiligida sodir bo‘ladigan attenyator. Yuvilish|Oqdan oq soha dastlabki holatdagiga qaraganda ko‘p yuklangan tasvir ko‘rinishi, uzatuvchi trubka nishoni, yorug‘lik elektr o‘zgartirgich yoki televizion ekran qismlarining to‘yinganligi tufayli sodir bo‘ladi. Yo‘l|Diskda fayl, katalog yoki papkaning joylashgan o‘rnini belgilaydigan satrli ifoda. Yo‘l qo‘yiladigan radioxalaqit|Ta’sirida radioelektron vositaning talab qilinadigan ishlash sifati saqlanib qoladigan radioxalaqit. Yo‘l qo‘yiladigan xalaqit|Xalaqit ta’siriga tushgan texnik vositaning ishlash sifati belgilangan darajada saqlanib qoladigan elektromagnit xalaqit. Yo‘l qo‘yilmaydigan|Qayta ishlab bo‘lmaydigan xatoni keltirib chiqargan ruxsat berilmagan harakatni amalga oshirgan biron-bir harakat yoki operatsiya, komanda yoki yo‘riqnomalar natijasi. Yo‘l qo‘yilmaydigan xalaqit|Ta’siri texnik vositaning ishlash sifatini yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan darajagacha pasaytiradigan elektromagnit xalaqit. (Yo‘ldosh) elliptik orbitasi|Ekssentrisitet koeffitsiyenti katta bo‘lgan, ya’ni apogey balandligi perigey balandligidan birmuncha oshadigan orbita. Yer gravitatsiya maydonining bir xil emasligi tufayli elliptik orbitaning katta o‘qi apogeydagi kichik yo‘ldosh nuqtasi kengligining tebranishlariga olib keladigan aylanish onini sezadi. Elliptik orbitaning doimiyligini ta’minlash uchun, tekisligining ekvatorga nisbatan og‘ish kattaligi ikkita qiymatdan (63,4º yoki 116,6º) biriga ega bo‘lishi kerak. Yo‘ldoshli aloqa tizimlarida elliptik orbitaning: yuqori elliptik orbita (HEO), o‘rtacha balandlikdagi orbita (MEO), Yer atrofidagi quyi orbita (LEO) orbitalaridan foydalaniladi. (Yo‘ldosh) orbita davri, (yo‘ldosh) aylanish davri|Orbitaning bitta nuqtasi orqali yo‘ldoshning ikki marta ketma-ket o‘tishi o‘rtasidagi vaqt oralig‘i orqali aniqlanadugan, Yer atrofini to‘liq aylanish vaqti. Yo‘ldoshli antenna/tarelka|Yo‘ldosh signallarini qabul qilish/uzatish uchun mo‘ljallangan qabul qiluvchi/uzatuvchi tarelkasimon parabolik antenna. Yo‘ldoshli eshittirish|Kosmik stansiyalardan uzatishlar aholi tomonidan bevosita qabul qilinishi uchun mo‘ljallangan radioeshittirish xizmati.Izohlar1. Aholining qabul qilishi individual qabulni ham, jamoaviy qabulni ham o‘z ichiga oladi.2. Taalluqli atama «yo‘ldoshli televideniye». Yo‘ldoshli Internet|Internet global tarmog‘idan yo‘ldoshli aloqa kanallari orqali foydalanish. Yo‘ldoshli provayderlar|Yo‘ldoshli aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniyalar. Yo‘ldoshli (raqamli televizion) eshittirish tizimi|Televizion dasturlarni bevosita raqamli televizorlarga, shuningdek, jamoa bo‘lib foydalaniladigan yo‘ldoshli televizion antennalari bo‘lgan tizimlarga ulangan raqamli televizorlarga yetkazish uchun mo‘ljallangan raqamli televizion eshittirish tizimi. Yo‘ldoshli televideniyening kabel orqali taqsimlanishi|Kosmik stansiyadan yer stansiyalari orqali qabul qilgan va kabelli televideniye tizimlarining asosiy stansiyalariga uzatilgan television dasturlarni kabelli tizimlar orqali taqsimlash. (Yo‘ldoshning) geostatsionar orbitasi|To‘g‘ri va doiraviy orbitasi Yer ekvatori tekisligida yotadigan geosinxron yo‘ldosh orbitasi yoki geostatsionar yo‘ldoshlar orbitasi. Orbitaning ekvatordan balandligi, yo‘ldoshning aylanish davri 23 h 56 min 4 s ga teng bo‘lgan holda, 35787 km. (Yo‘ldoshning) o‘rta balandlikdagi orbitasi|5000-15000 km balandlik diapazonida joylashgan orbita. Yo‘lka|Ma’lumotlarning konsentrik aylana ko‘rinishidagi disk xotirasida o‘rni va joylashishi. Magnit yozish usulida ma’lumotlar bu konsentrik aylana bo‘ylab ketma-ket joylashadi. Kompakt-disklarda ma’lumotlar bitta spiralsimon yo‘lka bo‘ylab yoziladi. Ba’zan trek deb ataladi. Yo‘lning optik uzunligi|Yorug‘lik nuri yo‘lining muhit sindirish ko‘rsatgichiga ko‘paytmasi. Yo‘lning optik uzunligi miqdor jihatdan yorug‘lik nurining shu vaqt ichida vakuumda o‘tgan yo‘liga teng. Yo‘nalganlik diagrammasining oraliq burchagi|Yo‘nalganlik diagrammasi bosh yaprog‘ining burchak kengligiga teng. Uning chegarasida nurlanish quvvati maksimal quvvatning kamida yarmini tashkil etadi. Yo‘nalish|Ma’lumotlar uzatish tarmog‘i uzellarining ketma-ketligi, unda ma’lumotlar paketi manbadan qabul qilgichga uzatiladi. Yo‘nalish bort antennasi|Samolyot bortidagi, radiolokatsion qo‘nish tizimining yo‘nalish (glissada, marker) radiomayog‘i radiosignallarining qabulini ta’minlaydigan antenna. Yo‘naltirilgan antenna|Muayyan yoki ma’lum yo‘nalishlarda, boshqa yo‘nalishlarga nisbatan radioto‘lqinlarning nurlanishi yoki qabul qilinishini samarali ta’minlaydigan antenna. Yo‘naltirilgan graf|Har bir qirrasi yo‘nalishga ega bo‘lgan graf. Yo‘naltirilgan interfeys|Qar.: Вirga yo‘naltirilgan interfeys. Yo‘naltirilgan optik tarmoqlagich|Optik qutblar o‘rtasidagi uzatish koeffitsiyentlari optik nurlanishning tarqalish yo‘nalishiga bog‘liq optik tarmoqlagich. Yo‘naltirilmagan antenna|Berilgan tekislikda barcha yo‘nalishlar bo‘yicha radioto‘lqinlar tarqalishi yoki qabul qilinishining bir xil samaradorligini ta’minlaydigan antenna. Yo‘naltirilmagan optik tarmoqlagich|Optik qutblar o‘rtasidagi uzatish koeffitsiyentlari optik nurlanishning tarqalish yo‘nalishiga bog‘liq bo‘lmagan optik tarmoqlagich. Yo‘q qilish|Hujjatlarni yo‘q qilish yoki chiqarib tashlash jarayoni, bu jarayondan so‘ng hujjatlarni qayta tiklab bo‘lmaydi. Yo‘qotilgan klaster|Tizim xatoliklari yoki foydalanuvchining ba’zi harakatlari natijasida (mashina ilova yopilmagan paytda o‘chirilganda) diskli xotira elementlarining, ya’ni ma’lumotlar bo‘lgan faylning bir qismi «yo‘qoladigan» vaziyat. Yo‘qotilgan klasterlar foydalanuvchi uchun foydalanish mumkin bo‘lgan xotira hajmini kamaytiradi. Yo‘qotilgan telefon yuklama|Qarab chiqiladigan vaqt intervali ichida keladigan va xizmat ko‘rsatilgan telefon yuklamalar o‘rtasidagi farq. Yo‘qotilgan telefon chaqiruvi|Xizmat ko‘rsatilishi bo‘sh va soz holatdagi kommutatsion aloqa asboblari hamda telefon tarmog‘i bog‘lamida liniyalar, kanallar bo‘lmasligi tufayli bog‘lanish o‘rnatilishi bilan tugamagan telefon chaqiruv. Yo‘qotilgan chaqiruv|Aloqa o‘rnatish jarayonida yakunlanmasdan qolgan chaqiruv. Abonentning bandligi tufayli chaqiruvga bo‘lgan muvaffaqiyatsiz urinish yo‘qotilgan chaqiruv hisoblanmaydi. Yo‘qotish, yo‘qotishlar|Signallarning radioto‘lqinlar tarqaladigan muhitda va signallarni o‘zgartiradigan qabul qiluvchi-uzatuvchi uskunada susayishi. Yo‘riqnoma, komanda|1. Tizim, qurilma yoki alohida dastur bilan ishlash tartibini reglamentlaydigan hujjat. So‘nggi vaqtda kompyuterlar yoki dasturiy mahsulotlar uchun yo‘riqnoma ko‘pincha, mashina tashuvchilardagi matnli fayl sifatida yetkazib berilmoqda.2. Kompyuter dasturi bo‘lib, o‘zida protsessor yoki yo‘riqnoma interpretatori tomonidan bajariladigan ketma-ketlikni aks ettiradi. Dasturlashga tatbiqan preprotsessor yo‘riqnomasi tushunchasi mavjud. Kompilyator dasturning o‘zidan nusxa ko‘chirishdan oldin bajarilishi kerak bo‘lgan operatsiyalar. Yoʻnalganlik diagrammasining notekislik koeffitsiyenti|θ oʻzgarmas burchakda amplitudaviy yoʻnalganlik diagrammasi darajasining uning maksimal qiymatidan nisbatan ogʻishi. Yoʻnalganlik kross-qutblanish diagrammasi|Kross-qutblanishli tashkil etuvchi uchun yoʻnalganlik diagrammasi. «Yo‘g‘on» mijoz|«Ta’sirchan» mijozning aksi bo‘lib, o‘zining ko‘p hisoblash resurslariga ega tarmoqdagi shaxsiy kompyuter. «Yo‘g‘on» Ethernet (10Base5)|10Base5 spetsifikatsiyasi. Ethernet standartini RG9 turidagi «yo‘g‘on» koaksial kabeldan (u sariq rangda bo‘ladi) foydalanib amalga oshiriladi. U stansiyalar orasidagi masofani 500 m gacha bo‘lishini ta’minlaydi. (3COM uskunasidan foydalanib masofani 1000 m gacha uzaytirish mumkin).Z Zaiflik|1. Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimidagi kamchilik, undan foydalanish tizim yaxlitligi buzilishiga va noto‘g‘ri ishlashiga olib kelishi mumkin.Izohlar1. Yaxshi himoya qilinmaganlik dasturlash xatolari, tizimni loyihalashda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, ishonchli bo‘lmagan parollar, viruslar yoki boshqa zararli dasturlar ta’sirlari va sh.k. natijasi bo‘lishi mumkin.2 Agar yaxshi himoya qilinmaganlik mavjud bo‘lganda tegishli tahdid bo‘lsa, unda risk ham mavjud bo‘ladi.2. Tizim xavfsizlik siyosatini buzish uchun qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan, protseduralar, loyihadagi, amalga oshirishdagi, tizimni ichki nazorat qilishdagi xatolar yoki kamchiliklar keltirib chiqargan, tizim muhofaza vositalaridagi kamchilik.3. Muhofazani yengib o‘tishga olib kelishi mumkin bo‘lgan, tizimning muhofaza vositalarini ishlab chiqish, amalga oshirish yoki boshqarishdagi yo‘qotishlar yoki vakolatlarni tayinlashdagi xato.4. Aktivlar yoki boshqarish vositalarining bir yoki undan ko‘p tahdid foydalanishi mumkin bo‘lgan zaifligi.5. Tizimning tahdid yuzaga kelganda, muhofaza qilinishi buzilishiga olib keladigan xususiyati. Zaiflik mos darajada loyihalanmaslik yoki to‘la sozlanmaslik tufayli tasodifan yuzaga kelishi yoki yomon niyat natijasi bo‘lishi mumkin. Zaifliklar tahlili|TCP- va UDP-portlarni skanlashni va tegishli servislar identifikatsiya qilinishini, operatsion tizimlarni masofadan identifikatsiya qilishni, tarmoq xizmatlarining zaif joylarini aniqlashni, shuningdek, tegishli hisobotlar ishlab chiqarishni o‘z ichiga oladigan faoliyat. «Zangori» shovqin|Spektral zichligi chastota o‘zgarishiga qarab chiziqli oshib boradigan shovqin. «Zarang yaprog‘i» turidagi antenna|O‘qqa nisbatan radial simmetrik bo‘lgan uchta yoki to‘rtta o‘xshash komplanar yopiq konturlardan iborat antenna. Zarar|1. Obro‘sizlantirish natijasida yuzaga kelgan zarar yoki ziyonning miqdoriy o‘lchovi.2. Tizim komponentlaridan birining ochiq shikastlanishi yoki tizim komponentlarining ishlash qobiliyati yo‘qolgan holatga tushib qolishi, shuningdek, axborotning turli ko‘rinishda chiqib ketishi hamda tizim ba’zi fizik va mantiqiy xarakteristikalarining o‘zgarishi. Zararlangan|Noto‘g‘ri hisoblanadigan (disklar ishlashidagi yoki tarmoqdagi to‘xtalish sababli), shuningdek, nazorat summasi buzilgan ma’lumotlar ishdan chiqqan hisoblanadi. Ularning keyinchalik qo‘llanilishi, tabiiyki, mumkin emas. Zararli dastur|Apparat, dasturiy-apparat yoki dasturiy usulda amalga oshirilgan va biror-bir ruxsat etilmagan yoki jinoyatkorona harakatlarni bajarish uchun mo‘ljallangan dastur.Izoh – Zararli dasturlarga mantiqiy bomba, troyan oti, virus, qurt misol bo‘la oladi. Zararli xalaqit|Radionavigatsiya xizmati yoki boshqa xavfsizlik xizmatlari faoliyatiga xalal beradigan yoki sifatini sezilarli darajada yomonlashtiradigan, Radioaloqa reglamentiga muvofiq ishlaydigan radioaloqa xizmatlari faoliyatini qiyinlashtiradigan yoki bir necha marta to‘xtashiga olib keladigan xalaqit. Zastavka, tizimning boshlang‘ich ekrani|Odatda logotip, dastur versiyasi, mualliflik va/yoki litsenziya huquqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar saqlanadi. Zaxira nusxa ko‘chirish serveri|Fayllardan, har bir faylning ikkita nusxasi har doim mavjud bo‘ladigan tarzda nusxa ko’chirish uchun mo‘ljallangan dasturiy ta’minot yoki apparat vositalar. Zaxiralash|1. Ma’lumotlarni uzatish vaqtida xatolarni aniqlash yoki ularni avtomatik tarzda to‘g‘rilash imkonini beradigan ortiqcha bitlarni kiritish.2. Ishga yaroqsiz element funksiyalarini avtomatik tarzda doimo tayyor holatda bo‘lgan zaxira elementiga uzatuvchi o‘ta muhim tizim elementlarining takrorlanishi. Zaxiralash tarkibi (to‘plami)|Zaxira nusxani tashkil qiladigan fayllar majmui. Zaxiralash tartiboti|To‘xtab qolish yoki avariyadan keyin ma’lumotlarning qayta tiklanishini ko‘zda tutuvchi tartibot. Masalan, zaxira fayllarni yaratish. Zayom|Operandlar (razryadlar) raqamlarining farqi manfiy bo‘lganda, protsessorning chiqarib tashlash (ayirish) operatsiyalarida bayroqni shakllantirishi. Ziddiyatsizlik|Ikki yoki undan ko‘p mantiqiy obyekt orasidagi bog‘langanlik xarakteristikasi, ular orasida qandaydir ochiq ziddiyatlar yo‘qligini ko‘rsatadi. «Zip» arxivatori|Shaxsiy kompyuterlar uchun mo‘ljallangan ommaviy fayllar arxivatorlaridan biri. Internetda keng tarqalgan arxivlar formati. Arxivlangan siqilgan fayllar odatda, «zip» kengaytmasiga ega bo‘ladi. Zich bufer|Har bir tola diametri 900 mikrongacha bo‘lgan termoplastik himoya qobig‘i bilan zich o‘raladigan kabel konstruksiyasi. U orqali tola chegaraviy tortish kuchining yuqori ko‘rsatgichiga erishiladi, bu esa montaj, ekspluatatsiya qilish va ulanishlar bajarilishining pishiqligi hamda ishonchliligini taʼminlaydi. Zich to‘lqinli multipleksorlash|Kanallar o‘rtasida 100 GHz va undan kam bo‘lgan masofa bilan 16 gacha va undan ko‘p multipleks kanallarini tola bo‘ylab uzatish imkonini beradigan 1550 nm oynada kanallarni zich joylashtirish texnologiyasi.Izohlar1. DWDM texnologiyasi 2,5 Gbit/s dan 160 Gbit/s gacha tezlik bilan keng polosali signalni uzatish imkonini beradi.2. SDH va DWDM texnologiyasi o‘tkazish qobiliyati bo‘yicha 2,5 Gbit/s dan 10 Gbit/s gacha uzatish tezligi diapazonini qoplash imkoniyatiga ega bo‘lgan o‘zaro to‘ldiruvchi texnologiyalar hisoblanadi. Zombi kompyuteri|Uchinchi shaxslar tomonidan egasining xabarisiz yopiq yoki tijorat tarmog‘i (masalan, Internet)ga kirish, hisoblash resurslaridan foydalanish (klasterizatsiya), spam jo‘natish va h.k. uchun ishlatilayotgan tarmoqdagi kompyuter. Jo‘natma kompyuter egasining xabarisiz amalga oshiriladi. Zombi kompyuterlaridan, shuningdek, ochiq proksi ishlatiladigan maqsadlarda ham foydalaniladi. Zona|1. Umumiy tarzda bu atama makon va zamondagi har qanday berilgan soha yoki uchastkani bildiradi, masalan, aloqa tizimi qamrab oladigan geografik hudud, signallar fazasining chastotaviy sohasi, xotira uchastkasi va b.lar.2. Hududning, ichida ma’lum ish sharoitlari ta’minlanadigan qismi.3. Global tarmoqlarda – yirik tarmoqning quyi (kichik) tarmog‘i. Macintosh muhitida, serverlar va printerlar kabi tarmoq resruslarini izlashni osonlashtiradigan tarmoq komponentalarining mantiqiy birlashishi. DNS ma’lumotlar bazasida DNS serveri bilan boshqariladigan, ma’lumotlar bazasini boshqaruvchi birlik. Zona bo‘yicha qayd qilish|Avtonom qayd qilish usuli, unda mobil stansiya xizmat ko‘rsatish zonasiga har bir kirishda qayd qilinadi.Izoh − Bunday qayd qilish usulida mobil stansiyaning tezkor xotira qurilmasida ruxsat etilgan aloqa zonalarining ro‘yxati bo‘lishi shart emas. Zona kodi|Geografik zona kodi. DVD-disklar bilan ishlashni va ularga cheklovlar qo‘yishni yengillashtirishga mo‘ljallangan. Bundan tashqari telekommunikatsiyada shahar kodining boshida bo‘lgan uchta raqamdan iborat kod bo‘lib, aholi yashash punkti joylashgan hududni ifodalaydi. Zummerlash|1. Obyektivning fokus masofasini o‘zgartirish tufayli tasvirning o‘lchamini kattalashtirish yoki kichraytirish.2. Ekranda obyektni kattalashtirish yoki kichraytirish. Zveno; trakt|Aloqa tizimining yoki ketma-ketlikdagi bir nechta uchastkadan iborat bo‘lgan, boshdan oxir daxldorlikdagi birikmaning bir qismi. Zveno-viruslar|Dastur kodini o‘zgartirmaydigan, balki operasion tizimni zararlangan dastur diskida joylashgan manzilni o‘z manziliga o‘zgartirgan holda, o‘zining kodi bajarilishiga majbur qiladigan viruslar. Virus kodi bajarilgandan so‘ng, boshqarish odatda, foydalanuvchi tomonidan chaqiriladigan dasturga beriladi. Zvenogo kira olish tartiboti|«D» kanali uchun maʼlumotlar uzatish zvenosiga kira olish protokoli. OSI ning 2-pog‘onasi protokoli. «Nuqta-nuqta» rejimida ISDN ikki qo‘shni uzel o‘rtasida bog‘lanish o‘rnatilishida foydalaniladi.O‘ «O‘limni anglatuvchi ko‘k ekran»|Windows operatsion tizimidagi o‘ta jiddiy xato to‘g‘risida xabar. Ish jarayonini faqat kompyuterni qayta yuklabgina tiklash mumkin. O‘n oltili sanoq tizimi|Asosi 16 bo‘lgan (0-9 raqamlari va A, B, S, D, E, F) sanoq tizimida sonlarni aks ettirish. O‘ng stereoskopik televizion tasvir|O‘ng ko‘zga stereoskopik televideniye vositalari orqali taqdim etilgan alohida tasvir. O‘nli sanoq tizimi|Hozirda qabul qilingan sanoq tizimi. Unda 0 dan 9 gacha bo‘lgan raqamlardan foydalaniladi. Uning har bir razryadi 10^n ga teng. O‘nlik tabulyatsiya belgisi|O‘nlik nuqtali jadvalda sonlarning tartiblanishini ta’minlaydigan belgi. O‘q bo‘ylab nurlatishga teskari antenna|Odatda, antenna ko‘zgusining fokusida joylashgan, markaziy nurlagichli o‘qqa nisbatan simmetrik antenna. Oʻqdosh (koaksial) antenna|Bir nechta bir-biriga parallel va bitta gorizontal tekislikda joylashgan yarim toʻlqinli vibratorlar, ularning orasidagi masofa gorizontal tekislikdagi toʻlqin uzunligining yarmiga teng. O‘qib bo‘ladigan|Obyekt (fayl, disk va sh.k.)larning mazmunini o‘qish imkonini tavsiflaydigan xususiyat. O‘qib bo‘linganni bo‘shatish|Diskdan foydalana olishni optimallash usuli, o‘qib bo‘lingan bloklarning nusxalari saqlangan asosiy xotira keyingi bloklarni hisoblashda avtomatik tarzda bo‘shatiladi. O‘qitadigan (o‘rgatadigan) dastur|Diskda yozilgan interaktiv darslar to‘plami yoki elektron darslik ko‘rinishida taqdim etilgan muayyan materialni o‘rganish uchun mo‘ljallangan dasturiy vositalar. O‘qitish tizimi|Foydalanuvchilarni o‘qitib o‘rgatish uchun mo‘ljallangan tizim. Sunʼiy tafakkur va bilimlar bazasini ishlatishga asoslanadi. Asosiy masala foydalanuvchilarning tayyorgarlik darajasiga va ularning olingan axborotni o‘zlashtirishiga qarab, bilimlarni samarali uzatishdir. Muxtor (ayrim shaxsiy kompyuterlarda ishlaydigan) va tarmoq (Internet serverlarida joylashgan) taʼlim tizimlari farqlanadi. O‘qitish tizimi g‘oyalarining rivojlanishi masofadan o‘qitishning tarmoq vositalari yaratilishiga olib keldi. O‘qish|Tashqi xotira qurilmalaridagi ma’lumotlarni tezkor xotiraga qaytadan yozish jarayoni. Bunda tashqi qurilmadagi ma’lumotlar saqlanadi. O‘qish uchun ruxsat|Ma’lumotlarni o‘qish uchun ruxsat beradigan foydalana olish huquqi. O‘qishdan ilgarilab ketish|Faylning navbatdagi bloki bilan birga asosiy xotirada va bir nechta keyingi bloklarda o‘qiladigan diskdan foydalana olishni optimallash usuli. O‘qishdan muhofaza qilish|Ma’lumotlarni o‘qish uchun faylga murojaat qilishning taqiqlanishi. Faqat ma’lumotlarni yozishga ruxsat etiladi. O‘qqa simmetrik parabolik antenna|O‘qqa simmetrik parabolik ko‘zgu ko‘rinishidagi, uning F fokusida joylashgan nurlagichli antenna. O‘quv televideniyesi xizmati|Asosan, ta’limda foydalaniladigan mikroto‘lqinli, o‘ta yuqori chastotali televizion eshittirish usuli. «O‘quvchilar-yozuvchilar»|Jarayonlarning o‘zaro hamkorlik sxemasi, bunda umumiy resurs va jarayonlarning ikkita: o‘quvchilar (resursni faqat o‘qishlari mumkin, lekin uni o‘zgartira olmaydilar) va yozuvchilar (resursni o‘zgartiradilar) guruhlari mavjud. Har bir onda resurs bilan bir nechta o‘quvchilar (resurs yozuvchilar tomonidan o‘zgartirilmaganda) ishlashlari mumkin, lekin bitta yozuvchidan ko‘p bo‘lmasligi kerak. O‘ralgan juft|Bir-biriga o‘ralgan va simmetrik uzatish liniyasini hosil qiluvchi izolyatsiyalangan ikkita sim. O‘rashda simlar bir-biriga nisbatan qandaydir burchak ostida bo‘ladi, bu ular o‘rtasidagi sig‘im va induktiv bog‘lanishni pasaytiradi. Bundan tashqari, o‘ralgan juft bo‘lagining simmetrik bo‘lishi uning to‘g‘rilashlarga, birinchi galda, differensial xalaqitlarga sezgirligini pasaytiradi. O‘rash qadami qancha kichik bo‘lsa, har tomonlama xalaqitlarning darajasi shuncha past, biroq, kabelning uzunlik bo‘yicha so‘nishi va signalning tarqalish vaqti shuncha katta bo‘ladi. O‘ram|Ma’lumotlarni, ularni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan standart shakldan, saqlash va aloqa kanallari orqali uzatish uchun ixcham holda taqdim etiladigan shaklga o‘zgartirish jarayoni. Bu operatsiyani turli algoritmlar va turli siqish koeffitsiyentlari bilan amalga oshiradigan ko‘plab dasturlar mavjud. Joylashtirish mustaqil operatsiya, lekin arxivlashda ham foydalanilishi mumkin. Ba’zan, arxivlash yoki siqish deb ataladi. O‘ramli almashlash|Ma’lumotlar ikki o‘lchamli matritsada hisoblab chiqiladigan va matritsaning har bir qatori uning matritsasidagi pozitsiyasiga muvofiq vaqt bo‘yicha kechikadigan almashlash usuli. Matritsadan ma’lumotlar bloklarini hisoblab chiqishda ularning tartibi o‘zgarishi sodir bo‘ladi. O‘rgatuvchi ketma-ketlik|Radioto‘lqinlar tarqalish kanalining xarakteristikalarini baholash uchun ishlatiladigan ketma-ketlik. O‘rgatuvchi ketma- ketlikning belgilari, odatda kadr o‘rtasida joylashadi. O‘rgimchak|Tarmoqni doimiy ravishda kezib veb-sahifalardan axborot yig‘ib yuruvchi (ularni indekslovchi) maxsus dastur (izlash roboti, avtomati, agenti, o‘rgimchak, qurt). Odatda «o‘rgimchak» o‘z eʼtiborini hujjat tavsifiga va sarlavhalarga qaratadi, baʼzan hujjat matnini ko‘rib chiqadi va qaysi so‘zlar va iboralar kalitli ekanligini tushunishga harakat qiladi. O‘rnatilgan dasturiy ta’minot|Dasturiy ta’minotning turkumi, bu turkumga tayanch kiritish chiqarish tizimi (BIOS), sozlovchi monitor, kiritiladigan testlar, kiritiladigan interpretator va maxsus ilovalar kiradi. O‘rnatilgan dasturiy ta’minot auditi|Tashkilotning barcha kompyuterlarida o‘rnatilgan dasturiy ta’minotning qonuniyligini, ishlash qobiliyatini, muntazam tekshirish, shuningdek, dasturiy ta’minotni kuzatib borish va foydalanuvchilarni texnik qo‘llab-quvvatlash. O‘rnatilgan kompyuter|Hisoblash tizimining uzeli sifatida foydalaniladigan kompyuter. O‘rnatilgan operatsion tizim|Printerlar, kassa apparatlari va boshqa tashqi qurilmalarga o‘rnatiladigan oddiy operatson tizim. U tashqi qurilmaning tarmoqqa bog‘lanishini ta’minlaydigan mikroyadro va funksional bloklardan iborat. O‘rnatilgan qurilma|Axborotni olish mumkin bo‘lgan joyga (shu jumladan to‘siqqa, konstruksiyaga, uskunaga, interyer predmetiga, transport vositalariga, shuningdek, axborotni qayta ishlash texnik vositalariga va tizimiga) yashirin joriy qilinadigan (qo‘yiladigan yoki kiritiladigan) axborotni olish vositasining elementi. O‘rnatilgan tezkor xotira qurilmasi|Mikrokontoller mikrosxemasi ichiga oʻrnatilgan tezkor xotira qurilmasi. O‘rnatilgan tizim|Boshqa uskuna bilan birga ishlaydigan va u bilan bitta konstruksiyada yoki berilgan uskuna ichida joylashtiriladigan kompyuter tizimi. O‘rnatilgan xotira|Mikroprotsessor mikrosxemasiga, masalan, grafik tezlatgichga o‘rnatilgan xotira. O‘rnatilgan shrift|Printerning doimiy xotira qurilmasida saqlanadigan shrift. O‘rnatish, installyatsiya|Foydalanuvchi-odam tomonidan bajariladigan, BOni qo‘llaniladigan muhitga o‘rnatish hamda uni ishchi holatga keltirish jarayoni.Izoh – Bu jarayon odatda, faqat bir marta BOni qabul qilgandan va olingandan keyin bajariladi. O‘rnida yo‘q abonentlar xizmati|Kiruvchi chaqiruvlarga avtomatik javob berishni amalga oshiruvchi va chaqiruvlar mazmunini yozib olish imkoniga ega bo‘lgan xizmat. O‘rniga qo‘yish|1. Bitlar yoki simvollar ketma-ketligi boshqa bitlar yoki simvollar ketma-ketligi bilan almashtiriladigan shifrlash.Izoh – Olingan shifrmatn o‘rniga qo‘yish shifri deb ataladi.2. Bir blokni boshqasiga bilan almashtirish bilan bog‘liq va ma’lum koddan foydalanuvchi kriptografik operatsiya. O‘rnini bosish|Kriptotizim yoki autentifikatsiya qilish tizimidagi hujum turi. Bunda xabar yodda saqlanadi va boshlang‘ich xabarning o‘rnini bosgan yoki takrorlagan holda, keyinroq yana uzatiladi. O‘rnini (tartibini) almashtirish|1. Ma’lumotlar blokidagi ayrim bitlar yoki simvollarning o‘tish tartibini o‘zgartirish bilan bog‘liq kriptografik operatsiya.2. Bitlar yoki belgilar ma’lum sxema bo‘yicha almashtiriladigan shifrlash.Izoh – Olingan shifrmatn o‘rnini almashtirish shifri deb ataladi. O‘rta balandlikdagi Yerga yaqin orbita|9000 km dan 13000 km gacha bo‘lgan balandlikda joylashgan doiraviy orbita. Orbitada 8-12 ta yo‘ldosh mavjud bo‘lganda, Yer yuzasining uzluksiz global qamrab olinishi ta’minlanadi. Oʻrta toʻlqinlar|Toʻlqin uzunligi 1000 m dan 100 m gacha boʻlgan radiotoʻlqinlar, MF (0,3-3 MHz) chastotalar diapazoniga toʻgʻri keladi. O‘rtacha chastotalar|0,3 MHz dan 3 MHz gacha diapazonda yotadigan chastotalar sohasi. Bu chastotalarga oʻrta toʻlqinlar mos keladi (λ = 100-1000 m). O‘rtachalash koeffitsiyenti (o‘rtachalash)|Impuls davomiyligining, ikki qo‘shni impulslar o‘rtasidagi intervalning davomiyligiga nisbati. O‘rtachalashtirilgan fikr ko‘rsatgichi|Nutq tushunarliligining o‘rtacha ekspert bahosi. Nutq sifatini subyektiv testlash usuli. Nutq kodeklarining xarakteristikalarini taqqoslash uchun foydalaniladi. Bunda tinglovchilar besh balli tizim bo‘yicha baho qo‘yadilar. MOS natijalovchi bahosi katta sondagi baholashlar uchun o‘rtacha arifmetik sifatida hisoblab chiqariladi. O‘sib boruvchi tizim|Yangi xizmatlarning kiritilishi mavjud aloqa xizmatlarining minimal o‘zgarishlari bilan kechadigan, qurilmalarning qo‘shilishi esa, amaldagi arxitektura chegarasi ichida amalga oshadigan tizim. O‘simlik qoplamidagi so‘nish|Yer sirtidagi o‘simlik qoplamida radioto‘lqinlarning susayishi diffuziya xarakteriga ega.Izoh ‒ Radioreleli trassada o‘simliklar mavjud bo‘lgan nisbatan uncha katta bo‘lmagan uchastkalarda, masalan, tekis joydagi o‘tli qoplam qaytish koeffitsiyentini jiddiy o‘zgartirishi va radioto‘lqinlarning tarqalish sharoitlariga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. O‘ta aktiv axborot tizimi|Kodlovchi va dekodlovchi qurilmalarni har xil materialli obyektlar sifatida ifoda etadigan axborot tizimi. O‘ta katta integral sxema|Elementlar soni juda katta (50 mingdan 100 minggacha) bo‘lgan integral sxema. O‘ta kuchlanishdan himoyalash|Apparaturaning o‘ta kuchlanishdan himoya qilinishini taʼminllaydigan gaz-razryad lampalar, yarimo‘tkazgichli varistorlar va boshqa asboblardan foydalanish. O‘ta uzun ketma-ketlik|Yuqori kriptobardoshlilik va o‘ta uzun takrorlanish davriga ega psevdotasodifiy ketma-ketlik. O‘ta yuqori chastotalar|Santimetrli to‘lqinlarni qamrab oluvchi, 3 GHz dan 30 GHz gacha bo‘lgan radiochastotalar sohasi. O‘ta yuqori chastotalar diapazonidan asosan, radiolokatsiyada, radioaloqada, shuningdek radiospektroskopiyada foydalaniladi. O‘ta yuqori chastotalarni uzatish liniyasi|Elektromagnit tebranishlarning tarqalish sohasini chegaralovchi va o‘ta yuqori chastotali elektromagnit energiyali oqimni berilgan yo‘nalishda yo‘naltiruvchi qurilma. O‘ta yuqori chastotali kirish, O‘YuCh-kirish|Signallarni konvertor chiqishidan qabul qilish uchun mo‘ljallangan kirish ajratgichi. O‘tish|1. Holat yoki ish rejimining almashinishi, masalan, bo‘sh liniyaning egallagan holatga almashinishi.2. Ko‘ndalang kesimi turlicha bo‘lgan ikkita to‘lqin o‘tkazgichni ulash yoki to‘lqin o‘tkazgichli va koaksial uzatish liniyalarini biriktirish uchun xizmat qiladigan element. O‘tish nuqtasi|1. Yassi, pol ostidan o‘tadigan kabel terminal yoki shkafdan keladigan oddiy dumaloq telekommunikatsiya simlari yoki kabellari bilan ulanadigan joy.2. Gorizontal kabel tizimidagi kabelning shakli o‘zgaradigan, masalan, yassi kabel dumaloq kabel bilan yoki elementlari soni turlicha bo‘lgan kabellar bilan ulanadigan joy. O‘tishdagi kesishuvchan xalaqitlar|Bir signal yo‘nalishini boshqa biriga elektromagnit to‘g‘rilash keltirib chiqaradigan shovqin va xalaqitlar. Ularning xarakteristikalari odatda detsibelda ifodalanadi. O‘tishdagi so‘nish|Signalni bir zanjirdan boshqasiga uzatishda vujudga keladigan quvvat yo‘qotishlari. So‘nishlar odatda, quvvat birligida ifodalanadi. O‘tkazgich|1. O‘ralgan juft hosil qilishda foydalaniladigan yoki erga ulash simi sifatida qo‘llaniladigan, alohida izolyatsiyalangan bitta simli mis o‘tkazgich.2. Kataloglar tizimida navigatsiya vositasi (hujjatlar, rasm ko‘rinishidagi axborot va fayllarni boshqarish) yoki boshqaruv pulti. O‘tkazib yuborish|Bitta yoki bir nechta pozitsiyalardan sakrab o‘tishni anglatuvchi harakat. O‘tkazish koeffitsiyenti|Modda qatlamidan chiqqan nurlanish oqimining, unga tushayotgan nurlanish oqimiga nisbati. O‘tkazish polosasi|Uzatuvchi kanalning chastotalari diapazonida eng baland va eng past chastotlar o‘rtasidagi gerslarda ifodalangan farq – chastotalar diapazonining o‘tkazish polosasi kengligi. Bu atama bilan ko‘pincha kompyuter tarmog‘i bo‘yicha ma’lumotlar uzatishning yuqori qismi belgilanadi. O‘tkazish qobiliyati|1. Blokdagi (masalan, LAPD kadrdagi manzilli maydon va qiyoslash kombinatsiyasining maydoni o‘rtasida) va birlik vaqtda bog‘lanish seksiyasi orqali bir yo‘nalishda muvaffaqiyatli uzatiladigan ma’lumotlardagi bitlarning soni.2. Ma’lumotlar uzatish tizimi orqali o‘tishi mumkin bo‘lgan axborotning chegaraviy yo‘l qo‘yilgan hajmi.3. O‘rta va cho‘qqi tezlik bilan tavsiflanuvchi tarmoqdagi paketlarni uzatish tezligi. O‘tkazish qobiliyati, sig‘im|1. Vaqt birligi ichida kanal yoki tizim orqali uzatilishi mumkin bo‘lgan axborot birligining maksimal miqdorini belgilovchi ko‘rsatgich. Kanalning o‘tkazish qobiliyati fundamental nazariy tushuncha bo‘lib, kanalning mavjud imkoniyatlarini belgilaydi. Tizimning o‘tkazish qobiliyati – bu amalga oshirish murakkabligi va qiymati hisobga olingan uzatish tezligini belgilovchi texnik xarakteristikadir.2. Xotira qurilmasida saqlanishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarning maksimal miqdori. Sig‘im baytlarda, bitlarda, kodli so‘zlar sonida o‘lchanishi mumkin. O‘tkazishga moyillik|Impuls signali takrorlanish davrining yakka impuls davomiyligiga nisbati. O‘tkazmaslik|Kabel qobig‘i orqali yuz beradigan energiya yo‘qotishlaridan himoyalanganlik. O‘tuvchi antenna panjarasi (linzali antenna panjarasi)|Fazoviy qo‘zg‘atilishga ega, yoki fazoviy va fider qo‘zg‘atilishdan iborat antenna panjarasi, unda radioto‘lqinlarni birlamchi nurlagichdan bitta nurlantiruvchi element bilan, fazoga nurlanish esa boshqa nurlantiruvchi elementlar bilan amalga oshiriladi. O‘xshashlik|Tanib olinayotgan va ayrim etalon obyektlar o‘rtasida, qator o‘ziga xos belgilarga ko‘ra, moslikning o‘rnatilishi. O‘yin|Ilmiy tushuncha, qayerda ishlatilishiga bog‘liq ravishda turli ma’noga ega bo‘ladi. O‘yin plansheti|Kompyuter o‘yinlarini boshqarish uchun mo‘ljallangan, planshet ko‘rinishidagi qurilma. Planshetda dasturlashtiriladigan tugmalar, kursorni boshqaradigan 4 yoki 8 pozitsiyali ko‘rsatgich, mikrojoystiklar, yurgizgichli regulyatorlar va sh.k. joylashtirilishi mumkin. O‘yin porti|Kompyuterga o‘yinlarni boshqarish uchun, joystik yoki boshqa qurilmani ulaydigan ajratgich (raz’yom). O‘yma|Oldindan tanlangan geometrik shаklning, unda boshqa tasvir qayta tiklanadigan kichik qismi. O‘z mamlakati chegarasidan chiqib ketilganda barcha kiruvchi chaqiruvlarni taqiqlash|Mobil abonent o‘z mamlakatining MAT chegarasidan tashqariga ko‘chib o‘tganda, barcha MAT va istalgan mamlakatning bog‘langan TFOP/ISDN kiruvchi chaqiruvlarini qabul qila olmaydigan xizmat.Izoh – Abonent o‘z mamlakatida bo‘lganda, taqiq amal qilmaydi. O‘z mamlakatining MAT chaqiruvidan tashqari barcha chiquvchi xalqaro chaqiruvlarni taqiqlash|Mobil abonentga chiquvchi chaqiruvlarni faqat o‘zining MAT va bundan tashqari, o‘z mamlakatining MAT abonentiga jo‘natish imkonini beradigan xizmat.Izoh – Abonent o‘z mamlakatida bo‘lganda, u chaqiruvlarni faqat o‘z hududidagi MAT abonentlariga jo‘natishi mumkin. Mobil abonent, barcha kiruvchi chaqiruvlar taqiqlanganda, kiruvchi chaqiruvlarni qabul qilmasligi mumkin. «O‘z qo‘liga topshirilsin» belgili pochta jo‘natmasi|Jo‘natuvchi topshirayotganda pochta aloqasi operatori yoki provayderiga shaxsan adresatga topshirish topshirig‘ini beradigan, ro‘yxatga olinadigan pochta jo‘natmasi. O‘zaro aloqada ishlash sohasi|Axborot tizimlari o‘zaro ishlashini taʼminlovchi funksional bloklarning shajaraviy guruhi. O‘zaro taʼsir sohasi bir birining ustiga joylashgan pog‘onalar guruhiga bo‘linadi. Ochiq tizimlarning o‘zaro aloqada ishlashining asosiy etalon modeli OSI yettita pog‘onani ajratadi. O‘zaro autentifikatsiya qilish|Autentifikatsiya protsedurasi, unda mobil va bazaviy stansiyalarning ro‘yxatdan o‘tkaziladigan ma’lumotlarini tekshirish bir vaqtda amalga oshiriladi. O‘zaro bartaraf qilish|Kritik seksiyaning bajarish rejimi, bunda har bir vaqt onida bittadan ko‘p bo‘lmagan parallel jarayonlar uni bajarishi mumkin. O‘zaro billing|Chiquvchi trafik yuzasidan radiokompaniyalar yoki simli aloqa operatorlari o‘rtasida amalga oshiriladigan o‘zaro hisob-kitoblar. (O‘zaro bog‘langan) rang temperaturаsi|Rangi bir xil yorqinlikdagi va ma’lum kuzatish sharoitlarida shu stimulning rangiga yanada yaqinroq bo‘lgan qora jism ko‘rinishidagi nurlanish temperaturasi. O‘zaro korrelyatsion funksiya|Signallar ansamblining (to‘plamining) korrelyatsion xossalarini tavsiflovchi xarakteristika. Miqdor jihatidan, signallardan birining vaqt bo‘yicha siljitilgan boshqa bir signalning nusxasiga ko‘paytmasi sifatida aniqlanadi. O‘zaro ta’sir kanali|Interaktiv televideniyeda – abonent va interaktiv xizmatlar provayderi o‘rtasidagi ikki yo‘nalishli kanal. O‘zaro ta’sir qiluvchi (birgalikdagi) jarayon|Boshqa jarayonlarni bajarishga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan yoki ularning ta’sirini sinash jarayoni. O‘zbekiston davlat xizmatlari portali|Ma’lumot beradigan-axborot Internet-portal (sayt). Yuridik va jismoniy shaxslarning O‘zbekistondagi davlat xizmatlari, davlat muassasalari, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qatnashadigan tashkilotlarning xizmatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanishini ta’minlaydi, shuningdek, elektron shaklda davlat xizmatlarini taqdim etish. O‘zbekiston kompyuter hodisalariga chora ko‘rish xizmati|Qar.: UZ-CERT. O‘zbekiston Respublikasi pochta markalarining katalogi|O‘zbekiston Respublikasida qo‘shimcha maʼlumotlar bilan chiqarilgan pochta markalarining xronologik ro‘yxatini o‘zida ifodalovchi maʼlumotnoma nashri. O‘zbekiston Respublikasining maxsus xotira shtempellari izlarining katalogi|Muhim sanalar yoki buyuk voqealar munosabati bilan chiqarilgan maxsus xotira shtempellari izlarining xronologik ro‘yxatini o‘zida ifodalaydigan maʼlumotnoma nashri. O‘zgarish|Faylga kiritilgan har qanday o‘zgartirishlar yoki sozlashlar. O‘zgarishlar jurnali|Fayl, loyiha yoki tizimda ro‘y bergan barcha o‘zgarishlar qaydnomasi. Odatda, tizimni oldingi holatiga qaytarish imkoniga ega bo‘ladi. O‘zgarishlarni nazorat qilish|Kompyuter tizimiga yoki tizim ma’lumotlariga yoki ham unisiga, ham bunisiga nisbatan amalga oshiriladigan o‘zgarishlarni boshqarish uchun qo‘llaniladigan protseduralar va mualliflashtirish huquqlari belgilanadigan jarayon. «O‘zgarmas» ochiq joy|Matn protsessorlarida ‒ formatlashda uzaytirilmaydigan ochiq joy. Matn protsessori harf sifatida qabul qiladi, shuning uchun so‘zlar shunday ochiq joylar bilan ajratilgan tarkibiy xususiy nomlar qo‘shni satrlar o‘rtasida bo‘linmaydi. O‘zgarmas yorqinlik bilan uzatish|Rangli televideniyeni uzatish usuli, bunda quyi eltuvchidagi ranglilik signali tiklanadigan tasvirning rangliligini uning yorqinligiga ta’sir etmagan holda boshqaradi, yorqinlik esa monoxrom signal orqali boshqariladi. Asosiy uzatish ranglari sifatida asosiy yorqinlik rangidan va ikkita asosiy ranglilik rangidan foydalaniladigan uzatish turi. O‘zgartirgich|Signallarni bir ko‘rinishdan boshqasiga (masalan, ketma-ketdan parallelga yoki analog ko‘rinishdan diskret ko‘rinishga) aylantirish qurilmasi, shuningdek, signallarni bir chastotadan boshqasiga o‘tkazish. O‘zgartirilgan|Biror yangi ma’lumot qo‘shilgani yoki o‘zgartirish kiritilgani to‘g‘risida ma’lumot beruvchi holat. O‘zgartirish|Avtomatlashtirilgan tizim fayllaridagi yoki ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlarning mualliflashtirilmagan tarzda o‘zgartirilishi, foydalaniladigan dasturlar algoritmlarining ba’zi bir qo‘shimcha, ruxsat etilmagan tarzda qayta ishlashni bajarish maqsadida, o‘zgartirilishi. O‘zgartirish bilan guruhli kodlash|Signalning har bir diskret sanoqlaridan shu sanoqlar to‘plamidan ma’lum chiziqli kombinatsiyalarni birgalikda uzatish. O‘zgartirish bilan kodlash|Manbani kodlash usuli, bunda har bir kadr kichik kadrlarga ajratiladi, har bir kichik kadr ustida liniyaviy o‘zgartirish amalga oshiriladi va natijalovchi signal keyin raqamli signalga aylantiriladi.Izoh – Keng tarqalgan o‘zgartirish bilan kodlash turi bo‘lib, diskret o‘zgartirish, ko‘pincha DKO‘ hisoblanadi, buning natijasida signal bitreytini pasaytirish maqsadida kvantlangan va kodlangan koeffitsiyentlarning ketma-ketligi hosil qilinadi. O‘zgartirish klavishlari|Shift, Alt va Ctrl klavishlari. Ular o‘zlari biror belgini ko‘rsatish uchun mo‘ljallanmagan bo‘lsada, boshqa klavishlar ishlash tartibini o‘zgartira oladi. O‘zgartirishrga bo‘lgan ma’qullangan so‘rov|O‘zgartirishga bo‘lgan, o‘zgartirishlarni boshqarishning bir butun yaxlit jarayoni yordamida qayta ishlangan va ma’qullangan so‘rov. O‘zgaruvchan attenyator|Kiritiladigan so‘nishni rostlaydigan attenyator. O‘zgaruvchan tezlik bilan adaptiv kodlash|Nutq chastotalar diapazonida signalni siqish uchun maxsus mo‘ljallangan, tovushli fayllarni kodlash formati.Izoh − Yevropa telekommunikatsiyalarni standartlashtirish instituti (ETSI) tomonidan standartlashtirilgan. O‘zgaruvchan tezlikli kod|Kodli qism bloklarning uzunligi vaqt bo‘yicha o‘zgaradigan, axborot qism bloklarining uzunligi doimiyligicha qoladigan yuqori aniqlikdagi kodlarni tavsiflashda qo‘llaniladigan kod. O‘zgaruvchan uzunlikdagi so‘z bilan kodlash|Paydo bo‘lish ehtimoli yuqori bo‘lgan signal qiymatiga qisqa kodli so‘zlar, paydo bo‘lish ehtimoli past bo‘lgan signal qiymatiga uzun kodli so‘zlar belgilanadigan entropiyaviy kodlash turi. O‘zgaruvchi|Dasturlash tili obyekti. Algoritmik tillarda o‘zgaruvchi – bu, xotiraning nomlangan qismidir. Xotiraning bu qismiga o‘zgaruvchining turli qiymatlari joylashtirilishi mumkin, lekin har bir vaqt onida bu yagona qiymat bo‘lishi kerak. O‘zgaruvchini bog‘lash|O‘zgaruvchiga qiymatlar berilishi. O‘zi fazalanadigan antenna panjarasi|Har bir element traktida signallarning bog‘liq bo‘lmagan fazalanishi hisobiga nurlantiruvchi to‘lqinning kelish yo‘nalishidan qat’i nazar, uning alohida elementlari bilan qabul qilingan signallarning sinfaz qo‘shilishi amalga oshiriladigan antenna panjarasi. O‘zini-o‘zi kodlash|Axborotni, kalit sifatida axborotning o‘zidan foydalanib, kodlash. O‘zini-o‘zi testlash tizimi (dasturi)|Doimiy xotira qurilmasidagi, kompyuter ta’minoti ulangan holatda, operatsion tizim, klaviatura, diskovod va sh.k.larni testlash bajariladigan mikrodastur. O‘zlashtirish|Boshqa uyaga doimiy asosda ajratilgan tarmoq resurslari (masalan, chastota kanallari)dan vaqtincha foydalanish. O‘zlashtirma (tutib olingan) kanal|1. Xizmat axboroti vaqtincha uzatib turiladigan axborot kanali.Izoh − TETRA standartida bunday kanal shoshilinch chaqiruvlarni uzatish uchun tashkil etiladi.2. Radiotarmoqning ish jarayonida axborotli simvollarning uncha katta bo‘lmagan qismini boshqaruv kanallari va xizmat simvollariga almashtirish yo‘li bilan tashkil etiladigan kanal.Izoh − Bunday almashtirish foydali signalning buzilishiga olib kelishi ayon, biroq bir qator holatlarda bunday buzilishlar oson, masalan, delta-modulyatsiyadan foydalanish yo‘li bilan bartaraf etiladi. O‘z-o‘zidan mahkamlanadigan ajratgich|Mikrosxema kontaktlarini qisish va bo‘shatish imkonini beradigan, maxsus dastakli ajratgich. Protsessorlarning xotira mikrosxemalarini o‘rnatish uchun uya sifatida foydalaniladi. O‘z-o‘zidan sinxronlanuvchi oqimli kriptotizim|Kalit oqimining har bir belgisi vaqtning istalgan onida shifrmatn oldingi belgilarining qayd qilingan soni orqali aniqlanishi bilan tavsiflanadigan oqimli kriptotizim. O‘z-o‘zidan yuklash dasturi|Operatsion tizimni yuklash uchun zarur bo‘lgan komandalarning minimal ko‘pligi. O‘z-o‘ziga tutashuv|Signal kommunikatsiya kanali bo‘yicha har ikki yo‘nalishdan o‘tib, uzatuvchi qurilmaga qaytadigan diagnostik test turi. O‘z-o‘zini tekshirish imzosi|Haqiqiyligi imzo qo‘yuvchi shaxsning roziligisiz istalgan vaqtda tekshirilishi mumkin bo‘lgan raqamli imzo. Bu toifaga ochiq kalitli istalgan raqamli imzo kiritilishi mumkin. O‘g‘irlangan telefon bilan bog‘liq firibgarlik|O‘g‘irlangan yoki yo‘qotilgan uyali telefondan, egasi uni yo‘qotgani to‘g‘risida xabar bergungacha, operator esa raqamni blokirovka qilgungacha, ruxsat etilmagan tarzda foydalanish. O‘chirilgan|Tizim ishlamayotgan holatdagi rejim. O‘chirish|Papka yoki faylni o‘chirish operatsiyasi. Qoida bo‘yicha operatsion tizimlarda o‘chirish operatsiyasi fayl tarkibidagi matnni emas, faqat jadvalda joylashgan fayl nomini o‘chiradi. Keyinchalik bu yerga boshqa axborot yozilmasa, faylni qandaydir qisman ehtimollikda qayta tiklash mumkin. Zamonaviy operatsion tizimlarda o‘chirilgan fayllar batamom o‘chib ketmaydi, balki ular qayta tiklash yoki umuman o‘chirib tashlash mumkin bo‘lgan «axlat qutisi»ga borib tushadi. Bu muhim axborotlar yo‘qolishining oldini oladi. O‘chirish darajasi|1. Yorqinlikning nazariy nolinchi darajasiga mos keladigan videosignal darajasi.2. So‘ndiruvchi impulslarning yassi qismiga mos vaqtdagi videosignal darajasi.3. To‘liq tasvir signalidagi, tasvir axboroti sohasini sinxronlash axboroti sohasidan ajratadigan, darja. O‘chirish intervali|Tasvirni o‘chirish amalga oshiriladigan vaqt intervali.Misol − Satr o‘chirish intervali, maydon o‘chirish intervali.G‘ G‘alayonlanish|Radioto‘lqinlar tarqalish sharoitlarining yoki atrof-muhit xarakteristikalarining to‘satdan o‘zgarishi, signalning parazit fluktuatsiyalari yoki shovqinlar oqibatida aloqa vositalari ishining buzilishi. G‘araz niyatdagi chaqiruv|Qandaydir do‘q-po‘pisa yoki ogohlantirish mazmunidagi, odatda, anonim chaqiruv. G‘araz niyatdagi chaqiruvlarni identifikatsiyalash|Abonentga, maxsus so‘rovga ko‘ra, yomon niyatdagi chaqiruv qilingan telefon raqamini aniqlash va shu raqam bilan bog‘liq ma’lumotlarni olish imkonini beradigan xizmat.Sh Shablon|Bir xil turdagi hujjatlarni vyorstkalash yoki kiritishda ishlatiladigan polosani tayyorlash uchun mo‘ljallangan shablon. Shaffof foydalana olish|Abonent o‘ziga kerakli resursning qayerda – aloqa kompyuterida, server yoki olisdagi uzelda ekanligini sezmaydigan foydalana olish. Ochiq rejimda aloqa turli liniyalar (yer usti, yo‘ldoshli) orqali amalga oshirilishi mumkin, shu bilan birga, bunday aloqa abonent uchun sezilmasdan qolishi lozim. Shaffof interfeys|Tutashuvchi dasturiy-apparat vositalarga o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritilishini talab qilmaydigan interfeys (foydalanuvchiga sezilmaydigan interfeys). Shaffof tizim|Foydalanuvchilarga va ilovalarga yagona kompyuter muhiti sifatida taqdim etiladigan taqsimlangan tizim. Shaffoflik|Taqsimlangan tizim foydalanuvchiga oddiy markazlashtirilgan tizim kabi taqdim etilishi kerak bo‘lgan tarmoqni tashkil qilishga bo‘lgan talab. Shahar kirgichi (kirish yo‘li)|Jamoat va xususiy tarmoqlarga xizmat ko‘rsatuvchi kabellarning (jumladan, antenna kirgichining) binoga kirish joyi, bino devoriga yoki xonagacha kirish nuqtasi yoki kirish xonasi bilan birgalikda. Shahar (megapolis) tarmog‘i|Global va lokal tarmoqlar o‘rtasida oraliq holatni egallaydigan aloqa tarmog‘i. Yirik shaharlar (megapolislar) hududiga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan. Yuqori tezlikli magistral optik-tolali aloqa liniyalari bunday tarmoqning asosi hisoblanadi. Shahar pochta aloqasi bog‘lamasi|Shaharlarda tashkil etiladigan pochta aloqasi bog‘lamasi. Shahar pochta yo‘nalishi|Bitta shaharning pochta aloqasi obyektlarini bog‘lovchi pochta yo‘nalishi. Shahar telefon stansiyasi|Shahar abonentlarining telefon aloqasini taʼminlovchi telefon stansiyasi. Shahar zonasi abonenti|Shahar hududi doirasida xizmat ko‘rsatiladigan abonent.Izoh − Aloqa ochiq fazodan ham, binolar ichkarisidan ham ta’minlanishi mumkin. Shaharlararo aloqa liniyasi|ATS hamda kanallarni kommutatsiyalash markazlarini o‘zaro bog‘lovchi ko‘p kanalli, yuqori o‘tkazish qobiliyatiga ega aloqa liniyasi. Shaharlararo avtomatik telefon stansiyasi (ShATS)|Zona ichidagi va shaharlararo bog‘lanishlar o‘rnatilishini taʼminlaydigan shaharlararo avtomatik telefon stansiyasi. Shaharlararo (hududlararo) kommutatsiya markazi|Hudud ichida va hududlararo telefon bog‘lanishlar o‘rnatilishini taʼminlaydigan uskunalar majmui. Shaharlararo telefon tarmog‘i|Telefon tarmog‘ining, shaharlararo telefon stansiyalari avtomatik kommutatsiya telefon uzellari hamda telefon tarmog‘i kanallarining majmuini o‘zida ifodalaydigan, ularni o‘zaro bog‘laydigan va turli raqamlash zonasidagi abonentlarni telefon aloqasi bilan taʼminlaydigan qismi. Shakl bo‘yicha so‘rov|Relyatsion ma’lumotlar bazasiga yo‘llanadigan so‘rov turi. Shakl, ko‘rinish|Axborotni chiqarish uchun zaxiraga qo‘yilgan, shuningdek, ko‘pincha maxsus kodlash uchun joyga ega bo‘lgan bo‘sh joyli (probelli) tarkibiy hujjat yoki shablon. Sharh|Dasturlashda – til konstruksiyasi bo‘lib, dasturga yoki komanda fayliga uni hujjatlashtirish maqsadida tushuntiruvchi matn sifatida qo‘shiladi. Dastur boshlang‘ich matni translyatsiya qilinganda va komandalar fayli bajarilishi paytida sharhlar tashlab ketiladi. Sharqiy mintaqa vaqti|Shimoliy Amerikadagi vaqt zonasi. GMT dan 5 soatga (GMT-05) farq qiladi. Yozgi vaqtga o‘tish mavjud (GMT-04). Shart|Sikl va tramoqlanish tuzilishlarda foydalaniladigan, «chin» yoki «yolg‘on» qiymat oladigan mantiqiy ifoda. Masalan, a=2 shart, a 2 qiymatga ega bo‘lsagina «chin» qiymat oladi, boshqa har qanday qiymatlarda a shart «yolg‘on» bo‘ladi. Shartlar verifikatori|Dasturning muayyan nuqtalarida bajarilishi kerak bo‘lgan nazorat shartlari va operatorlari bilan ta’minlangan boshqa dasturning matnini tahlil qiluvchi hamda berilgan sharoitlarda dasturlarning haqiqiyligini isbotlovchi dastur. Shartli-bepul dasturiy ta’minot|Uncha qimmat bo‘lmagan, bepul tarqatiladigan, biroq qayd qilish va ta’minlash bo‘yicha xizmatlar uchun haq to‘lanadigan dasturiy ta’minot. Shartli-bepul xayriya dasturiy ta’minoti|Dastur egasi unga to‘lanadigan mablag‘lar xayriya uchun sarflanishini talab qiladi. Shuningdek, dasturga ijtimoiy yo‘naltirilgan bannerlarni ham joylashtirish mumkin. Masalan, vim matn redaktoridagi «Ugandadagi qashshoq bolalarga sizning yordamingiz kerak» degan yozuv. Shartli boyliklar|Pochta to‘lovining davlat belgilari, markalangan varaqchalar va konvertlar, xalqaro javob kuponlari. Shartli foydalana olish tizimi|Raqamli televzion dasturlardan foydalana olishni cheklash uchun mo‘ljallangan dasturiy-apparat mexanizmi. Cheklash televizion signalni maxsus himoyalangan algoritmlar bilan shifrlash orqali amalga oshiriladi. Shartli foydalana olishning yagona interfeysi|Shartli foydalana olishning turli tizimlarida, berilgan tizim uchun qabul qilgich-dekoderda diskremblerlashning barcha funksiyalarini bajaradigan almashinuvchi moduldan foydalanish yo‘li bilan qabul qilinishini ta’minlash. Shartli foydalanishga ega televideniye|Dasturlari aholining muayyan maxsus guruhlari uchun mo‘ljallangan shifrlangan televideniye.Misol − Tibbiyot xodimlari uchun maxsus dasturlar. Shartli ifoda|«Agar A va V» ko‘rinishidagi mantiqiy ifoda. Shartli translyatsiya|Dasturlash tili vositasi bo‘lib, ba’zi konstantaning qiymatiga bog‘liq ravishda, dastur bir qismi translyatsiya qilinishi yoki qilinmasligiga imkon beradi. Shartli verifikator|Dasturning ma’lum bir nuqtalarida bajarilishi kerak bo‘lgan nazorat operatorlari va shartlari bilan ta’minlangan boshqa bir dastur matnini tahlil qiladigan va berilgan dastlabki sharoitlarda ularning haqiqiyligi yoki soxtaligini isbotlaydigan dastur. Shartli o‘zgaruvchi|Operatsion tizimlarda wait va signal operatsiyalari bilan ishlatiladigan sinxronlashtiradigan obyekt. Shaxs identifikatori jetoni|Tarkibida mikroprotsessor va xotira bo‘lgan, terminalda ishlash paytida shaxsiy guvohnoma sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ixcham qurilma. «Shaxsan qo‘liga topshirilsin» belgili pochta jo‘natmasi|Pochta aloqasi obyektidan adresatga kuryer tomonidan yetkazib berilishi amalga oshiriladigan xalqaro pochta jo‘natmasi. Shaxsiy axborot|Oshkor qilinishi mumkin bo‘lmagan axborot. Ularni telekommunikatsiya kanallari orqali tarqatish maxsus xavfsizlik choralariga rioya qilinishini talab etadi. Shaxsiy blokirovkadan chiqarish kaliti|PIN-kod noto‘g‘ri kiritilganda, SIM kartani blokirovka holatidan chiqarish uchun mo‘ljallangan kalit. GSM tarmog‘idagi har bir abonent PUK kodini oladi. Bu kodni o‘zgartirish mumkin emas. Shaxsiy hayot sirini muhofazalash|Shaxsiy hayot sirlarini taʼminlash uchun bajarilayotgan tadbirlar. Ushbu tadbirlar, ayrim shaxslar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni muhofazalash va ularni yig‘ish, to‘plash va ularni qayta ishlashga cheklovlarni o‘z ichiga oladi. Shaxsiy identifikatsiya raqami|1. Smart-kartada saqlanadigan va foydalanuvchining shaxsini autentifikatsiya qilish uchun ishlatiladigan noyob kod.2. Qandaydir shaxsning, unga boshqariladigan tizimga kirish imkonini beradigan shaxsiy kodi.3. Tizimga kirishga ruxsat olish uchun magnit karta bilan birga terminalga ko‘rsatiladigan parol turi. Shaxsiy imzo kaliti|Aniq shaxsga tegishli bo‘lgan va elektron raqamli imzoni yaratishda qo‘llaniladigan ramzlarning tartiblangan to‘plami. Shaxsiy imzo kalitining egasi|Shaxsiy imzo kaliti va unga mos imzoni tekshirish kalitini yaratgan aniq jismoniy yoki yuridik shaxsdir. Shaxsiy imzo kaliti egasi o‘z manfaatlaridan kelib chiqqan holda uni sir tutishi va tasodifan yo‘qolishi yoki o‘zgartirilishidan muhofaza qilishi shart. q: elektron raqamli imzo (ERI). Shaxsiy kalit|Deshifrlash uchun mo‘ljallangan va faqat uning egasi tomonidan foydalaniladigan kalit. Shaxsiy kod|Kompyuterning ichki kodi. Standart interfeyslar orqali markaziy protsessor resurslariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kira olishni ta’minlaydi. Shaxsiy kompyuter|Individual foydalanish uchun mo‘ljallangan kompyuter. Kompyuterni shaxsiy kompyuterlar turkumiga kiritishning asosiy mezonlari: o‘lchamlarining kichikligi, ularga xizmat ko‘rsatish zaruratining yo‘qligi, narxining pastligi, funksional universalligi va modernizatsiyalashning soddaligi. Shaxsiy kompyuterlarning yaratilish tarixi 1974-yildan boshlanadi. Shu yili MTTS (AQSh) firmasi Intel 8080 mikroprotsessori asosida Altair kompyuterini ishlab chiqdi. 1975-yilda Stefan Voznyak va Stiv Jobs Apple nomi ostida kompyuter ishlab chiqdilar va dastlabki 200 ta kompyuterni yig‘dilar. 1976-yilning oxirida ular shaxsiy kompyuterlar ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan Apple firmasini tuzdilar. Shaxsiy kompyuter kartasi|Shaxsiy kompyuterga ulanadigan uncha katta bo‘lmagan tashqi qurilma. 32-razryadli PC Card texnologiyasi dastlab ixcham shaxsiy kompyuterlarga tashqi xotira qurilmasini ulash uchun ishlab chiqilgan. Shaxsiy kompyuterlarga mo‘ljallangan bu yechim shunchalik muvaffaqiyatli bo‘lib chiqdiki, PC kartalar kompyuterlarning turli rusumlarida ishlatila boshlandi. Shu bilan birga, ulanadigan obyektlar ro‘yxatiga turli tashqi qurilmalar, modemlar, tasvir va tovush kiritish qurilmalari, faks-apparatlar va tarmoqlar kiritildi. Shaxsiy ma’lumotlar|1. Fuqaroning shaxsini identifikatsiya qilish imkonini beruvchi dalillar, voqealar va hayot sharoitlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.2. Har qanday moddiy tashuvchida qayd etilgan muayyan odam to‘g‘risidagi ma’lumot. Shaxsiy maʼlumotlar subyekti|Tegishli shaxsiy maʼlumotlar daxldor bo‘lgan jismoniy shaxs. Shaxsiy mobillik|Foydalanuvchining shaxsiy identifikator asosida istalgan terminalda telekommunikatsiyalar xizmatlaridan foydalana olish va tarmoqning, foydalanuvchi uchun xizmatlar profiliga muvofiq, ushbu xizmatlarni ta’minlay olish imkoniyati.Izoh – Shaxsiy harakatchanlik foydalanuvchi chaqiruvlarini manzillash, marshrutlash va taksatsiyalash maqsadlarida foydalanuvchi bilan bog‘liq bo‘lgan terminal joylashgan joyini aniqlash uchun tarmoq imkoniyatlarini o‘z ichiga oladi. Shaxsiy papka|Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari (sozlash) uchun mo‘ljallangan papka, ulardan erkin foydalanish boshqa foydalanuvchilar uchun cheklangan. Shaxsiy radiochaqiruv|Qar.: Peyjing. Shaxsiy raqamli sekretar|Odatda, klaviaturasi bo‘lmaydigan portativ kompyuterning bir turi. Ma’lumotlarni sensorli panelga kiritish/chiqarish maxsus ruchka yordamida amalga oshiriladi. Shuning uchun, ba’zan qo‘lda yozish bilan kiritiladigan kompyuter deb ham ataladi. Shaxsiy raqamli sekretar katta tezkor va doimiy xotiraga ega. Parallel yoki ketma-ket interfeys orqali boshqa kompyuter bilan ma’lumotlar almashinish mumkin. Maxsus operatsion tizim boshqaruvi ostida ishlaydi. Shaxsiy raqamli sekretarning eng mashhuri Apple firmasining Newton idir. Shaxsiy, raqamli uyali aloqa tizimi|Yaponiya milliy mobil aloqa standarti.Izoh − Avvalgi nomi JDC. Shaxsiy sirni muhofaza qilish|Shaxsiy sirning saqlanishini kafolatlovchi chora-tadbirlarning amalga oshirilishi. Bu chora-tadbirlarga shaxsiy ma’lumotlarni muhofaza qilish hamda ularni to‘plash, umumlashtirish va qayta ishlanishini cheklashlar kiradi. Shaxsiy xavfsizlik muhiti|Obyektning shaxsiy kaliti saqlanadigan xavfsiz mahalliy joy, bevosita ishonch qozongan sertifikatlash organining kaliti va mumkin bo‘lgan boshqa ma’lumotlar.Izoh – Obyekt xavfsizligini ta’minlash siyosatiga yoki tizimga qo‘yiladigan talablarga bog‘liq ravishda, bu muhit, masalan, kriptografik muhofazalangan fayl yoki qasddan shikastlashlardan muhofazalangan apparat vositalar markeri bo‘lishi mumkin. Shaxsiylashtirish|Plastik kartaga, kartani va uning egasini identifikatsiya qilish imkonini beradigan ma’lumotlarni kiritish, shuningdek, kartaning to‘lov qobiliyati tekshirilishini amalga oshirish jarayoni. Shaxsni autentifikatsiya qilish, shaxsning haqiqiyligini tasdiqlash|Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimiga mantiqiy obyektlarni aniqlab olish imkonini beradigan tekshiruvlar (masalan, parol yoki token)ning bajarilishi. Shaxsning axborot erkinligi|Insonning o‘z hayoti, kasbiy faoliyati va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan axborotni olish imkoniyati. Shu bilan birga, u yoki bu tabiiy yoki ijtimoiy hodisalar bo‘yicha o‘z nuqtai nazarini ifoda etish, axborotni boshqa odamlarga berish, yaʼni uni jamiyatda tarqatish ham tushuniladi. Shiddatli manzillash|Xizmat qilishni rad etishga olib keluvchi kutilmagan yoki atayin qilingan ko‘p hajmdagi maʼlumotlarni kiritish. Shiddatli oqim|Fayllarni Internet orqali kooperativ almashinish uchun belgilangan tarmoq protokoli. Protokol Brem Koen tomonidan yaratilgan. Fayllarni alohida fragmentlarga bo‘lish va ularni tarmoqning turli uzellarida saqlash hisobiga, ayrim foydalanuvchilar o‘rtasida trafikning taqsimlanishini ko‘zda tutadi (aynan bitta faylga qancha ko‘p odam murojaat qilsa, uni shuncha tez ko‘chirib olish mumkin bo‘ladi). Shifr|Kalitlarni qo‘llagan holda ma’lum qoidalar bo‘yicha amalga oshiriladigan ko‘plab ochiq (dastlabki) ma’lumotlarni ko‘plab mumkin bo‘lgan shifrlangan ma’lumotlarga qaytuvchan almashtirishlar majmui. Shifr gammasi|1. Ochiq ma’lumotlarni shifrlash va shifrlangan ma’lumotlarni dastlabki matnga o‘girish uchun berilgan algoritm bo‘yicha ishlab chiqiladigan tasodifiy yoki psevdotasodifiy ikkilik ketma-ketlik.2. Axborotni shifrlash uchun muayyan algoritm bo‘yicha ishlab chiqiladigan psevdotasodifiy ketma-ketlik. Shifrator (televideniyeda)|Televizion signalni shifrlash qurilmasi. Shifrlagich|Shifrlash algoritmlarini amalga oshiradigan elektron qurilma yoki dastur. Shifrlamoq|Ma’lumotni shifrlangan holda joylashtirish. U maxfiy ma’lumotlarni ishonchli bo‘lmagan joyda saqlashda yoki himoyalanmagan aloqa kanali bo‘yicha uzatishda ishlatiladi. Shifrlangan fayl tizimi|Ma’lumotlarni shifrlash algoritmlari orqali fayllar va kataloglarni ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishdan muhofaza qilish imkonini beruvchi fayllar tizimi. Shifrlangan matn|1. Qandaydir algoritm yordamida algoritmni bilmasdan turib yoki maxsus kalitsiz uni o‘qib bo‘lmaydigan holatga keltirilgan matn. Maxfiy ma’lumotni saqlash va uzatish uchun xizmat qiladi.2. Tuzilmasi kriptografik algoritmlardan foydalanib o‘zgartirilgan matn yoki xabarlarning boshqa turi. Shifrlangan matnga hujum|Faqat shifrlangan matn asosida kriptoanalitik uyushtirayotgan tahliliy hujum. Shifrlangan ma’lumotlar|Elektron hisoblash mashinasida shifrlangan ko‘rinishda saqlanadigan axborot, ya’ni kriptografik muhofaza qilish usullari qo‘llanilgan ma’lumotlar. Shifrlangan nutq|Maxsus shifrlash algoritmlari yordamida qayta ishlangan va ochiq aloqa kanallari orqali uzatiladigan nutq signali. Shifrlash|1. Kriptotizimlardagi asosiy o‘zgartirish, konfidensial axborotni jo‘natuvchi tomonidan bajariladi. Shifrlashni o‘zgartirish juft (ochiq matn, shifrlash kaliti)ni shifrmatnga o‘tkazadi.2. Ma’lumotlarni, ularning yashirin uzatilishini ta’minlovchi maxsus algoritmlardan foydalanib, qayta ishlash usuli. Axborotning o‘zgartirilishi kodlash birliklari, odatda, mazmunli so‘z yoki jumlalar bo‘lgan kriptografik usullardan farqli o‘laroq, bitlar yoki ularning ketma-ketligi darajasida amalga oshiriladi. Shifrlash algoritmi|Shifrlash funksiyasini amalga oshiradigan algoritm. Shifrlash funksiyasi|Shifrda ma’lumotlarni kalitni qo‘llagan holda o‘zgartirish uchun foydalaniladigan funksiya. Shifrlash kaliti|Ma’lumotlarni shifrlash va deshifrlash jarayonlarini boshqaruvchi simvollar ketma-ketligi.Izoh − Shifrlash kaliti muayyan foydalanuvchining apparaturasida shunday generatsiya qilinadiki, natijada uni hech kim, jumladan, kriptotizimni ishlab chiqqan shaxsning o‘zi ham, unda kalitli axborotdan foydalana olishga ruxsati bo‘lmagan vaziyatda, ocha olmaydi. Shifrlash rejimiga o‘tish komandasi|Bazaviy stansiya tomonidan uzatiladigan va mobil stansiyada shifrlash rejimi o‘rnatilishini boshlab beruvchi komanda. Shifrlash vositalari|Axborotni almashtirish kriptografik algoritmlarini amalga oshiruvchi va axborotni qayta ishlash, saqlash hamda aloqa kanallari bo‘ylab uzatishda uni ruxsatsiz foydalana olishdan muhofaza qilish uchun mo‘ljallangan apparat, dasturiy yoki apparat-dasturiy vositalar. Shifrmatn|1. Ochiq matnga nisbatan shifrlash algoritmini qo‘llash natijasi.2. Dastlabki ochiq matnni uning ma’nosini yashirish maqsadida amalga oshiriladigan, shifrmatnga o‘girish natijasi. Shifrni kalitsiz ochish (deshifrlash)|1. Shifrlash kalitini bilmasdan shifrlangan matndan dastlabki matnni tiklash bilan tugallanadigan kriptotahlil jarayoni.2. Raqib va/yoki buzg‘unchi tomonidan ochiq xabarni kriptografik tizimning barcha elementlarini oldindan to‘liq bilmasdan turib tahliliy ochish jarayoni.3. Televideniyeda – shartli foydalanishni ta’minlash maqsadida shifrlangan axborotni interpretatsiya qilish jarayoni. Shifrtizim|Axborotning konfidensialligini shifrlash yo‘li bilan ta’minlaydigan kriptografik tizim.Shikastlangan sektoring. - bad sectorru – «битый» сектор, поврежденный секторAxborotni o‘qish/yozishda xatoga yo‘l qo‘yilgan qattiq disk sohasi.Izoh − Operatsion tizim diskni formatlayotganda va o‘qish-yozish operatsiyalarini bajarayotganda shikastlangan sektorlarni aniqlaydi, uni tashkil etuvchi klasterlarni FAT ga disk xotirasini taqsimlashda foydalanish mumkin bo‘lmaydigan qilib belgilab qo‘yadi. Shina|1. Ma’lumotlarni uzatish yo‘li (kanali). Odatda, shina bitta yoki bir nechta o‘tkazgich bilan elektr jihatdan bog‘lanish ko‘rinishida amalga oshiriladi va shinaga ulangan barcha qurilmalar signalni bir vaqtda oladilar.2. Kompyuterlarda – protsessorni kompyuterning barcha elementlari bilan bog‘lash uchun belgilangan o‘tkazgichlar va yordamchi elementlar tizimi. Kompyuter tizimining asosiy komponentlari, jumladan, markaziy protsessor, xotira, kontrollerlar, tashqi qurilmalar ulanadigan parallel o‘tkazgichlar to‘plamini o‘zida ifodalaydi. Shina interfeysining bloki|Kod va ma’lumotlar aralashmasini protsessorga qabul qilib, ishlatishga tayyor bo‘lgunga qadar ajratadigan yoki shina orqali hisob-kitob natijalarini yuborgan holda birlashtiradigan blok. Shina kontrolleri|Standartga muvofiq, shina bo‘ylab uzatiladigan ma’lumotlar oqimi tuzilishini ta’minlaydigan va shina bo‘ylab signallar uzatilishini boshqaradigan kontroller. Shina topologiyasi|Barcha abonentlar ma’lumotlar uzatishning bir magistraliga (shinaga) chiziqli ulanadigan lokal tarmoq topologiyasi. Shinani boshqarish|Shinani boshqarish rejimi, bunda muayyan tashqi qurilma, masalan, qattiq disk qandaydir ahamiyatli va katta hajmdagi vazifani bajarar ekan, shinadagi boshqa qurilmalarga ishni vaqtinchalik to‘xtatish va o‘zi shinani boshqarishni (ma’lumotlar yuborish, boshqaruv signallari va komandalarini berish) boshlashi to‘g‘risida komanda beradi. Bunday yondashuvdan odatda, protsessorni bitta shinadagi ikki qurilma o‘rtasida ma’lumotlar va/yoki komandalar yuborish operatsiyalaridan ozod qilish uchun foydalaniladi. Shkaf|Kommutatsiya qurilmalari, ulanish nuqtalari, elektr o‘tkazgich yoki aktiv uskunani o‘z ichiga oladigan xona. Shleyf|Ma’lum nuqtalarda uzatish liniyasiga ulangan va liniyadagi reaktiv qarshilikni kompensatsiyalash uchun xizmat qiladigan va shu bilan birga liniyani yuklama yoki generator bilan moslashishi uchun xizmat qiladigan liniya bo‘lagi. Shlyuz|1. Bitta tizimda foydalaniladigan axborot taqdim etish, qayta ishlash yoki uzatish standartlarini tegishli, lekin boshqa bir tizimda qo‘llaniladigan standartlarga o‘zgartirish maqsadida, dasturiy ta’minot va uskuna birikmasi bilan birgalikda amalga oshiriladigan funksiya.2. Ma’lumotlar uzatishning turli protokollari bo‘yicha ishlaydigan elektron tizimlar o‘rtasida ma’lumotlar jo‘natish imkonini beradigan va tarmoqlararo aloqani ta’minlaydigan apparat yoki dasturiy vositalar. Shovqin faktori (shovqin koeffitsiyenti)|Belgilangan tranzistor tomonidan signal kuchaytirilganda signal/shovqin nisbati necha marta yomonlashishini ko‘rsatadigan koeffitsiyent. Shovqin nurlanish|Kuchaytirgichlar, ko‘paytirgichlar, generatorlar, chastota o‘zgartirgichlar va sintezatorlarda vujudga keladigan issiqlik shovqinlari va boshqa omillar bilan bog‘liq parazit nurlanish. Shovqin; xalaqit|Amplituda, chastota yoki fazaning tasodifiy qiymatlariga ega parazit elektromagnit tebranishlar. Kelib chiqishiga ko‘ra, ichki (apparaturaning xususiy shovqinlari) va tashqi shovqinlar ajratiladi. Xususiy shovqinlarning asosiy manbai apparatura elementlaridagi zaryadlangan zarralarning issiqlik harakati hisoblanadi. Tashqi shovqin yoki xalaqitlar ham tabiiy (kosmik shovqinlar va b.), ham sanoat nurlanish manbalaridan chiqadigan umumiy signal (aralashma) ni o‘zida ifodalaydi. Shovqinga qarshi korreksiya|Televizion tizimlarning videokuchaytirish traktida tasvir signalining shovqinliligini kamaytirish va tasvirda xalaqitlarning sezilarliligini pasaytirish uchun ko‘riladigan qator choralar. Shovqinlarni bostirish|Foydali signal mavjud bo‘lmagan vaqtda qabul-qilgichni o‘chirib qo‘yishga asoslangan, uzatish pauzalarida shovqinlarni chiqarib tashlash usuli. Shovqinlarni raqamli boshqarish|Tasvir mazmuniga bog‘liq holda dinamik shovqinni bostirish funksiyasi. Shovqinning detsibellarda ifodalangan, o‘lchangan quvvati|Shovqin quvvati darajasini o‘lchash birligi. Shovqin darajasining 3,16 nW (– 85 dBm) nazorat darajasiga nisbati sifatida aniqlanadi. Bu nuqtada shovqin o‘lchangan quvvatining qiymati 0 dBa ga teng. Shovqinsimon signalli radiotarmoq|Shovqisimon signallar uzatiladigan lokal radiotarmoq. Bu tarmoqning ishlash tamoyili kodli ajratishdan foydalanib ko‘p tomonlama foydalanishni qo‘llashga asoslangan. Bu tarmoqda signallarni uzatishda, maʼlumotlarning har bir bloki, chips deb ataluvchi bitlar ketma-ketligi bilan kodlanadi. Chipslar shovqinsimon signalga tiziladi va efir orqali uzatiladi. Uzatilgan diskret signalni qayta tiklash maxsus protsessor yordamida amalga oshiriladi. Shovqinsimon signalli radiotarmoq tizimlari ixcham, arzon va elektromagnit xalaqit beruvchi to‘siqlar taʼsirida ham ishonchli ishlaydi. Shoshilinch aloqa xizmati|Mobil stansiyadan mobil abonent joylashgan yer hududidagi shoshilinch xizmatlarga to‘lovsiz nutqli bog‘lanish o‘rnatilishini ta’minlaydigan xizmat. Shoshilinch chaqiruv|Mobil aloqa tizimlaridagi eng yuqori ustuvorlikka ega chaqiruv. Shrift|Yozilish shakli va o‘lchami bir bo‘lgan belgilarning to‘liq to‘plami.Izoh ‒ Kompyuterlarda foydalaniladigan shriftlarning katta soni mavjud. Printerlar uchun ichiga o‘rnatilgan va ta’minlanadigan shriftlar bo‘ladi. Ichiga o‘rnatilgan shriftlar printerning doimiy xotirasida saqlanib, foydalanishga doim tayyor turadi. Ta’minlanadigan shriftlar mashinaning tezkor xotirasi orqali ishlaydi, protsessor resurslarini va xotirasini band etadi, ularning soni faqat tegishli dasturlarning mavjudligi bilan cheklanadi. Shrift kartriji|Turli xil shriftlarni ichiga oladigan, printerga o‘rnatilgan doimiy xotira qurilmasi. Kartrij bilan komplektda stol noshirlik tizimlari va ma’lum redaktorlar uchun drayverlar yetkazib beriladi. Shrift to‘yinganligi|Turli chizishlarda bir xildagi belgilarning asosiy va bog‘lovchi chiziqlari kengligi bilan belgilanadi. Bitta garnitura doirasida to‘liqlik eng ochdan to eng to‘qqacha o‘zgarishi mumkin. Shrift o‘lchami|Shrift simvollarining punktlardagi balandligi (bir dyuymda 72 ta punkt bo‘ladi). Shrift shakli|Umumiy dizayn bilan birlashtirilgan (masalan, Gelvetika) shriftlar turkumi. Shriftlar redaktori|Yangi shriftlar yaratish yoki mavjud shriftlarni to‘ldirish va o‘zgartirish imkonini beradigan dastur. Shriftlar turkumi|O‘lchami, kengligi va stili bilan biri-biridan farq qiladigan bir garnituradagi shriftlar to‘plami. Shriftni tanlash|Shriftning stili, o‘lchami va rangini tanlash. Shriftni o‘rnatish|True Type shriftlarining biri bilan tayyorlangan matn, bunday shrift bo‘lmagan boshqa kompyuterga ko‘chirilganda, baribir ayni shunday shriftli printerda o‘qiladigan, bosiladigan texnologiya. Shrift matn bilan birga uzatiladi, undan faqat shu matn va matn tayyorlangan muhit (ilova) bilan foydalanish mumkin. Windows muhitida ishlaydi. Shtatdagi texnik vosita|Obyektda o‘rnatilgan hisoblash texnikasi vositalari komplektiga kiradigan texnik vosita. Shtir|To‘lqin o‘tkazgich traktida o‘rnatilgan, sterjen (o‘zak) ko‘rinishidagi moslashtiruvchi element. Shtirli antenna|Qattiq yoki egiluvchan metall sterjen ko‘rinishidagi vertikal antenna. Shtirli antennaning uning o‘qiga perpendikulyar tekislikda nurlanishi maksimal va o‘q bo‘ylab yo‘nalishda mavjud emas. Shtorka orqali siqib chiqarish|Bir televizion tasvirning boshqa tasvir bilan almashinish usuli, bunda tasvirlar o‘rtasidagi chegara bir tekisda siljiydi.Ch Chap|Klaviaturaning foydalanuvchining chap tomonida bo‘lgan klavishlariga nisbatan qo‘llaniladi. Odatda standart klaviaturada ikkitadan bo‘lgan Alt, SHIFT, Ctrl klavishlari nomi bilan uchratish mumkin. Chap qo‘shtirnoq|Matnda biror-bir nomni ajratib ko‘rsatishda ishlatiladi va ochuvchi << va yopuvchi qismlarga bo‘linadi >>. Chap stereoskopik televizion tasvir|Chap ko‘zga stereoskopik televideniye vositalari orqali taqdim etilgan alohida tasvir. Chapga ko‘rsatgich|Klaviaturadagi alifbo tugmalaridan o‘ngda joylashgan klavish. Chapga qaratilgan ko‘rsatgichdan farqlash mumkin. Asosan matndagi harf va so‘zlarni joylashtirishda va o‘zgartirishda qo‘llaniladi. Chaqirayotgan abonent nomini aks ettirish|Telefon displeyida chaqirayotgan abonent raqami va nomini, agar telefon bu funksiyani ta’minlasa, aks ettirish xizmati. Agar chaqirayotgan abonent bu ma’lumotlar uzatilishini blokirovkalagan bo‘lsa, ular ma’lumotlarning (manzil kitobining) lokal bazasidan olinadi. Chaqirayotgan liniyanining identifikatsiya qilinishini taqiqlashni aylanib o‘tish|Abonentning telefon apparatida, ushbu xizmatga ega, barcha hollarda chaqiruvchi abonentlarning raqamlarini aks ettirish imkonini beradigan xizmat. Chaqirilayotgan abonent hisobidan tanlab bog‘lanish|Foydalanuvchiga chaqiruvchi abonentlarning ma’lum raqamlaridan kiruvchi chaqiruvlarga haq to‘lash imkonini beradigan xizmat. Chaqiruvchi abonentlarning bunday raqamlari ro‘yxatga kiritiladi va saqlanadi. Ro‘yxatni foydalanuvchi tartibga soladi. Shuningdek, ushbu funksiyadan foydalanishni PIN kod yordamida himoya qilish mumkin. Chaqirilayotgan abonent hisobidan to‘lovni undirish ichki xizmati|To‘lov undirilishi kerak bo‘lgan abonentga maxsus raqam biriktiriladigan va ushbu raqam bo‘yicha barcha chaqiruvlar chaqiruvchi abonent tomonidan emas, balki mos ravishda ushbu abonent tomonidan to‘lanadigan xizmat. Chaqirilayotgan liniya identifikatsiya qilinishini taqiqlashni doimiy rezervlash|Chaqirilayotgan abonentga C turkumi abonentining raqamini barcha hollarda, agar C turkumi abonenti chaqirilayotgan abonent raqamidan oldin raqamni berish uchun ma‘lum prefiksni tergan hollarda ham berishga ruxsat etilmaydi. Chaqirilayotgan liniya identifikatsiyasini taqdim etish|Tizimga, chaqirilayotgan abonentga chaqiriluvchi abonentning raqamini yuborish va uni telefon apparati yoki chaqiriluvchi abonent terminalida aks ettirish imkonini beradigan xizmat. Chaqirilayotgan liniya identifikatsiyasini taqiqlash|Chaqiruvchi abonentga chaqirilayotgan abonentning telefon apparatida uning raqami aks etishini taqiqlash imkonini beradigan xizmat. Chaqiruv|1. Chaqirilayotgan bir yoki bir nechta abonent bilan bog‘lanishga urinish.2. Chaqirilayotgan abonent bilan aloqani o‘rnatish yoki dasturga uni bajarish maqsadida murojaat etish jarayoni. Chaqiruv to‘g‘risida xabar|Tovush signalini uzatish yoki chaqiruvchi abonent raqamini displey ekranida yoritish orqali amalga oshiriladigan signalizatsiya.Izoh − Agar so‘zlashuv olib borayotgan yoki harakat zona-sidan tashqarida turgan abonentni chaqirish zarur bo‘lsa, chaqiruv tizim tomonidan eslab qolinadi va abonent bilan bog‘lanishning imkoniyati tug‘ilganda, chaqiruv avtomatik tarzda yoki operator komandasiga binoan takrorlanadi. Chaqiruv harakati boshlandi|Abonentning chaqiruvni boshlash niyati borligi, lekin hali raqam terishni boshlamaganligini ko‘rsatuvchi belgi. Chaqiruv-javob|Parolni tekshirish mexanizmi. Server mijozga «chaqiruv»ni uzatadi, u parol yordamida uni qayta o‘zgartiradi va natijani serverga «javob» sifatida uzatadi. Server «javob» «chaqiruv»dan to‘g‘ri parol yordamida olinganligini tekshiradi. Chaqiruv parametrlari yozuvi|Abonent chaqiruvlarining qayd etiladigan parametrlari, ular ma’lumotlar bazasiga kiritiladi va kelgusida billing operatsiyalarini bajarish uchun ishlatiladi. Chaqiruv trassirovkasi|Terminal abonentiga oxirgi qo‘ng‘iroq qilgan IP-manzil trassirovkasi. Chaqiruvga aralashish|Ishlamaydigan raqamga qo‘ng‘iroq qilinganda abonentni xabardor qilish, yoki uni muqobil raqamga qayta yo‘llash. Chaqiruvlar dispetcheri|Berilgan qayta manzillash dasturiga va ustuvorliklarga muvofiq, chaqiruvlarning aloqa liniyasida o‘tish tartibini belgilovchi qurilma. Chaqiruvlar grafigi|Tizim yoki kompyuter dasturida modullarni identifikatsiyalaydigan va qanday modullar bir-biriga qo‘ng‘iroq qilayotganligini ko‘rsatadigan diagramma. Chaqiruvlar navbatini shakllantirish|Kelayotgan barcha chaqiruvlarni qayta ishlash jarayonini tartibga solish protsedurasi. Aloqa kanalining taqdim etilishi chaqirilayotgan abonent raqami bo‘shashiga qarab yoki chaqiruvlarni boshqa raqamga o‘tkazish hisobiga amalga oshiriladi. Kutish vaqtida chaqirayotgan abonentga kerakli liniya bo‘shashi bilan uning chaqiruviga javob berilishi to‘g‘risida ogohlantiradigan maxsus xabar signali yoki nutqli xabar jo‘natiladi. Chaqiruvlar ro‘yxati|Dasturiy modulni chaqirishda foydalaniladigan argumentlarning tartiblashtirilgan ro‘yxati. Chaqiruvlar to‘g‘risida kelishuv|Dasturlashda – protsedura yoki funksiyani chaqirishda, argumentlar berish tartibini va komandalar ketma-ketligini belgilaydigan kelishuvlar. Argumentlar registrlarda, stek, xotiraning umumiy sohasi orqali berilishi mumkin. Stekda ular, protsedurani chaqirish satridagi argumentlar ro‘yxati bo‘yicha chapdan o‘ngga yoki o‘ngdan chapga (ya’ni, teskari tartibda) siljishi mumkin. Argumentlar soni o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin. Chaqiruvlarni avtomatik taqsimlash|Aloqa tarmoqlaridagi, chaqiruvlarni qayta manzillash dasturi va ustuvorliklarga muvofiq, boshqa raqamlarga yo‘naltirish imkoniyatini beradigan xizmat. Chaqiruvlarni birgalikda qabul qilishni amalga oshiruvchi abonentlar guruhi (seriyali izlash guruhlari)|Kichik guruhni, unga kiruvchi chaqiruvlarni taqsimlash qoidalarini belgilash uchun, guruhga qo‘shish imkonini beradigan xizmat. Quyidagi rejimlardan foydalanish mumkin:- berilgan ro‘yxat bo‘yicha kichik guruhning birinchi band bo‘lmagan terminaliga kiruvchi chaqiruvni yuborish, bunda keyingi chaqiruv oxirgi chaqiruvni qabul qilgan terminaldan boshlab, ro‘yxatni birma-bir saralaydi;- berilgan ro‘yxat bo‘yicha kichik guruhning birinchi band bo‘lmagan terminaliga kiruvchi chaqiruvni yuborish, bunda keyingi chaqiruv ro‘yxatni uning boshidan boshlab, birma-bir saralaydi;- chaqiruv bir vaqtda kichik guruhning barcha terminaliga keladi, ulanish go‘shakni birinchi ko‘targan abonent uchun amalga oshiriladi;- chaqiruvni oxirgi qabul qilgan ro‘yxatning oxiriga joylashtiriladi – abonentlarni bir tekis yuklash ta’minlanadi. Chaqiruvlarni qayd qilish|Ma’lum raqamga kelib tushadigan barcha chaqiruvlarni eslab qolish va statistik to‘plam faylida chaqiruvlar to‘g‘risidagi batafsil axborotni qayd qilish. Chaqiruvlarni qayta manzillash ro‘yxati|Xizmat abonenti chaqiruvlarini qayta manzillash ro‘yxatida tegishli yozuvlar aktivizatsiyasi yoki deaktivizatsiyasida ishlatiladigan xizmat. Chaqiruvlarni qayta manzillash uchun qo‘ng‘iroq o‘rnatish|Call Forwarding Unconditional, Call Forwarding Selective va Do Not Disturb funksiyalarini ulashda terminalda tegishli tovushli signallarni o‘rnatish imkonini beradigan xizmat. Chaqiruvlarni saralash|Qaysi raqam terilganligiga qarab, kiruvchi chaqiruvlarning uzatilishini taqiqlovchi yoki unga ruxsat beruvchi protsedura. Ustuvor foydalanishni tashkil etishda yoki ruxsat etilmagan chaqiruvlarning oldini olishda foydalaniladi. Chaqiruvlarni so‘zsiz qayta manzillash|Xizmat abonentiga kiruvchi chaqiruvlarni, xizmat abonenti holatidan qat’i nazar, boshqa belgilangan raqamga avtomatik tarzda qayta manzillash imkonini beruvchi xizmat. Chaqiruvlarni tanlab qabul qilish|Raqamlar ro‘yxatini tuzish imkonini beradigan xizmat, bunda abonent (kiruvchi chaqiruv) tuzilgan ro‘yxatdan qo‘ng‘iroq qilsa, chaqiruv qabul qilinadi; agar chaqiruvchi abonent raqami ro‘yxatda yo‘q bo‘lsa, chaqiruv tovushli pochtaga qayta manzillanadi. Chaqiruvlarni tanlab qayta manzillash|Raqamlar ro‘yxatini tuzish imkonini beradigan xizmat, bunda abonent (kiruvchi chaqiruv) tuzilgan ro‘yxatdan qo‘ng‘iroq qilsa, chaqiruv boshqa raqamga yoki tovushli pochtaga qayta manzillanadi. Chaqiruvlarni tanlab rad etish|Raqamlar ro‘yxatini tuzish imkonini beradigan xizmat, bunda abonent (kiruvchi chaqiruv) tuzilgan ro‘yxatdan qo‘ng‘iroq qilsa, chaqiruv qabul qilinmaydi; agar chaqirayotgan abonent raqami ro‘yxatda yoq bo‘lsa, kiruvchi chaqiruvga oddiy (normal) chaqiruv kabi xizmat ko‘rsatiladi. Chaqiruvlarni taqsimlash|Abonentga beriladigan imkoniyat, u kiruvchi chaqiruvlarni boshqa raqamlarga, o‘zi belgilagan qayta manzillash va ustuvorlik qoidalariga muvofiq yuborishi mumkin. Navbatdagi chaqiruv yuborilishi kerak bo‘lgan terminalni tanlash, doiraviy navbat bo‘yicha yoki abonentlar ro‘yxatida ko‘rsatilgan ustuvorliklarga muvofiq amalga oshirilishi mumkin. Chaqiruvlarni chegaralash bo‘yicha xizmat|Mobil abonentga kiruvchi yoki chiquvchi chaqiruvlarning muayyan toifasini uning mobil stansiyasi uchun blokirovkalash imkonini beradigan xizmat. Bu chaqiruvlar asosiy aloqa xizmatlarining barcha yoki muayyan turiga taalluqli bo‘lishi mumkin.Izoh – Mobil abonent, o‘z ixtiyori bo‘yicha, ushbu blokirovkani bekor qilish yoki xizmatning amal qilinishini to‘xta-tish va uning amal qilish davomiyligi davrini aniqlash uchun parolga ega bo‘lishi mumkin. Agar u tanlagan bo‘lsa, unda o‘zi parolni o‘zgartirishi mumkin. Chaqiruvlarni cheklagich|Abonentning ma’lum raqamiga bir vaqtda kelib tushadigan chaqiruvlarning muayyan soniga (chegara qiymatiga) sozlangan hisoblagich.Izoh − Cheklash chegarasi sutkaning ma’lum vaqtiga yoki foydalanuvchi tomonidan beriladigan biron-bir boshqa parametrlarga bog‘liq ravishda o‘zgarishi mumkin. Chaqiruvni aniq tutib qolish|Guruhning boshqa terminaliga kelgan kiruvchi qo‘ng‘iroqni qabul qilish imkonini beradigan xizmat. Chaqiruvni boshqa manzilga yo‘llash|Abonent raqami band bo‘lganda yoki telefon javob bermaganda, chaqiruvni boshqa manzilga yo‘llash mumkinligi.Izoh − Chaqiruv manzilini o‘zgartirishning uch usuli ma’lum. Ulardan eng oddiysi – uzatilishi kerak bo‘lgan barcha kiruvchi chaqiruvlarni abonent ko‘rsatgan raqamga jo‘natish. Ikkinchi usulda faqat asosiy raqam band bo‘lgan paytda kelib tushuvchi chaqiruvlargina boshqa manzilga yo‘llanadi. Uchinchi usul abonent javob bermagan hollarda nazorat vaqti (taym-aut) davomida berilgan algoritm bo‘yicha avtoqo‘ng‘iroq imkoniyatini ko‘zda tutadi va chaqiruv faqat bu vaqtdan oshib ketgandagina boshqa manzilga yo‘llanadi. Xizmatning ulanishi yoki uzib qo‘yilishini foydalanuvchining o‘zi bajarishi ham mumkin. Chaqiruvni kutish|Chaqirilayotgan abonent liniyasi band bo‘lganda, unga yangi chaqiruv kelib tushganligi to‘g‘risida xabar berib, chaqiruvni navbatga qo‘yish. Chaqiruvni kutish xizmatidan foydalanishda (ikkinchi) chaqirayotgan abonentni identifikatsiya qilish|Band abonentga uni chaqirayotgan abonentni identifikatsiya qilish imkonini beradigan xizmat.Izoh – Chaqirayotgan abonent raqamni va/yoki nomini identifikatsiya qilish uchun chaqirilayotgan abonent chaqiruvni kutish xizmatiga ega bo‘lishi kerak. Chaqiruvni ko‘chirish|Chaqiruvni uchinchi abonentga o‘tkazish protsedurasi. Unda dastlab aktiv ulanish ushlab turish rejimiga o‘tkaziladi, so‘ngra boshqa abonent bilan ulanish amalga oshiriladi va nihoyat, chaqirayotgan abonentga ulanish sodir bo‘ladi (ushlab turiladigan ulanish).Izoh − Xizmat ko‘rsatishning bu turi xizmatlarning «call forwarding» turidan shu bilan farqlanadiki, unda chaqiruv yo‘nalishining o‘zgarishi, ulanish o‘rnatilgandan keyingina sodir bo‘ladi. Chaqiruvni qabul qilish|Chaqiruv qabul qilingan, lekin chaqiruvchi va chaqiriluvchi tomonlar o‘rtasida hali bog‘lanish o‘rnatilmagan holat. Chaqiruvni qayta manzillash|Telefon tarmog‘i abonentiga xizmat ko‘rsatishning qo‘shimcha turi. Abonentga, raqami kommutatsiya stansiyasiga oldindan abonent tomonidan xabar qilinadigan boshqa telefon apparatga, o‘ziga kelayotgan chaqiruvni uzatish imkonini beradi. Chaqiruvni qayta ulash|Telefon so‘zlashuvi davomida, chaqirilayotgan abonent raqamini qayta termasdan turib, aloqa kanalini bir tayanch stansiyadan boshqasiga qayta ulash. Chaqiruvni qo‘lga kiritish|1. Abonentga, u bilan bitta yoki boshqa bir abonent guruhida bo‘lgan boshqa abonentga yo‘naltirilgan kiruvchi chaqiruvga javob berish imkonini beradigan xizmat.2. Zarur bo‘lgan raqamga yetib bormagan chaqiruvlarni nazorat qilish yo boshqa shaxsga yoki qurilmaga qayta manzillash maqsadida qo‘llaniladigan qo‘lga kiritish turlaridan biri. Chaqiruvni taqiqlash-blokirovkalash|Abonentga go‘ng‘iroqlarning muayyan turiga vaqtinchalik taqiqni kiritish imkonini beradigan xizmat. Chaqiruvni tugallash strategiyasi|Chaqirilayotgan abonent band bo‘lganda, bog‘lanishni o‘rnatish mexanizmi. Bog‘lanishning o‘rnatilish protsedurasini yakunlashning turli variantlari mavjud: qayta manzillash, chaqiruvni ushlab qolish va sh.k. Chaqiruvni ushlab turish|1. Chaqiruvning, tarmoq orqali uning keyingi uzatilish yo‘lini tanlash jarayoni tugamaguncha, liniyada saqlab turilishi.2. Bog‘lanishni uzmay turib aloqani vaqtincha to‘xtatish, bunda kiruvchi chaqiruv liniyada saqlanib qoladi, pauzalar paytida, odatda, musiqa yoki nutqli xabarlar uzatiladi.3. Amalga oshirilgan so‘zlashuvni uzib qo‘ymasdan boshqa qo‘ng‘iroqqa javob berish yoki so‘zlashib turgan suhbatdoshini uzib qo‘ymasdan abonentga qo‘ng‘iroq qilish, ya’ni bir-birini eshitmaydigan bir nechta suhbatdoshlar bilan navbatma-navbat so‘zlashish imkonini beradigan xizmat. Chaqiruvni o‘tkazish (qayta yo‘naltirish) xizmati|Olingan chaqiruvni boshqa abonentga o‘tkazish (qayta jo‘natish) imkonini beradigan xizmat. Chaqiruvning o‘tmayotganligi to‘g‘risidagi signal|Chaqiriluvchi terminalning egallab bo‘linmasligi yoki nosozlik oqibatida chaqiruvning yakunlanmasdan qolishi mumkinligi to‘g‘risida xabar beruvchi signal; bu signal chaqiruvchi terminalga uzatiladi. Chaqiruvchi abonentni identifikatsiya qilish va identifikatsiyani taqiqlash|Chaqirilayotgan abonentga boshqa abonentni chaqirishda o‘z raqami va nomini maxsus kodlarni tergan holda taqdim etish va o‘z raqami va nomini berishni taqiqlash imkonini beruvchi xizmat. Chastota|Davriy jarayonning, vaqt birligida bajariladigan davrlar soniga teng bo‘lgan miqdor xarakteristikasi. Chastota bo‘yicha ajratish bilan optik multipleksorlash|Yaqin joylashgan optik eltuvchilarda uzatiladigan kanallarni zichlash usuli. Bu texnologiyadan foydalanib, bitta tolaga yuztagacha va undan ortiq aloqa kanalini «joylashtirish» mumkin. Chastota etaloni, chastota standarti|Chiqish signali chastota etaloni sifatida qo‘llaniladigan generator. Chastota manipylyatsiyasi|Modulyatsiyalash usuli, bunda eltuvchi signal chastotasi sal o‘zgartirilishi hisobiga, axborotni havo muhiti orqali uzatish uchun qulay bo‘lgan usulda taqdim etish amalga oshiriladi. Chastotaga bog‘liq bo‘lmagan antenna|Chastotalarning keng diapazonida amaliy jihatdan o‘zgarmas xarakteristikalarga ega antenna. Chastotalar diapazoni|1. Chastotalari uchun tebranishlar va to‘lqinlar solishtiriladigan xossalarga ega bo‘lgan uzluksiz chastota intervali.2. Qurilma sozlanishi mumkin bo‘lgan chastota intervali. Chastotalar polosasi|Ikki muayyan cheklovchi chastotalar o‘rtasida joylashgan chastotalarning uzluksiz majmui.Izoh – Chastotalar polosasi o‘zining chastotalar polosasida o‘rnini belgilab beradigan ikki kattalik bilan, masalan, uning quyi va yuqori cheklovchi chastotalari bilan tavsiflanadi. Chastotalar polosasining kengligi|Chastotalar polosasining quyi va yuqori chegaralari o‘rtasidagi farq. Chastotalararo xendover|Bir tayanch stansiyadan boshqasiga ko‘chish paytida mobil stansiya chastotasining avtomatik ravishda o‘zgarishi. Chastotalarning egallangan polosasi|Quyi va yuqori chegaralaridan tashqarida nurlanadigan o‘rtacha quvvatining har biri berilgan nurlanish o‘rtacha quvvatining ma’lum foizi /2 ga teng bo‘lgan chastotalar polosasi. Agar XEI-R nurlanishning tegishli toifasi uchun hech qanday ko‘rsatmalar bermasa, /2 qiymatini 0,5 foizga teng deb olish kerak. Chastotalarning himoya polosasi|Chastotalarning, chastotalarning ikkita qo‘shni kanalini ajratadigan va o‘zaro xalaqitlardan himoya maydonini ta’minlash uchun mo‘ljallangan tor polosasi. Chastotalarning optik diapazoni|1013 Gs dan 1015 Gs gacha bo‘lgan chastotalar diapazoni. Ko‘rsatilgan chastotalarga to‘lqin uzunligi 0,01 dan 1000 mkm gacha bo‘lgan elektromagnit tebranishlar mos keladi. Fizik xossalariga ko‘ra, optik diapazon bir xil emas. U elektromagnit to‘lqinlarning fizik xossalari bir xil bo‘lmagan uchta quyi diapazonga bo‘linadi: ultrabinafsha nurlanish, ko‘rinadigan nurlanish va infraqizil nurlanish. Chastotalarning qo‘shilib ketishi|Televideniyeda davriy xalaqit signalining chastota spektri hamda yoyish chastotalari garmonikalarining spektri o‘rtasidagi to‘g‘ri qo‘shilib ketish. Bu narsa xalaqitning sezilarliligini, uning shakli keyingi yoyishlarda o‘zgarishi tufayli, minimumga keltiradi. Chastotalarning takroran ishlatilishi|Xizmat ko‘rsatishning turli zonalarida, aynan bir chastotani qayta ishlatishga asoslangan, aloqani tashkil etish usuli.Izoh − Chastotaviy-hududiy rejalashtirishda chastotalarning takroran ishlatilishi, chastota kanallari cheklangan tarmoqlar o‘tkazish qobiliyatini oshirishga imkon beradi. Chastotani stabillash|Generator hosil qiladigan chastotaning doimiyligini saqlab turish. Chastotani o‘zgartirish|Radiostansiyaning ishchi polosasidagi xalaqitlar darajasini pasaytirish maqsadida, qabulqilgich ishchi chastotasini o‘zgartirish. Chastotaning musbat Doppler siljishi|Mobil obyekt tayanch stansiyaga yaqinlashganida chastotaning Doppler ortish effekti. Chastotaning nostabilligi|Generator chastotasining, uning tebranish konturlari o‘zgarmasdan sozlanganda yuz beradigan o‘zgarishi. Chastotaning og‘ishi|Nurlanuvchi to‘lqin chastotasining o‘rtacha chastotadan modulyatsiya keltirib chiqargan oniy og‘ishi. Chastotaviy modulyatsiyada oniy chastota maksimal va minimal qiymatlari o‘rtasidagi cho‘qqi farq. Chastotaning sekin sakrashsimon o‘zgarishi|Ishchi chastotani psevdotasodifiy qayta sozlash usuli, unda chastotani almashtirish vaqti bitta axborot simvoliga to‘g‘ri keladigan vaqt intervali uzunligidan ancha kattadir, ya’ni bitta chastotada doimo bittadan ko‘p axborot simvoli uzatiladi. Xalaqitlardan himoyalashning ushbu usuli mobil stansiyalarning kichik ko‘chish tezligida eng samarali bo‘ladi. Chastotaviy qoplash|Rangli televideniye tizimida chastotalar polosasining monoxrom kanal va ranglilik signali kanali uchun umumiy bo‘lgan qismi.Izoh – Chastotaviy qoplash – spektrlarni birlashtirishning bir shaklidir. Chastotaviy skanlanadigan antenna panjarasi|Nurning elektr skanlanishi qo‘zg‘atiluvchi manba chastotasini o‘zgartirish orqali amalga oshiriladigan antenna panjarasi. Chastotaviy tavsifning notekisligi|Berilgan turdagi radiokarnayning texnik shartlarida ko‘rsatilgan ishchi chastotalar diapazoni chegaralarida tovush bosimi eng ko‘p va eng kam qiymatlari darajalarining farqi. Odatda, chastotaviy tavsifning notekisligi detsibellarda (dB) ifodalanadi va 15 dB dan 18 dB gacha bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi (0 dB 1000 Hz chastotadagi tovush bosimiga mos keladi). Chat|Internet foydalanuvchilari o‘rtasida real vaqtda matnli xabarlar almashinish. Chegara|Qandaydir kattalik o‘zgarishining ozirgi nuqtasi; xotira, fayldagi muayyan interval. Chegara registri|Xotirani himoya qilishda ishlatiladigan va xotira sohasining uzunligini o‘z ichiga oladigan, foydalanish dasturiga ajratilgan tizimli registr. Chegaradan tashqari to‘lqin o‘tkazgich|O‘zining kritik chastotasidan past chastotada foydalaniladigan to‘lqin o‘tkazgich. Chegaraviy foydalana olish shlyuzi|IP-tarmoqlarida: kichik tarmoqning belgilangan manzili bilan identifikatsiya qilinadigan tarmoq. Kichik tarmoqlar ulangan tarmoqlarni manzillashning murakkabligiga qarab kichik tarmoqni bir vaqtda muhofaza qilish uchun marshrutlashning ko‘p darajali iyerarxik tuzilmasini ta’minlash maqsadida tarmoq administratori tomonidan segmentlangan tarmoqni o‘zida aks ettiradi. OSI-tarmoqlarida kichik tarmoq deb, bir administrativ domenda boshqariladigan va tarmoqdan foydalana olishning bitta protokolidan foydalanuvchi oxirgi va oraliq tizimlari guruhiga aytiladi. Chegaraviy qiymat|Ma’lumotlarning, tizim yoki komponent uchun ko‘rsatilgan eng kichik yoki eng katta kirish, ichki yoki chiqish qiymatiga mos keladigan qiymati. Chegaraviy (chekka) marshrutizator|Tarmoq chegarasidagi, xabarlarning berilgan tarmoq orqali keyinchalik yo‘llanishini taʼminlamaydigan marshrutizator. Chek list|Qo‘yilgan vazifalarni bajarish maqsadida alohida tarzda tizimlashtirilgan omillar, xossalar, parametrlar, aspektlar, komponentlar, mezonlar yoki vazifalar (masalalar) ro‘yxati. Cheklangan bufer|Jarayonlarning o‘zaro ta’sir sxemasi, bunda cheklangan uzunlikdagi sikl buferi yordamida o‘zaro harakat qiluvchi jarayon-ishlab chiqaruvchi va jarayon-iste’molchi mavjud bo‘ladi. Ishlab chiqaruvchi axborot elementlarini generatsiyalaydi va buferga yozadi, iste’molchi bufer axborot elementlaridan foydalanadi va ularni yo‘q qiladi. Cheklashni tekshirish|Ma’lumotlarning qiymatlari berilgan qiymatdan yuqorida yoki quyida turganligini yoki belgilangan cheklashga yetganligini aniqlash maqsadida bajariladigan tekshirish. Cheklov|Kompyuter funksionalligiga oldindan o‘rnatilgan cheklovlar. Biror bir manbadan bolalarning foydalanishlarini chegaralash yoki kompyuterdan kechki payt foydalanilishining oldini olish uchun xizmat qiladi. Chertish|Kursorni siljitmasdan «sichqoncha» tugmasini bosish. Chetdan kiritish|Axborot obyektini (masalan, hujjat, matn, grafiklar, ma’lumotlarni), u saqlanadigan joydan (fayl, ma’lumotlar bazasi) chiqarib tashlamasdan joriy ilovaga, formatni o‘zgartirgan holda, ko‘chirib yozish. Chetki avtomat|Axborotni qayta ishlashga mo‘ljallangan, chekli xotira qurilmasining modeli. Chekli avtomatlarning ikki xil, ya’ni, sinxron va asinxron turkumi farqlanadi. Chekli avtomatlar integral sxemalar asosida yaratiladi. Chetlab o‘tish rejimi|Ma’lumotlarni shifrlash uskunasining ishlash rejimi bo‘lib, bunda ochiq matn buzilmasdan uzatiladi. Chin|Mantiqiy mulohaza tavsifi. Mantiqiy ifoda dasturlash tillarida olishi mumkin bo‘lgan qiymat. Chinlik jadvali|Mantiqiy funksiyani tavsiflaydigan jadval. Berilgan holda «mantiqiy funksiya» deganda, o‘zgaruvchilarning (funksiya parametrlarining) qiymatlari va funksiyaning o‘z qiymati mantiqiy chinlikni ifodalaydi. Masalan, ikki belgili mantiqda ular «chin» yoki «yolg‘on» qiymatni olishi mumkin. Chinlik jadvallari asosan Bul algebrasida va raqamli elektron texnikada mantiqiy sxemalar ishini tavsiflashda qo‘llaniladi. Chip|1. Davomiyligi axborot oqimidan bir necha marta kichik bo‘lgan, murakkab signal elementi.2. Kristalldagi yarimo‘tkazgichli mikrosxema. Chip tarmoq|Markaziy protsessorning periferik qurilmalar bilan ishlashini ta’minlash uchun asosiy platada o‘rnatiladigan integral sxemalar to‘plami. Chip tezligi|Taktli chastotasi kirish axborot tezligidan bir necha marta yuqori bo‘lgan keng spektrli signallarning elementlarini uzatish tezligi. Chip tezligi, odatda, Mchip/s larda o‘lchanadi (masalan, IS-95 standartida 1,2288 Mchip/s ga teng). Chiqarib olish uchun vosita|Saqlangan yozuvlardan foydalana olish imkonini beradigan veb-ilova. Chiqarib tashlash (ayirish) bloki|Protsessorning chiqarib tashlash bloki operatsiyalarini bajaradigan qurilmasi. Chiqarib tashlash tuzog‘i|Boshqaruvning foydalanuvchiga qaytishining oldini olish maqsadida, kompyuterning shtat rejimida ishlashini buzadigan har qanday urinishni yo‘qqa chiqarishning dasturiy usuli. Chiqarish|Olib qo‘yiladigan disklarni (floppi, CD yoki DVD) kompyuterdan uzishni amalga oshiradigan komanda. Chiqarishni buferlash|Buferning har bir vazifasi uchun (xotira yoki fayl sohasi ko‘rinishida) uni chiqarish uchun saqlash, buferda topshiriq bilan chiqariladigan axborotni to‘plash va uni topshiriq bajarilgandan so‘ng qurilma (printer) orqali chiqarish. Chiqish|Tizimdan, dasturdan chiqish, seansni yakunlash. Chiqish ma’lumotlari, natijalar|Qaysidir vazifani hal qilish natijasi sifatida kompyuterdan olinadigan ma’lumotlar. Chiqish quvvatining maksimal o‘rtacha qiymati|Uzatiladigan signallarning har qanday kombinatsiyasida o‘rinli bo‘lgan modulyatsiyaning eng uzun takrorlanuvchi sikli bo‘yicha o‘rtachalangan maksimal radiochastotaviy chiqish quvvati. Chiqish uchlari bir qator joylashgan xotira moduli|Xotira modulining keng ishlatiladigan qisqartmasi; tezkor xotira standartlaridan biri. Kompyuterlarda tezkor xotira qurilmasini kuchaytirish uchun foydalaniladi. Tezkor dinamik xotira integral mikrosxemalari o‘rnatilgan, uncha katta bo‘lmagan bosma plata-modul ko‘rinishida chiqariladi. Hajmi odatda, 1 Mb dan 64 Mb gacha bo‘ladi. Chiqish uchlari to‘rt tomonda joylashgan yassi korpus|Planar chiqish uchlari to‘rt tomon bo‘ylab joylashgan mikrosxemalar korpuslarining turkumi. QFP mikrosxemalar chiqish uchlarining soni odatda, 200 dan oshmaydi, qadami 0,4 mm dan 1,0 mm gacha. Chiqishni sozlash|Uzatilayotgan tasvirning o‘rtacha yorqinligini o‘zgartirgan holda, signalning cho‘qqi amplitudasini o‘zgartirish. Chiqmoq|Oldindan tanlangan pozitsiyalardan voz kechishga yo‘naltirilgan harakat. Masalan, yangilik jo‘natmalaridan voz kechish. Tizimdagi ishni tugatish. Chiquvchi|Elektron pochtaga ishlov berish bo‘yicha dasturlardagi papka, ushbu papkada jo‘natishga tayyor, lekin serverga hali yetkazilmagan xatlar saqlanadi. Xatlar serverga yetkazilgandan so‘ng, «Jo‘natilganlar» papkasiga o‘tkaziladi. Chiquvchi fayl|Chiquvchi ma’lumotlardan (qayta ishlangan ma’lumotlardan) iborat fayl. Chiquvchi hujjat|Tashkilotdan jo‘natiladigan rasmiy hujjat. Chiquvchi liniya|1. Axborot oqimi aloqa stansiyasi yoki retranslyatordan abonentga uzatiladigan liniya.2. Kanallar konsentratori yoki kommutatori chiqishini olisdagi abonent bilan bog‘lovchi liniya. Chiquvchi oqim|Ishga tushirilgan dasturdan chiquvchi ma’lumot oqimi. Dastur ishining bosqichlarini aks ettirishda yoki boshqa dastur bilan ma’lumot almashinishda ishlatiladi. Chiquvchi telefon yuklama|Qarab chiqiladigan telefon yuklama manbalariga nisbatan tashqi bo‘lgan liniya (kanal)lar bog‘lamiga yoki kommutatsion aloqa asboblari guruhiga yo‘naltirilgan telefon yuklama. Chiquvchi chaqiruvlarni chegaralash xizmatlari|Abonentga barcha yoki muayyan chiquvchi chaqiruvlarni o‘rnatishga va/yoki o‘zining telefon apparatidan xizmat ko‘rsatuvchi buyurtmalarga to‘sqinlik qilish imkonini beradigan xizmat. Chiquvchi chaqiruvni saralash|Abonentga, berilgan apparatdan terilishi taqiqlangan raqamlar ro‘yxatini belgilash imkonini beradigan xizmat turi. Taqiq maxsus kod kiritilgandan keyingina olib tashlanadi. Chiquvchi cho‘qqi quvvat|Uzatiladigan signallarning har qanday kombinatsiyasida mumkin bo‘lgan maksimal cho‘qqi amplituda sharoitida, radiochastotaviy tebranish davri ichida o‘rtachalashtirilgan chiquvchi quvvat. Chiziqli algoritm|Barcha qadamlari bir marta va qat’iy ravishda ketma-ket bajariladigan sodda algoritm. Chiziqli antenna|Bitta o‘lchami to‘lqin uzunligidan katta yoki o‘lchovdosh bo‘lgan antenna, bunda ikkita boshqa o‘lcham to‘lqin uzunligidan ancha kam bo‘ladi. Chiziqli antenna panjarasi|Nurlantiruvchi elementlari to‘g‘ri chiziqda joylashgan antenna panjarasi. Chiziqli bashoratlash|Tovush signalini dekodlashda qo‘llaniladigan bashoratlash usuli. Bunda tovush sigalining so‘rov paytida taxmin qilinayotgan kattaligi oldin tanlangan kattaliklarning chiziqli o‘lchangan yig‘indisi sifatida aniqlanadi. Chiziqli kriptotahlil|Blokli shifrlar uchun qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan kriptotahlil usuli. Bu kriptotahlil usuli ma’lum ochiq matn bo‘yicha kriptotahlil usuliga asoslanadi. Chiziqli manzil makoni|Ba’zi bir protsessorlarda foydalaniladigan, xotirani manzillash sxemasi. Unda barcha tezkor xotira qurilmalaridan registrda yoki komandada bo‘lgan yagona manzil yordamida foydalanish mumkin bo‘ladi. Chiziqli printer|Bir paytning o‘zida butun qatorni chop etuvchi yuqori tezlikka ega bo‘lgan printer. Chiziqli printerlarning kamchiligi ularning grafikani chop etaolmasligi, past chop etish sifati va ish paytida qattiq shovqinlar bo‘lishidir. Chiziqli qutblanish|Elektromagnit to‘lqinning kuchlanganlik vektori bitta qayd qilingan liniyaga parallel bo‘lib qoladigan elektromagnit to‘lqin qutblanishi. Chiziqli simmetrik vibrator|O‘tkazgichlarining o‘qlari bir to‘g‘ri chiziqda yotuvchi simmetrik vibrator. Chiziqli qo‘shish|Tarqoq (yoyilgan) qabul qilish usuli. Bunda bir xil vazn koeffitsiyentiga ega bo‘lgan turli kanallarning signallari daraja bo‘yicha tenglashtirilgach qo‘shiladi. Chop etish versiyasi|Veb-sayt sahifasining chop etish uchun mo‘ljallangan, yaʼni dizayn elementlarisiz, faqat matndan iborat xili. Chop etish spuleri|Chop etish uchun yuborilayotgan hujjatlarni qabul qiladigan, qayta ishlaydigan, dispetcherizatsiya qilib, taqsimlab beradigan DLL to‘plami. Chuqurlik|1. Signalning maksimal va minimal qiymatlari o‘rtasidagi farq, masalan, amplitudali modulyatsiya chuqurligi.2. Sxemada ketma-ket ulangan elementlar sonini, iyerarxik tuzilmadagi pog‘onalarni, maksimal tanlash hajmini tavsiflovchi o‘lchov. Cho‘ntak|Xotiraning tizim tomonidan ajratiladigan, nusxa ko‘chirish yoki ko‘chirish uchun ma’lumotlar vaqtincha joylashtiriladigan qismi. Cho‘ntak shaxsiy kompyuteri|Portativ kompyuterning bir turi, o‘lchamlari va og‘irligiga ko‘ra elektron yon daftarchani eslatadi, funksional imkoniyatlariga ko‘ra stol kompyuteriga deyarli o‘xshash. Bunday kompyuterning tezkor xotirasi uzoq muddatli xotira funksiyasini bajaradi va bir necha megabayt o‘lchamga ega. Qattiq disk yo‘q. Odatda, Windows CE ostida ishlaydi, boshqa kompyuterlar bilan interfeysga, o‘rnatilgan integ-ratsiyalashgan tizimlarga ega. Displeyi suyuq kristalli. Cho‘qqi quvvat|Sinxronlovchi signallar cho‘qqi amplitudasiga mos keladigan, radiochastotaviy tebranish davri ichidagi quvvat. Cho‘qqi chiqish quvvatini rostlash|Uzatgichning chiqish quvvatini muayyan chegarada uzoq vaqt oralig‘i mobaynida ushlab turish uchun mo‘ljallangan qo‘lda yoki avtomatik tarzda sozlash. Cho‘tka|Turli grafik dasturlardagi «cho‘tka» asbobi. Rangning o‘zgaradigan qalinligi va intensivligiga ega. Nuqtalarning ketma-ketligini («sichqoncha» tugmasini bosganda) chizadi. Cho‘zilgan impuls|Qabul qilgich kirishidagi davomiyligi signalning ko‘p nurli buzilishlari yuzaga kelishi bilan bog‘liq boshlang‘ich impuls davomiyligidan sezilarli katta bo‘lgan impuls. Abandonware|Ishlab chiqaruvchi kompaniya tomonidan sotuvga qo‘yilmayotgan va ishlab chiqaruvchi undan foyda olmayotgan dasturiy mahsulot (operatsion tizim, matn protsessori, kompyuter o‘yini yoki media-fayl). AC-3 formati|Dolby Laboratories firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan tovushli fayl formati. 6 ta tovush kanaliga ega. Frontal: chap, o‘ng va markaziy kanallar tovushning aniq joylashuvini aniqlab beradi. Orqa chap va o‘ng kanallar hamda qo‘shimcha past chastotali kanal 3-120 Hz esa «yaqinda bo‘lish effekti» ni qo‘shadi. Muqobil nomi 5.1 formati. AC''97|Kompyuter audio apparaturalarining asosiy standarti. Audio tizimlarni kompyuterga joylashtirish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha plata formatini tavsiflaydi. ACE standarti|Foydalanuvchilarning x86 shaxsiy kompyuterlaridan MIPS turidagi RISC mashinalariga o‘tish imkonini beruvchi ochiq standart. Universal operatsion tizimni tuzish bo‘yicha loyihaning bir qismi. ACPI spetsifikatsiyasi|Intel, Microsoft va Toshiba korporatsiyalari tomonidan 1996-yilda ishlab chiqilgan ochiq standart. Kompyuterlarning energiyaga bo‘lgan etiyojini BIOS tomonidan emas, balki operatsion tizim tomonidan to‘liq boshqarilishini (alohida qurilmalarni yoqish va o‘chirib qo‘yish) amalga oshirishga imkon beradi. ActiveX|COM modeli asosidagi obyekt komponent ilovalarini dasturlash uchun Microsoft tomonidan ishlab chiqilgan texnologiyalar guruhining nomi. Dasturiy ta’minot komponentlarining bir-birlari bilan, ularning yaratilishi uchun bevosita ishlatiladigan dasturlash tillariga bog‘liq bo‘lmagan holda, tarmoq muhitida o‘zaro ishlashlariga imkon yaratuvchi texnologiyalar to‘plami. АctiveX ma’lumotlar obyekti|Ma’lumotlardan foydalana olish interfeysi. Mijoz ilovalariga fayllar yoki serverlarda bo‘lgan ma’lumotlar bazalaridagi ma’lumotlardan foydalanish va ularni boshqarish imkonini beradi. ACTOR tili|Whitewater Group kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, Windows da ishlaydigan dasturlarni yaratishga mo‘ljallangan, ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash tili. Paskal dasturlash tiliga xos sintaksisga ega. Ada tili|Boshqariladigan elektron hisoblash mashinalari bo‘lgan, o‘rnatilgan tizimlarda foydalanish uchun ishlab chiqilgan dasturlash tili. Bunday tizimlarda operatsiyalarning parallel bajarilishi talab etiladi va amalga oshirish vaqtiga qat'iy cheklovlar qo‘yiladi. Shuning uchun ham, Ada real vaqt tizimlari tili hisoblanadi. ADB shinasi|Macintosh shaxsiy kompyuternidagi tizim shinasi. Address Resolution Protocol|MAC-manzillarni IP-manzillarda aks ettirishda ishlatiladigan Ethernet-tarmoqlardagi quyi daraja protokoli. A-diapazon operatori|Chastotalarning A-diapazonida ishlash uchun litsenziyaga ega bo‘lgan uyali aloqa kompaniyasi.Izoh − Atama Amerika tizimlari uchun xos bo‘lib, ularda uyali aloqa uchun ajratilgan butun (800−900) MHz chastota diapazoni, shartli ravishda A va В operatorlari sifatida nomlangan ikki operator o‘rtasida taqsimlangan. Tarixan, A operator bir vaqtning o‘zida simli va simsiz telefon aloqasi xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniya hisoblanadi. Barcha mobil telefonlar faqat bitta (A yoki В) diapazonda ishlash uchun dasturlashtirilgan bo‘lib, bu ularning faqat bir turdagi boshqaruv kanallarini izlash imkoniyatini ifodalaydi. Adobe|1982-yilda asos solingan dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi Amerika kompaniyasi. PDF formatning muallifi va egasi hisoblanadi. Yaqinda MacroMedia kompaniyasini sotib oldi. Adobe firmasining (shriftlar) menejeri|Adobe Systems firmasining shriftlarni qo‘llab-quvvatlash (kuzatib borish) tizimi. AES/EBU signali|MPEG koderlari uchun manba sifatida qo‘llaniladigan, har bir sanoqqa 20 dan 24 bit gacha kvantlash razryadlanishiga ega, ikki kanalli raqamli tovush signali. Air interface texnologiyasi|Efir interfeysi – operatorning tayanch stansiyalari va mobil qurilmalar o‘rtasida ma’lumotlar almashinish amalga oshiriladigan texnologiya. Har bir operator o‘zining efir interfeysiga ega. AIT standarti|Takomillashtirilgan intellektual (magnit) tasma. Algol|Ilmiy-texnik masalalarni hal qilish uchun foydalaniladigan, ma’lumotlarni qayta ishlashning protsedura tili; ilmiy hisoblashlar uchun mo‘ljallangan yuqori darajali til. ALPHA|RISC turidagi, 64 razryadli ma’lumotlar shinasi, 64 razryadli manzil shinasi, tezkor xotira va protsessor o‘rtasida ma’lumotlar uzatish uchun mo‘ljallangan 128 razryadli shinaga ega bo‘lgan mikroprotsessor. DEC firmasi tomonidan 1992-yilda ishlab chiqilgan. Takt chastotasi 300 MHz ga yetadi. Alt klavishi|Kompyuterlarda: bosilishi vaqtida klaviatura boshqa klavishlarining skan-kodlarini o‘zgartirish imkonini beradigan klavish. Yangi klavishlar qo‘shmasdan turib klaviatura funksionalligini kengaytiradi. AMR spetsifikatsiyasi|Tizim platasini va interfeysini kengaytirish imkonini beruvchi, audio qurilmalar kabi modemni ham qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan platalarning ochiq sanoat standarti hisoblanadi. AC'97 spetsifikatsiyasi asosida yaratilgan. AMR platalar (modemlar, tovush kartalari) tizim platasiga PCI shinasidan foydalanilgan holda ulanadi. AMR-WB kodeki|Ixtisoslashtirilgan ko‘p tezlikli kodek, odatda, keng polosali uyali aloqa tizimlari uchun qo‘llaniladi. U, muayyan tezliklar diapazonida (6,6 Kbit/s dan 23,85 Kbit/s gacha) ovozli oqim siqilishini ta’minlaydi. ANSI kodi|Simvollarni sakkiz razryadli ikkilik sonlar (1 byte) bilan kodlash standarti. Windows da foydalaniladi. ANSI simvollar to‘plami|Amerika milliy standartlar instituti (ANSI) tomonidan ishlab chiqilgan, Windows da 256 ta boshqaruvchi va alifbo-raqamli simvollarni taqdim etishda foydalaniladigan 8 bitli kod jadvali. AOL|AQSh hududida joylashgan eng katta Internet provayderi. ICQ AIM Internet-peyjer xizmatining egasi. Onlayn-xizmatlar va elektron e’lonlar taxtalarini yetkazib beruvchi. 1998-yilda Netscape kompaniyasini sotib oldi va uning asosida o‘zining brauzerini chiqardi. API antivirusi|Pochta xabarlarini skanlash va aniq vaqt rejimida viruslarni aniqlashga imkon beradigan amaliy dasturlash interfeysi.Izoh − Elektron pochta bo‘yicha tarqaladigan viruslarni aniqlash imkoniyati va AVAPI server ishiga ta’sir etmasligi uning ustunligidir. APL tili|Juda yuqori darajadagi protsedura tili. Maxsus klaviatura talab qiladi. Dastlab algoritmlarni yozish uchun notatsiya (shartli belgilar) bo‘lib xizmat qildi. Birinchi varianti APL/360 ‒ 1966 yil. A-profil|Amaliy profil. CAN tarmoqning (abonent foydalana olish tarmog‘ining) har bir qurilmasi uchun barcha kommunikatsion va amaliy obyektlarni belgilaydi. A-qonuni|Tovush koderlaridagi RSM va ADPCM da qo‘llaniladigan, tovush signali dinamik diapazonini siqish qonuni. Katta amplitudali signallar uchun logarifmik siqish algoritmidan, kichik amplitudali signallar uchun chiziqli siqish algoritmidan foydalanishga asoslangan. Bu esa kichik daraja signallarini tiklashda signal/shovqin nisbati doimiy bo‘lishligini taʼminlaydi. ARJ|Robert Jang tomonidan ishlab chiqilgan fayl arxivatori. ASII kodi|Bir baytli (1 byte=8 bit) ikkilik kod ko‘rinishida lotin alifbosi simvollarini, raqamlar, yordamchi simvollar yoki amallarni kodlash standarti. Dastlab standart 7 bitdan foydalanib (0 dan 127 gacha bo‘lgan) 128 simvolnigina belgilagan edi. Barcha sakkiz bitdan foydalanish yana 128 simvolni kodlash imkonini beradi. Qo‘shimcha simvollar har qanday bo‘lishi mumkin. Ularga 128 dan 255 gacha bo‘lgan kodlar ajratiladi. ASN tarmog‘i|Muayyan standartdagi (Mobile WIMAX) aloqa tarmog‘idan foydalanish tarmog‘i. ASR parametri|Qabul qilingan chaqiruvlar sonining, chaqirishga urinishlar soniga bo‘lgan foiz nisbatini ko‘rsatadigan, aloqa sifati parametri. Bu parametrning qiymati chaqiriluvchining harakatiga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. AT - komandalar|Hayes Microcomputer Product firmasi tomonidan ishlab chiqilgan Hayes turidagi modemlarni boshqarish tili. De-fakto standarti hisoblanadi. Tilning har bir komandasi «AT» dan boshlanadi. Inglizcha «at-tention» − «diqqat» so‘zidan olingan. ATA ketma-ket porti|Shaxsiy kompyuterlarning tizim platalariga ulash uchun va ma’lumotlarni saqlash (qattiq disklar, DVD va CD-R/W diskovodlari) tez ishlovchi qurilmalarning arzon xizmatlariga mo‘ljallangan izchil interfeyslarning tasnifi. Ma’lumotlar uzatish tezligi: 150, 300 va 600 Mbit/s. Kabel uzunligi 1 m gacha. ATDMA usuli|Kanallarni vaqt bo‘yicha ajratish bilan ko‘p stansiyali foydalana olishning takomillashtirilgan usuli.Izoh − UMTS dasturi doirasida ishlab chiqilayotgan aloqa tizimi loyihasining nomi, unda TDMA texnologiyasining radioto‘lqinlarning ko‘p nurli tarqalishida, tinishlarga ega bo‘lgan kanallardagi imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish ko‘zlangan. Athlon|AMD kompaniyasi tomonidan 1999-yil iyun oyida e’lon qilingan x86 arxitekturasining mikroprotsessori. Yangi texnologiya Pentium protsessorining raqobatchisi bo‘lishga imkon berdi. Athlon protsessorining eng katta kamchiligi, uning ko‘p energiya sarflashi va buning oqibatida yuqori darajadagi issiqlikda ishlashidadir. Athlon 462-pin li raz’yomda ishlaydi. A-turidagi resurs yozuvi|Domenga kiradigan kompyuterning xotirasida saqlanadigan ma’lumot bo‘lib, unda kompyuterning domen nomi (kompyuterning nomi) va domen hududiga tegishli kompyuter IP-manzili aks ettiriladi. AVI formati|Tovush bilan sinxronlashgan videofillmlar (mini-kinofilmlar) ni saqlash uchun Microsoft korporatsiyasining Multimedia Systems Group bo‘linmasi tomonidan ishlab chiqilgan fayllar formati. Raqamli video va audio yozuvlarning galma-gal almashinadigan formatiga ega. AWK dasturlash tili|Skriptli, UNIX uchun dasturlash tili, mualliflari nomi bilan atalgan (Al V. Aho, Peter J. Weinberger hamda Brian W. Kernighan). 1977 yilda ilk versiyasi chiqqan. B-diapazon operatori|Chastotalarning В -diapazonida ishlash uchun litsenziyaga ega bo‘lgan uyali aloqa kompaniyasi.Izoh − Atama Amerika tizimlariga xos bo‘lib, ularda uyali aloqa uchun ajratilgan (800−900) MHz chastotalar diapazonining barchasi shartli ravishda A va В tarzida nomlanuvchi ikki operator o‘rtasida teng bo‘lingan. В-operatori tarixan simsiz foydalana olish xizmatlarini ko‘rsatishga ixtisoslashgan kompaniyadir. Barcha mobil telefonlar faqat bitta (A yoki В) diapazonda ishlash uchun dasturlashtirilgan bo‘lib, u faqat bitta turdagi boshqarish kanallarini qidirish imkoniyatini anglatadi (terminal dasturlashtirilgani kabi). B kanallar, «tashuvchi kanallar»|ISDN tarmog‘ining nutqli yoki alifbo-raqamli ma’lumotlarni uzatish uchun mo‘ljallangan ikkita 64 kbit/s li kanali. B-psevdokadr|Televizion tasvirning avval keluvchi va/yoki ketidan keluvchi tayanch kadrlari yoki maydonlari bo‘yicha harakatni kompensatsiyalash bilan taxminlash usulida shakllanadigan psevdokadr. Base-64 kodi|Elektron xabarlarni MIME bilan moslashgan kodlash usuli. Ixtiyoriy baytlar ketma-ketligini bosma ASCII-simvollar ketma-ketligiga kodlaydi. Bash|Bourne shell komandali qobiqning mukammallashtirilgan va yangilangan variatsiyasi. Unix ning ommalashgan zamonaviy komandali qobiqlaridan biri. Ayniqsa GNU/Linux muhitida keng tarqalgan bo‘lib, u bu muhitda boshlang‘ich komanda qobig‘i sifatida ishlatiladi. BASIC|Dastlabki eng oddiy dasturlash tillaridan biri. 1964-yilda ishlab chiqilgan mazkur dasturlash tili professional bo‘lmagan dasturchilarga mo‘ljallangan. BASIC tili konstruksiyasining oddiyligi, shuningdek, kompyuter bilan dialog rejimda ishlash imkoniyati mavjudligi bilan ajralib turadi. BCD fayli|Kompyuterda mavjud bo‘lgan yuklanadigan operatsion tizimlar va ularning parametrlari to‘g‘risidagi axborotni o‘z ichiga oladigan fayl. Aktiv bo‘limda Boot papkasida saqlanadi. BCD fayl o‘chirib tashlanganda, shikastlanganda yoki noto‘g‘ri sozlanganda operatsion tizim yuklanishdan to‘xtaydi. BDE|Borland firmasining ma’lumotlar bazasidan foydalana olish interfeysi. U dasturlarga ma’lumotlar bazasidagi xabarlardan foydalana olish imkonini yaratadi. BEDO DRAM xotirasi|Tezkor xotiraning bir turi. SDRAM ning arzon analogini yaratish maqsadida tuzilgan. Lekin keng tarqalmagan. Belady anomaliyasi|FIFO algoritmidagi, uchta erkin freymlardagi sahifalarning rad etish soni bilan solishtirish jarayoniga ko‘ra, to‘rtta erkin freymdagi sahifalar rad etish sonining ortib borishi. BeOS operatsion tizimi|Dastlab BeBox uchun bazaviy operatsion tizim sifatida ishlab chiqilgan operatsion tizim. Ko‘p oqimlilik, mikroyadrolik, ko‘p protsessorli arxitekturaning, 64 bitli jurnalli fayl tizimining qo‘llanilishi, juda qulay va oddiy foydalanuvchi interfeysi BeOS ning ajratib turadigan afzal jihatlaridir. Betacam formati|Yarim dyuymli magnit tasmaga ma’lumot yozish uchun Sony firmasi tomonidan taqdim etilgan yozuv formati. BGP protokoli|EGP (External Gateway Protocol) protokoli o‘rniga ishlab chiqilgan mashrutlash protokoli bo‘lib, turli standartlar asosida ishlaydigan tarmoqlar o‘rtasida aloqani ta’minlashga mo‘ljallangan. EGP protokolining vositalaridan farqli o‘laroq, BGP protokolining vositalari optimal marshrutni tanlash uchun barcha mumkin bo‘lgan marshrutlarni baholay oladi. Big endian|Kompyuter xotirasining arxitekturasi, bunda baytlarni raqamlash xotira har bir so‘zida chapdan boshlanadi, ya’ni katta bitlardan boshlab raqamlanadi. BITNET tarmog‘i|IBM firmasining dastlabki meynfreymi (1981-yil) asosida qurilgan birmuncha arzon va past tezlikka ega xalqaro kompyuter tarmog‘i bo‘lib, 52 mamlakatning kollej va universitetlarini birlashtirgan. Hozirgi vaqtda CREN tarmog‘ining bir qismidir. Blackberry OS|Smartfonlarda va Research and Motion (RIM) firmasining kommunikatorlarida ishlaydigan ilovalarning asosiy to‘plamiga ega mobil qurilmalar uchun mo‘ljallangan operatsion tizimlar. Blowfish algoritmi|1993-yil Bryus Shneyyer tomonidan ishlab chiqilgan shifrlash standarti.Izoh − U simmetrik blokli shifr bo‘lib, blokining o‘lchami 64 bit, kalitining uzunligi esa o‘zgaruvchandir (32 dan 448 bit gacha). Internetda ushbu algoritmning dastlabki kodlari mavjud bo‘lib, litsenziya talab etmaydi. Bluetooth|Tovush va ma’lumotlarni uzatish uchun turli xildagi qurilmalarni birlashtirish imkonini beradigan simsiz qisqa to‘lqinli (30 m gacha) yaqin radioaloqa texnologiyasi. Uni ishlab chiqish va rivojlantirish bilan Bluetooth SIG assotsiatsiyasi shug‘ullanadi. U IEEE 802.15 belgilanishli standartni oldi. U 2,4 GHz chastotadagi ishni aniqlaydi va 10 m masofagacha (722-784) kbit/s tezlikda ma’lumot uzatadi. BluRay–disk|Katta hajmli (25-50 Gbayte) kompakt-disklarning bir turi. BMP formati|Grafik fayllarning siqilmagan standart formati bo‘lib, bitta nuqta uchun 4,8 yoki 24 bit ni ko‘zda tutadi. BOOTP protokoli|Qattiq diskka ega bo‘lmagan uzellar bilan birgalikda ishlash protseduralarini aniqlab beruvchi tarmoq protokoli. Dastlab TCP/IP tarmoqlarida disksiz ishchi stansiyalarni sozlashda ishlatilgan protokol. DHCP – o‘z navbatida shu protokolni qo‘llagan yuklash konfiguratsiyasining tugab borayotgan protokolidir. Borland obyekt komponentlarining arxitekturasi|Borland firmasining (mavjud standart komponentlardan dasturli tizim va komplekslarni yaratish uchun) obyekt-modulli arxitekturasi. Bps (sekunddagi bitlar soni)|Bir sekund ichida uzatiladigan bitlar soni. Modem kabi ma’lumotlarni uzatishi mumkin bo‘lgan qurilmaning tezligini o‘lchash birligi sifatida foydalaniladi. BREW platformasi|Qualcomm kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, CDMA standartidagi mobil qurilmalar uchun ilovalar platformasi (GSM uchun Java platformasining analogi). BSC kodi|Tayanch stansiya kodi. BSD|Kaliforniya universitetining dasturiy mahsuloti. Uning asosida FreeDSB, OpenBSD va NetBSD kabi qator operatsion tizimlar ishlab chiqilgan. C Shell|Komanda beruvchi interpretator. *nix-tizimlaridagi komanda satrini dasturlash tili. C# tili|Ilovalar, veb-komponentlar, shuningdek, veb-xizmatlar tuzish uchun, Microsoft korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan dasturlash tili. O‘zida C++, Java, Java Script, Visual BASIC tillarining eng yaxshi jihatlarini birlashtiradigan kuchli dasturlash tili. C++|Quyi darajali dasturlash imkoniyati bo‘lgan, ANSI va ISO standartlariga javob beradigan, obyektga yo‘naltirilgan yuqori daraja tili. Ci (C) dasturlash tilining navbatdagi avlodi hisoblanadi. C++ning obyektga yo‘naltirilganligi, u yirik masshtabli dasturlarni kodlash soddalashtiriladigan va ularning kengayuvchanligi ta’minlanadigan dasturlash uslubini qo‘llab-quvvatlashini bildiradi. C2 himoya darajasi|Axborotni muhofaza qilishga mo‘ljallangan AQSh milliy standarti, foydalanuvchilarni yakka tartibda ro‘yxatga olish, maxfiy so‘z va vakolat berish mexanizmi mavjudligini talab qiladi. Cairo tarmoq operatsion tizimi|Microsoft korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan obyektga yo‘naltirilgan arxitekturali tarmoq operatsion tizimi. Cairo tizimi ma’lumotlarni qayta ishlash taqsimlangan muhitini ta’minlaydi. Caps Lock klavishi|Yuqori registrni qayd qilish klavishi. CAS protokoli|Intel korporatsiyasining, o‘rnatilgan menyu yordamida shaxsiy kompyuterlarning faksimil platalaridan bevosita foydalanishni ta’minlaydigan protokoli. CB signal|Rangli televideniyening ayrim raqamli komponentli tizimlarida foydalaniladigan, masshtab koeffitsiyentiga ko‘paytirilgan, ko‘k ayirmarang signalga mos keladigan bir qutbli signal. ccTLD|Yuqori pog‘onali milliy yoki mamlakat domeni. ® Muayyan mamlakat uchun ajratiladi, masalan, O‘zbekiston uchun .uz, Rossiya uchun .ru va h.k. CD+MIDI formati|Raqamli ovoz va MIDI interfeysi bilan kengaytirilgan format. C-diapazon|Yo‘ldoshli (FSS), radioreleli va boshqa xizmatlar o‘rtasida taqsimlangan 4 GHz dan 8 GHz gacha chastotalar diapazonining xalqaro belgilanishi. Masalan, FSS yo‘ldoshli aloqa xizmatiga 4/6 GHz diapazoni ajratilgan va u ikkita uchastkani o‘z ichiga oladi: (3,4−4,2) GHz (liniya «pastga») va (5,7−6,7) GHz (liniya «yuqoriga»). CD-I diskiga umumiy tasnifi|Diskning, uning fizik formatini, shuningdek, turli ko‘rinishdagi axborotni kodlash tartibi va uslublarini belgilaydigan tasnifi. CDIF eksporter|CDIF uzatish faylini yaratadigan vosita. CDIF grafik notatsiyasi|Diagrammalarda CDIF modellash konsepsiyalarining taqdim etilishini belgilaydigan qoidalar to‘plami. CDIF importer|CDIF uzatish faylini o‘qiydigan va undan modelni yaratishda yoki o‘zgartirishda foydalanadigan vosita. CDIF metaindikator|Metaobyektni uzatishning metamodel qismida qat’iy identifikatsiyalaydigan metaatribut. CDMA2000 1xEV-DV texnologiyasi|CDMA2000 standarti negizidagi ma’lumotlarni simsiz uzatish texnologiyasi. Standart 2003-yilda ishlab chiqilgan. Radioefirda bitta eltuvchida bir vaqtda ham ovoz, ham ma’lumotlar uzatilishini ko‘zda tutadi. Maksimal tezlik 3−5 Mbit/s gacha, normal o‘tkazish qobiliyati 1,25 MHz kanalda 1 Mbit/s ni tashkil etadi. CDMA2000 1х EV-DO Rel 0 texnologiyasi|CDMA2000 standarti negizidagi ma’lumotlarni simsiz uzatish texnologiyasi. Ma’lumotlarni «pastga» (Down link (DL) liniyada 2,4 Mbit/s gacha bo‘lgan tezlik bilan, «yuqoriga» (Up link (UL) liniyada 153 Kbit/s tezlik bilan uzatish imkoniyatini ta’minlaydi. CDMA2000 1х EV-DO Rel А texnologiyasi|CDMA2000 standarti negizidagi ma’lumotlarni simsiz uzatish texnologiyasi. Ma’lumotlarni mobil terminaldan tayanch stansiya tomon yo‘nalishda 1,8 Mbit/s gacha bo‘lgan tezlik bilan uzatilishini, tayanch stansiyadan mobil terminal tomon yo‘nalishda 3,1 Mbit/s gacha bo‘lgan tezlik bilan olinishini ta’minlaydi. Kanalning talab qilinadigan kengligi 1,25 MHz, bu, spektrdan samarali foydalanish to‘g‘risida gapirish imkonini beradi. Hozirgi paytda 1x EV-DO Rel A texnologiya CDMA2000 tarmoqlari uchun tayanch texnologiya hisoblanadi va «to‘rtinchi avlod» (4G) tarmoqlariga o‘tishni amalga oshirish imkonini beradi. CDMA2000 loyihasi|Qualcomm kompaniyasi takliflari asosida, TIA TR 45.5 qo‘mitasi (AQSh) tomonidan IMT-2000 dasturi doirasida ishlab chiqilgan keng polosali tizimlar uchinchi avlod standarti loyihasining nomi. CDMA2000 standarti|CDMA standarti versiyalaridan biri. Uchinchi avlod keng polosali tizim standartining loyihasi. TIA TR (AQSh) qo‘mitasi tomonidan Qualcomm kompaniyasining ishlanmalari negizida yaratilgan. Aloqa kanallarining o‘tkazish qobiliyatini oshirish yo‘li bilan cdmOne standartining imkoniyatlarini kengaytiradi. CDMA2000 ga o‘tishning birinchi bosqichi (Phase 1) ovozli va multimedia ma’lumotlar uzatish tezligini 144 Kbit/s gacha oshirishni ko‘zda tutadi. Bu texnologiya uchun qator nomlanish mavjud: IS-2000, MC-1X, IMT-CDMA Multi-Carrier1x va 1xRTT. Ikkinchi bosqichda (Phase 2) ma’lumotlar uzatish tezligi 2 Mbit/s gacha oshirilishi mumkin: 1xEV-Data Voice yoki 1xEV-DV standarti ovoz va ma’lumotlarni birgalikda uzatish uchun hamda 1xEV-DataOnly (Phase 1+) faqat ma’lumotlar uzatish uchun. Bundan tashqari, CDMA2000 ga o‘tishning ikkinchi bosqichida birinchi bosqich texnologiyalari ta’minlaydigan, ma’lumotlar uzatish tezligini uch marta oshirish texnologiyasidan foydalanilishi mumkin. Bu texnologiya MC-3X, IMT CDMA MultiCarrier3x va 3xRTT sifatida ma’lum. cdmaOne aloqa tizimi|IS-95 standarti negizida amalga joriy etilgan ikkinchi avlod aloqa tizimining nomi. Aloqa, (824−849) MHz (liniya «yuqoriga») va (869−894) MHz (liniya «pastga») chastotalar diapazonida, 45 MHz dupleks tarqoqlik bilan ta’minlanadi. Nutqni uzatish uchun 8 Kbit/s (kanal ichida 9,6 Kbit/s)ga teng tezlikni ta’minlaydigan CELP turidagi kodeklar ishlatiladi. cdmaOne tarmoqlarining asosiy texnik parametrlari TIA standartlarida (IS-95 va IS-96) belgilab qo‘yilgan. CD-R (yozish imkoniyatli kompakt-disk)|Cheklanmagan marta o‘qish, lekin faqat bir marta yozish va davomidan yozish mumkin bo‘lgan kompakt-disk turi. Ma’lumotni o‘chirish imkoniyati mavjud emas. Zamonaviy CD-R lar 650 dan 800 Mbyte gacha ma’lumotni saqlay oladi. CD-ROM kengaytirilgan arxitekturasi|Zichlashtirilgan audioma’lumotlarni saqlashni ta’minlaydi. Microsoft va Sony korporatsiyalari tomonidan 1990-yilda yaratilgan standart, bundan tashqari, bu ma’lumotlarni diskdan o‘qish usulini ham bajaradi. CD-ROM qurilmasi|Kompakt disklarni o‘qish uchun mo‘ljallangan qurilma. CD-ROMlarning tezligi audio-kompakt-diskni o‘qish tezligi (150 kbit/s) bilan aniqlanadi. Ayni vaqtda, 56 tezlikka ega CD-ROMlar mavjud. Bundan buyon, ularning tezligini oshirish qiyin masala bo‘lib turibdi. Celeron|Intel kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan arzon protsessorlar turkumi. Uning arzonligi Pentium protsessorli kompyuterlarga nisbatan samaradorligi pastligi bilan izohlanadi (kesh xotira qisqartirilgan). Dastlabki Celeron protsessori 1998-yilning aprel oyida paydo bo‘lgan. CentOS|Hamjamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Linux distributivi. U Red Hat Linux ga to‘liq asoslangan va u bilan mos ravishda ishlay oladi. Undan farqli ravishda, yopiq dasturlarni ishlatmaydi va butunlay bepul. CERT|Kompyuter xavfsizligi sohasidagi ekspertlar guruhi. Kompyuter hodisalari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni to‘playdi va tekshirish ishlarini olib boradi, kompyuter hodisalarining oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi. CERT bazan CSIRT (Computer Security Incident Response Team) deb ham ataladi. Birinchi CERT 1988-yilda Karnegi-Melon (AQSH) universitetida Internetda Morris Worm qurtining tarqalishi munosabati bilan yaratilgan. Bugungi kunda CERT xizmatlari ko‘p mamlakatlarda, jumladan, O‘zbekistonda ham mavjud. Katta tashkilotlar ham odatda o‘z CERT bo‘linmalariga ega bo‘ladi.Qar.: UZ-CERT. CGA grafik adapteri|Rangli grafik adapter, CGA adapteri IBM PC XT turidagi mashinalarda ko‘p ishlatilgan. Oq-qora rejimda 640×200 nuqtali o‘lchamni va 320×200 – rangli rejimda esa 320x200 nuqtali o‘lchamni ta’minlaydi. CHILL dasturlash tili|Xalqaro elektraloqa ittifoqi tomonidan taklif qilingan va kommunikatsiya tarmoqlarida avtomatlashtirilgan komplekslarni dasturlash uchun xalqaro standart sifatida qabul qilingan yuqori daraja dasturlash tili. Ci tili|Umumiy maqsadlardagi dasturlash tili, o‘zining samaradorligi, tejamliligi va ko‘chirib bo‘lishliligi bilan ma’lum, bu esa, deyarli barcha turdagi dasturiy ta’munot yahshi sifati bilan ishlab chiqilishini ta’minlaydi. Si tilidan instrumental til sifatida foydalanish tez va ixcham dasturlar olish imkonini beradi. CMEA algoritmi|Raqamli uyali aloqa tarmoqlarida xabarlarni shifrlash algoritmi. C-MOS-xotira|Uncha katta tezlikka ega bo‘lmagan va batareyadan kam quvvat talab qiladigan, energiyaga bog‘liq bo‘lmagan xotira. Bu xotiradan kompyuter uskunasining konfiguratsiyasi va tarkibi, shuningdek, uning, operatsion tizim ishga tushirilgunga qadar tizim starti va oldindan testlash uchun zarur bo‘lgan ish rejimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni saqlash uchun foydalaniladi. COBOL dasturlash tili|Iqtisodiy masalalar va tijoratga oid ma’lumotlarni qayta ishlash masalalari uchun mo‘ljallangan dasturlash tili. COBOL dasturlash tili fayllar bilan ishlash vositasi va ingliz tiliga yaqin bo‘lgan yozish shakli bilan farq qiladi. Hozirgacha eng ko‘p kod qatori yozilgan dasturlash tili bo‘lib qolmoqda. COM obyekt|Boshqa obyektlarga va ilovalarga standartlashtirilgan COM-interfeys orqali o‘z servislarini taklif qiladigan Com modeli asosida ishlab chiqarilgan dasturiy komponent baʼzi toifasining obyekti. COM porti|O‘tkazish imkoniyati 115200 kbit/s bo‘lgan, 9 kontaktli ketma-ket port. Kichik tez-likka ega qurilmalarning − «sichqoncha» va tashqi modemni ulash yoki ikkita kompyuter o‘rtasida ulanishni yuzaga keltirish uchun qo‘llaniladi. Common LISP dasturlash tili|1981-yilda kompaniyalar konsorsiumi tomonidan standartlashtirilgan LISP dasturlash tilining dialekti. Konsorsium bu ishni DARPA rahbarligida bajardi. Common Lisp − bu bort tizimlarida keng foydalaniladigan katta va murakkab til. Cookie fayli|Veb-server tomonidan foydalanauvchini ro‘yxatga olish vaqtida qaytariladigan foydalanuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilgan satr. Dastur serverlari har bir foydalanuvchini afzal deb bilish mumkin va shunga bog‘liq holda mijoz saytga kirgan vaqtda har safar aniq takliflar taqdim etishi mumkin. Copland operatsion tizimi|Apple Computer korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan MacOS operatsion tizimining 32 turkumli (razryadli) rusumi. Copland operatsion tizimi ko‘p vazifali va ko‘p oqimli hisoblanib, u Apple firmasining shaxsiy kompyuterlari uchun mo‘ljallangan. COPS spetsifikatsiyasi|IETF qo‘mitasining spetsifikatsiyasi. Tarmoq ma’muriy boshqarish tizimlarida foydalaniladi. Core lDRAW|Kanadaning Corel korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan vektorli grafik redaktor. Mahsulotning shu kundagi versiyasi − CorelDRAW Graphics Suite X3, faqat Microsoft Windows uchun ishlatish mumkin. Avvalgi versiyalar Apple Macintosh hamda GNU/Linux uchun ishlab chiqarilgan. Core 2|Intel koporatsiyasi x86-64 arxitekturasi protsessorlarining oltinchi avlodi, Core protsessori arxitekturasiga asoslangan. CR signal|Rangli televideniyening ayrim raqamli komponentli tizimlarida foydalaniladigan, masshtab koeffitsiyentiga ko‘paytirilgan, qizil ayirmarang signalga mos keladigan bir qutbli signal. CSL|Boshqarish va modellash tili. CSMA/CD|Tarmoqlardagi kolliziyalarni hal qilishning keng tarqalgan usuli. CSTA kompyuter telefoniyasi ilovalarining xizmatlari|CSTA kompyuter telefoniyasi ilovalari xizmatlari ATS va kompyuter yoki kompyuter tarmog‘ining chetki integratsiyasu uchun xizmat qiladi.Izoh – CSTA protokolini amalga oshirish ECMA-179 (Services for Computer Supported Telecommunication Applications) va ECMA-180 (Protocol for Computer Supported Telecommunication Applications), qisman ECMA-217 va ECMA-218 (Phase II), shuningdek, ECMA-269 (Phase III) standartlariga asoslanadi. CULV|Intel kompaniyasi tomonidan ishlab chiqiladigan kompyuter platformasi. Energiya iste’moli va issiqlik ajratishi kam bo‘lganligi tufayli, CULV portativ kompyuterlarda batareyaning xizmat qilish muddati uzoq bo‘lgan juda nozik kompyuter tizimlarini yaratish imkonini beradi. C-va Ku-diapazonlari|Yo‘ldoshli televizion eshittirish uchun ajratilgan ikki chastotaviy diapazon. «Yo‘ldosh − qabul qiluvchi antenna» aloqa liniyasi uchun C-diapazonda 3,5 GHz dan 4,2 GHz gacha, Ku-diapazonda esa 10,7 GHz dan 12,75 GHz gacha chastotalar polosasidan foydalaniladi. C-diapazonida uzatiladigan televizion signal moduyatorga berishdan oldin inverslanadi. D sohasi|Yer sirtidan taxminan 50-90 km o‘rtasida joylashgan ionosferaning qismi. D1 formati|4:2:2 komponent signalning 8 bit/sanoq turkumidagi raqamli videoyozuv formati. D1 raqamli videoyozuv formati|Raqamli videoyozuvning birinchi formati. 4:2:2 formatiga asoslangan; yorqinlik Y va ayirmarang R-Y hamda B-Y signallarning komponentli alohida yozuvi amalga oshiriladi. 286.875 mm/s tezlik bilan siljiydigan 19.01 mm kenglikdagi magnit tasma ishlatiladi; magnit tasma uchta: kichik, o‘rta va katta o‘lchamdagi kassetalarga joylangan. Kassetalar mos ravishda, uzluksiz 11, 34 va 76 minutli yo‘zuvni ta’minlaydi. Video va tovush xatolardan Rid-Solomon kaskadli kodlari bilan himoyalangan. D2 raqamli videoyozuv formati|Raqamli videoyozuv formati. 19.01 mm kenglikdagi magnit tasma ishlatiladi. D-2 formatidagi raqamli videomagnitofonlar PAL yoki NTSC to’liq (kompozit) signalining yozuvini amalga oshiradi. Daemon|Fon rejimida ishlaydigan, foydalanuvchi bilan oshkor tarzda o‘zaro ishlamaydigan dastur. Ko‘p hollarda *nix tizimlariga nisbatan qo‘llaniladi. Microsoft ning operatsion tizimlarida – rezident dastur yoki xizmat (Service) ga mos keladi. D-AMPS standarti|TDMA texnologiyasiga asoslangan, ikkinchi avlod raqamli mobil aloqa tizimi standarti (1999-yildan boshlab yangi nomi – TDMA). Standart AMPS (IS-54) analog tizimi bilan mos tushadi, shuningdek, bu standartning oxirgi modifikatsiyasi IS-136 o‘z imkoniyatlari bo‘yicha GSM ga yaqin keladi. Datakit tarmog‘i|X.25 protokolli tarmoqqa o‘xshash kanallarni kommutatsiyalash tarmog‘i. DataTAC standarti|Paketlar kommutatsiyasiga asoslangan, past tezlikli simsiz aloqa ochiq standarti. Ishchi chastotalar diapazoni 800 MHz atrofida. dBASE|Relyatsion ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi. Aihton-Tate firmasi (AQSh) tomonidan ishlab chiqilgan. Tizim muntazam ravishda takomillashtirilib boriladi, dBASE II, dBASE III, dBASE III Plus versiyalari o‘zini yaxshi ko‘rsatdi. Hozirgi vaqtda Borland firmasi tomonidan tizimni takomillashtirish davom ettirilmoqda, dBASE IV va dBASE V versiyalar chiqarildi. Foydalanuvchi bilan rivojlangan interfeysga ega, lekin Fox tizimlaridan ishlash tezligi bo‘yicha orqada. DCS-1800 standarti|1800 MHz chastotalar diapazonida ishlaydigan uyali aloqa raqamli tizimining standarti. DDCD formati|Sony va Philips korporatsiyalari tomonidan taqdim etilgan kompakt-disklarga ikki marta zichlikda yozish formati. Yozish jarayonida shakllanadigan pitlar uzunligini va yo‘laklar oralig‘idagi masofani qisqartirish hisobiga disklarning hajmi 1,3 Gbyte gacha oshirilgan. DDCD formati mavjud formatlar bilan muvofiqlikni saqlaydi. DDR2 SDRAM|Hisoblash texnikasida tezkor hamda videoxotira sifatida foydalaniladigan tezkor xotira turi. Debian|1993-yilda Yan Myordok tomonidan yaratilgan Linux distributivi. Bir maromda ishlashi bilan ajralib turadi, .deb xususiy paketlar formatiga ega. 100 dan ortiq Linux distributivlariga asos bo‘lgan. DECnet protokoli|DEC kompaniyasi tarmoq arxitekturasining DEC kompyuterlarini DDCMP protokoli bo‘yicha bog‘lash imkonini beradigan savdo markasi. DECT profili|DECT standarti tizimlarida abonent radiokirish profili. Delphi dasturlash tili|Turbo Pascal tilining obyektga yo‘naltirilgan versiyasiga asoslangan, Borland International firmasining yuqori darajali protsedurali obyektga yo‘naltirilgan tili. Windows va mijoz-server dasturlarini yaratish uchun xizmat qiladi. DHCP serveri|Mijozlarning IP-manzillarini avtomatik tarzda boshqaruvchi va tarmoqda unga muvofiq sozlash ishlarini bajaruvchi server. DHCP xizmatini bajaruvchi kompyuter IP-manzillarni va ularga bog‘liq ma’lumotlarni DHCP mijozlariga dinamik taqsimlanishini ta’minlaydi. Direct X texnologiyasi|Micrоsоft tomonidan ishlab chiqilgan standart dasturiy uzilishlar to‘plami. Dasturchilarga tovush, video va grafika bilan birmuncha tezroq usulda ishlash imkonini beradi. Direct3D spetsifikatsiyasi|Microsoft korporatsiyasining Windows platformasi uchun grafik API dagi spetsifikatsiyasi. Display Port|Raqamli displeylar uchun mo‘ljallangan signal interfeysining standarti. VESA (Video Electronics Standart Association) tomonidan 2006-yilning mayida qabul qilingan. 1.1 versiyasi 2007 yil 2 aprelda, 1.2 versiya esa, 2010-yil 7 yanvarda qabul qilingan. Display Port dan audio-videoapparaturani, birinchi navbatda, kompyuterni displey bilan yoki kompyuter va uy kinoteatri tizimlarini ulash uchun eng zamonaviy interfeys sifatida foydalanish ko‘zda tutiladi. DjVu|Tasvirni yo‘qotishlar hisobiga siqish. Sxema va formulalari ko‘pligi tufayli hujjat mazmunini aniqlash qiyin bo‘lgan skanlanadigan hujjatlarni saqlash uchun ishlab chiqilgan. O‘z o‘rnida to‘laqonli ishlatilishi uchun ikkita rang yetarli bo‘lgan kitoblarni saqlash standarti bo‘lib qoladi. Hozirgi vaqtda, bu format Lizard Tech kompaniyasiga tegishli bo‘lishiga qaramay, ochiq format hisoblanadi. . DNK kompyuteri|DNK hisoblash imkoniyatlarini ishlatadigan hisoblash tizimi. Dolby AC-3 tovush uzatish tizimi|Dolby Surround Digital 5+1 kanal formatida ko‘p kanalli uzatishni ta’minlaydigan va 384 kbit/s tezlikni talab qiladigan tovush uzatishning muqobil tizimi. Dolby-Dolby Digital (AC-3) formati|Audioaxborotni siqish formati, DVD va kinofilmlarni yozishda qo‘llaniladi. Monofonik audiosignalni 5.1-kanalli hajmli ovozga aylantirishda qo‘llaniladi. Dongle qurilmasi|Ajratgich (raz’yom) o‘rnatilgan har qanday ixcham periferik qurilma (3G tarmoqlarida ishlash uchun USB modemlarga nisbatan qo‘llaniladi). DOS Navigator|Moldovaning Ritlabs kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, OS/2 va DOS uchun mo‘ljallangan konsolli fayl menejeri. Double bootable system|Ikkita (yoki undan ko‘p) operatsion tizim o‘rnatilgan kompyuter, u ulanganda foydalanuvchiga aynan qaysi operatsion tizimni ishga tushirish kerakligini aniqlash DPT texnologiyasi|Ochiq xalqaro standart SRP (protokoli) dan foydalanishga asoslangan IP-paketlarni dinamik uzatishning yuqori tezlikli texnologiyasi. Drag-and-drop» texnologiyasi|Hujjatda obyektni ajratish va uni ayni shu hujjatda yoki boshqa bir hujjatga ko‘chirish texnologiyasi. Windows tizimida va amalda Microsoft firmasining barcha ilovalarida qo‘llaniladi. Hujjatlar bilan ishlashni osonlashtiradi. DragonFlyBSD|FreeBSD operatsion tizimining x86 platformasiga va ko‘p protsessorli tizimlarga mo‘ljallangan turi. Yangi, lekin tez rivojlanayotgan, mukammal tizimlardan hisoblanadi. Ushbu tizim serverda ham, ishchi stansiyada ham ishlatilishi mumkin. Distributivi kichik hajmga ega. 2003-yilning iyul oyida dunyo yuzini ko‘rdi. Muallifi Mett Dilan. DrakConfig|Mandriva operatsion tizimini sozlashda qo‘llaniladigan grafik vosita. Tayyorlanmagan foydalanuvchiga tushunarli bo‘lgan Linux operatsion tizimini o‘rnatish va sozlash uchun birinchi vosita hisoblanadi. DSA algoritmi|algorithm (DSA)Ochiq kalitli shifrlash federal standarti. Kalit uzunligi 512 bit dan 1024 bit gacha. 1991-yilda NIST tomonidan ishlab chiqilgan va DSS standartida ishlatiladi. DS-CDMA usuli|CDMA tizimlarida signallarni keng polosali uzatish usuli bo‘lib, ma’lumotlarning kodlangan oqimini ikki bosqichli modulyatsiyalashga asoslangan.Izoh − Modulyatsiyalashning birinchi bosqichida eltuvchi ma’lumotlarning kodlangan oqimi bilan, odatda, BPSK yoki QPSK usullarini qo‘llagan holda, modulyatsiyalanadi. Ikkinchi bosqichda esa to‘g‘ri ketma-ketlik spektrini kengaytirish bilan modulyatsiyalash amalga oshiriladi. DSS standarti|NIST va NSA tomonidan Capstone loyihasining bir qismi sifatida elektron raqamli imzo uchun ishlab chiqilgan AQSh federal standarti. DTDS turidagi disk massivi|Tizimlaridan biri butunlay ishdan chiqqanida ham foydalana olishni ta’minlash uchun bir nechta qismga ajratiladigan DTDS. Uning himoyasi tok manbaidagi uzilishlar, sovutish tizimining buzilishi, tok manbai va shina kabellarining uzilishi holatlarining oldini oladi. Duron|AMD kompaniyasining tejamkor protsessorlari oilasi. 2000-yilning iyun oyida Intel Celeron raqobatchisi sifatida e’lon qilingan. 462 kontaktli Socket A razyomli tizim platalariga o‘rnatish uchun mo‘ljallangan. DVB-H texnologiyasi|Mobil qurilmalar uchun maxsus ishlab chiqilgan, raqamli videosignalni qabul qilish imkonini beradigan texnologiya. Uning yordamida cho‘ntak qurilmasi ekranida televizion eshittirishlarni ko‘rish mumkin bo‘ldi. DVB-T tizimi|Televizion dasturlarni radiokanallar orqali yer usti uzatish markazlaridan foydalangan holda iste’molchiga yetkazish uchun mo‘ljallangan hamda videosignallarni, tovush signallarini va qo‘shimcha ma’lumotlarni kodlashni, shuningdek, paketlarni shakllantirish va transport oqimiga multipleksorlashni MPEG-2 standarti talablariga muvofiq amalga oshirishni ko‘zda tutadigan raqamli televizion eshittirish tizimi.Izoh – Ushbu tizimda radiosignalning kodlangan ortogonal eltuvchilarini umumlashtirishdan foydalaniladi. DVD-Video formati|DVD-disklarda saqlash uchun mo‘ljallangan yuqori sifatli video formati. MPEG-2 kodlash ishlatiladi . DVI|1. Digital Video Interactive – Optik diskka yoziladigan to‘laekranli videotasvirlarni apparat usulida yuqori darajada siqishni taʼminlaydigan Intel standarti. DVI – shaxsiy kompyuterlardagi videotasvirlar uchun 1980-yillar o‘rtasida ishlab chiqilgan birinchi standartdir.2. Digital Visual Interface – Suyuq kristalli monitorlar va proyektorlar kabi raqamli aks ettirish qurilmalariga videotasvirni uzatishga mo‘ljallangan interfeys va tegishli tutashtirgich uchun standart, Digital Display Working Group konsorsiumi tomonidan ishlab chiqilgan. E sohasi|Yer sirtidan taxminan 90-150 km o‘rtasida joylashgan ionosferaning qismi. E1|Uzatish tezligi 2,048 Mbit/s bo‘lgan, kanallar vaqt bo‘yicha multipleksorlangan tizimlar iyerarxiyasining birinchi darajasiga mos keluvchi raqamli interfeys. 64 kbit/s tezlik bilan 30 ta axborot kanali va ikkita xizmatga oid kanal uzatilishini taʼminlaydi (bunday tizim yana IKM-30 sifatida ham maʼlum). Ebtables|Linux dasturiy ko‘priklar uchun belgilangan paketlarni filtrlash vositasi. Ebtables Iptables ga o‘xshaydi, lekin uchinchi (tarmoq) sathida emas, balki tarmoq stekining ikkinchi (kanal) sathida ishlashi bilan farq qiladi. Echo|UNIX operatsion tizimida matn qatorini ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan komanda. Vaqt o‘tishi bilan ko‘pgina zamonaviy operatsion tizimlarda qo‘llanila boshladi. EDGE loyihasi|Aloqa tizimlarining global evolyutsiyasi uchun ma’lumotlar uzatishning yaxshilangan tizimi – GSM tizimlarini yaxshilash uchun mo‘ljallangan standart loyihasi.Izoh − UWC-136ning o‘zi – Uzatish tezligini 384 Kbit/s gacha oshirish imkonini beradi. EDGE GSM radiokanali vaqt bo‘lgan tuzilmasining ichida qo‘llaniladigan yangi modulyatsiya sxemalarining to‘plamini o‘zida ifodalaydi. Faqat GSM da emas, shuningdek TDMA (IS-136) va AQSh da iDEN da ham joriy qilinadi. 1-faza EDGE 1999 yil oxirida standartlashtirilgan, GPRS funksiyalaridan foydalanadi, ma’lumotlar uzatish tezligi 384 Kbit/s gacha. 2-faza EDGE real vaqt rejimida sifatli video va tovush uzatilishini ta’minlaydi. EDGE texnologiyasi|GSM standartidagi mobil aloqa tarmoqlari uchun ma’lumotlar uzatish tezligini oshirish texnologiyasi. EDGE mavjud GSM radiokirish sxemasi ustidan quriladi va GPRS dagiga qaraganda, uzatish qobiliyati uch marta katta bo‘lishini ta’minlaydi va uzatish tezligini 384 Kbit/s gacha oshirish imkonini beradi. Bu o‘zida, qo‘shimcha tarmoq elementlari kiritilmasdan dasturiy ta’minot yangilanishini ifodalaydi. EDGE ning qo‘llanilishi, ma’lumotlarni yuqori tezlikda uzatishga asoslanadigan Internetdan foydalanish, videotelefoniya, raqamli mobil televideniye kabi yangi xizmatlardan foydalanish imkoniyatini beradi. EFR texnologiyasi|To‘liq chastotalar polosasi bo‘ylab yaxshilangan kodlash texnologiyasi. Sifati yer usti liniyalariga yaqin. Mobil telefon akkumulyatorining sarfi, FR dagiga qaraganda 50 foizga ko‘p. Bu rejim, uyali aloqa operatori tomonidan ta’minlanishi kerak. EGSM standarti|GSM tizimida foydalaniladigan GSM kengaytirilgan standarti. EGSM chastotalar diapazoni GSM 900 MHz standart diapazoniga nisbatan pastga 10 MHz ga kengaytirilgan. Shunday qilib, ushbu mobil aloqa protokoli (880-915) MHz va (925-960) MHz kengaytirilgan chastotalar diapazonida ishlaydi. Bu funksiya ham telefon, ham uyali tarmoq tomonidan qo‘llanilishi kerak. EISA shinasi|Shaxsiy kompyuterlarning 16 razryadli shina arxitekturasini kengaytiradigan 32 razryadli tizim shinasi. Bir nechta protsessor ishini ta’minlaydi. EJB spetsifikatsiyasi|Server qismida ma’lumotlar bazalaridan va tranzaksiyalarni qayta ishlash tizimlaridan foydalanishni standartlashtiradi. Bu korporativ ilovalar uchun muhim, chunki ularning boshqa platformalarga ko‘chirishni ta’minlaydi. ELF|UNIX va Linux dagi bajariladigan kod faylining, faylni seksiyalarning majmui ko‘rinishida taqdim etishga asoslangan mashhur formati. EMC kodi|Uskunani ishlab chiqaruvchining kodi. End klavishi|Kursorni matn satri oxiriga, ekran chetiga yoki fayl oxiriga surish uchun ishlatiladigan klavish. Energy star|Kompyuter iste’mol qiladigan energiya miqdorini kamaytirish hisobiga atrof muhitni muhofaza qilish dasturi. Enegy star belgisi bo‘lgan kompyuterlar kutish rejimida 60 W dan kam, monitor va tizim bloki 30 W dan kam energiya iste’mol qilishi kerak. Enter klavishi|Kiritish klavishi, uning bosilishi kompyuterga kiritish satri tugaganligi (abzats oxiri) to‘g‘risida, jadval katagiga formula yoki elementni qo‘yish, yozishni tugallash va uni ma’lumotlar bazasiga kiritish komandalari bajarilishi to‘g‘risida xabar beradi. EPIC texnologiyasi|Intel va Hewlett-Packard korporatsiyalari tomonidan ishlab chiqilgan 64 razryadli Merced protsessori komandalari to‘plamining IA-64 arxitekturasida qo‘llaniladigan texnologiya. Bu texnologiyada kompilyator protsessorga qaysi komandalar parallel, qaysilari esa boshqa komandalarga bog‘liq tarzda bajarilishini oshkor qiladi. EPP|LPT portining ikki tomonga yo‘naltirilgan ish tartibi, bunda u nafaqat axborotni chiqarish uchun, balki kiritish uchun ham ishlashi mumkin. E-praktikum|O‘quvchilarni o‘rgatish uchun mo‘ljallangan dasturiy mahsulot. «Korvet», «UKNS», «Yamaxa» turidagi kompyuterlarda maktab informatika kursini qo‘llab-quvvatlaydi. Tarkibida Pascal tiliga juda o‘xshash bo‘lgan ruscha leksikali til interpretatori bor; algoritmlar tushunchasini kiritish imkonini beradigan «chizmachi», «vezdexod» va boshqa bajaruvchilar to‘plami mavjud. Akademik P.Yershov sharafiga nomlangan. ER modeli|Real tizimlarda ma’lumotlar oqimlarini tavsiflash modeli. Bu modelda ma’lumotlar ma’nosi va ular o‘rtasidagi bog‘lanish nuqtai nazaridan tavsiflanadi. ESSID identifikatsiya nomi|802.11 tarmoqni identifikatsiyalovchi nom.Izoh − Simsiz lokal tarmoqqa qo‘shilish uchun, uning ESSID ni bilish zarur. Ethernet|Kompyuter tarmoqlarining paketli texnologiyasi. Tarmoq uzellari koaksial yoki optik tolali kabel yoki o‘ralgan juft orqali bog‘langan. Axborot boshqaruvchi va manzilli, shuningdek, 1500 byte gacha ma’lumotni o‘zida saqlovchi o‘zgaruvchan uzunlikdagi kadrlar orqali uzatiladi. Ethernet standarti ma’lumotlar yuqori chastotali modulyatsiyalarsiz, sekundiga 10 Mbit/s tezlik bilan uzatilishini ta’minlaydi. Ethernet tarmog‘i|Kompyuter tarmoqlari uchun belgilangan qurilmalar o‘rtasida maʼlumotlarni paketli uzatish texnologiyalari turkumiga tegishli bo‘lgan keng eshittirish kompyuter tarmog‘i.Izoh – Ethernet standartlari fizik sathda (yoki darajada) simli ulanishlarni va elektron signallarni belgilaydi. Ethernet texnologiyasi|Signallarni 10 Mbit/s gacha tezlikda uzatishni ta’minlaydigan va kanallar holatini so‘rash hamda nizolarni aniqlash bilan ko‘plab foydalanish usulidan tarmoq resurslaridan uzellarning foydalana olish usuli sifatida foydalaniladigan lokal kompyuter tarmog‘ining texnologiyasi. E-ulanish|Jamiyatdagi har bir kishi axborot jamiyatida ishtirok etishi mumkin bo‘lgan vaziyat. Buning uchun texnologiyalardan foydalanish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari va xizmatlaridan foydalanishning qulayligi, shuningdek, odamlarning bu vositalardan foydalana olish ko‘nikmasi talab etiladi. EV-DO texnologiyasi|CDMA standarti tarmoqlarida ma’lumotlar uzatilishini ta’minlaydigan texnologiya. Rev.A ustqurma ma’lumotlar qabul qilish tezligini 3,1 Mbit/s gacha, uzatish tezligini esa, 1,8 Mbit/s gacha oshiradi. Bu, oqimli videoni ko‘rib chiqish, videokonferensiyalar uyushtirish va yuqori tezlikli foydalanish talab qilinadigan boshqa xizmatlarni taqdim etish imkonini beradi. Excel|Hisoblashlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan dasturiy kompleks, kuchli elektron jadvallarni o‘zida ifodalaydi. Do‘stona interfeysga ega, Windows muhitida va Macintosh kompyuterlarida ishlaydi. Professional bo‘lmagan foydalanuvchilar tomonidan ishlatiladi. Exsel Microsoft Offic tizimi tarkibiga kiradi. Express Card|Kompyuterga periferik qurilmalarni ulash imkonini beradigan interfeys. eyeOS|Desktop Operating System («Ishchi stol» yechimi qo‘llanilgan operatsion tizim) prinsipiga asoslangan, ochiq kodli krossplatformali tarmoq operatsion tizimi. Bazaviy komplekt operatsion tizim va bir qancha ofis ilovalarini: matn redaktori, kalendar, fayllar menejeri, messenjer, brauzer, kalkulyator va boshqalarni o‘z ichiga oladi. F sohasi|Yer sirtidan taxminan 150 km balandlikda joylashgan ionosferaning qismi. Fast Ethernet|Ethernet tarmog‘idagi 100 Mbit/s ma’lumotlar uzatish tezligiga ega spetsifikatsiyalar qatoridan biri. Fast Ethernet spetsifikatsiyasi 10 BaseT Ethernet spetsifikatsiyasiga qaraganda, ma’lumotlar uzatilishini o‘n marta yuqori tezlik bilan ta’minlaydi, shu bilan birga kadr formati, muhitga kira olishni boshqarish mexanizmlari va uzatish blokining maksimal o‘lchami kabi sifatlarni saqlab qoladi. Bunday o‘xshashlik Fast Ethernet tarmoqlarida 10 BaseT tarmoqlari uchun tegishli ilovalar va boshqaruvning instrumental vositalaridan foydalanish imkonini beradi. FAT16|FAT tizimidan kelib chiquvchi fayllar tizimi. Abbreviaturadagi son jadval elementlarining bitlardagi o‘lchamini ko‘rsatadi. Taqsimlanadigan xotira birligi klasterdir. FAT da klaster raqami va uning holati to‘g‘risida ma’lumot yozib qo‘yiladi (masalan, buzilgan klaster, bo‘sh klaster). FAT16 dagi disk qismining o‘lchami 2 Gbyte dan katta bo‘lmaydi. Ko‘pincha bu jadval nomidan kelib chiqib, uning asosi bo‘lgan fayl tizimi FAT deb ataladi. FDD texnologiyasi|Eshittirish chastotalarini ajratish bilan, ikki tomonlama aloqani ta’minlash imkonini beradigan texnologiya, aloqa kanallarining o‘tkazish qobiliyatini oshiradi. Bu texnologiya abonentlarning ko‘chish tezligi va uyalarning o‘lchami katta bo‘lganda ancha samaralidir. FDisk (dastur)|Diskni formatlash. Disk maydonini formatlashga tayyorlash uchun mo‘ljallangan dasturiy vosita. FDMA standarti|Kanallar chastota jihatdan qat’iy ajratilgan aloqa tarmoqlarining standarti. AMPS, N-AMPS, NMT, ETACS da qo‘llaniladi. Fedora|Red Hat kompaniyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Linux distributivi. Birinchi versiyasi 2003-yilning noyabr oyida yaratilgan. Red Hat Enterprise Linux ga kiritiladigan o‘zgartirishlar oldin Fedora da testdan o‘tkaziladi. Fedora 8 (werewolf) − so‘nggi versiyasi 2007-yilning noyabr oyida chiqqan. FHMA standarti|Eltuvchi chastota uzatish jarayonida psevdotasodifiy qonun bo‘yicha berilgan chastotalar polosasida sakrashsimon o‘zgaradigan foydalana olish usulidan foydalaniladigan aloqa tarmoqlarining standarti. Fidolook|Microsoft Internet Explorer paketi tarkibiga kiruvchi mashhur Internet meyler-nyusrider Outlook Express dasturiga o‘rnatilgan qo‘shimcha sifatidagi elektron pochta mijozi. FIDONET|Global notijorat kompyuter tarmog‘i. Telefon aloqa kanallari orqali ishlaydi. Tarmoqqa ulanish va unda ishlash bepul amalga oshiriladi (faqat telefon tarmog‘i xizmatlarining haqi to‘lanadi). Tarmoqdan pochta xabarlarini yuborish, telekonferensiyalar va e’lonlar taxtasi uchun foydalaniladi. Yoshlar orasida mashhur. Fire Wire|Yuqori tezlikli periferik qurilmalar uchun mo‘ljallangan shina. 63 tagacha qurilma, shu jumladan, raqamli videoni ulash imkoniyatini beradi. Apple firmasi tomonidan ishlab chiqilgan. Firefox|Mashhurligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi Internet-brauzer. 2004-yilda Mozilla kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Ochiq kodli brauzerlar orasida birinchi bo‘lib shunday mashhurlikka erishdi. Firefox versiyasi qariyb barcha operatsion tizimlarga to‘g‘ri keladi, funksionalligi esa plaginlarni ko‘pligi bilan kengaytirilmoqda. Flash texnologiyasi|Vektorli grafika va animatsiya bilan ishlash texnologiyasidan biri. Fork|Dasturiy ta’minot (odatda, erkin va ochiq) rivojlanishining ikki yoki undan ortiq shohga ajralish jarayoni. Bunda har bir shoh bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda turli mualliflar tomonidan, birida bo‘lmagan imkoniyatlarni ikkinchisida amalga oshirgan holda, rivojlantiriladi. Fort|Personal tizimlar bilan samarali ishlash uchun mo‘ljallangan dasturlash tili. Protseduraga yo‘naltirilgan tillarga kiradi, assembler tiliga yaqin. XX asrning 70-yillari boshida AQShda Ch.Mur tomonidan ishlab chiqilgan. FORTH dasturlash tili|Juda ixcham, oson kengayadigan, umumiy maqsadlardagi yuqori daraja tili. Taxminan 1970-yilda Arizona (AQSh) dagi Milliy radioastronomik observatoriya xodimi Charlz Mur tomonidan yaratilgan. Forth tilidagi dasturlar polyak invers yozuvida yoziladi va stek bilan ishlaydi. Boshqaruvchi tizimlarda, robototexnikada, ma’lumotlar to‘plash va o‘yinlarni dasturlash tizimlarida keng qo‘llaniladi. Fortran dasturlash tili|1956-yilda ishlab chiqilgan, matematik, ilmiy va muhandislik masalalarini yechishga mo‘ljallangan dasturlash tili. Fortran hozirga qadar ishlatilmoqda, Fortran 2003 standartning oxirgi versiyasi hisoblanadi. FR texnologiyasi|Mobil telefon aloqa kanalida ma’lumotlar uzatishning to‘la tezligidan foydalaniladigan nutqni kodlash texnologiyasi. Frame Bursting texnologiyasi|Kadrlar (freymlar) guruhli uzatilishini ta’minlaydigan texnologiya. Frame Relay tarmog‘iga kira olish qurilmasi|Frame Relay tarmog‘idagi har qanday qurilma. Bu marshrutizator yoki multipleksor bo‘lishi mumkin. Frame Relay texnologiyasi|Marshrutizatorlar turidagi intellektual oxirgi (terminal) qurilmalar yoki Frame Relay tarmog‘ida 56 kbit/s dan 1,544 Mbit/s gacha va undan yuqori tezlik bilan ishlaydigan boshqa qurilmalar o‘rtasida ma’lumotlar uzatish uchun paketlarni kommutatsiya qilish uchun asoslangan yuqori tezlikli texnologiya. FRDS turidagi disk massivi|Tizimning biror diski yoki biror boshqa komponenti ishdan chiqqanda undagi ma’lumotlarni himoyalash uchun mo‘ljallangan qurilma. FRDS+ qo‘shimcha tarzda disklarni avtomatik «qaynoq» (tizim faoliyatini to‘xtatmasdan) almashtirish hamda kesh va ta’minot blokidagi nosozliklarda ma’lumotlarni muhofaza qilish imkoniga ega. Free Radius|Ochiq boshlang‘ich kodli Radius serveri. Bu boshqa tijorat Radius serverlarining muqobilidir, chunki u bugungi kunda modulli va funksionaldir. Bundan tashqari, yoyish va foydalanuvchilarning soni nuqtai nazaridan qaralganda, dunyo Radius serverlari beshligiga kiradi. Free Radius tez, moslashuvchan, sozlanadigan, shuningdek, ko‘plab tijorat serverlariga nisbatan ko‘proq autentifikatsiyalash protokollarini qo‘llaydi. Hozirgi paytda tijorat Radius serverlarini ishlab chiqish uchun asos sifatida foydalaniladi. FreeBSD operatsion tizimi|BSD UNIX operatsion tizimining erkin tarqatiladigan (notijorat) realizatsiyasi. NetBSD, OpenBSD lar singari FreeBSD ham Bill Jolits tomonidan amalga oshirilgan 386BSD loyihasidan kelib chiqqan. Front-end|Tizimning interfeys va foydalanuvchi bilan birgalikda ishlashi uchun javob beradigan qismi. FTP server|FTP protokoli bo‘yicha erkin foydalanilishi mumkin fayllar joylashtiriladigan server. FTPga anonim kirish|FTP-serverga kirish variantlaridan biri. Foydalanuvchi tizimda Anonymous logini bilan ro‘yxatga olinadi, maxfiy so‘z sifatida uning elektron pochta manzili ko‘rsatiladi. Anonim foydalanuvchilar odatda, faqatgina ma’lumotlarni o‘qish huquqiga ega bo‘ladilar. FWT terminali|Qayd qilingan simsiz aloqa terminali. Gbyte (gigabayt)|Axborot hajmining birligi. 1073741824 byte (2^30) yoki 1024 Mbyte yoki 1048576 kbyte ga teng. GeForce|Iste’mol bozoriga yo‘naltirilgan, NVIDIA kompaniyasi asosiy platalarining grafik protsessorlari va chipsetlari turkumining brendi. GeForce grafik protsessorlaridan asosan, shaxsiy va ko‘tarib yuriladigan kompyuterlar uchun mo‘ljallangan videoadapterlarda foydalaniladi. Gerber formati|Sxema platalarini avtomatlashtirilgan loyihalashda va testlashda ma’lumotlarni taqdim etish uchun xizmat qiladigan format. Gigabit Ethernet standarti|Maʼlumotlarning 1 Gbit/s gacha tezlik bilan uzatilishini taʼminlaydigan texnologiya. Uzatish muhiti sifatida kabellarning uch turidan – bir modali va ko‘p modali optik-tolali kabellardan, shuningdek, ekranlanmagan o‘ralgan juftdan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi. So‘nggi variant uchun IEEE 802.3 ab guruhi tomonidan alohida standart loyihasi ishlab chiqilgan. Globally Unique Identifier|128-bitli statistik noyob disk yoki bo‘lim identifikatori. Uning asosiy xususiyati – identifikatorlarning mos tushishi tufayli sodir bo‘lgan ziddiyatlardan qo‘rqmasdan kengayadigan servislar va ilovalarni yaratish imkonini beradi. GMPCS tizimi|Global shaxsiy yo‘ldoshli aloqa mobil tizimi, yo‘ldoshli aloqa uchun qo‘llaniladigan mobil kommunikatsiyalar standart protokoli. GNU operatsion tizimi|Unix bilan o‘zaro muvofiq ishlovchi operatsion tizim yaratish uchun GNU loyihasi. Loyiha 1983-yilda Richard Stolman tomonidan UNIX o‘rnini bosa oladigan erkin tarqatish maqsadida MTI da ishlab chiqilgan. Loyiha doirasida kompilyatorlar va boshqa dasturiy ta’minotlar ishlab chiqiladi. Google|Shu nomdagi qidiruv tizimiga egalik qiluvchi Amerika korporatsiyasi. 1998-yilda Larri Peyj va Sergey Brinlar tomonidan asos solingan. Kompaniya boshqa faoliyat (xabarlar qutisini taqdim etish, dasturiy ta’minot ishlab chiqish) bilan shug‘ullanishiga qaramasdan, asosiy daromad va mashhurlik aynan qidiruv tizimiga tegishlidir. Google Android|Operatsion tizim (Linux yadrosi bazasidagi), oraliq dasturiy ta’minot (middleware) va servis dasturlarni o‘z ichiga oladigan mobil qurilmalar uchun mo‘ljallangan ilovalar steki. GPRS kirish nuqtasi|GPRS tarmog‘i va tashqi ma’lumotlar tarmog‘i, masalan, Internet tarmog‘i o‘rtasidagi interfeys. Mobil telefon GPRS modemi sifatida ishlashi, shuningdek, GPRS orqali WAP resurslaridan foydalanish uchun, kirish nuqtasi aniq belgilanishi zarur. GPRS xizmati|Radiointerfeys orqali ma’lumotlarni paketli uzatish xizmati. GPRS axborot va ko‘ngilochar xizmatlaridan foydalanish uchun, ma’lumotlar uzatish tarmog‘iga doimiy ulanishni ta’minlaydi. Bog‘lanish bir zumda o‘rnatilishi, ma’lumotlar uzatish tezligi yuqori bo‘lishi bilan ajralib turadi. GPS tizimi|Global pozitsiyalash tizimi – bu, navigatsion yo‘ldoshlardan foydalaniladigan, joylashgan yerni aniqlash radiotizimidir. Bunday tizimlar tegishli uskunaga ega bo‘lgan va yer sirtidagi yoki uning yaqinidagi foydalanuvchilar uchun, uch o‘lchamli holat, tezlik hamda vaqt to‘g‘risida kunu tun axborotni ta’minlaydi. GPSS modellash tili|Turli tizimlarni, asosan ommaviy xizmat ko‘rsatish tizimlarini imitatsion modellash uchun foydalaniladigan dasturlash tili. GSM 1900 standarti|1900 MHz chastotadagi GSM raqamli standarti, shuningdek, PCS sifatida ham ma’lum. AQSh, Kanada, Lotin Amerikasi va Afrikaning ayrim mamlakatlarida foydalaniladi. GSM interfeyslari|GSM tarmog‘ida interfeyslarning ikki turi farqlanadi: tarmoqlararo va tarmoq ichi. Tashqi tarmoqlar bilan ulanish SS7 signalizatsiya tizimiga muvofiq amalga oshiriladi. GSM mobil aloqa|Yevropada va dunyoning boshqa qismlarida keng foydalaniladigan raqamli mobil telefon tizimi. GSM ma’lumotlarni raqamlashtiradi, siqadi, keyin uni foydalanuvchilar ma’lumotlarining boshqa bir ikkita oqimi bilan, har biri o‘zining vaqt intervalida, kanal orqali jo‘natadi. GSM 900 MHz yoki 1800 MNz chastota polosasida ishlaydi. GSM plyus texnologiyasi|Mobil aloqa texnologiyasining GSM standarti asosidagi takomillashtirilgan versiyasi bo‘lib, uchinchi avlod tizimlarining asosiy talablarini qanoatlantiradi. GSM tarmoqlari uchun mo‘ljallangan texnologiya|Ma’lumot uzatish tezligini 14,4 kbit/s gacha oshirishni, to‘rtta kanalni bitta vaqt slotida multipleksorlashda esa 57,6 kbit/s gacha oshirishni (Nokia firmasi) ta’minlaydigan texnologiya. GSM uyali aloqa standarti|Ikkinchi avlod (2G) mobil qurilmalari uchun mo‘ljallangan Yevropa standarti. GSM da 900 MHz va 1,8 GHz (Yevropada), 1,9 GHz (AQSh da) chastota diapazonlaridan foydalaniladi. GSM Yevropa va Osiyoda qabul qilingan umumiy simsiz standartlar va TDMA texnologiyasidan foydalanishni birlashtiradi. GSM SMS xabarlar uzatilishini va 9,6 Kbit/s tezlik bilan ma’lumotlar paketli uzatilishini amalga oshiradigan tarmoqlar bilan ma’lumotlar almashinuvini ta’minlaydi. Bu standartda telefon raqami va abonent to‘g‘risidagi boshqa barcha ma’lumot, shartnoma tuzish vaqtida abonentga beriladigan va zarur diapazondagi GSM apparatga qo‘yilishi mumkin bo‘lgan SIM kartaga yoziladi. GSM shlyuzi|Statsionar liniyani o‘rnatish imkoniyati yo‘q yoki iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlamaydigan, telefon aloqasi bo‘lmagan obyektlarni telefonlashtirish imkonini beradigan shlyuz. GSM/EDGE radiokirish tarmog‘i|GSM/EDGE tizimining radio qismi, o‘z ichiga tayanch stansiyalarni va tayanch stansiyalarning kontrollerlarini bog‘lovchi tarmoqni oladi. Umum-foydalaniladigan telefon aloqa, Internet va abonentlar terminallari o‘rtasida chaqiruvlar va paketli ma’lumotlar o‘tadigan GSM tarmog‘i uchun mo‘ljallangan tayanch tarmoqni o‘zida ifodalaydi. UMTS/EDGE tarmoqlar bilan bo‘lgan holda, tarmoq bir qancha UTRAN bilan ulangan bitta yoki bir nechta GERAN dan iborat bo‘ladi. GSM-1800 standarti|GSM standartining (1710-1785) MHz va (1805-1880) MHz (avvalgi DCS 1800) chastotalar diapazonida ishlaydigan tarmoqlar uchun mo‘ljallangan versiyasi. GSM-1800 tarmog‘ida ishchi chastotalar polosasining kengligi 75 MHz (GSM-900 ga nisbatan uch marta ortiq). Radioto‘lqinlarning 1800 MHz chastotada tarqalishida 900 MHz chastotaga nisbatan qo‘shimcha yo‘qotishlar (6-10) dB sodir bo‘ladi va ular bitta tayanch stansiya xizmat ko‘rsatadigan hududning kichrayishiga olib keladi. Mobil telefonlarning maksimal nurlanish quvvati 1 W bo‘lib, u GSM dagiga nisbatan 2 marta kamdir. Bu tizimda yashirin eshitish va raqamdan beruxsat foydalanishdan ancha yuqori himoyalanish ta’minlangan. GSM-400 standarti|GSM standartining modifikatsiyasi (NMT-450 analog tizimini modernizatsiyalash variantlaridan biri). GSM-400 tizimi 2x7,2 MHz polosalar kengligiga ega NMT-450 kengaytirilgan chastotalar diapazonida (450,4-457,6) MHz – liniya «pastga» va (460,4-467,6) MHz – liniya «yuqoriga») ishlash uchun mo‘ljallangan. Ushbu diapazonda aloqa uzoqligi GSM-900 ga nisbatan ikki marta katta, bitta geografik mintaqadagi tayanch stansiyalarning maksimal miqdori 5,5:2,2:1 (GSM-1800/900/400) nisbat bilan aniqlanadi, ya’ni ayni bir xil qoplash zonasida GSM-1800 dan foydalanilganiga nisbatan 5,5 marta kamroq tayanch stansiyalar kerak bo‘ladi. GSM-400 foydalanishning eng maqbul joylari uyalarning kichik trafikli va katta uzoqlikdagi hududlarida aloqani tashkil qilish bilan bog‘liqdir (qishloq joylari, qirg‘oq bo‘ylari va avtostradalarda). GSM-900 standarti|Chastotalarning 900 MHz diapazonida ishlaydigan tarmoqlar uchun GSM standartining asosiy versiyasi. Ko‘pincha GSM-900 abbreviaturasi o‘rniga umumiyroq bo‘lgan GSM atamasidan foydalaniladi. GSM-R raqamli aloqa tizimi|GSM standarti negizidagi raqamli aloqa tizimining spetsifikatsiyasi bo‘lib (1994 yilda ishlab chiqilgan), u (876-880) va (921-925)MHz chastotalar diapazonida temir yo‘l radioaloqa tizimini tuzishga mo‘ljallangan. 500 km/h gacha bo‘lgan harakat tezliklarida guruhiy, ustuvor va shoshilinch chaqiruvlarni amalga oshirish hamda aloqani ta’minlash nazarda tutilgan. Maksimal ulanish vaqti 1,5 s dan oshmaydi. gTLD|Yuqori pog‘onali umumiy domen. Dastlab tashkilotlarning turiga qarab ajratilishi ko‘zga tutilgan bo‘lsa, bugungi kunda cheklashlarsiz sotiladi. Turlari: .com, .net, .org, .info va .biz. GUID Partition Table|Bo‘limlar jadvallarini fizik qattiq diskka joylashtirishning standart formati. Intel tomonidan BIOS o‘rniga tavsiya qilingan (Extensible Firmware Interface, EFI) standart – kengaytiriladigan mikrodastur interfeysining bir qismi hisoblanadi. H simon to‘lqin o‘tkazgich|H simon ko‘ndalang kesimga ega bir aloqali to‘lqin o‘tkazgich. Hands free tizimi|Qo‘llar yordamisiz telefonda so‘zlashish va uni boshqarish imkonini beradigan tizim. Uning o‘rniga ovozdan foydalaniladi. Ko‘pincha, avtomobillarda qo‘llaniladi. Hard real-time|Real vaqt tizimi, bunda vaqtinchalik cheklashlar buzilganda u boshqaradigan obyektda kritik xatolik (ishlamay qolish) sodir bo‘lishi mumkin. HDDSCan|Axborot to‘plagichlarni testlash uchun belgilangan utilita (HDD, RAID, Flash). Dastur axborotni saqlash qurilmalarini BAD-bloklari mavjudligiga diagnostika qilish, S.M.A.R.T-atributlarini ko‘rib chiqish, maxsus sozlamalarni o‘zgartirish (ta’minotni boshqarish, shpindel start/stopini, akustik rejimni rostlash) uchun mo‘ljallangan. HDML tili|Internetga simsiz qurilmalardan kirish uchun, Phоne.cоm firmasi tomonidan ishlab chiqilgan til. HDSL texnologiyasi|Uzunligi 4,5 km gacha bo‘lgan to‘rt simli liniya bo‘ylab 2 Mbit/s tezlik bilan simmetrik ravishda ma’lumotlarni uzatish imkonini beradigan texnologiya. 1990-yilda Bellcore firmasi tomonidan tavsiya qilingan. Hewlett-Packard korporatsiyasi|Elektron va hisoblash texnikasini ishlab chiqaruvchi kompaniya, shuningdek unga taalluqli savdo markasi. HFS+|Apple Inc tomonidan, oldin foydalanilgan HFS ni, Macintosh kompyuterlaridagi asosiy fayl tizimni almashtirish uchun ishlab chiqilgan fayl tizimi. HFS+ MAC OS imkoniyatlarini kengaytirish uchun, HFS ning takomillashtirilgan versiyasi sifatida qarab chiqilishi mumkin. Ishlab chiqish vaqtida bu tizim Sequoia deb atalgan. HomePNA spetsifikatsiyasi|1998-yilda HPNA alyansi tomonidan ishlab chiqilgan telefon kabel tarmoqlari asosidagi 10 Mbit/s li uy tarmoqlari uchun spetsifikatsiya. 1.0 versiyasi 1 Mbit/s tezlik uchun mo‘ljallangan. Ayni vaqtdagi 2.0 versiyasi 350 m dan ortiq masofada 10 Mbit/s tezlikda, 3.0 versiyasi esa, 32 Mbit/s tezlikda ma’lumot uzatish imkonini ta’minlaydi. HomePNA 25 tagacha tarmoq uzellarini qo‘llab quvvatlaydi. Hot Desking|Olisdagi telefondan uy ofisi telefoni kabi foydalanish imkonini beradigan xizmat. Bunda ikkala telefon ham bir xil imkoniyat (funksiya) ga ega bo‘ladi.Izoh – Ikkala telefon ham bir xil bo‘lishi kerak, masalan ikkita SIP – telefoni. Hot Java|Internet tarmog‘ida WWW texnologiyasi bilan ishlash uchun belgilangan brauzer. Java tilida til imkoniyatlarini ko‘rsatish uchun ishlab chiqilgan, lekin mustaqil ahamiyatga ham ega. HSCSD texnologiyasi|1. GSM standartidagi, ma’lumotlarni oshirilgan tezlikda (57 Kbit/s gacha) uzatish texnologiyasi. Bu texnologiyaning asosiy afzalligi, ma’lumotlar uzatish tezligining yuqoriligida. Bu, bog‘lanishni o‘rnatishga ketadigan vaqtni kamaytirish va dasturlar ishini tezlashtirish imkonini beradi. Ma’lumotlarni uzatish oldingiga nisbatan to‘rt marta tez bajariladi, bu esa, kartalar va grafik interfeysdan foydalanib, mobil navigatsiya kabi xizmatlarni amalga oshirish imkonini beradi. HSCSD texnologiyasi kommutatsiyalanadigan tarmoqlarda qo‘lllanilishi tufayli, ma’lumotlar qisqa impulslar tarzida uzatiladigan elektron pochta uzatishga qaraganda, multimedia va videodasturlar ishi uchun yaxshiroq moslashtirilgan. Texnologiyadan GSM tarmog‘ida foydalanishda uzatish tezligi 43,2 Kbit/s bo‘lishiga erishiladi. Bu qiymat zamonaviy modemlardan foydalaniladigan simli tarmoqlar orqali ma’lumotlar uzatish tezligiga teng.2. GSM mobil tarmoqlar ustqurmasi. 57,6 Kbit/s yuqori o‘tkazish qobiliyatiga erishish uchun, to‘rtta 14,4 Kbit/s past tezlikli kanalni birlashtirish imkonini beradi. GPRS dan farqli ravishda, kanallarni kommutatsiyalash usulidan foydalaniladi. HSCSD uskunasi multimedia ma’lumotlarni uzatish uchun mo‘ljallangan videokonferens aloqa uchun ham to‘g‘ri keladi. HSDPA texnologiyasi|Mobil aloqa standarti, mobil aloqa tarmoqlarining 4G avlodiga o‘tish bosqichi. Ma’lumotlar uzatish tezligi taxminan 4 Mbit/s. HSPA texnologiyasi|Ma’lumotlarni paketli uzatishga asoslangan, simsiz aloqa texnologiyasi; axborot uzatish tezligining yuqori bo‘lishi asosiy jihati; WCDMA va UMTS kabi mobil tarmoqlarga qo‘shimcha hisoblanadi. HSUPA texnologiyasi|Mobil qurilma va operatorning uyali tarmog‘i o‘rtasida ma’lumotlar uzatish tezligini 5,8 Mbit/s gacha oshirish imkonini beradigan HSDPA texnologiyasining analogi. HSWD texnologiyasi|Yuqori tezliklarda ma’lumotlarni simsiz uzatish texnologiyasi. Huper Transport|Yuqori o‘tkazish qobiliyatiga va kichik kechikishlarga ega bo‘lgan, ikki yo‘nalishli ketma-ket/parallel kompyuter shinasi. To‘liq o‘lchamli, to‘liq tezlikli 32 bitli shina ikki yo‘nalishli rejimda o‘tkazish qobiliyatini 51600 Mbyte/s gacha o‘tkazish qobiliyatini ta’minlashi mumkin. Hydra arxitekturasi|IBM Personal Computer kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan shaxsiy kompyuterlar tizim platasining modulli arxitekturasi.Izoh − Arxitektura tizim komponentlari (tezkor xotira qurilmasi, protsessor, PCI) ning oson almashtirilishi hisobiga modernizatsiya narxlarini qisqartiradi. IACR assotsiatsiyasi|Kriptografik tadqiqotlar bo‘yicha xalqaro assotsiatsiyasi. IBM kompaniyasi|Dunyodagi dastlabki kompyuter kompaniyalaridan biri. Kompyuter texnologiyalari sohasida va savdo hajmi bo‘yicha dunyo yetakchilaridan biri. IBM maynfreymlari odatda ko‘k rang bilan bezatilganligi uchun, matbuotda bu korporatsiya «Ko‘k gigant» deb ham ataladi. Kompaniya 1911-yilda to‘rtta kompaniyaning birlashishi natijasida tashkil topgan. Bu kompaniyalardan biri – The Tabulating Machine Company tabulyatorlar ishlab chiqaruvchi kompaniya. ICL korporatsiyasi|Turli tarmoqlar uchun uskunalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi korporatsiya. 1968-yilda Buyuk Britaniyada asos solingan. ICMP protokoli|RFC 792 da aniqlangan uzatiladigan ma’lumotlar statusi to‘g‘risidagi xabarlarni almashish uchun mo‘ljallangan IP-protokolining kengaytmasi. ICQ Internet-peyjeri yoki «men seni izlayman»|Internetda sherik qidirish va ular bilan real vaqtda xat orqali muloqot qilish imkonini beradigan interaktiv muloqot tizimi. Mirabilis kompaniyasi mahsuloti, hozirgi vaqtda America Online korporatsiyasiga tegishli. ICQ xizmati|1. Har bir foydalanuvchi o‘z raqamiga ega bo‘lgan, Internet yordamida qisqa xabarlarni uzatish bepul Internet-peyjing tizimi. Unda foydalanish uchun maxsus dastur zarur. Mobil telefondan/telefonga xabarlar uzatish mumkin.2. Matnli xabarlar almashinish uchun mo‘ljallangan dastur. Ishlab chiquvchi ‒ Isroilning Mirabilis firmasi. Pochta xizmati bilan integratsiyalangan, fayillarni qabul qilish/uzatish imkoniyati bo‘lgan, chat o‘rnatilgan, xabarni uzatish tezligi yuqori bo‘lgan, anchagina qulay mahsulotni o‘zida ifodalaydi. IDEN texnologiyasi|Integratsiyalashgan raqamli kengaytirilgan tarmoqlar uchun, Motorola kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan texnologiya. Asosi – GSM arxitekturasi, uzatishda 25 kHz li chastota kanallaridan foydalaniladi. Butun dunyoda keng qo‘llaniladi. i-mode texnologiyasi|1. O‘tkazish qobiliyati 9,6 Kbit/s bo‘lgan holda, doimiy ulanishni ta’minlaydigan texnologiya, bu DoCoMo ga GPRS dan avvalroq, IP-telefoniya asosida mobil dasturlar ishlab chiqishni boshlash imkonini berdi. Texnologiya HTML kompakt versiyasidan foydalanganligi uchun, WAP bilan ham raqobatlasha oladi, WAP esa, WML markerlarining maxsus tili bilan ishlaydi.2. Yaponiyaning eng yirik mobil aloqa operatori bo‘lgan NTT DoCoMo Internet-servisi. Servisdan foydalanuvchilar veb-sahifalar mazmuni bilan tanishishlari, elektron pochta, taqvim bilan ishlashlari va chat xabarlarini ayirboshlashlari mumkin. DoCoMo i-mode xizmatlarini 1999-yildan ko‘rsata boshladi va shundan beri, Yaponiyada 18 milliondan ortiq foydalanuvchini o‘ziga jalb qila oldi. i-mode servisi orqali ma’lumotlarni uzatish tezligi 9,6 Kbit/s, uchinchi avlod tarmoqlari ishga tushirilishi bilan tezlik 384 Kbit/s gacha oshadi. IMS Server|ISAM ESSO uchun, korxonaga himoyalangan foydalana olishning markazlashtirilgan boshqarish nuqtasini taqdim etadigan integratsiyalashgan boshqaruv tizimi. Foydalanuvchilarning identifikatorlari, AccessProfile va autentifikatsiya siyosatini markazlashtirilgan boshqarishga ruxsat beradi va korxona uchun yo‘qotishlar, sertifikatlar va auditni boshqarishni ta’minlaydi. IMT-FT standarti|Ham juft, ham juft bo‘lmagan chastotalar polosalarida qo‘llash uchun ishlab chiqilgan, kombinatsiyalangan chastota-vaqt dupleks tarqatishli DECT mikrouyali tizimi uchun mo‘ljallangan standart nomi (DECT YeR loyihasiga asoslangan). IMT-SC standarti|Bir chastotali TDMA tizimi uchun ishlab chiqilgan standart nomi, tizimni chastotalarning juft polosalarida belgilaydi (avvalgi UWC-136 loyihasi). IMT- TC standarti|Vaqt bo‘yicha dupleks tarqatish (TDD)li kombinatsiyalangan TDMA/CDMA tizimi uchun mo‘ljallangan standart nomi, tizimni chastotalarning juft bo‘lmagan polosalarida belgilaydi (UTRA TDD va SCDMA ning qo‘shma taklifi). IMT-2000 i|ITU tomonidan uchinchi avlod (3G) standartlarining butun turkumini belgilash uchun foydalaniladigan atama. Beshta standartni o‘z ichiga oladi: WCDMA, CDMA2000, TD-CDMA/TD-SCDMA (Xitoyning o‘z standarti), DECT va UWC-136. IMT-DS standarti|Spektr to‘g‘ri kengaytiriladigan (DS-CDMA) va chastotaviy dupleks tarqatiladigan (FDD) keng polosali tizim uchun mo‘ljallangan standart nomi, tizimni chastotalarning juft polosalarida ta’minlaydi (WCDMA va UTRA FDDning birgalikdagi taklifi). IMT-MC standarti|Bir vaqtning o‘zida bir nechta eltuvchini uzatuvchi va chastotaviy dupleks tarqatishli ko‘p chastotali tizim uchun ishlab chiqilgan standart nomi, tizimni chastotalarning juft bo‘lmagan polosalarida ta’minlaydi (ishchi nomi – cdma2000). Infiniband|Ham ichki (tizim ichidagi), ham tizimlararo ulanishlar uchun qo‘llaniladigan, yuqori tezlikli kommutatsiyalanadigan ketma-ket shina. Ikki yo‘nalishdagi ketma-ket shinadan foydalaniladi. Bazaviy tezlik har bir yo‘nalishda 2,5 Gbyte/s. Intel Core i5|Intel korporatsiyasining x86-64 protsessorlari turkumi. O‘rnatilgan xotira kontrolleriga ega, Turbo Boost texnologiyasini qo‘llaydi (protsessorni yuklama ostida avtomatik tarzda tezlash). Ko‘pchiligida o‘rnatilgan grafik protsessor bor. Chipset bilan Core i5 DMI shinasi orqali ulanadi. Stol kompyuterlari uchun mo‘ljallangan dastlabki Core i5 2009 yilning senytabrida paydo bo‘ldi, unda Nehalem arxitekturasining Lynnfield yadrosidan foydalanilgan. Intel firmasining ikkilik moslashuv спецификацияси|Intel-arxitekturali kompyuterlarda har qanday ishlab chiqaruvchining UNIX operatsion tizimida ishlay olishi uchun, amaliy dastur qanoatlantirishi kerak bo‘lgan shartlarni aniqlovchi standart. Intel mikroprotsessori|Hisoblarni oshkora parallellashtiradigan va xotirani 64-razryadli manzillashdan foydalanadigan mikroprotsessor turi. IOS operatsion tizimi|Sisco Systems kompaniyasi tomonidan marshrutizatorlar uchun ishlab chiqilgan rezident operatsion tizimi. U marshrutizatorlarni sozlash va nazorat qilish uchun komandalar va funksiyalar to‘plamini o‘z ichiga oladi, shuningdek, turli protokollarning bajarilishini qo‘llab-quvvatlaydi. IP-adres|1. Uzellar yoki Internet tarmog‘idagi kompyuterlarni identifikatsiya qiladigan noyob manzil.2. Axborotni qabul qiluvchi yoki jo‘natuvchini identifikatsiya qiluvchi 32 (IPv4) yoki 128 (IPv6) bitlar ketma-ketligi. IP bo‘yicha ovozli aloqa shlyuzi|An’anaviy oxirgi (terminal) uskunani KAT bilan ulaydigan aloqa seansini amalga oshirish protokoli bazasidagi shlyuz. Analog liniyalarni ulashda IP bo‘yicha ovozli aloqa shlyuzi kamida analog telefon adapterni o‘z ichiga oladi. IP bo‘yicha ovozli aloqa shlyuzi, vositachi-server orqali chaqiruv seansini boshqarish funksiyasiga taalluqli IP-multimediya tizimlarining abonent apparatlarida alohida o‘rin tutadi. I-PIP tugmasi|Reklama vaqtida bu tugma bosilsa, shu paytdagi dastur ekrandagi kichik darchaga joylashadi, ekranda esa bu paytda boshqa dastur namoyon bo‘ladi. I-PIP tugmasi takror bosilganda, dastlabki dastur ekranda to‘liq tiklanadi. IP-manzillarni o‘zgartirgich|Ishchi stansiyada yoki xost kompyuterda o‘rnatiladigan va nomlar serveriga so‘rovlar yuborgan holda, xost-kompyuterlar nomlarini, ularning IP-manzillariga o‘zgartiradigan dastur. IP-paketdagi xatolik ehtimolligi|Xato qabul qilingan IP-paketlar sonining uzatilgan IP-paketlarning umumiy soniga nisbati. IP-paketi|Manba va oluvchining adresi, ma’lumotlar va paket uzunligini belgilaydigan maydon, sarlavhaning nazorat summasi va paketni fragmentatsiya qilish to‘g‘risidagi bayroqlarni o‘z ichiga olgan Internet tarmog‘i orqali uzatiladigan axborotning fundamental birligi. IP-protokol|1. Internet tarmog‘ining protokoli. Internet uzellari o‘rtasida xabarlarning uzatilishi va marshrutlanishi uchun javob beradigan va ma’lumotlarni paketlarga ajratish qoidalarini belgilovchi tarmoq protokoli.2. Tarmoqlararo protokol. IP-protokoli OSI 3-modeli (ochiq tizimlarning o‘zaro aloqa modeli) sathida ishlaydi va internetwork tarmoqlarida IP-deytagrammalarni yuborish standarti hisoblanadi. IP-paketlar marshrutlanishini tavsiflaydigan, TCP/IP-protokollari stekining bir qismidir. IPSec protokoli|IETF tomonidan taklif etilgan xususiy virtual tarmoqlarda axborotni uzatish protokollari majmui bo‘lib, IP-paketlarni autentifikatsiyalash, yaxlitligini tekshirish va shifrlashni ta’minlaydi. IPSec kriptografiyasi asosidagi standart xizmatlar va xavfsizlik protokollari to‘plami TCP/IP ning barcha protokollari va Internet orqali L2TP dan foydalanib bog‘lanishlar xavfsizligini ta’minlaydi. I-psevdokadr|Televizion tasvir ma’lumotlar oqimini kadr ichida kodlashda shakllanadigan psevdokadr. IP-shlyuzi|Turli xil tarmoqlarni birlashtirish, lokal tarmoqdan Internetga chiqish imkonini beradigan qurilma. Shlyuzda ma’lumotlarning bir protokoldan boshqasiga o‘zgartirilishi ro‘y beradi. IPtables|Komanda satri utilitasi, 2.4 versiyadan boshlab Linux yadrolari uchun NET Filter tarmoqlararo ekran (brandmauer) ishini boshqarishning standart interfeysi hisoblanadi. IPTables utilitasidan foydalanish uchun super foydalanuvchi imtiyozlari talab qilinadi. IP-tarmoqlari orqali tovush (ovozli trafikni) uzatish|Ovozni uzatish IP-tarmoqda, IP orqali ovoz, IP asosidagi telefoniya tarmog‘ida paketlar kommutatsiyasi ovoz uzatish texnologiyasi bo‘lib IP-protokoli negizida qurilgan. Xalqaro va shaharlararo qo‘ng‘iroqlarda mablag‘ni tejash uchun ishlatiladi. Texnologiya nutq va ma’lumotlarni integratsiya qilish imkonini beradi. IP-telefoniya|1. Internet tarmog‘idan telefon so‘zlashuvlar uchun foydalanish texnologiyasi. Kompyuter‒kompyuter, kompyuter‒telefon tarmoq ulanishlardan foydalanib, odamlar o‘rtasida telefon aloqasini o‘rnatish imkonini beradi.2. IP-tarmoqlari bo‘yicha ovozni uzatish texnologiyasi asosida nutqli axborotni almashish, shu jumladan mahalliy, shaharlararo va xalqaro aloqa xizmatlari. IP-tranzit|Mijozning IP-protokoli negizida IP-tarmoqqa ulanishining ikki nuqtasi o‘rtasida ma’lumotlar uzatish. IPX/SPX protokoli|Novell NetWare tarmoqlarida ishlatiladigan, TCP/IP to‘plamidagi TCP va IP-protokollariga mos keluvchi transport protokollari. IPX protokoli Windowsda NWLink protokoli orqali amalga oshiriladi. IRC protokoli|Band qilinmagan qabul qilgichni boshqarish protokoli. Abonent bilan bog‘lanish o‘rnatilmagan paytda, uyada qabul qilgichni boshqarish protokoli. IS-136 standarti|Shimoliy Amerikada 800 MHz va 1,9 GHz chastota diapazonida ishlaydigan TDMA texnologiyasi asosidagi ikkinchi avlod uyali aloqa raqamli tizimlarining standarti. Birinchi marta 1994 yilda taqdim etilgan. DAMPS sifatida ham ma’lum. IS-95 standarti|Cdma One kabi, 800 MHz va 1,9 GHz chastota diapazonida ishlaydigan standart. Ma’lumotlarning ovoz qo‘shilgan holda, 64 Kbit/s gacha tezlik bilan uzatilishini ta’minlaydi. ISDN bazaviy foydalana olish interfeysi|Tovush, videotasvir va ma’lumotlarni kommutatsiyalanadigan kanallar bo‘yicha uzatishda ishlatiladigan ikkita V-kanallar va bitta D-kanaldan tashkil topgan ISDN-interfeys. ISDN interfeyslari|Xizmatlari integratsiyalashgan raqamli tarmoqlarda foydalaniladigan interfeyslarning asosiy turlari beshta: R, S, T, U hamda V. Java operatsion tizimi|Java-ilovalarni qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan unchalik katta bo‘lmagan, effektiv operatsion tizim. Ikki xil ko‘rinishda uchraydi: JavaOS for Business va JavaOS for Consumers. Java Script tili|Netscape Communication korporatsiyasi tomonidan 1995-yilda ishlab chiqilgan (Netscape Navigator 1.2 brauzerining tarkibiy qismi sifatida taqdim qilingan) va Java tiliga asoslangan, lekin undan ancha sodda bo‘lgan dasturlash tili. ECMA-262 spetsifikatsiyasiga mos keladi. Java tili|Sun Microsystems, Inc tomonidan ishlab chiqilgan yangi dasturlash tili. Java tilidan tarmoq ilovalarini (dasturlarini) ishlab chiqish uchun oddiy dasturlash tili sifatida, shuningdek, appletlar deb ataladigan uncha katta bo‘lmagan ilovalarni yozishda foydalaniladi. JDC standarti|Qayta nomlangan PDC Yaponiya mobil aloqa standarti. Unda 900 MHz va 1,5 GHz chastotadan foydalaniladi. JEIDA standarti|Kompyuterga «kredit kartochka» turidagi har qanday qurilmalarni, jumladan, xotira kartalari, qattiq diskdagi to‘plagichlar, modemlarni ulash ta’minlanadigan standart. JFC bibliotekasi|Java tilidagi asosiy turkumlar bibliotekasi. Jini texnologiyasi|O‘zida Java tili kengaytmalarini ifoda etadigan Sun Microsystems texnologiyasi, uning yordamida Java tilida yozilgan dasturlar o‘rnatilgan raqamli qurilmalar kompyuter tarmog‘ida shaxsiy kompyuterlar yordamisiz muloqotga kirisha oladi. JIT-kompilyatsiya|Bevosita dasturning ishlash vaqtida bayt-kodni mashina kodiga kompilyatsiya qilish yo‘li bilan bayt-koddan foydalaniladigan dasturiy tizimlarning unumdorligini oshirish texnologiyasi. JPEG 2000 standarti|JPEG standartining yangi ochiq ko‘rinishi. Tasvirni 200 barobargacha siqish imkonini beradi. DCT dan emas, balki to‘lqin o‘zgartirgich algoritmidan foydalanadi. Tasvir matematik jihatdan xuddi uzluksiz oqim singari tavsiflanadi. JSQL dasturlash tili|Java tilida yozilgan dastur orqali ma’lumotlar bazasiga murojaat qilish uchun SQL tili. Just-In-Time|Har bir usulning birinchi chaqiruvida, Java da dasturlarni bajarishning ishlab chiqarish yig‘indisini oshirishga imkon beradigan, maqsadli platformaning (native ‒ kod) obyektli kodiga uning kompilyatsiyasini bajaradigan JVM komponentining kompilyatori. Ka-diapazon|Asosan, yo‘ldoshli aloqa va radiolokatsiyada ishlatiladigan santimetrli va millimetrli uzunlikdagi to‘lqin chastotalari diapazoni. Diapazon shartli ravishda elektromagnit spektrining 26,5 dan 40 GHz gacha bo‘lgan diapazonida yoyiladi. KEM-faktor|Subyektiv sinovlar usuli, ajratib bo‘ladigan qora va oq gorizontal chiziq hamda satrlar sonlari nisbatidir. Kerberos texnologiyasi|Des standarti negizida Massachuset texnologiyalar instituti (MIT) tomonidan 1980-yil o‘rtalarida yaratilgan, autentifikatsiya va ochiq kalit bilan shifrlash texnologiyasining nomi. RFC 1510 da ta’rifi keltirilgan. Kerberos Windows da 2000 versiyasidan boshlab ishlatilib kelinadi.K-faktorrus. - К-факторing. - K-faсtor, K-rating factorTelevizion tasvirning, televizion ko‘rsatuv jarayonida qayta tiklash qurilmalariga beriladigan turli impulslarning buzilishi bo‘yicha aniqlanadigan signal shaklining ayrim liniyaviy buzilishlar tufayli sodir bo‘ladigan subyektiv yomonlashuvi darajasini obyektiv baholash o‘lchovi.Izoh – K-faktorni baholash usuli XEI-R-BT.654 Tavsiyalarida berilgan. Ku-diapazon|Yo‘ldoshli televideniyeda ishlatiladigan santimetrli to‘lqinlar chastotalarining diapazoni. Diapazon shartli ravishda 10,7 dan 18 GHz gacha yoyiladi. L2TP protokoli|Cisco kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, L2F (Layer 2 Forwarding) protokolini va Microsoft kompaniyasining PPTP protokolini o‘zida biriktiruvchi kanal darajasida tunnellovchi tarmoq protokoli. Internetda tunnellar yaratish uchun mo‘ljallangan standart protokol. Lampel-Ziv-Velch (LZV) algoritmi|Ma’lumotlarni yo’qotishlarsiz siqish algoritmi bo‘lib, uni tuzgan ijodkorlarning nomlari bilan atalgan. LAN emulyatsiyasi|ATM forumi tomonidan ishlab chiqilayotgan texnologiya. ATM tarmog‘i virtual segmentlarini Ethernet va Token Ring virtual tarmoqlarini shaffof birlashtirish imkonini beradi. LAN NetView platformasi|Tarmoqni boshqarish amaliy jarayonlariga IBM korporatsiyasi tomonidan taklif etilgan platforma. Bu platforma turli xildagi xizmatlar: boshqaruv ma’lumotlarini tarmoqdan uzatish, tarmoq ob’ektlarining holati to‘g‘risidagi ma’lumotni yig‘ish, platforma vositalari bilan amalga oshiriluvchi dasturlardan jamoaviy foydalanishni ta’minlash, tizim administratori interfeysini taqdim etish kabi funksiyalarni bajaradi. LDAP protokoli|Kataloglardan foydalanishning soddalashtirilgan protokoli, tarmoq kataloglariga kira olish imkonini beradi. Linker and loader|UNIX tizimidagi aloqalar redaktori va yuklagich. Linux|Shaxsiy kompyuterlarga mos keladigan RS va ko‘plab boshqa platformalarda Unix operatsion tizimini erkin amalga oshirish. Nomi tizim yadrosi ustida ish olib borgan fin dasturchisi Linus Torvalds nomidan kelib chiqqan. Birinchi versiyasi 1994-yilda paydo bo‘lgan. Linux ning 64 razryadli versiyalari bor. Linux proc|Kiritish-chiqarish uchun so‘rovlarni bajarishda ma’lumotlarni aniq saqlash va ma’lumotlarni hisoblash yo‘qligiga asoslangan Linux dagi fayl tizimi. LISP dasturlash tili|Yuqori daraja universal dasturlash tili, funksional turdagi deklarativ tillar qatoriga kiradi, ro‘yxatlar ko‘rinishida taqdim etilgan simvolli ma’lumotlarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan. Funksiyalar va rekursiv tuzilish tilning asosi hisoblanadi. LISP-kompyuter|Komandalar tizimida LISP tili asosiy funksiyalari va ro‘yxatlar bilan ishlash operatsiyalari joriy qilingan kompyuter. Bunday kompyuterlarni intellektual kompyuterlar sinfiga kiritish mumkin. Little endian|Kompyuter xotirasining arxitekturasi, bunda xotiraning har bir so‘zidagi baytlarni raqamlash o‘ng tomondan boshlanadi, ya’ni kichik bitlardan boshlab raqamlanadi. Live CD|Operatsion tizimning ishlash varianti. Tizim yuklash kompakt-diskidan ishga tushriladi va tezkor xotiraga yuklanadi, bunda vinchester ichidagi ma’lumotlar o‘zgarmay qoladi. Kompyuterga o‘rnatilgan operatsion tizimning ishlash holatini tiklashda yoki tizimni qattiq diskka o‘rnatmasdan ko‘rib chiqish imkonini beradi. Birinchi LiveCD-distributivi Knoppix bo‘ladi. Longhorn operatsion tizimi|Windows Vista va Windows Server 2008 operatsion tizimlarining dastlabki nomlanishi. LPT|Dastlab, faqat chop etish qurilmasini ulash uchun ishlatilgan PC parallel portining belgilanishi. LTE standarti|Ma’lumotlarni mobil uzatish texnologiyalarini takomillashtirish: ma’lumotlar uzatish samaradorligi va tezligini oshirish, xarajatlarni kamaytirish, ko‘rsatiladigan xizmatlarni yaxshilash va kengaytirish uchun mo‘ljallangan, 3GPP uyushmasi tomonidan yaratilgan standart. LynxOS|O‘rnatiladigan tizimlar uchun ishlab chiqilgan, POSIX standartlari bilan, so‘nggi vaqtda Linux operatsion tizimi bilan moslashtirilgan, Unix ga o‘xshash real vaqt operatsion tizimi. LZW usuli|Grafik tasvirlarni siqish usuli, faylda bir xil ketma-ketlikni qidirish algoritmiga asoslangan. Unisys firmasi nomi bilan patent ro‘yxatidan o‘tgan usul. 1978-yilda ishlab chiqilgan. MAC drayver|OSI modeli muhitidan foydalana olishni boshqarish darajasida ishlaydigan qurilma drayveri bo‘lib, tarmoq adapterlariga quyi darajadagi kira olishni ta’minlaydi. MAC manzil|Lokal tarmoqqa ulangan har bir qurilmada bo‘lishi kerak bo‘lgan, kanal sathidagi standartlashtirilgan manzil. Tarmoqdagi boshqa qurilmalar bu adreslardan tarmoqdagi aniq qurilmalarning joylashgan o‘rnini topishda, shuningdek, marshrutlash jadvallari va ma’lumotlar tuzilmasini yangilashda foydalanadi. МАС-manzil lar uzunligi 6 bite. Shuningdek, apparatli manzil yoki fizik manzil deb ham ataladi. Mac OS|Apple Macintosh kompyuterlarida ishlatiladigan operatsion tizim. MAC OSX|Apple firmasining Macintosh kompyuterlari uchun mo‘ljallangan operatsion tizimi. MAC OSX – bu, intuitiv grafik interfeysli o‘xshash operatsion tizimdir. Darvin deb nomlanadigan yadro (operatsion tizimning, yadroning manzil fazosida bajariladigan dasturiy modullarni ichiga oladigan asosiy qismi) o‘n mingdan ortiq dasturchi tomonidan ishlab chiqilgan. Tizim foydalanish uchun 2001-yilda qabul qilingan. Mandriva|1998-yilda asos solingan kompaniya (dastlab MandrakeSoft deb atalardi). Red Hat Linux distributiviga asoslangan, mahsuloti bilan bir nomdagi muallif. Mandrake Linux birinchi versiyasi 1998-yilning iyul oyida paydo bo‘lgan. 2005-yilning aprel oyida kompaniya Braziliyaning Connectiva kompaniyasini sotib oldi va nomini Mandriva ga o‘zgartirdi. MAS-manzil identifikatori|Tarmoqdagi har qanday qurilmaning yagona identifikatori. Mbit/sек|Sekundiga megabit 1024 kbit/s. Yuqori tezlikdagi tarmoqlarda ma’lumotlar uzatish tezligining o‘lchov birligi. MD5|RSA Data Security firmasining asoschilaridan biri Ronald L.Rivest tomonidan 1991-yilda ma’lumotlarni shifrlash uchun ishlab chiqarilgan 128-bitli xeshlash algoritmi. MDAPI spetsifikatsiyasi|Ochiq, obyektga yo‘naltirilgan spetsifikatsiya, OLAP Council ma’lumotlarni onlayn analitik qayta ishlash kengashi, notijoriy, ko‘p o‘lchamli ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlarini yetkazib beruvchilar assotsiatsiyasi tomonidan e’lon qilingan. Ilovalarga o‘qish bo‘yicha ko‘p o‘lchamli ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlaridan foydalanishni ta’minlaydi. MDI ilova (dastur)|Bir vaqtning o‘zida bir nechta ochiq hujjat bilan ishlash imkonini beradigan dastur. MDX tili|OLAP serverlariga va ma’lumotlar bazasiga so‘rovlar berish tili, OLE DB texnologiyasining tarkibiy qismi. Memory map|Solaris operatsion tizimidagi xotirada aks etadigan faylni tashkil qilish uchun mo‘ljallangan komanda va tizim chaqiruvi. MeXe standarti|Mobil qurilmalar muhiti – WAP kengaytirilgan varianti, uchinchi avlod standarti, terminal uchun Java ilovalari, axborot yuklashda himoya funksiyalarini va ilovalar boshqarilishini, telefonning barcha funksiyalaridan foydalanish mumkin bo‘lishi uchun, boshqa ishlab chiqaruvchilarning umumiy ilovalar interfeyslarini qo‘shadi. UMTS standarti uchun virtual uy muhitini yaratishda muhim jihat bo‘lgani holda, funksiyalar to‘plami va imkoniyatlarni ta’minlaydi. MGCP protokoli|IP-telefoniya standarti bo‘lib, u shlyuzlar va ulanishlarni boshqarish dasturi o‘rtasida o‘zaro aloqani qo‘llab-quvvatlaydi. Microsoft|Dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi eng yirik firma. Dasturlardan tashqari, texnik vositalar: «sichqoncha»lar, klaviaturalar va ularga adapterlar ham chiqaradi. Uilyam Geyts va Pol Allen tomonidan 1975-yilda tashkil qilingan. Firmaning asosiy yutuqlari: MS-DOS, Windows operatsion tizimlari, Internetda ishlash uchun MS Office, MS Explorer dasturiy vositalari; BASIC, Quick C, Visual BASIC, Visual C++ dasturlash tillari. Microsoft Azure Services Platform|Microsoft firmasining ishlab chiqarish uchun va Microsoft.NET bazasida servislardan foydalanish uchun mo‘ljallangan platformasi. MicroSoft kompaniyasining diskli operatsion tizimi|1981-yilda IBM PC birinchi 16-razryadli shaxsiy kompyuter uchun Microsoft va IBM korporatsiyalari tomonidan ishlab chiqilgan operatsion tizim. Bu operatsion tizim Microsoft kompaniyasining shakllanishida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 1990-yillarda MS-DOS Windows tomonidan siqib chiqarildi. Boshqa, ОS/2 kabi, operatsion tizimlarga o‘xshab, u ham foydalanuvchining klaviaturada tergan komandalarini kompyuterda bajariladigan operatsiyalarga o‘zgartiradi. MS-DOS bilan o‘zaro bog‘lanish komanda satridagi oynada shu bilan birga MS-DOS uchun mo‘ljallangan dasturlar bilan o‘zaro bog‘lanish ish stoli yorliqlari yordamida amalga oshiriladi. Microsoft Windows Azure|Operatsion tizim va firma asboblari to‘plami. MIMO texnologiyasi|Bitta tayanch stansiyada tarmoq sig‘imini oshirish va signallarning so‘nishi bilan kurashish uchun, ko‘plab uzatuvchi va qabul qiluvchi antennalardan foydalanish. Minix|Unix asoslangan erkin mikroyadroli operatsion tizim. Endryu Tanenbaum Minix ni ta’lim tizimi uchun yaratgan. MISD arxitekturasi|Parallel kompyuterning mumkin bo‘lgan to‘rtta arxitekturasidan biri. Bunda ma’lumotlar, har biri ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha o‘zining dasturini bajaradigan protsessorlar to‘plamiga uzatiladi. MMDS texnologiyasi|Simsiz tarmoqlar asosida ma’lumotlar uzatish texnologiyasi, teleeshittirishni o‘rnatish uchun qo‘llaniladi. Signalning uzatilishi 2868 MHz dan 2500 MHz gacha diapazonda yuz beradi. MNP protokoli|Modemli aloqada ma’lumotlar uzatish sxemasini belgilaydigan protokol. Bu protokol bo‘yicha ishlaydigan modem xatolar tuzatilishini va ma’lumotlar siqilishini amalga oshiradi. Protokol Microcom firmasi tomonidan ishlab chiqilgan. Mobile IP-protokoli|IP-protokolini, Internet trafikni mobil foydalanuvchilarga qayta yo‘llash imkonini beradigan tarzda kengaytirish. Texnologiya foydalanuvchining shaxsiy (korporativ) tarmog‘ida, ham olisdagi tarmoqlarda joylashgan maxsus dasturiy agentlardan foydalanadi. Olisdagi tarmoqqa kirishda mobil foydalanuvchilar agent yordamida ro‘yxatdan o‘tadilar, undan so‘ng ularning korporativ tarmog‘idagi trafik turgan joy bo‘yicha qayta yo‘llanadi. mP6|Rise Technology firmasi tomonidan ishlab chiqariladigan, arzon shaxsiy kompyuterlar uchun mo‘ljallangan protsessor turi. MPE-FEC|Ko‘p protokolli inkapsulyatsiya seksiyalari bo‘yicha yetkazib berilgan deytagrammalar uchun Rid-Solomon juftligini nazorat qilish ma’lumotlarini yetkazib berish usuli. MPEG-1 videosignalini siqish usuli|Raqamli videosignalni kodlash usuli, uni ifodalash uchun zarur bo‘lgan bitlar soni 1,4 Mbit/s gacha pasayadi. MPEG-2 profili|Kodlashning muayyan tizimini tashkil etuvchi, MPEG-2 standarti bo‘yicha raqamli oqimni siqish qoidalarining to‘plami.Izoh – Oddiy, asosiy, ikkita masshtablanadigan, yuqori va professional profillar ajratiladi. MPEG-2 standarti|Siqilgan raqamli televizion videosignallar, tovush signallari va televizion axborot foydalanuvchisining ma’lumotlari to‘plamini, raqamli paketlarni uzatish uchun mo‘ljallangan oqimga multipleksorlash usullari bayon qilingan kodlash tizimi. MPEG-2 videosignalini siqish usuli|MPEG-1 ni siqishga nisbatan yuqori sifatli siqish usuli versiyasi. DSS va DVD da foydalaniladi. MS OFFICE|Hujjatga yo‘naltirilgan ko‘p funksiyali dasturiy mahsulot. Microsoft firmasi tomonidan ko‘plab tashkiliy masalalarni avtomatlashtirish uchun ishlab chiqilgan. MS Office tarkibiga quyidagi ilovalar kiradi: Word – matn redaktori, Excel – elektron jadvallar, Access – ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi, Power Point – taqdimotlarni tayyorlash va o‘tkazish tizimi. Barcha ilovalar amalda yagona interfeysga ega bo‘lib, har qanday foydalanuvchi o‘rganishi uchun qulay. Har bir ilovadan mustaqil foydalanilishi mumkin. Agar, standart vositalar bilan ilovani aniq bir vazifa uchun sozlash imkoni bo‘lmasa, MS Office ga o‘rnatilgan Visual BASIC for Application. Dasturlash tilidan foydalanilishi mumkin. MS Office Windows operatsion tizimi boshqaruvida va Apple firmasining kompyuterlarida ishlaydi. MS-DOS operatsion tizimi|Microsoft va IBM korporatsiyalari tomonidan 1981-yilda IBM PC birinchi 16-razryadli shaxsiy kompyuter uchun ishlab chiqilgan operatsion tizim. ОS/2 kabi boshqa operatsion tizimlarga o‘xshab, u ham foydalanuvchining klaviaturada tergan komandalarini kompyuterda bajariladigan operatsiyalarga o‘zgartiradi. MS-DOS bilan o‘zaro bog‘lanish komanda satridagi oynada amalga oshiriladi. MSDSL texnologiyasi|SDSL texnologiyasining takomillashtirilgan versiyasi, ma’lumotlar 64 Kbit/s dan 1152 Kbit/s gacha tezlikda uzatilishini ta’minlaydi. Biometrik ma’lumotlar|"Foydalanuvchining, originallari raqamli ko‘rinishda elektron hisoblash mashinasi xotirasida saqlanadigan, ovoz tembri, qo‘l barmoqlarining shakli, izi va shular kabi shaxsiy farqlovchi belgilarini o‘zida ifodalovchi autentifikatsiya qilish vositalari. " Biometrik texnologiya|"Inson komandalarini biotoklar orqali foydalanuvchi tizimga yetkazish usuli. " Biometriya|"1. Shaxsni identifikatsiya qilish uchun biologik xususiyatlardan, masalan, barmoqlar izi yoki ovozdan foydalanish to‘g‘risidagi fan. 2. Odam shaxsini fiziologik xarakteristikalarga asoslangan avtomatik identifikatsiya qilish usullari. " Bionika|"Tirik tabiat tamoyillari, xossalari, vazifalari va tuzilmalarini texnik qurilma va tizimlarda qo‘llashga qaratilgan amaliy fan. Internet o‘z-o‘zini tashkil qiluvchi tizim bo‘lib, ko‘p jihatlari bilan tirik organizm evolyutsiyasini «takrorlaydi». " Bipolyar kod|"Birliklar navbatma-navbat qarama-qarshi qutblilikning kuchlanish impulslarini, «0» esa impulsning yo‘qligini bildiradigan signal uzatish usuli. " Bir/bir modeli|"Ko‘p oqimlilik modeli, bunda har bir foydalanuvchi oqimi yadroning bitta aniq oqimida aks etadi. " Bir darajali qurilma|"Berilgan vaqtda bitta xavfsizlik darajasidagi ma’lumotlarni qayta ishlay olishi mumkin bo‘lgan funksional blok. " Bir darajali tarmoq|"Bitta yoki bir nechta kompyuterning boshqa oraliq qurilmalariga murojaat qilmasdan bir birlari bilan o‘zaro hamkorlikda ishlashi mumkin bo‘lgan tarmoq. Bir darajali tarmoqda kompyuterlar bir vaqtda mijoz ham, server ham bo‘lishi mumkin. " «Bir darcha» prinsipi|"Davlat xizmatlarini taqdim etish prinsipi, unga ko‘ra, bunday xizmatlar talabnoma beruvchi tegishli talab bilan bir marta murojaat qilgandan so‘ng ko‘rsatilishi kerak. " Bir dyumdagi nuqtalar soni|"Ekran va printerning ruxsat etish imkonini o‘lchashda qo‘llaniladigan birlik. Qurilma bir dyuymdagi kesmada ko‘rsatishi yoki chop etishi mumkin bo‘lgan nuqtalar soni. Dyuymdagi nuqtalar soni qancha ko‘p bo‘lsa, ekrandagi tasvir shuncha sifatli ko‘rinadi. " Bir jinsli bo‘lmagan tarmoq|"Turli topologiya fragmentlaridan va turli xil texnik vositalardan tuzilgan kompyuter tarmog‘i. Bunday tarmoqda har xil turdagi uskunalar va almashuv protokollaridan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi. " Bir jinsli tarmoq|"Mos keladigan uskuna va umumiy almashuv protokollaridan foydalanadigan, bir jinsli tuzilmaga ega tarmoq. Gomogen tarmoq deb ataladi. " Bir kanalli kuchaytirgich (jamoaviy qabul qiluvchi antennalar uchun)|"Chastotalar polosasining kengligi bitta muayyan televizion kanal bilan chegaralangan kuchaytirgich. " Bir ko‘zguli antenna|"Asosiy elementi fokusda nurlagich bilan joylashtirilgan parabolik ko‘zgu hisoblanadigan antenna. " Bir lahzada suratga olish|"1. Maxsus dastur yordamida olinadigan ekran nusxasi, kompyuter videoxotirasining bir zumlik nusxasi (kam hollarda tezkor xotira qurilmasi). So‘ng bunday nusxani diskda saqlab qo‘yish, bosib chiqarish, tahrir qilish mumkin va h.k. 2. Bir onlik nusxa, stop-kadr. " Bir martali bloknot|"Vernam shifri deb ham ataladigan kriptotizim, mutlaqo tasodifan generatsiyalanadigan bit satridan foydalanadi. Kalit oqim uzunligi ochiq matn uzunligiga teng. Tasodifiy bitlar satri va ochiq matn XOR operatsiyasidan foydalanib, shifrmatnni ishlab chiqish uchun kombinatsiyalanadi. Bunday algoritm mutlaqo maxfiy hisoblanadi. " Bir martali parol|"Tarmoqqa har bir kirishdan so‘ng o‘zgaradigan, amal qilish muddati juda qisqa bo‘lgan parol. " Bir martali raqamli imzo|"Har qanday xabar uchun raqamli imzo faqat bir marta ishlatilishi mumkin bo‘lgan sxema, ya’ni har bir yangi xabar uchun kalitlarning yangi jufti talab qilinadi. Bunday sxemaning afzalligi uning tezkorligi hisoblanadi, kamchiligi – katta miqdordagi axborotni (ochiq kalitlarni) e’lon qilish zarurligi, chunki har bir imzo faqat bir marta ishlatiladi. " Bir martali xabar|"Faqat bir marta ishlatiladigan identifikator yoki raqam, ya’ni har bir keyingi aloqa seansida uning qiymati yangilanadi. " Bir martali yoziladigan kompakt disk|"Maxsus CD-disklarga bir martalik yozish imkonini beradigan qurilma. " Bir modali optik tola|"1. Signal bir moda yoki tarqalish yo‘li bo‘ylab o‘tadigan optik to‘lqin o‘tkazgich (tola). Bunday tola yadrosining diametri uncha katta bo‘lmaydi. 2. Faqat bir moda tarqalishi mumkin bo‘lgan optik tola; odatda, bu tola pog‘onali sinish ko‘rsatgichiga ega bo‘ladi. " Bir modali tola|"Markaziy o‘tkazgichi to‘lqin uzunligi bilan taqqoslanadigan juda kichik diametrga ega bo‘lgan (odatda, 5-10 mkm), yorug‘lik to‘lqinining tarqalish sharoitlari yagona moda bilan cheklangan tola. Nurlar, qobiqdan qaytmagan holda, yorug‘lik o‘tkazgichning optik o‘qi bo‘ylab tarqaladi. Bir modali tolaning o‘tkazish polosasi 100 Gs/km va undan ko‘pni tashkil etadi. " Bir nechta amaliy muhitning mavjudligi|"Bitta operatsion tizim doirasida bir nechta operatsion tizim uchun ishlab chiqilgan dasturlarni bir vaqtda bajarish imkonini beradi. Ko‘p zamonaviy operatsion tizimlar bir vaqtda MS-DOS, Windows, UNIX (POSIX), OS/2 amaliy muhitlarini yoki bu ommabop to‘plamdan ayrim ko‘plikni ta’minlaydi. Ko‘plab amaliy muhitlar konsepsiyasi, bir qismi u yoki bu operatsion tizimning amaliy muhitini amalga oshiradigan turli serverlar ishlaydigan mikroyadro bazasidagi operatson tizimda oddiy amalga oshiriladi. " Bir nechta kamerani tutib turish|"Abonentning translyatsiya vaqtida foydalaniladigan turli kameralardan tasvirni tanlash imkoniyati. " Bir nurli antenna panjarasi|"Bitta nurni shakllantiruvchi antenna panjarasi. " Bir platali kompyuter|"Butunlay bitta bosma platada joylashtirilgan kompyuter. " Bir pog‘onali muhofaza qilish tizimi|"Yagona kalit dasturiy ta’minotdan foydalanishni ta’minlaydigan muhofaza qilish tizimi. " Bir rangli arxitektura|"Har bir abonent tizimi bir xil ko‘lamda resurslarni taqdim va isteʼmol qilishi mumkin bo‘lgan, axborot tizimining konsepsiyasi. Bir rangli arxitektura shu bilan tavsiflanadiki, unda hamma abonent tizimlar teng huquqli va ularning bir- birlarini resurslariga murojaatlari simmetrik bo‘ladi. Buning evaziga, foydalanuvchi maʼlumotlarning taqsimlangan ishlovini bajarishi, amaliy dasturlar, tashqi qurilmalar, shu jumladan, ixtiyoriy tizimlarda joylashgan fayllar bilan ishlashi mumkin. Bir rangli arxitektura tarmoq vositalarining oddiy yuklanishi, yengil kengaytirilishi bilan tavsiflanadi. " Bir sekunddagi kilobit|"SI tizimidagi ma’lumot uzatish tezligining birligi. " Bir tomonga yo‘nalgan interfeys|"Maʼlumotlarning faqat bitta yo‘nalishda uzatilishini taʼminlaydigan interfeys. " Bir tomonlama autentifikatsiya qilish|"Xabar jo‘natuvchi yoki oluvchini autentifikatsiya qilish. " Bir tomonlama funksiya|"Berilgan x argument bo‘yicha f(x) funksiya qiymati oson hisoblab chiqariladigan funksiya. f(x) ni x dan hisoblab chiqarish anchagina murakkab. Hozirgacha bir tomonlama funksiyalarning mavjudligi qat’iy isbotlanmagan. Axborotni shifrlash uchun bir tomonlama funksiyalarni qo‘llab bo‘lmaydi, chunki ular yordamida shifrlangan matnni, hatto uning qonuniy egasi ham rasshifrovka qila olmaydi. Kriptografiyada siri bo‘lgan bir tomonlama funksiyadan foydalaniladi. " Bir tomonlama xeshlash algoritmi|"Xesh-kod olingan dastlabki ma’lumotlarning xesh-kod qiymati asosida amalda tiklab bo‘lmaslik xossasiga ega bo‘lgan xeshlash algoritmi. " Bir tomonlama shifrlash|"Shifrlash, dastlabki ma’lumotlari tiklanishi mumkin bo‘lmagan shifrlangan matn uning natijasi hisoblanadi. Izoh – Bir tomonlama shifrlash autentifikatsiya qilishda ishlatiladi. Masalan, bir tomonlama shifrlash usuli bilan parolni shifrlash natijasida olingan shifrlangan matn saqlanib qoladi. Kechroq taqdim etilgan parol xuddi shu tarzda shifrlanadi. Keyin olingan ikkala shifrlangan matn solishtiriladi, agar ular bir xil bo‘lsa, unda to‘g‘ri parol taqdim etilgan. " Bir turdagi uya; bir xil chastota sohasiga ega uya|"Axborot almashinuvi qo‘shni klasterga kiruvchi yacheykalardan biridagi kabi, ayni shu chastotalar polosalarida ta’minlanadigan, hududiy jihatdan uzoqda joylashgan yacheyka (uya). " Bir vaqtda uzatish|"Bitta dasturni bir nechta tovush yoki televizion uzatish tarmoq‘i orqali bir vaqtda uzatish. " Bir vaqtdagi qo‘ng‘iroq|"Kiruvchi chaqiruvning birdaniga abonentning bir nechta (masalan, xizmat va mobil) рақамiga tushishi. Chaqiruvni ulash birinchi bo‘lib javob bergan рақамga amalga oshiriladi. " Bir vazifali operatsion tizimlar|"Virtual mashina foydalanuvchisiga kompyuter bilan ishlashni yanada sodda va qulay qilish vazifasini bajaradi. Bir vazifali operatsion tizimlar periferiya qurilmalarini boshqarish, fayllarni boshqarish vositalari, foydalanuvchi bilan muloqot vositalarini o‘z ichiga oladi. " Bir xil darajali lokal hisoblash tarmog‘i (LHT)|"Ajratilgan serveri bo‘lmagan va markazlashtirilgan tarzda boshqarilmaydigan LHT " Bir yo‘ldoshning o‘tkazish qobiliyati|"Yo‘ldosh retranslyatori samaradorligining integral ko‘rsatgichi. Yo‘ldosh orqali uzatiladigan berilgan o‘tkazish qobiliyati (masalan, 4,8 kbit/s) bilan telefon kanallarining o‘rtacha soni sifatida baholanadi. Ma’lumotlar uzatishga mo‘ljallangan tizimlarda o‘tkazish qobiliyati ma’lum vaqt oralig‘ida (masalan, bir sutka davomida) yo‘ldosh orqali uzatiladigan ma’lumotlarning yig‘ma hajmi sifatida baholanadi. " Bir o‘lchamli taxminlash, 1-D taxminlash|"Taxminlangan qiymat, yoyishning o‘sha satridagi kadrning qo‘shni elementlaridan kelib chiqib olinadigan taxminlash. " Bir chastotali tarmoq|"Bitta radiochastota kanalida bir xil signallarni nurlantiradigan sinxronlangan uzatuvchi stansiyalar tarmog‘i. Xususan, bir xil radiochastota kanalidan birgalikda foydalaniladigan va o‘xshash signallar uzatiladigan DVB-T sinxronlangan stansiyalar tarmog‘i. " Birga yo‘naltirilgan interfeys|"Interfeys turi bo‘lib, tarmoqdagi har bir stansiya bir vaqtning o‘zida axborot signalini generatsiyalaydi. Ikkala signal ham aynan bir yo‘nalishda, tarmoqning bir uzelidan ikkinchisiga izchil uzatiladi. Bunday usulda axborot ayirboshlaganda qarama-qarshi yo‘nalishlarda uzatish, liniyaning har ikki uchidagi tayanch generatorlari avtonom bo‘lgani sababli, har xil tezlik bilan amalga oshirilishi mumkin. " Birgalikda foydalaniladigan resurslar|"Bir vaqtda bir nechta foydalanuvchiga yoki jarayonga ajratiladigan resurslar. " Birgalikda stroblash yoki diskretlash|"Rangli alohida (komponentli) videosignalga nisbatan qo‘llaniladigan diskretlash usuli. Videosignallar bu holda yorqinlik signalini zichlash quyi eltuvchi chastotalarida diskretlanadi. Masalan, 4:2:2 usul orqali. Birgalikda stroblashda ikkita rang ajratuvchi signal yoki ajratilgan yorqinlik signali aynan o‘sha chastotalarda yoki yorqinlik signali stroblanadigan chastotalarning biri bilan bir vaqtda diskretlanadi. " Biriktirilgan|"Elektron xatga matn ko‘rinishidagi faylni biriktirish. Agar fayl formati *.txt yoki *.html ko‘rinishda bo‘lsa, uning mazmuni xatni o‘qishda ko‘rinadi. " Birin-ketin joylashtirib muhofaza qilish|"Xavfsizlik tizimi konsepsiyasi, unda tarmoqdagi har bir kichik tizim mumkin bo‘lgan maksimal darajagacha muhofaza qilinadi. " Birinchi avlod|"Analog ma’lumotlar uzatilishidan foydalaniladigan mobil aloqa tizimlari. Ularga NMT, AMPS standartlarining tarmoqlari kiradi. " «Birinchi bo‘lib keldi – birinchi bo‘lib xizmat ko‘rsatildi»|"Navbatni qayta ishlash usuli, bunda elementlar navbatdan navbatga kiritilgan tartibda chiqarib tashlanadi. " «Birinchi bo‘lib keldi ‒ oxirgi bo‘lib xizmat ko‘rsatildi».|"Navbatni qayta ishlash usuli, bunda elementlar, ular navbatga kiritilishiga teskari tartibda navbatdan chiqarib tashlanadi va ularga xizmat ko‘rsatiladi. " Birinchi munosib usul|"Resurslarni taqsimlash algoritmi (sxemasi), unga ko‘ra, yangi ma’lumotlarni joylashtirish uchun birinchi bo‘lib mos keladigan blok egallanadi. " Birlamchi halqa|"FDDI standartining ikki halqali optik tolali tarmog‘idagi, foydali axborotni asosiy rejimda uzatish uchun mo‘ljallangan bog‘lovchi liniya. " Birlamchi kalit|"Amaliyotda jadvalning qatorini noyob aniqlagich sifatida ishlatiladigan ustun mazmuni yoki ustun guruhi mazmunlari to‘plami. " Birlamchi muhofaza|"Telekommunikatsiya simlari va yer ostida kuchlanishni cheklovchi qurilma. Namunaviy protektorlar 215 dan 350 voltgacha bo‘lgan o‘zgarmas tok kuchlanishini cheklaydi. " Birlamchi xatolarni aniqlovchi va tuzatuvchi tezkor xotira qurilmasi|"Xatolarni aniqlash va to‘g‘rilash sxemasi. 1-bitli xotoliklarni to‘g‘rilashi mumkin bo‘lgan va 2-bitli xatolarni aniqlay oladigan xotira sxemasi. " Birlashtirilgan protsessor|"Kompyuterga ulangan ikkilamchi protsessor. " Birlashtirilgan yuqori tezlikli boshqaruv kanali|"Ikki tomonlama boshqarish kanali, u orqali, odatda, mobil stansiyaning bir yacheykadan boshqasiga o‘tishida chastotani almashlab ulash komandalari uzatiladi. " Birlashish|"Turli axborot manbalaridan kelayotgang ikki yoki undan ortiq maʼlumot oqimini birlashtirish. " Bit|"Mashina kodining ikkili razryadi; ikkili sanoq tizimidagi 0 yoki 1 qiymatini oluvchi axborotning eng kichik birligi. " Bit intervali|"1. Bit tezligiga teskari bo‘lgan birliklarda o‘lchana-digan, bitta bit elementni uzatish davomiyligi. 2. Bir bitni uzatish uchun zarur bo‘lgan vaqt, uzatish tezligi 10 Mbit/s bo‘lganda, 0,1 μs ni tashkil etadi. Izoh − Vaqt nisbatlari bit intervallarida o‘lchanadi. " Bit protokoli|"Maʼlumotlarni bitma-bit uzatish protokoli. " Bitdagi xato ehtimolligi|"Aloqa kanallarining sifatini fizik sathda baholash uchun foydalaniladigan, ikkilik simvollarni qabul qilishning ishonchlilik ko‘rsatgichi. Miqdor jihatdan xato qabul qilingan bitlar sonining uzatilgan bitlarning umumiy soniga nisbati sifatida aniqlanadi. " Bitkoin|"Bir nomdagi hisob-kitob birligidan va bir nomdagi maʼlumotlar uzatish protokolidan foydalaniladigan piring to‘lov tizimi. Izohlar 1. Turli mualliflar bitkoynlarni turlicha tasniflaydilar. Ko‘proq, kriptovalyuta, virtual valyuta, raqamli valyuta, elektron naqd pullar variantlari uchraydi. 2. Bitkoynlardan, ularni qabul qilishga rozilik bildirgan sotuvchilarda tovarlar va xizmatlarga ayirboshlash uchun foydalanilishi mumkin. Oddiy valyutalarga ayirboshlash raqamli valyutalarni ayirboshlash onlayn-servisi, boshqa to‘lov tizimlari yoki ayirboshlash punktlari orqali yuz beradi. 3. Bu nafaqat mahsulotlar va xizmatlar uchun hisob-kitob qilish mumkin bo‘lgan raqamli valyuta yoki investitsiyalar uchun vosita, balki moliya dunyosini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan yangi texnologiyalarni testlash uchun mo‘ljallangan tajriba maydoni hamdir. Bu markazlashtirilmagan, to‘liq shaffof va kriptografik jihatdan himoyalangan, blokcheyn deb nomlanadigan bloklar zanjiriga asoslangan tranzaksiyalarni qayta ishlash global tarmog‘i va taqsimlangan maʼlumotlar bazasidir. " Bitlar bo‘yicha xatolar koeffitsiyenti|"Xatolar bilan qabul qilingan bitlar sonining, berilgan vaqt intervali ichida qabul qilingan umumiy bitlar soniga bo‘lgan nisbati. " Bitlar bo‘yicha xatolarning qoldiq koeffitsiyenti|"Tinish bo‘lmagan holatda bitlar bo‘yicha xatolar koeffitsiyenti, sistema ichidagi xatolarga qo‘yimlarni, atrof muhit ta’sirini, eskirish effektrlarini va uzoq muddatli xalaqtlarni ichiga oladi. " Bitlar satri|"Dasturlash tillarida, ikkilik razryadlar ketma-ketliklari bilan satrlar bilan bo‘lgan kabi ishlashni ta’minlaydigan ma’lumotlar turi. " Bitlar spetsifikatsiyasi|"Bir vaqtda aks ettirilishi mumkin bo‘lgan ranglar yoki kul rang darajalarining soni. Kompyuter grafik kartasi kontrollerining xotira hajmi bilan belgilanadi. 8 bitli kontroller 256 rangni, 16 bitli − 64000, 24 bitli − 16,8 million rangni aks ettirishi mumkin. " Bitlar taqsimlanishining teskari moslashishi|"Bitlarning koderda ham, dekoderda ham bir xil hisob-kitoblar amalga oshiriladigan taqsimlash usuli. " Bitlarni nazorat qilish|"Nusxa ko‘chirishdan muhofaza qilish usuli, unga ko‘ra, yo‘lka (yoki boshqa soha) bitlarning ma’lum sonini o‘z ichiga olsa, disk original sifatida aniqlanadi. " Bitli tasvir|"Binar tasvir, uni raqamli shaklda aks ettirish va saqlash uchun uning har bir elementi (pikseli)ga axborotning 1 biti ajratilgan bit xaritasi ishlatiladi. Piksellarning mazmuni faqat «0» va «1» bo‘lishi mumkin bo‘lgani uchun binar tasvirlar, ayniqsa bir bitli binar tasvirlar, juda yaxshi siqiladi va rastrli tasvirlarning boshqa turlariga qaraganda maʼlumotlarning kichik hajmi bilan ajralib turadi. " Bitli xatolar chastotasi|"Uzatish sifatining o‘lchami. Tayyorlik holatida turgan kanal bo‘yicha test o‘tkazish vaqtida uzatilgan xatoli bitlar sonining umumiy bitlar soniga nisbati teng bo‘lgan raqamli uzatish tizimi uchun asosiy parametr. " Bitma-bit hisoblash|"Nusxa olinishdan muhofaza qilish usuli bo‘lib, qandaydir yo‘lka (yoki boshqa soha) bitlarning muayyan sonini ichiga olganda, disk original sifatida aniqlanadi. " Bitreyt|"Raqamli ma’lumotlar oqimining uzatish tezligi. " Bitta dastur ‒ ko‘p ma’lumotlar|"Bir dasturda ma’lumotlar oqimlarining parallel qayta ishlanishi (bajarilishi) ko‘zda tutiladigan arxitektura. " Bitta kirishga ega ko‘p diapazonli kuchaytirgich (jamoaviy qabul qiluvchi antenna uchun)|"Bir nechta muayyan radioeshittirish diapazonida ishlash uchun mo‘ljallangan bitta kirishga ega kuchaytirgich. " Bitta komandalar oqimi ‒ ko‘p ma’lumotlar oqimi|"Bir necha protsessordan bir xil ma’lumotlar massivlarini qayta ishlash uchun bitta komandadan foydalaniladigan, parallel kompyuter tizimi arxitekturasi. " Bitta qo‘ng‘iroq|"Firibgarlik usuli, bunda uyali telefon faqat bir marta jiringlaydi, agar uning egasi aniqlangan telefon raqamiga qayta qo‘ng‘iroq qilsa, firibgar ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng unga katta miqdordagi summaga hisob yuboradi. " Bitta raqamga xizmat ko‘rsatish – chaqiruvni ketma-ket tugatish|"Chaqirayotgan abonentga menyu taqdim etish xizmati. Undan abonent klassik IS xizmatini, yoki АТС bazasidagi IS xizmatini, yoki istalgan talab qilinayotgan servisni tanlashi mumkin. Chaqirayotgan abonent DTMF yordamida uzatiladigan, o‘z telefon apparatidagi raqamlar yoki belgilar kombinatsiyasini bosish yoli bilan talab qilinadigan servicni tanlaydi. Agar tanlangan xizmat qo‘shimcha raqamlarni kiritishni talab qilsa, chaqiruvchi abonent aytib turish yordamida DTMF bilan uzatiladigan raqamlarni teradi. " Bitta raqamga xizmat ko‘rsatish – xizmatni avtomatik tanlash|"Abonent turli joylarda bo‘la turib va ushbu xizmatdan foydalana turib, o‘zining noyob telefon raqamidan (One number service) foydalanishi mumkin. Buning uchun beshta har xil oxirgi (terminal) liniyalar ro‘yxati tegishli abonent raqamlari bilan tuziladi, ulardan foydalanish ma’lum ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Bunda abonentning shaxsiy oxirgi (terminal) liniyasi bu ro‘yxatda birinchi turadi. Boshqa turli raqamlarga chaqiruvning izchil marshrutizatsiyasi ma’lum shartlar bilan amalga oshiriladi. Bunday shartlar «Abonent band», yoki «Abonent B hozir javob bermaydi» yoki ikkala shart ham bo‘lishi mumkin. Bunday shartlar beshta mumkin bo‘lgan bog‘lanishlar uchun uning shaxsiy telefon raqamini qo‘shgan holda, oldindan aniqlangan bo‘lishi mumkin. " Biznes-guruhlar uchun hisob kodlari|"Abonentga CDR (Call detail record – chaqiruvning batafsil yozuvi) ga alohida telekommunikatsiya to‘lovlarini yaratish uchun hisobga olish kodini kiritish imkonini beradigan xizmat. " Biznes-hamkor uchun mo‘ljallangan elektron biznes|"Axborot makonidagi iqtisodiy faoliyatning qo‘shimcha qiymat zanjirini shakllantirishda qatnashadigan tashkilotlar bilan, uzoq muddatli va samarali iqtisodiy munosabatlarni shakllantirishga qaratilgan sohasi " Biznes-jarayon|"Resurslar iste’mol qiladigan, natijada mahsulotning muayyan guruhi (sanoat mahsuloti, qurilgan obyekt, axborot mahsuloti, boshqarish qarori va h.k.lar) ishlab chiqariladigan, o‘zaro bog‘langan biznes-protseduralar to‘plami. Barcha biznes-jarayonlar kompaniya funksiyalarini bajarish uchun mavjud bo‘lib, maqsadlar hamda strategiyalarning belgilangan iyerarxiyasiga mos kelishi kerak. " Biznes-jarayon modeli|"Tizimda biznes jarayonning nusxalari yaratilishida asos bo‘lib xizmat qiladigan andoza (shablon). O‘z ichiga quyidagilarni oladi: - biznes-jarayon sxemasini; - foydalaniladigan rekvizitlar ro‘yxatini; rekvizitlarni biznes-jarayon nuqtalariga bog‘lashni, ularni hisoblash va to‘ldirish algoritmlarini; - vazifa bajarilishining reja muddatlarini. Biznes-jarayon modeli quyidagi savollarga javob berishi kerak: belgilangan pirovard natijani olish uchun qanday protseduralar (funksiyalar, ishlar)ni bajarish zarur; - bu protseduralar qanday ketma-ketlikda bajaraladi; qarab chiqiladigan biznes-jarayon doirasida nazorat va boshqaruvning qanday mexanizmlari mavjud; - jarayon protseduralarini kim bajaradi; - jarayonning har bir protsedurasida kiruvchi qanday hujjatlar/axborotdan foydalaniladi; - jarayon protsedurasi chiquvchi qanday hujjatlar/axborotni yuzaga keltiradi; - jarayonning har bir protsedurasi bajarilishi uchun qanday resurslar zarur; - qanday hujjatlar/shartlar jarayon bajarilishini reglamentlaydi qanday parametrlar protseduralar va umuman jarayon bajarilishini tavsiflaydi. " Biznes-jarayon sxemasi|"Biznes jarayon tuzilmasini aks ettiradigan grafik sxema, shuningdek, bu tuzilma doirasida jarayonning bajarilish ketma-ketligi. " Biznes-jarayon tavsifi|"Biznes-jarayon sxemasini matnli, jadval yoki grafik tarzda taqdim etish. " Biznes-jarayonlar reinjiniringi|"Ishlab chiqarish-xo‘jalik va iqtisodiy-moliyaviy faoliyatning eng yuqori samarasiga erishish uchun, tegishli tashkiliy-boshqaruv hamda normativ hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan, biznes-jarayonlarni tubdan qayta anglab yetish va qayta loyihalash. Reinjiniring axborot tizimlarining ishlab chiquvchilariga ham, menejerlariga ham tushunarli bo‘lgan muammoli axborotni taqdim etish va qayta ishlashning o‘ziga xos vositalaridan foydalanadi. Biznes-jarayonlar reinjiniringining mazmuni uning ikki asosiy bosqichida: - biznes-jarayonning optimal (ideal) turini (avvalo, asosiy turini) aniqlashda; - mavjud biznes-jarayonni (mablag‘lar, vaqt, resurslar bo‘yicha) optimalga ko‘chirishning eng yaxshi yo‘lini aniqlashda ko‘rinadi. " Biznes-jarayonlarni avtomatlashtirish|"Axborot texnologiyalari yordamida biznes jarayonlarni boshqarish tizimining amalga oshirilishi. " Biznes-jarayonlarni boshqarish|"Zamonaviy boshqarish uslublaridan biri, o‘z ichiga biznes-jarayonlarni boshqarishning dasturiy ta’minoti va g‘oyasini oladi. " Biznes-jarayonlarni modellash notatsiyasi|"Biznes jarayonlarni, biznes sohasining ishlab chiquvchilardan tortib, monitoring jarayonlarini amalga oshiradigan boshqaruvchilargacha bo‘lgan har bir qatnashchisiga tushunarli bo‘lgan yagona standart bo‘yicha biznes jarayonlarni tavsiflash uchun ishlab chiqilgan notatsiya (shartli yozma belgilar tizimi). BPMN sxemasini yaratish, biznes jarayonlarni ishlab chiqish va ularni joriy qilish bo‘yicha loyihaning ajralmas qismi hisoblanadi. " Biznes-jarayonlarni optimallash|"Tashkilotning mavjud biznes-jarayonlarini qisman takomillashtirish. Funksiyalarning takrorlanishi, axborot sirtmoqlari kabi oshkor kamchiliklardan xalos bo‘lish orqali yuz beradi. Izoh – Biznes-jarayonlarni optimallash tegishli tashkiliy-boshqaruv va normativ hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi. Biznes-jarayonlarni optimallash korxona o‘z ishini yaxshilash zarur bo‘lgan: xarajatlarni kamaytirish, ishlab chiqarish siklini qisqartirish, boshqarishdagi xatolar sonini kamaytirish, krizisdan chiqish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar ko‘rish zarur bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. Odatda, muhim biznes-jarayonlar optimallashtirilishi kerak, chunki aynan shu jarayonlarni optimallash katta samara beradi. " Blitter|"Rastrli grafik tasvirlar bilan operatsiyalar bajarish uchun mo‘ljallangan, ixtisoslashtirilgan mikrosxema. " Blog|"O‘quvchilar uchun sharh qoldirish imkoniyati bo‘lgan shaxsiy onlayn kundalik (ya’ni, yozuvlarning xronologik tuzilmasiga ega veb-sayt). Izoh – Blogdan, shuningdek, piar kanali sifatida yoki hatto, ommaviy axborot vositasi sifatida ham foydalanish mumkin. " Bloger|"Qar.: Blog. " Blogosfera|"Qar.: Blog. " Blok|"1. Manzil , boshqaruvchi maydon va xatolarni aniqlash imkonini beradigan nazorat summasi yakunlangan va alohida mohiyat kabi ko‘rib chiqiladigan uzatilgan ma’lumotlar ketma-ketligi. 2. Sarlavha va axborot maydonidan iborat axborot birligi. 3. Ma’lum bir funksiyani bajaradigan, konstruktiv va funksional jihatdan o‘zaro bog‘langan elementlar va uzellar majmui. " Blok bo‘yicha almashlagich|"Kirish ketma-ketligidagi qo‘shni bitlar o‘rni almashtirib qo‘yilishini ta’minlovchi almashlagich. Izoh − U ularni turli bloklar bo‘yicha blok o‘lchamiga teng «chuqurlikka» taqsimlaydi. Blok bo‘yicha almashish operatsiyasi ortiqlilik kiritmaydi, kirish va chiqish oqimlari tezligini bir xilda saqlaydi. " Blok manzili|"Xotira sohasining manzilsi. Bloklarga manzillar orqali murojaat qilinadi. " Blok-multipleks kanal|"Ma’lumotlar bloklab uzatiladigan multipleks kanal. " Blok raqami|"Qurilma (odatda, disk) blokini yoki faylni identifikatsiyalovchi son. Fizik raqam manzilni (yo‘lka raqamini va yo‘lkadagi raqamni) belgilaydi. Mantiqiy raqam qurilmadagi blokning tartib raqamini bildiradi va qurilma drayveri tomonidan fizik raqamga aylantiriladi. Virtual raqam fayl ichidagi blok raqamini belgilaydi va fayl tizimi tomonidan mantiqiy raqamga aylantiriladi. Birmuncha oddiy tizimlarda «blokning mantiqiy raqami» va «blokning virtual raqami» mos tushadi. " Blok-sxema|"1. Algoritmning grafik tarzda taqdim qilinishi. Algoritm ko‘rgazmaliligini oshiradi. Blok-sxemalar tuzish ayniqsa, boshlovchi dasturchilar uchun foydali. 2. Tizim tuzilmasi yoki texnik vositalar tarkibining grafik tarzda taqdim qilinishi. " Blok uzunligi|"Bitta blokda bo‘lgan yozuvlar, so‘zlar yoki simvollarning umumiy soni. " Blokcheyn|"Ichida axborot bo‘lgan bloklarning, muayyan qoidalar bo‘yicha qurilgan uzluksiz ketma-ket zanjiri. Izohlar 1. Atama birinchi marta «Bitkoyn» tizimida amalga oshirilgan taqsimlangan maʼlumotlar bazasining nomi sifatida paydo bo‘ldi, shu sababli, blokcheyn ko‘pincha turli kriptovalyutalardagi tranzaksiyalarga kiritiladi. 2. Bloklar zanjiri texnologiyasi o‘zaro bog‘langan har qanday axborot bloklariga tatbiq qilinishi mumkin. 3. Blokcheyn texnologiyasiga kriptovalyutalar, jumladan, bitkoyn va laytkoyn, HYPERLINK ""https://ru.wikipedia.org/wiki/Namecoin"" Namecoin, Emercoin domen nomlari-yozuvlari tizimining maʼlumotlar bazasi asoslanadi. " Blokirovka qilish|"Bir nechta foydalanuvchilar yoki jarayonlarning bitta resursdan nazorat qilinadigan foydalana olishni tashkil etish usuli. Barcha foydalanuvchilarga, bitta foydalanuvchi bundan mustasno, aniq turdagi operatsiyalarni (o‘qish, yozish, o‘chirish va h.k.) vaqt bo‘yicha taqiqlashdan iborat. " Blokirovkalangan|"Biron-bir narsaga kira olishning chegaralanganligi (vaqtinchalik yoki doimiy). Masalan, biron-bir resursdan foydalana olish hisobi blokirovkalangan bo‘lsa, u resursga bu hisob orqali ulanib bo‘lmaydi. " Blokirovkalash|"Ruxsat etilmagan tarzda nusxa ko‘chirishga qarshi, ma’lumotlar yoki dasturiy ta’minotni muhofaza qilishning maxsus usullarini qo‘llash. " Blokirovkalash sohasi|"Ma’lumotlar bazasining, bitta dastur tomonidan monopol (yakka) qayta ishlash uchun ochiq bo‘lgan, yopilish paytigacha boshqa dasturlar foydalana olmaydigan qismi (yozuv, soha, fayl). " Bloklab foydalanish qurilmasi|"Almashinish bloklar orqali amalga oshiriladigan tashqi xotira qurilmasi (masalan, disk). " Bloklab izlash (qiymatlar blokini o‘qish)|"Kursor ko‘rsatadigan qiymatlarni o‘qish, uni boshqa satrga ko‘chirish maxsus operator tomonidan amalga oshiriladi. " Blokli kod|"Kodlash va dekodlash kodli ketma-ketlikning ma’lum qismi – bloki doirasida amalga oshiriladigan kod. " Blokli qurilma|"Axborotni simvollar (alohida baytlar) bilan emas, balki bloklar (baytlar guruhlari) orqali qayta ishlaydigan qurilma. " Blokli testlash|"Dasturlashdagi jarayon, dasturning ilk kodi maxsus modullari to‘g‘riligini tekshirishgaimkon beradi. G‘oya – har bir notrivial (murakkab) funksiya yoki usul uchun test yozish. Bu o‘zgartirilgan kod xato keltirib chiqarmaganligini tezda aniqlashga imkon beradi. U regressiya – oldin yozilgan va testdan o‘tkazilgan dasturlarda xato kelib chiqmaganligini osonlik bilan tekshirishni va xatoni to‘g‘rilashni o‘z ichiga oladi. " Blokli shifr|"Ma’lumotlar bir xil o‘lchamdagi (blokli) miqdorlar bilan shifrlanadigan shifr, keyingi blokning shifrlanish natijasi faqatgina ushbu blokning qiymatiga va shifrlash kalitiga bog‘liq bo‘ladi, lekin shifrlanayotgan massivdagi blokning joylashuviga va massivning boshqa bloklariga bog‘liq bo‘lmaydi. " Blokni bekor qilish simvoli|"Blokning oldingi qismi e‘tiborga olinmasligi kerakligini ko‘rsatadigan, boshqaruvchi simvol. " Blokni nazorat qilish simvoli|"Uzatiladigan ma’lumotlar blokiga qo‘shiladigan va nazorat summasini ichiga oladigan xizmatga oid simvol. " Bloknot|"Microsoft Windows operatsion tizimlarining bir qismi bo'lgan oddiy matn muharriri " Bloknotli kompyuter|"Statsionar shaxsiy kompyuterning keng funksional imkoniyatlariga ega bo‘lgan portativ kompyuter. Kompyuterning ba’zi qurilmalari statsionar qurilmalardan farq qiladi: displey odatda, suyuq kristalli, monoxrom yoki rangli (passiv yoki aktiv matritsali); protsessor unumliligi bo‘yicha statsionar protsessorlardan farq qilmaydi, biroq energiya iste’moli kam; klaviaturada klavishlar soni kam. " «Blyu-rey» texnologiyasi|"Yozib oladigan optik disklarning eng yangi avlodi; ko‘k lazerdan foydalaniladigan va bir tomonlama bir qatlamli bolvankaga 17 GB dan 27 GB gacha yozish imkonini beradigan texnologiya. To‘qqizta eng yirik kompaniya (Sony, Matsushita, Samsung, LG, Philips, Thomson, Hitachi, Sharp i Pioneer) tomonidan taklif qilingan, HP, Dell firmalari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. «Blyu-rey» texnologiyasi bo‘yicha birinchi yozish qurilmasi 2003-yilda Sony firmasi tomonidan chiqarilgan. Tashuvchiga ma’lumotlar sig‘imi darajasini oshirishga λ=405 nm, aperturasi 0,85 bo‘lgan to‘q qizil-ko‘k lazerdan foydalanish hisobiga erishiladi. Tashuvchilar diametri 120 mm bo‘lgan standart disklarni o‘zida ifodalaydi, himoya qatlamining qalinligi 0,1 mm. " Bod|"Analog aloqa liniyalaridagi uzatish tezligining o‘lchov birligi. Bir bod bir sekundda uzatilgan bitlar soniga teng. " Bofort kvadrati|"Vijеner kriptotizimiga o‘xshash ko‘p alifboli kriptotizim. Teskari tartibda yozilgan Vijеner kvadrati satrlari kvadrat satrlari hisoblanadi. Kriptotizim admiral Frensis Bofort sharafiga nomlangan. " Bolalardan himoya tizimi|"Elektron himoya tizimi, ishlatilganda qurilma (masalan, televizor) faqat masofadan boshqarish pulti orqali boshqariladi, bu bolalarning undan foydalanishlarini bartaraf etadi. " Boricha/qanday bo‘lsa shunday|"Erkin va ochiq dasturiy ta’minotni tarqatish sharti. Foydalanuvchi dasturiy ta’minotdan istiqbolli foydalanishga, ishlab chiquvchiga hech qanday da’volarsiz o‘z mas’uliyati ostida rozilik bildiradi. " Bort retranslyatori (yo‘ldoshli tizimning)|"Signallarni retranslyatsiya qilish uchun mo‘ljallangan kosmik stansiya uskunasi. Izoh – Antenna tizimi bu uskunaga kirmaydi. " Bog‘langan munosabat|"Atributlarga ega bo‘lgan munosabat. " Bog‘langan ro‘yxat|"Elementlari xotirada ketma-ket joylashishi shart bo‘lmagan ro‘yxat (ma’lumotlar tuzilmasi). Navbatdagi elementdan foydalanish, ro‘yxatning oldingi elementida saqlanadigan ko‘rsatgich yordamida amalga oshiriladi. Oxirgi elementda ko‘rsatgich, ro‘yxat oxiri belgilanadigan maxsus qiymatga ega bo‘ladi. Ro‘yxat, uning har bir elementi ham navbatdagi, ham oldingi elementlarga havolalarni ichiga oladigan ikki yo‘nalishli bo‘lishi mumkin. " Bog‘langanlik|"Bog‘langan tarmoqni bog‘lanmagan qilish uchun chiqarib tashlanishi kerak bo‘lgan liniyalar sonini ko‘rsatadigan tarmoq parametri. O‘rtasida bog‘lovchi liniyalar bo‘lmagan, kamida ikki qismdan iborat tarmoq bog‘lanmagan tarmoq hisoblanadi. " Bog‘lanish o‘rnatilishining yarim avtomatik usuli|"Bog‘lanishni o‘rnatish usuli. Telefon stansiyasida bog‘lanishni avtomatik o‘rnatish uchun raqamni tergan holda, qo‘lda amalga oshiriladi. " Bog‘lanishga ulanish xizmati|"O‘z telefonidan uzoqda bo‘lgan abonent o‘z liniyasiga boshqa telefon apparatidan bunday bog‘lanish mavjudligi to‘g‘risidagi radio izlash tizimi orqali axborotni olgandan keyin, o‘z telefon raqamini va/yoki maxsus kodni terib, bunday bog‘lanishni qabul qilishi mumkin bo‘lgan xizmat. " Bog‘lanishlar asosida|"Ma’lumotlar almashinish modeli, bunda almashinish aniq ifodalangan uch bosqichga bo‘linadi: bog‘lanishni tashkil qilish, ma’lumotlar uzatish va bog‘lanishni uzish. " Bog‘lanishning o‘rnatilish vaqti|"Chaqiruv jo‘natilgan paytdan to aloqa kanali taqdim etilgunga qadar o‘tadigan to‘liq vaqt. " Bog‘lanishsiz xizmat|"Xizmat ko‘rsatiladigan abonentlar o‘rtasida, oxiridan oxiriga bog‘lanishni o‘rnatish tadbirlaridan foydalanmagan holda axborot o‘tkazilishini ta’minlaydigan xizmat. Izoh – Interaktiv xizmatlar kabi, taqsimlash xizmatlari uchun ham foydalanilishi mumkin bo‘lgan bog‘lanishsiz xizmat. " Bog‘lashlar|"Tarmoqlarda protokol drayveri va tarmoq adapterining drayveri o‘rtasida aloqa o‘rnatish jarayoni. " Bog‘liq bo‘lmagan parallelizm|"Jarayonlarni aniq sinxronlamasdan parallel bajarish. Ularning har biri alohida, mustaqil vazifani o‘zida ifodalaydi. Parallelizmning bu turidan odatda, har bir foydalanuvchi o‘zining ilovasi bilan ishlaydigan vaqtni ajratish tizimlarida foydalaniladi. " Bog‘liqlik|"Tizim tarkibiy qismlarining o‘zaro bog‘langanligi, ulanish imkoniyati (masalan, kompyuterlarning), o‘zaro ishlash qobiliyati (masalan, dasturlarning). " Bog‘lovchi dasturiy ta’minot|"Bir xil bo‘lmagan tarmoq muhitida ilovalarning ochiq ishlashini ta’minlaydigan dasturiy ta’minot. Tarmoqning turli mashinalari bo‘ylab taqsimlangan ilova qismlarini birlashtirilish bo‘yicha xizmatlarni taqdim etadi. Bog‘lovchi dasturiy ta’minotning quyidagi asosiy turlari bor: chiqarib tashlangan protseduralarni chaqirish; xabarlar uzatish; chiqarib tashlangan protseduralarni chaqirish; xabarlar uzatish; obyektlarga bo‘ladigan so‘rovlar vositachisi. " Bog‘lovchi uzatish liniyasi|"Tarmoq stansiyasi va uzelini yoki ikkita tarmoq stansiyasini o‘zaro bog‘lovchi uzatish liniyasi. " Bog‘lovchi yuklagich|"Qisman komponovkachi vazifasini bajaradigan yuklagich (ta’minotchi). " Bog‘lovchi yo‘l|"Axborot uzatish vaqtiga tashkil qilingan, kommutatsiya tarmog‘i liniyalari, kanallari, kommutatsiya stansiyasi to‘plamlari va kommutatsiya maydoni kommutatsiya nuqtalarining majmui. " Bosh domen|"Domen tizimi nomlar iуerarxiyasidagi eng yuqori yozuv. " Bosh fayl|"Normativ-ma’lumotnomali axborot fayli. " Bosh katalog|"Disk kataloglarining iуerarxik tuzilmasiga kirish nuqtasi. Barcha fayllar va quyi kataloglar saqlanadigan xotira qurilmasi nomini ko‘rsatadi. " Bosh kompyuter|"1. Ko‘p mashinali hisoblash majmualarida, boshqa kompyuterlarni boshqaradigan, tizimda (hisoblash tarmog‘ida) ishlarni tashkillashtiradigan va asosiy axborotni qayta ishlaydigan kompyuter. 2. Telekommunikatsiya hisoblash tarmoqlarida, tarmoqqa xizmat ko‘rsatishni, xabarlarni uzatishni va dasturlarni bajarish bilan bog‘liq qo‘shimcha funksiyalar yoki vazifalar bajarilishini taʼminlaydigan kompyuter. " Bosh sahifa|"Asosiy sahifa. Ingliz tilidan to‘g‘ri tarjima qilinganligidan qatʼiy nazar, bu muayyan insonning uy (shaxsiy) sahifasi emas, balki veb-saytning boshlang‘ich sahifasidir. Odatda murojaatlar aynan veb-saytning bosh sahifasiga qilinadi, shuning uchun ushbu sahifaga tashrif buyuruvchilar soni xohlagan boshqa sahifaga qaraganda ko‘proq. Bosh sahifa (veb-sayt yuzi) bo‘yicha foydalanuvchi qayerda ekanligi va saytning boshqa sahifalarida nimalarni ko‘rish mumkinligi to‘g‘risida tasavvur oladi (baʼzan bosh sahifa birinchi va yagona bo‘ladi). " Bosh stansiya|"Eshittirishlari bitta yoki bir nechta retranslyator orqali retranslyatsiya qilinadigan uzatuvchi radioeshittirish stansiyasi. " Bosh zona serverlari|"Internet tarmog‘idagi, yettita yuqori sath domenlariga (.com, .edu, .mil, .gov, .net, .rod i maxsus .arpa) xizmat ko‘rsatadigan nomlar serverlarining xost-kompyuterlariga, shuningdek, a.root-server.net dan i.root-server.net gacha nomlanadigan milliy tarmoqlar yuqori sath nomlar serverlariga ko‘rsatgichlar saqlanadigan to‘qqizta server. " Bosh o‘zgartirgich|"Monokanalli kabelda signal uzatishda bir chastota kengligini boshqasiga o‘zgartirish uchun ishlatiladigan qurilma. " «Boshiga» (home) klavishi|"Asosiy klaviaturadan o‘ngda joylashgan klavish. Kursorni matn boshiga surish uchun xizmat qiladi. " Boshlang‘ich kod|"Hisoblash tizimida qabul qilingan kodda yozilgan dastur matni (odatda, fayl shaklida). Boshlang‘ich kod bajariladigan kodga butunlay, dastur kompilyator yordamida ishga tushirilgunga qadar translyatsiya qilinadi yoki interpretator yordamida darhol bajarilishi mumkin. " Boshlang‘ich qiymat|"Dastur sozlamalarida ichki o‘zgaruvchilarning boshlang‘ich qiymati. Tez-tez qo‘llaniladigan qiymat asosida oldindan to‘ldiriladi. Bu qiymat ish jarayo-nida o‘zgartirilishi mumkin " Boshlang‘ich sahifa|"Brauzer ochilishida ko‘rsatiladigan lokal veb-sahifa yoki Internetdagi sayt. " Boshlang‘ich son|"Boshqa bir, yanada uzunroq bo‘lgan psevdotasodifiy ketma-ketlikni generatsiyalash uchun foydalaniladigan tasodifiy sonli ketma-ketlik. " Boshlang‘ich tezlikda foydalanish|"PRI interfeysi bilan belgilanadigan, boshlang‘ich tezlikda ko‘p kanalli oxirgi (terminal) uskunaning ISDN tarmog‘i bilan birgalikda ishlashini reglamentlovchi foydalanish protokoli. " Boshlang‘ich videosignal|"Videosignal datchigida hosil qilinadigan videosignal. " Boshlang‘ich yorqinlik signali|"Tasvir elementlarining yorqinligi to‘g‘risidagi axborotni eltuvchi elektr impulslar. " Boshlang‘ich yuklagich|"Kompyuter ulanganda operatsion tizimni tezkor xotira qurilmasiga yuklaydigan dastur. Odatda, monitor tarkibiga kiradi. " Boshlang‘ich yuklash|"Operatsion tizim (dastur) boshlang‘ich qismini kompyuterga yuklash jarayoni, bundan keyin tizim (dastur) o‘z boshqaruvi ostida ishlashni davom ettirishi mumkin. Bu protsedura kompyuter ishga tushirilganda yoki qisqa muddat yonib-o‘chganda avtomatik tarzda bajariladi. " Boshlang‘ich o‘rnatish qiymati|"Kalit oqimi generatorini berilgan (ma’lum bir) holatga o‘rnatish uchun qo‘llaniladigan simvollar ketma-ketligi. " Boshlang‘ich shart|"Haqiqatligi protsedura yoki sikl jismi bajarilishining boshlanishida tekshiriladigan shart. Bu, sikl yoki protsedura faqat shart chin bo‘lgan holdagina bajarilishini bildiradi. " Boshlang‘ich shlyuz|"Foydalanuvchi kompyuteri va tarmoq o‘rtasidagi ma’lumotlarni o‘tkazadigan, joriy tarmoq uzeli rolini bajaradigan kompyuter. Internetga bog‘lanishda ma’lum bir kompyuter shlyuz deb ko‘rsatilmagan bo‘lsa, joriy shlyuzdan foydalaniladi. " Boshqa oynalar ustida|"Dasturlarning barcha qolganlarni, jumladan aktiv oynalarni ham qoplash imkoniyati. " Boshqariladigan|"Yetakchi deb nomlanuvchi boshqa qurilma tomonidan boshqariladigan qurilma (kompyuter, kontroller). " Boshqariladigan ilovalar|"NET ishlab chiqish vositalaridan foydalanib va spetsifikatsiyalarga muvofiq yaratilgan dasturlar. " Boshqariladigan kod|"Boshqa dasturlar tomonidan tahlil qilinishi mumkin bo‘lgan, oraliq tildagi kod. " Boshqariladigan obyekt|"Protseduraning asinxron chaqiruvi bilan boshqariladigan, uzilishni qayta ishlash, elektr ta’minoti to‘g‘risidagi notifikatsiya yoki profillash bilan boshqariladigan Windows tizimi obyekti. " Boshqariladigan raqamli video yozuv|"Kontentni keyinchalik individual ko‘rib chiqish maqsadida tarmoqda saqlash. " Boshqariladigan resurs|"Axborot texnologiyalari muhitida – tizimda mavjud bo‘lgan va boshqarish mumkin bo‘lgan obyekt. " Boshqariladigan yetkazib berish dasturi|"Eshittirish dasturlarining dasturning har bir qismi foydalanuvchiga qabul qilgichni ulash yoki tanlangan dasturni yozib olish uchun dasturning bir yoki undan ko‘p qismini oldindan tanlash imkonini beradigan farqlash signaliga ega turi. " Boshqariluvchi sinxronlash|"Boshqariluvchi sinxronizator signallarining chastotasi va fazasini yetakchi sinxrosignal yoki to‘liq videosignal chastotasi va fazasiga sozlash orqali amalga oshiriladigan televizion sinxronlash. " Boshqarish|"1. Obyektga maqsadga yo‘naltirilgan ta’sir etish jarayoni. Berilgan talablarga muvofiq, uning ishlashini tashkil qilish uchun amalga oshiriladi. 2. Aniq bir maqsadni taʼminlash uchun, obyektga taʼsir ko‘rsatish jarayoni. Boshqariladigan obyekt; boshqarishni amalga oshiradigan blok; boshqarish obyektidan boshqaruvchi blokka kelib tushadigan, teskari aloqani amalga oshiradigan maʼlumotlar; boshqarishning o‘zini taʼminlaydigan signallar yoki maʼlumotlar boshqaruvda ishtirok etadi. Boshqaruv bilan fan sifatida kibernetika shug‘ullanadi. " Boshqarish bloki|"Boshqaruvchi axborotni saqlash uchun foydalaniladigan xotira sohasi. " Boshqarish domeni|"Maʼlumotlar va jarayonlarni almashinish uchun loyihalashtirilgan va qurilgan, har biri taqsimlangan ikki yoki undan ortiq axborot tizimidan iborat ko‘plikni qamrab oladigan soha. " Boshqarish imkoniyatlari bo‘lgan ko‘p stansion foydalana olish|"UMTS tizimida foydalanish uchun ETSI tomonidan 1997-yilda tavsiya qilingan va CDMA/TDMA ni kod-vaqt bo‘yicha ajratish usuliga asoslangan uyali aloqa texnologiyasi. Ilgari bu usul E konsepsiyasi nomi bilan ma’lum edi. ODMA da qisqa zondlovchi paketlarni uzatish jarayoni maxsuslashtirilgan, uning yordamida mobil stansiya o‘zining yaqin qo‘shnilarini aniqlab oladi, bu unga yo uyali aloqa rejimida yoki tayanch stansiyani chetlab, qo‘shni stansiyalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlash imkonini beradi. " Boshqarish oqimi|"Jarayonlar bajaradigan komandalarning ketma-ketligi. " Boshqarish paneli|"Zamonaviy kompyuterlar ekranida operatsion tizim, qurilma yoki kompyuter kichik tizimlarining u yoki bu funksiyalarini sozlaydigan utilitalar piktogrammalari to‘plami ko‘rinishida taqdim etilgan panel. " Boshqarish qurilmasi|"Protsessorning komandalar bajarilishi tashkillashtirilishini boshqaradigan, muhim bloklaridan biri. Protsessorlarda qat'iy mantiqqa ega (sxemaviy) va mikrodasturli ikkita boshqarish usulidan foydalaniladi. " Boshqarish tizimi|"Sayt, portal, axborot majmui yoki ularning qismini boshqarishni taʼminlaydigan tizim. U, shuningdek, obyektdan foydalanish nazoratini va undan ruxsatsiz foydalanishdan muhofaza qilishni amalga oshiradi. " Boshqarish vositalari|"Riskni modifikatsiya qilishda qo‘llaniladigan o‘lchov. Izohlar 1. Boshqarish vositalariga har qanday jarayonlar, siyosatlar, qurilmalar, protseduralar yoki riskni modifikatsiya qilishga yo‘naltirilgan boshqa ishlar kiradi. 2. Boshqarish vositalari taxmin qilinadigan yoki yo‘l qo‘yiladigan modifikatsiyani har doim ham bajara olmaydi. " Boshqaruv axborot tizimi|"Rahbarga qarorlar qabul qilishda yordam beradigan qayta ishlangan va tizimlashtirilgan axborot taqdim etadigan muassasa hisoblash tizimi. " Boshqaruv kanali|"Tayanch stansiyadan mobil stansiya tomon yo‘nalishda tashkil etiladigan mantiqiy kanal, undan xizmat axboroti, shu jumladan, aloqa kanalining berilishi yuzasidan so‘rovlar uzatiladi. Izoh − Tranking tizimlarda tayanch stansiya boshqarish kanali orqali ishchi kanalning ajratib berilishi so‘rovini yoki navbatga qo‘yish to‘g‘risidagi xabarni uzatadi. " Boshqaruv nazorati|"Axborot-hisoblash tarmog‘ini boshqarish vazifalarini bajaradi. U maʼlumotlarni uzatish tizimlari, terminallari va kanallarini ishga tushirish va o‘chirish, nosozliklarni aniqlash, statistik maʼlumotlarni to‘plash, hisobotlarni tayyorlash va h.k. bilan bog‘liq. " Boshqaruv shinasi|"Kompyuter qurilmasini birlashtiruvchi uchta shinadan biri, boshqaruvchi signallarni yuborish uchun xizmat qiladi. " Boshqaruvchi axborotning umumiy protokoli|"Tarmoqni boshqarish tartibotlarini aniqlaydigan ISO standarti. CMIP protokoli tarmoqni boshqarish funksiyalarini aniqlaydi va olti xil xizmatlarni taqdim qiladi: - konfiguratsiyani – tashqi shaklini, hamda tarmoq tarkibiy qismlarini o‘zaro joylashuvini boshqarish; - maʼlumotlar muhofazasini boshqarish; - maʼlumotlar xavfsizligini nazorat qilish; - tarmoq ishining hisobini olib borish; - faoliyat sifatini boshqarish; - kataloglar xizmatini olib borish. " Boshqaruvchi dastur|"Boshqa dasturlarning bajarilishi bilan boshqariladigan va kiritish-chiqarish qurilmasining ishlashi bilan boshqariladigan operatsion tizimning kichik tizimi. " Boshqaruvchi ketma-ketlik|"Periferik qurilmalarning ba’zi turlarini, masalan, printer va modemlarni boshqarish uchun foydalaniladigan simvollar ketma-ketligi. " Boshqaruvchi signallar|"Tashqi qurilmalarni boshqarish uchun resiver tomonidan shakllantiriladigan va TV signal bilan umumiy kabel orqali uzatiladigan signallar. 0/12 V signalli alohida sim orqali uzatiladi. " Boshqaruvchi tuzilma|"Operatsiyalar bajarilishi ketma-ketligini berish uchun mo‘ljallangan dasturlash tili konstruksiyasi: sikl operatorlari, shartli operator. " Boshqaruvchi xotira|"Boshqaruvchi dasturlar yoki mikrodasturlarni ichiga oladigan xotira qurilmasi. " Boshqaruvni markazlashtirish|"Operatsion tizimning rejalashtiruvchisi tomonidan jarayonlarga protsessor vaqti kvantlarini navbati bilan ajratish. " Bosib turish|"Bosgan holda ushlab turish: masalan, klaviatura klavishini bosib turish. " Bosma plata|"Dielektrik material (masalan, shisha tekstolit) dan qilingan plastina. Bu plastinada maxsus usullar (masalan, kimyoviy usul bilan ishlov berish yoki elektrokimyoviy cho‘ktirish) bilan, plastinada mahkamlangan elektron qurilmalar (tranzistorlar, integral sxemalar) ni birlashtiradigan o‘tkazgichlar hosil qilinadi. Tizim platalari va kengaytirish platalari bosma platalar hisoblanadi. " Bosmadan chiqarish|"Maʼlumotlarni yoki dasturlarni printer orqali chiqarish. " Bosmaga chiqmaydigan belgilar|"Tasvirga ega bo‘lmagan va matnni boshqarishda ishlatiladigan belgilar (formatlash, joyini belgilash). Masalan, tabulyatsiya. " Bostirib kirish|"Axborot resurslaridan ruxsat etilmagan tarzda foydalanishni amalga oshirish maqsadidagi hujum. " Bostirib kirishlarni aniqlash tizimi|"Axborot tizimida axborotdan qasddan foydalanishga yo‘naltirilgan harakatlarni avtomatlashtirilgan tarzda aniqlash (blokirovkalash) funksiyalarini amalga oshiradigan, dasturiy yoki dasturiy-texnik vosita, axborotni qo‘lga kiritish, yo‘q qilish, buzish va undan foydalanishni blokirovkalash maqsadida, axborotga (axborot tashuvchilariga) maxsus ta’sir ko‘rsatish. " Bostirib kirishlarning oldini olish tizimi|"Qar.: IPS. " Bostirilgan eltuvchi|"Eltuvchi chastotada to‘plangan, quvvat darajasi nisbatan kichik bo‘lgan modulyatsiyalangan signal (ideal holatda bu quvvat kattaligi nolga intiladi). " Bostirish|"Qandaydir noxush effektlar paydo bo‘lishining oldini olish, masalan, foydali signallarni qabul qilishda xalaqit va shovqinlar salbiy ta’sirining yo‘qotilishi. " Bot|"Avtomatik ravishda va/yoki belgilangan jadval bo‘yicha oddiy foydalanuvchi kabi va interfeyslar orqali biror-bir harakatni bajaradigan maxsus dastur. Izoh – Odatda, kompyuterlarga bo‘ladigan tarmoq hujumlari – spamni yuborish, foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini o‘g‘irlash, olisda tizim parollarini tanlash, «xizmat ko‘rsatishni rad etish» hujumlarini muvofiqlashtirish uchun va boshqalarda ishlatiladi. " Botnet|"Maʼlum sondagi xostlardan iborat va botlar (avtonom dasturiy taʼminot) ishlayotgan kompyuter tarmog‘i. Odatda botnet tarkibidagi bot qurbon kompyuterida yashirin o‘rnatiladigan va badniyat shaxsga (botnet «egasiga») kompyuter resurslaridan foydalangan holda maʼlum harakatlarni bajarishga imkon beradigan dasturiy taʼminotdir. Botnetlar ko‘pincha spam yuborish, uzoqdagi tizimda parollarni birma-bir ko‘rib chiqish, xizmat ko‘rsatishni rad etish kabi noqonuniy yoki ruxsat etilmagan faoliyat uchun foydalaniladi. Qar.: Bot. " Bouz-Choudxuri-Xokengem kodlari|"Xatolarni tuzatuvchi ikkilik chiziqli blokli kodlar turkumi. Bu kodlar ancha samarador, lekin ularning asosiy afzalligi kodlash/de-kodlashning oddiyligida (siljish registrlaridan foydalanib). BChX kodlari siklik kodlar sifatida ham ishlatiladi. " Boys-Kodd normal formasi|"Munosabatli axborot baza jadvalining ehtimoliy normal formasidan biri. Bu uchinchi normal formani o‘zgarishi (baʼzi manbalarda 3-Boys Kodd normal formasi deb ataladi). Rey Boys va Edgar Kodd sharafiga nomlangan. " Brauzer|"Mijozning server bilan birga ishlashini ta’minlaydigan dasturiy kompleks. Internet tarmog‘ining WWW texnologiyasida brauzer axborot sahifalarini ko‘rib chiqish, ma’lumotlar olish imkonini beradi. Ba’zi bir brauzerlar o‘z ichiga Java tili vositalarini oladi. " Broker|"Turli ko‘rinishdagi operatsiyalarda vosita-chi. Broker-inson bilan bir qatorda, elektron brokerlar ham faoliyat ko‘rsatadilar. Infor-matikada broker amaliy dastur bo‘lib, bosh-qa guruh dasturlarining o‘zaro aloqasini taʼminlaydi. Buning misoli sifatida obyekt so‘rovlari brokerini keltirish mumkin. " Bryuster burchagi (to‘liq qutblanish burchagi)|"Qutblanmagan yorug‘lik nurining tushish burchagi, bunda dielektrik yuzasidan qaytgan yorug‘lik yassi qutblangan bo‘ladi. " Bufer|"1. Ma’lumotlarni oraliqda saqlash uchun xotirani dasturiy yoki apparatli tarzda ishlatish va undan turli tezlikda ishlaydigan ikki qurilma o‘rtasida ma’lumotlar uzatishda axborotni qayta ishlash tezligidagi farqni yo‘qotishda foydalanish. 2. Optik tola atrofida joylashgan himoya qobig‘i. " Bufer registri|"Sxemotexnikada asinxron jarayonlarni moslashtirish uchun, masalan, kompyuterga ma’lumotlarni sekin ishlaydigan tashqi qurilmadan kiritish uchun keng foydalaniladigan registr. " Buferlash|"Bufer xotira qurilmasidan foydalanish. " Buferning to‘lishi|"Himoyalash tizimining zaiflashishiga olib keladigan dasturiy xatolik. Xotirada massivning chegarasidan ma’lumot yozuvlarining chiqib ketishini avtomatik nazorat qila olmaslik natijasida yuz beradi. " Bul algebrasi|"Zamonaviy kompyuterlarda keng qo‘llaniladigan, ikki belgili mantiqiy o‘zgaruvchilar (1 va 0) ustida bajariladigan operatsiyalar to‘plami. Uni yaratgan matematik Jorj Bul sharafiga shunday deb ataladi. Mantiqiy ko‘paytirish, qo‘shish va inkor etish operatsiyalaridan foydalaniladi, ulardan istalgan boshqa Bul operatsiyasini tuzish mumkin. " Bul ifodasi|"Barcha o‘zgaruvchilar yo nol yoki 1 qiymatga ega bo‘lgan matematik ifoda. «Bulutli hisoblashlar» ing. - cloud-based computing ru – «облачные вычисления» Dinamik masshtablanadigan va virtuallashtirilgan resurslar (ma’lumotlar, ilovalar, operatsion tizimlar va b.q.) ga asoslangan hisoblash modeli. Undan foydalanish mumkin va servis sifatida Internet orqali foydalaniladi hamda yuqori samarali ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari yordamida amalga oshiriladi. «Bulutli ilovalar» ing. - cloud applications ru – «облачные приложения» Ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarining kompyuterlarida «bulutli hisoblash» (masalan, Windows Azure) muhitida bajariladigan ilova. " Burchak tarqoqligi|"Fazoviy tarqalish usuli, unda ikki nurli yoki koʻp nurli yoʻnalganlik diagrammasini shakllantiruvchi bir nechta nurlagichli bitta antenna ishlatiladi. " Buriladigan platforma|"Obyektning harakati jarayonida berilgan yo‘nalishdan nur og‘ishining avtomatik kompensatsiyasini ta’minlaydigan, ko‘chma obyektga yoki yo‘ldoshga o‘rnatilgan parabolik antennali yoki nurlagichli platforma. " Burmoq|"Har bir nuqtani markazga nisbatan bir xil gradusga burishdan iborat rasmlar yoki grafik obyektlar ustida bajariladigan operatsiya. " Burchakli antenna|"Ikkita yassi qaytadigan sirtlar bilan hosil qilinadigan burchak ichiga joylashtirilgan bitta yoki bir nechta nur tarqatgichdan iborat yo‘naltirilgan antenna. " Butun|"Kiritiladigan oddiy turdagi ma’lumotlar. Belgili, belgisiz, qisqa yoki uzun bo‘lishi mumkin. " Butun sonli o‘zgaruvchi|"Butun sonli qiymatlarni saqlaydigan oddiy turdagi o‘zgaruvchi. " Butunga bo‘lish|"Arifmetik amal. Uning natijasi – xususiy-ning butun qismi, kasr qismi tashlab yuboriladi. Deyarli barcha dasturlash tillarida bor. A div b yozuv bilan, ba’zi tillarda a/b qilib belgilanadi. " Butunjahon hisoblash tarmog‘i|"1. Yer sharidagi barcha axborot-hisoblash tarmoqlarining jami. 2. Bir nechta mamlakat yoki kontinent hududini qamrab oladigan axborot-hisoblash tarmog‘i. 3. Kommutatsiyalanadigan va ajratilgan liniyalardan yoki maxsus telekommunikat-siya kanallaridan foydalangan holda, axborotning katta masofalarga uzatilishini taʼminlaydigan tarmoq. " Butunjahon tarmog‘i|"1. Internetda resurslarni izlashning va ulardan foydalanishning gipermatnli tizimi. Izoh – World Wide Web bu tarmoq kompyuterlarida saqlanadigan har qanday maʼlumotni, ularni bog‘laydigan giperhavolalar tizimi orqali ko‘rib chiqish imkonini beradigan Internet xizmatlari to‘plamini taqdim etadi. 2.Internet orqali foydalana olish amalga oshiriladigan veb-uzellar ko‘pligi. " Buyuk Britaniyaning universitetlar tarmog‘i|"O‘zini ta’lim va tadqiqot ishlariga bag‘ishlagan Britaniya Davlat xususiy kompyuter tarmog‘i. " Buyumlar Interneti|"Axborot jamiyati uchun mo‘ljallangan, mavjud va rivojlanadigan, funksional jihatdan mos Axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida (fizik va virtual) buyumlarni bir-biri bilan bog‘lash yo‘li orqali, birmuncha murakkabroq xizmatlar taqdim etish imkoniyatini taʼminlaydigan global infratuzilma. Izoh – Keng maʼnoda, buyumlar Internetini texnologik va ijtimoiy oqibatlarga ega bo‘lgan konsepsiya sifatida qabul qilish mumkin. " Buyurtma dasturiy ta’minot|"Berilgan ilova (dastur) uchun maxsus ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot. " Buyurtma pochta jo‘natmasi|"Jo‘natuvchiga kvitansiya berib joylanma-ning qiymati baholanmasdan qabul qilinadi-gan va adresatga tilxat bilan topshiriladigan pochta jo‘natmasi (xat, pochta varaqchasi, banderol, sekogramma, mayda paket va «М» belgili qop). " Buzilish|"Aloqa liniyasi orqali uzatiladigan xabar mazmunining asliga qaytarib bo‘lmaydigan tarzda o‘zgartirilishi. " Buzilishga nisbatan barqarorlik|"Tizimning uzluksiz ishlay olishi va biror-bir xatolik ro‘y berganda uni muvafaqqiyatli bartaraf etish imkoniyati. " Buzilishgacha ishlash muddati|"Televizor (tiklanadigan mahsulot)ning ishlamay qolishlari o‘rtasidagi ishlash muddatining o‘rtacha qiymati. " Buzilishgacha ishlash vaqti|"Hisoblash tizimi yoki qurilmaning ikkita texnik ketma-ket buzilishlari orasidagi o‘rtacha vaqt. Tizimning ishonchlilik ko‘rsatgichlaridan biri. " Buzish|"1. Tarmoqda ishlovchi foydalanuvchi autentifikasiyani tugatganda, odatda, aktiv hujumni amalga oshirish maqsadida, aloqa seansining boshlanishini tutib olish. Bu vaqtda jinoyatkor tizimga qonuniy foydalanuvchi sifatida kirishga harakat qiladi, bu unga ikkita stansiya o‘rtasidagi ulanishni nazorat qilish imkonini beradi. 2. Raqib tomonidan kriptografik protokol (kriptografik sxema)ning barqarorligiga tahdidlarning amalga oshirilishi, ya’ni ushbu tahdidni belgilovchi masalani hal qilish. " Buzuvchi|"Muhofazalangan tizimga ruxsat etilmagan tarzda kirishga urinuvchi shaxs. " Buzg‘unchi|"Tizim resurslaridan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishga (bu resurs bilan ishlashda uning uchun taqiqlangan harakatlarni bajarishga urinish) xato, bilmaslik oqibatida yoki yovuz niyatda (o‘z manfaatlari yo‘lida) yoki shunchaki (o‘yin yoki o‘zini namoyon qilish maqsadida) uringan (urinib ko‘rgan) va buning uchun turli xil imkoniyatlar, usullar va vositalardan foydalangan shaxs (subyekt). " Bo‘lim|"Dasturning maxsus ma’noga ega bo‘lgan qismi. Masalan, Pascal tilida dasturiy blok umumiy ko‘rinishda belgilar, konstantalarni tavsiflash boʻlimlaridan, ma‘lumotlar turlarini aniqlash, o‘zgaruvchilarni, protseduralar, funksiyalar, operatorlarni tavsiflash bo‘limlaridan tuzilgan. " Bo‘lingan ekran|"Kompyuter grafikasida bitta ekranning bir nechta (odatda bir biriga bog‘liq bo‘lgan) video oqimlari yoki matnli axborotni bitta displeyda bir vaqtning o‘zida aks ettirish uchun bir nechta yondosh qismlarga ajratilishini taʼminlaydigan aks ettirish texnikasi. " Bo‘lingan vaqt rejimi|"Kompyuterdan foydalanish rejimi. Bunda mashinaga joylashtirilgan maxsus dastur turli vazifalarning alohida qismlarini, bir biriga «aralashtirmagan» holda, ketma-ket yechishi taʼminlanadi. " Bo‘luvchi|"Berilgan nisbatda kuchlanish yoki quvvat pasayishini yoki chastotaning butun son marta bo‘linishini taʼminlovchi qurilma. " Bo‘yash|"Grafik ekranning ba’zi sohasini rang yoki standart ornament bilan to‘ldirish protsedurasi. Bo‘yash grafik redaktorlarda yoki amaliy dasturlarda dasturlash tillarining tegishli protseduralari bilan amalga oshirilishi mumkin. " Bo‘yash bloki|"Televizion tasvirni yoki uning fragment(lar)ini istalgan rangga bo‘yash uchun mo‘ljallangan qurilma. " Bo‘sh bog‘langan tizim|"Har bir protsessor o‘zining lokal xotirasiga ega bo‘lgan, turli protsessorlar esa o‘zaro aloqa liniyalari orqali ishlaydigan taqsimlangan kompyuter tizimi. " «Bo‘sh joy» klavishi|"Klaviaturadagi, bo‘sh joy simvolini terish uchun xizmat qiladigan klavish. " Bo‘shash vaqti|"Abonentlardan birining bog‘lanishi tugagan vaqtdan to shu liniya boshqa abonentlar uchun bo‘shaguncha ketgan vaqt. " Bo‘shliq|"1. C va C++ dasturlash tillarida nol ko‘rsatgichni anglatadi. 2. Ma’lumotlar bazasi jadvalining maydonida yozish mumkin bo‘lgan maxsus qiymat (soxta qiymat). 3. Ayrim dasturlash tillaridagi mutlaqo hech qanday qiymatga ega bo‘lmagan konstanta. D " Dalil|"O‘zicha yoki boshqa axborot bilan birga foydalanilganda, bahsni hal qilish uchun qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan axborot. Izohlar 1. Raqamli imzolar, himoya qobiqlari va xavfsizlik markerlari dalilning aniq ko‘rinishlari hisoblanadi. 2. Raqamli imzolardan ochiq kalitlar usullari bilan birga foydalaniladi, himoya qobiqlari va xavfsizlik markerlari esa, maxfiy kalitlar usullari bilan birga qo‘llaniladi. " Damp|"1. Xotira yoki fayl ichidagini ekranga chiqarish, faylga olish yoki chop etish. Odatda, matnli xabarlarni izlash uchun, yoki kompyuterning osilib qolish sabablarini aniqlash maqsadida, shuningdek, dasturni sozlash paytida amalga oshiriladi. 2. Kriptovalyuta kursining iqtisodiy jihatdan juda tez va asossiz pasayishiga olib boruvchi vaziyat. Odatda tajribali treyderlarning maqsadli harakatlari natijasida yuzaga keladi. " Daqiqa|"60 sekundga teng vaqt birligi. Ma’lumotlarni uzatish tezligini aniqlashda ishlatiladigan asosiy kattaliklardan biri. " Daraja videosignal|"Videosignalni, odatda, kuchlanishni taqdim etuvchi elektr kattalikning ko‘pincha foizlarda yoki ma’lum tayanch ko‘lamining ulushi, masalan, 1 volt bilan ifodalanadigan videosignal chegarasiga nisbatan oniy qiymati. " Darajalarni oldindan korreksiya qilish|"Muayyan signallar yoki kabel taqsimlash tizimining shu nuqtasidagi signallar guruhi o‘rtasida atayin o‘rnatilgan darajalar farqi. " Darajalarni uzatish xarakteristikasi|"Eshittirish televideniyesi trakti yoki trakti zvenosining tasvir kanali chiqishidagi televizion tasvir yorqinlik darajalarining yoki yorqinlik signali darajalarining bu kanal kirishidagi obyektlar yorqinlik darajalariga yoki yorqinlik signali darajalariga bog‘liqligi. " Darajani nazorat qilish|"Ma’lum xarakteristikalarga ega o‘lchash apparaturasidan foydalanib dasturiy signallarning darajasini kuzatish. " Darajani qayd etish|"1. To‘liq videosignal bir qismi darajasini ma’lum qiymatda ushlab turish. 2. Sinxronlash signali impulslarining o‘chirish darajasi yoki yuqori darajasi bitta potensialga keltiriladigan videosignalni qayta ishlash. Izoh – Darajani qayd etish, odatda, tasvirning doimiy tashkil etuvchisini tiklashda qo‘llaniladi. " Darajani rostlagich (kabel tarmog‘ida)|"Bitta yoki bir nechta signalning doimiy darajasini, signalga nisbatan boshqa vositalar yordamida, masalan, pilot-signal, temperaturali kompensator, distansion boshqaruv va b.lar yordamida ushlab turish qurilmasi. " Daraxt|"Daraxtni eslatadigan tuzilma. Uning asosida bir qancha element (tana) bog‘langan bitta element (ildiz) bo‘ladi. Bu elementlar (tanalar) o‘z navbatida yana bir qancha (shoxlar) bilan bog‘langan va h.k, shu tarzda so‘nggi elementlargacha (yaproqlargacha). Natijada ko‘p pog‘onali daraxt hosil bo‘ladi. Daraxt – bu, bog‘langan yo‘naltirilmagan siklsiz grafdir. " Daraxtsimon kod|"Simvollarni qayta ishlash uzluksiz tarzda, bloklarga ajratmasdan amalga oshiriladigan kod. " «Darcha»|"Displeyning ma’lum jarayonni aks ettiruvchi qismi. " Dastlabki, boshlang‘ich berilgan|"Tanlash elementlaridan biri. Barcha sozlashlar avvaldan kiritilgan boshlang‘ich konfiguratsiyada qo‘llaniladi. Aksariyat hollarda dasturiy ta’minotni o‘rnatishda foydalaniladi. Bunday holatda ishlab chiquvchilar tomonidan eng ommabop tanlov zanjiri shakllantiriladi, bu esa foydalanuvchining sozlash jarayonini amalga oshirmasligiga imkon beradi. " Dastlabki buzilish|"Signal/shovqin nisbatini yaxshilash maqsadida, aloqa kanali bo‘ylab uzatishdan oldin signalning amplitudasi, fazasi, chastotasi yoki shaklini ataylab o‘zgartirish. " Dastlabki ko‘rib chiqish|"Bosib chiqarishga tayyorlangan hujjat yoki tasvirni, uning sahifada joylashishini va/yoki tashqi ko‘rinishini aniqlashtirish maqsadida ko‘rib chiqish. " Dastlabki ochiq kod|"Dasturiy ta’minotni yaratish usuli, bunda yaratilayotgan dasturiy ta’minotning dastlabki kodlari ochiq beriladi, ya’ni dasturiy ta’minotning dastlabki kodi ko‘rish va o‘zgartirishlar uchun ochiqdir. Ushbu imkoniyat barcha xohlovchilar uchun tayyor kodni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatishlari va ochiq dasturlarni yaratishga o‘z hissalarini qo‘shishlariga yordam beradi. Foydalanuvchining dasturiy ta’minotdan bepul foydalanishga haqqi bor, lekin «ochiq litsenziya» ishlab chiqaruvchini ushbu «ochiq kodli» dasturiy mahsulotning «bepulligini» ta’minlashga majbur qilmaydi. Ammo ko‘pgina samarali «ochiq» dasturiy mahsulotlar loyihasi bepul. " Dastlabki papka|"Dasturga taalluqli papka bo‘lib, unda dasturga tegishli bo‘lgan sozlash fayllari va vaqtinchalik fayllar saqlanadi. " Dastlabki o‘rnatish|"Foydalanuvchi tanloviga ko‘ra yoki boshlang‘ich o‘rnatiladigan parametrlar bilan oxirgi foydalanuvchi kompyuteriga dasturiy ta’minotni o‘rnatish jarayoni. " Dastlabki o‘zgartirishlar yoki filtrlash|"Axborotni siqish uchun emas, balki uni keyinchalik siqish uchun qulay shaklda taqdim etishga xizmat qiladigan usul. Masalan, siqilmagan multimedia ma’lumotlari uchun signal darajasining ohista o‘zgarishi xosdir. Shu sababli delta-o‘zgartirish qo‘llaniladi, ya’ni absolyut qiymat o‘rniga nisbiy qiymat olinadi. Matn, bajariladigan fayllar, ma’lumotlar bazasi va boshqalar uchun filtrlar mavjud. " Dastur|"1. Elektron hisoblash mashinasida amalga oshirish uchun mo‘ljallangan, operatorlar ketma-ketligi. 2. Bajarilishi kerak bo‘lgan hisoblash jarayonining dasturlash tilidagi yoki mashina yo‘riqnomalaridagi tavsifi. Funksional masala hal qilinishini bajaradigan operatorlar, komandalarning tugallangan izchil to‘plami. " Dastur (eshittirishda)|"Radioeshittirish uchun maxsus mo‘ljallangan va tayyorlangan tovushli yoki vizual epizodlar ketma-ketligi. Izoh ‒ Dasturlarni turiga ko‘ra – tovushli, televizion, musiqali, nutqli dasturlar; maqsadiga ko‘ra – yangiliklar, o‘quv, ko‘ngilochar dasturlar; manbaiga ko‘ra – ma’lum uzatuvchi stansiyalar, tashkilotlar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib ko‘rsatiladigan ko‘rsatuvlar, yozib olinadigan ko‘rsatuvlar dasturi va boshqa dasturlarlarga tasniflash mumkin. " Dastur hisoblagichi|"Protsessorning, tanlanadigan navbatdagi komanda manzilini yoki dastur keyingi bayti (so‘zi)ni ichiga oladigan ichki registri. " Dastur qadami|"Dasturning bitta elementar operatsiyasini, odatda mashina tilidagi komandani bajarish. Atama ko‘pincha, dasturiy ta’minotni sozlash tizimlarini tavsiflashda ishlatiladi. " Dastur soatiga havola|"90 kHz chastota davrida hisoblanadigan va transport oqimiga dastur darajasida kiritiladigan 33 bitli son bo‘lib, berilgan dasturni qabul qilishda dekoderni sinxronlash uchun xizmat qiladi. " Dastur tahlili|"Dasturlarni jamoaviy ishlab chiqishda ‒ dastur matnining dasturchilar guruhi tomonidan, uning to‘g‘riligini tekshirish maqsadida tahlil qili-nishi. " Dastur to‘g‘risidagi axborot fayli|"Windows yoki ОS/2 boshqaruvida DОS seansida dasturning ishlash parametrlarini sozlash fayli. " Dasturdagi operator|"Operatsiyani va uning operandlari qiymatlari yoki joylashgan o‘rnini ko‘rsatuvchi simvollar jami; dasturning, uning ishlash spetsifikatsiyasini va operandlarning joylashgan o‘rni bo‘lgan bitta yoki bir nechta manzilni ta’minlaydigan alohida elementi. " Dasturiy-apparat vosita|"Asosiy xotiradan alohida faoliyat ko‘rsatish mumkin bo‘lgan holda (odatda doimiy xotira qurilmasida) saqlanuvchi jami tartibga solingan komandalar va ular bilan bog‘liq maʼlumotlar. " Dasturiy apparatxona|"Televizion dasturni turli manbalardan dastur signallarini ulash yo‘li bilan ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan uskunaga ega apparatxona. " Dasturiy bog‘liq axborot jadvallari|"MPEG-2 da dasturlarning tarkibi hamda ular komponentlarining identifikatorlari to‘g‘risidagi axborotni ichiga oluvchi PAT, PMT, CAT majburiy jadvallari va majburiy bo‘lmagan NIT jadvali. " Dasturiy bomba|"Muayyan sharoitlarda bir yoki bir necha marta ishga tushishi zarur bo‘lgan komandalarni dasturga yashirin o‘rnatish. Izoh – Mantiqiy va vaqt bombalari dasturiy bombaning variantlari hisoblanadi. " Dasturiy boshqariladigan radiostansiya|"Ish rejimi va chastotalarning sozlanishini dasturiy usul bilan o‘zgartiradigan abonent stansiyasi. Dasturlarning ish bilan ta’minlanishi SIM-karta orqali yoki stansiyani radiokanal bo‘yicha qayta dasturlash yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. " Dasturiy hujjat|"Dasturiy mahsulot uchun ilova hujjat. Masalan, foydalanuvchi yo‘riqnomasi. " Dasturiy ilova|"Muayyan qo‘llanish sohasida ma’lumotlar qayta ishlanishini amalga oshiradigan dasturlar majmui (xususan, veb muhitdagi veb-ilova). " Dasturiy interfeys|"Tizimda jarayonni abstrakt tavsiflash yoki hisoblash jarayonlarining o‘zaro aloqasi atamalarida: ma’lumotlar formati, ma’lumotlar almashinish protokoli, kichik dasturlarni chaqirish, dasturlash tili, ma’lumotlarni tavsiflash tili yoki ma’lumotlar bilan ishlash, tizimlarning bir-biriga ta’siri. " Dasturiy kommutator (moslashuvchan)|"IP tarmoqda chaqiruvlarni boshqarish funk-siyasini amalga oshiradigan qurilma. Izoh – Dasturiy kommutator IP-tarmoqda trafikka xizmat ko‘rsatishning zarur funksiyalarini bajarishga mo‘ljallangan protokollar to‘plamini quvvatlaydigan apparat-dasturiy vositalardan iborat. " Dasturiy mahsulot|"Foydalanuvchiga yetkazib berish, uzatish, sotish uchun mo‘ljallangan dasturiy vositalar. " Dasturiy mahsulot sifatini baholash|"Sifat ko‘rsatgichlari tanlanishini, bu ko‘rsatgichlarning miqdor qiymatlarini tanlash va aniqlash usullari ishlab chiqilishini, ko‘rsatgichlarning bazaviy qiymatlari belgilanishini, ko‘rsatgichlarning haqiqiy qiymatlarini hisoblash, bazaviy qiymatlarni hisoblangan qiymatlar bilan taqqoslashni ichiga oladigan tadbirlar kompleksi. " Dasturiy modem|"Protsessorga modem funksiyalarini bajarish imkonini beradigan dastur. " Dasturiy moslik|"Kompyuter tizimining boshqa tizim uchun yozilgan dasturiy ta’minotni bajara olish qobiliyati. " Dasturiy qaroqchilik|"Mualliflik asari hisoblanadigan litsenzion dasturiy mahsulotlardan noqonuniy foydalanish, nusxa ko‘chirish yoki tarqatish. " Dasturiy signal, modulyatsiyalovchi signal|"Tovushli yoki televizion dasturlarni ifoda-laydigan, uzatish uchun modulyatsiyalovchi signal sifatida foydalaniladigan elektr signallari. " (Dasturiy signallarni) mikshirlash|"Oxirgi dasturiy signalni olish uchun turli manbalardan dasturiy signallarni kombinatsiyalash. " Dasturiy so‘raladigan uzib-ulagich|"Elektron hisoblash mashinasi pultidagi yoki dastur modellaydigan kalit. Mashina komandalarini boshqarish uchun yoqilgan yoki o‘chirilgan holatga o‘rnatilishi mumkin. " Dasturiy talqin etish|"Kodli optimizator yordamida o‘zgartirilgan shaklda yuklash yo‘li bilan, boshqaruvchi dasturni ruxsat etilmagan o‘zgartirishdan muhofaza qilish usuli. " Dasturiy ta’minot|"1. Kompyuter ishini boshqaradigan koman-dalar to‘plami. 2. Avtomatlashtiriladigan faoliyatni elektron hisoblash mashinalari uchun belgilangan dasturlar bilan ta’minlash, jumladan, vazifa-ning qo‘yilishi, loyihalash, amalga oshirish va keyingi ishlanma, shuningdek, EVM uchun dasturlarning o‘zi. 3. Axborotni qayta ishlash tizimi dasturlari va bu dasturlardan foydalanish uchun zarur bo‘lgan dasturiy hujjatlar jami. " Dasturiy ta’minot tizimi|"Kompyuter tizimining tarkibiy qismi bo‘l-gan dasturiy ta’minotga asoslangan tizim (kompyuter uskunasi va dasturiy ta’mino-tining birgalikda ishlashi). " Dasturiy ta’minot xavfsizligi|"Umummaqsadlardagi (bajaruvchi dasturlar, utilitalar yoki dasturiy ta’minotni ishlab chiqish vositalari) hamda amaliy dastur va vositalarning avtomatlashtirilgan tizimda ma’lumotlarning xavfsiz qayta ishlanishini va tizim resurslaridan xavfsiz foydalanishni amalga oshirish xususiyati. " Dasturiy ta’minotni elektron tarqatish|"Dasturlarni kompyuterlarga axborot tarmog‘i orqali yuklash texnologiyasi. " Dasturiy ta’minotni injeneriyasi ishlab chiqish|"Dasturiy ta’minotni tahlil qilish, loyihalash, ishlab chiqish, joriy etish va kuzatib borish usullari. " Dasturiy ta’minotni standartlash|"Davlat hokimiyat organlarida foydalaniladigan elektron hisoblash mashinalari uchun qo‘llaniladigan dasturlarda ishlatiladigan texnologiyalarni tanlashning asosiy prinsiplari bo‘yicha o‘zaro bog‘langan yechimlar kompleksi. " Dasturiy ta’minotning kaskad modeli|"Ishlab chiqarish sikli bilan taqqoslab qarab chiqiladigan dasturiy ta’minot. " Dasturiy taʼminot replikatsiyasi|"Namunaviy axborot majmuasining dasturiy taʼminotini, uni keyinchalik, yangi soha portali yoki majmui asosida klonlash maqsadida takror ishlab chiqarish. " Dasturiy taʼminot sifati|"Dasturiy taʼminotning afzalliklari va kamchiliklarini belgilaydigan alomatlar, xossalar, fazilatlar majmui. Yaratilayotgan dasturiy taʼminot sifatini baholash miqdoriy usullarni ishlatib amalga oshiriladi. Bu tadbir dasturlash jarayonida amalga oshadi. Bu masalaning dolzarbligi oshishiga munosib ravishda, bozorda yaratilayotgan dasturlarning sifatini aniqlashni taʼminlaydigan dasturlar paydo bo‘ldi. " Dasturiy taʼminotni moslashtirish|"Foydalanuvchining muayyan texnik vositalari yoki aniq dasturlari boshqaruvidagi kompyuter uchun mo‘ljallangan dasturning faoliyatini taʼminlash maqsadida amalga oshiriladigan o‘zgartirishlar kiritish. " Dasturiy taʼminotni muhofazalash vositalari|"Dasturiy vositalarni beruxsat foydalanishdan muhofaza qiluvchi vositalar. " Dasturiy taʼminotning hayotiy sikli|"Kompyuter dasturiy taʼminotini loyihalash boshlangan daqiqadan to uning ishlatilishi to‘xtashigacha o‘tgan vaqt. " Dasturiy token|"Muvaffaqiyatli mualliflashtirishdan keyin foydalanuvchiga servislardan foydalana olish uchun beriladigan kalit. " Dasturiy uzilish|"Operatsion tizimlarda yoki tayanch kiritish/chiqarish tizimida quyi dasturlarga uzilishlarni qayta ishlash boshqaruvini berish uchun, maxsus mashina komandasining bajarilishi keltirib chiqaradigan uzilish. Dasturiy uzilishlardan sozlagichlarda keng foydalaniladi. " Dasturiy virus, virus|"Boshqa dasturlarga o‘zining o‘zgartirilgan nusxalarini qo‘yish yo‘li bilan o‘z-o‘zidan ko‘payadigan, uni o‘zgartiradigan, zararlangan dasturni ochishda amalga oshadigan maxsus ishlab chiqilgan zararli dastur. Izoh – Virus ko‘pincha buzilishlar yoki ishdan chiqishlarga sabab bo‘ladi hamda ba’zi hollarda ma’lum sana boshlanishi bilan aktivlashishi mumkin. " Dasturiy vosita|"Dasturchi tomonidan dasturiy ta’minotni loyihalash, ishlab chiqish yoki boshqa dasturiy ta’minotni sozlashda foydalaniladigan har qanday dastur yoki utilita. " Dasturiy o‘rnatma|"Dasturiy ta’minotga ataylab kiritilgan funksional obyektlar, ular ma’lum sharoitlarda (kirish ma’lumotlarida) axborotning konfidensialligi, undan foydalanish yoki yaxlitligi buzilishiga olib keladigan dasturiy ta’minot hujjatlarida tavsiflanmagan funksiyalarning bajarilishini boshlab beradi. " Dasturlanadigan doimiy xotira qurilmasi|"Maxsus qurilma, programmator yordamida, eruvchan ko‘prikchalarni yuqori kuchlanishli impulslar yordamida kuydirish orqali, faqatgina bir marotaba yozish mumkin bo‘lgan xotira turi. Ichiga joylashtirilgan dasturiy ta’minotni saqlash uchun turli xil elektron qurilmalarda ishlatiladi. " Dasturlanadigan uzilish|"Protsessorning (odatda dasturdagi xatoni qayta ishlash uchun) maxsus komandasi yordamida aniq generatsiyalanadigan uzilish. " Dasturlararo takomillashtirilgan aloqa|"Dasturlararo takomillashtirilgan aloqa interfeysi. APPC protokoli IBM tomonidan «yangi» SNA arxitekturasi kabi ishlab chiqilgan. SNA ga ulangan ishchi stansiyalar va bu stansiyalardagi amaldagi dasturlararo bir rangdagi aloqani ta’minlaydi. LU 6.2 nomi bilan ham ma’lum. " Dasturlarni avtomatlashtirilgan ishlab chiqish vositasi|"1. Kompyuter boshqaruvli dasturiy ta’minot-ni ishlab chiqish uchun foydalaniladigan dasturiy vosita. 2. Tizimli loyihalash va dasturiy ta’minot hayotiy siklini avtomatlashtirilgan ta’min-lash yo‘li bilan, dasturlar va tizim muhandis-lariga yordamlashadigan dasturiy mahsulot. " Dasturlarni avtomatlashtirilgan ishlab chiqishga bo‘lgan ehtiyoj|"Dasturlarni avtomatlashtirilgan ishlab chiqish vositasining xarakteristikalari qanoatlantiradigan tashkiliy talablar. Ular boshqaruv jarayonini, ishlab chiqish jarayonini, xizmat ko‘rsatishni, hujjatlarni, konfiguratsiya boshqaruvini, sifat tekshirilishini, atrof muhitga bo‘lgan ehtiyoj tekshirilishini, CASE vositasining jamlanganligini, sifat xarakteristikalarini, xarid qilishga, sotishga bo‘lgan ehtiyojlarni, ta’minlash indikatorlari va sertifikatlash talablarini o‘z ichiga oladi. " Dasturlarni avtomatlashtirilgan tarzda tuzish|"Instrumental CASE vositalarning maxsus paketlaridan foydalanib, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish texnologiyasi. " Dasturlarni boshqarish|"Resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishga, xavf-xatarni kamaytirishga va har bir loyihani muvaffaqiyatli yakunlashga yo‘naltirilgan, o‘zaro bog‘langan bir qancha loyihalarni boshqarish jarayoni. Amalda va maqsadlarga ko‘ra dasturiy boshqarish tizim muhandisligi va sanoat muhandisligi bilan chambarchas bog‘liqdir. " Dasturlarni (tarmoqning boshqa kompyuterida) uzoqdan ishga tushirish|"Uzoqda joylashgan (odatda, katta quvvatli) mashinaning xotirasi, protsessori va diskidan foydalanib va mijoz kompyuteridan terminal sifatida foydalanib, tarmoqning boshqa kompyuteriga kirish va unda ishlash imkoniyati. " Dasturlarni o‘rnatish/o‘chirish|"Windows operatsion tizimidagi foydalanuvchiga kompyuterga o‘rnatilgan dasturiy ta’minot ro‘yxatini boshqarish imkonini beradigan boshqarish panelining qismi. Afsuski, unda kompyuterda foydalaniladigan dasturlarning hammasi ham aks ettirilmaydi. " Dasturlarning boshlang‘ich kodini zararlaydigan viruslar|"Dasturning boshlang‘ich kodini yoki uning komponentlarini (OBJ-, LIB-, DCU-fayllarni), shuningdek, VCL hamda ActiveX komponentlarni zararlaydigan viruslar. Kompilyatsiyadan so‘ng dasturlar unga kiritilgan bo‘ladi. " Dasturlarning ko‘rsatish uchun belgilangan paketlari|"Ma’lum bir axborotni auditoriyaga samarali yetkazish uchun mo‘ljallangan aniq maqsadga yo‘naltirilgan dasturiy komplekslar. Asosan, prezentatsiya va reklama maqsadida qo‘llaniladi. O‘qitish-o‘rgatish maqsadlarida qo‘llanilishi foydaliroq bo‘ladi. " Dasturlarning yaxshi muhofazalanmaganlik skaneri|"Hujumning u yoki boshqa bir aniq turidan yaxshi muhofazalanmagan mashinalarni izlab topish maqsadida, Internet tarmog‘ida kompyuterlarning katta guruhi tekshirilishini amalga oshiradigan dastur. " Dasturlash|"Vazifani yechish algoritmini elektron hisoblash mashinasi tomonidan «idrok etiladigan» ko‘rinishda taqdim etish jarayoni. Dasturlash algoritmni elementar operatorlar darajasigacha batafsil tekshirish, algoritmni tanlangan dasturlash tilida yozib olish va dasturlarning elektron hisoblash mashinasida bajarilishini boshqarish jarayonlarini tavsiflashni o‘z ichiga oladi. " Dasturlash tili|"Odam tomonidan ta’riflanadigan va kompyuter yordamida hal qilinadigan muayyan muammolarning qulay tavsiflanishini ta’minlaydigan rasmiy til. Dasturlash tili sintaksis va semantika kabi ikkita tashkil etuvchidan iborat. Til konstruksiyalaridan mashina komandalariga o‘tishni til translyatori amalga oshiradi. Dasturlash tillari masalani qanday atamalarda ta’riflash kerakligiga ko‘ra, yuqori va quyi daraja tillariga ajratiladi. Agar, til tabiiy tilga yaqin bo‘lsa, yuqori daraja tili deb, mashina komandalariga yaqin bo‘lsa, quyi daraja tili deb ataladi. " Dasturlash tizimi|"Jami dasturlash tili va dasturlarni yaratish tizimi. U berilgan tilda dasturlarni avtomatlashtirilgan tarzda yaratish va bajarish hamda tegishli hujjatlar tayyorlashni taʼminlaydi. Odatda dasturlash tizimi tilning etalon xilini emas, balki uning dialektik – maʼlum osonlashtirish yoki kengaytirishlarga ega rusumini o‘z ichiga oladi. Baʼzi dasturlash tizimlari dasturlarni bir necha tilda yaratishni qo‘llab-quvvatlashi mumkin. Shaxsiy kompyuterlar uchun eng mashhur dasturlash tizimlari: Microsoft kompaniyasining Basic, Java, C++ tillarini qo‘llab-quvvatlovchi Visual Studio; Inprise (Borland International) kompaniyasining Delphi tili va boshqalar. " Dasturlashtiriladigan kommutator (softsvich)|"IP tarmog‘ida chaqiruvlarni boshqarish va signalizatsiya funksiyalarini amalga oshiruvchi qurilma. Dasturlashtiriladigan kommutator IP tarmog‘ida xizmat ko‘rsatish trafikining zarur funksiyalarini bajarishga yo‘naltirilgan protokollar to‘plamini taʼminlaydigan apparat-dasturiy vositalardan iborat. " Dasturlashtiriladigan mantiqiy matritsa|"Bitta mikrosxema ko‘rinishida tayyorlanadigan bir turdagi elementlar matritsasi. " Dasturlashtiriladigan ma’lumotlar bazasi|"O‘rnatilgan dasturlash tiliga ega ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi. " Dasturni boshlang‘ich yuklash|"Boshlang‘ich holatga o‘rnatish protsedurasi, dastur (tizim) yadrosini yuklaydi va uni bajarish bo‘yicha operatsiyani bajaradi. " Dasturni ekspluatatsiya qilish bo‘yicha hujjat|"Dasturiy mahsulotning ishlashini ta’minlash va uni ekspluatatsiya qilish bo‘yicha zarur ma’lumotlarni o‘zida saqlovchi dasturiy hujjat. " Dasturni mualliflashtirish|"Tizim yoki foydalanuvchi dasturidan boshqa dasturlar yoki foydalanuvchilarning foydalana olishi bo‘yicha cheklashlarning o‘rnatilishi. " Dasturni muhofaza qilish|"Dasturning bajarilishi uchun ishga tushirib yuborilishini bartaraf etuvchi shartlarning majmui. " Dasturni ruxsat etilgan tarzda tahlil qilish|"Texnik talablar bilan dasturning haqiqiy imkoniyatlari o‘rtasidagi farqni belgilash maqsadida bajariladigan tahlil. " Dasturni sozlash|"Dasturlarni ishlab chiqish bosqichlaridan biri; dastur yozilishining to‘g‘riligi tekshiriladi, xatolar aniqlanadi va to‘g‘rilanadi. Odatda, sozlash ma’lum natijalar bo‘lgan real namunalarga yaqin nazorat namunalarda bajariladi. Hozirgi dasturlash tillarida sozlash jarayonini soddalashtiradigan sozlovchi dasturlar mavjud. " Dasturni yig‘ish|"Boshlang‘ich kodni obyekt fayllariga kompilyatsiyalash va modullarni bajariladigan fayllarga yoki bibliotekalarga komponovka qilish. " Dasturni yuklash|"Dasturning bajarilishi kerak bo‘lgan kodi va zarur bibliotekalarni shaxsiy kompyuterning tezkor xotirasiga bajarish uchun yozish jarayoni. " Dasturning bajarilish vaqti|"1. Kompilyatsiya va yuklash vaqtidan farqli ravishda, dasturni bajarish uchun zarur bo‘lgan vaqt bo‘lagi. 2. Markaziy protsessor faqat bir jarayonni bajarish uchun sarflaydigan vaqt. " Dasturning bajarilishi|"Mashina kodlaridagi dastur boshlang‘ich ma’lumotlarning kiritilishi va natijalar olinishi bilan bajariladigan jarayon. Sozlash rejimida dastur qadamlab bajarilishi mumkin. Agar dastur operatsion tizim boshqaruvida bajarilsa, qadamlab bajarish dasturlash muhiti boshqaruvida amalga oshiriladi. " Dasturning xotiradagi binar obrazi|"Xotirada o‘qish uchun dastur obraziga va buyurtmachi tomonidan shakllantiriladigan ishga tushirishga ega fayl. " Dasturchi|"Kompyuter taʼminotini yozuvchi kishi. Kompyuter dasturchisi deb kompyuter dasturlash bo‘yicha mutaxassis yoki turli xil dasturiy taʼminot uchun kodlar yozuvchi mutaxassislarni atashadi. Amaliyotda dasturlashni formal tarzda o‘qitadigan insonlarni ham dasturiy tahlilchi deb nomlash mumkin. Dasturchining asosiy ishlov tilini (Lisp, Java, Delphi, C++, h.k.) nomiga qo‘shib xuddi veb muhitida ishlovchilarni veb nomlari bilan ishlatganday nomlashadi. Dasturchi atamasi taʼminot yozuvchisiga, taʼminot muhandisiga, kompyuter olimi yoki taʼminot tahlilchisiga nisbatan ishlatilishi mumkin. " Data-markaz|"Abonentlarni Internet tarmog‘i kanallariga ulash, server va tarmoq uskunasini joylashtirish (xosting) uchun mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan bino. " Datchik|"Qandaydir fizik kattalikning qayd etilishini, uning signallarga o‘zgartilishini va bu signallarning, qayta ishlash uchun, boshqarish tizimiga uzatilishini ta’minlaydigan qurilma. " Davlat axborot resurslari|"Davlat axborot resurslari quyidagilardan shakllantiriladi: davlat organlarining axborot resuslaridan;yuridik va jismoniy shaxslar-ning davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan yaratilgan axborot resurslaridan;yuridik va jismoniy shaxslarning davlat sirlari hamda maxfiy axborotni o‘z ichiga olgan axborot resurslaridan. " Davlat axborot siyosati|"Jamiyatning geosiyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy rivojlanishining umumdavlat ustuvorliklarini taʼminlashga va mamlakatning axborot jamiyatiga o‘tish shart-sharoitlarini yaratishga yo‘naltirilgan o‘zaro bog‘liq siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy va tashkiliy tadbirlar kompleksi. " Davlat axborot tizimi|"Davlat organlarining vakolatlarini amalga oshirish, davlat organlari o‘rtasida axborot almashinuvini ta’minlash maqsadida tuzilgan yoki foydalaniladigan axborot tizimi. " Davlat axborot xavfsizligi|"Davlat axborot resurslarining saqlanganlik va axborot sohasida jamiyat hamda shaxs qonuniy huquqlarining himoyalanganlik holati. Zamonaviy kishilik jamiyatida axborot sohasi ikkita tarkibiy qismga ega: axborot-texnik tashkil etuvchi (odam tomonidan sun’iy yaratilgan texnika, texnologiyalar dunyosi) hamda axborotruhiy tashkil etuvchi (jonli tabiatning odam ham kiradigan tabiiy dunyosi). Tegishlicha, jamiyat (davlat)ning axborot xavfsizligini umumiy holda axborot-ruhiy xavfsizlik kabi ikki tarkibiy qism orqali ko‘rsatish mumkin. Xavfsizlikka bo‘ladigan ehtimoliy tahdidlarni aniqlash va tasniflash ham axborot xavfsizligining muhim jihatidir. " Davlat axborotini oshkor etish infratuzilmasi|"Davlat elektron hujjatlarining ommaviy oshkor etilishini ta’minlaydigan repozitoriylar majmui. " Davlat boshqaruvi|"Davlat hokimiyati organlari va ular mansabdor shaxslarining, tegishli protseduralar asosida ishlab chiqilgan siyosiy kursni amalga oshirish bo‘yicha faoliyati. " Davlat buyurtmasi|"Davlat byudjeti, mahalliy byudjetlar mablag‘lari va moliyalashtirishning byudjetdan tashqari manbalari hisobiga tovarlar yetkazib berish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatishga bo‘lgan buyurtma. " Davlat elektron xizmati|"Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llangan holda ko‘rsatiladigan davlat xizmati. " Davlat korxonasi|"Har qanday tashkiliy-huquqiy shakldagi, asosiy vositalari davlat mulki hisoblanadigan tashkilot. " Davlat organi xonasi|"Davlat organining shaxsiy xonasi, davlat organi vakolatli mansabdor shaxsi tomonidan, elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishda, kelib tushadigan rasmiy so‘rovlarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan, zarur hujjatlar va ma’lumotlar tayyorlash, tahrir qilish, izlash va berish imkoniyatini yaratadi. " Davlat organlarining davlat axborot resurslari va axborot tizimlari reyestri|"Internet tarmog‘idagi, qonun hujjatlfriga muvofiq, davlat axborot resurslari va axborot tizimlari ro‘yxatini hamda ular to‘g‘risidagi axborotni ichiga oladigan axborot resursi. " Davlat siri bo‘lgan ma’lumotlardan foydalana olish|"Vakolatli mansabdor shaxs tomonidan ruxsat etilgan tarzda, muayyan shaxsni davlat siri bo‘lgan ma’lumotlar bilan tanishtirish. " Davlat siri hisoblanadigan ma’lumotlarni tashuvchilar|"Davlat sirlarini tashkil qiladigan ma’lumotlar xotira, simvollar, obrazlar, signallar, texnik yechimlar va jarayonlar ko‘rinishida aks etadigan, jismoniy shaxslar, moddiy obyektlar, shu jumladan, fizik maydonlar. " Davlat sirlari|"Tarqatilishi O‘zbekiston Respublikasi manfaatlariga ziyon keltirishi mumkin bo‘lgan harbiy, tashqi siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, razvedka, kontrrazvedka bilan shug‘ullanuvchi va operativ-qidiruv fao-liyati sohasidagi davlat tomonidan muhofaza qilinadigan ma’lumotlar. Davlat sirlari maxfiylik darajasiga ko‘ra, alohida muhim ma’lumotlar va mutlaqo maxfiy (davlat siri) ma’lumotlarga bo‘linadi. " Davlat tomonidan hisobga olish|"Identifikatsiya qilinadigan shaxslar, obyektlar va/ yoki turli xarakterdagi hodisalar to‘g‘risida muayyan tarkibdagi ma’lumotlarni to‘plash va saqlash bo‘yicha olib boriladigan muntazam ish. " Davlat xizmati|"Davlat organlari tomonidan ariza beruvchilarning talabiga ko‘ra amalga oshiriladigan, o‘zlarining vazifalarini bajarish yuzasidan ko‘rsatiladigan xizmat. Izoh – Davlat xizmatini, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq, davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha vazifalar yuklangan hollarda, boshqa tashkilotlar ham ko‘rsatishlari mumkin. " Davlat xizmati formati|"Bajarilishi shart bo‘lgan, davlat xizmatini oluvchining manfaatlari yo‘lida ushbu davlat xizmatini ko‘rsatish jarayoni, shakli, mazmuni va natijasi xarakteristikalarini ichiga oladigan davlat xizmati ko‘rsatilishiga bo‘lgan talablarni belgilaydigan qoidalar. " Davlat xizmatini avtomatlashtirish|"Odamni elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida ishtirok etishdan ozod qilish uchun, shuningdek, ma’muriy protseduralarning sonini sezilarli qisqartirish uchun texnik vositalar hamda matematik usullar qo‘llanilishini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar majmui. " Davlat xizmatining pasporti|"Xizmat to‘g‘risidagi, bu xizmatni qat’iy identifykatsiyalash imkonini beradigan ma’lumotlar majmui. " Davlat xizmatlari portali|"Davlat xizmatlarining elektron shaklda taqdim etilishini, shuningdek, talabgorlarning davlat xizmatlari reyestrlari yuritilishini ta’minlaydigan davlat axborot tizimlarida joylashtirilgan va Internet tarmog‘idan foydalanib tarqatish uchun mo‘ljallangan davlat xizmatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanishni ta’minlaydigan davlat axborot tizimi. " Davlat xizmatlari reyestri|"Davlat xizmatlarining taqdim etilishi tartibi to‘g‘risidagi qisqacha asosiy ma’lumotlarni o‘z ichiga oladigan ma’lumotlar bazasi. " Davlat xizmatlarining elektron shaklda taqdim etilishi|"Davlat xizmatlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib, shu jumladan, davlat xizmatlari portalidan, ko‘p funksiyali markazlardan, universal elektron karta va boshqa vositalardan foydalanib taqdim etilishi, jumladan, bunday taqdim etish doirasida davlat organlari, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari, tashkilot hamda ariza beruvchilar o‘rtasida elektron o‘zaro hamkorlikning amalga oshirilishi. " Davom ettirish|"Tanlash varianti (oddiy tugma). U foydalanuvchi joriy sahifadagi shartlarga va o‘zgartirishlarga rozi ekanligini va navbatdagi sahifaga o‘tishga tayyorligini anglatadi. " Dayjest|"O‘zgaruvchan uzunlikdagi ma’lumotlarning kirish oqimini xesh-funksiya yordamida qayta ishlash natijasida hosil bo‘ladigan, qat’iy uzunlikdagi kod. Masalan, SHA-1 xeshlash algoritmi kirish xabarining hajmidan qat’i nazar, 20 bit hajmidagi dayjestni yaratadi. " Deduktiv xulosa|"Prolog tilida berilgan faktlar va qoidalar asosida yechim topish uchun foydalaniladigan usul. " Defektli sektor|"1. Qattiq yoki egiluvchan diskdagi, ishlab chiqarishdagi defekt yoki tasodifiy shikastlanish tufayli ma’lumotlarni saqlab bo‘lmaydigan soha. 2. Diskdagi, ma’lumotlarni yozish/o‘qish mumkin bo‘lmagan sektor. " Defektli yo‘lkalar jadvali|"Tayyorlovchi zavodda yakuniy testlash paytida aniqlanadigan, qattiq disk defektli sohalarining ro‘yxati. Diskni operatsion tizim foydalanishiga tayyorlaydigan ba’zi dasturlar, foydalanuvchilardan, tuzish vaqtini kamaytirish maqsadida bu ro‘yхatdan bo‘lgan axborotning kiritilishini so‘raydi. " Defeys|"Xakerlik hujumining turi. Unda veb-saytning sahifasi boshqasiga almashtiriladi (odatda bosh sahifa), saytning qolgan sahifalari esa blokirovka qilinadi yoki butunlay o‘chiriladi – buning maqsadida reklama, ogohlantirish, tahdid va boshqalar bo‘lishi mumkin. Baʼzi buzuvchilar sayt defeysini krekerlik doiralarida tanilish, o‘z imijini oshirish yoki sayt administratoriga zaiflikni ko‘rsatish uchun amalga oshiradi. " Defragmentatsiya|"Fayllarni uzluksiz ketma-ket klasterlarda saqlanishini ta’minlash maqsadida disk bo‘limining mantiqiy tuzilmasini optimallash va yangilash jarayoni. Izoh − Asosan FAT va NTFS fayl tizimlarida ishlatiladi. Defragmentatsiyadan so‘ng fayllarni o‘qish va yozish, shuningdek, dastur ishlari ham tezlashadi. Defragmenta-siyaning boshqa vazifasi: diskda fayllarni uzluksiz maydonda joylashadigan qilib taqsimlash. " Deinstallyator|"Qandaydir ilovani deinstallyatsiya qilish (o‘chirib tashlash) uchun mo‘ljallangan kompleks dastur. Deinstallyatorlarni qo‘llash zarurati, ko‘plab zamonaviy ilovalar o‘rnatish paytida o‘z dastur fayllarini turli manzillar bo‘yicha yozishi, shuningdek, o‘z ma’lumotlarini tez-tez tizim reyestrida qayd etishi bilan izohlanadi. " Dekametrli to‘lqinlar|"10 m dan 100 m gacha bo‘lgan to‘lqin uzunliklari diapazoni. 3 MHz dan 30 MHz gacha bo‘lgan chastotalar diapazoni. " Dekapsullash|"Qabul qilingan axborot oqimidan dastlabki xabarni ajratish jarayoni. " Dekatenatsiya|"Simvollar satrlarini alohida qismlarga ajratish operatsiyasi; konkatenatsiyaga teskari bo‘lgan operatsiya. Dasturlash tillarida bu operatsiyani bajaradigan maxsus funksiyalar mavjud. " Deklarativ til|"Dasturchi, til interpretatoriga tegishli xulosalar chiqarishni qoldirgan holda, qandaydir sohaga tegishli faktlarni bayon qiladigan (ya’ni, vazifani ta’riflaydigan) dasturlash tili. Deklarativ tillarni, o‘z navbatida, funksional va mantiqiy tillarga bo‘lish mumkin. " Deklaratsiya (e’lon) qilinmagan imkoniyatlar|"Dasturiy ta’minotning bayon qilinmagan yoki hujjatda bayon qilinganlarga mos kelmaydigan funksional imkoniyatlari. Ulardan foydalanish qayta ishlanadigan axborotning konfidensialligi, tushunarli bo‘lishi yoki yaxlitligi buzilishiga olib kelishi mumkin. " Dekoder|"Dekoderlash uchun mo’ljallangan qurilma, uning asosida kodlangan signalni dastlabki xabarga qayta o‘zgartirishni bajaruvchi mantiqiy cxema ishlaydi. " Dekoder-qabul qilgich|"TV yo‘ldosh qabul qilgichi va MPEG – dekoderni birlashtiruvchi, raqamli yo‘ldoshli eshittirish TV dasturlarni qabul qilish uchun xizmat qiluvchi qurilma. " Dekodlash vaqtining belgisi|"Kadrlarni dekodlash tartibini aniqlaydigan belgi. " Dekompilyator|"Bajariladigan dastur va boshlang‘ich matnni matn yozilgan yuqori darajadagi tilda dekompilyatsiya qilinishini bajaradigan dastur. Bunda, ichki o‘zgaruvchilarning dasturchi tomonidan berilgan ma’noviy belgilari tiklanmaydi. Si, Fortran, PL/M-80 tillari uchun mo‘ljallangan dekompilyatorlar ma’lum. " Dekompozitsiya|"Murakkab obyektni oddiy obyektlar yig‘indisi sifatida taqdim etish, masalan, masalalarni kichik masalalarga bo‘lish. " Dellinjer effekti|"Signallarning (2 MHz dan 30 MHz gacha bo‘lgan chastotalarda) to‘satdan bo‘ladigan ionosfera g‘alayonlanishi (Quyosh chaqnashlari) paytida vujudga keladigan qisqa muddatli tinishi. " Delta impuls|"Vaqtning t=0 dan boshqa barcha qiymatlarida amplitudasi nolga teng mono impuls. " Delta-kadr|"Faqat oldingi kadrdan farqlanuvchi piksellardan tashkil topgan ayirma (differensial) kadr. Delta-kadrlar diskka yozilishi kerak bo‘lgan videoklipning umumiy o‘lchamini pasaytiradi. " Delta-modulyatsiya|"Differensial impuls-kodli modulyatsiya turi, bunda faqat har bir signal sanog‘i va taxmin qilingan qiymat o‘rtasidagi farq ishorasi qayd etiladi va yagona ikkilik razryad bilan kodlanadi. «Demilitarizatsiya qilingan zona» ing. - demilitarized zone (DMZ) ru – «демилитаризованная зона» Ayrim axborot resurslari (veb-server, pochta serveri va sh.k.)ni nafaqat korporativ tarmoq tashqarisidagi hujumlardan, balki ichki hujumlardan ham himoya qilish uchun tarmoqlararo ekranlardan foydalanish mexanizmi. Bu mexanizmni amalga oshirish uchun himoya qilinadigan resurslar joylashgan zona tarmoqlararo ekranlar bilan cheklanadi. " Demo|"Dasturning bepul tarqatiladigan (masalan, reklama maqsadlarida), to‘liq bo‘lmagan versiyasi yoki qurilma namunasi. Qo‘shimcha taqdimot materiallarini ichiga olishi mumkin. " Demon|"Boshqa dasturning ishini sezdirmay nazorat qiladigan va vaqt-vaqti bilan dasturni (ko‘pincha bu periferik (tashqi) qurilmalarni boshqarish dasturi), uning ishini buzmasdan to‘xtatadigan dastur. " Demon-jarayon|"Tizimda, u qayta ishga tushirilgunga qadar, doimo mavjud bo‘lgan jarayon. " Dempfer|"Optik yorug‘lik o‘tkazgich yadrosini o‘rab turuvchi material. Dempfer yorug‘likni yadroga yo‘naltirish uchun kichik sinish koeffitsiyentiga ega bo‘lishi kerak. " Dempfirlash|"Tebranishlar so‘nishini oshirish yoki uni tebranish tizimidan aperiodik tizimga aylantirish maqsadida tizimda energiya yo‘qolishini ataylab ko‘paytirish. " Demultipleksor|"Multipleksor bajaradigan operatsiyaning teskarisini amalga oshiradigan, yaʼni berilgan ish algoritmiga muvofiq, guruhli oqimni bir nechta kanalga ajratadigan qurilma. " Demultipleksorlash|"Axborot bloklarini bir bog‘lanishdan bir nechta bog‘lanishlarga identifi-katsiya qiluvchi va ajratuvchi funksiya. " Depesha|"Bir vaqtning o‘zida bir mamlakatning xalqaro pochta almashinuv joyidan boshqa mamlakatning tegishli xalqaro pochta almashinuv joyiga shakli Umumjahon pochta ittifoqining hujjatlarida belgilangan hujjatlar ilova qilingan holda jo‘natiladigan yozma xat-xabarlar, qiymati eʼlon qilingan xatlar yoki posilkalar yoxud pochta buyumiga berkitilmagan posilkalar to‘plami joylangan bitta yoki bir nechta qop. " Deskrembler|"Skrembler tomonidan o‘zgartirilgan elektraloqa raqamli signali boshlang‘ich tuzilmasini tiklash uchun mo‘ljallangan qurilma. " Deskremblerlash|"1. Raqamli uzatishda – dastlabki signalni tiklash maqsadida, skremblerlangan signalga nisbatan qo‘llaniladigan jarayon. 2. Televideniyeda – axborotni sof shaklda qabul qilishga ruxsat berish uchun, skremblerlangan televizion signal xarakteristikalarini tiklash. Izoh – Deskremblerlash shartli foydalana olish tizimi nazorati ostidagi o‘rnatilgan tartibdagi jarayondan iborat. " Deskriptor|"1. Ma’lumotlarning shakli yoki mazmunini tavsiflovchi axborot tuzilmasi elementi, masalan, signatura deskriptori – diskdagi ma’lumotlar ketma-ketligini tavsiflovchidan diskdagi ma’lumotlarni tekshirishda foydalanish mumkin. 2. Axborot tizimida saqlanadigan ma’lumotlarni topish va tavsiflash imkonini beradigan so‘z yoki so‘z birikmasi (kod bo‘lishi mumkin). Ba’zan, kalit so‘z deb ataladi. Tizimni ishlab chiqishda deskriptorlarni aniqlash va ularning mavjudligini hisobga olish zarur. " Destabillashtiruvchi omil|"1. Yuz berishi oqibatida axborot resurslarining konfidensialligi, yaxlitligi va/yoki ulardan erkin foydalanish, tarmoq yoki tarmoq elementlari ish qobiliyatlari buzilishi mumkin bo‘lgan voqea yoki hodisa. Masalan, axborot xavfsizligiga tahdid. 2. Manbai telekommunikatsiyalar tarmog‘iga nisbatan ichki yoki tashqi xarakterdagi fizik yoki texnologik jarayon bo‘lgan, tarmoq elementlarining ishdan chiqishiga olib keladigan ta’sir. " Detektor dasturlar|"Ma’lum bo‘lgan bir qancha viruslarning biri bilan zararlangan fayllarni aniqlash imkonini beradigan dasturlar. Bu dasturlardan ko‘pchiligi zararlangan fayllarni tuzatish yoki yo‘q qilish rejimlariga ega. " Detektorli kallak|"O‘ta yuqori chastota signalini ancha past chastota signaliga to‘lqin o‘tkazgich kesmasi yoki unga ulangan detektor va liniya bilan kelishish qurilmalari bilan yo‘l-yo‘l liniyalar ko‘rinishida o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan qurilma. " Determinallangan (aniqlangan) telefon chaqiruvlar oqimi|"Kelish vaqti qayd qilingan telefon chaqiruvlar oqimi. " Determinallangan xalaqitlar|"Vaqtning belgilangan funksiyalari bilan tavsiflanadigan xalaqitlar. " Detsibel (dB)|"Belning o‘ndan biri energiyani aylantirish yoki uzatishda quvvatning kuchayishi va pasayishini o‘lchash uchun foydalaniladigan logarifmik shkala birligi. " Detsibel-millivatt (dBm)|"1 millivattga nisbatan detsibellarda hisoblanadigan quvvat o‘lchov birligi. " Detsibel-vatt (dBw)|"Uzatgich quvvatining o‘lchov birligi. " Detsibel-volt (dBv)|"Quvvat darajasining o‘lchov birligi. Odatda, videosignallar darajasini baholashda foydalaniladi. " Detsimetrli to‘lqinlar|"To‘lqin uzunliklari 0,1 dan 1 m gacha, chastotalar diapazoni esa 300 dan 3000 MHz gacha bo‘lgan to‘lqinlar. " Detsimillimetrli to‘lqinlar|"(300 – 3 000) GHz bo‘lgan chastotalar diapazoni. " Devorga o‘rnatiladigan (televizion) ekran|"Zamonaviy televizorlarga nisbatan ekrani sezilarli darajada katta bo‘lgan, xona devoriga o‘rnatish mumkin bo‘lgan yupqa televizion ekran. " Deytagramma|"1. Tarmoq bo‘ylab, aynan bir foydalanuvchiga yo‘llangan axborotning boshqa qismiga bog‘liq bo‘lmagan tarzda uzatiladigan maʼlumotlar paketi. 2. Tarmoq bo‘ylab, bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan tarzda uzatiladigan qisqa paketlarga bo‘lingan uzun xabar. Dastlabki xabar qabul qilish tomonda paketlar yig‘ilgandan so‘ng to‘liq tiklanadi. Paketning uzunligi uzatish tezligi va tarmoq xarakteristikalariga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. " Deytagrammali soket|"Deytagrammalarni, bog‘lanish o‘rnatilmasdan, ikki tomonlama qabul qilish va uzatish imkonini taʼminlovchi interfeys turi. " Deytagrammali tarmoq|"Paketlar kommutatsiyalangan maʼlumotlar uzatish tarmog‘i. Bu tarmoqda har bir deytagramma tayinlangan punktga, tarmoqning yuklanganligiga bog‘liq holda tanlanadigan alohida (mustaqil) yo‘nalish bo‘ylab uzatiladi. Transport sath protokollari turli yo‘nalishda uzatilgan deytagramma-larni tiklaydi. Deytagrammali tarmoqda oldindan ulanish talab etilmaydi, shuning uchun trafikning kechikishi kamroq uchraydi. Bu ayniqsa, kichik hajmdagi axborotni uzatishda qulaylik yaratadi. " Dezinformatsiya|"Maʼlumotlarni bitta obyektdan boshqa obyektga biror maqsad bilan uzatishning shunday holatini yuzaga keltiradiki, unda maʼlumot uzatishning amalga oshirilishi bitta obyekt uchun maʼqul bo‘lib, boshqa obyekt uchun maʼqul bo‘lmaydi. " Deshifrator|"1. Razryadma razryad kiruvchi ikkilik so‘z (shifr, kod) ni sxemaning 2n chiqish uchlarining birida birlik signalga o‘zgartiruvchi mantiqiy sxema. 2. Televideniyeda – kodlangan dasturlarni deshifrlash uchun mo‘ljallangan qurilma; shifrlangan yldoshli/telefon/faksimil signallarini dekodlaydigan qurilma. " Deshifrlash algoritmi|"Deshifrlash funksiyasini amalga oshiradigan algoritm. " Diafragma|"1. To‘lqin o‘tkazgichdagi, elektr maydonning katta kuchlanishli liniyalari yoki ular bo‘ylab perpendikulyar o‘rnatiladigan va mos ravishda ma’lum turdagi to‘lqinlar susayishida sig‘imli yoki induktiv o‘tkazuvchanlikni hosil qiladigan to‘siq. 2. Optik tizimlardagi yorug‘lik oqimining ko‘ndalang kesimini cheklovchi noshaffof to‘siq. " Diagnostik xabar identifikatori|"Tizim dasturi tomonidan aniqlangan xatoga javoban beriladigan xabar kodi. " Diagnostika|"Apparatura va dasturiy ta’minotdagi uzilishlar va nosozliklarni aniqlash jarayoni. " Diagramma|"O‘lchanadigan kattaliklar va ularning nisbatlarini grafik tarzda shartli tasvirlash. Amaliy grafikaning ko‘pgina tizimlarida diagrammalar ikki o‘lchamli va uch o‘lchamli ko‘rinishda ustunlar va doiralar ko‘rinishida taqdim qilinadi. " Dialekt|"Ba’zi bir dasturlash tilining xususiy versiyasi. Masalan, Apple firmasining kompyuterlarida dasturlash uchun BASIC dialektlari mavjud. " Dialog|"Foydalanuvchining kompyuter bilan birgalikda ishlash turlaridan biri, bunda foydalanuvchi so‘rovlar kiritadi va ularga javob yoki aniqlashtiruvchi savollar oladi. " Dialogli rejim|"Odam va tarmoqdagi kompyuter(lar) bilan yoki kompyuter va periferik qurilma o‘rtasidagi bevosita birgalikda ishlash rejimi, bunda birga ishlaydigan ti-zimlar o‘rtasida aloqa uzilmaydi. Ko‘pincha, interaktiv yoki «on-line» rejimi deb ataladi. " Diapazon|"Birorta kattalikning o‘zgarish sohasi. Radiochastota (radioto‘lqin) lar diapazoni – radiochastotalarning butun sohasi shartli ravishda taqsimlangan qismlardir. " Diapazonli antenna|"Parametrlari ishchi chastotalar diapazonidagi qo‘yiladigan talablarga mos keladigan antenna. " Dielektrik antenna|"To‘lqin o‘tkazgich yoki koaksial kabel orqali qo‘zg‘atiladigan yaxlit yoki naychasimon (polistirol, polietilen) dielekrik o‘zak ko‘rinishidagi yuza to‘lqin antennasi. Izoh ‒ Dielektrik antenna, mohiyatiga ko‘ra, yuguruvchi to‘lqin antennasini o‘zida aks ettiradi va asosan antenna panjaralari va uchish apparatlarining radioqurilmalarida qo‘llaniladi. " Dielektrik linza|"Elektromagnit to‘lqinlarni fokuslash uchun qo‘llaniladigan dielektrikdan iborat linza. " Dielektrik to‘lqin o‘tkazgich|"Dielektrikdan iborat sterjen ko‘rinishidagi yoki dielektrik muhit ichidagi kanal ko‘rinishidagi to‘lqin o‘tkazgich, ular bo‘ylab ular yo‘naltiradigan elektromagnit to‘lqinlar tarqatilishi mumkin. " Dielektrik uzatish liniyasi|"Nolinchi bog‘langanlikdagi ochiq uzatish liniyasi. " Dielektrik yo‘qotishlar|"Dielektrikda, unga elektr maydon ta’sir etishi tufayli ajraladigan quvvat. " Dielektrik o‘tkazuvchanlik|"Moddaning izotrop modda uchun skalyar va anizotrop modda uchun tenzor bo‘lgan dielektrik xususiyatini tavsiflaydigan kattalik, uning elektr maydon kuchlanganligiga bo‘lgan hosilasi elektr siljishiga teng. " Dielektriklar|"Qutblanish qobiliyatiga ega bo‘lgan qattiq, suyuq va gazsimon moddalar. " Differensial analizator|"Differensial tenglamalarni yechish uchun mo‘ljallangan analog kompyuter (uzluksiz ishlaydigan mashina). " Differensial faza|"Yorqinlik signali oniy qiymati o‘zgarganda ranglilik signali fazasining o‘zgarishi. " Differensial impuls-kodli modulyatsiya (DIKM)|"Signal diskretlashdan o‘tadigan, har bir sanoq va oldingi sanoqlar yoki kvantlangan qiymatlarning ketma-ketligidan olinadigan va taxmin qilingan qiymat o‘rtasidagi farq hisoblanadigan, keyin hisoblangan farq kvantlanadigan jarayon. Olingan kvantlangan qiymatlarning ketma-ketligi kodlash yo‘li bilan raqamli signalga aylantiriladi. Izoh – Differensial impuls-kodli modulyatsiya differensial kodlash uchun misol bo‘ladi. " Differensial kodlash|"Sanoq qiymati va taxminlangan qiymat o‘rtasidagi farqdan foydalanib signalni kodlash usuli. Izoh – Differensial kodlash yo‘li bilan ketma-ket sanoqlar o‘rtasida kuchli korrelyatsiya mavjud bo‘lgan signallarning bitreytini pasaytirishga erishish mumkin, chunki sanoqlar o‘rtasidagi farqni ayni darajadagi aniqlik bilan sanoqlarning o‘zini kvantlashga nisbatan kamroq sondagi kvantlash intervallaridan foydalanib kvantlash mumkin. " Differensial kriptotahlil|"Takrorlanuvchi blokli shifrlar uchun qo‘llaniladigan kriptotahlil usuli. Bu kriptotahlil usuli tanlangan ochiq matn bo‘yicha kriptotahlil usuliga asoslanadi va bitta kalitda shifrlangan ikki ochiq matn o‘rtasidagi farqni tahlil qiladi. Mumkin bo‘lgan kalitlarning har biriga uning «to‘g‘riligi» ehtimoli belgilanadi va pirovardida foydalaniladigan kalit hisoblab chiqariladi. " Differensial kuchaytirish|"Yorqinlik signali oniy qiymati o‘zgarganda ranglilik signallari ko‘lamining nisbiy o‘zgarishi. " Diffi-Xellman algoritmi|"1. Himoyalanmagan aloqa kanalidan foydalanib, ikki tomonga umumiy maxfiy kalitga ega bo‘lish imkonini beradigan ochiq kalitdan foydalanadigan algoritm. 2. Kalitlarni ochiq taqsimlash, shuningdek, kalitlarni eksponensial taqsimlash deb nomlanuvchi bir tomonlama ko‘rsatgichli funksiyadan foydalanishga asoslangan algoritm. " Diffuz qaytish|"Elektromagnit to‘lqinlarning notekis sirtdan qaytishi, uning qiyshiqligini turli yo‘nalishlar bo‘yicha sodir bo‘ladigan tushuvchi to‘lqin uzunligi bilan solishtirsa bo‘ladi. " Diffuz tarqalish|"Metrli va detsimetrli to‘lqinlarni ko‘zga ko‘rinadigan gorizontdan tashqarida, ularning ionosfera va troposferadagi har xil sochilishi bilan asoslangan, tarqalishi. " Difraksion panjara|"Spektral asboblarda elektromagnit nurlanishni spektrga fazoviy yoyish uchun ishlatiladigan, bir xil kenglikdagi shtrixlarning muntazam joylashgan ko‘p soni bilan uning sirtiga transparant ko‘rinishida kiritilgan optik element. " Digitayzer|"Turli texnik prinsiplarga asoslangan, grafik ma’lu-motlarni kompyuterga kiritish uchun xizmat qiladigan qurilma. " Dinamik bog‘liqlik|"Bir nechta dastur bilan ajratilgan ma’lumotlarni birlashtirish usuli. Ma’lumotlarning bir dasturda o‘zgarishi, ularning qolgan dasturlarda ham o‘zgarishiga olib keladi. " Dinamik diapazon|"Tovush yoki elektr signalining, detsibellarda ifodalangan eng katta dinamik darajasining eng kichigiga bo‘lgan nisbati. " Dinamik fokuslash|"Nurning ekran markazidan og‘ishi bilan, lyuminoforda shu nur bilan yorishgan nuqtaning shakli va o‘lchami o‘zgaradi, bu yorqinlikning pasayishiga va ekran chetlariga fokuslashning yomonlashuviga olib keladi; dinamik fokuslashda ishlaydigan elektron linza tizimlari shu effektni tuzatishga xizmat qiladi. " Dinamik joylashtiriladigan biblioteka|"Maxsus ravishda Windows da ishlash uchun yozilgan dasturlar-ilovalarda foydalaniladigan ma’lumotlar va funksiyalarni ichiga oladigan fayllar majmui. Ma’lumotlar deganda, piktogrammalar, shriftlar va menyu tushuniladi. DLL bajariladigan dasturga kerak bo‘ladigan funksiyalar va/yoki ma’lumotlar ishga, ishlaydigan dasturga standart kirishdan farqli ravishda, ularga murojaat qilish paytida jalb qilingan paytda, Windows da ishlash usulini ta’minlaydi. " Dinamik kompоnovkalash|"Dasturga, bajariladigan dasturdan ularga murojaat qilinishiga qarab, tashqi protseduralarni ulash. Usullardan biri shundan iboratki, kompilyator bunday protseduralarga murojaat qilish joylariga, protsedurani birinchi chaqirishda muayyan dasturiy uzilishni keltirib chiqaradigan kod kiritadi, undan so‘ng, uni qayta ishlash natijasida tezkor xotira qurilmasiga protsedurani yuklash va chaqirish nuqtasida manzilni sozlash amalga oshiriladi. " Dinamik kontrastlash|"Maqbul tasavvurga erishish maqsadida har bir kadrning kontrastliligini doimiy sozlaydigan texnologiya. Har bir tasvir sekundiga 25 marta tahlil qilinadi, zarur bo‘lganda, tasvir kontrastliligi tezda sozlanadi. " Dinamik linkovka|"Dasturni bajarish vaqtidagi linkovka. " Dinamik ma’lumotlar almashinuvi|"Windows muhitidagi dasturlararo birgalikda ishlash protokoli. OLE mexanizmi asta-sekin siqib chiqarmoqda. Uning amal qilishining mohiyati, ikki dastur o‘rtasida doimiy aloqa o‘rnatishdan iborat, natijada bir ilovadagi hujjat yangilanganda, u bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa ilova hujjatlaridagi axborot ham yangilanadi. " Dinamik marshrutlash|"Xabarlarni jo‘natish uchun berilgan ikkita tarmoq uzellari o‘rtasidagi yo‘l faqat ushbu xabar jo‘natilgan vaqtda aniqlanadigan marshrutlash usuli. " Dinamik mos kelmaslik|"Tasvir mazmuniga bog‘liq holda o‘zgaruvchi videosignal datchigidan asosiy ranglar signallarining mos kelmasligi. " Dinamik tezkor xotira qurilmasi|"Zamonaviy kompyuterlarda tezkor xotira qurilmasi sifatida keng qo‘llaniladigan erkin foydalanish imkoniga ega kompyuter xotirasi turlaridan biri. " Dinamik xotira|"Ma’lumotlarning fizik taqdim etilishi o‘zgarib turadigan va ma’lumotlardan turli vaqt onlarida bir xilda foydalanib bo‘lmaydigan xotira qurilmasi; murojaat qilish turli oraliqlar bilan ajratilgan muayyan onlarda mumkin bo‘ladigan xotira. " Dinamik yuklash|"Xotiraga quyi dasturni foydalanuvchi dasturidan unga birinchi murojaat qilinganida yuklash. " Dinamik o‘zgaruvchi|"Xotira foydalanuvchining aniq komandasi bilan ajratiladigan o‘zgaruvchi; xotira protseduraga (funksiya, usul yoki blokka) kirishda avtomatik ajratiladigan avtomatik o‘zgaruvchiga qarama-qarshi qo‘yiladi. " Dinamik HTML, DHTML tili|"Serverdan sahifani qayta yuklamasdan (ya’ni, aks ettiruvchi sahifalarga interaktivlikni berish uchun), foydalanuvchining harakatiga (masalan, «sichqoncha» harakatiga) HTML-sahifalari reaksiyasini tashkil qilishga imkon beruvchi HTML tilining kengaytirilgan versiyasi. Sahifa, ularni taqdim etish skriptlar yordamida o‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan obyektlar to‘plami) kabi ko‘rib chiqiladi. Gipermatnni dinamik belgilash tili stillarining kaskadli jadvallarini, hujjatning obyektli modelini, shuningdek, JavaScript, JScript, ECMAScript va VBScript ssenariylari tillarini qo‘llab-quvvatlaydi. " Dipleks|"1. Bir nechta uzatgich yoki qabul qilgichning turli chastotalarda bitta antenna orqali bir vaqtda ishlashi. 2. Bir nechta uzatgich yoki qabul qilgichning bitta chastotada bitta antenna orqali navbatma-navbat ishlashi. " Diplekser|"Ikki signalni bitta liniya orqali bir vaqtda va o‘zaro xalaqitlarsiz uzatish imkonini beruvchi chastotaviy ajratish qurilmasi. " Dipol|"1. Uzatgichga, qabul qilgichga yoki bog‘lovchi liniyaga simmetrik qo‘shilgan ikkita bir xil to‘g‘ri chiziqli o‘tkazgichdan iborat simmetrik vibrator. 2. Elektromagnit maydon nurlanish nazariyasida dipol sifatida Gers elektromagnit nur tarqatgichi, ya’ni uzunligi nurlanuvchi elektromagnit to‘lqin uzunligidan ancha kichik bo‘lgan simning bir qismi qaraladi. " Dipolga nisbatan hisoblanadigan detsibellar (dBd)|"Antenna kuchaytirish koeffitsiyentining, yarimto‘lqinli simmetrik vibratorni (dipolni) kuchaytirish koeffitsiyentiga bo‘lgan, detsibellarda ifodalangan nisbati. " Direktiva|"Dasturga muayyan ishlarni bajarishni buyuradigan komanda (ko‘rsatma). Dasturlashda ‒ bu assembler yoki kompilyatorga, translyatsiya qilinadigan dasturga boshqa fayllarni shartli translyatsiya qilish yoki kiritish to‘g‘risidagi ko‘rsatma (direktiva)dir. " Direktor|"Antennaning yo‘naltirilgan harakati koeffitsiyentini oshirish maqsadida antenna yo‘nalganlik diagrammasining asosiy yaprog‘i tomonidan birlamchi nur tarqatgichga nisbatan joylashgan antennalar ikkilamchi nur tarqatgichlari majmui yoki ikkilamchi nur tarqatgich. " Direktoriy|"O‘zaro bog‘langan obyektlar to‘g‘risida saqlanadigan ma’lumotlar to‘plami. Biroq, ko‘pincha atama tashqi qurilmadagi fayllar katalogini bildiradi. U noldan bir nechtagacha fayllar va boshqa kataloglarni o‘z ichiga oladi. Iyerarxik fayl tizimining boshlang‘ich katalogi asosiy katalog deb ataladi. " Disk|"Muayyan fayl tizimi uchun formatlangan va biron-bir harf bilan belgilangan ma’lumotlarni saqlash joyi. Ma’lumotlarni saqlash uchun yumshoq-disk, kompakt-disk, qattiq disk yoki boshqa xil diskdan foydalanish mumkin. " Disk kanali|"Ma’lumotlarning diskli to‘plagich bilan kompyuter o‘rtasida tez yuborilishini ta’minlaydigan qurilma. " Disk kesh-xotirasi|"O‘qiladigan yoki diskka yoziladigan ma’lumotlarni keshlash uchun foydalaniladigan maxsus tezkor xotira qurilmasi. " Disk kontrolleri|"Protsessorning diskli to‘plagich bilan birgalikda ishlashini ta’minlaydigan mikrosxema va/yoki kengaytirish platasi. . " Disk-konusli antenna|"Konus cho‘qqisiga yaqin o‘rnatilgan, konus va diskdan iborat antenna; disk va konusning ta’minoti fazaga qarshi amalga oshiriladi. " Disk optimizatori|"Tizimning unumdorligini oshirish uchun, diskdagi fayl va kataloglar joylashuvini qayta tartibga soladigan utilita. " Disk sektori|"Diskli xotira qurilmalarida axborot saqlashning minimal manzillanadigan birligi. Disk yo‘lkasining bir qismi hisoblanadi. Ko‘pgina qurilmalarda sektorning o‘lchami 512 byteni (masalan, qattiq va egiluvchan disklarda) yoki 2048 byteni (masalan, optik disklarda) tashkil qiladi. Yangi qattiq disklarda kengaytirilgan format sifatida ma’lum bo‘lgan 4096 byte sektor o‘lchamidan foydalaniladi. " Disk serveri|"Olisdagi diskovod sifatida ishlaydigan va foydalanuvchilar tomonidan birgalikda foydalaniladigan lokal tarmoq uzeli. " Disk sig‘imi|"Diskda joylashtirish mumkin bo‘lgan axborotning (baytlardagi) umumiy sig‘imi. " Disklar va flesh-to‘plagichlar (fleshkalar) xususiyatlaridagi atribut|"Fayllar va papkalarning, har qanday fayl va papkaga kontekst menyu orqali berish mumkin bo‘lgan, shu orqali uni o‘zgartirish, yo‘q qilish xususiyatlarini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan parametri. " Disklardan foydalana olish indikatori|"Kompyuterning tizim blokidagi yorug‘lik diodi bo‘lib, diskka yozish yoki undan o‘qish paytida yonadi. " Disklarga murojaat qilish indikatori|"Kompyuterning tizim blokidagi, o‘qish yoki yozish paytida yonadigan yorug‘lik diodi. " Disklarni aks ettirish|"Ma’lumotlarni, disk massivining alohida diskida (ko‘zgu diskda) ularning qo‘shimcha nusxasini yaratish yo‘li bilan muhofaza qilish. Bunda disklar bitta kiritish-chiqarish kanaliga ulanishi mumkin. " Disklarni defragmentatsiya qiluvchi|"Qattiq disklarni defragmentatsiya qilish uchun mo‘ljallangan dastur. " Disklarni duplekslash|"Ishlamay qolishlarga chidamli tizimlarda ma’lumotlarni muhofaza qilish mexanizmi. Alohida erkin foydalanish kanallari (kontrollerlari) bo‘lgan ikkita turli qattiq diskka ayni bir ma’lumotni bir vaqtda yozish. " Diskli avtomat|"Disklar avtomatik ravishda almashinadigan diskovodni o‘zida ifodalaydigan, robotlashtirilgan avtomat-biblioteka. " Diskli kartrij|"Himoya qobig‘i bilan o‘ralgan, olinadigan disk. " Diskli operatsion tizimi|"Bir qiymatli, 16-bitli, terminal operatsion tizim. 1981-yilda ishlab chiqilgan. Nisbatan mashhur ko‘rinishlaridan biri MS-DOS dir. " Diskni bo‘lish|"Bitta diskni bir nechta mantiqiy disklarga bo‘lish. " Diskni keshlash|"Fayl tizimining unumdorligini oshirish uchun foydalaniladigan usul. O‘qish va yozish operatsiyalarini bajarish uchun diskka muntazam murojaat qilishlar o‘rniga, fayllar tezkor xotira keshida saqlanadi. Barcha o‘qish/yozish operatsiyalari xotiraga murojaat qilish tezligi bilan bajariladi, bu diskka murojaat qilishga qaraganda ancha tez. " Diskovod|"1. Egiluvchan yoki qattiq diskdan ma’lumotlarni o‘qish/yozish uchun mo‘ljallangan elektromexanik periferik qurilma. 2. Berilgan tezlik bilan magnit yoki boshqa turdagi tashuvchini siljitadigan, shuningdek, kerak joyga o‘qiydigan/yozadigan kallaklarni keltiradigan mexanik qurilma. " Diskret|"Ramzlar kabi alohida elementlardan iborat bo‘lgan maʼlumotlar yoki aniq ko‘rsatilgan qiymatlarning chekli soniga ega bo‘lgan fizik miqdorlarga, shuningdek, jarayonlar va ushbu maʼlumotlardan foydalanuvchi funksional moslamalarga tegishli taʼrif. " Diskret Furye o‘zgartirishi|"Diskret vaqt funksiyasi bilan bo‘luvchi bazis funksiya koeffitsiyentlari to‘plami o‘rtasida o‘zaro bir xil tenglikni ta’minlydigan o‘zgartirish. " Diskret kattalik|"Qiymatlari sakrashsimon o‘zgaradigan kattalik. Masalan, elektr zanjirda tok borligini yoki yo‘qligini tavsiflaydigan kattalik diskret kattalik bo‘lib, «ha» yoki «yo‘q» (0 va 1) qiymatlarini olishi mumkin. " Diskret ma’lumotlar|"Simvollar yordamida taqdim etilgan ma’lumotlar. " Diskret modellash|"O‘rganiladigan jarayon voqealarning diskret ketma-ketligi ko‘rinishida taqdim etiladigan modellash. " Diskretlash|"1. Ma’lumotlarning qandaydir manbadan tanlab olinishi. 2. Analog kattalik qiymatlarini davriy o‘lchash va ularni raqamli shaklga o‘zgartirgandan so‘ng kompyuterga kiritish. " Diskretsion foydalana olishni boshqarish|"1. Nomma-nom ko‘rsatilgan subyektlar va nomma-nom ko‘rsatilgan obyektlar o‘rtasidagi foydalanishni chegaralash. Izoh – Foydalanishning ma’lum huquqiga ega subyekt bu huquqni istalgan boshqa teng huquqli subyektga berishi mumkin. 2. Foydalana olishni boshqarish ro‘yxatlari yoki erkin foydalanish matritsasi asosida, subyektlarning obyektlardan foydalana olishini boshqarish. " Diskretsion (tanlab) foydalana olish|"Foydalanuvchi, jarayon va/yoki u tegishli bo‘lgan guruhni identifikatsiya qilish va tanishga asoslangan, obyektlardan tizim subyektlarining erkin foydalanishini boshqarish usuli. Ma’lum huquqlarga ega subyekt istalgan obyektga, belgilangan cheklashlardan qat’i nazar, huquqlarni berishni amalga oshirishi mumkin bo‘lganda, boshqaruv saylanma hisoblanadi (foydalana olish – bevosita bo‘lmagan tarzda ham amalga oshirilishi mumkin). " Diskriminator; selektor|"Foydali signalni xalaqitlar va shovqinlar bo‘lgan signallar aralashmasidan ajratish qurilmasi. " Disksiz (ishchi) stansiya|"Lokal disk xotirasi bo‘lmagan ishchi stansiya yoki shaxsiy kompyuter. Dasturlarni yuklash va fayllar bilan bajariladigan barcha ishlar lokal tarmoq orqali fayl-serverdan amalga oshiriladi. " Dispersion kanal|"Vaqtda o‘zgaradigan parametrlar va chastotaselektiv tinishlarga ega aloqa kanali; dispersion kanalda signal davomiyligi bo‘yicha kengayadi va buziladi. " Dispersiya|"1. Sochilish. 2. Tasodifiy kattalikning uning o‘rtacha qiymatidan o‘rtacha kvadratik og‘ishi. " Dispersiyasiz tola|"Tez harakatlanuvchi modalar uzun yo‘l bo‘ylab (qobiqqa yaqin), sekin harakatlanadigan modalar esa, qisqa yo‘l bo‘ylab (o‘zakka yaqin) tarqaladigan tola. Natijada barcha turdagi to‘lqinlar tolaning olis uchiga aynan bir paytda yetib boradi, bu esa, moddiy dispersiya bilan bog‘liq bo‘lgan signal buzilishini bartaraf etish imkonini beradi. Biroq, bunday toladagi jami yo‘qotishlar dispersiyasi siljigan toladagiga qaraganda ancha katta. " Dispetcher|"Operatsion tizimning, dasturlarning bajarilishini boshqarish ta’minlanadigan moduli. Tizimda muvofiqlashtirish va boshqaruv rolini bajaradigan dastur. " Dispetcher identifikatori|"Dispinterfeys usulini yoki xususiyatini iden-tifikatsiyalaydigan 32-bitli butun sonli atribut. " Dispetcher ustuvorligi|"Topshiriqlarga beriladigan va multidastur rejimda, topshiriq markaziy protsessor tomonidan qayta ishlanadigan tartibni aniqlash uchun foydalaniladigan raqam. " Dispetcherning yashirin (latent) aktivligi|"Bir jarayonni to‘xtatish va boshqasiga start berishda dispetcher uchun talab qilinadigan vaqt. " Displey|"Ma’lumotlarni vizual aks ettirish qurilmasi. Displeydan ma’lumotlarni kiritish va chiqarish uchun foydalaniladi. Displeyning ishlash prinsiplari turlicha. Shaxsiy kompyuterlarda elektron-nurli trubkalardan foydalanilgan displeylar juda keng tarqalgan. Shuningdek, plazma panellar, suyuq kristallar, yorug‘lik diodlari asosidagi displeylar ham bor. Displeyni kompyuterga ulash uchun tegishli adapter zarur. Displeydan, shuningdek, kompyuterni boshqarish uchun ham foydalaniladi, shu sababli ko‘pincha monitor deb ham ataladi. " Displeyli panel|"Plazma yoki suyuq kristall texnologiya asosida qurilgan displey. Asosida suyuq kristall bo‘lgan displey – bu, suyuq kristallar va mikroo‘tkazgichlardan iborat to‘r joylashgan yassi ekrandir. Mikroo‘tkazgichlar kristallarga elektr toki uzatadi, kristallar kuchlanish ostida tasvir hosil qilgan holda, yorisha boshlaydi. Nuqta qadami 0,26-0,3 mm. Maksimal ajrata olish: 1280x1024, 75 Hz. " Distorsiya (buzilish)|"Kommunikatsiya tizimining ikki nuqtasi o‘rtasida signalni uzatishda signal shaklining o‘rinsiz o‘zgarishi. " Distributiv|"Ishlab chiqaruvchi tomonidan taqdim etilgan shakldagi dastur mahsuloti. Distributiv diskda, odatda, dasturning o‘zi hamda dasturni qattiq diskka o‘rnatish va uning parametrlarini moslashtirish uchun mo‘ljallangan o‘rnatuvchi bo‘ladi. " Distributiv komplekti|"Kompakt-diskda distributiv bilan taqdim etiladigan dasturiy ta’minotning to‘liq to‘plami. " Dixroik kontrreflektor|"Antennaning, bir xil chastotalarda aks etadigan va boshqalarda radioshaffofroq bo‘lgan yordamchi ko‘zgusi. " Dizassembler|"Mashina kodlarini assembler tiliga o‘zgartiradigan kompyuter dasturi. " Dizassemblirlash|"Mashina kodlaridagi dasturdan assemblerdagi dasturning boshlang‘ich matnini olish jarayoni va/yoki usuli. Dasturning o‘zining kodlarini gene-ratsiyalashda translyatorning optimallik darajasini belgilashda foydali. Dastlabki matnlari bo‘lmagan dasturlarni tuzish usuli va/yoki algoritmini tushunish imkonini beradi. Bu jarayonni bajaradigan maxsus dasturlar – dizassemblerlar mavjud. " Dizayn|"Qar.: Veb-dizayn. " Dizering|"Nisbatan kam ranglardan iborat tasvirlar uchun rang teranligi illyuziyasini yaratish uchun kompyuter grafikasida qo‘llaniladigan usul. Mavjud bo‘lmagan ranglar bor ranglarni «aralashtirish» yo‘li bilan yaratiladi. Tasvirlar-ni ranglar sonini kamaytirish orqali optimal-lashtirishda dizering tasvirning vizual yaxshi-lanishiga olib keladi, biroq, baʼzi formatlarda (masalan, PNG) tasvirning hajmi oshadi. " Dizyunksiya|"n ≥ 2 ifodalar uchun mo‘ljallangan mantiqiy operatsiya. Natijaviy ifoda boshlang‘ich ifodalar noto‘g‘ri bo‘lgandagina, yolg‘on bo‘ladi. Dizyunksiyani belgilash uchun standart ravishda V belgisidan foydalaniladi. " Doimiy bor bo‘lish|"Harakatlanadigan tasvirlarni qayta ishlash, uzatish va namoyish qilish usuli. Bunda elektronika vositalari yordamida ikkita alohida harakatchan tasvir qismlari yagona axborot oqimida uzatish uchun kombinatsiyalanadi (birlashtiriladi). Qabul nuqtasida tasvir umumiy monitorda yoki ikkita yonma-yon turgan monitorda namoyish qilinishi mumkin. " Doimiy ifoda|"Berilgan matnda ixtiyoriy murakkablikdagi belgilar tuzilmalarini izlashni amalga oshirishda va tuzishda kerak bo‘ladigan shablonlarni yaratishda qo‘llaniladigan kuchli vosita. Doimiy ifodalarda bitta yoki bir nechta belgini o‘zgartiruvchi qo‘shimcha belgilardan foydalanish mumkin. " Doimiy kanal (trakt) ni taqdim qilish xizmati, doimiy kanal (trakt) orqali aloqa xizmati|"Aloqa kanali (trakti), ekspluatatsion yoki ma’muriy xabar vositasida amalga oshirilgan, abonentning so‘roviga javoban yuzaga keladigan telekommunikatsiyalar xizmatining turi. Izoh – Aloqa kanali (trakti) ning uzib qo‘yilishi uning o‘rnatilishiga o‘xshash tarzda amalga oshiriladi. " Doimiy tashkil etuvchini tiklash|"Videosignalni yoki doimiy tashkil etuvchiga ega bo‘lmagan signaldan yo belgilangan doimiy tashkil etuvchiga ega bo‘lgan signaldan to‘liq videosignalni unung doimiy tashkil etuvchisi bilan yangitdan yaratish jarayoni. " Doimiy uzatish tezligi|"Real vaqtda ulanish o‘rnatilishiga yo‘naltirilgan, maʼlumotlar oqimini (siqilmagan nutq, videomaʼlumotlar, televizion tasvirlar) o‘zgarmas tezlik va taxminlash mumkin bo‘lgan jadallik bilan uzatish uchun qo‘llaniladigan, ATM tarmog‘idagi trafik turi (A turkumi). " Doimiy virtual kanal|"Tarmoqning ikkita oxirgi nuqtalari o‘rtasida doimo amalga oshadigan bog‘lanish. " Doimiy virtual zanjir|"Tarmoq sathida muayyan vaqt davriga (minutning ulushidan bir necha kun va hatto, oygacha) o‘rnatiladigan mantiqiy bog‘lanish. Tarmoqdagi har bir kanal uchun yo‘nalish, uzatish tezligi hamda xizmat ko‘rsatish sinfi qatʼiy belgilangan. " Doimiy xotira|"O‘zgarmaydigan ma’lumotlar massivini saqlash uchun foydalaniladigan, energiyaga bog‘liq bo‘lmagan xotira. " Doimiy xotira qurilmasi|"Kompyuterni boshqarish uchun dasturlar doimiy saqlanadigan, bitta yoki bir nechta mikrosxemadan iborat qurilma. Doimiy xotira qurilmasi energiyaga bog‘liq bo‘lmagan xotiradir, ya’ni kompyuter o‘chirilganda xotira ichidagi o‘zgarmaydi. Doimiy xotira qurilmasi shaxsiy kompyuterlarning apparat xususiyatlari va operatsion tizimning tayanch kiritish/chiqarish tizimi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish uchun xizmat qiladi. Ba’zi mashinalarda doimiy xotira qurilmasiga bundan tashqari, dasturlash tilidan translyator yoziladi. Ko‘pincha, doimiy xotira deb ataladi. " Doimiy chiziqli tezlik|"Diskka yozish usuli xarakteristikalaridan biri. " Doiraviy-ikki simli toʻlqinoʻtkazgich|"Ikki simli liniyani qamrab oluvchi tashqi oʻtkazgichning doiraviy kesimi boʻlgan uch bogʻlamli toʻlqinoʻtkazgich. " Doiraviy qutblanish|"Elektr maydonining ikkita garmonik tashkil etuvchisi kattalik boʻyicha teng va faza boʻyicha 90° ga siljigandagi (bu elektr maydonini doira boʻylab aylanishiga olib keladi) qutblanish. Magnit maydon vektori markazda joylashgan va doira tekisligiga perpendikulyar. " Domen|"1. Internet tarmog‘idagi kompyuter nomining tarkibiy qismi. 2. Internet tarmog‘ining, nomi yozilgan mezon bo‘yicha ajratilgan va uni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan javob beradigan tashkilot tasarrufiga berilgan qismi. Izoh – Domen bo‘yicha kompyuter joylashgan yer aniqlanadi, undan foydalanish mumkin bo‘ladi. 3. Markazlashtirilgan tarzda maʼmuriy boshqariladigan, bir-biri bilan muayyan usulda domen nomlari serveri orqali birgalikda ishlaydigan kompyuterlar to‘plami. Izoh – Kompyuterlarni domenga birlashtirish ularning geografik joylashuvi, tashkilot bo‘yicha yoki aktivlik turi bo‘yicha amalga oshiriladi. " Domen administratori|"Domenni to‘liq nazorat qila oladigan hisobga olish yozuvi. " Domen administratori foydalanuvchisining nomi|"Domen administratori foydalanuvchisining nomi. U ushbu domendagi deyarli barcha huquqlarga ega. " Domen kontrolleri|"Haqiqiylikni yalpi tekshirishda parolning tekshirilishini bajaradigan, domenning hisobga olish yozuvlari ro‘yxati saqlanadigan kompyuter. " Domen manzili|"Qar.: Domen nomi. " Domen nomi|"1. Nomlarning domen tizimiga muvofiq, kompyuter tarmog‘i uzeliga berilgan, noyob simvolli nom. 2. IP-manzilni simvolli ko‘rsatish. " Domen nomini ro‘yxatga kiritish|"Talabnoma asosida domen nomi va uning administratori to‘g‘risidagi axborotni ro‘yxatga oluvchi tomonidan reyestrga kiritib qo‘yish. Reyestrga domen nomi to‘g‘risidagi axborot kiritilgan vaqtdan boshlab u ro‘yxatga olingan hisoblanadi. Masalan, «uz» domenida ro‘yxatning kuchga ega bo‘lish muddati uch yilgacha. " Domen nomlari reyestri|"Domenning markaziy maʼlumotlar bazasi. Unda ro‘yxatdan o‘tgan domen nomlari, domenlarning administratorlari to‘g‘risidagi va domenlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun zarur axborot saqlanadi. " Domen nomlari tizimi|"Internetga o‘xshash tarmoqda bog‘langan kompyuterlarning har biriga noyob nomlar berishning iyerarxik tizimi. Izoh – Nom chapdan o‘ngga oshib boradigan iyerarxiya darajalariga mos keladigan, nuqta bilan ajratilgan qismlar domenlaridan iborat. " Domen nomlari xizmati|"IP-manzil sonlari va matnli nomlar o‘rtasida moslik o‘rnatadigan, Internet tarmog‘ida qo‘llaniladigan mexanizm. " Domen nomlarini ro‘yxatdan o‘tkazuvchi|"Domen nomlarini ro‘yxatga olish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadigan va tegishli axborotni reyestrga uzatadigan yuridik shaxs. " Domen nomlarini o‘girish|"Internet domen nomini mos ravishda IP-manzilga o‘girish jarayoni. " Domen nomlarining serveri|"Kompyuter nomlarini IP-manzillaridagi domen nomlariga o‘tkazadigan tarmoqning xizmatga oid kompyuteri. " Domenni joylashtirish|"Domen nomlarini DNS-serverlarda ro‘yxatdan o‘tkazish. Domenni xususan qayd etuv-chida, shuningdek tashqi maydonlarda qayd etish mumkin. " Domenning rezerv kontrolleri|"Windows NT domenidagi kompyuter, domenning xavfsizlik siyosati va ma’lumotlar bazasi nusxalarini o‘zida saqlaydi. Agarda domenning bosh kontrolleridan foydalanish mumkin bo‘lmasa, undan zaxira sifatida foydalaniladi. " Domenning yordamchi kontrolleri|"Tarmoq yuklanganida yoki ishdan chiqqanida domenning asosiy kontrolleri (tartibga soluvchi)ni almashtirib turuvchi va Active Directory dagi ma’lumotni replitslovchi (nusxalovchi) zahira serveri. " Dominant (asosiy) marshrutizator|"Aktiv abonentlarni aniqlaydigan va so‘rovlarning davriy ravishda yuborilishi uchun javob beradigan asosiy marshrutizator. " Doppler effekti|"Signal manbaiga va/yoki tarqalish muhitiga nisbatan harakat qiladigan, nuqtada kuzatiladigan signal chastotasining o‘zgarishi. " Dorvey|"1-3 kalitli so‘z yoki iboralar uchun maqbullashtirilgan sahifalar. Ularni odatda kirish sahifalari, shlyuzlar (gateway) .g yoki reklama sahifalari (splash pages) deyiladi. Ko‘p hollarda dorveylar maʼlum izlash mashinasi uchun maxsus yaratiladi. " Dotkom|"Biznes-modeli to‘liq Internet tarmog‘i doirasidagi faoliyatga asoslangan kompaniya. Ushbu nom 1990-yillarning oxirida keng tarqalgan bo‘lib, inglizcha «dot-com» («nuqta-com») iborasidan kelib chiqqan. " Dog‘ vobulyatsiyasi|"Yoyuvchi elementga satrlarni kengaytirish bilan satr tuzilmasini qisman sezilarli qilish uchun xabar beradigan, yoyish satrlariga perpendikulyar bo‘lgan tebranma harakat. Izoh – Taalluqli fransuzcha atama «Vobuler». " Drayver|"1. Amaliy jarayonlar va tashqi qurilmalar o‘rtasida maʼlumotlar almashinuvini boshqaradigan, tezkor xotiraga yuklanadigan dastur. 2. Operatsion tizimning, bajariladigan dasturning ayrim qurilmalar bilan birgalikda ishlashini taʼminlaydigan va undan qulayroq foydalanishga ko‘maklashadigan boshqaruvchi dasturi. " Drayverlarning yangilanishi|"Drayverning yanada yangi, yanada funksional versiyasini qabul qilish uchun xizmat qiladi. " Drogen|"Dorvey generatori, ko‘pincha Markov zanjiri bilan ishlatiladi. Dorvey generatsiyasi kalit so‘zlar ro‘yxati va mavzuli saytlar matni asosida amalga oshadi. Dorgen berilgan algoritm bo‘yicha ko‘pgina bet mazmunsiz matnlarni to‘playdi. Ular o‘zaro (baʼzida esa boshqa dorveylar bilan) ulagich orqali bog‘langan bo‘ladi. " Dupleks aloqa|"Aloqa usuli, bunda uzatish telekommunikatsiyalar kanalining ikkala yo‘nalishida bir vaqtda amalga oshiriladi. " Dupleks uzatish|"Axborotni ikkala yo‘nalishda navbatma-navbat (yarim dupleks) hamda bir vaqtning o‘zida (to‘liq dupleks) uzatish. " Duplekser|"Axborotni uzatish va qabul qilish uchun bitta antennadan bir vaqtda foydalanishga yo‘l qo‘yiladigan antenna ajratuvchi filtri. " Dupleksorlash|"Ikkita fizik mustaqil simpleks kanalining har biridan axborot faqat bir yo‘nalishda uzatiladigan abonentlar o‘rtasida ikki tomonlama aloqani tashkil etish. Izoh – Amaliyotda dupleksorlashning ikkita: qabul qilish va uzatish kanallarini FDD va TDD bo‘yicha bo‘lish sxemasi qo‘llaniladi. " Duplikator|"Disklar, disketalar, magnit tasmalarni ko‘paytirish (nusxa olish) qurilmasi. " Do‘stona interfeys|"Foydalanish, qo‘llash uchun qulay va oddiy tashkil qilingan foydalanuvchining interfeysi. E " Effektiv nurlanadigan quvvat|"Berilgan yo‘nalishda yarimto‘lqinli dipolga nisbatan, antennaga uzatilayotgan quvvatning uning kuchaytirish koeffitsiyentiga bo‘lgan ko‘paytmasi. " Effektiv sochilish maydoni|"Maydon o‘lchamliligiga ega radiolokatsiya obyektlarining xususiyatlarini aks ettiradigan va nurlantiruvchi obyektning shu energiya oqimi zichligiga radiolokatsion stansiyaga obyektdan qaytadigan elektromagnit energiya quvvatining nisbatiga teng xarakteristikasi. " Efir|"Radioto‘lqinlar tarqaladigan elektromagnit muhitning umumlashtirilgan nomi. " Efir orti radiokuzatuvi|"Aloqa vositalarining ishchi chastotalari va ish rejimlarini elektromagnit va xalaqit mavjud vaziyatlarni tahlil qilish maqsadida nazorat qilish. " Efirda bo‘lish vaqti|"1. Abonent qurilmasi radiokanalga ulanib turgan umumiy vaqt. 2. Abonent tomonidan bir oy ichida radioaloqa kanalidan jami foydalanish vaqti (minutlarda) bo‘lib, har oylik to‘lovlarni hisoblashda ishlatiladi. " Efirga chiqilmasdan amalga oshiriladigan nazorat|"Radiostansiyani halqali tekshirish rejimi, bunda qabul qilgich o‘z uzatgichining signalini qabul qiladi. " Egalik|"Obyektga egalik qilishga nisbatan mutlaq huquqlarga egalikni nazarda tutuvchi harakat. " Egallash, tutish|"Axborotni qandaydir bir qurilmadan signalni bekor qilish va rasshifrovka qilish yo‘li bilan qabul qilish. Odatda, ovoz va videoni tutish amalga oshiriladi. " Egilish tufayli yo‘qotishlar|"Toladagi so‘nish shakli. Tolaning xilma-xillik atrofida egilishi (makro egilish) yoki toladagi mikroskopik buzilish (mik-ro egilish) natijasi hisoblanadi. " Egiluvchan disk|"Kompyuter axborotni yozish uchun mo‘ljallangan, asosi yupqa egiluvchan polimer magnit moddadan plastina shaklida yasalgan magnit disk. Plastina chang va shikastlanishdan saqlovchi, ichki tomonida tozalovchi qoplama bo‘lgan zich korpusga joylashtirilgan. Korpusdagi o‘yiq maʼlumotlarni yozish va o‘qish uchun xizmat qiladi. Axborot diskda konsentrik yo‘laklar bo‘ylab joylashtiriladi va saqlanadi. " Egiluvchan magnit diskdagi o‘qish qurilmasi|"Disketadan ma’lumotlarni o‘qiydigan va ma’lumotlarni disketaga yozadigan elektron hisoblash mashinalari apparat vositalarining qurilmasi. " Egiluvchan magnit disklar diskovodi|"Egiluvchan magnit disklardagi to‘plagich. Dastlab 8"" o‘lchamga ega edi, keyinchalik esa 5,25"" gacha kichraytirildi. Oxirgi ishlatilgan disketalar 3,5"" o‘lchamli va 1.44 Mbyte hajmga ega edi. Hozirda CD-diskovod va Flash-jamlovchilar uning o‘rnini egallab olgan. " Egiluvchan to‘lqin o‘tkazgich|"Geometrik shaklining o‘zgarishi, elektr xossalari jiddiy o‘zgarishiga olib kelmaydigan to‘lqin o‘tkazgich. " Ehtimoliy shifrlash|"1. Bitta ochiq matnga shifrmatnlar to‘plami to‘g‘ri kelishi mumkin bo‘lgan shifrlash sxemasi. 2. Tasodifiy parametrlardan foydalangan holda shifrlash jarayoni. " Ehtiyoj dugasi|"Resurslarni taqsimlash grafasidagi duga, jarayonni cho‘qqidan cho‘qqiga olib o‘tadi, resurs punktir chiziq bilan ifodalanadi va bu jarayon ushbu resursni talab qilishi mumkinligini bildiradi. " Ekran|"1. Proyektor tomonidan hosil qilingan tasvir aks etayotgan yuza. 2. Matnli yoki tasvirli ixtiyoriy mazmundagi axborot ko‘rsatiladigan qurilma (televizor, monitor, elektron soatlar, telefon va h.k.). 3. Parazit nurlanishni kamaytirish va elektromagnit nurlanishlarning kabelga zararli ta’sirini kamaytirish uchun mo‘ljallangan kabelning sirtini to‘r to‘qib o‘rash. 4. Insonni yoki texnik qurilmalarni noqulay, zararli yoki bu ta’sirni uning yuzasi bilan aks ettirish orqali xavfli zararlardan himoya qilish uchun mo‘ljallangan qurilma yoki obyekt. " Ekran imitatsiyasi|"Hech narsadan gumon qilmagan foydalanuvchiga, uning nomi va parolini bilib olish uchun soxta so‘roq ekranini yoritish bilan bog‘liq ekran maskirovkasi. " Ekran klaviaturasi|"Operatsion tizimning, ekranda haqiqiy klaviatura kabi ishlaydigan virtual klaviaturani aks ettiradigan standart dasturi. " Ekran lupasi|"Turli operatsion tizimlarning maxsus imkoniyatlari tarkibiga kiruvchi dastur. Ishlash tartibi oddiy lupa kabi, ya’ni ekrandagi biror elementning qismlarini aniqroq ko‘rish yoki ko‘rish qobiliyati past bo‘lganda kattaroq qilib ko‘rsatadi. " Ekran operatsiyalarini tezlashtirgich|"Markaziy protsessorning ishtirokisiz, ekranda oynani o‘zgartirish yoki qayta chizish yo‘li bilan operatsion tizim ishini tezlatish uchun mo‘ljallangan grafik plata. " Ekran surati|"Foydalanuvchi tomonidan ekranda ko‘rinib turgan yoki boshqa qurilmani ko‘rsatishda kompyuter tomonidan olingan tasvir. Odatda, bu raqamli tasvir foydalanuvchining komandasiga asosan operatsion tizim yoki boshqa dastur tomonidan amalga oshiriladi. " Ekran o‘lchami|"Monitor ekranida chiqadigan axborot miqdorini aniqlovchi kattalik (nuqtalarda o‘lchanadi). Ekranning quyi ruxsat etish darajasida, masalan 640 x 480 da, tasvir sohasi kichrayadi va alohida elementlar kattalashadi. Yuqori ruxsat etish darajasi 1024 x 768 da esa tasvir sohasi kattalashadi va unga muvofiq alohida elementlarni kichik ko‘rinishda chiqarish mumkin bo‘ladi. " Ekran shakli|"Operator interfeysi, bunda ma’lumotlar ekrandagi maydonlarda kiritiladi va chiqariladi, operator esa, kiritish kursorini maydonlar o‘rtasida siljitib, ularning ichidagini to‘ldiradi yoki o‘zgartiradi. " Ekranlangan kamera|"Ichki va tashqi elektromagnit vaziyatni ajratish uchun ekranlash xususiyatlariga ega bo‘lgan xona. " Ekranlanmagan o‘ralgan juft|"Telefon aloqasi yoki kompyuter qurilmalarining bog‘lanishi uchun foydalaniladigan ichki sim. U egiluvchan izolyatsion trubka ichidagi ikkitalik yoki to‘rttalik o‘ralgan juft simlardan tashkil topadi va modulli tiqin yoki telefon ajratgichlardan foydalanadi. " Ekranlash|"1. Tarmoqlararo ekranning, tashqi sohadan bo‘ladigan ruxsat etilmagan so‘rovlarni rad qilgan holda, ichki soha obyektlarining xavfsizligini ta’minlaydigan funksiyasi. 2. Uzatiladigan ma’lumotlarni filtrlash yo‘li bilan tarmoqlararo foydalanishni chegaralash. " Ekranlash koeffitsiyenti|"Maydonning, ekranda hosil qilinadigan fazoning shu nuqtasidagi tashqi manbadan, susayishini tavsiflovchi koeffitsiyent. " Ekranni himoyalash dasturi|"Klavish oxirgi marta bosilgandan yoki «sichqoncha» surilgandan keyin ma’lum vaqt o‘tgach, ekranni umuman o‘chiradigan yoki vaqtda o‘zgaradigan rasmni ko‘rsata-digan dastur. Bunday dasturlar ekran lyumi-nofori tez yonib tugashining oldini olish uchun mo‘ljallangan. " Ekranni saqlovchi|"Foydalanuvchi kompyuterda ishlamayotgan vaqtida, ekranga harakatdagi tasvirni chiqaruvchi dastur. Klaviaturadan birorta klavish bosilsa yoki «sichqoncha» qimirlasa, ekran saqlovchisi chiqargan tasvir darhol yo‘qolib ketadi. Bunday dasturlar ayrim monitorlar ekranlarini lyuminofor yonishidan saqlaydi. " Ekranning kuchaytirish koeffitsiyenti|"Ekranning akslantirish xossasi kattaligining, etalon materialning xuddi shu xarakteristikaga nisbati. " Ekspert baholash|"Izlash usuli va ekspertning shaxsiy fikridan yoki ekspertlar guruhining umumiy fikridan foydalanish asosida olingan, usulni qo‘llash natijasi. " Ekspert darajadagi tarmoqlararo ekran|"Paketlarni filtrlashning maxsus algoritmlari. Ular yordamida har bir paket mualliflashtirilgan paketlarning ma’lum namunasi bilan taqqoslanadi. Qabul qilinadigan paketlarning ichidagi VOS modelining uchta: tarmoq, seans va amaliy darajalarida tekshiriladi. " Ekspert tizimi|"Malakali ekspertlarning bilimi, tajribasi hamda kompyuterlarning imkoniyatlari asosida vazifalarni hal qilish uchun yaratilgan sun’iy intellekt tizimi. Ekspert tizimi – bu, kompyuter uchun dastur bo‘lib, uning yordamida rasmiy, absolyut aniq yechimlar olish mumkin bo‘lmagan vaziyatda maqbul yechim olish mumkin bo‘ladi. Ekspert tizimi odatda, uchta blokdan, ya’ni bilimlar bazasi, mantiqiy xulosa bloki, foydalanuvchi bo‘lgan interfeysdan iborat bo‘ladi. " Ekspert xulosasi|"Ekspertiza obyektining talablarga mos kelishi yoki to‘g‘risida asoslangan xulosalarni ichiga oladigan hujjat. " Eksploit|"Kompyuter tizimiga dasturiy ta’minotning zaif joyidan foydalanish orqali hujum qilish. Keyinchalik tizimga hujum qilish maqsadidagi g‘araz niyatli foydalanuvchi huquqlarini oshirishda foydalaniladi. " Ekspluatatsion dasturlash|"Dasturning, dastur buyurtmachida joriy qilingandan so‘ng o‘zgartirilishi. Yangi funksional imkoniyatlarni qo‘shish, xatolarni tuzatish yoki foydalanishda qulayroq qilish maqsadida bajariladi. " Eksport|"Bir platformadagi ma’lumotlar bazasi ma’lumotlarini boshqa platformadagi ma’lumotlar bazasiga yoki bir formatdagi fayl ma’lumotlarini boshqa dasturdan foydalanish uchun boshqa formatdagi faylga o‘tkazish. " Ekstent|"Kirish/chiqarish qurilmasidagi, ma’lumotlarning muayyan jami uchun band qilingan yoki zaxiralangan fizik soha. " Ekstrakod|"Operatsion tizim ichidagi, apparat funksiyalarni emulyatsiyalaydigan qisqa kichik dasturlar. " Ekstranet tarmog‘i|"Yopiq korporativ intratarmoqni kengaytirish natijasida hosil bo‘lgan tarmoq. U biznesni samaraliroq olib borish uchun tashkilot axborot tizimidan tanlov asosida foydalanish zarurati bo‘lgan mijoz, yetqazib beruvchi, subpudratchi va ishchan hamkorlarni hamda tashkilotga nisbatan boshqa tashqi tomonlarni o‘zaro bog‘laydi. " Ekstremal dasturlash|"Dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish metodologiyalaridan biri. " Ekvayrer (bank-ekvayrer)|"To‘lov tizimi vositalari bilan xizmat ko‘rsatish ishtirokchilarining o‘zaro hamkorligini taʼminlash bo‘yicha zarur operatsiyalar bajarilishini amalga oshiradigan moliya tashkiloti. " Ekvidistant antenna panjarasi|"Qo‘shni elementlar o‘rtasida bir xil masofaga ega liniya antenna panjarasi. " Ekvidistant elementlar|"Bir-biriga nisbatan bir xil masofada joylashgan antenna panjarasining elementar nur tarqatgichlari. " Ekvivalent izotrop nurlanuvchi quvvat (e.i.n.q.)|"Antennaga uzatiladigan quvvatning, izotrop antennaga nisbatan berilgan yo‘nalishda bu antennaning kuchaytirish koeffitsientiga ko‘paytmasi. Izoh – Izotrop antenna, unga 1kW quvvat uzatilganda barcha yo’nalishlarda 1 kW ga teng e.i.n.q. ni taʼminlaydi, va 1km masofada 173 mV/m maydon kuchlanganligini hosil qiladi, deb hisoblanadi. " Elektr pastga og‘ish|"Antenna elementlarini fazalash yo‘li bilan yoki analog elektr vositalar yordamida amalga oshiriladigan antennaning pastga og‘ishi. Elektr ravishda o‘chiriladigan dasturlashtiriladigan doimiy xotira qurilmasi ing. - electrically (electrical) erasable programmable read-only memory (EEPROM) ru – электрически стираемое программируемое постоянное запоминающее устройство Kam ishlatiladigan yarim o‘tkazgich turiga tegishli dasturlashtirilgan doimiy xotira qurilmasi, uni tozalash yoki qayta dasturlash uchun elektr signallardan foydalaniladi. Ushbu signallar mikrosxemaning maxsus oyoqchalariga kompyuterning o‘zi yoki tashqi qurilma (dasturlovchi) tomonidan yuboriladi. 10 dan 100 ming siklgacha qayta yozish imkoniyatini beradi. " Elektr skanlanadigan antenna panjarasi|"Nurning elektr skanlanishi uning parametrlarini elektr boshqarish vositasida amalga oshiriladigan antenna panjarasi. " Elektr ta’minot tarmog‘i bo‘yicha xalaqitga chidamlilik (hisoblash texnikasi vositasining)|"Hisoblash texnikasi vositasining tarmoq xalaqitlari ta’siriga chidamliligi. " Elektrolyuminessensiya|"Elektr maydoni yoki tok qo‘zg‘atadigan lyuminessensiya. " Elektrolyuminoforlar|"Elektrolyuminessensiya xossasiga ega bo‘lgan moddalar. " Elektromagnit moslashuv|"Turli radioaloqa vositalaridan birgalikda foydalanish mumkin bo‘lgan hamda ularning o‘zaro ta’siri aloqa sifatining belgilangan normalardan pasayishiga olib kelmasligini kafolatlaydigan sharoit. " Elektromagnit moslashuv darajasi (hisoblash texnikasi vositasining)|"Parametrlarining qiymatlari qat’iy belgilangan tashqi xalaqitning hisoblash texnikasi vositasining xalaqit emissiyasiga bo’lgan normasi bilan xalaqitga chidamlilik normasi o‘rtasida yotuvchi, darajasi. Real sharoitlarda uning oshib ketish ehtimoli kam. " Elektromagnit moslashuv xarakteristikasi|"Texnik vositaning berilgan elektromagnit vaziyatda ishlash imkoniyatini va/yoki uning boshqa texnik vositalarga ta’siri darajasini ko‘rsatadigan xarakteristikasi. " Elektromagnit nurlanish|"Energiyaning manbadan elektromagnit to‘lqinlar ko‘rinishida fazoga nurlanish jarayoni. " (Elektromagnit nurlanishdan) biologik himoya|"Sanitariya normalari bilan belgilangan sathlarga mos keladigan elektromagnit nurlanishlarning qat’iy belgilangan darajalarini ta’minlash. " Elektromagnit to‘lqinlar dispersiyasi|"Elektromagnit to‘lqin fazaviy tezligining chastotaga bog‘liqligi. " Elektromagnit to‘lqinlarning nurlanishi|"Istalgan manbadan chiqayotgan energiyaning elektromagnit to‘lqinlar shaklidagi oqimi. " Elektromagnit to‘lqinlarning qaytishi|"Elektromagnit to‘lqinlar tarqalish yo‘nalishining ikki muhit chegarasida o‘zgarishi, bunda bo‘linish chegarasiga tushayotgan to‘lqin qisman yoki to‘liq holda o‘zi kelayotgan muhitga qaytadi. " Elektromagnit xalaqit|"Manbai tabiatdagi fizik hodisalar bo‘lgan elektromagnit xalaqit. " Elektromagnit xalaqitga chidamlilik; xalaqitga chidamlilik|"Texnik vositaning, elektromagnit xalaqitlar mavjudligi sharoitida sifatni pasaytirmasdan ishlash qobiliyati. " Elektromagnit xalaqitlardan himoyalash|"Telekommunikatsiya signalini elektromagnit xalaqitlardan himoya qilish maqsadida izolyatsiyalash. " (Elektromagnit) ta’sirchanlik|"Retseptorning elektromagnit xalaqitga ta’sirchanlik qobiliyati. " Elektromagnit g‘alayonlanish|"Qurilma, uskuna yoki tizim xarakteristikalarini yomonlashtirishi mumkin bo‘lgan har qanday elektromagnit hodisa. " Elektron arxiv|"Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda saqlanishi zarur bo‘lgan elektron hujjatlar to‘plami. " Elektron autsorsing|"Boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga biznes-jarayonlar bajarilishini topshirish, axborot texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan xizmatlarni taqdim etish. " Elektron axborot-xizmati hujjati|"Elektron raqamli imzo bilan himoyalangan, hisob-kitobni amalga oshirishda va banklarda ochilgan schyotlar (hisob varaqlari) bo‘yicha operatsiyalarni o‘tkazishda axborot almashinuvini taʼminlaydigan hujjat. " Elektron bildirish|"Axborot tizimi vositasida jismoniy yoki yuridik shaxsni davlat organi yoki boshqa tashkilotning elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish yuzasidan harakatlarini tasdiqlash to‘g‘risida xabardor qilish. " Elektron biznes|"Samaradorligi va raqobatbardoshliligi axborot texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan biznes. Izoh – Elektron biznes sheriklar va buyurtmachilar bilan bo‘ladigan butun o‘zaro munosabatlar tizimini qamrab oladi va faqat tijoriy faoliyatga taalluqli bo‘lgan elektron tijorat tushunchasini ichiga oladi. " Elektron boshqaruvchi qurilma|"Tashqi qurilmalar ishini boshqarish uchun mo‘ljallangan qurilma (mikrosxema). " Elektron bozor|"Yagona axborot-texnologik infratuzilmada o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradigan yetkazib beruvchilar va xaridorlar guruhi. " Elektron davlat xizmati|"Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilgan holda ko‘rsatiladigan davlat xizmati. " Elektron davlat xizmati reglamenti|"Elektron davlat xizmati ko‘rsatish tartibi va unga qo‘yiladigan talablarni belgilaydigan normativ-huquqiy hujjat. " Elektron davlat xizmatini ko‘rsatish natijasi|"Talabnoma beruvchilar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining amalga oshirilishi, shu jumladan, ularga tegishli axborot va hujjatlarning taqdim etilishi. Davlat organlari tomonidan elektron davlat xizmati ko‘rsatish reglamentiga muvofiq tegishli ishlarni amalga oshirishda ifodalanadi. " Elektron davlat xizmatlarining yagona reyestri|Elektron davlat xizmatlarining to‘liq ro‘yxatini ichiga oladigan interaktiv davlat xizmatlarining yagona portalida e’lon qilinadigan, davlat xizmatlari, shakllari va blanklari yagona reyestri tarkibida shakllantiriladigan, Internet tarmog‘idagi ochiq va hamma foydalana oladigan axborot resursi. Elektron demokratiya|"Mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarishdan tortib xalqaro darajagacha bo‘lgan barcha bosqichlarda jamoaviy fikrlash (kraudsorsing) va ma’muriy jarayonlar (xabardor qilish, birgalikda qarorlar qabul qilish – elektron ovoz berish, qarorlar bajarilishini nazorat qilish) uchun asosiy vosita sifatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bilan tavsiflanadigan demokratiya shakli. " Elektron disk|"Tezkor xotira qismidan dasturiy tarzda yaratilgan psevdodiskli to‘plagich. Operatsion tizim u bilan real mavjud bo‘lgan disk bilan ishlagandek ishlaydi. Ma’lumotlardan foydalanishni tezlatish maqsadida fizik mavjud diskdan ma’lumotlarni vaqtinchalik takrorlash uchun foydalaniladi, chunki tezkor xotira diskli xotiraga nisbatan birmuncha tez ishlaydi. Ko‘pincha, virtual disk deb ataladi. " Elektron (elektr) sinov jadvali|"Elektr vositalari yordamida olingan signal hosil qilgan televizion sinov jadvali. " Elektron e’lonlar taxtasi|"Terminal kira olish interfeysi orqali elektron pochtadan foydalanish, kerakli fayllarni ko‘chirib olish va alohida Internet-xizmatlaridan foydalanish tizimi. Uning asosini turli foydalanuvchilar joylashtirgan e’lonlar va ularni boshqa foydalanuvchilarga namoyish qilish maqsadida yuborilgan xabarlardan iborat maxsus ma’lumotlar bazasi tashkil qiladi. " Elektron hisoblash mashinasi|"Elektron asboblari bo‘lgan hisoblash mashinasi. " Elektron hujjat|"1. Elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa elektron hujjat rekvizitlariga ega bo‘lgan axborot. 2. Hisoblash tizimi xotirasidagi odamning dasturiy va apparat vositalari yordamida ko‘rishi hamda eshitishi uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar to‘plami. Matnli, grafik va ovozli axborotga ega bo‘lishi mumkin. " Elektron hujjat aylanishi|"Axborot tizimi orqali elektron hujjatlarni jo‘natish va olish jarayonlarining majmui. " Elektron hujjat aylanishi ishtirokchisi|"Elektron hujjatni jo‘natuvchi va elektron hujjatni oluvchi. Izoh – Elektron hujjat aylanishida axborot vositachilari ham ishtirok etishlari mumkin. " Elektron hujjat aylanishi tizimi|"1. Elektron hujjatlar bilan ishlash (yaratish, o‘zgartirish, izlash), shuningdek, xodimlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik o‘rnatish (hujjatlarni uzatish, topshiriqlar berish, xabarnomalar jo‘natish va b.lar) imkonini beradigan kompyuter dasturi (dasturiy ta‘minot, tizim). 2. Elektron hujjatlar bilan ishlash (ya’ni, elektron hujjat aylanishi) ni tashkil qilish va avtomatlashtirishga imkon beradigan tizim (kompyuter dasturi, dasturiy ta’minot va b.lar). " Elektron hujjat aylanishi vositalari|"Elektron hujjat aylanishida qo‘llaniladigan dasturiy, texnik va texnologik vositalar majmui. " Elektron hujjat egasi|"Qonun hujjatlarida belgilangan huquqlar chegarasida elektron hujjatlarga egalik qilish, foydalanish va boshqarishni amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs. " Elektron hujjat formati|"«Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi Qonuni yoki tizim ishtirokchilarining kelishuvlari bilan o‘rnatilgan еlektron hujjatning majburiy standartlashtirilgan rekvizitlari. " Elektron hujjat haqiqiyligini tasdiqlash|"Elektron hujjat barcha rekvizitlari o‘zgarmasligini tekshirishning ijobiy natijasi. " Elektron hujjat rekvizitlari|"Elektron hujjatning haqiqiyligini tan olish uchun zarur bo‘lgan majburiy ma’lumotlar (elektron raqamli imzo, yuridik shaxsning nomi yoki elektron hujjat jo‘natuvchisi – jismoniy shaxsning familiyasi, ism-sharifi, elektron hujjat jo‘natuvchisining pochta va elektron manzili, uning yaratilish sanasi). " Elektron hujjatlar qiymati ekspertizasi|"Elektron hujjatlarning, ularni saqlash uchun saralash va ularni saqlash muddatlarini belgilash maqsadida, qiymatini aniqlash. " Elektron hujjatlar repozitoriyi|"Elektron hujjatlar qayta ishlanishini va saqlanishligini ta’minlaydigan, shuningdek, Yagona portalda shakllantirilgan elektron hujjatning haqiqiyligini tekshirish vositalarini taqdim etadigan axborot resursi. " Elektron hujjatlarni boshqarish tizimi|"Elektron hujjatlar bilan ishlash jarayonini avtomatlashtirish tizimi. Hujjatlar arxivini va ish jarayonlarini avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan dasturiy ta’minotni o‘z ichiga oladi. " Elektron hujjatni identifikatsiyalash|"Elektron hujjatning rekvizitlari asosida uning tuzilmasini aniqlash. " Elektron hujjatni jo‘natuvchisi|"Elektron hujjat rekvizitlarida nomi ko‘rsatilgan hamda elektron hujjat oluvchisiga elektron hujjatni jo‘natayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs. " Elektron hujjatni qabul qilib oluvchi|"Elektron hujjatning jo‘natuvchisi tomonidan elektron hujjat manzillangan yuridik yoki jismoniy shaxs. " Elektron hujjatni qayta tiklash|"Odamning bevosita idrok qilishi uchun qulay bo‘lgan elektron hujjatni amalga oshirish. " Elektron hujjatni tuzuvchi|"Saqlash uchun kimdir tomonidan yoki kimningdir nomidan elektron hujjatni jo‘natgan yoki tayyorlagan shaxs. " Elektron hujjatning asl nusxasi|"Elektron hujjatning aynan bir xil nusxasi, basharti u belgilangan tartibda haqiqiy deb tasdiqlangan bo‘lsa, asl nusxadir. " Elektron hujjatning nazorat xarakteristikasi|"Xeshlash vositalari yordamida ishlab chiqilgan va elektron hujjatning yaxlitligini tasdiqlash uchun mo‘ljallangan xesh funksiyaning ahamiyati. Izoh – Elektron hujjatning yaxlitligi, unga ruxsat etilmagan o‘zgarishlar kiritilmaganligini va elektron hujjatni qayta ishlashda yoki uni aloqa kanallari bo‘yicha uzatishda mashina tashuvchilaridagi shikastlanishlar va dasturiy-texnik vositalardagi nosozliklar natijasida buzilmaganligini ko‘rsatadi. " Elektron hujjatning qog‘ozdagi nusxasi|"Elektron hujjatning qog‘ozdagi nusxasining tashqi shaklini ifodalashni qonunchilik tomonidan o‘rnatilgan tartibda guvohnomalash yo‘li bilan yaratiladi. Elektron hujjatning qog‘ozdagi nusxasi qonunchilik bilan o‘rnatilgan tartibda guvohnomalanadi va saqlanadi. " Elektron hukumat|"Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash yo‘li bilan, davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatini, shuningdek, idoralararo elektron o‘zaro hamkorlikni taʼminlashga yo‘naltirilgan, tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimi. " Elektron hukumat infratuzilmasi|"Elektron shaklda funksiyalarni amalga oshirish va xizmatlar ko‘rsatishda davlat hokimiyati organlari, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari, fuqarolar va yuridik shaxslarning o‘zaro hamkorligini ta’minlaydigan, joylashtirilgan davlat axborot tizimlari, dasturiy-apparat vositalari va aloqa tarmoqlarining majmui. " Elektron hukumat yagona identifikatorlari|"Har bir jismoniy va yuridik shaxsga, kadastr va ko‘chmas mulk obyektlariga, geografik va boshqa obyektlarga beriladigan hamda ularni elektron hukumatda identifikatsiya-lash imkonini beradigan noyob kodlar. " Elektron iqtisodiyot|"Raqamli texnologiyalarga asoslangan iqtisodiy faoliyat. " Elektron ish yuritish|"Elektron hujjatlashtirishni va elektron hujjatlar bilan ishlashni qamrab oladigan tashkil qilish faoliyati. " Elektron jadval|"Har xil hisoblash vazifalari uchun mo‘ljallangan dasturiy mahsulot. Foydalanuvchiga yacheykalarida matnli va sonli ma’lumotlar, shuningdek, formulalar saqlanadigan jadval ko‘rinishida taqdim qilinadi. Qo‘yilgan formulalar bo‘yicha tezkor hisoblash mumkin, ma’lumotlar o‘zgarganda avtomatik qayta hisoblash bajariladi. Elektron jadvallar ‒ boshqarish tizimi bilan birgalikdagi spetsifik ma’lumotlar bazasidir. Dasturchi bo‘lmagan foydalanuvchi uchun mo‘ljallangan. " Elektron jurnal|"Kompyuter dasturi yaratadigan, qandaydir voqea yoki operatsiya to‘g‘risidagi axborotni maxsus faylga yozish. " Elektron kalit|"Dasturiy mahsulotlarni noqonuniy ko‘pay-tirish va foydalanishdan muhofaza qilish qurilmasi. Elektron kalit – bu qandaydir parol yozilgan xotirali mikrosxemadan iborat, kichik o‘lchamdagi blokdir. Blok kompyuterning parallel portiga ulanadi, printer yoki boshqa qurilmani ulashga xalaqit bermaydi. Himoyalangan dastur ishga tushirilganda elektron kalitda yozilgan parol tekshiriladi. " Elektron karmon|"Elektron pullarni saqlash va turli to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradigan, ichiga chip o‘rnatilgan smart-karta yoki boshqa elektron tashuvchi. Izoh – Umuman olganda elektron karmon tushunchasi yaqindan ommalashib bormoqda. " Elektron kitob|"Raqamli ko‘rinishdagi, stol, cho‘ntak kompyuterlaridagi, noutbuklardagi, shuningdek, bu maqsad uchun maxsus mo‘ljallangan kompyuterlardagi maxsus dasturiy ta’minot (masalan, Microsoft Reader) yordamida o‘qish uchun mo‘ljallangan kitob. Kitob tegishli tugmalarni bosish orqali varaqlanadi. Matnni kompyuterning yoritiladigan displeyida batareya yoki akkumulyatorning ishlash muddati mobaynida o‘qish mumkin. " Elektron kommunikatsiya|"Qatnashchilarning elektron aloqa kanallari bilan bevosita ifodalangan o‘zaro aloqasi. " Elektron litsenziyalash portali|"Litsenziyalash va ruxsat beradigan protseduralar sohasida interaktiv xizmatlarni taqdim etishning «Litsenziya» axborot tizimlari kompleksi. Bu kompleks elektron ko‘rinishda litsenziyalar va ruxsatnomalar rasmiylashtirilishini avtomatlashtirishdan foydalanishning yagona nuqtasi hisoblanadi. " Elektron marka|"Oddiy va buyurtma xatlar, pochta varaqchalari va banderollarga tushirish uchun mo‘ljallangan, qo‘shimcha axborot kiritilgan, pochta aloqasi xizmatlariga to‘lovni tasdiqlovchi shtrixli pochta identifikatori ko‘rinishidagi pochta markasi. " Elektron maydon|"Internet tarmog‘ida joylashtirilgan umumiy foydalanishdagi axborot tizimi. Jumladan, axborot tizimi deganda, ma’lumotlar bazalarida bo‘lgan axborot va uning qayta ishlanishini ta’minlaydigan axborot texnologiyalari hamda texnik vositalar majmui tushuniladi. Elektron maydon: - saytning Internet tarmog‘idagi domen nomi; - ma’lumotlar bazasi; - dasturiy-apparat kompleksi; - aloqa kanali; - texnik ta’minot xizmati kabi beshta elementdan iborat. " Elektron ma’lumotlar|"1. Elektron vositalar yordamida shakllantiriladigan, qayta ishlanadigan, saqlanadigan, jo‘natiladigan va olinadigan ma’lumotlar. 2. Elektron, optik yoki shunga o‘xshash vositalar yordamida tayyorlangan, jo‘natilgan, olingan yoki saqlanadigan axborot, shu jumladan ma‘lumotlar bilan elektron almashish, elektron pochta, telegraf, teleks yoki telefaks va b.lar. " Elektron ma’lumotlar almashinuvi|"Axborotni bir kompyuterdan boshqasiga, kelishilgan axborotni tizimlashtirish standartidan foydalanib, elektron uzatish. " Elektron ma’lumotlarni jo‘natuvchi|"Nomiga yoki nomidan elektron ma’lumotlar yuboriladigan yuridik yoki jismoniy shaxs, bu ma’lumotlarga nisbatan axborot vositachilari sifatida ish ko‘radigan shaxslardan tashqari. " Elektron maʼlumotlarni oluvchi|"Jo‘natuvchi tomonidan yoki jo‘natuvchi nomidan, elektron maʼlumotlar jo‘natiladigan yuridik yoki jismoniy shaxs, bu maʼlumotlarga nisbatan axborot vositachisi sifatida ish ko‘radigan shaxslardan tashqari. " Elektron muhofaza qilish qurilmasi|"Kompyuter tarkibidagi qulf, javob bergich va sh.k. funksiyalarni bajaruvchi va dasturni hamda ma’lumotlarni ruxsat etilmagan tarzda foydalanishdan muhofaza qilish uchun mo‘ljallangan elektron qurilma. " Elektron naqd pullar|"Hisob-kitoblar uchun, shu jumladan Internet tarmog‘idan foydalanib amalga oshiriladigan hisob-qitoblar uchun foydalaniladigan, bank yoki boshqa tuzilma tomonidan elektron (raqamli) sertifikatlar shaklida emissiya qilingan, ko‘rsatuvchiga bo‘lgan pul majburiyatlari. Izoh – Elektron naqd pullarning bank kafolatlari, majburiyatni uning emitentiga taqdim etish paytida oddiy pul mablag‘lari bilan taminlashdan iborat. " Elektron nashr|"Internet yoki boshqa onlayn xizmatlar orqali foydalanish mumkin bo‘lgan nashr. " Elektron-nurli trubka|"Tasvirlarni qayta tiklash qurilmasi, unda elektr signal ekranning ichki tomonidagi lyuminaforlarning yorug‘lanishiga sababchi bo‘ladigan elektron nurga aylantiradi. CRT qisqartmasini, shuningdek, Cathode Ray Terminal kabi ham o‘qish mumkin, bu trubkaning o‘ziga emas, balki unga asoslangan qurilmaga mos keladi. " Elektron-nurli trubka asosidagi displey|"Ekranida tasvir elektron-nurli trubka yordamida yaratiladigan displey. Ishlash uchun, displeydan tashqari tegishli adapter yoki karta zarur bo‘ladi. Rangli tasvirni yaratish uchun va grafikadan foydalanish mumkin bo‘lishi uchun grafik adapter zarur. Elektron-nurli trubka asosidagi displeyda tasvir fluoressensiyalanadigan ekranni elektron nur bilan bombardimon qilish orqali yaratiladi. Nur ekran bo‘ylab chapdan o‘ngga, yuqoridan pastga harakatlanadi, bitta o‘tish ichida barcha gorizontal satrlar shakllantiriladi. Displeyning satr chastotasi – displey 1 s ichida shakllantiradigan satrlar soni; kadrlarning yangilanish chastotasi (kadr chastotasi) muhim ko‘rsatgichlar hisoblanadi. Raqamli boshqariladigan displeylar keng tarqalgan. Yaqin vaqtda displeyli panellarga ommaviy o‘tish kutilmoqda. " Elektron-optik o‘zgartirgish|"Tasvirning spektral tarkibini o‘zgartirish va/yoki tasvir yorqinligini kuchaytirish uchun mo‘ljallangan fotoelektron elektrovakuum asbob. " Elektron ovoz berish|"Ovoz berishning har xil turlarini belgilay-digan, ham elektron ovoz berish vositalarini (elektron demokratiya), ham ovozlarni sanab chiqishning texnik elektron vositalarini qam-rab oladigan atama. Internet-saylovlar elek-tron ovoz berishning bir ko‘rinishi hisoblanadi. Elektron ovoz berish texnologiyalari perfokartalarni, optik skanlash tizimlarini va ovoz berish uchun mo‘ljallangan ixtisoslash-tirilgan terminallarni o‘z ichiga olishi mumkin. Bu texnologiyalar, shuningdek, saylov byulletenlari va ovozlar telefon, xususiy kompyuter tarmoqlari yoki Internet orqali uzatilishini ham o‘z ichiga olishi mumkin. Elektron ovoz berish texnologiyasi ovozlarni sanab chiqish jarayonini tezlashtirish, shuningdek, imkoniyati cheklangan odamlarning ovoz berishini osonlashtirish imkonini beradi. " Elektron papka|"Elektron hujjatlarning o‘zaro bog‘langan to‘plami. " Elektron pochta|"1. Bir elektron pochta qutisidan boshqa bir elektron pochta qutisiga xabarlar jo‘natish yoki olish imkonini beradigan dasturiy-texnik vositalar kompleksi. 2. Internet tarmog‘ining istalgan abonenti bilan elektron pochta xabarlarini almashinish. 3.Tarmoqlar orqali xabarlarning foydalanuvchidan foydalanuvchiga yuborilishini, shuningdek, bu xabarni o‘qish va saqlash imkonini beradigan servis dasturlar tizimi. " Elektron pochta hisobga olish yozuvi|"Foydalanuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan yozuv, bunda foydalanuvchi o‘zi haqida elektron pochta tizimiga xabar beradi. " Elektron pochta Internet-xizmatlari|"Xizmatlar isteʼmolchisiga manzilni berish va bu manzilga maʼlumotlar qabul qilish, shuningdek, xizmatlar isteʼmolchisiga yuborilgan yoki uning nomiga kelgan maʼlumotlarni saqlash va jo‘natish bo‘yicha harakat yoki faoliyat. " Elektron pochta manzili|"Elektron pochta xabari yetkazib berilishi kerak bo‘lgan pochta qutisini identifikatsiya qiladigan yozuv. User@domain (masalan, chief@ pcweek.ru) formatiga ega. Ko‘pchilik Internet provayderlari elektron pochta manzili sifatida hisobga olish yozuvini taklif qiladilar. " Elektron pochta qutisi|"Internet tarmog‘i orqali xabarlarni olish yoki jo‘natish uchun noyob raqamdan (elektron pochta manzilidan) foydalaniladigan dasturiy-texnik vositalar kompleksi. " Elektron pochta serveri|"Ayrim lokal tarmoq kompyuterlari uchun elektron pochtani jo‘natish, qabul qilib olish va «taqsimlash»ni bajaradigan kompyuter va dasturiy ta’minot. " Elektron pochta xizmati|"Elektron pochta serveri tomonidan ko‘rsatiladigan xizmat, ya’ni mijoz o‘z serverini joriy xizmatga moslaganda u elektron xatlarini shu server orqali uzatish va qabul kilish imkoniga ega bo‘ladi. " «Elektron pochta» xizmatlari|"Istalgan foydalanuvchiga matn yoki matn ko‘rinishiga o‘zgartirilgan ixtiyoriy faylni jo‘natish imkonini beradigan xizmatlar. " Elektron pullar|"1. Kompyuterda yoki intellektual kartada maxsus yozuvlar ko‘rinishida mavjud bo‘lgan, aniq bir axborot texnologiyasi doirasida kontragentlarning o‘zaro hisob-kitoblari va xaridlar uchun foydalaniladigan pullar. 2. Emitentga bo‘lgan talabni o‘zida ifodalaydigan, elektron qurilmada saqlanadigan, chiqariladigan pul qiymatidan kam bo‘lmagan miqdorda mablag‘ olingandan so‘ng emissiya qilinadigan va boshqa korxonalar tomonidan to‘lov vositasi sifatida qabul qilinadigan pul qiymati. Izoh – yandexmoney, webmoney, qiwi karmon an’anaviy elektron pullarga kiradi. " Elektron pullar sohasidagi muassasa|"Elektron pullar shaklida to‘lov vositalari chiqaradigan (kredit muassasasiga qaraganda boshqacha) korxona yoki har qanday yuridik shaxs. " Elektron raqamli imzo|"Elektron raqamli imzo yopiq kalitidan foydalangan holda elektron hujjatdagi axborotni maxsus almashtirish natijasida ushbu elektron hujjatda hosil qilingan va elektron raqamli imzo ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborot buzib ko‘rsatilmaganligini aniqlash hamda elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkonini beradigan imzo. " Elektron raqamli imzo haqiqiyligini tasdiqlash|"1. Elektron raqamli imzo elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga tegishliligini va elektron hujjatda axborotni buzib ko‘rsatishlar yo‘qligini tekshirishning ijobiy natijasi. 2. Elektron raqamli imzoni tekshirish maʼlumotlarini muayyan shaxs bilan bog‘laydigan va bu shaxsning aynan o‘xshashligini tasdiqlaydigan elektron guvohnoma. " Elektron raqamli imzo haqiqiyligini tekshirish|"Reglamentlangan harakatlar ketma-ketligi, uning natijasida elektron raqamli imzo bilan imzolangan elektron hujjatni va ro‘yxatga olish guvohnomasi egasining ochiq kalitini olgan shaxs, elektron raqamli imzo haqiqiyligini tasdiqlaydi yoki uni rad etadi. " Elektron raqamli imzo kalitining sertifikati|"1. Ro‘yxatga olish markazi tomonidan berilgan va tasdiqlangan, elektron raqamli imzo ochiq kaliti muayyan yuridik yoki jismoniy shaxsga tegishliligini tasdiqlaydigan hujjat. Izoh – Sertifikat elektron raqamli imzo ochiq kalitidan foydalanish xavfsizligini taʼminlash uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha axborotni ichiga olishi mumkin. Sertifikat elektron hujjat shaklida berilganda, ushbu Markazning elektron raqamli imzosi bilan imzolanadi. 2. Ro‘yxatga olish markazi tomonidan berilgan va tasdiqlangan, elektron raqamli imzo ochiq kaliti imzo kaliti sertifikatining egasiga tegishliligini tasdiqlaydigan hujjat. " Elektron raqamli imzo kalitlarini qayd etish markazi|"Maxsus vakolatli organning davlat ro‘yxatidan o‘tgan va elektron raqamli imzo kalitlarining sertifikatlarini berish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs. " Elektron raqamli imzo vositalari|"1. Elektron hujjatda elektron raqamli imzo yaratilishini, elektron raqamli imzo haqiqiyligi tasdiqlanishini, elektron raqamli imzo ochiq va yopiq kaliti yaratilishini taʼminlaydigan texnik va dasturiy vositalarning majmui. 2. Kalitlarni tayyorlash, elektron raqamli imzoni ishlab chiqish va/yoki tekshirish funksiyalarini amalga oshiradigan dasturiy va texnik vositalar majmui. " Elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasi|"Elektron raqamli imzoni yaratadigan (elektron hujjatni imzolaydigan) va nomiga ro‘yxatga olish markazi tomonidan elektron raqamli imzo sertifikati berilgan jismoniy shaxs. " Elektron savdo|"1. Internetda elektron hujjat aylanishi orqali amalga oshiriladigan savdo. 2. Elektron aloqa vositalaridan, birinchi navbatda, Internet tarmog‘idan foydalangan holda tovarlar, ishlar, xizmatlarni xarid qilish va sotish, foydalanish va elektron kontent huquqlarini o‘z ichiga olgan iqtisodiyot segmenti. " Elektron servis|"Elektron servis iste’molchisiga idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik tizimi orqali taqdim etiladigan, reglamentlangan xizmat ko‘rsatish turi. Elektron servisning asosiy turlari: - idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik tizimiga ulangan axborot tizimidan so‘ralgan axborotni olish; - idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik tizimiga ulangan axborot tizimiga axborot uzatish; - idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik tizimining ishlashi bo‘yicha axborot-tahliliy hisobotlarni olish. " Elektron servislar reyestri|"Idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik tizimining, elektron servislar tavsiflari saqlanishini, shuningdek, kerakli servislarni topish uchun bu tavsiflardan foydalanishni ta’minlaydigan kichik tizimi. " Elektron so‘rov|"Butunjahon Internet axborot tarmog‘ida va ommaviy ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkaziladigan, yuridik va jismoniy shaxslar so‘rovi. " Elektron tender maydoni|"Foydalanuvchilarga elektron tijoriy faoliyatni amalga oshirish uchun virtual axborot makonini taqdim etadigan ixtisoslashtirilgan Internet-resurs. Amalda birja rolini bajargan, olisdagi qatnashchilar o‘rtasida onlayn rejimida kelishuvlarni olib borishga imkon yaratgan holda, elektron auksion formatida tashkil qilinishi mumkin. " Elektron tijorat|"Axborot tizimlaridan foydalangan holda amalga oshiriladigan, tovarlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatishga doir tadbirkorlik faoliyati. " Elektron tijorat ishtirokchisi|"Elektron tijoratni amalga oshiradigan jismoniy va yuridik shaxs, shuningdek, tegishli tovarlar (ishlar, xizmatlar) xaridorlari hisoblanadigan yuridik va jismoniy shaxslar. " Elektron tijoratni yuritish bo‘yicha xizmatlar sifatining kafolati|"Xizmatlardan foydalana olishlik, korporativ maʼlumotlarning muhofaza qilinishi, biznes-jarayonlarni taʼminlashning yuqori sifati va biznesni yuritish ochiqligini taʼminlashning yuridik amaliyotiga rioya qilinishining kafolati. " Elektron to‘lov|"Qonunchilikka va o‘rnatilgan protseduralarga muvofiq, elektron to‘lov hujjati yordamida o‘tkaziladigan to‘lov. " Elektron to‘lov hujjati|"Belgilangan shaklda birlamchi pul-hisob-kitob hujjati asosida yaratilgan, tashabbuskor bank va bank mijozining «Elektron» belgisi bo‘lgan noyob elektron raqamli imzo bilan himoyalangan to‘lov hujjati, uning aniq nusxasi hisoblanadi va elektron raqamli imzoni hamda rasmiylashtirishning to‘g‘riligini tekshirish ijobiy natija bergan sharoitda, asl nusxaning yuridik kuchiga ega bo‘ladi. " Elektron to‘lov hujjatini qayta ishlash|"Elektron to‘lov hujjati operatsiyalari – to‘plash, kiritish, yozish, o‘zgartirish, solishtirib tekshirish, saqlash, yo‘q qilish, qayd etishlarning butun jami. " Elektron to‘lov tizimi|"Texnik vositalardan, axborot texnologiyalaridan va axborot tizimlarining xizmatlaridan foydalanib, elektron to‘lov hujjatlari vositasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish. " Elektron to‘lovlar|"Internet orqali turli xizmatlar uchun va tovarlar oldi-sotdisi paytida Internet foydalanuvchilar va moliya tashkilotlari, biznes tashkilotlar o‘rtasidagi hisob-kitoblar tizimi. " Elektron to‘lovlar tizimi|"Banklararo hisob-kitoblar elektron to‘lov hujjati asosida amalga oshiriladigan to‘lov tizimi. " Elektron to‘lovlar tizimi ishtirokchisi|"Elektron to‘lovlarni o‘tkazish bo‘yicha xizmatlarni taqdim etadigan yoki foydalanadigan jismoniy yoki yuridik shaxs. " Elektron to‘p|"Talab qilinadigan shakl va jadallikdagi yo‘naltirilgan elektronlar oqimini vujudga keltirish uchun mo‘ljallangan qurilma. Elektron to‘pdan elektron-optik o‘zgartirgichlarda, gazli lazerlarda, elektron mikroskoplarda va hokazolarda foydalaniladi. " Elektron vositalar|"Elektron ma’lumotlarni shakllantirish, qayta ishlash, saqlash, uzatish va qabul qilishda foydalaniladigan texnik vositalar. " Elektron xabar|"Elektron hisoblash texnikasi, axborotni qayta ishlash, saqlash va uzatishning boshqa elektron vositalari elementlari holatlarining to‘plami shaklida berilgan, inson tomonidan bir xil idrok qilishga yaroqli shaklga o‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan axborot. " Elektron xaridlar|"Samaradorligi Internet tarmog‘idan va korporativ intratarmoqlardan foydalangan holda taʼminlanadigan xaridlar jarayonini avtomatlashtirish va integratsiyalash. " Elektron o‘qitish|"Ham o‘qitishni ham malaka oshirishni qo‘llab-quvvatlash uchun, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bilan bog‘langan o‘quv jarayoni uchun umumiy ifoda hisoblanadigan o‘qitish. Elektron o‘qitish, shuningdek, raqamli texnologiyalar yordamida, ba’zida an’anaviy ta’lim kanallariga qo‘shimcha sifatida beriladigan bilimlarning keng spektrini qamrab oladigan veb-o‘qitish deb ham ataladi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan foydalanish, an’anaviy ta’lim va o‘qitishdan foydalana olmaydigan shaxslar uchun ayniqsa samarali. " Elektronika sanoati sohalarining alyansi|"AQSh hududida joylashgan, elektr va funksional standartlarni ishlab chiquvchi, tashkilot. " Elektrostatik xalaqit|"Elektrlash bilan shartlangan va to‘plangan elektr zaryadlari impuls toklari oqib kelishi va/yoki elektrostatik razryadlar natijasida hosil bo‘luvchi tabiiy xalaqit. " Element maydoni|"Qar.: Tasvir elementi. " Elementar oqim|"MPEG kodlashda bitta dasturga taalluqli bitta turdagi ma’lumotlar oqimi (video oqim, audio oqim, ma’lumotlar oqimi yoki boshqa axborot). " Elliptik egri chiziq asosidagi kriptografiya|"Asimmetrik shifrlash va elektron raqamli imzoning tez rivojlanib borayotgan yo‘nalishi. Bunda barcha hisoblashlar (masalan, kalitning qiymatini tanlash) elliptik egri chiziq nuqtalari ustida amalga oshiriladi, ya’ni, masalan, ikkita sonni oddiy qo‘shish o‘rniga, ma’lum qoidalarga ko‘ra egri chiziqning ikki nuqtasini qo‘shish bajariladi, bunda natija sifatida uchinchi nuqta olinadi. " Elliptik egri chiziqli kriptotizim|"Elliptik egri chiziq xossalariga asoslangan asimmetrik kriptotizim. Izoh – Masalan, guruh tuzilmasi elliptik egri chiziq nuqtalari bilan berilishi mumkin va shunday guruh uchun diskret logarifm muammosini ifodalashi mumkin. Bu muammo qat’iy hisoblanadi va shuning uchun kriptotizimni yaratishda foydalanilishi mumkin. " Elliptik qutblangan to‘lqin|"Elektr maydon kuchlanganlik vektorining uchi ellips chizadigan tarzda qutblangan elektromagnit to‘lqin. " Elliptiklik koeffitsiyenti|"Elektr va magnit maydon vektorlarining darajasi va fazaviy siljishiga bogʻliq parametr. " Eltuvchi|"Modulyatsiyalovchi signal bilan modulyatsiyalashga yaroqli bo‘lgan tebranish. Axborot uzatishda uni tashuvchi o‘rnida xizmat qiladigan garmonik elektromagnit tebranishlar chastotasi. Axborot uzatish eltuvchi chastotaning shu tebranishlarini uzatilayotgan xabarga mos signallar bilan modulyatsiyalash vositasida amalga oshiriladi. " Eltuvchi chastota|"Axborot uzatish maqsadida signallar bilan modulyatsiyalanadigan garmonik tebranishlar chastotasi. Modulyatsiyalangan signallar garmonik hisoblanmaydi, ularning spektri, eltuvchi chastotadan tashqari yon chastotalarga ega. Faqat yon chastotalar tebranishlari uzatiladigan signallarni o‘z ichiga oladi. Shuning uchun eltuvchi chastotasiz yoki bir polosali uzatish ham mumkin, bunda maxsus sxemalar yordamida modulyatsiyalangan tebranishlar spektridan eltuvchi chastota tebranishlari bartaraf qilinadi. " Eltuvchi chastota nazorat qilingan va konfliktlarning oldi olingan holda, ko‘plab foydalana olish|"Vaqt bo‘yicha kvantlashdan foydalaniladi-gan protokollar turkumiga muvofiq, foydala-na olish, bunda har bir stansiya axborotni faqat uning uchun qat’iy belgilangan vaqtda uzatishi va muhitdan foydalanish huquqini olishga so‘rovni yuborishi mumkin; har bir stansiya boshqaruvchi stansiyaga manzilla-nadigan uzatishga maxsus so‘rovni shakl-lantiradi. " Eltuvchi chastotalalrning siljishi|"Ikkita televizion radiouzatgichga xalaqitlarni ko‘rish yoki eshitishni kamaytirish uchun atayin kiritilgan tasvir eltuvchi chastotalar yoki tovush jo‘rligidagi eltuvchilarning uncha katta bo‘lmagan farqi. " Eltuvchidagi bir kanal|"Ko‘p kanalli xabarni alohida kanallarning signallari alohida eltuvchilarda uzatilgandagi, uzatish usuli. " Eltuvchidagi bir nechta kanal|"Ko‘p kanalli xabar uzatish usuli, bunda alohida kanallar signallari bitta eltuvchida ajratish usuli bilan uzatiladi. " Eltuvchidagi nominal chiqish quvvati (tovush uzatgich)|"Uzatgichning chiqish qisqichlaridagi quvvat, bunda uzatgichga normal yuklama yoki uning ekvivalent zanjiri ulangan. " Eltuvchidagi oqning etalon darajasi|"Eltuvchining, oqning etalon darajasiga mos keladigan amplitudasi. " Eltuvchiga nisbatan hisoblanadigan detsibellar (dBc)|"Yon yaproqlar bo‘ylab nurlanadigan, eltuvchi chastotaga nisbatan hisoblanadigan signal quvvatining o‘lchov birligi. " Eltuvchini nazorat qilish bilan ko‘plab foydalana olish|"Lokal kompyuter tarmog‘i umumiy uzatish muhitidan ko‘plab foydalana olish texnologiyasi. " Eltuvchini nazorat qilish va nizolarning oldini olish bilan ko‘plab foydalana olish|"Uzatish muhitidan foydalana olish uchun stansiyalar raqobatiga asoslangan tarmoqlardagi foydalana olish usuli. " Eltuvchining qoldig‘i|"Tasvir radiosignalining, bu signalning maksimal darajasiga nisbatan, foizlarda ifodalangan minimal darajasi. " Eltuvchisi bostirilgan amplituda-fazaviy modulyatsiya|"Ko‘p pozitsiyali kvadratura modulyatsiyalashning spektral samarali usuli. Bunda eltuvchi chastota N ta holatga ega kodli fazo hosil qilgan holda, faza va amplituda bo‘yicha modulyatsiyalanadi. Odatda, N ning qiymati 16 (SAR16), 64 (SAR64) yoki 128 ga (SAR128) teng. Eltuvchi chastota liniyaga uzatilmaydi, signaldan «kesib olinadi», so‘ngra qabul qilgichda tiklanadi. SAR64 modulyatsiya ADSL va HDSL (1,168 Mbit/s) abonent kirish liniyalarida, SAR128 esa, SDSL (2,32 Mbit/s) da qo‘llaniladi. " Emitent|"Plastik kartalar chiqaradigan va chiqarilgan kartalardan to‘lov vositasi sifatida foydalanilishi bilan bog‘liq moliyaviy majburiyatlar bajarilishini kafolatlaydigan moliya tashkiloti. " Emulyator|"Emulyatsiya amalga oshiriladigan dastur, apparat-dasturiy tizim yoki mikrodastur. Emulyator yordamida kompyuter boshqa mashina, qurilma yoki operatsion tizim uchun yozilgan dasturlarni bajarishi mumkin. Ular ichki sxemali, shinali va dasturiy emulyatorlarga bo‘linadi. Odatda, biror-bir tashqi qurilma tomonidan amalga oshiriladigan funksiyani bajaradigan dastur. " Emulyatsiya|"Apparat yoki dasturiy vositalar yoki ularning birikmasi bilan boshqa qurilmalar yoki dasturlar ishini qayta takrorlash. " Emulyatsiya rejimi|"Protsessorning ishlash rejimi bo‘lib, bunda protsessor boshqa modeldagi elektron hisoblash mashinasi komandalarini bajaradi. Emulyatsiya rejimidagi arxitektura yangi elektron hisoblash mashinasining eski modellar bilan qisman moslashuvini ta’minlaydi. " Energiyaga bog‘liq xotira|"Faqat kompyuter yoqilgandagina ma’lumotlarni (dasturlarni, o‘zgaruvchilarni) saqlash uchun mo‘ljallangan xotira qurilmasi. Kompyuter o‘chirilishi bilan (elektr energiya kelmaydi), xotira ichidagi yo‘qoladi, uni tiklash mumkin bo‘lmaydi. Tezkor xotira qurilmasi bunday xotiraga misol bo‘ladi. " Energiyaga bog‘liq bo‘lmagan xotira|"Elektr ta’minoti mavjudligiga bog‘liq bo‘lmagan magnit, optik yoki har qanday boshqa yozuv prinsiplariga asoslangan, ma’lumotlarni saqlash uchun mo‘ljallangan xotira qurilmasi. Masalan, elektron disklardan tashqari, har qanday diskli xotira. " Eng kam imtiyozlar|"Muhofaza tizimini tashkillashtirishning asosiy tamoyillaridan biri. Unga ko‘ra, har bir subyekt o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun mumkin bo‘lgan eng kam imtiyozlarga ega bo‘lishi lozim. Ushbu tamoyilga rioya qilish yovuz niyat, xato yoki imtiyozlardan ruxsatsiz foydalanish natijasida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan buzishlarning oldini olish imkonini beradi. " Eng kam munosib usuli|"Xotirani taqsimlashning umumiy vazifasini hal qilish usuli, bunda ro‘yxat bo‘yicha n ga nisbatan kam bo‘lmagan maksimal o‘lchamdagi bo‘sh joy tanlanadi. " Eng katta yuklama soati|"60 minutdan iborat uzluksiz vaqt intervali. Uning mobaynida telefon yuklamaning o‘rtacha intensivligi maksimal bo‘ladi. " Eng munosib usuli|"Xotirani taqsimlashning umumiy vazifasini hal qilish usuli, bunda ro‘yxat bo‘yicha n ga nisbatan kam bo‘lmagan minimal o‘lchamdagi bo‘sh joy tanlanadi. " Entropiya|"1. Xabarlarni uzatish paytida paydo bo‘ladigan u yoki bu simvollarning paydo bo‘lish ehtimolliklari bilan belgilanadigan xabar manbaining noaniqlik darajasi. 2. Axborot nazariyasida – obyekt holatining yoki qandaydir vaziyatning (tasodifiy kattalikning) noaniqlik o‘lchovi. Entropiya tushunchasi K.Shennon tomonidan kiritilgan va undan xabardagi axborotning miqdorini aniqlash uchun foydalaniladi. " Entropiyaviy kodlash, statistik kodlash|"Raqamli televizion videosignalni, uning statistik xossalaridan foydalanib, yo‘qotishlarsiz siqish bilan raqamli kodlash usuli. " Erkin fazoda uzatishdagi asosiy yo‘qotishlar|"Antennalar ideal dielektrik, bir jinsli, izotrop va antennalar o‘rtasidagi masofani saqlagan holda cheklanmagan muhitda o‘zgartirilgan, uzatishdagi yo‘qotishlar. Izoh – Agar antennalar o‘rtasidagi d masofa to‘qin uzunligidan katta bo‘lsa, detsibellarda ifodalandigan erkin fazodagi so‘nish quyidagicha aniqlanadi: dB. " Erkin foydalanish konsepsiyasi|"Abstrakt elektron hisoblash mashinasida amalga oshiriladigan, erkin foydalanishni boshqarish modeli, u subyektlarning axborot resurslariga qiladigan barcha murojaatlarida vositachilik qiladi. Quyidagi erkin foydalanish konsepsiyalari mavjud: diskretsion boshqarish, mandatli boshqarish, ko‘p darajali muhofaza. " Erkin foydalanish subyekti|"1. Harakatlari foydalanishni chegaralash qoidalari bilan qat’iy tartibga solinadigan shaxs yoki jarayon. 2. Shtat texnik vositalar yordamida, axborot resursidan erkin foydalanishni amalga oshiruvchi shaxs yoki jarayon. " Erkin foydalanish toifasi|"Mantiqiy obyektlarga beriladigan kategoriya, uning asosida obyektlar resurslardan foydalanish uchun ruxsat oladilar. " Erkin foydalanishni boshqarish ro‘yxati|"Oldindan belgilangan obyektdan erkin foydalanish huquqini beradigan himoya deskriptorining bir qismi. Erkin foydalanishni boshqarish ro‘yxati foydalanishni nazorat qilish elementlaridan iborat. Foydalanuvchilarning nomini, ularning parollarini va ularga berilgan imkoniyatlarni o‘z ichiga oladi. " Erkin foydalanishni boshqarish toifasi|"Ruxsat etilmagan operatsiyalardan saqlovchi qoidalarni aniqlash uchun mo‘ljallangan til elementlari. " Erkin foydalanishni boshqarish vositalari|"Ma’lumotlardan tasodifiy yoki qasddan foydalana olishni bartaraf etuvchi vositalar. " Erkin foydalanishni nazorat qiluvchi tizim ro‘yxati|"Tizim administratori tasarrufidagi himoyalash deskriptorining tarkibiy qismi bo‘lib, obyektga tizim darajasidagi xavfsizlikni o‘zlashtirish imkonini beradi. " Erkin foydalanishni tanlangan boshqarish|"Foydalanuvchi, jarayon va/yoki u tegishli bo‘lgan guruhni identifikatsiya qilish va aniqlashga asoslangan, tizim subyektlarining obyektlardan foydalana olishini boshqarish usuli. Ma’lum huquqlarga ega subyekt istalgan obyektga belgilangan cheklashlardan qat’i nazar, huquqlar berishni amalga oshira oladi (erkin foydalanish bilvosita ham amalga oshirilishi mumkin) degan ma’noda boshqarish tanlangan bo‘ladi. " Erkin foydalanishni taqdim etish siyosati|"Turli boshqariladigan resurslardan, masalan, dasturlardan yoki operatsion tizimlardan foydalanish imkoniyatini belgilaydigan siyosat. Erkin foydalanish barcha foydalanuvchilarga, muayyan rol tayinlangan foydalanuvchilarga yoki muayyan rolga kiruvchi foydalanuvchilarga taqdim etiladi. " Erkin litsenziya|"Dasturga ilova qilinadigan, foydalanuvchining intellektual faoliyatning turli mahsulotlarini cheklanmagan qayta tiklash, o‘rganish, tarqatish va o‘zgartirish (modifikatsiyalash yoki takomillashtirish) huquqini mustahkamlaydigan mualliflik shartnomasi. " Erkin va ochiq dasturiy ta’minot|"Dasturiy maxsulotni ishlab chiqish usuli, unda dasturlarning yaratilgan dastlabki kodi ochiq, ya’ni ko‘rib chiqish va o‘zgartirishlar kiritish imkoni mavjud. " Eroziya|"Tasvirlarni sochiladigan va ekrandan yo‘qoladigan mayda zarralarga kuchayib parchalanish illyuziyasini hosil qiluvchi videoeffekt; jarayon tasvir tomonlarining biridan boshlanadi. " Eshitish|"1. Axborot nurlanishlarini ruxsat etilmagan tarzda tutib olish. 2. Muhofaza qilish tizimining sust joylarini aniqlash va undan keyinchalik foydalanish maqsadida tarmoq bo‘yicha uzatiladigan axborotni jinoyatkor tomonidan tutib olinishi. " Eshitish rejimi|"Radiostansiya ma’lumotlar uzatmaydigan va qabul qilmaydigan, lekin boshqa stansiyalardan uzatiladigan xabarlarni nazorat qila oladigan ish rejimi. " Eshittirish|"Tegishli qabul qilish vositalariga ega bo‘lgan ko‘p sonli tinglovchilar uchun mo‘ljallangan va radio yoki kabel tarmoqlari yordamida amalga oshiriladigan bir tomonlama telekommunikatsiyalarning turi. " Eshittirish dasturining moduli|"Chiqarishga tayyorlangan, televizion axborot foydalanuvchisining ma’lumotlari va metama’lumotlar bilan birgalikdagi televizion dastur. " Eshittirish tarmog‘i|"Bitta tashkilot, bitta hudud yoki bitta mamlakat tovushli yoki televizion dasturlar eshittirishlarini ta’minlaydigan qurilmalarning majmui. " Eshittirish televideniyesi|"Tomoshabinlarning keng ommasiga mo‘ljallangan tovush jo‘rligidagi televideniye. " Eshittirish televideniyesi dasturlaridan foydalanish imkoniyati cheklangan tizim|"Multipleks tarkibiga kiruvchi, lekin eshittirish televideniyesining obuna bo‘yicha tarqatiladigan dasturlaridan va qo‘shimcha axborotdan foydalanish imkoniyatining cheklanishini ta’minlaydigan raqamli televizion eshittirish tizimi. " Eshittirish televideniyesi radiosignali|"Bitta televizion dastur tasviri hamda tovush jo‘rligidagi radiosignallarining majmui. " Eshittirish televideniyesi radiosignali eltuvchisini birlamchi modulyatsiyalash|"Radiosignal ortogonal kodlangan eltuvchilarining birlashmasi tarkibiga kiruvchi eshittirish (keng tarqatish) televideniyesi radiosignalining alohida olingan har bir eltuvchisini, raqamli televizion signal orqali modulyatsiyalash. " Eshittirish televideniyesi radiosignalining ortogonal kodlangan eltuvchilarini birlashtirish|"Xalaqitga chidamli kodlashni qo‘llagan holda, kvadratura-amplitudaviy modulyatsiya qilingan eshittirish televideniyesining chastota-ortogonal eltuvchi radiosignalini o‘zida ifodalaydigan, murakkab raqamli televizion signalni shakllantirish. " Eshittirish televideniyesi tizimi|"1. Televizion signalning, xususan, yoyish usuli, sinxronizatsiya signali shakli, eltuv-chilarni tasvir va tovush signallari bilan modulyatsiyalash turi, radiokanal polosasi-ning kengligi va shu kanal doirasida tasvir va tovush jo’rligi eltuvchilarining nisbiy joylashuvini belgilaydigan xarakteristikalari va parametrlarining majmui. 2. Televizion dasturning tasviri va tovushi to‘g‘risidagi axborotni shakllantirish, uzatish va qabul qilish usullarini aniqlaydigan xarakteristikalar va parametrlarning majmui. " Eshittirish televideniyesining trakti|"Televizion tasvirni televizion datchik kirishidan televizor ekranigacha, tovush jo’rligini mikrofon kirishidan televizor karnayigacha uzatish texnik vositalarining kompleksi. " (Eshittirish televideniyesining) trakti zvenosi|"Eshittirish televideniyesi traktining mustaqil funksional vazifaga ega bo‘lgan qismi. " Eshittirish televideniyesining dasturiy paketi|"Televizion dastur fragmentlarining majmui. " Eshittirish televideniyesining raqamli trakti|"Mos ravishda raqamli televizion signal manbaining chiqishidan raqamli televizor yoki raqamli televizion qo‘shimcha moslama kirishigacha raqamli televizion videosignallar, tovush signallari va xizmatga oid ma’lumotlarni shakllantirish, uzatish hamda qabul qilish uchun mo‘ljallangan texnik vositalar kompleksi. " (Eshittirish uzatgichi bilan) qamrab olish zonasi|"Radioeshittirish uzatgichlari eshittirishlarini qabul qilish, uy qabul qilgichlariga (priyemniklariga) mo‘ljallangan muayyan texnik shartlarga muvofiq, kelishilgan normalangan xarakteristikalar asosida bajariladigan zona. " (Eshittirish uzatgichi bilan) qamrab olish|"Uzatgich qamrab oladigan zona o‘lchami yoki uning ichidagi aholining soni. " (Eshittirishda) efir nazorati|"Eshittirish dasturini uni eshittirish uzatgichi orqali bevosita qabul qilishdagi nazorat. «Eslatib turuvchi» ing. - reminder ru – «напоминалка» Dastur yoki tizim tomonidan foydalanuvchiga bir narsani eslatib turish xarakteriga ega bo‘lgan xabar. " Estafeta halqasi|"Halqa topologiyasiga mo‘ljallangan lokal kompyuter tarmog‘ining turi. IBM firmasi tomonidan 1986-yilda ishlab chiqilgan. Ma’lumotlar uzatish tezligi 16 Mbyte/s ga yetadi. " Estafeta rejimi|"Bitta yetakchi va bir nechta bo‘ysunuvchi stansiyaga ega bo‘lgan liniyada ma’lumotlarni ketma-ket uzatish rejimi. Izoh − Odatda, halqasimon strukturali tarmoqlarda tashkil etiladi. " Estafetali uzatish|"Mobil stansiyani, tarmoq bo‘ylab harakatlanishi jarayonida, bir tayanch stansiyadan boshqasiga ko‘chirib ulash. " Etalon test|"Kompyuter, tizim yoki aniq dasturiy ta’minotning ish unumdorligini baholovchi test dasturi yoki paket. " Etalon videonazorat qurilmasi|"Uzatish sifatini subyektiv baholash uchun xizmat qiladigan, shartlangan ish sifatiga ega televizion tiklash qurilmasi. " Evolyutsion hisoblashlar|"Optimal yechim topish uchun evolyutsiya nazariyasi prinsiplari qo‘llaniladigan hisoblashlar usullari turkumi. Unga, jumladan, genetik dasturlash, kompyuter ilovalar va robot texnikasi qurilmalarining avtonom va adaptiv holati kiradi. " Evristik|"O‘rganish talab etiladigan ko‘plab yechimlarga ega jarayon yoki dastur. Muammoni tajriba yo‘li bilan, xatolar va tekshirishlar usuli bilan hal qilish. Dasturlashda hissiy bilish (intuitsiya) va taxminlarga, shuningdek, odam tomonidan, muayyan turdagi amaliy vazifalarni hal qilishda tajriba to‘plana borgan sari egallangan bilimlarga asoslangan evristik yondashuvdan ko‘p foydalaniladi. Ekspert tizimlarda qo‘llaniladi. " E’lon qilinmagan|"Xotira ajratilmagan, lekin dasturga murojaat qilinayotgan o‘zgaruvchi. Bajarish vaqtida, xatolarga olib kelishi mumkin, shuning uchun ham, kompilyator e’lon qilinmagan o‘zgaruvchilarni qo‘llashga yo‘l qo‘ymaydi. Dasturlashning zamonaviy dinamik tili bunday muammodan xoli bo‘lib, ulardagi o‘zgaruvchi birinchi murojaat vaqtida aniqlanadi. " E’lon, tavsif|"Dasturning, kompilyator yoki interpretatorni muayyan o‘zgaruvchi, konstanta yoki obyektning turi, o‘lchami va/yoki qiymati to‘g‘risida xabardor qiladigan taklifi. " E’lonlar taxtasi|"TDMA har bir kadrida birinchi bo‘lib uzatiladigan va kadrda vaqt intervalining taqsimlanish jadvalini saqlovchi paket. F " Fag|"Mualliflashtirilmagan tarzda boshqa dasturlarni yoki MB ni o‘zgartiradigan dastur. " Faks|"Faksimil xabarlar, hujjatlarni kommutatsiya liniyalari (odatda, telefon liniyalari) orqali masofaga uzatish hamda masofadan qabul qilish qurilmasi. " Faks-modem|"Faksimil xabarlarni qabul qilish imkoniga ega bo‘lgan kompyuterning dial-up-modemi. Faks-dastur bilan (masalan, Venta Fax and Voice) kompyuter faks funksiyalarini bajarishi mumkin bo‘ladi. " Faks-server|"Bitta yoki bir nechta faks-modem orqali lokal tarmoq foydalanuvchilarining kiruvchi va chiquvchi faksimil xabarlari oqimini markazlashtirilgan tarzda boshqaradigan server. " Faksimil xabarlarni uzatish|"Telefon tarmog‘iga ulangan telefakslar o‘rtasida hujjatlar uzatilushini tashkil qilish. " Faktik (aniq) parametr|"Protsedura, makrokomanda yoki funksiyalar aniq chaqirilganda uzatiladigan argument. " Faktik (aniq) xotira|"Hisoblash tizimining, ma’lum bir xotira qurilmasi amalga oshiradigan tashqi yoki tezkor xotirasi. " Falsh-pol|"Olinadigan va o‘zaro to‘la almashinadigan panellardan iborat pol qoplami tizimi. Panellar ularning ostidagi bo‘shliqqa kira olishni ta’minlaydigan maxsus tagliklar yoki to‘sinlar (yoki unisi ham, bunisi ham) yordamida tutib turiladi. " Faoliyatni ro‘yxatdan o‘tkazish|"Foydalanuvchi subyekt yoki g‘araz niyatli shaxsning tizimdagi xatti-harakatlarini kuzatish. " Faoliyatsizlik|"Windows operatsion tizimining holati, bunda shaxsiy kompyuterning asosiy tizimlari aktiv bo‘lmagan rejimga o‘tadi va undan chiqqandan so‘ng ishni davom ettiradi. " Aktivlashtirish kaliti|"Himoyalangan litsenziyali dasturiy ta’minotni ishga tushirishni ta’minlaydigan maxsus kod. Odatda, tasodifiy son va harflar birikmasidan, foydalanuvchi to‘g‘risidagi xeshlash ma’lumotlaridan iborat bo‘ladi. " Aktivlashtirmoq|"Ishchi holatga qaytarish. Izoh ‒ Odatda hisobga olish yozuvlari, xizmatlar yoki dasturlarning qismlariga taalluqli. Internet-saytlarda ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, foydalanuvchidan ro‘yxatdan o‘tganlikni tasdiqlashni talab qiladigan harakat (odatda ro‘yxatga olish jarayonini tugatish uchun havola bo‘yicha o‘tish). " Aktivlik koeffitsiyenti|"Aloqa kanali orqali, maʼlum hajmdagi axborotni berilgan yo‘nalishda uzatish uchun zarur bo‘lgan vaqtning aloqa kanalini umumiy band qilish vaqtiga nisbati. Kanallari kommutatsiyalanadigan maʼlumotlar uzatish tarmoqlarida aktivlik koeffitsiyenti odatda 1 ga teng. Nutqni uzatishda bu ko‘rsatgich 0,4 gacha pasayadi, chunki bunda ikkita abonent so‘zlashganda pauzalar hisobga olinadi. Paketlar kommutatsiyalanadigan tarmoqlardagi asimmetrik trafik holida esa, aktivlik koeffitsiyenti «pastga» liniyasida 0,0015 ni, «yuqoriga» liniyasida esa 0,0028 ni tashkil qiladi. " Faqat yozish (DWD-WO)|"Ma’lumotlardan tez foydalanadigan va faqat bir marta yozish mumkin bo‘lgan DVD-disk. " Faqat o‘qish|"Faylning, uni o‘zgartirishdan yoki chiqarib tashlashdan himoya qiladigan atributi. " Faqat shifrmatn bo‘yicha qilinadigan hujum|"Analitik hujum, bunda kriptoanalitik faqat shifrmatnga ega bo‘ladi. " Faraz|"Rejalashtirish jarayonidagi, dalilsiz yoki ko‘rsatmasdan turib chin, haqiqiy yoki muayyan deb hisoblanadigan omil. " Farmoyish|"Rahbariyat, asosan kollegial organ tomonidan, operativ masalalarni hal qilish maqsadida tayyorlanadigan huquqiy hujjat; odatda, cheklangan amal qilish muddatiga ega bo‘ladi hamda mansabdor shaxs va fuqarolarning tor doirasiga taalluqli bo‘ladi. " Fatal xato|"Apparatura, operatsion tizim yoki ilova xatosi. Ilovaning bajarilish yoki butun tizimning bundan keyin ishlash imkoniyatini yo‘qqa chiqaradi. " Fayl|"Kompyuter tizimida umumiy nom bilan saqlanadigan yozuvlar yoki boshqa maʼlumotlar majmui. Barcha fayllar majmui ikkita katta turkumga bo‘linadi – dastur fayllari (bajariladigan fayllar) va ma’lumotlar fayllari (bajarilmaydigan fayllar). Saqlanadigan ma’lumotlarning turiga ko‘ra, fayllar matn, grafik, ikkili, komanda, ma’lumotlar bazasi fayllari, video va audiofayllarga bo‘linadi. " Fayl atributi|"Fayl tizimi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan, fayllar bilan ishlashni tartibga solish imkonini beradigan belgi. Turli operatsion tizimlarda fayllar turli atributlar to‘plamiga ega bo‘ladi. " Fayl egasi|"Fayl yoki katalogni yaratuvchi (jismoniy) shaxs. " Fayl formati|"Ma’lumotlarni faylda saqlash tuzilmasi. Standart formatlar, xususan, grafik fayllar formatlarining to‘plami mavjud. Fayl formatini odatda fayl nomi kengaytmasi ko‘rsatadi. " Fayl nomi|"Elektron, magnit yoki optik tashuvchida saqlanganda, faylga beriladigan nom. Fayllar nomlarini yozish qoidalari foydalaniladigan operatsion tizimga bog‘liq. " Fayl nomi andozasi|"Fayl nomining namunasi. * turidagi simvol, fayl nomi shablonida bitta shablonning fayllar guruhini qidirib topish uchun xizmat qiladi. " Fayl nomini kengaytirish|"Ajratgich nuqtadan keyin faylning turi yoki uning formatini identifikatsiya qiladigan faylning nomi joylashadigan, muayyan simvollar to‘plami. Masalan, «.txt» ‒ matnli fayl, «.bmp» ‒ fayl-rasm, «.gif», «.jpg» ‒ ham fayl-rasm, lekin ular boshqa formatda. " Fayl «qurtlari»|"Kompyuter tarmog‘i uzellari bo‘ylab ko‘payadigan kompyuter viruslari turlaridan biri. Zararli dasturni o‘z ichiga oladi. Bu viruslar, foydalanuvchi uni ishga tushirib yuboradi degan umidda, uning eʼtiborini tortadigan nomlar ostida (masalan, Game.exe, install.exe va b.lar) o‘zining nusxalarini yaratadi. " Fayl sarlavhasi|"Faylning boshlang‘ich qismi, unda uning atributlari saqlanadi. " Fayl serveri|"1. Diskli to‘plagichlari bo‘lgan, tarmoqqa ulangan va tarmoq foydalanuvchilari uchun, unda saqlanadigan ma’lumotlar va ilovalardan foydalanish imkoniyatini ta’minlaydigan markaziy kompyuter. 2. Barcha tarmoq xizmatlarining manbai – elektron pochta bo‘ylab (orqali) abonentlarning so‘rovlarini oladigan, agar talab etilsa, ayni shu yo‘l bilan, ularning bajarilish natijalarini qaytaradigan maxsus dastur. Dasturlar, ma’lumotlar va boshqa axborot bo‘lgan, doimiy ravishda to‘ldirilib boriladigan katta arxivni o‘zida ifodalaydi. Asosiy funksiyasi elektron pochta vositalari orqli axborot taqdim etish. " Fayl taqsimoti|"Ko‘p foydalanuvchili operatsion tizimlarda bitta fayldan bir vaqtning o‘zida bir nechta foydalanuvchining foydalanish imkoniyati. Atribut faylga tizim administratori tomonidan beriladi. " Fayl tizimi|"1. Operatsion tizimning bir qismi bo‘lib, diskdagi katalog va fayllar boshqarilishini ta’minlaydi. 2. Operatsion tizimda fayllarni nomlash, saqlash va joylashni belgilovchi umumiy tuzilma. NTFS, FAT va FAT32 tizimlari fayl tizimlarining har xil turlari bo‘lib hisoblanadi. " Fayl turi|"Fayl mazmuni yoki hajmini tavsiflash. Fayl turli fayl nomidan keyin uning kengaytmasi sifatida yoziladi. " Fayl viruslari|"O‘z kodini dastur fayliga yoki makrokomandalar bo‘lgan hujjatga yozadigan viruslar. Dasturni ishga tushirishda (yoki hujjatni tahrir qilish uchun yuklashda) viruslar boshqaruvga ega bo‘ladi. Izoh – Zararlash usuliga ko‘ra, fayl viruslari qayta yozadigan, parazit, zveno viruslar, qurt viruslar, kompanon viruslarga, shuningdek, dasturlarning dastlabki matnini va dasturiy ta’minot komponentlarini zararlovchi viruslarga ajratiladi. " Fayl o‘zgartirilgan sana va vaqt|"Fayl ko‘rsatgichidagi sarlavhada, uni yaratish yoki oxirgi o‘zgartirish sanasi hamda vaqtini avtomatik tarzda qayd etish. " Faylga kira olish|"Faylni ko‘rib chiqish, o‘zgartirish, almashtirish yoki o‘chirib tashlash, shuningdek, uning atributlarini ko‘rib chiqish va ularni manipulyatsiya qilish. " Faylga chop etish|"Ma’lumotlarni (tasvir va sh.k.) qog‘ozga emas, balki faylga chop etish imkoniyati. " Fayllar dispetcheri|"Windows3x da fayllar bilan ishlash uchun mo‘ljallangan tizim dasturi. " Fayllar joylashishining kengaytirilgan jadvali|"Asosan, flesh-to‘plagichlar uchun mo‘ljallangan propriyetar fayl tizimi. Birinchi marta Microsoft firmasi tomonidan Windows Embedded CE 6.0.da o‘rnatilgan qurilmalar uchun taqdim etilgan. " Fayllar joylashishining virtual jadvali, virtual FAT|"Windows 95 da qo‘llanuvchi fayl tizimi. Birinchi marotaba Windows for Workgroups 3.11 uchun paydo bo‘lgan. Faylga oxirgi murojaat vaqtini saqlab qolish va uzun (255 simvolgacha) fayl nomlarini ishlatish imkonini beradi. " Fayllar katalogi|"Disk xotirasini fayllar va boshqa kataloglar saqlanishi mumkin bo‘lgan qismlarga mantiqiy bo‘lish. Kataloglar majmui o‘zak katalogli kataloglar daraxtini hosil qiladi. Har bir katalogda boshqa kataloglar va fayllar bo‘lishi mumkin. Har bir katalog foydalanuvchi tomonidan beriladigan nomga ega; o‘zak katalog diskli operatsion tizimda «/» (teskari slesh) standart nomga ega. Disk egasining o‘zi kataloglar daraxtini tuzishi mumkin, xususan, bu faqat, barcha fayllarni ichiga oladigan o‘zak katalog bo‘lishi mumkin. " Fayllarni ajratgich|"Joylashtirilgan papkalarni bir-biridan farqlash uchun bo‘luvchi sifatida ishlatiladigan simvol. Zamonaviy operatsion tizimlarida odatda ortga teskari egri chiziqcha ishlatiladi. " Fayllarni almashish dasturi|"Foydalanuvchilarga PtP protokoli orqali ma’lumotlarni almashish imkonini beradigan dastur. Bunda fayllar markazlashgan serverda emas, balki tarmoqdagi foydalanuvchilar kompyuterida saqlanadi. " Fayllarni boshqarish|"Faylni yaratish, saqlash, o‘zgartirish va o‘chirishdan iborat barcha protseduralar. Fayllarni boshqarish operatsion tizim vositalari, shuningdek, maxsus dasturlar – fayl menejerlari yordamida ham olib boriladi. " Fayllarni havola bilan joylashtirish|"Har bir fayl diskli bloklarning bog‘langan ro‘yxati ko‘rinishida taqdim etiladigan joylashtirish usuli. " Fayllarni joylashtirish jadvali|"MS-DOS va Windows oilasidagi boshqa operatsion tizimlarda fayllarni tartibga solish va boshqarish uchun qo‘llaniladigan fayllar tizimi. FAT o‘zida FAT yoki FAT32 uchun tomlarni formatlashda Windows da tuziladigan ma’lumotlar tuzilmasini ifodalaydi. Windows jadvalda fayllarning joylashishi, har bir fayl to‘g‘risidagi ma’lumotlarni saqlaydi va kerakli faylni olish zarurati tug‘ilganda, joriy jadvaldan foydalaniladi. " Fayllarni qo‘shish|"Ikki yoki undan ortiq fayl ichidagini birlash-tirish operatsiyasi. " Fayllarni sinxronlash|"1. Aloqa buzilganda fayllarni jo‘natish texnologiyasi. Aloqa tiklangandan so‘ng, faylning qanday qismi buzilishlarsiz qabul qilinganligi aniqlanadi va qolgan qismlarning jo‘natilishi amalga oshiriladi. 2. Fayl nusxalarini, o‘zgartirishlar kiritilganda, originalga mos keltirish. " Fayllarni uzatish|"Tarmoq muhitida, bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga fayllardan nusxa ko‘chirish. " Fayllarni uzatish protokoli|"IP-protokollari to‘plamiga kiradigan, TCP/IP tarmog‘i orqali ikkita turli xildagi mashinalar orqali fayllarni izlash va jo‘natishni ta’minlovchi mijoz-server protokoli. Internetda FTP-serverlar bilan ishlashda qo‘llaniladi. " Fayllarni uzatish protokolining demoni|"FTP-server funksiyalarini bajaruvchi Linux-dastur. Qoidaga ko‘ra, avtonom rejimda ishlaydi hamda kompyuterning 21- va 22-portiga manzillangan so‘rovlarni qabul qiladi. " Fayllarni uzatish va ularga kira olishni boshqarish|"Turli xil abonent tizimlari fayllarini bir xil shaklda boshqarishni ta’minlaydigan tarmoq xizmati. U ma’lumotlar bazasini boshqaruvchi bir amaliy jarayonni, boshqa bir uning fayllari bilan ishlovchi amaliy jarayon bilan o‘zaro aloqasini tashkil qilish uchun mo‘ljallangan. " Fayllarning asosiy jadvali|"NTFS fayl tizimi tomning tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni saqlaydigan relyatsion ma’lumotlar bazasi. " Fayllarning indekslangan joylashishi|"Joylashtirish usuli, bunda fayl bloklari uchun barcha ko‘rsatgichlar indeks blokiga birga to‘planadi. Fayl ma’lumotlari blokiga tayanadigan indeks jadvallardan foydlaniladi. " Fayllarning yaxlitligini aniqlash|"Tizimdagi juda muhim fayllarning o‘zgarishini tekshiradigan dasturiy ta’minot. " Fayllarning yonma-yon joylashishi|"Har bir fayl diskda yonma-yon bloklar to‘plamini egallaydigan joylashtirish usuli. " Faylli obyekt|"Fayl, qurilma, katalog, tom va sh.k. amalga oshirish kabi foydalanuvchi holatidagi ko‘rinadigan obyekt. " Faylni aniqlovchi|"Dastur fayl, dialog shakli, shuningdek, qurilma va oyna kabi obyektlarni identifikatsiya qilish va ulardan foydalana olish imkoniga ega bo‘lishida qo‘llaniladigan ixtiyoriy belgi. " Faylni arxivlash|"Ma’lumotlarning saqlanishini ta’minlash maqsadida, bir tashuvchidan boshqasiga faylning nusxasini ko‘chirish. " Faylni blokirovkalash|"Ko‘p vazifali tarmoq operatsion tizimlarida – ma’lumotlar yaxlitligini nazorat qilish usuli. Ikki dasturga bir vaqtda fayl ichidagini o‘zgartirish imkonini bermaydi: faylga yozish amali bajarilayotganda, undan boshqa dasturlardan yozish uchun foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. " Faylni boshqarish bloki|"Operatsion tizim muayyan faylni kiritish-chiqarish operatsiyalarini boshqaradigan tizim jadvali. " Faylni fragmentlash|"Berilgan faylni yozish uchun ajratilgan klasterlarni ketma-ket emas, balki qattiq yoki egiluvchan diskning turli joylarida (bo‘laklab) joylashtirish. Bunday vaziyat, ishlash jarayonida bo‘sh disk xotirasi puliga, diskdan chiqarib tashlangan klasterlar qaytganda yuzaga keladi. Fayllarning uzunligi turlicha bo‘lgani sababli, bo‘sh klasterlarning uzluksiz zanjiri yangi faylni yozish uchun yetmay qolishi mumkin, shunda u turli joylarda yoziladi. Fragmentlash sektorlarini izlash va ko‘p sonli disk kallaklarini joylashtirish operatsiyalari sababli, diskdan faylni o‘qish tezligini kamaytiradi. " Faylni konvertasiyalash|"Fayl ichidagi ma’lumotni, ma’lumotlarni saqlashning bir formatidan boshqa formatga o‘tkazish. " Faylni ko‘chirish (ko‘chirib o‘tkazish)|"Ma’lumotni disk fazosining boshqa joyiga yoki vositaga ko‘chirish. Bunda ma’lumot oldingi joyidan o‘chiriladi. " Faylni muhofaza qilish|"Faylga ruxsatsiz kirish, uni o‘zgartirish yoki o‘chirishning oldini olish maqsadida tegishli ma’muriy, texnik yoki fizik chora-tadbirlarni amalga oshirish. " Faylni nusxalash|"Axborotni takrorlash va uni hujjatning boshqa qismida, boshqa faylda, xotiraning boshqa sohasiga yoki boshqa muhitga qaytadan tiklash. " Faylni ochish|"Asosiy xotiraga uning sarlavhasini va kiritish-chiqarish operatsiyalarini bajarishdan oldin bitta yoki bir nechta qo‘shni blokni qo‘shish. " Faylni qayta nomlash|"Faylga yangi nom berish. " Faylni saqlash|"Yangi yaratilgan yoki o‘zgartirishlar kiritilgan faylni hotirada saqlash bilan bog‘liq harakat. " Faylni siqish|"Fayl yoki papkadan ortiqcha ma’lumotlarni chiqarib tashlash jarayoni. Fayllar va papkalar siqilganda, ularning hajmi kichrayadi. " Faylni tiklash|"Xatoliklar aniqlangandan so‘ng, faylning yaxlitligini tiklash jarayoni. " Faylni yopmoq|"Dasturning fayl bilan ishlashini tugallash operatsiyasi. Bu operatsiyani bajarishda fayl bilan bog‘langan barcha buferlar tashlab yuboriladi va amalga oshirilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risidagi axborot diskka kiritiladi. " Faylning mansubligi|"Ko‘p foydalaniladigan operatsion tizimlarda ‒ fayl yaratadigan foydalanuvchining nomini ko‘rsatadigan atribut. " Faylning yaratilish sanasi|"Ma’lum bir fayl yaratilgan kun, oy, yil. Bu sana fayl sarlavhasida saqlanadi, faylni to‘g‘rilashda joriy sanaga o‘zgartiriladi. Faylning yaratilish sanasini istalgan operatsion tizimda yoki qobiqda ko‘rish mumkin. " Faystel muvozanatlangan tarmog‘i|"Doimiy va o‘zgaradigan qismlari bir xil hajmga ega bo‘lgan tarmoq. " Faza|"Tebranma yoki to‘lqinli jarayonni tavsiflaydigan funksiyaning davriy o‘zgaradigan argumenti. " Faza buzilishlari|"Qandaydir qurilmaning, masalan, keng polosali kuchaytirgich kirishi va chiqishidagi signalning ayrim tashkil etuvchilari o‘rtasidagi fazaviy nisbatning buzilishi. " Faza bo‘yicha orqada qolish|"Chiqish signalining fazasi bo‘yicha kiruvchi taʼsirga yoki tayanch tebranishga nisbatan kechikish. " Faza-chastota xarakteristikasi (tasvir uzatgich)|"Tasvir uzatgichi chiqishidagi og‘ib o‘tuvchi tebranishlar fazasining kirishdagi videochastota o‘zgarib borgan sari, chiquvchi uchlardagi signalga bog‘liqligini aks ettiruvchi egri chiziq. " Fazalangan antenna panjarasi|"Nurlanish yo‘nalishi va/yoki tegishli yo‘nalganlik diagrammasining shakli nurlantiruvchi elementlardagi qo‘zg‘atish toklari yoki maydonlarining amplituda-fazaviy taqsimlanshi o‘zgarishi bilan tartibga solinadigan antenna panjarasi. " Fazalangan antenna panjarasining moduli|"Nurlantiruvchi element yoki nurlantiruvchi elementlarning guruhi va/yoki uning funksional elementlari konstruktiv birlashgan antenna panjarasining qismi hisoblanadigan qurilma. " Fazalash|"Biri odatda, etalon signal bo‘lgan ikkita signal o‘rtasida faza siljishini rostlash. Fazalar farqi nolga keltirilgan bo‘lsa, «fazalash» atamasi o‘rniga «sinxronlash» atamasi ishlatiladi. " Fazaning oʻzgarish koeffitsiyenti|"Tarqalish koeffitsiyentining mavhum qismi. " Fazaviy skanlanadigan antenna panjarasi|"Nurning elektr skanlanishi uning nurlantiruvchi elementlariga uzatiladigan radiosignallar fazasining o‘zgarishi bilan amalga oshiriladigan antenna panjarasi. " Fazaviy yo‘nalganlik diagrammasi|"Antennaning asosiy qutblanish maydoni fazasining bog‘liqligini aks ettiradigan antenna yo‘nalganlik diagrammasi. " Fazoviy kommutatsiya|"Telekommunikatsiyalar tarmoqlaridagi, kommutatsiya tarmog‘i fazoviy hamda vaqt kanallarini, ularning vaqt bo‘yicha o‘rinlarini o‘zgartirmas-dan bog‘lash orqali amalga oshiriladigan kommutatsiya. " Fazoviy tarqoq qabul|"Radiostansiyadagi bir-biridan tegishli masofalarda joylashgan bir nechta antenna va ular bilan bog‘liq qabul qilgichlar ishlatiladigan tarqoq qabul. Izoh – Odatda, to‘g‘ri ko‘rinishdagi radioreleli tizimlar uchun, troposferali radioreleli tizimlarda gorizontal bo‘yicha tarqoqlik ishlatilgan bir paytda, vertikal bo‘yicha tarqoqlik ishlatiladi. " Fazoviy to‘lqin (ionosferali to‘lqin)|"Ionosferadan bir martali yoki ko‘p martali qaytish natijasida sodir bo‘ladigan va joyning katta burchaklari ostida qabul qilish nuqtasiga keladigan radioto‘lqin. " Fazoviy yoyish|"Tinishlarga qarshi kurash usuli, bunda tarqoq signallarni qabul qilish/uzatish bir nechta antenna yordamida amalga oshiriladi. " Fazoviy chastota|"Signal parametrining (masalan, uzunligining) fazoviy koordinata bo‘ylab davriy o‘zgarish xarakteristikasi. " Femtouya|"Qoplash zonasi kichik bo‘lgan, xonalarda uyali aloqa bilan qoplanishni ta’minlash uchun mo‘ljallangan uya. " Ferrit antenna|"Ferrit sterjen ko‘rinishidagi o‘zagi bo‘lgan magnit antenna. " Ferroelektron tezkor xotira qurilmasi|"NEC korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan energiyaga bog‘liq bo‘lmagan yarimo‘tkazgichli xotira qurilmasi. " Fexner qonuni|"Hissiy sezish intensivligi qo‘zg‘alish intensivligi logarifmiga proporsional. Tajribada logarifmik munosabat saqlab turilmaydi, biroq, his qilish kamayishining umumiy prinsipi barcha hissiy taassurotni ifodalaydi. " Fider|"Elektr zanjiri va radiochastota signalining energiyasini radiouzatgichdan antennaga yoki antennadan radioqabulqilgichga yetkazadigan yordamchi qurilmalar (ulagichlar, ventillar, faza aylantirgichlar). " Fikr|"Rost yoki yolg‘on ekanligini deyarli har doim tasdiqlash mumkin bo‘lgan mantiqiy ifoda. " Fiksatsiya impulsi|"Videosignalning qayd etilishi kerak bo‘lgan qismini aniqlashda foydalaniladigan impuls. " Filtr|"Kiruvchi ma’lumotlarni standart kiritishdan oladigan, ularni aniq bir tartib bo‘yicha qayta ishlaydigan va standart chiqarishga yo‘naltiradigan dastur. Indekslash xizmatida – hujjatlarni indekslash uchun ulardan mazmuni, xossalari qiymatini ajratib oladigan dasturiy vosita. " Filtr-dasturlar|"Kompyuterning tezkor xotirasida rezident tarzda joylashgan va operatsion tizimga qilin-gan, viruslar ko‘payish va zarar yetkazish uchun foydalanadigan murojaatlarni tutib oladigan, shuningdek, ular to‘g‘risida foydalanuvchiga xabar beradigan dasturlar. " Filtr-diplekser|"Yon polosani bostirish filtri va juda yuqori chastota ajratish filtri funksiyalari birlashti-rilgan qurilma. " Filtrlar bloki|"Har biriga tegishli filtrlarning o‘tkazish polosasiga to‘g‘ri keladigan signal qismi tushuvchi, umumiy kirish hamda alohida chiqishga ega bo‘lgan polosali filtrlar guruhi. " Firibgarlik|"1. Efir vaqti uchun tegishli to‘lovlarsiz, masalan, yolg‘on ma’lumotlarni taqdim etish yo‘li bilan mobil aloqaning tarmog‘i resurslaridan foydalanish bilan bog‘liq har qanday noqonuniy harakat. 2. Foyda olish maqsadida lozim darajadagi to‘lovlarsiz telekommunikatsiyalar xizmatlaridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday noqonuniy ataylab qilingan harakatlar. " Firibgarlik orqali foydalana olish|"Uyali apparatlarning seriya raqamlarini qayta dasturlash yo‘li bilan uyali aloqa xizmatlaridan ruxsat etilmagan tarzda foydalanish. " Firibgarlikni aniqlaydigan tizim|"Ma’lumotlar bazasini tahlil qilish asosida telefon chaqiruvlarini (CDR) batafsil ro‘yxatga olish, firibgarlik holatlarini aniqlash imkonini beruvchi dastur. " Fishing|"1. Maqsadi foydalanuvchilarning konfidensial ma’lumotlari – loginlari va parollariga kirish hisoblanadigan Internet-firibgarlik turi. Izoh – Bunga mashhur brendlar nomidan elektron xatlarni ommaviy yuborish orqali, shuningdek, turli servislarning ichida shaxsiy xabarlar orqali erishiladi, masalan, bank nomidan yoki sotsial tarmoq ichida. 2. Ijtimoiy muhandislikning turli ko‘rinishlaridan biri, foydalanuvchilarning tarmoq xavfsizligi asoslarini bilmasligiga asoslangan: xususan, ko‘pchilik oddiy faktni bilmaydi: servislar o‘zining hisob ma’lumotlari, parol yoki boshqa xabarlarni berish to‘g‘risidagi xatlarni jo‘natmaydi. " Fizik blok|"Tashuvchida yozilgan ajralmaydigan ma’lumotlar bloki. Magnit disklarda u sektor deb ataladi. " Fizik daraja|"Ma’lumotlar bitlarini uzatish uchun aktiv-lashtirish va fizik ulanish usulini ta’minlaydigan OSI modelining quyi (birinchi) sathi. " Fizik foydalana olishni boshqarish|"Foydalana olishning boshqarilishini ta’minlaydigan fizik mexanizmlardan foydalanish. Izoh – Kompyuterni qulflanadigan xonada saqlash foydalana olishni fizik boshqarishga misol bo‘lib hisoblanadi. " Fizik kanal|"Abonentlar o‘rtasida axborot almashinuvi amalga oshiriladigan bog‘lovchi liniya. Eltuvchi chastota, o‘tkazish polosasi, modulyatsiyalash va kodlash, kanal intervali kabi parametrlar bilan tavsiflanadi. " Fizik manzil|"Xotiradagi xotirani boshqarish qurilmasini «ko‘radigan» va «tushunadigan» aniq manzil. " Fizik tahdid|"Shunday tahdidki, uning amalga oshirilishi oqibatida, butun tizimga fizik zarar yetkaziladi. " Fizik zanjir|"Telekommunikatsiyalar signallarini uzatish uchun yo‘naltiruvchi muhit hosil qiladigan metall simlar yoki optik tolalar. " Flesh-xotira|"Intel kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan yarimo‘tkazgichli xotiraning energiyaga bog‘liq bo‘lmagan turi. Flesh-xotira elektr usul bilan o‘chirilishi mumkin, bu uni kompyuterdan olmay turib qayta dasturlash imkonini beradi. Xotiraning bu turi alohida baytlar bilan emas, balki faqat bloklar bilan o‘chirib bo‘lishligi sababli, tezkor xotira qurilmasining asosiy komponenti sifatida yaroqsiz, biroq, flesh-xotiradan ko‘pincha RS-kartalarda, modemlarda va boshqa qurilmalarda, shuningdek, portativ kompyuterlarda qo‘shimcha xotira sifatida foydalaniladi. " Flops|"Kompyuter tezligining o‘lchov birligi; protsessor sekundiga bajaradigan siljiydigan nuqta (vergul) li operatsiyalar sonini bildiradi. " Floptik disk|"Egiluvchan optik diskka yozish texnologiyasi. Disk sirtini belgilash va o‘qish/yozish kallagini joylashtirish lazer yordamida amalga oshiriladi, axborotni yozishning o‘zi magnitli hisoblanadi. LS-120 diskovodlarida foydalaniladi. " Flud (toshqin)|"Keraksiz axborotlar oqimi. " Fluktuatsion televizion xalaqitlar|"Televizion tasvirda miltillaydigan, xaotik harakatlanadigan mayda nuqta va shtrixlar ko‘rinishida aks etadigan, uzluksiz spektrga ega xalaqitlar. " Fluktuatsion xalaqitning vazniy funksiyasi|"Televizion tasvirdagi fluktuatsion xalaqit ko‘rinarliligi-ning uning chastotasiga bog‘liqligi. " Fokus|"Ekrandagi piksel yoki piksellarning o‘ta ravshanligi. Dog‘ o‘lchami sifatida o‘lchanadi. " Fon bo‘limi|"Xotiraning, fonli dasturlar yuklanadigan sohasi (bo‘limi). " Fon jarayoni|"Asosiy harakatlar bilan bir vaqtda bajariladigan jarayon. " Fon operatsiyalari|"Dasturni bajarishda amalga oshiriladigan ikkilamchi jarayon. Masalan, matn redaktori ma’lumotlarni printerga, dasturdan tahrir qilish uchun foydalanilayotgan paytda yuborishi mumkin. Fon operatsiyalari uzilishlardan foydalanish hisobiga ishlashi mumkin. " Fon rejimidagi dastur|"Fon rejimida ishlaydigan dastur. Ayrim eskirgan tizimlarda bu vazifa protsessor asosiy vazifa bilan band bo‘lmagan vaqtda bajariladigan quyi ustuvorlikdagi vazifa hisoblanadi. " Fonli ishlash rejimi|"Obyektlar chiziladigan yoki ekranga chiqariladigan maydon (rang). Ba’zida aktiv oynadan tashqaridagi ekranning qismi shunday ataladi. Windows foydalanuvchisining grafik interfeysida qo‘llaniladigan fonli tasvir. " Fonli tasvir|"Grafik ma’lumotlarni chiqarish qurilmalari (printer, displey, proektor va h.k.) da taqdim etish shakli. " Fonohujjat|"Ovoz yozishning istalgan tizimida qayd etilgan ovozli axborotga ega hujjat. " Forjin|"Komission yig‘imlar va yangi birliklar shaklida mukofot olish imkoniyati bo‘lgan holda, egalik ulushini tasdiqlash asosida, blokcheynda turli kriptovalyutalarda yangi bloklar yaratish. " Fork|"Dasturiy loyihaning kodli bazasidan boshqasi uchun boshlanish sifatida foydalanish. Izoh – Bunda asosiy loyiha mavjudlikda davom etishi uchun ham, uni to‘xtatish ham mumkin. Tarmoqlangan loyiha asosiy loyiha bilan ichidagining bir qismi bilan almashinishi va tutib turishi, asosiy loyiha bilan qandaydir umumiylikka ega bo‘lmagan holda, mutlaqo boshqa xossalarni olish mumkin. " Formallashtirish|"Tadqiqot obyektini, mumkin qadar, bu obyekt har xil ma’noda talqin etilishi istisno qilinadigan ko‘rinishda ta’riflash jarayoni. " Format|"Saqlashda, tashqi qurilmalarga kiritishda/tashqi qurilmalardan chiqarishda yoki kompyuter tarmoqlari orqali yuborishda ma’lumotlarni joylashtirish va taqdim etish sxemasi. " Format (ekran formati)|"Teleekranning normal kesimi, ya’ni balandligining kengligiga bo‘lgan nisbati, u 3:4, 3:5, 9:16 ga teng. " Formatni o‘zgartirish|"Maʼlumotlarni bir formatdan boshqasiga, o‘zga tizim qabul qila oladigan formatga (odatda, maʼlumotlar eksportida va importida) o‘zgartirish. " Formatlash|"1. Ma’lumotlarni bosishga, monitor ekraniga chiqarish uchun tayyorlash operatsiyasi. 2. (Magnit) tashuvchini, unga ma’lumotlar yozishdan oldin belgilash operatsiyasi. 3. Diskni foydalanish uchun tayyorlash – axborotlarni joylashtirish va o‘qib olish tuzilmasi va usullarini o‘rnatish jarayoni. Xotiraning diskli fazosi – ma’lumotlar kolleksiyasi ‒ «bo‘limlar» orqali tashkil qilinib, ularning har biri operatsion tizimga shunday joylashtiriladiki, bunda ma’lumotlarni tartiblash, izlash va tiklash imkoni mavjud bo‘ladi. Foydalanilayotgan disk formatlansa, unda oldin mavjud bo‘lgan axborot o‘chiriladi. " Fosh etish|"Ilgari qo‘llanilgan muhofazani qisman yoki to‘liq olib tashlash operatsiyasi. " Fotodiod|"Yarimo‘tkazgichning ikki turi o‘rtasidagi yoki yarimo‘tkazgich va metall o‘rtasidagi p-n-o‘tishga ega bo‘lgan yarimo‘tkazgichli diod, unda bevosita o‘tish yaqinida yuz beradigan nurlanishning yutilishi fotogalvanik effektni keltirib chiqaradi. " Fotografiya sohasi ekspertlarining birlashgan guruhi|"Faylning hajmi kichik bo‘lishi va tez o‘tkazish imkoniyatiga egaligi bilan tavsiflanadigan, lekin dekodlash jarayoni sekin davom etadigan va tasvir detallarining yo‘qolishiga olib keladigan grafik tasvirlarni siqish usuli. " Fotohujjat|"Fotografiya usulida tayyorlangan tasviriy hujjat. " Foydalana olinadigan zaiflik|"Baholash obyektining ishlash muhitida fuksional xavfsizlik talablari buzilishi uchun ishlatiladigan, baholash obyektining zaif joyi. " Foydalana olinishi cheklangan axborot|"Davlat sirlari va konfidensial axborotdan iborat ma’lumotlarga ega bo‘lgan hujjatlashtirilgan axborot, ulardan foydalana olish qonun hujjatlariga muvofiq chegaralanadi. " Foydalana olish atributi|"Muhofaza obyekti bilan bog‘langan va shu obyektdan tizim subyektining foydalana olish huquqini belgilovchi axborot elementi. Berilgan ko‘plab qiymatlardan ahamiyatlisini qabul qilishi mumkin (odatda, «o‘qish», «yozish» va «bajarish»). " Foydalana olish darajasi|"1. Mantiqiy obyektga muhofaza qilingan resursdan foydalanish imkoniyatini olish uchun zarur bo‘lgan vakolatlar darajasi. Izoh – Berilgan xavfsizlik darajasidagi axborotdan yoki ma’lumotlardan foydalana olishga vakolatlar foydalana olish darajasi bo‘lishi mumkin. 2. Ma’lumotlarning kritikligini yoki subyektlarning ochiqligini identifikatsiya qilish uchun qo‘llaniladigan, xavfsizlik darajasi belgisining iyerarxik qismi. Erkin foydalanish darajasi noiyerarxik toifalar bilan birga xavfsizlik darajasini tashkil etadi. " Foydalana olish huquqi|"1. Qonuniy hujjatlar yoki axborot egasi, mulkdori tomonidan belgilangan, muhofaza qilinadigan axborotdan foydalanish qoidalarining majmui. 2. Resurs (fayl, printer) bilan bog‘liq qoida, undan kim, qanday foydalanishini aniqlab beradi. Asosan to‘rt xil darajadagi foydalana olish/kira olish huquqlari aniqlangan – foydalana olish/kira olish huquqi taqiqlangan, faqat o‘qish uchun, o‘zgartirish va to‘liq foydalana olish/kira olish huquqi. Tizim administratori yoki ushbu resurs egasi tomonidan o‘rnatiladi. " Foydalana olish huquqlarini taqdim etish|"Muayyan dasturlar va ma’lumotlardan foydalanishga ruxsat (sanksiya) berish. " Foydalana olish identifikatori|"Foydalana olish subyekti yoki obyektining noyob belgisi. " Foydalana olish kanali|"Foydalanuvchi uskunasi tayanch stansiya bilan aloqa o‘rnatish uchun foydalaniladigan, ko‘tariluvchi WCDMA kanal. Izoh – Foydalana olish kanalidan chiquvchi chaqiruvlar, qayd etish (ro‘yhatga olish) kabi qisqa signal xabarlar almashinishda foydalaniladi. " Foydalana olish/kira olish huquqlarining buzilishi|"Xotiraning taqiqlangan qismiga murojaat qilinganda ro‘y beradigan xatolik. Dasturlardagi xatoliklar hisobiga yuzaga keladi. " Foydalana olish/kira olish taqiqlangan|"Foydalanuvchilarning, foydalanuvchida (masalan, operatsion tizim fayllaridan yoki jarayonlardan) foydalana olish huquqi bo‘lmagan resurslarga murojaat qilishga urinishida, ma’lumotlarni «faqat o‘qish uchun» deb nomlangan fayllarga yozishga urinishda yuzaga keladigan holat. " Foydalana olish/kira olishni boshqarish tizimi|"Dasturiy-texnik vositalarning majmui, ular yordamida turli resurslardan erkin foydalanishni nazorat qilish va boshqarish vazifasi hal etiladi. Tizim erkin foydalanishga ruxsat berish yoki taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi hamda kirishlar, trevogalar, xavfsizlikning buzilish hollari to‘g‘risida jurnal yuritadi. " Foydalana olish/kirish|"1. Subyekt va obyekt o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning maxsus turi, uning natijasida ularning biridan ikkinchisiga o‘tuvchi axborot oqimi paydo bo‘ladi. 2. Ma’lum turdagi operatsiyalarni keyin-chalik bajarish uchun obyektning ochili-shiga so‘rov jarayoni. 3. Abonent, jarayon, qurilma tomonidan, tizimning tarmoq uchun umumiy resurslariga murojaat qilish protsedurasi. " Foydalana olish kodi|"Foydalanuvchini kompyuter tizimida identifikatsiyalaydigan simvollar va sonlar guruhi. " Foydalana olish markeri|"Jarayon bilan bog‘liq va uning operatsion tizim resurslaridan foydalana olishi uchun «ruxsatnomasi» hisoblanadigan, ma’lumot-lar tuzilmasi. Xususan, jarayonni ishga tushirgan foydalanuvchining barcha xavfsiz-lik identifikatorlarini o‘z ichiga oladi. " Foydalana olish matritsasi|"1. Erkin foydalanishni chegaralash huquqini aks ettiruvchi va tanlaydigan kirishning xu-susiyatlarini tasvirlash uchun mo‘ljallangan jadval. Tizim obyektiga ustun, subyektiga esa, satr mos keladigan matritsani o‘zida aks ettiradi. Matritsaning ustun va satrlari kesishgan joyda subyektning obyektdan erkin foydalanish huquqi ko‘rsatiladi. 2. Subyektlarning axborot resurslaridan erkin foydalanish qoidalarini aks ettiradigan jadval. 3. Jadval ko‘rinishida taqdim etilgan, ma’lumotlarning tizimli tuzilmasi. Jadvalning ustunlari tizimda mavjud bo‘lgan barcha resurslarning identifikatorlari bilan, satrlar esa tizimda qayd etilgan barcha foydalanuvchilarning identifikatorlari bilan belgilangan. Jadval har bir ustunining har bir satr bilan kesishish joyida tizim administratori tomonidan berilgan obyektdan erkin foydalanish turining muayyan foydalanuvchiga ruxsat etilgan maxsus ko‘rsatgichi qo‘yiladi. " Foydalana olish (murojaat qilish) vaqti|"Ma’lumotlarni kiritish-chiqarishga komanda berish payti bilan almashinishning boshlanish payti orasidagi vaqt intervali. " Foydalana olish niqobi|"1. Ayrim bitlari foydalana olishning har-xil turlariga mos keladigan ikkilik son. 2. Oldindan belgilangan huquqlar ro‘yxati, foydalanuvchi va foydalanuvchilar guruhiga andoza bo‘yicha beriladi. Linux operatsion tizimida standart foydalana olish/kira olish huquqi niqobi 755 ta foydalanuvchiga o‘qish, o‘zgartirish, fayllarni ishga tushirish huquqini beradi, qolgan foydalanuvchilar esa faqat o‘qish va fayllarni ishga tushirish huquqidan foydalanishlari mumkin. " Foydalana olish nuqtasi|"Simsiz yoki simli qurilmalarning simli tarmoqqa ulanishiga imkon beradigan qurilma yoki uskuna qismi. " Foydalana olish obyekti|"Tizimning axborot resursi birligi, undan foydalana olish erkin foydalanishni chegaralash qoidalari bilan tartibga solinadi. " Foydalana olish protokoli|"Toqnashuvlarning oldini olish maqsadida, ishchi stansiyalar tomonidan axborotni tarmoqning alohida segmentlari orqali uzatishda foydalaniladigan qoidalar yig‘indisi. " Foydalana olish qoidalari|"1. Muhofaza qilinadigan axborot va uning tashuvchilaridan foydalana olish tartibi va shartlarini qat’iy tartibga soladigan qoidalar majmui. 2. Doimiy texnik vositalardan foydalangan holda, subyektning axborot resursidan foydalana olishini amalga oshirish maqsadida o‘rnatilgan qoidalar. " Foydalana olish rejimi|"Foydalana olish rejimi protsessorning tizim resurslaridan foydalanishda imtiyozga egaligini belgilaydi. «Yadro» rejimida protsessor barcha xotira va komandalardan foydalanishi mumkin. " Foydalana olish ro‘yxati|"Resurslardan foydalana olish huquqlari bilan birgalikda resursdan foydalana olish ruxsatiga ega obyektlar ro‘yxati. " Foydalana olish serveri|"Ixtisoslashtirilgan elektron hisoblash mashinasi (kommunikatsiya protsessori) yoki tegishli kengaytirish platalari bilan jihozlangan va kommutatsiyalanadigan telefon kanallari orqali olisdagi foydalanuvchilarga tarmoq resurslaridan foydalana olish imkonini taqdim etadigan standart shaxsiy kompyuter. " Foydalana olish usuli|"Xotira qurilmalarida, fayllarda, ma’lumotlar bazalarida, tarmoqlarda ma’lumotlar saqlanishini va almashinuvini tashkil qilish usuli. To‘g‘ridan-to‘g‘ri, ketma-ket masofadan erkin foydalanish usullari bor. " Foydalana olish vaqtining samaradorligi|"Foydalana olish vaqtining sahifaga nisbatan matematik kutishi. " Foydalana olish yo‘li|"1. Faylning diskdagi o‘rnini belgilaydigan nomlar zanjiri. 2. Ba’zi operatsiyani bajarish uchun zarur bo‘lgan murojaatlar ketma-ketligi. 3. Ma’lumotlar elementlarining ketma-ketligi, ular ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi tomonidan yozuvlardan yoki ma’lumotlar bazasida saqlanadigan ma’lumotlarning boshqa elementlaridan erkin foydalanishda qo‘llaniladi. " Foydalana olish shlyuzi|"Foydalana olishning turli ko‘rinishlariga ega oxirgi foydalanuvchilarga KAT paketli uzatish uzeli bilan ulanish imkonini beruvchi blok. " Foydalana olishlik|"1. Ma’lumotlar yoki resurslarning, vakolatli mantiqiy obyektning so‘roviga ko‘ra, foydalana olish mumkin bo‘lgan va foydalanishga yaroqlilik xususiyati. 2. Maqbul vaqt ichida axborot tizimidan talab qilinadigan axborot xizmatini olish mumkinligi. 3. Axborot va uning tashuvchisining holati, unda foydalanuvchilar tomonidan ular uchun mo‘ljallangan axborotning hech qanday qarshiliksiz va o‘z vaqtida olinishi ta’minlanadi. " Foydalana olishni blokirovkalash (axborotdan)|"1. Axborotdan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar (qonuniy foydalanuvchilar)ning undan foydalanishini to‘xtatish yoki qiyinlashtirish. 2. Axborotdan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan subyektning axborotdan foydalanishida to‘sqinlik qiladigan sharoitlar yaratish. Izoh – Axborotdan foydalanishda to‘sqinlik qiladigan sharoitlar yaratish, foydalana olish vaqti bo‘yicha qayta ishlash funksiyalari (foydalana olish turlari) bo‘yicha va/yoki foydalanish mumkin bo‘lgan axborot resurslari bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. " Foydalana olishni boshqarish|"1. Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi resurslariga faqat vakolatga ega mantiqiy obyektlar va faqat ruxsat etilgan usul bilan murojaat qilish imkoniyatini ta’minlaydigan usullar. 2. Tizimning barcha resurslaridan (ma’lumotlar bazalari elementlari, dasturiy va texnik vositalari) foydalanishni tartibga solish bilan, axborotni muhofaza qilish usuli. 3. Biznes va xavfsizlik talablariga asoslangan, aktivlardan ruxsat etilgan va cheklangan tarzda foydalana olishni ta’minlash usullari. 4. Faqat ruxsat etilgan dasturlar, jarayonlar yoki boshqa tizimlarga (tarmoqdagi) tizim resurslaridan erkin foydalanishni cheklash jarayoni. " Foydalana olishni boshqarish kaliti|"Jarayon tomonidan ma’lumotlar bazasi boshqarish tizimiga beriladigan va ma’lumotlardan ruxsat etilmagan tarzda erkin foydalanishning oldini olish maqsadida, tegishli qiymat bilan solishtiriladigan qiymat. " Foydalana olishni boshqarish ro‘yxati|"Windows NT va Windows 2000 dagi xavfsizlik tizimi elementi. Foydalanuvchilar va ular guruhlarining resursdan (masalan, fayldan) erkin foydalanish huquqlarini belgilaydi. Tartiblashtirilgan ACE ro‘yxatidan iborat. Obyekt egasi o‘z xohishiga ko‘ra, obyekt ACL ni o‘zgartirishi mumkin. Tarmoq operatsion tizimi foydalana olishni boshqarish ro‘yxatidan umumiy tarmoq resurslaridan foydalanish huquqlarini belgilashda foydalanadi. " Foydalana olishni boshqarish siyosati|"Foydalana olish o‘z o‘rniga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan sharoitlarni belgilaydigan qoidalar to‘plami. " Foydalana olishni boshqarish tizimi|"Foydalana olishni jismoniy boshqarishning avtomatlashtirilgan vositalari. Izoh – Foydalana olishni boshqarish tizimida magnit polosali identifikatsion kartalardan, o‘qiydigan biometrik qurilmalardan, smart-kartalardan foydalaniladi. " Foydalana olishni boshqarish xizmati|"Subyektlarning faqat ruxsat etilgan yo‘l bilan foydalana olishini ta’minlaydigan usullar. " Foydalana olishni mantiqiy boshqarish|"Ma’lumotlar yoki axborotdan foydalana olish boshqarilishini ta’minlaydigan mexanizmlarning qo‘llanilishi. Izoh – Qoidaga ko‘ra, foydalana olishni mantiqiy boshqarishda paroldan foydalaniladi. " Foydalana olishni nazorat qilish|"Talab qilinadigan muhofaza qilish modeliga muvofiq, avtomatlashtirilgan tizim resurslaridan erkin foydalanishni cheklaydigan jarayon. " Foydalana olishni nazorat qilish yozuvi|"Windows NT va Windows 2000 xavfsizlik tizimida erkin foydalanishni boshqarish jadvalining elementi. Muayyan foydalanuvchi yoki foydalanuvchilar guruhi uchun audit va fayllar hamda boshqa obyektlardan foydalanish muhofaza qilinishini belgilaydi. " Foydalana olishni tekshirish|"Foydalanuvchining hisobga olish yozuvi to‘g‘risidagi ma’lumotni tekshirish. Subyektga so‘ralayotgan operatsiyani bajarish huquqini taqdim etish imkoniyatini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi. " Foydalana olishning o‘rtacha vaqti|"Sahifali tashkil qilishda xotiraga bo‘lgan murojaatlar sonining matematik kutish bahosi. " Foydalaniladigan maydon kuchlanganligi|"Maydon kuchlanganligining median qiymatlari minimal foydalaniladiganlardan past bo‘lmagan radiotelevizion stansiyaning xizmat ko‘rsatish zonasi chegaralarini rejalashtirishda qabul qilingan maydon kuchlanganligi. " Foydalanilayotgan parametrlarni nazorat qilish|"Tarmoqning barcha resurslaridan foydalanilayotganda, ortiqcha trafikni tarmoqqa o‘tkazmagan holda, o‘ta yuklanish paydo bo‘lishining oldini oladi. UPC ortiqcha trafikni chiqarib tashlash imkonini beruvchi CLP yacheykalari bitlarini o‘zgartiradi. " Foydalanish dasturi|"Ma’lumotlar, hisoblashlar va h.k.lar ustida qandaydir operatsiyalarni bajarishga mo‘ljallangan amaliy dasturiy ta’minot. " Foydalanish davri|"Foydalanish uchun ko‘rsatilgan huquqlar amal qiladigan vaqt intervali. " Foydalanish huquqini beradigan kalit|"Tarmoq o‘lchamlariga bog‘liq huquq kategoriyasi: uyalar soni kichik bo‘lgan (A); murakkab kommutatsiyali va lokal tarmoqlar bilan aloqaga ega bo‘lgan ofis (V); umumiy foydalanishdagi tarmoqlar bilan qo‘shilgan (S); GSM tarmoqlari bilan qo‘shilgan (D). " Foydalanish jarayoni|"Operatsion tizimda foydalanuvchi tomonidan ishga tushirilgan jarayon. " Foydalanish turi|"Foydalanish huquqida ko‘rsatilgan operatsiyalar turi. Izoh – Foydalanish huquqida quyidagi operatsiyalar ko‘rsatilishi mumkin: o‘qish, yozish, bajarish, to‘ldirish, modifikatsiya qilish, o‘chirish, yaratish. " Foydalanish vazifalari uchun xotirani taqsimlash|"Yuklanadigan foydalanish vazifasi uchun xotirani ajratish va uni har bir vazifa tugagandan so‘ng bo‘shatish. " Foydalanishga ruxsat|"Resurs (masalan, fayl, printer) bilan bog‘liq bo‘lgan, berilgan resursdan kim va qanday foydalanishi mumkinligini belgilovchi qoida. Foydalanishning to‘rt darajasini foydalanish taqiqlangan, faqat o‘qish uchun, takomillashtirish uchun va to‘la foydalanish aniqlash tipik hisoblanadi. " Foydalanishga ruxsat olish|"Kompyuter tizimida yoki tarmoqda, biron-bir dastur yoki qurilmalar resursidan foydalanishga ruxsat olish. Xotira yacheykasiga, registrga, ma’lumotlar bazasiga, fayllarga va b.larga o‘qish yoki ma’lumot yoza olish imkoni. Obyektning qandaydir operatsiyalarni bajara olishi uchun olinadigan ruxsat. " Foydalanishni majburiy nazorat qilish|"Qar.: Foydalanishni mandatli boshqarish. " Foydalanishni mandatli boshqarish|"1. Obyektlardan erkin foydalanishni boshqarish usuli obyektda mavjud bo‘lgan axborotning (maxsus belgilar bilan taqdim etilgan) maxfiylik yoki kritiklik darajasiga va berilgan kritiklik darajasidagi axborotdan erkin foydalanishda subyektning vakolatlari va huquqlarini rasman tekshirishga asoslangan. 2. Obyektlarda bo‘lgan axborot uchun konfidensiallik belgisini tayinlashga va subyektlarga shunday konfidensiallik darajasidagi axborotga murojaat qilishlari uchun rasmiy ruxsatlar berilishiga asoslangan subyektlarning obyektlardan foydalanishini chegaralash. " Foydalanishni chegaralash|"1. Tizim resurslaridan foydalanish tartibi, bunda subyektlar belgilangan qoidalarga qat’iy muvofiq holda obyektlardan foydalana oladilar. 2. Har bir foydalanuvchiga (foydalanish subyektiga) axborot resursidan erkin foydalanish, axborot bilan tanishish, uni hujjatlashtirish, o‘zgartirish va yo‘q qilish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish yuzasidan alohida huquqlar berish. Izoh – Foydalanishni chegaralash tematik belgiga ko‘ra qurilgan turli modellar yoki foydalanish ruxsat etilgan axborotning maxfiylik grifi bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. " Foydalanishni chegaralash qoidalari|"Foydalana olish subуektlarining foydalana olish obуektidan foydalana olish huquqlarini tartibga soluvchi qoidalar majmui. " Foydalanishni chegaralash qoidalarini buzuvchi|"1. Axborotdan ruxsatsiz foydalana olishni amalga oshiruvchi foydalana olish subyekti. 2. Shtat texnik vositalar yordamida axborot resursidan ruxsat etilmagan tarzda erkin foydalanadigan shaxs. " Foydalanishni chegaralash qoidalarini buzuvchining modeli|"Foydalanishni chegaralash qoidalarini buzuvchining abstrakt (formallashtirilgan yoki formallashtirilmagan) tavsifi. " Foydalanishni chegaralash rejimi|"Shaxslarning, oldindan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan qoidalarga muvofiq, hisoblash texnikasi vositalaridan, qayta ishlashda dasturdan foydalana olish tartibi. " Foydalanishni chegaralash tizimi|"Hisoblash texnikasi vositalari yoki avtomatlashtirilgan tizimlarda foydalanishni chegaralashni amalga oshiradigan qoidalar majmui. " Foydalanishni chegaralash vositasi|"Qabul qilingan modelga muvofiq, subyektlarning axborot resurslaridan foydalanishi chegaralanishini ta’minlovchi dasturiy-apparat vosita. Izoh – Foydalanish matritsasi va maxfiylik (konfidensiallik) belgisi erkin foydalanishni chegaralash vositalari hisoblanadi. " Foydalanishning qulayligi|"Tizimning, unda tayyorgarlik ko‘rmagan foydalanuvchi ishi yengillik darajasini tavsiflash xususiyati. " Foydalanuvchi|"Baholash obуekti bilan birgalikda ishlaydigan, baholash obуektidan tashqarida bo‘lgan har qanday mantiqiy obуekt (foydalanuvchi-odam yoki AT tashqi obуekti). " Foydalanuvchi agenti|"Foydalanuvchining nomidan ish ko‘radigan intellektual agent. Foydalanuvchini tizimda ifoda etuvchi, ochiq tizimlar o‘zaro ishlay olish modelining amaliy jarayoni. Foydalanuvchi nomidan xabarlar qabul qilishi, jo‘natishi, baʼzi hollarda esa, hatto tuzishi mumkin. Izoh – Bu toifaga elektron pochtani tekshirish va muhim xatlar kelganligi to‘g‘risida xabardor qilish, buyurtma qilingan yangiliklar hisobotlarini yig‘ish, mavzu bo‘yicha axborot izlash, veb-shakllarni avtomatik to‘ldirish vazifalarini bajarayotgan intellektual agentlar kiradi. " Foydalanuvchi dasturlashtiradigan mantiqiy integral sxema|"Loyihalashda yoki (ekspluatatsiya qilish sharoitlarida) foydalanuvchi tomonidan dasturlashtirilishi mumkin bo‘lgan mantiqiy integral sxema. " Foydalanuvchi deytagrammalari protokoli|"TSR/IP protokollari guruhiga kiradigan, bog‘lanish o‘rnatilmaydigan transport sathi protokoli. UDP – tasdiqlashlarsiz yoki yetkazish kafolatlanmagan holda, deytagrammalar almashinuvini ta’minlaydigan oddiy protokol, bunda xatolar qayta ishlanishini va uzatish takrorlanishini biror-bir boshqa protokol nazorat qilishi talab etiladi. " «Foydalanuvchi-foydalanuvchi» signalizatsiyasi|"ISDN foydalanuvchisiga boshqa ISDN foydalanuvchisi bilan signal kanali orqali cheklangan hajmdagi axborot almashinish imkonini taqdim etadigan qo‘shimcha xizmat; ushbu imkoniyat asosiy aloqa xizmatini shu (boshqa) foydalanuvchi bilan qo‘shib taqdim etiladi. " «Foydalanuvchi foydalanuvchiga» protokoli|"Ma’lumotlarni qabul qilish markazlashtirilgan serverdan emas, balki xuddi shunaqa foydalanuvchilarning kompyuterlari tomonidan amalga oshiriladigan protokol. Serverda turli kompyuterlarda fayllarning mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumot saqlanadi. eDonkey, Kazaa turidagi piring tarmoqlarida qo‘llaniladi. " Foydalanuvchi guruhi|"Foydalanuvchilarning qaysidir xususiyatlari (mezonlari) asosida guruhlarga birlashishi. Masalan, tizim administratorlari guruhi. " Foydalanuvchi identifikatori|"1. Foydalanuvchini identifikatsiya qilish uchun ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi-da foydalaniladigan tasvir yoki simvollar ketma-ketligi. 2. Barcha boshqa subyektlar (obyektlar) ning to‘liq ko‘pligi o‘rtasida identifikat-siya qilinuvchi subyekt (obyekt)ni bir xil ajratishga imkon beradigan xususiy belgi-lanish (nom, kod va sh.k.). 3. Alohida shaxsga yoki shaxslar guruhiga beriladigan hamda hisoblash tizimi resurs-laridan foydalanishga ruxsat beradigan ramziy nom. " Foydalanuvchi interfeysi|"Foydalanuvchining kompyuter tizimi bilan hamkorlik jarayonlarini belgilaydigan interfeys. Matnli, grafikli yoki ovozli bo‘lishi mumkin. " Foydalanuvchi interfeysining obyekti|"Voqealar bog‘langan funksiyalar ishlaydigan grafik interfeys obyekti. Masalan, tugmalar, matn maydoni va boshqalar. " Foydalanuvchi interfeysining oqimi|"Windows operatsion tizimidagi, foydalanuvchining grafik interfeysi to‘g‘risidagi axborotni qaytaruvchi ma’lumotlar oqimi. " Foydalanuvchi konteksti|"Aniq holat ta’rifi. Kontekstga bog‘liq xoda, atamalar har xil ma’noga ega. " Foydalanuvchi rasmi|"Foydalanuvchi hisob yozuvining, foydalanuvchining o‘zi tomonidan tanlangan rasm bilan ko‘rsatish turi. " Foydalanuvchi rejimi|"Protsessorning, amaliy dasturlarni bajarish uchun mo‘ljallangan, imtiyozli bo‘lmagan ishlash rejimi. " «Foydalanuvchi-Tarmoq» interfeysi|"Asosiy tezlikda «Foydalanuvchi-Tarmoq» interfeysi bilan o‘zaro ishlaydigan foydalanuvchining terminali orqali standartlashtirilgan to‘rt simli «Foydalanuvchi-Tarmoq» interfeysi (SQ etalon nuqta). " Foydalanuvchi tomonidan boshqariladigan qayta manzillash xizmati|"Foydalanuvchi tomonidan boshqariladigan qayta manzillash xizmati individual liniya tayinlanmagan abonentlar uchun amalga oshirilishi mumkin. Qayta manzillash xizmatlari uchun to‘lov ushbu xizmat aktivlashtirilganda generatsiyalanadi. Izoh – Bu xizmat faqat MGCP protokolining oxirgi (terminal) qurilmalari uchun yaratiladi. " Foydalanuvchi uchun xotira|"Xotira qurilmasining foydalanuvchi uchun ajratilgan qismi. " Foydalanuvchilar adresatsiyasi|"Internet-xizmatlar (elektron pochta, xosting va b.) foydalanuvchilariga, berilgan manzillarga maʼlumotlar qabul qilish yoki uzatish mumkin bo‘lishi uchun, manzillar berish protsedurasi. " Foydalanuvchilar huquqlarini muhofaza qilish|"Foydalanuvchilarning dasturlar va ma’lumotlardan to‘sqinliklarsiz hamda o‘z vaqtida foydalana olishlarini ta’minlashga va ulardagi axborotdan boshqa shaxslar foydalanishidan muhofaza qilishga qaratil-gan qoidalar, usullar hamda vositalar majmui. " Foydalanuvchilar paketlarining protokoli|"Foydalanuvchining deytagrammalar protokoli, UDP protokoli, TCP/IP protokollari oilasidan transport darajasidagi tarmoq protokoli. Alohida paketlar IP dan foydalanib uzatishning to‘g‘riligi va yetkazish kafolatini tekshirmasdan, lekin iloji boricha tezroq uzatiladi. Bunda paketlarning bir qismi yo‘qoladi, lekin, masalan, nutqni uzatishda ovoz uzilmaydi, bu uning aniqligini ta’minlashda muhim hisoblanadi. Ma’lumotlar uzatish transport protokoli RFC 768 da tavsiflangan. " Foydalanuvchilarni identifikatsiyalash-ning yagona axborot tizimi|"Yuridik va jismoniy shaxslar to‘liq identifikatsiya qilinishini, shuningdek, idoralararo elektron o‘zaro hamkorlikda mansabdor shaxslarning ma’lumotlar bazalari va axborot tizimlaridan ruxsat etilgan tarzda foydalana olishini ta’minlaydigan davlat axborot tizimi. " Foydalanuvchilarning standart interfeysi|"Turli dasturlar va operatsion tizimlarga qo‘yiladigan talablar majmui. Bunday dasturlarni shakllantirishda oldindan aniqlangan standart elementlardan foydalaniladi. Bu esa tajribasiz foydalanuvchilarga dasturdan foydalanishni osonlashtiradi. " Foydalanuvchilarning yopiq guruhi|"Foydalanuvchilarga, unga va undan foydalanish cheklangan guruhni tashkil etish imkonini beradigan qo‘shimcha xizmat. " Foydalanuvchini identifikatsiyalash|"Vakolatlarni – ma’lumotlardan erkin foydalanish huquqi va ulardan foydalanish tartibini aniqlash maqsadida, foydalanuvchilarni (familiya va parolga qarab) tanish. " Foydalanuvchini ro‘yxatga olish|"Kompyuter tizimiga (tarmog‘iga) kirishda foydalanuvchini identifikatsiyalаsh protsedurasi; kompyuter tizimidan foydalanishga ruxsat olish uchun qo‘llaniladigan ochiq hisobga olish nomi. " Foydalanuvchining grafik interfeysi|"1. Operatsion tizim ostida foydalanuvchining shaxsiy grafik interfeysini yaratish moslamasi. 2. Ma’lumotlarni vizuallashtirish imkonini beruvchi dastur. Misol: Windows, OS/2 Presentation Manager. " Foydalanuvchining hisobga olish yozuvi|"Lokal tarmoqlarda va ko‘p foydalanuvchili operatsion tizimlarda har bir foydalanuvchini va uning aktivligini qayd qiluvchi yozuv. Administratorlik qilish, taqsimlangan resurslarni ifodalash va ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash uchun xizmat qiladi. Kishining operatsion tizimga tegishliligini ifodalaydigan yozuv. " Foydalanuvchining huquqlari|"Ma’lum turdagi tizimga kirishni amalga oshirish imkoniyati va u yoki boshqa imtiyozlarning mavjudligi. " Foydalanuvchining ma’lumotlari|"OXFni bajarishga ta’sir etmaydigan foydalanuvchi uchun ma’lumotlar. " Foydalanuvchining nomi|"Foydalanuvchining tizimdagi hisobga olish yozuvini belgilaydigan noyob nom. Hisob yozuvidagi nom guruhdagi boshqa nom bilan yoki shu domen yoki ishchi guruhdagi foydalanuvchining nomi bilan mos kelmasligi kerak. " Foydalanuvchining paroli|"Foydalanuvchining har bir hisob yozuvida saqlanadigan maxfiy so‘z. Har bir foydalanuvchi, odatda takrorlanmaydigan maxfiy so‘zga ega bo‘ladi va uni tizimga kirish yoki serverga ulanishda ishlatadi. " Foydalanuvchining profili|"1. Odatda, erkin foydalanishni boshqarish uchun qo‘llaniladigan foydalanuvchining tavsifi. Izoh – Foydalanuvchining profili foydalanuvchining identifikatori, foydalanuv-chining nomi, parol, erkin foydalanish huquqi va boshqa atributlardan iborat bo‘lishi mumkin. 2. Foydalanuvchi faoliyatining namunasi foydalanuvchining faoliyatidagi o‘zgarishlarni aniqlash uchun qo‘llaniladi. " Foydalanuvchining tizimga kirishi|"Ekranning ro‘yxatga olish oynasi, foydalanuvchi uning yordamida kompyuterga kiradi va ish seansini boshlaydi. " Foydalanuvchining tizimga kirishi|"Ko‘p foydalanuvchili tizimga nisbatan foydalanuvchining jami huquqlari. Foydalanish uchun o‘z ismi, paroli, uy katalogi va h.k. mavjudligi nazarda tutiladi. " Foydalanuvchining shaxsiy identifikatori|"PIN-raqamiga o‘xshab qo‘lda kiritiladigan identifikator. " Foydali signal|"Texnik vositaning ishlab turishi uchun mo‘ljallangan elektromagnit signal. " Fragment|"Katta ma’lumotlar paketi yoki faylning qismi. Disk fayllarining fragmentlari qanchalik katta bo‘lsa, ularga kirish shunchalik sekin amalga oshadi. Shuning uchun davriy ravishda diskni defragmentatsiyalash dasturini ishga tushirib turish kerak. " Fragmentlash|"Bitta faylni bir nechta qismga (fragmentga) ajratish jarayoni. " Fraktal tasvir formati|"Tasvirlarning qattiq siqilgan fayllari formati Integrated Systems firmasi tomonidan taklif qilingan. " Frankirlash mashinasi|"Yozma xat-xabarlarga pochta aloqasi xizmatlari uchun haq to‘langanligini, ushbu xat-xabarlar qabul qilingan sanani va boshqa axborotni tasdiqlovchi tamg‘a izlarini tushirishga mo‘ljallangan mashina. " Freymlarni global ajratish|"Erkin freymlarni to‘plash barcha jarayonlar uchun umumiy bo‘lgan asosiy xotirada sahifalar freymlarini jarayonlarga ajratish, bir jarayon boshqasidan freym olishi mumkin. " Freymlarni lokal ajratish|"Asosiy xotirada, bo‘sh freymlarning to‘plami har bir jarayon uchun alohida ajratiladigan jarayonlarga sahifalar freymlarini ajratish. " Freymlarni proporsional ajratish|"Jarayonlarga xotiradagi jarayonlar o‘lchamiga proporsional bo‘lgan asosiy xotiradagi sahifalar freymlarini ajratish. " Freymlarni qayd etib ajratish|"Jarayonlarga asosiy xotiradagi sahifalar freymlarini yo bir xilda, yoki xotiradagi jarayonlar o‘lchamiga proporsional tarzda ajratish. " Freymlarni ustuvorlik bo‘yicha ajratish|"Jarayonlarga asosiy xotiradagi sahifalar freymini ajratish. Jarayonlarning ustuvorligiga muvofiq: sahifalarni almashtirishda quyi ustuvorlik jarayonining sahifasi joylashtiriladi. " Freymli namoyishlar tili|"80-yillarda yaratilgan dasturlash tili. Freym obyekt yoki hodisaning asosiy xossalarini o‘zida aks ettiradi. Freymning tuzilmasi xossalar ro‘yxati ko‘rinishida yozilib, freym slotlari deb nomlanadi. " Funksional arxitektura|"Funksional obyektlar va ular o‘rtasidagi KAT tuzilmasini tavsiflashda ishlatiladigan, etalon nuqtalar to‘plami. Bunday funksional obyektlar etalon nuqtalar bilan ajratilgan, shuning uchun, ular funksiyalar taqsimlanishini belgilaydi. Izoh – Funksional obyektlar etalon konfiguratsiyalarni tasvirlashda ishlatilishi mumkin. Bu etalon konfi-guratsiyalar, qanday etalon nuqtalar uskunani ishlatish doirasida va ma’muriy domenlar o‘rtasida ko‘rinishini aniqlab beradi. " Funksional blok|"Tizimdagi qurilma, qandaydir qurilmaning kichik tizimi yoki mikrosxemaning bir qismi, masalan, arifmetik-mantiqiy qurilma bloki, registr fayli va sh.k. " Funksional bog‘lanish|"Modulning faqat bitta vazifa bilan bog‘liq harakatlarni bajaradigan funksional xarakteristikasi. Izoh – Funksional bog‘langan modul bir turdagi kiruvchi ma’lumotlarni bir turdagi chiquvchi ma’lumotlarga o‘zgartiradi; bunday modullarga stekni boshqaradigan modul yoki navbatni boshqaradigan modul misol bo‘lib hisoblanadi. " Funksional dasturlash|"Dasturlash tilining barcha konstruksiyalari funksiyalar ko‘rinishida amalga oshiriladigan dasturlash uslubi. " Funksional dasturlash tili|"Deklarativ turdagi dasturlash tili. Funksional tur tilidagi dastur ma’lum funksiyalar majmui ko‘rinishida taqdim etiladi. Amalda barcha funksiyalar rekursiv. LISP va Logo funksional tillarning o‘ziga xos vakillaridir. " Funksional ishonchlilik|"Xavfsizlikning ba’zi mezonlarga, masalan, xavfsizlik siyosati bilan belgilanadigan mezonlarga mos kelishi xususiyati. " Funksional klavishlar|"Klaviaturadagi F1 dan F10 (ba’zan F12) gacha belgilangan va har bir dasturda maxsus belgilanishga ega bo‘lgan dasturlashtiriladigan klavishlar guruhi. " Funksional moslashuv (raqamli televideniyeda)|"Turli uzatish muhiti bo‘yicha ishlashga imkon beradigan raqamli televizion tizim xarakteristikasi. Izoh – Yer usti televizion eshittirishi kontekstidagi funksional moslashuvchanlik uzatishning muqobil muhitlari bo‘yicha kabelli, yo‘ldoshli, keng polosali tarmoqlar, videkassetalarni, shuningdek, mavjud analog televizion tizimlarga kinematografiya va video standartlarini o‘zgartirish, kompyuterlar va interaktiv tizimlar bilan o‘zaro aloqani o‘z ichiga oladi. " Funksional sxema|"Kompyuter tizimi funksional komponentlarining va ular o‘zaro aloqadorligining grafik taqdim etilishi. " Funksional testlash|"Ilovaning, dastur tuzilmasiga tegmasdan, belgilangan funksional talablarni bajarishini tekshirish. " Funksiya|"Dastur yoki tizim tomonidan hal qilinadigan masala yoki maqsad, shuningdek qandaydir qurilmaning vazifasi. Masalan, printerning funksiyasi ‒ bosib chiqarish, kompyuterning funksiyalaridan biri o‘qitish, matn redaktorining funksiyasi ‒ hujjatni tayyorlash va h.k. " Funksiya prototipi|"Ba’zi dasturlash tillarida ‒ dastur boshida funk-siyalar parametrlari va ularning turlari ro‘yxati bilan birgalikdagi, funksiyalar turlari va nomlarini e‘lon qilish. Bu translyatsiya qilish jarayonini soddalashtiradi. " Funksiyalar ustasi|"Foydalanuvchining grafik interfeysidagi interaktiv funksiya. Bosqichma-bosqich bajariladigan operatsiyani (masalan, dasturni o‘rnatish) ketma-ket o‘zgarib turadigan dialog oynalar yordamida bajarish. Baʼzida bu kabi interfeyslar druid, djin yoki assistent deb nomlanadi. Funksiyalar ustasi qurilgan tizim utiliti sifatida birinchi bor Microsoft Windows 95 operatsion tizimida foydalanilgan. " Funksiyaning o‘ta yuklanishi|"Dasturda, aynan bir nomga, biroq parametrlarning har xil turlariga va boshqarish qaytarilganda uzatiladigan qiymatlarga ega bir nechta protseduradan foydalanish. " Furye tez o‘zgartirishi|"Hisoblashlar hajmi kamaytirilgan Furye o‘zgartirishini hisoblash algoritmi. " Fеystel tarmog‘i|"Blokli shifrlar tuzish arxitekturasi. Bunda blokni shifrlashning butun jarayoni qadamlar (raundlar) ichida bajariladi. Ularning har birida blok o‘zgaradigan va o‘zgarmaydigan qismlarga ajratiladi. Shifrlash funksiyasi yordamida o‘zgarmaydigan qism va raund kalitidan, gammalash operatsiyasi vositasida o‘zgaradigan qismni modifikatsiyalashda foydalaniladigan modifikatsiyalovchi kod ishlab chiqiladi. " Fеystel shifri|"Takrorlanadigan blokli shifrning maxsus sinfi, unda shifr matn chetlab o‘tish funksiyasi qo‘llanishini takrorlash bilan ochiq matndan hisoblab chiqiladi. G " ...ga almashtirish|"Matnning bir fragmentini boshqasi bilan almashtirish. " Gabidulin kriptotizimi|"Rang (daraja) metrikasida xatolarni tuzatuvchi kodlarga asoslangan kriptotizim. " Gamma|"Qayta tiklash yarim ton xarakteristikasi nochiziqliligini ifodalaydigan televizion tizim kontrastliligining omili yoki koeffitsiyenti. " Gamma tuzatuvchi|"Televizion eshittirish gamma qiymatini nochiziqli element signali o‘tish zanjiriga kiritish orqali rostlash uchun mo‘ljallangan qurilma. " Gammalash|"Ochiq ma’lumotlarni shifrlash uchun ushbu ma’lumotlarga muayan qonun bo‘yicha shifr gammalarini qo‘yish jarayoni. " Gammalash shifri|"Ma’lumotlarni shifrlash uchun gammalash-dan foydalaniladigan oqimli shifr. " Gamma-testlash|"Dasturiy mahsulotni, uni tijoriy chiqarishdan oldin testlashning uchinchi bosqichi. Gamma-testlash bosqichida faqat hujjatlar va o‘ramgina so‘nggi ko‘rinishda bo‘lmaydi. " Gamma-tuzatish|"Elektron-nur trubkaga beriladigan kuchlanish va yorqinlik o‘rtasidagi noliniyaviy bog‘liqlik tufayli sodir bo‘lgan, elektron-nur trubkadagi rang yorqinligi buzilishini tuzatishga imkon beradigan mexanizm. " Gant diagrammasi|"Jarayonlarning nomini va ularni bajarishning vaqtinchalik diapazonlarini tasvirlaydigan, ayrim vaqt birliklarida ifodalangan, «vaqt chizig‘i» ko‘rinishidagi sxema. " Garmonikalar analizatori (spektr analizatori)|"Tebranishlar spektrini tadqiq qilish uchun mo‘ljallangan asbob. Garmonikalar analizatorining ishlash prinsipi berilgan tebranish joylashtirilishi mumkin bo‘lgan turli chastotalardagi garmonik tebranishlarni (tor polosali filtrlar yordamida) ajratishdan iborat. " Gauss chastotaviy manipulyatsiyasi|"Kirishida, kirish impulslari shakllarining Gauss qonuni asosida silliqlanishini ta’minlovchi past chastotali filtrga ega chastotaviy manipulyatsiya usuli, odatda, silliqlanish koeffitsenti 0,5 ga teng. Izoh − (DECT, Bluetooth tizimlarida foydalaniladi). " Gauss kanali|"Bir tekis oq shovqinli akslantirishsiz kanal. " Gaz-razryadli almashlab ulagich|"Tarmoqlangan o‘ta yuqori chastotali trakt-larni kommutatsiyalash uchun mo‘ljallan-gan, tashqaridan boshqariladigan gazli razryadlagich. Oddiy gazli razryadlagichdan farqli ravishda, gazrazryadli almashlab ulagich maydon o‘ta yuqori chastotasining quvvati oshib ketganda, o‘z-o‘zidan ishlab ketmasligi kerak, shu sababli, gaz bosimi mustaqil razryad uchun optimal bo‘lganga nisbatan, ko‘p karra kamaytirilishi yoki oshirilishi kerak. " Geksagonal yacheyka|"Qo‘shni uchastkalarni qoplamasdan yoki ayrim uchastkalarni qoldirib ketmasdan, xizmat ko‘rsatiladigan butun hududni qamrab olish imkonini beradigan yacheyka. " Gektometrli to‘lqinlar|"100 m dan 1000 m gacha bo‘lgan to‘lqin uzunliklari diapazoni (300 kHz dan 3000 kHz gacha bo‘lgan chastotalar diapazoni). " Generator|"O‘zining ishlash jarayonida nimadir yaratadigan dastur, masalan, ilovalar generatori, kod generatori va sh.k. " Geografik axborot tizimi|"Joy kartalari, planlar, sxemalar kabi makonga oid ma’lumotlarni kiritish, qayta ishlash, saqlash va aks ettirish bilan bog‘langan dasturiy tizimlar turkumi. " Geografik domen|"Geografik belgi bo‘yicha birlashtirilgan domen nomlari guruhi. " Geoinformatika|"Ilmiy, texnologik va ishlab chiqarish faoliyati. U amaliy yoki geoilmiy maqsad-larda ilmiy asoslash, loyihalash, yaratish, ekspluatatsiya qilish va geografik axborot tizimlaridan foydalanish, geoaxborot texnologiyalarni ishlab chiqish hamda amaliy jihatlar yoki GAT qo‘llanmalari bilan shug‘ullanadi. " Geoinformatsion tizim|"1. Matnli, jadval, illyustratsiyali va boshqa shakllarda kartografik ma’lumotlarni va ular bilan bog‘liq ma’lumotlarni saqlab turishga, qayta ishlash va berishga qaratilgan dasturiy, axborot va texnik vositalar kompleksi. 2. Fazoviy ma’lumotlarni to‘plash, saqlash, tahlil qilish va grafik vizuallashtirish uchun mo‘ljallangan tizim. Ushbu tizim raqamli kartalarni, shuningdek, obyektlar to‘g‘risidagi qo‘shimcha axborotni, masalan, bino balandligini, yashovchilarining manzili, sonini izlab topish, tahlil va tahrir qilish imkonini beradi. " Geomatika|"1. Axborot texnologiyalari, multimedia va telekommunikatsiya vositalaridan foydalanish yo‘nalishi. Maʼlumotlarni qayta ishlash, geotizimlarni tahlil qilish va avtomatlashtirilgan xaritaga olish mazkur ilmiy yo‘nalishning asosiy vazifasidir. 2. Geoinformatika yoki geoaxborotlashgan xaritaga olish atamalarining sinonimi sifatida ham ishlatiladigan atama. " Geometrik (koordinata) buzilishlarni tuzatish|"«Gorizontal bo‘yicha chiziqlilik» rostlagichi yordamida amalga oshiriladigan tuzatish. " Geosinxron yo‘ldosh|"Aylanish davri Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanish davriga teng bo‘lgan Yer yo‘ldoshi. " Geostatsionar yo‘ldosh|"To‘g‘ri va doiraviy orbitasi Yer ekvatori tekisligida yotadigan, shu tariqa Yerga nisbatan qo‘zg‘almas bo‘lgan geosinxron yo‘ldosh. Keng ma’noda –Yerga nisbatan taxminan qo‘zg‘almas bo‘lib qoluvchi yo‘ldosh. " Geostatsionar yo‘ldoshlar orbitasi|"To‘g‘ri va doiraviy orbitasi yer ekvatorining tekisligida joylashgan geosinxron yo‘ldosh orbitasi. " Gers dipoli|"O‘rtasiga yuqori chastotali tebranishlar manbai ulanadigan, oxiri yo‘g‘onlashgan to‘lqin uzunligiga nisbatan kichik uzunlikdagi sim kesmasi (bo‘lagi). " Gers vibratori|"G.Gers tomonidan konstruksiyalangan tebranish manbaini (tebranish rejimida) yoki yuklamani (qabul rejimida) o‘rtadagi uzilish bilan ulash uchun mo‘ljallangan metall shtir ko‘rinishidagi antenna. " Geterodin chastotasini ohista rostlash|"Konvertor geterodinining zavodda sozlanish noaniqligini yo‘qotish imkonini beradi. Amalda bu qabul qilinayotgan tasvir sifatini yaxshilaydi. Qo‘lda sozlashdan tashqari ayrim resiverlarda chastotani avtomatik sozlash imkoniyati ham mavjud. " Geterogen tarmoq|"Turli operatsion tizimlar, tarmoq kartalari o‘rnatilgan har xil kompyuterlardan iborat va/yoki turli tarmoq protokollaridan foydalaniladigan tarmoq. " Geteroxrom|"Turli nominal uzatish tezliklariga ega signallar. " Geytvey|"Qar.: Dorvey. " Gibrid differensial impuls kodli modulyatsiya|"Differensial impuls-kodli modulyatsiya (DIKM) va kodlashning boshqa usullarini o‘z ichiga oladigan manbani kodlash usuli. Izoh – DIKM va IKM kombinatsiyasi misol bo‘ladi, bunda sanoqning haqiqiy va taxmin qilingan qiymati o’rtasidagi farqning kvantlangan qiymatiga mos kela-digan kodli so‘zlar haqiqiy sanoqning kvantlangan qiymatiga mos keladigan kodli so‘zlar bilan oldindan belgilangan tartibga muvofiq almashinib keladi. " Gibrid ekran|"Maʼlumotlarni ham chiqarishni, ham kiritishni taʼminlovchi ekran. Gibrid ekran maxsus jarayonlarda masalan, dispetcherlar, sotuvchilar, bank xizmatchilari bajaradigan ixtisoslashgan jarayonlarda alohida katta ahamiyat kasb etadi. Texnologiyalar orasida quyidagi ikki tamoyil ko‘proq ishlatiladi. Sig‘imli tamoyilda, foydalanuvchining qo‘l barmog‘i ekranga chiqarilgan tasvir detallariga tegishi bilan maʼlumot kiritish yuz beradi. Buning uchun, suyuq kristalli indikatorning old va orqa tomonlaridan elektr o‘tkazuvchi qatlamli shisha plastinalar qo‘yiladi, yon tomonda esa elektrodlar joylashadi. Elektromagnit tamoyili maxsus pero ishlatishga asoslangan. Buning uchun, suyuq kristalli indikatorning orqa tomoniga sezgir panjara yoki magnit konturlari joylashtiriladi. Pero ekran qabul qilayotgan kuchlanishni induksiyalaydi. " Gibrid kabel|"Umumiy qobiq bilan o‘ralgan, har xil turdagi yoki toifadagi ikki yoki undan ortiq kabeldan iborat qurilma. Umumiy ekranga ega bo‘lishi mumkin. " Gibrid kodlash|"Harakatlanuvchi televizion tasvirlarni qayta ishlash uchun kadr ichida va kadrlararo kodlashni o‘z ichiga oladigan, videosignal raqamli oqimini siqish. Raqamli oqimni qisqartirish maqsadida kadr ichida va kadrlararo kodlashni o‘zida mujassamlashtirgan kodlash. " Gibrid kommunikatsiyalash|"Kanallar kommutatsiyasini va paketlar kommutatsiyasini taʼminlovchi kompleks transport xizmat ko‘rsatish turi. " Gibrid mikrosxema|"Sopol taglikka (asosga) o‘rnatilgan diskret komponentlar va har хil turdagi integral sxemalardan iborat mikrosxema. " Gibrid optik-tolali arxitektura|"Signallar ikki tomonlama asimmetrik uzatiladigan abonent foydalanish tarmog‘i arxi-tekturasi, 802.U. standarti doirasida ishlab chiqilgan. Unda optik-tolali kabellar, o‘ralgan juft, koaksial kabellar va raqamli uzatish usullari qo‘llanilishi mumkin. " Gibrid pochta|"Jo‘natuvchiga xabarlarni, telekommunikatsiyalar tarmog‘i orqali, keyinchalik adresatning pochta manziliga yetkazib berish imkoniyati bilan uzatish amalga oshiriladigan elektron pochta xizmati. " Gibrid pochta jo‘natmasi|"Jo‘natuvchidan fizik yoki elektron shaklda qabul qilinadigan,telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanib ishlov beriladigan, yozma xat-xabarlar jo‘natmaga o‘zgartiriladigan va oluvchiga fizik ko‘rinishda topshiriladigan xabar. " Gibrid tarmoq|"Turli xil kompyuterlarni birlashtiradigan lokal tarmoq. " Gibrid to‘lqin|"Elektr va magnit maydon vektorlari noldan farqli bo‘ylama tashkil etuvchilarga ega elektromagnit to‘lqin. " Gigabayt (Gbyte)|"Kompyuter tizimlari xotira sig‘imining o‘lchov birligi 230 yoki 1.073.741.824 byte ga teng. " Gigaflops|"Unumdorligi yuqori bo‘lgan protsessor yoki superkompyuterning ishlash tezligi birligi (vaqt birligi ichida siljuvchi nuqta bilan bajariladigan operatsiyalar soni). " Gilbert o‘zgartirgichi|"Chastotalarning keng polosasida signal fazalarining 90º ga siljishini ta’minlovchi qurilma. " Giperdiapazon (giperpolosa)|"Kabelli televizion eshittirishlar uchun ajratilgan, 230 MHz dan 470 MHz gacha bo‘lgan chastotalar diapazoni. " Giperhavola|"Faylga, faylning biror o‘rniga, Internet yoki intranetdagi HTML-sahifaga o‘tish imkonini beradigan rangli va ostiga chizilgan matn yoki rasm. Giperilovalar, shuningdek, yangiliklar guruhi va Gopher, Telnet va FTP dagi uzellarni ko‘rsatishi mumkin. " Giperkanallar|"Kabelli televideniye tarmoqlarida foydalaniladigan 300 MHz dan 470 MHz gacha bo‘lgan chastotalar polosasidagi chastota kanallari. " Giperkard|"Macintosh kompyuterida, 6-9 versiyalar MAC OS tizimida gipermedia ilovalar yaratish imkonini beradigan vizual dasturlash muhiti. Giperkardni, foydalanuvchiga qulay, interaktiv ko‘rinishda taklif etgan holda, matnlar, rasmlar, tovushlar, animatsiyani birga to‘plash imkonini beradigan «axborot tashkilotchisi» deb atash mumkin. " Giperkub|"1. Ko‘p protsessorli tizimda protsessorlarni birlashtirish usullaridan biri. 2. Uzellari ko‘p o‘lchamli kub grafasining cho‘qqisi hisoblanadigan tarmoq topologiyasi. " Gipermatn|"1. Boshqa hujjatlarga giperhavolalarni (ko‘rsatgichlarni) ichiga oladigan har qanday matn. Axborotni hujjatlar o‘rtasidagi bog‘lanishlar orqali taqdim etish usuli. 2. Matnlarda maxsus ko‘rsatgichlardan (giperhavolalardan) foydalangan holda, matn massivlarida berilgan mavzularni izlab topishni ta’minlaydigan texnologiya. " Gipermatn preprotsessori|"Veb-serverda HTML sahifalarni yaratish va ma’lumotlar bazalari bilan ishlash uchun yaratilgan dasturlash tili. Bugungi kunda ko‘plab xosting kompaniyalarida qo‘llab-quvvatlanadi. " Gipermatnli belgilash tili|"veb-brauzerning dizayn matnini loyihalash imkonini beradigan, maxsus simvollar (teglar)dan tarkib topgan, veb-hujjat matnini yozish tili. HTML tili shakllarni formatlash va qayta ishlash, shriftlarni boshqarish, ma’lumotlarni grafik ko‘rinishda uzatish, gipermatnli aloqalarni tashkil etish va Java appletlarni qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi. " Gipermatnli ishorat|"Qar.: Giperishorat. " Gipermatnni uzatish protokoli|"Gipermatnni uzatish uchun foydalaniladigan protokol. Protokolning asosiy vazifasi veb-server bilan aloqa oʻrnatish va HTML sahifalarini mijozning veb-brauzeriga yetkazilishini ta’minlash hisoblanadi. Protokol ishlashi uchun IP bogʻlanish orqali Internetga ulanish talab etiladi. veb-hujjat olinadigan kompyuter manzili oldidan http:// prefiksi qoʻyiladi. " Gipermedia|"Multimedia-axborotni tashkil qilish usuli. Bunda matndan tashqari, ma’lumotlarning boshqa turlariga (video, grafika, tovush) havolalar ta’minlanadi. " Giperoqimlilik|"Pentium 4 protsessorida amalga oshirilgan yangi texnologiyaning nomi. Bu texnologiyada protsessor registlari va bloklarining ishga solinmagan imkoniyatlaridan foydalaniladi, natijada protsessor unumdorligi 30 foizgacha oshadi. " Gipervizor|"Ayni bir xost-kompyuterda bir vaqtda bir qancha yoki ko‘plab operatsion tizimlar parallel bajarilishini ta’minlaydigan yoki bajarilishiga imkon yaratadigan dasturiy yoki apparat sxema. Gipervizor, shuningdek, operatsion tizimlarning bir-biridan izolyatsiya qilinishini, muhofazasini va xavfsizligini, ishga tushirilgan turli operatsion tizimlar o‘rtasida resurslar ajratilishini va bu resurslar boshqarilishini ham ta’minlaydi. Gipervizor qandaydir ma’noda minimal operatsion tizim (mikroyadro yoki nanoyadro) hisoblanadi. " Giromagnit chastota|"1. Lorens kuchi va markazdan qochma kuchlarning tengligi bilan aniqlanadigan, Yer magnit maydonining katta kuchlanishli liniyalari atrofida erkin elektronlarning aylanish chastotasi. 2. Doimiy bir jinsli magnit maydonda erkin zaryadlangan zarralarning aylanish chastotasi. " Giromagnitli rezonans|"Doimiy magnit maydonidagi elektronlarning aylantirish harakati hodisasi. " Gistogramma|"Ma’lumotlarning vaqt bo‘lagi davomida o‘zgarishini aks ettiradigan diagramma. Bu xil diagrammalar kattaliklarni ko‘rgazmali taqqoslash uchun juda qulay. Gistogrammada kategoriyalar o‘qi gorizontal bo‘ylab, qiymatlar o‘qi vertikal bo‘ylab joylashadi. O‘qlarning bunday joylashuvi qiymatlarning vaqt bo‘yicha o‘zgarish xarakterini ta’kidlaydi. " Global axborot infratuzilmasi|"Sifat jihatidan tamomila yangi axborot tuzilmasi. Uni dunyo hamjamiyatining bir qator rivojlangan davlatlari 1995-yildan boshlab shakllantira boshlashgan. Ularning niyatlariga ko‘ra, global axborot infratuzilmasi global va mintaqaviy axborot-kommunikatsion tarmoqlarining hamda raqamli televideniye va radio eshittirishlar, yo‘ldosh tizimlar va harakatlanuvchi aloqaning uyg‘unlashuvi asosida sayyoramizning aholisiga ommaviy xizmat ko‘rsatadigan umumjahon integrallashgan axborot tarmog‘idan iborat bo‘ladi. " Global axborot tizimi|"Internet tarmog‘ining maʼlumotlar bazalaridan axborot izlash bo‘yicha tarmoq xizmati. Global axborot tizimi ko‘p sonli maʼlumotlar bazalaridan axborot izlashni osonlashtirish uchun yaratilgan. Gopher tarmoq xizmatidan farqli, global axborot tizimi bilan ishlashda dastlab menyuni ko‘rib chiqish kerak emas. Izlashda so‘z kiritish kifoya. Shunda global axborot tizimi Internetdagi maʼlumotlar bazalarining nomlarini qarab chiqadi, natijada foydalanuvchi bu so‘z uchraydigan obyektlarning ro‘yxatini oladi. Muhimi shuki, har bir baza o‘zining axborot izlash usuliga ega. Global axborot tizimi esa bu usullarning barchasi bilan ishlay oladi va foydalanuvchiga yagona umumiy interfeys taqdim qiladi. " Global hisoblash tarmog‘i|"1. Turli davlatlar va qit’alarni qamrab oladigan katta hududga yoyilgan abonent tizimlarini birlashtiradi. Insoniyat va tashkilotlarning undan foydalana olish bo‘yicha axborot resurslarini birlashtirish muammosini xal qiladi. 2. Hududi jihatidan taqsimlangan tarmoq yoki ma’lumotlar uzatish tarmog‘i, ma’lum geografik hududni (region, mamlakat, qator mamlakatlarni) qamrab oluvchi va kommutatsiyalanadigan hamda ajratilgan liniyalar yoki maxsus aloqa kanallaridan foydalanib axborot uzatishni ta’minlaydigan tarmoq. " Global identifikator|"Ta’sir sohasi butun dastur bo‘lgan identifikator. " Global izlash|"Butun hujjat, ma’lumotlar bazasi yoki disk bo‘yicha izlash operatsiyasi. " Global manzil|"Tarmoqda ishlatiladigan manzil turlaridan biri. Global manzil maʼlumotlar bloki, xabar yoki signal barcha obyektlar uchun mo‘ljallanganini ko‘rsatadi. Tarmoqda global manzillar ishlatilganda, keng qamrovli eshittirish bajariladi. Shuningdek, tarmoqda guruhli manzil (maʼlumotlar bloki mo‘ljallangan obyektlar to‘plamini aniqlaydi) va noyob manzil (tarmoqda faqat bitta obyektni ajratadi) ishlatiladi. " Global manzillash|"Tarmoq elementlarining aniq joylashuvini oydinlashtirmay, marshrutizatorga ma’lum tarmoqni tanib olishga imkon beruvchi manzillash. Izoh − Global miqyosdagi manzillarning kiritilishi o‘zaro bog‘langan ko‘p sonli uzellar mavjudligida tarmoqlararo birgalikda ishlash protsedurasini soddalashtirish imkonini beradi. " Global mobil aloqa tizimi|"ETSI da mobil aloqaning maxsus ishchi guruhi Group Special Mobile (GSM nomining dastlabki talqini) tomonidan ishlab chiqilgan raqamli uyali aloqaning umumEvropa standarti. Izoh − GSM standartida ishlaydigan birinchi tijorat tarmog‘i 1992-yilda Germaniyada ishga tushirilgan. O‘shandan buyon standart uzluksiz takomillashib va rivojlanib bormoqda. Hozirgi paytda uning foydalaniladigan chastotalar diapazoni bilan farqlanuvchi to‘rtta versiyasi: GSM-900, GSM-1800 (DCS-1800), PCS-1900 va GSM-400 hamda uchta evolyutsion texnologiyasi: HSCSD, GPRS va EDGE tarqalgan bo‘lib, ular ma’lumotlar uzatish xizmatlarining joriy etilishi bilan bog‘liq. " Global nur|"Geostatsionar yo‘ldoshning Yer yuzasining butun ko‘rinadigan sirti qamrab olinishini ta’minlaydigan 17°x17° kenglikdagi antenna nuri. " Global nurga ega antenna|"Yo‘nalganlik diagrammasi Yer sathini qamrab oladigan retranslyator-yo‘ldosh antennasi. " Global o‘zgaruvchi|"Ta’sir sohasi dasturning barcha bloklari yoki modullari bo‘lgan o‘zgaruvchi (Java Script da aynan bir HTML hujjatning barcha ssenariylari) yoki yuqori sath blokida tavsiflangan o‘zgaruvchi. " Global optimallash|"Dasturni optimallash, sikllardan konstant ifodalarni chiqarish, hisoblashlar ketma-ketligini qayta tartibga solinishini ichiga oladi. " Global rouming|"Hududiy va tashkiliy cheklashlarsiz mobil abonent bilan aloqa o‘rnatish rejimi. " Global tarmoq|"Lokal va shahar hisoblash tarmoqlarini birlashtiruvchi tarmoq. Ma’lumotlarning mamlakat yoki butun dunyo miqyosida katta masofalarga uzatilishini ta’minlaydi. " Global telekommunikatsiyalar tarmog‘i|"Bir nechta mamlakat yoki qitʼa hududini qamrab oluvchi telekommunikatsiyalar tarmog‘i. " Global ulanish|"Internet tarmog‘ining maʼlumotlar bazalaridan foydalanishning gipermuhitini yaratuvchi tarmoq xizmati. CERNdagi Tim Berners-Li tomonidan ishlab chiqilgan. Uning asosiy g‘oyasi, cho‘qqilari hujjatlar bo‘lgan, hujjatlardagi so‘zlar va jumlalar ularning o‘zaro aloqasini aniqlaydigan katta grafni yaratishdadir. " Globallashuv|"Axborot texnologiyalari, mahsulotlari va tizimlarining butun dunyoga tarqalish jarayoni. U iqtisodiy va madaniy jihatlardan qaraganda uyg‘unlashuvga olib keladi. Bu jarayonning tarafdorlari bundan keyingi taraqqiyot imkoniyatlarini faqat global axborot jamiyatining rivojlanish sharoitlarida ko‘rishadi. Opponentlar globallashuvning milliy madaniy qadriyatlarga keltiradigan xatarlari to‘g‘risida ogohlantirishmoqda. " Globallashuv jarayoni|"Yagona, umumjahon axborot-moliya makonini yaratish. Izoh – Globallashuv yangi texnologiyalarsiz, birinchi navbatda, axborot texnologiyalarisiz mumkin emas va ko‘p jihatdan, innovatsion iqtisodiyotga tayanadi. " Gofrlangan to‘lqin o‘tkazgich|"Choklari bo‘lmagan, devorlari gofrlangan, egiluvchan to‘g‘ri burchakli to‘lqin o‘tkazgich. " Goley kodlari|"Xatolarni tuzatuvchi chiziqli blokli kodlar turkumi. Goley kodlari siklik kod sifatida ham ko‘rib chiqilishi mumkin. " Golografik televideniye|"Uch o‘lchamli obyekt illyuziyasini hosil qiluvchi uch o‘lchamli televideniye. Televideniye, bunda sahna tasviri kogerent manbadan kelayotgan yorug‘lik va shu manbaning o‘zidan kelayotgan, lekin sahnadan akslangan yorug‘lik o‘rtasidagi interferensiya natijasida hosil bo’ladi. " Golografiya|"Fan va texnikaning, tabiati turlicha bo‘lgan to‘lqin maydonlarni yozish va qayta ishlash uchun mo‘ljallangan qurilmalar va usullar yaratish, ularni o‘rganish bilan shug‘ullanadigan bo‘limi. " Gomogen tarmoq|"Yagona dasturiy platforma yoki bir turdagi kompyuterlar asosida qurilgan lokal tarmoq. " Gopp kodlari|"Turli kriptotizimlarda ishlatiladigan, xatolarni tuzatuvchi kodlar. Gopp kodlaridan foydalanish Gopp kodlarini dekodlashni qo‘lda amalga oshirish mumkinligiga asoslangan (Gopp kodlari «yashirinadigan») chiziqli blokli kodlarni dekodlash. NP to‘liq vazifa bo‘lib, uni bajarish juda qiyin. " Gorizont orti aloqasi|"Bevosita ko‘rinishdan tashqarida joylashgan stansiyalar o‘rtasidagi aloqa, bunda biror bir aktiv yoki passiv retronslyatorlar qo‘llanilmaydi. Izoh ‒ Radioto‘lqinlarning gorizont ortida tarqalishi difraksiya, refraksiya effektlari va atmosferaning turli qatlamlaridan qaytish hisobiga amalga oshiriladi. " Gorizont ortidagi trassa|"Uzatuvchi va qabul qiluvchi antennalar o‘rtasida to‘g‘ri ko‘rinish mavjud bo‘lmagan radioto‘lqinlarning tarqalish trassasi. Izoh – Gorizont orti tarqalishda radioto‘lqinlarning tarqalish mexanizmi radioto‘lqinlarni troposfera (troposferali aloqa)ning bir xil emasligidan qayta nurlanishi yoki ionosfera qatlamlaridan (qisqa to‘lqinli aloqa)ning bir xil emasligidan qayta nurlanishi yoki ionosfera qatlamlaridan (qisqa to‘lqinli aloqa) qaytishiga asoslangan. " Gorizontal bo‘yicha ajratish|"Tasvirning har bir gorizontal chizig‘ida videomonitor tiklashi mumkin bo‘lgan minimal tasvir elementlarining (chiziqlarining) soni yoki manba videosignalining bitta gorizontal chizig‘ida bo‘lgan videoaxborotning umumiy soni. Masalan, VHS videoyozuv formati gorizontal bo‘yicha 240 ta, lazerli disk – 480 ta, DVD – 500 ta, HDTV – 1080 ta chiziqni tashkil qiladi. " Gorizontal portal|"Umumiy tavsifga ega bo‘lgan, turli mavzular bo‘yicha xizmatlar taqdim etuvchi veb-sayt. " Gorizontal qutblangan to‘lqin|"Magnit maydon vektori Yer sirtiga nisbatan vertikal, elektr maydon vektori esa, gorizontal yo‘nalgan, chiziqli qutblangan elektromagnit to‘lqin. " Gorizontal va vertiakl tekisliklardagi antenna yoʻnalganlik diagrammasi asosiy yaprogʻining oraliq burchagi|"Yoʻnalishlar bilan hosil qilingan gorizontal va vertikal tekisliklardagi burchaklar, ular uchun antennaning kuchayishi qabulning asosiy yoʻnalishida kuchayishning maksimal qiymatidan 3 dB ga kam. " Gorizontal yo‘nalganlik diagrammasi|"Antennaning gorizontal tekislikdagi yo‘nalganlik diagrammasi. " Gradatsion buzilishlar|"1. Gradatsion xarakteristikaning talab etilgandan og‘ishi. 2. Kul rang shkala turli darajalarining noto‘g‘ri qayta tiklanishi. " Gradatsion xarakteristika|"Televizion tasvir yorqinligining yoki yorqinlik signali darajasining tashqi obyekt yorqinligi yoki kiruvchi yorqinlik signali darajasiga bog‘liqligi. " Gradatsiya|"Rang zichligining asta-sekin o‘zgarishi, obyektning qo‘shni qismlari yoki tegishli tasvir o‘rtasidagi tonning o‘zgarishi. " Gradiyent|"Kompyuter grafikasida qurish usuli. Muayyan (asosiy) nuqtalarning rangi va shaffofligi belgilanib, qolgan nuqtalarning rangi va shaffofligi ularga nisbatan yoki muayyan matematik algoritmlar asosida hisoblanadi. Shu tarzda dastlabki va so‘nggi nuqtalarning koordinatalari va rangini belgilab, bitta rangdan boshqa rangga tekis o‘tishlarni hosil qilish mumkin. " Gradiyent sindirish ko‘rsatgichli tola|"Sindirish ko‘rsatgichi ko‘ndalang kesimda, yorug‘lik o‘tkazuvchi o‘tkazgichning chetidan uning o‘zagi tomon ortib borgan holda tekis o‘zgaradigan ko‘p modali optik tola. Sindirish ko‘rsatgichining gradiyentli profilda tola ichidagi nur sinishi, binobarin, oqim tezligi sinish ko‘rsatgichi nisbatan keng o‘tkazish polosasi taʼminlaydi. " Grafema|"Yozma matnning eng kichik birligi (harf, raqam, iyeroglif, tinish belgisi). " Grafik|"Biror bir funksional bog‘lanishning grafik tasvirlanishi. " Grafik adapter|"1. 1984-yilda ishlab chiqilgan yaxshilangan grafik adapter. VGA va SVGA adapterlari tomonidan siqib chiqarilgan. 640x350 piksellar uchun 16 xil rangga ega. 2. Shaxsiy kompyuterning, displey qurilmaning grafik funksiyalarini ta’minlaydigan kengaytirish platasi. " Grafik akselerator|"Markaziy protsessordan foydalanmasdan, grafik ma’lumotlar bilan ko‘plab operatsiyalarni bajarish imkonini beradigan qurilma. Grafik akseleratorlar shartli ravishda uch turga bo‘linadi: grafik qobiqlar uchun mo‘ljallangan, uch o‘lchamli grafikani yaratish uchun mo‘ljallangan (3D akseleratorlar), dinamik tasvirlarni tiklash uchun mo‘ljallangan grafik akseleratorlar. " Grafik almashish formati|"Aniq nomlanishi − GIF89A; grafik tasvirni siqish usuli va grafik fayllar formati, Internet sahifalarida ko‘proq ishlatiladigan format hisoblanadi; ma’lumotlarni yo‘qotmasdan siqishni ta’minlaydi. " Grafik axborot|"Sxemalar, eskizlar, tasvirlar, grafiklar, diagrammalar, ramzlar ko‘rinishida ifodalangan maʼlumotlar yoki xabarlar. " Grafik displey|"Ekranda nuqtalar matritsasini yuzaga keltirishni ta’minlaydigan tasvir va/yoki matnlarni yorituvchi displey. Bu nuqtalar topologiyasi ko‘pincha videografika matritsasi orqali aniqlanadi. " Grafik fayl|"Grafik tasvirni ichiga oladigan fayl. " Grafik filtr|"Tasvirni bir grafik formatdan boshqasiga o‘zgartiradigan yoki uning ustida qandaydir boshqa operatsiyalarni bajaradigan dasturiy modul. " Grafik format|"Grafik fayllarni almashish formati (GIF) bilan patent bo‘yicha muammolar paydo bo‘lganidan so‘ng, GIF formatining o‘rniga kiritilgan format, pikselga 48 bit gacha bo‘lgan chuqurlikka ega bo‘lgan rangga ega tasvirni saqlash imkoniyatini beradi, alohida alfa-kanalga ega va yo‘qotishlarsiz siqilishi yaxshilangan. " Grafik formatlar|"Grafik fayl formatlari grafikani/rasmlarni saqlash va boshqarishning standart usulidir. Bu qo‘llanma rasmlarni va boshqa grafikalarni raqamli rasmlar formatlar sifatida saqlaydi. Grafik formatlar pikselda yoki pikselga rastrlash (bir necha istisno bilan) qilinadigan (geometrik) vektorda yoziladi. Rasm/grafika piksellar panjara (ustunlar va qatorlar) sifatida bo‘ladi; har bir piksel raqamlardan tashkil topgan, ular yorug‘lik va rang darajasini bildiradi. Bu turdagi formatlarga jpg, tiff, gif, png, bmp va boshqalar kiradi. " Grafik hujjat|"Obyekt tasviri chiziqlar, shtrixlar, yorug‘ va soya tomonlarni bo‘yoqlarda ko‘rsatish vositasida olingan tasviriy hujjat. " Grafik interfeys|"Foydalanuvchining hisoblash tizimi bilan o‘zaro aloqasini tashkil qiladigan grafik muhit. Grafik interfeys g‘oyasi amaliy tizim to‘g‘risida axborot taqdim etishning tabiiyligidan foydalanishdan iborat. Foydalanuvchi interfeysining asosiy tushunchalari bo‘lib, oyna va piktogramma hisoblanadi. " Grafik kichik tizim|"Grafika bilan ishlash uchun mo‘ljallangan, kompyuter apparat vositalari jami. " Grafik kompakt-disk|"Kompakt-diskka ma’lumotni yozish formati, uning asosiy spetsifikatsiyasiga qo‘shimcha tariqasida kengaytirilgan tasviriy imkoniyatlar qo‘shilgan. " Grafik maʼlumotlar bazasi|"Grafik maʼlumotlar saqlanayotgan maʼlumotlar bazasi. " Grafik ma’lumotlar bilan almashish boshlang‘ich standarti|"AQSh Milliy standartlar byurosi tomonidan uch o‘lchamli geometrik ma’lumotlarni almashish imkonini ta’minlash uchun e’lon qilingan standart. " Grafik protsessor|"Grafik tezlatgichlar uchun mo‘ljallangan prot-sessor. Hozirgi vaqtda 64 va 128 razryadli grafik protsessorlardan foydalaniladi. " Grafik qobiq|"Foydalanuvchilarning grafik foydalanish interfeysini amalga oshiradigan va tizim administratorlarining operatsion tizim bilan foydalanish interfeysini amalga oshiradigan operatsion tizimning kichik tizimi. " Grafik redaktor (muharrir)|"Kompyuter yordamida ikki o‘lchovli tasvirlarni tuzish va tahrir qilish imkonini beradigan dastur (yoki dasturlar paketi). Izoh − Grafik redaktorlarning turlari: 1 Rastrli grafik redaktorlar. Nisbatan ommalashgan redaktorlar: Microsoft Windows va MAC OS X operatsion tizimlari uchun Adobe Photoshop. GNU/Linux va boshqa POSIX standartiga muvofiq operatsion tizimlari uchun GIMP redaktori. 2 Vektorli grafik redaktorlar. Nisbatan ommalashgan redaktorlar: Corel Draw, Macromedia Free Hand − Windows uchun, Inkscape − barcha operatsion tizimlar uchun. " Grafik rejim|"Chiziqlar va belgilarni ekranda nuqtalar bilan chiqarish orqali tavsirlash rejimi. Grafik rejimda tasvir bevosita shakl nuqtalarini birlashtirish orqali tuziladi, xuddi «sichqoncha»ning ko‘rsatgichi singari. Bundan tashqari, u belgilarni (quyuq shrift yoki kursiv) chop etishda ularning tashqi ko‘rinishini oldindan ko‘rish imkonini ham beradi. " Grafik soprotsessor|"Markaziy protsessor bilan bitta platada joylashgan, grafik komandalarning bajarilishi topshiriladigan (yoki o‘zi tutib oladigan) grafik protsessor. Markaziy protsessorga tushadigan hisoblash yukini kamaytiradi va kompyuter videotizimining ishlash tezligini oshiradi. " Grafik stansiya|"Uch o‘lchamli tasvirlarni qayta ishlash uchun grafik tezlatgichli katta quvvatga ega kompyuter. " Grafik sxema|"Masalalarni yechish algoritmining grafik taqdim etilishi, unda simvollardan operatsiyalarni, oqim ma’lumotlarini tavsiflash va boshqarish uchun foydalaniladi. " Grafik tezlatgich|"Chiziqlar va yuzalarni chizish, konturlarni to‘ldirish, bo‘yash, yashirin chiziqlarni o‘chirish kabi murakkab grafik operatsiyalarni bajarishni tezlashtiruvchi plata yoki ixtisoslashtirilgan mikrosxema (mikroprotsessorlar to‘plami). " Grafika|"Matnli ma’lumotlar va grafik timsollar birlashtirilgan kompyuterda ma’lumotlarni vizual taqdim etishning eng umumiy usuli. Mashina tashuvchilarda grafik tasvirning o‘zini taqdim etishning rastrli va vektorli grafika kabi ikki turi bor. " Grafika chizadigan|"Egri va to‘g‘ri chiziqlar o‘tkazish yo‘li bilan tasvir chizadigan qurilma. Ikki turdagi, yaʼni barabanli va planshetli grafika chizuvchi qurilmalar ishlab chiqariladi. Barabanli (rulonli) grafika chizuvchi qurilmada tasvir chiqariladigan qog‘oz yoki plyonka barabanga mahkamlanadi. Barabanli grafika chizuvchi qurilmalar ixcham, ishlatishda qulay hamda katta hajmdagi chizmalar bilan ishlash imkonini beradi. Planshetli (yassi) grafika chizuvchilarda qog‘oz yoki plyonka tekislikda joylashadi. Tekislik ustidan metall konstruksiya o‘rnatiladi, u yozuv blokini bir vaqtning o‘zida ikki koordinata o‘qi bo‘yicha tekislik bo‘ylab siljitish imkonini beradi. Yozuv blokining turiga qarab grafika chizuvchi qurilmalar peroli, sharrachali va elektrostatik xillarga bo‘linadi. Grafika chizuvchilarning ikki toifasi farqlanadi. Vektorli turda yozuvchi blok vektorli tasvirlarni ikki yo‘nalishda siljib chizadi. Rastrli grafika chizuvchi qurilmalarda rastrli tasvirlar rastr nuqtalari yordamida yaratiladi. " Grafikani optimallash|"Tasvir fayllari o‘lchamlarini, ularning maqbul sifatini saqlagan holda, mumkin qadar kichraytirish. Veb-sahifa yaratishda, uning sahifalarini yuklanish tezligini oshirish maqsadida ishlatiladi. " Grafikdagi nuqta|"Grafikada tasvirlanadigan sonli qiymatlarning istalgan jufti. " Grafikon|"Kompyuter grafikasi, mashina ko‘rishi, tasvirlar va videoni qayta ishlash bo‘yicha Rossiyada har yili o‘tkaziladigan katta xalqaro anjuman. " Granulyatsiyalangan shovqin|"Kvantlash tufayli sodir bo‘lgan va tasvirning bir xil yoki qisman bir xil qismlarida yorqinlik va/yoki ranglilik fluktuatsiyasi kabi namoyon bo‘ladigan vizual nuqson. " Gregori antennasi|"Ikkita: parabolik (asosiy) va elliptik (yordamchi) ko‘zgulardan iborat bo‘lgan, o‘ta yuqori yoki ultra yuqori chastotali keskin yo‘naltirilgan antenna. Antennaning bunday konstruksiyasida ochilish yuzasidan foydalanish koeffitsiyenti ortadi va qutblanish xususiyatlari yaxshilanadi. " Grey kodi|"Ketma-ket keladigan elementlari bir razryadda farq qiladigan ikkilik kod (masalan, 000, 001, 011, 101, 100, 110, 010). " Grid texnologiyasi, konsepsiyasi|"Hisoblashlarni virtuallashtirishga qaratilgan hisoblash jarayonini tashkil qilish usuli. Bunda vazifaning qismlari tarmoqning barcha bo‘sh resurslari bo‘ylab taqsimlanadi. Dasturiy ta’minotni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri. " Guruh|"Foydalanuvchilar, kompyuterlar, kontaktlar va boshqa guruhlar majmui. Guruhlar foydalanish huquqini boshqarish yoki xabarlarni tarqatish ro‘yxati sifatida qo‘llanilishi mumkin. Tarqatish guruhlari faqat elektron pochtada qo‘llaniladi. Xavfsizlik guruhlari erkin foydalanishni boshqarishda hamda xabarlarni tarqatish ro‘yxatida ham ishlatiladi. " Guruh ichida chaqiruvni tutib qolish|"Foydalana olish kodini terish yoki «Group Pickup» (SIP telefon) tugmasini bosish orqali guruhning boshqa terminaliga kelgan kiruvchi chaqiruvni qabul qilish imkonini beradigan xizmat. Izoh – Agar bir necha chaqiruv olingan bo‘lsa, ko‘p qo‘ng‘iroq qilgani tutib qolinadi. " Guruh (jamoa) bo‘lib foydalana olish|"Ikki yoki undan ko‘p foydalanuvchining paketli yoki interaktiv rejimda hisoblash tizimidan birgalikda foydalanishi. " Guruh manzillari|"Obyektlar to‘plamini aniqlaydigan manzil. Maʼlumotlar bloki shu manzilga atalgan. " Guruhiy aloqa seansi|"Bir nechta foydalanuvchi ishtirok etadigan aloqa seansi. " Guruhiy dasturiy ta’minot|"Mutaxassislar guruhining loyiha ustida yoki taqsimlangan hisoblash tizimidagi yoki tarmoqdagi ma’lumotlar bilan birgalikda yanada samarali ishlashi uchun foydalaniladigan tarmoq dasturiy ta’minoti. " Guruhiy imzo|"1991-yilda Chom va Van Xeyst tomonidan taklif qilingan raqamli imzo sxemasi, guruhning istalgan a’zosiga xabarni, tekshirish paytida, xabar guruh a’zolaridan biri tomonidan imzo qo‘yuvchining shaxsi aniqlashtirilmasdan imzolanganini aniqlash mumkin bo‘ladigan tarzda imzolash imkonini beradi. " Guruhiy xabar|"Bir vaqtda bir necha adresatga uzatiladigan xabar; odatda, uni uzatishda raqam terishdan foydalanilmaydi. " Guruhiy chaqiruv|"Radiotarmoqlardagi, bitta chastotada ishlaydigan (bitta guruhga mansub) abonentlar uchun belgilangan chaqiruv turi. " Guruhli aloqa kanali|"Bir nechta radiostansiyaning, odatda, qayd etilgan chastotada birgalikda ishlashi ta’minlanadigan aloqa kanali. Izoh − Radiostansiyalardan har biri ushbu kanal bo‘yicha xabarlarni qabul qilishi va uzatishi mumkin, agarda uning uchun guruhli (dispetcherli) aloqa rejimi o‘rnatilgan bo‘lsa. " Guruhli kechikish|"Umumiy chegara kattaligiga yetgan qisman farq qiladigan chastotali amplitudaga teng ikkita ustma-ust to‘lqinlar bilan taqdim etilishi mumkin bo‘lgan signalning ikki nuqtasi o‘rtasidagi tarqalish vaqti. " Guruhli kodlash|"Sanoq qiymatlarining sanoq o‘rtacha qiymatlaridan og‘ishining belgilar matritsasi uzatiladigan blokli kodlash. " Guruhli signal|"Multipleksor chiqishidagi turli axborot manbalaridan keladigan birmuncha past tezlikli kirish signallarining birlashishi natijasi bo‘lgan yuqori tezlikli signal yoki raqamli oqim. " Guruhli tezlik|"Elektromagnit to‘lqin energiyasini ko‘chirish tezligi. " Guruhli uzatish|"1. Xabarni uzatish rejimi, bunda xabar bir vaqtda tarmoq uzellari guruhiga yuboriladi. 2. Har bir xabar qabul qilinganligini orada tasdiqlamay turib, bir stansiyadan boshqa biriga ikki yoki undan ortiq xabarni uzatish usuli. " Guruhli yetkazib berish|"Keng ko‘lamli eshittirishning maxsus shakli, unda paketlar faqat foydalanuvchilarning muayyan guruhiga yetkazib beriladi. " Guruhni chaqirish|"Bitta yoki bir nechta guruh abonentlarining barchasini bir vaqtda chaqirish, odatda yarim dupleks aloqa rejimida amalga oshiriladi. Izoh − Chaqirishni initsializatsiya qilish bitta tugmachani bosish orqali bajariladi, bunda bog‘lanishni o‘rnatish (0,3−0,5) s dan oshmaydi. Guruhdagi abonentlar sonidan qat’i nazar, guruhli chaqiruvda faqat bitta aloqa kanalidan foydalaniladi. " Go‘shagi ko‘tarilgan telefon bilan bog‘lanish xizmati|"Go‘shagi ko‘tarilgan telefon apparati bilan, chaqiriluvchi abonentning xonasini eshitib nazorat qilish imkoniyatini ta’minlagan holda, bog‘lanishni o‘rnatish imkoniga ega xizmat. H " Haftada bir bo‘ladigan kollegial seminar|"Davlat va xo‘jalik organlarining ixtisoslashtirilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘linmalarining vakillari uchun, «Elektron hukumat» tizimi doirasida loyihalarning amalga oshirilishi muhokama qilinadigan seminar. " Hajmiy grafika|"Qar.: Uch o‘lchamli grafika. " Halqa tarmog‘i|"O‘zagi davriy halqa bo‘lgan kabelli lokal tarmoq. Bunday tarmoqda davriy halqa fizik ulanishlar vositasi vazifasini bajaradi. Ushbu halqaning ishlash ishonchliligiga butun tarmoqning ishlay olish qobiliyati bog‘liq. Mono halqa kanalining uzilishi tarmoq faoliyatining to‘xtashiga olib keladi. Shu sababli sodda halqali kanal tarmoq qiymati eng kam bo‘lishi lozim bo‘lgan hollardagina qo‘llaniladi. Yuqori ishonchlilik halqa tarmog‘ida qayta ulanadigan konsentratorli halqa ishlatiladi, u tarmoqning ishdan chiqqan qismlarini uzib qo‘yadi. Bundan ham yuqori ishonchlilikni juft halqa taʼminlay oladi, u ikki halqadan biri ishdan chiqqan holatlarda ham ishlash imkoniyatiga ega. " Halqali tekshirish|"Raqamli axborotning ishonchliligini «shleyf» bo‘yicha baholash usuli. Liniyaning qabul qilish tomonidan, teskari yo‘nalishda qabul qilingan barcha maʼlumotlar oqimini retranslyatsiya qilish orqali amalga oshiriladi. Uzatuvchi tomonidan qabul qilingan va dastlab uzatilgan ketma-ketliklar taqqoslanadi, keyin xato qabul qilingan belgilar soni aniqlanadi. " Halqali chiqish|"Konvertordan qabul qilinadigan o‘ta yuqori chastotali (O‘YuCh) signal chiqariladigan ajratgich. U kirish signalini boshqa resiverga «tranzit» uzatish uchun mo‘ljallangan. " Halqasimon antenna panjarasi|"Nurlantiruvchi elementlari atrofida joylashgan antenna panjarasi. " Halqasimon rezonator|"Elektromagnit tebranishlar yopiq kontur boʻyicha tarqaladigan optik rezonator. " Hamjamiyat|"Umumiy manfaatlar yo‘lida birlashgan odamlar guruhi. Odatda, hamjamiyatlar forum va bloglar asosida vujudga keladi. " Hamkorlik|"Linux operatsion tizimida xotira bloklarining bo‘linishiga va qo‘shni bo‘sh bloklarni birlashtirishga asoslangan jismoniy xotirani taqsimlash usuli. " Hammaga ma’lum xavfsizlik identifikatori|"Muhofaza tizimi uchun qayd qilingan sonli qiymatga va belgilanishga ega xavfsizlik identifikatori. " Haqiqiy manzil|"Absolyut mashina manzili, xotiraning haqiqiy yacheykasi. " Haqiqiy vaqt|"Jarayon sodir bo‘layotgan vaqt muddati. Haqiqiy vaqt obyektning kirish signallariga yoki maʼlumotlarga javoban shunday taʼsirlanishini belgilaydiki, bu holda u chiqish signalarini yoki maʼlumotlarni yetarlicha tez ishlab chiqishga ulguradi. Shu asosda haqiqiy vaqt tizimlari quriladi, haqiqiy vaqtda analitik qayta ishlash bajariladi. " Haqiqiy vaqtda analitik qayta ishlash|"Ma’lumotlarning tezkor tahlili, ma’lumotlarni onlayn analitik qayta ishlanishi, muhim qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash uchun ma’lumotlarning tezkor tahlili. Izoh − Ma’lumotlar ustidagi operatsiyalar OLAP-mashinalar tomonidan amalga oshiriladi. Ma’lumotlarni saqlash uchun MOLAP, ROLAP va HOLAP dan foydalaniladi. OLAP atamasi Ye. Kodd (E.F.Codd) tomonidan 12 ta qoida bilan birga 1993-yilda taklif qilingan. " Haqiqiy vaqtning transport protokoli|"Ma’lumotlarni bitta yoki undan ortiq adresatga berilgan chegaralarda kechikish bilan yetkazishni kafolatlaydigan transport protokoli, ya’ni ma’lumotlar real vaqtda amalga oshirilishi mumkin. " Haqiqiylik, asllik|"1. Mantiqiy obyekt tasdiqlanganiga o‘xshashligini kafolatlovchi xususiyat. 2. Ma’lumotlarning haqiqiy bo‘lish xususiyati yoki tizimlarning ma’lumotlar haqiqiyligini ta’minlay olish xususiyati. " Haqiqiylikni aniqlashdagi almashish|"Axborot almashinuvi yordamida qandaydir obyektning haqiqiyligini aniqlash uchun mo‘ljallangan mexanizm. " Haqiqiylikni kriptografik aniqlash|"Simmetrik shifrlash yoki ochiq kalit bilan shifrlashdan foydalaniladigan kriptografik o‘zgartirishlarga asoslangan holda, haqiqiylikni aniqlash. " Haqiqiylikni tasdiqlash|"Haqiqiylikni tasdiqlashga yo‘naltirilgan va axborot almashinuvi ko‘zda tutiladigan mexanizm. " Haqiqiylikni tekshirish|"Foydalanuvchining, o‘zini aynan shu odam deb ko‘rsatishligini tasdiqlovchi protsedu-ra. Oddiy holda foydalanuvchining, uning hisobga olish yozuvida saqlanadigan, parolni bilishi tekshiriladi. " Haqiqiylikni tekshirish protokoli|"Foydalanuvchining paroli va boshqa ma’lumotlari to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotlarni uzatishni amalga oshiruvchi haqiqiylikni tekshirish protokoli. Undan foydalangan holda uzoqlashgan nuqtadagi mijoz o‘z shaxsiy ma’lumotlarini serverga shifrlangan ko‘rinishda uzatadi. Microsoft korporatsiyasi Windows uchun mo‘ljallangan MS-CHAP protokolini ishlab chiqqan. " Har doim, doimiy|"Dasturning ishlashi davomida doimiy foydalaniladigan xususiyat, argument yoki parametr. " Har tomonga yo‘naltirilgan antenna|"Barcha azimutal yo‘nalishlar bo‘yicha har qanday vaqtda nurlanish xossasi bir xil bo‘lgan antenna. " Har tomonga yo‘naltirilgan uya|"Har tomonga yo‘naltirilgan antenna va bitta tayanch stansiyaga ega bo‘lgan, odatda, zonaning markazida joylashgan uyali aloqa tarmog‘idagi xizmat ko‘rsatish zonasi. " Har tomonga yo‘naltirilgan yo‘nalganlik diagrammasi|"Antennadan bir xil masofada o‘lchangan elektr maydon kuchlanganligi barcha yo‘nalishlar uchun bir xil bo‘lgan yo‘nalganlik diagrammasi. " Har tomonlama havolalar jadvali|"Translyator, assembler yoki komponovkachi beradigan va har bir identifikator uchun tur, manzil, aniqlash joyi va foydalanish joylarining ro‘yxati ko‘rsatilgan jadval. " Harakat, ta’sir, amal|"Foydalanuvchi tomonidan amalga oshiriladigan va dastur tomonidan qabul qilinadigan har qanday harakat. " Harakatlanuvchi tasvirlar sohasidagi ekspertlarguruhi|"Video va audio uchun standartlar ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan xalqaro tashkilot. MPEG 1983-yilda tashkil etilgan. Standartlashtirishda bu guruhga tasvirlarni zichlashtirish usullari, ularni uzatish va tiklash sohasi ajratilgan. 1993-yilda videodisklarda ishlatiladigan MPEG texnologiyasi standartlari ishlab chiqildi. 1995-yilda DVD raqamli videodisk pleyerlari, televizorlar, HDTV, videokameralar, yo‘ldosh tarmoqlarning raqamli televizion qabul qilgichlari uchun standartlar paydo bo‘ldi. " Harakatni raqamli interpolyatsiyalash|"Kamerani tez harakatlantirganda, keskin burishlar paytida yoki kadr yoyish chastotasi 100 Hz bo‘lganda, yuguruvchi satrda to‘lqinsimon xalaqitlarning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, tasvirning yetishmayotgan fazasini interpolyatsiyalash. " Harbiy tarmoq|"1984-yilda harbiy maqsadlarda ishonchli tarmoq xizmatini ta’minlash uchun ARPANET dan ajralib chiqqan tarmoq. " Harf-raqamli kodlash|"Harflar, sonlar va alifboning boshqa ramzlaridan tashkil topgan koddan foydalanib kodlash. " Havo fideri|"Simlarning parallel joylashishi bir-biriga nisbatan liniya bo‘ylab ayrim masofada joylashgan izolyatorlar bilan qayd etilgan simli liniya ko‘rinishidagi fider. " Havo kabel|"Havoda muallaq turadigan, ustunlar, bino devorlari va boshqa tayanchlar tutib turadigan telekommunikatsiya kabeli. " Havo ko‘chma yo‘ldoshli xizmati|"Ko‘chma yo‘ldoshli xizmat, bunda ko‘chma yer usti stansiyalari havo kemasining bortiga o‘rnatiladi; bu xizmatda qutqarish vositalari stansiyalari va falokat joyini ko‘rsatuvchi radiomayoq stansiyalari ham qatnashishi mumkin. " Havo radionavigatsiya yo‘ldoshli xizmati|"Yer stansiyalari havo kemasining bortiga o‘rnatiladigan radionavigatsiya yo‘ldoshli xizmati. " Havola, aloqa kanali|"1. Boshqa veb-sahifa, fayl, Internet-resurs bilan aktiv ulanish. 2. Ikki kompyuter (ma’lumotlarni oluvchi va jo‘natuvchi) o‘rtasidagi kommunikatsion yo‘lning har qanday turi. Atama, odatda, global tarmoqlarga ko‘proq taalluqli. " Havola biti|"Sahifaga murojaat qilinmagan bo‘lsa 0 ga teng va agar sahifaga murojaat qilingan bo‘lsa 1 ga teng bo‘lgan sahifalar jadvalining element biti. " Havolalar jadvali|"Dasturni translyatsiya qilish jarayonida kompilyator tuzadigan jadval. " Havorang-to‘q-qizil-sariq-qora|"Rangli tasvirlarni monitorlar va printerlarda (purkagich printerlarda) chop etish uchun RGB ranglar jilosiga muqobil tizim. Dastlabki uch rangning aralashmasi qora rang beradi, ammo har doim ham toza chiqmaydi, shuning uchun yaxshi printerlarda qora rang uchun, bo‘yoqlarning aralashmasi emas, alohida kartrij ishlatiladi. " Hayotiy sikl|"Vaqtda obyekt (masalan, mahsulot yoki tizim) mavjudligi bosqichlarining ketma-ketligi. " Ha/yo‘q|"1. Interaktiv tizimning muayyan qaror qabul qilishga bo‘lgan so‘rovi. 2. Terminalda tanlash imkoniyati. Foydalanuvchiga, tanlash ixtiyoriga bog‘liq holda yoki u (ha) yoki n (yo‘q) ni bosish taklif qilinadi. " Himoya bloki|"Aloqa vositalarini o‘ta yuqori kuchlanish va toklardan himoya qilish uchun mo‘ljallangan blok. Kabelli tarmoqlardagi kuchli impulsli xalaqitlar ayniqsa xavflidir. " Himoya intervali|"Videosignal darajalarining qora daraja va so‘ndirish darajasi o‘rtasidagi farqi. " Himoya nisbati|"1. Foydali radiosignal darajasining radio-qabulqiluvchi qurilmaning kirishidagi radioxalaqit darajasiga bo‘lgan minimal nisbati, bunda radioelektron vosita ishlashining talab etiladigan sifati ta’minlanadi. 2. Foydali signal va xalaqit quvvatlari nisbatining minimal qiymati, bunda signallarning berilgan sifat bilan qabul qilinishi ta’minlanadi (detsibellarda ifodalanadi). " Himoya profili|"1. Amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan, iste’molchining spetsifik ehtiyojlariga javob beradigan, qandaydir toifadagi baholash obуektlari uchun mo‘ljallangan, xavfsizlik talablarining majmui. 2. Funksional jihatdan to‘la, aprobatsiyadan o‘tgan, ko‘p marotaba foydalanish uchun mo‘ljallangan, standartlashtirilgan talablar to‘plami. " himoyaga ega xotira|"Istalgan yacheykasiga ruxsat etilmagan tarzda kira olishdan muhofaza qiluvchi maxsus vositalarga egs bo‘lgan xotira. " Himoyalangan|"Obyektning holati, bunda u tashqi negativ omillar ta’siridan bararqaror bo‘ladi. " Himoyalangan axborotlashtirish texnik vositasi|"Qayta ishlanadigan axborot yaxlitligi buzilishdan va texnik kanallar orqali chiqib ketishdan muhofaza qilish vositalari kompleksi bo‘lgan axborotlashtirish texnik vositasi. " Himoyalangan tranzaksiyalar protokoli|"Tarmoq muhitlarida, shu jumladan, Internetda amalga oshiriladigan kelishuvlar to‘g‘risidagi axborot konfidensialligini saqlashning yuqori darajasini, magnit va intellektual kartalardan foydalanib, to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yaxlitligini va to‘lov operatsiyalari barcha ishtirokchilarining autentifikatsiya qilinishini ta’minlaydigan ochiq standart. " Himoyalash|"Dasturiy ta’minotni buzishdan himoyalash. " Himoyalash qurilmasi|"O‘ta kuchlanish yoki ortiqcha toklardan yoki har ikkisidan himoyalovchi qurilma. " Himoyalovchi harakat|"Asosiyga qarama-qarshi yo‘nalishdagi antenna bilan yoki burchaklarning ma’lum belgilangan sektorida, shu signal bilan taqqoslaganda asosiy yo‘nalishda qabul qilinadigan signalning pasayishi. " Hisobdan chiqarish|"Pochta jo‘natmasining jo‘natilganligini yoki olinganligini bildiruvchi, markadan takroran foydalanishning oldini olish maqsadida qo‘l shtempeli, shtempellash mashinasi yoki sharikli ruchka bilan qo‘yiladigan pochta markasidagi belgi yoki istalgan turdagi boshka shtempellash belgisi. " Hisobdorlik|"Tizim subyektlari faoliyatini nazorat qilish va maʼlum harakatlar uchun javobgarlikni o‘rnatish uchun ularni individual identifikatorlar bilan bog‘lashga imkon beruvchi tizim xususiyati. AKT xavfsizligi tamoyillaridan biri. " Hisobga oliishni boshqarish|"Tegishli imkoniyatlar taqdim etish (o‘tkazish qobiliyatiga va xavfsizlik talablariga nisbatan) maqsadida, ma’lumotlar to‘plash hamda turli tarmoq resurslaridan yakka va guruh bo‘lib foydalanishni muvofiqlashtirish jarayoni. " Hisobga olish ma’lumotlari|"Hisobga olish predmeti to‘g‘risidagi ma’lumotlar va hisobga olishni yuritish doirasida to‘planadigan, qayta ishlanadigan va saqlanadigan xizmatga oid ma’lumotlar. " Hisobga olish ma’lumotlarining ishonchliligi|"Ma’lumotlarning, yuqori aniqlikda ma’lumotlarga o‘zgartirish kiritilganlik faktini, mohiyatini, kiritilish vaqti va uni bajargan shaxslarni aniqlash imkonini beradigan xossasi. " Hisobga olish ma’lumotlarining yuridik ahamiyati|"Hisobga olish ma’lumotlarining elektron ma’lumotlar asosida huquq va majburiyatlar belgilanish imkoniyatini ta’minlaydigan xossasi. " Hisobga olish strategiyasi|"Ko‘p foydalanishli va tarmoq operatsion tizimlari xavfsizlik tizimidagi qoidalar to‘plami, foydalanuvchining tizim bilan ishlash paytida o‘zini qanday tutishini va tizim resurslaridan foydalanishga ruxsat berilishini belgilaydi. " Hisobga olish yozuvi|"Xavfsizlik tizimi subyektini identifikatsiya qiluvchi axborot. Hisobga olish yozuvining ko‘rsatgichi bo‘lib, uning xavfsizlik identifikatori hisoblanadi. Foydalanuvchilar, guruhlar, kompyuterlar va domenlarning hisobga olish yozuvlari ajratiladi. " Hisobga olish yozuvini blokirovkalash|"Tizimda qayd etilishga muvaffaqiyatsiz urinishlar soni muayyan chegaradan oshganda, muayyan hisobga olish yozuvini blokirovkalash imkonini beradigan funksiya. " Hisobga olish yozuvlari dispetcheri|"Foydalanuvchilarning hisobga olish yozuvini, shuningdek, shu foydalanuvchilar turgan guruhlarni yaratish, o‘zgartirish va o‘chirish imkonini beradigan operatsion tizim dasturi yoki vositasi. " Hisobga olishni uyushtiruvchi|"Mustaqil ravishda hisobga olish ma’lumotlari to‘planishini, qayta ishlanishini va saqlanishini amalga oshiruvchi yoki boshqa shaxsni bu faoliyatni to‘liq yoki qisman amalga oshirish uchun vakil qilgan yoki zimmasiga yuklagan shaxs. " Hisob-kitoblar tizimi|"Xizmatlar ko‘rsatishning texnologik jarayoni ishtirokchilari o‘rtasida sarflangan pul xarajatlari to‘g‘risidagi axborotning taqsimlanishini taʼminlovchi, foydalanuvchilar, xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar va hisob-kitob markazlari (uchastkalari, guruhlari), umumiy foydalanish xizmatlarini taqdim etish punktlari, to‘lov punktlari hamda normativ-maʼlumotnoma axboroti, normativ-maʼlumotnoma hujjatlarining majmui. " Hisoblagich|"1. Dasturdagi o‘zgaruvchi yoki qandaydir operatsiyaning takrorlanish sonini aniqlaydigan apparat registri, masalan, siklni hisoblagich. 2. Biror narsaning, masalan, foydalanilgan elektr energiyasi, gaz yoki suvning miqdorini o‘lchaydigan va qo‘shimcha ravishda, kattaligini, darajasini yoki jadalligini qayd etadigan qurilma. Izoh – Hisoblagich berilgan vaqt davri ichida iste’mol qilingan biror narsaning jami miqdori o‘lchanishi yuzasidan javob beradi. 3. Biror-bir sayt yoki sahifaga kiruvchilar sonini hisoblashga mo‘ljallangan dastur. Zamonaviy hisoblagichlar kiruvchilarning noyobligini va bir soat yoki sutkada sahifaga kiruvchilarning o‘rtacha sonini hisoblash imkonini beradi. " Hisoblash|"Axborotni kompyuterda qayta ishlash jarayoni. " Hisoblash eksperimenti|"Kompyuter modeli ishlab chiqilgan hodisa, jarayon, mashinani o‘rganish usuli. Hisoblash eksperimentining sifati, modelning real obyektga o‘xshashligiga va hisoblanadigan parametrlarni belgilaydigan eksperimentatorga bog‘liq. Hisoblash eksperimentining boshqa har qanday eksperimentdan afzalligi, tezligining yuqori bo‘lishligida va xarajatlarning nisbatan kamligida. Texnika va informatikada, matematika, fizika, ximiya, biologiya, ekologiyada keng foydalaniladi. " Hisoblash jarayoni|"Hisoblash tizimi holatlarining vaqtda dastur belgilaydigan almashinishi. " Hisoblash lingvistikasi|"Lingvistika va sun’iy intellekt oralig‘idagi fan. Elektron hisoblash mashinasi yordamida tabiiy tillarning formal xususiyatlarini o‘rganish va analiz-sintez jarayonlarini hamda elektron hisoblash mashinasida tabiiy til matnlarini tushunishni modellash bilan shug‘ullanadi. " Hisoblash majmui|"Yagona hisoblash tizimi sifatida ishlaydigan ikki yoki undan ko‘p kompyuterlar majmui. " Hisoblash mashinasi|"Matematik, asosan axborot bilan bog‘liq vazifalarni hal qilishda ma’lumotlarni avtomatik qayta ishlash uchun mo‘ljallangan dasturiy vositalar va qurilmalar kompleksi. Mashinani boshqarish ma’lumotlarni qayta ishlash, dasturlar ko‘rinishida mashinaga kiritiladigan algoritmlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Dasturlar va ma’lumotlar mashina xotirasida saqlanadi. Asosiy qurilmasi markaziy protsessor. " Hisoblash muhiti (tizimi, tuzilmasi, tarmog‘i)|"Tarmoqning jami resurslaridan foydalanib, parallel, taqsimlangan hisoblashlar ko‘zda tutiladigan, kristalldagi funksional blok va tizimdan tortib, global, regional va muassasa kompyuter tarmoqlarigacha bo‘lgan turli darajdagi hisoblash vositalari (to‘liq bog‘langan, taqsimlangan, matritsali) arxitekturasi. Zarur bo‘lganda, eng murakkab va resurs ko‘p talab qiladigan vazifalarni hal qilish uchun maksimal hisoblash quvvatini ta’minlash imkonini beradi. " Hisoblash murakkabligi|"Qaysidir algoritm bajaradigan ish hajmi kirish ma’lumotlarining miqdoriga bog‘liqligi funksiyasini bildiruvchi informatika va algoritmlar nazariyasidagi tushuncha. Hisoblash murakkabligini o‘rganuvchi bo‘lim hisoblashlar murakkabligi nazariyasi deb nomlanadi. " Hisoblash resurslarining almashinuvi|"Internetga ulangan bir necha kompyuter o‘rtasida, hisoblash va boshqa resurslari bilan ayirboshlash imkoniyatini ta’minlaydigan axborot texnologiyasi. " Hisoblash tarmog‘i|"1. Axborotning taqsimlangan qayta ishlanishini tashkil qilish uchun mo‘ljallangan, o‘zaro bog‘langan va bu bog‘lanishni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan maʼlumotlar uzatish tarmog‘i va/yoki texnik vositalarning majmui. 2.Hududiy jihatdan tarqoq maʼlumotlarni qayta ishlash tizimlari, telekommunikatsiyalar va maʼlumotlar uzatish vositalari va/yoki tizimlarining, foydalanuvchilarga uning resurslaridan masofadan va jamoaviy foydalanish imkonini beradigan o‘zaro bog‘langan majmui. " Hisoblash tarmog‘ini muhofaza qilish|"Apparat, dasturiy va kriptografik muhofaza qilish usullari hamda vositalaridan, shuningdek tashkiliy tadbirlardan foydalanish yo‘li bilan, foydalanuvchilarning tarmoq elementlari hamda resurslaridan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishlariga yo‘l qo‘ymaslik. " Hisoblash texnikasi|"Axborotni qayta ishlash bilan bog‘liq bo‘lgan mehnat talab masalalarning, jumladan, hisoblash jarayonini sonli, qisman yoki to‘liq avtomatlashtirish yo‘li bilan hal etilishini osonlashtirish va tezlashtirish uchun qo‘llaniladigan usullar va yo‘llar, texnik va matematik vositalar majmui. " Hisoblash texnikasi obyekti|"O‘zida hisoblash texnikasi vositalari kompleksini ifodalaydigan, axborotni qayta ishlashning muayyan funksiyalarini bajarish uchun mo‘ljallangan statsionar yoki ko‘chma obyekt. Izohlar 1. Hisoblash texnikasi obyektlariga avtomatlashtirilgan tizimlar, avtomatlashtirilgan ish joylari, axborot-hisoblash markazlari va hisoblash texnikasi vositalarining boshqa komplekslari kiradi. 2. Hisoblash texnikasi obyektlariga, shuningdek, hisoblash texnikasining, axborotni qayta ishlashning mustaqil funksiyalarini bajaradigan ayrim vositalari ham kiradi. " Hisoblash texnikasi vositalarining (avtomatlashtirilgan tizimning) muhofaza qilinganlik ko‘rsatgichlari|"Muhofaza qilinganlik ko‘rsatgichlarini aks ettiruvchi va hisoblash texnikasi vositalari (avtomatlashtirilgan tizim) ning muhofaza qilinganlik klassiga muvofiq daraja va kenglik bo‘yicha o‘zgaradigan talablarning ma’lum guruhi bilan tavsiflanadigan hisoblash texnikasi vositalari (avtomatlashtirilgan tizim)ning xarakteristikasi. " Hisoblash texnikasi vositalarining (avtomatlashtirilgan tizimning) muhofaza qilinganlik turkumi|"Hisoblash texnikasi vositalari (avtomatlashtirilgan tizim)ni axborotdan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishdan muhofaza qilish bo‘yicha talablarning muayyan majmui. " Hisoblash texnikasi vositasiga mikrosekundli impuls xalaqit|"Davomiyligi bir mikrosekunddan bir millisekundgacha bo‘lgan oraliqda yotuvchi, hisoblash texnikasi vositasiga ta’sir qiladigan impulsli xalaqit. " Hisoblash tizimi|"Hisoblash texnikasining muayyan amaliy masalalarini hal etish uchun mo‘ljallangan moddiy va mantiqiy (dasturiy) vositalar majmui. " Hisoblash tizimidan qasddan foydalanish|"Shaxsiy, odatda moliyaviy foyda olish maqsadida hisoblash tizimi ichida axborot bilan manipulyatsiya qilishga qaratilgan har qanday faoliyat. " Hisoblash tizimining muhofazasi|"Qar.: Kompyuter muhofazasi. " Hisoblash tizimlari sohasidagi strategiya loyihasi, CSPP guruhi|"AQShning o‘n bitta boshqaruvchi yirik kompyuter kompaniyasidan iborat assotsiatsiya. AQSh axborot texnologiyalarining yanada rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqadi. " Hisoblashga qaytarib bo‘lmaydigan funksiya|"Berilgan argument bo‘yicha funksiyaning qiymati oson hisoblanadigan va funksiyaning berilgan qiymatiga asosan uning argumentini hisoblash qiyin bo‘lgan funksiyalar. " Hisobot|"Foydalanuvchining so‘roviga ko‘ra to‘ldiri-ladigan va ekranga, fayl yoki bosmaga chiqariladigan, maxsus shakllantiriladigan chiqish shakli. Hisobotlarda sarlavha, sahi-falarning raqamlari, ko‘rsatuvchi yakunlar, o‘rtacha qiymatlar, hisoblab chiqariladigan maydonlar va h.k. bo‘ladi. " Hisobotlar dasturi generatori|"Hisobotlar formalarini (report) dasturlash uchun IBM korporatsiyasi tomonidan 1965-yilda ishlab chiqilgan til. " Hisobotlar generatori|"Dasturchi bo‘lmagan foydalanuvchiga o‘z ma’lumotlar bazasi uchun hisobotlar shaklini tayyorlash imkonini beradigan dastur (yoki dasturlar paketi). " Hisobotlar va ko‘chirmalar amaliy tili|"Umumiy shlyuz interfeysi ssenariylarini yaratish uchun mo‘ljallangan dasturlash tili. Talqin qiluvchi turdagi kuchli til. XX asrning 80-yillarida Lari Uoll tomonidan yaratilgan. " Hodisa|"1. Muhim normal yoki normaldan farq qiluvchi holatning paydo bo‘lishi. 2. Voqealarning muqarrar bir-biriga to‘g‘ri kelib qolish holati. Izohlar 1. Voqea-hodisa bir yoki bir necha marta yuzaga kelishi va bir qancha sababga ega bo‘lishi mumkin. 2. Voqea-hodisa ma’lum yoki noma’lum bo‘lishi mumkin. 3. «Voqea-hodisa» atamasi o‘rniga «insident» yoki «baxtsiz hodisa» atamalaridan ham foydalanish mumkin. " Hodisa alomati|"Voqeaning bajarish indikatori yoki muvaffaqiyatli bajarilishi hisoblanadigan parametr yoki tashqi o‘zgaruvchi. " Hodisalar jurnali|"Operatsion tizimdagi ahamiyatga ega bo‘lgan hodisalarni qayd etuvchi reyestr. Tizim administratorlarining ishini yengillashtirish uchun xizmat qiladi. " Hodisalarni kuzatuvchi|"Jurnaldan hodisalar to‘g‘risidagi xabarlarni o‘qish uchun mo‘ljallangan dastur. " Holat|"Obyekt o‘zgaruvchan parametrlarining ko‘plab barqaror qiymatlari majmuasini ifodalaydigan tushuncha. " Holat satri|"Dasturning ishchi oynasidagi, jarayonlar va instrumentlar (vositalar) xossalari to‘g‘risidagi joriy va yordamchi ma’lumotlar aks etadigan, ajratilgan soha. " Hoshiya|"Predmetlarning chetini yoritadigan maxsus effekt. " Hududiy boshqarma|"O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining boshqarmasi. Asosiy vazifalari hududiy darajada mintaqaning axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishining borishini tahlil qilish, litsenziya bitimlari shartlarining bajarilishi, radiochastota spektridan foydalanish, shuningdek, Milliy axborot tizimi va «Elektron hukumat» tizimini shakllantirish va rivojlantirish doirasida joylardagi davlat hokimiyat organlarida tadbirlarni amalga oshirish hamda bajarilishini nazorat qilish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish hisoblanadi. " Hujjat|"Ilovada yaratilgan, o‘ziga xos nom bilan saqlangan va keyinchalik shu nom orqali foydalaniladigan ixtiyoriy fayl. Bu faylning nomi o‘zi joylashgan katalogda takrorlanmasligi kerak. " Hujjat aylanishi|"Hujjatlar yaratilgan yoki olingan paytdan boshlab bajarilishi tugallangungacha: tashkilotdan jo‘natilgungacha va/yoki arxivga yuborilgungacha ularning harakatlanishini tashkil qilish bo‘yicha ishlar. " Hujjat aylanishining hajmi|"Tashkilotga kelib tushgan va u tomonidan ma’lum davr uchun tuzilgan hujjatlar soni. " (Hujjat) formati|"Ma’lumotlar turiga cheklov o‘rnatilgan ma’lumotlarni taqdim etishning aniq shakli. Izoh – Fayllar formati, kodlash, gipermatn strukturalari. " Hujjat muallifi|"Hujjatni tuzgan jismoniy yoki yuridik shaxs. " Hujjat nusxasi|"Asl hujjatdagi axborotni va uning barcha tashqi belgilari yoki yuridik kuchga ega bo‘lmagam qismini to‘liq qayta tiklaydigan hujjat. " (Hujjat) qonuniyligi|"Namoyish qilinayotgan hujjat taqdimoti, hujjatning hayot sikli davomida foydalanilgan texnologiyalarning qonuniyligini obyektiv tasdiqlaydigan parametrlarga ega ekanligini ko‘rsatuvchi hujjat xususiyati. " Hujjat rezolyutsiyasi|"Mansabdor shaxs tomonidan hujjatga qo‘yilgan va u qabul qilgan qarorga ega yozuvdan iborat rekvizit. " Hujjat tarkibi|"Hujjat to‘g‘risidagi axborotni aks ettiradigan va odam idrok qilishi uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar. " Hujjat turining nomi|"Hujjatning turini belgilaydigan hujjat rekviziti. " Hujjat versiyasi|"Hujjatni ishlab chiqishning ma’lum bosqichiga mos keluvchi elektron hujjat. " Hujjatlar|"Foydalanuvchiga tegishli bo‘lgan axborotlar majmui. Shuningdek, hujjat egasi va administratordan boshqa kishi kira olish huquqiga ega bo‘lmagan maxsus papka. " Hujjatlar nomenklaturasi|"Tashkilotda ularni saqlash muddatlarini ko‘rsatib, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan holatda yuritiladigan ish nomlarining tizimlashtirilgan ro‘yxati. " Hujjatlar va topshiriqlarni marshrutlash|"Bajaruvchining ish joyiga hujjatlarni va topshiriqlarni yetkazish. Marshrutlashning ikkita: On-line (foydalanuvchining shaxsiy papkasida topshiriq kartochkasiga yorliqni joylashtirish) va Off-line (topshiriqni elektron pochta orqali jo‘natish) usuli mavjud. Hujjat bilan ishlayotgan foydalanuvchi tomonidan topshirilishi mumkin bo‘lgan, bir foydalanuvchidan boshqasiga hujjatning harakatlanish marshrutini aniqlash. " Hujjatlarni boshqarish tizimi|"Tashkilot hujjatlarini tuzish, tahrir qilish, tarqatish, saqlash, izlash, qabul qilish, ro‘yxatga olish, hisobini yuritish va boshqa qator operatsiyalarni bajaruvchi dasturiy tizim. " Hujjatlarni indekslash|"Axborot-qidiruv tili atamalarida so‘rovlar va hujjatlar mazmunini tavsiflash jarayoni; hujjatga, uning ma’naviy mazmunini aks ettiradigan asosiy so‘zlar to‘plamini belgilash. " Hujjatlarni qayta ishlash|"Faylni (hujjatni) izlash, yaratish, tahrir qilish, saqlash. " Hujjatlarni ro‘yxatga olishning avtomatlashtirilgan shakli|"Maxsus dasturiy ta’minotdan foydalanib hujjatni ro‘yxatga olish usuli. " Hujjatlarning obyekt modeli|"Bitta veb-sahifadagi obyektlar va tasvirlarning manipulyatsiya qilinadigan usullarini belgilaydigan WWW konsorsium standarti. " Hujjatlashtirilgan axborot|"1. Moddiy tashuvchida qayd etilgan va uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan rekvizitlarga ega axborot. 2. Tashkilotni boshqarish va uning ishlashi uchun zarur axborot, shuningdek, axborot saqlanadigan moddiy tashuvchi. Izoh – Hujjatlashtirilgan axborot har qanday shaklda va har qanday tashuvchida taqdim etilishi, shuningdek, har qanday manbadan olinishi mumkin. " Hujjatlashtirilmagan axborot|"Jismoniy shaxslar tashiydigan yoki ramz, timsol, signal, texnik yechim, jarayonlar shaklida fizik maydon va muhitlarda aks ettirilgan maʼlumotlar. " Hujjatlashtirish|"Belgilangan qoidalarga ko‘ra turli tashuvchilardagi axborot yozuvi. " Hujjatli axborot-qidiruv tizimi|"Zarur axborotni o‘zida saqlovchi hujjatlarni izlash uchun mo‘ljallangan tizim. Hujjatli axborot-qidiruv tizimining izlash massivi hujjatlarning izlash tasviri yoki hujjatlarning o‘zidan tashkil topgan bo‘ladi. " Hujjatli nusxa|"Fayl yoki ekran ichidagining, qog‘oz, plyonka yoki boshqa elektron bo‘lmagan tashuvchidagi nusxasi. " Hujjatni bajarish muddati|"Normativ-huquqiy hujjatlar, tashkiliy-farmoyish hujjatlari yoki rezolyutsiyalarda belgilangan muddat. " (Hujjatni) tahrir qilish|"Hujjat tarkibi, tuzilmasi va/yoki atributlarini tuzish va/yoki o‘zgartirishni o‘z ichiga oladigan hujjatni qayta ishlash jarayoni. " Hujjatning elektron qayd qilish-nazorat kartochkasi|"Hujjat rekvizitlarini kiritish uchun mo‘ljallangan maydonlar to‘plami shakli. " Hujjatning hayotiy sikli|"Hujjatni shakllantirish onidan arxivga (saqlashga) yoki yo’q qilish uchun topshirishgacha bo‘lgan jarayon. " Hujjatning qayd etilganligi|"Hujjatning, uni taqdim etish shaklidan qat’i nazar, unda mavjud ma’lumotlarni ifodalaydigan funksional xususiyati. " Hujjatning yuridik kuchi|"Rasmiy hujjatning, uni tayyorlagan organ vakolati doirasida va o‘rnatilgan rasmiylashtirish tartibiga ko‘ra, unga amaldagi qonun hujjatlariga ko‘ra xabar qilinadigan xususiyati. " Hujum|"1. Aktivlarni yo‘q qilish, ochish, o‘zgartirish, blokirovkalash, tutib olish, ruxsat etilmagan foydalanish huquqini olish yoki aktivlardan ruxsatsiz foydalanishga urinish. 2. Buzg‘unchi tomonidan avtomatlashtirilgan tizim zaifliklaridan foydalanish yo‘li bilan tahdidni amalga oshirish harakati. 3. Xavfsizlikni ta’minlash mexanizmlarini chetlab o‘tish maqsadida yoki ularning kamchiliklaridan foydalanish maqsadida qo‘llaniladigan harakatlar. 4. Axborotni qo‘lga kiritish, unga putur yetkazish (obro‘sizlantirish), tarmoq xizmati rejimini buzish va boshqa maqsadda tizim himoyasini buzishga urinish. 5. Tizim himoyasini yengib o‘tishga urinish. Hujum ma’lumotlarni o‘zgartirishga olib keluvchi aktiv yoki passiv bo‘lishi mumkin. Izoh Hujumning amalga oshirilganligi uning muvaffaqiyatini bildirmaydi. Hujumning «muvaffaqiyat» darajasi tizim qanchalik zaifligiga va muhofaza choralarining samaradorligiga bog‘liq. " Hujum potensiali|"Baholash obyektiga hujum qilishda ishlatish uchun kerak bo‘lgan, buzg‘unchining kompetentlik, resurslar va motivatsiya ko‘rsatgichlarida ifodalangan kuch o‘lchovi. " Hujum yuzasi|"Kompyuter tizimlari axborot xavfsizligi vazifalarini yechishda qo‘llaniladigan va mumkin bo‘lgan zaif joylarning umumiy sonini bildiradigan atama. Serverda qancha ko‘p komponent o‘rnatilgan bo‘lsa, mumkin bo‘lgan zaif joylarning soni shunchalik ko‘p va demak, hujum yuzasi shunchalik katta bo‘ladi. " Hujumlarni aniqlash|"Tizim obyektlariga bo‘ladigan hujumlarni aniqlash uchun qo‘llaniladigan mexanizm. " Hujumlarni aniqlaydigan IETF ishchi guruhi|"Hujumlarni aniqlash muhitida Internet standartlarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan guruh. " «HUKUMATGA OID» belgili pochta jo‘natmasi|"Pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanganda afzalliklar taqdim etiladigan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatda ko‘rsatilgan alohida toifadagi foydalanuvchilar tomonidan jo‘natiladigan pochta jo‘natmasi. " Hukumat shlyuzi|"Turli davlat idoralari axborot tizimlarining integratsiyasi ta’minlanadigan ilovalar to‘plami. " Huquqiy informatika|"Huquqda (yoki huquqiy tizimda) axborot, axborot jarayonlari va axborot tizimlarini o‘rganuvchi fan. Huquqiy informatikaning tadqiqot obyektlari: - huquqiy tizimda axborot maxsus obyekt turi sifatida; - huquqiy tizimda axborot jarayonlari va ular bajarilayotganda paydo bo‘ladigan axborot munosabatlari; - huquqiy maqsadlarda qo‘llaniladigan hisoblash texnikasi, aloqa va telekommunikatsiyalar vositalari asosida yaratiladigan axborot tizimlari, axborot-telekommunikatsiya texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari, jumladan, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari, maʼlumotlar bazalari va banklari, ularning tizimlari, boshqa axborot texnologiyalari. " Huquqiy kibernetika|"Huquqiy tizimning ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish tizimi sifatidagi axborot xususiyatlarini o‘rganuvchi fan. " Huquqlar|"Tizimda biror bir operatsiyalarni bajarish huquqi. Administrator tomonidan boshqariladi. " Huquqni belgilovchi (huquqni yuzaga keltiradigan) hisobga olish hodisasi|"Yuzaga kelishi, o‘zgarishi yoki tugallanishi davlat hisobga olish tizimida qayd etilmasdan mumkin bo‘lmagan huquq va/yoki majburiyatlarni yuzaga keltiradigan, o‘zgartiradigan yoki tugatadigan hisobga olish hodisasi. " Huquqni tasdiqlaydigan (guvohlik beradigan) hisobga olish hodisasi|"Muayyan shaxs huquqlari va/yoki majburiyatlarining yuzaga kelishini, o‘zgarishi yoki tugallanishini aks ettiradigan hisobga olish hodisasi (huquqni belgilaydigan hujjatlar yoki hodisalarga nisbatan ikkilamchi hodisa). I " Identifikator|"1. Tegishli baholash obyekti kontekstida mantiqiy obyekt (masalan, foydalanuvchi, jarayon yoki disk) qat’iy identifikatsiya qilinganligining taqdim etilishi. Izoh – Bunga simvollar qatori misol sifatida ko‘rsatilishi mumkin. Foydalanuvchi-odam uchun uning to‘liq yoki qisqartirilgan ismi, yo (shaxsiy) laqabi ko‘rsatilishi mumkin. 2. Obyektni tavsiflovchi va uni boshqa ko‘plab obyektlar orasida ajratib ko‘rsatish imkonini beruvchi kod yoki ramziy nom. Identifikator tarmoq turini, protokolini, port raqamini va b.q. ko‘rsatishi mumkin. 3. Foydalana olish subyekti yoki obyektining farqli belgisini aks ettiruvchi, foydalana olishni identifikatsiya qilish vositasi. Foydalanuvchilar uchun foydalana olishni identifikatsiya qilishning asosiy vositasi parol hisoblanadi. " Identifikator turkumi|"Identifikatorning qiymat bilan bog‘lanish va undan foydalanish usulini belgilovchi toifa. " Identifikatsion (kodli) karta|"Foydalanuvchining axborot resursidan foydalana olishini identifikatsiya qilish uchun mo‘ljallangan, kodli so‘z (parol) tushirilgan, perforatsiyalangan qog‘oz yoki magnit karta. " Identifikatsion belgi|"Kodlangan yoki shifrlangan ko‘rinishdagi haqiqiy axborot (muallif, dastur nomi). " Identifikatsion ma’lumotlar|"Autentifikatsiya vaqtida so‘raladigan va foydalanuvchini, guruhlarning aloqasini yoki identifikatsiyaning boshqa atributlarini ifodalaydigan axborot. " Identifikatsion ma’lumotlar ombori|"Umumiy foydalanish uchun mo‘ljallangan identifikatsion ma’lumotlar saqlanadigan, konfiguratsiyalangan repozitoriy. " Identifikatsion ma’lumotlar puli|"Bir xil foydalana olish huquqlariga ega identifikatsion ma’luomotlar guruhi. Pulni xizmatlar guruhiga ham yoki xizmatlarning guruhlar to‘plamiga ham berish mumkin. " Identifikatsion xavfsizlik siyosati|"Foydalaniladigan tarmoq resurslarining, tarmoq foydalanuvchilarining, foydalanuvchilar guruhining identifikatsiyalovchi xossalari va/yoki atributlariga asoslangan xavfsizlik siyosati. " Identifikatsiya qilish|"1. Foydalana olish subyektlari va obyektlariga identifikator berish va/yoki taqdim etilayotgan identifikatorni o‘zlashtirilgan identifikatorlar ro‘yxati bilan solishtirish. 2. Tizimning ayrim komponentlarini, odatda tizimda qabul qilinadigan noyob nomlar (identifikatorlar) yordamida aniqlash jarayoni. 3. Foydalanuvchining shaxsini, unga tizim bilan ishlashda huquq va imtiyozlarning ma’lum to‘plamini berish maqsadida aniqlash, masalan, foydalanuvchiga taalluqli xavfsizlik identifikatorini belgilash. " Identifikatsiyalash ishonchliligini oshirish qurilmasi|"Telekommunikatsiyalar kanallari orqali olisdagi terminallardan uzatilgan identifikatsiya xatolari tuzatilishini ta’minlaydigan dasturiy-apparat qurilma. Izoh – Xatolarni tuzatish uchun turli usullar; xabarlarni uzatuvchi tomonga original bilan taqqoslash uchun qayta yuborish; xabar bilan bir vaqtda nazorat razryadlarini yuborish; ortiqcha kodlardan (Xemming kodi, siklik kodlar) foydalanish va h.k. qo‘llaniladi. " Identifikatsiyalash tizimi|"Axborotga oid (informatsion) o‘zaro hamkorlik jarayonida tomonlarni autentifikatsiya qilish funksiyasini bajaradigan kriptografik tizim. " Ideogramma|"Obyektni, butun so‘zni, tushunchani va ular bilan qo‘shilib keladigan tovush elementlarini bildiradigan, shartli grafik belgi. " Idoralararo elektron hamkorlik|"Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida davlat organlari o‘rtasida maʼlumotlar almashinish. " Idoralararo elektron so‘rov|"Davlat organining, davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va ma’lumot taqdim etilishi to‘g‘risida, talabnoma beruvchining so‘rovi asosida so‘raladigan hujjatlar va ma’lumotga ega bo‘lgan tashkilotlarga elektron hujjat shaklida yuborilgan talabnomasi. " Idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik|"Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida davlat organlari o‘rtasida ma’lumotlar almashinish. " Idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik tizimi|"Mahalliy hokimiyat organlariga, kredit tashkilotlariga (banklarga), nodavlat pensiya fondlariga, bu tizimning boshqa qatnashchilariga, fuqarolar va tashkilotlarga elektron shaklda davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun zarur bo‘ladigan ma’lumotlarni almashinish imkonini beradigan axborot tizimi. " Idoralararo integratsion platforma|"Idoralararo o‘zaro hamkorlikni tashkil qilish va elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish doirasida elektron hukumat axborot tizimlarini integratsiyalash uchun mo‘ljallangan apparat-dasturiy vositalar majmui. " Idoralararo kompyuter tarmog‘i|"Bitta yoki bir necha davlat doirasida bir necha idoralarning lokal va korporativ tarmoqlarini birlashtiruvchi axborot- hisoblash tarmog‘i. " Idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘i|"Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatadigan davlat organlarining idoraviy va idoralararo axborot resurslari va elektron hukumat markaziy ma’lumotlar bazalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik uchun belgilangan tarmoq. " Idoraning rasmiy sayti|"Internet tarmog‘ida noyob manzilga ega bo‘lgan, tashkilotlar va fuqarolarga tegishli idoraning faoliyati to‘g‘risidagi axborotdan, shuningdek, axborot bilan bog‘liq va boshqa xizmatlardan (servislardan) foydalana olishni ta’minlaydigan, davlat organi axborot-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlarining majmui. " Ifloslanish|"Bitta maxfiylik grifi yoki xavfsizlik toifasidagi ma’lumotlarni maxfiylik grifining darajasi pastroq bo‘lgan yoki boshqa xavfsizlik toifasidagi ma’lumotlarga kiritish. " Ifoda|"Mаtematik formula va/yoki nisbat bilan ifodalangan, ma’lumotlar ustida qandaydir operatsiyalar bajarilishini dasturlash tilida yozish. Operatsiyalar belgilari (operatorlar) bilan birlashtirilgan o‘zgaruvchilar, konstantalar, funksiyalardan (ularning barchasi operandlar deb ataladi) iborat. Operatsiyalar unar (bitta operand bilan), binar (ikkita operand bilan) bo‘ladi. Arifmetik, mantiqiy va simvolli ifodalar mavjud. " Ignasimon yo‘nalganlik diagrammasi|"Antennaning maksimal nurlanish o‘qiga nisbatan simmetrik bo‘lgan tor yo‘nalganlik diagrammasi. " Ijaradagi liniya|"Monopol (yakka tartibda) foydalanish uchun abonentga (tashkilot yoki xususiy shaxsga) ajratilgan, «nuqta-nuqta» turidagi, kommutatsiyalanmaydigan yer usti yoki yo‘ldoshli aloqa liniyasi. " Ijaraga olingan kanal|"Tarmoq operatori tomonidan tarmoq foydalanuvchisiga shartnoma asosida ijaraga berilgan kanal. " Ijtimoiy informatika|"Jamiyatda axborot harakatlanishi qonuniyatlari va shakllari to‘g‘risidagi fan. Informatikaning ilmiy tadqiqotlarning yangi fanlararo sohasini bildiruvchi bo‘limi. " Ijtimoiy muhandislik|"Kompyuter tizimlariga texnik vositalardan foydalanmasdan hujum qilish usuli. Bu usul inson omiliga, uning ojizligiga asoslangan. " Ijtimoiy munosabatlar|"Ijtimoiy subyektlar o‘rtasida hayotiy ne’matlar taqsimlanishida ijtimoiy adolat bo‘lishi va subyektlarning tengligi, shaxsning qaror topish va rivojlanish sharoitlari, moddity, ijtimoiy, ma’naviy ehtiyojlar qondirilishi yuzasidan amalga oshiriladigan munosabatlar. " Ijtimoiy tarmoq|"Internetda ijtimoiy o‘zaro munosabatlarni qurish, aks ettirish va tashkillashtirish uchun mo‘ljallangan platforma, onlayn-servis, veb-sayt. " Ikki bog‘lanishli topologiya|"Uzellarning har bir jufti, kam deganda, ikkita bog‘lovchi liniyaga ega bo‘ladigan tarmoqning tuzilmaviy sxemasi. " Ikki diapazonli (ikkita diapazonda ishlash)|"Turli chastota diapazonlarida, masalan, GSM 900 va GSM 1800 ishlay oladigan mobil telefon. Izoh − Dual Band markasi bo‘lgan GSM tarmoqlarining telefonlari va uskunasi ikkita chastota diapazonida ishlay oladi. " Ikki fazali kod|"Birining davri taktli intervalga, ikkinchisi esa taktli intervalning yarmiga teng bo‘lgan ikki holat ikkita chastota impulslari orqali uzatiladigan kod. " Ikki hissa almashinuv tezligiga ega bo‘lgan SDRAM|"DDR SDRAM mikrosxemasi (texnologiyasi, xotirasi) sinxron dinamik tezkor xotira qurilmasi mikrosxemalarining turi bo‘lib, unda ma’lumotlar uzatish takt signalining ikkala frontida ham amalga oshiriladi, bu esa ma’lumotlar almashinuvi tezligini ikki hissa oshirsh imkonini beradi. " Ikki kanalli (n-kanalli) televizion server|"Ikki (n ta) mustaqil ishlaydigan televizion kanalga ega televizion server. " Ikki ko‘zguli antenna|"Ikkita asosiy reflektor va kontrreflektor ko‘zgudan iborat bo‘lgan ko‘zguli antennalar. Izoh – Antennaning ikki ko‘zguli sxemasi antenna yo‘nalganlik diagrammasi yon yaproqlarining kichik darajasini ta‘minlaydi, shuning uchun u ko‘proq uzatuvchi antennalarda ishlatiladi. " Ikki liniyali ulanish|"Abonent terminalini bir vaqtda tarmoqning ikkita uzeliga ulash. Ikkinchi liniya, odatda rezerv hisoblanadi, yaʼni u orqali normal ish sharoitlarida ishlash qobiliyatini nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan uncha katta bo‘lmagan xizmatga oid oqim uzatiladi. " Ikki marta bosish|"«Sichqoncha» tugmasini ikki marta tez bosish. Foydalanuvchining grafik interfeysida obyektni tez tanlash yoki qandaydir ishni amalga oshirish uchun xizmat qiladi. " Ikki nuqta|"Dasturlash tilida qatordagi operatorlarni ajratish uchun qo‘llaniladi. Masalan, Beysik tilida bir satrda yozilgan operatorlar ikki nuqta orqali ajratiladi. " Ikki nuqtali aloqa protokoli|"SLIP protokolining davomchisi. Bu protokol marshrutizatorni marshrutizator bilan va xost-mashinani tarmoq bilan sinxron va asinxron aloqa liniyalari bo‘yicha ulashni o‘rnatadi. Agar SLIP protokoli faqat IP-protokoli bilan ishlash uchun loyihalashtirilgan bo‘lsa, RRR protokoli esa tarmoq sathidagi bir necha protokollar bilan IP, IPX va ARA protokollarini qo‘shgan holda, ishlash uchun loyihalashtirilgan. RRR protokoli, shuningdek, axborotni muhofaza qilishning o‘rnatilgan mexanizmiga ega: SNAR va RAR protokollari. " Ikki nuqtali bog‘lanish|"Faqat ikkita punkt o‘rtasida o‘rnatiladigan bog‘lanish. " Ikki nuqtali topologiya|"Tarmoqning, ikki uzelini o‘zaro biron-bir kommutatsion uskunadan foydalanmasdan bog‘laydigan, oddiy fragmenti. Soddaligiga qaramay, bu bazaviy topologiyadan axborotni yuqori tezlikli magistral aloqa liniyalari orqali uzatishda keng foydalaniladi. " Ikki polosali|"C-diapazon signallari kabi Ku-diapazon (12 GHz dan 18 GHz gacha) signallari bilan ham ishlash imkoniyatiga ega bo‘lgan uskuna va antennalarni belgilashda foydalaniladigan atama. " Ikki portli|"Operatsiyalarning parallel bajarilishini topshirish uchun, mustaqil ikkita kirish nuqtasi bo‘lgan xotira mikrosxemasi. " Ikki portli xotira|"Bir vaqtda bittadan ortiq protsessor yoki kontroller erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan xotira. " Ikki portli shlyuz|"Tarmoqlararo ekran dasturiy ta’minoti ishlaydigan va ikkita – biri ichki tarmoqqa, ikkinchisi tashqi tarmoqqa ulangan tarmoq kartalariga ega bo‘lgan kompyuter. Shlyuz axborotni bir tarmoqdan ikkinchisiga, ular o‘rtasida bevosita o‘zaro ta’sirni istisno qilgan holda, uzatadi. " Ikki pog‘onali tizim|"Ikki pog‘onasida joylashgan kollektor va taqsimlash kanallariga ega bo‘lgan kanallar tizimi. " Ikki protsessorli|"Ikkita protsessorli kompyuter. " Ikki rangda ko‘rish|"Barcha ranglar tegishli tarzda tanlangan faqat ikkita qo‘zg‘atuvchi aralashmasi bilan mos kelishi mumkin bo‘lgan normal bo‘lmagan rang ko‘rish. " Ikki rejimli terminal|"Turli tarmoqlarda ishlashga mo‘ljallangan abonent terminali. Misol – analog va raqamli standartlarda (TDMA/ AMPS), yo‘ldoshli va uyali aloqa GSM/Glo-balstar rejimlarida ishlaydigan terminallar. " Ikki standartli telefon|"Turli tarmoqlarda, masalan, CDMA va AMPS, GSM va DECT da ishlay oladigan mobil telefon. " Ikki tomonga yo‘naltirilgan port|"Ma’lumotlar ikkala yo‘nalishda yuborilishi mumkin bo‘lgan port. " Ikki tomonga yo‘naltirilgan interfeys|"Bir vaqtning o‘zida aloqaning ikkala yo‘nalishida maʼlumotlar uzatilishini taʼminlovchi interfeys. " Ikki tomonlama bog‘lanish|"Tarmoq elementlarining istalgan jufti o‘rtasida ikki aloqa liniyasining mavjud bo‘la olishi. " Ikki tomonlama muvofiqlashtirish|"To‘g‘ri va teskari yo‘nalishlarda aloqa kanallarining real xarakteristikalari hisobga olingan holda, liniyalarning parametrlari va ish rejimlarini tanlash amalga oshiriladigan, bog‘lanishni o‘rnatish protsedurasi. " Ikki tomonlama xotira moduli|"DRAM xotira modullarining form-faktori. Modulning turli tomonlarida joylashgan kontaktlarning bog‘liq bo‘lmasligi DIMM ning asosiy farqi hisoblanadi. DIMM 64 (juftlikni nazorat qilmasdan) yoki 72 (juftlik yoki ESS kodi bo‘yicha nazorat qilish bilan) ma’lumotlar uzatish liniyasida xatolarni aniqlash va tuzatish funksiyasini bajaradi. " Ikki tomonlama yo‘naltirilgan antenna|"1. Bitta machtada joylashgan va qarama-qarshi tomonga yo‘naltirilgan ikkita yo‘naltirilgan antennadan iborat antennali tizim. 2. Radiosignallarni ikki yo‘nalishda bir vaqtda nurlantiruvchi ikki yaproqli yo‘nalganlik diagrammasiga ega antenna. " Ikki uyli shlyuz|"Brandmauerning dasturiy taʼminoti ishlaydigan va biri ichki tarmoqqa, boshqa biri tashqi tarmoqqa ulangan ikkita tarmoq interfeys platasi bo‘lgan kompyuter. Izoh – Shlyuz axborotni bir tarmoqdan ikkinchi tarmoqqa uzatadi, ular o‘rtasida bevosita taʼsirga yo‘l qo‘ymagan holda. Seans va amaliy sath shlyuzlari ikki uyli shlyuzga kiradi. " «Ikki yarim» yoki «gibrid» animatsiya|"Uch o‘lchamli perspektiva imitatsiyasiga ega ikki o‘lchamli animatsiya. Obyektlarning «ko‘p qatlamli» siljishidan foydalanilganda «yaqinda joylashgan»larga nisbatan «uzoqlashgan» obyektlar sekinroq siljiydi. " Ikki yo‘nalishli|"Ikki tomonga yo‘naltirilgan signal. " Ikki yo‘nalishli oldindan aytish|"«Oldinga» (o‘tgan videokadrlar bo‘yicha) yoki «orqaga» (oldindagi videokadrlar bo‘yicha) oldindan aytishdan foydalaniladigan kodlash usuli. " Ikki o‘lchamli grafika|"X va Y o‘qlari bo‘yicha ikkita koordinata bilan tavsiflanadigan grafika. " Ikki o‘lchamli taxminlash, 2-D taxminlash|"Taxminlangan qiymat, ayni bir maydon satrlaridagi qo‘shni tasvir elementlaridan kelib chiqib olinadigan taxminlash. " Ikki shinali arxitektura|"Pentium Pro protsessorlari ichki shinasi arxitekturasining nomi. Turli taktli chastotalarida ishlashini ta’minlash va tizim unumdorligini oshirish imkonini beradi. " Ikkilamchi halqa|"Ikki halqali optik tolali tarmoqdagi (FDDI standarti) rezerv bog‘lovchi liniya. Bu liniya orqali normal ish rejimida (nosozliklar bo‘lmaganda) liniya ishlash qobiliyatini nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan xizmat signallari uzatiladi. " Ikkilamchi kalit|"1. Asosiy xabarni va biror bir kirish parametrini, masalan, abonent stansiyasining seriya raqamini mantiqiy qayta o‘zgartirish yo‘li bilan olinadigan kalit. 2. Dasturiy ta’minotni muhofaza qilish usuli, unda birinchi kriptografik kalit dasturiy ta’minotni deshifrovka qilish uchun kalit hisoblanadigan ikkinchi kalitdan foydalana olish uchun yo‘l ochadi. " Ikkilamchi kesh-xotira|"Protsessordan tashqarida, birlamchi kesh-xotira bilan tezkor xotira qurilmasi o‘rtasida joylashgan ikkinchi sath kesh-xotira. " Ikkilamchi kuchlanishdan muhofaza qilish qurilmasi|"Shaxsiy hayot sirlarini taʼminlash uchun bajarilayotgan tadbirlar. Ushbu tadbirlar, ayrim shaxslar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni muhofazalash va ularni yig‘ish, to‘plash va ularni qayta ishlashga cheklovlarni o‘z ichiga oladi. " Ikkilamchi nur tarqatgich|"Fider bilan bog‘lanmagan va birlamchi nur tarqatgichning elektromagnit maydoni bilan qo‘zg‘atiladigan antennaning nurlantiruvchi elementi. " Ikkilamchi nurlanish|"Yuqori chastotali toklar va elektr zaryadlarni yo‘naltirish hisobiga, radioto‘lqinlarning uzatish muhitidagi to‘siqlardan qaytish va tarqalish hodisasi. " Ikkilamchi rangli rirproyeksiya|"Rang videosignali bilan dastlabki tasvir yoki yozuv yaratilgandan so‘ng bajariladigan rirproyeksiya. " Ikkilamchi tarmoq kanali|"Telekommunikatsiyalar ikkilamchi tarmog‘ining kommutatsiya uzellari va stansiyalari oralig‘idagi telekommunikatsiyalar kanalining qismi. Ikkilamchi tarmoqning turiga qarab uning kanallari quyidagicha nomlanadi: telefon tarmog‘i kanali, telegraf tarmog‘i kanali, maʼlumotlar uzatish kanali va h.k. " Ikkilamchi zichlanishga ega kanal|"Nutqli axborot bilan bir qatorda, qo‘shimcha past tezlikli ma’lumotlar oqimi ham uzatilishi mumkin bo‘lgan aloqa kanali. Izoh − Polosasining kengligi (0,3−3,4) kHz bo‘lgan kanal ma’lumotlarning bitta yoki bir nechta past tezlikli kanali bilan qo‘shimcha zichlanishi mumkin. " Ikkilanma nur sinishi|"Yorug‘lik nurining optik anizotrop muhit orqali tarqalishida yorug‘lik sinish ko‘rsatgichining nur qutblanganligiga bog‘liqligi oqibatida ikkiga ajralishi. " Ikkilik|"Ikkilik sanoq tizimida taqdim etilgan ma’lumotlar turi. " Ikkilik fayl|"Ma’lumotlar ikkilik ko‘rinishida, masalan, dastur kodi, shrift yoki tasvir bilan taqdim etiladigan fayl. Matnli fayllardan farqli ravishda, ekranda ko‘rish uchun maxsus dastur talab etadi. " Ikkilik fazaviy manipulyatsiya|"Fazaviy modulyatsiyalash usuli bo‘lib, bunda kirish ikkilik simvolining 1 dan 0 ga yoki aksincha, almashinishi signal fazasining 180° ga o‘zgarishiga olib keladi. Masalan, modulyator chiqishidagi faza siljishi 0 simvoli uchun +90°, 1 simvoli uchun – 90° bo‘lishi mumkin. " Ikkilik izlash|"1. Tartiblashtirilgan ko‘plikdagi izlash usuli bo‘lib, uning har bir qadamida ko‘plikning o‘rtacha elementi izlangan element bilan taqqoslanadi va taqqoslash natijasiga bog‘liq holda, keyingi qadamda qayta ishlash uchun ko‘plikning yarmi tanlanadi. 2. Elementlar to‘plami ikki qismga bo‘linadigan va bir qismi tashlab yuboriladigan izlash. Jarayon maqbul xossaga ega elementlar topilgunga qadar takrorlanadi. " Ikkilik jamp|"Xotira ichidagini ikkilik ko‘rinishida bosib chiqarish. " Ikkilik kiritish|"Kompyterga ikkilik ma’lumotlarni kiritish. " Ikkilik kod|"1. Xotira ichidagini nollar va birlar ketma-ketligi ko‘rinishida taqdim etish, biroq bu atama ko‘pincha bajariladigan dasturni belgilash uchun qo‘llaniladi. 2. Bajarish uchun yaroqli ko‘rinishda bo‘lgan faqat mashina komandalari va konstantalarni ichiga oladigan dasturiy modul. " Ikkilik kodlar darajasidagi moslik|"Bitta kompyuter tizimi dasturining o‘zgartirishsiz boshqa platformada bajarilish qobiliyati. " Ikkilik ko‘rinishdagi fayllarni uzatish|"Fayllarni ikkilik ko‘rinishda uzatish protokoli. Ma’lumotlar uzatish jarayonida o‘zgarmaydi. " Ikkilik nuqta|"Ikkilik sondagi, butun qismni kasrli qismdan ajratadigan nuqta. " Ikkilik raqam|"Ikkilik sanoq tizimidagi ikkita ‒ 0 va 1 raqamdan biri. " Ikkilik sanoq tizimi|"Asosi 2 bo‘lgan pozitsion sanoq tizimi. Sonlarni yozish uchun 0 va 1 ikkilik raqamlardan foydalaniladi. Informatikada asosiy sanoq tizimi hisoblanadi. " Ikkilik semafor|"0 va 1 qiymatlarni oladigan semafor. " Ikkilik sinxron uzatish|"Olisdagi terminallarning markaziy elektron hisoblash mashinasi bilan aloqasida foydalaniladigan protokol. " Ikkilik skanlash ekrani|"DSTN displey − qattiq buralgan nematik bilan to‘ldirilib, bir-biriga yopishtirilgan shishali yacheykalar. Birinchisi – suyuq kristalli displey, ikkinchisi – elektrodlar va qutblagichlarsiz yoki oq fonda qora rangning aks etishini ta’minlovchi va kontrastni ko‘paytiruvchi kompensator sifatida foydalanish uchun suyuq kristall modda bilan to‘ldirilgan shisha yacheyka. " Ikkilik son|"Ikkilik sanoq tizimida yozilgan son. Kompyuter xotirasidagi har qanday narsani ikkilik sonlar ko‘rinishida taqdim etish mumkin. " Ikkilik sonlar psevdotasodifiy ketma-ketligining generatori|"Ma’lumotlarning initsializatsiyalanadigan so‘zini kiritishda muayyan psevdotasodifiy ikkilik ketma-ketligini generatsiyalaydigan uskuna. " Ikkilik tasvir|"Ma’lumotlarning ikkilik massiv ko‘rinishida taqdim etilishi. " Ikkilik yoqlama litsenziyalash|"Erkin dasturiy taʼminotning biznes modeli va uni ikkita litsenziya bo‘yicha amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Ko‘pincha bittasi – shaxsiy mulk sifatida ko‘riladi va shu dasturiy taʼminot asosida uning qo‘llanmalarini yaratishga imkon beradi. " Ikkilik-o‘nli kod|"O‘nli sonlarni ixcham tarzda mashina tiliga o‘girish usullaridan biri bo‘lib, har bir o‘nli raqamni kodlash uchun to‘rt bit talab qilinadi. Bunday sonlar meynfreymlarda iqtisodiy hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun qo‘llaniladi. " Ikkilik-o‘nlik kodlash|"O‘nli (0 ‒ 9) raqamlarni to‘rt razryadli ikkilik kodlar bilan taqdim etish usuli. " Ikkinchi avlod (2G)|"Mobil aloqa tizimlarining ikkinchi avlodi, analog tizimlarning birinchi avlodidan keyingi, simsiz texnologiyalar raqamli standartlarining birinchi guruhi. Izoh − Birinchi navbatda ovozni uzatish maqsadida ishlab chiqilgan, 2G tarmoqlarida ma’lumotlar ancha sekin uzatiladi. Ma’lumotlar uzatishda 2G tizimlari 2,5G va 3G tizimlardan farqli ravishda, ma’lumotlar ayni paytda uzatilayotganidan yoki uzatilmayotganidan qat’i nazar, butun aloqa seansi mobaynida tarmoqning o‘tkazish polosasini egallaydi. 2G tizimlari o‘z ichiga cdmaOne va GSM tizimlarini oladi. " Ikkinchi avlod tili|"Ikkinchi avlod tili, shuningdek, assembler dasturlash tili sifatida ham ma’lum til. " Ikkinchi bosqich kesh xotirasi|"Protsessorlarning yangi modellarida ikkinchi bosqich kesh xotirasi protsessorga ichki qurilgan va birichni darajali kesh xotirasini to‘ldirishda ishlatiladi. " Ikkinchi shans algoritmi|"Uzoq vaqt murojaat bo‘lmagan sahifa emas, murojaatlarning vaqt bo‘yicha o‘sib borishi tartibi bo‘yicha tartiblangan ro‘yxatdan keyin keladigan sahifalar almashtiriladigan algoritm. " Ikoncha|"Displey ekranida operatsion tizimi muhitida obyekt yoki dasturni aks ettiruvchi kichik tasvir. " Ilmiy-axborot faoliyati|"Ilmiy-texnikaviy axborotni tashkil qilish, to‘plash, tartibga keltirish, tahliliy-sintetik qayta ishlash, yozish, saqlash, tarqatish va foydalanuvchi (isteʼmolchi)ga taqdim etish bilan bog‘liq harakatlar majmui. " Ilmiy-texnik axborot|"Ilmiy, ilmiy-texnikaviy, innovatsion va ijtimoiy faoliyat davomida yig‘ilgan hujjat va faktlar to‘g‘risidagi axborot. " Ilmiy-texnik axborot mahsuloti|"Ilmiy-texnikaviy axborot foydalanuvchilari (isteʼmolchilari) ehtiyojlarini qondirish uchun mo‘ljallangan axborot, ilmiy-texnikaviy faoliyatning moddiy natijasi. " Ilonsimon to‘lqin o‘tkazgich|"Konstruksiyasida qattiq metall sirtlar bo‘lmagan, qayriladigan egiluvchan to‘lqin o‘tkazgich. To‘g‘ri burchakli teshiklari bo‘lgan va ularni rezinali qobiq bilan biriktiriladigan bir qator metall shaybalardan tashkil topgan. " Ilova|"Tizimli proseduralarni chaqirish vositasida operatsion tizim bilan birgalikda ishlagan holda, bevosita foydalanuvchiga zarur boʻlgan funksiyalarni bajaradigan amaliy dastur yoki dasturlar paketi (vazifaning toʻla bajarilishini ta’minlaydigan dagturlar toʻplami) – masalan, hisoblash dasturi, matn redaktori yoki elektron jadval. " Ilova bibliotekasi|"Foydalanuvchiga muayyan masalani hal etish imkoniyatini ta’minlaydigan, tugallangan amaliy dastur yoki paket, masalan, elektron jadval yoki matn protsessori. " Ilova oynasi|"Ilovaning ishchi sohasi sifatida foydalaniladigan oyna. " Ilovalar generatori|"Ilovalarning muayyan sohasida bitta yoki bir nechta masalani hal qilish uchun dastur yaratadigan kod generatori. " Ilovalar identifikatori|"Faylli tuzilma tomi deskriptorining maydoni, disk yaratilishida bajariladigan birinchi amaliy dastur marshruti nomini belgilaydi. " Ilovalar portfeli|"Butun hayotiy sikli mobaynida ilovalarni boshqarish uchun foydalaniladigan tizimlashtirilgan hujjat yoki ma’lumotlar bazasi. Barcha ilovalarning asosiy, muhim atributlarini ichiga oladi. " Ilovalar severi|"Tarmoq amaliy (mijoz server) dasturlari bajariladigan, shuningdek, mijozlar foydalana oladigan ma’lumotlar bo‘lgan server. " Ilovalar talablari spetsifikatsiyasi|"Ilovaning spetsifik talablari hujjatlashtiriladigan, variantlari bog‘liq bo‘lgan, domenga ko‘rsatiladigan talablar spetsifikatsiyasi bilan yaxlit holatga keltiriladigan kichik jarayon. " Ilovalar talablarini boshqarish|"Ilovalar talablarining o‘zgarishlari va kuzatib borishlik mumkinligi boshqariladigan quyi jarayon. " Ilovalar talablarini tahlil qilish|"Muayyan ilovalarga bo‘lgan barcha talablar tushuniladigan, modellash vositasida ilovalarga bo‘lgan noto‘g‘ri va noizchil talablar tahlil qilinadigan, keyin esa, domenga qo‘yiladigan talablar yordamida qanoatlantirilishi mumkin bo‘lmagan ilovalar talablari tahlil qilinadigan va kelishiladigan quyi jarayon. " Ilovalarni hamkorlikda ishlab chiqish|"1977-yilda IBM tomonidan taklif qilingan tizimlarni tahlil qilish va ishlab chiqishga yondashuv. " Ilovalarni integratsiyalash|"Turli dasturlash tillarida yozilgan va turli arxitekturalarda ishlab chiqilgan turli ilovalarni o‘zaro birlashtirish imkonini beradi. " Ilovalarni ishlab chiqish muhandisligi|"1. Aktivlardan takror foydalanish yo‘li bilan, amaliy tizimlarni yaratish yoki aniqlashtirish jarayoni. 2. Jarayonlar to‘plamidan iborat hayotiy sikl. Bu jarayonlarda ilova aktivlari va mahsulotlar, mahsulotlar chizig‘i bo‘laklari, domen arxitekturasiga muvofiq va platforma o‘zgaruvchanligini bog‘lash yo‘li bilan, aktivlardan takror foydalanish orqali boshqariladi va bajariladi. " Ilovalarni tez ishlab chiqish|"Obyektga yo‘naltirilgan va vizual dasturlashdan foydalanish hisobiga, ilovalarning tezda ishlab chiqilishini ta’minlaydigan dasturiy mahsulot. " Ilovalarning asosiy oynasi|"Ilovadagi asosiy vazifani bajaruvchi oyna. Asosiy oynadan butun dasturni moslash va konfiguratsiyasini o‘zgartirish mumkin bo‘lgan bir qator yordamchi oynalarni ochish mumkin. " Ilovani ma’muriy boshqarish funksiyasi|"Foydalanuvchi tomonidan bajariladigan funksiya, jumladan ilovani o‘rnatish, joylashtirish, zaxiralash, xizmat ko‘rsatish (tuzatishlar kiritish va o‘zgartirish) hamda chiqarib tashlash. " Ilovaning ishga tushirilishi|"Ishlash uchun kerak bo‘ladigan dastur modullari, bibliotekalari va tezkor xotiradan undan foydalanish va tez ma’lumot almashinish uchun nusxa olish. " Ilg‘or texnologiya|"Biror-bir dasturiy va apparat ta’minot sohasida tub burilish yasagan eng ilg‘or texnologiya. Masalan, DirectX 10, kompyuter bilan ishlash tezligini keskin oshirishga qodir ilg‘or texnologiya hisoblanadi. " Imitatsion xalaqit|"Tuzilmasiga ko‘ra, foydali signalga o‘xshiydi, shuning uchun uni topish va ajratish qiyin bo‘lgan xalaqit. Odatda, u xuddi foydali signaldagi singari, lekin boshqacha modulyatsiya parametrlariga ega elementlardan tashkil topgan bo‘ladi. " Imitatsiya|"1. Texnik yolg‘on xabar tarqatishning tarkibiy qismi, soxta obyektlar va texnik demaskirovka qiluvchi belgilarni sun’iy qayta tiklash yo‘li bilan amalga oshiriladi. 2. Kriptografik protokolga aktiv hujum, uning maqsadi bir tomondagi raqib va/yoki buzg‘unchi tomonidan boshqa tomon nomidan qabul qilayotgan rad etilmaydigan xabarni majburan qabul qildirish hisoblanadi. " Imitatsiyalanadigan xalaqit|"Xalaqitga chidamlilikni baholash yoki o‘lchash maqsadida hosil qilinadigan, parametrlarning berilgan qiymatiga ega elektromagnit xalaqit. " Imitobardoshlik|"Maqsadi yolg‘on xabarni majburan kiritish (qabul qilish) yoki uzatiladigan axborotni yoki saqlanadigan ma’lumotlarni almashtirib qo‘yish bo‘lgan, jinoyatkorning aktiv hujumlariga qarshi tura olish qobiliyati. " Imitomuhofaza|"1. Shifrlangan aloqa tizimini yolg‘on ma’lumotlar majburan kiritilishidan (qabul qilinishidan) saqlashning apparat, apparat-dasturiy yoki dasturiy muhofaza vositalari. 2. Shifrlangan aloqani yolg‘on ma’lumotlarning ortiqcha o‘rnashishidan muhofaza qilish tizimi. " Imitomuhofaza tizimi|"Xabarlarni autentifikatsiyalashni bajaruvchi va axborotni ruxsatsiz o‘zgartirish yoki soxta axborotni majburan qabul qildirishdan himoya qilish uchun mo‘ljallangan kriptografik tizim. Xususan, imitomuhofaza tizimi axborotning yaxlitligini ta’minlaydi. Izoh – Imitomuhofaza tizimining matematik modeli imitomuhofazalovchi kodlash algoritmini (bu shifrlash algoritmi, autentifikatsiyalash kodi yoki boshqa o‘zgartirish bo‘lishi mumkin) va olingan axborotning haqiqiyligi to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish algoritmini hamda kalit tizimni o‘z ichiga oladi. " Imitomuhofaza vositalari|"Axborotni kriptografik almashtirish algoritmlarini amalga oshiruvchi va yolg‘on axborotni majburan qabul qildirishdan muhofaza qilish uchun mo‘ljallangan apparat, dasturiy va apparat-dasturiy vositalar. " Imitoqo‘shimcha|"Ochiq ma’lumotlar va kalitdan ma’lum qoidaga ko‘ra olingan hamda shifrlangan ma’lumotlarga imitomuhofazani ta’minlash uchun qo‘shilgan, qayd qilingan uzunlikdagi axborot bo‘lagi. " Imkoniyati yuqori bo‘lgan texnologiya (bosmaga chiqarilayotganda)|"Bosmaga chiqarishda yuqori sifatga (1200x1200 dpi gacha) erishish imkoniyatini beradigan texnologiya. " Imkoniyatlar|"Qurilma yoki dasturning funksional xarakteristikalari. " Imloni tekshirish|"Kiritilgan matnni imlo qoidalariga ko‘ra tekshiruvchi dastur. " Impedans|"Elektr zanjirining o‘zgaruvchan tokka nisbatan to‘liq qarshiligi. " Impedansli antennalar|"Yuguruvchi to‘lqin antennalarining bir turi, unda elektromagnit energiya oqimini to‘plash sayoz turdagi sekinlashtiruvchi ti-zimdan foydalanib amalga oshiriladi. " Impedansni moslashtirish|"Zanjir qo‘shni elementlarining to‘la to‘lqin qarshiliklarini (impedanslarini) interfeys nuqtasi orqali o‘tuvchi quvvat unumdorlikni yaxshilash yoki alohida samaraga erishish uchun maksimal darajada mumkin bo‘ladigan tarzda tanlash. " Implikatsiya|"Ikkita ifoda uchun mo‘ljallangan mantiqiy operatsiya. Natija beruvchi ifoda faqat birinchi ifoda to‘g‘ri, ikkinchisi esa noto‘g‘ri bo‘lganda (implikatsiya operatsiyasi kommutativ bo‘lmaganda) yolg‘on bo‘ladi. Implikatsiyaning standart belgisi: →. " Impuls|"Barqaror shakllangan jarayonning vaqtinchalik xarakteristikalariga nisbatan kichik vaqt intervali bilan tavsiflanuvchi, (kuchlanish, tok va b.) shakllangan holatining qisqa muddatli o‘zgarishi. Impulsning shakli turlicha – to‘g‘ri burchakli, trapetsiyasimon va h.k. bo‘lishi mumkin. Impulsning asosiy parametrlari davomiylik, amplituda, front hisoblanadi. Impulslar videoimpulslarga (eltuvchisi to‘ldirilmaydigan impuls) va radioimpulslarga ajratiladi. " Impuls-kodli modulyatsiya|"Modulyatsiyalash usuli, unga ko‘ra, analog signal qatʼiy uzunlikdagi ketma-ket uzatiladigan n razryadli (n=8) kodli so‘zlardan iborat raqamli maʼlumotlar oqimiga aylantiriladi. Tovushni uzatish 64 kbit/s tezlik hamda A- yoki qonuni bo‘yicha kompanderlash bilan amalga oshiriladi. IKM yordamida o‘zgartirilgan tovush signalining sifati yuqori bo‘ladi (ekspert baholanishi MOS shkalasi bo‘yicha 4,3). " Impulslar generatsiyasi|"Telefon raqamini terish paytida telefon aloqa liniyasiga impulslar jo‘natish. " Impulsli modulyatsiya|"Modulyatsiyalangan signal video yoki radioimpulslar ketma-ketligi ko‘rinishida bo‘lishi bilan farqlanadigan modulyatsiyalash usullari guruhi. " Imtiyozlar|"Operatsion tizimga yuborilgan imtiyozli, ya’ni cheklangan doiradagi foydalanuvchilar uchun mumkin bo‘lgan so‘rovlarni bajarish huquqi. Masalan, tizim vaqtini o‘zgartirishga so‘rov. " Imtiyozlarni boshqarish infratuzilmasi|"Kompleks mualliflashtirish xizmati ko‘magida hamda ochiq kalitlar infratuzilmasi bilan o‘zaro hamkorlikda imtiyozlarni boshqarish ta’minlanadigan infratuzilma. " Imtiyozlarning taqsimlanishi|"Ma’lumotlarni muhofaza qilish mexanizmini ochish prinsipi, bunda erkin foydalanish (kirish) uchun bir emas, balki ikkita parolni (masalan, ikkita shaxs tomonidan) ko‘rsatish zarur bo‘ladi. " (Imtiyozli bo‘lmagan) foydalanish rejimi|"Foydalanuvchilarning dasturlari bajariladigan dasturlarni bajarishning standart rejimi. Bu rejimda ayrim imtiyozli operatsiyalar (masalan, xotiraning va registrlarning tizim sohalarini o‘zgartirish) ta’qiqlanadi. " Imzo|"Familiya, ism, manzil va boshqa axborotdan iborat kichik matn. Uy katalogidagi maxsus fayldan olinadigan imzo avtomatik ravishda jo‘natilayotgan xat va teleanjumanda jo‘natilgan maqolalarning oxiriga qo‘shiladi. q: raqamli imzo. " Imzo kaliti sertifikatining egasi|"Ro‘yxatga olish markazi tomonidan imzo kaliti sertifikatini olgan va o‘z yopiq elek-tron raqamli imzo kalitiga ega bo‘lgan jismoniy shaxs. Elektron raqamli imzo kaliti vositalari yordamida elektron hujjatlarda o‘z elektron raqamli imzosini yaratish (elektron hujjatlarga imzo chekish) imkonini beradi. " Imzo sertifikatining egasi|"Nomiga imzo kalitining sertifikati berilgan, sertifikatda ko‘rsatilgan ochiq kalitga mos keluvchi elektron raqamli imzo kalitining yopiq kalitiga egalik qiladigan jismoniy yoki yuridik shaxs. " Indeks|"Berilgan har bir massivning har bir elementini identifikatsiya qilish uchun massiv nomiga qo‘yiladigan raqam (yoki raqamlar, agar ma’lumotlar massivi ko‘p o‘lchamli bo‘lsa). " Indekslangan fayl|"Yozuvlaridan foydalanish uchun indeksi bo‘lgan fayl. Bunday faylda yozuvni topish uchun, avvalo, indeks faylidagi tegishli elementni topish kerak. Unda yozuvni identifikatsiyalaydigan kalit maydoni va uning mantiqiy yoki fizik manzili bo‘ladi. Turli kalitlar bo‘yicha izlashni osonlashtirish uchun, faylda bir nechta indeks bo‘lishi mumkin. Indekslash yozuvlardan bevosita foydalanishni ta’minlaydi va faylni ko‘rib chiqish vaqtini qisqartiradi. " Indekslangan manzil|"Xotirada ma’lumotlarning spetsifik elementi, masalan, jadvalning, birinchi elementi joylashgan yer. Tayanch manzilni va indeksli registrda saqlanadigan qiymatni qo‘shish yo‘li bilan hisoblanadi. " Indeksli fayl|"Ma’lumotlar bazasi yozuvlari indekslarini saqlaydigan fayl. Indekslarning bo‘lishi yozuvlar izlab topilishini va ular bilan ishlashni tezlashtiradi. " Indeksli registr|"Komanda manziliga, uning haqiqiy qiymatini olish uchun qo‘shish yoki chiqarib tashlash zarur bo‘lgan muayyan ma’lumotlarni ichiga oladigan registr. " Indikator|"Muayyan axborot ehtiyojlari uchun ishlab chiqilgan tahliliy modeldan olingan tegishli atributlarni baholash imkonini beradigan o‘lchov. " Indikatorlar qiymatini aniqlash mezonlari|"Har bir indikatorga u yoki bu sonli qiymatni berish to‘g‘risida qaror qabul qilish algoritmining formal bayoni. " Individual boshqaruv bilan taqsimlash xizmati|"Taqsimlash xizmati, bunda axborot axborot bloklarining ketma-ketligi ko‘rinishida, masalan, davriy qaytariluvchi kadrlar shunday taqdim etiladiki, natijada foydalanuvchi axborot bloklarini shaxsan tanlash va axborot borishining boshlanishi hamda tartibini boshqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi. " Individual boshqaruvsiz taqsimlash xizmati|"Taqsimlash xizmati, undan foydalanuvchilar taqsimlangan axborotni taqdim etishning boshlanishi va tartibini boshqarish imkoniga ega bo‘lmagan holda foydalana oladi. " Individual qabul (yo‘ldoshli eshittirishda)|"Maishiy qurilmalar, odatda, uncha katta bo‘lmagan hajmdagi antennalar bilan yo‘ldoshli eshittirishlarni bevosita qabul qilish. " Individual chaqiruv|"Mobil aloqa tarmog‘idagi, ikki abonent o‘rtasida «nuqta-nuqta» turidagi bog‘lanish o‘rnatilishi taxmin qilinadigan chaqiruv. " Industrial xalaqitlar|"Elektr yoyi yoki uchquni (elektr payvandlash, elektrotransport, sh.o‘.) paydo bo‘ladigan turli elektr qurilmalarning ishlashidan hosil bo‘ladigan xalaqitlar. Industrial xalaqitlar, odatda, juda keng chastotalar spektriga ega bo‘ladi, shuning uchun qabul qilish qurilmalarida ular bilan kurashish qiyin. Lekin xalaqit manbalarining o‘zida xalaqitlar jadalligini pasaytiradigan choralar ko‘rilishi, masalan ekranlashtirish, maxsus filtrlarni qo‘llash mumkin. " Inersion sinxronlash|"Satr va kadr sinxronlash impulslari qabul qilgichda keluvchi impulslar chastotasi bilan qamrab olingan satr chastota generatori yordamida qaytadan shakllantiriladigan xalaqitga chidamli sinxronlash. " Inersion sinxronlash cxemasi|"Televizordagi, yoyish zanjirlari satr chastotasi bilan satr sinxronizatsiyasi signalining qisqa muddatli buzilishi vaqtida ham harakat qilishda davom etadigan, sinxronizatsiya sxemasining turi. " Infiks yozuv|"Matematik va mantiqiy ifodalarni yozish usullaridan biri bo‘lib, bunda binar operatsiya belgisi operandlar orasida bo‘ladi. " Infokommunikatsiyalar|"Zamonaviy axborot, kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalarini, ularni amalga oshiradigan tizim hamda vositalarni uzviy ravishda bog‘laydigan, tashkilotlarga va aholiga axborot, kommunikatsiya maxsulotlarini va xizmatlarini taqdim etish uchun mo‘ljallangan kompleks. " Infomat|"Davlat xizmatlari taqdim etilishining axborot kioski. Sensorli monitori bo‘lgan, jamoat joyida joylashgan, davlat xizmatlari portaliga yoki uning ixtisoslashtirilgan bo‘limlariga kirishni ta’minlaydigan elektron terminal. Terminal har bir fuqaroga interaktiv o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatish tartibida davlat xizmatlari olish imkonini beradi. Infomat yordamida xizmat to‘g‘risida ma’lumot olish, blanklarni to‘ldirish va chiqarish, videomaslahatlar olish, navbatga yozilish, bojlar va tariflarni to‘lash mumkin. " Informatika|"Axborotning xususiyatlarini va uni olish, qayta ishlash, o‘zgartirish, saqlash, taqdim etish, uzatish va axborotdan foydalanish usullarini o‘rganadigan ilmiy yo‘nalish. " Informatika obyektlari|"Turli maqsadlardagi avtomatlashtirilgan tizimlar, telekommunikatsiyalar, aks ettirish va ko‘paytirish tizimlari, shuningdek, axborotni qayta ishlashning alohida texnik vositalari va konfidensial muzokaralar olib borish uchun mo‘ljallangan xonalar. " Informodinamika|"Axborot va uning o‘zini o‘zi tashkil qilishiga oid noyob hodisa, axborot hodisalari bo‘ysunuvchi qonun (qoidalar) to‘g‘risidagi fan. U axborot hodisalarining energetika hodisalari bilan aloqalari, jumladan jami axborot hodisalari va tafakkur, aql, umuman barcha negentropiya jarayonlarini ham qamrab oladi. " Informografiya|"Axborot resurslarining jahon hamjamiyatida hamda u yoki bu mamlakat hududida taqsimlanish topologiyasini o‘rganuvchi fan. U, shuningdek, resurslar xususiyatlari, ulardan foydalanish osonligi, samarali foydalanish mumkinligini o‘rganadi. " Informologiya|"O‘rganish obyekti makon, axborotning makondagi tashkillanishi hamda axborot tizimlarining makonda qurilishi qonuniyatlari bo‘lgan fan. Informologiyaning umumiy vazifasi turli tadqiqot tamoyillariga asoslangan ilmiy yo‘nalishlar doirasida olingan bilimlarni umumlashtirish va tartibga solishdir. " Infraqizil aloqa bo‘yicha fayllarni uzatish|"Ma’lumotlarni, kompyuter va qurilma o‘rtasida, infraqizil nurlanish yordamida simsiz uzatish. " Infraqizil interfeys|"Infraqizil portga ega simsiz bog‘lanadigan qurilmalarni, masalan, printerlar va noutbuk-larni ulash uchun foydalaniladigan interfeys. " Infraqizil kanal|"Ishlashi uchun simli ulanishlar talab qilinmaydigan maʼlumotlar uzatish kanali. " Infraqizil klaviatura|"Tizim bloki bilan simsiz bog‘lanish uchun mo‘ljallangan, infraqizil interfeysli klaviatura. " Infraqizil nur tarqatgich|"Elektr energiyani to‘lqin uzunligi 1-2 mm dan 0,74 mkm gacha bo‘lgan elektromagnit nurlanishga aylantiruvchi yarimo‘tkazgichli asbob. Infraqizil nurlanish manbalariga galaktika jismlarining aksariyati tegishlidir. " Infraqizil port|"Ikkita qurilma o‘rtasida shu port bilan simsiz aloqa o‘rnatish imkonini yaratuvchi port. Amal qilish radiusining kichikligi (qurilmalar o‘rtasidagi masofa 30 santimetrdan ko‘p emas), ma’lumot uzatish tezligining kichikligi, xalaqitga bardoshlilikning ozligi (qurilmalar o‘rtasiga har qanday shaffof bo‘lmagan predmetning qo‘yilishi aloqa uzilishiga sabab bo‘ladi) ushbu aloqa texnologiyasining kamchiliklari hisoblanadi. " Initsializatsiya|"Qurilmani maʼlumotlarni tashuvchidan foydalanish yoki qandaydir jarayonni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshlang‘ich holatga keltirish operatsiyasi. " Initsializatsiya qilish|"1. Boshlang‘ich holatiga o‘rnatish. 2. Boshlang‘ich shartlarni berish. " Initsializatsiya vektori|"1. Kriptografik algoritm doirasida kriptografik jarayonning tayanch nuqtasini aniqlash uchun foydalaniladigan vektor. 2. Muntazam yangilanadigan, boshqaruv kanali bo‘ylab uzatiladigan va shifrlash algoritmini initsializatsiya qilish uchun foydalaniladigan tasodifiy son. " Inkor|"1 Kommunikatsiyaga kiritilgan subyektlardan birining muloqotdan to‘la yoki qisman voz kechishi. Kommunikatsiya usullari va mexanizmlarini tavsiflashda «inkor mumkin emasligi» tushunchasi, ko‘p hollarda, almashuvga kiritilgan subyektlar, o‘zlarining kommunikatsiyada ishtiroklarini inkor qila olmaydigan holatini ifodalaydi. 2 Bul algebrasining mantiqiy inkor, NOT operatori. Operatorni bajarish natijasi, rost (TRUE) yoki yolg‘on (FALSE) bo‘ladi. " Inkor qilish protokoli|"Imzo qo‘yuvchi shaxsga imzolangan xabarni rad qilishiga yo‘l qo‘ymaydigan protokol turi. " Insident|"Xizmatlarning rejalashtirilmagan tarzda uzilishiga yoki uning sifati pasayishiga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan har qanday hodisa. Izoh – Masalan, infratuzilma elementlaridan biridagi uzilish insidentga misol bo‘ladi. " Insonning kompyuter bilan o‘zaro ishlashi|"«Inson-mashina» axborot tizimida ro‘y berayotgan jarayonlarni o‘rganuvchi ilmiy-tadqiqot yo‘nalishi. " Installyator|"Fayllarni, masalan, kompyuterga ilova, drayverlar yoki boshqa dasturiy ta’minotni o‘rnatuvchi kompyuter dasturi. Ayrim installyatorlar ulardagi mavjud fayllarni o‘rnatish uchun maxsus ishlangan; boshqalari universal hisoblanadi va o‘rnatish zarur bo‘lgan dasturiy ta’minot komplektini hisobga olib ishlaydi. " Instrumental komanda tili|"Interpretatsiya (talqin) qilinadigan dasturlash tili, vebda ssenariylar yozish uchun mo‘ljallangan tillardan biri. " Instrumental konfiguratsiyani boshqarish vositalari|"Qo‘lda boshqariladigan instrumental vositalar yoki konfiguratsiyani boshqarish tizimini qo‘llab-quvvatlaydigan yoki amalga oshiradigan, avtomatlashtirilgan instrumental vositalar. " Instrumental platforma|"Hisoblash tizimining yangi elementini ishlab chiqish davriga yoki joriy qilish paytiga o‘z-garmas deb faraz qilinadigan instrumental dasturlar (dastur bajaruvchi kodini ishlab chiqish, translyatsiya qilish va yig‘ish uchun qo‘llaniladigan dasturlar) majmui. " Instrumental elektron hisoblash mashinasi|"Dasturni ishlab chiqish va uni translyatsiya qilish amalga oshiriladigan kompyuter. " Instrumentariy|"Asosiy vazifaga nisbatan yordamchi dasturiy vositalar to‘plami. Foydalanuvchining instrumentariysi, masalan, antivirus dasturlarni, fayllarni arxivlash va qurilmalar holatini tekshirish dasturlarini ichiga olishi mumkin. Dasturchi instrumentariysiga, shuningdek, standart protseduralar bibliotekasini ham kiritish mumkin. Rivojlangan operatsion tizimlarda va qobiqlarda instrumentariy katta miqdorda yetkazib beriladi. " instrumentlar paneli|"Windows-dasturlari grafik interfeysining elementi. U dasturning foydalanuvchi grafik interfeysidagi ekran tugmalari va belgilari satri, ustuni yoki blokidir. Foydalanuvchi bu tugma yoki belgilarni bosish orqali dasturning biror bir funksiyasini aktivlashtiradi. " Integral mikrosxema|"1. O‘zaro bog‘liq elektron elementlarga ega yarimo‘tkazgich mate-rialdan yasalgan kichik tarkibiy qism. 2. Oxirgi yoki oraliq shaklga ega bo‘lgan elektron sxema vazifalarini bajarish uchun mo‘ljallangan mikroelektronika mahsuloti. Uning elementlari va aloqalari mahsulot yaratilgan material hajmi va (yoki) yuzasida ajratib bo‘lmas ravishda shakllantirilgan. 3. Bitta yarimo‘tkazgich kristall yuzasida yoki ichida yaratilgan elektron sxema. Integral mikrosxema mantiqiy operatsiyalarni bajarish va axborotni saqlash qobiliyatiga ega bo‘lgan ko‘p sonli elektron elementlardan iborat. Buning uchun integral mikrosxema axborotni qayta ishlash, uni saqlash va uzatishga oid turli vazifalar bajarishi mumkin. Katta integral mikrosxemalar bitta kristallda minglab elektron mantiqiy elementlardan iborat bo‘lishi mumkin, o‘rta kattalari esa millionlab elementlardan yaralgan. " Integral sxema|"Qar.: Integral mikrosxema. " Integratsion testlash|"Dasturiy taʼminotni testdan o‘tkazish bosqichlaridan biri. Unda muayyan dasturiy modullar birlashadi va guruhda testdan o‘tadi. Odatda integratsion testlash modul testlashdan so‘ng va tizim testlashdan oldin o‘tkaziladi. " Integratsiyalash|"Dasturiy va/yoki apparat komponentlarni yagona tizimga birlashtirish. " Integratsiyalashgan dasturiy taʼminot|"Keng formatli jadvallar, matnni qayta ishlash, maʼlumotlar bazalarini boshqarish va amaliy grafika kabi ayrim dasturlar bajaradigan baʼzi funksiyalarni birlashtiradigan dasturiy taʼminot paketi. " Integratsiyalashgan ishlab chiqish muhiti|"Amaliy tizimlarni samarador ishlab chiqishga mo‘ljallangan va boshlang‘ich matnlar redaktorlari va resurslardan, kompilyatordan, sozlovchidan, loyihani boshqarish vositasidan va standart vazifalarni ishlab chiqishni yengillashtiruvchi standartlarni o‘z ichiga oladigan tezkor yordamdan iborat dasturiy kompleks. " Integratsiyalashgan muhit|"Dasturiy ta’minotni ishlab chiqishda dasturchilar to-monidan ishlatiladigan vositalar to‘plami. Misol – Turbo Pascal, Borland C++, Borland Delphi va b.q. " Integratsiyalashgan tizim|"Analog va raqamli oqimlarning uzatilishi aynan bir kommutatsiyalovchi tarmoqda amalga oshiriladigan telekommunikatsiya tizimi. " Integratsiyalashgan shaxsiy tarmoqlararo interfeys|"Ethernet-ATM aralash tarmog‘ida trafikni boshqarish uchun ixtisoslashtirilgan marshrutlash protokoli. " Intellekt|"Odamning fikrlash, o‘zining va boshqa bir odam faoliyatining mumkin bo‘ladigan oqibatlarini ko‘zda tutish, optimal variantlar topish, yangi bilimlar yaratish qobiliyati. " Intellektual aloqa tarmog‘i xizmatlari|"Intellektual aloqa tarmog‘i mantiqiy raqamiga foydalanuvchilardan kelib tushgan barcha chaqiruvlar har bir muayyan abonent uchun intellektual aloqa tarmog‘i xizmatlarini yetkazib beruvchi tomonidan shakllantiriladigan oldindan belgilangan algoritm (xizmat profili) bo‘yicha qayta ishlash imkoniga ega aloqa xizmatlari. " Intellektual antenna|"1. Signallarni qayta ishlash imkoniyatiga ega ko‘plab antennalarning elementlarni o‘z ichiga oladigan, uning nurlanish yo‘nalganlik diagrammasini avtomatik optimallashtirish uchun va/yoki signallarning shartlariga bog‘liq holda qabuli uchun mo‘ljallangan, antennalar tizimi. Izoh ‒ XEI-R M.1797 Tavsiyalarida qayd qilinganidek, adaptiv antennalar va yo‘nalganlik diagrammasi nurlarini qayta ulaydigan antennalar intellektual antennalarning ikkita asosiy kategoriyalari bo‘lib hisoblanadi. 2. Maxsus boshqarish bloki (antenna «intellekti») yordamida antennaning yo‘nalganlik diagrammasini qayta qurishning elektron (dasturiy) usuli tatbiq qilingan antennalar turkumi. Yaproqlar almashlab ulanadigan antennalar, fazalangan antenna panjaralari, adaptiv panjaralar va signallarning fazoviy seleksiyasini ta’minlovchi boshqa turdagi antennalar intellektual guruhga mansubdir. " Intellektual interfeys|"Foydalanuvchining kompyuter bilan tabiiy tilda o‘zaro aloqada bo‘lishini taʼminlovchi interfeys. Aqlli interfeys odatda foydalanuvchining kasbiy tilini o‘giruvchi muloqot protsessori va vazifa tavsifini bilimlar bazasida saqlanuvchi axborot asosida uni bajarish dasturiga qadam-baqadam o‘giruvchi loyihalagichni o‘z ichiga oladi. " Intellektual karta|"Keng funksional imkoniyatlarga ega bo‘lgan, mikroprotsessor asosidagi, shaxsni identifikatsiya qilish uchun terminal bilan ishlashda foydalaniladigan ixcham plastik kartochka. " Intellektual muhofaza qilish moduli|"Dasturiy ta’minotni muhofaza qilishning, yuqori darajada muhofazalanganlik bilan tavsiflanuvchi hamda protsessordan foydalanuvchi apparat-dasturiy sxemasi. " Intellektual mulk|"Shaxsga vaqtinchalik berilgan barcha eksklyuziv nomoddiy huquqlarni bildiruvchi atama. Ushbu atama birinchi navbatda mualliflik va yondosh huquqlarga vaqtinchalik egalik qilish, tovar belgilariga guvohnomalar va amaldagi patentlarga ega bo‘lishni nazarda tutadi. Intellektual mulk turlari: mualliflik huquqi, yondosh huquqlar, tovar belgilari, sanoat namunalari, patentlar. " Intellektual platforma|"So‘rovlarni qayta ishlash, uskunani abonentlar talabiga moslashtirish hamda yangi xizmatlarni taqdim etish maqsadida intellektual texnologiyalar qo‘llanilishini taʼminlaydigan dasturiy-apparat «ustqurma». " Intellektual qurilma|"1. Ichiga o‘rnatilgan protsessor yordamida tashqi muhitning holatiga bog‘liq ravishda o‘zining parametrlarini o‘zgartiradigan (sozlaydigan), dasturiy ta’minoti bo‘lgan tizim yoki qurilma. 2. Dasturiy-texnik kompleks; sun’iy intellekt usullaridan foydalangan holda, predmet sohaning muayyan masalalarini hal qilish uchun mo‘ljallangan kompyuterni o‘z ichiga oladi. Ekspert tizimlar bunga misol bo‘ladi. " Intellektual tarmoq|"1. Xalqaro elektroaloqa ittifoqi tomonidan belgilangan tushuncha. Yangi standartlarga va qo‘shimcha xizmatlarni, shu jumladan, elektraloqaning ovozli tarmog‘ida manzillarni translyatsiya qilish xizmatlarining taqdim etilishini tashkil qilish usullariga taalluqli. 2. Nafaqat ma’lumotlar uzatilishi amalga oshiriladigan, balki turli-tuman murakkab axborot servisi ham taqdim etiladigan kommunikatsiya tarmog‘i. " Intellektual terminal|"Mikroprotsessorlar va tezkor xotira bilan jihozlangan, oddiy qayta ishlashni mustaqil bajara oladigan terminal. " Intellektual xavfsizlik|"Jamiyatning aqliy sohasi, uning kognitiv tuzilmalari (ilmiy maktablar, tadqiqot markazlari, laboratoriyalar, universitetlar va h.k.) hamda inson aqliy qobiliyatlarining zararli taʼsirlardan muhofaza qilinganlik holati. " Intellektual o‘qitish tizimi|"Avtomatlashtirilgan o‘rgatuvchi tizim. U o‘rganuvchiga o‘rganish jarayonida muloqot olib borish, savollarga javob berish va vazifalarni tabiiy tilda bajarishga imkon beruvchi aqliy interfeysga ega. " Interaktiv|"Ishining natijasi, ham natijani, ham natija taqdim etilishini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan foydalanuvchiga bog‘liq bo‘lgan ilova. " Interaktiv axborot tizimi|"Kodlovchi va dekodlovchi (kodlangan ma’lumotni qayta tiklaydigan) qurilmalar bitta moddiy obyekt sifatida ifoda etadigan axborot tizimi. " Interaktiv dastur turi|"Foydalanuvchining kompyuter bilan muloqot (interaktiv) shak-lida o‘zaro ishlashga asoslangan, barcha turdagi shaxsiy kompyuterlar (jumladan, televizion o‘yin kompyuter qo‘shimchalari) uchun dastur. " Interaktiv davlat xizmatlari|"Idoralar tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga idoralarning axborot tizimlari vositasida telekommunikatsiyalar tarmog‘i orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar. " Interaktiv davlat xizmatlarining yagona portali (yagona portal)|"Davlat organlari tomonidan, jumladan, haq to‘lash asosida taqdim etiladigan interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanishning yagona nuqtasi. Yagona portal zamonaviy axborot texnologiyalaridan foyda-lanish asosida interaktiv davlat xizmatlarini olishda foydalanuvchi imkoniyatlarini rivojlantirish va sharoitlarni kengaytirish uchun mo‘ljallangan. Quyidagilar yagona portalning asosiy vazifalari hisoblanadi: - foydalanuvchilarga murojaatlarni davlat organlariga bevosita berish imkoniyatini taqdim etish; - foydalanuvchilarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi boshqa loyihalar bilan integratsiyasi; - foydalanuvchilarning davlat organlari bilan o‘zaro hamkorligi samaradorligini oshirish; - davlat organlariga murojaat qilishda foydalanuvchilar uchun byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, kamaytirish; - davlat boshqaruvida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilishda va «elektron hukumat» ning keyingi rivojida ko‘maklashish. " Interaktiv elektron davlat xizmati|"Davlat hokimiyati organlari va tashkilotlar yoki fuqarolar o‘rtasida elektron ko‘rinishdagi, yuridik oqibatlarga ega bo‘lgan ikki tomonlama o‘zaro hamkorlik. " Interaktiv kompakt disk|"Audio-, video-, matnli ma’lumotlarning umumlashuvini ko‘zda tutadigan optik disklar standarti. " Interaktiv muloqot oynasi|"Foydalanuvchining javobini kiritish uchun mo‘ljallangan muloqot oynasi. Bunday muloqot oynasini masofaviy murojaat serveri va foydalanuvchi o‘rtasida qo‘shimcha himoya darajasi sifatida ishlatiladi. Bu yerda (masofadan kira olish terminali eranida) foydalana olish kodi yoki foydalanuvchi nomi va parol kiritiladi. " Interaktiv raqamli televizion eshittirish|"Axborot oluvchidan axborot yetkazuvchiga teskari aloqadan foydalanib amalga oshiriladigan raqamli televizion eshittirish. " Interaktiv raqamli video|"Qar.: DVI. " Interaktiv rejim|"Foydalanuvchining kompyuter bilan dialogli rejimda o‘zaro muloqotda bo‘lish rejimi. Misol tariqasida «sichqoncha»ni biror bir element ustiga olib borish bilan chiqadigan yordamchi ma’lumotlarni yoki foydalanuvchidan dialogli rejimda harakatni tanlashni so‘rovchi instalyator dasturini ko‘rsatish mumkin. " Interaktiv televideniye|"Multimediali axborot ma’lumotlar bazasiga erkin kira olish, telekonferensiyalarda ishtirok etish va masofadagi abonent bilan televizion muloqot olib borish. " Interaktiv tovushli javob|"Abonentga kompyuter bilan tovush va klaviaturadan DTMF kiritishlar yordamida o‘zaro ishlashga imkon beradigan xizmat. Telekommunikatsiyalar sohasida IVR mijozlarga kompaniya ma‘lumotlar bazasidan telefon klaviaturasi yoki nutqni aniqlash yordamida foydalanish imkoniyatini taqdim etadi, shundan so‘ng, ular IVR dialogiga rioya qilib, o‘zlarining so‘rovlarini berishlari mumkin. IVR tizimlari oldindan yozilgan yoki dinamik generatsiyalanadigan, foydalanuvchilarga keyin qanday yo‘l tutishlari kerakligi to’g’risida ko‘rsatma beradigan audioxabarlar bilan javob berishlari mumkin. " Interaktiv video|"Foydalanuvchining harakati, uning tanlovi va qarori syujetning rivojiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. " Interaktiv xizmat|"Foydalanuvchilar o‘rtasida yoki foydalanuvchilar va yetakchi uzellar o‘rtasida ikki tomonlama axborot almashinuvi vositalarini ta’minlaydigan xizmat. Izohlar: 1. Interaktiv xizmatlar uch turkumdagi xizmatlarga bo‘linadi: dialogli xizmatlar, xabarlarni uzatish xizmatlari va izlash (axborotni) xizmatlari. 2. Axborotni to‘plamasdan va keyinchalik uzatmasdan real vaqt masshtabida uni foydalanuvchidan foydalanuvchiga bir uchidan boshqa uchiga ko‘chirish yo‘li bilan ikki tomonlama aloqani ko‘zda tutadigan interaktiv xizmat. " Interaktivlik|"Obyektlar va subyektlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik xususiyati va darajasini ochib beradigan tushuncha. Izoh – Axborot nazariyasi, informatika va dasturlash, telekommunikatsiyalar tizimlari, sotsiologiya, dizaynda jumladan, o‘zaro hamkorlikni loyihalashda va boshqa sohalarda qo‘llaniladi. " Interferension qoplash|"Qoplash sirtidan va himoya qilinadigan obyekt sirtidan qaytgan to‘lqinlar fazaga qarama-qarshi holatda bo‘ladigan va o‘zaro yo‘q qilinadigan qoplash. " Interferension so‘nish|"Yagona manbadan qabul nuqtasiga turli yo‘llar bo‘ylab keladigan ikkita yoki undan ko‘p radioto‘lqinlarning interferensiyasi bilan hosil bo‘ladigan radiosignallarning so‘nishi. " Interferensiya|"Turli manbalardan chiqadigan (tovush, yorug‘lik, radio) to‘lqinlarning, ular bir-birining ustiga tushganda, o‘zaro kuchayishi yoki susayishi. " Interfeys|"1. Odam va kompyuter o‘rtasida axborotni grafik aks ettirish va almashishni ta’minlaydigan apparat-dasturiy vositalar. 2. Tizim ikki yoki undan ortiq elementining ushbu tizimda birgalikda ishlashini ta’minlaydigan texnik va/yoki dasturiy vositalar majmui. 3. Aniq fizik, funksional va elektr parametrlarga ega ikkita qurilma yoki tizim o‘rtasidagi chegara. " Interfeys-ilova|"Foydalanuvchi bilan interfeysni va mijoz-server tizimlarida ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimining server qismi uchun ma’lumotlarning dastlabki qayta ishlanishini ta’minlaydigan ilova. " Interfeys tizim|"Radioelektron vositalarning birgalikdagi funksiyalarini amalga oshirish uchun xizmat qiladigan interfeyslar va/yoki konstruktiv vositalar majmui. " Interfeyslar o‘zgartirgichi|"Signallarni mantiqan o‘zgartirmasdan, maʼlumotlar uzatishning bir muhitidan boshqasiga o‘tishini amalga oshiradigan qurilma, masalan, o‘ralgan juftdan optik tolaga o‘tish va aksincha. " Intermodulyatsiya|"Ikki yoki undan ortiq f1, f2, f3 garmonik tebranishlarning nochiziqli element kirishiga ta’siri, bunda uning chiqishida m1f1m2f2m3f3 ko‘rinishidagi (intermodulyatsion tashkil etuvchilar deb nomlanuvchi) ko‘plab kombinatsion chastotalardan tashkil topgan tebranishlarning murakkab spektri hosil bo‘ladi. " Internatsionallashtirish|"Mahsulotni (dasturiy yoki apparat taʼminot) boshqa hudud yoki hududlarning til va madaniy xususiyatlariga moslashtirishni osonlashtiruvchi ishlab chiqishning texnologik usullari. Boshqa so‘z bilan aytganda, internatsionallashtirish – bu mahsulotni deyarli barcha joylarda potensial ishlatish uchun moslashtirish, mahalliylashtirish esa – maʼlum hududda foydalanish uchun maxsus funksiyalarni qo‘shish. Internatsionallashtirish ishlab chiqishning dastlabki bosqichlarida bajarilsa, mahalliylashtirish har bir mo‘ljal til uchun alohida bajariladi. Ingliz tilida «internasionallashtirish» so‘zi uchun «i18n» qisqartmasi qabul qilingan. Bunda 18 raqami «i» va «n» harflari orasida o‘tkazib yuborilgan harflarning sonini bildiradi. " Internet|"1. Tarmoqlararo protokolga yoki uning istiqbolli kengaytmalari/izdoshlariga asoslangan unitar manzil makoni bilan mantiqan bog‘langan; - Transmission Control Protocol/Internet Protocol (TCP/IP)dan yoki kengaytmalari/izdoshlaridan va/yoki IP-mos protokollaridan foydalangan holda, kommunikatsiyalarni ta’minlaydigan; - kommunikatsiyalarga va ular bilan bog‘liq infratuzilmaga asoslangan yuqori darajadagi servislarni (barcha uchun yoki konfidensial) taqdim etadigan, foydalanadigan yoki foydalana olishni mumkin qiladigan global axborot tizimi. 2. Standart ochiq protokollar orqali axborot almashinish uchun o‘zaro birlashtirilgan mustaqil kompyuter tarmoqlarining global (butunjahon) ko‘pligi. 3. Umumfoydalanadigan axborot-kommunikatsiya tarmoqlarining majmui, ular o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik bir xil nomdagi tarmoqlararo protokolni qo‘llash orqali ta’minlanadi. " Internet axborot serveri|"Windows NT Server 4.0 komponentasi. Uchta asosiy xizmat: ftp, gopher va www.larni, shuningdek, grafik ma’muriy boshqarish vosita-larini, ma’lumotlar bazasi bilan aloqani, muhofaza qilish protokollari va turli xil usullarni taklif etadi. " Internet banki|"Internet orqali bank xizmatlarini ko‘rsatuvchi bank. Mijozlarga Internet orqali xizmat ko‘rsatuvchi anʼanaviy bank ham, virtual bank ham Internet-bank hisoblanishi mumkin. " Internet-broker|"Internet treyding xizmatlarini ko‘rsatuvchi brokerlik (sarmoya) kompaniyasi yoki uning vakili. " Internet hamjamiyati|"Nisbatan barqaror aloqalar va munosabatlar tizimi bo‘lib, u tarmoq axborot makoni foydalanuvchilari orasidagi birgalashgan faoliyat jarayonida tashkil topadi. Shaxslararo aloqalardan farqli o‘laroq, Internet hamjamiyati aʼzolari «barcha barcha bilan» turidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri axborot almashuvi asosida o‘zaro aloqada ishlaydilar. " Internet inkubatori|"Internet kompaniyalari va loyihalarini tezkor ravishda tayyorlash va bozorga chiqarishga qaratilgan venchur sarmoya modeli. " Internet jamiyati|"Internetni rivojlantirish sohasida hamkorlikni tashkillashtirish va muvofiqlashtirish masalalari bilan shug‘ullanuvchi xalqaro notijorat tashkiloti. ISOC 1991-yili AQSHda manfaatdor tashkilotlar tomonidan tuzilgan. Uning asosiy vazifasi zamonaviy axborot texnologiyalarini ommalashtirish va axborot tarmoqlarining global axborot infratuzilmasiga birlashishiga yordam berish hisoblanadi. Mazkur jamiyat Internet tarmog‘ini rivojlantirish va undan foydalanishda yordam ko‘rsatadi. Shu bilan birga, u Internet arxitekturasini o‘rganish va tarmoqni ekspluatatsiya qilish bo‘yicha o‘qitish ishlarini olib boradi, hamda tarmoq tadqiqotlari va ishlanmalarini rag‘batlantiradi. " Internet jurnalistika|"XX asr oxirida Internetning rivojlanishi va tarqalishi bilan paydo bo‘lgan jurnalistikaning turi. " Internet katalogi|"Turli tarmoq resurslariga, birinchi navbatda WWW hujjatlariga havolalarning mavzu jihatdan tizimlashtirilgan to‘plamlarini saqlash vositasi. " Internet kimoshdi savdosi|"Elektron savdo tizimi. Unda mahsulotlar bevosita bitta insondan boshqasiga sotiladi. Odatda «isteʼmolchi-isteʼmolchi» sohasiga tegishli. Bunday kimoshdi savdosiga mashhur www.ebay.com sayti misol bo‘lishi mumkin.Kimoshdi savdolari to‘g‘ridan-to‘g‘ri «biznes-biznes» sohasiga ham taalluqli bo‘lishi mumkin, masalan, energiya kimoshdi savdolari. " Internet-kompaniya|"Internet xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs. Uni axborot texnologiyalaridan foydalangan holda anʼanaviy biznes (jumladan, savdo) yurituvchi kompaniyalardan farqlash lozim. " Internet maslahatlar|"Huquq, soliq, firmalarni taʼsis etish va boshqa masalalar bo‘yicha onlayn rejimida o‘zaro aloqada ishlash. Ularni yo‘lga qo‘yish uchun elektron pochta, Internet anjumanlaridan foydalaniladi. Uni elektron biznes turi bo‘lgan elektron konsaltingdan farqlash lozim. " Internet-media|"Qar.: Internet OAV. " Internet OAV|"Internetda ommaviy axborot vositasi vazifasini bajaruvchi veb-sayt. Anʼanaviy OAV (matbuot, radio, televideniye) kabi, Internet OAV jurnalistika tamoyillariga amal qiladi. Internet OAVning ikki turi mavjud: faqat Internetda nashr etiladigan va anʼanaviy OAVning Internetdagi versiyasi. Internet OAV rasmiy OAV maqomiga (litsenziyaga) ega bo‘lishi yoki bo‘lmasligi mumkin. " Internet orqali dialogli muloqot tizimi|"Internetda boshqa odamlar bilan real vaqt rejimida bog‘lanish uchun ishlatiladigan xizmat tizimi. IRC 1988-yilda fin talabasi Yarko Oykarinen (Jarkko Oikarinen) tomonidan yaratilgan. " Internet orqali ovoz berish|"Ovoz berish shakli. Ijtimoiy fikrni o‘rganishdan tortib Internet orqali o‘tkaziladigan referendumlar va siyosiy saylovni ham o‘z ichiga oladi. Saylovchi maʼlum veb-saytda elektron byulleten orqali ovoz beradi. Byulleten haqiqiyligi raqamli imzo orqali kafolatlanadi. Elektron hukumati faoliyati doirasida alohida ahamiyatga ega. " Internet-protokol|"Ulanish o‘rnatilmasdan tarmoq komplekslariga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan, TCP/IP protokollari guruhiga kiradigan tarmoq sathi protokoli. Internet-protokol manzillash, servis turini ko‘rsatish, paketlarni fragmentlash va keyinchalik qayta yig‘ish, shuningdek, axborotning muhofaza qilinishini tashkil qilish vositalariga ega. " Internet-provayder|"1. Internet tarmog‘iga kirish bo‘yicha va serverlar yaratish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xizmatlar taqdim etadigan jismoniy yoki yuridik shaxs. 2. Tijoriy asosda foydalanuvchilarga telekommunikatsiyalar operatorlarining tarmog‘i orqali Internet tarmog‘iga kirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadigan jismoniy yoki yuridik shaxs. " Internet qaramlik|"Internetga ruhiy bog‘liq bo‘lishning haqiqatan mavjud bo‘lgan hodisasi. Internetga bog‘liqlik ko‘rinishlari orqasida, shuningdek, boshqa ruhiy og‘ishlar ham yashiringan bo‘lishi mumkin. Voqelikdan o‘ziga xos uzoqlashish ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bunda tarmoqdan foydalanish jarayoni subyektni shu darajada o‘ziga rom qiladiki, u haqiqiy dunyoda to‘la faoliyat ko‘rsatish qobiliyatini yo‘qotadi. " Internet raqamlarini berish markazi|"AQSh hukumati tomonidan moliyalashtiriluvchi Internetda oliy darajadagi domenlarning ma’muriy boshqaruviga javob beruvchi tashkilot, ularga .com, .net, .org lar kiradi. U bajaradigan vazifalarni 1998-yilning sentyabr oyidan ICANN Xalqaro notijorat tashkiloti o‘z zimmasiga oldi. " Internet-resurs reytingi|"Berilgan vaqt onida qandaydir Internet resurs (o‘xshash tarzda, teledastur, bosma nashr, radiostansiya) bilan qamrab olingan maqsadli guruh auditoriyasining foizi. Reytingning bitta punkti bir foizga to‘g‘ri keladi. " Internet sanoati|"Tarmoq axborot makonining faoliyatini taʼminlovchi moddiy va aqliy ishlab chiqarish sohasi. " Internet-server|"Internet xizmatlar faoliyatini taʼminlovchi texnikaviy va dasturiy vositalar: HTTP (sayt), elektron pochta, anjumanlar, FTP va h.k. Saytni Internetda joylashtirish uchun kamida HTTP xizmatini qo‘llovchi Internet-server zarur. " Internet tarmog‘i|"Global kompyuter tarmog‘i yoki tarmoqlar birlashmasi. Internet timsoli Arpanet tarmog‘i ko‘rinishida 1969-yilda yaratilgan. Hozirgi ko‘rinishda Internet XX asrning 90-yillaridan mavjud. «Off-line» va «on-line» rejimlarida ishlaydi. Internet tarmog‘ining asosi TCP/IP protokoli hisoblanadi. Internet taklif qiladigan tarmoq xizmatlari ichida fayllar uzatish gipermatnli hujjatlar bilan ishlash va elektron pochta keng tarqalgan. " Internet tarmog‘i foydalanuvchisi|"Internet tarmog‘idan foydalangan holda, xizmatlar olish huquqiga ega bo‘lgan shaxs. " Internet tarmog‘idagi rasmiy sayt|"Yuridik shaxsning, uning nomi va rekvizitlarini ichiga oladigan sayti. " Internet tarmog‘idagi sayt|"IP-manzilga va qo‘shimcha ravishda domen nomiga ega bo‘lgan, tizimlashtirilgan axborot to‘plami. " Internet tarmog‘iga ulanish xizmatlari|"Mulkdorlik huquqi asosida yoki boshqa huquq asosida xizmatlar isteʼmolchisiga tegishli bo‘lgan chetki uskunani Internet tarmog‘iga ulash bo‘yicha harakatlar yoki faoliyat. " Internet tarmog‘ining axborot resursi|"Internet tarmog‘i vositalari bilan ochiq foydalana olish rejimida taqdim etilgan va noyob manzilga ega bo‘lgan, tizimlashtirilgan axborot to‘plami. " Internet-telefoniya|"IP-telefoniyasining xususiy holi bo‘lib, telefon trafigini uzatish liniyalari sifatida oddiy Internet kanallaridan foydalanishni nazarda tutadi. " Internet treyding|"Internet fond birjasida qimmatli qog‘ozlarni (aksiyalar, obligatsiyalar, fyucherslar, opsionlar) sotish yoki sotib olish. Shuningdek, valyuta va tovar birjalarida savdo bilan shug‘ullanish. " Internet uzatish|"Axborotning (yangiliklar, radio, video va h.k.) Internet kanallari orqali oqimli uzatish texnologiyasi. " Internet xabarlaridan erkin foydalanish protokoli|"Internetdagi xabarlardan foydalana olish protokoli, 1986-yil Stenford universitetida ishlab chiqilgan. Serverdagi elektron pochta xabarlarini yaratish, ulardan foydalanish va ularni boshqarish operatsiyalarini o‘z ichiga oladi. " Internet xizmatlarini taqdim etuvchi|"Yuridik va jismoniy shaxslarga xizmatlardan (tijorat) erkin foydalanish yoki Internetdan mavjudligini taqdim etuvchi Internet-provayder, tashkilot. " Internet-2|"200 ta Amerika universitetlari va 50 ta yirik korporatsiyalardan tashkil topgan, tasvir va tovushni uzilishlarsiz uzatilishi va uzatish kanallarini barqaror kengligini kafolatlovchi keyingi avlod Internet texnologiyasini ishlab chiqayotgan konsorsium. Loyiha 1996-yil oktyabr oyida keng omma e’tiboriga chiqarilgan. " Internetda ishlashni tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash|"Veb-uzellarni tashkil etish, xususiy IP-manzillarni ajratish, domen nomlarining bazasi va Internet-provayderlarning boshqa xizmatlarini yuritish bo‘yicha xizmatlar. " Internetda muloqot|"Internetda muloqot joylari – chatlar, forumlar, ijtimoiy tarmoqlar va h.k. Qoida bo‘yicha muloqot saytlari yoki xizmatlarida administratorlar mavjud bo‘lib, ular u yerdagi tartibni nazorat qiladi. " Internetda pochta xizmatlarini ko‘p maqsadli kengaytirish|"Internetda elektron pochta orqali uzatish uchun matnli va matnsiz (masalan, grafik) axborotni bitta xabarda kodlashtirishga oid standart. " Internetdagi domen nomlari xizmati|"Domen nomlari serverini qo‘llab-quvvatlash dasturi, dastlab Unix uchun yozilgan, ayni vaqtda uning nisbatan ommabop amaliyoti bo‘lgan DNS barcha platformalarda qo‘llaniladi. BIND ma’lumotlar bazasi tuzilmasini, DNS funksiyalari va o‘rnatish uchun talab qilinadigan konfiguratsion fayllar va server nomlari funksionalligini aniqlaydi. " Internetdagi manzil|"Oddiy qilib aytganda, domen nomi (cppmp.uz, yandex.ru va b.q.). " Internetdan erkin foydalanish xizmatlari|"Internetga kirgan tarmoqlarning birlamchi provayderlari (yetkazib beruvchilari) – tashkilot egalari, yoki birlamchi provayderlaridan foydalana olish kanallarini ijaraga oluvchi ikkilamchi provayderlar–firmalar tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar. " Internetga ulanish|"1. Ajratilgan aloqa kanali (optik tola, yo‘ldosh aloqasi, ra-diokanal, ajratilgan kommutatsiyalanmaydigan telefon liniya-si) bo‘yicha doimiy ulanish. 2. Kommutatsiyalanadigan, yaʼni uzib-ulanadigan ulanish (dial-up). " Internetika|"Amaliy ilmiy yo‘nalish bo‘lib, u global kompyuter tarmog‘ining inson faoliyatining turli sohalarida qo‘llanilishiga oid xususiyatlar, qonuniyatlar va foydalanish usullarini o‘rganadi. " Internet-magazin|"Tovarlar katalogi, xaridlar uchun virtual savat, to‘lov vositalari va ehtimol, buyurtmalarning yetkazib berilishini boshqarish tizimi bo‘lgan veb-sayt. " Internet-marketing|"Internet tarmog‘idagi, veb-saytlardan foydalanish, elektron pochta orqali axborotni maqsadga muvofiq ravishda yuborish, axborotni foydalanuvchilarning mijoz ilovalariga tezkor yetkazib berish texnologiyasi orqali amalga oshiriladigan marketing. " Internetni tartibga solish|"Internetni rivojlantirish va quvvatlashga qaratilgan qonunchilikka oid va tashkiliy tadbirlar majmui. Bularga: tijorat sohasidagi qonunchilik, raqobatni rivojlantirish, litsenziyalash, texnologiya standartlari, narxlarni rostlash, soliq solish, intellektual mulkni, isteʼmolchilarni, pinhoniylikni muhofazalash, provayderlarning masʼuliyatini taʼminlash, kompyuter jinoyatchiligini taʼqib qilish va boshqalar kiradi. Internetni rostlash tadbirlari shaffoflikni va oshkoralikni taʼminlashi zarur. Internetning noyob tabiati sababli, uni tartibga solish mushkul bo‘lganligi uchun ko‘p mamlakatlarda «Internet to‘g‘risida» maxsus qonun yo‘q. " Internetning ichki tahdidlari|"Tarmoq axborot makonining ahvoli va rivojlanishi uchun salbiy oqibatlarga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan tahdidlar. Bular: tarmoqning ortiqcha yuklanganligi tufayli axborot kollapsi (qulashi); xakerlarning maʼlumotlarni yo‘q qilishi yoki o‘zgartirishi, «bog‘lamalar va trafikni «chetlab o‘tish» yo‘nalishlarini blokirovkalash maqsadida uyushtirgan hujumlari; kommunikatsiya kanallarining tasodifiy yoki uyushtirilgan avariyalari; axborot-izlash tizimlarining mukammal emasligi; protokollarning «maʼnaviy» eskirib qolishi va boshqalar. " Internetning tashqi tahdidlari|"Foydalanuvchilar uchun salbiy oqibatlarga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan tahdidlar. Tashqi tahdidlar texnologik va ijtimoiy bo‘lishi mumkin. Texnologik: sekin kanallar; tarmoqqa ulanishning unumsiz uslublari; olib keltirilgan viruslar; axborot «toshqini» va h.k. Ijtimoiy: foydalanuvchilarning jismoniy va psixik sog‘lig‘iga bo‘lgan taʼsir; insonning shaxsiy ongiga bo‘lgan taʼsir; axborot terrorchiligi va jinoyati va boshqalar. " Internet-portal|"Internetdan foydalanuvchiga, mavzu bo‘yicha bog‘langan bir qancha sayt ma’lumotlaridan foydalanishning navigatsiya, izlash va boshqa vositalarini taqdim etadigan veb-sayt. " Internet-reklama|"Internet tarmog‘idagi reklama. " Internet-serverni amaliy dasturlash interfeysi|"Yordamchi amaliy tizimlar uchun veb-serverni dasturlash interfeysi. Dastlab Process Software korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan, so‘ngra Microsoft tomonidan moslashtirilgan. " Internet-televizion eshittirish|"Televizion va multimediali dasturlarni yetkazish uchun global Internet telekommunikatsiya tarmog‘idan foydalaniladigan raqamli televizion eshittirish. " Internet-xizmatlar|"Ko‘rsatilishi, maʼlumotlarni Internet kanallari orqali uzatish yoki qabul qilish yo‘li bilan amalga oshiriladigan xizmatlar. Eng keng tarqalgan xizmatlar: maʼlumotlarni saqlash, xabarlar va maʼlumotlar blokini uzatish, elektron va nutqli pochta, videoservis. " Interneziya|"Maʼlum axborotning qaysi veb-sayt yoki boshqa Internet manbaidan (masalan, elektron pochta) olinganligini eslash mumkin emasligi. Internet va amneziya so‘zlari birikmasidan yasalgan. Interoperabellik Ing. – interoperability rus. - интероперабельность Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining ma’lumotlar almashinish va boshqa manbalardan olinadigan axborotdan foydalanish qobiliyati. " Interpolyatsion kodlash (raqamli televideniyeda)|"Signal bitreytini pasaytirish maqsadida interpolyatsiyadan foydalanib manbani kodlash usuli. " Interpolyatsiya (raqamli televideniyeda)|"Yetmayotgan yoki o‘tkazib yuborilgan kadrlarni, yoki kadrlarning qismini fazo va vaqt bo‘yicha qo‘shni kadrlar yoki kadrlar qismidan kelib chiqib, olib chiqilgan axborotdan foydalanib, tiklash usuli. " Interpretator|"Boshlang‘ich tilning har bir operatorini bajarish va ketma-ket o‘zgartirish uchun belgilangan dastur; dastur matnini bitta yo‘riqnoma bo‘yicha, uni darhol bajargan holda tarjima qiladi. Misol – BASIC com dasturi. " Intranet|"Intratarmoq, intranet, ichki korporativ Internet, Internet texnologiyalari, standartlari va dasturiy ta’minotidan foydalanadi. Intratarmoq tashqi foydalanuvchilardan, ularni Internet orqali ruxsatsiz foydalanishdan himoya qiluvchi brandmauer yordamida izolyatsiyalanishi yoki tashqi foydalanishga ega bo‘lmagan avtonom tarmoq kabi ishlashi mumkin. Odatda, kompaniyalar o‘z xodimlari uchun Intranet yaratishadi, lekin bunga boshqa foydalanuvchilar guruhini ham jalb qilish mumkin. Tarmoqning bu holati Еxtranet deyiladi. " Invariant|"Bajarilish jarayonida o‘zgarmaydigan dasturiy obyekt. Dasturlarning to‘g‘riligini isbotlashda foydalaniladi. " Inversiyalash bilan nolga qaytmasdan|"Nolga qaytmasdan kodlashning modifikatsiyalangan usuli, bunda signal har doim nol bo‘lmagan qiymatlarga ega, 1 simvoli signal darajasi almashishiga, 0 simvoli esa, uning yo‘qligiga to‘g‘ri keladi. Takrorlanadigan simvollarning uzunligini cheklash uchun davriy ravishda 1 simvolining inversiyasi amalga oshiriladi. FDDI va 100BaseFX da qo‘llaniladi. " Invertirlangan fayl|"Yozuv kalitini va unga bo‘lgan ko‘rsatgichni ichiga oladigan kalit. Har bir kalit yozuvni unikal tarzda identifikatsiyalaydi, ko‘rsatgich esa dasturga ma’lumotlar bazasida yozuvni fizik joylashtirishni ko‘rsatadi. Fayl shu ma’noda invertirlanganki, kalitlar tartib bo‘yicha saralangan, ma’lumotlar bazasidagi, bu fayl bilan ko‘rsatgichlar orqali bog‘langan yozuvlar esa ixtiyoriy, ularning yaratilishi tartibida joylashtirilishi mumkin. " Invertirlangan proksi-server|"Mijozga boshlang‘ich server sifatida ko‘rinadigan proksi-server. Xavfsizlik yoki serverlar yuklanishini balanslash maqsadida tashkil qilinadi. " Invertirlangan televizion kanallar|"Amplitudaviy modulyatsiyadagi ikkita televizion kanaldan, ularning birida tovush jo‘rligidagi eltuvchi tasvir eltuvchiga nisbatan chastota bo‘yicha yuqori, boshqasida past joylashgan bo‘lsa, chastota spektrida bir xil o‘rinni egallaydigan tizim. Izoh ‒ Bu tizimda ikkita kanaldan biri to‘g‘ri, boshqasi inventirlangan deb, nomlanadi. " Investitsiya loyihasi|"Loyiha-smeta hujjatlarida bayon qilingan, investitsiyalarning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi, investitsiyalarni amalga oshirish muddatlari va hajmlari asoslanganligiga tayanadigan, uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar loyihasi. " Ionlash|"Modda neytral atomlarining va molekulalarining ionlarga aylanishi. " Ionlovchi nurlanish|"Muhitni ionlaydigan nurlanish. " Ionogramma|"Ionosferali zondlash yo‘li bilan olingan ionosferaning yuqori chastotali xarakteristikasi. " Ionosfera|"Fotoionlanish tufayli sodir bo‘ladigan ionlar va erkin elektronlarning mavjudligi bilan tavsiflanadigan atmosferaning yuqori qismi, bunda elektron zichlik chastotalarning ma’lum polosalarida radioto‘lqinlar tarqalish shartlarining katta o‘zgarishlarini yaratish uchun yetarli. Izoh – Yer ionosferasi taxminan 50 km balanlikdan 2000 km balandlikgacha cho‘ziladi. " Ionosfera aloqa liniyasi|"Katta masofada (500 km dan 5000 km gacha) aloqani ta’minlaydigan (50 bit/s dan 1200 bit/s gacha) past o‘tkazish qobiliyatiga ega gorizont orti aloqa liniyasi. " Ionosfera radioaloqasi|"Radioto‘lqinlarning ionosferadan qaytishida yoki ularning ionosferaning xilma-xilligida sochilishida foydalaniladigan radioaloqa. " Ionosfera stansiyasi|"Ionosfera holatini tadqiq etish radiostansiyasi. " Ionosferadagi sakrash|"Radioto‘lqinlarning Yer sirtining bir nuqtasidan boshqasiga tarqalish trayektoriyasi, u bo‘ylab o‘tish ionosferadan bir qaytish bilan kuzatiladi. " Ionosferadagi sochilish|"Radioto‘lqinlarning, ionosfera ionlanishining bir xil emasligi natijasida sochilishi hisobiga tarqalishi. " Ionosferadagi tarqalish|"Yer ionosferasining radioto‘lqinlar tarqalishi xususiyatiga ta’siri bilan bog‘liq radioto‘lqinlarning tarqalish turlaridan biri. " Ionosferadagi zondlash|"Maxsus radiosignallarni uzatish va qabul qilish yordamida radioto‘lqinlarning ionosferada tarqalishi yoki ionosfera xarakteristikalari sharoitlarini aniqlash. " «Issiq liniya» xizmati|"Raqam termasdan telefon apparatga (telefon apparatning raqami abonent tomonidan oldindan kommutatsiya stansiyasiga xabar beriladi), agar telefon go‘shagi ko‘tarilgandan so‘ng ma’lum vaqt davomida abonent raqam termasa, chaqiruv yuborish imkonini beruvchi xizmat. Bu vaqt tugagandan so‘ng abonent raqam terishi va xohlagan yo‘nalishga qo‘ng‘iroq qilishi mumkin. " «Issiq» start|"Kompyuterni o‘chirmasdan qayta yuklash. Bunda faqat operatsion tizimning qayta yuklanishi yuz beradi. Odatda, Reset tugmasi bosilganda bajariladi. " Isteʼmolchi isteʼmolchi uchun|"Tijorat munosabatlari isteʼmolchilarning bir-biri bilan muloqotida quriladigan bozor sohasi. Ushbu soha veb-resurslarga Internet kimoshdi savdolari misol bo‘la oladi. " Istiqbolli tadqiqot loyihalarini boshqarish tarmog‘i|"1969-yilda tashkil topgan hamda ilmiy va harbiy tashkilotlarni birlashtirgan kompyuter tarmog‘i. Internetning ajdodi hisoblanadi. " Istisno|"Dasturning biron-bir operatsiyani bajarishi davomida dasturni ishni davom ettira olmaydigan holatga olib keluvchi hodisa. " Istisno qiluvchi «yoki»|"Mantiqiy operatsiya. Ba’zi dasturlash tillarida XOR kabi belgilanadi, p XOR q deb yoziladi, bu yerda r va q mantiqiy ifodalar. Ba’zida «2 moduli bo‘yicha mantiqiy qo‘shish» deb ataladi. " Istisnolar lug‘ati|"Matn protsessorlariga yoki stol noshirlik tizimlari dasturlariga qo‘yilgan oddiy ko‘chirish qoidalariga bo‘ysunmaydigan so‘zlarni ichiga oladigan lug‘at. " Iteratsiya|"Aynan bir komponentdan ikki yoki undan ortiq turli talabni ifodalash uchun foydalanish. " Ixtilof|"Qurilmalar yoki dasturlar o‘rtasida yuz beradigan dasturiy yoki uskunaviy ixtilof. U bir qurilmaga yoki xotira sohasiga bir vaqtning o‘zida murojaat qilinganda ro‘y beradi. " Ixtisoslashtirilgan axborot resurslaridan foydalana olish xizmatlari|"Xususiy tarmoq yoki ijaraga olingan kanal bazasidagi moliyaviy (birja) va boshqa axborot resurslaridan masofadan foydalana olishni tashkil etish hamda foydalanuvchining terminal uskunasini moliyaviy-axborot resyrslari operatorlari yoki egalarining tarmoqlariga ajratilgan ulanish. " Ixtisoslashtirilgan integral mikrosxema|"Har qanday aniq maqsadlar uchun mo‘ljallangan kompyuter mikrosxemasi. " Ixtisoslashtirilgan server|"Katta kompyuter tarmog‘ida alohida funksiyani bajaradigan server. Fayl-server, faks-server, pochta serveri, ilovalar serveri, kommunikatsiya serverlari va b.lar ajratiladi. " Ixtisoslashtirilgan tuzilmaviy bo‘linmalar|"Tashkilotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy qilinishi va amalga oshirilishi uchun javob beradigan bo‘linma. " Ixtiyoriy almashtirish|"Boshlang‘ich tasvir har qanday tashkil etuvchisidan farqlash belgisi sifatida foydalanishda videotasvir ba’zi bir qismlarini boshqasiga almashtirish. Tutun yoki soya kabi «shaffof» effektlar yaratish imkonini beradigan elektron almashtirishning eng mukammal texnologiyasi. " Ixtiyoriy foydalana olish|"Xotirada ma’lumotlarni bevosita olish yoki almashtirish jarayoni. " Ixtiyoriy foydalana olish kanali|"Liniya «yuqoriga» yo‘nalishidagi boshqarish kanali bo‘lib, mobil stansiya tomonidan qisqa xabarlar va kanallar taqdim etilishi yuzasidan so‘rovlarni uzatishda foydalaniladi. " Ixchamlashtirmoq|"Dasturni, uning ishini to‘xtatmagan holda vazifalar paneliga yig‘ish. Ishlayotgan dasturlar oynalari orasida harakatlanishni qulaylashtirish maqsadida yaratilgan. " Iуerarxik fayl tizimi|"Daraxtsimon tuzilishga ega fayl tizimi. Unda ba’zi fayl (papka, kataloglar) boshqalari-ning ichiga solinishi mumkin. " Iyerarxik hisoblash tarmog‘i|"Uzellar, o‘zlarining operatsiyalarni boshqarish imkoniyatlariga nisbatan turkumlar iyerarxiyasiga birlashtirilgan hisoblash tarmog‘i. " Iyerarxik kodlash, ko‘p darajali kodlash|"Manbani, dastlabki tasvirni sifatning bir nechta darajalarida qayta tiklashga imkon beradigan ma’lumotlar oqimini maxsus tuzilma asosida, kodlash usuli. Izoh – Radioeshittirishda iyerarxik kodlash, masalan, qayd etilgan antennaga yuqori aniqlikdagi tasvirni qabul qilishni, shu bilan bir vaqtda, sifati past tasvirni portativ qabul qilgichning o‘rnatilgan antennaga qabul qilinishini amalga oshirish imkonini beradi. " Iyerarxik marshrutlash|"Ko‘p sathli tarmoqdagi, uning har bir sathida mustaqil bajariladigan marshrutlash. " Iyerarxik ma’lumotlar bazasi|"Elementlari iyerarxik prinsip asosida tashkillashtirilgan ma’lumotlar bazasi. Daraxtsimon graf bilan tavsiflanadi. " Iyerarxik tahlil|"Dastur boshlang‘ich matnini sintaksik tahlil qilish, uning natijasida simvollar yoki tokenlar qo‘yilgan to‘plamlarga iyerarxik guruhlanadi. " Iyerarxik tarmoq|"Liniyalar va uzellar turli bog‘lanishlar tuzilmasiga ega bo‘lgan bir qancha daraja bo‘lingan axborot tarmog‘i. " Iyerarxiya|"O‘zaro aloqadorligini belgilovchi bir necha darajaga ega bo‘lgan, bir-biriga bog‘liq obyektlarning tartiblashtirilgan majmui. Quyi daraja obyektlari yuqori daraja obyektlariga bo‘ysunadi, agar ularning o‘rtasida bog‘lanish bo‘lsa. Iyerarxiya daraxt shaklida ko‘rsatilishi mumkin. " Iz|"Ortiqcha kodning, mualliflik huquqi buzilgan hollarni aniqlashda foydalanish mumkin bo‘lgan qismi. " Iz tushirish moslamasi|"Posilkalar va qiymati eʼlon qilingan banderollarni o‘rab joylashda, shuningdek, xalqaro pochta almashinuv joylarida keluvchi mayda paketlarni o‘rab joylashda foydalaniladigan qog‘oz tasmalariga pochta aloqasi obyektining nomi va pochta indeksi izini tushirish uchun mo‘ljallangan maxsus qurilma. " Izlash|"Ma’lumotlar bazasidan axborotni, faylni, direktoriyni va h.k.larni izlash komandasi. " Izlash agenti|"Tarmoqni doimiy ravishda kezib yuruvchi va veb-sahifalardan axborot yig‘uvchi (ularni indekslovchi) maxsus dastur. " Izlovchi|"Qar.: Izlash tizimi. " Izoh, havola|"Hujjat yoki dasturdagi muayyan joyga taalluqli qo‘shimcha axborot. " Izomorfizm|"Obyektlardan tuzilgan ikki to‘plam orasidagi munosabat bo‘lib, birinchi to‘plamdan tanlangan har bir obyekt uchun ikkinchi to‘plamning yagona elementi mos keladi. Izomorfizm analogiya tushunchasining matematik aniqlashgan holidir. Izomorfizm ushbu ikki to‘plam uchun bir xil bo‘lgan jami xususiyatlarni belgilaydi, yaʼni ularning biri uchun chiqarilgan xulosalar boshqasi uchun ham to‘g‘ridir. " Izotrop antenna|"Har tarafga bir tekisda nurlanadigan, yo‘qotishlarsiz tasavvur etiladigan antenna. " Izotrop muhit|"Xususiyati, uning yo‘nalishidan qat’i nazar bir xil bo‘lgan muhit. " Izotrop nur tarqatgich|"Intensivlikning barcha yo‘nalishlarida doimiyga ega bo‘lgan elektromagnit nurlanishni paydo qiluvchi gipotetik nuqtasimon manba. " Izotrop nur tarqatgichgichga nisbatan hisoblanadigan detsibellar (dBi)|"Antenna kuchaytirish koeffitsiyentining, izotrop nur tarqatgichgichni kuchaytirish koeffitsiyentiga bo‘lgan, detsibellarda ifodalangan nisbati. " Ish (harakat) turi|"Ayni bir algoritmning bajarilishi bilan belgilanadigan faoliyatni tasniflash. " Ish (harakatlar) ustuni|"Muammoni hal qilishda amalga oshirilishi zarur boʻlgan barcha ish (harakat)lar roʻyxati. " Ish stoli|"Foydalanuvchining ish komponentalari simvollari bilan tasvirlangan ekranli interaktiv vosita. Ekranning oyna (shuningdek, dialog oynalari), belgi va menyu joylashgan ish maydoni. " Ish stoli muhiti|"Foydalanuvchining grafik interfeyslari turi. Bunday muhit ish stoli deb atalgan makonni taʼminlab, unda oynalar, piktogrammalar, panellar va boshqa elementlar paydo bo‘ladi. Odatda muhitning turli qismlarini birlashtiruvchi mexanizmlar qo‘llanadi – masalan, drag- n-drop (maʼlumotlarni ko‘rsor yordamida oynalar orasida ko‘chirish). Misol – Microsoft Windows va Mac OS tizimlarining grafik interfeyslari, GNOME, KDE va Xfce muhitlari. " Ish varag‘i|"Tizimlashtirilgan maʼlumotlarni qayta ishlash va ularni yozishga mo‘ljallangan rasmiylashtirilgan anketa. Ish varaqasi qayta ishlanayotgan hujjatlar yoki maʼlumotlar turiga mos keladigan maʼlumotlar maydonining tarkibi hamda mazmuni va ularni to‘ldirish qoidalari to‘g‘risidagi maʼlumotlar to‘plamidan iborat. " Ish yuritish|"Rasmiy hujjatlarni tuzish va ular bilan ishlashni tashkil qilishni ta’minlovchi faoliyat. " Ish yuritishni avtomatlashtirish|"Korxona va tashkilotlarning hujjatlar bilan ishlash aspektlari va funksiyalari yig‘indisi. " Ishga tushirish|"Jarayon (obyekt), dastur va h.k.larni zarur hisob-kitoblar, o‘zgartirishlarni amalga oshirish maqsadida ishga tushirish. Masalan Doppix operatsion tizimini ishga tushirish. " Ishga yaroqlilik|"1. Apparat qurilma yoki tizimning turli ish rejimlarida talab qilinadigan xizmat ko‘rsatish sifati bilan ishlay olishi, xizmat ko‘rsatishda ishdan chiqish yoki tasodifan to‘xtab qolishlar bo‘lganida, o‘zining boshlang‘ich ishchi holatini tezda tiklay olish qobiliyati. 2. Foydalanuvchining tizim bilan ishlay olishi va unga texnik xizmat ko‘rsatishdagi qulaylik. " Ishlab chiqarishni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi|"Yirik firma yoki korxona ishlarini yengillashtirish yoki hujjat aylanishini osonlashtirish uchun xizmat qiladigan tizim. Izoh − Odatda bunday tizimlar buyurtmaga ko‘ra ishlab chiqiladi. " Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish|"Mashinalashtirilgan ishlab chiqarish rivojlanishidagi jarayon, bunda ilgari odam tomonidan bajarilgan boshqaruv va nazorat funksiyalari asboblarga va avtomatik qurilmalarga beriladi. " Ishlab chiqarishni kompleks avtomatlashtirish|"Kompyuterlar yordamida ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish uslubi. U o‘zida loyiha ishlari, texnologik vositalar bilan bir qatorda rejalashtirish, nazorat, boshqarish va hisob tizimlarini birlashtiradi. CIM ni ishlatish avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish korxonalarini yaratishga imkon beradi. Natijada korxona qo‘shimcha harajatlarni va moliya sarfini sezilarli kamaytiradi. Bundan tashqari, energiyani va xom ashyoni tejash taʼminlanadi, yaroqsiz mahsulot va chiqindilar kamayadi. CIM asosida kompyuterlashgan logistik tizimlar yaratiladi. " Ishlab chiqaruvchi-iste’molchi|"Jarayonlarning o‘zaro harakat paradigmasi, bunda jarayon-ishlab chiqaruvchi (producer) jarayon-iste’molchi (consumer) tomonidan ishlatilayotgan axborotni biror buferda generatsiyalaydi. " Ishlab chiqish|"Mahsulot hayotiy siklining, BOni amalga oshirishni taqdim etishda yaratilishi bilan bog‘liq bosqichi. Izoh – ALC turkumidagi barcha talablarda «ishlab chiqish» atamasi va u bilan bog‘liq bo‘lgan (ishlab chiquvchi, ishlab chiqish) atamalari keng ma’noda ishlatiladi, ham ishlab chiqish, ham ishlab chiqarishni bildiradi. " Ishlab chiqish muhiti|"1. Baholash obyekti ishlab chiqiladigan muhit. 2. Ular asosida va ularning yordamida ishlab chiqish amalga oshiriladigan dasturiy va/yoki apparat vositalar majmui. " Ishlab chiqish va testlash tizimi|"Elektron qurilmalarni ishlab chiqish va to‘g‘ri ishlashini tekshirish uchun mo‘ljallangan dasturlar hamda vositalar kompleksi. " Ishlab chiqish vositalari|"Dasturlashda ‒ kompilyatorlar, komponovkachilar, sozlovchilar, utilitalar, loyihani yuritish va versiyalarni nazorat qilish vositalari va h.k. " Ishlab chiquvchi|"1. Dasturiy taʼminotni ishlab chiquvchi (ingl. software developer, software engineer). Informatika, loyihalarni boshqarish, matematika, muhandislik va boshqa bilim sohalaridan texnologiyalar, uslubiyat va amaliyotdan foydalangan holda dasturiy taʼminotni yaratish va uning ishini qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanuvchi shaxs. 2. Veb ishlab chiquvchi (ingl. web developer). Veb-sayt yoki veb-qo‘llanmani yaratish, jumladan, veb-dizayn, elektron tijorat qo‘llanmalarini ishlab chiqish, veb-serverni konfiguratsiyalash, mijoz va server tomonida veb uchun dasturlash bilan shug‘ullanuvchi shaxs. 3. Maʼlumotlar bazasini ishlab chiquvchi (ingl. database developer). Tashkilot maʼlumotlar bazalarini tashkillashtirish va yurgizish uchun mo‘ljallangan dasturiy taʼminotni ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi shaxs. " Ishlamay qolish|"Televizor (element) ishlash xususiyatining to‘liq yoki qisman yo‘qolishi. " Ishlamay qolish (dasturning)|"Qurilma yoki tizim funksiyalari bajarilishini to‘xtatishi. Bu atama ko‘pincha «apparat vositalarning ishlamay qolishi» yoki «dasturdagi fatal uzilish» ko‘rinishida ishlatiladi. " Ishlamay qolishda foydalana olish|"Uskuna yoki dasturiy ta’minotning buzilishi natijasida yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni qayta ishlash tizimidagi ma’lumotlardan ruxsat etilmagan tarzda va tasodifiy foydalana olish. " Ishlamay qolishdan so‘ng tiklash|"Hisoblash tizimi ishini ishlamay qolishdan so‘ng tiklash protsedurasi tizimning noto‘g‘ri natijalar chiqarishini istisno qiladi. " Ishlamay qolishlar o‘rtasidagi ishlash muddati|"Televizor (tiklanadigan mahsulot)ning ikkita ketma-ket ishlamay qolishlari o‘rtasidagi ishlash davomiyligi. " Ishlamay qolishlardan muhofaza qilinganlik|"Mumkin bo‘lgan ishlamay qolishlardan muhofaza qiladigan vositalar bilan jihozlangan kompyuter yoki qurilma. " Ishlamay qolishni chetlab o‘tish|"Klasterli konfiguratsiyalarda ‒ tizimning, ishlash qobiliyatini saqlab qolgan boshqa qurilmaga ulangan holda, qandaydir qurilmaning ishlamay qolishiga tez javob bera olish qobiliyati. " Ishlash muddati|"Televizor (element) ning ma’lum sharoitlarda miqdor jihatdan vaqt bilan baholanadigan ishlash davomiyligi. " Ishonch|"Baholash obyekti xavfsizlik funksiyasi siyosatiga mos kelishi to‘g‘risida ishonch uchun asos. " Ishonch ma’lumotlari|"Mantiqiy obyektning qayd qilingan haqiqiyligini belgilash uchun uzatiladigan ma’lumotlar. " Ishonchli hisoblash bazasi|"Hisoblash tizimi muhofaza mexanizmlarining majmui, jumladan, xavfsizlik siyosatini qo‘llab-quvvatlash uchun javobgar dasturiy va apparat komponentlar. " Ishonchli hisoblash tizimi|"Maʼlumotlarni qayta ishlash tizimi. Bunda turli foydalanish huquqlariga ega foydalanuvchilarning turli muhofaza tasnifi va muhofaza darajalaridagi ruxsat etish uchun yetarli kompyuter muhofazasi borligi nazarda tutilgan. " Ishonchli kanal|"OXF va axborot texnologiyalarining boshqa ishonchli mahsuloti orasidagi, zarur qat’iylik darajasini ta’minlovchi birgalikda ishlash vositasi. " Ishonchli kompyuter tizimi|"1. Foydalanuvchilarning maxfiylik griflari va xavfsizlik toifalari turlicha bo‘lgan ma’lumotlardan bir vaqtda foydalana olish imkoniyati hisobga olingan holda, yetarlicha kompyuter xavfsizligi ko‘zda tutiladigan ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi. 2. Xavfsizlikni ta’minlashning apparat va dasturiy vositalaridan foydalanish hisobiga, saralanmagan kritik axborot oqimining qayta ishlanishi xavfsiz olib borilishini ta’minlovchi tizim. " Ishonchlilik|"1. O‘rnatilgan vaqt davomida tizimning o‘z funksiyasini bajarish qobiliyati. Ishonchlilikni baholash uchun hisob-kitobga oid hamda statistik (sinovlar jarayonida olingan) xarakteristikalar qo‘llaniladi va ular, odatda, qurilmaning ishga layoqatli holatda bo‘la olish vaqtining foizi sifatida aniqlanadi. Ishonchlilikning asosiy ko‘rsatgichlari: buzilishgacha o‘rtacha ishlash muddati, o‘rtacha tiklanish vaqti va boshqalar. 2. Tizim, qurilma yoki dasturiy mahsulot berilgan sharoitlarda va belgilangan vaqt davomida undan talab qilinadigan funksiyalarni so‘zsiz bajara olish ehtimoli. " Ishonchlilik biti|"Elektron hisoblash mashinasi xotirasidagi so‘zga axborotning ishonchliligini ko‘rsatish uchun qo‘shiladigan razryad. " Ishonchlilik (dasturiy vositaning)|"Dasturiy taʼminotning, o‘rnatilgan vaqt davri ichida o‘zining ishlash sifati darajasini saqlab qolish qobiliyatiga taalluqli atributlar to‘plami. " Ishonchlilik mezoni bilan kodlash|"Manba xabarini kodli so‘zga qayta o‘zgartirish, bunda teskari o‘zgartirishdan so‘ng, dastlabki xabarga berilgan ishonchlilik mezoni ma’nosida yaqin bo‘lgan qandaydir boshqa xabar olinadi. " Ishonchlilikka sinash|"Televizor (element)ning ishonchlilik parametrlari qiymatlarini texnik shartlarga muvofiqligini belgilangan usulda baholash maqsadida tajribaviy aniqlash. " Ishonchlilikni yalpi tekshirish|"Ishonchlilikni tekshirish, bunda kirish kompyuteri foydalanuvchini identifikatsiya qiluvchi axborotni boshqa kompyuterga uzatadi. " Ishonchsiz qabul|"Mobil stansiya xizmat ko‘rsatish zonasining chekkasida ishlayotganida signallarni qabul qilish sharoitlarining yomonlashuvini tavsiflovchi tushuncha. " Ishoratlar halqasi|"O‘xshash mavzudagi veb-saytlarni birlashtirish. Bu tashrifchiga halqaning ixtiyoriy saytlaridan uni qiziqtirayotgan mavzu bo‘yicha boshqa saytlarni yengillik bilan topishga imkon beradi. Halqaning yaratilishi resurslarni birlashtirishga yordam beradi hamda foydalanuvchilarga kamroq vaqt sarflab ko‘proq axborot olishga imkon beradi. " Ishchi guruh|"1. Umumiy loyiha ustida ishlovchi va shu tarmoqda fayllar, ma’lumotlar bazasi va h.k. larni bo‘lishuvchi lokal hisoblash tarmog‘ining foydalanuvchilar guruhi. Guruhning ishi, guruh dasturiy ta’minoti yordamida koordinatsiya qilinadi. 2. Windows NT da umumiy o‘ziga xos nom ostida mujassamlangan kompyuterlar guruhi ishchi guruh hisoblanadi, ularning boshqaruvi bir kompyuterning boshqaruviga monand bo‘ladi. " Ishchi guruhlar uchun Windows|"Windows 3.1 operatsion tizimining, Ethernet bazasidagi uncha katta bo‘lmagan lokal tarmoqlarda ishlash uchun mo‘ljallangan versiyasi (1992-yilda chiqarilgan). " Ishchi radiochastotalar diapazoni|"Radiostansiyaning ishlashi ta’minlanadigan chastotalar polosasi. " Ishchi ro‘yxat|"Tez-tez foydalaniladigan manzillar (hujjatlar, veb-sahifalar va h.k.) ro‘yxati. " Ishchi soha|"Ekspert tizimlarida ma’lumotlar bazasining mantiqiy xulosa jarayonida olingan barcha xulosa komponentlari uchun qulay bo‘lgan va ular orasida birgalikda ishlash uchun foydalaniladigan faktlarni ichiga oladigan qismi. " Ishchi stansiya|"Odatda, kompyuter tarmog‘ida ishlaydigan kompyuter yoki terminal. " Ishchi xotira|"Xotiraning, bajariladigan jarayonlarning oraliq natijalarini saqlash uchun foydalaniladigan qismi. " Ishchi chastotalar polosasi|"Past va yuqori chastotalar bilan cheklangan polosa, uning doirasida antennaning elektr parametrlari aniq turdagi antennaga qo‘yiladigan texnik talablarni qanoatlantiradi. " Ichiga joylashtirilgan|"1. Dasturning asosiy vazifasidan ancha yiroq bo‘lgan qo‘shimcha imkoniyati. Masalan, fayl boshqaruvchilaridagi arxivlarni ko‘rish yoki ACDSee grafik redaktorida musiqali fayllarni ishga tushirish. 2. Biror bir uskuna tarkibida ishlatiladigan, uning ichiga o‘rnatilgan qurilma (masalan, kompyuter bosh platasi ichiga o‘rnatilgan modem yoki videokarta), masalan, embedded computer. " Ichiga kiritilgan (singdirilgan) tovush|"SDI signali ichiga kiritilgan va video bilan birgalikda uzatiladigan tovushli ma’lumotlarning raqamli oqimi. " Ichiga solmoq, biriktirmoq|"Elektron xatga biror-bir faylni biriktirish. Bu fayllar serverda turadi va elektron xat qayta uzatilganda u kompyuterdan qayta ko‘chirib olinmaydi. " Ichki firibgarlik|"Xizmatchilar tomonidan uchinchi shaxslarga konfidensial xarakterdagi texnik ma’lumotlarni uzatish yo‘li bilan, shaxsan yoki ushbu shaxslar orqali foyda olish uchun o‘z xizmat mavqeidan foydalanishi. " Ichki fotoeffekt|"Elektronlarni yarimo‘tkazgich yoki dielektrik ichidan tashqariga chiqarmagan holda bog‘langan holatdan erkin holatga elektromagnit nurlanish ta’siri keltirib chiqaradigan kvant o‘tishlar. " Ichki fragmentatsiya|"Xotirani ajratish strategiyasini qo‘llash natijasida sahifagacha bo‘lgan aniqlikda bo‘sh xotira samarali sarflanmaydigan tizimdagi holat. " Ichki frod|"Jinoiy faoliyat turi bo‘lib, xizmatchilar o‘zlarining xizmat mavqelaridan shaxsan yoki uchinchi shaxslar orqali, ularga konfidensial xarakterdagi ma’lumotlarni berish yo‘li bilan manfaat ko‘rishda foydalanadilar. " Ichki giperishorat|"Aktiv veb-saytdagi xohlagan veb-sahifa yoki faylga ko‘rsatuvchi giperishorat (sayt ichidagi giperishorat). " Ichki havola|"Ayni bir modulda bo‘lgan (aniqlangan) obyektga havola. " Ichki hujjat|"Hujjat tayyorlangan tashkilotdan tashqariga chiqmaydigan rasmiy hujjat. " Ichki hujum|"Muhofazalangan tarmoqning o‘zidan amalga oshiriladigan hujum. " Ichki ilovalar|"Foydalanuvchining lokal kompyuterida bajariladigan ilovalar. " Ichki kanal|"Katta diametrli konduitga joylashtirilgan qo‘shimcha konduit. " Ichki koder (dekoder)|"Kaskadli kodlashda kanalga nisbatan ichki bo‘lgan koder (dekoder). " Ichki korporativ tarmoq|"Qar.: Intranet. " Ichki magistral|"Bino kichik tizimining bir qismi bo‘lgan, bir telekommunikatsiya shkafini boshqasi bilan bog‘lovchi magistral telekommunikatsiya kabeli (kabellari). " Ichki modem|"Elektr ta’minoti alohida bo‘lgan ixcham avtonom qurilmani o‘zida ifodalaydigan tashqi modemdan farqli ravishda, kompyuterning ichida o‘rnatilgan plataga montaj qilingan modem mikrosxemasi. " Ichki pochta, kuryerlik jo‘natmasi|"O‘zbekiston Respublikasi hududida jo‘natish va adresatga yetkazib berish (topshirish) uchun qabul qilinadigan pochta, kuryerlik jo‘natmasi. " Ichki tarmoq|"Internetga chiqish imkoniyati bo‘lmagan yoki undan tarmoqlararo ekran bilan ajratilgan korporativ kompyuter tarmog‘i. " Ichki tarmoqlararo ekran|"Lokal tarmoq orqali uyushtiriladigan hujumlardan himoya qiluvchi tarmoq ekrani. " Ichki uzilish|"Uzilish komandasi yoki komandani bajarishdagi xato keltirib chiqaradigan uzilish. " Ichki veb-sayt|"Tashkilot doirasida yaratilgan va faqat o‘sha tashkilot ichki tarmog‘idan foydalanish mumkin bo‘lgan veb-sayt. " Ichki xalaqit (hisoblash texnikasi vositasiga)|"Manbai hisoblash texnikasi vositasining bir qismi hisoblanadigan hisoblash texnikasi vositasiga bo‘ladigan elektromagnit xalaqit. " Ichki yozma xat-xabarlar|"O‘zbekiston Respublikasi hududida jo‘natish va adresatga yetkazib berish uchun qabul qilinadigan yozma xat-xabarlar. " Ichki shina|"Protsessorning ichki shinasi yoki markaziy protsessor bilan operativ xotira qurilmasi o‘rtasidagi shina. J " Jadval|"1. Relyatsion ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimida – identifikatorlari (nomlari) bo‘lgan yozuvlar ketma-ketligi ko‘rinishidagi ma’lumotlar tuzilmasi. 2. Elektron jadvalning ishchi varag‘i. " Jamiyatning axborot madaniyati|"Jamiyatning o‘z ixtiyorida bo‘lgan axborot resurslari va axborot kommunikatsiyasi vositalaridan samarali foydalanish qobiliyati. Shuningdek, ushbu maqsadlarda axborotlashtirish va axborot texnologiyalari vositalarini rivojlantirish sohasidagi ilg‘or yutuqlardan foydalanish ham nazarda tutiladi. " Jamiyatning axborot muhiti|"1. Axborot resurslari, axborotni shakllantirish, tarqatish va undan foydalanish tizimi, axborot infratuzilmasi jami. 2. Aholi yashash sifatining sezilarli oshirilishini, davlatning ijtimoiy-siyosiy barqarorligini va jamiyatning barqaror rivojlanishga o‘tishini taʼminlash imkonini beradigan axborot resurslari, axborot-kommunikatsiya infra-tuzilmasi, axborotlashtirish vositalari, axborot mahsulotlari va xizmatlari, axborotlashtirish jarayonlarini amalga oshirishning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy shart-sharoitlari jami. " Jamiyatning axborot potensiali|"1. Axborot resurslarini aktivlashtirish va ulardan samarali foydalanish imkonini beruvchi jami vosita, usul va sharoitlar. 2. Axborotni ishlab chiqish va axborot xizmatlarini ko‘rsatish qobiliyati. " Jamoa bo‘lib foydalanish liniyasi|"Ko‘p tomonlama aloqa liniyasi. Bu liniyadagi barcha abonentlar bir xil raqamga ega bo‘ladilar, individual farqlash boshqa belgilarga, masalan, chaqiruv signali parametrlariga qarab yuz beradi. " Jamoat foydalanish markazi|"Elektron hukumat infratuzilmasining, quyidagi komponentlarni: - Internet axborot-telekommunikatsiya tarmog‘idan foydalanishni ta’minlaydigan telekommunikatsiya uskunasini; - komponentlari ishonchli himoyalanishi ta’minlanadigan qutilarga solingan alohida konstruksiyalardan (infomatlar) va/yoki avtomatlashtirilgan ish o‘rinlaridan iborat dasturiy-texnik kompleksni ichiga oladigan funksional elementi. " Jamoat tarmog‘i|"Davlat tasarrufidagi axborot tarmog‘i. " Jamoaviy antenna|"Teleradioeshittirish dasturlarini abonentlarning katta sonli qabul qilgichlari bilan bir vaqtda qabul qilish uchun mo‘ljallangan antenna. " Jamoaviy maxfiy qiymat|"Muhofaza qilish tizimining, kriptografik algoritmlar uchun mo‘ljallangan kaliti. " Jamoaviy qabul|"Yer usti yoki yo‘ldoshli uzatishlarni bu qurilmalar joylashgan joylarda yoki cheklangan zonadagi kabel taqsimlash tizimida odamlar guruhini qurilmalar bilan ta’minlaydigan qabul. Izoh ‒ Jamoaviy qabul qilinadigan yo‘ldoshli eshittirishni bevosita yo‘ldoshli taqsimlash bilan adashtirmaslik kerak. " Jamoaviy qabul qiluvchi antenna|"Kabelli taqsimlash tizimi bilan bog‘langan va signallarni bir binoda yoki binolar kompleksida joylashgan abonentlar radioeshittirish qabul qilgichlariga va televizorlariga uzatish uchun mo‘ljallangan antenna. " Jamper|"Qar.: Tutashtirgich. " Jarayon|"1. Xotiraning bajariluvchi kodlar va ma’lumotlar bilan muhofazalangan sohasini, bitta yoki bir nechta bajarish oqimini hamda foydalanishning bosh markerini o‘z ichiga oluvchi operatsion tizim obуekti. 2. Bajarilayotgan dastur. 3. Kirishlarni chiqishlarga o‘zgartiruvchi o‘zaro bog‘langan va o‘zaro harakat qiluvchi faoliyat turlarining majmui. " Jarayon identifikatori|"Operatsion tizimdagi jarayonlarni ko‘rsatish uchun ishlatiladigan son. " Jarayon konteksti|"Bajarilayotgan dasturning vaqtning istalgan onidagi holati. Rejalash konteksti, fayllar tizimi konteksti, signallarni qayta ishlash jadvallari va virtual xotira kontekstidan iborat. " Jarayon muhiti|"Nol bilan tugaydigan: jarayon komanda satri argumentlarining vektori va jarayon muhiti (o‘zgaruvchan) vektoridan iborat tizim tuzilmasi. " Jarayondan foydalanish vaqti|"Shaxsiy kompyuterning tizim resursi. Protsessor amaliy dastur kodini bajarishga qancha vaqt sarflayotganini ko‘rsatadi. " Jarayonlarni kaskadli yo‘q qilish|"Ona-jarayonni tugatish yoki yo‘q qilishda shu’ba jarayonlarni avtomatik yo‘q qilish qoidasini rekursiv qo‘llash natijasidagi jarayonlarni guruhli yo‘q qilish. " Jarayonlarni parallel (yoki navbati bilan bir protsessorli kompyuterda) boshqarish|"Foydalanish jarayonlarini bajarish, parallel jarayonlarni aniq ishga tushirish, ularni boshqarish va ularni sinxronlash. " Jarayonlarni to‘xtatish bilan boshqaruvni markazlashtirish|"Tizimga juda qisqa yoki juda muhim jarayonlar kelib tushganda jarayonlar ishini to‘xtatishdan foydalanadigan boshqaruvni markazlashtirish strategiyasi. " Jarayonlarni to‘xtatmasdan boshqaruvni markazlashtirish|"Tizimga juda qisqa yoki juda muhim jarayonlar kelib tushganda jarayonlar ishini to‘xtatishdan foydalanmaydigan boshqaruvni markazlashtirish strategiyasi. " Jarayonlarni xotiraga yoki diskka ko‘chirishni rejalashtiruvchi|"Operatsion tizimning, qaysi foydalanish jarayonlari xotiraga tushirilishi yoki diskka yozilishi kerakligini aniqlaydigan rejalashtiruvchisi. " Jarayonlarning tayanch tarkibi|"Tayanch yetilganlik darajasiga erishishni taʼminlaydigan jarayonlar tarkibi. Izohlar 1. Jarayonlar tarkibi jarayonlarni baholashning muayyan modellari asosida shakllantiriladi. 2. Jarayonlarning tayanch tarkibi jarayonlarning eng lam tarkibini, shuningdek, baholash uchun tashkiliy kontekst talab qiladigan qoʻshimcha va fakultativ jarayonlarni oʻz ichiga oladi. " Jarayonni boshqarish bloki|"Operatsion tizim tomonidan jarayonni boshqarishda foydalaniladigan ma’lumotlarning tizimlashtirilgan tuzilmasi. " Jarayonni ishga tushirish|"Amaliy jarayonlarni avtomatlashtirish tizimlarida muayyan jarayonning bajarilishini boshlash. " Jarаyonning yetilganligi|"Muayyan jarayon aniqlik, boshqaruvchanlik, o‘lchash mumkinlik, nazorat qilib bo‘lishlik, natijalilik talablarini qanoatlantiradigan daraja. " Java server sahifalari|"Veb-serverda dinamik sahifalarni generatsiya qilish uchun mo‘ljallangan Java Servlet API kengaytmasi. Microsoft korporatsiyasinig ASP spetsifikatsiyasiga muqobil hisoblanadi. " Java virtual mashinasi|"Abstrakt kompyuterni o‘zida ifodalovchi Java dasturlar bayt-kodlarining interpretatori. Java tilida yozilgan va kompilyatsiya qilingan bayt-kodli dasturlarni ishga tushiradi. " Javob berish|"Pochta qutilarida xatni jo‘natgan kishiga javob berish. Bunda xatning mavzusi saqlab qolinadi, xat matni esa javob berish maydoniga ko‘chiriladi. " Javob bermagan abonentni takroriy chaqirish toni bilan chaqiruvlarni tugallash|"Abonentga takroriy chaqiruv tonida chaqiruvga javob bermagan abonentni chaqirishni tugallash imkonini beradigan xizmat. Javob bermagan (chaqirilayotgan) abonent terminali aktivizatsiyadan so‘ng bo‘shatilsa, chaqiriluvchi abonent, xabardor qilinadi (takroriy chaqiruv toni yuboriladi). Chaqiriluvchi abonent takroriy chaqiriv tonini qabul qilganda, tarmoq chaqirilayotgan abonentga chaqiruvni avtomatik tarzda generatsiyalaydi. Takroriy chaqiruvning maxsus toni faqat SIP abonentlarga yuboriladi. " Javob bo‘lmaganda chaqiruvni qayta manzillash|"Xizmat abonentiga jo‘natiladigan har bir kiruvchi chaqiruvni boshqa belgilangan raqamga, oldindan belgilangan vaqt davomida chaqiruvga javob bo‘lmaganda, avtomatik qayta manzilslash imkonini beradigan xizmat. " Javob bo‘lmaganda chaqiruvni o‘tkazib yuborish|"Uyali aloqa tarmoqlari operatorlari tomonidan taqdim etiladigan, aloqa tizimining abonenti chaqiruvga javob bermaganda, kiruvchi chaqiruvni boshqa telefon raqamiga avtomatik ravishda qayta manzillash imkonini beradigan xizmat. " Javob vaqti|"Birinchi so‘rovdan birinchi javobgacha bo‘lgan davrda talab chilinadigan vaqt. Optimallashtirish mezoni: minimallashtirish. " Jgut|"Yaxlit bir butun qilib yig‘ilgan hamda mexanik mahkamlangan bog‘lovchi simlar, kabellar yoki optik tolalar dastasi. " Jinoyatkor|"1. G‘arazli niyatda qasddan harakat qiluvchi buzg‘unchi. 2. Axborot tizimi va uning resurslaridan ruxsat etilmagan tarzda foydalanishdan manfaatdar bo‘lgan va ularni ruxsat etilmagan tarzda olish, o‘zgartirish uchun oldindan o‘ylab harakat qilgan shaxs yoki tashkilot. 3. Yomon niyatdagi chaqiruvlarni amalga oshirish maqsadida ruxsat etilmagan foydalana olishga ega bo‘lgan shaxs. 4. Muhofaza obyektining axborot xavfsizligi buzilishini anglagan holda harakat qiluvchi shaxs. " Jism|"Dasturiy konstruksiyalarda tugallangan harakatlarni belgilaydigan operatorlar ketma-ketligi. Dastur jismiga dasturning bajariladigan qismi kiradi, ya’ni dastur sarlavhasi va o‘zgaruvchilar, konstantalar ta’rifi kirmaydi. Sikl jismiga siklni boshqarish operatorlaridan tashqari, barcha takrorlanadigan operatorlar kiradi. Protsedura va blokning jismi o‘xshash tarzda aniqlanadi. " Jismoniy muhofaza qilish vositalari|"Jinoyatkorning suqulib kirishi va foydalana olishi mumkin bo‘lgan yo‘llarda jismoniy to‘siqlarni yaratish uchun maxsus mo‘ljallangan avtonom qurilma va tizimlar. Izoh – Apparatura joylashgan eshiklardagi qulflar, derazadagi panjaralar, qo‘riqlash signalizatsiyasining elektron mexanik uskunasi jismoniy muhofaza qilish vositalari bo‘lishi mumkin. " Jismoniy xavfsizlik|"Tizim resurslari va kritik axborotga jismoniy tahdidlar (buzish, o‘g‘irlash, terrorchilik akti, shuningdek, yong‘in, suv toshqini va b.q.)ga qarshi ogohlantiruvchi yoki qarshi chora kabi jismoniy to‘siqlar va nazorat protseduralarini amalga oshirish. " Jismoniy shaxs|"Fuqarolik huquqi subyekti. " Jitter|"Impulslar frontining bir tekis borishi qat’iyligini buzadigan raqamli signal frontining titrashi. " Jonli jurnal|"Onlayn kundaliklarni (bloglarni) joylashtirish uchun bloglar platformasi yoki ushbu platformadagi alohida blog. Yozuvlarni nashr qilish, o‘quvchilar tomonidan sharhlarni qoldirish, do‘stlarning yozuvlarini o‘qish kabi imkoniyatlarni beradi. " Joriy katalog|"Foydalanuvchi ayni vaqtda joylashgan katalog. Qoida bo‘yicha foydalanuvchi tomonidan bajariladigan barcha operatsiyalar shu katalogda bajariladi. " Joriy marshrut|"Kompyuter tarmoqlarida joriy marshrut paket jo‘natuvchiga tarmoq bo‘yicha o‘tuvchi manzillari ro‘yxatini ko‘rsatishga imkon beradi. " Josuslikka qarshi dastur|"Kompyuterdagi josus dasturlarni tanib oluvchi, ularga qarshi to‘siq qo‘yuvchi/o‘chiruvchi dastur. Izoh − Ba’zan reklama bannerlariga va sh.k.larga to‘siqlar qo‘yish uchun ham ishlatiladi. " Joylashgan yer bo‘yicha chaqiruv|"Parametrlarni berish usuli, bunda chaqiruvchi model chaqiriladigan modulga uzaytiriladigan parametrning manzilini beradi. Izoh – Bu usul yordamida chaqiriladigan modul, chaqiradigan modul saqlagan parametr qiymatini o‘zgartirishi mumkin. " Joylashgan yer tayanch registri|"Xotirasida ko‘chma (mobil) stansiya abonentining barcha parametrlari va joriy joylashuvi doimiy saqlanadigan registr. " Joylashgan yerni aniqlashga asoslangan xizmatlar|"Foydalanuvchilarning qayerdaligini kuzatib borish va ular ayni paytda bo‘lgan aniq hududga taalluqli axborotni yetkazish. UMTS tarmoqlarida koordinatalarni belgilash aniqligi 50 m ga yaqin. " Joylashgan yerning vizit registri|"Hozirgi vaqtda berilgan registr nazorat qiladigan zonadagi ko‘chma stansiyalar ulanishini o‘rnatish uchun zarur bo‘lgan abonentlar to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar to‘plangan registr. " Joylashtirish, o‘rnatish|"Dasturni bajarish uchun kompyuter resurslarini joylashtirish. " Joylashuviga ko‘ra boshqariladigan yo‘ldosh|"Markazi o‘rnini, massasini ma’lum qonun bo‘yicha, yoki shu kosmik tizimga mansub boshqa yo‘ldoshlarga nisbatan, yoki Yerdagi harakatlanmaydigan yoki muayyan tarzda ko‘chadigan nuqtaga nisbatan ko‘chirish mumkin bo‘lgan yo‘ldosh. " Joystik|"Ekranda kursor bilan boshqarish uchun xizmat qiladigan, uni istalgan yo‘nalishdagi harakatlanishini ta’minlaydigan, tutqich ko‘rinishidagi qurilma. Bu qurilmalar barcha manipulyatorlarning asosi hisoblanadi. Simulyatorlar va arkadali kompyuter o‘yinlarida, o‘yin pristavkalarida va shunga o‘xshash qurilmalarda keng qo‘llaniladi. Buning uchun tutqichda ko‘plab tugmalar va polzunlar mavjud. Ayrim joystiklar tutqichni harakatlantirishdan tashqari, uning o‘z o‘qi atrofida aylanishini ham ta’minlaydi. " Juda ham yuqori chastota|"300 HHz dan 3000 HHz gacha bo‘lgan diapazonda yotadigan chastotalar sohasi. Bu chastotalarga submillimetrli yoki detsimillimetrli to‘lqinlar (λ = 0,001 – 0,0001 m) mos keladi. " Juda katta tezlikli asosiy tarmoq servisi|"NSF homiyligi ostidagi super hisoblash markazlari va tanlangan erkin foydalanish nuqtalari orasidagi yuqori tezlikli ulanishni ta’minlaydigan loyiha qismi. " Juda katta uzunlikdagi komanda so‘zlari mavjud arxitektura|"Bu arxitekturadagi komandalarda bir vaqtning o‘zida (parallel tarzda) protsessorning tezligini oshirish uchun uning turli funksional bloklarida bajariluvchi oddiy komandalar birlashtirilgan bo‘ladi. Bunda protsessorning samaradorligini oshirish uchun komanda darajasidagi parallelizmni tashkil qilish uchun vaqt sarflash talab qilinmaydi. " Juda past chastotalar|"3 kHz dan 30 kHz gacha diapazonda yotadigan chastotalar sohasi. " Juda yuqori chastotalar|"Elektromagnit to‘lqinlarning 30 MHz dan 300 MHz gacha (uzunligi 10 m dan 1 m gacha) bo‘lgan chastotalar dipazoni. " Juda yuqori chastotali ajratuvchi filtr, diplekser|"Tasvir va tovush jo‘rligi radiouzatgichlaridan keladigan radiosignallar kombinatsiyalanishi va qo‘shish ko‘prigiga yoki bevosita antennaga uzatilishi mumkin bo‘lgan qurilma. " Juda xavfli viruslar|"Ta’sir etishi dasturlarning yo‘qotilishiga, ma’lumotlar yo‘q bo‘lishiga, diskning tizim sohalarida axborot o‘chib ketishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan viruslar. " Juft chastotalar polosasi|"Biri qabul uchun, ikkinchisi uzatish uchun ajratilgan, har birining o‘rtasida himoya oralig‘i bo‘lgan ikkita chastota intervalini ichiga oluvchi polosa. Chastotalarning juft polosasi kanallarni chastota bo‘yicha ajratish bilan dupleks uzatishda foydalaniladi (FDD rejimi). " Juftlangan moslashuv|"Chastotaviy rejalashtirish usuli bo‘lib, abonentlarning har bir juftiga ikkita – biri uzatish, ikkinchisi esa, qabul qilish uchun mo‘ljallangan qayd etilgan chastota beriladi. " Juftlash, biriktirish|"1. Ikkita bitni bitta kodli kombinatsiyaga birlashtiish; kodlash va modulyatsiyalash tizimlarida qo‘llaniladi. 2. TDMA kadridagi ikkita qo‘shni intervalni uzatish tezligini oshirish maqsadida agregirlash. " Juftlik asosida nazorat qilish|"Xatolarni aniqlashning eng sodda usuli. Axborot ketma-ketligini guruhlar (bloklar) ga bo‘lish va ularning har biriga bitlar yig‘indisi doimo juft yoki toq bo‘ladigan tarzda tekshirish belgisi (0 yoki 1) ni qo‘shishga asoslangan. Juftlikni nazorat qilish tekshiriladigan maʼlumotlarda yakka xatolarni aniqlash imkonini beradi. " Juftlik biti|"Jo‘natiladigan ma’lumotlarning har bir baytiga (yoki so‘zga) yuborish to‘g‘riligini nazorat qilish uchun qo‘shiladigan qo‘shimcha bit. " Juftlik bitlari generatori|"Ikkining moduli bo‘yicha boshlang‘ich maʼlumotlarga qo‘shiladigan «soxta» tekshiruvchi bitni generatsiyalaydigan summator ko‘rinishida bajarilgan mantiqiy sxema. Juftlikni tekshirish tartiboti protokol bilan ko‘zda tutilgan, kiruvchi ketma-ketlikda tekshiruvchi bitlar bo‘lmagan tizimlarda foydalaniladi. " Juftlik bo‘yicha bo‘ylama nazorat|"Matritsani shakllantiruvchi to‘plam bo‘lagi hisoblanadigan ikkilik raqamlar satrida juftlik bo‘yicha nazorat qilish. " Juftlik bo‘yicha ko‘ndalang nazorat|"Matritsani shakllantiruvchi to‘plam bo‘lagi hisoblanadigan ikkilik raqamlar ustunida juftlik bo‘yicha nazorat qilish. " Juftlik bo‘yicha nazorat biti|"Ma’lumotlarga, ularning ishonchliligini nazorat qilish uchun ma’lumotlarni tashkil etuvchi ikkilik birliklarning yig‘indisi, jumladan, nazorat biti birligi, har doim juft yoki toq bo‘ladigan tarzda qo‘shiladigan nazorat biti. " Juftlik xatosi|"Ma’lumotlardagi, ularni saqlash yoki juftlikni nazorat qilish orqali uzatish jarayonida aniqlanadigan xato. " Juftlikni nazorat qilish|"Xatolarni aniqlashning eng oddiy usuli. Axborot ketma-ketligini guruhlar (bloklar) ga bo‘lish va ularning har biriga bitlar yig‘indisi doimo juft yoki toq bo‘ladigan tarzda tekshirish simvoli (0 yoki 1)ni qo‘shishga asoslangan. Juftlikni nazorat qilish tekshiriladigan ma’lumotlarda yakka xatolarni aniqlash imkonini beradi. " Jurnal|"1. Qayd yozuvlarini saqlovchi fayl. Ushbu fayl matn formatida yoki maʼlumotlar bazasi formatida bo‘lishi mumkin. 2. Internet brauzerida oxirgi bir necha kun yoki hafta ichida ko‘rilgan sahifalar manzillari saqlanadigan joy. «Tarix» deb ham ataladi. " Jurnalli fayl tizimi|"Jurnallash imkoniyati fsck dasturining ishlashini kutish zaruriyatidan va metama’lumotlarning shikastlanish xavotiridan xalos etadi. Qattiq diskning tanlangan bo‘limida ext2 fayl tizimidan ext3 fayl tizimiga va aksincha, muammosiz amalga oshirilishi mumkin. " Jo‘natish ro‘yxatlari|"Internetning o‘z protokoliga ega bo‘lmagan va faqat elektron pochta orqali ishlaydigan oddiy xizmati. Xabarlarni bitta maxsus manzildan barcha obunachilarga yetkazishni amalga oshiradi. " Jo‘natuvchi|"Buyurtma berish niyatida bo‘lgan yoki aloqa xizmatiga buyurtma beradigan aloqa foydalanuvchisi. " Jo‘natuvchining manzili|"Axborot manbai bo‘lgan abonent yoki tarmoqning raqami. K " Kabanov effekti (gorizont orti radiolokatsiyasi)|"Yerdan (5-30) MHz chastotalar diapazonidagi qisqa to‘lqinli (dekametrli) uzoqqa sochilish hodisasi. Kabel rus. - кабель ing. - cable Ikkita yoki undan ortiq simdan, ekran va izolyatsiya qatlamidan iborat ulovchi element. Kabel tarkibiga tizimning konstruktiv elementi sifatida ajratgichlar ham kiradi. " Kabel elementi|"Kabeldagi eng kichik konstruksion birlik (masalan, juftlik, to‘rtlik yoki alohida tola). Kabel elementi ekranga ega bo‘lishi mumkin. " Kabel kanali|"O‘tkazgichlar, kabellar yoki optik tolani yotqizish uchun mo‘ljallangan alohida yopiq kanal. " Kabel lotogi|"Telekommunikatsiya muhitini (masalan, kabelni) tutib turish uchun mo‘ljallangan, zinapoya, novlar ko‘rinishidagi yoki ventilyatsiyalanadigan kanal tizimi. " Kabel qobig‘i|"Bir to‘plam simni o‘rab turadigan tashqi qoplama. Bitta yoki undan ortiq metall yoki optik-tolali elementni, qattiqlik yoki ekranlash elementlarini ichiga olishi mumkin. " Kabel, sim|"Kompyuterning elektr tokini o‘tkazuvchi (ko‘pincha metalldan tayyorlangan) ko‘p kontaktli elementi. Elektr energiyasini va signalni turli komponentlarga uzatish uchun xizmat qiladi. Ular ikkita – parallel va koaksial turga bo‘linadi. Koaksial kabellar nisbatan qimmatroq, lekin signallarni yuqori chastotada uzatish imkonini beradi. " Kabel skaneri|"Kabellarning elektr va mexanik parametrlari – uzunligi, so‘nishi, impedansi, o‘tish xalaqitlarini o‘lchash hamda uzilish, qisqa tutashish, noto‘g‘ri o‘rnatilgan ajratgich kabi nosozliklarni aniqlash uchun mo‘ljallangan qurilma. " Kabel taqsimlash tizimi|"Tovushli va televizion dasturlarni hamda boshqa turdagi signallarni ko‘plab abonentlarga uzatish uchun mo‘ljallangan nurlantirmaydigan kabellar va shunga taalluqli uskunadan iborat tarmoq. " Kabel taqsimlash tizimining bosh stansiyasi|"Mahalliy yoki tashqi manbalardan, signallarni qabul qilish va qayta ishlash uchun uskunani qo’shgan holda, kabel taqsimlash tizimiga signallarni uzatuvchi uskuna kompleksi. " Kabel televideniyesi qabul qilgichi|"Abonent rozetkasidagi kabelli taqsimlash tizimi bilan ta’minlanadigan signallarni qabul qilish uchun maxsus loyihalashtirilgan radioeshittirish qabul qilgichi yoki televizor. Izoh ‒ Bunday qabul qilgichlar radioeshittirish diapazonlaridan tashqaridagi kanallarga sozlanishi mumkin. " Kabel terminali|"Kabel o‘tkazgichlariga kira olish va ulanishni amalga oshirish uchun foydalaniladigan qurilma. " Kabel tizimi|"1. Kabellar, shnurlar, simlar hamda kommutatsion uskuna yig‘indisi. 2. Uzatgich va qabul qilgich orasida joylashgan optik elementlardan, masalan, tolalar, konnektorlar, muftalar va boshqa elementlardan iborat tizim. " Kabel ustuni|"Shift yoki devorga mahkamlangan, kabel oqimlarini ochiq ushlab turish uchun mo‘ljallangan vertikal yoki gorizontal qurilma (odatda, alyuminiy yoki po‘latdan tayyorlanadi). " Kabel uzeli (optik tola)|"Bitta yoki ikkala uchida konnektorlar ulangan optik-tolali kabel. Konnektor kabelning faqat bir uchiga ulangan bo‘lsa, kabel uzeli egiluvchan o‘tkazgich, agar ikkala uchiga ulansa, tutashtirgich bo‘ladi. " Kabel uchastkasi|"Uzatgich va qabul qilgich o‘rtasida joylashgan kabellar, ulagichlar, ajratgichlar va boshqa elementlarning majmui. " Kabel shkafi|"Binoga xizmat ko‘rsatadigan kommutatsion uskuna o‘rnatilgan texnologik (apparat) shkaf. " Kabelli lokal tarmoq|"Kanallari kabellar asosida yaratilgan lokal tarmoq. Kabelli lokal tarmoqlarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, har bir kanalga o‘nlab tizimlar ulanishi mumkin. Shu tarzda, monokanalli tarmoq, halqasimon tarmoq va kommutatsiyalanadigan lokal tarmoq hosil bo‘ladi. " Kabelli modem|"Kompyuterni onlayn servisni o‘zida ifodalaydigan kabelli televizion tizim bilan ulash uchun ishlatiladigan modem. " Kabelli optik kiritish qurilmasi|"Ichida ulovchi optik tolalar (kabel) bo‘lgan, ularning uzatish tizimi oraliq stansiyasining konteyneriga (sisternasiga) zich kiritilishini, ortiqcha uzunliklari yotqizilishini, shuningdek, liniya kabelining optik tolalari bilan ulanishini hamda tegishli optik ulagichlarning himoyasini taʼminlovchi qurilma. " Kabelli raqamli televizion eshittirish|"Kabelli tarmoqlardan foydalangan holda amalga oshiriladigan raqamli televizion eshittirish. " Kabelli (raqamli televizion) eshittirish tizimi|"Televizion dasturlarni iste’molchiga kabel tarmog‘i orqali yetkazish uchun mo‘ljallangan raqamli televizion eshittirish tizimi. " Kabelli taqsimlah|"Foydalanuvchilar guruhiga televizion yoki tovushli dasturlarni kabelli tarmoqlar orqali taqsimlash. Izoh – Ayrim titzimlarda boshqa signallar uzatilishi mumkin, shuningdek, teskari aloqa kanali ta’minlanishi mumkin. " Kabelli tarmoq|"Tizimlari kabellar orqali o‘zaro aloqada bo‘lgan axborot tarmog‘i. Axborot tizimlarida kabellarni ishlatish atmosfera shovqinlari va quyosh nurlanishidan saqlash, maʼlumotlarning yuqori darajadagi xavfsizligini taʼminlash bilan bog‘liq qator ijobiy xossalarga olib keladi. Ayni vaqtda, simsiz tarmoqlarga nisbatan, kabelli tarmoqlar fazo va koinotdagi tizimlar bilan aloqa qiluvchi mobil tizimlarni yaratish uchun yaroqsiz. Bundan tashqari, kabelli tarmoqlar aholi kam istiqomat qiluvchi hududlarda va foydalanish qiyin bo‘lgan tarmoqlarda tejamli emas. Kabelli tarmoqlar, birinchi navbatda, global va hududiy tarmoqlarda ishlatiladi. " Kabelli telefoniya|"Kabel televideniyesi xizmatlarini yetkazib beruvchilar tomonidan taqdim etiladigan telefon aloqasi xizmatlari. " Kabelli televideniye|"Televizion dasturlarni kabel bo‘yicha taqsimlash. " Kadensiya|"Audiosignal, raqamning impulsli terilishi yoki chaqiruv signali uchun xos bo‘lgan, almashinib keladigan tovush va pauzalar ketma-ketligi. Kadr rus. - кадр ing. - frame 1. Telekommunikatsiyalarda va kompyuter tarmoqlarida: aloqa kanali orqali uzatish uchun mo’ljallangan ma’lum bir formatdagi ma’lumotlar paketi; videografikada: videooqimdagi alohida kadr; HTML tili va veb-dizaynda: brauzer oynasining alohida veb-sahifani ko‘rsatuvchi qismi; dasturlash da (asosan quyi daraja tillarida): funksiyaning lokal o‘zgaruvchilarini saqlash uchun ajratiladigan xotira qismi. 2. Televideniyeda – teskari qaytishni qo‘shgan holda, tasvirni to‘liq tavsiflashga mos keluvchi satrlar jami. Izoh − Ba’zi ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarda «frame» atamasi televizion kadrning tarkibiy qismini belgilash uchun qo‘llaniladi. " Kadr identifikatori|"Paket sarlavhasidagi maydon bo‘lib, unda uzatiladigan kadrning turi – axborot kadri yoki xizmatga oid kadr ekanligi, ko‘rsatiladi. " Kadr sinxronizatori, sinxronizator|"Tashqi manbadan kelgan sinxron bo‘lmagan to‘liq videosignalni yoki to‘liq rangli videosignalni, xotira qurilmasiga yozish va keyinchalik uni mahalliy signallar bilan sinxron sanash orqali sinxronlash va fazalashni amalga oshiruvchi qurilma. " Kadr sinxronizatsiyasi, siklik sinxronizatsiya|"Holat, bunda qabul qiluvchi uskuna bilan generatsiyalangan raqamli kadr qabul qilingan signalning raqamli kadri bilan doimiy vaqt bo‘yicha nisbatga ega va alohida taym-slotlar har bir raqamli kadrda noyob identifikatsiyalangan bo‘lishi mumkin. " Kadr sinxronizatsiyasi so‘zi, siklik sinxronizatsiya so‘zi|"Har bir raqamli kadrga yoki har bir n ta raqamli kadrdan keyin kiritilgan, doimo raqamli kadrda o‘zgarmas nisbiy pozitsiyani egallaydigan va kadrni siklik sinxronizatsiyani o‘rnatish va qo‘llab-quvvatlashda foydalaniladigan razryadlarning farqlovchi guruhi. " Kadr tarkibi jadvali|"Kadrning davomiyligi, kadrdagi slotlarning umumiy soni, kadrning boshlanish vaqti hamda chastotaning surilishi to‘g‘risidagi axborotni ichiga oladigan jadval. " Kadrlar chastotasi|"Sekund ichida yoyiladigan kadrlar soni. Izoh – Ayrim ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarda «Frame frequency» atamasi 1 sekunddagi maydonlar sonini belgilashda ishlatiladi. " Kadrlararo (maydonlararo) kodlash|"Tasvirning ikki va undan ortiq qo‘shni kadri (maydoni) sanoqlari o‘rtasidagi fazoviy va vaqt korrelyatsiyasidan foydalanishga asoslangan, raqamli oqimni qisqartirish maqsadida kodlash. " Kadrlararo taxminlash bilan kodlash|"Kanal bo‘yicha mavjud kadr va koderda taxmin qilingan kadr o‘rtasidagi farq uzatiladigan kodlash usuli. " Kadrlarni retranslyatsiya qilish|"Kadrlarning uzellarda minimal kechikishlar bilan tez uzatilishini taʼminlaydigan HDSL boshqaruv protokoliga asoslangan FR yuqori sath protokoli negizida qurilgan tarmoq turi. FR tarmoqlarida X.25 protokoli negizidagi tarmoqlarga xos bo‘lgan ortiqchalik yo‘q, trafikni inkapsulyatsiyalash yo‘qotishlari 2-3 foizdan oshmaydi, chunki butun kadrdagi xatolarni nazorat qilish o‘rniga, faqat uning yaxlitligi tekshiriladi, xatolarni aniqlash protsedurasi manzil maydoni uchungina saqlanadi. FR tarmoqlarida axborot qabul qilinishi ishonchlilik darajasini belgilash foydalanuvchilarning uskunasiga yuklatiladi. Kadrlarni yuborishning tarmoq mexanizmi signal/shovqin nisbati yuqori (odatda, 10-7 dan yomon bo‘lmagan) kanallardan foydalanishni talab qiladi. frame relay tarmoqlari arxitekturasida virtual kanallarning ikki – doimiy (PVC) va kommutatsiyalanadigan (SVC) turidan foydalaniladi. Aloqani tashkil qilishda afzallik doimiy kanallar orqali uzatish tomonda bo‘ladi. frame relay protokoli foydalanuvchilarni xabardor qilgan holda, tarmoqning o‘ta yuklanishi ustidan nazorat olib borilishini ko‘zda tutadi. FR texnologiyasi ITU-T (I.233, Q.920-933, I.370 tavsiyalar) hamda ANSI (Т1.606, 602, 617, 618 standartlari) tomonidan standartlashtirilgan. " Kadrlash|"Videosignal datchigida yoki tiklash qurilmasida yoyuvchi element bilan aylanib chiqadigan sirtning to‘g‘ri joylashishi. " Kadrni differensial kodlash|"Harakatdagi tasvirlar holatida signallarni siqish bilan kodlashdan foydalanib faqatgina ikkita qo‘shni kadrlar orasidagi farq to‘g‘risidagi axborotni uzatish. " Kadrni diskret-kosinus o‘zgartirish|"Tasvirni satrlararo qayta ishlash usuli orqali ikki maydonni bir kadrga satrma-satr birlashtirish va progressiv yoyish bilan uni oddiy tasvir kabi qayta ishlash usuli. " Kadrning tebranishi|"Vertikal yo‘nalishdagi televizion tasvirda paydo bo‘ladigan fazaviy titrash. " Kafolat|"Xavfsizlik siyosatini o‘tkazishning to‘g‘riligi va batartibligiga nisbatan arxitektura va tizim xavfsizligini ta’minlash vositalariga ishonch o‘lchovi. " Kafolatlangan xizmat ko‘rsatish zonasi|"Har qanday tashqi omillar ta’siriga qaramay, turg‘un aloqa ta’minlanadigan xizmat ko‘rsatish zonasi. " Kafolatlangan yo‘nalganlik diagrammasi|"Real yo‘nalganlik diagrammasi yaproqlari cho‘qqi qiymatlarining og‘ib o‘tuvchisi. Izoh – Kafolatlangan yo‘nalganlik diagrammasi darajasining 3 dB dan ko‘p bo‘lmagan va real yo‘nalganlik diagrammasi yon yaproqlari piklarining 10 foizidan ko‘p bo‘lmagan oshishiga yo‘l qo‘yiladi. " Kalibrlash|"Audio- yoki video qurilmalarning to‘g‘ri ishlashini ta’minlash maqsadida, ularni aniq sozlash. " Kalit, kod|"Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimidagi kalit. Baza faylida xabarni identifikatsiya qilish va unga tez kira olishni ta’minlash uchun ishlatiladigan belgilar ketma-ketligi. " Kalit oqimi|"Ikkining moduli bo‘yicha bitma-bit jamlash yordamida o‘zgartiriladigan ochiq xabarga qo‘yiladigan uzun psevdotasodifiy ketma-ketlik. " Kalit oqimi generatori|"Oqimli kriptotizimlar uchun kalit oqimini ishlab chiquvchi algoritm. Yo jo‘natuvchi va oluvchi uchlarida bir xil kalit oqimini qayta ishlab chiqish uchun determinallangan, yo tasodifiy bo‘lishi mumkin. Agar generator determinlangan bo‘lsa, u maxfiy kalitga bog‘liq bo‘ladi. Kalit oqimi generatorlari odatda siljish registrlarining kombinatsiyasiga va nochiziqli Bul funksiyalariga asoslanadi. Kalit oqimi generatorlarini tuzishda ko‘pincha, blokli shifrlarni kriptografik qayta tuzishdan, masalan OFB yoki hisoblagichli usuldan foydalaniladi. " Kalit sertifikati|"1. Ochiq kalit, kalit egasining xizmatga oid axboroti, shuningdek ishonchli sertifikatlashtirish markazi (tasdiqlochi markaz) vakolatlangan shaxsining raqamli imzosi bilan tasdiqlangan boshqa xizmatga oid axborotni o‘z ichiga olgan oldindan belgilangan formatdagi maʼlumotlar tuzilmasi (kalitning amal qilish vaqti va vazifasi, foydalanilayotgan kriptografik algoritmlar turi va b.). 2. Ochiq kalitning, uni ishlab chiquvchi shaxsga muvofiqligini tasdiqlovchi raqamli guvohnoma. Eng oddiy shaklda sertifikatlar ochiq kalit va kalit muallifining nomini o‘z ichiga oladi. Bu axborotdan tashqari, sertifikatda sertifikatning amal qilish muddati tugagan sana, sertifikat bergan tashkilot nomi va ayrim boshqa axborot bo‘lishi mumkin. " Kalit so‘z|"1. Dasturlash tillarida – oldindan belgilangan harakat, o‘rnatilgan funksiya yoki operatsiya aniqlanadigan so‘z. 2. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimida – qandaydir yozuvlar yoki hujjatlarni izlash amalga oshiriladigan so‘z. " Kalit tizimi|"1. Kriptografik kalitlarni generatsiya qilish, taqsimlash, ulardan foydalanish, saqlash, almashtirish, yo‘q qilish va tiklash tartibini belgilovchi qoidalar majmui. 2. Axborotning kriptografik muhofaza qilinishini ta’minlashda, kriptografik kalitlar va ulardan foydalanish qoidalarining majmui. " Kalitlar bilan almashish|"1. Obyektlar o‘rtasida, bu obyektlar orasida bog‘lanishni kodlash uchun foydalanilishi kerak bo‘lgan ochiq kalitlarni almashinish. 2. Odatda ikki tomon keyinchalik shifrlangan axborot bilan almashish uchun kriptotizim kalitlari bilan almashadigan jarayon. " Kalitlar generatsiyasi|"Kriptografik kalitlarni generatsiyalash jarayoni. Kirxgoff qoidasiga muvofiq, kriptografik algoritmning o‘zgarmasligi kalitning maxfiyligiga asoslanadi, shuning uchun kalitlar generatsiyasi juda muhim jarayon hisoblanadi, uni bajarish uchun turli usullardan, masalan, tasodifiy va psevdotasodifiy ketma-ketlikdagi generatorlardan foydalaniladi. " Kalitlarni autentifikatsiya qilish va tanlash to‘g‘risida bitim|"3G tarmoqlarida ikki tomonlama autentifikasiya qilish protsedurasi, bunda uzatuvchi tomonda autentifikatsion vektor shakllanadi va qabul qiluvchi tomon bilan kelishiladi. Agar kelishuvga erishilsa, shifrlash kalitini hisoblash amalga oshiriladi, aks holda, so‘rov bekor qilinadi. " Kalitlarni boshqarish|"1. Kalitlarning muhofazalangan generatsiyalanishi, taqsimlanishi, saqlanishi va yo‘q qilinishini ta’minlovchi tadbirlar va protseduralarning majmui. 2. Kalitlarning to‘liq yashash sikli davomida bajariladigan, kriptografik kalitlarni va xavfsizlik (masalan, initsializatsiya qilish vektorlari va parollar) bilan bog‘liq boshqa parametrlarini boshqarishni, shuningdek ularni generatsiyalash, saqlash, o‘rnatish, kiritish, chiqarish va nollashni o‘z ichiga olgan harakatlar. 3. Xavfsizlik siyosatiga muvofiq, kalitlarni generatsiyalash, saqlash, taqsimlash, chiqarib tashlash, hisobga olish va qo‘llash. " Kalitlarni boshqarish tizimi|"Kalit tizimining, putur yetkazilgan (obro‘sizlantirilgan) kalitlardan foydalanish, ularni almashtirish, saqlash va arxivlash, zaxira nusxa ko‘chirish, tiklash, muomaladan chiqarib tashlash, shuningdek, eski kalitlarni yo‘q qilish tartibini belgilovchi tarkibiy qismi. " Kalitlarni oldindan taqsimlash sxemasi|"Boshlang‘ich kalit axborotni taqsimlash va kalitlarni shakllantirish algoritmlarining majmui. " Kalitlarni ochiq taqsimlash|"1. Muhofazalanmagan telekommunikatsiyalar kanallari bo‘yicha kriptografik kalitlarni taqsimlash mexanizmi. 2. Ikkita abonentga, oldindan taqsimlanadigan qandaydir umumiy maxfiy axborotni uzatmasdan turib, ochiq telekommunikatsiyalar kanali orqali xabarlarni almashinish yo‘li bilan, umumiy maxfiy kalit ishlab chiqish imkonini beradigan protokol. " Kalitlarni saqlash uchun topshirish|"Kriptografik kalitlarni ikki qismga ajratib, kalitlarni saqlash uchun topshirish jarayoni, ularning har biri shifrlanadi va kalit komponentlari, amal qilish muddati davomida ishonchli saqlashni ta’minlovchi ishonchli hukumat tashkilotlariga saqlash uchun topshiriladi. Bu komponentlar milliy xavfsizlik uchun javobgar xizmatlarga noyob kalitlarni tiklash va xabarlarni rasshifrovka qilish imkonini beradi. " Kalitlarni sertifikatlash markazi|"Muhofazalangan bog‘lanishga bo‘lgan har bir so‘rovda abonent-respondent kalitiga murojaat qilinishini talab etmaydigan mexanizm. " Kalitlarni taqsimlash|"1. Kalitlarni boshqarishning asosiy mexanizmlaridan biri. Turli xil usullar orqali amalga oshirilishi mumkin. Simmetrik kriptotizimlar uchun abonentlarga kalitlarni yetkazib berishning quyidagi variantlari mavjud: – muhofazalangan kanallar bo‘ylab, masalan feldyegerlik xizmati yordamida; – turli kanallar bo‘ylab qismlarga bo‘lib; – kalitlarni taqsimlash markazi orqali. Asimmetrik kriptotizimlar uchun kalitlarni ochiq taqsimlash mexanizmidan foydalanish mumkin. 2. Kriptografik kalitlarni generatsiyalash, foydalanuvchilarga yuborish, saqlash va bekor qilish tartibini belgilovchi qoidalar majmui. " Kalitlarni taqsimlash markazi|"1. Simmetrik kriptotizimlarda maxfiy kalitlarni taqsimlash imkonini beradigan mexanizm. 2. Ishonch bildirilgan shaxslarga vaqtinchalik seans kalitlarini berish vakolatiga ega tizim. Izoh – Har bir seans kaliti shifrlangan ko‘rinishda topshiriladi, buning uchun ma’lumotlar beriladigan ishonch bildirilgan shaxs bilan birgalikda kalitlarni taqsimlash markazi tomonidan qo‘llaniladigan asosiy kalitdan foydalaniladi. 3. Ishtirokchilar (protokolning ishtirokchilari) o‘rtasida simmetrik shifrtizimlardagi yoki asimmetrik shifrtizimlardagi maxfiy kalitlarni taqsimlovchi ishonch markazi. " Kalitlarni taqsimlash protokoli|"1. Bajarilishi natijasida birgalikda ishlaydigan tomonlar (foydalanuvchilar, foydalanuvchilar guruhi) kriptografik tizim ishlashi uchun zarur bo‘lgan kalitlarni oladigan protokol. 2. Foydalanuvchilar tomonidan kriptografik tizim ishlashi uchun zarur bo‘lgan kalitlarni olish protokoli. Kalitlarni taqsimlash protokolining quyidagi turlari farqlanadi: (generatsiyalangan) kalitlarni uzatish protokollari; umumiy kalitni ishlab chiqish protokollari (kalitlarni ochiq taqsimlash); kalitlarni dastlabki taqsimlash sxemalari. " Kalitlarni tarqatish xizmati|"Kalitlarni vakolatli obyektlarga xavfsiz tarqatish xizmati. Kalitlarni tarqatish markazi tomonidan bajariladi. " Kalitlarni tez yangilash|"Kalitli axborotni ochishdan muhofaza qilish usuli, unga ko‘ra, har bir yangi aloqa seansida kalitlar yangilanadi, bunda kalitlarning hech qaysisi takroran ishlatilmaydi. " Kalitlarni o‘rnatish tizimi|"1. Kalitlarni generatsiyalash, taqsimlash, uzatish va tekshirish algoritmlari va protseduralarini belgilovchi kalit tizimining kichik tizimi. 2. Kalit tizimining, kalitlarni generatsiyalash, taqsimlash, berish va tekshirish algoritmlari hamda protseduralarini belgilovchi tarkibiy qismi. " Kalitlarning hayotiy sikli|"Kalitlar generatsiya vaqtidan yo‘q qilish vaqtigacha o‘tadigan bosqichlar ketma-ketligi. " Kalitni ochib ko‘rsatish|"Shifrlash kalitidan raundli kalitlar ketma-ketligini ishlab chiqish protsedurasi. Odatda, raundli kalitlarning jami hajmi shifrlash kalitining o‘lchamidan ancha ko‘p bo‘ladi. " Kalitning amal qilish davri|"Vaqt intervali, uning mobaynida kriptografik kalit almashtirilmasdan, zarur muhofazalanganlik kafolatlanadi. " Kalkulyator|"Hisob-kitoblarni bajarishga yordam beradigan ko‘pgina operatsion tizimlarning maxsus, ichki qurilgan dasturi. Ikki xil ko‘rinishi mavjud – oddiy va injenerlik uchun. " Kallak|"Maʼlumotlarni diskdan o‘qish va unga ёзиш komponenti. Dastlabki diskdan o‘qish va unga ёзиш kallaklari ferritdan yasalgan edi. So‘ngra ular o‘rniga juda yupqa metall qatlamli tuzilmali kompozit moddalardan yasalgan kallaklar ishlatila boshladi. Yupqa plyonkali kallaklarga o‘tish ularning o‘lchamlarini ancha kichraytirishga imkon berdi. Maʼlumotlarni diskda yuqori zichlikda ёзиш uchun ishlab chiqilgan magnit rezistiv kallaklar haqiqiy inqilob bo‘ldi. " Kam harakatli tasvirga ega televideniye|"Tiklanadigan tasvir va shu tasvirning yoki yangi tasvirning o‘zgartirilgan versiyasini qayta tiklash o‘rtasidagi vaqt intervali, tasvirlar ketma-ketligining tarkibiy qismi, odatda, kadrlarning oddiy davridan qisman oshadigan televideniye. " Kam shovqinli konvertor|"Tarkibida kam shovqinli kuchaytirgichi va L-diapazonda yuqori oraliq chastotali (OCh) o‘zgartirgichi bo‘lgan yo‘ldoshli aloqa (yo‘ldoshli televideniyeni qabul qilish) stansiyasining kam shovqinli kirish qurilmasi. " Kam shovqinli kuchaytirgich|"Yo‘ldoshli aloqa liniyasining qabul qilish qurilmasi kirishidagi kichik xususiy shovqinli dastlabki kuchaytirgich. " Kamayib borish bo‘yicha saralash|"Ma’lumotlarni katta qiymatlardan kichik qiymatlarga tomon masalan, sanalarni ‒ hozirgisidan oldingi sana tomon, matnli ma’lumotlarni ‒ alifbo tartibiga teskari tartibda qo‘yish. " Kamera|"Yorug‘likka sezgir moddalarda predmetlarning tasvirini olishga mo‘ljallangan qurilma. Eslab qolinadigan signalning turiga qarab kameralar analog va raqamli turlarga bo‘linadi. " Kamerali kanal|"Televizion kamera bilan bog‘liq, sinxrogenerator, kuchaytirgich, kamerani boshqarish bloki va to‘liq videosignalni paydo qilishga imkon beradigan tuzatadigan qurilmalarni o‘z ichiga olgan uskunalarning jami. " Kanal|"1. Axborotni uzatish marshruti. 2. Telekommunikatsiyalar tizimining, manba va xabarlar qabul qilgichni o‘zaro bog‘lovchi qismi. " Kanal bo‘yicha kodlash|"1. Telekommunikatsiyalar kanali orqali ishonchli uzatishni ta’minlash uchun, xatolarni aniqlovchi kodlardan yoki xatolarni tuzatuvchi kodlardan foydalanish. 2. Shifrlangan xabarlarni uzatish usuli, bunda har bir xabar deshifrovka qilinadi va uni qayta jo‘natishning har bir bosqichidan so‘ng yana qayta kodlanadi. 3. Raqamli signalni uzatish kanali xarakteristikalari bilan muvofiqlashtirilgan signalga aylantirish uchun raqamli kodlash. Izohlar 1. Kanalli kodlashda, ayrim ortiqchalik atayin kiritilishi mumkin, masalan, xatolardan himoya qilish uchun. 2. «Liniyani kodlash» atamasi kabelli uzatishda ham xuddi shu ma’noga ega, lekin, odatda, xatolardan himoya qilishni o‘z ichiga olmaydi. " Kanal darajasi (ma’lumotlar bo‘g‘ini darajasi)|"Tarmoq elementlari o‘rtasida ma’lumotlar uzatish darajasida aloqani tashkil qilish, qo‘llab-quvvatlash va uzilishlarni ta’minlaydigan OSI modelining ikkinchi sathi. Paketlarni qabul qilish va uzatish, deytagramma darajasidagi servis, lokal manzillash va xatolarni nazorat qilish uchun javob beradi. " Kanal hosil qiluvchi apparatura|"Alohida kanallar signallarining guruhli signallarga birlashtirilishini ta’minlaydigan apparatura. Kanallar chastotaviy bo‘linadigan tizimlarda ko‘p kanalli signal kanallarni chastota bo‘yicha transponirlash hisobiga hosil qilinadi. " Kanal intervali|"Siklda muayyan o‘rinni egallovchi va kanallarni vaqt bo‘yicha ajratish usuli bilan olingan bitta kanal uchun mo‘ljallangan vaqt intervali. " Kanal sathi protokoli|"Muhitga kira olishni boshqarish (MAC - sathidagi) va OSI yetti sathli modelining fizik (PHY) sathidagi simsiz tarmoqlarni tashkil qilish tartibini belgilaydigan protokol. " Kanal chegarasi|"Kanal polosa kengligi bilan ajratilgan E-UTRA eltuvchining quyi va yuqori chastotalari. " Kanaldan muvozanatli foydalana olish tartiboti|"X.25 protokoli asosidagi paketlar kommutatsiyalanadigan tarmoqlarda foydalaniladigan kanal pog‘onasidagi tartibot. Foydalanuvchi uskunasi va tarmoq kommutatori o‘rtasida maʼlumotlar almashinuvining simmetrik rejimini tashkil qilish imkonini beradi. Ishlash jarayonida xatolarning nazorat qilinishi va uzatiladigan maʼlumotlarning yaxlitligi taʼminlanadi. " Kanalga xizmat ko‘rsatish moduli|"Tashqi telefon tarmog‘idan mijoz territoriyasiga signal o‘tkazadigan dastlabki moslama. CSU telefon tarmog‘ining to‘g‘ri yakunlanishini, uning kelishuvi va xatosini, bundan tashqari qurilma nosozligini qidirganda shleyf orqali liniya tekshiruvini ta’minlaydi. " Kanallar adapteri|"Televizion kanalda eltuvchilar tarqoqligini va ularning chastota spektridagi holatini o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan qurilma. " Kanallar kommutatsiyasi|"1. Paketlarni uzatish uchun foydalaniladigan ikki xost o‘rtasida ajratilgan kommunikatsiya yo‘li tashkil etiladigan kommunikatsiya modeli. Yo‘l faqat uzatish vaqtida mavjud bo‘ladi, uzatish tugagandan so‘ng yo‘l yopiladi. Ulanish yopilgach undan boshqa xostlar foydalanishi mumkin. 2. Foydalanuvchilar o‘rtasida aniq hajmdagi xabarlarni uzatish uchun zarur vaqt talab etiladigan kanallarning ketma-ket bog‘lanishini ta’minlaydigan stansiyalar va uzellardagi operatsiyalar majmui. 3. Jo‘natuvchi va oluvchi o‘rtasida ulanish davomida ajratilgan fizik aloqa kanali mavjud bo‘ladigan kommutatsiya tizimi. Telefon tarmog‘ida keng qo‘llaniladi. " Kanallar kommutatsiyasining mobil markazi|"Radiotarmoqning kommutatsiya markazi bo‘lib, barcha chaqiruvlarni nazorat qiladi, umuman tizim ishini boshqaradi. " Kanallar puli|"Umumiy pulga birlashtirilgan bitta yoki bir nechta tayanch stansiyaga mansub bo‘lgan ishchi kanallar guruhi. " Kanallardagi qutblanish nosozligini xotirada saqlab qolish|"Har bir kanal uchun dasturlarni qayta ulashdan so‘ng avtomatik tarzda almashtirish orqali qutblanish burchagini moslash mumkinligi. " Kanallarni fazoviy ajratish bilan ko‘p stansion foydalana olish|"Butun xizmat ko‘rsatish zonasi ko‘plab mayda hududlarga bo‘linadigan va ularning har biri alohida nur bilan qamrab olinadigan foydalana olish usuli. Izoh − Turli zonalarda ishlab turgan abonentlar o‘rtasidagi aloqa nurlararo kommutatsiya hisobiga amalga oshiriladi. " Kanallarni fazoviy-kodli ajratish bilan ko‘p stansion foydalana olish|"Kanallarni fazoviy ajratishga asoslangan gibrid foydalana olish usuli, unda qo‘shni nurlarda turli kodli ketma-ketliklar ishlatiladi. Izoh − Bunday foydalana olish usulida turli nurlar signallari o‘rtasidagi kerakli bo‘shalish ular hatto ustma-ust tushganida ham amalga oshadi. " Kanallarni kod bo‘yicha ajratish bilan ko‘p stansion foydalana olish texnologiyasi|"Kengaytirilgan spektrli signallardan foydalanishga asoslangan kodli foydalana olish texnologiyasi. Bunda, odatda, o‘zaro «yaxshi» korrelyatsiyalanish xossalariga ega bo‘lgan kodli psevdotasodifiy ketma-ketlik (PTK) lar negizida tashkil etilgan fazaviy manipulyatsiyalangan signallar qo‘llaniladi. Turli psevdotasodifiy ketma-ketliklardan foydalanish CDMA tizimi abonentlariga chastotalarning umumiy polosasida ishlash va har qanday kanaldan foydalanish imkonini beradi. CDMA texnologiyasining asosiy ustunliklariga: signalni o‘ramga aylantirish jarayonida oddiy shovqinga transformatsiyalanadigan tor polosali xalaqitlarga nisbatan yuqori xalaqitga chidamlilik, radioto‘lqinlar ko‘p nurli tarqaladigan kanallarda yuqori spektral samaradorlik, abonent bir zonadan boshqasiga ko‘chib o‘tganida kanallarni ohista almashlab ulash (xendover) kiradi. Tarmoqdagi barcha tayanch stansiyalar bitta chastotada ishlaydi, shuning uchun chastotaviy rejalashtirish zarurati yo‘q. Abonent stansiyalari quvvatlarining sochilishiga bo‘lgan yuqori sezgirlik va tayanch stansiyalarni sinxronlash zarurati (IS-95 standarti) – CDMA texnologiyasini joriy etishdagi asosiy qiyinchiliklardir. " Kanallarni kod bo‘yicha ajratish hamda vaqt bo‘yicha psevdotasodifiy qayta sozlash bilan ko‘p stansion foydalana olish|"Gibrid foydalana olish texnologiyasi, unda axborot vaqtda siqiladi va shovqinsimon signallardan foydalanilgan holda uzatiladi. " Kanallarni kod bo‘yicha ajratish texnologiyasi|"Bitta eltuvchi chastotadan kanallarni ajratish usuli, bunda turli kanallarning signallari foydalaniladigan kodli (odatda, psevdotasodifiy) ketma-ketlik turlari bo‘yicha farqlanishi talab qilinadi. " Kanallarni kod-vaqt bo‘yicha ajratish bilan ko‘p stansion foydalana olish|"1. Gibrid foydalana olish texnologiyasi, bunda vaqt kadri kanalli intervallar (KI)ga bo‘linadi, uzatiluvchi ma’lumotlar bloki esa, uch parametr – chastota, vaqt hamda kod bilan tavsiflanadi. Izoh − «Bitta abonent – bitta KI» yoki «ikkita abonent – bitta KI» (yarim tezlikli kanallar uchun) prinsipi amalga oshiriladigan klassik TDMA texnologiyasidan farqli ravishda, TD-CDMA ning bitta vaqt intervalida kengaytirilgan spektrli bir necha CDMA-signallarning uzatilishi ta’minlanadi. 2. (TDD) vaqt dupleksidan foydalaniladigan WCDMA tizimlarning ishlash rejimlaridan biri. " Kanallarni kodli ajratish bilan ko‘p stansion foydalana olish|"cdmOne, CDMA2000 va WCDMA radiointerfeyslari uchun mo‘ljallangan ko‘p stansion kira olish texnologiyasi. Bunda har bir abonent umumiy chastotalar polosasida tarmoqqa kirish uchun o‘ziga xos kodli ketma-ketlikdan foydalanadi. " Kanallarni kodli ajratish bilan ko‘plab kira olish|"Tarmoqda bir turdagi chastotalardan ko‘p marta foydalanadigan uyali aloqaning raqamli tizimi (radiochastotali resursdan samarali foydalaniladi). Izoh – Nurlanuvchi quvvat va shovqinlar darajasining bir vaqtda pasayishida yuqori sig‘imni va nutqning yuqori sifatini ta’minlaydigan uyali aloqa tizimi. " Kanallarni kommutatsiya qilish bilan uzatish rejimi|"Uzatish va kommutatsiya qilish funksiyalari bog‘lanishlar o‘rtasidagi kanallar yoki chastotalar polosasini doimiy biriktirish yo‘li bilan amalga oshiriladigan axborotni ko‘chirish rejimi. " Kanallarni kommutatsiyalash usuli|"Uzatish kanallari butun bog‘lanish vaqtiga ajratiladigan kommutatsiyalash usuli. Izoh − 2G simsiz tarmoq va an’anaviy telefon tarmog‘i kanallarni kommutatsiyalash usulidan foydalanib qurilgan tarmoqlarga misoldir. Bu usul ma’lumotlar uzatish uchun, paketlarni kommutatsiyalash usuliga qaraganda, kam samarali. " Kanallarni ko‘p tezlikli kommutatsiyalash|"Kanallarni 64 Kbit/sekund tezlikka karrali, yaʼni, n*64 Kbit/sekund bo‘lgan tezliklar bilan sinxron kommutatsiya usuli. Bu yerda n – butun son. " Kanallarni majburiy ravishda o‘zlashtirib olish bilan taqsimlash|"Kanallarni taqsimlash protsedurasi, bunda ortiqcha trafik paydo bo‘lgan uyalar (yacheykalar)ning ishchi kanallari soni, nisbatan kamroq trafikli yacheykalardan o‘zlashtirish hisobiga ko‘paytiriladi. Protsedura avtomatik ravishda bajariladi. " Kanallarni skanlash|"Aloqa kanallari holatini, ularning axborotni uzatishga yaroqliligi nuqtai nazaridan, tekshirish tartiboti. Bunda, odatda, qabul qilgichning kirishida mavjud bo‘lgan shovqinlar darajasi o‘lchanadi yoki joriy signal/xalaqit nisbati aniqlanadi. " Kanallarni vaqt bo‘yicha ajratish|"Vaqtni ajratish (kanallarni vaqt bo‘yicha zichlash) bilan multipleksorlash. " Kanallarni chastota bo‘yicha ajratish bilan ko‘plab/ko‘p stansion foydalana olish|"1. Spektrdan foydalana olish usuli, bunda bir yoki bir nechta chastota polosasi bitta abonentga taqsimlanadi, turli abonentlar turli chastota polosalaridan foydalanadilar. Biroq, abonentlar TDMA, CDMA yoki SDMA foydalana olish usullarini qo‘llagan holda, spektrdan birgalikda foydalanishlari mumkin. FDMA ning xususiyati shundaki, apparat amalga oshirish (ko‘rinish)da filtrlarga qo‘yiladigan talab TDMA yoki CDMAga qaraganda yuqoriroq, lekin vaqt bo‘yicha sinxronizatsiyaga qo‘yiladigan talab TDMA yoki CDMA uchun bo‘lganiga qaraganda pastroq. Bundan tashqari, chastota bo‘yicha filtratsiya tufayli, CDMA da yaqqol namoyon bo‘ladigan «yaqin−uzoq» muammosi FDMA da unchalik sezilarli emas. 2. Ajratilgan chastotalar diapazonining barchasi, har birining o‘rtasida himoyaviy chastota oraliqlari mavjud bo‘lgan bir-birini qoplamaydigan tor polosalarga ajratiladigan foydalana olish usuli. FDMA asosida aloqani tashkil etishda har bir abonentga alohida kanal ajratiladi, ular orqali signallar o‘z eltuvchi chastotalarida uzatiladi. Foydalana olishning bunday usuli abonentlar soni kam, kanallarning yuklanishi past bo‘lganida kam samaralidir. " Kanallarning adaptiv taqsimlanishi|"Tizim chastota resursining uyalar o‘rtasida, ularning kutilgan yoki haqiqiy yuklanishiga mos ravishda taqsimlanishi. Izoh − Kanallarni adaptiv tayinlash algoritmlari eng intensiv trafikli uyalarning o‘ta yuklanib ketishining oldini olish va shuning hisobiga butun mobil aloqa tizimining samaradorligini oshirish imkonini beradi. " Kanallarning dinamik ko‘rsatgichi|"Televizorlardagi funksiya, u aktivlashganda ayni vaqtda ko‘rilayotgan telekanaldagi tasvir markazga suriladi, uning atrofida tasvirni har sekundda yangilagan holda, boshqa 12 ta kanalni uzatuvchi 12 ta kichik darcha paydo bo‘ladi. " Kanallarning dinamik taqsimlanishi|"Xalaqitlardan xoli kanallarni tanlash maqsadida, ishchi chastotalarning muayyan to‘plamini davriy skanlashga asoslangan kanallarni tayinlash usuli. " Kanallarning qayd etilgan taqsimoti (uyali aloqada)|"Chastota-hududiy rejalashga asoslangan kanallarni taqsimlash usuli, bunda har bir uyaga (yacheykaga) yetarlicha uzoq vaqtga aniq miqdorda eltuvchilar ajratiladi. Ajratilgan eltuvchilar soni, odatda trafikning zichligi va yacheykaning o‘lchamlariga bog‘liq bo‘ladi. " Kanalli shifrlash|"Telekommunikatsiya vositalari orqali uzatilayotgan axborotni kriptografik usullar bilan muhofazalash. Shifrlash, aloqa kanalining ikkita uzeli (yuboruvchidan qabul qiluvchigacha yo‘lda oraliq shifrlash ham bo‘lishi mumkin) or‘tasida amalga oshiriladi. " Kanalni egallash|"Maʼlumotlarni uzatish uchun kanalni band qilish maqsadida so‘rov uzatishga urinish. Aniq vaziyatga bog‘liq tarzda, bunday urinish muvaffaqiyatli, muvaffaqiyatsiz va to‘qnashuvga olib keluvchi bo‘lishi mumkin. " Kanalning ishonchliligi|"Kanal aloqa uchun yaroqli bo‘lgan vaqt ulushi. " Kanalning tayyorlik vaqti|"Aloqa kanalining sifat ko‘rsatgichi. Test signali davomiyligi va xatolar bilan qabul qilingan sekundli intervallar soni o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Aloqa kanalining tayyorligi odatda, foizlarda ifodalanadi. " Kandela|"Yorug‘lik kuchining birligi; SI tizimining asosiy birligi. Kandela parametrlari aniq belgilangan manbaning berilgan yo‘nalishdagi yorug‘lik kuchiga teng. " Kapalaksimon antenna|"Yassi o‘tuvchi sirtning markaziy o‘qi bo‘yicha teshilgan, nurlanish to‘lqinining uzunligiga teng kenglikdagi bo‘ylama tirqishi bo‘lgan tirqishli nur tarqatgich. " Kaptcha|"Tyuringning kompyuterlar va insonlarni farqlash uchun to‘liq avtomatlashtirilgan ochiq sinovi. Tizim foydalanuvchisi inson yoki kompyuter ekanligini aniqlash uchun qo‘llaniladigan kompyuter sinovi. Karnegi-Mellon universitetining savdo markasi. Atama 2000-yilda paydo bo‘lgan. Sinovning asosiy g‘oyasi: foydalanuvchilarga inson yecha oladigan biroq kompyuter yechishni o‘rganishi ancha qiyin bo‘lgan vazifani taqdim etish. Odatda bu belgilarni aniqlash vazifalari. Kaptcha ko‘pincha internet-servislarning botlar tomonidan foydalanilishining oldini olish maqsadida qo‘llaniladi, jumladan, xabarlarning avtomatik jo‘natilishi, ro‘yxatdan o‘tish, fayllarni yuklash, spamni jo‘natish va h.k. " Kardano panjarasi|"Almashtirib qo‘yish shifrini amalga oshiruvchi kriptografik tizim. O‘zida, yacheykalarning to‘rtdan biri to‘rt burilishda barcha jadvalni qamrab oladigan tarzda kesilgan kvadrat jadval (panjara)ni aks ettiradi. Ochiq matn 90° ga buriladigan panjaraning kesilgan yacheykalariga yoziladi, shu bilan yangi, to‘ldirilmagan yacheykalar ochiladi. " Karder|"Plastik kartalar bilan bog‘liq qalbaki ishlar bilan shug‘ullanuvchi firibgar («virtual o‘g‘ri»). " Karding|"Tovar yoki xizmatlarga tegishli bo‘lmagan (o‘g‘irlangan) kredit karta orqali to‘lovni amalga oshirish. Odatda, kredit kartaning egasi bundan bexabar bo‘ladi. " Kardrider|"Xotira kartalari-flesh-kartalarni o‘qish va yozish. " Karetkani orqaga qaytarish|"Karetkani qaytarish operatsiyasini belgilaydigan ASCII boshqaruv simvoli, ya’ni matn belgilari chiqaradigan qurilmada karetkani varaqning chap tomoniga va keyingi satrga o‘tkazilishi. " Karnay|"Shaxsiy kompyuterning dinamik qurilmasi, akustik kolonka. " Karta, perfokarta|"Mashinada qayta ishlanadigan alohida sifatdagi qog‘ozdan qilinadigan axborot tashuvchi. " Karta to‘g‘risidagi axborot bloki|"PC Card da ma’lumotlarni shakllantirish, formati va talab qilinadigan resurslar to‘g‘risidagi axborotni ichiga olgan ma’lumotlar tuzilmasi. " Kartografik axborot|"1. Kartografik asarlar to‘g‘risida maʼlumotlar. 2. Kartografik asarlar shaklida ifodalangan axborot. 3. Kartografik asarlarni yaratishda va yangilashda ishlatiladigan axborot. " Kartografik kommunikatsiya|"Kartografik axborotni xarita yaratuvchidan foydalanuvchiga uzatish. Buning ustiga xaritaning o‘zi o‘ziga xos aloqa kanali sifatida ham talqin qilinadi. " Kartografik maʼlumotlar banki|"Raqamli kartografik maʼlumotlarni saqlash, qayta ishlash va ishlatishning texnik, dasturiy, axborot va tashkiliy vositalari majmui. Uning tarkibiga bitta yoki bir nechta predmet (mavzu) sohasidagi kartografik maʼlumotlar bazalari, maʼlumotlar bazasining boshqarish tizimi hamda so‘rovlar va amaliy dasturlar kutubxonasi kiradi. " Kartografik maʼlumotlar bazasi|"Biror bir predmet (mavzu) sohasi bo‘yicha o‘zaro bog‘liq kartografik maʼlumotlar majmui. U raqamli shaklda (shu jumladan kartografik maʼlumotlar bazasi shaklida) maʼlumotlar ifodalash, saqlash va joyini o‘zgartirishga oid umumiy qoidalarga mos ravishda berilgan. Kartografik maʼlumotlar bazasiga ko‘pgina foydalanuvchilar kira olishlari mumkin. U amaliy dasturlar paketiga bog‘liq bo‘lmay, maʼlumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) tomonidan boshqariladi. " Kartochka|"Ma’lumotlar va ularni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan vizual interfeysning majmui. " Kartochkali operatsion tizim|"Mikroprotsessorli kartochkalar uchun mo‘ljallangan operatsion tizim. " Kartrij|"Qurilmaning almashtiriladigan qismi. Odatda, bu, printer uchun bo‘yaydigan tasma, lazer printerlar yoki ko‘paytiruvchi apparatlar uchun toner, purkagichli printerlar uchun siyoh saqlanadigan kasseta. " Kasr chizig‘i|"Bo‘lish operatsiyasini anglatuvchi simvol. " Kassegren antennasi|"Parabola ko‘rinishidagi asosiy ko‘zguga va antenna fokusida joylashtirilgan aylanish giperboloidi shaklidagi kichik profillangan ko‘zguga ega ikki ko‘zguli antenna. Izoh − Antennada, asosiy va yordamchi ko‘zgular yuzasining profillarini tanlash hisobiga, asosiy ko‘zguning yanada samarali nurlanishi ta’minlanadi va yon yaproqlarning darajasini pasaytirishga erishiladi. " Katalog|"1. Ma’lumotlarni qayta ishlash va ularni saqlashning tashkil qilinishi orqali ta’minlanadigan, ma’lumotlar ko‘pligi tavsiflarining majmui. 2. Obyektning matnli nomi bo‘yicha izlab topilishini ta’minlaydigan ma’lumotlar tuzilmasi. " Katalog elementi|"Papkada yoki diskning tub katalogida saqlanadigan, diskda saqlanadigan diskret obyektni (odatda, fayl yoki papkani) tavsiflaydigan axborot. Katalog elementi obyektning nomi, joylashgan yeri, o‘lchami va maxsus fayl atributlari kabi axborotni ichiga oladi. Har bir fayl va papka diskda tegishli katalog elementiga ega. Nomlari uzun fayllar joylashtirish uchun bittadan ortiq katalog elementini talab qilishi mumkin. " Katalog serveri|"Mijoz nomidan katalog maʼlumotlarini qo‘shishi, yo‘q qilishi, o‘zgartirishi va izlashi mumkin bo‘lgan server. " Katalogdan foydalana olish protokoli|"Mijozlar va X.500 serverlari o‘rtasida almashinuvni boshqaradigan protokol. " Kataloglar xizmati|"Ma’lumotlarni saqlash uchun kataloglar to‘g‘risida vositalarni taqdim etadigan va bu ma’lumotlardan foydalanuvchilar va tarmoq administratorlari foydalana olishlarini ta’minlaydigan xizmat. " Katod nurlari|"Magnit maydonini yuzaga keltiruvchi, magnit va elektromagnit maydonlarida og‘uvchi, vakuumdagi elektron dasta. " Katta hajmdagi maʼlumotlar|"1. Odam tomonidan idrok qilinadigan, uzluksiz o‘sish, hisoblash tarmog‘ining ko‘p sonli uzellar bo‘ylab taqsimlash sharoitida samarali natijalarni olish uchun, katta hajmdagi turli-tuman tuzilmlashtirilgan va tizimlashtirilmagan maʼlumotlarni qayta ishlash usullari, vositalari, yondashuvlari turkumi. 2. Katta hajmi va o‘zgarishlarning tezligi bilan tavsiflanadigan (shu jumladan haqiqiy vaqt rejimida) tuzilmlashtirilgan va tizimlashtirilmagan axborot massivlarini to‘plash, qayta ishlash va saqlash texnologiyalari, bu maxsus vositalar va ular bilan ishlash usullarini talab qiladi. " Katta harflar|"Yuqori registr harflari to‘plami. " Katta ikkilik obyekt|"Ba’zi dasturlash tillaridagi va ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimidagi, ixtiyoriy ikkilik axborotni saqlash uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar turi. " Katta (ikkilik) razryad, katta ahamiyatli bit|"Kodli so‘z doirasidagi eng katta ahamiyatga ega bo‘lgan ikkilik razryadi. " «Katta portlash» testlash usuli|"Kompleks testlash, bunda dasturiy elementlar, apparat elementlar yoki ularning har ikkisi bir vaqtda tizimga birlashtiriladi va bosqichma-bosqich emas, balki bir butun yaxlit sifatida testlanadi. " Katta simvolli obyekt|"Katta matnli obyektlarni saqlash uchun mo‘ljallangan maydon turi. " Katta tezlikka ega bo‘lgan ketma-ket shina|"Kuchli serverlardagi SCSI texnologiyasini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan FC-AL optik-tolali interfeysga ega texnologiya. Uzatishning bazaviy tezligi 100 (200-800) Mbit/s bo‘lgan, ikki portli, avtomatik konfiguratsiya qilinadigan qurilmalarning «қайноқ» almashinuvi. Qurilmalar o‘rtasidagi masofa 10 km gacha yetishi mumkin. " Katta vaqt mobaynidagi buzilishlar|"Tasvirning, namoyon bo‘lishi bir nechta kadr mobaynida sezilishi mumkin bo’lgan, buzilishlari. " Kattalashtirish|"Grafik redaktorlarda – tasvir masshtabini yoki tasvir bir qismini kattalashtirish. " Kattalik|"O‘z nomi yoki qiymati bilan yoki ham unisi, ham bunisi bilan belgilanadigan ma’lumotlar elementi. Xotiraning bir qismi, nom (identifikator) va xotirada saqlanadigan qiymat bilan beriladi. " Kaziski usuli|"Shifrmatndagi bir xil so‘zlarni aniqlash yordamida ko‘p alifboli kriptotizim davrini hisoblash imkonini beruvchi kriptotahlil usuli. Agar ko‘p alifboli kriptotizim davri ma’lum bo‘lsa, kriptotahlil bir alifboli tizimlar kriptotahliliga keltiriladi. " Kegl|"Spetsifik shriftdagi simvollar to‘plami nuqtasining o‘lchami. " Keladigan telefon yuklama|"Kelayotgan har bir chaqiruvga band bo‘lmagan chiqish bilan darhol bog‘lanish taqdim qilingan holda, qarab chiqiladigan vaqt intervali ichida keladigan barcha chaqiruvlarga xizmat ko‘rsatishning taxmin qilinadigan jami vaqti. " Kelgan telefon chaqiruvi|"Telefon stansiyasida qayd qilingan telefon chaqiruv. " Kelgusi avlod tarmog‘i (KAT)|"Sifati kafolatlangan telekommunikatsiya xizmatlarining cheklanmagan to‘plami taqdim etilishini va foydalanuvchining global mobilligini ta’minlaydigan, xizmatlar/dasturlarni boshqarish funksiyalarini kommutatsiya qilish va uzatish funksiyalaridan ajratish hamda qayd etilgan va mobil tarmoqlarga kira olishning turli texnologiyalaridan foydalanish imkonini beradigan, keng polosali paketli tarmoq asosida qurilgan universal tarmoq. " Kelib tushuvchi yuklama (abonent yuklamasi)|"Tarmoqqa ulangan barcha axborot manbalaridan keluvchi jami trafik; odatda, ma’lum vaqt davri ichida aniqlanadi. Tarmoq orqali o‘tkazilgan umumiy trafikdan farqli o‘laroq, kelib tushuvchi yuklama tarmoqning xizmat axboroti va signalizatsiyani uzatish uchun zarur ichki trafigini hisobga olmaydi. " Kelishish grifi|"Hujjat muallifi hisoblanmaydigan muassasa yoki uning organining hujjat mazmuni bilan roziligini ifodalaydigan rasmiy hujjat rekviziti. " Kelishish varag‘i|"Bitta yoki bir nechta elektron hujjatning haqiqiyligini tasdiqlash uchun mo‘ljallangan hujjat. " Kembrij halqasi|"Halqali topologiyaga ega tadqiqot qilinadigan tarmoq tizimining bir turi. " Keng ekranga panoramali ko‘rsatish|"4:3 kadr formatini, tasvirning minimal buzilishi bilan, 16:9 formatga o‘zgartirish. " Keng eshittirishli kanal|"Uzatilayotgan axborot keng auditoriya tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilinishiga qaratilgan kanal. " Keng eshittirishli tarqatish|"Bir nechta maxsus bo‘lmagan qabul qiluvchilarga yo‘naltirilgan uzatish. Ethernetda tarmoqning barcha uzellarini oluvchi paket turi. Maxsus manzil turi bilan identifikatsiya qilinadi. " Keng eshittirishli vebtranslyatsiya|"Teleradioeshittirishlar dasturlarini Internet tarmog‘i orqali uzatish. " Keng formatli televizor|"Ekran tomonlarining nisbati 16:9 bo‘lgan televizor (oddiy televizorlarda bu nisbat 4:3 ni tashkil etadi). 4:3 nisbatli ekran kengligi balandligiga qaraganda 33 foizga, 16:9 nisbatlida esa 75 foizga katta bo‘ladi. " Keng imkoniyatlarga ega integratsiyalashgan raqamli tarmoqlar|"Ma’lumotlar, ovoz, SMS-xabarlarning birgalikda uzatilishini ta’minlaydigan simsiz tarmoq. Izoh − IDEN «bittada to‘rtta» texnologiyasini o‘zida ifodalaydi: foydalanuvchilar bitta korpusda raqamli uyali telefon, ikki tomonlama radioaloqa, alifbo-raqamli peyjer va faks-modem imkoniyatlari birlashtirilishi tufayli, simsiz aloqaning barcha afzalliklaridan bir vaqtda foydalanishlari mumkin. IDEN TDMA texnologiyasiga asoslanadi va 800 MHz hamda 1,5 GHz chastotalar diapazonida ishlaydi. IDEN 25 kHz polosada 65 Kbit/s uzatish tezligini ta’minlash uchun tovushni siqishdan, VSELP kodekidan va kvadraturali amplitudaviy modulyatsiya texnologiyasidan foydalaniladi. " Keng impuls, yarim satrli impuls|"Odatda, satrlarning ikkilangan chastotasi bilan takrorlanadigan va maydonlarning sinxronlanuvchi impulslarini hosil qiladigan impulslar. " Keng polosali aloqa|"Chastotalarning keng diapazonidan foydalaniladigan aloqa turi. Televizion eshittirish, kabelli televideniye, o‘ta yuqori chastota diapazonidagi aloqa hamda yo‘ldoshli aloqa bunga misol bo‘ladi. " Keng polosali antenna|"Parametrlari chastotalar diapazonining qoplash koeffitsiyenti 1,2-1,5 bo‘lganda qo‘yiladigan talablarga mos keladigan antenna. " Keng polosali kanal|"Ko‘p sonli tor polosali axborot manbalari (nutq, ma’lumotlar, faks), yoki bitta yoki bir nechta yuqori tezlikli manbalardan (videotasvirlar, multimedia ma’lumotlari) bir vaqtda ma’lumotlar uzatilishi ta’minlanishi mumkin bo‘lgan kanal. Misol – DSL liniyalari, kabelli kanallar, WCDMA radiokanallari. " Keng polosali kuchaytirgich (jamoaviy qabul qiluvchi antennalar uchun)|"Chastotalarning barcha diapazonida ishlash uchun loyihalashtirilgan, jamoaviy qabul qiluvchi antennalarda foydalanish mumkin bo‘lgan kuchaytirgich. " Keng polosali signal|"Ishchi diapazon markaziy chastotasining 0,1 foizdan ortiq chastotalar polosasini egallagan signal. Izoh − Masalan, 500 MHz ishchi chastotaga ega bo‘lgan signal, agar uning polosa kengligi 0,5 MHz dan katta bo‘lsa keng polosali signal hisoblanadi. " Keng polosali o‘q|"Quyi eltuvchidagi ranglilik signalining birmuncha kengroq uzatish chastotalari polosasi ko‘zda tutilgan tashkil etuvchisining fazasi. Signalni vektorli taqdim etishda – ranglilikning nozik asosiy rangini ifodalaydigan vektor yo‘nalishi. " Keng yo‘lka|"Nusxa ko‘chirishdan himoya qilish usulining qismi, bunda diskdagi ikki yoki undan ortiq yonma-yon yo‘lkaga aynan bir xil ma’lumotlar yoziladi. " Kengayadigan belgilash tili|"WWW tarmog‘ida gipermatnli hujjatlarni tayyorlash, saqlash va uzatish uchun mo‘ljallangan til. " Kengayadigan uslublar jadvallari tili, XSL|"XML hujjatlarni taqdim etish (masalan, veb-brauzerda aks ettirishda) qoidalarini va ularni ma’lumotlarning boshqa sxemalari asosida yaratilgan XML hujjatlarga, shuningdek, boshqa formatlardagi (masalan, PDF) hujjatlarga o‘zgartirish yo‘llarini belgilash imkonini beradigan spetsifikatsiyalar turkumi. " Kengayish polosalari|"Spektr bo‘yicha tub polosalar bilan kesishmaydigan, chastotalarning qo‘shimcha polosalari. Jumladan, IMT-2000 tizimining o‘tkazish qobiliyatini kengaytirish uchun, Yevropa va dunyoning ba’zi hududlarida (2−3) GHz li spektr uchastkasi ajratilgan. " Kengaytiriladigan tizim|"Samaradorlikni, periferik qurilmalar soni yoki xotira sig‘imini oshirish imkoniyati ko‘zda tutilgan kompyuter tizimi. " Kengaytirilgan|"Asosiy versiyaga nisbatan qo‘shimcha imkoniyatlar bilan ta’minlangan dasturiy ta’minot. Odatda bu atama yangi imkoniyatlarni o‘z ichiga olib dasturning nomi bilan birga qo‘shib ishlatiladi. " Kengaytirilgan fayl tizimi|"Linux yadrosi uchun fayl tizimi. U Rémy Card tomonidan extended file system fayl tizimini almashtiruvchi tizim sifatida ishlab chiqilgan. U fayl tizimlari sinovlarida namuna qilib ishlatsa bo‘ladigan, yetarlicha samarali ishlaydigan fayl tizimi hisoblanadi. Jurnallanadigan fayl tizimi emasligi uning asosiy kamchiligidir. ext2 fayl tizimining rivoji bo‘lib, jurnallanadigan va ext2 tizimiga to‘liq mos keladigan ext3 fayl tizimi hisoblanadi. " Kengaytirilgan imkoniyatlarga ega raqamli radioxizmatlar|"Personal mobil abonentning to‘liq mobilligini 155 Mbit/s dan kam bo‘lmagan uzatish tezligida ta’minlab bera oladigan, istiqbolli aloqa texnologiyasi. " Kengaytirilgan matnli format|"Micrоsоft korporatsiyasi tomonidan, amaliy dasturlar o‘rtasida formatlangan matnli hujjatlarni (ya’ni rasmiylashtirilgan) almashish uchun ishlab chiqilgan fayllar formati. Turli kod jadvallarini qo‘llaydi. Ko‘plab platformalarda amalga oshirilgan. " Kengaytirilgan spektrli signallarni qo‘llagan holda ko‘p stansion foydalana olish|"Ko‘p sonli abonentlarning bir vaqtda foydalana olish usuli bo‘lib, bunda ularning har biri kengaytirilgan spektrli signalni umumiy retranslyatorga uzatadi. Izoh − Qabul paytida signal (chulg‘am)ning teskari qayta o‘zgarishi amalga oshiriladi, u dastlabki tor polosali signal spektrini buzilishlarsiz tiklash imkonini beradi, chunki turli abonentlar tomonidan uzatilayotgan signallar o‘rtasidagi o‘zaro korrelyatsiya koeffitsiyenti ancha kichik. " Kengaytirilgan xotira|"1 МB manzil fazоsidan tashqaridagi qo‘shimcha tezkor xotira. " Kengaytirilgan yuklanadigan yozuv|"Bitta mantiqiy bo‘limning o‘lchamini tasvirlaydigan, shuningdek, keyingi kengaytirilgan yuklanadigan yozuvni ko‘rsatuvchi qattiq diskdagi (512 bayt) sektor. " Kengaytirish platasi|"Kiritish/chiqarish qurilmalari (diskovodlar, modemlar, tarmoq) adapterlari o‘rnatilgan bosma plata. " Kengaytirish uyasi|"Kengaytirish platasi o‘rnatiladigan tizim platasidagi uya. Bunday platalar ularning nimaga mo‘ljallanganligiga bog‘liq ravishda, interfeys kartalari, tarmoq adapterlari va h.k. deb ataladi. " Kengaytirish shinasi|"Tizim shinasining, kengaytirish platalari uchun mo‘ljallangan uyalarni lokal shina bilan birlashtiradigan qismi. Qo‘shimcha periferik qurilmalar kontrollerlarini ulash uchun xizmat qiladi. " Kengaytiruvchi kodli ketma-ketlik|"Signalni kodi bo‘yicha ajratish tizimlarida, masalan, DS-CDMA da spektrni kengaytirish uchun qo‘llaniladigan kodli ketma-ketlik. " Kengaytma|"1. Fayl nomining bir qismi; uning yordamida fayllarni tasniflash amalga oshiriladi. Masalan, MS-DOS da kengayish, agar bor bo‘lsa, nuqtadan keyingi (bittadan uchtagacha) simvoldan iborat bo‘lishi mumkin; kengayishdan bajariladigan fayllarni (.COM, .EXE, .BAT), turli dasturlash tillari dasturlarining matnlarini ajratish uchun (BAS – BASIC, PAS – Pascal) foydalaniladi. 2. Tegishli standartlarda bo‘lmagan talablarning xavfsizlik bo‘yicha topshiriqqa yoki himoya profiliga qo‘shilishi. " Kengayuvchanlik|"1. Dasturlash tilida yangi til konstruksiyalarini belgilash mumkinligi. 2. Raqamli televideniye tizimining kengaytirilgan funksiyalarni va kelgusi texnologik yutuqlarni qo‘llab-quvvatlash va kiritish qobiliyati. " Kenglik- impulsli modulyatsiya|"Impulslar davomiyligi (kengligi) o‘zgaradigan impulsli modulyatsiya. " Kermit|"Fayllarni uzatishga yo‘naltirilgan dastur. Umumiy foydalaniladigan dasturiy ta’minot sifatida tarqatiladi. " Kerr yacheykasi|"Elektrooptik Kerr effektidan foydalanishga asoslangan yorug‘lik oqimini modulyatsiyalash qurilmasi. " Kesish|"Matn yoki tasvir bilan ishlayotganda bajariladigan operatsiyalardan biri. U matndagi/tasvirdagi ajratilgan fragmentni o‘chiradi va almashtiruv buferiga ko‘chirib qo‘yadi. Ko‘p hollarda bu operatsiyalarni bajarish uchun mo‘ljallangan «qaynoq» klavi-shlar Ctrl+X yoki Shift+Del lardir. " Kesishuv|"Interaktiv grafik tizimlarda kursor shakli. " Kesishuvchi aloqa|"Kanallar, zanjirlar yoki o‘tkazgichlar o‘rtasida yuzaga keladi-gan parazit bog‘lanish (aloqa) bo‘lib, uning natijasida turli xalaqit beruvchi signallar paydo bo‘ladi. " Kesishuvchi buzilishlar (televideniyeda)|"Tasvirga boshqa videokanallardagi signallar bilan hosil qilinadigan beixtiyoriy tasvirlarni tushirish. " Kesishuvchi modulyatsiya|"Xalaqit signalini bir zanjir yoki simdan boshqa bir zanjir simga yo‘llash natijasida yuzaga keladigan to‘g‘rilash. " Kesishuvchi xalaqitlar|"Ko‘p kanalli tizimlarda, bitta kanal orqali uzatilgan signal boshqa kanalning chiqishida anchayin kuchsizlangan holda paydo bo‘lishi hisobiga yuzaga keladigan o‘zaro xalaqitlar. Simli aloqa liniyalari uchun uzoq uchdagi kesishuvchi xalaqit FEXT hamda liniyaning yaqin uchidagi xalaqit NEXT xosdir. Chastotaviy ajratilgan tizimlarda kanal filtrlarining yetarlicha selektiv bo‘lmasligi hamda barcha kanallar uchun umumiy bo‘lgan traktda tashkil qilinadigan kombinatsion chastotalar kesishuvchi xalaqitlar paydo bo‘lishining asosiy sabablaridir. " Kesishuvchi xalaqitlarning yo‘l qo‘yiladigan darajasi|"Noqulay xalaqit beruvchi vaziyatda, masalan, aynan bir ishchi chastotalardan foydalaniladigan qo‘shni uyalarning o‘zaro taʼsiri mavjudligi sharoitida ishlaydigan radiostansiyalar vujudga keltiradigan o‘zaro xalaqitlar. " Keskin yo‘naltirilgan antenna|"Nurlanadigan yoki qabul qilinadigan quvvatning asosiy ulushi tor fazoviy burchakda to‘plangan antenna. " Keskin yo‘naltirilgan nur|"Asosiy nurlanuvchi energiyasi nisbatan tor fazoviy burchakda teng taqsimlangan, «qalam» turidagi nur. " Keskinlik|"Televizion tasvirning tavsifi bo‘lib, tasvir yirik detallari chegaralarining uzatilish sifatini ifodalaydi. Keskinlik miqdor jihatdan televizion tizim o‘tish xarakteristikaning surkalib ketuvchi zonasi orqali baholanadi. " Ketma-ket erkin foydalanish|"Barcha oraliq bloklarni, boshidan ko‘rib chiqish yo‘li bilan xotira qurilmasi ma’lumotlar blokidan erkin foydalanishni tashkil qilish usuli. " Ketma-ket kompyuter|"Dastur komandalarini ketma-ket amalga oshirish yo‘li bilan ma’lumotlar qayta ishlanishini bajaradigan kompyuter. " Ketma-ket-parallel o‘zgartirgich|"Ketma-ket uzatishdan parallel uzatishga o‘tish qurilmasi. " Ketma-ket port|"Ma’lumotlar o‘tish tartibiga ko‘ra bitma-bit uzatiladigan port; ma’lumotlar parallel portga qaraganda birmuncha sekin uzatiladi. Odatda, ketma-ket portga modem ulanadi. " Ketma-ket printer|"Kompyuterga standart ketma-ket port orqali ulanadigan printer. " Ketma-ket qayta ishlash|"Ma’lumotlarni xotirada saqlanadigan yoki xotiraga kelib tushadigan ketma-ketlikda qayta ishlash. " Ketma-ket uzatish|"Axborot almashinuv usuli, unda ayrim belgilar aynan bitta aloqa kanali orqali birin-ketin uzluksiz tarzda yoki to‘xtashlar bilan uzatiladi. Ketma-ket uzatish ikkita rejimda amalga oshirilishi mumkin: asinxron va sinxron. Asinxron rejimda maʼlumotlar alohida jo‘natmalar tarzida uzatiladi va ularning har biriga qabul qiluvchi tomonda uzatishning boshlanishi va tugashi haqida signal beradigan start va stop bitlari kiritiladi. Sinxron uzatishda axborotning uzluksiz oqimi sinxrojo‘natmalar yordamida kadrlarga ajratiladi. " Keyingi|"Tizimlashtirilgan zanjirdagi (ketma-ketlikdagi) elementlar joylashuvi. Masalan, ma’lumotlar bazasi jadvalidagi keyingi yozuv. " Keyingi nurlanish davomiyligi|"Kineskoplar keyingi nurlanishining o‘rtacha vaqtiga ega, bu vaqt davomida ekranning nurlanish (so‘nish) yorqinligi ta’sir to‘xtatilgandan so‘ng ta’sir paytidagi boshlang‘ich yorqinlikka nisbatan bir foizgacha kamayadi. " Keyingi nurlanishni tuzatish|"Yuguruvchi nurni yoyishdan olingan va lyuminoforning beixtiyoriy nurlanishidan buzilgan videosignal shaklini tuzatish. " Keylogger|"Klaviaturadan kiritishni tutib olish uchun mo‘ljallangan apparat qurilma yoki dastur. Izoh – Keylogger bosilgan klavishlar skan-kodlarini aniqlashni ular yashirin saqlanishini va/yoki qandaydir kanal orqali uzatilishini amalga oshiradi. " Keytnet|"Xost-kompyuterlar turli tarmoqlarga shlyuzlar yoki marshrutizatorlar yordamida ulangan tarmoq. Internet shunday tarmoqqa misol bo‘la oladi. " Kesh|"O‘qilishi sekinroq bo‘lgan xotirada saqlanayotgan, biroq u yerdan so‘ralish ehtimoli katta bo‘lgan axborotning nusxasi saqlanadigan tez o‘qiladigan oraliq bufer. Keshdagi maʼlumotlar sekin xotiradan olinishi yoki qayta hisoblab chiqilishiga qaraganda ancha tezroq o‘qiladi, bu esa o‘rtacha kira olish vaqtini kamaytiradi. " Kesh-xotira|"Ma’lumotlarni vaqtinchalik saqlash uchun xizmat qiladigan xotira. Kompyuterning ishlash samaradorligini oshirish uchun foydalaniladi. Tezkor xotira va qattiq magnit disk o‘rtasidagi kesh-xotira ikki turda bo‘ladi; apparat va dasturiy kesh-xotira. Apparat kesh-xotiradan odatda, tarmoq serverlarida, diskli adapterlarda (kontrollerlarda) foydalaniladi, u yarimo‘tkazgichli, energiyaga bog‘liq, juda tez ishlaydigan xotirani o‘zida ifodalaydi. Dasturiy kesh-xotira tezkor xotiraning bir qismidir, odatda, stol tizimlarida tashqi xotira bilan ishlash samaradorligini oshirish uchun foydalaniladi. " Kesh-xotira kontrolleri|"Kesh-xotirani boshqarish uchun mo‘ljallangan maxsus mikrosxema. " Kesh-xotira ma’lumotlarining tezkor xotira qurilmasi|"Kesh-xotira ma’lumotlari turlarining teglari (alomatlari) saqlanadigan mikrosxema. " Keshlash|"Oldingi operasiyalar natijasida olingan ma’lumotlarni keyingi operasiyalarni tezlashtirish uchun saqlash. Keshlash disk ma’lumotlarining bir qismini xotirada saqlab qolish bilan chegaralanib qolmaydi, ayrim hollarda, buning uchun diskda vaqtinchalik fayllar yaratiladi. Ma’lumotlar uzatish kontekstida bu atamadan xabarlar uzatilishini tezlashtirish uchun ma’lumotnomalar va boshqa axborot atributlaridan nusxa olinishini belgilashda foydalaniladi. " Kechikish|"Qandaydir operatsiya yoki komanda bajarilishi davomida pauza sodir bo‘ladigan vaqtinchalik muddat. " Kechikish bilan bo‘ladigan xendover|"Mobil stansiya bir yacheykadan boshqasiga o‘tishida chastotaning ma’lum vaqtdan so‘ng qayta sozlanishi. Texnik jihatdan quvvat darajalarining ikkita – minimal va maksimal qiymat bo‘yicha chegarasidan foydalanish hisobiga amalga oshiriladi. Ikkita tayanch stansiyaning xizmat ko‘rsatish zonalari chegarasida «ping-pong» effektini bartaraf etish imkonini beradi. " Kechikish bo‘yicha quvvat spektri|"Qabul qilinadigan signal spektral tashkil etuvchilari quvvatining vaqtga bog‘liq holda taqsimlanishi. " Kechikish bo‘yicha sochilganlik|"Qabul qilinayotgan ko‘p nurli signalning darajasi noldan farqli va uni o‘lchash uchun hali yetarli bo‘lgan vaqt intervali. Uyali aloqa tizimlarida kechikish vaqti joy relyefiga bog‘liq ravishda, mikrosekundning ulushlaridan boshlab bir necha o‘n mikrosekund qiymatlarigacha o‘lchanadi, bunday katta kechikishlar odatda radioto‘lqinlarning yirik shaharlarda tarqalishi uchun xosdir. " Kechikish tufayli yuzaga keladigan buzilishlar|"Signal turli komponentlarining qabul qilish nuqtasiga vaqt bo‘yicha turli darajadagi ushlanishlar bilan yetib kelishi hisobiga paydo bo‘ladigan buzilishlar. " Kechikish, ushlanib qolish, orqada qolish|"Tizimning inersionligi yoki ekranning kechikib shu’lalanishi bilan tavsiflanadigan, chiqish signalining kirishdagi ta’sirga nisbatan vaqt bo‘yicha siljishi. " Kechikish variatsiyasi (fluktuatsiyasi)|"Paketlarni uzatishda kechikish vaqtidan mumkin bo‘lgan og‘ishlarni tavsiflovchi parametr. " Kechikkan ulanish|"Aloqa seansi boshlanganidan keyin yoki telefon so‘zlashuvi davom etayotgan paytda, uchinchi abonentning tarmoqqa ulanishi. " Kiberjinoyat|"Kompyuter tizimi yoki tarmog‘i yordamida, kompyuter tizimi yoki tarmog‘i doirasida yoki kompyuter tizimi yoki tarmog‘iga qarshi sodir etilishi mumkin bo‘lgan har qanday jinoyat. " Kiberkasallik|"Inson ruhiyati va fiziologik funksiyalariga virtual voqelik texnologiyalarining zararli taʼsiri oqibatida paydo bo‘lgan kasallikning yangi turi. " Kibermadaniyat|"Madaniyatni rivojlantirishdagi texnokrat yangi yo‘nalish. U kompyuter o‘yinlarining imkoniyatlari va virtual voqelik texnologiyalarini ishlatishga asoslangan. " Kibermakon|"U.Gibson tomonidan 1984-yilda kiritilgan atama. Hozirda bu atama kompyuter tizimlari uchun tuzilgan virtual fazoni tavsiflaydi va axborot resurslarining butun fazosini anglatadi. " Kibernetika|"Tabiat va jamiyatdagi aloqa va boshqaruvning umumiy qonunlari, axborot olinishi, uzatilishi va o‘zgartirilishi to‘g‘risidagi fan. " Kiberskvotter|"Kiberskvotting bilan shug‘ullanuvchi shaxs. " Kiberskvotting|"Mashhur kompaniyalar nomlariga o‘xshash yoki shunchaki «qimmat» hisoblangan domen nomlarini ularning keyingi qayta sotilishi yoki reklamani joylashtirish maqsadida xarid qilish. Turlari: 1. Taypskvotting. 2. Brend kiberskvottingi – tovar belgilari, firma nomlari, mashhur ism va nomlar, yaʼni qonun tomonidan himoyalangan shaxsiy aniqlovchi vositalarni xarid qilish. 3. Himoyalovchi kiberskvotting – mashhur sayt (tovar belgisi)ning qonuniy egasi tomonidan uning domen nomiga yozilishi va aytilishi yaqin, o‘xshash, maʼnodosh barcha domen nomlarining xarid qilinishi. Bu kiberskvotterlardan himoyalanish maqsadida amalga oshiriladi. " Kiberterrorizm|"Submilliy guruhlar yoki maxfiy agentlar tomonidan noharbiy nishonlarga nisbatan kuch ishlatilishida ifodalangan, axborot, kompyuter tizimlariga, kompyuter dasturlari va ma’lumotlarga siyosiy asoslangan qasddan qilinadigan hujumlar. " Kiberxavfsizlik|"Axborot muhitida foydalanuvchilar resurslarini muhofaza qilish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan vositalar, yo‘llar, rahbariy ko‘rsatmalar, ehtimoliy xavflarni boshqarishga yondashuvlar, o‘rgatishlar, eng yaxshi tajribani tarqatish, sug‘urta, axborot xavfsizligi texnologiyalari va axborot texnologiyalarining majmui. " Kilobayt|"1024 byte yoki 2^10 byte ga teng xotira sig‘imining o‘lchov birligi. " Kilolips (bir sekunddagi minglab mantiqiy xulosalar)|"Sun’iy intellekt dasturiy ta’minotining imkoniyatlarini tahlil qilishga bag‘ishlangan mantiqiy xulosalarning o‘lchov birligi. " Kinofilmni avtomatik aniqlash|"Filmni to‘g‘ri kadr formati bilan ko‘rsatish maqsadida translyatsiya qilinayotgan film turini avtomatik aniqlash, masalan, keng ekranli film 4:3 formatda translyatsiya qilinganida, bu funksiya filmni 16:9 formatli ekranda ekranning yuqori va pastki qismidagi xarakterli qora keng chiziqlarsiz, to‘liq formatli ko‘rsatish imkonini beradi. " Kinohujjat|"Kinematografiya usulida tayyorlangan tasviriy yoki audiovizual hujjat. " Kira olishni boshqarish usuli|"Har bir foydalanuvchiga xizmat ko‘rsatishning maqbul darajasini ta’minlash uchun tarmoq uzellarining ma’lumotlar uzatish muhitiga kira olishni taqdim etish tartibini tasniflaydigan lokal hisoblash tarmoqlarining turli texnologiyalarini belgilaydigan asosiy xarakteristika. " Kirgich (kirish yo‘li)|"Simlar yoki kabellar chiqadigan taqsimlash kanalidagi yoki yacheykadagi teshik. Kirgich zavod sharoitlarida, montaj paytida ham, undan keyin ham (agar zarur bo‘lsa) o‘rnatilishi mumkin. " Kirish|"Foydalanuvchining tarmoqda o‘zini identifikatsiya qilish uchun logini va parolini kiritish orqali tarmoqda ish boshlashi. " Kirish (foydalanish)ga urinish|"1. Bitta yoki bir nechta abonent tomonidan, axborot uzatishga ruxsat olish maqsadida, aloqa tizimi bilan o‘zaro ta’sirlashuv tartiboti. 2. Kira olish (kirishga urinish) uchun radiokanal orqali jo‘natilgan bir nechta so‘rovdan iborat ketma-ketlik. Ma’lum vaqt intervalidan keyin tarmoq tomonidan tasdiq signali (tarmoqqa kirishga ruxsat) kelsa, urinish muvaffaqqiyatli bo‘lgan hisoblanadi. " Kirish kuchaytirgichi|"Qabul qilgichning kirishiga o‘rnatilgan, odatda, konstruktiv jihatdan antenna bilan birlashtirilgan kam shovqinli qurilma. " Kirish navbati|"Diskda, xotirada o‘z dasturlarini bajarish uchun joylashtirishni kutadigan jarayonlarning majmui. " Kirish nuqtasi|"Dasturga kirishda birinchi bo‘lib bajariladigan komanda manzili yoki belgisi; dasturdagi, boshqaruv uzatilishi mumkin bo‘lgan har qanday joy. " Kirish sezgirligi|"Qurilmaning chiqishida nominal chiqish signalini olish uchun uning kirishiga uzatilishi kerak bo‘lgan (odatda millivoltlarda o‘lchanadigan) kuchlanish. Integral kuchaytirgich yoki resiver uchun chiquvchi quvvatni, aktiv akustika uchun – tovush bosimi darajasini tashkil etadi. " Kirish sinovi|"Preambula hamda so‘rovdan tashkil topgan qisqa paket bo‘lib, davriy ravishda (yoki avvaldan berilgan algoritm bo‘yicha) kirish kanali orqali uzatiladi. Izoh − Keng polosali mobil aloqa tizimlarida o‘zaro xalaqitlar darajasini pasaytirish uchun shunday algoritm ishlatiladiki, bunda har bir keyingi kirish sinovida quvvat darajasi diskret ravishda ∆P kattalikka oshiriladi. Quvvatning joriy qiymati P=Pо+P (n–1) nisbat orqali aniqlanadi, bunda Pо – quvvatning boshlang‘ich qiymati, n – bitta kirish urinishidagi sinov tartib raqami (n=1- nmax). Kirish sinovlari, so‘rovga javob qabul qilinmagunigacha yoki kirish o‘rnatishga ajratilgan nazorat vaqti tugamagunigacha uzatiladi. " Kirish-chiqish jufti|"Kommutatorning berilgan kirish liniyasini muayyan chiqish liniyasi bilan bog‘lash. Aloqa seansi vaqtiga o‘rnatiladi. " Kirishga ruxsat berilgan interval|"Bitta yoki bir nechta stansiya so‘rovlarni uzatishi mumkin bo‘lgan vaqt intervali. Aynan bir interval bir vaqtning o‘zida bir nechta stansiyaga ajratilsa, kanalda to‘qnashuvlar kelib chiqishi mumkin. " Kirishlarni hisoblagich|"veb-sahifa yoki saytga kiruvchilar va/yoki kirishlar sonini hisoblash imkonini beradigan skrip. " Kiritiladigan signal|"Maydonlarni sinxronlash signalidan tashqari maydon so‘ndirish intervalining ma’lum satrlariga kiritilgan ma’lumotlarni tanish, sinash, nazorat qilish yoki uzatishda foydalaniladigan signal. " Kiritiladigan yo‘qotishlar|"Yuklamada liniyaga qo‘shimcha uzel kiritilgunga qadar va undan keyin o‘lchangan quvvatlar o‘rtasidagi farq. Agar olingan natija salbiy bo‘lsa, yo‘qotishlar ortadi. " Kiritiladigan o‘lchash signali, sinov satrining o‘lchash signali|"Videosignalni uzatish xarakteristikasini o‘lchashda foydalaniladigan kiritiladigan signal. Izoh – Bu signaldan ayrim buzilishlarni avtomatik tarzda tuzatishda foydalanish mumkin. " Kiritish|"1. Klaviatura kabi maxsus kiritish qurilmalari yordamida ma’lumotlarni kompyuterga yuklash. 2. Ma’lumotlarni protsessorga, tezkor xotiraga yoki tashqi qurilmaga yozish jarayoni. Foydalanuvchi tomonidan klaviaturadan, ovoz orqali; avtomatik tarzda tashqi qurilmadan amalga oshirilishi mumkin. Komandalarni (hajmi katta bo‘lmagan) joystik, «sichqoncha», trekbol, perolar, trekpoint va sensor panel yordamida kiritish mumkin. " Kiritish buferi|"Kiritiladigan va chiqariladigan axborotni oraliq saqlash uchun mo‘ljallangan xotira. " «Kiritish» klavishi|"«Enter» yozuvli klaviatura tugmasi. Foydalanuvchi tomonidan, biror-bir harakatni tasdiqlashda, ushbu tugmani bosish orqali ishlatiladi. " Kiritish rejimi|"Kursordan keyin turgan, har bir yangi belgi mavjud belgidan oldin qo‘yiladigan, shu bilan birga kursordan o‘ng tarafda turgan barcha matn qator oxiriga suriladigan, matnni kiritishdagi ikkita tahrir qilish rejimidan biri. " Kiritish-chiqarish|"Atama ham kompyuterning kiritish-chiqarish kichik tizimini, ham protsessor yoki tezkor xotira bilan tashqi qurilmalar o‘rtasida har qanday ma’lumotlar uzatish operatsiyalarini anglatadi. Kiritish-chiqarish operatsiyalarini bajarishning bir nechta asosiy usullari mavjud: dasturlashtiriladigan kiritish-chiqarish, uzilish bo‘yicha kiritish-chiqarish va xotiradan bevosita foydalanish. " Kiritish-chiqarish qurilmalari|"Turli ish prinsiplariga asoslangan, lekin funksional jihatdan ma’lumotlar, komandalar kiritilishini va ma’lumotlar chiqarilishini bajaradigan fizik qurilmalar. Ma’lumotlarni kiritish qurilmalari: manipu-lyatorlar (klaviatura, «sichqoncha», joystik, trekbol, trekpoint, skaner, pero, sensorli panel), datchiklar, mikrofon, videokamera. Ma’lumotlarni chiqarish qurilmalari: printer, plotter, radiokarnay, televizor. Kiritish/chiqarish qurilmalari: telefon, teletayp, teletekst, telefaks, displey. " Kiritish-chiqarish interfeysi|"Tashqi qurilmani, kompyuter va uning tashqi qurilmalari bilan ma’lumotlar almashinuvini taminlaydigan kompyuterning asosiy bloki bilan ulanish interfeysi. " Kiritish-chiqarish kanali|"Ma’lumotlarning asosiy xotira va periferiya o‘rtasida yuborilishini ta’minlaydigan qurilma. " Kiritish-chiqarish kontrolleri|"Ma’lumotlarning kiritilishi va chiqarilishini boshqaradigan mikrosxema. Kiritish-chiqarish qurilmalari bilan mikroprotsessor o‘rtasidagi apparat interfeysi hisoblanadi. " Kiritish-chiqarish manzili|"Qurilmaning, kiritish-chiqarish operatsiyalari amalga oshiriladigan noyob fizik manzili. " Kiritish-chiqarish protsessori|"Unumdorligi yuqori bo‘lgan hisoblash tizimlaridagi, kiritish-chiqarish operatsiyalarini bajarish uchun mo‘ljallangan, ixtisoslashtirilgan protsessor. " Kiritish-chiqarishga yo‘naltirilgan|"Hisoblashlarga qaraganda kiritish-chiqarishga ko‘p vaqt sarf qiladigan jarayon. " Kiritish-chiqarishni kutadigan jarayonlarning navbati|"Kiritish-chiqarish qurilmalari ishining natijalarini kutayotgan jarayonlar to‘plami (har bir qurilma uchun o‘zining navbati tashkil qilinadi). «Kiruvchi» ing. - inbox ru – «входящие» Elektron pochtadagi kiruvchi xatlar qutisi. " Kiruvchi aloqani vaqtinchalik taqiqlash|"Abonent tomonidan kommutatsiya stansiyasiga oldindan xabar berilgan vaqt davrida kiruvchi telefon aloqani taqiqlash imkonini beradigan telefon tarmog‘i abonentiga xizmat ko‘rsatishning qo‘shimcha turi. " Kiruvchi aloqaning chaqiriluvchi abonent tomonidan to‘lanishi|"Shaqiriluvchi abonent tomonidan, agar chaqiruvchi abonent bog‘lanish boshlanishida bu haqda so‘rasa, chaqiriluvchi abonent esa rozilik bersa, muayyan bog‘lanish to‘lovini amalga oshirish imkonini beradigan xizmat. " Kiruvchi hujjat|"Tashkilotga kelib tushgan rasmiy hujjat. " Kiruvchi kabelli kanal|"Abonent qurilmalarni aloqa uzeliga ulash liniyasi. " Kiruvchi liniya|"Abonentdan aloqa stansiyasiga axborot oqimi kelib tushadigan liniya yoki retranslyator. " Kiruvchi ma’lumotlar|"Axborotni qayta ishlash tizimiga yoki uning biror bir qismiga saqlash yoki qayta ishlash uchun kiritilgan ma’lumotlar. " Kiruvchi oqim|"Tizimga kiritish uchun kelib tushadigan ma’lumotlar va hujjatlar ketma-ketligi. " Kiruvchi sonli apertura|"Optik tizimning, yorug‘lik o‘tkazgich kirishidagi haqiqiy optik quvvatni tavsiflovchi sonli aperturasi. Ishlab chiqaruvchi firmalar tomonidan optik tolaning har bir turi uchun o‘rnatiladigan NA sonli apertura qatʼiy ko‘rsatgichidan farqli ravishda, LNA qiymati yorug‘lik o‘tkazgichni bir vaqtda, bir necha optik signal bilan qo‘zg‘atganda turli nuqsonlarni, shu jumladan, fokusning siljishini hisobga oladi. Shuning uchun LNA parametri optik tolada turli to‘lqinlar optik quvvatining boshlang‘ich taqsimlanishini ifodalaydi. " Kiruvchi telefon trafik (yuklama)|"Liniya (kanal) lar bog‘lamlari yoki kommutatsiya aloqa asboblari guruhiga telefon yuklamaning tashqi manbalaridan keladigan telefon yuklama. " (Kiruvchi) qo‘ng‘iroq/elektron ro‘yxatdan chaqiruvni kutish|"Elektron ro‘yxatga kiritilgan abonentlardan qabul qilingan chaqiruvlar abonentga farq qiluvchi qo‘ng‘iroq bilan kelib tushishini ta’minlaydigan xizmat. Shuningdek, elektron ro‘yxatdagi abonent tomonidan bo‘ladigan chaqiruvni kutish signali oddiy signaldan farq qiladi. Izoh – Abonentlar elektron ro‘yxatni xizmatdan foydalanish kodini terib modifikatsiya qilishlari mumkin. " Kiruvchi chaqiruv uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqam terish|"Foydalanuvchiga xususiy (muassasaviy) kommutatsiya stansiyasi yoki boshqa xususiy aloqa tizimi boshqa foqdalanuvchisini, xodimlarning aralashuvisiz, bevosita chaqirish imkonini beradigan xizmat, bunda kiruvchi chaqiruv uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri teriladigan raqam (raqamlar) chaqiriluvchi ISDN raqamining eng kam sonli raqami (raqamlari) bo‘lib hisoblanadi. " Kiruvchi chaqiruvlarga xizmat ko’rsatish turlarini sozlash|"Abonentning joriy statusga bog‘liq kiruvchi chaqiruvlar dastlabki konfiguratsiyasining interfeysi: - kirish mumkin – ofisda; - kirish mumkin – ofisdan tashqarida; - band; - kirish mumkin emas statuslardan har biri alohida konfiguratsiyalanishi mumkin. " Kiruvchi chaqiruvlarni qayd etish xizmati|"Aniq raqamlarga kelib tushadigan barcha chaqiruvlar (masalan, nutqni yozishdan tashqari chaqiruvchi abonent raqami, chaqiruvning boshlanish vaqti, chaqiruvga javob berish yoki rad etish vaqti, uzilish vaqti) to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlarning ro‘yxatdan o‘tkazilishini amalga oshiradigan xizmat. " Kiruvchi chaqiruvlarni chegaralash xizmati|"Ma’muriyatga yoki abonentga barcha yoki ayrim kiruvchi chaqiruvlarni telefon liniyasiga kirishini taqiqlash imkonini beradigan xizmat. " Kirxgof prinsipi|"1. Kriptografik algoritmlarni tuzish prinsipi. Unga ko‘ra, bu algoritmlarning ma’lum bir to‘plami (kalit) sir tutiladi, qolgan barchasi esa, algoritm bardoshliligini yo‘l qo‘yiladigan miqdordan pasaytirmasdan, ochiq bo‘lishi mumkin. 2. Shifr buzib ochishga nisbatan yetarlicha barqarorlikni ta’minlashi kerak, shifrdan foydalanish oson bo‘lishi kerak, shifrning buzib ochishga nisbatan barqarorligi algoritmni emas, kalitning maxfiyligini ta’minlashga to‘liq bog‘liq bo‘lishi kerak. " Kitobiy yo‘naltirilganlik|"Microsoft Office Word va Open Office Writer kabi ofis dasturiy ta’minotidagi sahifa parametrining ikkita variantidan biri (kitobiy, albomli). Kitobiy yo‘naltirilganlik gorizontal holatda A4 formatidagi hujjatlarni yaratish va bosmadan chiqarish imkonini beradi. " Kichik ahamiyatli raqam|"Taqdim etiladigan sonning o‘ng tomondagi (kichik) raqami. " Kichik dastur|"Dasturning maxsus ravishda rasmiylashtirilgan qismi; unga zarur bo‘lganda boshqa dasturlardan murojaat qilish mumkin. Ko‘plab dasturlash tillarida protsedura tushunchasi bilan mos tushadi. Dasturning tez-tez takrorlanadigan fragmentlarini almashtirish va uning kompaktligiga erishish uchun foydalaniladi. " Kichik hisoblash tizimlari interfeysi|"Shaxsiy kompyuterlarning periferik qurilmalar (masalan, qattiq magnit disk, printer, lokal tarmoq) bilan birgalikda ishlashi uchun belgilangan standart. Yuqori tezlikli parallel interfeysni ta’minlaydi. " Kichik (ikkilik) razryad, kichik ahamiyatli bit|"Kodli so‘z doirasidagi eng kichik ahamiyatga ega bo‘lgan ikkilik razryad. " Kichik katalog|"Fayl tizimi kataloglari iyerarxiyasida boshqa katalogning ichida bo‘lgan katalog. " Kichik kompyuterlarning tizim interfeysi|"SD-ROM yoki DVD uzatmalarida disklar turidagi tasmali va blokli saqlash qurilmalari kabi oqim qurilmalarini birlashtirish uchun ishlab chiqilgan. Shuningdek, printer va skaner kabi boshqa qurilmalar uchun ham ishlatiladi. SCSI bir nechta qurilmani bitta shinaga joylashtirish uchun ishlab chiqilgan. Uning kontroller deb nomlanuvchi bir qurilmasi ushbu shinani boshqaradi. SCSI qurilmalar ham ichki, ham tashqi bo‘lishi mumkin. " Kichik tarmoq|"Tuzilishi eng sodda va arzon bo‘lgan lokal tarmoq. Bu tizim imkoniyatlarini cheklash va ish tezligini pasaytirish orqali amalga oshiradi. Tizimga oddiy shaxsiy kompyuterlar, o‘lchov apparaturasi va asboblar kiradi. Bog‘lanishning fizik vositalari yassi kabel, o‘rama juft yoki elektr tarmog‘i simlari asosida quriladi. Ushbu vositalarga bog‘lanish uchun keng qo‘llaniladigan interfeyslardan foydalaniladi. " Kichik tarmoq niqobi|"32-razryadli qiymat bo‘lib, IP-paketni qabul qiluvchilarga IP-manzilda tarmoq raqami va uzel raqamlarini ajratish imkonini beradi. Odatda, tarmoq qismi niqoblari 255.x.x.x. formatga ega bo‘ladi. " Kichik vaqtlar mobaynidagi buzilishlar|"Tasvirning, namoyon bo‘lishi faqat vaqt mobaynida satrning kam davri uchun aniq bo‘lgan, buzilishlari. " Kichik varaq|"Bir mavzuga bag‘ishlangan miqdori uncha ko‘p bo‘lmagan pochta markalari joylashtirilgan markali varaq. " Kichik o‘lchamdagi korpus|"Shaxsiy kompyuterlar uchun ishlab chiqariladi. Bosh platalar uchun maxsus form-faktorga va kam sonli 5.25""slotlarga ega. " Kichiklashtirish|"Biror narsani kichiklashtirish. Masalan, olingan faylni kichiklashtirish. " Kichiklik belgisi|"Sonli qiymatlarni taqqoslashda ishlatiladi. < – «kichik» belgisi. " Klassiz domenlararo marshrutlash|"Sinfiy manzillashning qoidalarini ishlatmagan holda, IP-manzillar fazosidan egiluvchan, optimal foydalanish imkonini beruvchi IP-manzillash usuli. Bu usulni ishlatib IP-manzillar resursini iqtisod qilish mumkin. Sinfiy manzillashda aniq belgilab qo‘yilgan 0, 1, 2 yoki 3 byte tarmoq osti niqobidan foydalanilsa, sinfsiz manzillash esa o‘zgaruvchan tarmoq osti niqobiga asoslanadi. Sinfsiz domenlararo marshrutlash qo‘llaniladigan IP-manzilga misol: 10.1.2.33/27. " Klassiz hududlararo marshrutlash protokoli|"IP-manzillarning butun majmuini turkumlarga ajratish mavjud bo‘lmagandagi marshrutlashning muqobil protokoli. Izohlar 1. Har bir tarmoqning CIDR protokol modelida 256 manzillar bo‘yicha yonma-yon bloklarning muayyan soni moslashtiriladi, keyin IP-manzillarning ma’lum geografik zonali taqsimlashdan foydalaniladi (RFC-1519). 2. Marshrutli jadvallarni ko‘rib chiqishda protokol maxsus maskalarni va indeksli mexanizmlarni qo‘llashni ko‘zda tutadi. 3. Bunday protokollarni yaratish zarurligi klassik IP-adreslashda manzilli fazoning (ko‘p sonli marshrutlarning muammosi) yetarli emasligi tufayli qabul qilingan. " Klassiz marshrutlash|"Bir qancha axborot oqimini (masalan, bir tashkilotga tegishli bo‘lgan) bitta guruhli yo‘nalishga agregirlash hamda unga umumiy tarmoq raqamini berish hisobiga tizimning manzil sig‘imi kamaytiriladigan. marshrutlash usuli. " Klasslarni yuklovchi|"Virtual mashinaga dasturni bajarish vaqtida klasslarni yuklashni bajaruvchi JVM komponent. " Klaster|"1. Umumiy diskli xotiraga (umumiy fayl tizimiga), mashinalararo o‘zaro hamkorlik va ma’lumotlar bazalarining yaxlitligini ta’minlash vositalariga ega tegishli avtonom tizimlar majmuini ifodalaydigan ko‘p mashinali hisoblash tizimi. 2. Yuqori tezlikli kanal bilan birlashtirilgan bir nechta kompyuterdan tashkil topgan hisoblash tizimi. Izoh – Abonentlar uchun klaster bir butun yaxlit sifatida ko‘rinadi. " Klaster nurlagich|"Bir nechta konstruktiv birlashtirilgan nurlagichdan iborat guruh, ularning har biri ta’minotning bogʻliq boʻlmagan zanjiriga ega. " Klaviatura|"Simvollarni standart kiritish oqimiga qo‘lda kiritish uchun mo‘ljallangan qurilma. Shaxsiy kompyuterning standart klaviaturasi funksional klavishlar, raqamli klaviatura, boshqaruvchi klavishlar va matnni kiritish uchun mo‘ljallangan klaviaturadan tashkil topgan 101 ta klavishdan iborat. " Klaviatura ayg‘oqchisi|"Foydalanuvchidan yashirin ravishda klavishlarning bosilishini yozib boruvchi maxsus dastur. Xakerlar tomonidan foydalanuvchi parolini olish uchun ishlatiladi. " Klaviatura klavishlarining joylashishi|"Klaviatura klavishlarining milliy alifbo belgilari va harflariga monandligi. Ekranda paydo bo‘ladigan belgi faqatgina bosilgan harflargagina emas, balki klavishlar tartibiga ham bog‘liqdir. Klaviatura tartibi o‘zgarishi bilan ekrandagi belgilar klavishlarda aks ettirilgan belgilarga mos kelmay qolishi mumkin. " Klaviatura qisqartmalari|"Klaviaturada maʼlum komandani bajarish yoki dasturni boshlash uchun bitta yoki bir nechta tugmani bosish. Klaviatura qisqartmalaridan foydalanish ishni ancha tezlash-tiradi va klaviatura yordamida bajariladigan operatsiyalarning mumkin bo‘lgan sonini ko‘paytiradi. Tugma birikmalari ayniqsa kompyuter o‘yinlarida keng qo‘llaniladi. " Klaviaturani belgilab chiqish|"Operatsion tizimning, kompyuterga kiritiladigan simvollar kodlarining bosiladigan klavishlarga va klaviatura klavishlari kombinatsiyasiga to‘g‘ri kelishini belgilaydigan parametri. " Klaviaturani blokirovkalash|"1. Ma’lumotlarning terminal klaviaturasidan elektron hisoblash mashinasiga kiritilishini taqiqlash. Operatsion tizim tomonidan bajariladi. 2. Klaviaturadan kelayotgan barcha signallarning rad etilishi va/yoki klavishlarni jismoniy bosishning mumkin bo‘lmasligi. " Klaviaturasiz cho‘ntak kompyuteri|"Ma’lumotlarni kiritish uchun plastik perodan foydalaniladigan cho‘ntak kompyuterinong turi. Pero bosilishga sezgir bo‘lgan displey sirtiga tekkiziladi. Matn yozma tarzda kiritiladi yoki virtual klaviaturada teriladi. " Klavish (kalit)|"1. Kompyuter klaviaturasidagi klavish. 2. Xabarni shifrlash jarayonida, ya’ni uni ma’noga ega bo‘lmagan ko‘rinishga keltirish jarayonida ishlatiladigan kalit kod. Kalit xabarni shifrdan chiqarish uchun ham kerak bo‘ladi. 3. Platani noto‘g‘ri qo‘yish yoki mikrosxemani xato o‘rnatishga yo‘l qo‘ymaydigan maxsus konstruktiv element. 4. Ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimida – uzluksiz indeksli faylda yozuvni identifikatsiyalash va undan tez foydalanish uchun ishlatiladigan belgilar ketma-ketligi. " Klavishlar kodi|"Klavishlar bosilganda yoki klavishlarning muayyan birikmalarida klaviatura kontrolleri protsessorga uzatadigan, aniq bir klavishning raqamli kodi. " Klavishlar uyg‘unligii|"Muayyan tartibda bosilganda tizim biror (dasturni ishga tushirish, klavishlar tartibini o‘zgartirish kabi) harakatni amalga oshiradigan, oldindan aniqlanadigan klavishlar. " Klavishlarni bosish ketma-ketligi|"Biror narsaga murojaat qilish uchun bir nechta klavishni ketma-ket bosish tartibi. " Klavishlarni bog‘lash|"Aniq bir klavishni bosish natijasida bajariladigan vazifani aniqlash. Har qanday joydan turib dasturni tez chaqirishda ishlatiladi. Tizim bu klavishlar bosilishini o‘zi aniqlab, berilgan vazifani bajaradi. " Klavishlarning joylashish sxemasi|"Tugmalar tartibining har bir harfiga monand chaqirish kodi yozilgan jadval, ya’ni foydalanuvchi biron klavishni bosganda tizimga bosilgan tugmaning kodi yetib boradi va operatsion tizim tanlangan tugmalar tartibidan kelib chiqib klavishlar joylashgan jadvalga qarab, simvolni standart chiqarish oqimiga (monitorga) chiqaradi. " Kliplar jamlanmasi|"Hujjatlarga qo‘shish mumkin bo‘lgan, bir nechta dasturga joylashtirilgan multimedia ma’lumotlari to‘plami. " Kliring|"O‘zaro talablarni va majburiyatlarni hisobga olishga asoslangan hisob-kitoblar tizimi. Kliring hisob-kitoblarini o‘tkazishda elektronika va informatika usul va vositalari keng ishlatiladi. Kliring operatsiyalari kommunikatsiya tarmog‘i orqali amalga oshiriladi. " Kloaking|"Veb-serverning foydalanuvchiga bir mazmunni, izlovchi robotga boshqa mazmunni ko‘rsatuvchi ish usuli. Izlovchi robotlar qaragan IP-manzillarni kuzatib borish va ularga boshqa axborotni berish yordamida amalga oshiriladi. Kloaking aldovni yashirish imkonini beradi, buning evaziga sahifa izlash natijalarida yuqori joylashtirish imkoni yaratiladi. Kloakingning ayon bo‘lishi ko‘p hollarda saytning, izlash tizimining «qora ro‘yxati»ga kiritilishiga va uni indekslashning to‘la to‘xtatilishiga olib keladi. " Klon|"Avval yaratilgan boshqa vositalarga funksional jihatdan o‘xshash bo‘lgan texnik yoki dasturiy vositalar. " Klonlash|"1. Qayta dasturlash yo‘li bilan, begona raqamli uyali o‘xshash telefonni tayyorlash. 2. Telefonlar yoki abonentlarning qalbaki identifikatori bo‘lgan telefon to‘lov kartalari, raqamlar va to‘lov belgilarini vakolatga ega bo‘lmagan holda tayyorlash. " Koaksial kabel|"Bir-biridan izolyatsiyalangan ichki va tashqi o‘tkazgichlardan iborat kabel. Ma’lumotlarni yuqori chastotada, kam yo‘qotish bilan uzatish imkonini beradi. " Kod|"1. Ochiq matn elementlarini (harflar, harflar birik-masi, so‘z va sh.k.) simvollar guruhlari (harflar, raqamlar yoki boshqa belgilar) bilan ko‘plab qayta o‘zgartirish. Shifrning maxsus turi hisoblanadi. 2. Xabarni bir (dastlabki) alifbodan boshqasiga (obyekt) axborotni hech qanday yo‘qotishlarsiz qayta o‘zgartirish qoidasi. " Kod jadvali|"Klaviaturada simvollar to‘plamini tezda o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan simvollarni kodlash jadvali. Windows va OS/2 operatsion tizimlarida qo‘llaniladi. " Kod kitobi|"Ochiq matnni kodlangan shaklga (kriptogrammaga) aylantirishda foydalaniladigan kitob. " Kod ortiqchaligi|"Kodli kombinatsiyalarning bir qismi foydalanilmay qoladigan kodning xossasi. Bunday kombinatsiyalar taqiqlangan hisoblanadi, bu esa qabul qilishda kodga tekshiradigan belgilarni kiritmasdan xatolarni aniqlash imkonini beradi. " Kod tuzilmasining buzilish|"Uzatish tomonda kiritilmagan (ortiqcha kodlar), lekin qabul qilish tomonida ajratilgan, taqiqlangan kodlarni aniqlash. Bu xil kombinatsiyalarni topish, qabul qilinayotgan signalda xato mavjudligini ko‘rsatadi. " Kod yozuvi|"Umumiy foydalanish tarmoqlari bo‘ylab tarqatiladigan dasturiy ta’minotni imzolash imkonini beruvchi mexanizm. Bu, dasturiy ta’minot muallifini autentifikatsiya qilish va uzatish jarayonida kodning o‘zgartirilmasligini kafolatlash imkonini beradi. " Kodek|"Videoma’lumotlar va tovushni kompressiya/dekompressiyalaydigan qurilma. Videokonferensiya o‘tkazilganda, u mikrofon va kameradan analog signallarni qabul qiladi. Bu signallar diskret shaklga o‘zgartiriladi va tarmoq orqali boshqa tizimga yuboriladi. Kodek tarmoq orqali boshqa tizimning diskret signallarini qabul qilib, ularni analog signallarga o‘zgartiradi va radiokarnaylar hamda monitorlar orasida taqsimlaydi. " Kodek (bir tomonga yo‘naltirilgan uzatishda)|"Televizion uzatish liniyasining kirishi va chiqishida muvofiq tarzda joylashgan koder va qo‘shimcha dekoder kombinatsiyasi. Izoh – «Kodek» atamasi ikki tomonga yo‘naltirilgan uzatishda boshqa ma’noga ega va buni noto‘g‘ri tushunmaslik kerak. " Kodek (ikki tomonga yo‘naltirilgan uzatishda)|"Qarama-qarshi yo‘nalishda ishlaydigan, bitta uskuna tarkibidagi koder va dekoderni yig‘ish. " Koder|"Analog signallarni raqamli shaklga o‘zgartiradigan qurilma. Izoh – Shuningdek, koder – raqamli signallar yoki kodlarni bir formatdan boshqa formatga o‘zgartirgich. Qayta kodlanuvchi axborotning (umumiy foydalanish yoki konfidensiallik) turiga bog‘liq ravishda kodlovchi yoki shifrator deb atalishi mumkin. " Koder, kodlovchi qurilma|"Kodlash uchun mo‘ljallangan qurilma. Izoh – Koder va kodlovchi qurilma rangli televideniyeda spetsifik ahamiyatga ega. " Kodga bog‘liq bo‘lmagan kanal|"Kodlangan maʼlumotlar oqimi shaffof (ochiq) rejimda, yaʼni qo‘shimcha tarzda ishlov berilmasdan hamda xizmatga oid simvollar qo‘shilmasdan uzatiladigan aloqa kanali. " Kodga bog‘liq bo‘lmagan uzatish|"Boshlang‘ich ketma-ketlik tuzilmasiga bog‘liq bo‘lmagan, bitlarni qayta ishlash protokolidan foydalaniladigan uzatish usuli. " Kodlama|"Ramzlar (insonlar tili) bilan sonlar (kompyuterlar tili) orasidagi mutanosiblik. Bir xil sonlarni turli alifbolarning ramzlariga almashtirish mumkin. Internetda keng tarqalgan kodlamalardan biri – YUNIKOD. " Kodlash|"Dastlabki alifboni obyektli alifboga qayta o‘zgartirish jarayoni. " Kodlash kaliti|"Kriptografiyada – kodlarni o‘zgartirishda ularning o‘zaro mosligini tekshirish uchun ishlatiladigan kalit. Bu kalitning vazifasi begona obyektlar tomonidan dasturlarni va maʼlumotlarni ishlatishdan muhofazalashdan iborat. " Kodlash masofasi|"Berilgan kod kodlar ketma-ketligining ixtiyoriy jufti o‘rtasidagi masofaning eng kichigi. " Kodlash qonuni|"Kvantlash va kodlashda foydalaniladigan kvantlash qadamlarining nisbiy kattaliklarini aniqlovchi, tovushni siqish qonuni. " Kodlash qurilmasi|"1. Dasturlar va ma’lumotlarni axborot tashuvchisidagi, ularni keyinchalik elektron hisoblash mashinasiga kiritish maqsadida kodlash uchun mo‘ljallangan avtomatik yoki avtomatlashtirilgan qurilma. 2. Axborotni taqdim etish shaklini o‘zgartiruvchi qurilma, bunda har bir kirish signaliga, kirish signalining kodi hisoblanadigan, chiqish signallarining ma’lum kombinatsiyasi mos keladi. " Kodlash tizimi|"Kodlash simvollari va qoidalarining majmui; kod. " Kodlash vositalari|"Almashtirishning bir qismini qo‘l operatsiyalari yordamida bajargan holda axborotni kriptografik almashtirish algoritmlarini amalga oshiruvchi vositalar. " Kodlash, shifrlash|"Axborotni ruxsat etilmagan tarzda foydalanishdan, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida, muhofaza qilish. " Kodlash chegarasi|"Kod unumdorligining chegarasi, u kod quvvati, minimal Xemming masofasi, kodli kombinatsiya uzunligi kabi parametrlarga bog‘liq. " Kodli panjara|"Yo‘naltirilgan graf bo‘lib, unga oxirgi cheklash uzunligiga ega yuqori aniqlikdagi kod daraxti aylanadi. " Kodli rejalashtirish|"Umumiy xizmat ko‘rsatish zonasidagi tayanch va mobil stansiyalar o‘rtasida kodli ketma-ketlikning taqsimlanishi. Kodlarni taqsimlash algoritmi o‘zaro (tizim ichidagi) xalaqitlar darajasini pasaytirishga asoslanadi. " Kodli sahifa|"Simvol raqami va uning yozilishi o‘rtasidagi muvofiqlik jadvali. Odatda, faqat 128-255 simvollari uchun yo‘naltiriladi. " Kodli so‘z (tasvirni kodlashda)|"Tasvir to‘g‘risidagi axborotning (kadrning) elementini, masalan, kvantlangan qiymatni, muayyan kodga mos ravishda ifodalovchi tartibli razryadlar ketma-ketligi. " Kodli chegaralash uzunligi|"O‘ramli koderdagi +1kechikish elementlarining soni. " Kodli cheklash|"Qisqartma kodni dekoderlashda hisobga olinadigan oldingi simvollar soni. " Kodlovchi|"Axborotning kodlashtirilishini bajaradigan qurilma, mikrosxema yoki dastur. " Kodni ochish, dekodlash|"Kodlangan signallarni, uzatilayotgan axborotni bevosita aks ettiruvchi, unga mos signallarga almashtirish " Kodni chiqarib tashlash|"Dasturni optimallashda ‒ dasturning hech qanday ish bajarmaydigan yoki boshqarishga ega bo‘lolmaydigan fragmentlarini chiqarib tashlash. " Kodning buziluvchi segmenti|"Xotiradagi Windows ilovasining kod segmenti bo‘lib, zarur bo‘lganda buzilishi, qayta yozilishi yoki diskdan chiqarib tashlanishi mumkin. " Kodning energetik yutug‘i|"Kodlash tizimi va kodlashsiz tayanch tizimdagi xatoning berilgan ehtimolligida talab qilingan signal/shovqin nisbatidagi farq. " Kodning ortiqchaligi|"Manbaning bir xabarini kodlash uchun qo‘llaniladigan bitlarning o‘rtacha soni va Shennon teoremasidan olingan bitlarning mumkin bo‘lgan eng kam soni o‘rtasidagi farq. " Kodulyatsiya|"Odatda, bitta DSP-protsessor yordamida bajariladigan, signalni kodlash va modulyatsiyalash operatsiyalarini birlashtiruvchi jarayon. " Kogerant toʻlqinlar|"Bir xil chastotadagi yoki uzunlikdagi, vaqt boʻyicha fazalar farqi oʻzgarmas boʻlgan toʻlqinlar. " Kogerent nurlanish|"Chastotasi va fazasi fazoning istalgan nuqtasida va vaqtning istalgan onida doimiy bo‘lgan elektromagnit nurlanish. " Kogerent optoelektronika|"Murakkab axborot tizimlari yaratishning yangi tamoyillarini belgilaydigan optoelektronika turi. " Kogerentlik|"Vaqt davomida yoki fazoda bir nechta tebranma yoki to‘lqinli (ularning qo‘shilishida paydo bo‘ladigan) jarayonlarning bir-biriga muvofiq o‘tishi. " Kogerentlik masofasi|"Qabul qilinuvchi signallar kuchsiz korrelyatsiyalangan bo‘lishi uchun, antennalar tarqoq holda o‘rnatilishi kerak bo‘lgan minimal fazoviy masofa, yaʼni bunda ularning o‘zaro kogerentlik koeffitsiyenti o‘zining minimal yo‘l qo‘yiladigan qiymatidan past bo‘ladi. " Kogerentlik vaqti|"Vaqt intervali, shu vaqt oralig‘ida qabul qilinuvchi signallar kogerent deb qaralishi mumkin. Tinishlar kuzatiladigan kanaldagi kogerentlik vaqti Dopler chastotasining tarqoqligiga bog‘liq bo‘ladi. Abonent harakatlanishining yuqori bo‘lmagan tezligida u interaktiv almashinuv uchun kerak bo‘ladigandan ancha kattadir. Shu sababli, vaqt bo‘yicha tarqoqlik «sof holda» amaliyotda juda kam uchraydigan. " Kognitiv radio|"Tizimga o‘zini ekspluatatsion yoki geografik o‘rab turgan muhit to‘g‘risida bilim olish; o‘zining ekspluatatsion parametrlari va protokollarini olingan bilimlarga muvofiq, qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun, dinamik va avtonom rostlash; o‘z harakatlari natijalari asosida o‘rganish imkonini beradigan texnologiyadan foydalaniladigan radiotizim. " Kognitiv texnologiyalar|"Inson tafakkuri imkoniyatlarini rivojlantirishga maxsus yo‘naltirilgan axborot texnologiyasi. Bunday texnologiyaning o‘ziga xos misoli bo‘lib, kognitiv kompyuter grafikasi hisoblanadi. U kompyuter ekranida fazoviy shaklda nafaqat turli geometrik shakllarni, balki turli matematik formulalarni ham ifodalay oladi. Bunday ifodalashlar insonning fazoviy tasavvurini va uning assotsiativ fikrlashini rivojlantiradi. Interbilding kognitiv texnologiyaning misoli bo‘lib, u insonning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishning tashxisi, treningi va monitoringining kompyuter texnologiyasidir. " Kollaps funksional profili|"Bitta yoki bir nechta pog‘ona yetishmaydigan soxta to‘la funksional profil. Chala profilda yetishmagan pog‘onalar funksiyalari shunchalik soddalashganki, ular boshqa pog‘onalar vazifalari tarkibiga kiritilgan. Chala profillar paydo bo‘lishi juda sodda va tez ishlaydigan lokal tarmoqlar yaratish imkonini ochdi. Tabiiyki, bu afzalliklar o‘zaro ishlash sohasidagi qator funksiyalarni o‘ta soddalashtirish evaziga yuzaga kelgan. Shu munosabat bilan, bunday profillarning imkoniyatlari maʼlumotlarni berishda va seanslar o‘tkazishda cheklangan. Bundan tashqari, bu holda kommunikatsiya tarmog‘i orqali maʼlumotlar uzatish soddalashtirilgan. " Kollektorli kanal|"1. Yacheykasimon va pol osti kanallar tizimida kabelni telekommunikatsiya shkafidan taqsimlash kanallarigacha o‘tkazish uchun foydalaniladigan asosiy kanal. Sinonimi: fiderli kanal. 2. To‘g‘ri burchakli kesimga ega, pol chegarasida yoki toza poldan sal quyida joylashgan, taqsimlash kanalini yoki yacheykani telekommunikatsiya shkafi bilan bog‘lash uchun xizmat qiluvchi kanal. Ko‘pincha, berk fider yoki transheya kanali deb ataladi. Toza pol bilan bir sathda o‘rnatilgan, butun uzunligi bo‘ylab olinadigan qopqoqlari va servislarni ajratuvchilari bo‘lgan transheya kanal-fideri. " Kolliziya|"1. Ikki (yoki undan ortiq) stansiyaning bir vaqtda CSMA/CD tarmog‘ida paketni uzatishni boshlashga urinishi; kelishmovchilik aniqlanganda ikkala stansiya ham uzatishni to‘xtatadi va uni kelishmovchilik yuzaga kelish muammosini hal etish imkoniga ega tasodifiy ravishda aniqlanuvchi vaqt oralig‘i o‘tgandan so‘ng takroran tiklashga urinadilar. 2. Vaqt birligi ichida paketlarning radiokanalda urilishlar soni. 3. Turli xabarlarning xesh-funksiyasi bir-biriga mos keladigan hodisa. " Kolokeyshn|"Provayder mijoz jihozlarini o‘z hududida (odatda maʼlumotlar markazi) joylashtirib, ularni yuqori o‘tkazish qobiliyatiga ega aloqa kanallariga ulashdan iborat aloqa xizmati. Baʼzan ko‘rsatilgan jihozlar mijozga tegishli bo‘lmasdan, provayderdan ijaraga olinadi. Bunday joylashtirish provayderdan mijozga (so‘nggi milya) aloqa kanalini tashkil qilish xarajatlarini kamaytirishga imkon beradi. Kolokeyshnga ko‘pincha trafik hajmi katta bo‘lgan veb-saytlar va boshqa tarmoq xizmatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan serverlar, shuningdek, ko‘p nuqtalardan ishonchli kira olish talab etilgan jihozlar (masalan, VPN konsentratorlar, IP telefoniya shlyuzlari) qo‘yiladi. " Kolorimetrik funksiya|"Ranglar uyg‘unligi funksiyasi. Ushbu kolorimetrik tizimda to‘lqinlar uzunligining funksiyasiga teng energetik spektr monoxromatik tashkil etuvchilaridan har biriga rang bo‘yicha tenglashtirish uchun kerak bo‘lgan uchta asosiy ranglar soni keltiriladi. Izoh ‒ Bu kolorimetrik funksiyalar avvallari «taqsimlash koeffitsiyentlari», keyinchalik «uch xil rangli spektral tashkil etuvchilar» deb nomlangan. " Kolorimetrik tizim (televideniyeda)|"Uchta asosiy rangdan va tayanch oq rangdan iborat guruh. " Kolorimetriya|"Rangni o‘lchash usullari va ularni miqdor jihatdan ifodalash to‘g‘risidagi fan. Komanda rus. - команда ing. - command Bajaruvchiga, uning uchun tushunarli tilda berilgan va bajaruvchining harakatini qat’iy belgilaydigan ko‘rsatma. Komanda turli usullar bilan berilishi mumkin; kompyuterda bu simvollarning ma’lum bir to‘plami, agar kiritish klaviatura orqali amalga oshirilsa, va/yoki elektr signallar, agar kiritish portlar orqali (masalan, modem bo‘ylab) amalga oshirilsa. " Komanda fayli|"Operatsion tizim komandalari to‘plamini ichiga oladigan, formatlanmagan matn fayli. Komanda fayllari ko‘p bajariladigan operatsiyalarni avtomatlashtirish imkonini beradi. " Komanda interpretatori|"Foydalanuvchi tomonidan terminaldan yoki komanda fayli ko‘rinishida beriladigan operatsion tizimni boshqarish operatorlarini o‘qiydigan va interpretatsiya qiladigan dastur. " Komanda protsessori|"Matnli foydalanuvchi interfeysi bo‘lgan tizimlarda ‒ foydalanuvchi komandalarini qayta ishlaydigan modul. " Komanda satri|"Kompyuter bilan ishlashdagi terminal rejim. Komandalar qo‘lda yozish orqali kiritiladi. Barchasi minimal grafik sozlashlar bilan bajarilgan. " Komandalar darajasidagi parallelizm|"Protsessorning, bir nechta mashina komandasini bir vaqtda bitta dasturiy oqim doirasida bajara olish qobiliyati. " Komandalar deshifratori|"Markaziy protsessorning, operatsiya kodi va komanda operandlarini ajratadigan, keyin esa, berilgan komandani bajaradigan mikrodasturni chaqiradigan bloki (mikrosxemasi). " Komandalar generatori|"Translyatorning, translyatsiya qilinayotgan dasturga mos keladigan mashina komandalari ketma-ketligini hosil qiladigan qismi. " Komandalar keshi|"Komandalarni saqlash uchun garvard arxitekturasidan foydalaniladigan, mikroprotsessor kesh-xotirasi bloki. " Komandalar navbati|"Protsessor buferi, bu erga tanlash operatsiyasidan keyin komanda kelib tushadi va tegishli bajarish qurilmasiga yuboriladi. " Komandalar registri|"Hozirda bajariladigan komandani saqlash uchun mo‘ljallangan, protsessor registri (xotira mikrosxemasi). " Komandalar tizimi soddalashtirilgan kompyuterlar|"1980-yillarning boshlarida professor Devid Patterson (Berkli universiteti, AQSh) va uning talabasi Devid Ditsel (keyinchalik yirik olim, Transmeta kompaniyasining rahbari) tomonidan taklif qilingan kompyuterlar arxitekturasiga soddalashtirilgan yondashuv. " Komandalar to‘plami|"Berilgan protsessor bajaradigan barcha mashina komandalari jami. " Komandalar to‘plamini modellash tizimi|"Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va baholash hamda ichki qurilgan tizimlarni testdan o‘tkazish uchun qo‘llaniladigan dastur. Murakkablik darajasiga ko‘ra uch turdagi imitatorlar qo‘llaniladi: a) oddiy, faqat protsessor komandalarini bajaradi. Bunda konveyerlash samaradorligi va komandalarni bajarish uchun sarflangan sikllar hisobga olinmaydi; b) Nisbatan murakkabroq versiya – komandalarni bajarish uchun sarflangan sikllarni hisobga oladi, lekin kesh-xotiradan va MMU (Memory Management Unit) xotirani boshqarish qurilmasidan foydalana olishdagi kutishlarni hisobga olmaydi; c) murakkab versiya – protsessorning to‘liq faoliyatini modellashtiradi. " Komandalarni bajarish bloki|"Protsessorning komandalarning bajarilishini boshqaradigan qurilmasi. Zamonaviy protsessor o‘z ichiga bir nechta komandalarni bajarish blokini olishi mumkin. " Komandalarni hisoblagich|"Protsessorning navbatdagi tanlanadigan komanda manzilini yoki dasturning navbatdagi bayti (so‘zi)ni ichiga oladigan ichki registri. " Komandalarning qisqartirilgan to‘plamini hisoblash|"Qisqartirilgan komandalar to‘plamiga asoslangan protsessorlar arxitekturasi. Qisqartirilgan uzunlikdagi komandalar, katta miqdordagi registrlar, registr-registr turidagi operatsiyalar, shuningdek, bilvosita manzillashning yo‘qligi bilan ta’riflanadi. " Komandani kiritishga taklif|"Dasturiy qobiqning komandani bajarishga tayyor ekanligini ko‘rsatuvchi satr. Odatda joriy papka nomi va boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. " Komandani tanlash vaqti|"Xotiradan mashina komandasini chiqarib olish va uni komandalar registriga kiritish vaqti. " Komandaning boshqaruvchi parametri|"Firma operatsion tizimlarining komanda tillarida ‒ komandani bajarish usuli yoki rejimini ko‘rsatadigan, komanda satri parametri. Kombayner rus. - комбайнер ing. - combiner 1. Summator (quvvat); (tarqoq signallarni) qoʻshish sxemasi. 2. Birlashtiruvchi. " Kombinatsiyalangan portlash|"Intellektual tizimlardagi, qarorlarning fazoviy hajmi elementar qarorlarning soni o‘sishi bilan favqulodda tez ko‘payadigan vaziyat. Shu sababga ko‘ra, yechim izlash uchun ajratish usuli to‘g‘ri kelmaydi: evristik qoidalardan foydalanish zarur. " Kombinatsiyalangan stereosignal|"Tarkibida ko‘p kanalli signal komponentalari uzatiladigan murakkab ikkita kanalli tovush signali. Undan MPEG-2 standartida MPEG-1 bilan teskari moslashishda foydalaniladi. " Kommunikativistika|"Axborot kommunikatsiyalari (shu jumladan, tarmoqlar) muammolarini o‘rganadigan fan. " Kommunikator|"Mobil telefon funksionalligiga ega bo‘lgan cho‘ntak shaxsiy kompyuter. Kommunikatorlarning oddiy mobil telefonlardan farqi shundaki, ular dasturiy taʼminot ishlab chiquvchilariga ochiq bo‘lgan rivojlangan operatsion tizimga ega. Qo‘shimcha qo‘llanmalarni o‘rnatish esa kommunikatorlarning imkoniyatlarini yanada oshirishga imkon beradi. " Kommunikatsion xavfsizlik|"Kommunikatsiyalarning (telekommunikatsiyalar liniyalari va kanallari-ning) ruxsat etilmagan tarzda foydalanishdan muhofazalanganligi. " Kommunikatsiya|"1. Aloqa, xabar, aloqa vositasi, axborot, axborot vositasi, tutashma, muloqot, ulanish. 2. Telekommunikatsiyalar. Faoliyat sohasi – axborot uzatish usullari va vositalari. " Kommunikatsiya kontrolleri|"Bufer protsessorlari va kommutatsiya bog‘lamasi vazifalarini bajaradi. Kontrollerlar har xil turdagi kanallar bilan ishlaydilar. Uzoqlashgan (bosh kompyuterdan) kommunikatsiya kontrollerlari guruhiy kontrollerlar deb ataladi. Hamma kontrollerlarga terminallar ulanadi. " Kommunikatsiya protsessori|"Meynfreym va klasterli kontrollerlar o‘rtasida aloqani ta’minlaydigan kommunikatsiya qurilmasi. Kommunikatsion protsessor butunlay, uzatiladigan axborotni qayta ishlash, xatolarni nazorat qilish va bartaraf etish, xabarlarni kodlash, aloqa liniyalarini boshqarish va h.k.lar uchun ajratiladi. " Kommunikatsiya tarmog‘i|"Muayyan tarmoq faoliyatini taʼminlaydigan jami aloqa kanallari (simli, radio yoki optik), kanallarni hosil qiluvchi apparatura hamda aloqa markazlari va uzellari. " Kommunikatsiya tizimi|"Boshqa tizimlar orasida axborot uzatish bilan bog‘liq yordamchi vazifalarni bajaradigan tizim. " Kommutator|"Bir nechta kompyuterni lokal tarmoqqa birlashtiradigan, ularning bir-biri bilan va qolgan tarmoqlar bilan birgalikda ishlashini, Internetdan foydalanishni ta’minlaydigan tarmoq qurilmasi. Izoh − Kommutatorga ulangan shaxsiy kompyuterlar o‘rtasida o‘tkazish polosasi taqsimlanmaydi (konsentratorga ulangandagi kabi): kommutatorning har bir porti to‘liq o‘tkazish qobiliyati bilan ishlaydi. Kommutatorlar ma’lumotlar uzatish tezligini yo‘qotmagan holda, ko‘plab shaxsiy kompyuterlarni bitta tarmoqqa ulash imkonini beradi. " Kommutatsion blok|"Kommutatsion maydon umumiy chiqish uchlari va oraliq liniyalarining barchasini yoki bir qismini o‘z ichiga oluvchi kommutatsion aloqa asboblarining konstruktiv tugallangan majmui. " Kommutatsion xalaqit|"Tok va kuchlanish kommutatsiyasi jarayonlarida paydo bo‘ladigan industrial xalaqit. " Kommutatsiya|"Tarmoq abonentlari o‘rtasida, ularning umumiy fizik aloqa liniyasiga kira olishini ta’minlagan holda, ulanish o‘rnatilishiga imkon beradigan protsedura. Kommutatsiyaning printsipal farq qiladigan uchta sxemasi ajratiladi: kanallar, xabarlar va paketlar kommutatsiyasi. " Kommutatsiya bloki (stansiyasi) kommutatsiya maydonining zvenoli tuzilmasi|"Kommutatsiya bloki (stansiyasi) ning kommutatsiya maydoni, ular orqali kirishdan chiqishga bog‘lanishlar o‘rnatiladigan, o‘zaro muayyan bir nechta zvenodan iborat bo‘lgan tuzilma. " Kommutatsiya maydoni|"Kabelni ulash uchun konnektorlarning bir yoki undan ortiq qatori yoki kolonkalarini ichiga oluvchi alohida qurilma yoki element. 24 portli petch-panel; 100 juftli 110 turidagi kommutatsiya bloki, 25 juftli 66 M1-50 turidagi kommutatsiya bloki; optik-tolali petch-panel kommutatsiya uskunasi maydonlariga misol bo‘ladi. " Kommutatsiya nuqtasi|"Kommutatsiya guruhining telekommunikatsiyalar kommutatsiya asbobida, blokida yoki maydonida joylashish o‘rni. " Kommutatsiya paneli|"Rozetkali blok ko‘rinishida qilingan kabelli tizim interfeysi; kommutatsion shnurlar yordamida uskuna portlari bilan ulanadi. " Kommutatsiya stansiyasi|"Oxirgi (terminal) va tranzit bog‘lanishlarni amalga oshirishda abonent hamda bog‘lovchi liniyalar kommutatsiyasini taʼminlovchi texnik vositalar majmui. " Kommutatsiya tarmog‘i|"Kommutatsiya stansiyalari va uzellari bazasida tashkil etilgan, telekommunikatsiyalar transport tarmog‘ining resurslaridan foydalangan holda, kanallar yoki paketlar kommutatsiyasini taʼminlaydigan tarmoq. " Kommutatsiya tarmog‘i stansiyasi|"Kommutatsiya tarmog‘i liniyalari va kanallarining ulanishini, shu jumladan, oxirgi (terminal) abonent qurilmalari bilan taʼminlaydigan texnik vositalar kompleksi. " Kommutatsiya tizimi|"1. Stantsiya yoki uzelning barcha kommutatsiya bloklari va izlash bosqichlarining majmui. 2. Har bir kirishda kelayotgan paketlar oqimini takrorlash bilan kommutatsiyalashning ko‘p kaskadli sxemasi; bunda har bir kirish-chiqish jufti o‘rtasida bir nechta bog‘lanish bo‘ladi. " Kommutatsiya uskunasi|"Kabelning mexanik ulanishini ta’minlovchi qurilma. " Kommutatsiya shnuri|"Bitta yoki har ikki uchida ajratgichlari bo‘lgan, kommunikatsion uskunani kommutatsion panel yoki krossga ulash uchun mo‘ljallangan qisqa (bir necha metrgacha bo‘lgan) shnur. " Kommutatsiyalanadigan kanal|"Kommunikatsiya tarmog‘ining mantiqiy kanali. Kanallarni kommutatsiyalash natijasida, aksariyat holda, faqat tizimlar orasida seans vaqtiga taqdim qilinadi. " Kommutatsiyalanadigan kanallar orqali ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i|"Shaxsiy kompyuterga ulangan ikkita telefon liniyasi va ikkita modem qurilmasi yordamida ikki tomonlama raqamli maʼlumotlar bilan almashish rejimini tashkil etish imkonini beradigan texnologiya. " Kommutatsiyalanadigan kanallar orqali IP-tarmog‘iga ulanish (qo‘ng‘iroq)|"SLIP yoki PPP protokollari orqali IP-tarmog‘i bilan ulanish. Odatda modem orqali amalga oshiriladi. " Kommutatsiyalanadigan liniya|"Faqat ikki qurilmaning ulanish vaqtida o‘rnatiluvchi telekommunikatsiyalar liniyasi. " Kommutatsiyalanadigan liniyalar bo‘yicha olisdagi foydalanuvchilarni autentifi-katsiya qilish xizmati|"Autentifikatsiya qilish serverida foydalanuvchilarning qayd qilingan ma’lumotlarini (parollar va sh.k.) markazlashtirilgan tarzda tekshirish uchun mo‘ljallangan protokol. " Kommutatsiyalanadigan liniyalar orqali Internetdan erkin foydalanish|"Foydalanuvchi kompyuterining Internet tarmog‘i va uning resurslariga telefon liniyasi bo‘yicha seansli ulanishdan foydalanishni ta’minlash. " Kommutatsiyalanadigan lokal tarmoq|"Segmentlardan iborat lokal tarmoq. U kommutatsiya majmui yordamida yagona bir butun bo‘ladi. Yuqori o‘tkazish qobiliyatli kommutatsiyalanadigan majmua orqali, faqat boshqa segmentlarda joylashgan tizimlarga yo‘llangan maʼlumot bloklari uzatiladi. Qolgan bloklar faqat o‘zlarining segmentlari ichida aylanib yuradilar, bu esa tarmoqning xavfsizligiga imkon yaratadi. Kommutatsiyalanadigan majmua fizik kommutatsiyasini ham, mantiqiy kommutatsiyasini ham taʼminlaydi. Buning natijasida, bir-biri bilan bog‘langan turli-tuman virtual tarmoqlar yaratiladi. " Kommutatsiyalanadigan telekommunikatsiyalar tarmog‘i|"Abonentning so‘rovi bo‘yicha yoki berilgan dasturga muvofiq, tarmoqining stansiyalari va kommutatsiya qilish uzellari yordamida oxirgi (terminal) abonent qurilmalari o‘rtasida xabarlarni uzatish uchun talab qilingan vaqtda aloqani ta’minlaydigan telekommunikatsiyalarning kommutatsiya tarmog‘i. " Kommutatsiyalanadigan virtual tarmoq|"IBM korporatsiyasi tomonidan taklif qilingan, tuzilmasi jo‘shqin o‘zgaradigan tezkor kommunikatsiya tarmoqlarining arxitekturasi. SVN tizimli tarmoq arxitekturasi va marshrutizatorlar asosida yaratilayotgan tarmoqlar o‘rnini bosmoqda. SVNning asosiy xususiyati uzatishning asinxron usulini ishlatish va ulanishning fizik vositalarining rang-barangligidir. Shuning evaziga, SVN strategiyasi turli rusumdagi tarmoqlarni qamrab olmoqda. " Kommutatsiyalanadigan yaproq|"Aloqaning bir yoʻnalishidan boshqasiga tezkor qayta ulanadigan koʻp nurli antenna yoʻnalganlik diagrammasining yaproqlaridan biri. " Kommutatsiyalanmaydigan liniya|"Ulanish o‘rnatilishi uchun raqam terish talab etilmaydigan telefon liniyasi. " Kommutatsiyalanmaydigan telekommunikatsiyalar tarmog‘i|"Oxirgi (terminal) qurilmalarning telekommunikatsiyalar kanali orqali, tarmoq stansiyalari va qayta ulash uzellari yordamida uzoq muddatli bog‘lanishlarni taʼminlaydigan telekommunikatsiyalar tarmog‘i. " Kommutatsiyalash xabi|"Tarmoq ishining samaraliligini oshiruvchi Ethernet texnologiyasining keyingi rivojlanishi. Bu holda muhitdan foydalanishni boshqarish aslida bog‘lamalardan port juftlari – paket manbalari va ularni qabul qiluvchilar – o‘rtasida virtual ajratilgan kanallar o‘rnatilishini taʼminlovchi markaziy kommutatsiyalanadigan qurilmaga ko‘chiriladi. Uzatuvchi uzellardan kommutatsiya xabi deyarli har doim paketni yo o‘z buferiga qabul qilish, yo uni deyarli uzilishsiz maqsad portiga uzatishga tayyor. Kommutatsiya xab orqali o‘zaro maʼlumotlarni almashuvchi kompyuterlar umumiy trafik yukini oshirmaydi. Bunday xab-lar, shuningdek, Ethernet va Fast Ethernet tarmoqlarini bog‘lash uchun qo‘llaniladi. " Kompakt-disk|"Axborotni (ma’lumotlarni), ya’ni ma’lumotlarni saqlash formatini raqamli shaklda saqlash uchun mo‘ljallangan ko‘chma optik disk. " Kompakt disk surati|"Doimiy xotira qurilmasi kompakt-diski fayllari katalogi va tuzilmasining aks ettirilishi. Kompakt-disklarni klonlashtirish uchun xizmat qiladi. Shuningdek, u kompakt diskning obrazi ham deyiladi. " Kompakt disklar bilan ishlash uchun real vaqtli operatsion tizim|"Interaktiv mazmunga ega bo‘lgan kompakt-disklarni qayta ishlash imkonini beradigan operatsion tizim. Turli audio- va videoproigrivatellarda bo‘ladi. " Kompakt disklarning fayl tizimi|"Kompakt-disklar uchun fayl tizimi. Klasterning 2 kbit qayd etilgan o‘lchamiga ega. Barcha zamonaviy operatsion tizimlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. " Kompakt-diskdagi doimiy xotira qurilmasi|"1. Kompyuter va boshqa kompyuterlashtirilgan qurilmalar uchun mo‘ljallangan, kompakt-diskda joylashtirilgan tashqi doimiy xotira. Foydalanuchining ma’lumotlar bloki diskda 2048 byte ni egallaydi. Har bir blokdagi 304 byte dan qo‘shimcha axborot va xatolarni to‘liq kuzatib borish va tuzatish uchun foydalaniladi. To‘la fizik blok 2352 byte ni egallaydi. 2. Kompakt-disklarni o‘qish uchun mo‘ljallangan qurilma. " Kompakt-diskdan yuklash|"Kompakt-diskning birinchi yo‘lkasida yozilgan ma’lumotdan foydalanib kompyuterni yuklash. Odatda, operatsion tizimni yuklashda va diagnostika qilishda qo‘llaniladi. " Kompakt-diskka yozish qurilmasi|"Ma’lumotlarni kompakt-diskka yozuvchi qurilma. " Kompakt-disklarni dasturlashtiruvchi|"Kompakt-disklarga ma’lumotlarni yozadigan dastur. " Kompaktlash|"Xotiradagi qo‘shni bo‘lmagan barcha bo‘sh sohalarni bitta uzluksiz blokka birlashtirish maqsadida xotiraning siljishi yoki aralashtirib yuborilishi. " Kompander|"Kompressor va ekspander funksiyalarini birlashtiradigan hamda aloqa kanali orqali signallarni uzatishdan oldin, ularning dinamik diapazoni siqilishini va qabul qiluvchi tomonda signallarning dastlabki shakli tiklanishini ta’minlaydigan qurilma. " Kompandirlanmagan uzatish|"Uzatish usuli, bunda uzatiladigan signallarning dinamik diapazonini siqish yuz bermaydi. " Kompanon viruslar|"Nusxasini zararlanadigan dastur o‘rnida yaratadigan, original faylni yo‘q qilmasdan, uni qayta nomlaydigan yoki siljitadigan viruslar. Dasturni ishga tushirishda avval virus kodi bajariladi, keyin boshqaruv original dasturga beriladi. " Komparator|"O‘lchanayotgan kattalikni etalon kattalik bilan solishtirish uchun mo‘ljallangan o‘lchash asbobi. Komparatorlar optik, elektr, interferension va h.k. bo‘lishi mumkin. Komparatorlar, masalan, nurlantiruvchi tizimlarning elektromagnit maydon kuchlanishini o‘lchashda qo‘llaniladi. " Kompetensiya|"Shaxs tajribaga, bilimlarga ega bo‘lgan masalalar doirasi; qandaydir organ yoki mansabdor shaxsning vakolatlar doirasi. " Kompetentlik, muayyan vakolatga egalik|"1. Vakolatga, huquqqa, nimadir to‘g‘risida hukm chiqarish, mulohaza yuritish imkonini beradigan bilimlarga ega bo‘lishlik. Muayyan vaziyatda ko‘rsatilgan bilimlar, malakalar, mahoratning mavjudligi. 2. Istalgan natijalarga erishish uchun bilim va ko‘nikmalarni qo‘llash qobiliyati. " Kompilyator|"1. Dasturni muammoga yo‘naltirilgan tildan mashinaga yo‘naltirilgan tilga o‘giradigan translyator, yuqori darajadagi tillarni mashina kodiga (yoki ba’zida, keyinchalik interpretator bajaradigan oraliq kodga) aylantiradigan dasturiy ta’minot. 2. Dasturning boshlang‘ich matnini dasturlash tilidan dasturning mashina (obyekt) yoki oraliq kodiga translyatsiya qilinishini bajaradigan maxsus dastur. Translyatsiyadan so‘ng, kompilyator obyekt faylini bajariladigan mashinaga bog‘liq kodga o‘zgartirib, komponovka qilishni (yig‘ishni) amalga oshiradi. " Kompilyatsiya|"Biror-bir dasturlash tilida yozilgan dasturni unga ekvivalent bo‘lgan tilga (mashina tili yoki oraliq til) o‘girish. Kompilyatsiya jarayoni mantiqan boshlang‘ich matnni tahlil qilish, sintezlash yoki kodni generatsiya qilishga asoslangan bosqichlardan iborat. Fizik jihatdan – har bir bosqichda kompilyator boshlang‘ich matnni boshdan oxirigacha tekshirib chiqadi. " Kompilyatsiya vaqti|"Kompilyator dasturni boshlang‘ich dasturlash tilidan bajariladigan mashina (obyekt) kodiga aylantirishi uchun sarflaydigan vaqt. " Kompilyatsiya vaqti (fazasi)|"Dasturning boshlag‘ich kodi obyekt moduliga kompilyatsiyalanadigan dasturni qayta ishlash bosqichi. " Kompilyatsiyalash parametrlari|"Ishga tushirish paytida komanda satrida yoki dastur matnida translyatorga ko‘rsatmalarda keltiriladigan va uning ishini boshqaradigan parametrlar. " Kompilyatsiyalash tartibi|"Dastur modullari uzatilishi kerak bo‘lgan tartib. Rivojlangan modul tuzilmali tillarda (masalan, Ada, Modula) modulning translyatsiya qilinishi, foydalaniladigan barcha ta’riflash aniqlash modullaridan oldin bajarilishi mumkin emas. " Kompleks axborot tizimlari|"Korxonaning, kompleks avtomatlashtirish g‘oyalari va usullarini amalga oshiradigan texnik va dasturiy vositalari majmui. Kompleks avtomatlashtirish tashkilotning barcha asosiy amaliy jarayonlari integratsiyasini va kompyuter texnologiyalariga o‘tilishini ko‘zda tutadi. " Kompleks xizmatlarga ega keng polosali raqamli tarmoq|"ISDN standartining rivojlantirilgan versiyasi, ma’lumotlar uzatish tezligi 155 dan 622 Mbit/s va undan yuqoriroq bo‘lishini ta’minlaydi. Ma’lumotlar trafigi, ovoz va videoni qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan, ATM/SDH texnologiyalariga asoslangan. " Komplementar metall-oksidli yarimo‘tkazgich|"Elektron sxemalarni tuzish texnologiyasi. Afzalligi – elektr energiyani kam iste’mol qiladi. Kamchiligi – murakkab sxemani tuzish imkoniyatining yo‘qligi. " Komponent (alohida) signallar|"Komponent videosignallarda yorqinlik signali va ranglilik signalini alohida qayta ishlash va uzatish tushuniladi. Videosignal uchta: yorqinlik signali va ikkita rang farqlovchi (Y, B-Y, R-Y kabi belgilanadi, ya’ni Uy, UR-y va UB-Y yoki UR, UG va UB) tarkibiy qismga ajratilgan. U kompozit yoki S-video signalga nisbatan ustunliklarga ega. " Komponent blok|"Quyi daraja traktlari qatlami va yuqori daraja traktlari qatlami o‘rtasida moslashuvni taʼminlovchi axborot tuzilmasi. Axborot yuklamasi va yuklama sikli boshlanishining yuqori daraja virtual konteyneri sikli boshlanishiga nisbatan siljishini bildiruvchi komponent blok ko‘rsatgichidan iborat. " Komponent kirish|"Qizil, yashil va ko‘k ranglarda elektronlar chiqaradigan kineskopning elektron to‘pini boshqaradigan yarimo‘tkazgichli sxemalardan bevosita foydalanish imkonini beradigan kirish. " Komponent (rangli televideniyeda)|"Asosiy ranglarning signallaridan hosil qilinadigan uchta signaldan biri. Odatda, yorug‘lik signali va ikkita tor polosali ayirmarang signallar komponenta hisoblanadi. " Komponentlararo kabel|"A/B-tizimning komponentlari o‘rtasida chiziqli darajadagi audiosignal (tovush kabel) yoki kompozit videosignal (videokabel) uzatiladigan kabel. " Komponentlarning obyekt modeli|"O‘zaro hamkorlikda ishlovchi tarqatilgan va har biri bir vaqtning o‘zida bir nechta dasturda ishlatilishi mumkin bo‘lgan komponentlar asosidagi dasturiy ta’minotni yaratishga mo‘ljallangan Microsoft kompaniyasining texnologik standarti. " Komponentli dasturiy taʼminot|"Standart tashkil etuvchilarni terib biriktirish bilan yaratiladigan dasturlar majmui. Mazkur texnologiyada, dasturning ixtiyoriy qismi takror ishlatilishi mumkin bo‘lsa, u tarkibiy qismdir (komponentdir). Komponentli dasturiy taʼminotning afzalliklari ishlab chiqish davrini qisqartirishda va dastur arzonlashuvida namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, dasturiy taʼminotning yuqori sifati taʼminlanadi. Komponentli dasturiy taʼminot texnologiyasining rivojlanishi obyektga yo‘naltirilgan dasturlashning yaratilishiga olib keldi. " Komponovka qilingan blok|".NET texnologiyasida boshqarilayotgan kodni saqlaydigan binar fayl. .NET platformasi kompilyatori YEXE yoki DLL modulni yaratganda, o‘sha modulning tarkibi komponovka qilingan blok deb ataladi. Komponovka qilingan blok o‘z tarkibida versiya raqami, metaaxborot va IL yo‘riqnomalarni saqlaydi. " Komponovkachi|"Dasturlash tizimining bir qismi yoki mustaqil dastur, obyekt modullardan va bibliotekadan olinadigan standart qismlardan bajariladigan dasturni yig‘adi. " Kompozit kirish/chiqish (PCh video kirish/chiqish)|"Videoapparaturaning, qandaydir NTSC, PAL yoki SECAM standartida kompozit videosignallarni almashishda foydalaniladigan interfeys turi. " Kompozit (qo‘shma yoki to‘liq) signallar|"Tasvirning ham yorqinligi, ham rangliligi to‘g‘risidagi axborotga ega bo‘lgan videosignal. Yorqinlik va ranglilik to‘g‘risidagi axborot NTSC, PAL, SECAM kabi TV standartlar talablariga muvofiq kodlanadi. " Kompozit rangli videosignal|"Ayirmarang signallarni uzatish uchun rangli quyi eltuvchilardan foydalaniladigan rangli televideniye tizimlaridagi rangli videosignal. " Kompressiya (siqish)|"Tarmoqda ishlash vaqtida uzatiladigan ma’lumotlar hajmini kamaytirish va saqlash uchun zarur bo‘lgan xotira hajmini kamaytirish maqsadida ma’lumotlarni o‘zgartirish. Ma’lumotlarni siqish usullari kodlash yo‘li bilan ortiqchalikni kamaytirishga asoslangan. Siqish darajasi fayl turiga bog‘liq, bajariladigan fayllar amalda kamaymaydi, grafik ma’lumotlar bo‘lgan fayllar 4 marta siqiladi. " Kompyuter|"Komandalarni bajara oladigan raqamli (diskret) hisoblash mashinasi. Kompyuterning asosiy vazifasi – dasturlar yordamida ma’lumotlarni qayta ishlashdir. Kompyuterda apparatura qismi va dasturiy ta’minot ajratiladi. Apparatura qismining asosini mikroprotsessor tashkil qiladi. Dasturiy ta’minot asosi – operatsion tizim. " Kompyuter aloqasi|"Aloqa kanallari bo‘ylab kompyuterdan kompyuterga axborot uzatish. Aloqa elektron vositalar yoki jamoa telekommunikatsiya kanallari (telefon, radio- va yo‘ldoshli aloqa), yoki maxsus kabellar va simlar orqali amalga oshiriladi. " Kompyuter arxitekturasi|"Kompyuterning tashkiliy tuzilmasi bo‘lib, ichiga ma’lumotlar oqimini, interfeyslarni, apparat va dasturiy ta’minotni oladi. Atama IBM korporatsiyasi tomonidan mos keladigan System/360 elektron hisoblash mashinalari turkumini yaratishda kiritilgan. " Kompyuter-bosma|"Raqamli poligrafiyada ishlatiladigan tushuncha. U kompyuter bilan poligrafiya o‘rtasida oraliq operatsiyalar yo‘qligini bildiradi. " Kompyuter dasturi|"1. Masalani yechish algoritmining tavsifi. Dasturlash tilida beriladigan, dasturchi tomonidan tuziladigan va kompyuter bajaradigan ko‘rsatmalar yig‘masi. 2. Muayyan funksiyalarni, masalalarni va muammolarni yechish uchun zarur bo‘lgan, ixtisoslashgan dasturlash tilining qoidalariga bo‘ysunadigan va operatorlar yoki komandalar tavsifidan iborat sintaksis birlik. 3. Hisoblash mashinasiga algoritmni belgilab beradigan, ko‘rsatmalar (komandalar yoki tavsiflar va operatorlar) ketma-ketligi. Kompyuter dasturi kompyuter qanday tartibda, qaysi maʼlumotlar ustidan va qanday operatsiyalarni bajarishi kerakligini, hamda qanday shaklda natija berishi kerakligini ko‘rsatib beradi. Kompyuterni boshqarish qurilmasi kompyuter dasturini mashina komandalari ketma-ketligi shaklida qabul qiladi. Kompyuter dasturini mashina tilida tuzish – noqulay va sermehnat jarayon. Shu sababli, odatda kompyuter dasturi inson tomonidan biror-bir dasturlash tilida tuziladi, so‘ngra kompyuterning o‘zi bu dasturni mashina tiliga o‘tkazadi (translyatsiya qiladi). " Kompyuter dasturini modifikatsiya qilish|"Moslashtirish bo‘lmagan va dastlabki matnning o‘zgarishiga olib keluvchi har qanday o‘zgartirishlar. " Kompyuter dasturining chiqarilishi|"Kompyuter uchun dastur nusxalarini muallif roziligi asosida cheklanmagan shaxslar doirasiga taqdim etish (jumladan, kompyuter xotirasiga yozish va bosma matn chop etish orqali ham). Bunday nusxalar soni ko‘rsatilgan asarlar tavsifiga ko‘ra mazkur doiradagi shaxslar ehtiyojlarini qondirishi lozim. " Kompyuter dasturlarini qo‘riqlash|"Ixtiyoriy tilda va ixtiyoriy shaklda, shu jumladan, dastlabki matn yoki obyektli kod ham, ifodalanishi mumkin bo‘lgan dasturlarning (shu qatori operatsion tizimlar ham) barchasiga tegishli bo‘lgan qo‘riqlash turi. " Kompyuter firibgarligi|"Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi yoki kompyuter tarmog‘i yordamida yoki undan bevosita foydalangan holda sodir etilgan firibgarlik. " Kompyuter grafikasi|"Kompyuter yordamida yaratiladigan, saqlanadigan yoki qayta ishlanadigan har qanday tasvir, shuningdek, bu bilan bog‘liq maxsus apparat vositalar, dasturiy ta’minot va dasturlash. " Kompyuter grafikasi metafayli, CGM formati|"Grafik ma’lumotlar hamda tasvirlarni saqlash va uzatish formatining standarti. " Kompyuter hodisalariga chora ko‘rish xizmati|"Qar.: CERT. " Kompyuter huquqi|"Qonunchilikning kompyuter, kompyuter tizimlari va tarmoqlarini ishlatish jarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladigan huquqiy hujjatlar majmuidan iborat yangi sohasi. Huquqshunoslikka oid adabiyotlarda «kompyuter huquqi» atamasi bilan birga: «informatika huquqi», «axborot huquqi», «kompyuter-axborot huquqi» kabi atamalar ham uchraydi. Axborot huquqi tushunchasi kompyuter huquqi tushunchasiga nisbatan kengroq maʼnoga ega, chunki u axborot qanday texnik vositalar bilan qayta ishlanishidan va uni tashuvchilar qandayligidan qatʼiy nazar, axborot faoliyati sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. " Kompyuter ilmi|"Qar.: Informatika. " Kompyuter jinoyati|"1. Axborot resursidan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olish, uni o‘zgartirish (qalbakilashtirish) yoki o‘zi uchun yo uchinchi shaxs uchun mulkiy foyda olish, shuningdek, o‘z raqibiga mulkiy zarar yetkazish maqsadida bu resursni yo‘q qilish. 2. Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi yoki kompyuter tarmog‘i yordamida yoki undan bevosita foydalangan holda sodir etilgan jinoyat. " Kompyuter jinoyatlari tasniflagichi|"Interpol tashkiloti Bosh kotibiyatining ishchi guruhi tomonidan 1991-yilda ishlab chiqilgan. U so‘rovlar bo‘yicha axborotni avtomatlashtirilgan axtarish tizimi bilan uyg‘unlashgan va hozirgi kunda, Interpolning yuzdan ortiq Milliy bo‘limlaridan foydalanish imkonini beradi. Tasniflagich kompyuter jinoyatlarining olti guruhini o‘z ichiga oladi, ularning har biri yana ayrim turlarga bo‘linadi. Tasniflagichda Z shartli belgisi nazarda tutilgan bo‘lib, u «jinoyatlarning boshqa turlari»ni ifodalaydi va kompyuter texnologiyalarining bo‘lajak rivojlanishini hisobga olib kiritilgan. QA guruhi – ruxsat etilmagan foydalanish va tutib olish, QD guruhi - kompyuter maʼlumotlarini o‘zgartirish, QF guruhi – kompyuter qallobligi, QR guruhi – noqonuniy nusxa olish, QS guruhi – kompyuter ish tashlashi, QZ guruhi – boshqa kompyuter jinoyatlari. " Kompyuter kartochkasi|"Ichiga mikroprotsessor, dasturiy taʼminot va energiyaga qaram bo‘lmagan xotira qurilmasi o‘rnatilgan plastik kartochkasi. Kompyuter kartochkasi, boshqacha, intellektual kartochkasi deb ham atalib, uncha katta bo‘lmagan o‘lchamlarga, o‘zining oddiy operatsion tizimiga va beruxsat foydalanishdan ichiga o‘rnatilgan muhofazasiga ega. Kartochkada bir guruh tutashmalar bo‘lib, ular ozuqa manbaiga ulanish, kartochkaga maʼlumotlarni kiritish va undan maʼlumotlarni chiqarish uchun xizmat qiladi. Kompyuter kartochkasi uning egasini aniqlash uchun va qo‘shimcha axborot (bankdagi hisob raqami, biror tovar uchun to‘langan pul miqdori va h.k.) taqdim qilish uchun mo‘ljallangan. " Kompyuter maʼlumotlarini g‘ayriqonuniy egallab olish|"Kompyuter tizimida, tarmoqda yoki mashina tashuvchilarida saqlanayotgan axborotni ruxsatsiz ko‘chirish yoki boshqa g‘ayriqonuniy yo‘l bilan egallab olish, yoki kompyuter aloqasi vositalari yordamida uzatiladigan axborotni ushlab qolish. " Kompyuter muhofazasi|"Maʼlumotlar va tizim resurslarini, odatda tasodifiy va qasddan qilingan harakatlarga qarshi qo‘llanadigan tegishli tadbirlar tizimi bilan muhofazalash. Bunday harakatlar o‘zgalar axborotini o‘zgartirish, yo‘q qilish, oshkor etish, olish yo undan foydalanish kabilar bo‘lishi mumkin. " Kompyuter musiqasi|"Kompyuter texnikasi va tegishli dasturiy taʼminotni ishla-tib yaratiladigan musiqa. " Kompyuter-pyupitr|"Papka-pyupitr ko‘rinishidagi, axborotni kiritish uchun yassi ekrani va perosi bo‘lgan portativ kompyuterlar turkumi. " Kompyuter reklamasi|"Axborot tarmog‘i tomonidan texnologiyalar, tovarlar va taklif qilinayotgan xizmat turlari to‘g‘risida taqdim qilinayotgan axborot. Kompyuter reklamasi audiovideotizimlar, multimuhit va virtual borliqdan foydalanishga tayanadi. Reklamada taklif qilinayotgan obyektlar to‘g‘risidagi maʼlumotlar joylashgan maʼlumotlar bazasi katta ahamiyatga ega. Barcha hollarda maʼlumotlarning hamma turlari, yaʼni, matn, nutq, musiqa va tasvirlar, shu jumladan, rangli, hajmiy tasvirlar ishlatiladi. Ommaviy tomoshabinga mo‘ljallangan reklama uchun, teleko‘rsatuvlar tarmog‘i ishlatiladi. " Kompyuter sabotaji|"Qasddan kompyuter axborotini yoki dasturini yo‘q qilish, blokirovkalash, yaroqsiz holga keltirish, kompyuter uskunalarini safdan chiqarish, kompyuter tizimini, tarmog‘ini yoki axborotning mashinali tashuvchisini barbod qilish. " Kompyuter savodxonligi|"Hisoblash texnikasi vositalaridan foydalanish, kompyuterda ishlash ko‘nikma va bilimlarining eng kam to‘plamiga egalik qilish; informatika asoslarini va axborot texnologiyasining jamiyat hayotidagi ahamiyatini tushunib yetish. Izoh – Kompyuter savodxonligi axborot jamiyati va kompyuterlashtirish to‘g‘risida bilim, kompyuterdan foydalanish mahorat va ko‘nikmalarini, gibrid intellekt yaratishning muvaffaqiyatini ta’minlaydigan shaxsiy sifatlarni beradi. Bi-lish faoliyatining vositasi sifatida kompyuterdan keng foydalanish imkonini beradi, axborotni taqdim etish va saqlash imkoniyatini kengaytiradi. " Kompyuter steganografiyasi|"Xabar yoki faylni boshqa xabar yoki faylda yashirish. " Kompyuter suiiste’molligi|"Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimining kompyuter xavfsizligiga ta’sir etadigan yoki uni buzadigan, qasddan yoki tasodifiy ruxsat berilmagan harakat. " Kompyuter tarmog‘i|"Resurslardan birgalikda foydalanish va ma’lumotlar almashinish uchun, aloqa kanallari bilan o‘zaro bog‘langan kompyuterlar va tarmoq uskunasi majmui. Resurslar – bu uskuna, dasturlar va ma’lumotlar bazasidir. " Kompyuter tarmog‘i adminstratori|"Tarmoqni joriy boshqarish va uni rivojlantirish istiqboli bilan shug‘ullanadigan shaxs yoki shaxslar guruhi. Asosiy vazifalari: ishonchli ishlashni ta’minlash, foydalanish (kirish) parollari va manzillarini aniqlash va berish, boshqa tarmoqlar bilan birgalikda ishlashni ta’minlash, ma’lumotlar bazalarining administratorlari bilan birgalikda ishlash. " Kompyuter telefoniyasi|"Maxsus dasturlar va protokollar yordamida telefon tarmog‘i foydalanuvchilari bilan muloqot qilish imkoniyati. Bunday imkoniyat bepul berilmaydi. " Kompyuter texnologiyasi|"Qar.: Axborot texnologiyasi. " Kompyuter tili|"Hisoblash mashinasi tushunadigan til. Dastlab u faqatgina nol va birlardan iborat til edi. Keyin esa, mashinalar protsessor darajasidagi Assembler ni «tushunishni o‘rganishdi». " Kompyuter tizimi|"Markaziy kompyuter va unga aloqador chekka qurilmalar, konsol kompyuterlar, disk massivlari, lentali tashuvchilar, maʼlumotlarni robotlashgan saqlash tizimi va shunga o‘xshashlar. " Kompyuter tizimining auditi|"Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimida qo‘llaniladigan protseduralarni, ularning samaradorligi va to‘g‘ri bajarilayotganligini baholash yuzasidan ekspertiza qilish, shuningdek, xavfsizlikni oshirish bo‘yicha tavsiyalar berish. " Kompyuter virusi|"1. Hisoblash tizimiga, ma’lumotlarni buzish, o‘zgartirish yoki yo‘q qilish maqsadida kiritiladigan anonim dastur. 2. Quyidagi xususiyatlarga: o‘zini boshqa fayllarga, diskka, elektron hisoblash mashinasiga ko‘chirish; aniq chaqiruvsiz bajarish; axborotdan ruxsat etilmagan tarzda foydalanishni amalga oshirish; aniqlashga urinishdan maskirovka qilish imkoniyatiga ega dastur. 3. O‘zining nusxasini yoki boshqa zararli dasturlar yarata oladigan va ularni kompyuter fayllariga, tizim sohalariga kiritadigan, shuningdek, boshqa destruktiv xarakatlarni amalga oshiradigan zararli dastur. " Kompyuter vositasida buzish|"Manfaat ko‘rish, begonalarning ma’lumotlaridan foydalanish, shaxsiy qiziqishni qanoatlantirish va boshqa maqsadda kompyuter tarmog‘iga yoki begona shaxs kompyuteriga ruxsat etilmagan tarzda kirish. " Kompyuter xaritasi|"Avtomatlashtirilgan kartografik tizim yoki geografik axborot tizimi vositalari yordamida olingan xarita. U grafika chiqarish qurilmalari – grafika chizadigan, printer va boshqalar yordamida qog‘oz, fototasma va boshqa materiallarda tayyorlanadi. Qar.: Geografik axborot tizimi. " Kompyuter xavfsizligi|"Kompyuter tizimlarining, qayta ishlanadigan va saqlanadigan axborotdan ruxsat etilmagan tarzda foydalanish yo‘lidagi urinishlarga, buzg‘unchilik harakatlariga olib keluvchi axborotning kiritilishiga hamda soxta axborot majburan kiritilishiga (qabul qilinishiga) qarshi tura olish xususiyati. " Kompyuterlar avlodi|"Kompyuterlar, dasturlash tillari, tarmoqlarni tasniflash vositasi. " Kompyuterlashtirilgan dasturiy taʼminotni ishlab chiqish|"Dasturiy taʼminot ishlab chiqishga mo‘ljallangan tizim. CASE texnologiyasi dasturlarni ishlab chiqishga, umumiy maʼlumotlar bazasini yaratishga, shu baza bilan o‘zaro ishlashning yagona usulidan foydalanishga mo‘ljallangan kompyuterlashgan tizim vositalari to‘plamidan iborat. Buning ustiga, bu yondashuv yagona axborot tarmog‘iga ulanadigan axborot tizimlarida ishlatiladigan operatsion tizimlarning xilma-xilligini hisobga oladi. Bundan tashqari, CASE turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlatiladigan tarmoq texnologiyalarining yagona asosini belgilaydi. CASE yana, yaratilayotgan dasturlarni testlashning uslubiyatini va testlash vositalarini taqdim qiladi. CASE ni ishlatish evaziga ishlanmalar arzonga tushadi va ularni ishlab chiqish davri qisqaradi. " Kompyuterlashtirilgan ishlab chiqarish|"Ishlab chiqarishni, texnologik jarayonlarni kompyuterlashtirilgan tizim ishtirokida boshqarish. " Kompyuterlashtirilgan logistik tizim|"Loyihalash va murakkab qurilmalar to‘plamini kuzatib borish texnologiyalari majmui. CALS tizimi avtomatlashtirish funksiyalari to‘plamini belgilab beradi. U bozorni o‘rganish va marketing, texnik shartlarni ishlab chiqish, loyihalash, ishlarning moddiy-texnik taʼminoti, texnologik jarayonni ishlab chiqish va tayyorlash, ishlab chiqarish, nazorat va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Ko‘rsatib o‘tilgan funksiyalarni bajarish uchun CALS quyidagi vositalarni ishlatadi: logistik tizimlarning spetsifikatsiyasini yaratish; loyihalash, shu jumladan, maʼlumotlar bazalarini; dasturlash; uyg‘unlashuv uchun platformalarni kuzatib borish; turli nimtizimlarni yaratuvchilarning o‘zaro ishlashini rejalash, nazorat qilish. " Kompyuterlashtirilgan loyihalash|"Ishlab chiquvchilar mehnatini avtomatlashtirish texnologiyasi. Mahsulotlar (asboblar, qurilmalar, apparatlar, tizimlar) tobora murakkablasha borishi, ularni yaratishda yangicha yondashuvlar qo‘llashni taqozo etadi. Ular CAD, Loyiha Ishlarini Avtomatlashtirish Tizi-mi (LIAT) deb ham ataladigan texnologiya bilan amalga oshiriladi. CAD loyihalash va chizmachilikni, yassi yoki hajmiy detallar va konstruksiyalarni uch o‘lchamli modellashni taʼminlaydigan amaliy dasturlar paketidir. Bundan tashqari CAD, konseptual konstruktorlash, animatsiya, vizuallashtirish, maʼlumotlar bazalarini boshqarish va muhandislik hujjatlari tayyorlash vazifalarini bajaradi. CAD yaratilishi kerak bo‘lgan mahsulot to‘g‘risida maʼlumotlar yig‘ishdan tortib, uni tayyorlashgacha bo‘lgan masalalarni qamrab oladi. " Kompyuterlashtirilgan tarjima|"Kompyuter yordamida, bir tabiiy tildan boshqasiga bajariladigan tarjima. Kompyuterlashgan tarjima, ko‘p hollarda mashinali tarjima deyiladi, sunʼiy tafakkurga ega bo‘lgan amaliy jarayon tomonidan bajariladi. Kompyuterlashgan tarjimaning uch turi mavjud. To‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima usuli eng eskisi bo‘lib, faqat bir juft tillarga mo‘ljallangan. Vositachi – til ishlatishga asoslangan tarjima usuli. U avvalgidan matn mazmunini ifodalash uchun vositachi kiritilishi bilan farqlanadi. Bu usul, ayniqsa, ko‘ptilli muhitda samarali hisoblanadi. Bundan tashqari u oldingi to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima usulidan tejamliroq. Transfer (uzatish) usulida, tarjimaning yana bir bosqichi kiritiladi. Ulardan birinchisida, boshlang‘ich matn kirish tilining ifodalariga aylantiriladi. Ikkinchi bosqichda bu ifodalanish chiqish tili ifodalariga qayta aylantiriladi. Nihoyat oxirgi bosqichda chiqish tilidagi matn hosil bo‘ladi. " Kompyuterlashtirilgan tizim|"Kompyuter yordamida ixtiyoriy ishlarni avtomatlashtirishga mo‘ljallangan tizim. CAS tizimi, modellash, loyihalash, ishlab chiqish, yaratish, amalda ixtiyoriy mashinalarni, apparatlarni, asboblarni va boshqa mahsulotlarni tayyorlash va sinash bilan bog‘liq ishlarni qamrab oladi. " Kompyuterlashtirish|"1. Kompyuterlar vositasida avtomatlashtirish. 2. Inson faoliyatining turli sohalarida, axborot jarayonlarini va texnologiyalarni avtomatlashtirishni taʼminlaydigan kompyuterlarni rivojlantirish va tatbiq qilish jarayoni. 3. Kompyuter mahsulotlari va xizmatlari sanoatini, hamda jamiyatda ulardan foydalanishni rivojlantirish jarayoni. Internetni keng rivojlantirishning zaruriy shartlaridan biri. " Kompyuterlashtirish markazi|"Asosiy faoliyati joylarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va kompyuterlashtirishni ishlab chiqish va rivojlantirish tadbirlarini amalga oshirish, axborot resurslarini yuritish va yangilash, mintaqalarda yaratilgan va yaratiladigan davlat axborot resurslari hamda axborot tizimlari ro‘yхatga olinishida yordam korsatish, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyatlarining veb-portallarini muntazam yangilab borish, shuningdek, mintaqada axborot-kommunikatsiya texnologiyalari holati va rivojlanish istiqbollarini muntazam tahlil qilib borish hamda uning natijalari asosida bu sohani takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritishdan iborat bo‘lgan tashkilot. " Kompyuterning tez ishlashi|"Aniq bir kompyuterning ma’lumotlarni qayta ishlash tezligi. Ko‘pgina omillarga, jumladan, tashqi qurilmalarning tez ishlashiga bog‘liq. Kompyuterning tez ishlashini odatda, protsessorning tez ishlashi belgilaydi. " Kompyuteromaniya|"Insonning kompyuter tizimlarini muntazam ishlatishdagi patologik ehtiyoji. Bu inson ruhiyatiga kompyuter o‘yinlari va virtual borliq texnologiyalari taʼsiriga ko‘nikib qolishi bilan yuzaga kelgan. " Kompyutron|"Kompyuter unumdorligini baholashning mavhum birligi. " Konduktiv xalaqit|"O‘tkazgichlar bo‘ylab tarqaladigan elektromagnit xalaqit. " Konferens-aloqa|"Foydalanuvchilarga bir vaqtning o‘zida bir nechta, o‘zaro aloqada bo‘lgan abonentlar bilan axborot almashish imkoniyatini beruvchi xizmat. " Konfidensial|"Ommaviy foydalana olishga mo‘ljallanmagan axborot (parollar va h.k.). Odatda konfidensial axborot shifrlanadi. " Konfidensial axborot|"1. Davlat siri hisoblanadigan ma’lumotlar bo‘lmagan hujjatlashtirilgan axborot, undan foydalanish O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq chegaralanadi. 2. Foydalanuvchilar tomonidan erkin foydalanish huquqi cheklangan va ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishdan muhofaza qilinishi talab etiladigan axborot. 3. Xizmatga oid, professional, sanoat, tijoratga oid yoki huquqiy rejimi egasi tomonidan qonunchilikka asosan belgilanadigan va muhofaza qilinishi talab etiladigan axborot. " Konfidensiallik|"1. Axborotning avtorizatsiya qilinmagan shaxslar, mantiqiy obyektlar yoki jarayonlar uchun foydalanib bo‘lmaslik yoki yopiqlik xususiyati. 2. Axborotdan foydalanish huquqiga ega subyektlar doirasiga cheklovlar kiritish zarurligini ko‘rsatuvchi va tizimning (muhitning) ko‘rsatilgan axborotni undan erkin foydalanish huquqi bo‘lmagan subyektlardan sir saqlash zarurligini ta’minlovchi, subyektiv aniqlanadigan (qo‘shib yoziladigan) axborot xarakteristikasi (xususiyati). 3. Axborot va uning tashuvchisining holati, bunda u bilan ruxsat etilmagan tarzda tanishishning yoki ruxsat etilmagan tarzda hujjatlashtirish (nusxa ko‘chirish)ning oldini olish ta’minlanadi. 4. Tutib olish va boshqa ruxsat etilmagan harakatlar natijasida axborotdan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishning mumkin bo‘lmasligi. " Konfidensiallik belgisi|"Obyektda mavjud bo‘lgan axborotning konfidensialligini tavsiflovchi axborot elementi. " Konfidensiallik toifasi|"Resursning, uning muhimligini yoki ahamiyatliligini belgilovchi va o‘z ichiga resurs zaifligini olish xarakteristikasi. " Konfidensiallik xizmati|"Almashinadigan ma’lumotlarning ruxsat etilmagan tarzda oshkor etilishdan muhofaza qilinishini ifodalaydigan konfidensiallik xizmati. Izoh – Konfidensiallikni ta’minlash xizmatlarining quyidagi turlari ajratiladi: tanlangan maydon konfidensialligi; bog‘lanish o‘rnatilgan rejimdagi konfidensiallik; bog‘lanish o‘rnatilmagan rejimdagi konfidensiallik; trafikning konfidensialligi. " Konfiguratsion fayl|"Tizimning tarkibiy qismlari, tizimning muayyan sozlanishini belgilaydigan yordamchi parametrlar tavsiflanadigan fayl. Konfiguratsion fayllar deyarli barcha kuchli tizimlarda bor. Odatda, bu tizimning o‘zi interpretatsiya qiladigan matnli fayllardir. " Konfiguratsiya|"Qurilma yoki ilovaning ishlash rejimlarini belgilaydigan apparat yoki dasturiy ko‘rsatmalar to‘plami. " Konfiguratsiya fayli|"MAYDON:QIYMAT formatidagi fayl bo‘lib, unda dasturlarning foydalanuvchi tomonidan sozlangan qiymatlari saqlanadi. " Konfiguratsiyani boshqarish rejasi|"Baholash obyektlari uchun konfiguratsiyani boshqarish tizimidan foydalanish tavsifi. " Konfokal rezonator|"Sferik koʻzgularning egrilik radiusiga teng masofada joylashgan, ikkita bir xil sferik koʻzguda hosil qilingan optik rezonator. " Konform antenna|"1. Shakli eltuvchining atroflama chiziqlarini takrorlaydigan va yassi, silindrsimon, konussimon yoki sferik sirtda joylashgan antenna. 2 Transport vositasining gabarit o‘lchamidan turtib chiqmaydigan va kichik aerodinamik qarshilikka ega bo‘lgan antenna. " Konkatenatsiya|"Simvollarning bir nechta satrini bitta satrga birlashtirish operatsiyasi. Dasturlash tillarida bu operatsiyani bajaradigan maxsus funksiyalar mavjud. Masalan, Pascal tilida konkatenatsiya operatsiyasi + bilan belgilanadi. " Konnektor|"Tola bilan birgalikda, tolaning pozitsiyalashuvini, uzatgich, qabul qilgich yoki boshqa tolaga ulanishini ta’minlash uchun foydalaniladigan mexanik qurilma. Odatda konnektorning quyidagi turlaridan foydalaniladi: SC (SC-Subscriber Connector, 568SC), ST Compatible (ST-Straight Tip, BFOC/2.5), FC, FCPC, FDDI, Escon, Biconic, D4, SMA 905, 906. " Konsalting|"Ekspertiza o‘tkazish va maslahat berish faoliyati bilan bog‘liq xizmat turi. Muhim rolni axborot konsaltingi egallaydi. " Konsentrator|"1. Ko‘plab abonent liniyalari, stansiyalari yoki boshqa konsentratorlar ulanadigan aktiv yoki passiv qurilma. Bunday qurilmaning chiqish uchlari kirish uchlariga qaraganda ancha kam. Qo‘llash sohasiga bog‘liq ravishda konsentrator funksiyalari an’anaviy kanallar konsentratori funksiyalaridan farq qilishi mumkin. Jumladan, lokal aloqa tarmoqlarida u ko‘p portli takrorlagich funksiyasini bajaradi. 2. Markaziy stansiya. Tarmoqning, «yulduz» topologiyali tarmoqlarida radial bog‘lanishlarni tashkil qilish uchun mo‘ljallangan kommutatsion yadrosi. 3. Markaziy kross (strukturalangan kabelli tizimlarda). " Konseptual model|"Muammoli sohaning tushuncha darajasida formal taqdim etilishi. " Konsol|"Foydalanuvchi tomonidan kompyuter ishini boshqarish uchun mo‘ljallangan qurilma. Masalan, klaviatura, displey, «sichqoncha» konsol qurilmalardir. " Konsolli kompyuter|"Asosiy kompyuterni ishga tushirib yuborish uchun tayyorgarlik harakatlarini bajaruvchi kompyuter. Bunday vazifa «kata» kompyuter tizimlari, masalan, superkompyuterlar bajarilganda, ayrim mashinaga berilishi mumkin. Odatda, konsolli kompyuterdan bosh kompyuter tizimining elementlari va tugunlari holatining monitoringi bajariladi, shu bilan birga unda, asosiy kompyuterni sozlash va unda xizmat ko‘rsatish uchun ishlatiladigan konfiguratsiya axboroti va xizmat utilitalari saqlanadi. " Konstanta|"Doimiy, o‘zgarmas kattalik. Xotirada biror bir muhim parametrni saqlash uchun xizmat qiladi. " Konstantalar sohasi|"Dastur konstantalarining qiymatlari joylashgan xotira sohasi. " Konstruksiya tahlili|"Birmuncha yuqori abstraksiya darajasida yoki boshqa shaklda dasturning ba’zi bir yoki barcha funksiyalarini imitatsiya qilish yoki takrorlash maqsadida, dasturning ishlash algoritmlarini o‘rganish uchun, dastur yoki mikrosxemani doimiy tahlil qilish jarayoni. " Konstruktor|"Obyektga yo‘naltirilgan dasturlashdagi turkum konstruktori – bu obyektni yaratishda yoki uni eʼlon qilishda (C++ da stek yoki statik xotirada joylashgan, ammo Javada emas va baʼzi turdagi obyektga yo‘naltirilgan tillarda) qo‘llaniladigan maxsus yo‘riqnoma yig‘indisi. Yoki u new kalit so‘zni ishlatganda dinamik holatda to‘plamda joylashadi. Konstruktor uslubga o‘xshash, lekin undan farqi, bu uni aniq turdagi qaytuvchi maʼlumot, meroslikka ega emasligi va ko‘rilayotgan modifikatorlar uchun turli qoidalar mavjudligidir. Konstruktorlar eʼlon qilingan turkum bilan bir xil nomga egaligi bilan ajralib turadi. Ularning vazifalari – obyekt aʼzosini initsializatsiya qilish va turkum invariantini aniqlash, hamda invariant noto‘g‘ri bo‘lsa xabar berish. To‘g‘ri yozilgan konstruktor, obyektning to‘g‘ri statusini belgilaydi. O‘zgarmaydigan obyektlar ham konstruktor tomonidan initsializatsiya qilinishi kerak. " Konsultatsion (maslahat) chaqiruv|"Aktiv abonentga liniyani ushlab turish rejimiga o‘tkazish va boshqa abonentdan kerakli axborotni olish uchun bog‘lanish imkonini beruvchi xizmat. " Kontaktli xalaqit|"Elektromagnit maydon ta’sirida tok o‘tkazuvchi kontaktlar va/yoki nochiziqli o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan muhitning nurlantirilishi bilan bog‘liq elektromagnit xalaqit. " Kontaktsiz kommutatsion aloqa elementi|"Aloqa tarmoqlarida, fazoda kontakt-detallarni (tutashadigan qismlarni) ko‘chirmasdan, telekommunikatsiyalar signallarining o‘tish sharoitlarini o‘zgartirish orqali kommutatsiyalashni amalga oshiradigan kommutatsion aloqa elementi. Izoh – Ishlash prinsipiga bog‘liq ravishda, yarimo‘tkazgichli, magnit, gaz-razryad, optik kontaktsiz elementlar ajratiladi. " Kontaktsiz (zarbsiz) printer|"Bosiladigan elementlarni nomexanik (zarbsiz) usul bilan shakllantiradigan printer. Termoprinterlar, elektrostatik, purkagichli, lazer va yorug‘lik diodli printerlar shular jumlasidandir. " Kontekst|"Foydalanuvchi muhiti xarakteristikalarini aniqlash uchun foydalanilishi mumkin bo‘lgan axborot. Izoh – Kontekst foydalanuvchi qayerdaligi, uning yaqinida qanday resurslar (qurilmalar, foydalanish punktlari, shovqin darajasi, o‘tkazish polosasi va h.k.lar) borligi, foydalanuvchi qaysi paytda ko‘chib yuradi, odam va predmetlar o‘rtasidagi hamkorlik xronologiyasini ichiga olishi mumkin. Kontekst axborot aniq ilovalarga muvofiq yangilanishi mumkin. " Kontekstli menyu|"Qaysi joyda ishga tushirilishidan qat’i nazar, o‘zgaruvchan matnli menyu. Odatda, «sichqoncha»ning o‘ng tugmasini bosish orqali ishga tushiriladi. " Kontekstning o‘zgarishi|"Operatsion tizimning eski jarayon holatini saqlash va saqlangan holatni yangi jarayon uchun yuklash bo‘yicha bir jarayondan boshqa jarayonga o‘tishdagi holati. " Kontent|"Serverni, axborot kompleksini axborot jihatdan ahamiyatli har qanday to‘ldirish – matnlar, grafika, multimedia. Sahifalar ko‘rinishida gipermatnli belgilash vositalari bilan tashkillashtiriladi. Axborot bilan to‘ldirishda uning hajmi, dolzarbligi va izlash tizimi talabni qanoatlantira olishi zarur ko‘rsatgichlar bo‘lib hisoblanadi. Internet tarmog‘ida axborot to‘ldirish gipermatnli belgilash tili orqali veb-sahifalar ko‘rinishida tashkil etiladi. " Kontent-provayder|"Foydalanuvchilarga muayyan axborot yoki ko‘ngil ochadigan xizmatlarni ko‘rsatuvchi tashkilot. " Kontentni boshqarish tizimi|"Matn va multimedia hujjatlarini yaratish, tahrir qilish va boshqarishning qo‘shma jarayonini taʼminlash va tashkillashtirishda qo‘llaniladigan kompyuter dasturi yoki tizimi. " Konteyner|"1. Maxfiy xabarlarni yashirish uchun mo‘ljallangan fayl. 2. Maxfiy xabarlarni yashirish uchun mo‘ljallangan har qanday axborot. " Kontraktlar bilan bog‘liq firibgarlik|"Mobil aloqa tarmog‘i operatori bilan kontrakt tuzishda yolg‘on ma’lumotlarni ataylab ko‘rsatish. " Kontrast (televideniyeda)|"Uzatilayotgan ko‘rinish yoki tiklanayotgan tasvirning ikki nuqtasidagi yorug‘lik nisbati. " Kontrastlilikni sozlash|"Tasvir signalining kuchayishini qo‘lda sozlash. " Kontroller|"O‘ziga ulangan qurilmalar ishini boshqaruvchi, lekin, o‘zi orqali o‘tadigan ma’lumotlarni o‘zgartirmaydigan qurilma. " Kontrreflektor|"Oʻlchami asosiy koʻzgudan nisbatan kam boʻlgan ikkita koʻzguli antennaning yordamchi koʻzgusi. " Konturlarning nostabilligi|"Asosan, DIKM da sodir bo‘ladigan, noaniq taxminlash tufayli tasvir konturlaridagi asosan tasodifiy tebranuvchi notekisliklar kabi paydo bo‘ladigan vizual nuqson. " Konturlash|"Predmetlarning faqat chetlari tiklanadigan maxsus effekt. " Konturli tuzatish|"Tasvirning subyektiv aniqligini predmetlarning chekka qismlarini ajratib ko‘rsatish uchun videosignallarning yuqori chastotali tashkil etuvchilari darajasini tanlab ko‘tarish yo‘li bilan oshirish. " Konussimon antenna panjarasi|"Nurlantiruvchi elementlari konussimon yuzada joylashgan sirt antenna panjarasi. " Konussimon spiral antenna|"Qobigʻi posangi, shuningdek, reflektor sifatida ishlatiladigan (dumaloq yoki toʻgʻri burchakli) yassi metall ekran bilan birlashtirilishi mumkin boʻlgan, koaksial fider bilan taʻminlanadigan simli konussimon spiraldan iborat antenna. " Konvensional tizim|"Biriktirilgan chastotalarda, bir yoki ikki chastotali simpleks rejimida ishlaydigan radioaloqa tizimi (odatda 160 MHz va undan past chastotalar diapazonida ishlatiladi). Izoh − Konvensional tizim xizmat ko‘rsatish zonasining radiusi, odatda, uyali aloqa tiziminikiga nisbatan kattaroq bo‘ladi va u, asosan, antennaning o‘rnatilish balandligi bilan belgilanadi. " Konvergensiya|"Raqamli video, raqamli tovush, kompyuterlar va Internet kabi turli texnologiyalarning birikmasi. " Konvert|"1. Uzatish jarayonida o‘zgarishi mumkin bo‘lgan xabar qismi. Xabar jo‘natuvchini va potensial oluvchilarni aniqlab beradi, o‘z ichiga olganlarni tavsiflaydi. 2. 5 byte uzunlikdagi sarlavha va 48 byte ma’lumotlar maydoni bilan qayd etilgan o‘lchamning kadri. " Konvertor|"Antenna fokusiga o‘rnatiladigan elektron blok. Qabul qilish tomonida antenna fokusida aks etgan elektromagnit to‘lqinlar konvertorning to‘lqin o‘tkazuvchi kirishiga tushadi va elektr signaliga aylanadi. Konvertorda bu signal kuchayadi, uning chastota spektri birinchi oraliq chastotagacha pasayadi. " Konveyyer|"Markaziy protsessorning, komandalarni qayta ishlash, bir taktda bajariladigan uncha katta bo’lmagan qadamlarga ajratiladigan parallel ishlaydigan bajaruvchi qurilmalari zanjiri. " Konyunksiya|"n ≥ 2 ifodalar uchun mo‘ljallangan mantiqiy operatsiya. Natijaviy ifoda (boshlang‘ich ifodalar konyunksiyasi) barcha boshlang‘ich ifodalar to‘g‘ri bo‘lgandagina to‘g‘ri bo‘ladi. Konyunksiyani belgilash uchun standart ravishda & belgisi (ba’zida ˄), shuningdek, ko‘paytirish belgisi nuqta shaklida ishlatiladi. Ko‘pgina hollarda, konyunksiya belgisi tushirib qoldirilishi mumkin. " Kooperativ hisoblashlar|"Umumiy axborotdan va taqsimlangan hamda tarmoq tizimlaridagi umumiy resurslardan foydalanib, birgalikda olib boriladigan hisoblash ishlari. " Koordinata buzilishlari|"Sintezlangan televizion tasvir nuqtalari koordinatalarining obyektning tahlil qilinadigan tasviri tegishli nuqtalari koordinatalaridan og‘ishi. " Kopileft|"Ingliz tilidagi copy – nusxa, kopiya va left – chap, so‘zlari birikmasidan hosil bo‘lgan – mualliflik huquqi qonunini qo‘llash g‘oyasi va amaliyoti, yaʼni mahsulotni ilk ishlangan holida va unga asoslanib ishlangan yangi mahsulot holida ixtiyoriy kimsa foydalanishini, o‘zgartirishini va tarqatishini cheklamaslikni taʼminlash. Kopileft, mualliflik huquqiga teskari holda ushbu qonunni odamlarning huquqini kengaytirishga qo‘llaydi. Kopileftning asosiy g‘oyasi shundaki, har bir dasturni o‘zgartirishsiz yoki o‘zgartirib tarqatayotgan shaxs bu dasturni keyingi tarqatishni yoki o‘zgartirishni cheklash huquqiga ega emas. Kopileft har bir foydalanuvchining erkin faoliyatini kafolatlaydi, shu tarzda, yuridik maʼnoda, kopileft kopiraytga antonim hisoblanadi. " Korporativ aloqa tarmog‘i|"Ham bitta davlat miqyosida, ham bir nechta davlat miqyosida alohida korxonalar (firmalar, tashkilotlar, aksiyadorlik jamiyatlari va sh.k.) tarmoqlarini birlashtiradigan tarmoq. " Korporativ axborot tizimi|"Ishtirokchilari cheklangan doiradagi shaxslar bo‘lgan axborot tizimi. Ishtirokchilar axborot tizimining egasi tomonidan yoki shu axborot tizimi ishtirokchilari orasidagi bitim bilan aniqlanadi. " Korporativ axborot xavfsizligini boshqarish|"Axborot xavfsizligi sohasida tashkilot faoliyatiga rahbarlik qilish va nazorat qilishni ta’minlovchi tizim. " Korporativ hisoblash tarmog‘i|"Ham bitta davlat, ham bir nechta davlat miqyosida alohida korxonalar (firmalar, tashkilotlar, aksiyadorlik jamiyatlari va sh.k.), korporatsiyalarning lokal tarmoqlarini birlashtiradigan axborot-hisoblash tarmog‘i. " Korporativ ijtimoiy tarmoq|"Biznes ehtiyojlarni qondirish uchun yaratilgan tarmoq. Bu, kompaniya faoliyatini tashkillashtirish va ta’minlash masalalarini hal qiladigan professional ijtimoiy tarmoqdir. Korporativ professional ijtimoiy tarmoqlar Internetda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishga yoki kompaniya faoliyati yoki biznesi manfaatlarini ma’qullaydigan odamlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarga e’tibor qaratadi. Korporativ ijtimoiy tarmoqlar dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilar faoliyatining natijasi bo‘lib, ichki korporativ muloqotni tashkillashtirish va tashqi muhit bilan o‘zaro hamkorlik (birgalikda ishlash) uchun xizmat qiladi. " Korporativ kontentni boshqarish|"Tashkilot doirasida raqamli hujjatlarni va kontentning boshqa turlarini boshqarish, shuningdek, ularni saqlash, qayta ishlash va yetkazish. " Korporativ portal|"Korporativ tarmoqning asosiy kirish nuqtasi. Izoh – Korporativ portalning vazifasi xodimlarga, ularning foydalanish huquqlari va afzalliklari hisobga olingan holda, tashqi va ichki korporativ axborotning keng to‘plamidan foydalanish imkoniyatini berish hisoblanadi. Korporativ portal foydalanuvchi uchun muhim bo‘lgan axborotni, foydalanuvchining tashkilotdagi vazifalariga muvofiq saralangan holda, tanlab yetkazilishini ta’minlaydi. " Korporativ tarmoq|"Tarqoq bo‘limlar va ma’muriy ofislarni birlashtiruvchi bir korxonaning tarmog‘i. Izoh – Tarmoqning majburiy komponenti bo‘lib, telefon liniyalari, radiokanallar yoki yo‘ldosh aloqa kanallar yordamida o‘zaro bog‘langan uzoqdagi lokal tarmoqlar hisoblanadi. Korporativ tarmoqlarning barcha foydalanuvchilari umumiy (odatda, muhofaza qilingan) tarmoq resurslaridan foydalana oladi. " Korporativ tarmoqlarni tashkil etish|"Tashkilot bo‘linmalarining (filiallar, vakolatxonalar va h.k.lar) hududiy ajratilgan yagona tarmog‘iga (mahalliy, hududiy, xalqaro masshtabda) birlashadigan telekommunikatsiya infratuzilmasini, jumladan, umumiy foydalanishdagi telefon tarmoqlari, ma’lumotlar uzatish tarmoqlari va kompyuter tarmoqlarining vositalarini yaratish va kuzatib borish. " Korpus|"Kompyuterning mexanik qismi bo‘lib, uning barcha qolgan qismlari unga biriktiriladi. Odatda, «korpus» deganda korpus va ta’minot bloki juftligi tushuniladi. " Korpussiz integral sxema|"Muhofazalovchi qobig‘i bo‘lmagan integral sxema. Ularning chiqarilishi sharofati bilan, apparatura ishlab chiqaruvchilar o‘zlarining ko‘p mikrosxemali komplekslarini (mikroprotsessorlar, elektron xotira qurilmalari, maxsus mantiqiy modullar, mikrokontrollerlar, modemlar) yaratish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bunda ko‘p mikrosxemali kompleks avval seriyalab ishlab chiqarilgan tarkibiy qismlardan yig‘ilib, so‘ngra biror bir qobiqqa yoki boshqa muhofazalovchi korpusga joylashtiriladi. " Korreksiyalash to‘g‘risidagi xabarlar jadvali|"Tarmoqqa kiradigan stansiyalar guruhiga signallar vaqtini, chastotasi va amplitudasini korreksiyalash uchun yuboriladigan jadval. " Kortej|"Kortej bu ko‘plik nazariyasining atamasi. U bitta yoki bir nechta atributlarning yig‘imiga tegishli. " Korxona arxitekturasi|"Korxona tuzilmaviy aloqalari va jarayonlarini tavsiflash usullari to‘plami. Bu to‘plamdan axborot texnologiyalari sohasida asosan, axborot tizimlarini rejalashtirishda va ularning samaradorligini baholashda foydalaniladi. " Korxona axborot resurslarini boshqarish|"Korxonada hujjat aylanishini tartibga solishda va tez-tez uchrab turadigan har xil protseduralarni (masalan, ishchilarning kelib-ketish vaqtini nazorat qilishni) avtomatlashtirishda yordam beruvchi dasturiy ta’minot. " Korxona resurslarini rejalashtirish|"Faoliyatning barcha sohalari uchun jarayonlar va ma’lumotlarning umumiy modelini ta’minlaydigan, ixtisoslashtirilgan integratsiyalashgan amaliy dasturiy ta’minot paketi vositasida korxona resurslarini uzluksiz balanslash va optimallashga qaratilgan, ishlab chiqarish va operatsiyalarni, mehnat resurslarini boshqarishni, moliyaviy menejment va aktivlarni boshqarishni integratsiyalashning tashkiliy strategiyasi. " Korxona resurslarini rejalashtirish tizimi|"Korxonaning ishlab chiqarish va moliyaviy resurslarini hisob-kitob va nazorat qilish, rejalashtirish hamda boshqarish vazifalarini kelishilgan holda bajarishni taʼminlashga qaratilgan axborot tizimi. ERP tizimlarida taʼminlash va savdo vazifalarini bajarish odatda hisoblash vazifalaridan iborat. Bunda yetkazuvchi va isteʼmolchilar resurslarini rejalashtirish tizimlari bilan ularga o‘xshash tizimlar o‘rtasida bevosita o‘zaro ishlash mexa-nizmi mavjud bo‘lmaydi. " Kosmik nurlanish|"Manbai kosmik obyektlar boʻlgan nurlanish. " Kosmik radionurlanish|"Radioto‘lqinlar diapazonida turli samo jismlari nurlantiradigan elektromagnit to‘lqinlar. Radionurlanishning eng kuchli manbai bo‘lib, Yerga yaqinligi tufayli, Quyosh hisoblanadi. " Kosmik stansiya antennasining kuchaytirish konturi|"Yer sirti kartasida tasvirlangan, kosmik stansiyaning uzatuvchi yoki qabul qiluvchi antennalarini bir xil kuchaytiradigan berk konturlar. " (Kosmik stansiyaning) kontur nuri|"Yer sirti bilan kesishganda, shu kosmik stansiyaning qoplash zonasini takrorlaydigan, bir xil quvvat oqimi zichligiga mos keladigan liniyalar hosil qiladigan nur. " (Kosmik stansiyaning) nur maydoni|"Kosmik stansiya uzatuvchi antennasi nurining Yer yuzasi kesishish konturi bilan asosiy yo‘nalishdagi nurlanishning yarim quvvati darajasida chegaralangan Yer sirti qismi. " (Kosmik stansiyaning) xalaqit zonasi|"Yer yuzasining istalgan nuqtasida kosmik stansiyadan keladigan xalal beruvchi signal quvvatining oqim zichligi talab etiladigan sathga teng yoki undan katta bo‘ladigan qismi. " Kosmik televideniye|"Televizion texnikadan kosmosda foydalanish. " Kosmik xalaqit|"Manbai Quyosh, yulduzlar va galaktikalarning nurlanishi bo‘lgan tabiiy xalaqit. " Kosmik zond|"Kosmosda kuzatuvlar yoki o‘lchashlar olib borish uchun mo‘ljallangan kosmik kema. " Kosmos-Yer liniyasi (liniya pastga)|"Uzatuvchi kosmik stansiya va qabul qiluvchi yer stansiyasi o‘rtasidagi radioliniya. Izohlar 1. Bu atama, shuningdek, Yer usti aloqasida uzatuvchi tayanch stansiya va qabul qiluvchi ko‘chma stansiya o‘rtasida aloqa liniyasini belgilashda ishlatiladi. 2. ↓ belgisi liniya pastga bilan bog‘liq kattaliklarni harfli belgilashlarda quyi indeks sifatida ishlatiladi. " Kosmos shovqinlari|"Qabul qiluvchi antennadagi Quyosh, yulduzlar, sayyoralar, yulduzlararo muhit va b.q.larning radionurlanishi bilan shartlangan elektr fluktuatsiyalar. " Kotelnikov chastotasi, Naykvist chastotasi|"Diskretlashning, dastlabki signalni buzilishlarsiz tiklash nazariy jihatdan mumkin bo‘lgan, minimal chastotasi. Izoh – Spektri nol chastotadan boshlanadigan va maksimal chastota bilan cheklangan signal uchun Naykvist chastotasi ikkilangan maksimal chastotaga teng. " Kotib xizmati|"Abonentga barcha kiruvchi chaqiruvlarni qayta ishlash uchun boshqa telefon (kotib telefoni) tayinlash imkonini beradigan xizmat, ya’ni barcha kiruvchi chaqiruvlar avval kotib telefoniga yuboriladi va faqat kotib ushbu xizmat abonentini bevosita chaqirishi mumkin bo‘ladi. " Kraker|"Amaliy dasturiy ta’minot sohasida ixtisoslashgan xakerlarning bir turi. Krakerlarning faoliyati odatda, g‘arazli maqsadlarga yo‘naltirilgan va «begona» axborotdan, jumladan, konfidensial axborotdan ruxsat etilmagan tarzda foydalanish bilan bog‘liq. " Kredit kartochka|"Bank tizimlarida keng tarqalgan magnit kartochka. Bankomatlarda, savdo va xizmat ko‘rsatish tashkilotlarining kassa apparatlarida kartochkaning egasini aniqlash uchun ishlatiladi. Har qaysi bunday kartochka o‘zining «shaxsiy identifikatsiya tartib raqami» (PIN) ga ega bo‘lib, u uning egasiga biriktiriladi. " Kredit kartochkalar avtomatik xizmati|"Maxsus jihozlangan telefon apparatiga kredit kartochkani kiritish yo‘li bilan yoki kartochkaning raqamini terish orqali so‘zlashuv uchun to‘lov amalga oshiriladigan xizmat. So‘zlashuv uchun hisob bunday kredit kartochkaning egasiga yuboriladi. " Kredit muassasa|"Faoliyati, cheklanmagan doiradagi shaxslardan depozitlar yoki boshqa, qaytarilishi zarur pul mablag‘larini qabul qilish va o‘z hisobidan kreditlar taqdim etishdan iborat bo‘lgan korxona. " Kreker|"Xakerning Internetda qabul qilingan nomlanishi. Tarmoqda haqorat so‘zi hisoblanmaydigan «xaker» so‘zidan farqli, aynan qo‘poruvchi (sindiruvchi – «yomon odam»). " Kreking|"Kompyuter tizimiga yoki tarmoqqa suqulib kirish harakati. " Kremniyli kompilyator|"Mikrosxemalar topologiyasini avtomatlashtirilgan tarzda loyihalash uchun mo‘ljallangan kompilyator-dastur. " Kriptoalgoritm|"Algoritm, uning yordamida dastlabki xabar (ochiq matn)ni belgilarning shifrlangan ketma-ketligiga mantiqiy qayta o‘zgartirish amalga oshiriladi. " Kriptobardoshli gamma|"Ma’lum qismi bo‘yicha uning boshqa qismlarini aniq-lash va uni ishlab chiqish algoritmini to‘liq tiklash mumkin bo‘lmagan gamma. " Kriptobardoshli xabar|"Kriptografik kalitni bilmasdan turib, deshifrovka qilish mumkin bo‘lmagan xabar. " Kriptografik algoritm|"1. Axborotni buzib ko‘rsatish imkoniyatining oldini olish va ruxsatsiz foydalanishdan muhofaza qilish maqsadida axborot (ma’lumotlar)ni o‘zgartirishning matematik algoritmi. 2. O‘z ishida, odatda, ochiq matbuotda e’lon qilinadigan maxfiy va ochiq parametrlar to‘plamidan foydalanadigan ma’lumotlarni o‘zgartirish algoritmi. 3. Kriptografik funksiyalardan birini hisoblashni amalga oshirish algoritmi. " Kriptografik bardoshlilik|"1. Shifrning, kalitni bilmasdan turib axborotni rasshifrovka qilishga bardoshliligini belgilovchi xarakteristikasi. 2. Kriptografik tizimning, jinoyatkorning kalitni, ochiq xabarni olish yoki yolg‘on xabarni kiritish maqsadida qiladigan hujumlariga qarshi tura olish qobiliyatini tavsiflovchi xossasi. 3. Kriptografik algoritmning kriptotahlilga bardoshliligi. " Kriptografik blok|"Berilgan kriptoalgoritm uchun qat’iy o‘lchamdagi ma’lumotlar to‘plami bo‘lib, ular kriptoalgoritm ishining bir siklida qayta ishlanadi. " Kriptografik ilashish|"Kriptografik algoritmdan foydalanish rejimi, bunda o‘zgartirish oldingi kirish yoki chiqish ma’lumotlari qiymatlariga bog‘liq bo‘lgan algoritm tomonidan amalga oshiriladi. " Kriptografik kalit|"Kriptografik algoritmning parametrlari to‘plamining muayyan maxfiy qiymatlari bo‘lib, bu algoritm uchun mumkin bo‘lgan o‘zgartirishlar majmuidan bittasi tanlanishini ta’minlaydi. Kriptografik kalit shifrlash va shifrni ochish (deshifrlash) protseduralarini boshqaradi. " Kriptografik muhofaza qilish|"1. Axborot jarayonlarini ma’lumotlarni kriptografik o‘zgartirishlarga asoslangan, normal kechish sharoitlaridan og‘dirishga mo‘ljallangan urinishlardan muhofaza qilish. 2. Axborotni undan ruxsat etilmagan tarzda foydalanish va kriptografik o‘zgartirishlar algoritmlari yordamida o‘zgartirishdan muhofaza qilish. Izoh – Masofadan bank xizmatini ko‘rsatish tizimlarida kriptografik muhofaza qilish uchun elektron raqamli imzodan va uzatiladigan axborotni shifrlashdan foydalaniladi. " Kriptografik nazorat kattaligi|"Ma’lumotlar blokini kriptografik o‘zgartirish natijasida olinadigan axborot. " Kriptografik nazorat qiymati|"Ma’lumotlar blokini kriptografik qayta o‘zgartirishda aniqlanadigan va uzatiladigan axborotning yaxlitligini nazorat qilish uchun mo‘ljallangan axborot. " Kriptografik protokol|"1. Algoritm, uning vositasida ikki yoki undan ortiq tomon qandaydir axborotni almashinadi va almashinadigan axborotning xavfsizligi kafolatlanadi. Bunday algoritm kriptografik o‘zgartirishlardan foydalanadi va odatda, ochiq kalitli kriptografiyaga asoslanadi. 2. Kriptoalgoritmdan va shifrlash kalitlaridan foydalanishni belgilaydigan qoidalar va protseduralar to‘plami. 3. Kriptografik algoritmlardan foydalangan holda, ikki va undan ko‘p tomonning o‘zaro ishlashini ko‘zda tutuvchi protokol. " Kriptografik tahlil|"1. Shifrni yoki har qanday boshqa shakldagi kriptografiya obyektining sirini ochish san’ati va ilmi. 2. Kalitni bilmasdan turib shifrlangan matndan dastlabki matnni olish yoki dastlabki matn va shifrlangan matn bo‘yicha kalitni hisoblab chiqarish jarayoni. " Kriptografik tekshiruv|"Kriptografik o‘zgartirish yordamida axborot olish jarayoni. " Kriptografik tizim|"1. Ochiq matnni shifrmatnga va aksincha o‘zgartiradigan qayta o‘zgartirishlarning kalit yordamida tanlab olinadigan turkumi. 2. Axborotning kriptografik qayta o‘zgartirilishini va kalitlarni taqsimlash jarayoni boshqarilishini ta’minlovchi texnik va/yoki dasturiy vositalar, tashkiliy usullarning majmui. " Kriptografik uskuna|"Kriptografik algoritmlarni amalga oshiruvchi, shifrlash, rasshifrovka qilish, shifr kalitlarni tayyorlash, ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishdan muhofaza qilish va axborotni uzatish, qayta ishlash va saqlashda muhofaza qilish uchun mo‘ljallangan apparat, dasturiy-apparat, dasturiy kompleks va vositalar. " Kriptografik vositalar|"1. Axborotni kriptografik o‘zgartirishlardan foydalaniladigan, axborot xavfsizligini ta’minlashning usullsri hamda vositalari. 2. Kriptografik tizim funksiyalarini bajarish uchun mo‘ljallangan hujjatlar, mexanik, elektromexanik, elektron texnik qurilmalar yoki dasturlar ko‘rinishidagi vositalar. " Kriptografik o‘zgartirishlar|"Ma’lumotlarni shifrlash va deshifrlash operatsiyalarining majmui, shuningdek, shifr almashganda ma’lumotlarni qayta shifrlash. " Kriptografiya|"1. Ma’lumotlarning semantik mazmunini yashirish, ulardan ruxsat etilmagan tarzda foydalanish yoki ularning aniqlab bo‘lmaydigan o‘zgartirilishini oldini olish maqsadida, ma’lumotlarni o‘zgartirish prinsiplari, vositalari va usullarini, qamrab oluvchi fan. 2. Ma’lumotlarni telekommunikatsiyalar kanallari orqali uzatishda yoki saqlashda, ularning maxfiyligi va/yoki haqiqiyligini ta’minlash usullari to‘g‘risidagi fan. 3. Axborotni tushunarsiz ko‘rinishga keltirish prinsiplari, vositalari va usullari, shuningdek, uni qabul qilish uchun yaroqli ko‘rinishga qayta tiklash. " Kriptografiya uchun API|"Kriptografiya va elektron imzo bilan ishlash uchun mo‘ljallangan dasturiy interfeys. Xabarlarni kodlash/dekodlash bibliotekalarini o‘zida saqlaydi. " Kriptologiya|"Axborotni xavfsiz saqlash va aloqa kanallari bo‘ylab uzatish tizimini yaratish hamda tahlil qilish to‘g‘risidagi fan. Kriptologiya ikki qismga – kriptografiya va kriptotahlilga bo‘linadi. " Kriptotahlil|"1. Ta’sirchan axborotni, jumladan, ochiq matnni olish maqsadida, kriptografik tizimni va/yoki uning kirishlari hamda chiqishlarini tahlil qilish. 2. Ma’lumotlarni ochish va/yoki qalbakilashtirish usullari to‘g‘risidagi fan. 3. Yashirin o‘zgaruvchan yoki haqiqiy ma’lumotlarni, jumladan, dastlabki matnni ajratish maqsadida xabarlarni muhofaza qilish tizimini o‘rganish va/yoki uning kirish va chiqish xabarlarini tekshirish. " Kriptotizim|"1 Shifrlash yoki deshifrlashni ta’minlashda foydalaniladigan hujjatlar, qurilmalar, uskunalar va usullar majmui. 2 Axborotning kriptografik o‘zgartirilishini va/yoki kriptografik kalitlarni tayyorlash va taqsimlash jarayoni boshqarilishini, jumladan, avtomatlashtirilgan tarzda, ta’minlovchi tashkiliy, texnik va dasturiy vositalar majmui. " Kriptotizimni buzish, ochish|"Kriptotizim bilan muhofaza qilingan axborot jarayonining uning normal (shtat) kechish sharoitlaridan og‘ishini keltirib chiqarish imkonini beradigan protsedurani yuzaga keltirish. " Kriptovalyuta|"1. Raqamli tranzaksiyalar reyestrini yuritish qoidalariga muvofiq, ushbu reyestr ishtirokchilari tomonidan raqamli tranzaksiyalarning taqsimlangan reyestrida yaratilgan va hisobga olingan raqamli moliyaviy aktiv turi. 2. Hisobga olinishi markazlashtirilmagan, raqamli hisoblash birliklari. Izohlar 1. Bunday tizimlarning ishlashi taqsimlangan kompyuter tarmog‘i yordamida yuz beradi. Bunda tranzaksiyalar to‘g‘risidagi axborot shifrlanmaydi, undan ochiq ko‘rinishda foydalanish mumkin. 2. Tranzaksiyalar bloklari zanjiri bazasining doimiyligini ta’minlash uchun, kriptografiya elementlari (ketma-ket xeshlash, ochiq kalitli tizim asosidagi raqamli imzo)dan foydalaniladi. " Kritik (maxfiy) bo‘lmagan axborot|"1. Ochilishdan muhofaza qilishga ehtiyoj bo‘lmagan axborot. 2. Davlat, xizmat, tijorat sirlarini yoki shaxsiy sirni ichiga olmaydigan, ochiq matbuotda e’lon qilinishi mumkin bo‘lgan axborot. " Kritik radionurlanish chastotasi|"Radionurlanishning eng katta chastotasi, bunda vertikal yo‘nalgan radioto‘lqin ionosferaning ionlashgan qatlamidan qaytadi. " Kritik refraksiya|"Ijobiy atmosfera refraksiyasi, bunda nurning egri radiusi yer sharining radiusiga teng, toʻlqini esa yer sirtiga parallel harakat qiladi. " Kritik seksiya|"Bir nechta jarayon bilan parallel bajarilishi mumkin bo‘lgan va barcha jarayon uchun ayrim umumiy resurslardan – masalan, global xotira sohasi yoki umumiy fayldan foydalana olishni amalga oshiradigan kod. " Kritik seksiyalar bo‘yicha jarayonlarni sinxronlash|"Jarayonlarni parallel bajarish rejimini ta’minlash, bunda, agar bitta jarayon o‘zining kritik seksiyasiga kirgan bo‘lsa, u tugamaguncha boshqa hech qaysi jarayon o‘zining kritik seksiyasiga bir vaqtda kira olmaydi. " Kritik soha|"Sinxronlash uchun, ajratiladigan resurslar va konstruksiyasini tasvirlashga asoslangan, umumiy resurs bilan ishlashda o‘zaro bartaraf qilishni ta’minlaydigan yuqori darajali konstruksiya. " Kritik chastota|"Eng kichik chastota, bunda uzatish liniyasida shunday turdagi toʻlqin tarqalishi mumkin boʻladi. " Kross|"Bog‘lanish kommutatsion shnurlar yoki tutashtirgichlar yordamida amalga oshiriladigan, oddiy turdagi kommutatsiyalanadigan qurilma. " Kross-brauzerlik|"Veb-saytning turli brauzerlarda bir xil, yaʼni tuzilishi buzilmasdan va materialning o‘qilishi darajasi o‘zgarmasdan aks ettirilishi va ishlay olish xususiyati. " Kross-dastur|"Ekstratarmoqlar foydalanuvchilari uchun ishlab chiqiladigan dastur. Bu amaliy dasturlar odatdagilardan shu bilan farq qiladiki, ular muayyan amaliy tizimlar bilan emas, balki operatsion tizimlar yig‘masi bilan ishlashi mumkin. Shu sababli, kross-dasturlarni ishlatganda, turli ishlab chiquvchilarga umumiy bo‘lgan standartlarni qo‘llash zarur. " Kross-modulyatsiya|"Boshqa xalaqit beradigan signal bilan modulyatsiyalash yoki foydali signal uzatiladigan eltuvchi chastota xalaqiti natijasida paydo boʻladigan intermodulyatsion buzilishlar. " Kross-qutblanish|"Elektromagnit to‘lqin tarqalish jarayonida kutilayotgan qutblanishga ortogonal bo‘lgan tashkil etuvchi qutblanishning paydo bo‘lishi. " Kross-qutblanish koeffitsiyenti|"Qabul qilish nuqtasidagi, kutilgan qutblanish bilan qabul qilingan quvvatning ortogonal qutblanish bilan qabul qilingan quvvatga nisbati. Izoh – Kross-qutblanish koeffitsiyenti antennalar xarakteristikalari kabi, tarqalish muhitiga ham bog‘liq. " Kross-qutblanish seleksiyasi|"Chiziqli qutblangan toʻlqin uchun XPD = 20 log (E1/E2) tarzida aniqlanadigan koʻrsatgich boʻlib, bunda E1 – mos tushuvchi (foydali) qutblanishga ega elektromagnit toʻlqinning tashkil etuvchisi, E2 – ortogonal (xalaqit beruvchi) qutblanishga ega toʻlqinning kross-qutblanishli tashkil etuvchisi. " Kross-qutblanishni ajratish|"Ushbu qutblanishdan uzatilgan radioto‘lqin uchun ortogonal qutblanish bilan qabul qilingan quvvatga kutilayotgan qutblanish bilan qabul qilingan quvvatning qabul qilish nuqtasidagi nisbati. Izoh – Kross-qutblanish koeffitsiyenti, antennaning xarakteristikasi kabi, tarqalish muhitiga ham bog‘liq. " Kross-tizim|"Dasturlar yaratish imkoniyati bo‘lmagan va tayyor dastur «tikiladigan» ixtisoslashtirilgan kompyuterlar uchun dasturlar ishlab chiqish imkonini beradigan dasturiy vosita (universal kompyuterdagi). " Krosslash|"Tarmoqning ikkita oxirgi (terminal) qurilmasi o‘rtasida o‘rnatiladigan vaqtinchalik bog‘lanish, odatda, kommutatsion shnurlar yordamida ta’minlanadi. " Krossli kommutatsiya|"Ma’lumotlarning bitta xabarini uzatish uchun zarur bo‘lgan ortiqroq vaqtda va ma’lumotlar xabarini takroran uzatishda o‘rnatilgan bog‘lanishni saqlaydigan ma’lumotlar uzatish kanallarining kommutatsiyasi. " Kross-platformali dasturiy ta’minot|"Bittadan ko‘p apparat platformada va/yoki operatsion tizimda ishlaydigan dasturiy ta’minot. Bir vaqtda Linux hamda Windows operatsion tizimlarida ishlash uchun mo‘ljallangan dasturiy ta’minot bunga tipik misol bo‘la oladi. " Kross-platformalilik|"Ishlanmani joriy qilish platformasi bilan mos tushmaydigan instrumental platformada olib borish mumkinligi. " Kruk kriptotizimi|"Xatolarni tuzatuvchi kodlarga asoslangan kriptotizim. Unda Mak Ellis kriptotizimining kamchiliklari bartaraf qilingan. " Kuki|"Foydalanuvchi brauzerini, veb-serverga tashrif buyurganda veb-server qo‘yib chiqadigan belgidan iborat maʼlumotlar (katta bo‘lmagan blok). Foydalanuvchi keyin tashrif buyurganda, server bu yerda uni avval bo‘lganini biladi. Shuni hisobga olib, masalan, o‘tgan gal ko‘rsatgan bannerni bu gal unga ko‘rsatmaydi. Takomillashgan tizimlarda, kuki (cookies) texnologiyasi yordamida tashrifchining qiziqishlarini o‘rganib, uning har tashrifida tegishli reklamani ko‘rsatish mumkin. Avvalgi iz, misol uchun loginlarni, onlayn do‘kon savati maʼlumotlarini va boshqalarni eslab qolishga qodir. " Kulrang darajasi|"Videosignalning qora daraja va oq daraja o‘rtasidagi oraliq darajasi. " Kulrang shkalasi|"Bir vaqtning o‘zida aks ettirilayotgan kulrang qatlamlar soni. " Kundalik|"Operatsion tizim yoki ilova tomonidan tizim hodisalarining qayd etilishi yoki protokoli yuritiladigan fayl. " Kursor|"Kompyuter tizimi monitoriga chiqariladigan va berilgan onda foydalanuvchi ishlaydigan joyni ko‘rsatadigan maxsus belgi. " Kursor o‘rnini tiklash|"Win32-Console-ANSI-1.00 modulining «sichqoncha» harakati uchun o‘tish ketma-ketliklarining biri, SCP (Save Cursor Position – kursor o‘rnini saqlovchi) yordamida saqlangan kursor o‘rnini koordinatalardan foydalangan holda qaytaradi. " Kursorni boshqarish klavishlari|"Klaviaturadagi, kursorning ekranda surilishini boshqarish uchun mo‘ljallangan klavishlar guruhi. " Kuryerlik jo‘natmalari|"Jo‘natilishi qisqa muddatlarda qo‘ldan qo‘lga yetkazib berilgan (topshirilgan) holda amalga oshiriladigan pochta varaqchalari, xatlar, banderollar, posilkalar, bosma nashrlar. " Kuryerlik xizmatlari|"Pochta aloqasi operatori yoki provayderining kuryerlik jo‘natmalarini jo‘natish va yetkazib berish (topshirish) bo‘yicha faoliyati. " Kutilayotgan|"Ba’zi voqealarning (masalan, kiritish-chiqarishni tugatish) sodir bo‘lishini kutayotgan jarayon holati. Jarayon kutish vaqtida protsessorni band qilmaydi. " Kutish holati|"1. Protsessor ishidagi, bitta yoki bir nechta komanda taktlari orasidagi pauza. Bu pauza mobaynida xotiradan yoki kiritish qurilmasidan ma’lumotlar kelishi kutiladi. 2. Vazifa yoki jarayonning keyinchalik bajarilishi kutiladigan holat. " Kutish rejimi|"Ko‘p vazifali operatsion tizimlarda – topshiriq bajarilishini qandaydir voqea yuz bergungacha yoki belgilangan vaqt intervaliga to‘xtatib turish. " Kutish sikli|"Qandaydir tashqi shart bajarilgunga qadar yoki voqeagacha, masalan, foydalanuvchining harakatigacha bajariladigan dasturiy sikl. " Kutish vaqti (javobni)|"1. Radiostansiyadan so‘rov uzatilishi va aloqa seansi boshlangan onlar o‘rtasidagi vaqt intervali. Foydalana olish vaqti aloqani tashkil etish sxemasi va ishlatiladigan protokollarga bog‘liq bo‘ladi. 2. Mobil stansiya o‘z so‘roviga javob xabarni kutadigan vaqt intervali. " Kuydirish|"Kompakt diskka yozish. " Kuzatish|"1. Yangiliklar turkumini, ularning muhokamasida ishtirok etmasdan, o‘qish. 2. O‘rganilayotgan obyekt o‘zgarishlarini maqsadli yo‘naltirilgan va tashkiliy idrok qilish va qayd qilishdan iborat tadqiqiot usuli. " Kuzatish moslamasi|"Operatorga sahnani kamera «kuzatganidek» ko‘rish imkonini beradigan uzatuvchi televizion kameraning tarkibiga kiradigan yordamchi optik yoki elektron qurilma. " Kuzatmoq, taqqoslamoq|"Eng kam talabchanlik bilan ikkita mantiqiy obуekt o‘rtasidagi muvofiqlikning norasmiy tahlilini bajarish. " Kuzatuvchi|"1. Yashirin ko‘rib chiqish bilan shug‘ullanuvchi odam. 2. Elektron e’lonlar taxtasidagi xatlarni o‘quvchi, lekin ularning muhokamasida ishtirok etmaydigan va u yerga o‘zining xatlarini yubormaydigan shaxs. " Kuzatuvchi dastur|"Real vaqt rejimida muntazam ravishda obyekt (obyektlar) holatini kuzatib boradigan dastur yoki operatsion tizim xizmati. " Kuzatuvchi jurnali|"Foydalanuvchi kirgan sayt sahifalarining sanasi, kirgan domeni bo‘yicha tartiblangan ro‘yxati. Bu foydalanuvchini Internetda ishlashini osonlashtirish uchun xizmat qiladi. " Kuchayishni avtomatik rostlash|"Qabul qilgichning bitta yoki bir nechta kaskadini qamrab oladigan teskari bog‘lanish zanjiri yordamida qabul qilinadigan signal darajasini avtomatik o‘zgartirish jarayoni. " Kuchaytirgichli antenna|"Kam shovqinli kuchaytirgich o‘rnatilgan antenna. " Kuchaytirish|"Paketga bitta yoki bir nechta talabni qo‘shish. " Kuchli autentifikatsiya|"Foydalanuvchining identifikatori va parolini tekshirish jarayonidan tashqari barcha autentifikatsiya qilinadigan axborotni kriptografik o‘zgartirishdan foydalananiladigan autentifikasiya. " Kuchli bog‘langan tizim|"Ko‘p mashinali hisoblash tizimidan yoki bir xil yoki turli qurilmalardan iborat bo‘lgan tarmoqdan farqli ravishda, umumiy tezkor xotira maydoniga ega ko‘p protsessorli hisoblash tizimi yoki klaster. " Kuchli tinishlar|"Signalning anchagina susayishi bilan davom etadigan chuqur tinishlar, bunda ishonchli signallarning barqaror qabul qilinishi qiyinlashadi. " Kuchsiz autentifikatsiya|"Autentifikatsiya qilish jarayonini amalga oshiruvchi foydalanuvchining faqat identifikatori va parolini tekshirish. " Kvadratura-amplitudaviy modulyatsiya|"Faza bo‘yicha siljitilgan ikkita eltuvchidan foydalaniladigan radiochastotali signalni raqamli signal bilan modulyatsiyalash usuli. Amlituda va fazaning realizatsiya qilinadigan diskret qiymatlari soni ushbu modulyatsiya turning belgilanishida ko‘rsatiladi, masalan, 16-QAM yoki 64-QAM. " Kvadratura-fazaviy manipulyatsiya|"Bir-biriga nisbatan 90° ga surilgan ikkita eltuvchining ikkita fazaviy holati (0 va 180°) dan foydalanadigan modulyatsiyalash turi. " Kvadratura-ko‘zguli filtr|"M-seksiyali raqamli polosa filtri. Berilgan polosalar chastotasini har bir qismidagi signalni bir vaqtda pasayuvchi diskretizatsiylash bilan teng 2m qismga bo‘ladi. " Kvadratguraviy o‘zaro kesishuvchi buzilishlar|"Rangli televideniye tizimlarida rangli tashkil etuvchilar quyi eltuvchining kvadratura amplitudaviy modulyatsiyasida uzatiladigan, kvadraturaviy buzilishlar bilan asoslagan ranglilik signalining ikkita tashkil etuvchilari o‘rtasidagi kesishuvchi xalaqit tufayli sodir bo‘ladigan buzilishlar. " Kvant|"Diskret fizik kattalik, masalan, signal o‘zgarishi mumkin bo‘lgan eng kam kattalik. " Kvant axborot nazariyasi|"Kvant axborotining vujudga kelishi, uni qayta ishlash, uzatish va saqlash jarayonlarini ifodalovchi futuristik nazariya. Bu axborot ustidagi operatsiyalar bitlar sifatida elementar zarrachalar holatini ishlatish yo‘li bilan amalga oshiriladi. " Kvant kompyuter|"Kvant fizikasiga asoslangan, determinatsiyalanmagan algoritmlarni amalga oshira oladigan hisoblash qurilmasi. " Kvant kriptografiyasi|"Kvant fizikasi prinsiplaridan foydalanishga asoslangan kriptografik mexanizm. Xabarlarni uzatish uchun fotonlardan foydalaniladi, bu kriptoanalitik tomonidan axborotni o‘zgartirish yoki uni uzatish jarayonini buzish mumkin bo‘lmasligini kafolatlaydi. Hozirgi vaqtda kvant kriptografiyasi qo‘llanilmaydi; faqat eksperiment sifatida ishlatiladi. " Kvantlagich|"Analog signalni raqamli signalga aylantirish uchun mo‘ljallangan qurilma. Izoh − Kvantlagich, signalni vaqtning diskret momentlarida, kattaligi jihatidan eng yaqin bo‘lgan raqamli qiymatlar orqali approksimatsiyalaydi va keyinchalik bu qiymatlarni xotirada saqlab qoladi. Ko‘proq, bir tekis simmetrik amplitudaviy xarakteristikaga ega bo‘lgan kvantlagichlar ishlatiladi. " Kvantlangan sanoq|"Analog signalning diskret vaqt onida olingan va qatʼiy kattalikkacha yaxlitlangan qiymati. " Kvantlash|"Fizik kattalikni qiymatlarning muayyan to‘plamigacha cheklash jarayoni. " Kvantlash darajasi|"Sanoqlar «bog‘lanadigan» qayd etilgan darajalar. " Kvantlash xatosi|"Chiqish (kvantlangan) va kirish (analog) signallari shakllarining muvofiq kelmasligi keltirib chiqaradigan xato. Kvantlash qadami kattaligiga va diskretlash chastotasiga bog‘liq. " Kvantlash shovqini|"Kvantlash jarayonida yuzaga keladigan hamda additiv tarzda tiklangan foydali signal bilan qo‘shiladigan qo‘shimcha shovqin signal. Bu xil buzilishlarni bartaraf etib bo‘lmaydi, lekin uning kattaligini kvantlash darajalari sonini oshirish yoki kvantlash qadamini kichiklashtirish yo‘li bilan kamaytirish mumkin. Kvantlashda tasodifiy shovqindan tashqari, o‘ta yuklanishdagi shovqin, parchalash shovqini kabi signalning qator spetsifik buzilishlari, shuningdek, kvazidoimiy darajali signallarni uzatishda vujudga keladigan buzilishlar paydo bo‘ladi. " Kvantlashning buzilishi|"Chiquvchi signalni kvantlash jarayoni natijasida signalning buzilishi. Izohlar 1. «Kvantlashning buzilishi», «kvantlash shovqini» atamalaridan foydalanish, odatda, kvantlash ishchi diapazoni doirasidagi hodisalar bilan cheklangan. 2. «Kvantlash shovqini» atamasi, buzilish odatda, axborotni eltuvchi signal ustidagi tasodifiy signal ko‘rinishida kuzatilishi tufayli, qo‘llaniladi. " Kvazi-stereoskopik televideniye|"Har bir ko‘zga monoskopik tasvirdan hosil qilingan alohida tasvirlar taqdim etilgan uch o‘lchamli televideniye. Izoh – Kvazi-stereoskopik televizion tasvir sun’iy parallaksni kiritish yo‘li bilan, masalan, alohida tasvirlarni nisbiy siljitish yo‘li bilan olinishi mumkin. " Kvintet|"Beshta komponent − RAND, XRES, CK, IK va AUTN dan tashkil topgan, UMTS dagi autentifikatsion vektor. Kvota ing. - quota Ajratilgan resurs limiti. " Kvota chegarasi|"Kvotaning maksimal hajmi, kvotaning tugash nuqtasi. Kyubit, kubit rus. - кьюбит, кубит ing. - qubit Kvant hisoblash texnikasida axborotning eng kichik bo‘lagi. " «Ko‘k ekran»|"Obyekt yorqinlik maydoni fonida olinadigan usul. So‘ngra, fotografik yoki elektron usul yordamida ko‘k rang fon tasvirga almashtiriladi («chroma-key» effekti). Buning natijasida boshlang‘ich obyekt shu fonda tasvirga olingan, degan tasavvur paydo bo‘ladi. " Ko‘lamlilik|"Tizim yoki uning alohida qismlarining, tizimning o‘zining alohida parametrlari kamayishiga yoki oshishiga moslasha olish imkoniyatini tavsiflaydigan xossasi. Masalan, Windows 95 operatsion tizim turli o‘lchamdagi displeylardan foydalanilganda bir xil tashqi ko‘rinishni ta’minlaydigan keng ko‘lamlanadigan foydalanuvchi interfeysiga ega. " Ko‘ndalang nurlanishli antenna panjarasi|"Markazlari bitta o‘qqa joylashtiriladigan, sinfazali nurlantiruvchi elementlarning jamidan tashkil topgan antenna panjarasining turi. " Ko‘p darajali kriptografiya|"Simmetrik kriptotizimlar uchun kriptografik kalitlarni tuzishning maxsus usulidan iborat mexanizm. Ushbu mexanizmni amalga oshiruvchi kriptotizim, keyingi kalitlarning barchasini tanlash ma’lum qonunga bo‘ysunishi kerak bo‘lgan vaqtda birinchi kriptografik kalit ixtiyoriy tanlanishi mumkin bo‘lgan tarzda, tuzilgan. " Ko‘p darajali qurilma|"Kompyuter xavfsizligining buzilish riski bo‘lmagan holda, ikki yoki undan ko‘p xavfsizlik darajasidagi ma’lumotlarni bir vaqtning o‘zida qayta ishlay olishi mumkin bo‘lgan funksional blok. " Ko‘p darajali xavfsizlik|"Kritiklik darajasi turlicha bo‘lgan axborotni o‘z ichiga olgan tizimlar toifasi. " Ko‘p dasturli rejim|"Kompyuter yoki hisoblash majmui tomonidan bir paytning o‘zida bir necha vazifani yechish. Uning turlaridan biri taqsimlangan vaqt rejimi, boshqasi – vazifaning paketli yechilishi, yaʼni hisoblash qurilmalarini to‘la yuklash maqsadida vazifalarning tanlab guruhlarga birlashtirilishi. " Ko‘p faktorli autentifikatsiya|"Foydalanuvchini bir nechta mustaqil faktor (biometrik ma’lumotlar, u biladigan hamda u ega bo‘lganlar) asosida autentifikatsiya qilish. Izoh – Ko‘p faktorli autentifikatsiya tashkilotga autentifikatsiya qilishning turli usullaridan (bir martalik parollar, sertifikatlar, kontekst va boshqalar) foydalanish asosida foydalana olishning barqaror tizimini amalga oshirish imkonini beradigan moslashuvchan yondashuvni o‘zida ifodalaydi. " Ko‘p foydalanuvchili muhit|"Telekonferensiya turlaridan biri. Virtual voqeiylikni yaratuvchi kompyuter dasturi, unda foydalanuvchi turli holatlarni amalda qo‘llashi mumkin. " Ko‘p foydalanuvchili tizim|"Bir vaqtda bir nechta foydalanuvchi ishlay olishi mumkin bo‘lgan kompyuter tizimi. " Ko‘p funksiyali printer|"Faks, skaner va nusxa ko‘chirish apparati rejimlarida ishlaydigan printer. " Ko‘p funksiyali qurilma|"Bir necha vazifani bajaruvchi qurilma. Har biri printer, skaner, faks apparati, nusxa olish apparati bo‘lgan qurilmalar ayniqsa keng tarqalgan. " Ko‘p kanalli kuchaytirgich (jamoaviy qabul qiluvchi antenna uchun)|"Bitta radioeshittirish diapazonida joylashgan tovush va tasvirning bir nechta radioeshittirish kanallarida ishlash uchun loyihalashtirilgan kuchaytirgich. " Ko‘p karrali tasvirlar (to‘liq tasvir signali)|"Ko‘p martali tasvirlar apparaturada signallarning ko‘p nurli uzatilishi yoki qaytarilishi oqibatida vaqt bo‘yicha asosiy tasvirdan siljigan tasvirlarni o’zida ifodalaydi. " Koʻp kirishli antenna panjarasi|"Koʻp kirishli antenna panjarasiga ega boʻlgan va bir nechta korrespondentlar bilan aloqaning turli chastota kanallari orqali signallarni bir vaqtda mustaqil uzatishni va/yoki qabul qilishni ta’minlaydigan antenna-fider qurilmasi. " Koʻp kirishli antenna panjarasining kirishi boʻyicha berilgan yoʻnalishdagi kuchaytirish koeffitsiyenti|"Ideal moslashgan yarimto‘lqinli vibrator kirishidagi quvvat qiymatining ko‘pkirishli antenna panjarasining ushbu kirishiga keltirilgan yo‘qotishlarsiz quvvat qiymatiga nisbati, bunda ikkala antenna ham berilgan yo‘nalishda bir xil masofada maydon kuchlanganligining teng qiymatlarini yoki quvvat oqimi zichligining xuddi shunday qiymatlarini hosil qilishi va panjaraning qolgan kirishlari moslashgan yuklamalarga ulanishi kerak. " Ko‘p konturlilik|"Asosiy tasvirga nisbatan aralash bo‘lgan pozitiv yoki negativ qo‘shimcha tasvirlar ketma-ketligi. " Ko‘p kristalli integral sxema|"Bitta korpusda joylashgan va o‘zaro bog‘langan kristallar guruhidan iborat integral sxema. Kristallar bitta taglikda joylashgan bo‘lib ko‘p qatlamli yupqa tasmali bog‘lovchi chiziqlar yordamida o‘zaro ishlaydi. Albatta, ishlatiladigan kristallar korpussizdir. Ko‘p kristalli modullarda o‘zaro bog‘lanishlar uzunligi bosma plataga qaraganda ancha kichkina bo‘lishi sababli, modullar ishlaydigan tezliklar gigagers chastotalarga yetib borgan. Ko‘p kristalli modular avvalo katta kompyuterlarda qo‘llanilgan. Endilikda esa ular shaxsiy kompyuterlarda ishlatiladi. Bu maʼlumotlarni qayta ishlash tezligini oshirish imkonini beradi. " Ko‘p kristalli modul|"Analog va raqamli komponentlarni ichiga oladigan mikrosxema. " Ko‘p liniyali ulanish|"Oxirgi abonent uskunasini bir qancha alohida kirish liniyalari orqali ATSga ulash. O‘xshash tarzda, ishchi stansiyani tarmoq adapterlari yordamida lokal tarmoqning bir nechta bog‘lamasiga ulash amalga oshiriladi. " Ko‘p manzilli tarqatish|"Xabarlarni bitta emas, bir nechta foydalanuvchiga jo‘natish. Natijada xabarni bir vaqtning o‘zida oluvchi maydonida sanab o‘tilgan bir nechta foydalanuvchilar oladi. " Ko‘p manzilli xabar|"Bittadan ko‘p manzilga yuborish uchun mo‘ljallangan xabar. " Ko‘p mashinali hisoblash tizimi|"Bir nechta birlashtirilgan kompyuterdan iborat va yagona hisoblash tizimi sifatida ishlaydigan hisoblash kompleksi. " Ko‘p modali optik tola|"Yorug‘lik ko‘plab yo‘l (modda) bo‘ylab o‘tadigan optik to‘lqin o‘tkazgich. Tola gradiyentli yoki bosqichli sinish ko‘rsatgichiga ega bo‘lishi mumkin. " Ko‘p nuqtali bog‘lanish|"Tarmoq uskunasining aynan bitta komplekti yordamida, uchta yoki undan ortiq stansiyani bog‘lash. " Ko‘p nuqtali; ko‘p punktli|"Uchta va undan ortiq qurilma yoki stansiya o‘rtasida, kommutatsiya vositalarini qo‘llamasdan turib, umumiy resurslardan foydalangan holda bog‘lanish o‘rnatish imkoniyati. " Ko‘p nuqtali liniya|"Bitta yoki bir nechta oraliq stansiyadan foydalangan holda, ikkita yoki undan ko‘p aloqa punktini bog‘laydigan ma’lumotlarni uzatish liniyasi. " Ko‘p nurli|"Ultraqisqa to‘lqinlar diapazonidagi qabulda qabul qilgich va uzatgich o‘rtasida signalning ikki va undan ko‘p tarqalish yo‘li. Bu hodisa radiosignallarning to‘siqlardan qaytishi natijasida kelib chiqadi. " Koʻp nurli antenna|"1. Har biri ma’lum geografik hududga xizmat qilish uchun yoʻnaltirilgan kơplab nurlarning shakllanishini ta’minlaydigan antenna. 2. Bir nechta mustaqil kirishlari bo‘lgan antenna, (ularning har biriga o‘zining nuri (parsial yo‘nalganlik diagrammasi) mos keladi). " Koʻp nurli antenna panjarasi|"Bir nechta nurlarni (ularning soni uning kirish va/yoki chiqish soniga teng) shakllantiradigan antenna panjarasi. " Koʻp nurli signal|"Uzatgichdan qabul qilish nuqtasiga turli yoʻllar (nurlar) orqali keladigan, amplitudasi, boshlangʻich fazalari hamda Doppler chastota siljishi turlicha boʻlgan signallarning vaqt boʻyicha siljigan bir nechta nusxalarini oʻzida ifodalaydigan signal. " Koʻp nurli tarqalish|"1. Bitta radiosignalning tarqalishning bir nechta alohida trassalari bo‘ylab uzatish nuqtasi va qabul qilish nuqtasi o‘rtasida tarqalishi. 2. Radiotoʻlqinlarning uzatgichdan qabul qilgich tomon bir vaqtda, bir qancha trayektoriya boʻylab turli yer usti obyektlari (togʻlar, baland imoratlar va shunga oʻxshashlar) dan qaytishi oqibatida tarqalishi. " Ko‘p nurli tarqalishdagi tinishlar|"Mobil aloqa kanallarida ko‘p nurli signal qo‘shni nurlarining parazit ta’siri evaziga paydo bo‘ladigan tinishlar turi. " Koʻp nurli yoyish|"Noaniq yoyish usuli, bunda uzatgich bitta signal tarqatadi, qabul qilish nuqtasiga esa, radiotoʻlqinlarning koʻp nurli tarqalishi oqibatida bu signalning bir qancha nusxasi bir vaqtda keladi. " Ko‘p nurlilik|"Aynan bir signalning turli yo‘l (trayektoriya)lar bo‘ylab tarqalishi bilan bog‘liq va qabul qilish nuqtasida interferensiyani yuzaga keltiruvchi hodisa. Izoh − Ushbu atama ko‘pincha «ko‘p nurli» tarzida qo‘llaniladi va radioto‘lqinlarning tarqalishi ko‘p nurlilik tabiatiga ega ekanligini ko‘rsatadi. " Ko‘p oqimlilik|"Protsessorning bir vaqtda bir nechta vazifani parallel bajara olish imkoniyati. Bu rejimni qo‘llashdan maqsad – protsessorning operatsiyani, masalan xotiraga yozish jarayonini tugatish vaqtini kamaytirish. Bu vaqtda u boshqa oqimdagi komandani bajaradi. " Ko‘p pog‘onali himoya|"Konfidensiallikning turli darajasidagi obyektlardan foydalana olishning turli huquqlariga ega subyektlarning foydalanishini chegaralanishi ta’minlanadigan muhofaza. " Ko‘p protokolli inkapsulyatsiya|"Ma’lumotlarni MPEG-2 transport oqimida transport oqimi seksiyasiga joylashtirish yo‘li bilan uzatish usuli. " Ko‘p protokolli marshrutlash|"IP va IPX tarmoqlarida lokal tarmoqlarni o‘zaro birlashtirish yoki ularni global tarmoqlar bilan birlashtirish orqali tashkillashtiriladigan marshrutlash. " Ko‘p protsessorli tizim spetsifikatsiyasi|"Bir qancha turli protsessorlarning tezkor xotira qurilmasidan va kiritish-chiqarish kichik tizimlaridan birgalikda foydalanish mexanizmi. " Ko‘p radial tizim|"Abonent liniyalari bittadan ko‘p nuqtada boshlanadigan kabel taqsimlash tizimi. " Ko‘p sathli navbat|"Turli sinflarning jarayonlarini va alohida navbatdagi ustuvorliklarni (masalan, paketli va interaktiv) o‘z ichiga oladigan tizim navbatlarining majmui. " Ko‘p seksiyali rupor|"Koʻzguli antennalar uchun, bir uchi ochiq boʻlgan va toʻlqinoʻtkazgich traktiga boshqasi bilan ulangan bir nechta konstruktiv birlashtirilgan ruporli toʻlqinoʻtkazgichli seksiyalar kơrinishida bajarilgan klaster nurlagich. " Ko‘p slotli rejim|"1. Abonent stansiyasining, bitta axborot kanalini uzatish va qabul qilish uchun, radiokanaldagi uzatish kadrining bir nechta (8 tagacha) vaqt intervallaridan (slotlaridan) foydalaniladigan ish rejimi. 2. Ma’lumotlarni yuqori tezlikda uzatish usuli bo‘lib, bunda TDMA kadridagi ikki yoki undan ortiq vaqt intervali (sloti) birlashtirilishi va turli uzatish tezliklari bilan ishlaydigan abonentlar o‘rtasida qayta taqsimlanishi mumkin. " Ko‘p standartli televizor|"Eshittirish televideniyesining turli televizion standartlariga mos keladigan, ishchi rejimlari avtomatik ravishda yoki qo‘l bilan qayta ulanadigan televizor. " Ko‘p stansion foydalana olish|"Bitta kirish foydalana olish kanaliga ko‘p sonli stansiyalarning bir vaqtda murojaat etish imkoniyati. Izoh − Kanallarning abonentlarga biriktirilish usuliga ko‘ra, foydalana olishning uchta asosiy usuli farq qilinadi: tayinlab o‘rnatilgan (FA – Fixed Assigned), talabga ko‘ra (DA – Demand Assigned) va tasodifiy kira olish (RA – Random Access). Kengaytirilgan spektrli signallardan foydalanishga asoslangan foydalana olish usullari alohida kichik turkumga ajratilgan. " Ko‘p stansion kira olish qurilmasi|"Yulduzsimon topologiyaga ega, Token Ring tarmog‘ida konsentrator (xab) sifatida ishlaydigan qurilma. " Ko‘p tarmoqli kompyuter|"Turli fizik kompyuter tarmoqlariga ulangan bir nechta tarmoq adapterlari bo‘lgan kompyuter. " Ko‘p tarmoqli operatsion tizim|"Protsessor vaqtini vazifalar o‘rtasida emas, ularning alohida tarmoqlari o‘rtasida taqsimlaydigan tizim. " Ko‘p terminalli tizim|"Bir qancha terminal ulanadigan kompyuterni ichiga oladigan tizim; bu terminallar yaqinda ham bo‘lishi, ko‘plab kilometr uzoqlikda ham bo‘lishi mumkin. Tizim kompyuter tarmog‘iga o‘xshab ketadi, agar terminallar intellektual bo‘lsa. " Ko‘p tilli domen|"Milliy alifbo belgilaridan iborat bo‘lgan domen nomi. Masalan, Rossiya uchun yuqori pog‘onali milliy kirillik domeni rasmiy tasdiqlangan. " Ko‘p tolali kabel|"Har biri alohida axborot kanalini o‘zida ifodalovchi, ikkitadan ortiq tolani o‘z ichiga olgan optik-tolali kabel. " Ko‘p tomonlama kira olish|"Bir necha abonent (foydalanuvchi, dastur yoki qurilma)ning bitta resurs bilan o‘zaro ishlash jarayoni. Foydalanish amalga oshiriladigan resurslarga fayllar, xotira qurilmalari, printerlar, kanallar va h.k. kiradi. Foydalanishni boshqarish tanlangan foydalanish usuliga bog‘liq. " Ko‘p tomonlama uzatishlar|"Ikki yoki undan ortiq mamlakatga bir vaqtning o‘zida yo‘naltiriladigan bitta yoki bir nechta mamlakatdan, bitta yoki bir nechta chiquvchi punktdan uzatishlar. " Ko‘p tomonlama chaqiruv|"Konferensaloqa xizmatining atributi bo‘lib, abonentga ko‘p tomonlama bog‘lanish imkonini beradi. " Ko‘p uzelli liniya|"Bir nechta terminal, oraliq qurilma yoki dasturlashtiriladigan datchiklar bir vaqtda ulangan liniya. Axborot almashish ularni ketma-ket so‘rov yo‘li bilan tashkil qilinadi. " Ko‘p vazifali operatsion tizim|"Bir vaqtning o‘zida bir nechta vazifani bajara oladigan operatsion tizim. Birinchi ko‘p vazifali operatsion tizim – bu Unix operatsion tizimi. " Ko‘p vazifali rejim|"Bir vaqtda (yoki qisqa vaqt intervallari oralatib) ikki yoki undan ko‘p vazifa bajariladigan ish rejimi. " Ko‘p vazifalilik|"Bir vaqtning o‘zida bir nechta jarayon (vazifalar)ni ishga tushira oladigan operatsion tizimning xususiyati. " Ko‘p vibratorli antennalar|"Keskin yo‘naltirilgan nurlanish va qabulni ta’minlaydigan antennalar. " Ko‘p yadroli kompyuter|"Bitta kristallda joylashgan, ikkinchi darajali assotsiativ (kesh) xotirani ajratadigan va umumiy xotirada ishlaydigan bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan protsessorlar (yadrolar)ga asoslangan kompyuter tizimi. " Ko‘p yadroli protsessor|"Bir korpusda yoki bitta protsessor kristalida ikkita va undan ortiq hisoblash yadrolarini ichiga oladigan markaziy protsessor. " Koʻp yoʻlli antenna|"Yuqori kuchlanish koeffitsiyentiga ega bơlgan, bir nechta parallel ulangan va sinfaz ta’minlanadigan spiral nur tarqatgichlardan iborat spiral antenna. " Ko‘p o‘lchamli taqdim etish|"Maʼlumotlarni tezkor tahliliy qayta ishlash uchun qulay tarzda taqdim etish texnologiyasi. Maʼlumotlar ko‘p o‘lchamli maʼlumotlar bazalari ko‘rinishida taqdim etiladi. Relyatsion maʼlumotlar bazalaridan farqli o‘laroq, ushbu maʼlumotlar bazalarida maʼlumotlar ayrim jadvallarda joylashmaydi. Foydalanuvchi uni qiziqtirayotgan obyektlar to‘g‘risida turli axborotga ega bo‘lishini xohlasa, u jadvallar guruhi bo‘yicha izlashi lozim. Ko‘p o‘lchamli bazada sanab o‘tilgan uchala tavsifnoma ham bitta massiv ichida joylashgan va izlash aynan uning doirasida amalga oshiriladi. Shu tufayli turli xildagi elementlardan iborat murakkab so‘rovga tezkor javob beriladi. Maʼlumotlarning ko‘p o‘lchamli taqdim etilishi mijoz-server arxitekturasida qo‘llaniladi. Bazalar, relyatsion tuzilmalarni ko‘p o‘lchamli massivlarga aylantirish imkonini beruvchi dasturiy taʼminotga ega. Bu foydalanuvchilarning tegishli so‘rovlariga javoban tarmoqda uzatiluvchi maʼlumotlar hajmini kichraytirish imkonini beradi. " Ko‘p chastotali signalizatsiya|"Ayrim chastotalarning susayishi va boshqalarining kuchayishi hisobiga bir holatdan ikkinchi holatga o‘tish ta’minlanadigan signalizatsiya usuli. " Ko‘p chastotali tarmoq|"Turli radiochastota kanallaridan foydalanadigan uzatuvchi stansiyalar tarmog‘i. Xususan, turli radiochastota kanallaridan foydalanuvchi DVB-T stansiyalar tarmog’i. " Ko‘p chastotali TDMA|"Vaqt bo‘yicha ajratilgan ko‘p stansion foydalana olishning gibrid texnologiyasi bo‘lib, unda har bir kanal kadrdagi vaqt intervali raqami va chastotasi bilan tavsiflanadi. " «Ko‘plab portlar ‒ ko‘plab xotira modullari»|"Har tomonlama almashinish shinasiga ega ko‘p portli xotira. " Ko‘prik|"Ikki yoki bir nechta fizik tarmoqni bog‘lovchi va paketlarni bir tarmoqdan boshqasiga uzatuvchi qurilma. Turli protokollardan foydalanadigan tarmoqlarni bog‘lash uchun foydalaniladi. Izohlar 1. Ko‘prik shlyuzning bir ko‘rinishidir, lekin soddaroq tarzda o‘zaro bog‘lanishni ta’minlaydi. OSI modelining kanal sathida ishlaydi. 2. Ko‘prik ko‘pincha MAS sathining – ya’ni muhitga kira olishni boshqarish qurilmasi kabi aniqlanadi. Ko‘priklar paketlarni filtrlashi mumkin, ya’ni kanal sathining axboroti asosida boshqa segment yoki tarmoqlarga trafikning faqat bir qismini uzatishi mumkin (MAC-adres). 3. Agar oluvchining adresi ko‘prikning adreslar jadvalida mavjud bo‘lsa, kadr faqat oluvchi joylashgan segment yoki tarmoqqa uzatiladi. " Ko‘prik-marshrutizator|"O‘zida ko‘prik va marshrutizator funksiyalarini birlashtirgan qurilma bo‘lib, maʼlum bir transport protokollari (masalan, TCP/IP) uchun marshrutizator, baʼzilari uchun esa, ko‘prik sifatida xizmat qiladi, yaʼni paketlarni tarmoqning bir segmentidan boshqasiga uzatadi. " Ko‘pchilik-ko‘pchilikka munosabati|"A jadvalning bitta qatoriga V jadvaldagi bir nechta qator muvofiq bo‘lsa va teskarisi ham to‘g‘ri bo‘lsa ko‘pchilik-ko‘pchilikka munosabati namoyon bo‘ladi. " Ko‘rib chiqish|"Axborot izlash bo‘lib, ko‘pincha konfidensial ma’lumotlardan ruxsat etilmagan tarzda foydalanishni maqsad qilib qo‘yadi, shu tufayli tizim uchun xavf tug‘diradi. " Ko‘rib chiqmoq|"Kataloglar, fayllar, disklar, foydalanuvchi hisoblari, guruhlar, domenlar yoki kompyuterlar ro‘yxatidan kerakli elementni izlab topish. " Ko‘rilgan giperishorat|"Bog‘lama tashrifchisi oldinroq «sichqoncha», klaviatura yoki boshqa qurilma yordamida aktivlashtirgan veb-sahifadagi giperishorat. " Ko‘rinish|"Identifikatorning ta’sir sohasi bilan bog‘liq tushuncha. " Ko‘rinish yoyi|"Geostatsionar yo‘ldosh yoyi, uning doirasida kosmik stansiya, u orqali ushbu yo‘ldosh tarmog‘ida ishlaydigan barcha yer stansiyalaridan mahalliy gorizontda ko‘rinadi. " Ko‘rinish zonasi|"Yer yuzasining, joyning minimal yo‘l qo‘yiladigan katta (masalan, 5° dan ortiq) ma’lum burchagi ostida vaqtning berilgan davri (aloqa seansi) mobaynida yo‘ldosh ko‘rinadigan qismi. " Ko‘rinmas viruslar|"1. Aniqlanishi va zararsizlantirilishi qiyin bo‘lgan viruslar, chunki ular operatsion tizimning zararlangan fayllarga va disk sektorlariga murojaatini tutib oladi va o‘z o‘rniga diskning zararlanmagan uchast-kalarini qo‘yadi. 2. O‘zining diskda, ba’zi hollarda tezkor xotirada mavjudligini niqoblovchi maxsus algoritmlardan foydalanadigan viruslar. " Ko‘rinuvchi nurlanish|"Odam ko‘zi qabul (idrok) qiladigan elektromagnit to‘lqinlar. Spektrning to‘lqin uzunligi taxminan 380 nm dan (binafsha) 740 nm gacha (qizil) bo‘lgan qismni ichiga oladi. Bunday to‘lqinlar 400 teragersdan 790 teragersgacha bo‘lgan chastota diapazonini egallaydi. Bunday to‘lqin uzunliklariga ega elektromagnit nurlanish ko‘rinadigan yorug‘lik yoki oddiygina yorug‘lik deb ham ataladi. Odam ko‘zi 555 nm sohada yorug‘likka juda sezgir bo‘ladi. " (Ko‘rinuvchi) tasvir|"Televizion ekranda kadrlarning o‘tish davri mobaynida paydo bo‘ladigan tasvir. " Ko‘rish adaptatsiyasi|"Ko‘rish organining yorug‘lik ta’siri intensivligiga yorug‘lik sezgirligining o‘zgarishi tufayli namoyon bo‘ladigan moslashishi. " Ko‘rish dasturi|"Faylni ko‘rishni formatlardan birida amalga oshiruvchi ilovadagi funksiya. Fayllarning formatlari to‘plami tufayli, odatda katta sondagi vyuverlar bajariladi. " Ko‘rish inersiyasi|"Odamning ko‘rish sezgisi orqali qabul qilish jarayonidagi hodisa, bunda tasvir ko‘zning to‘r pardasi orqali ma’lum inersiya bilan qabul qilinadi. Aks holda, televideniye, kinematografiya va animatsiya tasvirlarning miltillagan harakatsiz to‘plami sifatida qabul qilingan bo‘lar edi. " Ko‘rish o‘tkirligi bilan (chastotalar polosasini) moslash|"Yorug‘lik signali va ayirmarang signallar chastotalar polosasi nisbiy kengligini, ko‘rish o‘tkirligi bilan moslash uchun, aniqlash. " Ko‘r-ko‘rona imzo|"DigiCash to‘lov tizimida ishlatiladigan va tasodifiy ko‘paytiruvchini (blinding factor) qo‘llashga asoslangan elektron raqamli imzo mexanizmi. " Ko‘rsatishlar kompilyatori|"Ko‘rsatishlar onlayn tizimi matnini berilgan tizimda qabul qilingan ichki tasavvurga o‘tkazadigan dasturiy ta’minot. Dasturiy mahsulotni lokallashtirish va modifikatsiyalashda foydalaniladi. " Ko‘rsatgich|"Ma’lumotlarning maxsus turi. Bu turdagi ma’lumotlar elementining yoki o‘zgaruvchining qiymati, boshqa ma’lumotlarni (bevosita manzillash), shu jumladan, boshqa ko‘rsatgichni (bilvosita manzillash) ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan manzil hisoblanadi. Odatda, ko‘rsatgichlardan yozuvlar bilan ishlashda, protseduralarga parametrlar berishda va bog‘langan ro‘yxatlarni tashkil qilishda foydalaniladi. " Ko‘rsatmalar satri|"Displey ekranidagi, tushunilishi oson bo‘lgan komandalar menyusiga ega satr. " Ko‘tarilish uzeli (orbitaning)|"Yo‘ldosh janubdan shimolga harakatlanganda orbita ekvator tekisligini kesib o‘tadigan nuqta. " Ko‘tariluvchi (abonent) trafik|"Periferik uzeldan markaziy uzel tomon, masalan, telefon modemidan Internetga, mobil stansiyadan tayanch stansiyaga tomon uzatiladigan trafik. " Ko‘tariluvchi kanal|"Foydalanuvchi uskunasidan tayanch stansiyagacha bo‘lgan uzatish kanali. " Ko‘tariluvchi oqim|"Periferik uzeldan markaziy uzel tomon uzatiladigan ma’lumotlar oqimi. " Ko‘z akkomodatsiyasi|"Ko‘zning kuzatiladigan obyektgacha bo‘lgan masofaga bog‘liq holda ko‘z gavharining fokus masofasi va optik kuchini o‘zgartirish xususiyati. Shu tufayli ko‘zdan turli masofada joylashgan obyektlarning aniq tasvirini kuzatish mumkin. " Ko‘zgu|"«Oyna-tom» tizimini tashkil etgan ikki tomdan biri. Tom oynalari har-xil disklarda joylashgan bo‘ladi. Agar oyna disklaridan biri ishdan chiqsa, operatsion tizim ma’lumotlarga ikkinchi disk yordamida murojaat qilishda davom eta oladi. " Ko‘zguli antenna|"Metall sirt ko‘rinishidagi dastlabki nur tarqatgich va qaytargichni o‘z ichiga oladigan yo‘naltirilgan antenna. " Ko‘zguli-dipolli antenna (ko‘zguli-vibratorli antenna)|"Ikkita kesishgan simmetrik vibratorlardan va ta’minoti uchun amplitudaga teng, lekin faza bo‘yicha 90° ga siljigan, toklardan foydalaniladigan pallali nurlagichdan iborat aylantiruvchi qutblanishga ega antenna. " Ko‘zguli qaytish|"1. Qaytish burchagi tushish burchagiga teng bo‘lgandagi to‘lqinlar qaytishi. 2. Yorug‘likning tekis optik sirtdan qaytishi. " Ko‘zguli yorug‘lik o‘tkazgich|"Yorug‘lik nuri truba bo‘ylab o‘rnatilgan ko‘zguning periskopik tizimi yordamida fokuslanadigan yorug‘liko‘tkazgich. " Ko‘chiriladigan dastur|"Kompyuter manzil qismining ixtiyoriy sohalariga yuklanishi mumkin bo‘lgan dastur. " Ko‘chiriladigan dasturiy ta’minot|"Kompyuterlarning bitta turida bajarilishi yoki kam kuch bilan boshqa platformaga ko‘chirilishi mumkin bo‘lgan, mashinaga bog‘liq bo‘lmagan dastur (ilova). " Ko‘chiriladigan kod|"manzillash ko‘chiriladigan registr qiymatiga va komandada hisoblanadigan manzilga nisbatan yuzaga keladigan va xotiradagi manzil ko‘chiriladigan registr qiymatining summasiga teng kod. " Ko‘chirish|"Arifmetik amallarda ikkilik razryadni katta raqam o‘rniga o‘tkazish yoki surish amallarida uning registr tashqarisiga chiqishi. " Ko‘chirish bayrog‘i|"Ikkita yoki uchta birlikning quyi razryadlarini qo‘shishda ishlatiladigan qo‘shimcha birlik. " Ko‘chirish indeksi|"Veb-sahifa yoki veb-saytning mashhurligining son ko‘rsatgichi. Bu sahifaga yoki saytga boshqa veb-resurslardan murojaatlar soni shaklida aniqlanadi. Shu bilan birga, har bir murojaat u joylashgan veb-saytning «nufuzi»ga hamda har ikki saytning mavzulari mos kelishiga bog‘liq o‘zining «vazni»ga ega. " Ko‘chirish (otkachka) fayli|"Operatsion tizim tomonidan ko‘chirib olingan jarayonlarning obrazlarini saqlash uchun ishlatiladigan diskli xotira sohasi. " Ko‘chirmoq|"Fayllarni turgan joyidan boshqa joyga ko‘chirish, bunda eski manzildagi fayl o‘chiriladi. «Sichqoncha» bilan harakatlanish, bunda «sichqoncha» kursori eski joydan yangi joyga ko‘chadi. " Ko‘chma disk|"Olib qo‘yiladigan xotira qurilmasi. Masalan, flesh-kartalar, olib qo‘yiladigan qattiq disklar va b.q. " Ko‘chma pochta aloqasi bo‘limi|"Statsionar pochta aloqasi obyektlari mavjud bo‘lmagan joylarda pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish uchun, shuningdek, pochtani tashish uchun pochta transportida tashkil etiladigan pochta aloqasi bo‘limi. " Ko‘chma televizion stansiya|"Studiyadan tashqari sharoitlarda televizion ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan apparatura kompleksi joylashtirilgan transport vositasi. " Ko‘chma yo‘ldoshli aloqa xizmatidagi abonent liniyasi|"Ko‘chma yo‘ldoshli aloqa xizmati abonent stansiyasidan kosmik stansiyagacha va kosmik stansiyadan ko‘chma yo‘ldoshli aloqa xizmati abonent stansiyasigacha bo‘lgan radioliniya. " Ko‘chma yo‘ldoshli aloqa xizmatidagi abonent stansiyasi|"Abonent foydalanishida bo‘lgan ko‘chma aloqa yer stansiyasi. L " Laboratoriya axborot tizimi|"Turli soha laboratoriyalarida ishchilarni boshqarish, hujjat va standartlar bilan ishlash, hamda boshqa laboratoriya ishlari, masalan ish jarayonlarini avtomatlashtirish, hisob-fakturani tuzish va jo‘natishni amalga oshiradigan maxsus dasturiy ta’minot. Asosan atrof-muhitni muhofaza qilish, ilmiy tadqiqot ishlari yoki tijorat tahliliga yo‘naltirilgan bo‘ladi. " Lamer|"O‘zini kompyuter ekspertlari deb hisoblaydigan odamlarning o‘ylashicha, (jargon) (inglizcha lame – «zaif») kompyuterni yomon tushunadigan odamlarga beriladigan laqab. " Lazer disk|"Musiqa, shuningdek, video ma’lumotlarni yozish va o‘qish uchun ishlatiladigan disk. Yozish jarayoni lazer nuri yordamida ma’lumot saqlovchi raqamli signalni metall yuzaga kichik o‘yiqlarni kuydirish orqali amalga oshiriladi. " Lazer xotira|"Optik disklardagi maxsus xotira. " Lazerli printer|"Tasvirni shakllantirishda kserografiya prinitsipi asosida ishlaydigan elektrostatik chop etish qurilmasining turi. " Lazerli skanlash qurilmasi|"Tasvir to‘g‘risidagi axborotni raqamli shaklga aylantirish uchun qo‘llaniladigan qurilma. Ajratishning o‘ta yuqori va ko‘p tusli tasvirlar (yorqinlik pog‘onalar) sonining yuqori darajaga ko‘tarilishiga erishish mumkin. " Leksema|"Simvollar ketma-ketligi, dasturlash tilining elementi, translyator uchun ma’noga ega. Har qanday dastur bu, leksemalar ketma-ketligidir. " Leksik analizator|"Dastur boshlang‘ich matnini leksik tahlil qiladigan translyator moduli. " Leksik tahlil|"Dasturlashda so‘zlar (leksemalar) yozilishining to‘g‘riligini tekshirish. Dasturning leksik tahlili dasturni translyatsiya qilish paytida amalga oshiriladi. " Leksikon|"Shaxsiy kompyuterlar uchun mo‘ljallangan matn redaktorlaridan biri, integratsiyalashgan master tizimiga kiradi. Ko‘p oynali, foydalanuvchi bilan qulay interfeysga ega, orfografiyani tekshiradi, so‘zlarning to‘g‘ri ko‘chirilishini bajaradi. " Lempel-Ziv usulida kodlash|"Maʼlumotlarni jo‘natuvchi va qabul qiluvchidagi ikki aynan o‘xshash lug‘atdan foydalanishga asoslangan, maʼlumotlarni statistik siqishning yuksak samarali algoritmi. Aloqa kanali bo‘ylab axborotning o‘zi emas, balki uning lug‘atda joylashgan o‘rni to‘g‘risidagi maʼlumotlar uzatiladi. Kodlashning ushbu usuli nutq, matn va grafikani siqishda keng qo‘llaniladi. " Lentikulyar stereoskopik kineskop (display)|"Stereoskopik kineskop, bunda lentikulyar (linzorastrli) obyektivlar ekranning old qismida ikki tomonga yo‘naltirilgan yorug‘lik bo‘lgich (tasvir ajratgich) ni hosil qiladi, shuning uchun, chap va o‘ng ko‘z uchun navbatma-navbat ko‘rsatiladigan tasvirlarni ajratish uchun boshqa vositalarga (masalan, ko‘zoynak)ka zarurat bo‘lmaydi. " Libratsiya|"Osmon jismining orbita bo‘ylab harakatlanishi paytida, turli g‘alayonlanishlar natijasida, undan qaytgan signalning tinishida aks etadigan hodisa. " Liniya|"1. Konnektorlar yordamida uzatgichga (manbaga) va qabul qilgichga (detektorga) ulangan optik-tolali kabel. 2. Ikki nuqta o‘rtasidagi, terminal uskunadan tashqari, telekommunikatsiya vositalarining yig‘indisi. 3. Har qanday ikki nuqtani bog‘lovchi uzatish kanali. " Liniya band bo‘lganda chaqiruvlarni qayta manzillash|"Xizmat abonentiga jo‘natiladigan kiruvchi chaqiruvlarni, xizmat abonenti band bo‘lganda, boshqa belgilangan raqamga avtomatik tarzda qayta manzillash imkonini beradigan xizmat. " Liniya (kabel taqsimlash tizimida)|"Kabelli taqsimlash tizimida, masalan, metall kabel, optik kabel, to‘lqin o‘tkazgich yoki ularning istalgan kombinatsiyasi ikki nuqtasi o‘rtasidagi uzatish vositasi. " Liniya kodi|"Dastlabki bitlar oqimining optik-tolali va kabelli aloqa liniyalari orqali uzatish uchun qulay shaklga mantiqiy o‘zgartirilishini ta’minlovchi kodlar (odatda, blokli) turkumi. Bunday kodlashning asosiy mazmuni faqat nollardan iborat ketma-ketliklarni 1 hamda 0 simvollarini ichiga oladigan ketma-ketlikka almashtirishdan iborat. Ushbu operatsiya signallarning sinxronlash xossalarini yaxshilash imkonini beradi. " Liniya olis uchidagi kesishuvchi xalaqitlar|"Bitta yo‘nalishda axborot uzatadigan kanallar vujudga keltiradigan o‘zaro xalaqitlar. Qabul qilgichga nisbatan liniyaning olis uchida joylashgan uzatgichlar shunday xalaqitlarning manbai hisoblanadi. " Liniya «pastga»|"Tayanch stansiyadan mobil stansiyaga bo‘lgan aloqa liniyasi. Izoh − Yo‘ldoshli aloqada shunga o‘xshash liniya yo‘ldosh retranslyatoridan yerdagi stansiyaga tashkil qilinadi va «yo‘ldosh−Yer» liniyasi deb ataladi. " Liniya signali|"Kommutatsiya maydoni va telekommunikatsiyalar tarmog‘i liniyalari, kanallari orqali uzatiladigan, liniyalar, kanallar holatini tavsiflaydigan va bog‘lanish o‘rnatilishining asosiy bosqichlarini belgilaydigan telekommunikatsiyalar signali. " Liniya yaqin uchidagi kesishuvchi xalaqitlar|"Uzatish yo‘nalishi o‘zaro qarama-qarshi bo‘lgan kanallar vujudga keltiradigan xalaqitlar. Qabul qilgichga nisbatan liniyaning yaqin uchida joylashgan uzatgichlar bunday xalaqitlarning manbai hisoblanadi. " Liniyaga aktiv ulanish|"Maʼlumotlarni o‘zgartirish yoki kiritish maqsadida tarmoqqa ulanish. " Liniyaga passiv ulanish|"Maʼlumotlarni o‘qish maqsadida tarmoqqa ulanish. " Liniyani eshitish|"Telefon liniyasida bir vaqtning o‘zida bir nechta shaxs ishtirokidagi so‘zlashuvni eshitishga imkon beradigan funksiya. Ushbu rejimda telefon apparatining korpusidagi mikrofon uzib qo‘yilgan bo‘ladi. " Liniyaning antenna effekti|"Liniyaning elektromagnit to‘lqinlarni nurlantirish yoki qabul qilish xususiyati. " Link|"Fayl yoki direktoriya manzili. Odatda, ushbu manzil maxsus faylda saqlanadi. Microsoft Windows va boshqa operatsion tizimlarda bunday fayllar yorliq deb ataladi. " Linza|"Linzani o‘rab turuvchi fazoda va linza tuzilmasida tarqalishning fazali tezliklaridan foydalanib, to‘lqinlar nurlanishining yo‘nalganlik diagrammasini shakllantirish qurilmasi. " Linzali antennalar|"Aperturali antennalarning bir turi (koʻndalang antenna panjaralari), unda elektromagnit energiya oqimini toʻplash oqimning tutib olingan qismini elektromagnit linza yordamida fokuslash orqali amalga oshiriladi. " Listing|"Dastur matni yoki printerda bosilgan yoki displey ekraniga chiqarilgan ma’lumotlar. " Liter atributi|"Mashina grafikasida ‒ litera rangi, shrifti, yo‘naltirilganligi va o‘lchami. " Liter kattalik|"Matn konstantasi sifatida qabul qilinadigan kattalik. Liter kattalikni sonlarsiz literal sifatida belgilash mumkin. Boshqa nomlari: simvolli, satrli kattalik, zanjir. Ko‘pchilik dasturlash tillarida liter kattalik apostroflarga olinadi – «123», «abed». " Literal|"Dasturlash tilidagi o‘zining xususiy qiymatini konstanta sifatida qat’iy belgilaydigan, lekin o‘zgaruvchi, konstanta yoki boshqa bir konstruksiyaning belgisi hisoblanmaydigan simvol yoki so‘z. " Litsenziya|"1. Davlat organlari tomonidan xizmatlarni sotish yoki taqdim etish huquqini beradigan ruxsat. 2. Mulkchilikka egalik qilish huquqini beradigan rasmiylashtirilgan hujjat. 3. Axborotni muhofaza qilish sohasida u yoki bu ishlarni olib borish huquqi uchun berilgan, tegishli ravishda rasmiylashtirilgan ruxsatnoma. " Litsenziya shartnomasi|"Bir tomon (litsenziar yoki litsenziya beruvchi) tegishli haq evaziga ixtirodan yoki boshqa texnik yutuqdan (litsenziyadan) foydalanish huquqini boshqa tomonga (litsenziya oluvchiga yoki litsenziatga) taqdim etadigan shartnoma. " Litsenziyalanmaydigan chastotalar polosasi|"Butun jahonda global foydalanish uchun ruxsat etilgan chastotalarning ochiq diapazoni. Bu diapazonda ishlash chastota idoralarining ruxsatini talab etmaydi va bu diapazon, agarda ular ma’lum bo‘lgan nomaqbul va polosadan tashqari nurlanishlar sathi bo‘yicha qo‘yilgan talablarni bajarsa, har qanday tizimlarning ishlashi uchun qulay. " Litsenziyalash|"Axborotni muhofaza qilish sohasida ishlarni olib borish huquqini berish yoki olishdan iborat faoliyat. " Log|"Veb-saytning o‘ziga xos bortdagi jurnali. Server loglariga u yoki bu foydalanuvchi qayerdan va qachon kelgani, saytda qancha vaqt bo‘lgani va u yerda nimani ko‘rgani va yuklab olgani, uning brauzeri va uning kompyuterining IP-manzili qandayligi to‘g‘risidagi maʼlumot yoziladi. Logga har bir yozuv maʼlum xitga tegishli bo‘ladi, chunki server aynan sayt elementlaridan biriga murojaatni qayd qilishi mumkin. " Log-fayl|"Server ishi va foydalanuvchilarning harakati to‘g‘risidagi: sana va vaqt, foydalanuvchining tashrifi, foydalanuvchi kompyuterining IP-manzili, foydalanuvchi brauzerining nomi, foydalanuvchi tomonidan so‘ralgan varaqlar, foydalanuvchi refereri kabi tizimli axborotga ega fayl. " Login|"Kompyuter tizimiga (tarmoqqa) kirishda foydalanuvchini identifikatsiya qilish jarayoni, protsedurasi. " Logo|"Yuqori darajadagi dasturlash tili, LISP tilining maxsus versiyasi. Juda sodda til, oson kengayadi, kichik yoshdagi bolalarni o‘rgatishda foydalaniladi. S.Paypert tomonidan 1980-yilda Massachuset texnologiya instituti (AQSh)da ishlab chiqilgan. " Logotip|"Hududiy tuzilmalar, tijorat korxonalari, tashkilotlari va xususiy shaxslar tomonidan kishilik jamiyatida farqlay olishlikni va taqqoslash mumkinligini oshirish uchun foydalaniladigan grafik belgi, emblema yoki simvol. Logotip stilizatsiyalangan harflar va/yoki ideogramma ko‘rinishidagi o‘zi identifikatsiyalaydigan mohiyat nomini o‘zida ifodalaydi. Logotiplar tovar belgilari sifatida keng qo‘llaniladi. " Lokal|"Foydalanuvchi o‘zining interfeysida ko‘rishni xohlayotgan parametrlar to‘plami, belgilar to‘plami, shu jumladan, foydalanuvchi tili, mamlakati, vaqt chizig‘i va boshqa boshlang‘ich o‘rnatishlar. " Lokal blokirovkalash|"Ayrim foydalanuvchi tomonidan yo‘llanayotgan sohaga tegishli resurslarni muhofaza qilish maqsadida blokirovkalash. " Lokal disk|"Fayl-serverga emas, balki ishchi stansiyaga ulangan disk. " Lokal hisoblash tarmog‘i|"Geografik chegaralangan tarmoqlarning bir turi. Lokal hisoblash tarmog‘i turli ma’lumotlarni juda yuqori tezlikda almashishga va tarmoq uchun umumiy bo‘lgan resurslardan birgalikda foydalanishga (masalan, printerlar, modemlar) imkon berib kompyuterlar, printerlar va boshqa elektron uskunalarni bog‘laydi. " Lokal hisoblash tarmog‘i kommutatsiyasi|"Paketlar faqat ularning qabul qiluvchilariga yo‘naltirilishini ta’minlaydigan texnologiya. Lokal hisoblash tarmog‘i kommutatsiyasining ikkita asosiy usuli mavjud: matritsali (fizik darajada) va MAS darajasidagi kommutatsiya. " Lokal manzil|"Tarmoq doirasida biriktiriladigan manzil. Tarmoqlararo interfeys pog‘onasida IP-manzillarni lokal manzillarda aks ettirish vazifasi turadi. IP-manzil bo‘yicha lokal manzilni aniqlash uchun manzilning ruxsat berish protokoli (Address Resolution Protocol, ARP) ishlatiladi. Bunga tamomila teskari bo‘lgan masalani yechadigan protokol ham mavjud, u maʼlum lokal manzil bo‘yicha IP- manzilni aniqlash imkonini beradi. " Lokal printer|"Kompyuterdagi portlardan bittasiga bevosita ulanadigan printer. " Lokal tarmoq|"Uncha katta bo‘lmagan hudud (bino, korxona) ni qamrab oluvchi va obyektlar o‘rtasida nisbatan qisqa (500 m dan ko‘p emas) aloqa liniyalaridan foydalanuvchi ma’lumotlar uzatish tarmog‘i. Lokal tarmoq foydalanuvchilar ish joylari va oraliq qurilmalarni yagona tarmoq operatsion tizim boshqaruvida ishlovchi yagona makonga birlashtiradi. Masofaning qisqaligi ma’lumotlarni yuqori tezlikda (100 Mbit/s gacha) uzatilishiga erishish hamda real vaqt rejimida xizmatlarning keng to‘plami taqdim etilishini ta’minlash imkonini beradi. " Lokal tarmoq kommutatori|"Bitta yoki bir guruh lokal tarmoq segmentlari o‘zaro ishlashini taʼminlaydigan qurilma. Lokal tarmoq kommutatori odatdagi kommutator kabi, unga ulangan lokal tarmoqlarning o‘zaro ishlashini, hamda lokal tarmoq segmentlarining har xil turi ulanayotgan bo‘lsa, interfeyslarni o‘zgartirishni taʼminlaydi. " Lokal tarmoqqa ulanish|"Tarmoq resurslaridan foydalanish mumkin bo‘lgan tarmoqqa ulanish holati. " Lokal xotira|"Qandaydir dastur yoki funksiyaga ajratilgan tezkor xotira qurilmasi. " Lokal o‘zgaruvchi|"Dasturlash tillaridagi o‘zgaruvchi; butun dastur bo‘yicha foydalanilishi mumkin bo‘lgan global o‘zgaruvchidan farqli ravishda, faqat o‘zining blokida yoki protsedurasida foydalanilishi mumkin. " Lokal shina|"Markaziy protsessorni tashqi kesh-xotira bilan bog‘laydigan, qo‘shimcha yuqori tezlikli shina. " Lokalizator|"Nosozlik yoki shikastlanish yerini topishni taʼminlaydigan yoxud qabul qilinadigan belgilar ketma-ketligidagi xatolarni aniqlaydigan apparat va dasturiy vosita. " Longli-Rays modeli|"Mobil aloqa tarmoqlarida radioto‘lqinlarning tarqalishidagi yo‘qotishlarni hisoblash uchun foydalaniladigan model. " Loyiha|"Vaqtda cheklangan, noyob mahsulot olishga yo‘naltirilgan tadbirlar kompleksi. " Loyiha fayli|"Ishlab chiqiladigan ilova loyihasini tashkil qiladigan barcha fayllar to‘g‘risidagi axborotni ichiga oladigan fayl. " Loyihalarni boshqarish|"Faoliyat sohasi, uning davomida ishlar hajmi, resurslar (pul, mehnat, materiallar, energiya, makon kabi), sifat va tavakkalchiliklar o‘rtasida muvozanat saqlangan holda, loyihaning aniq maqsadlari belgilanadi va unga erishiladi. Oldindan aniq belgilangan rejaning, rejadan chetga chiqishlar va tavakkalchiliklarni kamaytirishning, o‘zgarishlarni samarali boshqarishning (jarayonli, funksional boshqaruvdan, xizmatlar darajasini boshqarishdan farqli ravishda) mavjudligi, loyihalarni boshqarish muvaffaqiyatining muhim omilidir. " Loyihalash shabloni|"Loyihalashtirish masalalarini yechishning eng samarali usullaridan biri, ayniqsa kompyuter dasturlarini loyihalashtirishda keng qo‘llaniladi. Pattern bu kodga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aylantirish mumkin bo‘lgan loyihaning tayyor namunasi emas, bu ko‘proq har xil vaziyatlarning yechimini topish uchun qo‘llaniladigan tasvir yoki namuna. Obyektga yo‘naltirilgan shablonlar ilovada qanday obyekt va klasslar qo‘llanilishini aniqlaydi, balki klasslar va obyektlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat va ta’sirni ko‘rsatadi. Algoritmlar shablonlar sifatida qaralmaydi, chunki, ular loyihalash vazifalarini emas, balki, hisoblashga oid vazifalarni bajaradi. " Lug‘at|"Har bir elementi ikki qismdan iborat, ma’lumotlarning uyushtirilgan majmui. Birinchi qismda ikkinchi qismda bo‘lganning qisqacha nomi. Birinchi qismda ko‘rsatilgan nom bo‘yicha bajariladigan ma’lumotlar qayta ishlanishini tezlashtirish uchun mo‘ljallangan, zarur bo‘lganda ikkinchi qism qo‘shiladi. " Lyuk|"1. Kompyuter xavfsizligi mexanizmlarini chetlab o‘tish imkonini beruvchi, asosan testlash va nosozliklarni izlab topish uchun yaratiladigan yashirin dasturiy yoki apparat mexanizm. 2. Avtomatlashtirilgan tizimga kirishning yashirin yoki hujjatlashtirilgan nuqtasi. Muhofaza tizimini chetlab o‘tishda qo‘llash mumkin. 3. Katta dasturga yashiringan, foydalanuvchiga muhofaza tizimidan o‘tishga ruxsat beradigan yoki tizim resurslaridan shtat rejimida foydalanish imkonini beradigan blok. " Lyuks (ℓk)|"Xalqaro birliklar tizimi (SI) da yoritilganlik o‘lchov birligi. " Lyumen (ℓm)|"Xalqaro birliklar tizimi (SI) da yorug‘lik oqimi birligi. Bir lyumen bir sham (bir candela) yorug‘lik kuchida bir steradian fazoviy burchakda nuqtaviy yorug‘lik manbayi tomonidan nurlanadigan yorug‘lik oqimiga teng. " Lyuminofor|"Elektron nur bilan «bombardirovka» qilinganda yoki elektromagnit maydon ta’sirida yorug’lik chiqaradigan maxsus material. M " Magistral aloqa|"Katta uzunlikka hamda o‘tkazish qobiliyatiga ega liniyalardan (shaharlararo, milliy, xalqaro va global) foydalaniladigan aloqa. " Magistral fider (antenna panjarasining)|"Antenna panjarasining tegishli kirishi bilan diagramma hosil qiluvchi sxemaning chiqishini birlashtiruvchi fider. " Magistral kabel tizimi|"1. Shahar kirgichi (kirish yo‘li), apparatxona, telekommunikatsiya shkaflari, shuningdek, binolar orasidan o‘tuvchi kabel tizimi. 2. Asosiy va oraliq krosslarni tashkil etuvchi kabel hamda kommutatsiya uskunasi, shuningdek, telekommunikatsiya shkaflari, apparatxona va shahar kirgichi (kirish yo‘li) orasidan o‘tuvchi kabel segmentlari. " Magistral kanal|"Ikkita kommutatsiya tugunini bog‘lovchi jismoniy kanal. Kommutatsiya tugunlari bilan birga magistral kanallari maʼlumotlar marshrutlash tarmog‘ini tashkil qiluvchi asosiy tarkibiy qismlardir. Magistral kanal ko‘p sonli tizimlar tomonidan yo‘naltirilgan maʼlumotlarni uzatish uchun mo‘ljallanganligi sababli, u ayniqsa katta ishonchlik va yuqori o‘tkazish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim. Shuning uchun magistral kanallar odatda efir, optik kabel va koaksial kabellar asosida quriladi. " Magistral kommutator|"Kompyuterlarining magistral tarmoq bilan ulanishlarini o‘rnatish uchun mo‘ljallangan qurilma. " Magistral; magistral liniya|"1. Ikkita tarmoqni o‘zaro bog‘lovchi, intensiv trafikli va xizmat ko‘rsatish sifati yuqori bo‘lgan, yuqori tezlikli aloqa liniyasi. 2. Umumiy yuqori tezlikli aloqa liniyasi yordamida tarmoqqa birlashtirilgan uzellar va stantsiyalar guruhi. " Magistral mediashlyuz|"KAT paketlari uzellari va axborotni yetkazish trafikini uzatish uchun KTSOP (umumiy foydalanishdagi kommutatsiyalanadigan telefon tarmog‘i)/SSIS (xizmatlari integratsiyalashgan raqamli tarmoq) tarmoqlari (masalan, tranzit stansiyalar, mahalliy ATS, xalqaro stansiyalar) ning kanallar kommutatsiyalanadigan uzellari o‘rtasida interfeys bo‘lib xizmat qiluvchi blok. TMG axborotni yetkazish trafiki uchun barcha zarur o‘zgarishlarni ta’minlaydi. " Magistral monokanal|"Bitta yoki bir necha umumiy bo‘g‘inlari magistral tarzida amalga oshirilgan monokanal. Magistral monokanalning umumiy bo‘g‘ini odatda yassi kabelning o‘rama jufti, koaksial kabel va radio kanal asosida yaratiladi. Juft past tezliklarda, koaksial kabel esa katta tezliklarda ishlatiladi. " Magistral pochta yo‘nalishi|"Xalqaro pochtamtni pochta almashinuv punktlari, jumladan, xalqaro pochta almashinuv punktlari bilan bog‘lovchi pochta yo‘nalishi. " Magistral tarmoq|"Umumiy yuqori tezlikli aloqa liniyalariga ko‘priklar, marshrutizatorlar va kanal kontsentratorlari orqali bog‘lanadigan tarmoq segmentlari, uzellari hamda alohida stantsiyalarining majmui. " Magistral uzel|"Internet va/yoki elektron pochta tizimining, katta hajmdagi trafikni qayta ishlaydigan uzeli. " Magnit disk|"Kompyuterlarning xotira qurilmalarida ishlatiluvchi va bir o‘qda parallel joylashgan dumaloq plastina yoki plastinalar shaklida yaratilgan maʼlumotlar tashuvchisi. Magnit diskda har bir plastinaning bitta yoki ikkita tomoni magnit qatlami bilan qoplangan. Maʼlumotlar ushbu qatlamdagi halqa yo‘lkalariga yoziladi. Maʼlumotlarni yozish va o‘qish diskni aylantiruvchi diskyuritma yordamida amalga oshiriladi. Magnit disklarning asosiy turlariga qattiq disk va egiluvchan disk kiradi. " Magnit karta|"Magnit moddasi bilan qoplangan maʼlumotlar tashuvchi. U standart o‘lchamdagi plastik karta shaklida bo‘lib, undan ketma-ket foydalanish mumkin. Maʼlumotlarni yozish, saqlash va o‘qish uchun mo‘ljallangan. Ixtisoslashtirilgan kompyuterlar, masalan, bank xizmati tizimida qo‘llaniladi. " Magnit tasma|"Maʼlumotlarni saqlash uchun magnit moddasi bilan qoplangan egiluvchan tasma. Magnit tasma g‘altakka o‘raladi yoki ikki g‘altakli kassetada bo‘ladi. G‘altakli xotira to‘plagichlari boshqalaridan oldin paydo bo‘lgan bo‘lib,asosan katta va o‘rtacha kompyuterlarda ishlatiladi. Shu bilan birga, 4 mm kenglikdagi DAT raqamli audiotasmalar bilan ishlaydigan magnitofonlar ham keng tarqalgan. " Magnit tasmasidagi to‘plagich (strimmer)|"Axborotni magnit tasmaga yozuvchi uskuna, ishlash prinsipi xuddi oddiy kassetali magnitofonga o‘xshaydi. Afzalligi – katta hajm, ishonchlilik, arzon narx. Kamchiligi – ishlash tezligining pastligi. " Magnit to‘plagich|"Moddalarning magnit xususiyatlaridan foydalanadigan xotira qurilmasi. Magnit to‘plagichlari o‘qish usuli bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linadi: magnit tasma, magnit disk, magnit karta. " Magnit chiziqli kartalar|"Axborot kartaning orqa tomonida joylashgan uch yo‘lkali magnit chiziqda saqlanadigan oddiy kartalar. " Magnitli antenna|"Magnitli materialdan tayyorlangan (odatda ko‘p o‘ramli) o‘zakli ramkasimon antenna. Magnitli materiallar sifatida ko‘pincha magnitodielektriklar yoki ferritlar (ferrit antenna) ishlatiladi. " Magnitli dipol|"1. Elementar konturdagi, ya’ni konturdagi berk elektr toki, kuzatish nuqtasigacha bo‘lgan masofa bilan taqqoslanganda uning o‘lchami kichkina bo‘ladi. 2. Elektr tokining elementar konturi magnit maydoniga teng, uning oʻlchamiga nisbatan katta masofada magnit maydoni hosil qiladigan istalgan elementar hajm. " Magnitooptik disk|"Maʼlumotlarni o‘ta zich saqlash uchun magnitooptik texnologiyalar asosida yaratilgan disk. U 1988-yilda yuzaga kelgan. Uning aktiv tashuvchisi terbiy qo‘shilgan temirkobalt qotishmasidir. Yozish uslubi qutblanishga asoslangan. Yozish jarayonida lazer nuri 1 mkmdan kam bo‘lgan joyni qizdiradi, buning natijasida ushbu nuqtadagi magnitlanganlik vektori tashqi magnit maydoniga parallel yo‘naladi. Aks etgan lazer nuri kuchsiz bo‘lib, magnitlanganlikni o‘zgartirish uchun yetarli bo‘lmaydi. Yozilgan maʼlumotlarni o‘chirish uchun tashuvchiga bir paytning o‘zida lazer nuri va tashqi magnit maydoni taʼsiridan foydalaniladi. Shu tarzda maʼlumotni o‘chirish va qayta yozish 10 mln. marta amalga oshirilishi mumkin. Disk juda katta xotiraga ega bo‘lib, maʼlumotlarni arxiv usulida saqlash uchun qo‘llaniladi. " Magnitooptik kommutatsiyalanadigan asbob|"Optik kommutatsiyalash elementlarida kuzatiladigan magnitooptik effekt hisobiga amalga oshiriladigan optik kommutatsiya asbobi. " Magnitooptik kompakt-disk|"1988-yilda ishlab chiqilgan kompakt-disk turi. Ma’lumotni ko‘p marotaba yozish va o‘chirish imkoniyatini beradi. Hajmi 128 Mbyte dan 2,6 Gbyte gacha. Hozirgi vaqtda bu formatdan foydalanilmaydi. " Magnitooptik to‘plagich|"Magnitooptik disklar bilan ishlash uchun mo‘ljallangan to‘plagich. Magnitooptik disk alyumin qotishmadan tayyorlanadi va plastik qobiqqa joylangan. Magnitooptik disklar (mos ravishda, diskovodlar) ikki o‘lchamda chiqariladi: 3,5 dyuymli disk 500 Mbyte ma’lumotni ichiga oladi; 5,25 dyuymli disk 2,3 Gbyte ma’lumotni ichiga oladi. Ma’lumotlardan erkin foydalanish vaqti 50 ms ga yaqin. " Mahalliy foydalana olish va uzatish zonasi|"Ko‘p juftli kabeldan iborat magistral kabelli uchastkani, bir yoki bir nechta tuman ATS hamda abonentlarni ulash uchun mo‘ljallangan kabelli liniyalarni ichiga oluvchi mahalliy telefon aloqa tarmog‘i. " Mahalliy kommutatsiya markazi|"Bitta aholi punkti yoki maʼmuriy tuman doirasida joylashgan foydalanuvchilar o‘rtasidagi telefon bog‘lanishlar o‘rnatilishini taʼminlaydigan uskunalar majmui. " Mahalliy (lokal) ko‘p nuqtali taqsimlangan xizmat|"26 GHz dan 30 GHz gacha bo‘lgan juda yuqori chastotalar diapazonida ishlaydigan simsiz aloqa tizimi yoki simsiz modem xizmati. " Mahalliy tarif|"Ma’lum geografik hududda amal qiladigan tarif stavkalari. " Mahalliy telefon raqamlarining ko‘chirib o‘tkaziluvchanligi|"Xizmatlar provayderi o‘zgartirilganda ayni telefon raqamini saqlab qolish imkoniyati. " Mahalliy telefon tarmog‘ining abonent raqami|"Telekommunikatsiyalar xizmatlarini ko‘rsatish yuzasidan shartnoma tuzilganda abonentga ajratiladigan raqam. Bu raqamga qarab, telekommunikatsiyalar tarmog‘iga ulangan oxirgi (terminal) uskuna identifikatsiya qilinadi. " Mahalliylashtirish|"Mavjud dasturiy mahsulotni tili boshqa mamlakatlarda foydalanish maqsadida qayta ishlash. Hujjatlar va foydalanuvchi interfeysi (menyu, xabarlar, aytib turishlar va yordam) ko‘chirilishini, hisoblashlar metodikalari o‘zgartirilishini va dasturlar birmuncha qayta ishlanishini ko‘zda tutadi. Ba’zida mahalliylashtirishga maslahat ta’minoti ham qo‘shiladi. " Maishiy elektronika|"Aholi foydalanadigan elektron apparatlar. " Maishiy radioelektron apparat|"Radioeshittirish va televizion dasturlarni, simli eshittirish dasturlarini, fonogrammalarni, videogrammalarni, shuningdek maxsus signallarni qabul qilish, qayta ishlash, sintez qilish, yozish, kuchaytirish va qayta eshittirish kabi bitta yoki bir nechta funksiyani bajarish uchun qo‘llaniladigan radioelektron qurilma. " Majburiy nusxa tizimi|"Jami shartli nusxa turlari, shuningdek, ularni to‘plash, tarqatish va foydalanishning belgilangan tartibi. " Majburiy sinxronlash|"Tarmoqning barcha tayanch generatorlarini sinxronlash usuli, unda o‘zaro bog‘langan va bo‘ysunuvchi qurilmalarning barchasiga sinxronlovchi signal bitta yetakchi stansiyadan kelib tushadi. " Majburlash|"Muhofaza usuli, bunga ko‘ra foydalanuvchilar va tizim personali moddiy, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik tahdidi ostida muhofaza qilinadigan axborotni qayta ishlash, uzatish va undan foydalanish qoidalariga rioya qilishga majbur bo‘ladilar. " Majoritar element|"Chiqish diskret signali qiymati uning kirishlarida ko‘pchilikni tashkil etgan bir-biriga teng qiymatlarga mos obyekt. Majoritar element ham qurilma tarkibiy qismi, ham dastur qismi bo‘lishi mumkin. Uning mohiyati shundaki, u toq sonli kirishlarga va bitta chiqishga ega bo‘lib, go‘yo ovoz berish jarayonini aks ettiradi. Yaʼni, elementning chiqish signali uning kirishlaridagi bir xil signallar qiymatini aks ettiradi. Masalan, uchta kirishli majoritar elementning ikkita yoki uchta kirishiga «bir» berilgan bo‘lsa, ushbu element chiqishida ham «bir» paydo bo‘ladi. Ikki yoki uch kirishida «nol»lar bo‘lsa, chiqishda ham «nol» bo‘ladi. " Mak Ellis kriptotizimi|"Xatolarni tuzatuvchi kodlarga asoslangan kriptotizim. Uning o‘ziga xos ikki kamchiligi bor: kalit uzunligining katta bo‘lishi va katta ortiqchalik (shifrmatn uzunligi xabar uzunligidan ikki marta oshadi). " Maket plata|"Laboratoriya sharoitlarida qurilmaning boshlang‘ich versiyasi yig‘iladigan va sozlanadigan plata. " Makro|"1. MAChine ROutine qisqartmasi. Bir necha mashina komandasidan tashkil topgan to‘plamga o‘giriluvchi dasturlash tilida berilgan alohida ko‘rsatma. 2. Boshqa komandalar ketma-ketligini chaqiruvchi komanda. 3. «Juda kata» maʼnosida ishlatiladi, masalan – makroiqtisodiyot. " Makroblok|"Yorqinlik va ranglilik signallari koeffitsiyentlarini bir necha DKO‘ bloklari orqali tasvirlanadigan hamda bitta siljish vektori bilan ifodalanuvchi odatda, 16x16 piksel kattalikka ega bo‘lgan tasvir sohasi. " Makrodasturlash|"Dasturlarni makrokomandalardan foydalanib yozish jarayoni. " Makrogenerator|"Translyator yoki makroassemblerning makroalmashtirishlarni bajaradigan qismi. " Makrokengaytirish|"Dasturda foydalaniladigan makrokomandani mashina komandalarga kompilyatsiyalash natijasi. " Makrokomanda|"Foydalanuvchi tomonidan ma’lum standart komandalardan tuziladigan, qandaydir tildagi komanda. Bu komandalarni tuzish uchun tegishli vosita – makrotil bo‘lishi kerak. " Makros|"Komandalar ketma-ketligi va/yoki noyob nomdagi makroregistratorda yozilgan klavishlarni bosish ketma-ketligi. " Makrotil|"Foydalanuvchiga boshlang‘ich komandalarni birlashtirish mumkinligi hisobiga o‘z ishini osonlashtirish yoki uzun, tez-tez takrorlanadigan matn o‘rniga uning shartli ekvivalentini kiritish imkonini beradigan dasturiy vosita. Makrotil foydalanuvchi tomonidan yaratiladigan makrotavsiflardan (makrokomandalardan, makroalmashtirishlardan) va ularni natijalovchi matnlarga (shu jumladan, dasturlarga) o‘tkazadigan dasturlardan iborat. " Makrouya|"Odatda, radiusi 1 km dan to 35 km gacha bo‘lgan hududni o‘z ichiga oladigan uyali aloqa tarmog‘ining xizmat ko‘rsatish sohasi. Izoh − Bir nechta mikro va pikouyalardan iborat bo‘lishi mumkin. Makrouya chegarasida bir vaqtda bitta chaqiruvga xizmat ko‘rsatadigan, ikkita yoki undan ortiq parallel bog‘lanishni saqlab turish imkoniyati ta’minlanadi. " Makrovirus|"Aniq bir ilova uchun mo‘ljallangan makros ko‘rinishidagi fayl virusi. Zararlangan fayl ochilganda virus dasturga birikib oladi va u murojaat qiladigan barcha fayllarni zararlaydi. " Maksimal ajratish|"Monitorda o‘rnatish mumkin bo‘lgan eng katta ajratish. U ba’zan mavjud o‘lchamdagi monitor uchun talab etilganidan katta bo‘ladi. " Maksimal haqiqatga o‘xshash algoritm|"Dekoder uzatishda shartli ehtimolligi maksimal bo‘lgan kodli so‘zni tanlaydigan dekodlash ketma-ketligi. " Maksimal qoʻllaniladigan chastota|"Ma’lum bir sharoitlarda berilgan vaqtda berilgan punktlar oʻrtasida radiotoʻlqinlarning ionosferali tarqalishi mavjud boʻlgan radionurlanishning eng katta chastotasi. " Maksimal yorqinlik|"Tashqi yoritish bo‘lmaganda va farqlanuvchi satr tuzilma mavjudligida qoraning tasvirda berilgan darajasida televizion ekranda o‘lchanishi mumkin bo‘lgan eng katta yorqinlik. " Maksimal yoʻl qoʻyiladigan quvvat|"Antennaga oʻtkazilishi mumkin boʻlgan va elektr teshilish hamda antenna elementlarining buzilish imkoniyati cheklangan quvvat. " Mamlakat bilan bevosita so‘zlashuv yoki boshqa mamlakat operatorini to‘g‘ridan-to‘g‘ri chaqirish|"Mamlakatdan tashqarida joylashgan foydalanuvchining maxsus raqamini terib, chaqiriluvchi abonent hisobidan to‘langan (xizmat uchun hisob-kitob) yoki oldindan to‘langan kredit kartochka (xalqaro yoki abonent yashagan mamlakat) orqali ushbu mamlakat abonenti bilan so‘zlashuvga buyurtma uchun mamlakatning operatori (o‘zining yashash joyi va foydalanuvchi raqamini ro‘yxatga olish) bilan bog‘lanish imkonini beradigan xizmat. Izohlar 1. Chaqiriluvchi abonent to‘lov yig‘indisi to‘g‘risida xabardor qilinishi kerak. Ma’lumotlar so‘rovi xizmatlarning ushbu turidan chiqarib tashlangan bo‘lishi mumkin. 2. Ayrim hollarda chaqiruvchi abonentga xizmatlarning ushbu turidan erkin foydalanish uchun to‘lov tavsiya qilinishi mumkin. Har qanday holatda bunday tarifning qo‘llanilishi bog‘lanishga buyurtma amalga oshiriladigan mamlakatning milliy vakolatiga kiradi. " Mamlakat kodi|"Chaqirilayotgan mamlakatni belgilaydigan, bitta, ikkita yoki uchta raqamdan iborat birikma. " Mamlakat mobil kodi|"Xalqaro identifikatsiyalash raqami IMSIning sarlavhasida ko‘rsatilgan uchta raqamdan iborat indeks. " Mamlakatning yagona axborot makoni|"Yagona prinsiplar va umumiy qoidalar asosida, dunyo axborot makoniga kirishdagi manfaatlar muvozanati saqlangan va milliy axborot mustaqilligi taʼminlangan holda, mamlakatning barcha hududida ochiq axborot resurslaridan teng ravishda foydalana olish sharoitida, davlat, tashkilotlar va fuqarolarning xavfsiz axborot o‘zaro hamkorligini, shuningdek, ularning axborotga bo‘lgan ehtiyojlari iloji boricha to‘liq qondirilishini taʼminlash imkonini beradigan axborot resurslari hamda axborot infratuzilmasining yig‘indisi. " Manba|"Turli fizik tabiatdagi xabarlar yoki signallar ko‘rinishidagi axborotni to‘plash, saqlash, o‘zgartirish va berishi mumkin bo‘lgan moddiy obyekt yoki subyekt. " Manba kuchlanishini avtomatik almashlab ulash|"Operator ishtirokisiz ta’minot kuchlanishini 120 V dan 220 V yoki 240 V ga almashlab ulash. " Manbani kodlash|"Berilgan alifbo doirasida o‘zgaruvchan uzunlikdagi kodlardan, xabardagi simvollar sonini, xabardagi butun axborotni taqdim etish yoki hech bo‘lmaganda bunday qisqartirish shartlarini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan eng kam darajagacha kamaytirish maqsadida foydalanish. " Manbani o‘chirish|"Asbob-uskunalarni elektr manbaidan uzish. " Manchestercha kodlash|"Maʼlumotlarni kanal orqali uzatish uchun kodlash uslubiyati. Manchestercha kodlash mantig‘i ikkilik sanoq tizimiga oid signalni manchestercha kodga aylantirish bilan bog‘liq. Mazkur kodlashni amalga oshirishda muvaqqat bit oraliqlari deb atalmish muddatlarga bo‘linadi. " Mandat|"1. Obyektdan erkin foydalanish uchun bitta yoki bir nechta huquqlarni taqdim etish. Izoh – Mandat erkin foydalanishga ruxsat berish hisoblanadi. 2. Ma’lum subyektning ma’lum obyektdan foydalanish turini belgilovchi, erkin foydalanish matritsasi elementi. Har safar mandat subyektga dinamik ravishda – erkin foydalanish so‘ralganda beriladi. Mandatlarni tarqatish juda ham o‘zgaruvchan tarzda yuz berishi sababli, ular bevosita obyektlar ichida joylashishi mumkin, buning oqibatida ularni nazorat qilish juda ham qiyin. Sof ko‘rinishda bu mexanizmdan juda kam foydalaniladi. Biroq, erkin foydalanishni nazorat qilishning boshqa mexanizmlari ko‘pincha mandatlar yordamida amalga oshiriladi. 3. Taqdim etiladigan vakolat shakli, unga egalik qilish tizim resursidan erkin foydalanish huquqini tasdiqlaydi. 4. Qandaydir obyektning talab etiladigan identikligini (o‘xshashligini) tasdiqlash uchun uzatiladigan axborot. " Mandatli foydalana olish|"Obyektlardan foydalana olishni boshqarish usuli. Obyektda mavjud bo‘lgan axborotning maxfiylik yoki kritiklik darajasiga, ma’lum bir kritiklik darajasidagi axborotdan foydalana olishda subyektning vakolatlari va huquqlarini rasman tekshirishga asoslangan. Izoh – Foydalana olishni mandatli boshqarish: – tizimning barcha subyektlari va obyektlari bir xil identifikatsiya qilinganligini; – tizimning har bir obyektiga, undagi axborotning qiymatini belgilovchi kritiklik belgisi berilganligini; – tizimning har bir obyektiga subyekt foydalana olishi mumkin bo‘lgan obyektlar kritiklik belgisining maksimal qiymatini o‘rnatuvchi bazaviy xavfsizlik darajasi berilishini nazarda tutadi. " Manfaatdor bo‘lmagan hakam protokoli|"Arbitrli protokolga o‘xshash protokol, lekin undan farqli ravishda manfaatdor bo‘lmagan hakam faqat protokol ishtirokchilari o‘rtasida bahsli holatlar yuz bergan hollardagina paydo bo‘ladi. Manfaatdor bo‘lmagan hakam, arbitrdan farqli ravishda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri protokolda ishtirok etmaydi, lekin manfaatdor bo‘lmagan hakamga aldovni aniqlash uchun imkon beradigan ma’lumotlar mavjud bo‘ladi. " Manipulyator|"Kompyuter holatini boshqarish, shu jumladan, qo‘llar yordamida ma’lumotlarni kiritish imkonini beradigan qurilma. Manipulyatorga joystik, «sichqoncha», trekbol, sensorli panel, pero, trekpoint, J-klavish kiradi. Eng keng tarqalgan manipulyator – klaviatura. " Manipulyatsion kod|"Har bir signalga simvollar to‘plamini taqqoslaydigan kod, bunda qo‘shni signallarga tegishli bo‘lgan ketma-ketliklar ikkilik simvollarning eng kam soni bilan farqlanib turishi kerak. " Manipulyatsiya qilish|"1. Biror narsa ustida murakkab usul, harakat. 2. Informatikada – maʼlumotlarni qayta ishlash. Bunda dasturlar foydalanuvchi komandalarini qabul qilib, kompyuterga nima va qaysi tartibda bajarish kerakligini buyuradi. 3. Algebraik ifodalarni qayta o‘zgartirish. 4. Maʼlum qurilmani boshqarayotganda muayyan vazifani bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘l harakati. Odatda robotlar inson qo‘llari harakatlariga taqlid qiladi va buyumlarni olib ularning fazodagi joyini o‘zgartirishni taʼminlaydi. " Manipulyatsiyani aniqlash|"Ma’lumotlarning tasodifan yoki qasddan qilinadigan o‘zgartirishlarni aniqlash uchun qo‘llaniladigan protsedura. " Mansell bo‘yicha rang miqdori|"Odatdagi sharoitlarda, yorqinlikni sezishning taxminan bir tekis darajasini kuzatish imkonini beradigan shkala yordamida ifodalangan rangli predmet uchun yorug‘likni o‘tkazish yoki qaytarish kattaligi. " Mansell rang tizimi|"Uch o‘zgaruvchidan ikkitasi, xususan, tusi (rangning tusi), miqdori va xromlari doimiy bo‘lgan bir tekis rang shkalasidan foydalanishga asoslangan jismlar rangini aniqlaydigan tizim. " Mantiq|"Mantiqiy tafakkur shakli va qonunlari to‘g‘risidagi fan. Mantiq fanining obyekti – tafakkur qonunlari, shakllari, uslublari va operatsiyalaridir. Mantiq fani u o‘rganadigan predmet sohasining turi bo‘yicha ikki bo‘limdan iborat: formal mantiq va dialektik mantiq. Formal mantiq statik borliqqa, dialektik mantiq dinamik borliqqa oiddir. Formal mantiq ilmining asoslari eramizdan avvalgi IV asrda buyuk yunon olimi Aristotel tomonidan yaratilgan. IX asrda yashab o‘tgan Markaziy Osiyolik alloma Abu Nasr Farobiy Aristotelning umumiy formal mantiq tizimini uning boshqa asarlari asosida to‘ldirib, o‘z zamonasi uchun eng muhim mantiq fanini shakllantirib bergan. Yo rost yo yolg‘on bo‘lishi mumkin bo‘lib qiymatlari ikkilik sanoq tizimiga xos fikrlar, yaʼni hukmlar ustida matematik tahlil va deduktiv fikrlashni birinchi bo‘lib XIX asr o‘rtalarida Irlandiyalik Jorj Bul qo‘llagan. Bu Bul algebrasi deb ataluvchi mantiq algebrasi yaratilishiga va oxir oqibatda XX asr o‘rtalarida elektron hisoblash mashinalarining yaratilishiga olib kelgan. " Mantiqiy analizator|"Murakkab raqamli qurilmalarni sozlash va diagnostika qilish uchun mo‘ljallangan qurilma. " Mantiqiy bomba|"1. Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimining muayyan bir holatida ishga tushadigan va tizimni ishdan chiqishiga olib keluvchi zararli dastur. 2. Avtomatlashtirilgan tizim resurslarining (ma’lumotlar, dasturiy yoki apparat ta’minot) shikastlanishiga olib keluvchi va ayrim shartlar bajarilganda ishga tushadigan kompyuter dasturi yoki dastur fragmenti. 3. Elektron hisoblash mashinasining, ma’lumotlarni buzish, yo‘q qilish yoki o‘zgartirish maqsadida, davriy ravishda yoki muayyan vaqtda bajaradigan dasturi. " Mantiqiy dasturlash|"Dasturlash uslubi, bunda dastur xulosalar shakllanadigan faktlar va bog‘liqliklardan iborat bo‘ladi. Prolog tilida amalga oshirilgan. " Mantiqiy dasturlash tili|"Deklarativ tillarga tegishli bo‘lgan dasturlash tili; mantiqiy xulosa qoidalari va kirish ma’lumotlari o‘rtasidagi munosabatlarni belgilash asosida qurilgan. " Mantiqiy disk|"Qattiq disk xotirasining maxsus qismi. Mantiqiy diskni operatsion tizim alohida qurilma sifatida qabul qiladi. U o‘zining nomiga, katаloglarga ega. " Mantiqiy formatlash|"Diskda operatsion tizim foydalanadigan jadvallar, kataloglar va xizmat sektorlari tuziladigan formatlash. " Mantiqiy ifoda|"Ustida mantiqiy operatsiyalar bajariladigan obyektlar operandlar bo‘lgan ifoda. Har bir dasturlash tili o‘zining ifodalar tuzish qoidalarini va operatsiyalarni belgilashlarni belgilaydi (sintaksis). Mantiqiy ifodaning bajarilish natijasi – ChIN yoki YoLG‘ON mantiqiy qiymatlardan biri. " Mantiqiy inkor|"Mantiqiy amal. Ba’zi dasturlash tillarida NOT kabi belgilanadi va NOT p ko‘rinishida yoziladi, bu yerda p – mantiqiy ifoda. " Mantiqiy kanal raqami|"x.25 tarmoqlaridagi virtual kanal identifikatori. " Mantiqiy ko‘paytirish, VA mantiqiy funksiyasi|"Operandlarning ikkilik (0,1) razryadlari yoki mantiqiy kattaliklari ustida bajariladigan, «chin» qiymati faqat har ikki operand 1 ga teng bo‘lganda yoki ikkala operand chin bo‘lgandagina qaytariladigan operatsiyalar. " Mantiqiy ko‘paytma|"Operandlarining har ikkisi chin bo‘lganda, natijasi chin bo‘ladigan VA mantiqiy amali. " Mantiqiy manzil|"Xotira sohasining, periferik yoki tarmoq qurilmasi, Internet, elektron pochtaning ramziy yoki shartli manzili. Translyatsiya qilishda yoki ishlash jarayonida tegishlicha dasturiy yoki apparat ta’minot yordamida fizik manzilga aylantiriladi. " Mantiqiy matritsa, ventilli matritsa|"Berilgan funksiyalarni bajarish imkoniyati bo‘ladigan qilib birlashtirilgan mantiqiy ventillarning jami ko‘rinishidagi maxsus mikrosxema. " Mantiqiy mikroprotsessor|"Axborotni qayta ishlaydigan va saqlaydigan, mantiqiy sxemalardan tashkil topgan mikroprotsessor. " Mantiqiy nom|"Operatsion tizim qandaydir qurilma yoki qurilmalar toifasiga, amaliy dasturiy ta’minot qurilma konstruksiyasining o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq bo‘lmasligi uchun beriladigan nom. " Mantiqiy obyekt|"Obyekt to‘g‘risidagi axborot saqlanishi mumkin bo‘lgan obyekt, mantiqiy obyekt deb hisoblanadi. Mantiqiy obyektlar va ularning munosabatlari munosabatlar diagrammasi yordamida tavsiflanadi. " Mantiqiy operatsiya|"Mantiqiy mulohazalar ustidagi operatsiyalar. Ko‘pgina dasturlash tillarida ikki o‘rinli operatsiyalar: mantiqiy qo‘shish (OR), mantiqiy ko‘paytirish (AND), implikatsiya («-»), istisno qiluvchi «yoki»; bir o‘rinli operatsiya – mantiqiy inkor (NOT) belgilanadi. " Mantiqiy operatsiya belgisi|"Mantiqiy operatsiya simvoli (VA-AND, YO‘Q-NOT, YoKI-OR, Faqat YoKI-XOR). " Mantiqiy qiymat|"1 yoki 0 ikkilik qiymatlar. " Mantiqiy qurilma|"Dasturiy yo‘l bilan yaratilgan, biroq funksional jihatdan fizik qurilma kabi ishlaydigan qurilma. Bitta mantiqiy qurilmaga bir nechta fizik qurilma, va aksincha, to‘g‘ri kelishi mumkin. Masalan, bitta fizik qattiq disk bir qancha mantiqiy disklarga bo‘linishi mumkin. " Mantiqiy qo‘shish|"Hech bo‘lmasa bitta operandi yoki har ikki operandi chin bo‘lganda, natijasi chin bo‘ladigan YoKI mantiqiy operatsiyasi. " Mantiqiy siljish|"Registr ichidagini, registrdan chiqarib tashlanadigan bitni yo‘qotgan holda, chapga yoki o‘ngga razryadlab ko‘chirish. Bo‘sh razryadlar nollar bilan to‘ldiriladi. " Mantiqiy sxema|"Ma’lumotlarni qayta ishlaydigan yoki mantiqiy operatsiyalarni bajaradigan mikrosxema. " Mantiqiy sxemalar sintezi|"Mikrosxemani loyihalashdagi bosqich. Yuqori daraja tilidagi mikrosxema tavsifini mantiqiy ventillar va ularning birikmalariga aylantirishda ifodalanadi. " Mantiqiy topologiya|"Tizimning fizik topologiyasidan farq qiluvchi mantiqiy chizmasi. Masalan, lokal tarmoqlarda tarmoq fizik nuqtai nazardan «yulduz» topologiyasi ko‘rinishida bo‘lishi mumkin bo‘lsada, tarmoq mantiqiy shina sifatida faoliyat ko‘rsatishi mumkin. " Mantiqiy ventil|"Kirish signallari ustida eng oddiy mantiqiy operatsiyalarni amalga oshiradigan ventil. " Mantiqiy xulosa mashinasi|"Ekspert tizim bilimlar bazasida saqlanadigan mantiqiy xulosa qoidalari va faktlar asosida xulosa shakllantirish mexanizmi. " Mantiqiy yozuv|"Fizik joylashishiga bog‘liq bo‘lmagan holda ma’lumotlarni yozish. Yozuv, masalan, ikkita turli xil faylda saqlanishi mumkin. " Mantiqiy shina|"Lokal tarmoqlar topologiyasi, masalan, Ethernet kabi umumiy aloqa kanalidan foydalanadigan topologiya. " Manzil|"1. Tarmoq yoki tarmoq qurilmasiga uni axborot almashinuvi vaqtida boshqa tarmoqlar va qurilmalar aniqlay olishi uchun beriladigan noyob identifikator. Izoh − Manzillar mantiqiy (ramziy yoki shartli), fizik (apparat) yoki tarmoq manzillari shaklida bo‘lishi mumkin. 2. Internet tarmog‘ida avtomatlashtirilgan axborot tizimi joylashgan yerning simvolli taqdim etilishi. " Manzil arifmetikasi|"Murakkab manzillash tizimlarida manzillarni hisoblash protsedurasi. " Manzil deshifratori|"Manzilni, xotira qurilmasiga yuborilayotgan boshqaruvchi signallarga o‘zgartirgich. " Manzil fazosi|"1. Protsessor yoki dastur foydalana oladigan yoki foydalana olishi mumkin bo‘lgan manzillar diapazoni. Manzil shina kengligiga va protsessor registrlarining razryadliligiga bog‘liq. 2. Dasturga ajratilgan fizik yoki virtual manzillar diapazoni. " Manzil liniyasi, manzil satri|"1. So‘raladigan yoki saqlanadigan axborotning manzilini ko‘rsatish uchun foydalaniladigan chiziqlardan biri. Axborot matritsa ko‘rinishida tashkil qilinishi sababli, manzil liniyalaridan to‘liq foydalanish sikli ichida ikki marta ‒ satr va ustun raqamini ko‘rsatish uchun foydalaniladi. 2. Internetda yoki lokal kompyuterda bo‘lgan fayllarni ochish vositasi. Manzilning manzil satriga kiritilishi, shu manzilda bo‘lgan faylning ochilishiga so‘rovni bildiradi. " Manzil maydoni|"Mashina komandasi yoki xabarning manzilni ichiga oladigan qismi. " Manzil niqobi|"Manzilning qaysi qismi tarmoqqa yoki kichik tarmoqqa, qaysi biri xost-mashinaga taalluqli ekanligini tasvirlash uchun foydalaniladigan bitlar kombinatsiyasi. Ba’zan oddiygina qilib, niqob deb ham ataladi. Manzil registri rus. - адресный регистр ing. - аddress register Protsessorning, tezkor xotira qurilmasi to‘liq manzilini yoki manzilning ma’lumotlar bajaruvchi manzilini yoki navbatdagi bajariladigan komandani hisoblashda foydalaniladigan qismini ichiga oladigan registri. " Manzil strobi|"Protsessor yoki xotira kontrolleri yuzaga keltiradigan, xotira mikrosxemasining kiruvchi boshqaruv signallaridan biri. " Manzil zanjiri|"Manzil shinasi va manzil qurilmasi o‘rtasida o‘rnatiladigan mikrosxem (masalan, tezkor xotira qurilmasi). " Manzil shinasi|"1. Kompyuter xotirasida axborot saqlanadigan va kiritish mumkin bo‘lgan joyni aniqlash uchun xizmat qiladigan o‘tkazgichlar va yordamchi elementlar tizimi. 2. Signallarni uzatishda ishlatiladigan tizim shinasidagi liniyalar to‘plami, ular yordamida protsessor tomonidan bajariladigan o‘qish/yozish va kiritish-chiqarish operatsiyalarini bajarish uchun xotira yacheykasining joylashgan o‘rni aniqlanadi. Izoh − Shina kengligi plataning xarakteristikalariga qarab o‘zgaradi (8 dan 64 razryadgacha). Ayrim kompyuterlarda tashqi qurilmalar registrlariga kira olish uchun ham ishlatilishi mumkin. " Manzillar jadvallari|"Kommutatorlar, ko‘priklar va marshrutizatorlarda saqlanadigan va ushbu qurilmalarga tarmoqdagi fizik qurilmalarning joylashishini «eslab qolish» imkonini beradigan jadvallar. " Manzillar kitobi|"Pochta dasturlaridagi pochta manzillari ro‘yxati. Izoh − U pochta qutisining egasi tomonidan to‘ldiriladi, ayrim hollarda avtomatik to‘ldirish imkoni ham mavjuddir. Pochta manzillarini kiritishdan tashqari manzil kitobida odatda ism, familiya, telefon raqami va boshqa shaxsiy ma’lumotlar kiritiladi. " Manzillarni aniqlash protokoli|"TCP/IP va Apple Talk tarmoqlarida foydalaniladigan protokol. U xost-kompyuterga agarda uning faqat mantiqiy manzili ma’lum bo‘lsa, tarmoq uzelining fizik manzilini aniqlash imkonini beradi. Protokoldan foydalanishda, tarmoq platasi tarmoq uzellarining mantiqiy manzillarini apparat manzillarga o‘zgartirish uchun xizmat qiladigan jadvalni ichiga oladi. " Manzillarni hal etishning teskari protokoli|"Teskari ARP amalini bajaradigan protokol. " Manzillarni sozlash|"Manzillarning obyekt yoki yuklash modulida modifikatsiyalash. Komponovkachi yoki yuklovchi tomonidan, uni muayyan manzil bo‘yicha joylashtirish paytida bajariladi. " Manzillarni tasvirlash|"1. Manzillarni bir formatdan boshqasiga ko‘chirish usuli. Turli tarmoq protokollariga birgalikda ishlash imkonini beradi. 2. Fizik manzilni virtual yoki mantiqiy manzil bo‘yicha hisoblash. " Manzil(lar)ni o‘zgartirish|"Protokol IP-manzilini tegishli fizik manzilga o‘zgartirish. " Manzillarning dinamik translyatsiyasi|"Virtual manzillarni virtual xotira bilan ishlashni qo‘llab-quvvatlaydigan xotirani boshqarish qurilmasi va operatsion tizim tomonidan bajariladigan jismoniy xotira manzillariga aylantirish. " Manzillash|"1. Nomerlarini ko‘rsatish yo‘li bilan kompyuter portlariga yoki xotiraning alohida yacheykalariga, tez kirishni (foydalanishni) ta’minlash usuli. 2. Kompyuter tarmoqlarida abonent joylashgan yerni aniqlash usuli. " Manzillash rejimi (usuli)|"Protsessor tomonidan, komanda murojaat qiladigan ma’lumotlar elementi manzili (operand) ni hisoblab topish usuli. Registrli va noregistrli, to‘g‘ri, indeksli, nisbiy va bilvosita, operand manzilini bir vaqtda oshirish yoki kamaytirish bilan manzillash bor. " Manzilli dastur|"Tashkilot tomonidan yil mobaynida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlar rejasi. " Manzilni modifikatsiya qilish|"Obyektga murojaat qilish. Bunda maxsus dasturlar va elektron jadvallar yordamida mantiqiy va virtual manzillar fizik manzillarga aylantiriladi. Foydalanuvchilar ko‘zlangan obyekt, masalan, bitta tizimdan boshqasiga ko‘chirilganligini sezmasligi mumkin. " Manzilni o‘zgartirish|"Kompyuterlardagi adreslash sxemalarida farqlarni bartaraf etish usuli. Manzilni o‘zgartirish odatda, tarmoq sathi (IP-manzillari)ni kanal sathi (MAS-manzillari) bilan birlashtirish usulini aniqlaydi. " Manzilning o‘zgarishi|"Manzil bo‘yicha bajariladigan arifmetik, mantiqiy yoki sintaksis operatsiya. Masalan, effektiv manzil, indeksli manzil, nisbiy manzil, ko‘chiriladigan manzil. " Mapping|"1.Ma’lumotlarni bir shakldan boshqa shaklga o‘zgartirish jarayoni. 2. Eltuvchining mumkin bo‘lgan holatlarini modulyatsiyaning vektor diagrammasida (signal yulduzida) tegishli pozitsiyalar bilan tasvirlash, bunda pozitsiyaning gorizontal o‘qqa nisbatan burchagi eltuvchi fazasini, koordinata boshidan pozitsiyagacha bo‘lgan masofa eltuvchi amplitudasini belgilaydi. 3. Bitlar ketma-ketligini boshqa bitlar ketma-ketligiga modulyatsiya turiga bog‘liq ravishda ma’lum qoida bo‘yicha o‘zgartirish jarayoni. 4. Bitlar ketma-ketligini signal yulduzining modulyatsiya simvollariga bog‘liq ravishda ma’lum qoida bo‘yicha o‘zgartirish garayoni. " Maqsadli dastur|"Muayyan maqsad (vazifa) ga erishishga yo‘naltiril-gan, muddatlar, bajaruvchilar, resurslar tomondan o‘zaro muvofiqlashtirilgan, bajariladigan tadbirlar (ko‘rsatiladigan xizmatlar) majmui. " Maqsadli katalog|"Fayllardan nusxa ko‘chiriladigan katalog. " Maqsadli til|"Dasturning boshlang‘ich matni translyatsiya qilinadigan yoki assembrlanadigan til. Boshqa dasturlash tili yoki mikrokontrollerdan superkompyutergacha bo‘lgan har qanday protsessorning mashina tili maqsadli til bo‘lishi mumkin. " Markalangan badiiy pochta konverti (varaqchasi)|"Bosmaxona usulida pochta markasi tasviri va badiiy illyustratsiya tushirilgan standart pochta konverti (standart pochta varaqchasi). " Markalangan pochta konverti: markalangan pochta konverti (varaqchasi)|"Bosmaxona usulida pochta markasi tasviri tushirilgan standart pochta konverti (standart pochta varaqchasi). " Markalar preyskuranti|"Kolleksion pochta markalari va bloklari uchun narxlar maʼlumotnomasi. " Markali varaq|"Perforatsiyalangan yoki perforatsiyalanmagan qog‘ozning bir varag‘ida chiqariladigan ikkitadan ortiq pochta markasining har qanday kombinatsiyasi. " Markaz|"Matn yoki tasvirlarni tekislash variantlaridan biri. Bunda satrlar sahifa yoki yacheyka markazi bo‘yicha gorizontal tarzda tekislanadi. " Markaziy davlat boshqaruvi organlari|"Davlat hokimiyatining yuqori pog‘onasidagi, o‘zining vakolati doirasida mustaqil davlatning butun hududida davlat boshqaruvini amalga oshirishga vakolati bo‘lgan organlar. " Markaziy protsessor|"Kompyuterning, hisoblashlarni, komandalarni bajaradigan va kompyuterning qolgan qismlari o‘rtasida axborot almashinuvini amalga oshiradigan elementi. Markaziy protsessor boshqaruvchi va bajaruvchi qurilmalarini o‘z ichiga oladi, kompyuter barcha qurilmalarning ishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi, arifmetik va mantiqiy axborot jarayonlarini bajaradi. " Markaziy zona|"Televizion kadrning chetlari bo‘yicha yo‘qotishlar miqdoridan qat’i nazar, barcha televizion qabul qilgichlarda tiklanadigan qismi. " Markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasi|"Tarkibi yagona axborot massivi ko‘rinishida bitta elektron hisoblash mashinasidagi bitta yoki bir nechta tashuvchida joylashtirilgan ma’lumotlar bazasi. " Markazlashtirilgan sinxronlash|"Bir nechta televizion signal manbalari chiqaradigan signallarning chastota va fazasini bitta (markaziy) manba ishlab chiqaradigan tayanch signalning chastota va fazasiga sozlash orqali televizion sinxronlash. " Markazlashtirilgan tarmoq|"Boshqarilishi, tarmoqning barcha resurslari tegishli bo‘lgan yagona serverdan amalga oshiriladigan kompyuter tarmog‘i. " Markazlashtirilgan tarzda boshqarilаdigan tarmoq xavfsizlik kontrolleri|"Tarmoq xavfsizligini ta’minlash usuli, bunda asosiy xavfsizlik funksiyalari tarmoqning bitta uzelida (yacheykasida) – markaziy kontrollerida amalga oshiriladi. " Markazlashtirilmagan (bir rangdagi) tarmoq|"Lokal hisoblash tarmog‘i, unda boshqarish funksiyasi navbati bilan bir ishchi stansiyadan ajratilgan serverlarga ega bo‘lmagan boshqa ishchi stansiyaga uzatiladi. " Markazlashtirilmagan qayta ishlash|"Qayta ishlaydigan uzellari turli уerda joylashgan, ular o‘rtasidagi ma’lumotlar almashinish trafik hajmi bilan cheklangan kompyuter tizimi. " Marker|"1. Elektron mazmun tashuvchi. 2. Aniqlanadigan so‘zlarni, masalan, tilning xizmatga oid so‘zlarini, konstantalarni va sh.k., taqdim etish uchun mo‘ljallangan qisqa kod. " Marker-kanal|"WCDMA tizimidagi, mobil stansiya tomonidan tayanch stansiyani aniqlashda foydalaniladigan kanal. Bu kanalda, vaqt bo‘yicha uchta signal multipleksorlangan, ya’ni umumiy pilot signal, mantiqiy kanallar to‘g‘risidagi ma’lumotlar va Gold kodli ketma-ketliklari. " Markerni uzatish, markerli halqa|"Halqali topologiya tarmog‘idagi kommunikatsiya usuli, bunda markerlar deb ataladigan maxsus xabarlar tizimda doimo aylanadi. " Markerning sirkulyatsiya vaqti|"Halqa tuzilmali hamda markerli kirishga ega tarmoqda markerning aloqa bog‘lamasiga kelishining ikki ketma-ket onlari o‘rtasidagi vaqt. " Marketing|"Mahsulot yoki xizmatlarni sotish bilan bog‘liq jamiyat faoliyati. Marketingni o‘tkazish uchun maxsus axborot tizimlari yaratiladi. Ularning har biri mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan axborotni yaratish, tahlil qilish va tarqatishga qaratilgan jami uslub va tartiblardan iborat. Marke-tingni o‘tkazishda maʼlumotlarni qayta ishlash va ularni uzatish uslublari va vositalari, amaliy dasturlar majmuidan foydalanish muhim rol o‘ynaydi. Bular axborotni to‘plash, saqlash, olingan maʼlumotlarga statistik qayta ishlash, kalendar rejalashtirish va h.k.larni taʼminlaydi. " Marshrutizator|"1. Bir nechta lokal tarmoqni bitta tarmoqqa birlashtiruvchi va ma’lumotlarni bir tarmoqdan, paketlarni filtrlaydigan va tarmoqni kerak bo‘lmagan paketlardan muhofaza qiladigan, boshqa tarmoqqa uzatilishini ta’minlaydigan qurilma. Izoh – Marshrutizator uchinchi (tarmoq) OSI cathda joylashadi va paketlarni uzatishning bir nechta yo‘llaridan birini tanlashni ta’minlaydi. 2. Bir nechta tarmoq trafigini uzatish yo‘llaridan birini tanlash to‘g‘risidagi qarorlarni qabul qilish uchun javob beruvchi tizim. Bu vazifani bajarish uchun tarmoq to‘g‘risidagi axborot va marshrutlash metrikasi («routing metrics») deb nomlanuvchi, bir nechta mezonlar asosida eng yaxshi yo‘lni tanlash algoritmlarini o‘z ichiga oluvchi marshrutlash protokollaridan foydalaniladi. 3. Tarmoq trafigi yo‘naltirilishi kerak bo‘lgan optimal yo‘lni tanlash uchun, bir yoki bir necha metrikadan foydalanadigan, OSI modelining tarmoq sathida ishlaydigan qurilma. Marshrutizatorlar paketlarni bir tarmoqdan boshqasiga, marshrutli axborotni yangilash paketlaridagi mavjud tarmoq sathi axborotlariga tayangan holda, qayta yo‘llaydi. " Marshrutlash|"1. Axborot manbadan qabul qilgichga uzatiladigan uzatish traktlari va tarmoq uzellarining ketma-ketligini tanlash. 2. Xabarlarni uzatish uchun optimal yo‘lni tanlash jarayoni. 3. Bitta yoki bir nechta tarmoq orqali paketni uzatishning optimal yo‘li (marshruti) ni tanlash jarayoni. Barcha tarmoq uchun markazlashgan tarzda yoki bir-biridan mustaqil ravishda tarmoqning turli uzellarida hisoblanadigan taqsimlangan usulda shakllanishi mumkin bo‘lgan doimiy (tizimning ish boshlashidan oldin hisoblanadigan) yoki dinamik marshrut jadvallari asosida amalga oshiriladi. Marshrutlash usullari vektorlar uzunligi, qisqa yo‘lni afzal ko‘ruvchi algoritm ma’lumotlaridan, shuningdek, turli tarmoqlarda qo‘llaniladigan boshqa usullar va texnologiyalardan foydalanishga asoslangan. Bu usullar, algoritmlar va texnologiyalar marshrutlash protokollaridan foydalanib amalga oshiriladi. 4. Oluvchining xost-mashinasigacha bo‘lgan yo‘lni belgilash jarayoni. Oluvchining xost-mashinasiga yetgunga qadar, paket o‘tishi kerak bo‘lgan potensial oraliq uzellar soni katta bo‘lishi tufayli, yirik tarmoqlardagi marshrutlash murakkab operatsiyani o‘zida aks ettiradi. " Marshrutlash jadvali|"1. Paketlar yoki xabarlar kommutatsiyasi bilan tarmoq uzeliga bog‘langan va har bir adresat uchun optimal chiqish kanalini ko‘rsatuvchi jadval; bir nechta chiqish kanallari ularning afzalliklari tartibida ko‘rsatilishi mumkin. 2. Marshrutizatorda yoki tarmoqlararo birlikda ishlash qurilmasida tarmoqlarga marshrutlar aniq saqlanadigan jadval, ayrim hollarda, shunday marshrutlar uchun metrikalar yoziladi. " Marshrutlash jadvallari porotokoli|"VINES arxitekturasi uchun RIP protokoliga asoslangan marshrutlash protokoli. Tarmoq topologiyasi to‘g‘risidagi axborotni tarqatadi va VINES-serverlarga qo‘shni mijoz serverlar va marshrutizatorlarni topishga yordam beradi. Marshrutlash metrikasi sifatida kechikish kattaligidan foydalaniladi. " Marshrutlash jadvallarini boshqarish protokoli|"Apple Computer kompaniyasi ishlab chiqqan axborotlarni marshrutlash protokoli. Bu protokol Apple Talk tarmog‘idagi ixtiyoriy jo‘natuvchidan ixtiyoriy oluvchigacha deytagramma marshrutlarini o‘tkazish uchun talab qilinadigan marshrutli axborotni boshqaradi. RTMP protokolidan foydalanib, marshrutizatorlar topologiyadagi o‘zgarishlarni aks ettirish uchun marshrutlash jadvallaridagi ma’lumotlarni dinamik boshqaradi. " Marshrutlash protokoli|"Berilgan jo‘natuvchi va oluvchi uchun optimal marshrutni tanlash usulini belgilaydigan va marshrut tanlangandan so‘ng xabarlarni yetkazish to‘g‘riligini ta’minlaydigan protokol. Odatda, marshrutlash protokollari marshrutizatorlarning o‘zaro harakati orqali amalga oshiriladi. Marshrutlash protokollariga IGRP, OSPF va RIP protokollari misol bo‘ladi. " Marshrutlash serveri|"Xabarlar qabul qilinishini va ularning eng samarali yo‘llar orqali adresatga tez yetkazib berilishini amalga oshiradigan server. " Marshrutlashni boshqarish|"Chaqiruvni yoki paketni adresatga yetkazishi mumkin bo‘lgan marshrutni aniqlash jarayoni. " Marshrutli axborot protokoli|"Internetda keng qo‘llaniladigan ichki shlyuzlar protokoli. Marshrutlash metrikasi sifatida bu protokol o‘tishlar sonidan foydalanadi. " Maskarad|"1. Ruxsat etilmagan tarzda foydalana olish uchun biror-bir mantiqiy obyektning o‘zini boshqa mantiqiy obyekt qilib ko‘rsatishga urinishi. 2. Tegishli harakatlarni amalga oshirishga vakolatlari bo‘lmagan va o‘zini bu harakatlar ruxsat berilgan boshqa shaxs qilib ko‘rsatadigan subyekt tomonidan, tizimdan, obyektdan erkin foydalanishga urinish yoki boshqa harakatlarning bajarilishi. 3. Qandaydir qonuniy foydalanuvchining ishini imitatsiya qilish yo‘li bilan tarmoqqa ruxsat etilmagan tarzda kirishga urinish. " Maskirator|"Axborotni o‘zgartirishning matematik algoritmini amalga oshiradigan, maxfiy kalitdan foydalanmaydigan yoki uni xabar bilan birga uzatadigan (saqlaydigan) axborotni muhofaza qilish vositasi. " Maslahat beruvchi axborot|"Tizimda to‘g‘ri ishlash uchun foydalanuvchi tomonidan so‘raladigan ma’lumot. " Masofadan boshqarish dasturi|"Bir kompyuterning boshqa kompyuter bilan aloqasini ta’minlaydigan va unda amaliy dasturni ishga tushiradigan dastur. Kompyuterlar tarmoqqa ulangan bo‘lishi kerak. " Masofadan foydalana olish uchun ulanish|"Odatdagi kommutatsiyalanadigan telefon aloqa liniyasi orqali modem yordamida tarmoqqa ulanish. " Masofadan tarqatiladigan dasturiy taʼminot|"Internet hamda teletex, viewdata va shu kabi boshqa telematik xizmatlar orqali tarqatiladigan dasturiy taʼminot. " Masofadan turib foydalanish|"Kompyuter tarmog‘ining elementlari o‘rtasida birgalikda ishlashning uchta variantini ta’minlaydigan foydalanish: masofadan boshqarish – olisdagi abonent va/yoki server dasturlarining ishga tushirilishini amalga oshirish imkonini beradi; tizimning uzoq muddatli xotirasidan foydalanish; elektron pochta rejimida ishlash. " Masofadan turib foydalanish xizmati|"1. Tarmoq foydalanuvchilariga ularda yetarli huquqi bo‘lganida uzoqdan turib kompyuterdan foydalanish imkonini beruvchi va ularni boshqaruvchi Windows xizmati. 2. Mobil foydalanuvchilarni ulashda va hududiy jihatdan olisda joylashgan filiallar bilan aloqa o‘rnatishda foydalaniladi. Shu bilan birga ular tarmoqning hamma imkoniyatlarini oladi (tizim administratorlari va mobil xizmatchilariga masofaviy ruxsatni ta’minlaydi, bu kommutatsiya liniyalaridan printerlar, elektron pochta, SQL ma’lumotlar bazasini loyihalash va ishlatishda shaxsiy tarmoq orqali umumiy foydalanish imkonini beradi). " Masofadan zondlash yo‘ldoshi|"Aktiv yoki passiv datchiklardan foydalanib elektromagnit to‘lqinlarni qabul qilish yo‘li bilan masofadan kuzatadigan yo‘ldosh. " Masofadan o‘qitish|"1. Masofadan o‘qitish usullaridan foydalanish asosida aholining keng qatlamlariga taqdim etiladigan ta’lim xizmatlarining zamonaviy kompleksi. 2. Ta’lim xizmatlarini taqdim etadigan o‘quv yurtidan geografik jihatdan olisda bo‘lgan o‘quvchilarga ta’lim olish imkonini beradigan vositalar va chora-tadbirlar majmui. " Mastday|"Microsoft Windows operatsion tizimlarining boshqa operatsion tizimlar fanatlari tomonidan kamsitib atalishi. " Master|"Zamonaviy dasturlash va ma’lumotlarni boshqarish tizimlaridagi funksiya. Foydalanuvchiga tegishli standart ishlanmalar to‘plamini taqdim etadi. Qandaydir tizimda asosiy rolni bajaradigan qurilma (masalan, diskovod) yoki blok. " Masshtablash|"Ekranda aks ettiriladigan butun grafik tasvirni yoki uning bir qismini kattalashtirish/kichraytirish. " Mas’uliyati cheklangan jamiyat, MChJ|"Bitta yoki bir nechta jismoniy va/yoki yuridik shaxs tomonidan ta’sis qilingan, ustav kapitali ulushlarga bo‘lingan xo‘jalik jamiyati. Izoh – Jamiyat qatnashchilari uning majburiyatlari bo‘yicha javobgar emaslar va jamiyatning ustav kapitalidagi o‘zlariga tegishli bo‘lgan ulushlar yoki aksiyalarning qiymati doirasida jamiyat faoliyati bilan bog‘liq zararlar xavfini ko‘taradilar. Muomalaga aksiyalar chiqarmaydi. " Matematik mantiq|"Mantiq fani bo‘limi. U matematika uslublari asosida rivojlantiriladi. Unga fikr (hukm) larni asoslash, isbotlar, mantiqiy xulosalar chiqarish kiradi. Buning uchun matematik mantiqda algebra uslublari va algoritmlar nazariyasi qo‘llaniladi. " Matematik soprotsessor|"Asosiy markaziy protsessorga qo‘shimcha integral sxema. Siljiydigan nuqta (vergul) shaklida taqdim etilgan sonlar bilan ishlaydigan komandalarni tez bajaradi. Soprotsessordan foydalanish hisobiga shaxsiy kompyuterning ish tezligi 4-20 marta oshadi. Bunday yutuqqa nafaqat hisoblashga oid masalalarni hal qilishda, balki grafika bilan ishlashda ham erishiladi. Matnlar bilan ishlashda soprotsessordan foydalanilmaydi. " Matn|"Biror bir tildagi so‘zlarning ketma-ketligi. " Matn fayli|"Ko‘rinmaydigan (bosilmaydigan) simvollarni ichiga olmagan fayl. Matn redaktori tomonidan yaratiladi. " Matn maydoni|"Muloqot darchasidagi axborot kiritish uchun mo‘ljallangan maydon. " Matn redaktori|"Matnlar tuzish va ularni o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan dastur. " Matnbop reklama|"Mazmuni foydalanuvchining izlash tizimiga qilgan so‘roviga bog‘liq reklama. Shuningdek, Internet-resurslar kataloglari va turli sahifalarga tashrif buyuruvchilar uchun reklamaga nisbatan ham ishlatiladi. Bunday reklama uni izchil qidirayotganlarga ko‘rsatilishi sababli, uning samaradorligi ham oddiy reklamaga nisbatan yuqoriroq. " Matnlarni qayta ishlash|"Matn protsessorlari yordamida matnli hujjatlar bilan ishlash. " Matnli raqamlar|"Ko‘p xonali sonlarni raqamlar va matnlar kombinatsiyasi orqali ifodalash. Masalan, 3 trln. 42 mlrd. 24 mln. 325 ming. " Matnli rejim|"Aks ettirish rejimi, bunda monitor kursiv, ustki indeks kabi grafik tasvirlar va belgilarni emas, balki harflar, raqamlar va matnli belgilarni tasvirlaydi. " Matnli segment|"Matnning nusxa olishga, ko‘chirishga yoki o‘chirishga tayyorligi belgilangan qismi. " Matnni joylashtirish|"Matnni chap va o‘ng chegaralari orasida avtomatik ravishda to‘g‘rilash va oldingi satrga sig‘magan so‘zlarni keyingi satrlarga ko‘chirish. " Matnni nutqiy kiritish tizimi|"Kompyuterga kiritiladigan nutqni (ovozdan) matnga aylantirish tizimi. " Matritsa|"1. Har bir elementi, biri ustunni, boshqa biri berilgan element joylashgan satrni belgilaydigan ikkita indeks qiymatlari bilan manzillanadigan ma’lumotlarni tartiblashtirilgan tarzda joylashtirish. 2. Rangli televideniyeda matematik amalni belgilaydigan koeffitsiyentlar jadvali, uning bajarilishi rang koordinatalarining o‘zgarishiga olib keladi. " Matritsalalsh (rang bo‘yicha)|"1. Asosiy ranglar signallarini va/yoki ayirmarang signallar, yorqinlik signali va bitta rang tasviriga mos keladigan ayirmarang signallarni vaznlab qo‘shish. 2. Rang koordinatalarini hisoblash yo‘li bilan yoki elektr, optik yoki boshqa vositalar yordamida o‘zgartirish. " Matritsali blok|"Rang koordinatalarining o‘zgartirilishi elektr, optik yoki boshqa vositalar yordamida bajariladigan qurilma. " Matritsali kommutator|"Har bir kirish kanali oldindan berilgan chiqish kanali bilan birlashtiriladigan kommutator. " Matritsali printer|"Belgi tasvirini chop etuvchi ignalar matritsasi va bo‘yovchi tasma yordamida shakllantiruvchi printer. " Matritsali protsessor|"Ma’lumotlar jadvali matritsasi elementlarini parallel qayta ishlaydigan protsessor. " Matritsali videopanel|"Elektrodlarning matritsali tuzilmasiga ega yassi signal-yorug‘lik o‘zgartirgich. " Mavjud bo‘lgan|"Mavjud bo‘lgan fayl nomi bilan yangi fayl yaratilganda yuzaga keladigan vaziyat. Bunday vaziyatdan chiqishning birgina yo‘li eski fayl nomini o‘zgartirishdir. " Mavzu rejasi|"Maʼlum davr ichida chiqarish rejalashtiriladigan, pochta markalari seriyasi va alohida pochta markalari, markalangan va filateliya mahsulotlari ro‘yxati. " Maxfiy axborotdan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olish|"Maxfiy ma’lumotlardan foydalana olish huquqiga ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan maxfiy ma’lumotlarning olinishi. " Maxfiy axborotning buzilishi|"Texnik vositalarning nosozligi, dasturiy ta’minotning takomillashmaganligi va xatolari, xizmat ko‘rsatuvchi personalning mas’uliyatsizligi, tabiiy ofatlar yoki jinoyatkorlar (buzg‘unchilar) harakatlari natijasida, axborotning noqonuniy yoki qasddan o‘zgartirilishi, buzilishi yoki yo‘q qilinishi. " Maxfiy axborotning chiqib ketishi (yo‘qolishi)|"Davlat va xizmat siri hisoblanadigan ma’lumotlarning, shu ma’lumotlar ishonib topshirilgan (bunday ma’lumotlar bo‘lgan) tashkilot yoki shaxslar doirasidan tashqariga noqonuniy tarqatilishi. " Maxfiy bo‘lmagan axborot|"Davlat, xizmat sirini, tijorat bilan bog‘liq sirni va shaxsiy sirni o‘zida ifodalamaydigan, ochiq matbuotda eʼlon qilinishi mumkin bo‘lgan axborot. Izoh – Maxfiy bo‘lmagan axborot oshkor bo‘lishdan himoyalanmaydi, chunki unda hech qanday sir bo‘lmaydi, biroq bu axborot (biblioteka) hujjatlari yoki kompyuterning maʼlumotlar banki shaklida taqdim etilgan holda, yaxlitligi buzilishidan va blokirovkalanishdan himoyalanishi kerak. " Maxfiy ish|"Ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik, loyiha, texnologik, qidiruv va boshqa ishlar (shu jumladan, talabalar, diplomniklar, dissertantlarning ishlari), shuningdek, maxfiylashtirish lozim bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxatida ko‘zda tutilgan har qanday ma’lumot. " Maxfiy kalit|"1. Mazkur kalit yordamida kriptografik o‘zgartirishlarni shakllantirgan shaxsga tegishli va ma’lum bo‘lgan kriptografik kalit. 2. Bir yoki bir nechta ishtirokchilarga ma’lum bo‘lgan va raqibga ma’lum bo‘lmagan kriptografik protokol (kriptografik sxema)ning maxsus parametri. Raqibda maxfiy kalitning qiymati to‘g‘risidagi axborotning yo‘qligi – ko‘plab kriptografik protokollar (kriptografik sxemalar) barqarorligining zarur sharti. 3. Ushbu simmetrik shifrtizim kalitlaridan foydalana olish yoki ushbu asimmetrik shifrtizimning ba’zi funksiyalaridan foydalanish huquqiga ega bo‘lmagan shaxslardan sir saqlanadigan kalit. " Maxfiy kalitli kriptotizim|"Kriptografik tizim, bunda aynan bitta kriptografik kalitdan axborotni shifrlash va rasshifrovka qilish uchun foydalaniladi. Bunday kriptotizimlar bir kalitli, simmetrik, oddiy, ikki tomonlama yoki klassik deb ham ataladi. Maxfiy kalitli kriptografik tizimlar blokli va oqimli kriptotizimlarga bo‘linadi. " Maxfiy ma’lumotlar|"Ma’lum bir maxfiylik grifi (darajasi) berilgan yopiq ma’lumotlar. Maxfiy-rejimli organ (MRO) ing. - regime and secret authority (RSA) ru – режимнo-секретный орган (РСО) Maxfiylik rejimini ta’minlash bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi hamda maxfiy ishlar yuritiladigan tashkilotlarda unga rioya qilinishini muntazam tekshirib turadigan mustaqil tashkiliy bo‘linma. " Maxfiylashtirilishi zarur bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxati|"Belgilangan tartibda tasdiqlangan, tarqatilishi O‘zbekiston Respublikasi manfaatlariga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarning maxfiylik darajasini belgilovchi hujjat. " Maxfiylashtirish apparaturasi|"Telefon va telegraf so‘zlashuvlarini (xabarlarini) avtomatik ravishda shifrlash va deshifrlash uchun mo‘ljallangan maxsus texnik qurilmalar. " Maxfiylik grifi|"1. Berilgan muayyan holatda ma’lumotlar yoki axborotni ruxsat etilmagan tarzda foydalanishdan muhofaza qilish uchun zarur bo‘lgan aniq belgilangan daraja. Masalan, «mutlaqo maxfiy», «maxfiy», «konfidensial». 2. Hujjat yoki nashrdagi, shu hujjatdan foydalanishning muhim tartibini belgilovchi yozuv (tamg‘a). 3. Axborot tashuvchidagi, shu tashuvchida saqlanadigan axborotning konfidensiallik darajasini tasdiqlovchi maxsus belgi. 4. Tashuvchining o‘ziga va/yoki unga ilova qilinadigan hujjatlarga qo‘yiladigan, ularning eltuvchilarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlarning maxfiylik darajasini tasdiqlovchi rekvizitlar. " Maxfiylik kaliti|"Foydalanuvchining yoki dasturning resurslar va maʼlumotlar bilan ishlash huquqlarini aniqlaydigan kalit. Maxfiylik kaliti autentifikatsiyada ishlatilib, parol, yaʼni, maxfiy so‘z turlaridan biridir. " Maxsus effektlar generatori|"Televizion tasvirlarda maxsus effektlarni yaratish uchun mo‘ljallangan uskuna. " Maxsus foydalanish ilovalari uchun mobil aloqaning takomillashtirilgan mantig‘i|"Intellektual tarmoq prinsiplariga asoslangan, aniq foydalanuvchilarning talablariga moslashtirilgan mobil aloqa tarmoqlarini boshqarish texnologiyasi. GSM standartining amaldagi MAP protokoli negizida, operatorlarga yangi xizmatlarni GSM doirasida, ularning standartlashtirilishini talab qilmagan holda, aniqlash va kiritish imkonini beradigan tarmoq infratuzilmasi tuzilishini ta’minlaydi. " Maxsus imkoniyatlar|"Ba’zi bir operatsion tizimlarning imkoniyati cheklangan kishilarning ishini onsonlashtirish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratishga mo‘ljallangan. Bularning qatoriga ekran maydonini kattalashtiruvchi ekran lupasini, tasvirning kontrastliligini oshirish, ekran klaviaturasi va klaviatura yordamida «sichqoncha»ni boshqarish imkoniyatlarini kiritish mumkin. " Maxsus kanallar|"Kabelli televideniye tarmoqlarida foydalaniladigan, 110 MHz dan 174 MHz gacha hamda 230 MHz dan 294 MHz gacha chastotalar polosasidagi chastota kanallari. " Maxsus mobil radioaloqa|"220 MHz dan 900 MHz gacha chastotalar diapazonida ishlaydigan va mobil obyektlari bo‘lgan tarmoqlarda dispetcherlik aloqasini tashkil etish uchun mo‘ljallangan harakatdagi radioaloqaning ixtisoslashgan xizmatlari: tez yordam, o‘t o‘chirish, avariya xizmatlari va b.lar. Axborot almashinuvi, asosan, alohida radiostansiyalarni emas, balki abonentlar guruhini bir vaqtda chaqirish imkonini beradigan yarim dupleks rejimda amalga oshiriladi. " Maxsus muhofaza belgisi|"Belgining o‘zini haqiqiyligini va yaxlitligini aniqlash yoki xarakterli alomatlarga mos kelishlik mezonlari bo‘yicha, «Maxsus muhofaza belgisi – taglik» kompozitsiyasini aniqlash yo‘li bilan muhofaza qilinadigan obyektlardan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishni nazorat qilish uchun mo‘ljallangan, belgilangan tartibda sertifikatlangan va ro‘yxatga olingan buyum. " Maxsus simvol|"Biror bir sanoq tizimi yoki A-Ya alifbosiga kirmaydigan belgi. Unga ~!@#$$%^&*()_+ va boshqa belgilar misol bo‘la oladi. " Maxsus tadqiqotlar|"1. Axborotni qayta ishlash texnik vositalarini ekspluatatsiya qilish obyektida axborotni muhofaza qilish tizimining standartlar va normativ hujjatlar talablariga mos kelishini aniqlash, shuningdek, muhofaza qilish tizimini talab qilinadigan darajagacha yetkazish bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida olib boriladigan tadqiqotlar. 2. Nazorat-o‘lchash apparaturasidan foydalanib, muhofaza qilinadigan axborot asosiy va yordamchi texnik vositalar hamda tizimlardan chiqib ketishi mumkin bo‘lgan texnik kanallarni aniqlash va axborotni muhofaza qilishning shu mazmundagi normativ hujjatlar talablariga mos kelishini baholash bo‘yicha faoliyat. " Maxsus xotira shtempeli|"Muhim davlat voqealariga, tarixiy va xotira joylari hamda sanalar, ko‘rgazmalarga va hokazolarga bag‘ishlangan tadbirlarni o‘tkazishda pochta markalarini maxsus hisobdan chiqarish uchun qo‘llaniladigan shtempel. " Maxsus o‘rnatiladigan elektron qurilma|"Zarur vaqt onida axborotning chiqib ketishini, uning yaxlitligi buzilishini yoki blokirovka qilinishini ta’minlash uchun, ruxsatsiz va yashirin holda texnik vositada o‘rnatilgan elektron qurilma. " Maxsus chiqarilgan (kommemorativ) marka|"Tarixiy sanalar, yubileylar yoki biror-bir voqealarga, mavzuga bag‘ishlab bosib chiqariladigan pochta markasi. " Maxsuslashtirilgan yo‘ldosh|"Foydalanuvchilarning muayyan kontingenti uchun xizmat ko‘rsatadigan yo‘ldosh. " Mayda donador pigmentli lyuminoforlar|"LG televizorlarida foydalaniladigan mayda donador pigmentli lyuminoforlar, ular ko‘rish sifati yaxshilanishi uchun tashqi yorug‘likni yutadi, bunda lyuminessensiyaning yuqori samaradorligiga erishiladi. Pigmentning mayda donadorligi yorqinlik va kontrastlilik oshishiga ko‘maklashadi hamda ranglarning aks ettirilishi yaxshilanishiga yordam beradi. " Mayda paket|"Joylanmasi, o‘lchamlari, og‘irligi va o‘rash tartibi Pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish qoidalarida belgilangan, tovarlarning namunalari, katta bo‘lmagan predmetlar solingan pochta jo‘natmasining turi. " Maydon|"1. Ma’lumotlar bazasidagi eng kichik ahamiyatli yozuv elementi (relyatsion ma’lumotlar bazasida maydon ma’lumotlar ustuni deb ham ataladi). Har bir yozuv maydoni atributlar sifatida turga (sonli, simvolli, mantiqiy, sana maydoniga va sh.k.) va maksimal uzunlikka ega bo‘ladi. 2. Ma’lumotlar tuzilmasining nomlangan elementi. " Maydon bo‘yicha diskret-kosinus o‘zgartirish|"Satr tashlab olingan tasvirlarni qayta ishlash usuli, bunda bitta kadrning ikki maydoni mustaqil tasvir sifatida alohida kodlanadi. " Maydon ichra (kadr ichra) kodlash|"Raqamli oqimni qisqartirish maqsadida bir maydon tasvirining qo‘shni sanoqlari o‘rtasidagi fazoviy korrelyatsiyadan foydalanishga asoslangan kodlash. " Maydon (kadr) yoyish|"Vertikal yo‘nalishda maydonlar chastotasi bilan (satrma-satr yoyishda kadrlar chastotasi bilan) yoyish. " (Maydonlar, kadrlar) satrlari davri|"(Maydon, kadr) bitta satrini yoyish davomiyligi. " Maydon (televideniyeda)|"Navbatma-navbat o‘tadigan satrlarning bir-biriga nisbatan teng turuvchi guruhni o‘z ichiga olgan televizion kadrning tarkibiy qismi. Bu satrlar guruhlarining o‘tish chastotasi kadr uchun qisqa. Izoh ‒ Ayrim ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarda «frame» atamasi televizion kadrning tarkibiy qismini, ya’ni yuqorida keltirilgan ta’rifga ko‘ra «maydon» ni belgilashda qo’llaniladi. " Maydonlararo kodlash|"Taxminlash uchun qiymat oldingi, joriy va keyingi maydonlardan olinadigan taxminlash bilan kodlash. " Maydonlarni o‘chirish intervalidagi telematn|"Axborot oddiy televizion tasvir bilan bir vaqtda, asosan, maydonlarni o‘chirish intervalining bir qismi davomida uzatiladigan telematn. " Maydonlarning ketma-ket almashinishi|"Ayrim asosiy ranglarning ketma-ket keladigan yoyish maydonlariga o‘tishi. Misollar − Maydonlarni ketma-ket almashlash bilan yorug‘likni signalga o‘zgartiruvchi qurilma, maydonlarni almashlash bilan tiklovchi qurilma, maydonlar ketma-ket almashinadigan tizim, maydonlarni ketma-ket almashlash bilan uzatish. " Mayning|"1. Kriptovalyuta ko‘rinishida mukofot olish maqsadida kriptovalyutani yaratish va/yoki validatsiyalashga yo‘naltirilgan tadbirkorlik faoliyati. 2. Turli kriptovalyutalarda, xususan Bitkoynda komission yig‘imlar va yangi birliklar shaklida mukofot olish imkoniyati bilan, taqsimlangan platformani qo‘llab-quvvatlash va yangi bloklarni yaratish bo‘yicha faoliyat. " Mazmunni boshqarish tizimi|"Ma’lumotlarni, ulardan Internet orqali foydalanish mumkin bo‘lishi uchun (jumladan, ma’lumotlarni sayt sahifalari bo‘yicha joylashtirish va kerakli formatga keltirish) rasmiylashtiradigan dasturiy tizim. " Mashina grafikasi|"Qar.: Kompyuter grafikasi. " Mashina identifikatori|"Raqamli kod, uning asosida bajariladigan dastur kompyuter va dastur ishlaydigan boshqa qurilmalar xarakteristikalarining muvofiqligini aniqlaydi. " Mashina kodi|"Dastlabki matnni kompilyatsiya qilish va uni ishga tushirish uchun tayyorlash bosqichlaridan o‘tgan mashina tilidagi dastur. Mashina kodi mashina komandalari ketma-ketligidan iborat bo‘lib, ular protsessor tomonidan tezkor yoki doimiy xotiradan olib o‘qiladi va bajariladi. " Mashina kodlarida dasturlash|"Dastlabki elektron hisoblash mashinalari uchun ommaviy bo‘lgan, lekin hozirda muomaladan chiqib ketgan mashina komandalari va absolyut manzillardan foydalanib dasturlash usuli. Bunday dastur oldindan translyatsiya va komponovka qilinmasdan, bevosita protsessor tomonidan bajarilishi mumkin. Ba’zan oddiy mikroprotsessorlarda ichki qurilgan tizimlarni sozlashda qo‘llaniladi. " Mashina komandasi|"Mikroprotsessor bajarishi mumkin bo‘lgan mashina kodi operatori (komandasi). " Mashina manzili|"Hisoblash tizimi qurilmasi yoki xotira yacheykasi baytini qat’iy identifikatsiyalaydigan, raqamli kod ko‘rinishidagi manzil. " Mashina sikli|"Har bir mashina komandasini bajarish sikli. Elementar operatsiyalar to‘plamidan: komandani tanlash, dekodlash, bajarish va natijani yodda saqlashdan iborat. " Mashina, tarmoq stansiyasi|"Kompyuter so‘zi uchun mo‘ljallangan umumiy atama; lokal tarmoqdagi ishchi stansiya; ba’zi funksiya yoki vazifani bajaradigan qurilma. " Mashina tarjimasi|"Matn yoki nutqni, kompyuterdan foydalanib bir tabiiy tildan boshqa bir tabiiy tilga o‘zgartirish. Tarjima jarayoni to‘la avtomatlashtiriladigan dasturni yaratish bo‘yicha ishlar o‘nlab yillardan buyon olib borilmoqda. Texnik matnlarni tarjima qilishda eng yaxshi natijaga erishilmoqda, lekin olingan tarjimani tekshirish va tuzatishda odamning ishtiroki baribir taqozo qilinmoqda. Bu muammoni hal qilish yuzasidan ko‘plab yondashuvlar mavjud; shunday yondashuvlardan biri IBM firmasi tomonidan taklif qilingan: natijalar solishtiriladigan bir tildan boshqa tilga va aksincha, tarjima qiladigan, mustaqil ravishda o‘rgatadigan tizim yaratilmoqda. " Mashina tili|"Konstruksiyalari bevosita apparatura tomonidan talqin qilinadigan til. Aynan shu tilga yuqori daraja tillarida (Paskal, Basik) yozilgan dasturlar pirovardida o‘tkaziladi (translyatsiya qilinadi). " Mashina o‘qiy oladigan tashuvchi|"Texnik vositalar (kompyuter) tomonidan maʼlumotlarni bevosita yozish va o‘qish uchun mos tashuvchi. " Mashinada o‘qiladigan format|"Ma’lumotlarni taqdim etishning, ularning dasturiy qayta ishlanishini ta’minlaydigan elektron formati. " Mashinada o‘qiladigan CSV formati|"Jadval ma’lumotlarni taqdim etish uchun mo‘ljal-langan matnli format. Faylning har bir satri – jadvalning bitta satridir. Ayrim ustunlarning qiymatlari bir-biridan tizimda belgilangan ajratuvchi belgi – (,), nuqtali vergul – (;) yoki tabulyatsiya belgisi bilan ajratiladi. " Mashinada o‘qiladigan HTML formati|"Ma’lumotlarni HTML tili elementlaridan foydalanib semantik belgilash usullari majvui. Standart funksionallik saqlangan holda, HTML hujjatga kiritilgan atributiv axborotni avtomatik tarzda o‘qish (hujjatni brauzerdan foydalanib vizual ko‘rib chiqish) imkoniyatini ta’minlaydi. " Mashinada o‘qiladigan JSON formati|"Ma’lumotlar almashinishning, Java Script ga asoslangan va odatda, aynan shu til bilan foydalaniladigan matnli formati. " Mashinada o‘qiladigan XML formati|"Butunjahon «o‘rgimchak to‘ri» (W3C) Konsorsiumi tomonidan tavsiya etilgan belgilash tili. XML spetsifikatsiyasi XML hujjatlarni, qisman XML protsessorlar (XML hujjatlarni o‘qiydigan va ularning mazmunidan foydalanishni ta’minlaydigan dasturlar) o‘zini qanday tutishini tavsiflaydi. " Mashinaga bog‘liq bo‘lmagan til|"Har xil kompyuterlarda foydalanish mumkin bo‘lgan dastur yoki qurilma. " Mashinaga bog‘liq til|"Boshqa turdagi muayyan elektron hisoblash mashinasining o‘ziga xos xususiyatlaridan foydalanadigan dasturlash tili. " Mashinaga yo‘naltirilgan til|"Muayyan turdagi kompyuter va/yoki protsessor arxitekturasining (tuzilishining) o‘ziga xos xu-susiyatlaridan maxsus tarzda foydalaniladigan dasturlash tili, dastur yoki qurilma. " Mashinalar ish faoiyatini baholash bo‘yicha konsorsium|"Notijorat tashkilot bo‘lib, kompyuterlar uchun «adolatli, betaraf, xolis va mazmunli» standartlarni tuzishga intiladi. Standartlarning asosiy maqsadi «hayotiy» vaziyatlarni testdan o‘tkazishdir. Masalan, SPECweb2005 – veb-server unumdorligini turli xildagi parallel NTTR-so‘rovlarni yaratish yo‘li bilan testdan o‘tkazish. " Mashinaning to‘liq domen nomi|"Internetdagi tarmoq uzellari nomlari tizimi. Noyob nom domen-soha nomidan va mashinaning o‘z nomidan iborat bo‘ladi. " Mashinaviy intellekt|"Qar.: Sunʼiy intellekt. " Mashinaviy so‘zi|"Protsessor tanlaydigan yoki bir marta murojaat qilish (foydalanish) davomida yaxlit guruh sifatida shu protsessor qayta ishlaydigan, tezkor xotira razryadlarining guruhi. Mashina so‘zining uzunligi odatda, 16, 32, 64 razryaddan iborat bo‘ladi. " Ma’lum ochiq xabar bilan qilinadigan hujum|"Jinoyatkor tizimga kira oladigan va unga uzatiladigan xabarning matni ma’lum bo‘ladigan hujum turi. Jinoyatkor shifrlangan matnni yashirishga uringan holda, uzatiladigan xabar matnini dinamik tarzda o‘zgartirishi mumkin. " Ma’lumot berish tizimi|"Amaliy dasturlar orqali foydalanuvchiga yordam sifatida taqdim etiladigan axborot. " Maʼlumotlar|"Raqam shaklida taqdim etilgan, telekommunikatsiyalar vositalari va maʼlumotlarni saqlash hamda ularni qayta ishlash vositalari bilan ishlov berish uchun yaroqli turli xildagi axborot (nutq, matn, grafik, tasvir, audio, video, va h.) " Ma’lumotlar agregati|"Yozuvga murojaat qilish uchun umumiy nomga ega bo‘lgan, yozuv ichidagi ma’lumotlar elementlarining istalgan to‘plami; ma’lumotlarning tarkibiy elementi. " Ma’lumotlar almashinish kanali|"Tarmoqdagi kompyuterlar o‘rtasida ma’lumotlarning almashinishi yuz beradigan texnik vositalar jami. " Maʼlumotlar almashuvi|"Funksional qurilmalar orasida maʼlumotlarni ko‘chirish. Bu maʼlumotlarni siljitishni va almashuvni kelishtirishni boshqarish qoidalar to‘plamiga muvofiq amalga oshiriladi. " Ma’lumotlar atributi|"Kirish paytida nomi (semantikasi), formati, mumkin bo‘lgan qiymatlar diapazoni va qiymatlar taqdimotini ko‘rsatadigan maʼlumotlar elementi. " Ma’lumotlar banki|"Ma’lumotlarni markazlashtirilgan tarzda saqlash va jamoa bo‘lib foydalanishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi. Izoh – Ma’lumotlar banki tarkibiga bitta yoki bir nechta ma’lumotlar bazasi, ma’lumotlar bazalarining ma’lumotnomasi, ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi, shuningdek, amaliy dasturlar va so‘rovlar bibliotekalari kiradi. " Ma’lumotlar bankiga murojaat qilish xizmati|"Ma’lumotlar bazasining markazida saqlanadigan axborotdan erkin foydalana olish imkonini ta’minlaydigan interaktiv xizmat. Izoh – Axborot foydalanuvchiga faqat uning so‘rovi bo‘yicha uzatiladi. Axborotga murojaat qilish individual ravishda amalga oshirilishi mumkin, ya’ni axborot ketma-ketligi uzatilishining boshlanish vaqtini foydalanuvchi boshqaradi. " Ma’lumotlar bazalari bilan birgalikda ishlash ochiq interfeysi|"Tizimlashtirilgan so‘rovlar tilidan foydalaniladigan ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlarida ma’lumotlardan erkin foydalanish imkonini beradigan dasturiy kompleks. Microsoft firmasi tomonidan ishlab chiqilgan. " Ma’lumotlar bazalari ishlashining ochiq interfeysi|"Fayllar formatiga bog‘liq bo‘lmagan amaliy dasturlash interfeysi yordamida turli ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi tomonidan yaratilgan ma’lumotlar bazasiga kirishni ta’minlovchi Microsoft standarti. Operatsiyalarni bajarishda ODBC drayverlari SQL so‘rovlar formasidan foydalanadi. " Ma’lumotlar bazalari kompyuteri|"Apparatlar yordamida MBBT qator funksiyalarini bajaradigan ixtisoslashtirilgan kompyuter. " Ma’lumotlar bazalarini tuzish|"Ma’lumotlar bazalarini loyihalash, modellash va yaratish shuningdek, ma’lumotlarni tahlil qilish, ma’lumotlar bazalarini ma’muriy boshqarish, ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi bilan bog‘liq boshqa masalalarni o‘rganadigan fan. " Ma’lumotlar bazasi|"1. Obyektiv shaklda ifodalangan va bu ma’lumotlar elektron hisoblash mashinalari yordamida topilishi va qayta ishlanishi mumkin bo‘lgan tarzda tizimlashtirilgan ma’lumotlar (moddalar, hisob-kitoblar va h.k.)ning majmui. 2. Amaliy dasturlarga bog‘liq bo‘lmagan holda, ma’lumotlarni tavsiflash, saqlash va boshqarishning umumiy prinsiplarini ko‘zda tutadigan muayyan qoidalar bo‘yicha tashkil qilingan ma’lumotlarning majmui. " Ma’lumotlar bazasi administratori|"Ma’lumotlar bazasi to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega bo‘lgan va bu ma’lumotlar bazasini yuritish, undan foydalanish, uni rivojlantirish yuzasidan javobgar maxsus mansabdor shaxs (shaxslar guruhi). Ma’lumotlar banki ma’muriyati tarkibiga kiradi. " Ma’lumotlar bazasi kaliti|"Boshqaruv tizimi tomonidan ma’lumotlar bazasiga berilgan va ma’lumotlar bazasi yozuvini qat’iy identifikatsiya qiluvchi kalit. " Ma’lumotlar bazasi replikasi|"Ma’lumotlar bazasining foydalanuvchi kompyuteridagi nusxasi. Foydalanuvchi, xususan mobil aloqa foydalanuvchisi ma’lumotlar bazasini o‘zgartirib, keyin esa asosiy ma’lumotlar bazasi bilan sinxronlashtiradi. " Ma’lumotlar bazasi serveri|"Lokal tarmoqdagi kompyuter-serverda joylashgan ma’lumotlar bazasiga boshqa kompyuter tarmoqla-rining kira olishlarini taqdim etuvchi kompyuter va dasturiy ta’minot. " Ma’lumotlar bazasi uchun OLE|"Microsoft korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan – ma’lumotlardan foydalanish spetsifikasiyasining nomi (avvalgi nomi – Nile). Open Connectivity Database va OLE ni birlashtiradi. " Ma’lumotlar bazasini boshqarish|"Ma’lumotlar bazasida ma’lumotlarni belgilash, tashkillashtirish, boshqarish va muhofaza qilish funksiyalarining bajarilishi. " Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT)|"Rivojlangan so‘rovlar tili yordamida ma’lumotlar bazasi ma’lumotlari tuzilmasini hosil qilish, saqlash, yangilash, yangi ma’lumotlar qo‘shish, izlash operatsiyalarining bajarilishini ta’minlaydigan dasturiy ta’minot. Zamonaviy MBBTlari tranzaksiya mexanizmi orqali ma’lumotlardan bir vaqtda ko‘plab foydalanuvchilarning erkin foydalanishlarini ta’minlaydi. Bunda bir foydalanuvchining olgan natijasi boshqasinikiga ta’sir qilmaydi. Ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi tarkibiga dasturlash tili; dasturlar generatorlari – dasturlar tuzilishini, ma’lumotlar bazasi yaratilishini va ularning qayta ishlanishini osonlashtiradi; kompilyatorlar – mashina kodlaridagi boshqarish dasturlarini, dasturlarning ishlashini tezlashtirish va ularning muhitga bog‘liq bo‘lmasligi uchun generatsiyalaydi; hisobot generatorlari – foydalanuvchiga chiqish hujjatlarini tezkor yaratish, tanlab olish, saralash va hisoblashlarni bajarish imkonini beradi; hujjatlashtirish vositalari –ma’lumotlar bazasini yaratish bilan bir vaqtda, matn va grafik ko‘rinishlarda uning tavsifini yaratish, listinglar bo‘lgan dasturlarni tavsiflash imkonini beradi. Ma’lumotlar bazalarining turlariga ko‘ra, iyerarxik, tarmoq va relyatsion MBBT mavjud. Amalda barcha MBBT «mijoz‒server» arxitekturali tarmoqda ishlashni ta’minlaydi. " Maʼlumotlar bazasini boshqarishning gibrid tizimi|"Gibrid MBBT. U relyatsion va obyektga yo‘naltirilgan tizimlarning ijobiy sifatlarini o‘zida mujassamlashtirgan. Relyatsion MBBT ning tranzaksiyalarini qayta ishlash vositalarini o‘z ichiga olib, obyektga yo‘naltirilgan MBBT ning ko‘pgina maʼlumot turlarini ham quvvatlaydi. Gibrid MBBT «tuzilmalashtirilgan so‘rovlar tili» SQL dan foydalanadi. " Maʼlumotlar bazasini boshqarishning ko‘p o‘lchamli tizimi|"Maʼlumotlarning N-o‘lchamli kub shaklida taqdim etilishini taʼminlaydi. Shu tufayli MDDBMS murakkab hujjatlar tizimlarini qayta ishlaydi. " Maʼlumotlar bazasini moslashtirish|"Foydalanuvchining muayyan texnik vositalari yoki aniq dasturlari boshqaruvidagi maʼlumotlar bazasi faoliyatini taʼminlash maqsadida amalga oshiriladigan o‘zgartirishlar kiritish jarayoni. " Maʼlumotlar bazasini chop etish|"Maʼlumotlar bazasi nusxalarini muallif roziligi asosida cheklanmagan shaxslar doirasiga taqdim etish (jumladan, kompyuter xotirasiga yozish va bosma matn chop etish orqali ham). Bunday nusxalar soni ko‘rsatilgan asarlar tavsifiga ko‘ra mazkur doiradagi shaxslar ehtiyojlarini qondirishi lozim. " Ma’lumotlar bazasining tuzilmasi|"Ma’lumotlar bazasida yozuvlarni va ular orasidagi bog‘liqliklarni tashkil qilish tartibi yoki prinsipi. " Ma’lumotlar bilan ishlashni nazorat qilish|"Ma’lumotlar bloki tasodifiy yoki qasddan qilingan ta’sirlar ostida bo‘lgan yoki bo‘lmaganligini aniqlash imkonini beradigan protsedura. " Ma’lumotlar biti|"Ikkilik pozitsion hisoblash tizimida taqdim etilgan ma’lumotlar simvollaridan biri. " Maʼlumotlar bloki|"Bir xil uzunlikdagi ramzlar ketma-ketligi. U maʼlumotlarni ifodalashda yoki o‘z holicha uzatishda ishlatiladi. " Ma’lumotlar blokini saralash usuli|"O‘zgartirishlarning alohida ko‘rinishi yoki guruhi, uning asosida saralash yotadi. " Ma’lumotlar buferi|"Ma’lumotlarni kiritish-chiqarishda yoki bir joydan boshqa joyga jo‘natishda to‘plash va/yoki vaqtinchalik saqlash uchun xizmat qiladigan xotira sohasi. " Ma’lumotlar elementi|"Tarkibiy qismlarga bo‘linmaydigan ma’lumotlar qismi. " Ma’lumotlar fayli|"Matnli, sonli, grafik yoki multimediali ma’lumotlar bo‘lgan fayl. " Ma’lumotlar formati|"Ma’lumotlar simvollarining joylashish tartibi bo‘lib, ularning tarkibiy qismini tanlab olish imkonini beradi. Izoh – Ma’lumotlar formati ma’lumotlar simvollarining muayyan majmuiga bog‘liq holda nom oladi, masalan, ma’lumotlar xabarining formati. " Maʼlumotlar izlash|"Qar.: Axborot izlash. " Ma’lumotlar kanali|"Meynfreymlarda – o‘zining komandalar tizimiga ega xususiy protsessori bo‘lgan kiritish-chiqarish qurilmasidir. Markaziy protsessor kanalga tegishli komandani yuborgan holda, ma’lumotlar uzatish seansini initsializatsiya qiladi (o‘zlashtiradi), kanal protsessorni spetsifik vazifalardan ozod qilgan, tezkor xotira qurilmasidan o‘z dasturini olgan holda, keyingi barcha operatsiyalarni mustaqil bajaradi. " Ma’lumotlar kanali chetki apparaturasi|"Ma’lumotlar uzatish tarmog‘i tarkibiga kiruvchi va bu tarmoq bo‘yicha uzatiladigan hamda qabul qilinadigan signallar parametrlarini ma’lumotlar oxirgi (terminal) uskunasi parametrlari bilan moslashuvini ta’minlaydigan apparatura. Izoh – Ma’lumotlar kanali chetki apparaturasi ITU-T tavsiyalarida DCE (Data Communications Equipment) kabi belgilanadi. " Ma’lumotlar karuseli|"Transport oqimida ma’lumotlar modulini davriy takrorlash bilan uzatish. " Ma’lumotlar kommutatori|"Kompyuter tizimidagi, kiritiladigan ma’lumotlarni turli joylarga qayta yo‘llaydigan qurilma. " Ma’lumotlar lug‘ati|"1. Ma’lum bir MBBT da foydalaniladigan barcha fayllar, maydonlar va o‘zgaruvchilar ro‘yхati. Ishlab chiquvchiga (ba’zi MBBT da foydalanuvchiga ham) u yoki bu elementlar qanday berilganini aniqlashga imkon beradi. 2. Bir nechta ilovada foydalanilishi mumkin bo‘lgan, ma’lumotlar tavsiflarining to‘plami. " Ma’lumotlar manbaini autentifikatsiya qilish|"Olingan ma’lumotlar manbaining haqiqiyligini tasdiqlash. " Ma’lumotlar massivi|"Har biri massiv nomi va indeks(lar) bilan identifikatsiya qilinadigan bir turdagi ma’lumotlar majmui. Indekslar soniga bog‘liq ravishda, massivlar bir o‘lchamli (chiziqli) ikki o‘lchamli va h.k. bo‘ladi. " Ma’lumotlar maydoni|"Disk maydoni (sektori)ning, manzil undan oldin keladigan ma’lumotlarni joylashtirish uchun mo‘ljallangan qismi. " Maʼlumotlar modeli|"Maʼlumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash sohalarida tarkibiy qismlar turi va ularning aloqalari to‘g‘risidagi tasavvur. Maʼlumotlar modeli maʼlumotlarni tavsiflash tili bilan belgilanadi. " Ma’lumotlar ombori|"Ma’lumotlarni saqlash konsepsiyasi. Ma’lumotlar bazasidan birinchidan, ma’lumotlarni aktuallashtirish ma’lumotlar yangilanishini emas, balki mavjudlariga qo‘shilishini bildirishligi bilan; ikkinchidan, boshqarish tizimining holatini aks ettiradigan ma’lumotlardan tashqari, ma’lumotlar omborida metama’lumotlar ham (omborning tuzilmasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ma’lumotlar o‘rtasidagi bog‘lanish) saqlanishligi bilan ajralib turadi. " Ma’lumotlar oqimi|"1. Har bir operatsiyaning bajarilishi, uning barcha operandlari tayyor bo‘lgandagina amalga oshiriladigan parallel hisoblashlar algoritmlariga yoki arxitekturalariga tegishli umumiy atama. Bunda komandalarning bajarilish ketma-ketligi oldindan berilmaydi. 2. Konveyyerli arxitekturada, ularning ustida bir xil operatsiyalarni bajaradigan operatsion qurilmaga uzluksiz uzatiladigan ma’lumotlar ketma-ketligi. " Ma’lumotlar oqimi boshqaradigan kompyuter|"Parallel hisoblashlar arxitekturasiga ega kompyuter. Unda har bir operatsiyaning bajarilishi ma’lumotlar oqimining barcha operandlari tayyor bo‘lgandagina amalga oshiriladi. " Ma’lumotlar oqimi diagrammasi|"Asosiy komponentlari tashqi obyektlar bo‘lgan, o‘zida axborot manbai va uni qabul qiluvchisini; aniq algoritmlarga muvofiq ravishda kiruvchi ma’lu-motlarni chiquvchi ma’lumotlarga akslantirish jarayonini; axborotlarni joylashtirish va ularni olish mumkin bo‘lgan tashuvchilarni; manbadan qabul qiluvchiga biror-bir bog‘lanish orqali uzatilayotgan axborotni aniqlovchi ma’lumotlar oqimini ifodalovchi axborot modeli. " Ma’lumotlar oxirgi (terminal) uskunasi (MOU)|"Ma’lumotlar manbai yoki ma’lumotlar qabul qiluvchisi, yoki unisi ham, bunisi ham bo‘lib hisoblangan oxirgi (terminal) uskuna (masalan, elektron hisoblash mashinasi). Izoh – MChU ma’lumotlar uzatish tarmog‘i tarkibiga kirmaydi. MChU o‘rnida ma’lumotlar tarmog‘iga ulangan telefon xizmati serverlari ham bo‘lishi mumkin. " Ma’lumotlar raqamli signalining fazali titrashi (djitterning fazali titrashi)|"Ma’lumotlar raqamli signali ahamiyatli onlarining vaqt bo‘yicha ideal holatidan og‘ishi. " Ma’lumotlar saqlanuvchi tarmoq|"Kanallar va konsentratorlarni 100 Mbyte/s vositasida ma’lumotlarni saqlashning turli xil qurilmalarini va serverlarni birlashtiruvchi maxsus yuqori tezlikka ega bo‘lgan tarmoq. Bunday tarmoqlarda ma’lumotlar saqlash qurilmalari va boshqa qurilmalar orasida vositachi server bo‘lmaydi. Ma’lumot uzatishda Fibre Channel texnologiyasidan foydalaniladi. Segmentlarning katta masofasi hisobiga bunday tarmoqlar firma egallab turgan binodan tashqarida korporativ ma’lumotlarni saqlashni tashkil qilishga imkon beradi. " Ma’lumotlar segmenti|"1. 80x86 protsessorlarda – ma’lumotlar segmenti registri yuboradigan tezkor xotira qurilmasining bir qismi. 2. Tezkor xotira qurilmasi yoki tashqi xotiraning, dastur foydalaniladigan ma’lumotlarni ichiga oladigan qismi. " Ma’lumotlar seksiyasi|"Operatsion tizim tomonidan global o‘zgaruvchilar, massivlar, tuzilmalar, obyektlar saqlanadigan jarayonga ajratiladigan asosiy xotiraning statik (o‘z-garmaydigan o‘lchamdagi doimiy ajratilgan) sohasi. " Ma’lumotlar sektori|"Magnit diskdagi axborot sektori. " Ma’lumotlar signali|"Ma’lumotlar xabarini fizik kattalik yordamida taqdim etish shakli, bunda uning bitta yoki bir nechta parametrlarining o‘zgarishi xabar o‘zgarishini aks ettiradi. " Ma’lumotlar signalini analog-raqamli o‘zgartirish|"Diskretlashning berilgan qadamida ma’lumotlar signalining mumkin bo‘lgan uzluksiz ko‘plab qiymatlar funksiyasi ushbu signalning oxirgi ko‘plab mos keluvchi qiymatlar funksiyalari bilan almashadigan ma’lumotlar signalini o‘zgartirish. " Maʼlumotlar tashuvchisi|"1. Moddiy obyekt yoki moslama. U maʼlumotlarni yozish, saqlash va o‘qish imkonini beruvchi maʼlum fizik xususiyatlarga ega. Hisoblash texnikasida maʼlumotlar tashuvchisi sifatida yarimo‘tkazgich kristallar, magnit va lazer disklari, flesh-xotira, magnit tasmalar, magnit kartalar, perfokarta va perfotasmalar hamda (bosish uchun) qog‘oz ishlatiladi. Maʼlumotlar tashuvchisiga maʼlumotlar tashuvchisi xotira qurilmasini tashkil qiladi. 2. Axborotni yozish uchun va doimiy xotira qurilmasi sifatida ishlatiladigan jism yoki muhit. " Ma’lumotlar trakti|"Protsessorning ichki ma’lumotlar shinasi. Uning kengligi protsessor unumdorligiga ta’sir qiladi. Protsessorning yuqori unumdorligiga keng (ko‘p razryadli) ajratilgan ma’lumotlar traktidan foydalanish va tashqi hamda ichki kesh-xotira sig‘imi kattaligi tufayli erishiladi. " Ma’lumotlar turi|"Biror belgisi bo‘yicha bitta nom bilan birlashtirilgan ma’lumotlar. Ma’lumotlar turi ma’lumotlar bazalarida qo‘llaniladi. " Ma’lumotlar tuzilmasi|"Tartiblangan ma’lumotlarga muvofiq keluvchi yozuv yoki massivning tashkil qilish sxemasi bo‘lib, u bilan ma’lumotlarni tushunib olish va ular ustida ma’lum bir operatsiyalarni bajarish mumkin bo‘ladi. " Maʼlumotlar toʻplash|"Turli xil tashqi datchiklardan kompyuter tizimiga ma’lumotlar kiritish jarayoni. Ma’lumotlar, ma’lumotlarni yig‘ish platasidan olinganda, ularni u yoki bu tashqi hodisa bilan sinxronlash ehtiyoji paydo bo‘lishi mumkin. " Maʼlumotlar toʻplash strategiyasi|"Mahsulotlar va xizmatlarni sotib olishga boʻlgan, yetkazib berishlar manbalariga, xarid usullariga, talablar spetsifikatsiyalari turlari, shartnomalar yoki bitimlar turlariga va ular bilan bogʻliq xarid tavakkalchiligiga asoslangan muayyan yondashuv. " Ma’lumotlar uzatish|"1. Ikkilik signallar ko‘rinishidagi ma’lumotlarni telekommunikatsiyalar vositalari yordamida bir punktdan boshqa punktga, qoidaga ko‘ra, keyinchalik hisoblash texnikasi vositalari yordamida qayta ishlash maqsadida ko‘chirish. Izoh – Bu yerda «ma’lumotlar» deb, odam ishtirok etishi mumkin bo‘lgan holda avtomatik vositalar (masalan, komputer) bilan qayta ishlash uchun yaroqli bo‘lgan axborotga aytiladi. 2. Tovushli yoki televizion uzatgichlar orqali axborot signallarini, odatda, raqamli signallarni telematn, subtitr, sinov va boshqaruv signallari kabi tizimlar uchun uzatish. " Maʼlumotlar uzatish adresati|"Tuzuvchining maqsadiga ko‘ra, maʼlumotlar xabarini olishi kerak bo‘lgan qandaydir shaxs, bu maʼlumotlar xabariga nisbatan vositachi sifatida ish ko‘radigan shaxsdan tashqari. " Ma’lumotlar uzatish apparaturasi|"1. Ma’lumotlar uzatish kanali oxirgi (terminal) uskunasining aynan o‘zi. «Foydalanuvchi-Tarmoq» interfeysi tarmog‘i tomonidan kommunikatsiya tarmog‘i qurilmasi va ulanishni o‘z ichiga oladi. DCE – qurilmasi tarmoqqa fizik ulanishni, DCE va DTE qurilmalari o‘rtasida ma’lumotlarni sinxronlash va uzatishda ishlatiladigan taktli signallarni berish va o‘zidan trafikni o‘tkazishni ta’minlaydi. DCE – qurilmasiga modem misol bo‘ladi. 2. Ma’lumotlar uzatish tarmog‘i tarkibiga kiradigan (yoki telekommunikatsiyalarning ixtisoslashtirilmagan tarmog‘ini to‘ldiradigan) va uzatiladigan hamda qabul qilinadigan ma’lumotlar signallarini ma’lumotlar oxirgi (terminal) uskunasi bilan moslashishini ta’minlaydigan apparatura (yoki apparat-dasturiy vositalar). Izoh – MUA signalni o‘zgartirish, xatolardan himoyalash, avtomatik chaqiruv va javob, signal sifatining detektori, korrektor va ular bilan bog‘liq bo‘lgan yordamchi qurilmalar, masalan, nazorat-o‘lchash qurilmalaridan iborat bo‘lishi mumkin. " Maʼlumotlar uzatish kanali|"1. Maʼlumotlar uzatish uchun yaroqli bo‘lgan, maʼlumotlarni jo‘natuvchi va oluvchi vositalaridan hamda boshqaruvchi uzellardan tashqari, barcha tarmoq elementlarini ichiga oladigan aloqa kanali yoki liniyasi. 2. Oxirgi terminallarga bir-biri bilan bevosita bog‘lanish imkonini beradigan fizik qurilmalar konfiguratsiyasi. " Maʼlumotlar uzatish kanalini yuqori darajada boshqarish|"Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) tomonidan kadrlar bo‘yicha cheklangan, razryadli maʼlumotlar uzatish kanallari uchun belgilangan standart protokol. " Ma’lumotlar uzatish muhiti|"Ma’lumotlar uzatiladigan fizik muhit. Bu simli yoki simsiz liniya bo‘lishi mumkin. Simli liniya – mis yoki optik tolali kabel. Simsiz liniya – radio-, televizion, infraqizil kanallar. " Ma’lumotlar uzatish oddiy protokoli|"Disksiz stansiyalarni masofadan yuklash uchun foydalaniladigan protokol. " Ma’lumotlar uzatish protokoli|"Ma’lumotlar uzatish tarmog‘i qurilmalari o‘rtasida axborot paketlari tuzilmasiga va axborot paketlari almashuvi algoritmiga bo‘lgan talablarning shakllantirilgan to‘plami. " Ma’lumotlar uzatish tarmog‘i|"1. Ma’lumotlar uzatilishini ta’minlaydigan raqamli tarmoq. 2. Ma’lumotlar uzatilishini ta’minlash maqsadida ma’lum nuqtalar o‘rtasida telekommunikatsiyani tashkil etish uchun maxsus tuzilgan tele-kommunikatsiyalar uzellari va kanallarining majmui. " Ma’lumotlar uzatish tarmog‘i orqali bog‘lanish|"Aloqa vositalari o‘rtasidagi, abonent va/yoki foydalanuvchiga ovozli va/yoki ovozsiz axborotni uzatish va/yoki qabul qilish imkonini beruvchi, chaqirish natijasida yoki oldindan o‘rnatilgan o‘zaro hamkorlik. Ma’lumotlar uzatish tarmog‘ining tuzilmasi ing. - structure data transmission network ru – с ттруктура сети передачи данных Ma’lumotlar uzatish tarmog‘ida o‘zaro ishlaydigan qurilmalarining o‘zaro joylashishi va bog‘lanishi. " Ma’lumotlar uzatish tezligi|"Ma’lumotlar uzatishda bir sekunddagi bitlar soni. Bu tezlik tashqi xotira bo‘lgan lokal shina turiga, periferik qurilmalar bo‘lgan interfeys turiga bog‘liq. Kompyuter tarmoqlarda ma’lumotlar almashinish tezligi. Kanalning holati va ma’lumotlar uzatish apparaturasi bilan belgilanadi. " Ma’lumotlar uzatish tizimi|"Ma’lumotlar uzatishni ta’minlaydigan telekommunikatsiyalar tizimi. " Ma’lumotlar uzatish vositalari|"Aloqa kanali va ma’lumotlar uzatish apparaturasining majmui. " Ma’lumotlar uzatish xizmatlari foydalanuvchisi|"Ma’lumotlar uzatish xizmatlari xizmatidan foydalanuvchi odam (yoki unga tegishli MChU yoki MChUdagi ma’lum jarayon). " Ma’lumotlar va ularning tashuvchilarini maxfiylashtirish|"Qonunda ko‘zda tutilgan tartibda, davlat siri hisoblanadigan ma’lumotlar uchun, ularni tarqatish va tashuvchilardan foydalanish yuzasidan cheklashlar kiritish. " Ma’lumotlar xabari|"Elektron, optik yoki analog vositalar yordamida, ma’lumotlarning elektron almashinuvi, elektron pochta, telegramma, teleks yoki telefaksni qo‘shgan holda, lekin ular bilan cheklanmagan holda tayyorlangan, jo‘natilgan, olingan yoki saqlanadigan axborot. " Ma’lumotlar xabarini jo‘natuvchi (xabar jo‘natuvchi)|"Xabarlar oqimidan ma’lumotlar xabarlarini tanlashni amalga oshiruvchi va ushbu xabarni keyinchalik uzatish uchun shakllantiruvchi inson va/yoki qurilma. " Maʼlumotlar xabarini tuzuvchi|"Nomidan yoki nomiga saqlash uchun maʼlumotlar xabari tayyorlangan yoki jo‘natilgan shaxs. Izoh – Maʼlumotlar xabarini tuzuvchiga, bu maʼlumotlar xabariga nisbatan vositachi sifatida ish ko‘ruvchi shaxs kirmaydi. " Maʼlumotlar yaxlitligining buzilishi|"Axborotning, uning tuzilmasining o‘zgarishiga va maʼlumotlarning bir qismi yo‘qolishiga olib keladigan buzilishi. " Ma’lumotlar yo‘li|"Ma’lumotlar uzatiladigan virtual yo‘l. " Ma’lumotlar zvenosining ulanishi|"Bevosita tarmoqqa ulangan printerlardan ma’lumotlar uzatish kanalini boshqarish protokoli. " Ma’lumotlar shinasi|"1. Kompyuter qurilmasini (masalan, protsessor va tezkor xotira qurilmasini) birlashtiruvchi va ular orasida ma’lumotlar uzatish uchun xizmat qiladigan uchta shinadan biri. Hozirda 32 va 64 razryadli ma’lumotlar shinalaridan foydalaniladi. Ma’lumotlar shinasining kengligi kompyuter unumdorligini belgilaydi. Ma’lumotlar shinasi har doim ikki yo‘nalishli bo‘ladi. Atamadan, ko‘pincha dasturiy ta’minotni sozlash tizimlarini tavsiflashda foydalaniladi. 2. Mikroprotsessor ichki shinalaridan biri. Odatda, tizim platasidagi ma’lumotlar shinasiga qaraganda kengroq (128 yoki 256 razryadli) bo‘ladi. " Ma’lumotlardan birgalikda foydalanish|"Bitta fayldan bir vaqtda bir nechta foydalanuvchi (ilova)ning foydalana olishi. " Ma’lumotlardan erkin foydalanish mexanizmi|"Modemni telefon liniyasiga ulash uchun mo‘ljallangan dasturiy xizmat. " Ma’lumotlardan erkin foydalanish obyektlari|"Ma’lumotlar bazalari bilan ishlashning asosiy jarayonlarini ifodalaydigan, ishlab chiquvchilarni ma’lumotlarni o‘qish va yozish jarayonining texnik detallariga murojaat qilishdan xalos etadigan toifalar bibliotekasi, yuqori darajali obyektlar to‘plami. " Ma’lumotlardan foydalana olishlik|"Axborotning (avtomatlashtirilgan axborot tizimi resurslarining) holati, bunda foydalana olish huquqiga ega bo‘lgan subyektlar ulardan to‘sqinliksiz foydalanishlari mumkin bo‘ladi. " Ma’lumotlardan foydalanish texnologiyasi|"Ishlab chiquvchilarga ma’lumotlarga istalgan dasturlash tilida murojaat qilishlariga imkon beradigan, yuqori darajali interfeyslar to‘plamini o‘z ichiga oladigan texnologiya. " Ma’lumotlardan universal foydalanish|"Microsoft ma’lumotlardan foydalana olish texnologiyasi, Windows DNA ning qismi bo‘lib, o‘z ichiga ADO va OLE DB larni oladi. " Ma’lumotlarni aktuallashtirish|"Ma’lumotlarni aktual holatda saqlab turish, ya’ni ularni predmet sohaning aks ettiriladigan obyektlarining holati bilan muvofiqlikka keltirish. Aktuallashtirish yozuvlar qo‘shish, ularni chiqarib tashlash, shuningdek, tahrir qilish operatsiyalarini o‘z ichiga oladi. " Ma’lumotlarni arxivlash|"Ma’lumotlarni doimiy xotirada uzoq vaqt saqlash uchun, ularni zichlash va joylashtirish. " Ma’lumotlarni asinxron oqimli uzatish|"Ma’lumotlarni vaqt bo‘yicha sinxronlash talablarisiz oqimli uzatish (masalan, RS-232 protokoli bo‘yicha ma’lumotlar). " Ma’lumotlarni asinxron uzatish|"Uzluksiz xabarlar oqimidan ma’lumotlarni olish uslubi va uzatish usuli; uzatuvchi tomon har bir ma’lumotga, ma’lumot qayerda tugashini ko‘rsatadigan start va stop bitlarini kiritadi. Bu, ma’lumotlar uzatishning, modemli aloqada qo‘llaniladigan ancha ishonchli usulidir. " Ma’lumotlarni autentifikatsiya qilish|"Ma’lumotlar yaxlitligini tekshirish jarayoni. Masalan, olingan ma’lumotlarning jo‘natilgan ma’lumotlar bilan bir xilligini, shuningdek, dasturda virus bor yoki yo‘qligini tekshirish. " Maʼlumotlarni avtomatlashtirilgan qayta ishlash|"Maʼlumotlarni asosan hisoblash texnikasi vositalari yordamida qayta ishlash. " Ma’lumotlarni blokirovkalash|"Bitta foydalanuvchidan tashqari, barcha foydalanuvchilarga kirishni taqiqlash yo‘li bilan fayl yoki uning bir qismini (yozuv blokini) muhofaza qilish. " Ma’lumotlarni bo‘lish|"Xatolar ta’sirini kamaytirish uchun, bit oqimini ikki oqimga ajratish usul. Dekodlashdan oldin ikkala oqim birlashtiriladi. " Ma’lumotlarni e‘lon qilish|"O‘zgaruvchining xarakteristikalarini: ma’lumotlar nomi, turi, boshlang‘ich qiymatini tavsiflovchi dastur operatori. " Ma’lumotlarni kiritish|"Ma’lumotlarni, axborotni qayta ishlash tizimiga yoki uning biror bir qismiga, uni saqlash yoki qayta ishlash uchun kirirtish jarayoni. " Ma’lumotlarni kommutatsiyalanadigan tarmoqlar orqali yuqori tezlikda uzatish|"1. GSM standartidagi, ma’lumotlarni oshirilgan tezlikda (57 Kbit/s gacha) uzatish texnologiyasi. Izoh − Bu texnologiyaning asosiy afzalligi, ma’lumotlar uzatish tezligining yuqoriligida. Bu, bog‘lanishni o‘rnatishga ketadigan vaqtni kamaytirish va dasturlar ishini tezlashtirish imkonini beradi. Ma’lumotlarni uzatish oldingiga nisbatan to‘rt marta tez bajariladi, bu esa, kartalar va grafik interfeysdan foydalanib, mobil navigatsiya kabi xizmatlarni amalga oshirish imkonini beradi. HSCSD texnologiyasi kommutatsiyalanadigan tarmoqlarda qo‘llanilishi tufayli, ma’lumotlar qisqa impulslar tarzida uzatiladigan elektron pochta uzatishga qaraganda, multimedia va videodasturlar ishi uchun yaxshiroq moslashtirilgan. Texnologiyadan GSM tarmog‘ida foydalanishda uzatish tezligi 43,2 Kbit/s bo‘lishiga erishiladi. Bu qiymat zamonaviy modemlardan foydalaniladigan simli tarmoqlar orqali ma’lumotlar uzatish tezligiga teng. 2. GSM mobil tarmoqlar ustqurmasi. 57,6 Kbit/s yuqori o‘tkazish qobiliyatiga erishish uchun, to‘rtta 14,4 Kbit/s past tezlikli kanalni birlashtirish imkonini beradi. Izoh − GPRS dan farqli ravishda, kanallarni kommutatsiyalash usulidan foydalaniladi. HSCSD uskunasi multimedia ma’lumotlarni uzatish uchun mo‘ljallangan, videokonferens aloqa uchun ham to‘g‘ri keladi. " Ma’lumotlarni konvertatsiya qilish|"Ma’lumotlarni taqdim etish shaklini ma’lum qoidalarga muvofiq, undagi axborotni saqlagan holda, o‘zgartirish. " Ma’lumotlarni konveyyerlash|"MPEG-2 transport oqimining foydali ma’lumotlar paketi sohasiga ma’lumotlarni bevosita uzatish. " Maʼlumotlarni ko‘chirish darajasi|"Dasturiy taʼminotni ishga tushirmasdan va bajarmasdan turib, maʼlumotlarni bir tizimdan boshqa tizimga oson uzatish mumkinligi. " Maʼlumotlarni masofadan qayta ishlash|"Kiritish yoki chiqarish qurilmalari markaziy protsessordan uzoqda joylashgan holda maʼlumotlarni avtomatlashtirilgan qayta ishlash. " Ma’lumotlarni mualliflashtirish|"Ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlarning xususiylik darajasini aniqlash va belgilash. " Ma’lumotlarni muhofaza qilish|"1. Ma’lumotlardan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishning oldini olish uchun ma’muriy, texnik yoki jismoniy chora-tadbirlarni amalga oshirish. 2. Ma’lumotlarni, qasddan yoki qasddan bo‘lmagan tarzda o‘zgartirilishiga, fosh bo‘lishiga yoki buzilishiga olib keladigan nomaqbul oqibatlardan va harakatlardan saqlash uchun qo‘llaniladigan chora-tadbirlar. " Ma’lumotlarni nazorat qilish|"Ma’lumotlarning ishonchliligi va yaxlitligini tekshirish. Sintaksis, semantik va pragmatik nazorat farq qilinadi. " Maʼlumotlarni ochiq tarmoqda qayta ishlash|"SUN Microsystems korporatsiyasi tomonidan taklif qilingan asosiy funksional profil. SUN Microsystems korporatsiyasiga tegishli bo‘lgan ONC 1985-yili paydo bo‘lgan va turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan chiqarilgan axborot tizimlarida tatbiq qilishga mo‘ljallangan standartlar to‘plamidir. Bu standartlar, operatsion tizim va kompyuterlarning arxitekturasiga bog‘liq emas. Interfeyslarning barcha spetsifikatsiyalari va tavsiflari nashr qilingan va mutaxassislarning keng doirasiga murojaat etilgan, yaʼni, ONC ochiqdir. Unda dastlabki matnlarning talaygina qismi bepul uzatiladi, qolgan qismi uchun – arzimagan pul to‘lanadi. ONC asosiy profili keng tarqalib, maʼlumotlarga tarqoq ishlov berish uchun de-fakto standart bo‘lib qoldi. " (Ma’lumotlarni) paketli radio uzatish umumiy xizmati|"Uyali aloqa tarmoqlarida ma’lumotlarni uzatish standarti. " Ma’lumotlarni qayta ishlash apparaturasi|"Foydalanuvchi tomonidan «Foydalanuvchi-Tarmoq» interfeysida joylashgan va ma’lumotlar manbaiga va/yoki qabul qiluvchiga xizmat ko‘rsatuvchi qurilma. DTE-qurilmasi ma’lumotlar uzatish tarmog‘iga DCE-qurilmasi (masalan, modem) orqali ulanadi va DCE-qurilmasida generatsiyalanadigan taktli signallardan foydalanadi. DTE qurilmalariga kompyuterlar, marshrutizatorlar va multipleksorlar kiradi. " Ma’lumotlarni qayta ishlash dasturi|"Biror bir ma’lumotni qayta ishlaydigan istalgan dastur " Maʼlumotlarni qayta ishlash ochiq tizimi|"Boshqacha maqsadlardagi va bajarilgan boshqa tizimlar bilan funksional moslikni yaxshilash uchun, birgalikda o‘rnatilgan interfeyslar va protokollarni ichiga oladigan tizim. " Maʼlumotlarni qayta ishlash tizimi|"Dasturiy taʼminot va maʼlumotlar avtomatlashtirilgan tarzda qayta ishlanishini bajaradigan hamda apparat vositalarini ishga soladigan tegishli xodimlar. " Maʼlumotlarni real vaqtda qayta ishlash|"Maʼlumotlarga ishlov berish tezligi, hodisaning modellash tezligi bilan bir xil yuz bergan hol. " (Ma’lumotlarni) saqlash|"Ma’lumotlarni, ularni saqlagandan so‘ng o‘zgarmas holatda ushlab turish, vaqtning istalgan onida keyinchalik hisoblash imkonini ta’minlovchi jarayon. " Ma’lumotlarni sinxronlangan oqimli uzatish|"Ma’lumotlarni vaqt bo‘yicha sinxronlash talablari bilan oqimli uzatish, shu ma’nodaki, oqim tarkibidagi ma’lumotlar ma’lumotlar oqimlarining boshqa turlari bilan majburiy sinxronlash orqali qayta tiklangan bo‘lishi mumkin (masalan, audio va video oqimlari). " Ma’lumotlarni siqish|"Ma’lumotlar hajmini kamaytirish maqsadida uni qayta kodlash protsedurasi. Ma’lumotlarni saqlash va uzatish qurilmalaridan yanada oqilona foydalanish uchun qo‘llaniladi. " Ma’lumotlarni skanlash|"Ma’lumotlar traktlarini skanlaydigan test ketma-ketlik (diagnostik testlashda ma’lumotlar traktlarini tekshirish maqsadida). " Ma’lumotlarni taqdim etish|"Ma’lumotlar bazasining maxsus sxemasi orqali qayd etilgan fizik muhitda ma’lumotlarning joylashishi. Ushbu sxemadan foydalanib, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi ma’lumotlarning fizik joylashuviga ega bo‘lgan kerakli axborotni izlash so‘rovini aniqlaydi. Ma’lumotlar bazasi sxemasini tuzishning turli prinsiplari ma’lumotlarni taqdim etishning har xil (relyatsion, iyerarxik va tarmoq) turlarini keltirib chiqaradi. " Maʼlumotlarni taqdim etish darajasi|"Ochiq tizimlar o‘zaro bog‘liqligining, maʼlumotlar kerakli formatda taqdim etilishi va o‘zgartirilishini, amaliy daraja mantiqiy obyektlari o‘rtasida maʼlumotlar almashinish bo‘yicha xizmatlarni taʼminlaydigan darajasi. " Ma’lumotlarni taqdim etish protokoli|"Taqdimot darajasidagi protokol, unda TCP/IP stekini bir qancha cheklovlarga ega tarmoqlarda qo‘llab-quvvatlash usuli ifodalanadi. " Ma’lumotlarni taqsimlangan holda qayta ishlash|"Amaliy dasturlarning tizim guruhlari tomonidan bajarilish metodikasi. Bunda foydalanuvchi bir nechta o‘zaro bog‘liq abonent tizimlarida joylashgan tarmoq xizmatlari va amaliy jarayonlar bilan ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. " Ma’lumotlarni taqsimlangan qayta ishlash muhiti|"Ma’lumotlarni taqsimlangan qayta ishlash texnologiyasi, abonent tizimlarining guruhlari bo‘yicha bo‘lib-bo‘lib taqsimlangan amaliy jarayonlarni bajarish uchun tarmoq xizmatlarining standart to‘plamini o‘zida aks ettiradi. " Ma’lumotlarni taqsimlangan qayta ishlash milliy platformasi|"«Bulutli» hisoblashlarni amalga oshiradigan axborot tizimlari kompleksi. Milliy platformani yaratishdan maqsad, davlat hokimiyati organlarining IT-ta’minotga qilinadigan sarf-xarajatlarini optimallashtirish va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarini avtomatlashtirish darajasini oshirishdan iborat. " Maʼlumotlarni tezkor analitik qayta ishlash|"Axborotni qayta ishlash texnologiyasi. O‘z ichiga hisobot va hujjatlarni dinamik tuzish va chop etishni oladi. Tahlilchilar tomonidan axborot bazasidagi qiyin so‘rovlarni tez qayta ishlashda foydalaniladi. " Maʼlumotlarni tezkor yetkazish|"Foydalanuvchilar tomonidan axborotni tezkor olish texnologiyasi. Foydalanuvchilar o‘z abonent tizimlariga axborotni ikki texnologiyadan birini ishlatib olishlari mumkin. Maʼlumotlarni ko‘chirib olish texnologiyasi shu bilan tavsiflanadiki, unda foydalanuvchi mustaqil yoki mobil agentlar yordamida kerakli axborotni bazadan qidiradi, uni topib, bazadan oladi. Maʼlumotlarni turtkilab chiqarish texnologiyasining mohiyati shundaki, foydalanuvchilar guruhiga ularning muayyan talabnomalarisiz aniq axborot tarqatiladi. Uni buyurtma bergan va tarqatish manzili egalari ro‘yxatiga kiritilganlar oladi. " Ma’lumotlarni tiklash|"1. Ma’lumotlarni oldindan ma’lum bo‘lgan yoki muayyan bir holatga keltirish. 2. Ma’lumotlarni, ma’lumotlarning himoya nusxasi bo‘lgan tashuvchidan original tashuvchiga, ma’lumotlar yaxlitligi buzilgan holda, ko‘chirish. " Ma’lumotlarni tozalash|"Voris ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlarni, ularning takrorlanishini, mos kelmasligini va kiritishdagi xatolarni aniqlash yo‘li bilan tuzatish. Ma’lumotlarni tozalash jarayonida mumkin bo‘lgan joyda, bir nechta ma’lumotlar bazasidan olingan yozuvlar birlashtiriladi. Tozalash operatsiyasi ma’lumotlar omborini to‘ldirish paytida amalga oshiriladi. " Ma’lumotlarni turlarga bo‘lish|"Ma’lumotlarni, ularning qiymat sohalari va ular ishtirok etadigan operatsiyalar bo‘yicha tasniflash. Ma’lumotlar, ular qayta ishlanadigan tizimlarda o‘zgaruvchilar va konstantalar ko‘rinishida, shuningdek, ifodalar va funksiyalar ko‘rinishidagi ularning birikmasi shaklida taqdim etiladi. Ma’lumotlarni turlarga bo‘lish o‘zgaruvchilar va konstantalar, tegishlicha, ifodalar va funksiyalar kiradigan klassni belgilaydi. Dasturlash tillarida ma’lumotlar turlarini aniqlash, dasturlashda xatolarni kamaytirish va talab qilinadigan xotirani minimallashtirish maqsadida amalga oshiriladi. Ma’lumotlar turlari oddiy va tarkibli (murakkab) bo‘ladi. Oddiy ma’lumotlarga, masalan, butun sonlar, haqiqiy sonlar; tarkibiy ma’lumotlarga massivlar, fayllar kiradi. Ba’zi dasturlash tillarida ma’lumotlar turi foydalanuvchi tomonidan belgilanishi mumkin. " Maʼlumotlarni (to‘g‘rilikka) tekshirish|"Kirish maʼlumotlarining dastur ko‘rsatadigan talablarga (qiymatlar diapazoni, taqdim etish formati) mos kelishini tekshirish uchun, ularni oldindan qayta ishlash. " Ma’lumotlarni uyali aloqa tarmog‘i orqali raqamli paketli uzatish|"Ma’lumotlarni analog uyli telefon aloqa tizimi orqali 19,2 Kbit/s tezlik bilan uzatish imkonini beradigan paketli uzatish. Zamonaviy 3G tizimlari joriy qilina borgan sari, CDPD texnologiyasi asta-sekin iste’moldan chiqib bormoqda. " Ma’lumotlarni uzatishning taqsimlangan o‘tkazuvchi interfeysi|"FDDI protokolining o‘ralgan juftli tarmoq orqali amalga oshirilishi. " Ma’lumotlarni va ularni tashuvchilarni oshkor qilish|"Qonunchilikda ko‘zda tutilgan tartibda oldin kiritilgan, davlat siri hisoblanadigan ma’lumotlarni tarqatishga va ularni tashuvchilardan foydalana olishga bo‘lgan cheklovlarni olib tashlash. " Ma’lumotlarni vizuallashtirish|"Eksperimental yoki boshqa ma’lumotlarni grafik taqdim etish usullarining majmui, foydalanuvchiga ular ichidan ahamiyatli ma’lumotni tezda ajratish imkonini beradi. " Ma’lumotlarni xavfsiz uzatish protokoli|"Amaliy darajada trafikni oxirgi shifrlash uchun foydalaniladigan protokol. " Ma’lumotlarni yuklash|"Ma’lumotlarni, ular tozalangandan keyin boshlang‘ich ma’lumotlar bazasidan ma’lumotlar bazasining yangi segmentiga (yoki boshqa xotira qurilmasiga) ko‘chirish. " Maʼlumotlarni zichlash samarasizligi|"O‘tkazish qobiliyatining, maʼlumotlar guruhli oqimini marshrutlash va aloqa uzellaridagi turli abonentlar maʼlumotlarini ajratish uchun zarur bo‘lgan xizmatga oid axborot bilan to‘ldirishga bog‘liq holda yo‘qolishi. " Ma’lumotlarni o‘rganish|"Ma’lumotlar omborlarini tahlil qilish texnologiyasi. Sun’iy intellekt usullariga va qarorlar qabul qilishni ta’minlash vositalariga asoslanadi. Jumladan, bunga ma’lumotlar o‘rtasida assotsiativ aloqadorlikni, ularning o‘zgarish trendlarini topish, ma’lumotlar turlarini aniqlash kiradi. " Ma’lumotlarni o‘zgartirish|"Boshlang‘ich ma’lumotlarni, ma’lumotlar ombori uchun belgilangan formatga o‘tkazish. " Ma’lumotlarni shifrlash|"Ma’lumotlarni, ularning yashirin uzatilishini ta’minlaydigan maxsus algoritmlardan foydalanib, qayta ishlash usuli. Axborotning o‘zgartirilishi kodlash birlik-lari, odatda, mazmunli so‘z yoki jumlalar bo‘lgan kriptografik usullardan farqli o‘laroq, bitlar yoki ularning ketma-ketligi darajasida amalga oshiriladi. " Ma’lumotlarni shifrlash algoritmi|"Axborotni taqdim etishning dastlabki shakli (ochiq matn)ni, qayta o‘zgartirish siriga ega ko‘rinishga (shifrlangan matn) aylantirish bo‘yicha, muhim o‘zgaruvchi (shifrlash kaliti)ga bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarning mazmuni va izchilligini belgilaydigan matematik qoidalar to‘plami. " Ma’lumotlarni shifrlash standarti|"Shifrlash va deshifrlashda keng qo‘llaniladigan yuqori darajadagi ishonchlilikka ega bo‘lgan algoritm. U.S.National Bureau of Standarts tomonidan ishlab chiqilgan. Ayni vaqtda Tripple DES uch karra uzunlikda shifrlash versiyasi ishlab chiqilgan. " Ma’lumotlarni chiqarib tashlash|"Belgilangan mezonlarga muvofiq, ma’lumotlar bazalaridan ma’lumotlarni avtomatik tarzda yoki qo‘lda chiqarib tashlash. " Ma’lumotlarni chiqarish|"Axborotni qayta ishlash tizimi yoki uning biror bir qismi yordamida ma’lumotlarni bu tizimdan yoki qismdan uzatish jarayoni. " Ma’lumotlarning analog shakli|"Ma’lumotlarni elektr kuchlanish yoki elektr toki kabi maʼlum diapazonda to‘xtovsiz o‘zgaruvchi fizik kattaliklar shaklida taqdim etish, saqlash va uzatish uslubi. " Ma’lumotlarning buzilishi|"Ma’lumotlar yaxlitligining tasodifan yoki qasddan buzilishi. " Ma’lumotlarning ishonchliligini tekshirish|"Ma’lumotlarning aniqligini, ularning to‘liqligini yoki berilgan mezonllarga mosligini aniqlash uchun qo‘llaniladigan jarayon. Izoh – Ma’lumotlarning ishonchliligini tekshirish ularning formatlarini va to‘liqligini tekshirish, kalitning nazorat testlari, to‘g‘riligini va cheklashlarni tekshirishdan iborat. " Maʼlumotlarning protokol bloki|"Paket yoki kadr turidagi vaqtinchalik blok, maʼlumotlar blokining yuqori pog‘ona protokollaridan quyi pog‘ona protokollari tomon harakatlanishda davriy o‘zgarishning uchinchi (oxirgi) fazasi. Maʼlumotlarning servis blokidan (ikkinchi faza) hamda PCI protokolining boshqaruvchi axboroti bo‘lgan sarlavhadan iborat. Quyi pog‘onasidagi ICI interfeysining boshqaruvchi axboroti qo‘shilishi natijasida, quyi pog‘ona bilan chegaralangan maʼlumotlarning interfeysli blokiga (quyi pog‘onasining birinchi fazasi) aylanadi. " Ma’lumotlarning mustaqilligi|"Ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimida – ma’lumotlarning, ular bilan ishlaydigan dasturlardan ajratilishi. Ma’lumotlardan foydalana olishlik darajasini oshiradi. Mantiqiy, fizik va fazoviy ma’lumotlar mustaqilligi farqlanadi. " Ma’lumotlarning sifati|"Ma’lumotlarning muayyan vazifalarni bajarish uchun yaroqliligini ta’minlovchi xossalari majmui. Aniqlik, to‘liqlik, adekvatlik, ziddiyatsizlik, muhofaza qilinganlik ma’lumotlarning sifat ko‘rsatgichlari hisoblanadi. " Ma’lumotlarning vizit bazasi|"Abonentlarning joylashgan o‘rni to‘g‘risidagi axborotning, ularning ko‘chib yurishini kuzatish imkonini beradigan qismi saqlanadigan ma’lumotlar bazasi. " Ma’lumotlarning xavfsizligi|"1. Ma’lumotlarga nisbatan qo‘llaniladigan kompyuter xavfsizligi. 2. Ma’lumotlarning, ma’lumotlar o‘zgartirilishiga, fosh bo‘lishi yoki buzilishiga olib keluvchi, ruxsat etilmagan ta’sirlardan (tasodifiy yoki qasddan) muhofaza qilinganligi. 3. Tizimning, qayta ishlanadigan va saqlanadigan axborotdan ruxsat etilmagan tarzda foydalanish yo‘lidagi urinishlarga qarshi tura olish xususiyati. " Ma’lumotlarning yaxlitligi|"1. Amalga oshiriladigan o‘zgartirishlardan qat’i nazar, ma’lumotlarning aniqlikni va zid kelmaslikni saqlash qobiliyati. 2. Ma’lumotlarni ruxsat etilmagan usulda o‘zgartirib, o‘rnini almashtirib yoki yo‘q qilish mumkin bo‘lmasligini kafolatlaydigan xususiyat. Izoh – Ma’lumotlarning yaxlitligi tizimning buzilishlarga chidamliligini va avtomatik tiklanishini ichiga oladi. " Ma’lumotlarning yaxshi saqlanganligi|"Axborot tizimining, o‘z hayotiy sikli mobaynida, ma’lumotlarning buzilmagan holda saqlanishini va ularning tasodifiy ravishda yo‘q qilinmasligini ta’minlash xususiyati. " Ma’lumotlarning o‘zgaruvchan oqimi|"ATM tarmoqlaridagi bu servis ikki turining umumiy nomlanishi. Bu rejimda o‘tkazish kengligiga bir necha kafolatlar beriladi: odatda minimal yoki o‘rtacha o‘tkazish polosasi kafolatlanadi. Real (rtVBR) va noreal vaqtdagi uzatishlar (nrtVBR) farqlanadi. " Ma’lumotlarning n-simvoli|"n-sanoq pozitsiyasi tizimida taqdim etilgan ma’lumotlarning simvollaridan biri. " Ma’lumotnoma|"1. Ma’lumotlar elementlari va ularning kompyuter xotirasida joylashishi o‘rtasidagi muvofiqlikni belgilaydigan havolalar to‘plami. 2. Oddiy kartochkalarni to‘ldirishda qo‘llaniladigan axborotni qayd etish uchun xizmat qiladigan maxsus kartochka. Odatda, tizimda ma’lumotlarning ma’lum turidagi yagona kartochkasi saqlanadi. " Ma’lumotnomalar va tasniflagichlar registri|"Elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishda va boshqa vazifalarni bajarishda davlat organlari axborot tizimlarining idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik vazifalarini hal qilish uchun, yagona talablar asosida dolzarb ma’lumotnomalar va tasniflagichlarni shakllantirish, saqlash, aktuallashtirish hamda taqdim etishni ta’minlaydigan davlat axborot tizimi. " Ma’muriy axborot tizimi|"Korxonalar, tashkilotlarning rahbarlari va ma’muriy xodimlar uchun mo‘ljallangan avtomatlashtirilgan axborot tizimi. " Maʼmuriy boshqaruv domeni|"X.400 xabarlarni boshqarish tizimida xizmatlar taqdim etadigan yuridik shaxs (Masalan, AQSHda MClmail va ATTmail, Buyuk Britaniyada British Telecom Gold400mail). " Ma’muriy domen|"Bitta tashkilot tomonidan boshqariladigan serverlar, marshrutizatorlar va tarmoqlar guruhi. " Ma’muriy funksiya|"Ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajariladigan davlat funksiyasi. " Maʼmuriy muhofaza choralari|"Xavfsizlik siyosatini ishlab chiqish va uni yurgizish choralari. U muhofaza to‘g‘risidagi hujjatlar talablariga ko‘ra faoliyat doiralarida (masalan, xavfsizlik siyosati va uni yurgizish bo‘yicha hujjatlar yuritish, obyekt joylashish joyini tanlash, nazorat qilinadigan (tekshiriladigan) zonani tashkil qilish, turli tashuvchilardagi muhofaza qilish lozim bo‘lgan maʼlumotlarga ega hujjatlarni qayd qilish, saqlash va aylanish qoidalarini bajarish va h.k. " Ma’muriy hisobga olish|"Davlat tomonidan hisobga olish turi, uning ma’lumotlarining o‘zgarishi jismoniy yoki yuridik shaxs huquqlari yoki majburiyatlarining yuzaga kelishiga, o‘zgarishiga yoki tugatilishiga olib keladi yoxud jismoniy yoki yuridik shaxs huquqlari yoki majburiyatlari yuzaga kelishining, o‘zgarishining yoki tugatilishining oqibati hisoblanadi. " Ma’muriy protsedura|"Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan funksiyalari hamda vazifalarini bajarishlari uchun amalga oshiriladigan jarayonlar majmui. " Ma’muriy reglament|"Davlat funksiyasini bajarish chog‘ida, ijro etuvchi hokimiyat va/yoki mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organining ma’muriy protseduralari va harakatlarining izchilligini va muddatlarini, uning tuzilmaviy bo‘linmalari bilan mansabdor shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik tartibini, shuningdek, ijro etuvchi hokimiyat va/yoki mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organining jismoniy yoki yuridik shaxslar bilan, davlat hokimiyat va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishning boshqa organlari, tashkilotlar va muassasalar bilan o‘zaro hamkorligini belgilaydigan normativ-huquqiy hujjat. " Ma’muriy xabarlar|"Serverga yoki resurslardan foydalanishga taalluqli bo‘lgan xabarlar. Ular foydalanuvchilarni xavfsizlik va foydalanishni boshqarish tizimida, foydalanuvchilar seanslarida, ta’minotni boshqarish tizimida yuz berayotgan voqealar to‘g‘risida, katalogni replikatsiya qilish va bosishda xabardor qiladi. Kompyuter xabarni qabul qilganda, kompyuterlar va foydalanuvchilarning oldindan belgilangan ro‘yxati bo‘yicha bu xabar jo‘natiladi. " Ma’muriy xavfsizlik|"Kompyuter xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan ma’muriy chora-tadbirlar. Operatsion protseduralar va hisob berish protseduralari, xavfsizlik buzilishlarini tekshirish hamda audit jurnallarini tahlil qilish protseduralari shunday chora-tadbirlar hisoblanadi. " MBBT-ilova|"Foydalanuvchining ma’lumotlar bazasi ma’lumotlaridan foydalana olishini ta’minlaydigan dastur. Ma’lumotlarni kiritish, so‘rovlar va hisobotlar shaklida amalga oshiriladi. " «M» belgili qop|"Bir jo‘natuvchi tomonidan bitta adresatga yuboriladigan bosma nashrlar (davriy nashrlar, kitoblar va sh.k.) solingan xalqaro pochta jo‘natmasi turi (maxsus qop). " Media|"1. Ommaviy axborot vositalari (OAB). Maʼlum axborotni ko‘p abonentlarga uzatish vositasi. 2. Informatikada «media» so‘zi turli moddalarni – qog‘oz, optik disk, magnit disk, magnit tasmalarni bildiradi. " Mediaprotsessor|"Oqimli video va/yoki audio axborotni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan, bir kristalli multiprotsessor. " Mediashlyuz kontrolleri|"Mediashlyuzdagi media kanallar uchun ulanishni boshqarishga taalluqli bo‘lgan faqat chaqiruv holatining qismlarini nazorat qiladi. " Megabayt (Mbyte)|"Xotira hajmini yoki ma’lumotlar miqdorining o‘lchov birligi. 220 = 1048576 byte ga teng. " Megapiksel|"Tasvirni shakllantiradigan bir million piksellar. Raqamli foto- va videokameralarning eng muhim xarakteristikalaridan biri, yaʼni matritsaning ajrata olish qobiliyati, megapikselda o‘lchanadi. Shuningdek, yaratilgan yoki skanlangan tasvirning kattaligini ham maʼlum tasvirning kattaligi bilan solishtirish uchun megapikselda o‘lchanadi. " Megauya|"Uyali aloqa tarmog‘idagi, harakat radiusi (100−500) km bo‘lgan qoplash zonasi. " Mehmonlar kitobi|"Saytga tashrif buyuruvchilar bilan teskari aloqa vositasi. Sahifa mazmuni to‘g‘risida o‘z fikringizni yozib jo‘natish mumkin bo‘lgan forma. Foydalanuvchi mehmonlar kitobida formani to‘ldirgandan keyin uning fikri saytda chop etiladi. " «Men seni izlayman»|"Internetda sherik izlash va ular bilan real vaqtda xat orqali muloqot qilish imkonini beradigan interaktiv muloqot tizimi. Hozirgi vaqtda America Online korporatsiyasiga tegishli bo‘lgan Mirabilis kompaniyasining mahsuloti. " Menejer|"Obyektni boshqarish vazifalarini bajaruvchi inson, qurilma yoki dastur. Boshqaruv obyekti tarmoq, katta tarmoqning qismi, tizim, maʼlumotlar banki va h.k. bo‘lishi mumkin. " Menejment|"1. Kerakli natijalarga erishish maqsadida insonlar va obyektlarga taʼsir o‘tkazish. Avtomatika, informatika, texnologik jarayonlarda boshqaruv obyektlarga, ularning faoliyatini taʼminlash uchun maqsadli taʼsir ko‘rsatishni taʼminlaydi. U asosan qurilmalar va amaliy dasturlar majmui tomonidan amalga oshiriladi. Shu bilan birga, boshqaruvda xodimlar ham ishtirok etishi mumkin. Jamiyatlarning axborot faoliyatini boshqarishning usullari va vositalari axborot menejmenti deyiladi. 2. Maqsadga qaratilgan jami harakatlar. Bunga ahvol va boshqaruv obyektining holatini baholash, boshqaruv taʼsirlarini tanlash va amalga oshirish ham kiradi. " Menyu|"Dastur ekranga chiqaradigan komandalar yoki javoblar ro‘yxati. Menyuda tanlash «sichqoncha» kursori bilan, unda belgilangan harfni klaviaturadan bosib yoki kursorni harakatlantirish yordamida amalga oshiriladi. Menyular ekranga kiritilgan bo‘lishi mumkin va tashkil qilish usuli bo‘yicha hamda ekranda ko‘rinishi bo‘yicha farqlanadi. " Menyu komandasi|"Dastur bilan ishlaganda uning menyusidagi biror bir punktni chaqirish uchun ishlatiladigan tezkor klavishlar birikmasi bo‘lib, qulaylik uchun yaratilgan. Masalan, ochish ‒ Ctrl+O, saqlash – Ctrl+S va hokazo. " Menyu qatori|"Oynaning yuqori qismida joylashgan, aktiv dasturda foydalanish mumkin bo‘lgan, tanlash elementlari (menyu punktlari) dan iborat bo‘lgan, gorizontal yo‘lak. " Menyu tarkibiy qismi|"Menyu punktidagi dastur bilan ishlash uchun kira olish mumkin bo‘lgan komandalar. Masalan, «fayl» menyusida ochish, saqlash, yopish va h.k. qismlar bor. " Menyu tugmasi|"Bosh menyudagi tugma, dastur oynasi bilan ishlanganda asosiy amalni bajaradi. " Merkl «daraxti»|"Bir martali signaturalar va xesh-funksiyaga asoslanadigan raqamli imzo sxemasi. Bir martali imzolar sxemasidagi kamchiliklarni bartaraf qilish uchun qo‘llaniladi. Har bir yangi xabar uchun kalit juftini generatsiyalashdan voz kechish imkonini beradi. " Merkl sharadasi|"Kalitlarni taqsimlash algoritmi. Shifrlash uchun foydalaniladigan maxfiy kalitni, sharadalarning katta to‘plamida uni yashirgan holda, uzatishda qo‘llaniladi. " Metabilim|"O‘zining bilimlar bazasida saqlanadigan bilimlar to‘g‘risida yoki bazada saqlanadigan bilimlar orqali bajarilishi mumkin bo‘lgan protseduralar to‘g‘risidagi intellektual tizimni bilish. Metabilimlarni kiritish rekursiv jarayondir. Metabilim tabiiy tildagi matnlarda: «Men Ivanov suzolmasligini bilaman» yoki «Sidorov Petrov algebrani bilmaydi deb taxmin qilgan» kabi iboralar bilan kiritiladi. " Metafayl|"Grafik elementlar tegishli parametrlarga ega grafik komandalar ko‘rinishida tavsiflanadigan yozuvlarni ichiga olgan oddiy fayl. Metafayl ikkilik kodda taqdim etiladi. " Metaizlash|"Bir vaqtning o‘zida bir necha izlash tizimidan foydalangan holda Internetda izlash. " Metaizlash mexanizmi|"Boshqa izlash tizimlariga so‘rov berib, ularning barchasidan olingan natijalarni umumlashti-ruvchi izlash tizimi. Aslida, foydalanuvchi izlashni maqbullashtirish uchun bitta izlash tizimi-dan foydalanish bilan cheklanib qolmasdan ko‘p izlash tizimlaridan foydalanadi. Metaizlash tizimlari misoli sifatida Dogpile, CurryGuide, Excite, Fazzle larni ko‘rsatish mumkin. " Metakompyuting|"Kompyuter tarmoqlaridan milliy va jahon miqyosidagi taqsimlangan hisoblash tizimini yaratish uchun foydalanish. Metakompyuting maqsadi hududiy taqsimlangan va Internetga ulangan yuqori quvvatli kompyuter va chekka qurilmalarini xohlagan shaxsiy kompyuter yoki ishchi stansiyasidan foydalanish mumkin bo‘lgan, foydalanuvchi va dasturlashtiruvchilar uchun yagona hisoblash muhiti bo‘lgan o‘ta kuchli kompyuter yoki metakompyuterga aylantirish imkonini beruvchi dasturiy taʼminotni yaratishdir. Bunda foydalanuvchi bitta, biroq stolida turgan mashinadan anchagina katta mashina bilan ishlash tasavvuriga ega bo‘ladi. " Metama’lumotlar|"Boshqa ma’lumotlarni aniqlaydigan va tavsiflaydigan ma’lumotlar. " Metasimvollar|"Fayllar nomlarining maskalarini yaratish uchun foydalaniladigan * va ? simvollari. «?» simvoli har qanday yakka simvolga to‘g‘ri keladi, «*» simvoli esa, nolga yoki simvollarning katta soniga to‘g‘ri keladi. " Metatarmoq|"O‘zaro aloqada bo‘lgan hududiy tarmoqlardan iborat bo‘lgan global tarmoq. " Metatarmoq|"O‘zaro aloqada bo‘lgan hududiy tarmoqlardan iborat bo‘lgan global tarmoq. " Metatil|"Dasturlash tillarini tavsiflash tili. " Meteor aloqasi|"Signalning meteoritlarning ionlashgan izlaridan qaytishiga asoslangan maʼlumotlarni uzatish texnologiyasi. Ushbu kanaldan foydalanishning iqtisodiy manfaatlardan kelib chiqqan holda (bepul «yo‘ldosh»), maʼlumotlarni uzatishning kerakli sifatini taʼminlash uchun maxsus choralar ko‘rilmoqda. Birinchidan, meteor kanallaridan diskret signallar uzatiladi. Ikkinchidan, kodlaganda xatolarni to‘g‘rilovchi maxsus kodlar ishlatiladi. Meteor aloqasi uzoqligi 1000 kmgacha yetib boradi. Meteor aloqasi katta mablag‘ talab qilmasdan, yo‘ldosh tarmog‘idan uch baravar arzondir. " Metrli toʻlqinlar|"To‘lqin uzunligi 1 m dan 10 m (chastotasi 30 MHz dan 300 MHz) gacha bo‘lgan radioto‘lqinlar. " «Mexanik» rouming|"Rouming davrida abonent (roumer) xizmat ko‘rsatuvchi operatordan boshqa abonent raqamini oladigan va o‘zining uyali raqami bo‘yicha mahalliy operatorga taalluqli kiruvchi chaqiruvlarni qabul qilish imkoniga ega bo‘lmaydigan rouming xizmati. " Meynfreym|"Ma’lumotlar juda katta tezlikda qayta ishlanishini ta’minlaydigan, juda katta hajmdagi xotiraga ega bo‘lgan, katta o‘lchamdagi hisoblash mashinalari. Juda yirik tijorat va ilmiy ilovalar uchun foydalaniladi. " Meʼyorlik|"Obyektni uning normativ-texnik hujjatlariga mos kelishi. Obyekt sifatida tizim, stansiya, dastur, funksional blok bo‘lishi mumkin. U qurilma shaklida yaratilgan bo‘lishi yoki, dasturlar majmui shaklida taqdim etilishi mumkin. " Mijoz|"1. dastur yoki kompyuterdan xizmatlar, resurslar, ma’lumotlar yoki qayta ishlashni so‘raydigan foydalanuvchi, kompyuter yoki boshqa dastur. 2. Server deb ataladigan boshqa bir dasturning muayyan xizmatlaridan foydalanadigan dastur. 3. Mijoz-dastur bajariladigan kompyuter. 4. Muayyan vazifalarni bajarish uchun serverlar deb ataladigan boshqa tizimlarga (yoki dasturlarga) so‘rov yuboradigan tizim (yoki dastur). Izoh – Serverlar va mijozlar maxsus protokollar orqali birgalikda ishlaydi va turli toifadagi kompyuterlarni ifodalaydigan tarmoqning turli uzellarida ishlashlari mumkin. " Mijoz dasturiy ta’minoti|"Oxirgi foydalanuvchiga tarmoq ilovasi bilan ishlash imkonini beradigan dasturiy ta’minot. " Mijoz ilova|"Kompyuterga o‘rnatilgan, lekin uzoqdagi server bilan ishlash imkoniyati bo‘lgan dastur. " Mijoz qurilmasi|"Simsiz tarmoq dasturini qo‘llash imkonini beradigan foydalanuvchi interfeysiga ega bo‘lgan apparat ta’minoti. Izoh − Mijoz qurilmasi – kompyuter qurilmasining boshqa bir nomidir. " Mijoz-server|"1. Xizmatlarni tavsiflashning umumiy usuli va bu xizmatlar uchun foydalanuvchi jarayonlarining (dasturlarining) modeli. Izoh – Vazifani bajarish ikki qismga ajratiladi oxirgi foydalanuvchi rasmiy talablarining tizim (mijoz qismi) tomonidan so‘ralishi va server qismning (resurslar omborining) ularga javobi. 2. Mijozlar, serverlar va umuman, tarmoq yig‘indisi. " Mijoz-server arxitekturasi|"Ma’lumotlarning katta qismi serverda saqlanib, qayta ishlanayotgan paytdagi dasturiy mahsulotlarni realizatsiya qilish usuli. Mijoz kompyuterlari sifatida kam quvvatli mashinalar qo‘llanilayotganda yoki ma’lumotlarni markazlashtirilgan tarzda saqlash (har bir xodim foydalana olishi uchun) zarur bo‘lganda qo‘llaniladi. " «Mijoz-server» arxitekturasining ma’lumotlar bazasi|"Saqlash va olib borish funksiyalari, baza bir kompyuterda (serverda) saqlanishi, foydalanuvchi esa, boshqa bir mashinaga (mijozga) egaligi sababli, jismonan ajratilgan ma’lumotlar bazasi. Ma’lumotlar bazasi va foydalanuvchi aloqa kanallari bilan bog‘langan. " Mijoz-server munosabati|"Mijozning daraja tarmog‘ida ma’lumotlarni uzatish kanalini serverning daraja tarmog‘i trakti yordamida ushlab turishga imkon beruvchi «adaptatsiya» funksiyasi yordamida amalga oshriladigan daraja tarmoqlari o‘rtasidagi aloqa. " Mijoz terminal|"Hisoblash resurslari cheklangan tarmoq kompyuteri. " Mijoz tomonidagi dastur|"Internetda serverda bajarilmay, mijoz kompyuterida bajariluvchi dastur. " Mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni boshqarish|"Axborot texnologiyalaridan foydalanish asosida mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni boshqarish. Izoh – Mijozlar bilan o‘zaro hamkorlikning barcha faktlari to‘g‘risidagi axborotning yagona ombori mavjudligini, tashkilot faoliyatining samaradorligini oshirishga va buyurtmachilarni saqlab qolish dasturlarini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan qarorlarni tayyorlash maqsadida, to‘plangan axborotni doimo tahlil qilib borilishini o‘z ichiga oladi. " Mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni boshqarish tizimi|"Buyurtmachilar (mijozlar) bilan hamkorlik strategiyalarini avtomatlashtirish, xususan, sotuvlar darajasini oshirish, mijozlar to‘g‘risidagi axborotni, ular bilan o‘zaro munosabatlar tarixini saqlash yo‘li bilan, marketingni optimallash va mijozlarga xizmat ko‘rsatilishini yaxshilash, biznes-jarayonlarni aniqlash va ularni yaxshilash hamda keyinchalik natijalarni tahlil qilish uchun mo‘ljallangan, tashkilotlar uchun amaliy dasturiy ta’minot. " Mikrodastur|"Maxsus xotirada saqlanadigan, bajarilishi komandalar registriga kiritilgan ishga tushirish komandasi orqali bo‘ladigan, elementar komandalar ketma-ketligi. " Mikrodasturiy boshqarish bloki|"Tegishli qurilmalarni boshqarish uchun mikrodastur yozilgan mikrosxema. " Mikrodasturlash|"Komandalarni bajarishda protsessor elementar qadamlarining tavsifi. Mikrodasturlash asosi mikrodasturdir. Protsessor boshqaruvining deyarli barcha bloklari mikrodasturlashtiriladi. Bu protsessorlarni loyihalash osonligini taʼminlaydi va xotira tarkibini oddiy o‘zgartirish orqali boshqaruv vazifalarini o‘zgartirish imkonini beradi. " Mikroelektronika|"Elektronikaning XX asrning 60-yillarida paydo bo‘lgan va mayda shakldagi elektron qurilmalarni yaratish muammosini o‘rganuvchi sohasi. Mikroelektronikada elektr, konstruktiv va texnologik maʼnoda bog‘liq bo‘lgan yarimo‘tkazgichlar xususiyatlaridan foydalaniladi. Ushbu jarayonda tarkibiy qismlar bir butunga birlashtirilib, integral sxemani tashkil qiladi. " Mikrofon|"Tovushni elektr signaliga aylantirilishini taʼminlovchi qurilma. Mikrofon tovushni tizim va axborot tarmog‘iga kiritish uchun mo‘ljallangan. Tovush tebranishlari uzluksiz shaklga ega bo‘lgani tufayli mikrofonning analog signali analog-raqamli o‘girilishda qatnashadi. Ish prinsipi bo‘yicha ko‘mir, elektrodinamik, elektrostatik va pyezoelektrik mikrofonlar farqlanadi. Mikrofonlar asta-sekin klaviatura o‘rnini bosyapti. Bunga nutqni tushunish muvaffaqiyatlari tufayli erishiladi. Birinchi navbatda, bu ishlab chiqarishni boshqarish va taʼminlash sohalarida ro‘y bermoqda. " Mikrointerval|"Matnni to‘g‘rilash uchun, simvollar orasidagi masofaga qo‘shiladigan, o‘zgaruvchan uzunlikdagi interval. " Mikrokalkulyator|"O‘ta ixcham mikrokompyuter. Nisbatan oddiy muhandislik, iqtisodiy va boshqa hisoblashlar uchun mo‘ljallangan. Dasturlashtiriladigan kalkulyatorlar keng tarqalgan. Murakkab bo‘lmagan dasturni kiritish orqali mutaxassis bunday mikrokalkulyatorda tenglamalarni yechishi, formulalar bo‘yicha hisoblashlar qilishi mumkin. " Mikrokomanda|"Mikrokod komandalari to‘plamidan iborat komanda. Mikrokomandalar o‘ta tez xotirada joylashtiriladi va registrlarning alohida razryadlari va protsessorning boshqa qurilmalari darajasida ishlaydi. " Mikrokompyuter|"Mikroprotsessor asosidagi kompyuter. " Mikrokontroller|"Texnologik jarayonlarni, periferik, kommunikatsion qurilmalarni boshqarish tizimlari uchun maxsus ishlab chiqilgan, bir kristalli mikroprotsessor. " Mikro (mikroskopik) yoyish|"To‘lqin uzunligiga teng yoki undan kichik kattalikdagi chastotaviy, vaqt bo‘yicha yoki fazoviy tarqoqlikdan foydalanishga asoslangan yoyish usuli. Izoh − Mikroyoyishdan keladigan yutuq signallarni qayta ishlash usullari (avtotanlov bilan qabul qilish, signal/ shovqin nisbatini maksimumga ko‘ra joylashtirish, RAKE qabul qilgichlarni qo‘llash)ga bog‘liq bo‘ladi. " Mikropolosali antennalar|"Mikropolosali uzatish liniyalarining boʻlaklari asosida tuzilgan antennalar. " Mikroprotsessor|"Ma’lumotlar qayta ishlanishini va bu jarayon boshqarilishini amalga oshiradigan, bitta yoki bir nechta katta integral sxema asosida qilingan qurilma. Mikrokompyuterli tizimlarning asosiy komponentlaridan biri. " Mikroprotsessor yadrosi|"Mikroprotsessorning boshqarish bloki bo‘lmagan qismi. " Mikrosayt|"Minisayt deb ham nomlanadigan mikrosayt – bu veb-saytning bosh sahifadan tashqari alohida URLra ega bo‘lgan va axborotni taqdim etish va/yoki bosh sahifaga bog‘liq bo‘lgan nimanidir reklama qilish uchun foydalaniladigan alohida sahifasi. Masalan, muzey veb-sayti u yerda o‘tkazilayotgan maxsus ko‘rgazma to‘g‘risida axborotdan iborat mikrosaytga murojaatga ega bo‘lishi mumkin, yoki kompyuter ishlab chiqaruvchisi foydalanuvchiga yangi mahsulot to‘g‘risida axborot berish uchun mikrosayt yaratishi mumkin. Mikrosaytlar odatda reklama kampaniyasi tugagach yoki axborot ahamiyatsiz bo‘lib qolganda veb-serverlaridan olinadigan vaqtinchalik veb-saytlardir. " Mikrosxema|"Elementlari konstruktiv va texnologik ravishda birlashtirilgan mayda elektron qurilma. " Mikrouya|"Odatda, 100 m dan 1000 m gacha bo‘lgan kichik radiusli ta’sir doirasiga ega uyali aloqa tarmog‘ining xizmat ko‘rsatish sohasi, kanallarning yuqori o‘tkazuvchanlik qobiliyati bilan tavsiflanadi. " Mikrouyali radiotarmoq|"Kichik o‘lchamdagi uyali aloqa. " Mikrouyali tizim|"Mikrouyali topologiyaga ega tizim bo‘lib, odatda, 10000 Erl/km2 gacha bo‘lgan yuqori zichlikdagi trafikli hududlarda ishga tushiriladi. " Mikrouyali tuzilmaga ega tarmoq|"Cheklangan hududda joylashgan ko‘p sonli tayanch stansiyalarga ega tarmoq. " Mikroyadro|"Operatsion tizimni ishlab chiqish prinsipi. Modullarning maksimal mumkin bo‘lgan sonini tizimlidan foydalanuvchi «fazosiga» o‘tkazish, ya’ni operatsion tizim shunday ishlab chiqiladiki, uning ko‘pchilik modullari foydalanuvchi rejimida bajariladi, yadro o‘lchami esa ixchamlashtiriladi. " Mikroyadro bazasidagi operatsion tizim|"Yuqori darajadagi operatsion tizimlarning funksiyalarini foydalanish rejimidagi maxsus komponentlar – operatsion tizim-serverlarlar bajarayotgan vaqtda, apparaturani boshqarish bo‘yicha faqat minimum funksiyalarni bajaradigan operatsion tizim. " Mikrochip|"Qar.: Integral mikrosxema. " Miksher|"Dasturiy signallarni mikshirlash uchun mo‘ljallangan uskuna. Misol – Tovushli miksher, videomiksher. " Mikshirlash pulti|"Dastur signallarini mikshirlash uchun zarur bo‘lgan barcha boshqaruv va nazorat organlari jamlangan pult. " Millimetrli toʻlqinlar|"Toʻlqin uzunliklari 0,01 m dan 0,001 m gacha, chastotalar diapazoni esa 30 GHz dan 300 GHz gacha boʻlgan toʻlqinlar. " Milliy aloqa tarmog‘i|"Muayyan mamlakatning, ushbu mamlakat ichidagi abonentlar o‘rtasida aloqani va xalqaro tarmoqqa chiqishni taʼminlovchi aloqa tarmog‘i. " Milliy operator xizmatchilarining ko‘krak nishoni|"Xodimlarning milliy operatorga taalluqliligini ko‘rsatuvchi formali kiyim-boshdagi rasmiy belgi. " Milliy operator xodimlarining formali kiyim-boshi|"Xizmat vazifalarini bajarishda milliy operator xodimlarining kiyib yurishlari uchun mo‘ljallangan, belgilangan namunadagi kiyim-bosh komplekti to‘plami. " Milliy yo‘ldosh|"Bir mamlakat doirasida aloqa yoki teleradioeshittirish xizmatlarini ko‘rsatuvchi yo‘ldosh. " Miltillash|"Biror hodisaga diqqatni tortish usuli. Xabar sarlavhasi muhim vaziyatlarda o‘zining ran-gini o‘zgartiradi (miltillaydi). " Miltillashning kritik chastotasi|"Bir sekundda ikki turli xil qo‘zg‘atgich (qo‘zg‘atgichlar chastotasi yoki davriy o‘zgaruvchi qo‘zg‘atgich chastotasi) navbatlashuvining minimal soni. " Mini blok|"Pochta markalarining to‘plami bosilgan yoki aynan bir pochta markasi takrorlanadigan pochta markalari varag‘i. " Miniatyura|"Grafik obyekt, shuningdek, vyorstkalanadigan hujjatning kichraytirilgan va soddalashtirilgan nusxasi (odatda alohida kichik oynada). " Minikompyuter|"Maʼlumotlarni qayta ishlash imkoniyatlari cheklangan kompyuter. Minikompyuterlar 1960-yillarning oxirida paydo bo‘lgan. Asosiy kompyuterga qaraganda minikompyuter uzunligi kamroq bo‘lgan so‘zlar bilan ishlaydi, cheklangan tezkor xotira va nisbatan katta bo‘lmagan tezlikka ega. Shuning uchun minikompyuterlar asosiy kompyuterga qaraganda oddiyroq vazifalarni bajarish uchun qo‘llaniladi. Biroq, asosiy kompyuter bilan solishtirganda minikompyuter kichikroq hajmga ega, hamda foydalanilishi osonroq. «Minikompyuter» atamasi shaxsiy kompyuterlar yaratilishidan oldin paydo bo‘lgan. " Minimal mumkin bo‘lgan javob vaqti|"Tizim ortib ketishi fojiali oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan axborotni datchiklardan, foydalanuvchidan yoki tarmoqdan olib qayta ishlashi davomidagi interval. " Minimal oraliqli kod|"Ortiqcha kod, unda yo‘l qo‘yiladigan bir qiymatdan keyingisiga o‘tish kodli kombinatsiyadagi minimal o‘zgarish bilan boradi. Uzatiladigan ma’lumotlarda faqat yakka xatolarni aniqlash imkonini beradi. " Minimal ortiqchalikka ega kod|"Qoidaga ko‘ra, bunda Xaffman protsedurasi bo‘yicha tuzilgan kod tushuniladi. Umumiy holda kodli so‘zning o‘rtacha uzunligi nuqtai nazaridan qaraganda «optimal» kod, kodlashni amalga oshirishning murakkabligi ko‘rib chiqilmaydi. " Minimumga keltirish|"Foydalanuvchining grafik interfeysida ‒ dasturni to‘xtatmasdan, uni piktogramma oynasiga aylantiruvchi opsiya. Izoh ‒ Windowsning oxirgi versiyalarida bu oynaning nomi vazifalar panelida oynaning pastida paydo bo‘ladi. Bu nomni bosish vazifani qayta aktivlashtiradi. " Miniplata|"Kompyuter imkoniyatlarini kengaytiradigan mayda xotira qurilmasi. Miniplatalar turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilib qattiq disk yoki flesh-xotira qurilmalari vazifalarini bajaradi. " Minislot|"TDMA kadridagi vaqt intervalining bir qismi bo‘lib, u turli abonentlarning axborotini uzatish uchun ishlatilishi mumkin. " Mintaqaviy tarmoq|"Geografik tarqoq yirik tarmoq bo‘lib, u turli joylardagi kompyuterlarni kommunikatsiya vositalari bilan yagona yaxlit tarmoqqa birlashtiradi. Bitta tumanda ko‘plab binolarni qamrab olishi ham, davlat chegarasidan tashqariga chiqishi ham mumkin. Bir biri bilan bog‘langan bir nechta taqsimlangan, mintaqaviy tarmoq deyish o‘rniga, ko‘pincha intertarmoq yoki tarmoqlar majmui deb ataladi. " Miriametrli to‘lqinlar|"Uzunligi 10 km dan 100 km gacha bo‘lgan radioto‘lqinlar. " Mis kabel bo‘ylab taqsimlangan interfeys|"Kabelli tizimlar uchun, ekranlangan yoki ekranlanmagan o‘ralgan juftlar asosida FDDI standartining modifikatsiyasi. Ushbu texnologiya kabel tizimini installyatsiya qilish jarayonini ancha soddalashtiradi va arzonlashtiradi, biroq, o‘ralgan juftlardan foydalanilayotganda, stansiyalar o‘rtasidagi maksimal masofa cheklanadi. U 100 metrdan oshmasligi kerak. " Mnemonika|"Qisqa va osonlik bilan eslanadigan so‘z yoki qisqartma. U inson va kompyuter muloqotida komanda sifatida ishlatiladi. Masalan, «Ctrl» tugmasi kompyuterning baʼzi operatsiyalarini boshqaradi. Bu yerda «Ctrl» – mnemonika, «Control» so‘zining qisqartmasi. " Mobil abonent|"Yer usti yoki yo‘ldoshli aloqaning harakatlana turib ishlaydigan har qanday abonenti. Odatda, u muayyan xizmat ko‘rsatish zonasida qayd etilgan bo‘lib, shu hududda erkin ko‘chib yurishi va boshqa abonentlar bilan aloqa o‘rnatishi mumkin. " Mobil abonent joylashgan yer registri|"Mobil aloqa tarmog‘ining ma’lumotlar bazasi, unda abonentlarning ko‘chib yurishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar saqlanadi. Har bir tayanch stansiyada o‘zining zonasi va «begona» zonalarning abonentlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni saqlaydigan registr (VLR) bo‘ladi. Yig‘ilgan axborot vaqtincha, ya’ni abonent aniq geografik zonada qayd etilgan vaqt davomida saqlanadi. Abonent bir zonadan boshqasiga ko‘chib o‘tganida, u joylashgan yer to‘g‘risidagi ma’lumotlar avtomatik ravishda yangilanadi. " Mobil abonentning identifikatsiya raqami|"IMSI mobil stansiya xalqaro identifikatsiya raqamining ma’lum pozitsiyalarida yozib qo‘yilgan, 10 ta sondan iborat raqam. " Mobil abonentning xalqaro telefon raqami|"Uchinchi avlod mobil aloqa tarmoqlarida abonentni chaqirish uchun foydalaniladigan raqam. " Mobil agent|"Maʼlumotlar bazalari bo‘ylab axborot izlash maqsadida «o‘rmalovchi» dastur. Mobil agent izlashni amalga oshirish lozim bo‘lgan maʼlumotlar bazasiga ega tizimga o‘tadi. O‘rgimchak deb ham nomlanuvchi mobil agent faqat nimadir topilganda va o‘z foydalanuvchisiga topilganni berish lozim bo‘lganda tarmoqqa murojaat qiladi. Bitta tizim bazasida izlashdan keyin mobil agent boshqa abonent tizimiga o‘tib, u yerda izlashni davom ettirishi mumkin. Mobil agentlar global bog‘lanish xizmatida ayniqsa keng tarqalgan. Bu yerda mobil agentlardan foydalanish kerakli axborotni topish tezligini ancha oshiradi. Robotlar deb ham nomlanuvchi agentlar deyarli to‘xtovsiz bog‘lamalar bo‘ylab «o‘rmalab», ular tarkibini so‘raydi va ularda mavjud axborotni tahlil qiladi. " Mobil aloqa avlodlari|"Simsiz mobil aloqa tizimlarining rivojlanib borishini aks ettiruvchi avlodlar. 1G mobil kommunikatsiya tizimlari faqat ovozni uzatish uchun mo‘ljallangan edi. 1G analog standartlari – AMPS, TACS va NMT o‘tgan asrning 70-yillari oxiri va 80-yillarining boshida ishlab chiqilgan edi. 2G 90-yillarda tarqala boshladi. Signallarni raqamli kodlashdan foydalaniladigan asosiy standartlar GSM, TDMA hamda CDMA lardir. GSM tarmoqlari taqdim etadigan qisqa SMS xabarlarni jo‘natish xizmatidan tashqari, 2G ovozni uzatish uchun qo‘llaniladi. Asta-sekin foydalanishga, elektron pochta va Internet bilan mobil ishlash imkoniyatini beruvchi, oraliq avlod deb ataluvchi 2,5G yoki 2G+ mobil standartlar joriy qilinmoqda. Asosiy standartlari – GPRS paketli uzatishni GSM uchun kengaytirish, oshirilgan ma’lumotlar uzatish tezligiga ega GSM va TDMA (EDGE) modifikatsiyalari, shuningdek, modifikatsiyalangan CDMA (IS-95B i HDR). 3G (3 Generation) mobil aloqa tizimlarining yangi 3-avlodi. Radiokirish (foydalanish) tarmog‘ining bu avlodi yuqori mobil (harakatlanish tezligi 120 km/h gacha), abonentlar uchun 144 Kbit/s gacha tezlik bilan, mobilligi past bo‘lgan abonentlar uchun (tezlik 3 km/h gacha) 384 Kbit/s va 2,048 Mbit/s tezlik bilan axborot almashishni ta’minlaydi. 4G – mobil aloqa tizimlarining, ma’lumotlar uzatish tezligi yuqori bo‘lishi va ovozli aloqa sifati oshirilganligi bilan farq qiladigan yangi avlodidir. 4-avlodga 100 Mbit/s dan yuqori tezlik bilan axborot almashishni ta’minlaydigan texnologiyalar kiradi. Wi-Fi va WiMAX 4 G texnologiyalarga misol bo‘ladi. Soni uncha katta bo‘lmagan, 4G tarmoqlar bilan ishlashi mumkin bo‘lgan kam sonli apparatlarning energiya iste’molining yuqoriligi bu texnologiyaning kamchiligidir. " Mobil aloqa kommutatsiya markazi|"Telekommunikatsiyalar tarmog‘i ichida mobil abonentlarning bog‘lanishini va ularning statsionar tarmoqlar bilan birgalikda ishlay olishini taʼminlaydigan kommutatsiya stansiyasi. " Mobil aloqa operatori|"Mobil aloqa tarmog‘iga ega bo‘lgan, uning qurilishi, ishlashi, rivojlanishini taʼminlovchi va litsenziyaga asosan mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs. " Mobil aloqa tarmoqlarining kengaytirilgan mantig‘i uchun mo‘ljallangan dasturlar|"GSM tarmog‘ining funksiyasi. Intellektual funksionallikni qo‘shgan holda, tarmoq imkoniyatlarini kengaytirish imkonini beradi. Undan tayanch stansiyada foydalanuvchilar qiladigan qo‘ng‘iroqlarni kuzatib borish va nazorat qilish imkoni bo‘lgan holda, rouming vaqtida foydalaniladi. Izoh − Bu funksiya teriladigan raqamlarni chaqiruvni sozlash jarayonida o‘zgartirish, chaqiruvga javobni va so‘zlashuv tugallanishini kuzatib borish imkonini beradi. Bundan tashqari, rouming xizmatlariga oldindan haq to‘lanishini, ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishning nazorat qilinishini, maxsus raqamlar (masalan, ovozli pochtani chaqirish uchun hamma joyda 123 raqamini terish mumkin) va foydalanuvchilarning yopiq guruhi raqamlari terilishini ta’minlaydi. CAMEL uchta bosqichda standartlashtirilgan, ulardan birinchisi foydalanishga topshirilmoqda. " Mobil banking|"Bank hisob raqamidan simsiz foydalanish texnologiyasidan (WAP protokoli) foydalangan holda mobil telefon yoki portativ kompyuter (PDA) yordamida boshqarish. " Mobil Internet|"WAP protokoli asosida Internetdan simsiz foydalanish texnologiyasi. Mobil aloqa tarmoqlarida so‘rovlarni uzatish transporti GPRS ma’lumotlarni paketli uzatish xizmati yoki CSD bo‘lishi mumkin. Texnologiya yuqori darajada servisni, ayniqsa, biznesni samarali boshqarish imkoniyatini ta’minlaydi. " Mobil Internet-foydalanish|"Internetdan mobil aloqa yoki simsiz ulanishlar tarmog‘i orqali, uydan yoki ish joyidan uzoqda portativ kompyuterlarda yoki cho‘ntak qurilmalarida foydalanish. " Mobil (ko‘chiriladigan) operatsion tizim|"Bir nechta kompyuter to‘plamida uning kodini ko‘chirish yo‘li bilan (uncha katta bo‘lmagan o‘zgarishlar bilan bo‘lishi mumkin) ishlatiladigan operatsion tizim. " Mobil modul|"Intel korporatsiyasining bloknotli shaxsiy kompyuterlar uchun mo‘ljallangan protsessorli moduli. " Mobil radioaloqa|"Statsionar va mobil radiostansiyalar o‘rtasidagi yoki faqat mobil radiostansiyalar o‘rtasidagi radioaloqa. Izoh − Mobil radioaloqaga trankli va uyali radioaloqa, mobil stansiyalarning retranslyatorlar orqali aloqasi, har qanday mobil radiostansiyalarning o‘zaro aloqasi taalluqlidir. " Mobil radiotelefon aloqa tarmog‘i|"Bitta yoki bir nechta tayanch stansiyadan va mobil abonent stansiyalar guruhidan tashkil topgan, umumiy erkin foydalanish protokolidan foydalanilganda uzluksiz aloqani ta’minlaydigan radioaloqa tarmog‘i. " Mobil stansiya|"Harakatlana turib ishlashga mo‘ljallangan barcha dengiz, havo va quruqlik radiostansiyalariga nisbatan qo‘llaniladigan umumiy nom. Izoh − Mobil radiostansiyalar qatoriga ko‘pincha portativ terminallar, jumladan, «telefon go‘shagi» turidagi terminal ham kiritiladi. " Mobil stansiya klassi|"Mobil stansiyaning asosiy xarakteristikalarini, birlamchi navbatda, uzatgichning maksimal nurlanish quvvatini tavsiflovchi ko‘rsatgich. Izoh − GSM standarti doirasida mobil stansiyalarning 8 ta klassi mavjud. " Mobil stansiya mansub bo‘lgan tarmoq kodi|"Xalqaro IMSI identifikatsiya raqamida ko‘rsatilgan, ikkita raqamdan iborat indeks. " Mobil stansiya qayd etilgan mamlakat kodi|"Xalqaro IMSI identifikatsiyalash raqami sarlavhasida ko‘rsatilgan uchta raqamdan iborat indeks. " Mobil stansiya tomonidan boshqariladigan xendover|"Mobil stansiyaning bir uyadan boshqasiga o‘tish protsedurasi, bunda turli tayanch stansiyalardan qabul qilinuvchi signal darajasi mobil stansiya tomonidan o‘lchanadi; aynan shu stansiya o‘ziga qayerda va qanday xendover kerakligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Ushbu usul simsiz foydalana olish tarmoqlarida qo‘llaniladi. " Mobil stansiya uskunasining xalqaro identifikatori|"Raqamli mobil telefonning yagona xos seriyali raqami. " Mobil stansiya yordamidagi xendover|"Mobil stansiya ishtirokida xizmat ko‘rsatishni bir tayanch stansiyasidan boshqasiga uzatish. Avtomatik qayta ulash usuli, bunda abonent stansiyasi signal darajasini o‘lchaydi va o‘lchash natijalari to‘g‘risida tayanch stansiyaga hisobot yuboradi. " Mobil stansiyaning identifikatsiya raqami|"Mobil stansiyaning tarmoqdagi raqami bo‘lib, u orqali stansiya aniq identifikatsiya qilinishi mumkin; stansiyaning tarmoq raqami. Izoh − Bu raqam, odatda, tayyorlovchi zavod tomonidan beriladigan seriyaviy raqam (ESN)dan farq qiladi. Ruxsat etilmagan kirish (foydalanish)ning oldini olish maqsadida, MIN va ESN lar elektron usulda nazorat qilinadi. " Mobil stansiyaning vaqtinchalik rouming raqami|"Abonent-roumerga, kiruvchi ulanishni o‘rnatishda faqat bog‘lanish vaqtiga beriladigan raqam. " Mobil telefon|"Mobil aloqada foydalaniladigan telefon apparati turi. Mobil telefon asta-sekin kompyuter, faks apparati, telefon apparati, qaydlar kitobchasi vazifalarini bajaruvchi ko‘p maqsadli abonent tizimiga aylanmoqda. Buning uchun apparat klaviatura va ekranga ega. " Mobil telefoniya|"Ko‘chma telefon qurilmalarini zamonaviy kundalik hayotga tatbiq etish. Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, mobil telefoniya zamonaviy insonlarning yashash va fikrlash tarzidagi o‘zgarishlarga sezilarli taʼsir ko‘rsatadi. " Mobil tijorat|"Mobil terminal yordamida hisob-kitob qilish, bank operatsiyalarini bajarish, tovarlarga buyurtma berish va turli xizmatlarni ko‘rsatishga imkon beradigan mobil aloqaning yangi xizmat turi. " Mobil tizim|"Harakatlanuvchan va harakatlanmaydigan abonentlarning bir-biri bilan o‘zaro ishlashini taʼminlovchi kommunikatsiya tarmog‘i xizmati. Mobil tizimlar yer usti va sunʼiy yo‘ldosh tarmoqlarida tashkil etiladi. Ular, shuningdek, uyali paketli radio tarmoqlarida, jumladan uyasimon raqamli paketli maʼlumotlardan foydalanganda ham keng qo‘llaniladi. Natijada mobil aloqa tarmoqlari, yaʼni harakatlanuvchan mobil aloqa tizimlari tashkil etiladi. " Mobil treyding|"Investitsiya hisob raqamidan simsiz foydalanish texnologiyasidan (WAP protokoli) foydalangan holda mobil telefon yoki portativ kompyuter (PDA) yordamida boshqarish. " Mobil yo‘ldoshli xizmat|"Mobil yer stansiyalari yoki mobil va statsionar yer stansiyalari o‘rtasida axborot almashinuvini tashkil etish uchun mo‘ljallangan radioaloqa xizmati. Bunday xizmat uchun 1 GHz gacha chastotalar diapazoni, shuningdek, L(1,5/1,6 GHz) va S(1,9/2,5 GHz) chastotalar diapazonidagi chastotalar polosalari ajratilgan. " Mobil IP|"IP-protokolidan foydalanishga asoslangan mobil aloqa protokoli. Unda, aloqada uzoq muddatli tanaffuslar ko‘zda tutiladi, abonentni bir tayanch stansiyadan boshqasiga o‘tkazish rejimi saqlab turiladi. Protokolni amalga oshirish abonent terminallarida ham, marshrutizatorlarda ham TCP/IP protokollari steklariga o‘zgartirishlar kiritishni talab qiladi. " Mobillik|"Abonent stansiyasining, uning dastlab qayd etilgan joyidan qat’i nazar, ko‘chib yurish va aloqa o‘rnatish imkoniyati. " Mobillikni boshqarish|"Mobil stansiyalarni ro‘yxatdan o‘tkazish, ularni autentifikatsiya qilish va tarmoq resurslarining ular uchun taqsimlanishi bilan bog‘liq protsedura. Mobillikni boshqarish tizim arxitekturasining tarmoq darajasida amalga oshiriladi. " Moda|"Alohida yorug‘lik nuri ham ko‘p modali, ham bir modali tola orqali o‘tadigan yo‘l. " Modal oyna|"Boshqa oynaga o‘tishdan oldin foydalanuvchidan qandaydir harakatlar talab qilinadigan oyna. " Modallik|"Tartibotning uzluksizlik xossasi, yaʼni, uni to‘liq tugamaguncha to‘xtatishning iloji yo‘q. " Moddiy axborot tashuvchisi|"Axborotni yozish va saqlash uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan muayyan fizik xususiyatlarga ega modda. " Moddiy dispersiya|"Xromatik dispersiyaning bir turi. Optik tola yoki to‘lqin o‘tkazgich materiali xossalari bilan belgilanadi va sindirish ko‘rsatgichining to‘lqin uzunligiga bog‘liqligi orqali tavsiflanadi. " Model|"Dastlabkidan farq qiladigan, ammo yechilayotgan vazifalar doirasida uni almashtirishga layoqatli bo‘lgan (haqiqiy, belgili yoki faraziy) obyekt. " Modellash|"O‘rganiladigan obyekt (tizim, hodisa) modelini ishlab chiqish jarayoni. Asosiy vazifa – obyektni o‘rganish. Modelni yaratish – bu iteratsion jarayon bo‘lib, model original bilan taqqoslanadi va aniqlashtiriladi. Informatikada asosan, modellashning informatsion va matematik usuli qo‘llaniladi. " Modem|"1. Kommutatsiyalanadigan uzatish liniyasining modemi. Telefon aloqa liniyalarida ishlaydi. Ma’lumotlar uzatish maksimal tezligi raqamli aloqa liniyalarida 56,6 kbit/s, analog aloqa liniyalarida 33,6 kbit/s. 2. Raqamli signalni analog tovush signaliga va analog signalni raqamli signalga aylantiruvchi qurilma bo‘lib, u telefon tarmog‘i orqali boshqa kompyuterga ma’lumotlarni uzatadi va undan qabul qiladi. " Modem-dastur|"Modem vazifalarini bajaruvchi dastur. Kerakli dasturiy taʼminot kompyuterning «doimiy xotira qurilmasiga» yuklanadi. Modem-dastur modemga ko‘ra qator afzalliklarga ega: modem apparati uchun zarur bo‘lgan joy egallamaydi; narxi solishtirib bo‘lmaydigan darajada arzon; energiya isteʼmoli kam; modemni yangilash oson. " Modemlar to‘plami|"Modemlar to‘plami. Foydalanuvchi o‘z terminalini ulashga ruxsat so‘raganda ushbu modemlarning bittasiga ulanadi va uni telefon tarmog‘i orqali maʼlumotlar uzatish va olish uchun ishlatadi. " Modemli server|"Bitta modem yoki modemlar guruhidan iborat tarmoq elektron hisoblash mashinasi. Tarmoq foydalanuvchilariga chiquvchi chaqiruvlar uchun mo‘ljallangan modemlardan birgalikda foydalanish imkonini beradi. " Moder|"O‘rnatilgan kodlovchi qurilma bilan tuzilishi jihatidan va ishlashi bo‘yicha moslashgan modulyator. " Moderator|"1. Forum, teleanjuman va chatlarda qoidalarga rioya qilishni nazorat qiluvchi yetakchi. Odatda teleanjuman qoidalari juda oddiy: spam, fleym va anjumanga tegishli bo‘lmagan mulohazalar man etiladi. Moderator, zarur bo‘lganda ishtirokchilarga nisbatan maʼmuriy choralar ko‘rishi mumkin – tartibbuzarlarni ogohlantirishdan tortib maʼlum xabarlarni o‘chirish yoki hatto baʼzi foydalanuvchilar uchun foydalanishni man etishgacha. 2. Kataloglarda moderator – u yoki bu mavzu bo‘limiga javobgar shaxs. U sayt mavzusi va katalog bo‘limining mosligini tekshirib turadi. Baʼzan (agarda bu katalogda axborotni joylashtirish shartlari bilan belgilangan bo‘lsa) moderator saytlar mazmuni bilan tanishib chiqadi. " Modifikatsiya biti|"Diskka, faqat modifikatsiyalangan sahifalarni ko‘chirib olish (otkachka) maqsadida, sahifalar modifikatsiyasini ko‘rsatuvchi sahifalar jadvalining element biti. " Modul|"Tizim texnik ta’minotining, bitta blokda qilingan va boshqa modullar bilan birikish uzellariga ega bo‘lgan funksional qismi. Modullar tizimdan oson foydalanish uchun qo‘llaniladi, ishdan chiqqanda va modernizatsiya qilishda ularni almashtirish mumkin. Protseduralar, kichik dasturlarni ajratish, mustaqil sozlash va dasturga tayyor qismlarni kiritish uchun mo‘ljallangan dasturlash tili obyekti. " Modul bo‘yicha bo‘lish|"Arifmetik amal. Uning natijasi – butunga bo‘lish qoldig‘i. Deyarli barcha dasturlash tillarida bor. a mod b ko‘rinishida belgilanadi. " Modula|"Protsedura turidagi universal dasturlash tili. N.Virt tomonidan 1975-yilda ishlab chiqilgan; Paskal tilining to‘g‘ridan-to‘g‘ri avlodi. Standart Paskal tilidan asosiy farqlari: modul va jarayon tushunchasi kiritilgan, sintaksis yanada tizimlashtirilgan, til past daraja dasturlash vositalari bilan to‘ldirilgan. 1979-yilda tilning Modula – 2 versiyasi yaratilgan. " Modulli arxitektura|"Birga bog‘lanishi mumkin bo‘lgan alohida tarkibiy qismlardan iborat xohlagan tizim dizayniga tegishli atama. Modulli arxitektura afzalligi xohlagan tarkibiy qism (modul)ni qolgan tizimga taʼsir ko‘rsatmasdan o‘zgartirish yoki qo‘shish mumkinligidadir. Modulli arxitektura qarama-qarshi tarkibiy qismlar orasida aniq chegaralari bo‘lmagan birlashgan arxitekturadir. " Modulli A/V kontroller|"Qurilmani takomillashtirishda almashtirishga yaroqli bo‘lgan, chiqarib olinadigan modullar asosida konstruksiyalangan A/V-kontroller. " Modullik|"Qurilmaning turli vazifalarni bajaruvchi funksional bloklardan foydalanish orqali o‘z imkoniyatlarini o‘zgartirish xususiyati. Modulyator rus. - модулятор ing. - modulator Noliniyaviy zanjirlarni o‘z ichiga oladigan, elektr tebranishlarni modulyatsiyalash uchun mo‘ljallangan qurilma. Izoh − Modulyatorda uzatiladigan axborot qonuniyatlariga muvofiq tebranish jarayonining istalgan parametrining (amplituda, chastota, faza) o‘zgarishlari ro‘y beradi. " Modulyator-demodulyator|"Kompyuterning raqamli signallarini keyinchalik telefon liniyalari orqali uzatish maqsadida analog signallarga, va aksincha, aylantiradigan qurilma. " Modulyatsiya|"Eltuvchi chastota parametrlari (amplituda, chastota yoki faza) ning berilgan qonun bo‘yicha o‘zgarish jarayoni. Bu jarayon yuqori chastotali tebranish davriga nisbatan past tezlik bilan amalga oshiriladi. Izoh − Modulyatsiyalash metodlari egallangan spektr kengligi, xalaqitga bardoshlilik va spektral samaradorlik bilan farqlanadi. " Modulyatsiya simvoli|"Eltuvchining signal vektor diagrammasida (signal yulduzida) tegishli pozitsiya bilan tasvirlanadigan muayyan holati. Har bir pozitsiya eltuvchi fazasi va amplitudasining muayyan qiymatiga mos keladi va muayyan bitlar ketma-ketligini ifodalaydi. " Modulyatsiyalash xatoliklari koeffitsiyenti|"Eshittirish televideniyesi radiosignalining ortogonal kodlangan eltuvchilarining signal yulduzidagi vektorlarning hisoblangan va haqiqiy pozitsiyasi o‘rtasidagi tafovutni tavsifllaydigan hamda shu pozitsiyalarda radiosignallar quvvatlarining nisbati sifatida aniqlanadigan koeffitsiyent. " Modulyatsiyalovchi kod|"QPSK, 8PSK, 16QAM murakkab modulyatsiyalash usullarida ishlatiladigan, n bitdan iborat kodli kombinatsiya. Izoh − Bunday kodli kombinatsiyalar dibit, tribit, kvadbit va h.k.lar tarzida ham ma’lum. " «Mohiyat – bog‘liqlik» modeli|"Mohiyatlar va bog‘liqliklar diagrammasi ko‘rinishida ma’lumotlar bazalari tuzilmalarini grafik taqdim etishning keng tarqalgan vositasi. Mohiyat ‒ muayyan turdagi abstrakt obyekt. Bog‘liqliklar ‒ bu mohiyatlar o‘rtasidagi bog‘lanish, atributlar esa, mohiyatlarning xossalaridir. " Molekulyar kompyuter|"Molekulalarning (ko‘proq biologik) hisoblash imkoniyatidan foydalanuvchi hisoblash tizimi. Molekulyar kompyuterlar atomlarning bo‘shlikda joylashishini hisoblash g‘oyasini qo‘llaydi. " Moliyalashtirish|"Nimanidir amalga oshirishga, rivojlantirishga qilinadigan xarajatlarning zarur moliyaviy resurslar bilan ta’minlanishi. " Monipyuter|"Nomi «monitor» va «kompyuter» so‘zlarining qo‘shilishidan olingan qurilma. " Monitor (displey)|"1. Axborotni matn, jadvallar, rasmlar, chizmalar va b.lar ko‘rinishida vizual aks ettiradigan qurilma. Monitorlarning aksariyati elektron-nur trubka asosida konstruksiyalangan. 2. Televizion signal yoki uning sifatini baholash bilan harakatlarni soddalashtirish uchun tasvirning mavjudligini belgilash maqsadida televizion tasvirni qayta tiklashga mo‘ljallangan apparatura. Izoh ‒ Fransuz tilidagi «moniteur» atamasi va ingliz tilidagi «class 1 monitor» va «studio monitor» atamalari tasvir sifatini baholashga yordam beradigan yuqori sifatli uskunalardagina qo‘llanilishi mumkin. " Monitoring|"Tizim, jarayon yoki faoliyat holatini aniqlash. Izoh – Holatni aniqlash uchun, balki uni nazorat qilish, kuzatish yoki kritik baholash zarur bo‘lishi mumkin. " (Monitorlarda) yorqinlikni avtomatik tarzda nazorat qilish|"Tasvirning yorqinligiga bog‘liq holda monitorning yorqinligi va kontrastliligini o‘zgartirish imkonini beruvchi funksiya. Izoh − Ko‘pincha nazorat oq rang bo‘yicha olib boriladi. " Monokanal|"Ajratilgan kanal, u orqali xabarlar jo‘natuvchi abonent stansiyadan tarmoqning boshqa barcha stansiyalariga bevosita, kechikishlarsiz va navbat kutmasdan uzatilishi mumkin. " Monokanal tarmog‘i|"O‘zagi monokanal bo‘lgan tarmoq. Monokanal tarmog‘i abonent tizimlari guruhini monokanalga ulash orqali hosil qilinadi. Tarmoq topologiyasi ishlatilayotgan monokanal turi bilan belgilanadi. Odatda monokanal tarmog‘i boshqa lokal tarmoqlar va hududiy tarmoqlar bilan o‘zaro aloqada bo‘ladi. " Monokenglikdagi shrift|"Belgilar kengligining bir xilda qayd etilgan shrifti, ya’ni har bir belgining kengligidan qat’i nazar gorizontal bo‘yicha ham bir xil kenglikka ega bo‘ladi. " Monolog|"Foydalanuvchi yoki amaliy jarayonning o‘ziga o‘xshash foydalanuvchi yoki jarayonga darrov javob berishni talab qilmaydigan murojaati. Monolog darrov javob berishni talab qilmaydigan turli xil xabarlarni uzatish uchun mo‘ljallangan. Foydalanuvchi yoki dastur nutqi abonent tizimining tashqi xotirasida haqiqiy oluvchi tomonidan talab qilinmaguncha saqlanadi. " Monopol rejim|"Biron-bir drayver yoki dasturning, boshqa dasturlarning murojaatlarini blokirovka qilib faylga yoki qurilmaga murojaat qilib ishlashi. " Monoprotsessor|"Yuqori unumdorlik bilan ishlaydigan bitta protsessori bo‘lgan hisoblash tizimi. " Monoxrom|"Bir rangli. Misol uchun, monitorlar monoxrom, oq-qora yoki rangli bo‘lishi mumkin. Monoxrom monitorlar aslida ikkita rangdan foydalanadi, ularning bittasi displey tasviri, ikkinchisi esa fon uchun ishlatiladi. Grafik tasvirlar ham monoxrom, oq-qora yoki rangli bo‘lishi mumkin. " Monoxrom kanal|"Rangli televizion uzatishda monoxrom signalni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan istalgan trakt. Monoxrom kanal boshqa signallarni ham ko‘chirishi mumkin, masalan, mumkin bo‘lgan yoki bo‘lmagan rangli quyi eltuvchi signalini. " Monoxrom kanal polosasining kengligi|"Monoxrom signal videopolosasining kengligi. " Monoxrom matritsali, rangli, suyuq kristalli displey|"Monoxrom (qora-oq) passiv suyuq kristalli displey turi. Odatdagi suyuq kristalli displeylardan farqi ranglar kontrastliligi molekulalarni 180º dan 270º burchakkacha o‘zgartirilishi hisobiga yaxshilangan. Yana bir afzalligi, bunday monitorlarning kam elektr energiyasini talab qilishi va ishlab chiqarishda arzonligidir. " Monoxrom signal|"Monoxrom televizion uzatishda – ranglilikni emas, faqat tasvir yorqinligini boshqaruvchi signal. Rangli televizion uzatishda, asosan rangli tasvir yorqinligini, shuningdek, oddiy monoxrom qabul qilgichda yaratiladigan tasvir yorqinligini boshqaruvchi signal. " Montaj (dasturni)|"Turli tovushli va vizual syujetlarni kompilyatsiya qilish yo‘li bilan dastur yaratish. " Morfing|"Bitta obyektdan boshqa obyektga tekis o‘tishni yaratadigan kompyuter grafikasi texnologiyasi. Uch o‘lchamli va ikki o‘lchamli, rastrli va vektorli grafikada uchraydi. Morfingdan foydalanganda odam faqat tayanch figuralarni yaratadi va baʼzan kompyuterga morfingni to‘g‘ri bajarishda yordam beradigan kalit nuqtalarni belgilaydi. " Mos kelmaslik|"Dasturiy va/yoki apparat ta’minotning bir-biriga mos kelmasligi, ularning birgalikda ishlashini cheklaydi yoki mumkin qilmaydi. " Mos keluvchi chastotadagi ikki yoqlama qutblanish|"Turli signallar uzatiladigan, ortogonal qutblanishga ega ikki eltuvchili bitta radiochastotadan foydalanish. " Moslashgan yuklama|"1. Parametrlari unda ko‘proq quvvatni olishga imkon beradigan yuklama. 2. Liniyada qaytgan to‘lqin yo‘qligini bildiradigan liniya yuklamasi. 3. Kuchlanish bo‘yicha turg‘un to‘lqin koeffitsiyenti 1,05 dan ko‘p bo‘lmagan yuklama. " Moslashuvchi rangli televideniye tizimi|"Rangli televideniyening rangli televideniye signallarini qabul qilish va tasvirni oq-qora televizorda aks ettirish; oq-qora televideniye signallarini qabul qilish va tasvirlarni rangli televideniyeda aks ettirish; rangli va oq-qora televideniye televizion signallarini aloqa kanallari bo‘yicha uzatishni ta’minlaydigan tizimi. " Moslashtirish; solishtirish|"1. Ma’lumotlar bazasida saqlanadigan modelni real tarmoq konfiguratsiyasiga mos keltirish. 2 Mashinada tarjima qilish tizimlarida: ikki tilda juft fragmentlarni avtomatik tarzda shakllantirish maqsadida, parallel matnlarni solishtirishning intellektual vositalariga nisbatan turli dasturlarda solishtirish protseduralari turlicha, biroq, qoidaga ko‘ra, ular dialog elementini ichiga oladi va ba’zan, parallel matnlardan biri o‘zgartirilishini talab qiladi. " Moslashuvchanlik|"Farqlanadigan yoki takomillashtirilgan apparat vositalar, dasturiy ta’minot, boshqa operatsion muhitlar yoki foydalanish sharoitlari uchun samarali va oqilona moslashning oddiylik darajasi. Izoh – Moslashuvchanlikka ichki potensial imkoniyatlarning (masalan, ekran maydonlarining, jadvallarning, tranzaksiya hajmlarining, hisobotlar shakllarining) ko‘lamliligi ham kiradi. " Moslik|"1. Turli dasturiy va apparat ta’minot vositalarining birgalikda ishlash va axborot almashinish qobiliyati. 2. Eshittirish teleideniyesi yangi tizimining dasturlarni shu tizim bo‘yicha o‘zgartirilmagan mavjud televizorlarga qabul qilishni amalga oshirishga imkon beradigan xususiyati. Izoh ‒ Taalluqli atama «moslashtirish». " Moslikka testlash|"Mahsulotning, kompyuterlarning har xil modellarida va turlarida, tashqi qurilmalar (masalan, printerlar) ning har xil turlari bilan ishlay olish qobiliyatini, shuningdek, tizimning boshqa dasturiy va apparat komponentlari bilan mosligini tekshirish. " Mozaika (yoyish qurilmasida)|"Optik tasvirni elektron tasvirga o‘zgartirishda xizmat qiladigan bir nechta o‘zaro izolyatsiyalangan yorug‘likka sezgir elementlardan tashkil topgan sirt. " Muallif|"Fayl yaratuvchi. Bu fayl uchun boshqa foydalanuvchilarga qaraganda ko‘proq huquqqa ega bo‘ladi. " Muallifga tegishli yorliq|"Dasturiy mahsulotda muallif huquqi borligini bildiruvchi yorliq. Izoh − Odatda muallifga tegishli yorliq dasturiy listing boshiga kiritiladi va albatta kompyuter displeyida aks ettiriladi. " Mualliflashtirilgan erkin foydalanish subyekti|"Tizim obyektlaridan erkin foydalanish yuzasidan tegishli huquqlar (vakolatlar) taqdim etilgan subyekt. " Mualliflashtirilgan foydalanuvchi|"Ma’lum huquq va imtiyozlarga ega foydalanuvchi. " Mualliflashtirilmagan foydalana olish|"Foydalanuvchining, o‘qish, o‘zgartirish yoki buzish maqsadida, unga erkin foydalanish ruxsat etilmagan ma’lumotlarga ataylab murojaat qilishi. " Mualliflashtirish|"1. Foydalanish huquqlari asosida foydalanish imkoniyatini taqdim etishdan iborat bo‘lgan huquqlarni taqdim etish. 2. Foydalanuvchining foydalana olish huquqlarini tekshirish va unga berilgan huquqlarga muvofiq resurslardan foydalana olishga ruxsat olish. Izoh – Mualliflashtirish odatda autentifikatsiya protsedurasidan ilgari bo‘ladi. 3. Subyektga obyektga kira olish huquqlarini taqdim etish. 4. Foydalanuvchi, dastur yoki jarayonga kira olishni taqdim etish. 5. Turli xildagi tizim resurslaridan foydalanishni taqdim etish yoki foydalanishning rad etilishi. " Mualliflashtirish sertifikati|"Axborotdan erkin foydalanish huquqini, foydalanuvchining shaxsini yoki uning boshqa huquqlari va vakolatlarini tasdiqlovchi elektron hujjat. " Mualliflik dasturi|"O‘rgatuvchi kompyuter dasturlarini ishlab chiqish uchun mo‘ljallangan yoki interaktiv multimedia ilovalarni ishlab chiqish imkonini beradigan, ixtisoslashtirilgan dasturiy ta’minot. Bunday dasturiy ta’minotdan foydalanish, o‘rgatuvchi dasturni ishlab chiquvchida dasturlash sohasida eng kam bilim, tushuncha bo‘lishini talab etadi. " Mualliflik huquqi|"Qonun tomonidan muallifga yoki uning vakiliga original ishni qayta tiklash, e’lon qilish va nusxa ko‘chirish uchun taqdim etiladigan yagona huquq. " Mualliflik huquqini qo‘riqlash|"Asarning har bir nusxasida joylashtirilgan nishon. U uch elementdan iborat: 1) aylana ichida «C» lotin harfi; 2) alohida mualliflik huquqi egasining ismi (rasmiy nomi); 3) asar birinchi marta chop etilgan yil. " Mualliflik huquqlarini himoyalash texnik vositalari|"Dasturiy kodlarni o‘zida saqlamaydigan himoyalanadigan asarlarning (masalan, audio va video fayllarning) nusxalarini ko‘chirish imkonini qiyinlashtiruvchi dasturiy vositalar. Rivojlanishning navbatdagi bosqichida, qayta eshittirish vositalari butunlay huquq egasi nazoratida bo‘lgandagina, DRM to‘laqonli qayta eshittirishni ta’minlash va nusxa ko‘chirishdan himoyalashni ta’minlash imkoniga ega bo‘ladi. " Mualliflik ishlab chiqish tili|"Dasturchi bo‘lmagan mutaxassislar tomonidan multimedia mahsulotlar va taqdimotlar ishlab chiqishda foydalaniladigan yuqori darajadagi ixtisoslashtirilgan til. " Mualliflikni qayd etish|"1. Jo‘natuvchining xabarni jo‘natish yoki harakatni bajarish faktini keyinchalik tan olmasligini bartaraf qilish qobiliyati. 2. Obyektlarning aloqa seansida ishtirok etuvchilardan biri tomonidan, aloqa seansining barchasida yoki bir qismida ishtirok etganlikni tan olishni rad etishdan muhofaza qilish. 3. Jo‘natuvchi tomonidan xabarni, (masalan, «dasturni ko‘rish uchun bir martalik to‘lov» xizmatiga so‘rov) uning jo‘natish faktini tan olmaslik mumkin emasligini ta’minlash jarayoni. " Mualliflikni rad etish|"Qandaydir hujjat yoki xabarga aloqadorlikni rad etish. " Muammoga yo‘naltirilgan dasturlash tili|"Til tuzilishining o‘zi va/yoki ma’lumotlar strukturasi ishlab chiqiladigan masalalarning o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiradigan dasturlash tili. Deyarli barcha ma’lum bo‘lgan universal dasturlash tillari ixtisoslashtirilgan, muammoga yo‘naltirilgan tillar sifatida ishlab chiqilgan. Masalan; Fortran tili ilmiy hisoblashlar uchun mo‘ljallangan til sifatida, Pascal − o‘qitish uchun, Si − tizim dasturlarini ishlab chiqish uchun, COBOL − iqtisodiy masalalarni hal qilish uchun, LISP − sun’iy intellekt masalalarini hal qilish uchun, Fox − ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari bilan bog‘liq vazifalar uchun ishlab chiqilgan. " Muammoga yo‘naltirilgan maʼlumotlar bazasi|"Muayyan turdagi amaliy vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan mavzuga bog‘liq hujjat va/yoki maʼlumotlarga ega maʼlumotlar bazasi. " Muammolarni yechish|"Xatolarni topish, diagnostika qilish, qurilmalarning ishlash jarayonidagi nosozlik sabablarini topish va ularni bartaraf etish. " Muar (televideniyeda)|"Televizion tasvirda, tasvirning qo‘shni uchastkalarida yorug‘ligi va rangi bo‘yicha bir oz farq qiladigan to‘lqinli liniyalardan tashkil topgan va tasvirga nam ipak ko‘rinishiga o‘xshash tus beradigan uchastkalar paydo bo‘lishiga olib keladigan effekt. " Muassasa-ishlab chiqarish telefon stansiyasi|"Muassasa yoki korxona abonentlarini telefon aloqa bilan taʼminlaydigan telefon stansiyasi. " Muassasa ichidagi mikrouyalar|"Ta’sir radiusi kichik va idora hududida joylashgan tayanch stansiyalarga ega simsiz aloqa tarmog‘i uyalari. " Muhandis|"Malakali texnik mutaxassis. Muhandis amaliy muammoning iqtisodiy va xavfsiz yechimini izlaydi va texnik muammolarni yechishda matematik va ilmiy bilimlarni qo‘llaydi. Bu atama lotincha ingenium dan, yaʼni bilimlilik so‘zidan kelib chiqqan. Dasturiy muhandis dasturiy taʼminot tamoyillarini, tizimlarni dizayn qilishda, rivojlantirishda, testlash va baholashda qo‘llaydi va shu kabi taʼminotlarni (masalan chip) ishga tushiradi. " Muhandislik mehnatini kompyuterlashtirish|"Modellash, sxemotexnika va mahsulotlar sinashga oid muammoli masalalarni yechadigan, kompyuterlashgan loyihalashning mustaqil sohasi. " Muhim bo‘lmagan ma’lumot|"Uncha muhim bo‘lmagan, ikkinchi darajali hisoblangan ma’lumotlar. Bu bir sekunddagi kadrlar soni to‘g‘risidagi axborot bo‘lishi mumkin. " Muhit|"Tizim (obyekt) ishlaydigan texnik va dasturiy vositalarining majmui. " Muhitga eltuvchini detektorlab va nizolarni aniqlab ko‘plab kira olish|"Har bir uzel uzatishni boshlagandan so‘ng, boshqa qurilma tomonidan bir vaqtda uzatishga urinish – kolliziyani aniqlash uchun tarmoqni «eshitishni» davom ettirishni talab etuvchiuzatish muhitiga kira olish usuli. Izoh – CSMA/CD usuli Ethernet tarmoqlarida qo‘llaniladi. Ushbu tarmoqlarda (35-40) foiz yuklama bilan kolliziyalar tez-tez ro‘y beradi va ishni ancha sekinlashtiradi. " Muhitga kira olish bloki|"Foydalanuvchi tizimning yoki maʼmuriy tizimning monokanal yoki davriy halqaning umumiy bo‘g‘ini bilan ulanish qurilmasi. Ulanish bloki uch qismdan tashkil topadi. Ulardan ikkitasining tuzilmasi bu bo‘g‘inlarning turiga bog‘liq bo‘lib, ulanish blokining foydalanuvchi bo‘g‘in yoki umumiy bo‘g‘in bilan tutashishini taʼminlaydi. Blokning uchinchi (mantiqiy) qismi ulanish blokining nosozligini tashxis qilish va «o‘zining» tizimiga paydo bo‘layotgan nosozliklar to‘g‘risida xabar uzatish, tizimdan signallarni umumiy bo‘g‘inga va unga teskari yo‘nalishda uzatish va qabul qilish, umumiy bo‘g‘inning bandligini aniqlash maqsadida eshitib turish kabi foydalanish funksiyalarini bajaradi. Ko‘pincha ulanish bloklarini kontrollerlar deb atashadi. " Muhofaza auditi|"Maʼlumotlarni qayta ishlash tizimi yozuvlari va resurslarining mustaqil tahlil va tadqiq qilinishi. U tizimni boshqarish vositalarining talablarga muvofiqligini tekshirish, ularning belgilangan xavfsizlik siyosati va amaliy vazifalarga mosligini kafolatlash, muhofaza tizimidan buzib foydalanishni aniqlash va boshqaruv, xavfsizlik siyosati va tartiblarda muayyan o‘zgarishlar bo‘yicha tavsiyalar berish maqsadida amalga oshiriladi. " Muhofaza biti|"Xotira kalitidagi, tegishli xotira blokining yozishdan yoki tanlash va yozishdan muhofa qilinishini belgilovchi ikkilik razryad. " Muhofaza falsafasi|"Muhofaza mexanizmlaridan foydalanishni (rasmiy yoki norasmiy usullar bilan) ko‘rishga imkon beruvchi tizimning to‘la umumiy sxemasi. " Muhofaza halqalari|"Tizim va foydalanuvchi vakolatlar pog‘onasini apparatli ajratishni amalga oshiruvchi axborot xavfsizligi va funksional radga turg‘un arxitekturasi. Vakolatlar tuzilmasini bir necha konsentrik doira shaklida aks ettirish mumkin. Bu tarzda resurslarga maksimal kira olishni taʼminlovchi tizim rejimi (supervayzer rejimi yoki nol halqasi, yaʼni «halqa 0») ichki doira, kira olishi cheklangan foydalanuvchi rejimi esa tashqi doira hisoblanadi. Anʼanaviy x86 mikroprotsessorlar oilasi himoyaning to‘rtta halqasini taʼminlaydi. " Muhofaza kafolati|"Axborotni qayta ishlash texnik vositasi uchun mutanosiblik sertifikati yoki informatika obyekti uchun attestat mavjudligi. Bular qayta ishlanayotgan axborot xavfsizlik standartlari va boshqa normativ hujjatlar talablariga javob berishini tasdiqlaydi. " Muhofaza (maxfiylik) qulfi|"Ma’lumotlar bazasiga yoki uning fragmentlariga (fayllarga, sohalarga) murojaat qilingandagi parollarni tekshirishning dasturiy mexanizmi. Yozuvlardan foydalanishni cheklaydi. " Muhofaza obyekti|"1. Kirish nazorat ostida bo‘lgan obyekt. Misollar – fayl, dastur, asosiy xotira sohasi; inson tomonidan yig‘ilayotgan va quvvatlanayotgan maʼlumotlar. 2. Axborotni muhofazalash maqsadiga binoan axborotning muhofazasini taʼminlash zarur bo‘lgan axborot yoki axborot tashuvchi, yoki axborot jarayoni. 3. Texnik razvedkadan muhofaza talab qilinadigan, axborotning barcha mavjudlik shakllari uchun umumlashma atama. Tarkibiga ko‘ra, muhofaza obyektlari yakka va guruhiy bo‘lishi mumkin. " Muhofaza qilinadigan axborot|"Mulkchilik predmeti hisoblanadigan va normativ hujjatlar talablari yoki axborot egasi tomonidan belgilanadigan talablarga muvofiq muhofaza qilinishi kerak bo‘lgan axborot. " Muhofaza qilinadigan axborotga ta’sir ko‘rsatuvchi omil|"Muhofaza qilinadigan axborot chiqib ketishi, buzib ko‘rsatilishi, yo‘q qilinishi, undan foydalana olish blokirovkalanishi mumkin bo‘lgan hodisa, harakat yoki jarayon. " Muhofaza qilinadigan obyekt attestati|"Sertifikatlash bo‘yicha organ yoki muhofaza qilinadigan obyektda axborotni muhofaza qilishning belgilangan talablari va samaradorlik normalari bajarilishi uchun zarur va yetarli shart-sharoitlar mavjudligini tasdiqlaydigan boshqa maxsus vakolatlangan organ tomonidan beriladigan hujjat. " Muhofaza qilingan avtomatlashtirilgan tizim|"Axborotni muhofaza qilish bo‘yicha sfandartlar va/yoki normativ hujjatlarning talablariga muvofiq, belgilangan funksiyalar bajarilishining axborot texnologiyasini amalga oshiradigan avtomatlashtirilgan tizim. " Muhofaza qilingan fayl|"Yozuvlaridan foydalana olish uchun parol kiritilishi zarur bo‘lgan fayl. " Muhofaza qilingan soketlar darajasi|"Netscape Communications korporatsiyasi tomonidan shifrlangan, autentifikatsiya qilingan xabarlarni Internet orqali uzatish uchun ishlab chiqilgan protokolning tasnifi. SSL 2.0 versiyasi IETF standarti sifatida qabul qilingan va veb-brauzerning veb-server bilan ishlashida transport darajasidagi ma’lumotlarni shifrlash va vakolatlarni tekshirishda keng qo‘llaniladi. SSL protokoli bilan himoyalangan sahifalardan foydalanish uchun URL da oddiy http prefiksi o‘rniga, SSL-ulanishdan foydalanilishi ko‘rsatilgan https (443 port) prefiksi qo‘llaniladi. Shifrlash/deshifrlash operatsiyalari ko‘plab hisoblash resurslarini talab qiladi, veb-serverdagi yuklamani kamaytirish uchun SSL-apparat tezlatgichlaridan foydalaniladi. SSL 3.0 ishlab chiqish jarayonida va muhokama uchun ochiq hisoblanadi. " Muhofaza qilingan tizim|"Kirish uchun parolning kiritilishi talab etiladigan tizim. " Muhofaza qilinganlik|"Tizimning, muhofaza qilinadigan axborotdan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishga, uning buzilishiga yoki unga zarar yetkazilishiga qarshi tura olish qobiliyati. " Muhofaza qilinganlikni tahlil qilish|"1. Avtomatlashtirilgan tizim resurslarining zaif joylarini aniqlash, shuningdek, ularni bartaraf qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish jarayoni. 2. Axborotni muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlar samaradorligi sifat va miqdor ko‘rsatgichlarining axborot xavfsizligi talablariga mos kelishini tekshirish. " Muhofaza qilinganlikni tahlil qilish tizimi|"Texnik vositalar yoki avtomatlashtirilgan tizimning muhofaza qilinganligini tahlil qilish uchun mo‘ljallangan yoki ishlatiladigan texnik yoki dasturiy vosita. " Muhofaza qilinmaganlik|"Muayyan hujum amalga oshirilganda ma’lumotlarni qayta ishlash tizimining muayyan zaifligidan foydalanish imkoniyati. " Muhofaza qilish|"Apparatura, dasturlar va ma’lumotlardan ruxsat etilmagan tarzda foydalanishning oldini olish bo‘yicha yuridik, tashkiliy, texnik, shu jumladan, dasturiy chora-tadbirlar. " Muhofaza qilish apparat vositalari|"Axborotni ruxsatsiz olish, ko‘chirish, o‘g‘irlash yoki turlashdan muhofaza qilish uchun mo‘ljallangan mexanik, elektromexanik, elektron, optik, lazer, radio, radiotexnik, radiolokatsion va boshqa qurilma, tizim va inshootlar. " Muhofaza qilish modeli|"Ruxsatsiz foydalana olishdan muhofaza qilish dasturiy-texnik vositalari va/yoki tashkiliy choralari kompleksining abstrakt tavsifi. " Muhofaza qilish sertifikati|"1. Hisoblash texnikasi yoki avtomatlashtirilgan tizim vositalarining axborotdan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishdan muhofaza qilish bo‘yicha talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi va ishlab chiquvchiga axborotdan muhofazalangan axborot sifatida foydalanish va/yoki tarqatish huquqini beradigan hujjat. 2. Tegishli ravishda rasmiylashtirilgan, sertifikatlash tizimi qoidalariga ko‘ra berilgan va axborotni muhofaza qilish vositalarining axborot xavfsizligi bo‘yicha talablarga muvofiq kelishini tasdiqlovchi hujjat. " Muhofaza qilish strategiyasi|"Tizimning ma’lum tahdidlardan muhofaza qilinishini ta’minlashda amal qilinishi kerak bo‘lgan mezonlarni, ayniqsa, tezkor mezonlarni rasmiy aniqlash. " Muhofaza qilish tizimini chetlab o‘tish yo‘li|"Harakat natijasi bo‘lib, bunda tizim obуekti jinoyatkorga komandaga yoki oldindan belgilangan hodisaga yoki hodisalar ketma-ketligiga ruxsat etilmagan tarzda ta’sir ko‘rsatish imkonini beradigan darajada o‘zgaradi. Masalan, parolni tekshirish shunday o‘zgartirilishi mumkinki, u o‘zining odatdagi natijasidan tashqari, jinoyatkor parolining to‘g‘riligini ham tasdiqlaydi. " Muhofaza qilish vositalari kompleksi|"Hisoblash texnikasi vositalari yoki tizimlarining axborotdan hamda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasi obyektlaridan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishdan muhofaza qilinishini ta’-minlash uchun yaratiladigan va tutib turiladigan dasturiy hamda texnik vositalar majmui. " Muhofaza qilish vositasi|"Turli xavfsizlik darajasiga ega bo‘lgan ikkita ma’lumotni qayta ishlash tizimi o‘rtasida yoki foydalanuvchi terminali va ma’lumotlar bazasi o‘rtasida himoya filtri sifatida foydalaniladigan hamda foydalanuvchida ulardan erkin foydalanish vakolati bo‘lmagan ma’lumotlarni saralash uchun mo‘ljallangan funksional blok. " Muhofaza qilish yadrosi, foydalana olish dispetcheri|"1. Belgilangan qoidalarga muvofiq, subyektlarning axborot resurslaridan foydalana olishini nazorat qilishning tashqi ta’sirlardan muhofazalangan dasturiy va apparat vositalarining majmui. 2. Foydalana olish dispetcheri konsepsiyasini amalga oshiruvchi muhofaza qilish vositalari kompleksining apparat, dasturiy va dasturiy-apparat elementlari. " Muhofaza qilishning buzilishi|"Kompyuter xavfsizligi tizimini chetlab o‘tish yoki uning biror-bir elementini ishdan chiqarish, natijada ma’lumotlarni qayta ishlash tizimiga kirib olish mumkin bo‘ladi. " Muhofaza razryadi|"Aniqlik saqlanib qolishini ta’minlaydigan oraliq natijalarning qo‘shimcha razryadlaridan biri. " Muhofaza rejasi|"Axborot va obyektni muhofaza qilish maqsadlariga erishish uchun mo‘ljallangan asosiy g‘oya. U bajariladigan tadbirlarning tarkibini, mazmunini, aloqadorligini va ketma-ketligini ochib beradi. " Muhofaza tizimi ma’muriyati|"Xavfsizlik siyosatini belgilaydigan hamda bu siyosat qo‘llaniladigan obyekt va subyektlarni aniqlaydigan boshqaruv organi. " Muhofaza tizimi orqali o‘tish, aylanma yo‘l|"Shifrlash tizimiga kiritilgan chetlab o‘tish bloki. " Muhofaza toifasi|"Nozik axborotning noshajaraviy tasnifi. U maʼlumotlardan foydalanishni faqatgina shajaraviy tasnif muhofazasiga nisbatan aniqroq boshqarish uchun qo‘llanadi. " Muhofaza vositalari nazorat qilinishini qayd etish|"Vaqt bo‘yicha to‘planadigan va muhofaza vositalarini boshqarishni soddalashtirish uchun mo‘ljallangan, muhofaza vositalarining holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar majmui. " Muhofaza vositalarini nazorat qilish|"Muhofaza tizimlarining ishlashini, ularning ekspluatatsiya qilish talablariga va qabul qilingan xavfsizlik siyosatiga muvofiqligini tekshirish, shuningdek, tegishli tavsiyalarni ishlab chiqish maqsadida, tizim yozuvlari va personal ishini nazorat qilish. " Muhofazalangan axborot tizimi|"Tahdidlarni tahlil qilish asosida o‘rnatilgan, axborotni hamda tizim komponentlarini muhofaza qilish bo‘yicha talablar ro‘yxatini qondiradigan qoidalarning bajarilish mexanizmi amalga oshirilgan axborot tizimi. " Muhofazalangan axbotor obyekti|"Qayta ishlanadigan axborotning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha standartlar va boshqa normativ hujjatlarning talablariga mos keladigan axborotlashtirish obyekti. " Muhofazalangan elektron tranzaksiyalar|"Internet kabi ommaviy foydalanish tarmoqlarida kredit kartalar bo‘yicha to‘lovlar muhofazasi protokolining nomi. Visa va MasterCard kompaniyalari tomonidan 1996-yili ishlab chiqilgan. Moliyaviy axborotning konfidensialligini va kelishuv qatnashchilarining autentifikatsiyasini taʼminlaydi. " Muhofazalangan foydalanish rejimi|"Ma’lumotlar bazasini muhofazalangan tarzda qayta ishlash rejimi, bu rejimda ma’lumotlar bazasi sohalarini ochgan dastur bilan parallel ishlaydigan barcha amaliy dasturlar yozuvlarni o‘qishi mumkin, lekin dastur bu sohalarni yopmaguncha, ularni yangilay olmaydi. " Muhofazalangan hisoblash texnikasi vositasi|"Muhofaza qilish vositalarining kompleksi amalga oshirilgan hisoblash texnikasi vositasi. " Muhofazalangan kanal|"Domen kompyuterlarining va Netlogon xizmatlari o‘rtasidagi nomlangan kanal. Muhofazalangan kanalni hosil qilishda kanal bo‘yicha uzatiladigan xabarlarning haqiqiyligini tekshirish va uzatilayotgan axborotning bir qismini shifrlash uchun qo‘llaniladigan seans kaliti yaratiladi. " Muhofazalangan kompyuter|"Muhofazalangan kompyuterlarni bir qator kompaniyalar ishlab chiqaradi. Ular agressiv muhitga – qattiq vibratsiya, kuchli changlanish, yuqori namlik va boshqa turdagi buzg‘unchilikka oddiy kompyuterdan chidamliroq bo‘ladi. Ko‘pincha ular noutbuk ko‘rinishida bo‘ladi lekin, undan og‘irligi va o‘lchami kattaroqdir. " Muhofazalangan muhit|"Maʼlumotlarni va resurslarni tasodifiy yoki qasddan qilingan harakatlardan muhofazalashga alohida eʼtibor (mualliflash, foydalanish, konfiguratsiyani boshqarish va h.k. shakllarda) beriladigan muhit. " Muhofazalangan resurs|"Muhofaza (maxfiylik) qulfi belgilangan, ya’ni erkin foydalanishni boshqarish spetsifikatsiyalangan (tasniflangan) resurs. " Muhofazalangan umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘i|"Muhofazalangan umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘i, bunda buzg‘unchining har qanday ta’siriga (loyihalashda berilgan ko‘plikdan), yo berilgan ehtimollik bilan yo‘l qo‘yilmaydi, yo tarmoq vositalari bilan berilgan ehtimollikda aniqlanadi, bunda tarmoqning ushbu ta’sir oqibatlarini berilgan ehtimollikda bartaraf qilishga yo‘naltirilgan javobi: foydalanuvchilarni xabardor qilish, ta’sir joyini kengayishiga yo‘l qo‘ymasligini, tarmoqning ish qobiliyatini tiklash va foydalanuvchilarning axboroti (ma’lumotlari) uzatilishini ta’minlovchi sharoitlar yaratiladi. " Muhofazalangan xesh-algoritm|"Elektron imzolarni generatsiyalash imkonini beradigan xesh-algoritm. " Muhofazani bevosita buzishga urinish|"Bazaviy algoritmlarning, xavfsizlikni ta’minlash mexanizmi prinsiplari yoki xususiyatlarining kamchiliklariga asoslangan, tizim muhofazasini buzishga bo‘lgan urinish. " Muhofazani tasniflash|"Maʼlumotlar yoki axborotdan foydalanishning zarur bo‘lgan maxsus muhofaza darajasini aniqlash va shu muhofaza darajasini belgilash. Masalan, «o‘ta maxfiy», «maxfiy». " Muhofazaning kompleksliligi|"Texnik razvedkaning barcha xavfli turlari va vositalariga qarshi tadbirlarni ko‘zda tutuvchi muhofaza qilish prinsipi. " Muhofazaning uzluksizligi|"Obyektning hayotiy siklining barcha bosqichlarida (ishlab chiqish, yaratish yoki qurish, sinovdan o‘tkazish, foydalanish va utilizatsiya qilish) muhofazasini tashkil qilishdan iborat muhofaza tamoyili. " Muhr|"Kriptografik nazorat qiymati bo‘lib, yaxlitlik saqlanib turishini ta’minlaydi, lekin oluvchi tomonidan amalga oshiriladigan qalbakilashtirishdan muhofaza qila olmaydi (ya’ni, mualliflik qayd etilishini ta’minlay olmaydi). " Mukammal izlash|"1. Ma’lumotlar bazasi har bir yozuvida izlash. 2. Masalani barcha variantlarni o‘rganish yo‘li bilan yechish. " Mukammal maxfiylik|"Ochiq matn va shifrmatn statistik jihatdan mustaqil va shifrmatnning qo‘lga kiritilishi (tutib olinishi) kriptotahlilchiga ochiq matn to‘g‘risida qo‘shimcha axborot bermasligidan iborat bo‘lgan sharoit. " Mukammal testlash|"Dasturning o‘zgaruvchi kirish qiymatlarining mumkin bo‘lgan barcha kombinatsiyalari bilan bajarilishi. " Mulohaza, to‘g‘ri fikr|"1. Qiymati noto‘g‘ri bo‘lsa, xatoni bildiradigan ifoda. Bunday ifodalardan dasturlarni sozlash maqsadlarida foydalaniladi. 2. Mantiqiy dasturlashda – bajarilish vaqtida, dastur ma’lumotlar bazasiga kiritadigan yangi fakt yoki qoida. " Muloqot oyna shabloni|"Windows operatsion tizimida ekranda muloqot oynalarini yaratish va chiqarish uchun ishlatiladigan, hamda ularning xarakeristikasini belgilaydigan andoza. Foydalanuvchiga, operatsion tizim tomonidan aniq aks ettiriladigan, o‘z muloqot oynalarini yaratish imkonini beradi. " Muloqot oynasi|"Biror komanda yoki vazifani bajaradigan tugma va boshqa boshqaruv elementlarini o‘z ichiga olgan yordamchi oyna. " Muloqot qila olishga asoslangan firibgarlik|"Foydalanuvchilar yoki tarmoq administratorlarini, ulardan tarmoqdan noqonu-niy foydalana olish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni bilib olish yo‘li bilan aldash mahorati; odatda, mualliflashtirilgan foydalanuvchi nomidan ularga murojaat qilish orqali amalga oshiriladi. " Multidasturlash|"Bitta kompyuterda bir necha dasturning bajarilishini tashkil qilish usuli. " Multidasturlash darajasi (koeffitsiyenti)|"Tizim vaqt birligida xizmat ko‘rsatadigan jarayonlarning soni. " Multidasturlash tizimi|"Bir vaqtda ikkita yoki undan ortiq dasturni ishga tushiruvchi tizim. " Multiekran|"Suyuq kristalli ekranning darchalarga (odatda 4 yoki 9) ajratib, ularda olinayotgan harakatlanuvchi obyektlarning to‘xtatilgan kadrlarini sekunddan kam oraliqda (odatda 0,1 s dan 0,5 s gacha) ko‘rsatish. " Multikadrli sinxronlash|"Kiruvchi oqimdan multikadr boshlanishini belgilaydigan sinxronlovchi signalni ajratishga asoslangan sinxronlash usuli. Sinxron kod multikadrning boshida joylashtirilishi ham, uning uzunligi bo‘ylab taqsimlanishi ham mumkin. " Multimedia|"Axborotni taqdim etishning turli shakllaridan va uning yagona obyekt-konteynerida qayta ishlanishidan bir vaqtda foydalanish. Masalan, bitta obyekt-konteynerda matnli, audio, trafik va video axborot bo‘lishi mumkin. Multimedia atamasi, shuningdek, katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlash va ulardan tez foydalanish imkonini beradigan axborot tashuvchilarni belgilash uchun ham qo‘llaniladi. " Multimedia funksiyalari|"Videoni raqamli filtrlash va masshtabga solish, videoni apparatli raqamli zichlash va yoyish, uch o‘lchamli grafika (3D) bilan bog‘liq grafik operatsiyalarni tezlashtirish, jonli videoni monitorga chiqarish, kompozitli video chiqishga ega bo‘lish, TV signalini monitorga chiqarish. " Multimedia-kengayishlar uchun ko‘rsatmalar to‘plami|"Intel korporatsiyasining, Pentium protsessorlarida multimediani ta’minlash va multimedia-ilovalarning grafika, tovush va video bilan ishlashini tezlatish uchun ishlab chiqilgan texnologiyasi. " Multimedia-server|"Lokal multimedia tarmoqlar uchun mo‘ljallangan server. " Multimedia tarmog‘i|"Kanallar bo‘yicha turli shakldagi axborot (matn, tovush, video va h.k.)ni tashish uchunmo‘ljallangan tarmoq. " Multimedia xabarlarini uzatish xizmati|"Musiqali, foto- va video fayllarni ichiga oladigan multimedia xabarlarini uzatish va qabul qilish xizmati. " Multimedia xizmatining xizmatlari|"Telekommunikatsiyalar tarmog‘i bo‘ylab bir nechta turdagi axborotni bir vaqtda shakllantirish va keyinchalik uzatishni amalga oshiradigan (masalan, tovush, matn, ma’lumotlar, harakatsiz va harakatli tasvirlar uzatilishi mumkin) va ularni birgalikda aks ettirish, qayta ishlash, kombinatsiyalash imkonini va h.k.larni ta’minlaydigan telekommunikatsiyalar xizmatining xizmatlari. " Multimediali dastur moduli|"Tarkibida ta’lim-tarbiyaviy, telematik, Internetga mos keladigan, mediametrik va teletibbiyot ma’lumotlari bo‘lgan, chiqarishga tayyorlangan televizion dastur. " Multimediali televizion eshittirish|"Televizion dasturlarni uzatishdan tashqari, kompyuter texnologiyalari uchun xos bo‘lgan axborotning uzatilishi ham ko‘zda tutilgan raqamli televizion eshittirish. Izoh – Kompyuter texnologiyasi deganda, axborotni matn, grafika (chizma), tasvir, animatsiya va ovozdan foydalangan holda kompleks taqdim etish tushuniladi. " Multimediali shaxsiy kompyuter|"Multimedia PC Council taʼrifiga ko‘ra, hozirgi kunda yaxshi tezkor xotira hajmi, katta qattiq disk, CD-ROM yoki DVD qurilmasi, raqamli tovushni qo‘llab-quvvatlash tizimiga ega shaxsiy kompyuter multimedia shaxsiy kompyuteri deb hisoblanadi. " Multipleks analog komponent|"D-MAC da signallarni uzatish formati, bunda videosignal tovushli raqamli signal bilan birgalikda alohida tashkil etuvchilarni vaqtinchalik zichlash bajariladi. " Multipleks (televizion dasturda)|"Eshittirish televideniyesining bir nechta dasturiy paketlaridan iborat to‘plam. " Multipleks shinasi|"Bir xil liniyalar bo‘yicha maʼlumotlar uzatiladigan va boshqaruv amalga oshiriladigan shina. " Multipleksor|"1. Raqamli televizion signal ma’lumotlarining bir nechta oqimini xizmat bitlarini qo‘shish bilan, yagona oqimga birlashtirish uchun mo‘ljallangan qurilma. 2. Radiouzatgichlarning istalmagan o‘zaro ta’sirlanishining oldini olgan holda, bitta antennaga bir nechta radiouzatgichni parallel ulash imkonini beradigan qurilma. " Multipleksorlangan abonent raqami|"Umumiy foydalanishdagi bitta foydalanish uchun va xususiy foydalanish uchun multipleksorlangan raqamlarni berish imkonini ta’minlaydigan abonent raqamini multipleksorlash qo‘shimcha xizmati. Izoh – Abonent raqamini multipleksorlash qo‘shimcha xizmati zarur foydalanuvchini umumiy foydalanish tarmog‘i orqali chaqirish, ko‘p sonli tanlashlardan bitta yoki bir nechta individual terminalni aniqlash imkonini beradi. " Multipleksorlash|"1. Axborot alohida oqimlarini yagona transport oqimiga birlashtirish jarayoni. 2. Bitta fizik kanalda mantiqiy kanallar guruhi tuziladigan obyektlarning vositalaridan foydalanadigan guruhlar o‘rtasidagi ma’lumotlar uzatish vositalarini bo‘lish texnologiyasi. Izoh – Vaqt va chastota bo‘yicha multipleksorlashga bo‘linadi. " Multiplikatsiya|"Lotincha «multiplicati» – «ko‘paytirish». Harakatlanuvchi tasvirlarni modellash jarayoni. Harakatlanuvchi tasvir soxta tasavvurni yaratadi. U tasvirlarni tez almashtirishga asoslangan. Axborot tizimida multiplikatsiya bir necha yo‘l bilan amalga oshirilishi mumkin. Ulardan biri faqat «harakatlanish» lozim bo‘lgan jihatlari farq qiluvchi ko‘plab tasvirlarni chizishdan iborat. Ikkinchi yo‘l ekranni boshqarish dasturlaridan foydalanishni nazarda tutadi. Ular yordamida boshlang‘ich va oxirgi mo‘ljal punktlari belgilash orqali tasvirning ketma-ket o‘zgarishi amalga oshiriladi. Bunda kompyuter tomonidan tasvirlarni yaratish tezligi ko‘rsatish tezligidan ancha past bo‘lishi mumkin. Bunday holatda tasvirlar ekranga chiqarilishidan oldin xotirada to‘planadi. Harakat soxta tasavvurini yaratish uchun ekranga sekundiga kamida 16 tasvirni chiqarish lozim. Televideniye standarti sekundiga 24 tasvirga teng tezlikni belgilaydi. " Multiprotsessor|"Bir vaqtda foydalanish uchun bir nechta arifmetik va mantiqiy bloklari bo‘lgan mashina. " Multiprotsessorlash rejimi|"Ma’lumotlarni qayta ishlash parallel ravishda bir nechta protsessorda olib boriladigan rejim. Bu rejimning ishlashi uchun operatsion tizim va ilova multiprotsessorlikni quvvatlashi kerak. " Multiprotsessorli spetsifikatsiya|"Operatsion tizim va protsessor proshivkasi o‘rtasidagi interfeysni tavsiflaydigan, ularga multiprotsessorli konfiguratsiyada x86 mos keladigan protsessor bilan ishlash imkonini beradigan ochiq standart. " Multitelefon|"Bir nechta mikrotelefon go‘shagi bo‘lgan radiotelefon. " Multitilli xabarlar|"Turli tillarda xabar uzatish imkonini beradigan xizmat. Til kodlari ulanuvchi liniyalar guruhiga va PRI dastlabki foydalanish interfeysiga kiruvchi abonentga tayinlanishi mumkin. " Mumkin bo‘lgan, ruxsat etilgan|"Kira olish va foydalanish erkin bo‘lgan bo‘sh resurs. " Mundarija|"Ma’lumotnoma tizimida ma’lumot olish uchun mo‘ljallangan mavzular va kichik mavzular ro‘yxati. " Munosabat|"Biror jadvaldagi tashqi kalit boshqa jadvaldagi birlamchi kalitga muvofiq bo‘lsa, jadvallar o‘rtasidagi munosabat mavjud bo‘ladi. " Munosabat, aloqadorlik|"Relyatsion malumotlar bazalarida jadvallar ustunlari va satrlarining elementlari o‘rtasidagi bog‘liqlik. " Munosabat (taqqoslash) operatori|"Operandlar nisbatini aniqlash imkonini beradigan binar operator: teng (EQ), teng emas (NE), dan kam (LT), dan ko‘p (GT), dan kam yoki teng (LE), dan ko‘p yoki teng (GE). " Munosabatlar diagrammasi|"Munosabatlar diagrammasi konseptual chizmalarni tavsiflaydigan axborot andozasi. U grafi-kali bo‘lib blok va chiziqlarga asoslangan. Bu blok va chiziqlar boshqa bir axborot andozasining obyektlar va ular o‘rtasidagi munosabatlarni tavsiflaydi. Shu mazmunda munosabatlar diagrammasi axborot meta andozasi hisoblanadi, shuningdek axborot andozalarni tavsiflovchi vosita deb hisoblanadi. " Munosib, mos|"Kompyuter dasturiy va apparat ta’minotining birgalikda ishlashi va axborot almashina olish imkoniyati. " Muqobil matn|"O‘xshash simvollar ketma-ketligining o‘rnini to‘ldirishga mo‘ljallangan, oldindan aniqlangan matn. Izoh − Ko‘p takrorlanuvchi matnli axborotni kiritishni soddalashtirish uchun mo‘ljallangan. " Murakkab kalit|"Bir nechta atributdan iborat kalit. " Murakkab komandalar to‘plamiga ega kompyuter|"O‘zgaruvchan uzunlikdagi, bajarilish vaqti turlicha bo‘lgan turli mashina komandalarining keng to‘plamiga ega, kompyuterlar arxitekturasi. " Murakkab komandalar to‘plamiga ega protsessor|"RISC-protsessorlariga teskari bo‘lgan to‘la komandalar to‘plamiga ega an’anaviy protsessorlar arxitekturasi. Mashina komandalari to‘plami keng, turli, o‘zgaruvchan uzunlik va bajarish vaqtiga ega bo‘lgan ommabop protsessorlar. x86 va 680x0 guruhiga mansub protsessorlar CISC-protsessorlari qatoriga kiradi, ammo CISC-protsessorlarining ichida ko‘pincha RISC-arxitekturasidan foydalaniladi. " Murakkab tizimlarni loyihalash va obyektga yo‘naltirilgan tahlil qilish|"XX asrning 80-90-yillarida yuzaga kelgan, murakkab tizimlarni loyihalash va tahlil qilish metodologiyasi, dasturiy mahsulotlarni, texnik, iqtisodiy, ijtimoiy tizimlarni, shuningdek, ularni boshqarish tizimlarini ishlab chiqishda asosiy metodologiya hisoblanadi. Tadqiq qilinadigan yoki ishlab chiqiladigan tizim modellarining ketma-ketligi: informatsion model, holatlar modeli va jarayonlar modelini tuzish metodologiyaning asosini tashkil etadi. " Murakkablik|"Dasturiy ta’minotni tushunishdagi, tahlil qilish, testlash va ta’minlashdagi qiyinchiliklar o‘lchovi. " Murojaatlar monitori|"Foydalanish nazorati tamoyillari. U subyektlarning obyektlardan foydalanishga urinishlarini ajratuvchi mavhum mashina tushunchasiga asoslangan. Xavfsizlik o‘zagi shaklida amalga oshiriladi. " Mushkul holat|"Ikkita oqimning bajarilishida ularning bir-birini blokirovka qilib qo‘yishida yuzaga keladigan holat xatoligi. Bunda har bir oqim boshqa oqim foydalanayotgan resursning bo‘shashini kutib turadi. " Musiqa tizimi|"Ixtisoslashtirilgan abonent tizimi. U musiqa asarlarini yaratish, ishlov berish va ijro etish uchun mo‘ljallangan. Kompyuterga tashqi qurilmalar, yaʼni maxsus klaviatura, mikrofonlar, karnaylar va tegishli dasturiy taʼminotning qo‘shilishi orqali yaratiladi. Tizim imkoniyatlari ishlab chiqaruvchilarga maʼlumotlarni taqdim qilishning turli shakllaridan foydalanish imkonini beradi. Musiqa asari bilan ishlab, foydalanuvchi uning tarkibiy qismlarini kesib olish, nusxa olish, qo‘shish, tozalash operatsiyalarini bajaradi. Musiqa tizimlari uchun musiqa qurilmasi interfeysi belgilangan va «standart musiqani tavsif qilish tili» SMDL yaratilgan. " Mustaqil jarayon|"Boshqa jarayonlar bilan bog‘lanmagan, boshqa jarayonlarning bajarilishiga ta’sir ko‘rsatmaydigan yoki ularning ta’sirini sezmaydigan jarayon. " Mutanosiblik|"Mutanosiblik faqat to‘g‘ri axborotni bazaga yozishga ruxsat beradi. Agarda tranzaksiya bazaning mutanosibligini buzsa, butun tranzaksiya orqaga qaytariladi va baza mutanosib qoladi. " Mutant viruslar|"Shifrlash-rasshifrovka qilish algoritmlarini ichiga oluvchi viruslar. Bu algoritmlar tufayli, aynan bir virusning nusxalari baytlarning birorta ham takrorlanadigan zanjiriga ega bo‘lmaydi. " Mutlaqo maxfiy ma’lumotlar|"Alohida muhim ma’lumotlardan tashqari davlat siri hisoblanadigan ma’lumotlar. " Muvaffaqiyatsiz chaqiruv; muvaffaqiyatsiz murojaat|"Bog‘lanish o‘rnatilishi bilan tugallanmagan kira olishga urinish. Izoh − Mobil aloqa tarmoqlarida, aktiv izlash yakunida hech bo‘lmaganda bitta radiostansiya tomonidan tasdiqlanmagan chaqiruv. " Muvofiqlashtirilgan translyatsiya|"Umumiy tavsifga ega bo‘lgan bir nechta dasturiy modulni translyatsiya qilish, bunda barcha translyatsiya birliklari tavsiflarning bir xil versiyalaridan foydalanadi. " Muvofiqlik deklaratsiyasi|"Ochiq konkurs qatnashchisining yuridik kuchga ega bo‘lgan, davlat axborot tizimi interfeyslarini amalga oshirish uchun, axborot tizimlarining moslashuvchanligi bo‘yicha talablar to‘plamida ko‘rsatilgan spetsifikatsiyalardan foydalanish majburiyati. " Muvofiqlik sertifikati|"Hisoblash texnikasi vositalari yoki avtomatlashtirilgan tizimning, davlat standartlari talablariga, sertifikatlash bo‘yicha davlat organlari tomonidan, ularning vakolatlari doirasida tasdiqlangan axborotni muhofaza qilish bo‘yicha boshqa normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi va ishlab chiquvchiga ulardan muhofaza qilingan hujjat sifatida foydalanish va/yoki tarqatish huquqini beruvchi hujjat. " Muvofiqlikni baholash|"Qandaydir standartga yoki tavsiyalarga rioya qilinishini, yozuvlarning olib borilishi aniqligini tekshirishga yoki samaradorlik va natijalilikning maqsadli qiymatlariga erishishga yo‘naltirilgan tekshiruv va tahlil. " Muzlatishga qarshi tizim|"Antenna ko‘zgusining orqa sirtiga montaj qilinadigan elektr isitgichlar yordamida ko‘zguni va nurlantiruvchi tizimni sun’iy isitish uchun xizmat qiladigan antennaning issiqlik himoyasi tizimi. " Myuteks|"Operatsion tizimlarda ishlatiladigan semaforlarning o‘zaro bartaraf qilishni ta’minlaydigan analogi. " Mo‘rt posilka|"Alohida ehtiyotkorlikni talab qiluvchi tez sinadigan predmetlarni o‘z ichiga olgan posilka. N " Nadenenko dipoli|"Yelkalari silindr hosil qilishi bo‘yicha joylashgan, bir nechta parallel simlardan iborat cimmetrik vibrator ko‘rinishidagi antenna. " Namoyish qilinadigan versiya|"Bepul tarqatiladigan (masalan, reklama maqsadida) tugallanmagan dastur. U qo‘shimcha namoyish materiallarini o‘z ichiga olishi, shuningdek, magazin yoki ko‘rgazmadagi kompyuter namunasi ham bo‘lishi mumkin. " Namunaviy almashtirish elementi|"Ishlash qobiliyatini tiklash vada almashtirilishi zarur bo‘lgan, almashtiriladigan eng kichik, funksional tugallangan yig‘ma birlik. " Namunaviy guruhli trakt|"Elektraloqa signallarini, tonal chastota kanallari me’yorlashtirilgan sonini yoki chastotalar polosasidagi asosiy raqamli kanallarni berilgan guruhli traktga xos bo‘lgan uzatish tezligi bilan uzatish uchun mo‘ljallangan texnik vositalarning jami. Izoh – Guruhli trakt kanallarning me’yorlashtirilgan soniga bog‘liq ravishda birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi, to‘rtlamchi yoki N-guruhli trakt deb nomlanadi. " Namunaviy uzatish kanali|"Parametrlari qabul qilingan meʼyorlarga javob beruvchi uzatish kanali. " Nanokompyuter|"Mantiqiy elementlari bir necha nanometr bo‘lgan elektron (biokimyo, kvant) texnologiya asosida qurilgan hisoblash asbobi. Nanotexnologiya asosida ishlab chiqarilgan kompyuter ham juda kichkina. Nanokompyuter nazariyasining mantiqiy asoslari hali yo‘q. " Nanotexnologiya|"Informatikada − kompyuterlardagi protsessorlar uchun integral sxemalar tayyorlash texnologiyasi. Molekulalar va atomlar bilan ishlashga asoslangan. " Navbat|"1. Elementlar qanday tartibda kiritilgan bo‘lsa, o‘sha tartibda o‘chiriladigan ma’lumotlar tuzilmasi. 2. Printerdan chiqarish uchun topshiriqlar ro‘yxati yoki topshiriqlar navbati, ishlarning tartibini operatsion tizimning o‘zi aniqlaydi. " Navbatlar bilan taqsimlangan ikki yoqlama shina|"Bir juft optik kanal yordamida hosil bo‘lgan tezkor ko‘p kanalli tarmoq. U birinchi navbatda, katta shaharning axborot tarmog‘ini yaratish uchun mo‘ljallangan. Ishda yuqori o‘tkazish qobiliyati va ishonchlilikka ega. " Navbatlashish ketma-ketligi|"Navbatma-navbat yoyishda ayrim maydonlarning vaqtinchalik ketma-ketligini aniqlaydigan sonlar guruhi. " Navbatma-navbat yoyish|"Navbatma-navbat (ketma-ket) yoyiladigan satrlar bir-biridan bir satrning kengligidan butun son marta katta masofaga tarqatilgan va bunda yondosh satrlar maydonlarning chastotalari bilan bir-birining ketidan keladigan vaqt intervallari davomida yoyiladigan yoyish jarayoni. " Navigatsiya, siljish, joyini o‘zgartirish|"1. Foydalanuvchi interfeysi yordamida menyu, ma’lumot beruvchi fayllar yoki qandaydir boshqa obyektlar murakkab tizimida yo‘lni aniqlash jarayoni yoki usuli. 2. Tarmoq obyektlari bo‘yicha joyini o‘zgartirish. 3. Transport vositasining harakatlanish yo‘nalishini rejalashtirish va kuzatish, transportda yurish vaqtini hisoblash. 4. Mobil robotning o‘z harakati yo‘nalishini tanlashi, masalan oriyentirlar bo‘yicha. " Nazorat|"Tizim xavfsizligining joriy holatini aniqlash maqsadida, mustaqil obzor va tizim yozuvlarining tahlilini hamda tizim aktivligini olish imkonini beruvchi operatsiyalar majmui. " Nazorat-geraldli muhr|"Pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalari blanklari, 5-shakldagi daftarlar, 10-shakldagi reyestrlar va pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalari bo‘yicha xizmatga oid yozishmalar hamda alohida yo‘riqnomalarga muvofiq boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish uchun mo‘ljallangan maxsus muhr. " Nazorat jurnali|"Qar.: Audit jurnali. " Nazorat kodi|"Uzatiladigan ma’lumotlardagi xatolarni avtomatik tarzda aniqlash, tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik va bartaraf qilish imkonini beradigan kod. " Nazorat muddatlari|"Pochta, kuryerlik jo‘natmalari va pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalarini qabul qilish joyidagi pochta aloqasi obyektidan ularni topshirish va yetkazib berish joyidagi pochta aloqasi obyektigacha jo‘natish uchun belgilangan eng ko‘p vaqt oralig‘i. " Nazorat nuqtasi|"Jarayon bajariladigan nuqta, unda jarayonni shu nuqtadan takror ishga tushirish uchun zarur bo‘lgan axborot saqlanadi. " Nazorat nuqtasi ma’lumotlari to‘plami|"Nazorat nuqtasida saqlangan vazifa yoki tizim holatini ichiga oladigan ma’lumotlar to‘plami (fayl). " Nazorat nuqtasidan qayta ishga tushirish|"To‘xtab qolishdan so‘ng, saqlangan jarayon yoki topshiriq bajarilishining tiklanishi. " Nazorat qilinadigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa rejimi|"Mobil stansiyalar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqani tashkil etish prinsipi bo‘lib, unga muvofiq abonent tarmoq xizmatida qayd qilinadi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa rejimiga kirgunicha autentifikatsion tekshiruvdan o‘tkaziladi. " Nazorat qilinadigan zona|"Axborotni qayta ishlash texnik vositasi atrofidagi hudud, uning chegarasida begona shaxslarning va transport vositalarining ruxsat etilmagan tarzda bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. " Nazorat qiluvchi so‘z|"Signalni skremblerlash uchun shartli foydalanish tizimida qo‘llaniladigan va abonentga signal bilan birga uzatiladigan kodli so‘z. " Nazorat raqami|"Bitta raqam (simvol)dan iborat bo‘lgan tekshiruv kaliti. " Nazorat summasi|"1. Baytlar summasini hisoblash va uni yozuvga qo‘shish yo‘li bilan ma’lumotlar yozuvining to‘g‘riligini tekshirish uchun mo‘ljallangan axborot. Ma’lumotlarni hisoblashda baytlar summasi nazorat summasi bilan mos kelishi kerak. 2. Ma’lumotlar blokiga tekshirish maqsadlarida solishtiriladigan qandaydir funksiya, odatda faylning barcha yozuvlari maydonlariga mos keluvchi summa ko‘rinishida shakllanadi. Bu son biror-bir muhim ma’noga ega emas, faqat fayl yozuvlarini tekshirish uchun xizmat qiladi. Maydon qiymatining har qanday o‘zgarishi oldindan qayd qilingan va qaytadan hisoblangan nazorat summalarining mos kelmasligidan aniqlanadi. " Nazorat (tekshirish) kodi|"Ruxsat etilmagan tarzda ko‘chirib olingan nusxa emasligini aniqlash uchun, diskning bir qismini o‘qiydigan mashina komandalari. " Nazorat zvenosi|"Dasturning eng kichik, alohida o‘tkaziladigan elementi. " Nazorat chastotalari diapazoni|"Nomaqbul radionurlanishlarning darajasini nazorat qilish majburiy hisoblanadigan chastotalar diapazoni. " Negativ uzatish|"Boshlang‘ich yoritish kuchining kamayishi uzatiladigan quvvatning oshishini keltirib chiqaradigan uzatish usuli. " Negativ videosignal|"Qoradan oqga o‘tishda oniy qiymatlari kamayadigan videosignal. " Netbook|"Internetdan foydalanish va ofis dasturlari bilan ishlash uchun mo‘ljallangan kichik noutbuk. Netbuklar ixcham o‘lchamlari, kichik vazni, kam energiya isteʼmoli va nisbatan arzon narxlari bilan ajralib turadi. " Nettop|"Asosan Internet dasturlari bilan ishlash uchun mo‘ljallangan kichik tejamkor shaxsiy kompyuter. Nettoplar energetik samarali mikroarxitekturalarga ega protsessorlarga asoslanadi. Nettop atamasi Intel kompaniyasi tomonidan Atom protsessori eʼlon qilinishi paytida taklif etilgan. Nettop – bu netbukning statsionar analogi. " Neyman arxitekturasi|"Kompyuter qurishning, ham ma’lumotlar, ham dasturning o‘zi saqlanadigan tezkor, ketma-ket manzillanadigan xotira ajratilgan klassik arxitekturasi. Hozirgi vaqtda ko‘pchilik kompyuterlar shunday arxitekturaga ega. Nomi bu arxitekturani ishlab chiquvchilardan biri bo‘lgan mashhur matematik Jon fon Neyman sharafiga berilgan. " Neymkoin|"Bitcoin texnologiyasiga asoslangan, «nom-qiymat» turidagi ixtiyoriy kombinatsiyalarni saqlash tizimi, uning eng maʼlum qo‘llanilishi domen nomlari tizimining muqobil tub serverlar tizimi hisoblanadi. " Neyrokompyuter|"Neyron tarmoqlar asosida yaratilgan kompyuter. Hozircha mustaqil tarzda mavjud emas, lekin zamonaviy kompyuterlarda aktiv ravishda modellashtirilmoqda. " Neyrokompyuting|"Neyron tarmoqlar yordamida amalga oshiriladigan hisoblashlar. " Neyrokontroller|"Arxitekturasida neyron tarmoqlardan foydalaniladigan kontroller. " Neyrolingvistik dasturlash|"So‘z orqali ishontirishning alohida shakllari yordamida inson ichki ongiga manipulyativ taʼsir ko‘rsatish uslubi. Bunda insonda yetarli darajada mustahkam psixologik ko‘rsatmalar paydo bo‘lib, ular keyinchalik muayyan harakatlarga undashi mumkin. Internet orqali amalga oshirilishi mumkin. " Neyron kompyuteri|"Bir-biriga bog‘langan elektron neyronlar tarmog‘idan tuzilgan kompyuter turi. Ushbu mashinalar o‘rganish uchun yaratilgan va dasturlash uchun yaratilmagan. Dizayni va faoliyati bo‘yicha ular inson miyasiga o‘xshaydi. Miyadagidek, neyronlar bir-biriga minglab moslashtiriladigan kanallar orqali signallar jo‘natadi. O‘rganish jarayoni davomida mashina kanallarni sozlaydi. O‘zini sozlaganidan keyin mashina yozuv yoki ovozni tushuna oladi. " Neyron tarmoq|"1. Formal neyronlar, summatorlar va sinapslar majmuini hosil qilgan tarmoq. 2. Neyronlarning soddalashtirilgan funksional modellari hisoblanadigan, bir jinsli protsessorli elementlardan tuzilgan hisoblovchi yoki mantiqiy sxema. " Neytral optik tarmoqlagich|"Optik qutblar o‘rtasidagi uzatish koeffitsiyentlari optik nurlanish to‘lqin uzunliklarining berilgan diapazonidagi to‘lqin uzunligiga bog‘liq bo‘lmagan optik tarmoqlagich. " Niderrayter kriptotizimi|"Xatolarni tuzatuvchi kodlarga asoslangan kriptotizim. " Nihoyatda past chastotalar|"300 Hz dan quyida yotuvchi chastotalar sohasi. Toʻlqin uzunligi 1000 km dan ortiq boʻlgan megametrli toʻlqinlar mos keladi. Bu diapazоnda 50 Hz chastota va uning garmonikalarida elektromagnit toʻlqinlarni generatsiyalaydigan elektr uzatish liniyalari xalaqitlarning asosiy manbai hisoblanadi. " Nik|"Tarmoq foydalanuvchisi odatda chatlar, yangilik guruhlarida, elektron pochtasida ishlatadigan taxallus, haqiqiy bo‘lmagan ism. Odatda nik turli xil qayd yozuvlarida foydalanuvchi nomi sifatida ishlatiladi. " Nimani ko‘rsang, shuni olasan|"Rejim (prinsip) WYSIWYG («vizivig» deb talaffuz qilinadi), «nimani ko‘rsang, shuni olasan» matn redaktorlarida va shaxsiy redaktorlik tizimlari – ekrandagi tahrir qilinayotgan hujjat tasvirining bosma variantiga grafik jixatdan to‘liq monand rejim. Tayyorlangan maket qanday ko‘rinishini oldindan aytib berishga imkon beradi. " Niqob|"Qiymatda muayyan bitlarni ko‘rsatish yoki tanlab aks ettirish uchun foydalaniladigan ikkilik qiymat. " Niqob biti|"Muayyan operatsiyalarga ruxsat etish yoki ularni taqiqlash yoki maydon ichidagini tekshirish yo bo‘lmasa o‘zgartirish uchun, nol yoki birlik qiymatga o‘rnatiladigan bitlar yig‘indisi. " Niqoblanadigan uzilish|"Protsessor birmuncha muhimroq ishni bajarishi uchun, uzilishlar kontrolleri yoki protsessorning maxsus registridagi qurilma yordamida taqiqlash (yoki ruxsat etilishi) mumkin bo‘lgan apparat uzilish. " Niqoblash|"1. Shovqinga qo‘shib foydali signalni yashirin uzatish, bunda oddiy vositalar bilan uni aniqlash imkoni bo‘lmaydi. 2. Tovush balandligi yuqori bo‘lgan fon signali mavjudligida, so‘zlashuvni eshitishning yomonlashuvi. 3. Obyektni jinoyatkorlar uchun kirib bo‘lmaydigan (ko‘rinmaydigan) yoki undan foydalanishni murakkablashtiruvchi harakatlarni bajarishga asoslangan obyektlarni muhofaza qilish uslubi. 4. Kompyuter nazariyasida, niqob bu binar operatsiyalar uchun ishlatiladigan maʼlumotdir. Niqobni ishlatish bu turli baytdagi bitlar yo yoqilishi yo o‘chirilishi, yoki yagona binar operatsiyada yoqiqdan o‘chiqqacha o‘girilishi (yoki aksi) dir. Niqob IP-manzillar bilan kompyuter nimtarmog‘ini aniqlashda yoki kompyuter grafikasida, masalan, shaffof muhit ko‘rinishini aniqlashda ishlatiladi. " Nisbatlar|"Kompyuterlar displeylari va rasmlarda rasm enining bo‘yiga bo‘lgan nisbati. Masalan, 2:1 nisbati rasm eni uning bo‘yidan ikki baravar kattaligini ko‘rsatadi. Rasmni veb-sahifa kabi boshqa hujjatga qo‘shish paytida nisbatini saqlash katta ahamiyatga egadir. " Nisbiy identifikator|"Xavfsizlik identifikatorining kichik qismi. Domen doirasida xavfsizlik identifikatorlari bir xil katta qismga ega, nisbiy identifikator esa 1000 dan boshlab ketma-ket ko‘payuvchi qiymatni oladi. " Nisbiy yo‘l|"1. Fayl yoki katalogning tarkibiy nomi bo‘lib, unda fayl nomining oldidan joriy katalogdan boshlanadigan kataloglar ketma-ketligi yozilgan bo‘ladi. 2. Ayrim mavjud direktoriyaga nisbatan fayldan foydalana olish yo‘li. " Nizom|"Qandaydir sohada munosabatlarni tartibga soladigan qoidalаr to‘plami, qonun protseduralari. " Noaniq autentifikatsiya|"Autentifikatsiya qilish jarayonida berilgan algoritm bo‘yicha generatsiyalanadigan shifrlash kalitlaridan foydalanishga asoslangan autentifikatsiya qilish protsedurasi. " Noaniq holat|"Ish rejimi, bunda tarmoq qurilmasi (ko‘prik, kommutator) adreslar manbai va maqsadidan qat’i nazar barcha portlardan unga kelayotgan paketlarni ko‘rib turadi. " «Noaniq nusxa»|"Pochta xabarlari sarlavhasidagi elektron xat nusxasi yuboriladigan manzil. Bunda VSS qabul qiluvchisiga xat yuborilgan boshqa manzillar ro‘yxati ko‘rinmaydi. " Noaniq nutq|"Nutqni qayta eshittirish va uning tushunarlilik sifatini yomonlashtiruvchi buzilishlar turi. Past chastotalar sohasidagi xalaqitlar, odatda, og‘ib o‘tuvchining tutilib qolishiga bog‘liq bo‘lib, ular nutqning eshitilish sifati yomonlashuvida aks etadi, ayni paytda, yuqori chastotalar sohasidagi xalaqitlar, asosan, nutqning tushunarliligi yomonlashuviga olib keladi. " Noekvidistant antenna panjarasi|"Element antenna panjarasining markaziy o‘qidan qancha uzoq joylashgan bo‘lsa, bir-biridan shuncha katta turli masofalarda joylashgan elementar nur tarqatgichlar guruhi. " Nogeostatsionar orbita|"Nogeostatsionar orbitalarga elliptik (NEO) o‘rta balandlik (MEO) va past Yer atrofi (LEO) orbitalari tegishlidir. " Nol|"Matematik (0) qiymat. Bul algebrasida «yolg‘on» qiymatni anglatadi. " Nol holati boshqariluvchi antenna panjarasi|"Yo‘nalganlik diagrammasida xalaqitlar manbai yo‘nalishida qisqa uzilish shakllanadigan antenna panjarasining turi. Yo‘nalganlik diagrammasining nol holatini boshqarishda xalaqit signali amalda bostirilgan bo‘lishi kerak. " Nol nurlanish bo‘yicha yo‘nalganlik diagrammasining kengligi|"Ikkita yo‘nalish o‘rtasida o‘lchangan yo‘nalganlik diagrammasi asosiy yaprog‘ining kengligi, ular bo‘ylab maydon kuchlanganligi nolga yaqin bo‘ladi. " Nolga qaytmasdan|"Kodlash usuli, bunda signallar har doim musbat yoki manfiy, nol bo‘lmagan qiymatlarga ega, 1 va 0 ikkilik simvollari turlicha qutblanadigan signallar bilan kodlanadi. Bunday signal 1 larni uzatishda takt davomida, yaʼni har bir bitdan keyin 0 ga qaytmaydi. Usul xatolarni yaxshi aniqlashni taʼminlaydi, lekin o‘zini o‘zi sinxronlash xossasiga ega emas. " Nolinchi argument|"UNIX operatsion tizimlarida komanda nomi nolinchi raqamli argument hisoblanadi. Ishga tushiriladigan dasturning validligini tekshirish uchun xizmat qiladi. $0 parametri bilan belgilanadi. " Nolinchi kun zaifligi|"Himoya mexanizmlari hali ishlab chiqilmagan zararli dastur yoki zaiflik. " Nolinchi paketlar|"Axborot tashimaydigan va oqim tezligi o‘zgarmasligiga xizmat qiladigan transport oqimi paketlari. " Nolinchi qurilma|"Unix-monand operatsion tizimlarda hech qanday maqsadga yetkazmaydigan bo‘sh qurilma. Qabul qilinadigan barcha signallarni yutadi. Ekranga chiqarish va hech qayerda saqlanishi kerak bo‘lmagan axborotni qayta yo‘naltirish uchun ishlatiladi. " Nollashtirish|"Disk sektori, xotira bloki yoki o‘zgaruvchilarni nollar bilan to‘ldirish. " Nom|"Dasturlashda – ma’lumotni, dasturni yoki kataloglashtirilgan protsedurani identifikatsiyalaydigan harf-raqamli simvollar ketma-ketligi (nomning birinchi simvoli harfli bo‘lishi kerak). " Nom boʻyicha chaqiruv|"Parametrlarni berish usuli, bunda chaqiruvchi modul chaqiriladigan modulga uzaytiriladigan parametrlarni ifodalaydigan ramziy ifodani taqdim etadi, xizmatga oid protsedura ifodani baholaydi hamda natijalovchi qimmatni chaqiriladigan modulga taqdim etadi. " Nomaqbul effekt|"Dastur yoki funksiyani bajarishda hisoblash muhiti holatining yoki o‘zgaruvchilar global qiymatlarining o‘zgarishi. " Nomaqbul yaproq|"Antenna ko‘zgusi bilan nurlanadigan energiyani qisman qamrab olishda hosil qilinadigan parazit yaproq. " Nomer (raqam)|"Qandaydir qurilma yoki foydalanuvchiga beriladigan va keyinchalik uni identifikatsiya qilish uchun qo‘llaniladigan yagona sonli kod yoki indeks. " Nomidan kirish|"Login va paroldan foydalanib resursdan foydalana olish huquqini olish. " Nominal daraja|"U yoki bu qurilma (aloqa tizimida qo‘llaniladigan) kirishidagi elektr signalining yo‘l qo‘yiladigan chegaraviy darajasi, bunda qurilma tomonidan kiritiladigan nochiziqli buzilishlarning qiymati yo‘l qo‘yiladigan chegaralardan oshmaydi. " Nominal kanal intervali|"Qo‘shni kanallar orasida chastotata bo‘yicha tarqatish. Kanal intervali teng bo‘lishi yoki teng bo‘lmasligi mumkin. " Nominal quvvat|"Radiokarnayga beriladigan eng katta elektr quvvati, bunda nochiziqli buzilishlar berilgan turdagi radiokarnayning texnik hujjatlarida keltirilgan normalardan oshmaydi. " Nomlar jadvali|"Dasturda foydalaniladigan identifikatorlar (belgilar, kichik dasturlar va o‘zgaruvchilar nomlari)ni va ularning atributlarini (belgilarini) ichiga oladi; nomlar jadvali ishlash paytida translyator va komponovkachi tomonidan tuziladi; semantik tahlil va oraliq kodni generatsiyalash bosqichlarida, shuningdek dasturni komponovkalash uchun foydalaniladi. Nomlar jadvali tegishlicha, sozlash maqsadida obyekt yoki yuklash modulida saqlanishi mumkin. " Nomlar serveri|"Boshqa nomlar serverlari bilan birgalikda xost-kompyuterlar nomlarining, ularning IP-manzillariga o‘zgartirilishini amalga oshiradigan kompyuter. " Nomli buyum|"Hujjatlar, pochta, kuryerlik jo‘natmalari va pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalari blanklariga pochta aloqasi obyekti nomi, pochta vagoni, yo‘nalishi, pochta, kuryerlik jo‘natmasi, pul mablag‘larining pochta o‘tkazmasi va boshqa axborotni qabul qilish hamda kelib tushgan sanasini ko‘rsatgan holda iz tushirish uchun mo‘ljallangan moslama (shtamp). " Nomukammal shifr|"Mutloq chidamli bo‘lmagan shifr. " Noortogonal diskretlash|"Diskretlash onlariga mos keladigan yoyish satrlaridagi nuqtalar tasvirga yoyish satri yo‘nalishiga perpendikulyar ravishda yo‘naltirilmagan tasvirni diskretlash. Izoh – Progressiv yoyish hollarida, yoyish satridagi nuqtalar shu maydonning vaqt bo‘yicha qo‘shni satrlari nuqtalariga yo‘naltirilmagan, satr oralatib yoyishda, yoyish satridagi nuqtalar keyingi maydonning fazo bo‘yicha qo‘shni satrlariga yo‘naltirilmagan. " Nopozitsion sanoq tizimi|"Sonlarni belgilash uchun, miqdor qiymati har doim bir xil va joylashgan o‘rniga bog‘liq bo‘lmaydigan muayyan belgilar kiritiladigan sanoq tizimi. Nopozitsion sanoq tizimidan kam foydalaniladi, chunki u hisoblashlar uchun moslashtirilmagan. Xarakterli misol – rimcha sanoq tizimi. Lotin alifbosining quyidagi qiymatlarga ega simvollari bor: I-1, V-5, X-10, L-50, C-100, D-500, M-1000. " Norekursiv filtr|"Yakuniy javobi ratsional funksiya orqali ifodalanadigan raqamli filtr. " Normallashtirish|"Ma’lumotlarni, takrorlanadigan ma’lumotlar guruhlarini saqlamaslik va ma’lumotlar ortiqchaligiga yo‘l qo‘ymaslik imkonini beradigan alohida jadvallarga guruhlash usuli. " Normativ-huquqiy hujjat|"Belgilangan shakldagi, vakolatli davlat organining yoki boshqa tuzilmalarning vakolati doirasida yoki qonun hujjatlarida belgilangan protseduralarga rioya qilingan holda referendum yo‘li bilan qabul qilingan rasmiy hujjat. " Normativ-huquqiy hujjat muhokamasi|"Normativ-huquqiy hujjatning tegishli loyihasini yoki boshqa zarur axborotni rasmiy saytda joylashtirish, shuningdek, muhokama qatnashchilarining taqdim etilgan takliflarini ko‘rib chiqish va umumlashtirish. " Nosimmetrik liniya|"O‘tkazgichlardan biri signalni uzatish uchun, ikkinchisi esa, erga ulash vositasi sifatida xizmat qiladigan uzatish liniyasi. " Nosimmetrik vibrator|"O‘tkazuvchi sirt ustida joylashadigan, bir uchi bilan fiderga, ikkinchi uchi esa, o‘tkazuvchi sirtga, masalan, yer, antenna posangisi yoki obyekt korpusi bilan ulanadigan vibrator. " Nosimmetrik zanjir|"Bir-biridan yerga yoki boshqa simga nisbatan qarshilik, elektr sig‘imi, o‘tkazuvchanlik yoki induktivlik bilan farqlanadigan yelkalari bo‘lgan ikki o‘tkazgichli liniya. " Nosozlik|"Tashqi ta’sirlar tugagandan so‘ng bartaraf etiladigan, juda ham jiddiy bo‘lmagan ishlamay qolish. " Nostandart foydalana olish usuli|"Dasturda ko‘zda tutilmagan, lekin resurslardan erkin foydalanishda ishlaydigan usul. Asosan veb-dasturlar uchun xos. " Notariallashtirish|"Ma’lumotlarni uchinchi ishonchli tomondan qayd etilishi, bu esa keyinchalik ularning ichidagi, jo‘natuvchi, vaqt va oluvchi kabi tavsiflarining tasdiqlanishini ta’minlaydi. " Notarqoq zona (uyali aloqada)|"Har tomonga yo‘nalgan antennali bitta tayanch stansiyaga ega xizmat ko‘rsatish zonasi. Tayanch stansiya ushbu zonaning markazida joylashadi. " Notatsiya|"Matematik yoki ilmiy ifodalarni, dasturlar elementlarini tavsiflash uchun mo‘ljallangan qoidalar va simvollar to‘plami. " Notekis kvantlash|"Kvantlashning ikkita chetki intervallari uchun belgilangan tashqi chegaralar o‘rtasidagi kvantlashning barcha intervallari o‘zaro teng bo‘lmagan kvantlash. " Notekis nurlanish|"Antennaning ochilishida qo‘zg‘atiladigan elektromagnit maydon tekis hisoblanmaydigan, balki ko‘zguning chetlariga tekis tushadigan nurlanish. " Noto‘g‘ri kadrlash|"Videosignal datchigi yoki tiklash qurilmasidagi belgilangan kadrga nisbatan yoyish elementi bilan aylantirib chiqiladigan sirtning noto‘g‘ri joylashishi. " Noutbuk, leptop|"Odatda o‘lchami A4 formatdagi varaq o‘lchami bilan mos keladigan, og‘irligi bir necha kilogramm atrofida bo‘lgan ko‘chma shaxsiy kompyuter. " Nov|"Olinadigan qopqog‘i bo‘lgan, yer osti kabelini o‘tkazish uchun yer ostidagi trenchga joylashtirilgan kanal. " Noyob nom|"Berilgan nomlar makonidagi aniq (yagona) nom. " Nozik axborot|"To‘la huquqli shaxs nuqtai nazaridan muhofazalanishi zarur bo‘lgan axborot. Chunki, uni oshkor aylash, o‘zgartirish, yo‘q qilish yoki yo‘qotish kimgadir yoki nimagadir sezilarli zarar yetkazishga sabab bo‘lishi mumkin. " Nochiziqli buzilishlar|"Signal shakli (tovush tebranishlari) ning qo‘shimcha garmonikalar (tovush tembrining buzilishi, xirillash, zirillash) ning paydo bo‘lishi hisobiga buzilishi. Buzilishlar garmonikalar koeffitsiyenti (klirfaktor) bilan baholanadi. " Nochiziqli buzilishlar o‘lchagichi|"Signalning o‘tish traktida liniya, kuchaytirgich va sh.k.lar tomonidan kiritiladigan nochiziqli buzilishlar koeffitsiyentini yoki tovush chastotasi sinusoidal tebranishlari generatorining chiqishida vujudga keladigan buzilishlarni aniqlaydigan asbob. " Nochiziqli montaj|"Montaj texnologiyasining kompyuterda amalga oshiriladigan yangi avlodi. Videoplenkalar, disklar va grafikalardagi tasvir raqamlashtiriladi, magnit disklarda saqlanadi. Istalgan kadr, istalgan paytda va istalgan ketma-ketlikda chaqirib olinishi mumkin. " Nuqta o‘lchami (lyuminofor zarrasining qadami)|"Bitta rangdagi nuqtalar (piksellar) o‘rtasidagi masofa. Har xil turdagi kineskoplar uchun diagonal yoki gorizontal bo‘yicha o‘lchanadi. " Nuqtalar qadami|"Qo‘shni triadalarning markazlari o‘rtasidagi masofa. " Nuqtali vergul|"Elektron pochtani bir nechta foydalanuvchilarga jo‘natish uchun manzillarni ajratishda ishlatiladigan bo‘lgich. Dasturlashda esa u satrning mantiqiy tugallash belgisi hisoblanadi. " Nur|"Antenna yoʻnalganlik diagrammasining bitta yaprogʻi nurlanishi tarqaladigan fazo qismi. Izoh – Nur keskin yoʻnaltirilgan, profillangan, qayta yoʻnaltiriladigan yoki vaqt davomida kommutatsiyalanadigan boʻlishi mumkin. " Nur (antenna panjarasining)|"Yoʻnaltirilgan antenna panjarasi yoʻnalganlik diagrammasining asosiy yaprogʻi. " Nur tarqatgich|"Elektr signallarning elektromagnit to‘lqinlarga aylantirilishini ta’minlaydigan manbaning umumiy nomi. " Nur o‘qi|"Nurda uzatiladigan maksimal energiya xos bo‘lgan yo‘nalish, odatda, antennaning yo‘nalganlik diagrammasi asosiy yaprog‘iga mos keladi. " Nurlagich bilan soyalsh (antenna koʻzgusi)|"Antenna ko‘zgusi sirti nurlanish samaradorligining nurlagichning soyalantiruvchi harakati va uning konstruktiv (tayanch) elementlari tufayli pasayishi. " Nurlanish|"1. Istalgan manbadan chiqayotgan energiyaning radioto‘lqinlar shaklidagi oqimi. 2. Elektromagnit to‘lqinlarning manbadan atrof-muhitga yoki uzatish liniyalari orqali tarqalish jarayoni. " Nurlanish darajasi|"Texnik vosita nurlantirayotgan elektr va/yoki magnit maydonlar va/yoki quvvat oqimi zichligining, qat’iy belgilangan sharoitlarda o‘lchangan darajasi. " Nurlanish turkumi|"Belgilangan shartli belgilar orqali ifodalanadigan nurlanishlar xarakteristikalarining majmui, masalan, asosiy eltuvchini modulyatsiyalash turi, modulyatsiyalaydigan signal, uzatiladigan xabarlar turi, shuningdek, (zarur bo‘lganda) signalning har qanday qo‘shimcha xarakteristikalari. " Nurlantiruvchi element (antenna panjarasi)|"Antenna yoki antenna panjarasining tarkibiy qismi hisoblanadigan berilgan qo‘zg‘atish qonuniga ega antennalar guruhi. " Nurlanuvchi quvvat|"Vaqt birligida, chastotalarning cheklangan polosasida nurlanadigan energiya. Izoh − Nurlanuvchi quvvat qiymati uzatish vaqtiga, uzatish muhitining xarakteristikalariga hamda o‘lchash usuliga bog‘liq. Og‘ib o‘tuvchining oniy cho‘qqi quvvati, vaqtda yoki uzatish liniyasining berilgan ko‘ndalang kesimida (masalan, to‘lqin o‘tkazgichda) o‘rtachalashtirilgan quvvat farqlanadi. Antennadan keladigan to‘la quvvat belgilangan yo‘nalishda (cheklangan fazoviy burchakda) uzatilishi yoki izotrop, ya’ni barcha yo‘nalishlarda bir tekis nurlanishi mumkin. " Nurlanuvchi radioxalaqit|"Fazoda tarqaladigan radioxalaqit. " Nurli (energetik) yorqinlik|"Fazoviy burchak birligida manba proyeksiyasi maydon birligiga to‘g‘ri keladigan nurli oqim. Izoh − Birligi vatt taqsim steradian, kvadrat metr (Vt/sr.m2). " Nurli oqim|"Nurlanuvchi energiyaning ko‘chirish quvvati, ya’ni vaqt birligida o‘tadigan energiya miqdori. " Nurni kombinatsiyalangan boshqaruvga ega antenna|"Bir tekislikda mexanik skanlash va boshqasida elektr skanlashga ega antenna. " Nusxa ko‘chirilishidan muhofaza qilish|"1. Ma’lumotlardan, dasturiy yoki dasturiy-apparat ta’minotidan ruxsat etilmagan tarzda nusxa ko‘chirilishini aniqlash yoki oldini olish uchun maxsus usullarning qo‘llanilishi. 2. Magnit tashuvchida, masalan, tijorat yo‘nalishidagi dasturiy mahsulotga ega diskda, yozilgan axborotdan nusxa ko‘chirilishining oldini olish usuli. " Nusxa ko‘chirish|"Belgilangan matn yoki obyektni almashinuv buferiga ko‘chirish. " Nusxa ko‘chirish platasi|"Elektron hisoblash mashinasiga o‘rnatilgandan so‘ng, tezkor xotiradan diskka muhofazalangan dasturiy ta’minotni ko‘chirish imkonini beradigan elektron qurilma. " Nusxa ko‘chirishga ruxsat etilgan|"FSF ga kiritilgan mualliflik huquqining turi bo‘lib, mahsulotni notijoriy maqsadlar uchun erkin tarqatilishiga ruxsat etilganligini bildiradi . " Nusxalovchi arxivlash|"Barcha belgilangan fayllardan nusxa ko‘chirilishi mumkin bo‘lgan, lekin rezervlangan fayllar belgilanmaydigan arxivlash rejimi. " Nutq aktivligi detektori|"Nutq intervallarini yoki nutqsiz shovqinni aniqlash va ajratish uchun mo‘ljallangan qurilma. Izoh − Nutq detektori pauzalar va aloqa seansi tugaganda, uzatgichni o‘chirish (uzib qo‘yish) uchun ham ishlatiladi. Detektorda qaror qabul qilish chegarasi juda past ham bo‘lishi kerak emas, aks holda, qurilma shovqindan «ishlab» ketadi, shuningdek, juda yuqori ham bo‘lmasligi kerak, unda nutq jumlasining boshlanishi «kesilib» qoladi va tushunarlilik yomonlashadi. " Nutq orqali (raqam) terish xizmati|"Telefon raqamini yoki familiyani aytish orqali raqamni termasdan bog‘lanishni o‘rnatish imkoniga ega xizmat. Izoh – Xizmat ham telefon stansiyada, ham abonent terminalida amalga oshirilishi mumkin. " Nutq polosasi|"Nutq uzatilishini taʼminlaydigan, 3000 Gs (300 dan 3400 gacha) ga teng bo‘lgan chastotalar polosasi. " Nutq sifati|"Nutq mazmun va rasmiy tomonlarining mavjud xususiyatlari: to‘g‘riligi, aniqligi, mantiqiyligi, sofligi, ifodaliligi, boyligi va o‘rinli ekanligi. " Nutqiy axborot|"Manbai inson nutqi bo‘lgan akustik axborot. " Nutqiy erkin foydalanish|"Foydalanuvchi ovozini identifikatsiyalash asosida erkin foydalanishga ruxsat berish tizimi. " Nutqiy interfeys|"Nutq shaklida komandalar va maʼlumotlar kiritish interfeysi. U foydalanuvchi va axborot tizimi o‘zaro ishlashiga oid usullarni soddalashtirish maqsadida yaratilgan. Tizimga maʼlumotlarni qayta ishlashni boshqarish komandalari yoki maʼlumotlarning o‘zi kiritiladi. " Nutqiy kiritish|"Ma’lumotlarni kompyuterga ovoz yordamida (klaviaturasiz) kiritish texnologiyasi. Nutqiy kiritishdan foydalanish uchun, tazkor xotirasi kamida 8 Mbyte bo‘lgan Pentium yoki i486 protsessorga ega katta quvvatli shaxsiy kompyuter va lug‘atli dasturiy ta’minot bo‘lishi zarur. Dastur nutqni raqamlashtiradi, har bir so‘zni ajratadi va aniq ta’riflash uchun uni o‘zining lug‘atidan topishni bajaradi. " Nutqiy pochta|"Nutqiy xabarlar uzatishga mo‘ljallangan elektron pochta turi. Nutqiy pochta foydalanuvchilar monologini taʼminlaydi. Nutq xabarlar shaklida uzatilib, ularni talab qilinmaguncha xotirada saqlana beradi. Buning uchun abonent tizimlarida pochta qutisi deb ataluvchi xotira sohasi ajratib beriladi. " Nutqiy xabar|"Tarmoq orqali uzatilayotgan nutqdan iborat bo‘lgan xabar. Nutqiy xabar uzatish odatdagiga nisbatan juda oson, chunki, klaviatura yoki nurli pero ishlatishga ehtiyoj bo‘lmaydi. Shu bilan birga, uzatish jarayoni analog-raqamli o‘zgartirishni, qabul qilish jarayoni esa raqamli-analog o‘zgartirishni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, nutqiy xabarlar katta hajmliligini hisobga olgan holda, maʼlumotlarni zichlashtirishdan foydalaniladi. " Nutqli (ovozli) xabarlarni qayta ishlash|"Ovozli pochtani, raqamli avtojavobbergichlarni, ma’lumot beradigan kiosklarni ichiga oladigan texnologiyalar jami. " Nutqli xabar|"Nutq signallari ko‘rinishida taqdim etiladigan xabar. " Nutqni anglash|"Nutqiy ma’lumotlarni mashina yordamida anglash va ularni mashina matniga o‘girish. Nutqni anglash dasturi matnni klaviatura orqali emas, balki kompyuterga ulangan mikrofon yordamida kiritish imkonini beradi. " Nutqni kodlash|"Nutqni kodlar ketma-ketligiga aylantirish. " Nutqni kodlash algoritmi|"Nutqni raqamlashtirish tizimi zida tovushlar lug‘atini ifodalaydi, bu lug‘at yordamida gapiruvchining ovozi aloqa liniyasi ob‘ylab uzatish uchun nollar va birlar to‘plamiga o‘zgartiriladi. " Nutqni qayta ishlash|"Nutqni tahlil qilish, o‘zgartirish va sintezlash jarayoni. Nutqni tanish uni matnga aylantirishdan iborat, uni axborot manbai sifatida ishlatish imkoniyatini ochadi. Tanishga teskari bo‘lgan holat nutqni sintezlashdir, yaʼni, aniq kod bilan ifodalangan matnni nutqqa o‘girish. O " Obfuskatsiyalash|"Birlamchi matn yoki dasturning bajariladigan kodining funksionalligini saqlab qoladigan, biroq uni tahlil qilish, ish algoritmlarini tushunish va dekompilyatsiya paytida modifikatsiyalashni murakkablashtiradigan shaklga keltirish. Kodni «chalkashtirish» algoritmi, birlamchi matn, assemblerlik darajasida amalga oshirilishi mumkin. Chalkash assemblerlik matnni yaratish uchun dasturni bajarish muhitining yashirin yoki hujjatlashtirilmagan imkoniyatlaridan foydalanuvchi maxsus kompilyatorlar qo‘llanilishi mumkin. Obfuskatsiyalashni bajarish uchun maxsus dasturlar ham mavjud, ular obfuskatorlar deyiladi. " Obrazlarni aniqlash|"Funksional blok yordamida fizik yoki abstrakt obrazlarni, tuzilmalar va konfiguratsiyalarni identifikatsiyalash. Aniqlash, qabul qilinayotgan signallarning xususiyatlari va qonuniyatlariga asoslangan holda, namunaning tuzilishini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. " Obyekt|"1. Atributlarini o‘lchash yordamida tavsiflanadigan alohida element. 2. Foydalanilishi nazorat qilinadigan mantiqiy obyekt. Masalan, fayl, dastur, tezkor xotira doirasi; yig‘ilgan va saqlanayotgan shaxsiy ma’lumotlar. 3. Axborotni saqlovchi, qabul qiluvchi yoki uzatuvchi tizimning passiv komponenti, undan foydalana olish erkin foydalanishni chegaralash qoidalari bilan tartibga solinadi. Izoh – Obyektdan foydalana olishda unda saqlanayotgan axborotdan erkin foydalanishni anglatadi. Obyektlar: yozuvlar, bloklar, sahifalar, segmentlar, fayllar, direktoriyalar va dasturlar, shuningdek, alohida bitlar, baytlar, so‘zlar, maydonlar; turli qurilmalar (terminallar, printerlar, diskovodlar va h.k.); turli tarmoq qurilmalari (alohida uzellar, kabellar va h.k.). " Obyekt-dispetcher|"Windows 2000 operatsion tizimidagi sinxronlash vositasi, myuteks va semafor kabi ishlaydigan, ularning semantikasi shartli o‘zgaruvchi semantikasiga o‘xshash voqealarni generatsiyalaydi. " Obyekt fayli|"Kompilyator bilan boshlang‘ich kodni qayta ishlash natijasida olingan, dasturning alohida moduli oraliq taqdim etilgan fayl. Obyekt fayli o‘z ichiga alohida tarzda tayyorlangan (ko‘pincha, ikkilik yoki binar kod deb ataladigan) kodni oladi. Bu kod, tayyor bajariladigan modulni yoki bibliotekani olish uchun, bog‘lanishlar redaktori (komponovkachi) yordamida boshqa obyekt fayllari bilan birlashtirilishi mumkin. " Obyekt fayllarining umumiy formati|"Microsoft korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan standart. " Obyekt kodi|"Dasturlovchi tizim yaratadigan, bir yoki undan ortiq jarayonni (dastur matni yoki tili) qulay taqdim etish shakli. " Obyekt moduli|"Bajariladigan mashina komandalari va simvollar jadvalini o‘z ichiga oladigan, kompilyator bilan generatsiyalanadigan dastur binar kodining fayli. " Obyekt so‘rovlari brokeri|"Namunaviy dasturlar blokini ishlab chiqish texnologiyasi. ORB texnologiyasi dasturiy taʼminotning oraliq qatlamlari turlaridan biri bo‘ladi. ORB yordamida yaratilayotgan dasturlar murakkab dasturiy tizimlarni qurish uchun qayta-qayta ishlatilishi mumkin. Bu tizimlar, birinchi navbatda global ulanish xizmatida foydalanishga mo‘ljallangan. ORB obyektga yo‘naltirilgan arxitekturaga tayanadi, broker operatsiyalarini bajara turib, bir obyektga boshqa obyektlarni topib olish va ularga tarmoq orqali so‘rovlar bilan murojaat qilish imkonini yaratadi. ORB yordamida yaratilayotgan dasturlar, tarmoqda qo‘llanilayotgan platformaga, ular yaratilgan dasturlash tillariga bog‘liq emas. " Obyekt so‘rovlari vositachisi|"Kompyuter tarmog‘i orqali obyektning boshqa obyektlar bilan o‘zaro ta’sirini ta’minlovchi tizim, OMG standartining qismi. RPC va MOM ga o‘xshab, ORB ham foydalanuvchidan uzoqdagi obyektlarga kirishni berkitadi. So‘ralgan obyekt aktiv-lashtirilayotgan obyekt nomini bilishi va unga bir qator parametrlarni jo‘natishi kerak. " Obyektdan takroriy foydalanish|"Avval bitta yoki bir nechta obyektdan iborat bo‘lgan xotira maydonining (masalan, bet, freym, disk sohasi, magnit tasma) qayta tayinlanishi va takroriy qo‘llanilishi. Xavfsizlikni taʼminlash uchun ushbu maydon yangi obyekt uchun ajratilganda, unda eski obyektlar axboroti bo‘lmasligi lozim. " Obyektga havola|"Windows yadrosining tizim obyektiga havola. " Obyektga kira olish|"1. Obyektdagi axborotni olish. 2. Obyektdan biror maqsad yo‘lida foydalanish. " Obyektga yo‘naltirilgan|"Obyektlardan foydalanish ta’minlanadigan operatsion tizim, ishlab chiqish muhiti, ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi yoki ilova. " Obyektga yo‘naltirilgan arxitektura|"Asosi, tizim yoki tarmoqning bir biri bilan o‘zaro aloqada ishlovchi obyektlar to‘plami bo‘lgan arxitektura. Obyektga yo‘naltirilgan arxitektura obyekt texnologiyalarini belgilaydi. Bu arxitektura asosida dasturlashda, maʼlumotlarni qanday qayta ishlanishi tavsiflanmaydi, balki, qayta ishlash natijasida nima yuz berishi uqtirilgan xabar yo‘llanadi. Algoritmlarni tavsiflash obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tillaridan foydalanib amalga oshiriladi. " Obyektga yo‘naltirilgan boshqarish|"Obyektga yo‘naltirilgan arxitekturadan foydalanadigan tarmoqni boshqarish. Obyektga yo‘naltirilgan boshqarishning asosida axborot tarmog‘ini o‘zaro bog‘langan obyektlar – qurilmalar va dasturlar to‘plami shaklida ifodalash yotadi. Obyektga yo‘naltirilgan boshqarishni ishlatish amaliy dasturlarni ishlashga ketayotgan vaqtni qisqartirishni va boshqariladigan tarmog‘i konfiguratsiyasini sozlashda epchillikni taʼminlaydi. " Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash|"Dasturlash rivojlanishidagi ommabop yo‘nalish. Ma’lumotlar muayyan xossalarga ega bo‘lgan va o‘zining ichiga ham ma’lumotlar tuzilmasini, ham ular bilan ishlash protseduralarini oladigan protseduralar ko‘rinishida taqdim etilishida ifodalanadi. " Obyektga yo‘naltirilgan ma’lumotlar bazasi|"Ma’lumotlar bazasi, unda ma’lumotlar tashqi hodisalarni boshqaradigan, amaliy dasturlarni o‘z ichiga oladigan obyektlar modeli ko‘rinishida rasmiylashtiriladi. " Obyektga yo‘naltirilgan maʼlumotlar bazalarini boshqarish guruhi|"Maʼlumotlar bazalari sohasida standartlarni ishlash bilan shug‘ullanadigan jamiyat. ODMG, birinchi navbatda obyektga yo‘naltirilgan maʼlumotlar bazalari bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqadi. " Obyektga yo‘naltirilgan maʼlumotlar bazasini boshqarish tizimi|"Obyektga yo‘naltirilgan maʼlumotlar bazasiga asoslangan. Obyektlar shaklida saqlanayotgan maʼlumotlarning murakkab turlari bilan ishlashga imkon beradi, shu bilan birga, maʼlumotlar amaliy dasturlardan mustaqil ravishda saqlanadi. OODBMS tranzaksiyalar ishlovida yuqori unum beradi, shu sababli, tasvirlar va tovushni, relyatsion baza talab qilgani kabi jadval shaklida ifodalamaydi. " Obyektga yo‘naltirilgan operatsion tizim|"Obyektga yo‘naltirilgan arxitekturaga ega bo‘lgan operatsion tizim. Tizimning eng muhim bo‘g‘ini bo‘lib, operatsion tizimning asosiy vazifalarini bajaradigan mikroo‘zagi hisoblanadi. Uning yuqorisida, turli xizmatlarni taqdim qiladigan modullar joylashadi. Mikroo‘zak bilan obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tillari bog‘langan. " Obyektlar karuseli|"Transport oqimida ma’lumotlarning muayyan oqimlari bilan bog‘liq umumlashgan obyektlar (fayllar, direktoriylar)ni davriy takrorlagan holda uzatish. " Obyektlardan foydalanishning oddiy protokoli|"Microsoft korporatsiyasi va uning hamkorlari tomonidan taklif qilingan onlayn savdo maydonchalarini (elektron kommersiya tugunlari va portallari) yaratishning umumiy standartidir. Bu protokolda ma’lumotlar almashinuvi XML tiliga asoslangan. " Obyektlarni bog‘lash va joylash texnologiyasi|"Elektron jadval yoki matnli protsessor fayli kabi boshqa ilovalar bilan yaratilgan hujjatga bir ilova bilan yaratilgan obyektni o‘rnatish vositasida ilova ma’lumotlardan birgalikda foydalanish va almashish usuli. " Obyektlarni boshqarish guruhi|"Tarmoq va axborot tizimlari obyektlarini boshqarish standartlarini ishlab chiqadigan notijorat tashkilot. 1989-yilda tashkil topgan. Uning taniqli ishlanmalaridan biri bo‘lib, «obyektlar so‘rovlari agentlarining umumiy arxitekturasi» deb ataluvchi CORBA hisoblanadi. U tillar va amaliy tizimlardan qatʼiy nazar, turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan tayyorlangan amaliy dasturlarning o‘zaro ishlashini taʼminlaydi. " Obyektlarni muhofaza qilish|"Muhofazalangan sohadan chiqarilishi mumkin bo‘lgan obyektlarni (masalan, fayllarni, tashuvchilarni, seyflarni) muhofaza qilish vositalari. " Obyektli interaktiv loyihalash|"Murakkab masalalarni qulay bajarishga mo‘ljallangan, foydalanuvchi interfeysini ishlab chiqish uslubiyati. OVID uslubiyati bir masalaning o‘zini yechishda foydalanuvchilar tomonidan muntazam operatsiyalar bajariladigan hol uchun mo‘ljallangan. Masalan, matnlarni tahrir qilish, moliya hisoblarini bajarish, chizmalarni yaratish. Bu uslubiyat obyekt deb ataluvchi tushunchalarni ishlatishga asoslangan. " Obyektli so‘rovlar brokerining umumiy arxitekturasi|"Taqsimlangan obyektlar uchun o‘zaro harakatni amalga oshirish tilidan mustaqil model. OMG (OS/2, SOM modeli) guruhi tomonidan ishlab chiqilgan standart. " Obyektli texnologiya|"Obyektga yo‘naltirilgan arxitektura bilan aniqlanadigan texnologiya. Avvalgi yondashuvlardan farqli o‘laroq, tartibot va maʼlumotlar tushunchalari obyekt degan tushuncha bilan almashtirilgan. " Obyektning atributiv turi|"Obyekt boshqa bir turining bitta yoki bir nechta atributini tavsiflaydigan mohiyat turi. " Obyektning demaskirovkalovchi bilvosita belgisi|"Ta’minlovchi kuch va vositalarning harakati yoki muhofaza obyektining ishlashi natijasida atrof muhitning o‘zgarishi bilan bog‘liq demaskirovkalovchi texnik belgi. Bilvosita demaskirovkalovchi belgilarga obyekt faoliyatining vizual-optik belgilari, shuningdek, joy-ning kimyoviy yoki radioaktiv zararlanishi kiradi. " Odam-mashina interfeysi|"Ishlab chiquvchi tomonidan kompyuter tizimidan foydalanuvchiga, bu tizim bilan birgalikda ishlash uchun taqdim etiladigan vositalar jami. Odatda, menyuning turli xil kombinatsiyalarini, klaviatura komandalarini, ekranda oyna tashkil qilinishini, ko‘rsatmalar tizimini, «sichqoncha» bilan ishlash uchun mo‘ljallangan ekran tugmalarini, nutq komandalari aniqlanishini va sh.k. larni o‘z ichiga oladi. " Odam-mashina terminali|"Foydalanuvchi va tizimning bir-biri bilan o‘zaro bog‘lanish imkoniyatini taʼminlaydigan kiritish/chiqarish qurilmasi (masalan, telefon apparat, vizual displeyli terminal, bosib chiqaruvchi qurilma). " Odatdagi posilka|"Jo‘natuvchiga kvitansiya berish bilan joylanma qiymatini baholamasdan qabul qilinadigan va adresatga tilxat bilan topshiriladigan posilka. " Oddiy fayl|"Oddiy matn yoki matn va binar axborotni saqlaydigan fayl. Ushbu faylda bitta qator bitta yozuvga teng. Qatorda axborot vergul yoki boshqa bo‘lgichlar bilan bo‘linishi yoki uzunligi aniq belgilangan bo‘lishi mumkin. " Oddiy pochta jo‘natmasi|"Jo‘natuvchiga kvitansiya berilmasdan qabul qilinadigan, ilova hujjatlariga qo‘shimcha yozuvlar yozilmasdan jo‘natiladigan va adresatga tilxatsiz topshiriladigan pochta jo‘natmasi. " Oddiy so‘rov|"Izlaydigan veb-serverlar ishlash algoritmlaridan biri. " Oddiy viruslar|"Fayllar va disk sektorlarining ichidagini o‘zgartiruvchi, oson aniqlanadigan va yo‘q qilinadigan viruslar. " Oflayn|"1. Foydalanuvchining kompyuteri bog‘lama kompyuteri bilan ulanmagan holat. 2. Telefon liniyasi bilan ulanmagan, ammo, bu tizim bilan ishlash uchun aktivlashtirilishi mumkin bo‘lgan ixtiyoriy qurilma. " Oflayn rejimi|"Qar.: Oflayn. " Oflayn texnologiyalar|"Maʼlumotlar va xabarlar almashuvida, sezilarli asinxronlikka yo‘l qo‘yadigan, axborot makonidagi xabarlar kommunikatsiyasi vositalari: tarqatish ro‘yxatlari, yangiliklar guruhi, veb-forumlar va h.k. " Ogohlantirish|"Xato to‘g‘risidagi tovush signali yoki vizual signal, foydalanuvchini mumkin bo‘lgan xato yoki uning harakatlarining salbiy oqibatlari to‘g‘risida ogohlantirish; dasturlashda ‒ bu, protseduralarni ko‘p oqimli (multitred) tizimlarda asinxron chaqiruv bilan bog‘liq bo‘lgan xabar. Bunday ogohlantiruvchi xabarlarni turkumlarga bo‘lish mumkin. " Ogohlantirish oynasi|"Xatolik yoki ogohlantirish to‘g‘risidagi xabar bo‘lgan dialog oynasi. Foydalanuvchi bunday vaziyatda ishni davom ettirishdan oldin qanday operatsiyalarni bajarishi zarurligi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani ichiga olishi mumkin. " Ogohlantiruvchi muhofaza qilish|"Nusxa ko‘chirishdan muhofaza qilish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar. Dastur yoki fayldan ruxsat etilmagan tarzda nusxa ko‘chirishga urinadigan shaxs jarimaga tortilishini yoki jarima to‘lash tahdidini ko‘zda tutadi. " Oktava|"Yuqori chastotaning past chastotaga nisbati ikkiga teng chastotalar intervali. " Oktet|"Yaxlit bir butun sifatida qayta ishlanadigan, 8 bit uzunlikdagi kodli kombinatsiya. «Bayt» va «oktet» atamalari orasidagi asosiy farq, ularning qo‘llanish sohasida. «Bayt» atamasi asosan, kompyuterda saqlanadigan va qayta ishlanadigan axborotga tatbiqan ishlatiladi, «oktet» esa, har bir sanoq 8 bitdan iborat bo‘lgan impuls-kodli modulyatsiyada qo‘llaniladi. " Old fon rangi|"Monitor ekranidagi shakl, shrift va boshqa ixtiyoriy obyektning rangi. " Oldindan filtrlash|"Televizion videosignalni analog-raqamli signalga o‘zgartirishdan oldin chastotaviy filtrlash. " Oldindan tanlash qurilmasi|"Mikroprotsessorlarning, protsessor unumdorligini oshirish maqsadida, komandalar tanlashni ilgariroq boshlaydigan qurilmasi. " Oldindan to‘langan kartalar|"Provayder (operator) ga xizmat ko‘rsatishning yangi turini, oldindan to‘langan hisob telefon co‘zlashuvlar to‘lovi uchun ishlatilganda amalga oshirish imkonini beradigan xizmat. Oldindan to‘langan kartochkadan foydalanuvchi xohlagan telefon apparatidan qo‘ng‘iroq qilishi mumkin. Bunda kartochkalar uchun hech qanday hisoblash qurilmasi talab qilinmaydi. " Oldindan to‘lov kartochkalari bilan bog‘liq firibgarlik|"Oldindan to‘langan kartochkalar yordamida hisobni to‘ldirishning noqonuniy usullari bilan bog‘liq har qanday harakatlar. " Oldinga|"Harakat yo‘nalishi. Masalan, navbatdagi sahifaga o‘tish. " Olib tashlamoq|"Assembler tilidagi komandaning nomi. " Olib yuriladigan radiostansiya; ratsiya|"O‘zining xususiy quvvat olish manbaiga ega va ishchi holatda olib yurishga mo‘ljallangan mobil aloqa radiostansiyasi. " Olinganligi to‘g‘risida bildirishnoma|"Pochta, kuryerlik jo‘natmasi yoki pul mablag‘lari pochta o‘tkazmasining jo‘natuvchisi (yoki uning tomonidan ko‘rsatilgan shaxs)ni ro‘yxatga olinadigan pochta, kuryerlik jo‘natmasi qachon va kimga topshirilganligi, pul mablag‘larining pochta o‘tkazmasi to‘langanligi to‘g‘risida xabardor qilish xizmati. " Olisdagi ofis|"Masofadan turib ishlash funksiyasi. Bunda lokal terminal yoki telefon apparatidan foydalanish, bahca chaqiruvlarni esa, local telefon yoki terminal raqamini sir saqlagan holda, BroadWorks orqali amalga oshirish imkoniyati mavjud. Ishchi terminal raqamini almashtirish funksiyasi ishlaydi. Funksiya administrator tomonidan sozlanadi. " Olisdagi uzellar serveri|"Olisdagi shaxsiy kompyuterning lokal kompyuter tarmog‘i bilan ishlashini ta’minlaydigan maxsus dasturlar va kompyuter. Server va olisdagi shaxsiy kompyuter modemlar bilan ta’minlanishi kerak. Asosiy vazifalari – ruxsat etilmagan tarzda erkin foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik, ma’lumotlar uzatish va birlashtirish ishonchliligini ta’minlashdir. " Oltin disk|"Dasturiy mahsulot nusxalari ko‘paytiriladigan dasturiy taʼminotning to‘la va so‘nggi rusumi. " Oltin toifasidagi raqam|"Oson eslab qolinadigan telefon tartib raqami. " Oluvchi|"Ma’lumotlarni (masalan, FTP-serverdan faylni) tarmoq orqali qabul qiluvchi foydalanuvchi yoki kompyuter. " Ommaviy axborot|"Cheklanmagan shaxslar doirasi uchun mo‘ljallangan hujjatlashtirilgan axborot, matbuot, audio, audio-vizual hamda boshqa xabarlar va materiallar. " Ommaviy kommunikatsiya|"Qar.: Ommaviy axborot. " Ommaviy parallel qayta ishlash|"Ma’lumotlarni ko‘p sonli protsessorlar bilan parallel qayta ishlash uslubi. " Ommaviy parallelizm bilan hisoblashlar|"Protsessorlarning har biri o‘zining tezkor xotira qurilmasi, operatsion tizim, ilova nusxasiga ega bo‘ladigan va ma’lumotlarni mustaqil qayta ishlaydigan ko‘p protsessorli tizim arxitekturasi. " Ommaviy parallelli sanoq tizimi|"Ko‘p protsessorli tizim arxitekturasi, unda barcha ishlayotgan jarayonlar ma’lumotlarni bir-biridan mustaqil ravishda qayta ishlash imkoniga ega bo‘ladi. Bu har bir jarayon uchun alohida tezkor xotira qurilmasi va ilova nusxasi taqdim qilinishi hisobiga amalga oshiriladi. " Ommaviy tarqatish|"1. Xabarlar (maʼlumotlar)ni lokal tarmoq, global tarmoq yoki Internet tarmog‘ining muayyan ajratilgan foydalanuvchilar guruhiga jo‘natish texnologiyasi. 2. Televideniyeda – tomoshabinlar ko‘rishi uchun ko‘p sonli kanallarning mavjudligi. " Ommaviy xizmat ko‘rsatish nazariyasi|"Tasodifiy jarayonlar nazariyasining, talab va xizmat ko‘rsatishning tasodifiy xarakteri hisobga olingan holda turli sohalarda real xizmat ko‘rsatish modellarini o‘rganish bilan shug‘ullanadigan bo‘limi. Navbatda turish vaqtini kamaytirish, ommaviy xizmat ko‘rsatish nazariyasi shug‘ullanadigan asosiy masalalardan biridir. Masalan, «mijoz ‒ server» tarmog‘ida ommaviy xizmat ko‘rsatish nazariyasi, mijozlar javobni kutishga vaqtlarini yo‘qotmasliklari uchun qaysi serverni qo‘yish zarur degan savolga javob beradi. " Ommaviy xotira|"Ma’lumotlar hajmi juda katta bo‘lgan axborot tashuvchilar. " Ommaviy xotira qurilmasi|"1. Katta hajmdagi tashqi xotira qurilmalari, masalan, qattiq disk, magnit tasma yoki optik disk. 2. Katta hajmdagi maʼlumotlar yozuvlarini saqlay oladigan magnit tasmali kartrijlar kutubxonasi turidagi zaxiraviy saqlash tizimi. " Onlayn|"1. Kompyuter xost-tizim bilan ulangan rejim hamda kompyuter FTP-server, WWW-server va boshqa umumiy foydalanish mumkin bo‘lgan tizim bilan ulanganda bevosita xizmatni taqdim qilish. O‘zgacha qilib aytganda, foydalanuvchi bilan bevosita o‘zaro aloqada ishlash rejimi. 2. Elektron, tarmoqli nashrlarga, maʼlumotlar bazalariga nisbatan. Masalan, onlayn jurnal; onlayn hujjatlar; onlayn yordam va h.k. " Onlayn anketa|"To‘ldirishning barcha bosqichlari butunjahon Internet axborot tarmog‘ida mumkin bo‘ladigan so‘rovnoma. " Onlayn-banking|"Bank hisob raqamlarini telefon (telebanking), shaxsiy kompyuter va Internet (Internet-banking) yoki ixcham qurilmalar (mobil banking) orqali masofadan boshqarish. " Onlayn-broker|"Internet orqali o‘z xizmatlarini taqdim qiladigan broker. Texnologiya nuqtai nazaridan Internet telefonga nisbatan, ko‘proq mijozlarga xizmat ko‘rsatish uchun buyurtmalar qabul qilish uchun qo‘shimcha vositadir. " Onlayn jurnalistika|"Qar.: Internet-jurnalistika. " Onlayn marketing|"Kompyuter tarmoqlarini – tijorat onlayn kanallarini va Internet tarmoqlarini ishlatishga asoslangan marketing. Kanallardan foydalanib, xaridorlar marketing axborotini oladilar va savdo bitimi tuzadilar. " Onlayn ovoz berish|"Qar.: Ovoz berish. " Onlayn rejimi|"Qar.: Onlayn. " Onlayn resurs|"Foydalanish, maʼlumotlar uzatish tarmog‘iga ulangan kompyuter vositasida real vaqt rejimida amalga oshiriladigan resurs. Izoh – Onlayn resurslar ko‘rinishida tezkor axborot yoki dialog rejimida dastur yoki boshqa foydalanuvchi bilan ishlash imkoniyati taqdim etilishi mumkin. " Onlayn so‘rov|"Xalqaro Internet kompyuter tarmog‘i vositasida ijtimoiy voqelikning aniq bir voqealari, faktlari, hodisalari bo‘yicha sotsiologik ma’lumot to‘plash usuli. " Onlayn tahliliy qayta ishlash|"Qarorlar qabul qilinishini ta’minlash uchun, ko‘p sonli turli xil ma’lumotlarni tez tahlil qilish. " Onlayn texnologiyalar|"Tarmoq axborot fazosida, haqiqiy vaqtda axborotning sinxron almashuvini taʼminlab beruvchi, xabarlarning kommunikatsiya vositalari: «suhbat kanallari» (chatlar), audio- va videoanjumanlar va boshqalar. " Onlayn xizmat|"1. Elektron pochta, yangiliklar xizmati va foydalanuvchi bilan dialog rejimida axborot almashinish («savol-javob» turidagi) mo‘ljallangan boshqa ilovalarning ishlashini ta’minlaydigan axborot xizmati. 2. Real vaqtda maʼlumotlar uzatish tarmog‘i vositasida taqdim etiladigan xizmat. " Onlayn-treyding|"Savdo (investitsion) hisob raqamlarni shaxsiy kompyuter va Internet (Internet treyding) yoki ko‘chma qurilmalar (mobil treyding) orqali masofadan boshqarish. " Onlayn o‘yinlar|"Internetda o‘ynaladigan o‘yinlarning ikki turi mavjud: bevosita veb-sahifadagi soddagina o‘yinlar va ko‘p foydalanuvchilarga mo‘ljallangan o‘yinlar. Birinchi holda, o‘yin bevosita veb-sahifada o‘ynaladi – sahifaga kirishda katta bo‘lmagan dasturcha yuklanadi va o‘yin «isteʼmolga tayyor». Odatda bunday o‘yinlar yetarlicha murakkab bo‘lmay, ayrim hollarda juda zavqli. Ko‘p foydalanuvchilarga mo‘ljallangan o‘yinlar, odatda mijoz-dastur bo‘lishini talab qiladi, yaʼni, siz sotib yoki ko‘chirib oladigan o‘yinlar. Bu mijozni ishga tushirib yuborib, siz Internet orqali o‘yinlar serveri bilan ulanasiz va shu serverga ulangan boshqa o‘yinchilar bilan birgalikda o‘yinda ishtirok etasiz. " Operand|"Arifmetik jarayonda foydalaniladigan element yoki shunday elementlarning manzili; ustida amal bajariladigan ma’lumotlar elementi, masalan, «in 3х4» ifodada 3 va 4 sonlari operandlar hisoblanadi. " Operandlar soni|"Funksiya yoki operator argumentlarining soni. Ba’zi dasturlash tillarida funksiyalar argumentlarning o‘zgaruvchan soniga ega bo‘ladi. " Operator|"1. Uskunani boshqarish va unga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni bajaruvchi malakali mutaxassis. 2. Dasturiy-apparat resurslari va aloqa kanallariga ega bo‘lgan holda telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etuvchi tashkilot yoki jismoniy shaxs. 3. O‘tkaziladigan operatsiyaning belgisi yoki simvoli. " Operatorlarni ajratgich|"Dasturlash tilida bir operatorni boshqasidan ajratish uchun ishlatiladigan simvol. " Operatorlarning chaqiruvlarini taqiqlash|"Agar bu xizmat aktivlashtirilgan bo‘lsa, xizmat abonentiga ingliz, fransuz, nemis, yapon, ispan, italyan va rus tillarida so‘zlashuvchi operatorlardan xalqaro chaqiruvlar taqiqlanadi. " Operatsion muhit|"1. Amaliy dasturlarlarni ishlab chiqarish va ishlatishni ta’minlaydigan dasturiy ta’minot kompleksi. Operatsion muhit operatsion tizimni, amaliy dasturlar interfeyslarini, amaliy dasturlarni, tarmoq xizmatlarini, ma’lumotlar bazasini va dasturlash tillarini o‘z ichiga oladi. 2. Operatorga fayllar va hisoblash jarayonlarini boshqarish imkonini beradigan kompyuter dasturlarining majmui. Operatsion tizimlarning standarti etib, shu operatsion tizim boshqaruvi ostida ishlayotgan va ushbu kompyuterning operatsion muhitini tashkil etuvchi utilita va til qobiqlarining sintaksisi va semantikasi aniqlangan. " Operatsion platforma|"Amaliy dasturlar va operatsion tizimlar guruhi o‘rtasida interfeysni ta’minlaydigan funksional blok. " Operatsion tizim|"Vazifalarning markazlashtirilishini, resurslarning taqsimlanishini, uzilishlarning qayta ishlanishini, kiritish-chiqarishni, foydalanuvchi interfeysini, fayl tizimi va boshqa tizimlar boshqarilishini ta’minlaydigan dasturiy ta’minot. " Operatsion tizim yadrosi|"Operatsion tizimning markaziy, asosiy qismi bo‘lib, tezkor xotirada doimo bo‘ladi, operatsion tizimni boshqaradi; qurilmalar drayverlari, xotirani boshqaruvchi kichik dasturlar, vazifalarni rejalovchidan tashkil topgan. " Operatsion tizim yuklagichi|"Bevosita kompyuter ulangandan so‘ng operatsion tizimning yuklanishini ta’minlaydigan tizim dasturiy ta’minoti. " Operatsion tizimning ishonchliligi va ishlamay qolishlarga chidamliligi|"Ichki va tashqi xatolar, to‘xtab qolishlar va ishlamay qolishlardan himoyalangan tizim. Uning harakatini har doim oldindan bilish zarur, dasturlar esa operatsion tizimga zarar yetkaza olmasliklari zarur. " Operatsion tizimning ko‘chiruvchanligi|"Kod bir turdagi protsessordan boshqa turdagi protsessorga va bir turdagi apparat platformasidan (protsessor turi bilan bir qatorda kompyuterning barcha appraturasini tashkil qilish usulini o‘z ichiga oladi) boshqa turdagi apparat platformasiga oson ko‘chiriladi. " Operatsion tizimning monolit yadrosi|"Imtiyozli rejimda ishlaydigan va imtiyozli hamda foydalanuvchi rejimlari o‘rtasida ulanishni talab qilmaydigan bir protseduradan boshqasiga tez o‘tishda ishlatiladigan bitta dastur kabi kompanovkalanadi. " Operatsion tizimning moslashuvi|"Operatsion tizim boshqa operatsion tizimlar uchun yozilgan amaliy dasturlarni bajarish uchun vositalarga ega bo‘lishi kerak. Bundan tashqari foydalanish interfeysi mavjud tizimlar va standartlar bilan mos kelishi kerak. " Operatsion tizimning samaradorligi|"Tizim apparat platformasining imkoniyati darajasida tez harakat va vaqtdan o‘zishga ega bo‘lishi kerak. " Operatsion tizimning yuklanishi|"Tizimning o‘z ishini amalga oshirishi uchun, yadroni va boshqa tizim modullarini tezkor xotiraga yuklash jarayoni. " Operatsion xavfsizlik|"Kiritish, qayta ishlash yoki chiqarish operatsiyalarini bajarish vaqtida, ma’lumotlarning o‘zgartirishlardan, buzilishlardan yoki oshkor qilishlardan (tasodifiy, muallif tomonidan bo‘lmagan yoki qasddan) muhofaza qilinganligi. " Operatsiya|"Dasturlash tili obyektlari, ma’lumotlar, o‘zgaruvchilar, konstantalar, funksiyalar – ope-randlar ustida bajariladigan ish. Operandlarning turiga bog‘liq ravishda, arifmetik, satrli (simvolli), mantiqiy, faylli operatsiyalar farqlanadi. Operandlarning soniga bog‘liq ravishda, bir o‘rinli (unar), ikki o‘rinli (binar) va ko‘p o‘rinli (n-ar) operatsiyalar farqlanadi. Umuman olganda, operatsiyalar dasturlash tili bilan belgilanadi. " Operatsiya kodi|"Mashina kodi darajasidagi elektron hisoblash mashinasining komandasi. " Operatsiya (komponent ustida)|"Komponentning takrorlanishi yoki o‘zgartirilishi. Izoh – Komponentlar ustida ruxsat etilgan operatsiyalar: «tayinlamoq», «iteratsiya», «aniqlamoq» va «tanlamoq». " Operatsiya (obyekt ustida)|"Subyektning obyekt ustida bajaradigan aniq turdagi harakati. " Operatsiyalarni tadqiq qilish|"Odam faoliyatining turli sohalarida eng yaxshi yechimlarni topish usullarini ishlab chiqish va qo‘llash bilan shug‘ullanadigan matematik fan. Operatsiyalarni tadqiq qilishning asosiy prinsiplari haqiqiy muammoning modelini tuzishdan iborat. Bunda natijada erishilishi kerak bo‘lgan maqsad; qanoatlantirilishi kerak bo‘lgan cheklashlar; boshqarilishi maqsadga erishish imkonini beradigan parametrlar ajratiladi. Operatsiyalarni tadqiq qilishning ko‘plab masalalarini hal qilish imkonini beradigan dasturiy komplekslar ishlab chiqilgan. " Opsiya|"Bajarish uchun tanlab olinishi mumkin bo‘lgan menyu elementi. " Optik aloqa liniyasi|"Uzatgich sifatida foydalaniladigan modulyatsiyalanuvchi yorug‘lik manbaidan, optik-tolali kabel hamda fotodetektordan (qabul qilgichdan) iborat aloqa liniyasi. Liniyaning barcha elementlari optik signallar manbadan qabul qilgichga etib boradigan tarzda, ulanadi. " Optik aloqa tarmog‘i|"Optik tolali aloqa tarmog‘i. " Optik aralashtirgich|"Monokanal shoxchalarini ulaydigan va ixtiyoriy kirishlaridan biriga berilgan yorug‘lik signali uning barcha chiqishlariga yetib keladigan qilib yasalgan qurilma. " Optik disk|"O‘qish optik nurlanish yordamida boradigan disk ko‘rinishidagi axborot tashuvchi. Disk odatda, yassi bo‘lib, asosi polikarbonatdan qilingan. Polikarbonat asosga axborotni saqlash uchun xizmat qiladigan maxsus qatlam surtilgan. Axborotni o‘qish uchun maxsus qatlamga yo‘naltiriladigan va undan qaytadigan lazer nuridan foydalaniladi. " Optik kabel|"Ekspluatatsiya qilishning berilgan sharoitlarida ularning ishlash qobiliyatini ta’minlaydigan yagona konstruksiyaga birlashtirilgan bitta yoki bir nechta optik toladan iborat kabel mahsuloti. Izoh – Zarur bo‘lganda, optik kabelda tok o‘tkazuvchi simlar ham bo‘lishi mumkin. " Optik kanal (optik-tolali aloqa liniyasi)|"Yorug‘lik o‘tkazgichlar va optik kuchaytirgichlardan iborat aloqa liniyalari bo‘ylab yorug‘lik signallarini uzatish uchun mo‘ljallangan kanal. " Optik kommutator|"Ma’lumotlar uzatish optik tolali liniyalarini ulash uchun bitta yoki bir nechta port bilan jihozlangan an’anaviy tarmoq kommutatorlari. Ushbu qurilmalar bir vaqtning o‘zida ikkita funksiyani bajaradi. " Optik kommutatsiyalash|"Optik kanallar orasida yorug‘lik signallarini tarqatishni va xotirada saqlashni taʼminlovchi kommutatsiyalash. " Optik kompyuter|"Ma’lumotlarni taqdim etish uchun yorug‘likdan foydalanish maqsadida loyihalashtirilgan va o‘zgartirilgan, hisoblash mantig‘i elementlari bevosita bog‘langan optik qurilmalarga asoslangan apparatura. " Optik kuchaytirgich|"Optik nurlanish quvvatini kuchaytirishni taʼminlovchi kuchaytirgich. Optik kanal va tizimlarda, yorug‘likni kuchaytirish tashqi manba energiyasi evaziga amalga oshiriladi. Kuchaytirgichning asosi bo‘lib, aktiv fizik muhit hisoblanadi, unda energetik dam berish hisobiga nurlanish quvvati ortadi. Aktiv fizik muhit sifatida, lazerlarda ishlatiladigan moddalar ishlatiladi. Kuchaytirishda, boshlang‘ich signal spektri o‘zgarishi mumkin. " Optik qayta ulagich|"Optik-tolali kabelga ega tarmoqlarda qo‘llaniladigan, konsentratorga o‘xshash tez harakat qiladigan tarmoq qurilmasi. " Optik qaytargich (qaytargich)|"Yorug‘lik manbai chiqaradigan yorug‘lik oqimini uning fazoviy taqsimlanishini o‘zgartirish maqsadida qaytaruvchi qurilma. " Optik sinov jadvali|"Shaffof yoki noshaffof asosga tushirilgan televizion sinov jadvali. " Optik «sichqoncha»|"«Sichqoncha» ning maxsus turi. «Sichqoncha» siljishlarini indikatsiyalash uchun yorug‘lik diodlaridan va qaytaruvchi sirtdan foydalaniladi. " Optik skaner|"Simvollarni optik tanish usullaridan foydalanib, matnni o‘qish uchun mo’ljallangan qurilma. " Optik spektr|"Optik nurlanishning nurlanish yoki yutilish spektri. Izoh – To‘lqin uzunligi 100 nm dan 10000 nm gacha bo‘lgan elektromagnit nurlanish. Optik nurlanish to‘lqin uzunligiga bog‘liq ravishda, ultrabinafsha, ko‘rinuvchi va infraqizil nurlanishlarga bo‘linadi. " Optik tarmoqlagichning uzatish matritsasi|"Satr raqamlari kirish optik qutblari raqamlariga, ustun raqamlari optik tarmoqlagichning chiqish qutblari raqamlariga mos keladigan, matritsa elementlari esa, berilgan ulanishda tegishli kirish va chiqish optik qutblari o‘rtasida uzatish koeffitsiyentlarini o‘zida ifodalaydigan matritsa. " Optik tarmoq|"Yorug‘lik signallari uzatadigan kommunikatsiya tarmog‘i. Optik kommunikatsiya tarmog‘i, bir biri bilan ulangan optik kommutatsiya bog‘lamalaridan va optik kanalli abonent tizimlaridan tashkil topadi. " Optik tola|"Optik-tolali uzatish tizimining, qoplamali dielektrik materialdan qilingan sim ko‘rinishida yasalgan optik to‘lqin o‘tkazgichi. " Optik tola dispersiyasi|"Optik nurlanish turli tashkil etuvchilari guruhiy tezliklarining farqi. " Optik tolali segment|"Har ikkala uchida optik signallarni kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi qurilmalar ulanishi mumkin bo‘lgan optik kabel (tola). " Optik tolali taqsimlangan ma’lumotlar interfeysi|"Optik tolali kompyuter tarmoqlarida ma’lumotlarni 100 Mbit/s tezlik bilan uzatish tizimlari uchun mo‘ljallangan standart. " Optik tolaning qutbliligi|"Optik-tolali tarmoq uzatgichi va qabul qilgichini marshrutlash. Farqlanish (uzatgich yoki qabul qilgich) signal manbaining fazoviy holatiga bog‘liq bo‘ladi. Har qanday berilgan nuqtadan boshlab, uzatuvchi tola pirovardida, qarama-qarshi tomonda qabul qiluvchi tolaga aylanadi. " Optik tranzistor|"Yorug‘lik signalini ichki elektr taʼsiriga asoslangan kuchaytirgich. " Optik-tolali attenyuator|"Optik-tolali uzatish tizimida optik signal quvvatini kamaytirish maqsadida o‘rnatilgan komponent. Ko‘pincha, fotodekoder olgan optik quvvatni optik qabul qilgichning sezgirlik chegarasigacha cheklash uchun foydalaniladi. " Optik-tolali kabel|"Ma’lumotlar yorug‘lik yordamida uzatiladigan kabel, bu uzatish sifati va tezligini oshiradi. Kompyuter tarmoqlarida ishlatiladi. Kvarts shisha asosida qilingan va sindirish ko‘rsatgichi o‘zakdagiga nisbatan kichik bo‘lgan qobiq bilan o‘ralgan tolali (egiluvchan) dielektrik. " Optik-tolali kichik tizim|"Muayyan bog‘lanishlar va interfeyslarga ega, tizimning bir qismi hisoblanadigan funksional birlik. O‘z ichiga fizik tuzilmalar va/yoki komponentlarni oladi. " Optik-tolali kommunikatsiya tizimi|"Modulyatsiyalangan yoki modulyatsiyalanmagan optik energiyani optik-tolali muhit bo‘ylab uzatish. " Optik-tolali liniya|"1. Bog‘langanda uzatish yo‘lini hosil qiladigan optik-tolali segmentlar va repiterlar majmui. 2. Yorug‘lik energiyasining, uzatgichdan qabul qilgichga 850 nm dan 1350 nm gacha to‘lqin uzunliklari diapazonida uzatilishini taʼminlovchi, passiv va aktiv optik elementlar jami. " Optik to‘lqin o‘tkazgich|"Qar.: Tola. " Optik to‘plagich|"Lazer texnologiyasiga asoslangan ma’lumotlarni saqlash qurilmasi. Optik to‘plagichlar «faqat o‘qish uchun» (CD-ROM), «o‘qish va bir marta yozish uchun» (CD-R, Compact Disk-Recordable), «o‘qish va ko‘p marta yozish uchun» (CD-RW, Compact Disk-Re Writable) kabi turlarga bo‘linadi. Bu turlardan tashqari, magneto-optik to‘plagichlar va DVD qurilmalari bor. " Optimal marshrutni tanlash algoritmi|"Paketni oxirgi adresatga yetkazib berish vaqti minimallashtirilgan marshrutlash algoritmi. " Optimallash|"Davlat xizmatlarini taqdim etish jarayonining eng yuqori samaradorligiga erishish uchun, mumkin bo‘lgan variantlardan eng yaxshisini tanlash. " Optoelektronika|"Elektronikaning asosini elektr signallarni optik signallarga va aksincha, aylantirish printsipi, shuningdek, optik to‘lqinlar yordamida ko‘chiriladigan axborotni uzatish, qabul qilish va qayta ishlash usullari tashkil etadigan bo‘limi. " Oq rang balansi|"Qizil, yashil va ko‘k signallar jadalligini muvofiqlash jarayoni, ularning aralashishi natijasida oq rang hosil bo‘ladi. Ekran rangliligi rangli kineskop uchta nurining toklari nisbati bilan aniqlanadi. " Oq ro‘yxat|"Avtomatik tarzda eʼtiborga olinmasligi yoki blokirovka qilinishi lozim bo‘lmagan obyektlarning ishonchli xostlari, manzillari va boshqa identifikatorlarining ro‘yxati. Oq ro‘yxatlardan foydalanish «ro‘yxatdagi obyektlarning operatsiyalarini bajarishni doimo ruxsat etish» tamoyilini amalga oshiradi. " «Oq» shovqin|"Vaqt bo‘yicha uzluksiz va o‘zgarmas amplitudali shovqin, uning spektral tashkil etuvchilari quyi va yuqori chegaralar bilan cheklangan chastotalarning keng polosasida bir tekis taqsimlanadi. " Oqib chiquvchi moda|"Nurning, tola chetiga qA apertura burchagidan katta bo‘lgan burchak ostida tushishidan hosil bo‘lgan to‘lqin. O‘zak-qobiq bo‘linish chegarasidagi sinish hisobiga to‘lqin energiyaning bir qismini yo‘qotadi va so‘nadi. " Oqib chiquvchi to‘lqin|"Dielektrik yoki optik to‘lqin o‘tkazgichda kiruvchi elektromagnit to‘lqinning to‘lqin o‘tkazgich chetidan oqib o‘tadigan va nurlanish manbaidan uzoqlashgan sari so‘nib borgan holda, uning tashqi tomoni bo‘ylab tarqaladigan qismi. Oqib chiquvchi to‘lqin odatda, yuqori tartibdagi modalardan iborat bo‘ladi, quyi modalar to‘lqin o‘tkazgichda qoladi. " Oqim|"Aloqa kanali yoki liniyasi orqali uzatiladigan ma’lumotlarning uzluksiz ketma-ketligi. " Oqim, jarayon|"1. Mijoz bilan so‘rovlar yuboriladigan server o‘rtasidagi mantiqiy ulanish. 2. Ko‘p vazifali tizimda yuzaga kelgan jarayon (tred) ‒ zamonaviy operatsion tizimlarda ‒ dispetcherlash (boshqaruvni markazlashtirish) birligi. " Oqimlar puli|"Oqimlarni .NET dagi guruhlarga tizimlashtirishning samarali mexanizmi. " Oqimli multimedia|"Foydalanuvchi tomonidan oqimli uzatish provayderidan to‘xtovsiz olinadigan multimedia. Mazkur tushuncha telekommunikatsiyalar orqali uzatiladigan axborotga nisbatan ham, dastlab oqimli (radio, TV) yoki oqimli bo‘lmagan uzatish (kitob, videokasseta, audiodisk)larga nisbatan ham qo‘llanilishi mumkin. " Oqimli shifr|"Ochiq matnning ketma-ket ayrim bitlarini yoki belgilarini o‘zgartiruvchi va dastur ko‘rinishida amalga oshirish uchun mo‘ljallangan shifr. " Oqni siqish (televizion tasvirda)|"Tasvirning yorqin uchastkalari kontrastliligini sezilarli kamaytirish. " Oqning darajasi|"Eshittirish televideniyesi berilgan tizimi uchun yorqinlik signalining belgilangan maksimal darajasi. Izohlar 1. Yorqinlik signali pozitiv deb taxmin qilinadi. 2. Rangli televideniyeda rangli videosignalning maksimal darajasi oqning darajasidan oshishi mumkin. " Oqning etalon darajasi|"Kuzatish nuqtasidagi, oqning yonalishida tasvir signalining muayyan maksimal kirishiga mos keladigan daraja. " Oqning nominal darajasi|"Obyektda normalangan oqni uzatish vaqtidagi yorqinlik signalining darajasi. " Oqning tayanch impulsi|"So‘nish darajasidan oqning nominal darajasigacha bo‘lgan ko‘lamdagi to‘g‘ri burchakli etalon impuls. " Oraliq|"Grafik tasvirga ega bo‘lmagan ikkita element o‘rtasidagi masofa. " Oraliq avlod (2,5G)|"Mobil aloqa tizimlari rivojlanishining, 2G va 3G tizimlari o‘rtasidagi o‘tish bosqichi. Izoh − Bu bosqich 3G tizimlariga xos bo‘lgan xizmatlarni taqdim eta oladigan, 2G ning takomillashtirilgan vositalaridan foydalanishi bilan tavsiflanadi. 2,5G ham 2G foydalanadigan chastota diapazonidan foydalanadi va uskunaning eng kam darajada takomillashtirilishini talab qiladi. 2,5G tizimlari GPRS hamda 1xRTT tizimlarini o‘z ichiga oladi. " Oraliq radioreleli stansiya|"Televizion radioreleli tizimning bir qismi. Televizion signalni qabul qiladigan va uzatadigan muayyan apparatura kompleksi. " Oraliq tasvir (tovush jo‘rligidagi) eltuvchi|"Televizion apparaturada (tovush jo‘rligidagi) tasvir radiosignalining qayta ishlanishini soddalashtirish uchun foydalaniladigan (tovush jo‘rligidagi) tasvir eltuvchi. " Oraliq til|"Dasturlarning boshlang‘ich matnlari turli dasturlash tillaridan, keyin interpretator bajaradigan yoki mashina kodiga kompilyatsiya qilinadigan qandaydir oraliq tilga ko‘chiriladigan texnologiya. Xususan, Java va Microsoft NETda qo‘llaniladi. Yangi dasturlash tillarini amalga oshirish vaqtini qisqartiradi va turli jarayonlar uchun ayni bir kompilyatordan foydalanish imkonini beradi. " Oraliq zona|"Nurlantiruvchi antenna uchun yaqin va uzoq zona o‘rtasidagi o‘tish sohasi, bunda elektromagnit maydon kuchlanganligi nurlanish manbaigacha bo‘lgan masofaning kvadratiga, shuningdek kubiga teskari proporsional nurlanish manbaigacha masofaga teskari proporsional tarzda o‘zgaradi. " (Orbitaning) pastdagi uzeli|"Yo‘ldosh shimoldan janubga harakat qilganda, orbita ekvator tekisligini kesib o‘tadigan nuqta. " Organ|"Sertifikatlar berilishi yuzasidan javobgar obyekt. Organlarning ikki turi: ochiq kalitlar sertifikatlarini beradigan sertifikatlash organi hamda atributlar sertifikatlarini beradigan atributlar organi belgilangan. " Organ sertifikati|"Organga (masalan, sertifikatlash organiga yoki atributlarni berish bo‘yicha organga) berilgan sertifikat. " Organik yorug‘lik diodi|"Yassi displeylar uchun istiqbolli qurilma. Elektr energiyasini kam iste’mol qiladi, o‘lchamlari kichik, og‘irligi kam, ko‘rish burchagi birmuncha keng, ekranni yoritib turish zarurati yo‘q. " Original uskuna ishlab chiqaruvchi|"Biror bir tashqi qurilmani, odatda unga drayverni ham, ishlab chiqaradigan firma. " Orqa fon rangi|"Dasturlar va operatsion tizimlarda − asosiy ishlash maydonining rangi. Odatda, o‘zgarishi mumkin. Operatsion tizimlarda orqa fonga istalgan tasvirni ham qo‘yish mumkin. " Orqa yaproqning nisbiy darajasi|"Orqa va asosiy yaproqlar bo‘yicha nurlanadigan signallar quvvatining nisbati. " Orqaga|"Veb-brauzerda oldingi sahifaga o‘tish yoki fayl boshqaruvchilarda oldingi papkaga o‘tish operatsiyasini bajaruvchi tugmacha. Backspace yoki Alt + <- klavishlari bu operatsiya uchun «qaynoq klavish» hisoblanadi. " Orqaga qaytish|"SGLda orqaga qaytish tranzaksiyadagi taklif qilingan o‘zgartirishlarni qaytaradi. Orqaga qaytish protsedurasida tranzaksiyaning nomi ishlatilgan bo‘lsa, tranzaksiya butunlay qaytarilishi mumkin. Agarda tranzaksiyada saqlash nuqtasi ishlatilgan bo‘lsa qisman orqaga qaytish ham mumkin. Orqaga qaytishning muqobili – tranzaksiyani qayd etish. " Ortga qaytarish|"Oldingi (o‘zgartirishlargacha bo‘lgan) holatga qaytarish. " Ortib borish bo‘yicha saralash|"Maʼlumotlarni kichik qiymatlardan katta qiymatlarga tomon, masalan, sanalarni ‒ oldingisidan hozirgi sana tomon, matnli maʼlumotlarni ‒ alifbo tartibi bo‘yicha tartibga solish. " Ortiqcha bitlar|"Axborotni qabul qilishda xatolardan himoya qilish maqsadida, signalga qo‘yiladigan qo‘shimcha bitlar ketma-ketligi. " Ortiqcha kod|"Xatolar mavjudligini avtomatik tarzda aniqlash uchun qurilgan kod (masalan, sarlav-hadagi CRC-8, ekspluatatsiya qilish va boshqarish yacheykalaridagi CRC-10 va RIP-16 kod). " Ortiqcha kod bilan bo‘ylama nazorat qilish|"O‘qish/magnit tasmaga yozishda ma’lumotlar yaxlitligini nazorat qilish usuli, nazorat summalari har bir yo‘lka bo‘yicha ma’lumotlar bloki uchun hisoblanadi. " Ortiqcha siklik kod bilan nazorat qilish|"1. Ma’lumotlarni uzatish va saqlashda ularning yaxlitligini avtomatik nazorat qilish usullaridan biri. Polinomial kodning bir turi yordamida hisoblangan (ya’ni, nazorat summasiga qaraganda murakkabroq qoidalar bo‘yicha) son xotiradagi yozuvning oxirida joylashtiriladi, o‘qish/yozish operatsiyalarida yoki telekommunikatsiyalar kanallari orqali uzatishda ma’lumotlarning yaxlitligini nazorat qilish uchun foydalaniladi. 2. Ma’lumotlarni bo‘ylama nazorat qilish usuli, xatolarning tuzatilishini ta’minlaydi. " Ortiqcha telefon trafigi|"Keladigan telefon trafikning, telefon tarmog‘i liniyalari (kanallari) bog‘lami tomonidan xizmat ko‘rsatilmagan va telefon tarmog‘i aylanma yo‘llarining liniyalari (kanallari) bog‘lamlariga yo‘naltiriladigan qismi. " Ortiqcha trafik|"Trafikning, texnik vositalar to‘plamiga kelib tushgan va bu to‘plam orqali o‘tmagan qismi. " Ortiqcha uzatish tezligi|"Belgilangan ulanish uchun kafolatlangan o‘tkazish polosasidan oshuvchi trafik. Xususan, uzatishning ortiqcha tezligi uzatishning kafolatlangan tezligisiz uzatishning maksimal tezligiga teng. Ortiqcha trafik tegishli resurslar mavjud bo‘lgan hollardagina yetkaziladi, o‘ta yuklanish vaqtida u chiqarib tashlanishi mumkin. " Ortiqcha yuklanish|"Sifatning asosiy ko‘rsatgichlari tez yomonlasha boshlaydigan tarmoq holati. " Ortiqchalik|"1. Ishlashning zarur ishonchliligini ta’minlash maqsadida, tizimga eng kam miqdordagi apparat yoki dasturiy vositalarning ustiga qo‘shimcha kiritish. Izoh − Tegishli ravishda apparat va dastur ortiqchaligi farq qilinadi. Axborot nazariyasida – raqamli shaklga o‘zgartirilgan signaldan uning qayta tiklanish aniqligini buzmasdan chiqarib tashlash mumkin bo‘lgan ma’lumotlar xarakteristikasi (axborot ortiqchaligi deb ham ataladi). 2. Ishonchlilikni oshirish usuli bo‘lib, asosiy elementlar ishlamay qolganda, ularni almashtirishi mumkin bo‘lgan ortiqcha elementlarning kiritilishiga asoslangan. 3. Har qanday xabarni birmuncha qisqa shaklda taqdim etish mumkinligining miqdor xarakteristikasi. Diskret signallar shaklida kodlangan xabarlar uchun ortiqchalik kodning undan chiqarib tashlanishi mumkin bo‘lgan elementlari miqdorining elementlarning boshlang‘ich miqdoriga nisbati bilan o‘lchanadi. " Ortiqchalik bo‘lgan arzon disklar massivi|"Ma’lumotlarni saqlash ishonchliligini ta’minlovchi (RAID 1, RAID 5) tizimi yoki ma’lumotlarni o‘qish-yozish tezligini oshiruvchi (RAID 0) texnologiya. Bitta massivga birlashtirilgan bir qancha disklardan foydalanishni ifodalaydi. " Ortiqchalik bo‘yicha siklik nazorat|"Ortiqchalik bo‘yicha nazorat bo‘lib, qo‘shimcha raqamlar yoki simvollar siklik algoritm orqali generatsiyalanadi. " Ortiqchalikni qisqartirish|"Bitreytni pasaytirish usuli, bunda imkon qadar axborotning ortiqcha bo‘lmagan qismi uzatiladi. Izoh – Ortiqchalikni qisqartirish qaytariluvchi jarayon hisoblanadi. " Ortogonal diskretlash|"Yoyish satrlaridagi diskretlash sanoqlariga tegishli nuqtalar tasvirga yoyish satrining yo‘nalishiga perpendikulyar ravishda yo‘naltirilgan tasvirni diskretlash. Izoh – Progressiv yoyish hollarida, yoyish satri nuqtasi shu maydondagi vaqt bo‘yicha qo‘shni satrlar nuqtasiga yo‘naltirilgan, satr oralatib yoyishda, yoyish satridagi nuqtalar keyingi maydonning fazo bo‘yicha qo‘shni satrlariga yo‘naltirilgan. " Ortogonal diskretlash tuzilmasi|"Signaldagi sanoqlar chastotasi satrlar chastotasiga karrali qilib tanlangan diskretlash, bunda sanoqlar to‘g‘ri burchakli panjara tugunlarida joylashadi. " Orttirilgan aniqlikdagi televideniye|"Mavjud eshittirish televideniyesi tizimlariga nisbatan aniqlikni oshirish uchun eshittirish televideniyesi radiosignalining parametrlari o‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan sifati yaxshilangan televideniye. " Osiyo uyali va yo‘ldoshli aloqa tizimi|"Tarkibiga Indoneziya, Filippin va Tailand kiradigan ACeS konsorsiumi tomonidan yaratilgan shaxsiy radiotelefon aloqa tizimi. Izoh − Tizim Osiyo va Yevropa hududlarini qamrovchi bir nechta geostatsionar kosmik apparat (Garuda) yordamida 2 mln.gacha abonentga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan. Abonent qurilmalari sifatida, uyali va yo‘ldoshli aloqa tizimlarida ishlash imkoniyatlari mujassamlashtirilgan, ikki rejimli portativ «go‘shak»lar ishlatiladi. " Osonlashtirilgan jarayon|"Virtual xotira fazosida jarayon-ona kabi bajariladigan jarayon. " Ostvald rang tizimi|"Sirtlar rangini ideal sirt rangi bilan muvofiqlashtirishga asoslangan aniqlash tizimi. " Overley|"Dasturning, zarur bo‘lganda dastur bajarilish paytida tashqi xotira qurilmasidan qoplash (overleylar) sohasiga, undagi kodni o‘chirgan holda, yuklanadigan segmenti. Overleylar bu sohaga ixtiyoriy tartibda yuklanishi mumkin. Dasturni yadroga va overleylarga bo‘lish, uning tezkor xotirasi uchun zarur bo‘lgan hajmni keskin kamaytirish imkonini beradi, lekin diskli kiritish-chiqarish operatsiyalari hajmini oshiradi. " Overley drayveri|"Xotiraning bitta sohasiga foydalanuvchi dasturidagi modullarning yo birinchi guruhiini yoki boshqa guruhini navbati bilan yuklashni bajaradigan tizim dasturi. " Overley tuzilmasi|"Dasturni, turli guruhlar bir vaqtda xotirada saqlashi kerak bo‘lmagan o‘zaro bog‘langan modullar guruhiga, dastur uchun ajratilgan xotira sohasida ularni navbatma-navbat yuklash maqsadida bo‘lish. " Ovoz balandligini rostlash|"Elektr signal amplitudalarini past chastota kuchaytirgichi o‘ta zo‘riqishining yoki radiokarnay tiklayotgan tovush signallari ortiqcha baland bo‘lishining oldini olish maqsadida o‘zgartirish. " Ovoz berish|"Veb-sayt auditoriyasi va uning fikrlari to‘g‘risida axborot yig‘ish uchun asbobiy dastur. Odatda ovoz berish har bitta savolga standart javob xillaridan birini tanlash mumkin bo‘lganda qulay. " Ovoz bilan boshqariladigan|"Nutqiy komandalar orqali boshqariladigan jarayonlar yoki qurilmalar. " Ovoz yordamida raqam terish|"Mobil telefonning, chaqiriluvchi abonent raqami nutq yordamida terilishini ta’minlovchi funksiyasi. " Ovoz yozish qurilmasi|"Tovush to‘lqinlarini analog yoki raqamli signallarga o‘girib, keyinchalik ma’lumotlarning tashuvchilarda saqlanishini ta’minlaydigan ovoz yozish qurilmasi. " Ovozlashtirish|"Tovush jo‘rligi tasvir yozib olingandan so‘ng ekranda kuzatiladigan dastur mazmuniga muvofiq qo‘shiladigan televizion dasturlar qismini ishlab chiqish. " Ovozli kitob|"Ovozli kitobni o‘zida saqlovchi tovushli fayl. Ovoz berish professional artistlar tomonidan amalga oshiriladi. " Ovozli, nutqli va audio moslamalar|"Ovozga ishlov berish, chiqarish uchun qurilma. Masalan, ovozli karta, audiokolonkalar va sh.k. " Ovozli pochta xizmatlari|"Operator tomonidan taqdim etiladigan, ovozli pochta deb ataladigan xizmatlar kompleksi. Mobil telefon band bo‘lganda, o‘chirib qo‘yilganda, tarmoq qoplash zonasidan tashqarida bo‘lganda, qandaydir vaqt mobaynida chaqiruvga javob bermaganda, qayta manzillash xizmatidan foydalanib, qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish imkonini beradi. " Ovozni qabul qilish|"Manbadan ovozli axborotni qabul qilish. Masalan, ovozli yo‘lakni AudioCD dan qabul qilish. " Ovozsiz|"Tovush chiqarilmaydigan rejim. Qisqa muddatga tovushni o‘chirib turishda foydalaniladi. " «Oxirgi bo‘lib keldi – birinchi bo‘lib xizmat ko‘rsatildi»|"Stek, tuzilma, qurilma va boshqalarning ishlash prinsipi, birinchi bo‘lib oxirgi kelgan elementga xizmat ko‘rsatiladi. " Oxirgi foydalanuvchiga mo‘ljallangan elektron biznes|"Axborot makonidagi iqtisodiy faoliyatning, oxirgi foydalanuvchining ehtiyojlarini qondirishga va uzoq muddatli iqtisodiy munosabatlarni shakllantirishga qaratilgan sohasi. " «Oxirgi milya»|"Aloqa tarmog‘ining, oxirgi (terminal) abonent qurilmasidan to magistral liniya yoki kommutatsion stansiyagacha bo‘lgan qismi. Boshqacha izohi – abonent foydalanish tarmog‘i. " Oxirgi nuqta|"Seans manbai yoki belgilanishi bo‘lib xizmat qiladigan tizim. " Oxirgi obyekt|"Sertifikati bo‘lgan, o‘zining shaxsiy kalitidan sertifikatlarni imzolash maqsadlarida foydalanmaydigan subyekt yoki ishonchli tomon hisoblanadigan obyekt. " Oxirgi (terminal) abonent qurilmasi|"Abonent xonasida o‘rnatiladigan va uning tasarrufida bo‘lgan oxirgi (terminal) qurilma. " Oxirgi (terminal) abonent telefon qurilmasi|"So‘zlashuv olib borish uchun mo‘ljallangan abonent telefon qurilmasi. " Oxirgi (terminal) maʼlumotlar uskunasi|"Maʼlumotlar manbai yoki maʼlumotlarni oluvchi yoki unisi ham, bunisi ham bo‘lgan (masalan, elektron hisoblash mashinasi) oxirgi (terminal) uskuna. " Oxirgi (terminal) qabul qiluvchi stansiya|"Kirishiga radioreleli liniyadan televizion signal uzatiladigan, chiqishida esa radioreleli liniyaning televizion chiqish signali olinadigan apparatura kompleksi. " Oxirgi (terminal) tarmoq qurilmasi|"Abonent uskunasi va abonentni tarmoqqa ulaydigan aloqa liniyasi o‘rtasidagi interfeys qurilma. ISDN tarmog‘ida apparat murakkabligi bilan farqlanadigan oxirgi (terminal) uskunaning ikki turi ajratiladi. Oddiy NT1 da fizik sathning asosiy funksiyalari amalga oshirilgan, NT2 qurilmasi (kontroller vazifasini bajaradigan) yordamida esa, bir vaqtning o‘zida bir nechta NT1 ning tarmoqqa ulanishi taʼminlanadi. " Oxirgi (terminal) uskuna|"Telekommunikatsiyalar tarmoqlari bilan o‘zaro ishlaydigan hamda telekommunikatsiyalar tarmoqlari orqali uzatiladigan yoki qabul qilinadigan signallarni hosil qilish, o‘zgartirish, qayta ishlashga mo‘ljallangan foydalanuvchilarning texnik vositalari (telefon, faksimil, radiotelepriyomniklar va boshqa qurilmalar). " Oxirgi tizim|"OSI modelidagi OSI protokolining barcha (yettita) bosqichi orqali aloqani ta’minlaydigan, o‘zida amaliy jarayonlarni saqlovchi tizim. Internetdagi xost-ning analogi. " Oxirgi uzel|"Kommunikatsiya tarmog‘i orqali o‘zaro ishlashda maʼmuriy yoki abonent tizimlar ulangan uzellar. " Oxirgi yozuv|"Maʼlumotlar blokining yakunlovchi qismi. Unga, uzatish oldidan, maʼlumotlar bloki uzatilgandan so‘ng xato paydo bo‘lganligini aniqlash imkonini beradigan nazoratlovchi yig‘indi – bitlar ketma-ketligi yoziladi. " Oxirgi shifrlash|"Avtomatlashtirilgan tizimning ikki subyekti o‘rtasida uzatiladigan axborotning kriptografik muhofazasi. " Oyna|"Displey ekranining to‘rtburchakli qismi, u orqali ilova yoki uning qismi bilan birga ishlash amalga oshiriladi. Grafik foydalanuvchi interfeyslarida va barcha mumkin bo‘lgan qobiqlarda keng qo‘llaniladi, status satri, sarlavha va menyu kabi standart elementlarni o‘z ichiga oladi. Ekranning dastur va jarayonlar bajarilishi mumkin bo‘lgan qismi. Bir vaqtda bir nechta oyna ochilishi mumkin. Masalan, bir oynada elektron pochta dasturini ochish, boshqasida elektron jadval bilan ishlash, uchinchisida raqamli kamerada tasvirni yuklash, to‘rtinchisida esa Internet-magazinda buyurtmani rasmiylashtirish mumkin. Oynani yopish, hajmini o‘zgartirish, vazifalar panelida tugmalarni burish yoki ekranda to‘laligicha aks ettirish mumkin. " Oyna mexanizmi|"1. Maʼlumotlarni uzatishni boshqarishda muhim rol o‘ynaydi. Oyna deyilganda kommunikatsion tizim orqali, xatosiz yetib borishi to‘g‘risidagi xabar kutilmasdan uzatiluvchi maʼlumotlar bloklari soni tushuniladi. Ushbu uzatishning tugashida haqiqiy oluvchi jo‘natilgan maʼlumotlar bloklarini olganligini tasdiqlashi lozim. 2. Bir paytning o‘zida bir necha dasturni ishlatish texnologiyasi, bunda har bitta dastur alohida oynada bajariladi. Masalan, birinchi oyna hujjatni qayta ishlash uchun, ikkinchisi elektron jadvallarni tuzish, uchinchisi esa elektron pochtani qabul qilish uchun ishlatilishi mumkin. " Oyna tizimi|"Ekranda bir vaqtda turli hisoblash jarayonlariga (dasturlariga) tegishli bo‘lgan bir qancha chiqish joylari (oynalar) aks etadigan operator interfeysi. " Oyna turkumi|"Microsoft Windows operatsion tizimi va uning API tizimidagi fundamental tuzilmalardan biri. Tuzilma nishonchalar, menyu, fon rangi va bir qancha parametrlarni ko‘rsatish yo‘li bilan oyna yaratish imkonini yaratadi. U o‘zida foydalanuvchining harakatiga ko‘ra amalga oshirish kerak bo‘lgan oynaning harakatlarini ifodalovchi funksiyaga ko‘rsatgichni ham saqlaydi. Bundan tashqari, u operatsion tizimga klassning o‘zi uchun va har bir oyna uchun qancha xotira kerakligi to‘g‘risida ham xabar beradi. window classlarning ikkita versiyasi bo‘lgan. Ikkinchi versiyasiga qo‘shilgan yagona texnik bo‘lmagan qo‘shimcha, bu ‒ oyna uchun qo‘shimcha kichik nishoncha. Birinchi versiyasi Windows 3.x da ishlatilgan bo‘lsa, ikkinchisi Windows 95 va Windows NT 3.1 lardan boshlab qo‘llaniladi. " Oyna uslubi|"Oyna klassi bilan tasniflanmaydigan oyna ko‘rini-shini belgilaydigan konstanta. " Oyna o‘lchovi|"Mos ravishda oynaning bo‘yi va enini piksellarda aniqlovchi ikkita – x, y son. " Oynalar dispetcheri|"Windows funksiyasi oynalarni ekranda tartiblashga, oynalarni barcha oynali ilovalarga xos ravishda joylashtirishga, o‘zgartishga mas’ul. " Oynali server|"Aloqa kanallarining o‘tkazish qobiliyati yoki server samaradorligi yetarli bo‘lmasligi tufayli, barcha foydalanuvchilar foydalana olmaydigan, tarmoqda ommaviy bo‘lgan serverlarni takrorlaydigan xizmatlar va axborotni taqdim etadigan server. Turli yerlarda o‘rnashgan «oynalar» bu muammoni hal qiladi. Boshlang‘ich server ma’lumotlaridagi barcha o‘zgartirishlar oyna serverlarga tarqatiladi. " Oynani aniqlovchi|"Foydalanilayotgan oynaga kirish uchun ruxsat oladigan noyob oyna identifikatori. " Oynani boshqarish funksiyasi|"Oynalarni masshtablash, joyini o‘zgartirish, o‘lchamini o‘zgartirish va ularning o‘zaro joylashuvini boshqaradigan funksiya. " «Og‘ir vaznli» jarayon|"Shaxsiy manzil fazosida ishlaydigan, yengillashtirilgan jarayonga qarama-qarshi bo‘lgan klassik jarayonning nomi. " Og‘ish bo‘yicha o‘ta yuklanish|"Kvantlagichning, kirishga beriladigan sanoqlar ketma-ketligidagi qiymatlar o‘rtasidagi katta farqqa mos ravishda, ta’sir ko‘rsata olmasligi hollarida sodir bo‘ladigan buzilishlar. " Ogʻish burchagi|"1. Nurning antenna yo‘nalganlik diagrammasining o‘qidan og‘ish burchagi. 2. Qutblanish ellipsi o‘qi va asosiy qutblanish o‘rtasidagi burchak. " Og‘zaki xabarni uzatish xizmati|"Foydalanuvchining (abonent bo‘lishi yoki bo‘lmasligidan qat’i nazar) so‘rovi bo‘yicha telefonchi, bitta yoki bir nechta telefon raqamlarini belgilangan vaqtda chaqirib yoki oldindan aniqlangan shaxsning (abonent bo‘lishi yoki bo‘lmasligidan qat’i nazar) chaqiruviga javob berib, qisqa xabarni uzatadigan xizmat. " Oshib boruvchi diskretlash (interpolyatsiya)|"Vaqt birligida sanoqlar sonini oshirgan holda qayta diskretlash. " Ochiladigan ro‘yxat|"Qiymatlar ro‘yxatidagi bitta yoki bir nechta qiymatni tanlab olish uchun mo‘ljallangan boshqaruv elementi. " Ochilish portali|"Davlatning ishonchli va yuridik jihatdan ahamiyatli axboroti joylashtiriladigan hamda undan cheklanmagan doiradagi shaxslar foydalana oladigan avtomatlashtirilgan tizim. " Ochiq amaliy jarayonlar guruhi|"Umumiy foydalanishdagi modellarni va amaliy dasturlarning standartlarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan tashkilot. OAG o‘nta eng yirik dasturiy taʼminot ishlab chiqaruvchilari tomonidan yaratilgan bo‘lib, o‘z eʼtiborini qo‘llanmalarni uyg‘unlashtirishga qaratgan. Yaratilayotgan standartlar foydalanuvchilarga amaliy dasturlarni ishlab chiqaruvchilarni tanlash imkoniyatini va moliyaviy vositalarni iqtisod qilishni taʼminlaydi. " Ochiq arxitektura|"Kompyuter yoki periferik qurilma arxitekturasi, bu arxitektera uchun boshqa ishlab chiqaruvchilarga shunday arxitekturali tizimlarga qo‘shimcha qurilmalar ishlab chiqish imkonini beradigan spetsifikatsiya nashr qilingan. " Ochiq boshlang‘ich matnlar|"Ishlab chiqiladigan tizimning boshlang‘ich kodi, uni takomillashtirish istagida bo‘lgan barcha xohlovchilarga erkin va bepul taqdim etilishida ifodalanadigan prinsip. " Ochiq dasturiy muhit|"Dasturlar uyg‘unligini taʼminlay oladigan dasturiy muhit. " Ochiq dasturiy taʼminot|"Dastlabki kodi ochiq bo‘lgan, yaʼni ko‘rish va o‘zgartirish imkoniyati mavjud dasturiy taʼminot. Bu yaratilgan dasturning yangi versiyalarini yaratish, xatolarni tuzatish hamda ochiq dasturni qo‘shimcha qayta ishlash imkonini beradi. «Ochiq» litsenziya ochiq dasturiy taʼminot tekinga taqdim qilinishini talab qilmaydi. Shunga qaramay, ko‘pchilik ochiq dasturiy taʼminotning muvaffaqiyatli loyihalari bepul. " Ochiq dasturiy ta’minot fondi|"DEC, IBM, Hewlett-Packard va bir qator ish stansiyalari va serverlarning unchalik taniqli bo‘lmagan yetkazib beruvchi kompaniyalardan tashkil topgan konsorsium. 1988-yili Unix tizimiga o‘xshash ochiq kodli operatsion tizimni ishlab chiqarish uchun tuzilgan. 1996-yili X/Open konsorsiumi bilan birlashgan. " Ochiq elektron raqamli imzo kaliti|"Elektron raqamli imzoning tegishli yopiq kaliti bilan qat’iy bog‘langan axborot tizimining istalgan foydalanuvchisi foydalana oladigan va elektron hujjatning haqiqiyligini tasdiqlash uchun mo‘ljallangan simvollar ketma-ketligi. " Ochiq e‘lon|"O‘zgaruvchilarni, ulardan dasturda foydalanishgacha e‘lon qilish. " Ochiq fayl|"O‘qish yoki qayta yozish yoki ham o‘qish, ham qayta yozish mumkin bo‘lgan fayl. " Ochiq hujjat|"Maʼlumotlar abonent tizimlarini qayta ishlashga qulay va xalqaro standartlarda belgilangan ommabop shaklda yozilgan hujjat. " Ochiq hujjat formati|"Ofis dasturlari uchun erkin tarqatiladigan standart format. " Ochiq kalit bilan shifrlash|"Shifrmatnni shakllantirish uchun ochiq kalitdan va shifrmatnni dastlabki matnga almashtirish uchun yopiq kalitdan foydalaniladigan kriptografik usul. " Ochiq kalit foydalanuvchisi|"Elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash uchun elektron raqamli imzo ochiq kalitidan foydalanadigan yuridik yoki jismoniy shaxs. " Ochiq kalit sertifikati|"1. Foydalanuvchining ochiq kaliti, uni bergan sertifikatlash organining shaxsiy kaliti bilan birga, shuningdek, shifrlash tufayli qalbakilashtirib bo‘lmaydigan ba’zi bir boshqa axborot. 2. Qalbakilashtirib bo‘lmaydigan formatda vakolatli organ tomonidan tekshirilgan va imzolangan, o‘zida egalarining ochiq kalitini (boshqa ixtiyoriy axborotni) ifodalaydigan qiymatlar. " Ochiq kalitlar infratuzilmasi|"Ochiq kalitli kriptoo‘zgartirishlar texnologiyalaridan foydalanishni ta’minlaydigan texnik va tashkiliy infratuzilma. Izoh – Ochiq kalitlar infratuzilmasi raqamli sertifikatlarni tarqatish texnologiyalarini qo‘llashi kerak: sertifikatlarni berish va bekor qilish, sertifikatlar haqiqiyligini tekshirish uchun zarur bo‘lgan axborotni saqlash. " Ochiq kalitli kriptografiya|"1. Shifrlash va deshifrlash uchun ochiq kalit kabi, unga mos keladigan shaxsiy kalitdan foydalaniladigan kriptografiya. Izoh – Agar ochiq kalit shifrlash uchun foydalanilsa, unga mos keladigan shaxsiy kalitdan deshifrlash uchun foydalaniladi, va aksincha. 2. Biri ochiq, ikkinchisi yopiq bo‘lgan juft kalitlardan foydalaniladigan shifrlash usuli. " Ochiq kalitli kriptotizim|"Ikkita – maxfiy va ochiq kalitdan foydalaniladigan kriptografik tizim. Shuni hisobga olish kerakki, kalitlarning birortasi ham, maqbul vaqt ichida boshqasidan hisoblab chiqarilishi mumkin emas. Maxfiy kalit sir saqlanishi kerak, ochiq kalit o‘zaro hamkorlik qilinadigan barcha abonentlarga yuborilishi mumkin. Bunday kriptotizimlar, shuningdek, ikki kalitli va asimmetrik kriptotizimlar deb ham nomlanadi. Bunday tizimlar kalitlarni boshqarishda va elektron raqamli imzoni yaratishda qo‘llaniladi. " Ochiq kalitni ro‘yxatga olish|"Ochiq kalitning qiymati qalbakilashtirilishini bartaraf qilish maqsadida, so‘rovni amalga oshiruvchi shaxsga ishonchli axborotni ta’minlovchi, ochiq kalitlarni qayd etish jarayoni. " Ochiq kod|"Keng doiradagi mustaqil ishlab chiquvchilar foydalanishi mumkin bo‘lgan bepul dastlabki kod yoki dastur. Oshkora kalitli loyihalarning asosiy g‘oyasi shundaki, mustaqil dasturchilarning keng guruhi sifatli firma dasturiy taʼminotiga (yopiq kodga) xos bo‘lgan, «qo‘ng‘iz» va «teshiklar»dan holi bo‘lgan, dasturiy mahsulotni tayyorlashlari mumkin. Bunga erishish uchun, dastlabki kod undagi xatolarni topish maqsadida loyihaning ko‘pchilik ishtirokchilari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari har bir ishtirokchi, o‘zining shaxsiy talablariga monand turlashni kiritishi uchun, tarqatiladigan ochiq dasturiy taʼminotdan foydalanishi mumkin. Mashhur ochiq dasturlardan biri bo‘lib, Apache veb- serveri, Linux operatsion tizimi va Mozilla Firefox brauzeri hisoblanadi. " Ochiq mahsulot|"Umumfoydalanuvchilar tomonidan tan olingan interfeysli amaliy dasturiy taʼminot. OSI sohasida standartlarning yaratilishi, UNIX operatsion tizimi, amaliy tiziming va amaliy jarayonlar va amaliy pog‘ona orasidagi ochiq interfeyslarning keng ishlatilishi, turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan abonent tizimlarda ishlatiladigan ochiq mahsulotlarni yaratish imkoniyatlarini berdi. Natijada, dasturiy mahsulotlarning katta bozori vujudga keldi. Bu yerda dasturlar muayyan turlarga emas, balki, bu mahsulotlarni ishlatishga ochiq bo‘lgan barcha kompyuterlar uchun taklif qilinadi. " Ochiq matn|"Passiv raqibdan himoyalanmagan aloqa kanali bo‘ylab jo‘natiladigan va kriptotizim yordamida himoyalanadigan konfidensial axborotni o‘z ichiga olgan xabar. Ochiq matn shifrlash kaliti bilan birga shifrlash algoritmi uchun dastlabki ma’lumotlarni tashkil qiladi. " Ochiq ma’lumotlar|"Muayyan ma’lumotlar mashinada o‘qish uchun erkin ravishda mumkin blishi va mualliflik huquqi, patentlar cheklanmasdan hamda nazorat qilishning boshqa mexanizmlarisiz keyinchalik qayta e’lon qilinishi kerak degan g‘oya aks ettirilgan konsepsiya. " Ochiq ma’lumotlar portali|"O‘zbekiston Respublikasining Internet tarmog‘idagi Hukumat portali doirasida ishlaydigan, davlat va xo‘jalik boshqaruv organlarining, joylardagi davlat hokimiyat organlarining ochiq ma’lumotlarini joylashtirish uchun mo‘ljallangan, ochiq ma’lumotlardan foydalanishda va ularni e’lon qilishda foydalanuvchilar va ochiq ma’lumotlarni yetkazib beruvchilar, portal operatori o‘rtasida hamkorlikni ta’minlaydigan apparat va dasturiy vositalar majmuidan iborat axborot resursi. " Ochiq muhit|"Maʼlumot va resurslarni tasodifiy yoki qasddan qilingan taʼsirlardan muhofazalash uchun sodda operatsion tartibotlar yordamida erishiladigan muhit. " Ochiq savdo|"CommerceNet tomonidan taklif qilingan bo‘lib, obyektli so‘rovlar brokerining umumiy arxitekturasiga (CORBA) tayanadi va format, interfeys va protokollar uchun standartlar taklif qiladi. " Ochiq standartlar|"Mustaqil ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan ochiq tartibda ishlab chiqiladigan va barcha manfaatdor shaxslar foydalanishiga to‘sqinlik bo‘lmaydigan shartlarda e’lon qilinadigan texnik spetsifikatsiyalar. " Ochiq tarmoq arxitekturasi|"Foydalanuvchilarning keng doirasi erkin foydalana (kira) oladigan tarmoq arxitekturasi. " Ochiq tizim|"Ishlab chiquvchilar tomonidan ishlab chiqilgan tizimning barcha zarur standartlaridan umumfoydalanib bo‘ladigan tizim. Bu, boshqa bir ishlab chiquvchiga o‘xshash tizimni yaratish, uning xarakteristikalarini yaxshilash, o‘z qurilmalari yoki dasturiy vositalarini qo‘shish, ularnnig birgalikda ishlashini tashkil qilish imkonini beradi. Ochiq tizimlarga misollar: IBM firmasining shaxsiy kompyuterlari, dBASE turidagi ma’lumotlar bazalari, Internet. " Ochiq tizim muhiti|"Har xil operatsion tizimlar asosida sintezlanuvchi va har xil dasturchi-ishlab chiqaruvchilar tomonidan taklif etiladigan bir xil amaliy dasturlarning operatsion tizimlarda ishlashini ta’minlaydigan operatsion muhit. " Ochiq tizimlar|"Tayyorlovchilarga bog‘liq bo‘lmagan, qator standartlar talablarini qanoatlantiradigan ti-zimlar. " Ochiq tizimlar o‘zaro bog‘liqlik modeli|"Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) tomonidan taklif qilingan ochiq tizimlarning yetti pog‘onali o‘zaro bog‘lanish (birgalikda ishlash) modeli (OSI). Izoh – Natijada tarmoqdagi o‘zaro bog‘lanish kichik va osonroq vazifalarga bo‘linadi, turli ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari o‘rtasida moslashuvchanlik taʼminlanadi, alohida pog‘onalarni yaratish va mavjud amalga oshirilganlardan foydalanish hisobiga, ilovalarni ishlab chiqish soddalashadi. " Ochiq tizimlarning o‘zaro bog‘liqligi|"Ochiq tizimlarning birgalikda ishlashini ta’minlash uchun Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) tomonidan tasdiqlangan ma’lumotlar uzatish protokollarining yetti sathli modeli. Pastdan yuqoriga qarab boradigan sathlar: fizik sath, kanal sathi, tarmoq sathi, transport sathi, seans sathi, ma’lumotlar taqdim etish sathi hamda amaliy sath. " Ochiq tizimlarning o‘zaro ishlashi|"1. Protokollarning yetti sathli etalon modeli bazasida ISO tomonidan ishlab chiqilgan standartlar turkumi xarakteristikalari va xossalarini belgilovchi konseptual asos. Izoh − «Ochiq» atamasi standartlashtirilgan protokollar va spetsifikatsiyalar to‘plami, turli ishlab chiqaruvchilarning uskunalari birgalikda ishlay olishini kafolatlashini bildiradi. 2. Turli rusumdagi kompyuterlar va tarmoqlarni protokollar to‘plami orqali xalqaro (standartlashtirilgan) aloqasini ta’minlash imkoniyati. " Ochiq usul|"Obyekt tashqarisidan cheklanmagan tarzda amalga oshiriladigan usul. " Ochiq xavfsiz muhit|"Ma’lumotlar va resurslarni tasodifiy yoki qasddan qilinadigan harakatlardan muhofaza qilishga normal operatsion protseduralar vositasida erishiladigan muhit. " Ochiq shifrlash|"1. Axborotni maxfiylashtirish usuli bo‘lib, shifrlangan oqim tarmoq orqali ochiq rejimda, ya’ni trafikni oraliq telekommunikatsiyalar uzellarida qayta shifrlamasdan, uzatiladi. 2. Ma’lumotlarni tizim doirasida yoki tegishlicha deshifrlash bilan manba tomonda shifrlash. Faqat tizim doirasida yoki mo‘ljallangan tomonda amalga oshiriladi. " Ochiqlik darajasi|"Xavfsizlikning maksimal darajasi, subyektga undan foydalana olish uchun Bella-Lapadula modeli qoidalariga ko‘ra ruxsat berilgan. Subyektning joriy darajasi (u shu vaqtda operatsiyalar bajarayotgan daraja) minimaldan ochiqlik darajasigacha o‘zgartirilishi mumkin. " Ochish|"Faylning dastur tomonidan ochilish jarayoni. Ochilganidan so‘ng, faylni ko‘rib chiqish, agar huquqlar yetarli bo‘lsa tahrir qilish mumkin bo‘ladi. " Ochish|"Ma’lumotlarni saqlash va uzatish uchun qulay bo‘lgan shakldan qayta ishlash uchun qulay shaklga o‘zgartirish jarayoni. Joylashtirish jarayoniga teskari jarayon. " Ochuvchi bayroq|"Bitlarning qayd qilingan ketma-ketligi. Kadr ajralishi boshlanishining belgisi bo‘lib xizmat qiladi. P " Paket|"1. Xavfsizlikning funksional talablari yoki ishonch talablarining nomma-nom ko‘rsatilgan guruhlari. Izoh – Ishonch paketlariga misol bo‘lib, ishonchni baholovchi darajalari hisoblanadi. 2. Ko‘p marta foydalanishga mo‘ljallangan funksional komponentlar yoki ishonch komponentlarining majmui. " Paket identifikatori|"MPEG-2 transport paketi sarlavhasidagi ma’lumotlar paketida muayyan elementar oqim mavjudligini ko‘rsatadigan, 13 bitli ko‘rsatgich. " Paket protokoli|"Xabarni bo‘lish, qayta jo‘natish va yig‘ish qoidalari. " Paket sarlavhasi|"Paketning, paket tuzilmasi to‘g‘risidagi axborotni ichiga oladigan birinchi elementi. " Paketlar filtrlanadigan tarmoqlararo ekran|"1. Mualliflashtirilgan mijoz bilan tashqi xost o‘rtasida kiruvchi va chiquvchi paketlarni filtrlash orqali bevosita o‘zaro ta’sirni istisno qiladigan tarmoqlararo ekran. Izoh Filtrlash paket sarlavhasidagi axborot asosida (jo‘natuvchi va oluvchi manzillari, port raqamlari va sh.k.) amalga oshiriladi. 2. Marshrutizatorlar yoki serverda ishlaydigan, kiruvchi va chiquvchi paketlar filtrlanadigan qilib konfiguratsiyalangan dasturlar. " Paketlar kommutatori|"Abonent stansiyalaridan yoki tarmoqning qo‘shni uzellaridan paketlar qabul qiladigan va ularni manzil qismi asosida o‘zining portlari bo‘ylab taqsimlaydigan qurilma. Maʼlumotlarni bir kommutatordan boshqasiga izchil uzatish, paket mo‘ljallangan oxirgi punktga yetib borgunga qadar amalga oshiriladi. Ushbu turdagi kommutatorning kanallar kommutatsiyalanadigan tarmoqdagi o‘xshash qurilmadan asosiy farqi, bufer xotira mavjudligidadir. Bufer xotira kommutatorning chiqish porti boshqa paketni qayta ishlash bilan band bo‘lganda, axborotni yo‘qotmagan holda paketlarni saqlash imkonini beradi. " Paketlar kommutatsiyasi|"Ma’lumotlar uzatish texnologiyasi bo‘lib, unga ko‘ra, uzatiladigan axborot oqimi tarmoqda mustaqil bloklar sifatida qayta ishlanadigan va kommutatsiyalanadigan, qat’iy yoki o‘zgaruvchan uzunlikdagi paketlarga ajratiladi. Ulanish faqat paketni uzatish vaqtiga o‘rnatiladi, u tugagach, ulanish darhol uziladi. " Paketlar kommutatsiyasiga ega tarmoq|"Paketlar kommutatsiyasi texnologiyasidan foydalanuvchi kommunikatsiya tarmog‘i. " Paketlar kommutatsiyasining tarmoq interfeysi|"Paketlar kommutatsiyasi tarmog‘i abonentlari intefeyslarini belgilaydigan X.25, X.75 va boshqa standartlar. " Paketlarni erta tashlash|"Tarmoqda ortiqcha yuklanish paydo bo‘lishidan oldin, ustivor bo‘lmagan xabarlarga daxldor paketlarni tashlab yuborishga imkon beradigan va bu bilan yuqori ustivorlikdagi trafik uchun qayta uzatishlar sonini kamaytiradigan mexanizm. " Paketlarni kommutatsiya qilish bilan uzatish rejimi|"Uzatish va kommutatsiya qilish funksiyalari paketli usul bilan amalga oshiriladigan axborotni ko‘chirish rejimi, bunda uzatish va kommutatsiya qilishning tarmoq resurslari bir nechta bog‘lanishlar o‘rtasida dinamik ravishda taqsimlanadi. " Paketlarni kommutatsiyalash tarmoqlarining tarmoqlararo interfeysi|"Paketlarni kommutatsiyalash tarmoqlari o‘rtasidagi interfeys. Tarmoqlararo interfeys X.75 tavsiyasi tomonidan belgilangan. " Paketlarni kommutatsiyalash usuli|"Axborot simli va simsiz tarmoqlar orqali «ma’lumotlar paketi» deb nomlanadigan bo‘laklar bilan uzatiladigan kommutatsiyalash usuli. 2,5G yoki 3G tarmoqlarda telefon so‘zlashuv paketlarga bo‘linadi va audio oqimga qayta yig‘iladigan tarmoq orqali jo‘natiladi. Izoh − Paketli kommutatsiya tarmoqlarida kommunikatsiya kanali ma’lumotlar haqiqatda uzatiladigan vaqtga band qilinadi, bu kanallarning sig‘imidan yanada samarali foydalanish imkonini beradi. " Paketlarni qayta ishlash|"Paketlarni yig‘ish, marshrutlash, saralash va ishlab chiqish, shuningdek, xizmat ko‘rsatish sifatini ta’minlash. " Paketlarni yig‘uvchi/ajratuvchi|"1. Paketlar kommutatsiyasi operetsiyalarini bajaruvchi tarmoqdan foydalana olishni ta’minlaydigan, lekin paketlar kommutatsiyasining rejimida ishlash uchun mo‘ljallanmagan funksional blok. 2. Terminallarni paketlar kommutatsiyasi tarmog‘iga ulash imkonini beradigan protokollar o‘zgartirgichi. Qabul qilish oxirida paketlar ajratiladi va terminalga uzatiladi. PAD asinxron ma’lumotlar paketlarini to‘playdi va ularni paketlar kommutatsiyasi tarmog‘iga uzatadi. PAD, shuningdek, paketlarni ajratish va ularni paketlar bilan ishlamaydigan qurilmalar yoki dasturlarga uzatishga teskari bo‘lgan tadbirni ham bajaradi. " Paketlarning o‘zgarishi|"Tarmoq ulanishi usuli, bunda o‘zgaruvchan uzunlikdagi xabar qayd qilingan uzunlikdagi paketlarga bo‘linadi va adresatga jo‘natiladi. " Paketlarning tez kommutatsiyasi|"Bir nechta yo‘nalishlar: uzatish tezligini oshirishga ko‘maklashadigan turli ko‘rinishdagi axborotlar (ma’lumotlar, nutq va video) uchun paketlarning yagona o‘lchami qo‘llanilishi; qayd etilgan uzunlikdagi – 53 byte paketlardan foydalanish, sekundiga 100 mingdan 1 milliongacha bo‘lgan paketlarni uzatish tezligiga erishish imkonini beradigan apparatli amalga oshirish bo‘yicha paketlarning an’anaviy kommutatsiyasidan farq qiladigan raqamli texnologiya. Izoh – Paketlarni tez kommutatsiyalash kanallar kommutatsiyasiga asoslangan ilovalar (ayniqsa nutqni uzatish) da va vaqt bo‘yicha multipleksorlash usullaridan foydalanganda qo‘llanilishi mumkin. " Paketlash (inkapsulyatsiya)|"Maʼlumotlarni o‘zgartirish jarayoni bo‘lib, ularni tarmoq orqali ochiq rejimda uzatish imkonini beradi. Inkapsullangan paket sarlavha va qo‘shimcha axborot qo‘shish orqali shakllantiriladi. Ko‘p sathli iyerarxiyaga ega tarmoqlarda inkapsullangan paket turli sathdagi bir nechta sarlavhadan iborat bo‘lishi mumkin: dastlab fizik sath sarlavhasi ko‘rsatiladi, keyin tarmoq sathining sarlavhasi, undan so‘ng transport sathi sarlavhasi keladi. Bularning ketidan amaliy protokollarning maʼlumotlari joylashishi mumkin. Trafikni inkapsullashga qilinadigan o‘tkazish qobiliyati resurslarining sarfi 2-3 foizdan oshmaydi. " Paketli fayl|"Har bir satrini operatsion tizim o‘zining komandalari sifatida talqin qiladigan matnli fayl. Paketli qayta ishlashni tashkil qilish uchun foydalaniladi. Bajariladigan fayl turlaridan biri. Fayl nomida kengaytirish tizimi orqali aniqlanadi. " Paketli komanda fayli|"Qanday yozilgan bo‘lsa, xuddi shunday tartibda avtomatik chaqiriladigan diskli operatsion tizim dasturlari va komandalari ro‘yxatini ichiga oladigan fayl yoki ularni bajarish tartibi shartli operatorlar tomonidan belgilanishi mumkin. " Paketli kommutatsiya|"1. Paketlarning bir uzeldan ikkinchisiga ketma-ket uzatilishini ta’minlaydigan, ma’lumotlar uzatish usuli. Paketli kommutatsiya axborot almashinishning butun seansi mobaynida paketlar manbai va oluvchisi o‘rtasida kanal band etilishini ko‘zda tutmaydi. 2. Tayanch tarmoqda axborot uzatish texnologiyasi. Turli marshrutlar bo‘ylab tarmoq orqali tayinlangan joyga o‘tadigan axborot massivining ma’lumotlar paketlariga ajratilishini ko‘zda tutadi, bu radiodiapazondan ma’lumotlarni haqiqatda uzatish vaqtida foydalanilganligi sababli, mobil foydalana olishda qulaydir. Kanallar kommutatsiyasining muqobili. GPRS mobil aloqa raqamli tarmoqlari uchun ishlab chiqilgan paketli texnologiyadir. Paketlar kommutatsiyasi tarmoqdagi ikki alohida mijozning birgalikda ishlashini sekinlashtiradi, lekin umuman olganda, tarmoqda uzatiladigan ma’lumotlar hajmini sezilarli oshirish imkonini beradi. " Paketli kommutatsiya umumiy radiotizimi|"Axborotni standart tovush kanaliga 9,6 Kbit/s (GSM) nisbatan ahamiyatli ravishda juda yuqori tezliklarda, mobil telefon yordamida olish va uzatish imkonini beradigan ma’lumotlarni paketli uzatish texnologiyasi. " Paketli qayta ishlash|"Operatsion tizim yordamida ma’lum bir izchillikda bir nechta dasturning bajarilishini tashkil qilish. Paketli qayta ishlash paketli fayllar yordamida tashkil qilinadi. " Paketli qayta ishlash tizimlari|"Tezkor natijalarni talab qilmaydigan, asosan hisoblash xususiyatidagi vazifalarni hal qilish uchun mo‘ljallangan tizimlar. " Paketli rejim|"Ma’lumotlarni uzatish usuli, bunda axborot alohida simvollar ko‘rinishida emas, balki paketlarga to‘plangan holda, yuqori tezlikli kommunikatsiya vositalari yordamida uzatiladi. Paketli rejim har bir kanalga alohida xizmat ko‘rsatish uchun multipleksorlardan foydalaniladigan tizimlarda keng qo‘llaniladi. Ko‘pgina lokal hisoblash tizimlari shunday rejimda ishlaydi. " Paketli topshiriq|"Paketli rejimida bajariladigan topshiriq. " Paketli uzatish rejimi|"Uzatish va kommutatsiya qilish funksiyalari ko‘p sonli bog‘lanishlar o‘rtasida resurslarni uzatish va kommutatsiya qilish muhitini dinamik ajratish uchun paketlar darajasida amalga oshiriladigan rejim. " Paketning mavjudlik vaqti|"TTL maydonidagi paket sarlavhasida ko‘rsatilgan qiymat. Izohlar 1. Bu qiymat IP-paket sarlavhasi qayta ishlanadigan har bir uzelda kamayadi. 2. Marshrutizator bilan tarmoqdagi IP-paketning mavjudlik vaqtini tekshirish va to‘g‘rilash bajariladi, zarur bo‘lganda, paket sarlavhasining nazorat summasini standart bilan belgilangan saqlash sharti bilan paketning mavjudlik vaqti oshadi. " panel|"Oynaning, menyu yoki tugmalar to‘plami joylashgan, to‘g‘riburchakli ajratilgan sohasi. " Papka|"Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash nuqtai nazaridan qaraganda, kompyuter resurslari va fayllar uchun konteyner hisoblanadigan obyekt. " Parabolik antenna|"Ko‘zguli antenna, unda elektromagnit energiyani fokuslash uchun kerakli yo‘nalishda qaytargich sifatida metall yoki metall bilan qoplangan parabolik shakldagi sirtdan foydalaniladi, masalan, aylantirish paraboloidi yoki parabolik silindr. " Parabolik profilli sindirish ko‘rsatgichiga ega tola|"Tarqalish o‘qiga perpendikulyar kesim bo‘ylab parabolik qonuniyat bo‘yicha o‘zgaradigan va uning o‘qida maksimal qiymatga ega bo‘ladigan, gradiyent sindirish ko‘rsatgichli optik tola. " Parabolik qaytargich|"Aylanish paraboloidi shakliga ega (yaʼni, parabolaning o‘z o‘qi atrofida aylanishidan hosil bo‘lgan) (yaxlit yoki qaytarilayotgan to‘lqin uzunligiga nisbatan kichik o‘lchamga ega teshikli) metall sirt. Izoh − Parabolik qaytargich millimetrli, santimetrli va detsimetrli, baʼzida esa metrli to‘lqinlar antennalarida qo‘llaniladi. Detsimetrli va santimetrli to‘lqinlarda parabolik qaytargich yordamida yetarlicha tor yo‘nalganlik diagrammalarini olish mumkin bo‘ladi. " Paralel qayta ishlash|"Kompyuterda bir nechta jarayonning bir vaqtda bajarilishi. Umumiy holda, bu jarayonning bajarilishi uchun ko‘p protsessorli tizimlar zarur. Parallel qayta ishlash vazifalarning bajarilishini tezlashtiradi. " Parallel dasturlash|"Birgalikda ishlaydigan parallel jarayonlardan foydalanib dasturlash. " Parallel hisoblashlar uchun dasturiy ta’minot|"Dasturlarni avtomatik dinamik parallellash dasturiy vositalari. Murakkab parallel dasturlarni ishlab chiqish hamda ulardan turli uskunalarda foydalanish jarayonini osonlashtiradi. " Parallel jarayonlar|"Har birini izchil dastur tavsiflaydigan va boshqalari bilan birgalikda ishlaydigan ikki yoki bir necha jarayon. " Parallel kompyuter|"Operatsiyalar ko‘plab arifmetik va mantiqiy bloklar (protsessorlar)da parallel bajariladigan ko‘p protsessorli hisoblash tizimi. " Parallel kompyuter tizimlari|"Bir nechta bevosita o‘zaro hamkorlikda ishlaydigan protsessorlarning multiprotsessorli tizimlari. " Parallel port|"Ma’lumotlarning baytlar bilan (barcha bitlar bir vaqtda) kiritilishi/chiqarilishini amalga oshiradigan port. Parallel port ma’lumotlarni ketma-ket portga nisbatan tezroq uzatadi, odatda unga printer ulanadi. " Parallel siljitgich|"Protsessorning, bir takt ichida kirish so‘zini istalgan tomonga berilgan bitlar soniga surish imkonini beradigan, ichki registrli sxemasi. " Parallel (solishtirma) testlash|"Ayni bir kirish maʼlumotlarini modul yoki tizimning ikki yoki undan koʻp nusxasiga uzatish koʻzda tutiladigan, dasturiy mahsulotlarni testlash metodologiyasi, olinadigan chiqish maʼlumotlarini (natijalarini) taqqoslash va mos tushmasliklarini tahlil qilish, agar shunday holat aniqlansa. " Parallel summator|"Bir necha razryadning bir vaqtda qo‘shilishini amalga oshiradigan mantiqiy qurilma. " Parallel uzatish|"Simvol, manzil yoki ma’lumotlarni bir nechta alohida liniya orqali uzatish. " Parallel shina|"Bir vaqtning o‘zida n-razryadli axborot signallari, boshqaruvchi signallar va manzillar uzatilishi mumkin bo‘lgan bog‘lovchi liniya. " Parallelizm|"Platforma (masalan, operatsion tizim, JVM va sh.k.) yoki dasturning xossasi. Operatsion tizim jarayoni bir necha parallel (yoki vaqt bo‘yicha tartibsiz) bajariladigan oqimdan iborat bo‘lishi mumkinligini bildiradi. Bir xil vazifalarni bajarganda kompyuter resurslarini samaraliroq ishlatishga erishish mumkin. " Parametr|"Qiymati kichik dasturga (protseduraga, funksiyaga) tashqi muhitdan beriladigan o‘zgaruvchan kattalik. Rasmiy va haqiqiy parametrlar ajratiladi. O‘z nomi bilan keltirilgan o‘zgaruvchilar rasmiy parametrlar deb ataladi. Umuman olganda, ular ustida kichik dasturlarni yozishda zarur bo‘lgan barcha harakatlar amalga oshiriladi. Kichik dasturlardan rasmiy parametrlar o‘rniga foydalanishda taqdim etilgan o‘zgaruvchilar yoki ularning qiymatlari haqiqiy parametrlar deb ataladi. " Parametrlar assotsiatsiyasi|"Rasmiy va haqiqiy parametrlar o‘rtasida muvofiqlikni o‘rnatish mexanizmi. " Parametrlarni berish|"Ma’lumotlar tuzilmasi, registrlar, taqsimlanishi va chaqiruvchi dastur tomonidan chaqiriluvchi dasturga obyektlar va ustida amallar bajarilishi kerak bo‘lgan qiymatlarni ko‘rsatish uchun amalga oshiriladigan operatsiyalar bo‘yicha kelishuv. Dasturlashda chaqiriladigan funksiyaga, quyi dasturga yoki protseduraga parametrlar berishning bir nechta asosiy usuli mavjud. Ulardan asosiylari havola bo‘yicha berish va qiymat bo‘yicha berish. Beriladigan parametrlarning soni va ularning turlari funksiya yoki protsedura tavsifida qilingan e’lonlarga mos kelishi kerak. Aks holda, xato yuzaga keladi. " Parametrlarning o‘zgarishiga qarab qayd qilish|"Mobil stansiyalarni qayd qilish usuli. Uzatiladigan kodli ketma-ketlikni davriy ravishda tahlil qilishga asoslangan. Ma’lumotlar bazasida saqlanayotgan etalon bilan mos tushmaganda, takror qayd etish amalga oshiriladi. " Parazit tok|"Kabel bo‘ylab o‘tadigan, o‘ta qizish tufayli aloqa liniyasidagi uskunani shikastlaydigan, hosil qilingan tok. Uning darajasi himoya tizimi ishlab ketishi uchun yetarli emas. " Parazit tokdan muhofazalash|"Qurilmalardan parazit tokdan himoyalash uchun, zanjirni uzish yoki o‘tkazgichni yerga ulash orqali foydalanish. " Parazit viruslar|"Nusxalarini tarqatishda, fayllarni to‘liq yoki qisman ishlash qobiliyatini saqlagan holda, faylga o‘zining kodini qo‘shish orqali fayllarning ichidagini albatta o‘zgartiradigan viruslar. Izoh – Virus kodi virusni dasturga kiritish joyiga bog‘liq ravishda dastur oldidan, undan keyin yoki dastur bilan birga bajariladi. " Parchalash|"Xizmat ko‘rsatish zonasini, maʼlumotlar oqimini yoki signalni bir necha qismga bo‘lish. " «Parking» rejimidagi chaqiruvni o’rnatish|"«Parking» rejimidagi chaqiruvni o’rnatish uni shu abonent tomonidan (erkin foydalanish kodini terish) yoki guruhning boshqa raqamidan (boshqa abonent tomonidan) keyinchalik tutib qolish uchun bajarish imkonini beradigan xizmat. " Parol|"1. Autentifikatsiya qilish axboroti sifatida foydalaniladigan simvollar ketma-ketligi. 2. Erkin foydalanish subyektining siri bo‘lib hisoblanadigan identifikator. 3. Foydalanuvchining muhofaza qilingan ma’lumotlardan erkin foydalanishi uchun ega bo‘lishi kerak bo‘lgan belgilar satrini o‘zida aks ettiruvchi maxfiy autentifikatsiya qilish axboroti. 4. Elektron hisoblash mashinasiga terminal klaviaturasidan yoki identifikatsion (kodli) karta yordamida kiritiladigan, harf, harf-raqam yoki raqam shaklidagi kodli so‘zni o‘zida ifodalovchi, erkin foydalanishni identifikatsiyalovchi vosita. " Parol bilan muhofaza qilish|"1. Tizimdan foydalana olishni boshqarish mexanizmi bo‘lib, tizim yoki tarmoq ichida dasturiy ta’minot yaxlitligi saqlanishini ta’minlaydi. 2. Ma’lumotlarni muhofaza qilish usuli, bunda ma’lumotlardan foydalana olish uchun parol kiritish zarur. " Parol bo‘yicha identifikatsiyalash|"Nusxasi tizimda saqlanadigan parol bo‘yicha foydalanuvchini qatʼiy identifikatsiyalash imkonini beradigan protsedura. Foydalanuvchining tizim resurslaridan foydalanish yuzasidan huquqlari hamda vakolatlarini aniqlash maqsadida bajariladi. " Parollarni egallab oluvchilar|"Operatsion tizimga aldamchi ta’sirlar ko‘rsatish orqali parollarni o‘g‘irlovchi dasturlar. " Parollarni keshlash|"Lokal kompyuterda parollarni va foydalanuvchi to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlarni saqlash. " Parollarni ochuvchi|"Parollarning tanlanishini va aniqlanishini amalga oshiruvchi dastur. " Parollashtirish|"Kompyuter tizimi va uning fayllariga kira olishni cheklash usullaridan biri. " Parolni ko‘rsatish|"Identifikatsiyalashning tugallanishi va foydalanuvchining haqiqiyligini o‘rnatish. " Parolni tez-tez o‘zgartirish bilan qilinadigan hujum|"Ko‘p darajali muhofaza tizimiga qilinadigan aktiv hujum turi, bunda jinoyatkor begona identifikatsion ma’lumotlardan foydalanadi, birinchi chaqiruv qayerdan kelganligini aniqlash mumkin bo‘lmaydigan tarzda izlarni chigallashtirib, ularni muntazam o‘zgartiradi. " Parolsiz|"Pochta mijozi yoki Internetni ko‘ruvchi (brauzer)ni sozlashdagi biron-bir dasturiy mahsulotni o‘rnatish jarayonida xavfsizlikni kamaytirish maqsadida foydalaniladigan atama. " Parsing|"Yuqori daraja dasturlash tilida yozilgan jumlani, uni kompilyatsiyalash paytida tahlil qilish. " Pasayib boradigan ishlanma|"Loyihalar, tizimlar, dasturlar ishlab chiqish usuli, bunda ishlab chiqish yuqoridan pastga tomon amalga oshiriladi. Tuzilmaviy aktivlashning asosiy usullaridan biri. Pasayib boradigan dasturlash pasayib boradigan ishlanmaning xususiy holidir. " Pasayib boruvchi kanal|"Tayanch stansiyadan foydalanuvchi uskunasiga tomon yo‘nalgan uzatish kanali. " Pasayib boruvchi trafik|"Tarmoq markaziy uzelidan periferik uzellarga uzatiladigan trafik, masalan, Internet dan telefon modemiga, tayanch stansiyadan abonent stansiyasiga va h.k. " Pasaytirmoq|"Detallarni eskirog‘iga almashtirish yo‘li bilan kompyuter quvvatini pasaytirish. Kompyuterning kam energiya sarflashi yoki narxini pasaytirish uchun xizmat qiladi. " Pasayuvchi oqim|"1. Kabelli televideniye tarmog‘ida o‘zaro bog‘lanish interaktiv kanalining bevosita (bosh stansiya – abonent) trakti. 2. Yo‘ldoshdan Yer stansiyasigacha bo‘lgan kanal. " Passiv antenna panjarasi|"Aktiv qurilmalarni o‘z ichiga olmaydigan antenna panjarasi. " Passiv hujum|"1. Kriptotizim yoki kriptografik protokolga hujum, bunda raqib va/yoki buzg‘unchi uzatiladigan shifrlangan xabarlarni kuzatadi va ulardan foydalanadi, ammo qonuniy foydalanuvchilarning xatti-harakatlariga ta’sir ko‘rsatmaydi. 2. Uzatilayotgan ma’lumotlarni tutib olish yoki monitoring qilish xususiyatiga ega hujum. Bu holatda buzg‘unchining maqsadi uzatilayotgan axborotni olish hisoblanadi. " Passiv konsentrator|"Tarmoqdagi bir nechta stansiyadan keladigan simlarni, cignallarni qayta ishlamasdan yoki ularni regeneratsiya qilmasdan, birlashtiruvchi ulanish qurilmasi. " Passiv rejim|"Abonent stansiyasi boshqa stansiyalarning boshqaruvida ishlaydigan va mustaqil tarzda aloqaga chiqish huquqiga ega bo‘lmagan aloqa rejimi. " Passiv tahdid|"1. Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi holatini o‘zgartirmasdan, axborot mazmunini ruxsat etilmagan tarzda, ochishga bo‘lgan tahdid. Izoh – Amalga oshirilishi natijasida qo‘lga kiritilib, uzatilgan ma’lumotlardan ta’sirchan axborotni tiklash imkoni bo‘lgan tahdid passiv tahdidga misol bo‘lib hisoblanadi. 2. Tizimning ishlash rejimini o‘zgartirmasdan axborotdan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olish imkoniyati. " Past tezlikli qo‘shma boshqaruv kanali|"Ikki tomonlama kanal, odatda, undan mobil aloqa tarmoqlaridagi quvvatni boshqarish uchun foydalaniladi. Tayanch stansiya tomonidan uzatgichning chiqish quvvati darajasini o‘zgartirish komandalari beriladi, mobil stansiyadan tayanch stansiyaga esa, qabul qilgichning kirish signali darajasini o‘lchash ma’lumotlari uzatiladi. " Past chastotalar|"30 kHz dan 300 kHz gacha bo‘lgan diapazondagi chastotalar sohasi. " «Pastdan yuqoriga» dasturlash|"Umumiy sxemani ishlab chiqish yakunlanmagan bir vaqtda, protseduralar, kichik dasturlarni ishlab chiqishdan boshlanadigan dasturlarni ishlab chiqish metodikasi. Bunday metodika, ko‘pincha ma’qul bo‘lmagan natijalarga, qayta ishlashlarga va ishlab chiqish vaqti oshib ketishiga olib keladi. Ikkinchi nomi – ko‘tarilib boradigan dasturlash. " Pastga mexanil ogʻish|"Antennaning, antenna tuzilmasini mustahkamlash fizik korrektirovka yoʻli orqali amalga oshiriladigan, pastga ogʻishi. " Pastga og‘ish burchagi, antennaning pastga og‘ish burchagi|"Asosiy yaproq va gorizontal tekislik yo‘nalishi o‘rtasidagi burchak. " Pastki kolontitul|"Har bir sahifaning ostiga qo‘yiladigan yoki avtomatik tarzda takrorlanadigan bitta yoki bir nechta satr. Tez-tez yangilanib turiladigan hujjatning bob, versiya nomini va tuzilish sanasini joylashtirish uchun foydalaniladi. " Pauza|"1. Oldingi aloqa seansi tugagan payt bilan keyingi aloqa seansi boshlangan payt orasidagi vaqt intervali. 2. Ikkilik modulyatsiya usullarida signal bo‘lmaydigan, uning qiymati esa, mantiqiy nolga teng bo‘ladigan holat. " Pauzada qayta ulash|"Aloqa mavjud bo‘lmagan vaziyatda mobil stansiyani bir tayanch stansiyadan boshqasiga qayta ulash protsedurasi. " Perfokartalarni uzatish|"Perfokartani kirish kolodasidan o‘qish yoki perforatsiya blokiga ko‘chirish jarayoni. " Periferik qurilma|"Kompyuterga kiritish/chiqarish portlari orqali ulanadigan va keng ko‘lamdagi vazifalar hal qilinishini ta’minlaydigan qurilmalar. " Periferik shina|"Periferik qurilmalarni kompyuter bilan bog‘laydigan kiritish-chiqarish shinalarining umumiy nomi. " Periferiya asbob-uskunalari|"Alohida kompyuter bilan o‘zaro ishlashi va u tomonidan boshqarilishi mumkin bo‘lgan har qanday qurilma. Masalan, kiritish-chiqarish qurilmasi, tashqi xotira. " Perigey|"Yer yo‘ldoshi orbitasidagi, Yer markazidan minimal masofada joylashgan nuqta. Perigey Yer yo‘ldoshining periapsisi hisoblanadi. " Periskopik antenna|"Machta yoki minoraning asosi va u uning cho‘qqisiga tegishli ravishda joylashtiriladigan ikkita alohida: nurlantiruvchi va qayta nurlantiruvchi antennalardan tashkil topgan murakkab ko‘zguli antenna. Izoh − Radioreleli aloqa liniyalarida qo‘llaniladi. " Peritelevideniye|"Televizordan, boshqa apparatura bilan birgalikda, televizion dasturni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rishdan farq qiluvchi maqsadlarda foydalanishga imkon beradigan uskuna. Misollar − Videoo‘yinlar, videograflar, maishiy videomagnitofon yoki maishiy kompyuterdan foydalanish. " Peritelevizion ajratgich|"Ayrim turdagi televizorlarda, tashqi uskunani ulash, odatda, peritelevideniyeni qo‘llash uchun ko‘zda tutilgan ko‘p kontaktli ajratgich. " Pero|"Kiritish qurilmasi; ko‘rinishiga qarab, displey ekranida yoza oladigan avtoruchkani o‘zida ifodalaydi. Juda qulay kiritish vositasi, ayniqsa grafik ma’lumotlar uchun. Pero bilan qo‘lyozma matnni ham kiritish mumkin, agar simvollarni optik aniqlash dasturi bo‘lsa. " Peroli kompyuter|"Ma’lumotlarni kiritish pero (yoki qalam) yordamida amalga oshiriladigan kompyuter. " Persepsion kodlash|"Raqamli audio yoki videosignallarni kodlash uchun zarur bo‘lgan bitlar sonini, odam idrok etishi nuqtai nazaridan, ahamiyatli bo‘lmagan axborotni tushirib qoldirish hisobiga kamaytirish usuli. " Perspektivaning buzilishi|"Ko‘z va uzatuvchi TV kamera bilan turli ko‘rish burchaklari ostida qaraladigan cheklangan muhit. " Petabayt|"Bir million gigabaytga teng xotira hajmining o‘lchov birligi,. Petabayt hajmli bazalar asosan telekompaniyalarda videoarxivlar uchun yaratiladi. " Petch-kord (qayta ulash shnuri)|"1. Krossda telekommunikatsiya sxemalarini ulash uchun foydalaniladigan, bir yoki har ikkala uchida konnektorlari bo‘lgan kabel bo‘lagi. 2. Petch-panelda ulanishlarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan, egiluvchan kabel birligi yoki konnektorli element. " Petch-panel (qayta ulash paneli)|"1. Biriktirilgan konnektorlardan iborat, boshqarishni osonlashtiruvchi kross-tizim. 2. Petch-kordlardan foydalanish uchun loyihalashtirilgan kross. Ko‘chishlarda va o‘zgarishlar kiritishda boshqaruvni osonlashtiradi. " Peyjer|"Radiopeyjing – shaxsiy radiochaqiruv tizimi orqali uzatiladigan xabarlarni qabul qiladigan individual abonent qurilmasi. " Peyjerli aloqa|"Alifbo-raqamli bir tomonlama radioaloqa tizimi. Tizim uzelida o‘ta yuqori chastotalarda ishlaydigan radiouzatgich o‘rnatiladi. Tizim abonentlari har doim o‘zlari bilan xabarlarni qabul qiluvchi qurilma − peyjer olib yuradilar. Peyjer − bu, xabar aks etadigan displeyli qabul qilgichdir. Xabarni peyjerga uzatish uchun, peyjerli aloqa tizimi operatorining telefon raqamini va peyjer raqamini bilish zarur. Operator telefon orqali uzatiladigan xabarni olgach, uni kompyuterga kiritadi. Kompyuter peyjerga alifbo-raqamli radioxabar jo‘natadi. " Peyjing|"Radioaloqa (telekommunikatsiya) xizmati bo‘lib, abonentlarga bir yo‘nalishda akustik chaqiruv signallarini uzatish uchun mo‘ljallangan. qabul qiluvchi displeyida chaqiruvni aks ettirish uchun zarur maʼlumotlar ham uzatiladi. " Pikouya|"Uyali aloqa tizimidagi, ta’sir doirasi juda kichik (10−100 m) bo‘lgan, xizmat ko‘rsatish sohasi. Piko-uya aholi zichligi yuqori bo‘lgan yerlarda, masalan, yirik supermarketda, ofis va boshqalarda vujudga keltiriladi. " Piksel, nuqta|"Tasvirning minimal elementi. Tasvirlarning ajrata olish qobiliyatini o‘lchash uchun xizmat qiladi. Videotasvirda to‘g‘ri burchak, fotokadrlarda kvadrat shakliga ega. " Piktogramma|"Qandaydir harakatning, ogohlantirishning, obyektning (dastur, fayl) yoki tushunchaning grafik tasviri. Grafik interfeyslarda tezda tushunish va o‘zlashtirish uchun foydalaniladi, bunda eng umumiy, tushunarli obrazlar tanlanadi. " Pilot-signal|"1. Eltuvchi chastotada nurlanadigan va odatda sinxronlashtirish uchun foydalaniladigan modulyatsiyalanmagan signal. Radioto‘lqinlarning tarqalish sharoitlarini nazorat qilish uchun bitta yoki turli eltuvchi chastotada nurlanadigan bir nechta pilot-signal qo‘llaniladi. 2. Spektri kengaytirilgan tizimlarda – umumiy chastotalar polosasida boshqa foydali signallar bilan birgalikda uzatiladigan kodli ketma-ketlik. Izoh − Pilot-signalning nurlanishi, shuningdek, berilgan tayanch stansiya xizmat ko‘rsatadigan zonada joylashgan barcha mobil stansiyalar qabul qila olishi uchun, keng eshittirish rejimida ham amalga oshiriladi. Pilot-signal yordamida kadrni sinxronlash va eltuvchining kogerent tiklanishi ta’minlanadi, shuningdek, bu xil signal stansiyani tezda izlab topish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha axborotni ham ichiga olishi mumkin. " Pilot-signal kanali|"Pilot-signal kodli ketma-ketligi uzatiladigan kanal. Izoh − IS-95 standartida «faqat nollar» turidagi ketma-ketlik. Pilot-kanal dastlabki sinxronlashni o‘rnatish, radiokanalning uzatish koeffitsiyenti va qabul qilinadigan signallar fazasini baholash, uyalarni izlashda tayanch stansiyalarni identifikatsiyalash hamda xendoverni ta’minlash uchun mo‘ljallangan. " Ping|"Inglizchadan tarjimasi «taqillatmoq» so‘zini bildiradi. Tarmoq kompyuteri o‘rtasida paketlarning o‘tish vaqtini o‘lchash ping buyrug‘i orqali amalga oshiriladi. Domen va istalgan tarmoq qurilmasining IP-manzili orasida muvofiqlikni o‘rnatish imkonini beradi. " Pir|"Tarmoqning, servislarni teng darajadagi tarmoqning boshqa qatnashchilariga taqdim etadigan va o‘zi ham ularning servislaridan foydalanadigan teng huquqli qatnashchisi (foydalanuvchi). Izohlar 1. Ko‘pincha, fayl almashinadigan tarmoqlarda tarqatishda ishtirok etadigan mijoz pir deb ataladi. 2. Pir mijoz-server arxitekturasida mijoz yoki serverning qarama-qarshisi hisoblanadi, chunki servislarni ifodalaydi va ulardan foydalanadi. " Piring|"Internet operatorlarining o‘z tarmoqlari orasida trafik almashish. Piring tarmoqlar orasida paketlarni uzatish marshrutlarini qisqartirish va trafik xarajatlarini kamaytirishga imkoniyat yaratadi. Trafik almashishning shahar yoki milliy nuqtalarini yaratish bitta shahar yoki mamlakat pro-vayderlari o‘rtasida maʼlumotlarni uzatganda shaharlararo va xalqaro aloqa kanallaridan foydalanmaslikka imkon beradi. " «Pirpirak»|"Solaris operatsion tizimidagi sinxronlanuvchi primitiv. Sinxronlash uchun zarur bo‘lganda, yoki adaptiv myuteksdan, yoki o‘quvchilar-yozuvchilarni blokirovkalovchidan foydalanishga imkon beradi. " Piyoda abonent|"Abonentlar toifasi. Yer usti uyali aloqa tarmoqlarining barcha abonentlari shartli ravishda uch toifaga ajratilgan: tez harakatli, kam harakatli va statsionar (turg‘un). Kam harakatli obyektlar toifasiga, harakat tezligi 3 km/h, ma’lumot uzatish tezligi esa 384 Kbit/s gacha bo‘lgan piyoda abonentlar kiradi. " «Pishloq» turidagi antenna (segment-parabolik antenna)|"Parabolik silindr (yarim silindr) ko‘rinishidagi ko‘zgu va o‘qqa nisbatan siljigan nurlagichdan iborat segment-parabolik antenna. " Plagin|"Asosiy dasturga dinamik tarzda ulanadigan, dasturning imkoniyatlarini kengaytirish va/yoki undan foydalanish uchun mo‘ljallangan mustaqil ishga tushuriluvchi dasturiy modul. Plaginlar odatda taqsimlangan bibliotekalar ko‘rinishida ishlaydi. " Planar to‘lqin o‘tkazgich|"Yassi va tekis taglikka kiritilgan yassi tuzilmalar asosidagi to‘lqin o‘tkazgich. " Plank chizig‘i|"Turli temperaturaga ega bo‘lgan Plank nur tarqatgichlari (mutlaq qora jism) ranglilik nuqtalarining geometrik o‘rni. " Planshetli kompyuter|"Ekran bilan bog‘langan qo‘lda kiritish planshet qurilmasi bilan jihozlangan noutbuklar turkumi. Planshet kompyuter stilus yoki barmoqlar yordamida, klaviatura va «sichqoncha»siz ishlashga imkon beradi. Foydalanuvchi matnni qo‘lyozmani aniqlash dasturi, ekrandagi (virtual) klaviatura, nutqni tanish dasturi yoki oddiy klaviatura orqali kiritishi mumkin. " Planshetli skaner|"Fotosuratlar, qog‘oz hujjatlar, slaydlarni skanlash uchun foydalaniladigan sahifa skanerlarining keng tarqalgan va arzon turlaridan biri. " Plastik karta|"Kartadan foydalanuvchi shaxsga tovarlar va xizmatlar uchun naqd pulsiz haq to‘lash, shuningdek, to‘lov tizimi ishtirokchilari bo‘lgan bank bo‘limlarida va bankomatlardan naqd pul mablag‘larini olish imkonini beruvchi shaxsiylashtirilgan to‘lov vositasi. " Plastik optik tola|"Plastikdan tayyorlangan optik tolali kabel. Shisha tolaga nisbatan kattaroq so‘nish va sochilish qobiliyatiga ega. «Plastik» rouming ing. - «plastic» roaming ru – «пластиковый» роуминг Abonentning mahalliy operator bilan uning xizmat ko‘rsatish imkoniyati to‘g‘risida oldindan kelishib oladigan va undan xizmat ko‘rsatadigan operatorga taalluqli boshqa abonent raqamini, unga o‘zining uyali raqamiga kiruvchi barcha chaqiruvlarni qayta manzillash bilan oladigan «mexanik» rouming turi. " Plata|"IBM-PCli kompyuterlar arxitekturasining qo‘shimcha, alohida elementi. " Platadagi kompyuter|"Bitta platada amalga oshirilgan (bajarilgan) kompyuter. " Platani identifikatsiya qilish tuzilmasi|"Kompyuterga o‘z xarakteristikalarini – xotira va bufferlarning mavjudligini, uzatiladigan ma’lumotlarning formati va h.k.larni yetkazish imkonini beradigan tuzilma. " Platforma|"Oddiy kompyuterlarda yoki mobil telefonlarga o‘rnatilgan operatsion tizim turi. Zamonaviy smartfonlar uchun 4 ta asosiy turdagi platforma mavjud: Palm OS, Symbian, Linux va Pocket PC/Windows Mobile. " Platformaning barqarorligi|"Tizimni ta’mirlash yoki modernizatsiya qilish uchun qo‘shimcha komponentlarning mavjudligi, shuningdek, uchinchi tomon dasturiy ta’minot qismlarini qo‘llab-quvvatlash yoki ularni almashtirish imkoniyati uchun ijobiy prognoz. " Platformaning ko‘lamdorligi|"Platformaning komponentlarni modernizatsiyalash hisobiga samaradorlikni oshirishga tayyorligi. " Plazmali antenna|"Metall o‘tkazgichlarning o‘rniga radioto‘lqinlarni qabul qilish va uzatish uchun ionlangan gaz – yuqori elektr o‘tkazuvchanlikka ega plazma ishlatiladigan radioantennalar turi. " Plazmali displey|"Yuzasiga o‘rnatilgan parallel elektrodlar bilan ikki mustahkamlangan shisha platalari orasiga neon/ksenon gazlari aralashmasini zichlash yo‘li bilan ishlovchi yassi panelli displey turi. Platalar elektrodlar to‘g‘ri burchaklarni tashkil qilib piksellarni yaratishi mumkin bo‘lgan holda mustahkamlanadi. Ikkita elektrod orasida kuchlanish impulsi o‘tganda, gaz bo‘linib, ultrabinafsha nurlanishni chiqaruvchi kuchsiz ionlangan plazmani ishlab chiqaradi. Ultrabinafsha nurlanish rang fosforlarini aktivlashtiradi va har bir pikseldan ko‘zga ko‘rinadigan yorug‘lik chiqadi. " Plenum|"1. Bino ichidagi havo quvuri, u orqali kabel tortilishi yoki unda kabel o‘rnatilishi mumkin. 2. Havo taqsimlash tizimining bir qismini tashkil etuvchi, bitta yoki undan ortiq havo o‘tkazuvchi kanal ulanadigan bo‘shliq yoki xona. " Plezioxron raqamli iyerarxiya|"Ma’lumotlarni yuqori tezlikda plezioxron (deyarli sinxron) uzatish konsepsiyasi. O‘tgan asrning 80-yillari boshida ishlab chiqilgan. Hozirgi vaqtda iyerarxik tezliklarning uch sathi keng tarqalgan. Ular tezligi 64 kbit/s bo‘lgan DSO raqamli kanal asosida qurilgan. Evropada boshlang‘ich tezlik sifatida 2,048 Mbit/s, AQSh da esa, 1,544 Mbit/s tanlangan. " Plezioxron signallar|"Nominal tezliklari bir xil, biroq taktli signal manbalari turlicha bo‘lgan sinxron signallar, shu sababli joriy tezlik qiymatlari, ruxsat etilgan chegarada farq qilishi mumkin. " Plezioxron tarmoq|"Tayanch generatorlar chastotalari bir-biridan amalda farq qilmaydigan tarmoq. Buning oqibatida belgilarning o‘tib ketishini keltirib chiqaradigan yo‘qotishlar juda kam bo‘ladi. " Plombir puansoni|"Pochta buyumlari, pochta, kuryerlik jo‘natmalari va shuningdek qimmatbaho buyumlar saqlanadigan omborxonalar va magistral pochta yo‘nalishlari bo‘yicha pochtani tashiydigan pochta avtomashinalarining plombalanadigan pochta aloqasi obyekti nomining izini plastmassa yoki qo‘rg‘oshin plombirlarga tushirish uchun mo‘ljallangan maxsus qurilma. " Plotter|"Grafik axborotni qog‘oz tashuvchiga yoki boshqa bir tashuvchiga chiqarish qurilmasi. Izoh − Peroli, qalamli, purkagichli, elektrostatik graftuzgichlar, tasvir to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqariladigan plotterlar, termoplotterlar va lazer graftuzgichlar ajratiladi. " «Plyus» xizmati|"Ob-havo ma’lumoti, valyuta kursi, abonentning hisob holati, oxirgi to‘lov to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shoshilinch xizmatlarning telefon raqamlari to‘g‘risida va boshqa ma’lumotlarni olish imkoniga ega xizmat. " Podkasting|"Inglizcha «iPod» va «broadcasting» so‘zlaridan kelib chiqqan. Vebda audio eshittirishlar yoki video ko‘rsatuvlar (pod-kastlar)ni yaratish va tarqatish jarayoni. Odatda podkastlar muayyan mavzu va chop etilish doimiyligiga ega bo‘ladi. Pod-kastlarni eshitish yoki ko‘rish uchun maxsus dasturiy mahsulotlar mavjud. " Podyezd pochta yo‘nalishi|"Pochta aloqasi obyekti (tuman yoki shahar pochta aloqasi bog‘lamasi, pochta aloqasi bo‘limi, pochta almashinuv punkti)ni pochta almashinuvi amalga oshiriladigan temir yo‘l stansiyasi, aeroport bilan bog‘lovchi pochta yo‘nalishi. " Polibiy kvadrati|"Grek tarixchisi Polibiy tomonidan tavsiflangan bir alifboli kriptotizim. O‘zida 5x5 kvadratni ifodalaydi. Ochiq matnning har bir simvoli ochiq matnning simvoli joylashgan ustun va satrni ko‘rsatuvchi juft simvollar bilan almashtiriladi. " Polimorf viruslar|"Zararlangan dasturlarda o‘z kodini, aynan bir virusning ikkita nusxasi birorta ham bitda mos tushmaydigan qilib o‘zgartiradigan viruslar. " Polimorfizm|"Kichik dasturlar (protseduralar, funksiyalar)ning, ma’lumotlarni ularning turiga bog‘liq holda turli algoritm bo‘yicha qayta ishlash xususiyati; obyektga yo‘naltirilgan dasturlashda keng foydalaniladi. " Polosa|"Chastotaning ikki qo‘shni qiymatlari o‘rtasidagi o‘zgarmas chastotalar diapazoni. Shuningdek, chastotalar polosasi deb ham ataladi. Izoh – Optik-tolali kabelni tavsiflashda bu atamadan faqat ko‘p modali tolalarning o‘tkazish qobiliyatini aniqlashda foydalaniladi. Bir modali tolalar uchun «dispersiya» atamasi ishlatiladi. " Polosa filtri|"Qirqimning yuqori va nolinchi bo‘lmagan quyi chastotasi bilan cheklangan muayyan chastotalar polosasini o‘tkazuvchi filtr. Berilgan polosadan tashqarida qolgan barcha chastotalar filtr tomonidan bostiriladi. Qirqimning quyi chastotasi nolinchi, yuqori chastotasi esa oxirgi chastota bo‘lsa, u holda bunday filtr quyi chastotalar filtri deyiladi. Qirqimning uzluksiz katta yuqori chastotasiga hamda quyi chegara bo‘yicha cheklashga ega bo‘lgan filtr yuqori chastotalar filtri deb ataladi. " Polosadan tashqari nurlanish|"Modulyatsiya jarayoni natijasi bo‘lgan, lekin nomaqbul nurlanishlarni ichiga olmaydigan, chastotalar polosasining zarur kengligiga bevosita tutashadigan chastota yoki chastotalardagi nurlanish. " Polosalar qadami|"Bitta rangning qo‘shni piksellari o‘rtasidagi masofani o‘lchash usuli, apertura panjarali monitorlarda qo‘llaniladi. Polosalar qadami vertikal polosalar orasidagi masofa sifatida o‘lchanadi. " Polosali liniya|"O‘rtasidan ensiz metall tasma ko‘rinishidagi o‘tkazgich o‘tgan, bir-biriga qaratilgan keng sirtlar orqali yaqin joylashgan ikki metall tasma hosil qilgan uzatish liniyasi. Metall tasmalar o‘rniga dielektrik sirtiga yupqa surtilgan folga qatlamlar qo‘llanilishi mumkin. " Polosali to‘lqin o‘tkazgich|"Dielektrik bilan ajratilgan metall polosalardan iborat to‘lqin o‘tkazgich. " Polosali vibrator|"Ochiq polosasi liniya kesimi ko‘rinishidagi dielektrik qatlamida joylashgan vibrator. " Port|"1. Tashqi qurilmani mikroprotsessorning ichki shinasiga ulash nuqtasi. Izoh – Dastur maʼlumotlarni portga yuborish yoki ularni portdan olishi mumkin. 2. Biriktirish qurilmasi, uning yordamida kompyuterning tezkor xotirasi yoki markaziy protsessor maʼlumotlar uzatish maqsadida boshqa qurilmalar bilan bog‘lanishi mumkin. " Port tartib raqami|"Bitta kompyuterda tarmoq orqali aloqa qila oladigan bir necha dasturni yurgizish mumkin. Ushbu dasturlarni ajratish uchun ularga yurgizilish paytida shaxsiy port tartib raqami beriladi. Port tartib raqami URLga kompyuter nomidan keyin yoziladi. Masalan, HYPERLINK ""http://www.site.com:80"" http://www.site.com:80 " Portal|"1. Internetga yoki Internet texnologiyasiga qurilgan korporativ tarmoqqa kirishning asosiy nuqtasi. 2. Spetsifik auditoriya uchun mo‘ljallangan va axborot to‘ldirish (kontent) birlashtirilishini, ushbu auditoriya uchun muhim bo‘lgan axborot yetkazilishini; birgalikda ishlashni va jamoaviy xizmatlarni; tanlangan auditoriya uchun mo‘ljallangan, shaxsiylashtirish asosida taqdim etiladigan xizmatlardan va ilovalardan foydalanishni ta’minlaydigan veb-sayt. Izoh ‒ Portallar vazifasiga bog‘liq holda umumfoydalanadigan (universal va ixtisoslashtirilgan) portallarga va korporativ (axborot va bilimlarni boshqarish) savdo (iste’mol va korporativaro) portallariga bo‘linadi. " Portativ kompyuter|"Avtonom taʼminot manbaidan ishlay oladigan o‘lchami kichik, ko‘tarib yuriladigan shaxsiy kompyuter. " Portativ radiostansiya|"Nutqning past sifat bilan uzatilishini ta’minlaydigan va konvensional mobil radioaloqa tarmoqlari uchun mo‘ljallangan stansiya. " Portlar skaneri|"Kerakli portlar ochiq bo‘lgan tarmoq xostlarini izlash uchun xizmat qiladigan dasturiy vosita. Mazkur dasturlar odatda tizim administratorlari tomonidan o‘z tarmoqlarining xavf-sizligini tekshirish va badniyat shaxslar tomonidan tarmoqni buzish maqsadida qo‘llaniladi. " Portlarni birlashtirish|"Ikkita portni bir nechta (odatda, to‘rttagacha) parallel liniya yordamida mustahkam bog‘lash texnologiyasi. Birlashgan portning unumdorligi ishga solingan liniyalar unumdorligining yig‘indisiga teng. Liniyalarning biri ishdan chiqsa, yuklama qolgan liniyalar o‘rtasida teng taqsimlanadi. " Portlash|"Hisoblash tizimlarida – xato to‘g‘risida xabar berish bilan, dasturning keyinchalik bajarilishiga to‘sqinlik qiladigan avariyaviy to‘xtash. " Portni kengaytirgich|"Bir nechta (ketma-ket) liniyani kompyuterning bitta porti bilan bog‘laydigan qurilma. " Posilka|"O‘lchamlari, og‘irligi va o‘rash tartibi Pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish qoidalarida belgilangan, jo‘natishga ruxsat etilgan sanoat tovarlari, oziq-ovqat mahsulotlari, madaniy-maishiy va boshqa tovarlar solingan pochta, kuryerlik jo‘natmasi. " Postfiks|"Asosiy element orqasidan yoziladigan, operator, komandani tavsiflash elementi; o‘zining operandidan keyin yoziladigan operatsiya. Masalan, Si tilida x++. " Postfiltratsiya|"1. Televizion videosignalni raqamli-analog signalga o‘zgartirishdan keyin chastotaviy filtrlash. 2. Videoma’lumotlarni MPEG-dekodlashdan so‘ng qayta ishlash jarayoni. Signalni yanada aniqroq tiklashga ko‘maklashadi. " Postmaster|"Pochta serverining turli sozlamalarini boshqarish uchun mo‘ljallangan maʼmuriy qayd yozuvi. " Postuslovie|"Haqiqiyligi protsedura yoki sikl jismi bajarilgandan keyin tekshiriladigan shart. " Pоtensial imkoniyatlar|"Mahsulot yoki tizim parametrlari chekka qiymatlarining talablarga mos kelishlik darajasi. " Potensial kalit|"Ortiqcha axborotsiz axborot bazasida qatorni aniqlaydigan atributlar kombinatsiyasi. Xar bir jadval bir nechta potensial kalitga ega bo‘lishi mumkin. Bulardan biri asosiy kalit sifatida tanlanadi. " Potensial zaiflik|"Taxmin qilinayotgan, lekin tasdiqlanmagan zaif joy. Izoh – FXTni o‘zgartirish maqsadida, hujumlarning bo‘lish ehtimoli taxminiga asoslanadi. " Poynting vektori|"Elektromagnit maydon energiyasi oqimining vektor zichligi. " Pozitiv modulyatsiya (televideniyeda)|"Modulyatsiyalovchi videosignalda qoradan oqgacha bo‘lgan o‘zgarish amplitudaviy modulyatsiyada modulyatsiyalovchi signal amplitudasining oshishiga yoki chastotaviy modulyatsiyada oniy chastotaning oshishiga mos keladigan modulyatsiya. " Pozitiv (negativ) amplitudaviy modulyatsiya|"Tasvir eltuvchini televizion videosignal bilan amplitudaviy modulyatsiyalash. Bunda signal ko‘lamining oshishi modulyatsiyalangan eltuvchi ko‘lamining oshishiga (kamayishiga) olib keladi. " Pozitiv uzatish|"Tasvir axborotini shunday usulda uzatishki, bunda dastlabki jadallikning oshishi uzatiladigan quvvatning oshishiga olib keladi. " Pozitiv videosignal|"Oniy qiymatlari qoradan oqga o‘tishda ko‘payadigan videosignal. " Pozitsion sanoq tizimi|"Sonlarni yozishda raqamlarning joylashgan o‘rni ahamiyatga ega bo‘ladigan sanoq tizimi. Har bir pozitsion sanoq tizimida asos mavjud bo‘ladi. Har qanday son asos raqamlardan tuzilgan ketma-ketlik ko‘rinishida yoziladi. Asos raqamlari soni asosning o‘ziga teng bo‘ladi. Asos, har bir raqamning salmog‘i katta qo‘shni razryadda turgan raqam salmog‘idan necha marta kichikligini ko‘rsatadi. Qurilgan pozitsion sanoq tizimlarining soni har qanday bo‘lishi mumkin. Informatikada asosan to‘rtta tizimdan: o‘nlik, ikkilik, sakkizlik va o‘n oltitalik tizimdan foydalaniladi. Pozitsion sanoq tizimlari hisoblashlar, ham butun, ham kasr sonlarni ko‘rsatish uchun juda qulay. " Pochta|"1. Pochta, kuryerlik jo‘natmalari va pochta buyumlarining majmui. 2. Odamlarning o‘zaro muloqot qilish usullaridan biri. Haqiqiy hayotda ham, Internet tarmog‘ida ham mavjud. Bu jarayonda ikki tomon ishtirok etadi: jo‘natuvchi va qabul qiluvchi. Jo‘natuvchi boshqa odamga yoki odamlar guruhiga xat yozayotgan tomon, oluvchi esa xatni qabul qilishi ko‘zda tutilgan odam yoki odamlar guruhidir. " Pochta almashinuv punkti|"Pochta aloqasi obyekti va transport o‘rtasida pochtani vaqtinchalik saqlash, ishlov berish va almashish maqsadida tashkil etilgan pochta aloqasi obyekti. " Pochta almashinuvi|"Transport yordamida pochta aloqasi obyektlari va pochta aloqasi obyekti xodimlari va transport o‘rtasidagi pochtani qabul qilish-topshirish jarayoni. Izoh – Pochta faqat qabul qilinishi yoki faqat topshirilishi amalga oshirilsa, bunda almashuv faqat bir tomonlama hisoblanadi. " Pochta aloqasi|"Pochta, kuryerlik jo‘natmalari va pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalarini jo‘natish va yetkazib berishni (topshirishni) taʼminlovchi texnika va transport vositalarining yagona ishlab chiqarish-texnologiya majmuidan iborat aloqa turi. " Pochta aloqasi bog‘lamasi|"Pochta yo‘nalishlarining kesishgan yoki tutashgan punktida joylashgan, biriktirilgan hududda pochta va kuryerlik jo‘natmalari, pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalarini jo‘natish va yetkazib berish (topshirish), pochtaga ishlov berish va uning almashinuvi bo‘yicha o‘zaro bog‘liq vazifalar bajarilishini taʼminlovchi pochta aloqasi obyekti. " Pochta aloqasi bo‘limi|"Foydalanuvchilarga pochta aloqasi xizmatlarini, boshqa turdagi xizmatlarni ko‘rsatuvchi, pochtaga ishlov berish va uning almashinuvini amalga oshiruvchi pochta aloqasi obyekti. " Pochta aloqasi obyektlari|"Pochta aloqasi operatorlarining alohida bo‘linmalari (pochtamtlar, pochta aloqasi bog‘lamalari, bo‘limlari, punktlari, shuningdek, boshqa bo‘linmalar). " Pochta aloqasi operatori|"Mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida pochta aloqasi tarmog‘iga egalik qiluvchi va faoliyatning asosiy turi sifatida pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lgan yuridik shaxs. " Pochta aloqasi provayderi|"Foydalanuvchilarga pochta aloqasi operatorlarining tarmog‘i orqali pochta, kuryerlik xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs. " Pochta aloqasi tarmog‘i|"Pochta aloqasi obyektlari va pochta yo‘nalishlari majmui. " Pochta aloqasi tayinlangan operatori|"O‘zbekiston Respublikasi hududida pochta aloqasini amalga oshirish va Umumjahon pochta ittifoqining xujjatlaridan kelib chiquvchi majburiyatlarni bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlangan pochta aloqasi operatori. " Pochta aloqasi vositalari|"Pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish uchun foydalaniladigan binolar, yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar, asbob-uskunalar, texnika va transport vositalari, shuningdek, pochta konvertlari, varaqchalari va taralar. " Pochta aloqasi xizmatlari|"Pochta aloqasi operatori yoki provayderining pochta va kuryerlik xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha faoliyati. " Pochta aloqasi xizmatlari uchun tarif|"Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish uchun maxsus vakolatli organ, pochta aloqasi operatori yoki provayderi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda belgilanadigan to‘lov miqdori. " Pochta aloqasining asosiy xizmatlari|"Pochta aloqasining pochta, kuryerlik jo‘natmalari, shuningdek, pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalarini jo‘natish va yetkazib berish (topshirish) bo‘yicha xizmatlari. " Pochta aloqasining hududiy (viloyat) tashkiloti|"Pochta aloqasi obyektlariga biriktirilgan hududda ishlab chiqarish faoliyatini tashkil qiluvchi pochta aloqasi operatorining hududiy tarkibiy bo‘linmasi. " Pochta aloqasining ishlab chiqarish jarayoni|"Pochta, kuryerlik jo‘natmalari va pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalarini jo‘natish va yetkazib berish (topshirish) bo‘yicha qatʼiy tartibga solingan va o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish operatsiyalarining kompleksini tashkil qiluvchi xodimlarning barcha harakatlari va ishlab chiqarish uskunalari jami. " Pochta aloqasining milliy operatori|"O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan zimmasiga O‘zbekiston Respublikasi doirasida majburiy ravishda universal xizmatlar ko‘rsatish vazifasi yuklatilgan pochta aloqasi operatori. " Pochta aviajo‘natmasi|"Havo transporti orqali jo‘natiladigan (barcha yo‘llarda yoki uning ayrim uchastkalarida) pochta jo‘natmasi. " Pochta-bagaj poyezdi|"Pochta va bagajni tashish uchun o‘z tarkibida asosan pochta hamda bagaj vagonlariga ega bo‘lgan maxsus tuzilgan poyezd. " Pochta bloki|"Maxsus varaqda bir va undan ortiq qatorda bosilgan hamda markalarga nisbatan kengroq hoshiya bilan ajratilgan bitta yoki bir nechta pochta markasi. " Pochta bombasi|"Saytni, pochta serverini ko‘p sonli xatlarni yuborish orqali posilkasi bilan ishdan chiqarish yo‘li bilan blokirovkalash. Sayt orqali hujum chog‘ida xatlar olinishini bartaraf qilish yoki o‘ch olish maqsadida ishlatiladi. " Pochta buyumi|"Belgilangan tartibda yopilgan hamda rasmiylashtirilgan qop yoki pochta konteyneri. " Pochta indeksi|"Pochta aloqasi obyekti manzilining shartli belgisi. " Pochta jo‘natishning oddiy protokoli|"IP-protokollari to‘plamiga kiruvchi protokol. RFC 0821da tavsiflangan 14 ta komandadan iborat. Internetda elektron pochtani marshrutizatsiyalash uchun ishlatiladi (e-mail, IMAP, POP, TCP/IP). " Pochta jo‘natmalari|"Manzili ko‘rsatilgan yozma xat-xabarlar, posilkalar va tegishli o‘rovdagi bosma nashrlar. " Pochta konteyneri|"Pochta, kuryerlik jo‘natmalarini tashish va vaqtinchalik saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus konteyner. " Pochta konverti|"Yozma xabarni o‘rash uchun xizmat qiladigan, yelimlash uchun klapanlari bo‘lgan, belgilangan o‘lchamlardagi to‘g‘ri burchak shaklidagi qog‘ozli qobiq. " Pochta, kuryerlik jo‘natmalarini ochiq holda jo‘natish|"Pochta, kuryerlik jo‘natmalarini pochta tarasiga berkitmasdan jo‘natish. " Pochta, kuryerlik jo‘natmalarini yopiq holda jo‘natish|"Пересылка почтовых, курьерских отправлений в почтовой таре. Pochta, kuryerlik jo‘natmalarini pochta tarasida jo‘natish. " Pochta, kuryerlik jo‘natmasi, pul mablag‘larining pochta o‘tkazmasini qayta jo‘natish|"Pochta, kuryerlik jo‘natmasi, pul mablag‘larining pochta o‘tkazmasini arizaga asosan yangi manzil bo‘yicha yoki yetkazib berishga asosan pochta aloqasi obyektining manzili bo‘yicha yo‘llashdan iborat ishlab chiqarish operatsiyasi. " Pochta, kuryerlik jo‘natmasini indekslash|"Pochta, kuryerlik jo‘natmasiga jo‘natilishi belgilangan joy pochta aloqasi obyektining pochta indeksini yozish. " Pochta ko‘prigi (filtri)|"Bir nechta kompyuter tarmog‘ini birlashtiradigan va ular o‘rtasida elektron pochtani yuborish imkoniyatini ta’minlaydigan, shuningdek, berilgan manzilar bo‘yicha uni saralaydigan (filtrlaydigan) qurilma. " Pochta manzili|"Tegishli pochta aloqasi obyektining pochta indeksi ko‘rsatilgan foydalanuvchining turar joyi. " Pochta manzillari ro‘yxati|"Qabul qiluvchilarning elektron manzillari ro‘yxati. Xat jo‘natilayotganda «Kimga» jo‘natilayotgani to‘g‘risida yoziladigan joyda manzillar ro‘yxatini kiritish mumkin va bu xatni ro‘yxatdagi barcha qabul qiladi. " Pochta markalari seriyasi|"Yagona mavzuga yoki muayyan voqeaga bag‘ishlangan, o‘xshash rasmiylashtirish uslubiga ega. " Pochta markasi|"Badiiy tasvirga ega bo‘lgan, nominal qiymati va mamlakatini ko‘rsatgan holda, bosma usulda tayyorlangan pochta to‘lovining davlat belgisi. " Pochta markasining asli|"Pochta markasi eskizini tayyorlash uchun dastlabki asos bo‘lib hisoblanadigan rasm. " Pochta markasining eskizi|"Pochta markasining namunasini tayyorlash uchun dastlabki asos bo‘lib hisoblanadigan rasm. " Pochta markasining namunasi|"Pochta markasining eskiziga muvofiqligini tekshirish va keyingi nashr etishga tasdiqlash uchun qimmatli qog‘ozlar blanklarini ishlab chiqarish huquqiga ega tashkilotlar tomonidan tayyorlangan, «Namuna» yozuvi. " Pochta markasining nominal qiymati|"Yozma xat-xabarlarni jo‘natish bo‘yicha xizmatlarning pochta markasida arab raqamlari yoki lotin harflari bilan ko‘rsatiladigan qiymati. " Pochta mijozi|"Xatlarni o‘qish, qabul qilish, jo‘natish va ular ustida boshqa operatsiyalarni bajarish uchun mo‘ljallangan dastur. Ushbu dastur yordamida foydalanuvchi pochta va News-serverlar bilan ishlashi mumkin bo‘ladi. " Pochta mulki|"Pochta aloqasi obyektlarida ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish imkonini beruvchi predmetlar va moslamalar. Izoh – Pochta mulkiga nomli buyumlar, shtamplar, tayanch punktlarning javonlari, seyflar, metall qutilar va javonlar, reklama uchun vitrinalar, pochta tarasi va h.k.kiradi. " Pochta protokoli|"Serverdan elektron pochtani olish uchun mo‘ljallangan eng ommaviy protokol. " Pochta qoidalari|"Pochta, kuryerlik jo‘natmalari, shu jumladan, xalqaro pochta jo‘natmalarini jo‘natish va yetkazib berish (topshirish) tartibini belgilovchi hujjat. " Pochta qurti|"Elektron pochta orqali har bir yetkazib berish ro‘yxatidagi adresatlarga mustaqil tarzda tarqalish qobiliyatiga ega bo‘lgan dastur. " Pochta qutisi|"Pochta aloqasi milliy operatorining manzili ko‘rsatilgan oddiy xatlar va pochta varaqchalarini yig‘ish uchun mo‘ljallangan, belgilangan shakl va o‘lchamdagi qulflanadigan maxsus qutisi. " Pochta qutisi (elektron xabarlar saqlanadigan joy)|"Aniq foydalanuvchiga manzillangan, elektron pochta xabarlari to‘planadigan xotira sohasi. " Pochta ro‘yxatlari|"Global tarmoq servis turlaridan biri, tarmoqda ko‘plab foydalanuvchilar – tarqatish ro‘yxatining muayyan obunachilari uchun umumiy hisoblanadigan elektron pochta manzili ajratilganda, foydalanuvchi-obunachilar o‘z xabarlarini umumiy manzil bo‘yicha yuboradilar va bu xabarlar ushbu tarqatish ro‘yxatiga obuna bo‘lganlarning barchasiga jo‘natiladi. " Pochta serveri|"So‘rovlar bo‘yicha elektron pochta orqali fayllar yoki axborot jo‘natadigan dastur. " Pochta taqvim shtempeli|"Pochta markalarini hisobdan chiqarish va/yoki pochta, kuryerlik jo‘natmalari, pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalari blanklari va/yoki ilova hujjatlari, kvitansiyalarga pochta aloqasining tegishli obyeti nomi, pochta vagoni, yo‘nalishi, sanani tushirish uchun mo‘ljallangan maxsus shtempel. " Pochta tarasi|"Pochta, kuryerlik jo‘natmalarini jo‘natish uchun qo‘llaniladigan maxsus qoplar, konteynerlar. " Pochta transporti yo‘nalishi|"Pochta tashiladigan temir yo‘l, avtotrakt uchastkasi. " Pochta to‘lovining davlat belgilari|"Pochta markalari hamda frankirlash mashinalarining pochta jo‘natmalariga pochta aloqasi xizmatlari haqi to‘langanligini tasdiqlash uchun tushiriladigan tamg‘asi. " Pochta vagoni|"Poyezd harakatlanayotgan yo‘lda pochtani tashish, ishlov berish va almashish uchun mo‘ljallangan maxsus konstruksiyadagi temir yo‘l vagoni. " Pochta varaqchasi|"O‘lchamlari, og‘irligi va o‘rash tartibi Pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish qoidalarida belgilangan, ochiq holda jo‘natiladigan maxsus blankdagi pochta, kuryerlik jo‘natmasining turi. " Pochta xizmatlari|"Pochta aloqasi operatori yoki provayderining pochta jo‘natmalarini, shuningdek, pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalarini jo‘natish va yetkazib berish (topshirish) bo‘yicha faoliyati. " Pochta yo‘nalishi|"Transportning, pochta aloqasi obyektlari o‘rtasidagi, belgilangan tartibda tasdiqlangan harakatlanish yo‘li. " Pochta yo‘nalishi rejasi|"Pochta yo‘nalishining turli yo‘llari mavjud bo‘lganda, pochtani jo‘natish va o‘tishining optimal tartibini belgilaydigan hujjat. " Pochta shlyuzi|"Ikki yoki bir necha turli elektron pochta tizimini bog‘laydigan va ular o‘rtasida xabarlar uzatilishini ta’minlaydigan mashina. " Pochtamt|"Shaharning markaziy qismida joylashgan, unga bo‘ysunadigan pochta aloqasi bog‘lamalari va/yoki bo‘limlarida rahbarlikni amalga oshiradigan hamda pochta, kuryerlik jo‘natmalari va pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalarini jo‘natish hamda yetkazib berish (topshirish)ni taʼminlaydigan pochta aloqasi obyekti. " Predikat|"Predikatlarni hisoblashda mohiyatlar – dalillarning oxirgi to‘plami o‘rtasidagi muayyan munosabatni aks ettiruvchi maxsus belgi. Predikatlarni hisoblashning odatiy variantida keltirilgan dalillar to‘plamida predikatning qiymati sifatida ikkita – chin va yolg‘on qiymat ishtirok etadi. " Predmet sohasi modeli|"1. Bilimlar yoki tajriba muayyan sohasining modeli. 2. O‘rganilishi, boshqa bir tizim to‘g‘risida axborot olish uchun vosita bo‘lib xizmat qiladigan tizim. 3. Qandaydir real jarayon, qurilma yoki konsepsiyani taqdim etish. " Preprotsessor|"Ma’lumotlarning asosiy qayta ishlash jarayoniga qadar, masalan, kompilyatsiyadan oldin dastlabki qayta ishlanishini bajaradigan dastur. Kompilyatorda bir nechta turli preprotsessor bo‘lishi mumkin, masalan, makroprotsessor, fayllar qo‘shish preprotsessori, til kengaytmalarini qayta ishlash preprotsessori. " Press-kit|"Loyiha, tashkilot yoki voqea to‘g‘risida batafsil axborot bo‘lgan bir qancha matnli, audio va vizual hujjatlar to‘plami. " Press-reliz|"Matbuot uchun mo‘ljallangan, joriy yoki yaqinlashib kelayotgan tadbirlar, voqealar to‘g‘risida muhim, jiddiy axborot bo‘lgan maxsus byulleten. " Preyskurantdagi narx|"Milliy operator tomonidan pochta markalari va bloklari kolleksiyasi uchun belgilanadigan, preyskurantda qayd qilingan narx. " Primitiv|"1. Dasturlarning bajarilish tezligini oshirish uchun, dasturlash tillariga kiritilgan funksiya yoki operator. 2. Dasturni tuzishda foydalaniladigan asosiy element. " Print-server|"Lokal tarmoqda, ushbu tarmoqning barcha ishchi stansiyalari tomonidan, bitta printerdan foydalanish qurilmasi. " Printer|"Ma’lumotlarni kompyuterdan qog‘ozga, plyonkaga o‘qish uchun qulay ko‘rinishda chiqarish uchun xizmat qiladigan qurilma. Printerlar bosish usuli, vazifasi va bosma ranglari soni bo‘yicha farqlanadi. Bosish usuliga ko‘ra, matritsali, termik, purkagichli va lazer printerlarga bo‘linadi; vazifasiga ko‘ra, ko‘tarib yuriladigan (bloknotli shaxsiy kompyuterlar uchun) shaxsiy, muassasa, mini tipografiyalar; ranglar soniga ko‘ra, bir rangli, rangli. Asosiy xarakteristikalari: chop etish tezligi (sekundiga belgi, minutiga sahifa, varaq); chop etish sifati (nuqta/dyuym). " Printerning ajrata olishi|"Tasvirni chop etishda bir dyuymda yotgan nuqtalar soni. Masalan, 300-dpi (300 dyuymga 300 nuqta) ajrata olishga ega printer 1 dyuym chiziqqa 300 nuqtani choplay oladi. Bu degani u bir dyuym kvadratga 90 mingta nuqtani chop etishi mumkin. " Privatlik, xususiylik|"Xususiy shaxsning shaxsiy hayoti yoki ishiga aralashuv natijasida shu shaxs ma’lumotlarini to‘plash va ulardan foydalanish favqulodda yoki qonunga xilof ravishda bo‘lganda bu aralashuvni taqiqlash. " Profillangan ko‘zgu|"1. Maxsus profilga ega sirtqi antenna ko‘zgusi, uning shakli elektromagnit maydonni antennaning ochilishidagi taqsimlanishini aniqlab beradi. 2. Sirt profili antenna yo‘nalganlik diagrammasining talab qilinadigan shaklidan kelib chiqib tanlanadigan ko‘zgu. " Profillangan yo‘nalganlik diagrammasi|"Xizmat ko‘rsatish zonasining konturini, xalaqitlarning darajasini pasaytirish maqsadida, uzatilayotgan trafikka muvofiq turli qismlari bo‘yicha yoki alohida yo‘nalishlar bo‘yicha antennani kuchaytirishni o‘zgartirishga imkon berib, takrorlaydigan murakkab shakldagi yo‘nalganlik diagrammasi. " Profillangan yo‘nalganlik diagrammasiga ega antenna|"Yo‘ldosh bort retranslyatorining antennasi, uning nurlantiruvchi xususiyatlari xizmat ko‘rsatiladigan geografik mintaqa hududini hisobga olib, tanlangan. " Programmator|"Ma’lumotlarni, shu jumladan, dasturlarni doimiy xotira qurilmasiga yozish qurilmasi.Ma’lumotlar doimiy xotira qurilmasida elektron sxemalar ko‘rinishida saqlanadi. Programmator qattiq ultrabinafsha nurlanish vujudga keltiradi, uning yordamida elektron sxemalar o‘zgaradi. " Programmofon|"Shaxsiy kompyuterdan telefon sifatida foydalanish imkonini beradigan dasturiy mahsulot. Programmofondan foydalanish uchun modem, mikrofon va radiokarnay bilan jihozlangan kompyuter zarur bo‘ladi. " Progressiv (satrma-satr) yoyish|"1. To‘g‘ri chiziqli yoyish, bunda galma-gal yoyiladigan satrlarning markazlari orasidagi masofa satrning nominal kengligiga teng bo‘ladi. 2. Tasvir bitta maydon davomida to’liq yoyiladigan yoyish turi (televideniyeda). " Proksi server|"Lokal kompyuter tarmog‘i va Internet o‘rtasida uzatiladigan paketlar filtratsiyasini amalga oshiradigan dasturiy ta’minot. Eng ko‘p so‘raladigan hujjatlarni keshlash hisobiga, tarmoq trafigini kamaytirish va lokal tarmoq xavfsizligini oshirish uchun mo‘ljallangan. " Prolog|"Sun’iy intellekt masalalari, tabiiy va boshqa tillarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan deklarativ dasturlash tili. " Propriyetar dasturiy taʼminot|"Mualliflar yoki huquq egalarining shaxsiy mulki bo‘lgan dasturiy taʼminot. U erkin dasturiy taʼminot g‘oyalariga to‘g‘ri kelmaydi. Erkin dasturiy taʼminot jamg‘armasi nuqtai nazaridan qaraganda, u yarim erkin dasturiy taʼminot ham emas. Huquqqa ega tomon uni butunlay yoki muhim tomonlarini ishlatishda, nusxa ko‘chirishda va o‘zgartirishda monopolistik imkoniyatga ega. Propriyetar dasturiy taʼminotni erkin bo‘la oladigan tijorat dasturiy taʼminoti bilan adashtirmaslik kerak. " Propriyetar texnologiya|"Bozorning aniq bir qatnashchisi tomonidan nazorat qilinadigan ma’lumotlar formati, texnologiya, elektron hisoblash mashinasi uchun dastur. Ular bozorning raqobatlashuvchi qatnashchilariga yoki boshqa foydalanuvchilarga bu format yoki texnologiyani erkin o‘rganish, tarqatish, o‘zgartirish yoki o‘zlarining mos ishlanmalarini yaratish imkonini bermaydi. " Protektor|"Metall telekommunikatsiya o‘tkazgichlarida zararli yot kuchlanishlarni cheklash uchun foydalaniladigan qurilma. " Protokol|"1. Ikkita yoki bir nechta mustaqil qurilma yoki jarayon o‘rtasida ma’lumotlar uzatish formati va tartibotini tartibga soluvchi qoidalar va kelishuvlar majmui. 2. Ma’lum bir natijaga erishish maqsadida ikki va undan ko‘p sub’ekt tomonidan berilgan ketma-ketlikda bajariladigan harakatlar (yo‘riqnomalar, komandalar, hisoblashlar, algoritmlar)ning majmui. " Protokol identifikatori|"Paket sarlavhasidagi, maʼlumotlar maydonida joylashtirilgan axborotni qayta ishlashda foydalaniladigan muayyan protokol turini ko‘rsatuvchi maydon. " Protokollar analizatori|"Paketlarni aniqlashi va ayrim maydonlar mazmunini rasshifrovka qilgan (o‘qigan) holda dekodlovchi yordamchi apparat-dasturiy kompleks. Zamonaviy analizatorlar turli protokollarning maʼlumotlarini qayta ishlashi mumkin. " Protokollar steki|"Ma’lum kommunikatsiya arxitekturasini amalga oshirib, birgalikda ishlaydigan, darajalarga bo‘lingan protokollar to‘plami. Odatda, u yoki bu darajaning vazifasi bitta yoki bir nechta protokol bilan amalga oshiriladi. Protokollar stekiga TCP/IP misol bo‘ladi. " Prototip|"Tizimning boshlang‘ich versiyasi, uni baholash va/yoki muammo mohiyatini va talablarning to‘g‘riligini chuqurroq tushunish uchun xizmat qiladi. " Protsedura|"Dasturning, umumiy holda kirish parametrlariga bog‘liq bo‘lgan ba’zi standart operatsiyalarni bajaradigan qismi. Protsedurani kichik dastur deb hisoblash mumkin. Izoh ‒ Protseduralar standart protseduralar va foydalanuvchi protseduralariga, dasturga nisbatan tashqi va ichki protseduralarga bo‘linadi. Standart protsedura dasturlash tili tarkibiga kiradi va tegishli biblioteka tarkibida yetkaziladi, foydalanuvchi protsedurasini har bir ishlab chiquvchi mustaqil yaratadi. Tashqi protsedura dasturga bog‘liq bo‘lmagan tarzda saqlanadi, ichki protsedura dastur tarkibiga kiradi. " Protsedura firibgarligi|"Aloqa xizmatlari to‘lovini kamaytirish maqsadida, rouming va boshqa tarmoq protseduralaridan (masalan, billingdan) vakolatsiz foydalanish. " Protsedura tili|"Dasturchi natija olish uchun bajarilishi kerak bo‘lgan qadamlar ketma-ketligini (yechim algoritmini) tavsiflaydigan dasturlash tili. " Protseduraga yo‘naltirilgan dasturlash tili|"Asosiga «masalani hal qilish uchun nima qilish kerak» ish prinsipi qo‘yilgan yuqori daraja dasturlash tili. Ishlar operatorlar tomonidan yoziladi va bajariladi. Pirovard natijani olish uchun bajarilishi zarur bo‘lgan operatorlar ketma-ketligi to‘planadi. Bunday ketma-ketlik dastur deb ataladi. Protsedura tillarini oddiy (BASIC, Fortran, COBOL) va blokli (modulli) (Pascal, Modula-2 va Si) tillarga ajratish mumkin. Protsedura tillari shuningdek, operator tillari yoki imperativ tillar deb ham ataladi. " Protseduralar bo‘yicha xavfsizlik|"Axborotning muhofaza qilinishiga kritik bo‘lgan ma’lumotlar uchun, talab qilinadigan xavfsizlik darajasini ta’minlash maqsadida foydalaniladigan tegishli boshqarish usullari. " Protseduraning lokal chaqiruvi|"Lokal mashinada mijoz va server jarayonlari o‘rtasidagi so‘rovlar va natijalarni uzatuvchi Windows protseduralarni chaqirishning tizimli mexanizmi. Operatsion tizimning turli kichik tizimlari xizmatlariga so‘rov berish uchun foydalaniladi. " Protseduraning uzoqlashgan chaqiruvi|"Sun firmasi tomonidan ishlab chiqilgan, lokal tarmoqning boshqa kompyuterida mijozda va axborotni hamda tartibga soladigan parametrlarni uzatadigan serverda protsedura-tiqinlardan foydalanib, protsedurani chaqirish mexanizmi va uzoqlashgan protseduraning natijasi. " Protseduraviy bo‘lmagan til|"Relyatsion ma’lumotlar bazalarida ma’lumotlarni boshqarish, o‘zgartirish, yaratish uchun qo‘llaniladigan universal kompyuter tili. " Protsessing markazi|"To‘lov tizimining xizmat ko‘rsatish nuqtalaridan yoki ekvayrerlardan mualliflashtirishga va/yoki tranzaksiyalar protokollariga kelib tushadigan rasmiy talablar qayta ishlanishini taʼminlaydigan, ixtisoslashgan servis tashkilot. " Protsessor|"Operatsion tizim dasturlari belgilagan arifmetik operatsiyalarning bajarilishiga javob beradigan va kompyuterning boshqa barcha qurilmalari ishini muvofiqlashtiradigan apparat ta’minoti. " Protsessor registri|"O‘lchami odatda bir yoki ikki mashina so‘ziga teng bo‘lgan, asosiy yoki oraliq ma’lumotlarni saqlash uchun mo‘ljallangan va mashina komandalarni bajarishda foydalaniladigan protsessor xotirasi. " «Protsessor – xotira» shinasi|"Protsessor va xotira o‘rtasida bevosita axborot almashinish kanali. " Protsessor (yadro) ning takt chastotasi|"Bitta eng oddiy mashina komandasini bajarish vaqti. " Protsessor yadrosi|"Kesh-xotiradan tashqari, protsessorning barcha bloklarini ichiga oladigan mikrosxema. Chip markazida odatda «yadro» deb nomlanadigan narsa joylashgan. Bu hamma hisoblashlar, yuklama va saqlashga so‘rovlar, saqlashlar bajariladigan kremniy bo‘lagidir. " Protsessordan foydalanish|"Protsessorni maksimal vaqt davrida bandlik rejimida ushlab turish. Optimallashtirish mezoni: ushbu ko‘rsatgichni maksimallashtirish. " Protsessordan foydalanishga yo‘naltirilgan|"Asosiy vaqtini hisoblashlarga ketkazadigan jarayon. " Protsessorni yuklashni rejalashtirish|"Algoritmlarning operatsion tizimlarida xotiraga yuklangan vazifalar to‘plamidan galdagi vazifani tanlash va markaziy protsessorning vaqt kvantini navbatdagi tanlangan vazifaga ajratishni amalga oshirish. " Provayder|"qar.: Internet-provayder. " Proyeksion televizor|"Televizion dasturlar tasvirini ekranga optik proyeksiyalash orqali (videoproyektordan foydalangan holda) tiklash uchun mo‘ljallangan televizior. " Proyeksion texnologiya|"DLP (Digital Light Processing) tizimini qo‘llashga asoslangan texnologiya. DMD (Digital Micromirror Device) mikrosxemasi mikroskopik ko‘zgulardan tuzilgan yuzada tasvirni shakllantiradi. Proyeksion lampadan chiquvchi yorug‘lik rangli selektorlari bo‘lgan disk orqali mikroko‘zgularga yo‘naltiriladi. Tasvir mikroko‘zgulardan qaytadi va aniq optika yordamida ekranga proyeksiyalanadi. Natijada rang uzatish, o‘ta ravshanlik va kontrastlilikning o‘ziga xos sifatiga ega bo‘lgan keng formatli tasvir olinadi. " Proshivka|"Kompyuter yoki har qanday raqamli hisoblash qurilmasi – mikrokalkulyator, uyali telefon, GPS navigatorning, ichida mikrodasturi bo‘lgan energiyaga bog‘liq bo‘lmagan xotirasining ichidagi. «Proshivka» so‘zi bilan ba’zan, xotiraga tegishli qurilmani, uning mikrodasturini yangilash maqsadida yozish uchun mo‘ljallangan doimiy xotira qurilmasining obrazi, shuningdek, bu obrazni qurilmaning energiyaga bog‘liq bo‘lmagan xotirasiga yozish jarayonining o‘zi nomlanadi. " Psevdo-bayt kod|"Quyi darajadagi mashina-mustaqil kodi, kompilyator bilan generatsiya qilinadi va virtual mashina tomonidan bajariladi. Shuningdek, u algoritmlarni tavsiflash tili hisoblanib, dasturlash tillarining kalit so‘zlarini ishlatadi va qo‘shimcha ma’lumotlarni va maxsus sintaksisni qoldirib ketadi. " Psevdografika|"Klaviatura klavishlariga biriktirilgan simvollar yordamida matn rejimida displey ekranida olingan grafik tasvir. " Psevdokadr|"Televizion tasvirning MPEG-2 raqamli siqish usullaridan biri orqali kodlangan, sarlavha bilan ta’minlangan hamda televizion tasvirning aktiv sohasini tashkil etuvchi slayslar guruhidan iborat kadri. " Psevdokadr-kadr|"Makrobloklari televizion tasvirning ikkita maydonidagi birgalikda kodlanadigan satrlaridan tuzilgan psevdokadr. " Psevdokadrlar guruhi|"Televizion tasvirning o‘zaro bog‘langan I-, P-, B-psev-dokadrlari qatori. Izoh – Odatda guruh I-psevdokadrdan boshlanadi, keyin R- va V- psevdokadrlar keladi. " Psevdokadrlar ketma-ketligi|"Tarkibida psevdokadrlarni aks ettirish va dekodlashning zarur vaqt onlari to‘g‘risidagi axborot saqlanadigan psevdokadr guruhlaridan iborat ketma-ketlik. Izoh – Psevdokadrlarning ketma-ketligi raqamli televizion signal ma’lumotlarining paketlangan oqimini hosil qiladi. " Psevdokadr-maydon|"Makrobloklari television tasvir bir maydonining boshqa maydon satrlariga bog‘liq bo‘lmagan tarzda kodlanadigan satrlaridan tuzilgan psevdokadr. " Psevdokod|"1. Dasturlash tilini eslatadigan va dastur tuzilmasini tavsiflash uchun foydalaniladigan til. 2. Operatsiyalar va operatorlarni belgilash uchun mo‘ljallangan, simvollarning ixtiyoriy tizimi. " Psevdosiljish; psevdoshovqinli siljish|"CDMA texnologiyasi asosidagi tizimlarda foydalaniladigan, kodli ketma-ketliklar o‘rtasidagi minimal siljish. Aynan bir kodli ketma-ketlikning psevdosiljish kattaligiga qarab, mobil stansiya bir tayanch stansiyani ikkinchisidan farqlaydi. " Psevdotasodifiy ketma-ketlik|"Determinallangan tarzda generatsiyalanadigan, biroq, tasodifiy signalga xos bo‘lgan barcha xossalarga ega simvollarning davriy ketma-ketligi. Bunday ketma-ketliklar teskari bog‘lanishli siljish registrlari yordamida amalga oshiriladi. " Psevdotasodifiy shovqin|"Additiv «oq» shovqinga xos barcha xossalarga ega jarayon yoki signaning o‘zgarishi shovqinsimon xususiyatdaligin ko‘rsatuvchi alomat. " Psevdotasodifiy sonlar|"1. Qandaydir algoritm bo‘yicha olingan, amalda esa tasodifiy sonlar sifatida foydalaniladigan sonlar. 2. Qandaydir formula bo‘yicha hosil qilingan va tasodifiy kattalik qiymatlarini imitatsiya qiluvchi sonlar. «Imitatsiya qiluvchi» so‘zi deganda, agar bu sonlar bu tasodifiy kattalikning qiymatlari bo‘lganidek, bu sonlar bir qator testlarga javob berishi ko‘zda tutiladi. " Psevdotranking|"Bo‘sh kanallar markazlashtirilmagan tarzda taqsimlanadigan tranking aloqa rejimi. Bu rejimda har bir abonent stansiyasibo‘sh kanalni, foydalanish mumkin bo‘lgan barcha ishchi chastotalarni skanlash orqali avtonom izlaydi. Psevdotrankingda ajratilgan boshqarish kanali mavjud bo‘lmaydi, xizmat aloqasi ikki tonalli, ko‘p chastotali signalizatsiya yordamida amalga oshiriladi. " Pufakchali diagramma|"Obyektlar doirachalar (pufakchalar) yordamida tasvirlanadigan, munosabatlar doirachalar o‘rtasida keltirilgan havolalar bilan ko‘rsatiladigan diagramma. " Pul|"Abonentlar guruhiga ajratilgan, dinamik taqsimlanadigan resurslar majmui. " Pul mablag‘larining gibrid pochta o‘tkazmasi|"Pochta aloqasi operatori yoki provayderining pochta aloqasi tarmog‘i va telekommunikatsiyalar tarmog‘idan foydalangan holda pul mablag‘larini jo‘natish bo‘yicha xizmati. " Pul mablag‘larining ichki pochta o‘tkazmasi|"O‘zbekiston Respublikasi hududida jo‘natish va adresatga yetkazib berish (topshirish) uchun qabul qilinadigan pul mablag‘larining pochta o‘tkazmasi. " Pul mablag‘larining pochta o‘tkazmasi|"Pochta aloqasi va telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalangan holda, pul mablag‘larini jo‘natish va yetkazib berish (topshirish) bo‘yicha pochta xizmati. " Pul mablag‘larining xalqaro pochta o‘tkazmasi|"O‘zbekiston Respublikasi doirasidan tashqariga jo‘natiladigan va uning hududiga boshqa davlatlardan keladigan pul mablag‘larining pochta o‘tkazmasi. " Pullarning birlamchi taklif qilinishi|"Investitsiyalarni yangi kriptovalyutalarni investorlarga sotish va emissiya ko‘rinishida yangi texnologik loyihalarga va startaplarga jalb qilish. Izoh – Shuningdek, «tokenlarning birlamchi taklif qilinishi» ko‘rinishida ham qo‘llaniladi. " Pulsatsiya|"Televizion tasvir yorqinligi, rangi yoki o‘lchamining sekin ritmik o‘zgarishi. " Purkagichli printer|"Bosuvchi kallak soplosidan otiladigan juda mayda siyoh tomchilari yordamida qog‘ozda tasvir yuzaga keltiradigan kontaktsiz printer. " Putur yetkazuvchi nurlanish|"Kompyuterlar yoki boshqa uskunaning, tutib olinishi va uzatiladigan axborotni tahlil qilish uchun tutib olinishi va foydalanilishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha nurlanishi. Q " Qabul qiladigan antenna|"Radioto‘lqinlarni qabul qilish uchun mo‘ljallangan antenna. " Qabul qilgich|"Signallarni aniqlash va ularni qayta ishlash yoki idrok etish uchun qulay shaklga aylantiradigan qurilma. " Qabul qilgichning asosiy ranglari|"Boshqa ranglarni hosil qilish uchun tegishli mutanosiblikda foydalaniladigan, qabul qilgich tomonidan yuzaga keltiriladigan doimiy ranglilik va o‘zgaruvchan yorqinlikdagi ranglar. Izoh – Odatda uchta asosiy rangdan foydalaniladi: qizil, yashil va ko‘k. " Qabul qilgichning tanlovchanligi|"Qabul qilgichning xalaqit beruvchi signallar aralashmasidan o‘zi sozlangan foydali signalni ajrata olish qobiliyatining o‘lchovi. " Qabul qilgich-uzatgich (transiver)|"Bitta korpusdagi, portativ hamda mobil foydalanish uchun mo‘ljallangan uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilmalar birikmasi. Bunda signallarni uzatish va qabul qilish uchun zanjirning oddiy komponentlaridan foydalaniladi, simpleks operatsiyalar bajariladi. " Qabul qiluvchi antennaning effektiv maydoni|"Yassi tushuvchi radioto‘lqinda maydon birligiga keladigan quvvatga moslashgan yuklamada yo‘qotishlarsiz qabul qiluvchi antennada berilishi mumkin bo‘lgan maksimal quvvatning nisbati bilan aniqlanadigan maydon. " Qabul qiluvchi optoelektron modul|"Optik-tolali uzatish tizimida uzatiladigan optik signallarni elektr signallarga aylantirish uchun mo‘ljallangan optoelektronika mahsuloti. " Qabul qiluvchi-uzatuvchi optoelektron modul|"Qabul qiluvchi va uzatuvchi optoelektron modullar funksiyalarini bajaradigan, konstruktiv jihatdan yaxlit qilib ishlangan optik ulagichlar yoki optik kabel bo‘laklarining bir yoki bir nechta blokli qismlaridan tuzilgan optoelektronika mahsuloti. " Qabul qiluvchi-uzatuvchi oxirgi (terminal) stansiya|"Televizion radioreleli tizimning bir qismi. U ham uzatuvchi, ham qabul qiluvchi oxirgi (terminal) stansiya funksiyalari bajariladigan yoki bajarilishi mumkin bo‘lgan maxsus apparatura kompleksidir. " Qadamli yoyish|"Elektron dasta yoki elektron tasvirning satr bo‘ylab bir rastr elementiga sakrashsimon siljishi. " Qalbakilashtirish|"Boshqa tizim ostida niqoblanish yordamida, uning IP-manzilidan foydalanib, IP-manzillar asosida erkin foydalanishni boshqarish tizimlarini chetlab o‘tish uchun turli texnologiyalardan foydalanish. " Qalqib chiqadigan|"Foydalanuvchining grafik interfeysi elementlarining xususiyati, bu element foydalanuvchining harakati natijasida «qalqib chiqadi». " Qalqib chiqadigan menyu|"Ekranda ko‘rinmaydigan va foydalanuvchi dasturni uni ekranga chiqarishga majbur qiladigan amalni bajarganda paydo bo‘ladigan menyu. " Qalqib chiqadigan oyna|"Internet tarmog‘idagi reklama shakli. Reklamaning qalquvchi oynalari odatda JavaScript yordamida yaratiladi, lekin boshqa yo‘llari ham mavjud. " Qamrov polosasi|"Chastotaning fazaviy avtosozlanishi ta’minlanadigan chastotalar intervali. " Qanaqa saqlash|"Berilgan nom (identifikator) bilan xotiraga, diskga yoki magnit tasmaga yozish. " «Qanday bo‘lishi kerak» modeli|"Biznes jarayonlarni mavjud tashkil qilinishidagi kamchiliklar bartaraf qilingan, shuningdek, ular takomillashtirilgan va optimallashgan holda, «Qanchalik mavjud» modeli asosida yaratiladigan model. " «Qanchalik mavjud» modeli|"Tashkilot mavjud holatining modeli. Ushbu model shu onda kechayotgan jarayonlarni, shuningdek, foydalaniladigan axborot obyektlarini tizimlashtirish imkonini beradi. Buning asosida biznes-jarayonlarni tashkil qilish va birga ishlashidagi kamchiliklar aniqlanadi, mavjud tuzilmada u yoki bu o‘zgarishlar zarurligi belgilanadi. Bunday model ko‘pincha funksional model deyiladi va turli grafik notatsiyalar, case-vositalardan foydalanib bajariladi. " Qaroqchilik|"Dasturlarni ruxsat etilmagan tarzda qabul qilish, yashirin dekoderlar va abonent kartochkalarini tayyorlash, tarqatish hamda mualliflik huquqlarining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa faoliyat turlari. " Qaroqchilik uzatgichi (eshittirishda)|"Rasmiy ruxsatsiz ishlaydigan radioeshittirish uzatgichi. " Qarorlar qabul qilinishini ta’minlash tizimlari|"Qarorlar qabul qilish uchun tavsiyalar tayyorlash maqsadida, ma’lumotlarni tahlil qilish uchun mo‘ljallangan dasturlar to‘plami. " Qarshi chora|"Harakat, qurilma, protsedura, usul yoki zaifligini eng kam darajaga keltirish uchun mo‘ljallangan boshqa chora-tadbir. " Qarshi harakat|"Akustik va optik aloqa vositalarining ishini qiyinlashtiruvchi chora va tadbirlar. Radiokanallarga nisbatan radioelektron bostirish atamasi ishlatiladi. " Qarshi turmoq|"Aniq tahdidlarning taʼsirini kamaytirish, biroq, butunlay bartaraf etish shart bo‘lmagan holat. " Qarshi yo‘naltirilgan interfeys|"Interfeys turi, bunda aloqa liniyasining qarama-qarshi uchlaridagi stansiyalardan biri boshqaruvchi, ikkinchisi boshqariluvchi bo‘ladi. Sinxrosignal har doim boshqaruvchi stansiyadan axborot va taktli signallarni uzatish yo‘nalishi o‘zaro qarama-qarshi bo‘lgan boshqariluvchi stansiyaga uzatiladi. " Qasddan qilinadigan tahdidlar|"Foydalanish oson bo‘lgan kuzatuv asboblaridan foydalanib tasodifiy ko‘rib chiqishdan tortib tizim to‘g‘risida maxsus bilimlardan foydalanib muhofaza buzilishiga ustalik bilan urinishgacha bo‘lgan tahdidlar. " Qattiq disk|"Katta hajmdagi dasturlar va ma’lumotlarni saqlash mumkin bo‘lgan qurilma. U bir shpindelda joylashtirilgan bir nechta magnit disk, o‘qish/yozish kallagi va disk kontrolleridan tashkil topadi. Olinadigan qattiq disklar va doimiy disklarga bo‘linadi. " Qattiq jismli to‘plagich|"Harakatlanadigan mexanik qismlarsiz, energiyaga bog‘liq bo‘lmagan, qayta yozib oladigan kompyuter xotira qurilmasi. Qattiq jismli to‘plagichlardan asosan, ixtisoslashtirilgan hisoblash tizimlarida va noutbuklarning ba’zi modellarida foydalaniladi. " Qattiq magnit disk|"Ma’lumotlar saqlash uchun mo‘ljallangan disk. Olinadigan egiluvchan diskdan farqli ravishda, qattiq magnit disk hech qachon olinmaydi, diskovod bilan bir butun yaxlitni tashkil qiladi. Disk alyumin qotishma va magnit qoplamadan qilingan. Disklar yuqori tezlikli dvigatel va yupqa plyonkali o‘qish/yozish kallaklari bilan birga germetik korpusga joylashtiriladi. Qattiq disklarning sig‘imi turlicha – 20 Mbyte dan 9,1 Gbyte gacha bo‘ladi. " Qat’iy sinxronlash (TV)|"Har bir satr va kadr yoyishning boshlanish onlari sinxronlash impulslari bilan boshqariladigan sinxronlash. " Qayd etilgan bo‘sh joy|"Matn protsessorlarida ‒ ikkita so‘z yoki simvol o‘rtasidagi doimiy bo‘sh joy. " Qayd etilgan marshrutlash|"Marshrutlash usuli, bunda ikkita tarmoq uzellari o‘rtasidagi tarmoq paketining yo‘li oldindan aniq bo‘ladi va faqat tarmoq qurilmalari nosoz bo‘lgan vaqtdagina o‘zgaradi. " Qayd etilgan/mobil konvergensiya|"Qayd etilgan va mobil abonentlar uchun nutq va ma’lumotlarni uzatish xizmatlarini umumiy tavsiyalar paketiga birlashtirish. Izoh − Konvergensiyaning maqsadi – «bitta odam – bitta telefon» prinsipini amalga oshirishdir, ya’ni abonentni, abonent qayerdaligidan qat’i nazar, yagona raqam va bitta aloqa qurilmasi bilan ta’minlashdir. " Qayd etish|"Hujjatlarni boshqaradigan tizimda hujjatni qayd etish, tasniflash, metama’lumotlarni qo‘shish va saqlash. " Qayd etishning o‘tishi (axborot tizimida)|"Foydalanuvchini autentifikatsiya qilish va unga u o‘zining hisobga olish yozuvini yaratadigan axborot tizimidan foydalanish huquqini berish uchun, foydalanuvchi to‘g‘risida elektron shaklda saqlanadigan ma’lumotlar majmuini shakllantirish. " «Qaynoq» almashtirish|"Periferik qurilmalarni tizim modullari yoki boshqa bloklarini, uning shakllanishini to‘xtatmay turib ulash va uzish. " «Qaynoq» klavish|"Birgalikda bosilishi bilan aniq bir komandani bajarishga dasturlashtirilgan klaviaturadagi bitta yoki bir nechta klavishning birikmasi. Bunday klavishlar birikmasidan foydalanish ishlashni tezlashtiradi va klaviatura yordamida bajarish mumkin bo‘lgan operatsiyalar sonini oshiradi. " «Qaynoq» liniya|"Alohida ajratilgan liniya, unda aloqa go‘shak ko‘tarilgan zahoti, ya’ni raqam terilmasdan va operator aralashuvisiz o‘rnatiladi. Izoh − Bunday liniyadan shoshilinch aloqani ta’minlashda foydalaniladi, boshqa abonent bu liniyani band qila olmaydi. " «Qaynoq» nuqta|"1. Dasturning eng ko‘p foydalaniladigan qismi; parallel superkompyuter xotirasining, bir vaqtda ko‘plab protsessorlar murojaat qilinadigan yacheykasi. 2. «Sichqoncha» ko‘rsatgichidagi, ekranning «sichqoncha» ishtirokidagi operatsiya, masalan, tugmani bosish taalluqli bo‘lgan elementini belgilaydigan nuqta (bir piksel o‘lchamdagi). " «Qaynoq» rezervlash|"Rezervlash usuli bo‘lib, qo‘shimcha qurilma asosiy qurilma bilan parallel ishlaydi hamda maʼlumotlarni qayta ishlash va saqlash bo‘yicha bir xil operatsiyani bajaradi. Asosiy vositalar to‘liq yoki qisman ishlamay qolganda, ular ishida kamchilik aniqlanganda rezervga o‘tish mumkin. " «Qaynoq» start|"Operatsion tizimni kompyuterni uzib qo‘ymasdan/ulamasdan turib qayta yuklash. MS-DOS operatsion tizimli kompyuterlarda bu – uchta, Ctrl, Alt, Delete klavishlarini bir vaqtda bosish (Ctrl+Alt+Delete ko‘rinishda yoziladi). " «Qaynoq» ulanish|"Kompyuter tizimlarida uskunalarning ular ishlab turgan vaqtda (ta’minotni o‘chirmasdan, protsessorni to‘xtatmasdan) almashtirilishi. Bu prinsipga ko‘ra, uskunalar «qaynoq» almashtirilishi mumkin bo‘lgan va mumkin bo‘lmagan qurilmalarga bo‘linadi. «qaynoq» almashtirilishi mumkin bo‘lgan qurilmaga tipik misol − USB. " Qayta dasturlanadigan xotira|"Ultrabinafsha orqali o‘chiriladigan qayta dasturlanadigan doimiy xotira mikrosxemalarining bir turi. " Qayta eshittirish qurilmasining gammasi|"Logarifmik shkalada ekran elementi yorug‘ligining tegishli videosignalning ko‘lamiga bog‘liqligini aks ettiradigan egri approksimatsiyalaydigan ishchi uchastkasining to‘g‘ri maksimal og’ishi. " Qayta ishga tushirish|"Shaxsiy kompyuterlar olamida atama operatsion tizimlarda qayta yuklash ko‘rinishida kelsa, katta mashinalar olamida esa, dasturni nazorat nuqtasidan ishga tushirish yoki dasturning ishlash jarayonini tiklashni anglatadi. " Qayta ishga tushirish tugmasi|"Shaxsiy kompyuter tizim blokining old tomonida joylashadigan va tizimning «issiq» restartini bajarish, ya’ni elektr manbaini uzib qo‘ymasdan tizimni qayta ishga tushirish imkonini beradigan tugma. " Qayta ishlamoq|"Dasturlarni yozish, dizaynni ishlab chiqish. " Qayta ishlash vaqti|"Ma’lumotlarni qayta ishlash uchun dastur tomonidan sarflangan vaqt. " Qayta ishlovchi|"Qandaydir hodisa yuz berganda ishga tushiriladigan, hodisalarni qayta ishlovchi. Qayta ishlovchi parametrlarga bog‘liq ravishda hodisadan uzatilgan tegishli operatsiyalarni bajaradi. " Qayta kodlash va uzatish tezligi bo‘yicha moslash bloki|"Alohida dekodlashsiz (raqamli o‘zgartirish yo‘li bilan) turli uzatish tezligidan va modulyatsiyalash usullaridan foydalaniladigan nutq kanallarining qo‘shilishini ta’minlaydigan raqamli qurilma. Izoh − Bunday qurilma avtonom hisoblanadi, lekin mobil kommutatsiya markazi tarkibiga ham kirishi mumkin. " Qayta manzillashni masofadan turib aktivlash|"Abonentga turli qayta manzillash xizmatlarini aktivlash/deaktivlash, shuningdek, boshqa liniyadan (masofadan turib) qayta manzillangan raqamni o‘zgartirish imkonini beradigan xizmat. Abonent qayta manzillash xizmatlari funksiyasini RACF raqamini terib chaqiradi. " Qayta nomlash|"Fayl yoki katalogning nomini o‘zgartirish. " Qayta nurlantiruvchi antenna panjarasi|"Qabul qilingan signalni teskari yo‘nalishda qayta nurlantiradigan antenna panjarasi. " Qayta tiklash|"Foydalanuvchi foydalanishi mumkin bo‘lgan ko‘rinishda taqdim etilgan elektron hujjat. " Qayta ulanadigan konsentratorli halqa|"O‘zaro bog‘langan bir yoki bir nechta guruh yulduzlar shaklida ifodalangan halqa tarmog‘i. Ulanib turadigan konsentratorning vazifasi davriy halqaning ishonchli ishlashini taʼminlashdir. Buning uchun konsentrator yoylarni bir-biri bilan shunday ulaydiki, topologiya maʼnosida yulduzsimon tarmoq hosil bo‘ladi. Natijada barcha ulanish bloklari orqali o‘tadigan yagona halqa paydo bo‘ladi. Yoyda yoki abonent tizimida nosozlik paydo bo‘lishi bilan konsentrator tegishli yoyni halqadan o‘chiradi. Shuning evaziga halqaning qolgan qismi odatdagi ishini davom ettiraveradi. " Qayta yo‘naltirish|"1. URLni qayta marshrutlash. Veb-sayt yoki veb-sahifaga boshqa manzil orqali kira olishni taʼminlash usuli. Veb-sayt manzilining o‘zgarishi yoki foydalanuvchi tomonidan noto‘g‘ri yozilishida (masalan, maktab.uz o‘rniga matkab.uz) to‘g‘ri vebsaytga marshrutlash uchun ishlatiladi. Baʼzi hollarda uzun URL o‘rniga uning qisqa variantini ishlatish ham mumkin. 2. Informatikada komanda qobiqlariga (masalan, UNIX) xos xususiyat bo‘lib, u standart oqimlarni foydalanuvchi tomonidan belgilangan joyga, masalan, faylga qayta marshrutlash imkonini beradi. " Qayta yozadigan viruslar|"Dastur kodi o‘rniga, bajariladigan fayl nomini o‘zgartirmagan holda, o‘z jismini yozadigan viruslar. Buning oqibatida, dastlabki dasturni ishga tushirish mumkin bo‘lmay qoladi. Dasturni ishga tushirishda dasturning o‘zi emas, balki virus kodi bajariladi. " Qayta yoziladigan kompakt-disk|"Kompakt-disklardagi ma’lumotlarni o‘qish va yozish uchun xizmat qiladigan qurilma. " Qayta yozish|"Eski ma’lumotlar ustidan yangilarini yozish. Masalan, o‘zgartirilgan eski faylni o‘sha eski nomi bilan o‘zgartirib saqlash (qayta yozish). " Qayta yozish rejimi|"Matnni kiritishda tahrir qilishning ikki tartibidan biri, bunda yangi matn kursordan o‘ngda turgan simvollarni o‘chirib tashlaydi (o‘rnini oladi). " Qayta yuklash|"Kompyuterni klaviaturadan yoki maxsus tugma yordamida qayta ishga tushirish. Qayta yuklash odatda, dastur osilib qolgandan keyin talab etiladi. " Qayta-qayta chaqiruv|"Bog‘lanish o‘rnatishga ko‘p marta urinish yo‘li bilan amalga oshiriladigan shoshilinch chaqiruv rejimi. " Qayta qo‘ng‘iroq qilish|"Chaqiruvchi terminalni autentifikatsiya qilish uchun mo‘ljallangan protsedura: dastlab ma’lumotlarni qayta tiklash tizimi chaqiruvchi terminalni identifikatsiya qiladi, keyin chaqiruvning uzilishi yuz beradi, so‘ngra chaqiruvchi terminal raqami teriladi. " Qayta chizish|"Displeyda aks etgan tasvirdagi rasmni yangilash uchun uni «qaytadan chizish». " Qaytar yo‘qotishlar|"Uzatish liniyasi yoki kabelida ularning impedansi va oxirgi (terminal) yuklama mos kelmasligi tufayli vujudga keladigan yo‘qotishlar. Izoh ‒ O‘xshash tarzda, tushayotgan elektromagnit energiya oqimining qaytgan oqimga nisbati ko‘rinishida, quvvat bo‘yicha teskari yo‘qotishlar hisoblanadi. " Qaytarish manzili|"Protsedura, funksiya yoki quyi dastur chaqirilganda stekka yoziladigan, operator yoki navbatdagi komanda manzili. " Qaytarish qobiliyati|"Jism sirtining yoki ikkita muhitni bo‘lish chegaralarining unga tushuvchi elektromagnit nurlanish oqimini qaytarish qobiliyatini tavsiflovchi kattaligi. " Qaytarishlarning keragidan ortiqchaligi|"Mantiqiy dasturlash tillarida yechim izlash usuli. " Qaytaruvchi antenna panjarasi|"Fazoviy qo‘zg‘atilishga yoki fazoviy va fider qo‘zg‘atilishning birikmasiga ega antenna panjarasi, unda radioto‘lqinlarni dastlabki nurlagichdan qabul qilishni va ularni fazoda nurlantirishni aynan bir xil nurlantiruvchi elementlar amalga oshiradi. " Qaytaruvchi yo‘ldosh|"Radioaloqa signallarini qaytarishga mo‘ljallangan yo‘ldosh. " Qaytish koeffitsiyenti|"Nurlanish qaytgan oqimining tushuvchi oqim nisbatiga teng koeffitsiyent yoki qaytgan toʻlqinning tuchuvchi toʻlqinga intensivligi. " Qaytishdagi optik yo‘qotishlar|"Komponent yoki qurilma qaytargan optik quvvatning bu komponent yoki qurilma liniyaga yoxud tizimga ulanganda komponent kirishida o‘lchangan optik quvvatga nisbati. " Qaytishdagi yo‘qotishlar|"Telekommunikatsiyalar tizimining istalgan ikki nuqtasi o‘rtasida quvvatning kamayishi. " Qidirish algoritmi|"Ma’lumotlar yoki fayllar joylashgan yerni topish algoritmi. " Qidirish kaliti|"Axborotni izlash amalga oshirilayotgan maydon, qiymat, identifikator. " Qidiruv serveri|"Internet tarmog‘ining barcha resurslarini avtomatik ravishda ko‘rib chiqish vaqtida so‘ralgan resursni topishi mumkin bo‘lgan va ularning mazmunini indekslashi mumkin bo‘lgan maxsus dasturiy ta’minot. " Qirmizi ranglar chizig‘i|"Spektral ranglar chiziqlari oxirini ulaydigan to‘g‘ri chiziq. " Qisman parallel arxitekturali hisoblash tizimi|"Protsessorlarning hammasi emas, balki bir qismi ma’lumotlarning parallel qayta ishlanishini bajarishi mumkin bo‘lgan ko‘p protsessorli tizimlar. " Qisqa muddatli rejalovchi (protsessor rejalovchisi)|"Qaysi jarayon bajarilishi kerakligini va protsessor qaysi jarayonlarga berilishi kerakligini aniqlaydigan operatsion tizim rejalovchisi. " Qisqa muddatli xalaqit|"Qat’iy belgilangan sharoitlarda o‘lchangan davomiyligi berilgan texnik vosita uchun qat’iy belgilangan qandaydir kattalikdan kichik bo‘lgan elektromagnit xalaqit. " Qisqa toʻlqinlar|"Toʻlqin uzunligi 100 m dan 10 m gacha (chastotasi 3 MHz dan 30 MHz) gacha boʻlgan radiotoʻlqinlar. " Qisqa xabarlarni uzatish|"Telefon tarmog‘ining foydalanuvchisiga, MAT tizimining mobil abonentiga qisqa harf-raqamli xabarni uzatish yoki undan shunday xabarni qabul qilish imkoniga ega xizmat (agar mobil stansiyada ushbu xizmatni bajarish vositalari mavjud bo‘lsa va qisqa xabarlar markaziga ega bo‘lsa). " Qisqartirilgan komandalar to‘plamiga ega kontroller|"Oddiy qurilmalarni boshqarishning cheklangan operatsiyalarini bajarish uchun mo‘ljallangan mikrosxema. " Qisqartirilgan komandalar to‘plamiga ega mikrosxema|"Qisqartirilgan komandalar to‘plamiga asoslangan protsessorlar arxitekturasi. Qisqartirilgan uzunlikdagi komandalar, katta miqdordagi registrlar, registr-registr turidagi operatsiyalar, bilvosita manzillashning yo‘qligi bilan tavsiflanadi. " Qisqartirilgan raqam terish xizmati|"Abonent uchun to‘liq telefon raqami o‘rniga raqamni qisqartirib terish yo‘li orqali bog‘lanishni o‘rnatish imkonini beradigan xizmat. " Qiya|"Harflar o‘ng tomonga egilgandagi shriftning tuzilishi. So‘zni, jumlani yoki sarlavhani belgilashda ishlatiladi. " Qiya chiziq|"Dasturlash tillarida bo‘lish operatori sifatida keng qo‘llaniladigan simvol. " Qiyalik bo‘yicha ortiqcha yuklanish|"Taxminlash signalida frontlarning cho‘zilishini tavsiflovchi buzilishlar. " Qiymat|"Ifoda yoki o‘zgaruvchining aniq bir mazmuni; har doim yo‘l qo‘yiladigan qiymatlar sohasiga tegishli bo‘lishi kerak. " Qiymat bo‘yicha chaqiruv|"Parametrlarni berish usuli, bunda chaqiruvchi modul chaqiriladigan modulga uzatiladigan parametrning haqiqiy (aniq) qiymatini taqdim etadi. Izoh – Bu usul yordamida chaqiriladigan modul chaqiradigan modul saqlagan parametr qiymatini o‘zgartira olmaydi. " Qiymati eʼlon qilingan banderol|"Qiymati jo‘natilayotganda foydalanuvchi tomonidan eʼlon qilingan bosma nashrlar, madaniy-maishiy va ishlab chiqarishga mo‘ljallangan predmetlar jo‘natiladigan ichki pochta jo‘natmasi. Izoh – Qiymati eʼlon qilingan banderollarda yuborishga ruxsat etilgan buyumlarning to‘liq ro‘yxati Pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish qoidalari bilan belgilanadi. " Qiymati eʼlon qilingan jo‘natmalar|"Qiymati jo‘natilayotganda foydalanuvchi tomonidan eʼlon qilingan predmetlar va hujjatlar jo‘natiladigan pochta jo‘natmasi. Izoh – Qiymati eʼlon qilingan xatlarda jo‘natishga ruxsat etilgan buyumlarning to‘liq ro‘yxati Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari bilan belgilanadi. " Qiymati eʼlon qilingan posilka|"Joylanma qiymati jo‘natilayotganda foydalanuvchi tomonidan eʼlon qilingan posilka. " Qiymati eʼlon qilingan xat|"Qiymati jo‘natilayotganda foydalanuvchi tomonidan eʼlon qilingan predmetlar va hujjatlar jo‘natiladigan pochta jo‘natmasi. Izoh – Qiymati eʼlon qilingan xatlarda jo‘natishga ruxsat etilgan buyumlarning to‘liq ro‘yxati Pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish qoidalari bilan belgilanadi. " Qizil kitob|"1. AQSH Mudofaa vazirligi tomonidan kompyuter tarmoqlarini baholash bo‘yicha yo‘riqnoma sifatida chiqarilgan kitobi. National Computer Security Center nashri. U hisoblash tarmoqlari uchun Trusted Computer System Evaluation Guidelines (TCSEC)HU taʼriflab bergan. Qizil muqovali ikkita alohida kitobdan iborat. Birinchisi Trusted Network Interpretation of the Trusted Computer System Evaluation Criteria (NCSC-TG-005) nomi bilan chop etilgan va 1987-yil 31 iyulda tasdiqlangan. Ikkinchisi Trusted Network Interpretation Environments Guideline: Guidance for Applying the Trusted Network Interpretation (NCSC-TG-011) nomi bilan chop etilgan va 1990-yil 1 avgustda tasdiqlangan. 2. ITU-T X.400 Message Handling System (MHS) tavsiyanomasi elektron pochtani saqlash va jo‘natishga oid xalqaro ikkita standartning birini (ikkinchi standart – SMTP) bildiradi. U ifodalashni, uzatishni va yetkazib qo‘yishni muhofazalashning turli usullarini qo‘llab-quvvatlashni taʼminlaydi. X.400 standartini uning muqovasi sababli qizil kitob deb ham atashadi. " Qizil-yashil-ko‘k|"RGB rang uzatish tizimi, rangli monitorda chiqarish uchun ranglar tizimi. Atama monitor turi va ranglar modelini belgilashda ishlatiladi. Kerakli rang uchta birlamchi ranglarni kerakli proporsiyada aralashtirish yordamida olinadi − bular qizil (R), yashil (G) va ko‘k (B). Birlamchi ranglarning yo‘qligi qora rangni beradi. 1931-yilda bazaviy ranglar standartlashtirilgan: R-700 Hm; G-546,1 Hm; B-435,8 Hm. " Qobiq|"Ekspert tizimlarini loyihalash va yaratishdagi instrumental vosita. Qobiqning tarkibiga bilimlarni turli xil shakllarda taqdim etish va vazifalarni hal qiluvchi vositalarning ishlash rejimini tanlash orqali bilimlar bazalarini loyihalash vositalarini o‘z ichiga oladi. Muayyan mavzu sohasi uchun fanlar bo‘yicha muhandis kerakli bilimlarni taqdim etish va vazifalarni hal qilish strategiyalarini aniqlaydi, keyin esa, ularni qobiqqa kiritib, muayyan ekspert tizimini yaratadi. " Qobiq (optik tola qobig‘i)|"O‘zakni o‘rab turadigan, kichik sindirish ko‘rsatgichiga ega, yuqori o‘tkazuvchan optik material. " Qoidabuzar modeli|"Qoidabuzarning amaliy va nazariy imkoniyatlari, oldingi bilimlari, harakat vaqti va joyi va h.k.ni aks ettiruvchi mavhum (rasmiylashtirilgan yoki rasmiylashtirilmagan) tavsifi. " Qoidalar asosida|"Natija olish uchun qoidalardan (sonli amallardan emas) foydalanishga asoslangan hisoblashlar. Ekspert tizimlarida qo‘llaniladi. " Qoldiq axborot|"Xotira qurilmasida operatsion tizim tomonidan rasman o‘chirilgan maʼlumotlardan qolgan axborot. Axborot faylning rasman o‘chirilishi yoki xotira qurilmalarining fizik xususiyatlari sababli qolishi mumkin. Qoldiq axborot, agarda maʼlumotlar ombori nazorat zonasidan tashqari chiqib ketsa (masalan, «axlat» bilan tashlab yuborilsa yoki uchinchi tomonga berilsa), konfidensial axborotning ixtiyorsiz tarqalishiga olib kelishi mumkin. " Qoldiq bo‘yicha nazorat, n moduli bo‘yicha nazorat|"Xatolarni aniqlashning, ma’lumotlarning ayrim to‘plami yoki dasturning ayrim qismini tahlil qilishga asoslangan, oddiy usuli. Agar bu to‘plam, m bit uzunlikdagi bloklarning jamini o‘zida ifodalasa, n moduli bo‘yicha summa olinadi, bunda n = 2**m, va to‘plamning oxiriga qo‘yiladi. Keyinchalik (masalan, ma’lumotlar to‘plami boshqa joyga o‘tkazilgach) nazorat summasini takroriy hisoblashni amalga oshirish mumkin, bunda bitlar darajasidan ayrim xatolar aniqlanadi. (m = 1, n =2) usulining oddiy varianti juftlikni nazorat qilish hisoblanadi. " Qoldiq risk|"Risk qayta ishlanganidan so‘ng qoladigan risk. Izohlar 1. Qoldiq risk noaniq riskdan iborat bo‘lishi mumkin. 2. Qoldiq risk ba’zida «saqlanadigan risk» deb ataladi. " Qoldiq zaiflik|"BO ishlash sohasidagi foydalanish uchun yaroqsiz bo‘lgan, biroq buzg‘unchi tomonidan BO ishlashining oldindan belgilangan muhiti uchun mo‘ljallanganga qaraganda, yuqori hujum potensiali bilan FXT buzilishi uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan zaif joy. " Qoldiqli yaproq|"Antenna tizimida yo‘nalganlik diagrammasi bilan to‘liq kompensatsiyalanmagan yon yaproq. " Qonuniy foydalanuvchi|"Berilgan resurslar va servislardan erkin foydalanish uchun qonuniy asosga ega bo‘lgan foydalanuvchi. " Qonuniylikni o‘zi ta’minlaydigan protokol|"Kriptografik protokollarning uchinchi tomonga ehtiyoj bo‘lmagan eng yaxshi turlaridan biri. Protokol barcha qoidalarga rioya qilinishini kafolatlaydi. Bunday protokol bir tomonda aldov paydo bo‘lganda, boshqa tomon har doim buni aniqlashi mumkin bo‘lgan tarzda tuzilgan. " Qora daraja|"1. Yorqinlikning muayyan minimal darajasiga mos keladigan videosignal darajasi. 2. Yorqinlik signalining obyektdagi qora rangni uzatishdagi minimal darajasi. " Qora darajani qayd etish|"So‘ndirish darajasi ma’lum qiymatda ushlab turiladigan darajani qayd etish. Izoh – Satrlar sinxronizatsiyasining impulsli signalida qora darajani qayd etish satrlarni sinxronlovchi impulsning orqa maydonida amalga oshiriladi. " Qora darajaning siljishi|"Videosignalning yoki tasvir signalida doimiy tashkil etuvchi noto‘g‘ri uzatilganligi yoki tiklanganligi tufayli paydo bo‘lgan nuqson. " Qora darajasi va so‘nish darajasi o‘rtasidagi tirqish (qorani belgilash)|"Televideniyeda qoraning etalon darajasi va oqning etalon darajasi o‘rtasidagi nisbat, bunda ikkalasi ham so‘nish darajasiga qarab o‘lchanadi. Odatda, foizlarda ifodalanadi. " Qora (oq) notekisligini tuzatish|"Bir tekis qora (oq) tasvirni uzatishda televizion tasvir yorqinligi yoki rangining notekisligini videosignalni qayta ishlash orqali bartaraf etish. " Qora ro‘yxat|"Qoidani buzgan foydalanuvchilarning e-mail yoki IP-manzili ro‘yxati. Ushbu ro‘yxatdagi foydalanuvchilarga ba’zi resurslardan foydalana olish/kira olish huquqlari man etiladi yoki umuman tizimdan o‘chiriladi. Yetakchi pochta kompaniyalari odatda spamerlarning umumiy qora ro‘yxatiga ega bo‘ladilar. " Qoradan qoraroq daraja|"Sinxronlash impulslarining tasvir signalidan boshqa tomon bo‘ylab qoraning darajasiga nisbatan joylashgan eng yuqori darajasi. " Qorani siqish (televizion tasvirda)|"Tasvir qorong‘i uchastkalari kontrastliligini sezilarli kamaytirish. " Qoraning etalon darajasi|"Qora yo‘nalishida tasvir signalining muayyan maksimal kirishiga mos keladigan daraja. " Qoraning yorqinligi|"Ranglilik signali nolga teng, yorqinlik signali esa qora darajaga ega bo‘lgandagi televizion ekran yorqinligi. " Qotil ilova|"1. Potensial xavfli ilova bo‘lib, ishlash uchun tizimning ulkan resurslarini (kanallarning o‘tkazish qobiliyati, xotira va h.k.) talab qiladi. Qandaydir resursni egallab (baʼzan monopol tarzda) olgach, bunday ilova boshqalarini siqib chiqarishga («o‘ldirishga») qodir. 2. Aloqa xizmatlari bozoridagi yangi taklif, u tezda ommaviylashib ketadi va boshqa, uncha ommaviy bo‘lmagan ilovalarni siqib chiqaradi. " Qotil paketlar|"Tizimning ishini avariyaviy tugatish uchun tarmoq dasturlaridagi xatolardan foydalanadigan Ethernet yoki IP-paketlarini yuborish yo‘li bilan, axborot tizimini ishdan chiqarish usuli. " «Qotil» ilovalar|"Dasturiy mahsulot; foydalanuvchiga qo‘shimcha dasturlashsiz uni o‘zining aniq ehtiyojlariga qo‘llanish imkoniyatini beradi. Oxirgi foydalanuvchining muayyan ma’lumotlar bazalarini yaratish yoki buxgalteriya hisob-kitoblarini bajarish vositasidir, ya’ni foydalanuvchi ilovani ishlab chiqadigan amaliy dasturchini chetlab o‘tishi mumkin. Bunday tizimlarga misollar – Microsoft firmasining Works, Excel mahsulotlari. " Qog‘ozsiz texnologiya|"Axborotning asosiy tashuvchisi qog‘oz emas, balki, mashina eltuvchida (kompyuter xotirasida) shakllantiriladigan va foydalanuvchiga displey ekrani orqali yetkaziladigan elektron hujjat bo‘lib hisoblanadigan texnologiya. " Qulflar va kalitlar tizimi|"Xotirani muhofaza qilish tizimi. Unda xotira segmentlariga operatsion tizim tomonidan identifikatsion raqamlar – qulflar, ro‘yxatga olingan foydalanuvchilarga esa, sonli kodlar – kalitlar beriladi. " Qumdon|"Kompyuter xavfsizligida dasturlarning xavfsiz bajarilishi uchun mo‘ljallangan mexanizm. " Qurilma|"Kompyuter yoki tarmoq uskunasining har qanday apparat birligi. Bu mikrosxema, masalan, takt generatori ham, alohida funksional qurilma: printer, monitor, diskovod, modem va h.k. ham bo‘lishi mumkin. " Qurilma drayveri|"Operatsion tizim tomonidan shu qurilmani boshqarish funksiyasini ta’minlash maqsadida mazkur qurilma uchun maxsus yozilgan dastur. " Qurilma manzili|"Tezkor xotira manzil fazosining, ham mikroprotsessor, ham tashqi qurilma undan o‘qiy va yoza oladigan yacheykasi. " Qurilma nomi|"Operatsion tizimga kompyuter tizimi qurilmasini tanish (identifikatsiyalash)da yordam beradigan qurilma. " Qurilmalar holatining jadvali|"Operatsion tizimda saqlanadigan va ishlatiladigan jadval, bunda har bir qurilmaga qurilmaning turini, uning manzili va holatini o‘z ichiga oladigan element, band qurilmaga esa unga bo‘lgan qayta ishlanadigan so‘rovlarning navbatiga havola mos keladi. " Qurilmalarning tekshirilishi bo‘yicha so‘rov|"Barcha portlar va tashqi qurilmalarning davriy tekshirilishi bo‘yicha, vaqt davomida o‘zgarishi mumkin bo‘lgan operatsion tizim harakati. " Qurilmani qo‘shish|"MS Windows operatsion tizimidagi boshqaruv panelining qismi. Kompyuterga yangi qurilma o‘rnatish va o‘rnatilgan uskunani o‘chirish, shuningdek, drayverni yangilash imkonini beradi. " Qurilmani zaxiralash|"Operatsion tizim tomonidan kiritish-chiqarish qurilmasidan foydalanish jarayonlarining monopol foydalana olishini ta’minlash. " Qurilmaning mantiqiy raqami|"Qurilmaga beriladigan (0 dan 7 gacha) raqam. Kichik raqamga birmuncha yuqori ustuvorlik to‘g‘ri keladi. " Qurt|"1. Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimlarida yoki kompyuter tarmoqlarida o‘z-o‘zidan tarqalish qobiliyatiga ega bo‘lgan mustaqil dastur. Izoh – Qurtlar, ko‘pincha mumkin bo‘lgan, resurslardan, masalan, xotira hajmi yoki qayta ishlash vaqtidan foydalanish uchun ishlab chiqiladi. 2. Tarmoq bo‘ylab tarqaladigan, o‘zining nusxalarini tarmoq uzellari orqali tarqatish uchun tarmoq protokollari yoki dasturlarining zaif tomonlaridan foydalanadigan dastur. 3. O‘zining nusxalarini magnit tashuvchida qoldirmagan holda, tarmoq bo‘ylab tarqaladigan, tarmoq kompyuterlarining manzillarini hisoblab chiqadigan va bu manzillar bo‘yicha o‘z nusxalarini yozadigan zararli dastur. Izoh – Odatda, «qurt» topib bo‘lmaydigan holatda qolib, tizimda axborotni qayta ishlash jarayonini to‘xtatib qo‘yadi, so‘ng o‘zini o‘zi yo‘q qiladi. " Qutblangan diagramma|"Antenna maydonining qutblanishini uzoq zonadagi yo‘nalishga bog‘liqligini aks ettiradigan diagramma. " Qutblangan elektromagnit to‘lqini|"To‘lqin tarqalishining yo‘nalishiga perpendikulyar tekislikdagi turli yo‘nalishlarda magnit va tegishli ravishdla elektr maydonning bir xil bo‘lmagan amplitudalariga ega elektromagnit to‘lqin. " Qutblanish|"Elektromagnit maydon elektr maydoni kuchlanganligi vektorining yo‘naltirilganligi. " Qutblanish koeffitsiyenti|"Asosiy qutblanish yoʻnalishidagi nurlanish quvvatining antenna ochilishidagi nurlanish toʻliq quvvatiga nisbati. " Qutbsizlanish|"Aniq belgilangan qytblanish bilan uzatilgan radioto‘lqinlar quvvatining barchasi yoki bir qismi tarqatilgandan so‘ng ushbu qutblanishga ega bo‘lmaydigan hodisa. " Quvvatni boshqarish bitlari|"Tayanch stansiya uzatadigan, mobil stansiya uzatgichi uchun boshqaruvchi bo‘lib hisoblanadigan, quvvatni boshqarish signali. Uzatgich quvvatini berilgan diskret qiymatga (masalan, 0,5 yoki 1dB) oshirish yoki kamaytirish zarurligini ko‘rsatadi. " Quvvatni bo‘luvchi|"Radiouzatgich vositasida antennalar yoki antennalarning elementlari o‘rtasida quvvatni ma’lum bir nisbatlarda taqsimlash uchun mo‘ljallangan qurilma. " Quvvatning o‘rtacha qiymati|"1. Bitta kanalning polosa kengligiga ega (uzatilgan yoki qabul qilingan) LTE modulyatsiyalangan signal quvvatining (davomiyligi 1 ms bo‘lgan subkadrning kamida bitta o‘tish davri ichida, radiofoydalanish rejimida o‘lchangan) qiymati. 2. Radiofoydalanish rejimida chip tezlik (1+) polosa kengligiga ega (uzatilgan yoki qabul qilingan) WCDMA modulyatsiyalangan signali quvvatining, kamida bitta vaqt intervali ichida o‘lchangan qiymati. Izoh − Kodli sohadagi barcha quvvatlarning yig‘indisi, radiofoydalanish rejimida chip tezlik (1+) polosa kengligiga ega signal o‘rtacha quvvatining qiymatiga teng. " Quyi|"Obyektlarni vertikal holatda to‘g‘rilash uchun ishlatiladigan yakorlardan biri. To‘g‘rilash obyektlarning quyi qismidan amalga oshiriladi. " Quyi daraja tili|"Kompyuter apparaturasini bevosita boshqarish uchun mo‘ljallangan, assembler turidagi til. Quyi daraja tilining o‘ziga xos xususiyati til har bir instruksiyasining unga mos keladigan bitta mashina komandasiga o‘zgartirilishida namo-yon bo‘ladi. Quyi daraja tilidagi dasturlar mashinaga bog‘liq bo‘ladi, shuning uchun ularni boshqa platformalarga o‘tkazish birmuncha qiyin. " Quyi darajadagi formatlash|"Yozilmagan qattiq yoki yumshoq diskda sektorlar va yo‘lkalarning boshlang‘ich, dastlabki belgilanishini yaratish jarayoni yoki ularni to‘la qayta formatlash. " Quyi dasturga murojaat|"Komandalar to‘plami yoki parametr va boshqarishni quyi dasturga uzatadigan operator. " Quyi diapazon|"Ishchi chastotalar diapazonining, radiostansiyaning ishi ta’minlanadigan bir qismi. " Quyi menyu|"O‘zidan oldingi menyu tomonidan chaqirilgan menyu, ya’ni sarlavhasi boshqa menyuning elementi bo‘lgan menyu. " Quyi registr|"Matn yoki ma’lumotlarni kichik (katta) harflarda kiritish rejimi. " Quyi sathli dasturlash|"Kompyuterning apparat imkoniyatlaridan va/ yoki quyi sath tillaridan foydalanib dasturlash. " Quyi satr|"WWW izlash serverlaridagi so‘rovlarda nomning yoki kalit so‘zning bir qismi. Dasturlashda – satrli o‘zgaruvchi yoki konstantaning har qanday qismi, ya’ni boshqa satrning bir qismi bo‘lgan satr. " Quyi tarmoq|"1. Tarmoqning, o‘zining elementlari uchun umumiy xarakteristikalari to‘plamiga, muayyan chegaralarga ega bo‘lgan va mustaqil tarmoq sifatida qaraladigan bir qismi. 2. IP-tarmog‘ining qismi. Har bir tarmoq qismi o‘zining tarmoqdagi noyob raqamiga ega bo‘ladi. 3. OSI-tarmoqlarida – bitta administrativ domenda boshqariladigan hamda tarmoqdan foydalana olishning bitta protokolidan foydalanadigan oxirgi va oraliq tizimlar guruhi. " Quyi tarmoq manzili|"Kichik tarmoq identifikatori sifatida kichik tarmoq maskasi bilan beriladigan IP-manzil qismi. " Quyi tizim|"Tizimning, tizimdagi qandaydir funksiyani bajaradigan qismi. " Quyi xotira|"Manzillashning eng quyi raqamlariga ega bo‘lgan xotira yacheykalari. " Quyi Yer atrofi orbitasi|"700 km dan 2000 km gacha bo‘lgan balandlikda joylashgan doiraviy orbita. Bu balandliklardagi yo‘ldoshning aylanish davri 100 min dan 120 min gacha bo‘lgan davrni tashkil qiladi. Radioko‘rinish zonasida kosmik apparatning maksimal bo‘lish vaqti 10-15 min dan oshmaydi. Global qamrovni ta‘minlash ushun orbital gruhdagi yo‘ldoshlar soni 48 tadan kam bo‘lmasligi kerak. " Quyi yon polosani bostirish (tasvir uzatgich)|"Modulyatsiya mahsulotlarining, tasvir uzatgichi eltuvchisining chastotasidan past bo‘lgan chastotali amplituda-chastota xarakteristikasi. " Quyi chastotalar filtri|"Berilgan qirqim chastotasidan past o‘tkazish polosasiga va pastroq chastotalar uchun tutib qolish polosasiga ega bo‘lgan elektr chastota filtri. " «Quyuq» dasturiy ta’minot|"Funksional jihatdan keragidan ortiq va resurs sig‘imi katta bo‘lgan dasturiy ta’minot. " Qo‘l skaneri|"O‘qiydigan kallagini skanlanadigan muhit ustida siljitish foydalanuvchi tomonidan amalga oshiriladigan portativ kompyuter turi. " Qo‘lda kiritish qurilmasi|"Foydalanuvchi ma’lumotlarni qo‘lfda kiritadigan qurilma, misol uchun klaviatura. " Qo‘llaniladigan maydon kuchlanganligi (qo‘llaniladigan quvvat oqimi zichligi)|"Maydon kuchlanganligining (quvvat oqimi zichligining) aniq vaziyatlarda yoki chastota rejalari yoki kelishuvlarida belgilangani kabi, qabul qilishning tabiiy va sanoat shovqini hamda xalaqitlar mavjud bo‘lgan muayyan sharoitlarida, talab etilgan qabul qilishning sifatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan minimal miqdori. Izoh – «Qo‘llaniladigan maydon kuchlanganligi» atamasi XEIning ko‘plab matnlarida ishlatiladigan «zarur maydon kuchlanganligi» atamasiga muvofiq keladi. " Qo‘llanish sohasi|"Ma’lumotlarning aniq bir elementidan foydalanish mumkin bo‘ladigan dastur fragmenti. " Qo‘llanishlik to‘g‘risidagi bayonot|"Tashkilot axborot xavfsizligini boshqarish tizimiga mos keladigan va qo‘llaniladigan boshqarish vositalari va maqsadlarni tavsiflovchi hujjatlashtirilgan bayonnoma. " Qo‘llanmalari to‘plami kompleks qisqartirilgan protsessor|"Komandalar to‘plami qisqartirilgan protsessor; CRISP arxitekturali protsessor RISC va CISC protsessorlari va arxitekturalari o‘rtasidagi oraliq variant protsessori bo‘lib hisoblana " Qo‘llash|"Sozlash oynasidagi tugma, uni bosish orqali formadagi barcha ma’lumotlar saqlanadi va formani berkitmagan holda qo‘llaniladi. Kiritilgan o‘zgartirishlarni oldindan ko‘rib chiqish uchun xizmat qiladi. " «Qo‘lyozma» ilovalar|"Kompyuterdan «qo‘lda», ya’ni qo‘l harakati orqali boshqariladigan klaviaturasi bo‘lmagan kiritish qurilmalari (pero, (sensorli) planshet) asosida foydalanish uslubi. " Qo‘lyozma matnini tanish|"Qo‘lyozma matn ramzlarini kodlar ketma-ketligiga aylantirish texnologiyasi. Qo‘lyozma matnini tanish, matnni skaner yoki yorug‘lik perosi yordamida axborot tizimiga kiritish imkonini beradi. " «Qo‘ng‘iroq»|"Simvol kodi, unga qarab kompyuter yoki terminal foydalanuvchi yoki operator e‘tiborini tortadigan standart tovush signali beradi. " Qo‘ng‘iroq qilish|"Kompyuterga modem va umumiy foydalanishdagi telefon tarmog‘idan foydalanib, ma’lumotlarni uzatish seansini o‘zlashtirish uchun boshqa kompyuterga ulanish imkonini beruvchi xizmat (masalan, Internet tarmog‘idan foydalana olish yoki Fidonet uzeli bilan bog‘lanish uchun). " Qo‘ng‘iroqni qayta manzillash|"Abonentning raqamidan kelib tushgan qo‘ng‘iroq-larning barchasini yoki qismini istalgan boshqa (boshqa uyali, oddiy shahar, shaharlararo, xalqaro) raqamga yoki tovushli pochtaga o‘tkazish imkonini beradigan xizmat. " Qo‘riqlanadigan axborot|"1. Axborot mulkdori yoki mulkdor vakolat bergan shaxs tomonidan, kuchga ega qonunchilikka binoan muhofaza qilish rejimi o‘rnatilgan axborot. 2. Foydalanish va almashuv bilan bog‘liq jarayonlarda, ishlatilishi, qonunchilik bilan o‘rnatilgan qoidalarga mos bajariladigan axborot. " Qo‘sh mustaqil shina arxitekturasi|"Protsessorni qurish arxitekturasi, bunda ma’lumotlar bir vaqtda bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda ikkita shina orqali parallel uzatiladi. Kompyuter platformalari o‘tkazish qobiliyatining ko‘pgina muammolarini hal qiladi. Amaliy dasturlarning talablarini qondirish va protsessorlarning yangi avlodlarini yanada rivojlantirish imkoniyatlarini ta’minlash uchun, Intel firmasi tomonidan ishlab chiqilgan. " Qo‘sh telefon raqamlari xizmati|"Bitta abonent ikkita telegon raqamini oladigan xizmat. Bitta raqam hammaga ma’lum, boshqasi abonent tomonidan cheklangan shaxslarga ma‘lum qilinadi. Birinchi raqamga nisbatan abonent «Chaqiruvni boshqa raqamga o‘tkazish» yoki «Bezovta qilinmasin» xizmatlaridan foydalanganda, uning ikkinchi raqamini bilgan shaxslar u bilan bog‘lanishlari mumkin. " Qo‘sh uzatish|"Televizion dasturni televizion uzatish tarmog‘idan va tegishli tovush jo‘rligidagi alohida tovushli eshittirish uzatish tarmog‘idan, televideniyedagi stereofonik tovushni ta’minlash uchun bir vaqtda uzatish. " Qo‘shiladigan yozuv|"Fayl qayta ishlanayotgan vaqtda yaratilgan yozuv. " Qo‘shilgan menyu|"Bir nechta daraja elementlaridan tuzilgan menyu. Birinchi daraja elementini tanlash qo‘shimcha tanlash imkonini beradi. " Qo‘shimcha|"Qandaydir tartiblashtirilgan tuzilmaga (massivga, ro‘yxatga, faylga) tegishli joyga yangi elementni qo‘shish protsedurasi. Mantiqiy va fizik darajalarda qilinishi mumkin. " Qo‘shimcha bog‘lanish texnologiyasi|"IBM AT kompyuterlarida qattiq diskdan foydalanishda ilk bor qo‘llanilgan dastlabki interfeys va protokolga havola. IDE nomi bilan ham mashhur. " Qo‘shimcha bo‘lim|"Qattiq diskning nolli yo‘lkasidan tashqarida yaratilgan bo‘lim. Primary-bo‘limidan farqli o‘laroq, ularning soni cheksiz bo‘lishi mumkin. " Qo‘shimcha kanal|"Yuqori tezlikli axborotni uzatish uchun foydalanilishi va turli xizmatlarni ko‘rsatishga moslashtirilishi mumkin bo‘lgan yordamchi kanallardan biri (IS-95 va CDMA2000 standartlarida). Izoh − Qo‘shimcha kanal bo‘ylab uzatish tezligi qayd etilgan yoki o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin, shu bilan birgalikda, qabul qilgichda tezlikning aniqlanishi kirish signali bo‘yicha avtomatik ravishda amalga oshiriladi. " Qo‘shimcha klaviatura|"1. Kompyuter standart klaviaturasining o‘ng tomonidagi klavishlar guruhi. 2. Klavishlar soni ko‘p bo‘lmagan maxsus funksional klaviatura. " Qo‘shimcha kodli so‘z|"Autentifikatsiya qilish vositasi. Parol ko‘rsatilgandan keyin foydalanuvchidan qo‘shimcha ravishda so‘raladigan kodli so‘z. " Qo‘shimcha manzillash|"Xizmat ko‘rsatilayotgan foydalanuvchiga uning bitta berilgan raqamidan ortiq manzillash qobiliyatini kengaytirish imkonini beradigan qo‘shimcha xizmat. " Qo‘shimcha nusxa|"Asosiy eltuvchidagi ma’lumotlarning buzilish, shikastlanish yoki yo‘qolish hollarida, keyinchalik tiklash uchun alohida fayllar, fayllar guruhi (katalog) ning nusxasi. " Qo‘shimcha protsessor|"Asosiy protsessorning funksional imkoniyatlarini oshiradigan qo‘shimcha protsessor. " Qo‘shimcha ranglar|"Aralashmada oq rang hosil qiladigan juft ranglar. Ko‘k-yashil (havorang) va qizil; yashil-qizil (sariq) va ko‘k; ko‘k-qizil (qirmizi) va yashil qo‘shimcha ranglar bo‘lib hisoblanadi. " Qo‘shimcha raqam guruhi|"Foydalanuvchilarni guruhning ichki qo‘shimcha raqami orqali to‘plash imkonini beradigan xizmat. " Qo‘shimcha simvol|"Alifboda mavjud bo‘lmagan yoki raqamli bo‘lmagan simvol. Masalan: ♫,►,♪,☼. " Qo‘shimcha tarkibiy qism|"Dasturga yangi imkoniyatlar qo‘shuvchi dastur bibliotekasi. Plaginlardan farqli ravishda, o‘rnatilgan addon o‘chirilishi mumkin emas. Ko‘pincha, dasturni ishga tushirishda foydalanuvchidan original dasturdan yoki addondan foydalanishi to‘g‘risida so‘raladi. " Qo‘shimcha xizmatlar|"Alohida taqdim etilmaydigan, balki xizmat ko‘rsatishning asosiy turlariga, ularning funksional imkoniyatlarini kengaytirgan holda qo‘shimcha sifatida xizmat qiladigan aloqa xizmatlari. " Qo‘shimcha xizmatlar provayderi|"Telefon kompaniyalari an’anaviy ravishda ta’minlab kelayotgan xizmatlardan tashqari, ixtisoslashgan aloqa xizmatlarini taqdim etuvchi provayder. " Qo‘shimcha yo‘lka|"Nusxa ko‘chirishdan himoya qilish usulining qismi, bunda diskka standart miqdordagi yo‘lkalar ustidan yana bitta yo‘lka yoziladi. " Qo‘shimcha, orqa tomondan mahkamlanadigan|"Kompyuter korpusining orqa tomonidagi, qurilmalarni o‘rnatish uchun mo‘ljallangan port yoki uya. " Qo‘shimchalar|"Alohida o‘rnatiladigan va dasturga yangi operatsiyalarni bajarish imkonini beradigan qo‘shimchalar. " Qo‘shish ko‘prigi|"Umumiy antenna bilan uzatish uchun turli kanallarda ishlaydigan bir nechta uzatgichlardan televizion signallarni kombinatsiyalash imkonini beradigan qurilma. " Qo‘shmoq|"Avvaldan mavjud ro‘yxatga yangi elementni qo‘shish. " Qo‘yilganlik|"O‘xshash yoki boshqa bir konstruktsiyaga kirish yuz beradigan algoritm, dastur, komanda tuzilmasi. Masalan, sikldagi sikl, shartli operatordagi shartli operator. " Qo‘yish|"Obyekt (fayl, matn, tasvir va sh.k.lar)ni almashinuv buferidan olib qo‘yish. " Qo‘yish nuqtasi|"Axborot (ma’lumot) kiritiladigan joyni belgilaydigan, ekrandagi lipillaydigan tik chiziq, kursor. " Qo‘zg‘atilish|"Elektromagnit tebranishlarning, to‘lqino‘tkazgish yoki yorug‘lik o‘tkazgich kirishiga uzatilishi. " Qo‘zg‘atgich|"1. Uzatgichdagi yuqori chastotali, masalan, koaksial-tirqishli yoki to‘lqin o‘tkazgich turidagi generator. 2. Modulyator va chastotalarning ishchi to‘rini shakllantiruvchi chastotalar sintezatorini o‘z ichiga oluvchi qurilma. Qo‘zg‘atgich tarkibiga signalni oldindan kuchaytirish qurilmasi kirishi mumkin. R " Rad etib bo‘lmaslik|"1. Muayyan hodisa yoki faoliyatning yuzaga kelishini isbotlash va ularni initsiatsiya qiluvchi mantiqiy obyektlarni aniqlash imkoniyati. 2. Xabarlarni kafolatli yetkazib berish bilan elektron hujjatlarni almashish protsedurasi. Bunday protsedura natijasida jo‘natuvchi uzatish faktini, oluvchi esa xabar muddatida yetkazilmaganligini rad etolmaydi. " Rad etish|"Biror bir foydalanuvchi tomonidan bajarilgan hujjatdagi yoki moslamalardagi o‘zgarishlarni rad etish va avvalgi konfiguratsiyaga yoki hujjatga qaytish. " Rad etish (radiokanaldan foydalanishni)|"Kanaldagi sifat yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan darajada past bo‘lishi tufayli, aloqa xizmatlaridan foydalanishning to‘xtatilishi. " Rad etmoq|"Foydalanuvchi tomonidan, qurilma, fayl, papkadan foydalanishga urinish yoki yetarli huquqlarga ega bo‘lmay turib, biror-bir dasturni bajarish uchun ruxsatni rad etish. " Radial tizim|"Barcha abonent liniyalari bitta nuqtadan boshlanadigan kabel taqsimlash tizimi. " Radial-kommutatsion tizim|"Abonent liniyalarining har biri alohida ulanishi mumkin bo‘lgan radial yoki ko‘p radial tizim. " Radiatsion himoya; nurlanishdan himoya qilish|"1. Ham tabiiy, ham sun’iy xarakterdagi ionlashtiruvchi nurlanishlar ta’siridan odamlar va uskunalarni himoya qilish. 2. Ekranlash va nurlanish darajasini kuchsizlantirish imkonini beradigan boshqa texnik chora-tadbirlar. " Radio aks sado|"Signalning tarqalish yo‘lida joylashgan obyektdan qaytgan va undan keyingi kuzatish punktida qabul qilingan elektromagnit signal. Barcha zamonaviy radiolokatsiya radio aks sadosining obyektdan kuzatuv punktigacha o‘tish vaqtini o‘lchashga asoslangan. " Radioaloqa|"Radioto‘lqinlar yordamida amalga oshiriladigan aloqa. " Radioaloqa reglamenti|"Radioaloqa xizmatlari tomonidan radiochastota spektridan foydalanish tartibini aks ettiruvchi asosiy hujjat. " Radioelektron qurilma|"Bitta yoki bir nechta radiouzatish va/yoki qabul qilish vositasi hamda yordamchi uskunasidan tashkil topgan texnik qurilma. " Radioelektron vosita|"Radioto‘lqinlar uzatishga va qabul qilishga mo‘ljallangan bitta yoki bir nechta radiouzatuvchi yoki qabul qiluvchi qurilma yoki ularning birikmasi va yordamchi uskunalaridan iborat bo‘lgan texnik vosita. Bu vosita uzatish va qabul qilish uchun mo‘ljallangan, o‘z ishida chastotasi 5 KHzdan yuqori bo‘lgan elektromagnit tebranishlardan foydalanadigan radiostansiyalar, radiotelefonlar, radionavigatsiya va radioaniqlash tizimlari, kabel teleko‘rsatuvlari tizimi hamda boshqa vositalardan iborat. " Radioelektron vositaning ta’sirchanligi|"Radioelektron vosita va uning tarkibiy qismlarining, antenna orqali yoki antennadan tashqarida bo‘ladigan elektromagnit, elektr, magnit maydonlar ko‘rinishidagi yoki fiderdagi, ta’minot, boshqaruv, axborotni uzatish, kommutatsiyalash va уerga ulash zanjirlaridagi kuchlanishlar yoki toklar ko‘rinishidagi radioxalaqitlarga javob qaytarish xususiyati. " Radioeshittirish diapazoni|"Radioeshittirish xizmati uchun Xalqaro elektraloqa ittifoqi Radioaloqa reglamenti tomonidan ajratilgan chastotalar polosasi. " Radiokanal|"Maʼlumotlar uzatish uchun radionurlanishdan foydalanadigan kanal. Radiokanal radiouzatgich va radio qabul qiluvchidan tarkib topadi. Radionurlanish chastotasi radiokanal vazifasiga ko‘ra tanlanadi. Axborot tarmoqlarida radiokanallar ikki maqsadda ishlatiladi. Birinchisi – abonent tizimini kabellar guruhi asosida qurilgan tarmoq bilan ulash. Bunga yer bo‘ylab kabel tortish iloji bo‘lmasa yoki tizim bir joydan boshqasiga ko‘chib yursa ehtiyoj tug‘iladi. Ikkinchisi – radiotarmoq yaratishda ishlatiladi. " Radiomayoq kanali|"Simsiz kira olish tarmoqlarida, tayanch stansiyalar marker signalini uzatish uchun foydalanadigan kanal. Izoh − Qabul qilinayotgan signal darajasini o‘lchash orqali mobil abonent aloqaning sifatini baholash va aloqa davomida qabul qilishning eng yaxshi sharoitlari ta’minlanadigan tayanch stansiyani tanlashi mumkin. Tayanch stansiya bilan aloqa oldindan so‘rovlar va boshqa xizmat komandalarini uzatmasdan amalga oshiriladi. " Radionurlanish|"Elektromagnit spektrda infraqizil nurlanishdan oldin joylashgan elektromagnit nurlanish. Tebranish chastotasi 3-30 KGsdan 300-6000 GGsgacha bo‘lgan elektromagnit to‘lqinlari radionurlanishga oiddir. Bu chastotalar polosasini olti diapazonga bo‘lish qabul qilingan. Bu diapazonlar radionurlanishlar tarqalishi xususiyatini belgilab beruvchi turli xil radioto‘lqinlarga tegishli. Shuni nazarda tutish kerakki, bu polosalar doimiy bo‘lmay, radiotexnika rivojlana borgan sari kengayib boradi. " Radionurlanishning zarur chastotalar polosasi|"Signalni talab qilingan tezlik va sifat bilan uzatish uchun yetarli bo‘lgan berilgan turkumdagi radionurlanish chastotalarining minimal polosasi. " Radiooptik antenna panjarasi|"Kogerent optika va golografiya vositalarida yo‘nalganlikning fazoviy xarakteristikalarini shakllantirishga ega antenna panjarasi. " Radiopeleng|"Radiopelengatorning antenna tizimi o‘rnatilgan joyidan radiosignallar nurlatadigan obyektga bo‘lgan yo‘nalish. Bu yo‘nalish, gorizontal tekislikdagi radiopelengatorning antenna tizimi o‘rnatilgan joyi orqali o‘tuvchi haqiqiy yoki magnit meridianning shimoliy yo‘nalish bilan bu joydan obyektning gorizontal tekislikka proeksiyasiga bo‘lgan yo‘nalish orasidagi, 0° dan 360° gacha hisoblanadigan burchak bilan o‘lchanadi. " Radioqabul qilgichning shovqin koeffitsiyenti|"Signal manbaining temperaturasi 293 K bo‘lganda, detektor kirishida yoki radioqabulqilgich chiziqli qismining chiqishida o‘lchangan shovqin darajasining, tegishli chiqishda bo‘lishi mumkin bo‘lgan shovqin quvvatiga nisbati (agar signal manbai yagona shovqin manbai bo‘lishi mumkin bo‘lganda). " Radioqidiruv xizmati|"Abonentga belgilangan zonada ishlab turgan shaxsiy qurilma yordamida umumiy foydalanishdagi tarmoqning istalgan telefon apparatidan chaqiruv to‘g‘risida radio orqali ogohlantirishni olish imkonini beradigan xizmat. Izoh – Ogohlantirish tovushli xabarnoma yoki kodlangan shakldagi vizual indikatsiya bilan kuzatilishi va chaqiruvchi shaxsdan kelib tushishi yoki tarmoqning o‘zida generatsiya qilinishi mumkin. " Radiorazvedka; radio tutib olish|"Spektral tarkibini, modulyatsiya turini va ishlayotgan bir radiostansiyani boshqasidan ajratish imkonini beruvchi boshqa alomatlarni tahlil qilish maqsadida, aloqa vositalari yordamida nurlantiriladigan signallarni qabul qilish. " Radioreleli kanal|"Televizion radioreleli signalni uzatishda foydalaniladigan chastotalar polosasi. " Radioreleli liniya|"O‘ta yuqori chastota diapazonida ishlaydigan radiokanal. Radioreleli liniya 2, 7, 13, 15, 18, 23, 38 GGs chastotalarda ishlaydigan, o‘tkazish polosasining kengligi 3,5-28 MGs bo‘lgan, 50 km uzoqlikkacha maʼlumotlarni uzata oladigan yerusti radio tarmog‘ining tarkibiy qismidir. " Radioreleli qabul qilgich|"Kirishiga televizion radioreleli liniya signali keladigan, chiqishidan esa radioreleli liniyaning chiquvchi televizion signali olinadigan apparatura kompleksi. " Radioreleli uzatgich|"Muayyan bir apparatura kompleksi, uning kirishiga radioreleli liniyaning kiruvchi televizion signali keladi, chiqishida esa, radioreleli liniyaning chiquvchi televizion signali mavjud bo‘ladi. " Radiosignal eltuvchisini raqamli televizion signal bilan kvadratura fazaviy manipu-lyatsiya qilish|"Modulyatsiyalovchi diskret raqamli televizion signalning har bir ahamiyatli holati radiosignal eltuvchisi fazasining raqamli televizion signal oldindagi elementining radiosignal eltuvchisi fazasiga nisbatan diskret o‘zgarishi orqali ifodalangan eshittirish televideniysi radiosignali eltuvchisining fazaviy manipulyatsiyasi. " Radiosignalning kvadraturaviy diagrammasi|"Eshittirish televideniyesi radiosignalining, kvadraturaviy modulyator chiqishidagi radiosignallar fazasini mos tarzda aks ettirish uchun koordinatalarning to‘g‘ri burchakli koordinatalar tizimiga aylantirilgan qutbiy diagrammasi. Izoh – I gorizontal o‘q bo‘yicha radiosignalning sinfazali kanaldagi darajasi, Q vertikal o‘q bo‘yicha esa, kvadratura kanalidagi darajasi ajratiladi. " Radiosignalning qutbiy diagrammasi|"Eshittirish televideniyesi radiosignalining eltuvchisi tayanch element bo‘lgan doiraviy diagramma. Bu tayanch elementga nisbatan fazaviy siljish burchagi va eshittirish televideniyesi modulyatsiyalangan signali darajasining o‘zgarishi hisoblanadi. " Radiostansiya|"Bitta yoki bir nechta uzatgich yoki qabul qilgich, shu jumladan, uzat-kich va qabul qilgichlarning yordamchi uskunalari birikmasi. U belgilangan joyda radioaloqa xizmatini yoki radioastronomiya xizmatini bajarish uchun xizmat qiladi. " Radiotarmoq|"Radiokanallarga ega bo‘lgan simsiz tarmoq. Radiotarmoqlar hududiy yoki lokal bo‘lishi mumkin. Arxitekturasiga ko‘ra – maʼlumotlarni marshrutlash tarmoqlari va maʼlumotlarni tanlashga asoslangan tarmoqlar farqlanadi. Xuddi shunday, yer usti radiotarmoqlari va yo‘ldoshli aloqa tarmoqlari farqlanadi. Radiotarmoqlarning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, tayanch stansiyalari, yaʼni abonent tizimlari bevosita o‘zaro ishlaydigan axborot tizimlari hisoblanadi. " Radiotelefon|"Tovush signallarini radioto‘lqinlar orqali uzatish va qabul qilish apparati. " Radioteleskop|"Yo‘naltirilgan antenna (yoki antennalar tizimi) va radiometrdan iborat bo‘lgan, osmon obyektlarining xususiy radionurlanishini qabul qilish va qayd etish hamda uning xarakteristikalarini tadqiq etish uchun mo‘ljallangan radioqabul qurilmasi. " Radioteleo‘lchashlar|"O‘lchash natijalarini uzatishda radiotelemetrik deb ataladigan maxsus radioliniyalardan foydalanadigan teleo‘lchash texnikasining sohasi. " Radioto‘lqin|"Shartli ravishda chastotasi 6000 GGsdan past deb qabul qilingan elektromagnit to‘lqinlar. Ular fazoda sunʼiy to‘lqin o‘tkazgichisiz ishoralar, signallar, yozma matn, tasvir va tovushni uzatish yoki qabul qilish uchun tarqatiladi. Oltita radioto‘lqin diapazoni ajratiladi: 1. O‘ta uzun to‘lqinlar (tebranishlar chastotasi - 3-30 KGs). 2. Uzun to‘lqinlar (30-300 KGs). 3. O‘rta to‘lqinlar (300-3000 KGs). 4. Qisqa to‘lqinlar (3-30 MGs). 5. O‘ta qisqa to‘lqinlar (30 MGs-300 GGs). 6. Submillimetrli to‘lqinlar (300-6000 GGs). " Radioto‘lqinlar diapazoni|"Radioto‘lqinlar uzunligining shartli nom berilgan muayyan uzluksiz qismi. " Radioto‘lqinlarning gorizont ortida (troposferali) tarqalishi|"Yer sirtiga yaqin nuqtalar o‘rtasidagi troposferaviy tarqalish, bunda qabul qilish nuqtasi uzatish nuqtasi radiogorizontidan tashqarida bo‘ladi. " Radioto‘lqinlarning nurlanishi|"Radioto‘lqinlar diapazoniga tegishli bo‘lgan va asosan radiouzatgichlarning antennasi orqali qo‘zg‘aluvchi elektromagnit to‘lqinlarning paydo bo‘lishi. " Radioto‘lqinlarning olis troposferali tarqalishi|"Havo sindirish koeffitsiyentining bir xil emasligi bilan asoslangan ularning qaytishi va sochilishi natijasi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rinish masofasidan oshadigan masofadagi troposferada radioto‘lqinlarning tarqalishi. " Radiotoʻlqinlarning qaytish koeffitsiyenti|"Qaytuvchi radiotoʻlqindagi elektr maydoni kuchlanganligi koʻrsatilgan tashkil etuvchisining tushuvchi radiotoʻlqindagi oʻsha tashkil etuvchiga nisbati. " Radioto‘lqinning qutblanishi|"Elektr maydon kuchlanganlik vektorining yo‘nalishini aniqlaydigan radioto‘lqinlar xarakteristikasi. " Radiouzaytirgich|"Quvvat kuchaytirgichi bo‘lgan qabul qilgich – uzatgich ko‘rinishida ishlangan, signallarni oraliq kuchaytirish va keyinchalik nurlantirish uchun ishlatiladigan qo‘shimcha retranslyator. Radiouzaytirgich, odatda, signallar ishonchli qabul qilinmaydigan zonalarda o‘rnatiladi yoki xizmat ko‘rsatish zonasini kengaytirish uchun qo‘llaniladi. " Radiouzatgichning chiqish quvvati|"Radiouzatgichdan antenna-fider qurilmasiga yoki yuklama ekvivalentiga uzatiladigan aktiv quvvat. " Radiouzel|"Simli eshittirish tarmog‘i abonentlariga radioeshittirish dasturlari va mahalliy eshittirishlarni uzatish uchun mo‘ljallangan qabul qiluvchi-kuchaytiruvchi va boshqa apparaturalar majmui. " Radioxalaqit|"Radioaloqa tizimida qabul qilishga bo‘lgan, bir yoki bir nechta nurlanish keltirib chiqaradigan, axborot sifatining yomonlashuvida, xatoliklar bo‘lishida yoki axborot yo‘qolishida namoyon bo‘ladigan, elektromagnit energiya ta’siri. " Radiochastota|"Qar.: Radioto‘lqin. " Radiochastota biriktirish|"Radiochastota taqsimlovchi tashkilot tomonidan foydalanuvchiga maʼlum radiochastotadan foydalanishga beriladigan ruxsat. " Radiochastota kabeli|"Radiosignallarni uzatish uchun mo‘ljallangan kabel. " Radiochastota organi|"Qonunchilikka muvofiq, radiochastota spektridan foydalanishni (unga ajratilgan radiochastotalar polosasi chegarasida) tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi. " Radiochastota spektri|"Shartli ravishda 3000 GHz deb qabul qilingan intervaldagi radiochastotalar majmui. " Radiochastota spektri monitoringi|"Radiochastota spektri holatini muntazam kuzatish, undan foydalanishni baholash, radiochastota spektri to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishining oldini olish va bartaraf etish uchun mo‘ljallangan tashkiliy-texnik tadbirlar kompleksi. " Radiochastota spektridan foydalanuvchi|"Radiochastotalardan foydalanish va radioelektron vositalar yoki yuqori chastotali qurilmalarni ekspluatatsiya qilish uchun radiochastota idorasining tegishli ruxsatiga ega bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs. " Radiochastota spektrining bandligi|"Ma’lum vaqt oralig‘ida bitta chastotada, bitta radiochastota kanalida yoki chastotalar polosasida nurlanish mavjudligining davomiyligi. " Radiochastotalar diapazoni|"Tebranishlar o‘xshash xossalarga ega bo‘ladigan uzluksiz chastotalar intervali. " Radiochastotalar diapazoni (quyi diapazoni)ning qoplash koeffitsiyenti|"Ishchi chastotalar diapazoni (quyi diapazoni) eng yuqori chastotasining shu diapazon (quyi diapazon) ning eng yuqori chastotasiga nisbati. " Radiochastotali ma’lumotlar uzatish vositalari|"Fayllarni radiokanal orqali (to‘g‘ri ko‘rinishsiz) kompyuterdan printerga, ma’lumotlar to‘plagichga 9-12 m ga uzatish uchun xizmat qiladigan elektron qurilmalar va dasturiy vositalar. Ishlashda qulaylik yaratadi, ulardan foydalanilganda qurilmalarni o‘zaro birlashtiradigan kabellar kerak bo‘lmaydi. " Ramdrayv|"tezkor xotirada modellashtiriladigan psevdodisk; mantiqiy diskni imitatsiya qilish uchun ajratilgan kompyuter tezkor xotirasining bir qismini o‘zida ifodalaydi. " Ramkasimon antenna|"Asosiy elementi ixtiyoriy shakldagi, bir yoki ko‘p o‘ramli ramka bo‘lgan antenna. " Ramziy havola|"Haqiqiy faylga ko‘rsatgich bo‘lgan faylning maxsus bir turi. Siz havola bilan ishlayotganingizda, aslida haqiqiy fayl bilan ishlayotgan bo‘lasiz. " Ramziy mantiq|"Xulosalar chiqarish uchun tabiiy til ifodalaridan emas, balki simvollardan foydalaniladigan matematik mantiq. " Ramziy manzil|"Dasturchu uchun qulay shaklda ifodalangan va absolyut manzilni avtomatik tarzda aniqlash imkonini deradigan manzil. " Randevu|"Jarayonlar kommunikatsiyasi mexanizmi, bunda ikkala jarayon xabarlarni uzatish tugagunga qadar to‘xtatiladi. " Randomizatsiya(lash)|"Ma’lumotlarda identik bloklar mavjudligini yashirish maqsadida, ma’lumotlarning psevdotasodifiy ketma-ketligidan foydalanib, shifrlashdan oldin yoki shifrlash paytida boshlang‘ich ma’lumotlarni o‘zgartirish. " Rang balansi, balans|"Asosiy ranglar signali darajasining normalangan axromatik obyektlarni tahlil yoki axromatik tasvirlarni sintez qilishda tayanch oqning rangliligi bilan tengligi. Izoh − Axromatik obyektlar oq, kul rang yoki qora rangda bo‘lishi mumkin. " Rang buzilishlari|"Obyekt ranglari va qayta tiklanayotgan tasvirning tegishli ranglari o‘rtasidagi sezilarli farq. " Rang kontrasti|"Rang grafigida ikkita ranglilikni bog‘lovchi to‘g‘ri chiziqda yotuvchi rang chegaralarining soni bilan o‘lchanadigan ranglilikdagi farq. " Rang koordinatalari|"Namunaga mos kelishi uchun aralashtirilishi kerak bo‘lgan asosiy ranglar miqdori. Izoh – YoXK (Yoritish bo‘yicha xalqaro komissiya) tizimida X, Y, Z simvollari bilan belgilanadi. " Rang koordinatalarini o‘zgartirish|"Asosiy ranglarning bir tizimiga tegishli bo‘lgan ranglarning rang koordinatalarini asosiy ranglarning boshqa tizimiga tegishli bo‘lgan aynan o‘sha ranglarning rang koordinatalari bo‘yicha hisoblash. " Rang parametrlari|"Rangning uchta subyektiv, ajralmas sifati: rang toni, to‘yinganligi va yorqinligi. " Rang signali|"Rangli televizion tasvirning rangliligini to‘liq yoki qisman aks ettiruvchi elektr signali. " Rang sinxronizatsiyasi|"Ranglilik signallarining sinxronligi va/yoki sinfazligini o‘rnatish hamda saqlab turish. " Rang sinxronizatsiyasi signali|"Muayyan shakldagi impulslar bilan modulyatsiyalangan rang quyi eltuvchi signali. " Rang temperaturasi|"Tiklanadigan tasvir rang tonining obyektiv o‘lchovi. U yorug‘lik manbai nurlanishining spektral tarkibini, shuningdek, yorug‘lik manbai rangidan olinadigan obyektiv taassurotni tavsiflaydi. Ekranda oq rangning «oqlik darajasi»ni belgilaydi (Kelvinda o‘lchanadi). " Rang teranligi|"Tasvirning bitta pikselini kodlash uchun kerak bo‘lgan bitlar soni. " Rang turi|"Rangning spektrdagi o‘rnini aniqlaydigan qiymat. Masalan, yashil rang sariq va moviy ranglarning orasida joylashadi. Ishchi stolda bu atributni boshqaruv paneli orqali ham berish mumkin. " Rang uzatish indeksi|"Muayyan kuzatish sharoitlarida tadqiq etilayotgan va standart yorug‘lik manbalari bilan yoritilgan rangli obyektni ko‘rish orqali idrok etishning muvofiqlik o‘lchami. " Rang uzatish ishonchliligi|"TV tasvir ranglarining etalon sifatida qabul qilingan ranglarga mos kelish darajasi. " Rang uzatish sifati|"Qar.: Rang teranligi. " Rang videosignali|"Rangli televizion tasvir xarakteristikalarini aks ettiruvchi elektr signali. " Ranglar sxemasi|"Ekran elementlari uchun o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi ranglar kombinatsiyasi. " Ranglarni aralashtirish|"Tegishli tasvirlar mos tushishiga erishilgunga qadar, ya’ni qizil, yashil va ko‘k elektron nurlarining bir pikselda uchrashguniga qadar asosiy ranglar maydonlarining uchta yoyish rastrlarini rostlash. Yomon aralashtirish monitorning ruxsat etish qobiliyatini pasaytirib oq piksellar rangini kirlantiradi. " Ranglarni tiklash ishonchliligi|"Ikkita rang shkalasi bo‘yicha pasaytirilgan to‘yinganlik shkalasi bo‘yicha «oq» ning darajasi 75 foiz, «qora»ning darajasi 37,5 foiz va darajasi 750 750 bo‘lgan signallar orqali shakllantirilgan yuqori to‘yinganlik shkalasi bo‘yicha vizual baholash. " Ranglarning uzilishi|"Kuzatish sharoitlaridagi farq tufayli ikki maydon orasida paydo bo‘ladigan har qanday soxta rang. Kuzatish sharoitlarining tez o‘zgarishi tufayli tasvirning tiklash qurilmasida rangli tasvir asosiy rang tashkil etuvchilariga qisman ajralishi yoki har qanday yoyilib ketishi. " Rangli polosalar|"1. Rangli signalning sifatini baholash uchun vertikal rangli polosalar hosil qiluvchi televizion sinov jadvali. Izoh – Odatda, bu jadval oq, sariq, havo rang, yashil, to‘q qizil, qizil, ko‘k va yashil ranglarga mos keluvchi sakkizta polosadan iborat bo‘ladi. 2. Belgilangan ketma-ketlikda joylashgan asosiy, qo‘shimcha, qora va oq ranglarning vertikal yoki gorizontal polosalaridan tashkil topgan elektr sinov jadvali. " Rangli quyi eltuvchi fazasi inversiyasining qo‘zg‘almas o‘qi|"Qayd etilgan etalon faza, unga nisbatan ranglilik signali rangli quyi eltuvchida doimiy ranglilik uchun keyingi maydonlar vaqtida teng va qarama-qarshi burchak qiymatlarini oladi, bu etalon faza barcha ranglilik uchun yagonadir. " Rangli quyi eltuvchi fazasining inversiyasi|"Ranglilik signali quyi eltuvchisining bitta yoki bir nechta tashkil etuvchisi rangli fazasining ikkita belgilangan qiymat o‘rtasida davriy o‘zgarishi. " Rangli rirproyeksiyaga kiritish|"Rangli rirproyeksiya tizimini boshqarish. Bu bir videosignalni boshqasining ustiga elektron tushirish jarayonidir. Ustiga tushirish maydoni yoki zonasi signallardan birining rang to‘yinganlik darajasi bilan belgilanadi. Ustiga tushirishni amalga oshirish uchun rang to‘yinganlik alohida xususiy ajrata olish xossasiga yoki chastotalar polosasiga ega bo‘lishi kerak. " Rangli tasvir signali|"Barcha sinxronlovchi signallardan boshqa, rangli tasvir to‘g‘risidagi to‘liq axborotni ichiga oluvchi, elektr signali. Izoh – Rangli tasvir signalining bir turi monoxrom tashkil etuvchini va ranglilik axboroti modulyatsiyalagan quyi eltuvchini ichiga oladi. " Rangli televideniyening bir vaqtdagi satr-navbatma-navbat tizimi|"Rangli televideniyening, yorug‘lik signali uzluksiz uzatiladigan, ranglilikni uzatish uchun navbatma-navbat satr bo‘yicha almashinib, lekin yorug‘lik signali bilan bir vaqtda uzatiladigan ikkita signaldan foydalaniladigan tizimi. " Rangli televideniyening bir vaqtdagi tizimi|"Rangli televideniyening, asosiy ranglarga mos keladigan signal tashkil etuvchilari bir vaqtda uzatiladigan tizimi. " Rangli televideniyening komponent tizimi|"To‘liq videosignal bir nechta alohida tashkil etuvchilar shaklida mavjud bo‘ladigan rangli televideniye tizimi. " Rangli televideniyening maydon-navbatma-navbat tizimi|"Rangli televideniyening navbatma-navbat tizimi, bunda asosiy ranglarga mos keluvchi signal tashkil etuvchilari maydon bo‘ylab navbat bilan almashinib uzatiladi. " Rangli televideniyening navbatma-navbat tizimi|"Rangli televideniyening, asosiy ranglarga mos keluvchi signal tashkil etuvchilari navbatma-navbat uzatiladigan tizimi. " Rangli uzatish|"Qayta tasvirlashni turli rang toni, to‘yinganlik hamda yorqinlik qiymatlari bilan ta’minlashi mumkin bo‘lgan rangli televideniye signalini uzatish. " Ranglilik diagrammasi|"Ranglilik uchta koordinatasidan birining boshqasiga bog‘liq ravishda tuzilishidan hosil bo‘lgan diagramma. " Ranglilik grafigi|"Rangning ranglilik koordinatalarini o‘zida aks ettiradigan ma’lum o‘qlar bo‘ylab o‘lchanadigan masofa tekis grafigi. Izohlar 1. Odatda, ikkita ortogonal o‘q, xususan, ranglilik grafigida – xy yoki Xalqaro yoritish bo‘yicha komissiyaning ranglilik teng kontrastlilik grafigida uv foydalaniladi. 2. Ranglilik grafigida real ranglar monoxromatik ranglarni aks ettiruvchi nuqtalarni va boshqa tomondan, bu egri chiziqning to‘q qizil ranglilik liniyalari deb nomlanadigan to‘g‘ri liniyasi bilan cheklangan sath qismini egallaydi. " (Ranglilik grafikasidagi) oq zona|"Axromatik sezgirlikni kuzatish sharoitlarida yetarlicha yaxshi mos keladigan ranglilikni taqdim etadi, deb hisoblash mumkin bo‘lgan ranglilik grafikasidagi zona. " Ranglilik kanali|"Televizion uskunaning ushbu blokidan ranglilik signali bilan o‘tadigan yo‘l. " Ranglilik modulyatori|"Rangli televizion uzatishda ranglilik signali va rang quyi eltuvchisining videochastotaviy tashkil etuvchilaridan ranglilik signalini hosil qilish uchun qo‘llaniladigan modulyator. " Ranglilik quyi eltuvchisining signali|"Modulyatsiyalangan ranglilik quyi eltuvchisining rangga oid axborotni uzatish uchun monoxrom signalga qo‘shiladigan yon polosalari. " Ranglilik signali|"1. Rangli axborotni ko‘chirishda yorqinlik signaliga qo‘shiladigan elektr signal. Bu signal amalda ikki ayirmarang signal bilan modulyatsiyalangan ikkita tashkil etuvchidan iborat bo‘ladi. 2. Ayirmarang signallar bilan modulyatsiyalangan bitta yoki bir nechta ranglilik quyi el-tuvchisi va rang sinxronizatsiyasi signali. " Ranglilik signali eltuvchisi|"Qar.: Ranglilik signalining quyi eltuvchisi. " Ranglilik signali eltuvchisining chastota etaloni|"Ranglilik signalining quyi eltuvchisi ega bo‘lgan chastotaga va rang chaqnashiga nisbatan qayd etilgan fazaga ega uzluksiz signal. Bu signal etalon hisoblanadi. " Ranglilik signalining kanali|"Rangli televideniye tizimidagi ranglilik signalini rangli quyi eltuvchiga o‘tkazish uchun mo‘ljallangan har qanday trakt. " Ranglilik signalining quyi eltuvchisi|"Rang axborotini uzatish uchun monoxrom signalga modulyatsiya yon polosalari qo‘shiladigan eltuvchi. Ranglilik axboroti modulyatsiyalaydigan eltuvchi. " Ranglilik signalining tashkil etuvchisi|"Ranglilik signalining quyi eltuvchi kuchlanishini tegishli fazada ranglilik asosiy rang signali bilan modulyatsiyalashda olinadigan tashkil etuvchisi. " Ranglilik vektori|"Rang fazosidagi va doimiy yorug‘lik tekisligidagi vektor, uning boshlanishi yorug‘lik o‘qida, tugashi esa rangli nurlanishni aks ettiradigan o‘qda joylashgan. " Ranglilik vektori tashkil etuvchilari|"Ranglilik vektorining doimiy yorug‘lik tekisligidagi ikkita o‘qqa taalluqli, rangli fazo yorug‘lik o‘qida umumiy boshlanishga ega ikkita tashkil etuvchisi. " Ranglilik vektorining o‘qi|"Rangli fazo doimiy yorug‘ligi sirtidagi ikkita o‘qdan biri, ular bo‘ylab ranglilik vektorining tashkil etuvchilari ajratib qo‘yiladi. " Ranglilikni uzgich|"Rangli televizordagi, qabul qilinayotgan signalda rangli axborot mavjud bo‘lmaganda, ranglilik kanalini yopish yo‘li bilan qora-oq tasvirni qayta tiklashni ta’minlash uchun xizmat qiladigan qurilma. " Ranglilikning asosiy dag‘al rangi|"Uzatishning, yorqinligi nolga teng, ranglilikni chastotalar polosasining minimal kengligi bilan uzatishga mos keladigan va rangli tasvirning subyektiv aniqligiga nisbatan kam ta’sir etishi hisobiga tanlangan asosiy rangi. " Ranglilikning asosiy nozik rangi|"Uzatishning, yorqinligi nolga teng, ranglilikni chastotalar polosasining maksimal kengligi bilan uzatishga mos keladigan va rangli tasvirning subyektiv aniqligiga ta’sir etishi muhimligi uchun tanlangan asosiy rangi. " Ranglilikning asosiy rangi|"Yorqinligi nolga teng bo‘lgan uzatishdagi ikkita asosiy rangdan biri. " Ranglilikning miltillashi|"Faqat ranglilikning o‘zgarishlari natijasida paydo bo‘ladigan miltillash. " Ranglilikning to‘yinganligi|"Berilgan nurlanish rangliligini sezishning oqning rangliligini sezishdan farqlash darajasi. " Ranglilik-yorqinlik kesishuvchi buzilishi|"Yorqinlik signalining ranglilik signali keltirib chiqaradigan buzilishi. " Rangni kodlash tizimi|"Rang koordinatalari yorqinlik signali va ayirmarang signallar orqali belgilanadigan rang koordinata tizimi. " Rangni tiklash tizimi|"Qayta tiklash qurilmasi uchta asosiy rangining nominal rangliligi va tayanch oqning rangliligi bilan belgilanadigan uch rangli kolorimetrik tizim. " Rangning bir xilligi|"Katta uzunlikdagi yirik oq, kul rang va qora uchastkalardagi ishchi maydon bo‘ylab nazorat qilinadigan tasvir. Rangning «sudralishi» ing. - сhroma сreep ru – «наползание» цвета Tasvir nuqsoni, bunda to‘yingan ranglar, ayniqsa, vertikal qizil chiziqlar «shovqinli» bo‘lib qoladi. " Rangning to‘yinganligi|"Rang bo‘yicha ko‘rib chiqilayotgan rang omili bilan tenglashadigan ma’lum axromatik oxirgi omilning additiv aralashmasidagi monoxromatik rang omilining ulushi bilan tavsiflanadigan rang belgisi. Izohlar 1. Televideniyeda to‘yinganlik tushunchasi kolorimetriyada qo‘llaniladigan rang tozaligi tushunchasiga o‘xshash. 2. Rangning to‘yinganligi uning monoxromatik rangga yaqinlashgani sari ortib boradi. 3. Qirmizi stimul hollarida monoxromatik stimul qirmizi ranglilik liniyalaridagi tegishli nuqtadagi stimul bilan almashtiriladi. " Ranjlash|"Obyektlar yoki ma’lumotlarni, tasniflash maqsadida darajalar bo‘yicha qandaydir belgilarga ko‘ra taqsimlash. Tasniflanadigan obyektlar yoki ma’lumotlar taqsimlanadigan darajalar ranglar deb ataladi. " Raqam-analogli o‘zgartirgich|"Raqamli kod ko‘rinishidagi diskret signallarni, ularga ekvivalent bo‘lgan analog (vaqt davomida uzluksiz bo‘lgan) signallarga avtomatik o‘zgartiradigan qurilma. " «Raqam bilan bog‘lanish mumkin emas» tonal signali|"Chaqiruvchi abonentga chaqiriluvchi abonentning raqamiga bog‘lanish mumkin bo‘lmagan holatda uzatiladigan tovushli signalizatsiya (masalan, chiqariluvchi, retranslyatorning ta’sir zonasidan tashqarida yoki uning radiostansiyasi o‘chirilgan bo‘lsa). Agar liniya band bo‘lsa yoki abonent javob bermasa, bunday vaziyatda «raqam bilan bog‘lanish mumkin emas» signali hosil qilinadi. " Raqam termasdan bog‘lanish (yarim doimiy bog‘lanish)|"Raqam termasdan bog‘lanishni ta’minlovchi xizmat. Izoh – MML komandasi yordamida operator foydalanuvchini oldindan buyurtma berilgan manzil bilan bog‘laydi. " Raqam teruvchi|"Foydalanuvchi kompyuteriga keyinchalik yukla-nadigan va ishga tushiriladigan unchalik katta bo‘lmagan ushbu dastur modem aloqasini to‘lovli modem puli orqali amalga oshirishga harakat qiladi. " Raqamdan universal foydalanish xizmati|"Mamlakatning turli qismlarida mamlakatning istalgan nuqtasidagi bir nechta telefon apparatlariga ega bo‘lgan abonent bilan, bitta aniq raqamni terish orqali bog‘lanish imkoniga ega xizmat. Mamlakatning o‘zaro bog‘langan zonalarida joylashgan telefon stansiyalariga ulangan abonentlar tomonidan chaqiruvlar ushbu zonalardagi shu xizmatlardan foydalanadigan telefon apparatlariga (ayrim cheklashlar bilan) yo‘llanadi. " Raqamlarni siklik saralash|"O‘xshash telefonlarning raqamlarini siklik saralash orqali yopiq klonlash, unda har bir keyingi chaqiruv yangi raqam bilan amalga oshiriladi. " Raqamlash (nomerlash)|"Tarmoq obyektlari o‘rtasida raqamlarni taqsimlash jarayoni, bunda ularning bir ma’noli identifikatsiya qilinishi kafolatlanadi. " Raqamlash tizimi|"Operatorlar, provayderlar va foydalanuvchilarning oxirgi (terminal) uskunasi o‘rtasida raqamlash va taqsimlash tartibi hamda qoidalari. " Raqamlashtirish|"Analog signalni diskret signalga aylantirish jarayoni, yaʼni analog maʼlumotlarni raqamli, kompyuter muhitida mavjud bo‘la oladigan va mashina o‘qiydigan tashuvchilarda saqlanadigan shaklga o‘tkazish. Analog tasvirlarni raqamlash ko‘pincha skaner yordamida bajariladi. " Raqamli|"Ma’lumotlarning qandaydir chekli to‘plamdan bo‘lgan belgilar ketma-ketligi ko‘rinishida taqdim etilishini tavsiflaydi. Kompyuter texnikasida «raqamli» atamasi «ikkili» atamasining sinonimi hisoblanadi, chunki kompyuterlarda axborot ikkili raqamlar (0,1) ko‘rinishda taqdim etiladi. " Raqamli abonent liniyasi|"Mis simlar bo‘yicha diskret signallarni translyatsiya qilishning fizik va kanal darajalar maxsus protokollari bilan aniqlangan fizik liniyalar bo‘yicha ma’lumotlarni yuqori tezlikli uzatish texnologiyasi. Izoh – Shunga o‘xshash raqamli aloqa liniyasini tashkil etish uchun provayderda o‘rnatilgani kabi oxirgi foydalanuvchida ham o‘rnatilishi zarur bo‘lgan maxsus uskuna qo‘llaniladi. " (Raqamli) alohida kodlash|"Rangli televizion signalni analog-raqamli o‘zgartirish usuli, uni uchta tashkil etuvchilardan har biri alohida qayta tashkil qilinadi, masalan, yorug‘lik signali va ikkita ayirmarang signal. " Raqamli-analog o‘zgartirish|"Raqamli signallarni, muhim axborotni saqlab qolgan holda, analog signallarga o‘zgartirish jarayoni. " Raqamli audio kasseta|"Ham tovush signallarini, ham ma’lumotlarni yuqori sifatli raqamli yozish va qayta eshittirish uchun mo‘ljallangan magnit tasmali, uncha katta bo‘lmagan kasseta. Raqamli audio kassetalardan ma’lumotlarni arxivlashda foydalaniladi. " (Raqamli) dekodlash|"1. Dastlabki signalni, qayta tiklash maqsadida, razryadlar ketma-ketligiga nisbatan qo‘llaniladigan jarayon. 2. Rangli televideniyeda – rangli videosignaldan uchta asosiy rangga mos keladigan signallarni olish jarayoni. " Raqamli diskli videomagnitofon|"Axborot eltuvchi sifatida disklardan foydalaniladigan «plyonkasiz» videomagnitofon. " Raqamli (elektron) diplomatiya|"Internet tarmog‘i imkoniyatlaridan va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan diplomatik vazifalarni hal etishda foydalanish. Raqamli diplomatiya doirasida global tarmoqda yangi media, ijtimoiy tarmoqlar, bloglar va shunga o‘xshash mediamaydonchalardan foydalaniladi. Elektron diplomatiyada davlat muassasalari, birinchi navbatda, tashqi siyosat, hukumat organlari, shuningdek, faoliyati tashqi siyosiy kun tartibini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan nohukumat tashkilotlar ishtirok etadilar. Raqamli diplomatiyaning asosiy maqsadlari – tashqi siyosiy manfaatlarni ilgari surish, Internet-televideniye, ijtimoiy tarmoqlar, mobil telefonlar orqali, omma ongiga va siyosiy elitaga yo‘naltirilgan axborot targ‘ibotidan iborat. " Raqamli eshittirish televideniyesi tizimi|"Raqamli eshittirish televideniyesining televizion tasvir, tovush va xizmatga oid axborot to‘g‘risidagi ma’lumotni shakllantirish, uzatish va qabul qilish usullarini belgilaydigan texnik vositalari hamda tegishli texnik parametrlari va tavsiflarining majmui. " (Raqamli eshittirish televideniyesi) transport oqimidagi xatolik bayrog‘i|"Raqamli eshittirish televideniyesining ma’lumotlar transport oqimi tegishli darajasi sarlavhasida bo‘lgan, bu oqimni shakllantirish, uzatish yoki qabul qilish jarayonida yuzaga keladigan muayyan turdagi xatolar to‘g‘risidagi axborotni tashuvchi bitta yoki bir nechta bit. " (Raqamli eshittirish televideniyesida transport oqimi paketlarini) randomizatsiyalash|"Raqamli eshittirish televideniyesi ma’lumotlari transport oqimi paketlarini modulyatsiyalangan televizion signal energiyasini radiokanal polosasida yanada tekisroq taqsimlash va raqamli oqim ma’lumotlarining bitlari o‘rtasidagi o‘tishlarni tasodifiy statistikaga yaqinlashtirish uchun skremblerlashni amalga oshirish operatsiyasi. " (Raqamli eshittirish televideniyesining) dasturiy oqimi|"Bitta umumiy taktli chastotaga ega bo‘lgan video, audio ma’lumotlari va xizmatga oid axborotlar elementar oqimlarini multiplekorslash yo‘li bilan hosil qilingan hamda eshittirish televideniyesi o‘zgaruvchan uzunlikdagi dasturiy paketlaridan tuzilgan ma’lumotlar oqimi. " Raqamli filtrlash|"Raqamli signal chastota spektrining ba’zi komponentlarini raqamli filtr bilan bostirish. " Raqamli guruh hosil qilish iyerarxiyasi|"Raqamli multipleksorlarning bosqichlar bo‘yicha o‘tkazish qobiliyatiga muvofiq, biror tartibdagi guruh hosil qilishlar, har biri quyi darajadagi belgilarni uzatish tezligiga ega va shu tezlikdagi boshqa raqamli signallar bilan keyingi, yanada yuqori darajadagi raqamli multipleksor yordamida bundan keyingi birlashish uchun yaroqli bo‘lgan raqamli signalga birlashishni ko‘zda tutadigan tarzda joylashadigan qatori. " Raqamli imzo|"1. Xabarga qo‘shimcha qilinadigan hamda xabar oluvchiga jo‘natuvchining haqiqiyligini tekshirish imkonini beradigan ma’lumotlar. 2. Ma’lumotlar blokiga yoki uni kriptografik qayta o‘zgartirish natijasiga qo‘shimcha qilinadigan ma’lumotlar ketma-ketligi, u ma’lumotlar oluvchisiga manba va ma’lumotlar blokining yaxlitligini tekshirish, shuningdek, soxtalashtirishdan yoki almashtirishdan muhofaza qilish imkonini beradi. " Raqamli imzo sxemasi|"Raqamli imzoni shakllantirish va uni tekshirish algoritmlarining majmui. Raqamli imzo sxemasining ishonchliligi maxfiy kalit egasi bo‘lmagan shaxs uchun quyidagi uchta vazifani hal qilish murakkabligi bilan belgilanadi: raqamli imzoni qalbakilashtirish, ya’ni berilgan hujjat tagidagi imzoning qiymatini hisoblash; imzolangan xabarni yaratish, ya’ni imzoning to‘g‘ri qiymatiga ega hech bo‘lmasa bitta imzoni topish (raqamli imzoni ekzistensial qalbakilashtirish); xabarni almashtirish, ya’ni imzoning bir xil qiymatlariga ega ikkita turli xabarni tanlash. " Raqamli imzo tizimi|"1. Ma’lumotlar manbaini autentifikatsiyalovchi yoki xabarni autentifikatsiyalovchi kriptografik tizim. Subyektlarning ular avvalroq bajargan xatti-harakatlarini rad etishlaridan muhofaza qilish uchun mo‘ljallangan. 2. Oluvchiga, olingan ma’lumotlar to‘plamining haqiqiyligini va ma’lumotlarning, aynan, nomidan xabar yuborilgan jo‘natuvchi tomonidan yuborilganlik faktining ishonchliligini ta’minlaydigan protsedura hamda vositalar. " Raqamli imzoli xabar|"Shifrlanmagan, lekin raqamli imzoga ega bo‘lgan xabar. " Raqamli imzoni shakllantirish algoritmi|"Dastlabki ma’lumotlari sifatida xabar, imzo kaliti va raqamli imzo sxemasi parametrlaridan foydalaniladigan algoritm, natijada raqamli imzo shakllanadi. " Raqamli imzoni tekshirish algoritmi|"Dastlabki maʼlumotlari sifatida imzolangan xabar, tekshirish kaliti va raqamli imzo sxemasi parametrlaridan foydalaniladigan, raqamli imzoning to‘g‘riligi yoki xatoligi to‘g‘risidagi xulosa esa natijasi bo‘lib hisoblanadigan algoritm. " Raqamli iqtisodiyot|"1. Ishlab chiqarishning asosiy omili raqamli shakldagi ma’lumotlar hisoblanadigan xo‘jalik faoliyati, katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash va ularni tahlil qilish natijalaridan foydalanish, xo‘jalik yuritishning an’anaviy shakllariga nisbatan, ishlab chiqarishning har xil turlari, texnologiyalar, uskunalar, tovarlar va xizmatlarni saqlash, sotish, yetkazib berish samaradorligini sezilarli oshirish imkonini beradi. 2. Onlayn-xizmatlar taqdim etish bo‘yicha servislar, elektron to‘lovlar, Internet-savdo, kraudfanding va boshqalar kiradigan raqamli kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan faoliyat. Odatda, elektron tijorat, Internet-banking elektron to‘lovlar, Internet-reklama, shuningdek, Internet-o‘yinlar, raqamli iqtisodiyotning asosiy elementlari sifatida tilga olinadi. " Raqamli «iz»|"Ma’lumotlar elementining xarakteristikasi, masalan, kriptografik nazorat qiymati yoki ma’lumotlarga nisbatan bir tomonlama xeshlash funksiyasini bajarish natijasi. " (Raqamli) kadr|"Signalning to‘liq siklini tashkil etuvchi ketma-ket taym-slotlarning takrorlanuvchi to‘plami, bunda har bir taym-slotning nisbiy pozitsiyasi identifikatsiyalanadi. " Raqamli kira olish va kommutatsiyalash tizimi|"DS-0 (64 kbit/s) darajasiga T1 va E1 liniyalarini elektron usulda aks ettirish imkonini beradigan kommutator; DCS va DXS deb ham ataladi. " Raqamli klaviatura|"Standart klaviaturaning o‘ng tomonidagi, Num Lock indikatori yonib turganda sonli ma’lumotlarni tezda kiritish uchun mo‘ljallangan klavishlar bloki. " Raqamli kompyuter|"Diskret ma’lumotlarni qayta ishlash yo‘li bilan masalalarni hal etadigan kompyuter; bitta yoki undan ko‘p diskret o‘zgaruvchilar shaklida keyingi barcha funksiyalarni bajara oladigan, ya’ni a) kiritiladigan ma’lumotlarni qabul qiladigan; b) doimiy yoki o‘zgaradigan saqlash qurilmalarida ma’lumotlar yoki komandalarni saqlaydigan; c) o‘zgarishi mumkin bo‘lgan ko‘rsatmalarning yozilgan ketma-ketligi vositasida ma’lumotlarni qayta ishlaydigan; d) ma’lumotlar chiqarilishini ta’minlaydigan apparatura. " Raqamli konvert|"1. Xabarga qo‘shimcha qilinadigan hamda mo‘ljallangan oluvchiga xabar mazmunining yaxlitligini tekshirish imkonini beradigan ma’lumotlar. 2. Xabarlarni shifrlash uchun simmetrik kriptotizimdan, maxfiy kalitlarni shifrlash uchun esa asimmetrik kriptotizimdan foydalaniladigan mexanizm. Shu tarzda uzoq muddatli kalit asimmetrik kriptotizimga, seansli kalit simmetrik kriptotizimga tegishli bo‘ladi. " Raqamli ko‘p maqsadli disk|"DVD-diskka yuqori sifat bilan yozilgan video-fayl. MPEG-2 tasvir siqishda va Dolby Digital standartidagi tovushda ishlatiladi. Kinoqaroqchilik bilan kurashish maqsadida har bir DVD da region kodi ko‘rsatiladi, DVD-proigrivatellar esa disklarni faqat regionning tegishli kodi bilan qayta tiklashi mumkin. " Raqamli ma’lumotlar bazasi|"Raqamli ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar bazasi. " Raqamli mikrouyali simsiz aloqa tizimi|"1. O‘z foydalanuvchilariga, ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishdan himoyalangan yuqori sifatli barqaror aloqani ta’minlaydigan tizim. DECT standarti nutqli va faksimil aloqani, shuningdek, ma’lumotlar uzatishni ta’minlaydi. 2. Yevropa raqamli simsiz telekommunikatsiyalari. Yevropa simsiz telefon aloqa standarti. TDMA texnologiyasi asosida 1,8 GHz va 1,9 GHz chastota diapazonida ishlaydi. Kanalni dinamik tanlash/ajratish texnologiyasidan foydalanish bir nechta DECT telefoni foydalanuvchilariga so‘zlashuvni aynan bitta tayanch chastotada olib borish imkonini beradi. Paketlarni kommutatsiyalash usulini qo‘llash hisobiga, DECT ma’lumotlarni simsiz uzatish tezligi 522 Kbit/s gacha, kelajakda esa, 2 Mbit/s gacha yetishini ta’minlaydi. DECT/GSM ikkita standartli mobil tarmoqlar tarqalishi bilan DECT yanada ommaviylashadi. " Raqamli miksher|"Raqamli televizion signalning bir nechta ma’lumotlar oqimini qayta ishlash uchun mo‘ljallangan qurilma. " Raqamli modem|"Axborot uzatish uchun analog modemlarga nisbatan, yuqoriroq chastotalardan (4 kHz dan (1-2) MHz gacha) foydalanadigan modem. " Raqamli multipleks iyerarxiyasi|"Multipleksorlashning bir qator darajalari, bunda har bir daraja aniq bitreyt bilan tavsiflanadi va har bir daraja past darajadagi bitreyt bilan multipleksorlangan signallardan tashkil topgan raqamli signallar bilan ishlaydi. Izoh – XEI standartizatsiya sektori raqamli multipleks iyerarxiya-ning ikkita: plezioxron raqamli iyerarxiya va sinxron raqamli iyerarxiya turini standartlashtirgan. " Raqamli oqimlar va kanallarni ajratish apparaturasi|"Bo‘shagan pozitsiyalarga kiritiladigan signallar guruhiga kiradigan, iyerarxiya oldingi bosqichining qatʼiy belgilangan raqamli oqimiga tegishli bo‘lgan pozitsiyalarni raqamli signallar guruhidan ajratib olinishini taʼminlovchi apparatura. " Raqamli oqimlarni uzatishning ko‘p tezlikli texnologiyasi|"Ikki simli tarmoqdan ma’lumotlar o‘tish tezligini 2 Mbit/s gacha ta’minlab beruvchi texnologiya. Modulyatsiya usuli – 2BIQ. Barcha o‘tkazish yo‘li Е1 butun kanali va bir nechta nutq kanallari o‘rtasida bo‘linadi. " Raqamli ovoz yoziladigan kompakt disk|"Disk tovush yo‘lkalaridan tuzilgan bo‘lib, u 73 min davomida yuqori sifatli jarangli ma’lumotlarni berish imkoniga ega. Musiqani diskdan kompyuterga ko‘chirib olish maxsus dastur – grabberlar orqali amalga oshiriladi. " Raqamli resurslarni boshqarish|"Video, audio va fotoalbomlarga tez kira olish va kataloglash uchun mo‘ljallangan dasturiy vosita. Bunga Google Picasa ni yorqin misol qilib keltirish mumkin. " Raqamli savodxonlik|"Raqamli kompetentlikka (chuqur bilimga ega bo‘lishlikka) erishish, axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan ish, dam olish, muloqot uchun qat’iy va tanqidiy foydalanish uchun zarur bo‘lgan malaka. " Raqamli sertifikat|"Foydalanuvchi, kompyuter, server, kompaniya yoki boshqa obyektni identifikatsiya qilish uchun va ochiq kalitni obyekt bilan bog‘lash uchun xizmat qiladigan elektron hujjat. Raqamli sertifikat sertifikator (Certification Authority) tomonidan beriladi va shu sertifikatorning raqamli imzosi bilan ta’minlanadi. " Raqamli signallar protsessori|"Analog signallarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan protsessor (mikrosxema). Tovush kartalarida, ma’lumotlar to‘plash tizimlarida va tasvirlarga ishlov berishda foydalaniladi. " Raqamli tafovut|"Internetga kirish huquqi bo‘lganlar, Butunjahon o‘rgimchak to‘rida taklif qilinadigan yangi xizmatlardan foydalana oladiganlar bilan, bu xizmatlardan chiqarib tashlanganlar o‘rtasidagi farq. Izoh – Tayanch darajada fuqarolar va korxonalarning axborot jamiyatida ishtirok etishi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga, ya’ni kompyuterlar va Internet ulanishlar kabi elektron qurilmalar mavjudligiga bog‘liq. Raqamli tafovutni yosh, ma’lumot, jins, daromad, ijtimoiy guruhlar yoki geografik o‘ringa bog‘liq holda ishtirok etishdagi farqni tavsiflaydigan mezonlarga muvofiq tasniflash mumkin. " Raqamli tarmoq|"Ikki yoki bir nechta punkt o‘rtasida aloqani tashkil qilish maqsadida ular o‘rtasidagi raqamli bog‘lanishlarni yaratish uchun foydalaniladigan raqamli uzellar va raqamli ulovchi liniyalar majmui. " Raqamli taroqsimon filtr|"Televizion eshittirishda aralashib ketgan yorqinlik va ranglilik signallarini ajratadigan filtr. Bu texnologiya signalning buzilishini, rang shovqinlarini, «nuqtalarning sirpanish» effektlarini pasaytirish imkonini beradi. Televizion dasturlarda ba’zida kesishuvchi rang buzilishlari paydo bo‘ladi, (masalan, ko’rsatuv boshlovchisi yo‘l-yo‘l kostyum yoki mayda xol-xol ko‘ylak kiygan hollarda). Taroqsimon filtr bu buzilishlarni bartaraf etadi. Natijada tasvir aniqroq va tozaroq chiqadi. " Raqamli tasvir kanali|"Eshittirish televideniyesi raqamli traktining raqamli televizion videosignallarni shakllantirish, uzatish va qabul qilish uchun mo‘ljallangan qismi. " Raqamli televideniye|"Axborot raqamli signallar yordamida ifodalanadigan televideniye. " Raqamli televizion bog‘lovchi liniya|"Eshittirish televidenyiesi raqamli traktining qismlari o‘rtasida, raqamli televizion videosignallar va tovush signallarini, shuningdek, translyatsiya qilinishi zarur bo‘lgan maxsus ma’lumotlarni uzatish uchun mo‘ljallangan liniya. " Raqamli televizion dekoder|"Televizion videosignalni raqamli dekodlash qurilmasi. " Raqamli televizion eshittirish|"Raqamli eshittirish televideniyesining iste’molchiga televizion dasturlar va xizmatga oid axborotni uzatish uchun mo‘ljallangan tarkibiy qismi. Izoh – Xizmatga oid axborot deganda, metama’lumotlar, iste’molchining ma’lumotlari va h.k.lar tushuniladi. " (Raqamli televizion eshittirish tizimining) global modeli|"XEI tomonidan Xalqaro standartlashtirish tashkiloti bilan birgalikda yaratilgan va iste’molchilarga ommaviy ko‘p maqsadli axborot xizmatlari ko‘rsatishda raqamli televizion eshittirishdan foydalanishni ko‘zda tutadigan model. " Raqamli televizion kamera|"Tasvir signalini raqamli qayta ishlaydigan va chiqish televizion signallari raqamli bo‘lgan televizion kamera. " Raqamli televizion koder|"Televizion videosignalni raqamli kodlash qurilmasi. " Raqamli televizion qo‘shimcha moslama|"Raqamli televizion signalni qabul qilish va analog signalga o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan, analog televizorga qo‘yiladigan qo‘shimcha moslama. Izoh – Qo‘shimcha moslamaga multimedia funksiyalari yuklatilishi mumkin. " Raqamli televizion signal ma’lumotlar oqimini yashirin markalash|"Raqamli televizion signal ma’lumotlar oqimiga maxsus kalitsiz aniqlab bo‘lmaydigan va o‘chirilmaydigan kodni kiritish. Izoh – Bu kod materialning aslligini tekshirish imkonini beradi hamda yashirin axborotni tashish vositasini taqdim etadi. " Raqamli televizion signallar regeneratori|"Raqamli televizion videosignallar va tovush signallarining taktli sinxronlanishini tiklash uchun mo‘ljallangan qurilma. " Raqamli televizion sinov jadvali|"Elementlari eshittirish televideniyesining raqamli traktida yoki uning qismlarining chiqishida televizion tasvir parametrlari va xarakteristikalarini baholash uchun xizmat qiladigan standart tasvir. " Raqamli televizion videosignal|"Analog televizion videosignalni raqamli kodlash natijasida olingan televizion videosignal. " Raqamli televizion yo‘ldoshli liniya|"Raqamli televizion videosignallar va tovush signallarini, shuningdek, translyatsiya qilinishi zarur bo‘lgan maxsus ma’lumotlarni bitta yoki bir nechta aloqa yo‘ldoshi orqali uzatuvchi va qabul qiluvchi yer stansiyalari o‘rtasida uzatish uchun mo‘ljallangan radioliniya. " Raqamli (televizion) matritsali kommutator|"Raqamli televizion signal ma’lumotlarining kirish va chiqish oqimlarini qo‘shimcha tarzda qayta ishlash imkoniyati bilan, o‘z portlari o‘rtasida iste’molchilarning manzillarini hisobga olgan holda fizik bog‘lanishni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan qurilma. " Raqamli televizion o‘lchash signallari generatori|"Raqamli televizion o‘lchash signallarining parallel yoki ketma-ketlikdagi oqimlarini shakllantirish uchun mo‘ljallangan qurilma. " Raqamli televizor|"Televizion videosignallarni, sinxronizatsiya signallarini va tovush jo‘rligi signallarini raqamli qayta ishlash jarayonini o‘z ichiga olgan televizor. " Raqamli texnologiyalar asri|"Raqamli texnologiyalar global ravishda tarqalganda yuzaga kelgan atama. Bu jarayon zamonaviy hayotning ijtimoiy-madaniy jihatlariga sezilarli taʼsir ko‘rsatadi. " Raqamli tovush kanali|"Eshittirish televideniyesi raqamli traktining raqamli televizion tovush signallarini shakllantirish, uzatish va qabul qilish uchun mo‘ljallangan qismi. " Raqamli ulanish|"Telekommunikatsiyalar tarmog‘ining punktlari o‘rtasida raqamli signallarni uzatish uchun tashkil qilingan raqamli kanallar, kommutatsion va boshqa funksional bloklarni ketma-ket birlashtirish. " Raqamli universal disk|"Axborot tashuvchining turi. Bir qatlamli bir tomonlama «oddiy» DVD diskning sig‘imi 4,7 Gb ga (DVD-4,7) teng. Ikki tomonlama (DVD-10) hamda ikki qatlam (DVD-9) DVD-disklar mavjud. Ikki qatlamli ikki tomonlama super DVD disk (DVD-18) o‘zining axborot «sig‘imiga» ko‘ra, to‘rtta «oddiy» diskka teng. " Raqamli valyutalarni almashish onlayn-servisi|"Mijozlarga raqamli vositalarni boshqa aktivlarga, jumladan, milliy valyutalarga va boshqa raqamli valyutalarga ayirboshlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadigan veb-xizmat. Izoh – Bu atama bilan bir qatorda, «raqamli valyutalar birjasi», «raqamli valyutalar bilan savdolarni tashkillashtiruvchi», «savdo servisi», «elektron ayirboshlash maydoni» ta’riflari ham ishlatiladi. Bunday xizmatlar odatda, faqat onlayn-servislar taqdim etadi, barcha operatsiyalarni elektron shaklda amalga oshirgan holda. Biroq, valyutalarni ayirboshlashning an’anaviy usullari ham taklif qilinishi mumkin. Odatda operatsiyalar uchun vositachilik haqi olinadi. Bank kartalari bo‘yicha operatsiyalar, pul o‘tkazmalari, shu jumladan pochta o‘tkazmalari yoki raqamli valyutalarga ayirboshlash evaziga boshqa to‘lov shakllari amalga oshirilishi mumkin. Mijozdan raqamli valyutalar sotib olinganda, pul mablag‘lari bank hisobraqamlariga, shu jumladan, kartochka hisobraqamlariga o‘tkazilishi mumkin. " Raqamli video|"Raqamli shaklda yoziladigan va qayta ishlanadigan videosignal. " Raqamli videointerfeys|"Interfeys standarti va videotasvirlarni suyuq kristalli monitor, televizor, proyektor kabi raqamli aks ettirish qurilmalariga uzatish uchun mo‘ljallangan tegishli razyom. Digital Display Working Group konsorsiumi tomonidan ishlab chiqilgan. " Raqamli (video) kamera|"Bevosita raqamli shaklda (harakatlanadigan yoki harakatlanmaydigan) tasvirni yaratadigan, shuning uchun tasvirni xotiraga yozib olishdan yoki aloqa liniyasi bo‘ylab uzatishdan avval analog-raqamli o‘zgartirish talab etilmaydigan kamera. " Raqamli videosignal yozilgan interaktiv kompakt disk|"CD-ROMning bir turi bo‘lib, foydalanuvchining diskdan maxsus yozish formatiga ega, tasvir hamda tovush fayllarini ijro etishning sifatini oshirib beruvchi ma’lumotlarni o‘qishda (yozishda) boshqarishga xizmat qiladi. Raqamli videointeraktiv (DVI) formati ushbu disklar uchun muqobil format hisoblanadi. " Raqamli xavfsizlik|"Axborotning konfidensialligini, yaxlitligini va undan foydalana olishlikni, viruslar hujumidan va ruxstsiz aralashuvdan himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar kompleksi. " (Raqamli) tasvirni kodlash|"Tasvir (kadr) to‘g‘risidagi axborotning har bir elementi, masalan, kvantlangan qiymat belgilangan qoidalarga muvofiq, razryadlar ketma-ketligida taqdim etiladigan jarayon. Izoh – «Kodlash» atamasi rangli televideniyeda boshqa mazmunga ega. " Raqamli yo‘ldoshli televizion eshittirish|"Aloqa yo‘ldoshlarida va kosmik stansiyalarda joylashtiriladigan televizion retranslyatorlar orqali amalga oshiriladigan raqamli televizion eshittirish. " Raqamli o‘zgartirgich|"Nuqtalar koordinatalarini avtomatik raqamlash yo‘li bilan grafik axborotni (sxemalarni, chizmalarni) kiritish qurilmasi. " Raqamli chiqish|"Raqamli oqimni uzatish imkonini beradi. Fizik jihatdan elektrik (RCA ajratgich) yoki optik (Toslink ulagich) bo‘lishi mumkin. " Raqamni aniqlamaydigan qurilma|"Abonentga boshqa telefonlar tomonidan o‘z raqamini aniqlashni taqiqlash imkonini beradigan xizmat. " Raqamni avtomatik aniqlash apparaturasi|"Chaqirayotgan abonent oxirgi (terminal) abonent telefon qurilmasining kategoriyasi va raqamini aniqlash uchun mo‘ljallangan qurilma. " Raqamni ko‘chirish|"Bir operatordan boshqasiga o‘tishda abonent raqamini saqlash imkonini beradigan xizmat. " Raqamni qayta manzillash bilan chaqiruv|"Abonent raqami band bo‘lganda yoki ma’lum vaqt davomida javob bermaganida, barcha kiruvchi chaqiruvlarni saqlab qolish mumkinligi. Izoh − Barcha chaqiruvlar avtomatik ravishda boshqa raqamga o‘tkaziladi va ulardan navbat shakllantiriladi. Shuningdek, xabarlar abonentning tovushli pochta qutisiga jo‘natilishi ham mumkin. " Raqamni takrorlash xizmati|"Abonent uchun qisqa kodni terish orqali avval terilgan raqam bilan takroran bog‘lanish imkonini beradigan xizmat. " Rasm (shakl)|"Veb-sahifada illyustratsiya vazifasini bajaruvchi rasm. Texnik matnlar o‘zlashtirilishini osonlashtiradi. " Rasm va matn|"Ikkita tyunerli televizorlarda mumkin bo‘lgan, ekranning chap tomonida telematn, o‘ng tomonida esa o‘lchami rostlanadigan tasvir proyeksiyalanadigan dinamik funksiya. " Rasmda rasm (videokameralarda)|"Qandaydir yozuv yoki rasm yoxud obyektni suratga olib, keyin uni harakatlanmaydigan tasvir ko‘rinishida xotiraga kiritish. " Rasmiy hujjat matni|"Axborotning biror bir tashuvchisida qayd etilgan va hujjatdagi axborot nutqining barchasini yoki asosiy qismini o‘zida aks ettiruvchi axborot. " Rasmiy hujjat sanasi|"Hujjat tuzilgan yoki imzolangan sanani o‘z ichiga oluvchi rasmiy hujjat rekviziti. " Rasmiy hujjat sarlavhasi|"Hujjatning mazmunini qisqa bayon qiluvchi hujjat rekviziti. " Rasmiy hujjatni rasmiylashtirish|"Zarur rekvizitlarni qo‘yish. " Rasmiy parametr|"Protsedura sarlavhasida, protsedura e‘lon qilinadigan paytda ko‘rsatiladigan parametr. Protsedurani chaqirishda unga aniq (aktual) parametrlar beriladi. " Rasmiy til|"Sintaksisi va semantikasi ochiq ko‘rinishda, undan foydalangunga qadar berilgan til. Rasmiy tillarga, xususan, dasturlash tillari kiradi. " Rastr|"Tasvirlarni to‘g‘ri burchakli matritsaviy tasvir elementlari – piksellar shaklida taqdim qilish raqamli vositasi. Ular tasvirlarni yoki fazoviy obyektlarni rastrli ifodalash asosidir. " Rastrlash|"Vektor formatidagi ikki o‘lchamli tasvirni displey yoki printerga chiqarish uchun piksellar yoki nuqtalarga o‘girish. Vektorlashga teskari bo‘lgan jarayon. Atama XIX asrning o‘rtalarida chop etishning ofset usuli va sifatli chop etish uchun zarur bo‘lgan rastr texnologiyasi yaratilishi bilan paydo bo‘lgan. " Rastrli|"Grafik obyektni bitli ko‘rinishda, rastrli tasvirlanishi. Tasvir va shriftlarni «katakchali» ko‘rinishda ifodalash uchun qo‘llaniladi. Rastrli tasvirlarni taqdim etish formati, tasvirning har bir pikseliga uning rangini ifodalovchi bir nechta ikkilik razryad mos keladi. " Rastrli grafika|"Tasvir nuqtalar to‘plami ko‘rinishida taqdim etiladigan grafika. Har bir nuqta rastr elementi deyiladi, uning tavsifi maxsus rastrli fayllarda saqlanadi. Rastrli fayllarning bir nechta formati bor, masalan, Windows da foydalaniladigan, apparat jihatdan mustaqil rastrli format DIB (Device Independent Bitmap). " Rastrli operatsiyalar kodi|"Eski va yangi tasvir piksellarini tenglash yo‘li ko‘rsatgichi. Odatda boshlang‘ich tasvir oddiygina natija tasvir bilan qayta yoziladi. " Rastrli protsessor|"Rastrli tasvirlarni fototerish avtomatida yoki raqamli bosma tizimda chiqarish vositasi. " Rastrli tasvir|"Alohida oddiy elementlar bo‘lmish piksellardan qatorlab shakllantirilgan tasvir. Tasvir matritsasidagi ko‘p sonli piksellar uning shunday shaklini taʼminlaydiki, unda nuqtalar bir biri bilan deyarli qo‘shilib ketadi. Rastrli grafikaning muhim fazilati bo‘lib, u tasvirlarga ishlov berishni ancha yengillashtirish, tasvirning har bir elementini tahrir qilish imkonidir. Rastrli tasvirlarning kamchiligi ohista o‘zgara-digan egri chiziqlarni yarata olmasligidir. Masalan, aylana har doim siniq egri chiziq shaklida tasvirlanadi. Bu sinishlarni tasvir rastri nuqtalari sonini oshirish hisobiga kamaytirish mumkin, ammo to‘liq yo‘q qilib bo‘lmaydi. " Rastrli to‘sig‘i (parallaks to‘sig‘i) bo‘lgan stereoskopik kineskop (displey)|"Stereoskopik kineskop, bunda to‘r shaklidagi niqob ekranning old qismida ikki tomonga yo‘naltirilgan yorug‘lik bo‘lgich (tasvir ajratgich) ni hosil qiladi, shuning uchun, chap va o‘ng ko‘z uchun navbatma-navbat ko‘rsatiladigan tasvirlarni ajratish uchun boshqa vositalar (masalan, ko‘zoynak) ga zarurat bo‘lmaydi. " Rastrli-vektorli o‘zgartirish|"Obyektlarni rastrli ifodalashdan vektorli shaklga avtomatik yoki yarimavtomatik ravishda aylantirish. " Rasshifrovkalash|"Oldindan aniqlangan algoritm yordamida shifrlangan matnni o‘qish uchun yaroqli matnga o‘girish jarayoni. Shifrlash jarayoniga teskari operatsiya. " Raund|"Faystel shifridagi va arxitektura jihatdan unga yaqin bo‘lgan shifrlardagi shifrlashning bitta qadami. Shifrlash jarayonida shifrlanadigan blokning bitta yoki bir nechta qismi o‘zgarishga uchraydi. " Raund kaliti|"Kriptoalgoritm kalitidan olinadigan va shifrlashning bir raundida Fеystel shifri hamda o‘xshash kriptoalgoritmlar tomonidan foydalaniladigan maxfiy element. " Ravon to‘lqin o‘tkazgichli o‘tish|"Ko‘ndalang kesimi asta-sekin o‘zgaradigan to‘lqin o‘tkazgichli seksiya. Kesimi turlicha bo‘lgan to‘lqin o‘tkazgichlarni biriktirish uchun qo‘llaniladi. " Razryad|"Pozitsion sanoq tizimida raqam egallaydigan, tartib raqamiga ega joy. So‘zda har qanday simvolning joyi. Razryad raqami birdan boshlab chapdan o‘ngga hisoblanadi. Razryadlarning umumiy soni so‘zning uzunligini belgilaydi. " Razryad ahamiyati|"Razryadning kodli so‘zdagi pozitsiyasi bilan ifodalanadigan qiymat. " Real ochiq tizim xavfsizligi|"Uskuna, dasturiy ta’minot va ma’lumotlarni, tasodifiy hamda ataylab qilinadigan o‘zgartirishlardan, ochish va buzishdan muhofaza qilish uchun, real ochiq tizimda qo‘llaniladigan texnologik va ma’muriy himoya chora-tadbirlari. " Real vaqt rejimi|"Hisoblash tizimining ishlash rejimi, bunda tashqi muhitda yuz beradigan jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qayta ishlash, jarayonlar o‘zi kechadigan sur’atda kechadi. " Real vaqt rejimida hisoblashlar|"Foydalanuvchi yoki tashqi protsessorlar tezligida axborotni qayta ishlash rejimi. " Real vaqt tizimlari|"Real vaqt rejimida turli xil texnik, harbiy va boshqa obyektlarni boshqarish uchun mo‘ljallangan hisoblash tizimlari. Apparaturaga va dasturiy ta’minotga, shu jumladan, operatsion tizimga: tizim javob vaqtining, ya’ni operatsion tizim bajarilishi kutilayotgan vaqtning oshishiga yo‘l qo‘ymasdik uchun qo‘yiladigan asosiy talab bilan tavsiflanadi. " Real vaqtda uzatish protokoli|"IPv6 (Internet protocol, ver.6) protokoli tarkibiga kiradigan protokollardan biri. Ko‘p yoki bir manzilli xizmatlardan foydalanib, ma’lumotlarni real vaqtda (masalan, audio va videoma’lumotlar yoki modellash ma’lumotlari) uzatuvchi tarmoqda ilovalar uchun ochiq uzatish funksiyasini ta’minlash uchun loyihalashtirilgan. RTP protokoli foydali yuklama turini identifikatsiyalash, ketma-ketliklarni raqamlash, vaqt belgilari bilan ta’minlash va real vaqt ilovalarini yetkazish monitoringi kabi xizmatlarni taqdim etadi. " Redaktor|"Foydalanuvchiga klaviaturadan dasturlarning boshlang‘ich matnini kiritish va o‘zgartirish, shuningdek, ixtiyoriy matnli fayllar bilan ishlash imkonini beradigan dastur. " Redirekt|"Qar.: Qayta marshrutlash. " Referer|"HTTP protokolida mijoz so‘rovlari sarlavhalaridan biri. So‘rov manbaining URL manzilini saqlaydi. Biror bir veb-sahifadan boshqa sahifaga o‘tganda referer birinchi sahifaning manzilini saqlab qoladi. HTTP serverida o‘rnatilgan dasturiy taʼminot refererni tahlil qilib, undan turli maʼlumotlarni olishi mumkin. " Regenerator|"Uzatish jarayonida qisman buzilgan raqamli signalni dastlabki signalga aylantiruvchi qurilma. " Regeneratsiya qilish|"Qisman buzilgan raqamli axborot va tasvir elementlarini tiklash tartiboti. " Region; zona; rayon|"Yer sharining, doirasida chastotalar polosalari taqsimlanishining yagona qoidalari amal qiladigan qismi. Butun Yer shari shartli ravishda uchta rayonga bo‘lingan bo‘lib, (ITU tavsiyalari), Radioaloqalar Reglamentida ularning har biri uchun tegishli talablar mavjud. " Regional hisoblash tarmog‘i|"Masshtab bo‘yicha lokal va global tarmoqlar o‘rtasidagi oraliq tarmoq. " Registr|"Jismonan protsessorda joylashgan va katta bo‘lmagan ma’lumotlarni vaqtincha saqlash, ulardan tez foydalanish imkonini beradigan qurilma. " Registr nomi|"Protsessorning har bir registrini aniqlaydigan identifikator (harfli yoki harf-raqamli belgi). " Registr uchun ta’sirli|"Harflar registrlarini taniydigan ma’lumotlar. Bular «password» turidagi maydonlar, konsol komandalari va *nix kabi operatsion tizimlardagi fayllarning nomlari. " Registr uchun ta’sirli bo‘lmagan|"Bosh va kichik harflar bir xil ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlar. Bular Windows operatsion tizimining matnli maydonlari va konsol komandalaridir. " «Registrlar tablosi» usuli|"RISC-protsessorlarda konveyerlar samarali yuklanishini ta’minlash va komandalarning o‘tish tartibi o‘zgartirilgan holda, ularning birgalikda bajarilishini tashkil qilish uchun qo‘llaniladigan usul. " Registrli fayl|"Dasturchi foydalana olishi mumkin bo‘lgan protsessor registrlarining jami. " Registrli manzillash|"Operand maydonida komandaга, xotiraning bajaruvchi manzilini ichiga oladigan umumiy maqsadlardagi registrlardan birining raqami beriladigan manzillash usuli. " Registrli o‘zgaruvchi|"Translyator tezkor xotira yacheykasini emas, balki protsessor registrini ajratadigan o‘zgaruvchi. " Reglament|"Odatda, bosqichlarning talab qilinadigan bajarilish muddatlari ko‘rsatilgan holda, biznes-jarayonni bajarish uchun, qatnashchilar guruhi bosib o‘tadigan bosqichlar tartib bilan tavsiflanadigan va sanab o‘tiladigan hujjat. " Regressiv testlash|"Tahrir qilingan dasturiy ta’minotni, avval ishlagan funksiyalarning ishlash qobiliyatini tekshirish maqsadida testlash. " Regressiya|"Maʼlumotlarni intellektual tahlil qilish texnikasi. Bir necha ko‘paytmali tenglamalarda ishlatiladi. Regressiyaning eng sodda turi chiziqli regressiyadir. " Reinjiniring|"Axborot texnologiyalari asosida biznes jarayonlarni takror, takomillashtirilgan tarzda loyihalash. " Rejalashtirish|"Ketma-ket bajarilishi (yoki erishilishi) tizim oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishishga olib keladigan harakatlar, kichik vazifalar, operatsiyalar, kichik maqsadlar ketma-ketligini tuzish jarayoni. Intellektual tizimlarda rejalashtirish vazifalar makonida yoki holatlar makonida amalga oshirilishi mumkin. " Rejalashtirmoq|"Rejalar tuzish, vazifalarni hal qilishning borishi, ularning ketma-ketligi va x.k. bilan bog‘liq harakat. " Rejalashtiruvchi|"Harakatlar rejasini izlash uchun mo‘ljallangan dasturiy vositalar kompleksi. " Rejektorli filtr|"Uncha qimmat bo‘lmagan televizorlarda taroqsimon filtrning o‘rnini bosuvchi sxema. Yorqinlik va ranglilik signallarini ajratadi. " Rejim biti|"Tizim registrida saqlanadigan va tizim rejimi uchun 0 ga teng va foydalanuvchi rejimi uchun 1 ga teng komandalarni bajarishning joriy rejimini belgilaydigan bit. " Rejimli obyektlar|"Texnologik ishlab chiqarishi, hisobotlari davlat siri hisoblanadigan ma’lumotlarni o‘z ichiga oladigan tashkilotlar. " Reklama|"Qar.: Internet reklama. " Reklama dasturiy taʼminoti|"Foydalanuvchining ruxsati bilan yoki ruxsatisiz reklamani namoyish qiluvchi dastur. Bunday dasturiy taʼminot yashirin tarzda yoki foydalanuvchini chalkashtirib ishlamaydi, balki foydalanuvchiga yangi xizmatlarni taklif etadi. " Reklama maydonchasi|"Veb-sahifada grafik yoki matnli reklama bannerlari materiallarini joylashtirish uchun ajratilgan o‘rin. Reklama o‘rinlari odatda standart o‘lchamlarga ega bo‘ladi (masalan, 100x100, 468X60, 600X90 piksel). " Reklama tarmog‘i|"Muayyan reklama o‘rinlarida reklama materiallarini joylashtirishni boshqarish tizimi. Tarmoqlar turli reklama maydonchalaridagi reklama o‘rinlarini birlashtirishi mumkin (masalan, banner ayirboshlovchi tarmoq, banner xarid tarmoqlari) yoki bir saytning yoki portalning ichida (ichki tarmoqlar) ishlatiladi. " Reklama o‘rni|"Qar.: Reklama maydonchasi. " Rekombinatsiya koeffitsiyenti|"Hajm birligidagi ionlashtirilgan zarralarni vaqt birligiga birlashtirish ehtimolligini tavsiflovchi koeffitsiyent. " Rekursiv filtr|"Chiqishdan kirishga teskari bog‘lanishga va tuganmas impulsli javobga ega raqamli filtr. " Rekursiv funksiya|"O‘ziga-o‘zi murojaat qiladigan funksiya. Rekursiv funksiyalardan funksional dasturlash tillarida, xususan, LISP tilida keng foydalaniladi. " Rekursiya|"Kichik dastur yoki funksiyaning, bajarilish paytida iterativ operatsiyani bajarish uchun o‘zini-o‘zi chaqirish qobiliyati. " Relevantlik|"Izlash mashinalarida ‒ tanlangan axborotning izlash mezonlariga mos kelish darajasi. " Reley qonuni|"Sochilgan yorug‘lik intensivligi yorug‘lik to‘lqin uzunligining to‘rtinchi darajasiga teskari proporsional bo‘lishini belgilaydigan fizik qonun. " Relyatsion ma’lumotlar bazasi|"O‘zaro bog‘langan ikki o‘lchamli (relyatsion) jadvallar yig‘indisi. Har bir jadval bitta mohiyatni aks ettiradi. Relyatsion ma’lumotlar bazasida ikkita jadval orasidagi aloqalar aloqa kaliti (bosh jadval kaliti) orqali ta’minlanadi. Ma’lumotlar bazasi bilan ishlash uchun, jadvallardan, shakllar, so‘rovlar, hisobotlar, makroslar va modullardan foydalaniladi. Jadvallar ma’lumotlar bazasida axborotni saqlash uchun foydalanuvchilar tomonidan tuziladi, bunda har bir mohiyatga bitta jadval mos keladi. Jadval (maydon) ustunlari rekvizitlarning qiymatlarini, jadval (yozuv) satrlari esa, mohiyat nusxalarini ichiga oladi. " Relyatsion ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (RMBBT)|"Relyatsion model asosida tuzilgan, relyatsion ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi. Har bir relyatsion ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi – bu, jadvallarni qayta ishlashga spetsifik yetarlicha kuchli dasturlash tilidir. Bu tizimlarning oxirgi versiyalari na faqat yaxshi tezlik sifatlariga, balki qulay foydalanuvchi interfeysiga ham ega. Bu tizim tarkibiga odatda tuzimlastirilgan so‘rovlar tili kiradi. Shaxsiy kompyuterlar uchun belgilangan ko‘plab relyatsion ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi tarkibiga uchta modul: komanda tili, talqin qiladigan va/yoki kompilyatsiyalovchi tizim va foydalanuvchi qobig‘i kiradi. " Relyatsion model|"Ma’lumotlar tuzilmasini, ma’lumotlar ustidagi yo‘l qo‘yiladigan operatsiyalar, ma’lumotlarning yaxlitligi ta’minlanadigan maxsus qoidalar tavsiflangan ma’lumotlar modeli. Edgar Kodd tomonidan IBM firmasida 1970-yilda ishlab chiqilgan. An’anaviy nazariy ko‘plik operatsiyalar (birlashtirish, kesishish, farq va dekart ko‘paytmasi) va maxsus relyatsion operatsiyalar (seleksiya, proeksiya, birlashtirish va bo‘lish) yo‘l qo‘yiladigan ikki o‘lchamli jadvallar ko‘rinishida taqdim etiladi. Modeldan foydalanish, ham relyatsion ma’lumotlar bazalarini, ham relyatsion ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimini yaratish imkonini berdi. " Remultipleksorlash|"Mahalliy transport oqimiga aloqa liniyasi bo‘yicha keluvchi, boshqa vaqt bazasiga ega bo‘lgan «begona» transport oqimini kiritish. " Rendering|"1. Ekranda rang, soyalarni (uch o‘lchamli electron grafikada) qo‘shish uchun matematik modellar (formulalar)dan foydalanib amaliy tasvirlarni yaratish jarayoni. 2. Kompyuter dasturi yordamida (masalan, maʼlumotlar tuzilmasi ko‘rinishida) tasvir olish, vizuallashtirish. " Repiter (takrorlagich)|"Tarmoq elementlari orasida kabel uzunligi oshganda, kompyuter tarmog‘idagi signalni kuchaytiradigan va regeneratsiyalaydigan elektron qurilma. " Repozitoriy|"Qandaydir ma’lumotlar saqlanadigan va ta’minlanadigan joy, omborxona. Ma’lumotlar repozitoriyda ko‘pincha, keyinchalik tarmoq bo‘ylab tarqatish mumkin bo‘ladigan fayllar ko‘rinishida saqlanadi. " Reselling|"1. Xosting resellingi. Serverni qismlarga ajratib, uning quvvatlarini boshqa provayderlarga sotish. 2. Domenlar resellingi. Domen administratoridan domen nomlarini sotib olib, ularni boshqalarga sotish. " Resiver|"Qar.: Raqamli televizion qo‘shimcha moslama. " Resurs|"1. Tizimning, foydalanuvchiga yoki jarayonga ajratilishi mumkin bo‘lgan, mantiqiy yoki fizik qismi. 2. Hisoblash tizimi komponentlaridan istalgani va u taqdim etadigan imkoniyatlar. " Resurs bloki|"LTE kanalda uzatish resursi birligi, 0,5 ms vaqt intervali mobaynida egallanadigan 12 ta subchastota intervalidan tashkil topgan. Summar resurs bloki chastotalar polosasi 180 kHz ga teng. Binobarin, maksimal chastotalar diapazonidagi resurs bloklari soni 36 MHz/180 kHz = 200. " Resurslarni boshqarish kichik tizim|"Kompyuterning tezkor va tashqi xotirasi, protsessor va b.q. hisoblash resurslarini boshqaradigan operatsion tizimning bir qismi. " Resurslarni rejalash|"Ko‘p sonli foydalanuvchilar, jarayonlar yoki kanallar o‘rtasida resurslarni dinamik yoki statik taqsimlash tartiboti. Rejalashtirish algoritmlari potensiial ehtiyojlarining tahlili, resurslarning kelib tushgan so‘rovlarga muvofiq ravishda taqsimlanishi, taqismlangan resurslardan foydalanish samaradorligini kuzatib borish va bo‘sh resurslarni aniqlash, shuningdek, bir nechta foydalanuvchining aynan bir resursga bir vaqtda murojaat qilishi oqibatida yuzaga keladigan ixtiloflarning hal etilishiga asoslanadi. " Resurslarni zaxiralash protokoli|"IP-protokolida ishlaydi. Vaqtinchalik uzilishlarga sezgir trafikni Internet orqali uzatishda xizmat qiladi. " Retranslyator|"Interfeyslararo almashinishda, ma’lumotlarning o‘zgartirilishini ta’minlaydigan qurilma. " Retranslyator-o‘zgartirgich, transpozer|"Kelayotgan signal chastotasi qayta nurlanishgacha demodulyatsiyasiz o‘zgaradigan retranslyator. " Retranslyatsion antenna|"Machtaga o‘rnatilgan, ikkita qarama-qarshi yo‘naltirilgan ko‘zguli antenna. " Retranslyatsion qabul qilgich|"Tovushli yoki televizion radioeshittirish uzatgichlaridan eshittirishni qabul qilish va retranslyatsiya qilish uchun tovushli va videochastota dasturiy signallarini uzatish uchun maxsus loyihalashtirilgan radioqabulqilgich. " Retranslyatsiya|"Tovushli yoki televizion eshittirish dasturini qabul qilish va bir vaqtda uni qayta nurlantirish. Izoh – Taalluqli atama «retranslyatsiya qilish». " Retranslyatsiya qilish bilan yomon niyatda qilinadigan ta’sir|"Autentifikatsiyaga yomon niyatda ta’sir ko‘rsatish. Bunda autentifikatsion axborot almashinuvi tutib olinadi va darhol retranslyatsiya qilinadi. " Retranslyatsiya qilish tizimi|"Maʼlumotlar uzatish yoki protokollarni o‘zgartirishga mo‘ljallangan axborot tizimi. Turli arxitekturaga ega bo‘lgan tarmoqlarni birlashtiradi. Qayta uzatish tizimlarida har bir tarmoq to‘la muxtoriyatga va o‘zining boshqarish vositalariga ega. O‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun, qayta uzatuvchi tizimlar quyidagilarni amalga oshiradi: - maʼlumotlar kommunikatsiyasi va ularni marshrutlash; - ulanadigan kommunikatsiya tarmoqlarida yoki tarmoqlar qismlarida protokollarni moslash; - maʼlumotlar bloklarini tarmoqlar yoki ularning qismlari orasida uzatish; - maʼlumotlar bloklarini, agar tarmoqlarda (ularning qismlarida) ular turli o‘lchovlarga ega bo‘lsalar, yiriklashtirish yoki kichraytirish; tizimlar buferlari toshib ketishi va yuz bergan nosozliklar to‘g‘risida xabar berish; - rad qilishlar va nosozliklardan so‘ng ishni qayta tiklash; - ulanayotgan tarmoqlar yoki ularning qismlari holatini aniqlash. " Retranslyatsiya stansiyasi|"Bitta yoki bir nechta retranslyatordan iborat bo‘lgan, ular uchun antenna va tegishli uskunalarga ega stansiya. " Retseptor|"Elektromagnit signal va/yoki elektromagnit xalaqitni sezuvchi texnik vosita. " Revers|"Odatda oldingi simvolni o‘chirish bilan ekrandagi kursorni orqaga qaytarishni boshqaruvchi simvol (CTRL-H yoki ASCII jadvalidagi 08h simvoli) yoki klavish. Odatda matn kiritilayotganda terish xatolarini to‘g‘rilashda qo‘llaniladi. Boshqa qurilmalarda esa (masalan, teletayp yoki matritsali printerlarda) ushbu simvol bosmaga chiqaruvchi printer kallagini oldingi holatiga qaytarish vazifasini o‘taydi. " Revers-injiniring|"Maʼlum qurilma yoki dasturni, shuningdek, ularning hujjatlarini, ishlash tamoyilini tushunish maqsadida va ko‘pincha ushbu qurilma, dastur yoki boshqa obyektni to‘liq nusxalamasdan, ularning o‘xshash funksiyali analogini yaratish maqsadida tadqiq etish. Odatda original obyektning yaratuvchisi o‘sha obyektning tuzilmasi va yaratish (ishlab chiqarish) usuli to‘g‘risidagi maʼlumotni taqdim etmagan holda qo‘llaniladi. Revers- injiniringdan foydalanish mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonun va patent qonunchiligiga zid bo‘lishi mumkin. " Reyestr|"Metamaʼlumotlar sxemalaridan foydalanishga asoslangan, doimiy identifikator uchun reyestrda izlash imkoniyati bilan taʼminlaydigan raqamli obyektlar to‘g‘risidagi meta-maʼlumotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va metamaʼlumotlar sxemalarini saqlash mexanizmi. " Rezerv qurilma|"1. Asosiy uskuna nosoz holatda bo‘lganda, ishonchlilikni oshirish uchun xizmat qiladigan qo‘shimcha qurilma. 2. Hujjat, xabar yoki faylning asli shikastlanganda foydalanish uchun yaratiladigan zaxira nusxasi. " Rezerv so‘z|"Protsedura, funksiya yoki biror operatorning yoki xizmatga oid o‘zgaruvchining nomi (identifikatori) bo‘lib, dasturchining o‘zi kiritadigan o‘zgaruvchi, protsedura yoki funksiyaning nomi sifatida ishlatib bo‘lmaydi. " Rezident|"Qar.: Rezident dastur. " Rezident bo‘lmagan tom|"Operatsion tizimning katalogi joylashgan tom. " Rezident dastur|"Operatsion tizim qobig‘iga boshqaruvni, yoki operatsion tizim ustidan sozlashni (Norton Commander va sh.k.) qaytarib bergan, lekin shaxsiy kompyuterning tezkor xotirasida qolgan operatsion tizimdagi MS-DOS dasturi. " Rezident viruslar|"Kompyuterni zararlashda tezkor xotirada o‘zining rezident qismini qoldiradigan viruslar. Bu rezident qism operatsion tizimning zararlangan obyektlarga (fayllarga, disklarning yuklash sektorlariga) murojaatini tutib oladi va ularga kiradi. Rezident viruslar xotirada bo‘ladi va kompyuter o‘chirilgunga yoki qayta yuklangunga qadar aktivligicha qoladi. " Rezistor|"Elektronikada qo‘llaniladigan, elektromagnit nurlanishni energiyaning boshqa turlariga aylantirishni taʼminlaydigan yarimo‘tkazgichli asbob. " Rezonans antenna|"Chastotalarning tor intervalida o‘z xarakteristikalari va parametrlarini saqlab qoladigan antenna. " Rid-Myuller kodi|"Uzunligi 2n bo‘lgan biortogonal kodning ko‘rinishlaridan biri hisoblanadigan ikkilik siklik kodlar turkumi, bu yerda n – butun son. " Rid-Solomon kodi|"1. Blokning berilgan uzunligida, so‘zlar o‘rtasidagi minimal masofani ta’minlaydigan 2m o‘lchamli ikkilik bo‘lmagan blokli kodlarning quyi toifasi. Blokdagi xatolar tuzatilisinii ta’minlaydi. 2. MPEG-2 transport paketlari baytlarida xatolarni tuzatishga imkon beradigan ikkilik bo‘lmagan siklik kod. " Rirproyeksiya|"Elektron apparatura yordamida ikkita (yoki undan ko‘p) alohida tasvirdan tashkil topgan, jamlanganda ma’no jihatidan tugallangan sahna ko‘rinishini hosil qiluvchi, kombinatsiyalangan televizion tasvirni olish usuli. " Risk|"Maqsadga ta’sir ko‘rsatishning noma’lum natijasi. Izohlar 1. Ta’sir ko‘rsatish natijasi – bu, taxmin qilingan maqsaddan chetga chiqishdir (ijobiy va/yoki salbiy). 2. Maqsadlar turli aspektlarga ega bo‘lishi (masalan, moliyaviy, xodimlar xavfsizligi va salomatligini saqlash, axborot xavfsizligi, ekologik) va turli darajalarda (strategik, tashkilot, loyiha, mahsulot yoki jarayon darajasida) qo‘llanilishi mumkin. 3. Risk odatda, potensial voqea-hodisalar va oqibatlar bilan yoki ularning birikmasi bilan tavsiflanadi. 4. Axborot xavfsizligi riski odatda, axborot xavfsizligi voqea-hodisalarining oqibatlari birikmasi ko‘rinishida va ular bilan bog‘liq bo‘lgan yuzaga kelish ehtimolligi ko‘rinishida ifodalanadi. 5. Noaniqlik – bu, hodisani tushunish yoki u to‘g‘rida bilish, uning oqibatlari yoki yuzaga kelish ehtimolligi bilan bog‘liq axborotning yetarli bo‘lmaslik (hatto qisman bo‘lsa ham) holatidir. 6. Axborot xavfsizligi riski axborot aktivlari zaifliklaridan yoki tahdidlar amalga oshirilishida axborot aktivlari guruhining zaifliklaridan foydalaniladigan holda tashkilotga zarar yetkazish ehtimolligi bilan assotsiatsiyalanadi. " Risk darajasi|"Risk oqibatlari va ular ehtimolligi birikmasini ifodalaydigan risk kattaligi. " Risk egasi|"Riskni boshqarish bo‘yicha javobgar bo‘lgan va vakolatga ega jismoniy shaxs yoki mantiqiy obyekt. " Risk mezonlari|"Riskning ahamiyatini baholaydigan belgilar. Izohlar 1. Risk mezonlari tashkilot maqsadlariga, shuningdek, ichki va tashqi vaziyatlarga asoslanadi. 2. Risk mezonlari standartlar, qonunlar, siyosatlar va boshqa talablardan olinishi mumkin. " Risk taqsimoti|"Bir nechta tomonlar o‘rtasida riskning kelishilgan holda taqsimlanishini ichiga oladigan riskni qaya ishlash shakli. Izohlar 1. Qonuniy yoki majburiy talablar, risk taqsimlanishi o‘tkazilishini cheklashi, ta’qiqlashi yoki buyurishi mumkin. 2. Riskning taqsimlanishi o‘zida sug‘urta qilishni ifodalashi yoki shartnoma (kontrakt) shaklini olishi mumkin. 3. Risk taqsimlanishi bo‘yicha shartnoma shartlarida riskning aniqligi va mazmunan bir xilligiga bog‘liq bo‘lgungacha bo‘lgan daraja. 4. Riskni ko‘chirish riskni tasqimlash shakli hisoblanadi. " Risklar turkumi|"Ma’lum bir, masalan, muayyan kichik tizimga yoki resurs turiga tegishli belgiga qarab ajratilgan, axborot xavfsizligiga bo‘ladigan ko‘plab tahdidlar. " Risklarni boshqarish|"1. Tizimlar yoki tarmoqlar xavfsizligi sohasida boshqarish amaliyoti davomida ishlab chiqilgan operatsiyalar ketma-ketligi. 2. Risklarni baholashga muvofiq, qarshi chora-tadbirlarni belgilash jarayoni. 3. Riskka nisbatan tashkilotga rahbarlik qilish va uni boshqarish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan faoliyat. Izoh – Risklarni boshqarish, odatda, risklarni aniqlash, risklarni qayta ishlash, risklarni qabul qilish va risklar to‘g‘risida xabar berishni o‘z ichiga oladi. " Risklarning asosiy tahlili|"Axborot xavfsizligi asosiy darajasining talablariga muvofiq o‘tkaziladigan riskni tahlil qilish. " Riskni aniqlash|"Riskni identifikatsiya qilish, risk tahlili va riskni baholashni ichiga oladigan jarayon. " Riskni baholash|"1. Riskni tahlil qilish natijalarini risk va/yoki uning kattaligi maqbul yoki yo‘l qo‘yib bo‘lishligini aniqlash uchun risk mezonlari bilan taqqoslash jarayoni. Izoh – Riskni qiyosiy baholashdan riskni qayta ishlash to‘g‘risida qaror qabul qilishda foydalanilishi mumkin. 2. Ma’lum bo‘lgan va taxmin qilinayotgan tahdidlar va zaif tomonlarni tahlil qilish usuli. Kutilayotgan zarar miqdorini va uning tizim ishi uchun maqbullik darajasini aniqlash imkonini beradi. 3. Risklarni identifikatsiya qilish, ularni tavsiflash uchun parametrlar tanlash va bu parametrlar bo‘yicha baho olish. " Riskni boshqarish jarayoni|"Tashkilotni boshqarish siyosati, protseduralari va usullariga muvofiq bajariladigan, axborot almashinuvi, maslahatlashuvlar, maqsadlarni belgilash, qo‘llash sohasi, riskni identifikatsiya qilish, tadqiq qilish, baholash, qayta ishlash, monitoring va tahlil qilish bo‘yicha o‘zaro bog‘langan xatti-harakatlar. Izoh – Riskni boshqarishni to‘liq tavsiflash uchun «jarayon» atamasidan foydalaniladi. Riskni boshqarish jarayoni doirasidagi elementlar «faoliyat» deb ataladi. " Riskni identifikatsiya qilish|"Riskni aniqlash, ro‘yxatini tuzish va tavsiflash jarayoni. Izohlar 1. Riskni identifikatsiya qilish riskning manbalarini, hodisalarini, ularning sabablari va ro‘y berishi mumkin bo‘lgan oqibatlarini o‘z ichiga oladi. 2. Riskni identifikatsiya qilish, shuningdek, xronologik ma’lumotlar tahlilini, ekspert baholashlarni va manfaatdor tomonlarning ehtiyojlarini o‘z ichiga oladi. " Riskni qabul qilish|"1. Riskni qabul qilish qarori. 2. Ma’muriyatning, qoida bo‘yicha, texnik yoki moliyaviy sabablarga ko‘ra riskning ba’zi bir darajasini ma’qul deb hisoblaydigan qarori. " Riskni qayta ishlash|"Riskni modifikatsiyalash jarayoni. Izohlar 1. Riskni qayta ishlash: - risk jarayoni yoki uning natijasida xavfli hodisa yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan faoliyatni boshlamaslik yoki davom ettirmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilish yordamida riskning oldi olinishini; - yanada keng imkoniyatlarni ta’minlash uchun riskning qabul qilinishini yoki riskning oshirilishini; - risk manbai bartaraf etilishini; - xavfli hodisa ehtimolligi o‘zgarishini; - xavfli hodisa oqibatlari o‘zgarishini; - boshqa tomon yoki tomonlar bilan riskning taqsimlanishini (shartnomalarga kiritish va riskni qayta ishlashni moliyalashtirish yo‘li bilan); - riskni saqlash to‘g‘risida asoslangan qarorni o‘z ichiga olishi mumkin. 2. Riskni qayta ishlash riskning bartaraf etilishi, oldi olinishi yoki kamaytirilishini o‘z ichiga olishi mumkin. 3. Riskni qayta ishlashda yangi risklar vujudga kelishi yoki mavjud risklar o‘zgartirilishi mumkin. " Riskni tahlil qilish|"1. Risk tabiati va xususiyatini o‘rganish va risk darajasini aniqlash jarayoni. Izohlar 1. Riskni tahlil qilish riskni baholash va riskni qayta ishlash to‘g‘risida qaror qabul qilinishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 2. Riskni tahlil qilish riskning miqdor jihatdan baholanishini o‘z ichiga oladi. 2. Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi resurslarini, bu resurslarga tahdidlarni va bu tahdidlarga nisbatan tizimning zaifliklarini identifikatsiya qilish protseduralarining muntazam bajarilishi. 3. Umuman tizim xavfsizligiga va uning alohida (nafaqat texnik) komponentlariga tahdidlarni, tahdidlar xarakteristikasini va ular amalga oshirilganda yetkazilishi mumkin bo‘lgan potensial zararni aniqlash, shuningdek, himoya choralarini ishlab chiqish jarayoni. " Riskni to‘liq tahlil qilish|"Axborot xavfsizligi sohasida oshirilgan (muhofaza qilinganlikning bazaviy darajasiga qaraganda yuqoriroq bo‘lgan) talablar qo‘yadigan axborot tizimlari uchun risklarni tahlil qilish. Izoh – Risklarni to‘liq tahlil qilish resurslarning qimmatliligi aniqlanishini, tahdidlar va zaifliklar baholanishini, adekvat qarshi choralar tanlanishini va ularning samaradorligi baholanishini ko‘zda tutadi. " Riskning pasayishi|"Risk bilan bog‘liq bo‘lgan ehtimollikni, salbiy oqi-batlarni yoki har ikkisini birgalikda kamaytirish uchun amalga oshiriladigan ishlar. " Rivest-Shamir-Adleman usuli bilan shifrlash|"Ochiq kalit bilan shifrlash usuli bo‘lib, shifrlash uchun foydalaniladigan kalit shifrni ochish uchun mo‘ljallangan kalit bilan mos tushmaydi (shifrni ochish kaliti oluvchiga ma’lum bo‘lishi kerak). " Rivojlantirilgan mobil telefon xizmati, AMPS standarti|"AQShda keng tarqalgan analog uyali aloqa tizimlaridan biri. Mobil terminallarni tayanch stansiyalar bilan radioaloqasi (qabul qilish kanali) uchun (825-845) MHz chastotali diapazondan foydalanadi. 600 kanaldan har birining chastotalar polosasi kengligi 30 kHz ni tashkil etadi. " Robastlik|"Hisoblash tizimining ham ichki, ham tashqi xato holatlar yuz berganda qayta tiklana olish qobiliyatining o‘lchovi. " Robot|"1. Tashqi ta’sirlarni qabul qila oladigan va ularga javob beradigan, shuningdek, mustaqil ravishda turli xil, odatda, intellektual operatsiyalarni bajaradigan mashina. 2. Ikki va undan ortiq o‘q bo‘yicha dasturlanadigan, o‘z ishchi muhiti ichida harakatlanadigan va belgilangan vazifalarni bajaradigan yuritmali mexanizm. Izohlar1. Robot boshqarish tizimi va boshqaruv tizimining interfeysini o‘z ichiga oladi. 2. Robotlarni sanoat robotlariga va xizmat ko‘rsatuvchi robotlarga ajratish ularning vazifasiga muvofiq bajariladi. " Rol|"Muayyan ko‘plikdagi foydalanuvchilarga tizim funksional imkoniyatlaridan erkin foydalanish ruxsatnomalarining majmui. " Rollar asosida foydalana olishni boshqarish|"1. Foydalanish huquqini aniq belgilash tizimining modeli, bunda rollardan turli vazifalarni bajarish uchun foydalaniladi, operatsiyalarni bajarishga ruxsat esa, rollarga bog‘lanadi. 2. Foydalanuvchilarga rollarni belgilash va bu rollar uchun ruxsat o‘rnatish orqali ma’muriy boshqarishni soddalashtiradigan, xavfsizlikni ta’minlashning umumiy modeli. " Rombsimon antenna|"Yer ustida osilgan romb tomonlarini hosil qiluvchi sim ko‘rinishidagi antenna. " Rostlash|"Tizimning alohida komponentlarini to‘g‘ri va qulay ishlashini ta’minlash uchun sozlash. " Rotor mashinasi|"Umumiy o‘q atrofida erkin aylanadigan disklardan iborat kriptografik mashina. U mexanik va elektromexanik bo‘lishi mumkin. Mashinaning disklari (rotori) bir biriga nisbatan harakatlanadi, shu bilan har bir taktda burchak holatlaridan noyob birikma hosil bo‘ladi. Mashinaning hamma disklari qo‘zg‘almas bo‘lganda, rotor mashinasi bir diskli oddiy ekvivalent almashtirishni bajaruvchiga o‘xshab qolgan bo‘lar edi. Disklar soni yetarlicha (odatda 5-10) bo‘lsa, disklarning to‘g‘ri tanlangan soxta tasodifiy harakatida rotor mashinasi yuqori kriptobardoshlilikni taʼminlaydi. " Roumer|"Bir tizimda qayd qilingan, lekin vaqtincha boshqasida ishlayotgan abonent mobil stansiyasi. Abonent bir tizim qoplash zonasidan boshqa tizimning qoplash zonasiga o‘tganida stansiya ana shu – keyingi tarmoqda qayd etiladi. Qayd etish ma’lumotlari VLR – tizimining vizit registrida saqlanadi. " Roumer abonent|"1. Bir xizmat ko‘rsatish zonasidan boshqasiga ko‘chib yuruvchi mobil abonent. 2. O‘zi doimiy qayd etilgan «uy» zonasidan tashqarida vaqtincha xizmat ko‘rsatiladigan Yer usti yoki yo‘ldoshli aloqa tarmog‘i abonenti. " Rouming|"1. Radioqurilmaning tayanch stansiya ta’sir doirasidan tashqarida harakatlanish imkoniyati va «mehmon» stansiya ta’sir zonasida bo‘la turib, «o‘zining» tarmog‘idan foydalana olishi. Simsiz tarmoqlarda rouming, tarmoq xizmatlaridan foydalanish yo‘qolmasdan va bog‘lanish uzilmasdan, bitta foydalanish nuqtasidan boshqasiga o‘tishni bildiradi. Rouming foydalanuvchilarga, Internet va elektron pochtadan foydalanish saqlangan holda, erkin harakatlanish imkoniyatini beradi. 2. Asosan, yer usti mobil aloqa tarmoqlariga xos bo‘lgan maxsus xizmat. Roumingga ehtiyoj abonent o‘z o‘rnini o‘zgartirganida va o‘zining uy tarmog‘idan (abonent doimiy qayd etilgan) boshqa operatorga qarashli o‘xshash tarmoqqa o‘tganida yuzaga keladi. Lokal, milliy va xalqaro rouminglar bo‘ladi. Qayd etish usuliga ko‘ra, qo‘lda va avtomatik amalga oshiriladigan rouminglar farqlanadi. " Rouming hududlari|"Rouming to‘g‘risida o‘zaro bitim tuzgan turli operatorlar tomonidan mobil aloqa xizmatlari taqdim etiladigan geografik rayonlar. " Router|"1. Tarmoq trafigini uzatishning bitta yoki bir nechta marshrutini tanlash bo‘yicha qarorlar qabul qilishga javobgar tizim yoki qurilma. Mazkur vazifani bajarish uchun tarmoq to‘g‘risidagi axborotni va marshrutlash metrikasi deb nomlangan bir nechta mezon asosida eng yaxshi marshrutni tanlash algoritmlariga ega marshrutlash protokolidan fodalaniladi. Xabarlarni tezkor va eng samarali marshrutlash uchun marshrutizatorlar bir-biri orasida tarmoqning ayni paytdagi holati to‘g‘risidagi maʼlumotlarni almashish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim. 2. Tarmoqda paketlarni marshrutlash, yaʼni paketlarning tarmoq bo‘ylab uzatilishida eng qisqa marshrutni tanlab berish bilan shug‘ullanuvchi tarmoq kompyuteri. 3. Maʼlumotlar bloklarini marshrutlash bilan shug‘ullanuvchi qayta uzatish tizimi. " Runet|"Internetning Rossiyaga bag‘ishlangan va rus tilida bo‘lgan qismi. Runetga .ru domenidagi saytlardan tashqari, barcha rusiy zabon saytlarni ham kiritsa bo‘ladi. " Rupor-linzali antenna|"Katta ochilish burchagiga ega rupordan va uning chiqishiga qo‘yilgan, rupordagi sferik yoki silindrsimon to‘lqin frontini yassiga o‘zgartiradigan linzadan iborat antenna. " Rupor-parabolik antenna|"Konussimon rupor va aylanish paraboloidi uchastkasi ko‘rinishidagi qaytargichning birikmasini o‘zida aks ettiradigan antenna. " Ruporli antenna|"1. Nurlantiruvchi elementi, o‘ziga ulangan to‘lqin o‘tkazgichdan to‘yinadigan rupor bo‘lgan yuqori chastotali diapazon antennasi. 2. Oxiri ochiq bo‘lgan tomonga tekis ko‘ndalang kesim bilan kengayuvchi to‘lqin o‘tkazgich ko‘rinishidagi antenna. " Ruporli nur tarqatgich|"Rupor, reflektor yoki shunga o‘xshash nurlantiruvchi qurilmaning ochiq uchi. " Ruporli nurlagich|"Ko‘zguli va linzali antennalarda nurlagich sifatida ishlatiladigan ruporli antenna. " Ruslashtiruvchi drayver|"Kirill kodli sahifada 128 dan 255 tagacha simvolni ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan rezident dastur. DOS uchun taniqli ruslashtiruvchi drayver keyrus.com edi. " Rutkit|"Tizimda jinoyatkor shaxs yoki zararli dasturning borligi izlarini yashirish uchun ishlatiladigan dastur yoki dasturlar to‘plami. Rutkit buzuvchiga buzilgan tizimda o‘rnashib olish va fayllar, jarayonlar hamda tizimda rutkit borligini yashirish orqali o‘z faoliyati izlarini yashirishga imkon beradi. " Ruxsat, ajratish|"Obyekt bilan bog‘liq qoida, u foydalanuvchilarni shu obyektga kira olishini boshqarishda qo‘llaniladi. Ruxsat obyektning egasi tomonidan beriladi va bekor qilinadi. " Ruxsat berish|"Shaxsga, darajasi belgilangan yoki birmuncha past bo‘lgan xavfsizlik ma’lumotlari yoki axborotdan foydalana olish huquqiga berilgan ruxsat. " Ruxsat etilgan foydalana olish kanali|"Tayanch stansiya tomonidan istalgan mobil stansiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirishni tashkil etish uchun foydalaniladigan, ajratilgan boshqaruv kanali. " Ruxsat etilgan foydalanish (kirish)|"Huquqlari autentifikatsiya qilish jarayonida tasdiqlangandan so‘ng, qayd etilgan foydalanuvchilarning tizimdan foydalana (tizimga kira) olishiga beriladigan ruxsat. " Ruxsat etilgan foydalanish siyosati|"Ko‘pgina tarmoqlar undan foydalanish mumkin bo‘lgan usullarni cheklashni ko‘zda tutadi. Masalan, ayrim tarmoqlarda AUP undan tijorat maqsadlarida foydalanilishiga yo‘l qo‘ymaydi. " Ruxsat etilgan holat|"Imtiyozga ega bo‘lmagan dastur boshqa sharoitlarda erkin foydalanish mumkin bo‘lmagan resurslardan foydalana oladigan holat. " Ruxsat etilgan imkoniyat|"Grafik kiritish-chiqarish qurilmasi tomonidan (ekran, printer, skaner) tiniq aks ettiriluvchi (yoki qabul qilinuvchi) tasvir elementlari soni. Agar ish maydonining o‘lchamlari chegaralangan bo‘lsa (monitor ekranidagidek), unda o‘lchamlar gorizontal va vertikal nuqtalar soni bilan o‘lchanadi (yozilishi XXXX×YYYY ko‘rinishda bo‘ladi, masalan, 480×640), aks holda bu o‘lchamlar dyuym sanog‘ida beriladi. Hosil qilinadigan tasvirning tiniqlik darajasi past, o‘rtacha va yuqori bo‘lishi mumkin. Bunday ajratish uchun belgilangan chegaralar yo‘q bo‘lib, u hozirgi texnologiyaga bog‘liqdir. " Ruxsat etilgan chaqiruv|"Belgilangan (ma’lum) foydalanuvchiga ruxsat etilgan, tizimni, dastur yoki ma’lumotlarni chaqirish. Odatda, parolni kiritish va uni tekshirish orqali bajariladi. " Ruxsat etilganlar ro‘yxati|"Biron bir amalni bajarishga ruxsat berilgan yoki resurslardan erkin foydalanish/uchun ruxsat etilgan foydalanuvchilar yoki dasturlar ro‘yxati. " Ruxsat etilmagan tarzda foydalana olish|"1. Subyektning obyektdan yoki axborotdan, tizimda belgilangan foydalanishni chegaralash qoidalarini buzgan holda foydalana olishi. 2. Tarmoq resurslaridan o‘rnatilgan muhofazani chetlab o‘tib foydalana olish. 3. Muhofaza obyektidan reglamentlangan tarzda foydalana olishning buzilishi. " Ruxsat taqiqlangan|"Resurslardan ruxsat berilmagan holda foydalanilganda paydo bo‘ladigan xabar. Agar foydalanuvchi qandaydir resurslardan (fayllar, hujjatlar, musiqa va h.k.) foydalanish uchun kerakli huquqlarga ega bo‘lmasa, operatsion tizim bu haqda xabar beradi. " Ruxsatsiz faoliyat|"Belgilangan qoidalarni buzgan holdagi faoliyat. " Ruxsatsiz foydalana olishdan muhofaza qilish|"Muhofaza qilinadigan axborotdan foydalana olishning huquqiy hujjatlari bilan yoki axborot mulkdori (egasi) tomonidan belgilangan huquqlar yoki qoidalar buzilgan holda manfaatdor subyekt tomonidan muhofaza qilinadigan axborotni olishning oldini olish bo‘yicha faoliyat. " Ro‘yxat|"1. Tartiblashtirilgan elementlar to‘plami. 2. Dasturlashda – faqat kompyuter xotirasi bilan chegaralangan, ixtiyoriy uzunlikdagi turli elementlarni birlashtiradigan ma’lumotlar tuzilmasi. Uzunligi nolga teng ro‘yxat bo‘sh ro‘yxat deb ataladi. Ro‘yxatning kamchiligi, uning elementiga ro‘yxatdagi pozitsiyasidan kelib chiqib to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat eta olmasligidadir. " Ro‘yxatga olingan drayver|"Operatsion tizim bilan birgalikda ishlash uchun tekshirilgan va tasdiqlangan drayver. Imzolanmagan drayverlarni o‘rnatish shaxsiy kompyuterlarga va periferiya asbobiga zarar keltirishi mumkin. " Ro‘yxatga olingan foydalanuvchi|"1. Berilgan jamoa bo‘lib foydalanish tizimida ustuvor raqamga ega bo‘lgan foydalanuvchi. 2. Elektron hisoblash mashinasidagi ishlar grafigiga kiritilgan foydalanuvchi. " Ro‘yxatga olish|"1. Hujjatga tizim noyob identifikatorini berish jarayoni. 2. Hujjat to‘g‘isidagi asosiy ma’lumotlarni ro‘yxatga olish-nazorat qilish kartochkasiga kiritish va unga ro‘yxatga olish raqamini berish yo‘li bilan hujjat tuzilganligi yoki olinganligini tasdiqlash. " Ro‘yxatga olish organi|"1. Sertifikatlar subyektlarini identifikasiyalash va autentifikatsiya qilish yuzasidan javobgar, biroq, sertifikatlash organi ham, atributlar berish organi ham bo‘lmagan qandaydir obyekt. 2. Ro‘yxatga olish xizmatini taqdim etish huquqi berilgan va ishonib topshirilgan organ. " Ro‘yxatga olish ssenariysi|"Tarmoq administratori tomonidan foydalanuvchiga belgilangan va foydalanuvchini tizimda ro‘yxatga olish paytida bajariladigan kichik dastur, komanda fayli yoki makros. " Ro‘yxatlarni qayta ishlash|"1. Ma’lumotlarning ro‘yxat tuzilmalarini qayta ishlash dasturiy vositalari. Ular «keraksiz narsalar»ni yig‘gan holda va ro‘yxatlarni tuzish hamda tahlil qilish yordamida xotiraning dinamik taqsimlanishini ta’minlaydi. 2. Ko‘rsatgichlar bilan bog‘langan bir xil pozitsiyalardan iborat ma’lumotlar tuzilmasini o‘zgartirish jarayonlarini dasturlash. Ro‘yxatlarni qayta ishlashda xotiradan foydalanishning qulay usuliga asoslangan ro‘yxatlarni qayta ishlash tillari ishlatiladi. S " Sahifa|"1. Ikkining darajalariga karrali (odatda 512 byte dan 16 kbyte gacha) qayd etilgan o‘lchamdagi xotira bloki. Blok o‘lchami konkret mikroprosessor arxitekturasiga bog‘liq bo‘ladi. 2. Bitta to‘la ekranli tasvirni o‘zida saqlovchi videoxotira qismi. 3. Berilgan formatdagi, bitta chop etiladigan sahifadan oshmaydigan hujjat qismi. 4. Veb-uzel sahifasi, shuningdek, vebda e’lon qilingan hujjat. " Sahifa bloki|"Virtual xotira sahifasi ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan fizik manzillar diapazoni. " Sahifa fayli|"Qattiq diskdagi, Windows da tezkor xotiraga sig‘magan dasturlar va ma’lumot fayllarining bir qismini saqlash uchun qo‘llaniladigan yashirin fayl. " Sahifa pastga|"Hujjatni bitta ekran sahifasiga pastga siljitish uchun mo‘ljallangan klavish. " Sahifa skaneri|"Hajmi katta bo‘lmagan tashuvchilardan matnlar va tasvirlarni kiritadigan skaner. " Sahifa tavsifining standart tili|"Mashina tili talablariga muvofiq keladigan fayllarni ishlab chiquvchi va foydalanuvchidan faylni tuzish uchun zarur komandalarni kiritishni talab qilmaydigan usullar va apparaturalar. " Sahifa xotirasini boshqarish bloki|"Virtual xotira bilan ishlaydigan turli ilovalar yoki operatsion tizimlar foydalanadigan xotiradan erkin foydalanish va bu xotirani boshqarish operatsiyalarini bajaradigan qurilma. " Sahifa yuqoriga|"Hujjatni bitta ekran sahifasiga yuqoriga siljitish uchun mo‘ljallangan klavish. " Sahifalar jadvali|"Operatsion tizim jarayoniga uning mantiqiy manzillarini jismoniyga translyatsiya qilish uchun ajratiladigan tizim tuzilmasi. " Sahifalar jadvalining registri|"Sahifalar jadvalini va uning uzunligini saqlaydigan registr. " Sahifalarni ajratgich|"Bosiladigan hujjatda, hisobotda yoki shaklda printerga yangi sahifa boshlanishini ko‘rsatadigan boshqaruvchi simvol. " Sahifalarni almashtirish optimal algoritmi|"Sahifalarni almashtirish algoritmi, bunda uzoq vaqt davomida ishlatilmagan sahifa almashtiriladi. " Sahifalarni rad etish koeffitsiyenti|"0 dan 1 gacha bo‘lgan, sahifalarni rad etish ehtimolligini tavsiflaydigan son. " Sahifalarning iyerarxik jadvali|"Sahifalar jadvalini iyerarxik (odatda, ikki darajali) ko‘rinishda tashkil qilish. Jismoniy xotiraning aniq (haqiqiy) sahifasi adresi foydalana olishning natijasi hisoblanadi. " Sahifalarning xeshlangan jadvali|"Mantiqiy sahifaning raqami xeshlanishiga asoslangan qidiruv amalga oshiriladigan sahifalar jadvali. " Sahifali printer|"Sahifaning tasviri to‘la-to‘kis chiqariladigan alohida qog‘oz varaqlarini uzatadigan va bosadigan printer. " Sahifani almashtirish|"Operatsion tizim tomonidan murojaat qilingan sahifani boshqa sahifa o‘rniga, agar talab qilinsa oxirgi sahifani olish bilan, chiqarish. " Sahifani to‘ldirish|"Ma’lumotlar blokiga ahamiyatli bo‘lmagan axborotning oxirgi, to‘liq to‘ldirilmagan sahifasini yozish usuli. " Sahifani o‘tkazish|"Printerda bosib chiqarishda yangi sahifaga o‘tish uchun foydalaniladigan boshqaruvchi simvol. " Sahifaning assotsiativ xotirasi (kesh), manzillarni translyatsiya qilish buferi|"Tez-tez ishlatiladigan sahifalarning raqamini o‘z ichiga oladigan va ularning manzilini asosiy xotirada saqlaydigan o‘ta tez harakatlanadigan assotsiativ xotira. " Sahifaning invertirlangan jadvali|"Sahifalar jadvali, unga murojaat etilganda, talab etilayotgan jismoniy sahifani izlash jarayon raqami va sahifaning mantiqiy raqami bo‘yicha amalga oshiriladi. " Sahifaning ishlamay qolishi|"Asosiy xotirada sahifa yo‘qligi tufayli uzilish. " Sahnani raqamli boshqarish|"Televizion tasvir kontrastliligini optimallash funksiyasi. Juda keskin kontrastlikda tasvirning oq qismlari, masalan matnlar juda aniq hamda ortiqcha yorqin shu’lalanishsiz qayta tiklanadi. Biroq, ushbu funksiya kul rangning gradatsiyasini o‘zgartirmaydi, u tufayli tasvir o‘zining tabiiyligini saqlab qoladi. Sakkizlik sanoq tizimi ing. - octal number systemrus. - восьмеричная система счисления 8 razryadli sanoq tizimi. Unda 0 dan 7 gacha bo‘lgan raqamlar ishlatiladi. Sakkizlik sanoq tizimi raqamli qurilmalar bilan bog‘liq joylarda ishlatiladi. Sakkizlik sanoq sonlari ikkilik sanoqni triadalariga aylantirish osonligi bilan tavsiflanadi. Oldin dasturlashda va umuman kompyuter hujjatlarida ishlatilar edi, lekin hozirga kelib o‘n oltilik sanoq tizimi tomonidan siqib chiqarilgan. " Sakrash|"Signalning keskin o‘zgarishi, shovqinning kuchayishi yoki elektr taʼminot tarmog‘idagi kuchlanishning to‘satdan sakrashi. " Salbiy ta’sir etish|"Tahdid agentining aktivga ko‘rsatadigan ta’siri. " Samaradorlikning muhim ko‘rsatgichlari|"Qo‘yilgan maqsadlarga erishib bo‘lishlik o‘lchovlarini o‘zida ifodalaydigan ko‘rsatgichlar. Bu ko‘rsatgichlar boshqaruv funksiyalari, jarayonlar, harakatlar samaradorligi va natijaliligini baholash uchun foydalaniladigan tizimni hosil qiladi. Bunday ko‘rsatgichlardan, shuningdek, tashkilot boshqaruvining barcha sohalarini: biznes jarayonlarni, ishlab chiqarish sohasidagi texnologik jarayonlarni, xodimlarni boshqarish tizimini, moliyaviy operatsiyalarni rejalashtirish va tahlil qilishda ham foydalaniladi. " Samarali boshqaruv|"Davlat boshqaruvining yangi konsepsiyasi. Samarali davlat boshqaruvi barcha darajalarda mamlakat ishlariga rahbarlik qilish maqsadida, iqtisodiy, siyosiy, ma’muriy hokimiyatning amalga oshirilishi sifatida qarab chiqiladi. Boshqaruv huquqlarning ajratilishi, xalq hokimiyati, yuqori mansabdor shaxslarni saylov yo‘li bilan tayinlash va almashtirib turish, ijro etuvchi hokimiyat institutlarining hisobdorligi, qonun ustuvorligi, siyosiy plyuralizm, ommaviy axborot vositalarining mustaqilligi, prinsiplari asosida quriladi. " Samba|"GNU General Public License litsenziyasi asosida ishlab chiqarilgan SMB/CIFS protokoli bo‘yicha ishlash uchun bepul tarqatiladigan dasturiy ta’minot. Uchinchi versiyadan boshlab Samba Microsoft Windows tarmog‘i mijozlari uchun fayllarni boshqarish va chop etish xizmatlarini taqdim etadi va Windows Server bilan yo domenning asosiy kontrolleri, yoki domen a’zosi sifatida uyg‘unlashishi mumkin. U shuningdek, Active Directory domenining qismi bo‘lishi mumkin. Samba GNU/Linux, Solaris kabi va BSD turli variantlarida, shu jumladan Mac OS X Server kabi Unix va Unix-o‘xshash tizimlarda ishlaydi. " Sana|"Kompyuterning CMOS-xotirasida saqlanadigan sana. Hujjat yaratilgan vaqtni aniqlash uchun xizmat qiladi va sinxronlashda yordam beradi. " Sana va vaqtga bog‘liq chaqiruvlarni qayta manzillash|"Kiruvchi chaqiruvni belgilangan vaqt davomida boshqa abonent raqamiga qayta manzillash imkonini beradigan xizmat. Bir kecha-kunduzdagi turli vaqtlar uchun qayta manzillashning turli raqamlari belgilanishi mumkin. " Sanani eslatish xizmati|"Abonentning telefon apparatiga aniq kun va vaqtda oldindan belgilangan ko‘rsatma bo‘yicha chaqiruv va ushbu chaqiruvga javoban magnit tasmaga avtomatik tarzda yoziladigan hamda abonentga har qanday ma’lum hodisa (masalan, qarindoshlarning tug‘ilgan kuni) to‘g‘risida eslatuvchi xabarni uzatadigan xizmat. Izoh – Ushbu xizmatning ikkita varianti ko‘zda tutiladi: – har bir alohida holatda abonent uzatilishi kerak bo‘lgan tegishli xabarni aytib turadi; – oldindan yozilgan ko‘pgina xabarlardan uzatilishi kerak bo‘lgan xabar tanlanadi. " Sanoat josusligi|"Egasiga zarar yetkazuvchi yoki yetkazishi mumkin bo‘lgan noqonuniy harakatlar. Bunda tijorat sirini tashkil qiluvchi maʼlumotlarni to‘plash, egallab olish va uzatish nazarda tutiladi. " Sanoq tizimi|"Sonlarni aks ettirish usuli va ular ustida bo‘ladigan operatsiyalar qoidalari. Pozitsion va nopozitsion sanoq tizimlari farqlanadi. Kompyuterda hisoblashlarda pozitsion sanoq tizimlaridan foydalaniladi. " Sanoqlar tuzilmasi|"Sanoqlarning televizion tasvirdagi o‘zaro nisbiy joylashuvi. " Santimetrli to‘lqinlar|"To‘lqin uzunligi 10 sm dan 1 sm gacha (chastotasi 3 GHz dan 30 GHz gacha) bo‘lgan radioto‘lqinlar. " Saqlash|"Ma’lumotlarni xotira qurilmasiga kiritish jarayoni. " Saralash|"Qandaydir ko‘plikdagi kerakli elementni izlab topish usuli. To‘la saralash usullari real vazifalarda juda ko‘p mashina vaqtini talab qiladi, shuning uchun, imkoni bo‘lsa, yo‘naltirilgan izlab topish usullaridan foydalanish maqsadga muvofiq. " Saralash kaliti|"Yozuvlarni saralash ketma-ketligini belgilaydigan maydon yoki maydonlar. Dastlab saralash asosiy kalit maydonidagi qiymatlar bo‘yicha boradi, keyin esa, maydonda bir xil ma’lumotlarga ega bo‘lgan yozuvlar ikkilamchi kalitlar qiymatlari bo‘yicha saralanadi. " Saralash, tartiblash|"Ketma-ket keluvchi ma’lumot elementlarini (masalan, jadvallar satri yoki ma’lumotlar bazasi yozuvlarini) biror bir berilgan qoida asosida saralash, tartiblash, odatda qiymatlar kalit maydonlar bo‘yicha o‘sishi yoki kamayishi bo‘yicha tartiblanadi. " «Sariq kitob»|"Yetti pog‘onali tarmoq modelining transport darajasidagi standart protokoli ta’rifini o‘zida aks ettirgan sariq rangdagi kitob. " Sarlavha|"Fayl yoki xabarning, asosiy axborotni o‘z ichiga olgan birinchi so‘zi. " Sarlavha belgisi|"Faylni yozishdan oldin keladigan va uning boshlanishini hamda ichidagini identifikatsiya qilish uchun foydalaniladigan xizmatga oid belgi. " Sarlavha satri|"Foydalanuvchining grafik interfeysida – dialog oynasining nomi va boshqarish tugmalari bo‘lgan ingichka gorizontal chiziq. Amaliy dasturlarda qayta ishlanadigan fayl nomini ham ichiga olishi mumkin. " Sath|"Axborotni o‘tkazish nuqtai nazaridan tarmoqning iyerarxik tuzilmasini bayon etish uchun foydalaniladigan element. Izoh – «Sath» tushunchasi OSI modelidagi «sanh» tushunchasiga mos keladi. " Satr|"Simvollarning tartiblashtirilgan ketma-ketligi. Dasturlash tillarida – tegishli operatsiyalar – konkatenatsiya, nisbatlar belgilangan ma’lumotlar turi. Satrni simvollarning bir o‘lchamli massivi sifatida ham ta’riflash mumkin. " Satr konstantasi|"Qo‘shtirnoq yoki qo‘sh qo‘shtirnoq ichiga olingan simvollar ketma-ketligi. " Satr ko‘chirish simvoli|"Simvol yoki matn satri tugaganini bildiradigan va ekrandagi kursorni yoki printer bosuvchi kallagini navbatdagi satr boshiga ko‘chiradigan simvollar ketma-ketligi. " Satr osti indeksi|"Ko‘plik elementlari yoki element raqamini aniqlash uchun identifikatordan pastda yoziladigan harf yoki simvol. " Satrbay printer|"Birdaniga matnning butun satrini va minutiga 3000 tagacha satrni bosib chiqaradigan, katta mashinalar uchun mo‘ljallangan, tez ishlaydigan printer. Shovqin darajasi anchagina yuqori. " Satrga ko‘chirish|"Matnni aks ettirishda yangi satrga avtomatik ravishda (so‘z iсhida ko‘chirishsiz) o‘tish. " Satrlar jadvali|"Ishga tushirish komandalarini turli vaqtlarda berishda foydalaniladigan nomlangan belgili satrlar jadvali. " Satrlar juftligi|"Yoyish satrlarini navbatma-navbat yoyishning takomillashmaganligi. " Satrlar orasiga kirish|"Qonuniy foydalanuvchining resurslari bilan bog‘liq bo‘lgan, ma’lumotlar uzatish kanalini qisqa vaqtga o‘chirish paytida buzg‘unchi tomonidan aktiv tutib olish vositasida olingan kirish huquqi. " Satrlar sezilarliligi|"Ekrandan normal masofada turgan kuzatuvchiga tasvirning satr tuzilmasi sezilarli bo‘lgan sharoit. " Satrlar yorqinligining har xilligi|"Televizion tasvir qo‘shni satrlari yorqinligining ranglilik-yorqinlik kesishuvchi buzilishlari keltirib chiqargan parazit farqi. " Satrlar chastotasini rostlash|"Satr bo‘yicha yoyish generatorining erkin tebranishlar davrini o‘zgartiradigan sozlash. " (Satrlarni sinxronlovchi impuls) oldingi maydoni|"Satrlarni sinxronlovchi impulsdan oldin joylashgan satr o‘chirish intervalining uchastkasi. " (Satrlarni sinxronlovchi impulsning) orqa maydoni|"Satrlarni sinxronlovchi impulsdan tashqarida joylashgan satr so‘ndirish intervalining uchastkasi. " Satrlarni chiqarish|"Satr sinxronizatsiyasining yo‘qolishi tufayli tasvir bitta yoki bir nechta qismining uzluksiz yoki doimiy siljishi. " Satrlarning yopishib qolishi|"Satr oralatib yoyishning buzilishi. Bunda bir maydonning satrlari boshqa maydon satrlariga yaqinlashadi. Satrlarning to‘liq yopishib qolishida satr oralatib yoyish satrlarning soni ikki marta kam bo’lgan progressiv yoyishga aylanadi. " Satrma-satr yo‘naltirilgan|"Foydalanuvchi bilan birgalikda ishlashda grafik interfeysdan emas, balki komanda satridan foydalaniladigan dastur. " Satrning nominal kengligi|"Satrlar yo‘nalishidagi uzunlik birligiga to‘g‘ri keladigan satrlar soniga teskari kattalik. " Savatcha|"Chiqarib tashlangan fayllarni Windows muhitida saqlash joyi. Savatcha yordamida xato bo‘yicha chiqarib tashlangan fayllarni tiklash, yoki diskning ichidagi kerak bo‘lmagan ma’lumotlarni tozalab joyni bo‘shatish mumkin. " Savdo (tijorat) banki|"Servis yoki savdo korxonasi bilan hisob-kitoblarni tranzaksiyalarni to‘lov tizimiga uzatish va mualliflashtirish natijalarini qaytarish yo‘li bilan amalga oshiradigan moliya tashkiloti. " Sayt|"Umumiy nom, mavzu va navigatsiya tizimi bilan bog‘langan veb-sahifalar to‘plami. Matn, grafika, animatsiya, tovush sifatida talqin qilinadigan dastur. Saytni rasmiylashtirish HTML, Java tillari yordamida amalga oshiriladi. " Saytlararo printing|"Qar.: XSP. " Saytlararo skripting|"Qar.: XSS. " Saytni indekslash|"Ishlatilayotgan so‘zlar va iboralar ro‘yxatini tuzish maqsadida saytning matn materiallarini mantiqiy tahlil qilish. Shu tarzda tuzilgan ro‘yxat foydalanuvchi so‘rovi bo‘yicha saytda axborotni izlashda ishlatiladi. Indekslash avtomatik rejimda izlash robotlari deb nomlangan maxsus dasturlar tomonidan amalga oshiriladi. " Seans darajasi|"Tizimlar o‘rtasidagi dialog boshqaruvini yuritish usullarini ta’minlaydigan OSI modelining beshinchi sathi. " Seans darajasidagi shlyuz|"Tarmoqlararo ekranni amalga oshirish variantlaridan biri. Mualliflashtirilgan mijoz bilan tashqi xost o‘rtasida bevosita o‘zaro hamkorlikni istisno qiladi. Vakolatli mijozning muayyan xizmatlarga bo‘lgan so‘rovini qabul qiladi, so‘ralgan seansga kira olish huquqi tekshirilgandan so‘ng, tashqi xost bilan bog‘lanishni amalga oshiradi. Bundan keyin shlyuz paketlar filtratsiyasini bajarmasdan, ikkala yo‘nalishda bu paketlardan nusxa oladi. " Seans kaliti|"Bir seansga teng bo‘lgan cheklangan vaqt oralig‘ida shifrlash uchun ishlatiladigan kriptografik kalit; uzatish tugagandan so‘ng kalit avtomatik ravishda o‘chib ketadi. " Segment|"Tezkor xotiraning, dastur, ma’lumotlar yoki ma’lumotlar stekini saqlash uchun operatsion tizim ajratadigan sohasi. " Segmentlar jadvali|"Xotirani segmentli tashkil qilishda mantiqiy manzillarni jismoniy manzillarda aks ettirish uchun mo‘ljallangan tizimli jadval. Uning har bir elementi jismoniy xotiradagi segmentning dastlabki manzilini, segment uzunligini va himoya belgilarini o‘z ichiga oladi. " Segmentlar jadvalining uzunlik registri|"Dastur tomonidan ishlatiladigan segmentlar sonini o‘z ichiga oladigan registr. " Segmentlar jadvalining tayanch registri|"Xotiradagi segmentlar jadvalining manzilini o‘z ichiga oladigan registr. " Segmentlash|"Bir jinsli qismlarga oldindan ajratish. Keyin bu qismlar alohida yoki guruhlab kodlanadi. Siqishning barcha usullarida ma’lumotlar turi o‘zgarganda o‘tish juda yomon kodlanadi. Shunday holatda segmentlash qo‘llaniladi. " Sekin tinishlar|"Signal og‘ib o‘tuvchisining silliq o‘zgarishlari; ular, odatda, radioto‘lqin tarqalish yo‘lining, uning to‘lqin uzunligidan ancha katta masofaga o‘zgarishi oqibatida hosil bo‘ladi. Izoh − Tinishlarning bunday turi mobil aloqa radiokanallariga xosdir. Ko‘p yillik kuzatishlar natijalari shuni ko‘rsatadiki, refraksiya sharoitlarining o‘zgarishi va atmosfera quyi qatlamlarining holati bilan bog‘liq bo‘lgan sekin tinishlarni logorifmik normal qonun bilan tavsiflash qulaydir. Sekin tinishlarning yana bir sababi abonentning ko‘chib yurishi chog‘ida joy relefining o‘zgarishi bo‘lishi mumkin. " Sekinlashuv|"1. Protsessor yoki boshqa elektron sxemaning pasaytirilgan takt chastotasida ishlashi. 2. Abonent trafigining uzatish tezligi pasayishiga asoslangan, tarmoq liniyalari yoki kanallarning ortiqcha yuklanishiga qarshi kurash mexanizmi. " Sekogramma|"Ko‘zi ojizlar uchun muassasalar tomonidan pochta aloqasi tarmog‘i orqali jo‘natiladigan, ko‘zi ojizlar uchun ochiq holda beriladigan yozma xat-xabarlar, bosma nashrlar, ko‘zi ojizlar uchun yozuv tizimining belgilariga ega tamg‘a, shuningdek ko‘zi ojizlar uchun mo‘ljallangan ovozli yozuvlar va maxsus qog‘oz. " Sektor|"Egiluvchan yoki magnit qattiq disk yo‘lkasining, ma’lumotlar yozilgan qismi. Sektor – xotiraning o‘z manziliga ega bo‘lgan eng kichik birligi. " Sektorlangan uya|"Abonentlarga sektorli antennasi bo‘lgan tayanch stansiya xizmat ko‘rsatadigan uya. Har tomonga yo‘nalgan antennadan foydalanishga nisbatan, aloqani tashkil etishning ushbu varianti tizimning chastota-vaqt resursidan samaraliroq foydalanish imkonini beradi. " Sektorli antenna|"Yo‘nalganlik diagrammasining kengligi qoplash zonasi sektorining burchak o‘lchamiga mos keladigan antenna. " Sektorni to‘g‘rilash|"Nusxa ko‘chirishdan muhofaza qilish usuli, sektorlarning yo‘lkadan yo‘lkaga to‘g‘ri o‘rnatilganligini tekshirishda disk ruxsat etilmagan nusxa bo‘lib hisoblanishi yoki hisoblanmasligini aniqlash imkonini beradi. " Sekunddagi chiplar soni, chip/s|"Kengaytirilgan spektrli signallarni uzatish tezligining o‘lchov birligi. " Sekundiga bit, bit/s|"Aloqa kanalidagi bir sekund ichida uzatiladigan bitta ikkilik birligiga teng bo‘lgan tezlikning o‘lchov birligi. " Sekundiga megachip, Мcip/с|"Shovqinsimon signal elementlarini uzatish tezligining o‘lchov birligi (CDMA texnologiyasida). " Sekundiga million signal|"Ma’lumotlarni raqamli qayta ishlash qurilmasiga signallar kelib tushish tezligining o‘lchov birligi. " Selektiv foydalana olish|"Navigatsiya signalini generatsiya qilish rejimi. GPS dan harbiy maqsadlarda foydalanishning oldini olish maqsadida, AQSH mudofaa vazirligi tomonidan qo‘llaniladi. " Semafor|"Ba’zi dasturlash tillarida ma’lumotlarning maxsus turi. Kompyuterning, turli jarayonlar intiladigan ba’zi resurslaridan foydalanishni boshqaradi, ya’ni jarayonlar bajarilishini sinxronlashtiradi. " Semantik moslik|"Axborot tizimlarining ma’lumotlarni talqin qilishning o‘xshashligi darajasida birgalikda ishlay olish qobiliyati. " Semantik tarmoq|"Bilimlarni intellektual tizimlarda, uchlari obyektlar yoki tushunchalarni bildiradigan nomlangan uzellarni, ularni birlashtiradigan nomlangan yoylar esa, obyektlar o‘rtasidagi munosabatni o‘zida ifodalaydigan ustun (grafa) ko‘rinishida taqdim etish usuli. " Semantik xato|"Dasturlashdagi xato dasturlash u yoki bu konstruksiyasining ma’nosini, ahamiyatini yoki ishini tushunmaslik tufayli yuzaga keladi. " Semantika|"1. Semiotikaning jihatlaridan biri. Belgi adresati kim bo‘lishidan qat’i nazar, belgilarning belgilanganiga (belgilar tarkibi) nisbatini qarab chiqadi. 2. Belgi alohida birliklarining qiymatlari. 3. Tilning alohida birliklarini o‘rganish – elementar o‘rganish obyekti belgilovchi, belgilanuvchi va denotat kabi uchta obyektning birligidan iborat bo‘lgan tilshunoslik semantikasi. Belgilovchi – tashqi element (tovushlar yoki belgilar ketma-ketligi), denotat – haqiqatning belgilanadigan obyekti va belgilanuvchi – ushbu obyektning inson ongida aks etishi. " Sensorli ekran|"Monitor ekranidagi grafik tugmalarga yoki piktogrammalarga barmoq yoki peroni tegizish orqali kompyuterda ishlash imkonini beradigan ekran ‒ kiritish qurilmasi. " Sensorli panel|"Barmoqning harakatlanishi paytida qurilma yuzasidagi elektr maydonning o‘zgarishidan ishlaydigan manipulyator. " Sentreks xizmati|"Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmog‘ining abonentlariga virtual tarmoqni tashkil qilish uchun umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmog‘ining resurslaridan foydalangan holda, virtual MIATS funksiyalari va servis xarakteristikalaridan foydalanish imkonini beradigan xizmat. " Seriya raqami|"Analog mahsulotlar o‘rtasida dasturiy ta’minotni, uskunani belgilaydigan noyob identifikator. " Seriyalar uzunligi bo‘yicha kodlash|"Ma’lumotlarni siqishning oddiy algoritmi bo‘lib, bitta simvol ketma-ket bir necha marta takrorlanuvchi ketma-ketlikdan tuzilgan ma’lumotlar seriyasi bilan ishlaydi. Kodlashtirishda takrorlanuvchi belgilar satri shu belgining o‘zi va uning takrorlanishlari soni bilan almashtiriladi. " Seriyali chaqiruv|"Chaqirilayotgan abonent band bo‘lganda yoki javob bermaganda abonentlar ro‘yxatidagi boshqa abonent tomonidan chaqiruvni qayta yuborish imkonini beradigan xizmat. " Sertifikat|"Xavfsizlikni ta’minlash organi yoki ishonch qozongan uchinchi tomon bergan, xavfsizlikni ta’minlashga taalluqli bo‘lgan, ma’lumotlar manbaini autentifikatsiya qilishni ta’minlash xizmatlarini taqdim etish uchun foydalaniladigan, xavfsizlik to‘g‘risidagi axborot bilan birgalikdagi, ma’lumotlar majmui. " Sertifikat yo‘li|"Obуektlar sertifikatlarining, katalogning axborot daraxtidagi tartiblashtirilgan ketma-ketligi bo‘lib, berilgan yo‘l boshlang‘ich obуektining ochiq kaliti bilan birga shu yo‘l oxirgi obуektining ochiq kalitini olish maqsadida qayta ishlanishi mumkin. " Sertifikatlash|"1. Qandaydir faktni tasdiqlash protsedurasi. 2. Ishchi tizim yoki kompyuter tizimi uchun tanlab olingan nazorat va xavfsizlik choralari talablarga mos kelishligi va normal ishlayotganligi texnik tasdiqlash. 3. Dasturni rasman attestatsiya qilish. 4. Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi yoki uning qismi xavfsizlik talablariga mos kelishini uchinchi tomon kafolatlaydigan protsedura. " Sertifikatlash organi|"1. Bitta yoki bir nechta foydalanuvchi tomonidan ochiq kalitlar sertifikatlarini tuzish va taqsimlash ishonib topshirilgan organ. 2. Xavfsizlikni ta’minlashga taalluqli bo‘lgan ma’lumotlarning bitta yoki undan ortiq turkumini ichiga olgan xavfsizlik sertifikatlarini tuzish ishonib topshirilgan obyekt (xavfsizlikni ta’minlash siyosati kontekstida). " Sertifikatsion artefakt|"Sertifikatlash jarayonining ko‘rinib turgan natijalari. Misol – tekshiruvlarning nazorat ro‘yxatlari, ko‘rsatgichlar, muammolar to‘g‘risidagi hisobotlar. " Server|"1. Kompyuterga, boshqa bir kompyuterga xizmat ko‘rsatish imkonini beradigan apparat va dasturiy ta’minot majmui (server-dastur). 2. Tarmoq kompyuteri uchun belgilangan, bir kompyuter xizmatini boshqa bir kompyuterga taqdim etish imkonini beradigan dastur. Izoh – Xizmat ko‘rsatiladigan kompyuterlar server dastur bilan foydalanuvchi dasturi (mijoz dastur) yordamida bog‘lanadi. 3. Tarmoq resurslarining muayyan turini boshqaradigan hisoblash mashinasi (tizimi). Izoh – Fayl-server, ilovalar serveri, faks-serverlar, pochta, kommunikatsiya serverlari, veb-serverlar ajratiladi. " Server bek-end|"Katta ishonchlilik va katta hajmdagi resurslarni taqdim etish maqsadida bitta server o‘rniga ishlatiladigan server kompyuterlarining lokal tarmoqqa bog‘langan guruhi (puli). " Servislarni identifikatsiya qilish|"Aniqlangan ochiq portlarni tarmoq o‘zaro ishlaydigan aktiv komponentiga solishtirish. " Sessiya|"1. Foydalanuvchi va kompyuter yoki ikki kompyuter o‘rtasidagi aktiv bog‘lanish. 2. Tarmoqning stansiyalari o‘rtasida bog‘lanishni tashkil etish, ma’lumot almashish va bog‘lanishni tugatish operatsiyalarining ketma-ketligi. " Sferik antenna panjarasi|"Nurlantiruvchi elementlari sferik yuzada joylashgan sirtli antenna panjarasi. " Sferik radiotoʻlqin|"Teng fazalarning sirti konsentrik sferani oʻzida aks ettiradigan koʻndalang radiotoʻlqin. " Sifat shkalasi|"Kuzatishning ma’lum sharoitlarida tasvirning texnik sifatini miqdor jihatidan subyektiv baholash imkoniyatini beradigan beshta, oltita yoki yettita bosqichga ega shkala. " Sifati yaxshilangan televideniye|"Satrlar va maydonlar standart chastotalrini (625/50 yoki 525/60) saqlab qolgan holda, eshittirish televideniyesi radiosignali parametrlarini o‘zgartirib yoki o‘zgatrirmasdan, signalni tahlil qilish, sintez qilish va qayta ishlashning yangi jarayonlaridan foydalanish hisobiga tasvir sifatini yaxshilash va qo‘shimcha xarakteristikalarga erishiladigan eshittirish televideniyesi tizimi. " Sifati yaxshilangan televideniye|"Oddiy televizor ta’minlaydigan sifatdan yuqoriroq, lekin yuqori aniqlikdagi televideniye sifatidan pastroq sifatga ega televideniye. " Sifatning maqsadi|"Milliy operatorning pochta aloqasi sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan pochta aloqasi xizmatlarining o‘rnatilgan sifat normativlariga erishish bo‘yicha majburiyati. " Signal|"Vaqt bo‘yicha o‘zgaruvchi, turli xildagi axborotlarni uzatish, shuningdek, qandaydir voqea yoki obyektlarning holati to‘g‘risida xabar berish uchun foydalaniladigan fizik kattalik. " Signal bazasi|"Signal spektri kengligining uning davomiyligiga ko‘paytmasi. " Signal kechikishining buzilishi|"Uzatish uchun zarur bo‘lgan chastotalar diapazoni bo‘yicha sxema (tizim) dagi og‘ib o‘tuvchining kechikichi doimiy bo‘lmagan hollarda yuzaga keladigan buzilish turi. " Signal manbalari|"Tele-, radioqabulqilgich apparaturalar, yo‘ldoshli qabul qiluvchi tizimlar, videomagnitofonlar, lazer disklar va DVD proigrivatellariga audio va videosignallar uzatadigan qurilmalar signal manbalari bo‘lib hisoblanadi. " Signal yulduzi (signalning yulduz ko‘rinishi)|"Modulyatsiyalangan radiosignalning kompleks tekisligida nuqtalar ko‘rinishida ifodalanishi. Bunda nuqtalarning har biri alohida modulyatsiya simvoliga, ularning pozitsiyasi esa amplituda va fazaning muayyan qiymatiga mos keladi. " Signal/xalaqit nisbati|"Odatda, detsibellarda ifodalanadigan uzatish kanalining ma’lum nuqtasidagi muayyan sharoitlarda o‘lchanadigan foydali signal quvvatining, xalaqit beruvchi signallar va shovqinning umumiy quvvatiga nisbati. " Signal/shovqin nisbati|"1. Ma’lum vaqt davomida qabul qilgichning belgilangan nuqtasida, masalan, demodulyatorning kirishida, o‘lchangan foydali signal quvvatining additiv shovqinning spektral zichligiga nisbati. 2. Ma’lum vaqt davomida qabul qilgichning belgilangan nuqtasida o‘lchangan foydali signal kuchlanishining shovqin kuchlanishiga nisbati. Izoh − Har ikki holatda ham signal/shovqin nisbati detsibellarda ifodalanadi, biroq uni aniqlash paytida shovqin turini aniq tafovutlash lozim. Jumladan, agar shovqin impulsli bo‘lsa, uning cho‘qqi qiymati, agar shovqin tasodifiy bo‘lsa, uning o‘rtacha kvadratik qiymati hisobga olinadi. " Signalizatsiya|"Bog‘lanishlarni o‘rnatish, bo‘shatish va boshqarishning boshqa operatsiyalariga, shuningdek, bog‘lanishlarni o‘rnatishning avtomatik usulida telekommunikatsiyalar tarmog‘ini boshqarishga taalluqli bo‘lgan, nutqli bo‘lmagan axborot almashinuvi jarayoni. " Signalizatsiya guruhi|"Signalizatsiya bo‘g‘inlari majmui. Ushbu bo‘g‘inlar ikki punktni bevosita bog‘laydi va bir xil fizik xususiyatlarga (bitlar tezligi, tarqalish vaqti va h.k.) ega. " Signalizatsiya kanali|"Boshqaruv signallarini uzatish uchun foydalaniladigan alohida yoki ishchi kanal bilan birlashtirilgan xizmat kanali. Uning funksiyalari va tuzilmasi aloqa tizimida foydalaniladigan aniq algoritmlar va almashinish protokollari bilan belgilanadi. " Signalizatsiya marshruti|"Signalizatsiya punktlari ketma-ketligi sifatida oldindan belgilangan marshrut. Undan signalizatsiya punkti tomonidan muayyan belgilangan punktga yo‘naltirilgan signal xabarlari uzatilishi mumkin. " Signalizatsiya shlyuzi|"KAT va boshqa tarmoqlar o‘rtasidagi (masalan, KAT va STP dagi yoki SS7 dagi SSP chaqiruv serverlari o‘rtasidagi) chaqiruvni polosadan tashqari boshqarish signallari o‘zgartirilishini bajaradigan blok. " Signalizatsiyaning mantiqiy kanali|"Xizmatlar va signalizatsiya belgili kanallar bilan ta’minlanadigan interfeys tuzilmasi. Interfeysning belgili tuzilmasi siklik interfeysda yoki o‘z-o‘zini ajratadigan belgili interfeysda amalga oshishi mumkin. " Signallar (UNIX da)|"Xatoli holatlarni qayta ishlashning quyi darajali mexanizmi. " Signallar ansambli|"(I, Q) koordinatalar tizimida (I+Q) vektorlar to‘plami cho‘qqi holatlarining majmuasi. " Signallar qayta ishlanadigan antenna panjarasi|"Funksional elementlarga ega bo‘lgan, u qabul qilgan signallarni o‘zgartirishga imkon beradigan antenna panjarasi. " Signallar raqamli qayta ishlanadigan antenna panjarasi|"Signallar element bilan qayta ishlanadigan antenna panjarasi, bunda nurlantiruvchi elementlardan signallar ma’lum algoritmlar bo‘yicha keyingi qayta ishlash uchun analog-raqamli qayta tiklashga uzatiladi. " Signallar ushlab turiladigan liniya|"Tarmoqlagichlari bo‘lgan passiv to‘rt qutblagichni o‘zida ifodalovchi, signallarni ma’lum bir vaqtga ushlab turish uchun mo‘ljallangan qurilma. " Signallar shaklining koderi|"Ish prinsipi, analog signallarni ixcham qayta o‘zgartirishga va ular shaklini vaqt birligi ichida tiklashga asoslangan, nutqli kodlovchi qurilmalar toifasi. Izoh − Uzatish tezligining 16 Kbit/s dan 64 Kbit/s gacha bo‘lishini ta’minlaydi. PCM, ADPCM, CVSD, RELP lar shunga o‘xshash toifadagi koderlar hisoblanadi. " Signalni qayta ishlash|"Dasturiy signal bilan tovush yoki tasvirni uzatish, ularni qabul qilish, maxsus effektlar yoki tovushli effektlarni kiritish shartlariga muvofiqligini ta’minlash yoki qo‘shni kanallardagi xalaqitlarni kamaytirish uchun bajariladigan turli faoliyatlar. " Signalni qayta ishlash antennasi|"Antenna elementlari bilan qabul qilingan signallar maxsus qayta ishlanishi talab etiladigan, shundan so‘ng natijaviy signal qabul qiluvchi qurilmaga to‘g‘rilanadigan qabul qiluvchi antenna. " Signalni uzatish|"To‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki kodlangan axborotni tashuvchi elektromagnit impuls. " Signalning buzilishi|"U yoki bu aloqa tizimi bo‘ylab uzatilgan signalning boshlang‘ich signalga mos kelmasligi. Chastotaviy, nochiziqli, fazaviy buzilishlar buzilishlarning asosiy turlaridir. Turli xil buzilishlarning sezilarliligiga bog‘liq holda, ularning yo‘l qo‘yiladigan qiymatlariga va apparatura sifati toifalariga normalar belgilanadi. " Signalning so‘nishi (susayishi)|"Signal quvvatining, uzatuvchi muhit orqali o‘tishi natijasida kamayishi. Signal so‘nishining asosiy sabablari radioto‘lqinlarning yutilishi va qaytishi, difraksiya va refraksiya hisoblanadi. " Signalning tinish darajasi|"Tinishlar paytidagi qabul qilinuvchi signal og‘ib o‘tuvchisining maksimal va minimal qiymatlari o‘rtasidagi farq. " Signalning yo‘qolishi|"Qabul qilgich tomonidan signalning uzatilishi to‘xtab qolganini bildirish uchun yuboriladigan xavotirlik signali. Masalan, LOS optik-tolali kabel orqali uzatilganda va qabul qilish uchun uchida hech qanday signal qabul qilinmay qolganda eʼlon qilinadi. LOS signali qo‘lda bekor qilinmaguncha yoki muammo hal bo‘lmaguncha uzatilaveradi. " Signalning chiqish quvvati|"Tayanch stansiya uzatgichi chiqishida, uzatgichning nominal to‘la chiqish qarshiligiga teng bo‘lgan qarshilik bilan yuklamaga uzatiladigan bitta eltuvchi o‘rtacha quvvatining qiymati. " Signatura|"1. Tizimning dasturiy usulda tekshirish mumkin bo‘lgan noyob xarakteristikasi. Original-diskning identifikatsion belgisi sifatida qo‘llaniladigan diskning ikkinchi belgisi signaturaga misol bo‘ladi. Bu belgidan dasturiy usulda nusxa ko‘chirish mumkin emas. 2. Dastur doimiy kodining qismi, unga qarab, virusga qarshi dasturlar dasturlarning virus dasturlarga va dasturlarning boshqa nomaqbul turlariga mansubligini aniqlaydi. 3. Bostirib kirilish (hujum)ining, uni aniqlashda qo‘llaniladigan, oziga xos belgilari. " Sikl|"Maʼlum bir sharoit buzilmaguncha ko‘p marta bajarilishi mumkin bo‘lgan operatsiyalar yoki komandalar ketma-ketligi. " Sikl parametri|"Sikl bajarilishini boshqaradigan o‘zgaruvchi. Dasturning har bir siklida o‘z qiymatini sikl jismining har bir o‘tishida o‘zgartiradigan parametr mavjud. Agar bunday parametr bo‘lmasa, sikl noto‘g‘ri tuzilgan va sikllanish imkoniyati yuzaga keladi. Dasturlashda ba’zan «abadiy» sikllar quriladi, ulardan chiqib ketish maxsus komandalar orqali amalga oshiriladi. Bunday sikllarda sikl parametrlari bo‘lmaydi, bu esa, dasturlash uslubini buzadi. " Sikl sarlavhasi|"Sikl operatorining bir qismi yoki hisoblagichning boshlang‘ich qiymatlarini, sikl qadamini va davom ettirish yoki tugallash shartini belgilaydigan alohida operator. " Siklik ortiqcha kod|"Asosan xatolarni aniqlash maqsadida, siklik koddan foydalanib xatolarni nazorat qilish usuli. Izoh – Himoya qilinishi kerak bo‘lgan ma’lumotlar blokining bitlari berilgan generator polinomi yordamida 2 moduli bo‘yicha bo‘linadigan polinom koeffitsiyentlari sifatida ishlatiladi, qoldiq koeffitsiyentlari bo‘lishdan so‘ng blokning tekshiriluvchi ketma-ketligi ko‘rinishida ma’lumotlar blokiga qo‘shiladi. " Siklik siljish|"Registrning bir uchidan suriladigan razryadlar boshqa bir uchiga kelib tushadigan siljish operatsiyasi. " Silindrsimon antenna panjarasi|"Nurlantiruvchi elementlari silindr sirtda joylashgan sirtqi antenna panjarasi. " Silindrsimon radioto‘lqin|"Ko‘ndalang radioto‘lqin, uning teng fazalari sirti konsentrik silindrlarni o‘zida aks ettiradi. Ularga urinmalar urilish nuqtasida to‘lqin tarqalishi yo‘nalishiga perpendikulyardir. " Siljigan nurlagichga ega parabolik ko‘zgu (ofset antenna)|"Nurlanishning asosiy yo‘nalishidan tashqariga chiqarilgan nurlagichli o‘qqa nosimmetrik parabolik ko‘zgu (parabola segmenti). Bunday konstruksiyada antenna ko‘zgusi sirtining soyalanishiga yo‘l qo‘yilmaydi va yon yaproqlar bo‘yicha nurlanish darajasi pasayadi. " Siljigan yo‘lka|"Nusxa ko‘chirishdan himoya qilish usulining qismi, bunda diskdagi yo‘lka nostandart pozitsiyaga yoziladi. " Siljish|"Nisbiy manzillash usulida xotira yacheykasining tayanch manzilga nisbatan siljishini, ya’ni xotiraning ikki yacheykasi o‘rtasida manzillanadigan elementlar sonini (masofani) ko‘rsatadigan kattalik. " Siljish registri|"Barcha bitlari har bir siklda o‘ngga yoki chapga bir razryadga suriladigan registr mikrosxemasi. " Siljish vektori|"Harakatni kompensatsiyalashda tayanch kadrda makroblok siljishining yo‘nalishi va kattaligini ifodalaydigan ikki o‘lchovli vektor. " Siljitish|"Siljitish lineykasi yordamida rasm yoki boshqa turdagi fayllarni ko‘rish oynasi tashqarisidagi mazmunini ko‘rish uchun oynani yuqoriga, pastga, chapga va o‘ngga siljitish. Matnli hujjatlarda oynani satr yoki sahifa bo‘yicha siljitish mumkin. " Siljitish registri|"Operatsion tizim tomonidan xotiraga yuklangan dastur uchun ajratilgan xotira sohasining dastlabki msnzilini o‘z ichiga oladigan registr. " Siljitish chizig‘i|"Ekranning pastiga va/yoki oynaning o‘ng tomoniga joylashgan ingichka to‘rtburchak tasma. Oynadagi ma’lumotlar o‘rnini «sichqoncha» kursori yordamida o‘zgartirish uchun qo‘llaniladi. " Silliq xendover; bog‘lanishni uzmasdan qilinuvchi xendover|"Mobil stansiya tomonidan o‘rnatilgan bog‘lanish yangi bog‘lanish o‘rnatilmaguncha uzilmasdan bajariladigan xendover protsedurasi. Silliq xendoverda aloqa sifati qayta ulanish paytida yomonlashmaydi. " Simli antenna|"Elektromagnit to‘lqinlarni nurlantirish yoki qabul qilish uchun bitta yoki bir nechta metall sim yoki shtirdan iborat muayyan konstruksiya. " Simmetrik autentifikatsiya qilish usuli|"Ikkala obyekt umumiy autentifikatsiya axborotidan birgalikda foydalanadigan autentifikasiya qilish usuli. " Simmetrik kabel|"Uchta o‘tkazgich bo‘ylab simmetrik signal uzatuvchi kabel. " Simmetrik klasterizatsiya|"Klasterning barcha mashinalari bitta katta ilovaning turli qismlarini bir vaqtda bajarganda kompyuter klasterini tashkil qilish. " Simmetrik kriptografik algoritm|"Shifrlash va deshifrlash uchun aynan bitta kalitdan foydalaniladigan, shifrlash yoki tegishlicha deshifrlashni bajarish algoritmi. " Simmetrik kriptografiya|"Shifrlash va deshifrlash uchun bitta kalitdan foydalaniladigan kriptografiya. " Simmetrik ko‘p protsessorli qayta ishlash|"Parallel hisoblashda qo‘llaniladigan, bir turdagi protsessor elementlari yagona operatsion tizim tomonidan boshqarilishi bilan bog‘liq tizimni anglatadi. Bunda har bir protsessor bitta kiritish-chiqarish qurilmasiga ega bo‘ladi va barcha protsessorlar umumiy fazoni bo‘lib oladi. Vazifalar (oqimlar) turli protsessorlar orasida taqsimlanadi. Bunda barcha protsessorlar ekvivalent sifatida qaraladi va yangi vazifa u taqsimlanayotgan vaqtda eng kam yuklamaga ega protsessorga beriladi. " Simmetrik ko‘p protsessorli tizim|"Parallel hisoblashlarda qo‘llaniladigan, bir turdagi protsessor elementlari yagona operatsion tizim tomonidan boshqarilishi bilan bog‘liq tizim. Bunda har bir protsessor bitta kiritish-chiqarish qurilmasiga ega bo‘ladi va barcha protsessorlar umumiy fazoni bo‘lib olishadi. Vazifalar (oqimlar) turli protsessorlar orasida taqsimlanadi. Bunda barcha protsessorlar ekvivalent sifatida qaraladi va yangi vazifa u taqsimlanayotgan vaqtda eng kam yuklamaga ega bo‘lgan protsessorga beriladi. " Simmetrik operatsion tizim|"Protsessorlarning barcha pullarini, tizimli va amaliy vazifalar o‘rtasida taqsimlab ishlatadigan to‘liq markazlashtirilmagan operatsion tizim. " Simmetrik raqamli abonent liniyasi|"Axborotning, har bir aloqa yo‘nalishida bitta o‘ralgan juft orqali 2,048 Mbit/s tezlik bilan dupleks uzatilishini ta’minlaydigani, yuqori tezlikli abonent foydalanish liniyasi. " Simmetrik shifr|"Simmetrik kriptografik tizim bo‘lgan, ya’ni shifrlash va rasshifrovka qilish uchun aynan bir kalitdan yoki biri orqali boshqasi oson olinadigan turli kalitlardan foydalaniladigan shifr. " Simmetrik siqish|"Tasvirni siqish va tiklash uchun teng hisoblashlarni talab etuvchi siqish tizimi. Siqishning bu shaklidan qo‘shimchalarda, tasvirni ham siqish, ham tiklash sifatida foydalaniladi. Misollar – Ma’lumotlar bazasida harakatlanmaydigan tasvirlarni saqlash, rangli tasvirlarni uzatish (rangli faksimil aloqa), video ishlab chiqarish, videopochta, videotelefon hamda videokonferens aloqa. " Simmetrik vibrator|"Bitta tekislikda simmetrik joylashgan, bir xil uzunlik va shakldagi o‘tkazgichlar ko‘rinishidagi vibrator, uning tutashgan uchlariga fider ulanadi. " Simpleks interfeys|"Ma’lumotlarni faqat bitta yo‘nalishda uzatadigan interfeys; bir tomonga yo‘naltirilgan interfeys. " Simpleks ulanish|"Orasida faqat bir yo‘nalishda ma’lumotlar uzatilishi amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan ikki nuqtaning mantiqiy va fizik birikishi. " Simmetrik chiqish|"Ba’zi A/V qurilmalarning simmetrik signalni uchta o‘tkazgich orqali uzatish uchun mo‘ljallangan ajratgich. Konstruktiv jihatdan simmetrik chiqish XLR turidagi ajratgichlarda bajariladi. Faqat high-end turkumidagi apparaturada va professional texnikada uchraydi. " Simsiz abonent liniyasi|"Statsionar aloqa tarmoqlarida foydalaniladigan va simli aloqa liniyalarini simsiz aloqa liniyalari bilan almashtirish uchun mo‘ljallangan radio kira olish texnologiyasi. Abonent chaqiruvlarining umumiy foydalanish tarmoqlariga chiqishi, simsiz abonent liniyasining majburiy talabi hisoblanadi. Statsionar terminallar sifatida, multipleksor yordamida birlashtirilgan, telefon apparatidan, maishiy televizion pristavka hamda shaxsiy kompyuterdan foydalaniladi. " Simsiz aloqa|"Ma’lumotlarni uzatish elektromagnit to‘lqinlar vositasida amalga oshiriladigan aloqa. " Simsiz aloqa modeli|"Maʼlumotlarni qabul qilish va uzatish uchun mobil aloqa operatorlari tarmoqlaridan foydalanuvchi modem. " Simsiz aloqada shifrlash protokoli|"RC4 shifrlash sxemasiga asoslanadi, ma’lumotlar radiokanali bo‘yicha uzatiladigan 40-razryadli shifrlashni ta’minlaydi. 802.11b standartining qismi. Ishonchliligi bilan farqlanmaydi, chunki bitta kalitning o‘zidan foydalanishni nazarda tutadi. " Simsiz aniqlik|"1. Simsiz aloqa uchun Wi-Fi standarti; uskuna WECA assotsiatsiyasi tomonidan sertifikatsiyalangandan so‘ng beriladigan va LAN simsiz PC-kartalari, turli ishlab chiqaruvchilarning qurilmalari va foydalana olish nuqtalari o‘rtasida interaperabellikni kafolatlaydigan logotip. 2. Wi-Fi-ultra qisqa radioto‘lqinlarda ma’lumotlarni uzatish texnologiyasi. 1990-yillarning oxirida paydo bo‘lgan. IEEE (Institute of Electrical and Electronics Engineers) da standartlashtirilgan. Hozirda zamonaviy kompyuterlarning ko‘pi shu aloqa vositasi bilan jihozlangan. Wi-Fi kompyuter, noutbuk bilan simsiz tarmoq ulanishiga yoki muammolarsiz mavjud Wi-Fi tarmog‘iga ulanishga imkon beradi. " Simsiz belgilash tili|"Simsiz tizimlarni belgilash tili – XML spesifikatsiyasiga mos keluvchi sintaksisli WWW sahifalarini yaratish tili. Soddalashtirilgan HTML ga o‘xshaydi. " Simsiz biznes-kommunikatsiya|"UMTS tarmoqlarida radioulanish uchun DECT texnologiyasini qo‘llash imkoniyatlarini namoyish qilishga qaratilgan Yevropa loyihasi. Izoh − Asosiy maqsadi – mobil aloqa tizimlarining 2G va 3G o‘rtasida oraliq bo‘lgan amaldagi kommunikatsiya tizimi namunasini yaratishdir. " Simsiz erkin foydalanish protokoli|"Barcha turdagi mobil radioaloqa tizimlarini, portativ kompyuterlarni Internet tarmog‘iga ulash uchun belgilangan spetsifikatsiyalar to‘plami. Mobil qurilmalarda WWW resurslarini qarab chiqish imkonini beradigan ilovalarni yaratish uchun WML tili tavsiya qilinadi. Bu protokol negizida WAP tarmoqlar quriladi. WAP protokoli 1997-yilda kompaniyalar guruhi (200 dan ortiq, shu jumladan, Motorola, Nokia, Ericsson va b.lar.) kompaniyalar guruhi tomonidan ishlab chiqilgan. " Simsiz foydalana olish|"1. Tarmoq uzellari yoki serverlardan radiokanallar orqali olisdan foydalana olish. 2. Uyali va simli aloqa o‘rtasida oraliq o‘rinni egallovchi erkin foydalanish texnologiyasi. Izoh − Farq qiluvchi jihatlari: abonentlarning harakatlanish tezligi uncha yuqori emasligi (10 km/h gacha), abonentlarning yuqori zichligi va xizmat ko‘rsatish maydon birligiga to‘g‘ri keladigan tayanch stansiyalar sonining ko‘pligi. Piko va mikrouyali arxitekturadagi aloqa tizimlari o‘tkazuvchanlik qobiliyati 10000 Erl/km2 gacha bo‘lgan rayonlarga xizmat ko‘rsatishga qodir, biroq ta’sir radiusi, odatda, 300 m dan oshmaydi. Abonent qurilmalarida nutqning uzatilish sifatini simli aloqadagiga yaqinlashishini ta’minlovchi kam quvvatli uzatgichlar (1−10) mW va nutq kodeklari ishlatiladi. " Simsiz foydalana olish tizimi|"Qayd etilgan abonent terminallari (telefon apparatlari) va ATS o‘rtasidagi uchastkada, umumiy foydalanishdagi telefon tarmog‘ining simli abonent qismi o‘rniga foydalaniladigan ko‘p stansiyali kira olish radioaloqa tizimi. " Simsiz gipermatnli belgilash tili|"Har ikkala yo‘nalishda WAP funksiyalari bo‘lgan mobil telefonga ma’lumotlar uzatish uchun, WAP texnologiyasida foydalaniladigan mobil (simsiz) dasturlar uchun mo‘ljallangan gipermatnli belgilash tili. Izoh − Dasturlar ishlab chiqish uchun WML standart gipermatnli XML va HTML tillaridan foydalanish imkonini beradi. WML Phone.com kompaniyasi tomonidan yaratilgan HDML tilidan kelib chiqqan, biroq u HDML ko‘rinishi hisoblanmaydi: HDML ning ba’zi imkoniyatlari WML da yo‘q. " Simsiz global tarmoq|"O‘lchamiga ko‘ra, mamlakat yoki kontinent bilan tenglashtiriladigan katta geografik zonalarda bog‘lanishlarga bo‘lgan ehtiyojni qondiruvchi tarmoq. Simsiz global tarmoqlarda radiosignallarni uzatish uchun yo‘ldoshlardan foydalaniladi. " Simsiz ilovalar protokoli|"Simsiz qurilmalar (mobil telefon, cho‘ntak kompyuteri) yordamida WML tilida yaratilgan Internet resurslaridan foydalanishni taʼminlovchi protokol. " Simsiz intellektual tarmoq|"Simsiz tarmoqlarni intellektual nazorat qilish va boshqarish tizimi. O‘z ichiga signal protokolini, shuningdek, tranzaksiyalar jarayonini va servislarni boshqarish komponentlarini oladi. Izoh − Tizim IS-41 va ANSI-41 sifatida ham ma’lum. " Simsiz klaviatura|"Tizim bloki bilan infraqizil interfeys yordamida simsiz aloqaga ega kompyuter klaviaturasi. " Simsiz lokal tarmoq|"Ham ofisda, ham uyda, 30 m dan 150 m gacha qisqa masofada ikkita va undan ortiq qurilmani bog‘lovchi simsiz tarmoq. WLANning yetakchi standarti Wi-Fi hisoblanadi. Izoh – Simsiz lokal tarmoq foydalanuvchilarning tarmoq qurilmalarida erkin ko‘chib yurishini ta’minlaydigan lokal hisoblash tarmog‘ining simsiz ko‘rinishidir. Ma’lumotlar uzatish tezligi 802.11b standarti tarmoqlarida 11 Mbit/s ni, 802.11a standarti tarmoqlarida 54 Mbit/s ni tashkil etadi. Simsiz lokal tarmoqlar, odatda, 802.11 standarti asosida quriladi. Lokal tarmoqlarning simsiz texnologiyalari tarmoq bilan bog‘lanishni yo‘qotmagan, shaxsiy kompyuterni bir joydan boshqa bir joyga erkin ko‘chirish imkoniyatini ta’minlagan holda, kabellar yotqizmasdan, tezda tarmoqni yoyish imkonini beradi. " Simsiz ofis tizimi|"Foydalanuvchiga qo‘ng‘iroqlarni mobil telefonga o‘tkazib yuborish imkonini beradigan texnologiya. " Simsiz qurilma|"Simsiz ulanish imkoniyatiga ega bo‘lgan har qanday qurilma. Masalan: eshitish vositalari, klaviatura, «sichqoncha». " Simsiz tarmoq|"Simsiz uzatishdan foydalanmaydigan kompyuter tarmog‘i. " Simsiz tayanch stansiya|"Mikrouyali aloqa tarmoqlarida aloqani tashkil etish uchun ishlatiladigan statsionar stansiya. " Simsiz texnologiyalar|"Axborotni, simlar bilan bog‘lanish talab qilinmagan holda, ikki va undan ko‘p nuqta o‘rtasida masofaga uzatish uchun xizmat qiladigan axborot texnologiyalarining kenja sinfi. Izoh – Axborotni uzatish uchun radioto‘lqinlardan, shuningdek infraqizil, optik yoki lazer nurlanishdan foydalanilishi mumkin. " Simsiz shahar tarmog‘i|"Shahar miqyosidagi zonalarda radiokanal yordamida bog‘lanishlarga bo‘lgan ehtiyojni qondiradigan tarmoq. Izoh − Har bir 25 MHz radiokanalning o‘tkazish qobiliyati 120 Mbit/s ni tashkil qiladi. Simsiz shahar tarmoqlari 802.16 standartiga va patentlangan standartlarga mos keladi. " Simvol|"Belgilarni ifodalash uchun foydalaniladigan moddiy predmetlar kelishilgan to‘plamining elementi. " Simvol kodi|"Mashinaviy taqdim etishda berilgan simvolni bildiradigan son. Kompyuterda ishlatiladigan simvollar to‘plamidan bo‘lgan har bir simvol kodi standartlashtirilgan kod jadvalidan olinadi. " Simvolga qaytarish|"Boshqaruvchi simvol yoki ekranda kursorni, odatda oldingi simvolni chiqarib tashlagan holda, bitta simvolga orqaga qaytaruvchi klavishlar. Matnni kiritishda terishdagi xatoliklarni tuzatish uchun qo‘llaniladi. " Simvollar jadvali|"Obyekt modulidagi yoki yuklanadigan moduldagi, kodning modulida aniqlangan yoki ishlatiladigan simvollarni (o‘zgaruvchlar, protseduralar va b.q.) o‘z ichiga oladigan jadval. " Simvollar to‘plami|"Harflar, sonlar va u yoki bu tilda foydalaniladigan simvollar to‘plamini tashkil qiladigan boshqa belgilar to‘plami, shuningdek, muayyan kompyuter va kiritish/chiqarish qurilmasi kodlash uchun qabul qiladigan simvollar ro‘yxati. " Simvollararo interferensiya|"Radioto‘lqinlar ko‘p nurli tarqaladigan kanalda signal qo‘shni simvollarini uzunligi bo‘yicha to‘sishda sodir bo‘ladigan beixtiyoriy effekt. Simvollararo interferensiya signal buzilishiga olib keladi. " Simvollarni optik aniqlash dasturi|"Simvolning (mashinada yoki qo‘lda yozilgan) grafik obrazini kompyuterdagi simvol kodi bilan muvofiqlikka keltiradigan dastur. Odatda, skanerlar orqali yoki pero yordamida kiritilgan matnni qayta ishlashda foydalaniladi. Hozirgi vaqtda mashinada yozilgan matnni talqin qilish aniqligi 95 foizdan ko‘proq. " Simvollarni tanish|"Kompyuterga kiritiladigan simvollarni tanish uchun mo‘ljallangan dastur. " Simvollarning ikki baytli kombinatsiyasi|"Ideografik belgilarni qo‘llaydigan, tillarni taqdim etish uchun mo‘ljallangan simvollar to‘plami. Bir baytli va ikki baytli simvollar kombinatsiyasidan iborat. " Sinaps|"Neyron tarmoqlar tushunchasi. Sinaps – neyronlar o‘rtasidagi bog‘lanishdir. Bir neyrondan chiqadigan chiqish signali, bu signalni boshqa neyronga uzatadigan sinapsga kelib tushadi. Bunda signal o‘zgartirilishi mumkin. Murakkab sinapslarda xotira bo‘lishi mumkin. " Sinergetika|"Fizik, ximik va biologik ochiq tizimlarda yuqori tartiblashtirilgan tuzilmalarning spontan (o‘z-o‘zidan) hosil bo‘lishini o‘rganadigan fan. " Sinfaz antenna|"Bir xil fazadagi radiochastota toklari bilan qo‘zg‘atiladigan nur tarqatgich panjarasi ko‘rinishidagi antenna. " Sinfaz antenna panjarasi|"Nurlantiruvchi elementlarini qo‘zg‘atish fazasi bir xil bo‘lgan chiziqli yoki yassi antenna panjarasi. " Sinfazlik|"Bir xil vaqtdagi ikkita tebranishning faza bo‘yicha mos kelishi. " Sinov jadvali generatori|"Oddiy yoyish blokidan foydalanmasdan televizion sinov jadvalining videosignali hosil qilinadigan qurilma. " Sinov signali generatori|"Televizion qabul qilgichlarning asosiy sifat ko‘rsatgichlarini tekshirish uchun mo‘ljallangan qurilma. " Sinov vektorlari fayli|"SCF kanalli fayllar uchun vektorlar tavsifini o‘z ichiga oladigan ASCII formatidagi .vec turidagi fayl. " Sintaksis|"Til yoki tizimda matn so‘zlari, konstruksiyalari va tuzilmalarini qurish qoidalari to‘plami. Ba’zi mualliflar sintaksisga alifboni ham kiritadilar. Til sintaksisini tavsiflashning ko‘plab usullari mavjud, ularning ichida eng ko‘p tarqalganlari – sintaktik diagrammalar va kengaytirilgan Bekus-Naur shakli. Dasturni yozishda paydo bo‘ladigan va faqat sintaksisga taalluqli xatolar, translyator amalga oshiradigan sintaktik tahlil paytida aniqlanadi. " Sintaksisni tekshirsh|"Kompilyator yoki interpretatorning leksik analizatori bajaradigan operatsiya. Zamonaviy dasturlash tizimlarida sintaksisni avtomatik tekshirish, dastur matnini yozish paytida amalga oshiriladi. " Sintaktik analizator|"Kompilyatorning, dastur boshlang‘ich matnining sintaktik tahlilini amalga oshiradigan qismi. " Sintaktik diagramma|"Dasturlash tili sintaksisining grafik ko‘rsatilishi. Sintaktik diagrammalar kengaytirilgan Bekus-Naur shakliga to‘g‘ri keladi va dasturlash tilini tavsiflashda foydalaniladi. " Sintaktik tahlil|"Dasturni translyatsiya qilishning, uni leksik tahlil qilishdan keyin keladigan bosqichi. " Sintaktik xato|"Dasturdagi, berilgan til sintaksis qoidalarini buzadigan simvollar ketma-ketligi. " Sintezlangan ochilishga ega antenna panjarasi|"Fazoda nurlantiruvchi elementlarning biri yoki elementlar guruhining siljishi jarayonida amalga oshiriladigan, signallar qayta ishlanadigan antenna panjarasi. " Sinxron dinamik tezkor xotira qurilmasi|"Oddiy tezkor xotira qurilmasidan maxsus mantiqiy blok va ikki bankli tuzilmasi mavjudligi bilan farq qiladigan xotira qurilmasi. Barcha o‘qish/yozish operatsiyalari asosiy takt signali bilan sinxronlanadi. 168-kontaktli DIMM modullari yoki 144-kontaktli SO-DIMM modullari ko‘rinishida joylashtiriladi. " Sinxron interfeys|"Bir vaqtda yuz beradigan ikki yoki undan ortiq jarayon. Sinxron interfeys bir vaqtning o‘zida bir nechta o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan signalni nazorat qiladi. " Sinxron kiritish-chiqarish|"Kiritish-chiqarish operatsiyasiga so‘rov bergan vazifa supervizor tomonidan buyurtma qilingan operatsiyani tugatishni kutish holatiga o‘tkaziladi. Supervizor tugatish seksiyasidan operatsiya tugagani to‘g‘risidagi xabarni olgach, vazifani bajarishga tayyor holatga keltiradi va bajarilishda davom etadi. " Sinxron raqamli abonent liniyasi|"O‘ralgan juft uchun HDSL varianti, 3-4 km gacha masofada oqimni 2048 kbit/s dupleks uzatishni ta’minlaydi. Symmetric DSL nomi ikkala yo‘nalishdagi oqimlar tezligining simmetrik ekanligini ta’kidlaydi. " Sinxron raqamli iyerarxiya|"Uzatishning fizik tarmoqlari bo‘ylab mos ravishda adaptatsiya qilingan yuklamani tashish uchun standartlashtirilgan raqamli transportli tuzilmaning iyerarxik to‘plami. Izoh – SDH texnologiyasi 2 Mbit/s dan 10 Gbit/s gacha qayd etilgan tezliklardagi raqamli trafik uzatilishini ta’minlaydi. " Sinxron transport moduli|"SRI seksiyalari qatlamida ulanishlarni tashkil qilish uchun ishlatiladigan axborot tuzilmasi. 125 mks takrorlanish davriga ega bo‘lgan blokli cho‘qqi tuzilmaga birlashtirilgan (SOH) seksiya sarlavhasi va axborot yuklamasidan iborat. Bu axborot mos ravishda tarmoq bilan sinxronlashtirilgan tezlikda ketma-ket uzatish uchun tayyorlangan. Tayanch STM 155520 kbit/s tezlikka ega va STM-l deb ataladi. Yuqori STMlapning tezligi n marta ortiq. n4 va n16 ekanligi aniqlangan. Yuqoriroq bo‘lgan qiymatlar o‘rganilmoqda. STM-l bir guruhli ma’muriy blok (AUG) va SOHni o‘z ichiga oladi. STM-n o‘z ichiga n AUG va SOH ni oladi. n qiymatlari CPI darajalariga mos keladi. " Sinxron uzatish|"Raqamli signalni taktli chastota signali bilan bir vaqtda yoki uni qabul qilinayotgan signaldan ajratgan holda uzatish. " Sinxron uzatish rejimi|"Signallarni uzatish rejimi. Kanallari vaqt bo‘yicha taqsimlangan ko‘p kanalli siklda har bir ulanishga belgilangan uzunlikdagi kodlangan so‘zning davriy ravishda taqdim etilishini ko‘zda tutadi. Kodlangan so‘zlarning ketma-ketlik chastotasi doimiy va foydali axborotni uzatish tezligiga bog‘liq bo‘lmaydi. " Sinxronizatsiya|"1. Axborotni uzatish va qabul qilish paytlari orasida aniq muvofiqlikni o‘rnatishga imkon beradigan protsedura. Izoh − Sinxronizatsiyaning uchta asosiy usuli farq qilinadi: yuqori (eltuvchi) chastota bo‘yicha, taktli impulslar bo‘yicha va kadrlar bo‘yicha. 2. Chastotani egallash yoki eltuvchi chastotadan foydalanib sinxronlikka kirish. 3. Qurilmani, u o‘zining asosiy funksiyalarini bajara oladigan ma’lum bir holatda qayd etish. " Sinxronizatsiya signali, sinxrosignal|"1. Uzatish va qabul qilishda yoyish jarayonlarini vaqt bo‘yicha kelishtirishda foydalaniladigan signal. 2. Satrlar, maydonlar sinxronlovchi impulslaridan hamda tenglashtiruv-chi impulslardan iborat signal. " Sinxronizm|"Ikkita yoki bir nechta signal yoki davriy ravishda takrorlanuvchi jarayonlarning vaqt bo‘yicha aniq mos tushishi ta’minlanadigan holat. " Sinxronlanuvchi oqimli kriptotizim|"Kalit oqimi ochiq matn va shifrmatnga bog‘liq bo‘lmagan tarzda ishlab chiqiladigan oqim kriptotizimi. Shifrmatnning biror-bir simvoli uzatishda yo‘qolgan bo‘lsa, oluvchi shifr matnning keyingi belgilarini to‘g‘ri rasshifrovka qilish uchun, kalit oqimining tegishli simvolini olib tashlab, o‘zining kalit oqimini qayta sinxronlashi kerak. " Sinxronlash darajasi|"To‘liq videosignalning satr sinxronlivchi impulsi cho‘qqi qiymatiga mos keladigan darajasi. " Sinxroregenerator|"Buzilgan videosignaldan sinxronizatsiya signallarining to‘g‘ri turini va ko‘lamini tiklash uchun mo‘ljallangan uskuna. " Sinxroselektor|"To‘liq videosignaldan sinxronizatsiya signallarini ajratish uchun mo‘ljallangan qurilma. " Sinxrosignaldagi tovush|"Satrlar sinxronizatsiyasi signaliga qo‘yilgan raqamli signal ko‘rinishidagi tovush signalini uzatish usuli. " Siqib chiqarmaydigan ko‘p vazifalilik|"Ko‘p vazifalilik turlaridan biri, bunda operasion tizim ikki va undan ortiq dasturni bir vaqtda xotiraga yuklaydi, lekin protsessor vaqti faqat asosiy dastur uchun taqdim qilinadi. Fondagi dasturni bajarish uchun u aktivlashtirilishi lozim. " Siqilmagan videotasvir uchun port|"RS Card uyasi orqali videoma’lumotlarni tizim shinasidan aylanib o‘tib katta tezlikda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazishni ta’minlaydigan arxitektura. " Siqish koeffitsiyenti|"1. Siqish amalidan so‘nggi axborot hajmining siqish amaligacha bo‘lgan axborot hajmiga nisbati. 2. Siqish amalidan so‘nggi ma’lumotlar oqimi bitreytining siqish amaligacha bo‘lgan ma’lumotlar oqimi bitreytiga nisbati. " Sir|"Faqat vakolatli foydalanuvchiga ma’lum bo‘lgan va/yoki baholash obyektining xavfsizlik funksiyasi uchun belgilangan xavfsizlik funksiyasi siyosatini amalga oshiradigan axborot. " Siri bo‘lgan bir tomonlama funksiya|"k parametrga bog‘liq bo‘lgan f(x) funksiya, bu shunday funksiyaki, k ma’lum bo‘lganda, barcha x lar uchun fk (x)ni, barcha y lar uchun f -1k (y)ni oson hisoblab chiqarish imkonini beradigan Ek va Dk polinomial algoritmlarni topish mumkin. K ni bilmasdan turib, f -1k(y) ni topish, hatto Ek algoritm ma’lum bo‘lganda ham, hisoblab chiqarish murakkab bo‘lgan vazifa (polinomial algoritm mavjud emas). Siri bo‘lgan bir tomonlama funksiya tushunchasi asosida, kalitlarni ochiq taqsimlash, uning natijasida ochiq kalitli kriptotizim prinsipi taklif qilingan. " Sirkulyar bog‘lanish|"Foydalanuvchiga п+1 MChU o‘rtasida bog‘lanishni o‘rnatish imkonini beradigan abonentlar uchun fakultativ xizmat. Bosh MChU deb ataladigan bitta MChU n ta bochqa tobe MChUga uzatadi. " Sirkulyator|"Uchta va undan ko‘p yelkali (to‘lqin o‘tkazgichli sirkulyator holatida) passiv qurilma, unda har qanday yelkaga keltiriladigan ta’minot ketma-ket ravishda keyingisiga uzatiladi, shu bilan birga, tartib bo‘yicha oxirgisidan keyin keladigan yelka birinchisi hisoblanadi. " Sirlarning taqsimlanishi|"Sirni taqsimlash sxemasi, uning asosiy g‘oyasi maxfiy kalitni bir nechta subyekt o‘rtasida, ular birga to‘planib, kalitni bir nechta qismlardan tiklashlari mumkin bo‘ladigan tarzda ajratishda ifodalanadi. " Sirt effekti|"O‘tkazgichdagi elektr toki zichligining o‘tkazgichning sirtidan ichiga kirib yo‘qotib borgan sari elektromagnit maydonning o‘tkazgichiga singadigan so‘nish bilan sodir etilgan kamayish hodisasi. " (Sirt nuqtasidagi) yoritilganlik (E simvol)|"Elementar sirtga tushadigan, shu sirt maydoniga bo‘lingan yorug‘lik oqimi. Izoh ‒ SI birliklar tizimida yoritilganlik kvadrat metrga (ℓm/m2) lyukslarda (ℓk) yoki lyumen (ℓm) larda ifodalanadi. " Sirtqi antenna panjarasi|"Nurlantiruvchi elementlari ayrim sirtni hosil qiladigan antenna panjarasi. " Sirtqi radioto‘lqin|"Ikkita muhitni ajratuvchi sirt bo‘ylab tarqaladigan, uning xarakteristikalari esa shu muhitning xususiyatlari bilan aniqlanadigan radioto‘lqin. " Sirtqi to‘lqin antennasi|"Yo‘naltirilgan nurlanishi sirt to‘lqinning tarqalishini ta’minlovchi ko‘ndalang yoki bo‘ylama tuzilma (metalldagi, tekis yoki qirrali silindrsimon metall sirtdagi dielektrik qatlam) yordamida ta’minlanadigan antenna. Sirt to‘lqin antennasi nurlatgich va aytib o‘tilgan tuzilmadan tashkil topgan. Uchish apparatlarida bo‘rtib chiqmagan antenna, antenna panjarasi elementi va h.k.lar sifatida qo‘llaniladi. " Sirtmoq|"Dasturlashdagi sikl – maxsus hisoblagich (sikl hisoblagichi) yordamida, shuningdek, uning davomiyligi yoki tugallanish mantiqiy sharti bo‘yicha nazorat qilinadigan operatorlar ketma-ketligini takroran bajarish. " Sizish|"1. Signal yoki taktli impulslar bir qismining qurilma chiqishiga o‘tishi. 2. Kompyuterga virus kirganda, simvollar ketma-ketligining uning xotirasiga o‘tib olishi. " «Sichqoncha»|"Displeyda ma’lumotlarni tanlash, grafik ma’lumotlarni kiritish imkonini beradigan manipulyator. Shar, ikkita optik datchik, shuningdek, ikkita asosiy tugmadan iborat bo‘lgan pozitsion qurilmani o‘zida ifodalaydi. Qurilma XX asrning 60-yillarida AQShda, Dug Engelbart tomonidan ixtiro qilingan. " «Sichqoncha» kursori|"«Sichqoncha»ning harakatiga monand indikator vazifasini bajaruvchi ko‘rsatgich. " «Sichqoncha» nishonchasi|"Kursor tasviri. Ilovadan yoki bajarayotgan vazifasidan qat’i nazar o‘zining ko‘rinishini o‘zgartira oladi. Qoida bo‘yicha, strelka ko‘rinishiga egadir. «Sichqoncha» nishoni animatsiyali bo‘lishi ham mumkin, bunda maxsus dizaynerlar tomonidan yaratilgan kursorlardan foydalanish mumkin, buning uchun kursorlarning nomiga qarab ularni joy-joyiga qo‘yib chiqish kifoyadir. " «Sichqoncha» tugmasi|"Dasturni boshqarish amalga oshiriladigan «sichqoncha»ning ishchi elementi. Avval «sichqoncha» bir tugmali bo‘lib, hozigi vaqtga kelib ularning soni vazifasiga qarab ikkitaga oshdi. Oddiy ikki tugmali va bir g‘ildirakchali «sichqoncha»larda g‘ildirakcha o‘z navbatida tugma vazifasini ham bajaradi, masalan, AutoCAD dasturida bu tugmani bosib ish maydonining holatini o‘zgartirish mumkin, bu esa foydalanuvchilar uchun ancha qulaylik yaratadi. " «Sichqoncha» tugmasini bosib raqam terish|"Foydalanuvchiga tanlangan raqamni bosish yo‘li bilan telefon chaqiruvini amalga oshirish, xizmat ko‘rsatuvchiga esa foydalanuvchiga aniq xizmatni chaqirish uchun raqam (bir nechta raqam) tavsiya qilish imkonini beradigan xizmat. Izoh – Xizmat, telefoniya xizmatlari foydalanuvchilariga tavsiya qilingani kabi, Internet xizmatlari foydalanuvchilariga ham tavsiya qilinishi mumkin. " «Sichqoncha» tugmachasini bosish|"Kompyuterga tegishli komandani berish uchun «sichqoncha» tugmachasini bosish. " Skalyar protsessor|"Skalyar kattaliklarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan protsessor. Bitta arifmetik mantiqiy qurilmasi bor va bir vaqtning o‘zida (bir mashina sikli davomida) faqat bitta komandani qayta ishlaydi. " Skan-kod|"Klaviaturadagi klavishlar bosilganda va qo‘yib yuborilganda generatsiyalanadigan kod. Har bir klavish, tayanch kiritish/chiqarish tizimi ASCII kodiga aylantiradigan o‘zining noyob kodiga ega. " Skaner|"Tasvirni ikki o‘lchamli sirtdan kompyuterga kiritish qurilmasi. Izoh ‒ To‘rt turdagi skaner farqlanadi: qo‘l skaneri, varaqli skaner, planshetli skaner, barabanli skaner. " Skanlash|"Maxsus qurilma – skanerdan foydalanib tasvirni elektron ko‘rinishda olish jarayoni. " Skanlash tezligini modulyatsiyalash|"Televizorlarda qo‘llaniladigan, ekran uchastkasining yorqinliligiga bog‘liq holda signalni skanlash tezligini tuzatuvchi texnologiya. " Skrembler|"1. Elektraloqa raqamli signalining tuzilmasini, signal simvollarini uzatish tezligi saqlangan holda uning xossalarini tasodifiy signal xossalariga yaqinlashtirish maqsadida o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan qurilma. 2. Pulli (yopiq) yo‘ldoshli kanallarni mualliflashtirilgan tarzda ko‘rishda qo‘llaniladigan video va audio signallarni kodlash uchun mo‘ljallangan qurilma. " Skremblerlangan nutq|"Spektrining ayrim qismlari invertirlangan va chastota bo‘yicha siljigan nutq signali. " Skremblerlangan televideniye, shifrlangan televideniye|"Dastlabki tasvir qabul qilgichlar tomonidan faqat tegishli dekoderlar bilan tiklanishi mumkin bo‘lgan televideniye. " Skremblerlash|"1. Ma’lumotlar oqimini uning sinxronlovchi xususiyatlarini yaxshilash maqsadida, aralashtirish protsedurasi. Boshlang‘ich kod va hisoblashlarning oldingi sikllarida olingan natijalovchi kod simvollarini ikkining moduli bo‘yicha bitma-bit qo‘shishga asoslangan usul. Skremblerlash, shuningdek, signalning eng kuchli spektral tarkibiy qismlarini, ularni chastotalarning keng polosasi bo‘yicha yoyib yuborish bilan bostirish imkonini beradi. 2. Analog signalni boshlang‘ich signal uchastkalarining o‘rnini o‘zgartirish va ularni inversiyalash yo‘li bilan maxfiylashtirish usuli. 3. Televideniyeda – televizion signal xarakteristikalarini, axborotni toza shaklda ruxsat etilmagan tarzda qabul qilishni bartaraf etish uchun, o‘zgartirish. Izoh – Skremblerlash belgilangan tartibda shartli foydalanish tizimi nazorati ostidagi jarayonni o‘zida aks ettiradi. 4. Raqamli uzatishda – psevdotasodifiy ketma-ketlikdagi raqamli signalni birlashtirish uchun va uzatishga imkon beradigan o‘sha axborotni ko‘chiradigan tasodifiy raqamli signalni olish uchun ishlatiladigan jarayon. " Skremblerlashning yagona algoritmi|"DVB Project da qabul qilingan, barcha shartli foydalanish tizimlari uchun bir xillashtirilgan, raqamli oqimni skremblerlash algoritmi. " Skrembrlangan kadr|"Turli abonentlarlarning maʼlumotlarini uzatish uchun ajratilgan vaqt intervallari psevdotasodifiy qonunga ko‘ra navbatlashtirilgan kadr. " Skrinshot|"Foydalanuvchi buyrug‘i bo‘yicha kompyuter tomonidan olingan va monitor ekrani yoki boshqa chiqish qurilmasida ko‘rinayotgan obyektni ko‘rsatuvchi tasvir. " Skript|"Operatsion tizim yoki dastur muayyan holatda ishga tushiradigan komandalar va/yoki harakatlar ketma-ketligi, kichik dastur yoki makros. Ssenariylar ko‘pincha matnli fayllarda saqlanadi. " Skript kiddi|"Buzish uchun qo‘llaniladigan xakerlik vositalarining ishlash tamoyillarini tushunmaydigan odam. Zaiflikni aniqlash yoki eksploitni yozish qo‘lidan kelmasdan, u faqat tayyor narsalardan – eng keng tarqalgan zaifliklar, mavjud bo‘lgan eksploitlardan foydalanadi. Maʼlum holatlarda skript kiddilar virus konstruktorlaridan foydalanib, dasturlash tillarini bilmasdan, turli xavf darajasiga ega viruslarni yaratadi va ulardan o‘z maqsadlarida foydalanadi. " Slays|"Videokadrdagi yagona kvantlash shkalasi orqali birlashtiriladigan ketma-ket bloklar guruhi. " Slot|"Raqamli oqim kadridagi vaqt intervali. Kadrning to‘rtdan bir qismini egallaydi va radiokanaldagi bitta axborot kanalining signalini uzatish uchun mo‘ljallangan. " Slotlar tuzilmasining jadvali|"Har bir slotning parametrlarini – simvol tezligini, kodlashning nisbiy tezligini, preambulani, foydali yuklama mazmunini ichiga oladigan jadval. " Smarfing|"Xakerlarning provayder serveriga qiladigan hujum usuli. Teskari manzili soxta bo‘lgan ko‘plab ping so‘rovlarni yuborishda ifodalanadi. " Smart-karta|"Mikroprotsessor o‘rnatilgan intellektual plastik kartochka. Foydalanuvchi to‘g‘risidagi zarur bo‘lgan barcha identifikatsion, shu jumladan, shaxsiy ma’lumotlar (bankdagi hisob raqami, sug‘urta polisi va boshqalar) ni ichiga oladi. Bu kartochkadan ko‘pincha foydalanuvchining chetki uskunasida (masalan, mobil telefonda) foydalaniladi, u tarmoqqa ruxsat etilgan tarzda kirishni ta’minlaydi. " Smart shartnoma|"Blokcheynda shartnomalar bajarilish jarayonini avtomatlashtirishga mo‘ljallangan elek-tron algoritm. " Smartbuk|"ARM arxitekturasi asosidagi 3G moduli integratsiya qilingan va uzoq vaqt mustaqil ishlaydigan noutbuk. " Smartfon|"Cho‘ntak shaxsiy kompyuterining funksionalligi qo‘shilgan mobil telefon. " Smaylik, «tabassumcha»|"His-tuyg’uni bildiruvchi ideogramma. Turli xil, jumladan, xizmatga oid belgilardan tashkil topgan. Internet va SMS da «tabassumcha» keng tarqalgan, keyingi vaqtlarda u hamma joyda ishlatilmoqda. " Sniffer|"Kanal orqali uzatiladigan ma’lumotlarni (ehtimol, ruxsat etilmagan tarzda) kuzatib borish dasturi. " Sniffing|"Uzatiladigan parollar, kalitlar va boshqa identifikatsion yoki autentifikatsion axborotni to‘plash maqsadida, trafikni eshitish. " Snippet|"Qayta ishlanishi mumkin bo‘lgan dastlabki kod yoki matn qismini bildiradigan dasturiy atama. Inglizchadan tarjimasi – «parcha», «bo‘lak». Snippetlar tartibot, funksiya yoki tuzilmaviy dasturlashning shunga o‘xshash boshqa atamalari o‘rnini bosmaydi. Ular odatda funksiyalar kodining o‘qilishini osonlashtirish yoki kodning bir xil bo‘lgan umumiy qismini takrorlamaslik uchun ishlatiladi. " Soat|"Ona plataga o‘rnatilgan va batareyka orqali ta’minlanadigan soat. Sana/vaqtni ko‘rsatish va vaqt sikllari bilan to‘g‘ri ishlash imkonini beradi. " Softfon|"Shaxsiy kompyuter yordamida Internet orqali telefon qo‘ng‘iroqlarini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan dastur. Odatda kompyuterga ulangan garnitura yoki mikrofon va dinamiklar bilan ishlatiladi. " Soket|"Transport sathidagi turli obyektlar o‘rtasida tarmoqlararo o‘zaro ishlay olishni taʼminlash uchun zarur bo‘lgan parametrlar to‘plami bilan tavsiflanadigan intenrfeys nuqta. TCP/IP atamashunosligida identifikatsiyalovchi parametrlar to‘plami: port raqami, tarmoq manzili hamda oxirgi uzel raqami. " Sokol tarmog‘i adapteri|"Kompyuterni lokal kompyuterlar tarmog‘iga ulash uchun mo‘ljallangan adapter. " Solishtirish shkalasi|"Kuzatishning ma’lum sharoitlarida ikkita berilgan tasvirning texnik sifatidagi tafovutlarni miqdor jihatidan subyektiv baholash imkonini beradigan yettita bosqichli shkala. " Solishtirma tahlil natijalari bazasi|"Solishtirma tahlil harakatlari va axborot mahsulotlarini baholashlar, shuningdek, solishtirma testlash va tahlil vaqtida to‘plangan butun tajriba saqlanadigan ma’lumotlar bazasi. " Solishtirma yutilish koeffitsiyenti|"1. Ma’lum shakl (odatda, kub) va berilgan solishtirma zichlikka ega jismning massa birligi tomonidan yutiladigan quvvatga qiymati jihatidan teng koʻrsatgich. Izoh ‒ Ayrim mamlakatlarda solishtirma yutilish koeffitsiyenti biologik xavfsizlik normasi hisoblanadi. 2. ρ zichligidagi dV hajmi elementida mavjud bo‘lgan dm massa elementi bilan yutiladigan (sochiladigan) dW elektromagnit energiyasining vaqt bo‘yicha hosilasi. " «Sovuq» qayta yuklash|"Tizimning to‘liq qayta ishga tushirilishi bo‘lib, bunda elektr ta’minoti uziladi va tezkor xotira ichidagi yo‘qoladi. " «Sovuq» start|"Tizimning barcha qurilmalarini uzib qo‘yish, so‘ng ulash bilan tizimning barcha qismlarini qayta yuk-lash. «Issiq» start ishlamagan hollarda qo‘llaniladi. " Soxta konturlar|"Raqamli televizion tasvirlarda dastlabki analog signalni uzatish uchun foydalanilgan kvantlash intervallari sonining yetarli emasligi natijasida yuzaga keladigan effekt. " Soxta «naqsh»|"Tasvirlarning aksariyatida bo‘lmaydigan va na foto, na kino mahsulotlarida paydo bo‘lmaydigan detallar. " Soxta pochta markasi|"Firibgarlik maqsadida norasmiy ravishda bosib chiqarilgan pochta markasi. " Soxtalashtirish|"Jinoyatkor tomonidan tutib olingan paketlar mazmunining, ularning yaxlitligi buzilishiga olib keladigan tarzda, o‘zgartirilishi. " Soya hududi; qabul yo‘q zona|"Radioko‘rinish hududidan tashqarida joylashgan, yer yuzasidagi zona. Soya hududining yaqin chegarasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rinish masofasida bo‘ladi, olis chegarasi esa, to‘lqinlarning atmosfera refraksiyasi musbat bo‘lganda ufq orqasiga tarqalish shart-sharoitlari bilan belgilanadi. " Soyabonsimon antenna|"Vertikal konus hosil qiluvchi o‘tkazgichlardan iborat antenna. Konus cho‘qqisida joylashgan o‘tkazgichlar oxiri antennani pasaytirish vertikal simi bilan birlashtirilgan va bog‘langan. " Soyalanish|"Joy relyefi va shahar imoratlarining to‘suvchi ta’siri tufayli, uzatgich va qabul qilgich o‘rtasidagi trassadagi sekin asta tinishlar. Misol – Shahar sharoitida 36 km/h tezlikda harakat qiluvchi abonentlarga uyali aloqa tarmoqlarida bu xildagi tinishlar masofaning har 12-60 metri uchun xosdir (vaqt intervali 1,2 s-6 s). " Sozlanadigan havolalar|"Obyekt ostida avtomatik ravishda tuzatiladigan havolalar. Havolalar, ular havola qilinadigan obyekt ko‘chirilganda, sozlanadi va baribir xuddi shu obyektga havola qilinadi. " Sozlanadigan yagona qidiruv tizimi|"Muayyan foydalanuvchining sozlashlarini saqlaydigan va bir nechta toifa bo‘yicha qidiruvni amalga oshiradigan qidiruv mashinasi. " Sozlangan antenna (rezonans antenna)|"Yo‘naltirilgan nurlantiruvchi xususiyatlari antennaning ishchi chastotasiga bevosita yondashgan chastotalarning cheklangan polosasi uchun belgilanadigan tor polosali antenna. " Sozlash|"Foydalanuvchi tomonidan uskuna, dasturiy ta’minotlarni to‘g‘ri (istalgan tarzda) ishlashi uchun sozlanishi. " Sozlash operatori|"Sozlanadigan dasturga qandaydir shartni yoki o‘zgaruvchilar qiymatlarining chiqarilishini tekshirish uchun kiritiladigan operator. Bunday operatorlar sozlangan dasturdan yoki chiqarib tashlanadi yoki sharhlar satrlariga aylantiriladi. " Sozlash registri|"Dasturlarni sozlash jarayonini tezlashtirish uchun xizmat qiladigan maxsus registr. " Sozlik|"Televizor (element) ning ma’lum bir vaqtda barcha talablarga mos keladigan holati. " Sozlovchi|"Dasturiy ta’minotdagi xatolarni aniqlash uchun mo‘ljallangan dastur yoki qurilma. " Sochilish|"To‘siqlardan qaytish natijasida yoki bir xil bo‘lmagan muhit orqali o‘tishda radioto‘lqinlar tarqalish yo‘nalishining o‘zgarishi. " Spam|"Foydalanuvchining so‘rovisiz, majburiy tarzda jo‘natiladigan keraksiz ma’lumotlar. Bunga misol tariqasida turli telekonferensiyalarda ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilarga diskussiya olib borish qoidalarini ma’lum qilish, yoki reklamalar va boshqalar kiradi. Yana bu turli xildagi «elektron axlat»ni atashda ham ishlatiladi. Spamni yashirish yo‘llari mavjud bo‘lib, stealth spam deb ataladi. " Spamni yuborish|"Tizimni o‘ta band qiladigan, so‘ralmagan ma’lumotlarni yuborish. " Spektr|"Signal amplitudasi va fazasi o‘zgarishining chastotaga bog‘liqligini tavsiflovchi hamda uning xossalari va xarakteristikalarini qatʼiy belglovchi funksiya. " Spektral ranglar chizig‘i|"Nuqtalarning ranglilik diagrammasidagi geometrik o‘rni. " Spektral samaradorlik|"1. Uyali aloqa tarmoqlarida fazo, chastota va vaqtdan foydalanishning samaradorligini tavsiflovchi integral ko‘rsatgich. 2. Vaqt birligi ichida 1 Hz kenglikdagi polosada uzatilgan ma’lumotlarning maksimal miqdori sifatida aniqlanadigan samaradorlik ko‘rsatgichi bo‘lib, u modulyatsiyaning turli usullaridan foydalanib raqamli axborotni uzatishda ishlatiladi. " Spektral sezgirlik|"Optik asbobning muayyan to‘lqin uzunligidagi elektromagnit tebranishlarning taʼsiriga bog‘liq bo‘lgan sezgirligi. " Spektral tuzilma bo‘yicha identifikatsiyalash|"Tarqalayotgan signalning spektri bo‘yicha radiostansiya (mobil telefon)ni tanib olish jarayoni. Izoh − Bu usul klonlash bilan bog‘liq aldamchilikning oldini olish uchun ishlatiladi, chunki klonlangan telefon legal mobil telefon bilan bir xil elektron identifikatsiyalash raqamiga ega bo‘ladi, biroq nurlanayotgan signalning spektral tarkibi bo‘yicha farqlanadi. Legal radiostansiyani tanib olishdagi radio-signal spektrogrammasi, amalda, shaxsiy identifikatsiyalashdagi barmoq izlari kabi rol o‘ynaydi. " Spektral xarakteristika|"Alohida rang kanallari sezgirligining to‘lqin uzunligiga bog‘liqligini ko‘rsatadigan spektral egri chiziqlar guruhi. Izohlar. 1. Atamaga tegishli aniqlashtirish kiritilishi mumkin, masalan, yorug‘likni signalga aylantirish qurilmasining spektral tavsifi yoki studiya kamerasining spektral tavsifi. 2. Nochiziqlilik oqibatida ba’zi spektral tavsiflar ularni o‘lchashda foydalaniladigan nurlanish miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. 3. Kanallarda matritsalash va nochiziqlilikni kiritish operatsiyalari bajarilishi mumkin. " Spektral zichlik|"Signal o‘rtacha quvvatining, chastotaga bog‘liq holda taqsimlanish zichligi. Spektral zichlik cheklangan chastotalar polosasida aniqlanadi. Spektral zichlik modulining kvadrati signalning energetik spektral zichligi deyiladi. " Spektrlarni ustama qo‘yilishidan muhofazalash|"telekom. Diskretlashda yuzaga keladigan xatolarni tuzatish imkonini beradigan filtrlash tartiboti. " Spektrning infraqizil sohasi|"Asosiy spektri 0,76 mkm dan 1000 mkm gacha bo‘lgan chegaralarda yotadigan to‘lqin uzunliklarida to‘plangan optik nurlanish. " Spektrning ko‘rinadigan sohasi|"To‘lqin uzunliklari 0,4-0,75 mkm bo‘lgan optik nurlanish spektri sohasi. " Spetsifikatsiya|"Tizimning maqsadi va funksional imkoniyatlarini belgilaydigan tavsif. Qoidaga ko‘ra, tizimni ishlab chiqish paytida foydalaniladi. Dastur spetsifikatsiyasi kirish va chiqish ma’lumotlari tavsiflanishini ko‘zda tutadi. " Spiral antenna|"1. Metall spiral koʻrinishida bajarilgan aylanadigan qutblanishga ega antenna. 2. Oʻq boʻylab nurlanish va aylanadigan qutblanishga ega yuguruvchi toʻlqin rejimida foydalaniladigan metall (silindrsimon, konussimon yoki yassi) spiral koʻrinishidagi antenna. " Spiral yo‘lka|"Nusxa ko‘chirishdan himoya qilish usulining qismi, bunda diskka spiral shaklidagi yo‘lka yoziladi. " Splayn|"Kompyuter grafikasida – bir nechta nuqta bo‘yicha tuzilgan egri chiziq. Egri chiziqning tavsifi qandaydir darajadagi polinom bilan beriladi. " Splays-plastina|"O‘tkazuvchi optik kabelni tarmoqlash uchun uning tolalarini qisqa optik tarmoqlagich bilan ulaydigan plata. Bu tarzda tarmoqlagichlar yordamida optik-tolali kabelni optik taqsimlash qutisining o‘tish rozetkalariga ulash taʼminlanadi. " Splitter|"Turli chastotalar signallarini ajratish imkonini beruvchi qurilma. Masalan, ADSL – splitter telefon aloqasining past chastotali signali va ADSLHU^ yuqori chastotali signalini ajratadi. " Sprayt|"1. Videoobyektning uzoq vaqt mobaynida deyarli o‘zgarishsiz shu obyektda bo‘ladigan qismi. 2. Ekranda tasvirning boshqa qismlaridan qati nazar siljiydigan, odatda fon bo‘lib hisoblanadigan grafik obyekt. " Spufing|"Muayyan shaxs (yoki dastur) o‘zini boshqa birov sifatida bildiradigan va buning natijasida o‘zi uchun qo‘shimcha (odatda noqonuniy) foyda oladigan hujumning turi. Bunday hujumlarga misollar: - Man-in-the-middle (qar.: MITM); - URL spufing va fishing – URL manzilni almashtirish (qar.: Fishing). " Spuler|"Ma’lumotlarni fon rejimida qabul qiladigan va qayta ishlaydigan (masalan, bosadigan) qurilma yoki dastur. " Ssenariy|"Operatsion tizim yoki dastur tomonidan muayyan holatda ishga tushiriladigan komandalar va/yoki harakatlar ketma-ketligi, kichik dastur yoki makros. Ssenariylar ko’pincha oddiy matn fayllar ko’rinishida saqlanadi. " Ssenariylar tili|"Ssenariylar yoziladigan til yoki komanda fayliga to‘plangan tizim komandalarining oddiy to‘plami. " Ssintillyatsiya|"Lyuminessensiyaning bir ko‘rinishi, tez harakatlanuvchi zaryadlangan zarra kinetik energiyasini yorug‘lik chaqnash energiyasiga aylantirish jarayoni. " Staffing|"Raqamli oqim tezligini to‘g‘rilash uchun qo‘shimcha «bo‘sh» bitlarni kiritish. " Standart|"Tizimlarning birgalikda ishlash va birikish imkoniyatini yaratish maqsadida, texnik, dasturiy, axborot ta’minotiga ko‘rsatiladigan talablar. Izoh ‒ Standartlar ikki turda bo‘ladi: deyure, standartlar rasman e’lon qilinadi va ma’qullanadi; de-fakto, ko‘pchilik standartlardan haqiqatda foydalanadi, lekin rasmiy ravishda ular rasmiylashtirilmagan bo‘ladi. Ba’zan, firma ichida foydalanish uchun ishlab chiqilgan standart umumqabul qilingan standart bo‘ladi. " Standart .NET Framework klasslari bibliotekasi|"Tayanch klasslar bibliotekasi, barcha .NET-dasturlari ushbu biblioteka asosida quriladi. Qisqartmasi FCL – «.NET Framework» platforma klasslarining standart bibliotekasi. .NET platformasida ishlaydigan ixtiyoriy dasturlash tilida yozilgan dasturlar FCL ning usullari va klasslaridan foydalanishlari mumkin. " Standart dasturiy ta’minot|"Kompyuter, periferik qurilmalar yoki boshqa paketlar bilan birga yetkazib beriladigan dasturiy ta’minot. " Standart kanal|"Telefon GSM bog‘lanish yordamida ma’lumotlar uzatish kanali. Bog‘lanish tezligi pastligi (9600 bit/s gacha) tufayli, GPRS dan orqada. Tarif GPRS dagi bog‘lanishga qaraganda yuqori. Bu xizmatdan foydalanish mumkin bo‘lmagan hududlarda GPRS ga muqobil sifatida foydalaniladi. " Standart kuzatuvchi|"Ko‘rish orqali idrok etish mexanizmi x, y, z solishtirma koeffitsiyent jadvali hamda teng energetik spektrning x, y, z ranglilik koordinatalari ko‘rinishidagi kolorimetrik xossalarga ega gipotetik kuzatuvchi. " Standart operatsion protseduralar|"Apparat va dasturiy ta’minot bilan bog‘liq masalalarni bajarishda eng yaxshi amaliy uslubni tavsiflash uchun qo‘llaniladigan protsedura. " Standart pochta markasi|"Muomalaga ommaviy adad bilan chiqariladigan va yodgorlik bo‘lib hisoblanmaydigan pochta markasi. " Standart qo‘shimchalar|"Operatsion tizim bilan birga ishlab chiqiladigan standart dasturlar, ya’ni kalkulyator, o‘yin, matn va grafik redaktorlar. " Standartlar profili|"Hisoblash texnikasini ishlab chiqish va/yoki xarid qilish uchun qo‘llaniladigan ochiq tizimlar standartlarining majmui. " Standartlarni o‘zgartirish|"Eshittirish televideniyesi bitta tizimiga muvofiq kodlangan televizion videosignalni boshqa tizimga, xususan, boshqa yoyish chastotalari bilan mos keladigan signalga o‘zgartirish. " Standartlarni amalga oshirish va qo‘llashga ko‘maklashish guruhi|"Tarmoqlar uchun xalqaro standartlarni qo‘llashga ko‘maklashadigan tashkilot. SPAG 1986-yilda Yevropa ittifoqi komissiyasi, hamda YEIga aʼzo davlatlarning iqtisodiyot va sanoat vazirliklari tomonidan yaratilgan. SPAGning vazifalari bo‘lib, Xalqaro standartlar tashkilotining hujjatlarini sanoatga tatbiq qilish, shu standartlarni amalga oshirishdagi testlash va sertifikatlashni o‘tkazish hisoblanadi. " Stansiya|"Tarkibida qabul qilgich-uzatgich (ba’zan faqat uzatgich yoki faqat qabul qilgich), shuningdek, aloqa xizmatlarini ko‘rsatish uchun kerakli yordamchi va interfeys uskunani saqlovchi uskunalar komplekti. Izoh − Axborotni uzatish uchun foydalaniladigan radiokanal turiga bog‘liq ravishda, radiostansiyalar yo‘ldoshli, uyali, tranking, radioreleli, troposferaviy va b.larga bo‘linadi. " Stansiya ichidagi liniya|"Yerdagi stansiyaning turli qismlarini o‘zaro bog‘laydigan ulovchi liniya. Bunday liniya odatda, antennali uzatgichni yoki boshqarish pulti chiqarilgan uzatgichni bog‘laydi. " Stansiya ichidagi telefon yuklama|"Kommutatsiya stansiyasiga ulangan oxirgi (terminal) abonent telefon qurilmalari vujudga keltiradigan, shu stansiyaning boshqa oxirgi (terminal) telefon abonent qurilmalari uchun mo‘ljallangan telefon yuklama. " Start-bit|"Ketma-ket kanal orqali simvolni uzatish boshlanishini ko‘rsatadigan bit (signal). " Statik kompanovka|"Bajariladigan dasturga bibliotekalardan olingan standart funksiyalarni, dasturning bajariladigan faylga ularni joylashtirish yordamida qo‘shish usuli, ya’ni statik komponovkada biblioteka obyekti bevosita dasturning bir qismiga aylanib ketadi. Diskli operatsion tizim boshqaruvidagi tillarda foydalaniladi. " Statik konstanta|"Qiymati dasturni translyatsiya qilish paytida aniqlanadigan konstanta. " Statik linklanadigan biblioteka|"Aloqa va yuklashni tahrir qilish bosqichida yuklash modulida uning obyekt modullaridan foydalanadigan kod bilan birlashadigan kichik dasturlar bibliotekasining kodi. " Statik marshrutlash|"Marshrutlash turi, bunda ma’lumotlar ma’lum marshrut bo‘yicha uzatiladi; agar tegishli yo‘l yopiq bo‘lsa, uzatish kechikadi. " Statik tekshiruv|"Dasturni translyatsiya qilish vaqtida amalga oshiriladigan tekshiruv. " Statik tezkor xotira|"Yarimo‘tkazgichli tezkor xotiraning bir turi. Har bir ikkilik razryad (bit) to‘rtta tranzistor va ikkita rezistordan iborat sxemada saqlanadi. Sxemada kondensator yo‘qligi uchun zaryadlash kerak bo‘lmaydi. Statik tezkor xotira dinamik tezkor xotiraga qaraganda tezroq ishlaydi. Lekin qimmat va ko‘p joyni egallaydi. " Statik xotira|"Ikki barqaror holatga ega elektron sxemalar (triggerlar) asosida qurilgan energiyaga bog‘liq tezkor xotira qurilmasi. Dinamik xotiradan farqli ravishda, xotira yacheykalarini davriy regeneratsiyalash signallarini talab qilmaydi. " Statistik multipleksorlash|"Tasvirning har bir dasturdagi mavjud xossalarini hisobga olish bilan, ko‘p dasturli raqamli oqimdagi koderlar o‘rtasida bitlar resursini dinamik qayta taqsimlash. " Statistik paket|"Ma’lumotlarni statistik qayta ishlash uchun mo‘ljallangan belgilangan dasturiy mahsulot, qabul qilinadigan qarorlar sifatini oshirishning ishonchli vositasi. Paketga amaliy grafika, dispersion tahlil, regression tahlil, vaqt qatorlari tahlili va boshqalar kiradi. " Statsionar abonent|"Mobil aloqa tarmog‘ining, aloqa vositalari «yurganda» ishlashga mo‘ljallanmagan har qanday abonenti. " Steganografiya|"Ochiq axborot massivlarida konfidensial axborotni yashirishning matematik usullarini o‘rganuvchi fan sohasi. " Stegokalit|"Axborotni yashirish (shifrlash) uchun zarur bo‘ladigan maxfiy kalit. " Stegokanal|"Axborotni yashirin uzatish kanali. " Stek|"Xotiraning, protseduralar va funksiyalardan qaytish manzillari, ularning parametrlari va chaqirilgan protsedura yoki funksiya nusxasiga taalluqli bo‘lgan boshqa ma’lumotlar saqlanadigan, ya’ni dasturda ma’lumotlarni vaqtinchalik saqlash uchun foydalaniladigan qismi. Stekka joylashtiriladigan oxirgi element u yerdan birinchi bo‘lib olinadi. " Stek ko‘rsatgichi|"Stekning joriy uchini ko‘rsatib turuvchi prosessor registri yoki o‘zgaruvchi (keyingi element joylashadigan yacheyka). Stek bilan bog‘liq barcha operatsiyalar shu ko‘rsatgichni ishlatish orqali amalga oshiriladi. " Steker|"Bitta to‘plagichi va qat’iy belgilangan tartibda to‘plagichga uzatiladigan bir nechta kartriji bo‘lgan qurilma. Ma’lumotlar bitta kartrijga sig‘maganda zaxira nusxa olish uchun foydalaniladi. " Stekning to‘lib ketishi|"Stekka keragidan ortiq elementlarni joylashtirishga harakat qilinganda yuzaga keladigan xato. Stekni apparat nazorat qilish bo‘lmaganda, ma’lumotlar sohasi yoki dastur kodining bir qismi o‘chib ketishiga olib keladi. " Stereofonik televideniye|"Tovush jo‘rligi stereofonik tarzda uzatiladigan televideniye. " Stereoskopik kineskop (display)|"Stereoskopik televizion tasvirni shakllantirish uchun ikkita tasvirni bir vaqtda tiklash kineskopi. " Stereoskopik ko‘zoynak|"Har bir ko‘z uchun stereoskopik televizion tasvirning alohida tasvirlarini taqdim etishda ikki tomonga yo‘naltirilgan yorug‘lik bo‘lgichni (tasvir ajratgichni) hosil qiladigan ko‘zoynak. " Stereoskopik televideniye, 3 D-televideniye|"Tomoshabinda kuzatilayotgan tasvirlarning teran va yaqqol (uch o‘lchamli) ekanligi to‘g‘risida taassurot hosil qilishni ta’minlaydigan televideniye tizimi. Hajmli (uch o‘lchamli) idrok qilish binokulyar ko‘rishga asoslangan. Shuning uchun stereoskopik televideniyeda bir xil obyektlarning tasviri bir biridan ayrim masofada joylashgan ikkita pozitsiyadan uzatiladi, shunday qilib, obyektning stereojuftni hosil qiluvchi ikkita tasviri shakllanadi. Qasbul qiluvchi tomonda ular tomoshabinga alohida: chap ko‘zga – stereojugtning chap tasviri, o‘ng ko‘zga – stereojuftning o‘ng tasviri kabi ta’sir etadi. " Stereoskopik televizion kamera|"Stereoskopik televideniye uchun signallar hosil qilishga mo‘ljallangan televizion kamera. " Stereoskopik televizion proyektor|"Stereoskopik televizion tasvirni tiklash uchun mo‘ljallangan televizion proyektor. Izoh – Chap va o‘ng ko‘z uchun tasvirlar yo proyeksiyaning ikkita alohida qurilmasidan bir vaqtda yoki proyeksiyaning bitta qurilmasidan ketma-ket taqdim etiladi. " Stereoskopik televizion qabul qilgich|"Stereoskopik televizion tasvirni tiklash uchun mo‘ljallan gan televizion qabul qilgich. " Stereotovushli televizor|"Qabul qilish va tiklashni stereotovush jo‘rligida ta’minlaydigan televizor. " Stil|"Matn protsessorlari va stol noshirlik tizimida ‒ matnni formatlash parametrlarining nomlangan to‘plami (shriftning o‘lchami va garniturasi, satrlarni to‘g‘rilash (tekislash), sahifada joylashtirish va h.k.). " Stillarning kiritilgan jadvallari|"HTML-sahifalar bilan ishlashda muayyan elementlar uchun shablon tuzish imkonini beruvchi standart. U o‘zida shriftning rangi, o‘lchovi, bo‘sh joylar va boshqalarni ifodalaydi. " Stol tizimlarini boshqarish interfeysi|"Shaxsiy kompyuterning dasturiy va apparat komponentlarini (ishlab chiqaruvchi, mahsulot nomi, seriya raqami, installyatsiya vaqti hamda sanasini) avtomatik identifikatsiyalash imkonini beradigan interfeys. " Stop-kadr|"Bitta yoki bir nechta maydondan hosil qilinib, ma’lum bir vaqt mobaynida oddiy harakatlanayotgan tasvirning o‘rnini bosadigan tasvir. " Stornett-Xaber algoritmi|"Hujjatlarning vaqt bo‘yicha, ularni qalbakilashtirish imkoniyati bo‘lmaydigan tarzda, imzolanishini ta’minlovchi algoritm. " Stratovideniye|"Samolyot yoki aerostat bortiga joylashtirilgan uzatgichdan uzatiladigan televizion eshittirish. " Strimer|"Ma’lumotlarni magnit tasmada uzoq muddat saqlash uchun mo‘ljallangan qurilma. Ma’lumotlarning zaxira nusxalarini tuzish uchun qo‘llaniladi. Sig‘imi 80 Mbyte dan boshlab (siqishsiz), saqlanishlik muddati katta, saqlash qiymati nisbatan arzon " Studiyadan uzatgichgacha radioreleli uzatish tizimi|"Televizion signalni dasturning qayd etilgan manbaidan statsionar eshittirish uzatgichigacha uzatish tizimi. " Stvol|"Yo‘ldoshdagi, ma’lum bir chastotalar polosasida signallarni retranslyatsiya qilish uchun foydalaniladigan, qabul qiluvchi va uzatuvchi uskuna komplekti. " Subdiskretlash|"Kotelnikov (Naykvist) chastotasidan past diskretlash chastotasi bilan diskretlash jarayoni. " Subkalit|"Asosiy kalit tarkibiga kiritiladigan va istalgan vaqtda asosiy kalit uchun salbiy oqibatlarsiz bekor qilinishi mumkin bo‘lgan kalit. " Submagistral liniya|"Taqsimlash punktini uy taqsimlash tarmoqlari bilan birlashtiradigan liniya. " Submillimetrli radiotoʻlqinlar|"THF (Tremendously High Frequency) (300-3000 HHz) chastotalalr diapazoniga mos keladigan 1 mm dan 0,1 mm gacha boʻlgan toʻlqin uzunligidagi radiotoʻlqinlar. " Sub-polosali kodlash|"Analog televizion signal chastotalari polosasi filtrlar bankida bir necha kichik polosalarga ajratiladigan va har bir kichik polosa alohida kodlanadigan manbani kodlash turi. Izoh – Kichik polosalar teng yoki teng bo‘lmagan polosa kengligiga ega bo‘lishi mumkin. " Subtitr|"Film yoki ko‘rsatuvlarning ovozi bilan birga uning matnini ovozdagi tilda yoki tarjima qilingan boshqa tilda taqdim qiladigan matn. " Subyekt vakolatlari darajasi|"Foydalana olish subyektining foydalana olish yuzasidan huquqlarining majmui. " Sukunat zonasi|"Radioto‘lqinlarning o‘tish shartlari bo‘yicha radioqabul amaliy jihatdan mumkin bo‘lmagan yoki qiyin bo‘lgan, radiostansiyaning harakat radiusi chegarasidagi fazo. " Summator|"Ikki sonni razryadma-razryad qo‘shish amalga oshiriladigan sxema. Alohida mikrosxema ham, mikroprotsessor arifmetik-mantiqiy qurilmasining tarkibiy qismi ham bo‘lishi mumkin. " Sun’iy intellekt|"1. Ilmiy tadqiqotlarning fanlararo faol rivojlanayotgan yo‘nalishi va intellektual kompyuter tizimlarini, ya’ni inson ongiga qo‘shimcha ravishda yozib qo‘yiladigan imkoniyatlarga – bilimlarni olish va saqlash, undan samarali foydalanish imkoniyatlariga ega bo‘lgan tizimlarni ishlab chiqishda qo‘llaniladigan tushuncha. Sun՚iy intellekt inson zakovatining alohida funksiyalarini, masalan, avval olingan tajriba va tashqi ta’sirlarni oqilona tahlil qilish asosida maqbul qarorlarni tanlash va qabul qilish qobiliyatini o‘ziga oladigan avtomatik tizimlarning xususiyati sifatida talqin qilinadi. 2. Muayyan avtonomlik darajasida ma’lumotni qabul qilish, katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish, shuningdek, odamning xatti-harakatlarini imitatsiya qilish asosida o‘rganish va qarorlar qabul qilishga layoqatli bo‘lgan dasturiy ta’minot va/yoki apparat vositalari tizimi. " Sun’iy neyron tarmoq|"Odam asab tizimi hujayralarining (neyronlarning) o‘zaro ta’sirlashuv prinsiplari asosida qurilgan tarmoqni modellashtiruvchi dastur yoki apparatura. Apparat ko‘rinishda sun’iy neyron tarmoq o‘zida, har biri uncha katta bo‘lmagan lokal xotiraga va boshqa protsessorlar bilan kommunikatsion bog‘lanishga ega bo‘lgan oddiy protsessorlar ko‘pligini ifodalaydi. Kiruvchi bog‘lanishlar orqali sonli ma’lumotlar, chiquvchi bog‘lanishlar orqali esa, ularni qayta ishlash natijalari uzatiladi. Bunday tarmoqlardan obrazlarni, nutqni aniqlashda, moliya sohasida vaziyatni prognozlashda va h.k. foydalaniladi. " Sunʼiy til|"Foydalanish uchun qoidalari qatʼiy belgilangan til. " Superkadr|"DVB-T tizimining 4 kadridan iborat chastota-vaqt bo‘yicha strukturasi. " Superkadr tarkibi jadvali|"Interaktiv tarmoqda resursning superkadr va kadrlarga bo‘linishini tasvirlaydi. " Superkompyuter|"Eng yuqori tezlikda ishlaydigan va katta hajmdagi xotiraga ega bo‘lgan ko‘p protsessorli kompyuter. " Superskalyar arxitektura|"Bir vaqtda bittadan ortiq oddiy (skalyar) mashina komandasini bajarish mumkinligi ko‘zda tutilgan bir necha konveyyerli protsessor arxitekturasi. " Supervideografik matritsa|"Displey ekranida 256 rangda 1280x1024 pikselni hamda 16 million rangda 1024x768 pikselni aks ettirishi mumkin bo‘lgan videoadapter. " Supervizor|"Operatsion tizimda resurslardan foydalanishni muvofiqlashtiradigan va markaziy protsessor orqali operatsiyalarning bajarilishini ta’minlaydigan dasturlar yoki dastur; operatsion tizimning, ma’lumotlarni avtomatik qayta ishlash tizimida boshqa dasturlarning bajarilishini boshqarish uchun mo‘ljallangan qismi. " Suqulib kirish|"1. Ham tasodifiy, ham ataylab ruxsat etilmagan tarzda kira olish natijasida, tizim himoyasining yengib o‘tilishi. 2. Region yoki butun mamlakat masshtabida muayyan turdagi (masalan, uyali) aloqa xizmatlarining tarqatilishi (foizlarda hisoblanadi). " Suqulib kirish yo‘li|"Muhofazalangan tizimga suqulib kirish paytida, foydalanuvchi ruxsat etilmagan harakatlarining ketma-ketligi. " Suqulib kirishga sinash|"Muhofaza qilish vositalarini tekshirish maqsadida tizimni sinab ko‘rish (xususan, ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishdan). " Suqulib kirishga testlash|"Kompyuter xavfsizligini chetlab o‘tish usullarini izlab topish maqsadida, ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi funksiyalarini tadqiq etish. " Suriluvchi vergul (nuqta)|"Kompyuterda haqiqiy sonlarni taqdim etish va qayta ishlash tizimi. " Suriluvchi vergulli protsessor|"Suriluvchi vergulli sonlar bilan hisoblashlar bajaradigan soprotsessor. " Surish|"Ma’lumotlarni xotira maydonlarida (registrlarida) chapga yoki o‘ngga ko‘chirish. " Sust yo‘naltirilgan antenna|"Nurlantirish xususiyatlari vaqtning istalgan onida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy jihatdan bir xil bo‘lgan antenna. " Sutka davomidagi yuklama|"Aloqa liniyasi yoki kanalning bir sutka davomidagi yig‘indi yuklamasi. " Sutkadagi chaqiruvlar (soni)|"Bitta abonent uchun bir sutka davomida to‘g‘ri keladigan telefon yuklamasi jadalligini tavsiflovchi ko‘rsatgich. " Suyuq kristalli displey|"Suyuq kristaldan iborat massivlar boshqarish signaliga bog‘liq holda yorug‘likni o‘tkazadigan yoki ushlab qoladigan tasvir yoki matnli axborotni aks ettiruvchi qurilma. " Suyuq kristalli ekran|"Portativ shaxsiy kompyuterlarning yassi ekranlarida, soatlarda, kalkulyatorlarda va boshqa qurilmalarda qo‘llaniladigan displey turi. Suyuq kristallar o‘zining molekulyar tuzulishini o‘zgartirish orqali, elektr signallari yordamida ular orqali o‘tuvchi yorug‘lik oqimini boshqaradi. " Suyuq kristalli proyektor|"Uchta suyuq kristalli panel va cho‘g‘lanma lampa ko‘rinishidagi yorug‘lik manbaidan tuzilgan proyektor. " Sug‘urta muhri|"Qiymati eʼlon qilingan xatlar va qiymati eʼlon qilingan banderollar, posilkalar, sug‘urta qoplari, brezent sumkalar, konteynerlar, shuningdek, qimmatbaho buyumlar saqlanadigan joylarni surg‘uch bilan muhrlash uchun mo‘ljallangan maxsus muhr. " Sug‘urta qopi|"Belgilangan talablarga muvofiq muhrlangan (plombalangan), ro‘yxatga olinadigan pochta jo‘natmalari (qiymati eʼlon qilingan jo‘natmalar, mayda paketlar, odatdagi posilkalar) joylangan maxsus qop. " Sxemalarni qayta ulash|"Tarmoq ulanishi usuli, bunda kommunikatsiyaning hamma vaqti uchun doimiy fizik ulanish o‘rnatiladi. " So‘ndirish darajasining uzilishi|"So‘ndirish va maydonlar davrining qolgan qismi davomida so‘ndirish darajalari o‘rtasidagi farq. " «So‘nggi milya» dagi bog‘lanish|"Olisdagi abonentning, magistral aloqa liniyasiga ulanishini ta’minlaydigan bog‘lanish. " So‘nggi cheklovchi|"Token Ring tarmoq texnologiyasidagi markerning so‘nggi maydoni. O‘zida axborot ma’lumotlari bilan adashtirib bo‘lmaydigan elektr impulslarining noyob seriyasini saqlaydi. " Soʻnish koeffitsiyenti|"1. Tarqalish koeffitsiyentining haqiqiy qismi. 2. Soʻnuvchi tebranishlar amplitudasining kamayishini tavsiflaydigan koeffitsiyent. " So‘nuvchi maydon|"Amplitudasi ko‘ndalang tarzda bir tekis pasayib boradigan to‘lqin o‘tkazgichning ochiq uchi yaqinidagi, fazaviy siljimagan nostansionar elektromagnit maydon. " So‘ralmagan axborot|"1. Elektron pochtadan foydalanib, pochta qutisi egasiga so‘rovsiz yoki uning oldindan roziligisiz yuborilgan xabar ko‘rinishidagi axborot. 2. Odatda, reklama xarakteridagi katta miqdordagi xabarlarning, ularni buyurtma qilmagan oluvchilarga yuborilishi. 3. Katta miqdordagi axborotning, tarmoqning bitta yoki bir nechta bog‘langan manziliga, ularni o‘ta yuklash va boshqa foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatilishini rad etish maqsadida (hujum usuli sifatida) yuborilishi. " So‘roqlash|"Umumiy aloqa liniyasiga ulangan olisdagi terminallardan, markazlashtirilgan tarzda ma’lumotlar to‘plash usuli. So‘rov izchil amalga oshiriladi, bu esa, qisqa vaqt ichida xizmat ko‘rsatilishiga ehtiyoji bo‘lgan barcha terminallarni aniqlash imkonini beradi. " So‘rov|"Elektron pochta orqali jo‘natilgan, muayyan turdagi xizmatlar taqdim etilishi so‘ralgan, muayyan standartga muvofiq rasmiylashtirilgan va IP-tarmoqlar ma’lumotlar bazasida axborot kiritilishi/o‘zgartirilishi talab qilingan xabar. " So‘rov bo‘yicha video|"TV eshittirishni, abonent buyurtma qilingan dasturini ko‘rish uchun oladigan, tashkil qilish usuli. " So‘rov rejasi|"Ma’lumotlar ustida, foydalanuvchining MB ga qiladigan muayyan so‘rovini amalga oshirish uchun bajarilishi zarur bo‘lgan harakatlar ketma-ketligi. " So‘rov/javob|"Autentifikatsiya usuli, unga ko‘ra, bir tomon shifrlangan so‘rov jo‘natadi, ikkinchi tomon esa, aynan bitta autentifikatsiya algoritmi yordamida javob beradi. " So‘rovlar kompilyatori|"Foydalanuvchining ma’lumotlar bazasiga so‘rovini sintaksik va semantik tahlil qiladigan, so‘rovni so‘rov plani deb ataladigan ichki formatga ko‘chiradigan, shuningdek, so‘rov planini optimallashtiradigan dasturiy ta’minot . " So‘z|"1. Berilgan alifboda simvollarning muayyan ma’noga ega bo‘lgan tartiblashtirilgan to‘plami. 2. Protsessorda ma’lumotlarni qayta ishlash va uzatishda bir butun deb qaraladigan ma’lumotlar birligi. Odatda, bitlarda yoki ikkilik razryadlarda o‘lchanadi. Qoidaga ko‘ra, mashina so‘zi deb ataladi. " So‘z o‘lchami|"Protsessor arxitekturasini tavsiflaydi va bir vaqtda ma’lumotlar shinasi orqali uzatilishi yoki protsessor registrlarida saqlanishi va qayta ishlanishi mumkin bo‘lgan razryadlar soni bilan belgilanadi. Odatda, bu 8, 16, 32 yoki 64 razryad. " So‘zlashuv vaqti|"Portativ yoki olib yuriladigan terminal yordamida abonent batareyani qayta zaryadlamasdan aloqani ushlab tura oladigan vaqt. Batareyaning sig‘imi, odatda, terminalning aktiv rejimda o‘rtacha ishlash vaqti bilan tavsiflanadi. " So‘zlashuvga avtomatik tarzda buyurtma berish xizmati|"Abonentning oldindan berilgan buyurtmasi bo‘yicha, unga telefon apparatidan ma‘lum kun va soatda, muayyan telefon raqami yoki xizmati (uyg‘otish xizmati bundan mustasno) bilan bog‘lanish avtomatik tarzda taqdim etilishi mumkin bo‘lgan xizmat. T " Tabiiy til|"1. Inson muloqoti, fikrlashi uchun xizmat qiladigan tovushlar, lug‘at va grammatik vositalar tizimi. 2. Qoidalari aniq ifodalanmasada, zamonaviy so‘z ishlatishga asoslangan til. " Tabiiy xalaqit|"Manbai tabiatdagi fizik hodisalar bo‘lgan elektromagnit xalaqit. " Tabulyatsiya|"Axborotni jadval ko‘rinishida taqdim etish. " Tadbirkor xonasi|"Yuridik shaxsning shaxsiy xonasi, tadbirkorlik faoliyati uchun xos bo‘lgan yo‘nalishlar, aynan yuridik shaxs rekvizitlari, kommunal xo‘jalik, soliqqa tortish, statistik hisobot taqdim etish, avtotransport vositalarini ro‘yxatga olish bo‘yicha bloklarni o‘zida ifodalaydi. " Tadqiqot olib borish|"Biror-bir predmet ustida ilmiy ish olib borish. Yangi dastur yoki algoritm yoki ularga bo‘lgan ehtiyoj tadqiqot obyekti bo‘lishi mumkin. Tafsilotlar ing. - details подробно O‘rnatish, disklarga yozish, nusxa ko‘chirish va h.k. jarayonlar to‘g‘risidagi qo‘shimcha axborotni olishda foydalaniladi. " Taglik|"Planar texnologiya kirishiga taglik deb ataluvchi plastina kiritiladi. Taglik materiali – kristall tuzilmadan tortib atomlararo masofalargacha va kristallografik yo‘nalganlik qatʼiy nazorat qilinadi. Texnologik jaryon davomida taglikda turli xildagi o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan maydonlar hosil qilinadi, bu esa yarim o‘tkazgich asbobining yoki integral mikrosxemaning tuzilmasini tashkil qiladi. " Tahdid|"1. Kompyuter xavfsizligi buzilishining potensial imkoniyati. 2. Ma’lumotlarni buzish, ochish yoki o‘zgartirish va/yoki xizmat ko‘rsatishni rad etish shaklida tizimga zarar yetkazish sababchisi hisoblanishi mumkin bo‘lgan har qanday holat yoki voqea. 3. Tizim yoki tashkilotga zarar keltirishi mumkin bo‘lgan nomaqbul insidentning potensial sababi. 4. Raqib oldida turgan konfidensiallik, yaxlitlik, kuzatib bo‘lmaslikni buzish vazifasi (kriptografik protokolning turiga bog‘liq holda istalgan kombinatsiyada). " Tahdidlar manbalari|"Potensial antropogen, texnogen yoki tabiiy (stixiyali) xavfsizlikka bo‘lgan tahdidlarni tarqatuvchilar. " Tahdidlar modeli|"Axborot xavfsizligi tahdidlari xarakteristikalari yoki xususiyatlarining fizik, matematik, tavsifiy taqdim etilishi. " Tahdidlarning tahlili|"Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimiga salbiy ta’sir etishi mumkin bo‘lgan harakatlar va hodisalarni tadqiq etish. " Tahlil|"Haqiqiy yoki tasavvur qilinadigan obyekt tarkibiy qismlarga (elementlarga) ajratiladigan hamda bu elementlar va ular o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘rganiladigan tadqiqot usuli, turi. " Tahlilchi|"Axborot texnologiyasi sohasidagi tahlilchi bevosita muammo mavzusidagi axborotni yig‘adi, uni tizimlashtiradi va formalizatsiya qiladi. Bundan tashqari axborot oqimlari modelini, biznes jarayonlarning yuz berishini o‘rganadi. Shular asosida biznes reja tuzadi. " Tahrir qilish|"Biron-bir turdagi axborottga o‘zgartirish kiritish. Maxsus dastur (redaktor)lar yordamida amalga oshiriladi. " Tahrir qilish rejimi|"Dastur ishining maxsus rejimi bo‘lib, unda matn, ma’lumotlar tasvir va sh.k. tahrir qilinishi amalga oshiriladi. Tahrir qilishni foydalanuvchi uchun yanada qulayroq qilish maqsadida joriy qilingan. " Tajribaviy ekspluatatsiya qilish|"Televizor (yoki uning elementi) dan maxsus tashkil etilgan ekspluatatsiya qilish, u normal sharoitlarga maksimal yaqinlashtirilgan vaziyatlarda bajariladi, bunda televizor (yoki uning elementi) ning ekspluatatsion xossalarini o‘rganish maqsadida muntazam nazorat olib boriladi. " Taklif|"Matn interfeysiga ega tizimlarda – ekranda aks etgan qisqa so‘z yoki belgi (masalan, «>»), foydalanuvchiga dastur komandani bajarishga tayyorligi to‘g‘risida xabar beradi. " Takomillashtirilgan|"Oddiy qurilmaga nisbatan yaxshilangan qurilma yoki dasturiy ta’minot. Odatda advanced-versiya qo‘shimcha narxga sotiladi. " Takomillashtirilgan, energiya iste’moli va joylashishni boshqarish interfeysi|"Intel, Microsoft va Toshiba korporatsiyalari tomonidan 1996-yilda ishlab chiqilgan ochiq standart. Kompyuterlarning energiyaga bo‘lgan ehtiyojini tayanch kiritish-chiqarish tizimi tomonidan emas, balki operatsion tizim tomonidan to‘liq boshqarilishini (alohida qurilmalarni yoqish va o‘chirib qo‘yish imkoniyati bo‘lgan holda) amalga oshirish imkonini beradi. " Takomillashtirilgan grafika adapteri|"16 rangli grafika rejimini saqlab turuvchi videoadapter: - 640 x 350 piksel; - 640 x 200 piksel; - 320 x 200 piksel. " Takomillashtirilgan intellektual (magnit) tasma|"Tasmali to‘plagichlar va magnit tasmadagi ommaviy xotira tizimlari uchun mo‘ljallangan standart. " Takomillashtirilgan mobil telefon aloqa xizmati|"FDMA texnologiyasiga asoslangan uyali aloqa xizmati standartlaridan biri. " Takomillashtirilgan raqamli yozuv|"Philips kompaniyasi tomonidan 90-yillarda ishlab chiqilgan 8-mm li magnit tasmaga yozish texnologiyasi. Kasseta sig‘imi 15 dan 60 Gb gacha bo‘ladi. " Takomillashtirilgan ta’minotni boshqarish qurilmalari|"Shaxsiy kompyuterlarda ta’minotni boshqarish uchun mo’ljallangan Microsoft spetsifikatsiyasi va tizimi (Intel ishtirokida). Klavishlarni bosish orasidagi vaqtda energiya iste’molini kamaytiradi. " Takomillashtirilgan tayanch kiritish-chiqarish tizimi|"Mikrokompyuterlarga o‘rnatilgan va ko‘p vazifali rejimni ta’minlash uchun mo‘ljallangan kiritish-chiqarish servis dasturlari to‘plami. " Takomillashtirilgan tovushli kodlash|"Panasonic, Samsung kabi firmalar qo‘llaydigan tovushni kodlash (siqish) texnologiyasi. Dolby Laboratories kompaniyasi AAC ni Dolby Digital AC-3 ga muqobil sifatida qaramoqda. " Takomillashtirilgan uzatish tezligi o‘zgaruvchan nutq kodeki|"Motorola kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, o‘zgaruvchan uzatish tezligiga ega vokoder. Uzatishning o‘rtacha tezligi – 8,5 Kbit/s (IS-127). " Takomillashtirish|"Avvalgi mahsulotni takomillashtirish uchun belgilangan qurilma va/yoki dasturiy mahsulot. Avvalgi versiyani to‘ldiradi. O‘rnatilgandan so‘ng tizim yangi mahsulotning funksional imkoniyatlarini oladi. " Takror uzatishni avtomatik so‘rash|"1. Xalaqitlardan himoyalanish mexanizmi, bunda ma’lumotlarni uzatish bloklar bo‘yicha amalga oshiriladi. Qabul qilish tomonida xatolarni nazorat qilish va axborotning xato qabul qilingan qismini takroran uzatish to‘g‘risidagi so‘rovni generatsiyalash ta’minlanadi. 2. Ma’lumotlarni qayta uzatish mexanizmi mavjud aloqa liniyalarida uzatgich va qabul qilgich o‘rtasida o‘zaro ishlash signallari bilan almashuv protsedurasini belgilaydigan protokol. " Takror chaqiruv, chaqiruv-eslatish|"1. Telefon liniyasining bandligida ko‘p marta uzatiladigan chaqiruv. 2. Telefon xizmatining bir turi bo‘lib, uni amalga oshirishda abonentga aynan bitta xabar bir necha marta jo‘natiladi. " Takror(lash)|"Tarmoqqa qilinadigan hujumning oddiy turi, bunda jinoyatkor xabarni tutib oladi va uni o‘zgartirmasdan, birmuncha kechroq takrorlaydi. " Takroriy so‘rov|"Tizimni aniq bir vazifani bajarishga yo‘naltiruvchi qandaydir bir xabar, masalan, kiritish-chiqarish yoki tranzaksiyalarni qayta ishlash. " Takroriy tasvir|"Aks sado signallari keltirib chiqaradigan ikkita yoki undan ortiq (gorizontal yo‘nalishda siljitilgan) tasvirning mavjudligi. " Takrorlanish|"Algoritmlarni tuzishda foydalaniladigan uchta asosiy tuzilmadan biri; sharoitga bog‘liq ravishda, algoritmning ayrim qadamlarini bir necha marta bajarish imkonini beradi. Ba’zi manbalarda bu tuzilma sikl deb ataladi. " Takrorlanuvchi kodlar|"Xatolarni tuzatuvchi mukammal siklik blokli kodlar turkumi, unda kalit so‘zlar xabardagi so‘zlarni r marta oddiy takrorlash bilan shakllanadi. Agar bu kodlarni (n, k) parametrlarga ega kodlar deb qaralsa, ularda istalgan k uchun n = rk bo‘ladi. " Takrorlash|"Matnli protsessorlardagi komanda, u hujjatni Undo operatsiyasidan oldingi holatga qaytaradi. " Taksofon|"Telefon bog‘lanishlarni o‘rnatish, foydalanuvchilarga so‘zlashuvlar va qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etish uchun mo‘ljallangan, foydalanuvchilar bilan tangalar yoki naqd pulsiz to‘lov vositalari (maxsus jetonlar, to‘lov karatlari) yordamida zudlik bilan hisob-kitob qilish qurilmasidan iborat, shuningdek, ko‘rsatilgan telefon aloqa xizmatlari uchun to‘lov tangalar, jetonlar, to‘lov kartalari va naqd pulli to‘lov vositalari yordamida qabul qilinadigan so‘zlashuv punktlarida o‘rnatilgan oxirgi (terminal) abonent telefon qurilmasi. " Taksofon orqali ko‘rsatiladigan telefon aloqa xizmati|"Telefon bog‘lanishlarni o‘rnatish, foydalanuvchilarga so‘zlashuvlar va qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etish uchun mo‘ljallangan hamda tanga yoki naqd pulsiz to‘lov vositalari (maxsus jetonlar, to‘lov kartalari) yordamida foydalanuvchilar bilan darhol hisob-kitob qilish uchun mo‘ljallangan texnik vositalarni o‘z ichiga olgan taksofon – oxirgi (terminal) abonent telefon qurilmasidan taqdim etiladigan telefon aloqa xizmati. " Takt intervali|"Takt chastotasi davri. " Takt signali|"Impulslar ketma-ketligi ko‘rinishidagi, ayrim elementlar ishini sinxronlaydigan va raqamli qurilmaning ishlash ritmini belgilaydigan maxsus davriy signal. " Takt chastota generatori|"Teng vaqt oraliqlaridan so‘ng impulslar ketma-ketligini ishlab chiqaradigan qurilma. Ikkita ketma-ket impuls o‘rtasidagi vaqt takt deb ataladi. Protsessorning ba’zi komandalari bir nechta takt ichida chiqariladi. Kompyuterning barcha elementlari orqali o‘tadigan impulslar ularni yagona taktda – sinxron ishlashga majbur qiladi. Takt impulslarning generatsiya chastotasi kompyuterning tez ishlashini belgilaydi. " Takt chastotasi|"Takt chastotasi generatori vaqt birligida bajaradigan tebranishlar soni. Kompyuter diskret, qadamlar (taktlar) bo‘yicha ishlaydi, shuning uchun barcha operat-siyalarning bajarilish tezligi, kompyuterning yagona ishlash ritmini belgilaydigan protsessorning takt chastotasiga bog‘liq. Takt chastotasi gertslarda o‘lchanadi, takt chastotasi qancha katta bo‘lsa, qayta ishlash tezligi shuncha yuqori bo‘ladi. " Taktlanadigan halqa tarmog‘i|"Halqa tarmog‘i. Bunda tarmoq ish vaqti bir bitli oraliqlarga bo‘lish evaziga, maʼlumotlar uzatish amalga oshiriladi. Tarmoq halqa kanali, takrorlagichlar va foydalanish bloklaridan tashkil topgan. Foydalanish bloklariga maʼmuriy tizim va abonent tizimlari ulanadi. Halqa kanalini ikki o‘rama juft simlari tashkil qiladi. Ular bo‘ylab maʼlumotlar, sinxronlovchi signallar, takrorlagichlarga ozuqa, ozuqani yoqish-o‘chirish signallari uzatiladi. " Taktli impuls|"Sinxronlash yoki vaqt bo‘yicha muvofiqlashtirish uchun foydalaniladigan davriy uzatiluvchi impuls. " Taktli impulslar davri; takt|"Uzluksiz keladigan ikkita impuls o‘rtasidagi vaqt intervali. " Taktli impulslar generatori|"Berilgan takrorlanish davri bilan impulslar ketma-ketligini generatsiyalovchi qurilma. " Taktli sinxronlash|"Qabul qilinadigan signal bilan taktli impulslar ketma-ketligi o‘rtasida vaqt jihatidan aniq muvofiqlikni o‘rnatish jarayoni. " Taktli chastotani tiklash|"Qabul qilingan ma’lumotlar signalidan taktli chastota signalini ajratish. " Talab bo‘yicha kanallarni ajratish yo‘li bilan ko‘p tomonlama foydalana olish|"Yo‘ldoshli radioaloqada ishlatiladigan standart. Markaziy stansiya seansda ishtirok etayotgan barcha terminallar va yo‘ldoshlar o‘rtasida aloqa o‘rnatish uchun mavjud puldan kanallarni so‘rovga muvofiq ajratib beradi. " Talab etilgan|"Amalning (harakatning) bajarilishi uchun talab etiladigan (zarur bo‘lgan) shart yoki parametr. " Talabga ko‘ra o‘tkazish qobiliyati|"Global tarmoqlar funksiyasi, foydalanuvchiga, uning tomonidan foydalaniladigan ilova talablariga muvofiq, qo‘shimcha o‘tkazish qobiliyatini taqdim etish mumkinligida ifodalanadi. Bu funksiya tufayli, foydalanuvchilar faqat o‘zlari foydalanadigan o‘tkazish qobiliyati uchun haq to‘lash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. " Talabga ko‘ra sahifali tashkil qilish|"Virtual xotiraning sahifali tashkil qilishga asoslangan tashkil qilish usuli, bunda har bir sahifa, faqat, agar u dasturni bajarish vaqtida aniq talab etilsa, xotiraga yuklanadi va murojaat qilingan kod yoki ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. " Talabga ko‘ra segment tashkil qilish|"Segment tashkil qilishga asoslangan virtual xotira tashkil qilish usuli, bunda faqat agar murojaat qilingan kod yoki ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan dasturni bajarish vaqtida haqiqatdan talab qilinsa, har bir segment xotiraga yuklanadi. " Talabga ko‘ra videopochta|"Abonent qayd etilgan vaqt intervali (15 yoki 30 minut) davomida buyurtma qilingan dasturni oladigan «talabga ko‘ra video» ning bir ko‘rinishi. " Talqin qiluvchi dastur|"Dasturni dasturlash tilida, uni darhol bajarmasdan mashina tilidagi dasturga o‘giradigan kompilyatordan farqli ravishda, dasturlash tilida yozilgan komandalarni darhol bajaradigan va rasshifrovka qiladigan dastur. " Tamakisimon antenna|"To‘g‘ri simdan tashkil topgan o‘q bo‘ylab nurlanadigan antenna. Sim bo‘ylab ma’lum nuqtalarda turli o‘lchamdagi yaproqli metalldan iborat yassi elementlar bir-biriga nisbatan parallel joylashgan. " Tanaffus bilan uzatish|"Energiya tejaydigan funksiya. Bunday funksiya mavjudligida, so‘zlashuvdagi pauzalar vaqtida telefon uzatishga ishlamaydi, bu bilan batareyaning energiya sarfi kamayadi. Bu funksiya ishga tushganda tovush sifati yomonlashadi. " Tanho egalik|"Biror narsaga alohida huquq. Informatikada foydalanuvchi tanho ravishda abonent tizimidan foydalanishi mumkin, abonent tizimi esa tanho ravishda kanalni egallashi mumkin, masalan, kanallarni kommutatsiyasida. " Tanib farqlash|"Qabul qilish jarayonining, buyum umumiy belgilarini ajratishning keyinchalik signalning to‘liq qaytishi bilan almashinadigan dastlabki bosqichini o‘z ichiga oladigan, markaziy zvenosi. " Tanishtiruvchi fayl|"Dasturlar uchun mualliflar tomonidan yoziladigan readme fayli. Bu faylda biror bir dasturni qanday o‘rnatish va u bilan qanday ishlash to‘g‘risida bilib olish mumkin. " Tanlab olinuvchi hisob-kitob xizmati|"Alohida telefon hisoblarning ayrim soni ulanish uskunasi bo‘yicha telefon stansiyasida guruhlanadigan, hisob raqami esa, ushbu so‘zlashuv uchun to‘lov yozilishi kerak bo‘lgan debetga chaqiruvlarni o‘rnatishda aniqlanadigan xizmat. " Tanlab-tanlab olish|"Saralash maqsadida, ma’lumotlarni qandaydir belgilariga ko‘ra bir joydan boshqa bir joyga ko‘chirish yoki ulardan nusxa olish, natijalovchi hujjatlarni tuzish jarayoni. " Tanlanadigan|"Tanlash elementlaridan biri. Oldindan aniqlangan moslamalar to‘plamlaridan farqli ravishda, foydalanuvchi o‘z moslamasi parametrlarini tanlashi va o‘rnatishi mumkin. " Tanlangan|"Ko‘p ishlatadigan operaysiyalar yoki ulanishlar. Brauzerlarda tanlangan operatsiyalarning ro‘yxatini ulardan tezroq foydalana olishni ta’minlash va ulanishni yengillashtirish uchun avtomatik ravishda tuzish imkoniyati mavjud. " Tanlash|"Keyinchalik ular ustida amal bajaradigan menyu punktlari, grafik obyekt qismi yoki matn qismini tanlash. " Tanlash operatori|"Dasturlash tillarinida ko‘rsatilgan ifodaning qiymatiga bog‘liq ravishda bir necha amaldan bittasini tanlash imkonini beradigan boshqaruv konstruksiyasi. " Tanlash sikli|"Protsessorning mashina komandasini qayta ishlashidagi birinchi bosqich. Komandani kesh-xotira yoki tezkor xotira qurilmasidan komandalar registriga olish va uni dekodlashga tayyorlashdan iborat. " Tanlovchanlik|"1. Berilgan chastota kuchlanishining televizor kirishidagi tasvir eltuvchi chastotasi kuchlanishiga, uning chiqishidagi kuchlanish doimiy bo‘lgandagi, nisbati. 2. Qabul qilgichning spektral tashkil etuvchilarini chastotalar shkalasi bo‘yicha, turli taqsimlashlardan foydalangan holda, foydali signalni xalaqit qiluvchi signaldan ajrata olish qobiliyati. " Taqiqlangan komanda|"Kodi berilgan protsessorning komandalar kodi ro‘yxatida bo‘lmagan yoki uning berilgan ishlash rejimida bajarilmaydigan komanda. " Taqiqlangan xabar|"Darhol uzatib bo‘lmaydigan xabar. Uzatilishiga taqiq bekor qilingan zahoti xabar uzatiladi. " «Taqiqlovchi (nazorat qiluvchi) kalit»|"Kanallar va dasturiy funksiyalarni parol yordamida yopish imkoniyati. " Taqqoslash|"Bir qiymatni boshqasiga akslantirish jarayoni. Virtual xotirali tizimlarda kompyuter virtual xotira manzilini fizik xotira manziliga taqqoslaydi. " Taqsimlagich|"Optik quvvatni taqsimlashda foydalaniladigan ko‘p portli qurilma. " Taqsimlanadigan xotira|"1. Ko‘p vazifali rejimda bir nechta dastur foydalana olishi mumkin bo‘lgan xotira. 2. Ko‘p protsessorli parallel tizimlarning bir nechta dasturida birgalikda foydalaniladigan xotiraning bir qismi. " Taqsimlangan, ajratiladigan xotirali arxitektura|"Ko‘p protsessorli tizim xotirasining arxitekturasi. Bunda xotiradan erkin foydalanish vaqti uning joylashishiga bog‘liq bo‘ladi. Buning uchun, protsessorlar, har biri o‘zining umumiy tezkor xotira qurilmasi puliga ega bo‘lgan kichik guruhlarga birlashtiriladi. " Taqsimlangan fayl tizimi|"Fizik jihatdan kompyuter tarmog‘ining turli qismlarida joylashgan fayllardan foydalanishni soddalashtirish imkonini beradigan tizim. " Taqsimlangan hisoblashlar|"Unumdorlikni oshirish maqsadida, bajarilishi hisoblash kompyuter tizimining turli uzellari bo‘ylab taqsimlanadigan hisoblashlar. " Taqsimlangan hisoblashlar muhiti|"Taqsimlangan dasturlarning birgalikda ishlashini tashkillashtirish texnologiyasi. Bu muhit tarkibiga taqsimlangan fayllarga xizmat ko‘rsa-tish, nomlar berish, vaqtni nazorat qilish, protseduralarni olisdan chaqirish, oqimlarga xizmat ko‘rsatish, xavfsizlikni ta’minlash funksiyalari kiradi. " Taqsimlangan ilova|"Komponentlari, ma’lumotlarni tarmoq orqali almashgan holda, turli kompyuterlarda va platformalarda bajariladigan ilova. " Taqsimlangan kommunikatsiyalar|"Tarmoqda kommunikatsiyani tashkil qilish turi. Bunda kommunikatsion jarayonda ishtirok etuvchi tomonlar, aloqa seansini (sessiyasini) boshlab berishda, qo‘llab-quvvatlashda, yakunlashda teng huquqlarga egadirlar. U xost (bosh uzel, server) qanday jarayonlar (kompyuterlar) aloqa seansini boshlab berishini belgilaydigan katta-bo‘ysunuvchi (master-slave communications) shajarasidan keskin farq qiladi. " Taqsimlangan ma’lumotlar bazasi|"Ikki yoki undan ortiq kompyuterda joylashtiriladigan, foydalanuvchi tomonidan yaxlit, bir butun ma’lumotlar bazasi sifatida tushuniladigan ma’lumotlar bazasi. " Taqsimlangan maʼlumotlar banki|"Hududiy tarqoq maʼlumotlar banklari tizimi. Hisoblash texnikasi vositalari bilan birlashgan va yagona boshqaruv ostida faoliyat ko‘rsatadi. " Taqsimlangan parametrlarga ega liniyadagi susayish koeffitsiyenti|"Taqsimlangan parametrlar liniyasida (muhitida) yuguruvchi toʻlqin elektromagnit maydoni kuchlanganligi amplitudasining, toʻlqinning uzunlik birligiga siljishida, pasayishi bilan tavsiflanadigan kattalik. " Taqsimlangan qayta ishlash|"Ma’lumotlarni qayta ishlash uchun, hisoblash tarmoqlariga ulangan katta miqdordagi kompyuterlarning qo‘llanilishi; ikki yoki undan ko‘p kompyuterni, yagona dastur boshqaruvi ostida shart emas, aynan bir topshiriq ustida birgalikda ishlaydigan qilib ulash. Barcha qayta ishlash bitta katta kompyuterda bajariladigan markazlashtirilgan qayta ishlashdan farqli ravishda, taqsimlangan qayta ishlashda topshiriq bitta tarmoqqa birlashtirilgan ko‘plab meynfreymlar, mini-kompyuterlar, shaxsiy kompyuterlar, serverlar va ishchi stansiyalar o‘rtasida bo‘linadi. " Taqsimlangan sun’iy intellekt|"Taqsimlangan apparat va/yoki dasturiy vositalar orqali amalga oshiriladigan sun’iy intellekt tizimi. " Taqsimlangan tarmoq|"Boshqarish barcha serverlar o‘rtasida taqsimlangan, resurslar (apparat, dasturiy resurslar, ma’lumotlar) va foydalanuvchilar alohida serverlarga biriktirilmagan, balki butun tarmoqqa tegishli bo‘lgan kompyuter tarmog‘i. " Taqsimlangan tizim obyektlari modeli|"IBM firmasining OS/2 uchun maxsus yaratilgan texnologiyasi. " Taqsimlangan tizimlar|"Simli yoki simsiz tarmoqqa birlashtirilgan bir nechta kompyuterdan iborat tizim. " Taqsimlangan xesh-jadval|"Xesh-funksiyalarni bajarishga asoslangan IP-tarmog‘i ko‘plab uzellari o‘rtasidagi tezkor o‘zaro ishlash usuli. " Taqsimlash|"Lokal tarmoqda resurslarni taqsimlashga yo‘naltirilgan harakat. Masalan, tarmoqdagi printerni (skanerni va sh.k.) o‘rnatish. " Taqsimlash liniyasi|"Dastur signallarini dastur ishlab chiqish markazidan uzatgichga yoki kabel taqsimlash tizimi bosh stansiyasiga uzatish uchun mo‘ljallangan liniya. " Taqsimlash paneli|"1. Kabel juftlarini ulash uchun foydalaniladigan, protektorlari yoki terminal bloklari (yoki har ikkalasi) bo‘lgan, devorga yoki polga o‘rnatiladigan vertikal metall rama. 2. Kabel segmentlarini o‘zaro ulash yoki kross-ulash oson bajariladigan tarzda ulash uchun mo‘ljallangan qurilma. " Taqsimlash punkti|"Signallar, uni submagistral liniyaga yoki uy taqsimlash tarmog‘i liniyalariga uzatish uchun, magistral liniyadan yoki submagistral liniyadan olinadigan nuqta. " Taqsimlash signali|"Studiyaga yoki eshittirish dasturining boshqa manbaiga dasturning normal borishiga aralashish uchun yuboriladigan oldindan tanlangan signal. " Taqsimlash xizmati|"Tarmoqdan berilgan punktdan boshqa (bir nechta) punktlar tomonga bir yo‘nalishli axborot oqimi bilan tavsiflanuvchi xizmat. Izoh – Taqsimlash xizmati ikki sinfga: axborotni individual boshqaruvsiz taqdim etish va axborotni individual boshqaruvli taqdim etishga bo‘linadi. " Taqsimlash zanjiri|"Fayl egallagan klasterlar ro‘yxati. " Taqsimlash shkafigacha o‘tkazilgan optik tola|"Tarmoq qurish konsepsiyasi. Unga ko‘ra, ATS magistral optik-tolali aloqa liniyasi yordamida konsentrator bilan bog‘lanadi. Konsentratorda optik signal, optik signallar o‘ralgan juft orqali uzatiladigan, elektr signallarga aylantiriladigan, abonentda joylashgan, oxirgi optik o‘zgartirgichlari bo‘lgan optik-tolali kanallar bo‘yicha taqsimlanadi. " Taqsimlovchi fiderli liniya|"Abonent liniyalari yoki uy tarmoqlari ta’minoti uchun mo‘ljallangan liniya. " Taqvim bo‘yicha vaqt birligi|"Loyihani rejalashtirishda foydalaniladigan eng kichik vaqt birligi. " Tarifikatsiya o‘lchov birligi|"Telefonda so‘zlashish (ulanish) davomati uchun to‘lanadigan birlik. U telekommunikatsiya operatori tomonidan tanlangan (to‘la daqiqalar yoki davriy impulslar bo‘yicha hisob) tarifikatsiya tizimiga bog‘liq. " Tariflash|"To‘lov asosida xizmat ko‘rsatish va shu xizmatlar uchun to‘lov narxlarini taqsimlash. " Tarix paneli|"Brauzerlarda – foydalanuvchi kirgan veb-sahifalar xronologiyasini ichiga oladigan panel. " Tarkib|"Veb-resurslarni tashkil qiluvchi matn-tasvirli va boshqa axborotlar. " Tarkibiy hujjat|"Elektron hujjatning bir turi, o‘z ichiga ma’lumotlarning har xil turlariga ega elementlarni, masalan, matndan tashqari, jadvallarni, grafik materiallarni, foto, boshqa ilovalar (masalan, malumotlar bazasi, elektron jadval) ma’lumotlarini olishi mumkin. " Tarkibiy ishonch paketi|"Xavfsizlikning ishonch talablari bo‘lgan, (asosan, ASO klassi talablari) va ishonch shkalasida joylashgan ishonch paketi. " Tarkibiy shifr|"Ma’lumotlarni shifrlash va rasshifrovka qilishda ma’lum bir ketma-ketlikda foydalaniladigan bir nechta oddiyroq bo‘lgan shifrdan tuzilgan shifr. " Tarmoq|"Dasturdagi komandalar ketma-ketligida o‘zgarish bo‘ladigan yoki bo‘lishi mumkin bo‘lgan tarmoqlanish nuqtasi, ya’ni, bunda boshqaruv hozir ishlab turgan komandadan keyin turgan komandaga uzatilmaydi. " Tarmoq|"Texnik vositalar, ma’lumotlar, dasturlar tashkil qilish tuzilmasi. Graflar yordamida tavsiflanadi va tadqiq qilinadi. Qurilmalar o‘rtasidagi ulanishlar bo‘lib, foydalanuvchilarga ma’lumotlarni saqlash, ular bilan almashinish, ularga murojaat qilish imkonini yaratadi. Tarmoqqa asosan mikrokompyuterlar, minikompyuterlar, meyn-freymlar, terminallar, printerlar, fakslar, peyjerlar va turli ma’lumot saqlaydigan qurilmalar ulanadi. " Tarmoq adapteri|"Kompyuterlarni lokal hisoblash tarmog‘i bilan bog‘lash uchun mo‘ljallangan, kengaytirish platasi ko‘rinishidagi uskuna. " Tarmoq administratori|"Kompyuter tarmog‘ining ishlay olishi uchun, ishchi stansiyalar qo‘shilishi, foydalanuvchilarni mualliflashtirish, fayllarni arxivlash va tiklash protseduralari hamda ko‘plab boshqa funksiyalar uchun javob beradigan shaxs. " Tarmoq analizatori|"1. Signallarning asosiy xarakteristikalarini o‘lchash, aloqa kanallari sifatini baholash (xato kadrlar protsenti va sh.k. ko‘rinishida), tarmoq monitoringi funksiyasini amalga oshirish va trafikning statistik tahlilini o‘tkazish imkonini beradigan, keng maqsadlardagi diagnostika vositasi. 2. Tarmoq trafigini «eshitishni» va trafikdan avtomatik ravishda foydalanuvchilar nomlarining, parollar, kredit kartochkalar raqamlarining va boshqa shunga o‘xshash axborotning ajratib olinishini amalga oshiradigan dasturlar. " Tarmoq arxitekturasi|"1. Tarmoqning o‘tkazish qobiliyatini va boshqa xarakteristikalarini belgilovchi tarmoq elementlari (uzellari, marshrutizatorlari, kommutatorlari va b.lar), ma’lumotlarni almashish protseduralari va protokollari, xabarlar formatlari, tarmoq ichi va tarmoqlararo interfeyslar, tarmoqni boshqarish prinsiplari majmui. 2. Mantiqiy tuzilma va hisoblash tarmog‘ining ishlash prinsiplari. Izoh – Hisoblash tarmog‘ining ishlash prinsiplari o‘z ichiga xizmatlar, funksiyalar, protokollarga taalluqli prinsiplarni oladi. " Tarmoq boshqaruv tizimi|"Tarmoqni boshqarish va nazorat qilishning apparat va dasturiy vositalari majmui, tarmoqni boshqaradigan kompyuterda joylashtirilgan dasturdan; tarmoq abo-nentlarining kompyuterlarida joylashtirilgan apparat va dasturiy agentlardan iborat. Tarmoqlarni boshqarishning umumqabul qilingan protokoli – SNMP (Simple Network Management Protokol – oddiy tarmoqni boshqarish protokoli) mavjud, bu protokol hatto turli xil abonentlar bo‘lgan tarmoqni ham boshqarish imkonini beradi. Tarmoqni boshqarishning asosiy funksiyalari: tarmoqni skanlash va SNMP protokoli bo‘lgan qurilmalar mavjudligini aniqlash; tarmoq holatini aniqlash, portlar darajasida abonentlarni masofadan diagnostika qilish, parol bo‘yicha foydalanishga cheklashlar belgilash, 7/0I tarmoq jurnalini yuritish va boshqalar, ya’ni tarmoq administratorini ma’lumotlarni boshqarish uchun barcha zarur narsalar bilan ta’minlash. " Tarmoq brandmaueri|"Ikki yoki bir nechta tarmoq o‘rtasida himoya to‘sig‘i (tarmoqlararo ekran)ni vujudga keltiruvchi apparat-dasturiy kompleks. Muhofaza qilinadigan tarmoqqa tashqaridan ruxsatsiz kira olishni bartaraf etish hamda kirayotgan va chiqayotgan maʼlumotlarni nazorat qilish uchun mo‘ljallangan. Brandmauer muhofaza qilinadigan tarmoq chegarasida o‘rnatiladi, uning mavjudligi tarmoq uzellari uchun sezilmasligi kerak. " Tarmoq dasturiy ta’minoti|"Kompyuterlarning hisoblash tarmog‘ida ishlashini ta’minlaydigan dasturiy ta’minot. " Tarmoq fayl tizimi|"UDP transport protokoliga asoslangan, fayl tizimidan erkin foydalana olish uchun mo‘ljallangan protokollar to‘plami. NFS UNIX, PC (Windows asosida) va Macintosh mashinalarida (ya’ni, turli operatsion tizimlarda ishlaydigan kompyuterlarda) alohida kompyuterda fayllarning ko‘p sonli nusxalarini saqlamasdan, ulardan mahalliy tarmoqda birgalikda foydalanish imkonini beradi. " Tarmoq foydalanuvchisi identifikatori|"Paketlarni kommutatsiyalash xizmati tomonidan foydalanuvchini identifikatsiya qilish uchun ishlatiladigan noyob kod. " Tarmoq grid-hisoblashlari|"Atama global, regional va muassasa kompyuter tarmoqlari arxitekturasiga tegishli, berilgan onda bo‘sh tarmoq resurslaridan alohida olingan kompyuter uchun juda murakkab bo‘lgan vazifalarni hal etishda foydalanilishini ko‘zda tutadi va maxsus dasturiy ta’minotni talab qiladi. " (Tarmoq) hujumlarini aniqlash tizimi|"Kompyuter tizimlariga qilinadigan hujumlarni aniqlashda ishlatiladigan turli apparat va dasturiy vositalar (ba’zi hollarda dasturiy ta’minot turkumi sifatida qaraladi). " Tarmoq identifikatori|"Belgilangan oqim qaysi tarmoqqa (provayderga/eshittiruvchiga) tegishliligini aniqlaydi. " Tarmoq identifikatori|"Bitta lokal tarmoqda joylashgan kompyuterlar va qurilmalar guruhini identifikatsiya qiladigan IP-manzilning bir qismi. " (Tarmoq) kataloglaridan erkin foydalanish osonlashtirilgan protokol|"University of Washington tomonidan ishlab chiqilgan, Netscape va yana 40 ta firma tomonidan qo‘llab-quvvatlangan, Internet orqali aloqa o‘rnatmagan holda uning kataloglariga murojaat qilish uchun mo‘ljallangan sanoat standarti. X.5 standartlariga kiruvchi DAP protokoliga yo‘naltirilgan soddalashtirilgan versiyaga ega. " Tarmoq kompyuteri|"Terminal sifatida global yoki korporativ tarmoqlarda ishlash uchun mo‘ljallangan kompyuter. An’anaviy shaxsiy kompyuterlardan tarmoqqa ulash uchun mo‘ljallangan o‘rnatiladigan vositalar va qattiq diskning bo‘lmasligi bilan farqlanadi. Tarmoq kompyuterini IBM, Apple, Sun kabi mashhur firmalar kiradigan konsorsium ishlab chiqadi. Tarmoq kompyuterlari asosan uyda qo‘llash uchun yaratiladi, Internet tarmog‘i standartlariga asoslanadi. " Tarmoq magistrali|"Global tarmoqning tarmoq segmentlarini yagona tizimga birlashtiradigan yuqori tezlikli liniya yoki kommunikatsiya tizimining bir nechta liniyasi. " Tarmoq magistrali bilan ulash porti|"Kompyuterlarni kommunikatsiya tarmog‘i liniyalariga ulash uchun mo‘ljallangan qurilma. " Tarmoq manzili|"Jo‘natuvchi/oluvchi manzilining standart atributi. " Tarmoq ma’lumotlar bazasi|"Elementlari o‘zaro ixtiyoriy ravishda bog‘langan ma’lumotlar bazasi. Nazariy jihatdan har bir element bazaning istalgan boshqa bir elementi bilan bog‘langan bo‘lishi mumkin. Graf yordamida tavsiflanadi. " Tarmoq niqobi|"Internet-manzilning tarmoqqa, kichik tarmoqqa va yetakchi uzelga taalluqli qismlarga ajralishini aniqlaydigan 32-bitli shablon. " Tarmoq operatori|"Tarmoqning ekspluatatsiya qilinishini amalga oshiruvchi va uning ishga layoqatli holatini saqlab turuvchi kompaniya. Tarmoq operatori bir vaqtning o‘zida xizmatlar ta’minotchisi ham bo‘lishi mumkin. " Tarmoq operatsion tizimi|"Tarmoqning ishini ta’minlaydigan operatsion tizim. Asosiy funksiyalari: xabarlar uzatilishini boshqarish, ma’lumotlarni ruxsatsiz foydalanishdan himoyalash, kataloglarni boshqarish, elektron pochta. Lokal tarmoqlarda Novell firmasining NetWare tarmoq operatsion tizimidan keng foydalaniladi. " Tarmoq printeri|"Lokal hisoblash tarmog‘ida ko‘plab foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan, bittа yoki bir nechta tarmoq interfeysiga ega, yuqori tezlikda ishlaydigan printer. " Tarmoq protokoli|"Aloqaning o‘ziga xos turiga qaratilgan qoidalar to‘plami. Turli protokollar ko‘p hollarda bir turdagi aloqaning turli taraflarinigina tavsiflaydi; birgalikda ular protokollar stekini hosil qiladi. «Protokol» va «protokollar steki» nomlari protokol yaratiluvchi dasturiy ta’minotni xam ko‘rsatadi. Internetga yangi protokollar IETF, boshqa protokollar esa – IEEE yoki ISO tomonidan belgilanadi. ITU-T telekomunikatsiya protokollari va formatlari bilan shug‘ullanadi. OSI modeli tarmoq protokollarini tasniflash tizimining eng ko‘p tarqalgan turi hisoblanadi. " Tarmoq provayderi|"Abonentlik punkti va bevosita tarmoq abonentlariga tarmoq xizmatlarini ko‘rsatuvchi vakolatli tashkilot. " Tarmoq qismiga kira olish protokoli|"Tarmoqlarda IEEE 802.2, LLC va boshqa protokollardan foydalanib, multipleksorlashni ta’minlaydigan mexanizm bo‘lib, u 8 bitli maydonlarga ajratilishi mumkin. " Tarmoq resurslari|"Tarmoq abonentlari foydalanishlari mumkin bo‘lgan ma’lumotlar bazalari, dasturlar, alohida qurilmalar (masalan, printer, diskli to‘plagichlar). " Tarmoq samaradorligi|"Tarmoqning ma’lumotlar uzatish tezligini, ishonchliligini va b.q.larni ko‘rsatadigan xarakteristikalar majmui. " Tarmoq sathi|"Axborot oqimlarini manzillsh va marshrutlashni ta’minlaydigan OSI tarmoq modelining uchinchi sathi. Tarmoq sathida tarmoq xizmatlari tomonidan protokollarni tanish, paketlarni identifikatsiyalash, shuningdek, mobillikni boshqarish bilan bog‘liq funksiyalar amalga oshiriladi. " Tarmoq segmenti|"Bitta marshrutlovchi qurilma (kommutator, marshrutizator) ga ulangan va bitta fizik protokol bo‘yicha ishlaydigan tarmoq uzellari. " Tarmoq serveriga kira olish nuqtasi|"Tarmoq xizmatidan transport qatlamida erkin foydalanish mumkin bo‘ladigan nuqta; NSAP OSI ning tarmoq manzillari orqali ishlaydi. " Tarmoq serverlari|"Oddiy abonent tizimi kabi ishlash imkoniyatiga ega umumiy foydalanishning tarmoq resurslarini taqsimlashni boshqarish funksiyasini bajaradigan apparat-dasturiy tizim. " Tarmoq skaneri|"Hujumlardan potensial yaxshi muhofazalanmagan dasturlar va kompyuterlarni topish maqsadida, tarmoq to‘g‘risida axborot to‘plovchi dastur. " Tarmoq tahdidlariga qarshi harakat|"Tarmoq infratuzilmasini jinoyatkorlarning hujumlaridan muhofaza qilish uchun mo‘ljallangan xavfsizlik choralari kompleksi. " Tarmoq tayanch kiritish-chiqarish tizimi interfeysi|"IBM RС va mos keladigan tizimlar uchun taklif qilingan standart tarmoq interfeysi – olisdagi kompyuterning kiritish/chiqarish bo‘yicha so‘-rovlarini yuborish va qabul qilish imkonini beradigan dasturlash interfeysi. Tarmoqning texnik qismini dasturlardan yashiradi. " Tarmoq tizimining arxitekturasi|"Korporativ tizimlar uchun mo‘ljallangan kompyuter tarmog‘i arxitekturasi. " Tarmoq trakti|"Kirishi va chiqishida traktni shakllantirish apparaturasi ulangan namunaviy guruhli trakt yoki bir nechta ketma-ket bog‘langan namunaviy guruhli traktlar. " Tarmoq uzelining interfeysi|"Tarmoqlar yoki tarmoq uzellari o‘rtasidagi standart tutashish. " Tarmoq va Internet ulanishlar|"Windows XPdan boshlab Windows operatsion tizimi boshqaruv panelining qismi. Internet bilan ulanish usuli va lokal tarmoq parametrlarini sozlashga yordam beradi. " Tarmoq xavfsizligi|"Axborot tarmog‘ini ruxsat etilmagan tarzda foydalanishdan, normal ishlashga tasodifiy yoki qasddan bo‘ladigan aralashuvlardan, uning komponentlarini buzishga urinishlardan saqlovchi chora-tadbirlar. Axborot tarmog‘ining xavfsizligi uskuna, dasturiy ta’minot, ma’lumot va personalning muhofazasini o‘z ichiga oladi. " Tarmoq xavfsizligini tahlil qiluvchi administrator vositalari|"Tarmoq xostlari to‘g‘risida ma’lumotlarni yig‘ish, testlash va hisobotlar tuzish uchun mo‘ljallangan vositalar tizimi. Qulay HTML-interfeysida bajarilgan. U dastlabki eng qulay portlar skaneridir. " Tarmoq xizmatining zaifligi|"Tegishli dasturiy ta’minot nuqsoni, undan foydalanish hisobiga quyidagilarni amalga oshirish mumkin: buferning to‘lib ketishi, DoS-hujumlardan bo‘sh himoyalanganlik, xizmatning xato konfiguratsiyasi, kuchsiz parolli himoya, foydalanuvchining imtiyozlarini oshirish imkoniyati, SQL-inyeksiya, kod in’eksiyasi, skriptlarni saytlararo bajarish. " Tarmoq xizmatlari markazi|"Transport darajasida tarmoq xizmatiga murojaat qilish mumkin bo‘ladigan nuqta. " Tarmoq xizmatlarini yetkazib beruvchi|"Axborot xizmatlarini va kompyuter tarmoqlariga ulanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadigan yuridik shaxs. " Tarmoq yuklamasi|"Tarmoqqa ulangan barcha axborot manbalari vaqt birligida generatsiyalaydigan trafikning jami hajmi. " Tarmoq (yuklanganligidan) foydalanish koeffitsiyenti|"Tarmoqning foydalanish xarakteristikalarini belgilaydi va uning arxitekturasini optimallashtirish uchun ishlatiladi, tarmoq bo‘ylab uzatiladigan trafik uning maksimal o‘tkazish qobiliyatiga bo‘lgan nisbatiga teng. " Tarmoq choki|"Maʼlumotlarni qayta ishlash tizimidan beruxsat foydalanish usuli. Tarmoq choki foydalanishga ruxsat olish uchun payqash va foydalanish yo‘llarini taʼqib qilish tizimini chetlab o‘tib, turli aloqa tarmoqlaridan foydalanishga asoslanadi. " Tarmoqdagi kolliziya|"Bir nechta tizim bir vaqtning o‘zida tarmoqning bitta uchastkasiga axborotni uzatish uchun murojaat qilgan vaqtdagi holat. " Tarmoqdan erkin foydalanishni himoyalash|"Foydalanishni cheklovchi va tarmoq xavfsizligini ta’minlovchi protseduralar va sozlashlar. Simsiz tarmoqlar uchun ahamiyatli. " Tarmoqdan foydalana olish nuqtasi|"Tarmoq operatori foydalanuvchiga xizmatlarni ko‘rsatadigan nuqta, ya’ni ekspluatatsiya qilish sharoitlarida operator javobgarligi va foydalanuvchi javobgarligini ajratish nuqtasi. " Tarmoqdan foydalanish|"Tarmoqdagi trafik o‘lchovi. Tarmoqning o‘tkazish polosasi kattaligiga nisbatan foizlarda ifodalanadi. Tarmoqning mavjud imkoniyatlaridan foydalanish samaradorligini tavsiflaydi. " Tarmoqlagich|"1. Energiyaning bir qismini bir liniyadan boshqasiga yoki bir nechta tarmoqlangan liniyalarga tarmoqlash uchun mo‘ljallangan taqsimlash tarmog‘i elementi. 2. Radiosignal (opik signal) energiyasining bir qismini bitta yoki bir nechta yo‘nalishlarga tarmoqlanishini ta’minlaydigan liniya tarmoq elementi. " Tarmoqlangan aralash yuqori chastotalar|"Rang quyi eltuvchisi modulyatori yoki demodulyatorini aylanib o‘tuvchi, aralash yuqori chastotalar signali. " Tarmoqlangan bog‘lanish|"Bir nechta optik toladan keladigan signallarni umumiy optik-tolali trakt orqali, umumiy guruh signaliga birlashtirilayotgan signallarning barcha komponentlarini o‘z ichiga oladigan tarzda o‘tkazish hisobiga aralashtirish. " Tarmoqlangan monoxrom signal|"Ranglilik signali modulyatori yoki demodulyatorini chetlab uzatiladigan monoxrom signal. " Tarmoqlangan so‘nish|"Radiosignalning kirish va taqsimlagichning har bir chiqishlari o‘rtasida so‘nishi. " Tarmoqlangan tizim; daraxtsimon tizim|"Bitta yoki bir nechta liniyaga ega kabel taqsimlash tizimi, ulardan turli nuqtalarda abonent liniyalari tarmoqlanadi. " Tarmoqlanish|"Algoritmlarni tuzishda foydalaniladigan uchta asosiy tuzilmadan biri. Sharoitga bog‘liq holda, algoritm turli tarmoqlarini bajarish imkonini beradi. Ba’zi manbalarda bu tuzilma tanlash deb ataladi. Tarmoqlanishga yuqori daraja dasturlash tillaridagi if… then… else; case… of kabi komandalar kiradi. " Tarmoqlararo almashuv protokoli|"Internet protokollari to‘plamidan tarmoq sathi protokoli. " Tarmoqlararo aloqa liniyasi|"Ikkita lokal tarmoq bog‘lamalarini birlashtiruvchi aloqa liniyasi. Uzatish uchun mos keladigan almashinuv protokollaridan foydalaniladi. " Tarmoqlararo birikish|"1. Formatlar o‘zgarishi mumkin bo‘lgan holda, bir xil qurilmalar o‘rtasidagi birikish. 2. Telefon liniyalarining parallellashtirilishi. " Tarmoqlararo ekran administratori|"Tarmoqlararo ekranning kuzatib borilishi yuzasidan javobgar shaxs. " Tarmoqlararo ekran, brandmauer|"Tizimga kelib tushadigan va/yoki tizimdan chiqib ketadigan axborotning nazorat qilinishini amalga oshiradigan lokal (bir komponentli) yoki funksional taqsimlangan dasturiy (dasturiy-apparat) vosita (kompleks). Izohlar 1. Tarmoqlararo ekran axborotni filtrlash, ya’ni mezonlar majmui bo‘yicha tahlil qilish va uni berilgan qoidalar asosida tizimga (tizimdan) tarqatish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish yordamida tizim muhofaza qilinishini ta’minlaydi, shu yo‘l bilan subyektning bir tizimdan turib boshqa tizim obyektidan foydalanishini chegaralash amalga oshiriladi. 2. Trafikdan bitta tarmoqni muhofaza qiladigan ikkita tarmoqning tutashgan joyida o‘rnatiladigan, boshqa tarmoqda aylanadigan va tashqaridan hujumlarning oldini olish uchun xizmat qiladigan muhofaza qilish vositasi. " Tarmoqlararo hamkorlikning tayanch mexanizmi|"Hisoblash operatsiyalarini modellashtiradigan hisoblash signallari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muvofiqlikda boʻlgan xizmat primitivlari toʻplami. " Tarmoqlararo interfeys|"Boshqa tarmoq uzellari bilan o‘zaro aloqa qilish uchun mo‘ljallangan interfeys. " Tarmoqlararo texnologiyalar|"Kommunikatsiya tarmog‘i orqali marshrutlarni o‘tkazishning turli protokollaridan foydalanish uslubiyatlari. Bitta tarmoqda tarmoq pog‘onasidagi turli protokollar ishlashini taʼminlash zaruriyati «asinxron uzatish usulidan foydalanuvchi ko‘p protokollar», yaʼni MPAO deb nomlangan texnologiyaning yaratilishiga olib keldi. Mazkur texnologiya tezkor tarmoqlarda samarali ishlovchi asinxron uzatish usuliga asoslangan. " Tarmoqlararo ulanishlar (kanal)|"Foydalanuvchilar o‘rtasida axborotni uzatish va qabul qilishni ta’minlovchi turli telekommunikatsiyalar operatorlarining telekommunikatsiyalar tarmoqlari o‘rtasidagi texnologik o‘zaro hamkorligi. " Tarmoqlararo o‘zaro ishlash|"Umymiy vazifalarni bajarish maqsadida texnologik birlashtirilgan tarmoqlarning birgalikda ishlashi. Izoh – Bajariladigan vazifalarga bog‘liq holda, o‘zaro ishlash texnologik, iqtisodiy va huquqiy bo‘lishi mumkin. " Tarmoqlararo chaqiruv|"Mobil abonent bilan umumiy foydalanish tarmog‘i o‘rtasida amalga oshiriladigan chaqiruv. Izoh − Agar chaqiruvning tashabbuskori mobil stansiya bo‘lsa, chaqiruv mobil aloqa tizimida autentifikatsion tekshiruvdan o‘tadi va qayd etiladi. Agar mobil abonentga shahar telefon raqami berilgan bo‘lsa, aloqa odatdagi telefon chaqiruvi kabi amalga oshiriladi. " Tarmoqlarni loyihalash bo‘yicha sertifikatga ega mutaxassis|"Cisco Systems korporatsiyasi mahsulotlari bo‘yicha sertifikatlangan o‘qitish tizimida o‘zlashtiriladigan unvonlardan biri . " Tarmoqni boshqarish bloki|"Redirektor tomonidan qayta yo‘naltirilgan SMB (Server Message Block) so‘rovlarini o‘z ichiga oladigan va tarmoq orqali uzoqdagi qurilmaga jo‘natiladigan tuzilma. " Tarmoqni boshqarish platformasi|"Tarmoq va unga kiruvchi tizimlarni boshqarishga mo‘ljallangan dasturlar kompleksi. Platforma bilan ishlash uchun administratorga abonent tizimlari (konsollar)dan biri yoki bir nechtasi taqdim qilinadi. Odatda platforma SNMP protokoli asosida yaratiladi. Platforma qurilmalar ishi va kabellar holatining nazorati, ishchi protseduralar nazorati, tarmoq ishining boshqa aspektlari nazorati kabilarni ta’minlaydi. " Tarmoqni boshqarish oddiy protokoli|"Turli xil lokal hisoblash tarmoqlarining ishlash qobiliyatini aniqlash protokollaridan biri. Lokal hisoblash tarmog‘i administratoriga tarmoqning uzoqda joylashgan uzellari ishini nazorat qilish imkonini beradi. RFC 1157da standart sifatida belgilangan. " Tarmoqni rejalashtirish axborot xizmati|"Tizimga/tarmoqqa kirishlarni va parollar sozlanishini soddalashtirgan holda, TCP/IP tarmoq bo‘yicha foydalanuvchilarning byudjetlari markazlashtirilgan tarzda boshqarilishini amalga oshirish imkonini beradigan xizmat. " Tarmoqni tashkil etish; tarmoq hosil qilish|"Marshrutizatorlar, kommutatorlar va turli xil aloqa liniyalari (kabelli, radioreleli, yo‘ldoshli va boshqalar) yordamida abonent stansiyalari va aloqa uzellarini tarmoqqa birlashtirish. " Tarmoqning ishonchliligi|"Tarmoqning, berilgan rejimlarda va foydalanish hamda texnik xizmat ko‘rsatish sharoitlarida, talab qilinadigan funksiyalarni bajarish qobiliyatini tavsiflovchi barcha parametrlar qiymatlarini belgilangan chegarada vaqt bo‘yicha saqlash xususiyati. " Tarmoqning o‘ta yuklanishi|"Ma’lumotlar uzatish tarmoqlarida kuzatiladigan hodisa. Tarmoq bog‘lanishi yoki uzeli orqali uzatiladigan ma’lumotlarning katta hajmda bo‘lishi, xizmatlar sifati darajasining pasayishiga olib kelishida ifodalanadi. Izoh − Tarmoqning o‘ta yuklanishi uzatishda kechikishlarga, ma’lumotlar paketlari yo‘qolishiga yoki yangi bog‘lanishlar blokirovka qilinishiga olib keladi. " Tarmoqqa ulanishlar|"Lokal tarmoqda tarmoq resurslari va funksiyalariga murojaat qilish uchun qo‘llaniladigan komponent. «Tarmoq ulanishlari» papkasi tarmoq ulanishlarini yaratish, sozlash, saqlash va nazorat qilish imkonini beradi. " «Tarmoq-Tarmoq» interfeysi|"ATM kommutatorlarining o‘zaro ishlashini aniqlaydigan tarmoqlararo interfeys. " Taroqsimon filtr|"Almashinib keladigan bir nechta o‘tkazish va tutib turish polosasiga ega bo‘lgan elektr chastota filtri. " Tarqalish|"Shifrlash jarayoni, bunda ochiq matnning har qanday belgisini yoki kalitni o‘zgartirish shifrmatn belgilarining ko‘plab soniga ta’sir ko‘rsatadi, bu esa ochiq matnning statistik xususiyatlarini berkitadi. " Tarqalish koeffitsiyenti|"Toʻlqinlarning tarqalish (uning susayishi va tarqalish tezligi) xususiyatini aniqlovchi koeffitsiyent. " Tarqalishdagi so‘nish|"Signal quvvatining, uning uzatgichdan qabul qilgichgacha tarqalishiga ko‘ra, pasayishi. Izoh ‒ Tarqalish trassasiga va signal-chastota spektri, qutblanish, quvvat parametrlariga bog‘liq. " Tarqatilmagan pochta, kuryerlik jo‘natmalari, pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalari|"Belgilangan muddat davomida, ayrim sabablarga ko‘ra, adresatga yoki jo‘natuvchiga yetkazib berilmagan (topshirilmagan) pochta, kuryerlik jo‘natmalari, pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalari. " Tarqatish karraliligi|"Tarqoq qabul qilishda foydalaniladigan turli radiosignallarning soni. " Tarqoq kanallar kogerentligi|"Amaliyotda muhim bo‘lgan, qabul nuqtasiga turli yoʻllar bilan keladigan aynan bir signal nusxalarining o‘zaro bog‘langanlik darajasini aniqlovchi shart. " Tarqoq kanalli xendover|"Kanallarni ohista qayta ulash protsedurasi, bunda chastotalarni almashtirish vaqtida mobil stansiya bilan aloqa kamida ikki kanal bo‘yicha saqlab turiladi. Bu aloqa sifati eng yaxshi bo‘lgan signalni tanlab olish va kanallarni qayta ulashda ehtimoli bo‘lgan kechikishni bartaraf etish imkonini beradi. " Tarqoq qabul zonasi|"Bir nechta aloqa yo‘nalishidan, masalan bir nechta tayanch stansiyadan bir vaqtda signallar qabul qilinadigan zona. " Tartib|"Biror bir vazifaning ishlash tartibi. Uni ishga tushirish parametrlariga qarab vazifalarning ishlash tartibi o‘zgarishi mumkin. " Tartibga solish|"Axborotni muhofaza qilish usuli. Muhofaza qilinayotgan axborotni avtomatlashtirilgan qayta ishlash, uni saqlash va uzatishning shunday sharoitlari yaratiladiki, natijada axborotdan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olish imkoniyatlari minimumga keltiriladi. " Tartiblash|"Chiqarib tashlangan protsedura (usul) parametrlarini ularni tarmoqda ketma-ket oqim ko‘rinishida uzatish uchun o‘zgartirish mexanizmi. " Tasdiqlamoq|"Yetarlilikni mustaqil aniqlash bilan nimanidir batafsil ko‘rilganligini bildirish. Izoh – Detallashtirishning talab etilayotgan darajasi qarab chiqiladigan predmet turiga bog‘liq bo‘ladi. Bu atama faqat baholovchining harakatida qo‘llaniladi. " Tasdiqlash|"Xabar jo‘natuvchiga xabar yetkazilganligi to‘g‘risida tasdiqni so‘rash va uni olish imkonini beradigan funksiya. " Tasdiqlash grifi|"Hujjat mazmuniga normativ yoki huquqiy xarakter beradigan rasmiy hujjat rekviziti. " Tasdiqlovchi markaz|"1. Himoyalangan hujjat aylanishining boshqa bir qatnashchilar ochiq kalitlari sertifikatlarini chiqarishga ixtisoslashgan qatnashchisi. 2. Elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlarini chiqaradigan tashkilot yoki tashkilotning bo‘linmasi. " Tasnif indeksi|"Biror bir tasnif tizimida bo‘linishlarning raqamli yoki harf-raqamli ramzlardagi shartli belgisi. " Tasniflagich|"Har biriga muvofiqlikda noyob kod berilgan nomlangan obyektlarning tizimlashtirilgan ro‘yxati. " Tasniflash|"Ko‘plab obyektlarda yoki ularni turkumlar o‘rtasida «jins-tur», «element-turkum», «butun-qism» va sh.k. munosabatlarni o‘rnatish orqali turkumlarga ajratish imkonini beradigan hodisalarga munosabatlarni joriy qilish. " Tasodifiy foydalana olish|"Foydalana olish usuli, bunda bir nechta stansiya paketlarni bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan vaqt onlarida uzatgan holda, umumiy aloqa kanali orqali bog‘lanish o‘rnatishga urinadi. Agar, uzatishda to‘qnashuv yuz bersa, qayta urinish tasodifiy tanlangan vaqt intervali orqali amalga oshiriladi. " Tasvir elementi|"Tasvirning eng kichik detali, uning ichida yorqinlik va rang yot hisoblanadi, ya’ni element ichida yorqinlik va rangning bir tekis emasligini ko‘z bilan ajratib bo‘lmaydi. " Tasvir-tovush kesishuvchi buzilishi|"Tovush jo‘rligidagi signalning tasvir radiosignali yoki televizion videosignal keltirib chiqaradigan buzilishi. " Tasodifiy parollar generatori|"Parollar sifatida foydalaniladigan tasodifiy sonlar generatorini o‘zida ifodalaydigan dasturiy-apparat vosita. " Tasodifiy son|"1. Psevdotasodifiy sonlar generatori yordamida shakllanadigan va autentifikatsiya qilishda, shifrlashda, yaxlitlikni tekshirishda foydalaniladigan kod. 2. Sonlarning ma’lum to‘plamidagi har bir son bir xil ehtimollik bilan tanlab olinishi mumkin bo‘lgan, ushbu sonlar to‘plamidan tanlab olingan son. " Tasodifiy sonlar generatori|"1. Tasodifiy sonlar ishlab chiqadigan qurilma yoki dastur. Haqiqatda tasodifiy sonlarni olish juda qiyin, amalda natijada doim psevdotasodifiy sonlar paydo bo‘ladi. 2. Berilgan ehtimoliy va algebraik xarakteristikalar bilan tasodifiy vektorlar (qiymatlar, sonlar)ni hosil qilish (ishlab chiqish) algoritmi. " Tasodifiy tahdidlar|"Qasddan qilingan niyat bilan bog‘liq bo‘lmagan tahdidlar. Masalan, tizim ishlashining buzilishi, qo‘pol ekspluatatsion xatolar va dasturiy ta’minotdagi xatolar. " Tasodifiy xato|"Tasodifiy tarzda olingan qiymat bilan biror bir formula yoki qoida asosida hisoblangan qiymat orasidagi farq. " Tasvir|"Grafik ma’lumotlarni chiqarish qurilmalari (printer, displey, proyektor va b.q) orqali taqdim etish. " Tasvir buferi|"Tasvirning bir kadri (ikkita yarim kadri) to‘g‘risidagi axborotni saqlay oladigan qurilma. Bu kompyuter xotirasidagi, tasvirni qayta ishlash paytida tasvir joylashgan zonadir. " Tasvir buzilishlari|"Ekranda ko‘rinuvchi tasvirning texnologiyaning nomukammalligi, geomagnit, elektr va boshqa maydonlarning ta’siri oqibatida yuzaga keladigan geometrik, chiziqli bo‘lmagan va koordinata buzilishlari farqlanadi. Natijaviy signal shaklining boshlang‘ich signaldan, sanab o‘tilgan omillar tufayli og‘ishi buzilishlar paydo bo‘lishiga olib keladi. " Tasvir chetlaridagi yorug‘lik|"Tasvirning chetlarida paydo bo‘ladigan beixtiyoriy qo‘shimcha nurlanish. " Tasvir eltuvchisi|"Videosignal orqali modulyatsiyalangan eltuvchi. " Tasvir fayli|"Grafik axborotni mavjud formatlardan birida o‘z ichiga olgan fayl. " Tasvir formati|"Tasvir tomonlarining nisbatini ko‘rsatadi. U standart televideniye uchun 4:3, keng ekranli televideniye uchun 16:9 ni tashkil etadi. Katta kinoteatrlarda, shuningdek, 21:9 nisbatdagi keng formatli varianti ham mavjud. " Tasvir o‘lchamlarini avtomatik o‘rnatish|"Turli videorejimlarda, tasvirning doimiy o‘lchamini saqlash monitor orqali qo‘llab-quvvatlanganda, tasvir o‘lchamlarini avtomatik tarzda aniq o‘rnatish. Tasvir o‘lchamlarini avtomatik tarzda o‘rnatish rejimi oldindan dasturlanishi yoki foydalanuvchi tomonidan belgilanishi mumkin. " Tasvir radiosignali|"1. To‘liq videosignal yoki to‘liq rangli videosignal bilan modulyatsiyalangan tasvir eltuvchi signal. 2. To‘liq videosignal tasvirining eltuvchisini modulyatsiyalashdan olinadigan radiochastota signali. " Tasvir radiouzatgichi|"Televizion dasturning vizual mazmunini tashuvchi radiochastota signallarini hosil qilishda foydalaniladigan televizion radioeshittirish uzatgichining qismi. " Tasvir shaklining koeffitsiyenti (kadr formati)|"Tasvir (kadr) enining uning balandligiga nisbati. " Tasvir signali liniyaviy kuchaytirgichining chiqishi|"Tasvir signali liniyaviy kuchaytirgichining chiqish qisqichlari radioreleli uzatgich, tasvir uzatgich yoki tarmoqni ta’minlovchi studiya uskunasi va liniyaning ulanish joyi hisoblanadi. " Tasvir signalining qutbliligi|"Signalning sahna (manzara) ning qorong‘i uchastkasini ifodalaydigan qismi potensialining, signalning yorug‘ maydonini ifodalaydigan qismi potensialiga nisbatan belgisi. Qutblilik «musbat qora» yoki «manfiy qora» so‘zlari orqali belgilanadi. " Tasvir signallari|"Televideniye va fototelegrafiyada tasvirning yoyilishidan olinadigan kuchlanish (yoki tok). Tasvir signallari satr bo‘ylab tasvir elementlarining yorqinligi (rangliligi) to‘g‘risidagi axborotni tashiydi. " Tasvir uzatgich|"Faqat tasvir signallarini uzatish uchun mo‘ljallangan radiouskuna. Standart chiqish signalini olish uchun talab etiladigan radiochastotaviy zanjirlar va modulyatsion uskuna. " Tasvir uzatgich quvvati|"Standart televizion signalni uzatish paytidagi cho‘qqi chiquvchi quvvat. " (Tasvir) sinxronizatsiya(si) dagi uzilish|"Barcha tasvirning maydon yoki satr sinxronizatsiyasi buzilishi tufayli uzlukli yoki doimiy yo‘qolishi. Izoh ‒ Taalluqli atama «sinxronizatsiyani yo‘qotish». " Tasvirda soxta konturlarning paydo bo‘lishi|"Nomaqbul effekt signalni qayta ishlash jarayonida, signal darajalarini kvantlash yetarlicha bo‘lmagan raqamli tizimlarda kuzatiladi, ya’ni, bu – yorqinlik yoki ranglilik kvantlash shkalasining dag‘allashish effektidir. " Tasvirdan so‘ng|"Tasvir almashinuvida kuzatiladigan, oldingi tasvirning ijobiy yoki salbiy qoldig‘i yangi tasvirga tushadigan, effekt. " Tasvirlarni aniqlash|"Funksional blok yordamida tasvirni, uni tashkil etadigan obyektlarni, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini va fazoviy o‘zaro munosabatlarini idrok etish va tahlil qilish. " Tasvirlarni masshtablash|"Tasvir o‘lchamini proporsiyalarni saqlagan holda o‘zgartirish. Masshtablash deganda tasvir o‘lchamini kattalashtirish ham, kichraytirish ham tushuniladi. Grafika turiga qarab (rastrli, vektorli), masshtablash turli algoritmlar asosida bajariladi. Vektorli grafikada masshtablash tasvir sifatining yomonlashishiga olib kelmaydi, rastrli grafikada esa tasvir sifati yomonlashadi. " Tasvirlarni mikshirlash|"Ikkita kameradan chiquvchi signallarni ustma-ust tushirish yo‘li bilan va signallar yig‘indisini oq rang sathidan oshirmasdan, ular qiymatini ohista rostlash tasvirni asta-sekin almashtirish. " Tasvirlarni qayta ishlash|"Vizual axborotni qayta ishlash bilan bog‘liq jarayon (masshtabni o‘zgartirish, konturlarni ajratish, tasvirning ko‘rinadigan va ko‘rinmas qismlarini aniqlash va sh.k.lar). " (Tasvirni) diskret-kosinus o‘zgartirish, DKO‘|"Raqamli tasvirning sanoqlar blokidagi ortiqchalikni identifikatsiya qilish uchun koeffitsiyentlar to‘plamini shakllantirishni ta’minlovchi tasvirni spektral o‘zgartirish. " (Tasvirni kodlashdagi) taxminlash|"Kadrning fazo va vaqt bo‘yicha qo‘shni elementlarini taqdim etuvchi signal qiymatlaridan kelib chiqib, kadr elementini ifodalaydigan signal qiymatini baholash jarayoni. " Tasvirni markazlashtirish|"Tasvirni gorizontal va vertikal yo‘nalishlarda ekranda to‘g‘ri joylashtirish maqsadida siljitish. " Tasvirni qayta tiklash|"Videoaxborot tashuvchi elektr signallarni tasvirni kuzatish uchun qulay bo‘lgan, ko‘rinadigan tasvirga aylantirish. " (Tasvirni) siqish; (tasvirni) kengaytirish|"Tasvirni gorizontal yoki vertikal yo‘nalishda cho‘zish yoki siqish yo‘li bilan ataylab buzish. " Tasvirni yoyish|"Tasvirni tahlil yoki sintez qilishda yoyuvchi elementning berilgan davriy qonun bo‘yicha siljishi. " Tasvirning bitligi|"Qar.: Rang teranligi. " Tasvirning gorizontal bo‘yicha aniqligi|"Guruh aniqligi shtrixli o‘lcham bilan baholanadigan mayda oq-qora detallarni qayta tiklash sifati. " Tasvirning granulyar shovqini|"Signal shaklining past-balandligi bilan bog‘liq shovqin. " Tasvirning nochiziqli buzilishlari|"Yoyish tezligi doimiy bo‘lmasligi keltirib chiqaradigan, uzatish obyekti normalangan o‘lchamining uni satrlar bo‘ylab yoki satrlarga ko‘ndalang ravishda ko‘chirish vaqtidagi o‘zgarishida ko‘rinadigan koordinata buzilishlari. " Tasvirning televizion tahlili|"Obyekt tasvirining rangi yoki yorqinligini vaqtda hamda fazoda elektr signallarga izchil o‘zgartirish jarayoni. " Tasvirning vertikal bo‘yicha aniqligi|"Satr oralatib yoyish sifatini sinov elementlaridagi qiya oq liniyalarning tiklanishini baholash orqali bilvosita baholash. " Tasvirning vertikal bo‘yicha nominal aniqligi|"Rastrning diskret tuzilmasi va Z ga teng bo‘lgan tasvir ajralish satrlari soni orqali aniqlanadigan kattalik. " Tasvirning yagona formati|"Amerika va Yevropa standartlari uchun yuqori aniqlikdagi televideniye signallari parametrlarining ba’zi umumiy qiymatlarini belgilaydigan XEI-R BT.709 Tavsiyalarida qabul qilingan format. " Tavsiflash sxemasi|"MPEG-7 da kontentni, deskriptor va tavsiflash sxemalari o‘rtasidagi bog‘lanishlar tuzilmasi hamda semantikasini belgilaydigan tavsiflash vositasi. " Taxallus|"1. Ismlar fazosining muqobil nomi, ya’ni tez-tez takrorlashda foydalanish qulay bo‘lgan qisqartma ism. Taxallus mavjud ism bilan mos tushmasligi kerak. Ismlarning mos tushishi aniqlanganda, kompilyator taxallusni boshqasiga almashtirishni taklif qiladi. 2. Kimgadir yoki nimagadir havola qilish uchun foydalaniladigan ism, jumladan, foydalanuvchi tizimga ma’lum bo‘lgan ismlar va elektron manzillar majmui. " Taxminiy ishonch darajasi|"Berilgan ishonch shkalasida ma’lum joyni band etib va ishonch paketini tashkil etadigan, xavfsizlikning ishonch talablari majmui. " Taxminlangan qiymat|"Taxminlash yordamida olingan signal qiymati. " Taxminlash|"Signalning joriy sanoq qiymatini bitta yoki bir nechta undan oldin keladigan sanoq asosida baholash. " Taxminlash bilan adaptiv kodlash vektori|"Axborot uzatishning eng past guruhiy tezliklarida foydalanish uchun dastlab kiritilgan nutq signalini kodlash uchun ishlab chiqilgan algoritm. " Taxminlash bilan kodlash|"Taxminlashdan foydalanib manbani kodlash usuli. " Tayanch bevosita foydalana olish usuli|"Yozuv fayl ichidagi yozuv raqami bilan yoki qurilmadagi fizik manzil bilan identifikatsiya qilinadigan quyi sath foydalana olish usuli. " Tayanch dizayn|"Tizimni ishlab chiqishda barcha mafaatdor tomonlar bilan kelishilgan, tizim dizayni. " Tayanch etalon model|"Ochiq tizimlar o‘zaro bog‘liqligining umumiy prinsiplarini ifodalaydigan va OSI standartlarini ishlab chiqish uchun asos bo‘lib hisoblangan model. " Tayanch foydalana olish usuli|"Dastlabki shaxsiy kompyuterlarda foydalanilgan yuqori daraja protsedura tili. " Tayanch ketma-ket foydalana olish usuli|"Fizik fayl yozuvlarini ketma-ket qayta ishlash imkonini beradigan quyi darajali foydalana olish usuli. Tayanch kiritish/chiqarish tizimi parametrlarining bloki rus. - блок параметров базовой системы ввода/вывода ing. - basik input/output system parameter block Tizim diskining yuklash sektoridagi, bu diskning tuzilmasini tavsiflaydigan jadval. " Tayanch kiritish-chiqarish manzili|"Kiritiladigan-chiqariladigan ma’lumotlarning boshlang‘ich manzili. " Tayanch kiritish-chiqarish tizimi|"Shaxsiy kompyuterlarda ishga tushirish vaqtida qurilmalarni tekshirish, operatsion tizimni yuklash hamda qurilmalar o‘rtasidagi ma’lumot almashinuvini ta’minlash uchun kerak bo‘lgan asosiy dasturiy ta’minot. Tayanch kiritish-chiqarish tizimi doimiy xotira qurilmasida bo‘lgan dasturni o‘zida aks ettiradi. " Tayanch kompyuter|"Axborot tizimida ko‘p sonli chekka-tashqi (chegara) qurilmlari (diskli to‘plovchi, printerlar va boshqalar) bilan ulanadigan katta quvvatli kompyuter. Undan korporativ pog‘onada ko‘p masalali muhitda foydalaniladi. Tayanch kompyuter yuqori tezlik bilan ishlaydi, nisbatan katta tezkor xotiraga ega va yechilayotgan masalalarning keng doirasini qamrab oladi. Tayanch kompyuter kommunikatsiya tarmog‘i orqali o‘zining resurslarini ko‘p sonli foydalanuvchilarga taqdim qiladi va maʼlumolarni qayta ishlashda asosiy oqimlarni o‘z zimmasiga oladi. " Tayanch liniya funksiyalarini hisoblash|"Muayyan vaqt onida funksionallik sifatida olingan, ilova funksiyalari nuqtalarining soni. " Tayanch manzil|"1. Hisoblash mashinasining absolyut manzilini hisoblash uchun boshlang‘ich kattalik sifatida foydalaniladigan manzil. 2. Periferik qurilmalardan foydalanish amalga oshiriladigan portlarning qo‘shni manzillari guruhidan eng kichigi. " Tayanch muhofaza choralari|"Bitta tizim yoki butun tashkilot uchun o‘rnatilgan xavfsizlik choralarining minimal to‘plami. " Tayanch nuqta|"Dasturiy ta’minotni rejalashtirishning, loyiha hayotiy siklining asosiy o‘tishi yuz beradigan bosqichi. " Tayanch oq rang|"Asosiy ranglarni matritsalashda olinadigan, ushbu o‘rab turuvchi yoritishda oqning taassurotini beradigan muayyan rang omili. Izoh ‒ Rangli televideniyeda tayanch oq rang uskunani sozlashda ishlatiladi. " Tayanch platforma|"Instrumental dasturlar tizimiga ega bo‘lgan, ishlab chiqilgan dasturlardan foydalanish va qo‘llab-quvvatlash imkoniyatini ta’minlaydigan bazaviy kompyuter. " Tayanch qiymatini tanlash|"Kirish parametrining, tayanch tanlovni testlashda foydalaniladigan, parametr uchun tipik bo‘lgan qiymat asosida tanlanadigan qiymat. " Tayanch radiostansiya|"Mobil stansiyalar o‘rtasida aloqani tashkil etish uchun bitta yoki bir nechta retranslyatori bo‘lgan qabul qiluvchi-uzatuvchi stansiya. " (Tayanch) rang chaqnashi|"Ranglilik signali quyi eltuvchisi chastotasiga ega sinusoidal to‘lqinning bir nechta davridan iborat bo‘lgan to‘liq rangli signalning bir qismi, u ranglilik signalini demodulyatsiyalashda etalon vazifasini bajaradi. " Tayanch registr|"Tayanch manzilni va unga nisbatan manzillashni saqlash uchun foydalaniladigan registr. " Tayanch retranslyator|"O‘ziga biriktirilgan abonentlar guruhi foydalana oladigan retranslyator. Izoh − Uning yordamida abonentlar ayni paytda band bo‘lmagan retranslyatorlar mavjudligi to‘g‘risida bilib oladilar, agar tayanch retranslyator band bo‘lsa, abonentga boshqa, ayni vaqtda bo‘sh bo‘lgan retranslyator taqdim etiladi. " Tayanch sahifa|"Elektron hisoblash mashinalarining ba’zi arxitekturalarida – tezkor xotiraning birinchi sahifasi. " Tayanch signallar generatori|"Tizim ayrim elementlarining ishini sinxronlash uchun foydalaniladigan qurilma. Ishlab chiqariladigan impulslar doimiy takrorlanish chastotasiga, davomiylik va amplitudaga ega bo‘ladi, ularning vaqt bo‘yicha holati esa, yuqori aniqlikdagi vaqt shkalasiga bog‘langan. " Tayanch sinovlar|"Normal ish rejimi sifatida qarash taxmin qilinadigan rejimda ishlaganda, tarmoqning samaradorligi bilan bog‘liq xarakteristikalarini aniqlash va hujjatlashtirish jarayoni. Bu xarakteristikalar o‘z ichiga xatolarning paydo bo‘lish chastotasi va ma’lumotlar uzatish tezligi, shuningdek, eng faol foydalanuvchilar va ular tomonidan ishlatiladigan ilovalar to‘g‘risidagi ma’lumotni olishi mumkin. " Tayanch stansiya|"1. Quruqlikdagi ko‘chma xizmatning quruqlikdagi stansiyasi. 2. Cheklangan geografik zonada mobil abonentlar bilan aloqa o‘rnatish uchun foydalaniladigan bir kanalli yoki ko‘p kanalli statsionar qabul qiluvchi-uzatuvchi stansiya. «Tayanch stansiya» atamasi tranking aloqa tizimini qoplash zonasiga, uyaga, uya ichidagi sektorga yoki uyalar guruhiga tegishli bo‘lishi mumkin. " Tayanch stansiya kontrolleri|"Uyali yoki tranking aloqa tarmog‘ining, u bir nechta qabul qiluvchi-uzatuvchi tayanch stansiya ishini boshqaradigan elementi. " Tayanch stansiya uskunasi|"Mobil stansiyalar va mobil aloqa kommutatsiya markazi kommutatsiya markazi o‘rtasida interfeysni ta’minlovchi va o‘z tarkibiga tayanch stansiya kontrollyori, bir nechta qabul qiluvchi-uzatuvchi tayanch stansiyani va radioresurslarni boshqarish qurilmasini oluvchi uskuna. " Tayanch tarmoq|"Global tarmoqning tarmoq segmentlarini yagona tizimga birlashtiruvchi yuqori tezlikdagi liniya yoki bir nechta liniyalar (10 Base5, optik-tola), Atama kommunikatsiya tarmog‘ini, foydalana olish qurilmalari o‘rtasida o‘tkazuvchi tarmoq trafigini ta’riflashda ishlatiladi. Magistralning o‘tkazish qobiliyati odatda sekundiga yuz va ming megabitdan oshadi. " Tayanch tur|"Obyektga (o‘zgaruvchiga, yozuv maydoni funksiyasiga, konstantaga, massivga va sh.k.larga) ochiq yoki ochiq bo‘lmagan holda beriladigan tavsif. " Tayanch to‘plam|"Multiko‘plikni yaratish uchun foydalaniladigan obyektlar to‘plami. " Tayanch yacheyka|"Elektron jadvallarda ‒ yacheykalar diapazonining boshlanishi sifatida chiqadigan qayd etilgan yacheyka. " Tayanch yer stansiyasi|"Quruqlikdagi ko‘chma yo‘ldoshli xizmatga fiderli liniyani ta’minlash uchun, quruqlikdagi ma’lum zona chegarasida yoki ma’lum punktda joylashgan muqim yo‘ldoshli xizmatning yoki ba’zi hollarda, quruqlikdagi ko‘chma yo‘ldoshli xizmatning Yer stansiyasi. " Tayanch chastota generatori|"Ishchi chastotalar to‘rini tuzishda asos sifatida foydalaniladigan tayanch tebranishlar hosil qiluvchi generator. Izoh − Amaliyotda, etalon chastotalar generatorlarining seziyli, rubidiyli va kvarsli turidan foydalaniladi. " Tayinlangan abonent chaqiruvini tutib qolish|"Abonentga, boshqa abonentning kiruvchi chaqiruviga, tegishli prefiks va chaqiriluvchi abonent raqamini terish yordamida, javob berish imkonini beradigan xizmat. " Tayinlangan manzil|"Maʼlumotlarni oluvchi qurilmaning tarmoq manzili. 2. Ma’lumotlar nusхa ko‘chiriladigan, yuboriladigan yoki suriladigan yozuv, fayl, katalog yoki qurilma. " Tayinlash, o‘zlashtirish|"Ayrim o‘zgaruvchiga yangi, tashqi qiymatni berish yoki taqqoslash. Dasturlashda bu maxsus operator yordamida bajariladi. " Taym-aut|"Aniq bir faoliyatning ma’lum bajarilish vaqtini tavsiflovchi tushuncha. Masalan, veb-texnologiyalarda sessiyaning yashash vaqti tushunchasini beradi. " Taym-kod|"Videotasvir kadrlarini aniq markalashning elektron usuli. Har bir kadrga soat, minut, sekund va kadrlarda ifodalangan raqam beriladi. " Taym-slot|"Istalgan vaqt bo‘yicha interval siklik va noyob tarzda aniqlangan va belgilangan bo‘lishi mumkin. Izoh – Vaqt bo‘yicha ajratish bilan multipleks uzatish hollarida har bir alohida signalga alohida taym-slot tayinlanadi. " Taymer|"Videoapparat yoki boshqa radioelektron apparatni vaqtinchalik dasturlash qurilmasi. Apparatni berilgan vaqtda avtomatik yoqish, uning ma’lum bir funksiyalari (yozish, qayta eshittirish va sh.k.lar)ni boshqarish va berilgan vaqt oralig‘idan keyin apparatni o‘chirish uchun mo‘ljallangan. " Taymer bo‘yicha uzilishlar|"Qurilmalar va operatsion tizimning boshqa zarur muntazam harakatlarining so‘rovi uchun mo‘ljallangan vaqtning ma’lum kvanti orqali vaqti-vaqti bilan uzilishlari. " Tayyor jarayonlarning navbati|"Asosiy xotirada mavjud bo‘lgan va bajarish uchun tayyor bo‘lgan barcha jarayonlarning to‘plamini o‘z ichiga oladigan navbat. " Tayyorlik|"Tizim, mahsulot yoki komponentning ishlay olish qobiliyati va foydalana olishlilik darajasi. " Tayyorlik darajasi yuqori tizim|"Ishlamay qolishlarga chidamli kompyuter tizimi. Unda ishlamay qolish yuz bergan holda, bir necha minut ichida ishlash qobiliyatining avtomatik tarzda tiklanishi va maʼlumotlar bazasi yaxlitligining saqlanishi kafolatlanadi. " Tashimoq va tashlamoq|"«Sichqoncha» yordamida amalga oshiriladigan operatsiya. Biron-bir obyektni «sichqoncha» bilan ushlab, uning chap tugmasini qo‘yib yubormagan holda amalga oshiriladi. Odatda fayllardan nusxa ko‘chirishda yoki ochilgan dasturning ichidagi faylni ochishda qo‘llaniladi. " Tashish (uzatish)|"Turli punktlar o‘rtasida axborot uzatishning funksional jarayoni. " Tashkiliy-farmoyish hujjati|"Ma’muriy va tashkiliy masalalarni, shuningdek, hukumat organlari, muassasalar, korxonalar, tashkilotlar, ularning bo‘linmalari va mansabdor shaxslarining faoliyatini boshqarish, o‘zaro hamkorlik qilish, ta’minlash va tartibga solish masalalarini hal qilish vazifalari qayd etiladigan hujjat turi. " Tashkiliy-huquqiy shakl|"Mamlakat qonunlari va boshqa huquqiy normalari bilan ko‘zda tutilgan, korxona, kompaniya, korporatsiyalar tuzilmasi barpo etilishining turi va usuli. Izoh – Tashkiliy-huquqiy tuzilma mulkchilik shakliga, egalarining javobgarlik darajasiga, korxona ko‘lamiga, kapitalini shakllantirish yo‘llariga, kompaniya tarkibiy qismlarining birlashish va teng huquq asosida bo‘ysunish xususiyatiga bog‘liq. " Tashkiliy rahbarlik|"Tashkilot o‘zining operatsion va strategik harakatlarini yo‘naltirishiga, nazorat qilishiga, shuningdek, qatnashchilarning qonuniy huquqlariga, talablari va kutishlariga munosabatini bildiradigan jarayon. Tashkiliy rahbarlik lavozim vazifalarini, xulq-atvor qoidalarini belgilaydi. Shuningdek, tashkilotlar tomonidan qo‘yilgan strategik maqsadlarga erishish uchun qo‘llaniladigan hujjatlarni ishlab chiqadi. " Tashkilotning xavfsizlik siyosati|"Tashkilotdagi xavfsizlik bo‘yicha qoidalar, protseduralar yoki tavsiyalar majmui. Izoh – Siyosat muayyan ishlash muhitiga taalluqli bo‘ladi. " Tashlab yuborilgan paket|"Qabul qilish tomonda axborotning ishonchlilik ko‘rsatgichi past bo‘lganda yoki yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan darajada uzoq kechikkanda tashlab yuboriladigan paket. Bunday vaziyat tarmoq o‘ta yuklanish ostida bo‘lganda, paketni adresatga yetkazib berish vaqti aloqa protokoli bilan belgilanadigan chegaradan oshganda vujudga keladi. " Tashlash|"Registr yoki hisoblagichni boshlang‘ich holatga o‘rnatish; boshlang‘ich holatga qaytish. Tizimning joriy holatdan, boshlang‘ich, nol bo‘lmagan holatga o‘tishi. " Tashqariga uzatiladigan ma’lumotlar protokoli|"Geterogen tarkibli muhitlar uchun taqsimlangan dasturlarni ishlab chiqishni osonlashtiradigan protokol bo‘lib, platformalarning apparat xususiyatlarini hisobga olishni o‘z zimmasiga oladi. " Tashqi antenna|"Ochiq havoda ekspluatatsiya qilish shartlarini qanoatlantiruvchi antenna. " Tashqi belgi|"Dasturning boshqa protsedurasida (modulida) aniqlangan belgi. " Tashqi blok|"Uskunaning foydalanuvchi binosidan tashqariga o‘rnatiladigan va atrof-muhit haroratida ekspluatatsiya qilinadigan qismi. Masalan – VSAT stansiyalarida tashqi blok kam shovqinli kuchaytirgich va qabulqilgich-uzatgichdan iborat bo‘ladi. Antenna-fider traktidagi yo‘qotishlarni kamaytirish maqsadida kam shovqinli kuchaytirgich bevosita nurlagichga o‘rnatiladi, qabulqilgich-uzatgich esa, antenna konstruksiyasining elementlariga joylashtiriladi. " Tashqi bostirib kirish usullari|"Tashqi muhitda ta’sir manbaini topish o‘ziga xos xususiyati hisoblanadigan, qo‘yilgan maqsadlarga erishish usullari majmui. Izoh – Tashqi bostirib kirishlarda quyidagi usullardan foydalanilishi mumkin: liniyaga (aktiv yoki passiv) ulanish; nurlanishni tutib olish; tizim vakolatli foydalanuvchisi yoki uning komponentlari ostida niqoblanish; autentifikatsiya yoki kira olishni boshqarish mexanizmlarini chetlab o‘tish. " Tashqi fotoeffekt|"Elektronlarning nurlanish ta’sirida vakuumda yoki boshqa muhitda qattiq jismlar (metallar, yarimo‘tkazgichlar, dielektriklar) dan uchib chiqishi. " Tashqi fragmentatsiya|"Tizimda katta bo‘sh xotira mavjud bo‘lgan, lekin u uzluksiz deb hisoblanmagan holat. " Tashqi giperishorat|"Aktiv veb-sayt qismi bo‘lmagan sahifa yoki faylga ko‘rsatuvchi giperishorat. " Tashqi havola|"Dasturdan boshqa bir dasturiy modulda bo‘lgan identifikatorga qilinadigan havola. Tashqi havolalar mexanizmidan modullarni alohida kompilyatsiyalashda foydalaniladi. " Tashqi himoya|"Armaturalangan simdan yoki metall tasmadan tayyorlangan, kabel qobig‘ini qoplovchi materialning tashqi qatlami. Tashqi himoya rodentlar (kemiruvchilar), ko‘chadigan toshlar kabi tashqi ta’sirlardan qo‘shimcha mexanik himoyalash talab qilingan hollarda qo‘llaniladi. " Tashqi (ikkilamchi) xotira|"Katta hajmdagi barqaror (saqlanadigan) xotiraning funksionalligini ta’minlovchi asosiy xotirani kengaytirish. " Tashqi kalit|"Relyatsion maʼlumotlar bazasi nazariyasining tushunchasi. Boshqa jadvalning birlamchi kalitni saqlashga mo‘ljallangan jadvalning maydoni. Ushbu tashqi kalit ikkita jadval o‘rtasida aloqani o‘rnatish uchun kiritiladi. " Tashqi koder (dekoder)|"Kaskadli kodlashda kanalga nisbatan tashqi koder (dekoder). " Tashqi krossover uchun kirish|"Faqat tashqi quyi chastotalar filtri bilan sozlangan past amplitudali signalga yoki maxsus past chastotali kanalni kommutatsiyalash uchun mo‘ljallangan kirish. " Tashqi ko‘rinish (bezash) va mavzular|"MS Windows operatsion tizimi boshqaruv panelining qismi bo‘lib, foydalanuvchi interfeysi ranglari va grafikasini uning xohishiga ko‘ra moslash imkonini beradi. " Tashqi magistral|"Kampus kichik tizimining bir qismi hisoblanadigan, bir binoni boshqasi bilan bog‘lovchi magistral telekommunikatsiya kabeli (kabellari). " Tashqi marshrutlash protokoli|"Internet yadrosidagi ikki darajali tarmoq shlyuzlaridan foydalaniladigan marshrutlash protokoli. " Tashqi qurilma|"Kompyuterning markaziy protsessori bilan bevosita ishlamaydigan qurilma. " Tashqi qurilmalar shinasi|"33 MGz chastotada ishlash uchun mo‘ljallangan 32 razryadli tizim shinasi. " Tashqi raqamli klaviatura|"Shaxsiy kompyuter standart klaviaturasi o‘ng qismidagi klavishlar bloki. Num Lock klavishi ishga tushirilganda sonli ma’lumotlarni tez kiritish uchun mo‘ljallangan. " Tashqi saralash|"Tashqi xotira qurilmalarining xotirasidan foydalanib bajariladigan saralash. " Tashqi taqdim etish shakli|"Elektron hujjatni displey ekranida, qog‘oz eltuvchida yoki boshqa shunga o‘xshash eltuvchida vizual anglash uchun tushunarli yoki inson idrok etishi uchun yaroqli shaklda qayta tiklash. " Tashqi uskuna|"1. Muayyan markaziy protsessorga nisbatan protsessor va foydalanuvchi o‘rtasida maʼlumotlar uzatilishini taʼminlaydigan har qanday qurilma. 2.Kompyuter tashqi qurilmalari kompleksi. " Tashqi uzilish|"Mikroprotsessorga nisbatan tashqi bo‘lgan qurilma yoki kontroller keltirib chiqaradigan apparat uzilish. " Tashqi xalaqit (hisoblash texnikasi vositasiga)|"Tashqi zanjirlarda va/yoki atrof-muhitda har qanday tashqi manba vujudga keltiradigan, hisoblash texnikasi vositasiga bo‘ladigan elektromagnit xalaqit. " Tashqi xotira|"Ma’lumotlarni saqlaydigan tashqi qurilma. " Tashqi xotira qurilmasi|"Kompyuter tizim blokidan tashqarida joylashgan qurilma. Protsessor faqat kiritish-chiqarish kanallari orqali foydalanishi mumkin bo‘lgan xotira. " Tashqi yo‘qotishlar|"Tolali ulanishlardagi, tola sifatiga bog‘liq bo‘lmagan, balki konnektor yoki mufta yordamida bajarilgan sifatsiz ulanish keltirib chiqaradigan yo‘qotishlarning bir qismi. " Tashrif buyuruvchi|"Tarmoqning muayyan resurslaridan foydalanuvchi shaxs. Baʼzi server (yoki sayt) egalari sahifalarda tashrif buyuruvchilar soni hisoblagichini joylashtiradi. " Tashrif buyurish|"Foydalanuvchining veb-sahifaga murojaat qilishi. Murojaatlar soni, reklamani joylashtirishda hisobga olinadigan sahifa ommabopligining (qancha odam kirayotganligining) ko‘rsatgichi bo‘lib xizmat qiladi. " Tashrif buyuruvchilar soni|"Muayyan vaqt birligi davomida (kun, oy va h.k.) veb-saytga (yoki uning maʼlum sahifasiga) tashrif buyurganlar soni. " Tashrif buyuruvchilar sonini ko‘paytirish|"Maxsus yaratiladigan (bir nechta) sayt, mazmunan hech qanday axborotga ega bo‘lmay asosan uchinchi saytga bo‘ladigan tashriflarni (ishoratlar indeksini) sunʼiy ravishda ko‘paytirishga yo‘naltirilgan. Qo‘lda yoki maxsus yaratiladigan dasturiy taʼminot vositasida avtomatik tarzda amalga oshiriladi. " Tashuvchi|"Ma’lumotlarni turli shaklda saqlaydigan yoki ularni o‘zi orqali uzatishga imkon beradigan axborot uzatish vositalari. Masalan: qattiq disklar, egiluvchan disklar, magnit tasmalar, kompakt disklar. " Ta’minlangan Internet dasturlari|"An’anaviy Desktop-dasturlarning o‘ziga xosligi va funksionalligini o‘zida namoyon qiluvchi veb-sahifa, dastur. RIA foydalanuvchi interfeysiga kerakli bo‘lgan jarayonlarni Web-Clientga o‘tkazishga asoslanadi, shu bilan birga barcha ma’lumotlar (ma’lumotlar oqimi)ni server dasturlari ko‘magida saqlaydi. " Taʼminlovchi kichik tizimlar|"Avtomatlashtirilgan boshqarish tizimining, asosiy funksional nimtizimlari moʻtadil faoliyatini taʼminlab beruvchi nimtizimlar guruhi. Ularga tashkiliy, iqtisodiy, matematik, axborot, texnik, huquqiy va boshqa taʼminotlar kiradi. " Ta’minot|"Faoliyatning qandaydir turlarini amalga oshirish uchun xizmat qiladigan usullar, vositalar to‘plami. Tizimning texnik ta’minoti – bu, tizimga kiradigan texnik vositalar to‘plamidir. Dasturiy ta’minot – dasturlar va ularni qo‘llash yuzasidan yo‘l-yo‘riqlar yig‘indisi. Tizim dasturiy ta’minoti – operatsion tizim va ma’lumotlar muhofaza qilinishini, ularni arxivlash va dearxivlashni amalga oshiradigan yordamchi dasturlar to‘plami, har xil testlar, ma’lumotlarni tiklash dasturlaridir. " Ta’minot shinasi|"Qurilmalarni kuchlanish manbaiga ulash uchun xizmat qiladigan ta’minot liniyasi. " Ta’mirga yaroqlilik|"1. Televizor (element) ning sozligini tiklashga bo‘lgan moslashuvchanligida, berilgan texnik resursni nosozliklar va ishlamay qolishlarning oldini olish, aniqlash hamda bartaraf etish orqali saqlab turishida ifodalanadigan xususiyati. 2. Tuzatib bo‘lmaydigan buyum (element) ning ta’mir yaroqliligi deganda, uning texnik holatini tekshirishga hamda qulay tarzda almashtirishga bo‘lgan moslashuvchanligi tushuniladi. " Ta’rif|"Biror atama yoki tushuncha to‘g‘risidagi kengaytirilgan axborot. " Ta’sir etish|"Tizim ishini buzishga urinish bilan, masalan, xalaqitlarni generatsiyalash yoki signalning «nozik tuzilmasini konfidensial axborot olish maqsadida tahlil qilish yo‘li bilan bog‘liq har qanday yomon niyatdagi harakat. " Ta’sir etuvchi tashqi omil|"Muhofaza qilinadigan axborotning buzib ko‘rsatilishiga, yo‘q qilinishiga yoki blokirovkalanishiga olib keluvchi, axborotga yoki uni tashuvchiga ko‘rsatiladigan tashqi ta’sir. " Ta’sirchan (kritik) axborot|"Ochilishi, o‘zgartirilishi, yo‘q qilinishi yoki yashirilishi kimgadir yohud nimagadir sezilarli ziyon yetkazishi mumkin bo‘lganligi uchun, vakolatlangan organ tomonidan muhofaza qilinishi zarur deb belgilangan axborot. " Ta’sirchanlik, kritiklik|"1. Axborotning, uning egasi tomonidan belgilanadigan va axborot muhofaza qilinishi zarurligini ko‘rsatadigan muhimlik darajasi. 2. Tarmoq resursining xarakteristikasi bo‘lib, uning muhimlik darajasini belgilaydi. Tarmoqning zaif tomonlarini ham ichiga olishi mumkin. " Ta’sirchansizlik (elektromagnit)|"Texnik vositaning elektromagnit xalaqit ta’siriga qarshi tura olish qobiliyati. " Teg|"HTML tilida ‒ hujjatning bo‘linishini, matnni formatlash usulini yoki boshqa operatsiyalarni belgilovchi maxsus simvol. «<» belgisi bilan boshlanib, «>» belgisi bilan yakunlanadi. Odatda HTML da teglardan juft holda foydalaniladi. Yopadigan teg ochadigan tegdan, chap burchakdagi qavsdan keyin keladigan qiya chiziq bo‘lishi bilan farq qiladi. " Tegishli o‘ramdagi bosma nashr|"O‘lchamlari, og‘irligi va o‘rash tartibi Pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish qoidalarida belgilangan, manzil tizimi bo‘yicha ekspeditsiya qilinadigan bosma nashrlar (gazetalar, jurnallar) joylangan pochta jo‘natmasining turi. " Tekis qoplamali uya|"Signalning yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan past darajali uchastkalari yoki soyali joylari yo‘q bo‘lgan uya. " Tekis tinishlar|"Qabul qilinadigan signalning barcha chastotaviy tashkil etuvchilari amplitudasi va boshlang‘ich faza siljishi taxminan bir xil (tasodifiy) o‘zgaradigan, ular o‘rtasidagi kechikish bo‘yicha farq esa 1/F dan kichik bo‘lgan tinishlar, bunda F – uzatiladigan signalning chastotalari farqi. " Tekislash|"Matn va/yoki grafik obyektlarni kolonka ichida va/yoki sahifa markaziga, chap va o‘ng chekkalariga nisbatan joylashtirish. Tekislash vertikal va gorizontal bo‘yicha, kolonkaning o‘ng yoki chap cheti, shuningdek, markaz bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. " Tekshirish maqsadida o‘qish|"Fayl yoki uning qismlarini, ma’lumotlar yaxlitligini tekshirish maqsadida o‘qish. Bunda fayl ichidagi o‘zgarmaydi. " Tekshirish oynasi|"Tuzilmalar, massivlar va ma’lumotlar elementlari qiymatlarini o‘zgartirish va tekshirish uchun foydalaniladigan oyna. " Tekshiruv|"Tarmoqdagi, tarmoqning muhofazalanganligiga u yoki bu darajada ta’sir etishi mumkin bo‘lgan barcha voqealarni kuzatib borish jarayoni, shuningdek, tranzaksiyalar qayta ishlanishi to‘g‘riligini tekshirish. Tekshiruv paytida fayllar va kataloglar yaratish va ularni yo‘q qilishga, shuningdek, ularga murojaat qilishga urinishlar, ayniqsa, diqqat bilan o‘rganiladi. Ushbu barcha voqealar to‘g‘risidagi yozuvlar mahsus muhofaza qilingan fayl-protokolda saqlanadi. Bu fayl-protokollar alohida vakolatlarga ega bo‘lgan foydalanuvchilar tomonidangina ko‘rib chiqilishi mumkin. " Tekshiruvchi simvollar|"Korreksiyalovchi koddagi xatolarni aniqlash va tuzatish uchun xizmat qiladigan ortiqcha simvollar. " Teksturani kodlash|"MPEG-4 da fraktal yoki tasvirni konturli – asoslangan kodlash (TKAK) deb nomlanadi-gan texnologiya elementi. Kontur bu figuraning chegaralarini tekislikda ifodalaydigan liniya. Tekstura – tasvir yuzasi tuzilmasini ifodalaydi. TKAK tasvirni tekstura qismi (tekstura bilan to‘ldirilgan qismlar) ni og‘ib o‘tuvchi konturlar kabi taqdim etadi. " «Telefaks» xizmatining xizmatlari|"Faksimil qurilmalar o‘rtasida hujjatlat (matnlar, grafik tasvirlar) uzatilishini ta’minlaydigan xizmatlar. " Telefon aloqa|"Abonentlar va/yoki operatorlar o‘rtasida berilgan chastotalar polosasi bilan nutqni ifodalaydigan signallarning masofaga uzatilishini taʼminlaydigan telekommunikatsiyalar turi. " Telefon aloqa ilovalarini dasturlash interfeysi|"Dasturlar tomonidan ma’lumotlarni, faks va ovozli xatlarni (HyperTerminal, Dial-up Networking, Phone Dialer va Windows NT ni boshqa komunikatsion amaliy qo‘llanmaliri kabi) uzatish uchun ishlatiladigan amaliy dasturlash interfeysi (API). " Telefon aloqa yo‘nalishining o‘tkazuvchanlik qobiliyati|"Telefon chaqiruvlarga belgilangan yo‘nalishda berilgan xizmat ko‘rsatish sifati bilan, telefon aloqa yo‘nalishida xizmat ko‘rsatilgan telefon yuklama jadalligi. " Telefon apparati|"Nutqni uzatish va qabul qilish uchun mo‘ljallangan oxirgi (terminal) abonent telefon qurilmasi. " Telefon avtojavob bergich|"Telefon aloqani taʼminlash maqsadida nutqli xabarlarning avtomatik ravishda yozilishini va qayta eshittirilishini taʼminlaydigan qurilma. " Telefon bandligining davomiyligi|"Telefon tarmog‘i liniyasi, kanali yoki kommutatsion aloqa asbobi bitta telefon chaqiruvga xizmat ko‘rsatish bilan band bo‘ladigan vaqt intervali. " Telefon bog‘lanishining davomiyligi|"Telefon chaqiruv kommutatsiya stansiyasiga yoki uzeliga kelgan paytdan telefon tarmog‘i liniyalari, kanallari va kommutatsion aloqa asboblari bo‘shaydigan va ular boshlang‘ich holatga qaytgungacha bo‘lgan vaqt intervali. " Telefon bog‘lanishning o‘rnatilish davomiyligi|"Telefon chaqiruv kommutatsiya stansiyasiga yoki uzeliga kelgan paytdan telefon tarmog‘i abonentiga chaqiruv signali yuborilgan paytgacha bo‘lgan vaqt intervali. " Telefon-kompyuter|"Radiotelefon va shaxsiy kompyuter imkoniyatlari bo‘lgan qurilma. Uyali telefon, Pentium protsessori, sensorli ekran, modem va amaliy dasturlarni o‘zida ifodalaydigan sanoat mahsulotlari mavjud. " Telefon qaroqchisi (telefon tarmoqlarini buzuvchi)|"Xaker malakasiga ega professional aloqachi bo‘lgan firibgar. Telefon tarmoqlariga ulanish va ularning resurslaridan tegishli to‘lovlarsiz foydalanish imkonini beradigan elektron qurilmalarni yaratadi. " Telefon stansiyasi|"Abonentlarni telefon aloqasi bilan taʼminlash uchun mo‘ljallangan kommutatsiya stansiyasi. " Telefon so‘zlashuvining davomiyligi|"Chaqirilayotgan abonentning javob signali olingan paytdan, otboy signali olingan paytgacha bo‘lgan vaqt intervali. " Telefon so‘zlashuvlar qiymatini vaqtbay hisobga olish apparaturasi|"Telekommunikatsiyalar xizmatlarini tariflashtirish maqsadida, chaqirayotgan abonent oxirgi (terminal) abonent telefon qurilmasining kategoriyasi va raqamini aniqlash uchun mo‘ljallangan qurilma. " Telefon tarmog‘i abonentiga qo‘shimcha xizmat turini ko‘rsatish|"Telefon aloqadan foydalanishda kengaytirilgan imkoniyatlarni taʼminlash maqsadida, telefon tarmog‘i abonentining buyurtmasi bo‘yicha taqdim etiladigan, telefon tarmog‘i abonentiga xizmat ko‘rsatish turi. " Telefon tarmog‘ining ajratilgan signalizatsiya kanali|"Kommutatsiya stansiyalari bilan telefon tarmog‘ining kommutatsiya uzellari o‘rtasida telekommunikatsiya signallarini almashish uchun foydalaniladigan individual (so‘zlashuv kanalidan alohida bo‘lgan) kanal. " Telefon tarmog‘ining bog‘lovchi liniyasi|"Telefon tarmog‘ining, telefon stansiyalari va uzellarini o‘zaro hamda podstansiyani mahalliy telefon tarmog‘ining tayanch stansiyasi bilan bog‘laydigan liniyasi. " Telefon tarmog‘ining signalizatsiya tizimi|"Avtomatik kommutatsiya qurilmalarining normal ishlashini, shuningdek, yarim avtomatik aloqada operatorga, avtomatik aloqada abonentga zarur va yetarlicha axborotni taʼminlaydigan, telekommunikatsiya signallari hamda ularni almashish algoritmlarining majmui. " Telefon tarmog‘ining umumiy signalizatsiya kanali|"Telefon tarmog‘ining, kommutatsiya stansiyalari va telefon tarmog‘ining kommutatsiya uzellari o‘rtasida signallar almashinishda foydalaniladigan guruhli ajratilgan signalizatsiya kanali. " Telefon trafik (telefon yuklamasi)|"Vaqt intervali ichida telefon tarmog‘i liniyalari, kanallari yoki kommutatsion aloqa asboblari guruhi telefon bandligining jami vaqti. " Telefon yuklama intensivligi|"Vaqt birligi, odatda, bir soat ichidagi telefon trafik. Telefon yuklama intensivligini o‘lchash birligi erlang hisoblanadi. Bir erlang bir soat ichidagi bir bandlik soatini o‘zida ifodalaydi. " Telefon yuklama manbai|"Oxirgi (terminal) abonent telefon qurilmasi, telefon tarmog‘i kanali yoki liniyasi, yoki kommutatsion aloqa asbobi. Trafik ulardan telefon tarmog‘iga yoki uning alohida qismlariga keladi. " Telefon zichligi|"100 ta yashovchiga to‘g‘ri keladigan telefon apparatlari soni. Telefon zichligi foizlarda o‘lchanadi " Telefon chaqiruvi|"Oxirgi (terminal) abonent telefon qurilmasidan telefon stansiyasiga kelib tushgan, bog‘lanishni o‘rnatishga bo‘lgan telefon talabnoma. " Telefon chaqiruvlar oqimlariga xizmat ko‘rsatish intizomi|"Kommutatsiya stansiyasidan keladigan telefon chaqiruvlar oqimi o‘zaro bog‘lanish algoritmining xarakteristikasi, telefon chaqiruvlarga xizmat ko‘rsatish usuli va tartibini ichiga oladi. " Telefon chaqiruvlarga xizmat ko‘rsatish sifati|"Axborotni taqsimlash tizimining xususiyati, telefon yo‘qotishlar va telefon chaqiruvlariga xizmat ko‘rsatilishini kutishni ehtimoliy baholashlar majmui orqali aniqlanadi. " Telekommunikatsiya infratuzilmasi|"Telekommunikatsiyalar tizimi barcha tarkibiy qismlarining yordamchi quyi tizimlar va abonent uskunasi bilan birgalikdagi majmui. " Telekommunikatsiya liniyasi (telekommunikatsiya kanali)|"Ma’lumotlarni uzatish uchun foydalaniladigan istalgan fizik muhit, masalan, telefon simi yoki radioto‘lqinlar. " Telekommunikatsiya operatorining xizmat doirasi|"Telekommunikatsiya operatori o‘z aloqa xizmatlarini ko‘rsatadigan hudud. " Telekommunikatsiya transport tarmog‘i|"Tarmoq uzellari va/yoki tarmoq stansiyalari va ularni birlashtiruvchi aloqa liniyalari negizida tashkil etilgan, namunaviy fizik zanjirlar, namunaviy uzatish kanallari va tarmoq traktlarining majmui. " Telekommunikatsiya vositalari|"Elektromagnit yoki optik signallarni hosil qilish, uzatish, qabul qilish, qayta ishlash, kommutatsiya qilish hamda ularni boshqarish imkonini beruvchi texnik qurilmalar, asbob-uskunalar, inshootlar va tizimlar. (qonun). " Telekommunikatsiya shkafi|"Telekommunikatsiya uskunasi, kabel va krosslarni ulash nuqtalarini o‘rnatish uchun mo‘ljallangan berk bo‘shliq. Shkaf magistral va gorizontal kabel tizimlarining krossi joylashgan er hisoblanadi. " Telekommunikatsiyalar inshooti|"Telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalarining ishlashi hamda ulardan foydalanishni ta’minlovchi binolar, qurilmalar, telekommunikatsiyalar liniyalari, moslamalar, tayanchlar, machtalar va boshqa inshootlar. " Telekommunikatsiyalar kanali|"Kommutatsiya stansiyalari va uzellari yordamida ketma-ket ulangan kommutatsiya tarmog‘i kanallari va liniyalaridan tashkil topgan, abonent oxirgi (terminal) qurilmalari (terminallari) uning uchlariga ulanganda xabarning manbadan oluvchiga (oluvchilarga) uzatilishini taʼminlaydigan telekommunikatsiyalar signallarining o‘tish yo‘li. " Telekommunikatsiyalar makroiqtisodiyoti|"Iqtisodiyot sohasi. U mamlakatda telekommunikatsiyalar rivojini statistik qonuniyat asosida jamiyatning iqtisodiy darajasi bilan o‘zaro bog‘liqlikda belgilaydi. " Telekommunikatsiyalar mikroiqtisodiyoti|"Ayrim telekommunikatsiya subyektlari, masalan, telekommunikatsiyalar operatori, aloqa tashkillashtiruvchisi faoliyati bilan bog‘liq iqtisodiyot sohasi. " Telekommunikatsiyalar operatori|"Mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida telekommunikatsiyalar tarmog‘iga ega bo‘lgan, uning ishlashi, rivojlanishini ta’minlovchi va telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs. " Telekommunikatsiyalar tarmog‘i|"1. O‘zbekiston Respublikasi hududida barcha yuridik shaxslarga yagona xizmat ko‘rsatish prinsiplari ularni taqdim qilish tartibi asosida telekommunikatsiyalar xizmatlarini ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan tar-moq. 2. Telefon, telegraf, faksimil kabi uzatishlarning bir yoki bitta necha turini, ma’lumotlar va hujjatli xabarlarning boshqa turlari uzatilishini, televizion va radioeshittirish dasturlari traslyatsiyasini ta’minlaydigan telekommunikatsiyalar vositalari majmui. " Telekommunikatsiyalar tarmog‘i abonenti|"Telekommunikatsiyalar operatori bilan muayyan turdagi aloqa xizmatlari ko‘rsatilishi yuzasidan shartnoma munosabatlariga ega bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxs. " Telekommunikatsiyalar tarmog‘ining axborot xavfsizligi|"Telekommunikatsiyalar tarmog‘ining, buzg‘unchilarning tarmoq obyektlariga, ularda aylanadigan ma’lumotlarga va tarmoqni boshqarish axborotiga, ular bilan tanishish, buzib ko‘rsatish, yo‘q qilish maqsadida bo‘ladigan muayyan (berilgan) ko‘plab tasodifiy va ataylab qilinadigan ta’sirlaridan (xavfsizlikka tahdidlaridan) yoki uzatish jarayonida telekommunikasiyalar tarmog‘ining ishlash jarayonlarini izdan chiqarish uchun blokirovka qilishdan muhofaza qilinganlik holati. " Telekommunikatsiyalar tarmog‘ining texnologik xavfsizligi|"Telekommunikatsiyalar tarmog‘i apparat-dasturiy ta’minotining, qo‘poruvchilik turidagi jinoyatkorona nuqsonlarga, ya’ni ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng yoki komanda bo‘yicha nomaqbul oqibatlarga olib keluvchi harakatni amalga oshirishga qodir vositalarga ega bo‘lmaslik xususiyati. " Telekommunikatsiyalar tarmog‘ining to‘xtovsiz ishlashi|"Telekommunikatsiyalar tarmog‘ining uzluksiz ishchi holatini biror vaqt davomida yoki biror ishini saqlab qolish xususiyati. " Telekommunikatsiyalar tarmoqlarining o‘zaro bog‘liqligi|"Tarmoqlarning o‘zaro hamkorligi bo‘lib, bunda birgalikda ishlaydigan tarmoqlarning abonentlari o‘rtasida aloqaning maʼlum turi taʼminlanadi. " Telekommunikatsiyalar tashkiloti|"Mulkchilik turidan qatʼiy nazar, telekommunikatsiya xizmatlarini jismoniy va yuridik shaxslarga o‘zining asosiy faoliyat turi sifatida taqdim qiladigan yuridik shaxs. " Telekommunikatsiyalar tizimi (tarmog‘i) ning ishonchliligi|"Telekommunikatsiyalar tizimining (tarmog‘ining) vaqtda, belgilangan chegaralarda, berilgan qo‘llash va texnik xizmat ko‘rsatish sharoitlarida talab qilinadigan funksiyalarni bajara olish qobiliyatini tavsiflovchi muayyan parametrlar qiymatlarini saqlash xususiyati. " Telekommunikatsiyalar tizimi (tarmog‘i)ning barqarorligi|"Telekommunikatsiyalar tizimi (tarmog‘i) talab qilinadigan funksiyalarni normal foydalanish sharoitlarida ham, beqarorlashtiruvchi tashqi omillar taʼsirida vujudga keladigan sharoitlarda ham bajara olish qobiliyati. " Telekommunikatsiyalar tizimi (tarmog‘i)ning yashovchanligi|"Telekommunikatsiyalar tizimi (tarmog‘i) ning, uning barqarorligini buzuvchi tashqi omillar taʼsirida talab qilingan funksiyalarni bajarish qobiliyatini saqlab qolish xususiyati; yashovchanlik koeffitsiyenti orqali tavsiflanadi. " Telekommunikatsiyalar xizmati|"Telekommunikatsiyalar xabarlarini qabul qilish, qayta ishlash, uzatish va yetkazib berish bo‘yicha faoliyat mahsuli. " Telekommunikatsiyalar xizmatlari|"Operator va provayderning signallar hamda boshqa axborot turlarini telekommunikatsiya tarmoqlari orqali qabul qilish, uzatish, qayta ishlashga doir faoliyati mahsuli. " Telekommunikatsiyalar xizmatlari foydalanuvchisi|"Telekommunikatsiyalar xizmatlarining iste’molchisi bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs. " Telekommunikatsiyalarni boshqarish tarmog‘i|"Xalqaro elektraloqa ittifoqi tomonidan standartlashtirilgan yagona interfeyslar va protokollar asosida, turli telekommunikatsiyalar tarmoqlarining komponentlari bilan o‘zaro aloqani tashkillashtirish orqali telekommunikatsiyalar tarmoqlari va ularning xizmatlari boshqarilishini taʼminlaydigan maxsus tarmoq. " Telekommunikatsiyalarni boshqarish tizimi arxitekturasi|"Telekommunikatsiyalarni boshqarish tizimi apparat-dasturiy vositalarining, ularning tarkibini, konfiguratsiyasi, strukturasini, axborot o‘zaro hamkorlik prinsiplarini belgilovchi umumiy tuzilishi. " Telekommunikatsiyalarning asosiy (bazaviy) xizmati|"Telekommunikatsiyalar xizmatining asosiy vazifasini aniqlaydigan, foydalanuvchiga, uning telekommunikatsiyalar xizmatiga qilgan har bir murojaati bo‘yicha taqdim etiladigan xizmat. Izoh – Asosiy (bazaviy) xizmatlar u yoki boshqa telekommunikatsiyalar xizmatlari tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar umumiy hajmining eng katta ulushini tashkil etadi. Ularga mahalliy va xalqaro telefon so‘zlashuvlar, radionuqtadan foydalanish, oddiy telegrammalarni jo‘natish kiradi. " Telekommunikatsiyalarning buyurtma xizmati, buyurtma bo‘yicha xizmat ko‘rsatish|"Telekommunikatsiyalar xizmatining turi, bunda aloqa trakti foydalanuvchi tomonidan oldindan aniqlanadigan vaqtda foydalanuvchi-tarmoq signalizatsiyasi vositasida amalga oshirilgan foydalanuvchining so‘rovigaga javoban belgilanadi. Izoh – Foydalanuvchi aloqa davomiyligini yoki aloqa trakti uzilishi kerak bo‘lgan vaqtni oldindan aniqlashi mumkin. " Telekommunikatsiyalarning darhol xizmati, so‘rov bo‘yicha xizmat ko‘rsatish|"Telekommunikatsiyalar xizmatining turi, bunda aloqa trakti, foydalanuvchi-tarmoq signalizatsiyasi yordamida amalga oshirilgan, foydalanuvchining so‘roviga javoban amaliy tarzda zudlik bilan o‘rnatiladi. " Telekommunikatsiyalarning qo‘shimcha (fakultativ) xizmati|"Foydalanuvchining talabi bo‘yicha asosiy xizmatga (yoki xizmatlariga) qo‘shimcha qilib xizmat (yoki tarmoq) tomonidan taqdim etiladigan telekommunikatsiyalarning istalgan xizmati. Izoh – Qo‘shimcha xizmatlarga misol bo‘lib, telefon xizmati tomonidan yangi chaqiruv to‘g‘risidagi xabarnoma, chaqiruvlarni qayta manzillash, raqamni qisqartirib terish, foydalanuvchiga so‘zlashuv punkti kabinasidan xalqaro telefon so‘zlashuvi vaqtida magnitofonni ulash imkoniyatining, telegrammalar xizmati uchun esa – shoshilinch telegrammalarni, badiiy blankda telegrammalarni uzatish kabi imkoniyatlarning taqdim etilishi hisoblanadi. " Telekomyuting|"Kompyuter tarmog‘i orqali ofis bilan bog‘lanadigan xodimning shaxsiy kompyuterda masofadan ishlash rejimi. " Telekonferensiya|"Foydalanuvchilarning olisdagi guruhlari o‘rtasida munozaralar o‘tkazish usuli. Real vaqt yoki hujjatlarni qo‘rib chiqish rejimida amalga oshiriladi. " Telematn|"Telematn televizion qabul qilgich kineskopi ekranida standart TV tarmoqdan foydalangan holda matnli va oddiy grafik axborotni uzatish hamda aks ettirish tizimi. " Telematn adapteri|"Kadr bo‘ylab nurning qaytishi mobaynida uzatiladigan televizion dasturlarning ma’lumotnoma alifbo-raqamli axborot elektr signallarini, keyinchalik televizion qabul qilgich yoki maishiy videomonitor ekranida aks ettirish bilan qabul qilish va xotirada saqlash uchun mo‘ljallangan maishiy radioelektron apparat. " (Telematn tizimini) tiklash sifati|"Telematn tizimining, belgilarning turi, o‘lchami va rangi hamda fon va har qanday chaqnashlarga nisbatan ularning kontrastligi bilan tavsiflanadigan, aniq tasvir hosil qiladigan xususiyati. " Teleport|"Yo‘ldoshli va yer usti aloqa tizimlari o‘rtasida interfeysni ta’minlovchi yirik yer stansiyasi. " Telepyuter|"O‘zida televizor, kompyuter, DVD va kommunikatorni birlashtiradigan multimedia-qurilma. " Teleskopik antenna|"Shtirli antennaning bir qator biri biridan tortib chiqariladigan (bu antennani ishlamaydigan vaqtda kompakt holatga keltiradi) trubalardan iborat bir turi. " Teleskopik machta|"Bir nechta biri biridan tortib chiqariladigan seksiyalardan iborat antenna machtasi. " «Teleteks» xizmatining xizmatlari|"Abonentlarga ISDN orqali teleteks kodlangan axborotini o‘z ichiga olgan hujjatlar shaklidagi ishga oid xat-xabarlar almashish imkonini beradigan xizmatlar; almashinuv xotiradan xotiraga avtomatik ravishda amalga oshiriladi. " Teletyuner|"Eshittirish televideniyesi radiosignallarini qabul qilish va uni videosignallarga hamda tovush chastotasining elektr signallariga o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan maishiy radioelektron apparat, ularni tiklash maishiy videomonitor orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, «Tyuner»ga qar. " Televideniye|"Harakatlanmaydigan yoki harakatlanadigan obyektlarning bir-birini almashtiradigan tasvirlarini uzatish uchun mo‘ljallangan elektraloqa turi. Izoh – Umuman olganda, televideniyening asosiy qo‘llanilishi televizion eshittirish hisoblanadi, lekin televideniye, shuningdek, sanoatda, fanda, meditsinada va boshqa sohalarda ham qo‘llaniladi. " (Televideniye) kommutatsion-taqsimlash apparatxonasi|"Dastur signallarini turli manbalardan oladigan va ularni boshqa kommutatsiyataqsimlash apparatxonalariga, dasturlash apparatxonalariga yoki uzatish stansiyalariga yetkazib beruvchi kommutatsiya markazi. " (Televideniyeda) kontrast diapazoni|"Uzatilayotgan ko‘rinishdagi yoki tiklanayotgan tasvirdagi maksimal yorug‘likning minimal yorug‘likka nisbati. " Televizion adaptiv kodlash|"Algoritmi uzatiladigan tasvirning joriy fazoviy va/yoki vaqt bo‘yicha xarakteristikalariga moslanadigan raqamli oqimni qisqartirish maqsadida kodlash. " Televizion antenna kuchaytirgichi|"Antenna qabul qilgan eshittirish televideniyesi radiosignallarini, bog‘lovchi antenna kabelida yuzaga keladigan yo‘qotishlarni kompensatsiya qilish maqsadida kuchaytirish uchun mo‘ljallangan, yordamchi maishiy radioelektron qurilma. " Televizion belgilar generatori|"Elektr vositalar yordamida harf-raqamli va grafik simvollar televizion videosignallarini ishlab chiqaradigan televizion datchik. " Televizion blokli kodlash, blokli kodlash|"Raqamli oqimni qisqartirish maqsadida, uzatiladigan tasvir sanoqlarini bitta, ikkita yoki uchta o‘lchamli bloklarga guruhlash hamda bir blokka kiruvchi sanoqlarni birgalikda kodlashga asoslangan, kodlash. " Televizion dasturlarni ko‘p nuqtali taqsimlash tizimi|"Uyali aloqa prinsipi bo‘yicha qurilgan va foydalanuvchilarga 40,5 GHz dan 42,5 GHz gacha chastotalar diapazonida ko‘p dasturli teleeshittirish, ma’lumotlarni yuqori tezlikda uzatish va interaktiv teleeshittirishlarning turli xizmatlarini taqdim etadigan, yuqori tezlikli simsiz foydalana olish tarmog‘i. " Televizion datchik|"1. To‘liq videosignal, to‘liq rangli videosignal yoki asosiy ranglar signallarini ishlab chiqaruvchi qurilma. 2. Obyektdan qaytgan va o‘zgartirgichning fotosezgir sirtiga proyeksiyalangan yorug‘lik energiyasini elektr signallar ketma-ketligiga o‘zgartirgich. " Televizion eshittirish|"Televizion dasturlarni eshittirish televideniyesi vositalari orqali uzatish. " Televizion eshittirish stansiyasi|"Televizion eshittirish diapazonida ishlaydigan, aholi tomonidan qabul qilish uchun mo‘ljallangan tovush va tasvir signallarini bir vaqtda uzatuvchi stansiya. " Televizion eshittirish chastotalari diapazoni|"Televizion eshittirish stansiyalari uchun ajratilgan 54 MHz dan 800 MHz gacha bo‘lgan oraliqdagi chastotalar diapazoni. " Televizion kanal|"Televizion dasturlarni metrli va detsimetrli to‘lqinlar diapazonida uzatish uchun ajratiladigan, 8 MHz (Yevropada 7 MHz, AQSh da 6 MHz) kenglikdagi chastotalar polosasi. " Televizion ko‘rsatuvlarni olisdan qabul qilish|"Televizion signallarni uzatuvchi va qabul qiluvchi antennalar o‘rtasida, bevosita ko‘rinish masofasidan bir necha marta ortiq bo‘lgan masofada qabul qilish. " Televizion qabul qilgich|"Efirdan va/yoki kabeldan eshittirish televideniyesi radiosignalini, shuningdek, tiklash qurilmalaridan (masalan, videomagnitofonlar va DVD-proigrivatellar) va boshqa mumkin bo‘lgan manbalardan signalni qabul qilish va televizion dastur tasvirini, tovush jo‘rligini va maʼlumotlarni tiklash uchun mo‘ljallangan radioelektron qurilma. " Televizion qabul qilgich geterodinining nurlanishi|"Televizion qabul qilgich geterodinining parazit nurlanishi oqibatida hosil bo‘ladigan va xalaqit deb hisoblanadigan elektromagnit maydoni. " Televizion qabul qilgichning tasvir kanali|"Televizion qabul qilgichning radiosignalni televizion tasvirga aylantirish uchun mo‘ljallangan qismi. " Televizion (radioeshittirish) uzatgichi|"Modulyatsiyalovchi signallar o‘zida, televizion eshittirish dasturini aholi tomonidan bevosita qabul qilib olinishini ifodalaydigan radiouzatgich. Antennali tizim ko‘pincha uzatgichning qismi kabi ko‘rib chiqiladi. " Televizion radiosignalni bir o‘lchamli taxminlash|"Raqamli televizion videosignal joriy sanog‘i izlanayotgan qiymatining, shu joriy sanoq olingan televizion tasvir satridagi bitta yoki bir nechta qo‘shni sanoqlar qiymatlari asosida shakllantirish. " Televizion radiouzatgichning tasvir kanali|"Televizion radiouzatgichning to‘liq rangli televizion signalni tasvir radiosignaliga o‘zgartirish va uni nurlantirish uchun mo‘ljallangan qismi. " Televizion raqamli dekoder|"Televizion videosignalni raqamli dekodlash qurilmasi. " Televizion raqamli koder|"Televizion videosignalni raqamli kodlash qurilmasi. " Televizion rastrlarning ustma-ust tushishi|"Tasvirlarning asosiy ranglarda yoki yorug‘lik-signal o‘zgartirgichlarida optik tasvirli rastrlarning fazoviy mos kelishini ta’minlash. " Televizion retranslyator|"Eshittirish televideniyesi radiosignalini qabul qilish va uni takroran nurlantirish uchun mo‘ljallangan qurilma. " Televizion server|"Eshittirish televideniyesining raqamli televizion videosignallarini va tovush signallarini magnit disklarga yozish hamda tiklash uchun mo‘ljallangan qurilma. " Televizion signal|"Videochastotalarning boshlang‘ich polosasidagi televizion signal. " Televizion signallarni magnit yozish|"Televizion dasturlarni harakatlanuvchi ferromagnit tasma bo‘ylab, televizion eshittirish elektr signallariga mos bo‘lgan o‘zgaruvchan qoldiq magnitlanishni hosil qilish orqali (amplituda, chastota va faza bo‘yicha) konservatsiyalash. " Televizion signalni diskretlash|"Uzluksiz analog TV signalini shu signalning vaqt bo‘yicha alohida sanoqlari ketma-ketligi bilan almashtirish. " Televizion signalning oldindan buzilishi|"Signalning dastlabki qayta ishlanishi, quyi chastotalarning nihoyatda pasayishida va yuqori chastotalarning birmuncha ko‘tarilishida ifodalanadi. " Televizion sinov jadvali|"1. Televizion ko‘rsatuvlar yoki televizion uskuna ishining sifatini aniqlashda optik yoki elektron vositalarda hosil qilinadigan standart tasvir. 2. Elementlari eshittirish televideniyesi traktining yoki eshittirish televideniyesi trakti zvenolarining tasvir parametrlari va tavsiflarini baholash uchun xizmat qiladigan standart tasvir. " Televizion standart (eshittirish televideniyesining)|"Eshittirish televideniyesi tizimini aniqlaydigan normalangan parametrlarning majmui. " Televizion standartni o‘zgartirgich|"Eshittirish televideniyesi bitta televizion standartining to‘liq videosignali yoki to‘liq rang videosignalini boshqa bir televizion standartning to‘liq videosignali yoki to‘liq rang videosignaliga o‘zgartirish qurilmasi. " (Televizion studiya) apparatxonasi|"Videosignallar va tovush jo‘rligi signallari qayta ishlanadigan, xususan, signal darajasini rostlash, turli manbalar kommutatsiyasi va signallar nazorati amalga oshiriladigan televizion studiya xonasi. U, shuningdek, studiya uchun talab qilinadigan turli uskunalarni ham o‘z ichiga oladi. " Televizion tanish signali|"Televizion dastur shakllantiriladigan yoki sinov satrlar signallari kiritiladigan punktni belgilash uchun, maydonlarni so‘ndirish intervalining belgilangan satrlariga kiritiladigan impulslarning kodli ketma-ketligi. " Televizion tasvir|"Tiklash qurilmasi ekranida televizion sintez orqali olingan tasvir. " Televizion tasvir makrobloki (slaysi, kadri) ning sarlavhasi|"Televizion tasvir makrobloki (slaysi, kadri) ning boshlanishiga qo‘shiladigan, ularni to‘g‘ri talqin etish va marshrutlash uchun muhim bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan xizmatga oid axborot. " Televizion tasvir ranglarining surkalib ketishi|"Ranglilik boshlang‘ich signallarining ustma-ust tushmasligidan kelib chiqadigan va ekranda tasvirning rangli konturlari paydo bo‘lishiga hamda yorqinlikning tebranishlariga olib keladigan rang uzatish buzilishlari. " (Televizion tasvirdagi) shovqin|"Tasvirdagi fazoda va vaqtda tartibsiz paydo bo‘ladigan va videosignal datchigidagi yoki uzatish kanalidagi shovqinlar tufayli sodir bo‘ladigan, yo kvantlash tufayli raqamli signallar holatlarida paydo bo‘ladigan yorqinlik yoki ranglilikning buzilishlari. Izoh – Taalluqli atama «shovqinlilik». " Televizion tasvirning blokliligi|"Raqamli eshittirish televideniyesi ma’lumotlar oqimini kadr ichida kodlashda vizual ravishda kuzatiladigan, televizion tasvirning turli uchastkalarida sezilarli chegaralari bo‘lgan, televizion tasvir bloklari ko‘rinishidagi buzilishlar. Izoh – Bloklar chegarasi ko‘z tomonidan bir blokdan boshqasiga o‘tilganida yorqinlikning sakrab o‘zgarishi sifatida aniqlanadi. " Televizion tasvirning fazoviy ortiqchaligi|"Bitta kadr yoki maydon doirasida, televizion tasvirning qo‘shni elementlari o‘rtasidagi yuqori korrelyatsiya bilan belgilanadigan ortiqchalik. " Televizion tasvirning miltillashi|"Televizion tasvirda, yorqinlikning kritik chastotadan kichik bo‘lgan chastota bilan yuz beradigan nomaqbul davriy o‘zgarishlari. " Televizion tasvirning mozaika effekti|"Raqamli eshittirish televideniyesi ma’lumotlar oqimini kadr ichida kodlashda vizual kuzatiladigan, televizion tasvir kadrining alohida uchastkalarida chegaralari deyarli sezilmaydigan televizion tasvir bloklari ko‘rinishidagi buzilishlar. " Televizion tasvirning psixovizual ortiqchaligi|"Ko‘zning televizion tasvirdagi mayda detallarni va rang o‘tishlarini farqlay olmasligi bilan aniqlanadigan ortiqchalik. " Televizion tasvirning sintezi|"Elektr signallarni vaqt hamda fazoda uzluksiz ravishda televizion tasvirning rangi yoki yorqinligiga aylantirish. " Televizion tasvirning vaqt bo‘yicha ortiqchaligi|"Televizion tasvirning qo‘shni kadrlari yoki maydonlari o‘rtasidagi yuqori korrelyatsiya orqali aniqlanadigan ortiqchalik. " Televizion uzatish|"Eshittirish tashkilotlari o‘rtasida televizion eshittirish dasturlari almashinuvi uchun telekommunikatsiyalar tarmog‘i bo‘ylab videosignallarni uzatish. " Televizion videosignal|"Videochastotalarning boshlang‘ich polosasidagi televizion signal. " Televizion videosignalni diskret veyvlet-o‘zgartirish|"Televizion tasvirni yaxlit qayta ishlash bilan bog‘liq bo‘lgan veyvlet-jarayon yordamida, o‘zgartirish va kodlash jarayonida nolli koeffitsiyentlarni chiqarib tashlash yo‘li bilan erishiladigan televizion videosignalni spektral o‘zgartirish. " Televizion videosignalni ikki o‘lchamli taxminlash|"Raqamli televizion videosignal joriy sanog‘i yoki joriy sanoqlar guruhining izlanayotgan qiymatini shu joriy sanoq olingan televizion tasvir maydoni yoki kadrdagi joriy va qo‘shni satrlardan olingan qator qo‘shni sanoq qiymatlari asosida shakllantirish. " Televizion videosignalni uch o‘lchamli taxminlash|"Raqamli televizion videosignal joriy sanog‘i yoki joriy sanoqlar guruhining izlanayotgan qiymatini, ham shu joriy sanoq olingan televizion tasvir maydoni yoki kadrlaridagi, ham televizion tasvirning qo‘shni maydonlari yoki kadrlaridagi joriy va qo‘shni satrlardan olingan qator qo‘shni sanoq qiymatlari asosida shakllantirish. " (Televizion videosignalni) raqamli kodlash|"Kiruvchi analog televizion videosignalni raqamli televizion videosignalga o‘zgartirish. Izoh – Raqamli kodlashda raqamli oqimni siqish usulidan foydalanish mumkin. " Televizion o‘lchash signali|"Televizion uskunaning yoki uzatish kanalining ma’lum bir parametrlari yoki xarakteristikalarini o‘lchash uchun mo‘ljallangan, o‘rnatilgan cheklovlarga ega bo‘lgan, berilgan shakldagi videosignal. " Televizor|"Maishiy televizion qabul qilgich. " Televizorning eskirishi|"Televizor (elementlar) parametrlarining, mavjudligi faqat uning ish rejimi bilan aniqlanadigan, mexanik, elektr, issiqlik va boshqa yuklamalar ta’siri keltirib chiqaradigan, asta-sekin o‘zgarish jarayoni. " Teng amplitudali antenna panjarasi|"Nurlantiruvchi elementlari bir xil amplitudalar bilan qo‘zg‘atiladigan antenna panjarasi. " Teng darajada sinxronlanadigan tarmoq|"Tayanch generatorlari bir xil maqomga ega bo‘lgan hamda tarmoqning barcha sozlanmaydigan tayanch generatorlarining o‘rtacha statistik chastotasi sifatida belgilanadigan ishchi chastotaga bir xil taʼsir ko‘rsatadigan tarmoq. " Tenglashtirgich|"Kodlangan maʼlumotlar oqimi kanal tezligini radiokanaldagi qayd etilgan maʼlumotlar uzatish tezligi bilan moslashtirish maqsadida tenglashtirish uchun mo‘ljallangan qurilma. " Tenglashtiruvchi impulslar|"Ayrim eshittirish televideniyesi tizimlarida bevosita kadr sinxronlovchi impulslardan avval va ulardan keyin joylashuvchi ikkilangan satr chastotali impulslar. Ular satr oralatib yoyishda tiklash qurilmasida qo‘shni maydonlar satrlarining aniq almashinib kelishini ta’minlash uchun xizmat qiladi. Izoh – Tenglashtiruvchi impulslar satr chastotali impulslarning satrlar almashinishiga ta’sirini minimal darajagacha kamaytiradi. " Terabayt|"Xotira hajmi yoki ma’lumotlar miqdorining o‘lchov birligi. 240=1099511627776 byte. Ba’zida 1 trillion Tbyte – 1012 = 1000 000 000 000 byte deb hisoblanadi. Farq salkam 10 foizni tashkil qiladi. " Term|"Tashkil etuvchilarga bo‘linmaydigan, arifmetik, simvolli yoki mantiqiy ifoda elementlari. " Terminal|"1. Telkommunikatsiya yoki aloqa liniyalari orqali axborot olish va/yoki uzatish uchun mo‘ljallangan qurilma. 2. Ma’lumotlarni kiritish/chiqarish qurilmasi. Mikrokompyuter yoki meynfreymdan hisoblash imkoniyatining bo‘lmasligi yoki kam darajada bo‘lishi bilan farqlanadi. 3. Ma’lumotlarni kompyuterga kiritish va olingan natijalarni chiqarish uchun mo‘ljallangan elektron (odatda klaviaturali monitor) yoki elektromexanik qurilma. Bu ommabop atama yana ko‘p foydalaniladigan tizimlarda ham ishlatiladi. " Terminal serveri|"Ko‘plab terminallarni lokal tarmoq bilan bitta tarmoq ulanishi vositasida bog‘lovchi qurilma. " Terminalni identifikatsiya qilish|"Ulanish o‘rnatilgan uzoqdagi abonent terminali (terminallari)ga taalluqli belgilangan identifikatorni abonent terminaliga avtomatik uzatish jarayoni. " Terminalni ko‘chirish imkoniyati|"Foydalanuvchiga terminalni chaqiruvning aktiv holati davomida bitta berilgan bazaviy foydalana olish doirasida bir rozetkadan boshqasiga o‘tkazish imkonini beradigan terminalni ko‘chirish qo‘shimcha xizmati. " Terminalning mobilligi|"Mobil aloqa olib yuriladigan yoki tashiladigan terminalining chaqiruv maqomini o‘zgartirmagan holda, tarmoqqa ulanish joyini o‘zgartira olish qobiliyati. Terminalning qayta ulanishi avtomatik ravishda, ya’ni bog‘lanishni uzmasdan va raqamni qayta termasdan sodir bo‘ladi. " Terminator|"Shina topologiyasiga ega kompyuter tarmoqlarida qo‘llaniladigan elektron sxema. Shinaning passiv holatida signalning ma’lum bir sathini saqlab turish va signalning qaytishlarini bostirish uchun shina oxiriga ulanadi. " Termografik printer|"Kontaktsiz, shovqin chiqarmaydigan printer. Termokallakka ega, maxsus ishlov berilgan qog‘ozga bosib chiqaradi. " Termopayvandlash mashinasining plastinasi|"Pochta aloqasi obyektining nomi o‘yib yozilgan metall plastina bo‘lib, banderollarni o‘rab joylashda termopayvandlash mashinalarida polietilen plyonkalarni payvandlash uchun, shuningdek keluvchi mayda paketlarni polietilen paketlarga joylash bilan bir vaqtda ularga pochta indeksi izini va pochta aloqasi obyektining nomini tushirish uchun mo‘ljallangan. " Teskari almashlash|"Simvollarni qabul qilinadigan ketma-ketlikda almashlash (operatsiya, teskari almashlash) sodir bo‘lgan raqamli signalning dastlabki tuzilmasini tiklash maqsadida o‘rin almashtirish usuli. " Teskari aloqa|"Tizim chiqish parametrlarining tizimning ishlashiga ta’sir ko‘rsatishi. Teskari aloqa prinsipi kibernetika tizimlaridagi asosiy prinsipdir. Masalan, odam – kompyuter teskari aloqa bo‘lgan tizimdir: odam kompyuterdagi o‘z ishining natijasini ko‘radi va natijaga bog‘liq ravishda keyingi ishni amalga oshiradi. " Teskari injiniring, teskari ishlanma|"Qar.: Revers-injiniring. " Teskari izlash|"Ma’lumotlar bazalarida, elektron jadvallarda, matn protsessorlarida – joriy pozitsiyadan hujjat (fayl) boshlanishiga qarab izlash. " Teskari kanal|"Axborotni abonent terminalidan tayanch stansiyaga uzatish kanali. " Teskari kuzatish|"Signalning teskari yo‘nalishda (zanjir chiqishidan uning kirishi tomon) o‘tish yo‘lini kuzatish. " Teskari moslik|"Yangi protsessordagi mashinaning eski dasturlarni, ularga o‘zgartirishlar kiritish zaruratisiz bajara olish qobiliyati. " Teskari mulohazalar zanjiri|"Ekspert tizimlarda yechim izlash usullaridan biri. Bunda mulohaza yuritish, oqibatdan uni keltirib chiqargan sabablarga (faktlarga) tomon boradi. " Teskari qiya chiziq|"Bir qancha operatsion tizimlarda kataloglarni ajratish uchun ishlatiladigan simvol. " Teskari tiklash|"Ma’lumotlarning jurnalga yozilgan oxirgi versiyasidan ma’lumotlarning dastlabki versiyasini tiklashda foydalanish. " Test|"Tizimdagi xatoliklarni aniqlash yoki ishlash unumdorligini baholash uchun ishlatiladigan dastur yoki dasturlar to‘plami. " Test-dastur|"Elektron hisoblash mashinasi protsessori va tashqi qurilmalar ayrim bloklari, uzellari ishlashining to‘g‘riligini tekshirish uchun mo‘ljallangan dastur. " Testlash|"Butun kompyuter va uning dasturiy ta’minoti yoki ayrim uzellari ishlashining to‘g‘riligini aniqlash jarayoni. Dasturiy ta’minotni testlashning ikki bosqichi ajratiladi: alfa-testlash ‒ maxsus tuzilgan masalalarda tayyor mahsulotni testlash. Beta-testlash – potensial foydalanuvchilarga bepul tarqatilgan dasturiy mahsulotni haqiqiy masalalarda sinab ko‘rish. " Texnik boshqaruv hujjati|"Qo‘llanilishi shart bo‘lgan, texnik talablar va telekommunikatsiyalar tarmoqlari apparaturasining o‘zaro aloqada ishlash protokollarini aks ettirgadigan hujjat. " Texnik ekspluatatsiya markazi|"Texnik vositalar va telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan foydalanish hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish yuzasidan javobgar texnik xodimlar bilan butlangan bo‘linma. " Texnik moslik|"Axborot tizimlarining o‘zaro birgalikda ishlash protokollari, dasturlash tillari, ma’lumotlarning formatlari, elektron hisoblash mashinasi apparat interfeyslari darajasida birgalikda ishlay olish qobiliyati. " Texnik muhofaza qilish qurilmasi|"Elektron yoki boshqa turdagi qurilma. Bunday qurilmaga ega bo‘lmagan shaxslarga dastur bilan ishlash imkoniyati berilmaydi. " Texnik nazorat vositalari|"Xavfli pochta, kuryerlik jo‘natmalarini aniqlash uchun qo‘llaniladigan maxsus texnika (metallodetektorlar, rentgen texnikasi, dozimetrlar, gazanaliza torlari va boshqalar). " Texnik qo‘llab-quvvatlash markazi|"Texnik qo‘llab-quvvatlash markazi mansub bo‘lgan, ishlab chiqaruvchi firmaning mahsulotini ishlatish mobaynida foydalanuvchiga yordam ko‘rsatuvchi tashkilot, mutaxassislar guruhi. " Texnik radionazorat stansiyasi, texnik radionazorat markazi|"Eshittirish dasturlarini nazorat qilish yoki yozib olish maqsadida, ularni qabul qilish uchun mo‘ljallangan stansiya. " Texnik topshiriq|"Axborot tizimini yaratish talablari va tartibini belgilaydigan asosiy hujjat. Axborot tizimini ishlab chi qish hamda amalga kiritishda uni qabul qilib olish shu hujjat asosida olib boriladi. " Texnik vositalarni tavsiflash tili|"Diskret signallarni qayta ishlashga mo‘ljallangan qurilmalarni modellash, ishlab chiqish va testlash jarayonlarining ixtisoslashgan tili. " Texnik vositalarning elektromagnit moslashuvi|"Texnik vositaning ma’lum bir elektromagnit vaziyatda, berilgan sifat bilan ishlash va boshqa texnik vositalarga yo‘l qo‘yilmaydigan elektromagnit xalaqitlar vujudga keltirmaslik qobiliyati. " Texnik shartlarga muvofiqlikni tekshirish|"Foydalanuvchilar tomonidan yangi yoki takomillashtirilgan tizimni tasdiqlash va uni yakuniy chiqarish uchun o‘tkaziladigan testlash. " Texnologik bog‘liqlik|"Dasturiy ta’minotdan foydalanuvchi yetkazib beruvchining texnologik, strategik, narx bilan bog‘liq qarorlariga bog‘liq bo‘lgan vaziyat, shuningdek, yetkazib beruvchi dasturiy ta’minotni qo‘llab-quvvatlashdan voz kechgan hollarda, dasturiy ta’minot ekspluatatsion yaroqliligi yo‘qolish xavfining mavjudligi. " Texnologiyalar egasi|"Qonun tomonidan belgilangan chegaralar doirasida texnologiyalarga ega bo‘lgan va foydalanilayotgan hamda foydalanish vakolatlarini amalga oshirayotgan subyekt. " Texnologiyalar va ularni taʼminlash vositalarining mulkdori|"To‘liq hajmda ko‘rsatilgan obyektlarga egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish vakolatlarini amalga oshiradigan subyekt. " Tez ishlaydigan infraqizil port|"Periferik qurilmalarni simsiz ulash uchun mo‘ljallangan port. Mobil kompyuterlarda qo‘llaniladi. " Tez kira olish yo‘li|"Biror-bir tez-tez ishlatiladigan komandalardan «sichqoncha» tugmasini bir marta bosish orqali tez foydalanish uchun mo‘ljallangan uncha katta bo‘lmagan panel. " «Tez» klavish|"Klaviaturadagi yakka klavish yoki klavishlar birikmasi. Ularning bosilishi menyu punkti tanlanishiga yoki muayyan komanda berilishiga mos keladi. " Tez tinishlar|"Qabul qilinadigan signal og‘ib o‘tuvchisining tez o‘zgarishlari, ular qabul qilish nuqtasida turli amplituda, boshlang‘ich faza, ushlanib qolish va chastotalarning Doppler siljishiga ega nusxalarning interferensiyasi natijasida hosil bo‘ladi. Izoh – Tez tinishlar og‘ib o‘tuvchisining qiymati, odatda, Reley qonuniga binoan taqsimlanadi. " Tezarus|"Bilimning qandaydir sohasiga tegishli bo‘lgan so‘zlar tematik prinsip bo‘yicha joylashtirilgan va leksik birliklar o‘rtasidagi semantik (turjins, sinonimik) munosabatlar ko‘rsatilgan lug‘at. Axborot-izlash tezaruslarida matnning leksik birliklari deskriptorlar bilan almashtiriladi. " Tezkor beysik|"Microsoft kompaniyasi tomonidan yaratilgan BASIC dasturlash tilining dialekti, shuningdek, dasturlarni shu tilda yozish, ishga tushirish va kuzatib borish imkoniyatini beruvchi ishlab chiqish muhiti. " Tezkor fayl tizimi|"OS/2 operatsion tizimining fayllarni nomlashda 254 ta belgidan foydalanish va fayllarni minimal fragmentlashni ta’minlaydigan fayl tizimi. " Tezkor ma’lumotlar|"Onlayn rejimida olingan ma’lumotlar. " Tezkor paket|"Kanal pog‘onasida, foydalanuvchi tizimlar va maʼmuriy tizimlar o‘rtasida uzatiladigan maʼlumotlar bloki. " Tezkor pochta|"Pochta jo‘natmalarini tezkor rejimda jo‘natish va yetkazib berish (topshirish) bo‘yicha pochta xizmati. " Tezkor pochta rejimdagi ichki pochta jo‘natmasi|"O‘zbekiston Respublikasi doirasida tezkor pochta rejimida jo‘natiladigan va adresatga yetkazib beriladigan (topshiriladigan) pochta jo‘natmasi. " Tezkor pochta rejimdagi xalqaro pochta jo‘natmasi|"Jo‘natilishi va yetkazib berilishi (topshirilishi) «EMS» tezkor pochta tizimi bo‘yicha Umumjahon pochta ittifoqining hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan pochta jo‘natmasi. " Tezkor-qidiruv tadbirlari tizimi (TQTT)|"Huquqni muhofaza qilish organlarining (TQTT dan foydalanuvchilar) olisda joylashgan boshqarish punktidan, bu punktning stansiya uskunasi bilan birgalikda ishlash yo‘li bilan, oldindan tanlangan abonent raqamlarining ulanishlarini yoki liniyalar va kanallar orqali o‘tadigan ulanishlarni tezkor nazorat qilish uchun mo‘ljallangan tizim. " Tezkor xotira|"Ma’lumotlar va komandalar joylashtiriladigan, dasturga yo‘naltiriladigan barcha xotira. " Tezkor xotira qurilmasi|"Ma’lumotlarni yozish va o‘qish uchun mo‘ljallangan yarimo‘tkazgichli qurilma. Oddiy kompyuterlarda – dastur bajarilishi uchun yuklanadigan joy. Doimiy xotiradan farqli o‘laroq, tezkor xotira qurilmasi xotirasidagi ma’lumotlarga istalgan tarzda o‘zgartirish va istalgan tartibda murojaat qilish mumkin. " Tezkor xotira qurilmasining interfeysi|"PC Card kartasining andoza interfeysi. Xotira bilan bog‘liq operatsiyalarni bajaradi hamda tezkor xotira qurilmasi va kiritish-chiqarish kartalari uchun qo‘llaniladi. " Tezkor xotira qurilmasining platasi|"Tezkor xotira qurilmasining mikrosxemalari va ulanish paytida interfeysni ta’minlaydigan sxemali bosma platasi. " Tezkorlik|"Tizimdan tashqaridagi kattalik, bajarilgan ish hajmining u bajarilgan vaqtga bo‘lgan nisbatiga teng. " Tezlashtirilgan grafika porti|"Videoadapter va tizim platasi mikrosxemalari o‘rtasidagi interfeys. PSI shinasiga asoslanadi. 1997-yilning ikkinchi yarmida ishlab chiqilgan. AGP ning bir nechta realizatsiyalari mavjud: AGP 1x, AGP 2x, AGP 4x lar mos ravishda 266, 533 va 1066 Mbyte/s uzatish tezligiga ega. Ayni vaqtda PCI-Express grafika porti ularning o‘rnini egallagan. " Tezlatgich|"Kompyuter biror-bir kichik tizimining ishlash tezligini oshiruvchi qo‘shimcha apparat ta’minoti (buyurtma mikrosxema, kengaytmali plata, ustun). " Tezlik bo‘yicha moslashish|"Tizimning yuklanganlik darajasi yoki radioto‘lqinlarning tarqalish sharoitlariga bog‘liq holda, kanalda axborot uzatish tezligining o‘zgarishi. " Tez-tez qayta ulash bilan kuzatiladigan xendover|"Mobil aloqa tarmoqlarida uchraydigan nomaqbul hodisa. Abonent stansiyasi ikki qo‘shni tayanch stansiyaning xizmat ko‘rsatish zonasi doirasida bo‘lganda vujudga keladi. Qabul qilinadigan signallar darajasining fluktuatsiyasi natijasida abonent stansiyasining bir tayanch stansiyadan boshqasiga, ko‘p marotaba qayta ulanishi sodir bo‘ladi. Bu tarmoqning umumiy o‘tkazish qobiliyati pasayishiga olib keladi. Bunday holatning oldini olish maqsadida gisterezis bilan qayta ulash sxemasidan foydalaniladi. " Teshik|"Hisoblash texnikasida – dasturiy ta’minot yoki apparaturadagi, foydalana olishni boshqarish jarayonlarini chetlab o‘tish imkonini beruvchi xatolar, kamchiliklar. " Teshik, tuynuk|"1. Vakolatlarni belgilashdagi, ishlab chiqishdagi xato. Muhofaza mexanizmlarini chetlab o‘tish yoki ularni ishdan chiqarish imkonini beradi. 2. Kompyuterning biror portini ochadigan va xakerga tizimdan foydalanish/tizimga kirish imkonini yaratib beradigan josus-dastur. " Teshik chelak algoritmi|"Tizimninig yuklanishi ortib ketganda, aloqa sifati eng yomon bo‘lgan kanallarni vaqtincha uzib qo‘yish bilan xatolardan himoyalanish usuli. Texnik taʼminot tizimning har bir abonenti uchun aloqa sifati to‘g‘risidagi maʼlumotlar kiritiladigan o‘z hisoblagichini tuzadi. Bunday axborot asosida boshqaruv tizimi past sifatli «yomon» kanallarni saralaydi. Natijada qolgan abonentlardagi aloqa sifatining ko‘rsatgichlari yaxshilanadi. " Tijorat dasturiy taʼminoti|"Tijorat tashkiloti tomonidan foyda olish maqsadida yaratilgan dasturiy taʼminot. Foydalanuvchiga dasturiy taʼminot nusxalarini sotishdan foyda keladi. Ko‘pchilik odamlar tijorat dasturiy taʼminot erkin dasturiy taʼminotga qarama-qarshi deb xato qilishadi. Bular orasidagi farq unchalik yaqqol emas. Erkin dasturiy taʼminot – bu muallif tomonidan erkin o‘zgartirishga, tarqatishga va foyda olish huquqini berishdir. Shundan kelib chiqqan holda, erkin dasturlar tijorat mahsulotlari ham bo‘lishi mumkin. " Tijorat siri|"Davlat yoki xususiy korxona faoliyatining istalgan sohasidagi konfidensial xarakterdagi ma’lumotlar, ularning tarqatilishi egalari yoki foydalanuvchilariga (yuridik shaxslarga) moddiy yoki ma’naviy zarar yetkazishi mumkin. Tijorat sirini saqlash uning egasi tomonidan amalga oshiriladi. " Tijoratga oid axborot|"Faqat egasining xohishiga ko‘ra va uning shartlari asosida tarqatiladigan kompaniyalar, firmalar, korporatsiyalar bo‘yicha ularning faoliyati va ishlab chiqaradigan mahsulotlari, moliyaviy ahvoli, amaliy aloqalar, bitimlar, rahbarlar to‘g‘risidagi axborot, shuningdek, axborot xizmatlari tomonidan taqdim etiladigan iqtisodiyot va biznes sohasidagi ishga oid yangiliklar. " Tiklamoq|"Ma’lum bir vaqtga to‘xtatib qo‘yilgan jarayonni to‘xtatilgan joyidan qaytadan tiklash. " Tiklash|"1. Registr va o‘zgaruvchilarning oldingi holatini tiklash. 2. Oldingi joyga qaytarish, oldingi holatiga qaytarish, misol uchun, ma’lumotlar bazasini oldingi holatiga qaytarish. " Tiklash nuqtasi|"Foydalanuvchi tomonidan sozlanadigan kompyuterdagi xususiyatlar, u o‘rnatgan dasturlar va ma’lumotlarni zaxiralash, kerak bo‘lganda operatsion tizimdagi avvalgi holatni qaytarish maqsadida yaratiladi. U tiklash nuqtasi deb ataladi. " Tiklash qurilmasi|"Televizion tasvir sintezini amalga oshiradigan qurilma. " Tiklash qurilmasining asosiy ranglari|"Qabul qilgich hosil qiladigan doimiy ranglilik va o‘zgaruvchan yorqinlikdagi ranglar, ulardan, tegishli mutanosiblikda aralashtirgan holda, boshqa ranglarni olishda foydalaniladi. Izoh – Odatda uchta asosiy rangdan foydalaniladi: qizil, yashil va ko‘k rang. " Tiklash rejasi|"Tizimni yuz bergan falokatdan keyin tiklash rejasi. " Tiklash standartini o‘zgartirgich|"Standart satr oralatib televizion ko‘rsatishdan maydonlarning chastotasi yuqori bo‘lgan satrma-satr tiklashga o‘tish qurilmasi. " Tiklash tartibotlari|"Avariya yoki to‘xtab qolishdan so‘ng tizimning axborotni qayta ishlash qobiliyatini tiklash uchun bajariladigan harakatlar hamda maʼlumotlar to‘plamlarini tiklash. " Tiklash tizimi|"Ma’lumotlarning yaxlitligini ta’minlashga qaratilgan dasturlar hamda boshqaruvchi jadvallar kompleksi. Ma’lumotlar bankida va boshqa avtomatlashtirilgan tizimlarda foydalaniladi. " Til|"Axborot uzatish uchun foydalaniladigan qoidalar, kelishuvlar, tavsiyalar to‘plami. " Til protsessori|"Ixtisoslashtirilgan tilda yozilgan komandalarni idrok qilish va mashina kodiga trantslyatsiya qilish uchun mo‘ljallangan qurilma yoki dastur. " Til standarti|"Mahalliy o‘ziga xoslik. Tizim yoki dastur ishlayotgan milliy va madaniy muhit. " Tilni kengaytirish|"Dasturlash tili spetsifikatsiyasiga, uni muayyan mashinada amalga oshirishda qilingan qo‘shimchalar. " Tilning amalga oshirilishi|"Dasturlash tilining muayyan platformada kompilyator yoki interpretator ko‘rinishida amalga oshirilishi. Amalga oshirilish har doim ham til spetsifikatsiyasiga mos kelmasligi, shuningdek, uni turli xil kengaytirishlarni ichiga olishi mumkin. " Tinish|"1. Manbadan katta masofada qabul qilinadigan radiosignallar darajasini qisqa muddatli yoki uzoq muddatli kamayishi (yo‘qolishi). 2. Uzatuvchi muhit (temperatura, namlik, bosim) parametrlarining tasodifiy o‘zgarishlari bilan asoslangan, shuningdek qabul qilish nuqtasiga turli yo‘llar bilan keladigan radioto‘lqinlarning interferensiyasi tufayli radiosignalning to‘satdan susayishi yoki hattoki to‘liq yo‘qolishi. " Tinishlarga zaxira|"Tinishlar mavjud kanalda qabul qilinuvchi signalning quvvat darajasi oshirilishi lozim bo‘lgan shunday kattalikki, bunda signal/shovqin nisbatining tinishlarsiz kanaldagi kabi nisbati ta’minlanadi. " Tiqilish|"Tarmoqdagi konflikt, tarmoqda paketlarning to‘qnashishi oqibatida vujudga keladi va uning o‘ta yuklanishiga sababchi bo‘ladi. " Tiqin|"Tuzilmaviy dasturlashda (dasturni normal bajarish va kompilyatsiyalash mumkin bo‘lishi uchun) amalda dasturlashning har bir qadamida dasturga kiritiladigan ahamiyatsiz protsedura. " Tirqishli antenna|"Elektromagnit to‘lqinlarni nurlantirish va qabul qilish to‘lqin o‘tkazgichda yoki hajmli rezonatorda o‘yilgan bitta yoki bir nechta tirqish orqali amalga oshiriladigan antenna. " Tirqishli niqob|"Soya niqobi va panjara aperturasining birikmasi. Bunda lyuminofor elementlar vertikal elliptik yacheykalarda joylashgan, niqob esa vertikal chiziqlardan qilingan bo‘ladi. " Tirqishli nur tarqatgich|"To‘lqin o‘tkazgich devoridagi yoki dastlabki nur tarqatgich rolini bajaradigan tor o‘tkazuvchi listdagi tirqish. " Tishlatish|"Qog‘ozni bo‘lish turi bo‘lib, unda qog‘oz ajratilmaydi, balki unda teshiklar yoki uncha katta bo‘lmagan kertiklar hosil qilinadi. " Titrash|"Raqamli signallar qiymatining qisqa muddatli o‘z-garishlari. Impuls frontlarining ularning vaqtdagi ideal holatiga nisbatan tasodifiy fluktuatsiyalari ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Faza titrashlari. Fazaning tez og‘ishi yoki chastotaning siljishi. Aloqa sifati yomonlashishiga yoki sinxronizatsiya buzilishiga olib keladi. " Titrni ushlab turgich|"Televideniyeda yozuvlar yoki hujjatlar ko‘rsatuvi uchun maxsus yasalgan qurilma. " Titul varag‘i|"Bosib chiqarilgan matnning birinchi sahifasi, topshiriq, foydalanuvchi nomi va boshqa hisobga olish ma’lumotidan tashkil topadi. " Tizim|"Qo‘yilgan vazifa (vazifalar) ni birgalikda hal etish maqsadida bog‘langan dasturlar, modullar, obyektlar majmui. Masalan, operatsion tizim foydalanuvchi bilan shaxsiy kompyuter o‘rtasidagi bog‘lanishni ta’minlash uchun mo‘ljallangan. " Tizim administratori|"Tizimning ekspluatatsiya qilinishi va ishchi holatda saqlab turilishi yuzasidan javobgar shaxs. " Tizim arxitekturasi|"Hisoblash tizimining funksional komponentlar (shinalar, signallar, protokollar, interfeyslar va h.k.lar), ularning tashkil qilinishi va o‘zaro aloqadorligi yig‘indisi sifatida taqdim etilishi. " Tizim dasturchisi|"Tizimli dasturiy taʼminot ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan dasturchi. " Tizim dasturi|"Operatsion tizim tarkibiga kiradigan, yoki operatsion tizimlar bilan, kompyuter tizimiga yoki uning alohida qurilmalariga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq funksiyalarni bajaradigan dastur. " Tizim dasturiy ta’minoti|"Foydalanuvchilarga kompyuter bilan ishlash imkoniyatini beradigan va bu ishni osonlashtiradigan dasturiy ta’minot. Operatsion tizim tizimli dasturiy ta’minotning asosiy qismi hisoblanadi. Tizimli dasturiy ta’minotga translyatorlar, qobiqlar, ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari kiradi. " Tizim diski|"Operatsion tizimning asosiy fayllarini ichiga oladigan disk. " Tizim fayli|"Operatsion tizimning to‘g‘ri ishlashi uchun zarur fayl. " Tizim gammasi (televideniyeda)|"Logarifmik shkalada qayta tiklanadigan tasvir element yorug‘ligining obyekt tegishli elementining yorug‘ligiga bog‘liqligini aks ettiradigan egri approksimatsiyalaydigan ishchi uchastkasining to‘g‘ri og‘ishi. " Tizim ichidagi radioxalaqit|"Radioelektron vositaga, radioelektron tizimning radioelektron vositasi bilan hosil qilinadigan, ataylab qilinmaydigan radioxalaqit. " Tizim integratori|"Turli yetkazib beruvchilardan olingan tarkibiy qismlarni birlashtirish yo‘li bilan to‘liq kompyuter tizimlarini qurishga ixtisoslashgan shaxs yoki kompaniya. Dasturlarni ishlab chiqaruvchilardan farqli o‘laroq, tizim integratorlari hech qanday dastlabki kod ishlab chiqmaydi. Buning evaziga ular kompaniyalarni ularning hisoblash ehtiyojlarini qondirish uchun do‘konlarda sotilmaydigan kompyuter va dastur paketlaridan foydalanishga undaydi. " Tizim integratsiyasi|"Umumiy ko‘p tarmoqli axborot tizimlarini yaratish va ulardan foydalanishga yo‘naltirilgan loyiha ishlari hamda xarid operatsiyalarining majmui. " Tizim jarayoni|"Operatsion tizimni yuklashda hosil qilinadigan jarayon. Operatsion tizimning to‘g‘ri ishlashi uchun zarur. " Tizim jurnali|"Tizimda kechayotgan hamma jarayonlar, yuzaga kelayotgan xatoliklar va h.k.lar yozib boriladigan fayl. Avariya holatlarida hodisalarning borishini tiklash, oldingi holatga qaytarish va h.k.larni bajarish maqsadida yuritiladi. " Tizim kaliti|"Tizim vositalarining ruxsat etilmagan tarzda erkin foydalanishdan muhofaza qilinishini ta’minlaydigan kalit. " Tizim katalogi|"Operatsion tizim o‘rnatilayotganda tuziladigan standart papka. Bu papkada tizimning barcha bibliotekalari, uning standart dasturlari va boshqalar saqlanadi. " Tizim muhandisi|"Tizim dasturiy taʼminotini ishlatish va kuzatib borish bilan shug‘ullanuvchi shaxs (odatda muhandis-dasturlashtiruvchi). Baʼzi hollarda tizim muhandisi tizim administratori vazifasini ham bajaradi. " Tizim obrazi|"Fayl yaratilish mobaynida tizimning hamma sozlashlarini o‘zida saqlovchi fayl. Tizimni to‘xtab qolishdan keyin tiklash uchun zarur. " Tizim operatori|"Server, kichik tarmoq yoki BBS ning ishga layoqatliligini ta’minlash va unga xizmat ko‘rsatish kabi xizmatlarni bajaruvchi shaxs (operator va kopincha egasi). " Tizim papkasi|"Tizimning ishlashi uchun zarur bo‘lgan dastur va modullar joylashtiriladigan katalog. " Tizim platasi|"Shaxsiy kompyuterning, protsessor, tezkor xotira qurilmasi, asosiy kiritish-chiqarish portlari va kengaytirish shinalarining ajratgichlari joylashtiriladigan asosiy platasi. " Tizim reestri|"Iyerarxik Windows 95, 98, 2000 va NT dagi tarmoq orqali foydalanish mumkin bo‘lgan, shaxsiy kompyuterni boshqarish, dasturiy ta’minot distributsiyasini ta’minlash, tizimni ma’muriy boshqarish va masofadan sozlash uchun foydalaniladigan ma’lumotlar bazasi. " Tizim resursi|"Markaziy protsessor vaqti, tezkor xotira qurilmasi sig‘imi, disk xotirasi, periferik qurilmalar yoki bajarish vaqtida ilovalarda foydalaniladigan boshqa tizim komponentlari. " Tizim resurslarini hisobga olish|"Tarmoqda foydalaniladigan resurslarni belgilash yo‘li. Bunda, tarmoq administratori har bir foydalanuvchi uchun, ular tomonidan o‘qilgan yoki yozilgan ma’lumotlar hajmini, foydalanuvchi va tarmoq o‘rtasida bog‘lanish o‘rnatilgan vaqtni, bu foydalanuvchi foydalanadigan disk hajmini, shuningdek, turli xizmatlarga qilingan so‘rovlarni qayd etib borishi mumkin. " Tizim soatiga havola|"90 kHz chastota davrida tizim vaqtini ko‘rsatadigan hamda koder va dekoderning taktli chastotalarini sinxronlash uchun xizmat qiladigan 33 bitli son. " Tizim tahlilchisi|"Amaliy muammolarga tavsif beruvchi, tizim spetsifikatsiyalarini belgilovchi, qurilmalarni o‘zgartirish bo‘yicha tavsiyalar beruvchi, maʼlumotlarga ishlov berish tartibotlarini va ko‘zda tutilgan maʼlumotlar tuzilmalarini loyihalashtiruvchi mutaxassis. " Tizim takt generatori|"Ma’lumotlar uzatish yoki boshqa qurilmalarni sinxronlash uchun foydalaniladigan davriyt signallarni generatsiyalaydigan qurilma. " Tizim utilitasi|"Tizimning ishga yaroqliligini diagnostika qilish, modifikatsiyalash va h.k. uchun ishlatiladigan dasturiy ta’minot. " Tizim vazifasi|"Tizimning to‘g‘ri ishlashini ta’minlaydigan va fon rejimda amalga oshiriladigan jarayon. " Tizim xotirasi|"Tizim platasidagi tezkor xotira qurilmasi. " Tizim yadrosi|"Operatsion tizimning asosiy moduli. " Tizim (yuklanuvchi) qismi|"Qattiq diskning operatsion tizim o‘z-o‘zini yuklashi uchun zarur bo‘lgan tashkiliy fayllari joylashgan qismi. " Tizim shinasi|"Amaliy dasturda operatsion tizim u yoki bu tizim funksiyasini bajarishi uchun foydalaniladigan mexanizm. " Tizim shrifti|"Grafik interfeysli tizimlarda ‒ ekranga xabarlar, menyu va sh.k.larni chiqarish uchun foydalaniladigan shrift. " Tizim chaqiruvi|"Operatsion tizim u yoki bu tizim funksiyasini bajarishi uchun amaliy dastur foydalanadigan mexanizm. Operatsion tizim odatda, himoyalangan tizimda bajarilishi hisobga olinsa, u holda tizim chaqiruvlarini tashkil qilish uchun bitta yoki bir nechta dasturli uzilish zaxiralanadi, masalan, MS-DOS da int 21 h. " Tizimdan foydalana olishlik|"Tegishli vakolatlari bo‘lgan subyektlarning axborotdan o‘z vaqtida hech qanday to‘siqlarsiz foydalana olishini ta’minlash qobiliyatini tavsiflovchi axborot (uni qayta ishlash vositalari va texnologiyalari) aylanadigan (tarqaladigan) tizimning xususiyati. " Tizimdan chiqish|"Foydalanuvchining kompyuter tizimidan chiqish jarayoni. " Tizimga kirish|"Foydalanuvchi tomonidan, uni identifikatsiya qiluvchi ma’lumotlarning (masalan, nomi, domeni va paroli) taqdim etilishi, haqiqiylikni tekshirish va foydalanuvchining ish seansini tashkil qilish. " Tizimlararo xalaqit|"Manbai ko‘rilayotgan tizimga tegishli bo‘lmagan tizimda joylashgan elektromagnit xalaqit. " Tizimlarni boshqarish serveri, qisqa xabarlar xizmati|"1. Microsoft Windows NT Back Office dasturiy paketining tarkibiy qismi. 2. Uyali aloqa tarmoqlaridagi qisqa xabarlar xizmati. " Tizimlashtirilgan kabel tizimi|"Ofis binolarida nutq va ma’lumotlarni uzatish uchun maxsus loyihalashtirilgan kabel tarmog‘i hisoblanadi, masalan AT&T korporatsiyasining SYSTIMAX tizimi ekranlashtirilmagan o‘ralgan juftlikda. Ma’lumot o‘tkazuvchanlik imkoniyati bo‘yicha mis kabelli strukturalangan qabul tizimi turli standartlarda toifalar va turkumlarga bo‘linadi. " Tizimlashtirilgan so‘rovlar tili|"Ma’lumotlar bazasi bilan ishlashga mo‘ljallangan xalqaro standart til. " Tizimli blok|"Shaxsiy kompyuterning, ta’minot bloki, asosiy plata, kengaytirish platasi, magnit va optik disklardagi to‘plagichlar joylashgan qismi. " Tizimli dasturlash|"Tizim va/yoki tarmoq dasturiy ta’minotini ishlab chiqish va ta’minlash. " Tizimli (imtiyozga ega) rejim|"Komandalarni bajarishning alohida rejimi, bunda imtiyozga ega bir qator, masalan, xotira va registrlarning tizimli sohalarini o‘zgartirish operatsiyalarini bajarishga yo‘l qo‘yadigan operasion tizim yadrosining moduli bajariladi. " Tizimli navbatlar sohasi|"Umumiy tizim jadvallari, boshqaruv bloklari va navbatlarini, tizim konfiguratsiyasini aniqlaydigan tarkib va mazmunni hamda ish jarayonida tuziladigan umumiy sondagi manzilli fazolarni joylashtirish uchun xizmat qiladi. " Tizimli oqim|"MPEG-1 standartida bir dasturga tegishli bo‘lgan hamda umumiy taktli sinxronlash orqali birlashtirilgan paketlangan elementar oqimlarni yig‘ish. " Tizimli tahlil|"Takomillashtirish yoki yangi tizim ishlab chiqish maqsadida, tizimni va uning o‘zaro bog‘langan kichik tizimlarini tadqiq qilish. " Tizimli yondashuv|"Har bir masala, vazifa, hodisa, obyektni birmuncha keng yaxlit va ajralmas butunning – o‘zaro bog‘lagan tarkibiy elementlar tizimining bir qismi sifatida qarab chiqish usuli. Tizim ishlashining maqsadlari aniqlanishini, uning boshqa tizimlar bilan aloqalari ajratib ko‘rsatilishini ko‘zda tutadi; vazifaning hal etilishi o‘zaro bog‘langan vazifalar va yuqoriroq darajadagi muammolar hal etilishiga bog‘liq qilib qo‘yiladi. " Tizimni muhofaza qilish|"Dasturlar va tizim ma’lumotlaridan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishni yoki tizim ishiga tasodifiy aralashishni bartaraf etish maqsadida ko‘riladigan chora-tadbirlar majmui. " Tizimni optimallash|"Optimallash mezoni, optimallash parametrlari va cheklashlar belgilanadigan, tizimni takomillashtirish jarayoni. " Tizimni to‘la qayta yuklash|"Tizimni, ko‘pincha kompyuter ta’minot manbaini uzib-ulash orqali takroriy yuklash. " Tizimning minimal talablari|"Texnik va dasturiy vositalarga, elektron hujjat aylanishi imkoniyatlarini amalga oshirish uchun qo‘yiladigan, minimal zarur bo‘lgan talablar. " Tizimning yaxlitligi|"Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimining, o‘zining tezkor vazifasini bajarish bilan bir vaqtda, ro‘yxatga olinmagan foydalanuvchilar tomonidan resurslardan foydalanishning yoki o‘zgartirilishining oldini olish, shuningdek, ro‘yxatga olingan foydalanuvchilar tomonidan ularga tegishli bo‘lmagan resurslardan foydalanishning yoki o‘zgartirilishining oldini olish xususiyati. " Tizimning o‘tkazish qobiliyati|"Jarayonlarning bir vaqt birligi ichida o‘z ishini tugatishining (o‘rtacha) soni. " Tobe jarayon|"Ona-jarayonga bog‘liq jarayon, ona-jarayon yo‘q qilinganda yo‘q qilinadi, ona-jarayon tugallanishdan oldin barcha o‘ziga tobe jarayonlarning tugashini kutib turishi kerak. " Toifalaish sxemasi|"Dasturiy ta’minot bilan bog‘liq bo‘lgan toifalalar va turlarning tartiblashtirilgan birikmasi. " Toifalashh makoni|"Tizimlar va dasturiy ta’minotning, o‘zining individual o‘lchovi sifatida bitta yoki bir nechta tasniflashga ega bo‘lgan manfaatdor tomonlarning toifalash bo‘yicha muammolari ifodalangan universal to‘plami. " Token|"Pul mablag‘lari evaziga investor kompaniyadan oladigan raqamli aktiv. " Tola|"1. Ingichka shisha ip. 2. Yadro va dempferdan iborat, axborotni yorug‘lik ko‘rinishida uzata oladigan optik to‘lqin o‘tkazgich. " Tola (optik tola)|"Elektromagnit nurlanishni atmosfera orqali bo‘ladigan optik aloqaga nisbatan uzoqroq masofaga uzatish uchun mo‘ljallangan tola. Optik tolalarning barchasi o‘zak va qobiq diametri, shuningdek, sindirish ko‘rsatgichi profili bilan farq qiladi. " Tola optikasi|"Telekommunikatsiya maqsadlarida, yorug‘lik diodi yoki lazer bilan generatsiyalanadigan yorug‘lik nurlanishini uzatish uchun shishali yoki polimer yo‘naltiruvchi tuzilma (optik tola). " Tolalarni ulash|"O‘xshash yoki yaqin tola uchlarini konnektordan foydalanmasdan doimiy ulash. " Tolali kanal|"Tolali tarmoqning asosiy va o‘ta yuqori tezlikli ishchi stansiyalari o‘rtasida maʼlumotlar uzatish vositalari uchun maxsus ishlab chiqilgan standart. Unda maʼlumotlar uzatishning turli tezliklaridan va masofalardan, bir modali yoki ko‘p modali tolalardan foydalaniladi. " Tolali yorug‘lik o‘tkazgich|"Doiraviy kesimga ega va ikkita konsentrik dielektrik qatlamdan iborat yorug‘lik o‘tkazgich. Uning ishlashi optik to‘lqinning optik xossalari turlicha bo‘lgan ikki muhit chegarasida sinish jarayonlaridan foydalanishga asoslangan. " Tom|"Fayl tizimida foydalanish uchun formatlashtirilgan, diskning bir nechta bo‘limi yoki bo‘limi; o‘qish va yozish uchun mumkin bo‘lgan axborot tashuvchi alohida blokning bir qismi. Operatsion tizim ma’lumotlarni saqlash uchun foydalanadigan joyni o‘zida ifodalaydi. Har bir tom noyob belgiga, ko‘pincha, tomni kompyuterda belgilaydigan disk harfiga ega. Tom diskni, diskning bir qismini, bir qancha disklarning qismlarini yoki magnit tasmani ichiga olishi mumkin. Tomlar, shuningdek, «disk tomlari» yoki «mantiqiy disklar» deb ham ataladi. Har bir tom o‘zining mustaqil yuklash yozuvini, o‘zak katalogini va papkalar daraxtini ichiga oladi. " Tom nomi|"Ma’lumot tashuvchi (qattiq disk) formatlanayotganda yoki maxsus utilita yordamida beriladigan nom. Har bir jismoniy disk tomi dasturni arxivlashda zarur bo‘ladigan o‘zining nomiga ega bo‘ladi. Tom nomi bilan ishlash operatsion tizim tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. " Tonal chastotani uzatish kanali|"300-3400 Gs chastota kengligiga ega bo‘lgan namunaviy analog uzatish kanali. " Tonal ko‘p chastotali raqam terish|"Raqamlarni DTMF ikkita tovush signalining qo‘shilishi yordamida kodlash usuli. Turli chastotadagi signallarni tarmoq orqali uzatish − telefonning sonli tugmalari bosilganda tarmoqqa yakka signal uzatiladi. Bunday imkoniyat ba’zi bir tarmoq funksiyalaridan (ovozli pochta, E-mail) foydalanish uchun zarur. " Tonal tayyorlik signali|"Stansiyaning xabarlarni qabul qilishga tayyor ekanligini bildiruvchi tovush signali. " Topologiya|"1. Telekommunikatsiyalar tizimining umumjismoniy yoki mantiqiy konfiguratsiyasi: jismoniy topologiya – komponentlarni kabellar va simlar bilan ulash sxemasi, mantiqiy topologiya esa xabarlar tarmoqdan qanday o‘tishini tavsiflaydi. 2. O‘zaro aloqalar, o‘zaro ulanishlarni o‘rganish. Windows tarmog‘i komponentlari o‘rtasidagi munosabat tizimi. Active Directory replikatsiyasiga qo‘llash mumkin, topologiyasi ma’lumotlarni bir-biri bilan almashish uchun domen kontrollerlari tomonidan ishlatiladigan ulanishlar to‘plamidan iborat. " Topshiriq|"Kompyuter bajaradigan ish hajmi. U maʼlumotlar, dasturlar, fayllar va mashina uchun ko‘rsatmalar majmuidan iborat. Ixtiyoriy topshiriq bir necha bosqichda bajarilishi mumkin, ularning bir qismi o‘zidan avvalgilarining natijalariga bog‘liq bo‘ladi. Topshiriqlar ikki xil rejimda, yaʼni bir dasturli va ko‘p dasturli rejimda bajarilishi mumkin. Oxirgi holda, tizimda qandaydir vaqt mobaynida topshiriqlar majmui bajariladi. Uni maxsus rejalovchi dastur boshqarib, u amaliy jarayonlar tomonidan qo‘shma resurslarni ishlatish tartibini belgilaydi. " Toq|"Ikkiga qoldiqsiz bo‘linmaydigan sonlar. " Tor nurga ega antenna|"Keskin yo‘naltirilgan antenna. " Tor polosali antenna|"Chastotalar ishchi polosasi kengligining polosaning o‘rta chastotasiga kichik (0,1 dan kam) nisbati bo‘lgan antenna. " Tor polosali xalaqit|"Spektr kengligi retseptorning o‘tkazish polosasi kengligidan kichik yoki unga teng bo‘lgan elektromagnit xalaqit. " Tortqichli machta|"Qishloq joylarida radioreleli aloqa liniyalarini tez yoyish uchun moʻljallangan antennaning oddiy turi. Izoh – Odatda, bir-biri bilan mexanik bogʻlangan uchburchak kesimli bir nechta seksiyadan iborat. Antennani vertikal holatda ushlab turish metall troslar yordamida amalga oshiriladi. " Tortqichsiz machta|"Konstruksiyasi dala sharoitlarida mahkamlashning qoʻshimcha vositalaridan foydalanmasdan yoyishga imkon beradigan antenna machtasi. " Tovush balandligini avtomatik rostlagich|"Bir kanaldan boshqasiga o‘tilganda yoki reklama roliklari uzatilganda, tovush balandligi darajasining yoqimsiz sakrashlarini avtomatik tarzda bartaraf etadigan tizim, bunda tovush balandligi bir xil darajada saqlanadi. " Tovush fayli|"Nuqtama-nuqta kodlangan tovush bo‘laklaridan iborat fayl. Bundan tashqari, tovush fayli dasturlar va qurilmalar tomonidan ishlatiladigan boshqaruvchi kodlarni ham o‘z ichiga oladi. Tovush fayllarining namunaviy kengaytmalari: Microsoft Windows-wav; MPEG (Moving Pictures Expert Group) Layer-3; .mp3; Apple-aif; MIDI-mid; Windows Media Audio-wma. " Tovush jo‘rligi|"Televizion dasturning tovushli tashkil etuvchisi. " Tovush jo‘rligidagi eltuvchi|"Tovush jo‘rligidagi signal bilan televizion dasturni modulyatsiyalash uchun mo‘ljallangan eltuvchi. " Tovush jo‘rligidagi radiosignal|"Tovush jo‘rligidagi signal bilan modulyatsiyalangan tovush jo‘rligidagi eltuvchi signal. " Tovush jo‘rligidagi radiouzatgich|"Radiochastota signallarini yaratishda foydalaniladigan, televizion dasturning tovush jo‘rligini tashuvchi televizion radioeshittirish uzatgichining qismi. " Tovush jo‘rligidagi uzatgichning o‘rtacha chastotasi|"Sinusoidal signal modulyatsiyalagan nurlantiruvchi to‘lqinning o‘rtacha chastotasi. Nurlantiruvchi to‘lqinning modulyatsiya bo‘lmagandagi chastotasi. " (Tovush jo‘rligidagi) tasvir kanali|"Eshittirish televideniyesi trakti yoki trakti zvenosining, (tovush jo‘rligidagi) televizion tasvirni uzatish uchun mo‘ljallangan qismi. " Tovush kanali|"Tovush eshittirish signallari yoki tovush jo‘rligi signallarini uzatishga mo‘ljallangan namunaviy uzatish kanali. " Tovush kanalidagi tovush bosimi bo‘yicha nochiziqli buzilishlar koeffitsiyenti|"Televizorning akustik tizimi tomonidan kuchaytiriladigan tovush bosimi garmonikalari amaldagi qiymatining, asosiy chastota va uning garmonikalarining amaldagi qiymatiga nisbati. " Tovush kartasi|"Kompyuterlashtirilgan qurilmalarda tovushni qayta ishlash uchun qo‘llaniladigan electron qurilma. " Tovush kodeki|"Tovushni kodlash/dekodlash uchun mo‘ljallangan dasturlar. Kodlangan tovush o‘z sifatini qariyb yo‘qotmaydi va xotiradan kamroq joy egallaydi. " Tovush miksheri|"Tovush jo‘rligidagi signallarni shakllantirish maqsadida bir necha manbadan keladigan tovush signallarini birlashtiruvchi qurilma. " Tovush oldi buzilishlari|"Uzatuvchi tomonda tovush signalini dastlabki qayta ishlash, bunda yuqori chastotalar ma’lum logorifmik qonunga asosan ko‘tariladi. Qabul qiluvchi tomonda old buzilish bartaraf etiladi. Old buzilishlardan maqsad − signalning xalaqitga bardoshliligini oshirishdir. Yuqori chastotalarni ko‘tarish, ularning xalaqitlarga uchrash ehtimoli ko‘pligi bilan bog‘liqdir. Bartaraf etiladigan old buzilishlarning noto‘g‘ri tanlovi, qabul qiluvchi tomondan tovushni tiklashga imkon bersa ham uning sifatini sezilarli pasaytiradi. " Tovush platasi|"Shaxsiy kompyuterlar uchun tovushlarni yozish va qayta eshittirish imkonini beruvchi qo‘shimcha plata. " Tovush-tasvir kesichuvchi buzilishi|"Tasvir videosignali yoki televizion videosignalning tovush jo‘rligidagi signal keltirib chiqaradigan buzilishi. " Tovush va tasvirning nosinxronligi|"Tasvir va tovush jo‘rligi o‘rtasidagi aniq sezilarli vaqt oralig‘i. " Tovush shovqinini pasaytirish (kompandirlash)|"Audiosignalning, boshlang‘ich signal amplitudaviy spektrini siqishdan iborat bo‘lgan, xalaqitbardoshliligini oshirish usuli, bunda amplitudaning quyi chegarasi ehtimol tutilgan shovqin darajasidan yuqori bo‘ladi, yuqoridagisi esa joyida qoladi. Qabul qilish tomonda signal tiklanadi. " Tovush chastotasi|"20 Hz dan 20 kHz gacha diapazondagi chastota. " Tovush chastotasi bo‘yicha nochiziqli buzilish|"Kirish signalidagi garmonikalar tarkibining, uning uzatgichdan o‘tishi natijasida o‘zgarishi. " Tovushli axborotni qayta ishlash|"Tovushli axborotni qayta ishlovchi dasturlarda qo‘llaniladigan algoritm. " Tovushli axborotni tanlash xizmati|"Foydalanuvchi tomonidan (talabi bo‘yicha) musiqiy yoki boshqa audio-konferensiyani tashabbusli tanlash. " Tovushli kodlar|"Xatoliklar to‘g‘risida tovush signallari bilan xabardor qilish tizimi. tezkor-himoya qurilmasi, kesh-xotira yoki protsessor xatoliklarini aniqlashda ishning dastlabki bosqichida tayanch kiritish/chiqarish tizimi (BIOS) da foydalaniladi. Xatolik turi qisqa va uzun gudoklar soni hamda ularning ketma-ketligi bilan belgilanadi. " Tovushli ma’lumotlarni qayta ishlash darajasi|"Tovushli ma’lumotlar oqimini kodlashda foydalaniladigan algoritmlar majmui. Siqilish darajasi hamda koder va dekoderning murakkabligini belgilaydi. " Tovushli pochta|"Telefon band bo‘lganda, javob bermaganda, yoki mobil telefon uyali aloqaning xizmat ko‘rsatish zonasidan tashqarida joylashgan yoki o‘chirib qo‘yilganda, xabarni qabul qiluvchi avtojavobbergichning takomillashtirilgan analogi. Izoh – Tovushli pochta uchun abonentga kelib tushgan sanasi va vaqtli ko‘rsatiladigan xabarlarni saqlash uchun yana bitta telefon raqami – «quti» raqami taqdim etiladi. " Tovushli signal|"Tovush chastotasining, televizion tasvirning tovushli dasturi yoki tovush jo‘rligini aks ettiruvchi, dasturiy signali. " Tovushni boshqarish|"Chiquvchi audio qurilma, odatda kolonkadan chiqadigan tovushlarni boshqarish uchun utilita. Tovushning past-balandligini o‘zgartirish mumkin. " Tovushni zichlash − MP3 texnologiyasi|"Tasvirni hamda MPEG-1 va MPEG-2 tovushlarni raqamli siqish standartlarini yo‘qotish bilan Layer 3 tovushli axborotini siqish va saqlash formati. 10-12 kompressiyaning keng tarqalgan koeffitsiyenti. Format katta formatdagi musiqali fayllarni Internet orqali uzatishni soddalashtirish va arzonlashtirish maqsadida yaratilgan. Oddiy tinglovchining eshitish qobiliyati farqlay olmaydigan yozuvdagi tovush chastotalarini olib tashlashga imkon beradigan siqishning maxsus algoritmidan foydalaniladi; shunga muvofiq yozuvning hajmi ancha qisqaradi. Shu bilan birga, format ptofessional foydalanish uchun nobop hisoblanadi. " Toza|"Odatda, ushbu atama Internet Explorer moslamalarida qo‘llaniladi, agar ushbu moslama tanlansa, kuzatib boruvchi andoza bo‘yicha Internet Explorer ishga tushirilganda Internetga ulanmagan holda toza sahifani ochadi. " Tozalash|"Vaqtinchalik fayllarni o‘chirish. Diskdagi bo‘sh joyni ko‘paytirish uchun xizmat qiladi. " Tozalik|"1. Ustunlik qiluvchi va qo‘shimcha to‘lqin uzunligi bilan tavsiflanuvchi aralashmalardagi spektral hamda axromatik tashkil etuvchilarning nisbiy yorqinligi rangning tozaligi orqali aniqlanadi va uni belgilaydi. 2. Ushbu rangni tashkil qiluvchi sof spektral rangning oq va spektral rang yig‘indisiga nisbati bilan belgilanadigan rang xarakteristikasi. " Toshiba korporatsiyasi|"1875-yil Yaponiyada tashkil qilingan yirik xalqaro konsern. Faoliyatining asosiy yo‘nalishlari – elektrotexnika, elektronika va tibbiyot uskunalari. " Trafik|"Ma’lumotlarning uzatiladigan muhitdagi harakati, masalan, ma’lumotlarning lokal yoki global tarmoqdardagi oqimi. Tarmoqning bandligi (xuddi avtomobil yo‘llaridagi harakat kabi). " Trafik analizatori|"Boshqa bog‘lamalar uchun mo‘ljallangan tarmoq trafigini ushlab qolish va keyingi tahlillash yoki faqat tahlil qilishni amalga oshiradigan dastur yoki dasturiy-apparat vosita. Analizator ishlayotganda tarmoq interfeysi «tinglash rejimiga» o‘tadi va bu unga tarmoqdagi boshqa interfeyslarga yuborilgan ft paketlarni qabul qilish imkonini beradi. " Trafik kanal|"Abonent va tayanch stansiyalar o‘rtasida foydali va xizmatga oid axborotni uzatish kanali. Bu tushunchaga to‘g‘ri va teskari kanallar ham kiritiladi. " Trafikni nazorat qilish|"Ortiqcha yuklanishning oldini olish uchun barcha tarmoq elementlarida tarmoq tomonidan bajariladigan operatsiyalar. " Trafikni tahlil qilish|"Trafik oqimlarini kuzatish paytida olingan axborot tahlili. Masalan, trafik mavjudligi, mavjud emasligi, hajmi, yo‘nalishi va chastotasining tahlili. " Trafikni tiqishtirish|"Axborot muhofaza qilish sohasida – aksil chora. U trafikni tahlillashni yoki shifrlangan matnni ochiq matnga o‘girishni murakkablashtirish uchun uzatish muhitida maʼnosiz maʼlumotlarni yaratib ulardan foydalanishni nazarda tutadi. Masalan, ramzlar ketma-ketligi sifatida kodlangan xabar uzatishda ketma-ketlikning ayrim xonalarini yaratilgan ramzlar bilan to‘ldirish tushuniladi. " Trafikni o‘rniga qo‘yish (to‘ldirish)|"1. Soxta ulanishlarni aniqlash, qalbaki ma’lumotlar bloklarini va/yoki ma’lumotlar bloki ichidagi alohida qalbaki ma’lumotlarni generatsiyalash. 2. Ma’lumotlar bloki doirasida noto‘g‘ri aloqa voqealarini, noto‘g‘ri ma’lumotlar blokini va/yoki noto‘g‘ri ma’lumotlarni generatsiyalash. " Trafikning konfidensialligi|"1. Trafik (xabarlar oqimi)ni tahlildan muhofaza qilinishini ta’minlovchi konfidensiallik xizmatlari. 2. Aloqa tizimining raqib va/yoki axborotni buzuvchining tizimda uzatilayotgan ma’lumotlar va/yoki trafikni tahlil qilish orqali tizimning umuman ishlashi to‘g‘risidagi axborotni olishidan muhofazalanganligini tavsiflovchi xususiyat. Trafikni tahlil qilishdan himoyalash identifikatorlar hamda jo‘natuvchi va oluvchining manzillarini, paketlar uzunligini, uzatishlar jadalligini yashirish yo‘li va sh.k.orqali ta’minlanadi. " Traktni uzatish koeffitsiyenti|"Traktning chiqishdagi berilgan kesimida tushuvchi toʻlqinning normalangan kuchlanishi yoki toki kompleks amplitudasining, chiqishda qaytuvchi toʻlqin boʻlmaganda, traktning kirishdagi berilgan kesimida tushuvchi toʻlqinning normalangan kuchlanishi yoki toki kompleks amplitudasiga nisbati. " Tranking|"Abonent so‘roviga muvofiq taqdim etiladigan, bo‘sh kanallarni taqsimlashning avtomatik usuli; bunda har bir terminal ajratilgan diapazonning bir nechta qayd etilgan chastotalarning istalgan birida ishlashi mumkin. " Transdyuser o‘zgartirgich|"Energiyani bir shakldan boshqasiga, masalan, optik energiyani elektr energiyasiga aylantirish uchun mo‘ljallangan qurilma. " Transformatsiya (videoo‘zgartirish)|"Administrator tomonidan o‘rnatiladigan kiruvchi va chiquvchi xabarlarga qo‘shiladigan domen nomlarini qo‘shish, olib tashlash va o‘zgartirish qoidalari. " Transiver (qabul qilgich-uzatgich)|"Ethernet dagi kabi xost interfeysini lokal tarmoq bilan bog‘laydigan fizik qurilma. Izoh – Ethernet transiverlari kabelga signalni uzatuvchi va detektorlovchi elektron qurilmadan iborat. " Transkoderlash (rangli televideniyeda)|"Rangli televideniyening bitta tizimiga muvofiq kodlangan rangli videosignalni xuddi shunday satr va maydonlar chastotasiga ega bo‘lgan boshqa tizimga muvofiq kodlangan signalga o‘zgartirish. " Translyator|"Dastur yoki dasturning translyatsiya qilinishini bajaradigan texnik vosita. Translyator, shuningdek, xatolar aniqlanishini bajaradi, bosib chiqarish uchun dastur matnlarini beradi. " Translyatorga ko‘rsatma|"Dastur mazmunini o‘zgartirmaydigan, lekin translyator ishini boshqaradigan yoki unga qandaydir parametrlar beradigan, kirish tili konstruksiyasi. " Translyatsiya|"1. Bir dasturlash tilida yozilgan dasturni boshqa bir tildagi dasturga o‘zgartirish jarayoni. Translyatsiya – bu, bajarilishi mumkin bo‘lgan, mashina kodlaridagi dasturni tuzishdir; biblioteka kichik dasturlari, modullar, protseduralarni mashina tilidagi yakuniy dasturga qo‘shilishini ta’minlaydi. Izoh ‒ Translyatsiyaning ikki turi farqlanadi: kompilyatsiya – natija, dasturning boshlang‘ich matnidan mustaqil bajariladigan tayyor dastur ko‘rinishida olinadi; interpretatsiya – dasturning bajarilishi va translyatsiya qilinishi komandalar bo‘yicha yuz beradi. 2. Elektraloqa signallarini (tovush yoki televizion eshittirish signallarini, telefon so‘zlashuvlarni, telegraf xabarlarini va shu kabilarni) oraliq (translyatsion) stansiya orqali uzatish. " Translyatsiya davri o‘zgaruvchisi|"Makrobelgilashlar va translyatorga ko‘rsatmalarda foydalaniladigan o‘zgaruvchi. " Translyatsiya qilishdagi xato|"Dastur matnidagi, translyator aniqlaydigan xato. " Transponder (retranslyator)|"Ko‘plab yer stansiyalaridan signallarni qabul qiladigan va ularni boshqa chastotalar diapazonida Yerga qayta nurlantiradigan yo‘ldoshli qabul qilgich-uzatgich. Retranslyatorning kirish va chiqishidagi signallarning tuzilmasi odatda o‘zgarmaydi. " Transport darajasi|"Oxirgi (terminal) qurilmalar o‘rtasida ma’lumotlarni ishonchli uzatish uchun javob beruvchi OSI modelining to‘rtinchi sathi. " Transport oqimi|"Xatolarni to‘g‘rilash va o‘zining sinxronlash manbalaridan mustaqil izohlashga ega doimiy uzunlikdagi dasturiy paketlardan shakllangan raqamli eshittirish televideniyesi ma’lumotlarining bir nechta dasturiy oqimlarining to‘plami. " Transport protokoli, transport darajasidagi protokol|"OSI modelining transport darajasidagi funksiyalarini bajaruvchi tarmoq protokoli. " Transpyuter|"Ko‘p protsessorli hisoblash tizimlarida parallel hisoblashlar uchun foydalanishga mo‘ljallangan, maxsus arxitektura protsessori. " Tranzaksiya|"Obyektlarning vaqt bo‘yicha qisqa birgalikda ishlash sikli. O‘z ichiga «so‘rov ‒ topshiriqning bajarilishi ‒ javob»ni oladi. Odatda, dialog rejimida amalga oshiriladi. " Tranzaksiyalar jurnaliga ega fayl tizimi|"Har qanday o‘zgarishni tranzaksiya kabi qayd qiladigan fayl tizimi. Barcha tranzaksiyalar jurnalga yoziladi. " Tranzaksiyalar protsessori|"Tranzaksiyalar qayta ishlanishini rejalashtirish bilan shug‘ullanadigan va ularning bir-biridan alohida ajralib turishini ta’minlash uchun javob beradigan, shuningdek, tranzaksiyalarni qayta ishlash protokollashtirilishini ta’minlaydigan, maʼlumolar bazasini boshqarish tizimining kichik tizimlaridan biri. " Tranzaksiyalardan nusxa ko‘chirish|"Tranzaksiyalardan nusxa ko‘chirish – bu muntazam tarzda o‘zgaradigan maʼlumotlar bazalari uchun qulay yechim. Tranzaksiyalardan nusxa ko‘chirishda nusxa ko‘chirish agenti asosiy bazadagi o‘zgarishlarni obunachilarga yuboradi. Bu o‘zgarishlar ayni paytda yoki muntazam ravishda yuborilishi mumkin. " Tranzaksiyalarni tezkor qayta ishlash|"Real vaqt rejimida tranzaksiyalarning (so‘roq berish va natija olish jarayonlarining) bajarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan, maʼlumotlar bazalarini boshqarish turi. " Tranzit|"Chastotalar polosasi yoki uzatish tezligi o‘zgartirilmasdan, telekommunikatsiyalar signallari o‘tishini taʼminlaydigan, bir xil uzatish kanallari yoki traktlarining ulanishi. " Trassa|"Telekommunikatsiyalar kabelini o‘rnatish uchun mo‘ljallangan vosita (muhit, fazo). " Trassadagi oraliq masofa|"Trassaning eng yuqori geografik nuqtasidan qabul qiluvchi va uzatuvchi antennalarning fazaviy markazlarini birlashtiruvchi to‘g‘ri liniyagacha bo‘lgan raqamli eng kichik masofa. " Trassalashtirish|"Dastur har bir komandasining bajarilishi natijalarini aks ettirish. Bunda o‘zgaruvchilar, funksiyalar, ifodalarning qiymatlari beriladi. Trassalashtirishdan dasturni sozlashda foydalaniladi. " Trek|"Magnit disk. Har birini diskning aylanadigan plastinasi sirtida qo‘zg‘almas o‘qish/yozish kallagi qoldiradigan halqa ko‘rinishida tasavvur qilish mumkin bo‘lgan magnit yo‘lkalar majmuini o‘zida ifodalaydi. Yo‘lkalar 0 dan boshlab, chetki qismidan markaz tomon raqamlab boriladi. Disk formatlanganda, har bir yo‘lka sektorlarga bo‘linadi. " Trekbol|"Kompyuter tizimlari tarkibida ishlash uchun mo‘ljallangan grafik manipulyator. Harakatlanishi nazorat qilinadigan shar – shar shaklidagi va «sichqoncha»ning o‘rnini bosadigan 2ta yoki 3 ta tugmadan iborat maxsus qurilma. " Trekpoint|"Displeyda ma’lumotlarni tanlash, grafik ma’lumotlarni kiritish imkonini beradigan qurilma. Displey ekranida kursor yordamida barmoqning unga bo‘ladigan bosimi yo‘nalishini kuzatib boradigan tugmani o‘zida ifodalaydi. Odatda, klaviatura o‘rtasida o‘rnatiladi. " Trellis kodlash|"Maxsus tanlangan yoyish kodi va bitlarni simvollarga joylashtirish algoritmining kombinatsiyasi, u ortiqchalikni uncha ko‘paytirmasdan, energiyadan sezilarli yutishni ta’minlaydi. " Trevoga|"Viruslar xavfi tug‘ilganda, xavfsizlik buzilganligi to‘g‘risidagi xabarda, ruxsat etilmagan foydalanish/ kirish amalga oshirilganda uzatiladigan tovushli yoki vizual trevoga signali. " Trevoga signalini berish qurilmasi|"Ruxsat etilmagan tarzda foydalanishga urinish bo‘lganda, nazorat postiga tovush va/yoki yorug‘lik signali uzatilishini ta’minlovchi dasturiy-apparat qurilma. " Triada|"Uchta: qizil, ko‘k va yashil rangdan iborat lyuminofor guruh. " Trigger|"Ikki yoki undan ko‘p barqaror holatga ega elektron qurilma. Triggerlar integral sxemalar tarkibiga kiradi. Asosan, xotira sifatida foydalaniladi. " Trilateratsiya|"Mobil obyekt joylashgan yerni aniqlashning, bir vaqtda tarmoqning uchta stansiyasidan obyektgacha bo‘lgan masofani o‘lchashga asoslangan usuli. " «Troya oti»|"Ma’lumotlarni ruxsat etilmagan tarzda to‘plash, falsifikatsiya qilish yoki yo‘q qilishni amalga oshirish imkonini beradigan, funksional foydali bo‘lib ko‘rinadigan, zarar yetkazuvchi dastur. " Tugallash, tamomlash|"Operator yoki blokning oxirini (tugashini) ko‘rsatadigan xizmatga oid so‘z. " Tugatish|"Jarayonning, uning dasturini bajarish tugallanganligini bildiradigan holati. " Tugma|"Shaklning asosiy elementlaridan biri. To‘g‘riburchakni o‘zida aks ettiradi, uni bosish natijasida biror harakat yuz beradi. " Tugmadagi tasvir|"Tugma yuzida tasvirlangan piktogramma. Matnga muqobil hisoblanadi. " Tugmalar paneli|"Bevosita menyu satri ostida joylashgan va nusxa ko‘chirish, ma’lumotlarni surish, olib tashlash kabi, tez-tez talab qilinadigan operatsiyalarni bajarish imkonini beradigan tugmalar qatori. " Tuman pochta aloqasi bog‘lamasi|"Tuman markazlarida tashkil etiladigan pochta aloqasi bog‘lamasi. " Tumanichi pochta yo‘nalishi|"Bitta tuman pochta aloqasi obyektlarini bog‘lovchi pochta yo‘nalishi. " «Tungi servis» xizmatini ta’minlash|"Tungi vaqtlarda chaqiruvlarni muqobil (belgilangan) raqamga qayta yuborish imkonini beradigan xizmat. Xizmatni aktivlashtirish ikkita: - avtomatik, ko‘p liniyali bog‘lam guruhining barcha a’zolari band bo‘lganda; - qo‘lda, ko‘p liniyali bog‘lam guruhi a’zolalaridan biri tomonidan aktivlashtirish usuli orqali amalga oshiriladi. Izoh – Xizmat ko‘p liniyali bog‘lam guruhlari uchun mo‘ljallangan. " Tungi televideniye|"10-4 ℓk dan 10-5 ℓk gacha yetadigan, o‘rtacha 10-2 ℓk dan 10-3 ℓk gacha tashkil etadigan tungi tabiiy yoritilganlikdagi televizion uzatish. " Tur|"Dasturlash tillarida foydalaniladigan ma’lumotlar ko‘rinishi (masalan, simvolli, butun sonli va h.k.) " Turbo|"1. Protsessorning ishlash chastotasi oshirilgan kompyuterning ishlash rejimi. Turbo rejimi i80286 protsessordan boshlab asosiy hisoblanadi. Eskirgan dasturlar bilan ishlashda bu rejim uzib qo‘yiladi. Pentium protsessorli kompyuterlarda foydalanilmaydi. 2. Borland firmasining savdo markasi. Mashhur Turbo Paskal, Turbo C, Turbo Prolog mahsulotlari bir xil muhitga va sifatli translyatorlarga ega. " Turbo-kodlash|"Parallel ulangan bir nechta koder orqali simvolli ketma-ketlikni kodlash. " Turkumlar verifikatori|"Turkumni yuklashda uning bayt-kodi, turlarining nazorati va boshqa zarur tekshirishlarni bajaradigan JVM tarkibiy qismi. " Turlarni o‘zgartirish|"Bir turdan boshqa turga o‘zgartirish operatsiyasi, masalan, «1234» qatori 1234 butun raqamiga aylantirilishi mumkin. " Turli tomonga yo‘naltiriladigan antennalardan foydalanib yoyish|"Harakatdagi (masalan, poyezdga o‘rnatilgan) radiostansiyalar uchun katta kuchayish koeffitsiyentiga ega antennani avtotanlashga asoslangan signallarni qabul qilish usuli. " Turniket antenna|"Ta’minoti fazalarni 90° ga burish bilan uzatiladigan bir nechta oʻzaro perpendikulyar vibratorlar antenna boʻylab joylashadigan machta (shtanga)ni oʻzida aks ettiradigan antenna. " Turg‘un qoplanish zonasi|"Radiosignal ishonchli qabul qilish uchun yetarli darajada nurlanadigan zona. " Turgʻun toʻlqin|"1. Qarama-qarshi yo‘nalishlarda tarqaladigan, ulardan biri to‘g‘ri, ikkinchisi esa uzatish liniyasining olisdagi uchidan qaytuvchi ikki to‘lqinning ustma-ust tushishidan hosil bo‘ladigan to‘lqin. Turgʻun toʻlqinda kuchlanish va tok faza boʻyicha 90° ga surilgan, amplitudalari ba’zi nuqtalarda maksimumga (bogʻlamlilik maksimumiga), ba’zilarida esa, nolga (uzellar) yetgan holda, aloqa liniyasi boʻylab oʻzgaradi. 2. Bir xil amplitudali, bir-biriga tomon tarqaladigan hamda vaqt va fazoda oʻzgaradigan ikkita yuguruvchi elektromagnit toʻlqin interferensiyasi paytida fazoda yuzaga keladigan elektromagnit toʻlqin. " Turgʻun toʻlqin koeffitsiyenti (TTK)|"1. Uzatish liniyasidagi turgʻun toʻlqin elektr yoki magnit maydoni kuchlanganligi amplitudasi eng yuqori qiymatining eng kichik qiymatga nisbati. 2. Uzatish liniyasidagi turgʻun va yuguruvchi toʻlqin amplitudalari oʻrtasidagi oʻzaro nisbatni tavsiflovchi koʻrsatgich boʻlib, SWR = (1 + k)/(1 – k) tarzida aniqlanadi, bunda k – qaytish koeffitsiyenti. " Turg‘un to‘lqinlar rejimi|"1. Liniyada teng amplitudali tushuvchi va qaytgan to‘lqinlar mavjud bo‘ladigan, yo‘qotishlarsiz uzun liniyaning ishlash rejimi. 2. Liniya yuklamasi u yo‘naltiradigan to‘lqin energiyasini to‘liq qaytaradigan rejim. " Tutash huquqlarni qo‘riqlash nishoni|"Fonogrammaning har bir nusxasida va/yoki uning har bir g‘ilofida joylashtiriladigan nishon. U uch elementdan iborat bo‘ladi: aylanada «R» lotin harfi; alohida tutash huquqlari egasining ismi (rasmiy nomi); fonogramma birinchi marta chop etilgan yil. " Tutashtirgich|"1. Har ikki uchida konnektorlari bo‘lgan optik-tolali kabel. 2. Krossda yarim doimiy ulanishlar uchun foydalaniladigan konnektorsiz kabel birligi yoki elementi. 3.Konnektorlarsiz o‘ralgan juftlar asosidagi, krossda telekommunikatsiya sxemalari/liniyalarini ulash uchun foydalaniladigan qurilma. " Tutib olish xizmati|"Agar chaqiruv mavjud bo‘lmagan yoki o‘zgartirilgan raqamga chaqiruv yuborilsa yoki chaqiruv vaqtida marshrut vaqtincha blokirovkalangan bo‘lsa, yoki chaqiruv yuborilganda abonent noto‘g‘ri harakat qilsa, chaqiruv avtomatik tarzda tutib qolinadi va kommutatsiya uskunasi orqali keraksiz bog‘lanishni o‘rnatishning oldini olish uchun, chaqiruvlarni tutib olish qurilmasiga uzatiladi. " Tuzatilgan versiya|"Apparat yoki dasturiy vositaning aniqlangan barcha xatoliklar tuzatilgan va qo‘shimcha hech qanday funksiyalari bo‘lmagan versiyasi. " Tuzatmoq|"Xatolarni izlash va tuzatish amali. Ma’lumot kiritish orqali dastur instruksiyasini qadam-baqadam bajarish orqali amalga oshiriladi. " Tuzatuvchi kod|"Uzatiladigan xabarga ba’zi bir ortiqchalilik kiritilishi orqali xatolarni tuzatuvchi kod. " Tuzatuvchi qurilma|"Aloqa kanalida yoki axborotni qayta ishlashda vujudga keladigan muntazam (tasodifiy bo‘lmagan) xatolarni bartaraf etish uchun mo‘ljallangan qurilma. Kanal tuzatuvchi qurilmasining ishlash prinsipi signal xarakteristikalarini aloqa kanalining uzatish funksiyasi bilan moslashtirishga asoslangan. " Tuzilma|"Bitta yoki bir nechta, balki har xil turdagi elementlardan iborat ma’lumotlar elementi. " Tuzilmaviy dasturlash|"Har birida bitta kirish va bitta chiqish nuqtalari bo‘lgan, iyerarxik ixcham modullardan tashkil topgan (Edsger Dijkstra tomonidan yaratilgan) dasturlarni loyihalash metodologiyasi. Bundan tashqari tuzilmaviy dasturlash GОTО operatorini ishlatishni cheklab qo‘yadi. " Tuzish va yig‘ishning quyi darajasi|"ATM tarmoqlarida AAL ning ikkita darajasidan biri. Nisbatan yuqori darajadagi kiruvchi ma’lumotlar oqimini 48 byte li yacheykalarga bo‘ladi va u yacheykalardan chiquvchi ma’lumotlarni yig‘adi. Odatda tarmoq kontrollerida alohida mikrosxemalar ko‘rinishida amalga oshiriladi. Ma’lumotlarni yacheykalarga ajratish usullarini aniqlovchi turli standartlar mavjud. Ular ATM Adaptation Layers deyiladi. " Tuzoq|"Jinoyatkorning har qanday harakatini sinchiklab protokollashtiradigan kompyuterdagi ma’lum servislar (pochta, Telnet va sh.k.) ishini tezlashtiradigan dastur. " Tuzoqlardan foydalanish|"Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimiga, oshkora kamchiliklarni (zaifliklarni) atayin kiritish. Buzg‘unchi bu kamchiliklardan (zaifliklardan) foydalanganda, uni chalg‘itish uchun yoki kirishga urinishlarni aniqlash uchun mo‘ljallangan. " Tuzuvchi|"Faylni yaratadigan maxsus dastur. " Tushadigan menyu|"Barcha oynalarga qo‘llaniladigan komandalar menyusi; displey ekranining yuqori burchagida joylashgan sarlavhasi ko‘rsatilgan holda chaqiriladigan, bevosita shu sarlavha ostida paydo bo‘ladigan va komanda tanlangandan so‘ng yo‘qoladigan menyu. Shuningdek, «global menyu» deb ham ataladi. " Tushuvchi radioto‘lqin|"O‘z yo‘lida ikkita muhitning ajralish sirtiga yoki muhitning bir xil emasligiga duch keladigan radioto‘lqin. " Tushuvchi to‘lqin|"Manbadan tarqaladigan yuguruvchi to‘lqin. " TV ko‘rsatuvlarni keyinga qoldirib ko‘rish|"Kontentni kechikish bilan (odatda 1 soatga karrali) uzatuvchi kanal yordamida ko‘rsatuvning yoqib qolgan fragmentlarini takrorlash imkoniyati. " TV signalning inersionliligi|"Fotoelektron o‘zgartirgich chiqishidagi TV signal o‘zgarishining uning fotosezgir yuzasi yoritilganligining o‘zgarishiga nisbatan kechikishini tavsiflaydigan parametr. " TV signalning ortiqchaligi|"Axborotning sezilarli ortiqchaligi yoki ko‘rish apparati imkoniyatlarining cheklanganligi bilan bog‘liqlik. " TV tasvirlarning sifati|"TV tasvirlarning universal optik yoki elektron televizion sinov jadvallarining tasviri bo‘yicha, vizual baholanadigan parametrlari. " Tyuner|"Ma’lum chastotalardagi televizion signallarni ajratadigan va uni audio va videoaxborotga o‘zgartiradigan qabul qiluvchi qurilma. " Tyuner sezgirligi|"Kirish signali darajasi, bunda tyuner sifatli (ma’lum bir standart mezonlar bo‘yicha) qabulni ta’minlaydi. " Tyuring mashinasi|"1936-yilda ingliz matematigi Alan Tyuring tomonidan algoritm tushunchasini rasmiylashtirish va algoritmlar murakkabligini (murakkablik toifalarini) o‘rganish vositasi sifatida taklif qilingan gipotetik hisoblagich. Tyurinning maqsadi hisoblash mashinasi nimani bajara olishi va nimani bajara olmasligi o‘rtasidagi chegarani tavsiflashdan iborat edi. Tyuring mashinasi bu matematik jihatdan ideallashtirilgan kompyuter bo‘lib, u hech qachon xato qilmaydi, istaganingizcha uzoq vaqt ishlaydi va cheksiz xotira hajmiga ega. Umumiy foydalanishdagi zamonaviy protsessorlar, ularda cheksiz xotira hajmi mavjud emasligini hisobga olmaganda, Tyuring mashinasiga juda o‘xshashdir. Determinallangan va determinallanmagan Tyuring mashinalari farqlanadi. " Tyuring testi|"Ingliz matematigi Alan Tyuring (1912-1954) tomonidan «Hisoblash mashinalari va intellekt» (1950-yilda «Mind» jurnalida chop etilgan) eng muhim maqolasida sun’iy intellekt tizimlarini intellekt mavjudligiga tekshirish uchun taklif qilingan test. Ushbu testdan o‘tish uchun boshqa xonada joylashgan mashina odam («tergovchi») bilan shunday tarzda suhbat qurishi kerakki, bunda odam kompyuter bilan suhbatlashayotganini payqamasligi kerak. Bir kishi teletaypda (hozirgi vaqtda klaviaturada) mashinaga bir nechta savollarni kiritadi, mashina esa javoblarni monitor ekranida aks ettiradi. Faqatgina ushbu matnli xabar orqali u suhbatdoshining mashina yoki odam ekanligini aniqlashi kerak. Agar test o‘tkazuvchi odam bilan gaplashayotganiga ishonsa, u tomonidan baholanayotgan mashina sun’iy intellektga ega bo‘ladi. Tyuring testi va testga tanqidiy yondashuv sun’iy intellekt rivojlanishida ijobiy rol o‘ynadi. Shuningdek, sun’iy intellektda, kompyuterning ko‘rish va harakatlana olish qobiliyatini qo‘shimcha ravishda tekshiradigan umumiy Tyuring testi tushunchasi mavjud. " To‘la dupleks|"Qurilmaning bir vaqtning o‘zida ikki yo‘nalishda – signalni qabul qilish va uzatishda ishlash qobiliyati. " To‘la ekranli dastur|"To‘la ekran rejimida ishlaydigan dastur. " To‘la matnli izlash|"Zarur axborotni olish uchun, hujjatlar to‘plamidagi har bir so‘z bo‘yicha izlash. " To‘la matnli maʼlumotlar bazasi|"To‘la matnli hujjatlar yoki ularning qismlari saqlanayotgan maʼlumotlar bazasi. " To‘la sug‘urta nusxalash|"Disk ichidagi barcha narsadan yoki ma’lumotlar bazasidan rezerv zaxira ko’chirish. " To‘ldirib yuborish hujumi|"Katta hajmdagi soxta trafikni kiritish hisobiga tarmoq uskunasining (marshrutizator, kommutator va b.larning) sun’iy ravishda o‘ta yuklanishini vujudga keltirish. " To‘ldiriladigan operatsion kod|"Komandaning boshqa qismidan olingan axborot orqali qo‘shimcha aniqlanadigan operatsion kod. " To‘ldirish bayrog‘i|"Protsessorlardagi holat registri bayroqlaridan biri. " To‘lib ketish|"Ma’lumotlarning katta hajmini tasodifan yoki qasddan kiritish, uning natijasida xizmat ko‘rsatishning rad etilishi yuz beradi. " To‘liq ajratib bajariladigan hujum, brutfors|"Parol va kalitlarning mumkin bo‘lgan variantlarini tanlab, sinashlar va xato qilishlar usulida kompyuter xavfsizligini buzishga urinish. Izoh – To‘liq ajratib bajariladigan hujum analitik hujumning aksi hisoblanadi. " To‘liq aylanadigan antenna|"Fazoning istalgan nuqtasiga yo‘naltirilishi mumkin bo‘lgan antenna. " To‘liq bog‘langan topologiya|"Bog‘lagichlarning har bir jufti uchun eng kamida bitta aloqa mavjud bo‘lgan konfiguratsiya. " To‘liq kadrning vaqt bo‘yicha kodi|"Kadrlar bilan haqiqiy vaqt o‘rtasida muvofiqlik o‘rnatilishi o‘rniga kadrlarning aniq sonini hisoblash yuz beradigan videotasmadagi kadrlarni manzillash uchun mo‘ljallangan SMPTE standarti. " To‘liq maydondagi telematn|"Axborot televizion tasvir signallari mavjud emasligida va bu signallar bilan shug‘ullanuvchi vaqt davomida uzatiladigan telematn. " To‘liq mos kelishlik|"Ikkita yoki undan ko‘p kompyuter foydalanuvchilari uchun hech qanday cheklashlarsiz texnik, dasturiy va axborot uyg‘unligi. " To‘liq rang sinxronlash signali|"Rangli televideniye qabul qilgichi to‘g‘ri ishlashi uchun zarur bo‘lgan barcha sinxronlovchi signallarni ichiga olgan signal. " To‘liq rang videosignali|"To‘liq yorqinlik signali hamda ranglilik signalidan iborat televizion videosignal. " To‘liq saralash|"To‘g‘ri kriptografik kalitni barcha mumkin bo‘lgan kalitlar ichidan uni to‘liq saralash yo‘li bilan izlashning asosiy usuli. Shifrlash algoritmi yoki kalitlarni ishlab chiqishda zaifliklar topilganda, kalitlar sonini qisqartirish mumkin bo‘ladi. " To‘liq tasvir signali|"So‘ndiruvchi impulsli tasvir signali hamda sinxronlovchi signallardan iborat signal. " To‘liq tasvir signalidagi oqning etalon darajasi|"Signalni sinxronlovchi signalning cho‘qqisidan uzoqlashtirilgan (oqning yo‘nalishida) daraja. " (To‘liq tasvir signalining) qulochi|"To‘liq tasvir signali kuchlanishining eng katta musbat va eng katta manfiy potensiallari o‘rtasidagi farq. " To‘liq ulangan tarmoq|"Har qanday mashina boshqa har qanday mashina bilan ulangan tarmoq. " To‘liq videosignal|"Videosignalning sinxronizatsiya signali bilan kombinatsiyasi. " To‘liq yorqinlik signali|"Yorqinlik va sinxronlash signallaridan iborat signal. " To‘lov to‘g‘risidagi ma’lumotlarni avtomatik tarzda uzatish xizmati|"Abonentga bog‘lanish uchun to‘lovni to‘lashga taalluqli barcha ma’lumotlar yoki ularning qismi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish imkonini beradigan xizmat. " To‘lqin kiritish-chiqarish multipleksori|"To‘lqinli multipleksorlashdan foydalanadigan, kiritish-chiqarish multipleksori. " To‘lqin qarshilik|"1. Liniyaning to‘lqin qarshiligi, shu liniya bo‘ylab taqsimlangan sig‘imga liniya bo‘ylab taqsimlangan induktivlik kvadrat nisbatining ildiziga teng. 2. Berilgan tarqalish muhitida ma’lum turdagi to‘lqin uchun elektr va magnit maydonlari kuchlanganlik qiymatlarining nisbati. " To‘lqin uzunligi|"1. Fazodagi ikki nuqta o‘rtasida yotuvchi eng qisqa masofa, unda elektromagnit to‘lqin fazasi 2π ga o‘zgaradi. 2. Tebranishlar bir xil fazаga ega bo‘lgan, to‘lqin tarqalish yo‘nalishi bo‘ylab joylashgan ikki nuqta o‘rtasidagi eng kichik masofa. " To‘lqin uzunligi bo‘yicha ajratish bilan multipleksorlash|"1. Liniya agregat kanali to‘lqin uzunligi bo‘yicha turlicha n ta kanalni (modulyatsiyalovchi signal texnologiyasiga ko‘ra o‘xshash bo‘lmagan) birlashtirish yo‘li bilan shakllantiriladigan multipleksorlash. 2. Signallarni multipleksorlash usuli. Bitta optik-tolali kabel orqali to‘lqin uzunligi turlicha bo‘lgan bir nechta (odatda, 16 tagacha) yorug‘lik dastasini uzatish imkonini beradi. To‘lqin uzunligiga ko‘ra, multipleksorlash signalning minimal so‘nishi (bir modali to‘lqin uchun 0,2 dB/km gacha) ta’minlanadigan 1530-1560 nm chegarada amalga oshiriladi. " To‘lqin uzunligi bo‘yicha ajratish bilan zichlashtirish|"Optoelektron signallarni, quyi chastotalarda qo‘llaniladigan chastotaviy zichlashtirishga o‘xshash, yuqori tezlikli uzatish usuli. Texnologiya optik tolali muhitda bir nechta mustaqil trafiklarni spektral tashkil etuvchilar (tonlar) o‘rtasida kesishmaydigan ko‘plikka rangni ajratish mumkinligi hisobiga uzatish imkoniyatidan foydalanadi. Kanallar 4, 16 ta va undan ko‘p bo‘lishi mumkin. " To‘lqin uzunligi bo‘yicha multipleksorlash|"Turli uzunlikdagi yorug‘lik to‘lqinlaridan foydalanishga asoslangan spektral zichlashtirish texnologiyasi va DWDM texnologiyalari. Bu optik-tolali kabellarda 1022 tagacha turli hajmdagi kanal hosil qilish imkonini beradi. " To‘lqin o‘lchagich|"Radiochastotalar diapazonida to‘lqin uzunligini yoki elektromagnit tebranishlar chastotasini o‘lchaydigan asbob. " To‘lqin o‘tkazgiсh|"1. Bo‘sh metall truba yoki dielektrik sterjen, uning ichida o‘q bo‘ylab radioto‘lqinlar qaytgan to‘lqinlarning ichki devorlari va interferensiyasidan ko‘p martali qaytishlar natijasida tarqaladi. 2. Energiyani masofaga uzatish maqsadida kanal hosil qiladigan har qanday tuzilma. To‘lqin o‘tkazgichning quyidagi turlari mavjud: radio, atmosfera, yorug‘lik o‘tkazgich va plazmali. " To‘lqin o‘tkazgich traktining germetik elementi|"To‘lqin o‘tkazgich traktini quritish tizimi uchun yopiq hajm hosil qiluvchi maxsus to‘lqino‘tkazgishli qo‘shimcha. " To‘lqin o‘tkazgichli antenna|"To‘lqin o‘tkazgich kesmasi ko‘rinishidagi, oxiri ochiq antenna. " To‘lqin o‘tkazgichli kallak|"Quvvatni o‘lchash va indikatsiyalash uchun mo‘ljallangan qurilma. Odatda detektor va moslovchi elementlari ulangan to‘lqin o‘tkazgich bo‘lagi ko‘rinishida tayyorlanadi. " To‘lqin o‘tkazgichli koaksial o‘tish|"To‘lqin o‘tkazgichli kirish va koaksial chiqishga ega o‘ta yuqori chastota uzatish liniyasining o‘tish seksiyasi. " To‘lqin o‘tkazgichli moda|"Metall to‘lqin o‘tkazgichda qo‘zg‘atiladigan, elektromagnit maydon va chastota tuzilmasi bilan tavsiflanadigan to‘lqin turi. " To‘lqin o‘tkazgichli tarqalish|"Radioto‘lqinlarning ma’lum cheklovchi sirtlar o‘rtasida tarqalishi, bunda shu sirtlar o‘rtasidagi to‘lqinli maydonlar bir xil muhitdagiga qaraganda masofa bilan sekin kamayadi. " To‘lqinlar dispersiyasi|"Tarqalish muhitida garmonik to‘lqinlar fazaviy tezligining chastotaga bog‘liqligi. To‘lqinlar dispersiyasi, masalan, ionosferada, to‘lqin o‘tkazgichlarda radioto‘lqinlarning tarqalish jarayonida kuzatiladi. " To‘lqinlar interferensiyasi|"Fazoda bir xil davriylikdagi ikkita (yoki bir nechta) to‘lqinning qo‘shilishi, buning natijasida fazoning turli nuqtalarida qo‘shiladigan to‘lqinlarning fazalari o‘rtasidagi nisbatlarga bog‘liq bo‘lgan to‘lqinlar natijaviy amplitudalarining ko‘payishi yoki kamayishi yuzaga keladi. " «To‘lqinli kanal» antennasi (direktorli antenna)|"Liniya bo‘ylab bitta tekislikda joylashgan, maksimal nurlanish va/yoki qabul qilish bilan mos keladigan bir qator parallel vibratorlardan (aktiv vibrator, passiv reflektor va bir nechta passiv direktordan) iborat yo‘naltirilgan antenna. " To‘lqinli kodlash|"Har bir bosqichda ketma-ket ikki marta filtrlash va detsimatsiyalash tufayli kichiklashtirilgan tayanch hamda bitlar sonining kichik yig‘indisiga ega uchta tasvir hosil bo‘ladigan, iteratsion kodlash algoritmi. " To‘lqinli marshrutlash; ko‘chkili marshrutlash|"Marshrutlashni amalga oshirishning eng oddiy, bog‘langanlik jadvali tuzilishini talab qilmaydigan, usullaridan biri. Har bir aloqa uzelidan olinadigan so‘rov bir vaqtda barcha qo‘shni uzellarga uzatiladi, qandaydir paket avval olinganligi aniqlansa, marshrutizator uni chiqarib tashlaydi. To‘lqin usuli ortiqcha trafikni keltirib chiqaradi, shuning uchun uzellar soni ko‘p bo‘lgan tarmoqlarda uning samaradorligi past. " Toʻlqinning kritik uzunligi|"Toʻlqinning erkin fazodagi eng katta uzunligi, berilgan turdagi toʻlqinlarning toʻlqinoʻtkazgichda undan yuqori tarqalishi mumkin boʻlmay qoladi. " To‘lqinning ustuvor uzunligi (grafik ta’rif)|"Ranglilik diagrammasida tanlangan boshlang‘ich nuqtadan namuna rangini ifodalovchi nuqta orqali o‘tkazilgan to‘g‘ri chiziqning spektral ranglar chizig‘i bilan kesishishiga mos keladigan to‘lqin uzunligi. " To‘plagich|"Ma’lumotlarni muayyan tashuvchiga yozish/o‘qish uchun mo‘ljallangan qurilma. To‘plagichlar tashqi xotira qurilmalariga kiradi. Izoh – Disklardagi, lentalardagi, kartalardagi to‘plagichlar farqlanadi. Tashuvchilari olinadigan to‘plagichlar, bu holda ma’lumotlar tashuvchisini almashtirish mumkin bo‘ladigan tashuvchilari olinadigan to‘plagichlar (masalan, egiluvchan magnit disklar, magnit lentalar, kompakt-disklar, DVD) va, tashuvchi to‘plagichga o‘rnatilgan, uni almashtirish mumkin bo‘lmaydigan doimiy tashuvchili to‘plagichlar (masalan, qattiq magnit disk) farqlanadi. " To‘plagichning tez ishlashi|"To‘plagichdagi ma’lumotlarni o‘qish/yozish tezligi. Ikkita parametr bilan: o‘rtacha foydalanish vaqti hamda ma’lumotlar uzatish tezligi bilan belgilanadi. " To‘plam|"Bir butun yaxlit sifatida qarab chiqish mumkin bo‘lgan bir jinsli elementlar majmui. Ba’zi dasturlash tillarida «to‘plam» ma’lumotlar turi mavjud. «To‘plam» ma’lumotlarda birlashtirish, kesishish, kirish operatsiyalariga to‘g‘ri keladi. " To‘plamli pochta jo‘natmalari, pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalari|"Yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan bir va bir nechta manzilga topshiriladigan beshta va undan ortiq bir turdagi ro‘yxatga olinadigan pochta jo‘natmalari, pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalari. " To‘plangan ma’lumotlar bazasi|"Ko‘plab manbalardan va ko‘pincha o‘zaro mos kelmaydigan tizimlardan olingan ma’lumotlar birlashtiriladigan MB. " To‘plash buferlari|"Uch o‘lchamli grafikada ‒ ketma-ket keladigan kadrlarni saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus buferlar. " To‘plash orqali muhofaza qilish|"Tashqi hotirada saqlanadigan ma’lumotlarni tiklash usuli. Qo‘shimcha tashuvchiga ma’lum bir muddatdan keyin yaratilgan fayllar ko‘chirilishida ifodalanadi. " To‘plovchi summator|"Registr yoki arifmetik yo mantiqiy amal natijasi joylashtiriladigan xotira seksiyasi. " To‘q ranglar|"Rangning to‘qligi, uning yorqinligiga nisbatan rang kuchini tavsiflaydi. Rangning «intensivligi» deb ham ataladi. " «To‘q sariq» kitob|"1985-yil dekabr oyida Trusted Computer System Evaluation Criteria (DoD 5200.28 STD) (Kompyuter tizimlarining ishonchidan foydalanuvchilarni baholash mezonlari) kitobida nashr etilgan, kompyuter dasturlariga tegishli yaroqlilik mezonlarini o‘rnatuvchi, Kompyuter xavfsizligi bo‘yicha Milliy kengash standarti. " To‘rsimon tarmoq|"Gibrid yoki yulduzsimon tarmoq, o‘rgimchak to‘ri topologiyasini hosil qiladigan bitta yoki bir nechta halqali tarmoq. " «To‘rt so‘zli» xotira qurilmasi|"Ma’lumotlar to‘rtta so‘zini bir vaqtda tanlab-tanlab oladigan tezkor xotira qurilmasi. " To‘rtinchi avlod (4G)|"Mobil aloqa tizimlarining istiqbolli texnologiyalari. Ularning asosini, axborot uzatish tezligi 10-44 Mbit/s bo‘lishini ta’minlaydigan multimedia va mobil teleeshittirish xizmatlari tashkil etadi. " To‘rtinchi avlod kompyuteri|"Katta integral sxema va o‘ta kata integral sxema ko‘rinishidagi element bazasidan foydalaniladigan kompyuterlar. " To‘rtinchi avlod tili|"Lug‘atlarga asoslangan dasturlash tillari. Tizimlarni ishlab chiqish unumdorligini oshirish imkonini beradi. 4 GL ga so‘rovlar va hisobotlar tillari mansub. " To‘siq|"Muhofaza qilinadigan axborot va obyektdan foydalana olishga tashkiliy, texnik, dasturiy jihatdan to‘sqinlik qilish usuli. " To‘suvchi filtr|"Chastotalarning muayyan polosasidagi elektr tebranishlarni o‘tkazmaydigan qurilma; barcha boshqa chastotalarning tebranishlari o‘tkaziladi. To‘suvchi filtrlar yaqin joydagi kuchli radiostansiyalardan radioqabulqilish xalaqitlarini kuchsizlantirish, teleko‘rsatuv dasturlarini olib borishda tovush chastotalarini bostirish uchun qo‘llaniladi. " To‘suvchi radioxalaqit|"Bostirilayotgan signal spektriga nisbatan ancha kengroq spektrga ega, ataylab qilingan aktiv radioxalaqit. " To‘xtab-to‘xtab uzatish|"Uzatgichni pauzalarda yoki so‘zlashuv oxirida uzib (o‘chirib) qo‘yish hisobiga aloqa liniyasining spektral samaradorligini oshirish usuli. " To‘xtash|"Kompyuter ishlashini apparatli to‘xtatish. Unga monand o‘chirish va o‘chirib-yoqishdan farqli ravishda, bu holda tezkor xotira qurilmasidagi ma’lumotlar yo‘qolmaydi. Tizim dasturiy ta’minotini sozlashda, shuningdek, tizimning buzilish oqibatlarini tekshirishda foydalaniladi. " To‘xtash nuqtasi|"Dasturdagi, muayyan ish (amal) bajarilishi kerak bo‘lgan nuqta. " To‘xtashni (ishlamay qolishni) ro‘yxatga olish|"Ta’minotda uzilish bo‘lganda yoki fatal xatoga yo‘l qo‘yilganda, ma’lumotlarning va protsessor registrlari ichidagining saqlanishi. " To‘xtatish|"Ilovalar bajarilishi jarayonidagi tanlov varianti. Bajarilayotgan jarayonning, saqlanmagan ma’lumotlarning yo‘qolish bilan, to‘xtashi tushuniladi. Odatda bu biror bir xatoliklardan kelib chiqadi. Masalan, mavjud faylni qayta yozishga urinishda. " To‘xtatuvchi (uzuvchi) guruh|"Tranzaksiyalarni uza oladigan tarmoq uzellarining majmui. " To‘xtovsiz ishlash|"Obyektning berilgan sharoitlarda muayyan vaqt oralig‘i davomida talab qilingan funksiyalarni bajara olish qobiliyati. " To‘yinganlik|"Rangli tonni qabul qilish xarakteristikasi, unga o‘xshash axromatik rang sezishdan uning farqlanishini belgilaydi. " To‘yinganlikni (rangni) rostlash|"Rangning to‘yinganligini rostlashga imkon beradigan rangli televizor kanalida ranglilikni kuchaytirishni rostlash. " To‘yinish|"Chiqishi va kirishidagi signallar o‘rtasida nochiziqli bog‘lanish bo‘lgan kuchaytirgichning ish rejimi. To‘yinish sohasida chiqish signali darajasi maksimal qiymatga yetadi va kirish signali kuchayganda (oshganda) deyarli o‘zgarmaydi. " To‘yinmagan ranglar (rangli fotosurat)|"To‘yinganligi standart to‘yinganlikka qaraganda sezilarli darajada kam bo‘lgan ranglar. " To‘g‘ri sim|"Telefon kabellarida juftliklarni band qilish yo‘li bilan tashkil qilingan krosslar va/yoki taqsimlash qutilari orqali o‘zaro bog‘langan, shuningdek, stansiyalararo, magistral yoki taqsimlash tarmog‘i uchastkalarining qanchasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa uchun band qilinishidan qat’i nazar, raqamli aloqa kanallari hisobiga tashkil qilingan ikkita oxirgi punktlar o‘rtasidagi ikki simli qayd etilgan, kommutatsiya qilinmaydigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa. " To‘g‘ri chiziqli yoyish|"Televideniyeda, maydonni oldindan belgilangan tor, to‘g‘ri parallel chiziqlar ketma-ketligi bo‘yicha yoyish jarayoni. " To‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa rejimi|"Abonent radiostansiyalari tayanch stansiyani chetlab o‘tgan holda, o‘zaro bevosita bog‘lanishni o‘rnata oladigan rejim. " To‘g‘ridan-to‘g‘ri erkin foydalanish|"manzil yoki yozuv kaliti bo‘yicha ma’lumotlardan erkin foydalanish usuli. " To‘g‘ridan-to‘g‘ri eshittirish yo‘ldoshi|"Signallarni orbitadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kichik, uncha qimmat bo‘lmagan yer stansiyalariga, bevosita turar joy yoki mikrorayonlardagi oluvchilarga uzatish uchun yetarli quvvatga ega bo‘lgan yo‘ldoshli tizim. " To‘g‘ridan-to‘g‘ri ketma-ketlikdan foydalanib, kodli ajratish orqali ko‘plab foydalana olish|"Spektrni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kengaytirish va kanallarni kodli ajratish bilan ko‘p stansion foydalana olish. CDMA tizimlarida signallarni keng polosali uzatish usuli, kodlangan ma’lumotlar oqimini ikki bosqichli modulyatsiyalashdan foydalanishga asoslangan. Izoh − Modulyatsiyalashning birinchi bosqichida kodlangan ma’lumotlar oqimi eltuvchini modulyatsiyalaydi (odatda, BPSK yoki QPSK usuli bilan), ikkinchi bosqichda esa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ketma-ketlikdan foydalanib, spektrni kengaytirish bilan modulyatsiyalash amalga oshiriladi. " To‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rinish|"Uzatuvchi va qabul qiluvchi antennalar o‘rtasida geometrik (optik) ko‘rinishning mavjudligi. Izoh ‒ Atama, shuningdek «to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rinish chegarasida» yoki «radioreleli» (trassa to‘g‘risida) mazmunlarida ham qo‘llaniladi. " To‘g‘ridan-to‘g‘ri manzillash|"Komandaning manzil qismi operand manzilini ichiga oladigan manzillash usuli. " To‘g‘ridan-to‘g‘ri televizion eshittirish yo‘ldoshi|"Geostatsionar orbitadagi, foydalanishdagi qabul stansiyalariga teledasturlarni translyatsiya qilish uchun mo‘ljallangan yo‘ldosh. To‘g‘ridan-to‘g‘ri televizion eshittirish yo‘ldoshi chastotalarning Ku – diapazonida (11/14 GHz) kichik diametrli (0,4-1,2 m) parabolik antennalar («tarelkalar») ga qabulni ta’minlaydi. " To‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatish (to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya)|"Dasturni yaratish va uzatish bir vaqtda amalga oshiriladigan tovushli yoki televizion dastur. " To‘g‘ridan-to‘g‘ri chiquvchi terish|"Xususiy tarmoqda terminalga ushbu xususiy tarmoq operatorining aralashuvisiz boshqa tarmoq bilan bog‘lanishni o‘rnatish imkoniga ega xizmat. " To‘g‘rilamoq|"Matn ko‘rinishidagi ma’lumotlarning qandaydir qoidaga binoan o‘zgarishi. Odatda hujjatda o‘rtaga, o‘ng, chap tomonlarga tekislanadi. U " U boshdan bu boshga signallar uzatish|"Foydalanuvchiga, talab qilinadigan asosiy yoki qo‘shimcha xizmatni taqdim etish maqsadida, oxirgi (terminal) punktga tegishli bo‘lgan signalli axborotni, bevosita oxirgi (terminal) punktlar orasida uzatish mumkinligi. " Uda-Yagi antennasi («to‘lqinli kanal» antennasi, direktorli antenna)|"«To‘lqinli kanal» turidagi antenna, bitta aktiv yarimto‘lqinli vibratordan va bir nechta passiv (bittasi reflektor deb, qolganlari esa direktorlar deb nomlanadigan) elementlardan iborat. " «Ula va ishla»|"Kompyuterga ulanadigan qo‘shimcha uskuna: modem, printer, audikartani tezda ulash va avtomatik tarzda konfiguratsiyalash spetsifikatsiyalari to‘plami. Kompyuterlarga o‘rnatiladigan qurilmalarni avtomatik tarzda aniqlash va sozlash, shuningdek, tegishli drayverlarni o‘rnatish imkonini beradi. Almashlab-ulagichlar va peremichkalarni o‘rnatish bilan bog‘liq muammolarni bartaraf qiladi. " «Ula va o‘yna»|"Zamonaviy BIOS, operatsion tizimlar va apparat vositalarini qo‘llovchi, kompyuterga qo‘shimcha uskunani tez ulash va tizimning o‘z-o‘zini konfiguratsiyalash xususiyati va prinsipi. Operatsion tizim qaytadan ulangan qurilmani aniqlaydi, tekshiradi, tizimga mosligini aniqlaydi va har bir qurilmaning optimal o‘rnatilishini ta’minlaydi. " Ulanadigan autentifikatsiya modullari|"Foydalanuvchilarning Linuxda ishlatiladigan dinamik ulanadigan autentifikatsiya modullari. " Ulanadigan dastur|"Asosiy amaliy dasturda qo‘shimcha funksiyalarni bajaradigan yordamchi dastur. Ilova bilan bir vaqtda yuklanishi va tegishli menyuda opsiya sifatida ko‘rinishi mumkin. " Ulanadigan modul|"Qar.: Plagin. " Ulanadigan (tarmoq) qurilmalar interfeysi|"Ethernet tarmog‘idagi IEEE 802.3 standartining 7-bo‘limida bayon qilingan, to‘rt juft ekranlangan o‘tkazgich yoki koaksial kabel va MAU qurilmasini ulash uchun ajratgich turidagi interfeys. " Ulangan|"1. Doim yoqilgan holatdagi (qurilma), avtonom bo‘lmagan ish yoki ishlash jarayoni. 2. Tezkor, dialogli, interaktiv, onlaynli ish yoki ishlash jarayoni. 3. Kompyuter tarmog‘iga doimo ulangan holatdagi ishlash jarayoni. " Ulangan abonent raqami identifikatsiya qilinishini taqiqlash|"Chaqiruvchi tomonga chaqiriluvchi abonent raqamini aniqlash imkoniyatining oldini olishga imkon beruvchi, chaqirilayotgan abonent raqami identifikatsiya qilinishini taqiqlash xizmati. " Ulangan abonent raqamini identifikatsiya qilish|"Chaqiruvchi tomonga chaqiriluvchi abonentning raqami identifikatsiya qilinishini qabul qilish imkonini ta’minlaydigan xizmat. " Ulanish|"Ishchi stansiya bilan tarmoq fayl-serveri o‘rtasida bog‘lanish o‘rnatish; qandaydir server bilan ishlash seansi ochilgandan so‘ng, ishchi stansiya qo‘shimcha serverlarga ulanishi mumkin. " Ulanish joyi|"Aktiv uskuna kabellari petch-kordlar yoki tutashtirgichlardan foydalanmasdan, kabel kichik tizimlariga ulanadigan joy. " Ulanish, qo‘shilish|"1. Bir nechta ma’lumotlar kanalining yagona mantiqiy kanalda birlashishini ta’minlovchi xalqaro standart. Bu standart videokonferensiyalarni tashkillashtiruvchi dasturlarga nisbatan tatbiq qilinadi. 2. Boshqa kompyuter yoki tarmoqqa ulanish. " Ulanish turi|"Ulanishlar to‘plamining bitta yoki bir nechta ulanish atributining berilgan qiymatlaridan iborat tavsifi. " Ulanish xizmati|"Aloqa operatorlarining elektraloqa tarmoqlarining birgalikda ishlashini tashkil qilishga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga qaratilgan xizmat. Bunda birgalikda ishlaydigan elektraloqa tarmoqlarining foydalanuvchilari o‘rtasida axborot uzatish va bog‘lanish o‘rnatilishi ta’minlanishi kerak. " Ulanma|"Tasviri bo‘yicha turlicha bo‘lgan, lekin umumiy mavzu, yozuv yoki bezalish g‘oyasi bilan bog‘liq bo‘lgan, bir varaqda bosiladigan va bir-biri bilan ulangan ikki yoki undan ortiq pochta markasi. " Ulash|"*nix tizimlarida ‒ uskunadagi fayl tizimidan foydalanish uchun uni tizimdagi biror bir katalogga (odatda /mnt dagi biror katalogga) ulash. " Ulash nuqtasi|"Fayl tizimining katalogi, papkasi (*nix tizimlarida odatda /mnt), qurilmalarni o‘rnatish joyi. " Ulash yaqinidagi shlyuz|"Xizmatlarni taqdim etuvchilarning ikki tayanch tarmog‘i o‘rtasida paketlarning o‘zaro hamkorligi uchun javob beradigan uzel. " Ultra qisqa to‘lqinlar|"Detsimetrli, santimetrli, millimetrli va detsimillimetrli to‘lqinlar diapazonlarining radioto‘lqinlari. " Ultra yuqori chastota|"0,3 GHz dan 3 GHz gacha bo‘lgan diapazonda yotuvchi ultra yuqori chastotalar sohasi. " Umum foydalanishdagi axborot tizimi|"Barcha jismoniy va yuridik shaxslarning foydalanishi uchun ochiq va ushbu shaxslarga xizmatlari rad etilishi mumkin bo‘lmagan axborot tizimi. " Umum foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘ining axborot xavfsizligi mexanizmi|"Tarmoqning belgilangan axborot xavfsizligi siyosatiga muvofiq, bir-birini to‘ldiruvchi uchta – buzish ko‘rsatadigan ta’sirning oldini olish, jinoyatkor tomonidan yetkazilgan oqibatlarni aniqlash, bu oqibatlarni tiklash (bartaraf qilish) kabi, muhofaza qilish toifasining biriga muvofiq, tarmoqni axborot xavfsizligiga bo‘ladigan tahdidlardan muhofaza qilishning bitta yoki bir nechta aspektini amalga oshiradigan umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘i axborot xavfsizligini ta’minlash tizimining apparat-dasturiy va tashkiliy vositalari. Izoh – Tarmoqda xabarlar uzatish jarayonini muhofaza qilishda umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘i axborot xavfsizligi mexanizmlariga erkin foydalanishni nazorat qilish mexanizmi, xabarlarni autentifikatsiya qilish mexanizmi, almashuv autentifikatsiya mexanizmi kiradi. " Umumfoydalaniladigan axborot|"Hammaga maʼlum bo‘lgan maʼlumotlar va foydalanilishi cheklanmagan boshqa axborot. " Umumfoydalaniladigan fayl|"Boshqa kompyuterda joylashgan fayl va bu faylga tarmoqdagi hamma kompyuterlar uchun ochiq huquq berilgan. " Umumiy|"Dasturlashda dasturning barcha prseduralaridan foydalanish mumkin bo‘lgan umumiy o‘zgaruvchilarni e’lon qilishda foydalaniladigan operatorlardan biri. " Umumiy antennali televizion tizim|"Qar.: Kabelli televideniye. " Umumiy apparat platformasi, tasnifi (arxitekturasi)|"MacOS, Windows NT va OS/2 operatsion tizimlari bilan ishlashni ta’minlaydigan Apple, IBM va Motorola kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan shaxsiy kompter. 1995-yildan ishlab chiqarilishi boshlangan prototipning tayanch konfiguratsiyasi o‘z ichiga PowerPC, 8 Mbyte RAM (1 Gbyte gacha kengaytiriladigan) va PCI shinasini olgan. " Umumiy arxitektura standarti|"Mikrosxemalar ishlab chiqaruvchilar guruhi tomoni-dan ishlab chiqilgan asosiy platalar arxitekturasining umumiy standarti; asosiy plataning funksional blok-larga ajratilishini tartiblashtiradi. Standartning asosini PCI shinasi tashkil qiladi. " Umumiy axborot nazariyasi|"Ilmiy bilimlarning fundamental sohalaridan biridir. U tabiat va jamiyatning rivoji asosida yotgan, axborot voqeiyligining namoyon bo‘lishiga oid eng umumiy qonuniyatlarga asoslanadi. " Umumiy blok|"FОRTRAN tilida ‒ bir nechta dastur qismlarining umumiy o‘zgaruvchilari joylashadigan xotira sohasi. " Umumiy bo‘g‘in|"Monokanalning bir qismi, u orqali har bir maʼlumotlar bloki barcha abonent tizimlarga uzatiladi. Umumiy bo‘g‘in o‘rama juft, yassi kabel, koaksial kabel, optik kabel yoki radio-kanal asosida yaratiladi. " Umumiy foydalana olish|"Umumiy identifikatsiya ma’lumotlaridan foydalanib resurs yoki dasturdan foydalana olish. " Umumiy foydalana olish mumkin bo‘lgan mobil radioaloqa tizimi|"Umumiy foydalanishdagi tarmoqqa kira olishni ta’minlaydigan va PMR tizimdagiga qaraganda, foydalanuvchilarning keng doirasiga mo‘ljallangan xizmatlar to‘plamiga ega tranking aloqa tizimi. " Umumiy foydalana olish profili|"Tarmoq bilan ishlashda foydalaniladigan foydalana olish profili. Bunda foydalanuvchi serverda – domen kontrollerida o‘z sozlashlari va afzalliklarini saqlaydi. Tizimga birinchi kirishda yangi kompyuterda sozlash serverdan nusxa qilib olinadi va o‘rnatiladi, bu tizim-ni har safar yangitdan sozlash zaruriyatidan xalos etadi. " Umumiy foydalana olish siyosati|"Identifikatsion ma’lumotlar yoki identifikatsion ma’lumotlar puli vositasida umumiy foydalanish uchun a’zolarni mualliflashtirish siyosati. Identifikatsion ma’lumotlarning muayyan puli uchun muayyan identifikatsion ma’lumotlar, barcha pullar yoki tashkilot konteynerining bitta kontekstiga ega identifikatsion ma’lumotlar siyosatini qo‘llash mumkin. " Umumiy foydalanishdagi mobil telefon aloqaning istiqbolli yer usti tizimlari|"Xalqaro elektraloqa ittifoqi (ITU) tomonidan ishlab chiqilgan, uchinchi avlod (3G) aloqa xizmatlarining dastlabki konsepsiyasi. Izoh − Multimedia axborot uzatilishini ta’minlash uchun mo‘ljallangan. Lekin bu konsepsiya yagona global standart yaratish mumkin emasligi ma’lum bo‘lgach, rad etildi. Keyinchalik IMT-2000 standartlar turkumi paydo bo‘ldi. " Umumiy foydalanishdagi telefon tarmog‘i (UFTF)|"Avtomatik telefon stansiyalari, kommutatsiya uzellari, telefon tarmog‘i liniyalari, kanallari, oxirgi (terminal) abonent qurilmalari majmuini o‘zida ifodalaydigan, aholi, muassasalar, korxonalar hamda tashkilotlarning telefon tarmog‘i xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlarini taʼminlaydigan telefon tarmog‘i. " Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘i|"O‘zbekiston Respublikasi hududida barcha yuridik shaxslarga telekommunikatsiya xizmatlarini xizmat ko‘rsatishning yagona prinsiplari, ularni taqdim etish va haq to‘lash tartibi asosida ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan telekommunikatsiyalar tarmog‘i. " Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘ining axborot xavfsizligi|"Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘i axborot resurslarining, xizmat sifati darajasining pasayishiga yoki tarmoq ishi sifat xarakteristikalarining yomonlashishiga olib keluvchi, shu bilan uning egasi yoki foydalanuvchilarga ziyon yetkazuvchi tahdidlardan muhofaza qilinganlik holati (darajasi). " Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘ining axborot xavfsizligi obyekti|"Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘i obyekt(lar)i, jinoyatkorning unga (ularga) bo‘ladigan ta’siri umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘ining axborot xavfsizligiga tahdid amalga oshirilishiga olib kelishi mumkin. " Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘ining axborot xavfsizligini ta’minlash tizimi|"Umumiy foydalanishdagi muayyan telekommunikatsiyalar tarmog‘idagi, bu tarmoqning axborot xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan huquqiy, tashkiliy va texnik tadbirlar, axborot xavfsizligi xizmatlari va mexanizmlari, normalar, boshqaruv organlari va bajaruvchilar majmui. " Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘ining axborot xavfsizligiga tahdid|"Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘iga jinoyatkorning ko‘zda tutilgan ta’siri, uning tarmoq vositalari bilan bartaraf qilinmagani, aniqlanmagani va yo‘q qilinmagani umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘i axborot xavfsizligini ta’minlashning berilgan darajasi pasayishiga olib kelishi mumkin. " Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘ining axborot xavfsizligi siyosati|"Tarmoq administratori tomonidan, muhofaza qilinadigan resurslarning qiymati va umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘i axborot xavfsizligini ta’minlash tizimining bahosini hisobga olib, tarmoqning axborot xavfsizligiga bo‘ladigan ma’lum tahdidlarga qarshi harakat qilish maqsadida ishlab chiqilgan, umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘i axborot xavfsizligi obyekti (obyektlari) uchun mo‘ljallangan talablar va qoidalarining majmui. " Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘ining axborot xavfsizligi xizmati|"Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘i axborot xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan, axborot xavfsizligining belgilangan mexanizmlari asosida belgilangan muhofaza protseduralarini amalga oshiruvchi, umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘ining tashkiliy-texnik tuzilmasi. " Umumiy interfeys|"Yangi raqamli modullar – Digital-TV Retrofit 2 St-CI yoki Twin-Sat-CI da mavjud bo‘lgan ikkita standart ajratgich, ular tegishli dekodlovchi qurilmalar va ularda oson o‘rnatiladigan, raqamli kanal egasining smart-kartasi bilan birgalikda, kodlangan dasturlarning qabul qilinishini ta’minlaydi. " Umumiy ishonchlilik (ishonchlilik)|"Televizor (element) ning, uning to‘xtamasdan ishlashi, chidamliligi va ta’mirga yaroqliligi bilan bog‘liq bo‘lgan hamda berilgan funksiyalarning televizor (element) uchun belgilangan hajmda normal bajarilishini ta’minlash xususiyati. " Umumiy kalit|"Simmetrik kriptotizimdagi, ikki yoki bir nechta foydalanuvchi tomonidan birgalikda ishlatiladigan maxfiy kalit. " Umumiy kechikish|"Signalni uzatishdan to uning qabul qilinganligi tasdiqlanguncha o‘tgan to‘liq kechikishvaqti. " Umumiy maqsadlardagi kolonna|"Shift va pol orasida joylashgan, shift taqsimlash tizimlari bilan bog‘langan kabel kanali. Shift bo‘shlig‘idan ish o‘rinlariga boradigan telekommunikatsiya hamda elektr simlari va kabellarini joylashtirish uchun foydalaniladi. Sinonimlari: Shift ustuni; Katta kuchlanishli ustun; Shift kapiteli; Ta’minot liniyasining tayanchi. " Umumiy maqsadlardagi registr|"Markaziy protsessorning, ma’lumotlar yuborish operatsiyalaridan tashqari, mantiqiy va arifmetik komandalarni ham bajarish mumkin bo‘lgan registri. " Umumiy ma’lumotlar uchun raqobat|"Birgalikda ishlaydigan jarayonlar hech qanday sinxronlashsiz umumiy ma’lumotlarga parallel (bir vaqtda) murojaat qilishi mumkin bo‘lgan holat. " Umumiy muammolarni hal qiluvchi|"Sun’iy intellekt usullaridan foydalanib, vazifalarning katta turkumini hal qilish uchun mo‘ljallangan dastur. " Umumiy navbatni tashkil etish|"Navbatni tashkil etish usuli, bunda ma’lumotlar kommutatsiya elementlarining kirishi va chiqishi bilan bog‘langan bufer xotira qurilmasida to‘planadi. " Umumiy obyekt xizmatlari|"CORBA texnologiyasi obyektlarining bazaviy funksiyalarini qo‘llab-quvvatlashni ta’minlaydigan va obyekt interfeysi bilan ta’minlangan xizmatlar kolleksiyasini taqdim etuvchi servis. " Umumiy oraliq format|"Videokonferensiyalarda qo‘llaniladigan video uzatuvchi baza formatining nomi (ITU-T H.261 spetsifikatsiyasi bilan solishtirganda), tasvir imkoniyati va uning uzatilish tezligi bilan beriladi. Bir nechta modifikatsiyalari mavjud. " Umumiy ochiq litsenziya|"Erkin dasturiy ta’minot fondi tomonidan ishlab chiqilgan litsenziya kelishuvi bo‘lib, erkin dasturiy ta’minotning tarqatilishini boshqaradi. " Umumiy paketli uzatish radioxizmati|"GSM tizimi doirasida tuzilgan, ma’lumotlarni paketli uzatish xizmati. Izoh − GPRS texnologiyasi GSM tizimidan IMT-2000 tizimga evolyutsion o‘tishning bosqichi sifatida qaraladi va u mavjud infrastrukturani amalda o‘zgartirmasdan yangi imkoniyatlar berilishini ta’minlaydi. Bunda axborotni paketli uzatish tezligi 115 Kbit/s dan ortiq bo‘lmaydi. " Umumiy papka|"Hamma foydalanuvchilarga tarmoq orqali foydalana olishlari uchun ruxsat etilgan boshqa kompyuterdagi papka. " Umumiy resurs|"Bittadan ortiq qurilma yoki dasturda foydalaniladigan har qanday qurilma, ma’lumotlar yoki dastur (masalan, katalog, fayllar, printerlar, nomlangan kanallar). " Umumiy resurs nomi|"Identifikator (nom), u yoki bu taqsimlangan resursni aniqlashda ishlatiladi. Masalan, tarmoqdagi printerning nomi. " Umumiy semafor|"S butun o‘zgaruvchi, bunda ikkita wait (S) va signal (S) atomar semafor operatsiyalar aniqlangan. " Umumiy signalizatsiya kanali bo‘yicha signalizatsiya|"Telekommunikatsiya signallarini uzatish usuli, bunda liniya signallarini va so‘zlashuv kanallari muayyan guruhi telefon tarmog‘ini boshqarish signallarini almashish uchun, telefon kanalining alohida (ajratilgan) signalizatsiya kanalidan foydalaniladi. " Umumiy tarmoqlararo fayl tizimi|"Masofadagi kompyuterda saqlanayotgan faylni, FTP protokollari kabi, Internetda ishlashda yuzaga keladigan lokal mashinaga ko‘chirishni talab qilmasdan bevosita o‘qish/yozishni ta’minlaydigan tizim. " Umumiy titrash|"10 Hz dan yuqori bo‘lgan chastotalar polosasidagi nominal pozitsiyalarga nisbatan impulslar frontining tasodifiy siljishi. " Umumiy xotirali displey|"Rastrli displeyning protsessor bilan birgalikda ishlashini tashkil qilish, bunda tasvirning har bir nuqtasiga elektron hisoblash mashinasi manzil fazosidagi xotiraning bitta yoki bir nechta razryadi to‘g‘ri keladi; dastur xotira yacheykalari ichidagini o‘zgartirgan holda, ekrandagi tasvirni o‘zgartiradi. " Umumiy shina|"Periferik qurilmalar ulanadigan kompyuterda elektr signallarni uzatish uchun mo‘ljallangan yagona kanal. Kompyuter tarmog‘ining sxemasi – barcha kompyuterlar va tarmoq qurilmalari ma’lumotlar uzatiladigan yagona tarmoq kanaliga ulanadi. " Umumiy shlyuz interfeysi|"HTTP-server dasturlarini yaratish uchun mo‘ljallangan, NCSA tomonidan ishlab chiqilgan tarmoq standarti. Veb-serverlarda ssenariylar yoki dasturlar orasida ma’lumotlar almashishda, keyin veb-sahifa yoki brauzerga ma’lumotlarni uzatishda qo‘llaniladi. CGI ssenariylari odatda, Perl tilida yoziladi va veb-sahifaning dinamik mazmunini generatsiya qiladi (masalan, elektron tijoratda buyurtmalar savatini hosil qiladi). " Umumjahon o‘rgimchak to‘ri konsorsiumi|"1994-yili tashkil etilgan xalqaro tashkilot. Uning maqsadi – WWWdan global foydalanish xizmati uchun standartlar, protokollar, amaliy dasturlar ishlashni qo‘llash va muvofiqlashtirish. CERN (q: CERN) ishtirokida asos solingan, WWW dunyoga kelgan ilmiy markazda bugungi kunda Konsorsium uch tashkilot asosida ishlamoqda: AQSHdagi Massachusets texnologiyalar instituti (Massachusets Institute of Technology, Laboratory for Computer Sciense), Fransiyadagi informatika va avtomatika sohasidagi tadqiqotlar milliy instituti (Institut National de Recherche en Informatique et en Automatiqu) va Yaponiyadagi Keio universiteti. Konsorsium saytida (http://www.w3.org) WWW rivojlanishi tarixi va dunyoda WWWhu^ hozirgi kundagi ahvoli to‘g‘risida umumiy axborot, Konsorsiumning yangiliklari, WWW bo‘yicha konferensiya materiallari bilan tanishish mumkin. WWW bilan bog‘liq barcha texnik materiallarning katta kolleksiyasi (arxitektura, protokollar, foydalanuvchi interfeysi) muhim amaliy ahamiyatga ega. " Umumkanal signalizatsiyasi tizimi|"Kommutatsiya kanallari bog‘lami uchun umumiy bo‘lgan maxsus signalizatsiya kanali orqali stansiyalararo signalizatsiyani uzatish tizimi. " Unar operatsiya|"Bitta argument ustida bajariladigan operatsiya. " Unifikatsiyalashtirilgan buferli kesh-xotira|"Bitta kesh sahifani keshlash uchun va xotirada aks etadigan fayllarni hamda fayl tizimi orqali odatdagi operatsiyalarni kiritish-chiqarishda ishlatiladigan kesh-xotira. " Unifikatsiyalashtirilgan modellash tili|"Dasturiy ta’minot ishlab chiqish sohasida, obyektlarni modellashtirish uchun grafik tasvirlash tili. UML ko‘p sohalarda foydalanish uchun mo‘ljallangan til hisoblanadi, bu UML model deb ataluvchi, tizimning abstrakt modelining grafik ko‘rinishini tasvirlovchi ochiq standartdir. UML dasturiy tizimda aniqlik kiritish, tasvirlash, loyihalash va hujjatlashtirish uchun yaratilgan. UML dasturiy ta’minotda foydalanish bilan cheklanib qolmaydi. Uni shu kabi biznes-jarayonlarni modellashtirish, tizimli loyihalash va tashkilotlar tuzilmasini tasvirlashda qo‘llash mumkin. UML dasturiy ta’minot dasturchilariga umumiy tushunchalarni (klass, komponent, umumlashtirish, birlashtirish va o‘zini tutish kabi) tasvirlashni grafik izohlashda kelishuvga erishish hamda loyihalash va arxitekturada ko‘proq e’tibor qaratishga imkon beradi. " Unifikatsiyalashtirilgan resurs identifikatori|"Mavhum yoki jismoniy resursni identifikatsiya qilish uchun ishlatiladigan simvollarning qisqa satri. Rasman RFC 2396da belgilangan. vebda ishlatiladigan URI URL deb nomlanadi. " Unifikatsiyalashtirilgan resurs nomi|"Abstrakt yoki fizik resursni identifikatsiya qiluvchi simvollarning doimiy ketma-ketligi. " Unifikatsiyalashtirilgan xotira arxitekturasi|"Tizim platasida joylashgan tezkor xotiraning bir qismidan video xotira sifatida foydalanish ko‘zda tutiladigan tizim platalari arxitekturasi. " Unitar korxona|"Yuridik shaxsning alohida tashkiliy-huquqiy shakli. Mulk egasi tomonidan o‘ziga birkitib qo‘yilgan mulkka egalik qilish huquqi berilmagan tijorat tashkiloti. Mulk bo‘linmas hisoblanadi va hissalar (ulushlar, paylar) ga qarab, jumladan, korxona ishchilari o‘rtasida taqsimlanmaydi. " Universal elektron karta|"O‘zida vizual (grafik) va elektron (mashinada o‘qiladigan) shakllarda qayd etilgan kartadan foydalanuvchi to‘g‘risidagi axborotni saqlaydigan moddiy tashuvchi. " Universal interfeysli shina|"Kompyuterga ulash uchun foydalaniladigan, 24 shtirli parallel interfeys shinasi. " Universal ketma-ket shina|"1995-yilda yettita yetakchi kompyuter va telekommunikatsiya firmalari (Compaq, IBM, Intel, NEC, Micrisoft, Digital, Northern Telecom) konsorsiumi tomonidan taklif etilgan, shaxsiy kompyuter va o‘rtacha tezlikli periferik qurilmalar o‘rtasida uncha qimmat bo‘lmagan shina orqali ma’lumotlar almashinish uchun belgilangan standart. Qurilmani ulash, kompyuter qayta yuklanishini, tizim qayta konfiguratsiyalanishini yoki interfeysli karta o‘rnatilishini talab qilmaydi. Qurilmani aniqlash va tegishli drayverni o‘rnatish kompyuterda avtomat ravishda odamning aralashuvisiz bajariladi. " Universal resurs identifikatori|"Qandaydir resurs: hujjat, tasvir, fayl, xizmat, elektron pochta qutisini identifikatsiya qilish imkonini beradigan simvolli satr. " Universal resurs ko‘rsatgichi|"veb-brauzer orqali Internet tarmog‘ida resursni izlashda ishlatiladigan manzil. Tim Ber-ners Li tomonidan kiritilgan. U, o‘zida resurs, hujjat yoki uning qismining Internetdagi joylashgan o‘rnini ko‘rsatuvchi simvollarning standartlashtirilgan satrini ifodalaydi. Odatda, protokolning turini ko‘rsatish bilan boshlanadi (masalan, FTP://, agar hujjat FTP-server yoki http:// da bo‘lsa), keyin aniq axborot identifikatori keladi, masalan, server taalluqli bo‘lgan domen nomi, tashkilot nomi yoki shu serverdagi fayl nomining yo‘li. " Universal simvollar to‘plami|"ISO 10646, Unicode ko‘pligi, 31-bit li kodli fazoga ega. " Universal tovush|"Kuchaytirishni avtomatik tarzda nazorat qilish asosida to‘plangan tovush obyektlarining keng doirasini kodlash algoritmlarining MPEG-4 da qabul qilingan majmui. " Universal xizmatlar|"Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘i bo‘yicha barcha foydalanuvchilarga taqdim etiladigan belgilangan sifatdagi majburiy xizmatlar to‘plami (foydalanuvchilarning ushbu tarmoqdan foydalana olishini ta’minlash, mahalliy, shaharlararo va xalqaro telefon so‘zlashuvlari, telegrammalarni jo‘natish va boshqalar). " Universal xizmatlarga tarif|"Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maxsus vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadigan universal xizmatlar ko‘rsatish uchun to‘lov miqdori. " Universitet tarmog‘i|"Bitta o‘quv dargohi kompyuterlarini tarmoqqa birlashtirish. Odatda, bu tarmoqda veb-portal, forum va ko‘chirib olish uchun o‘quv materiallari mavjud bo‘ladi. " Urinish|"Biror bir operatsiyani bajarish va chiquvchi natijalarni tekshirish. Agar natija to‘g‘ri bo‘lsa, urinish samarali hisoblanadi va bajarilgan o‘zgarishlar saqlanadi. Aks holda tizim dastlabki holatga qaytadi. " Uskunani identifikatsiya qilish registri|"Aloqa tizimining markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasi, u odatda, mobil stansiyalar uskunalari identifikatsiya raqamlari (IMEI)ning uchta ro‘yxatini saqlaydi: oq, qora va kul rang. Oq ro‘yxatda ayni paytgacha ro‘yxatdan o‘tgan stansiyalarning raqami saqlanadi. Qora ro‘yxatga o‘g‘irlangan stansiyalar yoki xizmat ko‘rsatish rad etilgan abonentlarning raqami kiritilgan. Kul rang ro‘yxatga hali qora ro‘yxatga ko‘chirilmagan, ro‘yxatdan o‘tish bilan bog‘liq muammolari bo‘lgan barcha stansiyalarning raqami kiritiladi. " Uskunaning identifikatsion raqami|"Dasturning buzilishi va uni tarqalib ketishidan himoyalash usullaridan biri. Bunda dastur o‘rnatilish vaqtida uni aktiv-lashtirish uchun identifikatsion raqamni generatsiya qiladi. Bu raqam apparat ta’minotning seriyali raqami bilan bog‘langan bo‘lib joriy dasturni boshqa kompyuterlarda shu kalit bilan aktiv-lashtirish mumkin emas. " Ustama aloqa tarmog‘i|"Mavjud tarmoqqa parallel ravishda quriladigan tarmoq tuzilmasi. " Ustama bosish|"Pochta markasining yangi nominal qiymatini belgilash yoki markaning boshqa elementlarini o‘zgartirish uchun bosilgandan keyin uning old tomoniga tushirilgan har qanday matn yoki rasm. " Ustama qo‘ymoq|"Eshittirish dasturiga qisqacha axborot xabarini uni uzatish jarayonida ustama qo‘yish. " Ustama to‘lov bilan yuboriladigan pochta jo‘natmasi|"Jo‘natuvchi topshirayotganda mo‘ljallangan joyning pochta aloqasi obyektiga adresatdan belgilagan pul summasini undirish va uni jo‘natuvchining manziliga yuborish uchun topshiriq beradigan qiymati eʼlon qilingan pochta jo‘natmasi. " Ustivorlik, imtiyoz|"Uzilishga, vazifa yoki jarayonga belgilangan, ularning bajarilish yoki ularga xizmat ko‘rsatish navbatini belgilaydigan son. " Ustma-ust tushish (qayta tiklash qurilmasida)|"Proyeksiya tizimidan keladigan yorug‘lik nurlari yoki ko‘p projektorli tiklash qurilmasining elektron nurlari ekranga kerakli vaqtda kerakli joyga tushishini, uchta asosiy rangga mos keladigan tasvir to‘g‘ri joylashishini bajarish sharti. " Ustma-ust tushmaslik|"Asosiy ranglardagi uchta tasvirning videosignal datchigida yoki tiklash qurilmasida noto‘g‘ri ustma-ust tushishi. " Ustun|"Jadval ustuni. Qoidaga ko‘ra, ustun barcha elementlari bir xil ma’lumotlar turiga ega. " Ustuvor bo‘lmagan pochta jo‘natmalari|"Jo‘natuvchi arzon tarif tanlaganda jo‘natish va yetkazib berish (topshirish) uchun uzoq muddat taxmin qilinadigan jo‘natmalar. " Ustuvor bo‘lmagan rejalash|"Operatsion tizimdagi rejalash shakli. Topshiriqlar tezkor xotirada bir birini qoplamasdan yakka tarzda ishlatilishi mumkin. " Ustuvor loyiha|"Oldiga ustuvor vazifa yechimi qo‘yilgan loyiha. " Ustuvor pochta jo‘natmalari|"Yuqori tarif belgilangan, ustuvor tartibda ishlov beriladigan va eng tezkor yo‘l bilan tashiladigan (havo yoki yer usti) jo‘natmalar. " Ustuvor vazifa|"Ko‘p vazifali tizimlarda ‒ aktiv oynada bajariladigan vazifa. " Usul|"Qandaydir vazifani hal qilish mexanizmi. Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tushunchasi. Obyekt bajaradigan protseduralar ko‘rinishidagi ishlar. " Usulning uzoqlashgan chaqiruvi|"Sun firmasi tomonidan ishlab chiqilgan, obyektga yo‘naltirilgan Java mexanizmi – Java usulini protseduraning uzoqlashgan chaqiruviga o‘xshash tarmoqning boshqa kompyuterida chaqirish texnologiyasi. " Utilita (xizmat ko‘rsatuvchi dastur)|"Xizmat ko‘rsatadigan tizim dasturi, (yordamchi) xizmatga oid funksiyalarni, masalan, diskni belgilashlarni bajarish uchun mo‘ljallangan. " Uy (asosiy) holat registri|"Aloqa tarmog‘ining ma’lumotlar bazasi; unda tarmoqda doimiy qayd etilgan abonentlar to‘g‘risidagi axborot (raqamlari va manzillari, ko‘rsatiladigan xizmatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar va b.lar) saqlanadi. Izoh − Amalda, uy registrida abonentlar joylashgan yer to‘g‘risidagi axborotning, kommutatsiya markazi tomonidan mobil stansiyalarga chaqiruvlarni marshrutlash imkonini beradigan qismi saqlanadi. " Uy katalogi|"Foydalanuvchining maʼlumotlari, sozlamalari va h.k. saqlanayotgan operatsion tizimdagi shaxsiy katalogi. Uy katalogining nomi va joylashishi operatsion tizim turiga bog‘liq - masalan, Windows XRda u Documents and Settings papkasida (Windows Vistada – Users), Linuxda esa – /home papkasida joylashadi. " Uy kompyuteri|"Uyda foydalaniladigan, universal, ko‘p funksiyali, muomala qilish oson bo‘lgan, ishonchli, yuqori unumli, arzon, zamonaviy dizaynga ega kompyuter. " Uy sahifasi|"Veb-saytga tashrif qiluvchi tushadigan va saytni ko‘rib chiqish boshlanadigan boshlang‘ich veb-sahifa. Izoh – Uy sahifasiga qarab, tashrif qiluvchi qayerga tushganligi va saytning boshqa sahifalarida nimani ko‘rish mumkinligi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘ladi. " Uya ichidagi xalaqit|"Bitta tayanch stansiyaning ta’sir doirasida, bitta ishchi chastotada ishlayotgan boshqa uzatgichlarning signallari keltirib chiqaradigan xalaqit. " Uya ichidagi xendover|"Abonent stansiyasining ishchi parametrlarini, odatda, chastota yoki kanal intervali raqamini, aynan shu abonent stansiyasi bilan aloqa paytida almashtirish protsedurasi. " Uya, yacheyka|"Bitta tayanch stansiyaning geografik qoplash zonasi. " Uyalarni retranslyatsiya qilish|"Maʼlumotlarning tezkor kommutatsiyasini apparat bilan taʼminlovchi tarmoq texnologiyasi. Uyalarga taxlab joylashtirilgan maʼlumotlarni qayta uzatib to‘g‘ridan-to‘g‘ri kommutatsiyalanadi. Birinchi navbatda, asosiy tarmoqlarda ishlatiladi. U kadrlarni qayta uzatishdan, bu tarmoqlar orqali o‘zgarmas uzunlikdagi, uya deb ataluvchi maʼlumotlar blokini uzatishni taʼminlashi bilan farqlanadi. Uyalarni qayta uzatish birlashgan kommutatsiya bog‘lamalarida bajariladi. " Uyali avtomat|"Har biri qo‘shni kataklar bilan birgalikda ishlashning muayyan qoidalari bilan bog‘langan, parallel ishlaydigan kataklar (avtomatlar, protsessorlar) to‘ridan iborat, ko‘p protsessorli parallel kompyuterlar modeli. Har bir katak qo‘shni kataklar holatiga bog‘liq bo‘lgan bir nechta berilgan (ma’lum) holatlarning birida bo‘lishi mumkin. Kataklar holatining barcha o‘zgarishlari diskret vaqt onida sinxron ravishda ro‘y beradi. " Uyali aloqa|"Mobil aloqa va shaxsiy aloqa xizmatlarini o‘z ichiga oluvchi aloqa. Aloqani ta’minlovchi stansiyalarning yuqorisiga asalari uyasiga o‘xshash olti burchakli yacheykalar joylashtiriladi. " Uyali aloqa kompaniya-operatori|"Uyali aloqa xizmatlarini taqdim etuvchi telekommunikatsiya kompaniyasi. " Uyali aloqa operatori|"Qar.: Mobil aloqa operatori. " Uyali aloqa tarmog‘i|"Xizmat ko‘rsatiladigan hududning, tayanch qabul qiluvchi-uzatuvchi radiostansiyalar joylashtirilgan holda qator yacheykalarga (uyalarga) bo‘linishidan foydalaniladigan va mobil foydalanuvchi yacheykadan yacheykaga ko‘chganda, aloqaning uzluksizligini avtomatik ravishda taʼminlaydigan telekommunikatsiyalar tarmog‘i. " Uyali aloqa uzeli|"Tayanch stansiya, antenna kompleksi va boshqa aloqa uskunasi joylashgan aloqa punkti. " Uyali aloqa virtual operatori|"Boshqa bir operatorning mavjud infratuzilmasidan foydalanadigan, biroq xizmatlarni o‘z nomi ostida sotadigan uyali aloqa operatori. Odatda, bazaviy operator bilan birgalikda umumiy uyali tarmoqdan va kommutatorlardan, ko‘pincha, umumiy billing tizimidan foydalaniladi. Ishning bunday sxemasi virtual operatorga uyali tarmoqni qurish va uni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan yirik kapital mablag‘lar sarfiga yo‘l qo‘ymaslik imkonini beradi. " Uyali aloqaning raqamli kanallari bo‘ylab ma’lumotlarni paketli uzatish|"Dupleks rejimida radiokanal bo‘ylab ma’lumotlarni 19,2 Kbit/s tezlikda uzatish. Ma’lumotlar so‘zlashuvlar orasidagi pauzalarda yoki ajratilgan aloqa kanallari bo‘ylab uzunligi 138 baytli paketlar bilan uzatiladi (axborot tezligi 9,0-14,4 Kbit/s). " Uyali kasseta|"Mobil yo‘ldoshli telefonning, GSM tarmog‘i bilan birga ishlashini ta’minlaydigan va apparaturaga ikki rejimda ishlash imkonini beradigan qo‘shimcha jihozi. Telefon rejimlardan biriga tanlov bo‘yicha yoki avval GSM standarti tarmog‘iga ulanishga urinayotganda avtomatik rejimga ulanishi mumkin. Agar, tarmoqqa kirish mumkin bo‘lmasa, apparat avtomatik tarzda yo‘ldoshli rejimga ulanadi. " Uyali keng eshittirish|"Uyali aloqa kanallari bo‘ylab, ro‘yxatga olingan barcha abonentlar foydalana olishi mumkin bo‘lgan axborot-ma’lumotnoma xabarlarining tarqatilishi. Keng eshittirish zonasi binoning bir qismi yoki lokal shahar zonasidan to butun tarmoq o‘lchamigacha, dinamik ravishda o‘zgarishi mumkin. " Uyali mobil aloqa tarmog‘i|"Xizmat ko‘rsatiladigan hududni tayanch qabul qiluvchi uzatuvchi radiostansiyalar joylashtiriladigan qator yacheykalarga (uyalarga) bo‘lishdan foydalaniladigan va harakatdagi foydalanuvchi yacheykadan yacheykaga ko‘chganda aloqaning uzluksizligi ta’minlanadigan mobil aloqa tarmog‘i. " Uyali raqamli paketli maʼlumotlar|"Uyali paketli radiotarmoqda maʼlumotlar uzatish usuli. CDPD texnologiyaga ega tarmoqlar 1994-yili paydo bo‘lib, tezda ommaviylashib ketdi. Mobil aloqa maʼlumotlarning ixtiyoriy turini (matnlar, tasvirlar va tovushni) uzatishni taʼminlay boshladi. Shu bilan birga, uzatishning yuqori ishonchliligi va xilma xil xizmatlar taqdim qilish kafolatlanadi. " Uyali raqamli televizion eshittirish|"Xizmat ko‘rsatiladigan hududda joylashgan tayanch stansiyalardan foydalangan holda amalga oshiriladigan raqamli televizion eshittirish. Izoh – Uyali raqamli televizion eshittirishning ko‘p kanalli (MMDS) hamda lokal (LMDS) ko‘p nuqtali taqsimlash tizimlari mavjud. " Uyali (raqamli televizion) eshittirish tizimi|"Televizion dasturlarni iste’molchiga tayanch stansiyalardan foydalangan holda yetkazish uchun mo‘ljallangan raqamli televizion eshittirish tizimi. " Uyali tarmoq|"Markazida, oltita qo‘shni tayanch stansiya bilan birgalikda ishlaydigan tayanch stansiyalar joylashgan ko‘plab yacheykalar (uyalar)dan iborat tarmoq. Signal bir tayanch stansiyadan boshqasiga uyali tarmoqning butun qamrov zonasi bo‘ylab uzatiladi. Tarmoqning bunday tuzilmasi abonentga mobil telefondan erkin harakatlangan holda, ayni paytda qaysi tayanch stansiyaga ulanganligi to‘g‘risida o‘ylamay foydalanish imkonini beradi. " Uyali tizim|"Bir nechta qabulqiluvchi-uzatuvchi tayanch stansiya va mobil terminallar joylashtirilgan qoplash zonalari (yacheykalar)dan iborat aloqa tizimi. Abonent bir yacheykadan boshqasiga o‘tganda, u avtomatik ravishda, ayni damda aloqa sifati eng yaxshi bo‘lgan boshqa bir, yaqinroqdagi tayanch stansiyaga ulanadi. Barcha tayanch stansiyalar bir-biri bilan bog‘langan, bu esa har qanday abonent juftligi o‘rtasida aloqani tashkil etish imkonini beradi. Bundan tashqari, har bir tayanch stansiya umumiy foydalanish tarmog‘iga ulangan bo‘lib, ham kiruvchi, ham chiquvchi qo‘ng‘iroqlarni ta’minlaydi. Konvensial va tranking tizimlardan farqli o‘laroq, uyali aloqa, birinchi navbatda, dupleks rejimda shaxsiy aloqani ta’minlash uchun mo‘ljallangan. " Uyani e’lon qilingan qayta tanlash|"Mobil radiostansiyaning aloqa kanalining xarakteristikalari birmuncha yaxshi bo‘lgan yangi uya aniqlanganda, o‘z uyasini yangisiga almashtirishi. Izoh − Uyani almashtirishdan oldin, u hozir xizmat ko‘rsatayotgan tayanch stansiyaga bu haqda xabar beradi, bunda yangi tayanch stansiyaga o‘tishning turli variantlari bor: yangi tayanch stansiya qaysi ekanligini bildirib yoki bildir-masdan, joriy bog‘lanishni tugatib yoki uni uzmasdan o‘tish. " Uyaning e’lon qilinmagan qayta tanlanishi|"Mobil aloqa tarmog‘ida uyaning almashish jarayoni bo‘lib, odatda mobil radiostansiyaning tayanch stansiyada ro‘yxatdan o‘chishi bilan birga amalga oshadi. Izoh − Biroq, bunday vaziyat har doim ham mumkin bo‘lavermaydi. Masalan, bog‘lanishning uzilishi to‘satdan sodir bo‘lib, mobil stansiya esa bu vaqtda ikki yoki undan ortiq tayanch stansiyalarning ta’sir zonasida joylashgan bo‘lsa, radiostansiya uyalarni skanlash orqali uzilgan bog‘lanishni tiklashga urinadi. Mobil stansiya yangi uyani egallagandan so‘ng, unda ro‘yxatdan o‘chishga, shu bilan birga, aloqa uzilgan paytda u qayta ro‘yxatdan o‘tishga ulgurmaganligi sababli, «eski» uyada ro‘yxatdan o‘tganligicha qolaveradi. " Uyaning «nafas olishi»|"Tarmoq yuklamasi, xalaqitli vaziyat va boshqa omillarga bog‘liq ravishda, yacheyka (uya) o‘lchamlarining o‘zgarishi. " Uyaning ogohlantirishsiz qayta tanlanishi|"Mobil stansiya ishchi holatda turgan, biroq, axborot uzatmayotgan vaqtda, tranking aloqa tarmog‘ida uyaning almashtirilish jarayoni. Izoh − Tarmoqni boshqarish tizimi, abonent aloqaga kirishga va yangi uyada ro‘yxatdan o‘tishga urinmagungacha, uning turgan joyi to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lmaydi. " Uyaning cho‘qqi tezligi|"Virtual zanjir bo‘ylab uya uzatilishi mumkin bo‘lgan maksimal tezlik. Bir sekundda uzatiladigan uyalar bilan o‘lchanadi hamda bir uyaning oxirgi bitini va keyingi uyaning birinchi bitini uzatish o‘rtasidagi intervalni belgilaydi. " Uygacha o‘tkazilgan optik tola|"Tarmoq qurish konsepsiyasi. Unga ko‘ra, optik-tolali liniyalar har bir xonadongacha yetkaziladi. Asosiy bog‘lamani abonent bilan bog‘lash uchun passiv optik taqsimlash qurilmalaridan foydalaniladi. Bu qurilmalar yordamida ko‘p simli magistral kabeldan kam tolali kabelga o‘tish taʼminlanadi. Abonentni ulash uchun ikki simli optik kabeldan foydalaniladi. " Uyg‘otish xizmati|"Abonent tomonidan oldindan belgilangan soatda yoki soatlarda o‘z liniyasida u uchun uyg‘otish chaqiruvi yoki chaqiruvlarini shart qilish va ushbu chaqiruvga javob bergandan keyin tegishli xabarnomani eshitish imkonini beradigan xizmat. " Uzatish|"Axborotni, aloqa kanali bo‘ylab manbadan qabul qilgichga ko‘chirish jarayoni. " Uzatish (eshittirishda)|"1. Radioto‘lqinlar yoki signallarni eshittirish uzatgichida nurlantirish. 2. Dastur yoki uning ma’lum bir qismi. " Uzatish kanali|"Telekommunikatsiyalar signalini muayyan chastotalar polosasida yoki berilgan uzatish kanali uchun xos bo‘lgan uzatish tezligi bilan tarmoq stansiyalari, tarmoq uzellari o‘rtasida yoki tarmoq stansiyasi va tarmoq uzeli, shuningdek, tarmoq stansiyasi yoki uzeli hamda telekommunikatsiyalar transport tarmog‘ining oxirgi (terminal) qurilmasi o‘rtasida uzatilishini taʼminlaydigan texnik vositalar kompleksi hamda uzatish muhiti. " Uzatish liniyalari|"Energiyani belgilangan yoʻnalishda uzatish qurilmalari. Izoh – Ekranlangan (koaksial liniyalar, naychasimon toʻgʻri burchakli, dumaloq yoki maxsus shakldagi metall toʻlqinoʻtkazgichlar), qisman ekranlangan (ikki simli, polosali, mikropolosali, tirqish liniyalar) va ekranlanmagan (ochiq dielektrik va nur toʻlqinoʻtkazgichlar) ajratiladi. " Uzatish liniyasi dispersiyasi|"Uzatish liniyasining, fazaviy tezlikni chastotaga bog‘liq holda o‘zgartirishni tavsiflaydigan xususiyati. " Uzatish muhitiga kira olish qurilmasining interfeysi|"Ekranlangan simlarning to‘rtta o‘ralgan juftidan iborat, Ethernet tarmog‘ining magistral kabeliga ulanadigan interfeys kabeli. " Uzatish radiotizimi|"Telekommunikatsiya signallari ochiq fazoda radioto‘lqinlar tarzida tarqatiladigan uzatish tizimi. Radioto‘lqinlarning tarqalish muhiti va shakliga qarab, uzatish radiotizimi: to‘g‘ri ko‘rinadigan radioreleli, troposferali, yo‘ldosh aloqali, ionosferali va h.k. deb ataladi. " Uzatish sifati|"Uzatuvchi foydalanuvchidan qabul qiluvchi foydalanuvchiga kelayotgan telekommunikatsiya signalini qayta tiklash darajasi. " Uzatish tezligi|"1. Ketma-ket kanal orqali ma’lumotlar uzatish tezligi. 2. Shina, kanal va h.k.larning o‘tkazuvchanlik xususiyati. " Uzatish tizimi|"Birlamchi tarmoq liniya traktlari, namunaviy guruh traktlari va uzatish kanallarining hosil qilinishini ta’minlovchi texnik vositalar kompleksi. Izohlar 1. Liniya trakti bo‘ylab uzatilayotgan signallarning turiga qarab uzatish tizimi analog yoki raqamli deb ataladi. 2. Elektraloqa signallarining tarqalish muhitiga qarab, simli uzatish tizimi va uzatish radiotizimi deb ataladi. " Uzatishni boshqarish protokoli|"O‘rnatilgan ulanish bilan ma’lumotlarni to‘liq dupleksli ishonchli uzatishni ta’minlaydigan transport sathidagi protokol. TCP/IP guruhi protokollari tarkibiga kiradi. " Uzatishning asosiy ranglari|"Uchta haqiqiy yoki haqiqiy bo‘lmagan asosiy ranglar guruhi, ular, odatda, yorug‘likni uzatish uchun bitta asosiy rang va ranglilikning ikkita asosiy rangidan tarkib topgan, ularning har biri miqdor jihatdan rangli tasvir signali tarkibida bor bo‘lgan uchta mustaqil signalning biriga mos keladigan qilib tanlanadi. " Uzatishning to‘xtab qolishi|"Dasturlarni uzatishning to‘satdan to‘xtab qolishi. " Uzatuvchi muhit|"1. Elektr energiyasi yoki elektromagnit nurlanishning fizik tashuvchisi. Yoshimcha signallarni uzatishda, tovushlarni yoki maʼlumotlarni uzaytirishda foydalanishda, qar khil holatdagi simlar yoki optik-tolali kabellarda. Ish, mis simlar – o‘ralgan zhuft, koaksial va twinaxial optik-tolali kabellardir. Bir, ikki, to‘rtta, kup simli va tasmali optik-tolali kabellar o‘tkazildi. 2. Axborotni uzatish uchun foydalaniladigan, turli xil yer usti radioaloqa vositalari, yo‘ldoshli, kabelli va optik-tolali liniyalarning jami. " Uzatuvchi optoelektron modul|"Elektr signallarni optik signallarga aylantirish uchun mo‘ljallangan optoelektronika asbobi. " Uzatuvchi radioeshittirish tarmog‘i|"1. Bitta dasturni bir vaqtda uzatish uchun mo‘ljallangan tovushli yoki televizion radioeshittirish uzatgichlari guruhi. 2. Shu tashkilot, hudud yoki mamlakatga taalluqli tovushli yoki televizion radioeshittirish uzatgichlari guruhi. " Uzatuvchi radioeshittirish stansiyasi|"Bitta yoki bir nechta uzatgichni ularning antennalari va tegishli uskunalari bilan o‘z ichiga olgan tovushli yoki televizion eshittirish markazi. Misollar − Uzatuvchi radio(eshittirish) stansiyasi, uzatuvchi televizion stansiya. " Uzaytirilgan tola|"Birga ulangan ikkita yoki undan ortiq optik toladan iborat tola. Tolalarning uzaytirilishi ajratgichli ulanishga qaraganda yaxshiroq xarakteristikalarni hamda yo‘qotishlar kam bo‘lishini taʼminlaydi. " Uzel|"1. Tarmoqqa ulanish nuqtasi, tarmoqqa ulangan qurilma; kompyuter tarmog‘idagi yoki ma’lumotlar uzatish tarmog‘idagi bir xil protokoldan foydalanadigan ikkita tarmoqni bog‘laydigan kompyuterni o‘zida ifodalaydigan uzel. Ikkita o‘xshash tarmoqdagi ikki mos dasturning bog‘lanishini ta’minlaydi. Uzatiladigan paketlarda bo‘ladigan manzilli axborotdan foydalanadi. Tarmoq uzellari marshrutizatorlar kabi, ko‘priklardan farqli ravishda, tarmoq darajasidagi qurilmalar hisoblanadi. 2. Iyerarxik tuzilmada: tuzilma elementi, masalan, «gipermatn uzeli». 3. Ikki komponent o‘rtasidagi bog‘lovchi nuqta. 4. Windows 2000/XP operatsion tizimida: boshqarish konsoliga tatbiqan, har qanday boshqariladigan obyekt, topshiriq yoki tur: masalan, kompyuterlar, foydalanuvchilar, veb-sahifalar. " Uzelni dinamik konfiguratsiyalash protokoli|"32-razryadli IP-manzillarning yetishmaslik muammosini yengillashtirish uchun ularning Internet dagi ish vaqtida IP-manzillarni lokal tarmoqning uzellariga (ishchi stansiyalariga) dinamik tayinlash uchun uzelni dinamik kongfiguratsiyalash protokoli. Uzellarga manzillarni o‘zlashtirish manzillarning markazlashtirilgan pulida amalga oshirilishi sababli, ularning noyobligi va nizoli manzillarning bo‘lmasligi kafolatlanadi. " Uzib qo‘yish|"Qurilmaning ishlashini to‘xtatish. Masalan, uskunaning biror konfiguratsiyasida uzib qo‘yilgan qurilmaga, uskunaning shu konfiguratsiyasidan foydalanlayotganda, kira olish imkoni bo‘lmaydi. Bu qurilmalar band qilgan resurslarni bo‘shatish imkonini beradi. " Uzib qo‘yishning rad etilishi|"Uskunaning nosozligi oqibatida yuzaga keladigan, ulanishni uzib qo‘yishga bo‘lgan muvaffaqiyatsiz urinish. Bu, liniyaning uzib qo‘yilish davri juda uzoq bo‘lishiga olib keladi. " Uzilish|"Kompyuter dasturning bajarilishini to‘xtatadigan va xizmat dasturi bajarilishini boshlaydigan signal. " Uzilish to‘g‘risidagi niqoblanadigan signal|"Uzilishni inkor qilish yoki ushlab qolish maqsadida blokirovkalangan uzilish to‘g‘risidagi signal. " Uzilishlar boshqariladigan dastur|"Markaziy protsessor (masalan, operatsion tizim) da uzilish sodir bo‘lganda avtomatik ravishda ishga tushadigan dastur. " Uzilishlar kontrolleri|"Apparat uzilishlarni boshqarish uchun tizim platasiga o‘rnatiladigan mikrosxema. " Uzilishlar navbati|"Barcha sodir bo‘lgan uzilishlarni navbati bilan qayta ishlashni ta’minlaydigan operatsion tizimning tizimli tuzilmasi. " Uzilishlar vektori|"Tezkor xotiradagi rezident massiv, unda quyi dastur-uzilishlarni qayta ishlagichlarning (operatsion tizim modullarining) manzili uzilishlar raqamlari bo‘yicha saqlanadi. " Uzilishlarning yo‘qligi|"Resursni faqat o‘z ishini tugatgach, ixtiyoriy ravishda bo‘shatish mumkin bo‘lgan jarayon. " Uzilishni qayta ishlovchi|"Berilgan raqam bilan uzilishni qayta ishlashni amalga oshiradigan operatsion tizim yadrosining moduli. " Uzish|"Ushbu atama odatda Linux operatsion tizimlarida ishlatilib, kompyuter tizimidan biron bir qurilmani uzish ma’nosini anglatadi. " Uzluksiz bloklar yoki uzluksiz rejim|"Minimal yo‘qotish bilan bir faylni chiqarib olish uchun, butun arxivni emas, faqat bitta uzluksiz blokni ochish zarur bo‘lgan siqish usuli. " Uzluksiz fayl|"Fizik jihatdan diskdagi uzluksiz sohani egallaydigan fayl. " Uzluksiz ishlashni ta’minlash va tiklash rejasi|"Muhofaza qilish dasturining bir qismi hisoblanadigan hamda tizimning asosiy resurslaridan foydalanishni va krizisli vaziyatlarda qayta ishlashning uzluksizligini ta’minlovchi, xavfli vaziyatlarga javob berish, zaxira nusxa ko‘chirish va keyingi tiklash protseduralari rejasi. " Uzluksiz modellash|"Tadqiq qilinadigan jarayonning uzluksiz xarakterdaligi hisobga olinadigan modellash. " Uzluksiz signal|"Qar.: Analog signal. " Uzluksiz sikl|"Mantiqiy xato sababli hech qachon tugallanmaydigan sikl yoki shu tarzda maxsus dasturlashtirilgan sikl. " Uzluksiz soha|"Qo‘shni elementlardan tuzilgan xotira sohasi (masalan, ketma-ket bloklardan iborat disk sohasi). " Uzluksiz ta’minot manbai|"Tarkibida akkumulyator bo‘lgan va asosiy elektr ta’minot kuchlanishi sakraganda yoki tushganda kompyuter va periferiya ta’minotini va himoyasini, shuningdek, kuchlanish yo‘qolganda ma’lumotlarning avtomatik ravishda ishonchli saqlanishini ta’minlaydigan qurilma. " Uzluksiz ta’minot qurilmasi|"Tarkibida akkumulyatorlar bo‘lgan va asosiy elektr ta’minot kuchlanishi tushib ketganda yoki sakrashlarida kompyuter va periferiyaning ta’minoti va himoyasini ta’minlaydigan, shuningdek, kuchlanish yo‘qolganda ma’lumotlarni avtomatik ravishda saqlash imkoniyatiga ega qurilma. " Uzluksizlik|"Tizimning xizmat ko‘rsatishda, berilgan ishchi xarakteristikalarga muvofiq, to‘xtovsiz ishlash qobiliyati. " Uzoq muddatli rejalovchi (vazifalarni rejalovchi)|"Tayyor jarayonlar navbatiga qaysi jarayonlar joylashtirilishi kerakligini aniqlaydigan operatsion tizim rejalovchisi. " Uzoq muddatli xotira|"Uzoq muddat mobaynida ma’lumotlarni saqlash uchun mo‘ljallangan kompyuter xotira qurilmasi. Saqlash vaqtida energiya ta’minoti bo‘lishiga bog‘liq emas. Ma’lumotlarni saqlashning turli fizik: magnit, optik, magnitooptik prinsiplariga ega. " Uzoq zona|"Elektromagnit maydonning burchak taqsimlanishi nurlanish manbaigacha bo‘lgan masofaga jiddiy bog‘liq bo‘lmagan soha. Izoh − Agar antennaning to‘liq o‘lchami D ga teng va to‘lqin uzunligidan katta bo‘lsa, uzoq zona antennadan ga katta masofadan boshlanadi, deb hisoblanadi, bunda λ – to‘lqin uzunligi. Elementar elektr vibrator uchun uzoq zona shart bilan belgilanadi, bunda: λ – nurlanish to‘lqin uzunligi; r – antennaning fazaviy markazidan kuzatish nuqtasigacha bo‘lgan masofa. Cheksizlikka fokuslangan (to‘g‘rilangan) nur uchun uzoq zona, ba’zan Fraungofer zonasi deb ham nomlanadi. " Uzoqdagi displeylar uchun protokol|"Windows NT TSE dagi serverlarda mavjud bo‘lgan Windows-ilovalar bilan ishlash imkonini ta’minlaydigan protokol. RDP odatda doimiy xotira qurilmasiga yozib olingan «ta’sirchan mijoz» dasturida keng qo‘llaniladi. " Uzoqdagi ish stoliga ulanish|"Uzoqda joylashgan kompyuterdagi ish stoli bilan aloqa o‘rnatish. " Uzoqdagi monitor|"Tarmoqning holati to‘g‘risidagi tezkor axborotni aks ettirish, shuningdek, kompyuterlar, ishini masofadan monitoring qilish uchun mo‘ljallangan monitor. " Uzoqlashgan|"Tarmoq yoki Internet yetib borgan joy chegarasida joylashgan kompyuter. " Uzoqlashtirish|"Tasvir masshtabini kichiklashtirish. " Uzun liniya|"Elektr uzunligi to‘lqin uzunligiga teng yoki undan katta uzatish liniyasi. " Uzun tire|"Matnlarda, HTML va boshqa hujjatlarda so‘zlar orasida ajratgich sifatida qo‘llaniladi. Microsoft Word va Open Office.org kabi ayrim dasturlar avtomatik tarzda ajratgichlarni taniydi va defisni uzun tirega almashtiradi. " Uzun to‘lqinlar (shuningdek, kilometrli to‘lqinlar)|"To‘lqin uzunliklari diapazoni 1000 m dan 10000 m gacha bo‘lgan, chastotalar diapazoni esa 30 kHz dan 300 kHz gacha bo‘lgan intervalda joylashgan to‘lqinlar. " Uzviy bog‘liq tizim|"Protsessorlar umumiy xotira va taymer (taktlar)ni ajratadigan parallel kompyuter tizimi. Ular o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir umumiy xotira orqali amalga oshadi. " Ushlab turish rejimida musiqa tinglash|"WAV faylini, chaqiruv ushlab turish rejimida bo‘lgan vaqtda, musiqa qo‘yish uchun tayinlash funksiyasi. " Ushlab turish va kutish|"Bir resursni ushlab turish jarayoni boshqa jarayonlar ega bo‘lgan boshqa resurslarni olishni kutib turadi. " Uch belgili mantiq|"Uchta chin qiymat, masalan, 1, 0, – 1 bilan ish ko‘radigan mantiq. " Uch martali DES algoritmi|"DES algoritmidan uch marta uchta turli kalit bilan foydalaniladigan shifrlash usuli. " Uch vibratorli antenna|"Bir-biriga nisbatan 120° burchak ostida siljigan uchta simmetrik vibrator koʻrinishidagi antenna. " Uch zvenoli model|"Oraliq zveno (kompyuter) ikki sathli model mijoz kompyuteri va server kompyuteri orasida joylashtiriladigan hamda tranzaksiyalarni qayta ishlaydigan monitor yoki obyektlarga bo‘ladigan so‘rovlar vositachisi sifatida ishlaydigan mijoz-server tizimi. Uch o‘lchamli grafika ing. - three-dimensional graphics (3D) ru – трехмерная графика Kompyuter grafikasida ishlatiladigan atama bo‘lib, obyektlarning ustida uch o‘lchamli fazoda operatsiyalar bajarish uchun algoritmlar va dasturiy mahsulotlarni hamda ularning natijalarini o‘z ichiga oladi. " Uch o‘lchamli taxminlash, 3-D taxminlash|"Taxminlangan qiymat, o‘sha maydonning yoki bitta yo bir nechta oldingi maydon satrlaridan kadrning qo‘shni elementlaridan kelib chiqib olinadigan taxminlash. " Uch o‘lchamli televideniye, 3-D televideniye|"Sahnaning uch o‘lchamli ko‘rinishi amalga oshiriladigan televideniye. Izoh – Uch o‘lchamli ko‘rinish amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan jarayonlar stereoskopik televideniye va golografik televideniyeni o‘z ichiga oladi. " Uchastkalar bo‘yicha signalizatsiya|"Xizmatga oid barcha axborot bitta kommutatsiya stansiyasidan boshqasiga ketma-ket uzatiladigan signalizatsiya usuli. Har bir aloqa uzelida bu axborot ajratib olinadi va tahlil qilinadi. " Uchinchi avlod (3G)|"Uchinchi avlod raqamli mobil aloqa tizimlari. Multimediani ta’minlaydi, uzatish tezligi 2 Mbit/s gacha. " Uchinchi darajali kesh xotira|"Tizim platasida ikkinchi kesh va tezkor xotira qurilmasi o‘rtasida o‘rnatiladigan qo‘shimcha kesh xotira. Bu turdagi kesh xotira birlamchi (L1) va ikkilamchi (L2) kesh xotiralar ishlab chiqaruvchilar tomonidan protsessor ichiga o‘rnatila boshlangandan keyin paydo bo‘ldi. " Uchta abonentning ulanishi|"Boshqa foydalanuvchi bilan aloqada ishtirok etuvchi foydalanuvchining, ushbu aloqani buzmasdan, uchinchi foydalanuvchi bilan qo‘shimcha ulanish, bir aloqadan boshqasiga ko‘p marotaba (ularning har birini sir saqlagan holda) qayta ulanish va/yoki qolganlariga qaytgan holda ushbu aloqalardan birini buzush imkonini beradigan qo‘shimcha xizmat. Izoh – Xizmatdan foydalanuvchi abonent ushbu ikkita aloqani bitta uch tomonlama aloqaga birlashtirish imkoniyatiga ega bo‘lgandagi xizmat varianti ko‘zda tutilgan. V " Vakillik serveri|"To‘siq hosil qiluvchi kompyuter yoki unda ishlovchi dasturiy taʼminot. Vakillik serveri ikki tarmoq o‘rtasida joylashib, biri uchun foydalanish chetdan mumkin bo‘lsa, boshqasiga esa mumkin bo‘lmaydi. Ichki tarmoqni ajratib, Internetda uning vakili sifatida bo‘ladi. Uning asosiy vazifasi – tarmoq mijozlarining so‘rovlarini Internet bog‘lamalariga uzatish va talab qilingan axborotni mijozga qaytarish. " Vakolatlar|"Foydalanuvchilarga nimanidir yaratish, o‘zgartirish yoki o‘chirishga berilgan huquq va imkoniyatlar. " Vakolatlar matritsasi|"Elementlari muayyan obyektning muhofaza qilinadigan ma’lumotlarga nisbatan huquqlarini (vakolatlarini, imtiyozlarini) belgilaydigan jadval. " Vakolatlar profili|"Har bir subyekt bilan assotsiatsiyalangan tizimning muhofaza qilinadigan obуektlari va ulardan erkin foydalanish huquqlari ro‘yxati. Obуektga murojaat qilishda subуekt profili foydalanishning tegishli huquqlari mavjudligiga tekshiriladi. Profil erkin foydalanish matritsasining satri ko‘rinishida taqdim etiladi. " Vakolatli foydalanuvchi|"Xavfsizlik funksiyasi siyosatiga muvofiq, har qanday operatsiyani bajarishga ruxsat etilgan, baholash obуekti foydalanuvchisi. " Vaksina-dastur|"Boshqa dasturlar va disklarni, ularning ishiga ta’sir qilmaydigan darajada o‘zgartiradigan dastur. Biroq, vaksinatsiya manbai bo‘lgan virus bu dasturlar yoki disklar zararlanib bo‘lgan deb hisoblaydi. " Vaksinalash|"Berilgan (ma’lum bir) virus turi tomonidan zararlanishni aniqlash (topish) uchun foydalaniladigan shart-sharoitlarni imitatsiyalovchi, ya’ni virusni «aldaydigan» rezident vaksina dasturlarni ishga tushirish. " Valid-invalid biti|"Sahifa jarayonning mantiqiy xotirasiga taalluqli yo taalluqli emasligini ko‘rsatadigan sahifalar jadvalining element biti. " Validatlash|"Dasturiy mahsulotni unga qo‘yiladigan barcha talablarga muvofiqligi nuqtai nazaridan baholash. " Vaqt belgisi|"Yagona vaqt tizimiga nisbatan vaqt onini ko‘rsatadigan maʼlumotlar elementi. Izoh – Vaqt belgisidan hujjatning yaratilish vaqti aniqligini va elektron raqamli imzo aktualligi saqlanganligini tekshirish uchun foydalaniladi. " Vaqt bombasi|"Muayyan vaqtda aktivlashtirilishi mumkin bo‘lgan mantiqiy bomba. " Vaqt bo‘yicha ajratish bilan dupleks uzatish|"Bitta kadrning turli vaqt intervallarida, uzatish va qabul qilish kanallarini zichlash bilan bitta eltuvchida raqamli axborotni ikki tomonlama uzatish. Vaqt bo‘yicha ajratish bilan dupleks uzatish, birinchi navbatda, abonentlar cheklangan makonda nisbatan past tezlikda harakatlanadigan piko- va mikrouyalar uchun mo‘ljallangan. " Vaqt bo‘yicha ajratish bilan multipleksorlash|"Aloqada va ajratilgan taym-slotlardan foydalangan holda, raqamli ma’lumotlarni uzatishdagi multipleksorlash texnikasi (usuli). " Vaqt bo‘yicha ajratish bilan ko‘plab foydalana olish|"1. Bitta chastota slotida bir nechta abonent bo‘ladigan, turli abonentlar uzatish uchun turli vaqt slotlaridan foydalanadigan spektrdan foydalanish usuli. Izoh − TDMA prinsipidan GSM, D-AMPS va PDC (Yaponiya standarti) standartlarida foydalaniladi. 2. Signallarni 2G uyali va yo‘ldoshli tarmoqlar orqali uzatish usuli, bunda har bir signalning o‘z chastota-vaqt intervali bo‘ladi. GSM TDMA texnologiyadan foydalanishga asoslangan. 2,5G tarmoqlari 3G tarmoqlar bilan almashtirilsa, TDMA katta o‘tkazish polosasidan foydalaniladigan CDMA texnologiyasi tomonidan qisman siqib chiqariladi. 3. Barcha abonentlarning axboroti bitta eltuvchi chastotada, biroq, o‘rtasida himoya oraliqlari kiritilgan turli vaqt intervallari («darchalar») da uzatiladigan foydalana olish usuli. 4. D-AMPS (IS-136) raqamli uyali aloqa tizimi standartining yangi nomi. 5. VSAT tarmog‘ining ish rejimi bo‘lib, bunda ko‘p sonli stansiyalar bir vaqtning o‘zida yo‘ldoshli retranslyatorning umumiy kanalidan kanallar vaqt bo‘yicha ajratilgan rejimda dinamik foydalana olishlari mumkin bo‘ladi. " Vaqt bo‘yicha asinxron multipleksorlash|"Uzatish vositalarining foydalaniladigan resursi har bir foydalanuvchining shu vaqtdagi haqiqiy ehtiyojlarini hisobga olgan holda, axborotning yacheykalari bilan to‘ldiriladigan vaqt bo‘yicha intervallardan oldin belgilanmaydigan ketma-ketlikdan iborat bo‘lgan multipleksorlash usuli. " Vaqt bo‘yicha belgi qo‘yish|"Axborotni uzatish jarayonida almashtirilish yoki o‘zgartirilishdan muhofaza qilish usuli. Har bir xabarga ma’lumotlar bilan qat’iy bog‘liq bo‘lgan vaqtinchalik belgilarni kiritishga asoslanadi. " Vaqt bo‘yicha kommutatsiya|"Telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan kommutatsiya tarmog‘i vaqt kanallarining vaqt bo‘yicha pozitsiyalarini bog‘lash orqali amalga oshiriladigan kommutatsiya. " Vaqt bo‘yicha siqish|"Ma’lumotlarni xotiraga bir taktli chastota bilan yozish va boshqa taktli chastota bilan o‘qish orqali amalga oshiriladigan signalni vaqt bo‘yicha siqish operatsiyasi. " Vaqt bo‘yicha o‘zgartirish|"Signal vaqt o‘qida gi diskret sanoqlar holatining, ularning amplitudaviy qiymatlari saqlangan holda o‘zgaradigan aylantirish. " Vaqt bo‘yicha chaqiruvlarni cheklash|"Xizmat abonenti tomonidan boshlab berilgan, har bir chaqiruvning so‘zlashuv davomiyligini cheklaydigan xizmat. Abonent so‘zlashuvining davomiyligi berilgan cheklanishdan oshsa, tizim bog‘lanishni majburan uzadi. " Vaqt domeniga ega optik reflektometr|"Optik tolalarni, qaytgan yorug‘likni detektorlashga asoslangan (optik «radar»), testlash usuli. Tola so‘nishini o‘lchash, muftali va konnektorli ulanishlar sifatini baholash hamda uzilish joylarini aniqlashda foydalaniladi. " Vaqt intervallarining qayta taqsimlanishi|"Vaqt bo‘yicha ajratilgan foydalana olishda ishlatiladigan, kanal intervallari abonentlarga qat’iy tarzda emas, balki tizimning real yuklanishiga bog‘liq holda, mos ravishda qayta taqsimlanadigan protsedura. Kanallarning yangi taqsimoti to‘g‘risidagi ma’lumotlar, xizmat kanali orqali shu yoki undan keyingi kadrda uzatiladi. " Vaqt kvanti|"Ko‘p vazifali muhitdagi, mikroprotsessor alohada bajariladigan vazifani boshqaradigan qisqa vaqt davri. " Vaqt oralig‘i (paketlararo interval)|"Paketni jo‘natgan uzatish qurilmasi, paket keyingi gal yuborilgunga qadar kutishi zarur bo‘lgan, mikrosekundlarda o‘lchanadigan vaqt. " Vaqtbay tarif|"Telekommunikatsiya xizmatlari uchun kanal yoki aloqa liniyasi band etilgan vaqt bilan bog‘liq differensiallangan to‘lov. " Vaqtda o‘zgaruvchi kod|"So‘zlari ish jarayonida biror-bir tarzda o‘zgaradigan kod. " Vaqtga qarab ochiladigan kriptotizim|"Faqat berilgan vaqt intervali tugagandan so‘ng muhofazalangan axborotni rasshifrovka qilish imkonini beradigan kriptografik tizim. Hozirgi vaqtda bunday tizimlarni amalga oshirishning ikkita varianti mavjud: – vaqtinchalik qulflovchi sharadalar; – berilgan vaqt intervali mobaynida axborotni ochmaslik majburiyatini zimmasiga olgan ishonchli agentlardan foydalanish. Agentlardan foydalanishga to‘g‘ri kelganda ularga nisbatan ishonch muammosi yuzaga keladi, buni sirlarni taqsimlash mexanizmini qo‘llash hisobiga qisman hal qilish mumkin. " Vaqtinchalik bog‘langanlik|"Funksiyalari deyarli bir vaqtda bajarilishi zarur bo‘lgan modul xarakteristikalari. Izoh – Initsializatsiya moduli, qayta tiklanish moduli va ishni tugatish moduli vaqtinchalik bog‘langanlik modullariga misol bo‘ladi. " Vaqtinchalik fayl|"Operatsion tizim yoki amaliy dastur tomonidan, vaqtinchalik (oraliq) ma’lumotlarni saqlash uchun yaratiladigan fayl. Ba’zan, vaqtinchalik fayllar bilan ishlash tugatilganidan so‘ng, ular o‘chirib tashlanadi. " Vaqtinchalik ortiqchalik|"Tizimning ishlash imkoniyatini qayta tiklash uchun ketadigan maksimal vaqt. " Vaqtinchalik qator|"Vaqt ichida o‘zgaradigan ma’lumotlar to‘plami. " Vaqtinchalik xotira|"Hisoblashlarda oraliq ma’lumotlarni saqlash uchun vaqtinchalik ajratiladigan xotira qismi. " Vaqtinchalik yashirin kanal|"Yashirin kanal, unda bir jarayon axborotni boshqasiga tizim resurslaridan (masalan, markaziy protsessorning bandlik vaqtidan) foydalanishni modulyatsiyalash vositasida, bu modulyatsiyalash boshqa jarayon tomonidan aniqlanishi va detektorlanishi mumkin bo‘ladigan tarzda uzatadi. " Vaqtni ajratish tizimi|"Foydalanuvchi-dasturchini uning vazifalarini bajaruvchi jarayondan izolyatsiyalash – paketli qayta ishlash tizimining asosiy kamchiligini tuzatish uchun mo‘ljallangan. Vaqtni ajratish tizimining har bir foydalanuvchisiga o‘zining dasturi bo‘yicha dialog olib borishi mumkin bo‘lgan terminal taqdim etiladi. " Vaqtni belgilash xizmati|"Ma’lum bir vaqt onida elektron ma’lumotlar mavjudligini tasdiqlaydigan xizmat. Izoh – Vaqtni belgilash xizmatlari foydali, shuningdek, uzoq muddat mobaynida raqamli imzolar tekshiruvini olib borish uchun mutlaqo zarur. " Vaqtni taqsimlash|"Kompyuterning bitta markaziy protsessor bilan ishlash rejimi, bunda protsessor muntazam ravishda bir vazifani hal qilishdan boshqasiga o‘tib turadi. Vaqtning taqsimlanishini operatsion tizim amalga oshiradi. Bu rejimdan ko‘p dasturli «bir vaqtda» ishlash uchun foydalaniladi. Protsessor barcha ishlarni izchil, lekin juda tez bajaradi. Shuning uchun, har bir vazifaga juda qisqa muddatga protsessor resurslari ajratilsa, foydalanuvchiga ishlar parallel bajarilayotgandek tuyuladi. Vaqtni taqsimlash rejimi UNIX va Windows tizimlarida yaxshi amalga oshirilgan. Masalan, vaqtni taqsimlash rejimida bir vaqtda matn redaktori bilan ishlash, qandaydir faylni bosib chiqarish va ma’lumotlarni tarmoq orqali qabul qilish mumkin. " Vardrayving|"Wi-Fi simsiz tarmoqlariga kirish nuqtalarini izlash va buzish jarayoni. Wi-Fi adapterli tashuvchan kompyuterga ega shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan amalga oshiriladi. Nuqtani makonda izlash va aniqlashda transport vositasi ishlatilgani uchun «urush haydashi» deyiladi. " Varez|"Muallif ruxsatisiz noqonuniy yo‘llar bilan (kamdan-kam hollarda simvolli plata uchun eltuvchilarda) tekin tarqatiladigan tijorat dasturi. Tekin foydalanishga imkon beruvchi o‘zgarishlar va/yoki qo‘shimchalarni albatta o‘z ichiga oladi. " Vayp|"Axborotning to‘liq o‘chirilishi. Oddiy o‘chirishdan (maʼlumotlar bloklari foydalanish uchun bo‘sh deb ko‘rsatilishi) farqli o‘laroq axborot saqlangan hamma bloklar majburiy tozalanadi. Fayl vaypi holatida quyidagi operatsiyalar bajariladi: faylning har bir biti nolga almashtiriladi; fayl hajmi nolga keltiriladi; faylning nomi ixtiyoriy nomga o‘zgartiriladi va fayl o‘chiriladi. Bu nafaqat fayldan axborotning o‘chirilishini, balki fayl mavjudligining barcha (bilvosita) belgilarining ham yo‘q qilinishini kafolatlaydi. Qar.: Qoldiq axborot. " Vazifa|"Avtonom, mustaqil bajariladigan amaliy dastur. " Vazifa identifikatori|"Bajariladigan yoki bajarishga tayyor vazifaga beriladigan ramziy kod. " Vazifalar dispetcheri|"Kompyuterda bajariladigan dasturlar va jarayonlar to‘g‘risida ma’lumot beruvchi Windows operatsion tizimining dasturi. Vazifalar dispetcheri yordamida dasturlarni ishga tushirish yoki to‘xtatish, jarayonlarni to‘xtatish va tizimning bandlik darajasi to‘g‘risida ma’lumot olish mumkin. " Vazifalar navbati|"1. Operatsion tizimlarda bajarishga tayyor bo‘lgan vazifalarning qaysidir qiymatiga ko‘ra tuzilgan ro‘yxat. 2. Tizimdagi barcha jarayonlarning to‘plamini o‘z ichiga oladigan navbat. " vazifalar paneli|"Windows operatsion tizimida ekranning pastki qismidagi vazifalar ro‘yxatini ko‘rsatuvchi gorizontal yo‘lakcha. Vazifalar panelidagi tugmalar yordamida ishlab turgan dasturlarni unisidan bunisiga o‘tkazish, hamda vazifalar panelini ekranning yuqori yoki yon tomoniga ko‘chirish va yashirish mumkin. " Vazifalar panelini blokirovkalash|"Vazifalar panelining holati, bunda vazifalar paneliga bevosita dasturlarga tez murojaat etish yorlig‘ini joylashtirish mumkin bo‘lmaydi. " Vazifalar ro‘yxati|"Ishga tushirilgan dasturlar va bajariladigan jarayonlar ro‘yxati. Kompyuter resurslari harajatlarining monitoringi uchun xizmat qiladi. " Vazifalarni boshqarish|"Operatsion tizimning ko‘p vazifali rejimda hisoblash jarayonini boshqarish bo‘yicha funksiyalari. " Vazifalarni rejalashtiruvchi|"Dasturlarni belgilangan vaqtda, belgilangan tartibda ishlashini ta’minlaydi. " Vaziyat xatosi|"Muayyan vaziyatlarda operatsion tizim yoki dasturda yuz beradigan xatolik. " Vaznlangan (TV) shovqin|"Ko‘rinadigan fluktuatsion xalaqitlarning ko‘z bilan baholanadigan jadalligi. " Vaznlovchi filtr|"Amplituda-chastotaviy xarakteristikasi fluktuatsion xalaqitning vazniy funksiyasini modellashtiradigan elektr filtr. " Veb-…|"WorldWideWeb ga, WWWga yoki WorldWideWeb prinsipi bo‘yicha tashkil qilingan korporativ maʼlumotlar almashinish tarmog‘iga mansublikni bildiradigan old qo‘shimcha. " Veb-anjuman|"Internet orqali real vaqt rejimida onlayn uchrashuvlar o‘tkazish va birgalikda ishlash uchun texnologiyalar va vositalar. Veb-anjumanlar onlayn taqdimotlar o‘tkazish, hujjat va ilovalar bilan birgalikda ishlash, saytlarni, videofayllarni va tasvirlarni sinxron ko‘rish imkonini beradi. " Veb-bord|"Qar.: E’lonlar taxtasi. " Veb-brauzer|"Veb-sahifalarni ko‘rish va tasvirlash uchun mo‘ljallangan dastur. Gipermatnli hujjatlarni tasvirlash va veb-resurslar orqali harakatlanish imkonini beradi. Izoh – Veb-brauzer tarmoqdagi server yoki boshqa kompyuterlardan o‘zida gipermatn, audio va video fayllarni saqlovchi veb-hujjatlarni olishi va lokal kompyuterda ko‘rsatishi mumkin. Bugungi kunda eng ko‘p qo‘llaniladigan veb-brauzerlar Microsoft Internet Explorer va Mozilla Firefox hisoblanadi. " Veb-dizayn|"Veb-sahifalarini bezash. Veb-dizayn qog‘oz nashri uchun poligrafik dizayn va sahifalash qanday vazifani bajarsa, sayt uchun ham xuddi shunday vazifani bajaradi. Veb-dizayn deganda odatda nafaqat sayt uchun grafik elementlarni yaratishni, balki uning tuzilmasi, navigatsiyasi va baʼzan sayt ishi uchun zarur bo‘lgan skriptlarni loyihalash, yaʼni saytni to‘liq yaratish nazarda tutiladi. Dizayn saytning aqlli tuzilishi maʼnosida uning «chiroyliligi»dan ancha muhimroq. Sayt dizayni odatda ixtisoslashtirilgan veb-dizayn studiyalari tomonidan bajariladi. Sayt uchun dizayn yaratish bahosi sayt hajmi, grafik elementlar soni, uning ustida ishlovchi mutaxassislar saviyasi, dasturlash zarurligi va h.k.larga bog‘liq. " Veb-hujjat|"HTML yoki XML tilida yozilgan va Internet tarmog‘iga joylashtirish uchun tayyor bo‘lgan hujjat. " Veb-interfeys|"Foydalanuvchiga veb-brauzer orqali turli dasturlar bilan o‘zaro ishlash imkonini beruvchi interfeys (masalan, o‘z buyurtmasini boshqarish, Internet do‘konida yoki tarmoq printerini sozlash). veb-interfeyslarining qulayligi shundaki, ular bitta ofisda joylashmagan xodimlarga birgalikda ish yuritish imkonini beradi. Masalan, veb-interfeyslar turli maʼlumotlar bazalarini to‘ldirish yoki Internet OAVda materiallarni chop etish uchun ishlatiladi. " Veb-kamera|"Ko‘chmas kamera bo‘lib, u bilan olingan tasvirlar Internetdagi muayyan saytda ko‘rsatiladi. Odatda bu video oqimi emas, balki muayyan muddatlardan keyin masalan, har 20 sekundda yangilanuvchi statik tasvir. Odatda videokameralar saytga tashrif buyuruvchilar ko‘nglini ovlash uchun ishlatiladi. " Veb-portal orqali statistikani ko‘rish|"O‘z qo‘ng‘iroqlari statistikasini ko‘rib chiqish (Call Detail Server mavjud bo‘lganda ishlaydi) imkoniyatini beradigan xizmat. " Veb-ranglar|"Rasmlarda ranglarni aniq solishtirish va aks ettirish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan 256 ta rangdan 216tasini o‘z ichiga olgan ranglar jadvali. Qolgan 40 ta rang ishlatilmaydi, chunki ular kompyuterlarda rang uzatish sifatining sozlanganligiga ko‘ra turlicha aks ettirilishi mumkin. Veb-standart palitra odatda xavfsiz ranglar palitrasi deyiladi. " Veb-sahifa|"Veb orqali erkin foydalanish mumkin bo‘lgan HTML hujjat. Gipermatn yoki gipermedia ko‘rinishidagi axborotni ichiga oladi. " Veb-sahifa sarlavhasi|"Veb-sahifani aynanlashtiruvchi tavsiflovchi matn. Ochiq sahifa nomi veb-brauzeri oyna-sining sarlavha qatorida aks o‘tiriladi. " Veb-sayt|"Ma’no jihatidan birlashtirilgan, umumiy tuzilma va navigatsiyaga ega bo‘lgan veb-sahifalar majmui. " Veb-saytni optimallash|"Qar.: SEO. " Veb-saytning ko‘chirma indeksi|"Veb-saytga boshqa Internet resurslaridan ishoratlar soni asosida hisoblanadigan qidiruv tizimi ko‘rsatgichi. Ko‘chirma indeksining eng oddiy shaklida faqat ishoratlar soni hisobga olinadi. Tematik ko‘chirma indeksida veb-saytga ishoratlarga ega bo‘lgan resurslarning mavzusi, o‘lchangan ko‘chirma indeksida esa o‘sha resurslarning mashhurligiga eʼtibor beriladi. " Veb-server|"1. Bitta yoki bir nechta veb-uzel ishini taʼminlaydigan dasturiy ilova. 2.Serverning dasturiy taʼminoti bilan taʼminlangan va Internet mijozlaridan rasmiy talablar olish, ularni qayta ishlash va bajarish uchun mo‘ljallangan kompyuter. " Veb-server imkoniyatlarini tahlil qilish asbobi|"Ko‘plab ko‘zda tutilgan yuklamalardan foydalanib, mijoz-server konfiguratsiyasini testdan o‘tkazadigan, skriptlar bilan boshqariladigan utilita. " Veb-standartli palitra|"Qar.: Veb-ranglar. " Veb-televizor|"Internet tarmog‘i orqali tashkil qilinadigan teskari kanalli teleko‘rsatuvlarni interaktiv ko‘rish imkoniyatini ta’minlaydigan televizor va kompyuter kombinatsiyasi. " Veb-usta|"Veb-uzel yaratilishi va uni boshqarish yuzasidan javobgar bo‘lgan, veb-uzel administratori. " Veb-uzel|"Maxsus dasturlar – veb-sharhlovchilar yordamida kompyuter tarmog‘i orqali ko‘rib chiqish uchun mo‘ljallangan, o‘zaro bog‘langan axborot onlayn resurslar to‘plami. Izoh – Veb-uzel elektron ko‘rinishdagi hujjatlar to‘plamini, onlayn xizmatni o‘zida ifodalashi mumkin. " Veb-хosting|"«Xosting» so‘zi to‘laqonli ikki tomonlama aloqa bilan taʼminlangan tarmoqdagi kompyuterni bildiruvchi xost so‘zidan olingan (qar.: xost). Xosting pulli va tekin, oddiy va mukammallashgan bo‘lishi mumkin. Xosting provayderini tanlayotganda quyidagi tavsifnomalarga eʼtibor berish lozim: 1) disk makoni; 2) Internet kanalining o‘tkazish qobiliyati (kengligi); 3) fayllarni boshqarish usullari: veb-forma yoki FTP protokoli orqali foydalanish; 4) standart skriptlar to‘plami; 5) server tomonida dasturlash mumkinligi (SSI, PHP, ASPlarni qo‘llab-quvvatlash, cgi-bin katalogi); 6) serverda maʼlumotlar bazalaridan foydalanish – o‘z maʼlumotlar bazalarini yaratish va ishlatish mumkinligi; 7) Shell dan foydalanish; 8) .htaccess fayli orqali serverni konfiguratsiyalash mumkinligi; 9) log-fayllardan foydalanish; 10) uchinchi darajali domenlarni taqdim etish (name.your-name.uz, name1.your-name.uz va boshqa turdagi manzil); 11) bitta yoki bir necha pochta qutisini qo‘llab-quvvatlash; 12) uzluksiz elektr energiya bilan taʼminlash. " Veb-shablon|"Mundarijani veb-sahifa dizaynidan ajratish uchun va veb-hujjatlarni ko‘plab ishlab chiqish uchun qo‘llaniladigan moslama. Veb-shablondan istagan inson yoki tashkilot o‘zining veb-saytini yaratishda foydalanishi mumkin. Shablon sotib olingandan yoki saqlab olingandan so‘ng, foydalanuvchi barcha shablonning asosiy maʼlumotlarini o‘zining tashkiloti yoki mahsuloti maʼlumotlari bilan to‘ldiradi. " Veb 2.0|"WWW rivojlanishining ikkinchi avlodini belgilovchi atama. Veb 2.0 ning asosiy xususiyati – ko‘p sondagi foydalanuvchilarning kontentni yaratish va maʼlumotlar almashishdagi bevosita ishtiroki. Misol – ijtimoiy tarmoqlar, videoxosting saytlari, viki, bloglar, folksonomiya. " Vektor|"Sonli qiymat va yo‘nalish bilan tavsiflanadigan, to‘g‘ri kesma bilan tasvirlanadigan matematik kattalik. " Vektorlash|"Rastr grafikasini vektor grafikasiga o‘girish, rastrlashga teskari bo‘lgan jarayon. Rastrlashdan farqli o‘laroq ushbu jarayon juda murakkab bo‘lib, uni to‘liq avtomatik tartibda bajarib bo‘lmaydi. " Vektorli displey|"Ishda vektor grafikadan foydalanadigan kompyuter displeyi. " Vektorli grafika|"Tasvirni, har qanday usul bilan, shu jumladan, grafik komandalar bilan tavsiflangan grafik elementlar yig‘indisi sifatida taqdim etish usuli. Ko‘pincha, ikkilik koddagi fayllar sifatida taqdim qilinadi. " Vektorli kodlash|"Kodlash usuli, bunda kanal bo‘yicha tasvir sanog‘i blokining qiymatlari emas, blokning kod daftaridagi uzatilayotganga eng yaqin manzili jo‘natiladi. " Vektorli kompyuter|"Vektorlarni (bir o‘lchamli ma’lumotlar massivlarini) qayta ishlash uchun mo‘ljallangan kompyuter. " Vektorli protsessor|"Bir o‘lchovli raqamli ma’lumotlar massivlari (vektorlar) ustida bir vaqtda hisoblashlar uchun komandalar to‘plami bo‘lgan kompyuter. " Vektorli yoyish|"Ekranda sintezlangan tasvirni qayta tiklash usuli, bunda yoyuvchi element tasvirni olish uchun zarur bo‘lgan faqat qisqa yo‘l bo‘yicha, ularning joylashishidan qat’i nazar, bevosita bir nuqtadan boshqasiga harakatlanadi. " Vergullar bilan ajratilgan qiymatlar|"Jadvalli ma’lumotlarni taqdim etish uchun mo‘ljallangan matnli format. Faylning har bir satri – bu jadvalning bir satridir. Alohida ustunchalarning ma’nolari ajratish simvoli masalan, vergul, nuqtali vergul va tabulyatsiya simvollari yordamida ajratiladi. " Verifikator|"Autentifikatsiyalangan identifikatsiya qilish talab qilinadigan yoki uni ko‘rsatadigan obyekt. Verifikator autentifikatsiya maqsadlarida almashinuvlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan funksiyalarni o‘z ichiga oladi. " Verifikatsiyalash|"1. Belgilangan talablar bajarilganligining obyektiv isbotlarini taqdim etish yo‘li bilan tasdiqlash. Izoh – Verifikatsiyalashni muvofiqlikka testlash deb ham atash mumkin. 2. Hisoblash texnikasi vositalari yoki avtomatlashtirilgan tizimlar spetsifikatsiyalarining ikki darajasini tegishli muvofiqlikka taqqoslash jarayoni. 3. ID-kartaga kiritilgan biometrik ma’lumotlarning ID-karta egasining biometrik ma’lumotlariga mosligini maxsus texnik qurilma yordamida tekshirish. " Verifikatsiyalash qoidasi|"Dastur talablariga muvofiq kelishini tekshirish maqsadida, kiruvchi ma’lumotlarning dastlabki qayta ishlanishini belgilovchi qoida. " Verifikatsiyalash va tasdiqlash|"Tekshirishlarning to‘la to‘plami bo‘lib, tizimning o‘zi mo‘ljallangan maqsadlarga muvofiqligini kafolatlash uchun kerak. Izoh – Funksional testlarni qat’iy tanlash, o‘tkazish qobiliyatini nazorat qilish, ishonchlilikni tekshirish va sh.k. tekshirishlar qatoriga kiradi. " Vernam kriptotizimi|"Kriptotizim, xuddi shunday Vernam shifri deb ham ataladi, tamomila tasodifiy ravishda hosil qilinadigan bit satrini ishlatadi. Kalitlar oqimining uzunligi dastlabki matn uzunligiga teng, dastlabki matn va tasodifiy bit satri shifrlangan matn hosil qilish uchun, XOR amalidan foydalanib aralashtiriladi. Bunday algoritm o‘ta maxfiylikka ega. Ushbu kriptotizim omilkor emas, chunki katta o‘lchamdagi kalitlardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. U asosan, harbiy va diplomatik maqsadlarda ishlatiladi. Bu shifrning asosiy kamchiligi kalitlarni boshqarish qiyinligi. " Versiya|"Dasturiy mahsulotning, ba’zi o‘zgartirishlar kiritilgan varianti. Turli versiyalar quyidagi tarzda indekslanadi: jiddiy o‘zgartirishlar nuqtagacha raqam bilan oraliq variantlar nuqtadan keyingi raqamlar bilan ko‘rsatiladi. " Versiya raqami|"Ishlab chiqish va/yoki ishlab chiqarish paytida dasturiy ta’minotga beriladigan belgi. Odatda, versiya raqami X, Y ko‘rinishida yoziladi, bu erda X ‒ versiyaning bosh raqami, Y esa, reliz raqami. Reliz raqamining o‘zgartirilishi mahsulotga ba’zi o‘zgartirishlar kiritilganligini bildiradi. Versiya raqami qancha katta bo‘lsa, mahsulot shuncha ko‘p rivojlanish bosqichlarini o‘tgan hisoblanadi. Versiyalar raqamlaridan versiyalarni boshqarish tizimlarida foydalaniladi. " Vertikal menyu|"Navigatsiya nuqtalari vertikal (yuqoridan pastga tomon) joylashgan menyuning ko‘rinishi. " Vertikal portal|"Maʼlum mavzu yo‘nalishidagi, ushbu mavzu doirasida turli xizmatlarni taqdim etuvchi veb-sayt. Eng istiqbolli axborot resursi va uskunasi bo‘lib, butun dunyo bo‘ylab o‘z izdoshlariga ega. " Vertikal qutblangan to‘lqin|"Elektr maydonining kuchlanganlik vektori yer sirtiga nisbatan har doim vertikal, magnit maydonining kuchlanganlik vektori esa, gorizontal yo‘nalgan, chiziqli qutblangan elektromagnit to‘lqin. Izoh − To‘lqinning tarqalish yo‘nalishi yuqorida ko‘rsatilgan har ikki vektorga ortogonal bo‘lib, ularning vektor ko‘paytmasi bilan belgilanadi. " Vertikal qutblanishga ega antenna|"Yer sirtiga perpendikulyar joylashgan va gorizontal tekislikda yo‘nalganlik doiraviy diagrammasiga ega chiziqli simmetrik vubrator ko‘rinishidagi antenna. " Vibrator|"To‘g‘ri chiziqli simning bo‘lagi, unda uzun liniya bo‘lagidagi kabi xususiy elektr tebranishlar paydo bo‘lishi hamda turg‘un elektromagnit to‘lqinlar hosil bo‘lishi mumkin. Vibrator eng sodda (uzatuvchi yoki qabul qiluvchi) antennani o‘zida ifodalaydi. " Vibratorli antennalar|"Bazaviy elementi vibrator hisoblanadigan antennalar. " Video|"Aniq yoki tasvirlashning u yoki bu usuli bilan yaratilgan kadrlarning ma’lum chastotaga ega o‘zgaruvchan ketma-ketligi. Kino va televideniye videoning bir turi hisoblanadi. " Video disk|"Qar.: Lazer disk. " Video ketma-ketlik|"Ixtiyoriy uzunlikdagi videokadrlar ketma-ketligi. " Video kirish|"Foydalanuvchining shaxsiy kompyuter yordamida ko‘ngil ochar yoki ishga oid dasturlari va Internet resurslari bilan fizik o‘zaro ishlashini taʼminlaydigan moslama. Ushbu istiqbolli texnologiya insonni virtual dunyoga «olib kiradi». " Videoadapter|"Shaxsiy kompyuterning, tasvirlarning monitorga chiqarilishini boshqaradigan kengaytirish platasi. " Videografik adapter|"Eskirgan videostandart va displeyning 1987-yil 2 aprelda IBM kompaniyasi tomonidan birinchi marta joriy qilingan 256 palitradan 2 yoki 16 rangli 640х480 piksellarning video-ekrandagi maksimal hal qilinishiga mos keluvchi videoadpter. VGA matnli va grafik rejimni qo‘llab-quvvatlaydi. Matnli rejim 80x25 simvollarning va 16 ranglarning (9x16 piksellarining simvol hajmi) qobiliyatini maksimal hal qilishda qo‘llab-quvvatlanadi. " Videografik matritsa|"Displey ekranida 640x480 pikselni 256 rangda aks ettira oladigan videoadapter. " Videografiya|"Axborot asosan, raqamli shaklda uzatiladigan va foydalanuvchiga bu axborotni tanlash hamda matnli yoki grafik shaklda displey ekranida, masalan, televizor ekranida qayta tiklash imkonini beradigan aloqa turi. Izoh – Telematn va telegrafiyaning har xil turlari videografiyaga taalluqli emas. " Videokadr|"Boshlang‘ich tasvirning bitta kadri yoki ikkita maydonini tasvirlaydigan videoma’lumotlar to‘plami. Yorqinlik va ayirma rang signallarning sanoqlarini ifodalovchi 8 bitli sonlarning uchta to‘g‘ri burchakli matritsasidan tashkil topgan. " Videokadrlar guruhi|"Raqamli signal ko‘p sonli davrlarining ustma-ust tushishidan boshlanadigan videoketma-ketlikning qismi. " Videokonferens aloqa|"Bir-biridan olisda bo‘lgan foydalanuvchilar o‘rtasidagi ko‘p tomonlama aloqa usuli, bunda ular real vaqtda video hamda audiosignallarni qabul qilishi va aks ettirishi mumkin. Izoh − Uzatish tezligi uzatiladigan videosyujetning sifatiga qo‘yiladigan talablarga bog‘liq bo‘lib, o‘zgarishi mumkin, masalan, ISDN tarmog‘ida 128 (BRI) dan 384 (3BRI) Kbit/s gacha. " Videokuchaytirgich o‘tkazish polosasining kengligi|"Videosignal chastotalari polosasining kengligi, bunda signalning so‘nish darajasi ma’lum bir kattalikdan, masalan, 3 dB dan oshmaydi. " Videoma’lumotlarni qayta ishlash darajasi|"Raqamli oqim asosiy parametrlarini o‘zgartirishning yo‘l qo‘yiladigan chegarasini belgilaydigan ko‘rsatmalar majmui. " Videoma’lumotli kompakt-disk|"Analog-raqamli lazerli disklar uchun standart nomi. " Videomiksher|"Kombinatsiyalangan tasvirni shakllantirish maqsadida bir nechta televizion datchik videosignallarini birlashtirish uchun mo‘ljallangan qurilma. " Videomontaj apparatxonasi|"Elektron videomontaj tizimi bilan ta’minlangan hamda televizion dasturlarni tuzish uchun mo‘ljallangan videoyozuv apparatxonasi. " Videonazorat qurilmasi, videomonitor, monitor|"Kirishiga to‘liq videosignal yoki to‘liq rangli videosignal yoki asosiy rang signallari uzatiladigan, televizion tasvirni kuzatish va/yoki nazorat qilish uchun mo‘ljallangan tiklash qurilmasi. " (Videoni) siqish, videokompressiya|"Videoaxborot hajmini axborot ortiqchaligini bartaraf etish yo‘li bilan, masalan, kadrlararo va kadr ichida korrelyatsion hamda statistik bog‘lanishlarini hisobga olgan holda qisqartirish. Izoh – Siqish darajasi siqish koeffitsiyenti bilan belgilanadi. " Videoqurilmalar interfeysi|"Videoqurilmani boshqarish uchun mo‘ljallangan dastur-drayver (odatda videokarta deyiladi). Qoida bo‘yicha ishlab chiqaruvchi tomonidan diskda videoqurilma bilan yetkazib beriladi. " Videorekorder|"Televizion signallarni yozish va qayta tiklash uchun mo‘ljallangan uskuna. " Videoretush|"Olingan video kadrdan «keraksiz» obyektlarni: binolar, telefon ustunlarini olib tashlash yoki unga nimanidir qo‘shish uchun qo‘shimcha surat chizish. " Videoserver|"1. Axborot uzatish yuqori tezligiga ega lokal va global tarmoqlarga ulangan, hajmi terabitlarda o‘lchanadigan disk xotirali nutq va harakatlanadigan tasvirni saqlaydigan fayllar serveri. 2. So‘rovga ko‘ra, video ilovalarga oqimli videoni yetkazib beradigan kompyuter yoki dasturiy ta’minot. " Videosignal|"Tasvir paydo qilish uchun mo‘ljallangan elektr signal. " (Videosignal) bitreytini pasaytirish|"Video raqamli signalini, tasvirning yo‘l qo‘yiladigan sifatini saqlashda, bitreyt (bitlarni uzatish tezligi) ni pasaytirish uchun qayta ishlash. Izoh – Bitreytni pasaytirish manbani kodlashda bajariladi. " (Videosignal datchigidagi) optik tasvir|"Videosignal datchigida yorug‘lik sezgirlik sirtining optik vositalari bilan hosil qilinadigan tasvir. " Videosignal datchigining gammasi|"Loqarifmik shkalada videosignal ko‘lamining obyekt tegishli yorug‘ligiga bog‘liqligini aks ettiradigan egri approksimatsiyalaydigan ishchi uchastkasining to‘g‘ri maksimal og‘ishi. " (Videosignal datchigining) kontrast diapazoni|"Videosignal datchigi chiqish signallari darajalarining maksimal nisbati. " Videosignal kuchlanishi o‘zgarganda sinxronlashning saqlanishi|"Barqaror sinxronlash saqlanganda videosignal kuchlanishi ijobiy (musbat) yoki manfiy (salbiy) o‘zgarishining videosignal nominal kuchlanishiga nisbati. " (Videosignalni) raqamli siqish (tavsiya qilinmaydigan)|"Videosignalni tasvir sifatini ta’minlashda zurur bo‘lgan yuborishga bitlar sonini kamaytirish maqsadida notekis kvantlash jarayoni. " (Videosignalning) doimiy tashkil etuvchisi|"Tasvirning o‘rtacha yorug‘ligiga va ayrim hollarda ayirmarang tashkil etuvchi o‘rtacha qiymatga bog‘liq va bir kadrdan boshqasiga o‘zgarishi mumkin bo‘lgan videosignalning belgilangan tashkil etuvchisi. " Videosignalning o‘rtacha darajasi|"O‘chirish intervalidan tashqari, kadrlar o‘tish vaqti mo-baynida videosignalning o‘rtacha darajasi. Izoh – Videosignalning o‘rtacha darajasi odatda o‘chirish darajasi va oq daraja o‘rtasidagi farqlar o‘chirish darajasiga nisbatan foizlarda ifodalanadi. " Videoteks|"Televizion qabul qilgich kineskopining ekraniga telefon tarmog‘i orqali matnli va grafik axborotni uzatish tizimi. " Videoteks xizmatining xizmatlari|"Videotekc xizmatida amaliy darajani amalga oshiruvchi va videoteks foydalanuvchilari uchun muayyan, aniq belgilangan xizmatni ta’minlaydigan xizmatlar. Izoh – Videoteks xizmati foydalanuvchilarga bunday xizmatlardan bir nechtasini taqdim etadi. " Videotelefon|"Telefon so‘zlashuvlari vaqtida foydalanuvchilarning bir-birini ko‘rishlariga imkon beruvchi telefon va televizion usullarini birlashtirish. " Videoto‘plagich|"Videokadrlar to‘plamini yozish, saqlash va qayta ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan qurilma. " Videouzatish|"Televizion tasvirlarni muayyan joyga, ba’zida tovush jo’rligida uzatish. " Videoxotira|"Displeyda sifatli tasvirni ta’minlash uchun mo‘ljallangan qo‘shimcha xotira. Videoadapterning qismi hisoblanadi, bir necha megabaytgacha hajmga ega. Videoxotirada bitta yoki bir nechta ekranning tasviri shakllanadi, displeyga uzatiladi. Ba’zi kompyuterlarda videoxotira tezkor xotiradan ajratiladi. " Videoo‘yin qurilmasi|"Televizion qabul qilgich yoki maishiy videomonitor ekranida o‘yin axborotini aks ettirish uchun mo‘ljallangan qurilma. " Vidjet|"1. Interfeys vidjeti. Foydalanuvchi grafik interfeysining stardartlashtirilgan elementi (matn maydoni, tugma, ro‘yxat, menyu va h.k.). 2. Veb-vidjet. Veb-sahifa ichida yoki kompyuter ish stolida joylashgan va tashqi resurslarning maʼlumotlari yoki funksionalidan foydalanish uchun mo‘ljallangan kod parchalari yoki kichik dasturlar (ob-havo, taqvim, lug‘at va h.k.). Mobil vidjet. Mobil telefonda biror bir dastur yoki tarmoq resurslari bilan ishlab, foydalanuvchi imkoniyatlarini kengaytiruvchi qo‘llanma. " Vijеner kvadrati|"Ko‘p alifboli mashhur kriptotizimlardan biri. Vijеner kvadrati n2 elementlar bo‘lgan kvadrat matritsani ifodalaydi, bunda n – foydalaniladigan alifbo simvollarining soni. Kvadratning har bir satri alifboni bir simvolga siklik siljitish bilan to‘ldiriladi. Qadamdan qadamgacha Sezar kriptotizimiga o‘xshash o‘zgaradigan kalit so‘z shifrlash kaliti hisoblanadi. Har bir ustun 0, 1, …, 25 kalitlari bo‘lgan Sezar kriptotizimi sifatida qaralishi mumkin. Kalit so‘z, odatda ochiq matndan qisqa bo‘lgani uchun, undan davriy ravishda foydalaniladi. " Viki|"Veb-sayt, saytning o‘zi taqdim qilgan instrumentlar yordamida foydalanuvchi uning shakli va tarkibini o‘zgartirishi mumkin. Eng katta va mashhur viki sayt – Vikipediya. " Vikipediya|"Ko‘p tillik erkin onlayn ensiklopediya. U ko‘pchilik tomonidan yoziladi va uni yozishda hech qanday cheklanishlar quyilmaydi. Ushbu loyiha 15 yanvar 2001-yil mutaxassislarga mo‘ljallangan Nupediara to‘ldiruvchi sifatida yaratilib, hozirda uni notijorat Wikimedia Foundation tashkiloti boshqaradi. Vikipediyaning eng katta ingliz tili bo‘limi 2009-yil oxirida 3 milliardga yaqin maqolaga ega edi (taqqoslash uchun: qog‘oz nashrdagi ensiklopediyalar orasida eng katta bo‘lmish VgKappyuadagi maqolalar soni 130 ming atrofidadir). Bundan tashqari Vikipediyaning juda mashhur bo‘lib ketishi tufayli unga yo‘ldosh Wiktionary, Wikibooks, Wikiquote, Wikisource hamda Wikinews kabi loyihalarning ham paydo bo‘lganidir. " Vilka|"Ajratgichning shtirli yoki o‘tkazuvchan chiquvchi kontaktlari bo‘lgan qismi. " Viloyat ichi pochta yo‘nalishi|"Viloyat pochta almashinuv punktini viloyat (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)ning tumanlararo, tuman, shahar pochta aloqasi bog‘lamalari bilan bog‘lovchi pochta yo‘nalishi. " Vinchester|"Ma’lumotlarni saqlash qurilmasi, qattiq magnit diskdagi to‘plagichning o‘zi IBM firmasi tomonidan 1973 yilda ishlab chiqilgan. Diskning xarakteristikalari quyidagicha edi: sig‘imi 30 Mbyte, foydalanish vaqti 30 ms. Boshqa versiyaga ko‘ra, to‘plagich har biri 30 Mbyte bo‘lgan ikkita diskdan iborat bo‘lgan. " Virtual|"Amalda mavjud bo‘lmagan, lekin ma’lum sharoitlarda paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan obyekt yoki holat. " Virtual bank|"Mijozlarga xizmat ko‘rsatish Internet tarmog‘idan foydalanib bajariladigan bank. Izoh – Brauzerlardan yoki maxsus dasturiy taʼminotdan foydalanadigan mijozlar real bankda amalga oshiriladigan aksariyat operatsiyalarni bajarishlari va axborot olishlari mumkin. " Virtual bog‘lanish|"Paketlarni kommutatsiyalash bilan ma’lumotlar uzatish xizmatlarining xizmatlaridan biri, bunda bog‘lanishni o‘rnatish va uzish protsedurasi ma’lumotlar uzatish uchun oxirgi (terminal) uskunaning ikkita qurilmasini bog‘lash davrini belgilaydi, bu davr mobaynida foydalanuvchilardan ma’lumotlar tarmoq bo‘ylab paket rejimida uzatiladi. Barcha ma’lumotlar, foydalanuvchilardan qabul qilingan tartibda, tarmoqdan kelib tushadi. " Virtual disk|"Tezkor xotira qismidan dasturiy tarzda yaratilgan, psevdodiskli to‘plagich. Operatsion tizim u bilan, haqiqatda mavjud bo‘lgan disk bilan ishlagandek ishlaydi. Ikki holatda, moddiy mavjud bo‘lgan diskni vaqtinchalik takrorlash uchun va ma’lumotlardan foydalanishni tezlashtirish maqsadida foydalaniladi, chunki tezkor xotira diskli xotiraga nisbatan ancha tez. Ko‘pincha elektron disk deb ataladi. " Virtual fayl tizimi|"Fayl tizimlarini amalga oshirishning obyektga yo‘naltirilganligini ta’minlovchi fayl tizimi. Fayl tizimlarini qo‘shgan holda, fayl tizimlarining turlari uchun tizimli chaqiruvlarning yagona interfeysi. " Virtual hamjamiyatlar|"Internetning rivojlanishi natijasida paydo bo‘lgan ushbu atama quyidagilarni bildiradi: 1. Elektron makonda paydo bo‘lib faoliyat yurgizuvchi uyushmalarning yangi turi. 2. Tarmoq foydalanuvchilarining elektron makonda ishlash uchun bir xil qiziqishlarga ega bo‘lgan guruhlarga birlashishi. Ushbu atama Veb 2.0 asosiy atamalaridan biridir. " Virtual iqtisodiyot|"Elektron makonda iqtisodiy operatsiyalarni bajarish. " Virtual kanal|"1. Paketli kommutatsiya tarmog‘ida dastlabki ketma-ketlikni saqlagan holda, hattoki paketlar ikkita uzellar o‘rtasida turli fizik yo‘nalishlar bo‘yicha uzatilsa ham, paketlar uzatilishini ta’minlaydigan vositalar. Virtual kanal chaqiruv vaqtida o‘rnatiladi va aloqa seansidan keyin bekor qilinadi. 2. Virtual kanal identifikatori deb nomlanadigan identifikatorning umumiy noyob (yagona) qiymatiga ega ATM yacheykasining bir yo‘nalishli o‘tkazish tavsifi uchun foydalaniladigan tushuncha. 3. Ikkita tarmoq qurilmasi o‘rtasida ishonchli aloqani ta’minlash uchun hosil qilinadigan mantiqiy kanal. Virtual kanal sonlar juftligi: virtual yo‘l identifikatori (VPI) va virtual kanal identifikatori (VCI) bilan identifikatsiya qilinadi, doimiy (PVC) yoki kommutatsiyalanadigan (SVC) bo‘lishi mumkin. Virtual kanallar Frame Relay va X.25 texnologiyalarida ishlatiladi. ATM tarmoqlarida Virtual Channel deb ataladi. " Virtual kanal identifikatori|"ATM tarmog‘idagi har bir virtual kanalni identifikatsiya qilish uchun ishlatiladigan, ATM yacheykasi sarlavhasidagi 16 bitli maydon bilan belgilanadigan yagona raqamli yorliq. " Virtual kanal zvenosi|"Virtual kanal identifikatorining qiymati aniqlanadigan nuqta va ushbu qiymatlar o‘zgaradigan yoki o‘chiriladigan nuqta o‘rtasida ATM yacheykalarini bir yo‘nalishda uzatish vositasi. " Virtual kanallar kommutatori|"Virtual kanallar zvenolarini bog‘laydigan, virtual yo‘llar bog‘lanishini tugatadigan tarmoq elementi. " Virtual kanalning ulanishi|"Adaptatsiya darajasidan foydalana olishni ta’minlaydigan ikki nuqta o‘rtasida amalga oshiriladigan virtual kanal zvenolarining ketma-ket ulanishi. " Virtual kompaniya|"Muayyan maqsadlarga erishish uchun, axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, birgalikdagi kelishilgan faoliyatni amalga oshiradigan turli sohalarda ixtisoslashgan jismoniy va yuridik shaxs. " Virtual korxona|"1. Faoliyat jarayonida elektron aloqa vositalaridan foydalangan holda eng kam yoki umuman bo‘lmagan shaxsiy, bevosita aloqasiz muloqotda bo‘ladigan, o‘zaro ishlaydigan geografik nuqtai nazardan ajratilgan xodimlar uyushmasidan iborat bo‘lgan korxona. 2. Bitta tashkilotning bir-biridan hududiy ajratilgan va axborot-kommunikatsiya tarmoqlari yordamida o‘zaro ishlaydigan tuzilmalari. " Virtual lokal tarmoq|"Tarmoq turi, bunda kommunikatsiya va erkin foydalanish tarmoq tuzilmasini yoki aniq resursning joylashgan o‘rnini bilmasdan turib amalga oshiriladi. " Virtual manzil|"Dasturlarda xotiraga murojaat qilish uchun qo‘llaniladigan virtual xotira tizimidagi manzil. Jismoniy xotiradan ma’lumotlarni o‘qish yoki unga ma’lumotlarni yozishda yadro va xotirani boshqarish bloki tomonidan virtual manzil jismoniy manzilga aylantiriladi. " Virtual mashina|"Kompyuterda dasturiy ta’minot yaratadigan, fizik qurilma modellashtiriladigan muhit. Windows da virtual mashinalar, har biri o‘zining xususiy xizmatlariga, jumladan, xotira resurslariga, fayl tizimi serverlariga, qurilmalar drayverlariga, periferiyadan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan alohida kompyuterlarni modellashtiradi. Windows virtual mashinalarning ikkita asosiy turini ichiga oladi: Windows ilovalarini ishga tushirish uchun foydalaniladigan System VM va Windows da bajariladigan MS-DOS ning har bir ilovasi uchun yaratiladigan DOS VM. " Virtual ofis|"Geografik jihatdan bir-biri bilan bog‘lanmagan kompaniya xodimlariga, axborot hamda boshqariluvchi ta’sirlarni almashish, saqlash, qayta ishlash va uzatish uchun tashkiliy ravishda yagona tizim vositasida o‘zaro hamkorlik qilishga imkon beradigan internet-resurs yoki uning bir qismi. " Virtual port|"Aniq moddiylikda mavjud bo‘lmagan, tashqi qurilmalarni qayta ishlashni unifikatsiya qilish uchun operatsion tizimda tashkil qilinadigan va installyatsiya qilinadigan port; odatda simsiz aloqa qurilmalari, masalan, mobil telefonlar va organayzerlar bilan almashinishda qo‘llaniladigan katta sonli (COM10, COM15) kommunikatsiya porti. " Virtual real holat|"1. Zamonaviy texnik va dasturiy vositalar bilan real dunyoni imitatsiya qilish. 2. Kuzatuvchini ekran ortidagi tasavvur dunyosiga olib o‘tuvchi vizual va tovush effektlarini ta’minlaydigan kompyuter tizimlari. Bunda foydalanuvchi, kompyuter yordamida paydo qilingan, reallik taassurotini beruvchi tasvir va tovushlar bilan o‘rab olinadi. Foydalanuvchi turli sensorlar, masalan, o‘z harakati va taassurotlarini hamda audiovizual effektlarni bog‘laydigan shlem va qo‘lqoplar yordamida sun’iy dunyo bilan o‘zaro bog‘lanadi. Virtual reallikka oid kelgusidagi tadqiqotlar kuzatuvchining reallikka bo‘lgan hissini orttirishga yo‘naltirilgan. " Virtual server|"O‘z veb-serverini tashkil qilish, qo‘llab-quvvatlash va doimiy ravishda Internetga ulanishni talab qilmaydigan, WWWda axborotni joylashtirish uchun qo‘llaniladigan usul. Bu holda siz yaratgan axborot mavjud bo‘lgan provayder yoki biron bir uchinchi shaxs ulanish bo‘lmaganda doimiy ulanish uchun to‘lashga qaraganda o‘nlab va yuzlab marotaba arzonroqdir. " Virtual serverni tashkil etish|"Xususiy veb-serverni tashkil etish va quvvatlash, hamda doimiy Internetga ulanish zaruratini chetlab, WWWda axborotni joylashtirish uchun ishlatiladigan usul. Bu holda, siz yaratgan axborot (bepul yoki qandaydir to‘lov bilan) provayderning yoki uchinchi shaxsning mavjud veb-serverida joylashtiriladi. Virtual server domen nomiga ega bo‘lishi mumkin. Bitta kompyuterda bir nechta virtual serverni joylashtirish mumkin. " Virtual tarmoq operatori|"Boshqa operatorning ijaraga olinadigan resurslari va tarmoq infratuzilmasi negizida o‘zining virtual tarmog‘ini yaratuvchi kompaniya. Virtual tarmoq operatori xizmat ko‘rsatish bozorida, o‘z savdo markasi ostida, o‘z xizmatlar paketi va tariflarini tavsiya qiladi. " Virtual tarmoq texnologiyalari|"Virtual lokal tarmoqlar ichidagi va ular o‘rtasidagi kommunikatsiyalar yoki Internetdan olisdagi bo‘linmalar bilan bog‘lanish uchun xususiy tarmoq o‘rnida foydalanish. " Virtual tarmoq tizimi|"Hududiy tarmoq orqali o‘zaro hamkorlik qiluvchi lokal tarmoqlar assotsiatsiyasi tuzilishini ko‘zda tutadigan, Banyan Systems korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan tarmoq operatsion tizimi. Bunda lokal tarmoqlar quyi sathlarda bir xil bo‘lmagan tuzilmaga ega bo‘lishi mumkin (turli ishlab chiqaruvchilar uskunasi). " Virtual tashkilot|"Qo‘shma, kelishilgan faoliyat bajaruvchi jismoniy yoki yuridik shaxs. U odatda turli sohalarda, aniq maqsadlarga erishish uchun axborot texnologiyalaridan foydalanadi. " Virtual tezkor xotira|"Qattiq diskdan rezerv qilingan xotira. Agarda biror-bir dasturni yuklash uchun tezkor xotira yetishmasa, yangi jarayonlarni ishga tushirish uchun tezkor xotirani bo‘shatish maqsadida, ayni vaqtda aktiv bo‘lmagan jarayonlar qattiq diskka «tashlanadi». " Virtual voqelikni modellashtiradigan til|"HTML tilining uch o‘lchamli analogi hisoblanadigan til; WWW texnologiyasida ilovalar yaratish uchun foydalaniladi. Silicon Graphics kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. " Virtual xosting|"Bitta Internet provayderi (xosting provayderi) serveri bir necha (yuz va minglab) kichik va katta hajmdagi virtual veb-saytlarning faoliyatini taʼminlaydigan xizmat. Ushbu xizmat virtual serverlar xostingi deb ham nomlanadi. " Virtual xotira|"Kompyuterning qattiq diskda tezkor xotira bilan kabi ishlash usuli. Katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash imkonini beradi va ko‘p vazifali ishlash rejimini ta’minlaydi. " Virtual xususiy tarmoq|"Korporativ tarmoqning, olisdagi foydalanuvchilarning bu tarmoqqa xavfsiz kirishini ta’minlaydigan kichik (quyi) tarmog‘i. " Virtual xususiy tarmoqlarni, jumladan, VPN IP tashkil etish|"Ajratilgan tarmoqning (statistik yoki dinamik) foydalanuvchilari umumiy foydalanishdagi tarmoqning ochiq kanallari bo‘yicha bog‘lanadigan «virtual kanallar» asosida xususiy raqamlash rejasi bilan ajratilgan tarmoqni tashkil etish. Izoh – Tarmoqni muhofaza qilish bosqichini buyurtmachi belgilaydi. " Virtual yo‘l identifikatori|"ATM yacheykasi sarlavhasidagi, yacheyka yo‘llanadigan virtual yo‘lni belgilaydigan 8 bitli maydon. " Virtual yo‘l zvenosi|"Virtual yo‘l identifikatori (VYI) qiymati aniqlanadigan nuqta va VYI qiymati o‘zgaradigan nuqta o‘rtasidagi VYI umumiy qiymatiga ega virtual kanallar zvenolarining guruhi. " Virtual yo‘llar kommutatori|"Virtual yo‘llar liniyalarini bog‘laydigan tarmoq elementi. " Virtual yo‘lning ulanishi|"Kanallar identifikatorlarining qiymatlari aniqlanadigan nuqta va ushbu qiymatlar o‘zgaradigan nuqta o‘rtasida amalga oshiriladigan virtual trakt zvenolarining ketma-ket ulanishi. " Virtual zanjir|"Ikkita tarmoq uzeli o‘rtasidagi tarmoq paketlarining yo‘li bitta aloqa seansida qayd etiladigan marshrutlash usuli. " «Virtual» MVNO operatori|"Infratuzilma tarmoq mulkdori bo‘lmagan, chastotalardan foydalanishga ruxsat yo‘q, ammo shartnoma asosida va amaldagi uyali ko‘chma aloqa operatori resurslaridan foydalanib, aloqa xizmatlarini taqdim etuvchi «virtual» operator. " Virus signaturasi|"Bitlarning, spetsifik virusning har bir nusxasiga xos bo‘lgan va uning mavjudligini aniqlash uchun skanlovchi dastur tomonidan foydalanilishi mumkin bo‘lgan, yagona ketma-ketligi. " Virusga qarshi dastur|"Kompyuterning ishlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan virus-dasturlardan himoya qilish uchun mo‘ljallangan maxsus dastur. " Virusga qarshi dasturiy ta’minot|"Zararli dasturlarni bartaraf qilish, aniqlash va chiqarib tashlash uchun mo‘ljallangan dasturiy ta’minot. " Virusli litsenziya|"Bu mualliflik huquqini bildiradi. Teng tarzda barcha qilingan ishlarga tegishli litsenziya. Bu litsenziyalar keng ko‘lamda va cheksiz qo‘llanila boshlaydi va kopileft raqiblariga (aynan Microsoft korporatsiyasidan) uni viruslar bilan ishlatishga bahona bo‘ldi. " Virusni «davolash»|"Zararlangan obyektdan virusni chiqarib tashlash va bu obyektning (faylning, disk yuklanadigan qismining) virus bilan zararlangunga qadar bo‘lgan holatini tiklash jarayoni. " Vizit registri|"Гостевой регистр (база данных, содержащая сведения об абонентахроумерах). " Vizual dasturlash|"Ko‘rgazmali vositalar yordamida ilovalar yaratish ko‘zda tutiladigan dasturlash. Dasturchi dastur matnini yaratmaydi, balki natijada nima bo‘lishini ko‘rsatadi. Dastur matni vizual prototip yordamida avtomatik tarzda yuzaga keladi. Vizual dasturlash obyektga yo‘naltirilgan dasturlashga va OLE texnologiyalarga yoki unga o‘xshash texnologiyalarga asoslanadi. " Vizual harf-raqamli indikatsiya xizmati|"Umumiy foydalanishdagi telefon tarmog‘iga uzatilgan yoki ushbu tarmoqdan olingan axborotning vizual indikatsiyasini abonentning telefon terminalida taqdim etadigan xizmat. Izoh – Axborotni ekranda chiqarish chiquvchi va/yoki kiruvchi chaqiruvlar uchun amalga oshiriladi. " Vizual komandalar tizimi|"48 komandadan iborat bo‘lgan, UltraSPARC protsessorlariga SUN Microsystems firmasi tomonidan multimedia dasturlari, video muloqotlari, videolarni siqish uchun qo‘shilgan grafika bilan ishlash komandalari. Birinchi bor Photoshop tizimi tomonidan ishlab chiqilgan. " Vizual komponentlar bibliotekasi|"Ilovalarni tez ishlab chiqish uchun Borland С++ Builder va Delphi instrumental paketlarda ishlatiladigan, obyektga qaratilgan bibilioteka. O‘zida 100 dan ortiq foydalanish uchun tayyor komponentlarni mujassamlashtirgan bo‘lib, ularni takomillashtirish yoki bo‘lmasa ular asosida boshqa yangi komponentlarni yaratish imkonini beradi. " Voqealarni qayta ishlagich|"Foydalanuvchi, tizim yoki dastur keltirib chiqaradigan qandaydir voqea tugagandan so‘ng, har gal avtomatik tarzda chaqiriladigan maxsus protsedura. " Voqeiy-boshqariladigan dasturlash|"Dastur turli voqealarga (foydalanuvchining harakatlariga) qanday javob berishi tavsiflanadigan dasturlash. Obyektga yo‘naltirilgan dasturlashning bir turi. " Vositachi|"Shlyuzda bajariladigan, mualliflashtirilgan mijoz va tashqi xost o‘rtasida paketlarni uzatuvchi ilova (dastur). Vositachi Internetning ma’lum servislari uchun mijozdan so‘rov qabul qiladi, keyin, mijoz nomidan harakat qilib (ya’ni uning vositachisi bo‘lib), rasmiy ravishda so‘rab olingan servis uchun ulanishni o‘rnatadi. Amaliy darajadagi barcha shlyuzlar ilovalar bilan bog‘liq dasturiy vositalardan foydalanadi. Seans darajasidagi ko‘pchilik shlyuzlar so‘rovlarni qayta yo‘naltirishning aynan bir xil funksiyalarini ta’minlaydigan, lekin TCP/IP servislarining katta qismini tutib turadigan kanal vositachilaridir. X " Xab|"Yulduz topologiyasida tarmoq uzellari birlashtiriladigan konsentrator yoki takrorlagich. " Xabar|"1. Cheklangan uzunlikdagi bitlar satri. 2. Muayyan shaklda ifodalangan va turli fizik tabiatga ega bo‘lgan signallar yordamida axborot manbaidan uni oluvchiga uzatish uchun mo‘ljallangan axborot. " Xabar adresati|"Jo‘natuvchining o‘zi yoki uning nomidan jo‘natilgan xabarni oluvchi jismoniy yoki yuridik shaxs. " Xabar berish|"Tahdid qilayotgan xavf yoki bo‘lishi mumkin bo‘lgan muammo to‘g‘risida ogohlantirish yoki xabar berish uchun mo‘ljallangan xabar. " Xabar yaxlitligi kodi|"Dastlabki matn va kalitdan muayyan qoida bo‘yicha hosil qilingan tayinli uzunlikdagi maʼlumotlar ketma-ketligi. " Xabarlar bilan almashinish xizmati|"Pochta qutisi va/yoki xabarlarni qayta ishlash (masalan, tahrir qilish, qayta ishlash va o‘zgartirish) funksiyalarini bajarish buferizatsiyali xotira qurilmasi orqali foydalanuvchi-foydalanuvchi aloqani ta’minlaydigan interaktiv xizmat. " Xabarlar bilan juda tez almashinuv|"SIP foydalanuvchilarga qisqa xabarlar bilan juda tez almashinish imkonini beradigan xizmat. Izoh – MSRP (Message Session Relay Protocol) protokoli foydalanuvchilarga fayllarni uzatish imkonini beradi. " Xabarlar kommutatsiyasi|"Kommutatsiya stansiyasi yoki tarmoq uzelidagi, to‘liq xabarni qabul qilish, yig‘ish, so‘ng undagi manzil belgisiga ko‘ra uzatishdan iborat operatsiyalar majmui. " Xabarlar navbati|"Jarayonlar o‘rtasida xabarlarni saqlash uchun mo‘ljallangan tizimli tuzilma (bufer). " Xabarlar uchun slotlar|"Halqali topologiyaga ega tarmoqdagi kommunikasiya usuli, bunda qayd qilingan o‘lchamdagi xabarlar uchun bir nechta slot tizimda muntazam aylanadi. " Xabarlarni ajratish|"Abonentga yonma-yon bosib chiqarilgan xabarlar o‘rtasidagi bo‘sh joylarni ta’minlash uchun, otboydan oldin har bir amalga oshirilgan bog‘lanish oxirida bir nechta satr ko‘chirish belgilarini uning terminaliga tarmoqdan uzatilishini so‘rash imkonini beradigan xizmat. " Xabarlarni autentifikatsiya qilish kodi|"1. Ikkala ma’lumotning (ochiq matn yoki shifrmatn) hamda maxfiy kalitning funksiyasi bo‘lgan bitlar ketma-ketligi. Ma’lumotlarni autentifikatsiya qilishni ta’minlash uchun ularga qo‘shiladi. Izoh – Xabarlarni autentifikatsiya qilish kodini generatsiyalash uchun foydalaniladigan funksiya, ko‘pchilik hollarda, bir tomonlama funksiya hisoblanadi. 2. Berilgan algoritm bo‘yicha tasodifiy kirish oqimi va shifrlash kalitidan tuziladigan, qayd qilingan uzunlikdagi kod. " Xabarlarni qayta ishlash tizimi|"Foydalanuvchi xabarlarining agentlari, xabarlarni uzatish, xabarlarni saqlash va ruxsat berish qurilmalari agentlarining, elektron pochta ishini ta’minlaydigan tizim. " Xabarlarni tutib qolish|"Maxsus terminalni telekommunikatsiyalar liniyasiga ruxsatsiz ulash, abonent punktlari bilan elektron hisoblash mashinasi o‘rtasida aylanadigan xabarlarni qabul qilish va ulardan foydalanish. " Xabarlarni uzatish agenti|"Xabarlarni saqlash va jo‘natish uchun foydalaniladigan OSI amaliy jarayoni. " Xabarlarni uzatish tizimi uchun amaliy dasturlash interfeysi|"Microsoft Windows operatsion tizimida elektron pochta bilan ishlaydigan dasturlar interfeysi. Shunday dasturlardan biri Microsoft Outlook. " Xabarlarni o‘tkazish|"Tarmoq ulanishi usuli, bunda xabarlarni uzatishda vaqtinchalik ulanish o‘rnatiladi. " Xabarni autentifikatsiya qilish|"Tayinlangan jo‘natuvchining xabari belgilangan oluvchiga shikastlanmasdan va o‘zgartirmasdan uzatilganligini verifikatsiyalash. " Xabarning haqiqiyligini o‘rnatish kodi|"Xabarga jo‘natuvchi tomonidan qo‘shiladigan, kriptografiya jarayoni orqali xabarni qayta ishlash natijasi hisoblanadigan kod. " Xabarnoma|"Muhim ma’lumotni yetkazish maqsadida, tizim yoki amaliy dasturiy ta’minot chiqaradigan axborot xabari. " Xaffman kodi|"Prefiksli kod, unda kodli kombinatsiyaning uzunligi kodlashtiriladigan elementning paydo bo‘lish chastotasiga teskari proporsional (element qancha ko‘p uchrasa, kodli kombinatsiya shuncha qisqa). " Xaffman kodlash usuli|"Alohida elementlar uchrashining nisbiy chastotasini qo‘llash asosida ma’lumotlarni siqish usuli Ko‘p uchraydigan elementlar nisbatan qisqa bitlar ketma-ketligi orqali kodlanadi. " Xaker|"Tarmoqdagi axborotni o‘g‘irlash istagi va imkoniyati bo‘lgan odam. Xakerlar, ko‘pincha hazil tariqasida simsiz tarmoqlarning zaifliklaridan foydalangan holda, korporativ tizimlarga suqulib kirishga harakat qiladilar. " Xakerlik frodi|"Tarmoq muhofazasini buzish va tarmoq resurslaridan ruxsat etilmagan tarzda foydalanish bilan bog‘liq firibgarlik turi. " Xalaqit beruvchi signal|"Texnik vositaning ishlash sifatini yomonlashtiradigan elektromagnit signal. " Xalaqit kuchlanishi|"Signal kanalida mavjud bo‘lgan har qanday chetki kuchlanish. " Xalaqit manbai|"Elektromagnit xalaqitni yuzaga keltiradigan yoki yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan, kelib chiqishi tabiiy yoki sun’iy manba. " Xalaqitga chidamlilik darajasi (hisoblash texnikasi vositalari)|"Parametrlarining qiymatlari qat’iy belgilangan tashqi xalaqitning maksimal darajasi, bunda hisoblash texnikasi vositasi belgilangan ishlash sifatini saqlab qoladi. " Xalaqitga chidamlilik normasi (hisoblash texnikasi vositalarining)|"Hisoblash texnikasi vositasi xalaqitga chidamlilik darajasining qat’iy belgilangan minimal qiymati. " Xalaqitlar|"Radioaloqa tizimida bitta yoki bir nechta nurlanish, radiatsiya yoki induksiya keltirib chiqaradigan beixtiyoriy energiyaning qabulga ta’siri. Bu energiyaning ta’siri axborot sifatining har qanday yomonlashuvida, xatolarda yoki yo‘qotishlarda (bunday beixtiyoriy energiya ta’siri bo‘lmaganda, ularni chetlab o‘tsa bo‘lar edi) namoyon bo‘ladi. " Xalaqitlar analizatori|"Vaqt bo‘yicha seleksiyalash qurilmasi bilan jihozlangan xalaqitlarni o‘lchagich. " Xalaqitlar uzatgichi|"Foydali signallarni qabul qilish chastotalar polosasida foydali signallarni buzish yoki butunlay bostirish maqsadida xalaqitlarni generatsiyalash uchun mo‘ljallangan maxsus radiouzatgich. " Xalaqitlarni bostirish|"Xalaqitlar ta’sirini bartaraf etishga yoki kamaytirishga qaratilgan tadbirlar. " Xalaqitning ta’siri|"Elektromagnit xalaqit ta’sirida texnik vosita ishlashidagi sifat ko‘rsatgichlarining pasayishi. " Xalaqitning yuqori darajali zonasi|"Uzatgichdan bevosita yaqinda joylashgan zona, bunda xalaqit darajasi shunchalik sezilarliki, qo‘shni chastotalarda ishlaydigan boshqa stansiyalar qabul qilgichlarining ishi blokirovkalanishi mumkin. " Xalqaro aloqa tarmog‘i|"Turli milliy tarmoqlar abonentlarini xalqaro aloqa bilan taʼminlaydigan xalqaro stansiyalar hamda ularni bog‘laydigan kanallar majmui. " Xalqaro avtomatik boshqaruv federatsiyasi|"Avtomatik boshqaruv nazariyasini rivojlantirish bilan shug‘ullanuvchi olimlarni birlashtiruvchi xalqaro tashkilot. IFAC 1957-yilda turli mamlakatlardagi mutaxassislar o‘rtasida ijodiy aloqa o‘rnatish hamda ular orasida axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish uchun yaratilgan. " Xalqaro axborot almashinuvi|"Mamlakatning davlat chegarasi orqali axborot mahsulotlarini olish va uzatish, shuningdek, axborot xizmatlarini ko‘rsatish. " Xalqaro axborotni qayta ishlash federatsiyasi|"Maʼlumotlarni qayta ishlash vositalari nazariyasini rivojlantirish va ulardan foydalanishga ko‘maklashuvchi xalqaro tashkilot. IFIP 1959-yilda turli mamlakatlardagi olimlar va ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida axborot almashish va ish aloqalarini o‘rnatish uchun tashkil etilgan. " Xalqaro dengiz yo‘ldoshli aloqa konsorsiumi|"1979-yil 16 iyulda tashkil topgan. 75000 tadan ortiq ko‘chma obyektlarga (ularning ichidi 42000 ta dengiz kemasi) turli aloqa xizmatlarini va maxsus xizmatlarni taqdim etadi. To‘rtta geostatsionar yo‘ldoshdan iborat tizimga asoslanadi. " Xalqaro elektrotexnika komissiyasi (XEK)|"Elektrotexnika sohasida standartlar ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi tashkilot. Elektrotexnik apparat va mashinalar uchun standartlardan tashqari XEK elektron qurilmalar uchun hujjatlarni ham ishlab chiqadi. " Xalqaro kommutatsiya markazi|"Chiquvchi, kiruvchi va tranzit xalqaro trafik o‘tishini taʼminlaydigan stansiya. " Xalqaro kuryerlik jo‘natmasi|"O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududi doirasidan tashqariga pochta aloqasi operatori va provayderlari tomonidan jo‘natiladigan, O‘zbekiston Respublikasi hududiga pochta aloqasi operatori va provayderlari manziliga keladigan yoki O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit tarzda o‘tadigan kuryerlik jo‘natmasi. " Xalqaro pochta almashinuvi joyi|"O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan, boshqa davlatlardan keladigan va tranzit tarzda jo‘natiladigan xalqaro pochta, kuryerlik jo‘natmalariga ishlov berish va mo‘ljallangan joyiga jo‘natishni amalga oshiruvchi pochta aloqasi tayinlangan operatorining tarkibiy bo‘linmasi. " Xalqaro pochta almashinuvi punkti|"Boshqa davlatlar bilan, bevosita xalqaro pochta almashinuvini amalga oshiruvchi pochta aloqasi tayinlangan operatorining punkti. Izoh – Ayrim hollarda pochta vagonlari xalqaro pochta almashinuvi punktlari bo‘lib hisoblanadi. " Xalqaro pochta jo‘natmasi|"O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududi doirasidan tashqariga pochta aloqasi tayinlangan operatori tomonidan jo‘natiladigan, O‘zbekiston Respublikasi hududiga pochta aloqasi operatori manziliga keladigan yoki O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit tarzda o‘tadigan pochta jo‘natmasi. " Xalqaro pochtamt|"Xalqaro pochta almashinuvi joyi bo‘lib hisoblangan, xalqaro pochta, kuryerlik jo‘natmalarini jo‘natish, topshirish, pochtani biriktirilgan magistral yo‘nalishlar bo‘yicha tashish, tranzit, chiquvchi va keluvchi pochta almashinuviga ishlov berish, shuningdek, foydalanuvchilarga pochta aloqasi xizmatlarini taqdim etishni amalga oshiruvchi pochta aloqasi milliy operatorining tarkibiy bo‘linmasi. " Xalqaro standartlashtirish tashkiloti|"Ko‘plab sohalarda, shu jumladan hisoblash texnikasi va aloqa sohasida xalqaro standartlarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan, shtab kvartirasi Jenevada joylashgan ko‘ngilli notijorat Xalqaro standartlashtirish tashkiloti. 1946-yilda tuzilgan. " Xalqaro telefon stansiyasi|"Xalqaro kanalning bir uchida joylashgan va boshqa mamlakatga yo‘naltirilayotgan yoki boshqa mamlakatdan chiqayotgan ulanishlarni taʼminlaydigan stansiya. " Xalqaro telekommunikatsiyalar ittifoqi (XTI)|"Elektraloqasidan foydalanish va uni rivojlantirish masalalari bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilot. XTI Jeneva (Shveysariya)da joylashgan bo‘lib, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tomonidan boshqariladi. XTI 1865-yilda yaratilib, 1932-yilgacha Xalqaro telegraf ittifoqi deb atalgan. XTI maqsadi barcha aloqa turlaridan mintaqaviy foydalanishda xalqaro hamkorlikni taʼminlash va kengaytirish, texnik vositalarini mukamallashtirish va ulardan samarali foydalanishdir. XTI, shuningdek, simsiz tarmoqlar uchun chastotalarni ro‘yxatga olishga ham javobgardir. " Xalqaro yozma xat-xabarlar|"O‘zbekiston Respublikasi doirasidan tashqariga jo‘natish uchun qabul qilinadigan va uning hududiga xorijiy davlatdan keladigan yoki tranzit tarzda o‘tadigan yozma xat-xabarlar. " Xalqaro 3GPP2 guruhi|"AQSh, Yaponiya va janubiy Koreya mamlakatlarining standartlashtirish institutlari tomonidan CDMA2000/IMT-MC standarti ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish maqsadida ITU doirasida tuzilgan xalqaro guruh. " Xarajatlar (foyda)ni tahlil qilish|"Tizimni ishlab chiqish yoki ishlashidagi bosqich bo‘lib, bunda axborot tizimidagi ma’lumotlarning talab etiladigan darajada muhofaza qilinishini ta’minlash qiymati aniqlanadi. Ba’zida bu qiymat ostida, muhofaza qilinishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarning yo‘qolishi yoki putur yetkazilishi (obro‘sizlantirilishi) oqibatida yetkazilishi mumkin bo‘lgan zarar tushuniladi. " Xarakteristikali impedans|"Elektr jihatidan bir turdagi uzatish liniyasining yakunlovchi qarshiligi. " Xat|"O‘lchamlari, og‘irligi va o‘rash tartibi Pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish qoidalarida belgilangan, ichida yozma xabar, hujjatlar bo‘lgan pochta, kuryerlik jo‘natmasining turi. " Xato|"Dasturning normal bajarilmasligi oqibatida yuzaga keladigan holat. Asosan dastur kodidagi xatoliklar yoki foydalanuvchining noto‘g‘ri harakatlari oqibatida yuzaga keladi. " Xato bitlar intensivligi|"Ma’lumotlarni uzatishda olingan xato bitlarning paydo bo‘lish foizi. " Xato bo‘yicha uzilish|"Xatoni qayta ishlash uchun, dasturning apparat yoki dasturiy uzilishi. " Xato to‘g‘risida xabar|"1. Operatsion tizim yoki dastur ishida yuz bergan xato to‘g‘risidagi ma’lumot bo‘lib, uni yo‘qotish uchun foydalanuvchining aralashuvi kerak bo‘ladi. 2. Dasturda biror bir xatolik chiqsa o‘sha xatolik to‘g‘risida xabar berish. Odatda, xatolik kodi va qisqacha tavsifini (ayrim hollarda uni barataraf qilish bo‘yicha tavsiyalarni) o‘zida saqlaydi. " Xato ruxsat (tizimga kirish uchun)|"Biometrik nazorat qilish (identifikatsiyalash) vositalari boshqa bir odamni ro‘yxatga olingan foydalanuvchi deb qabul qiladigan va unga tizimdan erkin foydalanishga yanglishib ruxsat beradigan vaziyat. " Xato yacheyka|"Xatolarni nazorat qilish jarayoni amalga oshirilgandan keyin sarlavhada xatolar aniqlangan yacheyka. " Xatolar bo‘lganda tiklash|"Tizimning belgilangan holatini tiklash imkoniyatini beradigan, nosozlikni tuzatish yoki aylanib o‘tish jarayoni. " Xatolar ehtimolligini baholash asbobi|"Test ketma-ketligini shakllantiradigan, uning uzatilishi, qabul qilinishi, qayta ishlanishini taʼminlaydigan, dekodlaydigan, uzatilgan va qabul qilingan ketma-ketliklarni taqqoslaydigan hamda xato qabul qilingan bitlar sonini hisoblaydigan qurilma. Asbobdan odatda telefon aloqa kanallari orqali ishlaydigan modemlar signallarini qabul qilish ishonchliligini baholashda foydalaniladi. " Xatolar koeffitsiyenti|"Xato qabul qilingan raqamli signal elementlari sonining berilgan vaqt intervali davomida uzatilgan elementlarning umumiy soniga nisbati. Izoh – Elementlar razryadlar, kodli so‘zlar yoki bloklarni o‘zida aks ettirishi mumkin. " Xatolardan notekis muhofazalanganlik|"Qurilma chiqishida ishlatiladigan, raqamli tovushli oqimni xatolardan himoyalash usuli, unda axborot qiymati yuqori bo‘lgan belgilar yuqori darajadagi xalaqitdan himoyalanganlik bilan uzatiladi, qiymati pastroq belgilar esa, pastroq himoyalanganlik bilan yoki umuman kodlanmasdan uzatiladi. " Xatolarni aniqlaydigan kod|"Uzatiladigan signalga kam sonli ortiqcha simvollarni kiritish hisobiga, xatolarni avtomatik ravishda aniqlovchi, FEC turidagi kodlar toifasi. " Xatolarni aniqlash|"Xatolarni, tegishli koddan foydalanib, qabul qilingan signalda xato elementlarning mavjudligini aniqlash uchun, nazorat qilish usuli. " Xatolarni nazorat qilish, xatolardan himoya|"Raqamli signalda yozish, qayta ishlash va uzatish jarayonida sodir bo‘ladigan xatolarning ta’sirini kamaytirish uchun ishlatiladigan usullar. Izoh – Xatolarni nazorat qilishda xatolarni aniqlash, xatolarni tuzatish va xatolarni alohida, yoki uyg‘unlikda niqoblash usullaridan foydalanilishi mumkin. " Xatolarni niqoblash (raqamli televideniyeda)|"Subyektiv effektlar aniqlangan, lekin tuzatilmagan xatolarning ta’siri tufayli kamayishi mumkin bo‘lgan xatolarni nazorat qilish usuli. Izoh – Xatolarni niqoblash xatolardan xoli sanoqlarning qo‘shni qiymatlari interpolyatsiyasi yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. " Xatolarni qayta ishlagich|"Dasturni bajarishda yuzaga keladigan muayyan xato vaziyatni qayta ishlash uchun avtomatik chaqiriladigan kod qismi (protsedura). Dasturda xatolarni qayta ishlagich bo‘lmasa, tizim dasturiy ta’minotiga o‘rnatilgan qayta ishlagichdan foydalaniladi. Apparatura, shuningdek, markaziy protsessor holati saqlanilishini va bu holat, xatolarni qayta ishlagichning ishi tuga-gandan so‘ng tiklanishini amalga oshiradi. " Xatolarni qayta ishlash|"Bajarish paytida xatolar aniqlanganda dasturning ishlashi, ogohlantirish va tugallash kabi standart harakatlardan iborat bo‘lishi mumkin, biroq jiddiy ilovalar va tizim dasturlarida alohida e‘tibor talab qilinadi. " Xatolarni topish va vizuallashtirish usuli|"Raqamli eshittirish televideniyesining izchil transport ma’lumotlar oqimida televizion tasvirning o‘tuvchi va uning ketidan keluvchi kadrning shakllanish jarayonida hisoblanadigan, ortiqcha siklik tekshiruv kodining nazorat so‘zlarini solishtirishdan iborat bo‘lgan xatolarni diagnostika qilish usuli. " Xatolarni tovushli kodlash tizimi|"Xatolar to‘g‘risida tovush signallari bilan xabar berish tizimi. Kompyuter ishga tushishi bilan ishlab ketadi va xatolik kodiga bog‘liq ravishda turli signallar beradi. Qurilmalar muvaffaqiyatli tekshirilganda bitta qisqa signal chiqaradi. " Xatolarni tuzatish|"Xatolarni tegishli koddan foydalanib, qabul qilingan signalda xato deb tan olingan elementlarning qismini tuzatish uchun, nazorat qilish usuli. " Xatolarni to‘g‘rilash kodi|"Uzatiladigan signalga ortiqcha simvollarni kiritish hisobiga, xatolarni avtomatik ravishda tuzatuvchi, FEC turidagi kodlar toifasi. " Xatolik jiddiyligining kodi|"Muayyan xatolikning dasturga ta’siri darajasini aniqlaydigan kod. Ular tizimning osilib qolishiga olib keluvchi – fayllarni buzuvchi va yo‘qotuvchi; foydalanuvchi xohlagan operatsiyani bajarishiga yo‘l qo‘ymaydigan – funksional; lokallashtirish va kosmetik; trivial xatoliklarga bo‘linadi. Joriy kod tester xatoliklarini o‘zlashtiradi. " Xatoni qarshi yo‘nalishda tarqatish|"Neyron tarmoqni o‘rganish usuli. " Xatcho‘p|"Ma’lumotlar bazasidagi yozuv yoki satrni, dastur matnidagi satrni yoki matn redaktori faylidagi joyini noyob tarzda identifikatsiya qiluvchi marker. " Xavf omili|"Axborotni texnik vositalar bilan qayta ishlashda, uning xavfsizligi uchun tahdidlar paydo bo‘lishini shartlovchi sabab. Izoh – Yondosh elektromagnit nurlanishlar va to‘g‘rilashlar, axborotdan shtat texnik vositalari bilan ruxsat etilmagan tarzda foydalanish, maxsus elektron o‘rnatuvchi qurilmalar; axborot resursiga bo‘ladigan tashqi ta’sirlar texnik vositalar bilan qayta ishlanadigan axborot uchun asosiy xavf omillari hisoblanadi. " Xavfli bo‘lmagan viruslar|"Kompyuter ishiga xalaqit bermaydigan, lekin bo‘sh tezkor xotira va disklardagi xotira hajmini kamaytiradigan viruslar. Bunday viruslarning ta’siri, odatda, qandaydir grafik yoki tovush effektlarida namoyon bo‘ladi. " Xavfli pochta, kuryerlik jo‘natmalari|"Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarining 3-ilovasi 1-bandi «a» va «b» kichik bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan predmetlar va moddalar yoki ularning belgilarini o‘z ichiga olgan jo‘natmalar. " Xavfli viruslar|"Kompyuter ishida turli buzilishlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan viruslar. " Xavfsirash, vahimaga tushish, gumonsirash|"Elektron pochtadan qabul qilingan abbreviatura. IBM kompaniyasi menejerlariga, raqobatchilarning mahsulotlarini mijozlar bilan muhokama qilayotganda, mahsulotni yomonlamasdan, faqatgina FUD bilan kifoyalanish tavsiya etilgan. " Xavfsiz dasturiy ta’minot|"Tizim yoki tarmoqda ma’lumotlarning xavfsiz qayta ishlanishini amalga oshiruvchi, tizim resurslaridan xavfsiz foydalanuvchi umumiy maqsadlardagi hamda amaliy dastur va vositalar. " Xavfsiz holat|"Baholash obyektining xavfsizlik funksiyasi ma’lumotlari ziddiyatsiz bo‘lgan va baholash obyektining xavfsizlik funksiyasi, xavfsizlikning funksional talablarini samarali bajarishda davom etadigan holat. " Xavfsiz kompyuter|"Ishlash paytida odamlar salomatligiga xavf tug‘dirmaydigan kompyuter. Asosiy zararli ta’sirni elektron-nurli trubka bazasidagi monitor, kompyuter vujudga keltiradigan elektromagnit maydonlar ko‘rsatadi. Kompyuterning zararli ta’sirini cheklash maqsadida, MPR I standarti (Shvetsiya) qabul qilingan. " Xavfsiz operatsion tizim|"Tizim tomonidan nazorat qilinadigan ma’lumotlar va resurslar mazmuniga mos keladigan muhofaza darajasini ta’minlash maqsadida, apparat va dasturiy vositalarni samarali boshqaradigan operatsion tizim. " Xavfsiz rejim|"Windows operatsion tizimidagi yuklash rejimlaridan biri, bunda faqat eng zarur modullar va dasturlar yuklanadi, bu tizimni tiklash yoki boshqa profilaktika ishlarini o‘tkazishga imkon beradi. " Xavfsiz ulanishlar protokoli|"Birgalikda ishlaydigan tomonlarni autentifikatsiya qilish va trafikni protokollar tutashgan tarmoqlarda, jumladan, Internetda shifrlash uchun belgilangan protokol. Izoh – Odatda, ushbu protokoldan, xabarlar almashinish yaxlitligini, autentifikatsiya qilinishini, konfidensiallikni taʼminlagan holda, veb-serverlar va brauzerlar o‘rtasida himoyalangan ulanishni tashkil qilish uchun foydaniladi. " Xavfsiz vaqt|"Ma’lumotlardan foydalanishning mumkin bo‘lgan variantlarini statistik sinash orqali muhofaza tizimining ochilish vaqtini matematik kutish. " Xavfsizlik|"1. Tizim yoki tarmoqning, axborotning muhofaza qilinishini, haqiqiyligini va ishonchli saqlanishini ta’minlash qobiliyati. 2. Obyektning tasodifiy va qasddan qilinadigan tahdidlar ta’siriga qarshi tura olish qobiliyati. " Xavfsizlik atributi|"Subyektlar, foydalanuvchilar xarakteristikasi (shu jumladan tashqi axborot texnologiyalari mahsulotlari), obyektlar, axborotlar, seanslar va/yoki resurslar, funksional xavfsizlik talablari shakllanishida va funksional xavfsizlik talablarini amalga oshirishda foydalaniladigan qiymatlar. " Xavfsizlik auditi|"Tizimning boshqaruvchi funksiyalarini adekvatlikka tekshirish, qabul qilingan xavfsizlik siyosatiga va operatsion protseduralarga muvofiqligini ta’minlash, xavfsizlikning buzilishlarini aniqlash hamda boshqaruvda, xavfsizlik siyosatida va protseduralarda har qanday muayyan o‘zgarishlar bo‘yicha tavsiyalar berish maqsadida, ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi yozuvlarini va uning ishini mustaqil ko‘rib chiqish va tahlil qilish. " Xavfsizlik auditori|"Xavfsizlikni tekshirishga oid ma’lumotlardan foydalanish va tekshiruv to‘g‘risida hisobotlar tuzish ruxsat etilgan shaxs yoki jarayon. " Xavfsizlik axboroti|"Xavfsizlikni ta’minlash xizmatlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan axborot. " Xavfsizlik belgisi|"Resurs (ma’lumotlar bloki bo‘lishi mumkin) bilan bog‘langan, berilgan resurs xavfsizlik atributlarining nomini yoki belgilanishini aniqlaydigan markalash. " Xavfsizlik bo‘yicha topshiriq|"1. Muayyan baholash obyektini baholash uchun asos sifatida foydalanishga mo‘ljallangan, xavfsizlik talablari va spetsifikatsiyalar majmui. 2. Ayrim aniq belgilangan baholash obyekti uchun amalga oshirilishiga bog‘liq bo‘lgan, xavfsizlik yuzasidan ehtiyojlar bayoni. " Xavfsizlik darajasi|"1. Obyektning shaxs foydalanish huquqi toifasiga sezgirligini ko‘rsatadigan iyerarxik maxfiylik grifi va xavfsizlik toifasi majmui. 2. Axborotning kritiklik (sezgirlik) darajasini ko‘rsatuvchi, noiyerarxik toifa va iyerarxik tasniflash (foydalana olish darajasi) birikmasi. " Xavfsizlik deskriptori|"Xavfsizlik tizimi uchun axborotga ega bo‘lgan obyekt atributi. Obyekt egasining xavfsizlik identifikatorini, erkin foydalanishni nazorat qilishning diskretsion va tizimga oid ro‘yxatlarini o‘z ichiga oladi. " Xavfsizlik domeni|"1. Yagona xavfsizlik siyosatiga va yagona xavfsizlik ma’muriyatiga bo‘ysunuvchi foydalanuvchilar, tizimlar yoki resurslar majmui. 2. Aktiv mantiqiy obyekt foydalana olish huquqiga ega resurslar majmui. " Xavfsizlik filtri|"Tizimda aylanuvchi ma’lumotlarning xavfsizlik siyosatini amalga oshiradigan ishonchli kompyuter tizimi. " Xavfsizlik funksiyasi siyosati|"Baholash obyekti xavfsizlik funksiyalari amalga oshiradigan aniq xavfsizlik rejimini tavsiflaydigan va funksional xavfsizlik talablari yig‘indisi ko‘rinishida ifodalangan qoidalar majmui. " Xavfsizlik holati|"Ochiq tizimda saqlanadigan va xavfsizlik xizmatlarini taqdim etish uchun talab etiladigan, holat to‘g‘risidagi axborot. " Xavfsizlik identifikatori|"Xavfsizlik tizimi subyektining global noyob identifikatori. Hisobga olinadigan yozuvlarning xavfsizlik identifikatorlari va hammaga ma’lum xavfsizlik identifikatorlari farqlanadi. " Xavfsizlik jurnali|"Audit siyosatida ko‘rsatilgan tizim xavfsizligi xabarlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zida saqlaydigan xabarlar jurnali. " Xavfsizlik konfiguratsiyasi|"Tanlangan xavfsizlik siyosatining parametrlarining majmui. Xavfsizlik konfiguratsiyasi fayllar shaklida (standart konfiguratsiyalar mavjud) saqlanib, ularni, xususiy konfiguratsiyalarni yaratib turlash va kompyuterlarga tatbiq qilish mumkin. " Xavfsizlik maqsadi|"Belgilangan tahdidlarga qarshi tura olish va/yoki tashkilotning belgilangan xavfsizlik siyosatini va/yoki taxminlarni qanoatlantirishning ifodalangan maqsadi. " Xavfsizlik markazi|"Operatsion tizimning barcha xavfsizlik bo‘yicha moslamalari to‘plangan tizimdagi joy. «Xavfsizlikni ta’minlash markazi» xavfsizlikni ta’minlovchi muhim moslamalar holatini kuzatib turish imkonini beradi. " Xavfsizlik markeri|"Telekommunikatsiyalar obyektlari o‘rtasida uzatiladigan, ma’lumotlarni taqdim etishda foydalaniladigan xavfsizlik axboroti bilan birga, bitta yoki bir nechta xavfsizlik xizmati tomonidan muhofazalangan, ma’lumotlar to‘plami. " Xavfsizlik ma’lumotlari almashinuvi|"Ochiq tizimlar o‘rtasida boshqarish-protokol ilova ma’lumotlarini uzatish yoki uzatishlar ketma-ketligi. Bitta yoki bir nechta xavfsizlikni ta’minlash mexanizmlarining ishi hisoblanadi. " Xavfsizlik (muhofaza qilish) administratori|"1. Tizim xavfsizligini ta’minlash, o‘rnatilgan ma’muriy muhofaza choralarini amalga oshirish va ularga rioya qilinishining uzluksizligi uchun javobgar, qo‘llaniladigan jismoniy va texnik muhofaza vositalari ishlashini tashkiliy jihatdan muntazam qo‘llab-quvvatlanishini amalga oshiruvchi vakolatli vakil (shaxs yoki shaxslar guruhi). 2. Telekommunikatsiyalar tarmog‘i (tizimlari)ning axborotdan ruxsat etilmagan tarzda foydalanishdan muhofaza qilinishi yuzasidan javobgar, foydalanish subyekti. 3. Avtomatlashtirilgan tizimning axborotdan ruxsat etilmagan tarzda foydalanishdan muhofaza qilinishi uchun javobgar bo‘lgan foydalana olish subyekti. " Xavfsizlik normasi|"Xavfsizlik toifasiga bog‘liq ravishda o‘rnatiladigan, axborot xavfsizligi mezonining miqdor qiymati. " Xavfsizlik obyekti|"Xavfsizlik siyosati qo‘llaniladigan, tizimning passiv tashkil etuvchisi. " Xavfsizlik organi|"1. Xavfsizlik siyosatining belgilanishi, amalga oshirilishi va bajarilishi yuzasidan javobgar obyekt. 2. Xavfsizlik domenida xavfsizlik siyosatini boshqarish yuzasidan javobgar obyekt. 3. Xavfsizlik siyosati amalga oshirilishi yuzasidan javobgar administrator. " Xavfsizlik paketi|"Foydalanuvchilar va serverlar o‘rtasidagi haqqoniylikni taʼminlab beradigan paket. " Xavfsizlik sertifikati|"Xavfsizlik organi yoki ishonch qozongan uchinchi tomon bergan xavfsizlik bilan bog‘liq ma’lumotlarning, ma’lumotlar manbaini autentifikatsiya qilish va ma’lumotlarning yaxlitligini ta’minlash uchun foydalaniladigan xavfsizlik axboroti bilan birgalikdagi, to‘plami. " Xavfsizlik siyosati|"1. Kompyuter xavfsizligini ta’minlash uchun qabul qilingan harakatlar rejasi yoki dasturi. 2. Qonunlar, qoidalar va amaliy tavsiyanomalar to‘plami, unga asosan tizimdagi muhofaza qilinayotgan axborotni boshqarish, muhofaza qilish va taqsimlash yo‘lga qo‘yiladi. U, turli vaziyatlarda tizim o‘zini qanday tutishini belgilagan holda, axborotni qayta ishlash jarayonining barcha xususiyatlarini qamrab oladi. 3. Xavfsizlik obyektlari va subyektlari berilgan ko‘pligining xavfsizligini ta’minlash prosedura va mexanizmlarini belgilovchi qoidalar to‘plami. 4. Tizimning ma’lum tahdidlardan muhofaza qilinishini ta’minlashda tayanish mumkin bo‘lgan mezonlarning, ayniqsa, tezkor mezonlarning rasmiy belgilanishi. 5. Tashkilotda ahamiyatli axborotning qayta ishlanishini, muhofaza qilinishini va tarqatilishini tartibga soladigan qonunlar, normalar, qoidalar, amaliy tavsiyalar va usullar to‘plami. " Xavfsizlik siyosatining formal modeli|"Tizim boshlang‘ich holati tavsifini, tizimning bir holatdan ikkinchi holatga o‘tish usullarini, shuningdek, xavfsiz holat aniqlanishini nazarda tutuvchi, xavfsizlik siyosatining qat’iy matematik tavsifi. Bella-Lapadula modeli rasmiy modelga misol bo‘ladi. " Xavfsizlik siyosatining modeli|"Tizim uchun ishlab chiqilgan xavfsizlik siyosatining rasmiy ko‘rinishi. U ahamiyatli axborotning boshqarilishi, taqsimlanishi va muhofazasini belgilovchi talablarning rasmiy tavsifini o‘z ichiga olishi lozim. " Xavfsizlik siyosatining qoidalari|"Tanlab olingan xavfsizlik xizmatlarini hisobga olgan holda, qo‘llash uchun xavfsizlik mexanizmlarini, jumladan, ushbu mexanizmning ishlashi uchun zarur bo‘lgan barcha parametrlarni belgilaydigan mahalliy axborot. " Xavfsizlik skaneri|"Tarmoq xavfsizligini tahlil va avtomatlashtirilgan nazorat qilish, tarmoq birgalikda ishlash aktiv komponentlarini aniqlash va ularning zaif tomonlarini tahlil qilish uchun mo‘ljallangan dasturiy vosita. " Xavfsizlik subyekti|"Xavfsizlik siyosati tatbiq qilinadigan aktiv tizim tashkil etuvchisi. " Xavfsizlik talabi|"Standartlashtirilgan tilda ifodalangan, baholash obyektining xavfsizlikka erishish maqsadida, ko‘maklashishga mo‘ljallangan talab. " Xavfsizlik tizimidagi hisobga olish ma’lumotlari administratori|"Foydalanuvchilar ustunliklari, parollari va sh.k. darajalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan, foydalanuvchilarning hisob yozuvlari bazasi yuritilishini ta’minlaydigan kichik tizim. " Xavfsizlik toifasi|"Faqat iyerarxik maxfiylik grifini qo‘llashdan ko‘ra, juda aniq bo‘lgan ma’lumotlardan erkin foydalanishni boshqarishda qo‘llaniladigan nozik axborotni noiyerarxik guruhlash. " Xavfsizlik uzeli|"Uzoqda joylashgan abonentga uzoqdagi server bilan bog‘lanish huquqini, ro‘yxatga olingan mijozlarga RAS serveridan xavfsiz foydalanishni ta’minlagan holda, tekshiradigan autentifikatsiya qurilmasi. " Xavfsizlik vazifasi|"Baholash obyektiga manzillash taxmin qilinadigan xavfsizlik harakatlari sohasi va xarakteri belgilanadigan formal izoh bayon. Izohlar – Xavfsizlik vazifasi: - baholash obyekti qarshi tura olishi lozim bo‘lgan tahdidlarni; - baholash obyekti tomonidan amalga oshiriladigan tashkilotning xavfsizlik siyosatini; - baholash obyektidan foydalanish hamda ishlash muhitiga oid taxminlarni o‘z ichiga oladi. " Xavfsizlik vositalarini boshqarish|"Xavfsizlik servislarining ishlashi uchun zarur bo‘lgan axborotning tarqatilishini, shuningdek, ularning ishlashi to‘g‘risidagi axborotni to‘plash va tahlil qilishni ichiga oladigan jarayon. Masalan, kriptografik kalitlarning tarqatilishi, foydalana olish huquqlarining o‘rnatilishi, audit jurnalining tahlili va sh.k. " Xavfsizlik xizmati|"Ochiq tizimlar o‘zaro bog‘liqligining qandaydir darajasi taqdim etadigan xizmat. Ma’lumotlar uzatish tizimlari yoki jarayonlarining yetarlicha muhofaza qilinishini kafolatlaydi. " Xavfsizlik xizmati administratori|"Bitta yoki bir nechta xavfsizlikni ta’minlash tizimi to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega bo‘lgan, ularning loyihalashtirilishini va ulardan foydalanishni nazorat qiluvchi shaxs (yoki shaxslar guruhi). " Xavfsizlik yadrosi|"Ishonchli hisoblash bazasining, havolalar monitori konsepsiyasini amalga oshiradigan dasturiy va apparat elementlari. Ular subyektlarning obyektlardan erkin foydalanishga bo‘lgan barcha urinishlarini ajratishi, o‘zgartirishlardan muhofazalangan bo‘lishi va o‘z funksiyalarini to‘laqonli bajarish yuzasidan tekshirilishi kerak. " Xavfsizlik zonasi|"1. Axborot muhofaza qilinishining talab etiladigan darajasi ta’minlanadigan makon. 2. Internet-serverlar guruhi uchun xavfsizlik sozlanishlari o‘rnatilishiga imkon beruvchi Microsoft kompaniyasining Microsoft Internet Explorer brаuzerida belgilangan mexanizm. Izoh Zonalarning har biri uchun shu server uchun yo‘l qo‘yiladigan, mumkin bo‘lgan harakatlarni belgilovchi xavfsizlikning turli darajalarini qo‘llash mumkin (Java-appletlarini, ActiveX boshqaruvchi elementlarini ishga tushirish, SSL protokoli bo‘yicha muhofazalangan ulanishni o‘rnatish va sh.k.). " Xavfsizlikka tahdid|"Axborotning buzib ko‘rsatilishi va yo‘qolish xavfi bo‘lishida ko‘rinadigan, mulkdorga yoki foydalanuvchiga zarar yetkazadigan, muhofaza obyektiga (axborot resurslariga) qarshi yo‘naltirilgan qandaydir harakatni amalga oshirishning mumkin bo‘lgan (potensial yoki real mavjud) xavfi. " Xavfsizlikni baholash|"Tizimni, belgilangan muhofaza modeliga, muhofaza qilishni ta’minlash standarti va texnik shartlarga mos kelish darajasini aniqlash maqsadida tekshirish. " Xavfsizlikni boshqarish|"Tarmoq resurslaridan erkin foydalanishni boshqarish va nazorat qilish xizmati. Tashqi hujumlardan muhofaza qilish mexanizmi ishga tushirilishini amalga oshiradi va ma’lumotlarning, ularni saqlash va tarmoq orqali uzatishda yaxlitligini tekshiradi. " Xavfsizlikni taʼminlash rejimi|"Hamma foydalanuvchilar barcha foydalanish toifalarining tavsifi. U tizimda saqlanadigan va qayta ishlanadigan, axborot muhofazasiga oid barcha toifalar bilan bog‘liq holda beriladi. " Xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi standart|"Xavfsizlikni ta’minlash usullarini belgilab beradigan rasmiy qabul qilingan hujjat. " Xavfsizlikni tekshirish|"Tizimni nazorat qilish vositalarining yetarliligini, qabul qilingan xavfsizlik siyosatiga va ma’lumotlarni qayta ishlash protseduralariga mosligini, xavfsizlik buzilishlarini aniqlash, nazorat vositalari va xavfsizlik protseduralarini o‘zgartirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida, tizim jurnallarini mustaqil ko‘rib chiqish, o‘rganish va ishlashi ustidan kuzatish olib borish. " Xavfsizlikni tekshirish ma’lumotlari|"Xavfsizlikni tekshirishga ko‘maklashish maqsadida to‘plangan va foydalanilishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar " Xemming kodi|"Yakka xatolarning tuzatilishini ta’minlovchi minimal ortiqchalikka ega kod. " Xendover|"1. So‘zlashayotgan (yoki ma’lumot uzatayotgan) mobil foydalanuvchi yacheykadan yacheykaga ko‘chayotganda, boshqaruvning bir tayanch stansiyadan boshqasiga uzatilishi. 2. Tayanch stansiyalar o‘rtasida bog‘lanish (aloqa) jarayonida abonent stansiyasining boshqaruvni bir tayanch stansiyadan boshqasiga uzatishi. " Xendover hisobiga yutish|"Xendover samaradorligining ko‘rsatgichi; son jihatdan muvaffaqiyatli o‘tishlar sonining, o‘tishga bo‘lgan barcha urinishlar soniga nisbati sifatida " Xendover uchastkasi|"Mobil abonent bir tayanch stansiyadan boshqasiga o‘tishi mumkin bo‘lgan yo‘nalishlardan biri. " Xesh-funksiya (xeshlash funksiyasi)|"1. Bitlar satrini belgilangan uzunlikdagi bitlar satriga aylantirish funksiyasi. 2. Ixtiyoriy o‘lchamdagi ma’lumotlar massivini matematik almashtirish va uning uchun uncha uzun bo‘lmagan belgilangan yagona ketma-ketlikni hisoblash. " Xeshlash|"1. Xesh-funksiya qiymatlarini hisoblash jarayoni. 2. Ba’zi bir matn bo‘laklarida dastlabki massivning o‘rnini bosishga xizmat qiluvchi ixtiyoriy o‘lchamdagi ma’lumotlar massivini belgilangan o‘lchamdagi ma’lumotlar blokiga almashtirish. " Xeshlash vositalari|"Elektron hujjat nazorat tavsifi qiymatining hisob-kitobini ta’minlaydigan va muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lgan dasturiy-texnik vositalar. " Xeshreyt|"Bitkoyn tarmog‘idagi hisoblash quvvatining o‘lchov birligi. " Xit, mos kelish|"1. Sahifani qayta yuklash mustasno qilinganda, foydalanuvchining veb-sahifaga murojaat qilishi. 2. Fayl ichidagini tiklashda va profilaktik tekshirishda – asosiy yozish va joriy yozish oʻrtasida muvofiqlikni topish. " Xizmat biti|"Foydali axborotni o‘z ichiga olmagan hamda uni bir abonent terminalidan boshqasiga tashishda yordamchi maʼlumotlar (masalan, sarlavha, xatolarni aniqlash bitlari va boshqalar) ni uzatish uchun mo‘ljallangan ikkilik raqamli signal. " Xizmat kanali|"Texnik xarakteristikalarni, texnik xizmat ko‘rsatilishini tekshirish yoki xizmatga oid axborotni almashish uchun foydalaniladigan tovush yoki ma’lumotlarni uzatish kanali. Yo‘ldoshli aloqa liniyalarida bunday kanal erdagi stantsiyalar va boshqarish markazlari o‘rtasida tashkil qilinadi. " Xizmat ko‘rsatilgan telefon trafik|"Telefon tarmog‘i liniyalari, kanallari yoki kommutatsion aloqa asboblarining qarab chiqiladigan vaqt intervali ichida telefon chaqiruvlar bilan band bo‘lishining jami vaqti. " Xizmat ko‘rsatilgan telefon chaqiruv|"Bog‘lanish o‘rnatilganda, liniyalar (kanallar) bog‘lami, kommutatsion aloqa asboblari va boshqaruvchi qurilmalar taqdim etilgan telefon chaqiruv. " Xizmat ko‘rsatish darajasi to‘g‘risidagi kelishuv|"Buyurtmachi va yetkazib beruvchi o‘rtasidagi, xizmatlar hujjatlashtirilgan va xizmatlarning darajalari kelishib olingan yozma kelishuv. " Xizmat ko‘rsatish platformasi|"Foydalanuvchilarga foydalanish va KAT bilan tarmoq orqali aloqa o‘rnatish tizimining oxirgi qurilmalar (ya’ni, oxirgi (terminal) uskuna: shaxsiy kompyuter, telefon apparati, mobil telefon va h.k.lar) va xizmat ilovalarida qo‘llaniladigan server (ya’ni, server ilova, uzatish muhiti serveri va h.k.lar.) ni tasvirlashda qo‘llash imkonini beradigan uskuna. " Xizmat ko‘rsatish turkumi|"Foydalanuvchiga taqdim etiladigan xizmatlar turini tavsiflaydigan ko‘rsatgich. Izoh – Xizmat ko‘rsatish turkumiga ajratiladigan uchta asosiy belgi: axborotni uzatish tezligi, yetkazish tezligi (ustuvorlik) va bog‘lanish rejimi (kanallar yoki paketlar kommutatsiyasi, sinxron yoki asinxron) mavjud. " Xizmat ko‘rsatish yoyi|"Geostatsionar yo‘ldoshlar orbitasining yoyi, uning chegarasida kosmik stansiya xizmat ko‘rsatish zonasida mavjud bo‘lgan, shu kosmik stansiya bilan bog‘liq bo‘lgan barcha yer stansiyalari uchun talab qilinadigan xizmatni ta’minlashi mumkin. " Xizmat ko‘rsatish zonasi|"1. To‘g‘ri va teskari yo‘nalishlarda abonent hamda tayanch stansiyalardan keladigan radiosignallarning ishonchli qabul qilinishi kafolatlanadigan geografik zona. 2. Yer sirtidagi, yer usti stansiyalardan yoki yo‘ldosh retranslyatorlaridan signallar barqaror qabul qilinishi ta’minlanadigan va talab qilinadigan aloqa sifati kafolatlanadigan soha. " Xizmat ko‘rsatishdagi taqsimlangan rad javobi|"Saytga kompyuter hujumi turi. Saytga turli kompyuterlardan katta oqim bilan murojaat qilinishi natijasida aloqa kanali yoki server dasturiy ta’minotining ishdan chiqishi. Birinchi DdoS hujumlari to‘lqini 2000-yilning fevralida kuzatilgan edi. " Xizmat ko‘rsatishni rad etish|"Serverga tizim tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarga bo‘lgan ko‘plab talablar kelib tushishidan iborat Internet tarmog‘iga hujum turi. Server o‘z resurslarini ulanishni o‘rnatishga va unga xizmat ko‘rsatishga sarflaydi va so‘rovlarning ma’lum oqimida ularni uddalay olmaydi. " «Xizmat ko‘rsatishni rad etish» turidagi hujum|"Qonuniy foydalanuvchilar tizim yoki uskuna yordamida taqdim etila-digan resurslardan foydalana olmasligi mumkin bo‘lgan yoki ularga foydalana olishda qiyinchilik tug‘diradigan sharoitlarni yaratish maqsadida axborot tizimiga yoki uskunaga qasddan ta’sir etish. " Xizmat sifati|"Foydalanuvchining taqdim etiladigan xizmatlardan qoniqqanlik darajasining kompleks xarakteristikasi. Xizmatlar sifati barcha xizmatlarga qo‘llasa bo‘ladigan quyidagi xarakteristikalar bilan ifodalanadi: operabelligi; xizmatdan foydalana olishlik; xizmatning ishonchliligi; xizmatning yaxlitligi; har bir xizmat uchun spetsifik bo‘lgan boshqa omillar. " Xizmat siri|"Ilm-fan, texnika, ishlab chiqarish va boshqaruv sohasidagi mamlakat qiziqishlariga oshkor etilishi zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan maʼlumotlar. Xizmat siri harbiy sir va davlat siri bilan bir qatorda davlat sirlari turlarining biri hisoblanadi. " Xizmat taqdim etiladigan zona|"Xizmat ko‘rsatilishi aloqa operatori tomonidan kafolatlanadigan hududiy zona (uyali telefon aloqa ta’sir zonasi bilan mos kelmasligi mumkin). " Xizmatga bo‘lgan sifat standarti|"Xizmatning vazifasiga muvofiqligini ta’minlash maqsadida, xizmat qanoatlantirishi kerak bo‘lgan talablarni belgilaydigan standart. " Xizmatga buyurtma (berish)|"Iste’molchi va xizmatni taqdim etuvchi o‘rtasidagi shartnoma, tomonlarning yuridik, iqtisodiy va texnik munosabatlarini belgilaydi. " Xizmatga oid hisobga olish ma’lumotlari|"Hisobga olish predmetlariga taalluqli bo‘lmagan va faqat hisobga olishni yuritish funksiyalarining amalga oshirilishi bilan bog‘liq holda to‘planadigan, qayta ishlanadigan va saqlanadigan ma’lumotlar. " Xizmatga oid pochta jo‘natmasi|"Umumjahon pochta ittifoqi aʼzo mamlakatlari va ularning muassasalari, pochta aloqasining milliy operatori (pochta aloqasining hududiy (viloyat) tashkilotlari va ularning tarkibiy bo‘linmalari) tomonidan pochta yig‘imlarini undirmasdan jo‘natiladigan pochta jo‘natmasi. " Xizmatga oid so‘z|"Dasturlash tillarida yoki boshqa tizimlarda maxsus qiymatga ega bo‘lgan so‘z. Xizmatga oid so‘zdan belgilanmagan maqsadda foydalanishga ruxsat etilmaydi. " Xizmatlar isteʼmolchisi|"Xizmat ko‘rsatadigan shaxs bilan tuzilgan shartnoma asosida Internet tarmog‘i kanallari orqali nomidan yoki nomiga maʼlumotlar uzatiladigan jismoniy yoki yuridik shaxs. " Xizmatlar provayderi|"1. Foydalanuvchilarga operatorlar tarmog‘i orqali tijoriy asosda xizmatlar ko‘rsatadigan yuridik yoki jismoniy shaxs. 2. Axborot-kommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatadigan va o‘zining telekommunikatsiyalar infratuzilmasiga ega bo‘lmagan yuridik shaxs. " Xizmatlar sifatini nazorat qilish metodikasi|"Sifat ko‘rsatgichlarini aniqlash va aloqa tarmog‘ida ta’minlanadigan sifat ko‘rsatgichlari qiymatlarining o‘rnatilgan talablarga mos kelishini tekshirish operatsiyalari va qoidalarining belgilangan majmui. " Xizmatlar to‘g‘risidagi axborot|"Qabul qilgichlarni sozlash uchun zarur bo‘lgan eshittirish oqimlari, dasturlari va boshqa parametrlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan jadvallarning majmui. " Xizmatlardan foydalanish qulayligi|"Xizmat ko‘rsatishning qulayligi va abonentlarga telekommunikatsiya xizmatlari taqdim etilishining tezkorligini tavsiflovchi ko‘rsatgich. " Xizmatlari integratsiyalashgan raqamli tarmoq|"Kommutatsiyalanadigan telefon liniyasi bo‘ylab o‘tadigan raqamli aloqa xalqaro standarti, kompyuter va multimedia (ovoz, video) trafikini uzatishda foydalaniladi. Odatda, foydalanuvchining ISDN liniyasi ikkita 64 kbit/s tezlikli kanal orqali ma’lumotlar uzatilishini ta’minlaydi, 16 kbit/s tezlikli kanaldan boshqaruvchi axborotni uzatish uchun foydalaniladi. Lokal tarmoqlar ISDN kanalga marshrutizator orqali, alohida foydalanuvchilar esa, ISDN modem orqali ulanadi. Tashkilotlar uchun, 23×64 kbit/s ISDN kanalni – boshqaruvchi kanalni ulash imkoniyati mavjud. " Xizmatlarni boshqarish uzeli|"Intellektual tarmoqda xizmatlarni boshqarish funksiyalari bajarilishini taʼminlaydigan fizik qurilma. " Xizmatlarni oluvchi|"Professional ehtiyojlar yoki boshqa ehtiyojlar uchun axborot xizmatlaridan, ayniqsa, axborotni izlash yoki undan foydalanish maqsadida foydalanadigan jismoniy yoki yuridik shaxs. Izoh – Xizmatlarni oluvchi isteʼmolchi hisoblanadi, agar u ushbu shaxsning savdosi, biznesi yoki kasbi bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda ish ko‘rayotgan jismoniy shaxs bo‘lsa. " Xizmatlarni taqdim etuvchi|"Foydalanuvchilarga o‘z telekommunikatsiyalar tarmog‘idan erkin foydalanishni taqdim etuvchi telekommunikatsiyalar tarmoqlarining operatori. " Xizmatlarning maxsus turlari|"Manfaatdor Ma’muriyatlar o‘rtasida kelishuv bo‘yicha xalqaro telefon aloqadan foydalanuvchiga taqdim etiladigan xizmatlar. Izoh – Maxsus xizmatlarga quyidagi xizmat turlari kiradi: a) shaxsiy so‘zlashuvlar; b) ma’lumotlar uzatish; c) chaqirilayotgan shaxs hisobidan so‘zlashuvlar; d) kredit kartochka bo‘yicha so‘zlashuvlar; e) konferens-aloqa; f) mamlakat bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri so‘zlashuv (boshqa mamlakat operatorini to‘g‘ridan-to‘g‘ri chaqirish) va h.k. " Xizmatni bajaruvchi|"Iste’molchiga xizmat ko‘rsatadigan korxona, tashkilot yoki tadbirkor. " Xodimlarni boshqarish|"Tashkilotni, o‘ziga yuklatilgan mehnat vazifalarini bajarishga qodir sifatli xodimlar bilan ta’minlashga va undan oqilona foydalanishga yo‘naltirilgan amaliy faoliyat va bilimlar sohasi. Xodimlarni boshqarish, tashkilotni boshqarish sifatli tizimlarining ajralmas qismidir. " Xomaki bosma|"Matritsali va boshqa turdagi printerlarning tez, lekin past sifatli bosib chiqarish rejimi. " Xost|"1. Tarmoq mashinasi. 2. Asosiy kompyuter. 3. Tarmoq funksiyalaridan (tarmoqqa xizmat ko‘rsatish, xabarlarni uzatish) tashqari, foydalanuvchi topshiriqlari (dasturlar, hisob-kitoblar)ni ham bajaradigan tarmoq kompyuteri. 4. Tarmoqda nafaqat maʼlumotlar uzatish funksiyalarini, balki amaliy dasturlarning ishi bilan bog‘liq boshqa baʼzi bir funksiyalarni ham bajaradigan, o‘zining axborot va hisoblash resurslarini terminallarga taqdim etadigan kompyuter. " Xost nomi|"1. Kompyuter tarmog‘idagi asosiy mashinaning nomi. 2. Asosiy va tobe kompyuterlar bo‘lgan tarmoqdagi asosiy uzelning nomi. Kompyuterning tarmoqdagi, xost boshqa bir kompyuter orqali topish uchun foydalaniladigan nomi. " Xosting|"Ma’lumotlar bazasi va veb-ilovalarni joylashtirish uchun xosting-provayderlar tomonidan taqdim etiladigan xizmat. " Xosting Internet-xizmatlari|"Internet provayderining Internetdan foydalanuvchilarga xizmat isteʼmolchisining axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etish bo‘yicha harakati yoki faoliyati. " Xosting xizmatlari provayderi|"Boshqa yuridik shaxslarning veb-uzellari uchun Internetga muntazam kirishni taʼminlash, kuzatib borish va o‘zida joylashtirishga ixtisoslashgan yuridik shaxs. " Xot-spot|"Umumfoydalaniladigan simsiz lokal tarmoq tashkil qilingan joy. «Qaynoq nuqtalar» aeroportlar, mehmonxonalar, syezdlar saroyi va kafelar kabi kompyuter qurilmalari bo‘lgan, odamlar gavjum zonalarda joylashtiriladi. 802.11 turkum standartlari (masalan, mobil yoki cho‘ntak shaxsiy kompyuterlari) simsiz aloqa qo‘llanilgan qurilmalar, foydalanuvchilarga Internetdan, shuningdek, provayderning maxsus xizmatlaridan foydalana olish imkonini beradi. " Xot-spot operatori|"Kafe, vokzallar va aeroportlarda tijorat xot-spotlari o‘rnatgan va ularga xizmat ko‘rsatuvchi kompaniya. Izoh − Wi-Fi kompaniyalarning tarixan turlitumanligi sababli, xot-spot operatorlar Quantum kabi agregatorlar orqali rouming munosabatlarga kirishib, HSO bir-biri bilan o‘zaro hamkorlik qilishga intilmoqda. Bu barcha Wi-Fi tarmoqlari o‘rtasida rouming va xizmatlarga qo‘shimcha talabni ta’minlaydi. " xotira|"Kompyuterning, ma’lumotlarning saqlanishi va uzatilishini ta’minlaydigan funksional qismi. " Xotira ajratish birligi (bloki)|"Faylga ajratiladigan diskli xotira birligi. " Xotira dampi|"Tezkor xotiradagi ma’lumotlarni qattiq diskka yozish. Tizim ishida buzilish ro‘y berganda, avtomatik tarzda yoki tizim foydalanuvchisi tomonidan amalga oshiriladi. " Xotira elementi|"«0» yoki «1» ko‘rinishdagi ikki holatdan birini qabul qilishi va saqlashi mumkin bo‘lgan raqamli qurilma. " Xotira hajmi|"Xotirada saqlanishi mumkin bo‘lgan axborot-ning maksimal miqdori. " Xotira kartasi|"Tezkor yoki doimiy xotiraning taqsimlanish sxemasi. " Xotira kassetasi|"Ixtiyoriy foydalana olinadigan, energiyaga bog‘liq bo‘lmagan xotira mikrosxemalarini ichiga oladigan, almashtiriladigan modul. " Xotira manzili|"Qurilma uchun ajratiladigan yoki dastur yo operatsion tizim tomonidan ishlatiladigan kompyuter xotirasining bir qismi. Izoh − Qurilmaga odatda manzillar diapazoni ajratiladi. " Xotira qulfi|"Xotiraning muhofaza tizimi tomonidan foydalanishni cheklash uchun ishlatiladigan, segment deskriptoridagi kod yoki virtual xotira sahifasi kodi. Bunda segmentga o‘z deskriptorida tegishli kalitga ega bo‘lgan jarayonlargina murojaat qila oladi. " Xotira qurilmasi|"Ma’lumotlarni yozish, saqlash va berish uchun mo‘ljallangan funksional qurilma. Xotira qurilmalarini ko‘plab parametrlar bo‘yicha tasniflash mumkin. Ma’lumotlarni uzoq muddatli va tezkor saqlash, energiyaga bog‘liq bo‘lmagan va energiyaga bog‘liq; faqat ma’lumotlarni o‘qish (doimiy xotira qurilmasi, kompakt-disklar) va ham o‘qish, ham yozish uchun mo‘ljallangan qurilmalar farqlanadi. Ma’lumotlarni saqlashning fizik prinsiplariga bog‘liq ravishda, magnit, magnitooptik va yarimo‘tkazgichli qurilmalar farqlanadi. Xotira qurilmasining asosiy texnik xarakteristikalari ularning sig‘imi va tez ishlashidir. Xotira qurilmasi ko‘pincha xotira deb ataladi. " Xotira tizimi|"Ma’lumotlarni saqlash tizimi. " Xotira yacheykasi|"Tezkor yoki doimiy xotiraning eng kam manzillanadigan qismi. " Xotirada aks etadigan fayl|"Bloklari sahifalar jadvali orqali asosiy xotirada aks etgan fayl. " Xotiradan bevosita foydalanish kontrolleri|"Xotiradan bevosita foydalanish imkonini beradigan ixtisoslashgan kontroller, shuningdek, xotiradan bevosita foydalanish rejimi zarur bo‘lgan kiritish-chiqarish qurilmalari tarkibiga ham kiritish mumkin. Protsessor kontrollerga manzil, qayerdan ma’lumotlarni olish, ularni qayerga joylashtirish va blok uzunligi to‘g‘risida xabar beradi. " Xotiradan diskka va diskdan xotiraga|"Diskdan xotiraga vazifalarni yuklash va ularni xotiradan diskka yuklash. " Xotiradan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanish|"Protsessordan foydalanmasdan (uni chetlab o‘tib) umumiy shina bo‘yicha tezkor xotira qurilmasi va periferik qurilmalarga (masalan, qattiq diskka) ma’lumotlarni yuqori tezlikda uzatish usuli. Bu vaqtda protsessor barcha shinalardan uziladi. " Xotiraga ega yashirin kanal|"Xotira maydoniga bir jarayon tomonidan bevosita yoki bilvosita yozishni va bu axborotning boshqa jarayon tomonidan o‘qilishini ta’minlovchi yashirin kanal. Ilova – Yashirin kanal xavfsizlik darajasi turlicha bo‘lgan ikkita subyekt bilan ajratiladigan cheklangan xajmdagi resurslardan (masalan, diskdagi sektorlardan) foydalanish bilan bog‘liq. " Xotiraga kira olishni blokirovkalash|"Xotiraning cheklangan uchastkasiga, masalan, disk yo‘lkasiga, bu uchastkada aniqlangan nuqsonlar oqibatida kira olishning taqiqlanishi. Dasturiy yoki apparat vositalar tomonidan bajariladi. " Xotiraga yozishni blokirovkalash|"Ma’lumotlar almashinishda vujudga keladigan vaziyat. Tashqi eltuvchidan o‘qiladigan yozuv asosiy xotiraga ko‘chirilmasligi bilan tavsiflanadi. " Xotirali kartalar|"Xotira qurilmasi sifatida xotira mikrosxemasiga ega bo‘lgan, oddiy mikroprotsessorli kartalar. Izoh – Magnit chiziq kartaning orqa tomonida joylashadi va uchta yo‘lkadan iborat. " Xotirali kommutatsiyalash|"Kommutatsiyalash usuli. Bunda qayta uzatish tizimi tomonidan maʼlumotlar bo‘lagi ichidagi narsa to‘la qabul qilingandan so‘ng uzatiladi. Kommutatsiyalash xotiraga olish mumtoz texnologiyalardan bo‘lib, u paketlar kommutatsiya va xabarlar kommutatsiyasida ishlatiladi. Uning mohiyati shundaki, qayta uzatish tizimi qabul qilgan paketdan yoki xabardan sarlavha, oxirgi qism va undagi uzatilayotgan axborot chiqarib olinadi. So‘ngra, xatolarni «davriy ortiqchalik bilan nazorat» CRC (q: CRC) yordamida tekshiriladi. Ko‘rilayotgan kommutatsiyalash oddiy, lekin qayta uzatish tizimida yuz beradigan operatsiyalar kechikib amalga oshadi. Shu sababdan u tezkor tarmoqlarda to‘g‘ri boradigan kommutatsiyalash bilan almashtiriladi. " Xotirani avtomatik boshqarish|"Xotirani taqsimlash algoritmi, bunda quyi sathning bajaruvchi (boshqaruvchi) tizimi xotiraning foydalanish imkoniyati bo‘lmagan bloklarini (binobarin, keraksizlarini) topish va ulardan takror foydalanilishiga javob beradi. " Xotirani boshqarish bloki|"Axborotni yozish va o‘qish jarayonlarini boshqarish uchun mo‘ljallangan elektron qurilma. " Xotirani boshqarish qurilmasi|"Virtual xotira ishini boshqaruvchi dasturiy-apparat vositalari. " Xotirani dinamik taqsimlash|"Xotirani taqsimlash usuli, bunda dasturlar va ma’lumotlarning joylashgan o‘rni, zarur paytda beriladigan mezonlar bo‘yicha belgilanadi. " Xotirani fragmentlash|"Bo‘sh xotirani, operatsion tizimdan bo‘sh va talab qilinadigan xotira uchastkalari mos kelmasligi natijasidagi so‘rovlar vaqtida mayda qo‘shni bo‘lmagan uchastkalarga bo‘lish. " Xotirani muhofaza qilish|"1. Ishlab chiqilgan murojaatlarni hisobga olgan holda, xotiraning qandaydir qismiga kira olishni mexanik nazorat qilish . 2. Yozilgan ma’lumotlarning doimiyligini saqlash maqsadida, xotiraning ba’zi bir qismlariga ruxsat etilmagan tarzda kirishning oldini olish vositalari hamda usullari. " Xotirani muhofaza qilish kaliti|"Dastur uchun ajratilgan xotira blokiga berilgan va muhofaza qilish maqsadida dastur xotiraga murojaat qilishi uchun ishlatiladigan kod. Muhofaza kaliti bilan mos kelishi kerak; mos kelmaganda topshiriq avariya bilan tugaydi. " Xotirani muhofaza qilish registrlari|"Virtual xotirali tizimlarda ‒ topshiriq uchun mumkin bo‘lgan xotira segmenti boshlanish manzili va uzunligini ko‘rsatadigan bir juft registr. " Xotirani qisman buzib yozish usuli|"Xotiraning qisman buzilish jarayonini boshqarish yo‘li bilan, uning kristall noyob shaklini yaratishga imkon beruvchi usul. " Xotirani sahifali tashkil qilish|"Xotirani boshqarish strategiyasi, bunda mantiqiy va jismoniy xotira bir xil uzunlikdagi sahifalarga bo‘linadi va asosiy xotirada mantiqiy sahifalarning obrazi ixtiyoriy tarzda joylashtirilishi mumkin. " Xotirani segmentli manzillash|"manzil maydoni alohida segmentlarga bo‘lingan xotira. " Xotirani segmentli tashkil qilish|"Xotirani taqsimlashning foydalanuvchi talqiniga, yaʼni dastur va maʼlumotlarning mantiqiy tuzilmasiga mos keladigan, o‘zgaruvchan uzunlikdagi segmentlar ko‘rinishidagi sxemasi. " Xotirani segment-sahifali tashkil qilish|"Fragmentatsiya bilan kurashish uchun, har bir segmentni sahifali tashkil qilishga asoslangan xotirani segmentli tashkil qilish modifikatsiyasi. " Xotirani taqsimlash|"Xotira resurslarini ayrim vazifalarni hal qilish uchun biriktirish. " Xotirani testdan o‘tkazish|"Kompyuter yuklanayotganda tezkor xotira hajmini aniqlash jarayoni. " Xotirani to‘ldirish|"Xotira qismini ko‘rsatilgan simvol bilan to‘ldirish. " Xotirani yonma-yon taqsimlash|"Asosiy xotiraning bitta qo‘shni sohasidagi foydalanish jarayonlari uchun xotirani taqsimlash. " Xotiraning yo‘qolishi|"Tezkor xotira bo‘sh qismining hajmi doimiy tarzda qisqarib boradigan, nazorat qilib bo‘lmaydigan jarayon. Asosan dasturiy ta’minotdagi xatoliklar tufayli yuzaga keladi. " Xulosa|"1. Kompyuter tizimidan uzatilayotgan ixtiyoriy turdagi ma’lumotlarni uzatish. 2. Boshqa dasturga uzatiladigan yoki tarmoq orqali uzatiladigan, kompyuter ekraniga yoki boshqa tashqi qurilmalarga chiqariladigan natijalar, chiquvchi ma’lumotlar. 3. Hisoblashlar natijasi. 4. Chiquvchi (signal, kontakt va h.k.) " Xususiy|"Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tillarida (C++, C#) ishlatiladigan kirish huquqi. U o‘zgaruvchilar, klasslar va usullarning qo‘shimcha parametrlarini ko‘rsatishga xizmat qiladi. Mazkur kirish huquqi o‘zgaruvchi u mansub bo‘lgan turga kirish mumkin ekanligini bildiradi, klass faqatgina o‘zi tegishli bo‘lgan yig‘maga va usul faqat o‘zining turiga tegishli usullarga ochilishini bildiradi. " Xususiy ichki tarmoq|"Xususiy ulanish tarmog‘i. O‘zidan kichik radiusda (taxminan 10 m gacha) simsiz bog‘lanishni ta’minlovchi tarmoqni tashkil qiladi. " Xususiy maydon|"Elektromagnit to‘lqin (moda)ning, u boshqa to‘lqinlarning taʼsiri hisobga olinmaydigan va yo‘qotishlar bo‘lmagan to‘lqin o‘tkazgich yoki yorug‘lik o‘tkazgichda tarqalayotgandagi maydoni. Y " Yadro|"Operatsion tizimning, ilovalarga protsessor vaqti, xotira, tashqi apparat ta’minoti, axborotni kiritish va chiqarish tashqi qurilmasi kabi kompyuter resurslaridan foydalanishni ta’minlaydigan markaziy qismi. Yadro, shuningdek, fayl tizimi va tarmoq protokollari servislarini ham ifodalaydi. " Yadro oqimi|"Operatsion tizim yadrosi darajasida ushlab turilgan va qo‘llanilgan quyi darajali tizim oqimi, foydalanuvchi darajasi oqimlarini amalga oshirishda ishlatiladi. " Yadro rejimi|"Protsessorning imtiyozli ishlash rejimi, bunday dasturda butun xotiradan foydalanish mumkin bo‘ladi va protsessorning har qanday komandalari bajarilishiga ruxsat etiladi. " Yadroning yuklanuvchi moduli|"Yadro kodining, yadroning qolgan qismidan qat’i nazar, alohida modullarini kompilyatsiyalash, yuklash va bo‘shatish imkonini beradigan Linux mexanizmi. " Yagona axborot makoni|"Ma’lumotlar bazalari va banklari, ularni yuritish va ishlatish texnologiyalari, tashkilotlar va fuqarolarning axborot almashinuvini, shuningdek, ularning axborotga bo‘lgan ehtiyojlari qondirilishini ta’minlaydigan yagona prinsiplar va umumiy qoidalar asosida ishlaydigan axborot-kommunikatsiya tizimlari va tarmoqlarining majmui. " «Yagona darcha»|"Davlat xizmatlari ko‘rsatilishiga bo‘lgan yangicha yondashuv. Xizmatlar taqdim etilish usulini o‘zgartirish yo‘li bilan protsedura qadamlari sonini qisqartirishga ko‘maklashadi. Izoh – Yangilikning mohiyati shundaki, aholi uchun mo‘ljallangan davlat va ijtimoiy xizmatlarning ko‘pchiligi bir joyda to‘planadi, bu fuqarolarga vaqt sarflamasdan ma’lumotnomalar, litsenziyalar, akkreditlash va boshqa xizmatlarni olish imkonini beradi. " Yagona identifikatsiya va autentifikatsiya qilish tizimi|"Axborot o‘zaro hamkorlik qatnashchilarining (ariza beruvchi fuqarolar va ijro etuvchi hokimiyat organlari mansabdor shaxslarining) davlat axborot tizimlarida va boshqa axborot tizimlarida bo‘lgan axborotdan ruxsat etilgan tarzda foydalana olishini ta’minlaydigan axborot tizimi. " Yagona manzil|"Tarmoqdagi takrorlanmaydigan resurs manzili. Aks holda tarmoqda xato yuzaga keladi va ish buziladi. " Yagona qayd etish|"Foydalanuvchiga bir nechta tizimlar yoki ilovalardan, foydalanuvchining ID va parolini kiritgan holda, bir marta foydalana olish imkonini beradigan autentifikatsiya jarayoni. " Yagona ro‘yxatga olish tartibi|"Tasdiqlovchi markazda autentifikatsiya qilingan foydalanuvchini boshqa servisda avtomatik tarzda autentifikatsiya qilish imkonini beradigan texnologiya. " Yagona tarmoq manzili|"Tarmoqning kichik tarmoqlarga bo‘linishini hisobga olmagan holda, butun tarmoq doirasida qabul qilingan umumiy manzillash tizimi. " Yakka protsessorli|"Bitta protsessor bilan ishlaydigan kompyuter yoki operatsion tizim. " Yakka-ko‘pchilikka munosabati|"A jadvalning bitta qatoriga V jadvaldagi bir nechta qator muvofiq bo‘lsa, lekin V jadvalning har bir qatorga A jadvalda faqat bitta qator muvofiq bo‘lsa, birga-ko‘pchilik munosabati namoyon bo‘ladi. " Yakka-yakkaga munosabati|"A jadvalning bitta qatoriga V jadvalda faqat bitta qator muvofiq bo‘lsa, yakka-yakkaga munosabati namoyon bo‘ladi. " Yakor (HTML elementi)|"Veb-hujjatlarni birlashtiradigan HTML tili. Odatda, yakor boshqa rang bilan ajratiladi. Yakor foydalanuvchilarga boshqa veb-sahifalarga o‘tish imkonini beradi. Bundan tashqari yakor bu gipermatn ilovasi bog‘langan so‘z yoki so‘zlar guruhidir. " Yalang integral sxema|"Qar.: Korpussiz integral sxema. " Yaltirashga qarshi ustki qatlam|"Displey yuzasiga maxsus, odatda ko‘p qatlamli, purkash. Tushayotgan yorug‘likni taqsimlab, yaltirashlar paydo bo‘lishining oldini oladi. Yaltirashga qarshi ustki qatlamli displeylarda hatto juda yorug‘ xonalarda ham tasvir har doim keskin farqlanadi va yorqin bo‘ladi. " Yamoq|"Bajariladigan dasturda xatolarni tezda bartaraf qilish va to‘g‘rilash uchun foydalaniladigan kod. Ba’zan bu usuldan ilovaga yangi funksionallik qo‘shishda ham foydalaniladi. " Yangi|"Operatsion tizim tomonidan yaratilgan, lekin bajarish boshlanmagan jarayon holati. " Yangi axborot resursi|"Birinchi marta yaratilgan va o‘zida bir xillikni yoki o‘xshashlikni takrorlamaydigan axborot resursi. " Yangi axborot texnologiyalari|"Ham kompyuterlarning, ham ularning yordamida qurilgan tizimlarning yanada rivojlantirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan axborot texnologiyalari. Yangi axborot texnologiyalari kompyuter tarmoqlarini, multimedia tizimlarini va virtual borliqni joriy qilishga va rivojlantirishga asoslanadi. Tibbiyotda, boshqarishda, ta’limda, moliyada va elektron ommaviy axborot vositalari tizimida keng qo‘llaniladi. " Yangi texnologiya fayl tizimi|"Microsoft Windows NT operatsion tizimlar oilasi uchun belgilangan standart fayl tizimi. " Yangilab turish chastotasi|"Miltillashni bartaraf etish uchun ekrandagi tasvirni yangilash chastotasi. " Yangilash|"Mavjud paketlarni xatolarni tuzatish yoki funksional imkoniyatlarni kengaytirish maqsadida modifikatsiyalash. " Yangilash paketi|"Alohida modul va bibliotekalarni almashtirish, ularga tuzatishlar kiritish orqali dasturiy tizim xatoliklarini yo‘qotuvchi yoki ularni neytral holatga keltiruvchi dasturiy vosita. " Yangiliklarni uzatuvchi tarmoq protokoli|"Internetdagi NNTP serverlari va NNTP mijozlari o‘rtasida yangiliklarni uzatishda foydalaniladigan protokol; yangiliklarni taqsimlash, izlash, parcha ko‘chirish va yuborishni ta’minlaydi; NNTP protokoli serverning markaziy ma’lumotlar bazasida yangiliklarni saqlash imkonini beradi. " Yanglish rad etish (erkin foydalanishni)|"Ro‘yxatga olingan foydalanuvchi biometrik atributlar bo‘yicha (masalan, barmoq izlariga qarab) identifikatsiyalashdan o‘tishga urinib ko‘radi, biroq nazorat qilish vositalari yaxshi ishlamasligi tufayli rad javobini oladidigan vaziyat. " Yaproq kengligi|"Antennaning nurlanishi minimal darajada bo‘ladigan ikki yo‘nalish bilan chegaralangan soha ichidagi burchak sektori. " «Yaqin-uzoq» effekti|"Mobil aloqa tarmoqlarida kuzatiladigan hodisa bo‘lib, bir chastotada ishlaydigan stansiyalarning bir-biriga xalaqit berishida namoyon bo‘ladi. Masalan, agar bir mobil stansiya tayanch stansiya yaqinida bo‘lib, boshqasi esa xizmat ko‘rsatish zonasi chegarasida joylashgan bo‘lsa, qabul qilinayotgan signallar darajasidagi farq 80 dB va undan ko‘pga yetadi. Bu hodisa barcha ko‘p stansion foydalana olish texnologiyalariga xosdir, ammo barcha qo‘shni tayanch stansiyalar bir chastotada ishlaydigan DS-CDMA tizimining ishida eng ko‘p seziladi. " «Yaqin-uzoq» muammosi|"Qabul qilgich kirishida uzatgich bilan yonma-yon joylashgan va aynan o‘sha chastotada ishlayotgan stansiyalarning kuchli signallari ta’sirida uzoq stansiyalardan keluvchi kuchsiz signallarning bostirilishi. Izoh − Bunda asosiy kurash choralari sifatida qabul qilish dinamik diapazonini kengaytirishdan, mobil stansiya uzatgichi quvvatining boshqarilishidan, shuningdek, chastota-hududiy rejalashtirishdan foydalaniladi. " Yaqin zona|"Nurlantiruvchi antennaga bevosita yaqinlikda joylashgan, elektromagnit maydonning burchak taqsimlanishi nurlanish manbaigacha bo‘lgan masofaga bog‘liq soha. Izoh − Elementar elektr vibrator uchun yaqin zona 2π/λ≪r shart bilan belgilanadi, bunda: – nurlanish to‘lqin uzunligi; r – antennaning fazaviy markazidan kuzatish nuqtasigacha bo‘lgan masofa. " Yaqinlashtirish|"Tasvir masshtabini kattalashtirish. " Yaratish|"Yangi obyektni yaratish. Odatda, yangi obyektda axborot mavjud bo‘lmaydi yoki u qandaydir shablondan olinadi. " Yarim avtomatik xendover|"Abonentni bir tayanch stansiyadan boshqasiga avtomatik tarzda qayta ulash usuli, bunda uning mobil stansiyasi signal darajasini o‘lchaydi va bu ma’lumotlar (o‘lchash natijalari)ni tayanch stansiyaga uzatadi. " Yarim bayt|"To‘rt bitga teng bo‘lgan axborotning o‘lchov birligi. " Yarim dupleks aloqa|"Aloqa liniyasining, liniyaning bir uchida dupleks stansiyasidan, ikkinchi uchida esa, simpleks stansiyadan foydalaniladigan ishlash rejimi. Tayanch stansiya, odatda, dupleks rejimda, mobil stansiya esa, simpleks rejimda ishlaydi. " Yarim dupleks uzatish|"Ikki yo‘nalishda amalga oshiriladigan, biroq har vaqt onida ma’lumotlar faqat bitta yo‘nalishda uzatilishi mumkin bo‘lgan aloqa kanalida ma’lumotlar uzatish rejimi. Izoh − Konsentratorlar ham to‘liq dupleks, ham yarim dupleks rejimda uzatishni amalga oshira oladigan kommutatorlardan farqli ravishda, faqat yarim dupleks rejimda ishlashi mumkin. " Yarim kadr|"1. Tasvir to‘liq kadrining faqat juft yoki toq satrlardan iborat qismi. Yarim kadrlar odatda, bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan tarzda qayta ishlanadi va uzatiladi. 2. Yoyiladigan satrlarning almashinib keladigan ikki to‘plamidan biri, ular birgalikda televizion kadrni tashkil qiladi. NTSC standarti sekundiga 60 ta, PAL da 50 ta yarim kadrdan iborat chastota bilan o‘qiladi. " Yarim summator|"Ventillar to‘plamidan iborat mantiqiy sxema. Ikkita kirishi va ikkita chiqishi bor. Ikkita ikkilik raqamni qo‘shadi va ko‘chirish signalini beradi. " Yarim tezlikli kanal|"TDMA kadrida, boshqa kanal bilan birgalikda ajratilgan vaqt intervali. Izoh − Ikkita axborot manbaidan olingan ma’lumotlar galma-gal, ya’ni qo‘shni kadrlarda oralatib uzatiladi. Bir abonent xabarlarini uzatish uchun, odatda, faqat juft kadrlardan, ikkinchi abonent xabarlarini uzatish uchun esa, toq kadrlardan foydalaniladi. " Yarim ton (gradatsion) buzilishlarni minimallashtirish|"Tasvirlar (TV signallar maksimal ko‘lamining) yorqinligi va kontrastliligining optimal qiymatlarini tanlash yordamida TV tasvirlarni yanada yaxshiroq tiklash amalga oshiriladigan operatsiya (yorqinlik shkalasining gradatsiyasi 8-9 ga teng bo‘lishi kerak). " Yarim to‘lqinli (bir to‘lqinli) simmetrik vibrator|"Uzunligi to‘lqin (to‘lqinning bitta uzunligi) uzunligining yarmiga teng liniyaviy simmetrrik vibrator. " Yarim o‘tkazgichli xotira|"Axborotni saqlash elementlari elektron yarimo‘tkazgichli komponentlar (tranzistorli integral sxemalar) asosida yasalgan xotira qurilmasi. " Yaroqli/yaroqsiz|"O‘g‘irlangan radiostansiyani jinoyatkor foydalanishi uchun yaroqsiz holatga keltirish imkonini beruvchi funksiya. " Yassi antenna panjarasi|"Nurlantiruvchi elementlari tekislikda joylashgan sirtli antenna panjarasi. " Yassi (xotira) modeli|"Bir darajali segmentlanmagan xotira (xotirani tashkil qilishning) (chiziqli) modeli. " Yaxlitligi muhofazalangan ma’lumotlar|"Yaxlitlik muhofazalangan muhitdagi ma’lumotlar va barcha tegishli atributlar. " Yaxlitlik|"1. To‘g‘rilik va to‘liqlikni saqlab qolish xususiyati. 2. Axborot va uning tashuvchisining holati bo‘lib, bunda umuman va uning alohida tarkibiy qismlarining bo‘linmasligi va ruxsat etilmagan tarzda yoki qasddan yo‘q qilinishi, buzilishi, chiqib ketishi, o‘g‘irlanishi, qalbakilashtirilishining oldini olish ta’minlanadi. 3. Kriptografiyada yaxlitlik ushbu muayyan kriptografik protokolning har bir ishtirokchisi uchun alohida belgilanadi va protokolni bajarish jarayonida ushbu ishtirokchi uchun nomaqbul bo‘lgan oqibatlarga olib kelgan faol raqibning aralashuvi bo‘lmaganligining kafolatini bildiradi. " Yaxlitlik kaliti|"Axborotni o‘zgartirilishdan yoki almashtirilishdan yo tarmoq orqali uzatish jarayonida muhofaza qilish uchun qo‘llaniladigan shifrlash kaliti. " Yaxlitlik muhofaza qilingan muhit|"Ma’lumotlarning ruxsat etilmagan tarzda o‘zgartirilishi (jumladan, yaratilishi va chiqarib tashlanishi)ning oldi olinadigan yoki aniqlanadigan muhit. " Yaxlitlik muhofaza qilingan kanal|"Xavfsizlikni ta’minlash xizmati qo‘llanilgan telekommunikatsiyalar kanali. " Yaxlitlik xizmati|"Almashinadigan ma’lumotlar to‘g‘riligini, almashinadigan ma’lumotlarning o‘zgarishlardan, chiqarib tashlashlardan, yaratish (kiritish) va takror foydalanishdan muhofaza qilinishini kafolatlash usullarining taqdim etilishi. " Yaxlitlikni tekshirish|"Ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimida – ma’lumotlar bazasi yozuvlarining to‘g‘riligini tekshirish. Ma’lumotlarni yuklash paytida amalga oshiriladi. " Yaxlitlikning buzilishi|"1. Fayl yozuvlari yoki ma’lumotlar bazasi tarkibidagilarning mashina bilan bog‘liq uzilishlar, dasturdagi xatolar, shuningdek, foydalanuvchilarning noto‘g‘ri harakatlari oqibatida yuz beradigan o‘zgarishi. 2. Ma’lumotlarni maqsadli yaratish, almashtirish va buzish yo‘li orqali ma’lumotlarning muvofiqlashtirilganligini obro‘sizlantirish. " Yashash vaqti|"Dastur obyekti (masalan, o‘zgaruvchi) o‘z ahamiyatini saqlab turadigan dasturning bajarilish intervali. " «Yashil» shaxsiy kompyuter|"Elektr energiyasining eng kam darajada («tinch» rejimda 30 W ga yaqin) iste‘mol qilini-shini ta’minlaydigan shaxsiy kompyuterlar. Bunday kompyuterlar ekranni avtomatik ravishda o‘chiradi va foydalanuvchining faolligi kuzatilmaydigan hamda diskka murojaat qilishning belgilangan vaqtida diskovodning aylanishini to‘xtatadi. " Yashirin boshqarish utilitalari|"Olisdagi kompyuterlarning ruxsat etilmagan tarzda boshqarilishini amalga oshirish, ya’ni, fayllarni qabul qilish/jo‘natish, ularni ishga tushirish yoki yo‘q qilish, xabarlarni chiqarish, axborotni o‘chirish, kompyuterni qayta yuklash va h.k. uchun mo‘ljallangan dasturlar. " Yashirin eshitish|"1. Jinoyatkor tomonidan, tarmoq bo‘ylab uzatiladigan axborotni, muhofaza tizimining zaif joylarini aniqlash va keyinchalik undan foydalanish maqsadida tutib olish. 2. Konfidensial axborotni tutib olish bilan bog‘liq har qanday harakatlar, shu jumladan, qo‘shni kanallar orqali nurlanishlarni qabul qilish hisobiga. " Yashirin fayl|"Nomi, ma’lumotlar xavfsizligini oshirish maqsadida katalogning fayllar ro‘yxatida ko‘rsatilmaydigan fayl. Buning uchun faylga maxsus belgi (atribut) beriladi (belgilanadi). " Yashirin kalit|"Stansiyada ochiq ko‘rinishda saqlanmaydigan, har safar kriptografik algoritmlar yordamida qayta ishlab chiqiladigan shifrlash kaliti. " Yashirin kanal|"1. Ma’lumotlarni, xavfsizlik siyosatini buzadigan usulda uzatish uchun qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan uzatish kanali. 2. Foydalanuvchiga yashirin tarzda ko‘p darajali foydalanishni chegaralash siyosatini va baholash obyekti uchun kuzatib bo‘lmaslik talabini buzishga imkon beradigan deklaratsiya qilinmagan uzatish kanali. " Yashirin papka|"Operatsion tizimga tegishli muhim fayllar va foydalanuvchi sozlamalarini yashirish uchun mo‘ljallangan papka. " Yashirin reklama|"Reklama deb belgilanmagan, joylashtirilishi va ko‘rinishi bo‘yicha boshqa materiallardan farq qilmaydigan, shaxsiy xabar sifatida yuborilgan va shularga o‘xshash axborot. Yashirin reklama foydalanuvchi anglay olmaydigan holda uning ongiga taʼsir qiladi. " Yashirin xotira|"Xotirani tashkil qilish usuli, bunda bir xotira bloki BIOS dasturlar yozilgan boshqa bir blok bilan almashtiriladi. " Yashirish|"Axborotni texnik muhofaza qilish usuli bo‘lib, axborot tashuvchilarni aniqlash va axborotni olish sharoitlarini yomonlashtirishdan iborat. " Yashovchanlik|"To‘xtalishlar, ishlamay qolishlar, ilojsiz va boshqa noqulay vaziyatlarda tizimning muvaffaqiyatli ishlay olish qobiliyati. " Yacheyka|"Tezkor xotira qurilmasining minimal manzillanadigan sohasi yoki massivning manzillanadigan elementi. " Yacheyka sarlavhasi|"Tarmoq bo‘yicha yacheykaning foydali yuklanishini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan funksiyalarni bajarish uchun ajratilgan yacheykalar ichidagi bitlar. " Yacheyka (uya) geometriyasi|"Yacheyka (uya) konfiguratsiyasi; amalda u hech qachon qat’iy geometrik shaklga ega bo‘lmaydi. Izoh − Yacheyka (uya)ning real chegaralari, odatda, qat’iy belgilanmagan bo‘ladi va radioto‘lqinlarning turli yo‘nalishlarda tarqalish sharoitlariga bog‘liq ravishda surilishi mumkin. Signallarning susayishi joyning rel-yefiga, imoratlarning zichligiga, yer usti qoplami va boshqalarga bog‘liq. " Yacheykalararo xendover|"Abonentning yangi tayanch stansiya (uya)ga ko‘chib ulanishi, odatda, bunday qayta ulanish ma’lumotlarni uzatish yoki qabul qilish uchun ajratilgan chastota va/yoki vaqt intervalining o‘zgarishi bilan sodir bo‘ladi. " Yacheykalarni uzatishdagi kechikish|"ATM tarmoqlarida xizmatlar sifatining parametrlaridan biri, ular bog‘lanish o‘rnatilayotganda tarmoq qurilmalari bilan mos kelishi lozim. U yacheykalarning jo‘natuvchidan oluvchiga uzatishdagi maksimal kechikish kattaligini tavsiflaydi. " Yacheykalarni uzatishning yo‘l qo‘yiladigan tezligi|"ATM tarmoqlarida ATM Forum assotsiatsiyasi tomonidan belgilangan trafikni boshqarish parametri. ACR minimal (MCR) va eng yuqori uzatish tezligi (PCR) orasida kanalning yuklanishini boshqarish orqali o‘zgaradi. " Yacheykali avtomat|"Har biri qo‘shni munosabat qoidalari bilan bog‘langan, parallel ishlaydigan yacheykalar to‘ridan iborat bo‘lgan model yoki moslama. Har bir yacheyka qo‘shnilarining holati bilan bog‘liq bo‘lgan berilgan holatlardan birida bo‘lishi mumkin. Har bir yacheykadagi holatning o‘zgartirilishi vaqtning diskret onida sinxron tarzda sodir bo‘ladi. " Yacheykani maydalash|"Yacheyka (uya)ni harakat doirasi kichik bo‘lgan bir nechta yacheykaga bo‘lish usuli, odatda, intensiv trafikli rayonlarda xizmat ko‘rsatish xarakteristikalarini yaxshilash uchun qo‘llaniladi. Izoh − Yacheykalar maydalanganda, tarmoqdagi tayanch stansiyalarning soni ortadi, biroq tayanch va mobil stansiyalar uzatgichlarining nurlanish quvvati kamayadi. " Yacheykani qayta tanlash|"Mobil abonentning harakatlanish jarayonida bir tayanch stansiyadan boshqasiga o‘tishida yacheykaning almashishi. Izoh − Jumladan, TETRA standartida yacheyka almashinuvining 5 ta rejimi nazarda tutilgan: uchtasi tayanch stansiyani ogohlantirish bilan va ikkitasi uni ogohlantirmasdan. " Yacheykasimon topologiya|"Kompyuterlarni tarmoqqa birlashtirish sxemasi, bunda yonma-yon turgan barcha kompyuterlar bilan fizik aloqa liniyalari o‘rnatilgan bo‘ladi. Bu topologiyaning afzalligi, uning yuklanishlarga chidamliligida. " Yelka osha yashirincha qarash|"Parollar yoki PIN-kodlarni, ularning klaviaturada terilishini kuzatish yo‘li bilan o‘g‘irlash. " Yelkasimon yaproq|"Antenna yo‘nalganlik diagrammasining o‘qiga nisbatan siljigan va yo‘nalganlik diagrammasining asosiy yaprog‘i bilan kesishuvchi yon yaproq. " Yerning sun’iy yo‘ldoshi|"Yer atrofiga chiqarilgan va Yer atrofini kamida bir marta aylanib chiqqan kosmik apparat. " Yetakchi signallar|"Televideniyeda – uzatiladigan sahna optik tasvirini elektr signallariga aylantirish joyida yoyish maydoni yoki satr boshlanish vaqtini boshqaruvchi signallar. " Yetakchi stansiya|"Tarmoqning barcha trafigini sinxronlaydigan va bir nechta yetaklanuvchi (bo‘ysunuvchi) stansiya ishini boshqaradigan stansiya. Vaqtning har bir daqiqasida sinxronlash tarmog‘ida faqat bitta yetakchi stansiya mavjud bo‘ladi, garchi stansiyaning bunday maqomi vaqtinchalik va ish jarayonida o‘zgarishi mumkin bo‘lsa ham. " Yetaklanuvchi stansiya|"Yetakchi stansiya boshqaruvida ishlaydigan va o‘zining avtonom generatori chiqish chastotasini yetakchi stansiyaning tayanch generatori chastotasiga sozlay oladigan bo‘ysunuvchi stansiya. " Yetarli|"Operatsion tizim yoki biror-bir uskuna tomonidan ularning to‘g‘ri ishlashi uchun qo‘yiladigan talablarning qanoatlantirilishi. " Yetarli darajadagi maxfiylik|"Ochiq kalit sxemasidan foydalanib assimetrik shifrlovchi ochiq dastur. Muallifi – Filip Simmerman. Algoritm va dastur 1992-yilda yaratilgan. " Yetarli huquqlar|"Foydalanuvchi uchun kerak bo‘lgan fayllar yoki papkalar ustida operatsiyalar bajarish uchun kerakli bo‘lgan huquqlar. " Yetkazib berish uchastkasi|"Shahar, posyolka yoki qishloq tumani hududining bitta pochtalyon tomonidan xizmat ko‘rsatilishi mo‘ljallangan qismi. " Yetkazib berishlar zanjirini boshqarish|"Korxonaning logistik va ishlab chiqarish jarayonlarida vujudga keladigan va o‘zgaradigan xom ashyo, materiallar, mahsulotlar, xizmatlar to‘g‘risida o‘lchanadigan jami iqtisodiy samaraga qaratilgan (chiqimlarni kamaytirish, pirovard mahsulotga bo‘lgan talabni qondirish) butun axborot oqimini rejalashtirish va boshqarishga bo‘lgan yaxlit yondashuvdan iborat tashkiliy konsepsiya va tashkiliy strategiya. Izoh – Konsepsiya 1982-yilda Keyt Oliver tomonidan taklif qilingan, keyinchalik rivojlantirildi va amaliy dasturiy ta’minot-yetkazib berishlar zanjirini boshqarish tizimidan foydalangan holda, amalda qo‘llandi. " Yevropa axborot va hisoblash tizimlarini standartlashtirish assotsiatsiyasi|"Faoliyati axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini standartlashtirishga bag‘ishlangan assotsiatsiya. U uchta maqsadni nazarda tutadi: axborot va tarmoq tizimlarini qo‘llab-quvvatlash va standartlashtirishda foydalaniladigan standartlar va texnik hisobotlarni tuzish, standartlarning to‘g‘ri qo‘llanilishini kengaytirish, standartlar hamda texnik hisobotlarni qog‘oz ko‘rinishida va elektron variantda tarqatish. " Yevropada OSI tarmoqlarini birlashtirish|"OSI asosida Yevropa kuzatish ishlarini olib boradigan tarmoqlarni birlashtirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan, Yevropa komissiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan dastur. " Yechim|"Buyurtmachining talab va ehtiyojlariga qaratilgan dasturlar va dasturiy vositalar, shuningdek, xizmatlar birikmasi. " Yechimlar daraxti|"Yechimlar qabul qilish uzellari va ushbu uzellarga mos keladigan muqobillardan iborat tuzilma. Yechimlar daraxti bo‘ylab harakat tasodifiy tarzda yoki uzellarda mavjud bo‘lgan lokal ma’lumotlarga asoslanib amalga oshirilishi mumkin. Muvaffaqiyatli izlash natijasida, yechimlar daraxtida daraxt ildizidan (boshlang‘ich vaziyat) maqsadli vaziyatga muvofiq keladigan, daraxtning uzeliga olib boradigan yo‘l hosil bo‘ladi. Yechimlar daraxti bo‘ylab harakatlanish jarayonida ko‘pincha, bektreking protsedurasi yordamida amalga oshiriladigan, ilgari o‘tilgan uzellarga qaytish zarurati yuzaga keladi. " «Yilning eng yomon soati»|"Radioto‘lqinlarning tarqalish trassasidagi maksimal ehtimoliy yo‘qotishlar davri. Troposfera va ionosfera aloqa liniyalari uchun zaxira tanlashda hisobga olinadi. " Yirik detallardagi kontrastlilik|"Maksimal oq va maksimal qora maydonlar yorqinliklarining nisbati (tashqi yoritish bo‘lmaganda). " Yig‘ish|"«Yig‘ish» (oyna sarlavhasining o‘ng qismi) tugmasini bosish yordamida oyna o‘lchamini vazifalar panelidagi tugma o‘lchami darajasigacha kichraytirish. Bunga «ALT+BO‘Sh JOY» keyin «S» klavishlarini ketma-ket bosish bilan ham erishsa bo‘ladi. " Yig‘ish, qurish|"Dasturni yig‘ish (kompanovka qilish). Relizdan farqi shundaki, unda o‘zidan oldingi versiyadagi kod saqlanib qoladi, dastlabki kodda o‘zgarish bo‘lmaydi. " Yig‘uvchi|"Yozib olingan yozuvlarni qabul qilib oladigan va ularni saqlashning doimiy muhitida saqlaydigan veb-xizmat. " Yolg‘on|"Mantiqiy ifoda bilan qabul qilinadigan ikki qiymatdan biri. " Yolg‘on o‘tkazish koeffitsiyenti|"Bioidentifikatsiya tizimi tizimda ro‘yxatdan o‘tmagan foydalanuvchi barmoq izlarining haqiqiyligini xato qilib qayd etish ehtimolligi. U qancha past bo‘lsa, tizim shuncha ishonchli ishlaydi. " Yomon niyatda qilinadigan ta’sir|"Tizimning xavfsizlikni ta’minlash mexanizmlarini chetlab o‘tish yoki ularning kamchiliklaridan foydalanish maqsadida amalga oshiriladigan harakat. Izohlar 1. Tizimga bevosita yomon niyatda ta’sir ko‘rsatilganda, bazaviy algoritmlarning xavfsizlikni ta’minlash mexanizmining prinsiplari yoki xususiyatlari kamchiliklaridan foydalaniladi. 2. Bilvosita yomon niyatda qilinadigan ta’sir xavfsizlik mexanizmini chetlab o‘tish yoki tizimni bu mexanizmdan noto‘g‘ri foydalanishga majbur qilish orqali amalga oshiriladi. " Yomon niyatli chaqiruvlarni aniqlash xizmati|"Ma’muriyatning ixtiyori bo‘yicha abonentga niyati buzuq, bezovta qiluvchi yoki yomon niyatdagi chaqiruvlar manbaini aniqlash uchun yordam beradigan xizmat. Izoh – Bunda chaqiruvchi va chaqiriluvchi abonentlar raqami, chaqiruv (so‘rov) vaqti va sanasi ko‘rsatiladi. Xizmat aniq vaqt davomida bog‘lanish vaqtida yoki bog‘lanishning aktiv fazasida so‘ralishi kerak. U tarmoqda avtomatik tarzda (unda barcha kiruvchi chaqiruvlarning ma’lumotlari qayd etiladi) yoki abonent tomonidan (abonent tugmani bosadi yoki aniq raqamni teradi) ishga tushirilishi mumkin. " Yomonlashuv birligi, imp|"Sifat shkalasi yoki yomonlashuv shkalasidan foydalanishda o‘rtacha bahoga ega tayanch tasvirdan olinadigan kuzatishning ma’lum sharoitlarida tasvirning yomonlashuvini subyektiv baholaydigan birlik. Izoh − Muayyan sharoitlarda imp birligi o‘zaro bog‘lanmagan bir nechta nuqsonning subyektiv yomonlashuvi, shu nuqsonlarning alohida namoyon bo‘lishi tufayli yomonlashuvining yig‘indisiga teng deb jamlanadi. " Yomonlashuv shkalasi|"Kuzatishning ma’lum sharoitlarida, berilgan beixtiyoriy effekt tufayli tasvirning texnik yomonlashuvini miqdoriy subyektiv baholash imkonini beradigan, odatda, beshta, oltita yoki yettita bosqichli shkala. " Yomg‘ir vaqtidagi qutbsizlanish|"Yomg‘ir tomchilarining shakli nosferik bo‘lishi tufayli yuzaga keladigan, atmosfera yog‘inlarida radioto‘lqinlar qutblanishining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan effekt. Izoh – Radioto‘lqinlar gorizontal va vertikal tashkil etuvchilarining tarqalish bir xil bo‘lmasligi natijasida amplituda va faza siljishida tafovut paydo bo‘ladi, bu esa qabul qilish nuqtasida krocc-qutblanish komponenti paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. " Yon polosa|"Sinusoidal eltuvchi chastotadan yuqori yoki quyida joylashgan va modulyatsiya jarayonida hosil bo‘lgan muhim spektral tashkil etuvchilarni o‘z ichiga olgan chastotalar polosasi. " Yon polosani bostirish filtri|"Tasvir radiosignalining bitta yon polosasi qismini susaytiruvchi filtr. " Yon yaproqdagi uzilish|"Xalaqitlarni fazoviy rezeksiyalash maqsadida shakllanadigan antenna yo‘nalganlik diagrammasining yon yaprog‘idagi chuqur uzilish. " Yon yaproqlarni bostirish|"1. Antenna yo‘nalganlik diagrammasining yon yaproqlari bo‘yicha nurlanishni susaytirish uchun joy relyefining ekranlashtiruvchi ta’siridan foydalanish. 2. Xalaqitlar seleksiyasining fazoviy usuli, unda antenna yo‘nalganlik diagrammasida fazoviy holati yo‘nalishi bilan halaqit manbaiga mos keladigan yon yaproq o‘rnida pasayish shakllanadi. " Yondosh elektromagnit nurlanish|"Istalmagan axborotli elektromagnit nurlanish. U axborotni texnik vositalar bilan qayta ishlash paytida va axborot sizib chiqib ketishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan elektr zanjirlarda nochiziqli jarayonlar natijasida paydo bo‘ladi. " Yonlama nurlanishdagi yo‘qotishlar|"Energiyaning antenna ko‘zgusining chetidan sizib chiqishi hisobiga yo‘qotishlar. " «Yopiq antenna»|"Chiqish uchlariga uzatgich yoki qabul qilgichning fiderli liniyasi ulangan, ixtiyoriy konfigyratsiyaning yopiq konturini o‘zida aks ettiradigan ramkasimon antennaning bir turi. Yopiq arxitektura ing. - closed architecture ing. - закрытая архитектура Yagona ishlab chiqaruvchining texnik va dasturiy taʼminotiga mos keladigan arxitektura. " Yopiq dastlabki kod|"Yopiq dastlabki kod – ochiq kodning antonimi. Ochiq kod tushunchasiga kirmaydigan ixtiyoriy dastur va litsenziyalar. Bunda, faqat binar (kompilyatsiya qilingan) dastur versiyalari tarqatiladi. Litsenziya mavjudligi dastlabki kodga kirish imkoniyati yo‘qligini bildiradi. Dasturni o‘zgartirishni texnik jihatdan bajarib bo‘lmaydi. Dastlabki kodga kirish imkoniyati uchinchi tarafga faqat ovoza qilmaslik kelishuviga qo‘l qo‘yilgandan keyin beriladi. Yopiq kodli dasturiy taʼminot propriyetar (shaxsiy mulk) dasturiy taʼminoti hisoblanadi. " Yopiq elektron raqamli imzo kaliti|"1. Elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mos keladigan, axborot tizimining istalgan foydalanuvchisi foydalana oladigan va elektron hujjatda elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash uchun mo‘ljallangan simvollar ketma-ketligi. 2. Elektron raqamli imzoni ishlab chiqish uchun mo‘ljallangan va faqat vakolatli shaxsga ma’lum bo‘lgan simvollar ketma-ketligi. " Yopiq kalit|"1. Nosimmetrik shifrlash tizimining kalitlaridan biri. Xabarlarni rasshifrovka qilishda va elektron imzoni shakllantirishda ishlatiladi. 2. Ochiq kalitli shifrlash tizimidagi juft kriptografik kalitlarning yopiq (maxfiy) qismi. " Yopiq kanal|"Maʼlumotlardan ruxsatsiz foydalanishdan muhofazalangan mantiqiy kanal. Bunday mantiqiy kanallarning protokollari transport pog‘onasidan yuqorida joylashgan bo‘ladi va o‘zaro aloqadagi foydalanuvchilar orasidagi uzatishning konfidensialligini kafolatlaydi. " Yopiq (muhofazalangan) ma’lumotlar|"Foydalanuvchilarning tor doirasiga mo‘ljallangan ma’lumotlar. Qoidaga ko‘ra, erkin foydalanishning cheklanishi parollar tizimi orqali amalga oshiriladi. " Yopiq obyekt|"Obyektning yopiq yoki butunlay chegaralangan muhitga mansubligi. " Yopiq tarmoq|"Cheklangan miqdordagi qayd qilingan foydalanuvchilar kira oladigan ajratilgan aloqa tarmog‘i. " Yopiq televideniye|"Tasvirni nisbatan qisqa masofaga, odatda, kabel bo‘yicha uzatishga imkon beradigan va foydalanuvchilarning ma’lum guruhlari uchun mo‘ljallangan televideniye. Misol ‒ jamoat joylari, xavfli yoki kirish qiyin bo‘lgan joylarni, jarrohlik operatsiyalari va h.k.larni kuzatish. " Yopiq televizion tizimlar|"Cheklangan auditoriyaga vizual axborotni uzatish uchun mo‘ljallangan televizion tizimlar. Misol ‒ Qo‘riqlash televideniyesi tizimi. " Yopiq trassa|"Profili mahalliy relyef bilan qorong‘ilangan trassa, buning oqibatida uzatuvchi va qabul qiluvchi antennalarning fazaviy markazlari o‘rtasidagi to‘g‘ri ko‘rinish ko‘rinmaydi. Izoh ‒ Yopiq trassalar uchun yorug‘lik kattaligi har doim salbiy. " Yopiq xavfsiz muhit|"Ma’lumotlar va resurslarni tasodifiy yoki qasddan qilinadigan harakatlardan (mualliflik, ruxsat berish kategoriyalari, konfigurasiyani boshqarish va h.k. ko‘rinishda) muhofaza qilishga alohida e’tibor beriladigan muhit. " Yopish|"Ilovani tugallashga olib keladigan harakat. " Yoppasiga qoplash|"Ma’lum geografik mintaqaning xizmat ko‘rsatish zonasi, unda abonent radioliniyasining turg‘un ishlashi uchun kerakli energetik nisbat ta’minlanmagan birorta ham uchastka bo‘lmaydi. " Yoqilgan|"Tizim ishga (ma’lumotlarni qabul qilishga) tayyor holatda bo‘lgan rejim. " Yoqmoq|"Qurilmaning ishga tushirilishini anglatadi. Masalan, biron-bir qurilma moslamasining parametrlarida yoqiq deb ko‘rsatilgan bo‘lsa, ushbu qurilma moslamasidan foydalana olishga ruxsat etiladi. " Yordam va qo‘llab-quvvatlash|"Xizmatning ichki va tashqi buyurtmachilarini texnik qo‘llab quvvatlovchi, foydalanuvchilarni kompyuterning apparat va dasturiy ta’minot bilan bog‘liq muammolarini hal qiluvchi axborot tizimi. Axborot texnologiyalari infratuzilmalarining muammoli qismlarini aniqlash, axborot texnologiyalari bo‘limining ish samaradorligini baholash imkonini beruvchi axborot texnologiyalari infratuzilmasi bibliotekasining muhim funksional tashkil etuvchisi. " Yordam, ma’lumot berish tizimi|"O‘zida dasturiy ta’minot bilan ishlash bo‘yicha maqolalar (maslahatlar)ni saqlovchi ma’lumot berish tizimi. " Yordamchi protsessor|"Fon rejimidagi yoki maxsus masalalarni bosh protsessordan ajratib olgan holda bajaradigan kompyuter tizimidagi ikkilamchi protsessor. " Yordamchi retranslyator|"Radiosoya zonasini qoplashda ishlatiladigan retranslyator. " Yordamchi texnologiyalar|"Tizimga qo‘shilgan yoki kiritilgan apparat yoki dasturiy ta’minot. " Yordamchi xizmat|"Telefon orqali qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish; masalan, belgilangan vaqtda abonentni ogohlantirish (xabardor qilish) va boshqalar. " Yordamchi xotira|"Axborotni yodda tutish va saqlashning, elektron hisoblash mashinasining asosiy, ichki manzillanadigan xotira qurilmasiga kirmaydigan vositalari. " Yorqinlik gradatsiyasi|"Normalangan axromatik gradatsion ponaning qo‘shni uchastkalari yorqinliklarining farqi. " Yorqinlik kanali|"Rangli televideniye tizimidagi yorqinlik signalini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan har qanday trakt. " Yorqinlik kanalidagi rejektor|"Dekoderdagi ranglilik-yorqinlik kesishuvchi xalaqitlarini yoki koderdagi yorqinlik-ranglilik kesishuvchi xalaqitlarini kamaytirish maqsadida yorqinlik kanaliga kiritiladigan filtr. " Yorqinlik koyeffitsiyentlari|"Har qanday rangning tegishli rang koyeffitsientiga bo‘lgan doimiy ko‘paytiruvchilar. " Yorqinlik signali|"Televizion tasvir elementlarining yorqinligi to‘g‘risidagi axborotni tashuvchi elektr signal. Izoh – Rangli televideniyeda yorqinlik signali uchta asosiy rang signallarining muayyan chiziqli kombinatsiyasi ko‘rinishida hosil qilinadi. " Yorqinlik signalidagi oqning etalon darajasi|"Oq yo‘nalishida yorqinlik signalining muayyan maksimal kirishiga mos keladigan daraja. " Yorqinlik signalining nochiziqli buzilishlari|"Uzatish trakti amplitudaviy tavsifining nochiziqli shakli tufayli yuzaga keladigan, pog‘onali yoki arrasimon signallar yordamida baholanadigan buzilishlar. " Yorqinlik va ranglilik signallarining vaqt davomidagi farqi|"Yorqinlik va ranglilik signallarining kechikishidagi, tegishli yorqinlik uchastkasidan rangning chap yoki o‘ngga o‘tishiga olib keladigan, farq. " Yorqinlik, ravshanlik|"Piksel bilan birlashtirilgan va kul rangning (oqdan qoragacha bo‘lgan) kattaligini aks ettiradigan qiymat. Shuningdek, foydalanuvchi monitorida qoradan oqqacha shkala bo‘yicha rang yorqinligini bildiradi. " Yorqinlikni rostlash|"Qabul qiluvchi televizion trubkada siljituvchi kuchlanishni qo‘lda sozlash. Izoh – Yorqinlikni sozlash tasvirning o‘rtacha yorqinligiga ham, kontrastlilikka ham ta’sir etadi. " Yorqinlik-ranglilik kesichuvchi buzilishi|"Ranglilik signalining yorqinlik signali spektrining ranglilik signalining chastotalar polosasida yotuvchi tashkil etuvchilari keltirib chiqaradigan buzilishi. " Yorqinlik-ranglilik kesishuvchi shovqini|"Tasvirdagi yorqinlik kanalidan ranglilik kanaliga shovqinni kiritish tufayli yuzaga keladigan nomaqbul rang effekti. Izoh ‒ Bu yomonlashuv, xususan, kompozit rang videosignallardan foydalanadigan tizimlarda yuzaga keladi. " Yorug‘lik aberratsiyasi|"Yorug‘lik nuri yo‘nalishining kuzatuvchining yorug‘lik manbaiga nisbatan harakatlanishi oqibatida o‘zgarishi. " Yorug‘lik diodi|"Elektr tokini yorug‘lik nurlanishiga aylantiradigan, nanoo‘lchamli geterotuzilmalarga asoslangan asbob. " Yorug‘lik perosi|"Ekran nuqtalari koordinatasini olishda kerak bo‘lgan yoruqlikka sezgir qurilma. Yorug‘lik perosi ma’lumotlarni chiqarishda ishlatiladi va maxsus ekranni talab qilmaydi. Yorug‘lik perosi uchiga o‘rnatilgan maxsus fotoelement, peroni ekran bilan ta’sir nuqtasidan uzatilayotgan yorug‘lik signalini sezadi. Signal paydo bo‘lishi bilan tasvirning ochilishi sinxrosignalni taqqoslash yorug‘lik perosining ekrandagi joylashuvini aniqlash imkonini beradi. " Yorug‘lik (rang) ning maydon bo‘ylab notekisligi|"Qayta tiklanayotgan televizion tasvir maydoni bo‘yicha yorug‘lik va/yoki rangning beixtiyoriy o‘zgarishi. " Yorug‘lik sarfi|"Tarqalayotgan yorug‘lik oqimining iste’mol qilingan quvvatga nisbati. Yorug‘lik sarfining birligi lyumen/vatt. (ℓm/W). " Yorug‘lik sochilishini tuzatish|"Telekameraning optik tizimida yorug‘lik sochilishi ta’sirida qora darajasida buzilgan videosignal shaklini tuzatish. " Yorug‘lik to‘lqinlari|"0,4 mkm dan 0,76 mkm gacha bo‘lgan diapazondagi elektromagnit to‘lqin uzunliklari. " Yorug‘lik va sinxronizatsiya signallarining nisbati|"Oq darajaning sinxronizatsiya darajasiga, ikkalasi ham so‘ndirish darajasiga nisbatan ifodalangandagi, nisbati. " Yorug‘lik xarakteristikasi|"O‘zgartirgich chiqishidagi signal tokining uning fotosezgir yuzasi yoritilganligiga bog‘liqligi. " Yorug‘lik o‘qi|"Har bir rang uchun yorug‘lik tashkil etuvchisi ajratiladigan tayanch oq rangni o‘z ichiga oladigan rangli fazo o‘qi. " Yorug‘lik o‘tkazgich|"Silindr shaklidagi, ikki qavat ingichka shisha o‘tkazgich ko‘rinishida yasalgan optik to‘lqin o‘tkazgich. Uning bo‘ylab to‘lqin uzunligi 400 nm dan 3000 nm gacha bo‘lgan elektromagnit nurlanish uzatiladi. " Yorug‘likka sezgirlikning mutlaq chegarasi|"Qorong‘ulikka moslashish sharoitida qora fonda ko‘z ilg‘aydigan yorug‘lik dog‘i yorqinligining eng kichik (chegaraviy) qiymati. " Yorug‘likning kombinatsion sochilishi (Raman effekti)|"Modda tomonidan sochilgan yorug‘lik chastotasining o‘zgarish hodisasi. " Yorug‘likning yutilish koeffitsiyenti|"Jism yutgan yorug‘lik miqdorining jismga tushadigaan yorug‘lik miqdoriga nisbati. " Yoyiladigan ko‘zgu|"Ko‘plab seksiyalardan iborat bo‘lgan katta antenna ko‘zgusi. Yo‘ldoshli aloqa tizimlarida qo‘llaniladi. " Yoyish|"1. signal datchigida – elektr signalni olish uchun, har bir elementning yorug‘lik xarakteristikalarini aks ettiradigan, sirtning har bir element bo‘yicha tizimli o‘tishi. Izoh ‒ Taalluqli atama «ochib ko‘rsatish». 2. Televideniyeda – to‘g‘riburchakli sirt elementlari to‘g‘riburchakning katta tomoniga parallel bo‘lgan bir biriga nisbatan teng uzoqlashtirilgan to‘g‘ri liniyalar bo‘yicha doimiy aniq tezlik bilan aylangandagi yoyish. " Yoyish davri|"To‘g‘ri va teskari yoyilish yo‘llarining vaqt yig‘indisi. " Yoyish qadami|"Televizion rastr ikkita qo‘shni satrlarining o‘qlari orasidagi masofa. Yoyish qadami satrlarning aktiv soniga bo‘lingan tasvir (kadr) balandligiga teng bo‘lishi kerak. " Yoyish signali|"Yoyuvchi element harakatini boshqaruvchi signal. " Yoyish tezligi|"Yoyuvchi element yoyiladigan sirt bo‘ylab o‘tadigan liniyaviy tezlik. " Yoyli antenna panjarasi|"Nurlantiruvchi elementlari egri chiziq qismida joylashgan antenna panjarasi. " Yoymoq|"Oynani uning yuqori o‘ng burchagidagi yoyish tugmasini bosib, maksimal o‘lchamga yetguncha kattalashtirish. " Yozib olingan xabar|"Kelib tushgan xabarlarni yozish uchun qurilmaga chaqiriluvchi abonentga kelib tushadigan chaqiruvlarni uzatish imkonini beradigan, ushbu abonent yoki oxirgi (terminal) tarmoq tomonidan taqdim etiladigan xizmat. " Yozib olingandan so‘ng uzatish|"Efiirga, faqat yozib olingandan so‘ng uzatiladigan tovushli yoki televizion dastur. " Yozib olish|"Internet tarmog‘idan faylni olish. " Yozib olishdan muhofaza qilish|"Diskdagi axborotni, 5,25"" disketalarida solishtirib o‘qish belgisini yopishtirish va 3,5"" disketalarida solishtirib o‘qish belgisini surib, muhofaza qilish usuli, bu yangi ma’lumotlar yozib olishning oldini oladi va mavjud ma’lumotlarni yo‘qolishdan saqlaydi. " Yozib olishga ruxsat|"Ma’lumotlarni yozib olish uchun ruxsat beradigan foydalana olish huquqi. Izoh – Yozib olishga ruxsat ma’lumotlarni to‘ldirish, o‘zgartirish, o‘chirish yoki yaratishga ruxsat hisoblanadi. " Yozish vaqtida nusxalash|"Jarayonni yaratish strategiyasi, bunda yangi jarayon adres fazosini bosh jarayon bilan manzil fazosining birinchi yozuvigacha ajratadi, shundan so‘ng shu’ba jarayon uchun yangi manzil fazosi yaratiladi. " Yozishdagi xato|"Axborotni tezkor xotiradan ma’lumotlarni saqlash yoki chiqarish qurilmasiga uzatish paytida yuz beradigan xato. " Yozma xat-xabarlar|"Oddiy, buyurtma, qiymati eʼlon qilingan xatlar va banderollar, oddiy, buyurtma pochta varaqchalari hamda oddiy, buyurtma sekogrammalar, shuningdek, mayda paketlar. " Yozma xat-xabarlarga shtempellash|"Pochta markalarining va/yoki yozma xat-xabarlarning jo‘natilishi belgilangan manzildagi pochta aloqasi obyektiga kelib tushgan sanasini hisobdan chiqarish yo‘li bilan qabul qilish joyi va sanasini belgilash maqsadida unga taqvim shtempeli izini tushirishni o‘z ichiga olgan yozma xat-xabarlarga ishlov berish. " Yozmoq|"Ma’lumotlarni tezkor xotira qurilmasidan tashqi qurilmaga yoki protsessordan tezkor xotira qurilmasiga uzatish. " Yozuv|"1. Dasturlash tillarida ma’lumotlar tuzilmasi – yaxlit bir butun sifatida qaralishi mumkin bo‘lgan, bir jinsli bo‘lmagan tizimlashtilangan elementlar to‘plami. Har bir element yozuv maydoni deb ataladi, u nomga va turga ega bo‘ladi. Muayyan yozuv maydonida saqlanadigan ma’lumotlardan foydalanish uchun, yozuvni saqlaydigan o‘zgaruvchi nomi ko‘rsatiladi, keyin nuqtadan so‘ng maydon nomi keladi. 2. Magnit tashuvchidagi, masalan, magnit tasmadagi ma’lumotlar bloki. " Yozuv agenti|"Kuzatib boriladigan ilova jarayonining fazoda yuklangan kadrni qamrab oladigan umumiy bibliotekasi. " Yozuv demoni|"Kuzatiladigan dastur joylashgani kabi oxirgi nuqtada ishlaydigan va kengaytirilgan vakolatlar talab qilinadigan operatsiyalarni bajaradigan imtiyozli jarayon. " Yuguruvchi nurli kamera|"Tasvirlarni yuguruvchi yorug dog‘ orqali yoyishga asoslangan uzatish qurilmasi. " Yuguruvchi to‘lqin|"Uzatish liniyasida, uzatuvchi muhitning xossalari bilan belgilanadigan tezlikda faqat bir yo‘nalish bo‘ylab tarqaladigan elektromagnit to‘lqin. " Yuguruvchi to‘lqin antennasi|"Geometrik o‘qi bo‘ylab elektromagnit tebranishlarning yuguruvchi to‘lqinlari tarqaladigan yo‘naltirilgan antenna. Izoh ‒ Yuguruvchi to‘lqin antennalariga «to‘lqinli kanal» turidagi antenna, spiral antenna, dielektrik antenna, rombsimon antenna va boshqa qator antennalar kiritiladi. " Yuguruvchi toʻlqin koeffitsiyenti|"Uzatish liniyasidagi toʻlqin elektr yoki magnit maydoni eng kichik amplituda kuchlanganligi nisbatiga teng koeffitsiyent. " Yuklagich|"Boshqa dasturlarni ularni amalga oshirilishi uchun tezkor xotiraga yuklovchi tizim dasturi. Boshlang‘ich yuklovchining farqli tomoni, u BIOS da joylashgan bo‘lib, u operatsion tizimni yuklaydi va unga boshqaruvni uzatadi, shuningdek yuklovchilar operatsion tizimning o‘zida ham mavjud. " Yuklama koeffitsiyenti|"Foydalanishning ma’lum sharoitlarida elementga ta’sir etadigan ishchi yuklamaning nominal (standartlar, foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomalar va boshqa tegishli hujjatlar bilan belgilangan) yuklamaga nisbati. " Yuklama konsentratori|"Maʼlumotlarni uzatish tarmog‘ida paketlarni kommutatsiya markaziga ulanadigan va paketlarni yig‘ish-sochish operatsiyalarini bajarish uchun mo‘ljallangan texnik vosita. " Yuklamoq|"Ma’lumotlarni boshqa kompyuterga (tarmoq orqali) yuklash. " Yuklanish paytida|"Operatsion tizim yoki dasturning xotiraga yukla-nishida bajariladigan protseduralar yoki dasturlar. " Yuklanishdagi tasvir|"Operatsion tizimning nomini va logotipini aks ettiruvchi tasvir. " Yuklanishni balanslash|"Klaster serverlaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida, hisoblash klasterida yuklanishni taqsimlash. " Yuklanishni initsializatsiya qilish|"Windows NT/2000/XP/10 operatsion tizim yuklanishini initsializatsiya qiladigan fayl. Operatsion tizimlarni yuklash usullarini ifodalaydi. " Yuklanuvchi disk|"Operatsion tizimni yuklash yoki qayta yuklash amalga oshiriladigan qattiq disk (disketa). " Yuklanuvchi drayver|"Tezkor xotiraga faqat kerak vaqtda yuklanuvchi drayver. Bunday drayverlar tezkor xotirani tejashni va protsessor resursining bekor sarflanishini oldini oladi. " Yuklanuvchi sektor, butsektor|"Axborotni saqlaydigan qattiq disk, disketa yoki boshqa disk qurilmasidagi muhim sektor. Disketa va optik disk uchun bu birinchi jismoniy sektor, qattiq disk uchun har bir bo‘limning birinchi jismoniy sektori. Fleshkada yuklash sektori bo‘lmaydi. " Yuklanuvchi virus|"Kompyuterni yuklashda bajariladigan va qattiq yoki egiluvchan magnit diskning yuklash sektoridagi dasturni zararlaydigan virus. " Yuklash|"1. Ishga tushayotgan dastur, jarayon va sh.k. fayllarni dasturning keyingi ishini ta’minlash uchun tezkor xotiraga yuklash jarayoni. 2. Kompyuterni operatsion tizim yadrosini yuklash orqali ishga tushirish. " Yuklash manzili|"Tezkor xotira qurilmasining manzili, undan boshlab dastur xotirada joylashtiriladi. Absolyut dasturlarda yuklash manzili qayd etilgan bo‘ladi va dasturchi tomonidan beriladi. Yuklash paytida suriladigan dasturlardan (chiziqli xotiraga ega kompyuterlarda) manzillarni sozlash amalga oshiriladi. Bu sozlash suriladigan barcha manzillarni yuklash manziliga teng bo‘lgan konstantaga oshirishda ifodalanadi. " Yuklash qurilmasi|"Olinadigan yoki doimiy yuklash diski qurilma. " Yuklash vaqti (fazasi)|"Dasturning xotiradagi binar obrazini olish uchun aloqa redaktori va yuklagichni chaqirish fazasi. " Yuklash vaqtida manzillarni bog‘lash|"Manzillash sxemasi, bunda generatsiyalanadigan kod ma’lumotlarni va dasturni qiymati dasturni yuklashda aniqlanadigan ko‘chirish registriga nisbatan manzillaydi. " Yuklash yozuvi|"Disketdagi birinchi fizik sektor yoki qattiq disk bo‘limining birinchi mantiqiy sektori. Bitta yoki bir nechta sektordan iborat bo‘lishi mumkin. Yuklovchi yozuvning birinchi sektori yuklovchi sektorning imzosi bilan tugallanadi. Yuklovchi disklarda, shuningdek, operatsion tizim yuklaydigan dastur ham bo‘ladi. Ba’zida yuklash sektor deb ataladi. " Yuklashni balanslash klasterlari|"Server bek-endi kompyuterlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydigan, (front-ends) so‘rovlarni balanslaydigan bir nechta kirish kompyuterlariga ega kompyuter klasterlari. " Yulduz|"Kompyuterlarni tarmoqqa birlashtirish usuli: bitta kompyuter ajratiladi va u asosiy (bosh) kompyuter ataladi, qolgan barcha kompyuterlar u bilan bevosita ulanadi. Ma’lumotlar bitta periferik kompyuterdan boshqasiga faqat bosh kompyuter orqali uzatilishi mumkin. Bosh kompyuter ishlamay qolsa, butun tarmoq ishlash qobiliyatini yo‘qotadi. " «Yulduz» topologiyasi|"Lokal hisoblash tarmog‘ining uchta tayanch fizik topologiyasidan biri. Bunda kompyuterlar va qurilmalar markaziy uzel bilan radial liniyalar orqali ulanadi. " Yulduzcha, «*» simvoli|"Qator operatsion tizimlarda faylning umumlashtirilgan nomini berish uchun foydalaniladigan simvol. Tizim yulduzcha simvoli o‘rnida ixtiyoriy sondan iborat ixtiyoriy simvolni qo‘yishi mumkin. " Yulduzsimon tarmoqlagich|"1. Bitta kirish va ikkitadan ko‘p chiqish optik qutblari bo‘lgan optik tarmoqlagich. 2. Signal energiyasini o‘zining chiqish uchlari o‘rtasida bir tekis taqsimlaydigan (chiqish uchlari kamida to‘rtta bo‘lgan) passiv qurilma. " Yulduzsimon topologiya|"«Yulduz»ni eslatuvchi topologik sxema. Undagi har bir olisdagi tarmoq uzeli bitta markaziy kommutator, uzel stansiyasi yoki kanallar konsentratori bilan bog‘lanadi. «Yulduz»simon topologiyali tarmoq mahalliy foydalanuvchilar uchun trafikni tarmoqlash (ajratish) va olisdagi foydalanuvchilar o‘rtasida qayta taqsimlash imkonini beradi. " Yulduzsimon to‘rtlik|"Birga buralgan, to‘rtta izolyatsiyalangan o‘tkazgichdan iborat kabel elementi. Ikki qarama-qarshi o‘tkazgich uzatuvchi juftlikni hosil qiladi. Yulduzsimon to‘rtligi bo‘lgan kabellar, ularning elektr xarakteristikalari aynan shu spetsifikatsiyalar talablariga javob beradigan hollarda, juftliklardan iborat kabellar bilan o‘zaro almashinuvchan bo‘lishi mumkin. " Yumshoq xendover|"Axborotni yo‘qotmay turib, ishchi kanalni bir tayanch stansiyadan boshqasiga avtomatik tarzda qayta ulash. Yumshoq qayta ulash rejimi bir vaqtda, bittadan ko‘p tayanch stansiya bilan ishlash imkoniyatini nazarda tutadi. Izoh − O‘xshash protsedura ko‘p yo‘ldoshli aloqa tizimida ham mavjud bo‘lib, unda yer stansiyasining bitta kosmik apparat (tushayotgan)dan boshqa kosmik apparat (ko‘tariluvchi) ga qayta ulanishi sodir bo‘ladi. " Yumshoqroq xendover|"Ishchi kanallarni bir sektorli antennadan boshqasiga qayta o‘zgartirish, bitta tayanch stansiyada amalga oshirilishi tufayli, sinxronizmga qayta kirish protsedurasi talab qilinmaydigan xendover. " Yuqori|"Obyektning ma’lum bir chegaralarga nisbatan yuqori joylashgan o‘rni. " Yuqori aniqlikdagi televideniye (YuAT)|"Vertikal va gorizontal bo‘yicha taxminan ikki marta kattalashtirilgan aniqlikka ega va standart aniqlikdagi televideniye bilan solishtirganda kadrning kattalashtirilgan formatiga ega televideniye. " Yuqori aniqlikdagi TV (HDTV) va oddiy sifatli TV dasturlarini taqsimlash xizmatlari|"HDTV xarakteristikalariga yoki oddiy tasvir sifatiga ega televizion dasturlarni taqsimlash imkonini beradigan xizmatlar. " Yuqori daraja tili|"Uchinchi avlod va undan yuqori darajadagi dasturlash tillari, ya’ni assemblerlarga qaraganda, abstraktlashning birmuncha yuqori darajasini ta’minlaydigan tillar. " Yuqori elliptik orbita (yo‘ldoshning)|"Yo‘ldoshning ellips shaklidagi aylanish orbitasi, uning fokuslaridan birida Yer markazi joylashadi va uning o‘qlari yulduzlarga nisbatan ma’lum yo‘nalishda bo‘ladi. Izoh – «Molniya» yo‘ldoshlari yuqori elliptik orbitasining apogey balandligi 40000 km ga yaqin, perigey balandligi 500 km, ekvator tekisligiga og‘ishi 63,4° ga teng. " Yuqori huquqlar bilan ishga tushirmoq|"Bir foydalanuvchi ega bo‘lgan huquqlardan ko‘proq huquqlarga ega foydalanuvchi nomidan dasturni ishga tushirish. Masalan, kichkina sozlashlarda ishlatilishi mumkin. " Yuqori indeks|"Matn satri harflaridan yuqorida bosilgan bitta yoki bir nechta simvol. " Yuqori natija|"Yuqori baho va eng yuqori balli natija " Yuqori pog‘ona domeni|"Qar.: gTLD, ccTLD. " Yuqori quvvatli eltuvchi|"Energiyasining asosiy qismi eltuvchi chastotada to‘plangan, modulyatsiyalangan signal. " Yuqori registr|"Klaviaturadan kiritish Caps Lock klavishi bosilganda amalga oshiriladigan rejim. Bunda matn katta harflar bilan kiritiladi. " Yuqori sifatli keng polosali videokonferensaloqa xizmatlari|"Ikkita yoki undan ortiq punkt o‘rtasida konferens-aloqani ta‘minlash uchun turli axborotni, jumladan, avvalo nutq (tovush), oddiy videofilmlar, harakatdagi tasvirlar va qo‘shimcha ravishda, videoskanlaydigan harakatsiz tasvirlar, hujjatlar hamda boshqa videoaxborotni yuqori sifatli uzatish bilan abonent-abonent yoki guruh-guruh (abonentlar) aloqa imkoniyatini ta’minlaydigan xizmatlar. " Yuqori sifatli rang|"Rangni 15- va 16-bitli kodlash orqali (multimediyali shaxsiy kompyuterlar grafik kontrollerining platalarida) monitorda bir vaqtning o‘zida 32 K yoki 64 K ranglarni ko‘rsatish imkoniyati. U tasvir sifatini rangli fotosurat sifatiga yaqinlashishini ta’minlaydi. " Yuqori texnologiyalar kompaniyalari|"Asosiy aktivlari intellektual mulk va yuqori malakali mutaxassislar bo‘lgan kompaniyalarning shartli nomi. Faoliyat sohasi – yuqori va postindustrial texnologiyalar. Bu turdagi kompaniyalarga odatda quyidagilar kiradi: internet kompaniyalari; dasturiy taʼminot va yarimo‘tkazgichli qurilmalar ishlab chiqaruvchilar; mobil va kosmik aloqa operatorlari; biotexnologiya kompaniyalari; ilmiy-tekshirish tajriba konstruktorlik ishlanmalari sohasidagi kompaniyalar; yuqori texnologiyali uskunalar ishlab chiqaruvchilar va h.k. " Yuqori tezlikdagi raqamli abonent liniyasi texnologiyalarining turkumi|"DSL standartining protokollar majmui, unda «x» simvoli o‘rniga DSL (ADSL, HDSL, SDSL) standartining quyi turini belgilaydigan harflardan istalganini qo‘yish mumkin. " Yuqori tezlikli foydalana olish klasterlari|"Klaster kompyuterlari taqdim etadigan resurslardan, masalan, ma’lumotlar bazasidan optimal foydalana olishni ta’minlaydigan kompyuter klasterlari. " Yuqori tezlikli raqamli abonent liniyasi|"O‘tkazish qobiliyati 10 Mbit/s dan ortiq bo‘lgan asimmetrik hamda simmetrik aloqa liniyalarini yaratish uchun mo‘ljallangan abonent foydalanish texnologiyasi. " Yuqori unumli fayl tizimi|"IBM va Microsoft tomonidan birgalikda ishlab chiqilgan, operatsion tizim uchun mo‘ljallangan fayl tizimining nomi. Windows NT tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. " Yuqori xotira|"MS DOS operatsion tizimiga oid atama. Birinchi 640 kbyte xotiradan tashqarida joylashtirilgan tezkor xotirani anglatadi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlatilmagan, bu esa dasturlarni birmuncha chegaralaydi. " Yuqori xotira sohasi|"Qo‘shimcha xotiraning dastlabki 64 kB i. " Yuqori xotira tizimi|"Yuqori tezkor xotiraning ulanish drayveri. Bu drayversiz operatsion tizim faqatgina BIOS bilan belgilab qo‘yilgan 640 kilobayt quyi xotiradangina foydalana oladi. Windows da bu muammo o‘zining dolzarbligini yo‘qotgan. " Yuqori zichlikli bipolyar kodlash|"Modifikatsiyalangan bipolyar RZ kodi yordamida kodlash usuli. Bunda majburiy inversiya (qutblilikni o‘zgartirish) vositasida takrorlanadigan simvollarning davomiy ketma-ketligi chiqarib tashlanadi. Natijada davomli pauzalarsiz kod shakllanadi, bu esa, xabarlarni qabul qilishda sinxronlash buzilishlarini bartaraf etish imkonini beradi. " Yuqori chastotalar|"3 МНz dan 30 МНz gacha diapazondagi chastotalar sohasi. Ko‘rsatilgan chastotalarga dekametrli (qisqa) to‘lqinlar (λ=100–10 m) mos keladi. " Yuqori chastotalar filtri|"Berilgan qirqim chastotasidan yuqori o‘tkazish polosasiga va pastroq chastotalar uchun tutib qolish polosasiga ega bo‘lgan elektr chastota filtri. " Yuqori chastotali kabel|"Elektromagnit energiyani yuqori chastotalarda kichik yo‘qotishlar bilan uzatish uchun mo‘ljallangan kabel. " Yuqori chastotali qurilmalar|"Radioto‘lqinlarni qabul qilish yoki nurlantirishda foydalanishdan tashqari, sanoat, ilmiy, tibbiy, maishiy yoki boshqa maqsadlarda radiochastota energiyasini generatsiyalash va undan foydalanish uchun mo‘ljallangan uskuna yoki asboblar. " «Yuqoridan pastga» dasturlash|"Dasturlarni ishlab chiqish metodikasi, bu metodikaga ko‘ra, ishlab chiqish muammoni hal qilish maqsadlarini aniqlashdan boshlanadi, shundan keyin batafsil dastur bilan tugaydigan izchil detallashtirish ketadi. Strukturaviy dasturlash texnologiyasiga kiradi. Ikkinchi nomi pasayib boradigan dasturlash. " Yuridik shaxs|"Alohida mulkka ega bo‘lgan, o‘z majburiyatlari yuzasidan javob beradigan, o‘z nomidan fuqarolik huquqlarini amalga oshiradigan va oladigan, fuqarolik majburiyatlarini ko‘taradigan, sudda da’vogar va javobgar bo‘ladigan tashkilot. " Yuritgich|"Qar.: CMS. " Yutilish|"1. Optik quvvatning metallar va gidroksil ionlar kabi ifloslanishlari mavjudligi, shuningdek, radiatsion nurlanishga taʼsirchanlik orqasida kelib chiqadigan issiqlikka aylanishi natijasida optik tolada quvvatning yo‘qolishi. 2. Elektromagnit to‘lqinlarning energiyaning boshqa turiga, odatda, issiqlikka aylanishi oqibatida radioto‘lqinlarning so‘nishi. " Yutuvchi attenyator|"Signal quvvatini kamaytirish katta yo‘qotishli materiallarda energiyaning yutilishi hisobiga yoki yarimo‘tkazgichli diodlar qarshiligida sodir bo‘ladigan attenyator. " Yuvilish|"Oqdan oq soha dastlabki holatdagiga qaraganda ko‘p yuklangan tasvir ko‘rinishi, uzatuvchi trubka nishoni, yorug‘lik elektr o‘zgartirgich yoki televizion ekran qismlarining to‘yinganligi tufayli sodir bo‘ladi. " Yo‘l|"Diskda fayl, katalog yoki papkaning joylashgan o‘rnini belgilaydigan satrli ifoda. " Yo‘l qo‘yiladigan radioxalaqit|"Ta’sirida radioelektron vositaning talab qilinadigan ishlash sifati saqlanib qoladigan radioxalaqit. " Yo‘l qo‘yiladigan xalaqit|"Xalaqit ta’siriga tushgan texnik vositaning ishlash sifati belgilangan darajada saqlanib qoladigan elektromagnit xalaqit. " Yo‘l qo‘yilmaydigan|"Qayta ishlab bo‘lmaydigan xatoni keltirib chiqargan ruxsat berilmagan harakatni amalga oshirgan biron-bir harakat yoki operatsiya, komanda yoki yo‘riqnomalar natijasi. " Yo‘l qo‘yilmaydigan xalaqit|"Ta’siri texnik vositaning ishlash sifatini yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan darajagacha pasaytiradigan elektromagnit xalaqit. " (Yo‘ldosh) elliptik orbitasi|"Ekssentrisitet koeffitsiyenti katta bo‘lgan, ya’ni apogey balandligi perigey balandligidan birmuncha oshadigan orbita. Yer gravitatsiya maydonining bir xil emasligi tufayli elliptik orbitaning katta o‘qi apogeydagi kichik yo‘ldosh nuqtasi kengligining tebranishlariga olib keladigan aylanish onini sezadi. Elliptik orbitaning doimiyligini ta’minlash uchun, tekisligining ekvatorga nisbatan og‘ish kattaligi ikkita qiymatdan (63,4º yoki 116,6º) biriga ega bo‘lishi kerak. Yo‘ldoshli aloqa tizimlarida elliptik orbitaning: yuqori elliptik orbita (HEO), o‘rtacha balandlikdagi orbita (MEO), Yer atrofidagi quyi orbita (LEO) orbitalaridan foydalaniladi. " (Yo‘ldosh) orbita davri, (yo‘ldosh) aylanish davri|"Orbitaning bitta nuqtasi orqali yo‘ldoshning ikki marta ketma-ket o‘tishi o‘rtasidagi vaqt oralig‘i orqali aniqlanadugan, Yer atrofini to‘liq aylanish vaqti. " Yo‘ldoshli antenna/tarelka|"Yo‘ldosh signallarini qabul qilish/uzatish uchun mo‘ljallangan qabul qiluvchi/uzatuvchi tarelkasimon parabolik antenna. " Yo‘ldoshli eshittirish|"Kosmik stansiyalardan uzatishlar aholi tomonidan bevosita qabul qilinishi uchun mo‘ljallangan radioeshittirish xizmati. Izohlar 1. Aholining qabul qilishi individual qabulni ham, jamoaviy qabulni ham o‘z ichiga oladi. 2. Taalluqli atama «yo‘ldoshli televideniye». " Yo‘ldoshli Internet|"Internet global tarmog‘idan yo‘ldoshli aloqa kanallari orqali foydalanish. " Yo‘ldoshli provayderlar|"Yo‘ldoshli aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniyalar. " Yo‘ldoshli (raqamli televizion) eshittirish tizimi|"Televizion dasturlarni bevosita raqamli televizorlarga, shuningdek, jamoa bo‘lib foydalaniladigan yo‘ldoshli televizion antennalari bo‘lgan tizimlarga ulangan raqamli televizorlarga yetkazish uchun mo‘ljallangan raqamli televizion eshittirish tizimi. " Yo‘ldoshli televideniyening kabel orqali taqsimlanishi|"Kosmik stansiyadan yer stansiyalari orqali qabul qilgan va kabelli televideniye tizimlarining asosiy stansiyalariga uzatilgan television dasturlarni kabelli tizimlar orqali taqsimlash. " (Yo‘ldoshning) geostatsionar orbitasi|"To‘g‘ri va doiraviy orbitasi Yer ekvatori tekisligida yotadigan geosinxron yo‘ldosh orbitasi yoki geostatsionar yo‘ldoshlar orbitasi. Orbitaning ekvatordan balandligi, yo‘ldoshning aylanish davri 23 h 56 min 4 s ga teng bo‘lgan holda, 35787 km. " (Yo‘ldoshning) o‘rta balandlikdagi orbitasi|"5000-15000 km balandlik diapazonida joylashgan orbita. " Yo‘lka|"Ma’lumotlarning konsentrik aylana ko‘rinishidagi disk xotirasida o‘rni va joylashishi. Magnit yozish usulida ma’lumotlar bu konsentrik aylana bo‘ylab ketma-ket joylashadi. Kompakt-disklarda ma’lumotlar bitta spiralsimon yo‘lka bo‘ylab yoziladi. Ba’zan trek deb ataladi. " Yo‘lning optik uzunligi|"Yorug‘lik nuri yo‘lining muhit sindirish ko‘rsatgichiga ko‘paytmasi. Yo‘lning optik uzunligi miqdor jihatdan yorug‘lik nurining shu vaqt ichida vakuumda o‘tgan yo‘liga teng. " Yo‘nalganlik diagrammasining oraliq burchagi|"Yo‘nalganlik diagrammasi bosh yaprog‘ining burchak kengligiga teng. Uning chegarasida nurlanish quvvati maksimal quvvatning kamida yarmini tashkil etadi. " Yo‘nalish|"Ma’lumotlar uzatish tarmog‘i uzellarining ketma-ketligi, unda ma’lumotlar paketi manbadan qabul qilgichga uzatiladi. " Yo‘nalish bort antennasi|"Samolyot bortidagi, radiolokatsion qo‘nish tizimining yo‘nalish (glissada, marker) radiomayog‘i radiosignallarining qabulini ta’minlaydigan antenna. " Yo‘naltirilgan antenna|"Muayyan yoki ma’lum yo‘nalishlarda, boshqa yo‘nalishlarga nisbatan radioto‘lqinlarning nurlanishi yoki qabul qilinishini samarali ta’minlaydigan antenna. " Yo‘naltirilgan graf|"Har bir qirrasi yo‘nalishga ega bo‘lgan graf. " Yo‘naltirilgan interfeys|"Qar.: Вirga yo‘naltirilgan interfeys. " Yo‘naltirilgan optik tarmoqlagich|"Optik qutblar o‘rtasidagi uzatish koeffitsiyentlari optik nurlanishning tarqalish yo‘nalishiga bog‘liq optik tarmoqlagich. " Yo‘naltirilmagan antenna|"Berilgan tekislikda barcha yo‘nalishlar bo‘yicha radioto‘lqinlar tarqalishi yoki qabul qilinishining bir xil samaradorligini ta’minlaydigan antenna. " Yo‘naltirilmagan optik tarmoqlagich|"Optik qutblar o‘rtasidagi uzatish koeffitsiyentlari optik nurlanishning tarqalish yo‘nalishiga bog‘liq bo‘lmagan optik tarmoqlagich. " Yo‘q qilish|"Hujjatlarni yo‘q qilish yoki chiqarib tashlash jarayoni, bu jarayondan so‘ng hujjatlarni qayta tiklab bo‘lmaydi. " Yo‘qotilgan klaster|"Tizim xatoliklari yoki foydalanuvchining ba’zi harakatlari natijasida (mashina ilova yopilmagan paytda o‘chirilganda) diskli xotira elementlarining, ya’ni ma’lumotlar bo‘lgan faylning bir qismi «yo‘qoladigan» vaziyat. Yo‘qotilgan klasterlar foydalanuvchi uchun foydalanish mumkin bo‘lgan xotira hajmini kamaytiradi. " Yo‘qotilgan telefon yuklama|"Qarab chiqiladigan vaqt intervali ichida keladigan va xizmat ko‘rsatilgan telefon yuklamalar o‘rtasidagi farq. " Yo‘qotilgan telefon chaqiruvi|"Xizmat ko‘rsatilishi bo‘sh va soz holatdagi kommutatsion aloqa asboblari hamda telefon tarmog‘i bog‘lamida liniyalar, kanallar bo‘lmasligi tufayli bog‘lanish o‘rnatilishi bilan tugamagan telefon chaqiruv. " Yo‘qotilgan chaqiruv|"Aloqa o‘rnatish jarayonida yakunlanmasdan qolgan chaqiruv. Abonentning bandligi tufayli chaqiruvga bo‘lgan muvaffaqiyatsiz urinish yo‘qotilgan chaqiruv hisoblanmaydi. " Yo‘qotish, yo‘qotishlar|"Signallarning radioto‘lqinlar tarqaladigan muhitda va signallarni o‘zgartiradigan qabul qiluvchi-uzatuvchi uskunada susayishi. " Yo‘riqnoma, komanda|"1. Tizim, qurilma yoki alohida dastur bilan ishlash tartibini reglamentlaydigan hujjat. So‘nggi vaqtda kompyuterlar yoki dasturiy mahsulotlar uchun yo‘riqnoma ko‘pincha, mashina tashuvchilardagi matnli fayl sifatida yetkazib berilmoqda. 2. Kompyuter dasturi bo‘lib, o‘zida protsessor yoki yo‘riqnoma interpretatori tomonidan bajariladigan ketma-ketlikni aks ettiradi. Dasturlashga tatbiqan preprotsessor yo‘riqnomasi tushunchasi mavjud. Kompilyator dasturning o‘zidan nusxa ko‘chirishdan oldin bajarilishi kerak bo‘lgan operatsiyalar. " Yoʻnalganlik diagrammasining notekislik koeffitsiyenti|"θ oʻzgarmas burchakda amplitudaviy yoʻnalganlik diagrammasi darajasining uning maksimal qiymatidan nisbatan ogʻishi. " Yoʻnalganlik kross-qutblanish diagrammasi|"Kross-qutblanishli tashkil etuvchi uchun yoʻnalganlik diagrammasi. " «Yo‘g‘on» mijoz|"«Ta’sirchan» mijozning aksi bo‘lib, o‘zining ko‘p hisoblash resurslariga ega tarmoqdagi shaxsiy kompyuter. " «Yo‘g‘on» Ethernet (10Base5)|"10Base5 spetsifikatsiyasi. Ethernet standartini RG9 turidagi «yo‘g‘on» koaksial kabeldan (u sariq rangda bo‘ladi) foydalanib amalga oshiriladi. U stansiyalar orasidagi masofani 500 m gacha bo‘lishini ta’minlaydi. (3COM uskunasidan foydalanib masofani 1000 m gacha uzaytirish mumkin). Z " Zaiflik|"1. Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimidagi kamchilik, undan foydalanish tizim yaxlitligi buzilishiga va noto‘g‘ri ishlashiga olib kelishi mumkin. Izohlar 1. Yaxshi himoya qilinmaganlik dasturlash xatolari, tizimni loyihalashda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, ishonchli bo‘lmagan parollar, viruslar yoki boshqa zararli dasturlar ta’sirlari va sh.k. natijasi bo‘lishi mumkin. 2 Agar yaxshi himoya qilinmaganlik mavjud bo‘lganda tegishli tahdid bo‘lsa, unda risk ham mavjud bo‘ladi. 2. Tizim xavfsizlik siyosatini buzish uchun qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan, protseduralar, loyihadagi, amalga oshirishdagi, tizimni ichki nazorat qilishdagi xatolar yoki kamchiliklar keltirib chiqargan, tizim muhofaza vositalaridagi kamchilik. 3. Muhofazani yengib o‘tishga olib kelishi mumkin bo‘lgan, tizimning muhofaza vositalarini ishlab chiqish, amalga oshirish yoki boshqarishdagi yo‘qotishlar yoki vakolatlarni tayinlashdagi xato. 4. Aktivlar yoki boshqarish vositalarining bir yoki undan ko‘p tahdid foydalanishi mumkin bo‘lgan zaifligi. 5. Tizimning tahdid yuzaga kelganda, muhofaza qilinishi buzilishiga olib keladigan xususiyati. Zaiflik mos darajada loyihalanmaslik yoki to‘la sozlanmaslik tufayli tasodifan yuzaga kelishi yoki yomon niyat natijasi bo‘lishi mumkin. " Zaifliklar tahlili|"TCP- va UDP-portlarni skanlashni va tegishli servislar identifikatsiya qilinishini, operatsion tizimlarni masofadan identifikatsiya qilishni, tarmoq xizmatlarining zaif joylarini aniqlashni, shuningdek, tegishli hisobotlar ishlab chiqarishni o‘z ichiga oladigan faoliyat. " «Zangori» shovqin|"Spektral zichligi chastota o‘zgarishiga qarab chiziqli oshib boradigan shovqin. " «Zarang yaprog‘i» turidagi antenna|"O‘qqa nisbatan radial simmetrik bo‘lgan uchta yoki to‘rtta o‘xshash komplanar yopiq konturlardan iborat antenna. " Zarar|"1. Obro‘sizlantirish natijasida yuzaga kelgan zarar yoki ziyonning miqdoriy o‘lchovi. 2. Tizim komponentlaridan birining ochiq shikastlanishi yoki tizim komponentlarining ishlash qobiliyati yo‘qolgan holatga tushib qolishi, shuningdek, axborotning turli ko‘rinishda chiqib ketishi hamda tizim ba’zi fizik va mantiqiy xarakteristikalarining o‘zgarishi. " Zararlangan|"Noto‘g‘ri hisoblanadigan (disklar ishlashidagi yoki tarmoqdagi to‘xtalish sababli), shuningdek, nazorat summasi buzilgan ma’lumotlar ishdan chiqqan hisoblanadi. Ularning keyinchalik qo‘llanilishi, tabiiyki, mumkin emas. " Zararli dastur|"Apparat, dasturiy-apparat yoki dasturiy usulda amalga oshirilgan va biror-bir ruxsat etilmagan yoki jinoyatkorona harakatlarni bajarish uchun mo‘ljallangan dastur. Izoh – Zararli dasturlarga mantiqiy bomba, troyan oti, virus, qurt misol bo‘la oladi. " Zararli xalaqit|"Radionavigatsiya xizmati yoki boshqa xavfsizlik xizmatlari faoliyatiga xalal beradigan yoki sifatini sezilarli darajada yomonlashtiradigan, Radioaloqa reglamentiga muvofiq ishlaydigan radioaloqa xizmatlari faoliyatini qiyinlashtiradigan yoki bir necha marta to‘xtashiga olib keladigan xalaqit. " Zastavka, tizimning boshlang‘ich ekrani|"Odatda logotip, dastur versiyasi, mualliflik va/yoki litsenziya huquqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar saqlanadi. " Zaxira nusxa ko‘chirish serveri|"Fayllardan, har bir faylning ikkita nusxasi har doim mavjud bo‘ladigan tarzda nusxa ko’chirish uchun mo‘ljallangan dasturiy ta’minot yoki apparat vositalar. " Zaxiralash|"1. Ma’lumotlarni uzatish vaqtida xatolarni aniqlash yoki ularni avtomatik tarzda to‘g‘rilash imkonini beradigan ortiqcha bitlarni kiritish. 2. Ishga yaroqsiz element funksiyalarini avtomatik tarzda doimo tayyor holatda bo‘lgan zaxira elementiga uzatuvchi o‘ta muhim tizim elementlarining takrorlanishi. " Zaxiralash tarkibi (to‘plami)|"Zaxira nusxani tashkil qiladigan fayllar majmui. " Zaxiralash tartiboti|"To‘xtab qolish yoki avariyadan keyin ma’lumotlarning qayta tiklanishini ko‘zda tutuvchi tartibot. Masalan, zaxira fayllarni yaratish. " Zayom|"Operandlar (razryadlar) raqamlarining farqi manfiy bo‘lganda, protsessorning chiqarib tashlash (ayirish) operatsiyalarida bayroqni shakllantirishi. " Ziddiyatsizlik|"Ikki yoki undan ko‘p mantiqiy obyekt orasidagi bog‘langanlik xarakteristikasi, ular orasida qandaydir ochiq ziddiyatlar yo‘qligini ko‘rsatadi. " «Zip» arxivatori|"Shaxsiy kompyuterlar uchun mo‘ljallangan ommaviy fayllar arxivatorlaridan biri. Internetda keng tarqalgan arxivlar formati. Arxivlangan siqilgan fayllar odatda, «zip» kengaytmasiga ega bo‘ladi. " Zich bufer|"Har bir tola diametri 900 mikrongacha bo‘lgan termoplastik himoya qobig‘i bilan zich o‘raladigan kabel konstruksiyasi. U orqali tola chegaraviy tortish kuchining yuqori ko‘rsatgichiga erishiladi, bu esa montaj, ekspluatatsiya qilish va ulanishlar bajarilishining pishiqligi hamda ishonchliligini taʼminlaydi. " Zich to‘lqinli multipleksorlash|"Kanallar o‘rtasida 100 GHz va undan kam bo‘lgan masofa bilan 16 gacha va undan ko‘p multipleks kanallarini tola bo‘ylab uzatish imkonini beradigan 1550 nm oynada kanallarni zich joylashtirish texnologiyasi. Izohlar 1. DWDM texnologiyasi 2,5 Gbit/s dan 160 Gbit/s gacha tezlik bilan keng polosali signalni uzatish imkonini beradi. 2. SDH va DWDM texnologiyasi o‘tkazish qobiliyati bo‘yicha 2,5 Gbit/s dan 10 Gbit/s gacha uzatish tezligi diapazonini qoplash imkoniyatiga ega bo‘lgan o‘zaro to‘ldiruvchi texnologiyalar hisoblanadi. " Zombi kompyuteri|"Uchinchi shaxslar tomonidan egasining xabarisiz yopiq yoki tijorat tarmog‘i (masalan, Internet)ga kirish, hisoblash resurslaridan foydalanish (klasterizatsiya), spam jo‘natish va h.k. uchun ishlatilayotgan tarmoqdagi kompyuter. Jo‘natma kompyuter egasining xabarisiz amalga oshiriladi. Zombi kompyuterlaridan, shuningdek, ochiq proksi ishlatiladigan maqsadlarda ham foydalaniladi. " Zona|"1. Umumiy tarzda bu atama makon va zamondagi har qanday berilgan soha yoki uchastkani bildiradi, masalan, aloqa tizimi qamrab oladigan geografik hudud, signallar fazasining chastotaviy sohasi, xotira uchastkasi va b.lar. 2. Hududning, ichida ma’lum ish sharoitlari ta’minlanadigan qismi. 3. Global tarmoqlarda – yirik tarmoqning quyi (kichik) tarmog‘i. Macintosh muhitida, serverlar va printerlar kabi tarmoq resruslarini izlashni osonlashtiradigan tarmoq komponentalarining mantiqiy birlashishi. DNS ma’lumotlar bazasida DNS serveri bilan boshqariladigan, ma’lumotlar bazasini boshqaruvchi birlik. " Zona bo‘yicha qayd qilish|"Avtonom qayd qilish usuli, unda mobil stansiya xizmat ko‘rsatish zonasiga har bir kirishda qayd qilinadi. Izoh − Bunday qayd qilish usulida mobil stansiyaning tezkor xotira qurilmasida ruxsat etilgan aloqa zonalarining ro‘yxati bo‘lishi shart emas. " Zona kodi|"Geografik zona kodi. DVD-disklar bilan ishlashni va ularga cheklovlar qo‘yishni yengillashtirishga mo‘ljallangan. Bundan tashqari telekommunikatsiyada shahar kodining boshida bo‘lgan uchta raqamdan iborat kod bo‘lib, aholi yashash punkti joylashgan hududni ifodalaydi. " Zummerlash|"1. Obyektivning fokus masofasini o‘zgartirish tufayli tasvirning o‘lchamini kattalashtirish yoki kichraytirish. 2. Ekranda obyektni kattalashtirish yoki kichraytirish. " Zveno; trakt|"Aloqa tizimining yoki ketma-ketlikdagi bir nechta uchastkadan iborat bo‘lgan, boshdan oxir daxldorlikdagi birikmaning bir qismi. " Zveno-viruslar|"Dastur kodini o‘zgartirmaydigan, balki operasion tizimni zararlangan dastur diskida joylashgan manzilni o‘z manziliga o‘zgartirgan holda, o‘zining kodi bajarilishiga majbur qiladigan viruslar. Virus kodi bajarilgandan so‘ng, boshqarish odatda, foydalanuvchi tomonidan chaqiriladigan dasturga beriladi. " Zvenogo kira olish tartiboti|"«D» kanali uchun maʼlumotlar uzatish zvenosiga kira olish protokoli. OSI ning 2-pog‘onasi protokoli. «Nuqta-nuqta» rejimida ISDN ikki qo‘shni uzel o‘rtasida bog‘lanish o‘rnatilishida foydalaniladi. O‘ " «O‘limni anglatuvchi ko‘k ekran»|"Windows operatsion tizimidagi o‘ta jiddiy xato to‘g‘risida xabar. Ish jarayonini faqat kompyuterni qayta yuklabgina tiklash mumkin. " O‘n oltili sanoq tizimi|"Asosi 16 bo‘lgan (0-9 raqamlari va A, B, S, D, E, F) sanoq tizimida sonlarni aks ettirish. " O‘ng stereoskopik televizion tasvir|"O‘ng ko‘zga stereoskopik televideniye vositalari orqali taqdim etilgan alohida tasvir. " O‘nli sanoq tizimi|"Hozirda qabul qilingan sanoq tizimi. Unda 0 dan 9 gacha bo‘lgan raqamlardan foydalaniladi. Uning har bir razryadi 10^n ga teng. " O‘nlik tabulyatsiya belgisi|"O‘nlik nuqtali jadvalda sonlarning tartiblanishini ta’minlaydigan belgi. " O‘q bo‘ylab nurlatishga teskari antenna|"Odatda, antenna ko‘zgusining fokusida joylashgan, markaziy nurlagichli o‘qqa nisbatan simmetrik antenna. " Oʻqdosh (koaksial) antenna|"Bir nechta bir-biriga parallel va bitta gorizontal tekislikda joylashgan yarim toʻlqinli vibratorlar, ularning orasidagi masofa gorizontal tekislikdagi toʻlqin uzunligining yarmiga teng. " O‘qib bo‘ladigan|"Obyekt (fayl, disk va sh.k.)larning mazmunini o‘qish imkonini tavsiflaydigan xususiyat. " O‘qib bo‘linganni bo‘shatish|"Diskdan foydalana olishni optimallash usuli, o‘qib bo‘lingan bloklarning nusxalari saqlangan asosiy xotira keyingi bloklarni hisoblashda avtomatik tarzda bo‘shatiladi. " O‘qitadigan (o‘rgatadigan) dastur|"Diskda yozilgan interaktiv darslar to‘plami yoki elektron darslik ko‘rinishida taqdim etilgan muayyan materialni o‘rganish uchun mo‘ljallangan dasturiy vositalar. " O‘qitish tizimi|"Foydalanuvchilarni o‘qitib o‘rgatish uchun mo‘ljallangan tizim. Sunʼiy tafakkur va bilimlar bazasini ishlatishga asoslanadi. Asosiy masala foydalanuvchilarning tayyorgarlik darajasiga va ularning olingan axborotni o‘zlashtirishiga qarab, bilimlarni samarali uzatishdir. Muxtor (ayrim shaxsiy kompyuterlarda ishlaydigan) va tarmoq (Internet serverlarida joylashgan) taʼlim tizimlari farqlanadi. O‘qitish tizimi g‘oyalarining rivojlanishi masofadan o‘qitishning tarmoq vositalari yaratilishiga olib keldi. " O‘qish|"Tashqi xotira qurilmalaridagi ma’lumotlarni tezkor xotiraga qaytadan yozish jarayoni. Bunda tashqi qurilmadagi ma’lumotlar saqlanadi. " O‘qish uchun ruxsat|"Ma’lumotlarni o‘qish uchun ruxsat beradigan foydalana olish huquqi. " O‘qishdan ilgarilab ketish|"Faylning navbatdagi bloki bilan birga asosiy xotirada va bir nechta keyingi bloklarda o‘qiladigan diskdan foydalana olishni optimallash usuli. " O‘qishdan muhofaza qilish|"Ma’lumotlarni o‘qish uchun faylga murojaat qilishning taqiqlanishi. Faqat ma’lumotlarni yozishga ruxsat etiladi. " O‘qqa simmetrik parabolik antenna|"O‘qqa simmetrik parabolik ko‘zgu ko‘rinishidagi, uning F fokusida joylashgan nurlagichli antenna. " O‘quv televideniyesi xizmati|"Asosan, ta’limda foydalaniladigan mikroto‘lqinli, o‘ta yuqori chastotali televizion eshittirish usuli. " «O‘quvchilar-yozuvchilar»|"Jarayonlarning o‘zaro hamkorlik sxemasi, bunda umumiy resurs va jarayonlarning ikkita: o‘quvchilar (resursni faqat o‘qishlari mumkin, lekin uni o‘zgartira olmaydilar) va yozuvchilar (resursni o‘zgartiradilar) guruhlari mavjud. Har bir onda resurs bilan bir nechta o‘quvchilar (resurs yozuvchilar tomonidan o‘zgartirilmaganda) ishlashlari mumkin, lekin bitta yozuvchidan ko‘p bo‘lmasligi kerak. " O‘ralgan juft|"Bir-biriga o‘ralgan va simmetrik uzatish liniyasini hosil qiluvchi izolyatsiyalangan ikkita sim. O‘rashda simlar bir-biriga nisbatan qandaydir burchak ostida bo‘ladi, bu ular o‘rtasidagi sig‘im va induktiv bog‘lanishni pasaytiradi. Bundan tashqari, o‘ralgan juft bo‘lagining simmetrik bo‘lishi uning to‘g‘rilashlarga, birinchi galda, differensial xalaqitlarga sezgirligini pasaytiradi. O‘rash qadami qancha kichik bo‘lsa, har tomonlama xalaqitlarning darajasi shuncha past, biroq, kabelning uzunlik bo‘yicha so‘nishi va signalning tarqalish vaqti shuncha katta bo‘ladi. " O‘ram|"Ma’lumotlarni, ularni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan standart shakldan, saqlash va aloqa kanallari orqali uzatish uchun ixcham holda taqdim etiladigan shaklga o‘zgartirish jarayoni. Bu operatsiyani turli algoritmlar va turli siqish koeffitsiyentlari bilan amalga oshiradigan ko‘plab dasturlar mavjud. Joylashtirish mustaqil operatsiya, lekin arxivlashda ham foydalanilishi mumkin. Ba’zan, arxivlash yoki siqish deb ataladi. " O‘ramli almashlash|"Ma’lumotlar ikki o‘lchamli matritsada hisoblab chiqiladigan va matritsaning har bir qatori uning matritsasidagi pozitsiyasiga muvofiq vaqt bo‘yicha kechikadigan almashlash usuli. Matritsadan ma’lumotlar bloklarini hisoblab chiqishda ularning tartibi o‘zgarishi sodir bo‘ladi. " O‘rgatuvchi ketma-ketlik|"Radioto‘lqinlar tarqalish kanalining xarakteristikalarini baholash uchun ishlatiladigan ketma-ketlik. O‘rgatuvchi ketma- ketlikning belgilari, odatda kadr o‘rtasida joylashadi. " O‘rgimchak|"Tarmoqni doimiy ravishda kezib veb-sahifalardan axborot yig‘ib yuruvchi (ularni indekslovchi) maxsus dastur (izlash roboti, avtomati, agenti, o‘rgimchak, qurt). Odatda «o‘rgimchak» o‘z eʼtiborini hujjat tavsifiga va sarlavhalarga qaratadi, baʼzan hujjat matnini ko‘rib chiqadi va qaysi so‘zlar va iboralar kalitli ekanligini tushunishga harakat qiladi. " O‘rnatilgan dasturiy ta’minot|"Dasturiy ta’minotning turkumi, bu turkumga tayanch kiritish chiqarish tizimi (BIOS), sozlovchi monitor, kiritiladigan testlar, kiritiladigan interpretator va maxsus ilovalar kiradi. " O‘rnatilgan dasturiy ta’minot auditi|"Tashkilotning barcha kompyuterlarida o‘rnatilgan dasturiy ta’minotning qonuniyligini, ishlash qobiliyatini, muntazam tekshirish, shuningdek, dasturiy ta’minotni kuzatib borish va foydalanuvchilarni texnik qo‘llab-quvvatlash. " O‘rnatilgan kompyuter|"Hisoblash tizimining uzeli sifatida foydalaniladigan kompyuter. " O‘rnatilgan operatsion tizim|"Printerlar, kassa apparatlari va boshqa tashqi qurilmalarga o‘rnatiladigan oddiy operatson tizim. U tashqi qurilmaning tarmoqqa bog‘lanishini ta’minlaydigan mikroyadro va funksional bloklardan iborat. " O‘rnatilgan qurilma|"Axborotni olish mumkin bo‘lgan joyga (shu jumladan to‘siqqa, konstruksiyaga, uskunaga, interyer predmetiga, transport vositalariga, shuningdek, axborotni qayta ishlash texnik vositalariga va tizimiga) yashirin joriy qilinadigan (qo‘yiladigan yoki kiritiladigan) axborotni olish vositasining elementi. " O‘rnatilgan tezkor xotira qurilmasi|"Mikrokontoller mikrosxemasi ichiga oʻrnatilgan tezkor xotira qurilmasi. " O‘rnatilgan tizim|"Boshqa uskuna bilan birga ishlaydigan va u bilan bitta konstruksiyada yoki berilgan uskuna ichida joylashtiriladigan kompyuter tizimi. " O‘rnatilgan xotira|"Mikroprotsessor mikrosxemasiga, masalan, grafik tezlatgichga o‘rnatilgan xotira. " O‘rnatilgan shrift|"Printerning doimiy xotira qurilmasida saqlanadigan shrift. " O‘rnatish, installyatsiya|"Foydalanuvchi-odam tomonidan bajariladigan, BOni qo‘llaniladigan muhitga o‘rnatish hamda uni ishchi holatga keltirish jarayoni. Izoh – Bu jarayon odatda, faqat bir marta BOni qabul qilgandan va olingandan keyin bajariladi. " O‘rnida yo‘q abonentlar xizmati|"Kiruvchi chaqiruvlarga avtomatik javob berishni amalga oshiruvchi va chaqiruvlar mazmunini yozib olish imkoniga ega bo‘lgan xizmat. " O‘rniga qo‘yish|"1. Bitlar yoki simvollar ketma-ketligi boshqa bitlar yoki simvollar ketma-ketligi bilan almashtiriladigan shifrlash. Izoh – Olingan shifrmatn o‘rniga qo‘yish shifri deb ataladi. 2. Bir blokni boshqasiga bilan almashtirish bilan bog‘liq va ma’lum koddan foydalanuvchi kriptografik operatsiya. " O‘rnini bosish|"Kriptotizim yoki autentifikatsiya qilish tizimidagi hujum turi. Bunda xabar yodda saqlanadi va boshlang‘ich xabarning o‘rnini bosgan yoki takrorlagan holda, keyinroq yana uzatiladi. " O‘rnini (tartibini) almashtirish|"1. Ma’lumotlar blokidagi ayrim bitlar yoki simvollarning o‘tish tartibini o‘zgartirish bilan bog‘liq kriptografik operatsiya. 2. Bitlar yoki belgilar ma’lum sxema bo‘yicha almashtiriladigan shifrlash. Izoh – Olingan shifrmatn o‘rnini almashtirish shifri deb ataladi. " O‘rta balandlikdagi Yerga yaqin orbita|"9000 km dan 13000 km gacha bo‘lgan balandlikda joylashgan doiraviy orbita. Orbitada 8-12 ta yo‘ldosh mavjud bo‘lganda, Yer yuzasining uzluksiz global qamrab olinishi ta’minlanadi. " Oʻrta toʻlqinlar|"Toʻlqin uzunligi 1000 m dan 100 m gacha boʻlgan radiotoʻlqinlar, MF (0,3-3 MHz) chastotalar diapazoniga toʻgʻri keladi. " O‘rtacha chastotalar|"0,3 MHz dan 3 MHz gacha diapazonda yotadigan chastotalar sohasi. Bu chastotalarga oʻrta toʻlqinlar mos keladi (λ = 100-1000 m). " O‘rtachalash koeffitsiyenti (o‘rtachalash)|"Impuls davomiyligining, ikki qo‘shni impulslar o‘rtasidagi intervalning davomiyligiga nisbati. " O‘rtachalashtirilgan fikr ko‘rsatgichi|"Nutq tushunarliligining o‘rtacha ekspert bahosi. Nutq sifatini subyektiv testlash usuli. Nutq kodeklarining xarakteristikalarini taqqoslash uchun foydalaniladi. Bunda tinglovchilar besh balli tizim bo‘yicha baho qo‘yadilar. MOS natijalovchi bahosi katta sondagi baholashlar uchun o‘rtacha arifmetik sifatida hisoblab chiqariladi. " O‘sib boruvchi tizim|"Yangi xizmatlarning kiritilishi mavjud aloqa xizmatlarining minimal o‘zgarishlari bilan kechadigan, qurilmalarning qo‘shilishi esa, amaldagi arxitektura chegarasi ichida amalga oshadigan tizim. " O‘simlik qoplamidagi so‘nish|"Yer sirtidagi o‘simlik qoplamida radioto‘lqinlarning susayishi diffuziya xarakteriga ega. Izoh ‒ Radioreleli trassada o‘simliklar mavjud bo‘lgan nisbatan uncha katta bo‘lmagan uchastkalarda, masalan, tekis joydagi o‘tli qoplam qaytish koeffitsiyentini jiddiy o‘zgartirishi va radioto‘lqinlarning tarqalish sharoitlariga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. " O‘ta aktiv axborot tizimi|"Kodlovchi va dekodlovchi qurilmalarni har xil materialli obyektlar sifatida ifoda etadigan axborot tizimi. " O‘ta katta integral sxema|"Elementlar soni juda katta (50 mingdan 100 minggacha) bo‘lgan integral sxema. " O‘ta kuchlanishdan himoyalash|"Apparaturaning o‘ta kuchlanishdan himoya qilinishini taʼminllaydigan gaz-razryad lampalar, yarimo‘tkazgichli varistorlar va boshqa asboblardan foydalanish. " O‘ta uzun ketma-ketlik|"Yuqori kriptobardoshlilik va o‘ta uzun takrorlanish davriga ega psevdotasodifiy ketma-ketlik. " O‘ta yuqori chastotalar|"Santimetrli to‘lqinlarni qamrab oluvchi, 3 GHz dan 30 GHz gacha bo‘lgan radiochastotalar sohasi. O‘ta yuqori chastotalar diapazonidan asosan, radiolokatsiyada, radioaloqada, shuningdek radiospektroskopiyada foydalaniladi. " O‘ta yuqori chastotalarni uzatish liniyasi|"Elektromagnit tebranishlarning tarqalish sohasini chegaralovchi va o‘ta yuqori chastotali elektromagnit energiyali oqimni berilgan yo‘nalishda yo‘naltiruvchi qurilma. " O‘ta yuqori chastotali kirish, O‘YuCh-kirish|"Signallarni konvertor chiqishidan qabul qilish uchun mo‘ljallangan kirish ajratgichi. " O‘tish|"1. Holat yoki ish rejimining almashinishi, masalan, bo‘sh liniyaning egallagan holatga almashinishi. 2. Ko‘ndalang kesimi turlicha bo‘lgan ikkita to‘lqin o‘tkazgichni ulash yoki to‘lqin o‘tkazgichli va koaksial uzatish liniyalarini biriktirish uchun xizmat qiladigan element. " O‘tish nuqtasi|"1. Yassi, pol ostidan o‘tadigan kabel terminal yoki shkafdan keladigan oddiy dumaloq telekommunikatsiya simlari yoki kabellari bilan ulanadigan joy. 2. Gorizontal kabel tizimidagi kabelning shakli o‘zgaradigan, masalan, yassi kabel dumaloq kabel bilan yoki elementlari soni turlicha bo‘lgan kabellar bilan ulanadigan joy. " O‘tishdagi kesishuvchan xalaqitlar|"Bir signal yo‘nalishini boshqa biriga elektromagnit to‘g‘rilash keltirib chiqaradigan shovqin va xalaqitlar. Ularning xarakteristikalari odatda detsibelda ifodalanadi. " O‘tishdagi so‘nish|"Signalni bir zanjirdan boshqasiga uzatishda vujudga keladigan quvvat yo‘qotishlari. So‘nishlar odatda, quvvat birligida ifodalanadi. " O‘tkazgich|"1. O‘ralgan juft hosil qilishda foydalaniladigan yoki erga ulash simi sifatida qo‘llaniladigan, alohida izolyatsiyalangan bitta simli mis o‘tkazgich. 2. Kataloglar tizimida navigatsiya vositasi (hujjatlar, rasm ko‘rinishidagi axborot va fayllarni boshqarish) yoki boshqaruv pulti. " O‘tkazib yuborish|"Bitta yoki bir nechta pozitsiyalardan sakrab o‘tishni anglatuvchi harakat. " O‘tkazish koeffitsiyenti|"Modda qatlamidan chiqqan nurlanish oqimining, unga tushayotgan nurlanish oqimiga nisbati. " O‘tkazish polosasi|"Uzatuvchi kanalning chastotalari diapazonida eng baland va eng past chastotlar o‘rtasidagi gerslarda ifodalangan farq – chastotalar diapazonining o‘tkazish polosasi kengligi. Bu atama bilan ko‘pincha kompyuter tarmog‘i bo‘yicha ma’lumotlar uzatishning yuqori qismi belgilanadi. " O‘tkazish qobiliyati|"1. Blokdagi (masalan, LAPD kadrdagi manzilli maydon va qiyoslash kombinatsiyasining maydoni o‘rtasida) va birlik vaqtda bog‘lanish seksiyasi orqali bir yo‘nalishda muvaffaqiyatli uzatiladigan ma’lumotlardagi bitlarning soni. 2. Ma’lumotlar uzatish tizimi orqali o‘tishi mumkin bo‘lgan axborotning chegaraviy yo‘l qo‘yilgan hajmi. 3. O‘rta va cho‘qqi tezlik bilan tavsiflanuvchi tarmoqdagi paketlarni uzatish tezligi. " O‘tkazish qobiliyati, sig‘im|"1. Vaqt birligi ichida kanal yoki tizim orqali uzatilishi mumkin bo‘lgan axborot birligining maksimal miqdorini belgilovchi ko‘rsatgich. Kanalning o‘tkazish qobiliyati fundamental nazariy tushuncha bo‘lib, kanalning mavjud imkoniyatlarini belgilaydi. Tizimning o‘tkazish qobiliyati – bu amalga oshirish murakkabligi va qiymati hisobga olingan uzatish tezligini belgilovchi texnik xarakteristikadir. 2. Xotira qurilmasida saqlanishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarning maksimal miqdori. Sig‘im baytlarda, bitlarda, kodli so‘zlar sonida o‘lchanishi mumkin. " O‘tkazishga moyillik|"Impuls signali takrorlanish davrining yakka impuls davomiyligiga nisbati. " O‘tkazmaslik|"Kabel qobig‘i orqali yuz beradigan energiya yo‘qotishlaridan himoyalanganlik. " O‘tuvchi antenna panjarasi (linzali antenna panjarasi)|"Fazoviy qo‘zg‘atilishga ega, yoki fazoviy va fider qo‘zg‘atilishdan iborat antenna panjarasi, unda radioto‘lqinlarni birlamchi nurlagichdan bitta nurlantiruvchi element bilan, fazoga nurlanish esa boshqa nurlantiruvchi elementlar bilan amalga oshiriladi. " O‘xshashlik|"Tanib olinayotgan va ayrim etalon obyektlar o‘rtasida, qator o‘ziga xos belgilarga ko‘ra, moslikning o‘rnatilishi. " O‘yin|"Ilmiy tushuncha, qayerda ishlatilishiga bog‘liq ravishda turli ma’noga ega bo‘ladi. " O‘yin plansheti|"Kompyuter o‘yinlarini boshqarish uchun mo‘ljallangan, planshet ko‘rinishidagi qurilma. Planshetda dasturlashtiriladigan tugmalar, kursorni boshqaradigan 4 yoki 8 pozitsiyali ko‘rsatgich, mikrojoystiklar, yurgizgichli regulyatorlar va sh.k. joylashtirilishi mumkin. " O‘yin porti|"Kompyuterga o‘yinlarni boshqarish uchun, joystik yoki boshqa qurilmani ulaydigan ajratgich (raz’yom). " O‘yma|"Oldindan tanlangan geometrik shаklning, unda boshqa tasvir qayta tiklanadigan kichik qismi. " O‘z mamlakati chegarasidan chiqib ketilganda barcha kiruvchi chaqiruvlarni taqiqlash|"Mobil abonent o‘z mamlakatining MAT chegarasidan tashqariga ko‘chib o‘tganda, barcha MAT va istalgan mamlakatning bog‘langan TFOP/ISDN kiruvchi chaqiruvlarini qabul qila olmaydigan xizmat. Izoh – Abonent o‘z mamlakatida bo‘lganda, taqiq amal qilmaydi. " O‘z mamlakatining MAT chaqiruvidan tashqari barcha chiquvchi xalqaro chaqiruvlarni taqiqlash|"Mobil abonentga chiquvchi chaqiruvlarni faqat o‘zining MAT va bundan tashqari, o‘z mamlakatining MAT abonentiga jo‘natish imkonini beradigan xizmat. Izoh – Abonent o‘z mamlakatida bo‘lganda, u chaqiruvlarni faqat o‘z hududidagi MAT abonentlariga jo‘natishi mumkin. Mobil abonent, barcha kiruvchi chaqiruvlar taqiqlanganda, kiruvchi chaqiruvlarni qabul qilmasligi mumkin. " «O‘z qo‘liga topshirilsin» belgili pochta jo‘natmasi|"Jo‘natuvchi topshirayotganda pochta aloqasi operatori yoki provayderiga shaxsan adresatga topshirish topshirig‘ini beradigan, ro‘yxatga olinadigan pochta jo‘natmasi. " O‘zaro aloqada ishlash sohasi|"Axborot tizimlari o‘zaro ishlashini taʼminlovchi funksional bloklarning shajaraviy guruhi. O‘zaro taʼsir sohasi bir birining ustiga joylashgan pog‘onalar guruhiga bo‘linadi. Ochiq tizimlarning o‘zaro aloqada ishlashining asosiy etalon modeli OSI yettita pog‘onani ajratadi. " O‘zaro autentifikatsiya qilish|"Autentifikatsiya protsedurasi, unda mobil va bazaviy stansiyalarning ro‘yxatdan o‘tkaziladigan ma’lumotlarini tekshirish bir vaqtda amalga oshiriladi. " O‘zaro bartaraf qilish|"Kritik seksiyaning bajarish rejimi, bunda har bir vaqt onida bittadan ko‘p bo‘lmagan parallel jarayonlar uni bajarishi mumkin. " O‘zaro billing|"Chiquvchi trafik yuzasidan radiokompaniyalar yoki simli aloqa operatorlari o‘rtasida amalga oshiriladigan o‘zaro hisob-kitoblar. " (O‘zaro bog‘langan) rang temperaturаsi|"Rangi bir xil yorqinlikdagi va ma’lum kuzatish sharoitlarida shu stimulning rangiga yanada yaqinroq bo‘lgan qora jism ko‘rinishidagi nurlanish temperaturasi. " O‘zaro korrelyatsion funksiya|"Signallar ansamblining (to‘plamining) korrelyatsion xossalarini tavsiflovchi xarakteristika. Miqdor jihatidan, signallardan birining vaqt bo‘yicha siljitilgan boshqa bir signalning nusxasiga ko‘paytmasi sifatida aniqlanadi. " O‘zaro ta’sir kanali|"Interaktiv televideniyeda – abonent va interaktiv xizmatlar provayderi o‘rtasidagi ikki yo‘nalishli kanal. " O‘zaro ta’sir qiluvchi (birgalikdagi) jarayon|"Boshqa jarayonlarni bajarishga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan yoki ularning ta’sirini sinash jarayoni. " O‘zbekiston davlat xizmatlari portali|"Ma’lumot beradigan-axborot Internet-portal (sayt). Yuridik va jismoniy shaxslarning O‘zbekistondagi davlat xizmatlari, davlat muassasalari, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qatnashadigan tashkilotlarning xizmatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanishini ta’minlaydi, shuningdek, elektron shaklda davlat xizmatlarini taqdim etish. " O‘zbekiston kompyuter hodisalariga chora ko‘rish xizmati|"Qar.: UZ-CERT. " O‘zbekiston Respublikasi pochta markalarining katalogi|"O‘zbekiston Respublikasida qo‘shimcha maʼlumotlar bilan chiqarilgan pochta markalarining xronologik ro‘yxatini o‘zida ifodalovchi maʼlumotnoma nashri. " O‘zbekiston Respublikasining maxsus xotira shtempellari izlarining katalogi|"Muhim sanalar yoki buyuk voqealar munosabati bilan chiqarilgan maxsus xotira shtempellari izlarining xronologik ro‘yxatini o‘zida ifodalaydigan maʼlumotnoma nashri. " O‘zgarish|"Faylga kiritilgan har qanday o‘zgartirishlar yoki sozlashlar. " O‘zgarishlar jurnali|"Fayl, loyiha yoki tizimda ro‘y bergan barcha o‘zgarishlar qaydnomasi. Odatda, tizimni oldingi holatiga qaytarish imkoniga ega bo‘ladi. " O‘zgarishlarni nazorat qilish|"Kompyuter tizimiga yoki tizim ma’lumotlariga yoki ham unisiga, ham bunisiga nisbatan amalga oshiriladigan o‘zgarishlarni boshqarish uchun qo‘llaniladigan protseduralar va mualliflashtirish huquqlari belgilanadigan jarayon. " «O‘zgarmas» ochiq joy|"Matn protsessorlarida ‒ formatlashda uzaytirilmaydigan ochiq joy. Matn protsessori harf sifatida qabul qiladi, shuning uchun so‘zlar shunday ochiq joylar bilan ajratilgan tarkibiy xususiy nomlar qo‘shni satrlar o‘rtasida bo‘linmaydi. " O‘zgarmas yorqinlik bilan uzatish|"Rangli televideniyeni uzatish usuli, bunda quyi eltuvchidagi ranglilik signali tiklanadigan tasvirning rangliligini uning yorqinligiga ta’sir etmagan holda boshqaradi, yorqinlik esa monoxrom signal orqali boshqariladi. Asosiy uzatish ranglari sifatida asosiy yorqinlik rangidan va ikkita asosiy ranglilik rangidan foydalaniladigan uzatish turi. " O‘zgartirgich|"Signallarni bir ko‘rinishdan boshqasiga (masalan, ketma-ketdan parallelga yoki analog ko‘rinishdan diskret ko‘rinishga) aylantirish qurilmasi, shuningdek, signallarni bir chastotadan boshqasiga o‘tkazish. " O‘zgartirilgan|"Biror yangi ma’lumot qo‘shilgani yoki o‘zgartirish kiritilgani to‘g‘risida ma’lumot beruvchi holat. " O‘zgartirish|"Avtomatlashtirilgan tizim fayllaridagi yoki ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlarning mualliflashtirilmagan tarzda o‘zgartirilishi, foydalaniladigan dasturlar algoritmlarining ba’zi bir qo‘shimcha, ruxsat etilmagan tarzda qayta ishlashni bajarish maqsadida, o‘zgartirilishi. " O‘zgartirish bilan guruhli kodlash|"Signalning har bir diskret sanoqlaridan shu sanoqlar to‘plamidan ma’lum chiziqli kombinatsiyalarni birgalikda uzatish. " O‘zgartirish bilan kodlash|"Manbani kodlash usuli, bunda har bir kadr kichik kadrlarga ajratiladi, har bir kichik kadr ustida liniyaviy o‘zgartirish amalga oshiriladi va natijalovchi signal keyin raqamli signalga aylantiriladi. Izoh – Keng tarqalgan o‘zgartirish bilan kodlash turi bo‘lib, diskret o‘zgartirish, ko‘pincha DKO‘ hisoblanadi, buning natijasida signal bitreytini pasaytirish maqsadida kvantlangan va kodlangan koeffitsiyentlarning ketma-ketligi hosil qilinadi. " O‘zgartirish klavishlari|"Shift, Alt va Ctrl klavishlari. Ular o‘zlari biror belgini ko‘rsatish uchun mo‘ljallanmagan bo‘lsada, boshqa klavishlar ishlash tartibini o‘zgartira oladi. " O‘zgartirishrga bo‘lgan ma’qullangan so‘rov|"O‘zgartirishga bo‘lgan, o‘zgartirishlarni boshqarishning bir butun yaxlit jarayoni yordamida qayta ishlangan va ma’qullangan so‘rov. " O‘zgaruvchan attenyator|"Kiritiladigan so‘nishni rostlaydigan attenyator. " O‘zgaruvchan tezlik bilan adaptiv kodlash|"Nutq chastotalar diapazonida signalni siqish uchun maxsus mo‘ljallangan, tovushli fayllarni kodlash formati. Izoh − Yevropa telekommunikatsiyalarni standartlashtirish instituti (ETSI) tomonidan standartlashtirilgan. " O‘zgaruvchan tezlikli kod|"Kodli qism bloklarning uzunligi vaqt bo‘yicha o‘zgaradigan, axborot qism bloklarining uzunligi doimiyligicha qoladigan yuqori aniqlikdagi kodlarni tavsiflashda qo‘llaniladigan kod. " O‘zgaruvchan uzunlikdagi so‘z bilan kodlash|"Paydo bo‘lish ehtimoli yuqori bo‘lgan signal qiymatiga qisqa kodli so‘zlar, paydo bo‘lish ehtimoli past bo‘lgan signal qiymatiga uzun kodli so‘zlar belgilanadigan entropiyaviy kodlash turi. " O‘zgaruvchi|"Dasturlash tili obyekti. Algoritmik tillarda o‘zgaruvchi – bu, xotiraning nomlangan qismidir. Xotiraning bu qismiga o‘zgaruvchining turli qiymatlari joylashtirilishi mumkin, lekin har bir vaqt onida bu yagona qiymat bo‘lishi kerak. " O‘zgaruvchini bog‘lash|"O‘zgaruvchiga qiymatlar berilishi. " O‘zi fazalanadigan antenna panjarasi|"Har bir element traktida signallarning bog‘liq bo‘lmagan fazalanishi hisobiga nurlantiruvchi to‘lqinning kelish yo‘nalishidan qat’i nazar, uning alohida elementlari bilan qabul qilingan signallarning sinfaz qo‘shilishi amalga oshiriladigan antenna panjarasi. " O‘zini-o‘zi kodlash|"Axborotni, kalit sifatida axborotning o‘zidan foydalanib, kodlash. " O‘zini-o‘zi testlash tizimi (dasturi)|"Doimiy xotira qurilmasidagi, kompyuter ta’minoti ulangan holatda, operatsion tizim, klaviatura, diskovod va sh.k.larni testlash bajariladigan mikrodastur. " O‘zlashtirish|"Boshqa uyaga doimiy asosda ajratilgan tarmoq resurslari (masalan, chastota kanallari)dan vaqtincha foydalanish. " O‘zlashtirma (tutib olingan) kanal|"1. Xizmat axboroti vaqtincha uzatib turiladigan axborot kanali. Izoh − TETRA standartida bunday kanal shoshilinch chaqiruvlarni uzatish uchun tashkil etiladi. 2. Radiotarmoqning ish jarayonida axborotli simvollarning uncha katta bo‘lmagan qismini boshqaruv kanallari va xizmat simvollariga almashtirish yo‘li bilan tashkil etiladigan kanal. Izoh − Bunday almashtirish foydali signalning buzilishiga olib kelishi ayon, biroq bir qator holatlarda bunday buzilishlar oson, masalan, delta-modulyatsiyadan foydalanish yo‘li bilan bartaraf etiladi. " O‘z-o‘zidan mahkamlanadigan ajratgich|"Mikrosxema kontaktlarini qisish va bo‘shatish imkonini beradigan, maxsus dastakli ajratgich. Protsessorlarning xotira mikrosxemalarini o‘rnatish uchun uya sifatida foydalaniladi. " O‘z-o‘zidan sinxronlanuvchi oqimli kriptotizim|"Kalit oqimining har bir belgisi vaqtning istalgan onida shifrmatn oldingi belgilarining qayd qilingan soni orqali aniqlanishi bilan tavsiflanadigan oqimli kriptotizim. " O‘z-o‘zidan yuklash dasturi|"Operatsion tizimni yuklash uchun zarur bo‘lgan komandalarning minimal ko‘pligi. " O‘z-o‘ziga tutashuv|"Signal kommunikatsiya kanali bo‘yicha har ikki yo‘nalishdan o‘tib, uzatuvchi qurilmaga qaytadigan diagnostik test turi. " O‘z-o‘zini tekshirish imzosi|"Haqiqiyligi imzo qo‘yuvchi shaxsning roziligisiz istalgan vaqtda tekshirilishi mumkin bo‘lgan raqamli imzo. Bu toifaga ochiq kalitli istalgan raqamli imzo kiritilishi mumkin. " O‘g‘irlangan telefon bilan bog‘liq firibgarlik|"O‘g‘irlangan yoki yo‘qotilgan uyali telefondan, egasi uni yo‘qotgani to‘g‘risida xabar bergungacha, operator esa raqamni blokirovka qilgungacha, ruxsat etilmagan tarzda foydalanish. " O‘chirilgan|"Tizim ishlamayotgan holatdagi rejim. " O‘chirish|"Papka yoki faylni o‘chirish operatsiyasi. Qoida bo‘yicha operatsion tizimlarda o‘chirish operatsiyasi fayl tarkibidagi matnni emas, faqat jadvalda joylashgan fayl nomini o‘chiradi. Keyinchalik bu yerga boshqa axborot yozilmasa, faylni qandaydir qisman ehtimollikda qayta tiklash mumkin. Zamonaviy operatsion tizimlarda o‘chirilgan fayllar batamom o‘chib ketmaydi, balki ular qayta tiklash yoki umuman o‘chirib tashlash mumkin bo‘lgan «axlat qutisi»ga borib tushadi. Bu muhim axborotlar yo‘qolishining oldini oladi. " O‘chirish darajasi|"1. Yorqinlikning nazariy nolinchi darajasiga mos keladigan videosignal darajasi. 2. So‘ndiruvchi impulslarning yassi qismiga mos vaqtdagi videosignal darajasi. 3. To‘liq tasvir signalidagi, tasvir axboroti sohasini sinxronlash axboroti sohasidan ajratadigan, darja. " O‘chirish intervali|"Tasvirni o‘chirish amalga oshiriladigan vaqt intervali. Misol − Satr o‘chirish intervali, maydon o‘chirish intervali. G‘ " G‘alayonlanish|"Radioto‘lqinlar tarqalish sharoitlarining yoki atrof-muhit xarakteristikalarining to‘satdan o‘zgarishi, signalning parazit fluktuatsiyalari yoki shovqinlar oqibatida aloqa vositalari ishining buzilishi. " G‘araz niyatdagi chaqiruv|"Qandaydir do‘q-po‘pisa yoki ogohlantirish mazmunidagi, odatda, anonim chaqiruv. " G‘araz niyatdagi chaqiruvlarni identifikatsiyalash|"Abonentga, maxsus so‘rovga ko‘ra, yomon niyatdagi chaqiruv qilingan telefon raqamini aniqlash va shu raqam bilan bog‘liq ma’lumotlarni olish imkonini beradigan xizmat. Sh " Shablon|"Bir xil turdagi hujjatlarni vyorstkalash yoki kiritishda ishlatiladigan polosani tayyorlash uchun mo‘ljallangan shablon. " Shaffof foydalana olish|"Abonent o‘ziga kerakli resursning qayerda – aloqa kompyuterida, server yoki olisdagi uzelda ekanligini sezmaydigan foydalana olish. Ochiq rejimda aloqa turli liniyalar (yer usti, yo‘ldoshli) orqali amalga oshirilishi mumkin, shu bilan birga, bunday aloqa abonent uchun sezilmasdan qolishi lozim. " Shaffof interfeys|"Tutashuvchi dasturiy-apparat vositalarga o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritilishini talab qilmaydigan interfeys (foydalanuvchiga sezilmaydigan interfeys). " Shaffof tizim|"Foydalanuvchilarga va ilovalarga yagona kompyuter muhiti sifatida taqdim etiladigan taqsimlangan tizim. " Shaffoflik|"Taqsimlangan tizim foydalanuvchiga oddiy markazlashtirilgan tizim kabi taqdim etilishi kerak bo‘lgan tarmoqni tashkil qilishga bo‘lgan talab. " Shahar kirgichi (kirish yo‘li)|"Jamoat va xususiy tarmoqlarga xizmat ko‘rsatuvchi kabellarning (jumladan, antenna kirgichining) binoga kirish joyi, bino devoriga yoki xonagacha kirish nuqtasi yoki kirish xonasi bilan birgalikda. " Shahar (megapolis) tarmog‘i|"Global va lokal tarmoqlar o‘rtasida oraliq holatni egallaydigan aloqa tarmog‘i. Yirik shaharlar (megapolislar) hududiga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan. Yuqori tezlikli magistral optik-tolali aloqa liniyalari bunday tarmoqning asosi hisoblanadi. " Shahar pochta aloqasi bog‘lamasi|"Shaharlarda tashkil etiladigan pochta aloqasi bog‘lamasi. " Shahar pochta yo‘nalishi|"Bitta shaharning pochta aloqasi obyektlarini bog‘lovchi pochta yo‘nalishi. " Shahar telefon stansiyasi|"Shahar abonentlarining telefon aloqasini taʼminlovchi telefon stansiyasi. " Shahar zonasi abonenti|"Shahar hududi doirasida xizmat ko‘rsatiladigan abonent. Izoh − Aloqa ochiq fazodan ham, binolar ichkarisidan ham ta’minlanishi mumkin. " Shaharlararo aloqa liniyasi|"ATS hamda kanallarni kommutatsiyalash markazlarini o‘zaro bog‘lovchi ko‘p kanalli, yuqori o‘tkazish qobiliyatiga ega aloqa liniyasi. " Shaharlararo avtomatik telefon stansiyasi (ShATS)|"Zona ichidagi va shaharlararo bog‘lanishlar o‘rnatilishini taʼminlaydigan shaharlararo avtomatik telefon stansiyasi. " Shaharlararo (hududlararo) kommutatsiya markazi|"Hudud ichida va hududlararo telefon bog‘lanishlar o‘rnatilishini taʼminlaydigan uskunalar majmui. " Shaharlararo telefon tarmog‘i|"Telefon tarmog‘ining, shaharlararo telefon stansiyalari avtomatik kommutatsiya telefon uzellari hamda telefon tarmog‘i kanallarining majmuini o‘zida ifodalaydigan, ularni o‘zaro bog‘laydigan va turli raqamlash zonasidagi abonentlarni telefon aloqasi bilan taʼminlaydigan qismi. " Shakl bo‘yicha so‘rov|"Relyatsion ma’lumotlar bazasiga yo‘llanadigan so‘rov turi. " Shakl, ko‘rinish|"Axborotni chiqarish uchun zaxiraga qo‘yilgan, shuningdek, ko‘pincha maxsus kodlash uchun joyga ega bo‘lgan bo‘sh joyli (probelli) tarkibiy hujjat yoki shablon. " Sharh|"Dasturlashda – til konstruksiyasi bo‘lib, dasturga yoki komanda fayliga uni hujjatlashtirish maqsadida tushuntiruvchi matn sifatida qo‘shiladi. Dastur boshlang‘ich matni translyatsiya qilinganda va komandalar fayli bajarilishi paytida sharhlar tashlab ketiladi. " Sharqiy mintaqa vaqti|"Shimoliy Amerikadagi vaqt zonasi. GMT dan 5 soatga (GMT-05) farq qiladi. Yozgi vaqtga o‘tish mavjud (GMT-04). " Shart|"Sikl va tramoqlanish tuzilishlarda foydalaniladigan, «chin» yoki «yolg‘on» qiymat oladigan mantiqiy ifoda. Masalan, a=2 shart, a 2 qiymatga ega bo‘lsagina «chin» qiymat oladi, boshqa har qanday qiymatlarda a shart «yolg‘on» bo‘ladi. " Shartlar verifikatori|"Dasturning muayyan nuqtalarida bajarilishi kerak bo‘lgan nazorat shartlari va operatorlari bilan ta’minlangan boshqa dasturning matnini tahlil qiluvchi hamda berilgan sharoitlarda dasturlarning haqiqiyligini isbotlovchi dastur. " Shartli-bepul dasturiy ta’minot|"Uncha qimmat bo‘lmagan, bepul tarqatiladigan, biroq qayd qilish va ta’minlash bo‘yicha xizmatlar uchun haq to‘lanadigan dasturiy ta’minot. " Shartli-bepul xayriya dasturiy ta’minoti|"Dastur egasi unga to‘lanadigan mablag‘lar xayriya uchun sarflanishini talab qiladi. Shuningdek, dasturga ijtimoiy yo‘naltirilgan bannerlarni ham joylashtirish mumkin. Masalan, vim matn redaktoridagi «Ugandadagi qashshoq bolalarga sizning yordamingiz kerak» degan yozuv. " Shartli boyliklar|"Pochta to‘lovining davlat belgilari, markalangan varaqchalar va konvertlar, xalqaro javob kuponlari. " Shartli foydalana olish tizimi|"Raqamli televzion dasturlardan foydalana olishni cheklash uchun mo‘ljallangan dasturiy-apparat mexanizmi. Cheklash televizion signalni maxsus himoyalangan algoritmlar bilan shifrlash orqali amalga oshiriladi. " Shartli foydalana olishning yagona interfeysi|"Shartli foydalana olishning turli tizimlarida, berilgan tizim uchun qabul qilgich-dekoderda diskremblerlashning barcha funksiyalarini bajaradigan almashinuvchi moduldan foydalanish yo‘li bilan qabul qilinishini ta’minlash. " Shartli foydalanishga ega televideniye|"Dasturlari aholining muayyan maxsus guruhlari uchun mo‘ljallangan shifrlangan televideniye. Misol − Tibbiyot xodimlari uchun maxsus dasturlar. " Shartli ifoda|"«Agar A va V» ko‘rinishidagi mantiqiy ifoda. " Shartli translyatsiya|"Dasturlash tili vositasi bo‘lib, ba’zi konstantaning qiymatiga bog‘liq ravishda, dastur bir qismi translyatsiya qilinishi yoki qilinmasligiga imkon beradi. " Shartli verifikator|"Dasturning ma’lum bir nuqtalarida bajarilishi kerak bo‘lgan nazorat operatorlari va shartlari bilan ta’minlangan boshqa bir dastur matnini tahlil qiladigan va berilgan dastlabki sharoitlarda ularning haqiqiyligi yoki soxtaligini isbotlaydigan dastur. " Shartli o‘zgaruvchi|"Operatsion tizimlarda wait va signal operatsiyalari bilan ishlatiladigan sinxronlashtiradigan obyekt. " Shaxs identifikatori jetoni|"Tarkibida mikroprotsessor va xotira bo‘lgan, terminalda ishlash paytida shaxsiy guvohnoma sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ixcham qurilma. " «Shaxsan qo‘liga topshirilsin» belgili pochta jo‘natmasi|"Pochta aloqasi obyektidan adresatga kuryer tomonidan yetkazib berilishi amalga oshiriladigan xalqaro pochta jo‘natmasi. " Shaxsiy axborot|"Oshkor qilinishi mumkin bo‘lmagan axborot. Ularni telekommunikatsiya kanallari orqali tarqatish maxsus xavfsizlik choralariga rioya qilinishini talab etadi. " Shaxsiy blokirovkadan chiqarish kaliti|"PIN-kod noto‘g‘ri kiritilganda, SIM kartani blokirovka holatidan chiqarish uchun mo‘ljallangan kalit. GSM tarmog‘idagi har bir abonent PUK kodini oladi. Bu kodni o‘zgartirish mumkin emas. " Shaxsiy hayot sirini muhofazalash|"Shaxsiy hayot sirlarini taʼminlash uchun bajarilayotgan tadbirlar. Ushbu tadbirlar, ayrim shaxslar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni muhofazalash va ularni yig‘ish, to‘plash va ularni qayta ishlashga cheklovlarni o‘z ichiga oladi. " Shaxsiy identifikatsiya raqami|"1. Smart-kartada saqlanadigan va foydalanuvchining shaxsini autentifikatsiya qilish uchun ishlatiladigan noyob kod. 2. Qandaydir shaxsning, unga boshqariladigan tizimga kirish imkonini beradigan shaxsiy kodi. 3. Tizimga kirishga ruxsat olish uchun magnit karta bilan birga terminalga ko‘rsatiladigan parol turi. " Shaxsiy imzo kaliti|"Aniq shaxsga tegishli bo‘lgan va elektron raqamli imzoni yaratishda qo‘llaniladigan ramzlarning tartiblangan to‘plami. " Shaxsiy imzo kalitining egasi|"Shaxsiy imzo kaliti va unga mos imzoni tekshirish kalitini yaratgan aniq jismoniy yoki yuridik shaxsdir. Shaxsiy imzo kaliti egasi o‘z manfaatlaridan kelib chiqqan holda uni sir tutishi va tasodifan yo‘qolishi yoki o‘zgartirilishidan muhofaza qilishi shart. q: elektron raqamli imzo (ERI). " Shaxsiy kalit|"Deshifrlash uchun mo‘ljallangan va faqat uning egasi tomonidan foydalaniladigan kalit. " Shaxsiy kod|"Kompyuterning ichki kodi. Standart interfeyslar orqali markaziy protsessor resurslariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kira olishni ta’minlaydi. " Shaxsiy kompyuter|"Individual foydalanish uchun mo‘ljallangan kompyuter. Kompyuterni shaxsiy kompyuterlar turkumiga kiritishning asosiy mezonlari: o‘lchamlarining kichikligi, ularga xizmat ko‘rsatish zaruratining yo‘qligi, narxining pastligi, funksional universalligi va modernizatsiyalashning soddaligi. Shaxsiy kompyuterlarning yaratilish tarixi 1974-yildan boshlanadi. Shu yili MTTS (AQSh) firmasi Intel 8080 mikroprotsessori asosida Altair kompyuterini ishlab chiqdi. 1975-yilda Stefan Voznyak va Stiv Jobs Apple nomi ostida kompyuter ishlab chiqdilar va dastlabki 200 ta kompyuterni yig‘dilar. 1976-yilning oxirida ular shaxsiy kompyuterlar ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan Apple firmasini tuzdilar. " Shaxsiy kompyuter kartasi|"Shaxsiy kompyuterga ulanadigan uncha katta bo‘lmagan tashqi qurilma. 32-razryadli PC Card texnologiyasi dastlab ixcham shaxsiy kompyuterlarga tashqi xotira qurilmasini ulash uchun ishlab chiqilgan. Shaxsiy kompyuterlarga mo‘ljallangan bu yechim shunchalik muvaffaqiyatli bo‘lib chiqdiki, PC kartalar kompyuterlarning turli rusumlarida ishlatila boshlandi. Shu bilan birga, ulanadigan obyektlar ro‘yxatiga turli tashqi qurilmalar, modemlar, tasvir va tovush kiritish qurilmalari, faks-apparatlar va tarmoqlar kiritildi. " Shaxsiy ma’lumotlar|"1. Fuqaroning shaxsini identifikatsiya qilish imkonini beruvchi dalillar, voqealar va hayot sharoitlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar. 2. Har qanday moddiy tashuvchida qayd etilgan muayyan odam to‘g‘risidagi ma’lumot. " Shaxsiy maʼlumotlar subyekti|"Tegishli shaxsiy maʼlumotlar daxldor bo‘lgan jismoniy shaxs. " Shaxsiy mobillik|"Foydalanuvchining shaxsiy identifikator asosida istalgan terminalda telekommunikatsiyalar xizmatlaridan foydalana olish va tarmoqning, foydalanuvchi uchun xizmatlar profiliga muvofiq, ushbu xizmatlarni ta’minlay olish imkoniyati. Izoh – Shaxsiy harakatchanlik foydalanuvchi chaqiruvlarini manzillash, marshrutlash va taksatsiyalash maqsadlarida foydalanuvchi bilan bog‘liq bo‘lgan terminal joylashgan joyini aniqlash uchun tarmoq imkoniyatlarini o‘z ichiga oladi. " Shaxsiy papka|"Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari (sozlash) uchun mo‘ljallangan papka, ulardan erkin foydalanish boshqa foydalanuvchilar uchun cheklangan. " Shaxsiy radiochaqiruv|"Qar.: Peyjing. " Shaxsiy raqamli sekretar|"Odatda, klaviaturasi bo‘lmaydigan portativ kompyuterning bir turi. Ma’lumotlarni sensorli panelga kiritish/chiqarish maxsus ruchka yordamida amalga oshiriladi. Shuning uchun, ba’zan qo‘lda yozish bilan kiritiladigan kompyuter deb ham ataladi. Shaxsiy raqamli sekretar katta tezkor va doimiy xotiraga ega. Parallel yoki ketma-ket interfeys orqali boshqa kompyuter bilan ma’lumotlar almashinish mumkin. Maxsus operatsion tizim boshqaruvi ostida ishlaydi. Shaxsiy raqamli sekretarning eng mashhuri Apple firmasining Newton idir. " Shaxsiy, raqamli uyali aloqa tizimi|"Yaponiya milliy mobil aloqa standarti. Izoh − Avvalgi nomi JDC. " Shaxsiy sirni muhofaza qilish|"Shaxsiy sirning saqlanishini kafolatlovchi chora-tadbirlarning amalga oshirilishi. Bu chora-tadbirlarga shaxsiy ma’lumotlarni muhofaza qilish hamda ularni to‘plash, umumlashtirish va qayta ishlanishini cheklashlar kiradi. " Shaxsiy xavfsizlik muhiti|"Obyektning shaxsiy kaliti saqlanadigan xavfsiz mahalliy joy, bevosita ishonch qozongan sertifikatlash organining kaliti va mumkin bo‘lgan boshqa ma’lumotlar. Izoh – Obyekt xavfsizligini ta’minlash siyosatiga yoki tizimga qo‘yiladigan talablarga bog‘liq ravishda, bu muhit, masalan, kriptografik muhofazalangan fayl yoki qasddan shikastlashlardan muhofazalangan apparat vositalar markeri bo‘lishi mumkin. " Shaxsiylashtirish|"Plastik kartaga, kartani va uning egasini identifikatsiya qilish imkonini beradigan ma’lumotlarni kiritish, shuningdek, kartaning to‘lov qobiliyati tekshirilishini amalga oshirish jarayoni. " Shaxsni autentifikatsiya qilish, shaxsning haqiqiyligini tasdiqlash|"Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimiga mantiqiy obyektlarni aniqlab olish imkonini beradigan tekshiruvlar (masalan, parol yoki token)ning bajarilishi. " Shaxsning axborot erkinligi|"Insonning o‘z hayoti, kasbiy faoliyati va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan axborotni olish imkoniyati. Shu bilan birga, u yoki bu tabiiy yoki ijtimoiy hodisalar bo‘yicha o‘z nuqtai nazarini ifoda etish, axborotni boshqa odamlarga berish, yaʼni uni jamiyatda tarqatish ham tushuniladi. " Shiddatli manzillash|"Xizmat qilishni rad etishga olib keluvchi kutilmagan yoki atayin qilingan ko‘p hajmdagi maʼlumotlarni kiritish. " Shiddatli oqim|"Fayllarni Internet orqali kooperativ almashinish uchun belgilangan tarmoq protokoli. Protokol Brem Koen tomonidan yaratilgan. Fayllarni alohida fragmentlarga bo‘lish va ularni tarmoqning turli uzellarida saqlash hisobiga, ayrim foydalanuvchilar o‘rtasida trafikning taqsimlanishini ko‘zda tutadi (aynan bitta faylga qancha ko‘p odam murojaat qilsa, uni shuncha tez ko‘chirib olish mumkin bo‘ladi). " Shifr|"Kalitlarni qo‘llagan holda ma’lum qoidalar bo‘yicha amalga oshiriladigan ko‘plab ochiq (dastlabki) ma’lumotlarni ko‘plab mumkin bo‘lgan shifrlangan ma’lumotlarga qaytuvchan almashtirishlar majmui. " Shifr gammasi|"1. Ochiq ma’lumotlarni shifrlash va shifrlangan ma’lumotlarni dastlabki matnga o‘girish uchun berilgan algoritm bo‘yicha ishlab chiqiladigan tasodifiy yoki psevdotasodifiy ikkilik ketma-ketlik. 2. Axborotni shifrlash uchun muayyan algoritm bo‘yicha ishlab chiqiladigan psevdotasodifiy ketma-ketlik. " Shifrator (televideniyeda)|"Televizion signalni shifrlash qurilmasi. " Shifrlagich|"Shifrlash algoritmlarini amalga oshiradigan elektron qurilma yoki dastur. " Shifrlamoq|"Ma’lumotni shifrlangan holda joylashtirish. U maxfiy ma’lumotlarni ishonchli bo‘lmagan joyda saqlashda yoki himoyalanmagan aloqa kanali bo‘yicha uzatishda ishlatiladi. " Shifrlangan fayl tizimi|"Ma’lumotlarni shifrlash algoritmlari orqali fayllar va kataloglarni ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishdan muhofaza qilish imkonini beruvchi fayllar tizimi. " Shifrlangan matn|"1. Qandaydir algoritm yordamida algoritmni bilmasdan turib yoki maxsus kalitsiz uni o‘qib bo‘lmaydigan holatga keltirilgan matn. Maxfiy ma’lumotni saqlash va uzatish uchun xizmat qiladi. 2. Tuzilmasi kriptografik algoritmlardan foydalanib o‘zgartirilgan matn yoki xabarlarning boshqa turi. " Shifrlangan matnga hujum|"Faqat shifrlangan matn asosida kriptoanalitik uyushtirayotgan tahliliy hujum. " Shifrlangan ma’lumotlar|"Elektron hisoblash mashinasida shifrlangan ko‘rinishda saqlanadigan axborot, ya’ni kriptografik muhofaza qilish usullari qo‘llanilgan ma’lumotlar. " Shifrlangan nutq|"Maxsus shifrlash algoritmlari yordamida qayta ishlangan va ochiq aloqa kanallari orqali uzatiladigan nutq signali. " Shifrlash|"1. Kriptotizimlardagi asosiy o‘zgartirish, konfidensial axborotni jo‘natuvchi tomonidan bajariladi. Shifrlashni o‘zgartirish juft (ochiq matn, shifrlash kaliti)ni shifrmatnga o‘tkazadi. 2. Ma’lumotlarni, ularning yashirin uzatilishini ta’minlovchi maxsus algoritmlardan foydalanib, qayta ishlash usuli. Axborotning o‘zgartirilishi kodlash birliklari, odatda, mazmunli so‘z yoki jumlalar bo‘lgan kriptografik usullardan farqli o‘laroq, bitlar yoki ularning ketma-ketligi darajasida amalga oshiriladi. " Shifrlash algoritmi|"Shifrlash funksiyasini amalga oshiradigan algoritm. " Shifrlash funksiyasi|"Shifrda ma’lumotlarni kalitni qo‘llagan holda o‘zgartirish uchun foydalaniladigan funksiya. " Shifrlash kaliti|"Ma’lumotlarni shifrlash va deshifrlash jarayonlarini boshqaruvchi simvollar ketma-ketligi. Izoh − Shifrlash kaliti muayyan foydalanuvchining apparaturasida shunday generatsiya qilinadiki, natijada uni hech kim, jumladan, kriptotizimni ishlab chiqqan shaxsning o‘zi ham, unda kalitli axborotdan foydalana olishga ruxsati bo‘lmagan vaziyatda, ocha olmaydi. " Shifrlash rejimiga o‘tish komandasi|"Bazaviy stansiya tomonidan uzatiladigan va mobil stansiyada shifrlash rejimi o‘rnatilishini boshlab beruvchi komanda. " Shifrlash vositalari|"Axborotni almashtirish kriptografik algoritmlarini amalga oshiruvchi va axborotni qayta ishlash, saqlash hamda aloqa kanallari bo‘ylab uzatishda uni ruxsatsiz foydalana olishdan muhofaza qilish uchun mo‘ljallangan apparat, dasturiy yoki apparat-dasturiy vositalar. " Shifrmatn|"1. Ochiq matnga nisbatan shifrlash algoritmini qo‘llash natijasi. 2. Dastlabki ochiq matnni uning ma’nosini yashirish maqsadida amalga oshiriladigan, shifrmatnga o‘girish natijasi. " Shifrni kalitsiz ochish (deshifrlash)|"1. Shifrlash kalitini bilmasdan shifrlangan matndan dastlabki matnni tiklash bilan tugallanadigan kriptotahlil jarayoni. 2. Raqib va/yoki buzg‘unchi tomonidan ochiq xabarni kriptografik tizimning barcha elementlarini oldindan to‘liq bilmasdan turib tahliliy ochish jarayoni. 3. Televideniyeda – shartli foydalanishni ta’minlash maqsadida shifrlangan axborotni interpretatsiya qilish jarayoni. " Shifrtizim|"Axborotning konfidensialligini shifrlash yo‘li bilan ta’minlaydigan kriptografik tizim. Shikastlangan sektor ing. - bad sector ru – «битый» сектор, поврежденный сектор Axborotni o‘qish/yozishda xatoga yo‘l qo‘yilgan qattiq disk sohasi. Izoh − Operatsion tizim diskni formatlayotganda va o‘qish-yozish operatsiyalarini bajarayotganda shikastlangan sektorlarni aniqlaydi, uni tashkil etuvchi klasterlarni FAT ga disk xotirasini taqsimlashda foydalanish mumkin bo‘lmaydigan qilib belgilab qo‘yadi. " Shina|"1. Ma’lumotlarni uzatish yo‘li (kanali). Odatda, shina bitta yoki bir nechta o‘tkazgich bilan elektr jihatdan bog‘lanish ko‘rinishida amalga oshiriladi va shinaga ulangan barcha qurilmalar signalni bir vaqtda oladilar. 2. Kompyuterlarda – protsessorni kompyuterning barcha elementlari bilan bog‘lash uchun belgilangan o‘tkazgichlar va yordamchi elementlar tizimi. Kompyuter tizimining asosiy komponentlari, jumladan, markaziy protsessor, xotira, kontrollerlar, tashqi qurilmalar ulanadigan parallel o‘tkazgichlar to‘plamini o‘zida ifodalaydi. " Shina interfeysining bloki|"Kod va ma’lumotlar aralashmasini protsessorga qabul qilib, ishlatishga tayyor bo‘lgunga qadar ajratadigan yoki shina orqali hisob-kitob natijalarini yuborgan holda birlashtiradigan blok. " Shina kontrolleri|"Standartga muvofiq, shina bo‘ylab uzatiladigan ma’lumotlar oqimi tuzilishini ta’minlaydigan va shina bo‘ylab signallar uzatilishini boshqaradigan kontroller. " Shina topologiyasi|"Barcha abonentlar ma’lumotlar uzatishning bir magistraliga (shinaga) chiziqli ulanadigan lokal tarmoq topologiyasi. " Shinani boshqarish|"Shinani boshqarish rejimi, bunda muayyan tashqi qurilma, masalan, qattiq disk qandaydir ahamiyatli va katta hajmdagi vazifani bajarar ekan, shinadagi boshqa qurilmalarga ishni vaqtinchalik to‘xtatish va o‘zi shinani boshqarishni (ma’lumotlar yuborish, boshqaruv signallari va komandalarini berish) boshlashi to‘g‘risida komanda beradi. Bunday yondashuvdan odatda, protsessorni bitta shinadagi ikki qurilma o‘rtasida ma’lumotlar va/yoki komandalar yuborish operatsiyalaridan ozod qilish uchun foydalaniladi. " Shkaf|"Kommutatsiya qurilmalari, ulanish nuqtalari, elektr o‘tkazgich yoki aktiv uskunani o‘z ichiga oladigan xona. " Shleyf|"Ma’lum nuqtalarda uzatish liniyasiga ulangan va liniyadagi reaktiv qarshilikni kompensatsiyalash uchun xizmat qiladigan va shu bilan birga liniyani yuklama yoki generator bilan moslashishi uchun xizmat qiladigan liniya bo‘lagi. " Shlyuz|"1. Bitta tizimda foydalaniladigan axborot taqdim etish, qayta ishlash yoki uzatish standartlarini tegishli, lekin boshqa bir tizimda qo‘llaniladigan standartlarga o‘zgartirish maqsadida, dasturiy ta’minot va uskuna birikmasi bilan birgalikda amalga oshiriladigan funksiya. 2. Ma’lumotlar uzatishning turli protokollari bo‘yicha ishlaydigan elektron tizimlar o‘rtasida ma’lumotlar jo‘natish imkonini beradigan va tarmoqlararo aloqani ta’minlaydigan apparat yoki dasturiy vositalar. " Shovqin faktori (shovqin koeffitsiyenti)|"Belgilangan tranzistor tomonidan signal kuchaytirilganda signal/shovqin nisbati necha marta yomonlashishini ko‘rsatadigan koeffitsiyent. " Shovqin nurlanish|"Kuchaytirgichlar, ko‘paytirgichlar, generatorlar, chastota o‘zgartirgichlar va sintezatorlarda vujudga keladigan issiqlik shovqinlari va boshqa omillar bilan bog‘liq parazit nurlanish. " Shovqin; xalaqit|"Amplituda, chastota yoki fazaning tasodifiy qiymatlariga ega parazit elektromagnit tebranishlar. Kelib chiqishiga ko‘ra, ichki (apparaturaning xususiy shovqinlari) va tashqi shovqinlar ajratiladi. Xususiy shovqinlarning asosiy manbai apparatura elementlaridagi zaryadlangan zarralarning issiqlik harakati hisoblanadi. Tashqi shovqin yoki xalaqitlar ham tabiiy (kosmik shovqinlar va b.), ham sanoat nurlanish manbalaridan chiqadigan umumiy signal (aralashma) ni o‘zida ifodalaydi. " Shovqinga qarshi korreksiya|"Televizion tizimlarning videokuchaytirish traktida tasvir signalining shovqinliligini kamaytirish va tasvirda xalaqitlarning sezilarliligini pasaytirish uchun ko‘riladigan qator choralar. " Shovqinlarni bostirish|"Foydali signal mavjud bo‘lmagan vaqtda qabul-qilgichni o‘chirib qo‘yishga asoslangan, uzatish pauzalarida shovqinlarni chiqarib tashlash usuli. " Shovqinlarni raqamli boshqarish|"Tasvir mazmuniga bog‘liq holda dinamik shovqinni bostirish funksiyasi. " Shovqinning detsibellarda ifodalangan, o‘lchangan quvvati|"Shovqin quvvati darajasini o‘lchash birligi. Shovqin darajasining 3,16 nW (– 85 dBm) nazorat darajasiga nisbati sifatida aniqlanadi. Bu nuqtada shovqin o‘lchangan quvvatining qiymati 0 dBa ga teng. " Shovqinsimon signalli radiotarmoq|"Shovqisimon signallar uzatiladigan lokal radiotarmoq. Bu tarmoqning ishlash tamoyili kodli ajratishdan foydalanib ko‘p tomonlama foydalanishni qo‘llashga asoslangan. Bu tarmoqda signallarni uzatishda, maʼlumotlarning har bir bloki, chips deb ataluvchi bitlar ketma-ketligi bilan kodlanadi. Chipslar shovqinsimon signalga tiziladi va efir orqali uzatiladi. Uzatilgan diskret signalni qayta tiklash maxsus protsessor yordamida amalga oshiriladi. Shovqinsimon signalli radiotarmoq tizimlari ixcham, arzon va elektromagnit xalaqit beruvchi to‘siqlar taʼsirida ham ishonchli ishlaydi. " Shoshilinch aloqa xizmati|"Mobil stansiyadan mobil abonent joylashgan yer hududidagi shoshilinch xizmatlarga to‘lovsiz nutqli bog‘lanish o‘rnatilishini ta’minlaydigan xizmat. " Shoshilinch chaqiruv|"Mobil aloqa tizimlaridagi eng yuqori ustuvorlikka ega chaqiruv. " Shrift|"Yozilish shakli va o‘lchami bir bo‘lgan belgilarning to‘liq to‘plami. Izoh ‒ Kompyuterlarda foydalaniladigan shriftlarning katta soni mavjud. Printerlar uchun ichiga o‘rnatilgan va ta’minlanadigan shriftlar bo‘ladi. Ichiga o‘rnatilgan shriftlar printerning doimiy xotirasida saqlanib, foydalanishga doim tayyor turadi. Ta’minlanadigan shriftlar mashinaning tezkor xotirasi orqali ishlaydi, protsessor resurslarini va xotirasini band etadi, ularning soni faqat tegishli dasturlarning mavjudligi bilan cheklanadi. " Shrift kartriji|"Turli xil shriftlarni ichiga oladigan, printerga o‘rnatilgan doimiy xotira qurilmasi. Kartrij bilan komplektda stol noshirlik tizimlari va ma’lum redaktorlar uchun drayverlar yetkazib beriladi. " Shrift to‘yinganligi|"Turli chizishlarda bir xildagi belgilarning asosiy va bog‘lovchi chiziqlari kengligi bilan belgilanadi. Bitta garnitura doirasida to‘liqlik eng ochdan to eng to‘qqacha o‘zgarishi mumkin. " Shrift o‘lchami|"Shrift simvollarining punktlardagi balandligi (bir dyuymda 72 ta punkt bo‘ladi). " Shrift shakli|"Umumiy dizayn bilan birlashtirilgan (masalan, Gelvetika) shriftlar turkumi. " Shriftlar redaktori|"Yangi shriftlar yaratish yoki mavjud shriftlarni to‘ldirish va o‘zgartirish imkonini beradigan dastur. " Shriftlar turkumi|"O‘lchami, kengligi va stili bilan biri-biridan farq qiladigan bir garnituradagi shriftlar to‘plami. " Shriftni tanlash|"Shriftning stili, o‘lchami va rangini tanlash. " Shriftni o‘rnatish|"True Type shriftlarining biri bilan tayyorlangan matn, bunday shrift bo‘lmagan boshqa kompyuterga ko‘chirilganda, baribir ayni shunday shriftli printerda o‘qiladigan, bosiladigan texnologiya. Shrift matn bilan birga uzatiladi, undan faqat shu matn va matn tayyorlangan muhit (ilova) bilan foydalanish mumkin. Windows muhitida ishlaydi. " Shtatdagi texnik vosita|"Obyektda o‘rnatilgan hisoblash texnikasi vositalari komplektiga kiradigan texnik vosita. " Shtir|"To‘lqin o‘tkazgich traktida o‘rnatilgan, sterjen (o‘zak) ko‘rinishidagi moslashtiruvchi element. " Shtirli antenna|"Qattiq yoki egiluvchan metall sterjen ko‘rinishidagi vertikal antenna. Shtirli antennaning uning o‘qiga perpendikulyar tekislikda nurlanishi maksimal va o‘q bo‘ylab yo‘nalishda mavjud emas. " Shtorka orqali siqib chiqarish|"Bir televizion tasvirning boshqa tasvir bilan almashinish usuli, bunda tasvirlar o‘rtasidagi chegara bir tekisda siljiydi. Ch " Chap|"Klaviaturaning foydalanuvchining chap tomonida bo‘lgan klavishlariga nisbatan qo‘llaniladi. Odatda standart klaviaturada ikkitadan bo‘lgan Alt, SHIFT, Ctrl klavishlari nomi bilan uchratish mumkin. " Chap qo‘shtirnoq|"Matnda biror-bir nomni ajratib ko‘rsatishda ishlatiladi va ochuvchi << va yopuvchi qismlarga bo‘linadi >>. " Chap stereoskopik televizion tasvir|"Chap ko‘zga stereoskopik televideniye vositalari orqali taqdim etilgan alohida tasvir. " Chapga ko‘rsatgich|"Klaviaturadagi alifbo tugmalaridan o‘ngda joylashgan klavish. Chapga qaratilgan ko‘rsatgichdan farqlash mumkin. Asosan matndagi harf va so‘zlarni joylashtirishda va o‘zgartirishda qo‘llaniladi. " Chaqirayotgan abonent nomini aks ettirish|"Telefon displeyida chaqirayotgan abonent raqami va nomini, agar telefon bu funksiyani ta’minlasa, aks ettirish xizmati. Agar chaqirayotgan abonent bu ma’lumotlar uzatilishini blokirovkalagan bo‘lsa, ular ma’lumotlarning (manzil kitobining) lokal bazasidan olinadi. " Chaqirayotgan liniyanining identifikatsiya qilinishini taqiqlashni aylanib o‘tish|"Abonentning telefon apparatida, ushbu xizmatga ega, barcha hollarda chaqiruvchi abonentlarning raqamlarini aks ettirish imkonini beradigan xizmat. " Chaqirilayotgan abonent hisobidan tanlab bog‘lanish|"Foydalanuvchiga chaqiruvchi abonentlarning ma’lum raqamlaridan kiruvchi chaqiruvlarga haq to‘lash imkonini beradigan xizmat. Chaqiruvchi abonentlarning bunday raqamlari ro‘yxatga kiritiladi va saqlanadi. Ro‘yxatni foydalanuvchi tartibga soladi. Shuningdek, ushbu funksiyadan foydalanishni PIN kod yordamida himoya qilish mumkin. " Chaqirilayotgan abonent hisobidan to‘lovni undirish ichki xizmati|"To‘lov undirilishi kerak bo‘lgan abonentga maxsus raqam biriktiriladigan va ushbu raqam bo‘yicha barcha chaqiruvlar chaqiruvchi abonent tomonidan emas, balki mos ravishda ushbu abonent tomonidan to‘lanadigan xizmat. " Chaqirilayotgan liniya identifikatsiya qilinishini taqiqlashni doimiy rezervlash|"Chaqirilayotgan abonentga C turkumi abonentining raqamini barcha hollarda, agar C turkumi abonenti chaqirilayotgan abonent raqamidan oldin raqamni berish uchun ma‘lum prefiksni tergan hollarda ham berishga ruxsat etilmaydi. " Chaqirilayotgan liniya identifikatsiyasini taqdim etish|"Tizimga, chaqirilayotgan abonentga chaqiriluvchi abonentning raqamini yuborish va uni telefon apparati yoki chaqiriluvchi abonent terminalida aks ettirish imkonini beradigan xizmat. " Chaqirilayotgan liniya identifikatsiyasini taqiqlash|"Chaqiruvchi abonentga chaqirilayotgan abonentning telefon apparatida uning raqami aks etishini taqiqlash imkonini beradigan xizmat. " Chaqiruv|"1. Chaqirilayotgan bir yoki bir nechta abonent bilan bog‘lanishga urinish. 2. Chaqirilayotgan abonent bilan aloqani o‘rnatish yoki dasturga uni bajarish maqsadida murojaat etish jarayoni. " Chaqiruv to‘g‘risida xabar|"Tovush signalini uzatish yoki chaqiruvchi abonent raqamini displey ekranida yoritish orqali amalga oshiriladigan signalizatsiya. Izoh − Agar so‘zlashuv olib borayotgan yoki harakat zona-sidan tashqarida turgan abonentni chaqirish zarur bo‘lsa, chaqiruv tizim tomonidan eslab qolinadi va abonent bilan bog‘lanishning imkoniyati tug‘ilganda, chaqiruv avtomatik tarzda yoki operator komandasiga binoan takrorlanadi. " Chaqiruv harakati boshlandi|"Abonentning chaqiruvni boshlash niyati borligi, lekin hali raqam terishni boshlamaganligini ko‘rsatuvchi belgi. " Chaqiruv-javob|"Parolni tekshirish mexanizmi. Server mijozga «chaqiruv»ni uzatadi, u parol yordamida uni qayta o‘zgartiradi va natijani serverga «javob» sifatida uzatadi. Server «javob» «chaqiruv»dan to‘g‘ri parol yordamida olinganligini tekshiradi. " Chaqiruv parametrlari yozuvi|"Abonent chaqiruvlarining qayd etiladigan parametrlari, ular ma’lumotlar bazasiga kiritiladi va kelgusida billing operatsiyalarini bajarish uchun ishlatiladi. " Chaqiruv trassirovkasi|"Terminal abonentiga oxirgi qo‘ng‘iroq qilgan IP-manzil trassirovkasi. " Chaqiruvga aralashish|"Ishlamaydigan raqamga qo‘ng‘iroq qilinganda abonentni xabardor qilish, yoki uni muqobil raqamga qayta yo‘llash. " Chaqiruvlar dispetcheri|"Berilgan qayta manzillash dasturiga va ustuvorliklarga muvofiq, chaqiruvlarning aloqa liniyasida o‘tish tartibini belgilovchi qurilma. " Chaqiruvlar grafigi|"Tizim yoki kompyuter dasturida modullarni identifikatsiyalaydigan va qanday modullar bir-biriga qo‘ng‘iroq qilayotganligini ko‘rsatadigan diagramma. " Chaqiruvlar navbatini shakllantirish|"Kelayotgan barcha chaqiruvlarni qayta ishlash jarayonini tartibga solish protsedurasi. Aloqa kanalining taqdim etilishi chaqirilayotgan abonent raqami bo‘shashiga qarab yoki chaqiruvlarni boshqa raqamga o‘tkazish hisobiga amalga oshiriladi. Kutish vaqtida chaqirayotgan abonentga kerakli liniya bo‘shashi bilan uning chaqiruviga javob berilishi to‘g‘risida ogohlantiradigan maxsus xabar signali yoki nutqli xabar jo‘natiladi. " Chaqiruvlar ro‘yxati|"Dasturiy modulni chaqirishda foydalaniladigan argumentlarning tartiblashtirilgan ro‘yxati. " Chaqiruvlar to‘g‘risida kelishuv|"Dasturlashda – protsedura yoki funksiyani chaqirishda, argumentlar berish tartibini va komandalar ketma-ketligini belgilaydigan kelishuvlar. Argumentlar registrlarda, stek, xotiraning umumiy sohasi orqali berilishi mumkin. Stekda ular, protsedurani chaqirish satridagi argumentlar ro‘yxati bo‘yicha chapdan o‘ngga yoki o‘ngdan chapga (ya’ni, teskari tartibda) siljishi mumkin. Argumentlar soni o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin. " Chaqiruvlarni avtomatik taqsimlash|"Aloqa tarmoqlaridagi, chaqiruvlarni qayta manzillash dasturi va ustuvorliklarga muvofiq, boshqa raqamlarga yo‘naltirish imkoniyatini beradigan xizmat. " Chaqiruvlarni birgalikda qabul qilishni amalga oshiruvchi abonentlar guruhi (seriyali izlash guruhlari)|"Kichik guruhni, unga kiruvchi chaqiruvlarni taqsimlash qoidalarini belgilash uchun, guruhga qo‘shish imkonini beradigan xizmat. Quyidagi rejimlardan foydalanish mumkin: - berilgan ro‘yxat bo‘yicha kichik guruhning birinchi band bo‘lmagan terminaliga kiruvchi chaqiruvni yuborish, bunda keyingi chaqiruv oxirgi chaqiruvni qabul qilgan terminaldan boshlab, ro‘yxatni birma-bir saralaydi; - berilgan ro‘yxat bo‘yicha kichik guruhning birinchi band bo‘lmagan terminaliga kiruvchi chaqiruvni yuborish, bunda keyingi chaqiruv ro‘yxatni uning boshidan boshlab, birma-bir saralaydi; - chaqiruv bir vaqtda kichik guruhning barcha terminaliga keladi, ulanish go‘shakni birinchi ko‘targan abonent uchun amalga oshiriladi; - chaqiruvni oxirgi qabul qilgan ro‘yxatning oxiriga joylashtiriladi – abonentlarni bir tekis yuklash ta’minlanadi. " Chaqiruvlarni qayd qilish|"Ma’lum raqamga kelib tushadigan barcha chaqiruvlarni eslab qolish va statistik to‘plam faylida chaqiruvlar to‘g‘risidagi batafsil axborotni qayd qilish. " Chaqiruvlarni qayta manzillash ro‘yxati|"Xizmat abonenti chaqiruvlarini qayta manzillash ro‘yxatida tegishli yozuvlar aktivizatsiyasi yoki deaktivizatsiyasida ishlatiladigan xizmat. " Chaqiruvlarni qayta manzillash uchun qo‘ng‘iroq o‘rnatish|"Call Forwarding Unconditional, Call Forwarding Selective va Do Not Disturb funksiyalarini ulashda terminalda tegishli tovushli signallarni o‘rnatish imkonini beradigan xizmat. " Chaqiruvlarni saralash|"Qaysi raqam terilganligiga qarab, kiruvchi chaqiruvlarning uzatilishini taqiqlovchi yoki unga ruxsat beruvchi protsedura. Ustuvor foydalanishni tashkil etishda yoki ruxsat etilmagan chaqiruvlarning oldini olishda foydalaniladi. " Chaqiruvlarni so‘zsiz qayta manzillash|"Xizmat abonentiga kiruvchi chaqiruvlarni, xizmat abonenti holatidan qat’i nazar, boshqa belgilangan raqamga avtomatik tarzda qayta manzillash imkonini beruvchi xizmat. " Chaqiruvlarni tanlab qabul qilish|"Raqamlar ro‘yxatini tuzish imkonini beradigan xizmat, bunda abonent (kiruvchi chaqiruv) tuzilgan ro‘yxatdan qo‘ng‘iroq qilsa, chaqiruv qabul qilinadi; agar chaqiruvchi abonent raqami ro‘yxatda yo‘q bo‘lsa, chaqiruv tovushli pochtaga qayta manzillanadi. " Chaqiruvlarni tanlab qayta manzillash|"Raqamlar ro‘yxatini tuzish imkonini beradigan xizmat, bunda abonent (kiruvchi chaqiruv) tuzilgan ro‘yxatdan qo‘ng‘iroq qilsa, chaqiruv boshqa raqamga yoki tovushli pochtaga qayta manzillanadi. " Chaqiruvlarni tanlab rad etish|"Raqamlar ro‘yxatini tuzish imkonini beradigan xizmat, bunda abonent (kiruvchi chaqiruv) tuzilgan ro‘yxatdan qo‘ng‘iroq qilsa, chaqiruv qabul qilinmaydi; agar chaqirayotgan abonent raqami ro‘yxatda yoq bo‘lsa, kiruvchi chaqiruvga oddiy (normal) chaqiruv kabi xizmat ko‘rsatiladi. " Chaqiruvlarni taqsimlash|"Abonentga beriladigan imkoniyat, u kiruvchi chaqiruvlarni boshqa raqamlarga, o‘zi belgilagan qayta manzillash va ustuvorlik qoidalariga muvofiq yuborishi mumkin. Navbatdagi chaqiruv yuborilishi kerak bo‘lgan terminalni tanlash, doiraviy navbat bo‘yicha yoki abonentlar ro‘yxatida ko‘rsatilgan ustuvorliklarga muvofiq amalga oshirilishi mumkin. " Chaqiruvlarni chegaralash bo‘yicha xizmat|"Mobil abonentga kiruvchi yoki chiquvchi chaqiruvlarning muayyan toifasini uning mobil stansiyasi uchun blokirovkalash imkonini beradigan xizmat. Bu chaqiruvlar asosiy aloqa xizmatlarining barcha yoki muayyan turiga taalluqli bo‘lishi mumkin. Izoh – Mobil abonent, o‘z ixtiyori bo‘yicha, ushbu blokirovkani bekor qilish yoki xizmatning amal qilinishini to‘xta-tish va uning amal qilish davomiyligi davrini aniqlash uchun parolga ega bo‘lishi mumkin. Agar u tanlagan bo‘lsa, unda o‘zi parolni o‘zgartirishi mumkin. " Chaqiruvlarni cheklagich|"Abonentning ma’lum raqamiga bir vaqtda kelib tushadigan chaqiruvlarning muayyan soniga (chegara qiymatiga) sozlangan hisoblagich. Izoh − Cheklash chegarasi sutkaning ma’lum vaqtiga yoki foydalanuvchi tomonidan beriladigan biron-bir boshqa parametrlarga bog‘liq ravishda o‘zgarishi mumkin. " Chaqiruvni aniq tutib qolish|"Guruhning boshqa terminaliga kelgan kiruvchi qo‘ng‘iroqni qabul qilish imkonini beradigan xizmat. " Chaqiruvni boshqa manzilga yo‘llash|"Abonent raqami band bo‘lganda yoki telefon javob bermaganda, chaqiruvni boshqa manzilga yo‘llash mumkinligi. Izoh − Chaqiruv manzilini o‘zgartirishning uch usuli ma’lum. Ulardan eng oddiysi – uzatilishi kerak bo‘lgan barcha kiruvchi chaqiruvlarni abonent ko‘rsatgan raqamga jo‘natish. Ikkinchi usulda faqat asosiy raqam band bo‘lgan paytda kelib tushuvchi chaqiruvlargina boshqa manzilga yo‘llanadi. Uchinchi usul abonent javob bermagan hollarda nazorat vaqti (taym-aut) davomida berilgan algoritm bo‘yicha avtoqo‘ng‘iroq imkoniyatini ko‘zda tutadi va chaqiruv faqat bu vaqtdan oshib ketgandagina boshqa manzilga yo‘llanadi. Xizmatning ulanishi yoki uzib qo‘yilishini foydalanuvchining o‘zi bajarishi ham mumkin. " Chaqiruvni kutish|"Chaqirilayotgan abonent liniyasi band bo‘lganda, unga yangi chaqiruv kelib tushganligi to‘g‘risida xabar berib, chaqiruvni navbatga qo‘yish. " Chaqiruvni kutish xizmatidan foydalanishda (ikkinchi) chaqirayotgan abonentni identifikatsiya qilish|"Band abonentga uni chaqirayotgan abonentni identifikatsiya qilish imkonini beradigan xizmat. Izoh – Chaqirayotgan abonent raqamni va/yoki nomini identifikatsiya qilish uchun chaqirilayotgan abonent chaqiruvni kutish xizmatiga ega bo‘lishi kerak. " Chaqiruvni ko‘chirish|"Chaqiruvni uchinchi abonentga o‘tkazish protsedurasi. Unda dastlab aktiv ulanish ushlab turish rejimiga o‘tkaziladi, so‘ngra boshqa abonent bilan ulanish amalga oshiriladi va nihoyat, chaqirayotgan abonentga ulanish sodir bo‘ladi (ushlab turiladigan ulanish). Izoh − Xizmat ko‘rsatishning bu turi xizmatlarning «call forwarding» turidan shu bilan farqlanadiki, unda chaqiruv yo‘nalishining o‘zgarishi, ulanish o‘rnatilgandan keyingina sodir bo‘ladi. " Chaqiruvni qabul qilish|"Chaqiruv qabul qilingan, lekin chaqiruvchi va chaqiriluvchi tomonlar o‘rtasida hali bog‘lanish o‘rnatilmagan holat. " Chaqiruvni qayta manzillash|"Telefon tarmog‘i abonentiga xizmat ko‘rsatishning qo‘shimcha turi. Abonentga, raqami kommutatsiya stansiyasiga oldindan abonent tomonidan xabar qilinadigan boshqa telefon apparatga, o‘ziga kelayotgan chaqiruvni uzatish imkonini beradi. " Chaqiruvni qayta ulash|"Telefon so‘zlashuvi davomida, chaqirilayotgan abonent raqamini qayta termasdan turib, aloqa kanalini bir tayanch stansiyadan boshqasiga qayta ulash. " Chaqiruvni qo‘lga kiritish|"1. Abonentga, u bilan bitta yoki boshqa bir abonent guruhida bo‘lgan boshqa abonentga yo‘naltirilgan kiruvchi chaqiruvga javob berish imkonini beradigan xizmat. 2. Zarur bo‘lgan raqamga yetib bormagan chaqiruvlarni nazorat qilish yo boshqa shaxsga yoki qurilmaga qayta manzillash maqsadida qo‘llaniladigan qo‘lga kiritish turlaridan biri. " Chaqiruvni taqiqlash-blokirovkalash|"Abonentga go‘ng‘iroqlarning muayyan turiga vaqtinchalik taqiqni kiritish imkonini beradigan xizmat. " Chaqiruvni tugallash strategiyasi|"Chaqirilayotgan abonent band bo‘lganda, bog‘lanishni o‘rnatish mexanizmi. Bog‘lanishning o‘rnatilish protsedurasini yakunlashning turli variantlari mavjud: qayta manzillash, chaqiruvni ushlab qolish va sh.k. " Chaqiruvni ushlab turish|"1. Chaqiruvning, tarmoq orqali uning keyingi uzatilish yo‘lini tanlash jarayoni tugamaguncha, liniyada saqlab turilishi. 2. Bog‘lanishni uzmay turib aloqani vaqtincha to‘xtatish, bunda kiruvchi chaqiruv liniyada saqlanib qoladi, pauzalar paytida, odatda, musiqa yoki nutqli xabarlar uzatiladi. 3. Amalga oshirilgan so‘zlashuvni uzib qo‘ymasdan boshqa qo‘ng‘iroqqa javob berish yoki so‘zlashib turgan suhbatdoshini uzib qo‘ymasdan abonentga qo‘ng‘iroq qilish, ya’ni bir-birini eshitmaydigan bir nechta suhbatdoshlar bilan navbatma-navbat so‘zlashish imkonini beradigan xizmat. " Chaqiruvni o‘tkazish (qayta yo‘naltirish) xizmati|"Olingan chaqiruvni boshqa abonentga o‘tkazish (qayta jo‘natish) imkonini beradigan xizmat. " Chaqiruvning o‘tmayotganligi to‘g‘risidagi signal|"Chaqiriluvchi terminalning egallab bo‘linmasligi yoki nosozlik oqibatida chaqiruvning yakunlanmasdan qolishi mumkinligi to‘g‘risida xabar beruvchi signal; bu signal chaqiruvchi terminalga uzatiladi. " Chaqiruvchi abonentni identifikatsiya qilish va identifikatsiyani taqiqlash|"Chaqirilayotgan abonentga boshqa abonentni chaqirishda o‘z raqami va nomini maxsus kodlarni tergan holda taqdim etish va o‘z raqami va nomini berishni taqiqlash imkonini beruvchi xizmat. " Chastota|"Davriy jarayonning, vaqt birligida bajariladigan davrlar soniga teng bo‘lgan miqdor xarakteristikasi. " Chastota bo‘yicha ajratish bilan optik multipleksorlash|"Yaqin joylashgan optik eltuvchilarda uzatiladigan kanallarni zichlash usuli. Bu texnologiyadan foydalanib, bitta tolaga yuztagacha va undan ortiq aloqa kanalini «joylashtirish» mumkin. " Chastota etaloni, chastota standarti|"Chiqish signali chastota etaloni sifatida qo‘llaniladigan generator. " Chastota manipylyatsiyasi|"Modulyatsiyalash usuli, bunda eltuvchi signal chastotasi sal o‘zgartirilishi hisobiga, axborotni havo muhiti orqali uzatish uchun qulay bo‘lgan usulda taqdim etish amalga oshiriladi. " Chastotaga bog‘liq bo‘lmagan antenna|"Chastotalarning keng diapazonida amaliy jihatdan o‘zgarmas xarakteristikalarga ega antenna. " Chastotalar diapazoni|"1. Chastotalari uchun tebranishlar va to‘lqinlar solishtiriladigan xossalarga ega bo‘lgan uzluksiz chastota intervali. 2. Qurilma sozlanishi mumkin bo‘lgan chastota intervali. " Chastotalar polosasi|"Ikki muayyan cheklovchi chastotalar o‘rtasida joylashgan chastotalarning uzluksiz majmui. Izoh – Chastotalar polosasi o‘zining chastotalar polosasida o‘rnini belgilab beradigan ikki kattalik bilan, masalan, uning quyi va yuqori cheklovchi chastotalari bilan tavsiflanadi. " Chastotalar polosasining kengligi|"Chastotalar polosasining quyi va yuqori chegaralari o‘rtasidagi farq. " Chastotalararo xendover|"Bir tayanch stansiyadan boshqasiga ko‘chish paytida mobil stansiya chastotasining avtomatik ravishda o‘zgarishi. " Chastotalarning egallangan polosasi|"Quyi va yuqori chegaralaridan tashqarida nurlanadigan o‘rtacha quvvatining har biri berilgan nurlanish o‘rtacha quvvatining ma’lum foizi /2 ga teng bo‘lgan chastotalar polosasi. Agar XEI-R nurlanishning tegishli toifasi uchun hech qanday ko‘rsatmalar bermasa, /2 qiymatini 0,5 foizga teng deb olish kerak. " Chastotalarning himoya polosasi|"Chastotalarning, chastotalarning ikkita qo‘shni kanalini ajratadigan va o‘zaro xalaqitlardan himoya maydonini ta’minlash uchun mo‘ljallangan tor polosasi. " Chastotalarning optik diapazoni|"1013 Gs dan 1015 Gs gacha bo‘lgan chastotalar diapazoni. Ko‘rsatilgan chastotalarga to‘lqin uzunligi 0,01 dan 1000 mkm gacha bo‘lgan elektromagnit tebranishlar mos keladi. Fizik xossalariga ko‘ra, optik diapazon bir xil emas. U elektromagnit to‘lqinlarning fizik xossalari bir xil bo‘lmagan uchta quyi diapazonga bo‘linadi: ultrabinafsha nurlanish, ko‘rinadigan nurlanish va infraqizil nurlanish. " Chastotalarning qo‘shilib ketishi|"Televideniyeda davriy xalaqit signalining chastota spektri hamda yoyish chastotalari garmonikalarining spektri o‘rtasidagi to‘g‘ri qo‘shilib ketish. Bu narsa xalaqitning sezilarliligini, uning shakli keyingi yoyishlarda o‘zgarishi tufayli, minimumga keltiradi. " Chastotalarning takroran ishlatilishi|"Xizmat ko‘rsatishning turli zonalarida, aynan bir chastotani qayta ishlatishga asoslangan, aloqani tashkil etish usuli. Izoh − Chastotaviy-hududiy rejalashtirishda chastotalarning takroran ishlatilishi, chastota kanallari cheklangan tarmoqlar o‘tkazish qobiliyatini oshirishga imkon beradi. " Chastotani stabillash|"Generator hosil qiladigan chastotaning doimiyligini saqlab turish. " Chastotani o‘zgartirish|"Radiostansiyaning ishchi polosasidagi xalaqitlar darajasini pasaytirish maqsadida, qabulqilgich ishchi chastotasini o‘zgartirish. " Chastotaning musbat Doppler siljishi|"Mobil obyekt tayanch stansiyaga yaqinlashganida chastotaning Doppler ortish effekti. " Chastotaning nostabilligi|"Generator chastotasining, uning tebranish konturlari o‘zgarmasdan sozlanganda yuz beradigan o‘zgarishi. " Chastotaning og‘ishi|"Nurlanuvchi to‘lqin chastotasining o‘rtacha chastotadan modulyatsiya keltirib chiqargan oniy og‘ishi. Chastotaviy modulyatsiyada oniy chastota maksimal va minimal qiymatlari o‘rtasidagi cho‘qqi farq. " Chastotaning sekin sakrashsimon o‘zgarishi|"Ishchi chastotani psevdotasodifiy qayta sozlash usuli, unda chastotani almashtirish vaqti bitta axborot simvoliga to‘g‘ri keladigan vaqt intervali uzunligidan ancha kattadir, ya’ni bitta chastotada doimo bittadan ko‘p axborot simvoli uzatiladi. Xalaqitlardan himoyalashning ushbu usuli mobil stansiyalarning kichik ko‘chish tezligida eng samarali bo‘ladi. " Chastotaviy qoplash|"Rangli televideniye tizimida chastotalar polosasining monoxrom kanal va ranglilik signali kanali uchun umumiy bo‘lgan qismi. Izoh – Chastotaviy qoplash – spektrlarni birlashtirishning bir shaklidir. " Chastotaviy skanlanadigan antenna panjarasi|"Nurning elektr skanlanishi qo‘zg‘atiluvchi manba chastotasini o‘zgartirish orqali amalga oshiriladigan antenna panjarasi. " Chastotaviy tavsifning notekisligi|"Berilgan turdagi radiokarnayning texnik shartlarida ko‘rsatilgan ishchi chastotalar diapazoni chegaralarida tovush bosimi eng ko‘p va eng kam qiymatlari darajalarining farqi. Odatda, chastotaviy tavsifning notekisligi detsibellarda (dB) ifodalanadi va 15 dB dan 18 dB gacha bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi (0 dB 1000 Hz chastotadagi tovush bosimiga mos keladi). " Chat|"Internet foydalanuvchilari o‘rtasida real vaqtda matnli xabarlar almashinish. " Chegara|"Qandaydir kattalik o‘zgarishining ozirgi nuqtasi; xotira, fayldagi muayyan interval. " Chegara registri|"Xotirani himoya qilishda ishlatiladigan va xotira sohasining uzunligini o‘z ichiga oladigan, foydalanish dasturiga ajratilgan tizimli registr. " Chegaradan tashqari to‘lqin o‘tkazgich|"O‘zining kritik chastotasidan past chastotada foydalaniladigan to‘lqin o‘tkazgich. " Chegaraviy foydalana olish shlyuzi|"IP-tarmoqlarida: kichik tarmoqning belgilangan manzili bilan identifikatsiya qilinadigan tarmoq. Kichik tarmoqlar ulangan tarmoqlarni manzillashning murakkabligiga qarab kichik tarmoqni bir vaqtda muhofaza qilish uchun marshrutlashning ko‘p darajali iyerarxik tuzilmasini ta’minlash maqsadida tarmoq administratori tomonidan segmentlangan tarmoqni o‘zida aks ettiradi. OSI-tarmoqlarida kichik tarmoq deb, bir administrativ domenda boshqariladigan va tarmoqdan foydalana olishning bitta protokolidan foydalanuvchi oxirgi va oraliq tizimlari guruhiga aytiladi. " Chegaraviy qiymat|"Ma’lumotlarning, tizim yoki komponent uchun ko‘rsatilgan eng kichik yoki eng katta kirish, ichki yoki chiqish qiymatiga mos keladigan qiymati. " Chegaraviy (chekka) marshrutizator|"Tarmoq chegarasidagi, xabarlarning berilgan tarmoq orqali keyinchalik yo‘llanishini taʼminlamaydigan marshrutizator. " Chek list|"Qo‘yilgan vazifalarni bajarish maqsadida alohida tarzda tizimlashtirilgan omillar, xossalar, parametrlar, aspektlar, komponentlar, mezonlar yoki vazifalar (masalalar) ro‘yxati. " Cheklangan bufer|"Jarayonlarning o‘zaro ta’sir sxemasi, bunda cheklangan uzunlikdagi sikl buferi yordamida o‘zaro harakat qiluvchi jarayon-ishlab chiqaruvchi va jarayon-iste’molchi mavjud bo‘ladi. Ishlab chiqaruvchi axborot elementlarini generatsiyalaydi va buferga yozadi, iste’molchi bufer axborot elementlaridan foydalanadi va ularni yo‘q qiladi. " Cheklashni tekshirish|"Ma’lumotlarning qiymatlari berilgan qiymatdan yuqorida yoki quyida turganligini yoki belgilangan cheklashga yetganligini aniqlash maqsadida bajariladigan tekshirish. " Cheklov|"Kompyuter funksionalligiga oldindan o‘rnatilgan cheklovlar. Biror bir manbadan bolalarning foydalanishlarini chegaralash yoki kompyuterdan kechki payt foydalanilishining oldini olish uchun xizmat qiladi. " Chertish|"Kursorni siljitmasdan «sichqoncha» tugmasini bosish. " Chetdan kiritish|"Axborot obyektini (masalan, hujjat, matn, grafiklar, ma’lumotlarni), u saqlanadigan joydan (fayl, ma’lumotlar bazasi) chiqarib tashlamasdan joriy ilovaga, formatni o‘zgartirgan holda, ko‘chirib yozish. " Chetki avtomat|"Axborotni qayta ishlashga mo‘ljallangan, chekli xotira qurilmasining modeli. Chekli avtomatlarning ikki xil, ya’ni, sinxron va asinxron turkumi farqlanadi. Chekli avtomatlar integral sxemalar asosida yaratiladi. " Chetlab o‘tish rejimi|"Ma’lumotlarni shifrlash uskunasining ishlash rejimi bo‘lib, bunda ochiq matn buzilmasdan uzatiladi. " Chin|"Mantiqiy mulohaza tavsifi. Mantiqiy ifoda dasturlash tillarida olishi mumkin bo‘lgan qiymat. " Chinlik jadvali|"Mantiqiy funksiyani tavsiflaydigan jadval. Berilgan holda «mantiqiy funksiya» deganda, o‘zgaruvchilarning (funksiya parametrlarining) qiymatlari va funksiyaning o‘z qiymati mantiqiy chinlikni ifodalaydi. Masalan, ikki belgili mantiqda ular «chin» yoki «yolg‘on» qiymatni olishi mumkin. Chinlik jadvallari asosan Bul algebrasida va raqamli elektron texnikada mantiqiy sxemalar ishini tavsiflashda qo‘llaniladi. " Chip|"1. Davomiyligi axborot oqimidan bir necha marta kichik bo‘lgan, murakkab signal elementi. 2. Kristalldagi yarimo‘tkazgichli mikrosxema. " Chip tarmoq|"Markaziy protsessorning periferik qurilmalar bilan ishlashini ta’minlash uchun asosiy platada o‘rnatiladigan integral sxemalar to‘plami. " Chip tezligi|"Taktli chastotasi kirish axborot tezligidan bir necha marta yuqori bo‘lgan keng spektrli signallarning elementlarini uzatish tezligi. Chip tezligi, odatda, Mchip/s larda o‘lchanadi (masalan, IS-95 standartida 1,2288 Mchip/s ga teng). " Chiqarib olish uchun vosita|"Saqlangan yozuvlardan foydalana olish imkonini beradigan veb-ilova. " Chiqarib tashlash (ayirish) bloki|"Protsessorning chiqarib tashlash bloki operatsiyalarini bajaradigan qurilmasi. " Chiqarib tashlash tuzog‘i|"Boshqaruvning foydalanuvchiga qaytishining oldini olish maqsadida, kompyuterning shtat rejimida ishlashini buzadigan har qanday urinishni yo‘qqa chiqarishning dasturiy usuli. " Chiqarish|"Olib qo‘yiladigan disklarni (floppi, CD yoki DVD) kompyuterdan uzishni amalga oshiradigan komanda. " Chiqarishni buferlash|"Buferning har bir vazifasi uchun (xotira yoki fayl sohasi ko‘rinishida) uni chiqarish uchun saqlash, buferda topshiriq bilan chiqariladigan axborotni to‘plash va uni topshiriq bajarilgandan so‘ng qurilma (printer) orqali chiqarish. " Chiqish|"Tizimdan, dasturdan chiqish, seansni yakunlash. " Chiqish ma’lumotlari, natijalar|"Qaysidir vazifani hal qilish natijasi sifatida kompyuterdan olinadigan ma’lumotlar. " Chiqish quvvatining maksimal o‘rtacha qiymati|"Uzatiladigan signallarning har qanday kombinatsiyasida o‘rinli bo‘lgan modulyatsiyaning eng uzun takrorlanuvchi sikli bo‘yicha o‘rtachalangan maksimal radiochastotaviy chiqish quvvati. " Chiqish uchlari bir qator joylashgan xotira moduli|"Xotira modulining keng ishlatiladigan qisqartmasi; tezkor xotira standartlaridan biri. Kompyuterlarda tezkor xotira qurilmasini kuchaytirish uchun foydalaniladi. Tezkor dinamik xotira integral mikrosxemalari o‘rnatilgan, uncha katta bo‘lmagan bosma plata-modul ko‘rinishida chiqariladi. Hajmi odatda, 1 Mb dan 64 Mb gacha bo‘ladi. " Chiqish uchlari to‘rt tomonda joylashgan yassi korpus|"Planar chiqish uchlari to‘rt tomon bo‘ylab joylashgan mikrosxemalar korpuslarining turkumi. QFP mikrosxemalar chiqish uchlarining soni odatda, 200 dan oshmaydi, qadami 0,4 mm dan 1,0 mm gacha. " Chiqishni sozlash|"Uzatilayotgan tasvirning o‘rtacha yorqinligini o‘zgartirgan holda, signalning cho‘qqi amplitudasini o‘zgartirish. " Chiqmoq|"Oldindan tanlangan pozitsiyalardan voz kechishga yo‘naltirilgan harakat. Masalan, yangilik jo‘natmalaridan voz kechish. Tizimdagi ishni tugatish. " Chiquvchi|"Elektron pochtaga ishlov berish bo‘yicha dasturlardagi papka, ushbu papkada jo‘natishga tayyor, lekin serverga hali yetkazilmagan xatlar saqlanadi. Xatlar serverga yetkazilgandan so‘ng, «Jo‘natilganlar» papkasiga o‘tkaziladi. " Chiquvchi fayl|"Chiquvchi ma’lumotlardan (qayta ishlangan ma’lumotlardan) iborat fayl. " Chiquvchi hujjat|"Tashkilotdan jo‘natiladigan rasmiy hujjat. " Chiquvchi liniya|"1. Axborot oqimi aloqa stansiyasi yoki retranslyatordan abonentga uzatiladigan liniya. 2. Kanallar konsentratori yoki kommutatori chiqishini olisdagi abonent bilan bog‘lovchi liniya. " Chiquvchi oqim|"Ishga tushirilgan dasturdan chiquvchi ma’lumot oqimi. Dastur ishining bosqichlarini aks ettirishda yoki boshqa dastur bilan ma’lumot almashinishda ishlatiladi. " Chiquvchi telefon yuklama|"Qarab chiqiladigan telefon yuklama manbalariga nisbatan tashqi bo‘lgan liniya (kanal)lar bog‘lamiga yoki kommutatsion aloqa asboblari guruhiga yo‘naltirilgan telefon yuklama. " Chiquvchi chaqiruvlarni chegaralash xizmatlari|"Abonentga barcha yoki muayyan chiquvchi chaqiruvlarni o‘rnatishga va/yoki o‘zining telefon apparatidan xizmat ko‘rsatuvchi buyurtmalarga to‘sqinlik qilish imkonini beradigan xizmat. " Chiquvchi chaqiruvni saralash|"Abonentga, berilgan apparatdan terilishi taqiqlangan raqamlar ro‘yxatini belgilash imkonini beradigan xizmat turi. Taqiq maxsus kod kiritilgandan keyingina olib tashlanadi. " Chiquvchi cho‘qqi quvvat|"Uzatiladigan signallarning har qanday kombinatsiyasida mumkin bo‘lgan maksimal cho‘qqi amplituda sharoitida, radiochastotaviy tebranish davri ichida o‘rtachalashtirilgan chiquvchi quvvat. " Chiziqli algoritm|"Barcha qadamlari bir marta va qat’iy ravishda ketma-ket bajariladigan sodda algoritm. " Chiziqli antenna|"Bitta o‘lchami to‘lqin uzunligidan katta yoki o‘lchovdosh bo‘lgan antenna, bunda ikkita boshqa o‘lcham to‘lqin uzunligidan ancha kam bo‘ladi. " Chiziqli antenna panjarasi|"Nurlantiruvchi elementlari to‘g‘ri chiziqda joylashgan antenna panjarasi. " Chiziqli bashoratlash|"Tovush signalini dekodlashda qo‘llaniladigan bashoratlash usuli. Bunda tovush sigalining so‘rov paytida taxmin qilinayotgan kattaligi oldin tanlangan kattaliklarning chiziqli o‘lchangan yig‘indisi sifatida aniqlanadi. " Chiziqli kriptotahlil|"Blokli shifrlar uchun qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan kriptotahlil usuli. Bu kriptotahlil usuli ma’lum ochiq matn bo‘yicha kriptotahlil usuliga asoslanadi. " Chiziqli manzil makoni|"Ba’zi bir protsessorlarda foydalaniladigan, xotirani manzillash sxemasi. Unda barcha tezkor xotira qurilmalaridan registrda yoki komandada bo‘lgan yagona manzil yordamida foydalanish mumkin bo‘ladi. " Chiziqli printer|"Bir paytning o‘zida butun qatorni chop etuvchi yuqori tezlikka ega bo‘lgan printer. Chiziqli printerlarning kamchiligi ularning grafikani chop etaolmasligi, past chop etish sifati va ish paytida qattiq shovqinlar bo‘lishidir. " Chiziqli qutblanish|"Elektromagnit to‘lqinning kuchlanganlik vektori bitta qayd qilingan liniyaga parallel bo‘lib qoladigan elektromagnit to‘lqin qutblanishi. " Chiziqli simmetrik vibrator|"O‘tkazgichlarining o‘qlari bir to‘g‘ri chiziqda yotuvchi simmetrik vibrator. " Chiziqli qo‘shish|"Tarqoq (yoyilgan) qabul qilish usuli. Bunda bir xil vazn koeffitsiyentiga ega bo‘lgan turli kanallarning signallari daraja bo‘yicha tenglashtirilgach qo‘shiladi. " Chop etish versiyasi|"Veb-sayt sahifasining chop etish uchun mo‘ljallangan, yaʼni dizayn elementlarisiz, faqat matndan iborat xili. " Chop etish spuleri|"Chop etish uchun yuborilayotgan hujjatlarni qabul qiladigan, qayta ishlaydigan, dispetcherizatsiya qilib, taqsimlab beradigan DLL to‘plami. " Chuqurlik|"1. Signalning maksimal va minimal qiymatlari o‘rtasidagi farq, masalan, amplitudali modulyatsiya chuqurligi. 2. Sxemada ketma-ket ulangan elementlar sonini, iyerarxik tuzilmadagi pog‘onalarni, maksimal tanlash hajmini tavsiflovchi o‘lchov. " Cho‘ntak|"Xotiraning tizim tomonidan ajratiladigan, nusxa ko‘chirish yoki ko‘chirish uchun ma’lumotlar vaqtincha joylashtiriladigan qismi. " Cho‘ntak shaxsiy kompyuteri|"Portativ kompyuterning bir turi, o‘lchamlari va og‘irligiga ko‘ra elektron yon daftarchani eslatadi, funksional imkoniyatlariga ko‘ra stol kompyuteriga deyarli o‘xshash. Bunday kompyuterning tezkor xotirasi uzoq muddatli xotira funksiyasini bajaradi va bir necha megabayt o‘lchamga ega. Qattiq disk yo‘q. Odatda, Windows CE ostida ishlaydi, boshqa kompyuterlar bilan interfeysga, o‘rnatilgan integ-ratsiyalashgan tizimlarga ega. Displeyi suyuq kristalli. " Cho‘qqi quvvat|"Sinxronlovchi signallar cho‘qqi amplitudasiga mos keladigan, radiochastotaviy tebranish davri ichidagi quvvat. " Cho‘qqi chiqish quvvatini rostlash|"Uzatgichning chiqish quvvatini muayyan chegarada uzoq vaqt oralig‘i mobaynida ushlab turish uchun mo‘ljallangan qo‘lda yoki avtomatik tarzda sozlash. " Cho‘tka|"Turli grafik dasturlardagi «cho‘tka» asbobi. Rangning o‘zgaradigan qalinligi va intensivligiga ega. Nuqtalarning ketma-ketligini («sichqoncha» tugmasini bosganda) chizadi. " Cho‘zilgan impuls|"Qabul qilgich kirishidagi davomiyligi signalning ko‘p nurli buzilishlari yuzaga kelishi bilan bog‘liq boshlang‘ich impuls davomiyligidan sezilarli katta bo‘lgan impuls. " Abandonware|"Ishlab chiqaruvchi kompaniya tomonidan sotuvga qo‘yilmayotgan va ishlab chiqaruvchi undan foyda olmayotgan dasturiy mahsulot (operatsion tizim, matn protsessori, kompyuter o‘yini yoki media-fayl). " AC-3 formati|"Dolby Laboratories firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan tovushli fayl formati. 6 ta tovush kanaliga ega. Frontal: chap, o‘ng va markaziy kanallar tovushning aniq joylashuvini aniqlab beradi. Orqa chap va o‘ng kanallar hamda qo‘shimcha past chastotali kanal 3-120 Hz esa «yaqinda bo‘lish effekti» ni qo‘shadi. Muqobil nomi 5.1 formati. " AC''97|"Kompyuter audio apparaturalarining asosiy standarti. Audio tizimlarni kompyuterga joylashtirish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha plata formatini tavsiflaydi. " ACE standarti|"Foydalanuvchilarning x86 shaxsiy kompyuterlaridan MIPS turidagi RISC mashinalariga o‘tish imkonini beruvchi ochiq standart. Universal operatsion tizimni tuzish bo‘yicha loyihaning bir qismi. " ACPI spetsifikatsiyasi|"Intel, Microsoft va Toshiba korporatsiyalari tomonidan 1996-yilda ishlab chiqilgan ochiq standart. Kompyuterlarning energiyaga bo‘lgan etiyojini BIOS tomonidan emas, balki operatsion tizim tomonidan to‘liq boshqarilishini (alohida qurilmalarni yoqish va o‘chirib qo‘yish) amalga oshirishga imkon beradi. " ActiveX|"COM modeli asosidagi obyekt komponent ilovalarini dasturlash uchun Microsoft tomonidan ishlab chiqilgan texnologiyalar guruhining nomi. Dasturiy ta’minot komponentlarining bir-birlari bilan, ularning yaratilishi uchun bevosita ishlatiladigan dasturlash tillariga bog‘liq bo‘lmagan holda, tarmoq muhitida o‘zaro ishlashlariga imkon yaratuvchi texnologiyalar to‘plami. " АctiveX ma’lumotlar obyekti|"Ma’lumotlardan foydalana olish interfeysi. Mijoz ilovalariga fayllar yoki serverlarda bo‘lgan ma’lumotlar bazalaridagi ma’lumotlardan foydalanish va ularni boshqarish imkonini beradi. " ACTOR tili|"Whitewater Group kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, Windows da ishlaydigan dasturlarni yaratishga mo‘ljallangan, ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash tili. Paskal dasturlash tiliga xos sintaksisga ega. " Ada tili|"Boshqariladigan elektron hisoblash mashinalari bo‘lgan, o‘rnatilgan tizimlarda foydalanish uchun ishlab chiqilgan dasturlash tili. Bunday tizimlarda operatsiyalarning parallel bajarilishi talab etiladi va amalga oshirish vaqtiga qat'iy cheklovlar qo‘yiladi. Shuning uchun ham, Ada real vaqt tizimlari tili hisoblanadi. " ADB shinasi|"Macintosh shaxsiy kompyuternidagi tizim shinasi. " Address Resolution Protocol|"MAC-manzillarni IP-manzillarda aks ettirishda ishlatiladigan Ethernet-tarmoqlardagi quyi daraja protokoli. " A-diapazon operatori|"Chastotalarning A-diapazonida ishlash uchun litsenziyaga ega bo‘lgan uyali aloqa kompaniyasi. Izoh − Atama Amerika tizimlari uchun xos bo‘lib, ularda uyali aloqa uchun ajratilgan butun (800−900) MHz chastota diapazoni, shartli ravishda A va В operatorlari sifatida nomlangan ikki operator o‘rtasida taqsimlangan. Tarixan, A operator bir vaqtning o‘zida simli va simsiz telefon aloqasi xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniya hisoblanadi. Barcha mobil telefonlar faqat bitta (A yoki В) diapazonda ishlash uchun dasturlashtirilgan bo‘lib, bu ularning faqat bir turdagi boshqaruv kanallarini izlash imkoniyatini ifodalaydi. " Adobe|"1982-yilda asos solingan dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi Amerika kompaniyasi. PDF formatning muallifi va egasi hisoblanadi. Yaqinda MacroMedia kompaniyasini sotib oldi. " Adobe firmasining (shriftlar) menejeri|"Adobe Systems firmasining shriftlarni qo‘llab-quvvatlash (kuzatib borish) tizimi. " AES/EBU signali|"MPEG koderlari uchun manba sifatida qo‘llaniladigan, har bir sanoqqa 20 dan 24 bit gacha kvantlash razryadlanishiga ega, ikki kanalli raqamli tovush signali. " Air interface texnologiyasi|"Efir interfeysi – operatorning tayanch stansiyalari va mobil qurilmalar o‘rtasida ma’lumotlar almashinish amalga oshiriladigan texnologiya. Har bir operator o‘zining efir interfeysiga ega. " AIT standarti|"Takomillashtirilgan intellektual (magnit) tasma. " Algol|"Ilmiy-texnik masalalarni hal qilish uchun foydalaniladigan, ma’lumotlarni qayta ishlashning protsedura tili; ilmiy hisoblashlar uchun mo‘ljallangan yuqori darajali til. " ALPHA|"RISC turidagi, 64 razryadli ma’lumotlar shinasi, 64 razryadli manzil shinasi, tezkor xotira va protsessor o‘rtasida ma’lumotlar uzatish uchun mo‘ljallangan 128 razryadli shinaga ega bo‘lgan mikroprotsessor. DEC firmasi tomonidan 1992-yilda ishlab chiqilgan. Takt chastotasi 300 MHz ga yetadi. " Alt klavishi|"Kompyuterlarda: bosilishi vaqtida klaviatura boshqa klavishlarining skan-kodlarini o‘zgartirish imkonini beradigan klavish. Yangi klavishlar qo‘shmasdan turib klaviatura funksionalligini kengaytiradi. " AMR spetsifikatsiyasi|"Tizim platasini va interfeysini kengaytirish imkonini beruvchi, audio qurilmalar kabi modemni ham qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan platalarning ochiq sanoat standarti hisoblanadi. AC'97 spetsifikatsiyasi asosida yaratilgan. AMR platalar (modemlar, tovush kartalari) tizim platasiga PCI shinasidan foydalanilgan holda ulanadi. " AMR-WB kodeki|"Ixtisoslashtirilgan ko‘p tezlikli kodek, odatda, keng polosali uyali aloqa tizimlari uchun qo‘llaniladi. U, muayyan tezliklar diapazonida (6,6 Kbit/s dan 23,85 Kbit/s gacha) ovozli oqim siqilishini ta’minlaydi. " ANSI kodi|"Simvollarni sakkiz razryadli ikkilik sonlar (1 byte) bilan kodlash standarti. Windows da foydalaniladi. " ANSI simvollar to‘plami|"Amerika milliy standartlar instituti (ANSI) tomonidan ishlab chiqilgan, Windows da 256 ta boshqaruvchi va alifbo-raqamli simvollarni taqdim etishda foydalaniladigan 8 bitli kod jadvali. " AOL|"AQSh hududida joylashgan eng katta Internet provayderi. ICQ AIM Internet-peyjer xizmatining egasi. Onlayn-xizmatlar va elektron e’lonlar taxtalarini yetkazib beruvchi. 1998-yilda Netscape kompaniyasini sotib oldi va uning asosida o‘zining brauzerini chiqardi. " API antivirusi|"Pochta xabarlarini skanlash va aniq vaqt rejimida viruslarni aniqlashga imkon beradigan amaliy dasturlash interfeysi. Izoh − Elektron pochta bo‘yicha tarqaladigan viruslarni aniqlash imkoniyati va AVAPI server ishiga ta’sir etmasligi uning ustunligidir. " APL tili|"Juda yuqori darajadagi protsedura tili. Maxsus klaviatura talab qiladi. Dastlab algoritmlarni yozish uchun notatsiya (shartli belgilar) bo‘lib xizmat qildi. Birinchi varianti APL/360 ‒ 1966 yil. " A-profil|"Amaliy profil. CAN tarmoqning (abonent foydalana olish tarmog‘ining) har bir qurilmasi uchun barcha kommunikatsion va amaliy obyektlarni belgilaydi. " A-qonuni|"Tovush koderlaridagi RSM va ADPCM da qo‘llaniladigan, tovush signali dinamik diapazonini siqish qonuni. Katta amplitudali signallar uchun logarifmik siqish algoritmidan, kichik amplitudali signallar uchun chiziqli siqish algoritmidan foydalanishga asoslangan. Bu esa kichik daraja signallarini tiklashda signal/shovqin nisbati doimiy bo‘lishligini taʼminlaydi. " ARJ|"Robert Jang tomonidan ishlab chiqilgan fayl arxivatori. " ASII kodi|"Bir baytli (1 byte=8 bit) ikkilik kod ko‘rinishida lotin alifbosi simvollarini, raqamlar, yordamchi simvollar yoki amallarni kodlash standarti. Dastlab standart 7 bitdan foydalanib (0 dan 127 gacha bo‘lgan) 128 simvolnigina belgilagan edi. Barcha sakkiz bitdan foydalanish yana 128 simvolni kodlash imkonini beradi. Qo‘shimcha simvollar har qanday bo‘lishi mumkin. Ularga 128 dan 255 gacha bo‘lgan kodlar ajratiladi. " ASN tarmog‘i|"Muayyan standartdagi (Mobile WIMAX) aloqa tarmog‘idan foydalanish tarmog‘i. " ASR parametri|"Qabul qilingan chaqiruvlar sonining, chaqirishga urinishlar soniga bo‘lgan foiz nisbatini ko‘rsatadigan, aloqa sifati parametri. Bu parametrning qiymati chaqiriluvchining harakatiga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. " AT - komandalar|"Hayes Microcomputer Product firmasi tomonidan ishlab chiqilgan Hayes turidagi modemlarni boshqarish tili. De-fakto standarti hisoblanadi. Tilning har bir komandasi «AT» dan boshlanadi. Inglizcha «at-tention» − «diqqat» so‘zidan olingan. " ATA ketma-ket porti|"Shaxsiy kompyuterlarning tizim platalariga ulash uchun va ma’lumotlarni saqlash (qattiq disklar, DVD va CD-R/W diskovodlari) tez ishlovchi qurilmalarning arzon xizmatlariga mo‘ljallangan izchil interfeyslarning tasnifi. Ma’lumotlar uzatish tezligi: 150, 300 va 600 Mbit/s. Kabel uzunligi 1 m gacha. " ATDMA usuli|"Kanallarni vaqt bo‘yicha ajratish bilan ko‘p stansiyali foydalana olishning takomillashtirilgan usuli. Izoh − UMTS dasturi doirasida ishlab chiqilayotgan aloqa tizimi loyihasining nomi, unda TDMA texnologiyasining radioto‘lqinlarning ko‘p nurli tarqalishida, tinishlarga ega bo‘lgan kanallardagi imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish ko‘zlangan. " Athlon|"AMD kompaniyasi tomonidan 1999-yil iyun oyida e’lon qilingan x86 arxitekturasining mikroprotsessori. Yangi texnologiya Pentium protsessorining raqobatchisi bo‘lishga imkon berdi. Athlon protsessorining eng katta kamchiligi, uning ko‘p energiya sarflashi va buning oqibatida yuqori darajadagi issiqlikda ishlashidadir. Athlon 462-pin li raz’yomda ishlaydi. " A-turidagi resurs yozuvi|"Domenga kiradigan kompyuterning xotirasida saqlanadigan ma’lumot bo‘lib, unda kompyuterning domen nomi (kompyuterning nomi) va domen hududiga tegishli kompyuter IP-manzili aks ettiriladi. " AVI formati|"Tovush bilan sinxronlashgan videofillmlar (mini-kinofilmlar) ni saqlash uchun Microsoft korporatsiyasining Multimedia Systems Group bo‘linmasi tomonidan ishlab chiqilgan fayllar formati. Raqamli video va audio yozuvlarning galma-gal almashinadigan formatiga ega. " AWK dasturlash tili|"Skriptli, UNIX uchun dasturlash tili, mualliflari nomi bilan atalgan (Al V. Aho, Peter J. Weinberger hamda Brian W. Kernighan). 1977 yilda ilk versiyasi chiqqan. " B-diapazon operatori|"Chastotalarning В -diapazonida ishlash uchun litsenziyaga ega bo‘lgan uyali aloqa kompaniyasi. Izoh − Atama Amerika tizimlariga xos bo‘lib, ularda uyali aloqa uchun ajratilgan (800−900) MHz chastotalar diapazonining barchasi shartli ravishda A va В tarzida nomlanuvchi ikki operator o‘rtasida teng bo‘lingan. В-operatori tarixan simsiz foydalana olish xizmatlarini ko‘rsatishga ixtisoslashgan kompaniyadir. Barcha mobil telefonlar faqat bitta (A yoki В) diapazonda ishlash uchun dasturlashtirilgan bo‘lib, u faqat bitta turdagi boshqarish kanallarini qidirish imkoniyatini anglatadi (terminal dasturlashtirilgani kabi). " B kanallar, «tashuvchi kanallar»|"ISDN tarmog‘ining nutqli yoki alifbo-raqamli ma’lumotlarni uzatish uchun mo‘ljallangan ikkita 64 kbit/s li kanali. " B-psevdokadr|"Televizion tasvirning avval keluvchi va/yoki ketidan keluvchi tayanch kadrlari yoki maydonlari bo‘yicha harakatni kompensatsiyalash bilan taxminlash usulida shakllanadigan psevdokadr. " Base-64 kodi|"Elektron xabarlarni MIME bilan moslashgan kodlash usuli. Ixtiyoriy baytlar ketma-ketligini bosma ASCII-simvollar ketma-ketligiga kodlaydi. " Bash|"Bourne shell komandali qobiqning mukammallashtirilgan va yangilangan variatsiyasi. Unix ning ommalashgan zamonaviy komandali qobiqlaridan biri. Ayniqsa GNU/Linux muhitida keng tarqalgan bo‘lib, u bu muhitda boshlang‘ich komanda qobig‘i sifatida ishlatiladi. " BASIC|"Dastlabki eng oddiy dasturlash tillaridan biri. 1964-yilda ishlab chiqilgan mazkur dasturlash tili professional bo‘lmagan dasturchilarga mo‘ljallangan. BASIC tili konstruksiyasining oddiyligi, shuningdek, kompyuter bilan dialog rejimda ishlash imkoniyati mavjudligi bilan ajralib turadi. " BCD fayli|"Kompyuterda mavjud bo‘lgan yuklanadigan operatsion tizimlar va ularning parametrlari to‘g‘risidagi axborotni o‘z ichiga oladigan fayl. Aktiv bo‘limda Boot papkasida saqlanadi. BCD fayl o‘chirib tashlanganda, shikastlanganda yoki noto‘g‘ri sozlanganda operatsion tizim yuklanishdan to‘xtaydi. " BDE|"Borland firmasining ma’lumotlar bazasidan foydalana olish interfeysi. U dasturlarga ma’lumotlar bazasidagi xabarlardan foydalana olish imkonini yaratadi. " BEDO DRAM xotirasi|"Tezkor xotiraning bir turi. SDRAM ning arzon analogini yaratish maqsadida tuzilgan. Lekin keng tarqalmagan. " Belady anomaliyasi|"FIFO algoritmidagi, uchta erkin freymlardagi sahifalarning rad etish soni bilan solishtirish jarayoniga ko‘ra, to‘rtta erkin freymdagi sahifalar rad etish sonining ortib borishi. " BeOS operatsion tizimi|"Dastlab BeBox uchun bazaviy operatsion tizim sifatida ishlab chiqilgan operatsion tizim. Ko‘p oqimlilik, mikroyadrolik, ko‘p protsessorli arxitekturaning, 64 bitli jurnalli fayl tizimining qo‘llanilishi, juda qulay va oddiy foydalanuvchi interfeysi BeOS ning ajratib turadigan afzal jihatlaridir. " Betacam formati|"Yarim dyuymli magnit tasmaga ma’lumot yozish uchun Sony firmasi tomonidan taqdim etilgan yozuv formati. " BGP protokoli|"EGP (External Gateway Protocol) protokoli o‘rniga ishlab chiqilgan mashrutlash protokoli bo‘lib, turli standartlar asosida ishlaydigan tarmoqlar o‘rtasida aloqani ta’minlashga mo‘ljallangan. EGP protokolining vositalaridan farqli o‘laroq, BGP protokolining vositalari optimal marshrutni tanlash uchun barcha mumkin bo‘lgan marshrutlarni baholay oladi. " Big endian|"Kompyuter xotirasining arxitekturasi, bunda baytlarni raqamlash xotira har bir so‘zida chapdan boshlanadi, ya’ni katta bitlardan boshlab raqamlanadi. " BITNET tarmog‘i|"IBM firmasining dastlabki meynfreymi (1981-yil) asosida qurilgan birmuncha arzon va past tezlikka ega xalqaro kompyuter tarmog‘i bo‘lib, 52 mamlakatning kollej va universitetlarini birlashtirgan. Hozirgi vaqtda CREN tarmog‘ining bir qismidir. " Blackberry OS|"Smartfonlarda va Research and Motion (RIM) firmasining kommunikatorlarida ishlaydigan ilovalarning asosiy to‘plamiga ega mobil qurilmalar uchun mo‘ljallangan operatsion tizimlar. " Blowfish algoritmi|"1993-yil Bryus Shneyyer tomonidan ishlab chiqilgan shifrlash standarti. Izoh − U simmetrik blokli shifr bo‘lib, blokining o‘lchami 64 bit, kalitining uzunligi esa o‘zgaruvchandir (32 dan 448 bit gacha). Internetda ushbu algoritmning dastlabki kodlari mavjud bo‘lib, litsenziya talab etmaydi. " Bluetooth|"Tovush va ma’lumotlarni uzatish uchun turli xildagi qurilmalarni birlashtirish imkonini beradigan simsiz qisqa to‘lqinli (30 m gacha) yaqin radioaloqa texnologiyasi. Uni ishlab chiqish va rivojlantirish bilan Bluetooth SIG assotsiatsiyasi shug‘ullanadi. U IEEE 802.15 belgilanishli standartni oldi. U 2,4 GHz chastotadagi ishni aniqlaydi va 10 m masofagacha (722-784) kbit/s tezlikda ma’lumot uzatadi. " BluRay–disk|"Katta hajmli (25-50 Gbayte) kompakt-disklarning bir turi. " BMP formati|"Grafik fayllarning siqilmagan standart formati bo‘lib, bitta nuqta uchun 4,8 yoki 24 bit ni ko‘zda tutadi. " BOOTP protokoli|"Qattiq diskka ega bo‘lmagan uzellar bilan birgalikda ishlash protseduralarini aniqlab beruvchi tarmoq protokoli. Dastlab TCP/IP tarmoqlarida disksiz ishchi stansiyalarni sozlashda ishlatilgan protokol. DHCP – o‘z navbatida shu protokolni qo‘llagan yuklash konfiguratsiyasining tugab borayotgan protokolidir. " Borland obyekt komponentlarining arxitekturasi|"Borland firmasining (mavjud standart komponentlardan dasturli tizim va komplekslarni yaratish uchun) obyekt-modulli arxitekturasi. " Bps (sekunddagi bitlar soni)|"Bir sekund ichida uzatiladigan bitlar soni. Modem kabi ma’lumotlarni uzatishi mumkin bo‘lgan qurilmaning tezligini o‘lchash birligi sifatida foydalaniladi. " BREW platformasi|"Qualcomm kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, CDMA standartidagi mobil qurilmalar uchun ilovalar platformasi (GSM uchun Java platformasining analogi). " BSC kodi|"Tayanch stansiya kodi. " BSD|"Kaliforniya universitetining dasturiy mahsuloti. Uning asosida FreeDSB, OpenBSD va NetBSD kabi qator operatsion tizimlar ishlab chiqilgan. " C Shell|"Komanda beruvchi interpretator. *nix-tizimlaridagi komanda satrini dasturlash tili. " C# tili|"Ilovalar, veb-komponentlar, shuningdek, veb-xizmatlar tuzish uchun, Microsoft korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan dasturlash tili. O‘zida C++, Java, Java Script, Visual BASIC tillarining eng yaxshi jihatlarini birlashtiradigan kuchli dasturlash tili. " C++|"Quyi darajali dasturlash imkoniyati bo‘lgan, ANSI va ISO standartlariga javob beradigan, obyektga yo‘naltirilgan yuqori daraja tili. Ci (C) dasturlash tilining navbatdagi avlodi hisoblanadi. C++ning obyektga yo‘naltirilganligi, u yirik masshtabli dasturlarni kodlash soddalashtiriladigan va ularning kengayuvchanligi ta’minlanadigan dasturlash uslubini qo‘llab-quvvatlashini bildiradi. " C2 himoya darajasi|"Axborotni muhofaza qilishga mo‘ljallangan AQSh milliy standarti, foydalanuvchilarni yakka tartibda ro‘yxatga olish, maxfiy so‘z va vakolat berish mexanizmi mavjudligini talab qiladi. " Cairo tarmoq operatsion tizimi|"Microsoft korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan obyektga yo‘naltirilgan arxitekturali tarmoq operatsion tizimi. Cairo tizimi ma’lumotlarni qayta ishlash taqsimlangan muhitini ta’minlaydi. " Caps Lock klavishi|"Yuqori registrni qayd qilish klavishi. " CAS protokoli|"Intel korporatsiyasining, o‘rnatilgan menyu yordamida shaxsiy kompyuterlarning faksimil platalaridan bevosita foydalanishni ta’minlaydigan protokoli. " CB signal|"Rangli televideniyening ayrim raqamli komponentli tizimlarida foydalaniladigan, masshtab koeffitsiyentiga ko‘paytirilgan, ko‘k ayirmarang signalga mos keladigan bir qutbli signal. " ccTLD|"Yuqori pog‘onali milliy yoki mamlakat domeni. ® Muayyan mamlakat uchun ajratiladi, masalan, O‘zbekiston uchun .uz, Rossiya uchun .ru va h.k. " CD+MIDI formati|"Raqamli ovoz va MIDI interfeysi bilan kengaytirilgan format. " C-diapazon|"Yo‘ldoshli (FSS), radioreleli va boshqa xizmatlar o‘rtasida taqsimlangan 4 GHz dan 8 GHz gacha chastotalar diapazonining xalqaro belgilanishi. Masalan, FSS yo‘ldoshli aloqa xizmatiga 4/6 GHz diapazoni ajratilgan va u ikkita uchastkani o‘z ichiga oladi: (3,4−4,2) GHz (liniya «pastga») va (5,7−6,7) GHz (liniya «yuqoriga»). " CD-I diskiga umumiy tasnifi|"Diskning, uning fizik formatini, shuningdek, turli ko‘rinishdagi axborotni kodlash tartibi va uslublarini belgilaydigan tasnifi. " CDIF eksporter|"CDIF uzatish faylini yaratadigan vosita. " CDIF grafik notatsiyasi|"Diagrammalarda CDIF modellash konsepsiyalarining taqdim etilishini belgilaydigan qoidalar to‘plami. " CDIF importer|"CDIF uzatish faylini o‘qiydigan va undan modelni yaratishda yoki o‘zgartirishda foydalanadigan vosita. " CDIF metaindikator|"Metaobyektni uzatishning metamodel qismida qat’iy identifikatsiyalaydigan metaatribut. " CDMA2000 1xEV-DV texnologiyasi|"CDMA2000 standarti negizidagi ma’lumotlarni simsiz uzatish texnologiyasi. Standart 2003-yilda ishlab chiqilgan. Radioefirda bitta eltuvchida bir vaqtda ham ovoz, ham ma’lumotlar uzatilishini ko‘zda tutadi. Maksimal tezlik 3−5 Mbit/s gacha, normal o‘tkazish qobiliyati 1,25 MHz kanalda 1 Mbit/s ni tashkil etadi. " CDMA2000 1х EV-DO Rel 0 texnologiyasi|"CDMA2000 standarti negizidagi ma’lumotlarni simsiz uzatish texnologiyasi. Ma’lumotlarni «pastga» (Down link (DL) liniyada 2,4 Mbit/s gacha bo‘lgan tezlik bilan, «yuqoriga» (Up link (UL) liniyada 153 Kbit/s tezlik bilan uzatish imkoniyatini ta’minlaydi. " CDMA2000 1х EV-DO Rel А texnologiyasi|"CDMA2000 standarti negizidagi ma’lumotlarni simsiz uzatish texnologiyasi. Ma’lumotlarni mobil terminaldan tayanch stansiya tomon yo‘nalishda 1,8 Mbit/s gacha bo‘lgan tezlik bilan uzatilishini, tayanch stansiyadan mobil terminal tomon yo‘nalishda 3,1 Mbit/s gacha bo‘lgan tezlik bilan olinishini ta’minlaydi. Kanalning talab qilinadigan kengligi 1,25 MHz, bu, spektrdan samarali foydalanish to‘g‘risida gapirish imkonini beradi. Hozirgi paytda 1x EV-DO Rel A texnologiya CDMA2000 tarmoqlari uchun tayanch texnologiya hisoblanadi va «to‘rtinchi avlod» (4G) tarmoqlariga o‘tishni amalga oshirish imkonini beradi. " CDMA2000 loyihasi|"Qualcomm kompaniyasi takliflari asosida, TIA TR 45.5 qo‘mitasi (AQSh) tomonidan IMT-2000 dasturi doirasida ishlab chiqilgan keng polosali tizimlar uchinchi avlod standarti loyihasining nomi. " CDMA2000 standarti|"CDMA standarti versiyalaridan biri. Uchinchi avlod keng polosali tizim standartining loyihasi. TIA TR (AQSh) qo‘mitasi tomonidan Qualcomm kompaniyasining ishlanmalari negizida yaratilgan. Aloqa kanallarining o‘tkazish qobiliyatini oshirish yo‘li bilan cdmOne standartining imkoniyatlarini kengaytiradi. CDMA2000 ga o‘tishning birinchi bosqichi (Phase 1) ovozli va multimedia ma’lumotlar uzatish tezligini 144 Kbit/s gacha oshirishni ko‘zda tutadi. Bu texnologiya uchun qator nomlanish mavjud: IS-2000, MC-1X, IMT-CDMA Multi-Carrier1x va 1xRTT. Ikkinchi bosqichda (Phase 2) ma’lumotlar uzatish tezligi 2 Mbit/s gacha oshirilishi mumkin: 1xEV-Data Voice yoki 1xEV-DV standarti ovoz va ma’lumotlarni birgalikda uzatish uchun hamda 1xEV-DataOnly (Phase 1+) faqat ma’lumotlar uzatish uchun. Bundan tashqari, CDMA2000 ga o‘tishning ikkinchi bosqichida birinchi bosqich texnologiyalari ta’minlaydigan, ma’lumotlar uzatish tezligini uch marta oshirish texnologiyasidan foydalanilishi mumkin. Bu texnologiya MC-3X, IMT CDMA MultiCarrier3x va 3xRTT sifatida ma’lum. " cdmaOne aloqa tizimi|"IS-95 standarti negizida amalga joriy etilgan ikkinchi avlod aloqa tizimining nomi. Aloqa, (824−849) MHz (liniya «yuqoriga») va (869−894) MHz (liniya «pastga») chastotalar diapazonida, 45 MHz dupleks tarqoqlik bilan ta’minlanadi. Nutqni uzatish uchun 8 Kbit/s (kanal ichida 9,6 Kbit/s)ga teng tezlikni ta’minlaydigan CELP turidagi kodeklar ishlatiladi. cdmaOne tarmoqlarining asosiy texnik parametrlari TIA standartlarida (IS-95 va IS-96) belgilab qo‘yilgan. " CD-R (yozish imkoniyatli kompakt-disk)|"Cheklanmagan marta o‘qish, lekin faqat bir marta yozish va davomidan yozish mumkin bo‘lgan kompakt-disk turi. Ma’lumotni o‘chirish imkoniyati mavjud emas. Zamonaviy CD-R lar 650 dan 800 Mbyte gacha ma’lumotni saqlay oladi. " CD-ROM kengaytirilgan arxitekturasi|"Zichlashtirilgan audioma’lumotlarni saqlashni ta’minlaydi. Microsoft va Sony korporatsiyalari tomonidan 1990-yilda yaratilgan standart, bundan tashqari, bu ma’lumotlarni diskdan o‘qish usulini ham bajaradi. " CD-ROM qurilmasi|"Kompakt disklarni o‘qish uchun mo‘ljallangan qurilma. CD-ROMlarning tezligi audio-kompakt-diskni o‘qish tezligi (150 kbit/s) bilan aniqlanadi. Ayni vaqtda, 56 tezlikka ega CD-ROMlar mavjud. Bundan buyon, ularning tezligini oshirish qiyin masala bo‘lib turibdi. " Celeron|"Intel kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan arzon protsessorlar turkumi. Uning arzonligi Pentium protsessorli kompyuterlarga nisbatan samaradorligi pastligi bilan izohlanadi (kesh xotira qisqartirilgan). Dastlabki Celeron protsessori 1998-yilning aprel oyida paydo bo‘lgan. " CentOS|"Hamjamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Linux distributivi. U Red Hat Linux ga to‘liq asoslangan va u bilan mos ravishda ishlay oladi. Undan farqli ravishda, yopiq dasturlarni ishlatmaydi va butunlay bepul. " CERT|"Kompyuter xavfsizligi sohasidagi ekspertlar guruhi. Kompyuter hodisalari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni to‘playdi va tekshirish ishlarini olib boradi, kompyuter hodisalarining oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi. CERT bazan CSIRT (Computer Security Incident Response Team) deb ham ataladi. Birinchi CERT 1988-yilda Karnegi-Melon (AQSH) universitetida Internetda Morris Worm qurtining tarqalishi munosabati bilan yaratilgan. Bugungi kunda CERT xizmatlari ko‘p mamlakatlarda, jumladan, O‘zbekistonda ham mavjud. Katta tashkilotlar ham odatda o‘z CERT bo‘linmalariga ega bo‘ladi. Qar.: UZ-CERT. " CGA grafik adapteri|"Rangli grafik adapter, CGA adapteri IBM PC XT turidagi mashinalarda ko‘p ishlatilgan. Oq-qora rejimda 640×200 nuqtali o‘lchamni va 320×200 – rangli rejimda esa 320x200 nuqtali o‘lchamni ta’minlaydi. " CHILL dasturlash tili|"Xalqaro elektraloqa ittifoqi tomonidan taklif qilingan va kommunikatsiya tarmoqlarida avtomatlashtirilgan komplekslarni dasturlash uchun xalqaro standart sifatida qabul qilingan yuqori daraja dasturlash tili. " Ci tili|"Umumiy maqsadlardagi dasturlash tili, o‘zining samaradorligi, tejamliligi va ko‘chirib bo‘lishliligi bilan ma’lum, bu esa, deyarli barcha turdagi dasturiy ta’munot yahshi sifati bilan ishlab chiqilishini ta’minlaydi. Si tilidan instrumental til sifatida foydalanish tez va ixcham dasturlar olish imkonini beradi. " CMEA algoritmi|"Raqamli uyali aloqa tarmoqlarida xabarlarni shifrlash algoritmi. " C-MOS-xotira|"Uncha katta tezlikka ega bo‘lmagan va batareyadan kam quvvat talab qiladigan, energiyaga bog‘liq bo‘lmagan xotira. Bu xotiradan kompyuter uskunasining konfiguratsiyasi va tarkibi, shuningdek, uning, operatsion tizim ishga tushirilgunga qadar tizim starti va oldindan testlash uchun zarur bo‘lgan ish rejimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni saqlash uchun foydalaniladi. " COBOL dasturlash tili|"Iqtisodiy masalalar va tijoratga oid ma’lumotlarni qayta ishlash masalalari uchun mo‘ljallangan dasturlash tili. COBOL dasturlash tili fayllar bilan ishlash vositasi va ingliz tiliga yaqin bo‘lgan yozish shakli bilan farq qiladi. Hozirgacha eng ko‘p kod qatori yozilgan dasturlash tili bo‘lib qolmoqda. " COM obyekt|"Boshqa obyektlarga va ilovalarga standartlashtirilgan COM-interfeys orqali o‘z servislarini taklif qiladigan Com modeli asosida ishlab chiqarilgan dasturiy komponent baʼzi toifasining obyekti. " COM porti|"O‘tkazish imkoniyati 115200 kbit/s bo‘lgan, 9 kontaktli ketma-ket port. Kichik tez-likka ega qurilmalarning − «sichqoncha» va tashqi modemni ulash yoki ikkita kompyuter o‘rtasida ulanishni yuzaga keltirish uchun qo‘llaniladi. " Common LISP dasturlash tili|"1981-yilda kompaniyalar konsorsiumi tomonidan standartlashtirilgan LISP dasturlash tilining dialekti. Konsorsium bu ishni DARPA rahbarligida bajardi. Common Lisp − bu bort tizimlarida keng foydalaniladigan katta va murakkab til. " Cookie fayli|"Veb-server tomonidan foydalanauvchini ro‘yxatga olish vaqtida qaytariladigan foydalanuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilgan satr. Dastur serverlari har bir foydalanuvchini afzal deb bilish mumkin va shunga bog‘liq holda mijoz saytga kirgan vaqtda har safar aniq takliflar taqdim etishi mumkin. " Copland operatsion tizimi|"Apple Computer korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan MacOS operatsion tizimining 32 turkumli (razryadli) rusumi. Copland operatsion tizimi ko‘p vazifali va ko‘p oqimli hisoblanib, u Apple firmasining shaxsiy kompyuterlari uchun mo‘ljallangan. " COPS spetsifikatsiyasi|"IETF qo‘mitasining spetsifikatsiyasi. Tarmoq ma’muriy boshqarish tizimlarida foydalaniladi. " Core lDRAW|"Kanadaning Corel korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan vektorli grafik redaktor. Mahsulotning shu kundagi versiyasi − CorelDRAW Graphics Suite X3, faqat Microsoft Windows uchun ishlatish mumkin. Avvalgi versiyalar Apple Macintosh hamda GNU/Linux uchun ishlab chiqarilgan. " Core 2|"Intel koporatsiyasi x86-64 arxitekturasi protsessorlarining oltinchi avlodi, Core protsessori arxitekturasiga asoslangan. " CR signal|"Rangli televideniyening ayrim raqamli komponentli tizimlarida foydalaniladigan, masshtab koeffitsiyentiga ko‘paytirilgan, qizil ayirmarang signalga mos keladigan bir qutbli signal. " CSL|"Boshqarish va modellash tili. " CSMA/CD|"Tarmoqlardagi kolliziyalarni hal qilishning keng tarqalgan usuli. " CSTA kompyuter telefoniyasi ilovalarining xizmatlari|"CSTA kompyuter telefoniyasi ilovalari xizmatlari ATS va kompyuter yoki kompyuter tarmog‘ining chetki integratsiyasu uchun xizmat qiladi. Izoh – CSTA protokolini amalga oshirish ECMA-179 (Services for Computer Supported Telecommunication Applications) va ECMA-180 (Protocol for Computer Supported Telecommunication Applications), qisman ECMA-217 va ECMA-218 (Phase II), shuningdek, ECMA-269 (Phase III) standartlariga asoslanadi. " CULV|"Intel kompaniyasi tomonidan ishlab chiqiladigan kompyuter platformasi. Energiya iste’moli va issiqlik ajratishi kam bo‘lganligi tufayli, CULV portativ kompyuterlarda batareyaning xizmat qilish muddati uzoq bo‘lgan juda nozik kompyuter tizimlarini yaratish imkonini beradi. " C-va Ku-diapazonlari|"Yo‘ldoshli televizion eshittirish uchun ajratilgan ikki chastotaviy diapazon. «Yo‘ldosh − qabul qiluvchi antenna» aloqa liniyasi uchun C-diapazonda 3,5 GHz dan 4,2 GHz gacha, Ku-diapazonda esa 10,7 GHz dan 12,75 GHz gacha chastotalar polosasidan foydalaniladi. C-diapazonida uzatiladigan televizion signal moduyatorga berishdan oldin inverslanadi. " D sohasi|"Yer sirtidan taxminan 50-90 km o‘rtasida joylashgan ionosferaning qismi. " D1 formati|"4:2:2 komponent signalning 8 bit/sanoq turkumidagi raqamli videoyozuv formati. " D1 raqamli videoyozuv formati|"Raqamli videoyozuvning birinchi formati. 4:2:2 formatiga asoslangan; yorqinlik Y va ayirmarang R-Y hamda B-Y signallarning komponentli alohida yozuvi amalga oshiriladi. 286.875 mm/s tezlik bilan siljiydigan 19.01 mm kenglikdagi magnit tasma ishlatiladi; magnit tasma uchta: kichik, o‘rta va katta o‘lchamdagi kassetalarga joylangan. Kassetalar mos ravishda, uzluksiz 11, 34 va 76 minutli yo‘zuvni ta’minlaydi. Video va tovush xatolardan Rid-Solomon kaskadli kodlari bilan himoyalangan. " D2 raqamli videoyozuv formati|"Raqamli videoyozuv formati. 19.01 mm kenglikdagi magnit tasma ishlatiladi. D-2 formatidagi raqamli videomagnitofonlar PAL yoki NTSC to’liq (kompozit) signalining yozuvini amalga oshiradi. " Daemon|"Fon rejimida ishlaydigan, foydalanuvchi bilan oshkor tarzda o‘zaro ishlamaydigan dastur. Ko‘p hollarda *nix tizimlariga nisbatan qo‘llaniladi. Microsoft ning operatsion tizimlarida – rezident dastur yoki xizmat (Service) ga mos keladi. " D-AMPS standarti|"TDMA texnologiyasiga asoslangan, ikkinchi avlod raqamli mobil aloqa tizimi standarti (1999-yildan boshlab yangi nomi – TDMA). Standart AMPS (IS-54) analog tizimi bilan mos tushadi, shuningdek, bu standartning oxirgi modifikatsiyasi IS-136 o‘z imkoniyatlari bo‘yicha GSM ga yaqin keladi. " Datakit tarmog‘i|"X.25 protokolli tarmoqqa o‘xshash kanallarni kommutatsiyalash tarmog‘i. " DataTAC standarti|"Paketlar kommutatsiyasiga asoslangan, past tezlikli simsiz aloqa ochiq standarti. Ishchi chastotalar diapazoni 800 MHz atrofida. " dBASE|"Relyatsion ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi. Aihton-Tate firmasi (AQSh) tomonidan ishlab chiqilgan. Tizim muntazam ravishda takomillashtirilib boriladi, dBASE II, dBASE III, dBASE III Plus versiyalari o‘zini yaxshi ko‘rsatdi. Hozirgi vaqtda Borland firmasi tomonidan tizimni takomillashtirish davom ettirilmoqda, dBASE IV va dBASE V versiyalar chiqarildi. Foydalanuvchi bilan rivojlangan interfeysga ega, lekin Fox tizimlaridan ishlash tezligi bo‘yicha orqada. " DCS-1800 standarti|"1800 MHz chastotalar diapazonida ishlaydigan uyali aloqa raqamli tizimining standarti. " DDCD formati|"Sony va Philips korporatsiyalari tomonidan taqdim etilgan kompakt-disklarga ikki marta zichlikda yozish formati. Yozish jarayonida shakllanadigan pitlar uzunligini va yo‘laklar oralig‘idagi masofani qisqartirish hisobiga disklarning hajmi 1,3 Gbyte gacha oshirilgan. DDCD formati mavjud formatlar bilan muvofiqlikni saqlaydi. " DDR2 SDRAM|"Hisoblash texnikasida tezkor hamda videoxotira sifatida foydalaniladigan tezkor xotira turi. " Debian|"1993-yilda Yan Myordok tomonidan yaratilgan Linux distributivi. Bir maromda ishlashi bilan ajralib turadi, .deb xususiy paketlar formatiga ega. 100 dan ortiq Linux distributivlariga asos bo‘lgan. " DECnet protokoli|"DEC kompaniyasi tarmoq arxitekturasining DEC kompyuterlarini DDCMP protokoli bo‘yicha bog‘lash imkonini beradigan savdo markasi. " DECT profili|"DECT standarti tizimlarida abonent radiokirish profili. " Delphi dasturlash tili|"Turbo Pascal tilining obyektga yo‘naltirilgan versiyasiga asoslangan, Borland International firmasining yuqori darajali protsedurali obyektga yo‘naltirilgan tili. Windows va mijoz-server dasturlarini yaratish uchun xizmat qiladi. " DHCP serveri|"Mijozlarning IP-manzillarini avtomatik tarzda boshqaruvchi va tarmoqda unga muvofiq sozlash ishlarini bajaruvchi server. DHCP xizmatini bajaruvchi kompyuter IP-manzillarni va ularga bog‘liq ma’lumotlarni DHCP mijozlariga dinamik taqsimlanishini ta’minlaydi. " Direct X texnologiyasi|"Micrоsоft tomonidan ishlab chiqilgan standart dasturiy uzilishlar to‘plami. Dasturchilarga tovush, video va grafika bilan birmuncha tezroq usulda ishlash imkonini beradi. " Direct3D spetsifikatsiyasi|"Microsoft korporatsiyasining Windows platformasi uchun grafik API dagi spetsifikatsiyasi. " Display Port|"Raqamli displeylar uchun mo‘ljallangan signal interfeysining standarti. VESA (Video Electronics Standart Association) tomonidan 2006-yilning mayida qabul qilingan. 1.1 versiyasi 2007 yil 2 aprelda, 1.2 versiya esa, 2010-yil 7 yanvarda qabul qilingan. Display Port dan audio-videoapparaturani, birinchi navbatda, kompyuterni displey bilan yoki kompyuter va uy kinoteatri tizimlarini ulash uchun eng zamonaviy interfeys sifatida foydalanish ko‘zda tutiladi. " DjVu|"Tasvirni yo‘qotishlar hisobiga siqish. Sxema va formulalari ko‘pligi tufayli hujjat mazmunini aniqlash qiyin bo‘lgan skanlanadigan hujjatlarni saqlash uchun ishlab chiqilgan. O‘z o‘rnida to‘laqonli ishlatilishi uchun ikkita rang yetarli bo‘lgan kitoblarni saqlash standarti bo‘lib qoladi. Hozirgi vaqtda, bu format Lizard Tech kompaniyasiga tegishli bo‘lishiga qaramay, ochiq format hisoblanadi. . " DNK kompyuteri|"DNK hisoblash imkoniyatlarini ishlatadigan hisoblash tizimi. " Dolby AC-3 tovush uzatish tizimi|"Dolby Surround Digital 5+1 kanal formatida ko‘p kanalli uzatishni ta’minlaydigan va 384 kbit/s tezlikni talab qiladigan tovush uzatishning muqobil tizimi. " Dolby-Dolby Digital (AC-3) formati|"Audioaxborotni siqish formati, DVD va kinofilmlarni yozishda qo‘llaniladi. Monofonik audiosignalni 5.1-kanalli hajmli ovozga aylantirishda qo‘llaniladi. " Dongle qurilmasi|"Ajratgich (raz’yom) o‘rnatilgan har qanday ixcham periferik qurilma (3G tarmoqlarida ishlash uchun USB modemlarga nisbatan qo‘llaniladi). " DOS Navigator|"Moldovaning Ritlabs kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, OS/2 va DOS uchun mo‘ljallangan konsolli fayl menejeri. " Double bootable system|"Ikkita (yoki undan ko‘p) operatsion tizim o‘rnatilgan kompyuter, u ulanganda foydalanuvchiga aynan qaysi operatsion tizimni ishga tushirish kerakligini aniqlash " DPT texnologiyasi|"Ochiq xalqaro standart SRP (protokoli) dan foydalanishga asoslangan IP-paketlarni dinamik uzatishning yuqori tezlikli texnologiyasi. " Drag-and-drop» texnologiyasi|"Hujjatda obyektni ajratish va uni ayni shu hujjatda yoki boshqa bir hujjatga ko‘chirish texnologiyasi. Windows tizimida va amalda Microsoft firmasining barcha ilovalarida qo‘llaniladi. Hujjatlar bilan ishlashni osonlashtiradi. " DragonFlyBSD|"FreeBSD operatsion tizimining x86 platformasiga va ko‘p protsessorli tizimlarga mo‘ljallangan turi. Yangi, lekin tez rivojlanayotgan, mukammal tizimlardan hisoblanadi. Ushbu tizim serverda ham, ishchi stansiyada ham ishlatilishi mumkin. Distributivi kichik hajmga ega. 2003-yilning iyul oyida dunyo yuzini ko‘rdi. Muallifi Mett Dilan. " DrakConfig|"Mandriva operatsion tizimini sozlashda qo‘llaniladigan grafik vosita. Tayyorlanmagan foydalanuvchiga tushunarli bo‘lgan Linux operatsion tizimini o‘rnatish va sozlash uchun birinchi vosita hisoblanadi. " DSA algoritmi|"algorithm (DSA) Ochiq kalitli shifrlash federal standarti. Kalit uzunligi 512 bit dan 1024 bit gacha. 1991-yilda NIST tomonidan ishlab chiqilgan va DSS standartida ishlatiladi. " DS-CDMA usuli|"CDMA tizimlarida signallarni keng polosali uzatish usuli bo‘lib, ma’lumotlarning kodlangan oqimini ikki bosqichli modulyatsiyalashga asoslangan. Izoh − Modulyatsiyalashning birinchi bosqichida eltuvchi ma’lumotlarning kodlangan oqimi bilan, odatda, BPSK yoki QPSK usullarini qo‘llagan holda, modulyatsiyalanadi. Ikkinchi bosqichda esa to‘g‘ri ketma-ketlik spektrini kengaytirish bilan modulyatsiyalash amalga oshiriladi. " DSS standarti|"NIST va NSA tomonidan Capstone loyihasining bir qismi sifatida elektron raqamli imzo uchun ishlab chiqilgan AQSh federal standarti. " DTDS turidagi disk massivi|"Tizimlaridan biri butunlay ishdan chiqqanida ham foydalana olishni ta’minlash uchun bir nechta qismga ajratiladigan DTDS. Uning himoyasi tok manbaidagi uzilishlar, sovutish tizimining buzilishi, tok manbai va shina kabellarining uzilishi holatlarining oldini oladi. " Duron|"AMD kompaniyasining tejamkor protsessorlari oilasi. 2000-yilning iyun oyida Intel Celeron raqobatchisi sifatida e’lon qilingan. 462 kontaktli Socket A razyomli tizim platalariga o‘rnatish uchun mo‘ljallangan. " DVB-H texnologiyasi|"Mobil qurilmalar uchun maxsus ishlab chiqilgan, raqamli videosignalni qabul qilish imkonini beradigan texnologiya. Uning yordamida cho‘ntak qurilmasi ekranida televizion eshittirishlarni ko‘rish mumkin bo‘ldi. " DVB-T tizimi|"Televizion dasturlarni radiokanallar orqali yer usti uzatish markazlaridan foydalangan holda iste’molchiga yetkazish uchun mo‘ljallangan hamda videosignallarni, tovush signallarini va qo‘shimcha ma’lumotlarni kodlashni, shuningdek, paketlarni shakllantirish va transport oqimiga multipleksorlashni MPEG-2 standarti talablariga muvofiq amalga oshirishni ko‘zda tutadigan raqamli televizion eshittirish tizimi. Izoh – Ushbu tizimda radiosignalning kodlangan ortogonal eltuvchilarini umumlashtirishdan foydalaniladi. " DVD-Video formati|"DVD-disklarda saqlash uchun mo‘ljallangan yuqori sifatli video formati. MPEG-2 kodlash ishlatiladi . " DVI|"1. Digital Video Interactive – Optik diskka yoziladigan to‘laekranli videotasvirlarni apparat usulida yuqori darajada siqishni taʼminlaydigan Intel standarti. DVI – shaxsiy kompyuterlardagi videotasvirlar uchun 1980-yillar o‘rtasida ishlab chiqilgan birinchi standartdir. 2. Digital Visual Interface – Suyuq kristalli monitorlar va proyektorlar kabi raqamli aks ettirish qurilmalariga videotasvirni uzatishga mo‘ljallangan interfeys va tegishli tutashtirgich uchun standart, Digital Display Working Group konsorsiumi tomonidan ishlab chiqilgan. " E sohasi|"Yer sirtidan taxminan 90-150 km o‘rtasida joylashgan ionosferaning qismi. " E1|"Uzatish tezligi 2,048 Mbit/s bo‘lgan, kanallar vaqt bo‘yicha multipleksorlangan tizimlar iyerarxiyasining birinchi darajasiga mos keluvchi raqamli interfeys. 64 kbit/s tezlik bilan 30 ta axborot kanali va ikkita xizmatga oid kanal uzatilishini taʼminlaydi (bunday tizim yana IKM-30 sifatida ham maʼlum). " Ebtables|"Linux dasturiy ko‘priklar uchun belgilangan paketlarni filtrlash vositasi. Ebtables Iptables ga o‘xshaydi, lekin uchinchi (tarmoq) sathida emas, balki tarmoq stekining ikkinchi (kanal) sathida ishlashi bilan farq qiladi. " Echo|"UNIX operatsion tizimida matn qatorini ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan komanda. Vaqt o‘tishi bilan ko‘pgina zamonaviy operatsion tizimlarda qo‘llanila boshladi. " EDGE loyihasi|"Aloqa tizimlarining global evolyutsiyasi uchun ma’lumotlar uzatishning yaxshilangan tizimi – GSM tizimlarini yaxshilash uchun mo‘ljallangan standart loyihasi. Izoh − UWC-136ning o‘zi – Uzatish tezligini 384 Kbit/s gacha oshirish imkonini beradi. EDGE GSM radiokanali vaqt bo‘lgan tuzilmasining ichida qo‘llaniladigan yangi modulyatsiya sxemalarining to‘plamini o‘zida ifodalaydi. Faqat GSM da emas, shuningdek TDMA (IS-136) va AQSh da iDEN da ham joriy qilinadi. 1-faza EDGE 1999 yil oxirida standartlashtirilgan, GPRS funksiyalaridan foydalanadi, ma’lumotlar uzatish tezligi 384 Kbit/s gacha. 2-faza EDGE real vaqt rejimida sifatli video va tovush uzatilishini ta’minlaydi. " EDGE texnologiyasi|"GSM standartidagi mobil aloqa tarmoqlari uchun ma’lumotlar uzatish tezligini oshirish texnologiyasi. EDGE mavjud GSM radiokirish sxemasi ustidan quriladi va GPRS dagiga qaraganda, uzatish qobiliyati uch marta katta bo‘lishini ta’minlaydi va uzatish tezligini 384 Kbit/s gacha oshirish imkonini beradi. Bu o‘zida, qo‘shimcha tarmoq elementlari kiritilmasdan dasturiy ta’minot yangilanishini ifodalaydi. EDGE ning qo‘llanilishi, ma’lumotlarni yuqori tezlikda uzatishga asoslanadigan Internetdan foydalanish, videotelefoniya, raqamli mobil televideniye kabi yangi xizmatlardan foydalanish imkoniyatini beradi. " EFR texnologiyasi|"To‘liq chastotalar polosasi bo‘ylab yaxshilangan kodlash texnologiyasi. Sifati yer usti liniyalariga yaqin. Mobil telefon akkumulyatorining sarfi, FR dagiga qaraganda 50 foizga ko‘p. Bu rejim, uyali aloqa operatori tomonidan ta’minlanishi kerak. " EGSM standarti|"GSM tizimida foydalaniladigan GSM kengaytirilgan standarti. EGSM chastotalar diapazoni GSM 900 MHz standart diapazoniga nisbatan pastga 10 MHz ga kengaytirilgan. Shunday qilib, ushbu mobil aloqa protokoli (880-915) MHz va (925-960) MHz kengaytirilgan chastotalar diapazonida ishlaydi. Bu funksiya ham telefon, ham uyali tarmoq tomonidan qo‘llanilishi kerak. " EISA shinasi|"Shaxsiy kompyuterlarning 16 razryadli shina arxitekturasini kengaytiradigan 32 razryadli tizim shinasi. Bir nechta protsessor ishini ta’minlaydi. " EJB spetsifikatsiyasi|"Server qismida ma’lumotlar bazalaridan va tranzaksiyalarni qayta ishlash tizimlaridan foydalanishni standartlashtiradi. Bu korporativ ilovalar uchun muhim, chunki ularning boshqa platformalarga ko‘chirishni ta’minlaydi. " ELF|"UNIX va Linux dagi bajariladigan kod faylining, faylni seksiyalarning majmui ko‘rinishida taqdim etishga asoslangan mashhur formati. " EMC kodi|"Uskunani ishlab chiqaruvchining kodi. " End klavishi|"Kursorni matn satri oxiriga, ekran chetiga yoki fayl oxiriga surish uchun ishlatiladigan klavish. " Energy star|"Kompyuter iste’mol qiladigan energiya miqdorini kamaytirish hisobiga atrof muhitni muhofaza qilish dasturi. Enegy star belgisi bo‘lgan kompyuterlar kutish rejimida 60 W dan kam, monitor va tizim bloki 30 W dan kam energiya iste’mol qilishi kerak. " Enter klavishi|"Kiritish klavishi, uning bosilishi kompyuterga kiritish satri tugaganligi (abzats oxiri) to‘g‘risida, jadval katagiga formula yoki elementni qo‘yish, yozishni tugallash va uni ma’lumotlar bazasiga kiritish komandalari bajarilishi to‘g‘risida xabar beradi. " EPIC texnologiyasi|"Intel va Hewlett-Packard korporatsiyalari tomonidan ishlab chiqilgan 64 razryadli Merced protsessori komandalari to‘plamining IA-64 arxitekturasida qo‘llaniladigan texnologiya. Bu texnologiyada kompilyator protsessorga qaysi komandalar parallel, qaysilari esa boshqa komandalarga bog‘liq tarzda bajarilishini oshkor qiladi. " EPP|"LPT portining ikki tomonga yo‘naltirilgan ish tartibi, bunda u nafaqat axborotni chiqarish uchun, balki kiritish uchun ham ishlashi mumkin. " E-praktikum|"O‘quvchilarni o‘rgatish uchun mo‘ljallangan dasturiy mahsulot. «Korvet», «UKNS», «Yamaxa» turidagi kompyuterlarda maktab informatika kursini qo‘llab-quvvatlaydi. Tarkibida Pascal tiliga juda o‘xshash bo‘lgan ruscha leksikali til interpretatori bor; algoritmlar tushunchasini kiritish imkonini beradigan «chizmachi», «vezdexod» va boshqa bajaruvchilar to‘plami mavjud. Akademik P.Yershov sharafiga nomlangan. " ER modeli|"Real tizimlarda ma’lumotlar oqimlarini tavsiflash modeli. Bu modelda ma’lumotlar ma’nosi va ular o‘rtasidagi bog‘lanish nuqtai nazaridan tavsiflanadi. " ESSID identifikatsiya nomi|"802.11 tarmoqni identifikatsiyalovchi nom. Izoh − Simsiz lokal tarmoqqa qo‘shilish uchun, uning ESSID ni bilish zarur. " Ethernet|"Kompyuter tarmoqlarining paketli texnologiyasi. Tarmoq uzellari koaksial yoki optik tolali kabel yoki o‘ralgan juft orqali bog‘langan. Axborot boshqaruvchi va manzilli, shuningdek, 1500 byte gacha ma’lumotni o‘zida saqlovchi o‘zgaruvchan uzunlikdagi kadrlar orqali uzatiladi. Ethernet standarti ma’lumotlar yuqori chastotali modulyatsiyalarsiz, sekundiga 10 Mbit/s tezlik bilan uzatilishini ta’minlaydi. " Ethernet tarmog‘i|"Kompyuter tarmoqlari uchun belgilangan qurilmalar o‘rtasida maʼlumotlarni paketli uzatish texnologiyalari turkumiga tegishli bo‘lgan keng eshittirish kompyuter tarmog‘i. Izoh – Ethernet standartlari fizik sathda (yoki darajada) simli ulanishlarni va elektron signallarni belgilaydi. " Ethernet texnologiyasi|"Signallarni 10 Mbit/s gacha tezlikda uzatishni ta’minlaydigan va kanallar holatini so‘rash hamda nizolarni aniqlash bilan ko‘plab foydalanish usulidan tarmoq resurslaridan uzellarning foydalana olish usuli sifatida foydalaniladigan lokal kompyuter tarmog‘ining texnologiyasi. " E-ulanish|"Jamiyatdagi har bir kishi axborot jamiyatida ishtirok etishi mumkin bo‘lgan vaziyat. Buning uchun texnologiyalardan foydalanish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari va xizmatlaridan foydalanishning qulayligi, shuningdek, odamlarning bu vositalardan foydalana olish ko‘nikmasi talab etiladi. " EV-DO texnologiyasi|"CDMA standarti tarmoqlarida ma’lumotlar uzatilishini ta’minlaydigan texnologiya. Rev.A ustqurma ma’lumotlar qabul qilish tezligini 3,1 Mbit/s gacha, uzatish tezligini esa, 1,8 Mbit/s gacha oshiradi. Bu, oqimli videoni ko‘rib chiqish, videokonferensiyalar uyushtirish va yuqori tezlikli foydalanish talab qilinadigan boshqa xizmatlarni taqdim etish imkonini beradi. " Excel|"Hisoblashlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan dasturiy kompleks, kuchli elektron jadvallarni o‘zida ifodalaydi. Do‘stona interfeysga ega, Windows muhitida va Macintosh kompyuterlarida ishlaydi. Professional bo‘lmagan foydalanuvchilar tomonidan ishlatiladi. Exsel Microsoft Offic tizimi tarkibiga kiradi. " Express Card|"Kompyuterga periferik qurilmalarni ulash imkonini beradigan interfeys. " eyeOS|"Desktop Operating System («Ishchi stol» yechimi qo‘llanilgan operatsion tizim) prinsipiga asoslangan, ochiq kodli krossplatformali tarmoq operatsion tizimi. Bazaviy komplekt operatsion tizim va bir qancha ofis ilovalarini: matn redaktori, kalendar, fayllar menejeri, messenjer, brauzer, kalkulyator va boshqalarni o‘z ichiga oladi. " F sohasi|"Yer sirtidan taxminan 150 km balandlikda joylashgan ionosferaning qismi. " Fast Ethernet|"Ethernet tarmog‘idagi 100 Mbit/s ma’lumotlar uzatish tezligiga ega spetsifikatsiyalar qatoridan biri. Fast Ethernet spetsifikatsiyasi 10 BaseT Ethernet spetsifikatsiyasiga qaraganda, ma’lumotlar uzatilishini o‘n marta yuqori tezlik bilan ta’minlaydi, shu bilan birga kadr formati, muhitga kira olishni boshqarish mexanizmlari va uzatish blokining maksimal o‘lchami kabi sifatlarni saqlab qoladi. Bunday o‘xshashlik Fast Ethernet tarmoqlarida 10 BaseT tarmoqlari uchun tegishli ilovalar va boshqaruvning instrumental vositalaridan foydalanish imkonini beradi. " FAT16|"FAT tizimidan kelib chiquvchi fayllar tizimi. Abbreviaturadagi son jadval elementlarining bitlardagi o‘lchamini ko‘rsatadi. Taqsimlanadigan xotira birligi klasterdir. FAT da klaster raqami va uning holati to‘g‘risida ma’lumot yozib qo‘yiladi (masalan, buzilgan klaster, bo‘sh klaster). FAT16 dagi disk qismining o‘lchami 2 Gbyte dan katta bo‘lmaydi. Ko‘pincha bu jadval nomidan kelib chiqib, uning asosi bo‘lgan fayl tizimi FAT deb ataladi. " FDD texnologiyasi|"Eshittirish chastotalarini ajratish bilan, ikki tomonlama aloqani ta’minlash imkonini beradigan texnologiya, aloqa kanallarining o‘tkazish qobiliyatini oshiradi. Bu texnologiya abonentlarning ko‘chish tezligi va uyalarning o‘lchami katta bo‘lganda ancha samaralidir. " FDisk (dastur)|"Diskni formatlash. Disk maydonini formatlashga tayyorlash uchun mo‘ljallangan dasturiy vosita. " FDMA standarti|"Kanallar chastota jihatdan qat’iy ajratilgan aloqa tarmoqlarining standarti. AMPS, N-AMPS, NMT, ETACS da qo‘llaniladi. " Fedora|"Red Hat kompaniyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Linux distributivi. Birinchi versiyasi 2003-yilning noyabr oyida yaratilgan. Red Hat Enterprise Linux ga kiritiladigan o‘zgartirishlar oldin Fedora da testdan o‘tkaziladi. Fedora 8 (werewolf) − so‘nggi versiyasi 2007-yilning noyabr oyida chiqqan. " FHMA standarti|"Eltuvchi chastota uzatish jarayonida psevdotasodifiy qonun bo‘yicha berilgan chastotalar polosasida sakrashsimon o‘zgaradigan foydalana olish usulidan foydalaniladigan aloqa tarmoqlarining standarti. " Fidolook|"Microsoft Internet Explorer paketi tarkibiga kiruvchi mashhur Internet meyler-nyusrider Outlook Express dasturiga o‘rnatilgan qo‘shimcha sifatidagi elektron pochta mijozi. " FIDONET|"Global notijorat kompyuter tarmog‘i. Telefon aloqa kanallari orqali ishlaydi. Tarmoqqa ulanish va unda ishlash bepul amalga oshiriladi (faqat telefon tarmog‘i xizmatlarining haqi to‘lanadi). Tarmoqdan pochta xabarlarini yuborish, telekonferensiyalar va e’lonlar taxtasi uchun foydalaniladi. Yoshlar orasida mashhur. " Fire Wire|"Yuqori tezlikli periferik qurilmalar uchun mo‘ljallangan shina. 63 tagacha qurilma, shu jumladan, raqamli videoni ulash imkoniyatini beradi. Apple firmasi tomonidan ishlab chiqilgan. " Firefox|"Mashhurligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi Internet-brauzer. 2004-yilda Mozilla kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Ochiq kodli brauzerlar orasida birinchi bo‘lib shunday mashhurlikka erishdi. Firefox versiyasi qariyb barcha operatsion tizimlarga to‘g‘ri keladi, funksionalligi esa plaginlarni ko‘pligi bilan kengaytirilmoqda. " Flash texnologiyasi|"Vektorli grafika va animatsiya bilan ishlash texnologiyasidan biri. " Fork|"Dasturiy ta’minot (odatda, erkin va ochiq) rivojlanishining ikki yoki undan ortiq shohga ajralish jarayoni. Bunda har bir shoh bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda turli mualliflar tomonidan, birida bo‘lmagan imkoniyatlarni ikkinchisida amalga oshirgan holda, rivojlantiriladi. " Fort|"Personal tizimlar bilan samarali ishlash uchun mo‘ljallangan dasturlash tili. Protseduraga yo‘naltirilgan tillarga kiradi, assembler tiliga yaqin. XX asrning 70-yillari boshida AQShda Ch.Mur tomonidan ishlab chiqilgan. " FORTH dasturlash tili|"Juda ixcham, oson kengayadigan, umumiy maqsadlardagi yuqori daraja tili. Taxminan 1970-yilda Arizona (AQSh) dagi Milliy radioastronomik observatoriya xodimi Charlz Mur tomonidan yaratilgan. Forth tilidagi dasturlar polyak invers yozuvida yoziladi va stek bilan ishlaydi. Boshqaruvchi tizimlarda, robototexnikada, ma’lumotlar to‘plash va o‘yinlarni dasturlash tizimlarida keng qo‘llaniladi. " Fortran dasturlash tili|"1956-yilda ishlab chiqilgan, matematik, ilmiy va muhandislik masalalarini yechishga mo‘ljallangan dasturlash tili. Fortran hozirga qadar ishlatilmoqda, Fortran 2003 standartning oxirgi versiyasi hisoblanadi. " FR texnologiyasi|"Mobil telefon aloqa kanalida ma’lumotlar uzatishning to‘la tezligidan foydalaniladigan nutqni kodlash texnologiyasi. " Frame Bursting texnologiyasi|"Kadrlar (freymlar) guruhli uzatilishini ta’minlaydigan texnologiya. " Frame Relay tarmog‘iga kira olish qurilmasi|"Frame Relay tarmog‘idagi har qanday qurilma. Bu marshrutizator yoki multipleksor bo‘lishi mumkin. " Frame Relay texnologiyasi|"Marshrutizatorlar turidagi intellektual oxirgi (terminal) qurilmalar yoki Frame Relay tarmog‘ida 56 kbit/s dan 1,544 Mbit/s gacha va undan yuqori tezlik bilan ishlaydigan boshqa qurilmalar o‘rtasida ma’lumotlar uzatish uchun paketlarni kommutatsiya qilish uchun asoslangan yuqori tezlikli texnologiya. " FRDS turidagi disk massivi|"Tizimning biror diski yoki biror boshqa komponenti ishdan chiqqanda undagi ma’lumotlarni himoyalash uchun mo‘ljallangan qurilma. FRDS+ qo‘shimcha tarzda disklarni avtomatik «qaynoq» (tizim faoliyatini to‘xtatmasdan) almashtirish hamda kesh va ta’minot blokidagi nosozliklarda ma’lumotlarni muhofaza qilish imkoniga ega. " Free Radius|"Ochiq boshlang‘ich kodli Radius serveri. Bu boshqa tijorat Radius serverlarining muqobilidir, chunki u bugungi kunda modulli va funksionaldir. Bundan tashqari, yoyish va foydalanuvchilarning soni nuqtai nazaridan qaralganda, dunyo Radius serverlari beshligiga kiradi. Free Radius tez, moslashuvchan, sozlanadigan, shuningdek, ko‘plab tijorat serverlariga nisbatan ko‘proq autentifikatsiyalash protokollarini qo‘llaydi. Hozirgi paytda tijorat Radius serverlarini ishlab chiqish uchun asos sifatida foydalaniladi. " FreeBSD operatsion tizimi|"BSD UNIX operatsion tizimining erkin tarqatiladigan (notijorat) realizatsiyasi. NetBSD, OpenBSD lar singari FreeBSD ham Bill Jolits tomonidan amalga oshirilgan 386BSD loyihasidan kelib chiqqan. " Front-end|"Tizimning interfeys va foydalanuvchi bilan birgalikda ishlashi uchun javob beradigan qismi. " FTP server|"FTP protokoli bo‘yicha erkin foydalanilishi mumkin fayllar joylashtiriladigan server. " FTPga anonim kirish|"FTP-serverga kirish variantlaridan biri. Foydalanuvchi tizimda Anonymous logini bilan ro‘yxatga olinadi, maxfiy so‘z sifatida uning elektron pochta manzili ko‘rsatiladi. Anonim foydalanuvchilar odatda, faqatgina ma’lumotlarni o‘qish huquqiga ega bo‘ladilar. " FWT terminali|"Qayd qilingan simsiz aloqa terminali. " Gbyte (gigabayt)|"Axborot hajmining birligi. 1073741824 byte (2^30) yoki 1024 Mbyte yoki 1048576 kbyte ga teng. " GeForce|"Iste’mol bozoriga yo‘naltirilgan, NVIDIA kompaniyasi asosiy platalarining grafik protsessorlari va chipsetlari turkumining brendi. GeForce grafik protsessorlaridan asosan, shaxsiy va ko‘tarib yuriladigan kompyuterlar uchun mo‘ljallangan videoadapterlarda foydalaniladi. " Gerber formati|"Sxema platalarini avtomatlashtirilgan loyihalashda va testlashda ma’lumotlarni taqdim etish uchun xizmat qiladigan format. " Gigabit Ethernet standarti|"Maʼlumotlarning 1 Gbit/s gacha tezlik bilan uzatilishini taʼminlaydigan texnologiya. Uzatish muhiti sifatida kabellarning uch turidan – bir modali va ko‘p modali optik-tolali kabellardan, shuningdek, ekranlanmagan o‘ralgan juftdan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi. So‘nggi variant uchun IEEE 802.3 ab guruhi tomonidan alohida standart loyihasi ishlab chiqilgan. " Globally Unique Identifier|"128-bitli statistik noyob disk yoki bo‘lim identifikatori. Uning asosiy xususiyati – identifikatorlarning mos tushishi tufayli sodir bo‘lgan ziddiyatlardan qo‘rqmasdan kengayadigan servislar va ilovalarni yaratish imkonini beradi. " GMPCS tizimi|"Global shaxsiy yo‘ldoshli aloqa mobil tizimi, yo‘ldoshli aloqa uchun qo‘llaniladigan mobil kommunikatsiyalar standart protokoli. " GNU operatsion tizimi|"Unix bilan o‘zaro muvofiq ishlovchi operatsion tizim yaratish uchun GNU loyihasi. Loyiha 1983-yilda Richard Stolman tomonidan UNIX o‘rnini bosa oladigan erkin tarqatish maqsadida MTI da ishlab chiqilgan. Loyiha doirasida kompilyatorlar va boshqa dasturiy ta’minotlar ishlab chiqiladi. " Google|"Shu nomdagi qidiruv tizimiga egalik qiluvchi Amerika korporatsiyasi. 1998-yilda Larri Peyj va Sergey Brinlar tomonidan asos solingan. Kompaniya boshqa faoliyat (xabarlar qutisini taqdim etish, dasturiy ta’minot ishlab chiqish) bilan shug‘ullanishiga qaramasdan, asosiy daromad va mashhurlik aynan qidiruv tizimiga tegishlidir. " Google Android|"Operatsion tizim (Linux yadrosi bazasidagi), oraliq dasturiy ta’minot (middleware) va servis dasturlarni o‘z ichiga oladigan mobil qurilmalar uchun mo‘ljallangan ilovalar steki. " GPRS kirish nuqtasi|"GPRS tarmog‘i va tashqi ma’lumotlar tarmog‘i, masalan, Internet tarmog‘i o‘rtasidagi interfeys. Mobil telefon GPRS modemi sifatida ishlashi, shuningdek, GPRS orqali WAP resurslaridan foydalanish uchun, kirish nuqtasi aniq belgilanishi zarur. " GPRS xizmati|"Radiointerfeys orqali ma’lumotlarni paketli uzatish xizmati. GPRS axborot va ko‘ngilochar xizmatlaridan foydalanish uchun, ma’lumotlar uzatish tarmog‘iga doimiy ulanishni ta’minlaydi. Bog‘lanish bir zumda o‘rnatilishi, ma’lumotlar uzatish tezligi yuqori bo‘lishi bilan ajralib turadi. " GPS tizimi|"Global pozitsiyalash tizimi – bu, navigatsion yo‘ldoshlardan foydalaniladigan, joylashgan yerni aniqlash radiotizimidir. Bunday tizimlar tegishli uskunaga ega bo‘lgan va yer sirtidagi yoki uning yaqinidagi foydalanuvchilar uchun, uch o‘lchamli holat, tezlik hamda vaqt to‘g‘risida kunu tun axborotni ta’minlaydi. " GPSS modellash tili|"Turli tizimlarni, asosan ommaviy xizmat ko‘rsatish tizimlarini imitatsion modellash uchun foydalaniladigan dasturlash tili. " GSM 1900 standarti|"1900 MHz chastotadagi GSM raqamli standarti, shuningdek, PCS sifatida ham ma’lum. AQSh, Kanada, Lotin Amerikasi va Afrikaning ayrim mamlakatlarida foydalaniladi. " GSM interfeyslari|"GSM tarmog‘ida interfeyslarning ikki turi farqlanadi: tarmoqlararo va tarmoq ichi. Tashqi tarmoqlar bilan ulanish SS7 signalizatsiya tizimiga muvofiq amalga oshiriladi. " GSM mobil aloqa|"Yevropada va dunyoning boshqa qismlarida keng foydalaniladigan raqamli mobil telefon tizimi. GSM ma’lumotlarni raqamlashtiradi, siqadi, keyin uni foydalanuvchilar ma’lumotlarining boshqa bir ikkita oqimi bilan, har biri o‘zining vaqt intervalida, kanal orqali jo‘natadi. GSM 900 MHz yoki 1800 MNz chastota polosasida ishlaydi. " GSM plyus texnologiyasi|"Mobil aloqa texnologiyasining GSM standarti asosidagi takomillashtirilgan versiyasi bo‘lib, uchinchi avlod tizimlarining asosiy talablarini qanoatlantiradi. " GSM tarmoqlari uchun mo‘ljallangan texnologiya|"Ma’lumot uzatish tezligini 14,4 kbit/s gacha oshirishni, to‘rtta kanalni bitta vaqt slotida multipleksorlashda esa 57,6 kbit/s gacha oshirishni (Nokia firmasi) ta’minlaydigan texnologiya. " GSM uyali aloqa standarti|"Ikkinchi avlod (2G) mobil qurilmalari uchun mo‘ljallangan Yevropa standarti. GSM da 900 MHz va 1,8 GHz (Yevropada), 1,9 GHz (AQSh da) chastota diapazonlaridan foydalaniladi. GSM Yevropa va Osiyoda qabul qilingan umumiy simsiz standartlar va TDMA texnologiyasidan foydalanishni birlashtiradi. GSM SMS xabarlar uzatilishini va 9,6 Kbit/s tezlik bilan ma’lumotlar paketli uzatilishini amalga oshiradigan tarmoqlar bilan ma’lumotlar almashinuvini ta’minlaydi. Bu standartda telefon raqami va abonent to‘g‘risidagi boshqa barcha ma’lumot, shartnoma tuzish vaqtida abonentga beriladigan va zarur diapazondagi GSM apparatga qo‘yilishi mumkin bo‘lgan SIM kartaga yoziladi. " GSM shlyuzi|"Statsionar liniyani o‘rnatish imkoniyati yo‘q yoki iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlamaydigan, telefon aloqasi bo‘lmagan obyektlarni telefonlashtirish imkonini beradigan shlyuz. " GSM/EDGE radiokirish tarmog‘i|"GSM/EDGE tizimining radio qismi, o‘z ichiga tayanch stansiyalarni va tayanch stansiyalarning kontrollerlarini bog‘lovchi tarmoqni oladi. Umum-foydalaniladigan telefon aloqa, Internet va abonentlar terminallari o‘rtasida chaqiruvlar va paketli ma’lumotlar o‘tadigan GSM tarmog‘i uchun mo‘ljallangan tayanch tarmoqni o‘zida ifodalaydi. UMTS/EDGE tarmoqlar bilan bo‘lgan holda, tarmoq bir qancha UTRAN bilan ulangan bitta yoki bir nechta GERAN dan iborat bo‘ladi. " GSM-1800 standarti|"GSM standartining (1710-1785) MHz va (1805-1880) MHz (avvalgi DCS 1800) chastotalar diapazonida ishlaydigan tarmoqlar uchun mo‘ljallangan versiyasi. GSM-1800 tarmog‘ida ishchi chastotalar polosasining kengligi 75 MHz (GSM-900 ga nisbatan uch marta ortiq). Radioto‘lqinlarning 1800 MHz chastotada tarqalishida 900 MHz chastotaga nisbatan qo‘shimcha yo‘qotishlar (6-10) dB sodir bo‘ladi va ular bitta tayanch stansiya xizmat ko‘rsatadigan hududning kichrayishiga olib keladi. Mobil telefonlarning maksimal nurlanish quvvati 1 W bo‘lib, u GSM dagiga nisbatan 2 marta kamdir. Bu tizimda yashirin eshitish va raqamdan beruxsat foydalanishdan ancha yuqori himoyalanish ta’minlangan. " GSM-400 standarti|"GSM standartining modifikatsiyasi (NMT-450 analog tizimini modernizatsiyalash variantlaridan biri). GSM-400 tizimi 2x7,2 MHz polosalar kengligiga ega NMT-450 kengaytirilgan chastotalar diapazonida (450,4-457,6) MHz – liniya «pastga» va (460,4-467,6) MHz – liniya «yuqoriga») ishlash uchun mo‘ljallangan. Ushbu diapazonda aloqa uzoqligi GSM-900 ga nisbatan ikki marta katta, bitta geografik mintaqadagi tayanch stansiyalarning maksimal miqdori 5,5:2,2:1 (GSM-1800/900/400) nisbat bilan aniqlanadi, ya’ni ayni bir xil qoplash zonasida GSM-1800 dan foydalanilganiga nisbatan 5,5 marta kamroq tayanch stansiyalar kerak bo‘ladi. GSM-400 foydalanishning eng maqbul joylari uyalarning kichik trafikli va katta uzoqlikdagi hududlarida aloqani tashkil qilish bilan bog‘liqdir (qishloq joylari, qirg‘oq bo‘ylari va avtostradalarda). " GSM-900 standarti|"Chastotalarning 900 MHz diapazonida ishlaydigan tarmoqlar uchun GSM standartining asosiy versiyasi. Ko‘pincha GSM-900 abbreviaturasi o‘rniga umumiyroq bo‘lgan GSM atamasidan foydalaniladi. " GSM-R raqamli aloqa tizimi|"GSM standarti negizidagi raqamli aloqa tizimining spetsifikatsiyasi bo‘lib (1994 yilda ishlab chiqilgan), u (876-880) va (921-925)MHz chastotalar diapazonida temir yo‘l radioaloqa tizimini tuzishga mo‘ljallangan. 500 km/h gacha bo‘lgan harakat tezliklarida guruhiy, ustuvor va shoshilinch chaqiruvlarni amalga oshirish hamda aloqani ta’minlash nazarda tutilgan. Maksimal ulanish vaqti 1,5 s dan oshmaydi. " gTLD|"Yuqori pog‘onali umumiy domen. Dastlab tashkilotlarning turiga qarab ajratilishi ko‘zga tutilgan bo‘lsa, bugungi kunda cheklashlarsiz sotiladi. Turlari: .com, .net, .org, .info va .biz. " GUID Partition Table|"Bo‘limlar jadvallarini fizik qattiq diskka joylashtirishning standart formati. Intel tomonidan BIOS o‘rniga tavsiya qilingan (Extensible Firmware Interface, EFI) standart – kengaytiriladigan mikrodastur interfeysining bir qismi hisoblanadi. " H simon to‘lqin o‘tkazgich|"H simon ko‘ndalang kesimga ega bir aloqali to‘lqin o‘tkazgich. " Hands free tizimi|"Qo‘llar yordamisiz telefonda so‘zlashish va uni boshqarish imkonini beradigan tizim. Uning o‘rniga ovozdan foydalaniladi. Ko‘pincha, avtomobillarda qo‘llaniladi. " Hard real-time|"Real vaqt tizimi, bunda vaqtinchalik cheklashlar buzilganda u boshqaradigan obyektda kritik xatolik (ishlamay qolish) sodir bo‘lishi mumkin. " HDDSCan|"Axborot to‘plagichlarni testlash uchun belgilangan utilita (HDD, RAID, Flash). Dastur axborotni saqlash qurilmalarini BAD-bloklari mavjudligiga diagnostika qilish, S.M.A.R.T-atributlarini ko‘rib chiqish, maxsus sozlamalarni o‘zgartirish (ta’minotni boshqarish, shpindel start/stopini, akustik rejimni rostlash) uchun mo‘ljallangan. " HDML tili|"Internetga simsiz qurilmalardan kirish uchun, Phоne.cоm firmasi tomonidan ishlab chiqilgan til. " HDSL texnologiyasi|"Uzunligi 4,5 km gacha bo‘lgan to‘rt simli liniya bo‘ylab 2 Mbit/s tezlik bilan simmetrik ravishda ma’lumotlarni uzatish imkonini beradigan texnologiya. 1990-yilda Bellcore firmasi tomonidan tavsiya qilingan. " Hewlett-Packard korporatsiyasi|"Elektron va hisoblash texnikasini ishlab chiqaruvchi kompaniya, shuningdek unga taalluqli savdo markasi. " HFS+|"Apple Inc tomonidan, oldin foydalanilgan HFS ni, Macintosh kompyuterlaridagi asosiy fayl tizimni almashtirish uchun ishlab chiqilgan fayl tizimi. HFS+ MAC OS imkoniyatlarini kengaytirish uchun, HFS ning takomillashtirilgan versiyasi sifatida qarab chiqilishi mumkin. Ishlab chiqish vaqtida bu tizim Sequoia deb atalgan. " HomePNA spetsifikatsiyasi|"1998-yilda HPNA alyansi tomonidan ishlab chiqilgan telefon kabel tarmoqlari asosidagi 10 Mbit/s li uy tarmoqlari uchun spetsifikatsiya. 1.0 versiyasi 1 Mbit/s tezlik uchun mo‘ljallangan. Ayni vaqtdagi 2.0 versiyasi 350 m dan ortiq masofada 10 Mbit/s tezlikda, 3.0 versiyasi esa, 32 Mbit/s tezlikda ma’lumot uzatish imkonini ta’minlaydi. HomePNA 25 tagacha tarmoq uzellarini qo‘llab quvvatlaydi. " Hot Desking|"Olisdagi telefondan uy ofisi telefoni kabi foydalanish imkonini beradigan xizmat. Bunda ikkala telefon ham bir xil imkoniyat (funksiya) ga ega bo‘ladi. Izoh – Ikkala telefon ham bir xil bo‘lishi kerak, masalan ikkita SIP – telefoni. " Hot Java|"Internet tarmog‘ida WWW texnologiyasi bilan ishlash uchun belgilangan brauzer. Java tilida til imkoniyatlarini ko‘rsatish uchun ishlab chiqilgan, lekin mustaqil ahamiyatga ham ega. " HSCSD texnologiyasi|"1. GSM standartidagi, ma’lumotlarni oshirilgan tezlikda (57 Kbit/s gacha) uzatish texnologiyasi. Bu texnologiyaning asosiy afzalligi, ma’lumotlar uzatish tezligining yuqoriligida. Bu, bog‘lanishni o‘rnatishga ketadigan vaqtni kamaytirish va dasturlar ishini tezlashtirish imkonini beradi. Ma’lumotlarni uzatish oldingiga nisbatan to‘rt marta tez bajariladi, bu esa, kartalar va grafik interfeysdan foydalanib, mobil navigatsiya kabi xizmatlarni amalga oshirish imkonini beradi. HSCSD texnologiyasi kommutatsiyalanadigan tarmoqlarda qo‘lllanilishi tufayli, ma’lumotlar qisqa impulslar tarzida uzatiladigan elektron pochta uzatishga qaraganda, multimedia va videodasturlar ishi uchun yaxshiroq moslashtirilgan. Texnologiyadan GSM tarmog‘ida foydalanishda uzatish tezligi 43,2 Kbit/s bo‘lishiga erishiladi. Bu qiymat zamonaviy modemlardan foydalaniladigan simli tarmoqlar orqali ma’lumotlar uzatish tezligiga teng. 2. GSM mobil tarmoqlar ustqurmasi. 57,6 Kbit/s yuqori o‘tkazish qobiliyatiga erishish uchun, to‘rtta 14,4 Kbit/s past tezlikli kanalni birlashtirish imkonini beradi. GPRS dan farqli ravishda, kanallarni kommutatsiyalash usulidan foydalaniladi. HSCSD uskunasi multimedia ma’lumotlarni uzatish uchun mo‘ljallangan videokonferens aloqa uchun ham to‘g‘ri keladi. " HSDPA texnologiyasi|"Mobil aloqa standarti, mobil aloqa tarmoqlarining 4G avlodiga o‘tish bosqichi. Ma’lumotlar uzatish tezligi taxminan 4 Mbit/s. " HSPA texnologiyasi|"Ma’lumotlarni paketli uzatishga asoslangan, simsiz aloqa texnologiyasi; axborot uzatish tezligining yuqori bo‘lishi asosiy jihati; WCDMA va UMTS kabi mobil tarmoqlarga qo‘shimcha hisoblanadi. " HSUPA texnologiyasi|"Mobil qurilma va operatorning uyali tarmog‘i o‘rtasida ma’lumotlar uzatish tezligini 5,8 Mbit/s gacha oshirish imkonini beradigan HSDPA texnologiyasining analogi. " HSWD texnologiyasi|"Yuqori tezliklarda ma’lumotlarni simsiz uzatish texnologiyasi. " Huper Transport|"Yuqori o‘tkazish qobiliyatiga va kichik kechikishlarga ega bo‘lgan, ikki yo‘nalishli ketma-ket/parallel kompyuter shinasi. To‘liq o‘lchamli, to‘liq tezlikli 32 bitli shina ikki yo‘nalishli rejimda o‘tkazish qobiliyatini 51600 Mbyte/s gacha o‘tkazish qobiliyatini ta’minlashi mumkin. " Hydra arxitekturasi|"IBM Personal Computer kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan shaxsiy kompyuterlar tizim platasining modulli arxitekturasi. Izoh − Arxitektura tizim komponentlari (tezkor xotira qurilmasi, protsessor, PCI) ning oson almashtirilishi hisobiga modernizatsiya narxlarini qisqartiradi. " IACR assotsiatsiyasi|"Kriptografik tadqiqotlar bo‘yicha xalqaro assotsiatsiyasi. " IBM kompaniyasi|"Dunyodagi dastlabki kompyuter kompaniyalaridan biri. Kompyuter texnologiyalari sohasida va savdo hajmi bo‘yicha dunyo yetakchilaridan biri. IBM maynfreymlari odatda ko‘k rang bilan bezatilganligi uchun, matbuotda bu korporatsiya «Ko‘k gigant» deb ham ataladi. Kompaniya 1911-yilda to‘rtta kompaniyaning birlashishi natijasida tashkil topgan. Bu kompaniyalardan biri – The Tabulating Machine Company tabulyatorlar ishlab chiqaruvchi kompaniya. " ICL korporatsiyasi|"Turli tarmoqlar uchun uskunalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi korporatsiya. 1968-yilda Buyuk Britaniyada asos solingan. " ICMP protokoli|"RFC 792 da aniqlangan uzatiladigan ma’lumotlar statusi to‘g‘risidagi xabarlarni almashish uchun mo‘ljallangan IP-protokolining kengaytmasi. " ICQ Internet-peyjeri yoki «men seni izlayman»|"Internetda sherik qidirish va ular bilan real vaqtda xat orqali muloqot qilish imkonini beradigan interaktiv muloqot tizimi. Mirabilis kompaniyasi mahsuloti, hozirgi vaqtda America Online korporatsiyasiga tegishli. " ICQ xizmati|"1. Har bir foydalanuvchi o‘z raqamiga ega bo‘lgan, Internet yordamida qisqa xabarlarni uzatish bepul Internet-peyjing tizimi. Unda foydalanish uchun maxsus dastur zarur. Mobil telefondan/telefonga xabarlar uzatish mumkin. 2. Matnli xabarlar almashinish uchun mo‘ljallangan dastur. Ishlab chiquvchi ‒ Isroilning Mirabilis firmasi. Pochta xizmati bilan integratsiyalangan, fayillarni qabul qilish/uzatish imkoniyati bo‘lgan, chat o‘rnatilgan, xabarni uzatish tezligi yuqori bo‘lgan, anchagina qulay mahsulotni o‘zida ifodalaydi. " IDEN texnologiyasi|"Integratsiyalashgan raqamli kengaytirilgan tarmoqlar uchun, Motorola kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan texnologiya. Asosi – GSM arxitekturasi, uzatishda 25 kHz li chastota kanallaridan foydalaniladi. Butun dunyoda keng qo‘llaniladi. " i-mode texnologiyasi|"1. O‘tkazish qobiliyati 9,6 Kbit/s bo‘lgan holda, doimiy ulanishni ta’minlaydigan texnologiya, bu DoCoMo ga GPRS dan avvalroq, IP-telefoniya asosida mobil dasturlar ishlab chiqishni boshlash imkonini berdi. Texnologiya HTML kompakt versiyasidan foydalanganligi uchun, WAP bilan ham raqobatlasha oladi, WAP esa, WML markerlarining maxsus tili bilan ishlaydi. 2. Yaponiyaning eng yirik mobil aloqa operatori bo‘lgan NTT DoCoMo Internet-servisi. Servisdan foydalanuvchilar veb-sahifalar mazmuni bilan tanishishlari, elektron pochta, taqvim bilan ishlashlari va chat xabarlarini ayirboshlashlari mumkin. DoCoMo i-mode xizmatlarini 1999-yildan ko‘rsata boshladi va shundan beri, Yaponiyada 18 milliondan ortiq foydalanuvchini o‘ziga jalb qila oldi. i-mode servisi orqali ma’lumotlarni uzatish tezligi 9,6 Kbit/s, uchinchi avlod tarmoqlari ishga tushirilishi bilan tezlik 384 Kbit/s gacha oshadi. " IMS Server|"ISAM ESSO uchun, korxonaga himoyalangan foydalana olishning markazlashtirilgan boshqarish nuqtasini taqdim etadigan integratsiyalashgan boshqaruv tizimi. Foydalanuvchilarning identifikatorlari, AccessProfile va autentifikatsiya siyosatini markazlashtirilgan boshqarishga ruxsat beradi va korxona uchun yo‘qotishlar, sertifikatlar va auditni boshqarishni ta’minlaydi. " IMT-FT standarti|"Ham juft, ham juft bo‘lmagan chastotalar polosalarida qo‘llash uchun ishlab chiqilgan, kombinatsiyalangan chastota-vaqt dupleks tarqatishli DECT mikrouyali tizimi uchun mo‘ljallangan standart nomi (DECT YeR loyihasiga asoslangan). " IMT-SC standarti|"Bir chastotali TDMA tizimi uchun ishlab chiqilgan standart nomi, tizimni chastotalarning juft polosalarida belgilaydi (avvalgi UWC-136 loyihasi). " IMT- TC standarti|"Vaqt bo‘yicha dupleks tarqatish (TDD)li kombinatsiyalangan TDMA/CDMA tizimi uchun mo‘ljallangan standart nomi, tizimni chastotalarning juft bo‘lmagan polosalarida belgilaydi (UTRA TDD va SCDMA ning qo‘shma taklifi). " IMT-2000 i|"ITU tomonidan uchinchi avlod (3G) standartlarining butun turkumini belgilash uchun foydalaniladigan atama. Beshta standartni o‘z ichiga oladi: WCDMA, CDMA2000, TD-CDMA/TD-SCDMA (Xitoyning o‘z standarti), DECT va UWC-136. " IMT-DS standarti|"Spektr to‘g‘ri kengaytiriladigan (DS-CDMA) va chastotaviy dupleks tarqatiladigan (FDD) keng polosali tizim uchun mo‘ljallangan standart nomi, tizimni chastotalarning juft polosalarida ta’minlaydi (WCDMA va UTRA FDDning birgalikdagi taklifi). " IMT-MC standarti|"Bir vaqtning o‘zida bir nechta eltuvchini uzatuvchi va chastotaviy dupleks tarqatishli ko‘p chastotali tizim uchun ishlab chiqilgan standart nomi, tizimni chastotalarning juft bo‘lmagan polosalarida ta’minlaydi (ishchi nomi – cdma2000). " Infiniband|"Ham ichki (tizim ichidagi), ham tizimlararo ulanishlar uchun qo‘llaniladigan, yuqori tezlikli kommutatsiyalanadigan ketma-ket shina. Ikki yo‘nalishdagi ketma-ket shinadan foydalaniladi. Bazaviy tezlik har bir yo‘nalishda 2,5 Gbyte/s. " Intel Core i5|"Intel korporatsiyasining x86-64 protsessorlari turkumi. O‘rnatilgan xotira kontrolleriga ega, Turbo Boost texnologiyasini qo‘llaydi (protsessorni yuklama ostida avtomatik tarzda tezlash). Ko‘pchiligida o‘rnatilgan grafik protsessor bor. Chipset bilan Core i5 DMI shinasi orqali ulanadi. Stol kompyuterlari uchun mo‘ljallangan dastlabki Core i5 2009 yilning senytabrida paydo bo‘ldi, unda Nehalem arxitekturasining Lynnfield yadrosidan foydalanilgan. " Intel firmasining ikkilik moslashuv спецификацияси|"Intel-arxitekturali kompyuterlarda har qanday ishlab chiqaruvchining UNIX operatsion tizimida ishlay olishi uchun, amaliy dastur qanoatlantirishi kerak bo‘lgan shartlarni aniqlovchi standart. " Intel mikroprotsessori|"Hisoblarni oshkora parallellashtiradigan va xotirani 64-razryadli manzillashdan foydalanadigan mikroprotsessor turi. " IOS operatsion tizimi|"Sisco Systems kompaniyasi tomonidan marshrutizatorlar uchun ishlab chiqilgan rezident operatsion tizimi. U marshrutizatorlarni sozlash va nazorat qilish uchun komandalar va funksiyalar to‘plamini o‘z ichiga oladi, shuningdek, turli protokollarning bajarilishini qo‘llab-quvvatlaydi. " IP-adres|"1. Uzellar yoki Internet tarmog‘idagi kompyuterlarni identifikatsiya qiladigan noyob manzil. 2. Axborotni qabul qiluvchi yoki jo‘natuvchini identifikatsiya qiluvchi 32 (IPv4) yoki 128 (IPv6) bitlar ketma-ketligi. " IP bo‘yicha ovozli aloqa shlyuzi|"An’anaviy oxirgi (terminal) uskunani KAT bilan ulaydigan aloqa seansini amalga oshirish protokoli bazasidagi shlyuz. Analog liniyalarni ulashda IP bo‘yicha ovozli aloqa shlyuzi kamida analog telefon adapterni o‘z ichiga oladi. IP bo‘yicha ovozli aloqa shlyuzi, vositachi-server orqali chaqiruv seansini boshqarish funksiyasiga taalluqli IP-multimediya tizimlarining abonent apparatlarida alohida o‘rin tutadi. " I-PIP tugmasi|"Reklama vaqtida bu tugma bosilsa, shu paytdagi dastur ekrandagi kichik darchaga joylashadi, ekranda esa bu paytda boshqa dastur namoyon bo‘ladi. I-PIP tugmasi takror bosilganda, dastlabki dastur ekranda to‘liq tiklanadi. " IP-manzillarni o‘zgartirgich|"Ishchi stansiyada yoki xost kompyuterda o‘rnatiladigan va nomlar serveriga so‘rovlar yuborgan holda, xost-kompyuterlar nomlarini, ularning IP-manzillariga o‘zgartiradigan dastur. " IP-paketdagi xatolik ehtimolligi|"Xato qabul qilingan IP-paketlar sonining uzatilgan IP-paketlarning umumiy soniga nisbati. " IP-paketi|"Manba va oluvchining adresi, ma’lumotlar va paket uzunligini belgilaydigan maydon, sarlavhaning nazorat summasi va paketni fragmentatsiya qilish to‘g‘risidagi bayroqlarni o‘z ichiga olgan Internet tarmog‘i orqali uzatiladigan axborotning fundamental birligi. " IP-protokol|"1. Internet tarmog‘ining protokoli. Internet uzellari o‘rtasida xabarlarning uzatilishi va marshrutlanishi uchun javob beradigan va ma’lumotlarni paketlarga ajratish qoidalarini belgilovchi tarmoq protokoli. 2. Tarmoqlararo protokol. IP-protokoli OSI 3-modeli (ochiq tizimlarning o‘zaro aloqa modeli) sathida ishlaydi va internetwork tarmoqlarida IP-deytagrammalarni yuborish standarti hisoblanadi. IP-paketlar marshrutlanishini tavsiflaydigan, TCP/IP-protokollari stekining bir qismidir. " IPSec protokoli|"IETF tomonidan taklif etilgan xususiy virtual tarmoqlarda axborotni uzatish protokollari majmui bo‘lib, IP-paketlarni autentifikatsiyalash, yaxlitligini tekshirish va shifrlashni ta’minlaydi. IPSec kriptografiyasi asosidagi standart xizmatlar va xavfsizlik protokollari to‘plami TCP/IP ning barcha protokollari va Internet orqali L2TP dan foydalanib bog‘lanishlar xavfsizligini ta’minlaydi. " I-psevdokadr|"Televizion tasvir ma’lumotlar oqimini kadr ichida kodlashda shakllanadigan psevdokadr. " IP-shlyuzi|"Turli xil tarmoqlarni birlashtirish, lokal tarmoqdan Internetga chiqish imkonini beradigan qurilma. Shlyuzda ma’lumotlarning bir protokoldan boshqasiga o‘zgartirilishi ro‘y beradi. " IPtables|"Komanda satri utilitasi, 2.4 versiyadan boshlab Linux yadrolari uchun NET Filter tarmoqlararo ekran (brandmauer) ishini boshqarishning standart interfeysi hisoblanadi. IPTables utilitasidan foydalanish uchun super foydalanuvchi imtiyozlari talab qilinadi. " IP-tarmoqlari orqali tovush (ovozli trafikni) uzatish|"Ovozni uzatish IP-tarmoqda, IP orqali ovoz, IP asosidagi telefoniya tarmog‘ida paketlar kommutatsiyasi ovoz uzatish texnologiyasi bo‘lib IP-protokoli negizida qurilgan. Xalqaro va shaharlararo qo‘ng‘iroqlarda mablag‘ni tejash uchun ishlatiladi. Texnologiya nutq va ma’lumotlarni integratsiya qilish imkonini beradi. " IP-telefoniya|"1. Internet tarmog‘idan telefon so‘zlashuvlar uchun foydalanish texnologiyasi. Kompyuter‒kompyuter, kompyuter‒telefon tarmoq ulanishlardan foydalanib, odamlar o‘rtasida telefon aloqasini o‘rnatish imkonini beradi. 2. IP-tarmoqlari bo‘yicha ovozni uzatish texnologiyasi asosida nutqli axborotni almashish, shu jumladan mahalliy, shaharlararo va xalqaro aloqa xizmatlari. " IP-tranzit|"Mijozning IP-protokoli negizida IP-tarmoqqa ulanishining ikki nuqtasi o‘rtasida ma’lumotlar uzatish. " IPX/SPX protokoli|"Novell NetWare tarmoqlarida ishlatiladigan, TCP/IP to‘plamidagi TCP va IP-protokollariga mos keluvchi transport protokollari. IPX protokoli Windowsda NWLink protokoli orqali amalga oshiriladi. " IRC protokoli|"Band qilinmagan qabul qilgichni boshqarish protokoli. Abonent bilan bog‘lanish o‘rnatilmagan paytda, uyada qabul qilgichni boshqarish protokoli. " IS-136 standarti|"Shimoliy Amerikada 800 MHz va 1,9 GHz chastota diapazonida ishlaydigan TDMA texnologiyasi asosidagi ikkinchi avlod uyali aloqa raqamli tizimlarining standarti. Birinchi marta 1994 yilda taqdim etilgan. DAMPS sifatida ham ma’lum. " IS-95 standarti|"Cdma One kabi, 800 MHz va 1,9 GHz chastota diapazonida ishlaydigan standart. Ma’lumotlarning ovoz qo‘shilgan holda, 64 Kbit/s gacha tezlik bilan uzatilishini ta’minlaydi. " ISDN bazaviy foydalana olish interfeysi|"Tovush, videotasvir va ma’lumotlarni kommutatsiyalanadigan kanallar bo‘yicha uzatishda ishlatiladigan ikkita V-kanallar va bitta D-kanaldan tashkil topgan ISDN-interfeys. " ISDN interfeyslari|"Xizmatlari integratsiyalashgan raqamli tarmoqlarda foydalaniladigan interfeyslarning asosiy turlari beshta: R, S, T, U hamda V. " Java operatsion tizimi|"Java-ilovalarni qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan unchalik katta bo‘lmagan, effektiv operatsion tizim. Ikki xil ko‘rinishda uchraydi: JavaOS for Business va JavaOS for Consumers. " Java Script tili|"Netscape Communication korporatsiyasi tomonidan 1995-yilda ishlab chiqilgan (Netscape Navigator 1.2 brauzerining tarkibiy qismi sifatida taqdim qilingan) va Java tiliga asoslangan, lekin undan ancha sodda bo‘lgan dasturlash tili. ECMA-262 spetsifikatsiyasiga mos keladi. " Java tili|"Sun Microsystems, Inc tomonidan ishlab chiqilgan yangi dasturlash tili. Java tilidan tarmoq ilovalarini (dasturlarini) ishlab chiqish uchun oddiy dasturlash tili sifatida, shuningdek, appletlar deb ataladigan uncha katta bo‘lmagan ilovalarni yozishda foydalaniladi. " JDC standarti|"Qayta nomlangan PDC Yaponiya mobil aloqa standarti. Unda 900 MHz va 1,5 GHz chastotadan foydalaniladi. " JEIDA standarti|"Kompyuterga «kredit kartochka» turidagi har qanday qurilmalarni, jumladan, xotira kartalari, qattiq diskdagi to‘plagichlar, modemlarni ulash ta’minlanadigan standart. " JFC bibliotekasi|"Java tilidagi asosiy turkumlar bibliotekasi. " Jini texnologiyasi|"O‘zida Java tili kengaytmalarini ifoda etadigan Sun Microsystems texnologiyasi, uning yordamida Java tilida yozilgan dasturlar o‘rnatilgan raqamli qurilmalar kompyuter tarmog‘ida shaxsiy kompyuterlar yordamisiz muloqotga kirisha oladi. " JIT-kompilyatsiya|"Bevosita dasturning ishlash vaqtida bayt-kodni mashina kodiga kompilyatsiya qilish yo‘li bilan bayt-koddan foydalaniladigan dasturiy tizimlarning unumdorligini oshirish texnologiyasi. " JPEG 2000 standarti|"JPEG standartining yangi ochiq ko‘rinishi. Tasvirni 200 barobargacha siqish imkonini beradi. DCT dan emas, balki to‘lqin o‘zgartirgich algoritmidan foydalanadi. Tasvir matematik jihatdan xuddi uzluksiz oqim singari tavsiflanadi. " JSQL dasturlash tili|"Java tilida yozilgan dastur orqali ma’lumotlar bazasiga murojaat qilish uchun SQL tili. " Just-In-Time|"Har bir usulning birinchi chaqiruvida, Java da dasturlarni bajarishning ishlab chiqarish yig‘indisini oshirishga imkon beradigan, maqsadli platformaning (native ‒ kod) obyektli kodiga uning kompilyatsiyasini bajaradigan JVM komponentining kompilyatori. " Ka-diapazon|"Asosan, yo‘ldoshli aloqa va radiolokatsiyada ishlatiladigan santimetrli va millimetrli uzunlikdagi to‘lqin chastotalari diapazoni. Diapazon shartli ravishda elektromagnit spektrining 26,5 dan 40 GHz gacha bo‘lgan diapazonida yoyiladi. " KEM-faktor|"Subyektiv sinovlar usuli, ajratib bo‘ladigan qora va oq gorizontal chiziq hamda satrlar sonlari nisbatidir. " Kerberos texnologiyasi|"Des standarti negizida Massachuset texnologiyalar instituti (MIT) tomonidan 1980-yil o‘rtalarida yaratilgan, autentifikatsiya va ochiq kalit bilan shifrlash texnologiyasining nomi. RFC 1510 da ta’rifi keltirilgan. Kerberos Windows da 2000 versiyasidan boshlab ishlatilib kelinadi. K-faktor rus. - К-фактор ing. - K-faсtor, K-rating factor Televizion tasvirning, televizion ko‘rsatuv jarayonida qayta tiklash qurilmalariga beriladigan turli impulslarning buzilishi bo‘yicha aniqlanadigan signal shaklining ayrim liniyaviy buzilishlar tufayli sodir bo‘ladigan subyektiv yomonlashuvi darajasini obyektiv baholash o‘lchovi. Izoh – K-faktorni baholash usuli XEI-R-BT.654 Tavsiyalarida berilgan. " Ku-diapazon|"Yo‘ldoshli televideniyeda ishlatiladigan santimetrli to‘lqinlar chastotalarining diapazoni. Diapazon shartli ravishda 10,7 dan 18 GHz gacha yoyiladi. " L2TP protokoli|"Cisco kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, L2F (Layer 2 Forwarding) protokolini va Microsoft kompaniyasining PPTP protokolini o‘zida biriktiruvchi kanal darajasida tunnellovchi tarmoq protokoli. Internetda tunnellar yaratish uchun mo‘ljallangan standart protokol. " Lampel-Ziv-Velch (LZV) algoritmi|"Ma’lumotlarni yo’qotishlarsiz siqish algoritmi bo‘lib, uni tuzgan ijodkorlarning nomlari bilan atalgan. " LAN emulyatsiyasi|"ATM forumi tomonidan ishlab chiqilayotgan texnologiya. ATM tarmog‘i virtual segmentlarini Ethernet va Token Ring virtual tarmoqlarini shaffof birlashtirish imkonini beradi. " LAN NetView platformasi|"Tarmoqni boshqarish amaliy jarayonlariga IBM korporatsiyasi tomonidan taklif etilgan platforma. Bu platforma turli xildagi xizmatlar: boshqaruv ma’lumotlarini tarmoqdan uzatish, tarmoq ob’ektlarining holati to‘g‘risidagi ma’lumotni yig‘ish, platforma vositalari bilan amalga oshiriluvchi dasturlardan jamoaviy foydalanishni ta’minlash, tizim administratori interfeysini taqdim etish kabi funksiyalarni bajaradi. " LDAP protokoli|"Kataloglardan foydalanishning soddalashtirilgan protokoli, tarmoq kataloglariga kira olish imkonini beradi. " Linker and loader|"UNIX tizimidagi aloqalar redaktori va yuklagich. " Linux|"Shaxsiy kompyuterlarga mos keladigan RS va ko‘plab boshqa platformalarda Unix operatsion tizimini erkin amalga oshirish. Nomi tizim yadrosi ustida ish olib borgan fin dasturchisi Linus Torvalds nomidan kelib chiqqan. Birinchi versiyasi 1994-yilda paydo bo‘lgan. Linux ning 64 razryadli versiyalari bor. " Linux proc|"Kiritish-chiqarish uchun so‘rovlarni bajarishda ma’lumotlarni aniq saqlash va ma’lumotlarni hisoblash yo‘qligiga asoslangan Linux dagi fayl tizimi. " LISP dasturlash tili|"Yuqori daraja universal dasturlash tili, funksional turdagi deklarativ tillar qatoriga kiradi, ro‘yxatlar ko‘rinishida taqdim etilgan simvolli ma’lumotlarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan. Funksiyalar va rekursiv tuzilish tilning asosi hisoblanadi. " LISP-kompyuter|"Komandalar tizimida LISP tili asosiy funksiyalari va ro‘yxatlar bilan ishlash operatsiyalari joriy qilingan kompyuter. Bunday kompyuterlarni intellektual kompyuterlar sinfiga kiritish mumkin. " Little endian|"Kompyuter xotirasining arxitekturasi, bunda xotiraning har bir so‘zidagi baytlarni raqamlash o‘ng tomondan boshlanadi, ya’ni kichik bitlardan boshlab raqamlanadi. " Live CD|"Operatsion tizimning ishlash varianti. Tizim yuklash kompakt-diskidan ishga tushriladi va tezkor xotiraga yuklanadi, bunda vinchester ichidagi ma’lumotlar o‘zgarmay qoladi. Kompyuterga o‘rnatilgan operatsion tizimning ishlash holatini tiklashda yoki tizimni qattiq diskka o‘rnatmasdan ko‘rib chiqish imkonini beradi. Birinchi LiveCD-distributivi Knoppix bo‘ladi. " Longhorn operatsion tizimi|"Windows Vista va Windows Server 2008 operatsion tizimlarining dastlabki nomlanishi. " LPT|"Dastlab, faqat chop etish qurilmasini ulash uchun ishlatilgan PC parallel portining belgilanishi. " LTE standarti|"Ma’lumotlarni mobil uzatish texnologiyalarini takomillashtirish: ma’lumotlar uzatish samaradorligi va tezligini oshirish, xarajatlarni kamaytirish, ko‘rsatiladigan xizmatlarni yaxshilash va kengaytirish uchun mo‘ljallangan, 3GPP uyushmasi tomonidan yaratilgan standart. " LynxOS|"O‘rnatiladigan tizimlar uchun ishlab chiqilgan, POSIX standartlari bilan, so‘nggi vaqtda Linux operatsion tizimi bilan moslashtirilgan, Unix ga o‘xshash real vaqt operatsion tizimi. " LZW usuli|"Grafik tasvirlarni siqish usuli, faylda bir xil ketma-ketlikni qidirish algoritmiga asoslangan. Unisys firmasi nomi bilan patent ro‘yxatidan o‘tgan usul. 1978-yilda ishlab chiqilgan. " MAC drayver|"OSI modeli muhitidan foydalana olishni boshqarish darajasida ishlaydigan qurilma drayveri bo‘lib, tarmoq adapterlariga quyi darajadagi kira olishni ta’minlaydi. " MAC manzil|"Lokal tarmoqqa ulangan har bir qurilmada bo‘lishi kerak bo‘lgan, kanal sathidagi standartlashtirilgan manzil. Tarmoqdagi boshqa qurilmalar bu adreslardan tarmoqdagi aniq qurilmalarning joylashgan o‘rnini topishda, shuningdek, marshrutlash jadvallari va ma’lumotlar tuzilmasini yangilashda foydalanadi. МАС-manzil lar uzunligi 6 bite. Shuningdek, apparatli manzil yoki fizik manzil deb ham ataladi. " Mac OS|"Apple Macintosh kompyuterlarida ishlatiladigan operatsion tizim. " MAC OSX|"Apple firmasining Macintosh kompyuterlari uchun mo‘ljallangan operatsion tizimi. MAC OSX – bu, intuitiv grafik interfeysli o‘xshash operatsion tizimdir. Darvin deb nomlanadigan yadro (operatsion tizimning, yadroning manzil fazosida bajariladigan dasturiy modullarni ichiga oladigan asosiy qismi) o‘n mingdan ortiq dasturchi tomonidan ishlab chiqilgan. Tizim foydalanish uchun 2001-yilda qabul qilingan. " Mandriva|"1998-yilda asos solingan kompaniya (dastlab MandrakeSoft deb atalardi). Red Hat Linux distributiviga asoslangan, mahsuloti bilan bir nomdagi muallif. Mandrake Linux birinchi versiyasi 1998-yilning iyul oyida paydo bo‘lgan. 2005-yilning aprel oyida kompaniya Braziliyaning Connectiva kompaniyasini sotib oldi va nomini Mandriva ga o‘zgartirdi. " MAS-manzil identifikatori|"Tarmoqdagi har qanday qurilmaning yagona identifikatori. " Mbit/sек|"Sekundiga megabit 1024 kbit/s. Yuqori tezlikdagi tarmoqlarda ma’lumotlar uzatish tezligining o‘lchov birligi. " MD5|"RSA Data Security firmasining asoschilaridan biri Ronald L.Rivest tomonidan 1991-yilda ma’lumotlarni shifrlash uchun ishlab chiqarilgan 128-bitli xeshlash algoritmi. " MDAPI spetsifikatsiyasi|"Ochiq, obyektga yo‘naltirilgan spetsifikatsiya, OLAP Council ma’lumotlarni onlayn analitik qayta ishlash kengashi, notijoriy, ko‘p o‘lchamli ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlarini yetkazib beruvchilar assotsiatsiyasi tomonidan e’lon qilingan. Ilovalarga o‘qish bo‘yicha ko‘p o‘lchamli ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlaridan foydalanishni ta’minlaydi. " MDI ilova (dastur)|"Bir vaqtning o‘zida bir nechta ochiq hujjat bilan ishlash imkonini beradigan dastur. " MDX tili|"OLAP serverlariga va ma’lumotlar bazasiga so‘rovlar berish tili, OLE DB texnologiyasining tarkibiy qismi. " Memory map|"Solaris operatsion tizimidagi xotirada aks etadigan faylni tashkil qilish uchun mo‘ljallangan komanda va tizim chaqiruvi. " MeXe standarti|"Mobil qurilmalar muhiti – WAP kengaytirilgan varianti, uchinchi avlod standarti, terminal uchun Java ilovalari, axborot yuklashda himoya funksiyalarini va ilovalar boshqarilishini, telefonning barcha funksiyalaridan foydalanish mumkin bo‘lishi uchun, boshqa ishlab chiqaruvchilarning umumiy ilovalar interfeyslarini qo‘shadi. UMTS standarti uchun virtual uy muhitini yaratishda muhim jihat bo‘lgani holda, funksiyalar to‘plami va imkoniyatlarni ta’minlaydi. " MGCP protokoli|"IP-telefoniya standarti bo‘lib, u shlyuzlar va ulanishlarni boshqarish dasturi o‘rtasida o‘zaro aloqani qo‘llab-quvvatlaydi. " Microsoft|"Dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi eng yirik firma. Dasturlardan tashqari, texnik vositalar: «sichqoncha»lar, klaviaturalar va ularga adapterlar ham chiqaradi. Uilyam Geyts va Pol Allen tomonidan 1975-yilda tashkil qilingan. Firmaning asosiy yutuqlari: MS-DOS, Windows operatsion tizimlari, Internetda ishlash uchun MS Office, MS Explorer dasturiy vositalari; BASIC, Quick C, Visual BASIC, Visual C++ dasturlash tillari. " Microsoft Azure Services Platform|"Microsoft firmasining ishlab chiqarish uchun va Microsoft.NET bazasida servislardan foydalanish uchun mo‘ljallangan platformasi. " MicroSoft kompaniyasining diskli operatsion tizimi|"1981-yilda IBM PC birinchi 16-razryadli shaxsiy kompyuter uchun Microsoft va IBM korporatsiyalari tomonidan ishlab chiqilgan operatsion tizim. Bu operatsion tizim Microsoft kompaniyasining shakllanishida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 1990-yillarda MS-DOS Windows tomonidan siqib chiqarildi. Boshqa, ОS/2 kabi, operatsion tizimlarga o‘xshab, u ham foydalanuvchining klaviaturada tergan komandalarini kompyuterda bajariladigan operatsiyalarga o‘zgartiradi. MS-DOS bilan o‘zaro bog‘lanish komanda satridagi oynada shu bilan birga MS-DOS uchun mo‘ljallangan dasturlar bilan o‘zaro bog‘lanish ish stoli yorliqlari yordamida amalga oshiriladi. " Microsoft Windows Azure|"Operatsion tizim va firma asboblari to‘plami. " MIMO texnologiyasi|"Bitta tayanch stansiyada tarmoq sig‘imini oshirish va signallarning so‘nishi bilan kurashish uchun, ko‘plab uzatuvchi va qabul qiluvchi antennalardan foydalanish. " Minix|"Unix asoslangan erkin mikroyadroli operatsion tizim. Endryu Tanenbaum Minix ni ta’lim tizimi uchun yaratgan. " MISD arxitekturasi|"Parallel kompyuterning mumkin bo‘lgan to‘rtta arxitekturasidan biri. Bunda ma’lumotlar, har biri ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha o‘zining dasturini bajaradigan protsessorlar to‘plamiga uzatiladi. " MMDS texnologiyasi|"Simsiz tarmoqlar asosida ma’lumotlar uzatish texnologiyasi, teleeshittirishni o‘rnatish uchun qo‘llaniladi. Signalning uzatilishi 2868 MHz dan 2500 MHz gacha diapazonda yuz beradi. " MNP protokoli|"Modemli aloqada ma’lumotlar uzatish sxemasini belgilaydigan protokol. Bu protokol bo‘yicha ishlaydigan modem xatolar tuzatilishini va ma’lumotlar siqilishini amalga oshiradi. Protokol Microcom firmasi tomonidan ishlab chiqilgan. " Mobile IP-protokoli|"IP-protokolini, Internet trafikni mobil foydalanuvchilarga qayta yo‘llash imkonini beradigan tarzda kengaytirish. Texnologiya foydalanuvchining shaxsiy (korporativ) tarmog‘ida, ham olisdagi tarmoqlarda joylashgan maxsus dasturiy agentlardan foydalanadi. Olisdagi tarmoqqa kirishda mobil foydalanuvchilar agent yordamida ro‘yxatdan o‘tadilar, undan so‘ng ularning korporativ tarmog‘idagi trafik turgan joy bo‘yicha qayta yo‘llanadi. " mP6|"Rise Technology firmasi tomonidan ishlab chiqariladigan, arzon shaxsiy kompyuterlar uchun mo‘ljallangan protsessor turi. " MPE-FEC|"Ko‘p protokolli inkapsulyatsiya seksiyalari bo‘yicha yetkazib berilgan deytagrammalar uchun Rid-Solomon juftligini nazorat qilish ma’lumotlarini yetkazib berish usuli. " MPEG-1 videosignalini siqish usuli|"Raqamli videosignalni kodlash usuli, uni ifodalash uchun zarur bo‘lgan bitlar soni 1,4 Mbit/s gacha pasayadi. " MPEG-2 profili|"Kodlashning muayyan tizimini tashkil etuvchi, MPEG-2 standarti bo‘yicha raqamli oqimni siqish qoidalarining to‘plami. Izoh – Oddiy, asosiy, ikkita masshtablanadigan, yuqori va professional profillar ajratiladi. " MPEG-2 standarti|"Siqilgan raqamli televizion videosignallar, tovush signallari va televizion axborot foydalanuvchisining ma’lumotlari to‘plamini, raqamli paketlarni uzatish uchun mo‘ljallangan oqimga multipleksorlash usullari bayon qilingan kodlash tizimi. " MPEG-2 videosignalini siqish usuli|"MPEG-1 ni siqishga nisbatan yuqori sifatli siqish usuli versiyasi. DSS va DVD da foydalaniladi. " MS OFFICE|"Hujjatga yo‘naltirilgan ko‘p funksiyali dasturiy mahsulot. Microsoft firmasi tomonidan ko‘plab tashkiliy masalalarni avtomatlashtirish uchun ishlab chiqilgan. MS Office tarkibiga quyidagi ilovalar kiradi: Word – matn redaktori, Excel – elektron jadvallar, Access – ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi, Power Point – taqdimotlarni tayyorlash va o‘tkazish tizimi. Barcha ilovalar amalda yagona interfeysga ega bo‘lib, har qanday foydalanuvchi o‘rganishi uchun qulay. Har bir ilovadan mustaqil foydalanilishi mumkin. Agar, standart vositalar bilan ilovani aniq bir vazifa uchun sozlash imkoni bo‘lmasa, MS Office ga o‘rnatilgan Visual BASIC for Application. Dasturlash tilidan foydalanilishi mumkin. MS Office Windows operatsion tizimi boshqaruvida va Apple firmasining kompyuterlarida ishlaydi. " MS-DOS operatsion tizimi|"Microsoft va IBM korporatsiyalari tomonidan 1981-yilda IBM PC birinchi 16-razryadli shaxsiy kompyuter uchun ishlab chiqilgan operatsion tizim. ОS/2 kabi boshqa operatsion tizimlarga o‘xshab, u ham foydalanuvchining klaviaturada tergan komandalarini kompyuterda bajariladigan operatsiyalarga o‘zgartiradi. MS-DOS bilan o‘zaro bog‘lanish komanda satridagi oynada amalga oshiriladi. " MSDSL texnologiyasi|"SDSL texnologiyasining takomillashtirilgan versiyasi, ma’lumotlar 64 Kbit/s dan 1152 Kbit/s gacha tezlikda uzatilishini ta’minlaydi. " Biometrik ma’lumotlar|"Foydalanuvchining, originallari raqamli ko‘rinishda elektron hisoblash mashinasi xotirasida saqlanadigan, ovoz tembri, qo‘l barmoqlarining shakli, izi va shular kabi shaxsiy farqlovchi belgilarini o‘zida ifodalovchi autentifikatsiya qilish vositalari. " Biometrik texnologiya|"Inson komandalarini biotoklar orqali foydalanuvchi tizimga yetkazish usuli. " Biometriya|"1. Shaxsni identifikatsiya qilish uchun biologik xususiyatlardan, masalan, barmoqlar izi yoki ovozdan foydalanish to‘g‘risidagi fan. 2. Odam shaxsini fiziologik xarakteristikalarga asoslangan avtomatik identifikatsiya qilish usullari. " Bionika|"Tirik tabiat tamoyillari, xossalari, vazifalari va tuzilmalarini texnik qurilma va tizimlarda qo‘llashga qaratilgan amaliy fan. Internet o‘z-o‘zini tashkil qiluvchi tizim bo‘lib, ko‘p jihatlari bilan tirik organizm evolyutsiyasini «takrorlaydi». " Bipolyar kod|"Birliklar navbatma-navbat qarama-qarshi qutblilikning kuchlanish impulslarini, «0» esa impulsning yo‘qligini bildiradigan signal uzatish usuli. " Bir/bir modeli|"Ko‘p oqimlilik modeli, bunda har bir foydalanuvchi oqimi yadroning bitta aniq oqimida aks etadi. " Bir darajali qurilma|"Berilgan vaqtda bitta xavfsizlik darajasidagi ma’lumotlarni qayta ishlay olishi mumkin bo‘lgan funksional blok. " Bir darajali tarmoq|"Bitta yoki bir nechta kompyuterning boshqa oraliq qurilmalariga murojaat qilmasdan bir birlari bilan o‘zaro hamkorlikda ishlashi mumkin bo‘lgan tarmoq. Bir darajali tarmoqda kompyuterlar bir vaqtda mijoz ham, server ham bo‘lishi mumkin. " «Bir darcha» prinsipi|"Davlat xizmatlarini taqdim etish prinsipi, unga ko‘ra, bunday xizmatlar talabnoma beruvchi tegishli talab bilan bir marta murojaat qilgandan so‘ng ko‘rsatilishi kerak. " Bir dyumdagi nuqtalar soni|"Ekran va printerning ruxsat etish imkonini o‘lchashda qo‘llaniladigan birlik. Qurilma bir dyuymdagi kesmada ko‘rsatishi yoki chop etishi mumkin bo‘lgan nuqtalar soni. Dyuymdagi nuqtalar soni qancha ko‘p bo‘lsa, ekrandagi tasvir shuncha sifatli ko‘rinadi. " Bir jinsli bo‘lmagan tarmoq|"Turli topologiya fragmentlaridan va turli xil texnik vositalardan tuzilgan kompyuter tarmog‘i. Bunday tarmoqda har xil turdagi uskunalar va almashuv protokollaridan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi. " Bir jinsli tarmoq|"Mos keladigan uskuna va umumiy almashuv protokollaridan foydalanadigan, bir jinsli tuzilmaga ega tarmoq. Gomogen tarmoq deb ataladi. " Bir kanalli kuchaytirgich (jamoaviy qabul qiluvchi antennalar uchun)|"Chastotalar polosasining kengligi bitta muayyan televizion kanal bilan chegaralangan kuchaytirgich. " Bir ko‘zguli antenna|"Asosiy elementi fokusda nurlagich bilan joylashtirilgan parabolik ko‘zgu hisoblanadigan antenna. " Bir lahzada suratga olish|"1. Maxsus dastur yordamida olinadigan ekran nusxasi, kompyuter videoxotirasining bir zumlik nusxasi (kam hollarda tezkor xotira qurilmasi). So‘ng bunday nusxani diskda saqlab qo‘yish, bosib chiqarish, tahrir qilish mumkin va h.k. 2. Bir onlik nusxa, stop-kadr. " Bir martali bloknot|"Vernam shifri deb ham ataladigan kriptotizim, mutlaqo tasodifan generatsiyalanadigan bit satridan foydalanadi. Kalit oqim uzunligi ochiq matn uzunligiga teng. Tasodifiy bitlar satri va ochiq matn XOR operatsiyasidan foydalanib, shifrmatnni ishlab chiqish uchun kombinatsiyalanadi. Bunday algoritm mutlaqo maxfiy hisoblanadi. " Bir martali parol|"Tarmoqqa har bir kirishdan so‘ng o‘zgaradigan, amal qilish muddati juda qisqa bo‘lgan parol. " Bir martali raqamli imzo|"Har qanday xabar uchun raqamli imzo faqat bir marta ishlatilishi mumkin bo‘lgan sxema, ya’ni har bir yangi xabar uchun kalitlarning yangi jufti talab qilinadi. Bunday sxemaning afzalligi uning tezkorligi hisoblanadi, kamchiligi – katta miqdordagi axborotni (ochiq kalitlarni) e’lon qilish zarurligi, chunki har bir imzo faqat bir marta ishlatiladi. " Bir martali xabar|"Faqat bir marta ishlatiladigan identifikator yoki raqam, ya’ni har bir keyingi aloqa seansida uning qiymati yangilanadi. " Bir martali yoziladigan kompakt disk|"Maxsus CD-disklarga bir martalik yozish imkonini beradigan qurilma. " Bir modali optik tola|"1. Signal bir moda yoki tarqalish yo‘li bo‘ylab o‘tadigan optik to‘lqin o‘tkazgich (tola). Bunday tola yadrosining diametri uncha katta bo‘lmaydi. 2. Faqat bir moda tarqalishi mumkin bo‘lgan optik tola; odatda, bu tola pog‘onali sinish ko‘rsatgichiga ega bo‘ladi. " Bir modali tola|"Markaziy o‘tkazgichi to‘lqin uzunligi bilan taqqoslanadigan juda kichik diametrga ega bo‘lgan (odatda, 5-10 mkm), yorug‘lik to‘lqinining tarqalish sharoitlari yagona moda bilan cheklangan tola. Nurlar, qobiqdan qaytmagan holda, yorug‘lik o‘tkazgichning optik o‘qi bo‘ylab tarqaladi. Bir modali tolaning o‘tkazish polosasi 100 Gs/km va undan ko‘pni tashkil etadi. " Bir nechta amaliy muhitning mavjudligi|"Bitta operatsion tizim doirasida bir nechta operatsion tizim uchun ishlab chiqilgan dasturlarni bir vaqtda bajarish imkonini beradi. Ko‘p zamonaviy operatsion tizimlar bir vaqtda MS-DOS, Windows, UNIX (POSIX), OS/2 amaliy muhitlarini yoki bu ommabop to‘plamdan ayrim ko‘plikni ta’minlaydi. Ko‘plab amaliy muhitlar konsepsiyasi, bir qismi u yoki bu operatsion tizimning amaliy muhitini amalga oshiradigan turli serverlar ishlaydigan mikroyadro bazasidagi operatson tizimda oddiy amalga oshiriladi. " Bir nechta kamerani tutib turish|"Abonentning translyatsiya vaqtida foydalaniladigan turli kameralardan tasvirni tanlash imkoniyati. " Bir nurli antenna panjarasi|"Bitta nurni shakllantiruvchi antenna panjarasi. " Bir platali kompyuter|"Butunlay bitta bosma platada joylashtirilgan kompyuter. " Bir pog‘onali muhofaza qilish tizimi|"Yagona kalit dasturiy ta’minotdan foydalanishni ta’minlaydigan muhofaza qilish tizimi. " Bir rangli arxitektura|"Har bir abonent tizimi bir xil ko‘lamda resurslarni taqdim va isteʼmol qilishi mumkin bo‘lgan, axborot tizimining konsepsiyasi. Bir rangli arxitektura shu bilan tavsiflanadiki, unda hamma abonent tizimlar teng huquqli va ularning bir- birlarini resurslariga murojaatlari simmetrik bo‘ladi. Buning evaziga, foydalanuvchi maʼlumotlarning taqsimlangan ishlovini bajarishi, amaliy dasturlar, tashqi qurilmalar, shu jumladan, ixtiyoriy tizimlarda joylashgan fayllar bilan ishlashi mumkin. Bir rangli arxitektura tarmoq vositalarining oddiy yuklanishi, yengil kengaytirilishi bilan tavsiflanadi. " Bir sekunddagi kilobit|"SI tizimidagi ma’lumot uzatish tezligining birligi. " Bir tomonga yo‘nalgan interfeys|"Maʼlumotlarning faqat bitta yo‘nalishda uzatilishini taʼminlaydigan interfeys. " Bir tomonlama autentifikatsiya qilish|"Xabar jo‘natuvchi yoki oluvchini autentifikatsiya qilish. " Bir tomonlama funksiya|"Berilgan x argument bo‘yicha f(x) funksiya qiymati oson hisoblab chiqariladigan funksiya. f(x) ni x dan hisoblab chiqarish anchagina murakkab. Hozirgacha bir tomonlama funksiyalarning mavjudligi qat’iy isbotlanmagan. Axborotni shifrlash uchun bir tomonlama funksiyalarni qo‘llab bo‘lmaydi, chunki ular yordamida shifrlangan matnni, hatto uning qonuniy egasi ham rasshifrovka qila olmaydi. Kriptografiyada siri bo‘lgan bir tomonlama funksiyadan foydalaniladi. " Bir tomonlama xeshlash algoritmi|"Xesh-kod olingan dastlabki ma’lumotlarning xesh-kod qiymati asosida amalda tiklab bo‘lmaslik xossasiga ega bo‘lgan xeshlash algoritmi. " Bir tomonlama shifrlash|"Shifrlash, dastlabki ma’lumotlari tiklanishi mumkin bo‘lmagan shifrlangan matn uning natijasi hisoblanadi. Izoh – Bir tomonlama shifrlash autentifikatsiya qilishda ishlatiladi. Masalan, bir tomonlama shifrlash usuli bilan parolni shifrlash natijasida olingan shifrlangan matn saqlanib qoladi. Kechroq taqdim etilgan parol xuddi shu tarzda shifrlanadi. Keyin olingan ikkala shifrlangan matn solishtiriladi, agar ular bir xil bo‘lsa, unda to‘g‘ri parol taqdim etilgan. " Bir turdagi uya; bir xil chastota sohasiga ega uya|"Axborot almashinuvi qo‘shni klasterga kiruvchi yacheykalardan biridagi kabi, ayni shu chastotalar polosalarida ta’minlanadigan, hududiy jihatdan uzoqda joylashgan yacheyka (uya). " Bir vaqtda uzatish|"Bitta dasturni bir nechta tovush yoki televizion uzatish tarmoq‘i orqali bir vaqtda uzatish. " Bir vaqtdagi qo‘ng‘iroq|"Kiruvchi chaqiruvning birdaniga abonentning bir nechta (masalan, xizmat va mobil) рақамiga tushishi. Chaqiruvni ulash birinchi bo‘lib javob bergan рақамga amalga oshiriladi. " Bir vazifali operatsion tizimlar|"Virtual mashina foydalanuvchisiga kompyuter bilan ishlashni yanada sodda va qulay qilish vazifasini bajaradi. Bir vazifali operatsion tizimlar periferiya qurilmalarini boshqarish, fayllarni boshqarish vositalari, foydalanuvchi bilan muloqot vositalarini o‘z ichiga oladi. " Bir xil darajali lokal hisoblash tarmog‘i (LHT)|"Ajratilgan serveri bo‘lmagan va markazlashtirilgan tarzda boshqarilmaydigan LHT " Bir yo‘ldoshning o‘tkazish qobiliyati|"Yo‘ldosh retranslyatori samaradorligining integral ko‘rsatgichi. Yo‘ldosh orqali uzatiladigan berilgan o‘tkazish qobiliyati (masalan, 4,8 kbit/s) bilan telefon kanallarining o‘rtacha soni sifatida baholanadi. Ma’lumotlar uzatishga mo‘ljallangan tizimlarda o‘tkazish qobiliyati ma’lum vaqt oralig‘ida (masalan, bir sutka davomida) yo‘ldosh orqali uzatiladigan ma’lumotlarning yig‘ma hajmi sifatida baholanadi. " Bir o‘lchamli taxminlash, 1-D taxminlash|"Taxminlangan qiymat, yoyishning o‘sha satridagi kadrning qo‘shni elementlaridan kelib chiqib olinadigan taxminlash. " Bir chastotali tarmoq|"Bitta radiochastota kanalida bir xil signallarni nurlantiradigan sinxronlangan uzatuvchi stansiyalar tarmog‘i. Xususan, bir xil radiochastota kanalidan birgalikda foydalaniladigan va o‘xshash signallar uzatiladigan DVB-T sinxronlangan stansiyalar tarmog‘i. " Birga yo‘naltirilgan interfeys|"Interfeys turi bo‘lib, tarmoqdagi har bir stansiya bir vaqtning o‘zida axborot signalini generatsiyalaydi. Ikkala signal ham aynan bir yo‘nalishda, tarmoqning bir uzelidan ikkinchisiga izchil uzatiladi. Bunday usulda axborot ayirboshlaganda qarama-qarshi yo‘nalishlarda uzatish, liniyaning har ikki uchidagi tayanch generatorlari avtonom bo‘lgani sababli, har xil tezlik bilan amalga oshirilishi mumkin. " Birgalikda foydalaniladigan resurslar|"Bir vaqtda bir nechta foydalanuvchiga yoki jarayonga ajratiladigan resurslar. " Birgalikda stroblash yoki diskretlash|"Rangli alohida (komponentli) videosignalga nisbatan qo‘llaniladigan diskretlash usuli. Videosignallar bu holda yorqinlik signalini zichlash quyi eltuvchi chastotalarida diskretlanadi. Masalan, 4:2:2 usul orqali. Birgalikda stroblashda ikkita rang ajratuvchi signal yoki ajratilgan yorqinlik signali aynan o‘sha chastotalarda yoki yorqinlik signali stroblanadigan chastotalarning biri bilan bir vaqtda diskretlanadi. " Biriktirilgan|"Elektron xatga matn ko‘rinishidagi faylni biriktirish. Agar fayl formati *.txt yoki *.html ko‘rinishda bo‘lsa, uning mazmuni xatni o‘qishda ko‘rinadi. " Birin-ketin joylashtirib muhofaza qilish|"Xavfsizlik tizimi konsepsiyasi, unda tarmoqdagi har bir kichik tizim mumkin bo‘lgan maksimal darajagacha muhofaza qilinadi. " Birinchi avlod|"Analog ma’lumotlar uzatilishidan foydalaniladigan mobil aloqa tizimlari. Ularga NMT, AMPS standartlarining tarmoqlari kiradi. " «Birinchi bo‘lib keldi – birinchi bo‘lib xizmat ko‘rsatildi»|"Navbatni qayta ishlash usuli, bunda elementlar navbatdan navbatga kiritilgan tartibda chiqarib tashlanadi. " «Birinchi bo‘lib keldi ‒ oxirgi bo‘lib xizmat ko‘rsatildi».|"Navbatni qayta ishlash usuli, bunda elementlar, ular navbatga kiritilishiga teskari tartibda navbatdan chiqarib tashlanadi va ularga xizmat ko‘rsatiladi. " Birinchi munosib usul|"Resurslarni taqsimlash algoritmi (sxemasi), unga ko‘ra, yangi ma’lumotlarni joylashtirish uchun birinchi bo‘lib mos keladigan blok egallanadi. " Birlamchi halqa|"FDDI standartining ikki halqali optik tolali tarmog‘idagi, foydali axborotni asosiy rejimda uzatish uchun mo‘ljallangan bog‘lovchi liniya. " Birlamchi kalit|"Amaliyotda jadvalning qatorini noyob aniqlagich sifatida ishlatiladigan ustun mazmuni yoki ustun guruhi mazmunlari to‘plami. " Birlamchi muhofaza|"Telekommunikatsiya simlari va yer ostida kuchlanishni cheklovchi qurilma. Namunaviy protektorlar 215 dan 350 voltgacha bo‘lgan o‘zgarmas tok kuchlanishini cheklaydi. " Birlamchi xatolarni aniqlovchi va tuzatuvchi tezkor xotira qurilmasi|"Xatolarni aniqlash va to‘g‘rilash sxemasi. 1-bitli xotoliklarni to‘g‘rilashi mumkin bo‘lgan va 2-bitli xatolarni aniqlay oladigan xotira sxemasi. " Birlashtirilgan protsessor|"Kompyuterga ulangan ikkilamchi protsessor. " Birlashtirilgan yuqori tezlikli boshqaruv kanali|"Ikki tomonlama boshqarish kanali, u orqali, odatda, mobil stansiyaning bir yacheykadan boshqasiga o‘tishida chastotani almashlab ulash komandalari uzatiladi. " Birlashish|"Turli axborot manbalaridan kelayotgang ikki yoki undan ortiq maʼlumot oqimini birlashtirish. " Bit|"Mashina kodining ikkili razryadi; ikkili sanoq tizimidagi 0 yoki 1 qiymatini oluvchi axborotning eng kichik birligi. " Bit intervali|"1. Bit tezligiga teskari bo‘lgan birliklarda o‘lchana-digan, bitta bit elementni uzatish davomiyligi. 2. Bir bitni uzatish uchun zarur bo‘lgan vaqt, uzatish tezligi 10 Mbit/s bo‘lganda, 0,1 μs ni tashkil etadi. Izoh − Vaqt nisbatlari bit intervallarida o‘lchanadi. " Bit protokoli|"Maʼlumotlarni bitma-bit uzatish protokoli. " Bitdagi xato ehtimolligi|"Aloqa kanallarining sifatini fizik sathda baholash uchun foydalaniladigan, ikkilik simvollarni qabul qilishning ishonchlilik ko‘rsatgichi. Miqdor jihatdan xato qabul qilingan bitlar sonining uzatilgan bitlarning umumiy soniga nisbati sifatida aniqlanadi. " Bitkoin|"Bir nomdagi hisob-kitob birligidan va bir nomdagi maʼlumotlar uzatish protokolidan foydalaniladigan piring to‘lov tizimi. Izohlar 1. Turli mualliflar bitkoynlarni turlicha tasniflaydilar. Ko‘proq, kriptovalyuta, virtual valyuta, raqamli valyuta, elektron naqd pullar variantlari uchraydi. 2. Bitkoynlardan, ularni qabul qilishga rozilik bildirgan sotuvchilarda tovarlar va xizmatlarga ayirboshlash uchun foydalanilishi mumkin. Oddiy valyutalarga ayirboshlash raqamli valyutalarni ayirboshlash onlayn-servisi, boshqa to‘lov tizimlari yoki ayirboshlash punktlari orqali yuz beradi. 3. Bu nafaqat mahsulotlar va xizmatlar uchun hisob-kitob qilish mumkin bo‘lgan raqamli valyuta yoki investitsiyalar uchun vosita, balki moliya dunyosini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan yangi texnologiyalarni testlash uchun mo‘ljallangan tajriba maydoni hamdir. Bu markazlashtirilmagan, to‘liq shaffof va kriptografik jihatdan himoyalangan, blokcheyn deb nomlanadigan bloklar zanjiriga asoslangan tranzaksiyalarni qayta ishlash global tarmog‘i va taqsimlangan maʼlumotlar bazasidir. " Bitlar bo‘yicha xatolar koeffitsiyenti|"Xatolar bilan qabul qilingan bitlar sonining, berilgan vaqt intervali ichida qabul qilingan umumiy bitlar soniga bo‘lgan nisbati. " Bitlar bo‘yicha xatolarning qoldiq koeffitsiyenti|"Tinish bo‘lmagan holatda bitlar bo‘yicha xatolar koeffitsiyenti, sistema ichidagi xatolarga qo‘yimlarni, atrof muhit ta’sirini, eskirish effektrlarini va uzoq muddatli xalaqtlarni ichiga oladi. " Bitlar satri|"Dasturlash tillarida, ikkilik razryadlar ketma-ketliklari bilan satrlar bilan bo‘lgan kabi ishlashni ta’minlaydigan ma’lumotlar turi. " Bitlar spetsifikatsiyasi|"Bir vaqtda aks ettirilishi mumkin bo‘lgan ranglar yoki kul rang darajalarining soni. Kompyuter grafik kartasi kontrollerining xotira hajmi bilan belgilanadi. 8 bitli kontroller 256 rangni, 16 bitli − 64000, 24 bitli − 16,8 million rangni aks ettirishi mumkin. " Bitlar taqsimlanishining teskari moslashishi|"Bitlarning koderda ham, dekoderda ham bir xil hisob-kitoblar amalga oshiriladigan taqsimlash usuli. " Bitlarni nazorat qilish|"Nusxa ko‘chirishdan muhofaza qilish usuli, unga ko‘ra, yo‘lka (yoki boshqa soha) bitlarning ma’lum sonini o‘z ichiga olsa, disk original sifatida aniqlanadi. " Bitli tasvir|"Binar tasvir, uni raqamli shaklda aks ettirish va saqlash uchun uning har bir elementi (pikseli)ga axborotning 1 biti ajratilgan bit xaritasi ishlatiladi. Piksellarning mazmuni faqat «0» va «1» bo‘lishi mumkin bo‘lgani uchun binar tasvirlar, ayniqsa bir bitli binar tasvirlar, juda yaxshi siqiladi va rastrli tasvirlarning boshqa turlariga qaraganda maʼlumotlarning kichik hajmi bilan ajralib turadi. " Bitli xatolar chastotasi|"Uzatish sifatining o‘lchami. Tayyorlik holatida turgan kanal bo‘yicha test o‘tkazish vaqtida uzatilgan xatoli bitlar sonining umumiy bitlar soniga nisbati teng bo‘lgan raqamli uzatish tizimi uchun asosiy parametr. " Bitma-bit hisoblash|"Nusxa olinishdan muhofaza qilish usuli bo‘lib, qandaydir yo‘lka (yoki boshqa soha) bitlarning muayyan sonini ichiga olganda, disk original sifatida aniqlanadi. " Bitreyt|"Raqamli ma’lumotlar oqimining uzatish tezligi. " Bitta dastur ‒ ko‘p ma’lumotlar|"Bir dasturda ma’lumotlar oqimlarining parallel qayta ishlanishi (bajarilishi) ko‘zda tutiladigan arxitektura. " Bitta kirishga ega ko‘p diapazonli kuchaytirgich (jamoaviy qabul qiluvchi antenna uchun)|"Bir nechta muayyan radioeshittirish diapazonida ishlash uchun mo‘ljallangan bitta kirishga ega kuchaytirgich. " Bitta komandalar oqimi ‒ ko‘p ma’lumotlar oqimi|"Bir necha protsessordan bir xil ma’lumotlar massivlarini qayta ishlash uchun bitta komandadan foydalaniladigan, parallel kompyuter tizimi arxitekturasi. " Bitta qo‘ng‘iroq|"Firibgarlik usuli, bunda uyali telefon faqat bir marta jiringlaydi, agar uning egasi aniqlangan telefon raqamiga qayta qo‘ng‘iroq qilsa, firibgar ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng unga katta miqdordagi summaga hisob yuboradi. " Bitta raqamga xizmat ko‘rsatish – chaqiruvni ketma-ket tugatish|"Chaqirayotgan abonentga menyu taqdim etish xizmati. Undan abonent klassik IS xizmatini, yoki АТС bazasidagi IS xizmatini, yoki istalgan talab qilinayotgan servisni tanlashi mumkin. Chaqirayotgan abonent DTMF yordamida uzatiladigan, o‘z telefon apparatidagi raqamlar yoki belgilar kombinatsiyasini bosish yoli bilan talab qilinadigan servicni tanlaydi. Agar tanlangan xizmat qo‘shimcha raqamlarni kiritishni talab qilsa, chaqiruvchi abonent aytib turish yordamida DTMF bilan uzatiladigan raqamlarni teradi. " Bitta raqamga xizmat ko‘rsatish – xizmatni avtomatik tanlash|"Abonent turli joylarda bo‘la turib va ushbu xizmatdan foydalana turib, o‘zining noyob telefon raqamidan (One number service) foydalanishi mumkin. Buning uchun beshta har xil oxirgi (terminal) liniyalar ro‘yxati tegishli abonent raqamlari bilan tuziladi, ulardan foydalanish ma’lum ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Bunda abonentning shaxsiy oxirgi (terminal) liniyasi bu ro‘yxatda birinchi turadi. Boshqa turli raqamlarga chaqiruvning izchil marshrutizatsiyasi ma’lum shartlar bilan amalga oshiriladi. Bunday shartlar «Abonent band», yoki «Abonent B hozir javob bermaydi» yoki ikkala shart ham bo‘lishi mumkin. Bunday shartlar beshta mumkin bo‘lgan bog‘lanishlar uchun uning shaxsiy telefon raqamini qo‘shgan holda, oldindan aniqlangan bo‘lishi mumkin. " Biznes-guruhlar uchun hisob kodlari|"Abonentga CDR (Call detail record – chaqiruvning batafsil yozuvi) ga alohida telekommunikatsiya to‘lovlarini yaratish uchun hisobga olish kodini kiritish imkonini beradigan xizmat. " Biznes-hamkor uchun mo‘ljallangan elektron biznes|"Axborot makonidagi iqtisodiy faoliyatning qo‘shimcha qiymat zanjirini shakllantirishda qatnashadigan tashkilotlar bilan, uzoq muddatli va samarali iqtisodiy munosabatlarni shakllantirishga qaratilgan sohasi " Biznes-jarayon|"Resurslar iste’mol qiladigan, natijada mahsulotning muayyan guruhi (sanoat mahsuloti, qurilgan obyekt, axborot mahsuloti, boshqarish qarori va h.k.lar) ishlab chiqariladigan, o‘zaro bog‘langan biznes-protseduralar to‘plami. Barcha biznes-jarayonlar kompaniya funksiyalarini bajarish uchun mavjud bo‘lib, maqsadlar hamda strategiyalarning belgilangan iyerarxiyasiga mos kelishi kerak. " Biznes-jarayon modeli|"Tizimda biznes jarayonning nusxalari yaratilishida asos bo‘lib xizmat qiladigan andoza (shablon). O‘z ichiga quyidagilarni oladi: - biznes-jarayon sxemasini; - foydalaniladigan rekvizitlar ro‘yxatini; rekvizitlarni biznes-jarayon nuqtalariga bog‘lashni, ularni hisoblash va to‘ldirish algoritmlarini; - vazifa bajarilishining reja muddatlarini. Biznes-jarayon modeli quyidagi savollarga javob berishi kerak: belgilangan pirovard natijani olish uchun qanday protseduralar (funksiyalar, ishlar)ni bajarish zarur; - bu protseduralar qanday ketma-ketlikda bajaraladi; qarab chiqiladigan biznes-jarayon doirasida nazorat va boshqaruvning qanday mexanizmlari mavjud; - jarayon protseduralarini kim bajaradi; - jarayonning har bir protsedurasida kiruvchi qanday hujjatlar/axborotdan foydalaniladi; - jarayon protsedurasi chiquvchi qanday hujjatlar/axborotni yuzaga keltiradi; - jarayonning har bir protsedurasi bajarilishi uchun qanday resurslar zarur; - qanday hujjatlar/shartlar jarayon bajarilishini reglamentlaydi qanday parametrlar protseduralar va umuman jarayon bajarilishini tavsiflaydi. " Biznes-jarayon sxemasi|"Biznes jarayon tuzilmasini aks ettiradigan grafik sxema, shuningdek, bu tuzilma doirasida jarayonning bajarilish ketma-ketligi. " Biznes-jarayon tavsifi|"Biznes-jarayon sxemasini matnli, jadval yoki grafik tarzda taqdim etish. " Biznes-jarayonlar reinjiniringi|"Ishlab chiqarish-xo‘jalik va iqtisodiy-moliyaviy faoliyatning eng yuqori samarasiga erishish uchun, tegishli tashkiliy-boshqaruv hamda normativ hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan, biznes-jarayonlarni tubdan qayta anglab yetish va qayta loyihalash. Reinjiniring axborot tizimlarining ishlab chiquvchilariga ham, menejerlariga ham tushunarli bo‘lgan muammoli axborotni taqdim etish va qayta ishlashning o‘ziga xos vositalaridan foydalanadi. Biznes-jarayonlar reinjiniringining mazmuni uning ikki asosiy bosqichida: - biznes-jarayonning optimal (ideal) turini (avvalo, asosiy turini) aniqlashda; - mavjud biznes-jarayonni (mablag‘lar, vaqt, resurslar bo‘yicha) optimalga ko‘chirishning eng yaxshi yo‘lini aniqlashda ko‘rinadi. " Biznes-jarayonlarni avtomatlashtirish|"Axborot texnologiyalari yordamida biznes jarayonlarni boshqarish tizimining amalga oshirilishi. " Biznes-jarayonlarni boshqarish|"Zamonaviy boshqarish uslublaridan biri, o‘z ichiga biznes-jarayonlarni boshqarishning dasturiy ta’minoti va g‘oyasini oladi. " Biznes-jarayonlarni modellash notatsiyasi|"Biznes jarayonlarni, biznes sohasining ishlab chiquvchilardan tortib, monitoring jarayonlarini amalga oshiradigan boshqaruvchilargacha bo‘lgan har bir qatnashchisiga tushunarli bo‘lgan yagona standart bo‘yicha biznes jarayonlarni tavsiflash uchun ishlab chiqilgan notatsiya (shartli yozma belgilar tizimi). BPMN sxemasini yaratish, biznes jarayonlarni ishlab chiqish va ularni joriy qilish bo‘yicha loyihaning ajralmas qismi hisoblanadi. " Biznes-jarayonlarni optimallash|"Tashkilotning mavjud biznes-jarayonlarini qisman takomillashtirish. Funksiyalarning takrorlanishi, axborot sirtmoqlari kabi oshkor kamchiliklardan xalos bo‘lish orqali yuz beradi. Izoh – Biznes-jarayonlarni optimallash tegishli tashkiliy-boshqaruv va normativ hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi. Biznes-jarayonlarni optimallash korxona o‘z ishini yaxshilash zarur bo‘lgan: xarajatlarni kamaytirish, ishlab chiqarish siklini qisqartirish, boshqarishdagi xatolar sonini kamaytirish, krizisdan chiqish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar ko‘rish zarur bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. Odatda, muhim biznes-jarayonlar optimallashtirilishi kerak, chunki aynan shu jarayonlarni optimallash katta samara beradi. " Blitter|"Rastrli grafik tasvirlar bilan operatsiyalar bajarish uchun mo‘ljallangan, ixtisoslashtirilgan mikrosxema. " Blog|"O‘quvchilar uchun sharh qoldirish imkoniyati bo‘lgan shaxsiy onlayn kundalik (ya’ni, yozuvlarning xronologik tuzilmasiga ega veb-sayt). Izoh – Blogdan, shuningdek, piar kanali sifatida yoki hatto, ommaviy axborot vositasi sifatida ham foydalanish mumkin. " Bloger|"Qar.: Blog. " Blogosfera|"Qar.: Blog. " Blok|"1. Manzil , boshqaruvchi maydon va xatolarni aniqlash imkonini beradigan nazorat summasi yakunlangan va alohida mohiyat kabi ko‘rib chiqiladigan uzatilgan ma’lumotlar ketma-ketligi. 2. Sarlavha va axborot maydonidan iborat axborot birligi. 3. Ma’lum bir funksiyani bajaradigan, konstruktiv va funksional jihatdan o‘zaro bog‘langan elementlar va uzellar majmui. " Blok bo‘yicha almashlagich|"Kirish ketma-ketligidagi qo‘shni bitlar o‘rni almashtirib qo‘yilishini ta’minlovchi almashlagich. Izoh − U ularni turli bloklar bo‘yicha blok o‘lchamiga teng «chuqurlikka» taqsimlaydi. Blok bo‘yicha almashish operatsiyasi ortiqlilik kiritmaydi, kirish va chiqish oqimlari tezligini bir xilda saqlaydi. " Blok manzili|"Xotira sohasining manzilsi. Bloklarga manzillar orqali murojaat qilinadi. " Blok-multipleks kanal|"Ma’lumotlar bloklab uzatiladigan multipleks kanal. " Blok raqami|"Qurilma (odatda, disk) blokini yoki faylni identifikatsiyalovchi son. Fizik raqam manzilni (yo‘lka raqamini va yo‘lkadagi raqamni) belgilaydi. Mantiqiy raqam qurilmadagi blokning tartib raqamini bildiradi va qurilma drayveri tomonidan fizik raqamga aylantiriladi. Virtual raqam fayl ichidagi blok raqamini belgilaydi va fayl tizimi tomonidan mantiqiy raqamga aylantiriladi. Birmuncha oddiy tizimlarda «blokning mantiqiy raqami» va «blokning virtual raqami» mos tushadi. " Blok-sxema|"1. Algoritmning grafik tarzda taqdim qilinishi. Algoritm ko‘rgazmaliligini oshiradi. Blok-sxemalar tuzish ayniqsa, boshlovchi dasturchilar uchun foydali. 2. Tizim tuzilmasi yoki texnik vositalar tarkibining grafik tarzda taqdim qilinishi. " Blok uzunligi|"Bitta blokda bo‘lgan yozuvlar, so‘zlar yoki simvollarning umumiy soni. " Blokcheyn|"Ichida axborot bo‘lgan bloklarning, muayyan qoidalar bo‘yicha qurilgan uzluksiz ketma-ket zanjiri. Izohlar 1. Atama birinchi marta «Bitkoyn» tizimida amalga oshirilgan taqsimlangan maʼlumotlar bazasining nomi sifatida paydo bo‘ldi, shu sababli, blokcheyn ko‘pincha turli kriptovalyutalardagi tranzaksiyalarga kiritiladi. 2. Bloklar zanjiri texnologiyasi o‘zaro bog‘langan har qanday axborot bloklariga tatbiq qilinishi mumkin. 3. Blokcheyn texnologiyasiga kriptovalyutalar, jumladan, bitkoyn va laytkoyn, HYPERLINK ""https://ru.wikipedia.org/wiki/Namecoin"" Namecoin, Emercoin domen nomlari-yozuvlari tizimining maʼlumotlar bazasi asoslanadi. " Blokirovka qilish|"Bir nechta foydalanuvchilar yoki jarayonlarning bitta resursdan nazorat qilinadigan foydalana olishni tashkil etish usuli. Barcha foydalanuvchilarga, bitta foydalanuvchi bundan mustasno, aniq turdagi operatsiyalarni (o‘qish, yozish, o‘chirish va h.k.) vaqt bo‘yicha taqiqlashdan iborat. " Blokirovkalangan|"Biron-bir narsaga kira olishning chegaralanganligi (vaqtinchalik yoki doimiy). Masalan, biron-bir resursdan foydalana olish hisobi blokirovkalangan bo‘lsa, u resursga bu hisob orqali ulanib bo‘lmaydi. " Blokirovkalash|"Ruxsat etilmagan tarzda nusxa ko‘chirishga qarshi, ma’lumotlar yoki dasturiy ta’minotni muhofaza qilishning maxsus usullarini qo‘llash. " Blokirovkalash sohasi|"Ma’lumotlar bazasining, bitta dastur tomonidan monopol (yakka) qayta ishlash uchun ochiq bo‘lgan, yopilish paytigacha boshqa dasturlar foydalana olmaydigan qismi (yozuv, soha, fayl). " Bloklab foydalanish qurilmasi|"Almashinish bloklar orqali amalga oshiriladigan tashqi xotira qurilmasi (masalan, disk). " Bloklab izlash (qiymatlar blokini o‘qish)|"Kursor ko‘rsatadigan qiymatlarni o‘qish, uni boshqa satrga ko‘chirish maxsus operator tomonidan amalga oshiriladi. " Blokli kod|"Kodlash va dekodlash kodli ketma-ketlikning ma’lum qismi – bloki doirasida amalga oshiriladigan kod. " Blokli qurilma|"Axborotni simvollar (alohida baytlar) bilan emas, balki bloklar (baytlar guruhlari) orqali qayta ishlaydigan qurilma. " Blokli testlash|"Dasturlashdagi jarayon, dasturning ilk kodi maxsus modullari to‘g‘riligini tekshirishgaimkon beradi. G‘oya – har bir notrivial (murakkab) funksiya yoki usul uchun test yozish. Bu o‘zgartirilgan kod xato keltirib chiqarmaganligini tezda aniqlashga imkon beradi. U regressiya – oldin yozilgan va testdan o‘tkazilgan dasturlarda xato kelib chiqmaganligini osonlik bilan tekshirishni va xatoni to‘g‘rilashni o‘z ichiga oladi. " Blokli shifr|"Ma’lumotlar bir xil o‘lchamdagi (blokli) miqdorlar bilan shifrlanadigan shifr, keyingi blokning shifrlanish natijasi faqatgina ushbu blokning qiymatiga va shifrlash kalitiga bog‘liq bo‘ladi, lekin shifrlanayotgan massivdagi blokning joylashuviga va massivning boshqa bloklariga bog‘liq bo‘lmaydi. " Blokni bekor qilish simvoli|"Blokning oldingi qismi e‘tiborga olinmasligi kerakligini ko‘rsatadigan, boshqaruvchi simvol. " Blokni nazorat qilish simvoli|"Uzatiladigan ma’lumotlar blokiga qo‘shiladigan va nazorat summasini ichiga oladigan xizmatga oid simvol. " Bloknot|"Microsoft Windows operatsion tizimlarining bir qismi bo'lgan oddiy matn muharriri " Bloknotli kompyuter|"Statsionar shaxsiy kompyuterning keng funksional imkoniyatlariga ega bo‘lgan portativ kompyuter. Kompyuterning ba’zi qurilmalari statsionar qurilmalardan farq qiladi: displey odatda, suyuq kristalli, monoxrom yoki rangli (passiv yoki aktiv matritsali); protsessor unumliligi bo‘yicha statsionar protsessorlardan farq qilmaydi, biroq energiya iste’moli kam; klaviaturada klavishlar soni kam. " «Blyu-rey» texnologiyasi|"Yozib oladigan optik disklarning eng yangi avlodi; ko‘k lazerdan foydalaniladigan va bir tomonlama bir qatlamli bolvankaga 17 GB dan 27 GB gacha yozish imkonini beradigan texnologiya. To‘qqizta eng yirik kompaniya (Sony, Matsushita, Samsung, LG, Philips, Thomson, Hitachi, Sharp i Pioneer) tomonidan taklif qilingan, HP, Dell firmalari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. «Blyu-rey» texnologiyasi bo‘yicha birinchi yozish qurilmasi 2003-yilda Sony firmasi tomonidan chiqarilgan. Tashuvchiga ma’lumotlar sig‘imi darajasini oshirishga λ=405 nm, aperturasi 0,85 bo‘lgan to‘q qizil-ko‘k lazerdan foydalanish hisobiga erishiladi. Tashuvchilar diametri 120 mm bo‘lgan standart disklarni o‘zida ifodalaydi, himoya qatlamining qalinligi 0,1 mm. " Bod|"Analog aloqa liniyalaridagi uzatish tezligining o‘lchov birligi. Bir bod bir sekundda uzatilgan bitlar soniga teng. " Bofort kvadrati|"Vijеner kriptotizimiga o‘xshash ko‘p alifboli kriptotizim. Teskari tartibda yozilgan Vijеner kvadrati satrlari kvadrat satrlari hisoblanadi. Kriptotizim admiral Frensis Bofort sharafiga nomlangan. " Bolalardan himoya tizimi|"Elektron himoya tizimi, ishlatilganda qurilma (masalan, televizor) faqat masofadan boshqarish pulti orqali boshqariladi, bu bolalarning undan foydalanishlarini bartaraf etadi. " Boricha/qanday bo‘lsa shunday|"Erkin va ochiq dasturiy ta’minotni tarqatish sharti. Foydalanuvchi dasturiy ta’minotdan istiqbolli foydalanishga, ishlab chiquvchiga hech qanday da’volarsiz o‘z mas’uliyati ostida rozilik bildiradi. " Bort retranslyatori (yo‘ldoshli tizimning)|"Signallarni retranslyatsiya qilish uchun mo‘ljallangan kosmik stansiya uskunasi. Izoh – Antenna tizimi bu uskunaga kirmaydi. " Bog‘langan munosabat|"Atributlarga ega bo‘lgan munosabat. " Bog‘langan ro‘yxat|"Elementlari xotirada ketma-ket joylashishi shart bo‘lmagan ro‘yxat (ma’lumotlar tuzilmasi). Navbatdagi elementdan foydalanish, ro‘yxatning oldingi elementida saqlanadigan ko‘rsatgich yordamida amalga oshiriladi. Oxirgi elementda ko‘rsatgich, ro‘yxat oxiri belgilanadigan maxsus qiymatga ega bo‘ladi. Ro‘yxat, uning har bir elementi ham navbatdagi, ham oldingi elementlarga havolalarni ichiga oladigan ikki yo‘nalishli bo‘lishi mumkin. " Bog‘langanlik|"Bog‘langan tarmoqni bog‘lanmagan qilish uchun chiqarib tashlanishi kerak bo‘lgan liniyalar sonini ko‘rsatadigan tarmoq parametri. O‘rtasida bog‘lovchi liniyalar bo‘lmagan, kamida ikki qismdan iborat tarmoq bog‘lanmagan tarmoq hisoblanadi. " Bog‘lanish o‘rnatilishining yarim avtomatik usuli|"Bog‘lanishni o‘rnatish usuli. Telefon stansiyasida bog‘lanishni avtomatik o‘rnatish uchun raqamni tergan holda, qo‘lda amalga oshiriladi. " Bog‘lanishga ulanish xizmati|"O‘z telefonidan uzoqda bo‘lgan abonent o‘z liniyasiga boshqa telefon apparatidan bunday bog‘lanish mavjudligi to‘g‘risidagi radio izlash tizimi orqali axborotni olgandan keyin, o‘z telefon raqamini va/yoki maxsus kodni terib, bunday bog‘lanishni qabul qilishi mumkin bo‘lgan xizmat. " Bog‘lanishlar asosida|"Ma’lumotlar almashinish modeli, bunda almashinish aniq ifodalangan uch bosqichga bo‘linadi: bog‘lanishni tashkil qilish, ma’lumotlar uzatish va bog‘lanishni uzish. " Bog‘lanishning o‘rnatilish vaqti|"Chaqiruv jo‘natilgan paytdan to aloqa kanali taqdim etilgunga qadar o‘tadigan to‘liq vaqt. " Bog‘lanishsiz xizmat|"Xizmat ko‘rsatiladigan abonentlar o‘rtasida, oxiridan oxiriga bog‘lanishni o‘rnatish tadbirlaridan foydalanmagan holda axborot o‘tkazilishini ta’minlaydigan xizmat. Izoh – Interaktiv xizmatlar kabi, taqsimlash xizmatlari uchun ham foydalanilishi mumkin bo‘lgan bog‘lanishsiz xizmat. " Bog‘lashlar|"Tarmoqlarda protokol drayveri va tarmoq adapterining drayveri o‘rtasida aloqa o‘rnatish jarayoni. " Bog‘liq bo‘lmagan parallelizm|"Jarayonlarni aniq sinxronlamasdan parallel bajarish. Ularning har biri alohida, mustaqil vazifani o‘zida ifodalaydi. Parallelizmning bu turidan odatda, har bir foydalanuvchi o‘zining ilovasi bilan ishlaydigan vaqtni ajratish tizimlarida foydalaniladi. " Bog‘liqlik|"Tizim tarkibiy qismlarining o‘zaro bog‘langanligi, ulanish imkoniyati (masalan, kompyuterlarning), o‘zaro ishlash qobiliyati (masalan, dasturlarning). " Bog‘lovchi dasturiy ta’minot|"Bir xil bo‘lmagan tarmoq muhitida ilovalarning ochiq ishlashini ta’minlaydigan dasturiy ta’minot. Tarmoqning turli mashinalari bo‘ylab taqsimlangan ilova qismlarini birlashtirilish bo‘yicha xizmatlarni taqdim etadi. Bog‘lovchi dasturiy ta’minotning quyidagi asosiy turlari bor: chiqarib tashlangan protseduralarni chaqirish; xabarlar uzatish; chiqarib tashlangan protseduralarni chaqirish; xabarlar uzatish; obyektlarga bo‘ladigan so‘rovlar vositachisi. " Bog‘lovchi uzatish liniyasi|"Tarmoq stansiyasi va uzelini yoki ikkita tarmoq stansiyasini o‘zaro bog‘lovchi uzatish liniyasi. " Bog‘lovchi yuklagich|"Qisman komponovkachi vazifasini bajaradigan yuklagich (ta’minotchi). " Bog‘lovchi yo‘l|"Axborot uzatish vaqtiga tashkil qilingan, kommutatsiya tarmog‘i liniyalari, kanallari, kommutatsiya stansiyasi to‘plamlari va kommutatsiya maydoni kommutatsiya nuqtalarining majmui. " Bosh domen|"Domen tizimi nomlar iуerarxiyasidagi eng yuqori yozuv. " Bosh fayl|"Normativ-ma’lumotnomali axborot fayli. " Bosh katalog|"Disk kataloglarining iуerarxik tuzilmasiga kirish nuqtasi. Barcha fayllar va quyi kataloglar saqlanadigan xotira qurilmasi nomini ko‘rsatadi. " Bosh kompyuter|"1. Ko‘p mashinali hisoblash majmualarida, boshqa kompyuterlarni boshqaradigan, tizimda (hisoblash tarmog‘ida) ishlarni tashkillashtiradigan va asosiy axborotni qayta ishlaydigan kompyuter. 2. Telekommunikatsiya hisoblash tarmoqlarida, tarmoqqa xizmat ko‘rsatishni, xabarlarni uzatishni va dasturlarni bajarish bilan bog‘liq qo‘shimcha funksiyalar yoki vazifalar bajarilishini taʼminlaydigan kompyuter. " Bosh sahifa|"Asosiy sahifa. Ingliz tilidan to‘g‘ri tarjima qilinganligidan qatʼiy nazar, bu muayyan insonning uy (shaxsiy) sahifasi emas, balki veb-saytning boshlang‘ich sahifasidir. Odatda murojaatlar aynan veb-saytning bosh sahifasiga qilinadi, shuning uchun ushbu sahifaga tashrif buyuruvchilar soni xohlagan boshqa sahifaga qaraganda ko‘proq. Bosh sahifa (veb-sayt yuzi) bo‘yicha foydalanuvchi qayerda ekanligi va saytning boshqa sahifalarida nimalarni ko‘rish mumkinligi to‘g‘risida tasavvur oladi (baʼzan bosh sahifa birinchi va yagona bo‘ladi). " Bosh stansiya|"Eshittirishlari bitta yoki bir nechta retranslyator orqali retranslyatsiya qilinadigan uzatuvchi radioeshittirish stansiyasi. " Bosh zona serverlari|"Internet tarmog‘idagi, yettita yuqori sath domenlariga (.com, .edu, .mil, .gov, .net, .rod i maxsus .arpa) xizmat ko‘rsatadigan nomlar serverlarining xost-kompyuterlariga, shuningdek, a.root-server.net dan i.root-server.net gacha nomlanadigan milliy tarmoqlar yuqori sath nomlar serverlariga ko‘rsatgichlar saqlanadigan to‘qqizta server. " Bosh o‘zgartirgich|"Monokanalli kabelda signal uzatishda bir chastota kengligini boshqasiga o‘zgartirish uchun ishlatiladigan qurilma. " «Boshiga» (home) klavishi|"Asosiy klaviaturadan o‘ngda joylashgan klavish. Kursorni matn boshiga surish uchun xizmat qiladi. " Boshlang‘ich kod|"Hisoblash tizimida qabul qilingan kodda yozilgan dastur matni (odatda, fayl shaklida). Boshlang‘ich kod bajariladigan kodga butunlay, dastur kompilyator yordamida ishga tushirilgunga qadar translyatsiya qilinadi yoki interpretator yordamida darhol bajarilishi mumkin. " Boshlang‘ich qiymat|"Dastur sozlamalarida ichki o‘zgaruvchilarning boshlang‘ich qiymati. Tez-tez qo‘llaniladigan qiymat asosida oldindan to‘ldiriladi. Bu qiymat ish jarayo-nida o‘zgartirilishi mumkin " Boshlang‘ich sahifa|"Brauzer ochilishida ko‘rsatiladigan lokal veb-sahifa yoki Internetdagi sayt. " Boshlang‘ich son|"Boshqa bir, yanada uzunroq bo‘lgan psevdotasodifiy ketma-ketlikni generatsiyalash uchun foydalaniladigan tasodifiy sonli ketma-ketlik. " Boshlang‘ich tezlikda foydalanish|"PRI interfeysi bilan belgilanadigan, boshlang‘ich tezlikda ko‘p kanalli oxirgi (terminal) uskunaning ISDN tarmog‘i bilan birgalikda ishlashini reglamentlovchi foydalanish protokoli. " Boshlang‘ich videosignal|"Videosignal datchigida hosil qilinadigan videosignal. " Boshlang‘ich yorqinlik signali|"Tasvir elementlarining yorqinligi to‘g‘risidagi axborotni eltuvchi elektr impulslar. " Boshlang‘ich yuklagich|"Kompyuter ulanganda operatsion tizimni tezkor xotira qurilmasiga yuklaydigan dastur. Odatda, monitor tarkibiga kiradi. " Boshlang‘ich yuklash|"Operatsion tizim (dastur) boshlang‘ich qismini kompyuterga yuklash jarayoni, bundan keyin tizim (dastur) o‘z boshqaruvi ostida ishlashni davom ettirishi mumkin. Bu protsedura kompyuter ishga tushirilganda yoki qisqa muddat yonib-o‘chganda avtomatik tarzda bajariladi. " Boshlang‘ich o‘rnatish qiymati|"Kalit oqimi generatorini berilgan (ma’lum bir) holatga o‘rnatish uchun qo‘llaniladigan simvollar ketma-ketligi. " Boshlang‘ich shart|"Haqiqatligi protsedura yoki sikl jismi bajarilishining boshlanishida tekshiriladigan shart. Bu, sikl yoki protsedura faqat shart chin bo‘lgan holdagina bajarilishini bildiradi. " Boshlang‘ich shlyuz|"Foydalanuvchi kompyuteri va tarmoq o‘rtasidagi ma’lumotlarni o‘tkazadigan, joriy tarmoq uzeli rolini bajaradigan kompyuter. Internetga bog‘lanishda ma’lum bir kompyuter shlyuz deb ko‘rsatilmagan bo‘lsa, joriy shlyuzdan foydalaniladi. " Boshqa oynalar ustida|"Dasturlarning barcha qolganlarni, jumladan aktiv oynalarni ham qoplash imkoniyati. " Boshqariladigan|"Yetakchi deb nomlanuvchi boshqa qurilma tomonidan boshqariladigan qurilma (kompyuter, kontroller). " Boshqariladigan ilovalar|"NET ishlab chiqish vositalaridan foydalanib va spetsifikatsiyalarga muvofiq yaratilgan dasturlar. " Boshqariladigan kod|"Boshqa dasturlar tomonidan tahlil qilinishi mumkin bo‘lgan, oraliq tildagi kod. " Boshqariladigan obyekt|"Protseduraning asinxron chaqiruvi bilan boshqariladigan, uzilishni qayta ishlash, elektr ta’minoti to‘g‘risidagi notifikatsiya yoki profillash bilan boshqariladigan Windows tizimi obyekti. " Boshqariladigan raqamli video yozuv|"Kontentni keyinchalik individual ko‘rib chiqish maqsadida tarmoqda saqlash. " Boshqariladigan resurs|"Axborot texnologiyalari muhitida – tizimda mavjud bo‘lgan va boshqarish mumkin bo‘lgan obyekt. " Boshqariladigan yetkazib berish dasturi|"Eshittirish dasturlarining dasturning har bir qismi foydalanuvchiga qabul qilgichni ulash yoki tanlangan dasturni yozib olish uchun dasturning bir yoki undan ko‘p qismini oldindan tanlash imkonini beradigan farqlash signaliga ega turi. " Boshqariluvchi sinxronlash|"Boshqariluvchi sinxronizator signallarining chastotasi va fazasini yetakchi sinxrosignal yoki to‘liq videosignal chastotasi va fazasiga sozlash orqali amalga oshiriladigan televizion sinxronlash. " Boshqarish|"1. Obyektga maqsadga yo‘naltirilgan ta’sir etish jarayoni. Berilgan talablarga muvofiq, uning ishlashini tashkil qilish uchun amalga oshiriladi. 2. Aniq bir maqsadni taʼminlash uchun, obyektga taʼsir ko‘rsatish jarayoni. Boshqariladigan obyekt; boshqarishni amalga oshiradigan blok; boshqarish obyektidan boshqaruvchi blokka kelib tushadigan, teskari aloqani amalga oshiradigan maʼlumotlar; boshqarishning o‘zini taʼminlaydigan signallar yoki maʼlumotlar boshqaruvda ishtirok etadi. Boshqaruv bilan fan sifatida kibernetika shug‘ullanadi. " Boshqarish bloki|"Boshqaruvchi axborotni saqlash uchun foydalaniladigan xotira sohasi. " Boshqarish domeni|"Maʼlumotlar va jarayonlarni almashinish uchun loyihalashtirilgan va qurilgan, har biri taqsimlangan ikki yoki undan ortiq axborot tizimidan iborat ko‘plikni qamrab oladigan soha. " Boshqarish imkoniyatlari bo‘lgan ko‘p stansion foydalana olish|"UMTS tizimida foydalanish uchun ETSI tomonidan 1997-yilda tavsiya qilingan va CDMA/TDMA ni kod-vaqt bo‘yicha ajratish usuliga asoslangan uyali aloqa texnologiyasi. Ilgari bu usul E konsepsiyasi nomi bilan ma’lum edi. ODMA da qisqa zondlovchi paketlarni uzatish jarayoni maxsuslashtirilgan, uning yordamida mobil stansiya o‘zining yaqin qo‘shnilarini aniqlab oladi, bu unga yo uyali aloqa rejimida yoki tayanch stansiyani chetlab, qo‘shni stansiyalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlash imkonini beradi. " Boshqarish oqimi|"Jarayonlar bajaradigan komandalarning ketma-ketligi. " Boshqarish paneli|"Zamonaviy kompyuterlar ekranida operatsion tizim, qurilma yoki kompyuter kichik tizimlarining u yoki bu funksiyalarini sozlaydigan utilitalar piktogrammalari to‘plami ko‘rinishida taqdim etilgan panel. " Boshqarish qurilmasi|"Protsessorning komandalar bajarilishi tashkillashtirilishini boshqaradigan, muhim bloklaridan biri. Protsessorlarda qat'iy mantiqqa ega (sxemaviy) va mikrodasturli ikkita boshqarish usulidan foydalaniladi. " Boshqarish tizimi|"Sayt, portal, axborot majmui yoki ularning qismini boshqarishni taʼminlaydigan tizim. U, shuningdek, obyektdan foydalanish nazoratini va undan ruxsatsiz foydalanishdan muhofaza qilishni amalga oshiradi. " Boshqarish vositalari|"Riskni modifikatsiya qilishda qo‘llaniladigan o‘lchov. Izohlar 1. Boshqarish vositalariga har qanday jarayonlar, siyosatlar, qurilmalar, protseduralar yoki riskni modifikatsiya qilishga yo‘naltirilgan boshqa ishlar kiradi. 2. Boshqarish vositalari taxmin qilinadigan yoki yo‘l qo‘yiladigan modifikatsiyani har doim ham bajara olmaydi. " Boshqaruv axborot tizimi|"Rahbarga qarorlar qabul qilishda yordam beradigan qayta ishlangan va tizimlashtirilgan axborot taqdim etadigan muassasa hisoblash tizimi. " Boshqaruv kanali|"Tayanch stansiyadan mobil stansiya tomon yo‘nalishda tashkil etiladigan mantiqiy kanal, undan xizmat axboroti, shu jumladan, aloqa kanalining berilishi yuzasidan so‘rovlar uzatiladi. Izoh − Tranking tizimlarda tayanch stansiya boshqarish kanali orqali ishchi kanalning ajratib berilishi so‘rovini yoki navbatga qo‘yish to‘g‘risidagi xabarni uzatadi. " Boshqaruv nazorati|"Axborot-hisoblash tarmog‘ini boshqarish vazifalarini bajaradi. U maʼlumotlarni uzatish tizimlari, terminallari va kanallarini ishga tushirish va o‘chirish, nosozliklarni aniqlash, statistik maʼlumotlarni to‘plash, hisobotlarni tayyorlash va h.k. bilan bog‘liq. " Boshqaruv shinasi|"Kompyuter qurilmasini birlashtiruvchi uchta shinadan biri, boshqaruvchi signallarni yuborish uchun xizmat qiladi. " Boshqaruvchi axborotning umumiy protokoli|"Tarmoqni boshqarish tartibotlarini aniqlaydigan ISO standarti. CMIP protokoli tarmoqni boshqarish funksiyalarini aniqlaydi va olti xil xizmatlarni taqdim qiladi: - konfiguratsiyani – tashqi shaklini, hamda tarmoq tarkibiy qismlarini o‘zaro joylashuvini boshqarish; - maʼlumotlar muhofazasini boshqarish; - maʼlumotlar xavfsizligini nazorat qilish; - tarmoq ishining hisobini olib borish; - faoliyat sifatini boshqarish; - kataloglar xizmatini olib borish. " Boshqaruvchi dastur|"Boshqa dasturlarning bajarilishi bilan boshqariladigan va kiritish-chiqarish qurilmasining ishlashi bilan boshqariladigan operatsion tizimning kichik tizimi. " Boshqaruvchi ketma-ketlik|"Periferik qurilmalarning ba’zi turlarini, masalan, printer va modemlarni boshqarish uchun foydalaniladigan simvollar ketma-ketligi. " Boshqaruvchi signallar|"Tashqi qurilmalarni boshqarish uchun resiver tomonidan shakllantiriladigan va TV signal bilan umumiy kabel orqali uzatiladigan signallar. 0/12 V signalli alohida sim orqali uzatiladi. " Boshqaruvchi tuzilma|"Operatsiyalar bajarilishi ketma-ketligini berish uchun mo‘ljallangan dasturlash tili konstruksiyasi: sikl operatorlari, shartli operator. " Boshqaruvchi xotira|"Boshqaruvchi dasturlar yoki mikrodasturlarni ichiga oladigan xotira qurilmasi. " Boshqaruvni markazlashtirish|"Operatsion tizimning rejalashtiruvchisi tomonidan jarayonlarga protsessor vaqti kvantlarini navbati bilan ajratish. " Bosib turish|"Bosgan holda ushlab turish: masalan, klaviatura klavishini bosib turish. " Bosma plata|"Dielektrik material (masalan, shisha tekstolit) dan qilingan plastina. Bu plastinada maxsus usullar (masalan, kimyoviy usul bilan ishlov berish yoki elektrokimyoviy cho‘ktirish) bilan, plastinada mahkamlangan elektron qurilmalar (tranzistorlar, integral sxemalar) ni birlashtiradigan o‘tkazgichlar hosil qilinadi. Tizim platalari va kengaytirish platalari bosma platalar hisoblanadi. " Bosmadan chiqarish|"Maʼlumotlarni yoki dasturlarni printer orqali chiqarish. " Bosmaga chiqmaydigan belgilar|"Tasvirga ega bo‘lmagan va matnni boshqarishda ishlatiladigan belgilar (formatlash, joyini belgilash). Masalan, tabulyatsiya. " Bostirib kirish|"Axborot resurslaridan ruxsat etilmagan tarzda foydalanishni amalga oshirish maqsadidagi hujum. " Bostirib kirishlarni aniqlash tizimi|"Axborot tizimida axborotdan qasddan foydalanishga yo‘naltirilgan harakatlarni avtomatlashtirilgan tarzda aniqlash (blokirovkalash) funksiyalarini amalga oshiradigan, dasturiy yoki dasturiy-texnik vosita, axborotni qo‘lga kiritish, yo‘q qilish, buzish va undan foydalanishni blokirovkalash maqsadida, axborotga (axborot tashuvchilariga) maxsus ta’sir ko‘rsatish. " Bostirib kirishlarning oldini olish tizimi|"Qar.: IPS. " Bostirilgan eltuvchi|"Eltuvchi chastotada to‘plangan, quvvat darajasi nisbatan kichik bo‘lgan modulyatsiyalangan signal (ideal holatda bu quvvat kattaligi nolga intiladi). " Bostirish|"Qandaydir noxush effektlar paydo bo‘lishining oldini olish, masalan, foydali signallarni qabul qilishda xalaqit va shovqinlar salbiy ta’sirining yo‘qotilishi. " Bot|"Avtomatik ravishda va/yoki belgilangan jadval bo‘yicha oddiy foydalanuvchi kabi va interfeyslar orqali biror-bir harakatni bajaradigan maxsus dastur. Izoh – Odatda, kompyuterlarga bo‘ladigan tarmoq hujumlari – spamni yuborish, foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini o‘g‘irlash, olisda tizim parollarini tanlash, «xizmat ko‘rsatishni rad etish» hujumlarini muvofiqlashtirish uchun va boshqalarda ishlatiladi. " Botnet|"Maʼlum sondagi xostlardan iborat va botlar (avtonom dasturiy taʼminot) ishlayotgan kompyuter tarmog‘i. Odatda botnet tarkibidagi bot qurbon kompyuterida yashirin o‘rnatiladigan va badniyat shaxsga (botnet «egasiga») kompyuter resurslaridan foydalangan holda maʼlum harakatlarni bajarishga imkon beradigan dasturiy taʼminotdir. Botnetlar ko‘pincha spam yuborish, uzoqdagi tizimda parollarni birma-bir ko‘rib chiqish, xizmat ko‘rsatishni rad etish kabi noqonuniy yoki ruxsat etilmagan faoliyat uchun foydalaniladi. Qar.: Bot. " Bouz-Choudxuri-Xokengem kodlari|"Xatolarni tuzatuvchi ikkilik chiziqli blokli kodlar turkumi. Bu kodlar ancha samarador, lekin ularning asosiy afzalligi kodlash/de-kodlashning oddiyligida (siljish registrlaridan foydalanib). BChX kodlari siklik kodlar sifatida ham ishlatiladi. " Boys-Kodd normal formasi|"Munosabatli axborot baza jadvalining ehtimoliy normal formasidan biri. Bu uchinchi normal formani o‘zgarishi (baʼzi manbalarda 3-Boys Kodd normal formasi deb ataladi). Rey Boys va Edgar Kodd sharafiga nomlangan. " Brauzer|"Mijozning server bilan birga ishlashini ta’minlaydigan dasturiy kompleks. Internet tarmog‘ining WWW texnologiyasida brauzer axborot sahifalarini ko‘rib chiqish, ma’lumotlar olish imkonini beradi. Ba’zi bir brauzerlar o‘z ichiga Java tili vositalarini oladi. " Broker|"Turli ko‘rinishdagi operatsiyalarda vosita-chi. Broker-inson bilan bir qatorda, elektron brokerlar ham faoliyat ko‘rsatadilar. Infor-matikada broker amaliy dastur bo‘lib, bosh-qa guruh dasturlarining o‘zaro aloqasini taʼminlaydi. Buning misoli sifatida obyekt so‘rovlari brokerini keltirish mumkin. " Bryuster burchagi (to‘liq qutblanish burchagi)|"Qutblanmagan yorug‘lik nurining tushish burchagi, bunda dielektrik yuzasidan qaytgan yorug‘lik yassi qutblangan bo‘ladi. " Bufer|"1. Ma’lumotlarni oraliqda saqlash uchun xotirani dasturiy yoki apparatli tarzda ishlatish va undan turli tezlikda ishlaydigan ikki qurilma o‘rtasida ma’lumotlar uzatishda axborotni qayta ishlash tezligidagi farqni yo‘qotishda foydalanish. 2. Optik tola atrofida joylashgan himoya qobig‘i. " Bufer registri|"Sxemotexnikada asinxron jarayonlarni moslashtirish uchun, masalan, kompyuterga ma’lumotlarni sekin ishlaydigan tashqi qurilmadan kiritish uchun keng foydalaniladigan registr. " Buferlash|"Bufer xotira qurilmasidan foydalanish. " Buferning to‘lishi|"Himoyalash tizimining zaiflashishiga olib keladigan dasturiy xatolik. Xotirada massivning chegarasidan ma’lumot yozuvlarining chiqib ketishini avtomatik nazorat qila olmaslik natijasida yuz beradi. " Bul algebrasi|"Zamonaviy kompyuterlarda keng qo‘llaniladigan, ikki belgili mantiqiy o‘zgaruvchilar (1 va 0) ustida bajariladigan operatsiyalar to‘plami. Uni yaratgan matematik Jorj Bul sharafiga shunday deb ataladi. Mantiqiy ko‘paytirish, qo‘shish va inkor etish operatsiyalaridan foydalaniladi, ulardan istalgan boshqa Bul operatsiyasini tuzish mumkin. " Bul ifodasi|"Barcha o‘zgaruvchilar yo nol yoki 1 qiymatga ega bo‘lgan matematik ifoda. «Bulutli hisoblashlar» ing. - cloud-based computing ru – «облачные вычисления» Dinamik masshtablanadigan va virtuallashtirilgan resurslar (ma’lumotlar, ilovalar, operatsion tizimlar va b.q.) ga asoslangan hisoblash modeli. Undan foydalanish mumkin va servis sifatida Internet orqali foydalaniladi hamda yuqori samarali ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari yordamida amalga oshiriladi. «Bulutli ilovalar» ing. - cloud applications ru – «облачные приложения» Ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarining kompyuterlarida «bulutli hisoblash» (masalan, Windows Azure) muhitida bajariladigan ilova. " Burchak tarqoqligi|"Fazoviy tarqalish usuli, unda ikki nurli yoki koʻp nurli yoʻnalganlik diagrammasini shakllantiruvchi bir nechta nurlagichli bitta antenna ishlatiladi. " Buriladigan platforma|"Obyektning harakati jarayonida berilgan yo‘nalishdan nur og‘ishining avtomatik kompensatsiyasini ta’minlaydigan, ko‘chma obyektga yoki yo‘ldoshga o‘rnatilgan parabolik antennali yoki nurlagichli platforma. " Burmoq|"Har bir nuqtani markazga nisbatan bir xil gradusga burishdan iborat rasmlar yoki grafik obyektlar ustida bajariladigan operatsiya. " Burchakli antenna|"Ikkita yassi qaytadigan sirtlar bilan hosil qilinadigan burchak ichiga joylashtirilgan bitta yoki bir nechta nur tarqatgichdan iborat yo‘naltirilgan antenna. " Butun|"Kiritiladigan oddiy turdagi ma’lumotlar. Belgili, belgisiz, qisqa yoki uzun bo‘lishi mumkin. " Butun sonli o‘zgaruvchi|"Butun sonli qiymatlarni saqlaydigan oddiy turdagi o‘zgaruvchi. " Butunga bo‘lish|"Arifmetik amal. Uning natijasi – xususiy-ning butun qismi, kasr qismi tashlab yuboriladi. Deyarli barcha dasturlash tillarida bor. A div b yozuv bilan, ba’zi tillarda a/b qilib belgilanadi. " Butunjahon hisoblash tarmog‘i|"1. Yer sharidagi barcha axborot-hisoblash tarmoqlarining jami. 2. Bir nechta mamlakat yoki kontinent hududini qamrab oladigan axborot-hisoblash tarmog‘i. 3. Kommutatsiyalanadigan va ajratilgan liniyalardan yoki maxsus telekommunikat-siya kanallaridan foydalangan holda, axborotning katta masofalarga uzatilishini taʼminlaydigan tarmoq. " Butunjahon tarmog‘i|"1. Internetda resurslarni izlashning va ulardan foydalanishning gipermatnli tizimi. Izoh – World Wide Web bu tarmoq kompyuterlarida saqlanadigan har qanday maʼlumotni, ularni bog‘laydigan giperhavolalar tizimi orqali ko‘rib chiqish imkonini beradigan Internet xizmatlari to‘plamini taqdim etadi. 2.Internet orqali foydalana olish amalga oshiriladigan veb-uzellar ko‘pligi. " Buyuk Britaniyaning universitetlar tarmog‘i|"O‘zini ta’lim va tadqiqot ishlariga bag‘ishlagan Britaniya Davlat xususiy kompyuter tarmog‘i. " Buyumlar Interneti|"Axborot jamiyati uchun mo‘ljallangan, mavjud va rivojlanadigan, funksional jihatdan mos Axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida (fizik va virtual) buyumlarni bir-biri bilan bog‘lash yo‘li orqali, birmuncha murakkabroq xizmatlar taqdim etish imkoniyatini taʼminlaydigan global infratuzilma. Izoh – Keng maʼnoda, buyumlar Internetini texnologik va ijtimoiy oqibatlarga ega bo‘lgan konsepsiya sifatida qabul qilish mumkin. " Buyurtma dasturiy ta’minot|"Berilgan ilova (dastur) uchun maxsus ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot. " Buyurtma pochta jo‘natmasi|"Jo‘natuvchiga kvitansiya berib joylanma-ning qiymati baholanmasdan qabul qilinadi-gan va adresatga tilxat bilan topshiriladigan pochta jo‘natmasi (xat, pochta varaqchasi, banderol, sekogramma, mayda paket va «М» belgili qop). " Buzilish|"Aloqa liniyasi orqali uzatiladigan xabar mazmunining asliga qaytarib bo‘lmaydigan tarzda o‘zgartirilishi. " Buzilishga nisbatan barqarorlik|"Tizimning uzluksiz ishlay olishi va biror-bir xatolik ro‘y berganda uni muvafaqqiyatli bartaraf etish imkoniyati. " Buzilishgacha ishlash muddati|"Televizor (tiklanadigan mahsulot)ning ishlamay qolishlari o‘rtasidagi ishlash muddatining o‘rtacha qiymati. " Buzilishgacha ishlash vaqti|"Hisoblash tizimi yoki qurilmaning ikkita texnik ketma-ket buzilishlari orasidagi o‘rtacha vaqt. Tizimning ishonchlilik ko‘rsatgichlaridan biri. " Buzish|"1. Tarmoqda ishlovchi foydalanuvchi autentifikasiyani tugatganda, odatda, aktiv hujumni amalga oshirish maqsadida, aloqa seansining boshlanishini tutib olish. Bu vaqtda jinoyatkor tizimga qonuniy foydalanuvchi sifatida kirishga harakat qiladi, bu unga ikkita stansiya o‘rtasidagi ulanishni nazorat qilish imkonini beradi. 2. Raqib tomonidan kriptografik protokol (kriptografik sxema)ning barqarorligiga tahdidlarning amalga oshirilishi, ya’ni ushbu tahdidni belgilovchi masalani hal qilish. " Buzuvchi|"Muhofazalangan tizimga ruxsat etilmagan tarzda kirishga urinuvchi shaxs. " Buzg‘unchi|"Tizim resurslaridan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishga (bu resurs bilan ishlashda uning uchun taqiqlangan harakatlarni bajarishga urinish) xato, bilmaslik oqibatida yoki yovuz niyatda (o‘z manfaatlari yo‘lida) yoki shunchaki (o‘yin yoki o‘zini namoyon qilish maqsadida) uringan (urinib ko‘rgan) va buning uchun turli xil imkoniyatlar, usullar va vositalardan foydalangan shaxs (subyekt). " Bo‘lim|"Dasturning maxsus ma’noga ega bo‘lgan qismi. Masalan, Pascal tilida dasturiy blok umumiy ko‘rinishda belgilar, konstantalarni tavsiflash boʻlimlaridan, ma‘lumotlar turlarini aniqlash, o‘zgaruvchilarni, protseduralar, funksiyalar, operatorlarni tavsiflash bo‘limlaridan tuzilgan. " Bo‘lingan ekran|"Kompyuter grafikasida bitta ekranning bir nechta (odatda bir biriga bog‘liq bo‘lgan) video oqimlari yoki matnli axborotni bitta displeyda bir vaqtning o‘zida aks ettirish uchun bir nechta yondosh qismlarga ajratilishini taʼminlaydigan aks ettirish texnikasi. " Bo‘lingan vaqt rejimi|"Kompyuterdan foydalanish rejimi. Bunda mashinaga joylashtirilgan maxsus dastur turli vazifalarning alohida qismlarini, bir biriga «aralashtirmagan» holda, ketma-ket yechishi taʼminlanadi. " Bo‘luvchi|"Berilgan nisbatda kuchlanish yoki quvvat pasayishini yoki chastotaning butun son marta bo‘linishini taʼminlovchi qurilma. " Bo‘yash|"Grafik ekranning ba’zi sohasini rang yoki standart ornament bilan to‘ldirish protsedurasi. Bo‘yash grafik redaktorlarda yoki amaliy dasturlarda dasturlash tillarining tegishli protseduralari bilan amalga oshirilishi mumkin. " Bo‘yash bloki|"Televizion tasvirni yoki uning fragment(lar)ini istalgan rangga bo‘yash uchun mo‘ljallangan qurilma. " Bo‘sh bog‘langan tizim|"Har bir protsessor o‘zining lokal xotirasiga ega bo‘lgan, turli protsessorlar esa o‘zaro aloqa liniyalari orqali ishlaydigan taqsimlangan kompyuter tizimi. " «Bo‘sh joy» klavishi|"Klaviaturadagi, bo‘sh joy simvolini terish uchun xizmat qiladigan klavish. " Bo‘shash vaqti|"Abonentlardan birining bog‘lanishi tugagan vaqtdan to shu liniya boshqa abonentlar uchun bo‘shaguncha ketgan vaqt. " Bo‘shliq|"1. C va C++ dasturlash tillarida nol ko‘rsatgichni anglatadi. 2. Ma’lumotlar bazasi jadvalining maydonida yozish mumkin bo‘lgan maxsus qiymat (soxta qiymat). 3. Ayrim dasturlash tillaridagi mutlaqo hech qanday qiymatga ega bo‘lmagan konstanta. D " Dalil|"O‘zicha yoki boshqa axborot bilan birga foydalanilganda, bahsni hal qilish uchun qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan axborot. Izohlar 1. Raqamli imzolar, himoya qobiqlari va xavfsizlik markerlari dalilning aniq ko‘rinishlari hisoblanadi. 2. Raqamli imzolardan ochiq kalitlar usullari bilan birga foydalaniladi, himoya qobiqlari va xavfsizlik markerlari esa, maxfiy kalitlar usullari bilan birga qo‘llaniladi. " Damp|"1. Xotira yoki fayl ichidagini ekranga chiqarish, faylga olish yoki chop etish. Odatda, matnli xabarlarni izlash uchun, yoki kompyuterning osilib qolish sabablarini aniqlash maqsadida, shuningdek, dasturni sozlash paytida amalga oshiriladi. 2. Kriptovalyuta kursining iqtisodiy jihatdan juda tez va asossiz pasayishiga olib boruvchi vaziyat. Odatda tajribali treyderlarning maqsadli harakatlari natijasida yuzaga keladi. " Daqiqa|"60 sekundga teng vaqt birligi. Ma’lumotlarni uzatish tezligini aniqlashda ishlatiladigan asosiy kattaliklardan biri. " Daraja videosignal|"Videosignalni, odatda, kuchlanishni taqdim etuvchi elektr kattalikning ko‘pincha foizlarda yoki ma’lum tayanch ko‘lamining ulushi, masalan, 1 volt bilan ifodalanadigan videosignal chegarasiga nisbatan oniy qiymati. " Darajalarni oldindan korreksiya qilish|"Muayyan signallar yoki kabel taqsimlash tizimining shu nuqtasidagi signallar guruhi o‘rtasida atayin o‘rnatilgan darajalar farqi. " Darajalarni uzatish xarakteristikasi|"Eshittirish televideniyesi trakti yoki trakti zvenosining tasvir kanali chiqishidagi televizion tasvir yorqinlik darajalarining yoki yorqinlik signali darajalarining bu kanal kirishidagi obyektlar yorqinlik darajalariga yoki yorqinlik signali darajalariga bog‘liqligi. " Darajani nazorat qilish|"Ma’lum xarakteristikalarga ega o‘lchash apparaturasidan foydalanib dasturiy signallarning darajasini kuzatish. " Darajani qayd etish|"1. To‘liq videosignal bir qismi darajasini ma’lum qiymatda ushlab turish. 2. Sinxronlash signali impulslarining o‘chirish darajasi yoki yuqori darajasi bitta potensialga keltiriladigan videosignalni qayta ishlash. Izoh – Darajani qayd etish, odatda, tasvirning doimiy tashkil etuvchisini tiklashda qo‘llaniladi. " Darajani rostlagich (kabel tarmog‘ida)|"Bitta yoki bir nechta signalning doimiy darajasini, signalga nisbatan boshqa vositalar yordamida, masalan, pilot-signal, temperaturali kompensator, distansion boshqaruv va b.lar yordamida ushlab turish qurilmasi. " Daraxt|"Daraxtni eslatadigan tuzilma. Uning asosida bir qancha element (tana) bog‘langan bitta element (ildiz) bo‘ladi. Bu elementlar (tanalar) o‘z navbatida yana bir qancha (shoxlar) bilan bog‘langan va h.k, shu tarzda so‘nggi elementlargacha (yaproqlargacha). Natijada ko‘p pog‘onali daraxt hosil bo‘ladi. Daraxt – bu, bog‘langan yo‘naltirilmagan siklsiz grafdir. " Daraxtsimon kod|"Simvollarni qayta ishlash uzluksiz tarzda, bloklarga ajratmasdan amalga oshiriladigan kod. " «Darcha»|"Displeyning ma’lum jarayonni aks ettiruvchi qismi. " Dastlabki, boshlang‘ich berilgan|"Tanlash elementlaridan biri. Barcha sozlashlar avvaldan kiritilgan boshlang‘ich konfiguratsiyada qo‘llaniladi. Aksariyat hollarda dasturiy ta’minotni o‘rnatishda foydalaniladi. Bunday holatda ishlab chiquvchilar tomonidan eng ommabop tanlov zanjiri shakllantiriladi, bu esa foydalanuvchining sozlash jarayonini amalga oshirmasligiga imkon beradi. " Dastlabki buzilish|"Signal/shovqin nisbatini yaxshilash maqsadida, aloqa kanali bo‘ylab uzatishdan oldin signalning amplitudasi, fazasi, chastotasi yoki shaklini ataylab o‘zgartirish. " Dastlabki ko‘rib chiqish|"Bosib chiqarishga tayyorlangan hujjat yoki tasvirni, uning sahifada joylashishini va/yoki tashqi ko‘rinishini aniqlashtirish maqsadida ko‘rib chiqish. " Dastlabki ochiq kod|"Dasturiy ta’minotni yaratish usuli, bunda yaratilayotgan dasturiy ta’minotning dastlabki kodlari ochiq beriladi, ya’ni dasturiy ta’minotning dastlabki kodi ko‘rish va o‘zgartirishlar uchun ochiqdir. Ushbu imkoniyat barcha xohlovchilar uchun tayyor kodni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatishlari va ochiq dasturlarni yaratishga o‘z hissalarini qo‘shishlariga yordam beradi. Foydalanuvchining dasturiy ta’minotdan bepul foydalanishga haqqi bor, lekin «ochiq litsenziya» ishlab chiqaruvchini ushbu «ochiq kodli» dasturiy mahsulotning «bepulligini» ta’minlashga majbur qilmaydi. Ammo ko‘pgina samarali «ochiq» dasturiy mahsulotlar loyihasi bepul. " Dastlabki papka|"Dasturga taalluqli papka bo‘lib, unda dasturga tegishli bo‘lgan sozlash fayllari va vaqtinchalik fayllar saqlanadi. " Dastlabki o‘rnatish|"Foydalanuvchi tanloviga ko‘ra yoki boshlang‘ich o‘rnatiladigan parametrlar bilan oxirgi foydalanuvchi kompyuteriga dasturiy ta’minotni o‘rnatish jarayoni. " Dastlabki o‘zgartirishlar yoki filtrlash|"Axborotni siqish uchun emas, balki uni keyinchalik siqish uchun qulay shaklda taqdim etishga xizmat qiladigan usul. Masalan, siqilmagan multimedia ma’lumotlari uchun signal darajasining ohista o‘zgarishi xosdir. Shu sababli delta-o‘zgartirish qo‘llaniladi, ya’ni absolyut qiymat o‘rniga nisbiy qiymat olinadi. Matn, bajariladigan fayllar, ma’lumotlar bazasi va boshqalar uchun filtrlar mavjud. " Dastur|"1. Elektron hisoblash mashinasida amalga oshirish uchun mo‘ljallangan, operatorlar ketma-ketligi. 2. Bajarilishi kerak bo‘lgan hisoblash jarayonining dasturlash tilidagi yoki mashina yo‘riqnomalaridagi tavsifi. Funksional masala hal qilinishini bajaradigan operatorlar, komandalarning tugallangan izchil to‘plami. " Dastur (eshittirishda)|"Radioeshittirish uchun maxsus mo‘ljallangan va tayyorlangan tovushli yoki vizual epizodlar ketma-ketligi. Izoh ‒ Dasturlarni turiga ko‘ra – tovushli, televizion, musiqali, nutqli dasturlar; maqsadiga ko‘ra – yangiliklar, o‘quv, ko‘ngilochar dasturlar; manbaiga ko‘ra – ma’lum uzatuvchi stansiyalar, tashkilotlar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib ko‘rsatiladigan ko‘rsatuvlar, yozib olinadigan ko‘rsatuvlar dasturi va boshqa dasturlarlarga tasniflash mumkin. " Dastur hisoblagichi|"Protsessorning, tanlanadigan navbatdagi komanda manzilini yoki dastur keyingi bayti (so‘zi)ni ichiga oladigan ichki registri. " Dastur qadami|"Dasturning bitta elementar operatsiyasini, odatda mashina tilidagi komandani bajarish. Atama ko‘pincha, dasturiy ta’minotni sozlash tizimlarini tavsiflashda ishlatiladi. " Dastur soatiga havola|"90 kHz chastota davrida hisoblanadigan va transport oqimiga dastur darajasida kiritiladigan 33 bitli son bo‘lib, berilgan dasturni qabul qilishda dekoderni sinxronlash uchun xizmat qiladi. " Dastur tahlili|"Dasturlarni jamoaviy ishlab chiqishda ‒ dastur matnining dasturchilar guruhi tomonidan, uning to‘g‘riligini tekshirish maqsadida tahlil qili-nishi. " Dastur to‘g‘risidagi axborot fayli|"Windows yoki ОS/2 boshqaruvida DОS seansida dasturning ishlash parametrlarini sozlash fayli. " Dasturdagi operator|"Operatsiyani va uning operandlari qiymatlari yoki joylashgan o‘rnini ko‘rsatuvchi simvollar jami; dasturning, uning ishlash spetsifikatsiyasini va operandlarning joylashgan o‘rni bo‘lgan bitta yoki bir nechta manzilni ta’minlaydigan alohida elementi. " Dasturiy-apparat vosita|"Asosiy xotiradan alohida faoliyat ko‘rsatish mumkin bo‘lgan holda (odatda doimiy xotira qurilmasida) saqlanuvchi jami tartibga solingan komandalar va ular bilan bog‘liq maʼlumotlar. " Dasturiy apparatxona|"Televizion dasturni turli manbalardan dastur signallarini ulash yo‘li bilan ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan uskunaga ega apparatxona. " Dasturiy bog‘liq axborot jadvallari|"MPEG-2 da dasturlarning tarkibi hamda ular komponentlarining identifikatorlari to‘g‘risidagi axborotni ichiga oluvchi PAT, PMT, CAT majburiy jadvallari va majburiy bo‘lmagan NIT jadvali. " Dasturiy bomba|"Muayyan sharoitlarda bir yoki bir necha marta ishga tushishi zarur bo‘lgan komandalarni dasturga yashirin o‘rnatish. Izoh – Mantiqiy va vaqt bombalari dasturiy bombaning variantlari hisoblanadi. " Dasturiy boshqariladigan radiostansiya|"Ish rejimi va chastotalarning sozlanishini dasturiy usul bilan o‘zgartiradigan abonent stansiyasi. Dasturlarning ish bilan ta’minlanishi SIM-karta orqali yoki stansiyani radiokanal bo‘yicha qayta dasturlash yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. " Dasturiy hujjat|"Dasturiy mahsulot uchun ilova hujjat. Masalan, foydalanuvchi yo‘riqnomasi. " Dasturiy ilova|"Muayyan qo‘llanish sohasida ma’lumotlar qayta ishlanishini amalga oshiradigan dasturlar majmui (xususan, veb muhitdagi veb-ilova). " Dasturiy interfeys|"Tizimda jarayonni abstrakt tavsiflash yoki hisoblash jarayonlarining o‘zaro aloqasi atamalarida: ma’lumotlar formati, ma’lumotlar almashinish protokoli, kichik dasturlarni chaqirish, dasturlash tili, ma’lumotlarni tavsiflash tili yoki ma’lumotlar bilan ishlash, tizimlarning bir-biriga ta’siri. " Dasturiy kommutator (moslashuvchan)|"IP tarmoqda chaqiruvlarni boshqarish funk-siyasini amalga oshiradigan qurilma. Izoh – Dasturiy kommutator IP-tarmoqda trafikka xizmat ko‘rsatishning zarur funksiyalarini bajarishga mo‘ljallangan protokollar to‘plamini quvvatlaydigan apparat-dasturiy vositalardan iborat. " Dasturiy mahsulot|"Foydalanuvchiga yetkazib berish, uzatish, sotish uchun mo‘ljallangan dasturiy vositalar. " Dasturiy mahsulot sifatini baholash|"Sifat ko‘rsatgichlari tanlanishini, bu ko‘rsatgichlarning miqdor qiymatlarini tanlash va aniqlash usullari ishlab chiqilishini, ko‘rsatgichlarning bazaviy qiymatlari belgilanishini, ko‘rsatgichlarning haqiqiy qiymatlarini hisoblash, bazaviy qiymatlarni hisoblangan qiymatlar bilan taqqoslashni ichiga oladigan tadbirlar kompleksi. " Dasturiy modem|"Protsessorga modem funksiyalarini bajarish imkonini beradigan dastur. " Dasturiy moslik|"Kompyuter tizimining boshqa tizim uchun yozilgan dasturiy ta’minotni bajara olish qobiliyati. " Dasturiy qaroqchilik|"Mualliflik asari hisoblanadigan litsenzion dasturiy mahsulotlardan noqonuniy foydalanish, nusxa ko‘chirish yoki tarqatish. " Dasturiy signal, modulyatsiyalovchi signal|"Tovushli yoki televizion dasturlarni ifoda-laydigan, uzatish uchun modulyatsiyalovchi signal sifatida foydalaniladigan elektr signallari. " (Dasturiy signallarni) mikshirlash|"Oxirgi dasturiy signalni olish uchun turli manbalardan dasturiy signallarni kombinatsiyalash. " Dasturiy so‘raladigan uzib-ulagich|"Elektron hisoblash mashinasi pultidagi yoki dastur modellaydigan kalit. Mashina komandalarini boshqarish uchun yoqilgan yoki o‘chirilgan holatga o‘rnatilishi mumkin. " Dasturiy talqin etish|"Kodli optimizator yordamida o‘zgartirilgan shaklda yuklash yo‘li bilan, boshqaruvchi dasturni ruxsat etilmagan o‘zgartirishdan muhofaza qilish usuli. " Dasturiy ta’minot|"1. Kompyuter ishini boshqaradigan koman-dalar to‘plami. 2. Avtomatlashtiriladigan faoliyatni elektron hisoblash mashinalari uchun belgilangan dasturlar bilan ta’minlash, jumladan, vazifa-ning qo‘yilishi, loyihalash, amalga oshirish va keyingi ishlanma, shuningdek, EVM uchun dasturlarning o‘zi. 3. Axborotni qayta ishlash tizimi dasturlari va bu dasturlardan foydalanish uchun zarur bo‘lgan dasturiy hujjatlar jami. " Dasturiy ta’minot tizimi|"Kompyuter tizimining tarkibiy qismi bo‘l-gan dasturiy ta’minotga asoslangan tizim (kompyuter uskunasi va dasturiy ta’mino-tining birgalikda ishlashi). " Dasturiy ta’minot xavfsizligi|"Umummaqsadlardagi (bajaruvchi dasturlar, utilitalar yoki dasturiy ta’minotni ishlab chiqish vositalari) hamda amaliy dastur va vositalarning avtomatlashtirilgan tizimda ma’lumotlarning xavfsiz qayta ishlanishini va tizim resurslaridan xavfsiz foydalanishni amalga oshirish xususiyati. " Dasturiy ta’minotni elektron tarqatish|"Dasturlarni kompyuterlarga axborot tarmog‘i orqali yuklash texnologiyasi. " Dasturiy ta’minotni injeneriyasi ishlab chiqish|"Dasturiy ta’minotni tahlil qilish, loyihalash, ishlab chiqish, joriy etish va kuzatib borish usullari. " Dasturiy ta’minotni standartlash|"Davlat hokimiyat organlarida foydalaniladigan elektron hisoblash mashinalari uchun qo‘llaniladigan dasturlarda ishlatiladigan texnologiyalarni tanlashning asosiy prinsiplari bo‘yicha o‘zaro bog‘langan yechimlar kompleksi. " Dasturiy ta’minotning kaskad modeli|"Ishlab chiqarish sikli bilan taqqoslab qarab chiqiladigan dasturiy ta’minot. " Dasturiy taʼminot replikatsiyasi|"Namunaviy axborot majmuasining dasturiy taʼminotini, uni keyinchalik, yangi soha portali yoki majmui asosida klonlash maqsadida takror ishlab chiqarish. " Dasturiy taʼminot sifati|"Dasturiy taʼminotning afzalliklari va kamchiliklarini belgilaydigan alomatlar, xossalar, fazilatlar majmui. Yaratilayotgan dasturiy taʼminot sifatini baholash miqdoriy usullarni ishlatib amalga oshiriladi. Bu tadbir dasturlash jarayonida amalga oshadi. Bu masalaning dolzarbligi oshishiga munosib ravishda, bozorda yaratilayotgan dasturlarning sifatini aniqlashni taʼminlaydigan dasturlar paydo bo‘ldi. " Dasturiy taʼminotni moslashtirish|"Foydalanuvchining muayyan texnik vositalari yoki aniq dasturlari boshqaruvidagi kompyuter uchun mo‘ljallangan dasturning faoliyatini taʼminlash maqsadida amalga oshiriladigan o‘zgartirishlar kiritish. " Dasturiy taʼminotni muhofazalash vositalari|"Dasturiy vositalarni beruxsat foydalanishdan muhofaza qiluvchi vositalar. " Dasturiy taʼminotning hayotiy sikli|"Kompyuter dasturiy taʼminotini loyihalash boshlangan daqiqadan to uning ishlatilishi to‘xtashigacha o‘tgan vaqt. " Dasturiy token|"Muvaffaqiyatli mualliflashtirishdan keyin foydalanuvchiga servislardan foydalana olish uchun beriladigan kalit. " Dasturiy uzilish|"Operatsion tizimlarda yoki tayanch kiritish/chiqarish tizimida quyi dasturlarga uzilishlarni qayta ishlash boshqaruvini berish uchun, maxsus mashina komandasining bajarilishi keltirib chiqaradigan uzilish. Dasturiy uzilishlardan sozlagichlarda keng foydalaniladi. " Dasturiy virus, virus|"Boshqa dasturlarga o‘zining o‘zgartirilgan nusxalarini qo‘yish yo‘li bilan o‘z-o‘zidan ko‘payadigan, uni o‘zgartiradigan, zararlangan dasturni ochishda amalga oshadigan maxsus ishlab chiqilgan zararli dastur. Izoh – Virus ko‘pincha buzilishlar yoki ishdan chiqishlarga sabab bo‘ladi hamda ba’zi hollarda ma’lum sana boshlanishi bilan aktivlashishi mumkin. " Dasturiy vosita|"Dasturchi tomonidan dasturiy ta’minotni loyihalash, ishlab chiqish yoki boshqa dasturiy ta’minotni sozlashda foydalaniladigan har qanday dastur yoki utilita. " Dasturiy o‘rnatma|"Dasturiy ta’minotga ataylab kiritilgan funksional obyektlar, ular ma’lum sharoitlarda (kirish ma’lumotlarida) axborotning konfidensialligi, undan foydalanish yoki yaxlitligi buzilishiga olib keladigan dasturiy ta’minot hujjatlarida tavsiflanmagan funksiyalarning bajarilishini boshlab beradi. " Dasturlanadigan doimiy xotira qurilmasi|"Maxsus qurilma, programmator yordamida, eruvchan ko‘prikchalarni yuqori kuchlanishli impulslar yordamida kuydirish orqali, faqatgina bir marotaba yozish mumkin bo‘lgan xotira turi. Ichiga joylashtirilgan dasturiy ta’minotni saqlash uchun turli xil elektron qurilmalarda ishlatiladi. " Dasturlanadigan uzilish|"Protsessorning (odatda dasturdagi xatoni qayta ishlash uchun) maxsus komandasi yordamida aniq generatsiyalanadigan uzilish. " Dasturlararo takomillashtirilgan aloqa|"Dasturlararo takomillashtirilgan aloqa interfeysi. APPC protokoli IBM tomonidan «yangi» SNA arxitekturasi kabi ishlab chiqilgan. SNA ga ulangan ishchi stansiyalar va bu stansiyalardagi amaldagi dasturlararo bir rangdagi aloqani ta’minlaydi. LU 6.2 nomi bilan ham ma’lum. " Dasturlarni avtomatlashtirilgan ishlab chiqish vositasi|"1. Kompyuter boshqaruvli dasturiy ta’minot-ni ishlab chiqish uchun foydalaniladigan dasturiy vosita. 2. Tizimli loyihalash va dasturiy ta’minot hayotiy siklini avtomatlashtirilgan ta’min-lash yo‘li bilan, dasturlar va tizim muhandis-lariga yordamlashadigan dasturiy mahsulot. " Dasturlarni avtomatlashtirilgan ishlab chiqishga bo‘lgan ehtiyoj|"Dasturlarni avtomatlashtirilgan ishlab chiqish vositasining xarakteristikalari qanoatlantiradigan tashkiliy talablar. Ular boshqaruv jarayonini, ishlab chiqish jarayonini, xizmat ko‘rsatishni, hujjatlarni, konfiguratsiya boshqaruvini, sifat tekshirilishini, atrof muhitga bo‘lgan ehtiyoj tekshirilishini, CASE vositasining jamlanganligini, sifat xarakteristikalarini, xarid qilishga, sotishga bo‘lgan ehtiyojlarni, ta’minlash indikatorlari va sertifikatlash talablarini o‘z ichiga oladi. " Dasturlarni avtomatlashtirilgan tarzda tuzish|"Instrumental CASE vositalarning maxsus paketlaridan foydalanib, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish texnologiyasi. " Dasturlarni boshqarish|"Resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishga, xavf-xatarni kamaytirishga va har bir loyihani muvaffaqiyatli yakunlashga yo‘naltirilgan, o‘zaro bog‘langan bir qancha loyihalarni boshqarish jarayoni. Amalda va maqsadlarga ko‘ra dasturiy boshqarish tizim muhandisligi va sanoat muhandisligi bilan chambarchas bog‘liqdir. " Dasturlarni (tarmoqning boshqa kompyuterida) uzoqdan ishga tushirish|"Uzoqda joylashgan (odatda, katta quvvatli) mashinaning xotirasi, protsessori va diskidan foydalanib va mijoz kompyuteridan terminal sifatida foydalanib, tarmoqning boshqa kompyuteriga kirish va unda ishlash imkoniyati. " Dasturlarni o‘rnatish/o‘chirish|"Windows operatsion tizimidagi foydalanuvchiga kompyuterga o‘rnatilgan dasturiy ta’minot ro‘yxatini boshqarish imkonini beradigan boshqarish panelining qismi. Afsuski, unda kompyuterda foydalaniladigan dasturlarning hammasi ham aks ettirilmaydi. " Dasturlarning boshlang‘ich kodini zararlaydigan viruslar|"Dasturning boshlang‘ich kodini yoki uning komponentlarini (OBJ-, LIB-, DCU-fayllarni), shuningdek, VCL hamda ActiveX komponentlarni zararlaydigan viruslar. Kompilyatsiyadan so‘ng dasturlar unga kiritilgan bo‘ladi. " Dasturlarning ko‘rsatish uchun belgilangan paketlari|"Ma’lum bir axborotni auditoriyaga samarali yetkazish uchun mo‘ljallangan aniq maqsadga yo‘naltirilgan dasturiy komplekslar. Asosan, prezentatsiya va reklama maqsadida qo‘llaniladi. O‘qitish-o‘rgatish maqsadlarida qo‘llanilishi foydaliroq bo‘ladi. " Dasturlarning yaxshi muhofazalanmaganlik skaneri|"Hujumning u yoki boshqa bir aniq turidan yaxshi muhofazalanmagan mashinalarni izlab topish maqsadida, Internet tarmog‘ida kompyuterlarning katta guruhi tekshirilishini amalga oshiradigan dastur. " Dasturlash|"Vazifani yechish algoritmini elektron hisoblash mashinasi tomonidan «idrok etiladigan» ko‘rinishda taqdim etish jarayoni. Dasturlash algoritmni elementar operatorlar darajasigacha batafsil tekshirish, algoritmni tanlangan dasturlash tilida yozib olish va dasturlarning elektron hisoblash mashinasida bajarilishini boshqarish jarayonlarini tavsiflashni o‘z ichiga oladi. " Dasturlash tili|"Odam tomonidan ta’riflanadigan va kompyuter yordamida hal qilinadigan muayyan muammolarning qulay tavsiflanishini ta’minlaydigan rasmiy til. Dasturlash tili sintaksis va semantika kabi ikkita tashkil etuvchidan iborat. Til konstruksiyalaridan mashina komandalariga o‘tishni til translyatori amalga oshiradi. Dasturlash tillari masalani qanday atamalarda ta’riflash kerakligiga ko‘ra, yuqori va quyi daraja tillariga ajratiladi. Agar, til tabiiy tilga yaqin bo‘lsa, yuqori daraja tili deb, mashina komandalariga yaqin bo‘lsa, quyi daraja tili deb ataladi. " Dasturlash tizimi|"Jami dasturlash tili va dasturlarni yaratish tizimi. U berilgan tilda dasturlarni avtomatlashtirilgan tarzda yaratish va bajarish hamda tegishli hujjatlar tayyorlashni taʼminlaydi. Odatda dasturlash tizimi tilning etalon xilini emas, balki uning dialektik – maʼlum osonlashtirish yoki kengaytirishlarga ega rusumini o‘z ichiga oladi. Baʼzi dasturlash tizimlari dasturlarni bir necha tilda yaratishni qo‘llab-quvvatlashi mumkin. Shaxsiy kompyuterlar uchun eng mashhur dasturlash tizimlari: Microsoft kompaniyasining Basic, Java, C++ tillarini qo‘llab-quvvatlovchi Visual Studio; Inprise (Borland International) kompaniyasining Delphi tili va boshqalar. " Dasturlashtiriladigan kommutator (softsvich)|"IP tarmog‘ida chaqiruvlarni boshqarish va signalizatsiya funksiyalarini amalga oshiruvchi qurilma. Dasturlashtiriladigan kommutator IP tarmog‘ida xizmat ko‘rsatish trafikining zarur funksiyalarini bajarishga yo‘naltirilgan protokollar to‘plamini taʼminlaydigan apparat-dasturiy vositalardan iborat. " Dasturlashtiriladigan mantiqiy matritsa|"Bitta mikrosxema ko‘rinishida tayyorlanadigan bir turdagi elementlar matritsasi. " Dasturlashtiriladigan ma’lumotlar bazasi|"O‘rnatilgan dasturlash tiliga ega ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi. " Dasturni boshlang‘ich yuklash|"Boshlang‘ich holatga o‘rnatish protsedurasi, dastur (tizim) yadrosini yuklaydi va uni bajarish bo‘yicha operatsiyani bajaradi. " Dasturni ekspluatatsiya qilish bo‘yicha hujjat|"Dasturiy mahsulotning ishlashini ta’minlash va uni ekspluatatsiya qilish bo‘yicha zarur ma’lumotlarni o‘zida saqlovchi dasturiy hujjat. " Dasturni mualliflashtirish|"Tizim yoki foydalanuvchi dasturidan boshqa dasturlar yoki foydalanuvchilarning foydalana olishi bo‘yicha cheklashlarning o‘rnatilishi. " Dasturni muhofaza qilish|"Dasturning bajarilishi uchun ishga tushirib yuborilishini bartaraf etuvchi shartlarning majmui. " Dasturni ruxsat etilgan tarzda tahlil qilish|"Texnik talablar bilan dasturning haqiqiy imkoniyatlari o‘rtasidagi farqni belgilash maqsadida bajariladigan tahlil. " Dasturni sozlash|"Dasturlarni ishlab chiqish bosqichlaridan biri; dastur yozilishining to‘g‘riligi tekshiriladi, xatolar aniqlanadi va to‘g‘rilanadi. Odatda, sozlash ma’lum natijalar bo‘lgan real namunalarga yaqin nazorat namunalarda bajariladi. Hozirgi dasturlash tillarida sozlash jarayonini soddalashtiradigan sozlovchi dasturlar mavjud. " Dasturni yig‘ish|"Boshlang‘ich kodni obyekt fayllariga kompilyatsiyalash va modullarni bajariladigan fayllarga yoki bibliotekalarga komponovka qilish. " Dasturni yuklash|"Dasturning bajarilishi kerak bo‘lgan kodi va zarur bibliotekalarni shaxsiy kompyuterning tezkor xotirasiga bajarish uchun yozish jarayoni. " Dasturning bajarilish vaqti|"1. Kompilyatsiya va yuklash vaqtidan farqli ravishda, dasturni bajarish uchun zarur bo‘lgan vaqt bo‘lagi. 2. Markaziy protsessor faqat bir jarayonni bajarish uchun sarflaydigan vaqt. " Dasturning bajarilishi|"Mashina kodlaridagi dastur boshlang‘ich ma’lumotlarning kiritilishi va natijalar olinishi bilan bajariladigan jarayon. Sozlash rejimida dastur qadamlab bajarilishi mumkin. Agar dastur operatsion tizim boshqaruvida bajarilsa, qadamlab bajarish dasturlash muhiti boshqaruvida amalga oshiriladi. " Dasturning xotiradagi binar obrazi|"Xotirada o‘qish uchun dastur obraziga va buyurtmachi tomonidan shakllantiriladigan ishga tushirishga ega fayl. " Dasturchi|"Kompyuter taʼminotini yozuvchi kishi. Kompyuter dasturchisi deb kompyuter dasturlash bo‘yicha mutaxassis yoki turli xil dasturiy taʼminot uchun kodlar yozuvchi mutaxassislarni atashadi. Amaliyotda dasturlashni formal tarzda o‘qitadigan insonlarni ham dasturiy tahlilchi deb nomlash mumkin. Dasturchining asosiy ishlov tilini (Lisp, Java, Delphi, C++, h.k.) nomiga qo‘shib xuddi veb muhitida ishlovchilarni veb nomlari bilan ishlatganday nomlashadi. Dasturchi atamasi taʼminot yozuvchisiga, taʼminot muhandisiga, kompyuter olimi yoki taʼminot tahlilchisiga nisbatan ishlatilishi mumkin. " Data-markaz|"Abonentlarni Internet tarmog‘i kanallariga ulash, server va tarmoq uskunasini joylashtirish (xosting) uchun mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan bino. " Datchik|"Qandaydir fizik kattalikning qayd etilishini, uning signallarga o‘zgartilishini va bu signallarning, qayta ishlash uchun, boshqarish tizimiga uzatilishini ta’minlaydigan qurilma. " Davlat axborot resurslari|"Davlat axborot resurslari quyidagilardan shakllantiriladi: davlat organlarining axborot resuslaridan;yuridik va jismoniy shaxslar-ning davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan yaratilgan axborot resurslaridan;yuridik va jismoniy shaxslarning davlat sirlari hamda maxfiy axborotni o‘z ichiga olgan axborot resurslaridan. " Davlat axborot siyosati|"Jamiyatning geosiyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy rivojlanishining umumdavlat ustuvorliklarini taʼminlashga va mamlakatning axborot jamiyatiga o‘tish shart-sharoitlarini yaratishga yo‘naltirilgan o‘zaro bog‘liq siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy va tashkiliy tadbirlar kompleksi. " Davlat axborot tizimi|"Davlat organlarining vakolatlarini amalga oshirish, davlat organlari o‘rtasida axborot almashinuvini ta’minlash maqsadida tuzilgan yoki foydalaniladigan axborot tizimi. " Davlat axborot xavfsizligi|"Davlat axborot resurslarining saqlanganlik va axborot sohasida jamiyat hamda shaxs qonuniy huquqlarining himoyalanganlik holati. Zamonaviy kishilik jamiyatida axborot sohasi ikkita tarkibiy qismga ega: axborot-texnik tashkil etuvchi (odam tomonidan sun’iy yaratilgan texnika, texnologiyalar dunyosi) hamda axborotruhiy tashkil etuvchi (jonli tabiatning odam ham kiradigan tabiiy dunyosi). Tegishlicha, jamiyat (davlat)ning axborot xavfsizligini umumiy holda axborot-ruhiy xavfsizlik kabi ikki tarkibiy qism orqali ko‘rsatish mumkin. Xavfsizlikka bo‘ladigan ehtimoliy tahdidlarni aniqlash va tasniflash ham axborot xavfsizligining muhim jihatidir. " Davlat axborotini oshkor etish infratuzilmasi|"Davlat elektron hujjatlarining ommaviy oshkor etilishini ta’minlaydigan repozitoriylar majmui. " Davlat boshqaruvi|"Davlat hokimiyati organlari va ular mansabdor shaxslarining, tegishli protseduralar asosida ishlab chiqilgan siyosiy kursni amalga oshirish bo‘yicha faoliyati. " Davlat buyurtmasi|"Davlat byudjeti, mahalliy byudjetlar mablag‘lari va moliyalashtirishning byudjetdan tashqari manbalari hisobiga tovarlar yetkazib berish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatishga bo‘lgan buyurtma. " Davlat elektron xizmati|"Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llangan holda ko‘rsatiladigan davlat xizmati. " Davlat korxonasi|"Har qanday tashkiliy-huquqiy shakldagi, asosiy vositalari davlat mulki hisoblanadigan tashkilot. " Davlat organi xonasi|"Davlat organining shaxsiy xonasi, davlat organi vakolatli mansabdor shaxsi tomonidan, elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishda, kelib tushadigan rasmiy so‘rovlarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan, zarur hujjatlar va ma’lumotlar tayyorlash, tahrir qilish, izlash va berish imkoniyatini yaratadi. " Davlat organlarining davlat axborot resurslari va axborot tizimlari reyestri|"Internet tarmog‘idagi, qonun hujjatlfriga muvofiq, davlat axborot resurslari va axborot tizimlari ro‘yxatini hamda ular to‘g‘risidagi axborotni ichiga oladigan axborot resursi. " Davlat siri bo‘lgan ma’lumotlardan foydalana olish|"Vakolatli mansabdor shaxs tomonidan ruxsat etilgan tarzda, muayyan shaxsni davlat siri bo‘lgan ma’lumotlar bilan tanishtirish. " Davlat siri hisoblanadigan ma’lumotlarni tashuvchilar|"Davlat sirlarini tashkil qiladigan ma’lumotlar xotira, simvollar, obrazlar, signallar, texnik yechimlar va jarayonlar ko‘rinishida aks etadigan, jismoniy shaxslar, moddiy obyektlar, shu jumladan, fizik maydonlar. " Davlat sirlari|"Tarqatilishi O‘zbekiston Respublikasi manfaatlariga ziyon keltirishi mumkin bo‘lgan harbiy, tashqi siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, razvedka, kontrrazvedka bilan shug‘ullanuvchi va operativ-qidiruv fao-liyati sohasidagi davlat tomonidan muhofaza qilinadigan ma’lumotlar. Davlat sirlari maxfiylik darajasiga ko‘ra, alohida muhim ma’lumotlar va mutlaqo maxfiy (davlat siri) ma’lumotlarga bo‘linadi. " Davlat tomonidan hisobga olish|"Identifikatsiya qilinadigan shaxslar, obyektlar va/ yoki turli xarakterdagi hodisalar to‘g‘risida muayyan tarkibdagi ma’lumotlarni to‘plash va saqlash bo‘yicha olib boriladigan muntazam ish. " Davlat xizmati|"Davlat organlari tomonidan ariza beruvchilarning talabiga ko‘ra amalga oshiriladigan, o‘zlarining vazifalarini bajarish yuzasidan ko‘rsatiladigan xizmat. Izoh – Davlat xizmatini, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq, davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha vazifalar yuklangan hollarda, boshqa tashkilotlar ham ko‘rsatishlari mumkin. " Davlat xizmati formati|"Bajarilishi shart bo‘lgan, davlat xizmatini oluvchining manfaatlari yo‘lida ushbu davlat xizmatini ko‘rsatish jarayoni, shakli, mazmuni va natijasi xarakteristikalarini ichiga oladigan davlat xizmati ko‘rsatilishiga bo‘lgan talablarni belgilaydigan qoidalar. " Davlat xizmatini avtomatlashtirish|"Odamni elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida ishtirok etishdan ozod qilish uchun, shuningdek, ma’muriy protseduralarning sonini sezilarli qisqartirish uchun texnik vositalar hamda matematik usullar qo‘llanilishini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar majmui. " Davlat xizmatining pasporti|"Xizmat to‘g‘risidagi, bu xizmatni qat’iy identifykatsiyalash imkonini beradigan ma’lumotlar majmui. " Davlat xizmatlari portali|"Davlat xizmatlarining elektron shaklda taqdim etilishini, shuningdek, talabgorlarning davlat xizmatlari reyestrlari yuritilishini ta’minlaydigan davlat axborot tizimlarida joylashtirilgan va Internet tarmog‘idan foydalanib tarqatish uchun mo‘ljallangan davlat xizmatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanishni ta’minlaydigan davlat axborot tizimi. " Davlat xizmatlari reyestri|"Davlat xizmatlarining taqdim etilishi tartibi to‘g‘risidagi qisqacha asosiy ma’lumotlarni o‘z ichiga oladigan ma’lumotlar bazasi. " Davlat xizmatlarining elektron shaklda taqdim etilishi|"Davlat xizmatlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib, shu jumladan, davlat xizmatlari portalidan, ko‘p funksiyali markazlardan, universal elektron karta va boshqa vositalardan foydalanib taqdim etilishi, jumladan, bunday taqdim etish doirasida davlat organlari, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari, tashkilot hamda ariza beruvchilar o‘rtasida elektron o‘zaro hamkorlikning amalga oshirilishi. " Davom ettirish|"Tanlash varianti (oddiy tugma). U foydalanuvchi joriy sahifadagi shartlarga va o‘zgartirishlarga rozi ekanligini va navbatdagi sahifaga o‘tishga tayyorligini anglatadi. " Dayjest|"O‘zgaruvchan uzunlikdagi ma’lumotlarning kirish oqimini xesh-funksiya yordamida qayta ishlash natijasida hosil bo‘ladigan, qat’iy uzunlikdagi kod. Masalan, SHA-1 xeshlash algoritmi kirish xabarining hajmidan qat’i nazar, 20 bit hajmidagi dayjestni yaratadi. " Deduktiv xulosa|"Prolog tilida berilgan faktlar va qoidalar asosida yechim topish uchun foydalaniladigan usul. " Defektli sektor|"1. Qattiq yoki egiluvchan diskdagi, ishlab chiqarishdagi defekt yoki tasodifiy shikastlanish tufayli ma’lumotlarni saqlab bo‘lmaydigan soha. 2. Diskdagi, ma’lumotlarni yozish/o‘qish mumkin bo‘lmagan sektor. " Defektli yo‘lkalar jadvali|"Tayyorlovchi zavodda yakuniy testlash paytida aniqlanadigan, qattiq disk defektli sohalarining ro‘yxati. Diskni operatsion tizim foydalanishiga tayyorlaydigan ba’zi dasturlar, foydalanuvchilardan, tuzish vaqtini kamaytirish maqsadida bu ro‘yхatdan bo‘lgan axborotning kiritilishini so‘raydi. " Defeys|"Xakerlik hujumining turi. Unda veb-saytning sahifasi boshqasiga almashtiriladi (odatda bosh sahifa), saytning qolgan sahifalari esa blokirovka qilinadi yoki butunlay o‘chiriladi – buning maqsadida reklama, ogohlantirish, tahdid va boshqalar bo‘lishi mumkin. Baʼzi buzuvchilar sayt defeysini krekerlik doiralarida tanilish, o‘z imijini oshirish yoki sayt administratoriga zaiflikni ko‘rsatish uchun amalga oshiradi. " Defragmentatsiya|"Fayllarni uzluksiz ketma-ket klasterlarda saqlanishini ta’minlash maqsadida disk bo‘limining mantiqiy tuzilmasini optimallash va yangilash jarayoni. Izoh − Asosan FAT va NTFS fayl tizimlarida ishlatiladi. Defragmentatsiyadan so‘ng fayllarni o‘qish va yozish, shuningdek, dastur ishlari ham tezlashadi. Defragmenta-siyaning boshqa vazifasi: diskda fayllarni uzluksiz maydonda joylashadigan qilib taqsimlash. " Deinstallyator|"Qandaydir ilovani deinstallyatsiya qilish (o‘chirib tashlash) uchun mo‘ljallangan kompleks dastur. Deinstallyatorlarni qo‘llash zarurati, ko‘plab zamonaviy ilovalar o‘rnatish paytida o‘z dastur fayllarini turli manzillar bo‘yicha yozishi, shuningdek, o‘z ma’lumotlarini tez-tez tizim reyestrida qayd etishi bilan izohlanadi. " Dekametrli to‘lqinlar|"10 m dan 100 m gacha bo‘lgan to‘lqin uzunliklari diapazoni. 3 MHz dan 30 MHz gacha bo‘lgan chastotalar diapazoni. " Dekapsullash|"Qabul qilingan axborot oqimidan dastlabki xabarni ajratish jarayoni. " Dekatenatsiya|"Simvollar satrlarini alohida qismlarga ajratish operatsiyasi; konkatenatsiyaga teskari bo‘lgan operatsiya. Dasturlash tillarida bu operatsiyani bajaradigan maxsus funksiyalar mavjud. " Deklarativ til|"Dasturchi, til interpretatoriga tegishli xulosalar chiqarishni qoldirgan holda, qandaydir sohaga tegishli faktlarni bayon qiladigan (ya’ni, vazifani ta’riflaydigan) dasturlash tili. Deklarativ tillarni, o‘z navbatida, funksional va mantiqiy tillarga bo‘lish mumkin. " Deklaratsiya (e’lon) qilinmagan imkoniyatlar|"Dasturiy ta’minotning bayon qilinmagan yoki hujjatda bayon qilinganlarga mos kelmaydigan funksional imkoniyatlari. Ulardan foydalanish qayta ishlanadigan axborotning konfidensialligi, tushunarli bo‘lishi yoki yaxlitligi buzilishiga olib kelishi mumkin. " Dekoder|"Dekoderlash uchun mo’ljallangan qurilma, uning asosida kodlangan signalni dastlabki xabarga qayta o‘zgartirishni bajaruvchi mantiqiy cxema ishlaydi. " Dekoder-qabul qilgich|"TV yo‘ldosh qabul qilgichi va MPEG – dekoderni birlashtiruvchi, raqamli yo‘ldoshli eshittirish TV dasturlarni qabul qilish uchun xizmat qiluvchi qurilma. " Dekodlash vaqtining belgisi|"Kadrlarni dekodlash tartibini aniqlaydigan belgi. " Dekompilyator|"Bajariladigan dastur va boshlang‘ich matnni matn yozilgan yuqori darajadagi tilda dekompilyatsiya qilinishini bajaradigan dastur. Bunda, ichki o‘zgaruvchilarning dasturchi tomonidan berilgan ma’noviy belgilari tiklanmaydi. Si, Fortran, PL/M-80 tillari uchun mo‘ljallangan dekompilyatorlar ma’lum. " Dekompozitsiya|"Murakkab obyektni oddiy obyektlar yig‘indisi sifatida taqdim etish, masalan, masalalarni kichik masalalarga bo‘lish. " Dellinjer effekti|"Signallarning (2 MHz dan 30 MHz gacha bo‘lgan chastotalarda) to‘satdan bo‘ladigan ionosfera g‘alayonlanishi (Quyosh chaqnashlari) paytida vujudga keladigan qisqa muddatli tinishi. " Delta impuls|"Vaqtning t=0 dan boshqa barcha qiymatlarida amplitudasi nolga teng mono impuls. " Delta-kadr|"Faqat oldingi kadrdan farqlanuvchi piksellardan tashkil topgan ayirma (differensial) kadr. Delta-kadrlar diskka yozilishi kerak bo‘lgan videoklipning umumiy o‘lchamini pasaytiradi. " Delta-modulyatsiya|"Differensial impuls-kodli modulyatsiya turi, bunda faqat har bir signal sanog‘i va taxmin qilingan qiymat o‘rtasidagi farq ishorasi qayd etiladi va yagona ikkilik razryad bilan kodlanadi. «Demilitarizatsiya qilingan zona» ing. - demilitarized zone (DMZ) ru – «демилитаризованная зона» Ayrim axborot resurslari (veb-server, pochta serveri va sh.k.)ni nafaqat korporativ tarmoq tashqarisidagi hujumlardan, balki ichki hujumlardan ham himoya qilish uchun tarmoqlararo ekranlardan foydalanish mexanizmi. Bu mexanizmni amalga oshirish uchun himoya qilinadigan resurslar joylashgan zona tarmoqlararo ekranlar bilan cheklanadi. " Demo|"Dasturning bepul tarqatiladigan (masalan, reklama maqsadlarida), to‘liq bo‘lmagan versiyasi yoki qurilma namunasi. Qo‘shimcha taqdimot materiallarini ichiga olishi mumkin. " Demon|"Boshqa dasturning ishini sezdirmay nazorat qiladigan va vaqt-vaqti bilan dasturni (ko‘pincha bu periferik (tashqi) qurilmalarni boshqarish dasturi), uning ishini buzmasdan to‘xtatadigan dastur. " Demon-jarayon|"Tizimda, u qayta ishga tushirilgunga qadar, doimo mavjud bo‘lgan jarayon. " Dempfer|"Optik yorug‘lik o‘tkazgich yadrosini o‘rab turuvchi material. Dempfer yorug‘likni yadroga yo‘naltirish uchun kichik sinish koeffitsiyentiga ega bo‘lishi kerak. " Dempfirlash|"Tebranishlar so‘nishini oshirish yoki uni tebranish tizimidan aperiodik tizimga aylantirish maqsadida tizimda energiya yo‘qolishini ataylab ko‘paytirish. " Demultipleksor|"Multipleksor bajaradigan operatsiyaning teskarisini amalga oshiradigan, yaʼni berilgan ish algoritmiga muvofiq, guruhli oqimni bir nechta kanalga ajratadigan qurilma. " Demultipleksorlash|"Axborot bloklarini bir bog‘lanishdan bir nechta bog‘lanishlarga identifi-katsiya qiluvchi va ajratuvchi funksiya. " Depesha|"Bir vaqtning o‘zida bir mamlakatning xalqaro pochta almashinuv joyidan boshqa mamlakatning tegishli xalqaro pochta almashinuv joyiga shakli Umumjahon pochta ittifoqining hujjatlarida belgilangan hujjatlar ilova qilingan holda jo‘natiladigan yozma xat-xabarlar, qiymati eʼlon qilingan xatlar yoki posilkalar yoxud pochta buyumiga berkitilmagan posilkalar to‘plami joylangan bitta yoki bir nechta qop. " Deskrembler|"Skrembler tomonidan o‘zgartirilgan elektraloqa raqamli signali boshlang‘ich tuzilmasini tiklash uchun mo‘ljallangan qurilma. " Deskremblerlash|"1. Raqamli uzatishda – dastlabki signalni tiklash maqsadida, skremblerlangan signalga nisbatan qo‘llaniladigan jarayon. 2. Televideniyeda – axborotni sof shaklda qabul qilishga ruxsat berish uchun, skremblerlangan televizion signal xarakteristikalarini tiklash. Izoh – Deskremblerlash shartli foydalana olish tizimi nazorati ostidagi o‘rnatilgan tartibdagi jarayondan iborat. " Deskriptor|"1. Ma’lumotlarning shakli yoki mazmunini tavsiflovchi axborot tuzilmasi elementi, masalan, signatura deskriptori – diskdagi ma’lumotlar ketma-ketligini tavsiflovchidan diskdagi ma’lumotlarni tekshirishda foydalanish mumkin. 2. Axborot tizimida saqlanadigan ma’lumotlarni topish va tavsiflash imkonini beradigan so‘z yoki so‘z birikmasi (kod bo‘lishi mumkin). Ba’zan, kalit so‘z deb ataladi. Tizimni ishlab chiqishda deskriptorlarni aniqlash va ularning mavjudligini hisobga olish zarur. " Destabillashtiruvchi omil|"1. Yuz berishi oqibatida axborot resurslarining konfidensialligi, yaxlitligi va/yoki ulardan erkin foydalanish, tarmoq yoki tarmoq elementlari ish qobiliyatlari buzilishi mumkin bo‘lgan voqea yoki hodisa. Masalan, axborot xavfsizligiga tahdid. 2. Manbai telekommunikatsiyalar tarmog‘iga nisbatan ichki yoki tashqi xarakterdagi fizik yoki texnologik jarayon bo‘lgan, tarmoq elementlarining ishdan chiqishiga olib keladigan ta’sir. " Detektor dasturlar|"Ma’lum bo‘lgan bir qancha viruslarning biri bilan zararlangan fayllarni aniqlash imkonini beradigan dasturlar. Bu dasturlardan ko‘pchiligi zararlangan fayllarni tuzatish yoki yo‘q qilish rejimlariga ega. " Detektorli kallak|"O‘ta yuqori chastota signalini ancha past chastota signaliga to‘lqin o‘tkazgich kesmasi yoki unga ulangan detektor va liniya bilan kelishish qurilmalari bilan yo‘l-yo‘l liniyalar ko‘rinishida o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan qurilma. " Determinallangan (aniqlangan) telefon chaqiruvlar oqimi|"Kelish vaqti qayd qilingan telefon chaqiruvlar oqimi. " Determinallangan xalaqitlar|"Vaqtning belgilangan funksiyalari bilan tavsiflanadigan xalaqitlar. " Detsibel (dB)|"Belning o‘ndan biri energiyani aylantirish yoki uzatishda quvvatning kuchayishi va pasayishini o‘lchash uchun foydalaniladigan logarifmik shkala birligi. " Detsibel-millivatt (dBm)|"1 millivattga nisbatan detsibellarda hisoblanadigan quvvat o‘lchov birligi. " Detsibel-vatt (dBw)|"Uzatgich quvvatining o‘lchov birligi. " Detsibel-volt (dBv)|"Quvvat darajasining o‘lchov birligi. Odatda, videosignallar darajasini baholashda foydalaniladi. " Detsimetrli to‘lqinlar|"To‘lqin uzunliklari 0,1 dan 1 m gacha, chastotalar diapazoni esa 300 dan 3000 MHz gacha bo‘lgan to‘lqinlar. " Detsimillimetrli to‘lqinlar|"(300 – 3 000) GHz bo‘lgan chastotalar diapazoni. " Devorga o‘rnatiladigan (televizion) ekran|"Zamonaviy televizorlarga nisbatan ekrani sezilarli darajada katta bo‘lgan, xona devoriga o‘rnatish mumkin bo‘lgan yupqa televizion ekran. " Deytagramma|"1. Tarmoq bo‘ylab, aynan bir foydalanuvchiga yo‘llangan axborotning boshqa qismiga bog‘liq bo‘lmagan tarzda uzatiladigan maʼlumotlar paketi. 2. Tarmoq bo‘ylab, bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan tarzda uzatiladigan qisqa paketlarga bo‘lingan uzun xabar. Dastlabki xabar qabul qilish tomonda paketlar yig‘ilgandan so‘ng to‘liq tiklanadi. Paketning uzunligi uzatish tezligi va tarmoq xarakteristikalariga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. " Deytagrammali soket|"Deytagrammalarni, bog‘lanish o‘rnatilmasdan, ikki tomonlama qabul qilish va uzatish imkonini taʼminlovchi interfeys turi. " Deytagrammali tarmoq|"Paketlar kommutatsiyalangan maʼlumotlar uzatish tarmog‘i. Bu tarmoqda har bir deytagramma tayinlangan punktga, tarmoqning yuklanganligiga bog‘liq holda tanlanadigan alohida (mustaqil) yo‘nalish bo‘ylab uzatiladi. Transport sath protokollari turli yo‘nalishda uzatilgan deytagramma-larni tiklaydi. Deytagrammali tarmoqda oldindan ulanish talab etilmaydi, shuning uchun trafikning kechikishi kamroq uchraydi. Bu ayniqsa, kichik hajmdagi axborotni uzatishda qulaylik yaratadi. " Dezinformatsiya|"Maʼlumotlarni bitta obyektdan boshqa obyektga biror maqsad bilan uzatishning shunday holatini yuzaga keltiradiki, unda maʼlumot uzatishning amalga oshirilishi bitta obyekt uchun maʼqul bo‘lib, boshqa obyekt uchun maʼqul bo‘lmaydi. " Deshifrator|"1. Razryadma razryad kiruvchi ikkilik so‘z (shifr, kod) ni sxemaning 2n chiqish uchlarining birida birlik signalga o‘zgartiruvchi mantiqiy sxema. 2. Televideniyeda – kodlangan dasturlarni deshifrlash uchun mo‘ljallangan qurilma; shifrlangan yldoshli/telefon/faksimil signallarini dekodlaydigan qurilma. " Deshifrlash algoritmi|"Deshifrlash funksiyasini amalga oshiradigan algoritm. " Diafragma|"1. To‘lqin o‘tkazgichdagi, elektr maydonning katta kuchlanishli liniyalari yoki ular bo‘ylab perpendikulyar o‘rnatiladigan va mos ravishda ma’lum turdagi to‘lqinlar susayishida sig‘imli yoki induktiv o‘tkazuvchanlikni hosil qiladigan to‘siq. 2. Optik tizimlardagi yorug‘lik oqimining ko‘ndalang kesimini cheklovchi noshaffof to‘siq. " Diagnostik xabar identifikatori|"Tizim dasturi tomonidan aniqlangan xatoga javoban beriladigan xabar kodi. " Diagnostika|"Apparatura va dasturiy ta’minotdagi uzilishlar va nosozliklarni aniqlash jarayoni. " Diagramma|"O‘lchanadigan kattaliklar va ularning nisbatlarini grafik tarzda shartli tasvirlash. Amaliy grafikaning ko‘pgina tizimlarida diagrammalar ikki o‘lchamli va uch o‘lchamli ko‘rinishda ustunlar va doiralar ko‘rinishida taqdim qilinadi. " Dialekt|"Ba’zi bir dasturlash tilining xususiy versiyasi. Masalan, Apple firmasining kompyuterlarida dasturlash uchun BASIC dialektlari mavjud. " Dialog|"Foydalanuvchining kompyuter bilan birgalikda ishlash turlaridan biri, bunda foydalanuvchi so‘rovlar kiritadi va ularga javob yoki aniqlashtiruvchi savollar oladi. " Dialogli rejim|"Odam va tarmoqdagi kompyuter(lar) bilan yoki kompyuter va periferik qurilma o‘rtasidagi bevosita birgalikda ishlash rejimi, bunda birga ishlaydigan ti-zimlar o‘rtasida aloqa uzilmaydi. Ko‘pincha, interaktiv yoki «on-line» rejimi deb ataladi. " Diapazon|"Birorta kattalikning o‘zgarish sohasi. Radiochastota (radioto‘lqin) lar diapazoni – radiochastotalarning butun sohasi shartli ravishda taqsimlangan qismlardir. " Diapazonli antenna|"Parametrlari ishchi chastotalar diapazonidagi qo‘yiladigan talablarga mos keladigan antenna. " Dielektrik antenna|"To‘lqin o‘tkazgich yoki koaksial kabel orqali qo‘zg‘atiladigan yaxlit yoki naychasimon (polistirol, polietilen) dielekrik o‘zak ko‘rinishidagi yuza to‘lqin antennasi. Izoh ‒ Dielektrik antenna, mohiyatiga ko‘ra, yuguruvchi to‘lqin antennasini o‘zida aks ettiradi va asosan antenna panjaralari va uchish apparatlarining radioqurilmalarida qo‘llaniladi. " Dielektrik linza|"Elektromagnit to‘lqinlarni fokuslash uchun qo‘llaniladigan dielektrikdan iborat linza. " Dielektrik to‘lqin o‘tkazgich|"Dielektrikdan iborat sterjen ko‘rinishidagi yoki dielektrik muhit ichidagi kanal ko‘rinishidagi to‘lqin o‘tkazgich, ular bo‘ylab ular yo‘naltiradigan elektromagnit to‘lqinlar tarqatilishi mumkin. " Dielektrik uzatish liniyasi|"Nolinchi bog‘langanlikdagi ochiq uzatish liniyasi. " Dielektrik yo‘qotishlar|"Dielektrikda, unga elektr maydon ta’sir etishi tufayli ajraladigan quvvat. " Dielektrik o‘tkazuvchanlik|"Moddaning izotrop modda uchun skalyar va anizotrop modda uchun tenzor bo‘lgan dielektrik xususiyatini tavsiflaydigan kattalik, uning elektr maydon kuchlanganligiga bo‘lgan hosilasi elektr siljishiga teng. " Dielektriklar|"Qutblanish qobiliyatiga ega bo‘lgan qattiq, suyuq va gazsimon moddalar. " Differensial analizator|"Differensial tenglamalarni yechish uchun mo‘ljallangan analog kompyuter (uzluksiz ishlaydigan mashina). " Differensial faza|"Yorqinlik signali oniy qiymati o‘zgarganda ranglilik signali fazasining o‘zgarishi. " Differensial impuls-kodli modulyatsiya (DIKM)|"Signal diskretlashdan o‘tadigan, har bir sanoq va oldingi sanoqlar yoki kvantlangan qiymatlarning ketma-ketligidan olinadigan va taxmin qilingan qiymat o‘rtasidagi farq hisoblanadigan, keyin hisoblangan farq kvantlanadigan jarayon. Olingan kvantlangan qiymatlarning ketma-ketligi kodlash yo‘li bilan raqamli signalga aylantiriladi. Izoh – Differensial impuls-kodli modulyatsiya differensial kodlash uchun misol bo‘ladi. " Differensial kodlash|"Sanoq qiymati va taxminlangan qiymat o‘rtasidagi farqdan foydalanib signalni kodlash usuli. Izoh – Differensial kodlash yo‘li bilan ketma-ket sanoqlar o‘rtasida kuchli korrelyatsiya mavjud bo‘lgan signallarning bitreytini pasaytirishga erishish mumkin, chunki sanoqlar o‘rtasidagi farqni ayni darajadagi aniqlik bilan sanoqlarning o‘zini kvantlashga nisbatan kamroq sondagi kvantlash intervallaridan foydalanib kvantlash mumkin. " Differensial kriptotahlil|"Takrorlanuvchi blokli shifrlar uchun qo‘llaniladigan kriptotahlil usuli. Bu kriptotahlil usuli tanlangan ochiq matn bo‘yicha kriptotahlil usuliga asoslanadi va bitta kalitda shifrlangan ikki ochiq matn o‘rtasidagi farqni tahlil qiladi. Mumkin bo‘lgan kalitlarning har biriga uning «to‘g‘riligi» ehtimoli belgilanadi va pirovardida foydalaniladigan kalit hisoblab chiqariladi. " Differensial kuchaytirish|"Yorqinlik signali oniy qiymati o‘zgarganda ranglilik signallari ko‘lamining nisbiy o‘zgarishi. " Diffi-Xellman algoritmi|"1. Himoyalanmagan aloqa kanalidan foydalanib, ikki tomonga umumiy maxfiy kalitga ega bo‘lish imkonini beradigan ochiq kalitdan foydalanadigan algoritm. 2. Kalitlarni ochiq taqsimlash, shuningdek, kalitlarni eksponensial taqsimlash deb nomlanuvchi bir tomonlama ko‘rsatgichli funksiyadan foydalanishga asoslangan algoritm. " Diffuz qaytish|"Elektromagnit to‘lqinlarning notekis sirtdan qaytishi, uning qiyshiqligini turli yo‘nalishlar bo‘yicha sodir bo‘ladigan tushuvchi to‘lqin uzunligi bilan solishtirsa bo‘ladi. " Diffuz tarqalish|"Metrli va detsimetrli to‘lqinlarni ko‘zga ko‘rinadigan gorizontdan tashqarida, ularning ionosfera va troposferadagi har xil sochilishi bilan asoslangan, tarqalishi. " Difraksion panjara|"Spektral asboblarda elektromagnit nurlanishni spektrga fazoviy yoyish uchun ishlatiladigan, bir xil kenglikdagi shtrixlarning muntazam joylashgan ko‘p soni bilan uning sirtiga transparant ko‘rinishida kiritilgan optik element. " Digitayzer|"Turli texnik prinsiplarga asoslangan, grafik ma’lu-motlarni kompyuterga kiritish uchun xizmat qiladigan qurilma. " Dinamik bog‘liqlik|"Bir nechta dastur bilan ajratilgan ma’lumotlarni birlashtirish usuli. Ma’lumotlarning bir dasturda o‘zgarishi, ularning qolgan dasturlarda ham o‘zgarishiga olib keladi. " Dinamik diapazon|"Tovush yoki elektr signalining, detsibellarda ifodalangan eng katta dinamik darajasining eng kichigiga bo‘lgan nisbati. " Dinamik fokuslash|"Nurning ekran markazidan og‘ishi bilan, lyuminoforda shu nur bilan yorishgan nuqtaning shakli va o‘lchami o‘zgaradi, bu yorqinlikning pasayishiga va ekran chetlariga fokuslashning yomonlashuviga olib keladi; dinamik fokuslashda ishlaydigan elektron linza tizimlari shu effektni tuzatishga xizmat qiladi. " Dinamik joylashtiriladigan biblioteka|"Maxsus ravishda Windows da ishlash uchun yozilgan dasturlar-ilovalarda foydalaniladigan ma’lumotlar va funksiyalarni ichiga oladigan fayllar majmui. Ma’lumotlar deganda, piktogrammalar, shriftlar va menyu tushuniladi. DLL bajariladigan dasturga kerak bo‘ladigan funksiyalar va/yoki ma’lumotlar ishga, ishlaydigan dasturga standart kirishdan farqli ravishda, ularga murojaat qilish paytida jalb qilingan paytda, Windows da ishlash usulini ta’minlaydi. " Dinamik kompоnovkalash|"Dasturga, bajariladigan dasturdan ularga murojaat qilinishiga qarab, tashqi protseduralarni ulash. Usullardan biri shundan iboratki, kompilyator bunday protseduralarga murojaat qilish joylariga, protsedurani birinchi chaqirishda muayyan dasturiy uzilishni keltirib chiqaradigan kod kiritadi, undan so‘ng, uni qayta ishlash natijasida tezkor xotira qurilmasiga protsedurani yuklash va chaqirish nuqtasida manzilni sozlash amalga oshiriladi. " Dinamik kontrastlash|"Maqbul tasavvurga erishish maqsadida har bir kadrning kontrastliligini doimiy sozlaydigan texnologiya. Har bir tasvir sekundiga 25 marta tahlil qilinadi, zarur bo‘lganda, tasvir kontrastliligi tezda sozlanadi. " Dinamik linkovka|"Dasturni bajarish vaqtidagi linkovka. " Dinamik ma’lumotlar almashinuvi|"Windows muhitidagi dasturlararo birgalikda ishlash protokoli. OLE mexanizmi asta-sekin siqib chiqarmoqda. Uning amal qilishining mohiyati, ikki dastur o‘rtasida doimiy aloqa o‘rnatishdan iborat, natijada bir ilovadagi hujjat yangilanganda, u bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa ilova hujjatlaridagi axborot ham yangilanadi. " Dinamik marshrutlash|"Xabarlarni jo‘natish uchun berilgan ikkita tarmoq uzellari o‘rtasidagi yo‘l faqat ushbu xabar jo‘natilgan vaqtda aniqlanadigan marshrutlash usuli. " Dinamik mos kelmaslik|"Tasvir mazmuniga bog‘liq holda o‘zgaruvchi videosignal datchigidan asosiy ranglar signallarining mos kelmasligi. " Dinamik tezkor xotira qurilmasi|"Zamonaviy kompyuterlarda tezkor xotira qurilmasi sifatida keng qo‘llaniladigan erkin foydalanish imkoniga ega kompyuter xotirasi turlaridan biri. " Dinamik xotira|"Ma’lumotlarning fizik taqdim etilishi o‘zgarib turadigan va ma’lumotlardan turli vaqt onlarida bir xilda foydalanib bo‘lmaydigan xotira qurilmasi; murojaat qilish turli oraliqlar bilan ajratilgan muayyan onlarda mumkin bo‘ladigan xotira. " Dinamik yuklash|"Xotiraga quyi dasturni foydalanuvchi dasturidan unga birinchi murojaat qilinganida yuklash. " Dinamik o‘zgaruvchi|"Xotira foydalanuvchining aniq komandasi bilan ajratiladigan o‘zgaruvchi; xotira protseduraga (funksiya, usul yoki blokka) kirishda avtomatik ajratiladigan avtomatik o‘zgaruvchiga qarama-qarshi qo‘yiladi. " Dinamik HTML, DHTML tili|"Serverdan sahifani qayta yuklamasdan (ya’ni, aks ettiruvchi sahifalarga interaktivlikni berish uchun), foydalanuvchining harakatiga (masalan, «sichqoncha» harakatiga) HTML-sahifalari reaksiyasini tashkil qilishga imkon beruvchi HTML tilining kengaytirilgan versiyasi. Sahifa, ularni taqdim etish skriptlar yordamida o‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan obyektlar to‘plami) kabi ko‘rib chiqiladi. Gipermatnni dinamik belgilash tili stillarining kaskadli jadvallarini, hujjatning obyektli modelini, shuningdek, JavaScript, JScript, ECMAScript va VBScript ssenariylari tillarini qo‘llab-quvvatlaydi. " Dipleks|"1. Bir nechta uzatgich yoki qabul qilgichning turli chastotalarda bitta antenna orqali bir vaqtda ishlashi. 2. Bir nechta uzatgich yoki qabul qilgichning bitta chastotada bitta antenna orqali navbatma-navbat ishlashi. " Diplekser|"Ikki signalni bitta liniya orqali bir vaqtda va o‘zaro xalaqitlarsiz uzatish imkonini beruvchi chastotaviy ajratish qurilmasi. " Dipol|"1. Uzatgichga, qabul qilgichga yoki bog‘lovchi liniyaga simmetrik qo‘shilgan ikkita bir xil to‘g‘ri chiziqli o‘tkazgichdan iborat simmetrik vibrator. 2. Elektromagnit maydon nurlanish nazariyasida dipol sifatida Gers elektromagnit nur tarqatgichi, ya’ni uzunligi nurlanuvchi elektromagnit to‘lqin uzunligidan ancha kichik bo‘lgan simning bir qismi qaraladi. " Dipolga nisbatan hisoblanadigan detsibellar (dBd)|"Antenna kuchaytirish koeffitsiyentining, yarimto‘lqinli simmetrik vibratorni (dipolni) kuchaytirish koeffitsiyentiga bo‘lgan, detsibellarda ifodalangan nisbati. " Direktiva|"Dasturga muayyan ishlarni bajarishni buyuradigan komanda (ko‘rsatma). Dasturlashda ‒ bu assembler yoki kompilyatorga, translyatsiya qilinadigan dasturga boshqa fayllarni shartli translyatsiya qilish yoki kiritish to‘g‘risidagi ko‘rsatma (direktiva)dir. " Direktor|"Antennaning yo‘naltirilgan harakati koeffitsiyentini oshirish maqsadida antenna yo‘nalganlik diagrammasining asosiy yaprog‘i tomonidan birlamchi nur tarqatgichga nisbatan joylashgan antennalar ikkilamchi nur tarqatgichlari majmui yoki ikkilamchi nur tarqatgich. " Direktoriy|"O‘zaro bog‘langan obyektlar to‘g‘risida saqlanadigan ma’lumotlar to‘plami. Biroq, ko‘pincha atama tashqi qurilmadagi fayllar katalogini bildiradi. U noldan bir nechtagacha fayllar va boshqa kataloglarni o‘z ichiga oladi. Iyerarxik fayl tizimining boshlang‘ich katalogi asosiy katalog deb ataladi. " Disk|"Muayyan fayl tizimi uchun formatlangan va biron-bir harf bilan belgilangan ma’lumotlarni saqlash joyi. Ma’lumotlarni saqlash uchun yumshoq-disk, kompakt-disk, qattiq disk yoki boshqa xil diskdan foydalanish mumkin. " Disk kanali|"Ma’lumotlarning diskli to‘plagich bilan kompyuter o‘rtasida tez yuborilishini ta’minlaydigan qurilma. " Disk kesh-xotirasi|"O‘qiladigan yoki diskka yoziladigan ma’lumotlarni keshlash uchun foydalaniladigan maxsus tezkor xotira qurilmasi. " Disk kontrolleri|"Protsessorning diskli to‘plagich bilan birgalikda ishlashini ta’minlaydigan mikrosxema va/yoki kengaytirish platasi. . " Disk-konusli antenna|"Konus cho‘qqisiga yaqin o‘rnatilgan, konus va diskdan iborat antenna; disk va konusning ta’minoti fazaga qarshi amalga oshiriladi. " Disk optimizatori|"Tizimning unumdorligini oshirish uchun, diskdagi fayl va kataloglar joylashuvini qayta tartibga soladigan utilita. " Disk sektori|"Diskli xotira qurilmalarida axborot saqlashning minimal manzillanadigan birligi. Disk yo‘lkasining bir qismi hisoblanadi. Ko‘pgina qurilmalarda sektorning o‘lchami 512 byteni (masalan, qattiq va egiluvchan disklarda) yoki 2048 byteni (masalan, optik disklarda) tashkil qiladi. Yangi qattiq disklarda kengaytirilgan format sifatida ma’lum bo‘lgan 4096 byte sektor o‘lchamidan foydalaniladi. " Disk serveri|"Olisdagi diskovod sifatida ishlaydigan va foydalanuvchilar tomonidan birgalikda foydalaniladigan lokal tarmoq uzeli. " Disk sig‘imi|"Diskda joylashtirish mumkin bo‘lgan axborotning (baytlardagi) umumiy sig‘imi. " Disklar va flesh-to‘plagichlar (fleshkalar) xususiyatlaridagi atribut|"Fayllar va papkalarning, har qanday fayl va papkaga kontekst menyu orqali berish mumkin bo‘lgan, shu orqali uni o‘zgartirish, yo‘q qilish xususiyatlarini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan parametri. " Disklardan foydalana olish indikatori|"Kompyuterning tizim blokidagi yorug‘lik diodi bo‘lib, diskka yozish yoki undan o‘qish paytida yonadi. " Disklarga murojaat qilish indikatori|"Kompyuterning tizim blokidagi, o‘qish yoki yozish paytida yonadigan yorug‘lik diodi. " Disklarni aks ettirish|"Ma’lumotlarni, disk massivining alohida diskida (ko‘zgu diskda) ularning qo‘shimcha nusxasini yaratish yo‘li bilan muhofaza qilish. Bunda disklar bitta kiritish-chiqarish kanaliga ulanishi mumkin. " Disklarni defragmentatsiya qiluvchi|"Qattiq disklarni defragmentatsiya qilish uchun mo‘ljallangan dastur. " Disklarni duplekslash|"Ishlamay qolishlarga chidamli tizimlarda ma’lumotlarni muhofaza qilish mexanizmi. Alohida erkin foydalanish kanallari (kontrollerlari) bo‘lgan ikkita turli qattiq diskka ayni bir ma’lumotni bir vaqtda yozish. " Diskli avtomat|"Disklar avtomatik ravishda almashinadigan diskovodni o‘zida ifodalaydigan, robotlashtirilgan avtomat-biblioteka. " Diskli kartrij|"Himoya qobig‘i bilan o‘ralgan, olinadigan disk. " Diskli operatsion tizimi|"Bir qiymatli, 16-bitli, terminal operatsion tizim. 1981-yilda ishlab chiqilgan. Nisbatan mashhur ko‘rinishlaridan biri MS-DOS dir. " Diskni bo‘lish|"Bitta diskni bir nechta mantiqiy disklarga bo‘lish. " Diskni keshlash|"Fayl tizimining unumdorligini oshirish uchun foydalaniladigan usul. O‘qish va yozish operatsiyalarini bajarish uchun diskka muntazam murojaat qilishlar o‘rniga, fayllar tezkor xotira keshida saqlanadi. Barcha o‘qish/yozish operatsiyalari xotiraga murojaat qilish tezligi bilan bajariladi, bu diskka murojaat qilishga qaraganda ancha tez. " Diskovod|"1. Egiluvchan yoki qattiq diskdan ma’lumotlarni o‘qish/yozish uchun mo‘ljallangan elektromexanik periferik qurilma. 2. Berilgan tezlik bilan magnit yoki boshqa turdagi tashuvchini siljitadigan, shuningdek, kerak joyga o‘qiydigan/yozadigan kallaklarni keltiradigan mexanik qurilma. " Diskret|"Ramzlar kabi alohida elementlardan iborat bo‘lgan maʼlumotlar yoki aniq ko‘rsatilgan qiymatlarning chekli soniga ega bo‘lgan fizik miqdorlarga, shuningdek, jarayonlar va ushbu maʼlumotlardan foydalanuvchi funksional moslamalarga tegishli taʼrif. " Diskret Furye o‘zgartirishi|"Diskret vaqt funksiyasi bilan bo‘luvchi bazis funksiya koeffitsiyentlari to‘plami o‘rtasida o‘zaro bir xil tenglikni ta’minlydigan o‘zgartirish. " Diskret kattalik|"Qiymatlari sakrashsimon o‘zgaradigan kattalik. Masalan, elektr zanjirda tok borligini yoki yo‘qligini tavsiflaydigan kattalik diskret kattalik bo‘lib, «ha» yoki «yo‘q» (0 va 1) qiymatlarini olishi mumkin. " Diskret ma’lumotlar|"Simvollar yordamida taqdim etilgan ma’lumotlar. " Diskret modellash|"O‘rganiladigan jarayon voqealarning diskret ketma-ketligi ko‘rinishida taqdim etiladigan modellash. " Diskretlash|"1. Ma’lumotlarning qandaydir manbadan tanlab olinishi. 2. Analog kattalik qiymatlarini davriy o‘lchash va ularni raqamli shaklga o‘zgartirgandan so‘ng kompyuterga kiritish. " Diskretsion foydalana olishni boshqarish|"1. Nomma-nom ko‘rsatilgan subyektlar va nomma-nom ko‘rsatilgan obyektlar o‘rtasidagi foydalanishni chegaralash. Izoh – Foydalanishning ma’lum huquqiga ega subyekt bu huquqni istalgan boshqa teng huquqli subyektga berishi mumkin. 2. Foydalana olishni boshqarish ro‘yxatlari yoki erkin foydalanish matritsasi asosida, subyektlarning obyektlardan foydalana olishini boshqarish. " Diskretsion (tanlab) foydalana olish|"Foydalanuvchi, jarayon va/yoki u tegishli bo‘lgan guruhni identifikatsiya qilish va tanishga asoslangan, obyektlardan tizim subyektlarining erkin foydalanishini boshqarish usuli. Ma’lum huquqlarga ega subyekt istalgan obyektga, belgilangan cheklashlardan qat’i nazar, huquqlarni berishni amalga oshirishi mumkin bo‘lganda, boshqaruv saylanma hisoblanadi (foydalana olish – bevosita bo‘lmagan tarzda ham amalga oshirilishi mumkin). " Diskriminator; selektor|"Foydali signalni xalaqitlar va shovqinlar bo‘lgan signallar aralashmasidan ajratish qurilmasi. " Disksiz (ishchi) stansiya|"Lokal disk xotirasi bo‘lmagan ishchi stansiya yoki shaxsiy kompyuter. Dasturlarni yuklash va fayllar bilan bajariladigan barcha ishlar lokal tarmoq orqali fayl-serverdan amalga oshiriladi. " Dispersion kanal|"Vaqtda o‘zgaradigan parametrlar va chastotaselektiv tinishlarga ega aloqa kanali; dispersion kanalda signal davomiyligi bo‘yicha kengayadi va buziladi. " Dispersiya|"1. Sochilish. 2. Tasodifiy kattalikning uning o‘rtacha qiymatidan o‘rtacha kvadratik og‘ishi. " Dispersiyasiz tola|"Tez harakatlanuvchi modalar uzun yo‘l bo‘ylab (qobiqqa yaqin), sekin harakatlanadigan modalar esa, qisqa yo‘l bo‘ylab (o‘zakka yaqin) tarqaladigan tola. Natijada barcha turdagi to‘lqinlar tolaning olis uchiga aynan bir paytda yetib boradi, bu esa, moddiy dispersiya bilan bog‘liq bo‘lgan signal buzilishini bartaraf etish imkonini beradi. Biroq, bunday toladagi jami yo‘qotishlar dispersiyasi siljigan toladagiga qaraganda ancha katta. " Dispetcher|"Operatsion tizimning, dasturlarning bajarilishini boshqarish ta’minlanadigan moduli. Tizimda muvofiqlashtirish va boshqaruv rolini bajaradigan dastur. " Dispetcher identifikatori|"Dispinterfeys usulini yoki xususiyatini iden-tifikatsiyalaydigan 32-bitli butun sonli atribut. " Dispetcher ustuvorligi|"Topshiriqlarga beriladigan va multidastur rejimda, topshiriq markaziy protsessor tomonidan qayta ishlanadigan tartibni aniqlash uchun foydalaniladigan raqam. " Dispetcherning yashirin (latent) aktivligi|"Bir jarayonni to‘xtatish va boshqasiga start berishda dispetcher uchun talab qilinadigan vaqt. " Displey|"Ma’lumotlarni vizual aks ettirish qurilmasi. Displeydan ma’lumotlarni kiritish va chiqarish uchun foydalaniladi. Displeyning ishlash prinsiplari turlicha. Shaxsiy kompyuterlarda elektron-nurli trubkalardan foydalanilgan displeylar juda keng tarqalgan. Shuningdek, plazma panellar, suyuq kristallar, yorug‘lik diodlari asosidagi displeylar ham bor. Displeyni kompyuterga ulash uchun tegishli adapter zarur. Displeydan, shuningdek, kompyuterni boshqarish uchun ham foydalaniladi, shu sababli ko‘pincha monitor deb ham ataladi. " Displeyli panel|"Plazma yoki suyuq kristall texnologiya asosida qurilgan displey. Asosida suyuq kristall bo‘lgan displey – bu, suyuq kristallar va mikroo‘tkazgichlardan iborat to‘r joylashgan yassi ekrandir. Mikroo‘tkazgichlar kristallarga elektr toki uzatadi, kristallar kuchlanish ostida tasvir hosil qilgan holda, yorisha boshlaydi. Nuqta qadami 0,26-0,3 mm. Maksimal ajrata olish: 1280x1024, 75 Hz. " Distorsiya (buzilish)|"Kommunikatsiya tizimining ikki nuqtasi o‘rtasida signalni uzatishda signal shaklining o‘rinsiz o‘zgarishi. " Distributiv|"Ishlab chiqaruvchi tomonidan taqdim etilgan shakldagi dastur mahsuloti. Distributiv diskda, odatda, dasturning o‘zi hamda dasturni qattiq diskka o‘rnatish va uning parametrlarini moslashtirish uchun mo‘ljallangan o‘rnatuvchi bo‘ladi. " Distributiv komplekti|"Kompakt-diskda distributiv bilan taqdim etiladigan dasturiy ta’minotning to‘liq to‘plami. " Dixroik kontrreflektor|"Antennaning, bir xil chastotalarda aks etadigan va boshqalarda radioshaffofroq bo‘lgan yordamchi ko‘zgusi. " Dizassembler|"Mashina kodlarini assembler tiliga o‘zgartiradigan kompyuter dasturi. " Dizassemblirlash|"Mashina kodlaridagi dasturdan assemblerdagi dasturning boshlang‘ich matnini olish jarayoni va/yoki usuli. Dasturning o‘zining kodlarini gene-ratsiyalashda translyatorning optimallik darajasini belgilashda foydali. Dastlabki matnlari bo‘lmagan dasturlarni tuzish usuli va/yoki algoritmini tushunish imkonini beradi. Bu jarayonni bajaradigan maxsus dasturlar – dizassemblerlar mavjud. " Dizayn|"Qar.: Veb-dizayn. " Dizering|"Nisbatan kam ranglardan iborat tasvirlar uchun rang teranligi illyuziyasini yaratish uchun kompyuter grafikasida qo‘llaniladigan usul. Mavjud bo‘lmagan ranglar bor ranglarni «aralashtirish» yo‘li bilan yaratiladi. Tasvirlar-ni ranglar sonini kamaytirish orqali optimal-lashtirishda dizering tasvirning vizual yaxshi-lanishiga olib keladi, biroq, baʼzi formatlarda (masalan, PNG) tasvirning hajmi oshadi. " Dizyunksiya|"n ≥ 2 ifodalar uchun mo‘ljallangan mantiqiy operatsiya. Natijaviy ifoda boshlang‘ich ifodalar noto‘g‘ri bo‘lgandagina, yolg‘on bo‘ladi. Dizyunksiyani belgilash uchun standart ravishda V belgisidan foydalaniladi. " Doimiy bor bo‘lish|"Harakatlanadigan tasvirlarni qayta ishlash, uzatish va namoyish qilish usuli. Bunda elektronika vositalari yordamida ikkita alohida harakatchan tasvir qismlari yagona axborot oqimida uzatish uchun kombinatsiyalanadi (birlashtiriladi). Qabul nuqtasida tasvir umumiy monitorda yoki ikkita yonma-yon turgan monitorda namoyish qilinishi mumkin. " Doimiy ifoda|"Berilgan matnda ixtiyoriy murakkablikdagi belgilar tuzilmalarini izlashni amalga oshirishda va tuzishda kerak bo‘ladigan shablonlarni yaratishda qo‘llaniladigan kuchli vosita. Doimiy ifodalarda bitta yoki bir nechta belgini o‘zgartiruvchi qo‘shimcha belgilardan foydalanish mumkin. " Doimiy kanal (trakt) ni taqdim qilish xizmati, doimiy kanal (trakt) orqali aloqa xizmati|"Aloqa kanali (trakti), ekspluatatsion yoki ma’muriy xabar vositasida amalga oshirilgan, abonentning so‘roviga javoban yuzaga keladigan telekommunikatsiyalar xizmatining turi. Izoh – Aloqa kanali (trakti) ning uzib qo‘yilishi uning o‘rnatilishiga o‘xshash tarzda amalga oshiriladi. " Doimiy tashkil etuvchini tiklash|"Videosignalni yoki doimiy tashkil etuvchiga ega bo‘lmagan signaldan yo belgilangan doimiy tashkil etuvchiga ega bo‘lgan signaldan to‘liq videosignalni unung doimiy tashkil etuvchisi bilan yangitdan yaratish jarayoni. " Doimiy uzatish tezligi|"Real vaqtda ulanish o‘rnatilishiga yo‘naltirilgan, maʼlumotlar oqimini (siqilmagan nutq, videomaʼlumotlar, televizion tasvirlar) o‘zgarmas tezlik va taxminlash mumkin bo‘lgan jadallik bilan uzatish uchun qo‘llaniladigan, ATM tarmog‘idagi trafik turi (A turkumi). " Doimiy virtual kanal|"Tarmoqning ikkita oxirgi nuqtalari o‘rtasida doimo amalga oshadigan bog‘lanish. " Doimiy virtual zanjir|"Tarmoq sathida muayyan vaqt davriga (minutning ulushidan bir necha kun va hatto, oygacha) o‘rnatiladigan mantiqiy bog‘lanish. Tarmoqdagi har bir kanal uchun yo‘nalish, uzatish tezligi hamda xizmat ko‘rsatish sinfi qatʼiy belgilangan. " Doimiy xotira|"O‘zgarmaydigan ma’lumotlar massivini saqlash uchun foydalaniladigan, energiyaga bog‘liq bo‘lmagan xotira. " Doimiy xotira qurilmasi|"Kompyuterni boshqarish uchun dasturlar doimiy saqlanadigan, bitta yoki bir nechta mikrosxemadan iborat qurilma. Doimiy xotira qurilmasi energiyaga bog‘liq bo‘lmagan xotiradir, ya’ni kompyuter o‘chirilganda xotira ichidagi o‘zgarmaydi. Doimiy xotira qurilmasi shaxsiy kompyuterlarning apparat xususiyatlari va operatsion tizimning tayanch kiritish/chiqarish tizimi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish uchun xizmat qiladi. Ba’zi mashinalarda doimiy xotira qurilmasiga bundan tashqari, dasturlash tilidan translyator yoziladi. Ko‘pincha, doimiy xotira deb ataladi. " Doimiy chiziqli tezlik|"Diskka yozish usuli xarakteristikalaridan biri. " Doiraviy-ikki simli toʻlqinoʻtkazgich|"Ikki simli liniyani qamrab oluvchi tashqi oʻtkazgichning doiraviy kesimi boʻlgan uch bogʻlamli toʻlqinoʻtkazgich. " Doiraviy qutblanish|"Elektr maydonining ikkita garmonik tashkil etuvchisi kattalik boʻyicha teng va faza boʻyicha 90° ga siljigandagi (bu elektr maydonini doira boʻylab aylanishiga olib keladi) qutblanish. Magnit maydon vektori markazda joylashgan va doira tekisligiga perpendikulyar. " Domen|"1. Internet tarmog‘idagi kompyuter nomining tarkibiy qismi. 2. Internet tarmog‘ining, nomi yozilgan mezon bo‘yicha ajratilgan va uni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan javob beradigan tashkilot tasarrufiga berilgan qismi. Izoh – Domen bo‘yicha kompyuter joylashgan yer aniqlanadi, undan foydalanish mumkin bo‘ladi. 3. Markazlashtirilgan tarzda maʼmuriy boshqariladigan, bir-biri bilan muayyan usulda domen nomlari serveri orqali birgalikda ishlaydigan kompyuterlar to‘plami. Izoh – Kompyuterlarni domenga birlashtirish ularning geografik joylashuvi, tashkilot bo‘yicha yoki aktivlik turi bo‘yicha amalga oshiriladi. " Domen administratori|"Domenni to‘liq nazorat qila oladigan hisobga olish yozuvi. " Domen administratori foydalanuvchisining nomi|"Domen administratori foydalanuvchisining nomi. U ushbu domendagi deyarli barcha huquqlarga ega. " Domen kontrolleri|"Haqiqiylikni yalpi tekshirishda parolning tekshirilishini bajaradigan, domenning hisobga olish yozuvlari ro‘yxati saqlanadigan kompyuter. " Domen manzili|"Qar.: Domen nomi. " Domen nomi|"1. Nomlarning domen tizimiga muvofiq, kompyuter tarmog‘i uzeliga berilgan, noyob simvolli nom. 2. IP-manzilni simvolli ko‘rsatish. " Domen nomini ro‘yxatga kiritish|"Talabnoma asosida domen nomi va uning administratori to‘g‘risidagi axborotni ro‘yxatga oluvchi tomonidan reyestrga kiritib qo‘yish. Reyestrga domen nomi to‘g‘risidagi axborot kiritilgan vaqtdan boshlab u ro‘yxatga olingan hisoblanadi. Masalan, «uz» domenida ro‘yxatning kuchga ega bo‘lish muddati uch yilgacha. " Domen nomlari reyestri|"Domenning markaziy maʼlumotlar bazasi. Unda ro‘yxatdan o‘tgan domen nomlari, domenlarning administratorlari to‘g‘risidagi va domenlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun zarur axborot saqlanadi. " Domen nomlari tizimi|"Internetga o‘xshash tarmoqda bog‘langan kompyuterlarning har biriga noyob nomlar berishning iyerarxik tizimi. Izoh – Nom chapdan o‘ngga oshib boradigan iyerarxiya darajalariga mos keladigan, nuqta bilan ajratilgan qismlar domenlaridan iborat. " Domen nomlari xizmati|"IP-manzil sonlari va matnli nomlar o‘rtasida moslik o‘rnatadigan, Internet tarmog‘ida qo‘llaniladigan mexanizm. " Domen nomlarini ro‘yxatdan o‘tkazuvchi|"Domen nomlarini ro‘yxatga olish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadigan va tegishli axborotni reyestrga uzatadigan yuridik shaxs. " Domen nomlarini o‘girish|"Internet domen nomini mos ravishda IP-manzilga o‘girish jarayoni. " Domen nomlarining serveri|"Kompyuter nomlarini IP-manzillaridagi domen nomlariga o‘tkazadigan tarmoqning xizmatga oid kompyuteri. " Domenni joylashtirish|"Domen nomlarini DNS-serverlarda ro‘yxatdan o‘tkazish. Domenni xususan qayd etuv-chida, shuningdek tashqi maydonlarda qayd etish mumkin. " Domenning rezerv kontrolleri|"Windows NT domenidagi kompyuter, domenning xavfsizlik siyosati va ma’lumotlar bazasi nusxalarini o‘zida saqlaydi. Agarda domenning bosh kontrolleridan foydalanish mumkin bo‘lmasa, undan zaxira sifatida foydalaniladi. " Domenning yordamchi kontrolleri|"Tarmoq yuklanganida yoki ishdan chiqqanida domenning asosiy kontrolleri (tartibga soluvchi)ni almashtirib turuvchi va Active Directory dagi ma’lumotni replitslovchi (nusxalovchi) zahira serveri. " Dominant (asosiy) marshrutizator|"Aktiv abonentlarni aniqlaydigan va so‘rovlarning davriy ravishda yuborilishi uchun javob beradigan asosiy marshrutizator. " Doppler effekti|"Signal manbaiga va/yoki tarqalish muhitiga nisbatan harakat qiladigan, nuqtada kuzatiladigan signal chastotasining o‘zgarishi. " Dorvey|"1-3 kalitli so‘z yoki iboralar uchun maqbullashtirilgan sahifalar. Ularni odatda kirish sahifalari, shlyuzlar (gateway) .g yoki reklama sahifalari (splash pages) deyiladi. Ko‘p hollarda dorveylar maʼlum izlash mashinasi uchun maxsus yaratiladi. " Dotkom|"Biznes-modeli to‘liq Internet tarmog‘i doirasidagi faoliyatga asoslangan kompaniya. Ushbu nom 1990-yillarning oxirida keng tarqalgan bo‘lib, inglizcha «dot-com» («nuqta-com») iborasidan kelib chiqqan. " Dog‘ vobulyatsiyasi|"Yoyuvchi elementga satrlarni kengaytirish bilan satr tuzilmasini qisman sezilarli qilish uchun xabar beradigan, yoyish satrlariga perpendikulyar bo‘lgan tebranma harakat. Izoh – Taalluqli fransuzcha atama «Vobuler». " Drayver|"1. Amaliy jarayonlar va tashqi qurilmalar o‘rtasida maʼlumotlar almashinuvini boshqaradigan, tezkor xotiraga yuklanadigan dastur. 2. Operatsion tizimning, bajariladigan dasturning ayrim qurilmalar bilan birgalikda ishlashini taʼminlaydigan va undan qulayroq foydalanishga ko‘maklashadigan boshqaruvchi dasturi. " Drayverlarning yangilanishi|"Drayverning yanada yangi, yanada funksional versiyasini qabul qilish uchun xizmat qiladi. " Drogen|"Dorvey generatori, ko‘pincha Markov zanjiri bilan ishlatiladi. Dorvey generatsiyasi kalit so‘zlar ro‘yxati va mavzuli saytlar matni asosida amalga oshadi. Dorgen berilgan algoritm bo‘yicha ko‘pgina bet mazmunsiz matnlarni to‘playdi. Ular o‘zaro (baʼzida esa boshqa dorveylar bilan) ulagich orqali bog‘langan bo‘ladi. " Dupleks aloqa|"Aloqa usuli, bunda uzatish telekommunikatsiyalar kanalining ikkala yo‘nalishida bir vaqtda amalga oshiriladi. " Dupleks uzatish|"Axborotni ikkala yo‘nalishda navbatma-navbat (yarim dupleks) hamda bir vaqtning o‘zida (to‘liq dupleks) uzatish. " Duplekser|"Axborotni uzatish va qabul qilish uchun bitta antennadan bir vaqtda foydalanishga yo‘l qo‘yiladigan antenna ajratuvchi filtri. " Dupleksorlash|"Ikkita fizik mustaqil simpleks kanalining har biridan axborot faqat bir yo‘nalishda uzatiladigan abonentlar o‘rtasida ikki tomonlama aloqani tashkil etish. Izoh – Amaliyotda dupleksorlashning ikkita: qabul qilish va uzatish kanallarini FDD va TDD bo‘yicha bo‘lish sxemasi qo‘llaniladi. " Duplikator|"Disklar, disketalar, magnit tasmalarni ko‘paytirish (nusxa olish) qurilmasi. " Do‘stona interfeys|"Foydalanish, qo‘llash uchun qulay va oddiy tashkil qilingan foydalanuvchining interfeysi. E " Effektiv nurlanadigan quvvat|"Berilgan yo‘nalishda yarimto‘lqinli dipolga nisbatan, antennaga uzatilayotgan quvvatning uning kuchaytirish koeffitsiyentiga bo‘lgan ko‘paytmasi. " Effektiv sochilish maydoni|"Maydon o‘lchamliligiga ega radiolokatsiya obyektlarining xususiyatlarini aks ettiradigan va nurlantiruvchi obyektning shu energiya oqimi zichligiga radiolokatsion stansiyaga obyektdan qaytadigan elektromagnit energiya quvvatining nisbatiga teng xarakteristikasi. " Efir|"Radioto‘lqinlar tarqaladigan elektromagnit muhitning umumlashtirilgan nomi. " Efir orti radiokuzatuvi|"Aloqa vositalarining ishchi chastotalari va ish rejimlarini elektromagnit va xalaqit mavjud vaziyatlarni tahlil qilish maqsadida nazorat qilish. " Efirda bo‘lish vaqti|"1. Abonent qurilmasi radiokanalga ulanib turgan umumiy vaqt. 2. Abonent tomonidan bir oy ichida radioaloqa kanalidan jami foydalanish vaqti (minutlarda) bo‘lib, har oylik to‘lovlarni hisoblashda ishlatiladi. " Efirga chiqilmasdan amalga oshiriladigan nazorat|"Radiostansiyani halqali tekshirish rejimi, bunda qabul qilgich o‘z uzatgichining signalini qabul qiladi. " Egalik|"Obyektga egalik qilishga nisbatan mutlaq huquqlarga egalikni nazarda tutuvchi harakat. " Egallash, tutish|"Axborotni qandaydir bir qurilmadan signalni bekor qilish va rasshifrovka qilish yo‘li bilan qabul qilish. Odatda, ovoz va videoni tutish amalga oshiriladi. " Egilish tufayli yo‘qotishlar|"Toladagi so‘nish shakli. Tolaning xilma-xillik atrofida egilishi (makro egilish) yoki toladagi mikroskopik buzilish (mik-ro egilish) natijasi hisoblanadi. " Egiluvchan disk|"Kompyuter axborotni yozish uchun mo‘ljallangan, asosi yupqa egiluvchan polimer magnit moddadan plastina shaklida yasalgan magnit disk. Plastina chang va shikastlanishdan saqlovchi, ichki tomonida tozalovchi qoplama bo‘lgan zich korpusga joylashtirilgan. Korpusdagi o‘yiq maʼlumotlarni yozish va o‘qish uchun xizmat qiladi. Axborot diskda konsentrik yo‘laklar bo‘ylab joylashtiriladi va saqlanadi. " Egiluvchan magnit diskdagi o‘qish qurilmasi|"Disketadan ma’lumotlarni o‘qiydigan va ma’lumotlarni disketaga yozadigan elektron hisoblash mashinalari apparat vositalarining qurilmasi. " Egiluvchan magnit disklar diskovodi|"Egiluvchan magnit disklardagi to‘plagich. Dastlab 8"" o‘lchamga ega edi, keyinchalik esa 5,25"" gacha kichraytirildi. Oxirgi ishlatilgan disketalar 3,5"" o‘lchamli va 1.44 Mbyte hajmga ega edi. Hozirda CD-diskovod va Flash-jamlovchilar uning o‘rnini egallab olgan. " Egiluvchan to‘lqin o‘tkazgich|"Geometrik shaklining o‘zgarishi, elektr xossalari jiddiy o‘zgarishiga olib kelmaydigan to‘lqin o‘tkazgich. " Ehtimoliy shifrlash|"1. Bitta ochiq matnga shifrmatnlar to‘plami to‘g‘ri kelishi mumkin bo‘lgan shifrlash sxemasi. 2. Tasodifiy parametrlardan foydalangan holda shifrlash jarayoni. " Ehtiyoj dugasi|"Resurslarni taqsimlash grafasidagi duga, jarayonni cho‘qqidan cho‘qqiga olib o‘tadi, resurs punktir chiziq bilan ifodalanadi va bu jarayon ushbu resursni talab qilishi mumkinligini bildiradi. " Ekran|"1. Proyektor tomonidan hosil qilingan tasvir aks etayotgan yuza. 2. Matnli yoki tasvirli ixtiyoriy mazmundagi axborot ko‘rsatiladigan qurilma (televizor, monitor, elektron soatlar, telefon va h.k.). 3. Parazit nurlanishni kamaytirish va elektromagnit nurlanishlarning kabelga zararli ta’sirini kamaytirish uchun mo‘ljallangan kabelning sirtini to‘r to‘qib o‘rash. 4. Insonni yoki texnik qurilmalarni noqulay, zararli yoki bu ta’sirni uning yuzasi bilan aks ettirish orqali xavfli zararlardan himoya qilish uchun mo‘ljallangan qurilma yoki obyekt. " Ekran imitatsiyasi|"Hech narsadan gumon qilmagan foydalanuvchiga, uning nomi va parolini bilib olish uchun soxta so‘roq ekranini yoritish bilan bog‘liq ekran maskirovkasi. " Ekran klaviaturasi|"Operatsion tizimning, ekranda haqiqiy klaviatura kabi ishlaydigan virtual klaviaturani aks ettiradigan standart dasturi. " Ekran lupasi|"Turli operatsion tizimlarning maxsus imkoniyatlari tarkibiga kiruvchi dastur. Ishlash tartibi oddiy lupa kabi, ya’ni ekrandagi biror elementning qismlarini aniqroq ko‘rish yoki ko‘rish qobiliyati past bo‘lganda kattaroq qilib ko‘rsatadi. " Ekran operatsiyalarini tezlashtirgich|"Markaziy protsessorning ishtirokisiz, ekranda oynani o‘zgartirish yoki qayta chizish yo‘li bilan operatsion tizim ishini tezlatish uchun mo‘ljallangan grafik plata. " Ekran surati|"Foydalanuvchi tomonidan ekranda ko‘rinib turgan yoki boshqa qurilmani ko‘rsatishda kompyuter tomonidan olingan tasvir. Odatda, bu raqamli tasvir foydalanuvchining komandasiga asosan operatsion tizim yoki boshqa dastur tomonidan amalga oshiriladi. " Ekran o‘lchami|"Monitor ekranida chiqadigan axborot miqdorini aniqlovchi kattalik (nuqtalarda o‘lchanadi). Ekranning quyi ruxsat etish darajasida, masalan 640 x 480 da, tasvir sohasi kichrayadi va alohida elementlar kattalashadi. Yuqori ruxsat etish darajasi 1024 x 768 da esa tasvir sohasi kattalashadi va unga muvofiq alohida elementlarni kichik ko‘rinishda chiqarish mumkin bo‘ladi. " Ekran shakli|"Operator interfeysi, bunda ma’lumotlar ekrandagi maydonlarda kiritiladi va chiqariladi, operator esa, kiritish kursorini maydonlar o‘rtasida siljitib, ularning ichidagini to‘ldiradi yoki o‘zgartiradi. " Ekranlangan kamera|"Ichki va tashqi elektromagnit vaziyatni ajratish uchun ekranlash xususiyatlariga ega bo‘lgan xona. " Ekranlanmagan o‘ralgan juft|"Telefon aloqasi yoki kompyuter qurilmalarining bog‘lanishi uchun foydalaniladigan ichki sim. U egiluvchan izolyatsion trubka ichidagi ikkitalik yoki to‘rttalik o‘ralgan juft simlardan tashkil topadi va modulli tiqin yoki telefon ajratgichlardan foydalanadi. " Ekranlash|"1. Tarmoqlararo ekranning, tashqi sohadan bo‘ladigan ruxsat etilmagan so‘rovlarni rad qilgan holda, ichki soha obyektlarining xavfsizligini ta’minlaydigan funksiyasi. 2. Uzatiladigan ma’lumotlarni filtrlash yo‘li bilan tarmoqlararo foydalanishni chegaralash. " Ekranlash koeffitsiyenti|"Maydonning, ekranda hosil qilinadigan fazoning shu nuqtasidagi tashqi manbadan, susayishini tavsiflovchi koeffitsiyent. " Ekranni himoyalash dasturi|"Klavish oxirgi marta bosilgandan yoki «sichqoncha» surilgandan keyin ma’lum vaqt o‘tgach, ekranni umuman o‘chiradigan yoki vaqtda o‘zgaradigan rasmni ko‘rsata-digan dastur. Bunday dasturlar ekran lyumi-nofori tez yonib tugashining oldini olish uchun mo‘ljallangan. " Ekranni saqlovchi|"Foydalanuvchi kompyuterda ishlamayotgan vaqtida, ekranga harakatdagi tasvirni chiqaruvchi dastur. Klaviaturadan birorta klavish bosilsa yoki «sichqoncha» qimirlasa, ekran saqlovchisi chiqargan tasvir darhol yo‘qolib ketadi. Bunday dasturlar ayrim monitorlar ekranlarini lyuminofor yonishidan saqlaydi. " Ekranning kuchaytirish koeffitsiyenti|"Ekranning akslantirish xossasi kattaligining, etalon materialning xuddi shu xarakteristikaga nisbati. " Ekspert baholash|"Izlash usuli va ekspertning shaxsiy fikridan yoki ekspertlar guruhining umumiy fikridan foydalanish asosida olingan, usulni qo‘llash natijasi. " Ekspert darajadagi tarmoqlararo ekran|"Paketlarni filtrlashning maxsus algoritmlari. Ular yordamida har bir paket mualliflashtirilgan paketlarning ma’lum namunasi bilan taqqoslanadi. Qabul qilinadigan paketlarning ichidagi VOS modelining uchta: tarmoq, seans va amaliy darajalarida tekshiriladi. " Ekspert tizimi|"Malakali ekspertlarning bilimi, tajribasi hamda kompyuterlarning imkoniyatlari asosida vazifalarni hal qilish uchun yaratilgan sun’iy intellekt tizimi. Ekspert tizimi – bu, kompyuter uchun dastur bo‘lib, uning yordamida rasmiy, absolyut aniq yechimlar olish mumkin bo‘lmagan vaziyatda maqbul yechim olish mumkin bo‘ladi. Ekspert tizimi odatda, uchta blokdan, ya’ni bilimlar bazasi, mantiqiy xulosa bloki, foydalanuvchi bo‘lgan interfeysdan iborat bo‘ladi. " Ekspert xulosasi|"Ekspertiza obyektining talablarga mos kelishi yoki to‘g‘risida asoslangan xulosalarni ichiga oladigan hujjat. " Eksploit|"Kompyuter tizimiga dasturiy ta’minotning zaif joyidan foydalanish orqali hujum qilish. Keyinchalik tizimga hujum qilish maqsadidagi g‘araz niyatli foydalanuvchi huquqlarini oshirishda foydalaniladi. " Ekspluatatsion dasturlash|"Dasturning, dastur buyurtmachida joriy qilingandan so‘ng o‘zgartirilishi. Yangi funksional imkoniyatlarni qo‘shish, xatolarni tuzatish yoki foydalanishda qulayroq qilish maqsadida bajariladi. " Eksport|"Bir platformadagi ma’lumotlar bazasi ma’lumotlarini boshqa platformadagi ma’lumotlar bazasiga yoki bir formatdagi fayl ma’lumotlarini boshqa dasturdan foydalanish uchun boshqa formatdagi faylga o‘tkazish. " Ekstent|"Kirish/chiqarish qurilmasidagi, ma’lumotlarning muayyan jami uchun band qilingan yoki zaxiralangan fizik soha. " Ekstrakod|"Operatsion tizim ichidagi, apparat funksiyalarni emulyatsiyalaydigan qisqa kichik dasturlar. " Ekstranet tarmog‘i|"Yopiq korporativ intratarmoqni kengaytirish natijasida hosil bo‘lgan tarmoq. U biznesni samaraliroq olib borish uchun tashkilot axborot tizimidan tanlov asosida foydalanish zarurati bo‘lgan mijoz, yetqazib beruvchi, subpudratchi va ishchan hamkorlarni hamda tashkilotga nisbatan boshqa tashqi tomonlarni o‘zaro bog‘laydi. " Ekstremal dasturlash|"Dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish metodologiyalaridan biri. " Ekvayrer (bank-ekvayrer)|"To‘lov tizimi vositalari bilan xizmat ko‘rsatish ishtirokchilarining o‘zaro hamkorligini taʼminlash bo‘yicha zarur operatsiyalar bajarilishini amalga oshiradigan moliya tashkiloti. " Ekvidistant antenna panjarasi|"Qo‘shni elementlar o‘rtasida bir xil masofaga ega liniya antenna panjarasi. " Ekvidistant elementlar|"Bir-biriga nisbatan bir xil masofada joylashgan antenna panjarasining elementar nur tarqatgichlari. " Ekvivalent izotrop nurlanuvchi quvvat (e.i.n.q.)|"Antennaga uzatiladigan quvvatning, izotrop antennaga nisbatan berilgan yo‘nalishda bu antennaning kuchaytirish koeffitsientiga ko‘paytmasi. Izoh – Izotrop antenna, unga 1kW quvvat uzatilganda barcha yo’nalishlarda 1 kW ga teng e.i.n.q. ni taʼminlaydi, va 1km masofada 173 mV/m maydon kuchlanganligini hosil qiladi, deb hisoblanadi. " Elektr pastga og‘ish|"Antenna elementlarini fazalash yo‘li bilan yoki analog elektr vositalar yordamida amalga oshiriladigan antennaning pastga og‘ishi. Elektr ravishda o‘chiriladigan dasturlashtiriladigan doimiy xotira qurilmasi ing. - electrically (electrical) erasable programmable read-only memory (EEPROM) ru – электрически стираемое программируемое постоянное запоминающее устройство Kam ishlatiladigan yarim o‘tkazgich turiga tegishli dasturlashtirilgan doimiy xotira qurilmasi, uni tozalash yoki qayta dasturlash uchun elektr signallardan foydalaniladi. Ushbu signallar mikrosxemaning maxsus oyoqchalariga kompyuterning o‘zi yoki tashqi qurilma (dasturlovchi) tomonidan yuboriladi. 10 dan 100 ming siklgacha qayta yozish imkoniyatini beradi. " Elektr skanlanadigan antenna panjarasi|"Nurning elektr skanlanishi uning parametrlarini elektr boshqarish vositasida amalga oshiriladigan antenna panjarasi. " Elektr ta’minot tarmog‘i bo‘yicha xalaqitga chidamlilik (hisoblash texnikasi vositasining)|"Hisoblash texnikasi vositasining tarmoq xalaqitlari ta’siriga chidamliligi. " Elektrolyuminessensiya|"Elektr maydoni yoki tok qo‘zg‘atadigan lyuminessensiya. " Elektrolyuminoforlar|"Elektrolyuminessensiya xossasiga ega bo‘lgan moddalar. " Elektromagnit moslashuv|"Turli radioaloqa vositalaridan birgalikda foydalanish mumkin bo‘lgan hamda ularning o‘zaro ta’siri aloqa sifatining belgilangan normalardan pasayishiga olib kelmasligini kafolatlaydigan sharoit. " Elektromagnit moslashuv darajasi (hisoblash texnikasi vositasining)|"Parametrlarining qiymatlari qat’iy belgilangan tashqi xalaqitning hisoblash texnikasi vositasining xalaqit emissiyasiga bo’lgan normasi bilan xalaqitga chidamlilik normasi o‘rtasida yotuvchi, darajasi. Real sharoitlarda uning oshib ketish ehtimoli kam. " Elektromagnit moslashuv xarakteristikasi|"Texnik vositaning berilgan elektromagnit vaziyatda ishlash imkoniyatini va/yoki uning boshqa texnik vositalarga ta’siri darajasini ko‘rsatadigan xarakteristikasi. " Elektromagnit nurlanish|"Energiyaning manbadan elektromagnit to‘lqinlar ko‘rinishida fazoga nurlanish jarayoni. " (Elektromagnit nurlanishdan) biologik himoya|"Sanitariya normalari bilan belgilangan sathlarga mos keladigan elektromagnit nurlanishlarning qat’iy belgilangan darajalarini ta’minlash. " Elektromagnit to‘lqinlar dispersiyasi|"Elektromagnit to‘lqin fazaviy tezligining chastotaga bog‘liqligi. " Elektromagnit to‘lqinlarning nurlanishi|"Istalgan manbadan chiqayotgan energiyaning elektromagnit to‘lqinlar shaklidagi oqimi. " Elektromagnit to‘lqinlarning qaytishi|"Elektromagnit to‘lqinlar tarqalish yo‘nalishining ikki muhit chegarasida o‘zgarishi, bunda bo‘linish chegarasiga tushayotgan to‘lqin qisman yoki to‘liq holda o‘zi kelayotgan muhitga qaytadi. " Elektromagnit xalaqit|"Manbai tabiatdagi fizik hodisalar bo‘lgan elektromagnit xalaqit. " Elektromagnit xalaqitga chidamlilik; xalaqitga chidamlilik|"Texnik vositaning, elektromagnit xalaqitlar mavjudligi sharoitida sifatni pasaytirmasdan ishlash qobiliyati. " Elektromagnit xalaqitlardan himoyalash|"Telekommunikatsiya signalini elektromagnit xalaqitlardan himoya qilish maqsadida izolyatsiyalash. " (Elektromagnit) ta’sirchanlik|"Retseptorning elektromagnit xalaqitga ta’sirchanlik qobiliyati. " Elektromagnit g‘alayonlanish|"Qurilma, uskuna yoki tizim xarakteristikalarini yomonlashtirishi mumkin bo‘lgan har qanday elektromagnit hodisa. " Elektron arxiv|"Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda saqlanishi zarur bo‘lgan elektron hujjatlar to‘plami. " Elektron autsorsing|"Boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga biznes-jarayonlar bajarilishini topshirish, axborot texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan xizmatlarni taqdim etish. " Elektron axborot-xizmati hujjati|"Elektron raqamli imzo bilan himoyalangan, hisob-kitobni amalga oshirishda va banklarda ochilgan schyotlar (hisob varaqlari) bo‘yicha operatsiyalarni o‘tkazishda axborot almashinuvini taʼminlaydigan hujjat. " Elektron bildirish|"Axborot tizimi vositasida jismoniy yoki yuridik shaxsni davlat organi yoki boshqa tashkilotning elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish yuzasidan harakatlarini tasdiqlash to‘g‘risida xabardor qilish. " Elektron biznes|"Samaradorligi va raqobatbardoshliligi axborot texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan biznes. Izoh – Elektron biznes sheriklar va buyurtmachilar bilan bo‘ladigan butun o‘zaro munosabatlar tizimini qamrab oladi va faqat tijoriy faoliyatga taalluqli bo‘lgan elektron tijorat tushunchasini ichiga oladi. " Elektron boshqaruvchi qurilma|"Tashqi qurilmalar ishini boshqarish uchun mo‘ljallangan qurilma (mikrosxema). " Elektron bozor|"Yagona axborot-texnologik infratuzilmada o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradigan yetkazib beruvchilar va xaridorlar guruhi. " Elektron davlat xizmati|"Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilgan holda ko‘rsatiladigan davlat xizmati. " Elektron davlat xizmati reglamenti|"Elektron davlat xizmati ko‘rsatish tartibi va unga qo‘yiladigan talablarni belgilaydigan normativ-huquqiy hujjat. " Elektron davlat xizmatini ko‘rsatish natijasi|"Talabnoma beruvchilar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining amalga oshirilishi, shu jumladan, ularga tegishli axborot va hujjatlarning taqdim etilishi. Davlat organlari tomonidan elektron davlat xizmati ko‘rsatish reglamentiga muvofiq tegishli ishlarni amalga oshirishda ifodalanadi. " Elektron davlat xizmatlarining yagona reyestri|Elektron davlat xizmatlarining to‘liq ro‘yxatini ichiga oladigan interaktiv davlat xizmatlarining yagona portalida e’lon qilinadigan, davlat xizmatlari, shakllari va blanklari yagona reyestri tarkibida shakllantiriladigan, Internet tarmog‘idagi ochiq va hamma foydalana oladigan axborot resursi. Elektron demokratiya|"Mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarishdan tortib xalqaro darajagacha bo‘lgan barcha bosqichlarda jamoaviy fikrlash (kraudsorsing) va ma’muriy jarayonlar (xabardor qilish, birgalikda qarorlar qabul qilish – elektron ovoz berish, qarorlar bajarilishini nazorat qilish) uchun asosiy vosita sifatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bilan tavsiflanadigan demokratiya shakli. " Elektron disk|"Tezkor xotira qismidan dasturiy tarzda yaratilgan psevdodiskli to‘plagich. Operatsion tizim u bilan real mavjud bo‘lgan disk bilan ishlagandek ishlaydi. Ma’lumotlardan foydalanishni tezlatish maqsadida fizik mavjud diskdan ma’lumotlarni vaqtinchalik takrorlash uchun foydalaniladi, chunki tezkor xotira diskli xotiraga nisbatan birmuncha tez ishlaydi. Ko‘pincha, virtual disk deb ataladi. " Elektron (elektr) sinov jadvali|"Elektr vositalari yordamida olingan signal hosil qilgan televizion sinov jadvali. " Elektron e’lonlar taxtasi|"Terminal kira olish interfeysi orqali elektron pochtadan foydalanish, kerakli fayllarni ko‘chirib olish va alohida Internet-xizmatlaridan foydalanish tizimi. Uning asosini turli foydalanuvchilar joylashtirgan e’lonlar va ularni boshqa foydalanuvchilarga namoyish qilish maqsadida yuborilgan xabarlardan iborat maxsus ma’lumotlar bazasi tashkil qiladi. " Elektron hisoblash mashinasi|"Elektron asboblari bo‘lgan hisoblash mashinasi. " Elektron hujjat|"1. Elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa elektron hujjat rekvizitlariga ega bo‘lgan axborot. 2. Hisoblash tizimi xotirasidagi odamning dasturiy va apparat vositalari yordamida ko‘rishi hamda eshitishi uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar to‘plami. Matnli, grafik va ovozli axborotga ega bo‘lishi mumkin. " Elektron hujjat aylanishi|"Axborot tizimi orqali elektron hujjatlarni jo‘natish va olish jarayonlarining majmui. " Elektron hujjat aylanishi ishtirokchisi|"Elektron hujjatni jo‘natuvchi va elektron hujjatni oluvchi. Izoh – Elektron hujjat aylanishida axborot vositachilari ham ishtirok etishlari mumkin. " Elektron hujjat aylanishi tizimi|"1. Elektron hujjatlar bilan ishlash (yaratish, o‘zgartirish, izlash), shuningdek, xodimlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik o‘rnatish (hujjatlarni uzatish, topshiriqlar berish, xabarnomalar jo‘natish va b.lar) imkonini beradigan kompyuter dasturi (dasturiy ta‘minot, tizim). 2. Elektron hujjatlar bilan ishlash (ya’ni, elektron hujjat aylanishi) ni tashkil qilish va avtomatlashtirishga imkon beradigan tizim (kompyuter dasturi, dasturiy ta’minot va b.lar). " Elektron hujjat aylanishi vositalari|"Elektron hujjat aylanishida qo‘llaniladigan dasturiy, texnik va texnologik vositalar majmui. " Elektron hujjat egasi|"Qonun hujjatlarida belgilangan huquqlar chegarasida elektron hujjatlarga egalik qilish, foydalanish va boshqarishni amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs. " Elektron hujjat formati|"«Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi Qonuni yoki tizim ishtirokchilarining kelishuvlari bilan o‘rnatilgan еlektron hujjatning majburiy standartlashtirilgan rekvizitlari. " Elektron hujjat haqiqiyligini tasdiqlash|"Elektron hujjat barcha rekvizitlari o‘zgarmasligini tekshirishning ijobiy natijasi. " Elektron hujjat rekvizitlari|"Elektron hujjatning haqiqiyligini tan olish uchun zarur bo‘lgan majburiy ma’lumotlar (elektron raqamli imzo, yuridik shaxsning nomi yoki elektron hujjat jo‘natuvchisi – jismoniy shaxsning familiyasi, ism-sharifi, elektron hujjat jo‘natuvchisining pochta va elektron manzili, uning yaratilish sanasi). " Elektron hujjatlar qiymati ekspertizasi|"Elektron hujjatlarning, ularni saqlash uchun saralash va ularni saqlash muddatlarini belgilash maqsadida, qiymatini aniqlash. " Elektron hujjatlar repozitoriyi|"Elektron hujjatlar qayta ishlanishini va saqlanishligini ta’minlaydigan, shuningdek, Yagona portalda shakllantirilgan elektron hujjatning haqiqiyligini tekshirish vositalarini taqdim etadigan axborot resursi. " Elektron hujjatlarni boshqarish tizimi|"Elektron hujjatlar bilan ishlash jarayonini avtomatlashtirish tizimi. Hujjatlar arxivini va ish jarayonlarini avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan dasturiy ta’minotni o‘z ichiga oladi. " Elektron hujjatni identifikatsiyalash|"Elektron hujjatning rekvizitlari asosida uning tuzilmasini aniqlash. " Elektron hujjatni jo‘natuvchisi|"Elektron hujjat rekvizitlarida nomi ko‘rsatilgan hamda elektron hujjat oluvchisiga elektron hujjatni jo‘natayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs. " Elektron hujjatni qabul qilib oluvchi|"Elektron hujjatning jo‘natuvchisi tomonidan elektron hujjat manzillangan yuridik yoki jismoniy shaxs. " Elektron hujjatni qayta tiklash|"Odamning bevosita idrok qilishi uchun qulay bo‘lgan elektron hujjatni amalga oshirish. " Elektron hujjatni tuzuvchi|"Saqlash uchun kimdir tomonidan yoki kimningdir nomidan elektron hujjatni jo‘natgan yoki tayyorlagan shaxs. " Elektron hujjatning asl nusxasi|"Elektron hujjatning aynan bir xil nusxasi, basharti u belgilangan tartibda haqiqiy deb tasdiqlangan bo‘lsa, asl nusxadir. " Elektron hujjatning nazorat xarakteristikasi|"Xeshlash vositalari yordamida ishlab chiqilgan va elektron hujjatning yaxlitligini tasdiqlash uchun mo‘ljallangan xesh funksiyaning ahamiyati. Izoh – Elektron hujjatning yaxlitligi, unga ruxsat etilmagan o‘zgarishlar kiritilmaganligini va elektron hujjatni qayta ishlashda yoki uni aloqa kanallari bo‘yicha uzatishda mashina tashuvchilaridagi shikastlanishlar va dasturiy-texnik vositalardagi nosozliklar natijasida buzilmaganligini ko‘rsatadi. " Elektron hujjatning qog‘ozdagi nusxasi|"Elektron hujjatning qog‘ozdagi nusxasining tashqi shaklini ifodalashni qonunchilik tomonidan o‘rnatilgan tartibda guvohnomalash yo‘li bilan yaratiladi. Elektron hujjatning qog‘ozdagi nusxasi qonunchilik bilan o‘rnatilgan tartibda guvohnomalanadi va saqlanadi. " Elektron hukumat|"Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash yo‘li bilan, davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatini, shuningdek, idoralararo elektron o‘zaro hamkorlikni taʼminlashga yo‘naltirilgan, tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimi. " Elektron hukumat infratuzilmasi|"Elektron shaklda funksiyalarni amalga oshirish va xizmatlar ko‘rsatishda davlat hokimiyati organlari, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari, fuqarolar va yuridik shaxslarning o‘zaro hamkorligini ta’minlaydigan, joylashtirilgan davlat axborot tizimlari, dasturiy-apparat vositalari va aloqa tarmoqlarining majmui. " Elektron hukumat yagona identifikatorlari|"Har bir jismoniy va yuridik shaxsga, kadastr va ko‘chmas mulk obyektlariga, geografik va boshqa obyektlarga beriladigan hamda ularni elektron hukumatda identifikatsiya-lash imkonini beradigan noyob kodlar. " Elektron iqtisodiyot|"Raqamli texnologiyalarga asoslangan iqtisodiy faoliyat. " Elektron ish yuritish|"Elektron hujjatlashtirishni va elektron hujjatlar bilan ishlashni qamrab oladigan tashkil qilish faoliyati. " Elektron jadval|"Har xil hisoblash vazifalari uchun mo‘ljallangan dasturiy mahsulot. Foydalanuvchiga yacheykalarida matnli va sonli ma’lumotlar, shuningdek, formulalar saqlanadigan jadval ko‘rinishida taqdim qilinadi. Qo‘yilgan formulalar bo‘yicha tezkor hisoblash mumkin, ma’lumotlar o‘zgarganda avtomatik qayta hisoblash bajariladi. Elektron jadvallar ‒ boshqarish tizimi bilan birgalikdagi spetsifik ma’lumotlar bazasidir. Dasturchi bo‘lmagan foydalanuvchi uchun mo‘ljallangan. " Elektron jurnal|"Kompyuter dasturi yaratadigan, qandaydir voqea yoki operatsiya to‘g‘risidagi axborotni maxsus faylga yozish. " Elektron kalit|"Dasturiy mahsulotlarni noqonuniy ko‘pay-tirish va foydalanishdan muhofaza qilish qurilmasi. Elektron kalit – bu qandaydir parol yozilgan xotirali mikrosxemadan iborat, kichik o‘lchamdagi blokdir. Blok kompyuterning parallel portiga ulanadi, printer yoki boshqa qurilmani ulashga xalaqit bermaydi. Himoyalangan dastur ishga tushirilganda elektron kalitda yozilgan parol tekshiriladi. " Elektron karmon|"Elektron pullarni saqlash va turli to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradigan, ichiga chip o‘rnatilgan smart-karta yoki boshqa elektron tashuvchi. Izoh – Umuman olganda elektron karmon tushunchasi yaqindan ommalashib bormoqda. " Elektron kitob|"Raqamli ko‘rinishdagi, stol, cho‘ntak kompyuterlaridagi, noutbuklardagi, shuningdek, bu maqsad uchun maxsus mo‘ljallangan kompyuterlardagi maxsus dasturiy ta’minot (masalan, Microsoft Reader) yordamida o‘qish uchun mo‘ljallangan kitob. Kitob tegishli tugmalarni bosish orqali varaqlanadi. Matnni kompyuterning yoritiladigan displeyida batareya yoki akkumulyatorning ishlash muddati mobaynida o‘qish mumkin. " Elektron kommunikatsiya|"Qatnashchilarning elektron aloqa kanallari bilan bevosita ifodalangan o‘zaro aloqasi. " Elektron litsenziyalash portali|"Litsenziyalash va ruxsat beradigan protseduralar sohasida interaktiv xizmatlarni taqdim etishning «Litsenziya» axborot tizimlari kompleksi. Bu kompleks elektron ko‘rinishda litsenziyalar va ruxsatnomalar rasmiylashtirilishini avtomatlashtirishdan foydalanishning yagona nuqtasi hisoblanadi. " Elektron marka|"Oddiy va buyurtma xatlar, pochta varaqchalari va banderollarga tushirish uchun mo‘ljallangan, qo‘shimcha axborot kiritilgan, pochta aloqasi xizmatlariga to‘lovni tasdiqlovchi shtrixli pochta identifikatori ko‘rinishidagi pochta markasi. " Elektron maydon|"Internet tarmog‘ida joylashtirilgan umumiy foydalanishdagi axborot tizimi. Jumladan, axborot tizimi deganda, ma’lumotlar bazalarida bo‘lgan axborot va uning qayta ishlanishini ta’minlaydigan axborot texnologiyalari hamda texnik vositalar majmui tushuniladi. Elektron maydon: - saytning Internet tarmog‘idagi domen nomi; - ma’lumotlar bazasi; - dasturiy-apparat kompleksi; - aloqa kanali; - texnik ta’minot xizmati kabi beshta elementdan iborat. " Elektron ma’lumotlar|"1. Elektron vositalar yordamida shakllantiriladigan, qayta ishlanadigan, saqlanadigan, jo‘natiladigan va olinadigan ma’lumotlar. 2. Elektron, optik yoki shunga o‘xshash vositalar yordamida tayyorlangan, jo‘natilgan, olingan yoki saqlanadigan axborot, shu jumladan ma‘lumotlar bilan elektron almashish, elektron pochta, telegraf, teleks yoki telefaks va b.lar. " Elektron ma’lumotlar almashinuvi|"Axborotni bir kompyuterdan boshqasiga, kelishilgan axborotni tizimlashtirish standartidan foydalanib, elektron uzatish. " Elektron ma’lumotlarni jo‘natuvchi|"Nomiga yoki nomidan elektron ma’lumotlar yuboriladigan yuridik yoki jismoniy shaxs, bu ma’lumotlarga nisbatan axborot vositachilari sifatida ish ko‘radigan shaxslardan tashqari. " Elektron maʼlumotlarni oluvchi|"Jo‘natuvchi tomonidan yoki jo‘natuvchi nomidan, elektron maʼlumotlar jo‘natiladigan yuridik yoki jismoniy shaxs, bu maʼlumotlarga nisbatan axborot vositachisi sifatida ish ko‘radigan shaxslardan tashqari. " Elektron muhofaza qilish qurilmasi|"Kompyuter tarkibidagi qulf, javob bergich va sh.k. funksiyalarni bajaruvchi va dasturni hamda ma’lumotlarni ruxsat etilmagan tarzda foydalanishdan muhofaza qilish uchun mo‘ljallangan elektron qurilma. " Elektron naqd pullar|"Hisob-kitoblar uchun, shu jumladan Internet tarmog‘idan foydalanib amalga oshiriladigan hisob-qitoblar uchun foydalaniladigan, bank yoki boshqa tuzilma tomonidan elektron (raqamli) sertifikatlar shaklida emissiya qilingan, ko‘rsatuvchiga bo‘lgan pul majburiyatlari. Izoh – Elektron naqd pullarning bank kafolatlari, majburiyatni uning emitentiga taqdim etish paytida oddiy pul mablag‘lari bilan taminlashdan iborat. " Elektron nashr|"Internet yoki boshqa onlayn xizmatlar orqali foydalanish mumkin bo‘lgan nashr. " Elektron-nurli trubka|"Tasvirlarni qayta tiklash qurilmasi, unda elektr signal ekranning ichki tomonidagi lyuminaforlarning yorug‘lanishiga sababchi bo‘ladigan elektron nurga aylantiradi. CRT qisqartmasini, shuningdek, Cathode Ray Terminal kabi ham o‘qish mumkin, bu trubkaning o‘ziga emas, balki unga asoslangan qurilmaga mos keladi. " Elektron-nurli trubka asosidagi displey|"Ekranida tasvir elektron-nurli trubka yordamida yaratiladigan displey. Ishlash uchun, displeydan tashqari tegishli adapter yoki karta zarur bo‘ladi. Rangli tasvirni yaratish uchun va grafikadan foydalanish mumkin bo‘lishi uchun grafik adapter zarur. Elektron-nurli trubka asosidagi displeyda tasvir fluoressensiyalanadigan ekranni elektron nur bilan bombardimon qilish orqali yaratiladi. Nur ekran bo‘ylab chapdan o‘ngga, yuqoridan pastga harakatlanadi, bitta o‘tish ichida barcha gorizontal satrlar shakllantiriladi. Displeyning satr chastotasi – displey 1 s ichida shakllantiradigan satrlar soni; kadrlarning yangilanish chastotasi (kadr chastotasi) muhim ko‘rsatgichlar hisoblanadi. Raqamli boshqariladigan displeylar keng tarqalgan. Yaqin vaqtda displeyli panellarga ommaviy o‘tish kutilmoqda. " Elektron-optik o‘zgartirgish|"Tasvirning spektral tarkibini o‘zgartirish va/yoki tasvir yorqinligini kuchaytirish uchun mo‘ljallangan fotoelektron elektrovakuum asbob. " Elektron ovoz berish|"Ovoz berishning har xil turlarini belgilay-digan, ham elektron ovoz berish vositalarini (elektron demokratiya), ham ovozlarni sanab chiqishning texnik elektron vositalarini qam-rab oladigan atama. Internet-saylovlar elek-tron ovoz berishning bir ko‘rinishi hisoblanadi. Elektron ovoz berish texnologiyalari perfokartalarni, optik skanlash tizimlarini va ovoz berish uchun mo‘ljallangan ixtisoslash-tirilgan terminallarni o‘z ichiga olishi mumkin. Bu texnologiyalar, shuningdek, saylov byulletenlari va ovozlar telefon, xususiy kompyuter tarmoqlari yoki Internet orqali uzatilishini ham o‘z ichiga olishi mumkin. Elektron ovoz berish texnologiyasi ovozlarni sanab chiqish jarayonini tezlashtirish, shuningdek, imkoniyati cheklangan odamlarning ovoz berishini osonlashtirish imkonini beradi. " Elektron papka|"Elektron hujjatlarning o‘zaro bog‘langan to‘plami. " Elektron pochta|"1. Bir elektron pochta qutisidan boshqa bir elektron pochta qutisiga xabarlar jo‘natish yoki olish imkonini beradigan dasturiy-texnik vositalar kompleksi. 2. Internet tarmog‘ining istalgan abonenti bilan elektron pochta xabarlarini almashinish. 3.Tarmoqlar orqali xabarlarning foydalanuvchidan foydalanuvchiga yuborilishini, shuningdek, bu xabarni o‘qish va saqlash imkonini beradigan servis dasturlar tizimi. " Elektron pochta hisobga olish yozuvi|"Foydalanuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan yozuv, bunda foydalanuvchi o‘zi haqida elektron pochta tizimiga xabar beradi. " Elektron pochta Internet-xizmatlari|"Xizmatlar isteʼmolchisiga manzilni berish va bu manzilga maʼlumotlar qabul qilish, shuningdek, xizmatlar isteʼmolchisiga yuborilgan yoki uning nomiga kelgan maʼlumotlarni saqlash va jo‘natish bo‘yicha harakat yoki faoliyat. " Elektron pochta manzili|"Elektron pochta xabari yetkazib berilishi kerak bo‘lgan pochta qutisini identifikatsiya qiladigan yozuv. User@domain (masalan, chief@ pcweek.ru) formatiga ega. Ko‘pchilik Internet provayderlari elektron pochta manzili sifatida hisobga olish yozuvini taklif qiladilar. " Elektron pochta qutisi|"Internet tarmog‘i orqali xabarlarni olish yoki jo‘natish uchun noyob raqamdan (elektron pochta manzilidan) foydalaniladigan dasturiy-texnik vositalar kompleksi. " Elektron pochta serveri|"Ayrim lokal tarmoq kompyuterlari uchun elektron pochtani jo‘natish, qabul qilib olish va «taqsimlash»ni bajaradigan kompyuter va dasturiy ta’minot. " Elektron pochta xizmati|"Elektron pochta serveri tomonidan ko‘rsatiladigan xizmat, ya’ni mijoz o‘z serverini joriy xizmatga moslaganda u elektron xatlarini shu server orqali uzatish va qabul kilish imkoniga ega bo‘ladi. " «Elektron pochta» xizmatlari|"Istalgan foydalanuvchiga matn yoki matn ko‘rinishiga o‘zgartirilgan ixtiyoriy faylni jo‘natish imkonini beradigan xizmatlar. " Elektron pullar|"1. Kompyuterda yoki intellektual kartada maxsus yozuvlar ko‘rinishida mavjud bo‘lgan, aniq bir axborot texnologiyasi doirasida kontragentlarning o‘zaro hisob-kitoblari va xaridlar uchun foydalaniladigan pullar. 2. Emitentga bo‘lgan talabni o‘zida ifodalaydigan, elektron qurilmada saqlanadigan, chiqariladigan pul qiymatidan kam bo‘lmagan miqdorda mablag‘ olingandan so‘ng emissiya qilinadigan va boshqa korxonalar tomonidan to‘lov vositasi sifatida qabul qilinadigan pul qiymati. Izoh – yandexmoney, webmoney, qiwi karmon an’anaviy elektron pullarga kiradi. " Elektron pullar sohasidagi muassasa|"Elektron pullar shaklida to‘lov vositalari chiqaradigan (kredit muassasasiga qaraganda boshqacha) korxona yoki har qanday yuridik shaxs. " Elektron raqamli imzo|"Elektron raqamli imzo yopiq kalitidan foydalangan holda elektron hujjatdagi axborotni maxsus almashtirish natijasida ushbu elektron hujjatda hosil qilingan va elektron raqamli imzo ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborot buzib ko‘rsatilmaganligini aniqlash hamda elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkonini beradigan imzo. " Elektron raqamli imzo haqiqiyligini tasdiqlash|"1. Elektron raqamli imzo elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga tegishliligini va elektron hujjatda axborotni buzib ko‘rsatishlar yo‘qligini tekshirishning ijobiy natijasi. 2. Elektron raqamli imzoni tekshirish maʼlumotlarini muayyan shaxs bilan bog‘laydigan va bu shaxsning aynan o‘xshashligini tasdiqlaydigan elektron guvohnoma. " Elektron raqamli imzo haqiqiyligini tekshirish|"Reglamentlangan harakatlar ketma-ketligi, uning natijasida elektron raqamli imzo bilan imzolangan elektron hujjatni va ro‘yxatga olish guvohnomasi egasining ochiq kalitini olgan shaxs, elektron raqamli imzo haqiqiyligini tasdiqlaydi yoki uni rad etadi. " Elektron raqamli imzo kalitining sertifikati|"1. Ro‘yxatga olish markazi tomonidan berilgan va tasdiqlangan, elektron raqamli imzo ochiq kaliti muayyan yuridik yoki jismoniy shaxsga tegishliligini tasdiqlaydigan hujjat. Izoh – Sertifikat elektron raqamli imzo ochiq kalitidan foydalanish xavfsizligini taʼminlash uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha axborotni ichiga olishi mumkin. Sertifikat elektron hujjat shaklida berilganda, ushbu Markazning elektron raqamli imzosi bilan imzolanadi. 2. Ro‘yxatga olish markazi tomonidan berilgan va tasdiqlangan, elektron raqamli imzo ochiq kaliti imzo kaliti sertifikatining egasiga tegishliligini tasdiqlaydigan hujjat. " Elektron raqamli imzo kalitlarini qayd etish markazi|"Maxsus vakolatli organning davlat ro‘yxatidan o‘tgan va elektron raqamli imzo kalitlarining sertifikatlarini berish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs. " Elektron raqamli imzo vositalari|"1. Elektron hujjatda elektron raqamli imzo yaratilishini, elektron raqamli imzo haqiqiyligi tasdiqlanishini, elektron raqamli imzo ochiq va yopiq kaliti yaratilishini taʼminlaydigan texnik va dasturiy vositalarning majmui. 2. Kalitlarni tayyorlash, elektron raqamli imzoni ishlab chiqish va/yoki tekshirish funksiyalarini amalga oshiradigan dasturiy va texnik vositalar majmui. " Elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasi|"Elektron raqamli imzoni yaratadigan (elektron hujjatni imzolaydigan) va nomiga ro‘yxatga olish markazi tomonidan elektron raqamli imzo sertifikati berilgan jismoniy shaxs. " Elektron savdo|"1. Internetda elektron hujjat aylanishi orqali amalga oshiriladigan savdo. 2. Elektron aloqa vositalaridan, birinchi navbatda, Internet tarmog‘idan foydalangan holda tovarlar, ishlar, xizmatlarni xarid qilish va sotish, foydalanish va elektron kontent huquqlarini o‘z ichiga olgan iqtisodiyot segmenti. " Elektron servis|"Elektron servis iste’molchisiga idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik tizimi orqali taqdim etiladigan, reglamentlangan xizmat ko‘rsatish turi. Elektron servisning asosiy turlari: - idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik tizimiga ulangan axborot tizimidan so‘ralgan axborotni olish; - idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik tizimiga ulangan axborot tizimiga axborot uzatish; - idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik tizimining ishlashi bo‘yicha axborot-tahliliy hisobotlarni olish. " Elektron servislar reyestri|"Idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik tizimining, elektron servislar tavsiflari saqlanishini, shuningdek, kerakli servislarni topish uchun bu tavsiflardan foydalanishni ta’minlaydigan kichik tizimi. " Elektron so‘rov|"Butunjahon Internet axborot tarmog‘ida va ommaviy ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkaziladigan, yuridik va jismoniy shaxslar so‘rovi. " Elektron tender maydoni|"Foydalanuvchilarga elektron tijoriy faoliyatni amalga oshirish uchun virtual axborot makonini taqdim etadigan ixtisoslashtirilgan Internet-resurs. Amalda birja rolini bajargan, olisdagi qatnashchilar o‘rtasida onlayn rejimida kelishuvlarni olib borishga imkon yaratgan holda, elektron auksion formatida tashkil qilinishi mumkin. " Elektron tijorat|"Axborot tizimlaridan foydalangan holda amalga oshiriladigan, tovarlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatishga doir tadbirkorlik faoliyati. " Elektron tijorat ishtirokchisi|"Elektron tijoratni amalga oshiradigan jismoniy va yuridik shaxs, shuningdek, tegishli tovarlar (ishlar, xizmatlar) xaridorlari hisoblanadigan yuridik va jismoniy shaxslar. " Elektron tijoratni yuritish bo‘yicha xizmatlar sifatining kafolati|"Xizmatlardan foydalana olishlik, korporativ maʼlumotlarning muhofaza qilinishi, biznes-jarayonlarni taʼminlashning yuqori sifati va biznesni yuritish ochiqligini taʼminlashning yuridik amaliyotiga rioya qilinishining kafolati. " Elektron to‘lov|"Qonunchilikka va o‘rnatilgan protseduralarga muvofiq, elektron to‘lov hujjati yordamida o‘tkaziladigan to‘lov. " Elektron to‘lov hujjati|"Belgilangan shaklda birlamchi pul-hisob-kitob hujjati asosida yaratilgan, tashabbuskor bank va bank mijozining «Elektron» belgisi bo‘lgan noyob elektron raqamli imzo bilan himoyalangan to‘lov hujjati, uning aniq nusxasi hisoblanadi va elektron raqamli imzoni hamda rasmiylashtirishning to‘g‘riligini tekshirish ijobiy natija bergan sharoitda, asl nusxaning yuridik kuchiga ega bo‘ladi. " Elektron to‘lov hujjatini qayta ishlash|"Elektron to‘lov hujjati operatsiyalari – to‘plash, kiritish, yozish, o‘zgartirish, solishtirib tekshirish, saqlash, yo‘q qilish, qayd etishlarning butun jami. " Elektron to‘lov tizimi|"Texnik vositalardan, axborot texnologiyalaridan va axborot tizimlarining xizmatlaridan foydalanib, elektron to‘lov hujjatlari vositasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish. " Elektron to‘lovlar|"Internet orqali turli xizmatlar uchun va tovarlar oldi-sotdisi paytida Internet foydalanuvchilar va moliya tashkilotlari, biznes tashkilotlar o‘rtasidagi hisob-kitoblar tizimi. " Elektron to‘lovlar tizimi|"Banklararo hisob-kitoblar elektron to‘lov hujjati asosida amalga oshiriladigan to‘lov tizimi. " Elektron to‘lovlar tizimi ishtirokchisi|"Elektron to‘lovlarni o‘tkazish bo‘yicha xizmatlarni taqdim etadigan yoki foydalanadigan jismoniy yoki yuridik shaxs. " Elektron to‘p|"Talab qilinadigan shakl va jadallikdagi yo‘naltirilgan elektronlar oqimini vujudga keltirish uchun mo‘ljallangan qurilma. Elektron to‘pdan elektron-optik o‘zgartirgichlarda, gazli lazerlarda, elektron mikroskoplarda va hokazolarda foydalaniladi. " Elektron vositalar|"Elektron ma’lumotlarni shakllantirish, qayta ishlash, saqlash, uzatish va qabul qilishda foydalaniladigan texnik vositalar. " Elektron xabar|"Elektron hisoblash texnikasi, axborotni qayta ishlash, saqlash va uzatishning boshqa elektron vositalari elementlari holatlarining to‘plami shaklida berilgan, inson tomonidan bir xil idrok qilishga yaroqli shaklga o‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan axborot. " Elektron xaridlar|"Samaradorligi Internet tarmog‘idan va korporativ intratarmoqlardan foydalangan holda taʼminlanadigan xaridlar jarayonini avtomatlashtirish va integratsiyalash. " Elektron o‘qitish|"Ham o‘qitishni ham malaka oshirishni qo‘llab-quvvatlash uchun, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bilan bog‘langan o‘quv jarayoni uchun umumiy ifoda hisoblanadigan o‘qitish. Elektron o‘qitish, shuningdek, raqamli texnologiyalar yordamida, ba’zida an’anaviy ta’lim kanallariga qo‘shimcha sifatida beriladigan bilimlarning keng spektrini qamrab oladigan veb-o‘qitish deb ham ataladi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan foydalanish, an’anaviy ta’lim va o‘qitishdan foydalana olmaydigan shaxslar uchun ayniqsa samarali. " Elektronika sanoati sohalarining alyansi|"AQSh hududida joylashgan, elektr va funksional standartlarni ishlab chiquvchi, tashkilot. " Elektrostatik xalaqit|"Elektrlash bilan shartlangan va to‘plangan elektr zaryadlari impuls toklari oqib kelishi va/yoki elektrostatik razryadlar natijasida hosil bo‘luvchi tabiiy xalaqit. " Element maydoni|"Qar.: Tasvir elementi. " Elementar oqim|"MPEG kodlashda bitta dasturga taalluqli bitta turdagi ma’lumotlar oqimi (video oqim, audio oqim, ma’lumotlar oqimi yoki boshqa axborot). " Elliptik egri chiziq asosidagi kriptografiya|"Asimmetrik shifrlash va elektron raqamli imzoning tez rivojlanib borayotgan yo‘nalishi. Bunda barcha hisoblashlar (masalan, kalitning qiymatini tanlash) elliptik egri chiziq nuqtalari ustida amalga oshiriladi, ya’ni, masalan, ikkita sonni oddiy qo‘shish o‘rniga, ma’lum qoidalarga ko‘ra egri chiziqning ikki nuqtasini qo‘shish bajariladi, bunda natija sifatida uchinchi nuqta olinadi. " Elliptik egri chiziqli kriptotizim|"Elliptik egri chiziq xossalariga asoslangan asimmetrik kriptotizim. Izoh – Masalan, guruh tuzilmasi elliptik egri chiziq nuqtalari bilan berilishi mumkin va shunday guruh uchun diskret logarifm muammosini ifodalashi mumkin. Bu muammo qat’iy hisoblanadi va shuning uchun kriptotizimni yaratishda foydalanilishi mumkin. " Elliptik qutblangan to‘lqin|"Elektr maydon kuchlanganlik vektorining uchi ellips chizadigan tarzda qutblangan elektromagnit to‘lqin. " Elliptiklik koeffitsiyenti|"Elektr va magnit maydon vektorlarining darajasi va fazaviy siljishiga bogʻliq parametr. " Eltuvchi|"Modulyatsiyalovchi signal bilan modulyatsiyalashga yaroqli bo‘lgan tebranish. Axborot uzatishda uni tashuvchi o‘rnida xizmat qiladigan garmonik elektromagnit tebranishlar chastotasi. Axborot uzatish eltuvchi chastotaning shu tebranishlarini uzatilayotgan xabarga mos signallar bilan modulyatsiyalash vositasida amalga oshiriladi. " Eltuvchi chastota|"Axborot uzatish maqsadida signallar bilan modulyatsiyalanadigan garmonik tebranishlar chastotasi. Modulyatsiyalangan signallar garmonik hisoblanmaydi, ularning spektri, eltuvchi chastotadan tashqari yon chastotalarga ega. Faqat yon chastotalar tebranishlari uzatiladigan signallarni o‘z ichiga oladi. Shuning uchun eltuvchi chastotasiz yoki bir polosali uzatish ham mumkin, bunda maxsus sxemalar yordamida modulyatsiyalangan tebranishlar spektridan eltuvchi chastota tebranishlari bartaraf qilinadi. " Eltuvchi chastota nazorat qilingan va konfliktlarning oldi olingan holda, ko‘plab foydalana olish|"Vaqt bo‘yicha kvantlashdan foydalaniladi-gan protokollar turkumiga muvofiq, foydala-na olish, bunda har bir stansiya axborotni faqat uning uchun qat’iy belgilangan vaqtda uzatishi va muhitdan foydalanish huquqini olishga so‘rovni yuborishi mumkin; har bir stansiya boshqaruvchi stansiyaga manzilla-nadigan uzatishga maxsus so‘rovni shakl-lantiradi. " Eltuvchi chastotalalrning siljishi|"Ikkita televizion radiouzatgichga xalaqitlarni ko‘rish yoki eshitishni kamaytirish uchun atayin kiritilgan tasvir eltuvchi chastotalar yoki tovush jo‘rligidagi eltuvchilarning uncha katta bo‘lmagan farqi. " Eltuvchidagi bir kanal|"Ko‘p kanalli xabarni alohida kanallarning signallari alohida eltuvchilarda uzatilgandagi, uzatish usuli. " Eltuvchidagi bir nechta kanal|"Ko‘p kanalli xabar uzatish usuli, bunda alohida kanallar signallari bitta eltuvchida ajratish usuli bilan uzatiladi. " Eltuvchidagi nominal chiqish quvvati (tovush uzatgich)|"Uzatgichning chiqish qisqichlaridagi quvvat, bunda uzatgichga normal yuklama yoki uning ekvivalent zanjiri ulangan. " Eltuvchidagi oqning etalon darajasi|"Eltuvchining, oqning etalon darajasiga mos keladigan amplitudasi. " Eltuvchiga nisbatan hisoblanadigan detsibellar (dBc)|"Yon yaproqlar bo‘ylab nurlanadigan, eltuvchi chastotaga nisbatan hisoblanadigan signal quvvatining o‘lchov birligi. " Eltuvchini nazorat qilish bilan ko‘plab foydalana olish|"Lokal kompyuter tarmog‘i umumiy uzatish muhitidan ko‘plab foydalana olish texnologiyasi. " Eltuvchini nazorat qilish va nizolarning oldini olish bilan ko‘plab foydalana olish|"Uzatish muhitidan foydalana olish uchun stansiyalar raqobatiga asoslangan tarmoqlardagi foydalana olish usuli. " Eltuvchining qoldig‘i|"Tasvir radiosignalining, bu signalning maksimal darajasiga nisbatan, foizlarda ifodalangan minimal darajasi. " Eltuvchisi bostirilgan amplituda-fazaviy modulyatsiya|"Ko‘p pozitsiyali kvadratura modulyatsiyalashning spektral samarali usuli. Bunda eltuvchi chastota N ta holatga ega kodli fazo hosil qilgan holda, faza va amplituda bo‘yicha modulyatsiyalanadi. Odatda, N ning qiymati 16 (SAR16), 64 (SAR64) yoki 128 ga (SAR128) teng. Eltuvchi chastota liniyaga uzatilmaydi, signaldan «kesib olinadi», so‘ngra qabul qilgichda tiklanadi. SAR64 modulyatsiya ADSL va HDSL (1,168 Mbit/s) abonent kirish liniyalarida, SAR128 esa, SDSL (2,32 Mbit/s) da qo‘llaniladi. " Emitent|"Plastik kartalar chiqaradigan va chiqarilgan kartalardan to‘lov vositasi sifatida foydalanilishi bilan bog‘liq moliyaviy majburiyatlar bajarilishini kafolatlaydigan moliya tashkiloti. " Emulyator|"Emulyatsiya amalga oshiriladigan dastur, apparat-dasturiy tizim yoki mikrodastur. Emulyator yordamida kompyuter boshqa mashina, qurilma yoki operatsion tizim uchun yozilgan dasturlarni bajarishi mumkin. Ular ichki sxemali, shinali va dasturiy emulyatorlarga bo‘linadi. Odatda, biror-bir tashqi qurilma tomonidan amalga oshiriladigan funksiyani bajaradigan dastur. " Emulyatsiya|"Apparat yoki dasturiy vositalar yoki ularning birikmasi bilan boshqa qurilmalar yoki dasturlar ishini qayta takrorlash. " Emulyatsiya rejimi|"Protsessorning ishlash rejimi bo‘lib, bunda protsessor boshqa modeldagi elektron hisoblash mashinasi komandalarini bajaradi. Emulyatsiya rejimidagi arxitektura yangi elektron hisoblash mashinasining eski modellar bilan qisman moslashuvini ta’minlaydi. " Energiyaga bog‘liq xotira|"Faqat kompyuter yoqilgandagina ma’lumotlarni (dasturlarni, o‘zgaruvchilarni) saqlash uchun mo‘ljallangan xotira qurilmasi. Kompyuter o‘chirilishi bilan (elektr energiya kelmaydi), xotira ichidagi yo‘qoladi, uni tiklash mumkin bo‘lmaydi. Tezkor xotira qurilmasi bunday xotiraga misol bo‘ladi. " Energiyaga bog‘liq bo‘lmagan xotira|"Elektr ta’minoti mavjudligiga bog‘liq bo‘lmagan magnit, optik yoki har qanday boshqa yozuv prinsiplariga asoslangan, ma’lumotlarni saqlash uchun mo‘ljallangan xotira qurilmasi. Masalan, elektron disklardan tashqari, har qanday diskli xotira. " Eng kam imtiyozlar|"Muhofaza tizimini tashkillashtirishning asosiy tamoyillaridan biri. Unga ko‘ra, har bir subyekt o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun mumkin bo‘lgan eng kam imtiyozlarga ega bo‘lishi lozim. Ushbu tamoyilga rioya qilish yovuz niyat, xato yoki imtiyozlardan ruxsatsiz foydalanish natijasida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan buzishlarning oldini olish imkonini beradi. " Eng kam munosib usuli|"Xotirani taqsimlashning umumiy vazifasini hal qilish usuli, bunda ro‘yxat bo‘yicha n ga nisbatan kam bo‘lmagan maksimal o‘lchamdagi bo‘sh joy tanlanadi. " Eng katta yuklama soati|"60 minutdan iborat uzluksiz vaqt intervali. Uning mobaynida telefon yuklamaning o‘rtacha intensivligi maksimal bo‘ladi. " Eng munosib usuli|"Xotirani taqsimlashning umumiy vazifasini hal qilish usuli, bunda ro‘yxat bo‘yicha n ga nisbatan kam bo‘lmagan minimal o‘lchamdagi bo‘sh joy tanlanadi. " Entropiya|"1. Xabarlarni uzatish paytida paydo bo‘ladigan u yoki bu simvollarning paydo bo‘lish ehtimolliklari bilan belgilanadigan xabar manbaining noaniqlik darajasi. 2. Axborot nazariyasida – obyekt holatining yoki qandaydir vaziyatning (tasodifiy kattalikning) noaniqlik o‘lchovi. Entropiya tushunchasi K.Shennon tomonidan kiritilgan va undan xabardagi axborotning miqdorini aniqlash uchun foydalaniladi. " Entropiyaviy kodlash, statistik kodlash|"Raqamli televizion videosignalni, uning statistik xossalaridan foydalanib, yo‘qotishlarsiz siqish bilan raqamli kodlash usuli. " Erkin fazoda uzatishdagi asosiy yo‘qotishlar|"Antennalar ideal dielektrik, bir jinsli, izotrop va antennalar o‘rtasidagi masofani saqlagan holda cheklanmagan muhitda o‘zgartirilgan, uzatishdagi yo‘qotishlar. Izoh – Agar antennalar o‘rtasidagi d masofa to‘qin uzunligidan katta bo‘lsa, detsibellarda ifodalandigan erkin fazodagi so‘nish quyidagicha aniqlanadi: dB. " Erkin foydalanish konsepsiyasi|"Abstrakt elektron hisoblash mashinasida amalga oshiriladigan, erkin foydalanishni boshqarish modeli, u subyektlarning axborot resurslariga qiladigan barcha murojaatlarida vositachilik qiladi. Quyidagi erkin foydalanish konsepsiyalari mavjud: diskretsion boshqarish, mandatli boshqarish, ko‘p darajali muhofaza. " Erkin foydalanish subyekti|"1. Harakatlari foydalanishni chegaralash qoidalari bilan qat’iy tartibga solinadigan shaxs yoki jarayon. 2. Shtat texnik vositalar yordamida, axborot resursidan erkin foydalanishni amalga oshiruvchi shaxs yoki jarayon. " Erkin foydalanish toifasi|"Mantiqiy obyektlarga beriladigan kategoriya, uning asosida obyektlar resurslardan foydalanish uchun ruxsat oladilar. " Erkin foydalanishni boshqarish ro‘yxati|"Oldindan belgilangan obyektdan erkin foydalanish huquqini beradigan himoya deskriptorining bir qismi. Erkin foydalanishni boshqarish ro‘yxati foydalanishni nazorat qilish elementlaridan iborat. Foydalanuvchilarning nomini, ularning parollarini va ularga berilgan imkoniyatlarni o‘z ichiga oladi. " Erkin foydalanishni boshqarish toifasi|"Ruxsat etilmagan operatsiyalardan saqlovchi qoidalarni aniqlash uchun mo‘ljallangan til elementlari. " Erkin foydalanishni boshqarish vositalari|"Ma’lumotlardan tasodifiy yoki qasddan foydalana olishni bartaraf etuvchi vositalar. " Erkin foydalanishni nazorat qiluvchi tizim ro‘yxati|"Tizim administratori tasarrufidagi himoyalash deskriptorining tarkibiy qismi bo‘lib, obyektga tizim darajasidagi xavfsizlikni o‘zlashtirish imkonini beradi. " Erkin foydalanishni tanlangan boshqarish|"Foydalanuvchi, jarayon va/yoki u tegishli bo‘lgan guruhni identifikatsiya qilish va aniqlashga asoslangan, tizim subyektlarining obyektlardan foydalana olishini boshqarish usuli. Ma’lum huquqlarga ega subyekt istalgan obyektga belgilangan cheklashlardan qat’i nazar, huquqlar berishni amalga oshira oladi (erkin foydalanish bilvosita ham amalga oshirilishi mumkin) degan ma’noda boshqarish tanlangan bo‘ladi. " Erkin foydalanishni taqdim etish siyosati|"Turli boshqariladigan resurslardan, masalan, dasturlardan yoki operatsion tizimlardan foydalanish imkoniyatini belgilaydigan siyosat. Erkin foydalanish barcha foydalanuvchilarga, muayyan rol tayinlangan foydalanuvchilarga yoki muayyan rolga kiruvchi foydalanuvchilarga taqdim etiladi. " Erkin litsenziya|"Dasturga ilova qilinadigan, foydalanuvchining intellektual faoliyatning turli mahsulotlarini cheklanmagan qayta tiklash, o‘rganish, tarqatish va o‘zgartirish (modifikatsiyalash yoki takomillashtirish) huquqini mustahkamlaydigan mualliflik shartnomasi. " Erkin va ochiq dasturiy ta’minot|"Dasturiy maxsulotni ishlab chiqish usuli, unda dasturlarning yaratilgan dastlabki kodi ochiq, ya’ni ko‘rib chiqish va o‘zgartirishlar kiritish imkoni mavjud. " Eroziya|"Tasvirlarni sochiladigan va ekrandan yo‘qoladigan mayda zarralarga kuchayib parchalanish illyuziyasini hosil qiluvchi videoeffekt; jarayon tasvir tomonlarining biridan boshlanadi. " Eshitish|"1. Axborot nurlanishlarini ruxsat etilmagan tarzda tutib olish. 2. Muhofaza qilish tizimining sust joylarini aniqlash va undan keyinchalik foydalanish maqsadida tarmoq bo‘yicha uzatiladigan axborotni jinoyatkor tomonidan tutib olinishi. " Eshitish rejimi|"Radiostansiya ma’lumotlar uzatmaydigan va qabul qilmaydigan, lekin boshqa stansiyalardan uzatiladigan xabarlarni nazorat qila oladigan ish rejimi. " Eshittirish|"Tegishli qabul qilish vositalariga ega bo‘lgan ko‘p sonli tinglovchilar uchun mo‘ljallangan va radio yoki kabel tarmoqlari yordamida amalga oshiriladigan bir tomonlama telekommunikatsiyalarning turi. " Eshittirish dasturining moduli|"Chiqarishga tayyorlangan, televizion axborot foydalanuvchisining ma’lumotlari va metama’lumotlar bilan birgalikdagi televizion dastur. " Eshittirish tarmog‘i|"Bitta tashkilot, bitta hudud yoki bitta mamlakat tovushli yoki televizion dasturlar eshittirishlarini ta’minlaydigan qurilmalarning majmui. " Eshittirish televideniyesi|"Tomoshabinlarning keng ommasiga mo‘ljallangan tovush jo‘rligidagi televideniye. " Eshittirish televideniyesi dasturlaridan foydalanish imkoniyati cheklangan tizim|"Multipleks tarkibiga kiruvchi, lekin eshittirish televideniyesining obuna bo‘yicha tarqatiladigan dasturlaridan va qo‘shimcha axborotdan foydalanish imkoniyatining cheklanishini ta’minlaydigan raqamli televizion eshittirish tizimi. " Eshittirish televideniyesi radiosignali|"Bitta televizion dastur tasviri hamda tovush jo‘rligidagi radiosignallarining majmui. " Eshittirish televideniyesi radiosignali eltuvchisini birlamchi modulyatsiyalash|"Radiosignal ortogonal kodlangan eltuvchilarining birlashmasi tarkibiga kiruvchi eshittirish (keng tarqatish) televideniyesi radiosignalining alohida olingan har bir eltuvchisini, raqamli televizion signal orqali modulyatsiyalash. " Eshittirish televideniyesi radiosignalining ortogonal kodlangan eltuvchilarini birlashtirish|"Xalaqitga chidamli kodlashni qo‘llagan holda, kvadratura-amplitudaviy modulyatsiya qilingan eshittirish televideniyesining chastota-ortogonal eltuvchi radiosignalini o‘zida ifodalaydigan, murakkab raqamli televizion signalni shakllantirish. " Eshittirish televideniyesi tizimi|"1. Televizion signalning, xususan, yoyish usuli, sinxronizatsiya signali shakli, eltuv-chilarni tasvir va tovush signallari bilan modulyatsiyalash turi, radiokanal polosasi-ning kengligi va shu kanal doirasida tasvir va tovush jo’rligi eltuvchilarining nisbiy joylashuvini belgilaydigan xarakteristikalari va parametrlarining majmui. 2. Televizion dasturning tasviri va tovushi to‘g‘risidagi axborotni shakllantirish, uzatish va qabul qilish usullarini aniqlaydigan xarakteristikalar va parametrlarning majmui. " Eshittirish televideniyesining trakti|"Televizion tasvirni televizion datchik kirishidan televizor ekranigacha, tovush jo’rligini mikrofon kirishidan televizor karnayigacha uzatish texnik vositalarining kompleksi. " (Eshittirish televideniyesining) trakti zvenosi|"Eshittirish televideniyesi traktining mustaqil funksional vazifaga ega bo‘lgan qismi. " Eshittirish televideniyesining dasturiy paketi|"Televizion dastur fragmentlarining majmui. " Eshittirish televideniyesining raqamli trakti|"Mos ravishda raqamli televizion signal manbaining chiqishidan raqamli televizor yoki raqamli televizion qo‘shimcha moslama kirishigacha raqamli televizion videosignallar, tovush signallari va xizmatga oid ma’lumotlarni shakllantirish, uzatish hamda qabul qilish uchun mo‘ljallangan texnik vositalar kompleksi. " (Eshittirish uzatgichi bilan) qamrab olish zonasi|"Radioeshittirish uzatgichlari eshittirishlarini qabul qilish, uy qabul qilgichlariga (priyemniklariga) mo‘ljallangan muayyan texnik shartlarga muvofiq, kelishilgan normalangan xarakteristikalar asosida bajariladigan zona. " (Eshittirish uzatgichi bilan) qamrab olish|"Uzatgich qamrab oladigan zona o‘lchami yoki uning ichidagi aholining soni. " (Eshittirishda) efir nazorati|"Eshittirish dasturini uni eshittirish uzatgichi orqali bevosita qabul qilishdagi nazorat. «Eslatib turuvchi» ing. - reminder ru – «напоминалка» Dastur yoki tizim tomonidan foydalanuvchiga bir narsani eslatib turish xarakteriga ega bo‘lgan xabar. " Estafeta halqasi|"Halqa topologiyasiga mo‘ljallangan lokal kompyuter tarmog‘ining turi. IBM firmasi tomonidan 1986-yilda ishlab chiqilgan. Ma’lumotlar uzatish tezligi 16 Mbyte/s ga yetadi. " Estafeta rejimi|"Bitta yetakchi va bir nechta bo‘ysunuvchi stansiyaga ega bo‘lgan liniyada ma’lumotlarni ketma-ket uzatish rejimi. Izoh − Odatda, halqasimon strukturali tarmoqlarda tashkil etiladi. " Estafetali uzatish|"Mobil stansiyani, tarmoq bo‘ylab harakatlanishi jarayonida, bir tayanch stansiyadan boshqasiga ko‘chirib ulash. " Etalon test|"Kompyuter, tizim yoki aniq dasturiy ta’minotning ish unumdorligini baholovchi test dasturi yoki paket. " Etalon videonazorat qurilmasi|"Uzatish sifatini subyektiv baholash uchun xizmat qiladigan, shartlangan ish sifatiga ega televizion tiklash qurilmasi. " Evolyutsion hisoblashlar|"Optimal yechim topish uchun evolyutsiya nazariyasi prinsiplari qo‘llaniladigan hisoblashlar usullari turkumi. Unga, jumladan, genetik dasturlash, kompyuter ilovalar va robot texnikasi qurilmalarining avtonom va adaptiv holati kiradi. " Evristik|"O‘rganish talab etiladigan ko‘plab yechimlarga ega jarayon yoki dastur. Muammoni tajriba yo‘li bilan, xatolar va tekshirishlar usuli bilan hal qilish. Dasturlashda hissiy bilish (intuitsiya) va taxminlarga, shuningdek, odam tomonidan, muayyan turdagi amaliy vazifalarni hal qilishda tajriba to‘plana borgan sari egallangan bilimlarga asoslangan evristik yondashuvdan ko‘p foydalaniladi. Ekspert tizimlarda qo‘llaniladi. " E’lon qilinmagan|"Xotira ajratilmagan, lekin dasturga murojaat qilinayotgan o‘zgaruvchi. Bajarish vaqtida, xatolarga olib kelishi mumkin, shuning uchun ham, kompilyator e’lon qilinmagan o‘zgaruvchilarni qo‘llashga yo‘l qo‘ymaydi. Dasturlashning zamonaviy dinamik tili bunday muammodan xoli bo‘lib, ulardagi o‘zgaruvchi birinchi murojaat vaqtida aniqlanadi. " E’lon, tavsif|"Dasturning, kompilyator yoki interpretatorni muayyan o‘zgaruvchi, konstanta yoki obyektning turi, o‘lchami va/yoki qiymati to‘g‘risida xabardor qiladigan taklifi. " E’lonlar taxtasi|"TDMA har bir kadrida birinchi bo‘lib uzatiladigan va kadrda vaqt intervalining taqsimlanish jadvalini saqlovchi paket. F " Fag|"Mualliflashtirilmagan tarzda boshqa dasturlarni yoki MB ni o‘zgartiradigan dastur. " Faks|"Faksimil xabarlar, hujjatlarni kommutatsiya liniyalari (odatda, telefon liniyalari) orqali masofaga uzatish hamda masofadan qabul qilish qurilmasi. " Faks-modem|"Faksimil xabarlarni qabul qilish imkoniga ega bo‘lgan kompyuterning dial-up-modemi. Faks-dastur bilan (masalan, Venta Fax and Voice) kompyuter faks funksiyalarini bajarishi mumkin bo‘ladi. " Faks-server|"Bitta yoki bir nechta faks-modem orqali lokal tarmoq foydalanuvchilarining kiruvchi va chiquvchi faksimil xabarlari oqimini markazlashtirilgan tarzda boshqaradigan server. " Faksimil xabarlarni uzatish|"Telefon tarmog‘iga ulangan telefakslar o‘rtasida hujjatlar uzatilushini tashkil qilish. " Faktik (aniq) parametr|"Protsedura, makrokomanda yoki funksiyalar aniq chaqirilganda uzatiladigan argument. " Faktik (aniq) xotira|"Hisoblash tizimining, ma’lum bir xotira qurilmasi amalga oshiradigan tashqi yoki tezkor xotirasi. " Falsh-pol|"Olinadigan va o‘zaro to‘la almashinadigan panellardan iborat pol qoplami tizimi. Panellar ularning ostidagi bo‘shliqqa kira olishni ta’minlaydigan maxsus tagliklar yoki to‘sinlar (yoki unisi ham, bunisi ham) yordamida tutib turiladi. " Faoliyatni ro‘yxatdan o‘tkazish|"Foydalanuvchi subyekt yoki g‘araz niyatli shaxsning tizimdagi xatti-harakatlarini kuzatish. " Faoliyatsizlik|"Windows operatsion tizimining holati, bunda shaxsiy kompyuterning asosiy tizimlari aktiv bo‘lmagan rejimga o‘tadi va undan chiqqandan so‘ng ishni davom ettiradi. " Aktivlashtirish kaliti|"Himoyalangan litsenziyali dasturiy ta’minotni ishga tushirishni ta’minlaydigan maxsus kod. Odatda, tasodifiy son va harflar birikmasidan, foydalanuvchi to‘g‘risidagi xeshlash ma’lumotlaridan iborat bo‘ladi. " Aktivlashtirmoq|"Ishchi holatga qaytarish. Izoh ‒ Odatda hisobga olish yozuvlari, xizmatlar yoki dasturlarning qismlariga taalluqli. Internet-saytlarda ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, foydalanuvchidan ro‘yxatdan o‘tganlikni tasdiqlashni talab qiladigan harakat (odatda ro‘yxatga olish jarayonini tugatish uchun havola bo‘yicha o‘tish). " Aktivlik koeffitsiyenti|"Aloqa kanali orqali, maʼlum hajmdagi axborotni berilgan yo‘nalishda uzatish uchun zarur bo‘lgan vaqtning aloqa kanalini umumiy band qilish vaqtiga nisbati. Kanallari kommutatsiyalanadigan maʼlumotlar uzatish tarmoqlarida aktivlik koeffitsiyenti odatda 1 ga teng. Nutqni uzatishda bu ko‘rsatgich 0,4 gacha pasayadi, chunki bunda ikkita abonent so‘zlashganda pauzalar hisobga olinadi. Paketlar kommutatsiyalanadigan tarmoqlardagi asimmetrik trafik holida esa, aktivlik koeffitsiyenti «pastga» liniyasida 0,0015 ni, «yuqoriga» liniyasida esa 0,0028 ni tashkil qiladi. " Faqat yozish (DWD-WO)|"Ma’lumotlardan tez foydalanadigan va faqat bir marta yozish mumkin bo‘lgan DVD-disk. " Faqat o‘qish|"Faylning, uni o‘zgartirishdan yoki chiqarib tashlashdan himoya qiladigan atributi. " Faqat shifrmatn bo‘yicha qilinadigan hujum|"Analitik hujum, bunda kriptoanalitik faqat shifrmatnga ega bo‘ladi. " Faraz|"Rejalashtirish jarayonidagi, dalilsiz yoki ko‘rsatmasdan turib chin, haqiqiy yoki muayyan deb hisoblanadigan omil. " Farmoyish|"Rahbariyat, asosan kollegial organ tomonidan, operativ masalalarni hal qilish maqsadida tayyorlanadigan huquqiy hujjat; odatda, cheklangan amal qilish muddatiga ega bo‘ladi hamda mansabdor shaxs va fuqarolarning tor doirasiga taalluqli bo‘ladi. " Fatal xato|"Apparatura, operatsion tizim yoki ilova xatosi. Ilovaning bajarilish yoki butun tizimning bundan keyin ishlash imkoniyatini yo‘qqa chiqaradi. " Fayl|"Kompyuter tizimida umumiy nom bilan saqlanadigan yozuvlar yoki boshqa maʼlumotlar majmui. Barcha fayllar majmui ikkita katta turkumga bo‘linadi – dastur fayllari (bajariladigan fayllar) va ma’lumotlar fayllari (bajarilmaydigan fayllar). Saqlanadigan ma’lumotlarning turiga ko‘ra, fayllar matn, grafik, ikkili, komanda, ma’lumotlar bazasi fayllari, video va audiofayllarga bo‘linadi. " Fayl atributi|"Fayl tizimi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan, fayllar bilan ishlashni tartibga solish imkonini beradigan belgi. Turli operatsion tizimlarda fayllar turli atributlar to‘plamiga ega bo‘ladi. " Fayl egasi|"Fayl yoki katalogni yaratuvchi (jismoniy) shaxs. " Fayl formati|"Ma’lumotlarni faylda saqlash tuzilmasi. Standart formatlar, xususan, grafik fayllar formatlarining to‘plami mavjud. Fayl formatini odatda fayl nomi kengaytmasi ko‘rsatadi. " Fayl nomi|"Elektron, magnit yoki optik tashuvchida saqlanganda, faylga beriladigan nom. Fayllar nomlarini yozish qoidalari foydalaniladigan operatsion tizimga bog‘liq. " Fayl nomi andozasi|"Fayl nomining namunasi. * turidagi simvol, fayl nomi shablonida bitta shablonning fayllar guruhini qidirib topish uchun xizmat qiladi. " Fayl nomini kengaytirish|"Ajratgich nuqtadan keyin faylning turi yoki uning formatini identifikatsiya qiladigan faylning nomi joylashadigan, muayyan simvollar to‘plami. Masalan, «.txt» ‒ matnli fayl, «.bmp» ‒ fayl-rasm, «.gif», «.jpg» ‒ ham fayl-rasm, lekin ular boshqa formatda. " Fayl «qurtlari»|"Kompyuter tarmog‘i uzellari bo‘ylab ko‘payadigan kompyuter viruslari turlaridan biri. Zararli dasturni o‘z ichiga oladi. Bu viruslar, foydalanuvchi uni ishga tushirib yuboradi degan umidda, uning eʼtiborini tortadigan nomlar ostida (masalan, Game.exe, install.exe va b.lar) o‘zining nusxalarini yaratadi. " Fayl sarlavhasi|"Faylning boshlang‘ich qismi, unda uning atributlari saqlanadi. " Fayl serveri|"1. Diskli to‘plagichlari bo‘lgan, tarmoqqa ulangan va tarmoq foydalanuvchilari uchun, unda saqlanadigan ma’lumotlar va ilovalardan foydalanish imkoniyatini ta’minlaydigan markaziy kompyuter. 2. Barcha tarmoq xizmatlarining manbai – elektron pochta bo‘ylab (orqali) abonentlarning so‘rovlarini oladigan, agar talab etilsa, ayni shu yo‘l bilan, ularning bajarilish natijalarini qaytaradigan maxsus dastur. Dasturlar, ma’lumotlar va boshqa axborot bo‘lgan, doimiy ravishda to‘ldirilib boriladigan katta arxivni o‘zida ifodalaydi. Asosiy funksiyasi elektron pochta vositalari orqli axborot taqdim etish. " Fayl taqsimoti|"Ko‘p foydalanuvchili operatsion tizimlarda bitta fayldan bir vaqtning o‘zida bir nechta foydalanuvchining foydalanish imkoniyati. Atribut faylga tizim administratori tomonidan beriladi. " Fayl tizimi|"1. Operatsion tizimning bir qismi bo‘lib, diskdagi katalog va fayllar boshqarilishini ta’minlaydi. 2. Operatsion tizimda fayllarni nomlash, saqlash va joylashni belgilovchi umumiy tuzilma. NTFS, FAT va FAT32 tizimlari fayl tizimlarining har xil turlari bo‘lib hisoblanadi. " Fayl turi|"Fayl mazmuni yoki hajmini tavsiflash. Fayl turli fayl nomidan keyin uning kengaytmasi sifatida yoziladi. " Fayl viruslari|"O‘z kodini dastur fayliga yoki makrokomandalar bo‘lgan hujjatga yozadigan viruslar. Dasturni ishga tushirishda (yoki hujjatni tahrir qilish uchun yuklashda) viruslar boshqaruvga ega bo‘ladi. Izoh – Zararlash usuliga ko‘ra, fayl viruslari qayta yozadigan, parazit, zveno viruslar, qurt viruslar, kompanon viruslarga, shuningdek, dasturlarning dastlabki matnini va dasturiy ta’minot komponentlarini zararlovchi viruslarga ajratiladi. " Fayl o‘zgartirilgan sana va vaqt|"Fayl ko‘rsatgichidagi sarlavhada, uni yaratish yoki oxirgi o‘zgartirish sanasi hamda vaqtini avtomatik tarzda qayd etish. " Faylga kira olish|"Faylni ko‘rib chiqish, o‘zgartirish, almashtirish yoki o‘chirib tashlash, shuningdek, uning atributlarini ko‘rib chiqish va ularni manipulyatsiya qilish. " Faylga chop etish|"Ma’lumotlarni (tasvir va sh.k.) qog‘ozga emas, balki faylga chop etish imkoniyati. " Fayllar dispetcheri|"Windows3x da fayllar bilan ishlash uchun mo‘ljallangan tizim dasturi. " Fayllar joylashishining kengaytirilgan jadvali|"Asosan, flesh-to‘plagichlar uchun mo‘ljallangan propriyetar fayl tizimi. Birinchi marta Microsoft firmasi tomonidan Windows Embedded CE 6.0.da o‘rnatilgan qurilmalar uchun taqdim etilgan. " Fayllar joylashishining virtual jadvali, virtual FAT|"Windows 95 da qo‘llanuvchi fayl tizimi. Birinchi marotaba Windows for Workgroups 3.11 uchun paydo bo‘lgan. Faylga oxirgi murojaat vaqtini saqlab qolish va uzun (255 simvolgacha) fayl nomlarini ishlatish imkonini beradi. " Fayllar katalogi|"Disk xotirasini fayllar va boshqa kataloglar saqlanishi mumkin bo‘lgan qismlarga mantiqiy bo‘lish. Kataloglar majmui o‘zak katalogli kataloglar daraxtini hosil qiladi. Har bir katalogda boshqa kataloglar va fayllar bo‘lishi mumkin. Har bir katalog foydalanuvchi tomonidan beriladigan nomga ega; o‘zak katalog diskli operatsion tizimda «/» (teskari slesh) standart nomga ega. Disk egasining o‘zi kataloglar daraxtini tuzishi mumkin, xususan, bu faqat, barcha fayllarni ichiga oladigan o‘zak katalog bo‘lishi mumkin. " Fayllarni ajratgich|"Joylashtirilgan papkalarni bir-biridan farqlash uchun bo‘luvchi sifatida ishlatiladigan simvol. Zamonaviy operatsion tizimlarida odatda ortga teskari egri chiziqcha ishlatiladi. " Fayllarni almashish dasturi|"Foydalanuvchilarga PtP protokoli orqali ma’lumotlarni almashish imkonini beradigan dastur. Bunda fayllar markazlashgan serverda emas, balki tarmoqdagi foydalanuvchilar kompyuterida saqlanadi. " Fayllarni boshqarish|"Faylni yaratish, saqlash, o‘zgartirish va o‘chirishdan iborat barcha protseduralar. Fayllarni boshqarish operatsion tizim vositalari, shuningdek, maxsus dasturlar – fayl menejerlari yordamida ham olib boriladi. " Fayllarni havola bilan joylashtirish|"Har bir fayl diskli bloklarning bog‘langan ro‘yxati ko‘rinishida taqdim etiladigan joylashtirish usuli. " Fayllarni joylashtirish jadvali|"MS-DOS va Windows oilasidagi boshqa operatsion tizimlarda fayllarni tartibga solish va boshqarish uchun qo‘llaniladigan fayllar tizimi. FAT o‘zida FAT yoki FAT32 uchun tomlarni formatlashda Windows da tuziladigan ma’lumotlar tuzilmasini ifodalaydi. Windows jadvalda fayllarning joylashishi, har bir fayl to‘g‘risidagi ma’lumotlarni saqlaydi va kerakli faylni olish zarurati tug‘ilganda, joriy jadvaldan foydalaniladi. " Fayllarni qo‘shish|"Ikki yoki undan ortiq fayl ichidagini birlash-tirish operatsiyasi. " Fayllarni sinxronlash|"1. Aloqa buzilganda fayllarni jo‘natish texnologiyasi. Aloqa tiklangandan so‘ng, faylning qanday qismi buzilishlarsiz qabul qilinganligi aniqlanadi va qolgan qismlarning jo‘natilishi amalga oshiriladi. 2. Fayl nusxalarini, o‘zgartirishlar kiritilganda, originalga mos keltirish. " Fayllarni uzatish|"Tarmoq muhitida, bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga fayllardan nusxa ko‘chirish. " Fayllarni uzatish protokoli|"IP-protokollari to‘plamiga kiradigan, TCP/IP tarmog‘i orqali ikkita turli xildagi mashinalar orqali fayllarni izlash va jo‘natishni ta’minlovchi mijoz-server protokoli. Internetda FTP-serverlar bilan ishlashda qo‘llaniladi. " Fayllarni uzatish protokolining demoni|"FTP-server funksiyalarini bajaruvchi Linux-dastur. Qoidaga ko‘ra, avtonom rejimda ishlaydi hamda kompyuterning 21- va 22-portiga manzillangan so‘rovlarni qabul qiladi. " Fayllarni uzatish va ularga kira olishni boshqarish|"Turli xil abonent tizimlari fayllarini bir xil shaklda boshqarishni ta’minlaydigan tarmoq xizmati. U ma’lumotlar bazasini boshqaruvchi bir amaliy jarayonni, boshqa bir uning fayllari bilan ishlovchi amaliy jarayon bilan o‘zaro aloqasini tashkil qilish uchun mo‘ljallangan. " Fayllarning asosiy jadvali|"NTFS fayl tizimi tomning tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni saqlaydigan relyatsion ma’lumotlar bazasi. " Fayllarning indekslangan joylashishi|"Joylashtirish usuli, bunda fayl bloklari uchun barcha ko‘rsatgichlar indeks blokiga birga to‘planadi. Fayl ma’lumotlari blokiga tayanadigan indeks jadvallardan foydlaniladi. " Fayllarning yaxlitligini aniqlash|"Tizimdagi juda muhim fayllarning o‘zgarishini tekshiradigan dasturiy ta’minot. " Fayllarning yonma-yon joylashishi|"Har bir fayl diskda yonma-yon bloklar to‘plamini egallaydigan joylashtirish usuli. " Faylli obyekt|"Fayl, qurilma, katalog, tom va sh.k. amalga oshirish kabi foydalanuvchi holatidagi ko‘rinadigan obyekt. " Faylni aniqlovchi|"Dastur fayl, dialog shakli, shuningdek, qurilma va oyna kabi obyektlarni identifikatsiya qilish va ulardan foydalana olish imkoniga ega bo‘lishida qo‘llaniladigan ixtiyoriy belgi. " Faylni arxivlash|"Ma’lumotlarning saqlanishini ta’minlash maqsadida, bir tashuvchidan boshqasiga faylning nusxasini ko‘chirish. " Faylni blokirovkalash|"Ko‘p vazifali tarmoq operatsion tizimlarida – ma’lumotlar yaxlitligini nazorat qilish usuli. Ikki dasturga bir vaqtda fayl ichidagini o‘zgartirish imkonini bermaydi: faylga yozish amali bajarilayotganda, undan boshqa dasturlardan yozish uchun foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. " Faylni boshqarish bloki|"Operatsion tizim muayyan faylni kiritish-chiqarish operatsiyalarini boshqaradigan tizim jadvali. " Faylni fragmentlash|"Berilgan faylni yozish uchun ajratilgan klasterlarni ketma-ket emas, balki qattiq yoki egiluvchan diskning turli joylarida (bo‘laklab) joylashtirish. Bunday vaziyat, ishlash jarayonida bo‘sh disk xotirasi puliga, diskdan chiqarib tashlangan klasterlar qaytganda yuzaga keladi. Fayllarning uzunligi turlicha bo‘lgani sababli, bo‘sh klasterlarning uzluksiz zanjiri yangi faylni yozish uchun yetmay qolishi mumkin, shunda u turli joylarda yoziladi. Fragmentlash sektorlarini izlash va ko‘p sonli disk kallaklarini joylashtirish operatsiyalari sababli, diskdan faylni o‘qish tezligini kamaytiradi. " Faylni konvertasiyalash|"Fayl ichidagi ma’lumotni, ma’lumotlarni saqlashning bir formatidan boshqa formatga o‘tkazish. " Faylni ko‘chirish (ko‘chirib o‘tkazish)|"Ma’lumotni disk fazosining boshqa joyiga yoki vositaga ko‘chirish. Bunda ma’lumot oldingi joyidan o‘chiriladi. " Faylni muhofaza qilish|"Faylga ruxsatsiz kirish, uni o‘zgartirish yoki o‘chirishning oldini olish maqsadida tegishli ma’muriy, texnik yoki fizik chora-tadbirlarni amalga oshirish. " Faylni nusxalash|"Axborotni takrorlash va uni hujjatning boshqa qismida, boshqa faylda, xotiraning boshqa sohasiga yoki boshqa muhitga qaytadan tiklash. " Faylni ochish|"Asosiy xotiraga uning sarlavhasini va kiritish-chiqarish operatsiyalarini bajarishdan oldin bitta yoki bir nechta qo‘shni blokni qo‘shish. " Faylni qayta nomlash|"Faylga yangi nom berish. " Faylni saqlash|"Yangi yaratilgan yoki o‘zgartirishlar kiritilgan faylni hotirada saqlash bilan bog‘liq harakat. " Faylni siqish|"Fayl yoki papkadan ortiqcha ma’lumotlarni chiqarib tashlash jarayoni. Fayllar va papkalar siqilganda, ularning hajmi kichrayadi. " Faylni tiklash|"Xatoliklar aniqlangandan so‘ng, faylning yaxlitligini tiklash jarayoni. " Faylni yopmoq|"Dasturning fayl bilan ishlashini tugallash operatsiyasi. Bu operatsiyani bajarishda fayl bilan bog‘langan barcha buferlar tashlab yuboriladi va amalga oshirilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risidagi axborot diskka kiritiladi. " Faylning mansubligi|"Ko‘p foydalaniladigan operatsion tizimlarda ‒ fayl yaratadigan foydalanuvchining nomini ko‘rsatadigan atribut. " Faylning yaratilish sanasi|"Ma’lum bir fayl yaratilgan kun, oy, yil. Bu sana fayl sarlavhasida saqlanadi, faylni to‘g‘rilashda joriy sanaga o‘zgartiriladi. Faylning yaratilish sanasini istalgan operatsion tizimda yoki qobiqda ko‘rish mumkin. " Faystel muvozanatlangan tarmog‘i|"Doimiy va o‘zgaradigan qismlari bir xil hajmga ega bo‘lgan tarmoq. " Faza|"Tebranma yoki to‘lqinli jarayonni tavsiflaydigan funksiyaning davriy o‘zgaradigan argumenti. " Faza buzilishlari|"Qandaydir qurilmaning, masalan, keng polosali kuchaytirgich kirishi va chiqishidagi signalning ayrim tashkil etuvchilari o‘rtasidagi fazaviy nisbatning buzilishi. " Faza bo‘yicha orqada qolish|"Chiqish signalining fazasi bo‘yicha kiruvchi taʼsirga yoki tayanch tebranishga nisbatan kechikish. " Faza-chastota xarakteristikasi (tasvir uzatgich)|"Tasvir uzatgichi chiqishidagi og‘ib o‘tuvchi tebranishlar fazasining kirishdagi videochastota o‘zgarib borgan sari, chiquvchi uchlardagi signalga bog‘liqligini aks ettiruvchi egri chiziq. " Fazalangan antenna panjarasi|"Nurlanish yo‘nalishi va/yoki tegishli yo‘nalganlik diagrammasining shakli nurlantiruvchi elementlardagi qo‘zg‘atish toklari yoki maydonlarining amplituda-fazaviy taqsimlanshi o‘zgarishi bilan tartibga solinadigan antenna panjarasi. " Fazalangan antenna panjarasining moduli|"Nurlantiruvchi element yoki nurlantiruvchi elementlarning guruhi va/yoki uning funksional elementlari konstruktiv birlashgan antenna panjarasining qismi hisoblanadigan qurilma. " Fazalash|"Biri odatda, etalon signal bo‘lgan ikkita signal o‘rtasida faza siljishini rostlash. Fazalar farqi nolga keltirilgan bo‘lsa, «fazalash» atamasi o‘rniga «sinxronlash» atamasi ishlatiladi. " Fazaning oʻzgarish koeffitsiyenti|"Tarqalish koeffitsiyentining mavhum qismi. " Fazaviy skanlanadigan antenna panjarasi|"Nurning elektr skanlanishi uning nurlantiruvchi elementlariga uzatiladigan radiosignallar fazasining o‘zgarishi bilan amalga oshiriladigan antenna panjarasi. " Fazaviy yo‘nalganlik diagrammasi|"Antennaning asosiy qutblanish maydoni fazasining bog‘liqligini aks ettiradigan antenna yo‘nalganlik diagrammasi. " Fazoviy kommutatsiya|"Telekommunikatsiyalar tarmoqlaridagi, kommutatsiya tarmog‘i fazoviy hamda vaqt kanallarini, ularning vaqt bo‘yicha o‘rinlarini o‘zgartirmas-dan bog‘lash orqali amalga oshiriladigan kommutatsiya. " Fazoviy tarqoq qabul|"Radiostansiyadagi bir-biridan tegishli masofalarda joylashgan bir nechta antenna va ular bilan bog‘liq qabul qilgichlar ishlatiladigan tarqoq qabul. Izoh – Odatda, to‘g‘ri ko‘rinishdagi radioreleli tizimlar uchun, troposferali radioreleli tizimlarda gorizontal bo‘yicha tarqoqlik ishlatilgan bir paytda, vertikal bo‘yicha tarqoqlik ishlatiladi. " Fazoviy to‘lqin (ionosferali to‘lqin)|"Ionosferadan bir martali yoki ko‘p martali qaytish natijasida sodir bo‘ladigan va joyning katta burchaklari ostida qabul qilish nuqtasiga keladigan radioto‘lqin. " Fazoviy yoyish|"Tinishlarga qarshi kurash usuli, bunda tarqoq signallarni qabul qilish/uzatish bir nechta antenna yordamida amalga oshiriladi. " Fazoviy chastota|"Signal parametrining (masalan, uzunligining) fazoviy koordinata bo‘ylab davriy o‘zgarish xarakteristikasi. " Femtouya|"Qoplash zonasi kichik bo‘lgan, xonalarda uyali aloqa bilan qoplanishni ta’minlash uchun mo‘ljallangan uya. " Ferrit antenna|"Ferrit sterjen ko‘rinishidagi o‘zagi bo‘lgan magnit antenna. " Ferroelektron tezkor xotira qurilmasi|"NEC korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan energiyaga bog‘liq bo‘lmagan yarimo‘tkazgichli xotira qurilmasi. " Fexner qonuni|"Hissiy sezish intensivligi qo‘zg‘alish intensivligi logarifmiga proporsional. Tajribada logarifmik munosabat saqlab turilmaydi, biroq, his qilish kamayishining umumiy prinsipi barcha hissiy taassurotni ifodalaydi. " Fider|"Elektr zanjiri va radiochastota signalining energiyasini radiouzatgichdan antennaga yoki antennadan radioqabulqilgichga yetkazadigan yordamchi qurilmalar (ulagichlar, ventillar, faza aylantirgichlar). " Fikr|"Rost yoki yolg‘on ekanligini deyarli har doim tasdiqlash mumkin bo‘lgan mantiqiy ifoda. " Fiksatsiya impulsi|"Videosignalning qayd etilishi kerak bo‘lgan qismini aniqlashda foydalaniladigan impuls. " Filtr|"Kiruvchi ma’lumotlarni standart kiritishdan oladigan, ularni aniq bir tartib bo‘yicha qayta ishlaydigan va standart chiqarishga yo‘naltiradigan dastur. Indekslash xizmatida – hujjatlarni indekslash uchun ulardan mazmuni, xossalari qiymatini ajratib oladigan dasturiy vosita. " Filtr-dasturlar|"Kompyuterning tezkor xotirasida rezident tarzda joylashgan va operatsion tizimga qilin-gan, viruslar ko‘payish va zarar yetkazish uchun foydalanadigan murojaatlarni tutib oladigan, shuningdek, ular to‘g‘risida foydalanuvchiga xabar beradigan dasturlar. " Filtr-diplekser|"Yon polosani bostirish filtri va juda yuqori chastota ajratish filtri funksiyalari birlashti-rilgan qurilma. " Filtrlar bloki|"Har biriga tegishli filtrlarning o‘tkazish polosasiga to‘g‘ri keladigan signal qismi tushuvchi, umumiy kirish hamda alohida chiqishga ega bo‘lgan polosali filtrlar guruhi. " Firibgarlik|"1. Efir vaqti uchun tegishli to‘lovlarsiz, masalan, yolg‘on ma’lumotlarni taqdim etish yo‘li bilan mobil aloqaning tarmog‘i resurslaridan foydalanish bilan bog‘liq har qanday noqonuniy harakat. 2. Foyda olish maqsadida lozim darajadagi to‘lovlarsiz telekommunikatsiyalar xizmatlaridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday noqonuniy ataylab qilingan harakatlar. " Firibgarlik orqali foydalana olish|"Uyali apparatlarning seriya raqamlarini qayta dasturlash yo‘li bilan uyali aloqa xizmatlaridan ruxsat etilmagan tarzda foydalanish. " Firibgarlikni aniqlaydigan tizim|"Ma’lumotlar bazasini tahlil qilish asosida telefon chaqiruvlarini (CDR) batafsil ro‘yxatga olish, firibgarlik holatlarini aniqlash imkonini beruvchi dastur. " Fishing|"1. Maqsadi foydalanuvchilarning konfidensial ma’lumotlari – loginlari va parollariga kirish hisoblanadigan Internet-firibgarlik turi. Izoh – Bunga mashhur brendlar nomidan elektron xatlarni ommaviy yuborish orqali, shuningdek, turli servislarning ichida shaxsiy xabarlar orqali erishiladi, masalan, bank nomidan yoki sotsial tarmoq ichida. 2. Ijtimoiy muhandislikning turli ko‘rinishlaridan biri, foydalanuvchilarning tarmoq xavfsizligi asoslarini bilmasligiga asoslangan: xususan, ko‘pchilik oddiy faktni bilmaydi: servislar o‘zining hisob ma’lumotlari, parol yoki boshqa xabarlarni berish to‘g‘risidagi xatlarni jo‘natmaydi. " Fizik blok|"Tashuvchida yozilgan ajralmaydigan ma’lumotlar bloki. Magnit disklarda u sektor deb ataladi. " Fizik daraja|"Ma’lumotlar bitlarini uzatish uchun aktiv-lashtirish va fizik ulanish usulini ta’minlaydigan OSI modelining quyi (birinchi) sathi. " Fizik foydalana olishni boshqarish|"Foydalana olishning boshqarilishini ta’minlaydigan fizik mexanizmlardan foydalanish. Izoh – Kompyuterni qulflanadigan xonada saqlash foydalana olishni fizik boshqarishga misol bo‘lib hisoblanadi. " Fizik kanal|"Abonentlar o‘rtasida axborot almashinuvi amalga oshiriladigan bog‘lovchi liniya. Eltuvchi chastota, o‘tkazish polosasi, modulyatsiyalash va kodlash, kanal intervali kabi parametrlar bilan tavsiflanadi. " Fizik manzil|"Xotiradagi xotirani boshqarish qurilmasini «ko‘radigan» va «tushunadigan» aniq manzil. " Fizik tahdid|"Shunday tahdidki, uning amalga oshirilishi oqibatida, butun tizimga fizik zarar yetkaziladi. " Fizik zanjir|"Telekommunikatsiyalar signallarini uzatish uchun yo‘naltiruvchi muhit hosil qiladigan metall simlar yoki optik tolalar. " Flesh-xotira|"Intel kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan yarimo‘tkazgichli xotiraning energiyaga bog‘liq bo‘lmagan turi. Flesh-xotira elektr usul bilan o‘chirilishi mumkin, bu uni kompyuterdan olmay turib qayta dasturlash imkonini beradi. Xotiraning bu turi alohida baytlar bilan emas, balki faqat bloklar bilan o‘chirib bo‘lishligi sababli, tezkor xotira qurilmasining asosiy komponenti sifatida yaroqsiz, biroq, flesh-xotiradan ko‘pincha RS-kartalarda, modemlarda va boshqa qurilmalarda, shuningdek, portativ kompyuterlarda qo‘shimcha xotira sifatida foydalaniladi. " Flops|"Kompyuter tezligining o‘lchov birligi; protsessor sekundiga bajaradigan siljiydigan nuqta (vergul) li operatsiyalar sonini bildiradi. " Floptik disk|"Egiluvchan optik diskka yozish texnologiyasi. Disk sirtini belgilash va o‘qish/yozish kallagini joylashtirish lazer yordamida amalga oshiriladi, axborotni yozishning o‘zi magnitli hisoblanadi. LS-120 diskovodlarida foydalaniladi. " Flud (toshqin)|"Keraksiz axborotlar oqimi. " Fluktuatsion televizion xalaqitlar|"Televizion tasvirda miltillaydigan, xaotik harakatlanadigan mayda nuqta va shtrixlar ko‘rinishida aks etadigan, uzluksiz spektrga ega xalaqitlar. " Fluktuatsion xalaqitning vazniy funksiyasi|"Televizion tasvirdagi fluktuatsion xalaqit ko‘rinarliligi-ning uning chastotasiga bog‘liqligi. " Fokus|"Ekrandagi piksel yoki piksellarning o‘ta ravshanligi. Dog‘ o‘lchami sifatida o‘lchanadi. " Fon bo‘limi|"Xotiraning, fonli dasturlar yuklanadigan sohasi (bo‘limi). " Fon jarayoni|"Asosiy harakatlar bilan bir vaqtda bajariladigan jarayon. " Fon operatsiyalari|"Dasturni bajarishda amalga oshiriladigan ikkilamchi jarayon. Masalan, matn redaktori ma’lumotlarni printerga, dasturdan tahrir qilish uchun foydalanilayotgan paytda yuborishi mumkin. Fon operatsiyalari uzilishlardan foydalanish hisobiga ishlashi mumkin. " Fon rejimidagi dastur|"Fon rejimida ishlaydigan dastur. Ayrim eskirgan tizimlarda bu vazifa protsessor asosiy vazifa bilan band bo‘lmagan vaqtda bajariladigan quyi ustuvorlikdagi vazifa hisoblanadi. " Fonli ishlash rejimi|"Obyektlar chiziladigan yoki ekranga chiqariladigan maydon (rang). Ba’zida aktiv oynadan tashqaridagi ekranning qismi shunday ataladi. Windows foydalanuvchisining grafik interfeysida qo‘llaniladigan fonli tasvir. " Fonli tasvir|"Grafik ma’lumotlarni chiqarish qurilmalari (printer, displey, proektor va h.k.) da taqdim etish shakli. " Fonohujjat|"Ovoz yozishning istalgan tizimida qayd etilgan ovozli axborotga ega hujjat. " Forjin|"Komission yig‘imlar va yangi birliklar shaklida mukofot olish imkoniyati bo‘lgan holda, egalik ulushini tasdiqlash asosida, blokcheynda turli kriptovalyutalarda yangi bloklar yaratish. " Fork|"Dasturiy loyihaning kodli bazasidan boshqasi uchun boshlanish sifatida foydalanish. Izoh – Bunda asosiy loyiha mavjudlikda davom etishi uchun ham, uni to‘xtatish ham mumkin. Tarmoqlangan loyiha asosiy loyiha bilan ichidagining bir qismi bilan almashinishi va tutib turishi, asosiy loyiha bilan qandaydir umumiylikka ega bo‘lmagan holda, mutlaqo boshqa xossalarni olish mumkin. " Formallashtirish|"Tadqiqot obyektini, mumkin qadar, bu obyekt har xil ma’noda talqin etilishi istisno qilinadigan ko‘rinishda ta’riflash jarayoni. " Format|"Saqlashda, tashqi qurilmalarga kiritishda/tashqi qurilmalardan chiqarishda yoki kompyuter tarmoqlari orqali yuborishda ma’lumotlarni joylashtirish va taqdim etish sxemasi. " Format (ekran formati)|"Teleekranning normal kesimi, ya’ni balandligining kengligiga bo‘lgan nisbati, u 3:4, 3:5, 9:16 ga teng. " Formatni o‘zgartirish|"Maʼlumotlarni bir formatdan boshqasiga, o‘zga tizim qabul qila oladigan formatga (odatda, maʼlumotlar eksportida va importida) o‘zgartirish. " Formatlash|"1. Ma’lumotlarni bosishga, monitor ekraniga chiqarish uchun tayyorlash operatsiyasi. 2. (Magnit) tashuvchini, unga ma’lumotlar yozishdan oldin belgilash operatsiyasi. 3. Diskni foydalanish uchun tayyorlash – axborotlarni joylashtirish va o‘qib olish tuzilmasi va usullarini o‘rnatish jarayoni. Xotiraning diskli fazosi – ma’lumotlar kolleksiyasi ‒ «bo‘limlar» orqali tashkil qilinib, ularning har biri operatsion tizimga shunday joylashtiriladiki, bunda ma’lumotlarni tartiblash, izlash va tiklash imkoni mavjud bo‘ladi. Foydalanilayotgan disk formatlansa, unda oldin mavjud bo‘lgan axborot o‘chiriladi. " Fosh etish|"Ilgari qo‘llanilgan muhofazani qisman yoki to‘liq olib tashlash operatsiyasi. " Fotodiod|"Yarimo‘tkazgichning ikki turi o‘rtasidagi yoki yarimo‘tkazgich va metall o‘rtasidagi p-n-o‘tishga ega bo‘lgan yarimo‘tkazgichli diod, unda bevosita o‘tish yaqinida yuz beradigan nurlanishning yutilishi fotogalvanik effektni keltirib chiqaradi. " Fotografiya sohasi ekspertlarining birlashgan guruhi|"Faylning hajmi kichik bo‘lishi va tez o‘tkazish imkoniyatiga egaligi bilan tavsiflanadigan, lekin dekodlash jarayoni sekin davom etadigan va tasvir detallarining yo‘qolishiga olib keladigan grafik tasvirlarni siqish usuli. " Fotohujjat|"Fotografiya usulida tayyorlangan tasviriy hujjat. " Foydalana olinadigan zaiflik|"Baholash obyektining ishlash muhitida fuksional xavfsizlik talablari buzilishi uchun ishlatiladigan, baholash obyektining zaif joyi. " Foydalana olinishi cheklangan axborot|"Davlat sirlari va konfidensial axborotdan iborat ma’lumotlarga ega bo‘lgan hujjatlashtirilgan axborot, ulardan foydalana olish qonun hujjatlariga muvofiq chegaralanadi. " Foydalana olish atributi|"Muhofaza obyekti bilan bog‘langan va shu obyektdan tizim subyektining foydalana olish huquqini belgilovchi axborot elementi. Berilgan ko‘plab qiymatlardan ahamiyatlisini qabul qilishi mumkin (odatda, «o‘qish», «yozish» va «bajarish»). " Foydalana olish darajasi|"1. Mantiqiy obyektga muhofaza qilingan resursdan foydalanish imkoniyatini olish uchun zarur bo‘lgan vakolatlar darajasi. Izoh – Berilgan xavfsizlik darajasidagi axborotdan yoki ma’lumotlardan foydalana olishga vakolatlar foydalana olish darajasi bo‘lishi mumkin. 2. Ma’lumotlarning kritikligini yoki subyektlarning ochiqligini identifikatsiya qilish uchun qo‘llaniladigan, xavfsizlik darajasi belgisining iyerarxik qismi. Erkin foydalanish darajasi noiyerarxik toifalar bilan birga xavfsizlik darajasini tashkil etadi. " Foydalana olish huquqi|"1. Qonuniy hujjatlar yoki axborot egasi, mulkdori tomonidan belgilangan, muhofaza qilinadigan axborotdan foydalanish qoidalarining majmui. 2. Resurs (fayl, printer) bilan bog‘liq qoida, undan kim, qanday foydalanishini aniqlab beradi. Asosan to‘rt xil darajadagi foydalana olish/kira olish huquqlari aniqlangan – foydalana olish/kira olish huquqi taqiqlangan, faqat o‘qish uchun, o‘zgartirish va to‘liq foydalana olish/kira olish huquqi. Tizim administratori yoki ushbu resurs egasi tomonidan o‘rnatiladi. " Foydalana olish huquqlarini taqdim etish|"Muayyan dasturlar va ma’lumotlardan foydalanishga ruxsat (sanksiya) berish. " Foydalana olish identifikatori|"Foydalana olish subyekti yoki obyektining noyob belgisi. " Foydalana olish kanali|"Foydalanuvchi uskunasi tayanch stansiya bilan aloqa o‘rnatish uchun foydalaniladigan, ko‘tariluvchi WCDMA kanal. Izoh – Foydalana olish kanalidan chiquvchi chaqiruvlar, qayd etish (ro‘yhatga olish) kabi qisqa signal xabarlar almashinishda foydalaniladi. " Foydalana olish/kira olish huquqlarining buzilishi|"Xotiraning taqiqlangan qismiga murojaat qilinganda ro‘y beradigan xatolik. Dasturlardagi xatoliklar hisobiga yuzaga keladi. " Foydalana olish/kira olish taqiqlangan|"Foydalanuvchilarning, foydalanuvchida (masalan, operatsion tizim fayllaridan yoki jarayonlardan) foydalana olish huquqi bo‘lmagan resurslarga murojaat qilishga urinishida, ma’lumotlarni «faqat o‘qish uchun» deb nomlangan fayllarga yozishga urinishda yuzaga keladigan holat. " Foydalana olish/kira olishni boshqarish tizimi|"Dasturiy-texnik vositalarning majmui, ular yordamida turli resurslardan erkin foydalanishni nazorat qilish va boshqarish vazifasi hal etiladi. Tizim erkin foydalanishga ruxsat berish yoki taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi hamda kirishlar, trevogalar, xavfsizlikning buzilish hollari to‘g‘risida jurnal yuritadi. " Foydalana olish/kirish|"1. Subyekt va obyekt o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning maxsus turi, uning natijasida ularning biridan ikkinchisiga o‘tuvchi axborot oqimi paydo bo‘ladi. 2. Ma’lum turdagi operatsiyalarni keyin-chalik bajarish uchun obyektning ochili-shiga so‘rov jarayoni. 3. Abonent, jarayon, qurilma tomonidan, tizimning tarmoq uchun umumiy resurslariga murojaat qilish protsedurasi. " Foydalana olish kodi|"Foydalanuvchini kompyuter tizimida identifikatsiyalaydigan simvollar va sonlar guruhi. " Foydalana olish markeri|"Jarayon bilan bog‘liq va uning operatsion tizim resurslaridan foydalana olishi uchun «ruxsatnomasi» hisoblanadigan, ma’lumot-lar tuzilmasi. Xususan, jarayonni ishga tushirgan foydalanuvchining barcha xavfsiz-lik identifikatorlarini o‘z ichiga oladi. " Foydalana olish matritsasi|"1. Erkin foydalanishni chegaralash huquqini aks ettiruvchi va tanlaydigan kirishning xu-susiyatlarini tasvirlash uchun mo‘ljallangan jadval. Tizim obyektiga ustun, subyektiga esa, satr mos keladigan matritsani o‘zida aks ettiradi. Matritsaning ustun va satrlari kesishgan joyda subyektning obyektdan erkin foydalanish huquqi ko‘rsatiladi. 2. Subyektlarning axborot resurslaridan erkin foydalanish qoidalarini aks ettiradigan jadval. 3. Jadval ko‘rinishida taqdim etilgan, ma’lumotlarning tizimli tuzilmasi. Jadvalning ustunlari tizimda mavjud bo‘lgan barcha resurslarning identifikatorlari bilan, satrlar esa tizimda qayd etilgan barcha foydalanuvchilarning identifikatorlari bilan belgilangan. Jadval har bir ustunining har bir satr bilan kesishish joyida tizim administratori tomonidan berilgan obyektdan erkin foydalanish turining muayyan foydalanuvchiga ruxsat etilgan maxsus ko‘rsatgichi qo‘yiladi. " Foydalana olish (murojaat qilish) vaqti|"Ma’lumotlarni kiritish-chiqarishga komanda berish payti bilan almashinishning boshlanish payti orasidagi vaqt intervali. " Foydalana olish niqobi|"1. Ayrim bitlari foydalana olishning har-xil turlariga mos keladigan ikkilik son. 2. Oldindan belgilangan huquqlar ro‘yxati, foydalanuvchi va foydalanuvchilar guruhiga andoza bo‘yicha beriladi. Linux operatsion tizimida standart foydalana olish/kira olish huquqi niqobi 755 ta foydalanuvchiga o‘qish, o‘zgartirish, fayllarni ishga tushirish huquqini beradi, qolgan foydalanuvchilar esa faqat o‘qish va fayllarni ishga tushirish huquqidan foydalanishlari mumkin. " Foydalana olish nuqtasi|"Simsiz yoki simli qurilmalarning simli tarmoqqa ulanishiga imkon beradigan qurilma yoki uskuna qismi. " Foydalana olish obyekti|"Tizimning axborot resursi birligi, undan foydalana olish erkin foydalanishni chegaralash qoidalari bilan tartibga solinadi. " Foydalana olish protokoli|"Toqnashuvlarning oldini olish maqsadida, ishchi stansiyalar tomonidan axborotni tarmoqning alohida segmentlari orqali uzatishda foydalaniladigan qoidalar yig‘indisi. " Foydalana olish qoidalari|"1. Muhofaza qilinadigan axborot va uning tashuvchilaridan foydalana olish tartibi va shartlarini qat’iy tartibga soladigan qoidalar majmui. 2. Doimiy texnik vositalardan foydalangan holda, subyektning axborot resursidan foydalana olishini amalga oshirish maqsadida o‘rnatilgan qoidalar. " Foydalana olish rejimi|"Foydalana olish rejimi protsessorning tizim resurslaridan foydalanishda imtiyozga egaligini belgilaydi. «Yadro» rejimida protsessor barcha xotira va komandalardan foydalanishi mumkin. " Foydalana olish ro‘yxati|"Resurslardan foydalana olish huquqlari bilan birgalikda resursdan foydalana olish ruxsatiga ega obyektlar ro‘yxati. " Foydalana olish serveri|"Ixtisoslashtirilgan elektron hisoblash mashinasi (kommunikatsiya protsessori) yoki tegishli kengaytirish platalari bilan jihozlangan va kommutatsiyalanadigan telefon kanallari orqali olisdagi foydalanuvchilarga tarmoq resurslaridan foydalana olish imkonini taqdim etadigan standart shaxsiy kompyuter. " Foydalana olish usuli|"Xotira qurilmalarida, fayllarda, ma’lumotlar bazalarida, tarmoqlarda ma’lumotlar saqlanishini va almashinuvini tashkil qilish usuli. To‘g‘ridan-to‘g‘ri, ketma-ket masofadan erkin foydalanish usullari bor. " Foydalana olish vaqtining samaradorligi|"Foydalana olish vaqtining sahifaga nisbatan matematik kutishi. " Foydalana olish yo‘li|"1. Faylning diskdagi o‘rnini belgilaydigan nomlar zanjiri. 2. Ba’zi operatsiyani bajarish uchun zarur bo‘lgan murojaatlar ketma-ketligi. 3. Ma’lumotlar elementlarining ketma-ketligi, ular ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi tomonidan yozuvlardan yoki ma’lumotlar bazasida saqlanadigan ma’lumotlarning boshqa elementlaridan erkin foydalanishda qo‘llaniladi. " Foydalana olish shlyuzi|"Foydalana olishning turli ko‘rinishlariga ega oxirgi foydalanuvchilarga KAT paketli uzatish uzeli bilan ulanish imkonini beruvchi blok. " Foydalana olishlik|"1. Ma’lumotlar yoki resurslarning, vakolatli mantiqiy obyektning so‘roviga ko‘ra, foydalana olish mumkin bo‘lgan va foydalanishga yaroqlilik xususiyati. 2. Maqbul vaqt ichida axborot tizimidan talab qilinadigan axborot xizmatini olish mumkinligi. 3. Axborot va uning tashuvchisining holati, unda foydalanuvchilar tomonidan ular uchun mo‘ljallangan axborotning hech qanday qarshiliksiz va o‘z vaqtida olinishi ta’minlanadi. " Foydalana olishni blokirovkalash (axborotdan)|"1. Axborotdan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar (qonuniy foydalanuvchilar)ning undan foydalanishini to‘xtatish yoki qiyinlashtirish. 2. Axborotdan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan subyektning axborotdan foydalanishida to‘sqinlik qiladigan sharoitlar yaratish. Izoh – Axborotdan foydalanishda to‘sqinlik qiladigan sharoitlar yaratish, foydalana olish vaqti bo‘yicha qayta ishlash funksiyalari (foydalana olish turlari) bo‘yicha va/yoki foydalanish mumkin bo‘lgan axborot resurslari bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. " Foydalana olishni boshqarish|"1. Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi resurslariga faqat vakolatga ega mantiqiy obyektlar va faqat ruxsat etilgan usul bilan murojaat qilish imkoniyatini ta’minlaydigan usullar. 2. Tizimning barcha resurslaridan (ma’lumotlar bazalari elementlari, dasturiy va texnik vositalari) foydalanishni tartibga solish bilan, axborotni muhofaza qilish usuli. 3. Biznes va xavfsizlik talablariga asoslangan, aktivlardan ruxsat etilgan va cheklangan tarzda foydalana olishni ta’minlash usullari. 4. Faqat ruxsat etilgan dasturlar, jarayonlar yoki boshqa tizimlarga (tarmoqdagi) tizim resurslaridan erkin foydalanishni cheklash jarayoni. " Foydalana olishni boshqarish kaliti|"Jarayon tomonidan ma’lumotlar bazasi boshqarish tizimiga beriladigan va ma’lumotlardan ruxsat etilmagan tarzda erkin foydalanishning oldini olish maqsadida, tegishli qiymat bilan solishtiriladigan qiymat. " Foydalana olishni boshqarish ro‘yxati|"Windows NT va Windows 2000 dagi xavfsizlik tizimi elementi. Foydalanuvchilar va ular guruhlarining resursdan (masalan, fayldan) erkin foydalanish huquqlarini belgilaydi. Tartiblashtirilgan ACE ro‘yxatidan iborat. Obyekt egasi o‘z xohishiga ko‘ra, obyekt ACL ni o‘zgartirishi mumkin. Tarmoq operatsion tizimi foydalana olishni boshqarish ro‘yxatidan umumiy tarmoq resurslaridan foydalanish huquqlarini belgilashda foydalanadi. " Foydalana olishni boshqarish siyosati|"Foydalana olish o‘z o‘rniga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan sharoitlarni belgilaydigan qoidalar to‘plami. " Foydalana olishni boshqarish tizimi|"Foydalana olishni jismoniy boshqarishning avtomatlashtirilgan vositalari. Izoh – Foydalana olishni boshqarish tizimida magnit polosali identifikatsion kartalardan, o‘qiydigan biometrik qurilmalardan, smart-kartalardan foydalaniladi. " Foydalana olishni boshqarish xizmati|"Subyektlarning faqat ruxsat etilgan yo‘l bilan foydalana olishini ta’minlaydigan usullar. " Foydalana olishni mantiqiy boshqarish|"Ma’lumotlar yoki axborotdan foydalana olish boshqarilishini ta’minlaydigan mexanizmlarning qo‘llanilishi. Izoh – Qoidaga ko‘ra, foydalana olishni mantiqiy boshqarishda paroldan foydalaniladi. " Foydalana olishni nazorat qilish|"Talab qilinadigan muhofaza qilish modeliga muvofiq, avtomatlashtirilgan tizim resurslaridan erkin foydalanishni cheklaydigan jarayon. " Foydalana olishni nazorat qilish yozuvi|"Windows NT va Windows 2000 xavfsizlik tizimida erkin foydalanishni boshqarish jadvalining elementi. Muayyan foydalanuvchi yoki foydalanuvchilar guruhi uchun audit va fayllar hamda boshqa obyektlardan foydalanish muhofaza qilinishini belgilaydi. " Foydalana olishni tekshirish|"Foydalanuvchining hisobga olish yozuvi to‘g‘risidagi ma’lumotni tekshirish. Subyektga so‘ralayotgan operatsiyani bajarish huquqini taqdim etish imkoniyatini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi. " Foydalana olishning o‘rtacha vaqti|"Sahifali tashkil qilishda xotiraga bo‘lgan murojaatlar sonining matematik kutish bahosi. " Foydalaniladigan maydon kuchlanganligi|"Maydon kuchlanganligining median qiymatlari minimal foydalaniladiganlardan past bo‘lmagan radiotelevizion stansiyaning xizmat ko‘rsatish zonasi chegaralarini rejalashtirishda qabul qilingan maydon kuchlanganligi. " Foydalanilayotgan parametrlarni nazorat qilish|"Tarmoqning barcha resurslaridan foydalanilayotganda, ortiqcha trafikni tarmoqqa o‘tkazmagan holda, o‘ta yuklanish paydo bo‘lishining oldini oladi. UPC ortiqcha trafikni chiqarib tashlash imkonini beruvchi CLP yacheykalari bitlarini o‘zgartiradi. " Foydalanish dasturi|"Ma’lumotlar, hisoblashlar va h.k.lar ustida qandaydir operatsiyalarni bajarishga mo‘ljallangan amaliy dasturiy ta’minot. " Foydalanish davri|"Foydalanish uchun ko‘rsatilgan huquqlar amal qiladigan vaqt intervali. " Foydalanish huquqini beradigan kalit|"Tarmoq o‘lchamlariga bog‘liq huquq kategoriyasi: uyalar soni kichik bo‘lgan (A); murakkab kommutatsiyali va lokal tarmoqlar bilan aloqaga ega bo‘lgan ofis (V); umumiy foydalanishdagi tarmoqlar bilan qo‘shilgan (S); GSM tarmoqlari bilan qo‘shilgan (D). " Foydalanish jarayoni|"Operatsion tizimda foydalanuvchi tomonidan ishga tushirilgan jarayon. " Foydalanish turi|"Foydalanish huquqida ko‘rsatilgan operatsiyalar turi. Izoh – Foydalanish huquqida quyidagi operatsiyalar ko‘rsatilishi mumkin: o‘qish, yozish, bajarish, to‘ldirish, modifikatsiya qilish, o‘chirish, yaratish. " Foydalanish vazifalari uchun xotirani taqsimlash|"Yuklanadigan foydalanish vazifasi uchun xotirani ajratish va uni har bir vazifa tugagandan so‘ng bo‘shatish. " Foydalanishga ruxsat|"Resurs (masalan, fayl, printer) bilan bog‘liq bo‘lgan, berilgan resursdan kim va qanday foydalanishi mumkinligini belgilovchi qoida. Foydalanishning to‘rt darajasini foydalanish taqiqlangan, faqat o‘qish uchun, takomillashtirish uchun va to‘la foydalanish aniqlash tipik hisoblanadi. " Foydalanishga ruxsat olish|"Kompyuter tizimida yoki tarmoqda, biron-bir dastur yoki qurilmalar resursidan foydalanishga ruxsat olish. Xotira yacheykasiga, registrga, ma’lumotlar bazasiga, fayllarga va b.larga o‘qish yoki ma’lumot yoza olish imkoni. Obyektning qandaydir operatsiyalarni bajara olishi uchun olinadigan ruxsat. " Foydalanishni majburiy nazorat qilish|"Qar.: Foydalanishni mandatli boshqarish. " Foydalanishni mandatli boshqarish|"1. Obyektlardan erkin foydalanishni boshqarish usuli obyektda mavjud bo‘lgan axborotning (maxsus belgilar bilan taqdim etilgan) maxfiylik yoki kritiklik darajasiga va berilgan kritiklik darajasidagi axborotdan erkin foydalanishda subyektning vakolatlari va huquqlarini rasman tekshirishga asoslangan. 2. Obyektlarda bo‘lgan axborot uchun konfidensiallik belgisini tayinlashga va subyektlarga shunday konfidensiallik darajasidagi axborotga murojaat qilishlari uchun rasmiy ruxsatlar berilishiga asoslangan subyektlarning obyektlardan foydalanishini chegaralash. " Foydalanishni chegaralash|"1. Tizim resurslaridan foydalanish tartibi, bunda subyektlar belgilangan qoidalarga qat’iy muvofiq holda obyektlardan foydalana oladilar. 2. Har bir foydalanuvchiga (foydalanish subyektiga) axborot resursidan erkin foydalanish, axborot bilan tanishish, uni hujjatlashtirish, o‘zgartirish va yo‘q qilish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish yuzasidan alohida huquqlar berish. Izoh – Foydalanishni chegaralash tematik belgiga ko‘ra qurilgan turli modellar yoki foydalanish ruxsat etilgan axborotning maxfiylik grifi bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. " Foydalanishni chegaralash qoidalari|"Foydalana olish subуektlarining foydalana olish obуektidan foydalana olish huquqlarini tartibga soluvchi qoidalar majmui. " Foydalanishni chegaralash qoidalarini buzuvchi|"1. Axborotdan ruxsatsiz foydalana olishni amalga oshiruvchi foydalana olish subyekti. 2. Shtat texnik vositalar yordamida axborot resursidan ruxsat etilmagan tarzda erkin foydalanadigan shaxs. " Foydalanishni chegaralash qoidalarini buzuvchining modeli|"Foydalanishni chegaralash qoidalarini buzuvchining abstrakt (formallashtirilgan yoki formallashtirilmagan) tavsifi. " Foydalanishni chegaralash rejimi|"Shaxslarning, oldindan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan qoidalarga muvofiq, hisoblash texnikasi vositalaridan, qayta ishlashda dasturdan foydalana olish tartibi. " Foydalanishni chegaralash tizimi|"Hisoblash texnikasi vositalari yoki avtomatlashtirilgan tizimlarda foydalanishni chegaralashni amalga oshiradigan qoidalar majmui. " Foydalanishni chegaralash vositasi|"Qabul qilingan modelga muvofiq, subyektlarning axborot resurslaridan foydalanishi chegaralanishini ta’minlovchi dasturiy-apparat vosita. Izoh – Foydalanish matritsasi va maxfiylik (konfidensiallik) belgisi erkin foydalanishni chegaralash vositalari hisoblanadi. " Foydalanishning qulayligi|"Tizimning, unda tayyorgarlik ko‘rmagan foydalanuvchi ishi yengillik darajasini tavsiflash xususiyati. " Foydalanuvchi|"Baholash obуekti bilan birgalikda ishlaydigan, baholash obуektidan tashqarida bo‘lgan har qanday mantiqiy obуekt (foydalanuvchi-odam yoki AT tashqi obуekti). " Foydalanuvchi agenti|"Foydalanuvchining nomidan ish ko‘radigan intellektual agent. Foydalanuvchini tizimda ifoda etuvchi, ochiq tizimlar o‘zaro ishlay olish modelining amaliy jarayoni. Foydalanuvchi nomidan xabarlar qabul qilishi, jo‘natishi, baʼzi hollarda esa, hatto tuzishi mumkin. Izoh – Bu toifaga elektron pochtani tekshirish va muhim xatlar kelganligi to‘g‘risida xabardor qilish, buyurtma qilingan yangiliklar hisobotlarini yig‘ish, mavzu bo‘yicha axborot izlash, veb-shakllarni avtomatik to‘ldirish vazifalarini bajarayotgan intellektual agentlar kiradi. " Foydalanuvchi dasturlashtiradigan mantiqiy integral sxema|"Loyihalashda yoki (ekspluatatsiya qilish sharoitlarida) foydalanuvchi tomonidan dasturlashtirilishi mumkin bo‘lgan mantiqiy integral sxema. " Foydalanuvchi deytagrammalari protokoli|"TSR/IP protokollari guruhiga kiradigan, bog‘lanish o‘rnatilmaydigan transport sathi protokoli. UDP – tasdiqlashlarsiz yoki yetkazish kafolatlanmagan holda, deytagrammalar almashinuvini ta’minlaydigan oddiy protokol, bunda xatolar qayta ishlanishini va uzatish takrorlanishini biror-bir boshqa protokol nazorat qilishi talab etiladi. " «Foydalanuvchi-foydalanuvchi» signalizatsiyasi|"ISDN foydalanuvchisiga boshqa ISDN foydalanuvchisi bilan signal kanali orqali cheklangan hajmdagi axborot almashinish imkonini taqdim etadigan qo‘shimcha xizmat; ushbu imkoniyat asosiy aloqa xizmatini shu (boshqa) foydalanuvchi bilan qo‘shib taqdim etiladi. " «Foydalanuvchi foydalanuvchiga» protokoli|"Ma’lumotlarni qabul qilish markazlashtirilgan serverdan emas, balki xuddi shunaqa foydalanuvchilarning kompyuterlari tomonidan amalga oshiriladigan protokol. Serverda turli kompyuterlarda fayllarning mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumot saqlanadi. eDonkey, Kazaa turidagi piring tarmoqlarida qo‘llaniladi. " Foydalanuvchi guruhi|"Foydalanuvchilarning qaysidir xususiyatlari (mezonlari) asosida guruhlarga birlashishi. Masalan, tizim administratorlari guruhi. " Foydalanuvchi identifikatori|"1. Foydalanuvchini identifikatsiya qilish uchun ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi-da foydalaniladigan tasvir yoki simvollar ketma-ketligi. 2. Barcha boshqa subyektlar (obyektlar) ning to‘liq ko‘pligi o‘rtasida identifikat-siya qilinuvchi subyekt (obyekt)ni bir xil ajratishga imkon beradigan xususiy belgi-lanish (nom, kod va sh.k.). 3. Alohida shaxsga yoki shaxslar guruhiga beriladigan hamda hisoblash tizimi resurs-laridan foydalanishga ruxsat beradigan ramziy nom. " Foydalanuvchi interfeysi|"Foydalanuvchining kompyuter tizimi bilan hamkorlik jarayonlarini belgilaydigan interfeys. Matnli, grafikli yoki ovozli bo‘lishi mumkin. " Foydalanuvchi interfeysining obyekti|"Voqealar bog‘langan funksiyalar ishlaydigan grafik interfeys obyekti. Masalan, tugmalar, matn maydoni va boshqalar. " Foydalanuvchi interfeysining oqimi|"Windows operatsion tizimidagi, foydalanuvchining grafik interfeysi to‘g‘risidagi axborotni qaytaruvchi ma’lumotlar oqimi. " Foydalanuvchi konteksti|"Aniq holat ta’rifi. Kontekstga bog‘liq xoda, atamalar har xil ma’noga ega. " Foydalanuvchi rasmi|"Foydalanuvchi hisob yozuvining, foydalanuvchining o‘zi tomonidan tanlangan rasm bilan ko‘rsatish turi. " Foydalanuvchi rejimi|"Protsessorning, amaliy dasturlarni bajarish uchun mo‘ljallangan, imtiyozli bo‘lmagan ishlash rejimi. " «Foydalanuvchi-Tarmoq» interfeysi|"Asosiy tezlikda «Foydalanuvchi-Tarmoq» interfeysi bilan o‘zaro ishlaydigan foydalanuvchining terminali orqali standartlashtirilgan to‘rt simli «Foydalanuvchi-Tarmoq» interfeysi (SQ etalon nuqta). " Foydalanuvchi tomonidan boshqariladigan qayta manzillash xizmati|"Foydalanuvchi tomonidan boshqariladigan qayta manzillash xizmati individual liniya tayinlanmagan abonentlar uchun amalga oshirilishi mumkin. Qayta manzillash xizmatlari uchun to‘lov ushbu xizmat aktivlashtirilganda generatsiyalanadi. Izoh – Bu xizmat faqat MGCP protokolining oxirgi (terminal) qurilmalari uchun yaratiladi. " Foydalanuvchi uchun xotira|"Xotira qurilmasining foydalanuvchi uchun ajratilgan qismi. " Foydalanuvchilar adresatsiyasi|"Internet-xizmatlar (elektron pochta, xosting va b.) foydalanuvchilariga, berilgan manzillarga maʼlumotlar qabul qilish yoki uzatish mumkin bo‘lishi uchun, manzillar berish protsedurasi. " Foydalanuvchilar huquqlarini muhofaza qilish|"Foydalanuvchilarning dasturlar va ma’lumotlardan to‘sqinliklarsiz hamda o‘z vaqtida foydalana olishlarini ta’minlashga va ulardagi axborotdan boshqa shaxslar foydalanishidan muhofaza qilishga qaratil-gan qoidalar, usullar hamda vositalar majmui. " Foydalanuvchilar paketlarining protokoli|"Foydalanuvchining deytagrammalar protokoli, UDP protokoli, TCP/IP protokollari oilasidan transport darajasidagi tarmoq protokoli. Alohida paketlar IP dan foydalanib uzatishning to‘g‘riligi va yetkazish kafolatini tekshirmasdan, lekin iloji boricha tezroq uzatiladi. Bunda paketlarning bir qismi yo‘qoladi, lekin, masalan, nutqni uzatishda ovoz uzilmaydi, bu uning aniqligini ta’minlashda muhim hisoblanadi. Ma’lumotlar uzatish transport protokoli RFC 768 da tavsiflangan. " Foydalanuvchilarni identifikatsiyalash-ning yagona axborot tizimi|"Yuridik va jismoniy shaxslar to‘liq identifikatsiya qilinishini, shuningdek, idoralararo elektron o‘zaro hamkorlikda mansabdor shaxslarning ma’lumotlar bazalari va axborot tizimlaridan ruxsat etilgan tarzda foydalana olishini ta’minlaydigan davlat axborot tizimi. " Foydalanuvchilarning standart interfeysi|"Turli dasturlar va operatsion tizimlarga qo‘yiladigan talablar majmui. Bunday dasturlarni shakllantirishda oldindan aniqlangan standart elementlardan foydalaniladi. Bu esa tajribasiz foydalanuvchilarga dasturdan foydalanishni osonlashtiradi. " Foydalanuvchilarning yopiq guruhi|"Foydalanuvchilarga, unga va undan foydalanish cheklangan guruhni tashkil etish imkonini beradigan qo‘shimcha xizmat. " Foydalanuvchini identifikatsiyalash|"Vakolatlarni – ma’lumotlardan erkin foydalanish huquqi va ulardan foydalanish tartibini aniqlash maqsadida, foydalanuvchilarni (familiya va parolga qarab) tanish. " Foydalanuvchini ro‘yxatga olish|"Kompyuter tizimiga (tarmog‘iga) kirishda foydalanuvchini identifikatsiyalаsh protsedurasi; kompyuter tizimidan foydalanishga ruxsat olish uchun qo‘llaniladigan ochiq hisobga olish nomi. " Foydalanuvchining grafik interfeysi|"1. Operatsion tizim ostida foydalanuvchining shaxsiy grafik interfeysini yaratish moslamasi. 2. Ma’lumotlarni vizuallashtirish imkonini beruvchi dastur. Misol: Windows, OS/2 Presentation Manager. " Foydalanuvchining hisobga olish yozuvi|"Lokal tarmoqlarda va ko‘p foydalanuvchili operatsion tizimlarda har bir foydalanuvchini va uning aktivligini qayd qiluvchi yozuv. Administratorlik qilish, taqsimlangan resurslarni ifodalash va ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash uchun xizmat qiladi. Kishining operatsion tizimga tegishliligini ifodalaydigan yozuv. " Foydalanuvchining huquqlari|"Ma’lum turdagi tizimga kirishni amalga oshirish imkoniyati va u yoki boshqa imtiyozlarning mavjudligi. " Foydalanuvchining ma’lumotlari|"OXFni bajarishga ta’sir etmaydigan foydalanuvchi uchun ma’lumotlar. " Foydalanuvchining nomi|"Foydalanuvchining tizimdagi hisobga olish yozuvini belgilaydigan noyob nom. Hisob yozuvidagi nom guruhdagi boshqa nom bilan yoki shu domen yoki ishchi guruhdagi foydalanuvchining nomi bilan mos kelmasligi kerak. " Foydalanuvchining paroli|"Foydalanuvchining har bir hisob yozuvida saqlanadigan maxfiy so‘z. Har bir foydalanuvchi, odatda takrorlanmaydigan maxfiy so‘zga ega bo‘ladi va uni tizimga kirish yoki serverga ulanishda ishlatadi. " Foydalanuvchining profili|"1. Odatda, erkin foydalanishni boshqarish uchun qo‘llaniladigan foydalanuvchining tavsifi. Izoh – Foydalanuvchining profili foydalanuvchining identifikatori, foydalanuv-chining nomi, parol, erkin foydalanish huquqi va boshqa atributlardan iborat bo‘lishi mumkin. 2. Foydalanuvchi faoliyatining namunasi foydalanuvchining faoliyatidagi o‘zgarishlarni aniqlash uchun qo‘llaniladi. " Foydalanuvchining tizimga kirishi|"Ekranning ro‘yxatga olish oynasi, foydalanuvchi uning yordamida kompyuterga kiradi va ish seansini boshlaydi. " Foydalanuvchining tizimga kirishi|"Ko‘p foydalanuvchili tizimga nisbatan foydalanuvchining jami huquqlari. Foydalanish uchun o‘z ismi, paroli, uy katalogi va h.k. mavjudligi nazarda tutiladi. " Foydalanuvchining shaxsiy identifikatori|"PIN-raqamiga o‘xshab qo‘lda kiritiladigan identifikator. " Foydali signal|"Texnik vositaning ishlab turishi uchun mo‘ljallangan elektromagnit signal. " Fragment|"Katta ma’lumotlar paketi yoki faylning qismi. Disk fayllarining fragmentlari qanchalik katta bo‘lsa, ularga kirish shunchalik sekin amalga oshadi. Shuning uchun davriy ravishda diskni defragmentatsiyalash dasturini ishga tushirib turish kerak. " Fragmentlash|"Bitta faylni bir nechta qismga (fragmentga) ajratish jarayoni. " Fraktal tasvir formati|"Tasvirlarning qattiq siqilgan fayllari formati Integrated Systems firmasi tomonidan taklif qilingan. " Frankirlash mashinasi|"Yozma xat-xabarlarga pochta aloqasi xizmatlari uchun haq to‘langanligini, ushbu xat-xabarlar qabul qilingan sanani va boshqa axborotni tasdiqlovchi tamg‘a izlarini tushirishga mo‘ljallangan mashina. " Freymlarni global ajratish|"Erkin freymlarni to‘plash barcha jarayonlar uchun umumiy bo‘lgan asosiy xotirada sahifalar freymlarini jarayonlarga ajratish, bir jarayon boshqasidan freym olishi mumkin. " Freymlarni lokal ajratish|"Asosiy xotirada, bo‘sh freymlarning to‘plami har bir jarayon uchun alohida ajratiladigan jarayonlarga sahifalar freymlarini ajratish. " Freymlarni proporsional ajratish|"Jarayonlarga xotiradagi jarayonlar o‘lchamiga proporsional bo‘lgan asosiy xotiradagi sahifalar freymlarini ajratish. " Freymlarni qayd etib ajratish|"Jarayonlarga asosiy xotiradagi sahifalar freymlarini yo bir xilda, yoki xotiradagi jarayonlar o‘lchamiga proporsional tarzda ajratish. " Freymlarni ustuvorlik bo‘yicha ajratish|"Jarayonlarga asosiy xotiradagi sahifalar freymini ajratish. Jarayonlarning ustuvorligiga muvofiq: sahifalarni almashtirishda quyi ustuvorlik jarayonining sahifasi joylashtiriladi. " Freymli namoyishlar tili|"80-yillarda yaratilgan dasturlash tili. Freym obyekt yoki hodisaning asosiy xossalarini o‘zida aks ettiradi. Freymning tuzilmasi xossalar ro‘yxati ko‘rinishida yozilib, freym slotlari deb nomlanadi. " Funksional arxitektura|"Funksional obyektlar va ular o‘rtasidagi KAT tuzilmasini tavsiflashda ishlatiladigan, etalon nuqtalar to‘plami. Bunday funksional obyektlar etalon nuqtalar bilan ajratilgan, shuning uchun, ular funksiyalar taqsimlanishini belgilaydi. Izoh – Funksional obyektlar etalon konfiguratsiyalarni tasvirlashda ishlatilishi mumkin. Bu etalon konfi-guratsiyalar, qanday etalon nuqtalar uskunani ishlatish doirasida va ma’muriy domenlar o‘rtasida ko‘rinishini aniqlab beradi. " Funksional blok|"Tizimdagi qurilma, qandaydir qurilmaning kichik tizimi yoki mikrosxemaning bir qismi, masalan, arifmetik-mantiqiy qurilma bloki, registr fayli va sh.k. " Funksional bog‘lanish|"Modulning faqat bitta vazifa bilan bog‘liq harakatlarni bajaradigan funksional xarakteristikasi. Izoh – Funksional bog‘langan modul bir turdagi kiruvchi ma’lumotlarni bir turdagi chiquvchi ma’lumotlarga o‘zgartiradi; bunday modullarga stekni boshqaradigan modul yoki navbatni boshqaradigan modul misol bo‘lib hisoblanadi. " Funksional dasturlash|"Dasturlash tilining barcha konstruksiyalari funksiyalar ko‘rinishida amalga oshiriladigan dasturlash uslubi. " Funksional dasturlash tili|"Deklarativ turdagi dasturlash tili. Funksional tur tilidagi dastur ma’lum funksiyalar majmui ko‘rinishida taqdim etiladi. Amalda barcha funksiyalar rekursiv. LISP va Logo funksional tillarning o‘ziga xos vakillaridir. " Funksional ishonchlilik|"Xavfsizlikning ba’zi mezonlarga, masalan, xavfsizlik siyosati bilan belgilanadigan mezonlarga mos kelishi xususiyati. " Funksional klavishlar|"Klaviaturadagi F1 dan F10 (ba’zan F12) gacha belgilangan va har bir dasturda maxsus belgilanishga ega bo‘lgan dasturlashtiriladigan klavishlar guruhi. " Funksional moslashuv (raqamli televideniyeda)|"Turli uzatish muhiti bo‘yicha ishlashga imkon beradigan raqamli televizion tizim xarakteristikasi. Izoh – Yer usti televizion eshittirishi kontekstidagi funksional moslashuvchanlik uzatishning muqobil muhitlari bo‘yicha kabelli, yo‘ldoshli, keng polosali tarmoqlar, videkassetalarni, shuningdek, mavjud analog televizion tizimlarga kinematografiya va video standartlarini o‘zgartirish, kompyuterlar va interaktiv tizimlar bilan o‘zaro aloqani o‘z ichiga oladi. " Funksional sxema|"Kompyuter tizimi funksional komponentlarining va ular o‘zaro aloqadorligining grafik taqdim etilishi. " Funksional testlash|"Ilovaning, dastur tuzilmasiga tegmasdan, belgilangan funksional talablarni bajarishini tekshirish. " Funksiya|"Dastur yoki tizim tomonidan hal qilinadigan masala yoki maqsad, shuningdek qandaydir qurilmaning vazifasi. Masalan, printerning funksiyasi ‒ bosib chiqarish, kompyuterning funksiyalaridan biri o‘qitish, matn redaktorining funksiyasi ‒ hujjatni tayyorlash va h.k. " Funksiya prototipi|"Ba’zi dasturlash tillarida ‒ dastur boshida funk-siyalar parametrlari va ularning turlari ro‘yxati bilan birgalikdagi, funksiyalar turlari va nomlarini e‘lon qilish. Bu translyatsiya qilish jarayonini soddalashtiradi. " Funksiyalar ustasi|"Foydalanuvchining grafik interfeysidagi interaktiv funksiya. Bosqichma-bosqich bajariladigan operatsiyani (masalan, dasturni o‘rnatish) ketma-ket o‘zgarib turadigan dialog oynalar yordamida bajarish. Baʼzida bu kabi interfeyslar druid, djin yoki assistent deb nomlanadi. Funksiyalar ustasi qurilgan tizim utiliti sifatida birinchi bor Microsoft Windows 95 operatsion tizimida foydalanilgan. " Funksiyaning o‘ta yuklanishi|"Dasturda, aynan bir nomga, biroq parametrlarning har xil turlariga va boshqarish qaytarilganda uzatiladigan qiymatlarga ega bir nechta protseduradan foydalanish. " Furye tez o‘zgartirishi|"Hisoblashlar hajmi kamaytirilgan Furye o‘zgartirishini hisoblash algoritmi. " Fеystel tarmog‘i|"Blokli shifrlar tuzish arxitekturasi. Bunda blokni shifrlashning butun jarayoni qadamlar (raundlar) ichida bajariladi. Ularning har birida blok o‘zgaradigan va o‘zgarmaydigan qismlarga ajratiladi. Shifrlash funksiyasi yordamida o‘zgarmaydigan qism va raund kalitidan, gammalash operatsiyasi vositasida o‘zgaradigan qismni modifikatsiyalashda foydalaniladigan modifikatsiyalovchi kod ishlab chiqiladi. " Fеystel shifri|"Takrorlanadigan blokli shifrning maxsus sinfi, unda shifr matn chetlab o‘tish funksiyasi qo‘llanishini takrorlash bilan ochiq matndan hisoblab chiqiladi. G " ...ga almashtirish|"Matnning bir fragmentini boshqasi bilan almashtirish. " Gabidulin kriptotizimi|"Rang (daraja) metrikasida xatolarni tuzatuvchi kodlarga asoslangan kriptotizim. " Gamma|"Qayta tiklash yarim ton xarakteristikasi nochiziqliligini ifodalaydigan televizion tizim kontrastliligining omili yoki koeffitsiyenti. " Gamma tuzatuvchi|"Televizion eshittirish gamma qiymatini nochiziqli element signali o‘tish zanjiriga kiritish orqali rostlash uchun mo‘ljallangan qurilma. " Gammalash|"Ochiq ma’lumotlarni shifrlash uchun ushbu ma’lumotlarga muayan qonun bo‘yicha shifr gammalarini qo‘yish jarayoni. " Gammalash shifri|"Ma’lumotlarni shifrlash uchun gammalash-dan foydalaniladigan oqimli shifr. " Gamma-testlash|"Dasturiy mahsulotni, uni tijoriy chiqarishdan oldin testlashning uchinchi bosqichi. Gamma-testlash bosqichida faqat hujjatlar va o‘ramgina so‘nggi ko‘rinishda bo‘lmaydi. " Gamma-tuzatish|"Elektron-nur trubkaga beriladigan kuchlanish va yorqinlik o‘rtasidagi noliniyaviy bog‘liqlik tufayli sodir bo‘lgan, elektron-nur trubkadagi rang yorqinligi buzilishini tuzatishga imkon beradigan mexanizm. " Gant diagrammasi|"Jarayonlarning nomini va ularni bajarishning vaqtinchalik diapazonlarini tasvirlaydigan, ayrim vaqt birliklarida ifodalangan, «vaqt chizig‘i» ko‘rinishidagi sxema. " Garmonikalar analizatori (spektr analizatori)|"Tebranishlar spektrini tadqiq qilish uchun mo‘ljallangan asbob. Garmonikalar analizatorining ishlash prinsipi berilgan tebranish joylashtirilishi mumkin bo‘lgan turli chastotalardagi garmonik tebranishlarni (tor polosali filtrlar yordamida) ajratishdan iborat. " Gauss chastotaviy manipulyatsiyasi|"Kirishida, kirish impulslari shakllarining Gauss qonuni asosida silliqlanishini ta’minlovchi past chastotali filtrga ega chastotaviy manipulyatsiya usuli, odatda, silliqlanish koeffitsenti 0,5 ga teng. Izoh − (DECT, Bluetooth tizimlarida foydalaniladi). " Gauss kanali|"Bir tekis oq shovqinli akslantirishsiz kanal. " Gaz-razryadli almashlab ulagich|"Tarmoqlangan o‘ta yuqori chastotali trakt-larni kommutatsiyalash uchun mo‘ljallan-gan, tashqaridan boshqariladigan gazli razryadlagich. Oddiy gazli razryadlagichdan farqli ravishda, gazrazryadli almashlab ulagich maydon o‘ta yuqori chastotasining quvvati oshib ketganda, o‘z-o‘zidan ishlab ketmasligi kerak, shu sababli, gaz bosimi mustaqil razryad uchun optimal bo‘lganga nisbatan, ko‘p karra kamaytirilishi yoki oshirilishi kerak. " Geksagonal yacheyka|"Qo‘shni uchastkalarni qoplamasdan yoki ayrim uchastkalarni qoldirib ketmasdan, xizmat ko‘rsatiladigan butun hududni qamrab olish imkonini beradigan yacheyka. " Gektometrli to‘lqinlar|"100 m dan 1000 m gacha bo‘lgan to‘lqin uzunliklari diapazoni (300 kHz dan 3000 kHz gacha bo‘lgan chastotalar diapazoni). " Generator|"O‘zining ishlash jarayonida nimadir yaratadigan dastur, masalan, ilovalar generatori, kod generatori va sh.k. " Geografik axborot tizimi|"Joy kartalari, planlar, sxemalar kabi makonga oid ma’lumotlarni kiritish, qayta ishlash, saqlash va aks ettirish bilan bog‘langan dasturiy tizimlar turkumi. " Geografik domen|"Geografik belgi bo‘yicha birlashtirilgan domen nomlari guruhi. " Geoinformatika|"Ilmiy, texnologik va ishlab chiqarish faoliyati. U amaliy yoki geoilmiy maqsad-larda ilmiy asoslash, loyihalash, yaratish, ekspluatatsiya qilish va geografik axborot tizimlaridan foydalanish, geoaxborot texnologiyalarni ishlab chiqish hamda amaliy jihatlar yoki GAT qo‘llanmalari bilan shug‘ullanadi. " Geoinformatsion tizim|"1. Matnli, jadval, illyustratsiyali va boshqa shakllarda kartografik ma’lumotlarni va ular bilan bog‘liq ma’lumotlarni saqlab turishga, qayta ishlash va berishga qaratilgan dasturiy, axborot va texnik vositalar kompleksi. 2. Fazoviy ma’lumotlarni to‘plash, saqlash, tahlil qilish va grafik vizuallashtirish uchun mo‘ljallangan tizim. Ushbu tizim raqamli kartalarni, shuningdek, obyektlar to‘g‘risidagi qo‘shimcha axborotni, masalan, bino balandligini, yashovchilarining manzili, sonini izlab topish, tahlil va tahrir qilish imkonini beradi. " Geomatika|"1. Axborot texnologiyalari, multimedia va telekommunikatsiya vositalaridan foydalanish yo‘nalishi. Maʼlumotlarni qayta ishlash, geotizimlarni tahlil qilish va avtomatlashtirilgan xaritaga olish mazkur ilmiy yo‘nalishning asosiy vazifasidir. 2. Geoinformatika yoki geoaxborotlashgan xaritaga olish atamalarining sinonimi sifatida ham ishlatiladigan atama. " Geometrik (koordinata) buzilishlarni tuzatish|"«Gorizontal bo‘yicha chiziqlilik» rostlagichi yordamida amalga oshiriladigan tuzatish. " Geosinxron yo‘ldosh|"Aylanish davri Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanish davriga teng bo‘lgan Yer yo‘ldoshi. " Geostatsionar yo‘ldosh|"To‘g‘ri va doiraviy orbitasi Yer ekvatori tekisligida yotadigan, shu tariqa Yerga nisbatan qo‘zg‘almas bo‘lgan geosinxron yo‘ldosh. Keng ma’noda –Yerga nisbatan taxminan qo‘zg‘almas bo‘lib qoluvchi yo‘ldosh. " Geostatsionar yo‘ldoshlar orbitasi|"To‘g‘ri va doiraviy orbitasi yer ekvatorining tekisligida joylashgan geosinxron yo‘ldosh orbitasi. " Gers dipoli|"O‘rtasiga yuqori chastotali tebranishlar manbai ulanadigan, oxiri yo‘g‘onlashgan to‘lqin uzunligiga nisbatan kichik uzunlikdagi sim kesmasi (bo‘lagi). " Gers vibratori|"G.Gers tomonidan konstruksiyalangan tebranish manbaini (tebranish rejimida) yoki yuklamani (qabul rejimida) o‘rtadagi uzilish bilan ulash uchun mo‘ljallangan metall shtir ko‘rinishidagi antenna. " Geterodin chastotasini ohista rostlash|"Konvertor geterodinining zavodda sozlanish noaniqligini yo‘qotish imkonini beradi. Amalda bu qabul qilinayotgan tasvir sifatini yaxshilaydi. Qo‘lda sozlashdan tashqari ayrim resiverlarda chastotani avtomatik sozlash imkoniyati ham mavjud. " Geterogen tarmoq|"Turli operatsion tizimlar, tarmoq kartalari o‘rnatilgan har xil kompyuterlardan iborat va/yoki turli tarmoq protokollaridan foydalaniladigan tarmoq. " Geteroxrom|"Turli nominal uzatish tezliklariga ega signallar. " Geytvey|"Qar.: Dorvey. " Gibrid differensial impuls kodli modulyatsiya|"Differensial impuls-kodli modulyatsiya (DIKM) va kodlashning boshqa usullarini o‘z ichiga oladigan manbani kodlash usuli. Izoh – DIKM va IKM kombinatsiyasi misol bo‘ladi, bunda sanoqning haqiqiy va taxmin qilingan qiymati o’rtasidagi farqning kvantlangan qiymatiga mos kela-digan kodli so‘zlar haqiqiy sanoqning kvantlangan qiymatiga mos keladigan kodli so‘zlar bilan oldindan belgilangan tartibga muvofiq almashinib keladi. " Gibrid ekran|"Maʼlumotlarni ham chiqarishni, ham kiritishni taʼminlovchi ekran. Gibrid ekran maxsus jarayonlarda masalan, dispetcherlar, sotuvchilar, bank xizmatchilari bajaradigan ixtisoslashgan jarayonlarda alohida katta ahamiyat kasb etadi. Texnologiyalar orasida quyidagi ikki tamoyil ko‘proq ishlatiladi. Sig‘imli tamoyilda, foydalanuvchining qo‘l barmog‘i ekranga chiqarilgan tasvir detallariga tegishi bilan maʼlumot kiritish yuz beradi. Buning uchun, suyuq kristalli indikatorning old va orqa tomonlaridan elektr o‘tkazuvchi qatlamli shisha plastinalar qo‘yiladi, yon tomonda esa elektrodlar joylashadi. Elektromagnit tamoyili maxsus pero ishlatishga asoslangan. Buning uchun, suyuq kristalli indikatorning orqa tomoniga sezgir panjara yoki magnit konturlari joylashtiriladi. Pero ekran qabul qilayotgan kuchlanishni induksiyalaydi. " Gibrid kabel|"Umumiy qobiq bilan o‘ralgan, har xil turdagi yoki toifadagi ikki yoki undan ortiq kabeldan iborat qurilma. Umumiy ekranga ega bo‘lishi mumkin. " Gibrid kodlash|"Harakatlanuvchi televizion tasvirlarni qayta ishlash uchun kadr ichida va kadrlararo kodlashni o‘z ichiga oladigan, videosignal raqamli oqimini siqish. Raqamli oqimni qisqartirish maqsadida kadr ichida va kadrlararo kodlashni o‘zida mujassamlashtirgan kodlash. " Gibrid kommunikatsiyalash|"Kanallar kommutatsiyasini va paketlar kommutatsiyasini taʼminlovchi kompleks transport xizmat ko‘rsatish turi. " Gibrid mikrosxema|"Sopol taglikka (asosga) o‘rnatilgan diskret komponentlar va har хil turdagi integral sxemalardan iborat mikrosxema. " Gibrid optik-tolali arxitektura|"Signallar ikki tomonlama asimmetrik uzatiladigan abonent foydalanish tarmog‘i arxi-tekturasi, 802.U. standarti doirasida ishlab chiqilgan. Unda optik-tolali kabellar, o‘ralgan juft, koaksial kabellar va raqamli uzatish usullari qo‘llanilishi mumkin. " Gibrid pochta|"Jo‘natuvchiga xabarlarni, telekommunikatsiyalar tarmog‘i orqali, keyinchalik adresatning pochta manziliga yetkazib berish imkoniyati bilan uzatish amalga oshiriladigan elektron pochta xizmati. " Gibrid pochta jo‘natmasi|"Jo‘natuvchidan fizik yoki elektron shaklda qabul qilinadigan,telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanib ishlov beriladigan, yozma xat-xabarlar jo‘natmaga o‘zgartiriladigan va oluvchiga fizik ko‘rinishda topshiriladigan xabar. " Gibrid tarmoq|"Turli xil kompyuterlarni birlashtiradigan lokal tarmoq. " Gibrid to‘lqin|"Elektr va magnit maydon vektorlari noldan farqli bo‘ylama tashkil etuvchilarga ega elektromagnit to‘lqin. " Gigabayt (Gbyte)|"Kompyuter tizimlari xotira sig‘imining o‘lchov birligi 230 yoki 1.073.741.824 byte ga teng. " Gigaflops|"Unumdorligi yuqori bo‘lgan protsessor yoki superkompyuterning ishlash tezligi birligi (vaqt birligi ichida siljuvchi nuqta bilan bajariladigan operatsiyalar soni). " Gilbert o‘zgartirgichi|"Chastotalarning keng polosasida signal fazalarining 90º ga siljishini ta’minlovchi qurilma. " Giperdiapazon (giperpolosa)|"Kabelli televizion eshittirishlar uchun ajratilgan, 230 MHz dan 470 MHz gacha bo‘lgan chastotalar diapazoni. " Giperhavola|"Faylga, faylning biror o‘rniga, Internet yoki intranetdagi HTML-sahifaga o‘tish imkonini beradigan rangli va ostiga chizilgan matn yoki rasm. Giperilovalar, shuningdek, yangiliklar guruhi va Gopher, Telnet va FTP dagi uzellarni ko‘rsatishi mumkin. " Giperkanallar|"Kabelli televideniye tarmoqlarida foydalaniladigan 300 MHz dan 470 MHz gacha bo‘lgan chastotalar polosasidagi chastota kanallari. " Giperkard|"Macintosh kompyuterida, 6-9 versiyalar MAC OS tizimida gipermedia ilovalar yaratish imkonini beradigan vizual dasturlash muhiti. Giperkardni, foydalanuvchiga qulay, interaktiv ko‘rinishda taklif etgan holda, matnlar, rasmlar, tovushlar, animatsiyani birga to‘plash imkonini beradigan «axborot tashkilotchisi» deb atash mumkin. " Giperkub|"1. Ko‘p protsessorli tizimda protsessorlarni birlashtirish usullaridan biri. 2. Uzellari ko‘p o‘lchamli kub grafasining cho‘qqisi hisoblanadigan tarmoq topologiyasi. " Gipermatn|"1. Boshqa hujjatlarga giperhavolalarni (ko‘rsatgichlarni) ichiga oladigan har qanday matn. Axborotni hujjatlar o‘rtasidagi bog‘lanishlar orqali taqdim etish usuli. 2. Matnlarda maxsus ko‘rsatgichlardan (giperhavolalardan) foydalangan holda, matn massivlarida berilgan mavzularni izlab topishni ta’minlaydigan texnologiya. " Gipermatn preprotsessori|"Veb-serverda HTML sahifalarni yaratish va ma’lumotlar bazalari bilan ishlash uchun yaratilgan dasturlash tili. Bugungi kunda ko‘plab xosting kompaniyalarida qo‘llab-quvvatlanadi. " Gipermatnli belgilash tili|"veb-brauzerning dizayn matnini loyihalash imkonini beradigan, maxsus simvollar (teglar)dan tarkib topgan, veb-hujjat matnini yozish tili. HTML tili shakllarni formatlash va qayta ishlash, shriftlarni boshqarish, ma’lumotlarni grafik ko‘rinishda uzatish, gipermatnli aloqalarni tashkil etish va Java appletlarni qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi. " Gipermatnli ishorat|"Qar.: Giperishorat. " Gipermatnni uzatish protokoli|"Gipermatnni uzatish uchun foydalaniladigan protokol. Protokolning asosiy vazifasi veb-server bilan aloqa oʻrnatish va HTML sahifalarini mijozning veb-brauzeriga yetkazilishini ta’minlash hisoblanadi. Protokol ishlashi uchun IP bogʻlanish orqali Internetga ulanish talab etiladi. veb-hujjat olinadigan kompyuter manzili oldidan http:// prefiksi qoʻyiladi. " Gipermedia|"Multimedia-axborotni tashkil qilish usuli. Bunda matndan tashqari, ma’lumotlarning boshqa turlariga (video, grafika, tovush) havolalar ta’minlanadi. " Giperoqimlilik|"Pentium 4 protsessorida amalga oshirilgan yangi texnologiyaning nomi. Bu texnologiyada protsessor registlari va bloklarining ishga solinmagan imkoniyatlaridan foydalaniladi, natijada protsessor unumdorligi 30 foizgacha oshadi. " Gipervizor|"Ayni bir xost-kompyuterda bir vaqtda bir qancha yoki ko‘plab operatsion tizimlar parallel bajarilishini ta’minlaydigan yoki bajarilishiga imkon yaratadigan dasturiy yoki apparat sxema. Gipervizor, shuningdek, operatsion tizimlarning bir-biridan izolyatsiya qilinishini, muhofazasini va xavfsizligini, ishga tushirilgan turli operatsion tizimlar o‘rtasida resurslar ajratilishini va bu resurslar boshqarilishini ham ta’minlaydi. Gipervizor qandaydir ma’noda minimal operatsion tizim (mikroyadro yoki nanoyadro) hisoblanadi. " Giromagnit chastota|"1. Lorens kuchi va markazdan qochma kuchlarning tengligi bilan aniqlanadigan, Yer magnit maydonining katta kuchlanishli liniyalari atrofida erkin elektronlarning aylanish chastotasi. 2. Doimiy bir jinsli magnit maydonda erkin zaryadlangan zarralarning aylanish chastotasi. " Giromagnitli rezonans|"Doimiy magnit maydonidagi elektronlarning aylantirish harakati hodisasi. " Gistogramma|"Ma’lumotlarning vaqt bo‘lagi davomida o‘zgarishini aks ettiradigan diagramma. Bu xil diagrammalar kattaliklarni ko‘rgazmali taqqoslash uchun juda qulay. Gistogrammada kategoriyalar o‘qi gorizontal bo‘ylab, qiymatlar o‘qi vertikal bo‘ylab joylashadi. O‘qlarning bunday joylashuvi qiymatlarning vaqt bo‘yicha o‘zgarish xarakterini ta’kidlaydi. " Global axborot infratuzilmasi|"Sifat jihatidan tamomila yangi axborot tuzilmasi. Uni dunyo hamjamiyatining bir qator rivojlangan davlatlari 1995-yildan boshlab shakllantira boshlashgan. Ularning niyatlariga ko‘ra, global axborot infratuzilmasi global va mintaqaviy axborot-kommunikatsion tarmoqlarining hamda raqamli televideniye va radio eshittirishlar, yo‘ldosh tizimlar va harakatlanuvchi aloqaning uyg‘unlashuvi asosida sayyoramizning aholisiga ommaviy xizmat ko‘rsatadigan umumjahon integrallashgan axborot tarmog‘idan iborat bo‘ladi. " Global axborot tizimi|"Internet tarmog‘ining maʼlumotlar bazalaridan axborot izlash bo‘yicha tarmoq xizmati. Global axborot tizimi ko‘p sonli maʼlumotlar bazalaridan axborot izlashni osonlashtirish uchun yaratilgan. Gopher tarmoq xizmatidan farqli, global axborot tizimi bilan ishlashda dastlab menyuni ko‘rib chiqish kerak emas. Izlashda so‘z kiritish kifoya. Shunda global axborot tizimi Internetdagi maʼlumotlar bazalarining nomlarini qarab chiqadi, natijada foydalanuvchi bu so‘z uchraydigan obyektlarning ro‘yxatini oladi. Muhimi shuki, har bir baza o‘zining axborot izlash usuliga ega. Global axborot tizimi esa bu usullarning barchasi bilan ishlay oladi va foydalanuvchiga yagona umumiy interfeys taqdim qiladi. " Global hisoblash tarmog‘i|"1. Turli davlatlar va qit’alarni qamrab oladigan katta hududga yoyilgan abonent tizimlarini birlashtiradi. Insoniyat va tashkilotlarning undan foydalana olish bo‘yicha axborot resurslarini birlashtirish muammosini xal qiladi. 2. Hududi jihatidan taqsimlangan tarmoq yoki ma’lumotlar uzatish tarmog‘i, ma’lum geografik hududni (region, mamlakat, qator mamlakatlarni) qamrab oluvchi va kommutatsiyalanadigan hamda ajratilgan liniyalar yoki maxsus aloqa kanallaridan foydalanib axborot uzatishni ta’minlaydigan tarmoq. " Global identifikator|"Ta’sir sohasi butun dastur bo‘lgan identifikator. " Global izlash|"Butun hujjat, ma’lumotlar bazasi yoki disk bo‘yicha izlash operatsiyasi. " Global manzil|"Tarmoqda ishlatiladigan manzil turlaridan biri. Global manzil maʼlumotlar bloki, xabar yoki signal barcha obyektlar uchun mo‘ljallanganini ko‘rsatadi. Tarmoqda global manzillar ishlatilganda, keng qamrovli eshittirish bajariladi. Shuningdek, tarmoqda guruhli manzil (maʼlumotlar bloki mo‘ljallangan obyektlar to‘plamini aniqlaydi) va noyob manzil (tarmoqda faqat bitta obyektni ajratadi) ishlatiladi. " Global manzillash|"Tarmoq elementlarining aniq joylashuvini oydinlashtirmay, marshrutizatorga ma’lum tarmoqni tanib olishga imkon beruvchi manzillash. Izoh − Global miqyosdagi manzillarning kiritilishi o‘zaro bog‘langan ko‘p sonli uzellar mavjudligida tarmoqlararo birgalikda ishlash protsedurasini soddalashtirish imkonini beradi. " Global mobil aloqa tizimi|"ETSI da mobil aloqaning maxsus ishchi guruhi Group Special Mobile (GSM nomining dastlabki talqini) tomonidan ishlab chiqilgan raqamli uyali aloqaning umumEvropa standarti. Izoh − GSM standartida ishlaydigan birinchi tijorat tarmog‘i 1992-yilda Germaniyada ishga tushirilgan. O‘shandan buyon standart uzluksiz takomillashib va rivojlanib bormoqda. Hozirgi paytda uning foydalaniladigan chastotalar diapazoni bilan farqlanuvchi to‘rtta versiyasi: GSM-900, GSM-1800 (DCS-1800), PCS-1900 va GSM-400 hamda uchta evolyutsion texnologiyasi: HSCSD, GPRS va EDGE tarqalgan bo‘lib, ular ma’lumotlar uzatish xizmatlarining joriy etilishi bilan bog‘liq. " Global nur|"Geostatsionar yo‘ldoshning Yer yuzasining butun ko‘rinadigan sirti qamrab olinishini ta’minlaydigan 17°x17° kenglikdagi antenna nuri. " Global nurga ega antenna|"Yo‘nalganlik diagrammasi Yer sathini qamrab oladigan retranslyator-yo‘ldosh antennasi. " Global o‘zgaruvchi|"Ta’sir sohasi dasturning barcha bloklari yoki modullari bo‘lgan o‘zgaruvchi (Java Script da aynan bir HTML hujjatning barcha ssenariylari) yoki yuqori sath blokida tavsiflangan o‘zgaruvchi. " Global optimallash|"Dasturni optimallash, sikllardan konstant ifodalarni chiqarish, hisoblashlar ketma-ketligini qayta tartibga solinishini ichiga oladi. " Global rouming|"Hududiy va tashkiliy cheklashlarsiz mobil abonent bilan aloqa o‘rnatish rejimi. " Global tarmoq|"Lokal va shahar hisoblash tarmoqlarini birlashtiruvchi tarmoq. Ma’lumotlarning mamlakat yoki butun dunyo miqyosida katta masofalarga uzatilishini ta’minlaydi. " Global telekommunikatsiyalar tarmog‘i|"Bir nechta mamlakat yoki qitʼa hududini qamrab oluvchi telekommunikatsiyalar tarmog‘i. " Global ulanish|"Internet tarmog‘ining maʼlumotlar bazalaridan foydalanishning gipermuhitini yaratuvchi tarmoq xizmati. CERNdagi Tim Berners-Li tomonidan ishlab chiqilgan. Uning asosiy g‘oyasi, cho‘qqilari hujjatlar bo‘lgan, hujjatlardagi so‘zlar va jumlalar ularning o‘zaro aloqasini aniqlaydigan katta grafni yaratishdadir. " Globallashuv|"Axborot texnologiyalari, mahsulotlari va tizimlarining butun dunyoga tarqalish jarayoni. U iqtisodiy va madaniy jihatlardan qaraganda uyg‘unlashuvga olib keladi. Bu jarayonning tarafdorlari bundan keyingi taraqqiyot imkoniyatlarini faqat global axborot jamiyatining rivojlanish sharoitlarida ko‘rishadi. Opponentlar globallashuvning milliy madaniy qadriyatlarga keltiradigan xatarlari to‘g‘risida ogohlantirishmoqda. " Globallashuv jarayoni|"Yagona, umumjahon axborot-moliya makonini yaratish. Izoh – Globallashuv yangi texnologiyalarsiz, birinchi navbatda, axborot texnologiyalarisiz mumkin emas va ko‘p jihatdan, innovatsion iqtisodiyotga tayanadi. " Gofrlangan to‘lqin o‘tkazgich|"Choklari bo‘lmagan, devorlari gofrlangan, egiluvchan to‘g‘ri burchakli to‘lqin o‘tkazgich. " Goley kodlari|"Xatolarni tuzatuvchi chiziqli blokli kodlar turkumi. Goley kodlari siklik kod sifatida ham ko‘rib chiqilishi mumkin. " Golografik televideniye|"Uch o‘lchamli obyekt illyuziyasini hosil qiluvchi uch o‘lchamli televideniye. Televideniye, bunda sahna tasviri kogerent manbadan kelayotgan yorug‘lik va shu manbaning o‘zidan kelayotgan, lekin sahnadan akslangan yorug‘lik o‘rtasidagi interferensiya natijasida hosil bo’ladi. " Golografiya|"Fan va texnikaning, tabiati turlicha bo‘lgan to‘lqin maydonlarni yozish va qayta ishlash uchun mo‘ljallangan qurilmalar va usullar yaratish, ularni o‘rganish bilan shug‘ullanadigan bo‘limi. " Gomogen tarmoq|"Yagona dasturiy platforma yoki bir turdagi kompyuterlar asosida qurilgan lokal tarmoq. " Gopp kodlari|"Turli kriptotizimlarda ishlatiladigan, xatolarni tuzatuvchi kodlar. Gopp kodlaridan foydalanish Gopp kodlarini dekodlashni qo‘lda amalga oshirish mumkinligiga asoslangan (Gopp kodlari «yashirinadigan») chiziqli blokli kodlarni dekodlash. NP to‘liq vazifa bo‘lib, uni bajarish juda qiyin. " Gorizont orti aloqasi|"Bevosita ko‘rinishdan tashqarida joylashgan stansiyalar o‘rtasidagi aloqa, bunda biror bir aktiv yoki passiv retronslyatorlar qo‘llanilmaydi. Izoh ‒ Radioto‘lqinlarning gorizont ortida tarqalishi difraksiya, refraksiya effektlari va atmosferaning turli qatlamlaridan qaytish hisobiga amalga oshiriladi. " Gorizont ortidagi trassa|"Uzatuvchi va qabul qiluvchi antennalar o‘rtasida to‘g‘ri ko‘rinish mavjud bo‘lmagan radioto‘lqinlarning tarqalish trassasi. Izoh – Gorizont orti tarqalishda radioto‘lqinlarning tarqalish mexanizmi radioto‘lqinlarni troposfera (troposferali aloqa)ning bir xil emasligidan qayta nurlanishi yoki ionosfera qatlamlaridan (qisqa to‘lqinli aloqa)ning bir xil emasligidan qayta nurlanishi yoki ionosfera qatlamlaridan (qisqa to‘lqinli aloqa) qaytishiga asoslangan. " Gorizontal bo‘yicha ajratish|"Tasvirning har bir gorizontal chizig‘ida videomonitor tiklashi mumkin bo‘lgan minimal tasvir elementlarining (chiziqlarining) soni yoki manba videosignalining bitta gorizontal chizig‘ida bo‘lgan videoaxborotning umumiy soni. Masalan, VHS videoyozuv formati gorizontal bo‘yicha 240 ta, lazerli disk – 480 ta, DVD – 500 ta, HDTV – 1080 ta chiziqni tashkil qiladi. " Gorizontal portal|"Umumiy tavsifga ega bo‘lgan, turli mavzular bo‘yicha xizmatlar taqdim etuvchi veb-sayt. " Gorizontal qutblangan to‘lqin|"Magnit maydon vektori Yer sirtiga nisbatan vertikal, elektr maydon vektori esa, gorizontal yo‘nalgan, chiziqli qutblangan elektromagnit to‘lqin. " Gorizontal va vertiakl tekisliklardagi antenna yoʻnalganlik diagrammasi asosiy yaprogʻining oraliq burchagi|"Yoʻnalishlar bilan hosil qilingan gorizontal va vertikal tekisliklardagi burchaklar, ular uchun antennaning kuchayishi qabulning asosiy yoʻnalishida kuchayishning maksimal qiymatidan 3 dB ga kam. " Gorizontal yo‘nalganlik diagrammasi|"Antennaning gorizontal tekislikdagi yo‘nalganlik diagrammasi. " Gradatsion buzilishlar|"1. Gradatsion xarakteristikaning talab etilgandan og‘ishi. 2. Kul rang shkala turli darajalarining noto‘g‘ri qayta tiklanishi. " Gradatsion xarakteristika|"Televizion tasvir yorqinligining yoki yorqinlik signali darajasining tashqi obyekt yorqinligi yoki kiruvchi yorqinlik signali darajasiga bog‘liqligi. " Gradatsiya|"Rang zichligining asta-sekin o‘zgarishi, obyektning qo‘shni qismlari yoki tegishli tasvir o‘rtasidagi tonning o‘zgarishi. " Gradiyent|"Kompyuter grafikasida qurish usuli. Muayyan (asosiy) nuqtalarning rangi va shaffofligi belgilanib, qolgan nuqtalarning rangi va shaffofligi ularga nisbatan yoki muayyan matematik algoritmlar asosida hisoblanadi. Shu tarzda dastlabki va so‘nggi nuqtalarning koordinatalari va rangini belgilab, bitta rangdan boshqa rangga tekis o‘tishlarni hosil qilish mumkin. " Gradiyent sindirish ko‘rsatgichli tola|"Sindirish ko‘rsatgichi ko‘ndalang kesimda, yorug‘lik o‘tkazuvchi o‘tkazgichning chetidan uning o‘zagi tomon ortib borgan holda tekis o‘zgaradigan ko‘p modali optik tola. Sindirish ko‘rsatgichining gradiyentli profilda tola ichidagi nur sinishi, binobarin, oqim tezligi sinish ko‘rsatgichi nisbatan keng o‘tkazish polosasi taʼminlaydi. " Grafema|"Yozma matnning eng kichik birligi (harf, raqam, iyeroglif, tinish belgisi). " Grafik|"Biror bir funksional bog‘lanishning grafik tasvirlanishi. " Grafik adapter|"1. 1984-yilda ishlab chiqilgan yaxshilangan grafik adapter. VGA va SVGA adapterlari tomonidan siqib chiqarilgan. 640x350 piksellar uchun 16 xil rangga ega. 2. Shaxsiy kompyuterning, displey qurilmaning grafik funksiyalarini ta’minlaydigan kengaytirish platasi. " Grafik akselerator|"Markaziy protsessordan foydalanmasdan, grafik ma’lumotlar bilan ko‘plab operatsiyalarni bajarish imkonini beradigan qurilma. Grafik akseleratorlar shartli ravishda uch turga bo‘linadi: grafik qobiqlar uchun mo‘ljallangan, uch o‘lchamli grafikani yaratish uchun mo‘ljallangan (3D akseleratorlar), dinamik tasvirlarni tiklash uchun mo‘ljallangan grafik akseleratorlar. " Grafik almashish formati|"Aniq nomlanishi − GIF89A; grafik tasvirni siqish usuli va grafik fayllar formati, Internet sahifalarida ko‘proq ishlatiladigan format hisoblanadi; ma’lumotlarni yo‘qotmasdan siqishni ta’minlaydi. " Grafik axborot|"Sxemalar, eskizlar, tasvirlar, grafiklar, diagrammalar, ramzlar ko‘rinishida ifodalangan maʼlumotlar yoki xabarlar. " Grafik displey|"Ekranda nuqtalar matritsasini yuzaga keltirishni ta’minlaydigan tasvir va/yoki matnlarni yorituvchi displey. Bu nuqtalar topologiyasi ko‘pincha videografika matritsasi orqali aniqlanadi. " Grafik fayl|"Grafik tasvirni ichiga oladigan fayl. " Grafik filtr|"Tasvirni bir grafik formatdan boshqasiga o‘zgartiradigan yoki uning ustida qandaydir boshqa operatsiyalarni bajaradigan dasturiy modul. " Grafik format|"Grafik fayllarni almashish formati (GIF) bilan patent bo‘yicha muammolar paydo bo‘lganidan so‘ng, GIF formatining o‘rniga kiritilgan format, pikselga 48 bit gacha bo‘lgan chuqurlikka ega bo‘lgan rangga ega tasvirni saqlash imkoniyatini beradi, alohida alfa-kanalga ega va yo‘qotishlarsiz siqilishi yaxshilangan. " Grafik formatlar|"Grafik fayl formatlari grafikani/rasmlarni saqlash va boshqarishning standart usulidir. Bu qo‘llanma rasmlarni va boshqa grafikalarni raqamli rasmlar formatlar sifatida saqlaydi. Grafik formatlar pikselda yoki pikselga rastrlash (bir necha istisno bilan) qilinadigan (geometrik) vektorda yoziladi. Rasm/grafika piksellar panjara (ustunlar va qatorlar) sifatida bo‘ladi; har bir piksel raqamlardan tashkil topgan, ular yorug‘lik va rang darajasini bildiradi. Bu turdagi formatlarga jpg, tiff, gif, png, bmp va boshqalar kiradi. " Grafik hujjat|"Obyekt tasviri chiziqlar, shtrixlar, yorug‘ va soya tomonlarni bo‘yoqlarda ko‘rsatish vositasida olingan tasviriy hujjat. " Grafik interfeys|"Foydalanuvchining hisoblash tizimi bilan o‘zaro aloqasini tashkil qiladigan grafik muhit. Grafik interfeys g‘oyasi amaliy tizim to‘g‘risida axborot taqdim etishning tabiiyligidan foydalanishdan iborat. Foydalanuvchi interfeysining asosiy tushunchalari bo‘lib, oyna va piktogramma hisoblanadi. " Grafik kichik tizim|"Grafika bilan ishlash uchun mo‘ljallangan, kompyuter apparat vositalari jami. " Grafik kompakt-disk|"Kompakt-diskka ma’lumotni yozish formati, uning asosiy spetsifikatsiyasiga qo‘shimcha tariqasida kengaytirilgan tasviriy imkoniyatlar qo‘shilgan. " Grafik maʼlumotlar bazasi|"Grafik maʼlumotlar saqlanayotgan maʼlumotlar bazasi. " Grafik ma’lumotlar bilan almashish boshlang‘ich standarti|"AQSh Milliy standartlar byurosi tomonidan uch o‘lchamli geometrik ma’lumotlarni almashish imkonini ta’minlash uchun e’lon qilingan standart. " Grafik protsessor|"Grafik tezlatgichlar uchun mo‘ljallangan prot-sessor. Hozirgi vaqtda 64 va 128 razryadli grafik protsessorlardan foydalaniladi. " Grafik qobiq|"Foydalanuvchilarning grafik foydalanish interfeysini amalga oshiradigan va tizim administratorlarining operatsion tizim bilan foydalanish interfeysini amalga oshiradigan operatsion tizimning kichik tizimi. " Grafik redaktor (muharrir)|"Kompyuter yordamida ikki o‘lchovli tasvirlarni tuzish va tahrir qilish imkonini beradigan dastur (yoki dasturlar paketi). Izoh − Grafik redaktorlarning turlari: 1 Rastrli grafik redaktorlar. Nisbatan ommalashgan redaktorlar: Microsoft Windows va MAC OS X operatsion tizimlari uchun Adobe Photoshop. GNU/Linux va boshqa POSIX standartiga muvofiq operatsion tizimlari uchun GIMP redaktori. 2 Vektorli grafik redaktorlar. Nisbatan ommalashgan redaktorlar: Corel Draw, Macromedia Free Hand − Windows uchun, Inkscape − barcha operatsion tizimlar uchun. " Grafik rejim|"Chiziqlar va belgilarni ekranda nuqtalar bilan chiqarish orqali tavsirlash rejimi. Grafik rejimda tasvir bevosita shakl nuqtalarini birlashtirish orqali tuziladi, xuddi «sichqoncha»ning ko‘rsatgichi singari. Bundan tashqari, u belgilarni (quyuq shrift yoki kursiv) chop etishda ularning tashqi ko‘rinishini oldindan ko‘rish imkonini ham beradi. " Grafik soprotsessor|"Markaziy protsessor bilan bitta platada joylashgan, grafik komandalarning bajarilishi topshiriladigan (yoki o‘zi tutib oladigan) grafik protsessor. Markaziy protsessorga tushadigan hisoblash yukini kamaytiradi va kompyuter videotizimining ishlash tezligini oshiradi. " Grafik stansiya|"Uch o‘lchamli tasvirlarni qayta ishlash uchun grafik tezlatgichli katta quvvatga ega kompyuter. " Grafik sxema|"Masalalarni yechish algoritmining grafik taqdim etilishi, unda simvollardan operatsiyalarni, oqim ma’lumotlarini tavsiflash va boshqarish uchun foydalaniladi. " Grafik tezlatgich|"Chiziqlar va yuzalarni chizish, konturlarni to‘ldirish, bo‘yash, yashirin chiziqlarni o‘chirish kabi murakkab grafik operatsiyalarni bajarishni tezlashtiruvchi plata yoki ixtisoslashtirilgan mikrosxema (mikroprotsessorlar to‘plami). " Grafika|"Matnli ma’lumotlar va grafik timsollar birlashtirilgan kompyuterda ma’lumotlarni vizual taqdim etishning eng umumiy usuli. Mashina tashuvchilarda grafik tasvirning o‘zini taqdim etishning rastrli va vektorli grafika kabi ikki turi bor. " Grafika chizadigan|"Egri va to‘g‘ri chiziqlar o‘tkazish yo‘li bilan tasvir chizadigan qurilma. Ikki turdagi, yaʼni barabanli va planshetli grafika chizuvchi qurilmalar ishlab chiqariladi. Barabanli (rulonli) grafika chizuvchi qurilmada tasvir chiqariladigan qog‘oz yoki plyonka barabanga mahkamlanadi. Barabanli grafika chizuvchi qurilmalar ixcham, ishlatishda qulay hamda katta hajmdagi chizmalar bilan ishlash imkonini beradi. Planshetli (yassi) grafika chizuvchilarda qog‘oz yoki plyonka tekislikda joylashadi. Tekislik ustidan metall konstruksiya o‘rnatiladi, u yozuv blokini bir vaqtning o‘zida ikki koordinata o‘qi bo‘yicha tekislik bo‘ylab siljitish imkonini beradi. Yozuv blokining turiga qarab grafika chizuvchi qurilmalar peroli, sharrachali va elektrostatik xillarga bo‘linadi. Grafika chizuvchilarning ikki toifasi farqlanadi. Vektorli turda yozuvchi blok vektorli tasvirlarni ikki yo‘nalishda siljib chizadi. Rastrli grafika chizuvchi qurilmalarda rastrli tasvirlar rastr nuqtalari yordamida yaratiladi. " Grafikani optimallash|"Tasvir fayllari o‘lchamlarini, ularning maqbul sifatini saqlagan holda, mumkin qadar kichraytirish. Veb-sahifa yaratishda, uning sahifalarini yuklanish tezligini oshirish maqsadida ishlatiladi. " Grafikdagi nuqta|"Grafikada tasvirlanadigan sonli qiymatlarning istalgan jufti. " Grafikon|"Kompyuter grafikasi, mashina ko‘rishi, tasvirlar va videoni qayta ishlash bo‘yicha Rossiyada har yili o‘tkaziladigan katta xalqaro anjuman. " Granulyatsiyalangan shovqin|"Kvantlash tufayli sodir bo‘lgan va tasvirning bir xil yoki qisman bir xil qismlarida yorqinlik va/yoki ranglilik fluktuatsiyasi kabi namoyon bo‘ladigan vizual nuqson. " Gregori antennasi|"Ikkita: parabolik (asosiy) va elliptik (yordamchi) ko‘zgulardan iborat bo‘lgan, o‘ta yuqori yoki ultra yuqori chastotali keskin yo‘naltirilgan antenna. Antennaning bunday konstruksiyasida ochilish yuzasidan foydalanish koeffitsiyenti ortadi va qutblanish xususiyatlari yaxshilanadi. " Grey kodi|"Ketma-ket keladigan elementlari bir razryadda farq qiladigan ikkilik kod (masalan, 000, 001, 011, 101, 100, 110, 010). " Grid texnologiyasi, konsepsiyasi|"Hisoblashlarni virtuallashtirishga qaratilgan hisoblash jarayonini tashkil qilish usuli. Bunda vazifaning qismlari tarmoqning barcha bo‘sh resurslari bo‘ylab taqsimlanadi. Dasturiy ta’minotni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri. " Guruh|"Foydalanuvchilar, kompyuterlar, kontaktlar va boshqa guruhlar majmui. Guruhlar foydalanish huquqini boshqarish yoki xabarlarni tarqatish ro‘yxati sifatida qo‘llanilishi mumkin. Tarqatish guruhlari faqat elektron pochtada qo‘llaniladi. Xavfsizlik guruhlari erkin foydalanishni boshqarishda hamda xabarlarni tarqatish ro‘yxatida ham ishlatiladi. " Guruh ichida chaqiruvni tutib qolish|"Foydalana olish kodini terish yoki «Group Pickup» (SIP telefon) tugmasini bosish orqali guruhning boshqa terminaliga kelgan kiruvchi chaqiruvni qabul qilish imkonini beradigan xizmat. Izoh – Agar bir necha chaqiruv olingan bo‘lsa, ko‘p qo‘ng‘iroq qilgani tutib qolinadi. " Guruh (jamoa) bo‘lib foydalana olish|"Ikki yoki undan ko‘p foydalanuvchining paketli yoki interaktiv rejimda hisoblash tizimidan birgalikda foydalanishi. " Guruh manzillari|"Obyektlar to‘plamini aniqlaydigan manzil. Maʼlumotlar bloki shu manzilga atalgan. " Guruhiy aloqa seansi|"Bir nechta foydalanuvchi ishtirok etadigan aloqa seansi. " Guruhiy dasturiy ta’minot|"Mutaxassislar guruhining loyiha ustida yoki taqsimlangan hisoblash tizimidagi yoki tarmoqdagi ma’lumotlar bilan birgalikda yanada samarali ishlashi uchun foydalaniladigan tarmoq dasturiy ta’minoti. " Guruhiy imzo|"1991-yilda Chom va Van Xeyst tomonidan taklif qilingan raqamli imzo sxemasi, guruhning istalgan a’zosiga xabarni, tekshirish paytida, xabar guruh a’zolaridan biri tomonidan imzo qo‘yuvchining shaxsi aniqlashtirilmasdan imzolanganini aniqlash mumkin bo‘ladigan tarzda imzolash imkonini beradi. " Guruhiy xabar|"Bir vaqtda bir necha adresatga uzatiladigan xabar; odatda, uni uzatishda raqam terishdan foydalanilmaydi. " Guruhiy chaqiruv|"Radiotarmoqlardagi, bitta chastotada ishlaydigan (bitta guruhga mansub) abonentlar uchun belgilangan chaqiruv turi. " Guruhli aloqa kanali|"Bir nechta radiostansiyaning, odatda, qayd etilgan chastotada birgalikda ishlashi ta’minlanadigan aloqa kanali. Izoh − Radiostansiyalardan har biri ushbu kanal bo‘yicha xabarlarni qabul qilishi va uzatishi mumkin, agarda uning uchun guruhli (dispetcherli) aloqa rejimi o‘rnatilgan bo‘lsa. " Guruhli kechikish|"Umumiy chegara kattaligiga yetgan qisman farq qiladigan chastotali amplitudaga teng ikkita ustma-ust to‘lqinlar bilan taqdim etilishi mumkin bo‘lgan signalning ikki nuqtasi o‘rtasidagi tarqalish vaqti. " Guruhli kodlash|"Sanoq qiymatlarining sanoq o‘rtacha qiymatlaridan og‘ishining belgilar matritsasi uzatiladigan blokli kodlash. " Guruhli signal|"Multipleksor chiqishidagi turli axborot manbalaridan keladigan birmuncha past tezlikli kirish signallarining birlashishi natijasi bo‘lgan yuqori tezlikli signal yoki raqamli oqim. " Guruhli tezlik|"Elektromagnit to‘lqin energiyasini ko‘chirish tezligi. " Guruhli uzatish|"1. Xabarni uzatish rejimi, bunda xabar bir vaqtda tarmoq uzellari guruhiga yuboriladi. 2. Har bir xabar qabul qilinganligini orada tasdiqlamay turib, bir stansiyadan boshqa biriga ikki yoki undan ortiq xabarni uzatish usuli. " Guruhli yetkazib berish|"Keng ko‘lamli eshittirishning maxsus shakli, unda paketlar faqat foydalanuvchilarning muayyan guruhiga yetkazib beriladi. " Guruhni chaqirish|"Bitta yoki bir nechta guruh abonentlarining barchasini bir vaqtda chaqirish, odatda yarim dupleks aloqa rejimida amalga oshiriladi. Izoh − Chaqirishni initsializatsiya qilish bitta tugmachani bosish orqali bajariladi, bunda bog‘lanishni o‘rnatish (0,3−0,5) s dan oshmaydi. Guruhdagi abonentlar sonidan qat’i nazar, guruhli chaqiruvda faqat bitta aloqa kanalidan foydalaniladi. " Go‘shagi ko‘tarilgan telefon bilan bog‘lanish xizmati|"Go‘shagi ko‘tarilgan telefon apparati bilan, chaqiriluvchi abonentning xonasini eshitib nazorat qilish imkoniyatini ta’minlagan holda, bog‘lanishni o‘rnatish imkoniga ega xizmat. H " Haftada bir bo‘ladigan kollegial seminar|"Davlat va xo‘jalik organlarining ixtisoslashtirilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘linmalarining vakillari uchun, «Elektron hukumat» tizimi doirasida loyihalarning amalga oshirilishi muhokama qilinadigan seminar. " Hajmiy grafika|"Qar.: Uch o‘lchamli grafika. " Halqa tarmog‘i|"O‘zagi davriy halqa bo‘lgan kabelli lokal tarmoq. Bunday tarmoqda davriy halqa fizik ulanishlar vositasi vazifasini bajaradi. Ushbu halqaning ishlash ishonchliligiga butun tarmoqning ishlay olish qobiliyati bog‘liq. Mono halqa kanalining uzilishi tarmoq faoliyatining to‘xtashiga olib keladi. Shu sababli sodda halqali kanal tarmoq qiymati eng kam bo‘lishi lozim bo‘lgan hollardagina qo‘llaniladi. Yuqori ishonchlilik halqa tarmog‘ida qayta ulanadigan konsentratorli halqa ishlatiladi, u tarmoqning ishdan chiqqan qismlarini uzib qo‘yadi. Bundan ham yuqori ishonchlilikni juft halqa taʼminlay oladi, u ikki halqadan biri ishdan chiqqan holatlarda ham ishlash imkoniyatiga ega. " Halqali tekshirish|"Raqamli axborotning ishonchliligini «shleyf» bo‘yicha baholash usuli. Liniyaning qabul qilish tomonidan, teskari yo‘nalishda qabul qilingan barcha maʼlumotlar oqimini retranslyatsiya qilish orqali amalga oshiriladi. Uzatuvchi tomonidan qabul qilingan va dastlab uzatilgan ketma-ketliklar taqqoslanadi, keyin xato qabul qilingan belgilar soni aniqlanadi. " Halqali chiqish|"Konvertordan qabul qilinadigan o‘ta yuqori chastotali (O‘YuCh) signal chiqariladigan ajratgich. U kirish signalini boshqa resiverga «tranzit» uzatish uchun mo‘ljallangan. " Halqasimon antenna panjarasi|"Nurlantiruvchi elementlari atrofida joylashgan antenna panjarasi. " Halqasimon rezonator|"Elektromagnit tebranishlar yopiq kontur boʻyicha tarqaladigan optik rezonator. " Hamjamiyat|"Umumiy manfaatlar yo‘lida birlashgan odamlar guruhi. Odatda, hamjamiyatlar forum va bloglar asosida vujudga keladi. " Hamkorlik|"Linux operatsion tizimida xotira bloklarining bo‘linishiga va qo‘shni bo‘sh bloklarni birlashtirishga asoslangan jismoniy xotirani taqsimlash usuli. " Hammaga ma’lum xavfsizlik identifikatori|"Muhofaza tizimi uchun qayd qilingan sonli qiymatga va belgilanishga ega xavfsizlik identifikatori. " Haqiqiy manzil|"Absolyut mashina manzili, xotiraning haqiqiy yacheykasi. " Haqiqiy vaqt|"Jarayon sodir bo‘layotgan vaqt muddati. Haqiqiy vaqt obyektning kirish signallariga yoki maʼlumotlarga javoban shunday taʼsirlanishini belgilaydiki, bu holda u chiqish signalarini yoki maʼlumotlarni yetarlicha tez ishlab chiqishga ulguradi. Shu asosda haqiqiy vaqt tizimlari quriladi, haqiqiy vaqtda analitik qayta ishlash bajariladi. " Haqiqiy vaqtda analitik qayta ishlash|"Ma’lumotlarning tezkor tahlili, ma’lumotlarni onlayn analitik qayta ishlanishi, muhim qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash uchun ma’lumotlarning tezkor tahlili. Izoh − Ma’lumotlar ustidagi operatsiyalar OLAP-mashinalar tomonidan amalga oshiriladi. Ma’lumotlarni saqlash uchun MOLAP, ROLAP va HOLAP dan foydalaniladi. OLAP atamasi Ye. Kodd (E.F.Codd) tomonidan 12 ta qoida bilan birga 1993-yilda taklif qilingan. " Haqiqiy vaqtning transport protokoli|"Ma’lumotlarni bitta yoki undan ortiq adresatga berilgan chegaralarda kechikish bilan yetkazishni kafolatlaydigan transport protokoli, ya’ni ma’lumotlar real vaqtda amalga oshirilishi mumkin. " Haqiqiylik, asllik|"1. Mantiqiy obyekt tasdiqlanganiga o‘xshashligini kafolatlovchi xususiyat. 2. Ma’lumotlarning haqiqiy bo‘lish xususiyati yoki tizimlarning ma’lumotlar haqiqiyligini ta’minlay olish xususiyati. " Haqiqiylikni aniqlashdagi almashish|"Axborot almashinuvi yordamida qandaydir obyektning haqiqiyligini aniqlash uchun mo‘ljallangan mexanizm. " Haqiqiylikni kriptografik aniqlash|"Simmetrik shifrlash yoki ochiq kalit bilan shifrlashdan foydalaniladigan kriptografik o‘zgartirishlarga asoslangan holda, haqiqiylikni aniqlash. " Haqiqiylikni tasdiqlash|"Haqiqiylikni tasdiqlashga yo‘naltirilgan va axborot almashinuvi ko‘zda tutiladigan mexanizm. " Haqiqiylikni tekshirish|"Foydalanuvchining, o‘zini aynan shu odam deb ko‘rsatishligini tasdiqlovchi protsedu-ra. Oddiy holda foydalanuvchining, uning hisobga olish yozuvida saqlanadigan, parolni bilishi tekshiriladi. " Haqiqiylikni tekshirish protokoli|"Foydalanuvchining paroli va boshqa ma’lumotlari to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotlarni uzatishni amalga oshiruvchi haqiqiylikni tekshirish protokoli. Undan foydalangan holda uzoqlashgan nuqtadagi mijoz o‘z shaxsiy ma’lumotlarini serverga shifrlangan ko‘rinishda uzatadi. Microsoft korporatsiyasi Windows uchun mo‘ljallangan MS-CHAP protokolini ishlab chiqqan. " Har doim, doimiy|"Dasturning ishlashi davomida doimiy foydalaniladigan xususiyat, argument yoki parametr. " Har tomonga yo‘naltirilgan antenna|"Barcha azimutal yo‘nalishlar bo‘yicha har qanday vaqtda nurlanish xossasi bir xil bo‘lgan antenna. " Har tomonga yo‘naltirilgan uya|"Har tomonga yo‘naltirilgan antenna va bitta tayanch stansiyaga ega bo‘lgan, odatda, zonaning markazida joylashgan uyali aloqa tarmog‘idagi xizmat ko‘rsatish zonasi. " Har tomonga yo‘naltirilgan yo‘nalganlik diagrammasi|"Antennadan bir xil masofada o‘lchangan elektr maydon kuchlanganligi barcha yo‘nalishlar uchun bir xil bo‘lgan yo‘nalganlik diagrammasi. " Har tomonlama havolalar jadvali|"Translyator, assembler yoki komponovkachi beradigan va har bir identifikator uchun tur, manzil, aniqlash joyi va foydalanish joylarining ro‘yxati ko‘rsatilgan jadval. " Harakat, ta’sir, amal|"Foydalanuvchi tomonidan amalga oshiriladigan va dastur tomonidan qabul qilinadigan har qanday harakat. " Harakatlanuvchi tasvirlar sohasidagi ekspertlarguruhi|"Video va audio uchun standartlar ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan xalqaro tashkilot. MPEG 1983-yilda tashkil etilgan. Standartlashtirishda bu guruhga tasvirlarni zichlashtirish usullari, ularni uzatish va tiklash sohasi ajratilgan. 1993-yilda videodisklarda ishlatiladigan MPEG texnologiyasi standartlari ishlab chiqildi. 1995-yilda DVD raqamli videodisk pleyerlari, televizorlar, HDTV, videokameralar, yo‘ldosh tarmoqlarning raqamli televizion qabul qilgichlari uchun standartlar paydo bo‘ldi. " Harakatni raqamli interpolyatsiyalash|"Kamerani tez harakatlantirganda, keskin burishlar paytida yoki kadr yoyish chastotasi 100 Hz bo‘lganda, yuguruvchi satrda to‘lqinsimon xalaqitlarning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, tasvirning yetishmayotgan fazasini interpolyatsiyalash. " Harbiy tarmoq|"1984-yilda harbiy maqsadlarda ishonchli tarmoq xizmatini ta’minlash uchun ARPANET dan ajralib chiqqan tarmoq. " Harf-raqamli kodlash|"Harflar, sonlar va alifboning boshqa ramzlaridan tashkil topgan koddan foydalanib kodlash. " Havo fideri|"Simlarning parallel joylashishi bir-biriga nisbatan liniya bo‘ylab ayrim masofada joylashgan izolyatorlar bilan qayd etilgan simli liniya ko‘rinishidagi fider. " Havo kabel|"Havoda muallaq turadigan, ustunlar, bino devorlari va boshqa tayanchlar tutib turadigan telekommunikatsiya kabeli. " Havo ko‘chma yo‘ldoshli xizmati|"Ko‘chma yo‘ldoshli xizmat, bunda ko‘chma yer usti stansiyalari havo kemasining bortiga o‘rnatiladi; bu xizmatda qutqarish vositalari stansiyalari va falokat joyini ko‘rsatuvchi radiomayoq stansiyalari ham qatnashishi mumkin. " Havo radionavigatsiya yo‘ldoshli xizmati|"Yer stansiyalari havo kemasining bortiga o‘rnatiladigan radionavigatsiya yo‘ldoshli xizmati. " Havola, aloqa kanali|"1. Boshqa veb-sahifa, fayl, Internet-resurs bilan aktiv ulanish. 2. Ikki kompyuter (ma’lumotlarni oluvchi va jo‘natuvchi) o‘rtasidagi kommunikatsion yo‘lning har qanday turi. Atama, odatda, global tarmoqlarga ko‘proq taalluqli. " Havola biti|"Sahifaga murojaat qilinmagan bo‘lsa 0 ga teng va agar sahifaga murojaat qilingan bo‘lsa 1 ga teng bo‘lgan sahifalar jadvalining element biti. " Havolalar jadvali|"Dasturni translyatsiya qilish jarayonida kompilyator tuzadigan jadval. " Havorang-to‘q-qizil-sariq-qora|"Rangli tasvirlarni monitorlar va printerlarda (purkagich printerlarda) chop etish uchun RGB ranglar jilosiga muqobil tizim. Dastlabki uch rangning aralashmasi qora rang beradi, ammo har doim ham toza chiqmaydi, shuning uchun yaxshi printerlarda qora rang uchun, bo‘yoqlarning aralashmasi emas, alohida kartrij ishlatiladi. " Hayotiy sikl|"Vaqtda obyekt (masalan, mahsulot yoki tizim) mavjudligi bosqichlarining ketma-ketligi. " Ha/yo‘q|"1. Interaktiv tizimning muayyan qaror qabul qilishga bo‘lgan so‘rovi. 2. Terminalda tanlash imkoniyati. Foydalanuvchiga, tanlash ixtiyoriga bog‘liq holda yoki u (ha) yoki n (yo‘q) ni bosish taklif qilinadi. " Himoya bloki|"Aloqa vositalarini o‘ta yuqori kuchlanish va toklardan himoya qilish uchun mo‘ljallangan blok. Kabelli tarmoqlardagi kuchli impulsli xalaqitlar ayniqsa xavflidir. " Himoya intervali|"Videosignal darajalarining qora daraja va so‘ndirish darajasi o‘rtasidagi farqi. " Himoya nisbati|"1. Foydali radiosignal darajasining radio-qabulqiluvchi qurilmaning kirishidagi radioxalaqit darajasiga bo‘lgan minimal nisbati, bunda radioelektron vosita ishlashining talab etiladigan sifati ta’minlanadi. 2. Foydali signal va xalaqit quvvatlari nisbatining minimal qiymati, bunda signallarning berilgan sifat bilan qabul qilinishi ta’minlanadi (detsibellarda ifodalanadi). " Himoya profili|"1. Amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan, iste’molchining spetsifik ehtiyojlariga javob beradigan, qandaydir toifadagi baholash obуektlari uchun mo‘ljallangan, xavfsizlik talablarining majmui. 2. Funksional jihatdan to‘la, aprobatsiyadan o‘tgan, ko‘p marotaba foydalanish uchun mo‘ljallangan, standartlashtirilgan talablar to‘plami. " himoyaga ega xotira|"Istalgan yacheykasiga ruxsat etilmagan tarzda kira olishdan muhofaza qiluvchi maxsus vositalarga egs bo‘lgan xotira. " Himoyalangan|"Obyektning holati, bunda u tashqi negativ omillar ta’siridan bararqaror bo‘ladi. " Himoyalangan axborotlashtirish texnik vositasi|"Qayta ishlanadigan axborot yaxlitligi buzilishdan va texnik kanallar orqali chiqib ketishdan muhofaza qilish vositalari kompleksi bo‘lgan axborotlashtirish texnik vositasi. " Himoyalangan tranzaksiyalar protokoli|"Tarmoq muhitlarida, shu jumladan, Internetda amalga oshiriladigan kelishuvlar to‘g‘risidagi axborot konfidensialligini saqlashning yuqori darajasini, magnit va intellektual kartalardan foydalanib, to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yaxlitligini va to‘lov operatsiyalari barcha ishtirokchilarining autentifikatsiya qilinishini ta’minlaydigan ochiq standart. " Himoyalash|"Dasturiy ta’minotni buzishdan himoyalash. " Himoyalash qurilmasi|"O‘ta kuchlanish yoki ortiqcha toklardan yoki har ikkisidan himoyalovchi qurilma. " Himoyalovchi harakat|"Asosiyga qarama-qarshi yo‘nalishdagi antenna bilan yoki burchaklarning ma’lum belgilangan sektorida, shu signal bilan taqqoslaganda asosiy yo‘nalishda qabul qilinadigan signalning pasayishi. " Hisobdan chiqarish|"Pochta jo‘natmasining jo‘natilganligini yoki olinganligini bildiruvchi, markadan takroran foydalanishning oldini olish maqsadida qo‘l shtempeli, shtempellash mashinasi yoki sharikli ruchka bilan qo‘yiladigan pochta markasidagi belgi yoki istalgan turdagi boshka shtempellash belgisi. " Hisobdorlik|"Tizim subyektlari faoliyatini nazorat qilish va maʼlum harakatlar uchun javobgarlikni o‘rnatish uchun ularni individual identifikatorlar bilan bog‘lashga imkon beruvchi tizim xususiyati. AKT xavfsizligi tamoyillaridan biri. " Hisobga oliishni boshqarish|"Tegishli imkoniyatlar taqdim etish (o‘tkazish qobiliyatiga va xavfsizlik talablariga nisbatan) maqsadida, ma’lumotlar to‘plash hamda turli tarmoq resurslaridan yakka va guruh bo‘lib foydalanishni muvofiqlashtirish jarayoni. " Hisobga olish ma’lumotlari|"Hisobga olish predmeti to‘g‘risidagi ma’lumotlar va hisobga olishni yuritish doirasida to‘planadigan, qayta ishlanadigan va saqlanadigan xizmatga oid ma’lumotlar. " Hisobga olish ma’lumotlarining ishonchliligi|"Ma’lumotlarning, yuqori aniqlikda ma’lumotlarga o‘zgartirish kiritilganlik faktini, mohiyatini, kiritilish vaqti va uni bajargan shaxslarni aniqlash imkonini beradigan xossasi. " Hisobga olish ma’lumotlarining yuridik ahamiyati|"Hisobga olish ma’lumotlarining elektron ma’lumotlar asosida huquq va majburiyatlar belgilanish imkoniyatini ta’minlaydigan xossasi. " Hisobga olish strategiyasi|"Ko‘p foydalanishli va tarmoq operatsion tizimlari xavfsizlik tizimidagi qoidalar to‘plami, foydalanuvchining tizim bilan ishlash paytida o‘zini qanday tutishini va tizim resurslaridan foydalanishga ruxsat berilishini belgilaydi. " Hisobga olish yozuvi|"Xavfsizlik tizimi subyektini identifikatsiya qiluvchi axborot. Hisobga olish yozuvining ko‘rsatgichi bo‘lib, uning xavfsizlik identifikatori hisoblanadi. Foydalanuvchilar, guruhlar, kompyuterlar va domenlarning hisobga olish yozuvlari ajratiladi. " Hisobga olish yozuvini blokirovkalash|"Tizimda qayd etilishga muvaffaqiyatsiz urinishlar soni muayyan chegaradan oshganda, muayyan hisobga olish yozuvini blokirovkalash imkonini beradigan funksiya. " Hisobga olish yozuvlari dispetcheri|"Foydalanuvchilarning hisobga olish yozuvini, shuningdek, shu foydalanuvchilar turgan guruhlarni yaratish, o‘zgartirish va o‘chirish imkonini beradigan operatsion tizim dasturi yoki vositasi. " Hisobga olishni uyushtiruvchi|"Mustaqil ravishda hisobga olish ma’lumotlari to‘planishini, qayta ishlanishini va saqlanishini amalga oshiruvchi yoki boshqa shaxsni bu faoliyatni to‘liq yoki qisman amalga oshirish uchun vakil qilgan yoki zimmasiga yuklagan shaxs. " Hisob-kitoblar tizimi|"Xizmatlar ko‘rsatishning texnologik jarayoni ishtirokchilari o‘rtasida sarflangan pul xarajatlari to‘g‘risidagi axborotning taqsimlanishini taʼminlovchi, foydalanuvchilar, xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar va hisob-kitob markazlari (uchastkalari, guruhlari), umumiy foydalanish xizmatlarini taqdim etish punktlari, to‘lov punktlari hamda normativ-maʼlumotnoma axboroti, normativ-maʼlumotnoma hujjatlarining majmui. " Hisoblagich|"1. Dasturdagi o‘zgaruvchi yoki qandaydir operatsiyaning takrorlanish sonini aniqlaydigan apparat registri, masalan, siklni hisoblagich. 2. Biror narsaning, masalan, foydalanilgan elektr energiyasi, gaz yoki suvning miqdorini o‘lchaydigan va qo‘shimcha ravishda, kattaligini, darajasini yoki jadalligini qayd etadigan qurilma. Izoh – Hisoblagich berilgan vaqt davri ichida iste’mol qilingan biror narsaning jami miqdori o‘lchanishi yuzasidan javob beradi. 3. Biror-bir sayt yoki sahifaga kiruvchilar sonini hisoblashga mo‘ljallangan dastur. Zamonaviy hisoblagichlar kiruvchilarning noyobligini va bir soat yoki sutkada sahifaga kiruvchilarning o‘rtacha sonini hisoblash imkonini beradi. " Hisoblash|"Axborotni kompyuterda qayta ishlash jarayoni. " Hisoblash eksperimenti|"Kompyuter modeli ishlab chiqilgan hodisa, jarayon, mashinani o‘rganish usuli. Hisoblash eksperimentining sifati, modelning real obyektga o‘xshashligiga va hisoblanadigan parametrlarni belgilaydigan eksperimentatorga bog‘liq. Hisoblash eksperimentining boshqa har qanday eksperimentdan afzalligi, tezligining yuqori bo‘lishligida va xarajatlarning nisbatan kamligida. Texnika va informatikada, matematika, fizika, ximiya, biologiya, ekologiyada keng foydalaniladi. " Hisoblash jarayoni|"Hisoblash tizimi holatlarining vaqtda dastur belgilaydigan almashinishi. " Hisoblash lingvistikasi|"Lingvistika va sun’iy intellekt oralig‘idagi fan. Elektron hisoblash mashinasi yordamida tabiiy tillarning formal xususiyatlarini o‘rganish va analiz-sintez jarayonlarini hamda elektron hisoblash mashinasida tabiiy til matnlarini tushunishni modellash bilan shug‘ullanadi. " Hisoblash majmui|"Yagona hisoblash tizimi sifatida ishlaydigan ikki yoki undan ko‘p kompyuterlar majmui. " Hisoblash mashinasi|"Matematik, asosan axborot bilan bog‘liq vazifalarni hal qilishda ma’lumotlarni avtomatik qayta ishlash uchun mo‘ljallangan dasturiy vositalar va qurilmalar kompleksi. Mashinani boshqarish ma’lumotlarni qayta ishlash, dasturlar ko‘rinishida mashinaga kiritiladigan algoritmlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Dasturlar va ma’lumotlar mashina xotirasida saqlanadi. Asosiy qurilmasi markaziy protsessor. " Hisoblash muhiti (tizimi, tuzilmasi, tarmog‘i)|"Tarmoqning jami resurslaridan foydalanib, parallel, taqsimlangan hisoblashlar ko‘zda tutiladigan, kristalldagi funksional blok va tizimdan tortib, global, regional va muassasa kompyuter tarmoqlarigacha bo‘lgan turli darajdagi hisoblash vositalari (to‘liq bog‘langan, taqsimlangan, matritsali) arxitekturasi. Zarur bo‘lganda, eng murakkab va resurs ko‘p talab qiladigan vazifalarni hal qilish uchun maksimal hisoblash quvvatini ta’minlash imkonini beradi. " Hisoblash murakkabligi|"Qaysidir algoritm bajaradigan ish hajmi kirish ma’lumotlarining miqdoriga bog‘liqligi funksiyasini bildiruvchi informatika va algoritmlar nazariyasidagi tushuncha. Hisoblash murakkabligini o‘rganuvchi bo‘lim hisoblashlar murakkabligi nazariyasi deb nomlanadi. " Hisoblash resurslarining almashinuvi|"Internetga ulangan bir necha kompyuter o‘rtasida, hisoblash va boshqa resurslari bilan ayirboshlash imkoniyatini ta’minlaydigan axborot texnologiyasi. " Hisoblash tarmog‘i|"1. Axborotning taqsimlangan qayta ishlanishini tashkil qilish uchun mo‘ljallangan, o‘zaro bog‘langan va bu bog‘lanishni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan maʼlumotlar uzatish tarmog‘i va/yoki texnik vositalarning majmui. 2.Hududiy jihatdan tarqoq maʼlumotlarni qayta ishlash tizimlari, telekommunikatsiyalar va maʼlumotlar uzatish vositalari va/yoki tizimlarining, foydalanuvchilarga uning resurslaridan masofadan va jamoaviy foydalanish imkonini beradigan o‘zaro bog‘langan majmui. " Hisoblash tarmog‘ini muhofaza qilish|"Apparat, dasturiy va kriptografik muhofaza qilish usullari hamda vositalaridan, shuningdek tashkiliy tadbirlardan foydalanish yo‘li bilan, foydalanuvchilarning tarmoq elementlari hamda resurslaridan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishlariga yo‘l qo‘ymaslik. " Hisoblash texnikasi|"Axborotni qayta ishlash bilan bog‘liq bo‘lgan mehnat talab masalalarning, jumladan, hisoblash jarayonini sonli, qisman yoki to‘liq avtomatlashtirish yo‘li bilan hal etilishini osonlashtirish va tezlashtirish uchun qo‘llaniladigan usullar va yo‘llar, texnik va matematik vositalar majmui. " Hisoblash texnikasi obyekti|"O‘zida hisoblash texnikasi vositalari kompleksini ifodalaydigan, axborotni qayta ishlashning muayyan funksiyalarini bajarish uchun mo‘ljallangan statsionar yoki ko‘chma obyekt. Izohlar 1. Hisoblash texnikasi obyektlariga avtomatlashtirilgan tizimlar, avtomatlashtirilgan ish joylari, axborot-hisoblash markazlari va hisoblash texnikasi vositalarining boshqa komplekslari kiradi. 2. Hisoblash texnikasi obyektlariga, shuningdek, hisoblash texnikasining, axborotni qayta ishlashning mustaqil funksiyalarini bajaradigan ayrim vositalari ham kiradi. " Hisoblash texnikasi vositalarining (avtomatlashtirilgan tizimning) muhofaza qilinganlik ko‘rsatgichlari|"Muhofaza qilinganlik ko‘rsatgichlarini aks ettiruvchi va hisoblash texnikasi vositalari (avtomatlashtirilgan tizim) ning muhofaza qilinganlik klassiga muvofiq daraja va kenglik bo‘yicha o‘zgaradigan talablarning ma’lum guruhi bilan tavsiflanadigan hisoblash texnikasi vositalari (avtomatlashtirilgan tizim)ning xarakteristikasi. " Hisoblash texnikasi vositalarining (avtomatlashtirilgan tizimning) muhofaza qilinganlik turkumi|"Hisoblash texnikasi vositalari (avtomatlashtirilgan tizim)ni axborotdan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishdan muhofaza qilish bo‘yicha talablarning muayyan majmui. " Hisoblash texnikasi vositasiga mikrosekundli impuls xalaqit|"Davomiyligi bir mikrosekunddan bir millisekundgacha bo‘lgan oraliqda yotuvchi, hisoblash texnikasi vositasiga ta’sir qiladigan impulsli xalaqit. " Hisoblash tizimi|"Hisoblash texnikasining muayyan amaliy masalalarini hal etish uchun mo‘ljallangan moddiy va mantiqiy (dasturiy) vositalar majmui. " Hisoblash tizimidan qasddan foydalanish|"Shaxsiy, odatda moliyaviy foyda olish maqsadida hisoblash tizimi ichida axborot bilan manipulyatsiya qilishga qaratilgan har qanday faoliyat. " Hisoblash tizimining muhofazasi|"Qar.: Kompyuter muhofazasi. " Hisoblash tizimlari sohasidagi strategiya loyihasi, CSPP guruhi|"AQShning o‘n bitta boshqaruvchi yirik kompyuter kompaniyasidan iborat assotsiatsiya. AQSh axborot texnologiyalarining yanada rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqadi. " Hisoblashga qaytarib bo‘lmaydigan funksiya|"Berilgan argument bo‘yicha funksiyaning qiymati oson hisoblanadigan va funksiyaning berilgan qiymatiga asosan uning argumentini hisoblash qiyin bo‘lgan funksiyalar. " Hisobot|"Foydalanuvchining so‘roviga ko‘ra to‘ldiri-ladigan va ekranga, fayl yoki bosmaga chiqariladigan, maxsus shakllantiriladigan chiqish shakli. Hisobotlarda sarlavha, sahi-falarning raqamlari, ko‘rsatuvchi yakunlar, o‘rtacha qiymatlar, hisoblab chiqariladigan maydonlar va h.k. bo‘ladi. " Hisobotlar dasturi generatori|"Hisobotlar formalarini (report) dasturlash uchun IBM korporatsiyasi tomonidan 1965-yilda ishlab chiqilgan til. " Hisobotlar generatori|"Dasturchi bo‘lmagan foydalanuvchiga o‘z ma’lumotlar bazasi uchun hisobotlar shaklini tayyorlash imkonini beradigan dastur (yoki dasturlar paketi). " Hisobotlar va ko‘chirmalar amaliy tili|"Umumiy shlyuz interfeysi ssenariylarini yaratish uchun mo‘ljallangan dasturlash tili. Talqin qiluvchi turdagi kuchli til. XX asrning 80-yillarida Lari Uoll tomonidan yaratilgan. " Hodisa|"1. Muhim normal yoki normaldan farq qiluvchi holatning paydo bo‘lishi. 2. Voqealarning muqarrar bir-biriga to‘g‘ri kelib qolish holati. Izohlar 1. Voqea-hodisa bir yoki bir necha marta yuzaga kelishi va bir qancha sababga ega bo‘lishi mumkin. 2. Voqea-hodisa ma’lum yoki noma’lum bo‘lishi mumkin. 3. «Voqea-hodisa» atamasi o‘rniga «insident» yoki «baxtsiz hodisa» atamalaridan ham foydalanish mumkin. " Hodisa alomati|"Voqeaning bajarish indikatori yoki muvaffaqiyatli bajarilishi hisoblanadigan parametr yoki tashqi o‘zgaruvchi. " Hodisalar jurnali|"Operatsion tizimdagi ahamiyatga ega bo‘lgan hodisalarni qayd etuvchi reyestr. Tizim administratorlarining ishini yengillashtirish uchun xizmat qiladi. " Hodisalarni kuzatuvchi|"Jurnaldan hodisalar to‘g‘risidagi xabarlarni o‘qish uchun mo‘ljallangan dastur. " Holat|"Obyekt o‘zgaruvchan parametrlarining ko‘plab barqaror qiymatlari majmuasini ifodalaydigan tushuncha. " Holat satri|"Dasturning ishchi oynasidagi, jarayonlar va instrumentlar (vositalar) xossalari to‘g‘risidagi joriy va yordamchi ma’lumotlar aks etadigan, ajratilgan soha. " Hoshiya|"Predmetlarning chetini yoritadigan maxsus effekt. " Hududiy boshqarma|"O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining boshqarmasi. Asosiy vazifalari hududiy darajada mintaqaning axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishining borishini tahlil qilish, litsenziya bitimlari shartlarining bajarilishi, radiochastota spektridan foydalanish, shuningdek, Milliy axborot tizimi va «Elektron hukumat» tizimini shakllantirish va rivojlantirish doirasida joylardagi davlat hokimiyat organlarida tadbirlarni amalga oshirish hamda bajarilishini nazorat qilish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish hisoblanadi. " Hujjat|"Ilovada yaratilgan, o‘ziga xos nom bilan saqlangan va keyinchalik shu nom orqali foydalaniladigan ixtiyoriy fayl. Bu faylning nomi o‘zi joylashgan katalogda takrorlanmasligi kerak. " Hujjat aylanishi|"Hujjatlar yaratilgan yoki olingan paytdan boshlab bajarilishi tugallangungacha: tashkilotdan jo‘natilgungacha va/yoki arxivga yuborilgungacha ularning harakatlanishini tashkil qilish bo‘yicha ishlar. " Hujjat aylanishining hajmi|"Tashkilotga kelib tushgan va u tomonidan ma’lum davr uchun tuzilgan hujjatlar soni. " (Hujjat) formati|"Ma’lumotlar turiga cheklov o‘rnatilgan ma’lumotlarni taqdim etishning aniq shakli. Izoh – Fayllar formati, kodlash, gipermatn strukturalari. " Hujjat muallifi|"Hujjatni tuzgan jismoniy yoki yuridik shaxs. " Hujjat nusxasi|"Asl hujjatdagi axborotni va uning barcha tashqi belgilari yoki yuridik kuchga ega bo‘lmagam qismini to‘liq qayta tiklaydigan hujjat. " (Hujjat) qonuniyligi|"Namoyish qilinayotgan hujjat taqdimoti, hujjatning hayot sikli davomida foydalanilgan texnologiyalarning qonuniyligini obyektiv tasdiqlaydigan parametrlarga ega ekanligini ko‘rsatuvchi hujjat xususiyati. " Hujjat rezolyutsiyasi|"Mansabdor shaxs tomonidan hujjatga qo‘yilgan va u qabul qilgan qarorga ega yozuvdan iborat rekvizit. " Hujjat tarkibi|"Hujjat to‘g‘risidagi axborotni aks ettiradigan va odam idrok qilishi uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar. " Hujjat turining nomi|"Hujjatning turini belgilaydigan hujjat rekviziti. " Hujjat versiyasi|"Hujjatni ishlab chiqishning ma’lum bosqichiga mos keluvchi elektron hujjat. " Hujjatlar|"Foydalanuvchiga tegishli bo‘lgan axborotlar majmui. Shuningdek, hujjat egasi va administratordan boshqa kishi kira olish huquqiga ega bo‘lmagan maxsus papka. " Hujjatlar nomenklaturasi|"Tashkilotda ularni saqlash muddatlarini ko‘rsatib, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan holatda yuritiladigan ish nomlarining tizimlashtirilgan ro‘yxati. " Hujjatlar va topshiriqlarni marshrutlash|"Bajaruvchining ish joyiga hujjatlarni va topshiriqlarni yetkazish. Marshrutlashning ikkita: On-line (foydalanuvchining shaxsiy papkasida topshiriq kartochkasiga yorliqni joylashtirish) va Off-line (topshiriqni elektron pochta orqali jo‘natish) usuli mavjud. Hujjat bilan ishlayotgan foydalanuvchi tomonidan topshirilishi mumkin bo‘lgan, bir foydalanuvchidan boshqasiga hujjatning harakatlanish marshrutini aniqlash. " Hujjatlarni boshqarish tizimi|"Tashkilot hujjatlarini tuzish, tahrir qilish, tarqatish, saqlash, izlash, qabul qilish, ro‘yxatga olish, hisobini yuritish va boshqa qator operatsiyalarni bajaruvchi dasturiy tizim. " Hujjatlarni indekslash|"Axborot-qidiruv tili atamalarida so‘rovlar va hujjatlar mazmunini tavsiflash jarayoni; hujjatga, uning ma’naviy mazmunini aks ettiradigan asosiy so‘zlar to‘plamini belgilash. " Hujjatlarni qayta ishlash|"Faylni (hujjatni) izlash, yaratish, tahrir qilish, saqlash. " Hujjatlarni ro‘yxatga olishning avtomatlashtirilgan shakli|"Maxsus dasturiy ta’minotdan foydalanib hujjatni ro‘yxatga olish usuli. " Hujjatlarning obyekt modeli|"Bitta veb-sahifadagi obyektlar va tasvirlarning manipulyatsiya qilinadigan usullarini belgilaydigan WWW konsorsium standarti. " Hujjatlashtirilgan axborot|"1. Moddiy tashuvchida qayd etilgan va uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan rekvizitlarga ega axborot. 2. Tashkilotni boshqarish va uning ishlashi uchun zarur axborot, shuningdek, axborot saqlanadigan moddiy tashuvchi. Izoh – Hujjatlashtirilgan axborot har qanday shaklda va har qanday tashuvchida taqdim etilishi, shuningdek, har qanday manbadan olinishi mumkin. " Hujjatlashtirilmagan axborot|"Jismoniy shaxslar tashiydigan yoki ramz, timsol, signal, texnik yechim, jarayonlar shaklida fizik maydon va muhitlarda aks ettirilgan maʼlumotlar. " Hujjatlashtirish|"Belgilangan qoidalarga ko‘ra turli tashuvchilardagi axborot yozuvi. " Hujjatli axborot-qidiruv tizimi|"Zarur axborotni o‘zida saqlovchi hujjatlarni izlash uchun mo‘ljallangan tizim. Hujjatli axborot-qidiruv tizimining izlash massivi hujjatlarning izlash tasviri yoki hujjatlarning o‘zidan tashkil topgan bo‘ladi. " Hujjatli nusxa|"Fayl yoki ekran ichidagining, qog‘oz, plyonka yoki boshqa elektron bo‘lmagan tashuvchidagi nusxasi. " Hujjatni bajarish muddati|"Normativ-huquqiy hujjatlar, tashkiliy-farmoyish hujjatlari yoki rezolyutsiyalarda belgilangan muddat. " (Hujjatni) tahrir qilish|"Hujjat tarkibi, tuzilmasi va/yoki atributlarini tuzish va/yoki o‘zgartirishni o‘z ichiga oladigan hujjatni qayta ishlash jarayoni. " Hujjatning elektron qayd qilish-nazorat kartochkasi|"Hujjat rekvizitlarini kiritish uchun mo‘ljallangan maydonlar to‘plami shakli. " Hujjatning hayotiy sikli|"Hujjatni shakllantirish onidan arxivga (saqlashga) yoki yo’q qilish uchun topshirishgacha bo‘lgan jarayon. " Hujjatning qayd etilganligi|"Hujjatning, uni taqdim etish shaklidan qat’i nazar, unda mavjud ma’lumotlarni ifodalaydigan funksional xususiyati. " Hujjatning yuridik kuchi|"Rasmiy hujjatning, uni tayyorlagan organ vakolati doirasida va o‘rnatilgan rasmiylashtirish tartibiga ko‘ra, unga amaldagi qonun hujjatlariga ko‘ra xabar qilinadigan xususiyati. " Hujum|"1. Aktivlarni yo‘q qilish, ochish, o‘zgartirish, blokirovkalash, tutib olish, ruxsat etilmagan foydalanish huquqini olish yoki aktivlardan ruxsatsiz foydalanishga urinish. 2. Buzg‘unchi tomonidan avtomatlashtirilgan tizim zaifliklaridan foydalanish yo‘li bilan tahdidni amalga oshirish harakati. 3. Xavfsizlikni ta’minlash mexanizmlarini chetlab o‘tish maqsadida yoki ularning kamchiliklaridan foydalanish maqsadida qo‘llaniladigan harakatlar. 4. Axborotni qo‘lga kiritish, unga putur yetkazish (obro‘sizlantirish), tarmoq xizmati rejimini buzish va boshqa maqsadda tizim himoyasini buzishga urinish. 5. Tizim himoyasini yengib o‘tishga urinish. Hujum ma’lumotlarni o‘zgartirishga olib keluvchi aktiv yoki passiv bo‘lishi mumkin. Izoh Hujumning amalga oshirilganligi uning muvaffaqiyatini bildirmaydi. Hujumning «muvaffaqiyat» darajasi tizim qanchalik zaifligiga va muhofaza choralarining samaradorligiga bog‘liq. " Hujum potensiali|"Baholash obyektiga hujum qilishda ishlatish uchun kerak bo‘lgan, buzg‘unchining kompetentlik, resurslar va motivatsiya ko‘rsatgichlarida ifodalangan kuch o‘lchovi. " Hujum yuzasi|"Kompyuter tizimlari axborot xavfsizligi vazifalarini yechishda qo‘llaniladigan va mumkin bo‘lgan zaif joylarning umumiy sonini bildiradigan atama. Serverda qancha ko‘p komponent o‘rnatilgan bo‘lsa, mumkin bo‘lgan zaif joylarning soni shunchalik ko‘p va demak, hujum yuzasi shunchalik katta bo‘ladi. " Hujumlarni aniqlash|"Tizim obyektlariga bo‘ladigan hujumlarni aniqlash uchun qo‘llaniladigan mexanizm. " Hujumlarni aniqlaydigan IETF ishchi guruhi|"Hujumlarni aniqlash muhitida Internet standartlarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan guruh. " «HUKUMATGA OID» belgili pochta jo‘natmasi|"Pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanganda afzalliklar taqdim etiladigan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatda ko‘rsatilgan alohida toifadagi foydalanuvchilar tomonidan jo‘natiladigan pochta jo‘natmasi. " Hukumat shlyuzi|"Turli davlat idoralari axborot tizimlarining integratsiyasi ta’minlanadigan ilovalar to‘plami. " Huquqiy informatika|"Huquqda (yoki huquqiy tizimda) axborot, axborot jarayonlari va axborot tizimlarini o‘rganuvchi fan. Huquqiy informatikaning tadqiqot obyektlari: - huquqiy tizimda axborot maxsus obyekt turi sifatida; - huquqiy tizimda axborot jarayonlari va ular bajarilayotganda paydo bo‘ladigan axborot munosabatlari; - huquqiy maqsadlarda qo‘llaniladigan hisoblash texnikasi, aloqa va telekommunikatsiyalar vositalari asosida yaratiladigan axborot tizimlari, axborot-telekommunikatsiya texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari, jumladan, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari, maʼlumotlar bazalari va banklari, ularning tizimlari, boshqa axborot texnologiyalari. " Huquqiy kibernetika|"Huquqiy tizimning ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish tizimi sifatidagi axborot xususiyatlarini o‘rganuvchi fan. " Huquqlar|"Tizimda biror bir operatsiyalarni bajarish huquqi. Administrator tomonidan boshqariladi. " Huquqni belgilovchi (huquqni yuzaga keltiradigan) hisobga olish hodisasi|"Yuzaga kelishi, o‘zgarishi yoki tugallanishi davlat hisobga olish tizimida qayd etilmasdan mumkin bo‘lmagan huquq va/yoki majburiyatlarni yuzaga keltiradigan, o‘zgartiradigan yoki tugatadigan hisobga olish hodisasi. " Huquqni tasdiqlaydigan (guvohlik beradigan) hisobga olish hodisasi|"Muayyan shaxs huquqlari va/yoki majburiyatlarining yuzaga kelishini, o‘zgarishi yoki tugallanishini aks ettiradigan hisobga olish hodisasi (huquqni belgilaydigan hujjatlar yoki hodisalarga nisbatan ikkilamchi hodisa). I " Identifikator|"1. Tegishli baholash obyekti kontekstida mantiqiy obyekt (masalan, foydalanuvchi, jarayon yoki disk) qat’iy identifikatsiya qilinganligining taqdim etilishi. Izoh – Bunga simvollar qatori misol sifatida ko‘rsatilishi mumkin. Foydalanuvchi-odam uchun uning to‘liq yoki qisqartirilgan ismi, yo (shaxsiy) laqabi ko‘rsatilishi mumkin. 2. Obyektni tavsiflovchi va uni boshqa ko‘plab obyektlar orasida ajratib ko‘rsatish imkonini beruvchi kod yoki ramziy nom. Identifikator tarmoq turini, protokolini, port raqamini va b.q. ko‘rsatishi mumkin. 3. Foydalana olish subyekti yoki obyektining farqli belgisini aks ettiruvchi, foydalana olishni identifikatsiya qilish vositasi. Foydalanuvchilar uchun foydalana olishni identifikatsiya qilishning asosiy vositasi parol hisoblanadi. " Identifikator turkumi|"Identifikatorning qiymat bilan bog‘lanish va undan foydalanish usulini belgilovchi toifa. " Identifikatsion (kodli) karta|"Foydalanuvchining axborot resursidan foydalana olishini identifikatsiya qilish uchun mo‘ljallangan, kodli so‘z (parol) tushirilgan, perforatsiyalangan qog‘oz yoki magnit karta. " Identifikatsion belgi|"Kodlangan yoki shifrlangan ko‘rinishdagi haqiqiy axborot (muallif, dastur nomi). " Identifikatsion ma’lumotlar|"Autentifikatsiya vaqtida so‘raladigan va foydalanuvchini, guruhlarning aloqasini yoki identifikatsiyaning boshqa atributlarini ifodalaydigan axborot. " Identifikatsion ma’lumotlar ombori|"Umumiy foydalanish uchun mo‘ljallangan identifikatsion ma’lumotlar saqlanadigan, konfiguratsiyalangan repozitoriy. " Identifikatsion ma’lumotlar puli|"Bir xil foydalana olish huquqlariga ega identifikatsion ma’luomotlar guruhi. Pulni xizmatlar guruhiga ham yoki xizmatlarning guruhlar to‘plamiga ham berish mumkin. " Identifikatsion xavfsizlik siyosati|"Foydalaniladigan tarmoq resurslarining, tarmoq foydalanuvchilarining, foydalanuvchilar guruhining identifikatsiyalovchi xossalari va/yoki atributlariga asoslangan xavfsizlik siyosati. " Identifikatsiya qilish|"1. Foydalana olish subyektlari va obyektlariga identifikator berish va/yoki taqdim etilayotgan identifikatorni o‘zlashtirilgan identifikatorlar ro‘yxati bilan solishtirish. 2. Tizimning ayrim komponentlarini, odatda tizimda qabul qilinadigan noyob nomlar (identifikatorlar) yordamida aniqlash jarayoni. 3. Foydalanuvchining shaxsini, unga tizim bilan ishlashda huquq va imtiyozlarning ma’lum to‘plamini berish maqsadida aniqlash, masalan, foydalanuvchiga taalluqli xavfsizlik identifikatorini belgilash. " Identifikatsiyalash ishonchliligini oshirish qurilmasi|"Telekommunikatsiyalar kanallari orqali olisdagi terminallardan uzatilgan identifikatsiya xatolari tuzatilishini ta’minlaydigan dasturiy-apparat qurilma. Izoh – Xatolarni tuzatish uchun turli usullar; xabarlarni uzatuvchi tomonga original bilan taqqoslash uchun qayta yuborish; xabar bilan bir vaqtda nazorat razryadlarini yuborish; ortiqcha kodlardan (Xemming kodi, siklik kodlar) foydalanish va h.k. qo‘llaniladi. " Identifikatsiyalash tizimi|"Axborotga oid (informatsion) o‘zaro hamkorlik jarayonida tomonlarni autentifikatsiya qilish funksiyasini bajaradigan kriptografik tizim. " Ideogramma|"Obyektni, butun so‘zni, tushunchani va ular bilan qo‘shilib keladigan tovush elementlarini bildiradigan, shartli grafik belgi. " Idoralararo elektron hamkorlik|"Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida davlat organlari o‘rtasida maʼlumotlar almashinish. " Idoralararo elektron so‘rov|"Davlat organining, davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va ma’lumot taqdim etilishi to‘g‘risida, talabnoma beruvchining so‘rovi asosida so‘raladigan hujjatlar va ma’lumotga ega bo‘lgan tashkilotlarga elektron hujjat shaklida yuborilgan talabnomasi. " Idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik|"Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida davlat organlari o‘rtasida ma’lumotlar almashinish. " Idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik tizimi|"Mahalliy hokimiyat organlariga, kredit tashkilotlariga (banklarga), nodavlat pensiya fondlariga, bu tizimning boshqa qatnashchilariga, fuqarolar va tashkilotlarga elektron shaklda davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun zarur bo‘ladigan ma’lumotlarni almashinish imkonini beradigan axborot tizimi. " Idoralararo integratsion platforma|"Idoralararo o‘zaro hamkorlikni tashkil qilish va elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish doirasida elektron hukumat axborot tizimlarini integratsiyalash uchun mo‘ljallangan apparat-dasturiy vositalar majmui. " Idoralararo kompyuter tarmog‘i|"Bitta yoki bir necha davlat doirasida bir necha idoralarning lokal va korporativ tarmoqlarini birlashtiruvchi axborot- hisoblash tarmog‘i. " Idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘i|"Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatadigan davlat organlarining idoraviy va idoralararo axborot resurslari va elektron hukumat markaziy ma’lumotlar bazalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik uchun belgilangan tarmoq. " Idoraning rasmiy sayti|"Internet tarmog‘ida noyob manzilga ega bo‘lgan, tashkilotlar va fuqarolarga tegishli idoraning faoliyati to‘g‘risidagi axborotdan, shuningdek, axborot bilan bog‘liq va boshqa xizmatlardan (servislardan) foydalana olishni ta’minlaydigan, davlat organi axborot-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlarining majmui. " Ifloslanish|"Bitta maxfiylik grifi yoki xavfsizlik toifasidagi ma’lumotlarni maxfiylik grifining darajasi pastroq bo‘lgan yoki boshqa xavfsizlik toifasidagi ma’lumotlarga kiritish. " Ifoda|"Mаtematik formula va/yoki nisbat bilan ifodalangan, ma’lumotlar ustida qandaydir operatsiyalar bajarilishini dasturlash tilida yozish. Operatsiyalar belgilari (operatorlar) bilan birlashtirilgan o‘zgaruvchilar, konstantalar, funksiyalardan (ularning barchasi operandlar deb ataladi) iborat. Operatsiyalar unar (bitta operand bilan), binar (ikkita operand bilan) bo‘ladi. Arifmetik, mantiqiy va simvolli ifodalar mavjud. " Ignasimon yo‘nalganlik diagrammasi|"Antennaning maksimal nurlanish o‘qiga nisbatan simmetrik bo‘lgan tor yo‘nalganlik diagrammasi. " Ijaradagi liniya|"Monopol (yakka tartibda) foydalanish uchun abonentga (tashkilot yoki xususiy shaxsga) ajratilgan, «nuqta-nuqta» turidagi, kommutatsiyalanmaydigan yer usti yoki yo‘ldoshli aloqa liniyasi. " Ijaraga olingan kanal|"Tarmoq operatori tomonidan tarmoq foydalanuvchisiga shartnoma asosida ijaraga berilgan kanal. " Ijtimoiy informatika|"Jamiyatda axborot harakatlanishi qonuniyatlari va shakllari to‘g‘risidagi fan. Informatikaning ilmiy tadqiqotlarning yangi fanlararo sohasini bildiruvchi bo‘limi. " Ijtimoiy muhandislik|"Kompyuter tizimlariga texnik vositalardan foydalanmasdan hujum qilish usuli. Bu usul inson omiliga, uning ojizligiga asoslangan. " Ijtimoiy munosabatlar|"Ijtimoiy subyektlar o‘rtasida hayotiy ne’matlar taqsimlanishida ijtimoiy adolat bo‘lishi va subyektlarning tengligi, shaxsning qaror topish va rivojlanish sharoitlari, moddity, ijtimoiy, ma’naviy ehtiyojlar qondirilishi yuzasidan amalga oshiriladigan munosabatlar. " Ijtimoiy tarmoq|"Internetda ijtimoiy o‘zaro munosabatlarni qurish, aks ettirish va tashkillashtirish uchun mo‘ljallangan platforma, onlayn-servis, veb-sayt. " Ikki bog‘lanishli topologiya|"Uzellarning har bir jufti, kam deganda, ikkita bog‘lovchi liniyaga ega bo‘ladigan tarmoqning tuzilmaviy sxemasi. " Ikki diapazonli (ikkita diapazonda ishlash)|"Turli chastota diapazonlarida, masalan, GSM 900 va GSM 1800 ishlay oladigan mobil telefon. Izoh − Dual Band markasi bo‘lgan GSM tarmoqlarining telefonlari va uskunasi ikkita chastota diapazonida ishlay oladi. " Ikki fazali kod|"Birining davri taktli intervalga, ikkinchisi esa taktli intervalning yarmiga teng bo‘lgan ikki holat ikkita chastota impulslari orqali uzatiladigan kod. " Ikki hissa almashinuv tezligiga ega bo‘lgan SDRAM|"DDR SDRAM mikrosxemasi (texnologiyasi, xotirasi) sinxron dinamik tezkor xotira qurilmasi mikrosxemalarining turi bo‘lib, unda ma’lumotlar uzatish takt signalining ikkala frontida ham amalga oshiriladi, bu esa ma’lumotlar almashinuvi tezligini ikki hissa oshirsh imkonini beradi. " Ikki kanalli (n-kanalli) televizion server|"Ikki (n ta) mustaqil ishlaydigan televizion kanalga ega televizion server. " Ikki ko‘zguli antenna|"Ikkita asosiy reflektor va kontrreflektor ko‘zgudan iborat bo‘lgan ko‘zguli antennalar. Izoh – Antennaning ikki ko‘zguli sxemasi antenna yo‘nalganlik diagrammasi yon yaproqlarining kichik darajasini ta‘minlaydi, shuning uchun u ko‘proq uzatuvchi antennalarda ishlatiladi. " Ikki liniyali ulanish|"Abonent terminalini bir vaqtda tarmoqning ikkita uzeliga ulash. Ikkinchi liniya, odatda rezerv hisoblanadi, yaʼni u orqali normal ish sharoitlarida ishlash qobiliyatini nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan uncha katta bo‘lmagan xizmatga oid oqim uzatiladi. " Ikki marta bosish|"«Sichqoncha» tugmasini ikki marta tez bosish. Foydalanuvchining grafik interfeysida obyektni tez tanlash yoki qandaydir ishni amalga oshirish uchun xizmat qiladi. " Ikki nuqta|"Dasturlash tilida qatordagi operatorlarni ajratish uchun qo‘llaniladi. Masalan, Beysik tilida bir satrda yozilgan operatorlar ikki nuqta orqali ajratiladi. " Ikki nuqtali aloqa protokoli|"SLIP protokolining davomchisi. Bu protokol marshrutizatorni marshrutizator bilan va xost-mashinani tarmoq bilan sinxron va asinxron aloqa liniyalari bo‘yicha ulashni o‘rnatadi. Agar SLIP protokoli faqat IP-protokoli bilan ishlash uchun loyihalashtirilgan bo‘lsa, RRR protokoli esa tarmoq sathidagi bir necha protokollar bilan IP, IPX va ARA protokollarini qo‘shgan holda, ishlash uchun loyihalashtirilgan. RRR protokoli, shuningdek, axborotni muhofaza qilishning o‘rnatilgan mexanizmiga ega: SNAR va RAR protokollari. " Ikki nuqtali bog‘lanish|"Faqat ikkita punkt o‘rtasida o‘rnatiladigan bog‘lanish. " Ikki nuqtali topologiya|"Tarmoqning, ikki uzelini o‘zaro biron-bir kommutatsion uskunadan foydalanmasdan bog‘laydigan, oddiy fragmenti. Soddaligiga qaramay, bu bazaviy topologiyadan axborotni yuqori tezlikli magistral aloqa liniyalari orqali uzatishda keng foydalaniladi. " Ikki polosali|"C-diapazon signallari kabi Ku-diapazon (12 GHz dan 18 GHz gacha) signallari bilan ham ishlash imkoniyatiga ega bo‘lgan uskuna va antennalarni belgilashda foydalaniladigan atama. " Ikki portli|"Operatsiyalarning parallel bajarilishini topshirish uchun, mustaqil ikkita kirish nuqtasi bo‘lgan xotira mikrosxemasi. " Ikki portli xotira|"Bir vaqtda bittadan ortiq protsessor yoki kontroller erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan xotira. " Ikki portli shlyuz|"Tarmoqlararo ekran dasturiy ta’minoti ishlaydigan va ikkita – biri ichki tarmoqqa, ikkinchisi tashqi tarmoqqa ulangan tarmoq kartalariga ega bo‘lgan kompyuter. Shlyuz axborotni bir tarmoqdan ikkinchisiga, ular o‘rtasida bevosita o‘zaro ta’sirni istisno qilgan holda, uzatadi. " Ikki pog‘onali tizim|"Ikki pog‘onasida joylashgan kollektor va taqsimlash kanallariga ega bo‘lgan kanallar tizimi. " Ikki protsessorli|"Ikkita protsessorli kompyuter. " Ikki rangda ko‘rish|"Barcha ranglar tegishli tarzda tanlangan faqat ikkita qo‘zg‘atuvchi aralashmasi bilan mos kelishi mumkin bo‘lgan normal bo‘lmagan rang ko‘rish. " Ikki rejimli terminal|"Turli tarmoqlarda ishlashga mo‘ljallangan abonent terminali. Misol – analog va raqamli standartlarda (TDMA/ AMPS), yo‘ldoshli va uyali aloqa GSM/Glo-balstar rejimlarida ishlaydigan terminallar. " Ikki standartli telefon|"Turli tarmoqlarda, masalan, CDMA va AMPS, GSM va DECT da ishlay oladigan mobil telefon. " Ikki tomonga yo‘naltirilgan port|"Ma’lumotlar ikkala yo‘nalishda yuborilishi mumkin bo‘lgan port. " Ikki tomonga yo‘naltirilgan interfeys|"Bir vaqtning o‘zida aloqaning ikkala yo‘nalishida maʼlumotlar uzatilishini taʼminlovchi interfeys. " Ikki tomonlama bog‘lanish|"Tarmoq elementlarining istalgan jufti o‘rtasida ikki aloqa liniyasining mavjud bo‘la olishi. " Ikki tomonlama muvofiqlashtirish|"To‘g‘ri va teskari yo‘nalishlarda aloqa kanallarining real xarakteristikalari hisobga olingan holda, liniyalarning parametrlari va ish rejimlarini tanlash amalga oshiriladigan, bog‘lanishni o‘rnatish protsedurasi. " Ikki tomonlama xotira moduli|"DRAM xotira modullarining form-faktori. Modulning turli tomonlarida joylashgan kontaktlarning bog‘liq bo‘lmasligi DIMM ning asosiy farqi hisoblanadi. DIMM 64 (juftlikni nazorat qilmasdan) yoki 72 (juftlik yoki ESS kodi bo‘yicha nazorat qilish bilan) ma’lumotlar uzatish liniyasida xatolarni aniqlash va tuzatish funksiyasini bajaradi. " Ikki tomonlama yo‘naltirilgan antenna|"1. Bitta machtada joylashgan va qarama-qarshi tomonga yo‘naltirilgan ikkita yo‘naltirilgan antennadan iborat antennali tizim. 2. Radiosignallarni ikki yo‘nalishda bir vaqtda nurlantiruvchi ikki yaproqli yo‘nalganlik diagrammasiga ega antenna. " Ikki uyli shlyuz|"Brandmauerning dasturiy taʼminoti ishlaydigan va biri ichki tarmoqqa, boshqa biri tashqi tarmoqqa ulangan ikkita tarmoq interfeys platasi bo‘lgan kompyuter. Izoh – Shlyuz axborotni bir tarmoqdan ikkinchi tarmoqqa uzatadi, ular o‘rtasida bevosita taʼsirga yo‘l qo‘ymagan holda. Seans va amaliy sath shlyuzlari ikki uyli shlyuzga kiradi. " «Ikki yarim» yoki «gibrid» animatsiya|"Uch o‘lchamli perspektiva imitatsiyasiga ega ikki o‘lchamli animatsiya. Obyektlarning «ko‘p qatlamli» siljishidan foydalanilganda «yaqinda joylashgan»larga nisbatan «uzoqlashgan» obyektlar sekinroq siljiydi. " Ikki yo‘nalishli|"Ikki tomonga yo‘naltirilgan signal. " Ikki yo‘nalishli oldindan aytish|"«Oldinga» (o‘tgan videokadrlar bo‘yicha) yoki «orqaga» (oldindagi videokadrlar bo‘yicha) oldindan aytishdan foydalaniladigan kodlash usuli. " Ikki o‘lchamli grafika|"X va Y o‘qlari bo‘yicha ikkita koordinata bilan tavsiflanadigan grafika. " Ikki o‘lchamli taxminlash, 2-D taxminlash|"Taxminlangan qiymat, ayni bir maydon satrlaridagi qo‘shni tasvir elementlaridan kelib chiqib olinadigan taxminlash. " Ikki shinali arxitektura|"Pentium Pro protsessorlari ichki shinasi arxitekturasining nomi. Turli taktli chastotalarida ishlashini ta’minlash va tizim unumdorligini oshirish imkonini beradi. " Ikkilamchi halqa|"Ikki halqali optik tolali tarmoqdagi (FDDI standarti) rezerv bog‘lovchi liniya. Bu liniya orqali normal ish rejimida (nosozliklar bo‘lmaganda) liniya ishlash qobiliyatini nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan xizmat signallari uzatiladi. " Ikkilamchi kalit|"1. Asosiy xabarni va biror bir kirish parametrini, masalan, abonent stansiyasining seriya raqamini mantiqiy qayta o‘zgartirish yo‘li bilan olinadigan kalit. 2. Dasturiy ta’minotni muhofaza qilish usuli, unda birinchi kriptografik kalit dasturiy ta’minotni deshifrovka qilish uchun kalit hisoblanadigan ikkinchi kalitdan foydalana olish uchun yo‘l ochadi. " Ikkilamchi kesh-xotira|"Protsessordan tashqarida, birlamchi kesh-xotira bilan tezkor xotira qurilmasi o‘rtasida joylashgan ikkinchi sath kesh-xotira. " Ikkilamchi kuchlanishdan muhofaza qilish qurilmasi|"Shaxsiy hayot sirlarini taʼminlash uchun bajarilayotgan tadbirlar. Ushbu tadbirlar, ayrim shaxslar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni muhofazalash va ularni yig‘ish, to‘plash va ularni qayta ishlashga cheklovlarni o‘z ichiga oladi. " Ikkilamchi nur tarqatgich|"Fider bilan bog‘lanmagan va birlamchi nur tarqatgichning elektromagnit maydoni bilan qo‘zg‘atiladigan antennaning nurlantiruvchi elementi. " Ikkilamchi nurlanish|"Yuqori chastotali toklar va elektr zaryadlarni yo‘naltirish hisobiga, radioto‘lqinlarning uzatish muhitidagi to‘siqlardan qaytish va tarqalish hodisasi. " Ikkilamchi rangli rirproyeksiya|"Rang videosignali bilan dastlabki tasvir yoki yozuv yaratilgandan so‘ng bajariladigan rirproyeksiya. " Ikkilamchi tarmoq kanali|"Telekommunikatsiyalar ikkilamchi tarmog‘ining kommutatsiya uzellari va stansiyalari oralig‘idagi telekommunikatsiyalar kanalining qismi. Ikkilamchi tarmoqning turiga qarab uning kanallari quyidagicha nomlanadi: telefon tarmog‘i kanali, telegraf tarmog‘i kanali, maʼlumotlar uzatish kanali va h.k. " Ikkilamchi zichlanishga ega kanal|"Nutqli axborot bilan bir qatorda, qo‘shimcha past tezlikli ma’lumotlar oqimi ham uzatilishi mumkin bo‘lgan aloqa kanali. Izoh − Polosasining kengligi (0,3−3,4) kHz bo‘lgan kanal ma’lumotlarning bitta yoki bir nechta past tezlikli kanali bilan qo‘shimcha zichlanishi mumkin. " Ikkilanma nur sinishi|"Yorug‘lik nurining optik anizotrop muhit orqali tarqalishida yorug‘lik sinish ko‘rsatgichining nur qutblanganligiga bog‘liqligi oqibatida ikkiga ajralishi. " Ikkilik|"Ikkilik sanoq tizimida taqdim etilgan ma’lumotlar turi. " Ikkilik fayl|"Ma’lumotlar ikkilik ko‘rinishida, masalan, dastur kodi, shrift yoki tasvir bilan taqdim etiladigan fayl. Matnli fayllardan farqli ravishda, ekranda ko‘rish uchun maxsus dastur talab etadi. " Ikkilik fazaviy manipulyatsiya|"Fazaviy modulyatsiyalash usuli bo‘lib, bunda kirish ikkilik simvolining 1 dan 0 ga yoki aksincha, almashinishi signal fazasining 180° ga o‘zgarishiga olib keladi. Masalan, modulyator chiqishidagi faza siljishi 0 simvoli uchun +90°, 1 simvoli uchun – 90° bo‘lishi mumkin. " Ikkilik izlash|"1. Tartiblashtirilgan ko‘plikdagi izlash usuli bo‘lib, uning har bir qadamida ko‘plikning o‘rtacha elementi izlangan element bilan taqqoslanadi va taqqoslash natijasiga bog‘liq holda, keyingi qadamda qayta ishlash uchun ko‘plikning yarmi tanlanadi. 2. Elementlar to‘plami ikki qismga bo‘linadigan va bir qismi tashlab yuboriladigan izlash. Jarayon maqbul xossaga ega elementlar topilgunga qadar takrorlanadi. " Ikkilik jamp|"Xotira ichidagini ikkilik ko‘rinishida bosib chiqarish. " Ikkilik kiritish|"Kompyterga ikkilik ma’lumotlarni kiritish. " Ikkilik kod|"1. Xotira ichidagini nollar va birlar ketma-ketligi ko‘rinishida taqdim etish, biroq bu atama ko‘pincha bajariladigan dasturni belgilash uchun qo‘llaniladi. 2. Bajarish uchun yaroqli ko‘rinishda bo‘lgan faqat mashina komandalari va konstantalarni ichiga oladigan dasturiy modul. " Ikkilik kodlar darajasidagi moslik|"Bitta kompyuter tizimi dasturining o‘zgartirishsiz boshqa platformada bajarilish qobiliyati. " Ikkilik ko‘rinishdagi fayllarni uzatish|"Fayllarni ikkilik ko‘rinishda uzatish protokoli. Ma’lumotlar uzatish jarayonida o‘zgarmaydi. " Ikkilik nuqta|"Ikkilik sondagi, butun qismni kasrli qismdan ajratadigan nuqta. " Ikkilik raqam|"Ikkilik sanoq tizimidagi ikkita ‒ 0 va 1 raqamdan biri. " Ikkilik sanoq tizimi|"Asosi 2 bo‘lgan pozitsion sanoq tizimi. Sonlarni yozish uchun 0 va 1 ikkilik raqamlardan foydalaniladi. Informatikada asosiy sanoq tizimi hisoblanadi. " Ikkilik semafor|"0 va 1 qiymatlarni oladigan semafor. " Ikkilik sinxron uzatish|"Olisdagi terminallarning markaziy elektron hisoblash mashinasi bilan aloqasida foydalaniladigan protokol. " Ikkilik skanlash ekrani|"DSTN displey − qattiq buralgan nematik bilan to‘ldirilib, bir-biriga yopishtirilgan shishali yacheykalar. Birinchisi – suyuq kristalli displey, ikkinchisi – elektrodlar va qutblagichlarsiz yoki oq fonda qora rangning aks etishini ta’minlovchi va kontrastni ko‘paytiruvchi kompensator sifatida foydalanish uchun suyuq kristall modda bilan to‘ldirilgan shisha yacheyka. " Ikkilik son|"Ikkilik sanoq tizimida yozilgan son. Kompyuter xotirasidagi har qanday narsani ikkilik sonlar ko‘rinishida taqdim etish mumkin. " Ikkilik sonlar psevdotasodifiy ketma-ketligining generatori|"Ma’lumotlarning initsializatsiyalanadigan so‘zini kiritishda muayyan psevdotasodifiy ikkilik ketma-ketligini generatsiyalaydigan uskuna. " Ikkilik tasvir|"Ma’lumotlarning ikkilik massiv ko‘rinishida taqdim etilishi. " Ikkilik yoqlama litsenziyalash|"Erkin dasturiy taʼminotning biznes modeli va uni ikkita litsenziya bo‘yicha amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Ko‘pincha bittasi – shaxsiy mulk sifatida ko‘riladi va shu dasturiy taʼminot asosida uning qo‘llanmalarini yaratishga imkon beradi. " Ikkilik-o‘nli kod|"O‘nli sonlarni ixcham tarzda mashina tiliga o‘girish usullaridan biri bo‘lib, har bir o‘nli raqamni kodlash uchun to‘rt bit talab qilinadi. Bunday sonlar meynfreymlarda iqtisodiy hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun qo‘llaniladi. " Ikkilik-o‘nlik kodlash|"O‘nli (0 ‒ 9) raqamlarni to‘rt razryadli ikkilik kodlar bilan taqdim etish usuli. " Ikkinchi avlod (2G)|"Mobil aloqa tizimlarining ikkinchi avlodi, analog tizimlarning birinchi avlodidan keyingi, simsiz texnologiyalar raqamli standartlarining birinchi guruhi. Izoh − Birinchi navbatda ovozni uzatish maqsadida ishlab chiqilgan, 2G tarmoqlarida ma’lumotlar ancha sekin uzatiladi. Ma’lumotlar uzatishda 2G tizimlari 2,5G va 3G tizimlardan farqli ravishda, ma’lumotlar ayni paytda uzatilayotganidan yoki uzatilmayotganidan qat’i nazar, butun aloqa seansi mobaynida tarmoqning o‘tkazish polosasini egallaydi. 2G tizimlari o‘z ichiga cdmaOne va GSM tizimlarini oladi. " Ikkinchi avlod tili|"Ikkinchi avlod tili, shuningdek, assembler dasturlash tili sifatida ham ma’lum til. " Ikkinchi bosqich kesh xotirasi|"Protsessorlarning yangi modellarida ikkinchi bosqich kesh xotirasi protsessorga ichki qurilgan va birichni darajali kesh xotirasini to‘ldirishda ishlatiladi. " Ikkinchi shans algoritmi|"Uzoq vaqt murojaat bo‘lmagan sahifa emas, murojaatlarning vaqt bo‘yicha o‘sib borishi tartibi bo‘yicha tartiblangan ro‘yxatdan keyin keladigan sahifalar almashtiriladigan algoritm. " Ikoncha|"Displey ekranida operatsion tizimi muhitida obyekt yoki dasturni aks ettiruvchi kichik tasvir. " Ilmiy-axborot faoliyati|"Ilmiy-texnikaviy axborotni tashkil qilish, to‘plash, tartibga keltirish, tahliliy-sintetik qayta ishlash, yozish, saqlash, tarqatish va foydalanuvchi (isteʼmolchi)ga taqdim etish bilan bog‘liq harakatlar majmui. " Ilmiy-texnik axborot|"Ilmiy, ilmiy-texnikaviy, innovatsion va ijtimoiy faoliyat davomida yig‘ilgan hujjat va faktlar to‘g‘risidagi axborot. " Ilmiy-texnik axborot mahsuloti|"Ilmiy-texnikaviy axborot foydalanuvchilari (isteʼmolchilari) ehtiyojlarini qondirish uchun mo‘ljallangan axborot, ilmiy-texnikaviy faoliyatning moddiy natijasi. " Ilonsimon to‘lqin o‘tkazgich|"Konstruksiyasida qattiq metall sirtlar bo‘lmagan, qayriladigan egiluvchan to‘lqin o‘tkazgich. To‘g‘ri burchakli teshiklari bo‘lgan va ularni rezinali qobiq bilan biriktiriladigan bir qator metall shaybalardan tashkil topgan. " Ilova|"Tizimli proseduralarni chaqirish vositasida operatsion tizim bilan birgalikda ishlagan holda, bevosita foydalanuvchiga zarur boʻlgan funksiyalarni bajaradigan amaliy dastur yoki dasturlar paketi (vazifaning toʻla bajarilishini ta’minlaydigan dagturlar toʻplami) – masalan, hisoblash dasturi, matn redaktori yoki elektron jadval. " Ilova bibliotekasi|"Foydalanuvchiga muayyan masalani hal etish imkoniyatini ta’minlaydigan, tugallangan amaliy dastur yoki paket, masalan, elektron jadval yoki matn protsessori. " Ilova oynasi|"Ilovaning ishchi sohasi sifatida foydalaniladigan oyna. " Ilovalar generatori|"Ilovalarning muayyan sohasida bitta yoki bir nechta masalani hal qilish uchun dastur yaratadigan kod generatori. " Ilovalar identifikatori|"Faylli tuzilma tomi deskriptorining maydoni, disk yaratilishida bajariladigan birinchi amaliy dastur marshruti nomini belgilaydi. " Ilovalar portfeli|"Butun hayotiy sikli mobaynida ilovalarni boshqarish uchun foydalaniladigan tizimlashtirilgan hujjat yoki ma’lumotlar bazasi. Barcha ilovalarning asosiy, muhim atributlarini ichiga oladi. " Ilovalar severi|"Tarmoq amaliy (mijoz server) dasturlari bajariladigan, shuningdek, mijozlar foydalana oladigan ma’lumotlar bo‘lgan server. " Ilovalar talablari spetsifikatsiyasi|"Ilovaning spetsifik talablari hujjatlashtiriladigan, variantlari bog‘liq bo‘lgan, domenga ko‘rsatiladigan talablar spetsifikatsiyasi bilan yaxlit holatga keltiriladigan kichik jarayon. " Ilovalar talablarini boshqarish|"Ilovalar talablarining o‘zgarishlari va kuzatib borishlik mumkinligi boshqariladigan quyi jarayon. " Ilovalar talablarini tahlil qilish|"Muayyan ilovalarga bo‘lgan barcha talablar tushuniladigan, modellash vositasida ilovalarga bo‘lgan noto‘g‘ri va noizchil talablar tahlil qilinadigan, keyin esa, domenga qo‘yiladigan talablar yordamida qanoatlantirilishi mumkin bo‘lmagan ilovalar talablari tahlil qilinadigan va kelishiladigan quyi jarayon. " Ilovalarni hamkorlikda ishlab chiqish|"1977-yilda IBM tomonidan taklif qilingan tizimlarni tahlil qilish va ishlab chiqishga yondashuv. " Ilovalarni integratsiyalash|"Turli dasturlash tillarida yozilgan va turli arxitekturalarda ishlab chiqilgan turli ilovalarni o‘zaro birlashtirish imkonini beradi. " Ilovalarni ishlab chiqish muhandisligi|"1. Aktivlardan takror foydalanish yo‘li bilan, amaliy tizimlarni yaratish yoki aniqlashtirish jarayoni. 2. Jarayonlar to‘plamidan iborat hayotiy sikl. Bu jarayonlarda ilova aktivlari va mahsulotlar, mahsulotlar chizig‘i bo‘laklari, domen arxitekturasiga muvofiq va platforma o‘zgaruvchanligini bog‘lash yo‘li bilan, aktivlardan takror foydalanish orqali boshqariladi va bajariladi. " Ilovalarni tez ishlab chiqish|"Obyektga yo‘naltirilgan va vizual dasturlashdan foydalanish hisobiga, ilovalarning tezda ishlab chiqilishini ta’minlaydigan dasturiy mahsulot. " Ilovalarning asosiy oynasi|"Ilovadagi asosiy vazifani bajaruvchi oyna. Asosiy oynadan butun dasturni moslash va konfiguratsiyasini o‘zgartirish mumkin bo‘lgan bir qator yordamchi oynalarni ochish mumkin. " Ilovani ma’muriy boshqarish funksiyasi|"Foydalanuvchi tomonidan bajariladigan funksiya, jumladan ilovani o‘rnatish, joylashtirish, zaxiralash, xizmat ko‘rsatish (tuzatishlar kiritish va o‘zgartirish) hamda chiqarib tashlash. " Ilovaning ishga tushirilishi|"Ishlash uchun kerak bo‘ladigan dastur modullari, bibliotekalari va tezkor xotiradan undan foydalanish va tez ma’lumot almashinish uchun nusxa olish. " Ilg‘or texnologiya|"Biror-bir dasturiy va apparat ta’minot sohasida tub burilish yasagan eng ilg‘or texnologiya. Masalan, DirectX 10, kompyuter bilan ishlash tezligini keskin oshirishga qodir ilg‘or texnologiya hisoblanadi. " Imitatsion xalaqit|"Tuzilmasiga ko‘ra, foydali signalga o‘xshiydi, shuning uchun uni topish va ajratish qiyin bo‘lgan xalaqit. Odatda, u xuddi foydali signaldagi singari, lekin boshqacha modulyatsiya parametrlariga ega elementlardan tashkil topgan bo‘ladi. " Imitatsiya|"1. Texnik yolg‘on xabar tarqatishning tarkibiy qismi, soxta obyektlar va texnik demaskirovka qiluvchi belgilarni sun’iy qayta tiklash yo‘li bilan amalga oshiriladi. 2. Kriptografik protokolga aktiv hujum, uning maqsadi bir tomondagi raqib va/yoki buzg‘unchi tomonidan boshqa tomon nomidan qabul qilayotgan rad etilmaydigan xabarni majburan qabul qildirish hisoblanadi. " Imitatsiyalanadigan xalaqit|"Xalaqitga chidamlilikni baholash yoki o‘lchash maqsadida hosil qilinadigan, parametrlarning berilgan qiymatiga ega elektromagnit xalaqit. " Imitobardoshlik|"Maqsadi yolg‘on xabarni majburan kiritish (qabul qilish) yoki uzatiladigan axborotni yoki saqlanadigan ma’lumotlarni almashtirib qo‘yish bo‘lgan, jinoyatkorning aktiv hujumlariga qarshi tura olish qobiliyati. " Imitomuhofaza|"1. Shifrlangan aloqa tizimini yolg‘on ma’lumotlar majburan kiritilishidan (qabul qilinishidan) saqlashning apparat, apparat-dasturiy yoki dasturiy muhofaza vositalari. 2. Shifrlangan aloqani yolg‘on ma’lumotlarning ortiqcha o‘rnashishidan muhofaza qilish tizimi. " Imitomuhofaza tizimi|"Xabarlarni autentifikatsiyalashni bajaruvchi va axborotni ruxsatsiz o‘zgartirish yoki soxta axborotni majburan qabul qildirishdan himoya qilish uchun mo‘ljallangan kriptografik tizim. Xususan, imitomuhofaza tizimi axborotning yaxlitligini ta’minlaydi. Izoh – Imitomuhofaza tizimining matematik modeli imitomuhofazalovchi kodlash algoritmini (bu shifrlash algoritmi, autentifikatsiyalash kodi yoki boshqa o‘zgartirish bo‘lishi mumkin) va olingan axborotning haqiqiyligi to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish algoritmini hamda kalit tizimni o‘z ichiga oladi. " Imitomuhofaza vositalari|"Axborotni kriptografik almashtirish algoritmlarini amalga oshiruvchi va yolg‘on axborotni majburan qabul qildirishdan muhofaza qilish uchun mo‘ljallangan apparat, dasturiy va apparat-dasturiy vositalar. " Imitoqo‘shimcha|"Ochiq ma’lumotlar va kalitdan ma’lum qoidaga ko‘ra olingan hamda shifrlangan ma’lumotlarga imitomuhofazani ta’minlash uchun qo‘shilgan, qayd qilingan uzunlikdagi axborot bo‘lagi. " Imkoniyati yuqori bo‘lgan texnologiya (bosmaga chiqarilayotganda)|"Bosmaga chiqarishda yuqori sifatga (1200x1200 dpi gacha) erishish imkoniyatini beradigan texnologiya. " Imkoniyatlar|"Qurilma yoki dasturning funksional xarakteristikalari. " Imloni tekshirish|"Kiritilgan matnni imlo qoidalariga ko‘ra tekshiruvchi dastur. " Impedans|"Elektr zanjirining o‘zgaruvchan tokka nisbatan to‘liq qarshiligi. " Impedansli antennalar|"Yuguruvchi to‘lqin antennalarining bir turi, unda elektromagnit energiya oqimini to‘plash sayoz turdagi sekinlashtiruvchi ti-zimdan foydalanib amalga oshiriladi. " Impedansni moslashtirish|"Zanjir qo‘shni elementlarining to‘la to‘lqin qarshiliklarini (impedanslarini) interfeys nuqtasi orqali o‘tuvchi quvvat unumdorlikni yaxshilash yoki alohida samaraga erishish uchun maksimal darajada mumkin bo‘ladigan tarzda tanlash. " Implikatsiya|"Ikkita ifoda uchun mo‘ljallangan mantiqiy operatsiya. Natija beruvchi ifoda faqat birinchi ifoda to‘g‘ri, ikkinchisi esa noto‘g‘ri bo‘lganda (implikatsiya operatsiyasi kommutativ bo‘lmaganda) yolg‘on bo‘ladi. Implikatsiyaning standart belgisi: →. " Impuls|"Barqaror shakllangan jarayonning vaqtinchalik xarakteristikalariga nisbatan kichik vaqt intervali bilan tavsiflanuvchi, (kuchlanish, tok va b.) shakllangan holatining qisqa muddatli o‘zgarishi. Impulsning shakli turlicha – to‘g‘ri burchakli, trapetsiyasimon va h.k. bo‘lishi mumkin. Impulsning asosiy parametrlari davomiylik, amplituda, front hisoblanadi. Impulslar videoimpulslarga (eltuvchisi to‘ldirilmaydigan impuls) va radioimpulslarga ajratiladi. " Impuls-kodli modulyatsiya|"Modulyatsiyalash usuli, unga ko‘ra, analog signal qatʼiy uzunlikdagi ketma-ket uzatiladigan n razryadli (n=8) kodli so‘zlardan iborat raqamli maʼlumotlar oqimiga aylantiriladi. Tovushni uzatish 64 kbit/s tezlik hamda A- yoki qonuni bo‘yicha kompanderlash bilan amalga oshiriladi. IKM yordamida o‘zgartirilgan tovush signalining sifati yuqori bo‘ladi (ekspert baholanishi MOS shkalasi bo‘yicha 4,3). " Impulslar generatsiyasi|"Telefon raqamini terish paytida telefon aloqa liniyasiga impulslar jo‘natish. " Impulsli modulyatsiya|"Modulyatsiyalangan signal video yoki radioimpulslar ketma-ketligi ko‘rinishida bo‘lishi bilan farqlanadigan modulyatsiyalash usullari guruhi. " Imtiyozlar|"Operatsion tizimga yuborilgan imtiyozli, ya’ni cheklangan doiradagi foydalanuvchilar uchun mumkin bo‘lgan so‘rovlarni bajarish huquqi. Masalan, tizim vaqtini o‘zgartirishga so‘rov. " Imtiyozlarni boshqarish infratuzilmasi|"Kompleks mualliflashtirish xizmati ko‘magida hamda ochiq kalitlar infratuzilmasi bilan o‘zaro hamkorlikda imtiyozlarni boshqarish ta’minlanadigan infratuzilma. " Imtiyozlarning taqsimlanishi|"Ma’lumotlarni muhofaza qilish mexanizmini ochish prinsipi, bunda erkin foydalanish (kirish) uchun bir emas, balki ikkita parolni (masalan, ikkita shaxs tomonidan) ko‘rsatish zarur bo‘ladi. " (Imtiyozli bo‘lmagan) foydalanish rejimi|"Foydalanuvchilarning dasturlari bajariladigan dasturlarni bajarishning standart rejimi. Bu rejimda ayrim imtiyozli operatsiyalar (masalan, xotiraning va registrlarning tizim sohalarini o‘zgartirish) ta’qiqlanadi. " Imzo|"Familiya, ism, manzil va boshqa axborotdan iborat kichik matn. Uy katalogidagi maxsus fayldan olinadigan imzo avtomatik ravishda jo‘natilayotgan xat va teleanjumanda jo‘natilgan maqolalarning oxiriga qo‘shiladi. q: raqamli imzo. " Imzo kaliti sertifikatining egasi|"Ro‘yxatga olish markazi tomonidan imzo kaliti sertifikatini olgan va o‘z yopiq elek-tron raqamli imzo kalitiga ega bo‘lgan jismoniy shaxs. Elektron raqamli imzo kaliti vositalari yordamida elektron hujjatlarda o‘z elektron raqamli imzosini yaratish (elektron hujjatlarga imzo chekish) imkonini beradi. " Imzo sertifikatining egasi|"Nomiga imzo kalitining sertifikati berilgan, sertifikatda ko‘rsatilgan ochiq kalitga mos keluvchi elektron raqamli imzo kalitining yopiq kalitiga egalik qiladigan jismoniy yoki yuridik shaxs. " Indeks|"Berilgan har bir massivning har bir elementini identifikatsiya qilish uchun massiv nomiga qo‘yiladigan raqam (yoki raqamlar, agar ma’lumotlar massivi ko‘p o‘lchamli bo‘lsa). " Indekslangan fayl|"Yozuvlaridan foydalanish uchun indeksi bo‘lgan fayl. Bunday faylda yozuvni topish uchun, avvalo, indeks faylidagi tegishli elementni topish kerak. Unda yozuvni identifikatsiyalaydigan kalit maydoni va uning mantiqiy yoki fizik manzili bo‘ladi. Turli kalitlar bo‘yicha izlashni osonlashtirish uchun, faylda bir nechta indeks bo‘lishi mumkin. Indekslash yozuvlardan bevosita foydalanishni ta’minlaydi va faylni ko‘rib chiqish vaqtini qisqartiradi. " Indekslangan manzil|"Xotirada ma’lumotlarning spetsifik elementi, masalan, jadvalning, birinchi elementi joylashgan yer. Tayanch manzilni va indeksli registrda saqlanadigan qiymatni qo‘shish yo‘li bilan hisoblanadi. " Indeksli fayl|"Ma’lumotlar bazasi yozuvlari indekslarini saqlaydigan fayl. Indekslarning bo‘lishi yozuvlar izlab topilishini va ular bilan ishlashni tezlashtiradi. " Indeksli registr|"Komanda manziliga, uning haqiqiy qiymatini olish uchun qo‘shish yoki chiqarib tashlash zarur bo‘lgan muayyan ma’lumotlarni ichiga oladigan registr. " Indikator|"Muayyan axborot ehtiyojlari uchun ishlab chiqilgan tahliliy modeldan olingan tegishli atributlarni baholash imkonini beradigan o‘lchov. " Indikatorlar qiymatini aniqlash mezonlari|"Har bir indikatorga u yoki bu sonli qiymatni berish to‘g‘risida qaror qabul qilish algoritmining formal bayoni. " Individual boshqaruv bilan taqsimlash xizmati|"Taqsimlash xizmati, bunda axborot axborot bloklarining ketma-ketligi ko‘rinishida, masalan, davriy qaytariluvchi kadrlar shunday taqdim etiladiki, natijada foydalanuvchi axborot bloklarini shaxsan tanlash va axborot borishining boshlanishi hamda tartibini boshqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi. " Individual boshqaruvsiz taqsimlash xizmati|"Taqsimlash xizmati, undan foydalanuvchilar taqsimlangan axborotni taqdim etishning boshlanishi va tartibini boshqarish imkoniga ega bo‘lmagan holda foydalana oladi. " Individual qabul (yo‘ldoshli eshittirishda)|"Maishiy qurilmalar, odatda, uncha katta bo‘lmagan hajmdagi antennalar bilan yo‘ldoshli eshittirishlarni bevosita qabul qilish. " Individual chaqiruv|"Mobil aloqa tarmog‘idagi, ikki abonent o‘rtasida «nuqta-nuqta» turidagi bog‘lanish o‘rnatilishi taxmin qilinadigan chaqiruv. " Industrial xalaqitlar|"Elektr yoyi yoki uchquni (elektr payvandlash, elektrotransport, sh.o‘.) paydo bo‘ladigan turli elektr qurilmalarning ishlashidan hosil bo‘ladigan xalaqitlar. Industrial xalaqitlar, odatda, juda keng chastotalar spektriga ega bo‘ladi, shuning uchun qabul qilish qurilmalarida ular bilan kurashish qiyin. Lekin xalaqit manbalarining o‘zida xalaqitlar jadalligini pasaytiradigan choralar ko‘rilishi, masalan ekranlashtirish, maxsus filtrlarni qo‘llash mumkin. " Inersion sinxronlash|"Satr va kadr sinxronlash impulslari qabul qilgichda keluvchi impulslar chastotasi bilan qamrab olingan satr chastota generatori yordamida qaytadan shakllantiriladigan xalaqitga chidamli sinxronlash. " Inersion sinxronlash cxemasi|"Televizordagi, yoyish zanjirlari satr chastotasi bilan satr sinxronizatsiyasi signalining qisqa muddatli buzilishi vaqtida ham harakat qilishda davom etadigan, sinxronizatsiya sxemasining turi. " Infiks yozuv|"Matematik va mantiqiy ifodalarni yozish usullaridan biri bo‘lib, bunda binar operatsiya belgisi operandlar orasida bo‘ladi. " Infokommunikatsiyalar|"Zamonaviy axborot, kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalarini, ularni amalga oshiradigan tizim hamda vositalarni uzviy ravishda bog‘laydigan, tashkilotlarga va aholiga axborot, kommunikatsiya maxsulotlarini va xizmatlarini taqdim etish uchun mo‘ljallangan kompleks. " Infomat|"Davlat xizmatlari taqdim etilishining axborot kioski. Sensorli monitori bo‘lgan, jamoat joyida joylashgan, davlat xizmatlari portaliga yoki uning ixtisoslashtirilgan bo‘limlariga kirishni ta’minlaydigan elektron terminal. Terminal har bir fuqaroga interaktiv o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatish tartibida davlat xizmatlari olish imkonini beradi. Infomat yordamida xizmat to‘g‘risida ma’lumot olish, blanklarni to‘ldirish va chiqarish, videomaslahatlar olish, navbatga yozilish, bojlar va tariflarni to‘lash mumkin. " Informatika|"Axborotning xususiyatlarini va uni olish, qayta ishlash, o‘zgartirish, saqlash, taqdim etish, uzatish va axborotdan foydalanish usullarini o‘rganadigan ilmiy yo‘nalish. " Informatika obyektlari|"Turli maqsadlardagi avtomatlashtirilgan tizimlar, telekommunikatsiyalar, aks ettirish va ko‘paytirish tizimlari, shuningdek, axborotni qayta ishlashning alohida texnik vositalari va konfidensial muzokaralar olib borish uchun mo‘ljallangan xonalar. " Informodinamika|"Axborot va uning o‘zini o‘zi tashkil qilishiga oid noyob hodisa, axborot hodisalari bo‘ysunuvchi qonun (qoidalar) to‘g‘risidagi fan. U axborot hodisalarining energetika hodisalari bilan aloqalari, jumladan jami axborot hodisalari va tafakkur, aql, umuman barcha negentropiya jarayonlarini ham qamrab oladi. " Informografiya|"Axborot resurslarining jahon hamjamiyatida hamda u yoki bu mamlakat hududida taqsimlanish topologiyasini o‘rganuvchi fan. U, shuningdek, resurslar xususiyatlari, ulardan foydalanish osonligi, samarali foydalanish mumkinligini o‘rganadi. " Informologiya|"O‘rganish obyekti makon, axborotning makondagi tashkillanishi hamda axborot tizimlarining makonda qurilishi qonuniyatlari bo‘lgan fan. Informologiyaning umumiy vazifasi turli tadqiqot tamoyillariga asoslangan ilmiy yo‘nalishlar doirasida olingan bilimlarni umumlashtirish va tartibga solishdir. " Infraqizil aloqa bo‘yicha fayllarni uzatish|"Ma’lumotlarni, kompyuter va qurilma o‘rtasida, infraqizil nurlanish yordamida simsiz uzatish. " Infraqizil interfeys|"Infraqizil portga ega simsiz bog‘lanadigan qurilmalarni, masalan, printerlar va noutbuk-larni ulash uchun foydalaniladigan interfeys. " Infraqizil kanal|"Ishlashi uchun simli ulanishlar talab qilinmaydigan maʼlumotlar uzatish kanali. " Infraqizil klaviatura|"Tizim bloki bilan simsiz bog‘lanish uchun mo‘ljallangan, infraqizil interfeysli klaviatura. " Infraqizil nur tarqatgich|"Elektr energiyani to‘lqin uzunligi 1-2 mm dan 0,74 mkm gacha bo‘lgan elektromagnit nurlanishga aylantiruvchi yarimo‘tkazgichli asbob. Infraqizil nurlanish manbalariga galaktika jismlarining aksariyati tegishlidir. " Infraqizil port|"Ikkita qurilma o‘rtasida shu port bilan simsiz aloqa o‘rnatish imkonini yaratuvchi port. Amal qilish radiusining kichikligi (qurilmalar o‘rtasidagi masofa 30 santimetrdan ko‘p emas), ma’lumot uzatish tezligining kichikligi, xalaqitga bardoshlilikning ozligi (qurilmalar o‘rtasiga har qanday shaffof bo‘lmagan predmetning qo‘yilishi aloqa uzilishiga sabab bo‘ladi) ushbu aloqa texnologiyasining kamchiliklari hisoblanadi. " Initsializatsiya|"Qurilmani maʼlumotlarni tashuvchidan foydalanish yoki qandaydir jarayonni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshlang‘ich holatga keltirish operatsiyasi. " Initsializatsiya qilish|"1. Boshlang‘ich holatiga o‘rnatish. 2. Boshlang‘ich shartlarni berish. " Initsializatsiya vektori|"1. Kriptografik algoritm doirasida kriptografik jarayonning tayanch nuqtasini aniqlash uchun foydalaniladigan vektor. 2. Muntazam yangilanadigan, boshqaruv kanali bo‘ylab uzatiladigan va shifrlash algoritmini initsializatsiya qilish uchun foydalaniladigan tasodifiy son. " Inkor|"1 Kommunikatsiyaga kiritilgan subyektlardan birining muloqotdan to‘la yoki qisman voz kechishi. Kommunikatsiya usullari va mexanizmlarini tavsiflashda «inkor mumkin emasligi» tushunchasi, ko‘p hollarda, almashuvga kiritilgan subyektlar, o‘zlarining kommunikatsiyada ishtiroklarini inkor qila olmaydigan holatini ifodalaydi. 2 Bul algebrasining mantiqiy inkor, NOT operatori. Operatorni bajarish natijasi, rost (TRUE) yoki yolg‘on (FALSE) bo‘ladi. " Inkor qilish protokoli|"Imzo qo‘yuvchi shaxsga imzolangan xabarni rad qilishiga yo‘l qo‘ymaydigan protokol turi. " Insident|"Xizmatlarning rejalashtirilmagan tarzda uzilishiga yoki uning sifati pasayishiga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan har qanday hodisa. Izoh – Masalan, infratuzilma elementlaridan biridagi uzilish insidentga misol bo‘ladi. " Insonning kompyuter bilan o‘zaro ishlashi|"«Inson-mashina» axborot tizimida ro‘y berayotgan jarayonlarni o‘rganuvchi ilmiy-tadqiqot yo‘nalishi. " Installyator|"Fayllarni, masalan, kompyuterga ilova, drayverlar yoki boshqa dasturiy ta’minotni o‘rnatuvchi kompyuter dasturi. Ayrim installyatorlar ulardagi mavjud fayllarni o‘rnatish uchun maxsus ishlangan; boshqalari universal hisoblanadi va o‘rnatish zarur bo‘lgan dasturiy ta’minot komplektini hisobga olib ishlaydi. " Instrumental komanda tili|"Interpretatsiya (talqin) qilinadigan dasturlash tili, vebda ssenariylar yozish uchun mo‘ljallangan tillardan biri. " Instrumental konfiguratsiyani boshqarish vositalari|"Qo‘lda boshqariladigan instrumental vositalar yoki konfiguratsiyani boshqarish tizimini qo‘llab-quvvatlaydigan yoki amalga oshiradigan, avtomatlashtirilgan instrumental vositalar. " Instrumental platforma|"Hisoblash tizimining yangi elementini ishlab chiqish davriga yoki joriy qilish paytiga o‘z-garmas deb faraz qilinadigan instrumental dasturlar (dastur bajaruvchi kodini ishlab chiqish, translyatsiya qilish va yig‘ish uchun qo‘llaniladigan dasturlar) majmui. " Instrumental elektron hisoblash mashinasi|"Dasturni ishlab chiqish va uni translyatsiya qilish amalga oshiriladigan kompyuter. " Instrumentariy|"Asosiy vazifaga nisbatan yordamchi dasturiy vositalar to‘plami. Foydalanuvchining instrumentariysi, masalan, antivirus dasturlarni, fayllarni arxivlash va qurilmalar holatini tekshirish dasturlarini ichiga olishi mumkin. Dasturchi instrumentariysiga, shuningdek, standart protseduralar bibliotekasini ham kiritish mumkin. Rivojlangan operatsion tizimlarda va qobiqlarda instrumentariy katta miqdorda yetkazib beriladi. " instrumentlar paneli|"Windows-dasturlari grafik interfeysining elementi. U dasturning foydalanuvchi grafik interfeysidagi ekran tugmalari va belgilari satri, ustuni yoki blokidir. Foydalanuvchi bu tugma yoki belgilarni bosish orqali dasturning biror bir funksiyasini aktivlashtiradi. " Integral mikrosxema|"1. O‘zaro bog‘liq elektron elementlarga ega yarimo‘tkazgich mate-rialdan yasalgan kichik tarkibiy qism. 2. Oxirgi yoki oraliq shaklga ega bo‘lgan elektron sxema vazifalarini bajarish uchun mo‘ljallangan mikroelektronika mahsuloti. Uning elementlari va aloqalari mahsulot yaratilgan material hajmi va (yoki) yuzasida ajratib bo‘lmas ravishda shakllantirilgan. 3. Bitta yarimo‘tkazgich kristall yuzasida yoki ichida yaratilgan elektron sxema. Integral mikrosxema mantiqiy operatsiyalarni bajarish va axborotni saqlash qobiliyatiga ega bo‘lgan ko‘p sonli elektron elementlardan iborat. Buning uchun integral mikrosxema axborotni qayta ishlash, uni saqlash va uzatishga oid turli vazifalar bajarishi mumkin. Katta integral mikrosxemalar bitta kristallda minglab elektron mantiqiy elementlardan iborat bo‘lishi mumkin, o‘rta kattalari esa millionlab elementlardan yaralgan. " Integral sxema|"Qar.: Integral mikrosxema. " Integratsion testlash|"Dasturiy taʼminotni testdan o‘tkazish bosqichlaridan biri. Unda muayyan dasturiy modullar birlashadi va guruhda testdan o‘tadi. Odatda integratsion testlash modul testlashdan so‘ng va tizim testlashdan oldin o‘tkaziladi. " Integratsiyalash|"Dasturiy va/yoki apparat komponentlarni yagona tizimga birlashtirish. " Integratsiyalashgan dasturiy taʼminot|"Keng formatli jadvallar, matnni qayta ishlash, maʼlumotlar bazalarini boshqarish va amaliy grafika kabi ayrim dasturlar bajaradigan baʼzi funksiyalarni birlashtiradigan dasturiy taʼminot paketi. " Integratsiyalashgan ishlab chiqish muhiti|"Amaliy tizimlarni samarador ishlab chiqishga mo‘ljallangan va boshlang‘ich matnlar redaktorlari va resurslardan, kompilyatordan, sozlovchidan, loyihani boshqarish vositasidan va standart vazifalarni ishlab chiqishni yengillashtiruvchi standartlarni o‘z ichiga oladigan tezkor yordamdan iborat dasturiy kompleks. " Integratsiyalashgan muhit|"Dasturiy ta’minotni ishlab chiqishda dasturchilar to-monidan ishlatiladigan vositalar to‘plami. Misol – Turbo Pascal, Borland C++, Borland Delphi va b.q. " Integratsiyalashgan tizim|"Analog va raqamli oqimlarning uzatilishi aynan bir kommutatsiyalovchi tarmoqda amalga oshiriladigan telekommunikatsiya tizimi. " Integratsiyalashgan shaxsiy tarmoqlararo interfeys|"Ethernet-ATM aralash tarmog‘ida trafikni boshqarish uchun ixtisoslashtirilgan marshrutlash protokoli. " Intellekt|"Odamning fikrlash, o‘zining va boshqa bir odam faoliyatining mumkin bo‘ladigan oqibatlarini ko‘zda tutish, optimal variantlar topish, yangi bilimlar yaratish qobiliyati. " Intellektual aloqa tarmog‘i xizmatlari|"Intellektual aloqa tarmog‘i mantiqiy raqamiga foydalanuvchilardan kelib tushgan barcha chaqiruvlar har bir muayyan abonent uchun intellektual aloqa tarmog‘i xizmatlarini yetkazib beruvchi tomonidan shakllantiriladigan oldindan belgilangan algoritm (xizmat profili) bo‘yicha qayta ishlash imkoniga ega aloqa xizmatlari. " Intellektual antenna|"1. Signallarni qayta ishlash imkoniyatiga ega ko‘plab antennalarning elementlarni o‘z ichiga oladigan, uning nurlanish yo‘nalganlik diagrammasini avtomatik optimallashtirish uchun va/yoki signallarning shartlariga bog‘liq holda qabuli uchun mo‘ljallangan, antennalar tizimi. Izoh ‒ XEI-R M.1797 Tavsiyalarida qayd qilinganidek, adaptiv antennalar va yo‘nalganlik diagrammasi nurlarini qayta ulaydigan antennalar intellektual antennalarning ikkita asosiy kategoriyalari bo‘lib hisoblanadi. 2. Maxsus boshqarish bloki (antenna «intellekti») yordamida antennaning yo‘nalganlik diagrammasini qayta qurishning elektron (dasturiy) usuli tatbiq qilingan antennalar turkumi. Yaproqlar almashlab ulanadigan antennalar, fazalangan antenna panjaralari, adaptiv panjaralar va signallarning fazoviy seleksiyasini ta’minlovchi boshqa turdagi antennalar intellektual guruhga mansubdir. " Intellektual interfeys|"Foydalanuvchining kompyuter bilan tabiiy tilda o‘zaro aloqada bo‘lishini taʼminlovchi interfeys. Aqlli interfeys odatda foydalanuvchining kasbiy tilini o‘giruvchi muloqot protsessori va vazifa tavsifini bilimlar bazasida saqlanuvchi axborot asosida uni bajarish dasturiga qadam-baqadam o‘giruvchi loyihalagichni o‘z ichiga oladi. " Intellektual karta|"Keng funksional imkoniyatlarga ega bo‘lgan, mikroprotsessor asosidagi, shaxsni identifikatsiya qilish uchun terminal bilan ishlashda foydalaniladigan ixcham plastik kartochka. " Intellektual muhofaza qilish moduli|"Dasturiy ta’minotni muhofaza qilishning, yuqori darajada muhofazalanganlik bilan tavsiflanuvchi hamda protsessordan foydalanuvchi apparat-dasturiy sxemasi. " Intellektual mulk|"Shaxsga vaqtinchalik berilgan barcha eksklyuziv nomoddiy huquqlarni bildiruvchi atama. Ushbu atama birinchi navbatda mualliflik va yondosh huquqlarga vaqtinchalik egalik qilish, tovar belgilariga guvohnomalar va amaldagi patentlarga ega bo‘lishni nazarda tutadi. Intellektual mulk turlari: mualliflik huquqi, yondosh huquqlar, tovar belgilari, sanoat namunalari, patentlar. " Intellektual platforma|"So‘rovlarni qayta ishlash, uskunani abonentlar talabiga moslashtirish hamda yangi xizmatlarni taqdim etish maqsadida intellektual texnologiyalar qo‘llanilishini taʼminlaydigan dasturiy-apparat «ustqurma». " Intellektual qurilma|"1. Ichiga o‘rnatilgan protsessor yordamida tashqi muhitning holatiga bog‘liq ravishda o‘zining parametrlarini o‘zgartiradigan (sozlaydigan), dasturiy ta’minoti bo‘lgan tizim yoki qurilma. 2. Dasturiy-texnik kompleks; sun’iy intellekt usullaridan foydalangan holda, predmet sohaning muayyan masalalarini hal qilish uchun mo‘ljallangan kompyuterni o‘z ichiga oladi. Ekspert tizimlar bunga misol bo‘ladi. " Intellektual tarmoq|"1. Xalqaro elektroaloqa ittifoqi tomonidan belgilangan tushuncha. Yangi standartlarga va qo‘shimcha xizmatlarni, shu jumladan, elektraloqaning ovozli tarmog‘ida manzillarni translyatsiya qilish xizmatlarining taqdim etilishini tashkil qilish usullariga taalluqli. 2. Nafaqat ma’lumotlar uzatilishi amalga oshiriladigan, balki turli-tuman murakkab axborot servisi ham taqdim etiladigan kommunikatsiya tarmog‘i. " Intellektual terminal|"Mikroprotsessorlar va tezkor xotira bilan jihozlangan, oddiy qayta ishlashni mustaqil bajara oladigan terminal. " Intellektual xavfsizlik|"Jamiyatning aqliy sohasi, uning kognitiv tuzilmalari (ilmiy maktablar, tadqiqot markazlari, laboratoriyalar, universitetlar va h.k.) hamda inson aqliy qobiliyatlarining zararli taʼsirlardan muhofaza qilinganlik holati. " Intellektual o‘qitish tizimi|"Avtomatlashtirilgan o‘rgatuvchi tizim. U o‘rganuvchiga o‘rganish jarayonida muloqot olib borish, savollarga javob berish va vazifalarni tabiiy tilda bajarishga imkon beruvchi aqliy interfeysga ega. " Interaktiv|"Ishining natijasi, ham natijani, ham natija taqdim etilishini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan foydalanuvchiga bog‘liq bo‘lgan ilova. " Interaktiv axborot tizimi|"Kodlovchi va dekodlovchi (kodlangan ma’lumotni qayta tiklaydigan) qurilmalar bitta moddiy obyekt sifatida ifoda etadigan axborot tizimi. " Interaktiv dastur turi|"Foydalanuvchining kompyuter bilan muloqot (interaktiv) shak-lida o‘zaro ishlashga asoslangan, barcha turdagi shaxsiy kompyuterlar (jumladan, televizion o‘yin kompyuter qo‘shimchalari) uchun dastur. " Interaktiv davlat xizmatlari|"Idoralar tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga idoralarning axborot tizimlari vositasida telekommunikatsiyalar tarmog‘i orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar. " Interaktiv davlat xizmatlarining yagona portali (yagona portal)|"Davlat organlari tomonidan, jumladan, haq to‘lash asosida taqdim etiladigan interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanishning yagona nuqtasi. Yagona portal zamonaviy axborot texnologiyalaridan foyda-lanish asosida interaktiv davlat xizmatlarini olishda foydalanuvchi imkoniyatlarini rivojlantirish va sharoitlarni kengaytirish uchun mo‘ljallangan. Quyidagilar yagona portalning asosiy vazifalari hisoblanadi: - foydalanuvchilarga murojaatlarni davlat organlariga bevosita berish imkoniyatini taqdim etish; - foydalanuvchilarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi boshqa loyihalar bilan integratsiyasi; - foydalanuvchilarning davlat organlari bilan o‘zaro hamkorligi samaradorligini oshirish; - davlat organlariga murojaat qilishda foydalanuvchilar uchun byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, kamaytirish; - davlat boshqaruvida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilishda va «elektron hukumat» ning keyingi rivojida ko‘maklashish. " Interaktiv elektron davlat xizmati|"Davlat hokimiyati organlari va tashkilotlar yoki fuqarolar o‘rtasida elektron ko‘rinishdagi, yuridik oqibatlarga ega bo‘lgan ikki tomonlama o‘zaro hamkorlik. " Interaktiv kompakt disk|"Audio-, video-, matnli ma’lumotlarning umumlashuvini ko‘zda tutadigan optik disklar standarti. " Interaktiv muloqot oynasi|"Foydalanuvchining javobini kiritish uchun mo‘ljallangan muloqot oynasi. Bunday muloqot oynasini masofaviy murojaat serveri va foydalanuvchi o‘rtasida qo‘shimcha himoya darajasi sifatida ishlatiladi. Bu yerda (masofadan kira olish terminali eranida) foydalana olish kodi yoki foydalanuvchi nomi va parol kiritiladi. " Interaktiv raqamli televizion eshittirish|"Axborot oluvchidan axborot yetkazuvchiga teskari aloqadan foydalanib amalga oshiriladigan raqamli televizion eshittirish. " Interaktiv raqamli video|"Qar.: DVI. " Interaktiv rejim|"Foydalanuvchining kompyuter bilan dialogli rejimda o‘zaro muloqotda bo‘lish rejimi. Misol tariqasida «sichqoncha»ni biror bir element ustiga olib borish bilan chiqadigan yordamchi ma’lumotlarni yoki foydalanuvchidan dialogli rejimda harakatni tanlashni so‘rovchi instalyator dasturini ko‘rsatish mumkin. " Interaktiv televideniye|"Multimediali axborot ma’lumotlar bazasiga erkin kira olish, telekonferensiyalarda ishtirok etish va masofadagi abonent bilan televizion muloqot olib borish. " Interaktiv tovushli javob|"Abonentga kompyuter bilan tovush va klaviaturadan DTMF kiritishlar yordamida o‘zaro ishlashga imkon beradigan xizmat. Telekommunikatsiyalar sohasida IVR mijozlarga kompaniya ma‘lumotlar bazasidan telefon klaviaturasi yoki nutqni aniqlash yordamida foydalanish imkoniyatini taqdim etadi, shundan so‘ng, ular IVR dialogiga rioya qilib, o‘zlarining so‘rovlarini berishlari mumkin. IVR tizimlari oldindan yozilgan yoki dinamik generatsiyalanadigan, foydalanuvchilarga keyin qanday yo‘l tutishlari kerakligi to’g’risida ko‘rsatma beradigan audioxabarlar bilan javob berishlari mumkin. " Interaktiv video|"Foydalanuvchining harakati, uning tanlovi va qarori syujetning rivojiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. " Interaktiv xizmat|"Foydalanuvchilar o‘rtasida yoki foydalanuvchilar va yetakchi uzellar o‘rtasida ikki tomonlama axborot almashinuvi vositalarini ta’minlaydigan xizmat. Izohlar: 1. Interaktiv xizmatlar uch turkumdagi xizmatlarga bo‘linadi: dialogli xizmatlar, xabarlarni uzatish xizmatlari va izlash (axborotni) xizmatlari. 2. Axborotni to‘plamasdan va keyinchalik uzatmasdan real vaqt masshtabida uni foydalanuvchidan foydalanuvchiga bir uchidan boshqa uchiga ko‘chirish yo‘li bilan ikki tomonlama aloqani ko‘zda tutadigan interaktiv xizmat. " Interaktivlik|"Obyektlar va subyektlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik xususiyati va darajasini ochib beradigan tushuncha. Izoh – Axborot nazariyasi, informatika va dasturlash, telekommunikatsiyalar tizimlari, sotsiologiya, dizaynda jumladan, o‘zaro hamkorlikni loyihalashda va boshqa sohalarda qo‘llaniladi. " Interferension qoplash|"Qoplash sirtidan va himoya qilinadigan obyekt sirtidan qaytgan to‘lqinlar fazaga qarama-qarshi holatda bo‘ladigan va o‘zaro yo‘q qilinadigan qoplash. " Interferension so‘nish|"Yagona manbadan qabul nuqtasiga turli yo‘llar bo‘ylab keladigan ikkita yoki undan ko‘p radioto‘lqinlarning interferensiyasi bilan hosil bo‘ladigan radiosignallarning so‘nishi. " Interferensiya|"Turli manbalardan chiqadigan (tovush, yorug‘lik, radio) to‘lqinlarning, ular bir-birining ustiga tushganda, o‘zaro kuchayishi yoki susayishi. " Interfeys|"1. Odam va kompyuter o‘rtasida axborotni grafik aks ettirish va almashishni ta’minlaydigan apparat-dasturiy vositalar. 2. Tizim ikki yoki undan ortiq elementining ushbu tizimda birgalikda ishlashini ta’minlaydigan texnik va/yoki dasturiy vositalar majmui. 3. Aniq fizik, funksional va elektr parametrlarga ega ikkita qurilma yoki tizim o‘rtasidagi chegara. " Interfeys-ilova|"Foydalanuvchi bilan interfeysni va mijoz-server tizimlarida ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimining server qismi uchun ma’lumotlarning dastlabki qayta ishlanishini ta’minlaydigan ilova. " Interfeys tizim|"Radioelektron vositalarning birgalikdagi funksiyalarini amalga oshirish uchun xizmat qiladigan interfeyslar va/yoki konstruktiv vositalar majmui. " Interfeyslar o‘zgartirgichi|"Signallarni mantiqan o‘zgartirmasdan, maʼlumotlar uzatishning bir muhitidan boshqasiga o‘tishini amalga oshiradigan qurilma, masalan, o‘ralgan juftdan optik tolaga o‘tish va aksincha. " Intermodulyatsiya|"Ikki yoki undan ortiq f1, f2, f3 garmonik tebranishlarning nochiziqli element kirishiga ta’siri, bunda uning chiqishida m1f1m2f2m3f3 ko‘rinishidagi (intermodulyatsion tashkil etuvchilar deb nomlanuvchi) ko‘plab kombinatsion chastotalardan tashkil topgan tebranishlarning murakkab spektri hosil bo‘ladi. " Internatsionallashtirish|"Mahsulotni (dasturiy yoki apparat taʼminot) boshqa hudud yoki hududlarning til va madaniy xususiyatlariga moslashtirishni osonlashtiruvchi ishlab chiqishning texnologik usullari. Boshqa so‘z bilan aytganda, internatsionallashtirish – bu mahsulotni deyarli barcha joylarda potensial ishlatish uchun moslashtirish, mahalliylashtirish esa – maʼlum hududda foydalanish uchun maxsus funksiyalarni qo‘shish. Internatsionallashtirish ishlab chiqishning dastlabki bosqichlarida bajarilsa, mahalliylashtirish har bir mo‘ljal til uchun alohida bajariladi. Ingliz tilida «internasionallashtirish» so‘zi uchun «i18n» qisqartmasi qabul qilingan. Bunda 18 raqami «i» va «n» harflari orasida o‘tkazib yuborilgan harflarning sonini bildiradi. " Internet|"1. Tarmoqlararo protokolga yoki uning istiqbolli kengaytmalari/izdoshlariga asoslangan unitar manzil makoni bilan mantiqan bog‘langan; - Transmission Control Protocol/Internet Protocol (TCP/IP)dan yoki kengaytmalari/izdoshlaridan va/yoki IP-mos protokollaridan foydalangan holda, kommunikatsiyalarni ta’minlaydigan; - kommunikatsiyalarga va ular bilan bog‘liq infratuzilmaga asoslangan yuqori darajadagi servislarni (barcha uchun yoki konfidensial) taqdim etadigan, foydalanadigan yoki foydalana olishni mumkin qiladigan global axborot tizimi. 2. Standart ochiq protokollar orqali axborot almashinish uchun o‘zaro birlashtirilgan mustaqil kompyuter tarmoqlarining global (butunjahon) ko‘pligi. 3. Umumfoydalanadigan axborot-kommunikatsiya tarmoqlarining majmui, ular o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik bir xil nomdagi tarmoqlararo protokolni qo‘llash orqali ta’minlanadi. " Internet axborot serveri|"Windows NT Server 4.0 komponentasi. Uchta asosiy xizmat: ftp, gopher va www.larni, shuningdek, grafik ma’muriy boshqarish vosita-larini, ma’lumotlar bazasi bilan aloqani, muhofaza qilish protokollari va turli xil usullarni taklif etadi. " Internet banki|"Internet orqali bank xizmatlarini ko‘rsatuvchi bank. Mijozlarga Internet orqali xizmat ko‘rsatuvchi anʼanaviy bank ham, virtual bank ham Internet-bank hisoblanishi mumkin. " Internet-broker|"Internet treyding xizmatlarini ko‘rsatuvchi brokerlik (sarmoya) kompaniyasi yoki uning vakili. " Internet hamjamiyati|"Nisbatan barqaror aloqalar va munosabatlar tizimi bo‘lib, u tarmoq axborot makoni foydalanuvchilari orasidagi birgalashgan faoliyat jarayonida tashkil topadi. Shaxslararo aloqalardan farqli o‘laroq, Internet hamjamiyati aʼzolari «barcha barcha bilan» turidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri axborot almashuvi asosida o‘zaro aloqada ishlaydilar. " Internet inkubatori|"Internet kompaniyalari va loyihalarini tezkor ravishda tayyorlash va bozorga chiqarishga qaratilgan venchur sarmoya modeli. " Internet jamiyati|"Internetni rivojlantirish sohasida hamkorlikni tashkillashtirish va muvofiqlashtirish masalalari bilan shug‘ullanuvchi xalqaro notijorat tashkiloti. ISOC 1991-yili AQSHda manfaatdor tashkilotlar tomonidan tuzilgan. Uning asosiy vazifasi zamonaviy axborot texnologiyalarini ommalashtirish va axborot tarmoqlarining global axborot infratuzilmasiga birlashishiga yordam berish hisoblanadi. Mazkur jamiyat Internet tarmog‘ini rivojlantirish va undan foydalanishda yordam ko‘rsatadi. Shu bilan birga, u Internet arxitekturasini o‘rganish va tarmoqni ekspluatatsiya qilish bo‘yicha o‘qitish ishlarini olib boradi, hamda tarmoq tadqiqotlari va ishlanmalarini rag‘batlantiradi. " Internet jurnalistika|"XX asr oxirida Internetning rivojlanishi va tarqalishi bilan paydo bo‘lgan jurnalistikaning turi. " Internet katalogi|"Turli tarmoq resurslariga, birinchi navbatda WWW hujjatlariga havolalarning mavzu jihatdan tizimlashtirilgan to‘plamlarini saqlash vositasi. " Internet kimoshdi savdosi|"Elektron savdo tizimi. Unda mahsulotlar bevosita bitta insondan boshqasiga sotiladi. Odatda «isteʼmolchi-isteʼmolchi» sohasiga tegishli. Bunday kimoshdi savdosiga mashhur www.ebay.com sayti misol bo‘lishi mumkin.Kimoshdi savdolari to‘g‘ridan-to‘g‘ri «biznes-biznes» sohasiga ham taalluqli bo‘lishi mumkin, masalan, energiya kimoshdi savdolari. " Internet-kompaniya|"Internet xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs. Uni axborot texnologiyalaridan foydalangan holda anʼanaviy biznes (jumladan, savdo) yurituvchi kompaniyalardan farqlash lozim. " Internet maslahatlar|"Huquq, soliq, firmalarni taʼsis etish va boshqa masalalar bo‘yicha onlayn rejimida o‘zaro aloqada ishlash. Ularni yo‘lga qo‘yish uchun elektron pochta, Internet anjumanlaridan foydalaniladi. Uni elektron biznes turi bo‘lgan elektron konsaltingdan farqlash lozim. " Internet-media|"Qar.: Internet OAV. " Internet OAV|"Internetda ommaviy axborot vositasi vazifasini bajaruvchi veb-sayt. Anʼanaviy OAV (matbuot, radio, televideniye) kabi, Internet OAV jurnalistika tamoyillariga amal qiladi. Internet OAVning ikki turi mavjud: faqat Internetda nashr etiladigan va anʼanaviy OAVning Internetdagi versiyasi. Internet OAV rasmiy OAV maqomiga (litsenziyaga) ega bo‘lishi yoki bo‘lmasligi mumkin. " Internet orqali dialogli muloqot tizimi|"Internetda boshqa odamlar bilan real vaqt rejimida bog‘lanish uchun ishlatiladigan xizmat tizimi. IRC 1988-yilda fin talabasi Yarko Oykarinen (Jarkko Oikarinen) tomonidan yaratilgan. " Internet orqali ovoz berish|"Ovoz berish shakli. Ijtimoiy fikrni o‘rganishdan tortib Internet orqali o‘tkaziladigan referendumlar va siyosiy saylovni ham o‘z ichiga oladi. Saylovchi maʼlum veb-saytda elektron byulleten orqali ovoz beradi. Byulleten haqiqiyligi raqamli imzo orqali kafolatlanadi. Elektron hukumati faoliyati doirasida alohida ahamiyatga ega. " Internet-protokol|"Ulanish o‘rnatilmasdan tarmoq komplekslariga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan, TCP/IP protokollari guruhiga kiradigan tarmoq sathi protokoli. Internet-protokol manzillash, servis turini ko‘rsatish, paketlarni fragmentlash va keyinchalik qayta yig‘ish, shuningdek, axborotning muhofaza qilinishini tashkil qilish vositalariga ega. " Internet-provayder|"1. Internet tarmog‘iga kirish bo‘yicha va serverlar yaratish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xizmatlar taqdim etadigan jismoniy yoki yuridik shaxs. 2. Tijoriy asosda foydalanuvchilarga telekommunikatsiyalar operatorlarining tarmog‘i orqali Internet tarmog‘iga kirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadigan jismoniy yoki yuridik shaxs. " Internet qaramlik|"Internetga ruhiy bog‘liq bo‘lishning haqiqatan mavjud bo‘lgan hodisasi. Internetga bog‘liqlik ko‘rinishlari orqasida, shuningdek, boshqa ruhiy og‘ishlar ham yashiringan bo‘lishi mumkin. Voqelikdan o‘ziga xos uzoqlashish ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bunda tarmoqdan foydalanish jarayoni subyektni shu darajada o‘ziga rom qiladiki, u haqiqiy dunyoda to‘la faoliyat ko‘rsatish qobiliyatini yo‘qotadi. " Internet raqamlarini berish markazi|"AQSh hukumati tomonidan moliyalashtiriluvchi Internetda oliy darajadagi domenlarning ma’muriy boshqaruviga javob beruvchi tashkilot, ularga .com, .net, .org lar kiradi. U bajaradigan vazifalarni 1998-yilning sentyabr oyidan ICANN Xalqaro notijorat tashkiloti o‘z zimmasiga oldi. " Internet-resurs reytingi|"Berilgan vaqt onida qandaydir Internet resurs (o‘xshash tarzda, teledastur, bosma nashr, radiostansiya) bilan qamrab olingan maqsadli guruh auditoriyasining foizi. Reytingning bitta punkti bir foizga to‘g‘ri keladi. " Internet sanoati|"Tarmoq axborot makonining faoliyatini taʼminlovchi moddiy va aqliy ishlab chiqarish sohasi. " Internet-server|"Internet xizmatlar faoliyatini taʼminlovchi texnikaviy va dasturiy vositalar: HTTP (sayt), elektron pochta, anjumanlar, FTP va h.k. Saytni Internetda joylashtirish uchun kamida HTTP xizmatini qo‘llovchi Internet-server zarur. " Internet tarmog‘i|"Global kompyuter tarmog‘i yoki tarmoqlar birlashmasi. Internet timsoli Arpanet tarmog‘i ko‘rinishida 1969-yilda yaratilgan. Hozirgi ko‘rinishda Internet XX asrning 90-yillaridan mavjud. «Off-line» va «on-line» rejimlarida ishlaydi. Internet tarmog‘ining asosi TCP/IP protokoli hisoblanadi. Internet taklif qiladigan tarmoq xizmatlari ichida fayllar uzatish gipermatnli hujjatlar bilan ishlash va elektron pochta keng tarqalgan. " Internet tarmog‘i foydalanuvchisi|"Internet tarmog‘idan foydalangan holda, xizmatlar olish huquqiga ega bo‘lgan shaxs. " Internet tarmog‘idagi rasmiy sayt|"Yuridik shaxsning, uning nomi va rekvizitlarini ichiga oladigan sayti. " Internet tarmog‘idagi sayt|"IP-manzilga va qo‘shimcha ravishda domen nomiga ega bo‘lgan, tizimlashtirilgan axborot to‘plami. " Internet tarmog‘iga ulanish xizmatlari|"Mulkdorlik huquqi asosida yoki boshqa huquq asosida xizmatlar isteʼmolchisiga tegishli bo‘lgan chetki uskunani Internet tarmog‘iga ulash bo‘yicha harakatlar yoki faoliyat. " Internet tarmog‘ining axborot resursi|"Internet tarmog‘i vositalari bilan ochiq foydalana olish rejimida taqdim etilgan va noyob manzilga ega bo‘lgan, tizimlashtirilgan axborot to‘plami. " Internet-telefoniya|"IP-telefoniyasining xususiy holi bo‘lib, telefon trafigini uzatish liniyalari sifatida oddiy Internet kanallaridan foydalanishni nazarda tutadi. " Internet treyding|"Internet fond birjasida qimmatli qog‘ozlarni (aksiyalar, obligatsiyalar, fyucherslar, opsionlar) sotish yoki sotib olish. Shuningdek, valyuta va tovar birjalarida savdo bilan shug‘ullanish. " Internet uzatish|"Axborotning (yangiliklar, radio, video va h.k.) Internet kanallari orqali oqimli uzatish texnologiyasi. " Internet xabarlaridan erkin foydalanish protokoli|"Internetdagi xabarlardan foydalana olish protokoli, 1986-yil Stenford universitetida ishlab chiqilgan. Serverdagi elektron pochta xabarlarini yaratish, ulardan foydalanish va ularni boshqarish operatsiyalarini o‘z ichiga oladi. " Internet xizmatlarini taqdim etuvchi|"Yuridik va jismoniy shaxslarga xizmatlardan (tijorat) erkin foydalanish yoki Internetdan mavjudligini taqdim etuvchi Internet-provayder, tashkilot. " Internet-2|"200 ta Amerika universitetlari va 50 ta yirik korporatsiyalardan tashkil topgan, tasvir va tovushni uzilishlarsiz uzatilishi va uzatish kanallarini barqaror kengligini kafolatlovchi keyingi avlod Internet texnologiyasini ishlab chiqayotgan konsorsium. Loyiha 1996-yil oktyabr oyida keng omma e’tiboriga chiqarilgan. " Internetda ishlashni tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash|"Veb-uzellarni tashkil etish, xususiy IP-manzillarni ajratish, domen nomlarining bazasi va Internet-provayderlarning boshqa xizmatlarini yuritish bo‘yicha xizmatlar. " Internetda muloqot|"Internetda muloqot joylari – chatlar, forumlar, ijtimoiy tarmoqlar va h.k. Qoida bo‘yicha muloqot saytlari yoki xizmatlarida administratorlar mavjud bo‘lib, ular u yerdagi tartibni nazorat qiladi. " Internetda pochta xizmatlarini ko‘p maqsadli kengaytirish|"Internetda elektron pochta orqali uzatish uchun matnli va matnsiz (masalan, grafik) axborotni bitta xabarda kodlashtirishga oid standart. " Internetdagi domen nomlari xizmati|"Domen nomlari serverini qo‘llab-quvvatlash dasturi, dastlab Unix uchun yozilgan, ayni vaqtda uning nisbatan ommabop amaliyoti bo‘lgan DNS barcha platformalarda qo‘llaniladi. BIND ma’lumotlar bazasi tuzilmasini, DNS funksiyalari va o‘rnatish uchun talab qilinadigan konfiguratsion fayllar va server nomlari funksionalligini aniqlaydi. " Internetdagi manzil|"Oddiy qilib aytganda, domen nomi (cppmp.uz, yandex.ru va b.q.). " Internetdan erkin foydalanish xizmatlari|"Internetga kirgan tarmoqlarning birlamchi provayderlari (yetkazib beruvchilari) – tashkilot egalari, yoki birlamchi provayderlaridan foydalana olish kanallarini ijaraga oluvchi ikkilamchi provayderlar–firmalar tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar. " Internetga ulanish|"1. Ajratilgan aloqa kanali (optik tola, yo‘ldosh aloqasi, ra-diokanal, ajratilgan kommutatsiyalanmaydigan telefon liniya-si) bo‘yicha doimiy ulanish. 2. Kommutatsiyalanadigan, yaʼni uzib-ulanadigan ulanish (dial-up). " Internetika|"Amaliy ilmiy yo‘nalish bo‘lib, u global kompyuter tarmog‘ining inson faoliyatining turli sohalarida qo‘llanilishiga oid xususiyatlar, qonuniyatlar va foydalanish usullarini o‘rganadi. " Internet-magazin|"Tovarlar katalogi, xaridlar uchun virtual savat, to‘lov vositalari va ehtimol, buyurtmalarning yetkazib berilishini boshqarish tizimi bo‘lgan veb-sayt. " Internet-marketing|"Internet tarmog‘idagi, veb-saytlardan foydalanish, elektron pochta orqali axborotni maqsadga muvofiq ravishda yuborish, axborotni foydalanuvchilarning mijoz ilovalariga tezkor yetkazib berish texnologiyasi orqali amalga oshiriladigan marketing. " Internetni tartibga solish|"Internetni rivojlantirish va quvvatlashga qaratilgan qonunchilikka oid va tashkiliy tadbirlar majmui. Bularga: tijorat sohasidagi qonunchilik, raqobatni rivojlantirish, litsenziyalash, texnologiya standartlari, narxlarni rostlash, soliq solish, intellektual mulkni, isteʼmolchilarni, pinhoniylikni muhofazalash, provayderlarning masʼuliyatini taʼminlash, kompyuter jinoyatchiligini taʼqib qilish va boshqalar kiradi. Internetni rostlash tadbirlari shaffoflikni va oshkoralikni taʼminlashi zarur. Internetning noyob tabiati sababli, uni tartibga solish mushkul bo‘lganligi uchun ko‘p mamlakatlarda «Internet to‘g‘risida» maxsus qonun yo‘q. " Internetning ichki tahdidlari|"Tarmoq axborot makonining ahvoli va rivojlanishi uchun salbiy oqibatlarga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan tahdidlar. Bular: tarmoqning ortiqcha yuklanganligi tufayli axborot kollapsi (qulashi); xakerlarning maʼlumotlarni yo‘q qilishi yoki o‘zgartirishi, «bog‘lamalar va trafikni «chetlab o‘tish» yo‘nalishlarini blokirovkalash maqsadida uyushtirgan hujumlari; kommunikatsiya kanallarining tasodifiy yoki uyushtirilgan avariyalari; axborot-izlash tizimlarining mukammal emasligi; protokollarning «maʼnaviy» eskirib qolishi va boshqalar. " Internetning tashqi tahdidlari|"Foydalanuvchilar uchun salbiy oqibatlarga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan tahdidlar. Tashqi tahdidlar texnologik va ijtimoiy bo‘lishi mumkin. Texnologik: sekin kanallar; tarmoqqa ulanishning unumsiz uslublari; olib keltirilgan viruslar; axborot «toshqini» va h.k. Ijtimoiy: foydalanuvchilarning jismoniy va psixik sog‘lig‘iga bo‘lgan taʼsir; insonning shaxsiy ongiga bo‘lgan taʼsir; axborot terrorchiligi va jinoyati va boshqalar. " Internet-portal|"Internetdan foydalanuvchiga, mavzu bo‘yicha bog‘langan bir qancha sayt ma’lumotlaridan foydalanishning navigatsiya, izlash va boshqa vositalarini taqdim etadigan veb-sayt. " Internet-reklama|"Internet tarmog‘idagi reklama. " Internet-serverni amaliy dasturlash interfeysi|"Yordamchi amaliy tizimlar uchun veb-serverni dasturlash interfeysi. Dastlab Process Software korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan, so‘ngra Microsoft tomonidan moslashtirilgan. " Internet-televizion eshittirish|"Televizion va multimediali dasturlarni yetkazish uchun global Internet telekommunikatsiya tarmog‘idan foydalaniladigan raqamli televizion eshittirish. " Internet-xizmatlar|"Ko‘rsatilishi, maʼlumotlarni Internet kanallari orqali uzatish yoki qabul qilish yo‘li bilan amalga oshiriladigan xizmatlar. Eng keng tarqalgan xizmatlar: maʼlumotlarni saqlash, xabarlar va maʼlumotlar blokini uzatish, elektron va nutqli pochta, videoservis. " Interneziya|"Maʼlum axborotning qaysi veb-sayt yoki boshqa Internet manbaidan (masalan, elektron pochta) olinganligini eslash mumkin emasligi. Internet va amneziya so‘zlari birikmasidan yasalgan. Interoperabellik Ing. – interoperability rus. - интероперабельность Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining ma’lumotlar almashinish va boshqa manbalardan olinadigan axborotdan foydalanish qobiliyati. " Interpolyatsion kodlash (raqamli televideniyeda)|"Signal bitreytini pasaytirish maqsadida interpolyatsiyadan foydalanib manbani kodlash usuli. " Interpolyatsiya (raqamli televideniyeda)|"Yetmayotgan yoki o‘tkazib yuborilgan kadrlarni, yoki kadrlarning qismini fazo va vaqt bo‘yicha qo‘shni kadrlar yoki kadrlar qismidan kelib chiqib, olib chiqilgan axborotdan foydalanib, tiklash usuli. " Interpretator|"Boshlang‘ich tilning har bir operatorini bajarish va ketma-ket o‘zgartirish uchun belgilangan dastur; dastur matnini bitta yo‘riqnoma bo‘yicha, uni darhol bajargan holda tarjima qiladi. Misol – BASIC com dasturi. " Intranet|"Intratarmoq, intranet, ichki korporativ Internet, Internet texnologiyalari, standartlari va dasturiy ta’minotidan foydalanadi. Intratarmoq tashqi foydalanuvchilardan, ularni Internet orqali ruxsatsiz foydalanishdan himoya qiluvchi brandmauer yordamida izolyatsiyalanishi yoki tashqi foydalanishga ega bo‘lmagan avtonom tarmoq kabi ishlashi mumkin. Odatda, kompaniyalar o‘z xodimlari uchun Intranet yaratishadi, lekin bunga boshqa foydalanuvchilar guruhini ham jalb qilish mumkin. Tarmoqning bu holati Еxtranet deyiladi. " Invariant|"Bajarilish jarayonida o‘zgarmaydigan dasturiy obyekt. Dasturlarning to‘g‘riligini isbotlashda foydalaniladi. " Inversiyalash bilan nolga qaytmasdan|"Nolga qaytmasdan kodlashning modifikatsiyalangan usuli, bunda signal har doim nol bo‘lmagan qiymatlarga ega, 1 simvoli signal darajasi almashishiga, 0 simvoli esa, uning yo‘qligiga to‘g‘ri keladi. Takrorlanadigan simvollarning uzunligini cheklash uchun davriy ravishda 1 simvolining inversiyasi amalga oshiriladi. FDDI va 100BaseFX da qo‘llaniladi. " Invertirlangan fayl|"Yozuv kalitini va unga bo‘lgan ko‘rsatgichni ichiga oladigan kalit. Har bir kalit yozuvni unikal tarzda identifikatsiyalaydi, ko‘rsatgich esa dasturga ma’lumotlar bazasida yozuvni fizik joylashtirishni ko‘rsatadi. Fayl shu ma’noda invertirlanganki, kalitlar tartib bo‘yicha saralangan, ma’lumotlar bazasidagi, bu fayl bilan ko‘rsatgichlar orqali bog‘langan yozuvlar esa ixtiyoriy, ularning yaratilishi tartibida joylashtirilishi mumkin. " Invertirlangan proksi-server|"Mijozga boshlang‘ich server sifatida ko‘rinadigan proksi-server. Xavfsizlik yoki serverlar yuklanishini balanslash maqsadida tashkil qilinadi. " Invertirlangan televizion kanallar|"Amplitudaviy modulyatsiyadagi ikkita televizion kanaldan, ularning birida tovush jo‘rligidagi eltuvchi tasvir eltuvchiga nisbatan chastota bo‘yicha yuqori, boshqasida past joylashgan bo‘lsa, chastota spektrida bir xil o‘rinni egallaydigan tizim. Izoh ‒ Bu tizimda ikkita kanaldan biri to‘g‘ri, boshqasi inventirlangan deb, nomlanadi. " Investitsiya loyihasi|"Loyiha-smeta hujjatlarida bayon qilingan, investitsiyalarning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi, investitsiyalarni amalga oshirish muddatlari va hajmlari asoslanganligiga tayanadigan, uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar loyihasi. " Ionlash|"Modda neytral atomlarining va molekulalarining ionlarga aylanishi. " Ionlovchi nurlanish|"Muhitni ionlaydigan nurlanish. " Ionogramma|"Ionosferali zondlash yo‘li bilan olingan ionosferaning yuqori chastotali xarakteristikasi. " Ionosfera|"Fotoionlanish tufayli sodir bo‘ladigan ionlar va erkin elektronlarning mavjudligi bilan tavsiflanadigan atmosferaning yuqori qismi, bunda elektron zichlik chastotalarning ma’lum polosalarida radioto‘lqinlar tarqalish shartlarining katta o‘zgarishlarini yaratish uchun yetarli. Izoh – Yer ionosferasi taxminan 50 km balanlikdan 2000 km balandlikgacha cho‘ziladi. " Ionosfera aloqa liniyasi|"Katta masofada (500 km dan 5000 km gacha) aloqani ta’minlaydigan (50 bit/s dan 1200 bit/s gacha) past o‘tkazish qobiliyatiga ega gorizont orti aloqa liniyasi. " Ionosfera radioaloqasi|"Radioto‘lqinlarning ionosferadan qaytishida yoki ularning ionosferaning xilma-xilligida sochilishida foydalaniladigan radioaloqa. " Ionosfera stansiyasi|"Ionosfera holatini tadqiq etish radiostansiyasi. " Ionosferadagi sakrash|"Radioto‘lqinlarning Yer sirtining bir nuqtasidan boshqasiga tarqalish trayektoriyasi, u bo‘ylab o‘tish ionosferadan bir qaytish bilan kuzatiladi. " Ionosferadagi sochilish|"Radioto‘lqinlarning, ionosfera ionlanishining bir xil emasligi natijasida sochilishi hisobiga tarqalishi. " Ionosferadagi tarqalish|"Yer ionosferasining radioto‘lqinlar tarqalishi xususiyatiga ta’siri bilan bog‘liq radioto‘lqinlarning tarqalish turlaridan biri. " Ionosferadagi zondlash|"Maxsus radiosignallarni uzatish va qabul qilish yordamida radioto‘lqinlarning ionosferada tarqalishi yoki ionosfera xarakteristikalari sharoitlarini aniqlash. " «Issiq liniya» xizmati|"Raqam termasdan telefon apparatga (telefon apparatning raqami abonent tomonidan oldindan kommutatsiya stansiyasiga xabar beriladi), agar telefon go‘shagi ko‘tarilgandan so‘ng ma’lum vaqt davomida abonent raqam termasa, chaqiruv yuborish imkonini beruvchi xizmat. Bu vaqt tugagandan so‘ng abonent raqam terishi va xohlagan yo‘nalishga qo‘ng‘iroq qilishi mumkin. " «Issiq» start|"Kompyuterni o‘chirmasdan qayta yuklash. Bunda faqat operatsion tizimning qayta yuklanishi yuz beradi. Odatda, Reset tugmasi bosilganda bajariladi. " Isteʼmolchi isteʼmolchi uchun|"Tijorat munosabatlari isteʼmolchilarning bir-biri bilan muloqotida quriladigan bozor sohasi. Ushbu soha veb-resurslarga Internet kimoshdi savdolari misol bo‘la oladi. " Istiqbolli tadqiqot loyihalarini boshqarish tarmog‘i|"1969-yilda tashkil topgan hamda ilmiy va harbiy tashkilotlarni birlashtirgan kompyuter tarmog‘i. Internetning ajdodi hisoblanadi. " Istisno|"Dasturning biron-bir operatsiyani bajarishi davomida dasturni ishni davom ettira olmaydigan holatga olib keluvchi hodisa. " Istisno qiluvchi «yoki»|"Mantiqiy operatsiya. Ba’zi dasturlash tillarida XOR kabi belgilanadi, p XOR q deb yoziladi, bu yerda r va q mantiqiy ifodalar. Ba’zida «2 moduli bo‘yicha mantiqiy qo‘shish» deb ataladi. " Istisnolar lug‘ati|"Matn protsessorlariga yoki stol noshirlik tizimlari dasturlariga qo‘yilgan oddiy ko‘chirish qoidalariga bo‘ysunmaydigan so‘zlarni ichiga oladigan lug‘at. " Iteratsiya|"Aynan bir komponentdan ikki yoki undan ortiq turli talabni ifodalash uchun foydalanish. " Ixtilof|"Qurilmalar yoki dasturlar o‘rtasida yuz beradigan dasturiy yoki uskunaviy ixtilof. U bir qurilmaga yoki xotira sohasiga bir vaqtning o‘zida murojaat qilinganda ro‘y beradi. " Ixtisoslashtirilgan axborot resurslaridan foydalana olish xizmatlari|"Xususiy tarmoq yoki ijaraga olingan kanal bazasidagi moliyaviy (birja) va boshqa axborot resurslaridan masofadan foydalana olishni tashkil etish hamda foydalanuvchining terminal uskunasini moliyaviy-axborot resyrslari operatorlari yoki egalarining tarmoqlariga ajratilgan ulanish. " Ixtisoslashtirilgan integral mikrosxema|"Har qanday aniq maqsadlar uchun mo‘ljallangan kompyuter mikrosxemasi. " Ixtisoslashtirilgan server|"Katta kompyuter tarmog‘ida alohida funksiyani bajaradigan server. Fayl-server, faks-server, pochta serveri, ilovalar serveri, kommunikatsiya serverlari va b.lar ajratiladi. " Ixtisoslashtirilgan tuzilmaviy bo‘linmalar|"Tashkilotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy qilinishi va amalga oshirilishi uchun javob beradigan bo‘linma. " Ixtiyoriy almashtirish|"Boshlang‘ich tasvir har qanday tashkil etuvchisidan farqlash belgisi sifatida foydalanishda videotasvir ba’zi bir qismlarini boshqasiga almashtirish. Tutun yoki soya kabi «shaffof» effektlar yaratish imkonini beradigan elektron almashtirishning eng mukammal texnologiyasi. " Ixtiyoriy foydalana olish|"Xotirada ma’lumotlarni bevosita olish yoki almashtirish jarayoni. " Ixtiyoriy foydalana olish kanali|"Liniya «yuqoriga» yo‘nalishidagi boshqarish kanali bo‘lib, mobil stansiya tomonidan qisqa xabarlar va kanallar taqdim etilishi yuzasidan so‘rovlarni uzatishda foydalaniladi. " Ixchamlashtirmoq|"Dasturni, uning ishini to‘xtatmagan holda vazifalar paneliga yig‘ish. Ishlayotgan dasturlar oynalari orasida harakatlanishni qulaylashtirish maqsadida yaratilgan. " Iуerarxik fayl tizimi|"Daraxtsimon tuzilishga ega fayl tizimi. Unda ba’zi fayl (papka, kataloglar) boshqalari-ning ichiga solinishi mumkin. " Iyerarxik hisoblash tarmog‘i|"Uzellar, o‘zlarining operatsiyalarni boshqarish imkoniyatlariga nisbatan turkumlar iyerarxiyasiga birlashtirilgan hisoblash tarmog‘i. " Iyerarxik kodlash, ko‘p darajali kodlash|"Manbani, dastlabki tasvirni sifatning bir nechta darajalarida qayta tiklashga imkon beradigan ma’lumotlar oqimini maxsus tuzilma asosida, kodlash usuli. Izoh – Radioeshittirishda iyerarxik kodlash, masalan, qayd etilgan antennaga yuqori aniqlikdagi tasvirni qabul qilishni, shu bilan bir vaqtda, sifati past tasvirni portativ qabul qilgichning o‘rnatilgan antennaga qabul qilinishini amalga oshirish imkonini beradi. " Iyerarxik marshrutlash|"Ko‘p sathli tarmoqdagi, uning har bir sathida mustaqil bajariladigan marshrutlash. " Iyerarxik ma’lumotlar bazasi|"Elementlari iyerarxik prinsip asosida tashkillashtirilgan ma’lumotlar bazasi. Daraxtsimon graf bilan tavsiflanadi. " Iyerarxik tahlil|"Dastur boshlang‘ich matnini sintaksik tahlil qilish, uning natijasida simvollar yoki tokenlar qo‘yilgan to‘plamlarga iyerarxik guruhlanadi. " Iyerarxik tarmoq|"Liniyalar va uzellar turli bog‘lanishlar tuzilmasiga ega bo‘lgan bir qancha daraja bo‘lingan axborot tarmog‘i. " Iyerarxiya|"O‘zaro aloqadorligini belgilovchi bir necha darajaga ega bo‘lgan, bir-biriga bog‘liq obyektlarning tartiblashtirilgan majmui. Quyi daraja obyektlari yuqori daraja obyektlariga bo‘ysunadi, agar ularning o‘rtasida bog‘lanish bo‘lsa. Iyerarxiya daraxt shaklida ko‘rsatilishi mumkin. " Iz|"Ortiqcha kodning, mualliflik huquqi buzilgan hollarni aniqlashda foydalanish mumkin bo‘lgan qismi. " Iz tushirish moslamasi|"Posilkalar va qiymati eʼlon qilingan banderollarni o‘rab joylashda, shuningdek, xalqaro pochta almashinuv joylarida keluvchi mayda paketlarni o‘rab joylashda foydalaniladigan qog‘oz tasmalariga pochta aloqasi obyektining nomi va pochta indeksi izini tushirish uchun mo‘ljallangan maxsus qurilma. " Izlash|"Ma’lumotlar bazasidan axborotni, faylni, direktoriyni va h.k.larni izlash komandasi. " Izlash agenti|"Tarmoqni doimiy ravishda kezib yuruvchi va veb-sahifalardan axborot yig‘uvchi (ularni indekslovchi) maxsus dastur. " Izlovchi|"Qar.: Izlash tizimi. " Izoh, havola|"Hujjat yoki dasturdagi muayyan joyga taalluqli qo‘shimcha axborot. " Izomorfizm|"Obyektlardan tuzilgan ikki to‘plam orasidagi munosabat bo‘lib, birinchi to‘plamdan tanlangan har bir obyekt uchun ikkinchi to‘plamning yagona elementi mos keladi. Izomorfizm analogiya tushunchasining matematik aniqlashgan holidir. Izomorfizm ushbu ikki to‘plam uchun bir xil bo‘lgan jami xususiyatlarni belgilaydi, yaʼni ularning biri uchun chiqarilgan xulosalar boshqasi uchun ham to‘g‘ridir. " Izotrop antenna|"Har tarafga bir tekisda nurlanadigan, yo‘qotishlarsiz tasavvur etiladigan antenna. " Izotrop muhit|"Xususiyati, uning yo‘nalishidan qat’i nazar bir xil bo‘lgan muhit. " Izotrop nur tarqatgich|"Intensivlikning barcha yo‘nalishlarida doimiyga ega bo‘lgan elektromagnit nurlanishni paydo qiluvchi gipotetik nuqtasimon manba. " Izotrop nur tarqatgichgichga nisbatan hisoblanadigan detsibellar (dBi)|"Antenna kuchaytirish koeffitsiyentining, izotrop nur tarqatgichgichni kuchaytirish koeffitsiyentiga bo‘lgan, detsibellarda ifodalangan nisbati. " Ish (harakat) turi|"Ayni bir algoritmning bajarilishi bilan belgilanadigan faoliyatni tasniflash. " Ish (harakatlar) ustuni|"Muammoni hal qilishda amalga oshirilishi zarur boʻlgan barcha ish (harakat)lar roʻyxati. " Ish stoli|"Foydalanuvchining ish komponentalari simvollari bilan tasvirlangan ekranli interaktiv vosita. Ekranning oyna (shuningdek, dialog oynalari), belgi va menyu joylashgan ish maydoni. " Ish stoli muhiti|"Foydalanuvchining grafik interfeyslari turi. Bunday muhit ish stoli deb atalgan makonni taʼminlab, unda oynalar, piktogrammalar, panellar va boshqa elementlar paydo bo‘ladi. Odatda muhitning turli qismlarini birlashtiruvchi mexanizmlar qo‘llanadi – masalan, drag- n-drop (maʼlumotlarni ko‘rsor yordamida oynalar orasida ko‘chirish). Misol – Microsoft Windows va Mac OS tizimlarining grafik interfeyslari, GNOME, KDE va Xfce muhitlari. " Ish varag‘i|"Tizimlashtirilgan maʼlumotlarni qayta ishlash va ularni yozishga mo‘ljallangan rasmiylashtirilgan anketa. Ish varaqasi qayta ishlanayotgan hujjatlar yoki maʼlumotlar turiga mos keladigan maʼlumotlar maydonining tarkibi hamda mazmuni va ularni to‘ldirish qoidalari to‘g‘risidagi maʼlumotlar to‘plamidan iborat. " Ish yuritish|"Rasmiy hujjatlarni tuzish va ular bilan ishlashni tashkil qilishni ta’minlovchi faoliyat. " Ish yuritishni avtomatlashtirish|"Korxona va tashkilotlarning hujjatlar bilan ishlash aspektlari va funksiyalari yig‘indisi. " Ishga tushirish|"Jarayon (obyekt), dastur va h.k.larni zarur hisob-kitoblar, o‘zgartirishlarni amalga oshirish maqsadida ishga tushirish. Masalan Doppix operatsion tizimini ishga tushirish. " Ishga yaroqlilik|"1. Apparat qurilma yoki tizimning turli ish rejimlarida talab qilinadigan xizmat ko‘rsatish sifati bilan ishlay olishi, xizmat ko‘rsatishda ishdan chiqish yoki tasodifan to‘xtab qolishlar bo‘lganida, o‘zining boshlang‘ich ishchi holatini tezda tiklay olish qobiliyati. 2. Foydalanuvchining tizim bilan ishlay olishi va unga texnik xizmat ko‘rsatishdagi qulaylik. " Ishlab chiqarishni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi|"Yirik firma yoki korxona ishlarini yengillashtirish yoki hujjat aylanishini osonlashtirish uchun xizmat qiladigan tizim. Izoh − Odatda bunday tizimlar buyurtmaga ko‘ra ishlab chiqiladi. " Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish|"Mashinalashtirilgan ishlab chiqarish rivojlanishidagi jarayon, bunda ilgari odam tomonidan bajarilgan boshqaruv va nazorat funksiyalari asboblarga va avtomatik qurilmalarga beriladi. " Ishlab chiqarishni kompleks avtomatlashtirish|"Kompyuterlar yordamida ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish uslubi. U o‘zida loyiha ishlari, texnologik vositalar bilan bir qatorda rejalashtirish, nazorat, boshqarish va hisob tizimlarini birlashtiradi. CIM ni ishlatish avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish korxonalarini yaratishga imkon beradi. Natijada korxona qo‘shimcha harajatlarni va moliya sarfini sezilarli kamaytiradi. Bundan tashqari, energiyani va xom ashyoni tejash taʼminlanadi, yaroqsiz mahsulot va chiqindilar kamayadi. CIM asosida kompyuterlashgan logistik tizimlar yaratiladi. " Ishlab chiqaruvchi-iste’molchi|"Jarayonlarning o‘zaro harakat paradigmasi, bunda jarayon-ishlab chiqaruvchi (producer) jarayon-iste’molchi (consumer) tomonidan ishlatilayotgan axborotni biror buferda generatsiyalaydi. " Ishlab chiqish|"Mahsulot hayotiy siklining, BOni amalga oshirishni taqdim etishda yaratilishi bilan bog‘liq bosqichi. Izoh – ALC turkumidagi barcha talablarda «ishlab chiqish» atamasi va u bilan bog‘liq bo‘lgan (ishlab chiquvchi, ishlab chiqish) atamalari keng ma’noda ishlatiladi, ham ishlab chiqish, ham ishlab chiqarishni bildiradi. " Ishlab chiqish muhiti|"1. Baholash obyekti ishlab chiqiladigan muhit. 2. Ular asosida va ularning yordamida ishlab chiqish amalga oshiriladigan dasturiy va/yoki apparat vositalar majmui. " Ishlab chiqish va testlash tizimi|"Elektron qurilmalarni ishlab chiqish va to‘g‘ri ishlashini tekshirish uchun mo‘ljallangan dasturlar hamda vositalar kompleksi. " Ishlab chiqish vositalari|"Dasturlashda ‒ kompilyatorlar, komponovkachilar, sozlovchilar, utilitalar, loyihani yuritish va versiyalarni nazorat qilish vositalari va h.k. " Ishlab chiquvchi|"1. Dasturiy taʼminotni ishlab chiquvchi (ingl. software developer, software engineer). Informatika, loyihalarni boshqarish, matematika, muhandislik va boshqa bilim sohalaridan texnologiyalar, uslubiyat va amaliyotdan foydalangan holda dasturiy taʼminotni yaratish va uning ishini qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanuvchi shaxs. 2. Veb ishlab chiquvchi (ingl. web developer). Veb-sayt yoki veb-qo‘llanmani yaratish, jumladan, veb-dizayn, elektron tijorat qo‘llanmalarini ishlab chiqish, veb-serverni konfiguratsiyalash, mijoz va server tomonida veb uchun dasturlash bilan shug‘ullanuvchi shaxs. 3. Maʼlumotlar bazasini ishlab chiquvchi (ingl. database developer). Tashkilot maʼlumotlar bazalarini tashkillashtirish va yurgizish uchun mo‘ljallangan dasturiy taʼminotni ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi shaxs. " Ishlamay qolish|"Televizor (element) ishlash xususiyatining to‘liq yoki qisman yo‘qolishi. " Ishlamay qolish (dasturning)|"Qurilma yoki tizim funksiyalari bajarilishini to‘xtatishi. Bu atama ko‘pincha «apparat vositalarning ishlamay qolishi» yoki «dasturdagi fatal uzilish» ko‘rinishida ishlatiladi. " Ishlamay qolishda foydalana olish|"Uskuna yoki dasturiy ta’minotning buzilishi natijasida yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni qayta ishlash tizimidagi ma’lumotlardan ruxsat etilmagan tarzda va tasodifiy foydalana olish. " Ishlamay qolishdan so‘ng tiklash|"Hisoblash tizimi ishini ishlamay qolishdan so‘ng tiklash protsedurasi tizimning noto‘g‘ri natijalar chiqarishini istisno qiladi. " Ishlamay qolishlar o‘rtasidagi ishlash muddati|"Televizor (tiklanadigan mahsulot)ning ikkita ketma-ket ishlamay qolishlari o‘rtasidagi ishlash davomiyligi. " Ishlamay qolishlardan muhofaza qilinganlik|"Mumkin bo‘lgan ishlamay qolishlardan muhofaza qiladigan vositalar bilan jihozlangan kompyuter yoki qurilma. " Ishlamay qolishni chetlab o‘tish|"Klasterli konfiguratsiyalarda ‒ tizimning, ishlash qobiliyatini saqlab qolgan boshqa qurilmaga ulangan holda, qandaydir qurilmaning ishlamay qolishiga tez javob bera olish qobiliyati. " Ishlash muddati|"Televizor (element) ning ma’lum sharoitlarda miqdor jihatdan vaqt bilan baholanadigan ishlash davomiyligi. " Ishonch|"Baholash obyekti xavfsizlik funksiyasi siyosatiga mos kelishi to‘g‘risida ishonch uchun asos. " Ishonch ma’lumotlari|"Mantiqiy obyektning qayd qilingan haqiqiyligini belgilash uchun uzatiladigan ma’lumotlar. " Ishonchli hisoblash bazasi|"Hisoblash tizimi muhofaza mexanizmlarining majmui, jumladan, xavfsizlik siyosatini qo‘llab-quvvatlash uchun javobgar dasturiy va apparat komponentlar. " Ishonchli hisoblash tizimi|"Maʼlumotlarni qayta ishlash tizimi. Bunda turli foydalanish huquqlariga ega foydalanuvchilarning turli muhofaza tasnifi va muhofaza darajalaridagi ruxsat etish uchun yetarli kompyuter muhofazasi borligi nazarda tutilgan. " Ishonchli kanal|"OXF va axborot texnologiyalarining boshqa ishonchli mahsuloti orasidagi, zarur qat’iylik darajasini ta’minlovchi birgalikda ishlash vositasi. " Ishonchli kompyuter tizimi|"1. Foydalanuvchilarning maxfiylik griflari va xavfsizlik toifalari turlicha bo‘lgan ma’lumotlardan bir vaqtda foydalana olish imkoniyati hisobga olingan holda, yetarlicha kompyuter xavfsizligi ko‘zda tutiladigan ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi. 2. Xavfsizlikni ta’minlashning apparat va dasturiy vositalaridan foydalanish hisobiga, saralanmagan kritik axborot oqimining qayta ishlanishi xavfsiz olib borilishini ta’minlovchi tizim. " Ishonchlilik|"1. O‘rnatilgan vaqt davomida tizimning o‘z funksiyasini bajarish qobiliyati. Ishonchlilikni baholash uchun hisob-kitobga oid hamda statistik (sinovlar jarayonida olingan) xarakteristikalar qo‘llaniladi va ular, odatda, qurilmaning ishga layoqatli holatda bo‘la olish vaqtining foizi sifatida aniqlanadi. Ishonchlilikning asosiy ko‘rsatgichlari: buzilishgacha o‘rtacha ishlash muddati, o‘rtacha tiklanish vaqti va boshqalar. 2. Tizim, qurilma yoki dasturiy mahsulot berilgan sharoitlarda va belgilangan vaqt davomida undan talab qilinadigan funksiyalarni so‘zsiz bajara olish ehtimoli. " Ishonchlilik biti|"Elektron hisoblash mashinasi xotirasidagi so‘zga axborotning ishonchliligini ko‘rsatish uchun qo‘shiladigan razryad. " Ishonchlilik (dasturiy vositaning)|"Dasturiy taʼminotning, o‘rnatilgan vaqt davri ichida o‘zining ishlash sifati darajasini saqlab qolish qobiliyatiga taalluqli atributlar to‘plami. " Ishonchlilik mezoni bilan kodlash|"Manba xabarini kodli so‘zga qayta o‘zgartirish, bunda teskari o‘zgartirishdan so‘ng, dastlabki xabarga berilgan ishonchlilik mezoni ma’nosida yaqin bo‘lgan qandaydir boshqa xabar olinadi. " Ishonchlilikka sinash|"Televizor (element)ning ishonchlilik parametrlari qiymatlarini texnik shartlarga muvofiqligini belgilangan usulda baholash maqsadida tajribaviy aniqlash. " Ishonchlilikni yalpi tekshirish|"Ishonchlilikni tekshirish, bunda kirish kompyuteri foydalanuvchini identifikatsiya qiluvchi axborotni boshqa kompyuterga uzatadi. " Ishonchsiz qabul|"Mobil stansiya xizmat ko‘rsatish zonasining chekkasida ishlayotganida signallarni qabul qilish sharoitlarining yomonlashuvini tavsiflovchi tushuncha. " Ishoratlar halqasi|"O‘xshash mavzudagi veb-saytlarni birlashtirish. Bu tashrifchiga halqaning ixtiyoriy saytlaridan uni qiziqtirayotgan mavzu bo‘yicha boshqa saytlarni yengillik bilan topishga imkon beradi. Halqaning yaratilishi resurslarni birlashtirishga yordam beradi hamda foydalanuvchilarga kamroq vaqt sarflab ko‘proq axborot olishga imkon beradi. " Ishchi guruh|"1. Umumiy loyiha ustida ishlovchi va shu tarmoqda fayllar, ma’lumotlar bazasi va h.k. larni bo‘lishuvchi lokal hisoblash tarmog‘ining foydalanuvchilar guruhi. Guruhning ishi, guruh dasturiy ta’minoti yordamida koordinatsiya qilinadi. 2. Windows NT da umumiy o‘ziga xos nom ostida mujassamlangan kompyuterlar guruhi ishchi guruh hisoblanadi, ularning boshqaruvi bir kompyuterning boshqaruviga monand bo‘ladi. " Ishchi guruhlar uchun Windows|"Windows 3.1 operatsion tizimining, Ethernet bazasidagi uncha katta bo‘lmagan lokal tarmoqlarda ishlash uchun mo‘ljallangan versiyasi (1992-yilda chiqarilgan). " Ishchi radiochastotalar diapazoni|"Radiostansiyaning ishlashi ta’minlanadigan chastotalar polosasi. " Ishchi ro‘yxat|"Tez-tez foydalaniladigan manzillar (hujjatlar, veb-sahifalar va h.k.) ro‘yxati. " Ishchi soha|"Ekspert tizimlarida ma’lumotlar bazasining mantiqiy xulosa jarayonida olingan barcha xulosa komponentlari uchun qulay bo‘lgan va ular orasida birgalikda ishlash uchun foydalaniladigan faktlarni ichiga oladigan qismi. " Ishchi stansiya|"Odatda, kompyuter tarmog‘ida ishlaydigan kompyuter yoki terminal. " Ishchi xotira|"Xotiraning, bajariladigan jarayonlarning oraliq natijalarini saqlash uchun foydalaniladigan qismi. " Ishchi chastotalar polosasi|"Past va yuqori chastotalar bilan cheklangan polosa, uning doirasida antennaning elektr parametrlari aniq turdagi antennaga qo‘yiladigan texnik talablarni qanoatlantiradi. " Ichiga joylashtirilgan|"1. Dasturning asosiy vazifasidan ancha yiroq bo‘lgan qo‘shimcha imkoniyati. Masalan, fayl boshqaruvchilaridagi arxivlarni ko‘rish yoki ACDSee grafik redaktorida musiqali fayllarni ishga tushirish. 2. Biror bir uskuna tarkibida ishlatiladigan, uning ichiga o‘rnatilgan qurilma (masalan, kompyuter bosh platasi ichiga o‘rnatilgan modem yoki videokarta), masalan, embedded computer. " Ichiga kiritilgan (singdirilgan) tovush|"SDI signali ichiga kiritilgan va video bilan birgalikda uzatiladigan tovushli ma’lumotlarning raqamli oqimi. " Ichiga solmoq, biriktirmoq|"Elektron xatga biror-bir faylni biriktirish. Bu fayllar serverda turadi va elektron xat qayta uzatilganda u kompyuterdan qayta ko‘chirib olinmaydi. " Ichki firibgarlik|"Xizmatchilar tomonidan uchinchi shaxslarga konfidensial xarakterdagi texnik ma’lumotlarni uzatish yo‘li bilan, shaxsan yoki ushbu shaxslar orqali foyda olish uchun o‘z xizmat mavqeidan foydalanishi. " Ichki fotoeffekt|"Elektronlarni yarimo‘tkazgich yoki dielektrik ichidan tashqariga chiqarmagan holda bog‘langan holatdan erkin holatga elektromagnit nurlanish ta’siri keltirib chiqaradigan kvant o‘tishlar. " Ichki fragmentatsiya|"Xotirani ajratish strategiyasini qo‘llash natijasida sahifagacha bo‘lgan aniqlikda bo‘sh xotira samarali sarflanmaydigan tizimdagi holat. " Ichki frod|"Jinoiy faoliyat turi bo‘lib, xizmatchilar o‘zlarining xizmat mavqelaridan shaxsan yoki uchinchi shaxslar orqali, ularga konfidensial xarakterdagi ma’lumotlarni berish yo‘li bilan manfaat ko‘rishda foydalanadilar. " Ichki giperishorat|"Aktiv veb-saytdagi xohlagan veb-sahifa yoki faylga ko‘rsatuvchi giperishorat (sayt ichidagi giperishorat). " Ichki havola|"Ayni bir modulda bo‘lgan (aniqlangan) obyektga havola. " Ichki hujjat|"Hujjat tayyorlangan tashkilotdan tashqariga chiqmaydigan rasmiy hujjat. " Ichki hujum|"Muhofazalangan tarmoqning o‘zidan amalga oshiriladigan hujum. " Ichki ilovalar|"Foydalanuvchining lokal kompyuterida bajariladigan ilovalar. " Ichki kanal|"Katta diametrli konduitga joylashtirilgan qo‘shimcha konduit. " Ichki koder (dekoder)|"Kaskadli kodlashda kanalga nisbatan ichki bo‘lgan koder (dekoder). " Ichki korporativ tarmoq|"Qar.: Intranet. " Ichki magistral|"Bino kichik tizimining bir qismi bo‘lgan, bir telekommunikatsiya shkafini boshqasi bilan bog‘lovchi magistral telekommunikatsiya kabeli (kabellari). " Ichki modem|"Elektr ta’minoti alohida bo‘lgan ixcham avtonom qurilmani o‘zida ifodalaydigan tashqi modemdan farqli ravishda, kompyuterning ichida o‘rnatilgan plataga montaj qilingan modem mikrosxemasi. " Ichki pochta, kuryerlik jo‘natmasi|"O‘zbekiston Respublikasi hududida jo‘natish va adresatga yetkazib berish (topshirish) uchun qabul qilinadigan pochta, kuryerlik jo‘natmasi. " Ichki tarmoq|"Internetga chiqish imkoniyati bo‘lmagan yoki undan tarmoqlararo ekran bilan ajratilgan korporativ kompyuter tarmog‘i. " Ichki tarmoqlararo ekran|"Lokal tarmoq orqali uyushtiriladigan hujumlardan himoya qiluvchi tarmoq ekrani. " Ichki uzilish|"Uzilish komandasi yoki komandani bajarishdagi xato keltirib chiqaradigan uzilish. " Ichki veb-sayt|"Tashkilot doirasida yaratilgan va faqat o‘sha tashkilot ichki tarmog‘idan foydalanish mumkin bo‘lgan veb-sayt. " Ichki xalaqit (hisoblash texnikasi vositasiga)|"Manbai hisoblash texnikasi vositasining bir qismi hisoblanadigan hisoblash texnikasi vositasiga bo‘ladigan elektromagnit xalaqit. " Ichki yozma xat-xabarlar|"O‘zbekiston Respublikasi hududida jo‘natish va adresatga yetkazib berish uchun qabul qilinadigan yozma xat-xabarlar. " Ichki shina|"Protsessorning ichki shinasi yoki markaziy protsessor bilan operativ xotira qurilmasi o‘rtasidagi shina. J " Jadval|"1. Relyatsion ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimida – identifikatorlari (nomlari) bo‘lgan yozuvlar ketma-ketligi ko‘rinishidagi ma’lumotlar tuzilmasi. 2. Elektron jadvalning ishchi varag‘i. " Jamiyatning axborot madaniyati|"Jamiyatning o‘z ixtiyorida bo‘lgan axborot resurslari va axborot kommunikatsiyasi vositalaridan samarali foydalanish qobiliyati. Shuningdek, ushbu maqsadlarda axborotlashtirish va axborot texnologiyalari vositalarini rivojlantirish sohasidagi ilg‘or yutuqlardan foydalanish ham nazarda tutiladi. " Jamiyatning axborot muhiti|"1. Axborot resurslari, axborotni shakllantirish, tarqatish va undan foydalanish tizimi, axborot infratuzilmasi jami. 2. Aholi yashash sifatining sezilarli oshirilishini, davlatning ijtimoiy-siyosiy barqarorligini va jamiyatning barqaror rivojlanishga o‘tishini taʼminlash imkonini beradigan axborot resurslari, axborot-kommunikatsiya infra-tuzilmasi, axborotlashtirish vositalari, axborot mahsulotlari va xizmatlari, axborotlashtirish jarayonlarini amalga oshirishning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy shart-sharoitlari jami. " Jamiyatning axborot potensiali|"1. Axborot resurslarini aktivlashtirish va ulardan samarali foydalanish imkonini beruvchi jami vosita, usul va sharoitlar. 2. Axborotni ishlab chiqish va axborot xizmatlarini ko‘rsatish qobiliyati. " Jamoa bo‘lib foydalanish liniyasi|"Ko‘p tomonlama aloqa liniyasi. Bu liniyadagi barcha abonentlar bir xil raqamga ega bo‘ladilar, individual farqlash boshqa belgilarga, masalan, chaqiruv signali parametrlariga qarab yuz beradi. " Jamoat foydalanish markazi|"Elektron hukumat infratuzilmasining, quyidagi komponentlarni: - Internet axborot-telekommunikatsiya tarmog‘idan foydalanishni ta’minlaydigan telekommunikatsiya uskunasini; - komponentlari ishonchli himoyalanishi ta’minlanadigan qutilarga solingan alohida konstruksiyalardan (infomatlar) va/yoki avtomatlashtirilgan ish o‘rinlaridan iborat dasturiy-texnik kompleksni ichiga oladigan funksional elementi. " Jamoat tarmog‘i|"Davlat tasarrufidagi axborot tarmog‘i. " Jamoaviy antenna|"Teleradioeshittirish dasturlarini abonentlarning katta sonli qabul qilgichlari bilan bir vaqtda qabul qilish uchun mo‘ljallangan antenna. " Jamoaviy maxfiy qiymat|"Muhofaza qilish tizimining, kriptografik algoritmlar uchun mo‘ljallangan kaliti. " Jamoaviy qabul|"Yer usti yoki yo‘ldoshli uzatishlarni bu qurilmalar joylashgan joylarda yoki cheklangan zonadagi kabel taqsimlash tizimida odamlar guruhini qurilmalar bilan ta’minlaydigan qabul. Izoh ‒ Jamoaviy qabul qilinadigan yo‘ldoshli eshittirishni bevosita yo‘ldoshli taqsimlash bilan adashtirmaslik kerak. " Jamoaviy qabul qiluvchi antenna|"Kabelli taqsimlash tizimi bilan bog‘langan va signallarni bir binoda yoki binolar kompleksida joylashgan abonentlar radioeshittirish qabul qilgichlariga va televizorlariga uzatish uchun mo‘ljallangan antenna. " Jamper|"Qar.: Tutashtirgich. " Jarayon|"1. Xotiraning bajariluvchi kodlar va ma’lumotlar bilan muhofazalangan sohasini, bitta yoki bir nechta bajarish oqimini hamda foydalanishning bosh markerini o‘z ichiga oluvchi operatsion tizim obуekti. 2. Bajarilayotgan dastur. 3. Kirishlarni chiqishlarga o‘zgartiruvchi o‘zaro bog‘langan va o‘zaro harakat qiluvchi faoliyat turlarining majmui. " Jarayon identifikatori|"Operatsion tizimdagi jarayonlarni ko‘rsatish uchun ishlatiladigan son. " Jarayon konteksti|"Bajarilayotgan dasturning vaqtning istalgan onidagi holati. Rejalash konteksti, fayllar tizimi konteksti, signallarni qayta ishlash jadvallari va virtual xotira kontekstidan iborat. " Jarayon muhiti|"Nol bilan tugaydigan: jarayon komanda satri argumentlarining vektori va jarayon muhiti (o‘zgaruvchan) vektoridan iborat tizim tuzilmasi. " Jarayondan foydalanish vaqti|"Shaxsiy kompyuterning tizim resursi. Protsessor amaliy dastur kodini bajarishga qancha vaqt sarflayotganini ko‘rsatadi. " Jarayonlarni kaskadli yo‘q qilish|"Ona-jarayonni tugatish yoki yo‘q qilishda shu’ba jarayonlarni avtomatik yo‘q qilish qoidasini rekursiv qo‘llash natijasidagi jarayonlarni guruhli yo‘q qilish. " Jarayonlarni parallel (yoki navbati bilan bir protsessorli kompyuterda) boshqarish|"Foydalanish jarayonlarini bajarish, parallel jarayonlarni aniq ishga tushirish, ularni boshqarish va ularni sinxronlash. " Jarayonlarni to‘xtatish bilan boshqaruvni markazlashtirish|"Tizimga juda qisqa yoki juda muhim jarayonlar kelib tushganda jarayonlar ishini to‘xtatishdan foydalanadigan boshqaruvni markazlashtirish strategiyasi. " Jarayonlarni to‘xtatmasdan boshqaruvni markazlashtirish|"Tizimga juda qisqa yoki juda muhim jarayonlar kelib tushganda jarayonlar ishini to‘xtatishdan foydalanmaydigan boshqaruvni markazlashtirish strategiyasi. " Jarayonlarni xotiraga yoki diskka ko‘chirishni rejalashtiruvchi|"Operatsion tizimning, qaysi foydalanish jarayonlari xotiraga tushirilishi yoki diskka yozilishi kerakligini aniqlaydigan rejalashtiruvchisi. " Jarayonlarning tayanch tarkibi|"Tayanch yetilganlik darajasiga erishishni taʼminlaydigan jarayonlar tarkibi. Izohlar 1. Jarayonlar tarkibi jarayonlarni baholashning muayyan modellari asosida shakllantiriladi. 2. Jarayonlarning tayanch tarkibi jarayonlarning eng lam tarkibini, shuningdek, baholash uchun tashkiliy kontekst talab qiladigan qoʻshimcha va fakultativ jarayonlarni oʻz ichiga oladi. " Jarayonni boshqarish bloki|"Operatsion tizim tomonidan jarayonni boshqarishda foydalaniladigan ma’lumotlarning tizimlashtirilgan tuzilmasi. " Jarayonni ishga tushirish|"Amaliy jarayonlarni avtomatlashtirish tizimlarida muayyan jarayonning bajarilishini boshlash. " Jarаyonning yetilganligi|"Muayyan jarayon aniqlik, boshqaruvchanlik, o‘lchash mumkinlik, nazorat qilib bo‘lishlik, natijalilik talablarini qanoatlantiradigan daraja. " Java server sahifalari|"Veb-serverda dinamik sahifalarni generatsiya qilish uchun mo‘ljallangan Java Servlet API kengaytmasi. Microsoft korporatsiyasinig ASP spetsifikatsiyasiga muqobil hisoblanadi. " Java virtual mashinasi|"Abstrakt kompyuterni o‘zida ifodalovchi Java dasturlar bayt-kodlarining interpretatori. Java tilida yozilgan va kompilyatsiya qilingan bayt-kodli dasturlarni ishga tushiradi. " Javob berish|"Pochta qutilarida xatni jo‘natgan kishiga javob berish. Bunda xatning mavzusi saqlab qolinadi, xat matni esa javob berish maydoniga ko‘chiriladi. " Javob bermagan abonentni takroriy chaqirish toni bilan chaqiruvlarni tugallash|"Abonentga takroriy chaqiruv tonida chaqiruvga javob bermagan abonentni chaqirishni tugallash imkonini beradigan xizmat. Javob bermagan (chaqirilayotgan) abonent terminali aktivizatsiyadan so‘ng bo‘shatilsa, chaqiriluvchi abonent, xabardor qilinadi (takroriy chaqiruv toni yuboriladi). Chaqiriluvchi abonent takroriy chaqiriv tonini qabul qilganda, tarmoq chaqirilayotgan abonentga chaqiruvni avtomatik tarzda generatsiyalaydi. Takroriy chaqiruvning maxsus toni faqat SIP abonentlarga yuboriladi. " Javob bo‘lmaganda chaqiruvni qayta manzillash|"Xizmat abonentiga jo‘natiladigan har bir kiruvchi chaqiruvni boshqa belgilangan raqamga, oldindan belgilangan vaqt davomida chaqiruvga javob bo‘lmaganda, avtomatik qayta manzilslash imkonini beradigan xizmat. " Javob bo‘lmaganda chaqiruvni o‘tkazib yuborish|"Uyali aloqa tarmoqlari operatorlari tomonidan taqdim etiladigan, aloqa tizimining abonenti chaqiruvga javob bermaganda, kiruvchi chaqiruvni boshqa telefon raqamiga avtomatik ravishda qayta manzillash imkonini beradigan xizmat. " Javob vaqti|"Birinchi so‘rovdan birinchi javobgacha bo‘lgan davrda talab chilinadigan vaqt. Optimallashtirish mezoni: minimallashtirish. " Jgut|"Yaxlit bir butun qilib yig‘ilgan hamda mexanik mahkamlangan bog‘lovchi simlar, kabellar yoki optik tolalar dastasi. " Jinoyatkor|"1. G‘arazli niyatda qasddan harakat qiluvchi buzg‘unchi. 2. Axborot tizimi va uning resurslaridan ruxsat etilmagan tarzda foydalanishdan manfaatdar bo‘lgan va ularni ruxsat etilmagan tarzda olish, o‘zgartirish uchun oldindan o‘ylab harakat qilgan shaxs yoki tashkilot. 3. Yomon niyatdagi chaqiruvlarni amalga oshirish maqsadida ruxsat etilmagan foydalana olishga ega bo‘lgan shaxs. 4. Muhofaza obyektining axborot xavfsizligi buzilishini anglagan holda harakat qiluvchi shaxs. " Jism|"Dasturiy konstruksiyalarda tugallangan harakatlarni belgilaydigan operatorlar ketma-ketligi. Dastur jismiga dasturning bajariladigan qismi kiradi, ya’ni dastur sarlavhasi va o‘zgaruvchilar, konstantalar ta’rifi kirmaydi. Sikl jismiga siklni boshqarish operatorlaridan tashqari, barcha takrorlanadigan operatorlar kiradi. Protsedura va blokning jismi o‘xshash tarzda aniqlanadi. " Jismoniy muhofaza qilish vositalari|"Jinoyatkorning suqulib kirishi va foydalana olishi mumkin bo‘lgan yo‘llarda jismoniy to‘siqlarni yaratish uchun maxsus mo‘ljallangan avtonom qurilma va tizimlar. Izoh – Apparatura joylashgan eshiklardagi qulflar, derazadagi panjaralar, qo‘riqlash signalizatsiyasining elektron mexanik uskunasi jismoniy muhofaza qilish vositalari bo‘lishi mumkin. " Jismoniy xavfsizlik|"Tizim resurslari va kritik axborotga jismoniy tahdidlar (buzish, o‘g‘irlash, terrorchilik akti, shuningdek, yong‘in, suv toshqini va b.q.)ga qarshi ogohlantiruvchi yoki qarshi chora kabi jismoniy to‘siqlar va nazorat protseduralarini amalga oshirish. " Jismoniy shaxs|"Fuqarolik huquqi subyekti. " Jitter|"Impulslar frontining bir tekis borishi qat’iyligini buzadigan raqamli signal frontining titrashi. " Jonli jurnal|"Onlayn kundaliklarni (bloglarni) joylashtirish uchun bloglar platformasi yoki ushbu platformadagi alohida blog. Yozuvlarni nashr qilish, o‘quvchilar tomonidan sharhlarni qoldirish, do‘stlarning yozuvlarini o‘qish kabi imkoniyatlarni beradi. " Joriy katalog|"Foydalanuvchi ayni vaqtda joylashgan katalog. Qoida bo‘yicha foydalanuvchi tomonidan bajariladigan barcha operatsiyalar shu katalogda bajariladi. " Joriy marshrut|"Kompyuter tarmoqlarida joriy marshrut paket jo‘natuvchiga tarmoq bo‘yicha o‘tuvchi manzillari ro‘yxatini ko‘rsatishga imkon beradi. " Josuslikka qarshi dastur|"Kompyuterdagi josus dasturlarni tanib oluvchi, ularga qarshi to‘siq qo‘yuvchi/o‘chiruvchi dastur. Izoh − Ba’zan reklama bannerlariga va sh.k.larga to‘siqlar qo‘yish uchun ham ishlatiladi. " Joylashgan yer bo‘yicha chaqiruv|"Parametrlarni berish usuli, bunda chaqiruvchi model chaqiriladigan modulga uzaytiriladigan parametrning manzilini beradi. Izoh – Bu usul yordamida chaqiriladigan modul, chaqiradigan modul saqlagan parametr qiymatini o‘zgartirishi mumkin. " Joylashgan yer tayanch registri|"Xotirasida ko‘chma (mobil) stansiya abonentining barcha parametrlari va joriy joylashuvi doimiy saqlanadigan registr. " Joylashgan yerni aniqlashga asoslangan xizmatlar|"Foydalanuvchilarning qayerdaligini kuzatib borish va ular ayni paytda bo‘lgan aniq hududga taalluqli axborotni yetkazish. UMTS tarmoqlarida koordinatalarni belgilash aniqligi 50 m ga yaqin. " Joylashgan yerning vizit registri|"Hozirgi vaqtda berilgan registr nazorat qiladigan zonadagi ko‘chma stansiyalar ulanishini o‘rnatish uchun zarur bo‘lgan abonentlar to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar to‘plangan registr. " Joylashtirish, o‘rnatish|"Dasturni bajarish uchun kompyuter resurslarini joylashtirish. " Joylashuviga ko‘ra boshqariladigan yo‘ldosh|"Markazi o‘rnini, massasini ma’lum qonun bo‘yicha, yoki shu kosmik tizimga mansub boshqa yo‘ldoshlarga nisbatan, yoki Yerdagi harakatlanmaydigan yoki muayyan tarzda ko‘chadigan nuqtaga nisbatan ko‘chirish mumkin bo‘lgan yo‘ldosh. " Joystik|"Ekranda kursor bilan boshqarish uchun xizmat qiladigan, uni istalgan yo‘nalishdagi harakatlanishini ta’minlaydigan, tutqich ko‘rinishidagi qurilma. Bu qurilmalar barcha manipulyatorlarning asosi hisoblanadi. Simulyatorlar va arkadali kompyuter o‘yinlarida, o‘yin pristavkalarida va shunga o‘xshash qurilmalarda keng qo‘llaniladi. Buning uchun tutqichda ko‘plab tugmalar va polzunlar mavjud. Ayrim joystiklar tutqichni harakatlantirishdan tashqari, uning o‘z o‘qi atrofida aylanishini ham ta’minlaydi. " Juda ham yuqori chastota|"300 HHz dan 3000 HHz gacha bo‘lgan diapazonda yotadigan chastotalar sohasi. Bu chastotalarga submillimetrli yoki detsimillimetrli to‘lqinlar (λ = 0,001 – 0,0001 m) mos keladi. " Juda katta tezlikli asosiy tarmoq servisi|"NSF homiyligi ostidagi super hisoblash markazlari va tanlangan erkin foydalanish nuqtalari orasidagi yuqori tezlikli ulanishni ta’minlaydigan loyiha qismi. " Juda katta uzunlikdagi komanda so‘zlari mavjud arxitektura|"Bu arxitekturadagi komandalarda bir vaqtning o‘zida (parallel tarzda) protsessorning tezligini oshirish uchun uning turli funksional bloklarida bajariluvchi oddiy komandalar birlashtirilgan bo‘ladi. Bunda protsessorning samaradorligini oshirish uchun komanda darajasidagi parallelizmni tashkil qilish uchun vaqt sarflash talab qilinmaydi. " Juda past chastotalar|"3 kHz dan 30 kHz gacha diapazonda yotadigan chastotalar sohasi. " Juda yuqori chastotalar|"Elektromagnit to‘lqinlarning 30 MHz dan 300 MHz gacha (uzunligi 10 m dan 1 m gacha) bo‘lgan chastotalar dipazoni. " Juda yuqori chastotali ajratuvchi filtr, diplekser|"Tasvir va tovush jo‘rligi radiouzatgichlaridan keladigan radiosignallar kombinatsiyalanishi va qo‘shish ko‘prigiga yoki bevosita antennaga uzatilishi mumkin bo‘lgan qurilma. " Juda xavfli viruslar|"Ta’sir etishi dasturlarning yo‘qotilishiga, ma’lumotlar yo‘q bo‘lishiga, diskning tizim sohalarida axborot o‘chib ketishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan viruslar. " Juft chastotalar polosasi|"Biri qabul uchun, ikkinchisi uzatish uchun ajratilgan, har birining o‘rtasida himoya oralig‘i bo‘lgan ikkita chastota intervalini ichiga oluvchi polosa. Chastotalarning juft polosasi kanallarni chastota bo‘yicha ajratish bilan dupleks uzatishda foydalaniladi (FDD rejimi). " Juftlangan moslashuv|"Chastotaviy rejalashtirish usuli bo‘lib, abonentlarning har bir juftiga ikkita – biri uzatish, ikkinchisi esa, qabul qilish uchun mo‘ljallangan qayd etilgan chastota beriladi. " Juftlash, biriktirish|"1. Ikkita bitni bitta kodli kombinatsiyaga birlashtiish; kodlash va modulyatsiyalash tizimlarida qo‘llaniladi. 2. TDMA kadridagi ikkita qo‘shni intervalni uzatish tezligini oshirish maqsadida agregirlash. " Juftlik asosida nazorat qilish|"Xatolarni aniqlashning eng sodda usuli. Axborot ketma-ketligini guruhlar (bloklar) ga bo‘lish va ularning har biriga bitlar yig‘indisi doimo juft yoki toq bo‘ladigan tarzda tekshirish belgisi (0 yoki 1) ni qo‘shishga asoslangan. Juftlikni nazorat qilish tekshiriladigan maʼlumotlarda yakka xatolarni aniqlash imkonini beradi. " Juftlik biti|"Jo‘natiladigan ma’lumotlarning har bir baytiga (yoki so‘zga) yuborish to‘g‘riligini nazorat qilish uchun qo‘shiladigan qo‘shimcha bit. " Juftlik bitlari generatori|"Ikkining moduli bo‘yicha boshlang‘ich maʼlumotlarga qo‘shiladigan «soxta» tekshiruvchi bitni generatsiyalaydigan summator ko‘rinishida bajarilgan mantiqiy sxema. Juftlikni tekshirish tartiboti protokol bilan ko‘zda tutilgan, kiruvchi ketma-ketlikda tekshiruvchi bitlar bo‘lmagan tizimlarda foydalaniladi. " Juftlik bo‘yicha bo‘ylama nazorat|"Matritsani shakllantiruvchi to‘plam bo‘lagi hisoblanadigan ikkilik raqamlar satrida juftlik bo‘yicha nazorat qilish. " Juftlik bo‘yicha ko‘ndalang nazorat|"Matritsani shakllantiruvchi to‘plam bo‘lagi hisoblanadigan ikkilik raqamlar ustunida juftlik bo‘yicha nazorat qilish. " Juftlik bo‘yicha nazorat biti|"Ma’lumotlarga, ularning ishonchliligini nazorat qilish uchun ma’lumotlarni tashkil etuvchi ikkilik birliklarning yig‘indisi, jumladan, nazorat biti birligi, har doim juft yoki toq bo‘ladigan tarzda qo‘shiladigan nazorat biti. " Juftlik xatosi|"Ma’lumotlardagi, ularni saqlash yoki juftlikni nazorat qilish orqali uzatish jarayonida aniqlanadigan xato. " Juftlikni nazorat qilish|"Xatolarni aniqlashning eng oddiy usuli. Axborot ketma-ketligini guruhlar (bloklar) ga bo‘lish va ularning har biriga bitlar yig‘indisi doimo juft yoki toq bo‘ladigan tarzda tekshirish simvoli (0 yoki 1)ni qo‘shishga asoslangan. Juftlikni nazorat qilish tekshiriladigan ma’lumotlarda yakka xatolarni aniqlash imkonini beradi. " Jurnal|"1. Qayd yozuvlarini saqlovchi fayl. Ushbu fayl matn formatida yoki maʼlumotlar bazasi formatida bo‘lishi mumkin. 2. Internet brauzerida oxirgi bir necha kun yoki hafta ichida ko‘rilgan sahifalar manzillari saqlanadigan joy. «Tarix» deb ham ataladi. " Jurnalli fayl tizimi|"Jurnallash imkoniyati fsck dasturining ishlashini kutish zaruriyatidan va metama’lumotlarning shikastlanish xavotiridan xalos etadi. Qattiq diskning tanlangan bo‘limida ext2 fayl tizimidan ext3 fayl tizimiga va aksincha, muammosiz amalga oshirilishi mumkin. " Jo‘natish ro‘yxatlari|"Internetning o‘z protokoliga ega bo‘lmagan va faqat elektron pochta orqali ishlaydigan oddiy xizmati. Xabarlarni bitta maxsus manzildan barcha obunachilarga yetkazishni amalga oshiradi. " Jo‘natuvchi|"Buyurtma berish niyatida bo‘lgan yoki aloqa xizmatiga buyurtma beradigan aloqa foydalanuvchisi. " Jo‘natuvchining manzili|"Axborot manbai bo‘lgan abonent yoki tarmoqning raqami. K " Kabanov effekti (gorizont orti radiolokatsiyasi)|"Yerdan (5-30) MHz chastotalar diapazonidagi qisqa to‘lqinli (dekametrli) uzoqqa sochilish hodisasi. Kabel rus. - кабель ing. - cable Ikkita yoki undan ortiq simdan, ekran va izolyatsiya qatlamidan iborat ulovchi element. Kabel tarkibiga tizimning konstruktiv elementi sifatida ajratgichlar ham kiradi. " Kabel elementi|"Kabeldagi eng kichik konstruksion birlik (masalan, juftlik, to‘rtlik yoki alohida tola). Kabel elementi ekranga ega bo‘lishi mumkin. " Kabel kanali|"O‘tkazgichlar, kabellar yoki optik tolani yotqizish uchun mo‘ljallangan alohida yopiq kanal. " Kabel lotogi|"Telekommunikatsiya muhitini (masalan, kabelni) tutib turish uchun mo‘ljallangan, zinapoya, novlar ko‘rinishidagi yoki ventilyatsiyalanadigan kanal tizimi. " Kabel qobig‘i|"Bir to‘plam simni o‘rab turadigan tashqi qoplama. Bitta yoki undan ortiq metall yoki optik-tolali elementni, qattiqlik yoki ekranlash elementlarini ichiga olishi mumkin. " Kabel, sim|"Kompyuterning elektr tokini o‘tkazuvchi (ko‘pincha metalldan tayyorlangan) ko‘p kontaktli elementi. Elektr energiyasini va signalni turli komponentlarga uzatish uchun xizmat qiladi. Ular ikkita – parallel va koaksial turga bo‘linadi. Koaksial kabellar nisbatan qimmatroq, lekin signallarni yuqori chastotada uzatish imkonini beradi. " Kabel skaneri|"Kabellarning elektr va mexanik parametrlari – uzunligi, so‘nishi, impedansi, o‘tish xalaqitlarini o‘lchash hamda uzilish, qisqa tutashish, noto‘g‘ri o‘rnatilgan ajratgich kabi nosozliklarni aniqlash uchun mo‘ljallangan qurilma. " Kabel taqsimlash tizimi|"Tovushli va televizion dasturlarni hamda boshqa turdagi signallarni ko‘plab abonentlarga uzatish uchun mo‘ljallangan nurlantirmaydigan kabellar va shunga taalluqli uskunadan iborat tarmoq. " Kabel taqsimlash tizimining bosh stansiyasi|"Mahalliy yoki tashqi manbalardan, signallarni qabul qilish va qayta ishlash uchun uskunani qo’shgan holda, kabel taqsimlash tizimiga signallarni uzatuvchi uskuna kompleksi. " Kabel televideniyesi qabul qilgichi|"Abonent rozetkasidagi kabelli taqsimlash tizimi bilan ta’minlanadigan signallarni qabul qilish uchun maxsus loyihalashtirilgan radioeshittirish qabul qilgichi yoki televizor. Izoh ‒ Bunday qabul qilgichlar radioeshittirish diapazonlaridan tashqaridagi kanallarga sozlanishi mumkin. " Kabel terminali|"Kabel o‘tkazgichlariga kira olish va ulanishni amalga oshirish uchun foydalaniladigan qurilma. " Kabel tizimi|"1. Kabellar, shnurlar, simlar hamda kommutatsion uskuna yig‘indisi. 2. Uzatgich va qabul qilgich orasida joylashgan optik elementlardan, masalan, tolalar, konnektorlar, muftalar va boshqa elementlardan iborat tizim. " Kabel ustuni|"Shift yoki devorga mahkamlangan, kabel oqimlarini ochiq ushlab turish uchun mo‘ljallangan vertikal yoki gorizontal qurilma (odatda, alyuminiy yoki po‘latdan tayyorlanadi). " Kabel uzeli (optik tola)|"Bitta yoki ikkala uchida konnektorlar ulangan optik-tolali kabel. Konnektor kabelning faqat bir uchiga ulangan bo‘lsa, kabel uzeli egiluvchan o‘tkazgich, agar ikkala uchiga ulansa, tutashtirgich bo‘ladi. " Kabel uchastkasi|"Uzatgich va qabul qilgich o‘rtasida joylashgan kabellar, ulagichlar, ajratgichlar va boshqa elementlarning majmui. " Kabel shkafi|"Binoga xizmat ko‘rsatadigan kommutatsion uskuna o‘rnatilgan texnologik (apparat) shkaf. " Kabelli lokal tarmoq|"Kanallari kabellar asosida yaratilgan lokal tarmoq. Kabelli lokal tarmoqlarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, har bir kanalga o‘nlab tizimlar ulanishi mumkin. Shu tarzda, monokanalli tarmoq, halqasimon tarmoq va kommutatsiyalanadigan lokal tarmoq hosil bo‘ladi. " Kabelli modem|"Kompyuterni onlayn servisni o‘zida ifodalaydigan kabelli televizion tizim bilan ulash uchun ishlatiladigan modem. " Kabelli optik kiritish qurilmasi|"Ichida ulovchi optik tolalar (kabel) bo‘lgan, ularning uzatish tizimi oraliq stansiyasining konteyneriga (sisternasiga) zich kiritilishini, ortiqcha uzunliklari yotqizilishini, shuningdek, liniya kabelining optik tolalari bilan ulanishini hamda tegishli optik ulagichlarning himoyasini taʼminlovchi qurilma. " Kabelli raqamli televizion eshittirish|"Kabelli tarmoqlardan foydalangan holda amalga oshiriladigan raqamli televizion eshittirish. " Kabelli (raqamli televizion) eshittirish tizimi|"Televizion dasturlarni iste’molchiga kabel tarmog‘i orqali yetkazish uchun mo‘ljallangan raqamli televizion eshittirish tizimi. " Kabelli taqsimlah|"Foydalanuvchilar guruhiga televizion yoki tovushli dasturlarni kabelli tarmoqlar orqali taqsimlash. Izoh – Ayrim titzimlarda boshqa signallar uzatilishi mumkin, shuningdek, teskari aloqa kanali ta’minlanishi mumkin. " Kabelli tarmoq|"Tizimlari kabellar orqali o‘zaro aloqada bo‘lgan axborot tarmog‘i. Axborot tizimlarida kabellarni ishlatish atmosfera shovqinlari va quyosh nurlanishidan saqlash, maʼlumotlarning yuqori darajadagi xavfsizligini taʼminlash bilan bog‘liq qator ijobiy xossalarga olib keladi. Ayni vaqtda, simsiz tarmoqlarga nisbatan, kabelli tarmoqlar fazo va koinotdagi tizimlar bilan aloqa qiluvchi mobil tizimlarni yaratish uchun yaroqsiz. Bundan tashqari, kabelli tarmoqlar aholi kam istiqomat qiluvchi hududlarda va foydalanish qiyin bo‘lgan tarmoqlarda tejamli emas. Kabelli tarmoqlar, birinchi navbatda, global va hududiy tarmoqlarda ishlatiladi. " Kabelli telefoniya|"Kabel televideniyesi xizmatlarini yetkazib beruvchilar tomonidan taqdim etiladigan telefon aloqasi xizmatlari. " Kabelli televideniye|"Televizion dasturlarni kabel bo‘yicha taqsimlash. " Kadensiya|"Audiosignal, raqamning impulsli terilishi yoki chaqiruv signali uchun xos bo‘lgan, almashinib keladigan tovush va pauzalar ketma-ketligi. Kadr rus. - кадр ing. - frame 1. Telekommunikatsiyalarda va kompyuter tarmoqlarida: aloqa kanali orqali uzatish uchun mo’ljallangan ma’lum bir formatdagi ma’lumotlar paketi; videografikada: videooqimdagi alohida kadr; HTML tili va veb-dizaynda: brauzer oynasining alohida veb-sahifani ko‘rsatuvchi qismi; dasturlash da (asosan quyi daraja tillarida): funksiyaning lokal o‘zgaruvchilarini saqlash uchun ajratiladigan xotira qismi. 2. Televideniyeda – teskari qaytishni qo‘shgan holda, tasvirni to‘liq tavsiflashga mos keluvchi satrlar jami. Izoh − Ba’zi ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarda «frame» atamasi televizion kadrning tarkibiy qismini belgilash uchun qo‘llaniladi. " Kadr identifikatori|"Paket sarlavhasidagi maydon bo‘lib, unda uzatiladigan kadrning turi – axborot kadri yoki xizmatga oid kadr ekanligi, ko‘rsatiladi. " Kadr sinxronizatori, sinxronizator|"Tashqi manbadan kelgan sinxron bo‘lmagan to‘liq videosignalni yoki to‘liq rangli videosignalni, xotira qurilmasiga yozish va keyinchalik uni mahalliy signallar bilan sinxron sanash orqali sinxronlash va fazalashni amalga oshiruvchi qurilma. " Kadr sinxronizatsiyasi, siklik sinxronizatsiya|"Holat, bunda qabul qiluvchi uskuna bilan generatsiyalangan raqamli kadr qabul qilingan signalning raqamli kadri bilan doimiy vaqt bo‘yicha nisbatga ega va alohida taym-slotlar har bir raqamli kadrda noyob identifikatsiyalangan bo‘lishi mumkin. " Kadr sinxronizatsiyasi so‘zi, siklik sinxronizatsiya so‘zi|"Har bir raqamli kadrga yoki har bir n ta raqamli kadrdan keyin kiritilgan, doimo raqamli kadrda o‘zgarmas nisbiy pozitsiyani egallaydigan va kadrni siklik sinxronizatsiyani o‘rnatish va qo‘llab-quvvatlashda foydalaniladigan razryadlarning farqlovchi guruhi. " Kadr tarkibi jadvali|"Kadrning davomiyligi, kadrdagi slotlarning umumiy soni, kadrning boshlanish vaqti hamda chastotaning surilishi to‘g‘risidagi axborotni ichiga oladigan jadval. " Kadrlar chastotasi|"Sekund ichida yoyiladigan kadrlar soni. Izoh – Ayrim ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarda «Frame frequency» atamasi 1 sekunddagi maydonlar sonini belgilashda ishlatiladi. " Kadrlararo (maydonlararo) kodlash|"Tasvirning ikki va undan ortiq qo‘shni kadri (maydoni) sanoqlari o‘rtasidagi fazoviy va vaqt korrelyatsiyasidan foydalanishga asoslangan, raqamli oqimni qisqartirish maqsadida kodlash. " Kadrlararo taxminlash bilan kodlash|"Kanal bo‘yicha mavjud kadr va koderda taxmin qilingan kadr o‘rtasidagi farq uzatiladigan kodlash usuli. " Kadrlarni retranslyatsiya qilish|"Kadrlarning uzellarda minimal kechikishlar bilan tez uzatilishini taʼminlaydigan HDSL boshqaruv protokoliga asoslangan FR yuqori sath protokoli negizida qurilgan tarmoq turi. FR tarmoqlarida X.25 protokoli negizidagi tarmoqlarga xos bo‘lgan ortiqchalik yo‘q, trafikni inkapsulyatsiyalash yo‘qotishlari 2-3 foizdan oshmaydi, chunki butun kadrdagi xatolarni nazorat qilish o‘rniga, faqat uning yaxlitligi tekshiriladi, xatolarni aniqlash protsedurasi manzil maydoni uchungina saqlanadi. FR tarmoqlarida axborot qabul qilinishi ishonchlilik darajasini belgilash foydalanuvchilarning uskunasiga yuklatiladi. Kadrlarni yuborishning tarmoq mexanizmi signal/shovqin nisbati yuqori (odatda, 10-7 dan yomon bo‘lmagan) kanallardan foydalanishni talab qiladi. frame relay tarmoqlari arxitekturasida virtual kanallarning ikki – doimiy (PVC) va kommutatsiyalanadigan (SVC) turidan foydalaniladi. Aloqani tashkil qilishda afzallik doimiy kanallar orqali uzatish tomonda bo‘ladi. frame relay protokoli foydalanuvchilarni xabardor qilgan holda, tarmoqning o‘ta yuklanishi ustidan nazorat olib borilishini ko‘zda tutadi. FR texnologiyasi ITU-T (I.233, Q.920-933, I.370 tavsiyalar) hamda ANSI (Т1.606, 602, 617, 618 standartlari) tomonidan standartlashtirilgan. " Kadrlash|"Videosignal datchigida yoki tiklash qurilmasida yoyuvchi element bilan aylanib chiqadigan sirtning to‘g‘ri joylashishi. " Kadrni differensial kodlash|"Harakatdagi tasvirlar holatida signallarni siqish bilan kodlashdan foydalanib faqatgina ikkita qo‘shni kadrlar orasidagi farq to‘g‘risidagi axborotni uzatish. " Kadrni diskret-kosinus o‘zgartirish|"Tasvirni satrlararo qayta ishlash usuli orqali ikki maydonni bir kadrga satrma-satr birlashtirish va progressiv yoyish bilan uni oddiy tasvir kabi qayta ishlash usuli. " Kadrning tebranishi|"Vertikal yo‘nalishdagi televizion tasvirda paydo bo‘ladigan fazaviy titrash. " Kafolat|"Xavfsizlik siyosatini o‘tkazishning to‘g‘riligi va batartibligiga nisbatan arxitektura va tizim xavfsizligini ta’minlash vositalariga ishonch o‘lchovi. " Kafolatlangan xizmat ko‘rsatish zonasi|"Har qanday tashqi omillar ta’siriga qaramay, turg‘un aloqa ta’minlanadigan xizmat ko‘rsatish zonasi. " Kafolatlangan yo‘nalganlik diagrammasi|"Real yo‘nalganlik diagrammasi yaproqlari cho‘qqi qiymatlarining og‘ib o‘tuvchisi. Izoh – Kafolatlangan yo‘nalganlik diagrammasi darajasining 3 dB dan ko‘p bo‘lmagan va real yo‘nalganlik diagrammasi yon yaproqlari piklarining 10 foizidan ko‘p bo‘lmagan oshishiga yo‘l qo‘yiladi. " Kalibrlash|"Audio- yoki video qurilmalarning to‘g‘ri ishlashini ta’minlash maqsadida, ularni aniq sozlash. " Kalit, kod|"Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimidagi kalit. Baza faylida xabarni identifikatsiya qilish va unga tez kira olishni ta’minlash uchun ishlatiladigan belgilar ketma-ketligi. " Kalit oqimi|"Ikkining moduli bo‘yicha bitma-bit jamlash yordamida o‘zgartiriladigan ochiq xabarga qo‘yiladigan uzun psevdotasodifiy ketma-ketlik. " Kalit oqimi generatori|"Oqimli kriptotizimlar uchun kalit oqimini ishlab chiquvchi algoritm. Yo jo‘natuvchi va oluvchi uchlarida bir xil kalit oqimini qayta ishlab chiqish uchun determinallangan, yo tasodifiy bo‘lishi mumkin. Agar generator determinlangan bo‘lsa, u maxfiy kalitga bog‘liq bo‘ladi. Kalit oqimi generatorlari odatda siljish registrlarining kombinatsiyasiga va nochiziqli Bul funksiyalariga asoslanadi. Kalit oqimi generatorlarini tuzishda ko‘pincha, blokli shifrlarni kriptografik qayta tuzishdan, masalan OFB yoki hisoblagichli usuldan foydalaniladi. " Kalit sertifikati|"1. Ochiq kalit, kalit egasining xizmatga oid axboroti, shuningdek ishonchli sertifikatlashtirish markazi (tasdiqlochi markaz) vakolatlangan shaxsining raqamli imzosi bilan tasdiqlangan boshqa xizmatga oid axborotni o‘z ichiga olgan oldindan belgilangan formatdagi maʼlumotlar tuzilmasi (kalitning amal qilish vaqti va vazifasi, foydalanilayotgan kriptografik algoritmlar turi va b.). 2. Ochiq kalitning, uni ishlab chiquvchi shaxsga muvofiqligini tasdiqlovchi raqamli guvohnoma. Eng oddiy shaklda sertifikatlar ochiq kalit va kalit muallifining nomini o‘z ichiga oladi. Bu axborotdan tashqari, sertifikatda sertifikatning amal qilish muddati tugagan sana, sertifikat bergan tashkilot nomi va ayrim boshqa axborot bo‘lishi mumkin. " Kalit so‘z|"1. Dasturlash tillarida – oldindan belgilangan harakat, o‘rnatilgan funksiya yoki operatsiya aniqlanadigan so‘z. 2. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimida – qandaydir yozuvlar yoki hujjatlarni izlash amalga oshiriladigan so‘z. " Kalit tizimi|"1. Kriptografik kalitlarni generatsiya qilish, taqsimlash, ulardan foydalanish, saqlash, almashtirish, yo‘q qilish va tiklash tartibini belgilovchi qoidalar majmui. 2. Axborotning kriptografik muhofaza qilinishini ta’minlashda, kriptografik kalitlar va ulardan foydalanish qoidalarining majmui. " Kalitlar bilan almashish|"1. Obyektlar o‘rtasida, bu obyektlar orasida bog‘lanishni kodlash uchun foydalanilishi kerak bo‘lgan ochiq kalitlarni almashinish. 2. Odatda ikki tomon keyinchalik shifrlangan axborot bilan almashish uchun kriptotizim kalitlari bilan almashadigan jarayon. " Kalitlar generatsiyasi|"Kriptografik kalitlarni generatsiyalash jarayoni. Kirxgoff qoidasiga muvofiq, kriptografik algoritmning o‘zgarmasligi kalitning maxfiyligiga asoslanadi, shuning uchun kalitlar generatsiyasi juda muhim jarayon hisoblanadi, uni bajarish uchun turli usullardan, masalan, tasodifiy va psevdotasodifiy ketma-ketlikdagi generatorlardan foydalaniladi. " Kalitlarni autentifikatsiya qilish va tanlash to‘g‘risida bitim|"3G tarmoqlarida ikki tomonlama autentifikasiya qilish protsedurasi, bunda uzatuvchi tomonda autentifikatsion vektor shakllanadi va qabul qiluvchi tomon bilan kelishiladi. Agar kelishuvga erishilsa, shifrlash kalitini hisoblash amalga oshiriladi, aks holda, so‘rov bekor qilinadi. " Kalitlarni boshqarish|"1. Kalitlarning muhofazalangan generatsiyalanishi, taqsimlanishi, saqlanishi va yo‘q qilinishini ta’minlovchi tadbirlar va protseduralarning majmui. 2. Kalitlarning to‘liq yashash sikli davomida bajariladigan, kriptografik kalitlarni va xavfsizlik (masalan, initsializatsiya qilish vektorlari va parollar) bilan bog‘liq boshqa parametrlarini boshqarishni, shuningdek ularni generatsiyalash, saqlash, o‘rnatish, kiritish, chiqarish va nollashni o‘z ichiga olgan harakatlar. 3. Xavfsizlik siyosatiga muvofiq, kalitlarni generatsiyalash, saqlash, taqsimlash, chiqarib tashlash, hisobga olish va qo‘llash. " Kalitlarni boshqarish tizimi|"Kalit tizimining, putur yetkazilgan (obro‘sizlantirilgan) kalitlardan foydalanish, ularni almashtirish, saqlash va arxivlash, zaxira nusxa ko‘chirish, tiklash, muomaladan chiqarib tashlash, shuningdek, eski kalitlarni yo‘q qilish tartibini belgilovchi tarkibiy qismi. " Kalitlarni oldindan taqsimlash sxemasi|"Boshlang‘ich kalit axborotni taqsimlash va kalitlarni shakllantirish algoritmlarining majmui. " Kalitlarni ochiq taqsimlash|"1. Muhofazalanmagan telekommunikatsiyalar kanallari bo‘yicha kriptografik kalitlarni taqsimlash mexanizmi. 2. Ikkita abonentga, oldindan taqsimlanadigan qandaydir umumiy maxfiy axborotni uzatmasdan turib, ochiq telekommunikatsiyalar kanali orqali xabarlarni almashinish yo‘li bilan, umumiy maxfiy kalit ishlab chiqish imkonini beradigan protokol. " Kalitlarni saqlash uchun topshirish|"Kriptografik kalitlarni ikki qismga ajratib, kalitlarni saqlash uchun topshirish jarayoni, ularning har biri shifrlanadi va kalit komponentlari, amal qilish muddati davomida ishonchli saqlashni ta’minlovchi ishonchli hukumat tashkilotlariga saqlash uchun topshiriladi. Bu komponentlar milliy xavfsizlik uchun javobgar xizmatlarga noyob kalitlarni tiklash va xabarlarni rasshifrovka qilish imkonini beradi. " Kalitlarni sertifikatlash markazi|"Muhofazalangan bog‘lanishga bo‘lgan har bir so‘rovda abonent-respondent kalitiga murojaat qilinishini talab etmaydigan mexanizm. " Kalitlarni taqsimlash|"1. Kalitlarni boshqarishning asosiy mexanizmlaridan biri. Turli xil usullar orqali amalga oshirilishi mumkin. Simmetrik kriptotizimlar uchun abonentlarga kalitlarni yetkazib berishning quyidagi variantlari mavjud: – muhofazalangan kanallar bo‘ylab, masalan feldyegerlik xizmati yordamida; – turli kanallar bo‘ylab qismlarga bo‘lib; – kalitlarni taqsimlash markazi orqali. Asimmetrik kriptotizimlar uchun kalitlarni ochiq taqsimlash mexanizmidan foydalanish mumkin. 2. Kriptografik kalitlarni generatsiyalash, foydalanuvchilarga yuborish, saqlash va bekor qilish tartibini belgilovchi qoidalar majmui. " Kalitlarni taqsimlash markazi|"1. Simmetrik kriptotizimlarda maxfiy kalitlarni taqsimlash imkonini beradigan mexanizm. 2. Ishonch bildirilgan shaxslarga vaqtinchalik seans kalitlarini berish vakolatiga ega tizim. Izoh – Har bir seans kaliti shifrlangan ko‘rinishda topshiriladi, buning uchun ma’lumotlar beriladigan ishonch bildirilgan shaxs bilan birgalikda kalitlarni taqsimlash markazi tomonidan qo‘llaniladigan asosiy kalitdan foydalaniladi. 3. Ishtirokchilar (protokolning ishtirokchilari) o‘rtasida simmetrik shifrtizimlardagi yoki asimmetrik shifrtizimlardagi maxfiy kalitlarni taqsimlovchi ishonch markazi. " Kalitlarni taqsimlash protokoli|"1. Bajarilishi natijasida birgalikda ishlaydigan tomonlar (foydalanuvchilar, foydalanuvchilar guruhi) kriptografik tizim ishlashi uchun zarur bo‘lgan kalitlarni oladigan protokol. 2. Foydalanuvchilar tomonidan kriptografik tizim ishlashi uchun zarur bo‘lgan kalitlarni olish protokoli. Kalitlarni taqsimlash protokolining quyidagi turlari farqlanadi: (generatsiyalangan) kalitlarni uzatish protokollari; umumiy kalitni ishlab chiqish protokollari (kalitlarni ochiq taqsimlash); kalitlarni dastlabki taqsimlash sxemalari. " Kalitlarni tarqatish xizmati|"Kalitlarni vakolatli obyektlarga xavfsiz tarqatish xizmati. Kalitlarni tarqatish markazi tomonidan bajariladi. " Kalitlarni tez yangilash|"Kalitli axborotni ochishdan muhofaza qilish usuli, unga ko‘ra, har bir yangi aloqa seansida kalitlar yangilanadi, bunda kalitlarning hech qaysisi takroran ishlatilmaydi. " Kalitlarni o‘rnatish tizimi|"1. Kalitlarni generatsiyalash, taqsimlash, uzatish va tekshirish algoritmlari va protseduralarini belgilovchi kalit tizimining kichik tizimi. 2. Kalit tizimining, kalitlarni generatsiyalash, taqsimlash, berish va tekshirish algoritmlari hamda protseduralarini belgilovchi tarkibiy qismi. " Kalitlarning hayotiy sikli|"Kalitlar generatsiya vaqtidan yo‘q qilish vaqtigacha o‘tadigan bosqichlar ketma-ketligi. " Kalitni ochib ko‘rsatish|"Shifrlash kalitidan raundli kalitlar ketma-ketligini ishlab chiqish protsedurasi. Odatda, raundli kalitlarning jami hajmi shifrlash kalitining o‘lchamidan ancha ko‘p bo‘ladi. " Kalitning amal qilish davri|"Vaqt intervali, uning mobaynida kriptografik kalit almashtirilmasdan, zarur muhofazalanganlik kafolatlanadi. " Kalkulyator|"Hisob-kitoblarni bajarishga yordam beradigan ko‘pgina operatsion tizimlarning maxsus, ichki qurilgan dasturi. Ikki xil ko‘rinishi mavjud – oddiy va injenerlik uchun. " Kallak|"Maʼlumotlarni diskdan o‘qish va unga ёзиш komponenti. Dastlabki diskdan o‘qish va unga ёзиш kallaklari ferritdan yasalgan edi. So‘ngra ular o‘rniga juda yupqa metall qatlamli tuzilmali kompozit moddalardan yasalgan kallaklar ishlatila boshladi. Yupqa plyonkali kallaklarga o‘tish ularning o‘lchamlarini ancha kichraytirishga imkon berdi. Maʼlumotlarni diskda yuqori zichlikda ёзиш uchun ishlab chiqilgan magnit rezistiv kallaklar haqiqiy inqilob bo‘ldi. " Kam harakatli tasvirga ega televideniye|"Tiklanadigan tasvir va shu tasvirning yoki yangi tasvirning o‘zgartirilgan versiyasini qayta tiklash o‘rtasidagi vaqt intervali, tasvirlar ketma-ketligining tarkibiy qismi, odatda, kadrlarning oddiy davridan qisman oshadigan televideniye. " Kam shovqinli konvertor|"Tarkibida kam shovqinli kuchaytirgichi va L-diapazonda yuqori oraliq chastotali (OCh) o‘zgartirgichi bo‘lgan yo‘ldoshli aloqa (yo‘ldoshli televideniyeni qabul qilish) stansiyasining kam shovqinli kirish qurilmasi. " Kam shovqinli kuchaytirgich|"Yo‘ldoshli aloqa liniyasining qabul qilish qurilmasi kirishidagi kichik xususiy shovqinli dastlabki kuchaytirgich. " Kamayib borish bo‘yicha saralash|"Ma’lumotlarni katta qiymatlardan kichik qiymatlarga tomon masalan, sanalarni ‒ hozirgisidan oldingi sana tomon, matnli ma’lumotlarni ‒ alifbo tartibiga teskari tartibda qo‘yish. " Kamera|"Yorug‘likka sezgir moddalarda predmetlarning tasvirini olishga mo‘ljallangan qurilma. Eslab qolinadigan signalning turiga qarab kameralar analog va raqamli turlarga bo‘linadi. " Kamerali kanal|"Televizion kamera bilan bog‘liq, sinxrogenerator, kuchaytirgich, kamerani boshqarish bloki va to‘liq videosignalni paydo qilishga imkon beradigan tuzatadigan qurilmalarni o‘z ichiga olgan uskunalarning jami. " Kanal|"1. Axborotni uzatish marshruti. 2. Telekommunikatsiyalar tizimining, manba va xabarlar qabul qilgichni o‘zaro bog‘lovchi qismi. " Kanal bo‘yicha kodlash|"1. Telekommunikatsiyalar kanali orqali ishonchli uzatishni ta’minlash uchun, xatolarni aniqlovchi kodlardan yoki xatolarni tuzatuvchi kodlardan foydalanish. 2. Shifrlangan xabarlarni uzatish usuli, bunda har bir xabar deshifrovka qilinadi va uni qayta jo‘natishning har bir bosqichidan so‘ng yana qayta kodlanadi. 3. Raqamli signalni uzatish kanali xarakteristikalari bilan muvofiqlashtirilgan signalga aylantirish uchun raqamli kodlash. Izohlar 1. Kanalli kodlashda, ayrim ortiqchalik atayin kiritilishi mumkin, masalan, xatolardan himoya qilish uchun. 2. «Liniyani kodlash» atamasi kabelli uzatishda ham xuddi shu ma’noga ega, lekin, odatda, xatolardan himoya qilishni o‘z ichiga olmaydi. " Kanal darajasi (ma’lumotlar bo‘g‘ini darajasi)|"Tarmoq elementlari o‘rtasida ma’lumotlar uzatish darajasida aloqani tashkil qilish, qo‘llab-quvvatlash va uzilishlarni ta’minlaydigan OSI modelining ikkinchi sathi. Paketlarni qabul qilish va uzatish, deytagramma darajasidagi servis, lokal manzillash va xatolarni nazorat qilish uchun javob beradi. " Kanal hosil qiluvchi apparatura|"Alohida kanallar signallarining guruhli signallarga birlashtirilishini ta’minlaydigan apparatura. Kanallar chastotaviy bo‘linadigan tizimlarda ko‘p kanalli signal kanallarni chastota bo‘yicha transponirlash hisobiga hosil qilinadi. " Kanal intervali|"Siklda muayyan o‘rinni egallovchi va kanallarni vaqt bo‘yicha ajratish usuli bilan olingan bitta kanal uchun mo‘ljallangan vaqt intervali. " Kanal sathi protokoli|"Muhitga kira olishni boshqarish (MAC - sathidagi) va OSI yetti sathli modelining fizik (PHY) sathidagi simsiz tarmoqlarni tashkil qilish tartibini belgilaydigan protokol. " Kanal chegarasi|"Kanal polosa kengligi bilan ajratilgan E-UTRA eltuvchining quyi va yuqori chastotalari. " Kanaldan muvozanatli foydalana olish tartiboti|"X.25 protokoli asosidagi paketlar kommutatsiyalanadigan tarmoqlarda foydalaniladigan kanal pog‘onasidagi tartibot. Foydalanuvchi uskunasi va tarmoq kommutatori o‘rtasida maʼlumotlar almashinuvining simmetrik rejimini tashkil qilish imkonini beradi. Ishlash jarayonida xatolarning nazorat qilinishi va uzatiladigan maʼlumotlarning yaxlitligi taʼminlanadi. " Kanalga xizmat ko‘rsatish moduli|"Tashqi telefon tarmog‘idan mijoz territoriyasiga signal o‘tkazadigan dastlabki moslama. CSU telefon tarmog‘ining to‘g‘ri yakunlanishini, uning kelishuvi va xatosini, bundan tashqari qurilma nosozligini qidirganda shleyf orqali liniya tekshiruvini ta’minlaydi. " Kanallar adapteri|"Televizion kanalda eltuvchilar tarqoqligini va ularning chastota spektridagi holatini o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan qurilma. " Kanallar kommutatsiyasi|"1. Paketlarni uzatish uchun foydalaniladigan ikki xost o‘rtasida ajratilgan kommunikatsiya yo‘li tashkil etiladigan kommunikatsiya modeli. Yo‘l faqat uzatish vaqtida mavjud bo‘ladi, uzatish tugagandan so‘ng yo‘l yopiladi. Ulanish yopilgach undan boshqa xostlar foydalanishi mumkin. 2. Foydalanuvchilar o‘rtasida aniq hajmdagi xabarlarni uzatish uchun zarur vaqt talab etiladigan kanallarning ketma-ket bog‘lanishini ta’minlaydigan stansiyalar va uzellardagi operatsiyalar majmui. 3. Jo‘natuvchi va oluvchi o‘rtasida ulanish davomida ajratilgan fizik aloqa kanali mavjud bo‘ladigan kommutatsiya tizimi. Telefon tarmog‘ida keng qo‘llaniladi. " Kanallar kommutatsiyasining mobil markazi|"Radiotarmoqning kommutatsiya markazi bo‘lib, barcha chaqiruvlarni nazorat qiladi, umuman tizim ishini boshqaradi. " Kanallar puli|"Umumiy pulga birlashtirilgan bitta yoki bir nechta tayanch stansiyaga mansub bo‘lgan ishchi kanallar guruhi. " Kanallardagi qutblanish nosozligini xotirada saqlab qolish|"Har bir kanal uchun dasturlarni qayta ulashdan so‘ng avtomatik tarzda almashtirish orqali qutblanish burchagini moslash mumkinligi. " Kanallarni fazoviy ajratish bilan ko‘p stansion foydalana olish|"Butun xizmat ko‘rsatish zonasi ko‘plab mayda hududlarga bo‘linadigan va ularning har biri alohida nur bilan qamrab olinadigan foydalana olish usuli. Izoh − Turli zonalarda ishlab turgan abonentlar o‘rtasidagi aloqa nurlararo kommutatsiya hisobiga amalga oshiriladi. " Kanallarni fazoviy-kodli ajratish bilan ko‘p stansion foydalana olish|"Kanallarni fazoviy ajratishga asoslangan gibrid foydalana olish usuli, unda qo‘shni nurlarda turli kodli ketma-ketliklar ishlatiladi. Izoh − Bunday foydalana olish usulida turli nurlar signallari o‘rtasidagi kerakli bo‘shalish ular hatto ustma-ust tushganida ham amalga oshadi. " Kanallarni kod bo‘yicha ajratish bilan ko‘p stansion foydalana olish texnologiyasi|"Kengaytirilgan spektrli signallardan foydalanishga asoslangan kodli foydalana olish texnologiyasi. Bunda, odatda, o‘zaro «yaxshi» korrelyatsiyalanish xossalariga ega bo‘lgan kodli psevdotasodifiy ketma-ketlik (PTK) lar negizida tashkil etilgan fazaviy manipulyatsiyalangan signallar qo‘llaniladi. Turli psevdotasodifiy ketma-ketliklardan foydalanish CDMA tizimi abonentlariga chastotalarning umumiy polosasida ishlash va har qanday kanaldan foydalanish imkonini beradi. CDMA texnologiyasining asosiy ustunliklariga: signalni o‘ramga aylantirish jarayonida oddiy shovqinga transformatsiyalanadigan tor polosali xalaqitlarga nisbatan yuqori xalaqitga chidamlilik, radioto‘lqinlar ko‘p nurli tarqaladigan kanallarda yuqori spektral samaradorlik, abonent bir zonadan boshqasiga ko‘chib o‘tganida kanallarni ohista almashlab ulash (xendover) kiradi. Tarmoqdagi barcha tayanch stansiyalar bitta chastotada ishlaydi, shuning uchun chastotaviy rejalashtirish zarurati yo‘q. Abonent stansiyalari quvvatlarining sochilishiga bo‘lgan yuqori sezgirlik va tayanch stansiyalarni sinxronlash zarurati (IS-95 standarti) – CDMA texnologiyasini joriy etishdagi asosiy qiyinchiliklardir. " Kanallarni kod bo‘yicha ajratish hamda vaqt bo‘yicha psevdotasodifiy qayta sozlash bilan ko‘p stansion foydalana olish|"Gibrid foydalana olish texnologiyasi, unda axborot vaqtda siqiladi va shovqinsimon signallardan foydalanilgan holda uzatiladi. " Kanallarni kod bo‘yicha ajratish texnologiyasi|"Bitta eltuvchi chastotadan kanallarni ajratish usuli, bunda turli kanallarning signallari foydalaniladigan kodli (odatda, psevdotasodifiy) ketma-ketlik turlari bo‘yicha farqlanishi talab qilinadi. " Kanallarni kod-vaqt bo‘yicha ajratish bilan ko‘p stansion foydalana olish|"1. Gibrid foydalana olish texnologiyasi, bunda vaqt kadri kanalli intervallar (KI)ga bo‘linadi, uzatiluvchi ma’lumotlar bloki esa, uch parametr – chastota, vaqt hamda kod bilan tavsiflanadi. Izoh − «Bitta abonent – bitta KI» yoki «ikkita abonent – bitta KI» (yarim tezlikli kanallar uchun) prinsipi amalga oshiriladigan klassik TDMA texnologiyasidan farqli ravishda, TD-CDMA ning bitta vaqt intervalida kengaytirilgan spektrli bir necha CDMA-signallarning uzatilishi ta’minlanadi. 2. (TDD) vaqt dupleksidan foydalaniladigan WCDMA tizimlarning ishlash rejimlaridan biri. " Kanallarni kodli ajratish bilan ko‘p stansion foydalana olish|"cdmOne, CDMA2000 va WCDMA radiointerfeyslari uchun mo‘ljallangan ko‘p stansion kira olish texnologiyasi. Bunda har bir abonent umumiy chastotalar polosasida tarmoqqa kirish uchun o‘ziga xos kodli ketma-ketlikdan foydalanadi. " Kanallarni kodli ajratish bilan ko‘plab kira olish|"Tarmoqda bir turdagi chastotalardan ko‘p marta foydalanadigan uyali aloqaning raqamli tizimi (radiochastotali resursdan samarali foydalaniladi). Izoh – Nurlanuvchi quvvat va shovqinlar darajasining bir vaqtda pasayishida yuqori sig‘imni va nutqning yuqori sifatini ta’minlaydigan uyali aloqa tizimi. " Kanallarni kommutatsiya qilish bilan uzatish rejimi|"Uzatish va kommutatsiya qilish funksiyalari bog‘lanishlar o‘rtasidagi kanallar yoki chastotalar polosasini doimiy biriktirish yo‘li bilan amalga oshiriladigan axborotni ko‘chirish rejimi. " Kanallarni kommutatsiyalash usuli|"Uzatish kanallari butun bog‘lanish vaqtiga ajratiladigan kommutatsiyalash usuli. Izoh − 2G simsiz tarmoq va an’anaviy telefon tarmog‘i kanallarni kommutatsiyalash usulidan foydalanib qurilgan tarmoqlarga misoldir. Bu usul ma’lumotlar uzatish uchun, paketlarni kommutatsiyalash usuliga qaraganda, kam samarali. " Kanallarni ko‘p tezlikli kommutatsiyalash|"Kanallarni 64 Kbit/sekund tezlikka karrali, yaʼni, n*64 Kbit/sekund bo‘lgan tezliklar bilan sinxron kommutatsiya usuli. Bu yerda n – butun son. " Kanallarni majburiy ravishda o‘zlashtirib olish bilan taqsimlash|"Kanallarni taqsimlash protsedurasi, bunda ortiqcha trafik paydo bo‘lgan uyalar (yacheykalar)ning ishchi kanallari soni, nisbatan kamroq trafikli yacheykalardan o‘zlashtirish hisobiga ko‘paytiriladi. Protsedura avtomatik ravishda bajariladi. " Kanallarni skanlash|"Aloqa kanallari holatini, ularning axborotni uzatishga yaroqliligi nuqtai nazaridan, tekshirish tartiboti. Bunda, odatda, qabul qilgichning kirishida mavjud bo‘lgan shovqinlar darajasi o‘lchanadi yoki joriy signal/xalaqit nisbati aniqlanadi. " Kanallarni vaqt bo‘yicha ajratish|"Vaqtni ajratish (kanallarni vaqt bo‘yicha zichlash) bilan multipleksorlash. " Kanallarni chastota bo‘yicha ajratish bilan ko‘plab/ko‘p stansion foydalana olish|"1. Spektrdan foydalana olish usuli, bunda bir yoki bir nechta chastota polosasi bitta abonentga taqsimlanadi, turli abonentlar turli chastota polosalaridan foydalanadilar. Biroq, abonentlar TDMA, CDMA yoki SDMA foydalana olish usullarini qo‘llagan holda, spektrdan birgalikda foydalanishlari mumkin. FDMA ning xususiyati shundaki, apparat amalga oshirish (ko‘rinish)da filtrlarga qo‘yiladigan talab TDMA yoki CDMAga qaraganda yuqoriroq, lekin vaqt bo‘yicha sinxronizatsiyaga qo‘yiladigan talab TDMA yoki CDMA uchun bo‘lganiga qaraganda pastroq. Bundan tashqari, chastota bo‘yicha filtratsiya tufayli, CDMA da yaqqol namoyon bo‘ladigan «yaqin−uzoq» muammosi FDMA da unchalik sezilarli emas. 2. Ajratilgan chastotalar diapazonining barchasi, har birining o‘rtasida himoyaviy chastota oraliqlari mavjud bo‘lgan bir-birini qoplamaydigan tor polosalarga ajratiladigan foydalana olish usuli. FDMA asosida aloqani tashkil etishda har bir abonentga alohida kanal ajratiladi, ular orqali signallar o‘z eltuvchi chastotalarida uzatiladi. Foydalana olishning bunday usuli abonentlar soni kam, kanallarning yuklanishi past bo‘lganida kam samaralidir. " Kanallarning adaptiv taqsimlanishi|"Tizim chastota resursining uyalar o‘rtasida, ularning kutilgan yoki haqiqiy yuklanishiga mos ravishda taqsimlanishi. Izoh − Kanallarni adaptiv tayinlash algoritmlari eng intensiv trafikli uyalarning o‘ta yuklanib ketishining oldini olish va shuning hisobiga butun mobil aloqa tizimining samaradorligini oshirish imkonini beradi. " Kanallarning dinamik ko‘rsatgichi|"Televizorlardagi funksiya, u aktivlashganda ayni vaqtda ko‘rilayotgan telekanaldagi tasvir markazga suriladi, uning atrofida tasvirni har sekundda yangilagan holda, boshqa 12 ta kanalni uzatuvchi 12 ta kichik darcha paydo bo‘ladi. " Kanallarning dinamik taqsimlanishi|"Xalaqitlardan xoli kanallarni tanlash maqsadida, ishchi chastotalarning muayyan to‘plamini davriy skanlashga asoslangan kanallarni tayinlash usuli. " Kanallarning qayd etilgan taqsimoti (uyali aloqada)|"Chastota-hududiy rejalashga asoslangan kanallarni taqsimlash usuli, bunda har bir uyaga (yacheykaga) yetarlicha uzoq vaqtga aniq miqdorda eltuvchilar ajratiladi. Ajratilgan eltuvchilar soni, odatda trafikning zichligi va yacheykaning o‘lchamlariga bog‘liq bo‘ladi. " Kanalli shifrlash|"Telekommunikatsiya vositalari orqali uzatilayotgan axborotni kriptografik usullar bilan muhofazalash. Shifrlash, aloqa kanalining ikkita uzeli (yuboruvchidan qabul qiluvchigacha yo‘lda oraliq shifrlash ham bo‘lishi mumkin) or‘tasida amalga oshiriladi. " Kanalni egallash|"Maʼlumotlarni uzatish uchun kanalni band qilish maqsadida so‘rov uzatishga urinish. Aniq vaziyatga bog‘liq tarzda, bunday urinish muvaffaqiyatli, muvaffaqiyatsiz va to‘qnashuvga olib keluvchi bo‘lishi mumkin. " Kanalning ishonchliligi|"Kanal aloqa uchun yaroqli bo‘lgan vaqt ulushi. " Kanalning tayyorlik vaqti|"Aloqa kanalining sifat ko‘rsatgichi. Test signali davomiyligi va xatolar bilan qabul qilingan sekundli intervallar soni o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Aloqa kanalining tayyorligi odatda, foizlarda ifodalanadi. " Kandela|"Yorug‘lik kuchining birligi; SI tizimining asosiy birligi. Kandela parametrlari aniq belgilangan manbaning berilgan yo‘nalishdagi yorug‘lik kuchiga teng. " Kapalaksimon antenna|"Yassi o‘tuvchi sirtning markaziy o‘qi bo‘yicha teshilgan, nurlanish to‘lqinining uzunligiga teng kenglikdagi bo‘ylama tirqishi bo‘lgan tirqishli nur tarqatgich. " Kaptcha|"Tyuringning kompyuterlar va insonlarni farqlash uchun to‘liq avtomatlashtirilgan ochiq sinovi. Tizim foydalanuvchisi inson yoki kompyuter ekanligini aniqlash uchun qo‘llaniladigan kompyuter sinovi. Karnegi-Mellon universitetining savdo markasi. Atama 2000-yilda paydo bo‘lgan. Sinovning asosiy g‘oyasi: foydalanuvchilarga inson yecha oladigan biroq kompyuter yechishni o‘rganishi ancha qiyin bo‘lgan vazifani taqdim etish. Odatda bu belgilarni aniqlash vazifalari. Kaptcha ko‘pincha internet-servislarning botlar tomonidan foydalanilishining oldini olish maqsadida qo‘llaniladi, jumladan, xabarlarning avtomatik jo‘natilishi, ro‘yxatdan o‘tish, fayllarni yuklash, spamni jo‘natish va h.k. " Kardano panjarasi|"Almashtirib qo‘yish shifrini amalga oshiruvchi kriptografik tizim. O‘zida, yacheykalarning to‘rtdan biri to‘rt burilishda barcha jadvalni qamrab oladigan tarzda kesilgan kvadrat jadval (panjara)ni aks ettiradi. Ochiq matn 90° ga buriladigan panjaraning kesilgan yacheykalariga yoziladi, shu bilan yangi, to‘ldirilmagan yacheykalar ochiladi. " Karder|"Plastik kartalar bilan bog‘liq qalbaki ishlar bilan shug‘ullanuvchi firibgar («virtual o‘g‘ri»). " Karding|"Tovar yoki xizmatlarga tegishli bo‘lmagan (o‘g‘irlangan) kredit karta orqali to‘lovni amalga oshirish. Odatda, kredit kartaning egasi bundan bexabar bo‘ladi. " Kardrider|"Xotira kartalari-flesh-kartalarni o‘qish va yozish. " Karetkani orqaga qaytarish|"Karetkani qaytarish operatsiyasini belgilaydigan ASCII boshqaruv simvoli, ya’ni matn belgilari chiqaradigan qurilmada karetkani varaqning chap tomoniga va keyingi satrga o‘tkazilishi. " Karnay|"Shaxsiy kompyuterning dinamik qurilmasi, akustik kolonka. " Karta, perfokarta|"Mashinada qayta ishlanadigan alohida sifatdagi qog‘ozdan qilinadigan axborot tashuvchi. " Karta to‘g‘risidagi axborot bloki|"PC Card da ma’lumotlarni shakllantirish, formati va talab qilinadigan resurslar to‘g‘risidagi axborotni ichiga olgan ma’lumotlar tuzilmasi. " Kartografik axborot|"1. Kartografik asarlar to‘g‘risida maʼlumotlar. 2. Kartografik asarlar shaklida ifodalangan axborot. 3. Kartografik asarlarni yaratishda va yangilashda ishlatiladigan axborot. " Kartografik kommunikatsiya|"Kartografik axborotni xarita yaratuvchidan foydalanuvchiga uzatish. Buning ustiga xaritaning o‘zi o‘ziga xos aloqa kanali sifatida ham talqin qilinadi. " Kartografik maʼlumotlar banki|"Raqamli kartografik maʼlumotlarni saqlash, qayta ishlash va ishlatishning texnik, dasturiy, axborot va tashkiliy vositalari majmui. Uning tarkibiga bitta yoki bir nechta predmet (mavzu) sohasidagi kartografik maʼlumotlar bazalari, maʼlumotlar bazasining boshqarish tizimi hamda so‘rovlar va amaliy dasturlar kutubxonasi kiradi. " Kartografik maʼlumotlar bazasi|"Biror bir predmet (mavzu) sohasi bo‘yicha o‘zaro bog‘liq kartografik maʼlumotlar majmui. U raqamli shaklda (shu jumladan kartografik maʼlumotlar bazasi shaklida) maʼlumotlar ifodalash, saqlash va joyini o‘zgartirishga oid umumiy qoidalarga mos ravishda berilgan. Kartografik maʼlumotlar bazasiga ko‘pgina foydalanuvchilar kira olishlari mumkin. U amaliy dasturlar paketiga bog‘liq bo‘lmay, maʼlumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) tomonidan boshqariladi. " Kartochka|"Ma’lumotlar va ularni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan vizual interfeysning majmui. " Kartochkali operatsion tizim|"Mikroprotsessorli kartochkalar uchun mo‘ljallangan operatsion tizim. " Kartrij|"Qurilmaning almashtiriladigan qismi. Odatda, bu, printer uchun bo‘yaydigan tasma, lazer printerlar yoki ko‘paytiruvchi apparatlar uchun toner, purkagichli printerlar uchun siyoh saqlanadigan kasseta. " Kasr chizig‘i|"Bo‘lish operatsiyasini anglatuvchi simvol. " Kassegren antennasi|"Parabola ko‘rinishidagi asosiy ko‘zguga va antenna fokusida joylashtirilgan aylanish giperboloidi shaklidagi kichik profillangan ko‘zguga ega ikki ko‘zguli antenna. Izoh − Antennada, asosiy va yordamchi ko‘zgular yuzasining profillarini tanlash hisobiga, asosiy ko‘zguning yanada samarali nurlanishi ta’minlanadi va yon yaproqlarning darajasini pasaytirishga erishiladi. " Katalog|"1. Ma’lumotlarni qayta ishlash va ularni saqlashning tashkil qilinishi orqali ta’minlanadigan, ma’lumotlar ko‘pligi tavsiflarining majmui. 2. Obyektning matnli nomi bo‘yicha izlab topilishini ta’minlaydigan ma’lumotlar tuzilmasi. " Katalog elementi|"Papkada yoki diskning tub katalogida saqlanadigan, diskda saqlanadigan diskret obyektni (odatda, fayl yoki papkani) tavsiflaydigan axborot. Katalog elementi obyektning nomi, joylashgan yeri, o‘lchami va maxsus fayl atributlari kabi axborotni ichiga oladi. Har bir fayl va papka diskda tegishli katalog elementiga ega. Nomlari uzun fayllar joylashtirish uchun bittadan ortiq katalog elementini talab qilishi mumkin. " Katalog serveri|"Mijoz nomidan katalog maʼlumotlarini qo‘shishi, yo‘q qilishi, o‘zgartirishi va izlashi mumkin bo‘lgan server. " Katalogdan foydalana olish protokoli|"Mijozlar va X.500 serverlari o‘rtasida almashinuvni boshqaradigan protokol. " Kataloglar xizmati|"Ma’lumotlarni saqlash uchun kataloglar to‘g‘risida vositalarni taqdim etadigan va bu ma’lumotlardan foydalanuvchilar va tarmoq administratorlari foydalana olishlarini ta’minlaydigan xizmat. " Katod nurlari|"Magnit maydonini yuzaga keltiruvchi, magnit va elektromagnit maydonlarida og‘uvchi, vakuumdagi elektron dasta. " Katta hajmdagi maʼlumotlar|"1. Odam tomonidan idrok qilinadigan, uzluksiz o‘sish, hisoblash tarmog‘ining ko‘p sonli uzellar bo‘ylab taqsimlash sharoitida samarali natijalarni olish uchun, katta hajmdagi turli-tuman tuzilmlashtirilgan va tizimlashtirilmagan maʼlumotlarni qayta ishlash usullari, vositalari, yondashuvlari turkumi. 2. Katta hajmi va o‘zgarishlarning tezligi bilan tavsiflanadigan (shu jumladan haqiqiy vaqt rejimida) tuzilmlashtirilgan va tizimlashtirilmagan axborot massivlarini to‘plash, qayta ishlash va saqlash texnologiyalari, bu maxsus vositalar va ular bilan ishlash usullarini talab qiladi. " Katta harflar|"Yuqori registr harflari to‘plami. " Katta ikkilik obyekt|"Ba’zi dasturlash tillaridagi va ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimidagi, ixtiyoriy ikkilik axborotni saqlash uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar turi. " Katta (ikkilik) razryad, katta ahamiyatli bit|"Kodli so‘z doirasidagi eng katta ahamiyatga ega bo‘lgan ikkilik razryadi. " «Katta portlash» testlash usuli|"Kompleks testlash, bunda dasturiy elementlar, apparat elementlar yoki ularning har ikkisi bir vaqtda tizimga birlashtiriladi va bosqichma-bosqich emas, balki bir butun yaxlit sifatida testlanadi. " Katta simvolli obyekt|"Katta matnli obyektlarni saqlash uchun mo‘ljallangan maydon turi. " Katta tezlikka ega bo‘lgan ketma-ket shina|"Kuchli serverlardagi SCSI texnologiyasini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan FC-AL optik-tolali interfeysga ega texnologiya. Uzatishning bazaviy tezligi 100 (200-800) Mbit/s bo‘lgan, ikki portli, avtomatik konfiguratsiya qilinadigan qurilmalarning «қайноқ» almashinuvi. Qurilmalar o‘rtasidagi masofa 10 km gacha yetishi mumkin. " Katta vaqt mobaynidagi buzilishlar|"Tasvirning, namoyon bo‘lishi bir nechta kadr mobaynida sezilishi mumkin bo’lgan, buzilishlari. " Kattalashtirish|"Grafik redaktorlarda – tasvir masshtabini yoki tasvir bir qismini kattalashtirish. " Kattalik|"O‘z nomi yoki qiymati bilan yoki ham unisi, ham bunisi bilan belgilanadigan ma’lumotlar elementi. Xotiraning bir qismi, nom (identifikator) va xotirada saqlanadigan qiymat bilan beriladi. " Kaziski usuli|"Shifrmatndagi bir xil so‘zlarni aniqlash yordamida ko‘p alifboli kriptotizim davrini hisoblash imkonini beruvchi kriptotahlil usuli. Agar ko‘p alifboli kriptotizim davri ma’lum bo‘lsa, kriptotahlil bir alifboli tizimlar kriptotahliliga keltiriladi. " Kegl|"Spetsifik shriftdagi simvollar to‘plami nuqtasining o‘lchami. " Keladigan telefon yuklama|"Kelayotgan har bir chaqiruvga band bo‘lmagan chiqish bilan darhol bog‘lanish taqdim qilingan holda, qarab chiqiladigan vaqt intervali ichida keladigan barcha chaqiruvlarga xizmat ko‘rsatishning taxmin qilinadigan jami vaqti. " Kelgan telefon chaqiruvi|"Telefon stansiyasida qayd qilingan telefon chaqiruv. " Kelgusi avlod tarmog‘i (KAT)|"Sifati kafolatlangan telekommunikatsiya xizmatlarining cheklanmagan to‘plami taqdim etilishini va foydalanuvchining global mobilligini ta’minlaydigan, xizmatlar/dasturlarni boshqarish funksiyalarini kommutatsiya qilish va uzatish funksiyalaridan ajratish hamda qayd etilgan va mobil tarmoqlarga kira olishning turli texnologiyalaridan foydalanish imkonini beradigan, keng polosali paketli tarmoq asosida qurilgan universal tarmoq. " Kelib tushuvchi yuklama (abonent yuklamasi)|"Tarmoqqa ulangan barcha axborot manbalaridan keluvchi jami trafik; odatda, ma’lum vaqt davri ichida aniqlanadi. Tarmoq orqali o‘tkazilgan umumiy trafikdan farqli o‘laroq, kelib tushuvchi yuklama tarmoqning xizmat axboroti va signalizatsiyani uzatish uchun zarur ichki trafigini hisobga olmaydi. " Kelishish grifi|"Hujjat muallifi hisoblanmaydigan muassasa yoki uning organining hujjat mazmuni bilan roziligini ifodalaydigan rasmiy hujjat rekviziti. " Kelishish varag‘i|"Bitta yoki bir nechta elektron hujjatning haqiqiyligini tasdiqlash uchun mo‘ljallangan hujjat. " Kembrij halqasi|"Halqali topologiyaga ega tadqiqot qilinadigan tarmoq tizimining bir turi. " Keng ekranga panoramali ko‘rsatish|"4:3 kadr formatini, tasvirning minimal buzilishi bilan, 16:9 formatga o‘zgartirish. " Keng eshittirishli kanal|"Uzatilayotgan axborot keng auditoriya tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilinishiga qaratilgan kanal. " Keng eshittirishli tarqatish|"Bir nechta maxsus bo‘lmagan qabul qiluvchilarga yo‘naltirilgan uzatish. Ethernetda tarmoqning barcha uzellarini oluvchi paket turi. Maxsus manzil turi bilan identifikatsiya qilinadi. " Keng eshittirishli vebtranslyatsiya|"Teleradioeshittirishlar dasturlarini Internet tarmog‘i orqali uzatish. " Keng formatli televizor|"Ekran tomonlarining nisbati 16:9 bo‘lgan televizor (oddiy televizorlarda bu nisbat 4:3 ni tashkil etadi). 4:3 nisbatli ekran kengligi balandligiga qaraganda 33 foizga, 16:9 nisbatlida esa 75 foizga katta bo‘ladi. " Keng imkoniyatlarga ega integratsiyalashgan raqamli tarmoqlar|"Ma’lumotlar, ovoz, SMS-xabarlarning birgalikda uzatilishini ta’minlaydigan simsiz tarmoq. Izoh − IDEN «bittada to‘rtta» texnologiyasini o‘zida ifodalaydi: foydalanuvchilar bitta korpusda raqamli uyali telefon, ikki tomonlama radioaloqa, alifbo-raqamli peyjer va faks-modem imkoniyatlari birlashtirilishi tufayli, simsiz aloqaning barcha afzalliklaridan bir vaqtda foydalanishlari mumkin. IDEN TDMA texnologiyasiga asoslanadi va 800 MHz hamda 1,5 GHz chastotalar diapazonida ishlaydi. IDEN 25 kHz polosada 65 Kbit/s uzatish tezligini ta’minlash uchun tovushni siqishdan, VSELP kodekidan va kvadraturali amplitudaviy modulyatsiya texnologiyasidan foydalaniladi. " Keng impuls, yarim satrli impuls|"Odatda, satrlarning ikkilangan chastotasi bilan takrorlanadigan va maydonlarning sinxronlanuvchi impulslarini hosil qiladigan impulslar. " Keng polosali aloqa|"Chastotalarning keng diapazonidan foydalaniladigan aloqa turi. Televizion eshittirish, kabelli televideniye, o‘ta yuqori chastota diapazonidagi aloqa hamda yo‘ldoshli aloqa bunga misol bo‘ladi. " Keng polosali antenna|"Parametrlari chastotalar diapazonining qoplash koeffitsiyenti 1,2-1,5 bo‘lganda qo‘yiladigan talablarga mos keladigan antenna. " Keng polosali kanal|"Ko‘p sonli tor polosali axborot manbalari (nutq, ma’lumotlar, faks), yoki bitta yoki bir nechta yuqori tezlikli manbalardan (videotasvirlar, multimedia ma’lumotlari) bir vaqtda ma’lumotlar uzatilishi ta’minlanishi mumkin bo‘lgan kanal. Misol – DSL liniyalari, kabelli kanallar, WCDMA radiokanallari. " Keng polosali kuchaytirgich (jamoaviy qabul qiluvchi antennalar uchun)|"Chastotalarning barcha diapazonida ishlash uchun loyihalashtirilgan, jamoaviy qabul qiluvchi antennalarda foydalanish mumkin bo‘lgan kuchaytirgich. " Keng polosali signal|"Ishchi diapazon markaziy chastotasining 0,1 foizdan ortiq chastotalar polosasini egallagan signal. Izoh − Masalan, 500 MHz ishchi chastotaga ega bo‘lgan signal, agar uning polosa kengligi 0,5 MHz dan katta bo‘lsa keng polosali signal hisoblanadi. " Keng polosali o‘q|"Quyi eltuvchidagi ranglilik signalining birmuncha kengroq uzatish chastotalari polosasi ko‘zda tutilgan tashkil etuvchisining fazasi. Signalni vektorli taqdim etishda – ranglilikning nozik asosiy rangini ifodalaydigan vektor yo‘nalishi. " Keng yo‘lka|"Nusxa ko‘chirishdan himoya qilish usulining qismi, bunda diskdagi ikki yoki undan ortiq yonma-yon yo‘lkaga aynan bir xil ma’lumotlar yoziladi. " Kengayadigan belgilash tili|"WWW tarmog‘ida gipermatnli hujjatlarni tayyorlash, saqlash va uzatish uchun mo‘ljallangan til. " Kengayadigan uslublar jadvallari tili, XSL|"XML hujjatlarni taqdim etish (masalan, veb-brauzerda aks ettirishda) qoidalarini va ularni ma’lumotlarning boshqa sxemalari asosida yaratilgan XML hujjatlarga, shuningdek, boshqa formatlardagi (masalan, PDF) hujjatlarga o‘zgartirish yo‘llarini belgilash imkonini beradigan spetsifikatsiyalar turkumi. " Kengayish polosalari|"Spektr bo‘yicha tub polosalar bilan kesishmaydigan, chastotalarning qo‘shimcha polosalari. Jumladan, IMT-2000 tizimining o‘tkazish qobiliyatini kengaytirish uchun, Yevropa va dunyoning ba’zi hududlarida (2−3) GHz li spektr uchastkasi ajratilgan. " Kengaytiriladigan tizim|"Samaradorlikni, periferik qurilmalar soni yoki xotira sig‘imini oshirish imkoniyati ko‘zda tutilgan kompyuter tizimi. " Kengaytirilgan|"Asosiy versiyaga nisbatan qo‘shimcha imkoniyatlar bilan ta’minlangan dasturiy ta’minot. Odatda bu atama yangi imkoniyatlarni o‘z ichiga olib dasturning nomi bilan birga qo‘shib ishlatiladi. " Kengaytirilgan fayl tizimi|"Linux yadrosi uchun fayl tizimi. U Rémy Card tomonidan extended file system fayl tizimini almashtiruvchi tizim sifatida ishlab chiqilgan. U fayl tizimlari sinovlarida namuna qilib ishlatsa bo‘ladigan, yetarlicha samarali ishlaydigan fayl tizimi hisoblanadi. Jurnallanadigan fayl tizimi emasligi uning asosiy kamchiligidir. ext2 fayl tizimining rivoji bo‘lib, jurnallanadigan va ext2 tizimiga to‘liq mos keladigan ext3 fayl tizimi hisoblanadi. " Kengaytirilgan imkoniyatlarga ega raqamli radioxizmatlar|"Personal mobil abonentning to‘liq mobilligini 155 Mbit/s dan kam bo‘lmagan uzatish tezligida ta’minlab bera oladigan, istiqbolli aloqa texnologiyasi. " Kengaytirilgan matnli format|"Micrоsоft korporatsiyasi tomonidan, amaliy dasturlar o‘rtasida formatlangan matnli hujjatlarni (ya’ni rasmiylashtirilgan) almashish uchun ishlab chiqilgan fayllar formati. Turli kod jadvallarini qo‘llaydi. Ko‘plab platformalarda amalga oshirilgan. " Kengaytirilgan spektrli signallarni qo‘llagan holda ko‘p stansion foydalana olish|"Ko‘p sonli abonentlarning bir vaqtda foydalana olish usuli bo‘lib, bunda ularning har biri kengaytirilgan spektrli signalni umumiy retranslyatorga uzatadi. Izoh − Qabul paytida signal (chulg‘am)ning teskari qayta o‘zgarishi amalga oshiriladi, u dastlabki tor polosali signal spektrini buzilishlarsiz tiklash imkonini beradi, chunki turli abonentlar tomonidan uzatilayotgan signallar o‘rtasidagi o‘zaro korrelyatsiya koeffitsiyenti ancha kichik. " Kengaytirilgan xotira|"1 МB manzil fazоsidan tashqaridagi qo‘shimcha tezkor xotira. " Kengaytirilgan yuklanadigan yozuv|"Bitta mantiqiy bo‘limning o‘lchamini tasvirlaydigan, shuningdek, keyingi kengaytirilgan yuklanadigan yozuvni ko‘rsatuvchi qattiq diskdagi (512 bayt) sektor. " Kengaytirish platasi|"Kiritish/chiqarish qurilmalari (diskovodlar, modemlar, tarmoq) adapterlari o‘rnatilgan bosma plata. " Kengaytirish uyasi|"Kengaytirish platasi o‘rnatiladigan tizim platasidagi uya. Bunday platalar ularning nimaga mo‘ljallanganligiga bog‘liq ravishda, interfeys kartalari, tarmoq adapterlari va h.k. deb ataladi. " Kengaytirish shinasi|"Tizim shinasining, kengaytirish platalari uchun mo‘ljallangan uyalarni lokal shina bilan birlashtiradigan qismi. Qo‘shimcha periferik qurilmalar kontrollerlarini ulash uchun xizmat qiladi. " Kengaytiruvchi kodli ketma-ketlik|"Signalni kodi bo‘yicha ajratish tizimlarida, masalan, DS-CDMA da spektrni kengaytirish uchun qo‘llaniladigan kodli ketma-ketlik. " Kengaytma|"1. Fayl nomining bir qismi; uning yordamida fayllarni tasniflash amalga oshiriladi. Masalan, MS-DOS da kengayish, agar bor bo‘lsa, nuqtadan keyingi (bittadan uchtagacha) simvoldan iborat bo‘lishi mumkin; kengayishdan bajariladigan fayllarni (.COM, .EXE, .BAT), turli dasturlash tillari dasturlarining matnlarini ajratish uchun (BAS – BASIC, PAS – Pascal) foydalaniladi. 2. Tegishli standartlarda bo‘lmagan talablarning xavfsizlik bo‘yicha topshiriqqa yoki himoya profiliga qo‘shilishi. " Kengayuvchanlik|"1. Dasturlash tilida yangi til konstruksiyalarini belgilash mumkinligi. 2. Raqamli televideniye tizimining kengaytirilgan funksiyalarni va kelgusi texnologik yutuqlarni qo‘llab-quvvatlash va kiritish qobiliyati. " Kenglik- impulsli modulyatsiya|"Impulslar davomiyligi (kengligi) o‘zgaradigan impulsli modulyatsiya. " Kermit|"Fayllarni uzatishga yo‘naltirilgan dastur. Umumiy foydalaniladigan dasturiy ta’minot sifatida tarqatiladi. " Kerr yacheykasi|"Elektrooptik Kerr effektidan foydalanishga asoslangan yorug‘lik oqimini modulyatsiyalash qurilmasi. " Kesish|"Matn yoki tasvir bilan ishlayotganda bajariladigan operatsiyalardan biri. U matndagi/tasvirdagi ajratilgan fragmentni o‘chiradi va almashtiruv buferiga ko‘chirib qo‘yadi. Ko‘p hollarda bu operatsiyalarni bajarish uchun mo‘ljallangan «qaynoq» klavi-shlar Ctrl+X yoki Shift+Del lardir. " Kesishuv|"Interaktiv grafik tizimlarda kursor shakli. " Kesishuvchi aloqa|"Kanallar, zanjirlar yoki o‘tkazgichlar o‘rtasida yuzaga keladi-gan parazit bog‘lanish (aloqa) bo‘lib, uning natijasida turli xalaqit beruvchi signallar paydo bo‘ladi. " Kesishuvchi buzilishlar (televideniyeda)|"Tasvirga boshqa videokanallardagi signallar bilan hosil qilinadigan beixtiyoriy tasvirlarni tushirish. " Kesishuvchi modulyatsiya|"Xalaqit signalini bir zanjir yoki simdan boshqa bir zanjir simga yo‘llash natijasida yuzaga keladigan to‘g‘rilash. " Kesishuvchi xalaqitlar|"Ko‘p kanalli tizimlarda, bitta kanal orqali uzatilgan signal boshqa kanalning chiqishida anchayin kuchsizlangan holda paydo bo‘lishi hisobiga yuzaga keladigan o‘zaro xalaqitlar. Simli aloqa liniyalari uchun uzoq uchdagi kesishuvchi xalaqit FEXT hamda liniyaning yaqin uchidagi xalaqit NEXT xosdir. Chastotaviy ajratilgan tizimlarda kanal filtrlarining yetarlicha selektiv bo‘lmasligi hamda barcha kanallar uchun umumiy bo‘lgan traktda tashkil qilinadigan kombinatsion chastotalar kesishuvchi xalaqitlar paydo bo‘lishining asosiy sabablaridir. " Kesishuvchi xalaqitlarning yo‘l qo‘yiladigan darajasi|"Noqulay xalaqit beruvchi vaziyatda, masalan, aynan bir ishchi chastotalardan foydalaniladigan qo‘shni uyalarning o‘zaro taʼsiri mavjudligi sharoitida ishlaydigan radiostansiyalar vujudga keltiradigan o‘zaro xalaqitlar. " Keskin yo‘naltirilgan antenna|"Nurlanadigan yoki qabul qilinadigan quvvatning asosiy ulushi tor fazoviy burchakda to‘plangan antenna. " Keskin yo‘naltirilgan nur|"Asosiy nurlanuvchi energiyasi nisbatan tor fazoviy burchakda teng taqsimlangan, «qalam» turidagi nur. " Keskinlik|"Televizion tasvirning tavsifi bo‘lib, tasvir yirik detallari chegaralarining uzatilish sifatini ifodalaydi. Keskinlik miqdor jihatdan televizion tizim o‘tish xarakteristikaning surkalib ketuvchi zonasi orqali baholanadi. " Ketma-ket erkin foydalanish|"Barcha oraliq bloklarni, boshidan ko‘rib chiqish yo‘li bilan xotira qurilmasi ma’lumotlar blokidan erkin foydalanishni tashkil qilish usuli. " Ketma-ket kompyuter|"Dastur komandalarini ketma-ket amalga oshirish yo‘li bilan ma’lumotlar qayta ishlanishini bajaradigan kompyuter. " Ketma-ket-parallel o‘zgartirgich|"Ketma-ket uzatishdan parallel uzatishga o‘tish qurilmasi. " Ketma-ket port|"Ma’lumotlar o‘tish tartibiga ko‘ra bitma-bit uzatiladigan port; ma’lumotlar parallel portga qaraganda birmuncha sekin uzatiladi. Odatda, ketma-ket portga modem ulanadi. " Ketma-ket printer|"Kompyuterga standart ketma-ket port orqali ulanadigan printer. " Ketma-ket qayta ishlash|"Ma’lumotlarni xotirada saqlanadigan yoki xotiraga kelib tushadigan ketma-ketlikda qayta ishlash. " Ketma-ket uzatish|"Axborot almashinuv usuli, unda ayrim belgilar aynan bitta aloqa kanali orqali birin-ketin uzluksiz tarzda yoki to‘xtashlar bilan uzatiladi. Ketma-ket uzatish ikkita rejimda amalga oshirilishi mumkin: asinxron va sinxron. Asinxron rejimda maʼlumotlar alohida jo‘natmalar tarzida uzatiladi va ularning har biriga qabul qiluvchi tomonda uzatishning boshlanishi va tugashi haqida signal beradigan start va stop bitlari kiritiladi. Sinxron uzatishda axborotning uzluksiz oqimi sinxrojo‘natmalar yordamida kadrlarga ajratiladi. " Keyingi|"Tizimlashtirilgan zanjirdagi (ketma-ketlikdagi) elementlar joylashuvi. Masalan, ma’lumotlar bazasi jadvalidagi keyingi yozuv. " Keyingi nurlanish davomiyligi|"Kineskoplar keyingi nurlanishining o‘rtacha vaqtiga ega, bu vaqt davomida ekranning nurlanish (so‘nish) yorqinligi ta’sir to‘xtatilgandan so‘ng ta’sir paytidagi boshlang‘ich yorqinlikka nisbatan bir foizgacha kamayadi. " Keyingi nurlanishni tuzatish|"Yuguruvchi nurni yoyishdan olingan va lyuminoforning beixtiyoriy nurlanishidan buzilgan videosignal shaklini tuzatish. " Keylogger|"Klaviaturadan kiritishni tutib olish uchun mo‘ljallangan apparat qurilma yoki dastur. Izoh – Keylogger bosilgan klavishlar skan-kodlarini aniqlashni ular yashirin saqlanishini va/yoki qandaydir kanal orqali uzatilishini amalga oshiradi. " Keytnet|"Xost-kompyuterlar turli tarmoqlarga shlyuzlar yoki marshrutizatorlar yordamida ulangan tarmoq. Internet shunday tarmoqqa misol bo‘la oladi. " Kesh|"O‘qilishi sekinroq bo‘lgan xotirada saqlanayotgan, biroq u yerdan so‘ralish ehtimoli katta bo‘lgan axborotning nusxasi saqlanadigan tez o‘qiladigan oraliq bufer. Keshdagi maʼlumotlar sekin xotiradan olinishi yoki qayta hisoblab chiqilishiga qaraganda ancha tezroq o‘qiladi, bu esa o‘rtacha kira olish vaqtini kamaytiradi. " Kesh-xotira|"Ma’lumotlarni vaqtinchalik saqlash uchun xizmat qiladigan xotira. Kompyuterning ishlash samaradorligini oshirish uchun foydalaniladi. Tezkor xotira va qattiq magnit disk o‘rtasidagi kesh-xotira ikki turda bo‘ladi; apparat va dasturiy kesh-xotira. Apparat kesh-xotiradan odatda, tarmoq serverlarida, diskli adapterlarda (kontrollerlarda) foydalaniladi, u yarimo‘tkazgichli, energiyaga bog‘liq, juda tez ishlaydigan xotirani o‘zida ifodalaydi. Dasturiy kesh-xotira tezkor xotiraning bir qismidir, odatda, stol tizimlarida tashqi xotira bilan ishlash samaradorligini oshirish uchun foydalaniladi. " Kesh-xotira kontrolleri|"Kesh-xotirani boshqarish uchun mo‘ljallangan maxsus mikrosxema. " Kesh-xotira ma’lumotlarining tezkor xotira qurilmasi|"Kesh-xotira ma’lumotlari turlarining teglari (alomatlari) saqlanadigan mikrosxema. " Keshlash|"Oldingi operasiyalar natijasida olingan ma’lumotlarni keyingi operasiyalarni tezlashtirish uchun saqlash. Keshlash disk ma’lumotlarining bir qismini xotirada saqlab qolish bilan chegaralanib qolmaydi, ayrim hollarda, buning uchun diskda vaqtinchalik fayllar yaratiladi. Ma’lumotlar uzatish kontekstida bu atamadan xabarlar uzatilishini tezlashtirish uchun ma’lumotnomalar va boshqa axborot atributlaridan nusxa olinishini belgilashda foydalaniladi. " Kechikish|"Qandaydir operatsiya yoki komanda bajarilishi davomida pauza sodir bo‘ladigan vaqtinchalik muddat. " Kechikish bilan bo‘ladigan xendover|"Mobil stansiya bir yacheykadan boshqasiga o‘tishida chastotaning ma’lum vaqtdan so‘ng qayta sozlanishi. Texnik jihatdan quvvat darajalarining ikkita – minimal va maksimal qiymat bo‘yicha chegarasidan foydalanish hisobiga amalga oshiriladi. Ikkita tayanch stansiyaning xizmat ko‘rsatish zonalari chegarasida «ping-pong» effektini bartaraf etish imkonini beradi. " Kechikish bo‘yicha quvvat spektri|"Qabul qilinadigan signal spektral tashkil etuvchilari quvvatining vaqtga bog‘liq holda taqsimlanishi. " Kechikish bo‘yicha sochilganlik|"Qabul qilinayotgan ko‘p nurli signalning darajasi noldan farqli va uni o‘lchash uchun hali yetarli bo‘lgan vaqt intervali. Uyali aloqa tizimlarida kechikish vaqti joy relyefiga bog‘liq ravishda, mikrosekundning ulushlaridan boshlab bir necha o‘n mikrosekund qiymatlarigacha o‘lchanadi, bunday katta kechikishlar odatda radioto‘lqinlarning yirik shaharlarda tarqalishi uchun xosdir. " Kechikish tufayli yuzaga keladigan buzilishlar|"Signal turli komponentlarining qabul qilish nuqtasiga vaqt bo‘yicha turli darajadagi ushlanishlar bilan yetib kelishi hisobiga paydo bo‘ladigan buzilishlar. " Kechikish, ushlanib qolish, orqada qolish|"Tizimning inersionligi yoki ekranning kechikib shu’lalanishi bilan tavsiflanadigan, chiqish signalining kirishdagi ta’sirga nisbatan vaqt bo‘yicha siljishi. " Kechikish variatsiyasi (fluktuatsiyasi)|"Paketlarni uzatishda kechikish vaqtidan mumkin bo‘lgan og‘ishlarni tavsiflovchi parametr. " Kechikkan ulanish|"Aloqa seansi boshlanganidan keyin yoki telefon so‘zlashuvi davom etayotgan paytda, uchinchi abonentning tarmoqqa ulanishi. " Kiberjinoyat|"Kompyuter tizimi yoki tarmog‘i yordamida, kompyuter tizimi yoki tarmog‘i doirasida yoki kompyuter tizimi yoki tarmog‘iga qarshi sodir etilishi mumkin bo‘lgan har qanday jinoyat. " Kiberkasallik|"Inson ruhiyati va fiziologik funksiyalariga virtual voqelik texnologiyalarining zararli taʼsiri oqibatida paydo bo‘lgan kasallikning yangi turi. " Kibermadaniyat|"Madaniyatni rivojlantirishdagi texnokrat yangi yo‘nalish. U kompyuter o‘yinlarining imkoniyatlari va virtual voqelik texnologiyalarini ishlatishga asoslangan. " Kibermakon|"U.Gibson tomonidan 1984-yilda kiritilgan atama. Hozirda bu atama kompyuter tizimlari uchun tuzilgan virtual fazoni tavsiflaydi va axborot resurslarining butun fazosini anglatadi. " Kibernetika|"Tabiat va jamiyatdagi aloqa va boshqaruvning umumiy qonunlari, axborot olinishi, uzatilishi va o‘zgartirilishi to‘g‘risidagi fan. " Kiberskvotter|"Kiberskvotting bilan shug‘ullanuvchi shaxs. " Kiberskvotting|"Mashhur kompaniyalar nomlariga o‘xshash yoki shunchaki «qimmat» hisoblangan domen nomlarini ularning keyingi qayta sotilishi yoki reklamani joylashtirish maqsadida xarid qilish. Turlari: 1. Taypskvotting. 2. Brend kiberskvottingi – tovar belgilari, firma nomlari, mashhur ism va nomlar, yaʼni qonun tomonidan himoyalangan shaxsiy aniqlovchi vositalarni xarid qilish. 3. Himoyalovchi kiberskvotting – mashhur sayt (tovar belgisi)ning qonuniy egasi tomonidan uning domen nomiga yozilishi va aytilishi yaqin, o‘xshash, maʼnodosh barcha domen nomlarining xarid qilinishi. Bu kiberskvotterlardan himoyalanish maqsadida amalga oshiriladi. " Kiberterrorizm|"Submilliy guruhlar yoki maxfiy agentlar tomonidan noharbiy nishonlarga nisbatan kuch ishlatilishida ifodalangan, axborot, kompyuter tizimlariga, kompyuter dasturlari va ma’lumotlarga siyosiy asoslangan qasddan qilinadigan hujumlar. " Kiberxavfsizlik|"Axborot muhitida foydalanuvchilar resurslarini muhofaza qilish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan vositalar, yo‘llar, rahbariy ko‘rsatmalar, ehtimoliy xavflarni boshqarishga yondashuvlar, o‘rgatishlar, eng yaxshi tajribani tarqatish, sug‘urta, axborot xavfsizligi texnologiyalari va axborot texnologiyalarining majmui. " Kilobayt|"1024 byte yoki 2^10 byte ga teng xotira sig‘imining o‘lchov birligi. " Kilolips (bir sekunddagi minglab mantiqiy xulosalar)|"Sun’iy intellekt dasturiy ta’minotining imkoniyatlarini tahlil qilishga bag‘ishlangan mantiqiy xulosalarning o‘lchov birligi. " Kinofilmni avtomatik aniqlash|"Filmni to‘g‘ri kadr formati bilan ko‘rsatish maqsadida translyatsiya qilinayotgan film turini avtomatik aniqlash, masalan, keng ekranli film 4:3 formatda translyatsiya qilinganida, bu funksiya filmni 16:9 formatli ekranda ekranning yuqori va pastki qismidagi xarakterli qora keng chiziqlarsiz, to‘liq formatli ko‘rsatish imkonini beradi. " Kinohujjat|"Kinematografiya usulida tayyorlangan tasviriy yoki audiovizual hujjat. " Kira olishni boshqarish usuli|"Har bir foydalanuvchiga xizmat ko‘rsatishning maqbul darajasini ta’minlash uchun tarmoq uzellarining ma’lumotlar uzatish muhitiga kira olishni taqdim etish tartibini tasniflaydigan lokal hisoblash tarmoqlarining turli texnologiyalarini belgilaydigan asosiy xarakteristika. " Kirgich (kirish yo‘li)|"Simlar yoki kabellar chiqadigan taqsimlash kanalidagi yoki yacheykadagi teshik. Kirgich zavod sharoitlarida, montaj paytida ham, undan keyin ham (agar zarur bo‘lsa) o‘rnatilishi mumkin. " Kirish|"Foydalanuvchining tarmoqda o‘zini identifikatsiya qilish uchun logini va parolini kiritish orqali tarmoqda ish boshlashi. " Kirish (foydalanish)ga urinish|"1. Bitta yoki bir nechta abonent tomonidan, axborot uzatishga ruxsat olish maqsadida, aloqa tizimi bilan o‘zaro ta’sirlashuv tartiboti. 2. Kira olish (kirishga urinish) uchun radiokanal orqali jo‘natilgan bir nechta so‘rovdan iborat ketma-ketlik. Ma’lum vaqt intervalidan keyin tarmoq tomonidan tasdiq signali (tarmoqqa kirishga ruxsat) kelsa, urinish muvaffaqqiyatli bo‘lgan hisoblanadi. " Kirish kuchaytirgichi|"Qabul qilgichning kirishiga o‘rnatilgan, odatda, konstruktiv jihatdan antenna bilan birlashtirilgan kam shovqinli qurilma. " Kirish navbati|"Diskda, xotirada o‘z dasturlarini bajarish uchun joylashtirishni kutadigan jarayonlarning majmui. " Kirish nuqtasi|"Dasturga kirishda birinchi bo‘lib bajariladigan komanda manzili yoki belgisi; dasturdagi, boshqaruv uzatilishi mumkin bo‘lgan har qanday joy. " Kirish sezgirligi|"Qurilmaning chiqishida nominal chiqish signalini olish uchun uning kirishiga uzatilishi kerak bo‘lgan (odatda millivoltlarda o‘lchanadigan) kuchlanish. Integral kuchaytirgich yoki resiver uchun chiquvchi quvvatni, aktiv akustika uchun – tovush bosimi darajasini tashkil etadi. " Kirish sinovi|"Preambula hamda so‘rovdan tashkil topgan qisqa paket bo‘lib, davriy ravishda (yoki avvaldan berilgan algoritm bo‘yicha) kirish kanali orqali uzatiladi. Izoh − Keng polosali mobil aloqa tizimlarida o‘zaro xalaqitlar darajasini pasaytirish uchun shunday algoritm ishlatiladiki, bunda har bir keyingi kirish sinovida quvvat darajasi diskret ravishda ∆P kattalikka oshiriladi. Quvvatning joriy qiymati P=Pо+P (n–1) nisbat orqali aniqlanadi, bunda Pо – quvvatning boshlang‘ich qiymati, n – bitta kirish urinishidagi sinov tartib raqami (n=1- nmax). Kirish sinovlari, so‘rovga javob qabul qilinmagunigacha yoki kirish o‘rnatishga ajratilgan nazorat vaqti tugamagunigacha uzatiladi. " Kirish-chiqish jufti|"Kommutatorning berilgan kirish liniyasini muayyan chiqish liniyasi bilan bog‘lash. Aloqa seansi vaqtiga o‘rnatiladi. " Kirishga ruxsat berilgan interval|"Bitta yoki bir nechta stansiya so‘rovlarni uzatishi mumkin bo‘lgan vaqt intervali. Aynan bir interval bir vaqtning o‘zida bir nechta stansiyaga ajratilsa, kanalda to‘qnashuvlar kelib chiqishi mumkin. " Kirishlarni hisoblagich|"veb-sahifa yoki saytga kiruvchilar va/yoki kirishlar sonini hisoblash imkonini beradigan skrip. " Kiritiladigan signal|"Maydonlarni sinxronlash signalidan tashqari maydon so‘ndirish intervalining ma’lum satrlariga kiritilgan ma’lumotlarni tanish, sinash, nazorat qilish yoki uzatishda foydalaniladigan signal. " Kiritiladigan yo‘qotishlar|"Yuklamada liniyaga qo‘shimcha uzel kiritilgunga qadar va undan keyin o‘lchangan quvvatlar o‘rtasidagi farq. Agar olingan natija salbiy bo‘lsa, yo‘qotishlar ortadi. " Kiritiladigan o‘lchash signali, sinov satrining o‘lchash signali|"Videosignalni uzatish xarakteristikasini o‘lchashda foydalaniladigan kiritiladigan signal. Izoh – Bu signaldan ayrim buzilishlarni avtomatik tarzda tuzatishda foydalanish mumkin. " Kiritish|"1. Klaviatura kabi maxsus kiritish qurilmalari yordamida ma’lumotlarni kompyuterga yuklash. 2. Ma’lumotlarni protsessorga, tezkor xotiraga yoki tashqi qurilmaga yozish jarayoni. Foydalanuvchi tomonidan klaviaturadan, ovoz orqali; avtomatik tarzda tashqi qurilmadan amalga oshirilishi mumkin. Komandalarni (hajmi katta bo‘lmagan) joystik, «sichqoncha», trekbol, perolar, trekpoint va sensor panel yordamida kiritish mumkin. " Kiritish buferi|"Kiritiladigan va chiqariladigan axborotni oraliq saqlash uchun mo‘ljallangan xotira. " «Kiritish» klavishi|"«Enter» yozuvli klaviatura tugmasi. Foydalanuvchi tomonidan, biror-bir harakatni tasdiqlashda, ushbu tugmani bosish orqali ishlatiladi. " Kiritish rejimi|"Kursordan keyin turgan, har bir yangi belgi mavjud belgidan oldin qo‘yiladigan, shu bilan birga kursordan o‘ng tarafda turgan barcha matn qator oxiriga suriladigan, matnni kiritishdagi ikkita tahrir qilish rejimidan biri. " Kiritish-chiqarish|"Atama ham kompyuterning kiritish-chiqarish kichik tizimini, ham protsessor yoki tezkor xotira bilan tashqi qurilmalar o‘rtasida har qanday ma’lumotlar uzatish operatsiyalarini anglatadi. Kiritish-chiqarish operatsiyalarini bajarishning bir nechta asosiy usullari mavjud: dasturlashtiriladigan kiritish-chiqarish, uzilish bo‘yicha kiritish-chiqarish va xotiradan bevosita foydalanish. " Kiritish-chiqarish qurilmalari|"Turli ish prinsiplariga asoslangan, lekin funksional jihatdan ma’lumotlar, komandalar kiritilishini va ma’lumotlar chiqarilishini bajaradigan fizik qurilmalar. Ma’lumotlarni kiritish qurilmalari: manipu-lyatorlar (klaviatura, «sichqoncha», joystik, trekbol, trekpoint, skaner, pero, sensorli panel), datchiklar, mikrofon, videokamera. Ma’lumotlarni chiqarish qurilmalari: printer, plotter, radiokarnay, televizor. Kiritish/chiqarish qurilmalari: telefon, teletayp, teletekst, telefaks, displey. " Kiritish-chiqarish interfeysi|"Tashqi qurilmani, kompyuter va uning tashqi qurilmalari bilan ma’lumotlar almashinuvini taminlaydigan kompyuterning asosiy bloki bilan ulanish interfeysi. " Kiritish-chiqarish kanali|"Ma’lumotlarning asosiy xotira va periferiya o‘rtasida yuborilishini ta’minlaydigan qurilma. " Kiritish-chiqarish kontrolleri|"Ma’lumotlarning kiritilishi va chiqarilishini boshqaradigan mikrosxema. Kiritish-chiqarish qurilmalari bilan mikroprotsessor o‘rtasidagi apparat interfeysi hisoblanadi. " Kiritish-chiqarish manzili|"Qurilmaning, kiritish-chiqarish operatsiyalari amalga oshiriladigan noyob fizik manzili. " Kiritish-chiqarish protsessori|"Unumdorligi yuqori bo‘lgan hisoblash tizimlaridagi, kiritish-chiqarish operatsiyalarini bajarish uchun mo‘ljallangan, ixtisoslashtirilgan protsessor. " Kiritish-chiqarishga yo‘naltirilgan|"Hisoblashlarga qaraganda kiritish-chiqarishga ko‘p vaqt sarf qiladigan jarayon. " Kiritish-chiqarishni kutadigan jarayonlarning navbati|"Kiritish-chiqarish qurilmalari ishining natijalarini kutayotgan jarayonlar to‘plami (har bir qurilma uchun o‘zining navbati tashkil qilinadi). «Kiruvchi» ing. - inbox ru – «входящие» Elektron pochtadagi kiruvchi xatlar qutisi. " Kiruvchi aloqani vaqtinchalik taqiqlash|"Abonent tomonidan kommutatsiya stansiyasiga oldindan xabar berilgan vaqt davrida kiruvchi telefon aloqani taqiqlash imkonini beradigan telefon tarmog‘i abonentiga xizmat ko‘rsatishning qo‘shimcha turi. " Kiruvchi aloqaning chaqiriluvchi abonent tomonidan to‘lanishi|"Shaqiriluvchi abonent tomonidan, agar chaqiruvchi abonent bog‘lanish boshlanishida bu haqda so‘rasa, chaqiriluvchi abonent esa rozilik bersa, muayyan bog‘lanish to‘lovini amalga oshirish imkonini beradigan xizmat. " Kiruvchi hujjat|"Tashkilotga kelib tushgan rasmiy hujjat. " Kiruvchi kabelli kanal|"Abonent qurilmalarni aloqa uzeliga ulash liniyasi. " Kiruvchi liniya|"Abonentdan aloqa stansiyasiga axborot oqimi kelib tushadigan liniya yoki retranslyator. " Kiruvchi ma’lumotlar|"Axborotni qayta ishlash tizimiga yoki uning biror bir qismiga saqlash yoki qayta ishlash uchun kiritilgan ma’lumotlar. " Kiruvchi oqim|"Tizimga kiritish uchun kelib tushadigan ma’lumotlar va hujjatlar ketma-ketligi. " Kiruvchi sonli apertura|"Optik tizimning, yorug‘lik o‘tkazgich kirishidagi haqiqiy optik quvvatni tavsiflovchi sonli aperturasi. Ishlab chiqaruvchi firmalar tomonidan optik tolaning har bir turi uchun o‘rnatiladigan NA sonli apertura qatʼiy ko‘rsatgichidan farqli ravishda, LNA qiymati yorug‘lik o‘tkazgichni bir vaqtda, bir necha optik signal bilan qo‘zg‘atganda turli nuqsonlarni, shu jumladan, fokusning siljishini hisobga oladi. Shuning uchun LNA parametri optik tolada turli to‘lqinlar optik quvvatining boshlang‘ich taqsimlanishini ifodalaydi. " Kiruvchi telefon trafik (yuklama)|"Liniya (kanal) lar bog‘lamlari yoki kommutatsiya aloqa asboblari guruhiga telefon yuklamaning tashqi manbalaridan keladigan telefon yuklama. " (Kiruvchi) qo‘ng‘iroq/elektron ro‘yxatdan chaqiruvni kutish|"Elektron ro‘yxatga kiritilgan abonentlardan qabul qilingan chaqiruvlar abonentga farq qiluvchi qo‘ng‘iroq bilan kelib tushishini ta’minlaydigan xizmat. Shuningdek, elektron ro‘yxatdagi abonent tomonidan bo‘ladigan chaqiruvni kutish signali oddiy signaldan farq qiladi. Izoh – Abonentlar elektron ro‘yxatni xizmatdan foydalanish kodini terib modifikatsiya qilishlari mumkin. " Kiruvchi chaqiruv uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqam terish|"Foydalanuvchiga xususiy (muassasaviy) kommutatsiya stansiyasi yoki boshqa xususiy aloqa tizimi boshqa foqdalanuvchisini, xodimlarning aralashuvisiz, bevosita chaqirish imkonini beradigan xizmat, bunda kiruvchi chaqiruv uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri teriladigan raqam (raqamlar) chaqiriluvchi ISDN raqamining eng kam sonli raqami (raqamlari) bo‘lib hisoblanadi. " Kiruvchi chaqiruvlarga xizmat ko’rsatish turlarini sozlash|"Abonentning joriy statusga bog‘liq kiruvchi chaqiruvlar dastlabki konfiguratsiyasining interfeysi: - kirish mumkin – ofisda; - kirish mumkin – ofisdan tashqarida; - band; - kirish mumkin emas statuslardan har biri alohida konfiguratsiyalanishi mumkin. " Kiruvchi chaqiruvlarni qayd etish xizmati|"Aniq raqamlarga kelib tushadigan barcha chaqiruvlar (masalan, nutqni yozishdan tashqari chaqiruvchi abonent raqami, chaqiruvning boshlanish vaqti, chaqiruvga javob berish yoki rad etish vaqti, uzilish vaqti) to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlarning ro‘yxatdan o‘tkazilishini amalga oshiradigan xizmat. " Kiruvchi chaqiruvlarni chegaralash xizmati|"Ma’muriyatga yoki abonentga barcha yoki ayrim kiruvchi chaqiruvlarni telefon liniyasiga kirishini taqiqlash imkonini beradigan xizmat. " Kirxgof prinsipi|"1. Kriptografik algoritmlarni tuzish prinsipi. Unga ko‘ra, bu algoritmlarning ma’lum bir to‘plami (kalit) sir tutiladi, qolgan barchasi esa, algoritm bardoshliligini yo‘l qo‘yiladigan miqdordan pasaytirmasdan, ochiq bo‘lishi mumkin. 2. Shifr buzib ochishga nisbatan yetarlicha barqarorlikni ta’minlashi kerak, shifrdan foydalanish oson bo‘lishi kerak, shifrning buzib ochishga nisbatan barqarorligi algoritmni emas, kalitning maxfiyligini ta’minlashga to‘liq bog‘liq bo‘lishi kerak. " Kitobiy yo‘naltirilganlik|"Microsoft Office Word va Open Office Writer kabi ofis dasturiy ta’minotidagi sahifa parametrining ikkita variantidan biri (kitobiy, albomli). Kitobiy yo‘naltirilganlik gorizontal holatda A4 formatidagi hujjatlarni yaratish va bosmadan chiqarish imkonini beradi. " Kichik ahamiyatli raqam|"Taqdim etiladigan sonning o‘ng tomondagi (kichik) raqami. " Kichik dastur|"Dasturning maxsus ravishda rasmiylashtirilgan qismi; unga zarur bo‘lganda boshqa dasturlardan murojaat qilish mumkin. Ko‘plab dasturlash tillarida protsedura tushunchasi bilan mos tushadi. Dasturning tez-tez takrorlanadigan fragmentlarini almashtirish va uning kompaktligiga erishish uchun foydalaniladi. " Kichik hisoblash tizimlari interfeysi|"Shaxsiy kompyuterlarning periferik qurilmalar (masalan, qattiq magnit disk, printer, lokal tarmoq) bilan birgalikda ishlashi uchun belgilangan standart. Yuqori tezlikli parallel interfeysni ta’minlaydi. " Kichik (ikkilik) razryad, kichik ahamiyatli bit|"Kodli so‘z doirasidagi eng kichik ahamiyatga ega bo‘lgan ikkilik razryad. " Kichik katalog|"Fayl tizimi kataloglari iyerarxiyasida boshqa katalogning ichida bo‘lgan katalog. " Kichik kompyuterlarning tizim interfeysi|"SD-ROM yoki DVD uzatmalarida disklar turidagi tasmali va blokli saqlash qurilmalari kabi oqim qurilmalarini birlashtirish uchun ishlab chiqilgan. Shuningdek, printer va skaner kabi boshqa qurilmalar uchun ham ishlatiladi. SCSI bir nechta qurilmani bitta shinaga joylashtirish uchun ishlab chiqilgan. Uning kontroller deb nomlanuvchi bir qurilmasi ushbu shinani boshqaradi. SCSI qurilmalar ham ichki, ham tashqi bo‘lishi mumkin. " Kichik tarmoq|"Tuzilishi eng sodda va arzon bo‘lgan lokal tarmoq. Bu tizim imkoniyatlarini cheklash va ish tezligini pasaytirish orqali amalga oshiradi. Tizimga oddiy shaxsiy kompyuterlar, o‘lchov apparaturasi va asboblar kiradi. Bog‘lanishning fizik vositalari yassi kabel, o‘rama juft yoki elektr tarmog‘i simlari asosida quriladi. Ushbu vositalarga bog‘lanish uchun keng qo‘llaniladigan interfeyslardan foydalaniladi. " Kichik tarmoq niqobi|"32-razryadli qiymat bo‘lib, IP-paketni qabul qiluvchilarga IP-manzilda tarmoq raqami va uzel raqamlarini ajratish imkonini beradi. Odatda, tarmoq qismi niqoblari 255.x.x.x. formatga ega bo‘ladi. " Kichik vaqtlar mobaynidagi buzilishlar|"Tasvirning, namoyon bo‘lishi faqat vaqt mobaynida satrning kam davri uchun aniq bo‘lgan, buzilishlari. " Kichik varaq|"Bir mavzuga bag‘ishlangan miqdori uncha ko‘p bo‘lmagan pochta markalari joylashtirilgan markali varaq. " Kichik o‘lchamdagi korpus|"Shaxsiy kompyuterlar uchun ishlab chiqariladi. Bosh platalar uchun maxsus form-faktorga va kam sonli 5.25""slotlarga ega. " Kichiklashtirish|"Biror narsani kichiklashtirish. Masalan, olingan faylni kichiklashtirish. " Kichiklik belgisi|"Sonli qiymatlarni taqqoslashda ishlatiladi. < – «kichik» belgisi. " Klassiz domenlararo marshrutlash|"Sinfiy manzillashning qoidalarini ishlatmagan holda, IP-manzillar fazosidan egiluvchan, optimal foydalanish imkonini beruvchi IP-manzillash usuli. Bu usulni ishlatib IP-manzillar resursini iqtisod qilish mumkin. Sinfiy manzillashda aniq belgilab qo‘yilgan 0, 1, 2 yoki 3 byte tarmoq osti niqobidan foydalanilsa, sinfsiz manzillash esa o‘zgaruvchan tarmoq osti niqobiga asoslanadi. Sinfsiz domenlararo marshrutlash qo‘llaniladigan IP-manzilga misol: 10.1.2.33/27. " Klassiz hududlararo marshrutlash protokoli|"IP-manzillarning butun majmuini turkumlarga ajratish mavjud bo‘lmagandagi marshrutlashning muqobil protokoli. Izohlar 1. Har bir tarmoqning CIDR protokol modelida 256 manzillar bo‘yicha yonma-yon bloklarning muayyan soni moslashtiriladi, keyin IP-manzillarning ma’lum geografik zonali taqsimlashdan foydalaniladi (RFC-1519). 2. Marshrutli jadvallarni ko‘rib chiqishda protokol maxsus maskalarni va indeksli mexanizmlarni qo‘llashni ko‘zda tutadi. 3. Bunday protokollarni yaratish zarurligi klassik IP-adreslashda manzilli fazoning (ko‘p sonli marshrutlarning muammosi) yetarli emasligi tufayli qabul qilingan. " Klassiz marshrutlash|"Bir qancha axborot oqimini (masalan, bir tashkilotga tegishli bo‘lgan) bitta guruhli yo‘nalishga agregirlash hamda unga umumiy tarmoq raqamini berish hisobiga tizimning manzil sig‘imi kamaytiriladigan. marshrutlash usuli. " Klasslarni yuklovchi|"Virtual mashinaga dasturni bajarish vaqtida klasslarni yuklashni bajaruvchi JVM komponent. " Klaster|"1. Umumiy diskli xotiraga (umumiy fayl tizimiga), mashinalararo o‘zaro hamkorlik va ma’lumotlar bazalarining yaxlitligini ta’minlash vositalariga ega tegishli avtonom tizimlar majmuini ifodalaydigan ko‘p mashinali hisoblash tizimi. 2. Yuqori tezlikli kanal bilan birlashtirilgan bir nechta kompyuterdan tashkil topgan hisoblash tizimi. Izoh – Abonentlar uchun klaster bir butun yaxlit sifatida ko‘rinadi. " Klaster nurlagich|"Bir nechta konstruktiv birlashtirilgan nurlagichdan iborat guruh, ularning har biri ta’minotning bogʻliq boʻlmagan zanjiriga ega. " Klaviatura|"Simvollarni standart kiritish oqimiga qo‘lda kiritish uchun mo‘ljallangan qurilma. Shaxsiy kompyuterning standart klaviaturasi funksional klavishlar, raqamli klaviatura, boshqaruvchi klavishlar va matnni kiritish uchun mo‘ljallangan klaviaturadan tashkil topgan 101 ta klavishdan iborat. " Klaviatura ayg‘oqchisi|"Foydalanuvchidan yashirin ravishda klavishlarning bosilishini yozib boruvchi maxsus dastur. Xakerlar tomonidan foydalanuvchi parolini olish uchun ishlatiladi. " Klaviatura klavishlarining joylashishi|"Klaviatura klavishlarining milliy alifbo belgilari va harflariga monandligi. Ekranda paydo bo‘ladigan belgi faqatgina bosilgan harflargagina emas, balki klavishlar tartibiga ham bog‘liqdir. Klaviatura tartibi o‘zgarishi bilan ekrandagi belgilar klavishlarda aks ettirilgan belgilarga mos kelmay qolishi mumkin. " Klaviatura qisqartmalari|"Klaviaturada maʼlum komandani bajarish yoki dasturni boshlash uchun bitta yoki bir nechta tugmani bosish. Klaviatura qisqartmalaridan foydalanish ishni ancha tezlash-tiradi va klaviatura yordamida bajariladigan operatsiyalarning mumkin bo‘lgan sonini ko‘paytiradi. Tugma birikmalari ayniqsa kompyuter o‘yinlarida keng qo‘llaniladi. " Klaviaturani belgilab chiqish|"Operatsion tizimning, kompyuterga kiritiladigan simvollar kodlarining bosiladigan klavishlarga va klaviatura klavishlari kombinatsiyasiga to‘g‘ri kelishini belgilaydigan parametri. " Klaviaturani blokirovkalash|"1. Ma’lumotlarning terminal klaviaturasidan elektron hisoblash mashinasiga kiritilishini taqiqlash. Operatsion tizim tomonidan bajariladi. 2. Klaviaturadan kelayotgan barcha signallarning rad etilishi va/yoki klavishlarni jismoniy bosishning mumkin bo‘lmasligi. " Klaviaturasiz cho‘ntak kompyuteri|"Ma’lumotlarni kiritish uchun plastik perodan foydalaniladigan cho‘ntak kompyuterinong turi. Pero bosilishga sezgir bo‘lgan displey sirtiga tekkiziladi. Matn yozma tarzda kiritiladi yoki virtual klaviaturada teriladi. " Klavish (kalit)|"1. Kompyuter klaviaturasidagi klavish. 2. Xabarni shifrlash jarayonida, ya’ni uni ma’noga ega bo‘lmagan ko‘rinishga keltirish jarayonida ishlatiladigan kalit kod. Kalit xabarni shifrdan chiqarish uchun ham kerak bo‘ladi. 3. Platani noto‘g‘ri qo‘yish yoki mikrosxemani xato o‘rnatishga yo‘l qo‘ymaydigan maxsus konstruktiv element. 4. Ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimida – uzluksiz indeksli faylda yozuvni identifikatsiyalash va undan tez foydalanish uchun ishlatiladigan belgilar ketma-ketligi. " Klavishlar kodi|"Klavishlar bosilganda yoki klavishlarning muayyan birikmalarida klaviatura kontrolleri protsessorga uzatadigan, aniq bir klavishning raqamli kodi. " Klavishlar uyg‘unligii|"Muayyan tartibda bosilganda tizim biror (dasturni ishga tushirish, klavishlar tartibini o‘zgartirish kabi) harakatni amalga oshiradigan, oldindan aniqlanadigan klavishlar. " Klavishlarni bosish ketma-ketligi|"Biror narsaga murojaat qilish uchun bir nechta klavishni ketma-ket bosish tartibi. " Klavishlarni bog‘lash|"Aniq bir klavishni bosish natijasida bajariladigan vazifani aniqlash. Har qanday joydan turib dasturni tez chaqirishda ishlatiladi. Tizim bu klavishlar bosilishini o‘zi aniqlab, berilgan vazifani bajaradi. " Klavishlarning joylashish sxemasi|"Tugmalar tartibining har bir harfiga monand chaqirish kodi yozilgan jadval, ya’ni foydalanuvchi biron klavishni bosganda tizimga bosilgan tugmaning kodi yetib boradi va operatsion tizim tanlangan tugmalar tartibidan kelib chiqib klavishlar joylashgan jadvalga qarab, simvolni standart chiqarish oqimiga (monitorga) chiqaradi. " Kliplar jamlanmasi|"Hujjatlarga qo‘shish mumkin bo‘lgan, bir nechta dasturga joylashtirilgan multimedia ma’lumotlari to‘plami. " Kliring|"O‘zaro talablarni va majburiyatlarni hisobga olishga asoslangan hisob-kitoblar tizimi. Kliring hisob-kitoblarini o‘tkazishda elektronika va informatika usul va vositalari keng ishlatiladi. Kliring operatsiyalari kommunikatsiya tarmog‘i orqali amalga oshiriladi. " Kloaking|"Veb-serverning foydalanuvchiga bir mazmunni, izlovchi robotga boshqa mazmunni ko‘rsatuvchi ish usuli. Izlovchi robotlar qaragan IP-manzillarni kuzatib borish va ularga boshqa axborotni berish yordamida amalga oshiriladi. Kloaking aldovni yashirish imkonini beradi, buning evaziga sahifa izlash natijalarida yuqori joylashtirish imkoni yaratiladi. Kloakingning ayon bo‘lishi ko‘p hollarda saytning, izlash tizimining «qora ro‘yxati»ga kiritilishiga va uni indekslashning to‘la to‘xtatilishiga olib keladi. " Klon|"Avval yaratilgan boshqa vositalarga funksional jihatdan o‘xshash bo‘lgan texnik yoki dasturiy vositalar. " Klonlash|"1. Qayta dasturlash yo‘li bilan, begona raqamli uyali o‘xshash telefonni tayyorlash. 2. Telefonlar yoki abonentlarning qalbaki identifikatori bo‘lgan telefon to‘lov kartalari, raqamlar va to‘lov belgilarini vakolatga ega bo‘lmagan holda tayyorlash. " Koaksial kabel|"Bir-biridan izolyatsiyalangan ichki va tashqi o‘tkazgichlardan iborat kabel. Ma’lumotlarni yuqori chastotada, kam yo‘qotish bilan uzatish imkonini beradi. " Kod|"1. Ochiq matn elementlarini (harflar, harflar birik-masi, so‘z va sh.k.) simvollar guruhlari (harflar, raqamlar yoki boshqa belgilar) bilan ko‘plab qayta o‘zgartirish. Shifrning maxsus turi hisoblanadi. 2. Xabarni bir (dastlabki) alifbodan boshqasiga (obyekt) axborotni hech qanday yo‘qotishlarsiz qayta o‘zgartirish qoidasi. " Kod jadvali|"Klaviaturada simvollar to‘plamini tezda o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan simvollarni kodlash jadvali. Windows va OS/2 operatsion tizimlarida qo‘llaniladi. " Kod kitobi|"Ochiq matnni kodlangan shaklga (kriptogrammaga) aylantirishda foydalaniladigan kitob. " Kod ortiqchaligi|"Kodli kombinatsiyalarning bir qismi foydalanilmay qoladigan kodning xossasi. Bunday kombinatsiyalar taqiqlangan hisoblanadi, bu esa qabul qilishda kodga tekshiradigan belgilarni kiritmasdan xatolarni aniqlash imkonini beradi. " Kod tuzilmasining buzilish|"Uzatish tomonda kiritilmagan (ortiqcha kodlar), lekin qabul qilish tomonida ajratilgan, taqiqlangan kodlarni aniqlash. Bu xil kombinatsiyalarni topish, qabul qilinayotgan signalda xato mavjudligini ko‘rsatadi. " Kod yozuvi|"Umumiy foydalanish tarmoqlari bo‘ylab tarqatiladigan dasturiy ta’minotni imzolash imkonini beruvchi mexanizm. Bu, dasturiy ta’minot muallifini autentifikatsiya qilish va uzatish jarayonida kodning o‘zgartirilmasligini kafolatlash imkonini beradi. " Kodek|"Videoma’lumotlar va tovushni kompressiya/dekompressiyalaydigan qurilma. Videokonferensiya o‘tkazilganda, u mikrofon va kameradan analog signallarni qabul qiladi. Bu signallar diskret shaklga o‘zgartiriladi va tarmoq orqali boshqa tizimga yuboriladi. Kodek tarmoq orqali boshqa tizimning diskret signallarini qabul qilib, ularni analog signallarga o‘zgartiradi va radiokarnaylar hamda monitorlar orasida taqsimlaydi. " Kodek (bir tomonga yo‘naltirilgan uzatishda)|"Televizion uzatish liniyasining kirishi va chiqishida muvofiq tarzda joylashgan koder va qo‘shimcha dekoder kombinatsiyasi. Izoh – «Kodek» atamasi ikki tomonga yo‘naltirilgan uzatishda boshqa ma’noga ega va buni noto‘g‘ri tushunmaslik kerak. " Kodek (ikki tomonga yo‘naltirilgan uzatishda)|"Qarama-qarshi yo‘nalishda ishlaydigan, bitta uskuna tarkibidagi koder va dekoderni yig‘ish. " Koder|"Analog signallarni raqamli shaklga o‘zgartiradigan qurilma. Izoh – Shuningdek, koder – raqamli signallar yoki kodlarni bir formatdan boshqa formatga o‘zgartirgich. Qayta kodlanuvchi axborotning (umumiy foydalanish yoki konfidensiallik) turiga bog‘liq ravishda kodlovchi yoki shifrator deb atalishi mumkin. " Koder, kodlovchi qurilma|"Kodlash uchun mo‘ljallangan qurilma. Izoh – Koder va kodlovchi qurilma rangli televideniyeda spetsifik ahamiyatga ega. " Kodga bog‘liq bo‘lmagan kanal|"Kodlangan maʼlumotlar oqimi shaffof (ochiq) rejimda, yaʼni qo‘shimcha tarzda ishlov berilmasdan hamda xizmatga oid simvollar qo‘shilmasdan uzatiladigan aloqa kanali. " Kodga bog‘liq bo‘lmagan uzatish|"Boshlang‘ich ketma-ketlik tuzilmasiga bog‘liq bo‘lmagan, bitlarni qayta ishlash protokolidan foydalaniladigan uzatish usuli. " Kodlama|"Ramzlar (insonlar tili) bilan sonlar (kompyuterlar tili) orasidagi mutanosiblik. Bir xil sonlarni turli alifbolarning ramzlariga almashtirish mumkin. Internetda keng tarqalgan kodlamalardan biri – YUNIKOD. " Kodlash|"Dastlabki alifboni obyektli alifboga qayta o‘zgartirish jarayoni. " Kodlash kaliti|"Kriptografiyada – kodlarni o‘zgartirishda ularning o‘zaro mosligini tekshirish uchun ishlatiladigan kalit. Bu kalitning vazifasi begona obyektlar tomonidan dasturlarni va maʼlumotlarni ishlatishdan muhofazalashdan iborat. " Kodlash masofasi|"Berilgan kod kodlar ketma-ketligining ixtiyoriy jufti o‘rtasidagi masofaning eng kichigi. " Kodlash qonuni|"Kvantlash va kodlashda foydalaniladigan kvantlash qadamlarining nisbiy kattaliklarini aniqlovchi, tovushni siqish qonuni. " Kodlash qurilmasi|"1. Dasturlar va ma’lumotlarni axborot tashuvchisidagi, ularni keyinchalik elektron hisoblash mashinasiga kiritish maqsadida kodlash uchun mo‘ljallangan avtomatik yoki avtomatlashtirilgan qurilma. 2. Axborotni taqdim etish shaklini o‘zgartiruvchi qurilma, bunda har bir kirish signaliga, kirish signalining kodi hisoblanadigan, chiqish signallarining ma’lum kombinatsiyasi mos keladi. " Kodlash tizimi|"Kodlash simvollari va qoidalarining majmui; kod. " Kodlash vositalari|"Almashtirishning bir qismini qo‘l operatsiyalari yordamida bajargan holda axborotni kriptografik almashtirish algoritmlarini amalga oshiruvchi vositalar. " Kodlash, shifrlash|"Axborotni ruxsat etilmagan tarzda foydalanishdan, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida, muhofaza qilish. " Kodlash chegarasi|"Kod unumdorligining chegarasi, u kod quvvati, minimal Xemming masofasi, kodli kombinatsiya uzunligi kabi parametrlarga bog‘liq. " Kodli panjara|"Yo‘naltirilgan graf bo‘lib, unga oxirgi cheklash uzunligiga ega yuqori aniqlikdagi kod daraxti aylanadi. " Kodli rejalashtirish|"Umumiy xizmat ko‘rsatish zonasidagi tayanch va mobil stansiyalar o‘rtasida kodli ketma-ketlikning taqsimlanishi. Kodlarni taqsimlash algoritmi o‘zaro (tizim ichidagi) xalaqitlar darajasini pasaytirishga asoslanadi. " Kodli sahifa|"Simvol raqami va uning yozilishi o‘rtasidagi muvofiqlik jadvali. Odatda, faqat 128-255 simvollari uchun yo‘naltiriladi. " Kodli so‘z (tasvirni kodlashda)|"Tasvir to‘g‘risidagi axborotning (kadrning) elementini, masalan, kvantlangan qiymatni, muayyan kodga mos ravishda ifodalovchi tartibli razryadlar ketma-ketligi. " Kodli chegaralash uzunligi|"O‘ramli koderdagi +1kechikish elementlarining soni. " Kodli cheklash|"Qisqartma kodni dekoderlashda hisobga olinadigan oldingi simvollar soni. " Kodlovchi|"Axborotning kodlashtirilishini bajaradigan qurilma, mikrosxema yoki dastur. " Kodni ochish, dekodlash|"Kodlangan signallarni, uzatilayotgan axborotni bevosita aks ettiruvchi, unga mos signallarga almashtirish " Kodni chiqarib tashlash|"Dasturni optimallashda ‒ dasturning hech qanday ish bajarmaydigan yoki boshqarishga ega bo‘lolmaydigan fragmentlarini chiqarib tashlash. " Kodning buziluvchi segmenti|"Xotiradagi Windows ilovasining kod segmenti bo‘lib, zarur bo‘lganda buzilishi, qayta yozilishi yoki diskdan chiqarib tashlanishi mumkin. " Kodning energetik yutug‘i|"Kodlash tizimi va kodlashsiz tayanch tizimdagi xatoning berilgan ehtimolligida talab qilingan signal/shovqin nisbatidagi farq. " Kodning ortiqchaligi|"Manbaning bir xabarini kodlash uchun qo‘llaniladigan bitlarning o‘rtacha soni va Shennon teoremasidan olingan bitlarning mumkin bo‘lgan eng kam soni o‘rtasidagi farq. " Kodulyatsiya|"Odatda, bitta DSP-protsessor yordamida bajariladigan, signalni kodlash va modulyatsiyalash operatsiyalarini birlashtiruvchi jarayon. " Kogerant toʻlqinlar|"Bir xil chastotadagi yoki uzunlikdagi, vaqt boʻyicha fazalar farqi oʻzgarmas boʻlgan toʻlqinlar. " Kogerent nurlanish|"Chastotasi va fazasi fazoning istalgan nuqtasida va vaqtning istalgan onida doimiy bo‘lgan elektromagnit nurlanish. " Kogerent optoelektronika|"Murakkab axborot tizimlari yaratishning yangi tamoyillarini belgilaydigan optoelektronika turi. " Kogerentlik|"Vaqt davomida yoki fazoda bir nechta tebranma yoki to‘lqinli (ularning qo‘shilishida paydo bo‘ladigan) jarayonlarning bir-biriga muvofiq o‘tishi. " Kogerentlik masofasi|"Qabul qilinuvchi signallar kuchsiz korrelyatsiyalangan bo‘lishi uchun, antennalar tarqoq holda o‘rnatilishi kerak bo‘lgan minimal fazoviy masofa, yaʼni bunda ularning o‘zaro kogerentlik koeffitsiyenti o‘zining minimal yo‘l qo‘yiladigan qiymatidan past bo‘ladi. " Kogerentlik vaqti|"Vaqt intervali, shu vaqt oralig‘ida qabul qilinuvchi signallar kogerent deb qaralishi mumkin. Tinishlar kuzatiladigan kanaldagi kogerentlik vaqti Dopler chastotasining tarqoqligiga bog‘liq bo‘ladi. Abonent harakatlanishining yuqori bo‘lmagan tezligida u interaktiv almashinuv uchun kerak bo‘ladigandan ancha kattadir. Shu sababli, vaqt bo‘yicha tarqoqlik «sof holda» amaliyotda juda kam uchraydigan. " Kognitiv radio|"Tizimga o‘zini ekspluatatsion yoki geografik o‘rab turgan muhit to‘g‘risida bilim olish; o‘zining ekspluatatsion parametrlari va protokollarini olingan bilimlarga muvofiq, qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun, dinamik va avtonom rostlash; o‘z harakatlari natijalari asosida o‘rganish imkonini beradigan texnologiyadan foydalaniladigan radiotizim. " Kognitiv texnologiyalar|"Inson tafakkuri imkoniyatlarini rivojlantirishga maxsus yo‘naltirilgan axborot texnologiyasi. Bunday texnologiyaning o‘ziga xos misoli bo‘lib, kognitiv kompyuter grafikasi hisoblanadi. U kompyuter ekranida fazoviy shaklda nafaqat turli geometrik shakllarni, balki turli matematik formulalarni ham ifodalay oladi. Bunday ifodalashlar insonning fazoviy tasavvurini va uning assotsiativ fikrlashini rivojlantiradi. Interbilding kognitiv texnologiyaning misoli bo‘lib, u insonning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishning tashxisi, treningi va monitoringining kompyuter texnologiyasidir. " Kollaps funksional profili|"Bitta yoki bir nechta pog‘ona yetishmaydigan soxta to‘la funksional profil. Chala profilda yetishmagan pog‘onalar funksiyalari shunchalik soddalashganki, ular boshqa pog‘onalar vazifalari tarkibiga kiritilgan. Chala profillar paydo bo‘lishi juda sodda va tez ishlaydigan lokal tarmoqlar yaratish imkonini ochdi. Tabiiyki, bu afzalliklar o‘zaro ishlash sohasidagi qator funksiyalarni o‘ta soddalashtirish evaziga yuzaga kelgan. Shu munosabat bilan, bunday profillarning imkoniyatlari maʼlumotlarni berishda va seanslar o‘tkazishda cheklangan. Bundan tashqari, bu holda kommunikatsiya tarmog‘i orqali maʼlumotlar uzatish soddalashtirilgan. " Kollektorli kanal|"1. Yacheykasimon va pol osti kanallar tizimida kabelni telekommunikatsiya shkafidan taqsimlash kanallarigacha o‘tkazish uchun foydalaniladigan asosiy kanal. Sinonimi: fiderli kanal. 2. To‘g‘ri burchakli kesimga ega, pol chegarasida yoki toza poldan sal quyida joylashgan, taqsimlash kanalini yoki yacheykani telekommunikatsiya shkafi bilan bog‘lash uchun xizmat qiluvchi kanal. Ko‘pincha, berk fider yoki transheya kanali deb ataladi. Toza pol bilan bir sathda o‘rnatilgan, butun uzunligi bo‘ylab olinadigan qopqoqlari va servislarni ajratuvchilari bo‘lgan transheya kanal-fideri. " Kolliziya|"1. Ikki (yoki undan ortiq) stansiyaning bir vaqtda CSMA/CD tarmog‘ida paketni uzatishni boshlashga urinishi; kelishmovchilik aniqlanganda ikkala stansiya ham uzatishni to‘xtatadi va uni kelishmovchilik yuzaga kelish muammosini hal etish imkoniga ega tasodifiy ravishda aniqlanuvchi vaqt oralig‘i o‘tgandan so‘ng takroran tiklashga urinadilar. 2. Vaqt birligi ichida paketlarning radiokanalda urilishlar soni. 3. Turli xabarlarning xesh-funksiyasi bir-biriga mos keladigan hodisa. " Kolokeyshn|"Provayder mijoz jihozlarini o‘z hududida (odatda maʼlumotlar markazi) joylashtirib, ularni yuqori o‘tkazish qobiliyatiga ega aloqa kanallariga ulashdan iborat aloqa xizmati. Baʼzan ko‘rsatilgan jihozlar mijozga tegishli bo‘lmasdan, provayderdan ijaraga olinadi. Bunday joylashtirish provayderdan mijozga (so‘nggi milya) aloqa kanalini tashkil qilish xarajatlarini kamaytirishga imkon beradi. Kolokeyshnga ko‘pincha trafik hajmi katta bo‘lgan veb-saytlar va boshqa tarmoq xizmatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan serverlar, shuningdek, ko‘p nuqtalardan ishonchli kira olish talab etilgan jihozlar (masalan, VPN konsentratorlar, IP telefoniya shlyuzlari) qo‘yiladi. " Kolorimetrik funksiya|"Ranglar uyg‘unligi funksiyasi. Ushbu kolorimetrik tizimda to‘lqinlar uzunligining funksiyasiga teng energetik spektr monoxromatik tashkil etuvchilaridan har biriga rang bo‘yicha tenglashtirish uchun kerak bo‘lgan uchta asosiy ranglar soni keltiriladi. Izoh ‒ Bu kolorimetrik funksiyalar avvallari «taqsimlash koeffitsiyentlari», keyinchalik «uch xil rangli spektral tashkil etuvchilar» deb nomlangan. " Kolorimetrik tizim (televideniyeda)|"Uchta asosiy rangdan va tayanch oq rangdan iborat guruh. " Kolorimetriya|"Rangni o‘lchash usullari va ularni miqdor jihatdan ifodalash to‘g‘risidagi fan. Komanda rus. - команда ing. - command Bajaruvchiga, uning uchun tushunarli tilda berilgan va bajaruvchining harakatini qat’iy belgilaydigan ko‘rsatma. Komanda turli usullar bilan berilishi mumkin; kompyuterda bu simvollarning ma’lum bir to‘plami, agar kiritish klaviatura orqali amalga oshirilsa, va/yoki elektr signallar, agar kiritish portlar orqali (masalan, modem bo‘ylab) amalga oshirilsa. " Komanda fayli|"Operatsion tizim komandalari to‘plamini ichiga oladigan, formatlanmagan matn fayli. Komanda fayllari ko‘p bajariladigan operatsiyalarni avtomatlashtirish imkonini beradi. " Komanda interpretatori|"Foydalanuvchi tomonidan terminaldan yoki komanda fayli ko‘rinishida beriladigan operatsion tizimni boshqarish operatorlarini o‘qiydigan va interpretatsiya qiladigan dastur. " Komanda protsessori|"Matnli foydalanuvchi interfeysi bo‘lgan tizimlarda ‒ foydalanuvchi komandalarini qayta ishlaydigan modul. " Komanda satri|"Kompyuter bilan ishlashdagi terminal rejim. Komandalar qo‘lda yozish orqali kiritiladi. Barchasi minimal grafik sozlashlar bilan bajarilgan. " Komandalar darajasidagi parallelizm|"Protsessorning, bir nechta mashina komandasini bir vaqtda bitta dasturiy oqim doirasida bajara olish qobiliyati. " Komandalar deshifratori|"Markaziy protsessorning, operatsiya kodi va komanda operandlarini ajratadigan, keyin esa, berilgan komandani bajaradigan mikrodasturni chaqiradigan bloki (mikrosxemasi). " Komandalar generatori|"Translyatorning, translyatsiya qilinayotgan dasturga mos keladigan mashina komandalari ketma-ketligini hosil qiladigan qismi. " Komandalar keshi|"Komandalarni saqlash uchun garvard arxitekturasidan foydalaniladigan, mikroprotsessor kesh-xotirasi bloki. " Komandalar navbati|"Protsessor buferi, bu erga tanlash operatsiyasidan keyin komanda kelib tushadi va tegishli bajarish qurilmasiga yuboriladi. " Komandalar registri|"Hozirda bajariladigan komandani saqlash uchun mo‘ljallangan, protsessor registri (xotira mikrosxemasi). " Komandalar tizimi soddalashtirilgan kompyuterlar|"1980-yillarning boshlarida professor Devid Patterson (Berkli universiteti, AQSh) va uning talabasi Devid Ditsel (keyinchalik yirik olim, Transmeta kompaniyasining rahbari) tomonidan taklif qilingan kompyuterlar arxitekturasiga soddalashtirilgan yondashuv. " Komandalar to‘plami|"Berilgan protsessor bajaradigan barcha mashina komandalari jami. " Komandalar to‘plamini modellash tizimi|"Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va baholash hamda ichki qurilgan tizimlarni testdan o‘tkazish uchun qo‘llaniladigan dastur. Murakkablik darajasiga ko‘ra uch turdagi imitatorlar qo‘llaniladi: a) oddiy, faqat protsessor komandalarini bajaradi. Bunda konveyerlash samaradorligi va komandalarni bajarish uchun sarflangan sikllar hisobga olinmaydi; b) Nisbatan murakkabroq versiya – komandalarni bajarish uchun sarflangan sikllarni hisobga oladi, lekin kesh-xotiradan va MMU (Memory Management Unit) xotirani boshqarish qurilmasidan foydalana olishdagi kutishlarni hisobga olmaydi; c) murakkab versiya – protsessorning to‘liq faoliyatini modellashtiradi. " Komandalarni bajarish bloki|"Protsessorning komandalarning bajarilishini boshqaradigan qurilmasi. Zamonaviy protsessor o‘z ichiga bir nechta komandalarni bajarish blokini olishi mumkin. " Komandalarni hisoblagich|"Protsessorning navbatdagi tanlanadigan komanda manzilini yoki dasturning navbatdagi bayti (so‘zi)ni ichiga oladigan ichki registri. " Komandalarning qisqartirilgan to‘plamini hisoblash|"Qisqartirilgan komandalar to‘plamiga asoslangan protsessorlar arxitekturasi. Qisqartirilgan uzunlikdagi komandalar, katta miqdordagi registrlar, registr-registr turidagi operatsiyalar, shuningdek, bilvosita manzillashning yo‘qligi bilan ta’riflanadi. " Komandani kiritishga taklif|"Dasturiy qobiqning komandani bajarishga tayyor ekanligini ko‘rsatuvchi satr. Odatda joriy papka nomi va boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. " Komandani tanlash vaqti|"Xotiradan mashina komandasini chiqarib olish va uni komandalar registriga kiritish vaqti. " Komandaning boshqaruvchi parametri|"Firma operatsion tizimlarining komanda tillarida ‒ komandani bajarish usuli yoki rejimini ko‘rsatadigan, komanda satri parametri. Kombayner rus. - комбайнер ing. - combiner 1. Summator (quvvat); (tarqoq signallarni) qoʻshish sxemasi. 2. Birlashtiruvchi. " Kombinatsiyalangan portlash|"Intellektual tizimlardagi, qarorlarning fazoviy hajmi elementar qarorlarning soni o‘sishi bilan favqulodda tez ko‘payadigan vaziyat. Shu sababga ko‘ra, yechim izlash uchun ajratish usuli to‘g‘ri kelmaydi: evristik qoidalardan foydalanish zarur. " Kombinatsiyalangan stereosignal|"Tarkibida ko‘p kanalli signal komponentalari uzatiladigan murakkab ikkita kanalli tovush signali. Undan MPEG-2 standartida MPEG-1 bilan teskari moslashishda foydalaniladi. " Kommunikativistika|"Axborot kommunikatsiyalari (shu jumladan, tarmoqlar) muammolarini o‘rganadigan fan. " Kommunikator|"Mobil telefon funksionalligiga ega bo‘lgan cho‘ntak shaxsiy kompyuter. Kommunikatorlarning oddiy mobil telefonlardan farqi shundaki, ular dasturiy taʼminot ishlab chiquvchilariga ochiq bo‘lgan rivojlangan operatsion tizimga ega. Qo‘shimcha qo‘llanmalarni o‘rnatish esa kommunikatorlarning imkoniyatlarini yanada oshirishga imkon beradi. " Kommunikatsion xavfsizlik|"Kommunikatsiyalarning (telekommunikatsiyalar liniyalari va kanallari-ning) ruxsat etilmagan tarzda foydalanishdan muhofazalanganligi. " Kommunikatsiya|"1. Aloqa, xabar, aloqa vositasi, axborot, axborot vositasi, tutashma, muloqot, ulanish. 2. Telekommunikatsiyalar. Faoliyat sohasi – axborot uzatish usullari va vositalari. " Kommunikatsiya kontrolleri|"Bufer protsessorlari va kommutatsiya bog‘lamasi vazifalarini bajaradi. Kontrollerlar har xil turdagi kanallar bilan ishlaydilar. Uzoqlashgan (bosh kompyuterdan) kommunikatsiya kontrollerlari guruhiy kontrollerlar deb ataladi. Hamma kontrollerlarga terminallar ulanadi. " Kommunikatsiya protsessori|"Meynfreym va klasterli kontrollerlar o‘rtasida aloqani ta’minlaydigan kommunikatsiya qurilmasi. Kommunikatsion protsessor butunlay, uzatiladigan axborotni qayta ishlash, xatolarni nazorat qilish va bartaraf etish, xabarlarni kodlash, aloqa liniyalarini boshqarish va h.k.lar uchun ajratiladi. " Kommunikatsiya tarmog‘i|"Muayyan tarmoq faoliyatini taʼminlaydigan jami aloqa kanallari (simli, radio yoki optik), kanallarni hosil qiluvchi apparatura hamda aloqa markazlari va uzellari. " Kommunikatsiya tizimi|"Boshqa tizimlar orasida axborot uzatish bilan bog‘liq yordamchi vazifalarni bajaradigan tizim. " Kommutator|"Bir nechta kompyuterni lokal tarmoqqa birlashtiradigan, ularning bir-biri bilan va qolgan tarmoqlar bilan birgalikda ishlashini, Internetdan foydalanishni ta’minlaydigan tarmoq qurilmasi. Izoh − Kommutatorga ulangan shaxsiy kompyuterlar o‘rtasida o‘tkazish polosasi taqsimlanmaydi (konsentratorga ulangandagi kabi): kommutatorning har bir porti to‘liq o‘tkazish qobiliyati bilan ishlaydi. Kommutatorlar ma’lumotlar uzatish tezligini yo‘qotmagan holda, ko‘plab shaxsiy kompyuterlarni bitta tarmoqqa ulash imkonini beradi. " Kommutatsion blok|"Kommutatsion maydon umumiy chiqish uchlari va oraliq liniyalarining barchasini yoki bir qismini o‘z ichiga oluvchi kommutatsion aloqa asboblarining konstruktiv tugallangan majmui. " Kommutatsion xalaqit|"Tok va kuchlanish kommutatsiyasi jarayonlarida paydo bo‘ladigan industrial xalaqit. " Kommutatsiya|"Tarmoq abonentlari o‘rtasida, ularning umumiy fizik aloqa liniyasiga kira olishini ta’minlagan holda, ulanish o‘rnatilishiga imkon beradigan protsedura. Kommutatsiyaning printsipal farq qiladigan uchta sxemasi ajratiladi: kanallar, xabarlar va paketlar kommutatsiyasi. " Kommutatsiya bloki (stansiyasi) kommutatsiya maydonining zvenoli tuzilmasi|"Kommutatsiya bloki (stansiyasi) ning kommutatsiya maydoni, ular orqali kirishdan chiqishga bog‘lanishlar o‘rnatiladigan, o‘zaro muayyan bir nechta zvenodan iborat bo‘lgan tuzilma. " Kommutatsiya maydoni|"Kabelni ulash uchun konnektorlarning bir yoki undan ortiq qatori yoki kolonkalarini ichiga oluvchi alohida qurilma yoki element. 24 portli petch-panel; 100 juftli 110 turidagi kommutatsiya bloki, 25 juftli 66 M1-50 turidagi kommutatsiya bloki; optik-tolali petch-panel kommutatsiya uskunasi maydonlariga misol bo‘ladi. " Kommutatsiya nuqtasi|"Kommutatsiya guruhining telekommunikatsiyalar kommutatsiya asbobida, blokida yoki maydonida joylashish o‘rni. " Kommutatsiya paneli|"Rozetkali blok ko‘rinishida qilingan kabelli tizim interfeysi; kommutatsion shnurlar yordamida uskuna portlari bilan ulanadi. " Kommutatsiya stansiyasi|"Oxirgi (terminal) va tranzit bog‘lanishlarni amalga oshirishda abonent hamda bog‘lovchi liniyalar kommutatsiyasini taʼminlovchi texnik vositalar majmui. " Kommutatsiya tarmog‘i|"Kommutatsiya stansiyalari va uzellari bazasida tashkil etilgan, telekommunikatsiyalar transport tarmog‘ining resurslaridan foydalangan holda, kanallar yoki paketlar kommutatsiyasini taʼminlaydigan tarmoq. " Kommutatsiya tarmog‘i stansiyasi|"Kommutatsiya tarmog‘i liniyalari va kanallarining ulanishini, shu jumladan, oxirgi (terminal) abonent qurilmalari bilan taʼminlaydigan texnik vositalar kompleksi. " Kommutatsiya tizimi|"1. Stantsiya yoki uzelning barcha kommutatsiya bloklari va izlash bosqichlarining majmui. 2. Har bir kirishda kelayotgan paketlar oqimini takrorlash bilan kommutatsiyalashning ko‘p kaskadli sxemasi; bunda har bir kirish-chiqish jufti o‘rtasida bir nechta bog‘lanish bo‘ladi. " Kommutatsiya uskunasi|"Kabelning mexanik ulanishini ta’minlovchi qurilma. " Kommutatsiya shnuri|"Bitta yoki har ikki uchida ajratgichlari bo‘lgan, kommunikatsion uskunani kommutatsion panel yoki krossga ulash uchun mo‘ljallangan qisqa (bir necha metrgacha bo‘lgan) shnur. " Kommutatsiyalanadigan kanal|"Kommunikatsiya tarmog‘ining mantiqiy kanali. Kanallarni kommutatsiyalash natijasida, aksariyat holda, faqat tizimlar orasida seans vaqtiga taqdim qilinadi. " Kommutatsiyalanadigan kanallar orqali ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i|"Shaxsiy kompyuterga ulangan ikkita telefon liniyasi va ikkita modem qurilmasi yordamida ikki tomonlama raqamli maʼlumotlar bilan almashish rejimini tashkil etish imkonini beradigan texnologiya. " Kommutatsiyalanadigan kanallar orqali IP-tarmog‘iga ulanish (qo‘ng‘iroq)|"SLIP yoki PPP protokollari orqali IP-tarmog‘i bilan ulanish. Odatda modem orqali amalga oshiriladi. " Kommutatsiyalanadigan liniya|"Faqat ikki qurilmaning ulanish vaqtida o‘rnatiluvchi telekommunikatsiyalar liniyasi. " Kommutatsiyalanadigan liniyalar bo‘yicha olisdagi foydalanuvchilarni autentifi-katsiya qilish xizmati|"Autentifikatsiya qilish serverida foydalanuvchilarning qayd qilingan ma’lumotlarini (parollar va sh.k.) markazlashtirilgan tarzda tekshirish uchun mo‘ljallangan protokol. " Kommutatsiyalanadigan liniyalar orqali Internetdan erkin foydalanish|"Foydalanuvchi kompyuterining Internet tarmog‘i va uning resurslariga telefon liniyasi bo‘yicha seansli ulanishdan foydalanishni ta’minlash. " Kommutatsiyalanadigan lokal tarmoq|"Segmentlardan iborat lokal tarmoq. U kommutatsiya majmui yordamida yagona bir butun bo‘ladi. Yuqori o‘tkazish qobiliyatli kommutatsiyalanadigan majmua orqali, faqat boshqa segmentlarda joylashgan tizimlarga yo‘llangan maʼlumot bloklari uzatiladi. Qolgan bloklar faqat o‘zlarining segmentlari ichida aylanib yuradilar, bu esa tarmoqning xavfsizligiga imkon yaratadi. Kommutatsiyalanadigan majmua fizik kommutatsiyasini ham, mantiqiy kommutatsiyasini ham taʼminlaydi. Buning natijasida, bir-biri bilan bog‘langan turli-tuman virtual tarmoqlar yaratiladi. " Kommutatsiyalanadigan telekommunikatsiyalar tarmog‘i|"Abonentning so‘rovi bo‘yicha yoki berilgan dasturga muvofiq, tarmoqining stansiyalari va kommutatsiya qilish uzellari yordamida oxirgi (terminal) abonent qurilmalari o‘rtasida xabarlarni uzatish uchun talab qilingan vaqtda aloqani ta’minlaydigan telekommunikatsiyalarning kommutatsiya tarmog‘i. " Kommutatsiyalanadigan virtual tarmoq|"IBM korporatsiyasi tomonidan taklif qilingan, tuzilmasi jo‘shqin o‘zgaradigan tezkor kommunikatsiya tarmoqlarining arxitekturasi. SVN tizimli tarmoq arxitekturasi va marshrutizatorlar asosida yaratilayotgan tarmoqlar o‘rnini bosmoqda. SVNning asosiy xususiyati uzatishning asinxron usulini ishlatish va ulanishning fizik vositalarining rang-barangligidir. Shuning evaziga, SVN strategiyasi turli rusumdagi tarmoqlarni qamrab olmoqda. " Kommutatsiyalanadigan yaproq|"Aloqaning bir yoʻnalishidan boshqasiga tezkor qayta ulanadigan koʻp nurli antenna yoʻnalganlik diagrammasining yaproqlaridan biri. " Kommutatsiyalanmaydigan liniya|"Ulanish o‘rnatilishi uchun raqam terish talab etilmaydigan telefon liniyasi. " Kommutatsiyalanmaydigan telekommunikatsiyalar tarmog‘i|"Oxirgi (terminal) qurilmalarning telekommunikatsiyalar kanali orqali, tarmoq stansiyalari va qayta ulash uzellari yordamida uzoq muddatli bog‘lanishlarni taʼminlaydigan telekommunikatsiyalar tarmog‘i. " Kommutatsiyalash xabi|"Tarmoq ishining samaraliligini oshiruvchi Ethernet texnologiyasining keyingi rivojlanishi. Bu holda muhitdan foydalanishni boshqarish aslida bog‘lamalardan port juftlari – paket manbalari va ularni qabul qiluvchilar – o‘rtasida virtual ajratilgan kanallar o‘rnatilishini taʼminlovchi markaziy kommutatsiyalanadigan qurilmaga ko‘chiriladi. Uzatuvchi uzellardan kommutatsiya xabi deyarli har doim paketni yo o‘z buferiga qabul qilish, yo uni deyarli uzilishsiz maqsad portiga uzatishga tayyor. Kommutatsiya xab orqali o‘zaro maʼlumotlarni almashuvchi kompyuterlar umumiy trafik yukini oshirmaydi. Bunday xab-lar, shuningdek, Ethernet va Fast Ethernet tarmoqlarini bog‘lash uchun qo‘llaniladi. " Kompakt-disk|"Axborotni (ma’lumotlarni), ya’ni ma’lumotlarni saqlash formatini raqamli shaklda saqlash uchun mo‘ljallangan ko‘chma optik disk. " Kompakt disk surati|"Doimiy xotira qurilmasi kompakt-diski fayllari katalogi va tuzilmasining aks ettirilishi. Kompakt-disklarni klonlashtirish uchun xizmat qiladi. Shuningdek, u kompakt diskning obrazi ham deyiladi. " Kompakt disklar bilan ishlash uchun real vaqtli operatsion tizim|"Interaktiv mazmunga ega bo‘lgan kompakt-disklarni qayta ishlash imkonini beradigan operatsion tizim. Turli audio- va videoproigrivatellarda bo‘ladi. " Kompakt disklarning fayl tizimi|"Kompakt-disklar uchun fayl tizimi. Klasterning 2 kbit qayd etilgan o‘lchamiga ega. Barcha zamonaviy operatsion tizimlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. " Kompakt-diskdagi doimiy xotira qurilmasi|"1. Kompyuter va boshqa kompyuterlashtirilgan qurilmalar uchun mo‘ljallangan, kompakt-diskda joylashtirilgan tashqi doimiy xotira. Foydalanuchining ma’lumotlar bloki diskda 2048 byte ni egallaydi. Har bir blokdagi 304 byte dan qo‘shimcha axborot va xatolarni to‘liq kuzatib borish va tuzatish uchun foydalaniladi. To‘la fizik blok 2352 byte ni egallaydi. 2. Kompakt-disklarni o‘qish uchun mo‘ljallangan qurilma. " Kompakt-diskdan yuklash|"Kompakt-diskning birinchi yo‘lkasida yozilgan ma’lumotdan foydalanib kompyuterni yuklash. Odatda, operatsion tizimni yuklashda va diagnostika qilishda qo‘llaniladi. " Kompakt-diskka yozish qurilmasi|"Ma’lumotlarni kompakt-diskka yozuvchi qurilma. " Kompakt-disklarni dasturlashtiruvchi|"Kompakt-disklarga ma’lumotlarni yozadigan dastur. " Kompaktlash|"Xotiradagi qo‘shni bo‘lmagan barcha bo‘sh sohalarni bitta uzluksiz blokka birlashtirish maqsadida xotiraning siljishi yoki aralashtirib yuborilishi. " Kompander|"Kompressor va ekspander funksiyalarini birlashtiradigan hamda aloqa kanali orqali signallarni uzatishdan oldin, ularning dinamik diapazoni siqilishini va qabul qiluvchi tomonda signallarning dastlabki shakli tiklanishini ta’minlaydigan qurilma. " Kompandirlanmagan uzatish|"Uzatish usuli, bunda uzatiladigan signallarning dinamik diapazonini siqish yuz bermaydi. " Kompanon viruslar|"Nusxasini zararlanadigan dastur o‘rnida yaratadigan, original faylni yo‘q qilmasdan, uni qayta nomlaydigan yoki siljitadigan viruslar. Dasturni ishga tushirishda avval virus kodi bajariladi, keyin boshqaruv original dasturga beriladi. " Komparator|"O‘lchanayotgan kattalikni etalon kattalik bilan solishtirish uchun mo‘ljallangan o‘lchash asbobi. Komparatorlar optik, elektr, interferension va h.k. bo‘lishi mumkin. Komparatorlar, masalan, nurlantiruvchi tizimlarning elektromagnit maydon kuchlanishini o‘lchashda qo‘llaniladi. " Kompetensiya|"Shaxs tajribaga, bilimlarga ega bo‘lgan masalalar doirasi; qandaydir organ yoki mansabdor shaxsning vakolatlar doirasi. " Kompetentlik, muayyan vakolatga egalik|"1. Vakolatga, huquqqa, nimadir to‘g‘risida hukm chiqarish, mulohaza yuritish imkonini beradigan bilimlarga ega bo‘lishlik. Muayyan vaziyatda ko‘rsatilgan bilimlar, malakalar, mahoratning mavjudligi. 2. Istalgan natijalarga erishish uchun bilim va ko‘nikmalarni qo‘llash qobiliyati. " Kompilyator|"1. Dasturni muammoga yo‘naltirilgan tildan mashinaga yo‘naltirilgan tilga o‘giradigan translyator, yuqori darajadagi tillarni mashina kodiga (yoki ba’zida, keyinchalik interpretator bajaradigan oraliq kodga) aylantiradigan dasturiy ta’minot. 2. Dasturning boshlang‘ich matnini dasturlash tilidan dasturning mashina (obyekt) yoki oraliq kodiga translyatsiya qilinishini bajaradigan maxsus dastur. Translyatsiyadan so‘ng, kompilyator obyekt faylini bajariladigan mashinaga bog‘liq kodga o‘zgartirib, komponovka qilishni (yig‘ishni) amalga oshiradi. " Kompilyatsiya|"Biror-bir dasturlash tilida yozilgan dasturni unga ekvivalent bo‘lgan tilga (mashina tili yoki oraliq til) o‘girish. Kompilyatsiya jarayoni mantiqan boshlang‘ich matnni tahlil qilish, sintezlash yoki kodni generatsiya qilishga asoslangan bosqichlardan iborat. Fizik jihatdan – har bir bosqichda kompilyator boshlang‘ich matnni boshdan oxirigacha tekshirib chiqadi. " Kompilyatsiya vaqti|"Kompilyator dasturni boshlang‘ich dasturlash tilidan bajariladigan mashina (obyekt) kodiga aylantirishi uchun sarflaydigan vaqt. " Kompilyatsiya vaqti (fazasi)|"Dasturning boshlag‘ich kodi obyekt moduliga kompilyatsiyalanadigan dasturni qayta ishlash bosqichi. " Kompilyatsiyalash parametrlari|"Ishga tushirish paytida komanda satrida yoki dastur matnida translyatorga ko‘rsatmalarda keltiriladigan va uning ishini boshqaradigan parametrlar. " Kompilyatsiyalash tartibi|"Dastur modullari uzatilishi kerak bo‘lgan tartib. Rivojlangan modul tuzilmali tillarda (masalan, Ada, Modula) modulning translyatsiya qilinishi, foydalaniladigan barcha ta’riflash aniqlash modullaridan oldin bajarilishi mumkin emas. " Kompleks axborot tizimlari|"Korxonaning, kompleks avtomatlashtirish g‘oyalari va usullarini amalga oshiradigan texnik va dasturiy vositalari majmui. Kompleks avtomatlashtirish tashkilotning barcha asosiy amaliy jarayonlari integratsiyasini va kompyuter texnologiyalariga o‘tilishini ko‘zda tutadi. " Kompleks xizmatlarga ega keng polosali raqamli tarmoq|"ISDN standartining rivojlantirilgan versiyasi, ma’lumotlar uzatish tezligi 155 dan 622 Mbit/s va undan yuqoriroq bo‘lishini ta’minlaydi. Ma’lumotlar trafigi, ovoz va videoni qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan, ATM/SDH texnologiyalariga asoslangan. " Komplementar metall-oksidli yarimo‘tkazgich|"Elektron sxemalarni tuzish texnologiyasi. Afzalligi – elektr energiyani kam iste’mol qiladi. Kamchiligi – murakkab sxemani tuzish imkoniyatining yo‘qligi. " Komponent (alohida) signallar|"Komponent videosignallarda yorqinlik signali va ranglilik signalini alohida qayta ishlash va uzatish tushuniladi. Videosignal uchta: yorqinlik signali va ikkita rang farqlovchi (Y, B-Y, R-Y kabi belgilanadi, ya’ni Uy, UR-y va UB-Y yoki UR, UG va UB) tarkibiy qismga ajratilgan. U kompozit yoki S-video signalga nisbatan ustunliklarga ega. " Komponent blok|"Quyi daraja traktlari qatlami va yuqori daraja traktlari qatlami o‘rtasida moslashuvni taʼminlovchi axborot tuzilmasi. Axborot yuklamasi va yuklama sikli boshlanishining yuqori daraja virtual konteyneri sikli boshlanishiga nisbatan siljishini bildiruvchi komponent blok ko‘rsatgichidan iborat. " Komponent kirish|"Qizil, yashil va ko‘k ranglarda elektronlar chiqaradigan kineskopning elektron to‘pini boshqaradigan yarimo‘tkazgichli sxemalardan bevosita foydalanish imkonini beradigan kirish. " Komponent (rangli televideniyeda)|"Asosiy ranglarning signallaridan hosil qilinadigan uchta signaldan biri. Odatda, yorug‘lik signali va ikkita tor polosali ayirmarang signallar komponenta hisoblanadi. " Komponentlararo kabel|"A/B-tizimning komponentlari o‘rtasida chiziqli darajadagi audiosignal (tovush kabel) yoki kompozit videosignal (videokabel) uzatiladigan kabel. " Komponentlarning obyekt modeli|"O‘zaro hamkorlikda ishlovchi tarqatilgan va har biri bir vaqtning o‘zida bir nechta dasturda ishlatilishi mumkin bo‘lgan komponentlar asosidagi dasturiy ta’minotni yaratishga mo‘ljallangan Microsoft kompaniyasining texnologik standarti. " Komponentli dasturiy taʼminot|"Standart tashkil etuvchilarni terib biriktirish bilan yaratiladigan dasturlar majmui. Mazkur texnologiyada, dasturning ixtiyoriy qismi takror ishlatilishi mumkin bo‘lsa, u tarkibiy qismdir (komponentdir). Komponentli dasturiy taʼminotning afzalliklari ishlab chiqish davrini qisqartirishda va dastur arzonlashuvida namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, dasturiy taʼminotning yuqori sifati taʼminlanadi. Komponentli dasturiy taʼminot texnologiyasining rivojlanishi obyektga yo‘naltirilgan dasturlashning yaratilishiga olib keldi. " Komponovka qilingan blok|".NET texnologiyasida boshqarilayotgan kodni saqlaydigan binar fayl. .NET platformasi kompilyatori YEXE yoki DLL modulni yaratganda, o‘sha modulning tarkibi komponovka qilingan blok deb ataladi. Komponovka qilingan blok o‘z tarkibida versiya raqami, metaaxborot va IL yo‘riqnomalarni saqlaydi. " Komponovkachi|"Dasturlash tizimining bir qismi yoki mustaqil dastur, obyekt modullardan va bibliotekadan olinadigan standart qismlardan bajariladigan dasturni yig‘adi. " Kompozit kirish/chiqish (PCh video kirish/chiqish)|"Videoapparaturaning, qandaydir NTSC, PAL yoki SECAM standartida kompozit videosignallarni almashishda foydalaniladigan interfeys turi. " Kompozit (qo‘shma yoki to‘liq) signallar|"Tasvirning ham yorqinligi, ham rangliligi to‘g‘risidagi axborotga ega bo‘lgan videosignal. Yorqinlik va ranglilik to‘g‘risidagi axborot NTSC, PAL, SECAM kabi TV standartlar talablariga muvofiq kodlanadi. " Kompozit rangli videosignal|"Ayirmarang signallarni uzatish uchun rangli quyi eltuvchilardan foydalaniladigan rangli televideniye tizimlaridagi rangli videosignal. " Kompressiya (siqish)|"Tarmoqda ishlash vaqtida uzatiladigan ma’lumotlar hajmini kamaytirish va saqlash uchun zarur bo‘lgan xotira hajmini kamaytirish maqsadida ma’lumotlarni o‘zgartirish. Ma’lumotlarni siqish usullari kodlash yo‘li bilan ortiqchalikni kamaytirishga asoslangan. Siqish darajasi fayl turiga bog‘liq, bajariladigan fayllar amalda kamaymaydi, grafik ma’lumotlar bo‘lgan fayllar 4 marta siqiladi. " Kompyuter|"Komandalarni bajara oladigan raqamli (diskret) hisoblash mashinasi. Kompyuterning asosiy vazifasi – dasturlar yordamida ma’lumotlarni qayta ishlashdir. Kompyuterda apparatura qismi va dasturiy ta’minot ajratiladi. Apparatura qismining asosini mikroprotsessor tashkil qiladi. Dasturiy ta’minot asosi – operatsion tizim. " Kompyuter aloqasi|"Aloqa kanallari bo‘ylab kompyuterdan kompyuterga axborot uzatish. Aloqa elektron vositalar yoki jamoa telekommunikatsiya kanallari (telefon, radio- va yo‘ldoshli aloqa), yoki maxsus kabellar va simlar orqali amalga oshiriladi. " Kompyuter arxitekturasi|"Kompyuterning tashkiliy tuzilmasi bo‘lib, ichiga ma’lumotlar oqimini, interfeyslarni, apparat va dasturiy ta’minotni oladi. Atama IBM korporatsiyasi tomonidan mos keladigan System/360 elektron hisoblash mashinalari turkumini yaratishda kiritilgan. " Kompyuter-bosma|"Raqamli poligrafiyada ishlatiladigan tushuncha. U kompyuter bilan poligrafiya o‘rtasida oraliq operatsiyalar yo‘qligini bildiradi. " Kompyuter dasturi|"1. Masalani yechish algoritmining tavsifi. Dasturlash tilida beriladigan, dasturchi tomonidan tuziladigan va kompyuter bajaradigan ko‘rsatmalar yig‘masi. 2. Muayyan funksiyalarni, masalalarni va muammolarni yechish uchun zarur bo‘lgan, ixtisoslashgan dasturlash tilining qoidalariga bo‘ysunadigan va operatorlar yoki komandalar tavsifidan iborat sintaksis birlik. 3. Hisoblash mashinasiga algoritmni belgilab beradigan, ko‘rsatmalar (komandalar yoki tavsiflar va operatorlar) ketma-ketligi. Kompyuter dasturi kompyuter qanday tartibda, qaysi maʼlumotlar ustidan va qanday operatsiyalarni bajarishi kerakligini, hamda qanday shaklda natija berishi kerakligini ko‘rsatib beradi. Kompyuterni boshqarish qurilmasi kompyuter dasturini mashina komandalari ketma-ketligi shaklida qabul qiladi. Kompyuter dasturini mashina tilida tuzish – noqulay va sermehnat jarayon. Shu sababli, odatda kompyuter dasturi inson tomonidan biror-bir dasturlash tilida tuziladi, so‘ngra kompyuterning o‘zi bu dasturni mashina tiliga o‘tkazadi (translyatsiya qiladi). " Kompyuter dasturini modifikatsiya qilish|"Moslashtirish bo‘lmagan va dastlabki matnning o‘zgarishiga olib keluvchi har qanday o‘zgartirishlar. " Kompyuter dasturining chiqarilishi|"Kompyuter uchun dastur nusxalarini muallif roziligi asosida cheklanmagan shaxslar doirasiga taqdim etish (jumladan, kompyuter xotirasiga yozish va bosma matn chop etish orqali ham). Bunday nusxalar soni ko‘rsatilgan asarlar tavsifiga ko‘ra mazkur doiradagi shaxslar ehtiyojlarini qondirishi lozim. " Kompyuter dasturlarini qo‘riqlash|"Ixtiyoriy tilda va ixtiyoriy shaklda, shu jumladan, dastlabki matn yoki obyektli kod ham, ifodalanishi mumkin bo‘lgan dasturlarning (shu qatori operatsion tizimlar ham) barchasiga tegishli bo‘lgan qo‘riqlash turi. " Kompyuter firibgarligi|"Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi yoki kompyuter tarmog‘i yordamida yoki undan bevosita foydalangan holda sodir etilgan firibgarlik. " Kompyuter grafikasi|"Kompyuter yordamida yaratiladigan, saqlanadigan yoki qayta ishlanadigan har qanday tasvir, shuningdek, bu bilan bog‘liq maxsus apparat vositalar, dasturiy ta’minot va dasturlash. " Kompyuter grafikasi metafayli, CGM formati|"Grafik ma’lumotlar hamda tasvirlarni saqlash va uzatish formatining standarti. " Kompyuter hodisalariga chora ko‘rish xizmati|"Qar.: CERT. " Kompyuter huquqi|"Qonunchilikning kompyuter, kompyuter tizimlari va tarmoqlarini ishlatish jarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladigan huquqiy hujjatlar majmuidan iborat yangi sohasi. Huquqshunoslikka oid adabiyotlarda «kompyuter huquqi» atamasi bilan birga: «informatika huquqi», «axborot huquqi», «kompyuter-axborot huquqi» kabi atamalar ham uchraydi. Axborot huquqi tushunchasi kompyuter huquqi tushunchasiga nisbatan kengroq maʼnoga ega, chunki u axborot qanday texnik vositalar bilan qayta ishlanishidan va uni tashuvchilar qandayligidan qatʼiy nazar, axborot faoliyati sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. " Kompyuter ilmi|"Qar.: Informatika. " Kompyuter jinoyati|"1. Axborot resursidan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olish, uni o‘zgartirish (qalbakilashtirish) yoki o‘zi uchun yo uchinchi shaxs uchun mulkiy foyda olish, shuningdek, o‘z raqibiga mulkiy zarar yetkazish maqsadida bu resursni yo‘q qilish. 2. Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi yoki kompyuter tarmog‘i yordamida yoki undan bevosita foydalangan holda sodir etilgan jinoyat. " Kompyuter jinoyatlari tasniflagichi|"Interpol tashkiloti Bosh kotibiyatining ishchi guruhi tomonidan 1991-yilda ishlab chiqilgan. U so‘rovlar bo‘yicha axborotni avtomatlashtirilgan axtarish tizimi bilan uyg‘unlashgan va hozirgi kunda, Interpolning yuzdan ortiq Milliy bo‘limlaridan foydalanish imkonini beradi. Tasniflagich kompyuter jinoyatlarining olti guruhini o‘z ichiga oladi, ularning har biri yana ayrim turlarga bo‘linadi. Tasniflagichda Z shartli belgisi nazarda tutilgan bo‘lib, u «jinoyatlarning boshqa turlari»ni ifodalaydi va kompyuter texnologiyalarining bo‘lajak rivojlanishini hisobga olib kiritilgan. QA guruhi – ruxsat etilmagan foydalanish va tutib olish, QD guruhi - kompyuter maʼlumotlarini o‘zgartirish, QF guruhi – kompyuter qallobligi, QR guruhi – noqonuniy nusxa olish, QS guruhi – kompyuter ish tashlashi, QZ guruhi – boshqa kompyuter jinoyatlari. " Kompyuter kartochkasi|"Ichiga mikroprotsessor, dasturiy taʼminot va energiyaga qaram bo‘lmagan xotira qurilmasi o‘rnatilgan plastik kartochkasi. Kompyuter kartochkasi, boshqacha, intellektual kartochkasi deb ham atalib, uncha katta bo‘lmagan o‘lchamlarga, o‘zining oddiy operatsion tizimiga va beruxsat foydalanishdan ichiga o‘rnatilgan muhofazasiga ega. Kartochkada bir guruh tutashmalar bo‘lib, ular ozuqa manbaiga ulanish, kartochkaga maʼlumotlarni kiritish va undan maʼlumotlarni chiqarish uchun xizmat qiladi. Kompyuter kartochkasi uning egasini aniqlash uchun va qo‘shimcha axborot (bankdagi hisob raqami, biror tovar uchun to‘langan pul miqdori va h.k.) taqdim qilish uchun mo‘ljallangan. " Kompyuter maʼlumotlarini g‘ayriqonuniy egallab olish|"Kompyuter tizimida, tarmoqda yoki mashina tashuvchilarida saqlanayotgan axborotni ruxsatsiz ko‘chirish yoki boshqa g‘ayriqonuniy yo‘l bilan egallab olish, yoki kompyuter aloqasi vositalari yordamida uzatiladigan axborotni ushlab qolish. " Kompyuter muhofazasi|"Maʼlumotlar va tizim resurslarini, odatda tasodifiy va qasddan qilingan harakatlarga qarshi qo‘llanadigan tegishli tadbirlar tizimi bilan muhofazalash. Bunday harakatlar o‘zgalar axborotini o‘zgartirish, yo‘q qilish, oshkor etish, olish yo undan foydalanish kabilar bo‘lishi mumkin. " Kompyuter musiqasi|"Kompyuter texnikasi va tegishli dasturiy taʼminotni ishla-tib yaratiladigan musiqa. " Kompyuter-pyupitr|"Papka-pyupitr ko‘rinishidagi, axborotni kiritish uchun yassi ekrani va perosi bo‘lgan portativ kompyuterlar turkumi. " Kompyuter reklamasi|"Axborot tarmog‘i tomonidan texnologiyalar, tovarlar va taklif qilinayotgan xizmat turlari to‘g‘risida taqdim qilinayotgan axborot. Kompyuter reklamasi audiovideotizimlar, multimuhit va virtual borliqdan foydalanishga tayanadi. Reklamada taklif qilinayotgan obyektlar to‘g‘risidagi maʼlumotlar joylashgan maʼlumotlar bazasi katta ahamiyatga ega. Barcha hollarda maʼlumotlarning hamma turlari, yaʼni, matn, nutq, musiqa va tasvirlar, shu jumladan, rangli, hajmiy tasvirlar ishlatiladi. Ommaviy tomoshabinga mo‘ljallangan reklama uchun, teleko‘rsatuvlar tarmog‘i ishlatiladi. " Kompyuter sabotaji|"Qasddan kompyuter axborotini yoki dasturini yo‘q qilish, blokirovkalash, yaroqsiz holga keltirish, kompyuter uskunalarini safdan chiqarish, kompyuter tizimini, tarmog‘ini yoki axborotning mashinali tashuvchisini barbod qilish. " Kompyuter savodxonligi|"Hisoblash texnikasi vositalaridan foydalanish, kompyuterda ishlash ko‘nikma va bilimlarining eng kam to‘plamiga egalik qilish; informatika asoslarini va axborot texnologiyasining jamiyat hayotidagi ahamiyatini tushunib yetish. Izoh – Kompyuter savodxonligi axborot jamiyati va kompyuterlashtirish to‘g‘risida bilim, kompyuterdan foydalanish mahorat va ko‘nikmalarini, gibrid intellekt yaratishning muvaffaqiyatini ta’minlaydigan shaxsiy sifatlarni beradi. Bi-lish faoliyatining vositasi sifatida kompyuterdan keng foydalanish imkonini beradi, axborotni taqdim etish va saqlash imkoniyatini kengaytiradi. " Kompyuter steganografiyasi|"Xabar yoki faylni boshqa xabar yoki faylda yashirish. " Kompyuter suiiste’molligi|"Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimining kompyuter xavfsizligiga ta’sir etadigan yoki uni buzadigan, qasddan yoki tasodifiy ruxsat berilmagan harakat. " Kompyuter tarmog‘i|"Resurslardan birgalikda foydalanish va ma’lumotlar almashinish uchun, aloqa kanallari bilan o‘zaro bog‘langan kompyuterlar va tarmoq uskunasi majmui. Resurslar – bu uskuna, dasturlar va ma’lumotlar bazasidir. " Kompyuter tarmog‘i adminstratori|"Tarmoqni joriy boshqarish va uni rivojlantirish istiqboli bilan shug‘ullanadigan shaxs yoki shaxslar guruhi. Asosiy vazifalari: ishonchli ishlashni ta’minlash, foydalanish (kirish) parollari va manzillarini aniqlash va berish, boshqa tarmoqlar bilan birgalikda ishlashni ta’minlash, ma’lumotlar bazalarining administratorlari bilan birgalikda ishlash. " Kompyuter telefoniyasi|"Maxsus dasturlar va protokollar yordamida telefon tarmog‘i foydalanuvchilari bilan muloqot qilish imkoniyati. Bunday imkoniyat bepul berilmaydi. " Kompyuter texnologiyasi|"Qar.: Axborot texnologiyasi. " Kompyuter tili|"Hisoblash mashinasi tushunadigan til. Dastlab u faqatgina nol va birlardan iborat til edi. Keyin esa, mashinalar protsessor darajasidagi Assembler ni «tushunishni o‘rganishdi». " Kompyuter tizimi|"Markaziy kompyuter va unga aloqador chekka qurilmalar, konsol kompyuterlar, disk massivlari, lentali tashuvchilar, maʼlumotlarni robotlashgan saqlash tizimi va shunga o‘xshashlar. " Kompyuter tizimining auditi|"Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimida qo‘llaniladigan protseduralarni, ularning samaradorligi va to‘g‘ri bajarilayotganligini baholash yuzasidan ekspertiza qilish, shuningdek, xavfsizlikni oshirish bo‘yicha tavsiyalar berish. " Kompyuter virusi|"1. Hisoblash tizimiga, ma’lumotlarni buzish, o‘zgartirish yoki yo‘q qilish maqsadida kiritiladigan anonim dastur. 2. Quyidagi xususiyatlarga: o‘zini boshqa fayllarga, diskka, elektron hisoblash mashinasiga ko‘chirish; aniq chaqiruvsiz bajarish; axborotdan ruxsat etilmagan tarzda foydalanishni amalga oshirish; aniqlashga urinishdan maskirovka qilish imkoniyatiga ega dastur. 3. O‘zining nusxasini yoki boshqa zararli dasturlar yarata oladigan va ularni kompyuter fayllariga, tizim sohalariga kiritadigan, shuningdek, boshqa destruktiv xarakatlarni amalga oshiradigan zararli dastur. " Kompyuter vositasida buzish|"Manfaat ko‘rish, begonalarning ma’lumotlaridan foydalanish, shaxsiy qiziqishni qanoatlantirish va boshqa maqsadda kompyuter tarmog‘iga yoki begona shaxs kompyuteriga ruxsat etilmagan tarzda kirish. " Kompyuter xaritasi|"Avtomatlashtirilgan kartografik tizim yoki geografik axborot tizimi vositalari yordamida olingan xarita. U grafika chiqarish qurilmalari – grafika chizadigan, printer va boshqalar yordamida qog‘oz, fototasma va boshqa materiallarda tayyorlanadi. Qar.: Geografik axborot tizimi. " Kompyuter xavfsizligi|"Kompyuter tizimlarining, qayta ishlanadigan va saqlanadigan axborotdan ruxsat etilmagan tarzda foydalanish yo‘lidagi urinishlarga, buzg‘unchilik harakatlariga olib keluvchi axborotning kiritilishiga hamda soxta axborot majburan kiritilishiga (qabul qilinishiga) qarshi tura olish xususiyati. " Kompyuterlar avlodi|"Kompyuterlar, dasturlash tillari, tarmoqlarni tasniflash vositasi. " Kompyuterlashtirilgan dasturiy taʼminotni ishlab chiqish|"Dasturiy taʼminot ishlab chiqishga mo‘ljallangan tizim. CASE texnologiyasi dasturlarni ishlab chiqishga, umumiy maʼlumotlar bazasini yaratishga, shu baza bilan o‘zaro ishlashning yagona usulidan foydalanishga mo‘ljallangan kompyuterlashgan tizim vositalari to‘plamidan iborat. Buning ustiga, bu yondashuv yagona axborot tarmog‘iga ulanadigan axborot tizimlarida ishlatiladigan operatsion tizimlarning xilma-xilligini hisobga oladi. Bundan tashqari, CASE turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlatiladigan tarmoq texnologiyalarining yagona asosini belgilaydi. CASE yana, yaratilayotgan dasturlarni testlashning uslubiyatini va testlash vositalarini taqdim qiladi. CASE ni ishlatish evaziga ishlanmalar arzonga tushadi va ularni ishlab chiqish davri qisqaradi. " Kompyuterlashtirilgan ishlab chiqarish|"Ishlab chiqarishni, texnologik jarayonlarni kompyuterlashtirilgan tizim ishtirokida boshqarish. " Kompyuterlashtirilgan logistik tizim|"Loyihalash va murakkab qurilmalar to‘plamini kuzatib borish texnologiyalari majmui. CALS tizimi avtomatlashtirish funksiyalari to‘plamini belgilab beradi. U bozorni o‘rganish va marketing, texnik shartlarni ishlab chiqish, loyihalash, ishlarning moddiy-texnik taʼminoti, texnologik jarayonni ishlab chiqish va tayyorlash, ishlab chiqarish, nazorat va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Ko‘rsatib o‘tilgan funksiyalarni bajarish uchun CALS quyidagi vositalarni ishlatadi: logistik tizimlarning spetsifikatsiyasini yaratish; loyihalash, shu jumladan, maʼlumotlar bazalarini; dasturlash; uyg‘unlashuv uchun platformalarni kuzatib borish; turli nimtizimlarni yaratuvchilarning o‘zaro ishlashini rejalash, nazorat qilish. " Kompyuterlashtirilgan loyihalash|"Ishlab chiquvchilar mehnatini avtomatlashtirish texnologiyasi. Mahsulotlar (asboblar, qurilmalar, apparatlar, tizimlar) tobora murakkablasha borishi, ularni yaratishda yangicha yondashuvlar qo‘llashni taqozo etadi. Ular CAD, Loyiha Ishlarini Avtomatlashtirish Tizi-mi (LIAT) deb ham ataladigan texnologiya bilan amalga oshiriladi. CAD loyihalash va chizmachilikni, yassi yoki hajmiy detallar va konstruksiyalarni uch o‘lchamli modellashni taʼminlaydigan amaliy dasturlar paketidir. Bundan tashqari CAD, konseptual konstruktorlash, animatsiya, vizuallashtirish, maʼlumotlar bazalarini boshqarish va muhandislik hujjatlari tayyorlash vazifalarini bajaradi. CAD yaratilishi kerak bo‘lgan mahsulot to‘g‘risida maʼlumotlar yig‘ishdan tortib, uni tayyorlashgacha bo‘lgan masalalarni qamrab oladi. " Kompyuterlashtirilgan tarjima|"Kompyuter yordamida, bir tabiiy tildan boshqasiga bajariladigan tarjima. Kompyuterlashgan tarjima, ko‘p hollarda mashinali tarjima deyiladi, sunʼiy tafakkurga ega bo‘lgan amaliy jarayon tomonidan bajariladi. Kompyuterlashgan tarjimaning uch turi mavjud. To‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima usuli eng eskisi bo‘lib, faqat bir juft tillarga mo‘ljallangan. Vositachi – til ishlatishga asoslangan tarjima usuli. U avvalgidan matn mazmunini ifodalash uchun vositachi kiritilishi bilan farqlanadi. Bu usul, ayniqsa, ko‘ptilli muhitda samarali hisoblanadi. Bundan tashqari u oldingi to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima usulidan tejamliroq. Transfer (uzatish) usulida, tarjimaning yana bir bosqichi kiritiladi. Ulardan birinchisida, boshlang‘ich matn kirish tilining ifodalariga aylantiriladi. Ikkinchi bosqichda bu ifodalanish chiqish tili ifodalariga qayta aylantiriladi. Nihoyat oxirgi bosqichda chiqish tilidagi matn hosil bo‘ladi. " Kompyuterlashtirilgan tizim|"Kompyuter yordamida ixtiyoriy ishlarni avtomatlashtirishga mo‘ljallangan tizim. CAS tizimi, modellash, loyihalash, ishlab chiqish, yaratish, amalda ixtiyoriy mashinalarni, apparatlarni, asboblarni va boshqa mahsulotlarni tayyorlash va sinash bilan bog‘liq ishlarni qamrab oladi. " Kompyuterlashtirish|"1. Kompyuterlar vositasida avtomatlashtirish. 2. Inson faoliyatining turli sohalarida, axborot jarayonlarini va texnologiyalarni avtomatlashtirishni taʼminlaydigan kompyuterlarni rivojlantirish va tatbiq qilish jarayoni. 3. Kompyuter mahsulotlari va xizmatlari sanoatini, hamda jamiyatda ulardan foydalanishni rivojlantirish jarayoni. Internetni keng rivojlantirishning zaruriy shartlaridan biri. " Kompyuterlashtirish markazi|"Asosiy faoliyati joylarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va kompyuterlashtirishni ishlab chiqish va rivojlantirish tadbirlarini amalga oshirish, axborot resurslarini yuritish va yangilash, mintaqalarda yaratilgan va yaratiladigan davlat axborot resurslari hamda axborot tizimlari ro‘yхatga olinishida yordam korsatish, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyatlarining veb-portallarini muntazam yangilab borish, shuningdek, mintaqada axborot-kommunikatsiya texnologiyalari holati va rivojlanish istiqbollarini muntazam tahlil qilib borish hamda uning natijalari asosida bu sohani takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritishdan iborat bo‘lgan tashkilot. " Kompyuterning tez ishlashi|"Aniq bir kompyuterning ma’lumotlarni qayta ishlash tezligi. Ko‘pgina omillarga, jumladan, tashqi qurilmalarning tez ishlashiga bog‘liq. Kompyuterning tez ishlashini odatda, protsessorning tez ishlashi belgilaydi. " Kompyuteromaniya|"Insonning kompyuter tizimlarini muntazam ishlatishdagi patologik ehtiyoji. Bu inson ruhiyatiga kompyuter o‘yinlari va virtual borliq texnologiyalari taʼsiriga ko‘nikib qolishi bilan yuzaga kelgan. " Kompyutron|"Kompyuter unumdorligini baholashning mavhum birligi. " Konduktiv xalaqit|"O‘tkazgichlar bo‘ylab tarqaladigan elektromagnit xalaqit. " Konferens-aloqa|"Foydalanuvchilarga bir vaqtning o‘zida bir nechta, o‘zaro aloqada bo‘lgan abonentlar bilan axborot almashish imkoniyatini beruvchi xizmat. " Konfidensial|"Ommaviy foydalana olishga mo‘ljallanmagan axborot (parollar va h.k.). Odatda konfidensial axborot shifrlanadi. " Konfidensial axborot|"1. Davlat siri hisoblanadigan ma’lumotlar bo‘lmagan hujjatlashtirilgan axborot, undan foydalanish O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq chegaralanadi. 2. Foydalanuvchilar tomonidan erkin foydalanish huquqi cheklangan va ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishdan muhofaza qilinishi talab etiladigan axborot. 3. Xizmatga oid, professional, sanoat, tijoratga oid yoki huquqiy rejimi egasi tomonidan qonunchilikka asosan belgilanadigan va muhofaza qilinishi talab etiladigan axborot. " Konfidensiallik|"1. Axborotning avtorizatsiya qilinmagan shaxslar, mantiqiy obyektlar yoki jarayonlar uchun foydalanib bo‘lmaslik yoki yopiqlik xususiyati. 2. Axborotdan foydalanish huquqiga ega subyektlar doirasiga cheklovlar kiritish zarurligini ko‘rsatuvchi va tizimning (muhitning) ko‘rsatilgan axborotni undan erkin foydalanish huquqi bo‘lmagan subyektlardan sir saqlash zarurligini ta’minlovchi, subyektiv aniqlanadigan (qo‘shib yoziladigan) axborot xarakteristikasi (xususiyati). 3. Axborot va uning tashuvchisining holati, bunda u bilan ruxsat etilmagan tarzda tanishishning yoki ruxsat etilmagan tarzda hujjatlashtirish (nusxa ko‘chirish)ning oldini olish ta’minlanadi. 4. Tutib olish va boshqa ruxsat etilmagan harakatlar natijasida axborotdan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishning mumkin bo‘lmasligi. " Konfidensiallik belgisi|"Obyektda mavjud bo‘lgan axborotning konfidensialligini tavsiflovchi axborot elementi. " Konfidensiallik toifasi|"Resursning, uning muhimligini yoki ahamiyatliligini belgilovchi va o‘z ichiga resurs zaifligini olish xarakteristikasi. " Konfidensiallik xizmati|"Almashinadigan ma’lumotlarning ruxsat etilmagan tarzda oshkor etilishdan muhofaza qilinishini ifodalaydigan konfidensiallik xizmati. Izoh – Konfidensiallikni ta’minlash xizmatlarining quyidagi turlari ajratiladi: tanlangan maydon konfidensialligi; bog‘lanish o‘rnatilgan rejimdagi konfidensiallik; bog‘lanish o‘rnatilmagan rejimdagi konfidensiallik; trafikning konfidensialligi. " Konfiguratsion fayl|"Tizimning tarkibiy qismlari, tizimning muayyan sozlanishini belgilaydigan yordamchi parametrlar tavsiflanadigan fayl. Konfiguratsion fayllar deyarli barcha kuchli tizimlarda bor. Odatda, bu tizimning o‘zi interpretatsiya qiladigan matnli fayllardir. " Konfiguratsiya|"Qurilma yoki ilovaning ishlash rejimlarini belgilaydigan apparat yoki dasturiy ko‘rsatmalar to‘plami. " Konfiguratsiya fayli|"MAYDON:QIYMAT formatidagi fayl bo‘lib, unda dasturlarning foydalanuvchi tomonidan sozlangan qiymatlari saqlanadi. " Konfiguratsiyani boshqarish rejasi|"Baholash obyektlari uchun konfiguratsiyani boshqarish tizimidan foydalanish tavsifi. " Konfokal rezonator|"Sferik koʻzgularning egrilik radiusiga teng masofada joylashgan, ikkita bir xil sferik koʻzguda hosil qilingan optik rezonator. " Konform antenna|"1. Shakli eltuvchining atroflama chiziqlarini takrorlaydigan va yassi, silindrsimon, konussimon yoki sferik sirtda joylashgan antenna. 2 Transport vositasining gabarit o‘lchamidan turtib chiqmaydigan va kichik aerodinamik qarshilikka ega bo‘lgan antenna. " Konkatenatsiya|"Simvollarning bir nechta satrini bitta satrga birlashtirish operatsiyasi. Dasturlash tillarida bu operatsiyani bajaradigan maxsus funksiyalar mavjud. Masalan, Pascal tilida konkatenatsiya operatsiyasi + bilan belgilanadi. " Konnektor|"Tola bilan birgalikda, tolaning pozitsiyalashuvini, uzatgich, qabul qilgich yoki boshqa tolaga ulanishini ta’minlash uchun foydalaniladigan mexanik qurilma. Odatda konnektorning quyidagi turlaridan foydalaniladi: SC (SC-Subscriber Connector, 568SC), ST Compatible (ST-Straight Tip, BFOC/2.5), FC, FCPC, FDDI, Escon, Biconic, D4, SMA 905, 906. " Konsalting|"Ekspertiza o‘tkazish va maslahat berish faoliyati bilan bog‘liq xizmat turi. Muhim rolni axborot konsaltingi egallaydi. " Konsentrator|"1. Ko‘plab abonent liniyalari, stansiyalari yoki boshqa konsentratorlar ulanadigan aktiv yoki passiv qurilma. Bunday qurilmaning chiqish uchlari kirish uchlariga qaraganda ancha kam. Qo‘llash sohasiga bog‘liq ravishda konsentrator funksiyalari an’anaviy kanallar konsentratori funksiyalaridan farq qilishi mumkin. Jumladan, lokal aloqa tarmoqlarida u ko‘p portli takrorlagich funksiyasini bajaradi. 2. Markaziy stansiya. Tarmoqning, «yulduz» topologiyali tarmoqlarida radial bog‘lanishlarni tashkil qilish uchun mo‘ljallangan kommutatsion yadrosi. 3. Markaziy kross (strukturalangan kabelli tizimlarda). " Konseptual model|"Muammoli sohaning tushuncha darajasida formal taqdim etilishi. " Konsol|"Foydalanuvchi tomonidan kompyuter ishini boshqarish uchun mo‘ljallangan qurilma. Masalan, klaviatura, displey, «sichqoncha» konsol qurilmalardir. " Konsolli kompyuter|"Asosiy kompyuterni ishga tushirib yuborish uchun tayyorgarlik harakatlarini bajaruvchi kompyuter. Bunday vazifa «kata» kompyuter tizimlari, masalan, superkompyuterlar bajarilganda, ayrim mashinaga berilishi mumkin. Odatda, konsolli kompyuterdan bosh kompyuter tizimining elementlari va tugunlari holatining monitoringi bajariladi, shu bilan birga unda, asosiy kompyuterni sozlash va unda xizmat ko‘rsatish uchun ishlatiladigan konfiguratsiya axboroti va xizmat utilitalari saqlanadi. " Konstanta|"Doimiy, o‘zgarmas kattalik. Xotirada biror bir muhim parametrni saqlash uchun xizmat qiladi. " Konstantalar sohasi|"Dastur konstantalarining qiymatlari joylashgan xotira sohasi. " Konstruksiya tahlili|"Birmuncha yuqori abstraksiya darajasida yoki boshqa shaklda dasturning ba’zi bir yoki barcha funksiyalarini imitatsiya qilish yoki takrorlash maqsadida, dasturning ishlash algoritmlarini o‘rganish uchun, dastur yoki mikrosxemani doimiy tahlil qilish jarayoni. " Konstruktor|"Obyektga yo‘naltirilgan dasturlashdagi turkum konstruktori – bu obyektni yaratishda yoki uni eʼlon qilishda (C++ da stek yoki statik xotirada joylashgan, ammo Javada emas va baʼzi turdagi obyektga yo‘naltirilgan tillarda) qo‘llaniladigan maxsus yo‘riqnoma yig‘indisi. Yoki u new kalit so‘zni ishlatganda dinamik holatda to‘plamda joylashadi. Konstruktor uslubga o‘xshash, lekin undan farqi, bu uni aniq turdagi qaytuvchi maʼlumot, meroslikka ega emasligi va ko‘rilayotgan modifikatorlar uchun turli qoidalar mavjudligidir. Konstruktorlar eʼlon qilingan turkum bilan bir xil nomga egaligi bilan ajralib turadi. Ularning vazifalari – obyekt aʼzosini initsializatsiya qilish va turkum invariantini aniqlash, hamda invariant noto‘g‘ri bo‘lsa xabar berish. To‘g‘ri yozilgan konstruktor, obyektning to‘g‘ri statusini belgilaydi. O‘zgarmaydigan obyektlar ham konstruktor tomonidan initsializatsiya qilinishi kerak. " Konsultatsion (maslahat) chaqiruv|"Aktiv abonentga liniyani ushlab turish rejimiga o‘tkazish va boshqa abonentdan kerakli axborotni olish uchun bog‘lanish imkonini beruvchi xizmat. " Kontaktli xalaqit|"Elektromagnit maydon ta’sirida tok o‘tkazuvchi kontaktlar va/yoki nochiziqli o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan muhitning nurlantirilishi bilan bog‘liq elektromagnit xalaqit. " Kontaktsiz kommutatsion aloqa elementi|"Aloqa tarmoqlarida, fazoda kontakt-detallarni (tutashadigan qismlarni) ko‘chirmasdan, telekommunikatsiyalar signallarining o‘tish sharoitlarini o‘zgartirish orqali kommutatsiyalashni amalga oshiradigan kommutatsion aloqa elementi. Izoh – Ishlash prinsipiga bog‘liq ravishda, yarimo‘tkazgichli, magnit, gaz-razryad, optik kontaktsiz elementlar ajratiladi. " Kontaktsiz (zarbsiz) printer|"Bosiladigan elementlarni nomexanik (zarbsiz) usul bilan shakllantiradigan printer. Termoprinterlar, elektrostatik, purkagichli, lazer va yorug‘lik diodli printerlar shular jumlasidandir. " Kontekst|"Foydalanuvchi muhiti xarakteristikalarini aniqlash uchun foydalanilishi mumkin bo‘lgan axborot. Izoh – Kontekst foydalanuvchi qayerdaligi, uning yaqinida qanday resurslar (qurilmalar, foydalanish punktlari, shovqin darajasi, o‘tkazish polosasi va h.k.lar) borligi, foydalanuvchi qaysi paytda ko‘chib yuradi, odam va predmetlar o‘rtasidagi hamkorlik xronologiyasini ichiga olishi mumkin. Kontekst axborot aniq ilovalarga muvofiq yangilanishi mumkin. " Kontekstli menyu|"Qaysi joyda ishga tushirilishidan qat’i nazar, o‘zgaruvchan matnli menyu. Odatda, «sichqoncha»ning o‘ng tugmasini bosish orqali ishga tushiriladi. " Kontekstning o‘zgarishi|"Operatsion tizimning eski jarayon holatini saqlash va saqlangan holatni yangi jarayon uchun yuklash bo‘yicha bir jarayondan boshqa jarayonga o‘tishdagi holati. " Kontent|"Serverni, axborot kompleksini axborot jihatdan ahamiyatli har qanday to‘ldirish – matnlar, grafika, multimedia. Sahifalar ko‘rinishida gipermatnli belgilash vositalari bilan tashkillashtiriladi. Axborot bilan to‘ldirishda uning hajmi, dolzarbligi va izlash tizimi talabni qanoatlantira olishi zarur ko‘rsatgichlar bo‘lib hisoblanadi. Internet tarmog‘ida axborot to‘ldirish gipermatnli belgilash tili orqali veb-sahifalar ko‘rinishida tashkil etiladi. " Kontent-provayder|"Foydalanuvchilarga muayyan axborot yoki ko‘ngil ochadigan xizmatlarni ko‘rsatuvchi tashkilot. " Kontentni boshqarish tizimi|"Matn va multimedia hujjatlarini yaratish, tahrir qilish va boshqarishning qo‘shma jarayonini taʼminlash va tashkillashtirishda qo‘llaniladigan kompyuter dasturi yoki tizimi. " Konteyner|"1. Maxfiy xabarlarni yashirish uchun mo‘ljallangan fayl. 2. Maxfiy xabarlarni yashirish uchun mo‘ljallangan har qanday axborot. " Kontraktlar bilan bog‘liq firibgarlik|"Mobil aloqa tarmog‘i operatori bilan kontrakt tuzishda yolg‘on ma’lumotlarni ataylab ko‘rsatish. " Kontrast (televideniyeda)|"Uzatilayotgan ko‘rinish yoki tiklanayotgan tasvirning ikki nuqtasidagi yorug‘lik nisbati. " Kontrastlilikni sozlash|"Tasvir signalining kuchayishini qo‘lda sozlash. " Kontroller|"O‘ziga ulangan qurilmalar ishini boshqaruvchi, lekin, o‘zi orqali o‘tadigan ma’lumotlarni o‘zgartirmaydigan qurilma. " Kontrreflektor|"Oʻlchami asosiy koʻzgudan nisbatan kam boʻlgan ikkita koʻzguli antennaning yordamchi koʻzgusi. " Konturlarning nostabilligi|"Asosan, DIKM da sodir bo‘ladigan, noaniq taxminlash tufayli tasvir konturlaridagi asosan tasodifiy tebranuvchi notekisliklar kabi paydo bo‘ladigan vizual nuqson. " Konturlash|"Predmetlarning faqat chetlari tiklanadigan maxsus effekt. " Konturli tuzatish|"Tasvirning subyektiv aniqligini predmetlarning chekka qismlarini ajratib ko‘rsatish uchun videosignallarning yuqori chastotali tashkil etuvchilari darajasini tanlab ko‘tarish yo‘li bilan oshirish. " Konussimon antenna panjarasi|"Nurlantiruvchi elementlari konussimon yuzada joylashgan sirt antenna panjarasi. " Konussimon spiral antenna|"Qobigʻi posangi, shuningdek, reflektor sifatida ishlatiladigan (dumaloq yoki toʻgʻri burchakli) yassi metall ekran bilan birlashtirilishi mumkin boʻlgan, koaksial fider bilan taʻminlanadigan simli konussimon spiraldan iborat antenna. " Konvensional tizim|"Biriktirilgan chastotalarda, bir yoki ikki chastotali simpleks rejimida ishlaydigan radioaloqa tizimi (odatda 160 MHz va undan past chastotalar diapazonida ishlatiladi). Izoh − Konvensional tizim xizmat ko‘rsatish zonasining radiusi, odatda, uyali aloqa tiziminikiga nisbatan kattaroq bo‘ladi va u, asosan, antennaning o‘rnatilish balandligi bilan belgilanadi. " Konvergensiya|"Raqamli video, raqamli tovush, kompyuterlar va Internet kabi turli texnologiyalarning birikmasi. " Konvert|"1. Uzatish jarayonida o‘zgarishi mumkin bo‘lgan xabar qismi. Xabar jo‘natuvchini va potensial oluvchilarni aniqlab beradi, o‘z ichiga olganlarni tavsiflaydi. 2. 5 byte uzunlikdagi sarlavha va 48 byte ma’lumotlar maydoni bilan qayd etilgan o‘lchamning kadri. " Konvertor|"Antenna fokusiga o‘rnatiladigan elektron blok. Qabul qilish tomonida antenna fokusida aks etgan elektromagnit to‘lqinlar konvertorning to‘lqin o‘tkazuvchi kirishiga tushadi va elektr signaliga aylanadi. Konvertorda bu signal kuchayadi, uning chastota spektri birinchi oraliq chastotagacha pasayadi. " Konveyyer|"Markaziy protsessorning, komandalarni qayta ishlash, bir taktda bajariladigan uncha katta bo’lmagan qadamlarga ajratiladigan parallel ishlaydigan bajaruvchi qurilmalari zanjiri. " Konyunksiya|"n ≥ 2 ifodalar uchun mo‘ljallangan mantiqiy operatsiya. Natijaviy ifoda (boshlang‘ich ifodalar konyunksiyasi) barcha boshlang‘ich ifodalar to‘g‘ri bo‘lgandagina to‘g‘ri bo‘ladi. Konyunksiyani belgilash uchun standart ravishda & belgisi (ba’zida ˄), shuningdek, ko‘paytirish belgisi nuqta shaklida ishlatiladi. Ko‘pgina hollarda, konyunksiya belgisi tushirib qoldirilishi mumkin. " Kooperativ hisoblashlar|"Umumiy axborotdan va taqsimlangan hamda tarmoq tizimlaridagi umumiy resurslardan foydalanib, birgalikda olib boriladigan hisoblash ishlari. " Koordinata buzilishlari|"Sintezlangan televizion tasvir nuqtalari koordinatalarining obyektning tahlil qilinadigan tasviri tegishli nuqtalari koordinatalaridan og‘ishi. " Kopileft|"Ingliz tilidagi copy – nusxa, kopiya va left – chap, so‘zlari birikmasidan hosil bo‘lgan – mualliflik huquqi qonunini qo‘llash g‘oyasi va amaliyoti, yaʼni mahsulotni ilk ishlangan holida va unga asoslanib ishlangan yangi mahsulot holida ixtiyoriy kimsa foydalanishini, o‘zgartirishini va tarqatishini cheklamaslikni taʼminlash. Kopileft, mualliflik huquqiga teskari holda ushbu qonunni odamlarning huquqini kengaytirishga qo‘llaydi. Kopileftning asosiy g‘oyasi shundaki, har bir dasturni o‘zgartirishsiz yoki o‘zgartirib tarqatayotgan shaxs bu dasturni keyingi tarqatishni yoki o‘zgartirishni cheklash huquqiga ega emas. Kopileft har bir foydalanuvchining erkin faoliyatini kafolatlaydi, shu tarzda, yuridik maʼnoda, kopileft kopiraytga antonim hisoblanadi. " Korporativ aloqa tarmog‘i|"Ham bitta davlat miqyosida, ham bir nechta davlat miqyosida alohida korxonalar (firmalar, tashkilotlar, aksiyadorlik jamiyatlari va sh.k.) tarmoqlarini birlashtiradigan tarmoq. " Korporativ axborot tizimi|"Ishtirokchilari cheklangan doiradagi shaxslar bo‘lgan axborot tizimi. Ishtirokchilar axborot tizimining egasi tomonidan yoki shu axborot tizimi ishtirokchilari orasidagi bitim bilan aniqlanadi. " Korporativ axborot xavfsizligini boshqarish|"Axborot xavfsizligi sohasida tashkilot faoliyatiga rahbarlik qilish va nazorat qilishni ta’minlovchi tizim. " Korporativ hisoblash tarmog‘i|"Ham bitta davlat, ham bir nechta davlat miqyosida alohida korxonalar (firmalar, tashkilotlar, aksiyadorlik jamiyatlari va sh.k.), korporatsiyalarning lokal tarmoqlarini birlashtiradigan axborot-hisoblash tarmog‘i. " Korporativ ijtimoiy tarmoq|"Biznes ehtiyojlarni qondirish uchun yaratilgan tarmoq. Bu, kompaniya faoliyatini tashkillashtirish va ta’minlash masalalarini hal qiladigan professional ijtimoiy tarmoqdir. Korporativ professional ijtimoiy tarmoqlar Internetda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishga yoki kompaniya faoliyati yoki biznesi manfaatlarini ma’qullaydigan odamlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarga e’tibor qaratadi. Korporativ ijtimoiy tarmoqlar dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilar faoliyatining natijasi bo‘lib, ichki korporativ muloqotni tashkillashtirish va tashqi muhit bilan o‘zaro hamkorlik (birgalikda ishlash) uchun xizmat qiladi. " Korporativ kontentni boshqarish|"Tashkilot doirasida raqamli hujjatlarni va kontentning boshqa turlarini boshqarish, shuningdek, ularni saqlash, qayta ishlash va yetkazish. " Korporativ portal|"Korporativ tarmoqning asosiy kirish nuqtasi. Izoh – Korporativ portalning vazifasi xodimlarga, ularning foydalanish huquqlari va afzalliklari hisobga olingan holda, tashqi va ichki korporativ axborotning keng to‘plamidan foydalanish imkoniyatini berish hisoblanadi. Korporativ portal foydalanuvchi uchun muhim bo‘lgan axborotni, foydalanuvchining tashkilotdagi vazifalariga muvofiq saralangan holda, tanlab yetkazilishini ta’minlaydi. " Korporativ tarmoq|"Tarqoq bo‘limlar va ma’muriy ofislarni birlashtiruvchi bir korxonaning tarmog‘i. Izoh – Tarmoqning majburiy komponenti bo‘lib, telefon liniyalari, radiokanallar yoki yo‘ldosh aloqa kanallar yordamida o‘zaro bog‘langan uzoqdagi lokal tarmoqlar hisoblanadi. Korporativ tarmoqlarning barcha foydalanuvchilari umumiy (odatda, muhofaza qilingan) tarmoq resurslaridan foydalana oladi. " Korporativ tarmoqlarni tashkil etish|"Tashkilot bo‘linmalarining (filiallar, vakolatxonalar va h.k.lar) hududiy ajratilgan yagona tarmog‘iga (mahalliy, hududiy, xalqaro masshtabda) birlashadigan telekommunikatsiya infratuzilmasini, jumladan, umumiy foydalanishdagi telefon tarmoqlari, ma’lumotlar uzatish tarmoqlari va kompyuter tarmoqlarining vositalarini yaratish va kuzatib borish. " Korpus|"Kompyuterning mexanik qismi bo‘lib, uning barcha qolgan qismlari unga biriktiriladi. Odatda, «korpus» deganda korpus va ta’minot bloki juftligi tushuniladi. " Korpussiz integral sxema|"Muhofazalovchi qobig‘i bo‘lmagan integral sxema. Ularning chiqarilishi sharofati bilan, apparatura ishlab chiqaruvchilar o‘zlarining ko‘p mikrosxemali komplekslarini (mikroprotsessorlar, elektron xotira qurilmalari, maxsus mantiqiy modullar, mikrokontrollerlar, modemlar) yaratish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bunda ko‘p mikrosxemali kompleks avval seriyalab ishlab chiqarilgan tarkibiy qismlardan yig‘ilib, so‘ngra biror bir qobiqqa yoki boshqa muhofazalovchi korpusga joylashtiriladi. " Korreksiyalash to‘g‘risidagi xabarlar jadvali|"Tarmoqqa kiradigan stansiyalar guruhiga signallar vaqtini, chastotasi va amplitudasini korreksiyalash uchun yuboriladigan jadval. " Kortej|"Kortej bu ko‘plik nazariyasining atamasi. U bitta yoki bir nechta atributlarning yig‘imiga tegishli. " Korxona arxitekturasi|"Korxona tuzilmaviy aloqalari va jarayonlarini tavsiflash usullari to‘plami. Bu to‘plamdan axborot texnologiyalari sohasida asosan, axborot tizimlarini rejalashtirishda va ularning samaradorligini baholashda foydalaniladi. " Korxona axborot resurslarini boshqarish|"Korxonada hujjat aylanishini tartibga solishda va tez-tez uchrab turadigan har xil protseduralarni (masalan, ishchilarning kelib-ketish vaqtini nazorat qilishni) avtomatlashtirishda yordam beruvchi dasturiy ta’minot. " Korxona resurslarini rejalashtirish|"Faoliyatning barcha sohalari uchun jarayonlar va ma’lumotlarning umumiy modelini ta’minlaydigan, ixtisoslashtirilgan integratsiyalashgan amaliy dasturiy ta’minot paketi vositasida korxona resurslarini uzluksiz balanslash va optimallashga qaratilgan, ishlab chiqarish va operatsiyalarni, mehnat resurslarini boshqarishni, moliyaviy menejment va aktivlarni boshqarishni integratsiyalashning tashkiliy strategiyasi. " Korxona resurslarini rejalashtirish tizimi|"Korxonaning ishlab chiqarish va moliyaviy resurslarini hisob-kitob va nazorat qilish, rejalashtirish hamda boshqarish vazifalarini kelishilgan holda bajarishni taʼminlashga qaratilgan axborot tizimi. ERP tizimlarida taʼminlash va savdo vazifalarini bajarish odatda hisoblash vazifalaridan iborat. Bunda yetkazuvchi va isteʼmolchilar resurslarini rejalashtirish tizimlari bilan ularga o‘xshash tizimlar o‘rtasida bevosita o‘zaro ishlash mexa-nizmi mavjud bo‘lmaydi. " Kosmik nurlanish|"Manbai kosmik obyektlar boʻlgan nurlanish. " Kosmik radionurlanish|"Radioto‘lqinlar diapazonida turli samo jismlari nurlantiradigan elektromagnit to‘lqinlar. Radionurlanishning eng kuchli manbai bo‘lib, Yerga yaqinligi tufayli, Quyosh hisoblanadi. " Kosmik stansiya antennasining kuchaytirish konturi|"Yer sirti kartasida tasvirlangan, kosmik stansiyaning uzatuvchi yoki qabul qiluvchi antennalarini bir xil kuchaytiradigan berk konturlar. " (Kosmik stansiyaning) kontur nuri|"Yer sirti bilan kesishganda, shu kosmik stansiyaning qoplash zonasini takrorlaydigan, bir xil quvvat oqimi zichligiga mos keladigan liniyalar hosil qiladigan nur. " (Kosmik stansiyaning) nur maydoni|"Kosmik stansiya uzatuvchi antennasi nurining Yer yuzasi kesishish konturi bilan asosiy yo‘nalishdagi nurlanishning yarim quvvati darajasida chegaralangan Yer sirti qismi. " (Kosmik stansiyaning) xalaqit zonasi|"Yer yuzasining istalgan nuqtasida kosmik stansiyadan keladigan xalal beruvchi signal quvvatining oqim zichligi talab etiladigan sathga teng yoki undan katta bo‘ladigan qismi. " Kosmik televideniye|"Televizion texnikadan kosmosda foydalanish. " Kosmik xalaqit|"Manbai Quyosh, yulduzlar va galaktikalarning nurlanishi bo‘lgan tabiiy xalaqit. " Kosmik zond|"Kosmosda kuzatuvlar yoki o‘lchashlar olib borish uchun mo‘ljallangan kosmik kema. " Kosmos-Yer liniyasi (liniya pastga)|"Uzatuvchi kosmik stansiya va qabul qiluvchi yer stansiyasi o‘rtasidagi radioliniya. Izohlar 1. Bu atama, shuningdek, Yer usti aloqasida uzatuvchi tayanch stansiya va qabul qiluvchi ko‘chma stansiya o‘rtasida aloqa liniyasini belgilashda ishlatiladi. 2. ↓ belgisi liniya pastga bilan bog‘liq kattaliklarni harfli belgilashlarda quyi indeks sifatida ishlatiladi. " Kosmos shovqinlari|"Qabul qiluvchi antennadagi Quyosh, yulduzlar, sayyoralar, yulduzlararo muhit va b.q.larning radionurlanishi bilan shartlangan elektr fluktuatsiyalar. " Kotelnikov chastotasi, Naykvist chastotasi|"Diskretlashning, dastlabki signalni buzilishlarsiz tiklash nazariy jihatdan mumkin bo‘lgan, minimal chastotasi. Izoh – Spektri nol chastotadan boshlanadigan va maksimal chastota bilan cheklangan signal uchun Naykvist chastotasi ikkilangan maksimal chastotaga teng. " Kotib xizmati|"Abonentga barcha kiruvchi chaqiruvlarni qayta ishlash uchun boshqa telefon (kotib telefoni) tayinlash imkonini beradigan xizmat, ya’ni barcha kiruvchi chaqiruvlar avval kotib telefoniga yuboriladi va faqat kotib ushbu xizmat abonentini bevosita chaqirishi mumkin bo‘ladi. " Kraker|"Amaliy dasturiy ta’minot sohasida ixtisoslashgan xakerlarning bir turi. Krakerlarning faoliyati odatda, g‘arazli maqsadlarga yo‘naltirilgan va «begona» axborotdan, jumladan, konfidensial axborotdan ruxsat etilmagan tarzda foydalanish bilan bog‘liq. " Kredit kartochka|"Bank tizimlarida keng tarqalgan magnit kartochka. Bankomatlarda, savdo va xizmat ko‘rsatish tashkilotlarining kassa apparatlarida kartochkaning egasini aniqlash uchun ishlatiladi. Har qaysi bunday kartochka o‘zining «shaxsiy identifikatsiya tartib raqami» (PIN) ga ega bo‘lib, u uning egasiga biriktiriladi. " Kredit kartochkalar avtomatik xizmati|"Maxsus jihozlangan telefon apparatiga kredit kartochkani kiritish yo‘li bilan yoki kartochkaning raqamini terish orqali so‘zlashuv uchun to‘lov amalga oshiriladigan xizmat. So‘zlashuv uchun hisob bunday kredit kartochkaning egasiga yuboriladi. " Kredit muassasa|"Faoliyati, cheklanmagan doiradagi shaxslardan depozitlar yoki boshqa, qaytarilishi zarur pul mablag‘larini qabul qilish va o‘z hisobidan kreditlar taqdim etishdan iborat bo‘lgan korxona. " Kreker|"Xakerning Internetda qabul qilingan nomlanishi. Tarmoqda haqorat so‘zi hisoblanmaydigan «xaker» so‘zidan farqli, aynan qo‘poruvchi (sindiruvchi – «yomon odam»). " Kreking|"Kompyuter tizimiga yoki tarmoqqa suqulib kirish harakati. " Kremniyli kompilyator|"Mikrosxemalar topologiyasini avtomatlashtirilgan tarzda loyihalash uchun mo‘ljallangan kompilyator-dastur. " Kriptoalgoritm|"Algoritm, uning yordamida dastlabki xabar (ochiq matn)ni belgilarning shifrlangan ketma-ketligiga mantiqiy qayta o‘zgartirish amalga oshiriladi. " Kriptobardoshli gamma|"Ma’lum qismi bo‘yicha uning boshqa qismlarini aniq-lash va uni ishlab chiqish algoritmini to‘liq tiklash mumkin bo‘lmagan gamma. " Kriptobardoshli xabar|"Kriptografik kalitni bilmasdan turib, deshifrovka qilish mumkin bo‘lmagan xabar. " Kriptografik algoritm|"1. Axborotni buzib ko‘rsatish imkoniyatining oldini olish va ruxsatsiz foydalanishdan muhofaza qilish maqsadida axborot (ma’lumotlar)ni o‘zgartirishning matematik algoritmi. 2. O‘z ishida, odatda, ochiq matbuotda e’lon qilinadigan maxfiy va ochiq parametrlar to‘plamidan foydalanadigan ma’lumotlarni o‘zgartirish algoritmi. 3. Kriptografik funksiyalardan birini hisoblashni amalga oshirish algoritmi. " Kriptografik bardoshlilik|"1. Shifrning, kalitni bilmasdan turib axborotni rasshifrovka qilishga bardoshliligini belgilovchi xarakteristikasi. 2. Kriptografik tizimning, jinoyatkorning kalitni, ochiq xabarni olish yoki yolg‘on xabarni kiritish maqsadida qiladigan hujumlariga qarshi tura olish qobiliyatini tavsiflovchi xossasi. 3. Kriptografik algoritmning kriptotahlilga bardoshliligi. " Kriptografik blok|"Berilgan kriptoalgoritm uchun qat’iy o‘lchamdagi ma’lumotlar to‘plami bo‘lib, ular kriptoalgoritm ishining bir siklida qayta ishlanadi. " Kriptografik ilashish|"Kriptografik algoritmdan foydalanish rejimi, bunda o‘zgartirish oldingi kirish yoki chiqish ma’lumotlari qiymatlariga bog‘liq bo‘lgan algoritm tomonidan amalga oshiriladi. " Kriptografik kalit|"Kriptografik algoritmning parametrlari to‘plamining muayyan maxfiy qiymatlari bo‘lib, bu algoritm uchun mumkin bo‘lgan o‘zgartirishlar majmuidan bittasi tanlanishini ta’minlaydi. Kriptografik kalit shifrlash va shifrni ochish (deshifrlash) protseduralarini boshqaradi. " Kriptografik muhofaza qilish|"1. Axborot jarayonlarini ma’lumotlarni kriptografik o‘zgartirishlarga asoslangan, normal kechish sharoitlaridan og‘dirishga mo‘ljallangan urinishlardan muhofaza qilish. 2. Axborotni undan ruxsat etilmagan tarzda foydalanish va kriptografik o‘zgartirishlar algoritmlari yordamida o‘zgartirishdan muhofaza qilish. Izoh – Masofadan bank xizmatini ko‘rsatish tizimlarida kriptografik muhofaza qilish uchun elektron raqamli imzodan va uzatiladigan axborotni shifrlashdan foydalaniladi. " Kriptografik nazorat kattaligi|"Ma’lumotlar blokini kriptografik o‘zgartirish natijasida olinadigan axborot. " Kriptografik nazorat qiymati|"Ma’lumotlar blokini kriptografik qayta o‘zgartirishda aniqlanadigan va uzatiladigan axborotning yaxlitligini nazorat qilish uchun mo‘ljallangan axborot. " Kriptografik protokol|"1. Algoritm, uning vositasida ikki yoki undan ortiq tomon qandaydir axborotni almashinadi va almashinadigan axborotning xavfsizligi kafolatlanadi. Bunday algoritm kriptografik o‘zgartirishlardan foydalanadi va odatda, ochiq kalitli kriptografiyaga asoslanadi. 2. Kriptoalgoritmdan va shifrlash kalitlaridan foydalanishni belgilaydigan qoidalar va protseduralar to‘plami. 3. Kriptografik algoritmlardan foydalangan holda, ikki va undan ko‘p tomonning o‘zaro ishlashini ko‘zda tutuvchi protokol. " Kriptografik tahlil|"1. Shifrni yoki har qanday boshqa shakldagi kriptografiya obyektining sirini ochish san’ati va ilmi. 2. Kalitni bilmasdan turib shifrlangan matndan dastlabki matnni olish yoki dastlabki matn va shifrlangan matn bo‘yicha kalitni hisoblab chiqarish jarayoni. " Kriptografik tekshiruv|"Kriptografik o‘zgartirish yordamida axborot olish jarayoni. " Kriptografik tizim|"1. Ochiq matnni shifrmatnga va aksincha o‘zgartiradigan qayta o‘zgartirishlarning kalit yordamida tanlab olinadigan turkumi. 2. Axborotning kriptografik qayta o‘zgartirilishini va kalitlarni taqsimlash jarayoni boshqarilishini ta’minlovchi texnik va/yoki dasturiy vositalar, tashkiliy usullarning majmui. " Kriptografik uskuna|"Kriptografik algoritmlarni amalga oshiruvchi, shifrlash, rasshifrovka qilish, shifr kalitlarni tayyorlash, ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishdan muhofaza qilish va axborotni uzatish, qayta ishlash va saqlashda muhofaza qilish uchun mo‘ljallangan apparat, dasturiy-apparat, dasturiy kompleks va vositalar. " Kriptografik vositalar|"1. Axborotni kriptografik o‘zgartirishlardan foydalaniladigan, axborot xavfsizligini ta’minlashning usullsri hamda vositalari. 2. Kriptografik tizim funksiyalarini bajarish uchun mo‘ljallangan hujjatlar, mexanik, elektromexanik, elektron texnik qurilmalar yoki dasturlar ko‘rinishidagi vositalar. " Kriptografik o‘zgartirishlar|"Ma’lumotlarni shifrlash va deshifrlash operatsiyalarining majmui, shuningdek, shifr almashganda ma’lumotlarni qayta shifrlash. " Kriptografiya|"1. Ma’lumotlarning semantik mazmunini yashirish, ulardan ruxsat etilmagan tarzda foydalanish yoki ularning aniqlab bo‘lmaydigan o‘zgartirilishini oldini olish maqsadida, ma’lumotlarni o‘zgartirish prinsiplari, vositalari va usullarini, qamrab oluvchi fan. 2. Ma’lumotlarni telekommunikatsiyalar kanallari orqali uzatishda yoki saqlashda, ularning maxfiyligi va/yoki haqiqiyligini ta’minlash usullari to‘g‘risidagi fan. 3. Axborotni tushunarsiz ko‘rinishga keltirish prinsiplari, vositalari va usullari, shuningdek, uni qabul qilish uchun yaroqli ko‘rinishga qayta tiklash. " Kriptografiya uchun API|"Kriptografiya va elektron imzo bilan ishlash uchun mo‘ljallangan dasturiy interfeys. Xabarlarni kodlash/dekodlash bibliotekalarini o‘zida saqlaydi. " Kriptologiya|"Axborotni xavfsiz saqlash va aloqa kanallari bo‘ylab uzatish tizimini yaratish hamda tahlil qilish to‘g‘risidagi fan. Kriptologiya ikki qismga – kriptografiya va kriptotahlilga bo‘linadi. " Kriptotahlil|"1. Ta’sirchan axborotni, jumladan, ochiq matnni olish maqsadida, kriptografik tizimni va/yoki uning kirishlari hamda chiqishlarini tahlil qilish. 2. Ma’lumotlarni ochish va/yoki qalbakilashtirish usullari to‘g‘risidagi fan. 3. Yashirin o‘zgaruvchan yoki haqiqiy ma’lumotlarni, jumladan, dastlabki matnni ajratish maqsadida xabarlarni muhofaza qilish tizimini o‘rganish va/yoki uning kirish va chiqish xabarlarini tekshirish. " Kriptotizim|"1 Shifrlash yoki deshifrlashni ta’minlashda foydalaniladigan hujjatlar, qurilmalar, uskunalar va usullar majmui. 2 Axborotning kriptografik o‘zgartirilishini va/yoki kriptografik kalitlarni tayyorlash va taqsimlash jarayoni boshqarilishini, jumladan, avtomatlashtirilgan tarzda, ta’minlovchi tashkiliy, texnik va dasturiy vositalar majmui. " Kriptotizimni buzish, ochish|"Kriptotizim bilan muhofaza qilingan axborot jarayonining uning normal (shtat) kechish sharoitlaridan og‘ishini keltirib chiqarish imkonini beradigan protsedurani yuzaga keltirish. " Kriptovalyuta|"1. Raqamli tranzaksiyalar reyestrini yuritish qoidalariga muvofiq, ushbu reyestr ishtirokchilari tomonidan raqamli tranzaksiyalarning taqsimlangan reyestrida yaratilgan va hisobga olingan raqamli moliyaviy aktiv turi. 2. Hisobga olinishi markazlashtirilmagan, raqamli hisoblash birliklari. Izohlar 1. Bunday tizimlarning ishlashi taqsimlangan kompyuter tarmog‘i yordamida yuz beradi. Bunda tranzaksiyalar to‘g‘risidagi axborot shifrlanmaydi, undan ochiq ko‘rinishda foydalanish mumkin. 2. Tranzaksiyalar bloklari zanjiri bazasining doimiyligini ta’minlash uchun, kriptografiya elementlari (ketma-ket xeshlash, ochiq kalitli tizim asosidagi raqamli imzo)dan foydalaniladi. " Kritik (maxfiy) bo‘lmagan axborot|"1. Ochilishdan muhofaza qilishga ehtiyoj bo‘lmagan axborot. 2. Davlat, xizmat, tijorat sirlarini yoki shaxsiy sirni ichiga olmaydigan, ochiq matbuotda e’lon qilinishi mumkin bo‘lgan axborot. " Kritik radionurlanish chastotasi|"Radionurlanishning eng katta chastotasi, bunda vertikal yo‘nalgan radioto‘lqin ionosferaning ionlashgan qatlamidan qaytadi. " Kritik refraksiya|"Ijobiy atmosfera refraksiyasi, bunda nurning egri radiusi yer sharining radiusiga teng, toʻlqini esa yer sirtiga parallel harakat qiladi. " Kritik seksiya|"Bir nechta jarayon bilan parallel bajarilishi mumkin bo‘lgan va barcha jarayon uchun ayrim umumiy resurslardan – masalan, global xotira sohasi yoki umumiy fayldan foydalana olishni amalga oshiradigan kod. " Kritik seksiyalar bo‘yicha jarayonlarni sinxronlash|"Jarayonlarni parallel bajarish rejimini ta’minlash, bunda, agar bitta jarayon o‘zining kritik seksiyasiga kirgan bo‘lsa, u tugamaguncha boshqa hech qaysi jarayon o‘zining kritik seksiyasiga bir vaqtda kira olmaydi. " Kritik soha|"Sinxronlash uchun, ajratiladigan resurslar va konstruksiyasini tasvirlashga asoslangan, umumiy resurs bilan ishlashda o‘zaro bartaraf qilishni ta’minlaydigan yuqori darajali konstruksiya. " Kritik chastota|"Eng kichik chastota, bunda uzatish liniyasida shunday turdagi toʻlqin tarqalishi mumkin boʻladi. " Kross|"Bog‘lanish kommutatsion shnurlar yoki tutashtirgichlar yordamida amalga oshiriladigan, oddiy turdagi kommutatsiyalanadigan qurilma. " Kross-brauzerlik|"Veb-saytning turli brauzerlarda bir xil, yaʼni tuzilishi buzilmasdan va materialning o‘qilishi darajasi o‘zgarmasdan aks ettirilishi va ishlay olish xususiyati. " Kross-dastur|"Ekstratarmoqlar foydalanuvchilari uchun ishlab chiqiladigan dastur. Bu amaliy dasturlar odatdagilardan shu bilan farq qiladiki, ular muayyan amaliy tizimlar bilan emas, balki operatsion tizimlar yig‘masi bilan ishlashi mumkin. Shu sababli, kross-dasturlarni ishlatganda, turli ishlab chiquvchilarga umumiy bo‘lgan standartlarni qo‘llash zarur. " Kross-modulyatsiya|"Boshqa xalaqit beradigan signal bilan modulyatsiyalash yoki foydali signal uzatiladigan eltuvchi chastota xalaqiti natijasida paydo boʻladigan intermodulyatsion buzilishlar. " Kross-qutblanish|"Elektromagnit to‘lqin tarqalish jarayonida kutilayotgan qutblanishga ortogonal bo‘lgan tashkil etuvchi qutblanishning paydo bo‘lishi. " Kross-qutblanish koeffitsiyenti|"Qabul qilish nuqtasidagi, kutilgan qutblanish bilan qabul qilingan quvvatning ortogonal qutblanish bilan qabul qilingan quvvatga nisbati. Izoh – Kross-qutblanish koeffitsiyenti antennalar xarakteristikalari kabi, tarqalish muhitiga ham bog‘liq. " Kross-qutblanish seleksiyasi|"Chiziqli qutblangan toʻlqin uchun XPD = 20 log (E1/E2) tarzida aniqlanadigan koʻrsatgich boʻlib, bunda E1 – mos tushuvchi (foydali) qutblanishga ega elektromagnit toʻlqinning tashkil etuvchisi, E2 – ortogonal (xalaqit beruvchi) qutblanishga ega toʻlqinning kross-qutblanishli tashkil etuvchisi. " Kross-qutblanishni ajratish|"Ushbu qutblanishdan uzatilgan radioto‘lqin uchun ortogonal qutblanish bilan qabul qilingan quvvatga kutilayotgan qutblanish bilan qabul qilingan quvvatning qabul qilish nuqtasidagi nisbati. Izoh – Kross-qutblanish koeffitsiyenti, antennaning xarakteristikasi kabi, tarqalish muhitiga ham bog‘liq. " Kross-tizim|"Dasturlar yaratish imkoniyati bo‘lmagan va tayyor dastur «tikiladigan» ixtisoslashtirilgan kompyuterlar uchun dasturlar ishlab chiqish imkonini beradigan dasturiy vosita (universal kompyuterdagi). " Krosslash|"Tarmoqning ikkita oxirgi (terminal) qurilmasi o‘rtasida o‘rnatiladigan vaqtinchalik bog‘lanish, odatda, kommutatsion shnurlar yordamida ta’minlanadi. " Krossli kommutatsiya|"Ma’lumotlarning bitta xabarini uzatish uchun zarur bo‘lgan ortiqroq vaqtda va ma’lumotlar xabarini takroran uzatishda o‘rnatilgan bog‘lanishni saqlaydigan ma’lumotlar uzatish kanallarining kommutatsiyasi. " Kross-platformali dasturiy ta’minot|"Bittadan ko‘p apparat platformada va/yoki operatsion tizimda ishlaydigan dasturiy ta’minot. Bir vaqtda Linux hamda Windows operatsion tizimlarida ishlash uchun mo‘ljallangan dasturiy ta’minot bunga tipik misol bo‘la oladi. " Kross-platformalilik|"Ishlanmani joriy qilish platformasi bilan mos tushmaydigan instrumental platformada olib borish mumkinligi. " Kruk kriptotizimi|"Xatolarni tuzatuvchi kodlarga asoslangan kriptotizim. Unda Mak Ellis kriptotizimining kamchiliklari bartaraf qilingan. " Kuki|"Foydalanuvchi brauzerini, veb-serverga tashrif buyurganda veb-server qo‘yib chiqadigan belgidan iborat maʼlumotlar (katta bo‘lmagan blok). Foydalanuvchi keyin tashrif buyurganda, server bu yerda uni avval bo‘lganini biladi. Shuni hisobga olib, masalan, o‘tgan gal ko‘rsatgan bannerni bu gal unga ko‘rsatmaydi. Takomillashgan tizimlarda, kuki (cookies) texnologiyasi yordamida tashrifchining qiziqishlarini o‘rganib, uning har tashrifida tegishli reklamani ko‘rsatish mumkin. Avvalgi iz, misol uchun loginlarni, onlayn do‘kon savati maʼlumotlarini va boshqalarni eslab qolishga qodir. " Kulrang darajasi|"Videosignalning qora daraja va oq daraja o‘rtasidagi oraliq darajasi. " Kulrang shkalasi|"Bir vaqtning o‘zida aks ettirilayotgan kulrang qatlamlar soni. " Kundalik|"Operatsion tizim yoki ilova tomonidan tizim hodisalarining qayd etilishi yoki protokoli yuritiladigan fayl. " Kursor|"Kompyuter tizimi monitoriga chiqariladigan va berilgan onda foydalanuvchi ishlaydigan joyni ko‘rsatadigan maxsus belgi. " Kursor o‘rnini tiklash|"Win32-Console-ANSI-1.00 modulining «sichqoncha» harakati uchun o‘tish ketma-ketliklarining biri, SCP (Save Cursor Position – kursor o‘rnini saqlovchi) yordamida saqlangan kursor o‘rnini koordinatalardan foydalangan holda qaytaradi. " Kursorni boshqarish klavishlari|"Klaviaturadagi, kursorning ekranda surilishini boshqarish uchun mo‘ljallangan klavishlar guruhi. " Kuryerlik jo‘natmalari|"Jo‘natilishi qisqa muddatlarda qo‘ldan qo‘lga yetkazib berilgan (topshirilgan) holda amalga oshiriladigan pochta varaqchalari, xatlar, banderollar, posilkalar, bosma nashrlar. " Kuryerlik xizmatlari|"Pochta aloqasi operatori yoki provayderining kuryerlik jo‘natmalarini jo‘natish va yetkazib berish (topshirish) bo‘yicha faoliyati. " Kutilayotgan|"Ba’zi voqealarning (masalan, kiritish-chiqarishni tugatish) sodir bo‘lishini kutayotgan jarayon holati. Jarayon kutish vaqtida protsessorni band qilmaydi. " Kutish holati|"1. Protsessor ishidagi, bitta yoki bir nechta komanda taktlari orasidagi pauza. Bu pauza mobaynida xotiradan yoki kiritish qurilmasidan ma’lumotlar kelishi kutiladi. 2. Vazifa yoki jarayonning keyinchalik bajarilishi kutiladigan holat. " Kutish rejimi|"Ko‘p vazifali operatsion tizimlarda – topshiriq bajarilishini qandaydir voqea yuz bergungacha yoki belgilangan vaqt intervaliga to‘xtatib turish. " Kutish sikli|"Qandaydir tashqi shart bajarilgunga qadar yoki voqeagacha, masalan, foydalanuvchining harakatigacha bajariladigan dasturiy sikl. " Kutish vaqti (javobni)|"1. Radiostansiyadan so‘rov uzatilishi va aloqa seansi boshlangan onlar o‘rtasidagi vaqt intervali. Foydalana olish vaqti aloqani tashkil etish sxemasi va ishlatiladigan protokollarga bog‘liq bo‘ladi. 2. Mobil stansiya o‘z so‘roviga javob xabarni kutadigan vaqt intervali. " Kuydirish|"Kompakt diskka yozish. " Kuzatish|"1. Yangiliklar turkumini, ularning muhokamasida ishtirok etmasdan, o‘qish. 2. O‘rganilayotgan obyekt o‘zgarishlarini maqsadli yo‘naltirilgan va tashkiliy idrok qilish va qayd qilishdan iborat tadqiqiot usuli. " Kuzatish moslamasi|"Operatorga sahnani kamera «kuzatganidek» ko‘rish imkonini beradigan uzatuvchi televizion kameraning tarkibiga kiradigan yordamchi optik yoki elektron qurilma. " Kuzatmoq, taqqoslamoq|"Eng kam talabchanlik bilan ikkita mantiqiy obуekt o‘rtasidagi muvofiqlikning norasmiy tahlilini bajarish. " Kuzatuvchi|"1. Yashirin ko‘rib chiqish bilan shug‘ullanuvchi odam. 2. Elektron e’lonlar taxtasidagi xatlarni o‘quvchi, lekin ularning muhokamasida ishtirok etmaydigan va u yerga o‘zining xatlarini yubormaydigan shaxs. " Kuzatuvchi dastur|"Real vaqt rejimida muntazam ravishda obyekt (obyektlar) holatini kuzatib boradigan dastur yoki operatsion tizim xizmati. " Kuzatuvchi jurnali|"Foydalanuvchi kirgan sayt sahifalarining sanasi, kirgan domeni bo‘yicha tartiblangan ro‘yxati. Bu foydalanuvchini Internetda ishlashini osonlashtirish uchun xizmat qiladi. " Kuchayishni avtomatik rostlash|"Qabul qilgichning bitta yoki bir nechta kaskadini qamrab oladigan teskari bog‘lanish zanjiri yordamida qabul qilinadigan signal darajasini avtomatik o‘zgartirish jarayoni. " Kuchaytirgichli antenna|"Kam shovqinli kuchaytirgich o‘rnatilgan antenna. " Kuchaytirish|"Paketga bitta yoki bir nechta talabni qo‘shish. " Kuchli autentifikatsiya|"Foydalanuvchining identifikatori va parolini tekshirish jarayonidan tashqari barcha autentifikatsiya qilinadigan axborotni kriptografik o‘zgartirishdan foydalananiladigan autentifikasiya. " Kuchli bog‘langan tizim|"Ko‘p mashinali hisoblash tizimidan yoki bir xil yoki turli qurilmalardan iborat bo‘lgan tarmoqdan farqli ravishda, umumiy tezkor xotira maydoniga ega ko‘p protsessorli hisoblash tizimi yoki klaster. " Kuchli tinishlar|"Signalning anchagina susayishi bilan davom etadigan chuqur tinishlar, bunda ishonchli signallarning barqaror qabul qilinishi qiyinlashadi. " Kuchsiz autentifikatsiya|"Autentifikatsiya qilish jarayonini amalga oshiruvchi foydalanuvchining faqat identifikatori va parolini tekshirish. " Kvadratura-amplitudaviy modulyatsiya|"Faza bo‘yicha siljitilgan ikkita eltuvchidan foydalaniladigan radiochastotali signalni raqamli signal bilan modulyatsiyalash usuli. Amlituda va fazaning realizatsiya qilinadigan diskret qiymatlari soni ushbu modulyatsiya turning belgilanishida ko‘rsatiladi, masalan, 16-QAM yoki 64-QAM. " Kvadratura-fazaviy manipulyatsiya|"Bir-biriga nisbatan 90° ga surilgan ikkita eltuvchining ikkita fazaviy holati (0 va 180°) dan foydalanadigan modulyatsiyalash turi. " Kvadratura-ko‘zguli filtr|"M-seksiyali raqamli polosa filtri. Berilgan polosalar chastotasini har bir qismidagi signalni bir vaqtda pasayuvchi diskretizatsiylash bilan teng 2m qismga bo‘ladi. " Kvadratguraviy o‘zaro kesishuvchi buzilishlar|"Rangli televideniye tizimlarida rangli tashkil etuvchilar quyi eltuvchining kvadratura amplitudaviy modulyatsiyasida uzatiladigan, kvadraturaviy buzilishlar bilan asoslagan ranglilik signalining ikkita tashkil etuvchilari o‘rtasidagi kesishuvchi xalaqit tufayli sodir bo‘ladigan buzilishlar. " Kvant|"Diskret fizik kattalik, masalan, signal o‘zgarishi mumkin bo‘lgan eng kam kattalik. " Kvant axborot nazariyasi|"Kvant axborotining vujudga kelishi, uni qayta ishlash, uzatish va saqlash jarayonlarini ifodalovchi futuristik nazariya. Bu axborot ustidagi operatsiyalar bitlar sifatida elementar zarrachalar holatini ishlatish yo‘li bilan amalga oshiriladi. " Kvant kompyuter|"Kvant fizikasiga asoslangan, determinatsiyalanmagan algoritmlarni amalga oshira oladigan hisoblash qurilmasi. " Kvant kriptografiyasi|"Kvant fizikasi prinsiplaridan foydalanishga asoslangan kriptografik mexanizm. Xabarlarni uzatish uchun fotonlardan foydalaniladi, bu kriptoanalitik tomonidan axborotni o‘zgartirish yoki uni uzatish jarayonini buzish mumkin bo‘lmasligini kafolatlaydi. Hozirgi vaqtda kvant kriptografiyasi qo‘llanilmaydi; faqat eksperiment sifatida ishlatiladi. " Kvantlagich|"Analog signalni raqamli signalga aylantirish uchun mo‘ljallangan qurilma. Izoh − Kvantlagich, signalni vaqtning diskret momentlarida, kattaligi jihatidan eng yaqin bo‘lgan raqamli qiymatlar orqali approksimatsiyalaydi va keyinchalik bu qiymatlarni xotirada saqlab qoladi. Ko‘proq, bir tekis simmetrik amplitudaviy xarakteristikaga ega bo‘lgan kvantlagichlar ishlatiladi. " Kvantlangan sanoq|"Analog signalning diskret vaqt onida olingan va qatʼiy kattalikkacha yaxlitlangan qiymati. " Kvantlash|"Fizik kattalikni qiymatlarning muayyan to‘plamigacha cheklash jarayoni. " Kvantlash darajasi|"Sanoqlar «bog‘lanadigan» qayd etilgan darajalar. " Kvantlash xatosi|"Chiqish (kvantlangan) va kirish (analog) signallari shakllarining muvofiq kelmasligi keltirib chiqaradigan xato. Kvantlash qadami kattaligiga va diskretlash chastotasiga bog‘liq. " Kvantlash shovqini|"Kvantlash jarayonida yuzaga keladigan hamda additiv tarzda tiklangan foydali signal bilan qo‘shiladigan qo‘shimcha shovqin signal. Bu xil buzilishlarni bartaraf etib bo‘lmaydi, lekin uning kattaligini kvantlash darajalari sonini oshirish yoki kvantlash qadamini kichiklashtirish yo‘li bilan kamaytirish mumkin. Kvantlashda tasodifiy shovqindan tashqari, o‘ta yuklanishdagi shovqin, parchalash shovqini kabi signalning qator spetsifik buzilishlari, shuningdek, kvazidoimiy darajali signallarni uzatishda vujudga keladigan buzilishlar paydo bo‘ladi. " Kvantlashning buzilishi|"Chiquvchi signalni kvantlash jarayoni natijasida signalning buzilishi. Izohlar 1. «Kvantlashning buzilishi», «kvantlash shovqini» atamalaridan foydalanish, odatda, kvantlash ishchi diapazoni doirasidagi hodisalar bilan cheklangan. 2. «Kvantlash shovqini» atamasi, buzilish odatda, axborotni eltuvchi signal ustidagi tasodifiy signal ko‘rinishida kuzatilishi tufayli, qo‘llaniladi. " Kvazi-stereoskopik televideniye|"Har bir ko‘zga monoskopik tasvirdan hosil qilingan alohida tasvirlar taqdim etilgan uch o‘lchamli televideniye. Izoh – Kvazi-stereoskopik televizion tasvir sun’iy parallaksni kiritish yo‘li bilan, masalan, alohida tasvirlarni nisbiy siljitish yo‘li bilan olinishi mumkin. " Kvintet|"Beshta komponent − RAND, XRES, CK, IK va AUTN dan tashkil topgan, UMTS dagi autentifikatsion vektor. Kvota ing. - quota Ajratilgan resurs limiti. " Kvota chegarasi|"Kvotaning maksimal hajmi, kvotaning tugash nuqtasi. Kyubit, kubit rus. - кьюбит, кубит ing. - qubit Kvant hisoblash texnikasida axborotning eng kichik bo‘lagi. " «Ko‘k ekran»|"Obyekt yorqinlik maydoni fonida olinadigan usul. So‘ngra, fotografik yoki elektron usul yordamida ko‘k rang fon tasvirga almashtiriladi («chroma-key» effekti). Buning natijasida boshlang‘ich obyekt shu fonda tasvirga olingan, degan tasavvur paydo bo‘ladi. " Ko‘lamlilik|"Tizim yoki uning alohida qismlarining, tizimning o‘zining alohida parametrlari kamayishiga yoki oshishiga moslasha olish imkoniyatini tavsiflaydigan xossasi. Masalan, Windows 95 operatsion tizim turli o‘lchamdagi displeylardan foydalanilganda bir xil tashqi ko‘rinishni ta’minlaydigan keng ko‘lamlanadigan foydalanuvchi interfeysiga ega. " Ko‘ndalang nurlanishli antenna panjarasi|"Markazlari bitta o‘qqa joylashtiriladigan, sinfazali nurlantiruvchi elementlarning jamidan tashkil topgan antenna panjarasining turi. " Ko‘p darajali kriptografiya|"Simmetrik kriptotizimlar uchun kriptografik kalitlarni tuzishning maxsus usulidan iborat mexanizm. Ushbu mexanizmni amalga oshiruvchi kriptotizim, keyingi kalitlarning barchasini tanlash ma’lum qonunga bo‘ysunishi kerak bo‘lgan vaqtda birinchi kriptografik kalit ixtiyoriy tanlanishi mumkin bo‘lgan tarzda, tuzilgan. " Ko‘p darajali qurilma|"Kompyuter xavfsizligining buzilish riski bo‘lmagan holda, ikki yoki undan ko‘p xavfsizlik darajasidagi ma’lumotlarni bir vaqtning o‘zida qayta ishlay olishi mumkin bo‘lgan funksional blok. " Ko‘p darajali xavfsizlik|"Kritiklik darajasi turlicha bo‘lgan axborotni o‘z ichiga olgan tizimlar toifasi. " Ko‘p dasturli rejim|"Kompyuter yoki hisoblash majmui tomonidan bir paytning o‘zida bir necha vazifani yechish. Uning turlaridan biri taqsimlangan vaqt rejimi, boshqasi – vazifaning paketli yechilishi, yaʼni hisoblash qurilmalarini to‘la yuklash maqsadida vazifalarning tanlab guruhlarga birlashtirilishi. " Ko‘p faktorli autentifikatsiya|"Foydalanuvchini bir nechta mustaqil faktor (biometrik ma’lumotlar, u biladigan hamda u ega bo‘lganlar) asosida autentifikatsiya qilish. Izoh – Ko‘p faktorli autentifikatsiya tashkilotga autentifikatsiya qilishning turli usullaridan (bir martalik parollar, sertifikatlar, kontekst va boshqalar) foydalanish asosida foydalana olishning barqaror tizimini amalga oshirish imkonini beradigan moslashuvchan yondashuvni o‘zida ifodalaydi. " Ko‘p foydalanuvchili muhit|"Telekonferensiya turlaridan biri. Virtual voqeiylikni yaratuvchi kompyuter dasturi, unda foydalanuvchi turli holatlarni amalda qo‘llashi mumkin. " Ko‘p foydalanuvchili tizim|"Bir vaqtda bir nechta foydalanuvchi ishlay olishi mumkin bo‘lgan kompyuter tizimi. " Ko‘p funksiyali printer|"Faks, skaner va nusxa ko‘chirish apparati rejimlarida ishlaydigan printer. " Ko‘p funksiyali qurilma|"Bir necha vazifani bajaruvchi qurilma. Har biri printer, skaner, faks apparati, nusxa olish apparati bo‘lgan qurilmalar ayniqsa keng tarqalgan. " Ko‘p kanalli kuchaytirgich (jamoaviy qabul qiluvchi antenna uchun)|"Bitta radioeshittirish diapazonida joylashgan tovush va tasvirning bir nechta radioeshittirish kanallarida ishlash uchun loyihalashtirilgan kuchaytirgich. " Ko‘p karrali tasvirlar (to‘liq tasvir signali)|"Ko‘p martali tasvirlar apparaturada signallarning ko‘p nurli uzatilishi yoki qaytarilishi oqibatida vaqt bo‘yicha asosiy tasvirdan siljigan tasvirlarni o’zida ifodalaydi. " Koʻp kirishli antenna panjarasi|"Koʻp kirishli antenna panjarasiga ega boʻlgan va bir nechta korrespondentlar bilan aloqaning turli chastota kanallari orqali signallarni bir vaqtda mustaqil uzatishni va/yoki qabul qilishni ta’minlaydigan antenna-fider qurilmasi. " Koʻp kirishli antenna panjarasining kirishi boʻyicha berilgan yoʻnalishdagi kuchaytirish koeffitsiyenti|"Ideal moslashgan yarimto‘lqinli vibrator kirishidagi quvvat qiymatining ko‘pkirishli antenna panjarasining ushbu kirishiga keltirilgan yo‘qotishlarsiz quvvat qiymatiga nisbati, bunda ikkala antenna ham berilgan yo‘nalishda bir xil masofada maydon kuchlanganligining teng qiymatlarini yoki quvvat oqimi zichligining xuddi shunday qiymatlarini hosil qilishi va panjaraning qolgan kirishlari moslashgan yuklamalarga ulanishi kerak. " Ko‘p konturlilik|"Asosiy tasvirga nisbatan aralash bo‘lgan pozitiv yoki negativ qo‘shimcha tasvirlar ketma-ketligi. " Ko‘p kristalli integral sxema|"Bitta korpusda joylashgan va o‘zaro bog‘langan kristallar guruhidan iborat integral sxema. Kristallar bitta taglikda joylashgan bo‘lib ko‘p qatlamli yupqa tasmali bog‘lovchi chiziqlar yordamida o‘zaro ishlaydi. Albatta, ishlatiladigan kristallar korpussizdir. Ko‘p kristalli modullarda o‘zaro bog‘lanishlar uzunligi bosma plataga qaraganda ancha kichkina bo‘lishi sababli, modullar ishlaydigan tezliklar gigagers chastotalarga yetib borgan. Ko‘p kristalli modular avvalo katta kompyuterlarda qo‘llanilgan. Endilikda esa ular shaxsiy kompyuterlarda ishlatiladi. Bu maʼlumotlarni qayta ishlash tezligini oshirish imkonini beradi. " Ko‘p kristalli modul|"Analog va raqamli komponentlarni ichiga oladigan mikrosxema. " Ko‘p liniyali ulanish|"Oxirgi abonent uskunasini bir qancha alohida kirish liniyalari orqali ATSga ulash. O‘xshash tarzda, ishchi stansiyani tarmoq adapterlari yordamida lokal tarmoqning bir nechta bog‘lamasiga ulash amalga oshiriladi. " Ko‘p manzilli tarqatish|"Xabarlarni bitta emas, bir nechta foydalanuvchiga jo‘natish. Natijada xabarni bir vaqtning o‘zida oluvchi maydonida sanab o‘tilgan bir nechta foydalanuvchilar oladi. " Ko‘p manzilli xabar|"Bittadan ko‘p manzilga yuborish uchun mo‘ljallangan xabar. " Ko‘p mashinali hisoblash tizimi|"Bir nechta birlashtirilgan kompyuterdan iborat va yagona hisoblash tizimi sifatida ishlaydigan hisoblash kompleksi. " Ko‘p modali optik tola|"Yorug‘lik ko‘plab yo‘l (modda) bo‘ylab o‘tadigan optik to‘lqin o‘tkazgich. Tola gradiyentli yoki bosqichli sinish ko‘rsatgichiga ega bo‘lishi mumkin. " Ko‘p nuqtali bog‘lanish|"Tarmoq uskunasining aynan bitta komplekti yordamida, uchta yoki undan ortiq stansiyani bog‘lash. " Ko‘p nuqtali; ko‘p punktli|"Uchta va undan ortiq qurilma yoki stansiya o‘rtasida, kommutatsiya vositalarini qo‘llamasdan turib, umumiy resurslardan foydalangan holda bog‘lanish o‘rnatish imkoniyati. " Ko‘p nuqtali liniya|"Bitta yoki bir nechta oraliq stansiyadan foydalangan holda, ikkita yoki undan ko‘p aloqa punktini bog‘laydigan ma’lumotlarni uzatish liniyasi. " Ko‘p nurli|"Ultraqisqa to‘lqinlar diapazonidagi qabulda qabul qilgich va uzatgich o‘rtasida signalning ikki va undan ko‘p tarqalish yo‘li. Bu hodisa radiosignallarning to‘siqlardan qaytishi natijasida kelib chiqadi. " Koʻp nurli antenna|"1. Har biri ma’lum geografik hududga xizmat qilish uchun yoʻnaltirilgan kơplab nurlarning shakllanishini ta’minlaydigan antenna. 2. Bir nechta mustaqil kirishlari bo‘lgan antenna, (ularning har biriga o‘zining nuri (parsial yo‘nalganlik diagrammasi) mos keladi). " Koʻp nurli antenna panjarasi|"Bir nechta nurlarni (ularning soni uning kirish va/yoki chiqish soniga teng) shakllantiradigan antenna panjarasi. " Koʻp nurli signal|"Uzatgichdan qabul qilish nuqtasiga turli yoʻllar (nurlar) orqali keladigan, amplitudasi, boshlangʻich fazalari hamda Doppler chastota siljishi turlicha boʻlgan signallarning vaqt boʻyicha siljigan bir nechta nusxalarini oʻzida ifodalaydigan signal. " Koʻp nurli tarqalish|"1. Bitta radiosignalning tarqalishning bir nechta alohida trassalari bo‘ylab uzatish nuqtasi va qabul qilish nuqtasi o‘rtasida tarqalishi. 2. Radiotoʻlqinlarning uzatgichdan qabul qilgich tomon bir vaqtda, bir qancha trayektoriya boʻylab turli yer usti obyektlari (togʻlar, baland imoratlar va shunga oʻxshashlar) dan qaytishi oqibatida tarqalishi. " Ko‘p nurli tarqalishdagi tinishlar|"Mobil aloqa kanallarida ko‘p nurli signal qo‘shni nurlarining parazit ta’siri evaziga paydo bo‘ladigan tinishlar turi. " Koʻp nurli yoyish|"Noaniq yoyish usuli, bunda uzatgich bitta signal tarqatadi, qabul qilish nuqtasiga esa, radiotoʻlqinlarning koʻp nurli tarqalishi oqibatida bu signalning bir qancha nusxasi bir vaqtda keladi. " Ko‘p nurlilik|"Aynan bir signalning turli yo‘l (trayektoriya)lar bo‘ylab tarqalishi bilan bog‘liq va qabul qilish nuqtasida interferensiyani yuzaga keltiruvchi hodisa. Izoh − Ushbu atama ko‘pincha «ko‘p nurli» tarzida qo‘llaniladi va radioto‘lqinlarning tarqalishi ko‘p nurlilik tabiatiga ega ekanligini ko‘rsatadi. " Ko‘p oqimlilik|"Protsessorning bir vaqtda bir nechta vazifani parallel bajara olish imkoniyati. Bu rejimni qo‘llashdan maqsad – protsessorning operatsiyani, masalan xotiraga yozish jarayonini tugatish vaqtini kamaytirish. Bu vaqtda u boshqa oqimdagi komandani bajaradi. " Ko‘p pog‘onali himoya|"Konfidensiallikning turli darajasidagi obyektlardan foydalana olishning turli huquqlariga ega subyektlarning foydalanishini chegaralanishi ta’minlanadigan muhofaza. " Ko‘p protokolli inkapsulyatsiya|"Ma’lumotlarni MPEG-2 transport oqimida transport oqimi seksiyasiga joylashtirish yo‘li bilan uzatish usuli. " Ko‘p protokolli marshrutlash|"IP va IPX tarmoqlarida lokal tarmoqlarni o‘zaro birlashtirish yoki ularni global tarmoqlar bilan birlashtirish orqali tashkillashtiriladigan marshrutlash. " Ko‘p protsessorli tizim spetsifikatsiyasi|"Bir qancha turli protsessorlarning tezkor xotira qurilmasidan va kiritish-chiqarish kichik tizimlaridan birgalikda foydalanish mexanizmi. " Ko‘p radial tizim|"Abonent liniyalari bittadan ko‘p nuqtada boshlanadigan kabel taqsimlash tizimi. " Ko‘p sathli navbat|"Turli sinflarning jarayonlarini va alohida navbatdagi ustuvorliklarni (masalan, paketli va interaktiv) o‘z ichiga oladigan tizim navbatlarining majmui. " Ko‘p seksiyali rupor|"Koʻzguli antennalar uchun, bir uchi ochiq boʻlgan va toʻlqinoʻtkazgich traktiga boshqasi bilan ulangan bir nechta konstruktiv birlashtirilgan ruporli toʻlqinoʻtkazgichli seksiyalar kơrinishida bajarilgan klaster nurlagich. " Ko‘p slotli rejim|"1. Abonent stansiyasining, bitta axborot kanalini uzatish va qabul qilish uchun, radiokanaldagi uzatish kadrining bir nechta (8 tagacha) vaqt intervallaridan (slotlaridan) foydalaniladigan ish rejimi. 2. Ma’lumotlarni yuqori tezlikda uzatish usuli bo‘lib, bunda TDMA kadridagi ikki yoki undan ortiq vaqt intervali (sloti) birlashtirilishi va turli uzatish tezliklari bilan ishlaydigan abonentlar o‘rtasida qayta taqsimlanishi mumkin. " Ko‘p standartli televizor|"Eshittirish televideniyesining turli televizion standartlariga mos keladigan, ishchi rejimlari avtomatik ravishda yoki qo‘l bilan qayta ulanadigan televizor. " Ko‘p stansion foydalana olish|"Bitta kirish foydalana olish kanaliga ko‘p sonli stansiyalarning bir vaqtda murojaat etish imkoniyati. Izoh − Kanallarning abonentlarga biriktirilish usuliga ko‘ra, foydalana olishning uchta asosiy usuli farq qilinadi: tayinlab o‘rnatilgan (FA – Fixed Assigned), talabga ko‘ra (DA – Demand Assigned) va tasodifiy kira olish (RA – Random Access). Kengaytirilgan spektrli signallardan foydalanishga asoslangan foydalana olish usullari alohida kichik turkumga ajratilgan. " Ko‘p stansion kira olish qurilmasi|"Yulduzsimon topologiyaga ega, Token Ring tarmog‘ida konsentrator (xab) sifatida ishlaydigan qurilma. " Ko‘p tarmoqli kompyuter|"Turli fizik kompyuter tarmoqlariga ulangan bir nechta tarmoq adapterlari bo‘lgan kompyuter. " Ko‘p tarmoqli operatsion tizim|"Protsessor vaqtini vazifalar o‘rtasida emas, ularning alohida tarmoqlari o‘rtasida taqsimlaydigan tizim. " Ko‘p terminalli tizim|"Bir qancha terminal ulanadigan kompyuterni ichiga oladigan tizim; bu terminallar yaqinda ham bo‘lishi, ko‘plab kilometr uzoqlikda ham bo‘lishi mumkin. Tizim kompyuter tarmog‘iga o‘xshab ketadi, agar terminallar intellektual bo‘lsa. " Ko‘p tilli domen|"Milliy alifbo belgilaridan iborat bo‘lgan domen nomi. Masalan, Rossiya uchun yuqori pog‘onali milliy kirillik domeni rasmiy tasdiqlangan. " Ko‘p tolali kabel|"Har biri alohida axborot kanalini o‘zida ifodalovchi, ikkitadan ortiq tolani o‘z ichiga olgan optik-tolali kabel. " Ko‘p tomonlama kira olish|"Bir necha abonent (foydalanuvchi, dastur yoki qurilma)ning bitta resurs bilan o‘zaro ishlash jarayoni. Foydalanish amalga oshiriladigan resurslarga fayllar, xotira qurilmalari, printerlar, kanallar va h.k. kiradi. Foydalanishni boshqarish tanlangan foydalanish usuliga bog‘liq. " Ko‘p tomonlama uzatishlar|"Ikki yoki undan ortiq mamlakatga bir vaqtning o‘zida yo‘naltiriladigan bitta yoki bir nechta mamlakatdan, bitta yoki bir nechta chiquvchi punktdan uzatishlar. " Ko‘p tomonlama chaqiruv|"Konferensaloqa xizmatining atributi bo‘lib, abonentga ko‘p tomonlama bog‘lanish imkonini beradi. " Ko‘p uzelli liniya|"Bir nechta terminal, oraliq qurilma yoki dasturlashtiriladigan datchiklar bir vaqtda ulangan liniya. Axborot almashish ularni ketma-ket so‘rov yo‘li bilan tashkil qilinadi. " Ko‘p vazifali operatsion tizim|"Bir vaqtning o‘zida bir nechta vazifani bajara oladigan operatsion tizim. Birinchi ko‘p vazifali operatsion tizim – bu Unix operatsion tizimi. " Ko‘p vazifali rejim|"Bir vaqtda (yoki qisqa vaqt intervallari oralatib) ikki yoki undan ko‘p vazifa bajariladigan ish rejimi. " Ko‘p vazifalilik|"Bir vaqtning o‘zida bir nechta jarayon (vazifalar)ni ishga tushira oladigan operatsion tizimning xususiyati. " Ko‘p vibratorli antennalar|"Keskin yo‘naltirilgan nurlanish va qabulni ta’minlaydigan antennalar. " Ko‘p yadroli kompyuter|"Bitta kristallda joylashgan, ikkinchi darajali assotsiativ (kesh) xotirani ajratadigan va umumiy xotirada ishlaydigan bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan protsessorlar (yadrolar)ga asoslangan kompyuter tizimi. " Ko‘p yadroli protsessor|"Bir korpusda yoki bitta protsessor kristalida ikkita va undan ortiq hisoblash yadrolarini ichiga oladigan markaziy protsessor. " Koʻp yoʻlli antenna|"Yuqori kuchlanish koeffitsiyentiga ega bơlgan, bir nechta parallel ulangan va sinfaz ta’minlanadigan spiral nur tarqatgichlardan iborat spiral antenna. " Ko‘p o‘lchamli taqdim etish|"Maʼlumotlarni tezkor tahliliy qayta ishlash uchun qulay tarzda taqdim etish texnologiyasi. Maʼlumotlar ko‘p o‘lchamli maʼlumotlar bazalari ko‘rinishida taqdim etiladi. Relyatsion maʼlumotlar bazalaridan farqli o‘laroq, ushbu maʼlumotlar bazalarida maʼlumotlar ayrim jadvallarda joylashmaydi. Foydalanuvchi uni qiziqtirayotgan obyektlar to‘g‘risida turli axborotga ega bo‘lishini xohlasa, u jadvallar guruhi bo‘yicha izlashi lozim. Ko‘p o‘lchamli bazada sanab o‘tilgan uchala tavsifnoma ham bitta massiv ichida joylashgan va izlash aynan uning doirasida amalga oshiriladi. Shu tufayli turli xildagi elementlardan iborat murakkab so‘rovga tezkor javob beriladi. Maʼlumotlarning ko‘p o‘lchamli taqdim etilishi mijoz-server arxitekturasida qo‘llaniladi. Bazalar, relyatsion tuzilmalarni ko‘p o‘lchamli massivlarga aylantirish imkonini beruvchi dasturiy taʼminotga ega. Bu foydalanuvchilarning tegishli so‘rovlariga javoban tarmoqda uzatiluvchi maʼlumotlar hajmini kichraytirish imkonini beradi. " Ko‘p chastotali signalizatsiya|"Ayrim chastotalarning susayishi va boshqalarining kuchayishi hisobiga bir holatdan ikkinchi holatga o‘tish ta’minlanadigan signalizatsiya usuli. " Ko‘p chastotali tarmoq|"Turli radiochastota kanallaridan foydalanadigan uzatuvchi stansiyalar tarmog‘i. Xususan, turli radiochastota kanallaridan foydalanuvchi DVB-T stansiyalar tarmog’i. " Ko‘p chastotali TDMA|"Vaqt bo‘yicha ajratilgan ko‘p stansion foydalana olishning gibrid texnologiyasi bo‘lib, unda har bir kanal kadrdagi vaqt intervali raqami va chastotasi bilan tavsiflanadi. " «Ko‘plab portlar ‒ ko‘plab xotira modullari»|"Har tomonlama almashinish shinasiga ega ko‘p portli xotira. " Ko‘prik|"Ikki yoki bir nechta fizik tarmoqni bog‘lovchi va paketlarni bir tarmoqdan boshqasiga uzatuvchi qurilma. Turli protokollardan foydalanadigan tarmoqlarni bog‘lash uchun foydalaniladi. Izohlar 1. Ko‘prik shlyuzning bir ko‘rinishidir, lekin soddaroq tarzda o‘zaro bog‘lanishni ta’minlaydi. OSI modelining kanal sathida ishlaydi. 2. Ko‘prik ko‘pincha MAS sathining – ya’ni muhitga kira olishni boshqarish qurilmasi kabi aniqlanadi. Ko‘priklar paketlarni filtrlashi mumkin, ya’ni kanal sathining axboroti asosida boshqa segment yoki tarmoqlarga trafikning faqat bir qismini uzatishi mumkin (MAC-adres). 3. Agar oluvchining adresi ko‘prikning adreslar jadvalida mavjud bo‘lsa, kadr faqat oluvchi joylashgan segment yoki tarmoqqa uzatiladi. " Ko‘prik-marshrutizator|"O‘zida ko‘prik va marshrutizator funksiyalarini birlashtirgan qurilma bo‘lib, maʼlum bir transport protokollari (masalan, TCP/IP) uchun marshrutizator, baʼzilari uchun esa, ko‘prik sifatida xizmat qiladi, yaʼni paketlarni tarmoqning bir segmentidan boshqasiga uzatadi. " Ko‘pchilik-ko‘pchilikka munosabati|"A jadvalning bitta qatoriga V jadvaldagi bir nechta qator muvofiq bo‘lsa va teskarisi ham to‘g‘ri bo‘lsa ko‘pchilik-ko‘pchilikka munosabati namoyon bo‘ladi. " Ko‘rib chiqish|"Axborot izlash bo‘lib, ko‘pincha konfidensial ma’lumotlardan ruxsat etilmagan tarzda foydalanishni maqsad qilib qo‘yadi, shu tufayli tizim uchun xavf tug‘diradi. " Ko‘rib chiqmoq|"Kataloglar, fayllar, disklar, foydalanuvchi hisoblari, guruhlar, domenlar yoki kompyuterlar ro‘yxatidan kerakli elementni izlab topish. " Ko‘rilgan giperishorat|"Bog‘lama tashrifchisi oldinroq «sichqoncha», klaviatura yoki boshqa qurilma yordamida aktivlashtirgan veb-sahifadagi giperishorat. " Ko‘rinish|"Identifikatorning ta’sir sohasi bilan bog‘liq tushuncha. " Ko‘rinish yoyi|"Geostatsionar yo‘ldosh yoyi, uning doirasida kosmik stansiya, u orqali ushbu yo‘ldosh tarmog‘ida ishlaydigan barcha yer stansiyalaridan mahalliy gorizontda ko‘rinadi. " Ko‘rinish zonasi|"Yer yuzasining, joyning minimal yo‘l qo‘yiladigan katta (masalan, 5° dan ortiq) ma’lum burchagi ostida vaqtning berilgan davri (aloqa seansi) mobaynida yo‘ldosh ko‘rinadigan qismi. " Ko‘rinmas viruslar|"1. Aniqlanishi va zararsizlantirilishi qiyin bo‘lgan viruslar, chunki ular operatsion tizimning zararlangan fayllarga va disk sektorlariga murojaatini tutib oladi va o‘z o‘rniga diskning zararlanmagan uchast-kalarini qo‘yadi. 2. O‘zining diskda, ba’zi hollarda tezkor xotirada mavjudligini niqoblovchi maxsus algoritmlardan foydalanadigan viruslar. " Ko‘rinuvchi nurlanish|"Odam ko‘zi qabul (idrok) qiladigan elektromagnit to‘lqinlar. Spektrning to‘lqin uzunligi taxminan 380 nm dan (binafsha) 740 nm gacha (qizil) bo‘lgan qismni ichiga oladi. Bunday to‘lqinlar 400 teragersdan 790 teragersgacha bo‘lgan chastota diapazonini egallaydi. Bunday to‘lqin uzunliklariga ega elektromagnit nurlanish ko‘rinadigan yorug‘lik yoki oddiygina yorug‘lik deb ham ataladi. Odam ko‘zi 555 nm sohada yorug‘likka juda sezgir bo‘ladi. " (Ko‘rinuvchi) tasvir|"Televizion ekranda kadrlarning o‘tish davri mobaynida paydo bo‘ladigan tasvir. " Ko‘rish adaptatsiyasi|"Ko‘rish organining yorug‘lik ta’siri intensivligiga yorug‘lik sezgirligining o‘zgarishi tufayli namoyon bo‘ladigan moslashishi. " Ko‘rish dasturi|"Faylni ko‘rishni formatlardan birida amalga oshiruvchi ilovadagi funksiya. Fayllarning formatlari to‘plami tufayli, odatda katta sondagi vyuverlar bajariladi. " Ko‘rish inersiyasi|"Odamning ko‘rish sezgisi orqali qabul qilish jarayonidagi hodisa, bunda tasvir ko‘zning to‘r pardasi orqali ma’lum inersiya bilan qabul qilinadi. Aks holda, televideniye, kinematografiya va animatsiya tasvirlarning miltillagan harakatsiz to‘plami sifatida qabul qilingan bo‘lar edi. " Ko‘rish o‘tkirligi bilan (chastotalar polosasini) moslash|"Yorug‘lik signali va ayirmarang signallar chastotalar polosasi nisbiy kengligini, ko‘rish o‘tkirligi bilan moslash uchun, aniqlash. " Ko‘r-ko‘rona imzo|"DigiCash to‘lov tizimida ishlatiladigan va tasodifiy ko‘paytiruvchini (blinding factor) qo‘llashga asoslangan elektron raqamli imzo mexanizmi. " Ko‘rsatishlar kompilyatori|"Ko‘rsatishlar onlayn tizimi matnini berilgan tizimda qabul qilingan ichki tasavvurga o‘tkazadigan dasturiy ta’minot. Dasturiy mahsulotni lokallashtirish va modifikatsiyalashda foydalaniladi. " Ko‘rsatgich|"Ma’lumotlarning maxsus turi. Bu turdagi ma’lumotlar elementining yoki o‘zgaruvchining qiymati, boshqa ma’lumotlarni (bevosita manzillash), shu jumladan, boshqa ko‘rsatgichni (bilvosita manzillash) ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan manzil hisoblanadi. Odatda, ko‘rsatgichlardan yozuvlar bilan ishlashda, protseduralarga parametrlar berishda va bog‘langan ro‘yxatlarni tashkil qilishda foydalaniladi. " Ko‘rsatmalar satri|"Displey ekranidagi, tushunilishi oson bo‘lgan komandalar menyusiga ega satr. " Ko‘tarilish uzeli (orbitaning)|"Yo‘ldosh janubdan shimolga harakatlanganda orbita ekvator tekisligini kesib o‘tadigan nuqta. " Ko‘tariluvchi (abonent) trafik|"Periferik uzeldan markaziy uzel tomon, masalan, telefon modemidan Internetga, mobil stansiyadan tayanch stansiyaga tomon uzatiladigan trafik. " Ko‘tariluvchi kanal|"Foydalanuvchi uskunasidan tayanch stansiyagacha bo‘lgan uzatish kanali. " Ko‘tariluvchi oqim|"Periferik uzeldan markaziy uzel tomon uzatiladigan ma’lumotlar oqimi. " Ko‘z akkomodatsiyasi|"Ko‘zning kuzatiladigan obyektgacha bo‘lgan masofaga bog‘liq holda ko‘z gavharining fokus masofasi va optik kuchini o‘zgartirish xususiyati. Shu tufayli ko‘zdan turli masofada joylashgan obyektlarning aniq tasvirini kuzatish mumkin. " Ko‘zgu|"«Oyna-tom» tizimini tashkil etgan ikki tomdan biri. Tom oynalari har-xil disklarda joylashgan bo‘ladi. Agar oyna disklaridan biri ishdan chiqsa, operatsion tizim ma’lumotlarga ikkinchi disk yordamida murojaat qilishda davom eta oladi. " Ko‘zguli antenna|"Metall sirt ko‘rinishidagi dastlabki nur tarqatgich va qaytargichni o‘z ichiga oladigan yo‘naltirilgan antenna. " Ko‘zguli-dipolli antenna (ko‘zguli-vibratorli antenna)|"Ikkita kesishgan simmetrik vibratorlardan va ta’minoti uchun amplitudaga teng, lekin faza bo‘yicha 90° ga siljigan, toklardan foydalaniladigan pallali nurlagichdan iborat aylantiruvchi qutblanishga ega antenna. " Ko‘zguli qaytish|"1. Qaytish burchagi tushish burchagiga teng bo‘lgandagi to‘lqinlar qaytishi. 2. Yorug‘likning tekis optik sirtdan qaytishi. " Ko‘zguli yorug‘lik o‘tkazgich|"Yorug‘lik nuri truba bo‘ylab o‘rnatilgan ko‘zguning periskopik tizimi yordamida fokuslanadigan yorug‘liko‘tkazgich. " Ko‘chiriladigan dastur|"Kompyuter manzil qismining ixtiyoriy sohalariga yuklanishi mumkin bo‘lgan dastur. " Ko‘chiriladigan dasturiy ta’minot|"Kompyuterlarning bitta turida bajarilishi yoki kam kuch bilan boshqa platformaga ko‘chirilishi mumkin bo‘lgan, mashinaga bog‘liq bo‘lmagan dastur (ilova). " Ko‘chiriladigan kod|"manzillash ko‘chiriladigan registr qiymatiga va komandada hisoblanadigan manzilga nisbatan yuzaga keladigan va xotiradagi manzil ko‘chiriladigan registr qiymatining summasiga teng kod. " Ko‘chirish|"Arifmetik amallarda ikkilik razryadni katta raqam o‘rniga o‘tkazish yoki surish amallarida uning registr tashqarisiga chiqishi. " Ko‘chirish bayrog‘i|"Ikkita yoki uchta birlikning quyi razryadlarini qo‘shishda ishlatiladigan qo‘shimcha birlik. " Ko‘chirish indeksi|"Veb-sahifa yoki veb-saytning mashhurligining son ko‘rsatgichi. Bu sahifaga yoki saytga boshqa veb-resurslardan murojaatlar soni shaklida aniqlanadi. Shu bilan birga, har bir murojaat u joylashgan veb-saytning «nufuzi»ga hamda har ikki saytning mavzulari mos kelishiga bog‘liq o‘zining «vazni»ga ega. " Ko‘chirish (otkachka) fayli|"Operatsion tizim tomonidan ko‘chirib olingan jarayonlarning obrazlarini saqlash uchun ishlatiladigan diskli xotira sohasi. " Ko‘chirmoq|"Fayllarni turgan joyidan boshqa joyga ko‘chirish, bunda eski manzildagi fayl o‘chiriladi. «Sichqoncha» bilan harakatlanish, bunda «sichqoncha» kursori eski joydan yangi joyga ko‘chadi. " Ko‘chma disk|"Olib qo‘yiladigan xotira qurilmasi. Masalan, flesh-kartalar, olib qo‘yiladigan qattiq disklar va b.q. " Ko‘chma pochta aloqasi bo‘limi|"Statsionar pochta aloqasi obyektlari mavjud bo‘lmagan joylarda pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish uchun, shuningdek, pochtani tashish uchun pochta transportida tashkil etiladigan pochta aloqasi bo‘limi. " Ko‘chma televizion stansiya|"Studiyadan tashqari sharoitlarda televizion ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan apparatura kompleksi joylashtirilgan transport vositasi. " Ko‘chma yo‘ldoshli aloqa xizmatidagi abonent liniyasi|"Ko‘chma yo‘ldoshli aloqa xizmati abonent stansiyasidan kosmik stansiyagacha va kosmik stansiyadan ko‘chma yo‘ldoshli aloqa xizmati abonent stansiyasigacha bo‘lgan radioliniya. " Ko‘chma yo‘ldoshli aloqa xizmatidagi abonent stansiyasi|"Abonent foydalanishida bo‘lgan ko‘chma aloqa yer stansiyasi. L " Laboratoriya axborot tizimi|"Turli soha laboratoriyalarida ishchilarni boshqarish, hujjat va standartlar bilan ishlash, hamda boshqa laboratoriya ishlari, masalan ish jarayonlarini avtomatlashtirish, hisob-fakturani tuzish va jo‘natishni amalga oshiradigan maxsus dasturiy ta’minot. Asosan atrof-muhitni muhofaza qilish, ilmiy tadqiqot ishlari yoki tijorat tahliliga yo‘naltirilgan bo‘ladi. " Lamer|"O‘zini kompyuter ekspertlari deb hisoblaydigan odamlarning o‘ylashicha, (jargon) (inglizcha lame – «zaif») kompyuterni yomon tushunadigan odamlarga beriladigan laqab. " Lazer disk|"Musiqa, shuningdek, video ma’lumotlarni yozish va o‘qish uchun ishlatiladigan disk. Yozish jarayoni lazer nuri yordamida ma’lumot saqlovchi raqamli signalni metall yuzaga kichik o‘yiqlarni kuydirish orqali amalga oshiriladi. " Lazer xotira|"Optik disklardagi maxsus xotira. " Lazerli printer|"Tasvirni shakllantirishda kserografiya prinitsipi asosida ishlaydigan elektrostatik chop etish qurilmasining turi. " Lazerli skanlash qurilmasi|"Tasvir to‘g‘risidagi axborotni raqamli shaklga aylantirish uchun qo‘llaniladigan qurilma. Ajratishning o‘ta yuqori va ko‘p tusli tasvirlar (yorqinlik pog‘onalar) sonining yuqori darajaga ko‘tarilishiga erishish mumkin. " Leksema|"Simvollar ketma-ketligi, dasturlash tilining elementi, translyator uchun ma’noga ega. Har qanday dastur bu, leksemalar ketma-ketligidir. " Leksik analizator|"Dastur boshlang‘ich matnini leksik tahlil qiladigan translyator moduli. " Leksik tahlil|"Dasturlashda so‘zlar (leksemalar) yozilishining to‘g‘riligini tekshirish. Dasturning leksik tahlili dasturni translyatsiya qilish paytida amalga oshiriladi. " Leksikon|"Shaxsiy kompyuterlar uchun mo‘ljallangan matn redaktorlaridan biri, integratsiyalashgan master tizimiga kiradi. Ko‘p oynali, foydalanuvchi bilan qulay interfeysga ega, orfografiyani tekshiradi, so‘zlarning to‘g‘ri ko‘chirilishini bajaradi. " Lempel-Ziv usulida kodlash|"Maʼlumotlarni jo‘natuvchi va qabul qiluvchidagi ikki aynan o‘xshash lug‘atdan foydalanishga asoslangan, maʼlumotlarni statistik siqishning yuksak samarali algoritmi. Aloqa kanali bo‘ylab axborotning o‘zi emas, balki uning lug‘atda joylashgan o‘rni to‘g‘risidagi maʼlumotlar uzatiladi. Kodlashning ushbu usuli nutq, matn va grafikani siqishda keng qo‘llaniladi. " Lentikulyar stereoskopik kineskop (display)|"Stereoskopik kineskop, bunda lentikulyar (linzorastrli) obyektivlar ekranning old qismida ikki tomonga yo‘naltirilgan yorug‘lik bo‘lgich (tasvir ajratgich) ni hosil qiladi, shuning uchun, chap va o‘ng ko‘z uchun navbatma-navbat ko‘rsatiladigan tasvirlarni ajratish uchun boshqa vositalarga (masalan, ko‘zoynak)ka zarurat bo‘lmaydi. " Libratsiya|"Osmon jismining orbita bo‘ylab harakatlanishi paytida, turli g‘alayonlanishlar natijasida, undan qaytgan signalning tinishida aks etadigan hodisa. " Liniya|"1. Konnektorlar yordamida uzatgichga (manbaga) va qabul qilgichga (detektorga) ulangan optik-tolali kabel. 2. Ikki nuqta o‘rtasidagi, terminal uskunadan tashqari, telekommunikatsiya vositalarining yig‘indisi. 3. Har qanday ikki nuqtani bog‘lovchi uzatish kanali. " Liniya band bo‘lganda chaqiruvlarni qayta manzillash|"Xizmat abonentiga jo‘natiladigan kiruvchi chaqiruvlarni, xizmat abonenti band bo‘lganda, boshqa belgilangan raqamga avtomatik tarzda qayta manzillash imkonini beradigan xizmat. " Liniya (kabel taqsimlash tizimida)|"Kabelli taqsimlash tizimida, masalan, metall kabel, optik kabel, to‘lqin o‘tkazgich yoki ularning istalgan kombinatsiyasi ikki nuqtasi o‘rtasidagi uzatish vositasi. " Liniya kodi|"Dastlabki bitlar oqimining optik-tolali va kabelli aloqa liniyalari orqali uzatish uchun qulay shaklga mantiqiy o‘zgartirilishini ta’minlovchi kodlar (odatda, blokli) turkumi. Bunday kodlashning asosiy mazmuni faqat nollardan iborat ketma-ketliklarni 1 hamda 0 simvollarini ichiga oladigan ketma-ketlikka almashtirishdan iborat. Ushbu operatsiya signallarning sinxronlash xossalarini yaxshilash imkonini beradi. " Liniya olis uchidagi kesishuvchi xalaqitlar|"Bitta yo‘nalishda axborot uzatadigan kanallar vujudga keltiradigan o‘zaro xalaqitlar. Qabul qilgichga nisbatan liniyaning olis uchida joylashgan uzatgichlar shunday xalaqitlarning manbai hisoblanadi. " Liniya «pastga»|"Tayanch stansiyadan mobil stansiyaga bo‘lgan aloqa liniyasi. Izoh − Yo‘ldoshli aloqada shunga o‘xshash liniya yo‘ldosh retranslyatoridan yerdagi stansiyaga tashkil qilinadi va «yo‘ldosh−Yer» liniyasi deb ataladi. " Liniya signali|"Kommutatsiya maydoni va telekommunikatsiyalar tarmog‘i liniyalari, kanallari orqali uzatiladigan, liniyalar, kanallar holatini tavsiflaydigan va bog‘lanish o‘rnatilishining asosiy bosqichlarini belgilaydigan telekommunikatsiyalar signali. " Liniya yaqin uchidagi kesishuvchi xalaqitlar|"Uzatish yo‘nalishi o‘zaro qarama-qarshi bo‘lgan kanallar vujudga keltiradigan xalaqitlar. Qabul qilgichga nisbatan liniyaning yaqin uchida joylashgan uzatgichlar bunday xalaqitlarning manbai hisoblanadi. " Liniyaga aktiv ulanish|"Maʼlumotlarni o‘zgartirish yoki kiritish maqsadida tarmoqqa ulanish. " Liniyaga passiv ulanish|"Maʼlumotlarni o‘qish maqsadida tarmoqqa ulanish. " Liniyani eshitish|"Telefon liniyasida bir vaqtning o‘zida bir nechta shaxs ishtirokidagi so‘zlashuvni eshitishga imkon beradigan funksiya. Ushbu rejimda telefon apparatining korpusidagi mikrofon uzib qo‘yilgan bo‘ladi. " Liniyaning antenna effekti|"Liniyaning elektromagnit to‘lqinlarni nurlantirish yoki qabul qilish xususiyati. " Link|"Fayl yoki direktoriya manzili. Odatda, ushbu manzil maxsus faylda saqlanadi. Microsoft Windows va boshqa operatsion tizimlarda bunday fayllar yorliq deb ataladi. " Linza|"Linzani o‘rab turuvchi fazoda va linza tuzilmasida tarqalishning fazali tezliklaridan foydalanib, to‘lqinlar nurlanishining yo‘nalganlik diagrammasini shakllantirish qurilmasi. " Linzali antennalar|"Aperturali antennalarning bir turi (koʻndalang antenna panjaralari), unda elektromagnit energiya oqimini toʻplash oqimning tutib olingan qismini elektromagnit linza yordamida fokuslash orqali amalga oshiriladi. " Listing|"Dastur matni yoki printerda bosilgan yoki displey ekraniga chiqarilgan ma’lumotlar. " Liter atributi|"Mashina grafikasida ‒ litera rangi, shrifti, yo‘naltirilganligi va o‘lchami. " Liter kattalik|"Matn konstantasi sifatida qabul qilinadigan kattalik. Liter kattalikni sonlarsiz literal sifatida belgilash mumkin. Boshqa nomlari: simvolli, satrli kattalik, zanjir. Ko‘pchilik dasturlash tillarida liter kattalik apostroflarga olinadi – «123», «abed». " Literal|"Dasturlash tilidagi o‘zining xususiy qiymatini konstanta sifatida qat’iy belgilaydigan, lekin o‘zgaruvchi, konstanta yoki boshqa bir konstruksiyaning belgisi hisoblanmaydigan simvol yoki so‘z. " Litsenziya|"1. Davlat organlari tomonidan xizmatlarni sotish yoki taqdim etish huquqini beradigan ruxsat. 2. Mulkchilikka egalik qilish huquqini beradigan rasmiylashtirilgan hujjat. 3. Axborotni muhofaza qilish sohasida u yoki bu ishlarni olib borish huquqi uchun berilgan, tegishli ravishda rasmiylashtirilgan ruxsatnoma. " Litsenziya shartnomasi|"Bir tomon (litsenziar yoki litsenziya beruvchi) tegishli haq evaziga ixtirodan yoki boshqa texnik yutuqdan (litsenziyadan) foydalanish huquqini boshqa tomonga (litsenziya oluvchiga yoki litsenziatga) taqdim etadigan shartnoma. " Litsenziyalanmaydigan chastotalar polosasi|"Butun jahonda global foydalanish uchun ruxsat etilgan chastotalarning ochiq diapazoni. Bu diapazonda ishlash chastota idoralarining ruxsatini talab etmaydi va bu diapazon, agarda ular ma’lum bo‘lgan nomaqbul va polosadan tashqari nurlanishlar sathi bo‘yicha qo‘yilgan talablarni bajarsa, har qanday tizimlarning ishlashi uchun qulay. " Litsenziyalash|"Axborotni muhofaza qilish sohasida ishlarni olib borish huquqini berish yoki olishdan iborat faoliyat. " Log|"Veb-saytning o‘ziga xos bortdagi jurnali. Server loglariga u yoki bu foydalanuvchi qayerdan va qachon kelgani, saytda qancha vaqt bo‘lgani va u yerda nimani ko‘rgani va yuklab olgani, uning brauzeri va uning kompyuterining IP-manzili qandayligi to‘g‘risidagi maʼlumot yoziladi. Logga har bir yozuv maʼlum xitga tegishli bo‘ladi, chunki server aynan sayt elementlaridan biriga murojaatni qayd qilishi mumkin. " Log-fayl|"Server ishi va foydalanuvchilarning harakati to‘g‘risidagi: sana va vaqt, foydalanuvchining tashrifi, foydalanuvchi kompyuterining IP-manzili, foydalanuvchi brauzerining nomi, foydalanuvchi tomonidan so‘ralgan varaqlar, foydalanuvchi refereri kabi tizimli axborotga ega fayl. " Login|"Kompyuter tizimiga (tarmoqqa) kirishda foydalanuvchini identifikatsiya qilish jarayoni, protsedurasi. " Logo|"Yuqori darajadagi dasturlash tili, LISP tilining maxsus versiyasi. Juda sodda til, oson kengayadi, kichik yoshdagi bolalarni o‘rgatishda foydalaniladi. S.Paypert tomonidan 1980-yilda Massachuset texnologiya instituti (AQSh)da ishlab chiqilgan. " Logotip|"Hududiy tuzilmalar, tijorat korxonalari, tashkilotlari va xususiy shaxslar tomonidan kishilik jamiyatida farqlay olishlikni va taqqoslash mumkinligini oshirish uchun foydalaniladigan grafik belgi, emblema yoki simvol. Logotip stilizatsiyalangan harflar va/yoki ideogramma ko‘rinishidagi o‘zi identifikatsiyalaydigan mohiyat nomini o‘zida ifodalaydi. Logotiplar tovar belgilari sifatida keng qo‘llaniladi. " Lokal|"Foydalanuvchi o‘zining interfeysida ko‘rishni xohlayotgan parametrlar to‘plami, belgilar to‘plami, shu jumladan, foydalanuvchi tili, mamlakati, vaqt chizig‘i va boshqa boshlang‘ich o‘rnatishlar. " Lokal blokirovkalash|"Ayrim foydalanuvchi tomonidan yo‘llanayotgan sohaga tegishli resurslarni muhofaza qilish maqsadida blokirovkalash. " Lokal disk|"Fayl-serverga emas, balki ishchi stansiyaga ulangan disk. " Lokal hisoblash tarmog‘i|"Geografik chegaralangan tarmoqlarning bir turi. Lokal hisoblash tarmog‘i turli ma’lumotlarni juda yuqori tezlikda almashishga va tarmoq uchun umumiy bo‘lgan resurslardan birgalikda foydalanishga (masalan, printerlar, modemlar) imkon berib kompyuterlar, printerlar va boshqa elektron uskunalarni bog‘laydi. " Lokal hisoblash tarmog‘i kommutatsiyasi|"Paketlar faqat ularning qabul qiluvchilariga yo‘naltirilishini ta’minlaydigan texnologiya. Lokal hisoblash tarmog‘i kommutatsiyasining ikkita asosiy usuli mavjud: matritsali (fizik darajada) va MAS darajasidagi kommutatsiya. " Lokal manzil|"Tarmoq doirasida biriktiriladigan manzil. Tarmoqlararo interfeys pog‘onasida IP-manzillarni lokal manzillarda aks ettirish vazifasi turadi. IP-manzil bo‘yicha lokal manzilni aniqlash uchun manzilning ruxsat berish protokoli (Address Resolution Protocol, ARP) ishlatiladi. Bunga tamomila teskari bo‘lgan masalani yechadigan protokol ham mavjud, u maʼlum lokal manzil bo‘yicha IP- manzilni aniqlash imkonini beradi. " Lokal printer|"Kompyuterdagi portlardan bittasiga bevosita ulanadigan printer. " Lokal tarmoq|"Uncha katta bo‘lmagan hudud (bino, korxona) ni qamrab oluvchi va obyektlar o‘rtasida nisbatan qisqa (500 m dan ko‘p emas) aloqa liniyalaridan foydalanuvchi ma’lumotlar uzatish tarmog‘i. Lokal tarmoq foydalanuvchilar ish joylari va oraliq qurilmalarni yagona tarmoq operatsion tizim boshqaruvida ishlovchi yagona makonga birlashtiradi. Masofaning qisqaligi ma’lumotlarni yuqori tezlikda (100 Mbit/s gacha) uzatilishiga erishish hamda real vaqt rejimida xizmatlarning keng to‘plami taqdim etilishini ta’minlash imkonini beradi. " Lokal tarmoq kommutatori|"Bitta yoki bir guruh lokal tarmoq segmentlari o‘zaro ishlashini taʼminlaydigan qurilma. Lokal tarmoq kommutatori odatdagi kommutator kabi, unga ulangan lokal tarmoqlarning o‘zaro ishlashini, hamda lokal tarmoq segmentlarining har xil turi ulanayotgan bo‘lsa, interfeyslarni o‘zgartirishni taʼminlaydi. " Lokal tarmoqqa ulanish|"Tarmoq resurslaridan foydalanish mumkin bo‘lgan tarmoqqa ulanish holati. " Lokal xotira|"Qandaydir dastur yoki funksiyaga ajratilgan tezkor xotira qurilmasi. " Lokal o‘zgaruvchi|"Dasturlash tillaridagi o‘zgaruvchi; butun dastur bo‘yicha foydalanilishi mumkin bo‘lgan global o‘zgaruvchidan farqli ravishda, faqat o‘zining blokida yoki protsedurasida foydalanilishi mumkin. " Lokal shina|"Markaziy protsessorni tashqi kesh-xotira bilan bog‘laydigan, qo‘shimcha yuqori tezlikli shina. " Lokalizator|"Nosozlik yoki shikastlanish yerini topishni taʼminlaydigan yoxud qabul qilinadigan belgilar ketma-ketligidagi xatolarni aniqlaydigan apparat va dasturiy vosita. " Longli-Rays modeli|"Mobil aloqa tarmoqlarida radioto‘lqinlarning tarqalishidagi yo‘qotishlarni hisoblash uchun foydalaniladigan model. " Loyiha|"Vaqtda cheklangan, noyob mahsulot olishga yo‘naltirilgan tadbirlar kompleksi. " Loyiha fayli|"Ishlab chiqiladigan ilova loyihasini tashkil qiladigan barcha fayllar to‘g‘risidagi axborotni ichiga oladigan fayl. " Loyihalarni boshqarish|"Faoliyat sohasi, uning davomida ishlar hajmi, resurslar (pul, mehnat, materiallar, energiya, makon kabi), sifat va tavakkalchiliklar o‘rtasida muvozanat saqlangan holda, loyihaning aniq maqsadlari belgilanadi va unga erishiladi. Oldindan aniq belgilangan rejaning, rejadan chetga chiqishlar va tavakkalchiliklarni kamaytirishning, o‘zgarishlarni samarali boshqarishning (jarayonli, funksional boshqaruvdan, xizmatlar darajasini boshqarishdan farqli ravishda) mavjudligi, loyihalarni boshqarish muvaffaqiyatining muhim omilidir. " Loyihalash shabloni|"Loyihalashtirish masalalarini yechishning eng samarali usullaridan biri, ayniqsa kompyuter dasturlarini loyihalashtirishda keng qo‘llaniladi. Pattern bu kodga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aylantirish mumkin bo‘lgan loyihaning tayyor namunasi emas, bu ko‘proq har xil vaziyatlarning yechimini topish uchun qo‘llaniladigan tasvir yoki namuna. Obyektga yo‘naltirilgan shablonlar ilovada qanday obyekt va klasslar qo‘llanilishini aniqlaydi, balki klasslar va obyektlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat va ta’sirni ko‘rsatadi. Algoritmlar shablonlar sifatida qaralmaydi, chunki, ular loyihalash vazifalarini emas, balki, hisoblashga oid vazifalarni bajaradi. " Lug‘at|"Har bir elementi ikki qismdan iborat, ma’lumotlarning uyushtirilgan majmui. Birinchi qismda ikkinchi qismda bo‘lganning qisqacha nomi. Birinchi qismda ko‘rsatilgan nom bo‘yicha bajariladigan ma’lumotlar qayta ishlanishini tezlashtirish uchun mo‘ljallangan, zarur bo‘lganda ikkinchi qism qo‘shiladi. " Lyuk|"1. Kompyuter xavfsizligi mexanizmlarini chetlab o‘tish imkonini beruvchi, asosan testlash va nosozliklarni izlab topish uchun yaratiladigan yashirin dasturiy yoki apparat mexanizm. 2. Avtomatlashtirilgan tizimga kirishning yashirin yoki hujjatlashtirilgan nuqtasi. Muhofaza tizimini chetlab o‘tishda qo‘llash mumkin. 3. Katta dasturga yashiringan, foydalanuvchiga muhofaza tizimidan o‘tishga ruxsat beradigan yoki tizim resurslaridan shtat rejimida foydalanish imkonini beradigan blok. " Lyuks (ℓk)|"Xalqaro birliklar tizimi (SI) da yoritilganlik o‘lchov birligi. " Lyumen (ℓm)|"Xalqaro birliklar tizimi (SI) da yorug‘lik oqimi birligi. Bir lyumen bir sham (bir candela) yorug‘lik kuchida bir steradian fazoviy burchakda nuqtaviy yorug‘lik manbayi tomonidan nurlanadigan yorug‘lik oqimiga teng. " Lyuminofor|"Elektron nur bilan «bombardirovka» qilinganda yoki elektromagnit maydon ta’sirida yorug’lik chiqaradigan maxsus material. M " Magistral aloqa|"Katta uzunlikka hamda o‘tkazish qobiliyatiga ega liniyalardan (shaharlararo, milliy, xalqaro va global) foydalaniladigan aloqa. " Magistral fider (antenna panjarasining)|"Antenna panjarasining tegishli kirishi bilan diagramma hosil qiluvchi sxemaning chiqishini birlashtiruvchi fider. " Magistral kabel tizimi|"1. Shahar kirgichi (kirish yo‘li), apparatxona, telekommunikatsiya shkaflari, shuningdek, binolar orasidan o‘tuvchi kabel tizimi. 2. Asosiy va oraliq krosslarni tashkil etuvchi kabel hamda kommutatsiya uskunasi, shuningdek, telekommunikatsiya shkaflari, apparatxona va shahar kirgichi (kirish yo‘li) orasidan o‘tuvchi kabel segmentlari. " Magistral kanal|"Ikkita kommutatsiya tugunini bog‘lovchi jismoniy kanal. Kommutatsiya tugunlari bilan birga magistral kanallari maʼlumotlar marshrutlash tarmog‘ini tashkil qiluvchi asosiy tarkibiy qismlardir. Magistral kanal ko‘p sonli tizimlar tomonidan yo‘naltirilgan maʼlumotlarni uzatish uchun mo‘ljallanganligi sababli, u ayniqsa katta ishonchlik va yuqori o‘tkazish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim. Shuning uchun magistral kanallar odatda efir, optik kabel va koaksial kabellar asosida quriladi. " Magistral kommutator|"Kompyuterlarining magistral tarmoq bilan ulanishlarini o‘rnatish uchun mo‘ljallangan qurilma. " Magistral; magistral liniya|"1. Ikkita tarmoqni o‘zaro bog‘lovchi, intensiv trafikli va xizmat ko‘rsatish sifati yuqori bo‘lgan, yuqori tezlikli aloqa liniyasi. 2. Umumiy yuqori tezlikli aloqa liniyasi yordamida tarmoqqa birlashtirilgan uzellar va stantsiyalar guruhi. " Magistral mediashlyuz|"KAT paketlari uzellari va axborotni yetkazish trafikini uzatish uchun KTSOP (umumiy foydalanishdagi kommutatsiyalanadigan telefon tarmog‘i)/SSIS (xizmatlari integratsiyalashgan raqamli tarmoq) tarmoqlari (masalan, tranzit stansiyalar, mahalliy ATS, xalqaro stansiyalar) ning kanallar kommutatsiyalanadigan uzellari o‘rtasida interfeys bo‘lib xizmat qiluvchi blok. TMG axborotni yetkazish trafiki uchun barcha zarur o‘zgarishlarni ta’minlaydi. " Magistral monokanal|"Bitta yoki bir necha umumiy bo‘g‘inlari magistral tarzida amalga oshirilgan monokanal. Magistral monokanalning umumiy bo‘g‘ini odatda yassi kabelning o‘rama jufti, koaksial kabel va radio kanal asosida yaratiladi. Juft past tezliklarda, koaksial kabel esa katta tezliklarda ishlatiladi. " Magistral pochta yo‘nalishi|"Xalqaro pochtamtni pochta almashinuv punktlari, jumladan, xalqaro pochta almashinuv punktlari bilan bog‘lovchi pochta yo‘nalishi. " Magistral tarmoq|"Umumiy yuqori tezlikli aloqa liniyalariga ko‘priklar, marshrutizatorlar va kanal kontsentratorlari orqali bog‘lanadigan tarmoq segmentlari, uzellari hamda alohida stantsiyalarining majmui. " Magistral uzel|"Internet va/yoki elektron pochta tizimining, katta hajmdagi trafikni qayta ishlaydigan uzeli. " Magnit disk|"Kompyuterlarning xotira qurilmalarida ishlatiluvchi va bir o‘qda parallel joylashgan dumaloq plastina yoki plastinalar shaklida yaratilgan maʼlumotlar tashuvchisi. Magnit diskda har bir plastinaning bitta yoki ikkita tomoni magnit qatlami bilan qoplangan. Maʼlumotlar ushbu qatlamdagi halqa yo‘lkalariga yoziladi. Maʼlumotlarni yozish va o‘qish diskni aylantiruvchi diskyuritma yordamida amalga oshiriladi. Magnit disklarning asosiy turlariga qattiq disk va egiluvchan disk kiradi. " Magnit karta|"Magnit moddasi bilan qoplangan maʼlumotlar tashuvchi. U standart o‘lchamdagi plastik karta shaklida bo‘lib, undan ketma-ket foydalanish mumkin. Maʼlumotlarni yozish, saqlash va o‘qish uchun mo‘ljallangan. Ixtisoslashtirilgan kompyuterlar, masalan, bank xizmati tizimida qo‘llaniladi. " Magnit tasma|"Maʼlumotlarni saqlash uchun magnit moddasi bilan qoplangan egiluvchan tasma. Magnit tasma g‘altakka o‘raladi yoki ikki g‘altakli kassetada bo‘ladi. G‘altakli xotira to‘plagichlari boshqalaridan oldin paydo bo‘lgan bo‘lib,asosan katta va o‘rtacha kompyuterlarda ishlatiladi. Shu bilan birga, 4 mm kenglikdagi DAT raqamli audiotasmalar bilan ishlaydigan magnitofonlar ham keng tarqalgan. " Magnit tasmasidagi to‘plagich (strimmer)|"Axborotni magnit tasmaga yozuvchi uskuna, ishlash prinsipi xuddi oddiy kassetali magnitofonga o‘xshaydi. Afzalligi – katta hajm, ishonchlilik, arzon narx. Kamchiligi – ishlash tezligining pastligi. " Magnit to‘plagich|"Moddalarning magnit xususiyatlaridan foydalanadigan xotira qurilmasi. Magnit to‘plagichlari o‘qish usuli bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linadi: magnit tasma, magnit disk, magnit karta. " Magnit chiziqli kartalar|"Axborot kartaning orqa tomonida joylashgan uch yo‘lkali magnit chiziqda saqlanadigan oddiy kartalar. " Magnitli antenna|"Magnitli materialdan tayyorlangan (odatda ko‘p o‘ramli) o‘zakli ramkasimon antenna. Magnitli materiallar sifatida ko‘pincha magnitodielektriklar yoki ferritlar (ferrit antenna) ishlatiladi. " Magnitli dipol|"1. Elementar konturdagi, ya’ni konturdagi berk elektr toki, kuzatish nuqtasigacha bo‘lgan masofa bilan taqqoslanganda uning o‘lchami kichkina bo‘ladi. 2. Elektr tokining elementar konturi magnit maydoniga teng, uning oʻlchamiga nisbatan katta masofada magnit maydoni hosil qiladigan istalgan elementar hajm. " Magnitooptik disk|"Maʼlumotlarni o‘ta zich saqlash uchun magnitooptik texnologiyalar asosida yaratilgan disk. U 1988-yilda yuzaga kelgan. Uning aktiv tashuvchisi terbiy qo‘shilgan temirkobalt qotishmasidir. Yozish uslubi qutblanishga asoslangan. Yozish jarayonida lazer nuri 1 mkmdan kam bo‘lgan joyni qizdiradi, buning natijasida ushbu nuqtadagi magnitlanganlik vektori tashqi magnit maydoniga parallel yo‘naladi. Aks etgan lazer nuri kuchsiz bo‘lib, magnitlanganlikni o‘zgartirish uchun yetarli bo‘lmaydi. Yozilgan maʼlumotlarni o‘chirish uchun tashuvchiga bir paytning o‘zida lazer nuri va tashqi magnit maydoni taʼsiridan foydalaniladi. Shu tarzda maʼlumotni o‘chirish va qayta yozish 10 mln. marta amalga oshirilishi mumkin. Disk juda katta xotiraga ega bo‘lib, maʼlumotlarni arxiv usulida saqlash uchun qo‘llaniladi. " Magnitooptik kommutatsiyalanadigan asbob|"Optik kommutatsiyalash elementlarida kuzatiladigan magnitooptik effekt hisobiga amalga oshiriladigan optik kommutatsiya asbobi. " Magnitooptik kompakt-disk|"1988-yilda ishlab chiqilgan kompakt-disk turi. Ma’lumotni ko‘p marotaba yozish va o‘chirish imkoniyatini beradi. Hajmi 128 Mbyte dan 2,6 Gbyte gacha. Hozirgi vaqtda bu formatdan foydalanilmaydi. " Magnitooptik to‘plagich|"Magnitooptik disklar bilan ishlash uchun mo‘ljallangan to‘plagich. Magnitooptik disk alyumin qotishmadan tayyorlanadi va plastik qobiqqa joylangan. Magnitooptik disklar (mos ravishda, diskovodlar) ikki o‘lchamda chiqariladi: 3,5 dyuymli disk 500 Mbyte ma’lumotni ichiga oladi; 5,25 dyuymli disk 2,3 Gbyte ma’lumotni ichiga oladi. Ma’lumotlardan erkin foydalanish vaqti 50 ms ga yaqin. " Mahalliy foydalana olish va uzatish zonasi|"Ko‘p juftli kabeldan iborat magistral kabelli uchastkani, bir yoki bir nechta tuman ATS hamda abonentlarni ulash uchun mo‘ljallangan kabelli liniyalarni ichiga oluvchi mahalliy telefon aloqa tarmog‘i. " Mahalliy kommutatsiya markazi|"Bitta aholi punkti yoki maʼmuriy tuman doirasida joylashgan foydalanuvchilar o‘rtasidagi telefon bog‘lanishlar o‘rnatilishini taʼminlaydigan uskunalar majmui. " Mahalliy (lokal) ko‘p nuqtali taqsimlangan xizmat|"26 GHz dan 30 GHz gacha bo‘lgan juda yuqori chastotalar diapazonida ishlaydigan simsiz aloqa tizimi yoki simsiz modem xizmati. " Mahalliy tarif|"Ma’lum geografik hududda amal qiladigan tarif stavkalari. " Mahalliy telefon raqamlarining ko‘chirib o‘tkaziluvchanligi|"Xizmatlar provayderi o‘zgartirilganda ayni telefon raqamini saqlab qolish imkoniyati. " Mahalliy telefon tarmog‘ining abonent raqami|"Telekommunikatsiyalar xizmatlarini ko‘rsatish yuzasidan shartnoma tuzilganda abonentga ajratiladigan raqam. Bu raqamga qarab, telekommunikatsiyalar tarmog‘iga ulangan oxirgi (terminal) uskuna identifikatsiya qilinadi. " Mahalliylashtirish|"Mavjud dasturiy mahsulotni tili boshqa mamlakatlarda foydalanish maqsadida qayta ishlash. Hujjatlar va foydalanuvchi interfeysi (menyu, xabarlar, aytib turishlar va yordam) ko‘chirilishini, hisoblashlar metodikalari o‘zgartirilishini va dasturlar birmuncha qayta ishlanishini ko‘zda tutadi. Ba’zida mahalliylashtirishga maslahat ta’minoti ham qo‘shiladi. " Maishiy elektronika|"Aholi foydalanadigan elektron apparatlar. " Maishiy radioelektron apparat|"Radioeshittirish va televizion dasturlarni, simli eshittirish dasturlarini, fonogrammalarni, videogrammalarni, shuningdek maxsus signallarni qabul qilish, qayta ishlash, sintez qilish, yozish, kuchaytirish va qayta eshittirish kabi bitta yoki bir nechta funksiyani bajarish uchun qo‘llaniladigan radioelektron qurilma. " Majburiy nusxa tizimi|"Jami shartli nusxa turlari, shuningdek, ularni to‘plash, tarqatish va foydalanishning belgilangan tartibi. " Majburiy sinxronlash|"Tarmoqning barcha tayanch generatorlarini sinxronlash usuli, unda o‘zaro bog‘langan va bo‘ysunuvchi qurilmalarning barchasiga sinxronlovchi signal bitta yetakchi stansiyadan kelib tushadi. " Majburlash|"Muhofaza usuli, bunga ko‘ra foydalanuvchilar va tizim personali moddiy, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik tahdidi ostida muhofaza qilinadigan axborotni qayta ishlash, uzatish va undan foydalanish qoidalariga rioya qilishga majbur bo‘ladilar. " Majoritar element|"Chiqish diskret signali qiymati uning kirishlarida ko‘pchilikni tashkil etgan bir-biriga teng qiymatlarga mos obyekt. Majoritar element ham qurilma tarkibiy qismi, ham dastur qismi bo‘lishi mumkin. Uning mohiyati shundaki, u toq sonli kirishlarga va bitta chiqishga ega bo‘lib, go‘yo ovoz berish jarayonini aks ettiradi. Yaʼni, elementning chiqish signali uning kirishlaridagi bir xil signallar qiymatini aks ettiradi. Masalan, uchta kirishli majoritar elementning ikkita yoki uchta kirishiga «bir» berilgan bo‘lsa, ushbu element chiqishida ham «bir» paydo bo‘ladi. Ikki yoki uch kirishida «nol»lar bo‘lsa, chiqishda ham «nol» bo‘ladi. " Mak Ellis kriptotizimi|"Xatolarni tuzatuvchi kodlarga asoslangan kriptotizim. Uning o‘ziga xos ikki kamchiligi bor: kalit uzunligining katta bo‘lishi va katta ortiqchalik (shifrmatn uzunligi xabar uzunligidan ikki marta oshadi). " Maket plata|"Laboratoriya sharoitlarida qurilmaning boshlang‘ich versiyasi yig‘iladigan va sozlanadigan plata. " Makro|"1. MAChine ROutine qisqartmasi. Bir necha mashina komandasidan tashkil topgan to‘plamga o‘giriluvchi dasturlash tilida berilgan alohida ko‘rsatma. 2. Boshqa komandalar ketma-ketligini chaqiruvchi komanda. 3. «Juda kata» maʼnosida ishlatiladi, masalan – makroiqtisodiyot. " Makroblok|"Yorqinlik va ranglilik signallari koeffitsiyentlarini bir necha DKO‘ bloklari orqali tasvirlanadigan hamda bitta siljish vektori bilan ifodalanuvchi odatda, 16x16 piksel kattalikka ega bo‘lgan tasvir sohasi. " Makrodasturlash|"Dasturlarni makrokomandalardan foydalanib yozish jarayoni. " Makrogenerator|"Translyator yoki makroassemblerning makroalmashtirishlarni bajaradigan qismi. " Makrokengaytirish|"Dasturda foydalaniladigan makrokomandani mashina komandalarga kompilyatsiyalash natijasi. " Makrokomanda|"Foydalanuvchi tomonidan ma’lum standart komandalardan tuziladigan, qandaydir tildagi komanda. Bu komandalarni tuzish uchun tegishli vosita – makrotil bo‘lishi kerak. " Makros|"Komandalar ketma-ketligi va/yoki noyob nomdagi makroregistratorda yozilgan klavishlarni bosish ketma-ketligi. " Makrotil|"Foydalanuvchiga boshlang‘ich komandalarni birlashtirish mumkinligi hisobiga o‘z ishini osonlashtirish yoki uzun, tez-tez takrorlanadigan matn o‘rniga uning shartli ekvivalentini kiritish imkonini beradigan dasturiy vosita. Makrotil foydalanuvchi tomonidan yaratiladigan makrotavsiflardan (makrokomandalardan, makroalmashtirishlardan) va ularni natijalovchi matnlarga (shu jumladan, dasturlarga) o‘tkazadigan dasturlardan iborat. " Makrouya|"Odatda, radiusi 1 km dan to 35 km gacha bo‘lgan hududni o‘z ichiga oladigan uyali aloqa tarmog‘ining xizmat ko‘rsatish sohasi. Izoh − Bir nechta mikro va pikouyalardan iborat bo‘lishi mumkin. Makrouya chegarasida bir vaqtda bitta chaqiruvga xizmat ko‘rsatadigan, ikkita yoki undan ortiq parallel bog‘lanishni saqlab turish imkoniyati ta’minlanadi. " Makrovirus|"Aniq bir ilova uchun mo‘ljallangan makros ko‘rinishidagi fayl virusi. Zararlangan fayl ochilganda virus dasturga birikib oladi va u murojaat qiladigan barcha fayllarni zararlaydi. " Maksimal ajratish|"Monitorda o‘rnatish mumkin bo‘lgan eng katta ajratish. U ba’zan mavjud o‘lchamdagi monitor uchun talab etilganidan katta bo‘ladi. " Maksimal haqiqatga o‘xshash algoritm|"Dekoder uzatishda shartli ehtimolligi maksimal bo‘lgan kodli so‘zni tanlaydigan dekodlash ketma-ketligi. " Maksimal qoʻllaniladigan chastota|"Ma’lum bir sharoitlarda berilgan vaqtda berilgan punktlar oʻrtasida radiotoʻlqinlarning ionosferali tarqalishi mavjud boʻlgan radionurlanishning eng katta chastotasi. " Maksimal yorqinlik|"Tashqi yoritish bo‘lmaganda va farqlanuvchi satr tuzilma mavjudligida qoraning tasvirda berilgan darajasida televizion ekranda o‘lchanishi mumkin bo‘lgan eng katta yorqinlik. " Maksimal yoʻl qoʻyiladigan quvvat|"Antennaga oʻtkazilishi mumkin boʻlgan va elektr teshilish hamda antenna elementlarining buzilish imkoniyati cheklangan quvvat. " Mamlakat bilan bevosita so‘zlashuv yoki boshqa mamlakat operatorini to‘g‘ridan-to‘g‘ri chaqirish|"Mamlakatdan tashqarida joylashgan foydalanuvchining maxsus raqamini terib, chaqiriluvchi abonent hisobidan to‘langan (xizmat uchun hisob-kitob) yoki oldindan to‘langan kredit kartochka (xalqaro yoki abonent yashagan mamlakat) orqali ushbu mamlakat abonenti bilan so‘zlashuvga buyurtma uchun mamlakatning operatori (o‘zining yashash joyi va foydalanuvchi raqamini ro‘yxatga olish) bilan bog‘lanish imkonini beradigan xizmat. Izohlar 1. Chaqiriluvchi abonent to‘lov yig‘indisi to‘g‘risida xabardor qilinishi kerak. Ma’lumotlar so‘rovi xizmatlarning ushbu turidan chiqarib tashlangan bo‘lishi mumkin. 2. Ayrim hollarda chaqiruvchi abonentga xizmatlarning ushbu turidan erkin foydalanish uchun to‘lov tavsiya qilinishi mumkin. Har qanday holatda bunday tarifning qo‘llanilishi bog‘lanishga buyurtma amalga oshiriladigan mamlakatning milliy vakolatiga kiradi. " Mamlakat kodi|"Chaqirilayotgan mamlakatni belgilaydigan, bitta, ikkita yoki uchta raqamdan iborat birikma. " Mamlakat mobil kodi|"Xalqaro identifikatsiyalash raqami IMSIning sarlavhasida ko‘rsatilgan uchta raqamdan iborat indeks. " Mamlakatning yagona axborot makoni|"Yagona prinsiplar va umumiy qoidalar asosida, dunyo axborot makoniga kirishdagi manfaatlar muvozanati saqlangan va milliy axborot mustaqilligi taʼminlangan holda, mamlakatning barcha hududida ochiq axborot resurslaridan teng ravishda foydalana olish sharoitida, davlat, tashkilotlar va fuqarolarning xavfsiz axborot o‘zaro hamkorligini, shuningdek, ularning axborotga bo‘lgan ehtiyojlari iloji boricha to‘liq qondirilishini taʼminlash imkonini beradigan axborot resurslari hamda axborot infratuzilmasining yig‘indisi. " Manba|"Turli fizik tabiatdagi xabarlar yoki signallar ko‘rinishidagi axborotni to‘plash, saqlash, o‘zgartirish va berishi mumkin bo‘lgan moddiy obyekt yoki subyekt. " Manba kuchlanishini avtomatik almashlab ulash|"Operator ishtirokisiz ta’minot kuchlanishini 120 V dan 220 V yoki 240 V ga almashlab ulash. " Manbani kodlash|"Berilgan alifbo doirasida o‘zgaruvchan uzunlikdagi kodlardan, xabardagi simvollar sonini, xabardagi butun axborotni taqdim etish yoki hech bo‘lmaganda bunday qisqartirish shartlarini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan eng kam darajagacha kamaytirish maqsadida foydalanish. " Manbani o‘chirish|"Asbob-uskunalarni elektr manbaidan uzish. " Manchestercha kodlash|"Maʼlumotlarni kanal orqali uzatish uchun kodlash uslubiyati. Manchestercha kodlash mantig‘i ikkilik sanoq tizimiga oid signalni manchestercha kodga aylantirish bilan bog‘liq. Mazkur kodlashni amalga oshirishda muvaqqat bit oraliqlari deb atalmish muddatlarga bo‘linadi. " Mandat|"1. Obyektdan erkin foydalanish uchun bitta yoki bir nechta huquqlarni taqdim etish. Izoh – Mandat erkin foydalanishga ruxsat berish hisoblanadi. 2. Ma’lum subyektning ma’lum obyektdan foydalanish turini belgilovchi, erkin foydalanish matritsasi elementi. Har safar mandat subyektga dinamik ravishda – erkin foydalanish so‘ralganda beriladi. Mandatlarni tarqatish juda ham o‘zgaruvchan tarzda yuz berishi sababli, ular bevosita obyektlar ichida joylashishi mumkin, buning oqibatida ularni nazorat qilish juda ham qiyin. Sof ko‘rinishda bu mexanizmdan juda kam foydalaniladi. Biroq, erkin foydalanishni nazorat qilishning boshqa mexanizmlari ko‘pincha mandatlar yordamida amalga oshiriladi. 3. Taqdim etiladigan vakolat shakli, unga egalik qilish tizim resursidan erkin foydalanish huquqini tasdiqlaydi. 4. Qandaydir obyektning talab etiladigan identikligini (o‘xshashligini) tasdiqlash uchun uzatiladigan axborot. " Mandatli foydalana olish|"Obyektlardan foydalana olishni boshqarish usuli. Obyektda mavjud bo‘lgan axborotning maxfiylik yoki kritiklik darajasiga, ma’lum bir kritiklik darajasidagi axborotdan foydalana olishda subyektning vakolatlari va huquqlarini rasman tekshirishga asoslangan. Izoh – Foydalana olishni mandatli boshqarish: – tizimning barcha subyektlari va obyektlari bir xil identifikatsiya qilinganligini; – tizimning har bir obyektiga, undagi axborotning qiymatini belgilovchi kritiklik belgisi berilganligini; – tizimning har bir obyektiga subyekt foydalana olishi mumkin bo‘lgan obyektlar kritiklik belgisining maksimal qiymatini o‘rnatuvchi bazaviy xavfsizlik darajasi berilishini nazarda tutadi. " Manfaatdor bo‘lmagan hakam protokoli|"Arbitrli protokolga o‘xshash protokol, lekin undan farqli ravishda manfaatdor bo‘lmagan hakam faqat protokol ishtirokchilari o‘rtasida bahsli holatlar yuz bergan hollardagina paydo bo‘ladi. Manfaatdor bo‘lmagan hakam, arbitrdan farqli ravishda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri protokolda ishtirok etmaydi, lekin manfaatdor bo‘lmagan hakamga aldovni aniqlash uchun imkon beradigan ma’lumotlar mavjud bo‘ladi. " Manipulyator|"Kompyuter holatini boshqarish, shu jumladan, qo‘llar yordamida ma’lumotlarni kiritish imkonini beradigan qurilma. Manipulyatorga joystik, «sichqoncha», trekbol, sensorli panel, pero, trekpoint, J-klavish kiradi. Eng keng tarqalgan manipulyator – klaviatura. " Manipulyatsion kod|"Har bir signalga simvollar to‘plamini taqqoslaydigan kod, bunda qo‘shni signallarga tegishli bo‘lgan ketma-ketliklar ikkilik simvollarning eng kam soni bilan farqlanib turishi kerak. " Manipulyatsiya qilish|"1. Biror narsa ustida murakkab usul, harakat. 2. Informatikada – maʼlumotlarni qayta ishlash. Bunda dasturlar foydalanuvchi komandalarini qabul qilib, kompyuterga nima va qaysi tartibda bajarish kerakligini buyuradi. 3. Algebraik ifodalarni qayta o‘zgartirish. 4. Maʼlum qurilmani boshqarayotganda muayyan vazifani bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘l harakati. Odatda robotlar inson qo‘llari harakatlariga taqlid qiladi va buyumlarni olib ularning fazodagi joyini o‘zgartirishni taʼminlaydi. " Manipulyatsiyani aniqlash|"Ma’lumotlarning tasodifan yoki qasddan qilinadigan o‘zgartirishlarni aniqlash uchun qo‘llaniladigan protsedura. " Mansell bo‘yicha rang miqdori|"Odatdagi sharoitlarda, yorqinlikni sezishning taxminan bir tekis darajasini kuzatish imkonini beradigan shkala yordamida ifodalangan rangli predmet uchun yorug‘likni o‘tkazish yoki qaytarish kattaligi. " Mansell rang tizimi|"Uch o‘zgaruvchidan ikkitasi, xususan, tusi (rangning tusi), miqdori va xromlari doimiy bo‘lgan bir tekis rang shkalasidan foydalanishga asoslangan jismlar rangini aniqlaydigan tizim. " Mantiq|"Mantiqiy tafakkur shakli va qonunlari to‘g‘risidagi fan. Mantiq fanining obyekti – tafakkur qonunlari, shakllari, uslublari va operatsiyalaridir. Mantiq fani u o‘rganadigan predmet sohasining turi bo‘yicha ikki bo‘limdan iborat: formal mantiq va dialektik mantiq. Formal mantiq statik borliqqa, dialektik mantiq dinamik borliqqa oiddir. Formal mantiq ilmining asoslari eramizdan avvalgi IV asrda buyuk yunon olimi Aristotel tomonidan yaratilgan. IX asrda yashab o‘tgan Markaziy Osiyolik alloma Abu Nasr Farobiy Aristotelning umumiy formal mantiq tizimini uning boshqa asarlari asosida to‘ldirib, o‘z zamonasi uchun eng muhim mantiq fanini shakllantirib bergan. Yo rost yo yolg‘on bo‘lishi mumkin bo‘lib qiymatlari ikkilik sanoq tizimiga xos fikrlar, yaʼni hukmlar ustida matematik tahlil va deduktiv fikrlashni birinchi bo‘lib XIX asr o‘rtalarida Irlandiyalik Jorj Bul qo‘llagan. Bu Bul algebrasi deb ataluvchi mantiq algebrasi yaratilishiga va oxir oqibatda XX asr o‘rtalarida elektron hisoblash mashinalarining yaratilishiga olib kelgan. " Mantiqiy analizator|"Murakkab raqamli qurilmalarni sozlash va diagnostika qilish uchun mo‘ljallangan qurilma. " Mantiqiy bomba|"1. Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimining muayyan bir holatida ishga tushadigan va tizimni ishdan chiqishiga olib keluvchi zararli dastur. 2. Avtomatlashtirilgan tizim resurslarining (ma’lumotlar, dasturiy yoki apparat ta’minot) shikastlanishiga olib keluvchi va ayrim shartlar bajarilganda ishga tushadigan kompyuter dasturi yoki dastur fragmenti. 3. Elektron hisoblash mashinasining, ma’lumotlarni buzish, yo‘q qilish yoki o‘zgartirish maqsadida, davriy ravishda yoki muayyan vaqtda bajaradigan dasturi. " Mantiqiy dasturlash|"Dasturlash uslubi, bunda dastur xulosalar shakllanadigan faktlar va bog‘liqliklardan iborat bo‘ladi. Prolog tilida amalga oshirilgan. " Mantiqiy dasturlash tili|"Deklarativ tillarga tegishli bo‘lgan dasturlash tili; mantiqiy xulosa qoidalari va kirish ma’lumotlari o‘rtasidagi munosabatlarni belgilash asosida qurilgan. " Mantiqiy disk|"Qattiq disk xotirasining maxsus qismi. Mantiqiy diskni operatsion tizim alohida qurilma sifatida qabul qiladi. U o‘zining nomiga, katаloglarga ega. " Mantiqiy formatlash|"Diskda operatsion tizim foydalanadigan jadvallar, kataloglar va xizmat sektorlari tuziladigan formatlash. " Mantiqiy ifoda|"Ustida mantiqiy operatsiyalar bajariladigan obyektlar operandlar bo‘lgan ifoda. Har bir dasturlash tili o‘zining ifodalar tuzish qoidalarini va operatsiyalarni belgilashlarni belgilaydi (sintaksis). Mantiqiy ifodaning bajarilish natijasi – ChIN yoki YoLG‘ON mantiqiy qiymatlardan biri. " Mantiqiy inkor|"Mantiqiy amal. Ba’zi dasturlash tillarida NOT kabi belgilanadi va NOT p ko‘rinishida yoziladi, bu yerda p – mantiqiy ifoda. " Mantiqiy kanal raqami|"x.25 tarmoqlaridagi virtual kanal identifikatori. " Mantiqiy ko‘paytirish, VA mantiqiy funksiyasi|"Operandlarning ikkilik (0,1) razryadlari yoki mantiqiy kattaliklari ustida bajariladigan, «chin» qiymati faqat har ikki operand 1 ga teng bo‘lganda yoki ikkala operand chin bo‘lgandagina qaytariladigan operatsiyalar. " Mantiqiy ko‘paytma|"Operandlarining har ikkisi chin bo‘lganda, natijasi chin bo‘ladigan VA mantiqiy amali. " Mantiqiy manzil|"Xotira sohasining, periferik yoki tarmoq qurilmasi, Internet, elektron pochtaning ramziy yoki shartli manzili. Translyatsiya qilishda yoki ishlash jarayonida tegishlicha dasturiy yoki apparat ta’minot yordamida fizik manzilga aylantiriladi. " Mantiqiy matritsa, ventilli matritsa|"Berilgan funksiyalarni bajarish imkoniyati bo‘ladigan qilib birlashtirilgan mantiqiy ventillarning jami ko‘rinishidagi maxsus mikrosxema. " Mantiqiy mikroprotsessor|"Axborotni qayta ishlaydigan va saqlaydigan, mantiqiy sxemalardan tashkil topgan mikroprotsessor. " Mantiqiy nom|"Operatsion tizim qandaydir qurilma yoki qurilmalar toifasiga, amaliy dasturiy ta’minot qurilma konstruksiyasining o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq bo‘lmasligi uchun beriladigan nom. " Mantiqiy obyekt|"Obyekt to‘g‘risidagi axborot saqlanishi mumkin bo‘lgan obyekt, mantiqiy obyekt deb hisoblanadi. Mantiqiy obyektlar va ularning munosabatlari munosabatlar diagrammasi yordamida tavsiflanadi. " Mantiqiy operatsiya|"Mantiqiy mulohazalar ustidagi operatsiyalar. Ko‘pgina dasturlash tillarida ikki o‘rinli operatsiyalar: mantiqiy qo‘shish (OR), mantiqiy ko‘paytirish (AND), implikatsiya («-»), istisno qiluvchi «yoki»; bir o‘rinli operatsiya – mantiqiy inkor (NOT) belgilanadi. " Mantiqiy operatsiya belgisi|"Mantiqiy operatsiya simvoli (VA-AND, YO‘Q-NOT, YoKI-OR, Faqat YoKI-XOR). " Mantiqiy qiymat|"1 yoki 0 ikkilik qiymatlar. " Mantiqiy qurilma|"Dasturiy yo‘l bilan yaratilgan, biroq funksional jihatdan fizik qurilma kabi ishlaydigan qurilma. Bitta mantiqiy qurilmaga bir nechta fizik qurilma, va aksincha, to‘g‘ri kelishi mumkin. Masalan, bitta fizik qattiq disk bir qancha mantiqiy disklarga bo‘linishi mumkin. " Mantiqiy qo‘shish|"Hech bo‘lmasa bitta operandi yoki har ikki operandi chin bo‘lganda, natijasi chin bo‘ladigan YoKI mantiqiy operatsiyasi. " Mantiqiy siljish|"Registr ichidagini, registrdan chiqarib tashlanadigan bitni yo‘qotgan holda, chapga yoki o‘ngga razryadlab ko‘chirish. Bo‘sh razryadlar nollar bilan to‘ldiriladi. " Mantiqiy sxema|"Ma’lumotlarni qayta ishlaydigan yoki mantiqiy operatsiyalarni bajaradigan mikrosxema. " Mantiqiy sxemalar sintezi|"Mikrosxemani loyihalashdagi bosqich. Yuqori daraja tilidagi mikrosxema tavsifini mantiqiy ventillar va ularning birikmalariga aylantirishda ifodalanadi. " Mantiqiy topologiya|"Tizimning fizik topologiyasidan farq qiluvchi mantiqiy chizmasi. Masalan, lokal tarmoqlarda tarmoq fizik nuqtai nazardan «yulduz» topologiyasi ko‘rinishida bo‘lishi mumkin bo‘lsada, tarmoq mantiqiy shina sifatida faoliyat ko‘rsatishi mumkin. " Mantiqiy ventil|"Kirish signallari ustida eng oddiy mantiqiy operatsiyalarni amalga oshiradigan ventil. " Mantiqiy xulosa mashinasi|"Ekspert tizim bilimlar bazasida saqlanadigan mantiqiy xulosa qoidalari va faktlar asosida xulosa shakllantirish mexanizmi. " Mantiqiy yozuv|"Fizik joylashishiga bog‘liq bo‘lmagan holda ma’lumotlarni yozish. Yozuv, masalan, ikkita turli xil faylda saqlanishi mumkin. " Mantiqiy shina|"Lokal tarmoqlar topologiyasi, masalan, Ethernet kabi umumiy aloqa kanalidan foydalanadigan topologiya. " Manzil|"1. Tarmoq yoki tarmoq qurilmasiga uni axborot almashinuvi vaqtida boshqa tarmoqlar va qurilmalar aniqlay olishi uchun beriladigan noyob identifikator. Izoh − Manzillar mantiqiy (ramziy yoki shartli), fizik (apparat) yoki tarmoq manzillari shaklida bo‘lishi mumkin. 2. Internet tarmog‘ida avtomatlashtirilgan axborot tizimi joylashgan yerning simvolli taqdim etilishi. " Manzil arifmetikasi|"Murakkab manzillash tizimlarida manzillarni hisoblash protsedurasi. " Manzil deshifratori|"Manzilni, xotira qurilmasiga yuborilayotgan boshqaruvchi signallarga o‘zgartirgich. " Manzil fazosi|"1. Protsessor yoki dastur foydalana oladigan yoki foydalana olishi mumkin bo‘lgan manzillar diapazoni. Manzil shina kengligiga va protsessor registrlarining razryadliligiga bog‘liq. 2. Dasturga ajratilgan fizik yoki virtual manzillar diapazoni. " Manzil liniyasi, manzil satri|"1. So‘raladigan yoki saqlanadigan axborotning manzilini ko‘rsatish uchun foydalaniladigan chiziqlardan biri. Axborot matritsa ko‘rinishida tashkil qilinishi sababli, manzil liniyalaridan to‘liq foydalanish sikli ichida ikki marta ‒ satr va ustun raqamini ko‘rsatish uchun foydalaniladi. 2. Internetda yoki lokal kompyuterda bo‘lgan fayllarni ochish vositasi. Manzilning manzil satriga kiritilishi, shu manzilda bo‘lgan faylning ochilishiga so‘rovni bildiradi. " Manzil maydoni|"Mashina komandasi yoki xabarning manzilni ichiga oladigan qismi. " Manzil niqobi|"Manzilning qaysi qismi tarmoqqa yoki kichik tarmoqqa, qaysi biri xost-mashinaga taalluqli ekanligini tasvirlash uchun foydalaniladigan bitlar kombinatsiyasi. Ba’zan oddiygina qilib, niqob deb ham ataladi. Manzil registri rus. - адресный регистр ing. - аddress register Protsessorning, tezkor xotira qurilmasi to‘liq manzilini yoki manzilning ma’lumotlar bajaruvchi manzilini yoki navbatdagi bajariladigan komandani hisoblashda foydalaniladigan qismini ichiga oladigan registri. " Manzil strobi|"Protsessor yoki xotira kontrolleri yuzaga keltiradigan, xotira mikrosxemasining kiruvchi boshqaruv signallaridan biri. " Manzil zanjiri|"Manzil shinasi va manzil qurilmasi o‘rtasida o‘rnatiladigan mikrosxem (masalan, tezkor xotira qurilmasi). " Manzil shinasi|"1. Kompyuter xotirasida axborot saqlanadigan va kiritish mumkin bo‘lgan joyni aniqlash uchun xizmat qiladigan o‘tkazgichlar va yordamchi elementlar tizimi. 2. Signallarni uzatishda ishlatiladigan tizim shinasidagi liniyalar to‘plami, ular yordamida protsessor tomonidan bajariladigan o‘qish/yozish va kiritish-chiqarish operatsiyalarini bajarish uchun xotira yacheykasining joylashgan o‘rni aniqlanadi. Izoh − Shina kengligi plataning xarakteristikalariga qarab o‘zgaradi (8 dan 64 razryadgacha). Ayrim kompyuterlarda tashqi qurilmalar registrlariga kira olish uchun ham ishlatilishi mumkin. " Manzillar jadvallari|"Kommutatorlar, ko‘priklar va marshrutizatorlarda saqlanadigan va ushbu qurilmalarga tarmoqdagi fizik qurilmalarning joylashishini «eslab qolish» imkonini beradigan jadvallar. " Manzillar kitobi|"Pochta dasturlaridagi pochta manzillari ro‘yxati. Izoh − U pochta qutisining egasi tomonidan to‘ldiriladi, ayrim hollarda avtomatik to‘ldirish imkoni ham mavjuddir. Pochta manzillarini kiritishdan tashqari manzil kitobida odatda ism, familiya, telefon raqami va boshqa shaxsiy ma’lumotlar kiritiladi. " Manzillarni aniqlash protokoli|"TCP/IP va Apple Talk tarmoqlarida foydalaniladigan protokol. U xost-kompyuterga agarda uning faqat mantiqiy manzili ma’lum bo‘lsa, tarmoq uzelining fizik manzilini aniqlash imkonini beradi. Protokoldan foydalanishda, tarmoq platasi tarmoq uzellarining mantiqiy manzillarini apparat manzillarga o‘zgartirish uchun xizmat qiladigan jadvalni ichiga oladi. " Manzillarni hal etishning teskari protokoli|"Teskari ARP amalini bajaradigan protokol. " Manzillarni sozlash|"Manzillarning obyekt yoki yuklash modulida modifikatsiyalash. Komponovkachi yoki yuklovchi tomonidan, uni muayyan manzil bo‘yicha joylashtirish paytida bajariladi. " Manzillarni tasvirlash|"1. Manzillarni bir formatdan boshqasiga ko‘chirish usuli. Turli tarmoq protokollariga birgalikda ishlash imkonini beradi. 2. Fizik manzilni virtual yoki mantiqiy manzil bo‘yicha hisoblash. " Manzil(lar)ni o‘zgartirish|"Protokol IP-manzilini tegishli fizik manzilga o‘zgartirish. " Manzillarning dinamik translyatsiyasi|"Virtual manzillarni virtual xotira bilan ishlashni qo‘llab-quvvatlaydigan xotirani boshqarish qurilmasi va operatsion tizim tomonidan bajariladigan jismoniy xotira manzillariga aylantirish. " Manzillash|"1. Nomerlarini ko‘rsatish yo‘li bilan kompyuter portlariga yoki xotiraning alohida yacheykalariga, tez kirishni (foydalanishni) ta’minlash usuli. 2. Kompyuter tarmoqlarida abonent joylashgan yerni aniqlash usuli. " Manzillash rejimi (usuli)|"Protsessor tomonidan, komanda murojaat qiladigan ma’lumotlar elementi manzili (operand) ni hisoblab topish usuli. Registrli va noregistrli, to‘g‘ri, indeksli, nisbiy va bilvosita, operand manzilini bir vaqtda oshirish yoki kamaytirish bilan manzillash bor. " Manzilli dastur|"Tashkilot tomonidan yil mobaynida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlar rejasi. " Manzilni modifikatsiya qilish|"Obyektga murojaat qilish. Bunda maxsus dasturlar va elektron jadvallar yordamida mantiqiy va virtual manzillar fizik manzillarga aylantiriladi. Foydalanuvchilar ko‘zlangan obyekt, masalan, bitta tizimdan boshqasiga ko‘chirilganligini sezmasligi mumkin. " Manzilni o‘zgartirish|"Kompyuterlardagi adreslash sxemalarida farqlarni bartaraf etish usuli. Manzilni o‘zgartirish odatda, tarmoq sathi (IP-manzillari)ni kanal sathi (MAS-manzillari) bilan birlashtirish usulini aniqlaydi. " Manzilning o‘zgarishi|"Manzil bo‘yicha bajariladigan arifmetik, mantiqiy yoki sintaksis operatsiya. Masalan, effektiv manzil, indeksli manzil, nisbiy manzil, ko‘chiriladigan manzil. " Mapping|"1.Ma’lumotlarni bir shakldan boshqa shaklga o‘zgartirish jarayoni. 2. Eltuvchining mumkin bo‘lgan holatlarini modulyatsiyaning vektor diagrammasida (signal yulduzida) tegishli pozitsiyalar bilan tasvirlash, bunda pozitsiyaning gorizontal o‘qqa nisbatan burchagi eltuvchi fazasini, koordinata boshidan pozitsiyagacha bo‘lgan masofa eltuvchi amplitudasini belgilaydi. 3. Bitlar ketma-ketligini boshqa bitlar ketma-ketligiga modulyatsiya turiga bog‘liq ravishda ma’lum qoida bo‘yicha o‘zgartirish jarayoni. 4. Bitlar ketma-ketligini signal yulduzining modulyatsiya simvollariga bog‘liq ravishda ma’lum qoida bo‘yicha o‘zgartirish garayoni. " Maqsadli dastur|"Muayyan maqsad (vazifa) ga erishishga yo‘naltiril-gan, muddatlar, bajaruvchilar, resurslar tomondan o‘zaro muvofiqlashtirilgan, bajariladigan tadbirlar (ko‘rsatiladigan xizmatlar) majmui. " Maqsadli katalog|"Fayllardan nusxa ko‘chiriladigan katalog. " Maqsadli til|"Dasturning boshlang‘ich matni translyatsiya qilinadigan yoki assembrlanadigan til. Boshqa dasturlash tili yoki mikrokontrollerdan superkompyutergacha bo‘lgan har qanday protsessorning mashina tili maqsadli til bo‘lishi mumkin. " Markalangan badiiy pochta konverti (varaqchasi)|"Bosmaxona usulida pochta markasi tasviri va badiiy illyustratsiya tushirilgan standart pochta konverti (standart pochta varaqchasi). " Markalangan pochta konverti: markalangan pochta konverti (varaqchasi)|"Bosmaxona usulida pochta markasi tasviri tushirilgan standart pochta konverti (standart pochta varaqchasi). " Markalar preyskuranti|"Kolleksion pochta markalari va bloklari uchun narxlar maʼlumotnomasi. " Markali varaq|"Perforatsiyalangan yoki perforatsiyalanmagan qog‘ozning bir varag‘ida chiqariladigan ikkitadan ortiq pochta markasining har qanday kombinatsiyasi. " Markaz|"Matn yoki tasvirlarni tekislash variantlaridan biri. Bunda satrlar sahifa yoki yacheyka markazi bo‘yicha gorizontal tarzda tekislanadi. " Markaziy davlat boshqaruvi organlari|"Davlat hokimiyatining yuqori pog‘onasidagi, o‘zining vakolati doirasida mustaqil davlatning butun hududida davlat boshqaruvini amalga oshirishga vakolati bo‘lgan organlar. " Markaziy protsessor|"Kompyuterning, hisoblashlarni, komandalarni bajaradigan va kompyuterning qolgan qismlari o‘rtasida axborot almashinuvini amalga oshiradigan elementi. Markaziy protsessor boshqaruvchi va bajaruvchi qurilmalarini o‘z ichiga oladi, kompyuter barcha qurilmalarning ishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi, arifmetik va mantiqiy axborot jarayonlarini bajaradi. " Markaziy zona|"Televizion kadrning chetlari bo‘yicha yo‘qotishlar miqdoridan qat’i nazar, barcha televizion qabul qilgichlarda tiklanadigan qismi. " Markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasi|"Tarkibi yagona axborot massivi ko‘rinishida bitta elektron hisoblash mashinasidagi bitta yoki bir nechta tashuvchida joylashtirilgan ma’lumotlar bazasi. " Markazlashtirilgan sinxronlash|"Bir nechta televizion signal manbalari chiqaradigan signallarning chastota va fazasini bitta (markaziy) manba ishlab chiqaradigan tayanch signalning chastota va fazasiga sozlash orqali televizion sinxronlash. " Markazlashtirilgan tarmoq|"Boshqarilishi, tarmoqning barcha resurslari tegishli bo‘lgan yagona serverdan amalga oshiriladigan kompyuter tarmog‘i. " Markazlashtirilgan tarzda boshqarilаdigan tarmoq xavfsizlik kontrolleri|"Tarmoq xavfsizligini ta’minlash usuli, bunda asosiy xavfsizlik funksiyalari tarmoqning bitta uzelida (yacheykasida) – markaziy kontrollerida amalga oshiriladi. " Markazlashtirilmagan (bir rangdagi) tarmoq|"Lokal hisoblash tarmog‘i, unda boshqarish funksiyasi navbati bilan bir ishchi stansiyadan ajratilgan serverlarga ega bo‘lmagan boshqa ishchi stansiyaga uzatiladi. " Markazlashtirilmagan qayta ishlash|"Qayta ishlaydigan uzellari turli уerda joylashgan, ular o‘rtasidagi ma’lumotlar almashinish trafik hajmi bilan cheklangan kompyuter tizimi. " Marker|"1. Elektron mazmun tashuvchi. 2. Aniqlanadigan so‘zlarni, masalan, tilning xizmatga oid so‘zlarini, konstantalarni va sh.k., taqdim etish uchun mo‘ljallangan qisqa kod. " Marker-kanal|"WCDMA tizimidagi, mobil stansiya tomonidan tayanch stansiyani aniqlashda foydalaniladigan kanal. Bu kanalda, vaqt bo‘yicha uchta signal multipleksorlangan, ya’ni umumiy pilot signal, mantiqiy kanallar to‘g‘risidagi ma’lumotlar va Gold kodli ketma-ketliklari. " Markerni uzatish, markerli halqa|"Halqali topologiya tarmog‘idagi kommunikatsiya usuli, bunda markerlar deb ataladigan maxsus xabarlar tizimda doimo aylanadi. " Markerning sirkulyatsiya vaqti|"Halqa tuzilmali hamda markerli kirishga ega tarmoqda markerning aloqa bog‘lamasiga kelishining ikki ketma-ket onlari o‘rtasidagi vaqt. " Marketing|"Mahsulot yoki xizmatlarni sotish bilan bog‘liq jamiyat faoliyati. Marketingni o‘tkazish uchun maxsus axborot tizimlari yaratiladi. Ularning har biri mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan axborotni yaratish, tahlil qilish va tarqatishga qaratilgan jami uslub va tartiblardan iborat. Marke-tingni o‘tkazishda maʼlumotlarni qayta ishlash va ularni uzatish uslublari va vositalari, amaliy dasturlar majmuidan foydalanish muhim rol o‘ynaydi. Bular axborotni to‘plash, saqlash, olingan maʼlumotlarga statistik qayta ishlash, kalendar rejalashtirish va h.k.larni taʼminlaydi. " Marshrutizator|"1. Bir nechta lokal tarmoqni bitta tarmoqqa birlashtiruvchi va ma’lumotlarni bir tarmoqdan, paketlarni filtrlaydigan va tarmoqni kerak bo‘lmagan paketlardan muhofaza qiladigan, boshqa tarmoqqa uzatilishini ta’minlaydigan qurilma. Izoh – Marshrutizator uchinchi (tarmoq) OSI cathda joylashadi va paketlarni uzatishning bir nechta yo‘llaridan birini tanlashni ta’minlaydi. 2. Bir nechta tarmoq trafigini uzatish yo‘llaridan birini tanlash to‘g‘risidagi qarorlarni qabul qilish uchun javob beruvchi tizim. Bu vazifani bajarish uchun tarmoq to‘g‘risidagi axborot va marshrutlash metrikasi («routing metrics») deb nomlanuvchi, bir nechta mezonlar asosida eng yaxshi yo‘lni tanlash algoritmlarini o‘z ichiga oluvchi marshrutlash protokollaridan foydalaniladi. 3. Tarmoq trafigi yo‘naltirilishi kerak bo‘lgan optimal yo‘lni tanlash uchun, bir yoki bir necha metrikadan foydalanadigan, OSI modelining tarmoq sathida ishlaydigan qurilma. Marshrutizatorlar paketlarni bir tarmoqdan boshqasiga, marshrutli axborotni yangilash paketlaridagi mavjud tarmoq sathi axborotlariga tayangan holda, qayta yo‘llaydi. " Marshrutlash|"1. Axborot manbadan qabul qilgichga uzatiladigan uzatish traktlari va tarmoq uzellarining ketma-ketligini tanlash. 2. Xabarlarni uzatish uchun optimal yo‘lni tanlash jarayoni. 3. Bitta yoki bir nechta tarmoq orqali paketni uzatishning optimal yo‘li (marshruti) ni tanlash jarayoni. Barcha tarmoq uchun markazlashgan tarzda yoki bir-biridan mustaqil ravishda tarmoqning turli uzellarida hisoblanadigan taqsimlangan usulda shakllanishi mumkin bo‘lgan doimiy (tizimning ish boshlashidan oldin hisoblanadigan) yoki dinamik marshrut jadvallari asosida amalga oshiriladi. Marshrutlash usullari vektorlar uzunligi, qisqa yo‘lni afzal ko‘ruvchi algoritm ma’lumotlaridan, shuningdek, turli tarmoqlarda qo‘llaniladigan boshqa usullar va texnologiyalardan foydalanishga asoslangan. Bu usullar, algoritmlar va texnologiyalar marshrutlash protokollaridan foydalanib amalga oshiriladi. 4. Oluvchining xost-mashinasigacha bo‘lgan yo‘lni belgilash jarayoni. Oluvchining xost-mashinasiga yetgunga qadar, paket o‘tishi kerak bo‘lgan potensial oraliq uzellar soni katta bo‘lishi tufayli, yirik tarmoqlardagi marshrutlash murakkab operatsiyani o‘zida aks ettiradi. " Marshrutlash jadvali|"1. Paketlar yoki xabarlar kommutatsiyasi bilan tarmoq uzeliga bog‘langan va har bir adresat uchun optimal chiqish kanalini ko‘rsatuvchi jadval; bir nechta chiqish kanallari ularning afzalliklari tartibida ko‘rsatilishi mumkin. 2. Marshrutizatorda yoki tarmoqlararo birlikda ishlash qurilmasida tarmoqlarga marshrutlar aniq saqlanadigan jadval, ayrim hollarda, shunday marshrutlar uchun metrikalar yoziladi. " Marshrutlash jadvallari porotokoli|"VINES arxitekturasi uchun RIP protokoliga asoslangan marshrutlash protokoli. Tarmoq topologiyasi to‘g‘risidagi axborotni tarqatadi va VINES-serverlarga qo‘shni mijoz serverlar va marshrutizatorlarni topishga yordam beradi. Marshrutlash metrikasi sifatida kechikish kattaligidan foydalaniladi. " Marshrutlash jadvallarini boshqarish protokoli|"Apple Computer kompaniyasi ishlab chiqqan axborotlarni marshrutlash protokoli. Bu protokol Apple Talk tarmog‘idagi ixtiyoriy jo‘natuvchidan ixtiyoriy oluvchigacha deytagramma marshrutlarini o‘tkazish uchun talab qilinadigan marshrutli axborotni boshqaradi. RTMP protokolidan foydalanib, marshrutizatorlar topologiyadagi o‘zgarishlarni aks ettirish uchun marshrutlash jadvallaridagi ma’lumotlarni dinamik boshqaradi. " Marshrutlash protokoli|"Berilgan jo‘natuvchi va oluvchi uchun optimal marshrutni tanlash usulini belgilaydigan va marshrut tanlangandan so‘ng xabarlarni yetkazish to‘g‘riligini ta’minlaydigan protokol. Odatda, marshrutlash protokollari marshrutizatorlarning o‘zaro harakati orqali amalga oshiriladi. Marshrutlash protokollariga IGRP, OSPF va RIP protokollari misol bo‘ladi. " Marshrutlash serveri|"Xabarlar qabul qilinishini va ularning eng samarali yo‘llar orqali adresatga tez yetkazib berilishini amalga oshiradigan server. " Marshrutlashni boshqarish|"Chaqiruvni yoki paketni adresatga yetkazishi mumkin bo‘lgan marshrutni aniqlash jarayoni. " Marshrutli axborot protokoli|"Internetda keng qo‘llaniladigan ichki shlyuzlar protokoli. Marshrutlash metrikasi sifatida bu protokol o‘tishlar sonidan foydalanadi. " Maskarad|"1. Ruxsat etilmagan tarzda foydalana olish uchun biror-bir mantiqiy obyektning o‘zini boshqa mantiqiy obyekt qilib ko‘rsatishga urinishi. 2. Tegishli harakatlarni amalga oshirishga vakolatlari bo‘lmagan va o‘zini bu harakatlar ruxsat berilgan boshqa shaxs qilib ko‘rsatadigan subyekt tomonidan, tizimdan, obyektdan erkin foydalanishga urinish yoki boshqa harakatlarning bajarilishi. 3. Qandaydir qonuniy foydalanuvchining ishini imitatsiya qilish yo‘li bilan tarmoqqa ruxsat etilmagan tarzda kirishga urinish. " Maskirator|"Axborotni o‘zgartirishning matematik algoritmini amalga oshiradigan, maxfiy kalitdan foydalanmaydigan yoki uni xabar bilan birga uzatadigan (saqlaydigan) axborotni muhofaza qilish vositasi. " Maslahat beruvchi axborot|"Tizimda to‘g‘ri ishlash uchun foydalanuvchi tomonidan so‘raladigan ma’lumot. " Masofadan boshqarish dasturi|"Bir kompyuterning boshqa kompyuter bilan aloqasini ta’minlaydigan va unda amaliy dasturni ishga tushiradigan dastur. Kompyuterlar tarmoqqa ulangan bo‘lishi kerak. " Masofadan foydalana olish uchun ulanish|"Odatdagi kommutatsiyalanadigan telefon aloqa liniyasi orqali modem yordamida tarmoqqa ulanish. " Masofadan tarqatiladigan dasturiy taʼminot|"Internet hamda teletex, viewdata va shu kabi boshqa telematik xizmatlar orqali tarqatiladigan dasturiy taʼminot. " Masofadan turib foydalanish|"Kompyuter tarmog‘ining elementlari o‘rtasida birgalikda ishlashning uchta variantini ta’minlaydigan foydalanish: masofadan boshqarish – olisdagi abonent va/yoki server dasturlarining ishga tushirilishini amalga oshirish imkonini beradi; tizimning uzoq muddatli xotirasidan foydalanish; elektron pochta rejimida ishlash. " Masofadan turib foydalanish xizmati|"1. Tarmoq foydalanuvchilariga ularda yetarli huquqi bo‘lganida uzoqdan turib kompyuterdan foydalanish imkonini beruvchi va ularni boshqaruvchi Windows xizmati. 2. Mobil foydalanuvchilarni ulashda va hududiy jihatdan olisda joylashgan filiallar bilan aloqa o‘rnatishda foydalaniladi. Shu bilan birga ular tarmoqning hamma imkoniyatlarini oladi (tizim administratorlari va mobil xizmatchilariga masofaviy ruxsatni ta’minlaydi, bu kommutatsiya liniyalaridan printerlar, elektron pochta, SQL ma’lumotlar bazasini loyihalash va ishlatishda shaxsiy tarmoq orqali umumiy foydalanish imkonini beradi). " Masofadan zondlash yo‘ldoshi|"Aktiv yoki passiv datchiklardan foydalanib elektromagnit to‘lqinlarni qabul qilish yo‘li bilan masofadan kuzatadigan yo‘ldosh. " Masofadan o‘qitish|"1. Masofadan o‘qitish usullaridan foydalanish asosida aholining keng qatlamlariga taqdim etiladigan ta’lim xizmatlarining zamonaviy kompleksi. 2. Ta’lim xizmatlarini taqdim etadigan o‘quv yurtidan geografik jihatdan olisda bo‘lgan o‘quvchilarga ta’lim olish imkonini beradigan vositalar va chora-tadbirlar majmui. " Mastday|"Microsoft Windows operatsion tizimlarining boshqa operatsion tizimlar fanatlari tomonidan kamsitib atalishi. " Master|"Zamonaviy dasturlash va ma’lumotlarni boshqarish tizimlaridagi funksiya. Foydalanuvchiga tegishli standart ishlanmalar to‘plamini taqdim etadi. Qandaydir tizimda asosiy rolni bajaradigan qurilma (masalan, diskovod) yoki blok. " Masshtablash|"Ekranda aks ettiriladigan butun grafik tasvirni yoki uning bir qismini kattalashtirish/kichraytirish. " Mas’uliyati cheklangan jamiyat, MChJ|"Bitta yoki bir nechta jismoniy va/yoki yuridik shaxs tomonidan ta’sis qilingan, ustav kapitali ulushlarga bo‘lingan xo‘jalik jamiyati. Izoh – Jamiyat qatnashchilari uning majburiyatlari bo‘yicha javobgar emaslar va jamiyatning ustav kapitalidagi o‘zlariga tegishli bo‘lgan ulushlar yoki aksiyalarning qiymati doirasida jamiyat faoliyati bilan bog‘liq zararlar xavfini ko‘taradilar. Muomalaga aksiyalar chiqarmaydi. " Matematik mantiq|"Mantiq fani bo‘limi. U matematika uslublari asosida rivojlantiriladi. Unga fikr (hukm) larni asoslash, isbotlar, mantiqiy xulosalar chiqarish kiradi. Buning uchun matematik mantiqda algebra uslublari va algoritmlar nazariyasi qo‘llaniladi. " Matematik soprotsessor|"Asosiy markaziy protsessorga qo‘shimcha integral sxema. Siljiydigan nuqta (vergul) shaklida taqdim etilgan sonlar bilan ishlaydigan komandalarni tez bajaradi. Soprotsessordan foydalanish hisobiga shaxsiy kompyuterning ish tezligi 4-20 marta oshadi. Bunday yutuqqa nafaqat hisoblashga oid masalalarni hal qilishda, balki grafika bilan ishlashda ham erishiladi. Matnlar bilan ishlashda soprotsessordan foydalanilmaydi. " Matn|"Biror bir tildagi so‘zlarning ketma-ketligi. " Matn fayli|"Ko‘rinmaydigan (bosilmaydigan) simvollarni ichiga olmagan fayl. Matn redaktori tomonidan yaratiladi. " Matn maydoni|"Muloqot darchasidagi axborot kiritish uchun mo‘ljallangan maydon. " Matn redaktori|"Matnlar tuzish va ularni o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan dastur. " Matnbop reklama|"Mazmuni foydalanuvchining izlash tizimiga qilgan so‘roviga bog‘liq reklama. Shuningdek, Internet-resurslar kataloglari va turli sahifalarga tashrif buyuruvchilar uchun reklamaga nisbatan ham ishlatiladi. Bunday reklama uni izchil qidirayotganlarga ko‘rsatilishi sababli, uning samaradorligi ham oddiy reklamaga nisbatan yuqoriroq. " Matnlarni qayta ishlash|"Matn protsessorlari yordamida matnli hujjatlar bilan ishlash. " Matnli raqamlar|"Ko‘p xonali sonlarni raqamlar va matnlar kombinatsiyasi orqali ifodalash. Masalan, 3 trln. 42 mlrd. 24 mln. 325 ming. " Matnli rejim|"Aks ettirish rejimi, bunda monitor kursiv, ustki indeks kabi grafik tasvirlar va belgilarni emas, balki harflar, raqamlar va matnli belgilarni tasvirlaydi. " Matnli segment|"Matnning nusxa olishga, ko‘chirishga yoki o‘chirishga tayyorligi belgilangan qismi. " Matnni joylashtirish|"Matnni chap va o‘ng chegaralari orasida avtomatik ravishda to‘g‘rilash va oldingi satrga sig‘magan so‘zlarni keyingi satrlarga ko‘chirish. " Matnni nutqiy kiritish tizimi|"Kompyuterga kiritiladigan nutqni (ovozdan) matnga aylantirish tizimi. " Matritsa|"1. Har bir elementi, biri ustunni, boshqa biri berilgan element joylashgan satrni belgilaydigan ikkita indeks qiymatlari bilan manzillanadigan ma’lumotlarni tartiblashtirilgan tarzda joylashtirish. 2. Rangli televideniyeda matematik amalni belgilaydigan koeffitsiyentlar jadvali, uning bajarilishi rang koordinatalarining o‘zgarishiga olib keladi. " Matritsalalsh (rang bo‘yicha)|"1. Asosiy ranglar signallarini va/yoki ayirmarang signallar, yorqinlik signali va bitta rang tasviriga mos keladigan ayirmarang signallarni vaznlab qo‘shish. 2. Rang koordinatalarini hisoblash yo‘li bilan yoki elektr, optik yoki boshqa vositalar yordamida o‘zgartirish. " Matritsali blok|"Rang koordinatalarining o‘zgartirilishi elektr, optik yoki boshqa vositalar yordamida bajariladigan qurilma. " Matritsali kommutator|"Har bir kirish kanali oldindan berilgan chiqish kanali bilan birlashtiriladigan kommutator. " Matritsali printer|"Belgi tasvirini chop etuvchi ignalar matritsasi va bo‘yovchi tasma yordamida shakllantiruvchi printer. " Matritsali protsessor|"Ma’lumotlar jadvali matritsasi elementlarini parallel qayta ishlaydigan protsessor. " Matritsali videopanel|"Elektrodlarning matritsali tuzilmasiga ega yassi signal-yorug‘lik o‘zgartirgich. " Mavjud bo‘lgan|"Mavjud bo‘lgan fayl nomi bilan yangi fayl yaratilganda yuzaga keladigan vaziyat. Bunday vaziyatdan chiqishning birgina yo‘li eski fayl nomini o‘zgartirishdir. " Mavzu rejasi|"Maʼlum davr ichida chiqarish rejalashtiriladigan, pochta markalari seriyasi va alohida pochta markalari, markalangan va filateliya mahsulotlari ro‘yxati. " Maxfiy axborotdan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olish|"Maxfiy ma’lumotlardan foydalana olish huquqiga ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan maxfiy ma’lumotlarning olinishi. " Maxfiy axborotning buzilishi|"Texnik vositalarning nosozligi, dasturiy ta’minotning takomillashmaganligi va xatolari, xizmat ko‘rsatuvchi personalning mas’uliyatsizligi, tabiiy ofatlar yoki jinoyatkorlar (buzg‘unchilar) harakatlari natijasida, axborotning noqonuniy yoki qasddan o‘zgartirilishi, buzilishi yoki yo‘q qilinishi. " Maxfiy axborotning chiqib ketishi (yo‘qolishi)|"Davlat va xizmat siri hisoblanadigan ma’lumotlarning, shu ma’lumotlar ishonib topshirilgan (bunday ma’lumotlar bo‘lgan) tashkilot yoki shaxslar doirasidan tashqariga noqonuniy tarqatilishi. " Maxfiy bo‘lmagan axborot|"Davlat, xizmat sirini, tijorat bilan bog‘liq sirni va shaxsiy sirni o‘zida ifodalamaydigan, ochiq matbuotda eʼlon qilinishi mumkin bo‘lgan axborot. Izoh – Maxfiy bo‘lmagan axborot oshkor bo‘lishdan himoyalanmaydi, chunki unda hech qanday sir bo‘lmaydi, biroq bu axborot (biblioteka) hujjatlari yoki kompyuterning maʼlumotlar banki shaklida taqdim etilgan holda, yaxlitligi buzilishidan va blokirovkalanishdan himoyalanishi kerak. " Maxfiy ish|"Ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik, loyiha, texnologik, qidiruv va boshqa ishlar (shu jumladan, talabalar, diplomniklar, dissertantlarning ishlari), shuningdek, maxfiylashtirish lozim bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxatida ko‘zda tutilgan har qanday ma’lumot. " Maxfiy kalit|"1. Mazkur kalit yordamida kriptografik o‘zgartirishlarni shakllantirgan shaxsga tegishli va ma’lum bo‘lgan kriptografik kalit. 2. Bir yoki bir nechta ishtirokchilarga ma’lum bo‘lgan va raqibga ma’lum bo‘lmagan kriptografik protokol (kriptografik sxema)ning maxsus parametri. Raqibda maxfiy kalitning qiymati to‘g‘risidagi axborotning yo‘qligi – ko‘plab kriptografik protokollar (kriptografik sxemalar) barqarorligining zarur sharti. 3. Ushbu simmetrik shifrtizim kalitlaridan foydalana olish yoki ushbu asimmetrik shifrtizimning ba’zi funksiyalaridan foydalanish huquqiga ega bo‘lmagan shaxslardan sir saqlanadigan kalit. " Maxfiy kalitli kriptotizim|"Kriptografik tizim, bunda aynan bitta kriptografik kalitdan axborotni shifrlash va rasshifrovka qilish uchun foydalaniladi. Bunday kriptotizimlar bir kalitli, simmetrik, oddiy, ikki tomonlama yoki klassik deb ham ataladi. Maxfiy kalitli kriptografik tizimlar blokli va oqimli kriptotizimlarga bo‘linadi. " Maxfiy ma’lumotlar|"Ma’lum bir maxfiylik grifi (darajasi) berilgan yopiq ma’lumotlar. Maxfiy-rejimli organ (MRO) ing. - regime and secret authority (RSA) ru – режимнo-секретный орган (РСО) Maxfiylik rejimini ta’minlash bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi hamda maxfiy ishlar yuritiladigan tashkilotlarda unga rioya qilinishini muntazam tekshirib turadigan mustaqil tashkiliy bo‘linma. " Maxfiylashtirilishi zarur bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxati|"Belgilangan tartibda tasdiqlangan, tarqatilishi O‘zbekiston Respublikasi manfaatlariga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarning maxfiylik darajasini belgilovchi hujjat. " Maxfiylashtirish apparaturasi|"Telefon va telegraf so‘zlashuvlarini (xabarlarini) avtomatik ravishda shifrlash va deshifrlash uchun mo‘ljallangan maxsus texnik qurilmalar. " Maxfiylik grifi|"1. Berilgan muayyan holatda ma’lumotlar yoki axborotni ruxsat etilmagan tarzda foydalanishdan muhofaza qilish uchun zarur bo‘lgan aniq belgilangan daraja. Masalan, «mutlaqo maxfiy», «maxfiy», «konfidensial». 2. Hujjat yoki nashrdagi, shu hujjatdan foydalanishning muhim tartibini belgilovchi yozuv (tamg‘a). 3. Axborot tashuvchidagi, shu tashuvchida saqlanadigan axborotning konfidensiallik darajasini tasdiqlovchi maxsus belgi. 4. Tashuvchining o‘ziga va/yoki unga ilova qilinadigan hujjatlarga qo‘yiladigan, ularning eltuvchilarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlarning maxfiylik darajasini tasdiqlovchi rekvizitlar. " Maxfiylik kaliti|"Foydalanuvchining yoki dasturning resurslar va maʼlumotlar bilan ishlash huquqlarini aniqlaydigan kalit. Maxfiylik kaliti autentifikatsiyada ishlatilib, parol, yaʼni, maxfiy so‘z turlaridan biridir. " Maxsus effektlar generatori|"Televizion tasvirlarda maxsus effektlarni yaratish uchun mo‘ljallangan uskuna. " Maxsus foydalanish ilovalari uchun mobil aloqaning takomillashtirilgan mantig‘i|"Intellektual tarmoq prinsiplariga asoslangan, aniq foydalanuvchilarning talablariga moslashtirilgan mobil aloqa tarmoqlarini boshqarish texnologiyasi. GSM standartining amaldagi MAP protokoli negizida, operatorlarga yangi xizmatlarni GSM doirasida, ularning standartlashtirilishini talab qilmagan holda, aniqlash va kiritish imkonini beradigan tarmoq infratuzilmasi tuzilishini ta’minlaydi. " Maxsus imkoniyatlar|"Ba’zi bir operatsion tizimlarning imkoniyati cheklangan kishilarning ishini onsonlashtirish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratishga mo‘ljallangan. Bularning qatoriga ekran maydonini kattalashtiruvchi ekran lupasini, tasvirning kontrastliligini oshirish, ekran klaviaturasi va klaviatura yordamida «sichqoncha»ni boshqarish imkoniyatlarini kiritish mumkin. " Maxsus kanallar|"Kabelli televideniye tarmoqlarida foydalaniladigan, 110 MHz dan 174 MHz gacha hamda 230 MHz dan 294 MHz gacha chastotalar polosasidagi chastota kanallari. " Maxsus mobil radioaloqa|"220 MHz dan 900 MHz gacha chastotalar diapazonida ishlaydigan va mobil obyektlari bo‘lgan tarmoqlarda dispetcherlik aloqasini tashkil etish uchun mo‘ljallangan harakatdagi radioaloqaning ixtisoslashgan xizmatlari: tez yordam, o‘t o‘chirish, avariya xizmatlari va b.lar. Axborot almashinuvi, asosan, alohida radiostansiyalarni emas, balki abonentlar guruhini bir vaqtda chaqirish imkonini beradigan yarim dupleks rejimda amalga oshiriladi. " Maxsus muhofaza belgisi|"Belgining o‘zini haqiqiyligini va yaxlitligini aniqlash yoki xarakterli alomatlarga mos kelishlik mezonlari bo‘yicha, «Maxsus muhofaza belgisi – taglik» kompozitsiyasini aniqlash yo‘li bilan muhofaza qilinadigan obyektlardan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishni nazorat qilish uchun mo‘ljallangan, belgilangan tartibda sertifikatlangan va ro‘yxatga olingan buyum. " Maxsus simvol|"Biror bir sanoq tizimi yoki A-Ya alifbosiga kirmaydigan belgi. Unga ~!@#$$%^&*()_+ va boshqa belgilar misol bo‘la oladi. " Maxsus tadqiqotlar|"1. Axborotni qayta ishlash texnik vositalarini ekspluatatsiya qilish obyektida axborotni muhofaza qilish tizimining standartlar va normativ hujjatlar talablariga mos kelishini aniqlash, shuningdek, muhofaza qilish tizimini talab qilinadigan darajagacha yetkazish bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida olib boriladigan tadqiqotlar. 2. Nazorat-o‘lchash apparaturasidan foydalanib, muhofaza qilinadigan axborot asosiy va yordamchi texnik vositalar hamda tizimlardan chiqib ketishi mumkin bo‘lgan texnik kanallarni aniqlash va axborotni muhofaza qilishning shu mazmundagi normativ hujjatlar talablariga mos kelishini baholash bo‘yicha faoliyat. " Maxsus xotira shtempeli|"Muhim davlat voqealariga, tarixiy va xotira joylari hamda sanalar, ko‘rgazmalarga va hokazolarga bag‘ishlangan tadbirlarni o‘tkazishda pochta markalarini maxsus hisobdan chiqarish uchun qo‘llaniladigan shtempel. " Maxsus o‘rnatiladigan elektron qurilma|"Zarur vaqt onida axborotning chiqib ketishini, uning yaxlitligi buzilishini yoki blokirovka qilinishini ta’minlash uchun, ruxsatsiz va yashirin holda texnik vositada o‘rnatilgan elektron qurilma. " Maxsus chiqarilgan (kommemorativ) marka|"Tarixiy sanalar, yubileylar yoki biror-bir voqealarga, mavzuga bag‘ishlab bosib chiqariladigan pochta markasi. " Maxsuslashtirilgan yo‘ldosh|"Foydalanuvchilarning muayyan kontingenti uchun xizmat ko‘rsatadigan yo‘ldosh. " Mayda donador pigmentli lyuminoforlar|"LG televizorlarida foydalaniladigan mayda donador pigmentli lyuminoforlar, ular ko‘rish sifati yaxshilanishi uchun tashqi yorug‘likni yutadi, bunda lyuminessensiyaning yuqori samaradorligiga erishiladi. Pigmentning mayda donadorligi yorqinlik va kontrastlilik oshishiga ko‘maklashadi hamda ranglarning aks ettirilishi yaxshilanishiga yordam beradi. " Mayda paket|"Joylanmasi, o‘lchamlari, og‘irligi va o‘rash tartibi Pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish qoidalarida belgilangan, tovarlarning namunalari, katta bo‘lmagan predmetlar solingan pochta jo‘natmasining turi. " Maydon|"1. Ma’lumotlar bazasidagi eng kichik ahamiyatli yozuv elementi (relyatsion ma’lumotlar bazasida maydon ma’lumotlar ustuni deb ham ataladi). Har bir yozuv maydoni atributlar sifatida turga (sonli, simvolli, mantiqiy, sana maydoniga va sh.k.) va maksimal uzunlikka ega bo‘ladi. 2. Ma’lumotlar tuzilmasining nomlangan elementi. " Maydon bo‘yicha diskret-kosinus o‘zgartirish|"Satr tashlab olingan tasvirlarni qayta ishlash usuli, bunda bitta kadrning ikki maydoni mustaqil tasvir sifatida alohida kodlanadi. " Maydon ichra (kadr ichra) kodlash|"Raqamli oqimni qisqartirish maqsadida bir maydon tasvirining qo‘shni sanoqlari o‘rtasidagi fazoviy korrelyatsiyadan foydalanishga asoslangan kodlash. " Maydon (kadr) yoyish|"Vertikal yo‘nalishda maydonlar chastotasi bilan (satrma-satr yoyishda kadrlar chastotasi bilan) yoyish. " (Maydonlar, kadrlar) satrlari davri|"(Maydon, kadr) bitta satrini yoyish davomiyligi. " Maydon (televideniyeda)|"Navbatma-navbat o‘tadigan satrlarning bir-biriga nisbatan teng turuvchi guruhni o‘z ichiga olgan televizion kadrning tarkibiy qismi. Bu satrlar guruhlarining o‘tish chastotasi kadr uchun qisqa. Izoh ‒ Ayrim ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarda «frame» atamasi televizion kadrning tarkibiy qismini, ya’ni yuqorida keltirilgan ta’rifga ko‘ra «maydon» ni belgilashda qo’llaniladi. " Maydonlararo kodlash|"Taxminlash uchun qiymat oldingi, joriy va keyingi maydonlardan olinadigan taxminlash bilan kodlash. " Maydonlarni o‘chirish intervalidagi telematn|"Axborot oddiy televizion tasvir bilan bir vaqtda, asosan, maydonlarni o‘chirish intervalining bir qismi davomida uzatiladigan telematn. " Maydonlarning ketma-ket almashinishi|"Ayrim asosiy ranglarning ketma-ket keladigan yoyish maydonlariga o‘tishi. Misollar − Maydonlarni ketma-ket almashlash bilan yorug‘likni signalga o‘zgartiruvchi qurilma, maydonlarni almashlash bilan tiklovchi qurilma, maydonlar ketma-ket almashinadigan tizim, maydonlarni ketma-ket almashlash bilan uzatish. " Mayning|"1. Kriptovalyuta ko‘rinishida mukofot olish maqsadida kriptovalyutani yaratish va/yoki validatsiyalashga yo‘naltirilgan tadbirkorlik faoliyati. 2. Turli kriptovalyutalarda, xususan Bitkoynda komission yig‘imlar va yangi birliklar shaklida mukofot olish imkoniyati bilan, taqsimlangan platformani qo‘llab-quvvatlash va yangi bloklarni yaratish bo‘yicha faoliyat. " Mazmunni boshqarish tizimi|"Ma’lumotlarni, ulardan Internet orqali foydalanish mumkin bo‘lishi uchun (jumladan, ma’lumotlarni sayt sahifalari bo‘yicha joylashtirish va kerakli formatga keltirish) rasmiylashtiradigan dasturiy tizim. " Mashina grafikasi|"Qar.: Kompyuter grafikasi. " Mashina identifikatori|"Raqamli kod, uning asosida bajariladigan dastur kompyuter va dastur ishlaydigan boshqa qurilmalar xarakteristikalarining muvofiqligini aniqlaydi. " Mashina kodi|"Dastlabki matnni kompilyatsiya qilish va uni ishga tushirish uchun tayyorlash bosqichlaridan o‘tgan mashina tilidagi dastur. Mashina kodi mashina komandalari ketma-ketligidan iborat bo‘lib, ular protsessor tomonidan tezkor yoki doimiy xotiradan olib o‘qiladi va bajariladi. " Mashina kodlarida dasturlash|"Dastlabki elektron hisoblash mashinalari uchun ommaviy bo‘lgan, lekin hozirda muomaladan chiqib ketgan mashina komandalari va absolyut manzillardan foydalanib dasturlash usuli. Bunday dastur oldindan translyatsiya va komponovka qilinmasdan, bevosita protsessor tomonidan bajarilishi mumkin. Ba’zan oddiy mikroprotsessorlarda ichki qurilgan tizimlarni sozlashda qo‘llaniladi. " Mashina komandasi|"Mikroprotsessor bajarishi mumkin bo‘lgan mashina kodi operatori (komandasi). " Mashina manzili|"Hisoblash tizimi qurilmasi yoki xotira yacheykasi baytini qat’iy identifikatsiyalaydigan, raqamli kod ko‘rinishidagi manzil. " Mashina sikli|"Har bir mashina komandasini bajarish sikli. Elementar operatsiyalar to‘plamidan: komandani tanlash, dekodlash, bajarish va natijani yodda saqlashdan iborat. " Mashina, tarmoq stansiyasi|"Kompyuter so‘zi uchun mo‘ljallangan umumiy atama; lokal tarmoqdagi ishchi stansiya; ba’zi funksiya yoki vazifani bajaradigan qurilma. " Mashina tarjimasi|"Matn yoki nutqni, kompyuterdan foydalanib bir tabiiy tildan boshqa bir tabiiy tilga o‘zgartirish. Tarjima jarayoni to‘la avtomatlashtiriladigan dasturni yaratish bo‘yicha ishlar o‘nlab yillardan buyon olib borilmoqda. Texnik matnlarni tarjima qilishda eng yaxshi natijaga erishilmoqda, lekin olingan tarjimani tekshirish va tuzatishda odamning ishtiroki baribir taqozo qilinmoqda. Bu muammoni hal qilish yuzasidan ko‘plab yondashuvlar mavjud; shunday yondashuvlardan biri IBM firmasi tomonidan taklif qilingan: natijalar solishtiriladigan bir tildan boshqa tilga va aksincha, tarjima qiladigan, mustaqil ravishda o‘rgatadigan tizim yaratilmoqda. " Mashina tili|"Konstruksiyalari bevosita apparatura tomonidan talqin qilinadigan til. Aynan shu tilga yuqori daraja tillarida (Paskal, Basik) yozilgan dasturlar pirovardida o‘tkaziladi (translyatsiya qilinadi). " Mashina o‘qiy oladigan tashuvchi|"Texnik vositalar (kompyuter) tomonidan maʼlumotlarni bevosita yozish va o‘qish uchun mos tashuvchi. " Mashinada o‘qiladigan format|"Ma’lumotlarni taqdim etishning, ularning dasturiy qayta ishlanishini ta’minlaydigan elektron formati. " Mashinada o‘qiladigan CSV formati|"Jadval ma’lumotlarni taqdim etish uchun mo‘ljal-langan matnli format. Faylning har bir satri – jadvalning bitta satridir. Ayrim ustunlarning qiymatlari bir-biridan tizimda belgilangan ajratuvchi belgi – (,), nuqtali vergul – (;) yoki tabulyatsiya belgisi bilan ajratiladi. " Mashinada o‘qiladigan HTML formati|"Ma’lumotlarni HTML tili elementlaridan foydalanib semantik belgilash usullari majvui. Standart funksionallik saqlangan holda, HTML hujjatga kiritilgan atributiv axborotni avtomatik tarzda o‘qish (hujjatni brauzerdan foydalanib vizual ko‘rib chiqish) imkoniyatini ta’minlaydi. " Mashinada o‘qiladigan JSON formati|"Ma’lumotlar almashinishning, Java Script ga asoslangan va odatda, aynan shu til bilan foydalaniladigan matnli formati. " Mashinada o‘qiladigan XML formati|"Butunjahon «o‘rgimchak to‘ri» (W3C) Konsorsiumi tomonidan tavsiya etilgan belgilash tili. XML spetsifikatsiyasi XML hujjatlarni, qisman XML protsessorlar (XML hujjatlarni o‘qiydigan va ularning mazmunidan foydalanishni ta’minlaydigan dasturlar) o‘zini qanday tutishini tavsiflaydi. " Mashinaga bog‘liq bo‘lmagan til|"Har xil kompyuterlarda foydalanish mumkin bo‘lgan dastur yoki qurilma. " Mashinaga bog‘liq til|"Boshqa turdagi muayyan elektron hisoblash mashinasining o‘ziga xos xususiyatlaridan foydalanadigan dasturlash tili. " Mashinaga yo‘naltirilgan til|"Muayyan turdagi kompyuter va/yoki protsessor arxitekturasining (tuzilishining) o‘ziga xos xu-susiyatlaridan maxsus tarzda foydalaniladigan dasturlash tili, dastur yoki qurilma. " Mashinalar ish faoiyatini baholash bo‘yicha konsorsium|"Notijorat tashkilot bo‘lib, kompyuterlar uchun «adolatli, betaraf, xolis va mazmunli» standartlarni tuzishga intiladi. Standartlarning asosiy maqsadi «hayotiy» vaziyatlarni testdan o‘tkazishdir. Masalan, SPECweb2005 – veb-server unumdorligini turli xildagi parallel NTTR-so‘rovlarni yaratish yo‘li bilan testdan o‘tkazish. " Mashinaning to‘liq domen nomi|"Internetdagi tarmoq uzellari nomlari tizimi. Noyob nom domen-soha nomidan va mashinaning o‘z nomidan iborat bo‘ladi. " Mashinaviy intellekt|"Qar.: Sunʼiy intellekt. " Mashinaviy so‘zi|"Protsessor tanlaydigan yoki bir marta murojaat qilish (foydalanish) davomida yaxlit guruh sifatida shu protsessor qayta ishlaydigan, tezkor xotira razryadlarining guruhi. Mashina so‘zining uzunligi odatda, 16, 32, 64 razryaddan iborat bo‘ladi. " Ma’lum ochiq xabar bilan qilinadigan hujum|"Jinoyatkor tizimga kira oladigan va unga uzatiladigan xabarning matni ma’lum bo‘ladigan hujum turi. Jinoyatkor shifrlangan matnni yashirishga uringan holda, uzatiladigan xabar matnini dinamik tarzda o‘zgartirishi mumkin. " Ma’lumot berish tizimi|"Amaliy dasturlar orqali foydalanuvchiga yordam sifatida taqdim etiladigan axborot. " Maʼlumotlar|"Raqam shaklida taqdim etilgan, telekommunikatsiyalar vositalari va maʼlumotlarni saqlash hamda ularni qayta ishlash vositalari bilan ishlov berish uchun yaroqli turli xildagi axborot (nutq, matn, grafik, tasvir, audio, video, va h.) " Ma’lumotlar agregati|"Yozuvga murojaat qilish uchun umumiy nomga ega bo‘lgan, yozuv ichidagi ma’lumotlar elementlarining istalgan to‘plami; ma’lumotlarning tarkibiy elementi. " Ma’lumotlar almashinish kanali|"Tarmoqdagi kompyuterlar o‘rtasida ma’lumotlarning almashinishi yuz beradigan texnik vositalar jami. " Maʼlumotlar almashuvi|"Funksional qurilmalar orasida maʼlumotlarni ko‘chirish. Bu maʼlumotlarni siljitishni va almashuvni kelishtirishni boshqarish qoidalar to‘plamiga muvofiq amalga oshiriladi. " Ma’lumotlar atributi|"Kirish paytida nomi (semantikasi), formati, mumkin bo‘lgan qiymatlar diapazoni va qiymatlar taqdimotini ko‘rsatadigan maʼlumotlar elementi. " Ma’lumotlar banki|"Ma’lumotlarni markazlashtirilgan tarzda saqlash va jamoa bo‘lib foydalanishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi. Izoh – Ma’lumotlar banki tarkibiga bitta yoki bir nechta ma’lumotlar bazasi, ma’lumotlar bazalarining ma’lumotnomasi, ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi, shuningdek, amaliy dasturlar va so‘rovlar bibliotekalari kiradi. " Ma’lumotlar bankiga murojaat qilish xizmati|"Ma’lumotlar bazasining markazida saqlanadigan axborotdan erkin foydalana olish imkonini ta’minlaydigan interaktiv xizmat. Izoh – Axborot foydalanuvchiga faqat uning so‘rovi bo‘yicha uzatiladi. Axborotga murojaat qilish individual ravishda amalga oshirilishi mumkin, ya’ni axborot ketma-ketligi uzatilishining boshlanish vaqtini foydalanuvchi boshqaradi. " Ma’lumotlar bazalari bilan birgalikda ishlash ochiq interfeysi|"Tizimlashtirilgan so‘rovlar tilidan foydalaniladigan ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlarida ma’lumotlardan erkin foydalanish imkonini beradigan dasturiy kompleks. Microsoft firmasi tomonidan ishlab chiqilgan. " Ma’lumotlar bazalari ishlashining ochiq interfeysi|"Fayllar formatiga bog‘liq bo‘lmagan amaliy dasturlash interfeysi yordamida turli ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi tomonidan yaratilgan ma’lumotlar bazasiga kirishni ta’minlovchi Microsoft standarti. Operatsiyalarni bajarishda ODBC drayverlari SQL so‘rovlar formasidan foydalanadi. " Ma’lumotlar bazalari kompyuteri|"Apparatlar yordamida MBBT qator funksiyalarini bajaradigan ixtisoslashtirilgan kompyuter. " Ma’lumotlar bazalarini tuzish|"Ma’lumotlar bazalarini loyihalash, modellash va yaratish shuningdek, ma’lumotlarni tahlil qilish, ma’lumotlar bazalarini ma’muriy boshqarish, ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi bilan bog‘liq boshqa masalalarni o‘rganadigan fan. " Ma’lumotlar bazasi|"1. Obyektiv shaklda ifodalangan va bu ma’lumotlar elektron hisoblash mashinalari yordamida topilishi va qayta ishlanishi mumkin bo‘lgan tarzda tizimlashtirilgan ma’lumotlar (moddalar, hisob-kitoblar va h.k.)ning majmui. 2. Amaliy dasturlarga bog‘liq bo‘lmagan holda, ma’lumotlarni tavsiflash, saqlash va boshqarishning umumiy prinsiplarini ko‘zda tutadigan muayyan qoidalar bo‘yicha tashkil qilingan ma’lumotlarning majmui. " Ma’lumotlar bazasi administratori|"Ma’lumotlar bazasi to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega bo‘lgan va bu ma’lumotlar bazasini yuritish, undan foydalanish, uni rivojlantirish yuzasidan javobgar maxsus mansabdor shaxs (shaxslar guruhi). Ma’lumotlar banki ma’muriyati tarkibiga kiradi. " Ma’lumotlar bazasi kaliti|"Boshqaruv tizimi tomonidan ma’lumotlar bazasiga berilgan va ma’lumotlar bazasi yozuvini qat’iy identifikatsiya qiluvchi kalit. " Ma’lumotlar bazasi replikasi|"Ma’lumotlar bazasining foydalanuvchi kompyuteridagi nusxasi. Foydalanuvchi, xususan mobil aloqa foydalanuvchisi ma’lumotlar bazasini o‘zgartirib, keyin esa asosiy ma’lumotlar bazasi bilan sinxronlashtiradi. " Ma’lumotlar bazasi serveri|"Lokal tarmoqdagi kompyuter-serverda joylashgan ma’lumotlar bazasiga boshqa kompyuter tarmoqla-rining kira olishlarini taqdim etuvchi kompyuter va dasturiy ta’minot. " Ma’lumotlar bazasi uchun OLE|"Microsoft korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan – ma’lumotlardan foydalanish spetsifikasiyasining nomi (avvalgi nomi – Nile). Open Connectivity Database va OLE ni birlashtiradi. " Ma’lumotlar bazasini boshqarish|"Ma’lumotlar bazasida ma’lumotlarni belgilash, tashkillashtirish, boshqarish va muhofaza qilish funksiyalarining bajarilishi. " Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT)|"Rivojlangan so‘rovlar tili yordamida ma’lumotlar bazasi ma’lumotlari tuzilmasini hosil qilish, saqlash, yangilash, yangi ma’lumotlar qo‘shish, izlash operatsiyalarining bajarilishini ta’minlaydigan dasturiy ta’minot. Zamonaviy MBBTlari tranzaksiya mexanizmi orqali ma’lumotlardan bir vaqtda ko‘plab foydalanuvchilarning erkin foydalanishlarini ta’minlaydi. Bunda bir foydalanuvchining olgan natijasi boshqasinikiga ta’sir qilmaydi. Ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi tarkibiga dasturlash tili; dasturlar generatorlari – dasturlar tuzilishini, ma’lumotlar bazasi yaratilishini va ularning qayta ishlanishini osonlashtiradi; kompilyatorlar – mashina kodlaridagi boshqarish dasturlarini, dasturlarning ishlashini tezlashtirish va ularning muhitga bog‘liq bo‘lmasligi uchun generatsiyalaydi; hisobot generatorlari – foydalanuvchiga chiqish hujjatlarini tezkor yaratish, tanlab olish, saralash va hisoblashlarni bajarish imkonini beradi; hujjatlashtirish vositalari –ma’lumotlar bazasini yaratish bilan bir vaqtda, matn va grafik ko‘rinishlarda uning tavsifini yaratish, listinglar bo‘lgan dasturlarni tavsiflash imkonini beradi. Ma’lumotlar bazalarining turlariga ko‘ra, iyerarxik, tarmoq va relyatsion MBBT mavjud. Amalda barcha MBBT «mijoz‒server» arxitekturali tarmoqda ishlashni ta’minlaydi. " Maʼlumotlar bazasini boshqarishning gibrid tizimi|"Gibrid MBBT. U relyatsion va obyektga yo‘naltirilgan tizimlarning ijobiy sifatlarini o‘zida mujassamlashtirgan. Relyatsion MBBT ning tranzaksiyalarini qayta ishlash vositalarini o‘z ichiga olib, obyektga yo‘naltirilgan MBBT ning ko‘pgina maʼlumot turlarini ham quvvatlaydi. Gibrid MBBT «tuzilmalashtirilgan so‘rovlar tili» SQL dan foydalanadi. " Maʼlumotlar bazasini boshqarishning ko‘p o‘lchamli tizimi|"Maʼlumotlarning N-o‘lchamli kub shaklida taqdim etilishini taʼminlaydi. Shu tufayli MDDBMS murakkab hujjatlar tizimlarini qayta ishlaydi. " Maʼlumotlar bazasini moslashtirish|"Foydalanuvchining muayyan texnik vositalari yoki aniq dasturlari boshqaruvidagi maʼlumotlar bazasi faoliyatini taʼminlash maqsadida amalga oshiriladigan o‘zgartirishlar kiritish jarayoni. " Maʼlumotlar bazasini chop etish|"Maʼlumotlar bazasi nusxalarini muallif roziligi asosida cheklanmagan shaxslar doirasiga taqdim etish (jumladan, kompyuter xotirasiga yozish va bosma matn chop etish orqali ham). Bunday nusxalar soni ko‘rsatilgan asarlar tavsifiga ko‘ra mazkur doiradagi shaxslar ehtiyojlarini qondirishi lozim. " Ma’lumotlar bazasining tuzilmasi|"Ma’lumotlar bazasida yozuvlarni va ular orasidagi bog‘liqliklarni tashkil qilish tartibi yoki prinsipi. " Ma’lumotlar bilan ishlashni nazorat qilish|"Ma’lumotlar bloki tasodifiy yoki qasddan qilingan ta’sirlar ostida bo‘lgan yoki bo‘lmaganligini aniqlash imkonini beradigan protsedura. " Ma’lumotlar biti|"Ikkilik pozitsion hisoblash tizimida taqdim etilgan ma’lumotlar simvollaridan biri. " Maʼlumotlar bloki|"Bir xil uzunlikdagi ramzlar ketma-ketligi. U maʼlumotlarni ifodalashda yoki o‘z holicha uzatishda ishlatiladi. " Ma’lumotlar blokini saralash usuli|"O‘zgartirishlarning alohida ko‘rinishi yoki guruhi, uning asosida saralash yotadi. " Ma’lumotlar buferi|"Ma’lumotlarni kiritish-chiqarishda yoki bir joydan boshqa joyga jo‘natishda to‘plash va/yoki vaqtinchalik saqlash uchun xizmat qiladigan xotira sohasi. " Ma’lumotlar elementi|"Tarkibiy qismlarga bo‘linmaydigan ma’lumotlar qismi. " Ma’lumotlar fayli|"Matnli, sonli, grafik yoki multimediali ma’lumotlar bo‘lgan fayl. " Ma’lumotlar formati|"Ma’lumotlar simvollarining joylashish tartibi bo‘lib, ularning tarkibiy qismini tanlab olish imkonini beradi. Izoh – Ma’lumotlar formati ma’lumotlar simvollarining muayyan majmuiga bog‘liq holda nom oladi, masalan, ma’lumotlar xabarining formati. " Maʼlumotlar izlash|"Qar.: Axborot izlash. " Ma’lumotlar kanali|"Meynfreymlarda – o‘zining komandalar tizimiga ega xususiy protsessori bo‘lgan kiritish-chiqarish qurilmasidir. Markaziy protsessor kanalga tegishli komandani yuborgan holda, ma’lumotlar uzatish seansini initsializatsiya qiladi (o‘zlashtiradi), kanal protsessorni spetsifik vazifalardan ozod qilgan, tezkor xotira qurilmasidan o‘z dasturini olgan holda, keyingi barcha operatsiyalarni mustaqil bajaradi. " Ma’lumotlar kanali chetki apparaturasi|"Ma’lumotlar uzatish tarmog‘i tarkibiga kiruvchi va bu tarmoq bo‘yicha uzatiladigan hamda qabul qilinadigan signallar parametrlarini ma’lumotlar oxirgi (terminal) uskunasi parametrlari bilan moslashuvini ta’minlaydigan apparatura. Izoh – Ma’lumotlar kanali chetki apparaturasi ITU-T tavsiyalarida DCE (Data Communications Equipment) kabi belgilanadi. " Ma’lumotlar karuseli|"Transport oqimida ma’lumotlar modulini davriy takrorlash bilan uzatish. " Ma’lumotlar kommutatori|"Kompyuter tizimidagi, kiritiladigan ma’lumotlarni turli joylarga qayta yo‘llaydigan qurilma. " Ma’lumotlar lug‘ati|"1. Ma’lum bir MBBT da foydalaniladigan barcha fayllar, maydonlar va o‘zgaruvchilar ro‘yхati. Ishlab chiquvchiga (ba’zi MBBT da foydalanuvchiga ham) u yoki bu elementlar qanday berilganini aniqlashga imkon beradi. 2. Bir nechta ilovada foydalanilishi mumkin bo‘lgan, ma’lumotlar tavsiflarining to‘plami. " Ma’lumotlar manbaini autentifikatsiya qilish|"Olingan ma’lumotlar manbaining haqiqiyligini tasdiqlash. " Ma’lumotlar massivi|"Har biri massiv nomi va indeks(lar) bilan identifikatsiya qilinadigan bir turdagi ma’lumotlar majmui. Indekslar soniga bog‘liq ravishda, massivlar bir o‘lchamli (chiziqli) ikki o‘lchamli va h.k. bo‘ladi. " Ma’lumotlar maydoni|"Disk maydoni (sektori)ning, manzil undan oldin keladigan ma’lumotlarni joylashtirish uchun mo‘ljallangan qismi. " Maʼlumotlar modeli|"Maʼlumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash sohalarida tarkibiy qismlar turi va ularning aloqalari to‘g‘risidagi tasavvur. Maʼlumotlar modeli maʼlumotlarni tavsiflash tili bilan belgilanadi. " Ma’lumotlar ombori|"Ma’lumotlarni saqlash konsepsiyasi. Ma’lumotlar bazasidan birinchidan, ma’lumotlarni aktuallashtirish ma’lumotlar yangilanishini emas, balki mavjudlariga qo‘shilishini bildirishligi bilan; ikkinchidan, boshqarish tizimining holatini aks ettiradigan ma’lumotlardan tashqari, ma’lumotlar omborida metama’lumotlar ham (omborning tuzilmasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ma’lumotlar o‘rtasidagi bog‘lanish) saqlanishligi bilan ajralib turadi. " Ma’lumotlar oqimi|"1. Har bir operatsiyaning bajarilishi, uning barcha operandlari tayyor bo‘lgandagina amalga oshiriladigan parallel hisoblashlar algoritmlariga yoki arxitekturalariga tegishli umumiy atama. Bunda komandalarning bajarilish ketma-ketligi oldindan berilmaydi. 2. Konveyyerli arxitekturada, ularning ustida bir xil operatsiyalarni bajaradigan operatsion qurilmaga uzluksiz uzatiladigan ma’lumotlar ketma-ketligi. " Ma’lumotlar oqimi boshqaradigan kompyuter|"Parallel hisoblashlar arxitekturasiga ega kompyuter. Unda har bir operatsiyaning bajarilishi ma’lumotlar oqimining barcha operandlari tayyor bo‘lgandagina amalga oshiriladi. " Ma’lumotlar oqimi diagrammasi|"Asosiy komponentlari tashqi obyektlar bo‘lgan, o‘zida axborot manbai va uni qabul qiluvchisini; aniq algoritmlarga muvofiq ravishda kiruvchi ma’lu-motlarni chiquvchi ma’lumotlarga akslantirish jarayonini; axborotlarni joylashtirish va ularni olish mumkin bo‘lgan tashuvchilarni; manbadan qabul qiluvchiga biror-bir bog‘lanish orqali uzatilayotgan axborotni aniqlovchi ma’lumotlar oqimini ifodalovchi axborot modeli. " Ma’lumotlar oxirgi (terminal) uskunasi (MOU)|"Ma’lumotlar manbai yoki ma’lumotlar qabul qiluvchisi, yoki unisi ham, bunisi ham bo‘lib hisoblangan oxirgi (terminal) uskuna (masalan, elektron hisoblash mashinasi). Izoh – MChU ma’lumotlar uzatish tarmog‘i tarkibiga kirmaydi. MChU o‘rnida ma’lumotlar tarmog‘iga ulangan telefon xizmati serverlari ham bo‘lishi mumkin. " Ma’lumotlar raqamli signalining fazali titrashi (djitterning fazali titrashi)|"Ma’lumotlar raqamli signali ahamiyatli onlarining vaqt bo‘yicha ideal holatidan og‘ishi. " Ma’lumotlar saqlanuvchi tarmoq|"Kanallar va konsentratorlarni 100 Mbyte/s vositasida ma’lumotlarni saqlashning turli xil qurilmalarini va serverlarni birlashtiruvchi maxsus yuqori tezlikka ega bo‘lgan tarmoq. Bunday tarmoqlarda ma’lumotlar saqlash qurilmalari va boshqa qurilmalar orasida vositachi server bo‘lmaydi. Ma’lumot uzatishda Fibre Channel texnologiyasidan foydalaniladi. Segmentlarning katta masofasi hisobiga bunday tarmoqlar firma egallab turgan binodan tashqarida korporativ ma’lumotlarni saqlashni tashkil qilishga imkon beradi. " Ma’lumotlar segmenti|"1. 80x86 protsessorlarda – ma’lumotlar segmenti registri yuboradigan tezkor xotira qurilmasining bir qismi. 2. Tezkor xotira qurilmasi yoki tashqi xotiraning, dastur foydalaniladigan ma’lumotlarni ichiga oladigan qismi. " Ma’lumotlar seksiyasi|"Operatsion tizim tomonidan global o‘zgaruvchilar, massivlar, tuzilmalar, obyektlar saqlanadigan jarayonga ajratiladigan asosiy xotiraning statik (o‘z-garmaydigan o‘lchamdagi doimiy ajratilgan) sohasi. " Ma’lumotlar sektori|"Magnit diskdagi axborot sektori. " Ma’lumotlar signali|"Ma’lumotlar xabarini fizik kattalik yordamida taqdim etish shakli, bunda uning bitta yoki bir nechta parametrlarining o‘zgarishi xabar o‘zgarishini aks ettiradi. " Ma’lumotlar signalini analog-raqamli o‘zgartirish|"Diskretlashning berilgan qadamida ma’lumotlar signalining mumkin bo‘lgan uzluksiz ko‘plab qiymatlar funksiyasi ushbu signalning oxirgi ko‘plab mos keluvchi qiymatlar funksiyalari bilan almashadigan ma’lumotlar signalini o‘zgartirish. " Maʼlumotlar tashuvchisi|"1. Moddiy obyekt yoki moslama. U maʼlumotlarni yozish, saqlash va o‘qish imkonini beruvchi maʼlum fizik xususiyatlarga ega. Hisoblash texnikasida maʼlumotlar tashuvchisi sifatida yarimo‘tkazgich kristallar, magnit va lazer disklari, flesh-xotira, magnit tasmalar, magnit kartalar, perfokarta va perfotasmalar hamda (bosish uchun) qog‘oz ishlatiladi. Maʼlumotlar tashuvchisiga maʼlumotlar tashuvchisi xotira qurilmasini tashkil qiladi. 2. Axborotni yozish uchun va doimiy xotira qurilmasi sifatida ishlatiladigan jism yoki muhit. " Ma’lumotlar trakti|"Protsessorning ichki ma’lumotlar shinasi. Uning kengligi protsessor unumdorligiga ta’sir qiladi. Protsessorning yuqori unumdorligiga keng (ko‘p razryadli) ajratilgan ma’lumotlar traktidan foydalanish va tashqi hamda ichki kesh-xotira sig‘imi kattaligi tufayli erishiladi. " Ma’lumotlar turi|"Biror belgisi bo‘yicha bitta nom bilan birlashtirilgan ma’lumotlar. Ma’lumotlar turi ma’lumotlar bazalarida qo‘llaniladi. " Ma’lumotlar tuzilmasi|"Tartiblangan ma’lumotlarga muvofiq keluvchi yozuv yoki massivning tashkil qilish sxemasi bo‘lib, u bilan ma’lumotlarni tushunib olish va ular ustida ma’lum bir operatsiyalarni bajarish mumkin bo‘ladi. " Maʼlumotlar toʻplash|"Turli xil tashqi datchiklardan kompyuter tizimiga ma’lumotlar kiritish jarayoni. Ma’lumotlar, ma’lumotlarni yig‘ish platasidan olinganda, ularni u yoki bu tashqi hodisa bilan sinxronlash ehtiyoji paydo bo‘lishi mumkin. " Maʼlumotlar toʻplash strategiyasi|"Mahsulotlar va xizmatlarni sotib olishga boʻlgan, yetkazib berishlar manbalariga, xarid usullariga, talablar spetsifikatsiyalari turlari, shartnomalar yoki bitimlar turlariga va ular bilan bogʻliq xarid tavakkalchiligiga asoslangan muayyan yondashuv. " Ma’lumotlar uzatish|"1. Ikkilik signallar ko‘rinishidagi ma’lumotlarni telekommunikatsiyalar vositalari yordamida bir punktdan boshqa punktga, qoidaga ko‘ra, keyinchalik hisoblash texnikasi vositalari yordamida qayta ishlash maqsadida ko‘chirish. Izoh – Bu yerda «ma’lumotlar» deb, odam ishtirok etishi mumkin bo‘lgan holda avtomatik vositalar (masalan, komputer) bilan qayta ishlash uchun yaroqli bo‘lgan axborotga aytiladi. 2. Tovushli yoki televizion uzatgichlar orqali axborot signallarini, odatda, raqamli signallarni telematn, subtitr, sinov va boshqaruv signallari kabi tizimlar uchun uzatish. " Maʼlumotlar uzatish adresati|"Tuzuvchining maqsadiga ko‘ra, maʼlumotlar xabarini olishi kerak bo‘lgan qandaydir shaxs, bu maʼlumotlar xabariga nisbatan vositachi sifatida ish ko‘radigan shaxsdan tashqari. " Ma’lumotlar uzatish apparaturasi|"1. Ma’lumotlar uzatish kanali oxirgi (terminal) uskunasining aynan o‘zi. «Foydalanuvchi-Tarmoq» interfeysi tarmog‘i tomonidan kommunikatsiya tarmog‘i qurilmasi va ulanishni o‘z ichiga oladi. DCE – qurilmasi tarmoqqa fizik ulanishni, DCE va DTE qurilmalari o‘rtasida ma’lumotlarni sinxronlash va uzatishda ishlatiladigan taktli signallarni berish va o‘zidan trafikni o‘tkazishni ta’minlaydi. DCE – qurilmasiga modem misol bo‘ladi. 2. Ma’lumotlar uzatish tarmog‘i tarkibiga kiradigan (yoki telekommunikatsiyalarning ixtisoslashtirilmagan tarmog‘ini to‘ldiradigan) va uzatiladigan hamda qabul qilinadigan ma’lumotlar signallarini ma’lumotlar oxirgi (terminal) uskunasi bilan moslashishini ta’minlaydigan apparatura (yoki apparat-dasturiy vositalar). Izoh – MUA signalni o‘zgartirish, xatolardan himoyalash, avtomatik chaqiruv va javob, signal sifatining detektori, korrektor va ular bilan bog‘liq bo‘lgan yordamchi qurilmalar, masalan, nazorat-o‘lchash qurilmalaridan iborat bo‘lishi mumkin. " Maʼlumotlar uzatish kanali|"1. Maʼlumotlar uzatish uchun yaroqli bo‘lgan, maʼlumotlarni jo‘natuvchi va oluvchi vositalaridan hamda boshqaruvchi uzellardan tashqari, barcha tarmoq elementlarini ichiga oladigan aloqa kanali yoki liniyasi. 2. Oxirgi terminallarga bir-biri bilan bevosita bog‘lanish imkonini beradigan fizik qurilmalar konfiguratsiyasi. " Maʼlumotlar uzatish kanalini yuqori darajada boshqarish|"Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) tomonidan kadrlar bo‘yicha cheklangan, razryadli maʼlumotlar uzatish kanallari uchun belgilangan standart protokol. " Ma’lumotlar uzatish muhiti|"Ma’lumotlar uzatiladigan fizik muhit. Bu simli yoki simsiz liniya bo‘lishi mumkin. Simli liniya – mis yoki optik tolali kabel. Simsiz liniya – radio-, televizion, infraqizil kanallar. " Ma’lumotlar uzatish oddiy protokoli|"Disksiz stansiyalarni masofadan yuklash uchun foydalaniladigan protokol. " Ma’lumotlar uzatish protokoli|"Ma’lumotlar uzatish tarmog‘i qurilmalari o‘rtasida axborot paketlari tuzilmasiga va axborot paketlari almashuvi algoritmiga bo‘lgan talablarning shakllantirilgan to‘plami. " Ma’lumotlar uzatish tarmog‘i|"1. Ma’lumotlar uzatilishini ta’minlaydigan raqamli tarmoq. 2. Ma’lumotlar uzatilishini ta’minlash maqsadida ma’lum nuqtalar o‘rtasida telekommunikatsiyani tashkil etish uchun maxsus tuzilgan tele-kommunikatsiyalar uzellari va kanallarining majmui. " Ma’lumotlar uzatish tarmog‘i orqali bog‘lanish|"Aloqa vositalari o‘rtasidagi, abonent va/yoki foydalanuvchiga ovozli va/yoki ovozsiz axborotni uzatish va/yoki qabul qilish imkonini beruvchi, chaqirish natijasida yoki oldindan o‘rnatilgan o‘zaro hamkorlik. Ma’lumotlar uzatish tarmog‘ining tuzilmasi ing. - structure data transmission network ru – с ттруктура сети передачи данных Ma’lumotlar uzatish tarmog‘ida o‘zaro ishlaydigan qurilmalarining o‘zaro joylashishi va bog‘lanishi. " Ma’lumotlar uzatish tezligi|"Ma’lumotlar uzatishda bir sekunddagi bitlar soni. Bu tezlik tashqi xotira bo‘lgan lokal shina turiga, periferik qurilmalar bo‘lgan interfeys turiga bog‘liq. Kompyuter tarmoqlarda ma’lumotlar almashinish tezligi. Kanalning holati va ma’lumotlar uzatish apparaturasi bilan belgilanadi. " Ma’lumotlar uzatish tizimi|"Ma’lumotlar uzatishni ta’minlaydigan telekommunikatsiyalar tizimi. " Ma’lumotlar uzatish vositalari|"Aloqa kanali va ma’lumotlar uzatish apparaturasining majmui. " Ma’lumotlar uzatish xizmatlari foydalanuvchisi|"Ma’lumotlar uzatish xizmatlari xizmatidan foydalanuvchi odam (yoki unga tegishli MChU yoki MChUdagi ma’lum jarayon). " Ma’lumotlar va ularning tashuvchilarini maxfiylashtirish|"Qonunda ko‘zda tutilgan tartibda, davlat siri hisoblanadigan ma’lumotlar uchun, ularni tarqatish va tashuvchilardan foydalanish yuzasidan cheklashlar kiritish. " Ma’lumotlar xabari|"Elektron, optik yoki analog vositalar yordamida, ma’lumotlarning elektron almashinuvi, elektron pochta, telegramma, teleks yoki telefaksni qo‘shgan holda, lekin ular bilan cheklanmagan holda tayyorlangan, jo‘natilgan, olingan yoki saqlanadigan axborot. " Ma’lumotlar xabarini jo‘natuvchi (xabar jo‘natuvchi)|"Xabarlar oqimidan ma’lumotlar xabarlarini tanlashni amalga oshiruvchi va ushbu xabarni keyinchalik uzatish uchun shakllantiruvchi inson va/yoki qurilma. " Maʼlumotlar xabarini tuzuvchi|"Nomidan yoki nomiga saqlash uchun maʼlumotlar xabari tayyorlangan yoki jo‘natilgan shaxs. Izoh – Maʼlumotlar xabarini tuzuvchiga, bu maʼlumotlar xabariga nisbatan vositachi sifatida ish ko‘ruvchi shaxs kirmaydi. " Maʼlumotlar yaxlitligining buzilishi|"Axborotning, uning tuzilmasining o‘zgarishiga va maʼlumotlarning bir qismi yo‘qolishiga olib keladigan buzilishi. " Ma’lumotlar yo‘li|"Ma’lumotlar uzatiladigan virtual yo‘l. " Ma’lumotlar zvenosining ulanishi|"Bevosita tarmoqqa ulangan printerlardan ma’lumotlar uzatish kanalini boshqarish protokoli. " Ma’lumotlar shinasi|"1. Kompyuter qurilmasini (masalan, protsessor va tezkor xotira qurilmasini) birlashtiruvchi va ular orasida ma’lumotlar uzatish uchun xizmat qiladigan uchta shinadan biri. Hozirda 32 va 64 razryadli ma’lumotlar shinalaridan foydalaniladi. Ma’lumotlar shinasining kengligi kompyuter unumdorligini belgilaydi. Ma’lumotlar shinasi har doim ikki yo‘nalishli bo‘ladi. Atamadan, ko‘pincha dasturiy ta’minotni sozlash tizimlarini tavsiflashda foydalaniladi. 2. Mikroprotsessor ichki shinalaridan biri. Odatda, tizim platasidagi ma’lumotlar shinasiga qaraganda kengroq (128 yoki 256 razryadli) bo‘ladi. " Ma’lumotlardan birgalikda foydalanish|"Bitta fayldan bir vaqtda bir nechta foydalanuvchi (ilova)ning foydalana olishi. " Ma’lumotlardan erkin foydalanish mexanizmi|"Modemni telefon liniyasiga ulash uchun mo‘ljallangan dasturiy xizmat. " Ma’lumotlardan erkin foydalanish obyektlari|"Ma’lumotlar bazalari bilan ishlashning asosiy jarayonlarini ifodalaydigan, ishlab chiquvchilarni ma’lumotlarni o‘qish va yozish jarayonining texnik detallariga murojaat qilishdan xalos etadigan toifalar bibliotekasi, yuqori darajali obyektlar to‘plami. " Ma’lumotlardan foydalana olishlik|"Axborotning (avtomatlashtirilgan axborot tizimi resurslarining) holati, bunda foydalana olish huquqiga ega bo‘lgan subyektlar ulardan to‘sqinliksiz foydalanishlari mumkin bo‘ladi. " Ma’lumotlardan foydalanish texnologiyasi|"Ishlab chiquvchilarga ma’lumotlarga istalgan dasturlash tilida murojaat qilishlariga imkon beradigan, yuqori darajali interfeyslar to‘plamini o‘z ichiga oladigan texnologiya. " Ma’lumotlardan universal foydalanish|"Microsoft ma’lumotlardan foydalana olish texnologiyasi, Windows DNA ning qismi bo‘lib, o‘z ichiga ADO va OLE DB larni oladi. " Ma’lumotlarni aktuallashtirish|"Ma’lumotlarni aktual holatda saqlab turish, ya’ni ularni predmet sohaning aks ettiriladigan obyektlarining holati bilan muvofiqlikka keltirish. Aktuallashtirish yozuvlar qo‘shish, ularni chiqarib tashlash, shuningdek, tahrir qilish operatsiyalarini o‘z ichiga oladi. " Ma’lumotlarni arxivlash|"Ma’lumotlarni doimiy xotirada uzoq vaqt saqlash uchun, ularni zichlash va joylashtirish. " Ma’lumotlarni asinxron oqimli uzatish|"Ma’lumotlarni vaqt bo‘yicha sinxronlash talablarisiz oqimli uzatish (masalan, RS-232 protokoli bo‘yicha ma’lumotlar). " Ma’lumotlarni asinxron uzatish|"Uzluksiz xabarlar oqimidan ma’lumotlarni olish uslubi va uzatish usuli; uzatuvchi tomon har bir ma’lumotga, ma’lumot qayerda tugashini ko‘rsatadigan start va stop bitlarini kiritadi. Bu, ma’lumotlar uzatishning, modemli aloqada qo‘llaniladigan ancha ishonchli usulidir. " Ma’lumotlarni autentifikatsiya qilish|"Ma’lumotlar yaxlitligini tekshirish jarayoni. Masalan, olingan ma’lumotlarning jo‘natilgan ma’lumotlar bilan bir xilligini, shuningdek, dasturda virus bor yoki yo‘qligini tekshirish. " Maʼlumotlarni avtomatlashtirilgan qayta ishlash|"Maʼlumotlarni asosan hisoblash texnikasi vositalari yordamida qayta ishlash. " Ma’lumotlarni blokirovkalash|"Bitta foydalanuvchidan tashqari, barcha foydalanuvchilarga kirishni taqiqlash yo‘li bilan fayl yoki uning bir qismini (yozuv blokini) muhofaza qilish. " Ma’lumotlarni bo‘lish|"Xatolar ta’sirini kamaytirish uchun, bit oqimini ikki oqimga ajratish usul. Dekodlashdan oldin ikkala oqim birlashtiriladi. " Ma’lumotlarni e‘lon qilish|"O‘zgaruvchining xarakteristikalarini: ma’lumotlar nomi, turi, boshlang‘ich qiymatini tavsiflovchi dastur operatori. " Ma’lumotlarni kiritish|"Ma’lumotlarni, axborotni qayta ishlash tizimiga yoki uning biror bir qismiga, uni saqlash yoki qayta ishlash uchun kirirtish jarayoni. " Ma’lumotlarni kommutatsiyalanadigan tarmoqlar orqali yuqori tezlikda uzatish|"1. GSM standartidagi, ma’lumotlarni oshirilgan tezlikda (57 Kbit/s gacha) uzatish texnologiyasi. Izoh − Bu texnologiyaning asosiy afzalligi, ma’lumotlar uzatish tezligining yuqoriligida. Bu, bog‘lanishni o‘rnatishga ketadigan vaqtni kamaytirish va dasturlar ishini tezlashtirish imkonini beradi. Ma’lumotlarni uzatish oldingiga nisbatan to‘rt marta tez bajariladi, bu esa, kartalar va grafik interfeysdan foydalanib, mobil navigatsiya kabi xizmatlarni amalga oshirish imkonini beradi. HSCSD texnologiyasi kommutatsiyalanadigan tarmoqlarda qo‘llanilishi tufayli, ma’lumotlar qisqa impulslar tarzida uzatiladigan elektron pochta uzatishga qaraganda, multimedia va videodasturlar ishi uchun yaxshiroq moslashtirilgan. Texnologiyadan GSM tarmog‘ida foydalanishda uzatish tezligi 43,2 Kbit/s bo‘lishiga erishiladi. Bu qiymat zamonaviy modemlardan foydalaniladigan simli tarmoqlar orqali ma’lumotlar uzatish tezligiga teng. 2. GSM mobil tarmoqlar ustqurmasi. 57,6 Kbit/s yuqori o‘tkazish qobiliyatiga erishish uchun, to‘rtta 14,4 Kbit/s past tezlikli kanalni birlashtirish imkonini beradi. Izoh − GPRS dan farqli ravishda, kanallarni kommutatsiyalash usulidan foydalaniladi. HSCSD uskunasi multimedia ma’lumotlarni uzatish uchun mo‘ljallangan, videokonferens aloqa uchun ham to‘g‘ri keladi. " Ma’lumotlarni konvertatsiya qilish|"Ma’lumotlarni taqdim etish shaklini ma’lum qoidalarga muvofiq, undagi axborotni saqlagan holda, o‘zgartirish. " Ma’lumotlarni konveyyerlash|"MPEG-2 transport oqimining foydali ma’lumotlar paketi sohasiga ma’lumotlarni bevosita uzatish. " Maʼlumotlarni ko‘chirish darajasi|"Dasturiy taʼminotni ishga tushirmasdan va bajarmasdan turib, maʼlumotlarni bir tizimdan boshqa tizimga oson uzatish mumkinligi. " Maʼlumotlarni masofadan qayta ishlash|"Kiritish yoki chiqarish qurilmalari markaziy protsessordan uzoqda joylashgan holda maʼlumotlarni avtomatlashtirilgan qayta ishlash. " Ma’lumotlarni mualliflashtirish|"Ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlarning xususiylik darajasini aniqlash va belgilash. " Ma’lumotlarni muhofaza qilish|"1. Ma’lumotlardan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishning oldini olish uchun ma’muriy, texnik yoki jismoniy chora-tadbirlarni amalga oshirish. 2. Ma’lumotlarni, qasddan yoki qasddan bo‘lmagan tarzda o‘zgartirilishiga, fosh bo‘lishiga yoki buzilishiga olib keladigan nomaqbul oqibatlardan va harakatlardan saqlash uchun qo‘llaniladigan chora-tadbirlar. " Ma’lumotlarni nazorat qilish|"Ma’lumotlarning ishonchliligi va yaxlitligini tekshirish. Sintaksis, semantik va pragmatik nazorat farq qilinadi. " Maʼlumotlarni ochiq tarmoqda qayta ishlash|"SUN Microsystems korporatsiyasi tomonidan taklif qilingan asosiy funksional profil. SUN Microsystems korporatsiyasiga tegishli bo‘lgan ONC 1985-yili paydo bo‘lgan va turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan chiqarilgan axborot tizimlarida tatbiq qilishga mo‘ljallangan standartlar to‘plamidir. Bu standartlar, operatsion tizim va kompyuterlarning arxitekturasiga bog‘liq emas. Interfeyslarning barcha spetsifikatsiyalari va tavsiflari nashr qilingan va mutaxassislarning keng doirasiga murojaat etilgan, yaʼni, ONC ochiqdir. Unda dastlabki matnlarning talaygina qismi bepul uzatiladi, qolgan qismi uchun – arzimagan pul to‘lanadi. ONC asosiy profili keng tarqalib, maʼlumotlarga tarqoq ishlov berish uchun de-fakto standart bo‘lib qoldi. " (Ma’lumotlarni) paketli radio uzatish umumiy xizmati|"Uyali aloqa tarmoqlarida ma’lumotlarni uzatish standarti. " Ma’lumotlarni qayta ishlash apparaturasi|"Foydalanuvchi tomonidan «Foydalanuvchi-Tarmoq» interfeysida joylashgan va ma’lumotlar manbaiga va/yoki qabul qiluvchiga xizmat ko‘rsatuvchi qurilma. DTE-qurilmasi ma’lumotlar uzatish tarmog‘iga DCE-qurilmasi (masalan, modem) orqali ulanadi va DCE-qurilmasida generatsiyalanadigan taktli signallardan foydalanadi. DTE qurilmalariga kompyuterlar, marshrutizatorlar va multipleksorlar kiradi. " Ma’lumotlarni qayta ishlash dasturi|"Biror bir ma’lumotni qayta ishlaydigan istalgan dastur " Maʼlumotlarni qayta ishlash ochiq tizimi|"Boshqacha maqsadlardagi va bajarilgan boshqa tizimlar bilan funksional moslikni yaxshilash uchun, birgalikda o‘rnatilgan interfeyslar va protokollarni ichiga oladigan tizim. " Maʼlumotlarni qayta ishlash tizimi|"Dasturiy taʼminot va maʼlumotlar avtomatlashtirilgan tarzda qayta ishlanishini bajaradigan hamda apparat vositalarini ishga soladigan tegishli xodimlar. " Maʼlumotlarni real vaqtda qayta ishlash|"Maʼlumotlarga ishlov berish tezligi, hodisaning modellash tezligi bilan bir xil yuz bergan hol. " (Ma’lumotlarni) saqlash|"Ma’lumotlarni, ularni saqlagandan so‘ng o‘zgarmas holatda ushlab turish, vaqtning istalgan onida keyinchalik hisoblash imkonini ta’minlovchi jarayon. " Ma’lumotlarni sinxronlangan oqimli uzatish|"Ma’lumotlarni vaqt bo‘yicha sinxronlash talablari bilan oqimli uzatish, shu ma’nodaki, oqim tarkibidagi ma’lumotlar ma’lumotlar oqimlarining boshqa turlari bilan majburiy sinxronlash orqali qayta tiklangan bo‘lishi mumkin (masalan, audio va video oqimlari). " Ma’lumotlarni siqish|"Ma’lumotlar hajmini kamaytirish maqsadida uni qayta kodlash protsedurasi. Ma’lumotlarni saqlash va uzatish qurilmalaridan yanada oqilona foydalanish uchun qo‘llaniladi. " Ma’lumotlarni skanlash|"Ma’lumotlar traktlarini skanlaydigan test ketma-ketlik (diagnostik testlashda ma’lumotlar traktlarini tekshirish maqsadida). " Ma’lumotlarni taqdim etish|"Ma’lumotlar bazasining maxsus sxemasi orqali qayd etilgan fizik muhitda ma’lumotlarning joylashishi. Ushbu sxemadan foydalanib, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi ma’lumotlarning fizik joylashuviga ega bo‘lgan kerakli axborotni izlash so‘rovini aniqlaydi. Ma’lumotlar bazasi sxemasini tuzishning turli prinsiplari ma’lumotlarni taqdim etishning har xil (relyatsion, iyerarxik va tarmoq) turlarini keltirib chiqaradi. " Maʼlumotlarni taqdim etish darajasi|"Ochiq tizimlar o‘zaro bog‘liqligining, maʼlumotlar kerakli formatda taqdim etilishi va o‘zgartirilishini, amaliy daraja mantiqiy obyektlari o‘rtasida maʼlumotlar almashinish bo‘yicha xizmatlarni taʼminlaydigan darajasi. " Ma’lumotlarni taqdim etish protokoli|"Taqdimot darajasidagi protokol, unda TCP/IP stekini bir qancha cheklovlarga ega tarmoqlarda qo‘llab-quvvatlash usuli ifodalanadi. " Ma’lumotlarni taqsimlangan holda qayta ishlash|"Amaliy dasturlarning tizim guruhlari tomonidan bajarilish metodikasi. Bunda foydalanuvchi bir nechta o‘zaro bog‘liq abonent tizimlarida joylashgan tarmoq xizmatlari va amaliy jarayonlar bilan ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. " Ma’lumotlarni taqsimlangan qayta ishlash muhiti|"Ma’lumotlarni taqsimlangan qayta ishlash texnologiyasi, abonent tizimlarining guruhlari bo‘yicha bo‘lib-bo‘lib taqsimlangan amaliy jarayonlarni bajarish uchun tarmoq xizmatlarining standart to‘plamini o‘zida aks ettiradi. " Ma’lumotlarni taqsimlangan qayta ishlash milliy platformasi|"«Bulutli» hisoblashlarni amalga oshiradigan axborot tizimlari kompleksi. Milliy platformani yaratishdan maqsad, davlat hokimiyati organlarining IT-ta’minotga qilinadigan sarf-xarajatlarini optimallashtirish va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarini avtomatlashtirish darajasini oshirishdan iborat. " Maʼlumotlarni tezkor analitik qayta ishlash|"Axborotni qayta ishlash texnologiyasi. O‘z ichiga hisobot va hujjatlarni dinamik tuzish va chop etishni oladi. Tahlilchilar tomonidan axborot bazasidagi qiyin so‘rovlarni tez qayta ishlashda foydalaniladi. " Maʼlumotlarni tezkor yetkazish|"Foydalanuvchilar tomonidan axborotni tezkor olish texnologiyasi. Foydalanuvchilar o‘z abonent tizimlariga axborotni ikki texnologiyadan birini ishlatib olishlari mumkin. Maʼlumotlarni ko‘chirib olish texnologiyasi shu bilan tavsiflanadiki, unda foydalanuvchi mustaqil yoki mobil agentlar yordamida kerakli axborotni bazadan qidiradi, uni topib, bazadan oladi. Maʼlumotlarni turtkilab chiqarish texnologiyasining mohiyati shundaki, foydalanuvchilar guruhiga ularning muayyan talabnomalarisiz aniq axborot tarqatiladi. Uni buyurtma bergan va tarqatish manzili egalari ro‘yxatiga kiritilganlar oladi. " Ma’lumotlarni tiklash|"1. Ma’lumotlarni oldindan ma’lum bo‘lgan yoki muayyan bir holatga keltirish. 2. Ma’lumotlarni, ma’lumotlarning himoya nusxasi bo‘lgan tashuvchidan original tashuvchiga, ma’lumotlar yaxlitligi buzilgan holda, ko‘chirish. " Ma’lumotlarni tozalash|"Voris ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlarni, ularning takrorlanishini, mos kelmasligini va kiritishdagi xatolarni aniqlash yo‘li bilan tuzatish. Ma’lumotlarni tozalash jarayonida mumkin bo‘lgan joyda, bir nechta ma’lumotlar bazasidan olingan yozuvlar birlashtiriladi. Tozalash operatsiyasi ma’lumotlar omborini to‘ldirish paytida amalga oshiriladi. " Ma’lumotlarni turlarga bo‘lish|"Ma’lumotlarni, ularning qiymat sohalari va ular ishtirok etadigan operatsiyalar bo‘yicha tasniflash. Ma’lumotlar, ular qayta ishlanadigan tizimlarda o‘zgaruvchilar va konstantalar ko‘rinishida, shuningdek, ifodalar va funksiyalar ko‘rinishidagi ularning birikmasi shaklida taqdim etiladi. Ma’lumotlarni turlarga bo‘lish o‘zgaruvchilar va konstantalar, tegishlicha, ifodalar va funksiyalar kiradigan klassni belgilaydi. Dasturlash tillarida ma’lumotlar turlarini aniqlash, dasturlashda xatolarni kamaytirish va talab qilinadigan xotirani minimallashtirish maqsadida amalga oshiriladi. Ma’lumotlar turlari oddiy va tarkibli (murakkab) bo‘ladi. Oddiy ma’lumotlarga, masalan, butun sonlar, haqiqiy sonlar; tarkibiy ma’lumotlarga massivlar, fayllar kiradi. Ba’zi dasturlash tillarida ma’lumotlar turi foydalanuvchi tomonidan belgilanishi mumkin. " Maʼlumotlarni (to‘g‘rilikka) tekshirish|"Kirish maʼlumotlarining dastur ko‘rsatadigan talablarga (qiymatlar diapazoni, taqdim etish formati) mos kelishini tekshirish uchun, ularni oldindan qayta ishlash. " Ma’lumotlarni uyali aloqa tarmog‘i orqali raqamli paketli uzatish|"Ma’lumotlarni analog uyli telefon aloqa tizimi orqali 19,2 Kbit/s tezlik bilan uzatish imkonini beradigan paketli uzatish. Zamonaviy 3G tizimlari joriy qilina borgan sari, CDPD texnologiyasi asta-sekin iste’moldan chiqib bormoqda. " Ma’lumotlarni uzatishning taqsimlangan o‘tkazuvchi interfeysi|"FDDI protokolining o‘ralgan juftli tarmoq orqali amalga oshirilishi. " Ma’lumotlarni va ularni tashuvchilarni oshkor qilish|"Qonunchilikda ko‘zda tutilgan tartibda oldin kiritilgan, davlat siri hisoblanadigan ma’lumotlarni tarqatishga va ularni tashuvchilardan foydalana olishga bo‘lgan cheklovlarni olib tashlash. " Ma’lumotlarni vizuallashtirish|"Eksperimental yoki boshqa ma’lumotlarni grafik taqdim etish usullarining majmui, foydalanuvchiga ular ichidan ahamiyatli ma’lumotni tezda ajratish imkonini beradi. " Ma’lumotlarni xavfsiz uzatish protokoli|"Amaliy darajada trafikni oxirgi shifrlash uchun foydalaniladigan protokol. " Ma’lumotlarni yuklash|"Ma’lumotlarni, ular tozalangandan keyin boshlang‘ich ma’lumotlar bazasidan ma’lumotlar bazasining yangi segmentiga (yoki boshqa xotira qurilmasiga) ko‘chirish. " Maʼlumotlarni zichlash samarasizligi|"O‘tkazish qobiliyatining, maʼlumotlar guruhli oqimini marshrutlash va aloqa uzellaridagi turli abonentlar maʼlumotlarini ajratish uchun zarur bo‘lgan xizmatga oid axborot bilan to‘ldirishga bog‘liq holda yo‘qolishi. " Ma’lumotlarni o‘rganish|"Ma’lumotlar omborlarini tahlil qilish texnologiyasi. Sun’iy intellekt usullariga va qarorlar qabul qilishni ta’minlash vositalariga asoslanadi. Jumladan, bunga ma’lumotlar o‘rtasida assotsiativ aloqadorlikni, ularning o‘zgarish trendlarini topish, ma’lumotlar turlarini aniqlash kiradi. " Ma’lumotlarni o‘zgartirish|"Boshlang‘ich ma’lumotlarni, ma’lumotlar ombori uchun belgilangan formatga o‘tkazish. " Ma’lumotlarni shifrlash|"Ma’lumotlarni, ularning yashirin uzatilishini ta’minlaydigan maxsus algoritmlardan foydalanib, qayta ishlash usuli. Axborotning o‘zgartirilishi kodlash birlik-lari, odatda, mazmunli so‘z yoki jumlalar bo‘lgan kriptografik usullardan farqli o‘laroq, bitlar yoki ularning ketma-ketligi darajasida amalga oshiriladi. " Ma’lumotlarni shifrlash algoritmi|"Axborotni taqdim etishning dastlabki shakli (ochiq matn)ni, qayta o‘zgartirish siriga ega ko‘rinishga (shifrlangan matn) aylantirish bo‘yicha, muhim o‘zgaruvchi (shifrlash kaliti)ga bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarning mazmuni va izchilligini belgilaydigan matematik qoidalar to‘plami. " Ma’lumotlarni shifrlash standarti|"Shifrlash va deshifrlashda keng qo‘llaniladigan yuqori darajadagi ishonchlilikka ega bo‘lgan algoritm. U.S.National Bureau of Standarts tomonidan ishlab chiqilgan. Ayni vaqtda Tripple DES uch karra uzunlikda shifrlash versiyasi ishlab chiqilgan. " Ma’lumotlarni chiqarib tashlash|"Belgilangan mezonlarga muvofiq, ma’lumotlar bazalaridan ma’lumotlarni avtomatik tarzda yoki qo‘lda chiqarib tashlash. " Ma’lumotlarni chiqarish|"Axborotni qayta ishlash tizimi yoki uning biror bir qismi yordamida ma’lumotlarni bu tizimdan yoki qismdan uzatish jarayoni. " Ma’lumotlarning analog shakli|"Ma’lumotlarni elektr kuchlanish yoki elektr toki kabi maʼlum diapazonda to‘xtovsiz o‘zgaruvchi fizik kattaliklar shaklida taqdim etish, saqlash va uzatish uslubi. " Ma’lumotlarning buzilishi|"Ma’lumotlar yaxlitligining tasodifan yoki qasddan buzilishi. " Ma’lumotlarning ishonchliligini tekshirish|"Ma’lumotlarning aniqligini, ularning to‘liqligini yoki berilgan mezonllarga mosligini aniqlash uchun qo‘llaniladigan jarayon. Izoh – Ma’lumotlarning ishonchliligini tekshirish ularning formatlarini va to‘liqligini tekshirish, kalitning nazorat testlari, to‘g‘riligini va cheklashlarni tekshirishdan iborat. " Maʼlumotlarning protokol bloki|"Paket yoki kadr turidagi vaqtinchalik blok, maʼlumotlar blokining yuqori pog‘ona protokollaridan quyi pog‘ona protokollari tomon harakatlanishda davriy o‘zgarishning uchinchi (oxirgi) fazasi. Maʼlumotlarning servis blokidan (ikkinchi faza) hamda PCI protokolining boshqaruvchi axboroti bo‘lgan sarlavhadan iborat. Quyi pog‘onasidagi ICI interfeysining boshqaruvchi axboroti qo‘shilishi natijasida, quyi pog‘ona bilan chegaralangan maʼlumotlarning interfeysli blokiga (quyi pog‘onasining birinchi fazasi) aylanadi. " Ma’lumotlarning mustaqilligi|"Ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimida – ma’lumotlarning, ular bilan ishlaydigan dasturlardan ajratilishi. Ma’lumotlardan foydalana olishlik darajasini oshiradi. Mantiqiy, fizik va fazoviy ma’lumotlar mustaqilligi farqlanadi. " Ma’lumotlarning sifati|"Ma’lumotlarning muayyan vazifalarni bajarish uchun yaroqliligini ta’minlovchi xossalari majmui. Aniqlik, to‘liqlik, adekvatlik, ziddiyatsizlik, muhofaza qilinganlik ma’lumotlarning sifat ko‘rsatgichlari hisoblanadi. " Ma’lumotlarning vizit bazasi|"Abonentlarning joylashgan o‘rni to‘g‘risidagi axborotning, ularning ko‘chib yurishini kuzatish imkonini beradigan qismi saqlanadigan ma’lumotlar bazasi. " Ma’lumotlarning xavfsizligi|"1. Ma’lumotlarga nisbatan qo‘llaniladigan kompyuter xavfsizligi. 2. Ma’lumotlarning, ma’lumotlar o‘zgartirilishiga, fosh bo‘lishi yoki buzilishiga olib keluvchi, ruxsat etilmagan ta’sirlardan (tasodifiy yoki qasddan) muhofaza qilinganligi. 3. Tizimning, qayta ishlanadigan va saqlanadigan axborotdan ruxsat etilmagan tarzda foydalanish yo‘lidagi urinishlarga qarshi tura olish xususiyati. " Ma’lumotlarning yaxlitligi|"1. Amalga oshiriladigan o‘zgartirishlardan qat’i nazar, ma’lumotlarning aniqlikni va zid kelmaslikni saqlash qobiliyati. 2. Ma’lumotlarni ruxsat etilmagan usulda o‘zgartirib, o‘rnini almashtirib yoki yo‘q qilish mumkin bo‘lmasligini kafolatlaydigan xususiyat. Izoh – Ma’lumotlarning yaxlitligi tizimning buzilishlarga chidamliligini va avtomatik tiklanishini ichiga oladi. " Ma’lumotlarning yaxshi saqlanganligi|"Axborot tizimining, o‘z hayotiy sikli mobaynida, ma’lumotlarning buzilmagan holda saqlanishini va ularning tasodifiy ravishda yo‘q qilinmasligini ta’minlash xususiyati. " Ma’lumotlarning o‘zgaruvchan oqimi|"ATM tarmoqlaridagi bu servis ikki turining umumiy nomlanishi. Bu rejimda o‘tkazish kengligiga bir necha kafolatlar beriladi: odatda minimal yoki o‘rtacha o‘tkazish polosasi kafolatlanadi. Real (rtVBR) va noreal vaqtdagi uzatishlar (nrtVBR) farqlanadi. " Ma’lumotlarning n-simvoli|"n-sanoq pozitsiyasi tizimida taqdim etilgan ma’lumotlarning simvollaridan biri. " Ma’lumotnoma|"1. Ma’lumotlar elementlari va ularning kompyuter xotirasida joylashishi o‘rtasidagi muvofiqlikni belgilaydigan havolalar to‘plami. 2. Oddiy kartochkalarni to‘ldirishda qo‘llaniladigan axborotni qayd etish uchun xizmat qiladigan maxsus kartochka. Odatda, tizimda ma’lumotlarning ma’lum turidagi yagona kartochkasi saqlanadi. " Ma’lumotnomalar va tasniflagichlar registri|"Elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishda va boshqa vazifalarni bajarishda davlat organlari axborot tizimlarining idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik vazifalarini hal qilish uchun, yagona talablar asosida dolzarb ma’lumotnomalar va tasniflagichlarni shakllantirish, saqlash, aktuallashtirish hamda taqdim etishni ta’minlaydigan davlat axborot tizimi. " Ma’muriy axborot tizimi|"Korxonalar, tashkilotlarning rahbarlari va ma’muriy xodimlar uchun mo‘ljallangan avtomatlashtirilgan axborot tizimi. " Maʼmuriy boshqaruv domeni|"X.400 xabarlarni boshqarish tizimida xizmatlar taqdim etadigan yuridik shaxs (Masalan, AQSHda MClmail va ATTmail, Buyuk Britaniyada British Telecom Gold400mail). " Ma’muriy domen|"Bitta tashkilot tomonidan boshqariladigan serverlar, marshrutizatorlar va tarmoqlar guruhi. " Ma’muriy funksiya|"Ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajariladigan davlat funksiyasi. " Maʼmuriy muhofaza choralari|"Xavfsizlik siyosatini ishlab chiqish va uni yurgizish choralari. U muhofaza to‘g‘risidagi hujjatlar talablariga ko‘ra faoliyat doiralarida (masalan, xavfsizlik siyosati va uni yurgizish bo‘yicha hujjatlar yuritish, obyekt joylashish joyini tanlash, nazorat qilinadigan (tekshiriladigan) zonani tashkil qilish, turli tashuvchilardagi muhofaza qilish lozim bo‘lgan maʼlumotlarga ega hujjatlarni qayd qilish, saqlash va aylanish qoidalarini bajarish va h.k. " Ma’muriy hisobga olish|"Davlat tomonidan hisobga olish turi, uning ma’lumotlarining o‘zgarishi jismoniy yoki yuridik shaxs huquqlari yoki majburiyatlarining yuzaga kelishiga, o‘zgarishiga yoki tugatilishiga olib keladi yoxud jismoniy yoki yuridik shaxs huquqlari yoki majburiyatlari yuzaga kelishining, o‘zgarishining yoki tugatilishining oqibati hisoblanadi. " Ma’muriy protsedura|"Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan funksiyalari hamda vazifalarini bajarishlari uchun amalga oshiriladigan jarayonlar majmui. " Ma’muriy reglament|"Davlat funksiyasini bajarish chog‘ida, ijro etuvchi hokimiyat va/yoki mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organining ma’muriy protseduralari va harakatlarining izchilligini va muddatlarini, uning tuzilmaviy bo‘linmalari bilan mansabdor shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik tartibini, shuningdek, ijro etuvchi hokimiyat va/yoki mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organining jismoniy yoki yuridik shaxslar bilan, davlat hokimiyat va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishning boshqa organlari, tashkilotlar va muassasalar bilan o‘zaro hamkorligini belgilaydigan normativ-huquqiy hujjat. " Ma’muriy xabarlar|"Serverga yoki resurslardan foydalanishga taalluqli bo‘lgan xabarlar. Ular foydalanuvchilarni xavfsizlik va foydalanishni boshqarish tizimida, foydalanuvchilar seanslarida, ta’minotni boshqarish tizimida yuz berayotgan voqealar to‘g‘risida, katalogni replikatsiya qilish va bosishda xabardor qiladi. Kompyuter xabarni qabul qilganda, kompyuterlar va foydalanuvchilarning oldindan belgilangan ro‘yxati bo‘yicha bu xabar jo‘natiladi. " Ma’muriy xavfsizlik|"Kompyuter xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan ma’muriy chora-tadbirlar. Operatsion protseduralar va hisob berish protseduralari, xavfsizlik buzilishlarini tekshirish hamda audit jurnallarini tahlil qilish protseduralari shunday chora-tadbirlar hisoblanadi. " MBBT-ilova|"Foydalanuvchining ma’lumotlar bazasi ma’lumotlaridan foydalana olishini ta’minlaydigan dastur. Ma’lumotlarni kiritish, so‘rovlar va hisobotlar shaklida amalga oshiriladi. " «M» belgili qop|"Bir jo‘natuvchi tomonidan bitta adresatga yuboriladigan bosma nashrlar (davriy nashrlar, kitoblar va sh.k.) solingan xalqaro pochta jo‘natmasi turi (maxsus qop). " Media|"1. Ommaviy axborot vositalari (OAB). Maʼlum axborotni ko‘p abonentlarga uzatish vositasi. 2. Informatikada «media» so‘zi turli moddalarni – qog‘oz, optik disk, magnit disk, magnit tasmalarni bildiradi. " Mediaprotsessor|"Oqimli video va/yoki audio axborotni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan, bir kristalli multiprotsessor. " Mediashlyuz kontrolleri|"Mediashlyuzdagi media kanallar uchun ulanishni boshqarishga taalluqli bo‘lgan faqat chaqiruv holatining qismlarini nazorat qiladi. " Megabayt (Mbyte)|"Xotira hajmini yoki ma’lumotlar miqdorining o‘lchov birligi. 220 = 1048576 byte ga teng. " Megapiksel|"Tasvirni shakllantiradigan bir million piksellar. Raqamli foto- va videokameralarning eng muhim xarakteristikalaridan biri, yaʼni matritsaning ajrata olish qobiliyati, megapikselda o‘lchanadi. Shuningdek, yaratilgan yoki skanlangan tasvirning kattaligini ham maʼlum tasvirning kattaligi bilan solishtirish uchun megapikselda o‘lchanadi. " Megauya|"Uyali aloqa tarmog‘idagi, harakat radiusi (100−500) km bo‘lgan qoplash zonasi. " Mehmonlar kitobi|"Saytga tashrif buyuruvchilar bilan teskari aloqa vositasi. Sahifa mazmuni to‘g‘risida o‘z fikringizni yozib jo‘natish mumkin bo‘lgan forma. Foydalanuvchi mehmonlar kitobida formani to‘ldirgandan keyin uning fikri saytda chop etiladi. " «Men seni izlayman»|"Internetda sherik izlash va ular bilan real vaqtda xat orqali muloqot qilish imkonini beradigan interaktiv muloqot tizimi. Hozirgi vaqtda America Online korporatsiyasiga tegishli bo‘lgan Mirabilis kompaniyasining mahsuloti. " Menejer|"Obyektni boshqarish vazifalarini bajaruvchi inson, qurilma yoki dastur. Boshqaruv obyekti tarmoq, katta tarmoqning qismi, tizim, maʼlumotlar banki va h.k. bo‘lishi mumkin. " Menejment|"1. Kerakli natijalarga erishish maqsadida insonlar va obyektlarga taʼsir o‘tkazish. Avtomatika, informatika, texnologik jarayonlarda boshqaruv obyektlarga, ularning faoliyatini taʼminlash uchun maqsadli taʼsir ko‘rsatishni taʼminlaydi. U asosan qurilmalar va amaliy dasturlar majmui tomonidan amalga oshiriladi. Shu bilan birga, boshqaruvda xodimlar ham ishtirok etishi mumkin. Jamiyatlarning axborot faoliyatini boshqarishning usullari va vositalari axborot menejmenti deyiladi. 2. Maqsadga qaratilgan jami harakatlar. Bunga ahvol va boshqaruv obyektining holatini baholash, boshqaruv taʼsirlarini tanlash va amalga oshirish ham kiradi. " Menyu|"Dastur ekranga chiqaradigan komandalar yoki javoblar ro‘yxati. Menyuda tanlash «sichqoncha» kursori bilan, unda belgilangan harfni klaviaturadan bosib yoki kursorni harakatlantirish yordamida amalga oshiriladi. Menyular ekranga kiritilgan bo‘lishi mumkin va tashkil qilish usuli bo‘yicha hamda ekranda ko‘rinishi bo‘yicha farqlanadi. " Menyu komandasi|"Dastur bilan ishlaganda uning menyusidagi biror bir punktni chaqirish uchun ishlatiladigan tezkor klavishlar birikmasi bo‘lib, qulaylik uchun yaratilgan. Masalan, ochish ‒ Ctrl+O, saqlash – Ctrl+S va hokazo. " Menyu qatori|"Oynaning yuqori qismida joylashgan, aktiv dasturda foydalanish mumkin bo‘lgan, tanlash elementlari (menyu punktlari) dan iborat bo‘lgan, gorizontal yo‘lak. " Menyu tarkibiy qismi|"Menyu punktidagi dastur bilan ishlash uchun kira olish mumkin bo‘lgan komandalar. Masalan, «fayl» menyusida ochish, saqlash, yopish va h.k. qismlar bor. " Menyu tugmasi|"Bosh menyudagi tugma, dastur oynasi bilan ishlanganda asosiy amalni bajaradi. " Merkl «daraxti»|"Bir martali signaturalar va xesh-funksiyaga asoslanadigan raqamli imzo sxemasi. Bir martali imzolar sxemasidagi kamchiliklarni bartaraf qilish uchun qo‘llaniladi. Har bir yangi xabar uchun kalit juftini generatsiyalashdan voz kechish imkonini beradi. " Merkl sharadasi|"Kalitlarni taqsimlash algoritmi. Shifrlash uchun foydalaniladigan maxfiy kalitni, sharadalarning katta to‘plamida uni yashirgan holda, uzatishda qo‘llaniladi. " Metabilim|"O‘zining bilimlar bazasida saqlanadigan bilimlar to‘g‘risida yoki bazada saqlanadigan bilimlar orqali bajarilishi mumkin bo‘lgan protseduralar to‘g‘risidagi intellektual tizimni bilish. Metabilimlarni kiritish rekursiv jarayondir. Metabilim tabiiy tildagi matnlarda: «Men Ivanov suzolmasligini bilaman» yoki «Sidorov Petrov algebrani bilmaydi deb taxmin qilgan» kabi iboralar bilan kiritiladi. " Metafayl|"Grafik elementlar tegishli parametrlarga ega grafik komandalar ko‘rinishida tavsiflanadigan yozuvlarni ichiga olgan oddiy fayl. Metafayl ikkilik kodda taqdim etiladi. " Metaizlash|"Bir vaqtning o‘zida bir necha izlash tizimidan foydalangan holda Internetda izlash. " Metaizlash mexanizmi|"Boshqa izlash tizimlariga so‘rov berib, ularning barchasidan olingan natijalarni umumlashti-ruvchi izlash tizimi. Aslida, foydalanuvchi izlashni maqbullashtirish uchun bitta izlash tizimi-dan foydalanish bilan cheklanib qolmasdan ko‘p izlash tizimlaridan foydalanadi. Metaizlash tizimlari misoli sifatida Dogpile, CurryGuide, Excite, Fazzle larni ko‘rsatish mumkin. " Metakompyuting|"Kompyuter tarmoqlaridan milliy va jahon miqyosidagi taqsimlangan hisoblash tizimini yaratish uchun foydalanish. Metakompyuting maqsadi hududiy taqsimlangan va Internetga ulangan yuqori quvvatli kompyuter va chekka qurilmalarini xohlagan shaxsiy kompyuter yoki ishchi stansiyasidan foydalanish mumkin bo‘lgan, foydalanuvchi va dasturlashtiruvchilar uchun yagona hisoblash muhiti bo‘lgan o‘ta kuchli kompyuter yoki metakompyuterga aylantirish imkonini beruvchi dasturiy taʼminotni yaratishdir. Bunda foydalanuvchi bitta, biroq stolida turgan mashinadan anchagina katta mashina bilan ishlash tasavvuriga ega bo‘ladi. " Metama’lumotlar|"Boshqa ma’lumotlarni aniqlaydigan va tavsiflaydigan ma’lumotlar. " Metasimvollar|"Fayllar nomlarining maskalarini yaratish uchun foydalaniladigan * va ? simvollari. «?» simvoli har qanday yakka simvolga to‘g‘ri keladi, «*» simvoli esa, nolga yoki simvollarning katta soniga to‘g‘ri keladi. " Metatarmoq|"O‘zaro aloqada bo‘lgan hududiy tarmoqlardan iborat bo‘lgan global tarmoq. " Metatarmoq|"O‘zaro aloqada bo‘lgan hududiy tarmoqlardan iborat bo‘lgan global tarmoq. " Metatil|"Dasturlash tillarini tavsiflash tili. " Meteor aloqasi|"Signalning meteoritlarning ionlashgan izlaridan qaytishiga asoslangan maʼlumotlarni uzatish texnologiyasi. Ushbu kanaldan foydalanishning iqtisodiy manfaatlardan kelib chiqqan holda (bepul «yo‘ldosh»), maʼlumotlarni uzatishning kerakli sifatini taʼminlash uchun maxsus choralar ko‘rilmoqda. Birinchidan, meteor kanallaridan diskret signallar uzatiladi. Ikkinchidan, kodlaganda xatolarni to‘g‘rilovchi maxsus kodlar ishlatiladi. Meteor aloqasi uzoqligi 1000 kmgacha yetib boradi. Meteor aloqasi katta mablag‘ talab qilmasdan, yo‘ldosh tarmog‘idan uch baravar arzondir. " Metrli toʻlqinlar|"To‘lqin uzunligi 1 m dan 10 m (chastotasi 30 MHz dan 300 MHz) gacha bo‘lgan radioto‘lqinlar. " «Mexanik» rouming|"Rouming davrida abonent (roumer) xizmat ko‘rsatuvchi operatordan boshqa abonent raqamini oladigan va o‘zining uyali raqami bo‘yicha mahalliy operatorga taalluqli kiruvchi chaqiruvlarni qabul qilish imkoniga ega bo‘lmaydigan rouming xizmati. " Meynfreym|"Ma’lumotlar juda katta tezlikda qayta ishlanishini ta’minlaydigan, juda katta hajmdagi xotiraga ega bo‘lgan, katta o‘lchamdagi hisoblash mashinalari. Juda yirik tijorat va ilmiy ilovalar uchun foydalaniladi. " Meʼyorlik|"Obyektni uning normativ-texnik hujjatlariga mos kelishi. Obyekt sifatida tizim, stansiya, dastur, funksional blok bo‘lishi mumkin. U qurilma shaklida yaratilgan bo‘lishi yoki, dasturlar majmui shaklida taqdim etilishi mumkin. " Mijoz|"1. dastur yoki kompyuterdan xizmatlar, resurslar, ma’lumotlar yoki qayta ishlashni so‘raydigan foydalanuvchi, kompyuter yoki boshqa dastur. 2. Server deb ataladigan boshqa bir dasturning muayyan xizmatlaridan foydalanadigan dastur. 3. Mijoz-dastur bajariladigan kompyuter. 4. Muayyan vazifalarni bajarish uchun serverlar deb ataladigan boshqa tizimlarga (yoki dasturlarga) so‘rov yuboradigan tizim (yoki dastur). Izoh – Serverlar va mijozlar maxsus protokollar orqali birgalikda ishlaydi va turli toifadagi kompyuterlarni ifodalaydigan tarmoqning turli uzellarida ishlashlari mumkin. " Mijoz dasturiy ta’minoti|"Oxirgi foydalanuvchiga tarmoq ilovasi bilan ishlash imkonini beradigan dasturiy ta’minot. " Mijoz ilova|"Kompyuterga o‘rnatilgan, lekin uzoqdagi server bilan ishlash imkoniyati bo‘lgan dastur. " Mijoz qurilmasi|"Simsiz tarmoq dasturini qo‘llash imkonini beradigan foydalanuvchi interfeysiga ega bo‘lgan apparat ta’minoti. Izoh − Mijoz qurilmasi – kompyuter qurilmasining boshqa bir nomidir. " Mijoz-server|"1. Xizmatlarni tavsiflashning umumiy usuli va bu xizmatlar uchun foydalanuvchi jarayonlarining (dasturlarining) modeli. Izoh – Vazifani bajarish ikki qismga ajratiladi oxirgi foydalanuvchi rasmiy talablarining tizim (mijoz qismi) tomonidan so‘ralishi va server qismning (resurslar omborining) ularga javobi. 2. Mijozlar, serverlar va umuman, tarmoq yig‘indisi. " Mijoz-server arxitekturasi|"Ma’lumotlarning katta qismi serverda saqlanib, qayta ishlanayotgan paytdagi dasturiy mahsulotlarni realizatsiya qilish usuli. Mijoz kompyuterlari sifatida kam quvvatli mashinalar qo‘llanilayotganda yoki ma’lumotlarni markazlashtirilgan tarzda saqlash (har bir xodim foydalana olishi uchun) zarur bo‘lganda qo‘llaniladi. " «Mijoz-server» arxitekturasining ma’lumotlar bazasi|"Saqlash va olib borish funksiyalari, baza bir kompyuterda (serverda) saqlanishi, foydalanuvchi esa, boshqa bir mashinaga (mijozga) egaligi sababli, jismonan ajratilgan ma’lumotlar bazasi. Ma’lumotlar bazasi va foydalanuvchi aloqa kanallari bilan bog‘langan. " Mijoz-server munosabati|"Mijozning daraja tarmog‘ida ma’lumotlarni uzatish kanalini serverning daraja tarmog‘i trakti yordamida ushlab turishga imkon beruvchi «adaptatsiya» funksiyasi yordamida amalga oshriladigan daraja tarmoqlari o‘rtasidagi aloqa. " Mijoz terminal|"Hisoblash resurslari cheklangan tarmoq kompyuteri. " Mijoz tomonidagi dastur|"Internetda serverda bajarilmay, mijoz kompyuterida bajariluvchi dastur. " Mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni boshqarish|"Axborot texnologiyalaridan foydalanish asosida mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni boshqarish. Izoh – Mijozlar bilan o‘zaro hamkorlikning barcha faktlari to‘g‘risidagi axborotning yagona ombori mavjudligini, tashkilot faoliyatining samaradorligini oshirishga va buyurtmachilarni saqlab qolish dasturlarini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan qarorlarni tayyorlash maqsadida, to‘plangan axborotni doimo tahlil qilib borilishini o‘z ichiga oladi. " Mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni boshqarish tizimi|"Buyurtmachilar (mijozlar) bilan hamkorlik strategiyalarini avtomatlashtirish, xususan, sotuvlar darajasini oshirish, mijozlar to‘g‘risidagi axborotni, ular bilan o‘zaro munosabatlar tarixini saqlash yo‘li bilan, marketingni optimallash va mijozlarga xizmat ko‘rsatilishini yaxshilash, biznes-jarayonlarni aniqlash va ularni yaxshilash hamda keyinchalik natijalarni tahlil qilish uchun mo‘ljallangan, tashkilotlar uchun amaliy dasturiy ta’minot. " Mikrodastur|"Maxsus xotirada saqlanadigan, bajarilishi komandalar registriga kiritilgan ishga tushirish komandasi orqali bo‘ladigan, elementar komandalar ketma-ketligi. " Mikrodasturiy boshqarish bloki|"Tegishli qurilmalarni boshqarish uchun mikrodastur yozilgan mikrosxema. " Mikrodasturlash|"Komandalarni bajarishda protsessor elementar qadamlarining tavsifi. Mikrodasturlash asosi mikrodasturdir. Protsessor boshqaruvining deyarli barcha bloklari mikrodasturlashtiriladi. Bu protsessorlarni loyihalash osonligini taʼminlaydi va xotira tarkibini oddiy o‘zgartirish orqali boshqaruv vazifalarini o‘zgartirish imkonini beradi. " Mikroelektronika|"Elektronikaning XX asrning 60-yillarida paydo bo‘lgan va mayda shakldagi elektron qurilmalarni yaratish muammosini o‘rganuvchi sohasi. Mikroelektronikada elektr, konstruktiv va texnologik maʼnoda bog‘liq bo‘lgan yarimo‘tkazgichlar xususiyatlaridan foydalaniladi. Ushbu jarayonda tarkibiy qismlar bir butunga birlashtirilib, integral sxemani tashkil qiladi. " Mikrofon|"Tovushni elektr signaliga aylantirilishini taʼminlovchi qurilma. Mikrofon tovushni tizim va axborot tarmog‘iga kiritish uchun mo‘ljallangan. Tovush tebranishlari uzluksiz shaklga ega bo‘lgani tufayli mikrofonning analog signali analog-raqamli o‘girilishda qatnashadi. Ish prinsipi bo‘yicha ko‘mir, elektrodinamik, elektrostatik va pyezoelektrik mikrofonlar farqlanadi. Mikrofonlar asta-sekin klaviatura o‘rnini bosyapti. Bunga nutqni tushunish muvaffaqiyatlari tufayli erishiladi. Birinchi navbatda, bu ishlab chiqarishni boshqarish va taʼminlash sohalarida ro‘y bermoqda. " Mikrointerval|"Matnni to‘g‘rilash uchun, simvollar orasidagi masofaga qo‘shiladigan, o‘zgaruvchan uzunlikdagi interval. " Mikrokalkulyator|"O‘ta ixcham mikrokompyuter. Nisbatan oddiy muhandislik, iqtisodiy va boshqa hisoblashlar uchun mo‘ljallangan. Dasturlashtiriladigan kalkulyatorlar keng tarqalgan. Murakkab bo‘lmagan dasturni kiritish orqali mutaxassis bunday mikrokalkulyatorda tenglamalarni yechishi, formulalar bo‘yicha hisoblashlar qilishi mumkin. " Mikrokomanda|"Mikrokod komandalari to‘plamidan iborat komanda. Mikrokomandalar o‘ta tez xotirada joylashtiriladi va registrlarning alohida razryadlari va protsessorning boshqa qurilmalari darajasida ishlaydi. " Mikrokompyuter|"Mikroprotsessor asosidagi kompyuter. " Mikrokontroller|"Texnologik jarayonlarni, periferik, kommunikatsion qurilmalarni boshqarish tizimlari uchun maxsus ishlab chiqilgan, bir kristalli mikroprotsessor. " Mikro (mikroskopik) yoyish|"To‘lqin uzunligiga teng yoki undan kichik kattalikdagi chastotaviy, vaqt bo‘yicha yoki fazoviy tarqoqlikdan foydalanishga asoslangan yoyish usuli. Izoh − Mikroyoyishdan keladigan yutuq signallarni qayta ishlash usullari (avtotanlov bilan qabul qilish, signal/ shovqin nisbatini maksimumga ko‘ra joylashtirish, RAKE qabul qilgichlarni qo‘llash)ga bog‘liq bo‘ladi. " Mikropolosali antennalar|"Mikropolosali uzatish liniyalarining boʻlaklari asosida tuzilgan antennalar. " Mikroprotsessor|"Ma’lumotlar qayta ishlanishini va bu jarayon boshqarilishini amalga oshiradigan, bitta yoki bir nechta katta integral sxema asosida qilingan qurilma. Mikrokompyuterli tizimlarning asosiy komponentlaridan biri. " Mikroprotsessor yadrosi|"Mikroprotsessorning boshqarish bloki bo‘lmagan qismi. " Mikrosayt|"Minisayt deb ham nomlanadigan mikrosayt – bu veb-saytning bosh sahifadan tashqari alohida URLra ega bo‘lgan va axborotni taqdim etish va/yoki bosh sahifaga bog‘liq bo‘lgan nimanidir reklama qilish uchun foydalaniladigan alohida sahifasi. Masalan, muzey veb-sayti u yerda o‘tkazilayotgan maxsus ko‘rgazma to‘g‘risida axborotdan iborat mikrosaytga murojaatga ega bo‘lishi mumkin, yoki kompyuter ishlab chiqaruvchisi foydalanuvchiga yangi mahsulot to‘g‘risida axborot berish uchun mikrosayt yaratishi mumkin. Mikrosaytlar odatda reklama kampaniyasi tugagach yoki axborot ahamiyatsiz bo‘lib qolganda veb-serverlaridan olinadigan vaqtinchalik veb-saytlardir. " Mikrosxema|"Elementlari konstruktiv va texnologik ravishda birlashtirilgan mayda elektron qurilma. " Mikrouya|"Odatda, 100 m dan 1000 m gacha bo‘lgan kichik radiusli ta’sir doirasiga ega uyali aloqa tarmog‘ining xizmat ko‘rsatish sohasi, kanallarning yuqori o‘tkazuvchanlik qobiliyati bilan tavsiflanadi. " Mikrouyali radiotarmoq|"Kichik o‘lchamdagi uyali aloqa. " Mikrouyali tizim|"Mikrouyali topologiyaga ega tizim bo‘lib, odatda, 10000 Erl/km2 gacha bo‘lgan yuqori zichlikdagi trafikli hududlarda ishga tushiriladi. " Mikrouyali tuzilmaga ega tarmoq|"Cheklangan hududda joylashgan ko‘p sonli tayanch stansiyalarga ega tarmoq. " Mikroyadro|"Operatsion tizimni ishlab chiqish prinsipi. Modullarning maksimal mumkin bo‘lgan sonini tizimlidan foydalanuvchi «fazosiga» o‘tkazish, ya’ni operatsion tizim shunday ishlab chiqiladiki, uning ko‘pchilik modullari foydalanuvchi rejimida bajariladi, yadro o‘lchami esa ixchamlashtiriladi. " Mikroyadro bazasidagi operatsion tizim|"Yuqori darajadagi operatsion tizimlarning funksiyalarini foydalanish rejimidagi maxsus komponentlar – operatsion tizim-serverlarlar bajarayotgan vaqtda, apparaturani boshqarish bo‘yicha faqat minimum funksiyalarni bajaradigan operatsion tizim. " Mikrochip|"Qar.: Integral mikrosxema. " Miksher|"Dasturiy signallarni mikshirlash uchun mo‘ljallangan uskuna. Misol – Tovushli miksher, videomiksher. " Mikshirlash pulti|"Dastur signallarini mikshirlash uchun zarur bo‘lgan barcha boshqaruv va nazorat organlari jamlangan pult. " Millimetrli toʻlqinlar|"Toʻlqin uzunliklari 0,01 m dan 0,001 m gacha, chastotalar diapazoni esa 30 GHz dan 300 GHz gacha boʻlgan toʻlqinlar. " Milliy aloqa tarmog‘i|"Muayyan mamlakatning, ushbu mamlakat ichidagi abonentlar o‘rtasida aloqani va xalqaro tarmoqqa chiqishni taʼminlovchi aloqa tarmog‘i. " Milliy operator xizmatchilarining ko‘krak nishoni|"Xodimlarning milliy operatorga taalluqliligini ko‘rsatuvchi formali kiyim-boshdagi rasmiy belgi. " Milliy operator xodimlarining formali kiyim-boshi|"Xizmat vazifalarini bajarishda milliy operator xodimlarining kiyib yurishlari uchun mo‘ljallangan, belgilangan namunadagi kiyim-bosh komplekti to‘plami. " Milliy yo‘ldosh|"Bir mamlakat doirasida aloqa yoki teleradioeshittirish xizmatlarini ko‘rsatuvchi yo‘ldosh. " Miltillash|"Biror hodisaga diqqatni tortish usuli. Xabar sarlavhasi muhim vaziyatlarda o‘zining ran-gini o‘zgartiradi (miltillaydi). " Miltillashning kritik chastotasi|"Bir sekundda ikki turli xil qo‘zg‘atgich (qo‘zg‘atgichlar chastotasi yoki davriy o‘zgaruvchi qo‘zg‘atgich chastotasi) navbatlashuvining minimal soni. " Mini blok|"Pochta markalarining to‘plami bosilgan yoki aynan bir pochta markasi takrorlanadigan pochta markalari varag‘i. " Miniatyura|"Grafik obyekt, shuningdek, vyorstkalanadigan hujjatning kichraytirilgan va soddalashtirilgan nusxasi (odatda alohida kichik oynada). " Minikompyuter|"Maʼlumotlarni qayta ishlash imkoniyatlari cheklangan kompyuter. Minikompyuterlar 1960-yillarning oxirida paydo bo‘lgan. Asosiy kompyuterga qaraganda minikompyuter uzunligi kamroq bo‘lgan so‘zlar bilan ishlaydi, cheklangan tezkor xotira va nisbatan katta bo‘lmagan tezlikka ega. Shuning uchun minikompyuterlar asosiy kompyuterga qaraganda oddiyroq vazifalarni bajarish uchun qo‘llaniladi. Biroq, asosiy kompyuter bilan solishtirganda minikompyuter kichikroq hajmga ega, hamda foydalanilishi osonroq. «Minikompyuter» atamasi shaxsiy kompyuterlar yaratilishidan oldin paydo bo‘lgan. " Minimal mumkin bo‘lgan javob vaqti|"Tizim ortib ketishi fojiali oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan axborotni datchiklardan, foydalanuvchidan yoki tarmoqdan olib qayta ishlashi davomidagi interval. " Minimal oraliqli kod|"Ortiqcha kod, unda yo‘l qo‘yiladigan bir qiymatdan keyingisiga o‘tish kodli kombinatsiyadagi minimal o‘zgarish bilan boradi. Uzatiladigan ma’lumotlarda faqat yakka xatolarni aniqlash imkonini beradi. " Minimal ortiqchalikka ega kod|"Qoidaga ko‘ra, bunda Xaffman protsedurasi bo‘yicha tuzilgan kod tushuniladi. Umumiy holda kodli so‘zning o‘rtacha uzunligi nuqtai nazaridan qaraganda «optimal» kod, kodlashni amalga oshirishning murakkabligi ko‘rib chiqilmaydi. " Minimumga keltirish|"Foydalanuvchining grafik interfeysida ‒ dasturni to‘xtatmasdan, uni piktogramma oynasiga aylantiruvchi opsiya. Izoh ‒ Windowsning oxirgi versiyalarida bu oynaning nomi vazifalar panelida oynaning pastida paydo bo‘ladi. Bu nomni bosish vazifani qayta aktivlashtiradi. " Miniplata|"Kompyuter imkoniyatlarini kengaytiradigan mayda xotira qurilmasi. Miniplatalar turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilib qattiq disk yoki flesh-xotira qurilmalari vazifalarini bajaradi. " Minislot|"TDMA kadridagi vaqt intervalining bir qismi bo‘lib, u turli abonentlarning axborotini uzatish uchun ishlatilishi mumkin. " Mintaqaviy tarmoq|"Geografik tarqoq yirik tarmoq bo‘lib, u turli joylardagi kompyuterlarni kommunikatsiya vositalari bilan yagona yaxlit tarmoqqa birlashtiradi. Bitta tumanda ko‘plab binolarni qamrab olishi ham, davlat chegarasidan tashqariga chiqishi ham mumkin. Bir biri bilan bog‘langan bir nechta taqsimlangan, mintaqaviy tarmoq deyish o‘rniga, ko‘pincha intertarmoq yoki tarmoqlar majmui deb ataladi. " Miriametrli to‘lqinlar|"Uzunligi 10 km dan 100 km gacha bo‘lgan radioto‘lqinlar. " Mis kabel bo‘ylab taqsimlangan interfeys|"Kabelli tizimlar uchun, ekranlangan yoki ekranlanmagan o‘ralgan juftlar asosida FDDI standartining modifikatsiyasi. Ushbu texnologiya kabel tizimini installyatsiya qilish jarayonini ancha soddalashtiradi va arzonlashtiradi, biroq, o‘ralgan juftlardan foydalanilayotganda, stansiyalar o‘rtasidagi maksimal masofa cheklanadi. U 100 metrdan oshmasligi kerak. " Mnemonika|"Qisqa va osonlik bilan eslanadigan so‘z yoki qisqartma. U inson va kompyuter muloqotida komanda sifatida ishlatiladi. Masalan, «Ctrl» tugmasi kompyuterning baʼzi operatsiyalarini boshqaradi. Bu yerda «Ctrl» – mnemonika, «Control» so‘zining qisqartmasi. " Mobil abonent|"Yer usti yoki yo‘ldoshli aloqaning harakatlana turib ishlaydigan har qanday abonenti. Odatda, u muayyan xizmat ko‘rsatish zonasida qayd etilgan bo‘lib, shu hududda erkin ko‘chib yurishi va boshqa abonentlar bilan aloqa o‘rnatishi mumkin. " Mobil abonent joylashgan yer registri|"Mobil aloqa tarmog‘ining ma’lumotlar bazasi, unda abonentlarning ko‘chib yurishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar saqlanadi. Har bir tayanch stansiyada o‘zining zonasi va «begona» zonalarning abonentlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni saqlaydigan registr (VLR) bo‘ladi. Yig‘ilgan axborot vaqtincha, ya’ni abonent aniq geografik zonada qayd etilgan vaqt davomida saqlanadi. Abonent bir zonadan boshqasiga ko‘chib o‘tganida, u joylashgan yer to‘g‘risidagi ma’lumotlar avtomatik ravishda yangilanadi. " Mobil abonentning identifikatsiya raqami|"IMSI mobil stansiya xalqaro identifikatsiya raqamining ma’lum pozitsiyalarida yozib qo‘yilgan, 10 ta sondan iborat raqam. " Mobil abonentning xalqaro telefon raqami|"Uchinchi avlod mobil aloqa tarmoqlarida abonentni chaqirish uchun foydalaniladigan raqam. " Mobil agent|"Maʼlumotlar bazalari bo‘ylab axborot izlash maqsadida «o‘rmalovchi» dastur. Mobil agent izlashni amalga oshirish lozim bo‘lgan maʼlumotlar bazasiga ega tizimga o‘tadi. O‘rgimchak deb ham nomlanuvchi mobil agent faqat nimadir topilganda va o‘z foydalanuvchisiga topilganni berish lozim bo‘lganda tarmoqqa murojaat qiladi. Bitta tizim bazasida izlashdan keyin mobil agent boshqa abonent tizimiga o‘tib, u yerda izlashni davom ettirishi mumkin. Mobil agentlar global bog‘lanish xizmatida ayniqsa keng tarqalgan. Bu yerda mobil agentlardan foydalanish kerakli axborotni topish tezligini ancha oshiradi. Robotlar deb ham nomlanuvchi agentlar deyarli to‘xtovsiz bog‘lamalar bo‘ylab «o‘rmalab», ular tarkibini so‘raydi va ularda mavjud axborotni tahlil qiladi. " Mobil aloqa avlodlari|"Simsiz mobil aloqa tizimlarining rivojlanib borishini aks ettiruvchi avlodlar. 1G mobil kommunikatsiya tizimlari faqat ovozni uzatish uchun mo‘ljallangan edi. 1G analog standartlari – AMPS, TACS va NMT o‘tgan asrning 70-yillari oxiri va 80-yillarining boshida ishlab chiqilgan edi. 2G 90-yillarda tarqala boshladi. Signallarni raqamli kodlashdan foydalaniladigan asosiy standartlar GSM, TDMA hamda CDMA lardir. GSM tarmoqlari taqdim etadigan qisqa SMS xabarlarni jo‘natish xizmatidan tashqari, 2G ovozni uzatish uchun qo‘llaniladi. Asta-sekin foydalanishga, elektron pochta va Internet bilan mobil ishlash imkoniyatini beruvchi, oraliq avlod deb ataluvchi 2,5G yoki 2G+ mobil standartlar joriy qilinmoqda. Asosiy standartlari – GPRS paketli uzatishni GSM uchun kengaytirish, oshirilgan ma’lumotlar uzatish tezligiga ega GSM va TDMA (EDGE) modifikatsiyalari, shuningdek, modifikatsiyalangan CDMA (IS-95B i HDR). 3G (3 Generation) mobil aloqa tizimlarining yangi 3-avlodi. Radiokirish (foydalanish) tarmog‘ining bu avlodi yuqori mobil (harakatlanish tezligi 120 km/h gacha), abonentlar uchun 144 Kbit/s gacha tezlik bilan, mobilligi past bo‘lgan abonentlar uchun (tezlik 3 km/h gacha) 384 Kbit/s va 2,048 Mbit/s tezlik bilan axborot almashishni ta’minlaydi. 4G – mobil aloqa tizimlarining, ma’lumotlar uzatish tezligi yuqori bo‘lishi va ovozli aloqa sifati oshirilganligi bilan farq qiladigan yangi avlodidir. 4-avlodga 100 Mbit/s dan yuqori tezlik bilan axborot almashishni ta’minlaydigan texnologiyalar kiradi. Wi-Fi va WiMAX 4 G texnologiyalarga misol bo‘ladi. Soni uncha katta bo‘lmagan, 4G tarmoqlar bilan ishlashi mumkin bo‘lgan kam sonli apparatlarning energiya iste’molining yuqoriligi bu texnologiyaning kamchiligidir. " Mobil aloqa kommutatsiya markazi|"Telekommunikatsiyalar tarmog‘i ichida mobil abonentlarning bog‘lanishini va ularning statsionar tarmoqlar bilan birgalikda ishlay olishini taʼminlaydigan kommutatsiya stansiyasi. " Mobil aloqa operatori|"Mobil aloqa tarmog‘iga ega bo‘lgan, uning qurilishi, ishlashi, rivojlanishini taʼminlovchi va litsenziyaga asosan mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs. " Mobil aloqa tarmoqlarining kengaytirilgan mantig‘i uchun mo‘ljallangan dasturlar|"GSM tarmog‘ining funksiyasi. Intellektual funksionallikni qo‘shgan holda, tarmoq imkoniyatlarini kengaytirish imkonini beradi. Undan tayanch stansiyada foydalanuvchilar qiladigan qo‘ng‘iroqlarni kuzatib borish va nazorat qilish imkoni bo‘lgan holda, rouming vaqtida foydalaniladi. Izoh − Bu funksiya teriladigan raqamlarni chaqiruvni sozlash jarayonida o‘zgartirish, chaqiruvga javobni va so‘zlashuv tugallanishini kuzatib borish imkonini beradi. Bundan tashqari, rouming xizmatlariga oldindan haq to‘lanishini, ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishning nazorat qilinishini, maxsus raqamlar (masalan, ovozli pochtani chaqirish uchun hamma joyda 123 raqamini terish mumkin) va foydalanuvchilarning yopiq guruhi raqamlari terilishini ta’minlaydi. CAMEL uchta bosqichda standartlashtirilgan, ulardan birinchisi foydalanishga topshirilmoqda. " Mobil banking|"Bank hisob raqamidan simsiz foydalanish texnologiyasidan (WAP protokoli) foydalangan holda mobil telefon yoki portativ kompyuter (PDA) yordamida boshqarish. " Mobil Internet|"WAP protokoli asosida Internetdan simsiz foydalanish texnologiyasi. Mobil aloqa tarmoqlarida so‘rovlarni uzatish transporti GPRS ma’lumotlarni paketli uzatish xizmati yoki CSD bo‘lishi mumkin. Texnologiya yuqori darajada servisni, ayniqsa, biznesni samarali boshqarish imkoniyatini ta’minlaydi. " Mobil Internet-foydalanish|"Internetdan mobil aloqa yoki simsiz ulanishlar tarmog‘i orqali, uydan yoki ish joyidan uzoqda portativ kompyuterlarda yoki cho‘ntak qurilmalarida foydalanish. " Mobil (ko‘chiriladigan) operatsion tizim|"Bir nechta kompyuter to‘plamida uning kodini ko‘chirish yo‘li bilan (uncha katta bo‘lmagan o‘zgarishlar bilan bo‘lishi mumkin) ishlatiladigan operatsion tizim. " Mobil modul|"Intel korporatsiyasining bloknotli shaxsiy kompyuterlar uchun mo‘ljallangan protsessorli moduli. " Mobil radioaloqa|"Statsionar va mobil radiostansiyalar o‘rtasidagi yoki faqat mobil radiostansiyalar o‘rtasidagi radioaloqa. Izoh − Mobil radioaloqaga trankli va uyali radioaloqa, mobil stansiyalarning retranslyatorlar orqali aloqasi, har qanday mobil radiostansiyalarning o‘zaro aloqasi taalluqlidir. " Mobil radiotelefon aloqa tarmog‘i|"Bitta yoki bir nechta tayanch stansiyadan va mobil abonent stansiyalar guruhidan tashkil topgan, umumiy erkin foydalanish protokolidan foydalanilganda uzluksiz aloqani ta’minlaydigan radioaloqa tarmog‘i. " Mobil stansiya|"Harakatlana turib ishlashga mo‘ljallangan barcha dengiz, havo va quruqlik radiostansiyalariga nisbatan qo‘llaniladigan umumiy nom. Izoh − Mobil radiostansiyalar qatoriga ko‘pincha portativ terminallar, jumladan, «telefon go‘shagi» turidagi terminal ham kiritiladi. " Mobil stansiya klassi|"Mobil stansiyaning asosiy xarakteristikalarini, birlamchi navbatda, uzatgichning maksimal nurlanish quvvatini tavsiflovchi ko‘rsatgich. Izoh − GSM standarti doirasida mobil stansiyalarning 8 ta klassi mavjud. " Mobil stansiya mansub bo‘lgan tarmoq kodi|"Xalqaro IMSI identifikatsiya raqamida ko‘rsatilgan, ikkita raqamdan iborat indeks. " Mobil stansiya qayd etilgan mamlakat kodi|"Xalqaro IMSI identifikatsiyalash raqami sarlavhasida ko‘rsatilgan uchta raqamdan iborat indeks. " Mobil stansiya tomonidan boshqariladigan xendover|"Mobil stansiyaning bir uyadan boshqasiga o‘tish protsedurasi, bunda turli tayanch stansiyalardan qabul qilinuvchi signal darajasi mobil stansiya tomonidan o‘lchanadi; aynan shu stansiya o‘ziga qayerda va qanday xendover kerakligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Ushbu usul simsiz foydalana olish tarmoqlarida qo‘llaniladi. " Mobil stansiya uskunasining xalqaro identifikatori|"Raqamli mobil telefonning yagona xos seriyali raqami. " Mobil stansiya yordamidagi xendover|"Mobil stansiya ishtirokida xizmat ko‘rsatishni bir tayanch stansiyasidan boshqasiga uzatish. Avtomatik qayta ulash usuli, bunda abonent stansiyasi signal darajasini o‘lchaydi va o‘lchash natijalari to‘g‘risida tayanch stansiyaga hisobot yuboradi. " Mobil stansiyaning identifikatsiya raqami|"Mobil stansiyaning tarmoqdagi raqami bo‘lib, u orqali stansiya aniq identifikatsiya qilinishi mumkin; stansiyaning tarmoq raqami. Izoh − Bu raqam, odatda, tayyorlovchi zavod tomonidan beriladigan seriyaviy raqam (ESN)dan farq qiladi. Ruxsat etilmagan kirish (foydalanish)ning oldini olish maqsadida, MIN va ESN lar elektron usulda nazorat qilinadi. " Mobil stansiyaning vaqtinchalik rouming raqami|"Abonent-roumerga, kiruvchi ulanishni o‘rnatishda faqat bog‘lanish vaqtiga beriladigan raqam. " Mobil telefon|"Mobil aloqada foydalaniladigan telefon apparati turi. Mobil telefon asta-sekin kompyuter, faks apparati, telefon apparati, qaydlar kitobchasi vazifalarini bajaruvchi ko‘p maqsadli abonent tizimiga aylanmoqda. Buning uchun apparat klaviatura va ekranga ega. " Mobil telefoniya|"Ko‘chma telefon qurilmalarini zamonaviy kundalik hayotga tatbiq etish. Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, mobil telefoniya zamonaviy insonlarning yashash va fikrlash tarzidagi o‘zgarishlarga sezilarli taʼsir ko‘rsatadi. " Mobil tijorat|"Mobil terminal yordamida hisob-kitob qilish, bank operatsiyalarini bajarish, tovarlarga buyurtma berish va turli xizmatlarni ko‘rsatishga imkon beradigan mobil aloqaning yangi xizmat turi. " Mobil tizim|"Harakatlanuvchan va harakatlanmaydigan abonentlarning bir-biri bilan o‘zaro ishlashini taʼminlovchi kommunikatsiya tarmog‘i xizmati. Mobil tizimlar yer usti va sunʼiy yo‘ldosh tarmoqlarida tashkil etiladi. Ular, shuningdek, uyali paketli radio tarmoqlarida, jumladan uyasimon raqamli paketli maʼlumotlardan foydalanganda ham keng qo‘llaniladi. Natijada mobil aloqa tarmoqlari, yaʼni harakatlanuvchan mobil aloqa tizimlari tashkil etiladi. " Mobil treyding|"Investitsiya hisob raqamidan simsiz foydalanish texnologiyasidan (WAP protokoli) foydalangan holda mobil telefon yoki portativ kompyuter (PDA) yordamida boshqarish. " Mobil yo‘ldoshli xizmat|"Mobil yer stansiyalari yoki mobil va statsionar yer stansiyalari o‘rtasida axborot almashinuvini tashkil etish uchun mo‘ljallangan radioaloqa xizmati. Bunday xizmat uchun 1 GHz gacha chastotalar diapazoni, shuningdek, L(1,5/1,6 GHz) va S(1,9/2,5 GHz) chastotalar diapazonidagi chastotalar polosalari ajratilgan. " Mobil IP|"IP-protokolidan foydalanishga asoslangan mobil aloqa protokoli. Unda, aloqada uzoq muddatli tanaffuslar ko‘zda tutiladi, abonentni bir tayanch stansiyadan boshqasiga o‘tkazish rejimi saqlab turiladi. Protokolni amalga oshirish abonent terminallarida ham, marshrutizatorlarda ham TCP/IP protokollari steklariga o‘zgartirishlar kiritishni talab qiladi. " Mobillik|"Abonent stansiyasining, uning dastlab qayd etilgan joyidan qat’i nazar, ko‘chib yurish va aloqa o‘rnatish imkoniyati. " Mobillikni boshqarish|"Mobil stansiyalarni ro‘yxatdan o‘tkazish, ularni autentifikatsiya qilish va tarmoq resurslarining ular uchun taqsimlanishi bilan bog‘liq protsedura. Mobillikni boshqarish tizim arxitekturasining tarmoq darajasida amalga oshiriladi. " Moda|"Alohida yorug‘lik nuri ham ko‘p modali, ham bir modali tola orqali o‘tadigan yo‘l. " Modal oyna|"Boshqa oynaga o‘tishdan oldin foydalanuvchidan qandaydir harakatlar talab qilinadigan oyna. " Modallik|"Tartibotning uzluksizlik xossasi, yaʼni, uni to‘liq tugamaguncha to‘xtatishning iloji yo‘q. " Moddiy axborot tashuvchisi|"Axborotni yozish va saqlash uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan muayyan fizik xususiyatlarga ega modda. " Moddiy dispersiya|"Xromatik dispersiyaning bir turi. Optik tola yoki to‘lqin o‘tkazgich materiali xossalari bilan belgilanadi va sindirish ko‘rsatgichining to‘lqin uzunligiga bog‘liqligi orqali tavsiflanadi. " Model|"Dastlabkidan farq qiladigan, ammo yechilayotgan vazifalar doirasida uni almashtirishga layoqatli bo‘lgan (haqiqiy, belgili yoki faraziy) obyekt. " Modellash|"O‘rganiladigan obyekt (tizim, hodisa) modelini ishlab chiqish jarayoni. Asosiy vazifa – obyektni o‘rganish. Modelni yaratish – bu iteratsion jarayon bo‘lib, model original bilan taqqoslanadi va aniqlashtiriladi. Informatikada asosan, modellashning informatsion va matematik usuli qo‘llaniladi. " Modem|"1. Kommutatsiyalanadigan uzatish liniyasining modemi. Telefon aloqa liniyalarida ishlaydi. Ma’lumotlar uzatish maksimal tezligi raqamli aloqa liniyalarida 56,6 kbit/s, analog aloqa liniyalarida 33,6 kbit/s. 2. Raqamli signalni analog tovush signaliga va analog signalni raqamli signalga aylantiruvchi qurilma bo‘lib, u telefon tarmog‘i orqali boshqa kompyuterga ma’lumotlarni uzatadi va undan qabul qiladi. " Modem-dastur|"Modem vazifalarini bajaruvchi dastur. Kerakli dasturiy taʼminot kompyuterning «doimiy xotira qurilmasiga» yuklanadi. Modem-dastur modemga ko‘ra qator afzalliklarga ega: modem apparati uchun zarur bo‘lgan joy egallamaydi; narxi solishtirib bo‘lmaydigan darajada arzon; energiya isteʼmoli kam; modemni yangilash oson. " Modemlar to‘plami|"Modemlar to‘plami. Foydalanuvchi o‘z terminalini ulashga ruxsat so‘raganda ushbu modemlarning bittasiga ulanadi va uni telefon tarmog‘i orqali maʼlumotlar uzatish va olish uchun ishlatadi. " Modemli server|"Bitta modem yoki modemlar guruhidan iborat tarmoq elektron hisoblash mashinasi. Tarmoq foydalanuvchilariga chiquvchi chaqiruvlar uchun mo‘ljallangan modemlardan birgalikda foydalanish imkonini beradi. " Moder|"O‘rnatilgan kodlovchi qurilma bilan tuzilishi jihatidan va ishlashi bo‘yicha moslashgan modulyator. " Moderator|"1. Forum, teleanjuman va chatlarda qoidalarga rioya qilishni nazorat qiluvchi yetakchi. Odatda teleanjuman qoidalari juda oddiy: spam, fleym va anjumanga tegishli bo‘lmagan mulohazalar man etiladi. Moderator, zarur bo‘lganda ishtirokchilarga nisbatan maʼmuriy choralar ko‘rishi mumkin – tartibbuzarlarni ogohlantirishdan tortib maʼlum xabarlarni o‘chirish yoki hatto baʼzi foydalanuvchilar uchun foydalanishni man etishgacha. 2. Kataloglarda moderator – u yoki bu mavzu bo‘limiga javobgar shaxs. U sayt mavzusi va katalog bo‘limining mosligini tekshirib turadi. Baʼzan (agarda bu katalogda axborotni joylashtirish shartlari bilan belgilangan bo‘lsa) moderator saytlar mazmuni bilan tanishib chiqadi. " Modifikatsiya biti|"Diskka, faqat modifikatsiyalangan sahifalarni ko‘chirib olish (otkachka) maqsadida, sahifalar modifikatsiyasini ko‘rsatuvchi sahifalar jadvalining element biti. " Modul|"Tizim texnik ta’minotining, bitta blokda qilingan va boshqa modullar bilan birikish uzellariga ega bo‘lgan funksional qismi. Modullar tizimdan oson foydalanish uchun qo‘llaniladi, ishdan chiqqanda va modernizatsiya qilishda ularni almashtirish mumkin. Protseduralar, kichik dasturlarni ajratish, mustaqil sozlash va dasturga tayyor qismlarni kiritish uchun mo‘ljallangan dasturlash tili obyekti. " Modul bo‘yicha bo‘lish|"Arifmetik amal. Uning natijasi – butunga bo‘lish qoldig‘i. Deyarli barcha dasturlash tillarida bor. a mod b ko‘rinishida belgilanadi. " Modula|"Protsedura turidagi universal dasturlash tili. N.Virt tomonidan 1975-yilda ishlab chiqilgan; Paskal tilining to‘g‘ridan-to‘g‘ri avlodi. Standart Paskal tilidan asosiy farqlari: modul va jarayon tushunchasi kiritilgan, sintaksis yanada tizimlashtirilgan, til past daraja dasturlash vositalari bilan to‘ldirilgan. 1979-yilda tilning Modula – 2 versiyasi yaratilgan. " Modulli arxitektura|"Birga bog‘lanishi mumkin bo‘lgan alohida tarkibiy qismlardan iborat xohlagan tizim dizayniga tegishli atama. Modulli arxitektura afzalligi xohlagan tarkibiy qism (modul)ni qolgan tizimga taʼsir ko‘rsatmasdan o‘zgartirish yoki qo‘shish mumkinligidadir. Modulli arxitektura qarama-qarshi tarkibiy qismlar orasida aniq chegaralari bo‘lmagan birlashgan arxitekturadir. " Modulli A/V kontroller|"Qurilmani takomillashtirishda almashtirishga yaroqli bo‘lgan, chiqarib olinadigan modullar asosida konstruksiyalangan A/V-kontroller. " Modullik|"Qurilmaning turli vazifalarni bajaruvchi funksional bloklardan foydalanish orqali o‘z imkoniyatlarini o‘zgartirish xususiyati. Modulyator rus. - модулятор ing. - modulator Noliniyaviy zanjirlarni o‘z ichiga oladigan, elektr tebranishlarni modulyatsiyalash uchun mo‘ljallangan qurilma. Izoh − Modulyatorda uzatiladigan axborot qonuniyatlariga muvofiq tebranish jarayonining istalgan parametrining (amplituda, chastota, faza) o‘zgarishlari ro‘y beradi. " Modulyator-demodulyator|"Kompyuterning raqamli signallarini keyinchalik telefon liniyalari orqali uzatish maqsadida analog signallarga, va aksincha, aylantiradigan qurilma. " Modulyatsiya|"Eltuvchi chastota parametrlari (amplituda, chastota yoki faza) ning berilgan qonun bo‘yicha o‘zgarish jarayoni. Bu jarayon yuqori chastotali tebranish davriga nisbatan past tezlik bilan amalga oshiriladi. Izoh − Modulyatsiyalash metodlari egallangan spektr kengligi, xalaqitga bardoshlilik va spektral samaradorlik bilan farqlanadi. " Modulyatsiya simvoli|"Eltuvchining signal vektor diagrammasida (signal yulduzida) tegishli pozitsiya bilan tasvirlanadigan muayyan holati. Har bir pozitsiya eltuvchi fazasi va amplitudasining muayyan qiymatiga mos keladi va muayyan bitlar ketma-ketligini ifodalaydi. " Modulyatsiyalash xatoliklari koeffitsiyenti|"Eshittirish televideniyesi radiosignalining ortogonal kodlangan eltuvchilarining signal yulduzidagi vektorlarning hisoblangan va haqiqiy pozitsiyasi o‘rtasidagi tafovutni tavsifllaydigan hamda shu pozitsiyalarda radiosignallar quvvatlarining nisbati sifatida aniqlanadigan koeffitsiyent. " Modulyatsiyalovchi kod|"QPSK, 8PSK, 16QAM murakkab modulyatsiyalash usullarida ishlatiladigan, n bitdan iborat kodli kombinatsiya. Izoh − Bunday kodli kombinatsiyalar dibit, tribit, kvadbit va h.k.lar tarzida ham ma’lum. " «Mohiyat – bog‘liqlik» modeli|"Mohiyatlar va bog‘liqliklar diagrammasi ko‘rinishida ma’lumotlar bazalari tuzilmalarini grafik taqdim etishning keng tarqalgan vositasi. Mohiyat ‒ muayyan turdagi abstrakt obyekt. Bog‘liqliklar ‒ bu mohiyatlar o‘rtasidagi bog‘lanish, atributlar esa, mohiyatlarning xossalaridir. " Molekulyar kompyuter|"Molekulalarning (ko‘proq biologik) hisoblash imkoniyatidan foydalanuvchi hisoblash tizimi. Molekulyar kompyuterlar atomlarning bo‘shlikda joylashishini hisoblash g‘oyasini qo‘llaydi. " Moliyalashtirish|"Nimanidir amalga oshirishga, rivojlantirishga qilinadigan xarajatlarning zarur moliyaviy resurslar bilan ta’minlanishi. " Monipyuter|"Nomi «monitor» va «kompyuter» so‘zlarining qo‘shilishidan olingan qurilma. " Monitor (displey)|"1. Axborotni matn, jadvallar, rasmlar, chizmalar va b.lar ko‘rinishida vizual aks ettiradigan qurilma. Monitorlarning aksariyati elektron-nur trubka asosida konstruksiyalangan. 2. Televizion signal yoki uning sifatini baholash bilan harakatlarni soddalashtirish uchun tasvirning mavjudligini belgilash maqsadida televizion tasvirni qayta tiklashga mo‘ljallangan apparatura. Izoh ‒ Fransuz tilidagi «moniteur» atamasi va ingliz tilidagi «class 1 monitor» va «studio monitor» atamalari tasvir sifatini baholashga yordam beradigan yuqori sifatli uskunalardagina qo‘llanilishi mumkin. " Monitoring|"Tizim, jarayon yoki faoliyat holatini aniqlash. Izoh – Holatni aniqlash uchun, balki uni nazorat qilish, kuzatish yoki kritik baholash zarur bo‘lishi mumkin. " (Monitorlarda) yorqinlikni avtomatik tarzda nazorat qilish|"Tasvirning yorqinligiga bog‘liq holda monitorning yorqinligi va kontrastliligini o‘zgartirish imkonini beruvchi funksiya. Izoh − Ko‘pincha nazorat oq rang bo‘yicha olib boriladi. " Monokanal|"Ajratilgan kanal, u orqali xabarlar jo‘natuvchi abonent stansiyadan tarmoqning boshqa barcha stansiyalariga bevosita, kechikishlarsiz va navbat kutmasdan uzatilishi mumkin. " Monokanal tarmog‘i|"O‘zagi monokanal bo‘lgan tarmoq. Monokanal tarmog‘i abonent tizimlari guruhini monokanalga ulash orqali hosil qilinadi. Tarmoq topologiyasi ishlatilayotgan monokanal turi bilan belgilanadi. Odatda monokanal tarmog‘i boshqa lokal tarmoqlar va hududiy tarmoqlar bilan o‘zaro aloqada bo‘ladi. " Monokenglikdagi shrift|"Belgilar kengligining bir xilda qayd etilgan shrifti, ya’ni har bir belgining kengligidan qat’i nazar gorizontal bo‘yicha ham bir xil kenglikka ega bo‘ladi. " Monolog|"Foydalanuvchi yoki amaliy jarayonning o‘ziga o‘xshash foydalanuvchi yoki jarayonga darrov javob berishni talab qilmaydigan murojaati. Monolog darrov javob berishni talab qilmaydigan turli xil xabarlarni uzatish uchun mo‘ljallangan. Foydalanuvchi yoki dastur nutqi abonent tizimining tashqi xotirasida haqiqiy oluvchi tomonidan talab qilinmaguncha saqlanadi. " Monopol rejim|"Biron-bir drayver yoki dasturning, boshqa dasturlarning murojaatlarini blokirovka qilib faylga yoki qurilmaga murojaat qilib ishlashi. " Monoprotsessor|"Yuqori unumdorlik bilan ishlaydigan bitta protsessori bo‘lgan hisoblash tizimi. " Monoxrom|"Bir rangli. Misol uchun, monitorlar monoxrom, oq-qora yoki rangli bo‘lishi mumkin. Monoxrom monitorlar aslida ikkita rangdan foydalanadi, ularning bittasi displey tasviri, ikkinchisi esa fon uchun ishlatiladi. Grafik tasvirlar ham monoxrom, oq-qora yoki rangli bo‘lishi mumkin. " Monoxrom kanal|"Rangli televizion uzatishda monoxrom signalni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan istalgan trakt. Monoxrom kanal boshqa signallarni ham ko‘chirishi mumkin, masalan, mumkin bo‘lgan yoki bo‘lmagan rangli quyi eltuvchi signalini. " Monoxrom kanal polosasining kengligi|"Monoxrom signal videopolosasining kengligi. " Monoxrom matritsali, rangli, suyuq kristalli displey|"Monoxrom (qora-oq) passiv suyuq kristalli displey turi. Odatdagi suyuq kristalli displeylardan farqi ranglar kontrastliligi molekulalarni 180º dan 270º burchakkacha o‘zgartirilishi hisobiga yaxshilangan. Yana bir afzalligi, bunday monitorlarning kam elektr energiyasini talab qilishi va ishlab chiqarishda arzonligidir. " Monoxrom signal|"Monoxrom televizion uzatishda – ranglilikni emas, faqat tasvir yorqinligini boshqaruvchi signal. Rangli televizion uzatishda, asosan rangli tasvir yorqinligini, shuningdek, oddiy monoxrom qabul qilgichda yaratiladigan tasvir yorqinligini boshqaruvchi signal. " Montaj (dasturni)|"Turli tovushli va vizual syujetlarni kompilyatsiya qilish yo‘li bilan dastur yaratish. " Morfing|"Bitta obyektdan boshqa obyektga tekis o‘tishni yaratadigan kompyuter grafikasi texnologiyasi. Uch o‘lchamli va ikki o‘lchamli, rastrli va vektorli grafikada uchraydi. Morfingdan foydalanganda odam faqat tayanch figuralarni yaratadi va baʼzan kompyuterga morfingni to‘g‘ri bajarishda yordam beradigan kalit nuqtalarni belgilaydi. " Mos kelmaslik|"Dasturiy va/yoki apparat ta’minotning bir-biriga mos kelmasligi, ularning birgalikda ishlashini cheklaydi yoki mumkin qilmaydi. " Mos keluvchi chastotadagi ikki yoqlama qutblanish|"Turli signallar uzatiladigan, ortogonal qutblanishga ega ikki eltuvchili bitta radiochastotadan foydalanish. " Moslashgan yuklama|"1. Parametrlari unda ko‘proq quvvatni olishga imkon beradigan yuklama. 2. Liniyada qaytgan to‘lqin yo‘qligini bildiradigan liniya yuklamasi. 3. Kuchlanish bo‘yicha turg‘un to‘lqin koeffitsiyenti 1,05 dan ko‘p bo‘lmagan yuklama. " Moslashuvchi rangli televideniye tizimi|"Rangli televideniyening rangli televideniye signallarini qabul qilish va tasvirni oq-qora televizorda aks ettirish; oq-qora televideniye signallarini qabul qilish va tasvirlarni rangli televideniyeda aks ettirish; rangli va oq-qora televideniye televizion signallarini aloqa kanallari bo‘yicha uzatishni ta’minlaydigan tizimi. " Moslashtirish; solishtirish|"1. Ma’lumotlar bazasida saqlanadigan modelni real tarmoq konfiguratsiyasiga mos keltirish. 2 Mashinada tarjima qilish tizimlarida: ikki tilda juft fragmentlarni avtomatik tarzda shakllantirish maqsadida, parallel matnlarni solishtirishning intellektual vositalariga nisbatan turli dasturlarda solishtirish protseduralari turlicha, biroq, qoidaga ko‘ra, ular dialog elementini ichiga oladi va ba’zan, parallel matnlardan biri o‘zgartirilishini talab qiladi. " Moslashuvchanlik|"Farqlanadigan yoki takomillashtirilgan apparat vositalar, dasturiy ta’minot, boshqa operatsion muhitlar yoki foydalanish sharoitlari uchun samarali va oqilona moslashning oddiylik darajasi. Izoh – Moslashuvchanlikka ichki potensial imkoniyatlarning (masalan, ekran maydonlarining, jadvallarning, tranzaksiya hajmlarining, hisobotlar shakllarining) ko‘lamliligi ham kiradi. " Moslik|"1. Turli dasturiy va apparat ta’minot vositalarining birgalikda ishlash va axborot almashinish qobiliyati. 2. Eshittirish teleideniyesi yangi tizimining dasturlarni shu tizim bo‘yicha o‘zgartirilmagan mavjud televizorlarga qabul qilishni amalga oshirishga imkon beradigan xususiyati. Izoh ‒ Taalluqli atama «moslashtirish». " Moslikka testlash|"Mahsulotning, kompyuterlarning har xil modellarida va turlarida, tashqi qurilmalar (masalan, printerlar) ning har xil turlari bilan ishlay olish qobiliyatini, shuningdek, tizimning boshqa dasturiy va apparat komponentlari bilan mosligini tekshirish. " Mozaika (yoyish qurilmasida)|"Optik tasvirni elektron tasvirga o‘zgartirishda xizmat qiladigan bir nechta o‘zaro izolyatsiyalangan yorug‘likka sezgir elementlardan tashkil topgan sirt. " Muallif|"Fayl yaratuvchi. Bu fayl uchun boshqa foydalanuvchilarga qaraganda ko‘proq huquqqa ega bo‘ladi. " Muallifga tegishli yorliq|"Dasturiy mahsulotda muallif huquqi borligini bildiruvchi yorliq. Izoh − Odatda muallifga tegishli yorliq dasturiy listing boshiga kiritiladi va albatta kompyuter displeyida aks ettiriladi. " Mualliflashtirilgan erkin foydalanish subyekti|"Tizim obyektlaridan erkin foydalanish yuzasidan tegishli huquqlar (vakolatlar) taqdim etilgan subyekt. " Mualliflashtirilgan foydalanuvchi|"Ma’lum huquq va imtiyozlarga ega foydalanuvchi. " Mualliflashtirilmagan foydalana olish|"Foydalanuvchining, o‘qish, o‘zgartirish yoki buzish maqsadida, unga erkin foydalanish ruxsat etilmagan ma’lumotlarga ataylab murojaat qilishi. " Mualliflashtirish|"1. Foydalanish huquqlari asosida foydalanish imkoniyatini taqdim etishdan iborat bo‘lgan huquqlarni taqdim etish. 2. Foydalanuvchining foydalana olish huquqlarini tekshirish va unga berilgan huquqlarga muvofiq resurslardan foydalana olishga ruxsat olish. Izoh – Mualliflashtirish odatda autentifikatsiya protsedurasidan ilgari bo‘ladi. 3. Subyektga obyektga kira olish huquqlarini taqdim etish. 4. Foydalanuvchi, dastur yoki jarayonga kira olishni taqdim etish. 5. Turli xildagi tizim resurslaridan foydalanishni taqdim etish yoki foydalanishning rad etilishi. " Mualliflashtirish sertifikati|"Axborotdan erkin foydalanish huquqini, foydalanuvchining shaxsini yoki uning boshqa huquqlari va vakolatlarini tasdiqlovchi elektron hujjat. " Mualliflik dasturi|"O‘rgatuvchi kompyuter dasturlarini ishlab chiqish uchun mo‘ljallangan yoki interaktiv multimedia ilovalarni ishlab chiqish imkonini beradigan, ixtisoslashtirilgan dasturiy ta’minot. Bunday dasturiy ta’minotdan foydalanish, o‘rgatuvchi dasturni ishlab chiquvchida dasturlash sohasida eng kam bilim, tushuncha bo‘lishini talab etadi. " Mualliflik huquqi|"Qonun tomonidan muallifga yoki uning vakiliga original ishni qayta tiklash, e’lon qilish va nusxa ko‘chirish uchun taqdim etiladigan yagona huquq. " Mualliflik huquqini qo‘riqlash|"Asarning har bir nusxasida joylashtirilgan nishon. U uch elementdan iborat: 1) aylana ichida «C» lotin harfi; 2) alohida mualliflik huquqi egasining ismi (rasmiy nomi); 3) asar birinchi marta chop etilgan yil. " Mualliflik huquqlarini himoyalash texnik vositalari|"Dasturiy kodlarni o‘zida saqlamaydigan himoyalanadigan asarlarning (masalan, audio va video fayllarning) nusxalarini ko‘chirish imkonini qiyinlashtiruvchi dasturiy vositalar. Rivojlanishning navbatdagi bosqichida, qayta eshittirish vositalari butunlay huquq egasi nazoratida bo‘lgandagina, DRM to‘laqonli qayta eshittirishni ta’minlash va nusxa ko‘chirishdan himoyalashni ta’minlash imkoniga ega bo‘ladi. " Mualliflik ishlab chiqish tili|"Dasturchi bo‘lmagan mutaxassislar tomonidan multimedia mahsulotlar va taqdimotlar ishlab chiqishda foydalaniladigan yuqori darajadagi ixtisoslashtirilgan til. " Mualliflikni qayd etish|"1. Jo‘natuvchining xabarni jo‘natish yoki harakatni bajarish faktini keyinchalik tan olmasligini bartaraf qilish qobiliyati. 2. Obyektlarning aloqa seansida ishtirok etuvchilardan biri tomonidan, aloqa seansining barchasida yoki bir qismida ishtirok etganlikni tan olishni rad etishdan muhofaza qilish. 3. Jo‘natuvchi tomonidan xabarni, (masalan, «dasturni ko‘rish uchun bir martalik to‘lov» xizmatiga so‘rov) uning jo‘natish faktini tan olmaslik mumkin emasligini ta’minlash jarayoni. " Mualliflikni rad etish|"Qandaydir hujjat yoki xabarga aloqadorlikni rad etish. " Muammoga yo‘naltirilgan dasturlash tili|"Til tuzilishining o‘zi va/yoki ma’lumotlar strukturasi ishlab chiqiladigan masalalarning o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiradigan dasturlash tili. Deyarli barcha ma’lum bo‘lgan universal dasturlash tillari ixtisoslashtirilgan, muammoga yo‘naltirilgan tillar sifatida ishlab chiqilgan. Masalan; Fortran tili ilmiy hisoblashlar uchun mo‘ljallangan til sifatida, Pascal − o‘qitish uchun, Si − tizim dasturlarini ishlab chiqish uchun, COBOL − iqtisodiy masalalarni hal qilish uchun, LISP − sun’iy intellekt masalalarini hal qilish uchun, Fox − ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari bilan bog‘liq vazifalar uchun ishlab chiqilgan. " Muammoga yo‘naltirilgan maʼlumotlar bazasi|"Muayyan turdagi amaliy vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan mavzuga bog‘liq hujjat va/yoki maʼlumotlarga ega maʼlumotlar bazasi. " Muammolarni yechish|"Xatolarni topish, diagnostika qilish, qurilmalarning ishlash jarayonidagi nosozlik sabablarini topish va ularni bartaraf etish. " Muar (televideniyeda)|"Televizion tasvirda, tasvirning qo‘shni uchastkalarida yorug‘ligi va rangi bo‘yicha bir oz farq qiladigan to‘lqinli liniyalardan tashkil topgan va tasvirga nam ipak ko‘rinishiga o‘xshash tus beradigan uchastkalar paydo bo‘lishiga olib keladigan effekt. " Muassasa-ishlab chiqarish telefon stansiyasi|"Muassasa yoki korxona abonentlarini telefon aloqa bilan taʼminlaydigan telefon stansiyasi. " Muassasa ichidagi mikrouyalar|"Ta’sir radiusi kichik va idora hududida joylashgan tayanch stansiyalarga ega simsiz aloqa tarmog‘i uyalari. " Muhandis|"Malakali texnik mutaxassis. Muhandis amaliy muammoning iqtisodiy va xavfsiz yechimini izlaydi va texnik muammolarni yechishda matematik va ilmiy bilimlarni qo‘llaydi. Bu atama lotincha ingenium dan, yaʼni bilimlilik so‘zidan kelib chiqqan. Dasturiy muhandis dasturiy taʼminot tamoyillarini, tizimlarni dizayn qilishda, rivojlantirishda, testlash va baholashda qo‘llaydi va shu kabi taʼminotlarni (masalan chip) ishga tushiradi. " Muhandislik mehnatini kompyuterlashtirish|"Modellash, sxemotexnika va mahsulotlar sinashga oid muammoli masalalarni yechadigan, kompyuterlashgan loyihalashning mustaqil sohasi. " Muhim bo‘lmagan ma’lumot|"Uncha muhim bo‘lmagan, ikkinchi darajali hisoblangan ma’lumotlar. Bu bir sekunddagi kadrlar soni to‘g‘risidagi axborot bo‘lishi mumkin. " Muhit|"Tizim (obyekt) ishlaydigan texnik va dasturiy vositalarining majmui. " Muhitga eltuvchini detektorlab va nizolarni aniqlab ko‘plab kira olish|"Har bir uzel uzatishni boshlagandan so‘ng, boshqa qurilma tomonidan bir vaqtda uzatishga urinish – kolliziyani aniqlash uchun tarmoqni «eshitishni» davom ettirishni talab etuvchiuzatish muhitiga kira olish usuli. Izoh – CSMA/CD usuli Ethernet tarmoqlarida qo‘llaniladi. Ushbu tarmoqlarda (35-40) foiz yuklama bilan kolliziyalar tez-tez ro‘y beradi va ishni ancha sekinlashtiradi. " Muhitga kira olish bloki|"Foydalanuvchi tizimning yoki maʼmuriy tizimning monokanal yoki davriy halqaning umumiy bo‘g‘ini bilan ulanish qurilmasi. Ulanish bloki uch qismdan tashkil topadi. Ulardan ikkitasining tuzilmasi bu bo‘g‘inlarning turiga bog‘liq bo‘lib, ulanish blokining foydalanuvchi bo‘g‘in yoki umumiy bo‘g‘in bilan tutashishini taʼminlaydi. Blokning uchinchi (mantiqiy) qismi ulanish blokining nosozligini tashxis qilish va «o‘zining» tizimiga paydo bo‘layotgan nosozliklar to‘g‘risida xabar uzatish, tizimdan signallarni umumiy bo‘g‘inga va unga teskari yo‘nalishda uzatish va qabul qilish, umumiy bo‘g‘inning bandligini aniqlash maqsadida eshitib turish kabi foydalanish funksiyalarini bajaradi. Ko‘pincha ulanish bloklarini kontrollerlar deb atashadi. " Muhofaza auditi|"Maʼlumotlarni qayta ishlash tizimi yozuvlari va resurslarining mustaqil tahlil va tadqiq qilinishi. U tizimni boshqarish vositalarining talablarga muvofiqligini tekshirish, ularning belgilangan xavfsizlik siyosati va amaliy vazifalarga mosligini kafolatlash, muhofaza tizimidan buzib foydalanishni aniqlash va boshqaruv, xavfsizlik siyosati va tartiblarda muayyan o‘zgarishlar bo‘yicha tavsiyalar berish maqsadida amalga oshiriladi. " Muhofaza biti|"Xotira kalitidagi, tegishli xotira blokining yozishdan yoki tanlash va yozishdan muhofa qilinishini belgilovchi ikkilik razryad. " Muhofaza falsafasi|"Muhofaza mexanizmlaridan foydalanishni (rasmiy yoki norasmiy usullar bilan) ko‘rishga imkon beruvchi tizimning to‘la umumiy sxemasi. " Muhofaza halqalari|"Tizim va foydalanuvchi vakolatlar pog‘onasini apparatli ajratishni amalga oshiruvchi axborot xavfsizligi va funksional radga turg‘un arxitekturasi. Vakolatlar tuzilmasini bir necha konsentrik doira shaklida aks ettirish mumkin. Bu tarzda resurslarga maksimal kira olishni taʼminlovchi tizim rejimi (supervayzer rejimi yoki nol halqasi, yaʼni «halqa 0») ichki doira, kira olishi cheklangan foydalanuvchi rejimi esa tashqi doira hisoblanadi. Anʼanaviy x86 mikroprotsessorlar oilasi himoyaning to‘rtta halqasini taʼminlaydi. " Muhofaza kafolati|"Axborotni qayta ishlash texnik vositasi uchun mutanosiblik sertifikati yoki informatika obyekti uchun attestat mavjudligi. Bular qayta ishlanayotgan axborot xavfsizlik standartlari va boshqa normativ hujjatlar talablariga javob berishini tasdiqlaydi. " Muhofaza (maxfiylik) qulfi|"Ma’lumotlar bazasiga yoki uning fragmentlariga (fayllarga, sohalarga) murojaat qilingandagi parollarni tekshirishning dasturiy mexanizmi. Yozuvlardan foydalanishni cheklaydi. " Muhofaza obyekti|"1. Kirish nazorat ostida bo‘lgan obyekt. Misollar – fayl, dastur, asosiy xotira sohasi; inson tomonidan yig‘ilayotgan va quvvatlanayotgan maʼlumotlar. 2. Axborotni muhofazalash maqsadiga binoan axborotning muhofazasini taʼminlash zarur bo‘lgan axborot yoki axborot tashuvchi, yoki axborot jarayoni. 3. Texnik razvedkadan muhofaza talab qilinadigan, axborotning barcha mavjudlik shakllari uchun umumlashma atama. Tarkibiga ko‘ra, muhofaza obyektlari yakka va guruhiy bo‘lishi mumkin. " Muhofaza qilinadigan axborot|"Mulkchilik predmeti hisoblanadigan va normativ hujjatlar talablari yoki axborot egasi tomonidan belgilanadigan talablarga muvofiq muhofaza qilinishi kerak bo‘lgan axborot. " Muhofaza qilinadigan axborotga ta’sir ko‘rsatuvchi omil|"Muhofaza qilinadigan axborot chiqib ketishi, buzib ko‘rsatilishi, yo‘q qilinishi, undan foydalana olish blokirovkalanishi mumkin bo‘lgan hodisa, harakat yoki jarayon. " Muhofaza qilinadigan obyekt attestati|"Sertifikatlash bo‘yicha organ yoki muhofaza qilinadigan obyektda axborotni muhofaza qilishning belgilangan talablari va samaradorlik normalari bajarilishi uchun zarur va yetarli shart-sharoitlar mavjudligini tasdiqlaydigan boshqa maxsus vakolatlangan organ tomonidan beriladigan hujjat. " Muhofaza qilingan avtomatlashtirilgan tizim|"Axborotni muhofaza qilish bo‘yicha sfandartlar va/yoki normativ hujjatlarning talablariga muvofiq, belgilangan funksiyalar bajarilishining axborot texnologiyasini amalga oshiradigan avtomatlashtirilgan tizim. " Muhofaza qilingan fayl|"Yozuvlaridan foydalana olish uchun parol kiritilishi zarur bo‘lgan fayl. " Muhofaza qilingan soketlar darajasi|"Netscape Communications korporatsiyasi tomonidan shifrlangan, autentifikatsiya qilingan xabarlarni Internet orqali uzatish uchun ishlab chiqilgan protokolning tasnifi. SSL 2.0 versiyasi IETF standarti sifatida qabul qilingan va veb-brauzerning veb-server bilan ishlashida transport darajasidagi ma’lumotlarni shifrlash va vakolatlarni tekshirishda keng qo‘llaniladi. SSL protokoli bilan himoyalangan sahifalardan foydalanish uchun URL da oddiy http prefiksi o‘rniga, SSL-ulanishdan foydalanilishi ko‘rsatilgan https (443 port) prefiksi qo‘llaniladi. Shifrlash/deshifrlash operatsiyalari ko‘plab hisoblash resurslarini talab qiladi, veb-serverdagi yuklamani kamaytirish uchun SSL-apparat tezlatgichlaridan foydalaniladi. SSL 3.0 ishlab chiqish jarayonida va muhokama uchun ochiq hisoblanadi. " Muhofaza qilingan tizim|"Kirish uchun parolning kiritilishi talab etiladigan tizim. " Muhofaza qilinganlik|"Tizimning, muhofaza qilinadigan axborotdan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishga, uning buzilishiga yoki unga zarar yetkazilishiga qarshi tura olish qobiliyati. " Muhofaza qilinganlikni tahlil qilish|"1. Avtomatlashtirilgan tizim resurslarining zaif joylarini aniqlash, shuningdek, ularni bartaraf qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish jarayoni. 2. Axborotni muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlar samaradorligi sifat va miqdor ko‘rsatgichlarining axborot xavfsizligi talablariga mos kelishini tekshirish. " Muhofaza qilinganlikni tahlil qilish tizimi|"Texnik vositalar yoki avtomatlashtirilgan tizimning muhofaza qilinganligini tahlil qilish uchun mo‘ljallangan yoki ishlatiladigan texnik yoki dasturiy vosita. " Muhofaza qilinmaganlik|"Muayyan hujum amalga oshirilganda ma’lumotlarni qayta ishlash tizimining muayyan zaifligidan foydalanish imkoniyati. " Muhofaza qilish|"Apparatura, dasturlar va ma’lumotlardan ruxsat etilmagan tarzda foydalanishning oldini olish bo‘yicha yuridik, tashkiliy, texnik, shu jumladan, dasturiy chora-tadbirlar. " Muhofaza qilish apparat vositalari|"Axborotni ruxsatsiz olish, ko‘chirish, o‘g‘irlash yoki turlashdan muhofaza qilish uchun mo‘ljallangan mexanik, elektromexanik, elektron, optik, lazer, radio, radiotexnik, radiolokatsion va boshqa qurilma, tizim va inshootlar. " Muhofaza qilish modeli|"Ruxsatsiz foydalana olishdan muhofaza qilish dasturiy-texnik vositalari va/yoki tashkiliy choralari kompleksining abstrakt tavsifi. " Muhofaza qilish sertifikati|"1. Hisoblash texnikasi yoki avtomatlashtirilgan tizim vositalarining axborotdan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishdan muhofaza qilish bo‘yicha talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi va ishlab chiquvchiga axborotdan muhofazalangan axborot sifatida foydalanish va/yoki tarqatish huquqini beradigan hujjat. 2. Tegishli ravishda rasmiylashtirilgan, sertifikatlash tizimi qoidalariga ko‘ra berilgan va axborotni muhofaza qilish vositalarining axborot xavfsizligi bo‘yicha talablarga muvofiq kelishini tasdiqlovchi hujjat. " Muhofaza qilish strategiyasi|"Tizimning ma’lum tahdidlardan muhofaza qilinishini ta’minlashda amal qilinishi kerak bo‘lgan mezonlarni, ayniqsa, tezkor mezonlarni rasmiy aniqlash. " Muhofaza qilish tizimini chetlab o‘tish yo‘li|"Harakat natijasi bo‘lib, bunda tizim obуekti jinoyatkorga komandaga yoki oldindan belgilangan hodisaga yoki hodisalar ketma-ketligiga ruxsat etilmagan tarzda ta’sir ko‘rsatish imkonini beradigan darajada o‘zgaradi. Masalan, parolni tekshirish shunday o‘zgartirilishi mumkinki, u o‘zining odatdagi natijasidan tashqari, jinoyatkor parolining to‘g‘riligini ham tasdiqlaydi. " Muhofaza qilish vositalari kompleksi|"Hisoblash texnikasi vositalari yoki tizimlarining axborotdan hamda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasi obyektlaridan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishdan muhofaza qilinishini ta’-minlash uchun yaratiladigan va tutib turiladigan dasturiy hamda texnik vositalar majmui. " Muhofaza qilish vositasi|"Turli xavfsizlik darajasiga ega bo‘lgan ikkita ma’lumotni qayta ishlash tizimi o‘rtasida yoki foydalanuvchi terminali va ma’lumotlar bazasi o‘rtasida himoya filtri sifatida foydalaniladigan hamda foydalanuvchida ulardan erkin foydalanish vakolati bo‘lmagan ma’lumotlarni saralash uchun mo‘ljallangan funksional blok. " Muhofaza qilish yadrosi, foydalana olish dispetcheri|"1. Belgilangan qoidalarga muvofiq, subyektlarning axborot resurslaridan foydalana olishini nazorat qilishning tashqi ta’sirlardan muhofazalangan dasturiy va apparat vositalarining majmui. 2. Foydalana olish dispetcheri konsepsiyasini amalga oshiruvchi muhofaza qilish vositalari kompleksining apparat, dasturiy va dasturiy-apparat elementlari. " Muhofaza qilishning buzilishi|"Kompyuter xavfsizligi tizimini chetlab o‘tish yoki uning biror-bir elementini ishdan chiqarish, natijada ma’lumotlarni qayta ishlash tizimiga kirib olish mumkin bo‘ladi. " Muhofaza razryadi|"Aniqlik saqlanib qolishini ta’minlaydigan oraliq natijalarning qo‘shimcha razryadlaridan biri. " Muhofaza rejasi|"Axborot va obyektni muhofaza qilish maqsadlariga erishish uchun mo‘ljallangan asosiy g‘oya. U bajariladigan tadbirlarning tarkibini, mazmunini, aloqadorligini va ketma-ketligini ochib beradi. " Muhofaza tizimi ma’muriyati|"Xavfsizlik siyosatini belgilaydigan hamda bu siyosat qo‘llaniladigan obyekt va subyektlarni aniqlaydigan boshqaruv organi. " Muhofaza tizimi orqali o‘tish, aylanma yo‘l|"Shifrlash tizimiga kiritilgan chetlab o‘tish bloki. " Muhofaza toifasi|"Nozik axborotning noshajaraviy tasnifi. U maʼlumotlardan foydalanishni faqatgina shajaraviy tasnif muhofazasiga nisbatan aniqroq boshqarish uchun qo‘llanadi. " Muhofaza vositalari nazorat qilinishini qayd etish|"Vaqt bo‘yicha to‘planadigan va muhofaza vositalarini boshqarishni soddalashtirish uchun mo‘ljallangan, muhofaza vositalarining holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar majmui. " Muhofaza vositalarini nazorat qilish|"Muhofaza tizimlarining ishlashini, ularning ekspluatatsiya qilish talablariga va qabul qilingan xavfsizlik siyosatiga muvofiqligini tekshirish, shuningdek, tegishli tavsiyalarni ishlab chiqish maqsadida, tizim yozuvlari va personal ishini nazorat qilish. " Muhofazalangan axborot tizimi|"Tahdidlarni tahlil qilish asosida o‘rnatilgan, axborotni hamda tizim komponentlarini muhofaza qilish bo‘yicha talablar ro‘yxatini qondiradigan qoidalarning bajarilish mexanizmi amalga oshirilgan axborot tizimi. " Muhofazalangan axbotor obyekti|"Qayta ishlanadigan axborotning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha standartlar va boshqa normativ hujjatlarning talablariga mos keladigan axborotlashtirish obyekti. " Muhofazalangan elektron tranzaksiyalar|"Internet kabi ommaviy foydalanish tarmoqlarida kredit kartalar bo‘yicha to‘lovlar muhofazasi protokolining nomi. Visa va MasterCard kompaniyalari tomonidan 1996-yili ishlab chiqilgan. Moliyaviy axborotning konfidensialligini va kelishuv qatnashchilarining autentifikatsiyasini taʼminlaydi. " Muhofazalangan foydalanish rejimi|"Ma’lumotlar bazasini muhofazalangan tarzda qayta ishlash rejimi, bu rejimda ma’lumotlar bazasi sohalarini ochgan dastur bilan parallel ishlaydigan barcha amaliy dasturlar yozuvlarni o‘qishi mumkin, lekin dastur bu sohalarni yopmaguncha, ularni yangilay olmaydi. " Muhofazalangan hisoblash texnikasi vositasi|"Muhofaza qilish vositalarining kompleksi amalga oshirilgan hisoblash texnikasi vositasi. " Muhofazalangan kanal|"Domen kompyuterlarining va Netlogon xizmatlari o‘rtasidagi nomlangan kanal. Muhofazalangan kanalni hosil qilishda kanal bo‘yicha uzatiladigan xabarlarning haqiqiyligini tekshirish va uzatilayotgan axborotning bir qismini shifrlash uchun qo‘llaniladigan seans kaliti yaratiladi. " Muhofazalangan kompyuter|"Muhofazalangan kompyuterlarni bir qator kompaniyalar ishlab chiqaradi. Ular agressiv muhitga – qattiq vibratsiya, kuchli changlanish, yuqori namlik va boshqa turdagi buzg‘unchilikka oddiy kompyuterdan chidamliroq bo‘ladi. Ko‘pincha ular noutbuk ko‘rinishida bo‘ladi lekin, undan og‘irligi va o‘lchami kattaroqdir. " Muhofazalangan muhit|"Maʼlumotlarni va resurslarni tasodifiy yoki qasddan qilingan harakatlardan muhofazalashga alohida eʼtibor (mualliflash, foydalanish, konfiguratsiyani boshqarish va h.k. shakllarda) beriladigan muhit. " Muhofazalangan resurs|"Muhofaza (maxfiylik) qulfi belgilangan, ya’ni erkin foydalanishni boshqarish spetsifikatsiyalangan (tasniflangan) resurs. " Muhofazalangan umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘i|"Muhofazalangan umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘i, bunda buzg‘unchining har qanday ta’siriga (loyihalashda berilgan ko‘plikdan), yo berilgan ehtimollik bilan yo‘l qo‘yilmaydi, yo tarmoq vositalari bilan berilgan ehtimollikda aniqlanadi, bunda tarmoqning ushbu ta’sir oqibatlarini berilgan ehtimollikda bartaraf qilishga yo‘naltirilgan javobi: foydalanuvchilarni xabardor qilish, ta’sir joyini kengayishiga yo‘l qo‘ymasligini, tarmoqning ish qobiliyatini tiklash va foydalanuvchilarning axboroti (ma’lumotlari) uzatilishini ta’minlovchi sharoitlar yaratiladi. " Muhofazalangan xesh-algoritm|"Elektron imzolarni generatsiyalash imkonini beradigan xesh-algoritm. " Muhofazani bevosita buzishga urinish|"Bazaviy algoritmlarning, xavfsizlikni ta’minlash mexanizmi prinsiplari yoki xususiyatlarining kamchiliklariga asoslangan, tizim muhofazasini buzishga bo‘lgan urinish. " Muhofazani tasniflash|"Maʼlumotlar yoki axborotdan foydalanishning zarur bo‘lgan maxsus muhofaza darajasini aniqlash va shu muhofaza darajasini belgilash. Masalan, «o‘ta maxfiy», «maxfiy». " Muhofazaning kompleksliligi|"Texnik razvedkaning barcha xavfli turlari va vositalariga qarshi tadbirlarni ko‘zda tutuvchi muhofaza qilish prinsipi. " Muhofazaning uzluksizligi|"Obyektning hayotiy siklining barcha bosqichlarida (ishlab chiqish, yaratish yoki qurish, sinovdan o‘tkazish, foydalanish va utilizatsiya qilish) muhofazasini tashkil qilishdan iborat muhofaza tamoyili. " Muhr|"Kriptografik nazorat qiymati bo‘lib, yaxlitlik saqlanib turishini ta’minlaydi, lekin oluvchi tomonidan amalga oshiriladigan qalbakilashtirishdan muhofaza qila olmaydi (ya’ni, mualliflik qayd etilishini ta’minlay olmaydi). " Mukammal izlash|"1. Ma’lumotlar bazasi har bir yozuvida izlash. 2. Masalani barcha variantlarni o‘rganish yo‘li bilan yechish. " Mukammal maxfiylik|"Ochiq matn va shifrmatn statistik jihatdan mustaqil va shifrmatnning qo‘lga kiritilishi (tutib olinishi) kriptotahlilchiga ochiq matn to‘g‘risida qo‘shimcha axborot bermasligidan iborat bo‘lgan sharoit. " Mukammal testlash|"Dasturning o‘zgaruvchi kirish qiymatlarining mumkin bo‘lgan barcha kombinatsiyalari bilan bajarilishi. " Mulohaza, to‘g‘ri fikr|"1. Qiymati noto‘g‘ri bo‘lsa, xatoni bildiradigan ifoda. Bunday ifodalardan dasturlarni sozlash maqsadlarida foydalaniladi. 2. Mantiqiy dasturlashda – bajarilish vaqtida, dastur ma’lumotlar bazasiga kiritadigan yangi fakt yoki qoida. " Muloqot oyna shabloni|"Windows operatsion tizimida ekranda muloqot oynalarini yaratish va chiqarish uchun ishlatiladigan, hamda ularning xarakeristikasini belgilaydigan andoza. Foydalanuvchiga, operatsion tizim tomonidan aniq aks ettiriladigan, o‘z muloqot oynalarini yaratish imkonini beradi. " Muloqot oynasi|"Biror komanda yoki vazifani bajaradigan tugma va boshqa boshqaruv elementlarini o‘z ichiga olgan yordamchi oyna. " Muloqot qila olishga asoslangan firibgarlik|"Foydalanuvchilar yoki tarmoq administratorlarini, ulardan tarmoqdan noqonu-niy foydalana olish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni bilib olish yo‘li bilan aldash mahorati; odatda, mualliflashtirilgan foydalanuvchi nomidan ularga murojaat qilish orqali amalga oshiriladi. " Multidasturlash|"Bitta kompyuterda bir necha dasturning bajarilishini tashkil qilish usuli. " Multidasturlash darajasi (koeffitsiyenti)|"Tizim vaqt birligida xizmat ko‘rsatadigan jarayonlarning soni. " Multidasturlash tizimi|"Bir vaqtda ikkita yoki undan ortiq dasturni ishga tushiruvchi tizim. " Multiekran|"Suyuq kristalli ekranning darchalarga (odatda 4 yoki 9) ajratib, ularda olinayotgan harakatlanuvchi obyektlarning to‘xtatilgan kadrlarini sekunddan kam oraliqda (odatda 0,1 s dan 0,5 s gacha) ko‘rsatish. " Multikadrli sinxronlash|"Kiruvchi oqimdan multikadr boshlanishini belgilaydigan sinxronlovchi signalni ajratishga asoslangan sinxronlash usuli. Sinxron kod multikadrning boshida joylashtirilishi ham, uning uzunligi bo‘ylab taqsimlanishi ham mumkin. " Multimedia|"Axborotni taqdim etishning turli shakllaridan va uning yagona obyekt-konteynerida qayta ishlanishidan bir vaqtda foydalanish. Masalan, bitta obyekt-konteynerda matnli, audio, trafik va video axborot bo‘lishi mumkin. Multimedia atamasi, shuningdek, katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlash va ulardan tez foydalanish imkonini beradigan axborot tashuvchilarni belgilash uchun ham qo‘llaniladi. " Multimedia funksiyalari|"Videoni raqamli filtrlash va masshtabga solish, videoni apparatli raqamli zichlash va yoyish, uch o‘lchamli grafika (3D) bilan bog‘liq grafik operatsiyalarni tezlashtirish, jonli videoni monitorga chiqarish, kompozitli video chiqishga ega bo‘lish, TV signalini monitorga chiqarish. " Multimedia-kengayishlar uchun ko‘rsatmalar to‘plami|"Intel korporatsiyasining, Pentium protsessorlarida multimediani ta’minlash va multimedia-ilovalarning grafika, tovush va video bilan ishlashini tezlatish uchun ishlab chiqilgan texnologiyasi. " Multimedia-server|"Lokal multimedia tarmoqlar uchun mo‘ljallangan server. " Multimedia tarmog‘i|"Kanallar bo‘yicha turli shakldagi axborot (matn, tovush, video va h.k.)ni tashish uchunmo‘ljallangan tarmoq. " Multimedia xabarlarini uzatish xizmati|"Musiqali, foto- va video fayllarni ichiga oladigan multimedia xabarlarini uzatish va qabul qilish xizmati. " Multimedia xizmatining xizmatlari|"Telekommunikatsiyalar tarmog‘i bo‘ylab bir nechta turdagi axborotni bir vaqtda shakllantirish va keyinchalik uzatishni amalga oshiradigan (masalan, tovush, matn, ma’lumotlar, harakatsiz va harakatli tasvirlar uzatilishi mumkin) va ularni birgalikda aks ettirish, qayta ishlash, kombinatsiyalash imkonini va h.k.larni ta’minlaydigan telekommunikatsiyalar xizmatining xizmatlari. " Multimediali dastur moduli|"Tarkibida ta’lim-tarbiyaviy, telematik, Internetga mos keladigan, mediametrik va teletibbiyot ma’lumotlari bo‘lgan, chiqarishga tayyorlangan televizion dastur. " Multimediali televizion eshittirish|"Televizion dasturlarni uzatishdan tashqari, kompyuter texnologiyalari uchun xos bo‘lgan axborotning uzatilishi ham ko‘zda tutilgan raqamli televizion eshittirish. Izoh – Kompyuter texnologiyasi deganda, axborotni matn, grafika (chizma), tasvir, animatsiya va ovozdan foydalangan holda kompleks taqdim etish tushuniladi. " Multimediali shaxsiy kompyuter|"Multimedia PC Council taʼrifiga ko‘ra, hozirgi kunda yaxshi tezkor xotira hajmi, katta qattiq disk, CD-ROM yoki DVD qurilmasi, raqamli tovushni qo‘llab-quvvatlash tizimiga ega shaxsiy kompyuter multimedia shaxsiy kompyuteri deb hisoblanadi. " Multipleks analog komponent|"D-MAC da signallarni uzatish formati, bunda videosignal tovushli raqamli signal bilan birgalikda alohida tashkil etuvchilarni vaqtinchalik zichlash bajariladi. " Multipleks (televizion dasturda)|"Eshittirish televideniyesining bir nechta dasturiy paketlaridan iborat to‘plam. " Multipleks shinasi|"Bir xil liniyalar bo‘yicha maʼlumotlar uzatiladigan va boshqaruv amalga oshiriladigan shina. " Multipleksor|"1. Raqamli televizion signal ma’lumotlarining bir nechta oqimini xizmat bitlarini qo‘shish bilan, yagona oqimga birlashtirish uchun mo‘ljallangan qurilma. 2. Radiouzatgichlarning istalmagan o‘zaro ta’sirlanishining oldini olgan holda, bitta antennaga bir nechta radiouzatgichni parallel ulash imkonini beradigan qurilma. " Multipleksorlangan abonent raqami|"Umumiy foydalanishdagi bitta foydalanish uchun va xususiy foydalanish uchun multipleksorlangan raqamlarni berish imkonini ta’minlaydigan abonent raqamini multipleksorlash qo‘shimcha xizmati. Izoh – Abonent raqamini multipleksorlash qo‘shimcha xizmati zarur foydalanuvchini umumiy foydalanish tarmog‘i orqali chaqirish, ko‘p sonli tanlashlardan bitta yoki bir nechta individual terminalni aniqlash imkonini beradi. " Multipleksorlash|"1. Axborot alohida oqimlarini yagona transport oqimiga birlashtirish jarayoni. 2. Bitta fizik kanalda mantiqiy kanallar guruhi tuziladigan obyektlarning vositalaridan foydalanadigan guruhlar o‘rtasidagi ma’lumotlar uzatish vositalarini bo‘lish texnologiyasi. Izoh – Vaqt va chastota bo‘yicha multipleksorlashga bo‘linadi. " Multiplikatsiya|"Lotincha «multiplicati» – «ko‘paytirish». Harakatlanuvchi tasvirlarni modellash jarayoni. Harakatlanuvchi tasvir soxta tasavvurni yaratadi. U tasvirlarni tez almashtirishga asoslangan. Axborot tizimida multiplikatsiya bir necha yo‘l bilan amalga oshirilishi mumkin. Ulardan biri faqat «harakatlanish» lozim bo‘lgan jihatlari farq qiluvchi ko‘plab tasvirlarni chizishdan iborat. Ikkinchi yo‘l ekranni boshqarish dasturlaridan foydalanishni nazarda tutadi. Ular yordamida boshlang‘ich va oxirgi mo‘ljal punktlari belgilash orqali tasvirning ketma-ket o‘zgarishi amalga oshiriladi. Bunda kompyuter tomonidan tasvirlarni yaratish tezligi ko‘rsatish tezligidan ancha past bo‘lishi mumkin. Bunday holatda tasvirlar ekranga chiqarilishidan oldin xotirada to‘planadi. Harakat soxta tasavvurini yaratish uchun ekranga sekundiga kamida 16 tasvirni chiqarish lozim. Televideniye standarti sekundiga 24 tasvirga teng tezlikni belgilaydi. " Multiprotsessor|"Bir vaqtda foydalanish uchun bir nechta arifmetik va mantiqiy bloklari bo‘lgan mashina. " Multiprotsessorlash rejimi|"Ma’lumotlarni qayta ishlash parallel ravishda bir nechta protsessorda olib boriladigan rejim. Bu rejimning ishlashi uchun operatsion tizim va ilova multiprotsessorlikni quvvatlashi kerak. " Multiprotsessorli spetsifikatsiya|"Operatsion tizim va protsessor proshivkasi o‘rtasidagi interfeysni tavsiflaydigan, ularga multiprotsessorli konfiguratsiyada x86 mos keladigan protsessor bilan ishlash imkonini beradigan ochiq standart. " Multitelefon|"Bir nechta mikrotelefon go‘shagi bo‘lgan radiotelefon. " Multitilli xabarlar|"Turli tillarda xabar uzatish imkonini beradigan xizmat. Til kodlari ulanuvchi liniyalar guruhiga va PRI dastlabki foydalanish interfeysiga kiruvchi abonentga tayinlanishi mumkin. " Mumkin bo‘lgan, ruxsat etilgan|"Kira olish va foydalanish erkin bo‘lgan bo‘sh resurs. " Mundarija|"Ma’lumotnoma tizimida ma’lumot olish uchun mo‘ljallangan mavzular va kichik mavzular ro‘yxati. " Munosabat|"Biror jadvaldagi tashqi kalit boshqa jadvaldagi birlamchi kalitga muvofiq bo‘lsa, jadvallar o‘rtasidagi munosabat mavjud bo‘ladi. " Munosabat, aloqadorlik|"Relyatsion malumotlar bazalarida jadvallar ustunlari va satrlarining elementlari o‘rtasidagi bog‘liqlik. " Munosabat (taqqoslash) operatori|"Operandlar nisbatini aniqlash imkonini beradigan binar operator: teng (EQ), teng emas (NE), dan kam (LT), dan ko‘p (GT), dan kam yoki teng (LE), dan ko‘p yoki teng (GE). " Munosabatlar diagrammasi|"Munosabatlar diagrammasi konseptual chizmalarni tavsiflaydigan axborot andozasi. U grafi-kali bo‘lib blok va chiziqlarga asoslangan. Bu blok va chiziqlar boshqa bir axborot andozasining obyektlar va ular o‘rtasidagi munosabatlarni tavsiflaydi. Shu mazmunda munosabatlar diagrammasi axborot meta andozasi hisoblanadi, shuningdek axborot andozalarni tavsiflovchi vosita deb hisoblanadi. " Munosib, mos|"Kompyuter dasturiy va apparat ta’minotining birgalikda ishlashi va axborot almashina olish imkoniyati. " Muqobil matn|"O‘xshash simvollar ketma-ketligining o‘rnini to‘ldirishga mo‘ljallangan, oldindan aniqlangan matn. Izoh − Ko‘p takrorlanuvchi matnli axborotni kiritishni soddalashtirish uchun mo‘ljallangan. " Murakkab kalit|"Bir nechta atributdan iborat kalit. " Murakkab komandalar to‘plamiga ega kompyuter|"O‘zgaruvchan uzunlikdagi, bajarilish vaqti turlicha bo‘lgan turli mashina komandalarining keng to‘plamiga ega, kompyuterlar arxitekturasi. " Murakkab komandalar to‘plamiga ega protsessor|"RISC-protsessorlariga teskari bo‘lgan to‘la komandalar to‘plamiga ega an’anaviy protsessorlar arxitekturasi. Mashina komandalari to‘plami keng, turli, o‘zgaruvchan uzunlik va bajarish vaqtiga ega bo‘lgan ommabop protsessorlar. x86 va 680x0 guruhiga mansub protsessorlar CISC-protsessorlari qatoriga kiradi, ammo CISC-protsessorlarining ichida ko‘pincha RISC-arxitekturasidan foydalaniladi. " Murakkab tizimlarni loyihalash va obyektga yo‘naltirilgan tahlil qilish|"XX asrning 80-90-yillarida yuzaga kelgan, murakkab tizimlarni loyihalash va tahlil qilish metodologiyasi, dasturiy mahsulotlarni, texnik, iqtisodiy, ijtimoiy tizimlarni, shuningdek, ularni boshqarish tizimlarini ishlab chiqishda asosiy metodologiya hisoblanadi. Tadqiq qilinadigan yoki ishlab chiqiladigan tizim modellarining ketma-ketligi: informatsion model, holatlar modeli va jarayonlar modelini tuzish metodologiyaning asosini tashkil etadi. " Murakkablik|"Dasturiy ta’minotni tushunishdagi, tahlil qilish, testlash va ta’minlashdagi qiyinchiliklar o‘lchovi. " Murojaatlar monitori|"Foydalanish nazorati tamoyillari. U subyektlarning obyektlardan foydalanishga urinishlarini ajratuvchi mavhum mashina tushunchasiga asoslangan. Xavfsizlik o‘zagi shaklida amalga oshiriladi. " Mushkul holat|"Ikkita oqimning bajarilishida ularning bir-birini blokirovka qilib qo‘yishida yuzaga keladigan holat xatoligi. Bunda har bir oqim boshqa oqim foydalanayotgan resursning bo‘shashini kutib turadi. " Musiqa tizimi|"Ixtisoslashtirilgan abonent tizimi. U musiqa asarlarini yaratish, ishlov berish va ijro etish uchun mo‘ljallangan. Kompyuterga tashqi qurilmalar, yaʼni maxsus klaviatura, mikrofonlar, karnaylar va tegishli dasturiy taʼminotning qo‘shilishi orqali yaratiladi. Tizim imkoniyatlari ishlab chiqaruvchilarga maʼlumotlarni taqdim qilishning turli shakllaridan foydalanish imkonini beradi. Musiqa asari bilan ishlab, foydalanuvchi uning tarkibiy qismlarini kesib olish, nusxa olish, qo‘shish, tozalash operatsiyalarini bajaradi. Musiqa tizimlari uchun musiqa qurilmasi interfeysi belgilangan va «standart musiqani tavsif qilish tili» SMDL yaratilgan. " Mustaqil jarayon|"Boshqa jarayonlar bilan bog‘lanmagan, boshqa jarayonlarning bajarilishiga ta’sir ko‘rsatmaydigan yoki ularning ta’sirini sezmaydigan jarayon. " Mutanosiblik|"Mutanosiblik faqat to‘g‘ri axborotni bazaga yozishga ruxsat beradi. Agarda tranzaksiya bazaning mutanosibligini buzsa, butun tranzaksiya orqaga qaytariladi va baza mutanosib qoladi. " Mutant viruslar|"Shifrlash-rasshifrovka qilish algoritmlarini ichiga oluvchi viruslar. Bu algoritmlar tufayli, aynan bir virusning nusxalari baytlarning birorta ham takrorlanadigan zanjiriga ega bo‘lmaydi. " Mutlaqo maxfiy ma’lumotlar|"Alohida muhim ma’lumotlardan tashqari davlat siri hisoblanadigan ma’lumotlar. " Muvaffaqiyatsiz chaqiruv; muvaffaqiyatsiz murojaat|"Bog‘lanish o‘rnatilishi bilan tugallanmagan kira olishga urinish. Izoh − Mobil aloqa tarmoqlarida, aktiv izlash yakunida hech bo‘lmaganda bitta radiostansiya tomonidan tasdiqlanmagan chaqiruv. " Muvofiqlashtirilgan translyatsiya|"Umumiy tavsifga ega bo‘lgan bir nechta dasturiy modulni translyatsiya qilish, bunda barcha translyatsiya birliklari tavsiflarning bir xil versiyalaridan foydalanadi. " Muvofiqlik deklaratsiyasi|"Ochiq konkurs qatnashchisining yuridik kuchga ega bo‘lgan, davlat axborot tizimi interfeyslarini amalga oshirish uchun, axborot tizimlarining moslashuvchanligi bo‘yicha talablar to‘plamida ko‘rsatilgan spetsifikatsiyalardan foydalanish majburiyati. " Muvofiqlik sertifikati|"Hisoblash texnikasi vositalari yoki avtomatlashtirilgan tizimning, davlat standartlari talablariga, sertifikatlash bo‘yicha davlat organlari tomonidan, ularning vakolatlari doirasida tasdiqlangan axborotni muhofaza qilish bo‘yicha boshqa normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi va ishlab chiquvchiga ulardan muhofaza qilingan hujjat sifatida foydalanish va/yoki tarqatish huquqini beruvchi hujjat. " Muvofiqlikni baholash|"Qandaydir standartga yoki tavsiyalarga rioya qilinishini, yozuvlarning olib borilishi aniqligini tekshirishga yoki samaradorlik va natijalilikning maqsadli qiymatlariga erishishga yo‘naltirilgan tekshiruv va tahlil. " Muzlatishga qarshi tizim|"Antenna ko‘zgusining orqa sirtiga montaj qilinadigan elektr isitgichlar yordamida ko‘zguni va nurlantiruvchi tizimni sun’iy isitish uchun xizmat qiladigan antennaning issiqlik himoyasi tizimi. " Myuteks|"Operatsion tizimlarda ishlatiladigan semaforlarning o‘zaro bartaraf qilishni ta’minlaydigan analogi. " Mo‘rt posilka|"Alohida ehtiyotkorlikni talab qiluvchi tez sinadigan predmetlarni o‘z ichiga olgan posilka. N " Nadenenko dipoli|"Yelkalari silindr hosil qilishi bo‘yicha joylashgan, bir nechta parallel simlardan iborat cimmetrik vibrator ko‘rinishidagi antenna. " Namoyish qilinadigan versiya|"Bepul tarqatiladigan (masalan, reklama maqsadida) tugallanmagan dastur. U qo‘shimcha namoyish materiallarini o‘z ichiga olishi, shuningdek, magazin yoki ko‘rgazmadagi kompyuter namunasi ham bo‘lishi mumkin. " Namunaviy almashtirish elementi|"Ishlash qobiliyatini tiklash vada almashtirilishi zarur bo‘lgan, almashtiriladigan eng kichik, funksional tugallangan yig‘ma birlik. " Namunaviy guruhli trakt|"Elektraloqa signallarini, tonal chastota kanallari me’yorlashtirilgan sonini yoki chastotalar polosasidagi asosiy raqamli kanallarni berilgan guruhli traktga xos bo‘lgan uzatish tezligi bilan uzatish uchun mo‘ljallangan texnik vositalarning jami. Izoh – Guruhli trakt kanallarning me’yorlashtirilgan soniga bog‘liq ravishda birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi, to‘rtlamchi yoki N-guruhli trakt deb nomlanadi. " Namunaviy uzatish kanali|"Parametrlari qabul qilingan meʼyorlarga javob beruvchi uzatish kanali. " Nanokompyuter|"Mantiqiy elementlari bir necha nanometr bo‘lgan elektron (biokimyo, kvant) texnologiya asosida qurilgan hisoblash asbobi. Nanotexnologiya asosida ishlab chiqarilgan kompyuter ham juda kichkina. Nanokompyuter nazariyasining mantiqiy asoslari hali yo‘q. " Nanotexnologiya|"Informatikada − kompyuterlardagi protsessorlar uchun integral sxemalar tayyorlash texnologiyasi. Molekulalar va atomlar bilan ishlashga asoslangan. " Navbat|"1. Elementlar qanday tartibda kiritilgan bo‘lsa, o‘sha tartibda o‘chiriladigan ma’lumotlar tuzilmasi. 2. Printerdan chiqarish uchun topshiriqlar ro‘yxati yoki topshiriqlar navbati, ishlarning tartibini operatsion tizimning o‘zi aniqlaydi. " Navbatlar bilan taqsimlangan ikki yoqlama shina|"Bir juft optik kanal yordamida hosil bo‘lgan tezkor ko‘p kanalli tarmoq. U birinchi navbatda, katta shaharning axborot tarmog‘ini yaratish uchun mo‘ljallangan. Ishda yuqori o‘tkazish qobiliyati va ishonchlilikka ega. " Navbatlashish ketma-ketligi|"Navbatma-navbat yoyishda ayrim maydonlarning vaqtinchalik ketma-ketligini aniqlaydigan sonlar guruhi. " Navbatma-navbat yoyish|"Navbatma-navbat (ketma-ket) yoyiladigan satrlar bir-biridan bir satrning kengligidan butun son marta katta masofaga tarqatilgan va bunda yondosh satrlar maydonlarning chastotalari bilan bir-birining ketidan keladigan vaqt intervallari davomida yoyiladigan yoyish jarayoni. " Navigatsiya, siljish, joyini o‘zgartirish|"1. Foydalanuvchi interfeysi yordamida menyu, ma’lumot beruvchi fayllar yoki qandaydir boshqa obyektlar murakkab tizimida yo‘lni aniqlash jarayoni yoki usuli. 2. Tarmoq obyektlari bo‘yicha joyini o‘zgartirish. 3. Transport vositasining harakatlanish yo‘nalishini rejalashtirish va kuzatish, transportda yurish vaqtini hisoblash. 4. Mobil robotning o‘z harakati yo‘nalishini tanlashi, masalan oriyentirlar bo‘yicha. " Nazorat|"Tizim xavfsizligining joriy holatini aniqlash maqsadida, mustaqil obzor va tizim yozuvlarining tahlilini hamda tizim aktivligini olish imkonini beruvchi operatsiyalar majmui. " Nazorat-geraldli muhr|"Pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalari blanklari, 5-shakldagi daftarlar, 10-shakldagi reyestrlar va pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalari bo‘yicha xizmatga oid yozishmalar hamda alohida yo‘riqnomalarga muvofiq boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish uchun mo‘ljallangan maxsus muhr. " Nazorat jurnali|"Qar.: Audit jurnali. " Nazorat kodi|"Uzatiladigan ma’lumotlardagi xatolarni avtomatik tarzda aniqlash, tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik va bartaraf qilish imkonini beradigan kod. " Nazorat muddatlari|"Pochta, kuryerlik jo‘natmalari va pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalarini qabul qilish joyidagi pochta aloqasi obyektidan ularni topshirish va yetkazib berish joyidagi pochta aloqasi obyektigacha jo‘natish uchun belgilangan eng ko‘p vaqt oralig‘i. " Nazorat nuqtasi|"Jarayon bajariladigan nuqta, unda jarayonni shu nuqtadan takror ishga tushirish uchun zarur bo‘lgan axborot saqlanadi. " Nazorat nuqtasi ma’lumotlari to‘plami|"Nazorat nuqtasida saqlangan vazifa yoki tizim holatini ichiga oladigan ma’lumotlar to‘plami (fayl). " Nazorat nuqtasidan qayta ishga tushirish|"To‘xtab qolishdan so‘ng, saqlangan jarayon yoki topshiriq bajarilishining tiklanishi. " Nazorat qilinadigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa rejimi|"Mobil stansiyalar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqani tashkil etish prinsipi bo‘lib, unga muvofiq abonent tarmoq xizmatida qayd qilinadi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa rejimiga kirgunicha autentifikatsion tekshiruvdan o‘tkaziladi. " Nazorat qilinadigan zona|"Axborotni qayta ishlash texnik vositasi atrofidagi hudud, uning chegarasida begona shaxslarning va transport vositalarining ruxsat etilmagan tarzda bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. " Nazorat qiluvchi so‘z|"Signalni skremblerlash uchun shartli foydalanish tizimida qo‘llaniladigan va abonentga signal bilan birga uzatiladigan kodli so‘z. " Nazorat raqami|"Bitta raqam (simvol)dan iborat bo‘lgan tekshiruv kaliti. " Nazorat summasi|"1. Baytlar summasini hisoblash va uni yozuvga qo‘shish yo‘li bilan ma’lumotlar yozuvining to‘g‘riligini tekshirish uchun mo‘ljallangan axborot. Ma’lumotlarni hisoblashda baytlar summasi nazorat summasi bilan mos kelishi kerak. 2. Ma’lumotlar blokiga tekshirish maqsadlarida solishtiriladigan qandaydir funksiya, odatda faylning barcha yozuvlari maydonlariga mos keluvchi summa ko‘rinishida shakllanadi. Bu son biror-bir muhim ma’noga ega emas, faqat fayl yozuvlarini tekshirish uchun xizmat qiladi. Maydon qiymatining har qanday o‘zgarishi oldindan qayd qilingan va qaytadan hisoblangan nazorat summalarining mos kelmasligidan aniqlanadi. " Nazorat (tekshirish) kodi|"Ruxsat etilmagan tarzda ko‘chirib olingan nusxa emasligini aniqlash uchun, diskning bir qismini o‘qiydigan mashina komandalari. " Nazorat zvenosi|"Dasturning eng kichik, alohida o‘tkaziladigan elementi. " Nazorat chastotalari diapazoni|"Nomaqbul radionurlanishlarning darajasini nazorat qilish majburiy hisoblanadigan chastotalar diapazoni. " Negativ uzatish|"Boshlang‘ich yoritish kuchining kamayishi uzatiladigan quvvatning oshishini keltirib chiqaradigan uzatish usuli. " Negativ videosignal|"Qoradan oqga o‘tishda oniy qiymatlari kamayadigan videosignal. " Netbook|"Internetdan foydalanish va ofis dasturlari bilan ishlash uchun mo‘ljallangan kichik noutbuk. Netbuklar ixcham o‘lchamlari, kichik vazni, kam energiya isteʼmoli va nisbatan arzon narxlari bilan ajralib turadi. " Nettop|"Asosan Internet dasturlari bilan ishlash uchun mo‘ljallangan kichik tejamkor shaxsiy kompyuter. Nettoplar energetik samarali mikroarxitekturalarga ega protsessorlarga asoslanadi. Nettop atamasi Intel kompaniyasi tomonidan Atom protsessori eʼlon qilinishi paytida taklif etilgan. Nettop – bu netbukning statsionar analogi. " Neyman arxitekturasi|"Kompyuter qurishning, ham ma’lumotlar, ham dasturning o‘zi saqlanadigan tezkor, ketma-ket manzillanadigan xotira ajratilgan klassik arxitekturasi. Hozirgi vaqtda ko‘pchilik kompyuterlar shunday arxitekturaga ega. Nomi bu arxitekturani ishlab chiquvchilardan biri bo‘lgan mashhur matematik Jon fon Neyman sharafiga berilgan. " Neymkoin|"Bitcoin texnologiyasiga asoslangan, «nom-qiymat» turidagi ixtiyoriy kombinatsiyalarni saqlash tizimi, uning eng maʼlum qo‘llanilishi domen nomlari tizimining muqobil tub serverlar tizimi hisoblanadi. " Neyrokompyuter|"Neyron tarmoqlar asosida yaratilgan kompyuter. Hozircha mustaqil tarzda mavjud emas, lekin zamonaviy kompyuterlarda aktiv ravishda modellashtirilmoqda. " Neyrokompyuting|"Neyron tarmoqlar yordamida amalga oshiriladigan hisoblashlar. " Neyrokontroller|"Arxitekturasida neyron tarmoqlardan foydalaniladigan kontroller. " Neyrolingvistik dasturlash|"So‘z orqali ishontirishning alohida shakllari yordamida inson ichki ongiga manipulyativ taʼsir ko‘rsatish uslubi. Bunda insonda yetarli darajada mustahkam psixologik ko‘rsatmalar paydo bo‘lib, ular keyinchalik muayyan harakatlarga undashi mumkin. Internet orqali amalga oshirilishi mumkin. " Neyron kompyuteri|"Bir-biriga bog‘langan elektron neyronlar tarmog‘idan tuzilgan kompyuter turi. Ushbu mashinalar o‘rganish uchun yaratilgan va dasturlash uchun yaratilmagan. Dizayni va faoliyati bo‘yicha ular inson miyasiga o‘xshaydi. Miyadagidek, neyronlar bir-biriga minglab moslashtiriladigan kanallar orqali signallar jo‘natadi. O‘rganish jarayoni davomida mashina kanallarni sozlaydi. O‘zini sozlaganidan keyin mashina yozuv yoki ovozni tushuna oladi. " Neyron tarmoq|"1. Formal neyronlar, summatorlar va sinapslar majmuini hosil qilgan tarmoq. 2. Neyronlarning soddalashtirilgan funksional modellari hisoblanadigan, bir jinsli protsessorli elementlardan tuzilgan hisoblovchi yoki mantiqiy sxema. " Neytral optik tarmoqlagich|"Optik qutblar o‘rtasidagi uzatish koeffitsiyentlari optik nurlanish to‘lqin uzunliklarining berilgan diapazonidagi to‘lqin uzunligiga bog‘liq bo‘lmagan optik tarmoqlagich. " Niderrayter kriptotizimi|"Xatolarni tuzatuvchi kodlarga asoslangan kriptotizim. " Nihoyatda past chastotalar|"300 Hz dan quyida yotuvchi chastotalar sohasi. Toʻlqin uzunligi 1000 km dan ortiq boʻlgan megametrli toʻlqinlar mos keladi. Bu diapazоnda 50 Hz chastota va uning garmonikalarida elektromagnit toʻlqinlarni generatsiyalaydigan elektr uzatish liniyalari xalaqitlarning asosiy manbai hisoblanadi. " Nik|"Tarmoq foydalanuvchisi odatda chatlar, yangilik guruhlarida, elektron pochtasida ishlatadigan taxallus, haqiqiy bo‘lmagan ism. Odatda nik turli xil qayd yozuvlarida foydalanuvchi nomi sifatida ishlatiladi. " Nimani ko‘rsang, shuni olasan|"Rejim (prinsip) WYSIWYG («vizivig» deb talaffuz qilinadi), «nimani ko‘rsang, shuni olasan» matn redaktorlarida va shaxsiy redaktorlik tizimlari – ekrandagi tahrir qilinayotgan hujjat tasvirining bosma variantiga grafik jixatdan to‘liq monand rejim. Tayyorlangan maket qanday ko‘rinishini oldindan aytib berishga imkon beradi. " Niqob|"Qiymatda muayyan bitlarni ko‘rsatish yoki tanlab aks ettirish uchun foydalaniladigan ikkilik qiymat. " Niqob biti|"Muayyan operatsiyalarga ruxsat etish yoki ularni taqiqlash yoki maydon ichidagini tekshirish yo bo‘lmasa o‘zgartirish uchun, nol yoki birlik qiymatga o‘rnatiladigan bitlar yig‘indisi. " Niqoblanadigan uzilish|"Protsessor birmuncha muhimroq ishni bajarishi uchun, uzilishlar kontrolleri yoki protsessorning maxsus registridagi qurilma yordamida taqiqlash (yoki ruxsat etilishi) mumkin bo‘lgan apparat uzilish. " Niqoblash|"1. Shovqinga qo‘shib foydali signalni yashirin uzatish, bunda oddiy vositalar bilan uni aniqlash imkoni bo‘lmaydi. 2. Tovush balandligi yuqori bo‘lgan fon signali mavjudligida, so‘zlashuvni eshitishning yomonlashuvi. 3. Obyektni jinoyatkorlar uchun kirib bo‘lmaydigan (ko‘rinmaydigan) yoki undan foydalanishni murakkablashtiruvchi harakatlarni bajarishga asoslangan obyektlarni muhofaza qilish uslubi. 4. Kompyuter nazariyasida, niqob bu binar operatsiyalar uchun ishlatiladigan maʼlumotdir. Niqobni ishlatish bu turli baytdagi bitlar yo yoqilishi yo o‘chirilishi, yoki yagona binar operatsiyada yoqiqdan o‘chiqqacha o‘girilishi (yoki aksi) dir. Niqob IP-manzillar bilan kompyuter nimtarmog‘ini aniqlashda yoki kompyuter grafikasida, masalan, shaffof muhit ko‘rinishini aniqlashda ishlatiladi. " Nisbatlar|"Kompyuterlar displeylari va rasmlarda rasm enining bo‘yiga bo‘lgan nisbati. Masalan, 2:1 nisbati rasm eni uning bo‘yidan ikki baravar kattaligini ko‘rsatadi. Rasmni veb-sahifa kabi boshqa hujjatga qo‘shish paytida nisbatini saqlash katta ahamiyatga egadir. " Nisbiy identifikator|"Xavfsizlik identifikatorining kichik qismi. Domen doirasida xavfsizlik identifikatorlari bir xil katta qismga ega, nisbiy identifikator esa 1000 dan boshlab ketma-ket ko‘payuvchi qiymatni oladi. " Nisbiy yo‘l|"1. Fayl yoki katalogning tarkibiy nomi bo‘lib, unda fayl nomining oldidan joriy katalogdan boshlanadigan kataloglar ketma-ketligi yozilgan bo‘ladi. 2. Ayrim mavjud direktoriyaga nisbatan fayldan foydalana olish yo‘li. " Nizom|"Qandaydir sohada munosabatlarni tartibga soladigan qoidalаr to‘plami, qonun protseduralari. " Noaniq autentifikatsiya|"Autentifikatsiya qilish jarayonida berilgan algoritm bo‘yicha generatsiyalanadigan shifrlash kalitlaridan foydalanishga asoslangan autentifikatsiya qilish protsedurasi. " Noaniq holat|"Ish rejimi, bunda tarmoq qurilmasi (ko‘prik, kommutator) adreslar manbai va maqsadidan qat’i nazar barcha portlardan unga kelayotgan paketlarni ko‘rib turadi. " «Noaniq nusxa»|"Pochta xabarlari sarlavhasidagi elektron xat nusxasi yuboriladigan manzil. Bunda VSS qabul qiluvchisiga xat yuborilgan boshqa manzillar ro‘yxati ko‘rinmaydi. " Noaniq nutq|"Nutqni qayta eshittirish va uning tushunarlilik sifatini yomonlashtiruvchi buzilishlar turi. Past chastotalar sohasidagi xalaqitlar, odatda, og‘ib o‘tuvchining tutilib qolishiga bog‘liq bo‘lib, ular nutqning eshitilish sifati yomonlashuvida aks etadi, ayni paytda, yuqori chastotalar sohasidagi xalaqitlar, asosan, nutqning tushunarliligi yomonlashuviga olib keladi. " Noekvidistant antenna panjarasi|"Element antenna panjarasining markaziy o‘qidan qancha uzoq joylashgan bo‘lsa, bir-biridan shuncha katta turli masofalarda joylashgan elementar nur tarqatgichlar guruhi. " Nogeostatsionar orbita|"Nogeostatsionar orbitalarga elliptik (NEO) o‘rta balandlik (MEO) va past Yer atrofi (LEO) orbitalari tegishlidir. " Nol|"Matematik (0) qiymat. Bul algebrasida «yolg‘on» qiymatni anglatadi. " Nol holati boshqariluvchi antenna panjarasi|"Yo‘nalganlik diagrammasida xalaqitlar manbai yo‘nalishida qisqa uzilish shakllanadigan antenna panjarasining turi. Yo‘nalganlik diagrammasining nol holatini boshqarishda xalaqit signali amalda bostirilgan bo‘lishi kerak. " Nol nurlanish bo‘yicha yo‘nalganlik diagrammasining kengligi|"Ikkita yo‘nalish o‘rtasida o‘lchangan yo‘nalganlik diagrammasi asosiy yaprog‘ining kengligi, ular bo‘ylab maydon kuchlanganligi nolga yaqin bo‘ladi. " Nolga qaytmasdan|"Kodlash usuli, bunda signallar har doim musbat yoki manfiy, nol bo‘lmagan qiymatlarga ega, 1 va 0 ikkilik simvollari turlicha qutblanadigan signallar bilan kodlanadi. Bunday signal 1 larni uzatishda takt davomida, yaʼni har bir bitdan keyin 0 ga qaytmaydi. Usul xatolarni yaxshi aniqlashni taʼminlaydi, lekin o‘zini o‘zi sinxronlash xossasiga ega emas. " Nolinchi argument|"UNIX operatsion tizimlarida komanda nomi nolinchi raqamli argument hisoblanadi. Ishga tushiriladigan dasturning validligini tekshirish uchun xizmat qiladi. $0 parametri bilan belgilanadi. " Nolinchi kun zaifligi|"Himoya mexanizmlari hali ishlab chiqilmagan zararli dastur yoki zaiflik. " Nolinchi paketlar|"Axborot tashimaydigan va oqim tezligi o‘zgarmasligiga xizmat qiladigan transport oqimi paketlari. " Nolinchi qurilma|"Unix-monand operatsion tizimlarda hech qanday maqsadga yetkazmaydigan bo‘sh qurilma. Qabul qilinadigan barcha signallarni yutadi. Ekranga chiqarish va hech qayerda saqlanishi kerak bo‘lmagan axborotni qayta yo‘naltirish uchun ishlatiladi. " Nollashtirish|"Disk sektori, xotira bloki yoki o‘zgaruvchilarni nollar bilan to‘ldirish. " Nom|"Dasturlashda – ma’lumotni, dasturni yoki kataloglashtirilgan protsedurani identifikatsiyalaydigan harf-raqamli simvollar ketma-ketligi (nomning birinchi simvoli harfli bo‘lishi kerak). " Nom boʻyicha chaqiruv|"Parametrlarni berish usuli, bunda chaqiruvchi modul chaqiriladigan modulga uzaytiriladigan parametrlarni ifodalaydigan ramziy ifodani taqdim etadi, xizmatga oid protsedura ifodani baholaydi hamda natijalovchi qimmatni chaqiriladigan modulga taqdim etadi. " Nomaqbul effekt|"Dastur yoki funksiyani bajarishda hisoblash muhiti holatining yoki o‘zgaruvchilar global qiymatlarining o‘zgarishi. " Nomaqbul yaproq|"Antenna ko‘zgusi bilan nurlanadigan energiyani qisman qamrab olishda hosil qilinadigan parazit yaproq. " Nomer (raqam)|"Qandaydir qurilma yoki foydalanuvchiga beriladigan va keyinchalik uni identifikatsiya qilish uchun qo‘llaniladigan yagona sonli kod yoki indeks. " Nomidan kirish|"Login va paroldan foydalanib resursdan foydalana olish huquqini olish. " Nominal daraja|"U yoki bu qurilma (aloqa tizimida qo‘llaniladigan) kirishidagi elektr signalining yo‘l qo‘yiladigan chegaraviy darajasi, bunda qurilma tomonidan kiritiladigan nochiziqli buzilishlarning qiymati yo‘l qo‘yiladigan chegaralardan oshmaydi. " Nominal kanal intervali|"Qo‘shni kanallar orasida chastotata bo‘yicha tarqatish. Kanal intervali teng bo‘lishi yoki teng bo‘lmasligi mumkin. " Nominal quvvat|"Radiokarnayga beriladigan eng katta elektr quvvati, bunda nochiziqli buzilishlar berilgan turdagi radiokarnayning texnik hujjatlarida keltirilgan normalardan oshmaydi. " Nomlar jadvali|"Dasturda foydalaniladigan identifikatorlar (belgilar, kichik dasturlar va o‘zgaruvchilar nomlari)ni va ularning atributlarini (belgilarini) ichiga oladi; nomlar jadvali ishlash paytida translyator va komponovkachi tomonidan tuziladi; semantik tahlil va oraliq kodni generatsiyalash bosqichlarida, shuningdek dasturni komponovkalash uchun foydalaniladi. Nomlar jadvali tegishlicha, sozlash maqsadida obyekt yoki yuklash modulida saqlanishi mumkin. " Nomlar serveri|"Boshqa nomlar serverlari bilan birgalikda xost-kompyuterlar nomlarining, ularning IP-manzillariga o‘zgartirilishini amalga oshiradigan kompyuter. " Nomli buyum|"Hujjatlar, pochta, kuryerlik jo‘natmalari va pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalari blanklariga pochta aloqasi obyekti nomi, pochta vagoni, yo‘nalishi, pochta, kuryerlik jo‘natmasi, pul mablag‘larining pochta o‘tkazmasi va boshqa axborotni qabul qilish hamda kelib tushgan sanasini ko‘rsatgan holda iz tushirish uchun mo‘ljallangan moslama (shtamp). " Nomukammal shifr|"Mutloq chidamli bo‘lmagan shifr. " Noortogonal diskretlash|"Diskretlash onlariga mos keladigan yoyish satrlaridagi nuqtalar tasvirga yoyish satri yo‘nalishiga perpendikulyar ravishda yo‘naltirilmagan tasvirni diskretlash. Izoh – Progressiv yoyish hollarida, yoyish satridagi nuqtalar shu maydonning vaqt bo‘yicha qo‘shni satrlari nuqtalariga yo‘naltirilmagan, satr oralatib yoyishda, yoyish satridagi nuqtalar keyingi maydonning fazo bo‘yicha qo‘shni satrlariga yo‘naltirilmagan. " Nopozitsion sanoq tizimi|"Sonlarni belgilash uchun, miqdor qiymati har doim bir xil va joylashgan o‘rniga bog‘liq bo‘lmaydigan muayyan belgilar kiritiladigan sanoq tizimi. Nopozitsion sanoq tizimidan kam foydalaniladi, chunki u hisoblashlar uchun moslashtirilmagan. Xarakterli misol – rimcha sanoq tizimi. Lotin alifbosining quyidagi qiymatlarga ega simvollari bor: I-1, V-5, X-10, L-50, C-100, D-500, M-1000. " Norekursiv filtr|"Yakuniy javobi ratsional funksiya orqali ifodalanadigan raqamli filtr. " Normallashtirish|"Ma’lumotlarni, takrorlanadigan ma’lumotlar guruhlarini saqlamaslik va ma’lumotlar ortiqchaligiga yo‘l qo‘ymaslik imkonini beradigan alohida jadvallarga guruhlash usuli. " Normativ-huquqiy hujjat|"Belgilangan shakldagi, vakolatli davlat organining yoki boshqa tuzilmalarning vakolati doirasida yoki qonun hujjatlarida belgilangan protseduralarga rioya qilingan holda referendum yo‘li bilan qabul qilingan rasmiy hujjat. " Normativ-huquqiy hujjat muhokamasi|"Normativ-huquqiy hujjatning tegishli loyihasini yoki boshqa zarur axborotni rasmiy saytda joylashtirish, shuningdek, muhokama qatnashchilarining taqdim etilgan takliflarini ko‘rib chiqish va umumlashtirish. " Nosimmetrik liniya|"O‘tkazgichlardan biri signalni uzatish uchun, ikkinchisi esa, erga ulash vositasi sifatida xizmat qiladigan uzatish liniyasi. " Nosimmetrik vibrator|"O‘tkazuvchi sirt ustida joylashadigan, bir uchi bilan fiderga, ikkinchi uchi esa, o‘tkazuvchi sirtga, masalan, yer, antenna posangisi yoki obyekt korpusi bilan ulanadigan vibrator. " Nosimmetrik zanjir|"Bir-biridan yerga yoki boshqa simga nisbatan qarshilik, elektr sig‘imi, o‘tkazuvchanlik yoki induktivlik bilan farqlanadigan yelkalari bo‘lgan ikki o‘tkazgichli liniya. " Nosozlik|"Tashqi ta’sirlar tugagandan so‘ng bartaraf etiladigan, juda ham jiddiy bo‘lmagan ishlamay qolish. " Nostandart foydalana olish usuli|"Dasturda ko‘zda tutilmagan, lekin resurslardan erkin foydalanishda ishlaydigan usul. Asosan veb-dasturlar uchun xos. " Notariallashtirish|"Ma’lumotlarni uchinchi ishonchli tomondan qayd etilishi, bu esa keyinchalik ularning ichidagi, jo‘natuvchi, vaqt va oluvchi kabi tavsiflarining tasdiqlanishini ta’minlaydi. " Notarqoq zona (uyali aloqada)|"Har tomonga yo‘nalgan antennali bitta tayanch stansiyaga ega xizmat ko‘rsatish zonasi. Tayanch stansiya ushbu zonaning markazida joylashadi. " Notatsiya|"Matematik yoki ilmiy ifodalarni, dasturlar elementlarini tavsiflash uchun mo‘ljallangan qoidalar va simvollar to‘plami. " Notekis kvantlash|"Kvantlashning ikkita chetki intervallari uchun belgilangan tashqi chegaralar o‘rtasidagi kvantlashning barcha intervallari o‘zaro teng bo‘lmagan kvantlash. " Notekis nurlanish|"Antennaning ochilishida qo‘zg‘atiladigan elektromagnit maydon tekis hisoblanmaydigan, balki ko‘zguning chetlariga tekis tushadigan nurlanish. " Noto‘g‘ri kadrlash|"Videosignal datchigi yoki tiklash qurilmasidagi belgilangan kadrga nisbatan yoyish elementi bilan aylantirib chiqiladigan sirtning noto‘g‘ri joylashishi. " Noutbuk, leptop|"Odatda o‘lchami A4 formatdagi varaq o‘lchami bilan mos keladigan, og‘irligi bir necha kilogramm atrofida bo‘lgan ko‘chma shaxsiy kompyuter. " Nov|"Olinadigan qopqog‘i bo‘lgan, yer osti kabelini o‘tkazish uchun yer ostidagi trenchga joylashtirilgan kanal. " Noyob nom|"Berilgan nomlar makonidagi aniq (yagona) nom. " Nozik axborot|"To‘la huquqli shaxs nuqtai nazaridan muhofazalanishi zarur bo‘lgan axborot. Chunki, uni oshkor aylash, o‘zgartirish, yo‘q qilish yoki yo‘qotish kimgadir yoki nimagadir sezilarli zarar yetkazishga sabab bo‘lishi mumkin. " Nochiziqli buzilishlar|"Signal shakli (tovush tebranishlari) ning qo‘shimcha garmonikalar (tovush tembrining buzilishi, xirillash, zirillash) ning paydo bo‘lishi hisobiga buzilishi. Buzilishlar garmonikalar koeffitsiyenti (klirfaktor) bilan baholanadi. " Nochiziqli buzilishlar o‘lchagichi|"Signalning o‘tish traktida liniya, kuchaytirgich va sh.k.lar tomonidan kiritiladigan nochiziqli buzilishlar koeffitsiyentini yoki tovush chastotasi sinusoidal tebranishlari generatorining chiqishida vujudga keladigan buzilishlarni aniqlaydigan asbob. " Nochiziqli montaj|"Montaj texnologiyasining kompyuterda amalga oshiriladigan yangi avlodi. Videoplenkalar, disklar va grafikalardagi tasvir raqamlashtiriladi, magnit disklarda saqlanadi. Istalgan kadr, istalgan paytda va istalgan ketma-ketlikda chaqirib olinishi mumkin. " Nuqta o‘lchami (lyuminofor zarrasining qadami)|"Bitta rangdagi nuqtalar (piksellar) o‘rtasidagi masofa. Har xil turdagi kineskoplar uchun diagonal yoki gorizontal bo‘yicha o‘lchanadi. " Nuqtalar qadami|"Qo‘shni triadalarning markazlari o‘rtasidagi masofa. " Nuqtali vergul|"Elektron pochtani bir nechta foydalanuvchilarga jo‘natish uchun manzillarni ajratishda ishlatiladigan bo‘lgich. Dasturlashda esa u satrning mantiqiy tugallash belgisi hisoblanadi. " Nur|"Antenna yoʻnalganlik diagrammasining bitta yaprogʻi nurlanishi tarqaladigan fazo qismi. Izoh – Nur keskin yoʻnaltirilgan, profillangan, qayta yoʻnaltiriladigan yoki vaqt davomida kommutatsiyalanadigan boʻlishi mumkin. " Nur (antenna panjarasining)|"Yoʻnaltirilgan antenna panjarasi yoʻnalganlik diagrammasining asosiy yaprogʻi. " Nur tarqatgich|"Elektr signallarning elektromagnit to‘lqinlarga aylantirilishini ta’minlaydigan manbaning umumiy nomi. " Nur o‘qi|"Nurda uzatiladigan maksimal energiya xos bo‘lgan yo‘nalish, odatda, antennaning yo‘nalganlik diagrammasi asosiy yaprog‘iga mos keladi. " Nurlagich bilan soyalsh (antenna koʻzgusi)|"Antenna ko‘zgusi sirti nurlanish samaradorligining nurlagichning soyalantiruvchi harakati va uning konstruktiv (tayanch) elementlari tufayli pasayishi. " Nurlanish|"1. Istalgan manbadan chiqayotgan energiyaning radioto‘lqinlar shaklidagi oqimi. 2. Elektromagnit to‘lqinlarning manbadan atrof-muhitga yoki uzatish liniyalari orqali tarqalish jarayoni. " Nurlanish darajasi|"Texnik vosita nurlantirayotgan elektr va/yoki magnit maydonlar va/yoki quvvat oqimi zichligining, qat’iy belgilangan sharoitlarda o‘lchangan darajasi. " Nurlanish turkumi|"Belgilangan shartli belgilar orqali ifodalanadigan nurlanishlar xarakteristikalarining majmui, masalan, asosiy eltuvchini modulyatsiyalash turi, modulyatsiyalaydigan signal, uzatiladigan xabarlar turi, shuningdek, (zarur bo‘lganda) signalning har qanday qo‘shimcha xarakteristikalari. " Nurlantiruvchi element (antenna panjarasi)|"Antenna yoki antenna panjarasining tarkibiy qismi hisoblanadigan berilgan qo‘zg‘atish qonuniga ega antennalar guruhi. " Nurlanuvchi quvvat|"Vaqt birligida, chastotalarning cheklangan polosasida nurlanadigan energiya. Izoh − Nurlanuvchi quvvat qiymati uzatish vaqtiga, uzatish muhitining xarakteristikalariga hamda o‘lchash usuliga bog‘liq. Og‘ib o‘tuvchining oniy cho‘qqi quvvati, vaqtda yoki uzatish liniyasining berilgan ko‘ndalang kesimida (masalan, to‘lqin o‘tkazgichda) o‘rtachalashtirilgan quvvat farqlanadi. Antennadan keladigan to‘la quvvat belgilangan yo‘nalishda (cheklangan fazoviy burchakda) uzatilishi yoki izotrop, ya’ni barcha yo‘nalishlarda bir tekis nurlanishi mumkin. " Nurlanuvchi radioxalaqit|"Fazoda tarqaladigan radioxalaqit. " Nurli (energetik) yorqinlik|"Fazoviy burchak birligida manba proyeksiyasi maydon birligiga to‘g‘ri keladigan nurli oqim. Izoh − Birligi vatt taqsim steradian, kvadrat metr (Vt/sr.m2). " Nurli oqim|"Nurlanuvchi energiyaning ko‘chirish quvvati, ya’ni vaqt birligida o‘tadigan energiya miqdori. " Nurni kombinatsiyalangan boshqaruvga ega antenna|"Bir tekislikda mexanik skanlash va boshqasida elektr skanlashga ega antenna. " Nusxa ko‘chirilishidan muhofaza qilish|"1. Ma’lumotlardan, dasturiy yoki dasturiy-apparat ta’minotidan ruxsat etilmagan tarzda nusxa ko‘chirilishini aniqlash yoki oldini olish uchun maxsus usullarning qo‘llanilishi. 2. Magnit tashuvchida, masalan, tijorat yo‘nalishidagi dasturiy mahsulotga ega diskda, yozilgan axborotdan nusxa ko‘chirilishining oldini olish usuli. " Nusxa ko‘chirish|"Belgilangan matn yoki obyektni almashinuv buferiga ko‘chirish. " Nusxa ko‘chirish platasi|"Elektron hisoblash mashinasiga o‘rnatilgandan so‘ng, tezkor xotiradan diskka muhofazalangan dasturiy ta’minotni ko‘chirish imkonini beradigan elektron qurilma. " Nusxa ko‘chirishga ruxsat etilgan|"FSF ga kiritilgan mualliflik huquqining turi bo‘lib, mahsulotni notijoriy maqsadlar uchun erkin tarqatilishiga ruxsat etilganligini bildiradi . " Nusxalovchi arxivlash|"Barcha belgilangan fayllardan nusxa ko‘chirilishi mumkin bo‘lgan, lekin rezervlangan fayllar belgilanmaydigan arxivlash rejimi. " Nutq aktivligi detektori|"Nutq intervallarini yoki nutqsiz shovqinni aniqlash va ajratish uchun mo‘ljallangan qurilma. Izoh − Nutq detektori pauzalar va aloqa seansi tugaganda, uzatgichni o‘chirish (uzib qo‘yish) uchun ham ishlatiladi. Detektorda qaror qabul qilish chegarasi juda past ham bo‘lishi kerak emas, aks holda, qurilma shovqindan «ishlab» ketadi, shuningdek, juda yuqori ham bo‘lmasligi kerak, unda nutq jumlasining boshlanishi «kesilib» qoladi va tushunarlilik yomonlashadi. " Nutq orqali (raqam) terish xizmati|"Telefon raqamini yoki familiyani aytish orqali raqamni termasdan bog‘lanishni o‘rnatish imkoniga ega xizmat. Izoh – Xizmat ham telefon stansiyada, ham abonent terminalida amalga oshirilishi mumkin. " Nutq polosasi|"Nutq uzatilishini taʼminlaydigan, 3000 Gs (300 dan 3400 gacha) ga teng bo‘lgan chastotalar polosasi. " Nutq sifati|"Nutq mazmun va rasmiy tomonlarining mavjud xususiyatlari: to‘g‘riligi, aniqligi, mantiqiyligi, sofligi, ifodaliligi, boyligi va o‘rinli ekanligi. " Nutqiy axborot|"Manbai inson nutqi bo‘lgan akustik axborot. " Nutqiy erkin foydalanish|"Foydalanuvchi ovozini identifikatsiyalash asosida erkin foydalanishga ruxsat berish tizimi. " Nutqiy interfeys|"Nutq shaklida komandalar va maʼlumotlar kiritish interfeysi. U foydalanuvchi va axborot tizimi o‘zaro ishlashiga oid usullarni soddalashtirish maqsadida yaratilgan. Tizimga maʼlumotlarni qayta ishlashni boshqarish komandalari yoki maʼlumotlarning o‘zi kiritiladi. " Nutqiy kiritish|"Ma’lumotlarni kompyuterga ovoz yordamida (klaviaturasiz) kiritish texnologiyasi. Nutqiy kiritishdan foydalanish uchun, tazkor xotirasi kamida 8 Mbyte bo‘lgan Pentium yoki i486 protsessorga ega katta quvvatli shaxsiy kompyuter va lug‘atli dasturiy ta’minot bo‘lishi zarur. Dastur nutqni raqamlashtiradi, har bir so‘zni ajratadi va aniq ta’riflash uchun uni o‘zining lug‘atidan topishni bajaradi. " Nutqiy pochta|"Nutqiy xabarlar uzatishga mo‘ljallangan elektron pochta turi. Nutqiy pochta foydalanuvchilar monologini taʼminlaydi. Nutq xabarlar shaklida uzatilib, ularni talab qilinmaguncha xotirada saqlana beradi. Buning uchun abonent tizimlarida pochta qutisi deb ataluvchi xotira sohasi ajratib beriladi. " Nutqiy xabar|"Tarmoq orqali uzatilayotgan nutqdan iborat bo‘lgan xabar. Nutqiy xabar uzatish odatdagiga nisbatan juda oson, chunki, klaviatura yoki nurli pero ishlatishga ehtiyoj bo‘lmaydi. Shu bilan birga, uzatish jarayoni analog-raqamli o‘zgartirishni, qabul qilish jarayoni esa raqamli-analog o‘zgartirishni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, nutqiy xabarlar katta hajmliligini hisobga olgan holda, maʼlumotlarni zichlashtirishdan foydalaniladi. " Nutqli (ovozli) xabarlarni qayta ishlash|"Ovozli pochtani, raqamli avtojavobbergichlarni, ma’lumot beradigan kiosklarni ichiga oladigan texnologiyalar jami. " Nutqli xabar|"Nutq signallari ko‘rinishida taqdim etiladigan xabar. " Nutqni anglash|"Nutqiy ma’lumotlarni mashina yordamida anglash va ularni mashina matniga o‘girish. Nutqni anglash dasturi matnni klaviatura orqali emas, balki kompyuterga ulangan mikrofon yordamida kiritish imkonini beradi. " Nutqni kodlash|"Nutqni kodlar ketma-ketligiga aylantirish. " Nutqni kodlash algoritmi|"Nutqni raqamlashtirish tizimi zida tovushlar lug‘atini ifodalaydi, bu lug‘at yordamida gapiruvchining ovozi aloqa liniyasi ob‘ylab uzatish uchun nollar va birlar to‘plamiga o‘zgartiriladi. " Nutqni qayta ishlash|"Nutqni tahlil qilish, o‘zgartirish va sintezlash jarayoni. Nutqni tanish uni matnga aylantirishdan iborat, uni axborot manbai sifatida ishlatish imkoniyatini ochadi. Tanishga teskari bo‘lgan holat nutqni sintezlashdir, yaʼni, aniq kod bilan ifodalangan matnni nutqqa o‘girish. O " Obfuskatsiyalash|"Birlamchi matn yoki dasturning bajariladigan kodining funksionalligini saqlab qoladigan, biroq uni tahlil qilish, ish algoritmlarini tushunish va dekompilyatsiya paytida modifikatsiyalashni murakkablashtiradigan shaklga keltirish. Kodni «chalkashtirish» algoritmi, birlamchi matn, assemblerlik darajasida amalga oshirilishi mumkin. Chalkash assemblerlik matnni yaratish uchun dasturni bajarish muhitining yashirin yoki hujjatlashtirilmagan imkoniyatlaridan foydalanuvchi maxsus kompilyatorlar qo‘llanilishi mumkin. Obfuskatsiyalashni bajarish uchun maxsus dasturlar ham mavjud, ular obfuskatorlar deyiladi. " Obrazlarni aniqlash|"Funksional blok yordamida fizik yoki abstrakt obrazlarni, tuzilmalar va konfiguratsiyalarni identifikatsiyalash. Aniqlash, qabul qilinayotgan signallarning xususiyatlari va qonuniyatlariga asoslangan holda, namunaning tuzilishini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. " Obyekt|"1. Atributlarini o‘lchash yordamida tavsiflanadigan alohida element. 2. Foydalanilishi nazorat qilinadigan mantiqiy obyekt. Masalan, fayl, dastur, tezkor xotira doirasi; yig‘ilgan va saqlanayotgan shaxsiy ma’lumotlar. 3. Axborotni saqlovchi, qabul qiluvchi yoki uzatuvchi tizimning passiv komponenti, undan foydalana olish erkin foydalanishni chegaralash qoidalari bilan tartibga solinadi. Izoh – Obyektdan foydalana olishda unda saqlanayotgan axborotdan erkin foydalanishni anglatadi. Obyektlar: yozuvlar, bloklar, sahifalar, segmentlar, fayllar, direktoriyalar va dasturlar, shuningdek, alohida bitlar, baytlar, so‘zlar, maydonlar; turli qurilmalar (terminallar, printerlar, diskovodlar va h.k.); turli tarmoq qurilmalari (alohida uzellar, kabellar va h.k.). " Obyekt-dispetcher|"Windows 2000 operatsion tizimidagi sinxronlash vositasi, myuteks va semafor kabi ishlaydigan, ularning semantikasi shartli o‘zgaruvchi semantikasiga o‘xshash voqealarni generatsiyalaydi. " Obyekt fayli|"Kompilyator bilan boshlang‘ich kodni qayta ishlash natijasida olingan, dasturning alohida moduli oraliq taqdim etilgan fayl. Obyekt fayli o‘z ichiga alohida tarzda tayyorlangan (ko‘pincha, ikkilik yoki binar kod deb ataladigan) kodni oladi. Bu kod, tayyor bajariladigan modulni yoki bibliotekani olish uchun, bog‘lanishlar redaktori (komponovkachi) yordamida boshqa obyekt fayllari bilan birlashtirilishi mumkin. " Obyekt fayllarining umumiy formati|"Microsoft korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan standart. " Obyekt kodi|"Dasturlovchi tizim yaratadigan, bir yoki undan ortiq jarayonni (dastur matni yoki tili) qulay taqdim etish shakli. " Obyekt moduli|"Bajariladigan mashina komandalari va simvollar jadvalini o‘z ichiga oladigan, kompilyator bilan generatsiyalanadigan dastur binar kodining fayli. " Obyekt so‘rovlari brokeri|"Namunaviy dasturlar blokini ishlab chiqish texnologiyasi. ORB texnologiyasi dasturiy taʼminotning oraliq qatlamlari turlaridan biri bo‘ladi. ORB yordamida yaratilayotgan dasturlar murakkab dasturiy tizimlarni qurish uchun qayta-qayta ishlatilishi mumkin. Bu tizimlar, birinchi navbatda global ulanish xizmatida foydalanishga mo‘ljallangan. ORB obyektga yo‘naltirilgan arxitekturaga tayanadi, broker operatsiyalarini bajara turib, bir obyektga boshqa obyektlarni topib olish va ularga tarmoq orqali so‘rovlar bilan murojaat qilish imkonini yaratadi. ORB yordamida yaratilayotgan dasturlar, tarmoqda qo‘llanilayotgan platformaga, ular yaratilgan dasturlash tillariga bog‘liq emas. " Obyekt so‘rovlari vositachisi|"Kompyuter tarmog‘i orqali obyektning boshqa obyektlar bilan o‘zaro ta’sirini ta’minlovchi tizim, OMG standartining qismi. RPC va MOM ga o‘xshab, ORB ham foydalanuvchidan uzoqdagi obyektlarga kirishni berkitadi. So‘ralgan obyekt aktiv-lashtirilayotgan obyekt nomini bilishi va unga bir qator parametrlarni jo‘natishi kerak. " Obyektdan takroriy foydalanish|"Avval bitta yoki bir nechta obyektdan iborat bo‘lgan xotira maydonining (masalan, bet, freym, disk sohasi, magnit tasma) qayta tayinlanishi va takroriy qo‘llanilishi. Xavfsizlikni taʼminlash uchun ushbu maydon yangi obyekt uchun ajratilganda, unda eski obyektlar axboroti bo‘lmasligi lozim. " Obyektga havola|"Windows yadrosining tizim obyektiga havola. " Obyektga kira olish|"1. Obyektdagi axborotni olish. 2. Obyektdan biror maqsad yo‘lida foydalanish. " Obyektga yo‘naltirilgan|"Obyektlardan foydalanish ta’minlanadigan operatsion tizim, ishlab chiqish muhiti, ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi yoki ilova. " Obyektga yo‘naltirilgan arxitektura|"Asosi, tizim yoki tarmoqning bir biri bilan o‘zaro aloqada ishlovchi obyektlar to‘plami bo‘lgan arxitektura. Obyektga yo‘naltirilgan arxitektura obyekt texnologiyalarini belgilaydi. Bu arxitektura asosida dasturlashda, maʼlumotlarni qanday qayta ishlanishi tavsiflanmaydi, balki, qayta ishlash natijasida nima yuz berishi uqtirilgan xabar yo‘llanadi. Algoritmlarni tavsiflash obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tillaridan foydalanib amalga oshiriladi. " Obyektga yo‘naltirilgan boshqarish|"Obyektga yo‘naltirilgan arxitekturadan foydalanadigan tarmoqni boshqarish. Obyektga yo‘naltirilgan boshqarishning asosida axborot tarmog‘ini o‘zaro bog‘langan obyektlar – qurilmalar va dasturlar to‘plami shaklida ifodalash yotadi. Obyektga yo‘naltirilgan boshqarishni ishlatish amaliy dasturlarni ishlashga ketayotgan vaqtni qisqartirishni va boshqariladigan tarmog‘i konfiguratsiyasini sozlashda epchillikni taʼminlaydi. " Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash|"Dasturlash rivojlanishidagi ommabop yo‘nalish. Ma’lumotlar muayyan xossalarga ega bo‘lgan va o‘zining ichiga ham ma’lumotlar tuzilmasini, ham ular bilan ishlash protseduralarini oladigan protseduralar ko‘rinishida taqdim etilishida ifodalanadi. " Obyektga yo‘naltirilgan ma’lumotlar bazasi|"Ma’lumotlar bazasi, unda ma’lumotlar tashqi hodisalarni boshqaradigan, amaliy dasturlarni o‘z ichiga oladigan obyektlar modeli ko‘rinishida rasmiylashtiriladi. " Obyektga yo‘naltirilgan maʼlumotlar bazalarini boshqarish guruhi|"Maʼlumotlar bazalari sohasida standartlarni ishlash bilan shug‘ullanadigan jamiyat. ODMG, birinchi navbatda obyektga yo‘naltirilgan maʼlumotlar bazalari bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqadi. " Obyektga yo‘naltirilgan maʼlumotlar bazasini boshqarish tizimi|"Obyektga yo‘naltirilgan maʼlumotlar bazasiga asoslangan. Obyektlar shaklida saqlanayotgan maʼlumotlarning murakkab turlari bilan ishlashga imkon beradi, shu bilan birga, maʼlumotlar amaliy dasturlardan mustaqil ravishda saqlanadi. OODBMS tranzaksiyalar ishlovida yuqori unum beradi, shu sababli, tasvirlar va tovushni, relyatsion baza talab qilgani kabi jadval shaklida ifodalamaydi. " Obyektga yo‘naltirilgan operatsion tizim|"Obyektga yo‘naltirilgan arxitekturaga ega bo‘lgan operatsion tizim. Tizimning eng muhim bo‘g‘ini bo‘lib, operatsion tizimning asosiy vazifalarini bajaradigan mikroo‘zagi hisoblanadi. Uning yuqorisida, turli xizmatlarni taqdim qiladigan modullar joylashadi. Mikroo‘zak bilan obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tillari bog‘langan. " Obyektlar karuseli|"Transport oqimida ma’lumotlarning muayyan oqimlari bilan bog‘liq umumlashgan obyektlar (fayllar, direktoriylar)ni davriy takrorlagan holda uzatish. " Obyektlardan foydalanishning oddiy protokoli|"Microsoft korporatsiyasi va uning hamkorlari tomonidan taklif qilingan onlayn savdo maydonchalarini (elektron kommersiya tugunlari va portallari) yaratishning umumiy standartidir. Bu protokolda ma’lumotlar almashinuvi XML tiliga asoslangan. " Obyektlarni bog‘lash va joylash texnologiyasi|"Elektron jadval yoki matnli protsessor fayli kabi boshqa ilovalar bilan yaratilgan hujjatga bir ilova bilan yaratilgan obyektni o‘rnatish vositasida ilova ma’lumotlardan birgalikda foydalanish va almashish usuli. " Obyektlarni boshqarish guruhi|"Tarmoq va axborot tizimlari obyektlarini boshqarish standartlarini ishlab chiqadigan notijorat tashkilot. 1989-yilda tashkil topgan. Uning taniqli ishlanmalaridan biri bo‘lib, «obyektlar so‘rovlari agentlarining umumiy arxitekturasi» deb ataluvchi CORBA hisoblanadi. U tillar va amaliy tizimlardan qatʼiy nazar, turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan tayyorlangan amaliy dasturlarning o‘zaro ishlashini taʼminlaydi. " Obyektlarni muhofaza qilish|"Muhofazalangan sohadan chiqarilishi mumkin bo‘lgan obyektlarni (masalan, fayllarni, tashuvchilarni, seyflarni) muhofaza qilish vositalari. " Obyektli interaktiv loyihalash|"Murakkab masalalarni qulay bajarishga mo‘ljallangan, foydalanuvchi interfeysini ishlab chiqish uslubiyati. OVID uslubiyati bir masalaning o‘zini yechishda foydalanuvchilar tomonidan muntazam operatsiyalar bajariladigan hol uchun mo‘ljallangan. Masalan, matnlarni tahrir qilish, moliya hisoblarini bajarish, chizmalarni yaratish. Bu uslubiyat obyekt deb ataluvchi tushunchalarni ishlatishga asoslangan. " Obyektli so‘rovlar brokerining umumiy arxitekturasi|"Taqsimlangan obyektlar uchun o‘zaro harakatni amalga oshirish tilidan mustaqil model. OMG (OS/2, SOM modeli) guruhi tomonidan ishlab chiqilgan standart. " Obyektli texnologiya|"Obyektga yo‘naltirilgan arxitektura bilan aniqlanadigan texnologiya. Avvalgi yondashuvlardan farqli o‘laroq, tartibot va maʼlumotlar tushunchalari obyekt degan tushuncha bilan almashtirilgan. " Obyektning atributiv turi|"Obyekt boshqa bir turining bitta yoki bir nechta atributini tavsiflaydigan mohiyat turi. " Obyektning demaskirovkalovchi bilvosita belgisi|"Ta’minlovchi kuch va vositalarning harakati yoki muhofaza obyektining ishlashi natijasida atrof muhitning o‘zgarishi bilan bog‘liq demaskirovkalovchi texnik belgi. Bilvosita demaskirovkalovchi belgilarga obyekt faoliyatining vizual-optik belgilari, shuningdek, joy-ning kimyoviy yoki radioaktiv zararlanishi kiradi. " Odam-mashina interfeysi|"Ishlab chiquvchi tomonidan kompyuter tizimidan foydalanuvchiga, bu tizim bilan birgalikda ishlash uchun taqdim etiladigan vositalar jami. Odatda, menyuning turli xil kombinatsiyalarini, klaviatura komandalarini, ekranda oyna tashkil qilinishini, ko‘rsatmalar tizimini, «sichqoncha» bilan ishlash uchun mo‘ljallangan ekran tugmalarini, nutq komandalari aniqlanishini va sh.k. larni o‘z ichiga oladi. " Odam-mashina terminali|"Foydalanuvchi va tizimning bir-biri bilan o‘zaro bog‘lanish imkoniyatini taʼminlaydigan kiritish/chiqarish qurilmasi (masalan, telefon apparat, vizual displeyli terminal, bosib chiqaruvchi qurilma). " Odatdagi posilka|"Jo‘natuvchiga kvitansiya berish bilan joylanma qiymatini baholamasdan qabul qilinadigan va adresatga tilxat bilan topshiriladigan posilka. " Oddiy fayl|"Oddiy matn yoki matn va binar axborotni saqlaydigan fayl. Ushbu faylda bitta qator bitta yozuvga teng. Qatorda axborot vergul yoki boshqa bo‘lgichlar bilan bo‘linishi yoki uzunligi aniq belgilangan bo‘lishi mumkin. " Oddiy pochta jo‘natmasi|"Jo‘natuvchiga kvitansiya berilmasdan qabul qilinadigan, ilova hujjatlariga qo‘shimcha yozuvlar yozilmasdan jo‘natiladigan va adresatga tilxatsiz topshiriladigan pochta jo‘natmasi. " Oddiy so‘rov|"Izlaydigan veb-serverlar ishlash algoritmlaridan biri. " Oddiy viruslar|"Fayllar va disk sektorlarining ichidagini o‘zgartiruvchi, oson aniqlanadigan va yo‘q qilinadigan viruslar. " Oflayn|"1. Foydalanuvchining kompyuteri bog‘lama kompyuteri bilan ulanmagan holat. 2. Telefon liniyasi bilan ulanmagan, ammo, bu tizim bilan ishlash uchun aktivlashtirilishi mumkin bo‘lgan ixtiyoriy qurilma. " Oflayn rejimi|"Qar.: Oflayn. " Oflayn texnologiyalar|"Maʼlumotlar va xabarlar almashuvida, sezilarli asinxronlikka yo‘l qo‘yadigan, axborot makonidagi xabarlar kommunikatsiyasi vositalari: tarqatish ro‘yxatlari, yangiliklar guruhi, veb-forumlar va h.k. " Ogohlantirish|"Xato to‘g‘risidagi tovush signali yoki vizual signal, foydalanuvchini mumkin bo‘lgan xato yoki uning harakatlarining salbiy oqibatlari to‘g‘risida ogohlantirish; dasturlashda ‒ bu, protseduralarni ko‘p oqimli (multitred) tizimlarda asinxron chaqiruv bilan bog‘liq bo‘lgan xabar. Bunday ogohlantiruvchi xabarlarni turkumlarga bo‘lish mumkin. " Ogohlantirish oynasi|"Xatolik yoki ogohlantirish to‘g‘risidagi xabar bo‘lgan dialog oynasi. Foydalanuvchi bunday vaziyatda ishni davom ettirishdan oldin qanday operatsiyalarni bajarishi zarurligi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani ichiga olishi mumkin. " Ogohlantiruvchi muhofaza qilish|"Nusxa ko‘chirishdan muhofaza qilish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar. Dastur yoki fayldan ruxsat etilmagan tarzda nusxa ko‘chirishga urinadigan shaxs jarimaga tortilishini yoki jarima to‘lash tahdidini ko‘zda tutadi. " Oktava|"Yuqori chastotaning past chastotaga nisbati ikkiga teng chastotalar intervali. " Oktet|"Yaxlit bir butun sifatida qayta ishlanadigan, 8 bit uzunlikdagi kodli kombinatsiya. «Bayt» va «oktet» atamalari orasidagi asosiy farq, ularning qo‘llanish sohasida. «Bayt» atamasi asosan, kompyuterda saqlanadigan va qayta ishlanadigan axborotga tatbiqan ishlatiladi, «oktet» esa, har bir sanoq 8 bitdan iborat bo‘lgan impuls-kodli modulyatsiyada qo‘llaniladi. " Old fon rangi|"Monitor ekranidagi shakl, shrift va boshqa ixtiyoriy obyektning rangi. " Oldindan filtrlash|"Televizion videosignalni analog-raqamli signalga o‘zgartirishdan oldin chastotaviy filtrlash. " Oldindan tanlash qurilmasi|"Mikroprotsessorlarning, protsessor unumdorligini oshirish maqsadida, komandalar tanlashni ilgariroq boshlaydigan qurilmasi. " Oldindan to‘langan kartalar|"Provayder (operator) ga xizmat ko‘rsatishning yangi turini, oldindan to‘langan hisob telefon co‘zlashuvlar to‘lovi uchun ishlatilganda amalga oshirish imkonini beradigan xizmat. Oldindan to‘langan kartochkadan foydalanuvchi xohlagan telefon apparatidan qo‘ng‘iroq qilishi mumkin. Bunda kartochkalar uchun hech qanday hisoblash qurilmasi talab qilinmaydi. " Oldindan to‘lov kartochkalari bilan bog‘liq firibgarlik|"Oldindan to‘langan kartochkalar yordamida hisobni to‘ldirishning noqonuniy usullari bilan bog‘liq har qanday harakatlar. " Oldinga|"Harakat yo‘nalishi. Masalan, navbatdagi sahifaga o‘tish. " Olib tashlamoq|"Assembler tilidagi komandaning nomi. " Olib yuriladigan radiostansiya; ratsiya|"O‘zining xususiy quvvat olish manbaiga ega va ishchi holatda olib yurishga mo‘ljallangan mobil aloqa radiostansiyasi. " Olinganligi to‘g‘risida bildirishnoma|"Pochta, kuryerlik jo‘natmasi yoki pul mablag‘lari pochta o‘tkazmasining jo‘natuvchisi (yoki uning tomonidan ko‘rsatilgan shaxs)ni ro‘yxatga olinadigan pochta, kuryerlik jo‘natmasi qachon va kimga topshirilganligi, pul mablag‘larining pochta o‘tkazmasi to‘langanligi to‘g‘risida xabardor qilish xizmati. " Olisdagi ofis|"Masofadan turib ishlash funksiyasi. Bunda lokal terminal yoki telefon apparatidan foydalanish, bahca chaqiruvlarni esa, local telefon yoki terminal raqamini sir saqlagan holda, BroadWorks orqali amalga oshirish imkoniyati mavjud. Ishchi terminal raqamini almashtirish funksiyasi ishlaydi. Funksiya administrator tomonidan sozlanadi. " Olisdagi uzellar serveri|"Olisdagi shaxsiy kompyuterning lokal kompyuter tarmog‘i bilan ishlashini ta’minlaydigan maxsus dasturlar va kompyuter. Server va olisdagi shaxsiy kompyuter modemlar bilan ta’minlanishi kerak. Asosiy vazifalari – ruxsat etilmagan tarzda erkin foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik, ma’lumotlar uzatish va birlashtirish ishonchliligini ta’minlashdir. " Oltin disk|"Dasturiy mahsulot nusxalari ko‘paytiriladigan dasturiy taʼminotning to‘la va so‘nggi rusumi. " Oltin toifasidagi raqam|"Oson eslab qolinadigan telefon tartib raqami. " Oluvchi|"Ma’lumotlarni (masalan, FTP-serverdan faylni) tarmoq orqali qabul qiluvchi foydalanuvchi yoki kompyuter. " Ommaviy axborot|"Cheklanmagan shaxslar doirasi uchun mo‘ljallangan hujjatlashtirilgan axborot, matbuot, audio, audio-vizual hamda boshqa xabarlar va materiallar. " Ommaviy kommunikatsiya|"Qar.: Ommaviy axborot. " Ommaviy parallel qayta ishlash|"Ma’lumotlarni ko‘p sonli protsessorlar bilan parallel qayta ishlash uslubi. " Ommaviy parallelizm bilan hisoblashlar|"Protsessorlarning har biri o‘zining tezkor xotira qurilmasi, operatsion tizim, ilova nusxasiga ega bo‘ladigan va ma’lumotlarni mustaqil qayta ishlaydigan ko‘p protsessorli tizim arxitekturasi. " Ommaviy parallelli sanoq tizimi|"Ko‘p protsessorli tizim arxitekturasi, unda barcha ishlayotgan jarayonlar ma’lumotlarni bir-biridan mustaqil ravishda qayta ishlash imkoniga ega bo‘ladi. Bu har bir jarayon uchun alohida tezkor xotira qurilmasi va ilova nusxasi taqdim qilinishi hisobiga amalga oshiriladi. " Ommaviy tarqatish|"1. Xabarlar (maʼlumotlar)ni lokal tarmoq, global tarmoq yoki Internet tarmog‘ining muayyan ajratilgan foydalanuvchilar guruhiga jo‘natish texnologiyasi. 2. Televideniyeda – tomoshabinlar ko‘rishi uchun ko‘p sonli kanallarning mavjudligi. " Ommaviy xizmat ko‘rsatish nazariyasi|"Tasodifiy jarayonlar nazariyasining, talab va xizmat ko‘rsatishning tasodifiy xarakteri hisobga olingan holda turli sohalarda real xizmat ko‘rsatish modellarini o‘rganish bilan shug‘ullanadigan bo‘limi. Navbatda turish vaqtini kamaytirish, ommaviy xizmat ko‘rsatish nazariyasi shug‘ullanadigan asosiy masalalardan biridir. Masalan, «mijoz ‒ server» tarmog‘ida ommaviy xizmat ko‘rsatish nazariyasi, mijozlar javobni kutishga vaqtlarini yo‘qotmasliklari uchun qaysi serverni qo‘yish zarur degan savolga javob beradi. " Ommaviy xotira|"Ma’lumotlar hajmi juda katta bo‘lgan axborot tashuvchilar. " Ommaviy xotira qurilmasi|"1. Katta hajmdagi tashqi xotira qurilmalari, masalan, qattiq disk, magnit tasma yoki optik disk. 2. Katta hajmdagi maʼlumotlar yozuvlarini saqlay oladigan magnit tasmali kartrijlar kutubxonasi turidagi zaxiraviy saqlash tizimi. " Onlayn|"1. Kompyuter xost-tizim bilan ulangan rejim hamda kompyuter FTP-server, WWW-server va boshqa umumiy foydalanish mumkin bo‘lgan tizim bilan ulanganda bevosita xizmatni taqdim qilish. O‘zgacha qilib aytganda, foydalanuvchi bilan bevosita o‘zaro aloqada ishlash rejimi. 2. Elektron, tarmoqli nashrlarga, maʼlumotlar bazalariga nisbatan. Masalan, onlayn jurnal; onlayn hujjatlar; onlayn yordam va h.k. " Onlayn anketa|"To‘ldirishning barcha bosqichlari butunjahon Internet axborot tarmog‘ida mumkin bo‘ladigan so‘rovnoma. " Onlayn-banking|"Bank hisob raqamlarini telefon (telebanking), shaxsiy kompyuter va Internet (Internet-banking) yoki ixcham qurilmalar (mobil banking) orqali masofadan boshqarish. " Onlayn-broker|"Internet orqali o‘z xizmatlarini taqdim qiladigan broker. Texnologiya nuqtai nazaridan Internet telefonga nisbatan, ko‘proq mijozlarga xizmat ko‘rsatish uchun buyurtmalar qabul qilish uchun qo‘shimcha vositadir. " Onlayn jurnalistika|"Qar.: Internet-jurnalistika. " Onlayn marketing|"Kompyuter tarmoqlarini – tijorat onlayn kanallarini va Internet tarmoqlarini ishlatishga asoslangan marketing. Kanallardan foydalanib, xaridorlar marketing axborotini oladilar va savdo bitimi tuzadilar. " Onlayn ovoz berish|"Qar.: Ovoz berish. " Onlayn rejimi|"Qar.: Onlayn. " Onlayn resurs|"Foydalanish, maʼlumotlar uzatish tarmog‘iga ulangan kompyuter vositasida real vaqt rejimida amalga oshiriladigan resurs. Izoh – Onlayn resurslar ko‘rinishida tezkor axborot yoki dialog rejimida dastur yoki boshqa foydalanuvchi bilan ishlash imkoniyati taqdim etilishi mumkin. " Onlayn so‘rov|"Xalqaro Internet kompyuter tarmog‘i vositasida ijtimoiy voqelikning aniq bir voqealari, faktlari, hodisalari bo‘yicha sotsiologik ma’lumot to‘plash usuli. " Onlayn tahliliy qayta ishlash|"Qarorlar qabul qilinishini ta’minlash uchun, ko‘p sonli turli xil ma’lumotlarni tez tahlil qilish. " Onlayn texnologiyalar|"Tarmoq axborot fazosida, haqiqiy vaqtda axborotning sinxron almashuvini taʼminlab beruvchi, xabarlarning kommunikatsiya vositalari: «suhbat kanallari» (chatlar), audio- va videoanjumanlar va boshqalar. " Onlayn xizmat|"1. Elektron pochta, yangiliklar xizmati va foydalanuvchi bilan dialog rejimida axborot almashinish («savol-javob» turidagi) mo‘ljallangan boshqa ilovalarning ishlashini ta’minlaydigan axborot xizmati. 2. Real vaqtda maʼlumotlar uzatish tarmog‘i vositasida taqdim etiladigan xizmat. " Onlayn-treyding|"Savdo (investitsion) hisob raqamlarni shaxsiy kompyuter va Internet (Internet treyding) yoki ko‘chma qurilmalar (mobil treyding) orqali masofadan boshqarish. " Onlayn o‘yinlar|"Internetda o‘ynaladigan o‘yinlarning ikki turi mavjud: bevosita veb-sahifadagi soddagina o‘yinlar va ko‘p foydalanuvchilarga mo‘ljallangan o‘yinlar. Birinchi holda, o‘yin bevosita veb-sahifada o‘ynaladi – sahifaga kirishda katta bo‘lmagan dasturcha yuklanadi va o‘yin «isteʼmolga tayyor». Odatda bunday o‘yinlar yetarlicha murakkab bo‘lmay, ayrim hollarda juda zavqli. Ko‘p foydalanuvchilarga mo‘ljallangan o‘yinlar, odatda mijoz-dastur bo‘lishini talab qiladi, yaʼni, siz sotib yoki ko‘chirib oladigan o‘yinlar. Bu mijozni ishga tushirib yuborib, siz Internet orqali o‘yinlar serveri bilan ulanasiz va shu serverga ulangan boshqa o‘yinchilar bilan birgalikda o‘yinda ishtirok etasiz. " Operand|"Arifmetik jarayonda foydalaniladigan element yoki shunday elementlarning manzili; ustida amal bajariladigan ma’lumotlar elementi, masalan, «in 3х4» ifodada 3 va 4 sonlari operandlar hisoblanadi. " Operandlar soni|"Funksiya yoki operator argumentlarining soni. Ba’zi dasturlash tillarida funksiyalar argumentlarning o‘zgaruvchan soniga ega bo‘ladi. " Operator|"1. Uskunani boshqarish va unga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni bajaruvchi malakali mutaxassis. 2. Dasturiy-apparat resurslari va aloqa kanallariga ega bo‘lgan holda telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etuvchi tashkilot yoki jismoniy shaxs. 3. O‘tkaziladigan operatsiyaning belgisi yoki simvoli. " Operatorlarni ajratgich|"Dasturlash tilida bir operatorni boshqasidan ajratish uchun ishlatiladigan simvol. " Operatorlarning chaqiruvlarini taqiqlash|"Agar bu xizmat aktivlashtirilgan bo‘lsa, xizmat abonentiga ingliz, fransuz, nemis, yapon, ispan, italyan va rus tillarida so‘zlashuvchi operatorlardan xalqaro chaqiruvlar taqiqlanadi. " Operatsion muhit|"1. Amaliy dasturlarlarni ishlab chiqarish va ishlatishni ta’minlaydigan dasturiy ta’minot kompleksi. Operatsion muhit operatsion tizimni, amaliy dasturlar interfeyslarini, amaliy dasturlarni, tarmoq xizmatlarini, ma’lumotlar bazasini va dasturlash tillarini o‘z ichiga oladi. 2. Operatorga fayllar va hisoblash jarayonlarini boshqarish imkonini beradigan kompyuter dasturlarining majmui. Operatsion tizimlarning standarti etib, shu operatsion tizim boshqaruvi ostida ishlayotgan va ushbu kompyuterning operatsion muhitini tashkil etuvchi utilita va til qobiqlarining sintaksisi va semantikasi aniqlangan. " Operatsion platforma|"Amaliy dasturlar va operatsion tizimlar guruhi o‘rtasida interfeysni ta’minlaydigan funksional blok. " Operatsion tizim|"Vazifalarning markazlashtirilishini, resurslarning taqsimlanishini, uzilishlarning qayta ishlanishini, kiritish-chiqarishni, foydalanuvchi interfeysini, fayl tizimi va boshqa tizimlar boshqarilishini ta’minlaydigan dasturiy ta’minot. " Operatsion tizim yadrosi|"Operatsion tizimning markaziy, asosiy qismi bo‘lib, tezkor xotirada doimo bo‘ladi, operatsion tizimni boshqaradi; qurilmalar drayverlari, xotirani boshqaruvchi kichik dasturlar, vazifalarni rejalovchidan tashkil topgan. " Operatsion tizim yuklagichi|"Bevosita kompyuter ulangandan so‘ng operatsion tizimning yuklanishini ta’minlaydigan tizim dasturiy ta’minoti. " Operatsion tizimning ishonchliligi va ishlamay qolishlarga chidamliligi|"Ichki va tashqi xatolar, to‘xtab qolishlar va ishlamay qolishlardan himoyalangan tizim. Uning harakatini har doim oldindan bilish zarur, dasturlar esa operatsion tizimga zarar yetkaza olmasliklari zarur. " Operatsion tizimning ko‘chiruvchanligi|"Kod bir turdagi protsessordan boshqa turdagi protsessorga va bir turdagi apparat platformasidan (protsessor turi bilan bir qatorda kompyuterning barcha appraturasini tashkil qilish usulini o‘z ichiga oladi) boshqa turdagi apparat platformasiga oson ko‘chiriladi. " Operatsion tizimning monolit yadrosi|"Imtiyozli rejimda ishlaydigan va imtiyozli hamda foydalanuvchi rejimlari o‘rtasida ulanishni talab qilmaydigan bir protseduradan boshqasiga tez o‘tishda ishlatiladigan bitta dastur kabi kompanovkalanadi. " Operatsion tizimning moslashuvi|"Operatsion tizim boshqa operatsion tizimlar uchun yozilgan amaliy dasturlarni bajarish uchun vositalarga ega bo‘lishi kerak. Bundan tashqari foydalanish interfeysi mavjud tizimlar va standartlar bilan mos kelishi kerak. " Operatsion tizimning samaradorligi|"Tizim apparat platformasining imkoniyati darajasida tez harakat va vaqtdan o‘zishga ega bo‘lishi kerak. " Operatsion tizimning yuklanishi|"Tizimning o‘z ishini amalga oshirishi uchun, yadroni va boshqa tizim modullarini tezkor xotiraga yuklash jarayoni. " Operatsion xavfsizlik|"Kiritish, qayta ishlash yoki chiqarish operatsiyalarini bajarish vaqtida, ma’lumotlarning o‘zgartirishlardan, buzilishlardan yoki oshkor qilishlardan (tasodifiy, muallif tomonidan bo‘lmagan yoki qasddan) muhofaza qilinganligi. " Operatsiya|"Dasturlash tili obyektlari, ma’lumotlar, o‘zgaruvchilar, konstantalar, funksiyalar – ope-randlar ustida bajariladigan ish. Operandlarning turiga bog‘liq ravishda, arifmetik, satrli (simvolli), mantiqiy, faylli operatsiyalar farqlanadi. Operandlarning soniga bog‘liq ravishda, bir o‘rinli (unar), ikki o‘rinli (binar) va ko‘p o‘rinli (n-ar) operatsiyalar farqlanadi. Umuman olganda, operatsiyalar dasturlash tili bilan belgilanadi. " Operatsiya kodi|"Mashina kodi darajasidagi elektron hisoblash mashinasining komandasi. " Operatsiya (komponent ustida)|"Komponentning takrorlanishi yoki o‘zgartirilishi. Izoh – Komponentlar ustida ruxsat etilgan operatsiyalar: «tayinlamoq», «iteratsiya», «aniqlamoq» va «tanlamoq». " Operatsiya (obyekt ustida)|"Subyektning obyekt ustida bajaradigan aniq turdagi harakati. " Operatsiyalarni tadqiq qilish|"Odam faoliyatining turli sohalarida eng yaxshi yechimlarni topish usullarini ishlab chiqish va qo‘llash bilan shug‘ullanadigan matematik fan. Operatsiyalarni tadqiq qilishning asosiy prinsiplari haqiqiy muammoning modelini tuzishdan iborat. Bunda natijada erishilishi kerak bo‘lgan maqsad; qanoatlantirilishi kerak bo‘lgan cheklashlar; boshqarilishi maqsadga erishish imkonini beradigan parametrlar ajratiladi. Operatsiyalarni tadqiq qilishning ko‘plab masalalarini hal qilish imkonini beradigan dasturiy komplekslar ishlab chiqilgan. " Opsiya|"Bajarish uchun tanlab olinishi mumkin bo‘lgan menyu elementi. " Optik aloqa liniyasi|"Uzatgich sifatida foydalaniladigan modulyatsiyalanuvchi yorug‘lik manbaidan, optik-tolali kabel hamda fotodetektordan (qabul qilgichdan) iborat aloqa liniyasi. Liniyaning barcha elementlari optik signallar manbadan qabul qilgichga etib boradigan tarzda, ulanadi. " Optik aloqa tarmog‘i|"Optik tolali aloqa tarmog‘i. " Optik aralashtirgich|"Monokanal shoxchalarini ulaydigan va ixtiyoriy kirishlaridan biriga berilgan yorug‘lik signali uning barcha chiqishlariga yetib keladigan qilib yasalgan qurilma. " Optik disk|"O‘qish optik nurlanish yordamida boradigan disk ko‘rinishidagi axborot tashuvchi. Disk odatda, yassi bo‘lib, asosi polikarbonatdan qilingan. Polikarbonat asosga axborotni saqlash uchun xizmat qiladigan maxsus qatlam surtilgan. Axborotni o‘qish uchun maxsus qatlamga yo‘naltiriladigan va undan qaytadigan lazer nuridan foydalaniladi. " Optik kabel|"Ekspluatatsiya qilishning berilgan sharoitlarida ularning ishlash qobiliyatini ta’minlaydigan yagona konstruksiyaga birlashtirilgan bitta yoki bir nechta optik toladan iborat kabel mahsuloti. Izoh – Zarur bo‘lganda, optik kabelda tok o‘tkazuvchi simlar ham bo‘lishi mumkin. " Optik kanal (optik-tolali aloqa liniyasi)|"Yorug‘lik o‘tkazgichlar va optik kuchaytirgichlardan iborat aloqa liniyalari bo‘ylab yorug‘lik signallarini uzatish uchun mo‘ljallangan kanal. " Optik kommutator|"Ma’lumotlar uzatish optik tolali liniyalarini ulash uchun bitta yoki bir nechta port bilan jihozlangan an’anaviy tarmoq kommutatorlari. Ushbu qurilmalar bir vaqtning o‘zida ikkita funksiyani bajaradi. " Optik kommutatsiyalash|"Optik kanallar orasida yorug‘lik signallarini tarqatishni va xotirada saqlashni taʼminlovchi kommutatsiyalash. " Optik kompyuter|"Ma’lumotlarni taqdim etish uchun yorug‘likdan foydalanish maqsadida loyihalashtirilgan va o‘zgartirilgan, hisoblash mantig‘i elementlari bevosita bog‘langan optik qurilmalarga asoslangan apparatura. " Optik kuchaytirgich|"Optik nurlanish quvvatini kuchaytirishni taʼminlovchi kuchaytirgich. Optik kanal va tizimlarda, yorug‘likni kuchaytirish tashqi manba energiyasi evaziga amalga oshiriladi. Kuchaytirgichning asosi bo‘lib, aktiv fizik muhit hisoblanadi, unda energetik dam berish hisobiga nurlanish quvvati ortadi. Aktiv fizik muhit sifatida, lazerlarda ishlatiladigan moddalar ishlatiladi. Kuchaytirishda, boshlang‘ich signal spektri o‘zgarishi mumkin. " Optik qayta ulagich|"Optik-tolali kabelga ega tarmoqlarda qo‘llaniladigan, konsentratorga o‘xshash tez harakat qiladigan tarmoq qurilmasi. " Optik qaytargich (qaytargich)|"Yorug‘lik manbai chiqaradigan yorug‘lik oqimini uning fazoviy taqsimlanishini o‘zgartirish maqsadida qaytaruvchi qurilma. " Optik sinov jadvali|"Shaffof yoki noshaffof asosga tushirilgan televizion sinov jadvali. " Optik «sichqoncha»|"«Sichqoncha» ning maxsus turi. «Sichqoncha» siljishlarini indikatsiyalash uchun yorug‘lik diodlaridan va qaytaruvchi sirtdan foydalaniladi. " Optik skaner|"Simvollarni optik tanish usullaridan foydalanib, matnni o‘qish uchun mo’ljallangan qurilma. " Optik spektr|"Optik nurlanishning nurlanish yoki yutilish spektri. Izoh – To‘lqin uzunligi 100 nm dan 10000 nm gacha bo‘lgan elektromagnit nurlanish. Optik nurlanish to‘lqin uzunligiga bog‘liq ravishda, ultrabinafsha, ko‘rinuvchi va infraqizil nurlanishlarga bo‘linadi. " Optik tarmoqlagichning uzatish matritsasi|"Satr raqamlari kirish optik qutblari raqamlariga, ustun raqamlari optik tarmoqlagichning chiqish qutblari raqamlariga mos keladigan, matritsa elementlari esa, berilgan ulanishda tegishli kirish va chiqish optik qutblari o‘rtasida uzatish koeffitsiyentlarini o‘zida ifodalaydigan matritsa. " Optik tarmoq|"Yorug‘lik signallari uzatadigan kommunikatsiya tarmog‘i. Optik kommunikatsiya tarmog‘i, bir biri bilan ulangan optik kommutatsiya bog‘lamalaridan va optik kanalli abonent tizimlaridan tashkil topadi. " Optik tola|"Optik-tolali uzatish tizimining, qoplamali dielektrik materialdan qilingan sim ko‘rinishida yasalgan optik to‘lqin o‘tkazgichi. " Optik tola dispersiyasi|"Optik nurlanish turli tashkil etuvchilari guruhiy tezliklarining farqi. " Optik tolali segment|"Har ikkala uchida optik signallarni kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi qurilmalar ulanishi mumkin bo‘lgan optik kabel (tola). " Optik tolali taqsimlangan ma’lumotlar interfeysi|"Optik tolali kompyuter tarmoqlarida ma’lumotlarni 100 Mbit/s tezlik bilan uzatish tizimlari uchun mo‘ljallangan standart. " Optik tolaning qutbliligi|"Optik-tolali tarmoq uzatgichi va qabul qilgichini marshrutlash. Farqlanish (uzatgich yoki qabul qilgich) signal manbaining fazoviy holatiga bog‘liq bo‘ladi. Har qanday berilgan nuqtadan boshlab, uzatuvchi tola pirovardida, qarama-qarshi tomonda qabul qiluvchi tolaga aylanadi. " Optik tranzistor|"Yorug‘lik signalini ichki elektr taʼsiriga asoslangan kuchaytirgich. " Optik-tolali attenyuator|"Optik-tolali uzatish tizimida optik signal quvvatini kamaytirish maqsadida o‘rnatilgan komponent. Ko‘pincha, fotodekoder olgan optik quvvatni optik qabul qilgichning sezgirlik chegarasigacha cheklash uchun foydalaniladi. " Optik-tolali kabel|"Ma’lumotlar yorug‘lik yordamida uzatiladigan kabel, bu uzatish sifati va tezligini oshiradi. Kompyuter tarmoqlarida ishlatiladi. Kvarts shisha asosida qilingan va sindirish ko‘rsatgichi o‘zakdagiga nisbatan kichik bo‘lgan qobiq bilan o‘ralgan tolali (egiluvchan) dielektrik. " Optik-tolali kichik tizim|"Muayyan bog‘lanishlar va interfeyslarga ega, tizimning bir qismi hisoblanadigan funksional birlik. O‘z ichiga fizik tuzilmalar va/yoki komponentlarni oladi. " Optik-tolali kommunikatsiya tizimi|"Modulyatsiyalangan yoki modulyatsiyalanmagan optik energiyani optik-tolali muhit bo‘ylab uzatish. " Optik-tolali liniya|"1. Bog‘langanda uzatish yo‘lini hosil qiladigan optik-tolali segmentlar va repiterlar majmui. 2. Yorug‘lik energiyasining, uzatgichdan qabul qilgichga 850 nm dan 1350 nm gacha to‘lqin uzunliklari diapazonida uzatilishini taʼminlovchi, passiv va aktiv optik elementlar jami. " Optik to‘lqin o‘tkazgich|"Qar.: Tola. " Optik to‘plagich|"Lazer texnologiyasiga asoslangan ma’lumotlarni saqlash qurilmasi. Optik to‘plagichlar «faqat o‘qish uchun» (CD-ROM), «o‘qish va bir marta yozish uchun» (CD-R, Compact Disk-Recordable), «o‘qish va ko‘p marta yozish uchun» (CD-RW, Compact Disk-Re Writable) kabi turlarga bo‘linadi. Bu turlardan tashqari, magneto-optik to‘plagichlar va DVD qurilmalari bor. " Optimal marshrutni tanlash algoritmi|"Paketni oxirgi adresatga yetkazib berish vaqti minimallashtirilgan marshrutlash algoritmi. " Optimallash|"Davlat xizmatlarini taqdim etish jarayonining eng yuqori samaradorligiga erishish uchun, mumkin bo‘lgan variantlardan eng yaxshisini tanlash. " Optoelektronika|"Elektronikaning asosini elektr signallarni optik signallarga va aksincha, aylantirish printsipi, shuningdek, optik to‘lqinlar yordamida ko‘chiriladigan axborotni uzatish, qabul qilish va qayta ishlash usullari tashkil etadigan bo‘limi. " Oq rang balansi|"Qizil, yashil va ko‘k signallar jadalligini muvofiqlash jarayoni, ularning aralashishi natijasida oq rang hosil bo‘ladi. Ekran rangliligi rangli kineskop uchta nurining toklari nisbati bilan aniqlanadi. " Oq ro‘yxat|"Avtomatik tarzda eʼtiborga olinmasligi yoki blokirovka qilinishi lozim bo‘lmagan obyektlarning ishonchli xostlari, manzillari va boshqa identifikatorlarining ro‘yxati. Oq ro‘yxatlardan foydalanish «ro‘yxatdagi obyektlarning operatsiyalarini bajarishni doimo ruxsat etish» tamoyilini amalga oshiradi. " «Oq» shovqin|"Vaqt bo‘yicha uzluksiz va o‘zgarmas amplitudali shovqin, uning spektral tashkil etuvchilari quyi va yuqori chegaralar bilan cheklangan chastotalarning keng polosasida bir tekis taqsimlanadi. " Oqib chiquvchi moda|"Nurning, tola chetiga qA apertura burchagidan katta bo‘lgan burchak ostida tushishidan hosil bo‘lgan to‘lqin. O‘zak-qobiq bo‘linish chegarasidagi sinish hisobiga to‘lqin energiyaning bir qismini yo‘qotadi va so‘nadi. " Oqib chiquvchi to‘lqin|"Dielektrik yoki optik to‘lqin o‘tkazgichda kiruvchi elektromagnit to‘lqinning to‘lqin o‘tkazgich chetidan oqib o‘tadigan va nurlanish manbaidan uzoqlashgan sari so‘nib borgan holda, uning tashqi tomoni bo‘ylab tarqaladigan qismi. Oqib chiquvchi to‘lqin odatda, yuqori tartibdagi modalardan iborat bo‘ladi, quyi modalar to‘lqin o‘tkazgichda qoladi. " Oqim|"Aloqa kanali yoki liniyasi orqali uzatiladigan ma’lumotlarning uzluksiz ketma-ketligi. " Oqim, jarayon|"1. Mijoz bilan so‘rovlar yuboriladigan server o‘rtasidagi mantiqiy ulanish. 2. Ko‘p vazifali tizimda yuzaga kelgan jarayon (tred) ‒ zamonaviy operatsion tizimlarda ‒ dispetcherlash (boshqaruvni markazlashtirish) birligi. " Oqimlar puli|"Oqimlarni .NET dagi guruhlarga tizimlashtirishning samarali mexanizmi. " Oqimli multimedia|"Foydalanuvchi tomonidan oqimli uzatish provayderidan to‘xtovsiz olinadigan multimedia. Mazkur tushuncha telekommunikatsiyalar orqali uzatiladigan axborotga nisbatan ham, dastlab oqimli (radio, TV) yoki oqimli bo‘lmagan uzatish (kitob, videokasseta, audiodisk)larga nisbatan ham qo‘llanilishi mumkin. " Oqimli shifr|"Ochiq matnning ketma-ket ayrim bitlarini yoki belgilarini o‘zgartiruvchi va dastur ko‘rinishida amalga oshirish uchun mo‘ljallangan shifr. " Oqni siqish (televizion tasvirda)|"Tasvirning yorqin uchastkalari kontrastliligini sezilarli kamaytirish. " Oqning darajasi|"Eshittirish televideniyesi berilgan tizimi uchun yorqinlik signalining belgilangan maksimal darajasi. Izohlar 1. Yorqinlik signali pozitiv deb taxmin qilinadi. 2. Rangli televideniyeda rangli videosignalning maksimal darajasi oqning darajasidan oshishi mumkin. " Oqning etalon darajasi|"Kuzatish nuqtasidagi, oqning yonalishida tasvir signalining muayyan maksimal kirishiga mos keladigan daraja. " Oqning nominal darajasi|"Obyektda normalangan oqni uzatish vaqtidagi yorqinlik signalining darajasi. " Oqning tayanch impulsi|"So‘nish darajasidan oqning nominal darajasigacha bo‘lgan ko‘lamdagi to‘g‘ri burchakli etalon impuls. " Oraliq|"Grafik tasvirga ega bo‘lmagan ikkita element o‘rtasidagi masofa. " Oraliq avlod (2,5G)|"Mobil aloqa tizimlari rivojlanishining, 2G va 3G tizimlari o‘rtasidagi o‘tish bosqichi. Izoh − Bu bosqich 3G tizimlariga xos bo‘lgan xizmatlarni taqdim eta oladigan, 2G ning takomillashtirilgan vositalaridan foydalanishi bilan tavsiflanadi. 2,5G ham 2G foydalanadigan chastota diapazonidan foydalanadi va uskunaning eng kam darajada takomillashtirilishini talab qiladi. 2,5G tizimlari GPRS hamda 1xRTT tizimlarini o‘z ichiga oladi. " Oraliq radioreleli stansiya|"Televizion radioreleli tizimning bir qismi. Televizion signalni qabul qiladigan va uzatadigan muayyan apparatura kompleksi. " Oraliq tasvir (tovush jo‘rligidagi) eltuvchi|"Televizion apparaturada (tovush jo‘rligidagi) tasvir radiosignalining qayta ishlanishini soddalashtirish uchun foydalaniladigan (tovush jo‘rligidagi) tasvir eltuvchi. " Oraliq til|"Dasturlarning boshlang‘ich matnlari turli dasturlash tillaridan, keyin interpretator bajaradigan yoki mashina kodiga kompilyatsiya qilinadigan qandaydir oraliq tilga ko‘chiriladigan texnologiya. Xususan, Java va Microsoft NETda qo‘llaniladi. Yangi dasturlash tillarini amalga oshirish vaqtini qisqartiradi va turli jarayonlar uchun ayni bir kompilyatordan foydalanish imkonini beradi. " Oraliq zona|"Nurlantiruvchi antenna uchun yaqin va uzoq zona o‘rtasidagi o‘tish sohasi, bunda elektromagnit maydon kuchlanganligi nurlanish manbaigacha bo‘lgan masofaning kvadratiga, shuningdek kubiga teskari proporsional nurlanish manbaigacha masofaga teskari proporsional tarzda o‘zgaradi. " (Orbitaning) pastdagi uzeli|"Yo‘ldosh shimoldan janubga harakat qilganda, orbita ekvator tekisligini kesib o‘tadigan nuqta. " Organ|"Sertifikatlar berilishi yuzasidan javobgar obyekt. Organlarning ikki turi: ochiq kalitlar sertifikatlarini beradigan sertifikatlash organi hamda atributlar sertifikatlarini beradigan atributlar organi belgilangan. " Organ sertifikati|"Organga (masalan, sertifikatlash organiga yoki atributlarni berish bo‘yicha organga) berilgan sertifikat. " Organik yorug‘lik diodi|"Yassi displeylar uchun istiqbolli qurilma. Elektr energiyasini kam iste’mol qiladi, o‘lchamlari kichik, og‘irligi kam, ko‘rish burchagi birmuncha keng, ekranni yoritib turish zarurati yo‘q. " Original uskuna ishlab chiqaruvchi|"Biror bir tashqi qurilmani, odatda unga drayverni ham, ishlab chiqaradigan firma. " Orqa fon rangi|"Dasturlar va operatsion tizimlarda − asosiy ishlash maydonining rangi. Odatda, o‘zgarishi mumkin. Operatsion tizimlarda orqa fonga istalgan tasvirni ham qo‘yish mumkin. " Orqa yaproqning nisbiy darajasi|"Orqa va asosiy yaproqlar bo‘yicha nurlanadigan signallar quvvatining nisbati. " Orqaga|"Veb-brauzerda oldingi sahifaga o‘tish yoki fayl boshqaruvchilarda oldingi papkaga o‘tish operatsiyasini bajaruvchi tugmacha. Backspace yoki Alt + <- klavishlari bu operatsiya uchun «qaynoq klavish» hisoblanadi. " Orqaga qaytish|"SGLda orqaga qaytish tranzaksiyadagi taklif qilingan o‘zgartirishlarni qaytaradi. Orqaga qaytish protsedurasida tranzaksiyaning nomi ishlatilgan bo‘lsa, tranzaksiya butunlay qaytarilishi mumkin. Agarda tranzaksiyada saqlash nuqtasi ishlatilgan bo‘lsa qisman orqaga qaytish ham mumkin. Orqaga qaytishning muqobili – tranzaksiyani qayd etish. " Ortga qaytarish|"Oldingi (o‘zgartirishlargacha bo‘lgan) holatga qaytarish. " Ortib borish bo‘yicha saralash|"Maʼlumotlarni kichik qiymatlardan katta qiymatlarga tomon, masalan, sanalarni ‒ oldingisidan hozirgi sana tomon, matnli maʼlumotlarni ‒ alifbo tartibi bo‘yicha tartibga solish. " Ortiqcha bitlar|"Axborotni qabul qilishda xatolardan himoya qilish maqsadida, signalga qo‘yiladigan qo‘shimcha bitlar ketma-ketligi. " Ortiqcha kod|"Xatolar mavjudligini avtomatik tarzda aniqlash uchun qurilgan kod (masalan, sarlav-hadagi CRC-8, ekspluatatsiya qilish va boshqarish yacheykalaridagi CRC-10 va RIP-16 kod). " Ortiqcha kod bilan bo‘ylama nazorat qilish|"O‘qish/magnit tasmaga yozishda ma’lumotlar yaxlitligini nazorat qilish usuli, nazorat summalari har bir yo‘lka bo‘yicha ma’lumotlar bloki uchun hisoblanadi. " Ortiqcha siklik kod bilan nazorat qilish|"1. Ma’lumotlarni uzatish va saqlashda ularning yaxlitligini avtomatik nazorat qilish usullaridan biri. Polinomial kodning bir turi yordamida hisoblangan (ya’ni, nazorat summasiga qaraganda murakkabroq qoidalar bo‘yicha) son xotiradagi yozuvning oxirida joylashtiriladi, o‘qish/yozish operatsiyalarida yoki telekommunikatsiyalar kanallari orqali uzatishda ma’lumotlarning yaxlitligini nazorat qilish uchun foydalaniladi. 2. Ma’lumotlarni bo‘ylama nazorat qilish usuli, xatolarning tuzatilishini ta’minlaydi. " Ortiqcha telefon trafigi|"Keladigan telefon trafikning, telefon tarmog‘i liniyalari (kanallari) bog‘lami tomonidan xizmat ko‘rsatilmagan va telefon tarmog‘i aylanma yo‘llarining liniyalari (kanallari) bog‘lamlariga yo‘naltiriladigan qismi. " Ortiqcha trafik|"Trafikning, texnik vositalar to‘plamiga kelib tushgan va bu to‘plam orqali o‘tmagan qismi. " Ortiqcha uzatish tezligi|"Belgilangan ulanish uchun kafolatlangan o‘tkazish polosasidan oshuvchi trafik. Xususan, uzatishning ortiqcha tezligi uzatishning kafolatlangan tezligisiz uzatishning maksimal tezligiga teng. Ortiqcha trafik tegishli resurslar mavjud bo‘lgan hollardagina yetkaziladi, o‘ta yuklanish vaqtida u chiqarib tashlanishi mumkin. " Ortiqcha yuklanish|"Sifatning asosiy ko‘rsatgichlari tez yomonlasha boshlaydigan tarmoq holati. " Ortiqchalik|"1. Ishlashning zarur ishonchliligini ta’minlash maqsadida, tizimga eng kam miqdordagi apparat yoki dasturiy vositalarning ustiga qo‘shimcha kiritish. Izoh − Tegishli ravishda apparat va dastur ortiqchaligi farq qilinadi. Axborot nazariyasida – raqamli shaklga o‘zgartirilgan signaldan uning qayta tiklanish aniqligini buzmasdan chiqarib tashlash mumkin bo‘lgan ma’lumotlar xarakteristikasi (axborot ortiqchaligi deb ham ataladi). 2. Ishonchlilikni oshirish usuli bo‘lib, asosiy elementlar ishlamay qolganda, ularni almashtirishi mumkin bo‘lgan ortiqcha elementlarning kiritilishiga asoslangan. 3. Har qanday xabarni birmuncha qisqa shaklda taqdim etish mumkinligining miqdor xarakteristikasi. Diskret signallar shaklida kodlangan xabarlar uchun ortiqchalik kodning undan chiqarib tashlanishi mumkin bo‘lgan elementlari miqdorining elementlarning boshlang‘ich miqdoriga nisbati bilan o‘lchanadi. " Ortiqchalik bo‘lgan arzon disklar massivi|"Ma’lumotlarni saqlash ishonchliligini ta’minlovchi (RAID 1, RAID 5) tizimi yoki ma’lumotlarni o‘qish-yozish tezligini oshiruvchi (RAID 0) texnologiya. Bitta massivga birlashtirilgan bir qancha disklardan foydalanishni ifodalaydi. " Ortiqchalik bo‘yicha siklik nazorat|"Ortiqchalik bo‘yicha nazorat bo‘lib, qo‘shimcha raqamlar yoki simvollar siklik algoritm orqali generatsiyalanadi. " Ortiqchalikni qisqartirish|"Bitreytni pasaytirish usuli, bunda imkon qadar axborotning ortiqcha bo‘lmagan qismi uzatiladi. Izoh – Ortiqchalikni qisqartirish qaytariluvchi jarayon hisoblanadi. " Ortogonal diskretlash|"Yoyish satrlaridagi diskretlash sanoqlariga tegishli nuqtalar tasvirga yoyish satrining yo‘nalishiga perpendikulyar ravishda yo‘naltirilgan tasvirni diskretlash. Izoh – Progressiv yoyish hollarida, yoyish satri nuqtasi shu maydondagi vaqt bo‘yicha qo‘shni satrlar nuqtasiga yo‘naltirilgan, satr oralatib yoyishda, yoyish satridagi nuqtalar keyingi maydonning fazo bo‘yicha qo‘shni satrlariga yo‘naltirilgan. " Ortogonal diskretlash tuzilmasi|"Signaldagi sanoqlar chastotasi satrlar chastotasiga karrali qilib tanlangan diskretlash, bunda sanoqlar to‘g‘ri burchakli panjara tugunlarida joylashadi. " Orttirilgan aniqlikdagi televideniye|"Mavjud eshittirish televideniyesi tizimlariga nisbatan aniqlikni oshirish uchun eshittirish televideniyesi radiosignalining parametrlari o‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan sifati yaxshilangan televideniye. " Osiyo uyali va yo‘ldoshli aloqa tizimi|"Tarkibiga Indoneziya, Filippin va Tailand kiradigan ACeS konsorsiumi tomonidan yaratilgan shaxsiy radiotelefon aloqa tizimi. Izoh − Tizim Osiyo va Yevropa hududlarini qamrovchi bir nechta geostatsionar kosmik apparat (Garuda) yordamida 2 mln.gacha abonentga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan. Abonent qurilmalari sifatida, uyali va yo‘ldoshli aloqa tizimlarida ishlash imkoniyatlari mujassamlashtirilgan, ikki rejimli portativ «go‘shak»lar ishlatiladi. " Osonlashtirilgan jarayon|"Virtual xotira fazosida jarayon-ona kabi bajariladigan jarayon. " Ostvald rang tizimi|"Sirtlar rangini ideal sirt rangi bilan muvofiqlashtirishga asoslangan aniqlash tizimi. " Overley|"Dasturning, zarur bo‘lganda dastur bajarilish paytida tashqi xotira qurilmasidan qoplash (overleylar) sohasiga, undagi kodni o‘chirgan holda, yuklanadigan segmenti. Overleylar bu sohaga ixtiyoriy tartibda yuklanishi mumkin. Dasturni yadroga va overleylarga bo‘lish, uning tezkor xotirasi uchun zarur bo‘lgan hajmni keskin kamaytirish imkonini beradi, lekin diskli kiritish-chiqarish operatsiyalari hajmini oshiradi. " Overley drayveri|"Xotiraning bitta sohasiga foydalanuvchi dasturidagi modullarning yo birinchi guruhiini yoki boshqa guruhini navbati bilan yuklashni bajaradigan tizim dasturi. " Overley tuzilmasi|"Dasturni, turli guruhlar bir vaqtda xotirada saqlashi kerak bo‘lmagan o‘zaro bog‘langan modullar guruhiga, dastur uchun ajratilgan xotira sohasida ularni navbatma-navbat yuklash maqsadida bo‘lish. " Ovoz balandligini rostlash|"Elektr signal amplitudalarini past chastota kuchaytirgichi o‘ta zo‘riqishining yoki radiokarnay tiklayotgan tovush signallari ortiqcha baland bo‘lishining oldini olish maqsadida o‘zgartirish. " Ovoz berish|"Veb-sayt auditoriyasi va uning fikrlari to‘g‘risida axborot yig‘ish uchun asbobiy dastur. Odatda ovoz berish har bitta savolga standart javob xillaridan birini tanlash mumkin bo‘lganda qulay. " Ovoz bilan boshqariladigan|"Nutqiy komandalar orqali boshqariladigan jarayonlar yoki qurilmalar. " Ovoz yordamida raqam terish|"Mobil telefonning, chaqiriluvchi abonent raqami nutq yordamida terilishini ta’minlovchi funksiyasi. " Ovoz yozish qurilmasi|"Tovush to‘lqinlarini analog yoki raqamli signallarga o‘girib, keyinchalik ma’lumotlarning tashuvchilarda saqlanishini ta’minlaydigan ovoz yozish qurilmasi. " Ovozlashtirish|"Tovush jo‘rligi tasvir yozib olingandan so‘ng ekranda kuzatiladigan dastur mazmuniga muvofiq qo‘shiladigan televizion dasturlar qismini ishlab chiqish. " Ovozli kitob|"Ovozli kitobni o‘zida saqlovchi tovushli fayl. Ovoz berish professional artistlar tomonidan amalga oshiriladi. " Ovozli, nutqli va audio moslamalar|"Ovozga ishlov berish, chiqarish uchun qurilma. Masalan, ovozli karta, audiokolonkalar va sh.k. " Ovozli pochta xizmatlari|"Operator tomonidan taqdim etiladigan, ovozli pochta deb ataladigan xizmatlar kompleksi. Mobil telefon band bo‘lganda, o‘chirib qo‘yilganda, tarmoq qoplash zonasidan tashqarida bo‘lganda, qandaydir vaqt mobaynida chaqiruvga javob bermaganda, qayta manzillash xizmatidan foydalanib, qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish imkonini beradi. " Ovozni qabul qilish|"Manbadan ovozli axborotni qabul qilish. Masalan, ovozli yo‘lakni AudioCD dan qabul qilish. " Ovozsiz|"Tovush chiqarilmaydigan rejim. Qisqa muddatga tovushni o‘chirib turishda foydalaniladi. " «Oxirgi bo‘lib keldi – birinchi bo‘lib xizmat ko‘rsatildi»|"Stek, tuzilma, qurilma va boshqalarning ishlash prinsipi, birinchi bo‘lib oxirgi kelgan elementga xizmat ko‘rsatiladi. " Oxirgi foydalanuvchiga mo‘ljallangan elektron biznes|"Axborot makonidagi iqtisodiy faoliyatning, oxirgi foydalanuvchining ehtiyojlarini qondirishga va uzoq muddatli iqtisodiy munosabatlarni shakllantirishga qaratilgan sohasi. " «Oxirgi milya»|"Aloqa tarmog‘ining, oxirgi (terminal) abonent qurilmasidan to magistral liniya yoki kommutatsion stansiyagacha bo‘lgan qismi. Boshqacha izohi – abonent foydalanish tarmog‘i. " Oxirgi nuqta|"Seans manbai yoki belgilanishi bo‘lib xizmat qiladigan tizim. " Oxirgi obyekt|"Sertifikati bo‘lgan, o‘zining shaxsiy kalitidan sertifikatlarni imzolash maqsadlarida foydalanmaydigan subyekt yoki ishonchli tomon hisoblanadigan obyekt. " Oxirgi (terminal) abonent qurilmasi|"Abonent xonasida o‘rnatiladigan va uning tasarrufida bo‘lgan oxirgi (terminal) qurilma. " Oxirgi (terminal) abonent telefon qurilmasi|"So‘zlashuv olib borish uchun mo‘ljallangan abonent telefon qurilmasi. " Oxirgi (terminal) maʼlumotlar uskunasi|"Maʼlumotlar manbai yoki maʼlumotlarni oluvchi yoki unisi ham, bunisi ham bo‘lgan (masalan, elektron hisoblash mashinasi) oxirgi (terminal) uskuna. " Oxirgi (terminal) qabul qiluvchi stansiya|"Kirishiga radioreleli liniyadan televizion signal uzatiladigan, chiqishida esa radioreleli liniyaning televizion chiqish signali olinadigan apparatura kompleksi. " Oxirgi (terminal) tarmoq qurilmasi|"Abonent uskunasi va abonentni tarmoqqa ulaydigan aloqa liniyasi o‘rtasidagi interfeys qurilma. ISDN tarmog‘ida apparat murakkabligi bilan farqlanadigan oxirgi (terminal) uskunaning ikki turi ajratiladi. Oddiy NT1 da fizik sathning asosiy funksiyalari amalga oshirilgan, NT2 qurilmasi (kontroller vazifasini bajaradigan) yordamida esa, bir vaqtning o‘zida bir nechta NT1 ning tarmoqqa ulanishi taʼminlanadi. " Oxirgi (terminal) uskuna|"Telekommunikatsiyalar tarmoqlari bilan o‘zaro ishlaydigan hamda telekommunikatsiyalar tarmoqlari orqali uzatiladigan yoki qabul qilinadigan signallarni hosil qilish, o‘zgartirish, qayta ishlashga mo‘ljallangan foydalanuvchilarning texnik vositalari (telefon, faksimil, radiotelepriyomniklar va boshqa qurilmalar). " Oxirgi tizim|"OSI modelidagi OSI protokolining barcha (yettita) bosqichi orqali aloqani ta’minlaydigan, o‘zida amaliy jarayonlarni saqlovchi tizim. Internetdagi xost-ning analogi. " Oxirgi uzel|"Kommunikatsiya tarmog‘i orqali o‘zaro ishlashda maʼmuriy yoki abonent tizimlar ulangan uzellar. " Oxirgi yozuv|"Maʼlumotlar blokining yakunlovchi qismi. Unga, uzatish oldidan, maʼlumotlar bloki uzatilgandan so‘ng xato paydo bo‘lganligini aniqlash imkonini beradigan nazoratlovchi yig‘indi – bitlar ketma-ketligi yoziladi. " Oxirgi shifrlash|"Avtomatlashtirilgan tizimning ikki subyekti o‘rtasida uzatiladigan axborotning kriptografik muhofazasi. " Oyna|"Displey ekranining to‘rtburchakli qismi, u orqali ilova yoki uning qismi bilan birga ishlash amalga oshiriladi. Grafik foydalanuvchi interfeyslarida va barcha mumkin bo‘lgan qobiqlarda keng qo‘llaniladi, status satri, sarlavha va menyu kabi standart elementlarni o‘z ichiga oladi. Ekranning dastur va jarayonlar bajarilishi mumkin bo‘lgan qismi. Bir vaqtda bir nechta oyna ochilishi mumkin. Masalan, bir oynada elektron pochta dasturini ochish, boshqasida elektron jadval bilan ishlash, uchinchisida raqamli kamerada tasvirni yuklash, to‘rtinchisida esa Internet-magazinda buyurtmani rasmiylashtirish mumkin. Oynani yopish, hajmini o‘zgartirish, vazifalar panelida tugmalarni burish yoki ekranda to‘laligicha aks ettirish mumkin. " Oyna mexanizmi|"1. Maʼlumotlarni uzatishni boshqarishda muhim rol o‘ynaydi. Oyna deyilganda kommunikatsion tizim orqali, xatosiz yetib borishi to‘g‘risidagi xabar kutilmasdan uzatiluvchi maʼlumotlar bloklari soni tushuniladi. Ushbu uzatishning tugashida haqiqiy oluvchi jo‘natilgan maʼlumotlar bloklarini olganligini tasdiqlashi lozim. 2. Bir paytning o‘zida bir necha dasturni ishlatish texnologiyasi, bunda har bitta dastur alohida oynada bajariladi. Masalan, birinchi oyna hujjatni qayta ishlash uchun, ikkinchisi elektron jadvallarni tuzish, uchinchisi esa elektron pochtani qabul qilish uchun ishlatilishi mumkin. " Oyna tizimi|"Ekranda bir vaqtda turli hisoblash jarayonlariga (dasturlariga) tegishli bo‘lgan bir qancha chiqish joylari (oynalar) aks etadigan operator interfeysi. " Oyna turkumi|"Microsoft Windows operatsion tizimi va uning API tizimidagi fundamental tuzilmalardan biri. Tuzilma nishonchalar, menyu, fon rangi va bir qancha parametrlarni ko‘rsatish yo‘li bilan oyna yaratish imkonini yaratadi. U o‘zida foydalanuvchining harakatiga ko‘ra amalga oshirish kerak bo‘lgan oynaning harakatlarini ifodalovchi funksiyaga ko‘rsatgichni ham saqlaydi. Bundan tashqari, u operatsion tizimga klassning o‘zi uchun va har bir oyna uchun qancha xotira kerakligi to‘g‘risida ham xabar beradi. window classlarning ikkita versiyasi bo‘lgan. Ikkinchi versiyasiga qo‘shilgan yagona texnik bo‘lmagan qo‘shimcha, bu ‒ oyna uchun qo‘shimcha kichik nishoncha. Birinchi versiyasi Windows 3.x da ishlatilgan bo‘lsa, ikkinchisi Windows 95 va Windows NT 3.1 lardan boshlab qo‘llaniladi. " Oyna uslubi|"Oyna klassi bilan tasniflanmaydigan oyna ko‘rini-shini belgilaydigan konstanta. " Oyna o‘lchovi|"Mos ravishda oynaning bo‘yi va enini piksellarda aniqlovchi ikkita – x, y son. " Oynalar dispetcheri|"Windows funksiyasi oynalarni ekranda tartiblashga, oynalarni barcha oynali ilovalarga xos ravishda joylashtirishga, o‘zgartishga mas’ul. " Oynali server|"Aloqa kanallarining o‘tkazish qobiliyati yoki server samaradorligi yetarli bo‘lmasligi tufayli, barcha foydalanuvchilar foydalana olmaydigan, tarmoqda ommaviy bo‘lgan serverlarni takrorlaydigan xizmatlar va axborotni taqdim etadigan server. Turli yerlarda o‘rnashgan «oynalar» bu muammoni hal qiladi. Boshlang‘ich server ma’lumotlaridagi barcha o‘zgartirishlar oyna serverlarga tarqatiladi. " Oynani aniqlovchi|"Foydalanilayotgan oynaga kirish uchun ruxsat oladigan noyob oyna identifikatori. " Oynani boshqarish funksiyasi|"Oynalarni masshtablash, joyini o‘zgartirish, o‘lchamini o‘zgartirish va ularning o‘zaro joylashuvini boshqaradigan funksiya. " «Og‘ir vaznli» jarayon|"Shaxsiy manzil fazosida ishlaydigan, yengillashtirilgan jarayonga qarama-qarshi bo‘lgan klassik jarayonning nomi. " Og‘ish bo‘yicha o‘ta yuklanish|"Kvantlagichning, kirishga beriladigan sanoqlar ketma-ketligidagi qiymatlar o‘rtasidagi katta farqqa mos ravishda, ta’sir ko‘rsata olmasligi hollarida sodir bo‘ladigan buzilishlar. " Ogʻish burchagi|"1. Nurning antenna yo‘nalganlik diagrammasining o‘qidan og‘ish burchagi. 2. Qutblanish ellipsi o‘qi va asosiy qutblanish o‘rtasidagi burchak. " Og‘zaki xabarni uzatish xizmati|"Foydalanuvchining (abonent bo‘lishi yoki bo‘lmasligidan qat’i nazar) so‘rovi bo‘yicha telefonchi, bitta yoki bir nechta telefon raqamlarini belgilangan vaqtda chaqirib yoki oldindan aniqlangan shaxsning (abonent bo‘lishi yoki bo‘lmasligidan qat’i nazar) chaqiruviga javob berib, qisqa xabarni uzatadigan xizmat. " Oshib boruvchi diskretlash (interpolyatsiya)|"Vaqt birligida sanoqlar sonini oshirgan holda qayta diskretlash. " Ochiladigan ro‘yxat|"Qiymatlar ro‘yxatidagi bitta yoki bir nechta qiymatni tanlab olish uchun mo‘ljallangan boshqaruv elementi. " Ochilish portali|"Davlatning ishonchli va yuridik jihatdan ahamiyatli axboroti joylashtiriladigan hamda undan cheklanmagan doiradagi shaxslar foydalana oladigan avtomatlashtirilgan tizim. " Ochiq amaliy jarayonlar guruhi|"Umumiy foydalanishdagi modellarni va amaliy dasturlarning standartlarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan tashkilot. OAG o‘nta eng yirik dasturiy taʼminot ishlab chiqaruvchilari tomonidan yaratilgan bo‘lib, o‘z eʼtiborini qo‘llanmalarni uyg‘unlashtirishga qaratgan. Yaratilayotgan standartlar foydalanuvchilarga amaliy dasturlarni ishlab chiqaruvchilarni tanlash imkoniyatini va moliyaviy vositalarni iqtisod qilishni taʼminlaydi. " Ochiq arxitektura|"Kompyuter yoki periferik qurilma arxitekturasi, bu arxitektera uchun boshqa ishlab chiqaruvchilarga shunday arxitekturali tizimlarga qo‘shimcha qurilmalar ishlab chiqish imkonini beradigan spetsifikatsiya nashr qilingan. " Ochiq boshlang‘ich matnlar|"Ishlab chiqiladigan tizimning boshlang‘ich kodi, uni takomillashtirish istagida bo‘lgan barcha xohlovchilarga erkin va bepul taqdim etilishida ifodalanadigan prinsip. " Ochiq dasturiy muhit|"Dasturlar uyg‘unligini taʼminlay oladigan dasturiy muhit. " Ochiq dasturiy taʼminot|"Dastlabki kodi ochiq bo‘lgan, yaʼni ko‘rish va o‘zgartirish imkoniyati mavjud dasturiy taʼminot. Bu yaratilgan dasturning yangi versiyalarini yaratish, xatolarni tuzatish hamda ochiq dasturni qo‘shimcha qayta ishlash imkonini beradi. «Ochiq» litsenziya ochiq dasturiy taʼminot tekinga taqdim qilinishini talab qilmaydi. Shunga qaramay, ko‘pchilik ochiq dasturiy taʼminotning muvaffaqiyatli loyihalari bepul. " Ochiq dasturiy ta’minot fondi|"DEC, IBM, Hewlett-Packard va bir qator ish stansiyalari va serverlarning unchalik taniqli bo‘lmagan yetkazib beruvchi kompaniyalardan tashkil topgan konsorsium. 1988-yili Unix tizimiga o‘xshash ochiq kodli operatsion tizimni ishlab chiqarish uchun tuzilgan. 1996-yili X/Open konsorsiumi bilan birlashgan. " Ochiq elektron raqamli imzo kaliti|"Elektron raqamli imzoning tegishli yopiq kaliti bilan qat’iy bog‘langan axborot tizimining istalgan foydalanuvchisi foydalana oladigan va elektron hujjatning haqiqiyligini tasdiqlash uchun mo‘ljallangan simvollar ketma-ketligi. " Ochiq e‘lon|"O‘zgaruvchilarni, ulardan dasturda foydalanishgacha e‘lon qilish. " Ochiq fayl|"O‘qish yoki qayta yozish yoki ham o‘qish, ham qayta yozish mumkin bo‘lgan fayl. " Ochiq hujjat|"Maʼlumotlar abonent tizimlarini qayta ishlashga qulay va xalqaro standartlarda belgilangan ommabop shaklda yozilgan hujjat. " Ochiq hujjat formati|"Ofis dasturlari uchun erkin tarqatiladigan standart format. " Ochiq kalit bilan shifrlash|"Shifrmatnni shakllantirish uchun ochiq kalitdan va shifrmatnni dastlabki matnga almashtirish uchun yopiq kalitdan foydalaniladigan kriptografik usul. " Ochiq kalit foydalanuvchisi|"Elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash uchun elektron raqamli imzo ochiq kalitidan foydalanadigan yuridik yoki jismoniy shaxs. " Ochiq kalit sertifikati|"1. Foydalanuvchining ochiq kaliti, uni bergan sertifikatlash organining shaxsiy kaliti bilan birga, shuningdek, shifrlash tufayli qalbakilashtirib bo‘lmaydigan ba’zi bir boshqa axborot. 2. Qalbakilashtirib bo‘lmaydigan formatda vakolatli organ tomonidan tekshirilgan va imzolangan, o‘zida egalarining ochiq kalitini (boshqa ixtiyoriy axborotni) ifodalaydigan qiymatlar. " Ochiq kalitlar infratuzilmasi|"Ochiq kalitli kriptoo‘zgartirishlar texnologiyalaridan foydalanishni ta’minlaydigan texnik va tashkiliy infratuzilma. Izoh – Ochiq kalitlar infratuzilmasi raqamli sertifikatlarni tarqatish texnologiyalarini qo‘llashi kerak: sertifikatlarni berish va bekor qilish, sertifikatlar haqiqiyligini tekshirish uchun zarur bo‘lgan axborotni saqlash. " Ochiq kalitli kriptografiya|"1. Shifrlash va deshifrlash uchun ochiq kalit kabi, unga mos keladigan shaxsiy kalitdan foydalaniladigan kriptografiya. Izoh – Agar ochiq kalit shifrlash uchun foydalanilsa, unga mos keladigan shaxsiy kalitdan deshifrlash uchun foydalaniladi, va aksincha. 2. Biri ochiq, ikkinchisi yopiq bo‘lgan juft kalitlardan foydalaniladigan shifrlash usuli. " Ochiq kalitli kriptotizim|"Ikkita – maxfiy va ochiq kalitdan foydalaniladigan kriptografik tizim. Shuni hisobga olish kerakki, kalitlarning birortasi ham, maqbul vaqt ichida boshqasidan hisoblab chiqarilishi mumkin emas. Maxfiy kalit sir saqlanishi kerak, ochiq kalit o‘zaro hamkorlik qilinadigan barcha abonentlarga yuborilishi mumkin. Bunday kriptotizimlar, shuningdek, ikki kalitli va asimmetrik kriptotizimlar deb ham nomlanadi. Bunday tizimlar kalitlarni boshqarishda va elektron raqamli imzoni yaratishda qo‘llaniladi. " Ochiq kalitni ro‘yxatga olish|"Ochiq kalitning qiymati qalbakilashtirilishini bartaraf qilish maqsadida, so‘rovni amalga oshiruvchi shaxsga ishonchli axborotni ta’minlovchi, ochiq kalitlarni qayd etish jarayoni. " Ochiq kod|"Keng doiradagi mustaqil ishlab chiquvchilar foydalanishi mumkin bo‘lgan bepul dastlabki kod yoki dastur. Oshkora kalitli loyihalarning asosiy g‘oyasi shundaki, mustaqil dasturchilarning keng guruhi sifatli firma dasturiy taʼminotiga (yopiq kodga) xos bo‘lgan, «qo‘ng‘iz» va «teshiklar»dan holi bo‘lgan, dasturiy mahsulotni tayyorlashlari mumkin. Bunga erishish uchun, dastlabki kod undagi xatolarni topish maqsadida loyihaning ko‘pchilik ishtirokchilari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari har bir ishtirokchi, o‘zining shaxsiy talablariga monand turlashni kiritishi uchun, tarqatiladigan ochiq dasturiy taʼminotdan foydalanishi mumkin. Mashhur ochiq dasturlardan biri bo‘lib, Apache veb- serveri, Linux operatsion tizimi va Mozilla Firefox brauzeri hisoblanadi. " Ochiq mahsulot|"Umumfoydalanuvchilar tomonidan tan olingan interfeysli amaliy dasturiy taʼminot. OSI sohasida standartlarning yaratilishi, UNIX operatsion tizimi, amaliy tiziming va amaliy jarayonlar va amaliy pog‘ona orasidagi ochiq interfeyslarning keng ishlatilishi, turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan abonent tizimlarda ishlatiladigan ochiq mahsulotlarni yaratish imkoniyatlarini berdi. Natijada, dasturiy mahsulotlarning katta bozori vujudga keldi. Bu yerda dasturlar muayyan turlarga emas, balki, bu mahsulotlarni ishlatishga ochiq bo‘lgan barcha kompyuterlar uchun taklif qilinadi. " Ochiq matn|"Passiv raqibdan himoyalanmagan aloqa kanali bo‘ylab jo‘natiladigan va kriptotizim yordamida himoyalanadigan konfidensial axborotni o‘z ichiga olgan xabar. Ochiq matn shifrlash kaliti bilan birga shifrlash algoritmi uchun dastlabki ma’lumotlarni tashkil qiladi. " Ochiq ma’lumotlar|"Muayyan ma’lumotlar mashinada o‘qish uchun erkin ravishda mumkin blishi va mualliflik huquqi, patentlar cheklanmasdan hamda nazorat qilishning boshqa mexanizmlarisiz keyinchalik qayta e’lon qilinishi kerak degan g‘oya aks ettirilgan konsepsiya. " Ochiq ma’lumotlar portali|"O‘zbekiston Respublikasining Internet tarmog‘idagi Hukumat portali doirasida ishlaydigan, davlat va xo‘jalik boshqaruv organlarining, joylardagi davlat hokimiyat organlarining ochiq ma’lumotlarini joylashtirish uchun mo‘ljallangan, ochiq ma’lumotlardan foydalanishda va ularni e’lon qilishda foydalanuvchilar va ochiq ma’lumotlarni yetkazib beruvchilar, portal operatori o‘rtasida hamkorlikni ta’minlaydigan apparat va dasturiy vositalar majmuidan iborat axborot resursi. " Ochiq muhit|"Maʼlumot va resurslarni tasodifiy yoki qasddan qilingan taʼsirlardan muhofazalash uchun sodda operatsion tartibotlar yordamida erishiladigan muhit. " Ochiq savdo|"CommerceNet tomonidan taklif qilingan bo‘lib, obyektli so‘rovlar brokerining umumiy arxitekturasiga (CORBA) tayanadi va format, interfeys va protokollar uchun standartlar taklif qiladi. " Ochiq standartlar|"Mustaqil ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan ochiq tartibda ishlab chiqiladigan va barcha manfaatdor shaxslar foydalanishiga to‘sqinlik bo‘lmaydigan shartlarda e’lon qilinadigan texnik spetsifikatsiyalar. " Ochiq tarmoq arxitekturasi|"Foydalanuvchilarning keng doirasi erkin foydalana (kira) oladigan tarmoq arxitekturasi. " Ochiq tizim|"Ishlab chiquvchilar tomonidan ishlab chiqilgan tizimning barcha zarur standartlaridan umumfoydalanib bo‘ladigan tizim. Bu, boshqa bir ishlab chiquvchiga o‘xshash tizimni yaratish, uning xarakteristikalarini yaxshilash, o‘z qurilmalari yoki dasturiy vositalarini qo‘shish, ularnnig birgalikda ishlashini tashkil qilish imkonini beradi. Ochiq tizimlarga misollar: IBM firmasining shaxsiy kompyuterlari, dBASE turidagi ma’lumotlar bazalari, Internet. " Ochiq tizim muhiti|"Har xil operatsion tizimlar asosida sintezlanuvchi va har xil dasturchi-ishlab chiqaruvchilar tomonidan taklif etiladigan bir xil amaliy dasturlarning operatsion tizimlarda ishlashini ta’minlaydigan operatsion muhit. " Ochiq tizimlar|"Tayyorlovchilarga bog‘liq bo‘lmagan, qator standartlar talablarini qanoatlantiradigan ti-zimlar. " Ochiq tizimlar o‘zaro bog‘liqlik modeli|"Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) tomonidan taklif qilingan ochiq tizimlarning yetti pog‘onali o‘zaro bog‘lanish (birgalikda ishlash) modeli (OSI). Izoh – Natijada tarmoqdagi o‘zaro bog‘lanish kichik va osonroq vazifalarga bo‘linadi, turli ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari o‘rtasida moslashuvchanlik taʼminlanadi, alohida pog‘onalarni yaratish va mavjud amalga oshirilganlardan foydalanish hisobiga, ilovalarni ishlab chiqish soddalashadi. " Ochiq tizimlarning o‘zaro bog‘liqligi|"Ochiq tizimlarning birgalikda ishlashini ta’minlash uchun Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) tomonidan tasdiqlangan ma’lumotlar uzatish protokollarining yetti sathli modeli. Pastdan yuqoriga qarab boradigan sathlar: fizik sath, kanal sathi, tarmoq sathi, transport sathi, seans sathi, ma’lumotlar taqdim etish sathi hamda amaliy sath. " Ochiq tizimlarning o‘zaro ishlashi|"1. Protokollarning yetti sathli etalon modeli bazasida ISO tomonidan ishlab chiqilgan standartlar turkumi xarakteristikalari va xossalarini belgilovchi konseptual asos. Izoh − «Ochiq» atamasi standartlashtirilgan protokollar va spetsifikatsiyalar to‘plami, turli ishlab chiqaruvchilarning uskunalari birgalikda ishlay olishini kafolatlashini bildiradi. 2. Turli rusumdagi kompyuterlar va tarmoqlarni protokollar to‘plami orqali xalqaro (standartlashtirilgan) aloqasini ta’minlash imkoniyati. " Ochiq usul|"Obyekt tashqarisidan cheklanmagan tarzda amalga oshiriladigan usul. " Ochiq xavfsiz muhit|"Ma’lumotlar va resurslarni tasodifiy yoki qasddan qilinadigan harakatlardan muhofaza qilishga normal operatsion protseduralar vositasida erishiladigan muhit. " Ochiq shifrlash|"1. Axborotni maxfiylashtirish usuli bo‘lib, shifrlangan oqim tarmoq orqali ochiq rejimda, ya’ni trafikni oraliq telekommunikatsiyalar uzellarida qayta shifrlamasdan, uzatiladi. 2. Ma’lumotlarni tizim doirasida yoki tegishlicha deshifrlash bilan manba tomonda shifrlash. Faqat tizim doirasida yoki mo‘ljallangan tomonda amalga oshiriladi. " Ochiqlik darajasi|"Xavfsizlikning maksimal darajasi, subyektga undan foydalana olish uchun Bella-Lapadula modeli qoidalariga ko‘ra ruxsat berilgan. Subyektning joriy darajasi (u shu vaqtda operatsiyalar bajarayotgan daraja) minimaldan ochiqlik darajasigacha o‘zgartirilishi mumkin. " Ochish|"Faylning dastur tomonidan ochilish jarayoni. Ochilganidan so‘ng, faylni ko‘rib chiqish, agar huquqlar yetarli bo‘lsa tahrir qilish mumkin bo‘ladi. " Ochish|"Ma’lumotlarni saqlash va uzatish uchun qulay bo‘lgan shakldan qayta ishlash uchun qulay shaklga o‘zgartirish jarayoni. Joylashtirish jarayoniga teskari jarayon. " Ochuvchi bayroq|"Bitlarning qayd qilingan ketma-ketligi. Kadr ajralishi boshlanishining belgisi bo‘lib xizmat qiladi. P " Paket|"1. Xavfsizlikning funksional talablari yoki ishonch talablarining nomma-nom ko‘rsatilgan guruhlari. Izoh – Ishonch paketlariga misol bo‘lib, ishonchni baholovchi darajalari hisoblanadi. 2. Ko‘p marta foydalanishga mo‘ljallangan funksional komponentlar yoki ishonch komponentlarining majmui. " Paket identifikatori|"MPEG-2 transport paketi sarlavhasidagi ma’lumotlar paketida muayyan elementar oqim mavjudligini ko‘rsatadigan, 13 bitli ko‘rsatgich. " Paket protokoli|"Xabarni bo‘lish, qayta jo‘natish va yig‘ish qoidalari. " Paket sarlavhasi|"Paketning, paket tuzilmasi to‘g‘risidagi axborotni ichiga oladigan birinchi elementi. " Paketlar filtrlanadigan tarmoqlararo ekran|"1. Mualliflashtirilgan mijoz bilan tashqi xost o‘rtasida kiruvchi va chiquvchi paketlarni filtrlash orqali bevosita o‘zaro ta’sirni istisno qiladigan tarmoqlararo ekran. Izoh Filtrlash paket sarlavhasidagi axborot asosida (jo‘natuvchi va oluvchi manzillari, port raqamlari va sh.k.) amalga oshiriladi. 2. Marshrutizatorlar yoki serverda ishlaydigan, kiruvchi va chiquvchi paketlar filtrlanadigan qilib konfiguratsiyalangan dasturlar. " Paketlar kommutatori|"Abonent stansiyalaridan yoki tarmoqning qo‘shni uzellaridan paketlar qabul qiladigan va ularni manzil qismi asosida o‘zining portlari bo‘ylab taqsimlaydigan qurilma. Maʼlumotlarni bir kommutatordan boshqasiga izchil uzatish, paket mo‘ljallangan oxirgi punktga yetib borgunga qadar amalga oshiriladi. Ushbu turdagi kommutatorning kanallar kommutatsiyalanadigan tarmoqdagi o‘xshash qurilmadan asosiy farqi, bufer xotira mavjudligidadir. Bufer xotira kommutatorning chiqish porti boshqa paketni qayta ishlash bilan band bo‘lganda, axborotni yo‘qotmagan holda paketlarni saqlash imkonini beradi. " Paketlar kommutatsiyasi|"Ma’lumotlar uzatish texnologiyasi bo‘lib, unga ko‘ra, uzatiladigan axborot oqimi tarmoqda mustaqil bloklar sifatida qayta ishlanadigan va kommutatsiyalanadigan, qat’iy yoki o‘zgaruvchan uzunlikdagi paketlarga ajratiladi. Ulanish faqat paketni uzatish vaqtiga o‘rnatiladi, u tugagach, ulanish darhol uziladi. " Paketlar kommutatsiyasiga ega tarmoq|"Paketlar kommutatsiyasi texnologiyasidan foydalanuvchi kommunikatsiya tarmog‘i. " Paketlar kommutatsiyasining tarmoq interfeysi|"Paketlar kommutatsiyasi tarmog‘i abonentlari intefeyslarini belgilaydigan X.25, X.75 va boshqa standartlar. " Paketlarni erta tashlash|"Tarmoqda ortiqcha yuklanish paydo bo‘lishidan oldin, ustivor bo‘lmagan xabarlarga daxldor paketlarni tashlab yuborishga imkon beradigan va bu bilan yuqori ustivorlikdagi trafik uchun qayta uzatishlar sonini kamaytiradigan mexanizm. " Paketlarni kommutatsiya qilish bilan uzatish rejimi|"Uzatish va kommutatsiya qilish funksiyalari paketli usul bilan amalga oshiriladigan axborotni ko‘chirish rejimi, bunda uzatish va kommutatsiya qilishning tarmoq resurslari bir nechta bog‘lanishlar o‘rtasida dinamik ravishda taqsimlanadi. " Paketlarni kommutatsiyalash tarmoqlarining tarmoqlararo interfeysi|"Paketlarni kommutatsiyalash tarmoqlari o‘rtasidagi interfeys. Tarmoqlararo interfeys X.75 tavsiyasi tomonidan belgilangan. " Paketlarni kommutatsiyalash usuli|"Axborot simli va simsiz tarmoqlar orqali «ma’lumotlar paketi» deb nomlanadigan bo‘laklar bilan uzatiladigan kommutatsiyalash usuli. 2,5G yoki 3G tarmoqlarda telefon so‘zlashuv paketlarga bo‘linadi va audio oqimga qayta yig‘iladigan tarmoq orqali jo‘natiladi. Izoh − Paketli kommutatsiya tarmoqlarida kommunikatsiya kanali ma’lumotlar haqiqatda uzatiladigan vaqtga band qilinadi, bu kanallarning sig‘imidan yanada samarali foydalanish imkonini beradi. " Paketlarni qayta ishlash|"Paketlarni yig‘ish, marshrutlash, saralash va ishlab chiqish, shuningdek, xizmat ko‘rsatish sifatini ta’minlash. " Paketlarni yig‘uvchi/ajratuvchi|"1. Paketlar kommutatsiyasi operetsiyalarini bajaruvchi tarmoqdan foydalana olishni ta’minlaydigan, lekin paketlar kommutatsiyasining rejimida ishlash uchun mo‘ljallanmagan funksional blok. 2. Terminallarni paketlar kommutatsiyasi tarmog‘iga ulash imkonini beradigan protokollar o‘zgartirgichi. Qabul qilish oxirida paketlar ajratiladi va terminalga uzatiladi. PAD asinxron ma’lumotlar paketlarini to‘playdi va ularni paketlar kommutatsiyasi tarmog‘iga uzatadi. PAD, shuningdek, paketlarni ajratish va ularni paketlar bilan ishlamaydigan qurilmalar yoki dasturlarga uzatishga teskari bo‘lgan tadbirni ham bajaradi. " Paketlarning o‘zgarishi|"Tarmoq ulanishi usuli, bunda o‘zgaruvchan uzunlikdagi xabar qayd qilingan uzunlikdagi paketlarga bo‘linadi va adresatga jo‘natiladi. " Paketlarning tez kommutatsiyasi|"Bir nechta yo‘nalishlar: uzatish tezligini oshirishga ko‘maklashadigan turli ko‘rinishdagi axborotlar (ma’lumotlar, nutq va video) uchun paketlarning yagona o‘lchami qo‘llanilishi; qayd etilgan uzunlikdagi – 53 byte paketlardan foydalanish, sekundiga 100 mingdan 1 milliongacha bo‘lgan paketlarni uzatish tezligiga erishish imkonini beradigan apparatli amalga oshirish bo‘yicha paketlarning an’anaviy kommutatsiyasidan farq qiladigan raqamli texnologiya. Izoh – Paketlarni tez kommutatsiyalash kanallar kommutatsiyasiga asoslangan ilovalar (ayniqsa nutqni uzatish) da va vaqt bo‘yicha multipleksorlash usullaridan foydalanganda qo‘llanilishi mumkin. " Paketlash (inkapsulyatsiya)|"Maʼlumotlarni o‘zgartirish jarayoni bo‘lib, ularni tarmoq orqali ochiq rejimda uzatish imkonini beradi. Inkapsullangan paket sarlavha va qo‘shimcha axborot qo‘shish orqali shakllantiriladi. Ko‘p sathli iyerarxiyaga ega tarmoqlarda inkapsullangan paket turli sathdagi bir nechta sarlavhadan iborat bo‘lishi mumkin: dastlab fizik sath sarlavhasi ko‘rsatiladi, keyin tarmoq sathining sarlavhasi, undan so‘ng transport sathi sarlavhasi keladi. Bularning ketidan amaliy protokollarning maʼlumotlari joylashishi mumkin. Trafikni inkapsullashga qilinadigan o‘tkazish qobiliyati resurslarining sarfi 2-3 foizdan oshmaydi. " Paketli fayl|"Har bir satrini operatsion tizim o‘zining komandalari sifatida talqin qiladigan matnli fayl. Paketli qayta ishlashni tashkil qilish uchun foydalaniladi. Bajariladigan fayl turlaridan biri. Fayl nomida kengaytirish tizimi orqali aniqlanadi. " Paketli komanda fayli|"Qanday yozilgan bo‘lsa, xuddi shunday tartibda avtomatik chaqiriladigan diskli operatsion tizim dasturlari va komandalari ro‘yxatini ichiga oladigan fayl yoki ularni bajarish tartibi shartli operatorlar tomonidan belgilanishi mumkin. " Paketli kommutatsiya|"1. Paketlarning bir uzeldan ikkinchisiga ketma-ket uzatilishini ta’minlaydigan, ma’lumotlar uzatish usuli. Paketli kommutatsiya axborot almashinishning butun seansi mobaynida paketlar manbai va oluvchisi o‘rtasida kanal band etilishini ko‘zda tutmaydi. 2. Tayanch tarmoqda axborot uzatish texnologiyasi. Turli marshrutlar bo‘ylab tarmoq orqali tayinlangan joyga o‘tadigan axborot massivining ma’lumotlar paketlariga ajratilishini ko‘zda tutadi, bu radiodiapazondan ma’lumotlarni haqiqatda uzatish vaqtida foydalanilganligi sababli, mobil foydalana olishda qulaydir. Kanallar kommutatsiyasining muqobili. GPRS mobil aloqa raqamli tarmoqlari uchun ishlab chiqilgan paketli texnologiyadir. Paketlar kommutatsiyasi tarmoqdagi ikki alohida mijozning birgalikda ishlashini sekinlashtiradi, lekin umuman olganda, tarmoqda uzatiladigan ma’lumotlar hajmini sezilarli oshirish imkonini beradi. " Paketli kommutatsiya umumiy radiotizimi|"Axborotni standart tovush kanaliga 9,6 Kbit/s (GSM) nisbatan ahamiyatli ravishda juda yuqori tezliklarda, mobil telefon yordamida olish va uzatish imkonini beradigan ma’lumotlarni paketli uzatish texnologiyasi. " Paketli qayta ishlash|"Operatsion tizim yordamida ma’lum bir izchillikda bir nechta dasturning bajarilishini tashkil qilish. Paketli qayta ishlash paketli fayllar yordamida tashkil qilinadi. " Paketli qayta ishlash tizimlari|"Tezkor natijalarni talab qilmaydigan, asosan hisoblash xususiyatidagi vazifalarni hal qilish uchun mo‘ljallangan tizimlar. " Paketli rejim|"Ma’lumotlarni uzatish usuli, bunda axborot alohida simvollar ko‘rinishida emas, balki paketlarga to‘plangan holda, yuqori tezlikli kommunikatsiya vositalari yordamida uzatiladi. Paketli rejim har bir kanalga alohida xizmat ko‘rsatish uchun multipleksorlardan foydalaniladigan tizimlarda keng qo‘llaniladi. Ko‘pgina lokal hisoblash tizimlari shunday rejimda ishlaydi. " Paketli topshiriq|"Paketli rejimida bajariladigan topshiriq. " Paketli uzatish rejimi|"Uzatish va kommutatsiya qilish funksiyalari ko‘p sonli bog‘lanishlar o‘rtasida resurslarni uzatish va kommutatsiya qilish muhitini dinamik ajratish uchun paketlar darajasida amalga oshiriladigan rejim. " Paketning mavjudlik vaqti|"TTL maydonidagi paket sarlavhasida ko‘rsatilgan qiymat. Izohlar 1. Bu qiymat IP-paket sarlavhasi qayta ishlanadigan har bir uzelda kamayadi. 2. Marshrutizator bilan tarmoqdagi IP-paketning mavjudlik vaqtini tekshirish va to‘g‘rilash bajariladi, zarur bo‘lganda, paket sarlavhasining nazorat summasini standart bilan belgilangan saqlash sharti bilan paketning mavjudlik vaqti oshadi. " panel|"Oynaning, menyu yoki tugmalar to‘plami joylashgan, to‘g‘riburchakli ajratilgan sohasi. " Papka|"Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash nuqtai nazaridan qaraganda, kompyuter resurslari va fayllar uchun konteyner hisoblanadigan obyekt. " Parabolik antenna|"Ko‘zguli antenna, unda elektromagnit energiyani fokuslash uchun kerakli yo‘nalishda qaytargich sifatida metall yoki metall bilan qoplangan parabolik shakldagi sirtdan foydalaniladi, masalan, aylantirish paraboloidi yoki parabolik silindr. " Parabolik profilli sindirish ko‘rsatgichiga ega tola|"Tarqalish o‘qiga perpendikulyar kesim bo‘ylab parabolik qonuniyat bo‘yicha o‘zgaradigan va uning o‘qida maksimal qiymatga ega bo‘ladigan, gradiyent sindirish ko‘rsatgichli optik tola. " Parabolik qaytargich|"Aylanish paraboloidi shakliga ega (yaʼni, parabolaning o‘z o‘qi atrofida aylanishidan hosil bo‘lgan) (yaxlit yoki qaytarilayotgan to‘lqin uzunligiga nisbatan kichik o‘lchamga ega teshikli) metall sirt. Izoh − Parabolik qaytargich millimetrli, santimetrli va detsimetrli, baʼzida esa metrli to‘lqinlar antennalarida qo‘llaniladi. Detsimetrli va santimetrli to‘lqinlarda parabolik qaytargich yordamida yetarlicha tor yo‘nalganlik diagrammalarini olish mumkin bo‘ladi. " Paralel qayta ishlash|"Kompyuterda bir nechta jarayonning bir vaqtda bajarilishi. Umumiy holda, bu jarayonning bajarilishi uchun ko‘p protsessorli tizimlar zarur. Parallel qayta ishlash vazifalarning bajarilishini tezlashtiradi. " Parallel dasturlash|"Birgalikda ishlaydigan parallel jarayonlardan foydalanib dasturlash. " Parallel hisoblashlar uchun dasturiy ta’minot|"Dasturlarni avtomatik dinamik parallellash dasturiy vositalari. Murakkab parallel dasturlarni ishlab chiqish hamda ulardan turli uskunalarda foydalanish jarayonini osonlashtiradi. " Parallel jarayonlar|"Har birini izchil dastur tavsiflaydigan va boshqalari bilan birgalikda ishlaydigan ikki yoki bir necha jarayon. " Parallel kompyuter|"Operatsiyalar ko‘plab arifmetik va mantiqiy bloklar (protsessorlar)da parallel bajariladigan ko‘p protsessorli hisoblash tizimi. " Parallel kompyuter tizimlari|"Bir nechta bevosita o‘zaro hamkorlikda ishlaydigan protsessorlarning multiprotsessorli tizimlari. " Parallel port|"Ma’lumotlarning baytlar bilan (barcha bitlar bir vaqtda) kiritilishi/chiqarilishini amalga oshiradigan port. Parallel port ma’lumotlarni ketma-ket portga nisbatan tezroq uzatadi, odatda unga printer ulanadi. " Parallel siljitgich|"Protsessorning, bir takt ichida kirish so‘zini istalgan tomonga berilgan bitlar soniga surish imkonini beradigan, ichki registrli sxemasi. " Parallel (solishtirma) testlash|"Ayni bir kirish maʼlumotlarini modul yoki tizimning ikki yoki undan koʻp nusxasiga uzatish koʻzda tutiladigan, dasturiy mahsulotlarni testlash metodologiyasi, olinadigan chiqish maʼlumotlarini (natijalarini) taqqoslash va mos tushmasliklarini tahlil qilish, agar shunday holat aniqlansa. " Parallel summator|"Bir necha razryadning bir vaqtda qo‘shilishini amalga oshiradigan mantiqiy qurilma. " Parallel uzatish|"Simvol, manzil yoki ma’lumotlarni bir nechta alohida liniya orqali uzatish. " Parallel shina|"Bir vaqtning o‘zida n-razryadli axborot signallari, boshqaruvchi signallar va manzillar uzatilishi mumkin bo‘lgan bog‘lovchi liniya. " Parallelizm|"Platforma (masalan, operatsion tizim, JVM va sh.k.) yoki dasturning xossasi. Operatsion tizim jarayoni bir necha parallel (yoki vaqt bo‘yicha tartibsiz) bajariladigan oqimdan iborat bo‘lishi mumkinligini bildiradi. Bir xil vazifalarni bajarganda kompyuter resurslarini samaraliroq ishlatishga erishish mumkin. " Parametr|"Qiymati kichik dasturga (protseduraga, funksiyaga) tashqi muhitdan beriladigan o‘zgaruvchan kattalik. Rasmiy va haqiqiy parametrlar ajratiladi. O‘z nomi bilan keltirilgan o‘zgaruvchilar rasmiy parametrlar deb ataladi. Umuman olganda, ular ustida kichik dasturlarni yozishda zarur bo‘lgan barcha harakatlar amalga oshiriladi. Kichik dasturlardan rasmiy parametrlar o‘rniga foydalanishda taqdim etilgan o‘zgaruvchilar yoki ularning qiymatlari haqiqiy parametrlar deb ataladi. " Parametrlar assotsiatsiyasi|"Rasmiy va haqiqiy parametrlar o‘rtasida muvofiqlikni o‘rnatish mexanizmi. " Parametrlarni berish|"Ma’lumotlar tuzilmasi, registrlar, taqsimlanishi va chaqiruvchi dastur tomonidan chaqiriluvchi dasturga obyektlar va ustida amallar bajarilishi kerak bo‘lgan qiymatlarni ko‘rsatish uchun amalga oshiriladigan operatsiyalar bo‘yicha kelishuv. Dasturlashda chaqiriladigan funksiyaga, quyi dasturga yoki protseduraga parametrlar berishning bir nechta asosiy usuli mavjud. Ulardan asosiylari havola bo‘yicha berish va qiymat bo‘yicha berish. Beriladigan parametrlarning soni va ularning turlari funksiya yoki protsedura tavsifida qilingan e’lonlarga mos kelishi kerak. Aks holda, xato yuzaga keladi. " Parametrlarning o‘zgarishiga qarab qayd qilish|"Mobil stansiyalarni qayd qilish usuli. Uzatiladigan kodli ketma-ketlikni davriy ravishda tahlil qilishga asoslangan. Ma’lumotlar bazasida saqlanayotgan etalon bilan mos tushmaganda, takror qayd etish amalga oshiriladi. " Parazit tok|"Kabel bo‘ylab o‘tadigan, o‘ta qizish tufayli aloqa liniyasidagi uskunani shikastlaydigan, hosil qilingan tok. Uning darajasi himoya tizimi ishlab ketishi uchun yetarli emas. " Parazit tokdan muhofazalash|"Qurilmalardan parazit tokdan himoyalash uchun, zanjirni uzish yoki o‘tkazgichni yerga ulash orqali foydalanish. " Parazit viruslar|"Nusxalarini tarqatishda, fayllarni to‘liq yoki qisman ishlash qobiliyatini saqlagan holda, faylga o‘zining kodini qo‘shish orqali fayllarning ichidagini albatta o‘zgartiradigan viruslar. Izoh – Virus kodi virusni dasturga kiritish joyiga bog‘liq ravishda dastur oldidan, undan keyin yoki dastur bilan birga bajariladi. " Parchalash|"Xizmat ko‘rsatish zonasini, maʼlumotlar oqimini yoki signalni bir necha qismga bo‘lish. " «Parking» rejimidagi chaqiruvni o’rnatish|"«Parking» rejimidagi chaqiruvni o’rnatish uni shu abonent tomonidan (erkin foydalanish kodini terish) yoki guruhning boshqa raqamidan (boshqa abonent tomonidan) keyinchalik tutib qolish uchun bajarish imkonini beradigan xizmat. " Parol|"1. Autentifikatsiya qilish axboroti sifatida foydalaniladigan simvollar ketma-ketligi. 2. Erkin foydalanish subyektining siri bo‘lib hisoblanadigan identifikator. 3. Foydalanuvchining muhofaza qilingan ma’lumotlardan erkin foydalanishi uchun ega bo‘lishi kerak bo‘lgan belgilar satrini o‘zida aks ettiruvchi maxfiy autentifikatsiya qilish axboroti. 4. Elektron hisoblash mashinasiga terminal klaviaturasidan yoki identifikatsion (kodli) karta yordamida kiritiladigan, harf, harf-raqam yoki raqam shaklidagi kodli so‘zni o‘zida ifodalovchi, erkin foydalanishni identifikatsiyalovchi vosita. " Parol bilan muhofaza qilish|"1. Tizimdan foydalana olishni boshqarish mexanizmi bo‘lib, tizim yoki tarmoq ichida dasturiy ta’minot yaxlitligi saqlanishini ta’minlaydi. 2. Ma’lumotlarni muhofaza qilish usuli, bunda ma’lumotlardan foydalana olish uchun parol kiritish zarur. " Parol bo‘yicha identifikatsiyalash|"Nusxasi tizimda saqlanadigan parol bo‘yicha foydalanuvchini qatʼiy identifikatsiyalash imkonini beradigan protsedura. Foydalanuvchining tizim resurslaridan foydalanish yuzasidan huquqlari hamda vakolatlarini aniqlash maqsadida bajariladi. " Parollarni egallab oluvchilar|"Operatsion tizimga aldamchi ta’sirlar ko‘rsatish orqali parollarni o‘g‘irlovchi dasturlar. " Parollarni keshlash|"Lokal kompyuterda parollarni va foydalanuvchi to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlarni saqlash. " Parollarni ochuvchi|"Parollarning tanlanishini va aniqlanishini amalga oshiruvchi dastur. " Parollashtirish|"Kompyuter tizimi va uning fayllariga kira olishni cheklash usullaridan biri. " Parolni ko‘rsatish|"Identifikatsiyalashning tugallanishi va foydalanuvchining haqiqiyligini o‘rnatish. " Parolni tez-tez o‘zgartirish bilan qilinadigan hujum|"Ko‘p darajali muhofaza tizimiga qilinadigan aktiv hujum turi, bunda jinoyatkor begona identifikatsion ma’lumotlardan foydalanadi, birinchi chaqiruv qayerdan kelganligini aniqlash mumkin bo‘lmaydigan tarzda izlarni chigallashtirib, ularni muntazam o‘zgartiradi. " Parolsiz|"Pochta mijozi yoki Internetni ko‘ruvchi (brauzer)ni sozlashdagi biron-bir dasturiy mahsulotni o‘rnatish jarayonida xavfsizlikni kamaytirish maqsadida foydalaniladigan atama. " Parsing|"Yuqori daraja dasturlash tilida yozilgan jumlani, uni kompilyatsiyalash paytida tahlil qilish. " Pasayib boradigan ishlanma|"Loyihalar, tizimlar, dasturlar ishlab chiqish usuli, bunda ishlab chiqish yuqoridan pastga tomon amalga oshiriladi. Tuzilmaviy aktivlashning asosiy usullaridan biri. Pasayib boradigan dasturlash pasayib boradigan ishlanmaning xususiy holidir. " Pasayib boruvchi kanal|"Tayanch stansiyadan foydalanuvchi uskunasiga tomon yo‘nalgan uzatish kanali. " Pasayib boruvchi trafik|"Tarmoq markaziy uzelidan periferik uzellarga uzatiladigan trafik, masalan, Internet dan telefon modemiga, tayanch stansiyadan abonent stansiyasiga va h.k. " Pasaytirmoq|"Detallarni eskirog‘iga almashtirish yo‘li bilan kompyuter quvvatini pasaytirish. Kompyuterning kam energiya sarflashi yoki narxini pasaytirish uchun xizmat qiladi. " Pasayuvchi oqim|"1. Kabelli televideniye tarmog‘ida o‘zaro bog‘lanish interaktiv kanalining bevosita (bosh stansiya – abonent) trakti. 2. Yo‘ldoshdan Yer stansiyasigacha bo‘lgan kanal. " Passiv antenna panjarasi|"Aktiv qurilmalarni o‘z ichiga olmaydigan antenna panjarasi. " Passiv hujum|"1. Kriptotizim yoki kriptografik protokolga hujum, bunda raqib va/yoki buzg‘unchi uzatiladigan shifrlangan xabarlarni kuzatadi va ulardan foydalanadi, ammo qonuniy foydalanuvchilarning xatti-harakatlariga ta’sir ko‘rsatmaydi. 2. Uzatilayotgan ma’lumotlarni tutib olish yoki monitoring qilish xususiyatiga ega hujum. Bu holatda buzg‘unchining maqsadi uzatilayotgan axborotni olish hisoblanadi. " Passiv konsentrator|"Tarmoqdagi bir nechta stansiyadan keladigan simlarni, cignallarni qayta ishlamasdan yoki ularni regeneratsiya qilmasdan, birlashtiruvchi ulanish qurilmasi. " Passiv rejim|"Abonent stansiyasi boshqa stansiyalarning boshqaruvida ishlaydigan va mustaqil tarzda aloqaga chiqish huquqiga ega bo‘lmagan aloqa rejimi. " Passiv tahdid|"1. Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi holatini o‘zgartirmasdan, axborot mazmunini ruxsat etilmagan tarzda, ochishga bo‘lgan tahdid. Izoh – Amalga oshirilishi natijasida qo‘lga kiritilib, uzatilgan ma’lumotlardan ta’sirchan axborotni tiklash imkoni bo‘lgan tahdid passiv tahdidga misol bo‘lib hisoblanadi. 2. Tizimning ishlash rejimini o‘zgartirmasdan axborotdan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olish imkoniyati. " Past tezlikli qo‘shma boshqaruv kanali|"Ikki tomonlama kanal, odatda, undan mobil aloqa tarmoqlaridagi quvvatni boshqarish uchun foydalaniladi. Tayanch stansiya tomonidan uzatgichning chiqish quvvati darajasini o‘zgartirish komandalari beriladi, mobil stansiyadan tayanch stansiyaga esa, qabul qilgichning kirish signali darajasini o‘lchash ma’lumotlari uzatiladi. " Past chastotalar|"30 kHz dan 300 kHz gacha bo‘lgan diapazondagi chastotalar sohasi. " «Pastdan yuqoriga» dasturlash|"Umumiy sxemani ishlab chiqish yakunlanmagan bir vaqtda, protseduralar, kichik dasturlarni ishlab chiqishdan boshlanadigan dasturlarni ishlab chiqish metodikasi. Bunday metodika, ko‘pincha ma’qul bo‘lmagan natijalarga, qayta ishlashlarga va ishlab chiqish vaqti oshib ketishiga olib keladi. Ikkinchi nomi – ko‘tarilib boradigan dasturlash. " Pastga mexanil ogʻish|"Antennaning, antenna tuzilmasini mustahkamlash fizik korrektirovka yoʻli orqali amalga oshiriladigan, pastga ogʻishi. " Pastga og‘ish burchagi, antennaning pastga og‘ish burchagi|"Asosiy yaproq va gorizontal tekislik yo‘nalishi o‘rtasidagi burchak. " Pastki kolontitul|"Har bir sahifaning ostiga qo‘yiladigan yoki avtomatik tarzda takrorlanadigan bitta yoki bir nechta satr. Tez-tez yangilanib turiladigan hujjatning bob, versiya nomini va tuzilish sanasini joylashtirish uchun foydalaniladi. " Pauza|"1. Oldingi aloqa seansi tugagan payt bilan keyingi aloqa seansi boshlangan payt orasidagi vaqt intervali. 2. Ikkilik modulyatsiya usullarida signal bo‘lmaydigan, uning qiymati esa, mantiqiy nolga teng bo‘ladigan holat. " Pauzada qayta ulash|"Aloqa mavjud bo‘lmagan vaziyatda mobil stansiyani bir tayanch stansiyadan boshqasiga qayta ulash protsedurasi. " Perfokartalarni uzatish|"Perfokartani kirish kolodasidan o‘qish yoki perforatsiya blokiga ko‘chirish jarayoni. " Periferik qurilma|"Kompyuterga kiritish/chiqarish portlari orqali ulanadigan va keng ko‘lamdagi vazifalar hal qilinishini ta’minlaydigan qurilmalar. " Periferik shina|"Periferik qurilmalarni kompyuter bilan bog‘laydigan kiritish-chiqarish shinalarining umumiy nomi. " Periferiya asbob-uskunalari|"Alohida kompyuter bilan o‘zaro ishlashi va u tomonidan boshqarilishi mumkin bo‘lgan har qanday qurilma. Masalan, kiritish-chiqarish qurilmasi, tashqi xotira. " Perigey|"Yer yo‘ldoshi orbitasidagi, Yer markazidan minimal masofada joylashgan nuqta. Perigey Yer yo‘ldoshining periapsisi hisoblanadi. " Periskopik antenna|"Machta yoki minoraning asosi va u uning cho‘qqisiga tegishli ravishda joylashtiriladigan ikkita alohida: nurlantiruvchi va qayta nurlantiruvchi antennalardan tashkil topgan murakkab ko‘zguli antenna. Izoh − Radioreleli aloqa liniyalarida qo‘llaniladi. " Peritelevideniye|"Televizordan, boshqa apparatura bilan birgalikda, televizion dasturni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rishdan farq qiluvchi maqsadlarda foydalanishga imkon beradigan uskuna. Misollar − Videoo‘yinlar, videograflar, maishiy videomagnitofon yoki maishiy kompyuterdan foydalanish. " Peritelevizion ajratgich|"Ayrim turdagi televizorlarda, tashqi uskunani ulash, odatda, peritelevideniyeni qo‘llash uchun ko‘zda tutilgan ko‘p kontaktli ajratgich. " Pero|"Kiritish qurilmasi; ko‘rinishiga qarab, displey ekranida yoza oladigan avtoruchkani o‘zida ifodalaydi. Juda qulay kiritish vositasi, ayniqsa grafik ma’lumotlar uchun. Pero bilan qo‘lyozma matnni ham kiritish mumkin, agar simvollarni optik aniqlash dasturi bo‘lsa. " Peroli kompyuter|"Ma’lumotlarni kiritish pero (yoki qalam) yordamida amalga oshiriladigan kompyuter. " Persepsion kodlash|"Raqamli audio yoki videosignallarni kodlash uchun zarur bo‘lgan bitlar sonini, odam idrok etishi nuqtai nazaridan, ahamiyatli bo‘lmagan axborotni tushirib qoldirish hisobiga kamaytirish usuli. " Perspektivaning buzilishi|"Ko‘z va uzatuvchi TV kamera bilan turli ko‘rish burchaklari ostida qaraladigan cheklangan muhit. " Petabayt|"Bir million gigabaytga teng xotira hajmining o‘lchov birligi,. Petabayt hajmli bazalar asosan telekompaniyalarda videoarxivlar uchun yaratiladi. " Petch-kord (qayta ulash shnuri)|"1. Krossda telekommunikatsiya sxemalarini ulash uchun foydalaniladigan, bir yoki har ikkala uchida konnektorlari bo‘lgan kabel bo‘lagi. 2. Petch-panelda ulanishlarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan, egiluvchan kabel birligi yoki konnektorli element. " Petch-panel (qayta ulash paneli)|"1. Biriktirilgan konnektorlardan iborat, boshqarishni osonlashtiruvchi kross-tizim. 2. Petch-kordlardan foydalanish uchun loyihalashtirilgan kross. Ko‘chishlarda va o‘zgarishlar kiritishda boshqaruvni osonlashtiradi. " Peyjer|"Radiopeyjing – shaxsiy radiochaqiruv tizimi orqali uzatiladigan xabarlarni qabul qiladigan individual abonent qurilmasi. " Peyjerli aloqa|"Alifbo-raqamli bir tomonlama radioaloqa tizimi. Tizim uzelida o‘ta yuqori chastotalarda ishlaydigan radiouzatgich o‘rnatiladi. Tizim abonentlari har doim o‘zlari bilan xabarlarni qabul qiluvchi qurilma − peyjer olib yuradilar. Peyjer − bu, xabar aks etadigan displeyli qabul qilgichdir. Xabarni peyjerga uzatish uchun, peyjerli aloqa tizimi operatorining telefon raqamini va peyjer raqamini bilish zarur. Operator telefon orqali uzatiladigan xabarni olgach, uni kompyuterga kiritadi. Kompyuter peyjerga alifbo-raqamli radioxabar jo‘natadi. " Peyjing|"Radioaloqa (telekommunikatsiya) xizmati bo‘lib, abonentlarga bir yo‘nalishda akustik chaqiruv signallarini uzatish uchun mo‘ljallangan. qabul qiluvchi displeyida chaqiruvni aks ettirish uchun zarur maʼlumotlar ham uzatiladi. " Pikouya|"Uyali aloqa tizimidagi, ta’sir doirasi juda kichik (10−100 m) bo‘lgan, xizmat ko‘rsatish sohasi. Piko-uya aholi zichligi yuqori bo‘lgan yerlarda, masalan, yirik supermarketda, ofis va boshqalarda vujudga keltiriladi. " Piksel, nuqta|"Tasvirning minimal elementi. Tasvirlarning ajrata olish qobiliyatini o‘lchash uchun xizmat qiladi. Videotasvirda to‘g‘ri burchak, fotokadrlarda kvadrat shakliga ega. " Piktogramma|"Qandaydir harakatning, ogohlantirishning, obyektning (dastur, fayl) yoki tushunchaning grafik tasviri. Grafik interfeyslarda tezda tushunish va o‘zlashtirish uchun foydalaniladi, bunda eng umumiy, tushunarli obrazlar tanlanadi. " Pilot-signal|"1. Eltuvchi chastotada nurlanadigan va odatda sinxronlashtirish uchun foydalaniladigan modulyatsiyalanmagan signal. Radioto‘lqinlarning tarqalish sharoitlarini nazorat qilish uchun bitta yoki turli eltuvchi chastotada nurlanadigan bir nechta pilot-signal qo‘llaniladi. 2. Spektri kengaytirilgan tizimlarda – umumiy chastotalar polosasida boshqa foydali signallar bilan birgalikda uzatiladigan kodli ketma-ketlik. Izoh − Pilot-signalning nurlanishi, shuningdek, berilgan tayanch stansiya xizmat ko‘rsatadigan zonada joylashgan barcha mobil stansiyalar qabul qila olishi uchun, keng eshittirish rejimida ham amalga oshiriladi. Pilot-signal yordamida kadrni sinxronlash va eltuvchining kogerent tiklanishi ta’minlanadi, shuningdek, bu xil signal stansiyani tezda izlab topish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha axborotni ham ichiga olishi mumkin. " Pilot-signal kanali|"Pilot-signal kodli ketma-ketligi uzatiladigan kanal. Izoh − IS-95 standartida «faqat nollar» turidagi ketma-ketlik. Pilot-kanal dastlabki sinxronlashni o‘rnatish, radiokanalning uzatish koeffitsiyenti va qabul qilinadigan signallar fazasini baholash, uyalarni izlashda tayanch stansiyalarni identifikatsiyalash hamda xendoverni ta’minlash uchun mo‘ljallangan. " Ping|"Inglizchadan tarjimasi «taqillatmoq» so‘zini bildiradi. Tarmoq kompyuteri o‘rtasida paketlarning o‘tish vaqtini o‘lchash ping buyrug‘i orqali amalga oshiriladi. Domen va istalgan tarmoq qurilmasining IP-manzili orasida muvofiqlikni o‘rnatish imkonini beradi. " Pir|"Tarmoqning, servislarni teng darajadagi tarmoqning boshqa qatnashchilariga taqdim etadigan va o‘zi ham ularning servislaridan foydalanadigan teng huquqli qatnashchisi (foydalanuvchi). Izohlar 1. Ko‘pincha, fayl almashinadigan tarmoqlarda tarqatishda ishtirok etadigan mijoz pir deb ataladi. 2. Pir mijoz-server arxitekturasida mijoz yoki serverning qarama-qarshisi hisoblanadi, chunki servislarni ifodalaydi va ulardan foydalanadi. " Piring|"Internet operatorlarining o‘z tarmoqlari orasida trafik almashish. Piring tarmoqlar orasida paketlarni uzatish marshrutlarini qisqartirish va trafik xarajatlarini kamaytirishga imkoniyat yaratadi. Trafik almashishning shahar yoki milliy nuqtalarini yaratish bitta shahar yoki mamlakat pro-vayderlari o‘rtasida maʼlumotlarni uzatganda shaharlararo va xalqaro aloqa kanallaridan foydalanmaslikka imkon beradi. " «Pirpirak»|"Solaris operatsion tizimidagi sinxronlanuvchi primitiv. Sinxronlash uchun zarur bo‘lganda, yoki adaptiv myuteksdan, yoki o‘quvchilar-yozuvchilarni blokirovkalovchidan foydalanishga imkon beradi. " Piyoda abonent|"Abonentlar toifasi. Yer usti uyali aloqa tarmoqlarining barcha abonentlari shartli ravishda uch toifaga ajratilgan: tez harakatli, kam harakatli va statsionar (turg‘un). Kam harakatli obyektlar toifasiga, harakat tezligi 3 km/h, ma’lumot uzatish tezligi esa 384 Kbit/s gacha bo‘lgan piyoda abonentlar kiradi. " «Pishloq» turidagi antenna (segment-parabolik antenna)|"Parabolik silindr (yarim silindr) ko‘rinishidagi ko‘zgu va o‘qqa nisbatan siljigan nurlagichdan iborat segment-parabolik antenna. " Plagin|"Asosiy dasturga dinamik tarzda ulanadigan, dasturning imkoniyatlarini kengaytirish va/yoki undan foydalanish uchun mo‘ljallangan mustaqil ishga tushuriluvchi dasturiy modul. Plaginlar odatda taqsimlangan bibliotekalar ko‘rinishida ishlaydi. " Planar to‘lqin o‘tkazgich|"Yassi va tekis taglikka kiritilgan yassi tuzilmalar asosidagi to‘lqin o‘tkazgich. " Plank chizig‘i|"Turli temperaturaga ega bo‘lgan Plank nur tarqatgichlari (mutlaq qora jism) ranglilik nuqtalarining geometrik o‘rni. " Planshetli kompyuter|"Ekran bilan bog‘langan qo‘lda kiritish planshet qurilmasi bilan jihozlangan noutbuklar turkumi. Planshet kompyuter stilus yoki barmoqlar yordamida, klaviatura va «sichqoncha»siz ishlashga imkon beradi. Foydalanuvchi matnni qo‘lyozmani aniqlash dasturi, ekrandagi (virtual) klaviatura, nutqni tanish dasturi yoki oddiy klaviatura orqali kiritishi mumkin. " Planshetli skaner|"Fotosuratlar, qog‘oz hujjatlar, slaydlarni skanlash uchun foydalaniladigan sahifa skanerlarining keng tarqalgan va arzon turlaridan biri. " Plastik karta|"Kartadan foydalanuvchi shaxsga tovarlar va xizmatlar uchun naqd pulsiz haq to‘lash, shuningdek, to‘lov tizimi ishtirokchilari bo‘lgan bank bo‘limlarida va bankomatlardan naqd pul mablag‘larini olish imkonini beruvchi shaxsiylashtirilgan to‘lov vositasi. " Plastik optik tola|"Plastikdan tayyorlangan optik tolali kabel. Shisha tolaga nisbatan kattaroq so‘nish va sochilish qobiliyatiga ega. «Plastik» rouming ing. - «plastic» roaming ru – «пластиковый» роуминг Abonentning mahalliy operator bilan uning xizmat ko‘rsatish imkoniyati to‘g‘risida oldindan kelishib oladigan va undan xizmat ko‘rsatadigan operatorga taalluqli boshqa abonent raqamini, unga o‘zining uyali raqamiga kiruvchi barcha chaqiruvlarni qayta manzillash bilan oladigan «mexanik» rouming turi. " Plata|"IBM-PCli kompyuterlar arxitekturasining qo‘shimcha, alohida elementi. " Platadagi kompyuter|"Bitta platada amalga oshirilgan (bajarilgan) kompyuter. " Platani identifikatsiya qilish tuzilmasi|"Kompyuterga o‘z xarakteristikalarini – xotira va bufferlarning mavjudligini, uzatiladigan ma’lumotlarning formati va h.k.larni yetkazish imkonini beradigan tuzilma. " Platforma|"Oddiy kompyuterlarda yoki mobil telefonlarga o‘rnatilgan operatsion tizim turi. Zamonaviy smartfonlar uchun 4 ta asosiy turdagi platforma mavjud: Palm OS, Symbian, Linux va Pocket PC/Windows Mobile. " Platformaning barqarorligi|"Tizimni ta’mirlash yoki modernizatsiya qilish uchun qo‘shimcha komponentlarning mavjudligi, shuningdek, uchinchi tomon dasturiy ta’minot qismlarini qo‘llab-quvvatlash yoki ularni almashtirish imkoniyati uchun ijobiy prognoz. " Platformaning ko‘lamdorligi|"Platformaning komponentlarni modernizatsiyalash hisobiga samaradorlikni oshirishga tayyorligi. " Plazmali antenna|"Metall o‘tkazgichlarning o‘rniga radioto‘lqinlarni qabul qilish va uzatish uchun ionlangan gaz – yuqori elektr o‘tkazuvchanlikka ega plazma ishlatiladigan radioantennalar turi. " Plazmali displey|"Yuzasiga o‘rnatilgan parallel elektrodlar bilan ikki mustahkamlangan shisha platalari orasiga neon/ksenon gazlari aralashmasini zichlash yo‘li bilan ishlovchi yassi panelli displey turi. Platalar elektrodlar to‘g‘ri burchaklarni tashkil qilib piksellarni yaratishi mumkin bo‘lgan holda mustahkamlanadi. Ikkita elektrod orasida kuchlanish impulsi o‘tganda, gaz bo‘linib, ultrabinafsha nurlanishni chiqaruvchi kuchsiz ionlangan plazmani ishlab chiqaradi. Ultrabinafsha nurlanish rang fosforlarini aktivlashtiradi va har bir pikseldan ko‘zga ko‘rinadigan yorug‘lik chiqadi. " Plenum|"1. Bino ichidagi havo quvuri, u orqali kabel tortilishi yoki unda kabel o‘rnatilishi mumkin. 2. Havo taqsimlash tizimining bir qismini tashkil etuvchi, bitta yoki undan ortiq havo o‘tkazuvchi kanal ulanadigan bo‘shliq yoki xona. " Plezioxron raqamli iyerarxiya|"Ma’lumotlarni yuqori tezlikda plezioxron (deyarli sinxron) uzatish konsepsiyasi. O‘tgan asrning 80-yillari boshida ishlab chiqilgan. Hozirgi vaqtda iyerarxik tezliklarning uch sathi keng tarqalgan. Ular tezligi 64 kbit/s bo‘lgan DSO raqamli kanal asosida qurilgan. Evropada boshlang‘ich tezlik sifatida 2,048 Mbit/s, AQSh da esa, 1,544 Mbit/s tanlangan. " Plezioxron signallar|"Nominal tezliklari bir xil, biroq taktli signal manbalari turlicha bo‘lgan sinxron signallar, shu sababli joriy tezlik qiymatlari, ruxsat etilgan chegarada farq qilishi mumkin. " Plezioxron tarmoq|"Tayanch generatorlar chastotalari bir-biridan amalda farq qilmaydigan tarmoq. Buning oqibatida belgilarning o‘tib ketishini keltirib chiqaradigan yo‘qotishlar juda kam bo‘ladi. " Plombir puansoni|"Pochta buyumlari, pochta, kuryerlik jo‘natmalari va shuningdek qimmatbaho buyumlar saqlanadigan omborxonalar va magistral pochta yo‘nalishlari bo‘yicha pochtani tashiydigan pochta avtomashinalarining plombalanadigan pochta aloqasi obyekti nomining izini plastmassa yoki qo‘rg‘oshin plombirlarga tushirish uchun mo‘ljallangan maxsus qurilma. " Plotter|"Grafik axborotni qog‘oz tashuvchiga yoki boshqa bir tashuvchiga chiqarish qurilmasi. Izoh − Peroli, qalamli, purkagichli, elektrostatik graftuzgichlar, tasvir to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqariladigan plotterlar, termoplotterlar va lazer graftuzgichlar ajratiladi. " «Plyus» xizmati|"Ob-havo ma’lumoti, valyuta kursi, abonentning hisob holati, oxirgi to‘lov to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shoshilinch xizmatlarning telefon raqamlari to‘g‘risida va boshqa ma’lumotlarni olish imkoniga ega xizmat. " Podkasting|"Inglizcha «iPod» va «broadcasting» so‘zlaridan kelib chiqqan. Vebda audio eshittirishlar yoki video ko‘rsatuvlar (pod-kastlar)ni yaratish va tarqatish jarayoni. Odatda podkastlar muayyan mavzu va chop etilish doimiyligiga ega bo‘ladi. Pod-kastlarni eshitish yoki ko‘rish uchun maxsus dasturiy mahsulotlar mavjud. " Podyezd pochta yo‘nalishi|"Pochta aloqasi obyekti (tuman yoki shahar pochta aloqasi bog‘lamasi, pochta aloqasi bo‘limi, pochta almashinuv punkti)ni pochta almashinuvi amalga oshiriladigan temir yo‘l stansiyasi, aeroport bilan bog‘lovchi pochta yo‘nalishi. " Polibiy kvadrati|"Grek tarixchisi Polibiy tomonidan tavsiflangan bir alifboli kriptotizim. O‘zida 5x5 kvadratni ifodalaydi. Ochiq matnning har bir simvoli ochiq matnning simvoli joylashgan ustun va satrni ko‘rsatuvchi juft simvollar bilan almashtiriladi. " Polimorf viruslar|"Zararlangan dasturlarda o‘z kodini, aynan bir virusning ikkita nusxasi birorta ham bitda mos tushmaydigan qilib o‘zgartiradigan viruslar. " Polimorfizm|"Kichik dasturlar (protseduralar, funksiyalar)ning, ma’lumotlarni ularning turiga bog‘liq holda turli algoritm bo‘yicha qayta ishlash xususiyati; obyektga yo‘naltirilgan dasturlashda keng foydalaniladi. " Polosa|"Chastotaning ikki qo‘shni qiymatlari o‘rtasidagi o‘zgarmas chastotalar diapazoni. Shuningdek, chastotalar polosasi deb ham ataladi. Izoh – Optik-tolali kabelni tavsiflashda bu atamadan faqat ko‘p modali tolalarning o‘tkazish qobiliyatini aniqlashda foydalaniladi. Bir modali tolalar uchun «dispersiya» atamasi ishlatiladi. " Polosa filtri|"Qirqimning yuqori va nolinchi bo‘lmagan quyi chastotasi bilan cheklangan muayyan chastotalar polosasini o‘tkazuvchi filtr. Berilgan polosadan tashqarida qolgan barcha chastotalar filtr tomonidan bostiriladi. Qirqimning quyi chastotasi nolinchi, yuqori chastotasi esa oxirgi chastota bo‘lsa, u holda bunday filtr quyi chastotalar filtri deyiladi. Qirqimning uzluksiz katta yuqori chastotasiga hamda quyi chegara bo‘yicha cheklashga ega bo‘lgan filtr yuqori chastotalar filtri deb ataladi. " Polosadan tashqari nurlanish|"Modulyatsiya jarayoni natijasi bo‘lgan, lekin nomaqbul nurlanishlarni ichiga olmaydigan, chastotalar polosasining zarur kengligiga bevosita tutashadigan chastota yoki chastotalardagi nurlanish. " Polosalar qadami|"Bitta rangning qo‘shni piksellari o‘rtasidagi masofani o‘lchash usuli, apertura panjarali monitorlarda qo‘llaniladi. Polosalar qadami vertikal polosalar orasidagi masofa sifatida o‘lchanadi. " Polosali liniya|"O‘rtasidan ensiz metall tasma ko‘rinishidagi o‘tkazgich o‘tgan, bir-biriga qaratilgan keng sirtlar orqali yaqin joylashgan ikki metall tasma hosil qilgan uzatish liniyasi. Metall tasmalar o‘rniga dielektrik sirtiga yupqa surtilgan folga qatlamlar qo‘llanilishi mumkin. " Polosali to‘lqin o‘tkazgich|"Dielektrik bilan ajratilgan metall polosalardan iborat to‘lqin o‘tkazgich. " Polosali vibrator|"Ochiq polosasi liniya kesimi ko‘rinishidagi dielektrik qatlamida joylashgan vibrator. " Port|"1. Tashqi qurilmani mikroprotsessorning ichki shinasiga ulash nuqtasi. Izoh – Dastur maʼlumotlarni portga yuborish yoki ularni portdan olishi mumkin. 2. Biriktirish qurilmasi, uning yordamida kompyuterning tezkor xotirasi yoki markaziy protsessor maʼlumotlar uzatish maqsadida boshqa qurilmalar bilan bog‘lanishi mumkin. " Port tartib raqami|"Bitta kompyuterda tarmoq orqali aloqa qila oladigan bir necha dasturni yurgizish mumkin. Ushbu dasturlarni ajratish uchun ularga yurgizilish paytida shaxsiy port tartib raqami beriladi. Port tartib raqami URLga kompyuter nomidan keyin yoziladi. Masalan, HYPERLINK ""http://www.site.com:80"" http://www.site.com:80 " Portal|"1. Internetga yoki Internet texnologiyasiga qurilgan korporativ tarmoqqa kirishning asosiy nuqtasi. 2. Spetsifik auditoriya uchun mo‘ljallangan va axborot to‘ldirish (kontent) birlashtirilishini, ushbu auditoriya uchun muhim bo‘lgan axborot yetkazilishini; birgalikda ishlashni va jamoaviy xizmatlarni; tanlangan auditoriya uchun mo‘ljallangan, shaxsiylashtirish asosida taqdim etiladigan xizmatlardan va ilovalardan foydalanishni ta’minlaydigan veb-sayt. Izoh ‒ Portallar vazifasiga bog‘liq holda umumfoydalanadigan (universal va ixtisoslashtirilgan) portallarga va korporativ (axborot va bilimlarni boshqarish) savdo (iste’mol va korporativaro) portallariga bo‘linadi. " Portativ kompyuter|"Avtonom taʼminot manbaidan ishlay oladigan o‘lchami kichik, ko‘tarib yuriladigan shaxsiy kompyuter. " Portativ radiostansiya|"Nutqning past sifat bilan uzatilishini ta’minlaydigan va konvensional mobil radioaloqa tarmoqlari uchun mo‘ljallangan stansiya. " Portlar skaneri|"Kerakli portlar ochiq bo‘lgan tarmoq xostlarini izlash uchun xizmat qiladigan dasturiy vosita. Mazkur dasturlar odatda tizim administratorlari tomonidan o‘z tarmoqlarining xavf-sizligini tekshirish va badniyat shaxslar tomonidan tarmoqni buzish maqsadida qo‘llaniladi. " Portlarni birlashtirish|"Ikkita portni bir nechta (odatda, to‘rttagacha) parallel liniya yordamida mustahkam bog‘lash texnologiyasi. Birlashgan portning unumdorligi ishga solingan liniyalar unumdorligining yig‘indisiga teng. Liniyalarning biri ishdan chiqsa, yuklama qolgan liniyalar o‘rtasida teng taqsimlanadi. " Portlash|"Hisoblash tizimlarida – xato to‘g‘risida xabar berish bilan, dasturning keyinchalik bajarilishiga to‘sqinlik qiladigan avariyaviy to‘xtash. " Portni kengaytirgich|"Bir nechta (ketma-ket) liniyani kompyuterning bitta porti bilan bog‘laydigan qurilma. " Posilka|"O‘lchamlari, og‘irligi va o‘rash tartibi Pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish qoidalarida belgilangan, jo‘natishga ruxsat etilgan sanoat tovarlari, oziq-ovqat mahsulotlari, madaniy-maishiy va boshqa tovarlar solingan pochta, kuryerlik jo‘natmasi. " Postfiks|"Asosiy element orqasidan yoziladigan, operator, komandani tavsiflash elementi; o‘zining operandidan keyin yoziladigan operatsiya. Masalan, Si tilida x++. " Postfiltratsiya|"1. Televizion videosignalni raqamli-analog signalga o‘zgartirishdan keyin chastotaviy filtrlash. 2. Videoma’lumotlarni MPEG-dekodlashdan so‘ng qayta ishlash jarayoni. Signalni yanada aniqroq tiklashga ko‘maklashadi. " Postmaster|"Pochta serverining turli sozlamalarini boshqarish uchun mo‘ljallangan maʼmuriy qayd yozuvi. " Postuslovie|"Haqiqiyligi protsedura yoki sikl jismi bajarilgandan keyin tekshiriladigan shart. " Pоtensial imkoniyatlar|"Mahsulot yoki tizim parametrlari chekka qiymatlarining talablarga mos kelishlik darajasi. " Potensial kalit|"Ortiqcha axborotsiz axborot bazasida qatorni aniqlaydigan atributlar kombinatsiyasi. Xar bir jadval bir nechta potensial kalitga ega bo‘lishi mumkin. Bulardan biri asosiy kalit sifatida tanlanadi. " Potensial zaiflik|"Taxmin qilinayotgan, lekin tasdiqlanmagan zaif joy. Izoh – FXTni o‘zgartirish maqsadida, hujumlarning bo‘lish ehtimoli taxminiga asoslanadi. " Poynting vektori|"Elektromagnit maydon energiyasi oqimining vektor zichligi. " Pozitiv modulyatsiya (televideniyeda)|"Modulyatsiyalovchi videosignalda qoradan oqgacha bo‘lgan o‘zgarish amplitudaviy modulyatsiyada modulyatsiyalovchi signal amplitudasining oshishiga yoki chastotaviy modulyatsiyada oniy chastotaning oshishiga mos keladigan modulyatsiya. " Pozitiv (negativ) amplitudaviy modulyatsiya|"Tasvir eltuvchini televizion videosignal bilan amplitudaviy modulyatsiyalash. Bunda signal ko‘lamining oshishi modulyatsiyalangan eltuvchi ko‘lamining oshishiga (kamayishiga) olib keladi. " Pozitiv uzatish|"Tasvir axborotini shunday usulda uzatishki, bunda dastlabki jadallikning oshishi uzatiladigan quvvatning oshishiga olib keladi. " Pozitiv videosignal|"Oniy qiymatlari qoradan oqga o‘tishda ko‘payadigan videosignal. " Pozitsion sanoq tizimi|"Sonlarni yozishda raqamlarning joylashgan o‘rni ahamiyatga ega bo‘ladigan sanoq tizimi. Har bir pozitsion sanoq tizimida asos mavjud bo‘ladi. Har qanday son asos raqamlardan tuzilgan ketma-ketlik ko‘rinishida yoziladi. Asos raqamlari soni asosning o‘ziga teng bo‘ladi. Asos, har bir raqamning salmog‘i katta qo‘shni razryadda turgan raqam salmog‘idan necha marta kichikligini ko‘rsatadi. Qurilgan pozitsion sanoq tizimlarining soni har qanday bo‘lishi mumkin. Informatikada asosan to‘rtta tizimdan: o‘nlik, ikkilik, sakkizlik va o‘n oltitalik tizimdan foydalaniladi. Pozitsion sanoq tizimlari hisoblashlar, ham butun, ham kasr sonlarni ko‘rsatish uchun juda qulay. " Pochta|"1. Pochta, kuryerlik jo‘natmalari va pochta buyumlarining majmui. 2. Odamlarning o‘zaro muloqot qilish usullaridan biri. Haqiqiy hayotda ham, Internet tarmog‘ida ham mavjud. Bu jarayonda ikki tomon ishtirok etadi: jo‘natuvchi va qabul qiluvchi. Jo‘natuvchi boshqa odamga yoki odamlar guruhiga xat yozayotgan tomon, oluvchi esa xatni qabul qilishi ko‘zda tutilgan odam yoki odamlar guruhidir. " Pochta almashinuv punkti|"Pochta aloqasi obyekti va transport o‘rtasida pochtani vaqtinchalik saqlash, ishlov berish va almashish maqsadida tashkil etilgan pochta aloqasi obyekti. " Pochta almashinuvi|"Transport yordamida pochta aloqasi obyektlari va pochta aloqasi obyekti xodimlari va transport o‘rtasidagi pochtani qabul qilish-topshirish jarayoni. Izoh – Pochta faqat qabul qilinishi yoki faqat topshirilishi amalga oshirilsa, bunda almashuv faqat bir tomonlama hisoblanadi. " Pochta aloqasi|"Pochta, kuryerlik jo‘natmalari va pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalarini jo‘natish va yetkazib berishni (topshirishni) taʼminlovchi texnika va transport vositalarining yagona ishlab chiqarish-texnologiya majmuidan iborat aloqa turi. " Pochta aloqasi bog‘lamasi|"Pochta yo‘nalishlarining kesishgan yoki tutashgan punktida joylashgan, biriktirilgan hududda pochta va kuryerlik jo‘natmalari, pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalarini jo‘natish va yetkazib berish (topshirish), pochtaga ishlov berish va uning almashinuvi bo‘yicha o‘zaro bog‘liq vazifalar bajarilishini taʼminlovchi pochta aloqasi obyekti. " Pochta aloqasi bo‘limi|"Foydalanuvchilarga pochta aloqasi xizmatlarini, boshqa turdagi xizmatlarni ko‘rsatuvchi, pochtaga ishlov berish va uning almashinuvini amalga oshiruvchi pochta aloqasi obyekti. " Pochta aloqasi obyektlari|"Pochta aloqasi operatorlarining alohida bo‘linmalari (pochtamtlar, pochta aloqasi bog‘lamalari, bo‘limlari, punktlari, shuningdek, boshqa bo‘linmalar). " Pochta aloqasi operatori|"Mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida pochta aloqasi tarmog‘iga egalik qiluvchi va faoliyatning asosiy turi sifatida pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lgan yuridik shaxs. " Pochta aloqasi provayderi|"Foydalanuvchilarga pochta aloqasi operatorlarining tarmog‘i orqali pochta, kuryerlik xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs. " Pochta aloqasi tarmog‘i|"Pochta aloqasi obyektlari va pochta yo‘nalishlari majmui. " Pochta aloqasi tayinlangan operatori|"O‘zbekiston Respublikasi hududida pochta aloqasini amalga oshirish va Umumjahon pochta ittifoqining xujjatlaridan kelib chiquvchi majburiyatlarni bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlangan pochta aloqasi operatori. " Pochta aloqasi vositalari|"Pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish uchun foydalaniladigan binolar, yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar, asbob-uskunalar, texnika va transport vositalari, shuningdek, pochta konvertlari, varaqchalari va taralar. " Pochta aloqasi xizmatlari|"Pochta aloqasi operatori yoki provayderining pochta va kuryerlik xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha faoliyati. " Pochta aloqasi xizmatlari uchun tarif|"Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish uchun maxsus vakolatli organ, pochta aloqasi operatori yoki provayderi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda belgilanadigan to‘lov miqdori. " Pochta aloqasining asosiy xizmatlari|"Pochta aloqasining pochta, kuryerlik jo‘natmalari, shuningdek, pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalarini jo‘natish va yetkazib berish (topshirish) bo‘yicha xizmatlari. " Pochta aloqasining hududiy (viloyat) tashkiloti|"Pochta aloqasi obyektlariga biriktirilgan hududda ishlab chiqarish faoliyatini tashkil qiluvchi pochta aloqasi operatorining hududiy tarkibiy bo‘linmasi. " Pochta aloqasining ishlab chiqarish jarayoni|"Pochta, kuryerlik jo‘natmalari va pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalarini jo‘natish va yetkazib berish (topshirish) bo‘yicha qatʼiy tartibga solingan va o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish operatsiyalarining kompleksini tashkil qiluvchi xodimlarning barcha harakatlari va ishlab chiqarish uskunalari jami. " Pochta aloqasining milliy operatori|"O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan zimmasiga O‘zbekiston Respublikasi doirasida majburiy ravishda universal xizmatlar ko‘rsatish vazifasi yuklatilgan pochta aloqasi operatori. " Pochta aviajo‘natmasi|"Havo transporti orqali jo‘natiladigan (barcha yo‘llarda yoki uning ayrim uchastkalarida) pochta jo‘natmasi. " Pochta-bagaj poyezdi|"Pochta va bagajni tashish uchun o‘z tarkibida asosan pochta hamda bagaj vagonlariga ega bo‘lgan maxsus tuzilgan poyezd. " Pochta bloki|"Maxsus varaqda bir va undan ortiq qatorda bosilgan hamda markalarga nisbatan kengroq hoshiya bilan ajratilgan bitta yoki bir nechta pochta markasi. " Pochta bombasi|"Saytni, pochta serverini ko‘p sonli xatlarni yuborish orqali posilkasi bilan ishdan chiqarish yo‘li bilan blokirovkalash. Sayt orqali hujum chog‘ida xatlar olinishini bartaraf qilish yoki o‘ch olish maqsadida ishlatiladi. " Pochta buyumi|"Belgilangan tartibda yopilgan hamda rasmiylashtirilgan qop yoki pochta konteyneri. " Pochta indeksi|"Pochta aloqasi obyekti manzilining shartli belgisi. " Pochta jo‘natishning oddiy protokoli|"IP-protokollari to‘plamiga kiruvchi protokol. RFC 0821da tavsiflangan 14 ta komandadan iborat. Internetda elektron pochtani marshrutizatsiyalash uchun ishlatiladi (e-mail, IMAP, POP, TCP/IP). " Pochta jo‘natmalari|"Manzili ko‘rsatilgan yozma xat-xabarlar, posilkalar va tegishli o‘rovdagi bosma nashrlar. " Pochta konteyneri|"Pochta, kuryerlik jo‘natmalarini tashish va vaqtinchalik saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus konteyner. " Pochta konverti|"Yozma xabarni o‘rash uchun xizmat qiladigan, yelimlash uchun klapanlari bo‘lgan, belgilangan o‘lchamlardagi to‘g‘ri burchak shaklidagi qog‘ozli qobiq. " Pochta, kuryerlik jo‘natmalarini ochiq holda jo‘natish|"Pochta, kuryerlik jo‘natmalarini pochta tarasiga berkitmasdan jo‘natish. " Pochta, kuryerlik jo‘natmalarini yopiq holda jo‘natish|"Пересылка почтовых, курьерских отправлений в почтовой таре. Pochta, kuryerlik jo‘natmalarini pochta tarasida jo‘natish. " Pochta, kuryerlik jo‘natmasi, pul mablag‘larining pochta o‘tkazmasini qayta jo‘natish|"Pochta, kuryerlik jo‘natmasi, pul mablag‘larining pochta o‘tkazmasini arizaga asosan yangi manzil bo‘yicha yoki yetkazib berishga asosan pochta aloqasi obyektining manzili bo‘yicha yo‘llashdan iborat ishlab chiqarish operatsiyasi. " Pochta, kuryerlik jo‘natmasini indekslash|"Pochta, kuryerlik jo‘natmasiga jo‘natilishi belgilangan joy pochta aloqasi obyektining pochta indeksini yozish. " Pochta ko‘prigi (filtri)|"Bir nechta kompyuter tarmog‘ini birlashtiradigan va ular o‘rtasida elektron pochtani yuborish imkoniyatini ta’minlaydigan, shuningdek, berilgan manzilar bo‘yicha uni saralaydigan (filtrlaydigan) qurilma. " Pochta manzili|"Tegishli pochta aloqasi obyektining pochta indeksi ko‘rsatilgan foydalanuvchining turar joyi. " Pochta manzillari ro‘yxati|"Qabul qiluvchilarning elektron manzillari ro‘yxati. Xat jo‘natilayotganda «Kimga» jo‘natilayotgani to‘g‘risida yoziladigan joyda manzillar ro‘yxatini kiritish mumkin va bu xatni ro‘yxatdagi barcha qabul qiladi. " Pochta markalari seriyasi|"Yagona mavzuga yoki muayyan voqeaga bag‘ishlangan, o‘xshash rasmiylashtirish uslubiga ega. " Pochta markasi|"Badiiy tasvirga ega bo‘lgan, nominal qiymati va mamlakatini ko‘rsatgan holda, bosma usulda tayyorlangan pochta to‘lovining davlat belgisi. " Pochta markasining asli|"Pochta markasi eskizini tayyorlash uchun dastlabki asos bo‘lib hisoblanadigan rasm. " Pochta markasining eskizi|"Pochta markasining namunasini tayyorlash uchun dastlabki asos bo‘lib hisoblanadigan rasm. " Pochta markasining namunasi|"Pochta markasining eskiziga muvofiqligini tekshirish va keyingi nashr etishga tasdiqlash uchun qimmatli qog‘ozlar blanklarini ishlab chiqarish huquqiga ega tashkilotlar tomonidan tayyorlangan, «Namuna» yozuvi. " Pochta markasining nominal qiymati|"Yozma xat-xabarlarni jo‘natish bo‘yicha xizmatlarning pochta markasida arab raqamlari yoki lotin harflari bilan ko‘rsatiladigan qiymati. " Pochta mijozi|"Xatlarni o‘qish, qabul qilish, jo‘natish va ular ustida boshqa operatsiyalarni bajarish uchun mo‘ljallangan dastur. Ushbu dastur yordamida foydalanuvchi pochta va News-serverlar bilan ishlashi mumkin bo‘ladi. " Pochta mulki|"Pochta aloqasi obyektlarida ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish imkonini beruvchi predmetlar va moslamalar. Izoh – Pochta mulkiga nomli buyumlar, shtamplar, tayanch punktlarning javonlari, seyflar, metall qutilar va javonlar, reklama uchun vitrinalar, pochta tarasi va h.k.kiradi. " Pochta protokoli|"Serverdan elektron pochtani olish uchun mo‘ljallangan eng ommaviy protokol. " Pochta qoidalari|"Pochta, kuryerlik jo‘natmalari, shu jumladan, xalqaro pochta jo‘natmalarini jo‘natish va yetkazib berish (topshirish) tartibini belgilovchi hujjat. " Pochta qurti|"Elektron pochta orqali har bir yetkazib berish ro‘yxatidagi adresatlarga mustaqil tarzda tarqalish qobiliyatiga ega bo‘lgan dastur. " Pochta qutisi|"Pochta aloqasi milliy operatorining manzili ko‘rsatilgan oddiy xatlar va pochta varaqchalarini yig‘ish uchun mo‘ljallangan, belgilangan shakl va o‘lchamdagi qulflanadigan maxsus qutisi. " Pochta qutisi (elektron xabarlar saqlanadigan joy)|"Aniq foydalanuvchiga manzillangan, elektron pochta xabarlari to‘planadigan xotira sohasi. " Pochta ro‘yxatlari|"Global tarmoq servis turlaridan biri, tarmoqda ko‘plab foydalanuvchilar – tarqatish ro‘yxatining muayyan obunachilari uchun umumiy hisoblanadigan elektron pochta manzili ajratilganda, foydalanuvchi-obunachilar o‘z xabarlarini umumiy manzil bo‘yicha yuboradilar va bu xabarlar ushbu tarqatish ro‘yxatiga obuna bo‘lganlarning barchasiga jo‘natiladi. " Pochta serveri|"So‘rovlar bo‘yicha elektron pochta orqali fayllar yoki axborot jo‘natadigan dastur. " Pochta taqvim shtempeli|"Pochta markalarini hisobdan chiqarish va/yoki pochta, kuryerlik jo‘natmalari, pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalari blanklari va/yoki ilova hujjatlari, kvitansiyalarga pochta aloqasining tegishli obyeti nomi, pochta vagoni, yo‘nalishi, sanani tushirish uchun mo‘ljallangan maxsus shtempel. " Pochta tarasi|"Pochta, kuryerlik jo‘natmalarini jo‘natish uchun qo‘llaniladigan maxsus qoplar, konteynerlar. " Pochta transporti yo‘nalishi|"Pochta tashiladigan temir yo‘l, avtotrakt uchastkasi. " Pochta to‘lovining davlat belgilari|"Pochta markalari hamda frankirlash mashinalarining pochta jo‘natmalariga pochta aloqasi xizmatlari haqi to‘langanligini tasdiqlash uchun tushiriladigan tamg‘asi. " Pochta vagoni|"Poyezd harakatlanayotgan yo‘lda pochtani tashish, ishlov berish va almashish uchun mo‘ljallangan maxsus konstruksiyadagi temir yo‘l vagoni. " Pochta varaqchasi|"O‘lchamlari, og‘irligi va o‘rash tartibi Pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish qoidalarida belgilangan, ochiq holda jo‘natiladigan maxsus blankdagi pochta, kuryerlik jo‘natmasining turi. " Pochta xizmatlari|"Pochta aloqasi operatori yoki provayderining pochta jo‘natmalarini, shuningdek, pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalarini jo‘natish va yetkazib berish (topshirish) bo‘yicha faoliyati. " Pochta yo‘nalishi|"Transportning, pochta aloqasi obyektlari o‘rtasidagi, belgilangan tartibda tasdiqlangan harakatlanish yo‘li. " Pochta yo‘nalishi rejasi|"Pochta yo‘nalishining turli yo‘llari mavjud bo‘lganda, pochtani jo‘natish va o‘tishining optimal tartibini belgilaydigan hujjat. " Pochta shlyuzi|"Ikki yoki bir necha turli elektron pochta tizimini bog‘laydigan va ular o‘rtasida xabarlar uzatilishini ta’minlaydigan mashina. " Pochtamt|"Shaharning markaziy qismida joylashgan, unga bo‘ysunadigan pochta aloqasi bog‘lamalari va/yoki bo‘limlarida rahbarlikni amalga oshiradigan hamda pochta, kuryerlik jo‘natmalari va pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalarini jo‘natish hamda yetkazib berish (topshirish)ni taʼminlaydigan pochta aloqasi obyekti. " Predikat|"Predikatlarni hisoblashda mohiyatlar – dalillarning oxirgi to‘plami o‘rtasidagi muayyan munosabatni aks ettiruvchi maxsus belgi. Predikatlarni hisoblashning odatiy variantida keltirilgan dalillar to‘plamida predikatning qiymati sifatida ikkita – chin va yolg‘on qiymat ishtirok etadi. " Predmet sohasi modeli|"1. Bilimlar yoki tajriba muayyan sohasining modeli. 2. O‘rganilishi, boshqa bir tizim to‘g‘risida axborot olish uchun vosita bo‘lib xizmat qiladigan tizim. 3. Qandaydir real jarayon, qurilma yoki konsepsiyani taqdim etish. " Preprotsessor|"Ma’lumotlarning asosiy qayta ishlash jarayoniga qadar, masalan, kompilyatsiyadan oldin dastlabki qayta ishlanishini bajaradigan dastur. Kompilyatorda bir nechta turli preprotsessor bo‘lishi mumkin, masalan, makroprotsessor, fayllar qo‘shish preprotsessori, til kengaytmalarini qayta ishlash preprotsessori. " Press-kit|"Loyiha, tashkilot yoki voqea to‘g‘risida batafsil axborot bo‘lgan bir qancha matnli, audio va vizual hujjatlar to‘plami. " Press-reliz|"Matbuot uchun mo‘ljallangan, joriy yoki yaqinlashib kelayotgan tadbirlar, voqealar to‘g‘risida muhim, jiddiy axborot bo‘lgan maxsus byulleten. " Preyskurantdagi narx|"Milliy operator tomonidan pochta markalari va bloklari kolleksiyasi uchun belgilanadigan, preyskurantda qayd qilingan narx. " Primitiv|"1. Dasturlarning bajarilish tezligini oshirish uchun, dasturlash tillariga kiritilgan funksiya yoki operator. 2. Dasturni tuzishda foydalaniladigan asosiy element. " Print-server|"Lokal tarmoqda, ushbu tarmoqning barcha ishchi stansiyalari tomonidan, bitta printerdan foydalanish qurilmasi. " Printer|"Ma’lumotlarni kompyuterdan qog‘ozga, plyonkaga o‘qish uchun qulay ko‘rinishda chiqarish uchun xizmat qiladigan qurilma. Printerlar bosish usuli, vazifasi va bosma ranglari soni bo‘yicha farqlanadi. Bosish usuliga ko‘ra, matritsali, termik, purkagichli va lazer printerlarga bo‘linadi; vazifasiga ko‘ra, ko‘tarib yuriladigan (bloknotli shaxsiy kompyuterlar uchun) shaxsiy, muassasa, mini tipografiyalar; ranglar soniga ko‘ra, bir rangli, rangli. Asosiy xarakteristikalari: chop etish tezligi (sekundiga belgi, minutiga sahifa, varaq); chop etish sifati (nuqta/dyuym). " Printerning ajrata olishi|"Tasvirni chop etishda bir dyuymda yotgan nuqtalar soni. Masalan, 300-dpi (300 dyuymga 300 nuqta) ajrata olishga ega printer 1 dyuym chiziqqa 300 nuqtani choplay oladi. Bu degani u bir dyuym kvadratga 90 mingta nuqtani chop etishi mumkin. " Privatlik, xususiylik|"Xususiy shaxsning shaxsiy hayoti yoki ishiga aralashuv natijasida shu shaxs ma’lumotlarini to‘plash va ulardan foydalanish favqulodda yoki qonunga xilof ravishda bo‘lganda bu aralashuvni taqiqlash. " Profillangan ko‘zgu|"1. Maxsus profilga ega sirtqi antenna ko‘zgusi, uning shakli elektromagnit maydonni antennaning ochilishidagi taqsimlanishini aniqlab beradi. 2. Sirt profili antenna yo‘nalganlik diagrammasining talab qilinadigan shaklidan kelib chiqib tanlanadigan ko‘zgu. " Profillangan yo‘nalganlik diagrammasi|"Xizmat ko‘rsatish zonasining konturini, xalaqitlarning darajasini pasaytirish maqsadida, uzatilayotgan trafikka muvofiq turli qismlari bo‘yicha yoki alohida yo‘nalishlar bo‘yicha antennani kuchaytirishni o‘zgartirishga imkon berib, takrorlaydigan murakkab shakldagi yo‘nalganlik diagrammasi. " Profillangan yo‘nalganlik diagrammasiga ega antenna|"Yo‘ldosh bort retranslyatorining antennasi, uning nurlantiruvchi xususiyatlari xizmat ko‘rsatiladigan geografik mintaqa hududini hisobga olib, tanlangan. " Programmator|"Ma’lumotlarni, shu jumladan, dasturlarni doimiy xotira qurilmasiga yozish qurilmasi.Ma’lumotlar doimiy xotira qurilmasida elektron sxemalar ko‘rinishida saqlanadi. Programmator qattiq ultrabinafsha nurlanish vujudga keltiradi, uning yordamida elektron sxemalar o‘zgaradi. " Programmofon|"Shaxsiy kompyuterdan telefon sifatida foydalanish imkonini beradigan dasturiy mahsulot. Programmofondan foydalanish uchun modem, mikrofon va radiokarnay bilan jihozlangan kompyuter zarur bo‘ladi. " Progressiv (satrma-satr) yoyish|"1. To‘g‘ri chiziqli yoyish, bunda galma-gal yoyiladigan satrlarning markazlari orasidagi masofa satrning nominal kengligiga teng bo‘ladi. 2. Tasvir bitta maydon davomida to’liq yoyiladigan yoyish turi (televideniyeda). " Proksi server|"Lokal kompyuter tarmog‘i va Internet o‘rtasida uzatiladigan paketlar filtratsiyasini amalga oshiradigan dasturiy ta’minot. Eng ko‘p so‘raladigan hujjatlarni keshlash hisobiga, tarmoq trafigini kamaytirish va lokal tarmoq xavfsizligini oshirish uchun mo‘ljallangan. " Prolog|"Sun’iy intellekt masalalari, tabiiy va boshqa tillarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan deklarativ dasturlash tili. " Propriyetar dasturiy taʼminot|"Mualliflar yoki huquq egalarining shaxsiy mulki bo‘lgan dasturiy taʼminot. U erkin dasturiy taʼminot g‘oyalariga to‘g‘ri kelmaydi. Erkin dasturiy taʼminot jamg‘armasi nuqtai nazaridan qaraganda, u yarim erkin dasturiy taʼminot ham emas. Huquqqa ega tomon uni butunlay yoki muhim tomonlarini ishlatishda, nusxa ko‘chirishda va o‘zgartirishda monopolistik imkoniyatga ega. Propriyetar dasturiy taʼminotni erkin bo‘la oladigan tijorat dasturiy taʼminoti bilan adashtirmaslik kerak. " Propriyetar texnologiya|"Bozorning aniq bir qatnashchisi tomonidan nazorat qilinadigan ma’lumotlar formati, texnologiya, elektron hisoblash mashinasi uchun dastur. Ular bozorning raqobatlashuvchi qatnashchilariga yoki boshqa foydalanuvchilarga bu format yoki texnologiyani erkin o‘rganish, tarqatish, o‘zgartirish yoki o‘zlarining mos ishlanmalarini yaratish imkonini bermaydi. " Protektor|"Metall telekommunikatsiya o‘tkazgichlarida zararli yot kuchlanishlarni cheklash uchun foydalaniladigan qurilma. " Protokol|"1. Ikkita yoki bir nechta mustaqil qurilma yoki jarayon o‘rtasida ma’lumotlar uzatish formati va tartibotini tartibga soluvchi qoidalar va kelishuvlar majmui. 2. Ma’lum bir natijaga erishish maqsadida ikki va undan ko‘p sub’ekt tomonidan berilgan ketma-ketlikda bajariladigan harakatlar (yo‘riqnomalar, komandalar, hisoblashlar, algoritmlar)ning majmui. " Protokol identifikatori|"Paket sarlavhasidagi, maʼlumotlar maydonida joylashtirilgan axborotni qayta ishlashda foydalaniladigan muayyan protokol turini ko‘rsatuvchi maydon. " Protokollar analizatori|"Paketlarni aniqlashi va ayrim maydonlar mazmunini rasshifrovka qilgan (o‘qigan) holda dekodlovchi yordamchi apparat-dasturiy kompleks. Zamonaviy analizatorlar turli protokollarning maʼlumotlarini qayta ishlashi mumkin. " Protokollar steki|"Ma’lum kommunikatsiya arxitekturasini amalga oshirib, birgalikda ishlaydigan, darajalarga bo‘lingan protokollar to‘plami. Odatda, u yoki bu darajaning vazifasi bitta yoki bir nechta protokol bilan amalga oshiriladi. Protokollar stekiga TCP/IP misol bo‘ladi. " Prototip|"Tizimning boshlang‘ich versiyasi, uni baholash va/yoki muammo mohiyatini va talablarning to‘g‘riligini chuqurroq tushunish uchun xizmat qiladi. " Protsedura|"Dasturning, umumiy holda kirish parametrlariga bog‘liq bo‘lgan ba’zi standart operatsiyalarni bajaradigan qismi. Protsedurani kichik dastur deb hisoblash mumkin. Izoh ‒ Protseduralar standart protseduralar va foydalanuvchi protseduralariga, dasturga nisbatan tashqi va ichki protseduralarga bo‘linadi. Standart protsedura dasturlash tili tarkibiga kiradi va tegishli biblioteka tarkibida yetkaziladi, foydalanuvchi protsedurasini har bir ishlab chiquvchi mustaqil yaratadi. Tashqi protsedura dasturga bog‘liq bo‘lmagan tarzda saqlanadi, ichki protsedura dastur tarkibiga kiradi. " Protsedura firibgarligi|"Aloqa xizmatlari to‘lovini kamaytirish maqsadida, rouming va boshqa tarmoq protseduralaridan (masalan, billingdan) vakolatsiz foydalanish. " Protsedura tili|"Dasturchi natija olish uchun bajarilishi kerak bo‘lgan qadamlar ketma-ketligini (yechim algoritmini) tavsiflaydigan dasturlash tili. " Protseduraga yo‘naltirilgan dasturlash tili|"Asosiga «masalani hal qilish uchun nima qilish kerak» ish prinsipi qo‘yilgan yuqori daraja dasturlash tili. Ishlar operatorlar tomonidan yoziladi va bajariladi. Pirovard natijani olish uchun bajarilishi zarur bo‘lgan operatorlar ketma-ketligi to‘planadi. Bunday ketma-ketlik dastur deb ataladi. Protsedura tillarini oddiy (BASIC, Fortran, COBOL) va blokli (modulli) (Pascal, Modula-2 va Si) tillarga ajratish mumkin. Protsedura tillari shuningdek, operator tillari yoki imperativ tillar deb ham ataladi. " Protseduralar bo‘yicha xavfsizlik|"Axborotning muhofaza qilinishiga kritik bo‘lgan ma’lumotlar uchun, talab qilinadigan xavfsizlik darajasini ta’minlash maqsadida foydalaniladigan tegishli boshqarish usullari. " Protseduraning lokal chaqiruvi|"Lokal mashinada mijoz va server jarayonlari o‘rtasidagi so‘rovlar va natijalarni uzatuvchi Windows protseduralarni chaqirishning tizimli mexanizmi. Operatsion tizimning turli kichik tizimlari xizmatlariga so‘rov berish uchun foydalaniladi. " Protseduraning uzoqlashgan chaqiruvi|"Sun firmasi tomonidan ishlab chiqilgan, lokal tarmoqning boshqa kompyuterida mijozda va axborotni hamda tartibga soladigan parametrlarni uzatadigan serverda protsedura-tiqinlardan foydalanib, protsedurani chaqirish mexanizmi va uzoqlashgan protseduraning natijasi. " Protseduraviy bo‘lmagan til|"Relyatsion ma’lumotlar bazalarida ma’lumotlarni boshqarish, o‘zgartirish, yaratish uchun qo‘llaniladigan universal kompyuter tili. " Protsessing markazi|"To‘lov tizimining xizmat ko‘rsatish nuqtalaridan yoki ekvayrerlardan mualliflashtirishga va/yoki tranzaksiyalar protokollariga kelib tushadigan rasmiy talablar qayta ishlanishini taʼminlaydigan, ixtisoslashgan servis tashkilot. " Protsessor|"Operatsion tizim dasturlari belgilagan arifmetik operatsiyalarning bajarilishiga javob beradigan va kompyuterning boshqa barcha qurilmalari ishini muvofiqlashtiradigan apparat ta’minoti. " Protsessor registri|"O‘lchami odatda bir yoki ikki mashina so‘ziga teng bo‘lgan, asosiy yoki oraliq ma’lumotlarni saqlash uchun mo‘ljallangan va mashina komandalarni bajarishda foydalaniladigan protsessor xotirasi. " «Protsessor – xotira» shinasi|"Protsessor va xotira o‘rtasida bevosita axborot almashinish kanali. " Protsessor (yadro) ning takt chastotasi|"Bitta eng oddiy mashina komandasini bajarish vaqti. " Protsessor yadrosi|"Kesh-xotiradan tashqari, protsessorning barcha bloklarini ichiga oladigan mikrosxema. Chip markazida odatda «yadro» deb nomlanadigan narsa joylashgan. Bu hamma hisoblashlar, yuklama va saqlashga so‘rovlar, saqlashlar bajariladigan kremniy bo‘lagidir. " Protsessordan foydalanish|"Protsessorni maksimal vaqt davrida bandlik rejimida ushlab turish. Optimallashtirish mezoni: ushbu ko‘rsatgichni maksimallashtirish. " Protsessordan foydalanishga yo‘naltirilgan|"Asosiy vaqtini hisoblashlarga ketkazadigan jarayon. " Protsessorni yuklashni rejalashtirish|"Algoritmlarning operatsion tizimlarida xotiraga yuklangan vazifalar to‘plamidan galdagi vazifani tanlash va markaziy protsessorning vaqt kvantini navbatdagi tanlangan vazifaga ajratishni amalga oshirish. " Provayder|"qar.: Internet-provayder. " Proyeksion televizor|"Televizion dasturlar tasvirini ekranga optik proyeksiyalash orqali (videoproyektordan foydalangan holda) tiklash uchun mo‘ljallangan televizior. " Proyeksion texnologiya|"DLP (Digital Light Processing) tizimini qo‘llashga asoslangan texnologiya. DMD (Digital Micromirror Device) mikrosxemasi mikroskopik ko‘zgulardan tuzilgan yuzada tasvirni shakllantiradi. Proyeksion lampadan chiquvchi yorug‘lik rangli selektorlari bo‘lgan disk orqali mikroko‘zgularga yo‘naltiriladi. Tasvir mikroko‘zgulardan qaytadi va aniq optika yordamida ekranga proyeksiyalanadi. Natijada rang uzatish, o‘ta ravshanlik va kontrastlilikning o‘ziga xos sifatiga ega bo‘lgan keng formatli tasvir olinadi. " Proshivka|"Kompyuter yoki har qanday raqamli hisoblash qurilmasi – mikrokalkulyator, uyali telefon, GPS navigatorning, ichida mikrodasturi bo‘lgan energiyaga bog‘liq bo‘lmagan xotirasining ichidagi. «Proshivka» so‘zi bilan ba’zan, xotiraga tegishli qurilmani, uning mikrodasturini yangilash maqsadida yozish uchun mo‘ljallangan doimiy xotira qurilmasining obrazi, shuningdek, bu obrazni qurilmaning energiyaga bog‘liq bo‘lmagan xotirasiga yozish jarayonining o‘zi nomlanadi. " Psevdo-bayt kod|"Quyi darajadagi mashina-mustaqil kodi, kompilyator bilan generatsiya qilinadi va virtual mashina tomonidan bajariladi. Shuningdek, u algoritmlarni tavsiflash tili hisoblanib, dasturlash tillarining kalit so‘zlarini ishlatadi va qo‘shimcha ma’lumotlarni va maxsus sintaksisni qoldirib ketadi. " Psevdografika|"Klaviatura klavishlariga biriktirilgan simvollar yordamida matn rejimida displey ekranida olingan grafik tasvir. " Psevdokadr|"Televizion tasvirning MPEG-2 raqamli siqish usullaridan biri orqali kodlangan, sarlavha bilan ta’minlangan hamda televizion tasvirning aktiv sohasini tashkil etuvchi slayslar guruhidan iborat kadri. " Psevdokadr-kadr|"Makrobloklari televizion tasvirning ikkita maydonidagi birgalikda kodlanadigan satrlaridan tuzilgan psevdokadr. " Psevdokadrlar guruhi|"Televizion tasvirning o‘zaro bog‘langan I-, P-, B-psev-dokadrlari qatori. Izoh – Odatda guruh I-psevdokadrdan boshlanadi, keyin R- va V- psevdokadrlar keladi. " Psevdokadrlar ketma-ketligi|"Tarkibida psevdokadrlarni aks ettirish va dekodlashning zarur vaqt onlari to‘g‘risidagi axborot saqlanadigan psevdokadr guruhlaridan iborat ketma-ketlik. Izoh – Psevdokadrlarning ketma-ketligi raqamli televizion signal ma’lumotlarining paketlangan oqimini hosil qiladi. " Psevdokadr-maydon|"Makrobloklari television tasvir bir maydonining boshqa maydon satrlariga bog‘liq bo‘lmagan tarzda kodlanadigan satrlaridan tuzilgan psevdokadr. " Psevdokod|"1. Dasturlash tilini eslatadigan va dastur tuzilmasini tavsiflash uchun foydalaniladigan til. 2. Operatsiyalar va operatorlarni belgilash uchun mo‘ljallangan, simvollarning ixtiyoriy tizimi. " Psevdosiljish; psevdoshovqinli siljish|"CDMA texnologiyasi asosidagi tizimlarda foydalaniladigan, kodli ketma-ketliklar o‘rtasidagi minimal siljish. Aynan bir kodli ketma-ketlikning psevdosiljish kattaligiga qarab, mobil stansiya bir tayanch stansiyani ikkinchisidan farqlaydi. " Psevdotasodifiy ketma-ketlik|"Determinallangan tarzda generatsiyalanadigan, biroq, tasodifiy signalga xos bo‘lgan barcha xossalarga ega simvollarning davriy ketma-ketligi. Bunday ketma-ketliklar teskari bog‘lanishli siljish registrlari yordamida amalga oshiriladi. " Psevdotasodifiy shovqin|"Additiv «oq» shovqinga xos barcha xossalarga ega jarayon yoki signaning o‘zgarishi shovqinsimon xususiyatdaligin ko‘rsatuvchi alomat. " Psevdotasodifiy sonlar|"1. Qandaydir algoritm bo‘yicha olingan, amalda esa tasodifiy sonlar sifatida foydalaniladigan sonlar. 2. Qandaydir formula bo‘yicha hosil qilingan va tasodifiy kattalik qiymatlarini imitatsiya qiluvchi sonlar. «Imitatsiya qiluvchi» so‘zi deganda, agar bu sonlar bu tasodifiy kattalikning qiymatlari bo‘lganidek, bu sonlar bir qator testlarga javob berishi ko‘zda tutiladi. " Psevdotranking|"Bo‘sh kanallar markazlashtirilmagan tarzda taqsimlanadigan tranking aloqa rejimi. Bu rejimda har bir abonent stansiyasibo‘sh kanalni, foydalanish mumkin bo‘lgan barcha ishchi chastotalarni skanlash orqali avtonom izlaydi. Psevdotrankingda ajratilgan boshqarish kanali mavjud bo‘lmaydi, xizmat aloqasi ikki tonalli, ko‘p chastotali signalizatsiya yordamida amalga oshiriladi. " Pufakchali diagramma|"Obyektlar doirachalar (pufakchalar) yordamida tasvirlanadigan, munosabatlar doirachalar o‘rtasida keltirilgan havolalar bilan ko‘rsatiladigan diagramma. " Pul|"Abonentlar guruhiga ajratilgan, dinamik taqsimlanadigan resurslar majmui. " Pul mablag‘larining gibrid pochta o‘tkazmasi|"Pochta aloqasi operatori yoki provayderining pochta aloqasi tarmog‘i va telekommunikatsiyalar tarmog‘idan foydalangan holda pul mablag‘larini jo‘natish bo‘yicha xizmati. " Pul mablag‘larining ichki pochta o‘tkazmasi|"O‘zbekiston Respublikasi hududida jo‘natish va adresatga yetkazib berish (topshirish) uchun qabul qilinadigan pul mablag‘larining pochta o‘tkazmasi. " Pul mablag‘larining pochta o‘tkazmasi|"Pochta aloqasi va telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalangan holda, pul mablag‘larini jo‘natish va yetkazib berish (topshirish) bo‘yicha pochta xizmati. " Pul mablag‘larining xalqaro pochta o‘tkazmasi|"O‘zbekiston Respublikasi doirasidan tashqariga jo‘natiladigan va uning hududiga boshqa davlatlardan keladigan pul mablag‘larining pochta o‘tkazmasi. " Pullarning birlamchi taklif qilinishi|"Investitsiyalarni yangi kriptovalyutalarni investorlarga sotish va emissiya ko‘rinishida yangi texnologik loyihalarga va startaplarga jalb qilish. Izoh – Shuningdek, «tokenlarning birlamchi taklif qilinishi» ko‘rinishida ham qo‘llaniladi. " Pulsatsiya|"Televizion tasvir yorqinligi, rangi yoki o‘lchamining sekin ritmik o‘zgarishi. " Purkagichli printer|"Bosuvchi kallak soplosidan otiladigan juda mayda siyoh tomchilari yordamida qog‘ozda tasvir yuzaga keltiradigan kontaktsiz printer. " Putur yetkazuvchi nurlanish|"Kompyuterlar yoki boshqa uskunaning, tutib olinishi va uzatiladigan axborotni tahlil qilish uchun tutib olinishi va foydalanilishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha nurlanishi. Q " Qabul qiladigan antenna|"Radioto‘lqinlarni qabul qilish uchun mo‘ljallangan antenna. " Qabul qilgich|"Signallarni aniqlash va ularni qayta ishlash yoki idrok etish uchun qulay shaklga aylantiradigan qurilma. " Qabul qilgichning asosiy ranglari|"Boshqa ranglarni hosil qilish uchun tegishli mutanosiblikda foydalaniladigan, qabul qilgich tomonidan yuzaga keltiriladigan doimiy ranglilik va o‘zgaruvchan yorqinlikdagi ranglar. Izoh – Odatda uchta asosiy rangdan foydalaniladi: qizil, yashil va ko‘k. " Qabul qilgichning tanlovchanligi|"Qabul qilgichning xalaqit beruvchi signallar aralashmasidan o‘zi sozlangan foydali signalni ajrata olish qobiliyatining o‘lchovi. " Qabul qilgich-uzatgich (transiver)|"Bitta korpusdagi, portativ hamda mobil foydalanish uchun mo‘ljallangan uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilmalar birikmasi. Bunda signallarni uzatish va qabul qilish uchun zanjirning oddiy komponentlaridan foydalaniladi, simpleks operatsiyalar bajariladi. " Qabul qiluvchi antennaning effektiv maydoni|"Yassi tushuvchi radioto‘lqinda maydon birligiga keladigan quvvatga moslashgan yuklamada yo‘qotishlarsiz qabul qiluvchi antennada berilishi mumkin bo‘lgan maksimal quvvatning nisbati bilan aniqlanadigan maydon. " Qabul qiluvchi optoelektron modul|"Optik-tolali uzatish tizimida uzatiladigan optik signallarni elektr signallarga aylantirish uchun mo‘ljallangan optoelektronika mahsuloti. " Qabul qiluvchi-uzatuvchi optoelektron modul|"Qabul qiluvchi va uzatuvchi optoelektron modullar funksiyalarini bajaradigan, konstruktiv jihatdan yaxlit qilib ishlangan optik ulagichlar yoki optik kabel bo‘laklarining bir yoki bir nechta blokli qismlaridan tuzilgan optoelektronika mahsuloti. " Qabul qiluvchi-uzatuvchi oxirgi (terminal) stansiya|"Televizion radioreleli tizimning bir qismi. U ham uzatuvchi, ham qabul qiluvchi oxirgi (terminal) stansiya funksiyalari bajariladigan yoki bajarilishi mumkin bo‘lgan maxsus apparatura kompleksidir. " Qadamli yoyish|"Elektron dasta yoki elektron tasvirning satr bo‘ylab bir rastr elementiga sakrashsimon siljishi. " Qalbakilashtirish|"Boshqa tizim ostida niqoblanish yordamida, uning IP-manzilidan foydalanib, IP-manzillar asosida erkin foydalanishni boshqarish tizimlarini chetlab o‘tish uchun turli texnologiyalardan foydalanish. " Qalqib chiqadigan|"Foydalanuvchining grafik interfeysi elementlarining xususiyati, bu element foydalanuvchining harakati natijasida «qalqib chiqadi». " Qalqib chiqadigan menyu|"Ekranda ko‘rinmaydigan va foydalanuvchi dasturni uni ekranga chiqarishga majbur qiladigan amalni bajarganda paydo bo‘ladigan menyu. " Qalqib chiqadigan oyna|"Internet tarmog‘idagi reklama shakli. Reklamaning qalquvchi oynalari odatda JavaScript yordamida yaratiladi, lekin boshqa yo‘llari ham mavjud. " Qamrov polosasi|"Chastotaning fazaviy avtosozlanishi ta’minlanadigan chastotalar intervali. " Qanaqa saqlash|"Berilgan nom (identifikator) bilan xotiraga, diskga yoki magnit tasmaga yozish. " «Qanday bo‘lishi kerak» modeli|"Biznes jarayonlarni mavjud tashkil qilinishidagi kamchiliklar bartaraf qilingan, shuningdek, ular takomillashtirilgan va optimallashgan holda, «Qanchalik mavjud» modeli asosida yaratiladigan model. " «Qanchalik mavjud» modeli|"Tashkilot mavjud holatining modeli. Ushbu model shu onda kechayotgan jarayonlarni, shuningdek, foydalaniladigan axborot obyektlarini tizimlashtirish imkonini beradi. Buning asosida biznes-jarayonlarni tashkil qilish va birga ishlashidagi kamchiliklar aniqlanadi, mavjud tuzilmada u yoki bu o‘zgarishlar zarurligi belgilanadi. Bunday model ko‘pincha funksional model deyiladi va turli grafik notatsiyalar, case-vositalardan foydalanib bajariladi. " Qaroqchilik|"Dasturlarni ruxsat etilmagan tarzda qabul qilish, yashirin dekoderlar va abonent kartochkalarini tayyorlash, tarqatish hamda mualliflik huquqlarining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa faoliyat turlari. " Qaroqchilik uzatgichi (eshittirishda)|"Rasmiy ruxsatsiz ishlaydigan radioeshittirish uzatgichi. " Qarorlar qabul qilinishini ta’minlash tizimlari|"Qarorlar qabul qilish uchun tavsiyalar tayyorlash maqsadida, ma’lumotlarni tahlil qilish uchun mo‘ljallangan dasturlar to‘plami. " Qarshi chora|"Harakat, qurilma, protsedura, usul yoki zaifligini eng kam darajaga keltirish uchun mo‘ljallangan boshqa chora-tadbir. " Qarshi harakat|"Akustik va optik aloqa vositalarining ishini qiyinlashtiruvchi chora va tadbirlar. Radiokanallarga nisbatan radioelektron bostirish atamasi ishlatiladi. " Qarshi turmoq|"Aniq tahdidlarning taʼsirini kamaytirish, biroq, butunlay bartaraf etish shart bo‘lmagan holat. " Qarshi yo‘naltirilgan interfeys|"Interfeys turi, bunda aloqa liniyasining qarama-qarshi uchlaridagi stansiyalardan biri boshqaruvchi, ikkinchisi boshqariluvchi bo‘ladi. Sinxrosignal har doim boshqaruvchi stansiyadan axborot va taktli signallarni uzatish yo‘nalishi o‘zaro qarama-qarshi bo‘lgan boshqariluvchi stansiyaga uzatiladi. " Qasddan qilinadigan tahdidlar|"Foydalanish oson bo‘lgan kuzatuv asboblaridan foydalanib tasodifiy ko‘rib chiqishdan tortib tizim to‘g‘risida maxsus bilimlardan foydalanib muhofaza buzilishiga ustalik bilan urinishgacha bo‘lgan tahdidlar. " Qattiq disk|"Katta hajmdagi dasturlar va ma’lumotlarni saqlash mumkin bo‘lgan qurilma. U bir shpindelda joylashtirilgan bir nechta magnit disk, o‘qish/yozish kallagi va disk kontrolleridan tashkil topadi. Olinadigan qattiq disklar va doimiy disklarga bo‘linadi. " Qattiq jismli to‘plagich|"Harakatlanadigan mexanik qismlarsiz, energiyaga bog‘liq bo‘lmagan, qayta yozib oladigan kompyuter xotira qurilmasi. Qattiq jismli to‘plagichlardan asosan, ixtisoslashtirilgan hisoblash tizimlarida va noutbuklarning ba’zi modellarida foydalaniladi. " Qattiq magnit disk|"Ma’lumotlar saqlash uchun mo‘ljallangan disk. Olinadigan egiluvchan diskdan farqli ravishda, qattiq magnit disk hech qachon olinmaydi, diskovod bilan bir butun yaxlitni tashkil qiladi. Disk alyumin qotishma va magnit qoplamadan qilingan. Disklar yuqori tezlikli dvigatel va yupqa plyonkali o‘qish/yozish kallaklari bilan birga germetik korpusga joylashtiriladi. Qattiq disklarning sig‘imi turlicha – 20 Mbyte dan 9,1 Gbyte gacha bo‘ladi. " Qat’iy sinxronlash (TV)|"Har bir satr va kadr yoyishning boshlanish onlari sinxronlash impulslari bilan boshqariladigan sinxronlash. " Qayd etilgan bo‘sh joy|"Matn protsessorlarida ‒ ikkita so‘z yoki simvol o‘rtasidagi doimiy bo‘sh joy. " Qayd etilgan marshrutlash|"Marshrutlash usuli, bunda ikkita tarmoq uzellari o‘rtasidagi tarmoq paketining yo‘li oldindan aniq bo‘ladi va faqat tarmoq qurilmalari nosoz bo‘lgan vaqtdagina o‘zgaradi. " Qayd etilgan/mobil konvergensiya|"Qayd etilgan va mobil abonentlar uchun nutq va ma’lumotlarni uzatish xizmatlarini umumiy tavsiyalar paketiga birlashtirish. Izoh − Konvergensiyaning maqsadi – «bitta odam – bitta telefon» prinsipini amalga oshirishdir, ya’ni abonentni, abonent qayerdaligidan qat’i nazar, yagona raqam va bitta aloqa qurilmasi bilan ta’minlashdir. " Qayd etish|"Hujjatlarni boshqaradigan tizimda hujjatni qayd etish, tasniflash, metama’lumotlarni qo‘shish va saqlash. " Qayd etishning o‘tishi (axborot tizimida)|"Foydalanuvchini autentifikatsiya qilish va unga u o‘zining hisobga olish yozuvini yaratadigan axborot tizimidan foydalanish huquqini berish uchun, foydalanuvchi to‘g‘risida elektron shaklda saqlanadigan ma’lumotlar majmuini shakllantirish. " «Qaynoq» almashtirish|"Periferik qurilmalarni tizim modullari yoki boshqa bloklarini, uning shakllanishini to‘xtatmay turib ulash va uzish. " «Qaynoq» klavish|"Birgalikda bosilishi bilan aniq bir komandani bajarishga dasturlashtirilgan klaviaturadagi bitta yoki bir nechta klavishning birikmasi. Bunday klavishlar birikmasidan foydalanish ishlashni tezlashtiradi va klaviatura yordamida bajarish mumkin bo‘lgan operatsiyalar sonini oshiradi. " «Qaynoq» liniya|"Alohida ajratilgan liniya, unda aloqa go‘shak ko‘tarilgan zahoti, ya’ni raqam terilmasdan va operator aralashuvisiz o‘rnatiladi. Izoh − Bunday liniyadan shoshilinch aloqani ta’minlashda foydalaniladi, boshqa abonent bu liniyani band qila olmaydi. " «Qaynoq» nuqta|"1. Dasturning eng ko‘p foydalaniladigan qismi; parallel superkompyuter xotirasining, bir vaqtda ko‘plab protsessorlar murojaat qilinadigan yacheykasi. 2. «Sichqoncha» ko‘rsatgichidagi, ekranning «sichqoncha» ishtirokidagi operatsiya, masalan, tugmani bosish taalluqli bo‘lgan elementini belgilaydigan nuqta (bir piksel o‘lchamdagi). " «Qaynoq» rezervlash|"Rezervlash usuli bo‘lib, qo‘shimcha qurilma asosiy qurilma bilan parallel ishlaydi hamda maʼlumotlarni qayta ishlash va saqlash bo‘yicha bir xil operatsiyani bajaradi. Asosiy vositalar to‘liq yoki qisman ishlamay qolganda, ular ishida kamchilik aniqlanganda rezervga o‘tish mumkin. " «Qaynoq» start|"Operatsion tizimni kompyuterni uzib qo‘ymasdan/ulamasdan turib qayta yuklash. MS-DOS operatsion tizimli kompyuterlarda bu – uchta, Ctrl, Alt, Delete klavishlarini bir vaqtda bosish (Ctrl+Alt+Delete ko‘rinishda yoziladi). " «Qaynoq» ulanish|"Kompyuter tizimlarida uskunalarning ular ishlab turgan vaqtda (ta’minotni o‘chirmasdan, protsessorni to‘xtatmasdan) almashtirilishi. Bu prinsipga ko‘ra, uskunalar «qaynoq» almashtirilishi mumkin bo‘lgan va mumkin bo‘lmagan qurilmalarga bo‘linadi. «qaynoq» almashtirilishi mumkin bo‘lgan qurilmaga tipik misol − USB. " Qayta dasturlanadigan xotira|"Ultrabinafsha orqali o‘chiriladigan qayta dasturlanadigan doimiy xotira mikrosxemalarining bir turi. " Qayta eshittirish qurilmasining gammasi|"Logarifmik shkalada ekran elementi yorug‘ligining tegishli videosignalning ko‘lamiga bog‘liqligini aks ettiradigan egri approksimatsiyalaydigan ishchi uchastkasining to‘g‘ri maksimal og’ishi. " Qayta ishga tushirish|"Shaxsiy kompyuterlar olamida atama operatsion tizimlarda qayta yuklash ko‘rinishida kelsa, katta mashinalar olamida esa, dasturni nazorat nuqtasidan ishga tushirish yoki dasturning ishlash jarayonini tiklashni anglatadi. " Qayta ishga tushirish tugmasi|"Shaxsiy kompyuter tizim blokining old tomonida joylashadigan va tizimning «issiq» restartini bajarish, ya’ni elektr manbaini uzib qo‘ymasdan tizimni qayta ishga tushirish imkonini beradigan tugma. " Qayta ishlamoq|"Dasturlarni yozish, dizaynni ishlab chiqish. " Qayta ishlash vaqti|"Ma’lumotlarni qayta ishlash uchun dastur tomonidan sarflangan vaqt. " Qayta ishlovchi|"Qandaydir hodisa yuz berganda ishga tushiriladigan, hodisalarni qayta ishlovchi. Qayta ishlovchi parametrlarga bog‘liq ravishda hodisadan uzatilgan tegishli operatsiyalarni bajaradi. " Qayta kodlash va uzatish tezligi bo‘yicha moslash bloki|"Alohida dekodlashsiz (raqamli o‘zgartirish yo‘li bilan) turli uzatish tezligidan va modulyatsiyalash usullaridan foydalaniladigan nutq kanallarining qo‘shilishini ta’minlaydigan raqamli qurilma. Izoh − Bunday qurilma avtonom hisoblanadi, lekin mobil kommutatsiya markazi tarkibiga ham kirishi mumkin. " Qayta manzillashni masofadan turib aktivlash|"Abonentga turli qayta manzillash xizmatlarini aktivlash/deaktivlash, shuningdek, boshqa liniyadan (masofadan turib) qayta manzillangan raqamni o‘zgartirish imkonini beradigan xizmat. Abonent qayta manzillash xizmatlari funksiyasini RACF raqamini terib chaqiradi. " Qayta nomlash|"Fayl yoki katalogning nomini o‘zgartirish. " Qayta nurlantiruvchi antenna panjarasi|"Qabul qilingan signalni teskari yo‘nalishda qayta nurlantiradigan antenna panjarasi. " Qayta tiklash|"Foydalanuvchi foydalanishi mumkin bo‘lgan ko‘rinishda taqdim etilgan elektron hujjat. " Qayta ulanadigan konsentratorli halqa|"O‘zaro bog‘langan bir yoki bir nechta guruh yulduzlar shaklida ifodalangan halqa tarmog‘i. Ulanib turadigan konsentratorning vazifasi davriy halqaning ishonchli ishlashini taʼminlashdir. Buning uchun konsentrator yoylarni bir-biri bilan shunday ulaydiki, topologiya maʼnosida yulduzsimon tarmoq hosil bo‘ladi. Natijada barcha ulanish bloklari orqali o‘tadigan yagona halqa paydo bo‘ladi. Yoyda yoki abonent tizimida nosozlik paydo bo‘lishi bilan konsentrator tegishli yoyni halqadan o‘chiradi. Shuning evaziga halqaning qolgan qismi odatdagi ishini davom ettiraveradi. " Qayta yo‘naltirish|"1. URLni qayta marshrutlash. Veb-sayt yoki veb-sahifaga boshqa manzil orqali kira olishni taʼminlash usuli. Veb-sayt manzilining o‘zgarishi yoki foydalanuvchi tomonidan noto‘g‘ri yozilishida (masalan, maktab.uz o‘rniga matkab.uz) to‘g‘ri vebsaytga marshrutlash uchun ishlatiladi. Baʼzi hollarda uzun URL o‘rniga uning qisqa variantini ishlatish ham mumkin. 2. Informatikada komanda qobiqlariga (masalan, UNIX) xos xususiyat bo‘lib, u standart oqimlarni foydalanuvchi tomonidan belgilangan joyga, masalan, faylga qayta marshrutlash imkonini beradi. " Qayta yozadigan viruslar|"Dastur kodi o‘rniga, bajariladigan fayl nomini o‘zgartirmagan holda, o‘z jismini yozadigan viruslar. Buning oqibatida, dastlabki dasturni ishga tushirish mumkin bo‘lmay qoladi. Dasturni ishga tushirishda dasturning o‘zi emas, balki virus kodi bajariladi. " Qayta yoziladigan kompakt-disk|"Kompakt-disklardagi ma’lumotlarni o‘qish va yozish uchun xizmat qiladigan qurilma. " Qayta yozish|"Eski ma’lumotlar ustidan yangilarini yozish. Masalan, o‘zgartirilgan eski faylni o‘sha eski nomi bilan o‘zgartirib saqlash (qayta yozish). " Qayta yozish rejimi|"Matnni kiritishda tahrir qilishning ikki tartibidan biri, bunda yangi matn kursordan o‘ngda turgan simvollarni o‘chirib tashlaydi (o‘rnini oladi). " Qayta yuklash|"Kompyuterni klaviaturadan yoki maxsus tugma yordamida qayta ishga tushirish. Qayta yuklash odatda, dastur osilib qolgandan keyin talab etiladi. " Qayta-qayta chaqiruv|"Bog‘lanish o‘rnatishga ko‘p marta urinish yo‘li bilan amalga oshiriladigan shoshilinch chaqiruv rejimi. " Qayta qo‘ng‘iroq qilish|"Chaqiruvchi terminalni autentifikatsiya qilish uchun mo‘ljallangan protsedura: dastlab ma’lumotlarni qayta tiklash tizimi chaqiruvchi terminalni identifikatsiya qiladi, keyin chaqiruvning uzilishi yuz beradi, so‘ngra chaqiruvchi terminal raqami teriladi. " Qayta chizish|"Displeyda aks etgan tasvirdagi rasmni yangilash uchun uni «qaytadan chizish». " Qaytar yo‘qotishlar|"Uzatish liniyasi yoki kabelida ularning impedansi va oxirgi (terminal) yuklama mos kelmasligi tufayli vujudga keladigan yo‘qotishlar. Izoh ‒ O‘xshash tarzda, tushayotgan elektromagnit energiya oqimining qaytgan oqimga nisbati ko‘rinishida, quvvat bo‘yicha teskari yo‘qotishlar hisoblanadi. " Qaytarish manzili|"Protsedura, funksiya yoki quyi dastur chaqirilganda stekka yoziladigan, operator yoki navbatdagi komanda manzili. " Qaytarish qobiliyati|"Jism sirtining yoki ikkita muhitni bo‘lish chegaralarining unga tushuvchi elektromagnit nurlanish oqimini qaytarish qobiliyatini tavsiflovchi kattaligi. " Qaytarishlarning keragidan ortiqchaligi|"Mantiqiy dasturlash tillarida yechim izlash usuli. " Qaytaruvchi antenna panjarasi|"Fazoviy qo‘zg‘atilishga yoki fazoviy va fider qo‘zg‘atilishning birikmasiga ega antenna panjarasi, unda radioto‘lqinlarni dastlabki nurlagichdan qabul qilishni va ularni fazoda nurlantirishni aynan bir xil nurlantiruvchi elementlar amalga oshiradi. " Qaytaruvchi yo‘ldosh|"Radioaloqa signallarini qaytarishga mo‘ljallangan yo‘ldosh. " Qaytish koeffitsiyenti|"Nurlanish qaytgan oqimining tushuvchi oqim nisbatiga teng koeffitsiyent yoki qaytgan toʻlqinning tuchuvchi toʻlqinga intensivligi. " Qaytishdagi optik yo‘qotishlar|"Komponent yoki qurilma qaytargan optik quvvatning bu komponent yoki qurilma liniyaga yoxud tizimga ulanganda komponent kirishida o‘lchangan optik quvvatga nisbati. " Qaytishdagi yo‘qotishlar|"Telekommunikatsiyalar tizimining istalgan ikki nuqtasi o‘rtasida quvvatning kamayishi. " Qidirish algoritmi|"Ma’lumotlar yoki fayllar joylashgan yerni topish algoritmi. " Qidirish kaliti|"Axborotni izlash amalga oshirilayotgan maydon, qiymat, identifikator. " Qidiruv serveri|"Internet tarmog‘ining barcha resurslarini avtomatik ravishda ko‘rib chiqish vaqtida so‘ralgan resursni topishi mumkin bo‘lgan va ularning mazmunini indekslashi mumkin bo‘lgan maxsus dasturiy ta’minot. " Qirmizi ranglar chizig‘i|"Spektral ranglar chiziqlari oxirini ulaydigan to‘g‘ri chiziq. " Qisman parallel arxitekturali hisoblash tizimi|"Protsessorlarning hammasi emas, balki bir qismi ma’lumotlarning parallel qayta ishlanishini bajarishi mumkin bo‘lgan ko‘p protsessorli tizimlar. " Qisqa muddatli rejalovchi (protsessor rejalovchisi)|"Qaysi jarayon bajarilishi kerakligini va protsessor qaysi jarayonlarga berilishi kerakligini aniqlaydigan operatsion tizim rejalovchisi. " Qisqa muddatli xalaqit|"Qat’iy belgilangan sharoitlarda o‘lchangan davomiyligi berilgan texnik vosita uchun qat’iy belgilangan qandaydir kattalikdan kichik bo‘lgan elektromagnit xalaqit. " Qisqa toʻlqinlar|"Toʻlqin uzunligi 100 m dan 10 m gacha (chastotasi 3 MHz dan 30 MHz) gacha boʻlgan radiotoʻlqinlar. " Qisqa xabarlarni uzatish|"Telefon tarmog‘ining foydalanuvchisiga, MAT tizimining mobil abonentiga qisqa harf-raqamli xabarni uzatish yoki undan shunday xabarni qabul qilish imkoniga ega xizmat (agar mobil stansiyada ushbu xizmatni bajarish vositalari mavjud bo‘lsa va qisqa xabarlar markaziga ega bo‘lsa). " Qisqartirilgan komandalar to‘plamiga ega kontroller|"Oddiy qurilmalarni boshqarishning cheklangan operatsiyalarini bajarish uchun mo‘ljallangan mikrosxema. " Qisqartirilgan komandalar to‘plamiga ega mikrosxema|"Qisqartirilgan komandalar to‘plamiga asoslangan protsessorlar arxitekturasi. Qisqartirilgan uzunlikdagi komandalar, katta miqdordagi registrlar, registr-registr turidagi operatsiyalar, bilvosita manzillashning yo‘qligi bilan tavsiflanadi. " Qisqartirilgan raqam terish xizmati|"Abonent uchun to‘liq telefon raqami o‘rniga raqamni qisqartirib terish yo‘li orqali bog‘lanishni o‘rnatish imkonini beradigan xizmat. " Qiya|"Harflar o‘ng tomonga egilgandagi shriftning tuzilishi. So‘zni, jumlani yoki sarlavhani belgilashda ishlatiladi. " Qiya chiziq|"Dasturlash tillarida bo‘lish operatori sifatida keng qo‘llaniladigan simvol. " Qiyalik bo‘yicha ortiqcha yuklanish|"Taxminlash signalida frontlarning cho‘zilishini tavsiflovchi buzilishlar. " Qiymat|"Ifoda yoki o‘zgaruvchining aniq bir mazmuni; har doim yo‘l qo‘yiladigan qiymatlar sohasiga tegishli bo‘lishi kerak. " Qiymat bo‘yicha chaqiruv|"Parametrlarni berish usuli, bunda chaqiruvchi modul chaqiriladigan modulga uzatiladigan parametrning haqiqiy (aniq) qiymatini taqdim etadi. Izoh – Bu usul yordamida chaqiriladigan modul chaqiradigan modul saqlagan parametr qiymatini o‘zgartira olmaydi. " Qiymati eʼlon qilingan banderol|"Qiymati jo‘natilayotganda foydalanuvchi tomonidan eʼlon qilingan bosma nashrlar, madaniy-maishiy va ishlab chiqarishga mo‘ljallangan predmetlar jo‘natiladigan ichki pochta jo‘natmasi. Izoh – Qiymati eʼlon qilingan banderollarda yuborishga ruxsat etilgan buyumlarning to‘liq ro‘yxati Pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish qoidalari bilan belgilanadi. " Qiymati eʼlon qilingan jo‘natmalar|"Qiymati jo‘natilayotganda foydalanuvchi tomonidan eʼlon qilingan predmetlar va hujjatlar jo‘natiladigan pochta jo‘natmasi. Izoh – Qiymati eʼlon qilingan xatlarda jo‘natishga ruxsat etilgan buyumlarning to‘liq ro‘yxati Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari bilan belgilanadi. " Qiymati eʼlon qilingan posilka|"Joylanma qiymati jo‘natilayotganda foydalanuvchi tomonidan eʼlon qilingan posilka. " Qiymati eʼlon qilingan xat|"Qiymati jo‘natilayotganda foydalanuvchi tomonidan eʼlon qilingan predmetlar va hujjatlar jo‘natiladigan pochta jo‘natmasi. Izoh – Qiymati eʼlon qilingan xatlarda jo‘natishga ruxsat etilgan buyumlarning to‘liq ro‘yxati Pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish qoidalari bilan belgilanadi. " Qizil kitob|"1. AQSH Mudofaa vazirligi tomonidan kompyuter tarmoqlarini baholash bo‘yicha yo‘riqnoma sifatida chiqarilgan kitobi. National Computer Security Center nashri. U hisoblash tarmoqlari uchun Trusted Computer System Evaluation Guidelines (TCSEC)HU taʼriflab bergan. Qizil muqovali ikkita alohida kitobdan iborat. Birinchisi Trusted Network Interpretation of the Trusted Computer System Evaluation Criteria (NCSC-TG-005) nomi bilan chop etilgan va 1987-yil 31 iyulda tasdiqlangan. Ikkinchisi Trusted Network Interpretation Environments Guideline: Guidance for Applying the Trusted Network Interpretation (NCSC-TG-011) nomi bilan chop etilgan va 1990-yil 1 avgustda tasdiqlangan. 2. ITU-T X.400 Message Handling System (MHS) tavsiyanomasi elektron pochtani saqlash va jo‘natishga oid xalqaro ikkita standartning birini (ikkinchi standart – SMTP) bildiradi. U ifodalashni, uzatishni va yetkazib qo‘yishni muhofazalashning turli usullarini qo‘llab-quvvatlashni taʼminlaydi. X.400 standartini uning muqovasi sababli qizil kitob deb ham atashadi. " Qizil-yashil-ko‘k|"RGB rang uzatish tizimi, rangli monitorda chiqarish uchun ranglar tizimi. Atama monitor turi va ranglar modelini belgilashda ishlatiladi. Kerakli rang uchta birlamchi ranglarni kerakli proporsiyada aralashtirish yordamida olinadi − bular qizil (R), yashil (G) va ko‘k (B). Birlamchi ranglarning yo‘qligi qora rangni beradi. 1931-yilda bazaviy ranglar standartlashtirilgan: R-700 Hm; G-546,1 Hm; B-435,8 Hm. " Qobiq|"Ekspert tizimlarini loyihalash va yaratishdagi instrumental vosita. Qobiqning tarkibiga bilimlarni turli xil shakllarda taqdim etish va vazifalarni hal qiluvchi vositalarning ishlash rejimini tanlash orqali bilimlar bazalarini loyihalash vositalarini o‘z ichiga oladi. Muayyan mavzu sohasi uchun fanlar bo‘yicha muhandis kerakli bilimlarni taqdim etish va vazifalarni hal qilish strategiyalarini aniqlaydi, keyin esa, ularni qobiqqa kiritib, muayyan ekspert tizimini yaratadi. " Qobiq (optik tola qobig‘i)|"O‘zakni o‘rab turadigan, kichik sindirish ko‘rsatgichiga ega, yuqori o‘tkazuvchan optik material. " Qoidabuzar modeli|"Qoidabuzarning amaliy va nazariy imkoniyatlari, oldingi bilimlari, harakat vaqti va joyi va h.k.ni aks ettiruvchi mavhum (rasmiylashtirilgan yoki rasmiylashtirilmagan) tavsifi. " Qoidalar asosida|"Natija olish uchun qoidalardan (sonli amallardan emas) foydalanishga asoslangan hisoblashlar. Ekspert tizimlarida qo‘llaniladi. " Qoldiq axborot|"Xotira qurilmasida operatsion tizim tomonidan rasman o‘chirilgan maʼlumotlardan qolgan axborot. Axborot faylning rasman o‘chirilishi yoki xotira qurilmalarining fizik xususiyatlari sababli qolishi mumkin. Qoldiq axborot, agarda maʼlumotlar ombori nazorat zonasidan tashqari chiqib ketsa (masalan, «axlat» bilan tashlab yuborilsa yoki uchinchi tomonga berilsa), konfidensial axborotning ixtiyorsiz tarqalishiga olib kelishi mumkin. " Qoldiq bo‘yicha nazorat, n moduli bo‘yicha nazorat|"Xatolarni aniqlashning, ma’lumotlarning ayrim to‘plami yoki dasturning ayrim qismini tahlil qilishga asoslangan, oddiy usuli. Agar bu to‘plam, m bit uzunlikdagi bloklarning jamini o‘zida ifodalasa, n moduli bo‘yicha summa olinadi, bunda n = 2**m, va to‘plamning oxiriga qo‘yiladi. Keyinchalik (masalan, ma’lumotlar to‘plami boshqa joyga o‘tkazilgach) nazorat summasini takroriy hisoblashni amalga oshirish mumkin, bunda bitlar darajasidan ayrim xatolar aniqlanadi. (m = 1, n =2) usulining oddiy varianti juftlikni nazorat qilish hisoblanadi. " Qoldiq risk|"Risk qayta ishlanganidan so‘ng qoladigan risk. Izohlar 1. Qoldiq risk noaniq riskdan iborat bo‘lishi mumkin. 2. Qoldiq risk ba’zida «saqlanadigan risk» deb ataladi. " Qoldiq zaiflik|"BO ishlash sohasidagi foydalanish uchun yaroqsiz bo‘lgan, biroq buzg‘unchi tomonidan BO ishlashining oldindan belgilangan muhiti uchun mo‘ljallanganga qaraganda, yuqori hujum potensiali bilan FXT buzilishi uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan zaif joy. " Qoldiqli yaproq|"Antenna tizimida yo‘nalganlik diagrammasi bilan to‘liq kompensatsiyalanmagan yon yaproq. " Qonuniy foydalanuvchi|"Berilgan resurslar va servislardan erkin foydalanish uchun qonuniy asosga ega bo‘lgan foydalanuvchi. " Qonuniylikni o‘zi ta’minlaydigan protokol|"Kriptografik protokollarning uchinchi tomonga ehtiyoj bo‘lmagan eng yaxshi turlaridan biri. Protokol barcha qoidalarga rioya qilinishini kafolatlaydi. Bunday protokol bir tomonda aldov paydo bo‘lganda, boshqa tomon har doim buni aniqlashi mumkin bo‘lgan tarzda tuzilgan. " Qora daraja|"1. Yorqinlikning muayyan minimal darajasiga mos keladigan videosignal darajasi. 2. Yorqinlik signalining obyektdagi qora rangni uzatishdagi minimal darajasi. " Qora darajani qayd etish|"So‘ndirish darajasi ma’lum qiymatda ushlab turiladigan darajani qayd etish. Izoh – Satrlar sinxronizatsiyasining impulsli signalida qora darajani qayd etish satrlarni sinxronlovchi impulsning orqa maydonida amalga oshiriladi. " Qora darajaning siljishi|"Videosignalning yoki tasvir signalida doimiy tashkil etuvchi noto‘g‘ri uzatilganligi yoki tiklanganligi tufayli paydo bo‘lgan nuqson. " Qora darajasi va so‘nish darajasi o‘rtasidagi tirqish (qorani belgilash)|"Televideniyeda qoraning etalon darajasi va oqning etalon darajasi o‘rtasidagi nisbat, bunda ikkalasi ham so‘nish darajasiga qarab o‘lchanadi. Odatda, foizlarda ifodalanadi. " Qora (oq) notekisligini tuzatish|"Bir tekis qora (oq) tasvirni uzatishda televizion tasvir yorqinligi yoki rangining notekisligini videosignalni qayta ishlash orqali bartaraf etish. " Qora ro‘yxat|"Qoidani buzgan foydalanuvchilarning e-mail yoki IP-manzili ro‘yxati. Ushbu ro‘yxatdagi foydalanuvchilarga ba’zi resurslardan foydalana olish/kira olish huquqlari man etiladi yoki umuman tizimdan o‘chiriladi. Yetakchi pochta kompaniyalari odatda spamerlarning umumiy qora ro‘yxatiga ega bo‘ladilar. " Qoradan qoraroq daraja|"Sinxronlash impulslarining tasvir signalidan boshqa tomon bo‘ylab qoraning darajasiga nisbatan joylashgan eng yuqori darajasi. " Qorani siqish (televizion tasvirda)|"Tasvir qorong‘i uchastkalari kontrastliligini sezilarli kamaytirish. " Qoraning etalon darajasi|"Qora yo‘nalishida tasvir signalining muayyan maksimal kirishiga mos keladigan daraja. " Qoraning yorqinligi|"Ranglilik signali nolga teng, yorqinlik signali esa qora darajaga ega bo‘lgandagi televizion ekran yorqinligi. " Qotil ilova|"1. Potensial xavfli ilova bo‘lib, ishlash uchun tizimning ulkan resurslarini (kanallarning o‘tkazish qobiliyati, xotira va h.k.) talab qiladi. Qandaydir resursni egallab (baʼzan monopol tarzda) olgach, bunday ilova boshqalarini siqib chiqarishga («o‘ldirishga») qodir. 2. Aloqa xizmatlari bozoridagi yangi taklif, u tezda ommaviylashib ketadi va boshqa, uncha ommaviy bo‘lmagan ilovalarni siqib chiqaradi. " Qotil paketlar|"Tizimning ishini avariyaviy tugatish uchun tarmoq dasturlaridagi xatolardan foydalanadigan Ethernet yoki IP-paketlarini yuborish yo‘li bilan, axborot tizimini ishdan chiqarish usuli. " «Qotil» ilovalar|"Dasturiy mahsulot; foydalanuvchiga qo‘shimcha dasturlashsiz uni o‘zining aniq ehtiyojlariga qo‘llanish imkoniyatini beradi. Oxirgi foydalanuvchining muayyan ma’lumotlar bazalarini yaratish yoki buxgalteriya hisob-kitoblarini bajarish vositasidir, ya’ni foydalanuvchi ilovani ishlab chiqadigan amaliy dasturchini chetlab o‘tishi mumkin. Bunday tizimlarga misollar – Microsoft firmasining Works, Excel mahsulotlari. " Qog‘ozsiz texnologiya|"Axborotning asosiy tashuvchisi qog‘oz emas, balki, mashina eltuvchida (kompyuter xotirasida) shakllantiriladigan va foydalanuvchiga displey ekrani orqali yetkaziladigan elektron hujjat bo‘lib hisoblanadigan texnologiya. " Qulflar va kalitlar tizimi|"Xotirani muhofaza qilish tizimi. Unda xotira segmentlariga operatsion tizim tomonidan identifikatsion raqamlar – qulflar, ro‘yxatga olingan foydalanuvchilarga esa, sonli kodlar – kalitlar beriladi. " Qumdon|"Kompyuter xavfsizligida dasturlarning xavfsiz bajarilishi uchun mo‘ljallangan mexanizm. " Qurilma|"Kompyuter yoki tarmoq uskunasining har qanday apparat birligi. Bu mikrosxema, masalan, takt generatori ham, alohida funksional qurilma: printer, monitor, diskovod, modem va h.k. ham bo‘lishi mumkin. " Qurilma drayveri|"Operatsion tizim tomonidan shu qurilmani boshqarish funksiyasini ta’minlash maqsadida mazkur qurilma uchun maxsus yozilgan dastur. " Qurilma manzili|"Tezkor xotira manzil fazosining, ham mikroprotsessor, ham tashqi qurilma undan o‘qiy va yoza oladigan yacheykasi. " Qurilma nomi|"Operatsion tizimga kompyuter tizimi qurilmasini tanish (identifikatsiyalash)da yordam beradigan qurilma. " Qurilmalar holatining jadvali|"Operatsion tizimda saqlanadigan va ishlatiladigan jadval, bunda har bir qurilmaga qurilmaning turini, uning manzili va holatini o‘z ichiga oladigan element, band qurilmaga esa unga bo‘lgan qayta ishlanadigan so‘rovlarning navbatiga havola mos keladi. " Qurilmalarning tekshirilishi bo‘yicha so‘rov|"Barcha portlar va tashqi qurilmalarning davriy tekshirilishi bo‘yicha, vaqt davomida o‘zgarishi mumkin bo‘lgan operatsion tizim harakati. " Qurilmani qo‘shish|"MS Windows operatsion tizimidagi boshqaruv panelining qismi. Kompyuterga yangi qurilma o‘rnatish va o‘rnatilgan uskunani o‘chirish, shuningdek, drayverni yangilash imkonini beradi. " Qurilmani zaxiralash|"Operatsion tizim tomonidan kiritish-chiqarish qurilmasidan foydalanish jarayonlarining monopol foydalana olishini ta’minlash. " Qurilmaning mantiqiy raqami|"Qurilmaga beriladigan (0 dan 7 gacha) raqam. Kichik raqamga birmuncha yuqori ustuvorlik to‘g‘ri keladi. " Qurt|"1. Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimlarida yoki kompyuter tarmoqlarida o‘z-o‘zidan tarqalish qobiliyatiga ega bo‘lgan mustaqil dastur. Izoh – Qurtlar, ko‘pincha mumkin bo‘lgan, resurslardan, masalan, xotira hajmi yoki qayta ishlash vaqtidan foydalanish uchun ishlab chiqiladi. 2. Tarmoq bo‘ylab tarqaladigan, o‘zining nusxalarini tarmoq uzellari orqali tarqatish uchun tarmoq protokollari yoki dasturlarining zaif tomonlaridan foydalanadigan dastur. 3. O‘zining nusxalarini magnit tashuvchida qoldirmagan holda, tarmoq bo‘ylab tarqaladigan, tarmoq kompyuterlarining manzillarini hisoblab chiqadigan va bu manzillar bo‘yicha o‘z nusxalarini yozadigan zararli dastur. Izoh – Odatda, «qurt» topib bo‘lmaydigan holatda qolib, tizimda axborotni qayta ishlash jarayonini to‘xtatib qo‘yadi, so‘ng o‘zini o‘zi yo‘q qiladi. " Qutblangan diagramma|"Antenna maydonining qutblanishini uzoq zonadagi yo‘nalishga bog‘liqligini aks ettiradigan diagramma. " Qutblangan elektromagnit to‘lqini|"To‘lqin tarqalishining yo‘nalishiga perpendikulyar tekislikdagi turli yo‘nalishlarda magnit va tegishli ravishdla elektr maydonning bir xil bo‘lmagan amplitudalariga ega elektromagnit to‘lqin. " Qutblanish|"Elektromagnit maydon elektr maydoni kuchlanganligi vektorining yo‘naltirilganligi. " Qutblanish koeffitsiyenti|"Asosiy qutblanish yoʻnalishidagi nurlanish quvvatining antenna ochilishidagi nurlanish toʻliq quvvatiga nisbati. " Qutbsizlanish|"Aniq belgilangan qytblanish bilan uzatilgan radioto‘lqinlar quvvatining barchasi yoki bir qismi tarqatilgandan so‘ng ushbu qutblanishga ega bo‘lmaydigan hodisa. " Quvvatni boshqarish bitlari|"Tayanch stansiya uzatadigan, mobil stansiya uzatgichi uchun boshqaruvchi bo‘lib hisoblanadigan, quvvatni boshqarish signali. Uzatgich quvvatini berilgan diskret qiymatga (masalan, 0,5 yoki 1dB) oshirish yoki kamaytirish zarurligini ko‘rsatadi. " Quvvatni bo‘luvchi|"Radiouzatgich vositasida antennalar yoki antennalarning elementlari o‘rtasida quvvatni ma’lum bir nisbatlarda taqsimlash uchun mo‘ljallangan qurilma. " Quvvatning o‘rtacha qiymati|"1. Bitta kanalning polosa kengligiga ega (uzatilgan yoki qabul qilingan) LTE modulyatsiyalangan signal quvvatining (davomiyligi 1 ms bo‘lgan subkadrning kamida bitta o‘tish davri ichida, radiofoydalanish rejimida o‘lchangan) qiymati. 2. Radiofoydalanish rejimida chip tezlik (1+) polosa kengligiga ega (uzatilgan yoki qabul qilingan) WCDMA modulyatsiyalangan signali quvvatining, kamida bitta vaqt intervali ichida o‘lchangan qiymati. Izoh − Kodli sohadagi barcha quvvatlarning yig‘indisi, radiofoydalanish rejimida chip tezlik (1+) polosa kengligiga ega signal o‘rtacha quvvatining qiymatiga teng. " Quyi|"Obyektlarni vertikal holatda to‘g‘rilash uchun ishlatiladigan yakorlardan biri. To‘g‘rilash obyektlarning quyi qismidan amalga oshiriladi. " Quyi daraja tili|"Kompyuter apparaturasini bevosita boshqarish uchun mo‘ljallangan, assembler turidagi til. Quyi daraja tilining o‘ziga xos xususiyati til har bir instruksiyasining unga mos keladigan bitta mashina komandasiga o‘zgartirilishida namo-yon bo‘ladi. Quyi daraja tilidagi dasturlar mashinaga bog‘liq bo‘ladi, shuning uchun ularni boshqa platformalarga o‘tkazish birmuncha qiyin. " Quyi darajadagi formatlash|"Yozilmagan qattiq yoki yumshoq diskda sektorlar va yo‘lkalarning boshlang‘ich, dastlabki belgilanishini yaratish jarayoni yoki ularni to‘la qayta formatlash. " Quyi dasturga murojaat|"Komandalar to‘plami yoki parametr va boshqarishni quyi dasturga uzatadigan operator. " Quyi diapazon|"Ishchi chastotalar diapazonining, radiostansiyaning ishi ta’minlanadigan bir qismi. " Quyi menyu|"O‘zidan oldingi menyu tomonidan chaqirilgan menyu, ya’ni sarlavhasi boshqa menyuning elementi bo‘lgan menyu. " Quyi registr|"Matn yoki ma’lumotlarni kichik (katta) harflarda kiritish rejimi. " Quyi sathli dasturlash|"Kompyuterning apparat imkoniyatlaridan va/ yoki quyi sath tillaridan foydalanib dasturlash. " Quyi satr|"WWW izlash serverlaridagi so‘rovlarda nomning yoki kalit so‘zning bir qismi. Dasturlashda – satrli o‘zgaruvchi yoki konstantaning har qanday qismi, ya’ni boshqa satrning bir qismi bo‘lgan satr. " Quyi tarmoq|"1. Tarmoqning, o‘zining elementlari uchun umumiy xarakteristikalari to‘plamiga, muayyan chegaralarga ega bo‘lgan va mustaqil tarmoq sifatida qaraladigan bir qismi. 2. IP-tarmog‘ining qismi. Har bir tarmoq qismi o‘zining tarmoqdagi noyob raqamiga ega bo‘ladi. 3. OSI-tarmoqlarida – bitta administrativ domenda boshqariladigan hamda tarmoqdan foydalana olishning bitta protokolidan foydalanadigan oxirgi va oraliq tizimlar guruhi. " Quyi tarmoq manzili|"Kichik tarmoq identifikatori sifatida kichik tarmoq maskasi bilan beriladigan IP-manzil qismi. " Quyi tizim|"Tizimning, tizimdagi qandaydir funksiyani bajaradigan qismi. " Quyi xotira|"Manzillashning eng quyi raqamlariga ega bo‘lgan xotira yacheykalari. " Quyi Yer atrofi orbitasi|"700 km dan 2000 km gacha bo‘lgan balandlikda joylashgan doiraviy orbita. Bu balandliklardagi yo‘ldoshning aylanish davri 100 min dan 120 min gacha bo‘lgan davrni tashkil qiladi. Radioko‘rinish zonasida kosmik apparatning maksimal bo‘lish vaqti 10-15 min dan oshmaydi. Global qamrovni ta‘minlash ushun orbital gruhdagi yo‘ldoshlar soni 48 tadan kam bo‘lmasligi kerak. " Quyi yon polosani bostirish (tasvir uzatgich)|"Modulyatsiya mahsulotlarining, tasvir uzatgichi eltuvchisining chastotasidan past bo‘lgan chastotali amplituda-chastota xarakteristikasi. " Quyi chastotalar filtri|"Berilgan qirqim chastotasidan past o‘tkazish polosasiga va pastroq chastotalar uchun tutib qolish polosasiga ega bo‘lgan elektr chastota filtri. " «Quyuq» dasturiy ta’minot|"Funksional jihatdan keragidan ortiq va resurs sig‘imi katta bo‘lgan dasturiy ta’minot. " Qo‘l skaneri|"O‘qiydigan kallagini skanlanadigan muhit ustida siljitish foydalanuvchi tomonidan amalga oshiriladigan portativ kompyuter turi. " Qo‘lda kiritish qurilmasi|"Foydalanuvchi ma’lumotlarni qo‘lfda kiritadigan qurilma, misol uchun klaviatura. " Qo‘llaniladigan maydon kuchlanganligi (qo‘llaniladigan quvvat oqimi zichligi)|"Maydon kuchlanganligining (quvvat oqimi zichligining) aniq vaziyatlarda yoki chastota rejalari yoki kelishuvlarida belgilangani kabi, qabul qilishning tabiiy va sanoat shovqini hamda xalaqitlar mavjud bo‘lgan muayyan sharoitlarida, talab etilgan qabul qilishning sifatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan minimal miqdori. Izoh – «Qo‘llaniladigan maydon kuchlanganligi» atamasi XEIning ko‘plab matnlarida ishlatiladigan «zarur maydon kuchlanganligi» atamasiga muvofiq keladi. " Qo‘llanish sohasi|"Ma’lumotlarning aniq bir elementidan foydalanish mumkin bo‘ladigan dastur fragmenti. " Qo‘llanishlik to‘g‘risidagi bayonot|"Tashkilot axborot xavfsizligini boshqarish tizimiga mos keladigan va qo‘llaniladigan boshqarish vositalari va maqsadlarni tavsiflovchi hujjatlashtirilgan bayonnoma. " Qo‘llanmalari to‘plami kompleks qisqartirilgan protsessor|"Komandalar to‘plami qisqartirilgan protsessor; CRISP arxitekturali protsessor RISC va CISC protsessorlari va arxitekturalari o‘rtasidagi oraliq variant protsessori bo‘lib hisoblana " Qo‘llash|"Sozlash oynasidagi tugma, uni bosish orqali formadagi barcha ma’lumotlar saqlanadi va formani berkitmagan holda qo‘llaniladi. Kiritilgan o‘zgartirishlarni oldindan ko‘rib chiqish uchun xizmat qiladi. " «Qo‘lyozma» ilovalar|"Kompyuterdan «qo‘lda», ya’ni qo‘l harakati orqali boshqariladigan klaviaturasi bo‘lmagan kiritish qurilmalari (pero, (sensorli) planshet) asosida foydalanish uslubi. " Qo‘lyozma matnini tanish|"Qo‘lyozma matn ramzlarini kodlar ketma-ketligiga aylantirish texnologiyasi. Qo‘lyozma matnini tanish, matnni skaner yoki yorug‘lik perosi yordamida axborot tizimiga kiritish imkonini beradi. " «Qo‘ng‘iroq»|"Simvol kodi, unga qarab kompyuter yoki terminal foydalanuvchi yoki operator e‘tiborini tortadigan standart tovush signali beradi. " Qo‘ng‘iroq qilish|"Kompyuterga modem va umumiy foydalanishdagi telefon tarmog‘idan foydalanib, ma’lumotlarni uzatish seansini o‘zlashtirish uchun boshqa kompyuterga ulanish imkonini beruvchi xizmat (masalan, Internet tarmog‘idan foydalana olish yoki Fidonet uzeli bilan bog‘lanish uchun). " Qo‘ng‘iroqni qayta manzillash|"Abonentning raqamidan kelib tushgan qo‘ng‘iroq-larning barchasini yoki qismini istalgan boshqa (boshqa uyali, oddiy shahar, shaharlararo, xalqaro) raqamga yoki tovushli pochtaga o‘tkazish imkonini beradigan xizmat. " Qo‘riqlanadigan axborot|"1. Axborot mulkdori yoki mulkdor vakolat bergan shaxs tomonidan, kuchga ega qonunchilikka binoan muhofaza qilish rejimi o‘rnatilgan axborot. 2. Foydalanish va almashuv bilan bog‘liq jarayonlarda, ishlatilishi, qonunchilik bilan o‘rnatilgan qoidalarga mos bajariladigan axborot. " Qo‘sh mustaqil shina arxitekturasi|"Protsessorni qurish arxitekturasi, bunda ma’lumotlar bir vaqtda bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda ikkita shina orqali parallel uzatiladi. Kompyuter platformalari o‘tkazish qobiliyatining ko‘pgina muammolarini hal qiladi. Amaliy dasturlarning talablarini qondirish va protsessorlarning yangi avlodlarini yanada rivojlantirish imkoniyatlarini ta’minlash uchun, Intel firmasi tomonidan ishlab chiqilgan. " Qo‘sh telefon raqamlari xizmati|"Bitta abonent ikkita telegon raqamini oladigan xizmat. Bitta raqam hammaga ma’lum, boshqasi abonent tomonidan cheklangan shaxslarga ma‘lum qilinadi. Birinchi raqamga nisbatan abonent «Chaqiruvni boshqa raqamga o‘tkazish» yoki «Bezovta qilinmasin» xizmatlaridan foydalanganda, uning ikkinchi raqamini bilgan shaxslar u bilan bog‘lanishlari mumkin. " Qo‘sh uzatish|"Televizion dasturni televizion uzatish tarmog‘idan va tegishli tovush jo‘rligidagi alohida tovushli eshittirish uzatish tarmog‘idan, televideniyedagi stereofonik tovushni ta’minlash uchun bir vaqtda uzatish. " Qo‘shiladigan yozuv|"Fayl qayta ishlanayotgan vaqtda yaratilgan yozuv. " Qo‘shilgan menyu|"Bir nechta daraja elementlaridan tuzilgan menyu. Birinchi daraja elementini tanlash qo‘shimcha tanlash imkonini beradi. " Qo‘shimcha|"Qandaydir tartiblashtirilgan tuzilmaga (massivga, ro‘yxatga, faylga) tegishli joyga yangi elementni qo‘shish protsedurasi. Mantiqiy va fizik darajalarda qilinishi mumkin. " Qo‘shimcha bog‘lanish texnologiyasi|"IBM AT kompyuterlarida qattiq diskdan foydalanishda ilk bor qo‘llanilgan dastlabki interfeys va protokolga havola. IDE nomi bilan ham mashhur. " Qo‘shimcha bo‘lim|"Qattiq diskning nolli yo‘lkasidan tashqarida yaratilgan bo‘lim. Primary-bo‘limidan farqli o‘laroq, ularning soni cheksiz bo‘lishi mumkin. " Qo‘shimcha kanal|"Yuqori tezlikli axborotni uzatish uchun foydalanilishi va turli xizmatlarni ko‘rsatishga moslashtirilishi mumkin bo‘lgan yordamchi kanallardan biri (IS-95 va CDMA2000 standartlarida). Izoh − Qo‘shimcha kanal bo‘ylab uzatish tezligi qayd etilgan yoki o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin, shu bilan birgalikda, qabul qilgichda tezlikning aniqlanishi kirish signali bo‘yicha avtomatik ravishda amalga oshiriladi. " Qo‘shimcha klaviatura|"1. Kompyuter standart klaviaturasining o‘ng tomonidagi klavishlar guruhi. 2. Klavishlar soni ko‘p bo‘lmagan maxsus funksional klaviatura. " Qo‘shimcha kodli so‘z|"Autentifikatsiya qilish vositasi. Parol ko‘rsatilgandan keyin foydalanuvchidan qo‘shimcha ravishda so‘raladigan kodli so‘z. " Qo‘shimcha manzillash|"Xizmat ko‘rsatilayotgan foydalanuvchiga uning bitta berilgan raqamidan ortiq manzillash qobiliyatini kengaytirish imkonini beradigan qo‘shimcha xizmat. " Qo‘shimcha nusxa|"Asosiy eltuvchidagi ma’lumotlarning buzilish, shikastlanish yoki yo‘qolish hollarida, keyinchalik tiklash uchun alohida fayllar, fayllar guruhi (katalog) ning nusxasi. " Qo‘shimcha protsessor|"Asosiy protsessorning funksional imkoniyatlarini oshiradigan qo‘shimcha protsessor. " Qo‘shimcha ranglar|"Aralashmada oq rang hosil qiladigan juft ranglar. Ko‘k-yashil (havorang) va qizil; yashil-qizil (sariq) va ko‘k; ko‘k-qizil (qirmizi) va yashil qo‘shimcha ranglar bo‘lib hisoblanadi. " Qo‘shimcha raqam guruhi|"Foydalanuvchilarni guruhning ichki qo‘shimcha raqami orqali to‘plash imkonini beradigan xizmat. " Qo‘shimcha simvol|"Alifboda mavjud bo‘lmagan yoki raqamli bo‘lmagan simvol. Masalan: ♫,►,♪,☼. " Qo‘shimcha tarkibiy qism|"Dasturga yangi imkoniyatlar qo‘shuvchi dastur bibliotekasi. Plaginlardan farqli ravishda, o‘rnatilgan addon o‘chirilishi mumkin emas. Ko‘pincha, dasturni ishga tushirishda foydalanuvchidan original dasturdan yoki addondan foydalanishi to‘g‘risida so‘raladi. " Qo‘shimcha xizmatlar|"Alohida taqdim etilmaydigan, balki xizmat ko‘rsatishning asosiy turlariga, ularning funksional imkoniyatlarini kengaytirgan holda qo‘shimcha sifatida xizmat qiladigan aloqa xizmatlari. " Qo‘shimcha xizmatlar provayderi|"Telefon kompaniyalari an’anaviy ravishda ta’minlab kelayotgan xizmatlardan tashqari, ixtisoslashgan aloqa xizmatlarini taqdim etuvchi provayder. " Qo‘shimcha yo‘lka|"Nusxa ko‘chirishdan himoya qilish usulining qismi, bunda diskka standart miqdordagi yo‘lkalar ustidan yana bitta yo‘lka yoziladi. " Qo‘shimcha, orqa tomondan mahkamlanadigan|"Kompyuter korpusining orqa tomonidagi, qurilmalarni o‘rnatish uchun mo‘ljallangan port yoki uya. " Qo‘shimchalar|"Alohida o‘rnatiladigan va dasturga yangi operatsiyalarni bajarish imkonini beradigan qo‘shimchalar. " Qo‘shish ko‘prigi|"Umumiy antenna bilan uzatish uchun turli kanallarda ishlaydigan bir nechta uzatgichlardan televizion signallarni kombinatsiyalash imkonini beradigan qurilma. " Qo‘shmoq|"Avvaldan mavjud ro‘yxatga yangi elementni qo‘shish. " Qo‘yilganlik|"O‘xshash yoki boshqa bir konstruktsiyaga kirish yuz beradigan algoritm, dastur, komanda tuzilmasi. Masalan, sikldagi sikl, shartli operatordagi shartli operator. " Qo‘yish|"Obyekt (fayl, matn, tasvir va sh.k.lar)ni almashinuv buferidan olib qo‘yish. " Qo‘yish nuqtasi|"Axborot (ma’lumot) kiritiladigan joyni belgilaydigan, ekrandagi lipillaydigan tik chiziq, kursor. " Qo‘zg‘atilish|"Elektromagnit tebranishlarning, to‘lqino‘tkazgish yoki yorug‘lik o‘tkazgich kirishiga uzatilishi. " Qo‘zg‘atgich|"1. Uzatgichdagi yuqori chastotali, masalan, koaksial-tirqishli yoki to‘lqin o‘tkazgich turidagi generator. 2. Modulyator va chastotalarning ishchi to‘rini shakllantiruvchi chastotalar sintezatorini o‘z ichiga oluvchi qurilma. Qo‘zg‘atgich tarkibiga signalni oldindan kuchaytirish qurilmasi kirishi mumkin. R " Rad etib bo‘lmaslik|"1. Muayyan hodisa yoki faoliyatning yuzaga kelishini isbotlash va ularni initsiatsiya qiluvchi mantiqiy obyektlarni aniqlash imkoniyati. 2. Xabarlarni kafolatli yetkazib berish bilan elektron hujjatlarni almashish protsedurasi. Bunday protsedura natijasida jo‘natuvchi uzatish faktini, oluvchi esa xabar muddatida yetkazilmaganligini rad etolmaydi. " Rad etish|"Biror bir foydalanuvchi tomonidan bajarilgan hujjatdagi yoki moslamalardagi o‘zgarishlarni rad etish va avvalgi konfiguratsiyaga yoki hujjatga qaytish. " Rad etish (radiokanaldan foydalanishni)|"Kanaldagi sifat yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan darajada past bo‘lishi tufayli, aloqa xizmatlaridan foydalanishning to‘xtatilishi. " Rad etmoq|"Foydalanuvchi tomonidan, qurilma, fayl, papkadan foydalanishga urinish yoki yetarli huquqlarga ega bo‘lmay turib, biror-bir dasturni bajarish uchun ruxsatni rad etish. " Radial tizim|"Barcha abonent liniyalari bitta nuqtadan boshlanadigan kabel taqsimlash tizimi. " Radial-kommutatsion tizim|"Abonent liniyalarining har biri alohida ulanishi mumkin bo‘lgan radial yoki ko‘p radial tizim. " Radiatsion himoya; nurlanishdan himoya qilish|"1. Ham tabiiy, ham sun’iy xarakterdagi ionlashtiruvchi nurlanishlar ta’siridan odamlar va uskunalarni himoya qilish. 2. Ekranlash va nurlanish darajasini kuchsizlantirish imkonini beradigan boshqa texnik chora-tadbirlar. " Radio aks sado|"Signalning tarqalish yo‘lida joylashgan obyektdan qaytgan va undan keyingi kuzatish punktida qabul qilingan elektromagnit signal. Barcha zamonaviy radiolokatsiya radio aks sadosining obyektdan kuzatuv punktigacha o‘tish vaqtini o‘lchashga asoslangan. " Radioaloqa|"Radioto‘lqinlar yordamida amalga oshiriladigan aloqa. " Radioaloqa reglamenti|"Radioaloqa xizmatlari tomonidan radiochastota spektridan foydalanish tartibini aks ettiruvchi asosiy hujjat. " Radioelektron qurilma|"Bitta yoki bir nechta radiouzatish va/yoki qabul qilish vositasi hamda yordamchi uskunasidan tashkil topgan texnik qurilma. " Radioelektron vosita|"Radioto‘lqinlar uzatishga va qabul qilishga mo‘ljallangan bitta yoki bir nechta radiouzatuvchi yoki qabul qiluvchi qurilma yoki ularning birikmasi va yordamchi uskunalaridan iborat bo‘lgan texnik vosita. Bu vosita uzatish va qabul qilish uchun mo‘ljallangan, o‘z ishida chastotasi 5 KHzdan yuqori bo‘lgan elektromagnit tebranishlardan foydalanadigan radiostansiyalar, radiotelefonlar, radionavigatsiya va radioaniqlash tizimlari, kabel teleko‘rsatuvlari tizimi hamda boshqa vositalardan iborat. " Radioelektron vositaning ta’sirchanligi|"Radioelektron vosita va uning tarkibiy qismlarining, antenna orqali yoki antennadan tashqarida bo‘ladigan elektromagnit, elektr, magnit maydonlar ko‘rinishidagi yoki fiderdagi, ta’minot, boshqaruv, axborotni uzatish, kommutatsiyalash va уerga ulash zanjirlaridagi kuchlanishlar yoki toklar ko‘rinishidagi radioxalaqitlarga javob qaytarish xususiyati. " Radioeshittirish diapazoni|"Radioeshittirish xizmati uchun Xalqaro elektraloqa ittifoqi Radioaloqa reglamenti tomonidan ajratilgan chastotalar polosasi. " Radiokanal|"Maʼlumotlar uzatish uchun radionurlanishdan foydalanadigan kanal. Radiokanal radiouzatgich va radio qabul qiluvchidan tarkib topadi. Radionurlanish chastotasi radiokanal vazifasiga ko‘ra tanlanadi. Axborot tarmoqlarida radiokanallar ikki maqsadda ishlatiladi. Birinchisi – abonent tizimini kabellar guruhi asosida qurilgan tarmoq bilan ulash. Bunga yer bo‘ylab kabel tortish iloji bo‘lmasa yoki tizim bir joydan boshqasiga ko‘chib yursa ehtiyoj tug‘iladi. Ikkinchisi – radiotarmoq yaratishda ishlatiladi. " Radiomayoq kanali|"Simsiz kira olish tarmoqlarida, tayanch stansiyalar marker signalini uzatish uchun foydalanadigan kanal. Izoh − Qabul qilinayotgan signal darajasini o‘lchash orqali mobil abonent aloqaning sifatini baholash va aloqa davomida qabul qilishning eng yaxshi sharoitlari ta’minlanadigan tayanch stansiyani tanlashi mumkin. Tayanch stansiya bilan aloqa oldindan so‘rovlar va boshqa xizmat komandalarini uzatmasdan amalga oshiriladi. " Radionurlanish|"Elektromagnit spektrda infraqizil nurlanishdan oldin joylashgan elektromagnit nurlanish. Tebranish chastotasi 3-30 KGsdan 300-6000 GGsgacha bo‘lgan elektromagnit to‘lqinlari radionurlanishga oiddir. Bu chastotalar polosasini olti diapazonga bo‘lish qabul qilingan. Bu diapazonlar radionurlanishlar tarqalishi xususiyatini belgilab beruvchi turli xil radioto‘lqinlarga tegishli. Shuni nazarda tutish kerakki, bu polosalar doimiy bo‘lmay, radiotexnika rivojlana borgan sari kengayib boradi. " Radionurlanishning zarur chastotalar polosasi|"Signalni talab qilingan tezlik va sifat bilan uzatish uchun yetarli bo‘lgan berilgan turkumdagi radionurlanish chastotalarining minimal polosasi. " Radiooptik antenna panjarasi|"Kogerent optika va golografiya vositalarida yo‘nalganlikning fazoviy xarakteristikalarini shakllantirishga ega antenna panjarasi. " Radiopeleng|"Radiopelengatorning antenna tizimi o‘rnatilgan joyidan radiosignallar nurlatadigan obyektga bo‘lgan yo‘nalish. Bu yo‘nalish, gorizontal tekislikdagi radiopelengatorning antenna tizimi o‘rnatilgan joyi orqali o‘tuvchi haqiqiy yoki magnit meridianning shimoliy yo‘nalish bilan bu joydan obyektning gorizontal tekislikka proeksiyasiga bo‘lgan yo‘nalish orasidagi, 0° dan 360° gacha hisoblanadigan burchak bilan o‘lchanadi. " Radioqabul qilgichning shovqin koeffitsiyenti|"Signal manbaining temperaturasi 293 K bo‘lganda, detektor kirishida yoki radioqabulqilgich chiziqli qismining chiqishida o‘lchangan shovqin darajasining, tegishli chiqishda bo‘lishi mumkin bo‘lgan shovqin quvvatiga nisbati (agar signal manbai yagona shovqin manbai bo‘lishi mumkin bo‘lganda). " Radioqidiruv xizmati|"Abonentga belgilangan zonada ishlab turgan shaxsiy qurilma yordamida umumiy foydalanishdagi tarmoqning istalgan telefon apparatidan chaqiruv to‘g‘risida radio orqali ogohlantirishni olish imkonini beradigan xizmat. Izoh – Ogohlantirish tovushli xabarnoma yoki kodlangan shakldagi vizual indikatsiya bilan kuzatilishi va chaqiruvchi shaxsdan kelib tushishi yoki tarmoqning o‘zida generatsiya qilinishi mumkin. " Radiorazvedka; radio tutib olish|"Spektral tarkibini, modulyatsiya turini va ishlayotgan bir radiostansiyani boshqasidan ajratish imkonini beruvchi boshqa alomatlarni tahlil qilish maqsadida, aloqa vositalari yordamida nurlantiriladigan signallarni qabul qilish. " Radioreleli kanal|"Televizion radioreleli signalni uzatishda foydalaniladigan chastotalar polosasi. " Radioreleli liniya|"O‘ta yuqori chastota diapazonida ishlaydigan radiokanal. Radioreleli liniya 2, 7, 13, 15, 18, 23, 38 GGs chastotalarda ishlaydigan, o‘tkazish polosasining kengligi 3,5-28 MGs bo‘lgan, 50 km uzoqlikkacha maʼlumotlarni uzata oladigan yerusti radio tarmog‘ining tarkibiy qismidir. " Radioreleli qabul qilgich|"Kirishiga televizion radioreleli liniya signali keladigan, chiqishidan esa radioreleli liniyaning chiquvchi televizion signali olinadigan apparatura kompleksi. " Radioreleli uzatgich|"Muayyan bir apparatura kompleksi, uning kirishiga radioreleli liniyaning kiruvchi televizion signali keladi, chiqishida esa, radioreleli liniyaning chiquvchi televizion signali mavjud bo‘ladi. " Radiosignal eltuvchisini raqamli televizion signal bilan kvadratura fazaviy manipu-lyatsiya qilish|"Modulyatsiyalovchi diskret raqamli televizion signalning har bir ahamiyatli holati radiosignal eltuvchisi fazasining raqamli televizion signal oldindagi elementining radiosignal eltuvchisi fazasiga nisbatan diskret o‘zgarishi orqali ifodalangan eshittirish televideniysi radiosignali eltuvchisining fazaviy manipulyatsiyasi. " Radiosignalning kvadraturaviy diagrammasi|"Eshittirish televideniyesi radiosignalining, kvadraturaviy modulyator chiqishidagi radiosignallar fazasini mos tarzda aks ettirish uchun koordinatalarning to‘g‘ri burchakli koordinatalar tizimiga aylantirilgan qutbiy diagrammasi. Izoh – I gorizontal o‘q bo‘yicha radiosignalning sinfazali kanaldagi darajasi, Q vertikal o‘q bo‘yicha esa, kvadratura kanalidagi darajasi ajratiladi. " Radiosignalning qutbiy diagrammasi|"Eshittirish televideniyesi radiosignalining eltuvchisi tayanch element bo‘lgan doiraviy diagramma. Bu tayanch elementga nisbatan fazaviy siljish burchagi va eshittirish televideniyesi modulyatsiyalangan signali darajasining o‘zgarishi hisoblanadi. " Radiostansiya|"Bitta yoki bir nechta uzatgich yoki qabul qilgich, shu jumladan, uzat-kich va qabul qilgichlarning yordamchi uskunalari birikmasi. U belgilangan joyda radioaloqa xizmatini yoki radioastronomiya xizmatini bajarish uchun xizmat qiladi. " Radiotarmoq|"Radiokanallarga ega bo‘lgan simsiz tarmoq. Radiotarmoqlar hududiy yoki lokal bo‘lishi mumkin. Arxitekturasiga ko‘ra – maʼlumotlarni marshrutlash tarmoqlari va maʼlumotlarni tanlashga asoslangan tarmoqlar farqlanadi. Xuddi shunday, yer usti radiotarmoqlari va yo‘ldoshli aloqa tarmoqlari farqlanadi. Radiotarmoqlarning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, tayanch stansiyalari, yaʼni abonent tizimlari bevosita o‘zaro ishlaydigan axborot tizimlari hisoblanadi. " Radiotelefon|"Tovush signallarini radioto‘lqinlar orqali uzatish va qabul qilish apparati. " Radioteleskop|"Yo‘naltirilgan antenna (yoki antennalar tizimi) va radiometrdan iborat bo‘lgan, osmon obyektlarining xususiy radionurlanishini qabul qilish va qayd etish hamda uning xarakteristikalarini tadqiq etish uchun mo‘ljallangan radioqabul qurilmasi. " Radioteleo‘lchashlar|"O‘lchash natijalarini uzatishda radiotelemetrik deb ataladigan maxsus radioliniyalardan foydalanadigan teleo‘lchash texnikasining sohasi. " Radioto‘lqin|"Shartli ravishda chastotasi 6000 GGsdan past deb qabul qilingan elektromagnit to‘lqinlar. Ular fazoda sunʼiy to‘lqin o‘tkazgichisiz ishoralar, signallar, yozma matn, tasvir va tovushni uzatish yoki qabul qilish uchun tarqatiladi. Oltita radioto‘lqin diapazoni ajratiladi: 1. O‘ta uzun to‘lqinlar (tebranishlar chastotasi - 3-30 KGs). 2. Uzun to‘lqinlar (30-300 KGs). 3. O‘rta to‘lqinlar (300-3000 KGs). 4. Qisqa to‘lqinlar (3-30 MGs). 5. O‘ta qisqa to‘lqinlar (30 MGs-300 GGs). 6. Submillimetrli to‘lqinlar (300-6000 GGs). " Radioto‘lqinlar diapazoni|"Radioto‘lqinlar uzunligining shartli nom berilgan muayyan uzluksiz qismi. " Radioto‘lqinlarning gorizont ortida (troposferali) tarqalishi|"Yer sirtiga yaqin nuqtalar o‘rtasidagi troposferaviy tarqalish, bunda qabul qilish nuqtasi uzatish nuqtasi radiogorizontidan tashqarida bo‘ladi. " Radioto‘lqinlarning nurlanishi|"Radioto‘lqinlar diapazoniga tegishli bo‘lgan va asosan radiouzatgichlarning antennasi orqali qo‘zg‘aluvchi elektromagnit to‘lqinlarning paydo bo‘lishi. " Radioto‘lqinlarning olis troposferali tarqalishi|"Havo sindirish koeffitsiyentining bir xil emasligi bilan asoslangan ularning qaytishi va sochilishi natijasi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rinish masofasidan oshadigan masofadagi troposferada radioto‘lqinlarning tarqalishi. " Radiotoʻlqinlarning qaytish koeffitsiyenti|"Qaytuvchi radiotoʻlqindagi elektr maydoni kuchlanganligi koʻrsatilgan tashkil etuvchisining tushuvchi radiotoʻlqindagi oʻsha tashkil etuvchiga nisbati. " Radioto‘lqinning qutblanishi|"Elektr maydon kuchlanganlik vektorining yo‘nalishini aniqlaydigan radioto‘lqinlar xarakteristikasi. " Radiouzaytirgich|"Quvvat kuchaytirgichi bo‘lgan qabul qilgich – uzatgich ko‘rinishida ishlangan, signallarni oraliq kuchaytirish va keyinchalik nurlantirish uchun ishlatiladigan qo‘shimcha retranslyator. Radiouzaytirgich, odatda, signallar ishonchli qabul qilinmaydigan zonalarda o‘rnatiladi yoki xizmat ko‘rsatish zonasini kengaytirish uchun qo‘llaniladi. " Radiouzatgichning chiqish quvvati|"Radiouzatgichdan antenna-fider qurilmasiga yoki yuklama ekvivalentiga uzatiladigan aktiv quvvat. " Radiouzel|"Simli eshittirish tarmog‘i abonentlariga radioeshittirish dasturlari va mahalliy eshittirishlarni uzatish uchun mo‘ljallangan qabul qiluvchi-kuchaytiruvchi va boshqa apparaturalar majmui. " Radioxalaqit|"Radioaloqa tizimida qabul qilishga bo‘lgan, bir yoki bir nechta nurlanish keltirib chiqaradigan, axborot sifatining yomonlashuvida, xatoliklar bo‘lishida yoki axborot yo‘qolishida namoyon bo‘ladigan, elektromagnit energiya ta’siri. " Radiochastota|"Qar.: Radioto‘lqin. " Radiochastota biriktirish|"Radiochastota taqsimlovchi tashkilot tomonidan foydalanuvchiga maʼlum radiochastotadan foydalanishga beriladigan ruxsat. " Radiochastota kabeli|"Radiosignallarni uzatish uchun mo‘ljallangan kabel. " Radiochastota organi|"Qonunchilikka muvofiq, radiochastota spektridan foydalanishni (unga ajratilgan radiochastotalar polosasi chegarasida) tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi. " Radiochastota spektri|"Shartli ravishda 3000 GHz deb qabul qilingan intervaldagi radiochastotalar majmui. " Radiochastota spektri monitoringi|"Radiochastota spektri holatini muntazam kuzatish, undan foydalanishni baholash, radiochastota spektri to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishining oldini olish va bartaraf etish uchun mo‘ljallangan tashkiliy-texnik tadbirlar kompleksi. " Radiochastota spektridan foydalanuvchi|"Radiochastotalardan foydalanish va radioelektron vositalar yoki yuqori chastotali qurilmalarni ekspluatatsiya qilish uchun radiochastota idorasining tegishli ruxsatiga ega bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs. " Radiochastota spektrining bandligi|"Ma’lum vaqt oralig‘ida bitta chastotada, bitta radiochastota kanalida yoki chastotalar polosasida nurlanish mavjudligining davomiyligi. " Radiochastotalar diapazoni|"Tebranishlar o‘xshash xossalarga ega bo‘ladigan uzluksiz chastotalar intervali. " Radiochastotalar diapazoni (quyi diapazoni)ning qoplash koeffitsiyenti|"Ishchi chastotalar diapazoni (quyi diapazoni) eng yuqori chastotasining shu diapazon (quyi diapazon) ning eng yuqori chastotasiga nisbati. " Radiochastotali ma’lumotlar uzatish vositalari|"Fayllarni radiokanal orqali (to‘g‘ri ko‘rinishsiz) kompyuterdan printerga, ma’lumotlar to‘plagichga 9-12 m ga uzatish uchun xizmat qiladigan elektron qurilmalar va dasturiy vositalar. Ishlashda qulaylik yaratadi, ulardan foydalanilganda qurilmalarni o‘zaro birlashtiradigan kabellar kerak bo‘lmaydi. " Ramdrayv|"tezkor xotirada modellashtiriladigan psevdodisk; mantiqiy diskni imitatsiya qilish uchun ajratilgan kompyuter tezkor xotirasining bir qismini o‘zida ifodalaydi. " Ramkasimon antenna|"Asosiy elementi ixtiyoriy shakldagi, bir yoki ko‘p o‘ramli ramka bo‘lgan antenna. " Ramziy havola|"Haqiqiy faylga ko‘rsatgich bo‘lgan faylning maxsus bir turi. Siz havola bilan ishlayotganingizda, aslida haqiqiy fayl bilan ishlayotgan bo‘lasiz. " Ramziy mantiq|"Xulosalar chiqarish uchun tabiiy til ifodalaridan emas, balki simvollardan foydalaniladigan matematik mantiq. " Ramziy manzil|"Dasturchu uchun qulay shaklda ifodalangan va absolyut manzilni avtomatik tarzda aniqlash imkonini deradigan manzil. " Randevu|"Jarayonlar kommunikatsiyasi mexanizmi, bunda ikkala jarayon xabarlarni uzatish tugagunga qadar to‘xtatiladi. " Randomizatsiya(lash)|"Ma’lumotlarda identik bloklar mavjudligini yashirish maqsadida, ma’lumotlarning psevdotasodifiy ketma-ketligidan foydalanib, shifrlashdan oldin yoki shifrlash paytida boshlang‘ich ma’lumotlarni o‘zgartirish. " Rang balansi, balans|"Asosiy ranglar signali darajasining normalangan axromatik obyektlarni tahlil yoki axromatik tasvirlarni sintez qilishda tayanch oqning rangliligi bilan tengligi. Izoh − Axromatik obyektlar oq, kul rang yoki qora rangda bo‘lishi mumkin. " Rang buzilishlari|"Obyekt ranglari va qayta tiklanayotgan tasvirning tegishli ranglari o‘rtasidagi sezilarli farq. " Rang kontrasti|"Rang grafigida ikkita ranglilikni bog‘lovchi to‘g‘ri chiziqda yotuvchi rang chegaralarining soni bilan o‘lchanadigan ranglilikdagi farq. " Rang koordinatalari|"Namunaga mos kelishi uchun aralashtirilishi kerak bo‘lgan asosiy ranglar miqdori. Izoh – YoXK (Yoritish bo‘yicha xalqaro komissiya) tizimida X, Y, Z simvollari bilan belgilanadi. " Rang koordinatalarini o‘zgartirish|"Asosiy ranglarning bir tizimiga tegishli bo‘lgan ranglarning rang koordinatalarini asosiy ranglarning boshqa tizimiga tegishli bo‘lgan aynan o‘sha ranglarning rang koordinatalari bo‘yicha hisoblash. " Rang parametrlari|"Rangning uchta subyektiv, ajralmas sifati: rang toni, to‘yinganligi va yorqinligi. " Rang signali|"Rangli televizion tasvirning rangliligini to‘liq yoki qisman aks ettiruvchi elektr signali. " Rang sinxronizatsiyasi|"Ranglilik signallarining sinxronligi va/yoki sinfazligini o‘rnatish hamda saqlab turish. " Rang sinxronizatsiyasi signali|"Muayyan shakldagi impulslar bilan modulyatsiyalangan rang quyi eltuvchi signali. " Rang temperaturasi|"Tiklanadigan tasvir rang tonining obyektiv o‘lchovi. U yorug‘lik manbai nurlanishining spektral tarkibini, shuningdek, yorug‘lik manbai rangidan olinadigan obyektiv taassurotni tavsiflaydi. Ekranda oq rangning «oqlik darajasi»ni belgilaydi (Kelvinda o‘lchanadi). " Rang teranligi|"Tasvirning bitta pikselini kodlash uchun kerak bo‘lgan bitlar soni. " Rang turi|"Rangning spektrdagi o‘rnini aniqlaydigan qiymat. Masalan, yashil rang sariq va moviy ranglarning orasida joylashadi. Ishchi stolda bu atributni boshqaruv paneli orqali ham berish mumkin. " Rang uzatish indeksi|"Muayyan kuzatish sharoitlarida tadqiq etilayotgan va standart yorug‘lik manbalari bilan yoritilgan rangli obyektni ko‘rish orqali idrok etishning muvofiqlik o‘lchami. " Rang uzatish ishonchliligi|"TV tasvir ranglarining etalon sifatida qabul qilingan ranglarga mos kelish darajasi. " Rang uzatish sifati|"Qar.: Rang teranligi. " Rang videosignali|"Rangli televizion tasvir xarakteristikalarini aks ettiruvchi elektr signali. " Ranglar sxemasi|"Ekran elementlari uchun o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi ranglar kombinatsiyasi. " Ranglarni aralashtirish|"Tegishli tasvirlar mos tushishiga erishilgunga qadar, ya’ni qizil, yashil va ko‘k elektron nurlarining bir pikselda uchrashguniga qadar asosiy ranglar maydonlarining uchta yoyish rastrlarini rostlash. Yomon aralashtirish monitorning ruxsat etish qobiliyatini pasaytirib oq piksellar rangini kirlantiradi. " Ranglarni tiklash ishonchliligi|"Ikkita rang shkalasi bo‘yicha pasaytirilgan to‘yinganlik shkalasi bo‘yicha «oq» ning darajasi 75 foiz, «qora»ning darajasi 37,5 foiz va darajasi 750 750 bo‘lgan signallar orqali shakllantirilgan yuqori to‘yinganlik shkalasi bo‘yicha vizual baholash. " Ranglarning uzilishi|"Kuzatish sharoitlaridagi farq tufayli ikki maydon orasida paydo bo‘ladigan har qanday soxta rang. Kuzatish sharoitlarining tez o‘zgarishi tufayli tasvirning tiklash qurilmasida rangli tasvir asosiy rang tashkil etuvchilariga qisman ajralishi yoki har qanday yoyilib ketishi. " Rangli polosalar|"1. Rangli signalning sifatini baholash uchun vertikal rangli polosalar hosil qiluvchi televizion sinov jadvali. Izoh – Odatda, bu jadval oq, sariq, havo rang, yashil, to‘q qizil, qizil, ko‘k va yashil ranglarga mos keluvchi sakkizta polosadan iborat bo‘ladi. 2. Belgilangan ketma-ketlikda joylashgan asosiy, qo‘shimcha, qora va oq ranglarning vertikal yoki gorizontal polosalaridan tashkil topgan elektr sinov jadvali. " Rangli quyi eltuvchi fazasi inversiyasining qo‘zg‘almas o‘qi|"Qayd etilgan etalon faza, unga nisbatan ranglilik signali rangli quyi eltuvchida doimiy ranglilik uchun keyingi maydonlar vaqtida teng va qarama-qarshi burchak qiymatlarini oladi, bu etalon faza barcha ranglilik uchun yagonadir. " Rangli quyi eltuvchi fazasining inversiyasi|"Ranglilik signali quyi eltuvchisining bitta yoki bir nechta tashkil etuvchisi rangli fazasining ikkita belgilangan qiymat o‘rtasida davriy o‘zgarishi. " Rangli rirproyeksiyaga kiritish|"Rangli rirproyeksiya tizimini boshqarish. Bu bir videosignalni boshqasining ustiga elektron tushirish jarayonidir. Ustiga tushirish maydoni yoki zonasi signallardan birining rang to‘yinganlik darajasi bilan belgilanadi. Ustiga tushirishni amalga oshirish uchun rang to‘yinganlik alohida xususiy ajrata olish xossasiga yoki chastotalar polosasiga ega bo‘lishi kerak. " Rangli tasvir signali|"Barcha sinxronlovchi signallardan boshqa, rangli tasvir to‘g‘risidagi to‘liq axborotni ichiga oluvchi, elektr signali. Izoh – Rangli tasvir signalining bir turi monoxrom tashkil etuvchini va ranglilik axboroti modulyatsiyalagan quyi eltuvchini ichiga oladi. " Rangli televideniyening bir vaqtdagi satr-navbatma-navbat tizimi|"Rangli televideniyening, yorug‘lik signali uzluksiz uzatiladigan, ranglilikni uzatish uchun navbatma-navbat satr bo‘yicha almashinib, lekin yorug‘lik signali bilan bir vaqtda uzatiladigan ikkita signaldan foydalaniladigan tizimi. " Rangli televideniyening bir vaqtdagi tizimi|"Rangli televideniyening, asosiy ranglarga mos keladigan signal tashkil etuvchilari bir vaqtda uzatiladigan tizimi. " Rangli televideniyening komponent tizimi|"To‘liq videosignal bir nechta alohida tashkil etuvchilar shaklida mavjud bo‘ladigan rangli televideniye tizimi. " Rangli televideniyening maydon-navbatma-navbat tizimi|"Rangli televideniyening navbatma-navbat tizimi, bunda asosiy ranglarga mos keluvchi signal tashkil etuvchilari maydon bo‘ylab navbat bilan almashinib uzatiladi. " Rangli televideniyening navbatma-navbat tizimi|"Rangli televideniyening, asosiy ranglarga mos keluvchi signal tashkil etuvchilari navbatma-navbat uzatiladigan tizimi. " Rangli uzatish|"Qayta tasvirlashni turli rang toni, to‘yinganlik hamda yorqinlik qiymatlari bilan ta’minlashi mumkin bo‘lgan rangli televideniye signalini uzatish. " Ranglilik diagrammasi|"Ranglilik uchta koordinatasidan birining boshqasiga bog‘liq ravishda tuzilishidan hosil bo‘lgan diagramma. " Ranglilik grafigi|"Rangning ranglilik koordinatalarini o‘zida aks ettiradigan ma’lum o‘qlar bo‘ylab o‘lchanadigan masofa tekis grafigi. Izohlar 1. Odatda, ikkita ortogonal o‘q, xususan, ranglilik grafigida – xy yoki Xalqaro yoritish bo‘yicha komissiyaning ranglilik teng kontrastlilik grafigida uv foydalaniladi. 2. Ranglilik grafigida real ranglar monoxromatik ranglarni aks ettiruvchi nuqtalarni va boshqa tomondan, bu egri chiziqning to‘q qizil ranglilik liniyalari deb nomlanadigan to‘g‘ri liniyasi bilan cheklangan sath qismini egallaydi. " (Ranglilik grafikasidagi) oq zona|"Axromatik sezgirlikni kuzatish sharoitlarida yetarlicha yaxshi mos keladigan ranglilikni taqdim etadi, deb hisoblash mumkin bo‘lgan ranglilik grafikasidagi zona. " Ranglilik kanali|"Televizion uskunaning ushbu blokidan ranglilik signali bilan o‘tadigan yo‘l. " Ranglilik modulyatori|"Rangli televizion uzatishda ranglilik signali va rang quyi eltuvchisining videochastotaviy tashkil etuvchilaridan ranglilik signalini hosil qilish uchun qo‘llaniladigan modulyator. " Ranglilik quyi eltuvchisining signali|"Modulyatsiyalangan ranglilik quyi eltuvchisining rangga oid axborotni uzatish uchun monoxrom signalga qo‘shiladigan yon polosalari. " Ranglilik signali|"1. Rangli axborotni ko‘chirishda yorqinlik signaliga qo‘shiladigan elektr signal. Bu signal amalda ikki ayirmarang signal bilan modulyatsiyalangan ikkita tashkil etuvchidan iborat bo‘ladi. 2. Ayirmarang signallar bilan modulyatsiyalangan bitta yoki bir nechta ranglilik quyi el-tuvchisi va rang sinxronizatsiyasi signali. " Ranglilik signali eltuvchisi|"Qar.: Ranglilik signalining quyi eltuvchisi. " Ranglilik signali eltuvchisining chastota etaloni|"Ranglilik signalining quyi eltuvchisi ega bo‘lgan chastotaga va rang chaqnashiga nisbatan qayd etilgan fazaga ega uzluksiz signal. Bu signal etalon hisoblanadi. " Ranglilik signalining kanali|"Rangli televideniye tizimidagi ranglilik signalini rangli quyi eltuvchiga o‘tkazish uchun mo‘ljallangan har qanday trakt. " Ranglilik signalining quyi eltuvchisi|"Rang axborotini uzatish uchun monoxrom signalga modulyatsiya yon polosalari qo‘shiladigan eltuvchi. Ranglilik axboroti modulyatsiyalaydigan eltuvchi. " Ranglilik signalining tashkil etuvchisi|"Ranglilik signalining quyi eltuvchi kuchlanishini tegishli fazada ranglilik asosiy rang signali bilan modulyatsiyalashda olinadigan tashkil etuvchisi. " Ranglilik vektori|"Rang fazosidagi va doimiy yorug‘lik tekisligidagi vektor, uning boshlanishi yorug‘lik o‘qida, tugashi esa rangli nurlanishni aks ettiradigan o‘qda joylashgan. " Ranglilik vektori tashkil etuvchilari|"Ranglilik vektorining doimiy yorug‘lik tekisligidagi ikkita o‘qqa taalluqli, rangli fazo yorug‘lik o‘qida umumiy boshlanishga ega ikkita tashkil etuvchisi. " Ranglilik vektorining o‘qi|"Rangli fazo doimiy yorug‘ligi sirtidagi ikkita o‘qdan biri, ular bo‘ylab ranglilik vektorining tashkil etuvchilari ajratib qo‘yiladi. " Ranglilikni uzgich|"Rangli televizordagi, qabul qilinayotgan signalda rangli axborot mavjud bo‘lmaganda, ranglilik kanalini yopish yo‘li bilan qora-oq tasvirni qayta tiklashni ta’minlash uchun xizmat qiladigan qurilma. " Ranglilikning asosiy dag‘al rangi|"Uzatishning, yorqinligi nolga teng, ranglilikni chastotalar polosasining minimal kengligi bilan uzatishga mos keladigan va rangli tasvirning subyektiv aniqligiga nisbatan kam ta’sir etishi hisobiga tanlangan asosiy rangi. " Ranglilikning asosiy nozik rangi|"Uzatishning, yorqinligi nolga teng, ranglilikni chastotalar polosasining maksimal kengligi bilan uzatishga mos keladigan va rangli tasvirning subyektiv aniqligiga ta’sir etishi muhimligi uchun tanlangan asosiy rangi. " Ranglilikning asosiy rangi|"Yorqinligi nolga teng bo‘lgan uzatishdagi ikkita asosiy rangdan biri. " Ranglilikning miltillashi|"Faqat ranglilikning o‘zgarishlari natijasida paydo bo‘ladigan miltillash. " Ranglilikning to‘yinganligi|"Berilgan nurlanish rangliligini sezishning oqning rangliligini sezishdan farqlash darajasi. " Ranglilik-yorqinlik kesishuvchi buzilishi|"Yorqinlik signalining ranglilik signali keltirib chiqaradigan buzilishi. " Rangni kodlash tizimi|"Rang koordinatalari yorqinlik signali va ayirmarang signallar orqali belgilanadigan rang koordinata tizimi. " Rangni tiklash tizimi|"Qayta tiklash qurilmasi uchta asosiy rangining nominal rangliligi va tayanch oqning rangliligi bilan belgilanadigan uch rangli kolorimetrik tizim. " Rangning bir xilligi|"Katta uzunlikdagi yirik oq, kul rang va qora uchastkalardagi ishchi maydon bo‘ylab nazorat qilinadigan tasvir. Rangning «sudralishi» ing. - сhroma сreep ru – «наползание» цвета Tasvir nuqsoni, bunda to‘yingan ranglar, ayniqsa, vertikal qizil chiziqlar «shovqinli» bo‘lib qoladi. " Rangning to‘yinganligi|"Rang bo‘yicha ko‘rib chiqilayotgan rang omili bilan tenglashadigan ma’lum axromatik oxirgi omilning additiv aralashmasidagi monoxromatik rang omilining ulushi bilan tavsiflanadigan rang belgisi. Izohlar 1. Televideniyeda to‘yinganlik tushunchasi kolorimetriyada qo‘llaniladigan rang tozaligi tushunchasiga o‘xshash. 2. Rangning to‘yinganligi uning monoxromatik rangga yaqinlashgani sari ortib boradi. 3. Qirmizi stimul hollarida monoxromatik stimul qirmizi ranglilik liniyalaridagi tegishli nuqtadagi stimul bilan almashtiriladi. " Ranjlash|"Obyektlar yoki ma’lumotlarni, tasniflash maqsadida darajalar bo‘yicha qandaydir belgilarga ko‘ra taqsimlash. Tasniflanadigan obyektlar yoki ma’lumotlar taqsimlanadigan darajalar ranglar deb ataladi. " Raqam-analogli o‘zgartirgich|"Raqamli kod ko‘rinishidagi diskret signallarni, ularga ekvivalent bo‘lgan analog (vaqt davomida uzluksiz bo‘lgan) signallarga avtomatik o‘zgartiradigan qurilma. " «Raqam bilan bog‘lanish mumkin emas» tonal signali|"Chaqiruvchi abonentga chaqiriluvchi abonentning raqamiga bog‘lanish mumkin bo‘lmagan holatda uzatiladigan tovushli signalizatsiya (masalan, chiqariluvchi, retranslyatorning ta’sir zonasidan tashqarida yoki uning radiostansiyasi o‘chirilgan bo‘lsa). Agar liniya band bo‘lsa yoki abonent javob bermasa, bunday vaziyatda «raqam bilan bog‘lanish mumkin emas» signali hosil qilinadi. " Raqam termasdan bog‘lanish (yarim doimiy bog‘lanish)|"Raqam termasdan bog‘lanishni ta’minlovchi xizmat. Izoh – MML komandasi yordamida operator foydalanuvchini oldindan buyurtma berilgan manzil bilan bog‘laydi. " Raqam teruvchi|"Foydalanuvchi kompyuteriga keyinchalik yukla-nadigan va ishga tushiriladigan unchalik katta bo‘lmagan ushbu dastur modem aloqasini to‘lovli modem puli orqali amalga oshirishga harakat qiladi. " Raqamdan universal foydalanish xizmati|"Mamlakatning turli qismlarida mamlakatning istalgan nuqtasidagi bir nechta telefon apparatlariga ega bo‘lgan abonent bilan, bitta aniq raqamni terish orqali bog‘lanish imkoniga ega xizmat. Mamlakatning o‘zaro bog‘langan zonalarida joylashgan telefon stansiyalariga ulangan abonentlar tomonidan chaqiruvlar ushbu zonalardagi shu xizmatlardan foydalanadigan telefon apparatlariga (ayrim cheklashlar bilan) yo‘llanadi. " Raqamlarni siklik saralash|"O‘xshash telefonlarning raqamlarini siklik saralash orqali yopiq klonlash, unda har bir keyingi chaqiruv yangi raqam bilan amalga oshiriladi. " Raqamlash (nomerlash)|"Tarmoq obyektlari o‘rtasida raqamlarni taqsimlash jarayoni, bunda ularning bir ma’noli identifikatsiya qilinishi kafolatlanadi. " Raqamlash tizimi|"Operatorlar, provayderlar va foydalanuvchilarning oxirgi (terminal) uskunasi o‘rtasida raqamlash va taqsimlash tartibi hamda qoidalari. " Raqamlashtirish|"Analog signalni diskret signalga aylantirish jarayoni, yaʼni analog maʼlumotlarni raqamli, kompyuter muhitida mavjud bo‘la oladigan va mashina o‘qiydigan tashuvchilarda saqlanadigan shaklga o‘tkazish. Analog tasvirlarni raqamlash ko‘pincha skaner yordamida bajariladi. " Raqamli|"Ma’lumotlarning qandaydir chekli to‘plamdan bo‘lgan belgilar ketma-ketligi ko‘rinishida taqdim etilishini tavsiflaydi. Kompyuter texnikasida «raqamli» atamasi «ikkili» atamasining sinonimi hisoblanadi, chunki kompyuterlarda axborot ikkili raqamlar (0,1) ko‘rinishda taqdim etiladi. " Raqamli abonent liniyasi|"Mis simlar bo‘yicha diskret signallarni translyatsiya qilishning fizik va kanal darajalar maxsus protokollari bilan aniqlangan fizik liniyalar bo‘yicha ma’lumotlarni yuqori tezlikli uzatish texnologiyasi. Izoh – Shunga o‘xshash raqamli aloqa liniyasini tashkil etish uchun provayderda o‘rnatilgani kabi oxirgi foydalanuvchida ham o‘rnatilishi zarur bo‘lgan maxsus uskuna qo‘llaniladi. " (Raqamli) alohida kodlash|"Rangli televizion signalni analog-raqamli o‘zgartirish usuli, uni uchta tashkil etuvchilardan har biri alohida qayta tashkil qilinadi, masalan, yorug‘lik signali va ikkita ayirmarang signal. " Raqamli-analog o‘zgartirish|"Raqamli signallarni, muhim axborotni saqlab qolgan holda, analog signallarga o‘zgartirish jarayoni. " Raqamli audio kasseta|"Ham tovush signallarini, ham ma’lumotlarni yuqori sifatli raqamli yozish va qayta eshittirish uchun mo‘ljallangan magnit tasmali, uncha katta bo‘lmagan kasseta. Raqamli audio kassetalardan ma’lumotlarni arxivlashda foydalaniladi. " (Raqamli) dekodlash|"1. Dastlabki signalni, qayta tiklash maqsadida, razryadlar ketma-ketligiga nisbatan qo‘llaniladigan jarayon. 2. Rangli televideniyeda – rangli videosignaldan uchta asosiy rangga mos keladigan signallarni olish jarayoni. " Raqamli diskli videomagnitofon|"Axborot eltuvchi sifatida disklardan foydalaniladigan «plyonkasiz» videomagnitofon. " Raqamli (elektron) diplomatiya|"Internet tarmog‘i imkoniyatlaridan va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan diplomatik vazifalarni hal etishda foydalanish. Raqamli diplomatiya doirasida global tarmoqda yangi media, ijtimoiy tarmoqlar, bloglar va shunga o‘xshash mediamaydonchalardan foydalaniladi. Elektron diplomatiyada davlat muassasalari, birinchi navbatda, tashqi siyosat, hukumat organlari, shuningdek, faoliyati tashqi siyosiy kun tartibini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan nohukumat tashkilotlar ishtirok etadilar. Raqamli diplomatiyaning asosiy maqsadlari – tashqi siyosiy manfaatlarni ilgari surish, Internet-televideniye, ijtimoiy tarmoqlar, mobil telefonlar orqali, omma ongiga va siyosiy elitaga yo‘naltirilgan axborot targ‘ibotidan iborat. " Raqamli eshittirish televideniyesi tizimi|"Raqamli eshittirish televideniyesining televizion tasvir, tovush va xizmatga oid axborot to‘g‘risidagi ma’lumotni shakllantirish, uzatish va qabul qilish usullarini belgilaydigan texnik vositalari hamda tegishli texnik parametrlari va tavsiflarining majmui. " (Raqamli eshittirish televideniyesi) transport oqimidagi xatolik bayrog‘i|"Raqamli eshittirish televideniyesining ma’lumotlar transport oqimi tegishli darajasi sarlavhasida bo‘lgan, bu oqimni shakllantirish, uzatish yoki qabul qilish jarayonida yuzaga keladigan muayyan turdagi xatolar to‘g‘risidagi axborotni tashuvchi bitta yoki bir nechta bit. " (Raqamli eshittirish televideniyesida transport oqimi paketlarini) randomizatsiyalash|"Raqamli eshittirish televideniyesi ma’lumotlari transport oqimi paketlarini modulyatsiyalangan televizion signal energiyasini radiokanal polosasida yanada tekisroq taqsimlash va raqamli oqim ma’lumotlarining bitlari o‘rtasidagi o‘tishlarni tasodifiy statistikaga yaqinlashtirish uchun skremblerlashni amalga oshirish operatsiyasi. " (Raqamli eshittirish televideniyesining) dasturiy oqimi|"Bitta umumiy taktli chastotaga ega bo‘lgan video, audio ma’lumotlari va xizmatga oid axborotlar elementar oqimlarini multiplekorslash yo‘li bilan hosil qilingan hamda eshittirish televideniyesi o‘zgaruvchan uzunlikdagi dasturiy paketlaridan tuzilgan ma’lumotlar oqimi. " Raqamli filtrlash|"Raqamli signal chastota spektrining ba’zi komponentlarini raqamli filtr bilan bostirish. " Raqamli guruh hosil qilish iyerarxiyasi|"Raqamli multipleksorlarning bosqichlar bo‘yicha o‘tkazish qobiliyatiga muvofiq, biror tartibdagi guruh hosil qilishlar, har biri quyi darajadagi belgilarni uzatish tezligiga ega va shu tezlikdagi boshqa raqamli signallar bilan keyingi, yanada yuqori darajadagi raqamli multipleksor yordamida bundan keyingi birlashish uchun yaroqli bo‘lgan raqamli signalga birlashishni ko‘zda tutadigan tarzda joylashadigan qatori. " Raqamli imzo|"1. Xabarga qo‘shimcha qilinadigan hamda xabar oluvchiga jo‘natuvchining haqiqiyligini tekshirish imkonini beradigan ma’lumotlar. 2. Ma’lumotlar blokiga yoki uni kriptografik qayta o‘zgartirish natijasiga qo‘shimcha qilinadigan ma’lumotlar ketma-ketligi, u ma’lumotlar oluvchisiga manba va ma’lumotlar blokining yaxlitligini tekshirish, shuningdek, soxtalashtirishdan yoki almashtirishdan muhofaza qilish imkonini beradi. " Raqamli imzo sxemasi|"Raqamli imzoni shakllantirish va uni tekshirish algoritmlarining majmui. Raqamli imzo sxemasining ishonchliligi maxfiy kalit egasi bo‘lmagan shaxs uchun quyidagi uchta vazifani hal qilish murakkabligi bilan belgilanadi: raqamli imzoni qalbakilashtirish, ya’ni berilgan hujjat tagidagi imzoning qiymatini hisoblash; imzolangan xabarni yaratish, ya’ni imzoning to‘g‘ri qiymatiga ega hech bo‘lmasa bitta imzoni topish (raqamli imzoni ekzistensial qalbakilashtirish); xabarni almashtirish, ya’ni imzoning bir xil qiymatlariga ega ikkita turli xabarni tanlash. " Raqamli imzo tizimi|"1. Ma’lumotlar manbaini autentifikatsiyalovchi yoki xabarni autentifikatsiyalovchi kriptografik tizim. Subyektlarning ular avvalroq bajargan xatti-harakatlarini rad etishlaridan muhofaza qilish uchun mo‘ljallangan. 2. Oluvchiga, olingan ma’lumotlar to‘plamining haqiqiyligini va ma’lumotlarning, aynan, nomidan xabar yuborilgan jo‘natuvchi tomonidan yuborilganlik faktining ishonchliligini ta’minlaydigan protsedura hamda vositalar. " Raqamli imzoli xabar|"Shifrlanmagan, lekin raqamli imzoga ega bo‘lgan xabar. " Raqamli imzoni shakllantirish algoritmi|"Dastlabki ma’lumotlari sifatida xabar, imzo kaliti va raqamli imzo sxemasi parametrlaridan foydalaniladigan algoritm, natijada raqamli imzo shakllanadi. " Raqamli imzoni tekshirish algoritmi|"Dastlabki maʼlumotlari sifatida imzolangan xabar, tekshirish kaliti va raqamli imzo sxemasi parametrlaridan foydalaniladigan, raqamli imzoning to‘g‘riligi yoki xatoligi to‘g‘risidagi xulosa esa natijasi bo‘lib hisoblanadigan algoritm. " Raqamli iqtisodiyot|"1. Ishlab chiqarishning asosiy omili raqamli shakldagi ma’lumotlar hisoblanadigan xo‘jalik faoliyati, katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash va ularni tahlil qilish natijalaridan foydalanish, xo‘jalik yuritishning an’anaviy shakllariga nisbatan, ishlab chiqarishning har xil turlari, texnologiyalar, uskunalar, tovarlar va xizmatlarni saqlash, sotish, yetkazib berish samaradorligini sezilarli oshirish imkonini beradi. 2. Onlayn-xizmatlar taqdim etish bo‘yicha servislar, elektron to‘lovlar, Internet-savdo, kraudfanding va boshqalar kiradigan raqamli kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan faoliyat. Odatda, elektron tijorat, Internet-banking elektron to‘lovlar, Internet-reklama, shuningdek, Internet-o‘yinlar, raqamli iqtisodiyotning asosiy elementlari sifatida tilga olinadi. " Raqamli «iz»|"Ma’lumotlar elementining xarakteristikasi, masalan, kriptografik nazorat qiymati yoki ma’lumotlarga nisbatan bir tomonlama xeshlash funksiyasini bajarish natijasi. " (Raqamli) kadr|"Signalning to‘liq siklini tashkil etuvchi ketma-ket taym-slotlarning takrorlanuvchi to‘plami, bunda har bir taym-slotning nisbiy pozitsiyasi identifikatsiyalanadi. " Raqamli kira olish va kommutatsiyalash tizimi|"DS-0 (64 kbit/s) darajasiga T1 va E1 liniyalarini elektron usulda aks ettirish imkonini beradigan kommutator; DCS va DXS deb ham ataladi. " Raqamli klaviatura|"Standart klaviaturaning o‘ng tomonidagi, Num Lock indikatori yonib turganda sonli ma’lumotlarni tezda kiritish uchun mo‘ljallangan klavishlar bloki. " Raqamli kompyuter|"Diskret ma’lumotlarni qayta ishlash yo‘li bilan masalalarni hal etadigan kompyuter; bitta yoki undan ko‘p diskret o‘zgaruvchilar shaklida keyingi barcha funksiyalarni bajara oladigan, ya’ni a) kiritiladigan ma’lumotlarni qabul qiladigan; b) doimiy yoki o‘zgaradigan saqlash qurilmalarida ma’lumotlar yoki komandalarni saqlaydigan; c) o‘zgarishi mumkin bo‘lgan ko‘rsatmalarning yozilgan ketma-ketligi vositasida ma’lumotlarni qayta ishlaydigan; d) ma’lumotlar chiqarilishini ta’minlaydigan apparatura. " Raqamli konvert|"1. Xabarga qo‘shimcha qilinadigan hamda mo‘ljallangan oluvchiga xabar mazmunining yaxlitligini tekshirish imkonini beradigan ma’lumotlar. 2. Xabarlarni shifrlash uchun simmetrik kriptotizimdan, maxfiy kalitlarni shifrlash uchun esa asimmetrik kriptotizimdan foydalaniladigan mexanizm. Shu tarzda uzoq muddatli kalit asimmetrik kriptotizimga, seansli kalit simmetrik kriptotizimga tegishli bo‘ladi. " Raqamli ko‘p maqsadli disk|"DVD-diskka yuqori sifat bilan yozilgan video-fayl. MPEG-2 tasvir siqishda va Dolby Digital standartidagi tovushda ishlatiladi. Kinoqaroqchilik bilan kurashish maqsadida har bir DVD da region kodi ko‘rsatiladi, DVD-proigrivatellar esa disklarni faqat regionning tegishli kodi bilan qayta tiklashi mumkin. " Raqamli ma’lumotlar bazasi|"Raqamli ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar bazasi. " Raqamli mikrouyali simsiz aloqa tizimi|"1. O‘z foydalanuvchilariga, ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishdan himoyalangan yuqori sifatli barqaror aloqani ta’minlaydigan tizim. DECT standarti nutqli va faksimil aloqani, shuningdek, ma’lumotlar uzatishni ta’minlaydi. 2. Yevropa raqamli simsiz telekommunikatsiyalari. Yevropa simsiz telefon aloqa standarti. TDMA texnologiyasi asosida 1,8 GHz va 1,9 GHz chastota diapazonida ishlaydi. Kanalni dinamik tanlash/ajratish texnologiyasidan foydalanish bir nechta DECT telefoni foydalanuvchilariga so‘zlashuvni aynan bitta tayanch chastotada olib borish imkonini beradi. Paketlarni kommutatsiyalash usulini qo‘llash hisobiga, DECT ma’lumotlarni simsiz uzatish tezligi 522 Kbit/s gacha, kelajakda esa, 2 Mbit/s gacha yetishini ta’minlaydi. DECT/GSM ikkita standartli mobil tarmoqlar tarqalishi bilan DECT yanada ommaviylashadi. " Raqamli miksher|"Raqamli televizion signalning bir nechta ma’lumotlar oqimini qayta ishlash uchun mo‘ljallangan qurilma. " Raqamli modem|"Axborot uzatish uchun analog modemlarga nisbatan, yuqoriroq chastotalardan (4 kHz dan (1-2) MHz gacha) foydalanadigan modem. " Raqamli multipleks iyerarxiyasi|"Multipleksorlashning bir qator darajalari, bunda har bir daraja aniq bitreyt bilan tavsiflanadi va har bir daraja past darajadagi bitreyt bilan multipleksorlangan signallardan tashkil topgan raqamli signallar bilan ishlaydi. Izoh – XEI standartizatsiya sektori raqamli multipleks iyerarxiya-ning ikkita: plezioxron raqamli iyerarxiya va sinxron raqamli iyerarxiya turini standartlashtirgan. " Raqamli oqimlar va kanallarni ajratish apparaturasi|"Bo‘shagan pozitsiyalarga kiritiladigan signallar guruhiga kiradigan, iyerarxiya oldingi bosqichining qatʼiy belgilangan raqamli oqimiga tegishli bo‘lgan pozitsiyalarni raqamli signallar guruhidan ajratib olinishini taʼminlovchi apparatura. " Raqamli oqimlarni uzatishning ko‘p tezlikli texnologiyasi|"Ikki simli tarmoqdan ma’lumotlar o‘tish tezligini 2 Mbit/s gacha ta’minlab beruvchi texnologiya. Modulyatsiya usuli – 2BIQ. Barcha o‘tkazish yo‘li Е1 butun kanali va bir nechta nutq kanallari o‘rtasida bo‘linadi. " Raqamli ovoz yoziladigan kompakt disk|"Disk tovush yo‘lkalaridan tuzilgan bo‘lib, u 73 min davomida yuqori sifatli jarangli ma’lumotlarni berish imkoniga ega. Musiqani diskdan kompyuterga ko‘chirib olish maxsus dastur – grabberlar orqali amalga oshiriladi. " Raqamli resurslarni boshqarish|"Video, audio va fotoalbomlarga tez kira olish va kataloglash uchun mo‘ljallangan dasturiy vosita. Bunga Google Picasa ni yorqin misol qilib keltirish mumkin. " Raqamli savodxonlik|"Raqamli kompetentlikka (chuqur bilimga ega bo‘lishlikka) erishish, axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan ish, dam olish, muloqot uchun qat’iy va tanqidiy foydalanish uchun zarur bo‘lgan malaka. " Raqamli sertifikat|"Foydalanuvchi, kompyuter, server, kompaniya yoki boshqa obyektni identifikatsiya qilish uchun va ochiq kalitni obyekt bilan bog‘lash uchun xizmat qiladigan elektron hujjat. Raqamli sertifikat sertifikator (Certification Authority) tomonidan beriladi va shu sertifikatorning raqamli imzosi bilan ta’minlanadi. " Raqamli signallar protsessori|"Analog signallarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan protsessor (mikrosxema). Tovush kartalarida, ma’lumotlar to‘plash tizimlarida va tasvirlarga ishlov berishda foydalaniladi. " Raqamli tafovut|"Internetga kirish huquqi bo‘lganlar, Butunjahon o‘rgimchak to‘rida taklif qilinadigan yangi xizmatlardan foydalana oladiganlar bilan, bu xizmatlardan chiqarib tashlanganlar o‘rtasidagi farq. Izoh – Tayanch darajada fuqarolar va korxonalarning axborot jamiyatida ishtirok etishi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga, ya’ni kompyuterlar va Internet ulanishlar kabi elektron qurilmalar mavjudligiga bog‘liq. Raqamli tafovutni yosh, ma’lumot, jins, daromad, ijtimoiy guruhlar yoki geografik o‘ringa bog‘liq holda ishtirok etishdagi farqni tavsiflaydigan mezonlarga muvofiq tasniflash mumkin. " Raqamli tarmoq|"Ikki yoki bir nechta punkt o‘rtasida aloqani tashkil qilish maqsadida ular o‘rtasidagi raqamli bog‘lanishlarni yaratish uchun foydalaniladigan raqamli uzellar va raqamli ulovchi liniyalar majmui. " Raqamli taroqsimon filtr|"Televizion eshittirishda aralashib ketgan yorqinlik va ranglilik signallarini ajratadigan filtr. Bu texnologiya signalning buzilishini, rang shovqinlarini, «nuqtalarning sirpanish» effektlarini pasaytirish imkonini beradi. Televizion dasturlarda ba’zida kesishuvchi rang buzilishlari paydo bo‘ladi, (masalan, ko’rsatuv boshlovchisi yo‘l-yo‘l kostyum yoki mayda xol-xol ko‘ylak kiygan hollarda). Taroqsimon filtr bu buzilishlarni bartaraf etadi. Natijada tasvir aniqroq va tozaroq chiqadi. " Raqamli tasvir kanali|"Eshittirish televideniyesi raqamli traktining raqamli televizion videosignallarni shakllantirish, uzatish va qabul qilish uchun mo‘ljallangan qismi. " Raqamli televideniye|"Axborot raqamli signallar yordamida ifodalanadigan televideniye. " Raqamli televizion bog‘lovchi liniya|"Eshittirish televidenyiesi raqamli traktining qismlari o‘rtasida, raqamli televizion videosignallar va tovush signallarini, shuningdek, translyatsiya qilinishi zarur bo‘lgan maxsus ma’lumotlarni uzatish uchun mo‘ljallangan liniya. " Raqamli televizion dekoder|"Televizion videosignalni raqamli dekodlash qurilmasi. " Raqamli televizion eshittirish|"Raqamli eshittirish televideniyesining iste’molchiga televizion dasturlar va xizmatga oid axborotni uzatish uchun mo‘ljallangan tarkibiy qismi. Izoh – Xizmatga oid axborot deganda, metama’lumotlar, iste’molchining ma’lumotlari va h.k.lar tushuniladi. " (Raqamli televizion eshittirish tizimining) global modeli|"XEI tomonidan Xalqaro standartlashtirish tashkiloti bilan birgalikda yaratilgan va iste’molchilarga ommaviy ko‘p maqsadli axborot xizmatlari ko‘rsatishda raqamli televizion eshittirishdan foydalanishni ko‘zda tutadigan model. " Raqamli televizion kamera|"Tasvir signalini raqamli qayta ishlaydigan va chiqish televizion signallari raqamli bo‘lgan televizion kamera. " Raqamli televizion koder|"Televizion videosignalni raqamli kodlash qurilmasi. " Raqamli televizion qo‘shimcha moslama|"Raqamli televizion signalni qabul qilish va analog signalga o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan, analog televizorga qo‘yiladigan qo‘shimcha moslama. Izoh – Qo‘shimcha moslamaga multimedia funksiyalari yuklatilishi mumkin. " Raqamli televizion signal ma’lumotlar oqimini yashirin markalash|"Raqamli televizion signal ma’lumotlar oqimiga maxsus kalitsiz aniqlab bo‘lmaydigan va o‘chirilmaydigan kodni kiritish. Izoh – Bu kod materialning aslligini tekshirish imkonini beradi hamda yashirin axborotni tashish vositasini taqdim etadi. " Raqamli televizion signallar regeneratori|"Raqamli televizion videosignallar va tovush signallarining taktli sinxronlanishini tiklash uchun mo‘ljallangan qurilma. " Raqamli televizion sinov jadvali|"Elementlari eshittirish televideniyesining raqamli traktida yoki uning qismlarining chiqishida televizion tasvir parametrlari va xarakteristikalarini baholash uchun xizmat qiladigan standart tasvir. " Raqamli televizion videosignal|"Analog televizion videosignalni raqamli kodlash natijasida olingan televizion videosignal. " Raqamli televizion yo‘ldoshli liniya|"Raqamli televizion videosignallar va tovush signallarini, shuningdek, translyatsiya qilinishi zarur bo‘lgan maxsus ma’lumotlarni bitta yoki bir nechta aloqa yo‘ldoshi orqali uzatuvchi va qabul qiluvchi yer stansiyalari o‘rtasida uzatish uchun mo‘ljallangan radioliniya. " Raqamli (televizion) matritsali kommutator|"Raqamli televizion signal ma’lumotlarining kirish va chiqish oqimlarini qo‘shimcha tarzda qayta ishlash imkoniyati bilan, o‘z portlari o‘rtasida iste’molchilarning manzillarini hisobga olgan holda fizik bog‘lanishni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan qurilma. " Raqamli televizion o‘lchash signallari generatori|"Raqamli televizion o‘lchash signallarining parallel yoki ketma-ketlikdagi oqimlarini shakllantirish uchun mo‘ljallangan qurilma. " Raqamli televizor|"Televizion videosignallarni, sinxronizatsiya signallarini va tovush jo‘rligi signallarini raqamli qayta ishlash jarayonini o‘z ichiga olgan televizor. " Raqamli texnologiyalar asri|"Raqamli texnologiyalar global ravishda tarqalganda yuzaga kelgan atama. Bu jarayon zamonaviy hayotning ijtimoiy-madaniy jihatlariga sezilarli taʼsir ko‘rsatadi. " Raqamli tovush kanali|"Eshittirish televideniyesi raqamli traktining raqamli televizion tovush signallarini shakllantirish, uzatish va qabul qilish uchun mo‘ljallangan qismi. " Raqamli ulanish|"Telekommunikatsiyalar tarmog‘ining punktlari o‘rtasida raqamli signallarni uzatish uchun tashkil qilingan raqamli kanallar, kommutatsion va boshqa funksional bloklarni ketma-ket birlashtirish. " Raqamli universal disk|"Axborot tashuvchining turi. Bir qatlamli bir tomonlama «oddiy» DVD diskning sig‘imi 4,7 Gb ga (DVD-4,7) teng. Ikki tomonlama (DVD-10) hamda ikki qatlam (DVD-9) DVD-disklar mavjud. Ikki qatlamli ikki tomonlama super DVD disk (DVD-18) o‘zining axborot «sig‘imiga» ko‘ra, to‘rtta «oddiy» diskka teng. " Raqamli valyutalarni almashish onlayn-servisi|"Mijozlarga raqamli vositalarni boshqa aktivlarga, jumladan, milliy valyutalarga va boshqa raqamli valyutalarga ayirboshlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadigan veb-xizmat. Izoh – Bu atama bilan bir qatorda, «raqamli valyutalar birjasi», «raqamli valyutalar bilan savdolarni tashkillashtiruvchi», «savdo servisi», «elektron ayirboshlash maydoni» ta’riflari ham ishlatiladi. Bunday xizmatlar odatda, faqat onlayn-servislar taqdim etadi, barcha operatsiyalarni elektron shaklda amalga oshirgan holda. Biroq, valyutalarni ayirboshlashning an’anaviy usullari ham taklif qilinishi mumkin. Odatda operatsiyalar uchun vositachilik haqi olinadi. Bank kartalari bo‘yicha operatsiyalar, pul o‘tkazmalari, shu jumladan pochta o‘tkazmalari yoki raqamli valyutalarga ayirboshlash evaziga boshqa to‘lov shakllari amalga oshirilishi mumkin. Mijozdan raqamli valyutalar sotib olinganda, pul mablag‘lari bank hisobraqamlariga, shu jumladan, kartochka hisobraqamlariga o‘tkazilishi mumkin. " Raqamli video|"Raqamli shaklda yoziladigan va qayta ishlanadigan videosignal. " Raqamli videointerfeys|"Interfeys standarti va videotasvirlarni suyuq kristalli monitor, televizor, proyektor kabi raqamli aks ettirish qurilmalariga uzatish uchun mo‘ljallangan tegishli razyom. Digital Display Working Group konsorsiumi tomonidan ishlab chiqilgan. " Raqamli (video) kamera|"Bevosita raqamli shaklda (harakatlanadigan yoki harakatlanmaydigan) tasvirni yaratadigan, shuning uchun tasvirni xotiraga yozib olishdan yoki aloqa liniyasi bo‘ylab uzatishdan avval analog-raqamli o‘zgartirish talab etilmaydigan kamera. " Raqamli videosignal yozilgan interaktiv kompakt disk|"CD-ROMning bir turi bo‘lib, foydalanuvchining diskdan maxsus yozish formatiga ega, tasvir hamda tovush fayllarini ijro etishning sifatini oshirib beruvchi ma’lumotlarni o‘qishda (yozishda) boshqarishga xizmat qiladi. Raqamli videointeraktiv (DVI) formati ushbu disklar uchun muqobil format hisoblanadi. " Raqamli xavfsizlik|"Axborotning konfidensialligini, yaxlitligini va undan foydalana olishlikni, viruslar hujumidan va ruxstsiz aralashuvdan himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar kompleksi. " (Raqamli) tasvirni kodlash|"Tasvir (kadr) to‘g‘risidagi axborotning har bir elementi, masalan, kvantlangan qiymat belgilangan qoidalarga muvofiq, razryadlar ketma-ketligida taqdim etiladigan jarayon. Izoh – «Kodlash» atamasi rangli televideniyeda boshqa mazmunga ega. " Raqamli yo‘ldoshli televizion eshittirish|"Aloqa yo‘ldoshlarida va kosmik stansiyalarda joylashtiriladigan televizion retranslyatorlar orqali amalga oshiriladigan raqamli televizion eshittirish. " Raqamli o‘zgartirgich|"Nuqtalar koordinatalarini avtomatik raqamlash yo‘li bilan grafik axborotni (sxemalarni, chizmalarni) kiritish qurilmasi. " Raqamli chiqish|"Raqamli oqimni uzatish imkonini beradi. Fizik jihatdan elektrik (RCA ajratgich) yoki optik (Toslink ulagich) bo‘lishi mumkin. " Raqamni aniqlamaydigan qurilma|"Abonentga boshqa telefonlar tomonidan o‘z raqamini aniqlashni taqiqlash imkonini beradigan xizmat. " Raqamni avtomatik aniqlash apparaturasi|"Chaqirayotgan abonent oxirgi (terminal) abonent telefon qurilmasining kategoriyasi va raqamini aniqlash uchun mo‘ljallangan qurilma. " Raqamni ko‘chirish|"Bir operatordan boshqasiga o‘tishda abonent raqamini saqlash imkonini beradigan xizmat. " Raqamni qayta manzillash bilan chaqiruv|"Abonent raqami band bo‘lganda yoki ma’lum vaqt davomida javob bermaganida, barcha kiruvchi chaqiruvlarni saqlab qolish mumkinligi. Izoh − Barcha chaqiruvlar avtomatik ravishda boshqa raqamga o‘tkaziladi va ulardan navbat shakllantiriladi. Shuningdek, xabarlar abonentning tovushli pochta qutisiga jo‘natilishi ham mumkin. " Raqamni takrorlash xizmati|"Abonent uchun qisqa kodni terish orqali avval terilgan raqam bilan takroran bog‘lanish imkonini beradigan xizmat. " Rasm (shakl)|"Veb-sahifada illyustratsiya vazifasini bajaruvchi rasm. Texnik matnlar o‘zlashtirilishini osonlashtiradi. " Rasm va matn|"Ikkita tyunerli televizorlarda mumkin bo‘lgan, ekranning chap tomonida telematn, o‘ng tomonida esa o‘lchami rostlanadigan tasvir proyeksiyalanadigan dinamik funksiya. " Rasmda rasm (videokameralarda)|"Qandaydir yozuv yoki rasm yoxud obyektni suratga olib, keyin uni harakatlanmaydigan tasvir ko‘rinishida xotiraga kiritish. " Rasmiy hujjat matni|"Axborotning biror bir tashuvchisida qayd etilgan va hujjatdagi axborot nutqining barchasini yoki asosiy qismini o‘zida aks ettiruvchi axborot. " Rasmiy hujjat sanasi|"Hujjat tuzilgan yoki imzolangan sanani o‘z ichiga oluvchi rasmiy hujjat rekviziti. " Rasmiy hujjat sarlavhasi|"Hujjatning mazmunini qisqa bayon qiluvchi hujjat rekviziti. " Rasmiy hujjatni rasmiylashtirish|"Zarur rekvizitlarni qo‘yish. " Rasmiy parametr|"Protsedura sarlavhasida, protsedura e‘lon qilinadigan paytda ko‘rsatiladigan parametr. Protsedurani chaqirishda unga aniq (aktual) parametrlar beriladi. " Rasmiy til|"Sintaksisi va semantikasi ochiq ko‘rinishda, undan foydalangunga qadar berilgan til. Rasmiy tillarga, xususan, dasturlash tillari kiradi. " Rastr|"Tasvirlarni to‘g‘ri burchakli matritsaviy tasvir elementlari – piksellar shaklida taqdim qilish raqamli vositasi. Ular tasvirlarni yoki fazoviy obyektlarni rastrli ifodalash asosidir. " Rastrlash|"Vektor formatidagi ikki o‘lchamli tasvirni displey yoki printerga chiqarish uchun piksellar yoki nuqtalarga o‘girish. Vektorlashga teskari bo‘lgan jarayon. Atama XIX asrning o‘rtalarida chop etishning ofset usuli va sifatli chop etish uchun zarur bo‘lgan rastr texnologiyasi yaratilishi bilan paydo bo‘lgan. " Rastrli|"Grafik obyektni bitli ko‘rinishda, rastrli tasvirlanishi. Tasvir va shriftlarni «katakchali» ko‘rinishda ifodalash uchun qo‘llaniladi. Rastrli tasvirlarni taqdim etish formati, tasvirning har bir pikseliga uning rangini ifodalovchi bir nechta ikkilik razryad mos keladi. " Rastrli grafika|"Tasvir nuqtalar to‘plami ko‘rinishida taqdim etiladigan grafika. Har bir nuqta rastr elementi deyiladi, uning tavsifi maxsus rastrli fayllarda saqlanadi. Rastrli fayllarning bir nechta formati bor, masalan, Windows da foydalaniladigan, apparat jihatdan mustaqil rastrli format DIB (Device Independent Bitmap). " Rastrli operatsiyalar kodi|"Eski va yangi tasvir piksellarini tenglash yo‘li ko‘rsatgichi. Odatda boshlang‘ich tasvir oddiygina natija tasvir bilan qayta yoziladi. " Rastrli protsessor|"Rastrli tasvirlarni fototerish avtomatida yoki raqamli bosma tizimda chiqarish vositasi. " Rastrli tasvir|"Alohida oddiy elementlar bo‘lmish piksellardan qatorlab shakllantirilgan tasvir. Tasvir matritsasidagi ko‘p sonli piksellar uning shunday shaklini taʼminlaydiki, unda nuqtalar bir biri bilan deyarli qo‘shilib ketadi. Rastrli grafikaning muhim fazilati bo‘lib, u tasvirlarga ishlov berishni ancha yengillashtirish, tasvirning har bir elementini tahrir qilish imkonidir. Rastrli tasvirlarning kamchiligi ohista o‘zgara-digan egri chiziqlarni yarata olmasligidir. Masalan, aylana har doim siniq egri chiziq shaklida tasvirlanadi. Bu sinishlarni tasvir rastri nuqtalari sonini oshirish hisobiga kamaytirish mumkin, ammo to‘liq yo‘q qilib bo‘lmaydi. " Rastrli to‘sig‘i (parallaks to‘sig‘i) bo‘lgan stereoskopik kineskop (displey)|"Stereoskopik kineskop, bunda to‘r shaklidagi niqob ekranning old qismida ikki tomonga yo‘naltirilgan yorug‘lik bo‘lgich (tasvir ajratgich) ni hosil qiladi, shuning uchun, chap va o‘ng ko‘z uchun navbatma-navbat ko‘rsatiladigan tasvirlarni ajratish uchun boshqa vositalar (masalan, ko‘zoynak) ga zarurat bo‘lmaydi. " Rastrli-vektorli o‘zgartirish|"Obyektlarni rastrli ifodalashdan vektorli shaklga avtomatik yoki yarimavtomatik ravishda aylantirish. " Rasshifrovkalash|"Oldindan aniqlangan algoritm yordamida shifrlangan matnni o‘qish uchun yaroqli matnga o‘girish jarayoni. Shifrlash jarayoniga teskari operatsiya. " Raund|"Faystel shifridagi va arxitektura jihatdan unga yaqin bo‘lgan shifrlardagi shifrlashning bitta qadami. Shifrlash jarayonida shifrlanadigan blokning bitta yoki bir nechta qismi o‘zgarishga uchraydi. " Raund kaliti|"Kriptoalgoritm kalitidan olinadigan va shifrlashning bir raundida Fеystel shifri hamda o‘xshash kriptoalgoritmlar tomonidan foydalaniladigan maxfiy element. " Ravon to‘lqin o‘tkazgichli o‘tish|"Ko‘ndalang kesimi asta-sekin o‘zgaradigan to‘lqin o‘tkazgichli seksiya. Kesimi turlicha bo‘lgan to‘lqin o‘tkazgichlarni biriktirish uchun qo‘llaniladi. " Razryad|"Pozitsion sanoq tizimida raqam egallaydigan, tartib raqamiga ega joy. So‘zda har qanday simvolning joyi. Razryad raqami birdan boshlab chapdan o‘ngga hisoblanadi. Razryadlarning umumiy soni so‘zning uzunligini belgilaydi. " Razryad ahamiyati|"Razryadning kodli so‘zdagi pozitsiyasi bilan ifodalanadigan qiymat. " Real ochiq tizim xavfsizligi|"Uskuna, dasturiy ta’minot va ma’lumotlarni, tasodifiy hamda ataylab qilinadigan o‘zgartirishlardan, ochish va buzishdan muhofaza qilish uchun, real ochiq tizimda qo‘llaniladigan texnologik va ma’muriy himoya chora-tadbirlari. " Real vaqt rejimi|"Hisoblash tizimining ishlash rejimi, bunda tashqi muhitda yuz beradigan jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qayta ishlash, jarayonlar o‘zi kechadigan sur’atda kechadi. " Real vaqt rejimida hisoblashlar|"Foydalanuvchi yoki tashqi protsessorlar tezligida axborotni qayta ishlash rejimi. " Real vaqt tizimlari|"Real vaqt rejimida turli xil texnik, harbiy va boshqa obyektlarni boshqarish uchun mo‘ljallangan hisoblash tizimlari. Apparaturaga va dasturiy ta’minotga, shu jumladan, operatsion tizimga: tizim javob vaqtining, ya’ni operatsion tizim bajarilishi kutilayotgan vaqtning oshishiga yo‘l qo‘ymasdik uchun qo‘yiladigan asosiy talab bilan tavsiflanadi. " Real vaqtda uzatish protokoli|"IPv6 (Internet protocol, ver.6) protokoli tarkibiga kiradigan protokollardan biri. Ko‘p yoki bir manzilli xizmatlardan foydalanib, ma’lumotlarni real vaqtda (masalan, audio va videoma’lumotlar yoki modellash ma’lumotlari) uzatuvchi tarmoqda ilovalar uchun ochiq uzatish funksiyasini ta’minlash uchun loyihalashtirilgan. RTP protokoli foydali yuklama turini identifikatsiyalash, ketma-ketliklarni raqamlash, vaqt belgilari bilan ta’minlash va real vaqt ilovalarini yetkazish monitoringi kabi xizmatlarni taqdim etadi. " Redaktor|"Foydalanuvchiga klaviaturadan dasturlarning boshlang‘ich matnini kiritish va o‘zgartirish, shuningdek, ixtiyoriy matnli fayllar bilan ishlash imkonini beradigan dastur. " Redirekt|"Qar.: Qayta marshrutlash. " Referer|"HTTP protokolida mijoz so‘rovlari sarlavhalaridan biri. So‘rov manbaining URL manzilini saqlaydi. Biror bir veb-sahifadan boshqa sahifaga o‘tganda referer birinchi sahifaning manzilini saqlab qoladi. HTTP serverida o‘rnatilgan dasturiy taʼminot refererni tahlil qilib, undan turli maʼlumotlarni olishi mumkin. " Regenerator|"Uzatish jarayonida qisman buzilgan raqamli signalni dastlabki signalga aylantiruvchi qurilma. " Regeneratsiya qilish|"Qisman buzilgan raqamli axborot va tasvir elementlarini tiklash tartiboti. " Region; zona; rayon|"Yer sharining, doirasida chastotalar polosalari taqsimlanishining yagona qoidalari amal qiladigan qismi. Butun Yer shari shartli ravishda uchta rayonga bo‘lingan bo‘lib, (ITU tavsiyalari), Radioaloqalar Reglamentida ularning har biri uchun tegishli talablar mavjud. " Regional hisoblash tarmog‘i|"Masshtab bo‘yicha lokal va global tarmoqlar o‘rtasidagi oraliq tarmoq. " Registr|"Jismonan protsessorda joylashgan va katta bo‘lmagan ma’lumotlarni vaqtincha saqlash, ulardan tez foydalanish imkonini beradigan qurilma. " Registr nomi|"Protsessorning har bir registrini aniqlaydigan identifikator (harfli yoki harf-raqamli belgi). " Registr uchun ta’sirli|"Harflar registrlarini taniydigan ma’lumotlar. Bular «password» turidagi maydonlar, konsol komandalari va *nix kabi operatsion tizimlardagi fayllarning nomlari. " Registr uchun ta’sirli bo‘lmagan|"Bosh va kichik harflar bir xil ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlar. Bular Windows operatsion tizimining matnli maydonlari va konsol komandalaridir. " «Registrlar tablosi» usuli|"RISC-protsessorlarda konveyerlar samarali yuklanishini ta’minlash va komandalarning o‘tish tartibi o‘zgartirilgan holda, ularning birgalikda bajarilishini tashkil qilish uchun qo‘llaniladigan usul. " Registrli fayl|"Dasturchi foydalana olishi mumkin bo‘lgan protsessor registrlarining jami. " Registrli manzillash|"Operand maydonida komandaга, xotiraning bajaruvchi manzilini ichiga oladigan umumiy maqsadlardagi registrlardan birining raqami beriladigan manzillash usuli. " Registrli o‘zgaruvchi|"Translyator tezkor xotira yacheykasini emas, balki protsessor registrini ajratadigan o‘zgaruvchi. " Reglament|"Odatda, bosqichlarning talab qilinadigan bajarilish muddatlari ko‘rsatilgan holda, biznes-jarayonni bajarish uchun, qatnashchilar guruhi bosib o‘tadigan bosqichlar tartib bilan tavsiflanadigan va sanab o‘tiladigan hujjat. " Regressiv testlash|"Tahrir qilingan dasturiy ta’minotni, avval ishlagan funksiyalarning ishlash qobiliyatini tekshirish maqsadida testlash. " Regressiya|"Maʼlumotlarni intellektual tahlil qilish texnikasi. Bir necha ko‘paytmali tenglamalarda ishlatiladi. Regressiyaning eng sodda turi chiziqli regressiyadir. " Reinjiniring|"Axborot texnologiyalari asosida biznes jarayonlarni takror, takomillashtirilgan tarzda loyihalash. " Rejalashtirish|"Ketma-ket bajarilishi (yoki erishilishi) tizim oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishishga olib keladigan harakatlar, kichik vazifalar, operatsiyalar, kichik maqsadlar ketma-ketligini tuzish jarayoni. Intellektual tizimlarda rejalashtirish vazifalar makonida yoki holatlar makonida amalga oshirilishi mumkin. " Rejalashtirmoq|"Rejalar tuzish, vazifalarni hal qilishning borishi, ularning ketma-ketligi va x.k. bilan bog‘liq harakat. " Rejalashtiruvchi|"Harakatlar rejasini izlash uchun mo‘ljallangan dasturiy vositalar kompleksi. " Rejektorli filtr|"Uncha qimmat bo‘lmagan televizorlarda taroqsimon filtrning o‘rnini bosuvchi sxema. Yorqinlik va ranglilik signallarini ajratadi. " Rejim biti|"Tizim registrida saqlanadigan va tizim rejimi uchun 0 ga teng va foydalanuvchi rejimi uchun 1 ga teng komandalarni bajarishning joriy rejimini belgilaydigan bit. " Rejimli obyektlar|"Texnologik ishlab chiqarishi, hisobotlari davlat siri hisoblanadigan ma’lumotlarni o‘z ichiga oladigan tashkilotlar. " Reklama|"Qar.: Internet reklama. " Reklama dasturiy taʼminoti|"Foydalanuvchining ruxsati bilan yoki ruxsatisiz reklamani namoyish qiluvchi dastur. Bunday dasturiy taʼminot yashirin tarzda yoki foydalanuvchini chalkashtirib ishlamaydi, balki foydalanuvchiga yangi xizmatlarni taklif etadi. " Reklama maydonchasi|"Veb-sahifada grafik yoki matnli reklama bannerlari materiallarini joylashtirish uchun ajratilgan o‘rin. Reklama o‘rinlari odatda standart o‘lchamlarga ega bo‘ladi (masalan, 100x100, 468X60, 600X90 piksel). " Reklama tarmog‘i|"Muayyan reklama o‘rinlarida reklama materiallarini joylashtirishni boshqarish tizimi. Tarmoqlar turli reklama maydonchalaridagi reklama o‘rinlarini birlashtirishi mumkin (masalan, banner ayirboshlovchi tarmoq, banner xarid tarmoqlari) yoki bir saytning yoki portalning ichida (ichki tarmoqlar) ishlatiladi. " Reklama o‘rni|"Qar.: Reklama maydonchasi. " Rekombinatsiya koeffitsiyenti|"Hajm birligidagi ionlashtirilgan zarralarni vaqt birligiga birlashtirish ehtimolligini tavsiflovchi koeffitsiyent. " Rekursiv filtr|"Chiqishdan kirishga teskari bog‘lanishga va tuganmas impulsli javobga ega raqamli filtr. " Rekursiv funksiya|"O‘ziga-o‘zi murojaat qiladigan funksiya. Rekursiv funksiyalardan funksional dasturlash tillarida, xususan, LISP tilida keng foydalaniladi. " Rekursiya|"Kichik dastur yoki funksiyaning, bajarilish paytida iterativ operatsiyani bajarish uchun o‘zini-o‘zi chaqirish qobiliyati. " Relevantlik|"Izlash mashinalarida ‒ tanlangan axborotning izlash mezonlariga mos kelish darajasi. " Reley qonuni|"Sochilgan yorug‘lik intensivligi yorug‘lik to‘lqin uzunligining to‘rtinchi darajasiga teskari proporsional bo‘lishini belgilaydigan fizik qonun. " Relyatsion ma’lumotlar bazasi|"O‘zaro bog‘langan ikki o‘lchamli (relyatsion) jadvallar yig‘indisi. Har bir jadval bitta mohiyatni aks ettiradi. Relyatsion ma’lumotlar bazasida ikkita jadval orasidagi aloqalar aloqa kaliti (bosh jadval kaliti) orqali ta’minlanadi. Ma’lumotlar bazasi bilan ishlash uchun, jadvallardan, shakllar, so‘rovlar, hisobotlar, makroslar va modullardan foydalaniladi. Jadvallar ma’lumotlar bazasida axborotni saqlash uchun foydalanuvchilar tomonidan tuziladi, bunda har bir mohiyatga bitta jadval mos keladi. Jadval (maydon) ustunlari rekvizitlarning qiymatlarini, jadval (yozuv) satrlari esa, mohiyat nusxalarini ichiga oladi. " Relyatsion ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (RMBBT)|"Relyatsion model asosida tuzilgan, relyatsion ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi. Har bir relyatsion ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi – bu, jadvallarni qayta ishlashga spetsifik yetarlicha kuchli dasturlash tilidir. Bu tizimlarning oxirgi versiyalari na faqat yaxshi tezlik sifatlariga, balki qulay foydalanuvchi interfeysiga ham ega. Bu tizim tarkibiga odatda tuzimlastirilgan so‘rovlar tili kiradi. Shaxsiy kompyuterlar uchun belgilangan ko‘plab relyatsion ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi tarkibiga uchta modul: komanda tili, talqin qiladigan va/yoki kompilyatsiyalovchi tizim va foydalanuvchi qobig‘i kiradi. " Relyatsion model|"Ma’lumotlar tuzilmasini, ma’lumotlar ustidagi yo‘l qo‘yiladigan operatsiyalar, ma’lumotlarning yaxlitligi ta’minlanadigan maxsus qoidalar tavsiflangan ma’lumotlar modeli. Edgar Kodd tomonidan IBM firmasida 1970-yilda ishlab chiqilgan. An’anaviy nazariy ko‘plik operatsiyalar (birlashtirish, kesishish, farq va dekart ko‘paytmasi) va maxsus relyatsion operatsiyalar (seleksiya, proeksiya, birlashtirish va bo‘lish) yo‘l qo‘yiladigan ikki o‘lchamli jadvallar ko‘rinishida taqdim etiladi. Modeldan foydalanish, ham relyatsion ma’lumotlar bazalarini, ham relyatsion ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimini yaratish imkonini berdi. " Remultipleksorlash|"Mahalliy transport oqimiga aloqa liniyasi bo‘yicha keluvchi, boshqa vaqt bazasiga ega bo‘lgan «begona» transport oqimini kiritish. " Rendering|"1. Ekranda rang, soyalarni (uch o‘lchamli electron grafikada) qo‘shish uchun matematik modellar (formulalar)dan foydalanib amaliy tasvirlarni yaratish jarayoni. 2. Kompyuter dasturi yordamida (masalan, maʼlumotlar tuzilmasi ko‘rinishida) tasvir olish, vizuallashtirish. " Repiter (takrorlagich)|"Tarmoq elementlari orasida kabel uzunligi oshganda, kompyuter tarmog‘idagi signalni kuchaytiradigan va regeneratsiyalaydigan elektron qurilma. " Repozitoriy|"Qandaydir ma’lumotlar saqlanadigan va ta’minlanadigan joy, omborxona. Ma’lumotlar repozitoriyda ko‘pincha, keyinchalik tarmoq bo‘ylab tarqatish mumkin bo‘ladigan fayllar ko‘rinishida saqlanadi. " Reselling|"1. Xosting resellingi. Serverni qismlarga ajratib, uning quvvatlarini boshqa provayderlarga sotish. 2. Domenlar resellingi. Domen administratoridan domen nomlarini sotib olib, ularni boshqalarga sotish. " Resiver|"Qar.: Raqamli televizion qo‘shimcha moslama. " Resurs|"1. Tizimning, foydalanuvchiga yoki jarayonga ajratilishi mumkin bo‘lgan, mantiqiy yoki fizik qismi. 2. Hisoblash tizimi komponentlaridan istalgani va u taqdim etadigan imkoniyatlar. " Resurs bloki|"LTE kanalda uzatish resursi birligi, 0,5 ms vaqt intervali mobaynida egallanadigan 12 ta subchastota intervalidan tashkil topgan. Summar resurs bloki chastotalar polosasi 180 kHz ga teng. Binobarin, maksimal chastotalar diapazonidagi resurs bloklari soni 36 MHz/180 kHz = 200. " Resurslarni boshqarish kichik tizim|"Kompyuterning tezkor va tashqi xotirasi, protsessor va b.q. hisoblash resurslarini boshqaradigan operatsion tizimning bir qismi. " Resurslarni rejalash|"Ko‘p sonli foydalanuvchilar, jarayonlar yoki kanallar o‘rtasida resurslarni dinamik yoki statik taqsimlash tartiboti. Rejalashtirish algoritmlari potensiial ehtiyojlarining tahlili, resurslarning kelib tushgan so‘rovlarga muvofiq ravishda taqsimlanishi, taqismlangan resurslardan foydalanish samaradorligini kuzatib borish va bo‘sh resurslarni aniqlash, shuningdek, bir nechta foydalanuvchining aynan bir resursga bir vaqtda murojaat qilishi oqibatida yuzaga keladigan ixtiloflarning hal etilishiga asoslanadi. " Resurslarni zaxiralash protokoli|"IP-protokolida ishlaydi. Vaqtinchalik uzilishlarga sezgir trafikni Internet orqali uzatishda xizmat qiladi. " Retranslyator|"Interfeyslararo almashinishda, ma’lumotlarning o‘zgartirilishini ta’minlaydigan qurilma. " Retranslyator-o‘zgartirgich, transpozer|"Kelayotgan signal chastotasi qayta nurlanishgacha demodulyatsiyasiz o‘zgaradigan retranslyator. " Retranslyatsion antenna|"Machtaga o‘rnatilgan, ikkita qarama-qarshi yo‘naltirilgan ko‘zguli antenna. " Retranslyatsion qabul qilgich|"Tovushli yoki televizion radioeshittirish uzatgichlaridan eshittirishni qabul qilish va retranslyatsiya qilish uchun tovushli va videochastota dasturiy signallarini uzatish uchun maxsus loyihalashtirilgan radioqabulqilgich. " Retranslyatsiya|"Tovushli yoki televizion eshittirish dasturini qabul qilish va bir vaqtda uni qayta nurlantirish. Izoh – Taalluqli atama «retranslyatsiya qilish». " Retranslyatsiya qilish bilan yomon niyatda qilinadigan ta’sir|"Autentifikatsiyaga yomon niyatda ta’sir ko‘rsatish. Bunda autentifikatsion axborot almashinuvi tutib olinadi va darhol retranslyatsiya qilinadi. " Retranslyatsiya qilish tizimi|"Maʼlumotlar uzatish yoki protokollarni o‘zgartirishga mo‘ljallangan axborot tizimi. Turli arxitekturaga ega bo‘lgan tarmoqlarni birlashtiradi. Qayta uzatish tizimlarida har bir tarmoq to‘la muxtoriyatga va o‘zining boshqarish vositalariga ega. O‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun, qayta uzatuvchi tizimlar quyidagilarni amalga oshiradi: - maʼlumotlar kommunikatsiyasi va ularni marshrutlash; - ulanadigan kommunikatsiya tarmoqlarida yoki tarmoqlar qismlarida protokollarni moslash; - maʼlumotlar bloklarini tarmoqlar yoki ularning qismlari orasida uzatish; - maʼlumotlar bloklarini, agar tarmoqlarda (ularning qismlarida) ular turli o‘lchovlarga ega bo‘lsalar, yiriklashtirish yoki kichraytirish; tizimlar buferlari toshib ketishi va yuz bergan nosozliklar to‘g‘risida xabar berish; - rad qilishlar va nosozliklardan so‘ng ishni qayta tiklash; - ulanayotgan tarmoqlar yoki ularning qismlari holatini aniqlash. " Retranslyatsiya stansiyasi|"Bitta yoki bir nechta retranslyatordan iborat bo‘lgan, ular uchun antenna va tegishli uskunalarga ega stansiya. " Retseptor|"Elektromagnit signal va/yoki elektromagnit xalaqitni sezuvchi texnik vosita. " Revers|"Odatda oldingi simvolni o‘chirish bilan ekrandagi kursorni orqaga qaytarishni boshqaruvchi simvol (CTRL-H yoki ASCII jadvalidagi 08h simvoli) yoki klavish. Odatda matn kiritilayotganda terish xatolarini to‘g‘rilashda qo‘llaniladi. Boshqa qurilmalarda esa (masalan, teletayp yoki matritsali printerlarda) ushbu simvol bosmaga chiqaruvchi printer kallagini oldingi holatiga qaytarish vazifasini o‘taydi. " Revers-injiniring|"Maʼlum qurilma yoki dasturni, shuningdek, ularning hujjatlarini, ishlash tamoyilini tushunish maqsadida va ko‘pincha ushbu qurilma, dastur yoki boshqa obyektni to‘liq nusxalamasdan, ularning o‘xshash funksiyali analogini yaratish maqsadida tadqiq etish. Odatda original obyektning yaratuvchisi o‘sha obyektning tuzilmasi va yaratish (ishlab chiqarish) usuli to‘g‘risidagi maʼlumotni taqdim etmagan holda qo‘llaniladi. Revers- injiniringdan foydalanish mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonun va patent qonunchiligiga zid bo‘lishi mumkin. " Reyestr|"Metamaʼlumotlar sxemalaridan foydalanishga asoslangan, doimiy identifikator uchun reyestrda izlash imkoniyati bilan taʼminlaydigan raqamli obyektlar to‘g‘risidagi meta-maʼlumotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va metamaʼlumotlar sxemalarini saqlash mexanizmi. " Rezerv qurilma|"1. Asosiy uskuna nosoz holatda bo‘lganda, ishonchlilikni oshirish uchun xizmat qiladigan qo‘shimcha qurilma. 2. Hujjat, xabar yoki faylning asli shikastlanganda foydalanish uchun yaratiladigan zaxira nusxasi. " Rezerv so‘z|"Protsedura, funksiya yoki biror operatorning yoki xizmatga oid o‘zgaruvchining nomi (identifikatori) bo‘lib, dasturchining o‘zi kiritadigan o‘zgaruvchi, protsedura yoki funksiyaning nomi sifatida ishlatib bo‘lmaydi. " Rezident|"Qar.: Rezident dastur. " Rezident bo‘lmagan tom|"Operatsion tizimning katalogi joylashgan tom. " Rezident dastur|"Operatsion tizim qobig‘iga boshqaruvni, yoki operatsion tizim ustidan sozlashni (Norton Commander va sh.k.) qaytarib bergan, lekin shaxsiy kompyuterning tezkor xotirasida qolgan operatsion tizimdagi MS-DOS dasturi. " Rezident viruslar|"Kompyuterni zararlashda tezkor xotirada o‘zining rezident qismini qoldiradigan viruslar. Bu rezident qism operatsion tizimning zararlangan obyektlarga (fayllarga, disklarning yuklash sektorlariga) murojaatini tutib oladi va ularga kiradi. Rezident viruslar xotirada bo‘ladi va kompyuter o‘chirilgunga yoki qayta yuklangunga qadar aktivligicha qoladi. " Rezistor|"Elektronikada qo‘llaniladigan, elektromagnit nurlanishni energiyaning boshqa turlariga aylantirishni taʼminlaydigan yarimo‘tkazgichli asbob. " Rezonans antenna|"Chastotalarning tor intervalida o‘z xarakteristikalari va parametrlarini saqlab qoladigan antenna. " Rid-Myuller kodi|"Uzunligi 2n bo‘lgan biortogonal kodning ko‘rinishlaridan biri hisoblanadigan ikkilik siklik kodlar turkumi, bu yerda n – butun son. " Rid-Solomon kodi|"1. Blokning berilgan uzunligida, so‘zlar o‘rtasidagi minimal masofani ta’minlaydigan 2m o‘lchamli ikkilik bo‘lmagan blokli kodlarning quyi toifasi. Blokdagi xatolar tuzatilisinii ta’minlaydi. 2. MPEG-2 transport paketlari baytlarida xatolarni tuzatishga imkon beradigan ikkilik bo‘lmagan siklik kod. " Rirproyeksiya|"Elektron apparatura yordamida ikkita (yoki undan ko‘p) alohida tasvirdan tashkil topgan, jamlanganda ma’no jihatidan tugallangan sahna ko‘rinishini hosil qiluvchi, kombinatsiyalangan televizion tasvirni olish usuli. " Risk|"Maqsadga ta’sir ko‘rsatishning noma’lum natijasi. Izohlar 1. Ta’sir ko‘rsatish natijasi – bu, taxmin qilingan maqsaddan chetga chiqishdir (ijobiy va/yoki salbiy). 2. Maqsadlar turli aspektlarga ega bo‘lishi (masalan, moliyaviy, xodimlar xavfsizligi va salomatligini saqlash, axborot xavfsizligi, ekologik) va turli darajalarda (strategik, tashkilot, loyiha, mahsulot yoki jarayon darajasida) qo‘llanilishi mumkin. 3. Risk odatda, potensial voqea-hodisalar va oqibatlar bilan yoki ularning birikmasi bilan tavsiflanadi. 4. Axborot xavfsizligi riski odatda, axborot xavfsizligi voqea-hodisalarining oqibatlari birikmasi ko‘rinishida va ular bilan bog‘liq bo‘lgan yuzaga kelish ehtimolligi ko‘rinishida ifodalanadi. 5. Noaniqlik – bu, hodisani tushunish yoki u to‘g‘rida bilish, uning oqibatlari yoki yuzaga kelish ehtimolligi bilan bog‘liq axborotning yetarli bo‘lmaslik (hatto qisman bo‘lsa ham) holatidir. 6. Axborot xavfsizligi riski axborot aktivlari zaifliklaridan yoki tahdidlar amalga oshirilishida axborot aktivlari guruhining zaifliklaridan foydalaniladigan holda tashkilotga zarar yetkazish ehtimolligi bilan assotsiatsiyalanadi. " Risk darajasi|"Risk oqibatlari va ular ehtimolligi birikmasini ifodalaydigan risk kattaligi. " Risk egasi|"Riskni boshqarish bo‘yicha javobgar bo‘lgan va vakolatga ega jismoniy shaxs yoki mantiqiy obyekt. " Risk mezonlari|"Riskning ahamiyatini baholaydigan belgilar. Izohlar 1. Risk mezonlari tashkilot maqsadlariga, shuningdek, ichki va tashqi vaziyatlarga asoslanadi. 2. Risk mezonlari standartlar, qonunlar, siyosatlar va boshqa talablardan olinishi mumkin. " Risk taqsimoti|"Bir nechta tomonlar o‘rtasida riskning kelishilgan holda taqsimlanishini ichiga oladigan riskni qaya ishlash shakli. Izohlar 1. Qonuniy yoki majburiy talablar, risk taqsimlanishi o‘tkazilishini cheklashi, ta’qiqlashi yoki buyurishi mumkin. 2. Riskning taqsimlanishi o‘zida sug‘urta qilishni ifodalashi yoki shartnoma (kontrakt) shaklini olishi mumkin. 3. Risk taqsimlanishi bo‘yicha shartnoma shartlarida riskning aniqligi va mazmunan bir xilligiga bog‘liq bo‘lgungacha bo‘lgan daraja. 4. Riskni ko‘chirish riskni tasqimlash shakli hisoblanadi. " Risklar turkumi|"Ma’lum bir, masalan, muayyan kichik tizimga yoki resurs turiga tegishli belgiga qarab ajratilgan, axborot xavfsizligiga bo‘ladigan ko‘plab tahdidlar. " Risklarni boshqarish|"1. Tizimlar yoki tarmoqlar xavfsizligi sohasida boshqarish amaliyoti davomida ishlab chiqilgan operatsiyalar ketma-ketligi. 2. Risklarni baholashga muvofiq, qarshi chora-tadbirlarni belgilash jarayoni. 3. Riskka nisbatan tashkilotga rahbarlik qilish va uni boshqarish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan faoliyat. Izoh – Risklarni boshqarish, odatda, risklarni aniqlash, risklarni qayta ishlash, risklarni qabul qilish va risklar to‘g‘risida xabar berishni o‘z ichiga oladi. " Risklarning asosiy tahlili|"Axborot xavfsizligi asosiy darajasining talablariga muvofiq o‘tkaziladigan riskni tahlil qilish. " Riskni aniqlash|"Riskni identifikatsiya qilish, risk tahlili va riskni baholashni ichiga oladigan jarayon. " Riskni baholash|"1. Riskni tahlil qilish natijalarini risk va/yoki uning kattaligi maqbul yoki yo‘l qo‘yib bo‘lishligini aniqlash uchun risk mezonlari bilan taqqoslash jarayoni. Izoh – Riskni qiyosiy baholashdan riskni qayta ishlash to‘g‘risida qaror qabul qilishda foydalanilishi mumkin. 2. Ma’lum bo‘lgan va taxmin qilinayotgan tahdidlar va zaif tomonlarni tahlil qilish usuli. Kutilayotgan zarar miqdorini va uning tizim ishi uchun maqbullik darajasini aniqlash imkonini beradi. 3. Risklarni identifikatsiya qilish, ularni tavsiflash uchun parametrlar tanlash va bu parametrlar bo‘yicha baho olish. " Riskni boshqarish jarayoni|"Tashkilotni boshqarish siyosati, protseduralari va usullariga muvofiq bajariladigan, axborot almashinuvi, maslahatlashuvlar, maqsadlarni belgilash, qo‘llash sohasi, riskni identifikatsiya qilish, tadqiq qilish, baholash, qayta ishlash, monitoring va tahlil qilish bo‘yicha o‘zaro bog‘langan xatti-harakatlar. Izoh – Riskni boshqarishni to‘liq tavsiflash uchun «jarayon» atamasidan foydalaniladi. Riskni boshqarish jarayoni doirasidagi elementlar «faoliyat» deb ataladi. " Riskni identifikatsiya qilish|"Riskni aniqlash, ro‘yxatini tuzish va tavsiflash jarayoni. Izohlar 1. Riskni identifikatsiya qilish riskning manbalarini, hodisalarini, ularning sabablari va ro‘y berishi mumkin bo‘lgan oqibatlarini o‘z ichiga oladi. 2. Riskni identifikatsiya qilish, shuningdek, xronologik ma’lumotlar tahlilini, ekspert baholashlarni va manfaatdor tomonlarning ehtiyojlarini o‘z ichiga oladi. " Riskni qabul qilish|"1. Riskni qabul qilish qarori. 2. Ma’muriyatning, qoida bo‘yicha, texnik yoki moliyaviy sabablarga ko‘ra riskning ba’zi bir darajasini ma’qul deb hisoblaydigan qarori. " Riskni qayta ishlash|"Riskni modifikatsiyalash jarayoni. Izohlar 1. Riskni qayta ishlash: - risk jarayoni yoki uning natijasida xavfli hodisa yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan faoliyatni boshlamaslik yoki davom ettirmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilish yordamida riskning oldi olinishini; - yanada keng imkoniyatlarni ta’minlash uchun riskning qabul qilinishini yoki riskning oshirilishini; - risk manbai bartaraf etilishini; - xavfli hodisa ehtimolligi o‘zgarishini; - xavfli hodisa oqibatlari o‘zgarishini; - boshqa tomon yoki tomonlar bilan riskning taqsimlanishini (shartnomalarga kiritish va riskni qayta ishlashni moliyalashtirish yo‘li bilan); - riskni saqlash to‘g‘risida asoslangan qarorni o‘z ichiga olishi mumkin. 2. Riskni qayta ishlash riskning bartaraf etilishi, oldi olinishi yoki kamaytirilishini o‘z ichiga olishi mumkin. 3. Riskni qayta ishlashda yangi risklar vujudga kelishi yoki mavjud risklar o‘zgartirilishi mumkin. " Riskni tahlil qilish|"1. Risk tabiati va xususiyatini o‘rganish va risk darajasini aniqlash jarayoni. Izohlar 1. Riskni tahlil qilish riskni baholash va riskni qayta ishlash to‘g‘risida qaror qabul qilinishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 2. Riskni tahlil qilish riskning miqdor jihatdan baholanishini o‘z ichiga oladi. 2. Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi resurslarini, bu resurslarga tahdidlarni va bu tahdidlarga nisbatan tizimning zaifliklarini identifikatsiya qilish protseduralarining muntazam bajarilishi. 3. Umuman tizim xavfsizligiga va uning alohida (nafaqat texnik) komponentlariga tahdidlarni, tahdidlar xarakteristikasini va ular amalga oshirilganda yetkazilishi mumkin bo‘lgan potensial zararni aniqlash, shuningdek, himoya choralarini ishlab chiqish jarayoni. " Riskni to‘liq tahlil qilish|"Axborot xavfsizligi sohasida oshirilgan (muhofaza qilinganlikning bazaviy darajasiga qaraganda yuqoriroq bo‘lgan) talablar qo‘yadigan axborot tizimlari uchun risklarni tahlil qilish. Izoh – Risklarni to‘liq tahlil qilish resurslarning qimmatliligi aniqlanishini, tahdidlar va zaifliklar baholanishini, adekvat qarshi choralar tanlanishini va ularning samaradorligi baholanishini ko‘zda tutadi. " Riskning pasayishi|"Risk bilan bog‘liq bo‘lgan ehtimollikni, salbiy oqi-batlarni yoki har ikkisini birgalikda kamaytirish uchun amalga oshiriladigan ishlar. " Rivest-Shamir-Adleman usuli bilan shifrlash|"Ochiq kalit bilan shifrlash usuli bo‘lib, shifrlash uchun foydalaniladigan kalit shifrni ochish uchun mo‘ljallangan kalit bilan mos tushmaydi (shifrni ochish kaliti oluvchiga ma’lum bo‘lishi kerak). " Rivojlantirilgan mobil telefon xizmati, AMPS standarti|"AQShda keng tarqalgan analog uyali aloqa tizimlaridan biri. Mobil terminallarni tayanch stansiyalar bilan radioaloqasi (qabul qilish kanali) uchun (825-845) MHz chastotali diapazondan foydalanadi. 600 kanaldan har birining chastotalar polosasi kengligi 30 kHz ni tashkil etadi. " Robastlik|"Hisoblash tizimining ham ichki, ham tashqi xato holatlar yuz berganda qayta tiklana olish qobiliyatining o‘lchovi. " Robot|"1. Tashqi ta’sirlarni qabul qila oladigan va ularga javob beradigan, shuningdek, mustaqil ravishda turli xil, odatda, intellektual operatsiyalarni bajaradigan mashina. 2. Ikki va undan ortiq o‘q bo‘yicha dasturlanadigan, o‘z ishchi muhiti ichida harakatlanadigan va belgilangan vazifalarni bajaradigan yuritmali mexanizm. Izohlar1. Robot boshqarish tizimi va boshqaruv tizimining interfeysini o‘z ichiga oladi. 2. Robotlarni sanoat robotlariga va xizmat ko‘rsatuvchi robotlarga ajratish ularning vazifasiga muvofiq bajariladi. " Rol|"Muayyan ko‘plikdagi foydalanuvchilarga tizim funksional imkoniyatlaridan erkin foydalanish ruxsatnomalarining majmui. " Rollar asosida foydalana olishni boshqarish|"1. Foydalanish huquqini aniq belgilash tizimining modeli, bunda rollardan turli vazifalarni bajarish uchun foydalaniladi, operatsiyalarni bajarishga ruxsat esa, rollarga bog‘lanadi. 2. Foydalanuvchilarga rollarni belgilash va bu rollar uchun ruxsat o‘rnatish orqali ma’muriy boshqarishni soddalashtiradigan, xavfsizlikni ta’minlashning umumiy modeli. " Rombsimon antenna|"Yer ustida osilgan romb tomonlarini hosil qiluvchi sim ko‘rinishidagi antenna. " Rostlash|"Tizimning alohida komponentlarini to‘g‘ri va qulay ishlashini ta’minlash uchun sozlash. " Rotor mashinasi|"Umumiy o‘q atrofida erkin aylanadigan disklardan iborat kriptografik mashina. U mexanik va elektromexanik bo‘lishi mumkin. Mashinaning disklari (rotori) bir biriga nisbatan harakatlanadi, shu bilan har bir taktda burchak holatlaridan noyob birikma hosil bo‘ladi. Mashinaning hamma disklari qo‘zg‘almas bo‘lganda, rotor mashinasi bir diskli oddiy ekvivalent almashtirishni bajaruvchiga o‘xshab qolgan bo‘lar edi. Disklar soni yetarlicha (odatda 5-10) bo‘lsa, disklarning to‘g‘ri tanlangan soxta tasodifiy harakatida rotor mashinasi yuqori kriptobardoshlilikni taʼminlaydi. " Roumer|"Bir tizimda qayd qilingan, lekin vaqtincha boshqasida ishlayotgan abonent mobil stansiyasi. Abonent bir tizim qoplash zonasidan boshqa tizimning qoplash zonasiga o‘tganida stansiya ana shu – keyingi tarmoqda qayd etiladi. Qayd etish ma’lumotlari VLR – tizimining vizit registrida saqlanadi. " Roumer abonent|"1. Bir xizmat ko‘rsatish zonasidan boshqasiga ko‘chib yuruvchi mobil abonent. 2. O‘zi doimiy qayd etilgan «uy» zonasidan tashqarida vaqtincha xizmat ko‘rsatiladigan Yer usti yoki yo‘ldoshli aloqa tarmog‘i abonenti. " Rouming|"1. Radioqurilmaning tayanch stansiya ta’sir doirasidan tashqarida harakatlanish imkoniyati va «mehmon» stansiya ta’sir zonasida bo‘la turib, «o‘zining» tarmog‘idan foydalana olishi. Simsiz tarmoqlarda rouming, tarmoq xizmatlaridan foydalanish yo‘qolmasdan va bog‘lanish uzilmasdan, bitta foydalanish nuqtasidan boshqasiga o‘tishni bildiradi. Rouming foydalanuvchilarga, Internet va elektron pochtadan foydalanish saqlangan holda, erkin harakatlanish imkoniyatini beradi. 2. Asosan, yer usti mobil aloqa tarmoqlariga xos bo‘lgan maxsus xizmat. Roumingga ehtiyoj abonent o‘z o‘rnini o‘zgartirganida va o‘zining uy tarmog‘idan (abonent doimiy qayd etilgan) boshqa operatorga qarashli o‘xshash tarmoqqa o‘tganida yuzaga keladi. Lokal, milliy va xalqaro rouminglar bo‘ladi. Qayd etish usuliga ko‘ra, qo‘lda va avtomatik amalga oshiriladigan rouminglar farqlanadi. " Rouming hududlari|"Rouming to‘g‘risida o‘zaro bitim tuzgan turli operatorlar tomonidan mobil aloqa xizmatlari taqdim etiladigan geografik rayonlar. " Router|"1. Tarmoq trafigini uzatishning bitta yoki bir nechta marshrutini tanlash bo‘yicha qarorlar qabul qilishga javobgar tizim yoki qurilma. Mazkur vazifani bajarish uchun tarmoq to‘g‘risidagi axborotni va marshrutlash metrikasi deb nomlangan bir nechta mezon asosida eng yaxshi marshrutni tanlash algoritmlariga ega marshrutlash protokolidan fodalaniladi. Xabarlarni tezkor va eng samarali marshrutlash uchun marshrutizatorlar bir-biri orasida tarmoqning ayni paytdagi holati to‘g‘risidagi maʼlumotlarni almashish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim. 2. Tarmoqda paketlarni marshrutlash, yaʼni paketlarning tarmoq bo‘ylab uzatilishida eng qisqa marshrutni tanlab berish bilan shug‘ullanuvchi tarmoq kompyuteri. 3. Maʼlumotlar bloklarini marshrutlash bilan shug‘ullanuvchi qayta uzatish tizimi. " Runet|"Internetning Rossiyaga bag‘ishlangan va rus tilida bo‘lgan qismi. Runetga .ru domenidagi saytlardan tashqari, barcha rusiy zabon saytlarni ham kiritsa bo‘ladi. " Rupor-linzali antenna|"Katta ochilish burchagiga ega rupordan va uning chiqishiga qo‘yilgan, rupordagi sferik yoki silindrsimon to‘lqin frontini yassiga o‘zgartiradigan linzadan iborat antenna. " Rupor-parabolik antenna|"Konussimon rupor va aylanish paraboloidi uchastkasi ko‘rinishidagi qaytargichning birikmasini o‘zida aks ettiradigan antenna. " Ruporli antenna|"1. Nurlantiruvchi elementi, o‘ziga ulangan to‘lqin o‘tkazgichdan to‘yinadigan rupor bo‘lgan yuqori chastotali diapazon antennasi. 2. Oxiri ochiq bo‘lgan tomonga tekis ko‘ndalang kesim bilan kengayuvchi to‘lqin o‘tkazgich ko‘rinishidagi antenna. " Ruporli nur tarqatgich|"Rupor, reflektor yoki shunga o‘xshash nurlantiruvchi qurilmaning ochiq uchi. " Ruporli nurlagich|"Ko‘zguli va linzali antennalarda nurlagich sifatida ishlatiladigan ruporli antenna. " Ruslashtiruvchi drayver|"Kirill kodli sahifada 128 dan 255 tagacha simvolni ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan rezident dastur. DOS uchun taniqli ruslashtiruvchi drayver keyrus.com edi. " Rutkit|"Tizimda jinoyatkor shaxs yoki zararli dasturning borligi izlarini yashirish uchun ishlatiladigan dastur yoki dasturlar to‘plami. Rutkit buzuvchiga buzilgan tizimda o‘rnashib olish va fayllar, jarayonlar hamda tizimda rutkit borligini yashirish orqali o‘z faoliyati izlarini yashirishga imkon beradi. " Ruxsat, ajratish|"Obyekt bilan bog‘liq qoida, u foydalanuvchilarni shu obyektga kira olishini boshqarishda qo‘llaniladi. Ruxsat obyektning egasi tomonidan beriladi va bekor qilinadi. " Ruxsat berish|"Shaxsga, darajasi belgilangan yoki birmuncha past bo‘lgan xavfsizlik ma’lumotlari yoki axborotdan foydalana olish huquqiga berilgan ruxsat. " Ruxsat etilgan foydalana olish kanali|"Tayanch stansiya tomonidan istalgan mobil stansiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirishni tashkil etish uchun foydalaniladigan, ajratilgan boshqaruv kanali. " Ruxsat etilgan foydalanish (kirish)|"Huquqlari autentifikatsiya qilish jarayonida tasdiqlangandan so‘ng, qayd etilgan foydalanuvchilarning tizimdan foydalana (tizimga kira) olishiga beriladigan ruxsat. " Ruxsat etilgan foydalanish siyosati|"Ko‘pgina tarmoqlar undan foydalanish mumkin bo‘lgan usullarni cheklashni ko‘zda tutadi. Masalan, ayrim tarmoqlarda AUP undan tijorat maqsadlarida foydalanilishiga yo‘l qo‘ymaydi. " Ruxsat etilgan holat|"Imtiyozga ega bo‘lmagan dastur boshqa sharoitlarda erkin foydalanish mumkin bo‘lmagan resurslardan foydalana oladigan holat. " Ruxsat etilgan imkoniyat|"Grafik kiritish-chiqarish qurilmasi tomonidan (ekran, printer, skaner) tiniq aks ettiriluvchi (yoki qabul qilinuvchi) tasvir elementlari soni. Agar ish maydonining o‘lchamlari chegaralangan bo‘lsa (monitor ekranidagidek), unda o‘lchamlar gorizontal va vertikal nuqtalar soni bilan o‘lchanadi (yozilishi XXXX×YYYY ko‘rinishda bo‘ladi, masalan, 480×640), aks holda bu o‘lchamlar dyuym sanog‘ida beriladi. Hosil qilinadigan tasvirning tiniqlik darajasi past, o‘rtacha va yuqori bo‘lishi mumkin. Bunday ajratish uchun belgilangan chegaralar yo‘q bo‘lib, u hozirgi texnologiyaga bog‘liqdir. " Ruxsat etilgan chaqiruv|"Belgilangan (ma’lum) foydalanuvchiga ruxsat etilgan, tizimni, dastur yoki ma’lumotlarni chaqirish. Odatda, parolni kiritish va uni tekshirish orqali bajariladi. " Ruxsat etilganlar ro‘yxati|"Biron bir amalni bajarishga ruxsat berilgan yoki resurslardan erkin foydalanish/uchun ruxsat etilgan foydalanuvchilar yoki dasturlar ro‘yxati. " Ruxsat etilmagan tarzda foydalana olish|"1. Subyektning obyektdan yoki axborotdan, tizimda belgilangan foydalanishni chegaralash qoidalarini buzgan holda foydalana olishi. 2. Tarmoq resurslaridan o‘rnatilgan muhofazani chetlab o‘tib foydalana olish. 3. Muhofaza obyektidan reglamentlangan tarzda foydalana olishning buzilishi. " Ruxsat taqiqlangan|"Resurslardan ruxsat berilmagan holda foydalanilganda paydo bo‘ladigan xabar. Agar foydalanuvchi qandaydir resurslardan (fayllar, hujjatlar, musiqa va h.k.) foydalanish uchun kerakli huquqlarga ega bo‘lmasa, operatsion tizim bu haqda xabar beradi. " Ruxsatsiz faoliyat|"Belgilangan qoidalarni buzgan holdagi faoliyat. " Ruxsatsiz foydalana olishdan muhofaza qilish|"Muhofaza qilinadigan axborotdan foydalana olishning huquqiy hujjatlari bilan yoki axborot mulkdori (egasi) tomonidan belgilangan huquqlar yoki qoidalar buzilgan holda manfaatdor subyekt tomonidan muhofaza qilinadigan axborotni olishning oldini olish bo‘yicha faoliyat. " Ro‘yxat|"1. Tartiblashtirilgan elementlar to‘plami. 2. Dasturlashda – faqat kompyuter xotirasi bilan chegaralangan, ixtiyoriy uzunlikdagi turli elementlarni birlashtiradigan ma’lumotlar tuzilmasi. Uzunligi nolga teng ro‘yxat bo‘sh ro‘yxat deb ataladi. Ro‘yxatning kamchiligi, uning elementiga ro‘yxatdagi pozitsiyasidan kelib chiqib to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat eta olmasligidadir. " Ro‘yxatga olingan drayver|"Operatsion tizim bilan birgalikda ishlash uchun tekshirilgan va tasdiqlangan drayver. Imzolanmagan drayverlarni o‘rnatish shaxsiy kompyuterlarga va periferiya asbobiga zarar keltirishi mumkin. " Ro‘yxatga olingan foydalanuvchi|"1. Berilgan jamoa bo‘lib foydalanish tizimida ustuvor raqamga ega bo‘lgan foydalanuvchi. 2. Elektron hisoblash mashinasidagi ishlar grafigiga kiritilgan foydalanuvchi. " Ro‘yxatga olish|"1. Hujjatga tizim noyob identifikatorini berish jarayoni. 2. Hujjat to‘g‘isidagi asosiy ma’lumotlarni ro‘yxatga olish-nazorat qilish kartochkasiga kiritish va unga ro‘yxatga olish raqamini berish yo‘li bilan hujjat tuzilganligi yoki olinganligini tasdiqlash. " Ro‘yxatga olish organi|"1. Sertifikatlar subyektlarini identifikasiyalash va autentifikatsiya qilish yuzasidan javobgar, biroq, sertifikatlash organi ham, atributlar berish organi ham bo‘lmagan qandaydir obyekt. 2. Ro‘yxatga olish xizmatini taqdim etish huquqi berilgan va ishonib topshirilgan organ. " Ro‘yxatga olish ssenariysi|"Tarmoq administratori tomonidan foydalanuvchiga belgilangan va foydalanuvchini tizimda ro‘yxatga olish paytida bajariladigan kichik dastur, komanda fayli yoki makros. " Ro‘yxatlarni qayta ishlash|"1. Ma’lumotlarning ro‘yxat tuzilmalarini qayta ishlash dasturiy vositalari. Ular «keraksiz narsalar»ni yig‘gan holda va ro‘yxatlarni tuzish hamda tahlil qilish yordamida xotiraning dinamik taqsimlanishini ta’minlaydi. 2. Ko‘rsatgichlar bilan bog‘langan bir xil pozitsiyalardan iborat ma’lumotlar tuzilmasini o‘zgartirish jarayonlarini dasturlash. Ro‘yxatlarni qayta ishlashda xotiradan foydalanishning qulay usuliga asoslangan ro‘yxatlarni qayta ishlash tillari ishlatiladi. S " Sahifa|"1. Ikkining darajalariga karrali (odatda 512 byte dan 16 kbyte gacha) qayd etilgan o‘lchamdagi xotira bloki. Blok o‘lchami konkret mikroprosessor arxitekturasiga bog‘liq bo‘ladi. 2. Bitta to‘la ekranli tasvirni o‘zida saqlovchi videoxotira qismi. 3. Berilgan formatdagi, bitta chop etiladigan sahifadan oshmaydigan hujjat qismi. 4. Veb-uzel sahifasi, shuningdek, vebda e’lon qilingan hujjat. " Sahifa bloki|"Virtual xotira sahifasi ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan fizik manzillar diapazoni. " Sahifa fayli|"Qattiq diskdagi, Windows da tezkor xotiraga sig‘magan dasturlar va ma’lumot fayllarining bir qismini saqlash uchun qo‘llaniladigan yashirin fayl. " Sahifa pastga|"Hujjatni bitta ekran sahifasiga pastga siljitish uchun mo‘ljallangan klavish. " Sahifa skaneri|"Hajmi katta bo‘lmagan tashuvchilardan matnlar va tasvirlarni kiritadigan skaner. " Sahifa tavsifining standart tili|"Mashina tili talablariga muvofiq keladigan fayllarni ishlab chiquvchi va foydalanuvchidan faylni tuzish uchun zarur komandalarni kiritishni talab qilmaydigan usullar va apparaturalar. " Sahifa xotirasini boshqarish bloki|"Virtual xotira bilan ishlaydigan turli ilovalar yoki operatsion tizimlar foydalanadigan xotiradan erkin foydalanish va bu xotirani boshqarish operatsiyalarini bajaradigan qurilma. " Sahifa yuqoriga|"Hujjatni bitta ekran sahifasiga yuqoriga siljitish uchun mo‘ljallangan klavish. " Sahifalar jadvali|"Operatsion tizim jarayoniga uning mantiqiy manzillarini jismoniyga translyatsiya qilish uchun ajratiladigan tizim tuzilmasi. " Sahifalar jadvalining registri|"Sahifalar jadvalini va uning uzunligini saqlaydigan registr. " Sahifalarni ajratgich|"Bosiladigan hujjatda, hisobotda yoki shaklda printerga yangi sahifa boshlanishini ko‘rsatadigan boshqaruvchi simvol. " Sahifalarni almashtirish optimal algoritmi|"Sahifalarni almashtirish algoritmi, bunda uzoq vaqt davomida ishlatilmagan sahifa almashtiriladi. " Sahifalarni rad etish koeffitsiyenti|"0 dan 1 gacha bo‘lgan, sahifalarni rad etish ehtimolligini tavsiflaydigan son. " Sahifalarning iyerarxik jadvali|"Sahifalar jadvalini iyerarxik (odatda, ikki darajali) ko‘rinishda tashkil qilish. Jismoniy xotiraning aniq (haqiqiy) sahifasi adresi foydalana olishning natijasi hisoblanadi. " Sahifalarning xeshlangan jadvali|"Mantiqiy sahifaning raqami xeshlanishiga asoslangan qidiruv amalga oshiriladigan sahifalar jadvali. " Sahifali printer|"Sahifaning tasviri to‘la-to‘kis chiqariladigan alohida qog‘oz varaqlarini uzatadigan va bosadigan printer. " Sahifani almashtirish|"Operatsion tizim tomonidan murojaat qilingan sahifani boshqa sahifa o‘rniga, agar talab qilinsa oxirgi sahifani olish bilan, chiqarish. " Sahifani to‘ldirish|"Ma’lumotlar blokiga ahamiyatli bo‘lmagan axborotning oxirgi, to‘liq to‘ldirilmagan sahifasini yozish usuli. " Sahifani o‘tkazish|"Printerda bosib chiqarishda yangi sahifaga o‘tish uchun foydalaniladigan boshqaruvchi simvol. " Sahifaning assotsiativ xotirasi (kesh), manzillarni translyatsiya qilish buferi|"Tez-tez ishlatiladigan sahifalarning raqamini o‘z ichiga oladigan va ularning manzilini asosiy xotirada saqlaydigan o‘ta tez harakatlanadigan assotsiativ xotira. " Sahifaning invertirlangan jadvali|"Sahifalar jadvali, unga murojaat etilganda, talab etilayotgan jismoniy sahifani izlash jarayon raqami va sahifaning mantiqiy raqami bo‘yicha amalga oshiriladi. " Sahifaning ishlamay qolishi|"Asosiy xotirada sahifa yo‘qligi tufayli uzilish. " Sahnani raqamli boshqarish|"Televizion tasvir kontrastliligini optimallash funksiyasi. Juda keskin kontrastlikda tasvirning oq qismlari, masalan matnlar juda aniq hamda ortiqcha yorqin shu’lalanishsiz qayta tiklanadi. Biroq, ushbu funksiya kul rangning gradatsiyasini o‘zgartirmaydi, u tufayli tasvir o‘zining tabiiyligini saqlab qoladi. Sakkizlik sanoq tizimi ing. - octal number systemrus. - восьмеричная система счисления 8 razryadli sanoq tizimi. Unda 0 dan 7 gacha bo‘lgan raqamlar ishlatiladi. Sakkizlik sanoq tizimi raqamli qurilmalar bilan bog‘liq joylarda ishlatiladi. Sakkizlik sanoq sonlari ikkilik sanoqni triadalariga aylantirish osonligi bilan tavsiflanadi. Oldin dasturlashda va umuman kompyuter hujjatlarida ishlatilar edi, lekin hozirga kelib o‘n oltilik sanoq tizimi tomonidan siqib chiqarilgan. " Sakrash|"Signalning keskin o‘zgarishi, shovqinning kuchayishi yoki elektr taʼminot tarmog‘idagi kuchlanishning to‘satdan sakrashi. " Salbiy ta’sir etish|"Tahdid agentining aktivga ko‘rsatadigan ta’siri. " Samaradorlikning muhim ko‘rsatgichlari|"Qo‘yilgan maqsadlarga erishib bo‘lishlik o‘lchovlarini o‘zida ifodalaydigan ko‘rsatgichlar. Bu ko‘rsatgichlar boshqaruv funksiyalari, jarayonlar, harakatlar samaradorligi va natijaliligini baholash uchun foydalaniladigan tizimni hosil qiladi. Bunday ko‘rsatgichlardan, shuningdek, tashkilot boshqaruvining barcha sohalarini: biznes jarayonlarni, ishlab chiqarish sohasidagi texnologik jarayonlarni, xodimlarni boshqarish tizimini, moliyaviy operatsiyalarni rejalashtirish va tahlil qilishda ham foydalaniladi. " Samarali boshqaruv|"Davlat boshqaruvining yangi konsepsiyasi. Samarali davlat boshqaruvi barcha darajalarda mamlakat ishlariga rahbarlik qilish maqsadida, iqtisodiy, siyosiy, ma’muriy hokimiyatning amalga oshirilishi sifatida qarab chiqiladi. Boshqaruv huquqlarning ajratilishi, xalq hokimiyati, yuqori mansabdor shaxslarni saylov yo‘li bilan tayinlash va almashtirib turish, ijro etuvchi hokimiyat institutlarining hisobdorligi, qonun ustuvorligi, siyosiy plyuralizm, ommaviy axborot vositalarining mustaqilligi, prinsiplari asosida quriladi. " Samba|"GNU General Public License litsenziyasi asosida ishlab chiqarilgan SMB/CIFS protokoli bo‘yicha ishlash uchun bepul tarqatiladigan dasturiy ta’minot. Uchinchi versiyadan boshlab Samba Microsoft Windows tarmog‘i mijozlari uchun fayllarni boshqarish va chop etish xizmatlarini taqdim etadi va Windows Server bilan yo domenning asosiy kontrolleri, yoki domen a’zosi sifatida uyg‘unlashishi mumkin. U shuningdek, Active Directory domenining qismi bo‘lishi mumkin. Samba GNU/Linux, Solaris kabi va BSD turli variantlarida, shu jumladan Mac OS X Server kabi Unix va Unix-o‘xshash tizimlarda ishlaydi. " Sana|"Kompyuterning CMOS-xotirasida saqlanadigan sana. Hujjat yaratilgan vaqtni aniqlash uchun xizmat qiladi va sinxronlashda yordam beradi. " Sana va vaqtga bog‘liq chaqiruvlarni qayta manzillash|"Kiruvchi chaqiruvni belgilangan vaqt davomida boshqa abonent raqamiga qayta manzillash imkonini beradigan xizmat. Bir kecha-kunduzdagi turli vaqtlar uchun qayta manzillashning turli raqamlari belgilanishi mumkin. " Sanani eslatish xizmati|"Abonentning telefon apparatiga aniq kun va vaqtda oldindan belgilangan ko‘rsatma bo‘yicha chaqiruv va ushbu chaqiruvga javoban magnit tasmaga avtomatik tarzda yoziladigan hamda abonentga har qanday ma’lum hodisa (masalan, qarindoshlarning tug‘ilgan kuni) to‘g‘risida eslatuvchi xabarni uzatadigan xizmat. Izoh – Ushbu xizmatning ikkita varianti ko‘zda tutiladi: – har bir alohida holatda abonent uzatilishi kerak bo‘lgan tegishli xabarni aytib turadi; – oldindan yozilgan ko‘pgina xabarlardan uzatilishi kerak bo‘lgan xabar tanlanadi. " Sanoat josusligi|"Egasiga zarar yetkazuvchi yoki yetkazishi mumkin bo‘lgan noqonuniy harakatlar. Bunda tijorat sirini tashkil qiluvchi maʼlumotlarni to‘plash, egallab olish va uzatish nazarda tutiladi. " Sanoq tizimi|"Sonlarni aks ettirish usuli va ular ustida bo‘ladigan operatsiyalar qoidalari. Pozitsion va nopozitsion sanoq tizimlari farqlanadi. Kompyuterda hisoblashlarda pozitsion sanoq tizimlaridan foydalaniladi. " Sanoqlar tuzilmasi|"Sanoqlarning televizion tasvirdagi o‘zaro nisbiy joylashuvi. " Santimetrli to‘lqinlar|"To‘lqin uzunligi 10 sm dan 1 sm gacha (chastotasi 3 GHz dan 30 GHz gacha) bo‘lgan radioto‘lqinlar. " Saqlash|"Ma’lumotlarni xotira qurilmasiga kiritish jarayoni. " Saralash|"Qandaydir ko‘plikdagi kerakli elementni izlab topish usuli. To‘la saralash usullari real vazifalarda juda ko‘p mashina vaqtini talab qiladi, shuning uchun, imkoni bo‘lsa, yo‘naltirilgan izlab topish usullaridan foydalanish maqsadga muvofiq. " Saralash kaliti|"Yozuvlarni saralash ketma-ketligini belgilaydigan maydon yoki maydonlar. Dastlab saralash asosiy kalit maydonidagi qiymatlar bo‘yicha boradi, keyin esa, maydonda bir xil ma’lumotlarga ega bo‘lgan yozuvlar ikkilamchi kalitlar qiymatlari bo‘yicha saralanadi. " Saralash, tartiblash|"Ketma-ket keluvchi ma’lumot elementlarini (masalan, jadvallar satri yoki ma’lumotlar bazasi yozuvlarini) biror bir berilgan qoida asosida saralash, tartiblash, odatda qiymatlar kalit maydonlar bo‘yicha o‘sishi yoki kamayishi bo‘yicha tartiblanadi. " «Sariq kitob»|"Yetti pog‘onali tarmoq modelining transport darajasidagi standart protokoli ta’rifini o‘zida aks ettirgan sariq rangdagi kitob. " Sarlavha|"Fayl yoki xabarning, asosiy axborotni o‘z ichiga olgan birinchi so‘zi. " Sarlavha belgisi|"Faylni yozishdan oldin keladigan va uning boshlanishini hamda ichidagini identifikatsiya qilish uchun foydalaniladigan xizmatga oid belgi. " Sarlavha satri|"Foydalanuvchining grafik interfeysida – dialog oynasining nomi va boshqarish tugmalari bo‘lgan ingichka gorizontal chiziq. Amaliy dasturlarda qayta ishlanadigan fayl nomini ham ichiga olishi mumkin. " Sath|"Axborotni o‘tkazish nuqtai nazaridan tarmoqning iyerarxik tuzilmasini bayon etish uchun foydalaniladigan element. Izoh – «Sath» tushunchasi OSI modelidagi «sanh» tushunchasiga mos keladi. " Satr|"Simvollarning tartiblashtirilgan ketma-ketligi. Dasturlash tillarida – tegishli operatsiyalar – konkatenatsiya, nisbatlar belgilangan ma’lumotlar turi. Satrni simvollarning bir o‘lchamli massivi sifatida ham ta’riflash mumkin. " Satr konstantasi|"Qo‘shtirnoq yoki qo‘sh qo‘shtirnoq ichiga olingan simvollar ketma-ketligi. " Satr ko‘chirish simvoli|"Simvol yoki matn satri tugaganini bildiradigan va ekrandagi kursorni yoki printer bosuvchi kallagini navbatdagi satr boshiga ko‘chiradigan simvollar ketma-ketligi. " Satr osti indeksi|"Ko‘plik elementlari yoki element raqamini aniqlash uchun identifikatordan pastda yoziladigan harf yoki simvol. " Satrbay printer|"Birdaniga matnning butun satrini va minutiga 3000 tagacha satrni bosib chiqaradigan, katta mashinalar uchun mo‘ljallangan, tez ishlaydigan printer. Shovqin darajasi anchagina yuqori. " Satrga ko‘chirish|"Matnni aks ettirishda yangi satrga avtomatik ravishda (so‘z iсhida ko‘chirishsiz) o‘tish. " Satrlar jadvali|"Ishga tushirish komandalarini turli vaqtlarda berishda foydalaniladigan nomlangan belgili satrlar jadvali. " Satrlar juftligi|"Yoyish satrlarini navbatma-navbat yoyishning takomillashmaganligi. " Satrlar orasiga kirish|"Qonuniy foydalanuvchining resurslari bilan bog‘liq bo‘lgan, ma’lumotlar uzatish kanalini qisqa vaqtga o‘chirish paytida buzg‘unchi tomonidan aktiv tutib olish vositasida olingan kirish huquqi. " Satrlar sezilarliligi|"Ekrandan normal masofada turgan kuzatuvchiga tasvirning satr tuzilmasi sezilarli bo‘lgan sharoit. " Satrlar yorqinligining har xilligi|"Televizion tasvir qo‘shni satrlari yorqinligining ranglilik-yorqinlik kesishuvchi buzilishlari keltirib chiqargan parazit farqi. " Satrlar chastotasini rostlash|"Satr bo‘yicha yoyish generatorining erkin tebranishlar davrini o‘zgartiradigan sozlash. " (Satrlarni sinxronlovchi impuls) oldingi maydoni|"Satrlarni sinxronlovchi impulsdan oldin joylashgan satr o‘chirish intervalining uchastkasi. " (Satrlarni sinxronlovchi impulsning) orqa maydoni|"Satrlarni sinxronlovchi impulsdan tashqarida joylashgan satr so‘ndirish intervalining uchastkasi. " Satrlarni chiqarish|"Satr sinxronizatsiyasining yo‘qolishi tufayli tasvir bitta yoki bir nechta qismining uzluksiz yoki doimiy siljishi. " Satrlarning yopishib qolishi|"Satr oralatib yoyishning buzilishi. Bunda bir maydonning satrlari boshqa maydon satrlariga yaqinlashadi. Satrlarning to‘liq yopishib qolishida satr oralatib yoyish satrlarning soni ikki marta kam bo’lgan progressiv yoyishga aylanadi. " Satrma-satr yo‘naltirilgan|"Foydalanuvchi bilan birgalikda ishlashda grafik interfeysdan emas, balki komanda satridan foydalaniladigan dastur. " Satrning nominal kengligi|"Satrlar yo‘nalishidagi uzunlik birligiga to‘g‘ri keladigan satrlar soniga teskari kattalik. " Savatcha|"Chiqarib tashlangan fayllarni Windows muhitida saqlash joyi. Savatcha yordamida xato bo‘yicha chiqarib tashlangan fayllarni tiklash, yoki diskning ichidagi kerak bo‘lmagan ma’lumotlarni tozalab joyni bo‘shatish mumkin. " Savdo (tijorat) banki|"Servis yoki savdo korxonasi bilan hisob-kitoblarni tranzaksiyalarni to‘lov tizimiga uzatish va mualliflashtirish natijalarini qaytarish yo‘li bilan amalga oshiradigan moliya tashkiloti. " Sayt|"Umumiy nom, mavzu va navigatsiya tizimi bilan bog‘langan veb-sahifalar to‘plami. Matn, grafika, animatsiya, tovush sifatida talqin qilinadigan dastur. Saytni rasmiylashtirish HTML, Java tillari yordamida amalga oshiriladi. " Saytlararo printing|"Qar.: XSP. " Saytlararo skripting|"Qar.: XSS. " Saytni indekslash|"Ishlatilayotgan so‘zlar va iboralar ro‘yxatini tuzish maqsadida saytning matn materiallarini mantiqiy tahlil qilish. Shu tarzda tuzilgan ro‘yxat foydalanuvchi so‘rovi bo‘yicha saytda axborotni izlashda ishlatiladi. Indekslash avtomatik rejimda izlash robotlari deb nomlangan maxsus dasturlar tomonidan amalga oshiriladi. " Seans darajasi|"Tizimlar o‘rtasidagi dialog boshqaruvini yuritish usullarini ta’minlaydigan OSI modelining beshinchi sathi. " Seans darajasidagi shlyuz|"Tarmoqlararo ekranni amalga oshirish variantlaridan biri. Mualliflashtirilgan mijoz bilan tashqi xost o‘rtasida bevosita o‘zaro hamkorlikni istisno qiladi. Vakolatli mijozning muayyan xizmatlarga bo‘lgan so‘rovini qabul qiladi, so‘ralgan seansga kira olish huquqi tekshirilgandan so‘ng, tashqi xost bilan bog‘lanishni amalga oshiradi. Bundan keyin shlyuz paketlar filtratsiyasini bajarmasdan, ikkala yo‘nalishda bu paketlardan nusxa oladi. " Seans kaliti|"Bir seansga teng bo‘lgan cheklangan vaqt oralig‘ida shifrlash uchun ishlatiladigan kriptografik kalit; uzatish tugagandan so‘ng kalit avtomatik ravishda o‘chib ketadi. " Segment|"Tezkor xotiraning, dastur, ma’lumotlar yoki ma’lumotlar stekini saqlash uchun operatsion tizim ajratadigan sohasi. " Segmentlar jadvali|"Xotirani segmentli tashkil qilishda mantiqiy manzillarni jismoniy manzillarda aks ettirish uchun mo‘ljallangan tizimli jadval. Uning har bir elementi jismoniy xotiradagi segmentning dastlabki manzilini, segment uzunligini va himoya belgilarini o‘z ichiga oladi. " Segmentlar jadvalining uzunlik registri|"Dastur tomonidan ishlatiladigan segmentlar sonini o‘z ichiga oladigan registr. " Segmentlar jadvalining tayanch registri|"Xotiradagi segmentlar jadvalining manzilini o‘z ichiga oladigan registr. " Segmentlash|"Bir jinsli qismlarga oldindan ajratish. Keyin bu qismlar alohida yoki guruhlab kodlanadi. Siqishning barcha usullarida ma’lumotlar turi o‘zgarganda o‘tish juda yomon kodlanadi. Shunday holatda segmentlash qo‘llaniladi. " Sekin tinishlar|"Signal og‘ib o‘tuvchisining silliq o‘zgarishlari; ular, odatda, radioto‘lqin tarqalish yo‘lining, uning to‘lqin uzunligidan ancha katta masofaga o‘zgarishi oqibatida hosil bo‘ladi. Izoh − Tinishlarning bunday turi mobil aloqa radiokanallariga xosdir. Ko‘p yillik kuzatishlar natijalari shuni ko‘rsatadiki, refraksiya sharoitlarining o‘zgarishi va atmosfera quyi qatlamlarining holati bilan bog‘liq bo‘lgan sekin tinishlarni logorifmik normal qonun bilan tavsiflash qulaydir. Sekin tinishlarning yana bir sababi abonentning ko‘chib yurishi chog‘ida joy relefining o‘zgarishi bo‘lishi mumkin. " Sekinlashuv|"1. Protsessor yoki boshqa elektron sxemaning pasaytirilgan takt chastotasida ishlashi. 2. Abonent trafigining uzatish tezligi pasayishiga asoslangan, tarmoq liniyalari yoki kanallarning ortiqcha yuklanishiga qarshi kurash mexanizmi. " Sekogramma|"Ko‘zi ojizlar uchun muassasalar tomonidan pochta aloqasi tarmog‘i orqali jo‘natiladigan, ko‘zi ojizlar uchun ochiq holda beriladigan yozma xat-xabarlar, bosma nashrlar, ko‘zi ojizlar uchun yozuv tizimining belgilariga ega tamg‘a, shuningdek ko‘zi ojizlar uchun mo‘ljallangan ovozli yozuvlar va maxsus qog‘oz. " Sektor|"Egiluvchan yoki magnit qattiq disk yo‘lkasining, ma’lumotlar yozilgan qismi. Sektor – xotiraning o‘z manziliga ega bo‘lgan eng kichik birligi. " Sektorlangan uya|"Abonentlarga sektorli antennasi bo‘lgan tayanch stansiya xizmat ko‘rsatadigan uya. Har tomonga yo‘nalgan antennadan foydalanishga nisbatan, aloqani tashkil etishning ushbu varianti tizimning chastota-vaqt resursidan samaraliroq foydalanish imkonini beradi. " Sektorli antenna|"Yo‘nalganlik diagrammasining kengligi qoplash zonasi sektorining burchak o‘lchamiga mos keladigan antenna. " Sektorni to‘g‘rilash|"Nusxa ko‘chirishdan muhofaza qilish usuli, sektorlarning yo‘lkadan yo‘lkaga to‘g‘ri o‘rnatilganligini tekshirishda disk ruxsat etilmagan nusxa bo‘lib hisoblanishi yoki hisoblanmasligini aniqlash imkonini beradi. " Sekunddagi chiplar soni, chip/s|"Kengaytirilgan spektrli signallarni uzatish tezligining o‘lchov birligi. " Sekundiga bit, bit/s|"Aloqa kanalidagi bir sekund ichida uzatiladigan bitta ikkilik birligiga teng bo‘lgan tezlikning o‘lchov birligi. " Sekundiga megachip, Мcip/с|"Shovqinsimon signal elementlarini uzatish tezligining o‘lchov birligi (CDMA texnologiyasida). " Sekundiga million signal|"Ma’lumotlarni raqamli qayta ishlash qurilmasiga signallar kelib tushish tezligining o‘lchov birligi. " Selektiv foydalana olish|"Navigatsiya signalini generatsiya qilish rejimi. GPS dan harbiy maqsadlarda foydalanishning oldini olish maqsadida, AQSH mudofaa vazirligi tomonidan qo‘llaniladi. " Semafor|"Ba’zi dasturlash tillarida ma’lumotlarning maxsus turi. Kompyuterning, turli jarayonlar intiladigan ba’zi resurslaridan foydalanishni boshqaradi, ya’ni jarayonlar bajarilishini sinxronlashtiradi. " Semantik moslik|"Axborot tizimlarining ma’lumotlarni talqin qilishning o‘xshashligi darajasida birgalikda ishlay olish qobiliyati. " Semantik tarmoq|"Bilimlarni intellektual tizimlarda, uchlari obyektlar yoki tushunchalarni bildiradigan nomlangan uzellarni, ularni birlashtiradigan nomlangan yoylar esa, obyektlar o‘rtasidagi munosabatni o‘zida ifodalaydigan ustun (grafa) ko‘rinishida taqdim etish usuli. " Semantik xato|"Dasturlashdagi xato dasturlash u yoki bu konstruksiyasining ma’nosini, ahamiyatini yoki ishini tushunmaslik tufayli yuzaga keladi. " Semantika|"1. Semiotikaning jihatlaridan biri. Belgi adresati kim bo‘lishidan qat’i nazar, belgilarning belgilanganiga (belgilar tarkibi) nisbatini qarab chiqadi. 2. Belgi alohida birliklarining qiymatlari. 3. Tilning alohida birliklarini o‘rganish – elementar o‘rganish obyekti belgilovchi, belgilanuvchi va denotat kabi uchta obyektning birligidan iborat bo‘lgan tilshunoslik semantikasi. Belgilovchi – tashqi element (tovushlar yoki belgilar ketma-ketligi), denotat – haqiqatning belgilanadigan obyekti va belgilanuvchi – ushbu obyektning inson ongida aks etishi. " Sensorli ekran|"Monitor ekranidagi grafik tugmalarga yoki piktogrammalarga barmoq yoki peroni tegizish orqali kompyuterda ishlash imkonini beradigan ekran ‒ kiritish qurilmasi. " Sensorli panel|"Barmoqning harakatlanishi paytida qurilma yuzasidagi elektr maydonning o‘zgarishidan ishlaydigan manipulyator. " Sentreks xizmati|"Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmog‘ining abonentlariga virtual tarmoqni tashkil qilish uchun umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmog‘ining resurslaridan foydalangan holda, virtual MIATS funksiyalari va servis xarakteristikalaridan foydalanish imkonini beradigan xizmat. " Seriya raqami|"Analog mahsulotlar o‘rtasida dasturiy ta’minotni, uskunani belgilaydigan noyob identifikator. " Seriyalar uzunligi bo‘yicha kodlash|"Ma’lumotlarni siqishning oddiy algoritmi bo‘lib, bitta simvol ketma-ket bir necha marta takrorlanuvchi ketma-ketlikdan tuzilgan ma’lumotlar seriyasi bilan ishlaydi. Kodlashtirishda takrorlanuvchi belgilar satri shu belgining o‘zi va uning takrorlanishlari soni bilan almashtiriladi. " Seriyali chaqiruv|"Chaqirilayotgan abonent band bo‘lganda yoki javob bermaganda abonentlar ro‘yxatidagi boshqa abonent tomonidan chaqiruvni qayta yuborish imkonini beradigan xizmat. " Sertifikat|"Xavfsizlikni ta’minlash organi yoki ishonch qozongan uchinchi tomon bergan, xavfsizlikni ta’minlashga taalluqli bo‘lgan, ma’lumotlar manbaini autentifikatsiya qilishni ta’minlash xizmatlarini taqdim etish uchun foydalaniladigan, xavfsizlik to‘g‘risidagi axborot bilan birgalikdagi, ma’lumotlar majmui. " Sertifikat yo‘li|"Obуektlar sertifikatlarining, katalogning axborot daraxtidagi tartiblashtirilgan ketma-ketligi bo‘lib, berilgan yo‘l boshlang‘ich obуektining ochiq kaliti bilan birga shu yo‘l oxirgi obуektining ochiq kalitini olish maqsadida qayta ishlanishi mumkin. " Sertifikatlash|"1. Qandaydir faktni tasdiqlash protsedurasi. 2. Ishchi tizim yoki kompyuter tizimi uchun tanlab olingan nazorat va xavfsizlik choralari talablarga mos kelishligi va normal ishlayotganligi texnik tasdiqlash. 3. Dasturni rasman attestatsiya qilish. 4. Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi yoki uning qismi xavfsizlik talablariga mos kelishini uchinchi tomon kafolatlaydigan protsedura. " Sertifikatlash organi|"1. Bitta yoki bir nechta foydalanuvchi tomonidan ochiq kalitlar sertifikatlarini tuzish va taqsimlash ishonib topshirilgan organ. 2. Xavfsizlikni ta’minlashga taalluqli bo‘lgan ma’lumotlarning bitta yoki undan ortiq turkumini ichiga olgan xavfsizlik sertifikatlarini tuzish ishonib topshirilgan obyekt (xavfsizlikni ta’minlash siyosati kontekstida). " Sertifikatsion artefakt|"Sertifikatlash jarayonining ko‘rinib turgan natijalari. Misol – tekshiruvlarning nazorat ro‘yxatlari, ko‘rsatgichlar, muammolar to‘g‘risidagi hisobotlar. " Server|"1. Kompyuterga, boshqa bir kompyuterga xizmat ko‘rsatish imkonini beradigan apparat va dasturiy ta’minot majmui (server-dastur). 2. Tarmoq kompyuteri uchun belgilangan, bir kompyuter xizmatini boshqa bir kompyuterga taqdim etish imkonini beradigan dastur. Izoh – Xizmat ko‘rsatiladigan kompyuterlar server dastur bilan foydalanuvchi dasturi (mijoz dastur) yordamida bog‘lanadi. 3. Tarmoq resurslarining muayyan turini boshqaradigan hisoblash mashinasi (tizimi). Izoh – Fayl-server, ilovalar serveri, faks-serverlar, pochta, kommunikatsiya serverlari, veb-serverlar ajratiladi. " Server bek-end|"Katta ishonchlilik va katta hajmdagi resurslarni taqdim etish maqsadida bitta server o‘rniga ishlatiladigan server kompyuterlarining lokal tarmoqqa bog‘langan guruhi (puli). " Servislarni identifikatsiya qilish|"Aniqlangan ochiq portlarni tarmoq o‘zaro ishlaydigan aktiv komponentiga solishtirish. " Sessiya|"1. Foydalanuvchi va kompyuter yoki ikki kompyuter o‘rtasidagi aktiv bog‘lanish. 2. Tarmoqning stansiyalari o‘rtasida bog‘lanishni tashkil etish, ma’lumot almashish va bog‘lanishni tugatish operatsiyalarining ketma-ketligi. " Sferik antenna panjarasi|"Nurlantiruvchi elementlari sferik yuzada joylashgan sirtli antenna panjarasi. " Sferik radiotoʻlqin|"Teng fazalarning sirti konsentrik sferani oʻzida aks ettiradigan koʻndalang radiotoʻlqin. " Sifat shkalasi|"Kuzatishning ma’lum sharoitlarida tasvirning texnik sifatini miqdor jihatidan subyektiv baholash imkoniyatini beradigan beshta, oltita yoki yettita bosqichga ega shkala. " Sifati yaxshilangan televideniye|"Satrlar va maydonlar standart chastotalrini (625/50 yoki 525/60) saqlab qolgan holda, eshittirish televideniyesi radiosignali parametrlarini o‘zgartirib yoki o‘zgatrirmasdan, signalni tahlil qilish, sintez qilish va qayta ishlashning yangi jarayonlaridan foydalanish hisobiga tasvir sifatini yaxshilash va qo‘shimcha xarakteristikalarga erishiladigan eshittirish televideniyesi tizimi. " Sifati yaxshilangan televideniye|"Oddiy televizor ta’minlaydigan sifatdan yuqoriroq, lekin yuqori aniqlikdagi televideniye sifatidan pastroq sifatga ega televideniye. " Sifatning maqsadi|"Milliy operatorning pochta aloqasi sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan pochta aloqasi xizmatlarining o‘rnatilgan sifat normativlariga erishish bo‘yicha majburiyati. " Signal|"Vaqt bo‘yicha o‘zgaruvchi, turli xildagi axborotlarni uzatish, shuningdek, qandaydir voqea yoki obyektlarning holati to‘g‘risida xabar berish uchun foydalaniladigan fizik kattalik. " Signal bazasi|"Signal spektri kengligining uning davomiyligiga ko‘paytmasi. " Signal kechikishining buzilishi|"Uzatish uchun zarur bo‘lgan chastotalar diapazoni bo‘yicha sxema (tizim) dagi og‘ib o‘tuvchining kechikichi doimiy bo‘lmagan hollarda yuzaga keladigan buzilish turi. " Signal manbalari|"Tele-, radioqabulqilgich apparaturalar, yo‘ldoshli qabul qiluvchi tizimlar, videomagnitofonlar, lazer disklar va DVD proigrivatellariga audio va videosignallar uzatadigan qurilmalar signal manbalari bo‘lib hisoblanadi. " Signal yulduzi (signalning yulduz ko‘rinishi)|"Modulyatsiyalangan radiosignalning kompleks tekisligida nuqtalar ko‘rinishida ifodalanishi. Bunda nuqtalarning har biri alohida modulyatsiya simvoliga, ularning pozitsiyasi esa amplituda va fazaning muayyan qiymatiga mos keladi. " Signal/xalaqit nisbati|"Odatda, detsibellarda ifodalanadigan uzatish kanalining ma’lum nuqtasidagi muayyan sharoitlarda o‘lchanadigan foydali signal quvvatining, xalaqit beruvchi signallar va shovqinning umumiy quvvatiga nisbati. " Signal/shovqin nisbati|"1. Ma’lum vaqt davomida qabul qilgichning belgilangan nuqtasida, masalan, demodulyatorning kirishida, o‘lchangan foydali signal quvvatining additiv shovqinning spektral zichligiga nisbati. 2. Ma’lum vaqt davomida qabul qilgichning belgilangan nuqtasida o‘lchangan foydali signal kuchlanishining shovqin kuchlanishiga nisbati. Izoh − Har ikki holatda ham signal/shovqin nisbati detsibellarda ifodalanadi, biroq uni aniqlash paytida shovqin turini aniq tafovutlash lozim. Jumladan, agar shovqin impulsli bo‘lsa, uning cho‘qqi qiymati, agar shovqin tasodifiy bo‘lsa, uning o‘rtacha kvadratik qiymati hisobga olinadi. " Signalizatsiya|"Bog‘lanishlarni o‘rnatish, bo‘shatish va boshqarishning boshqa operatsiyalariga, shuningdek, bog‘lanishlarni o‘rnatishning avtomatik usulida telekommunikatsiyalar tarmog‘ini boshqarishga taalluqli bo‘lgan, nutqli bo‘lmagan axborot almashinuvi jarayoni. " Signalizatsiya guruhi|"Signalizatsiya bo‘g‘inlari majmui. Ushbu bo‘g‘inlar ikki punktni bevosita bog‘laydi va bir xil fizik xususiyatlarga (bitlar tezligi, tarqalish vaqti va h.k.) ega. " Signalizatsiya kanali|"Boshqaruv signallarini uzatish uchun foydalaniladigan alohida yoki ishchi kanal bilan birlashtirilgan xizmat kanali. Uning funksiyalari va tuzilmasi aloqa tizimida foydalaniladigan aniq algoritmlar va almashinish protokollari bilan belgilanadi. " Signalizatsiya marshruti|"Signalizatsiya punktlari ketma-ketligi sifatida oldindan belgilangan marshrut. Undan signalizatsiya punkti tomonidan muayyan belgilangan punktga yo‘naltirilgan signal xabarlari uzatilishi mumkin. " Signalizatsiya shlyuzi|"KAT va boshqa tarmoqlar o‘rtasidagi (masalan, KAT va STP dagi yoki SS7 dagi SSP chaqiruv serverlari o‘rtasidagi) chaqiruvni polosadan tashqari boshqarish signallari o‘zgartirilishini bajaradigan blok. " Signalizatsiyaning mantiqiy kanali|"Xizmatlar va signalizatsiya belgili kanallar bilan ta’minlanadigan interfeys tuzilmasi. Interfeysning belgili tuzilmasi siklik interfeysda yoki o‘z-o‘zini ajratadigan belgili interfeysda amalga oshishi mumkin. " Signallar (UNIX da)|"Xatoli holatlarni qayta ishlashning quyi darajali mexanizmi. " Signallar ansambli|"(I, Q) koordinatalar tizimida (I+Q) vektorlar to‘plami cho‘qqi holatlarining majmuasi. " Signallar qayta ishlanadigan antenna panjarasi|"Funksional elementlarga ega bo‘lgan, u qabul qilgan signallarni o‘zgartirishga imkon beradigan antenna panjarasi. " Signallar raqamli qayta ishlanadigan antenna panjarasi|"Signallar element bilan qayta ishlanadigan antenna panjarasi, bunda nurlantiruvchi elementlardan signallar ma’lum algoritmlar bo‘yicha keyingi qayta ishlash uchun analog-raqamli qayta tiklashga uzatiladi. " Signallar ushlab turiladigan liniya|"Tarmoqlagichlari bo‘lgan passiv to‘rt qutblagichni o‘zida ifodalovchi, signallarni ma’lum bir vaqtga ushlab turish uchun mo‘ljallangan qurilma. " Signallar shaklining koderi|"Ish prinsipi, analog signallarni ixcham qayta o‘zgartirishga va ular shaklini vaqt birligi ichida tiklashga asoslangan, nutqli kodlovchi qurilmalar toifasi. Izoh − Uzatish tezligining 16 Kbit/s dan 64 Kbit/s gacha bo‘lishini ta’minlaydi. PCM, ADPCM, CVSD, RELP lar shunga o‘xshash toifadagi koderlar hisoblanadi. " Signalni qayta ishlash|"Dasturiy signal bilan tovush yoki tasvirni uzatish, ularni qabul qilish, maxsus effektlar yoki tovushli effektlarni kiritish shartlariga muvofiqligini ta’minlash yoki qo‘shni kanallardagi xalaqitlarni kamaytirish uchun bajariladigan turli faoliyatlar. " Signalni qayta ishlash antennasi|"Antenna elementlari bilan qabul qilingan signallar maxsus qayta ishlanishi talab etiladigan, shundan so‘ng natijaviy signal qabul qiluvchi qurilmaga to‘g‘rilanadigan qabul qiluvchi antenna. " Signalni uzatish|"To‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki kodlangan axborotni tashuvchi elektromagnit impuls. " Signalning buzilishi|"U yoki bu aloqa tizimi bo‘ylab uzatilgan signalning boshlang‘ich signalga mos kelmasligi. Chastotaviy, nochiziqli, fazaviy buzilishlar buzilishlarning asosiy turlaridir. Turli xil buzilishlarning sezilarliligiga bog‘liq holda, ularning yo‘l qo‘yiladigan qiymatlariga va apparatura sifati toifalariga normalar belgilanadi. " Signalning so‘nishi (susayishi)|"Signal quvvatining, uzatuvchi muhit orqali o‘tishi natijasida kamayishi. Signal so‘nishining asosiy sabablari radioto‘lqinlarning yutilishi va qaytishi, difraksiya va refraksiya hisoblanadi. " Signalning tinish darajasi|"Tinishlar paytidagi qabul qilinuvchi signal og‘ib o‘tuvchisining maksimal va minimal qiymatlari o‘rtasidagi farq. " Signalning yo‘qolishi|"Qabul qilgich tomonidan signalning uzatilishi to‘xtab qolganini bildirish uchun yuboriladigan xavotirlik signali. Masalan, LOS optik-tolali kabel orqali uzatilganda va qabul qilish uchun uchida hech qanday signal qabul qilinmay qolganda eʼlon qilinadi. LOS signali qo‘lda bekor qilinmaguncha yoki muammo hal bo‘lmaguncha uzatilaveradi. " Signalning chiqish quvvati|"Tayanch stansiya uzatgichi chiqishida, uzatgichning nominal to‘la chiqish qarshiligiga teng bo‘lgan qarshilik bilan yuklamaga uzatiladigan bitta eltuvchi o‘rtacha quvvatining qiymati. " Signatura|"1. Tizimning dasturiy usulda tekshirish mumkin bo‘lgan noyob xarakteristikasi. Original-diskning identifikatsion belgisi sifatida qo‘llaniladigan diskning ikkinchi belgisi signaturaga misol bo‘ladi. Bu belgidan dasturiy usulda nusxa ko‘chirish mumkin emas. 2. Dastur doimiy kodining qismi, unga qarab, virusga qarshi dasturlar dasturlarning virus dasturlarga va dasturlarning boshqa nomaqbul turlariga mansubligini aniqlaydi. 3. Bostirib kirilish (hujum)ining, uni aniqlashda qo‘llaniladigan, oziga xos belgilari. " Sikl|"Maʼlum bir sharoit buzilmaguncha ko‘p marta bajarilishi mumkin bo‘lgan operatsiyalar yoki komandalar ketma-ketligi. " Sikl parametri|"Sikl bajarilishini boshqaradigan o‘zgaruvchi. Dasturning har bir siklida o‘z qiymatini sikl jismining har bir o‘tishida o‘zgartiradigan parametr mavjud. Agar bunday parametr bo‘lmasa, sikl noto‘g‘ri tuzilgan va sikllanish imkoniyati yuzaga keladi. Dasturlashda ba’zan «abadiy» sikllar quriladi, ulardan chiqib ketish maxsus komandalar orqali amalga oshiriladi. Bunday sikllarda sikl parametrlari bo‘lmaydi, bu esa, dasturlash uslubini buzadi. " Sikl sarlavhasi|"Sikl operatorining bir qismi yoki hisoblagichning boshlang‘ich qiymatlarini, sikl qadamini va davom ettirish yoki tugallash shartini belgilaydigan alohida operator. " Siklik ortiqcha kod|"Asosan xatolarni aniqlash maqsadida, siklik koddan foydalanib xatolarni nazorat qilish usuli. Izoh – Himoya qilinishi kerak bo‘lgan ma’lumotlar blokining bitlari berilgan generator polinomi yordamida 2 moduli bo‘yicha bo‘linadigan polinom koeffitsiyentlari sifatida ishlatiladi, qoldiq koeffitsiyentlari bo‘lishdan so‘ng blokning tekshiriluvchi ketma-ketligi ko‘rinishida ma’lumotlar blokiga qo‘shiladi. " Siklik siljish|"Registrning bir uchidan suriladigan razryadlar boshqa bir uchiga kelib tushadigan siljish operatsiyasi. " Silindrsimon antenna panjarasi|"Nurlantiruvchi elementlari silindr sirtda joylashgan sirtqi antenna panjarasi. " Silindrsimon radioto‘lqin|"Ko‘ndalang radioto‘lqin, uning teng fazalari sirti konsentrik silindrlarni o‘zida aks ettiradi. Ularga urinmalar urilish nuqtasida to‘lqin tarqalishi yo‘nalishiga perpendikulyardir. " Siljigan nurlagichga ega parabolik ko‘zgu (ofset antenna)|"Nurlanishning asosiy yo‘nalishidan tashqariga chiqarilgan nurlagichli o‘qqa nosimmetrik parabolik ko‘zgu (parabola segmenti). Bunday konstruksiyada antenna ko‘zgusi sirtining soyalanishiga yo‘l qo‘yilmaydi va yon yaproqlar bo‘yicha nurlanish darajasi pasayadi. " Siljigan yo‘lka|"Nusxa ko‘chirishdan himoya qilish usulining qismi, bunda diskdagi yo‘lka nostandart pozitsiyaga yoziladi. " Siljish|"Nisbiy manzillash usulida xotira yacheykasining tayanch manzilga nisbatan siljishini, ya’ni xotiraning ikki yacheykasi o‘rtasida manzillanadigan elementlar sonini (masofani) ko‘rsatadigan kattalik. " Siljish registri|"Barcha bitlari har bir siklda o‘ngga yoki chapga bir razryadga suriladigan registr mikrosxemasi. " Siljish vektori|"Harakatni kompensatsiyalashda tayanch kadrda makroblok siljishining yo‘nalishi va kattaligini ifodalaydigan ikki o‘lchovli vektor. " Siljitish|"Siljitish lineykasi yordamida rasm yoki boshqa turdagi fayllarni ko‘rish oynasi tashqarisidagi mazmunini ko‘rish uchun oynani yuqoriga, pastga, chapga va o‘ngga siljitish. Matnli hujjatlarda oynani satr yoki sahifa bo‘yicha siljitish mumkin. " Siljitish registri|"Operatsion tizim tomonidan xotiraga yuklangan dastur uchun ajratilgan xotira sohasining dastlabki msnzilini o‘z ichiga oladigan registr. " Siljitish chizig‘i|"Ekranning pastiga va/yoki oynaning o‘ng tomoniga joylashgan ingichka to‘rtburchak tasma. Oynadagi ma’lumotlar o‘rnini «sichqoncha» kursori yordamida o‘zgartirish uchun qo‘llaniladi. " Silliq xendover; bog‘lanishni uzmasdan qilinuvchi xendover|"Mobil stansiya tomonidan o‘rnatilgan bog‘lanish yangi bog‘lanish o‘rnatilmaguncha uzilmasdan bajariladigan xendover protsedurasi. Silliq xendoverda aloqa sifati qayta ulanish paytida yomonlashmaydi. " Simli antenna|"Elektromagnit to‘lqinlarni nurlantirish yoki qabul qilish uchun bitta yoki bir nechta metall sim yoki shtirdan iborat muayyan konstruksiya. " Simmetrik autentifikatsiya qilish usuli|"Ikkala obyekt umumiy autentifikatsiya axborotidan birgalikda foydalanadigan autentifikasiya qilish usuli. " Simmetrik kabel|"Uchta o‘tkazgich bo‘ylab simmetrik signal uzatuvchi kabel. " Simmetrik klasterizatsiya|"Klasterning barcha mashinalari bitta katta ilovaning turli qismlarini bir vaqtda bajarganda kompyuter klasterini tashkil qilish. " Simmetrik kriptografik algoritm|"Shifrlash va deshifrlash uchun aynan bitta kalitdan foydalaniladigan, shifrlash yoki tegishlicha deshifrlashni bajarish algoritmi. " Simmetrik kriptografiya|"Shifrlash va deshifrlash uchun bitta kalitdan foydalaniladigan kriptografiya. " Simmetrik ko‘p protsessorli qayta ishlash|"Parallel hisoblashda qo‘llaniladigan, bir turdagi protsessor elementlari yagona operatsion tizim tomonidan boshqarilishi bilan bog‘liq tizimni anglatadi. Bunda har bir protsessor bitta kiritish-chiqarish qurilmasiga ega bo‘ladi va barcha protsessorlar umumiy fazoni bo‘lib oladi. Vazifalar (oqimlar) turli protsessorlar orasida taqsimlanadi. Bunda barcha protsessorlar ekvivalent sifatida qaraladi va yangi vazifa u taqsimlanayotgan vaqtda eng kam yuklamaga ega protsessorga beriladi. " Simmetrik ko‘p protsessorli tizim|"Parallel hisoblashlarda qo‘llaniladigan, bir turdagi protsessor elementlari yagona operatsion tizim tomonidan boshqarilishi bilan bog‘liq tizim. Bunda har bir protsessor bitta kiritish-chiqarish qurilmasiga ega bo‘ladi va barcha protsessorlar umumiy fazoni bo‘lib olishadi. Vazifalar (oqimlar) turli protsessorlar orasida taqsimlanadi. Bunda barcha protsessorlar ekvivalent sifatida qaraladi va yangi vazifa u taqsimlanayotgan vaqtda eng kam yuklamaga ega bo‘lgan protsessorga beriladi. " Simmetrik operatsion tizim|"Protsessorlarning barcha pullarini, tizimli va amaliy vazifalar o‘rtasida taqsimlab ishlatadigan to‘liq markazlashtirilmagan operatsion tizim. " Simmetrik raqamli abonent liniyasi|"Axborotning, har bir aloqa yo‘nalishida bitta o‘ralgan juft orqali 2,048 Mbit/s tezlik bilan dupleks uzatilishini ta’minlaydigani, yuqori tezlikli abonent foydalanish liniyasi. " Simmetrik shifr|"Simmetrik kriptografik tizim bo‘lgan, ya’ni shifrlash va rasshifrovka qilish uchun aynan bir kalitdan yoki biri orqali boshqasi oson olinadigan turli kalitlardan foydalaniladigan shifr. " Simmetrik siqish|"Tasvirni siqish va tiklash uchun teng hisoblashlarni talab etuvchi siqish tizimi. Siqishning bu shaklidan qo‘shimchalarda, tasvirni ham siqish, ham tiklash sifatida foydalaniladi. Misollar – Ma’lumotlar bazasida harakatlanmaydigan tasvirlarni saqlash, rangli tasvirlarni uzatish (rangli faksimil aloqa), video ishlab chiqarish, videopochta, videotelefon hamda videokonferens aloqa. " Simmetrik vibrator|"Bitta tekislikda simmetrik joylashgan, bir xil uzunlik va shakldagi o‘tkazgichlar ko‘rinishidagi vibrator, uning tutashgan uchlariga fider ulanadi. " Simpleks interfeys|"Ma’lumotlarni faqat bitta yo‘nalishda uzatadigan interfeys; bir tomonga yo‘naltirilgan interfeys. " Simpleks ulanish|"Orasida faqat bir yo‘nalishda ma’lumotlar uzatilishi amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan ikki nuqtaning mantiqiy va fizik birikishi. " Simmetrik chiqish|"Ba’zi A/V qurilmalarning simmetrik signalni uchta o‘tkazgich orqali uzatish uchun mo‘ljallangan ajratgich. Konstruktiv jihatdan simmetrik chiqish XLR turidagi ajratgichlarda bajariladi. Faqat high-end turkumidagi apparaturada va professional texnikada uchraydi. " Simsiz abonent liniyasi|"Statsionar aloqa tarmoqlarida foydalaniladigan va simli aloqa liniyalarini simsiz aloqa liniyalari bilan almashtirish uchun mo‘ljallangan radio kira olish texnologiyasi. Abonent chaqiruvlarining umumiy foydalanish tarmoqlariga chiqishi, simsiz abonent liniyasining majburiy talabi hisoblanadi. Statsionar terminallar sifatida, multipleksor yordamida birlashtirilgan, telefon apparatidan, maishiy televizion pristavka hamda shaxsiy kompyuterdan foydalaniladi. " Simsiz aloqa|"Ma’lumotlarni uzatish elektromagnit to‘lqinlar vositasida amalga oshiriladigan aloqa. " Simsiz aloqa modeli|"Maʼlumotlarni qabul qilish va uzatish uchun mobil aloqa operatorlari tarmoqlaridan foydalanuvchi modem. " Simsiz aloqada shifrlash protokoli|"RC4 shifrlash sxemasiga asoslanadi, ma’lumotlar radiokanali bo‘yicha uzatiladigan 40-razryadli shifrlashni ta’minlaydi. 802.11b standartining qismi. Ishonchliligi bilan farqlanmaydi, chunki bitta kalitning o‘zidan foydalanishni nazarda tutadi. " Simsiz aniqlik|"1. Simsiz aloqa uchun Wi-Fi standarti; uskuna WECA assotsiatsiyasi tomonidan sertifikatsiyalangandan so‘ng beriladigan va LAN simsiz PC-kartalari, turli ishlab chiqaruvchilarning qurilmalari va foydalana olish nuqtalari o‘rtasida interaperabellikni kafolatlaydigan logotip. 2. Wi-Fi-ultra qisqa radioto‘lqinlarda ma’lumotlarni uzatish texnologiyasi. 1990-yillarning oxirida paydo bo‘lgan. IEEE (Institute of Electrical and Electronics Engineers) da standartlashtirilgan. Hozirda zamonaviy kompyuterlarning ko‘pi shu aloqa vositasi bilan jihozlangan. Wi-Fi kompyuter, noutbuk bilan simsiz tarmoq ulanishiga yoki muammolarsiz mavjud Wi-Fi tarmog‘iga ulanishga imkon beradi. " Simsiz belgilash tili|"Simsiz tizimlarni belgilash tili – XML spesifikatsiyasiga mos keluvchi sintaksisli WWW sahifalarini yaratish tili. Soddalashtirilgan HTML ga o‘xshaydi. " Simsiz biznes-kommunikatsiya|"UMTS tarmoqlarida radioulanish uchun DECT texnologiyasini qo‘llash imkoniyatlarini namoyish qilishga qaratilgan Yevropa loyihasi. Izoh − Asosiy maqsadi – mobil aloqa tizimlarining 2G va 3G o‘rtasida oraliq bo‘lgan amaldagi kommunikatsiya tizimi namunasini yaratishdir. " Simsiz erkin foydalanish protokoli|"Barcha turdagi mobil radioaloqa tizimlarini, portativ kompyuterlarni Internet tarmog‘iga ulash uchun belgilangan spetsifikatsiyalar to‘plami. Mobil qurilmalarda WWW resurslarini qarab chiqish imkonini beradigan ilovalarni yaratish uchun WML tili tavsiya qilinadi. Bu protokol negizida WAP tarmoqlar quriladi. WAP protokoli 1997-yilda kompaniyalar guruhi (200 dan ortiq, shu jumladan, Motorola, Nokia, Ericsson va b.lar.) kompaniyalar guruhi tomonidan ishlab chiqilgan. " Simsiz foydalana olish|"1. Tarmoq uzellari yoki serverlardan radiokanallar orqali olisdan foydalana olish. 2. Uyali va simli aloqa o‘rtasida oraliq o‘rinni egallovchi erkin foydalanish texnologiyasi. Izoh − Farq qiluvchi jihatlari: abonentlarning harakatlanish tezligi uncha yuqori emasligi (10 km/h gacha), abonentlarning yuqori zichligi va xizmat ko‘rsatish maydon birligiga to‘g‘ri keladigan tayanch stansiyalar sonining ko‘pligi. Piko va mikrouyali arxitekturadagi aloqa tizimlari o‘tkazuvchanlik qobiliyati 10000 Erl/km2 gacha bo‘lgan rayonlarga xizmat ko‘rsatishga qodir, biroq ta’sir radiusi, odatda, 300 m dan oshmaydi. Abonent qurilmalarida nutqning uzatilish sifatini simli aloqadagiga yaqinlashishini ta’minlovchi kam quvvatli uzatgichlar (1−10) mW va nutq kodeklari ishlatiladi. " Simsiz foydalana olish tizimi|"Qayd etilgan abonent terminallari (telefon apparatlari) va ATS o‘rtasidagi uchastkada, umumiy foydalanishdagi telefon tarmog‘ining simli abonent qismi o‘rniga foydalaniladigan ko‘p stansiyali kira olish radioaloqa tizimi. " Simsiz gipermatnli belgilash tili|"Har ikkala yo‘nalishda WAP funksiyalari bo‘lgan mobil telefonga ma’lumotlar uzatish uchun, WAP texnologiyasida foydalaniladigan mobil (simsiz) dasturlar uchun mo‘ljallangan gipermatnli belgilash tili. Izoh − Dasturlar ishlab chiqish uchun WML standart gipermatnli XML va HTML tillaridan foydalanish imkonini beradi. WML Phone.com kompaniyasi tomonidan yaratilgan HDML tilidan kelib chiqqan, biroq u HDML ko‘rinishi hisoblanmaydi: HDML ning ba’zi imkoniyatlari WML da yo‘q. " Simsiz global tarmoq|"O‘lchamiga ko‘ra, mamlakat yoki kontinent bilan tenglashtiriladigan katta geografik zonalarda bog‘lanishlarga bo‘lgan ehtiyojni qondiruvchi tarmoq. Simsiz global tarmoqlarda radiosignallarni uzatish uchun yo‘ldoshlardan foydalaniladi. " Simsiz ilovalar protokoli|"Simsiz qurilmalar (mobil telefon, cho‘ntak kompyuteri) yordamida WML tilida yaratilgan Internet resurslaridan foydalanishni taʼminlovchi protokol. " Simsiz intellektual tarmoq|"Simsiz tarmoqlarni intellektual nazorat qilish va boshqarish tizimi. O‘z ichiga signal protokolini, shuningdek, tranzaksiyalar jarayonini va servislarni boshqarish komponentlarini oladi. Izoh − Tizim IS-41 va ANSI-41 sifatida ham ma’lum. " Simsiz klaviatura|"Tizim bloki bilan infraqizil interfeys yordamida simsiz aloqaga ega kompyuter klaviaturasi. " Simsiz lokal tarmoq|"Ham ofisda, ham uyda, 30 m dan 150 m gacha qisqa masofada ikkita va undan ortiq qurilmani bog‘lovchi simsiz tarmoq. WLANning yetakchi standarti Wi-Fi hisoblanadi. Izoh – Simsiz lokal tarmoq foydalanuvchilarning tarmoq qurilmalarida erkin ko‘chib yurishini ta’minlaydigan lokal hisoblash tarmog‘ining simsiz ko‘rinishidir. Ma’lumotlar uzatish tezligi 802.11b standarti tarmoqlarida 11 Mbit/s ni, 802.11a standarti tarmoqlarida 54 Mbit/s ni tashkil etadi. Simsiz lokal tarmoqlar, odatda, 802.11 standarti asosida quriladi. Lokal tarmoqlarning simsiz texnologiyalari tarmoq bilan bog‘lanishni yo‘qotmagan, shaxsiy kompyuterni bir joydan boshqa bir joyga erkin ko‘chirish imkoniyatini ta’minlagan holda, kabellar yotqizmasdan, tezda tarmoqni yoyish imkonini beradi. " Simsiz ofis tizimi|"Foydalanuvchiga qo‘ng‘iroqlarni mobil telefonga o‘tkazib yuborish imkonini beradigan texnologiya. " Simsiz qurilma|"Simsiz ulanish imkoniyatiga ega bo‘lgan har qanday qurilma. Masalan: eshitish vositalari, klaviatura, «sichqoncha». " Simsiz tarmoq|"Simsiz uzatishdan foydalanmaydigan kompyuter tarmog‘i. " Simsiz tayanch stansiya|"Mikrouyali aloqa tarmoqlarida aloqani tashkil etish uchun ishlatiladigan statsionar stansiya. " Simsiz texnologiyalar|"Axborotni, simlar bilan bog‘lanish talab qilinmagan holda, ikki va undan ko‘p nuqta o‘rtasida masofaga uzatish uchun xizmat qiladigan axborot texnologiyalarining kenja sinfi. Izoh – Axborotni uzatish uchun radioto‘lqinlardan, shuningdek infraqizil, optik yoki lazer nurlanishdan foydalanilishi mumkin. " Simsiz shahar tarmog‘i|"Shahar miqyosidagi zonalarda radiokanal yordamida bog‘lanishlarga bo‘lgan ehtiyojni qondiradigan tarmoq. Izoh − Har bir 25 MHz radiokanalning o‘tkazish qobiliyati 120 Mbit/s ni tashkil qiladi. Simsiz shahar tarmoqlari 802.16 standartiga va patentlangan standartlarga mos keladi. " Simvol|"Belgilarni ifodalash uchun foydalaniladigan moddiy predmetlar kelishilgan to‘plamining elementi. " Simvol kodi|"Mashinaviy taqdim etishda berilgan simvolni bildiradigan son. Kompyuterda ishlatiladigan simvollar to‘plamidan bo‘lgan har bir simvol kodi standartlashtirilgan kod jadvalidan olinadi. " Simvolga qaytarish|"Boshqaruvchi simvol yoki ekranda kursorni, odatda oldingi simvolni chiqarib tashlagan holda, bitta simvolga orqaga qaytaruvchi klavishlar. Matnni kiritishda terishdagi xatoliklarni tuzatish uchun qo‘llaniladi. " Simvollar jadvali|"Obyekt modulidagi yoki yuklanadigan moduldagi, kodning modulida aniqlangan yoki ishlatiladigan simvollarni (o‘zgaruvchlar, protseduralar va b.q.) o‘z ichiga oladigan jadval. " Simvollar to‘plami|"Harflar, sonlar va u yoki bu tilda foydalaniladigan simvollar to‘plamini tashkil qiladigan boshqa belgilar to‘plami, shuningdek, muayyan kompyuter va kiritish/chiqarish qurilmasi kodlash uchun qabul qiladigan simvollar ro‘yxati. " Simvollararo interferensiya|"Radioto‘lqinlar ko‘p nurli tarqaladigan kanalda signal qo‘shni simvollarini uzunligi bo‘yicha to‘sishda sodir bo‘ladigan beixtiyoriy effekt. Simvollararo interferensiya signal buzilishiga olib keladi. " Simvollarni optik aniqlash dasturi|"Simvolning (mashinada yoki qo‘lda yozilgan) grafik obrazini kompyuterdagi simvol kodi bilan muvofiqlikka keltiradigan dastur. Odatda, skanerlar orqali yoki pero yordamida kiritilgan matnni qayta ishlashda foydalaniladi. Hozirgi vaqtda mashinada yozilgan matnni talqin qilish aniqligi 95 foizdan ko‘proq. " Simvollarni tanish|"Kompyuterga kiritiladigan simvollarni tanish uchun mo‘ljallangan dastur. " Simvollarning ikki baytli kombinatsiyasi|"Ideografik belgilarni qo‘llaydigan, tillarni taqdim etish uchun mo‘ljallangan simvollar to‘plami. Bir baytli va ikki baytli simvollar kombinatsiyasidan iborat. " Sinaps|"Neyron tarmoqlar tushunchasi. Sinaps – neyronlar o‘rtasidagi bog‘lanishdir. Bir neyrondan chiqadigan chiqish signali, bu signalni boshqa neyronga uzatadigan sinapsga kelib tushadi. Bunda signal o‘zgartirilishi mumkin. Murakkab sinapslarda xotira bo‘lishi mumkin. " Sinergetika|"Fizik, ximik va biologik ochiq tizimlarda yuqori tartiblashtirilgan tuzilmalarning spontan (o‘z-o‘zidan) hosil bo‘lishini o‘rganadigan fan. " Sinfaz antenna|"Bir xil fazadagi radiochastota toklari bilan qo‘zg‘atiladigan nur tarqatgich panjarasi ko‘rinishidagi antenna. " Sinfaz antenna panjarasi|"Nurlantiruvchi elementlarini qo‘zg‘atish fazasi bir xil bo‘lgan chiziqli yoki yassi antenna panjarasi. " Sinfazlik|"Bir xil vaqtdagi ikkita tebranishning faza bo‘yicha mos kelishi. " Sinov jadvali generatori|"Oddiy yoyish blokidan foydalanmasdan televizion sinov jadvalining videosignali hosil qilinadigan qurilma. " Sinov signali generatori|"Televizion qabul qilgichlarning asosiy sifat ko‘rsatgichlarini tekshirish uchun mo‘ljallangan qurilma. " Sinov vektorlari fayli|"SCF kanalli fayllar uchun vektorlar tavsifini o‘z ichiga oladigan ASCII formatidagi .vec turidagi fayl. " Sintaksis|"Til yoki tizimda matn so‘zlari, konstruksiyalari va tuzilmalarini qurish qoidalari to‘plami. Ba’zi mualliflar sintaksisga alifboni ham kiritadilar. Til sintaksisini tavsiflashning ko‘plab usullari mavjud, ularning ichida eng ko‘p tarqalganlari – sintaktik diagrammalar va kengaytirilgan Bekus-Naur shakli. Dasturni yozishda paydo bo‘ladigan va faqat sintaksisga taalluqli xatolar, translyator amalga oshiradigan sintaktik tahlil paytida aniqlanadi. " Sintaksisni tekshirsh|"Kompilyator yoki interpretatorning leksik analizatori bajaradigan operatsiya. Zamonaviy dasturlash tizimlarida sintaksisni avtomatik tekshirish, dastur matnini yozish paytida amalga oshiriladi. " Sintaktik analizator|"Kompilyatorning, dastur boshlang‘ich matnining sintaktik tahlilini amalga oshiradigan qismi. " Sintaktik diagramma|"Dasturlash tili sintaksisining grafik ko‘rsatilishi. Sintaktik diagrammalar kengaytirilgan Bekus-Naur shakliga to‘g‘ri keladi va dasturlash tilini tavsiflashda foydalaniladi. " Sintaktik tahlil|"Dasturni translyatsiya qilishning, uni leksik tahlil qilishdan keyin keladigan bosqichi. " Sintaktik xato|"Dasturdagi, berilgan til sintaksis qoidalarini buzadigan simvollar ketma-ketligi. " Sintezlangan ochilishga ega antenna panjarasi|"Fazoda nurlantiruvchi elementlarning biri yoki elementlar guruhining siljishi jarayonida amalga oshiriladigan, signallar qayta ishlanadigan antenna panjarasi. " Sinxron dinamik tezkor xotira qurilmasi|"Oddiy tezkor xotira qurilmasidan maxsus mantiqiy blok va ikki bankli tuzilmasi mavjudligi bilan farq qiladigan xotira qurilmasi. Barcha o‘qish/yozish operatsiyalari asosiy takt signali bilan sinxronlanadi. 168-kontaktli DIMM modullari yoki 144-kontaktli SO-DIMM modullari ko‘rinishida joylashtiriladi. " Sinxron interfeys|"Bir vaqtda yuz beradigan ikki yoki undan ortiq jarayon. Sinxron interfeys bir vaqtning o‘zida bir nechta o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan signalni nazorat qiladi. " Sinxron kiritish-chiqarish|"Kiritish-chiqarish operatsiyasiga so‘rov bergan vazifa supervizor tomonidan buyurtma qilingan operatsiyani tugatishni kutish holatiga o‘tkaziladi. Supervizor tugatish seksiyasidan operatsiya tugagani to‘g‘risidagi xabarni olgach, vazifani bajarishga tayyor holatga keltiradi va bajarilishda davom etadi. " Sinxron raqamli abonent liniyasi|"O‘ralgan juft uchun HDSL varianti, 3-4 km gacha masofada oqimni 2048 kbit/s dupleks uzatishni ta’minlaydi. Symmetric DSL nomi ikkala yo‘nalishdagi oqimlar tezligining simmetrik ekanligini ta’kidlaydi. " Sinxron raqamli iyerarxiya|"Uzatishning fizik tarmoqlari bo‘ylab mos ravishda adaptatsiya qilingan yuklamani tashish uchun standartlashtirilgan raqamli transportli tuzilmaning iyerarxik to‘plami. Izoh – SDH texnologiyasi 2 Mbit/s dan 10 Gbit/s gacha qayd etilgan tezliklardagi raqamli trafik uzatilishini ta’minlaydi. " Sinxron transport moduli|"SRI seksiyalari qatlamida ulanishlarni tashkil qilish uchun ishlatiladigan axborot tuzilmasi. 125 mks takrorlanish davriga ega bo‘lgan blokli cho‘qqi tuzilmaga birlashtirilgan (SOH) seksiya sarlavhasi va axborot yuklamasidan iborat. Bu axborot mos ravishda tarmoq bilan sinxronlashtirilgan tezlikda ketma-ket uzatish uchun tayyorlangan. Tayanch STM 155520 kbit/s tezlikka ega va STM-l deb ataladi. Yuqori STMlapning tezligi n marta ortiq. n4 va n16 ekanligi aniqlangan. Yuqoriroq bo‘lgan qiymatlar o‘rganilmoqda. STM-l bir guruhli ma’muriy blok (AUG) va SOHni o‘z ichiga oladi. STM-n o‘z ichiga n AUG va SOH ni oladi. n qiymatlari CPI darajalariga mos keladi. " Sinxron uzatish|"Raqamli signalni taktli chastota signali bilan bir vaqtda yoki uni qabul qilinayotgan signaldan ajratgan holda uzatish. " Sinxron uzatish rejimi|"Signallarni uzatish rejimi. Kanallari vaqt bo‘yicha taqsimlangan ko‘p kanalli siklda har bir ulanishga belgilangan uzunlikdagi kodlangan so‘zning davriy ravishda taqdim etilishini ko‘zda tutadi. Kodlangan so‘zlarning ketma-ketlik chastotasi doimiy va foydali axborotni uzatish tezligiga bog‘liq bo‘lmaydi. " Sinxronizatsiya|"1. Axborotni uzatish va qabul qilish paytlari orasida aniq muvofiqlikni o‘rnatishga imkon beradigan protsedura. Izoh − Sinxronizatsiyaning uchta asosiy usuli farq qilinadi: yuqori (eltuvchi) chastota bo‘yicha, taktli impulslar bo‘yicha va kadrlar bo‘yicha. 2. Chastotani egallash yoki eltuvchi chastotadan foydalanib sinxronlikka kirish. 3. Qurilmani, u o‘zining asosiy funksiyalarini bajara oladigan ma’lum bir holatda qayd etish. " Sinxronizatsiya signali, sinxrosignal|"1. Uzatish va qabul qilishda yoyish jarayonlarini vaqt bo‘yicha kelishtirishda foydalaniladigan signal. 2. Satrlar, maydonlar sinxronlovchi impulslaridan hamda tenglashtiruv-chi impulslardan iborat signal. " Sinxronizm|"Ikkita yoki bir nechta signal yoki davriy ravishda takrorlanuvchi jarayonlarning vaqt bo‘yicha aniq mos tushishi ta’minlanadigan holat. " Sinxronlanuvchi oqimli kriptotizim|"Kalit oqimi ochiq matn va shifrmatnga bog‘liq bo‘lmagan tarzda ishlab chiqiladigan oqim kriptotizimi. Shifrmatnning biror-bir simvoli uzatishda yo‘qolgan bo‘lsa, oluvchi shifr matnning keyingi belgilarini to‘g‘ri rasshifrovka qilish uchun, kalit oqimining tegishli simvolini olib tashlab, o‘zining kalit oqimini qayta sinxronlashi kerak. " Sinxronlash darajasi|"To‘liq videosignalning satr sinxronlivchi impulsi cho‘qqi qiymatiga mos keladigan darajasi. " Sinxroregenerator|"Buzilgan videosignaldan sinxronizatsiya signallarining to‘g‘ri turini va ko‘lamini tiklash uchun mo‘ljallangan uskuna. " Sinxroselektor|"To‘liq videosignaldan sinxronizatsiya signallarini ajratish uchun mo‘ljallangan qurilma. " Sinxrosignaldagi tovush|"Satrlar sinxronizatsiyasi signaliga qo‘yilgan raqamli signal ko‘rinishidagi tovush signalini uzatish usuli. " Siqib chiqarmaydigan ko‘p vazifalilik|"Ko‘p vazifalilik turlaridan biri, bunda operasion tizim ikki va undan ortiq dasturni bir vaqtda xotiraga yuklaydi, lekin protsessor vaqti faqat asosiy dastur uchun taqdim qilinadi. Fondagi dasturni bajarish uchun u aktivlashtirilishi lozim. " Siqilmagan videotasvir uchun port|"RS Card uyasi orqali videoma’lumotlarni tizim shinasidan aylanib o‘tib katta tezlikda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazishni ta’minlaydigan arxitektura. " Siqish koeffitsiyenti|"1. Siqish amalidan so‘nggi axborot hajmining siqish amaligacha bo‘lgan axborot hajmiga nisbati. 2. Siqish amalidan so‘nggi ma’lumotlar oqimi bitreytining siqish amaligacha bo‘lgan ma’lumotlar oqimi bitreytiga nisbati. " Sir|"Faqat vakolatli foydalanuvchiga ma’lum bo‘lgan va/yoki baholash obyektining xavfsizlik funksiyasi uchun belgilangan xavfsizlik funksiyasi siyosatini amalga oshiradigan axborot. " Siri bo‘lgan bir tomonlama funksiya|"k parametrga bog‘liq bo‘lgan f(x) funksiya, bu shunday funksiyaki, k ma’lum bo‘lganda, barcha x lar uchun fk (x)ni, barcha y lar uchun f -1k (y)ni oson hisoblab chiqarish imkonini beradigan Ek va Dk polinomial algoritmlarni topish mumkin. K ni bilmasdan turib, f -1k(y) ni topish, hatto Ek algoritm ma’lum bo‘lganda ham, hisoblab chiqarish murakkab bo‘lgan vazifa (polinomial algoritm mavjud emas). Siri bo‘lgan bir tomonlama funksiya tushunchasi asosida, kalitlarni ochiq taqsimlash, uning natijasida ochiq kalitli kriptotizim prinsipi taklif qilingan. " Sirkulyar bog‘lanish|"Foydalanuvchiga п+1 MChU o‘rtasida bog‘lanishni o‘rnatish imkonini beradigan abonentlar uchun fakultativ xizmat. Bosh MChU deb ataladigan bitta MChU n ta bochqa tobe MChUga uzatadi. " Sirkulyator|"Uchta va undan ko‘p yelkali (to‘lqin o‘tkazgichli sirkulyator holatida) passiv qurilma, unda har qanday yelkaga keltiriladigan ta’minot ketma-ket ravishda keyingisiga uzatiladi, shu bilan birga, tartib bo‘yicha oxirgisidan keyin keladigan yelka birinchisi hisoblanadi. " Sirlarning taqsimlanishi|"Sirni taqsimlash sxemasi, uning asosiy g‘oyasi maxfiy kalitni bir nechta subyekt o‘rtasida, ular birga to‘planib, kalitni bir nechta qismlardan tiklashlari mumkin bo‘ladigan tarzda ajratishda ifodalanadi. " Sirt effekti|"O‘tkazgichdagi elektr toki zichligining o‘tkazgichning sirtidan ichiga kirib yo‘qotib borgan sari elektromagnit maydonning o‘tkazgichiga singadigan so‘nish bilan sodir etilgan kamayish hodisasi. " (Sirt nuqtasidagi) yoritilganlik (E simvol)|"Elementar sirtga tushadigan, shu sirt maydoniga bo‘lingan yorug‘lik oqimi. Izoh ‒ SI birliklar tizimida yoritilganlik kvadrat metrga (ℓm/m2) lyukslarda (ℓk) yoki lyumen (ℓm) larda ifodalanadi. " Sirtqi antenna panjarasi|"Nurlantiruvchi elementlari ayrim sirtni hosil qiladigan antenna panjarasi. " Sirtqi radioto‘lqin|"Ikkita muhitni ajratuvchi sirt bo‘ylab tarqaladigan, uning xarakteristikalari esa shu muhitning xususiyatlari bilan aniqlanadigan radioto‘lqin. " Sirtqi to‘lqin antennasi|"Yo‘naltirilgan nurlanishi sirt to‘lqinning tarqalishini ta’minlovchi ko‘ndalang yoki bo‘ylama tuzilma (metalldagi, tekis yoki qirrali silindrsimon metall sirtdagi dielektrik qatlam) yordamida ta’minlanadigan antenna. Sirt to‘lqin antennasi nurlatgich va aytib o‘tilgan tuzilmadan tashkil topgan. Uchish apparatlarida bo‘rtib chiqmagan antenna, antenna panjarasi elementi va h.k.lar sifatida qo‘llaniladi. " Sirtmoq|"Dasturlashdagi sikl – maxsus hisoblagich (sikl hisoblagichi) yordamida, shuningdek, uning davomiyligi yoki tugallanish mantiqiy sharti bo‘yicha nazorat qilinadigan operatorlar ketma-ketligini takroran bajarish. " Sizish|"1. Signal yoki taktli impulslar bir qismining qurilma chiqishiga o‘tishi. 2. Kompyuterga virus kirganda, simvollar ketma-ketligining uning xotirasiga o‘tib olishi. " «Sichqoncha»|"Displeyda ma’lumotlarni tanlash, grafik ma’lumotlarni kiritish imkonini beradigan manipulyator. Shar, ikkita optik datchik, shuningdek, ikkita asosiy tugmadan iborat bo‘lgan pozitsion qurilmani o‘zida ifodalaydi. Qurilma XX asrning 60-yillarida AQShda, Dug Engelbart tomonidan ixtiro qilingan. " «Sichqoncha» kursori|"«Sichqoncha»ning harakatiga monand indikator vazifasini bajaruvchi ko‘rsatgich. " «Sichqoncha» nishonchasi|"Kursor tasviri. Ilovadan yoki bajarayotgan vazifasidan qat’i nazar o‘zining ko‘rinishini o‘zgartira oladi. Qoida bo‘yicha, strelka ko‘rinishiga egadir. «Sichqoncha» nishoni animatsiyali bo‘lishi ham mumkin, bunda maxsus dizaynerlar tomonidan yaratilgan kursorlardan foydalanish mumkin, buning uchun kursorlarning nomiga qarab ularni joy-joyiga qo‘yib chiqish kifoyadir. " «Sichqoncha» tugmasi|"Dasturni boshqarish amalga oshiriladigan «sichqoncha»ning ishchi elementi. Avval «sichqoncha» bir tugmali bo‘lib, hozigi vaqtga kelib ularning soni vazifasiga qarab ikkitaga oshdi. Oddiy ikki tugmali va bir g‘ildirakchali «sichqoncha»larda g‘ildirakcha o‘z navbatida tugma vazifasini ham bajaradi, masalan, AutoCAD dasturida bu tugmani bosib ish maydonining holatini o‘zgartirish mumkin, bu esa foydalanuvchilar uchun ancha qulaylik yaratadi. " «Sichqoncha» tugmasini bosib raqam terish|"Foydalanuvchiga tanlangan raqamni bosish yo‘li bilan telefon chaqiruvini amalga oshirish, xizmat ko‘rsatuvchiga esa foydalanuvchiga aniq xizmatni chaqirish uchun raqam (bir nechta raqam) tavsiya qilish imkonini beradigan xizmat. Izoh – Xizmat, telefoniya xizmatlari foydalanuvchilariga tavsiya qilingani kabi, Internet xizmatlari foydalanuvchilariga ham tavsiya qilinishi mumkin. " «Sichqoncha» tugmachasini bosish|"Kompyuterga tegishli komandani berish uchun «sichqoncha» tugmachasini bosish. " Skalyar protsessor|"Skalyar kattaliklarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan protsessor. Bitta arifmetik mantiqiy qurilmasi bor va bir vaqtning o‘zida (bir mashina sikli davomida) faqat bitta komandani qayta ishlaydi. " Skan-kod|"Klaviaturadagi klavishlar bosilganda va qo‘yib yuborilganda generatsiyalanadigan kod. Har bir klavish, tayanch kiritish/chiqarish tizimi ASCII kodiga aylantiradigan o‘zining noyob kodiga ega. " Skaner|"Tasvirni ikki o‘lchamli sirtdan kompyuterga kiritish qurilmasi. Izoh ‒ To‘rt turdagi skaner farqlanadi: qo‘l skaneri, varaqli skaner, planshetli skaner, barabanli skaner. " Skanlash|"Maxsus qurilma – skanerdan foydalanib tasvirni elektron ko‘rinishda olish jarayoni. " Skanlash tezligini modulyatsiyalash|"Televizorlarda qo‘llaniladigan, ekran uchastkasining yorqinliligiga bog‘liq holda signalni skanlash tezligini tuzatuvchi texnologiya. " Skrembler|"1. Elektraloqa raqamli signalining tuzilmasini, signal simvollarini uzatish tezligi saqlangan holda uning xossalarini tasodifiy signal xossalariga yaqinlashtirish maqsadida o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan qurilma. 2. Pulli (yopiq) yo‘ldoshli kanallarni mualliflashtirilgan tarzda ko‘rishda qo‘llaniladigan video va audio signallarni kodlash uchun mo‘ljallangan qurilma. " Skremblerlangan nutq|"Spektrining ayrim qismlari invertirlangan va chastota bo‘yicha siljigan nutq signali. " Skremblerlangan televideniye, shifrlangan televideniye|"Dastlabki tasvir qabul qilgichlar tomonidan faqat tegishli dekoderlar bilan tiklanishi mumkin bo‘lgan televideniye. " Skremblerlash|"1. Ma’lumotlar oqimini uning sinxronlovchi xususiyatlarini yaxshilash maqsadida, aralashtirish protsedurasi. Boshlang‘ich kod va hisoblashlarning oldingi sikllarida olingan natijalovchi kod simvollarini ikkining moduli bo‘yicha bitma-bit qo‘shishga asoslangan usul. Skremblerlash, shuningdek, signalning eng kuchli spektral tarkibiy qismlarini, ularni chastotalarning keng polosasi bo‘yicha yoyib yuborish bilan bostirish imkonini beradi. 2. Analog signalni boshlang‘ich signal uchastkalarining o‘rnini o‘zgartirish va ularni inversiyalash yo‘li bilan maxfiylashtirish usuli. 3. Televideniyeda – televizion signal xarakteristikalarini, axborotni toza shaklda ruxsat etilmagan tarzda qabul qilishni bartaraf etish uchun, o‘zgartirish. Izoh – Skremblerlash belgilangan tartibda shartli foydalanish tizimi nazorati ostidagi jarayonni o‘zida aks ettiradi. 4. Raqamli uzatishda – psevdotasodifiy ketma-ketlikdagi raqamli signalni birlashtirish uchun va uzatishga imkon beradigan o‘sha axborotni ko‘chiradigan tasodifiy raqamli signalni olish uchun ishlatiladigan jarayon. " Skremblerlashning yagona algoritmi|"DVB Project da qabul qilingan, barcha shartli foydalanish tizimlari uchun bir xillashtirilgan, raqamli oqimni skremblerlash algoritmi. " Skrembrlangan kadr|"Turli abonentlarlarning maʼlumotlarini uzatish uchun ajratilgan vaqt intervallari psevdotasodifiy qonunga ko‘ra navbatlashtirilgan kadr. " Skrinshot|"Foydalanuvchi buyrug‘i bo‘yicha kompyuter tomonidan olingan va monitor ekrani yoki boshqa chiqish qurilmasida ko‘rinayotgan obyektni ko‘rsatuvchi tasvir. " Skript|"Operatsion tizim yoki dastur muayyan holatda ishga tushiradigan komandalar va/yoki harakatlar ketma-ketligi, kichik dastur yoki makros. Ssenariylar ko‘pincha matnli fayllarda saqlanadi. " Skript kiddi|"Buzish uchun qo‘llaniladigan xakerlik vositalarining ishlash tamoyillarini tushunmaydigan odam. Zaiflikni aniqlash yoki eksploitni yozish qo‘lidan kelmasdan, u faqat tayyor narsalardan – eng keng tarqalgan zaifliklar, mavjud bo‘lgan eksploitlardan foydalanadi. Maʼlum holatlarda skript kiddilar virus konstruktorlaridan foydalanib, dasturlash tillarini bilmasdan, turli xavf darajasiga ega viruslarni yaratadi va ulardan o‘z maqsadlarida foydalanadi. " Slays|"Videokadrdagi yagona kvantlash shkalasi orqali birlashtiriladigan ketma-ket bloklar guruhi. " Slot|"Raqamli oqim kadridagi vaqt intervali. Kadrning to‘rtdan bir qismini egallaydi va radiokanaldagi bitta axborot kanalining signalini uzatish uchun mo‘ljallangan. " Slotlar tuzilmasining jadvali|"Har bir slotning parametrlarini – simvol tezligini, kodlashning nisbiy tezligini, preambulani, foydali yuklama mazmunini ichiga oladigan jadval. " Smarfing|"Xakerlarning provayder serveriga qiladigan hujum usuli. Teskari manzili soxta bo‘lgan ko‘plab ping so‘rovlarni yuborishda ifodalanadi. " Smart-karta|"Mikroprotsessor o‘rnatilgan intellektual plastik kartochka. Foydalanuvchi to‘g‘risidagi zarur bo‘lgan barcha identifikatsion, shu jumladan, shaxsiy ma’lumotlar (bankdagi hisob raqami, sug‘urta polisi va boshqalar) ni ichiga oladi. Bu kartochkadan ko‘pincha foydalanuvchining chetki uskunasida (masalan, mobil telefonda) foydalaniladi, u tarmoqqa ruxsat etilgan tarzda kirishni ta’minlaydi. " Smart shartnoma|"Blokcheynda shartnomalar bajarilish jarayonini avtomatlashtirishga mo‘ljallangan elek-tron algoritm. " Smartbuk|"ARM arxitekturasi asosidagi 3G moduli integratsiya qilingan va uzoq vaqt mustaqil ishlaydigan noutbuk. " Smartfon|"Cho‘ntak shaxsiy kompyuterining funksionalligi qo‘shilgan mobil telefon. " Smaylik, «tabassumcha»|"His-tuyg’uni bildiruvchi ideogramma. Turli xil, jumladan, xizmatga oid belgilardan tashkil topgan. Internet va SMS da «tabassumcha» keng tarqalgan, keyingi vaqtlarda u hamma joyda ishlatilmoqda. " Sniffer|"Kanal orqali uzatiladigan ma’lumotlarni (ehtimol, ruxsat etilmagan tarzda) kuzatib borish dasturi. " Sniffing|"Uzatiladigan parollar, kalitlar va boshqa identifikatsion yoki autentifikatsion axborotni to‘plash maqsadida, trafikni eshitish. " Snippet|"Qayta ishlanishi mumkin bo‘lgan dastlabki kod yoki matn qismini bildiradigan dasturiy atama. Inglizchadan tarjimasi – «parcha», «bo‘lak». Snippetlar tartibot, funksiya yoki tuzilmaviy dasturlashning shunga o‘xshash boshqa atamalari o‘rnini bosmaydi. Ular odatda funksiyalar kodining o‘qilishini osonlashtirish yoki kodning bir xil bo‘lgan umumiy qismini takrorlamaslik uchun ishlatiladi. " Soat|"Ona plataga o‘rnatilgan va batareyka orqali ta’minlanadigan soat. Sana/vaqtni ko‘rsatish va vaqt sikllari bilan to‘g‘ri ishlash imkonini beradi. " Softfon|"Shaxsiy kompyuter yordamida Internet orqali telefon qo‘ng‘iroqlarini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan dastur. Odatda kompyuterga ulangan garnitura yoki mikrofon va dinamiklar bilan ishlatiladi. " Soket|"Transport sathidagi turli obyektlar o‘rtasida tarmoqlararo o‘zaro ishlay olishni taʼminlash uchun zarur bo‘lgan parametrlar to‘plami bilan tavsiflanadigan intenrfeys nuqta. TCP/IP atamashunosligida identifikatsiyalovchi parametrlar to‘plami: port raqami, tarmoq manzili hamda oxirgi uzel raqami. " Sokol tarmog‘i adapteri|"Kompyuterni lokal kompyuterlar tarmog‘iga ulash uchun mo‘ljallangan adapter. " Solishtirish shkalasi|"Kuzatishning ma’lum sharoitlarida ikkita berilgan tasvirning texnik sifatidagi tafovutlarni miqdor jihatidan subyektiv baholash imkonini beradigan yettita bosqichli shkala. " Solishtirma tahlil natijalari bazasi|"Solishtirma tahlil harakatlari va axborot mahsulotlarini baholashlar, shuningdek, solishtirma testlash va tahlil vaqtida to‘plangan butun tajriba saqlanadigan ma’lumotlar bazasi. " Solishtirma yutilish koeffitsiyenti|"1. Ma’lum shakl (odatda, kub) va berilgan solishtirma zichlikka ega jismning massa birligi tomonidan yutiladigan quvvatga qiymati jihatidan teng koʻrsatgich. Izoh ‒ Ayrim mamlakatlarda solishtirma yutilish koeffitsiyenti biologik xavfsizlik normasi hisoblanadi. 2. ρ zichligidagi dV hajmi elementida mavjud bo‘lgan dm massa elementi bilan yutiladigan (sochiladigan) dW elektromagnit energiyasining vaqt bo‘yicha hosilasi. " «Sovuq» qayta yuklash|"Tizimning to‘liq qayta ishga tushirilishi bo‘lib, bunda elektr ta’minoti uziladi va tezkor xotira ichidagi yo‘qoladi. " «Sovuq» start|"Tizimning barcha qurilmalarini uzib qo‘yish, so‘ng ulash bilan tizimning barcha qismlarini qayta yuk-lash. «Issiq» start ishlamagan hollarda qo‘llaniladi. " Soxta konturlar|"Raqamli televizion tasvirlarda dastlabki analog signalni uzatish uchun foydalanilgan kvantlash intervallari sonining yetarli emasligi natijasida yuzaga keladigan effekt. " Soxta «naqsh»|"Tasvirlarning aksariyatida bo‘lmaydigan va na foto, na kino mahsulotlarida paydo bo‘lmaydigan detallar. " Soxta pochta markasi|"Firibgarlik maqsadida norasmiy ravishda bosib chiqarilgan pochta markasi. " Soxtalashtirish|"Jinoyatkor tomonidan tutib olingan paketlar mazmunining, ularning yaxlitligi buzilishiga olib keladigan tarzda, o‘zgartirilishi. " Soya hududi; qabul yo‘q zona|"Radioko‘rinish hududidan tashqarida joylashgan, yer yuzasidagi zona. Soya hududining yaqin chegarasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rinish masofasida bo‘ladi, olis chegarasi esa, to‘lqinlarning atmosfera refraksiyasi musbat bo‘lganda ufq orqasiga tarqalish shart-sharoitlari bilan belgilanadi. " Soyabonsimon antenna|"Vertikal konus hosil qiluvchi o‘tkazgichlardan iborat antenna. Konus cho‘qqisida joylashgan o‘tkazgichlar oxiri antennani pasaytirish vertikal simi bilan birlashtirilgan va bog‘langan. " Soyalanish|"Joy relyefi va shahar imoratlarining to‘suvchi ta’siri tufayli, uzatgich va qabul qilgich o‘rtasidagi trassadagi sekin asta tinishlar. Misol – Shahar sharoitida 36 km/h tezlikda harakat qiluvchi abonentlarga uyali aloqa tarmoqlarida bu xildagi tinishlar masofaning har 12-60 metri uchun xosdir (vaqt intervali 1,2 s-6 s). " Sozlanadigan havolalar|"Obyekt ostida avtomatik ravishda tuzatiladigan havolalar. Havolalar, ular havola qilinadigan obyekt ko‘chirilganda, sozlanadi va baribir xuddi shu obyektga havola qilinadi. " Sozlanadigan yagona qidiruv tizimi|"Muayyan foydalanuvchining sozlashlarini saqlaydigan va bir nechta toifa bo‘yicha qidiruvni amalga oshiradigan qidiruv mashinasi. " Sozlangan antenna (rezonans antenna)|"Yo‘naltirilgan nurlantiruvchi xususiyatlari antennaning ishchi chastotasiga bevosita yondashgan chastotalarning cheklangan polosasi uchun belgilanadigan tor polosali antenna. " Sozlash|"Foydalanuvchi tomonidan uskuna, dasturiy ta’minotlarni to‘g‘ri (istalgan tarzda) ishlashi uchun sozlanishi. " Sozlash operatori|"Sozlanadigan dasturga qandaydir shartni yoki o‘zgaruvchilar qiymatlarining chiqarilishini tekshirish uchun kiritiladigan operator. Bunday operatorlar sozlangan dasturdan yoki chiqarib tashlanadi yoki sharhlar satrlariga aylantiriladi. " Sozlash registri|"Dasturlarni sozlash jarayonini tezlashtirish uchun xizmat qiladigan maxsus registr. " Sozlik|"Televizor (element) ning ma’lum bir vaqtda barcha talablarga mos keladigan holati. " Sozlovchi|"Dasturiy ta’minotdagi xatolarni aniqlash uchun mo‘ljallangan dastur yoki qurilma. " Sochilish|"To‘siqlardan qaytish natijasida yoki bir xil bo‘lmagan muhit orqali o‘tishda radioto‘lqinlar tarqalish yo‘nalishining o‘zgarishi. " Spam|"Foydalanuvchining so‘rovisiz, majburiy tarzda jo‘natiladigan keraksiz ma’lumotlar. Bunga misol tariqasida turli telekonferensiyalarda ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilarga diskussiya olib borish qoidalarini ma’lum qilish, yoki reklamalar va boshqalar kiradi. Yana bu turli xildagi «elektron axlat»ni atashda ham ishlatiladi. Spamni yashirish yo‘llari mavjud bo‘lib, stealth spam deb ataladi. " Spamni yuborish|"Tizimni o‘ta band qiladigan, so‘ralmagan ma’lumotlarni yuborish. " Spektr|"Signal amplitudasi va fazasi o‘zgarishining chastotaga bog‘liqligini tavsiflovchi hamda uning xossalari va xarakteristikalarini qatʼiy belglovchi funksiya. " Spektral ranglar chizig‘i|"Nuqtalarning ranglilik diagrammasidagi geometrik o‘rni. " Spektral samaradorlik|"1. Uyali aloqa tarmoqlarida fazo, chastota va vaqtdan foydalanishning samaradorligini tavsiflovchi integral ko‘rsatgich. 2. Vaqt birligi ichida 1 Hz kenglikdagi polosada uzatilgan ma’lumotlarning maksimal miqdori sifatida aniqlanadigan samaradorlik ko‘rsatgichi bo‘lib, u modulyatsiyaning turli usullaridan foydalanib raqamli axborotni uzatishda ishlatiladi. " Spektral sezgirlik|"Optik asbobning muayyan to‘lqin uzunligidagi elektromagnit tebranishlarning taʼsiriga bog‘liq bo‘lgan sezgirligi. " Spektral tuzilma bo‘yicha identifikatsiyalash|"Tarqalayotgan signalning spektri bo‘yicha radiostansiya (mobil telefon)ni tanib olish jarayoni. Izoh − Bu usul klonlash bilan bog‘liq aldamchilikning oldini olish uchun ishlatiladi, chunki klonlangan telefon legal mobil telefon bilan bir xil elektron identifikatsiyalash raqamiga ega bo‘ladi, biroq nurlanayotgan signalning spektral tarkibi bo‘yicha farqlanadi. Legal radiostansiyani tanib olishdagi radio-signal spektrogrammasi, amalda, shaxsiy identifikatsiyalashdagi barmoq izlari kabi rol o‘ynaydi. " Spektral xarakteristika|"Alohida rang kanallari sezgirligining to‘lqin uzunligiga bog‘liqligini ko‘rsatadigan spektral egri chiziqlar guruhi. Izohlar. 1. Atamaga tegishli aniqlashtirish kiritilishi mumkin, masalan, yorug‘likni signalga aylantirish qurilmasining spektral tavsifi yoki studiya kamerasining spektral tavsifi. 2. Nochiziqlilik oqibatida ba’zi spektral tavsiflar ularni o‘lchashda foydalaniladigan nurlanish miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. 3. Kanallarda matritsalash va nochiziqlilikni kiritish operatsiyalari bajarilishi mumkin. " Spektral zichlik|"Signal o‘rtacha quvvatining, chastotaga bog‘liq holda taqsimlanish zichligi. Spektral zichlik cheklangan chastotalar polosasida aniqlanadi. Spektral zichlik modulining kvadrati signalning energetik spektral zichligi deyiladi. " Spektrlarni ustama qo‘yilishidan muhofazalash|"telekom. Diskretlashda yuzaga keladigan xatolarni tuzatish imkonini beradigan filtrlash tartiboti. " Spektrning infraqizil sohasi|"Asosiy spektri 0,76 mkm dan 1000 mkm gacha bo‘lgan chegaralarda yotadigan to‘lqin uzunliklarida to‘plangan optik nurlanish. " Spektrning ko‘rinadigan sohasi|"To‘lqin uzunliklari 0,4-0,75 mkm bo‘lgan optik nurlanish spektri sohasi. " Spetsifikatsiya|"Tizimning maqsadi va funksional imkoniyatlarini belgilaydigan tavsif. Qoidaga ko‘ra, tizimni ishlab chiqish paytida foydalaniladi. Dastur spetsifikatsiyasi kirish va chiqish ma’lumotlari tavsiflanishini ko‘zda tutadi. " Spiral antenna|"1. Metall spiral koʻrinishida bajarilgan aylanadigan qutblanishga ega antenna. 2. Oʻq boʻylab nurlanish va aylanadigan qutblanishga ega yuguruvchi toʻlqin rejimida foydalaniladigan metall (silindrsimon, konussimon yoki yassi) spiral koʻrinishidagi antenna. " Spiral yo‘lka|"Nusxa ko‘chirishdan himoya qilish usulining qismi, bunda diskka spiral shaklidagi yo‘lka yoziladi. " Splayn|"Kompyuter grafikasida – bir nechta nuqta bo‘yicha tuzilgan egri chiziq. Egri chiziqning tavsifi qandaydir darajadagi polinom bilan beriladi. " Splays-plastina|"O‘tkazuvchi optik kabelni tarmoqlash uchun uning tolalarini qisqa optik tarmoqlagich bilan ulaydigan plata. Bu tarzda tarmoqlagichlar yordamida optik-tolali kabelni optik taqsimlash qutisining o‘tish rozetkalariga ulash taʼminlanadi. " Splitter|"Turli chastotalar signallarini ajratish imkonini beruvchi qurilma. Masalan, ADSL – splitter telefon aloqasining past chastotali signali va ADSLHU^ yuqori chastotali signalini ajratadi. " Sprayt|"1. Videoobyektning uzoq vaqt mobaynida deyarli o‘zgarishsiz shu obyektda bo‘ladigan qismi. 2. Ekranda tasvirning boshqa qismlaridan qati nazar siljiydigan, odatda fon bo‘lib hisoblanadigan grafik obyekt. " Spufing|"Muayyan shaxs (yoki dastur) o‘zini boshqa birov sifatida bildiradigan va buning natijasida o‘zi uchun qo‘shimcha (odatda noqonuniy) foyda oladigan hujumning turi. Bunday hujumlarga misollar: - Man-in-the-middle (qar.: MITM); - URL spufing va fishing – URL manzilni almashtirish (qar.: Fishing). " Spuler|"Ma’lumotlarni fon rejimida qabul qiladigan va qayta ishlaydigan (masalan, bosadigan) qurilma yoki dastur. " Ssenariy|"Operatsion tizim yoki dastur tomonidan muayyan holatda ishga tushiriladigan komandalar va/yoki harakatlar ketma-ketligi, kichik dastur yoki makros. Ssenariylar ko’pincha oddiy matn fayllar ko’rinishida saqlanadi. " Ssenariylar tili|"Ssenariylar yoziladigan til yoki komanda fayliga to‘plangan tizim komandalarining oddiy to‘plami. " Ssintillyatsiya|"Lyuminessensiyaning bir ko‘rinishi, tez harakatlanuvchi zaryadlangan zarra kinetik energiyasini yorug‘lik chaqnash energiyasiga aylantirish jarayoni. " Staffing|"Raqamli oqim tezligini to‘g‘rilash uchun qo‘shimcha «bo‘sh» bitlarni kiritish. " Standart|"Tizimlarning birgalikda ishlash va birikish imkoniyatini yaratish maqsadida, texnik, dasturiy, axborot ta’minotiga ko‘rsatiladigan talablar. Izoh ‒ Standartlar ikki turda bo‘ladi: deyure, standartlar rasman e’lon qilinadi va ma’qullanadi; de-fakto, ko‘pchilik standartlardan haqiqatda foydalanadi, lekin rasmiy ravishda ular rasmiylashtirilmagan bo‘ladi. Ba’zan, firma ichida foydalanish uchun ishlab chiqilgan standart umumqabul qilingan standart bo‘ladi. " Standart .NET Framework klasslari bibliotekasi|"Tayanch klasslar bibliotekasi, barcha .NET-dasturlari ushbu biblioteka asosida quriladi. Qisqartmasi FCL – «.NET Framework» platforma klasslarining standart bibliotekasi. .NET platformasida ishlaydigan ixtiyoriy dasturlash tilida yozilgan dasturlar FCL ning usullari va klasslaridan foydalanishlari mumkin. " Standart dasturiy ta’minot|"Kompyuter, periferik qurilmalar yoki boshqa paketlar bilan birga yetkazib beriladigan dasturiy ta’minot. " Standart kanal|"Telefon GSM bog‘lanish yordamida ma’lumotlar uzatish kanali. Bog‘lanish tezligi pastligi (9600 bit/s gacha) tufayli, GPRS dan orqada. Tarif GPRS dagi bog‘lanishga qaraganda yuqori. Bu xizmatdan foydalanish mumkin bo‘lmagan hududlarda GPRS ga muqobil sifatida foydalaniladi. " Standart kuzatuvchi|"Ko‘rish orqali idrok etish mexanizmi x, y, z solishtirma koeffitsiyent jadvali hamda teng energetik spektrning x, y, z ranglilik koordinatalari ko‘rinishidagi kolorimetrik xossalarga ega gipotetik kuzatuvchi. " Standart operatsion protseduralar|"Apparat va dasturiy ta’minot bilan bog‘liq masalalarni bajarishda eng yaxshi amaliy uslubni tavsiflash uchun qo‘llaniladigan protsedura. " Standart pochta markasi|"Muomalaga ommaviy adad bilan chiqariladigan va yodgorlik bo‘lib hisoblanmaydigan pochta markasi. " Standart qo‘shimchalar|"Operatsion tizim bilan birga ishlab chiqiladigan standart dasturlar, ya’ni kalkulyator, o‘yin, matn va grafik redaktorlar. " Standartlar profili|"Hisoblash texnikasini ishlab chiqish va/yoki xarid qilish uchun qo‘llaniladigan ochiq tizimlar standartlarining majmui. " Standartlarni o‘zgartirish|"Eshittirish televideniyesi bitta tizimiga muvofiq kodlangan televizion videosignalni boshqa tizimga, xususan, boshqa yoyish chastotalari bilan mos keladigan signalga o‘zgartirish. " Standartlarni amalga oshirish va qo‘llashga ko‘maklashish guruhi|"Tarmoqlar uchun xalqaro standartlarni qo‘llashga ko‘maklashadigan tashkilot. SPAG 1986-yilda Yevropa ittifoqi komissiyasi, hamda YEIga aʼzo davlatlarning iqtisodiyot va sanoat vazirliklari tomonidan yaratilgan. SPAGning vazifalari bo‘lib, Xalqaro standartlar tashkilotining hujjatlarini sanoatga tatbiq qilish, shu standartlarni amalga oshirishdagi testlash va sertifikatlashni o‘tkazish hisoblanadi. " Stansiya|"Tarkibida qabul qilgich-uzatgich (ba’zan faqat uzatgich yoki faqat qabul qilgich), shuningdek, aloqa xizmatlarini ko‘rsatish uchun kerakli yordamchi va interfeys uskunani saqlovchi uskunalar komplekti. Izoh − Axborotni uzatish uchun foydalaniladigan radiokanal turiga bog‘liq ravishda, radiostansiyalar yo‘ldoshli, uyali, tranking, radioreleli, troposferaviy va b.larga bo‘linadi. " Stansiya ichidagi liniya|"Yerdagi stansiyaning turli qismlarini o‘zaro bog‘laydigan ulovchi liniya. Bunday liniya odatda, antennali uzatgichni yoki boshqarish pulti chiqarilgan uzatgichni bog‘laydi. " Stansiya ichidagi telefon yuklama|"Kommutatsiya stansiyasiga ulangan oxirgi (terminal) abonent telefon qurilmalari vujudga keltiradigan, shu stansiyaning boshqa oxirgi (terminal) telefon abonent qurilmalari uchun mo‘ljallangan telefon yuklama. " Start-bit|"Ketma-ket kanal orqali simvolni uzatish boshlanishini ko‘rsatadigan bit (signal). " Statik kompanovka|"Bajariladigan dasturga bibliotekalardan olingan standart funksiyalarni, dasturning bajariladigan faylga ularni joylashtirish yordamida qo‘shish usuli, ya’ni statik komponovkada biblioteka obyekti bevosita dasturning bir qismiga aylanib ketadi. Diskli operatsion tizim boshqaruvidagi tillarda foydalaniladi. " Statik konstanta|"Qiymati dasturni translyatsiya qilish paytida aniqlanadigan konstanta. " Statik linklanadigan biblioteka|"Aloqa va yuklashni tahrir qilish bosqichida yuklash modulida uning obyekt modullaridan foydalanadigan kod bilan birlashadigan kichik dasturlar bibliotekasining kodi. " Statik marshrutlash|"Marshrutlash turi, bunda ma’lumotlar ma’lum marshrut bo‘yicha uzatiladi; agar tegishli yo‘l yopiq bo‘lsa, uzatish kechikadi. " Statik tekshiruv|"Dasturni translyatsiya qilish vaqtida amalga oshiriladigan tekshiruv. " Statik tezkor xotira|"Yarimo‘tkazgichli tezkor xotiraning bir turi. Har bir ikkilik razryad (bit) to‘rtta tranzistor va ikkita rezistordan iborat sxemada saqlanadi. Sxemada kondensator yo‘qligi uchun zaryadlash kerak bo‘lmaydi. Statik tezkor xotira dinamik tezkor xotiraga qaraganda tezroq ishlaydi. Lekin qimmat va ko‘p joyni egallaydi. " Statik xotira|"Ikki barqaror holatga ega elektron sxemalar (triggerlar) asosida qurilgan energiyaga bog‘liq tezkor xotira qurilmasi. Dinamik xotiradan farqli ravishda, xotira yacheykalarini davriy regeneratsiyalash signallarini talab qilmaydi. " Statistik multipleksorlash|"Tasvirning har bir dasturdagi mavjud xossalarini hisobga olish bilan, ko‘p dasturli raqamli oqimdagi koderlar o‘rtasida bitlar resursini dinamik qayta taqsimlash. " Statistik paket|"Ma’lumotlarni statistik qayta ishlash uchun mo‘ljallangan belgilangan dasturiy mahsulot, qabul qilinadigan qarorlar sifatini oshirishning ishonchli vositasi. Paketga amaliy grafika, dispersion tahlil, regression tahlil, vaqt qatorlari tahlili va boshqalar kiradi. " Statsionar abonent|"Mobil aloqa tarmog‘ining, aloqa vositalari «yurganda» ishlashga mo‘ljallanmagan har qanday abonenti. " Steganografiya|"Ochiq axborot massivlarida konfidensial axborotni yashirishning matematik usullarini o‘rganuvchi fan sohasi. " Stegokalit|"Axborotni yashirish (shifrlash) uchun zarur bo‘ladigan maxfiy kalit. " Stegokanal|"Axborotni yashirin uzatish kanali. " Stek|"Xotiraning, protseduralar va funksiyalardan qaytish manzillari, ularning parametrlari va chaqirilgan protsedura yoki funksiya nusxasiga taalluqli bo‘lgan boshqa ma’lumotlar saqlanadigan, ya’ni dasturda ma’lumotlarni vaqtinchalik saqlash uchun foydalaniladigan qismi. Stekka joylashtiriladigan oxirgi element u yerdan birinchi bo‘lib olinadi. " Stek ko‘rsatgichi|"Stekning joriy uchini ko‘rsatib turuvchi prosessor registri yoki o‘zgaruvchi (keyingi element joylashadigan yacheyka). Stek bilan bog‘liq barcha operatsiyalar shu ko‘rsatgichni ishlatish orqali amalga oshiriladi. " Steker|"Bitta to‘plagichi va qat’iy belgilangan tartibda to‘plagichga uzatiladigan bir nechta kartriji bo‘lgan qurilma. Ma’lumotlar bitta kartrijga sig‘maganda zaxira nusxa olish uchun foydalaniladi. " Stekning to‘lib ketishi|"Stekka keragidan ortiq elementlarni joylashtirishga harakat qilinganda yuzaga keladigan xato. Stekni apparat nazorat qilish bo‘lmaganda, ma’lumotlar sohasi yoki dastur kodining bir qismi o‘chib ketishiga olib keladi. " Stereofonik televideniye|"Tovush jo‘rligi stereofonik tarzda uzatiladigan televideniye. " Stereoskopik kineskop (display)|"Stereoskopik televizion tasvirni shakllantirish uchun ikkita tasvirni bir vaqtda tiklash kineskopi. " Stereoskopik ko‘zoynak|"Har bir ko‘z uchun stereoskopik televizion tasvirning alohida tasvirlarini taqdim etishda ikki tomonga yo‘naltirilgan yorug‘lik bo‘lgichni (tasvir ajratgichni) hosil qiladigan ko‘zoynak. " Stereoskopik televideniye, 3 D-televideniye|"Tomoshabinda kuzatilayotgan tasvirlarning teran va yaqqol (uch o‘lchamli) ekanligi to‘g‘risida taassurot hosil qilishni ta’minlaydigan televideniye tizimi. Hajmli (uch o‘lchamli) idrok qilish binokulyar ko‘rishga asoslangan. Shuning uchun stereoskopik televideniyeda bir xil obyektlarning tasviri bir biridan ayrim masofada joylashgan ikkita pozitsiyadan uzatiladi, shunday qilib, obyektning stereojuftni hosil qiluvchi ikkita tasviri shakllanadi. Qasbul qiluvchi tomonda ular tomoshabinga alohida: chap ko‘zga – stereojugtning chap tasviri, o‘ng ko‘zga – stereojuftning o‘ng tasviri kabi ta’sir etadi. " Stereoskopik televizion kamera|"Stereoskopik televideniye uchun signallar hosil qilishga mo‘ljallangan televizion kamera. " Stereoskopik televizion proyektor|"Stereoskopik televizion tasvirni tiklash uchun mo‘ljallangan televizion proyektor. Izoh – Chap va o‘ng ko‘z uchun tasvirlar yo proyeksiyaning ikkita alohida qurilmasidan bir vaqtda yoki proyeksiyaning bitta qurilmasidan ketma-ket taqdim etiladi. " Stereoskopik televizion qabul qilgich|"Stereoskopik televizion tasvirni tiklash uchun mo‘ljallan gan televizion qabul qilgich. " Stereotovushli televizor|"Qabul qilish va tiklashni stereotovush jo‘rligida ta’minlaydigan televizor. " Stil|"Matn protsessorlari va stol noshirlik tizimida ‒ matnni formatlash parametrlarining nomlangan to‘plami (shriftning o‘lchami va garniturasi, satrlarni to‘g‘rilash (tekislash), sahifada joylashtirish va h.k.). " Stillarning kiritilgan jadvallari|"HTML-sahifalar bilan ishlashda muayyan elementlar uchun shablon tuzish imkonini beruvchi standart. U o‘zida shriftning rangi, o‘lchovi, bo‘sh joylar va boshqalarni ifodalaydi. " Stol tizimlarini boshqarish interfeysi|"Shaxsiy kompyuterning dasturiy va apparat komponentlarini (ishlab chiqaruvchi, mahsulot nomi, seriya raqami, installyatsiya vaqti hamda sanasini) avtomatik identifikatsiyalash imkonini beradigan interfeys. " Stop-kadr|"Bitta yoki bir nechta maydondan hosil qilinib, ma’lum bir vaqt mobaynida oddiy harakatlanayotgan tasvirning o‘rnini bosadigan tasvir. " Stornett-Xaber algoritmi|"Hujjatlarning vaqt bo‘yicha, ularni qalbakilashtirish imkoniyati bo‘lmaydigan tarzda, imzolanishini ta’minlovchi algoritm. " Stratovideniye|"Samolyot yoki aerostat bortiga joylashtirilgan uzatgichdan uzatiladigan televizion eshittirish. " Strimer|"Ma’lumotlarni magnit tasmada uzoq muddat saqlash uchun mo‘ljallangan qurilma. Ma’lumotlarning zaxira nusxalarini tuzish uchun qo‘llaniladi. Sig‘imi 80 Mbyte dan boshlab (siqishsiz), saqlanishlik muddati katta, saqlash qiymati nisbatan arzon " Studiyadan uzatgichgacha radioreleli uzatish tizimi|"Televizion signalni dasturning qayd etilgan manbaidan statsionar eshittirish uzatgichigacha uzatish tizimi. " Stvol|"Yo‘ldoshdagi, ma’lum bir chastotalar polosasida signallarni retranslyatsiya qilish uchun foydalaniladigan, qabul qiluvchi va uzatuvchi uskuna komplekti. " Subdiskretlash|"Kotelnikov (Naykvist) chastotasidan past diskretlash chastotasi bilan diskretlash jarayoni. " Subkalit|"Asosiy kalit tarkibiga kiritiladigan va istalgan vaqtda asosiy kalit uchun salbiy oqibatlarsiz bekor qilinishi mumkin bo‘lgan kalit. " Submagistral liniya|"Taqsimlash punktini uy taqsimlash tarmoqlari bilan birlashtiradigan liniya. " Submillimetrli radiotoʻlqinlar|"THF (Tremendously High Frequency) (300-3000 HHz) chastotalalr diapazoniga mos keladigan 1 mm dan 0,1 mm gacha boʻlgan toʻlqin uzunligidagi radiotoʻlqinlar. " Sub-polosali kodlash|"Analog televizion signal chastotalari polosasi filtrlar bankida bir necha kichik polosalarga ajratiladigan va har bir kichik polosa alohida kodlanadigan manbani kodlash turi. Izoh – Kichik polosalar teng yoki teng bo‘lmagan polosa kengligiga ega bo‘lishi mumkin. " Subtitr|"Film yoki ko‘rsatuvlarning ovozi bilan birga uning matnini ovozdagi tilda yoki tarjima qilingan boshqa tilda taqdim qiladigan matn. " Subyekt vakolatlari darajasi|"Foydalana olish subyektining foydalana olish yuzasidan huquqlarining majmui. " Sukunat zonasi|"Radioto‘lqinlarning o‘tish shartlari bo‘yicha radioqabul amaliy jihatdan mumkin bo‘lmagan yoki qiyin bo‘lgan, radiostansiyaning harakat radiusi chegarasidagi fazo. " Summator|"Ikki sonni razryadma-razryad qo‘shish amalga oshiriladigan sxema. Alohida mikrosxema ham, mikroprotsessor arifmetik-mantiqiy qurilmasining tarkibiy qismi ham bo‘lishi mumkin. " Sun’iy intellekt|"1. Ilmiy tadqiqotlarning fanlararo faol rivojlanayotgan yo‘nalishi va intellektual kompyuter tizimlarini, ya’ni inson ongiga qo‘shimcha ravishda yozib qo‘yiladigan imkoniyatlarga – bilimlarni olish va saqlash, undan samarali foydalanish imkoniyatlariga ega bo‘lgan tizimlarni ishlab chiqishda qo‘llaniladigan tushuncha. Sun՚iy intellekt inson zakovatining alohida funksiyalarini, masalan, avval olingan tajriba va tashqi ta’sirlarni oqilona tahlil qilish asosida maqbul qarorlarni tanlash va qabul qilish qobiliyatini o‘ziga oladigan avtomatik tizimlarning xususiyati sifatida talqin qilinadi. 2. Muayyan avtonomlik darajasida ma’lumotni qabul qilish, katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish, shuningdek, odamning xatti-harakatlarini imitatsiya qilish asosida o‘rganish va qarorlar qabul qilishga layoqatli bo‘lgan dasturiy ta’minot va/yoki apparat vositalari tizimi. " Sun’iy neyron tarmoq|"Odam asab tizimi hujayralarining (neyronlarning) o‘zaro ta’sirlashuv prinsiplari asosida qurilgan tarmoqni modellashtiruvchi dastur yoki apparatura. Apparat ko‘rinishda sun’iy neyron tarmoq o‘zida, har biri uncha katta bo‘lmagan lokal xotiraga va boshqa protsessorlar bilan kommunikatsion bog‘lanishga ega bo‘lgan oddiy protsessorlar ko‘pligini ifodalaydi. Kiruvchi bog‘lanishlar orqali sonli ma’lumotlar, chiquvchi bog‘lanishlar orqali esa, ularni qayta ishlash natijalari uzatiladi. Bunday tarmoqlardan obrazlarni, nutqni aniqlashda, moliya sohasida vaziyatni prognozlashda va h.k. foydalaniladi. " Sunʼiy til|"Foydalanish uchun qoidalari qatʼiy belgilangan til. " Superkadr|"DVB-T tizimining 4 kadridan iborat chastota-vaqt bo‘yicha strukturasi. " Superkadr tarkibi jadvali|"Interaktiv tarmoqda resursning superkadr va kadrlarga bo‘linishini tasvirlaydi. " Superkompyuter|"Eng yuqori tezlikda ishlaydigan va katta hajmdagi xotiraga ega bo‘lgan ko‘p protsessorli kompyuter. " Superskalyar arxitektura|"Bir vaqtda bittadan ortiq oddiy (skalyar) mashina komandasini bajarish mumkinligi ko‘zda tutilgan bir necha konveyyerli protsessor arxitekturasi. " Supervideografik matritsa|"Displey ekranida 256 rangda 1280x1024 pikselni hamda 16 million rangda 1024x768 pikselni aks ettirishi mumkin bo‘lgan videoadapter. " Supervizor|"Operatsion tizimda resurslardan foydalanishni muvofiqlashtiradigan va markaziy protsessor orqali operatsiyalarning bajarilishini ta’minlaydigan dasturlar yoki dastur; operatsion tizimning, ma’lumotlarni avtomatik qayta ishlash tizimida boshqa dasturlarning bajarilishini boshqarish uchun mo‘ljallangan qismi. " Suqulib kirish|"1. Ham tasodifiy, ham ataylab ruxsat etilmagan tarzda kira olish natijasida, tizim himoyasining yengib o‘tilishi. 2. Region yoki butun mamlakat masshtabida muayyan turdagi (masalan, uyali) aloqa xizmatlarining tarqatilishi (foizlarda hisoblanadi). " Suqulib kirish yo‘li|"Muhofazalangan tizimga suqulib kirish paytida, foydalanuvchi ruxsat etilmagan harakatlarining ketma-ketligi. " Suqulib kirishga sinash|"Muhofaza qilish vositalarini tekshirish maqsadida tizimni sinab ko‘rish (xususan, ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishdan). " Suqulib kirishga testlash|"Kompyuter xavfsizligini chetlab o‘tish usullarini izlab topish maqsadida, ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi funksiyalarini tadqiq etish. " Suriluvchi vergul (nuqta)|"Kompyuterda haqiqiy sonlarni taqdim etish va qayta ishlash tizimi. " Suriluvchi vergulli protsessor|"Suriluvchi vergulli sonlar bilan hisoblashlar bajaradigan soprotsessor. " Surish|"Ma’lumotlarni xotira maydonlarida (registrlarida) chapga yoki o‘ngga ko‘chirish. " Sust yo‘naltirilgan antenna|"Nurlantirish xususiyatlari vaqtning istalgan onida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy jihatdan bir xil bo‘lgan antenna. " Sutka davomidagi yuklama|"Aloqa liniyasi yoki kanalning bir sutka davomidagi yig‘indi yuklamasi. " Sutkadagi chaqiruvlar (soni)|"Bitta abonent uchun bir sutka davomida to‘g‘ri keladigan telefon yuklamasi jadalligini tavsiflovchi ko‘rsatgich. " Suyuq kristalli displey|"Suyuq kristaldan iborat massivlar boshqarish signaliga bog‘liq holda yorug‘likni o‘tkazadigan yoki ushlab qoladigan tasvir yoki matnli axborotni aks ettiruvchi qurilma. " Suyuq kristalli ekran|"Portativ shaxsiy kompyuterlarning yassi ekranlarida, soatlarda, kalkulyatorlarda va boshqa qurilmalarda qo‘llaniladigan displey turi. Suyuq kristallar o‘zining molekulyar tuzulishini o‘zgartirish orqali, elektr signallari yordamida ular orqali o‘tuvchi yorug‘lik oqimini boshqaradi. " Suyuq kristalli proyektor|"Uchta suyuq kristalli panel va cho‘g‘lanma lampa ko‘rinishidagi yorug‘lik manbaidan tuzilgan proyektor. " Sug‘urta muhri|"Qiymati eʼlon qilingan xatlar va qiymati eʼlon qilingan banderollar, posilkalar, sug‘urta qoplari, brezent sumkalar, konteynerlar, shuningdek, qimmatbaho buyumlar saqlanadigan joylarni surg‘uch bilan muhrlash uchun mo‘ljallangan maxsus muhr. " Sug‘urta qopi|"Belgilangan talablarga muvofiq muhrlangan (plombalangan), ro‘yxatga olinadigan pochta jo‘natmalari (qiymati eʼlon qilingan jo‘natmalar, mayda paketlar, odatdagi posilkalar) joylangan maxsus qop. " Sxemalarni qayta ulash|"Tarmoq ulanishi usuli, bunda kommunikatsiyaning hamma vaqti uchun doimiy fizik ulanish o‘rnatiladi. " So‘ndirish darajasining uzilishi|"So‘ndirish va maydonlar davrining qolgan qismi davomida so‘ndirish darajalari o‘rtasidagi farq. " «So‘nggi milya» dagi bog‘lanish|"Olisdagi abonentning, magistral aloqa liniyasiga ulanishini ta’minlaydigan bog‘lanish. " So‘nggi cheklovchi|"Token Ring tarmoq texnologiyasidagi markerning so‘nggi maydoni. O‘zida axborot ma’lumotlari bilan adashtirib bo‘lmaydigan elektr impulslarining noyob seriyasini saqlaydi. " Soʻnish koeffitsiyenti|"1. Tarqalish koeffitsiyentining haqiqiy qismi. 2. Soʻnuvchi tebranishlar amplitudasining kamayishini tavsiflaydigan koeffitsiyent. " So‘nuvchi maydon|"Amplitudasi ko‘ndalang tarzda bir tekis pasayib boradigan to‘lqin o‘tkazgichning ochiq uchi yaqinidagi, fazaviy siljimagan nostansionar elektromagnit maydon. " So‘ralmagan axborot|"1. Elektron pochtadan foydalanib, pochta qutisi egasiga so‘rovsiz yoki uning oldindan roziligisiz yuborilgan xabar ko‘rinishidagi axborot. 2. Odatda, reklama xarakteridagi katta miqdordagi xabarlarning, ularni buyurtma qilmagan oluvchilarga yuborilishi. 3. Katta miqdordagi axborotning, tarmoqning bitta yoki bir nechta bog‘langan manziliga, ularni o‘ta yuklash va boshqa foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatilishini rad etish maqsadida (hujum usuli sifatida) yuborilishi. " So‘roqlash|"Umumiy aloqa liniyasiga ulangan olisdagi terminallardan, markazlashtirilgan tarzda ma’lumotlar to‘plash usuli. So‘rov izchil amalga oshiriladi, bu esa, qisqa vaqt ichida xizmat ko‘rsatilishiga ehtiyoji bo‘lgan barcha terminallarni aniqlash imkonini beradi. " So‘rov|"Elektron pochta orqali jo‘natilgan, muayyan turdagi xizmatlar taqdim etilishi so‘ralgan, muayyan standartga muvofiq rasmiylashtirilgan va IP-tarmoqlar ma’lumotlar bazasida axborot kiritilishi/o‘zgartirilishi talab qilingan xabar. " So‘rov bo‘yicha video|"TV eshittirishni, abonent buyurtma qilingan dasturini ko‘rish uchun oladigan, tashkil qilish usuli. " So‘rov rejasi|"Ma’lumotlar ustida, foydalanuvchining MB ga qiladigan muayyan so‘rovini amalga oshirish uchun bajarilishi zarur bo‘lgan harakatlar ketma-ketligi. " So‘rov/javob|"Autentifikatsiya usuli, unga ko‘ra, bir tomon shifrlangan so‘rov jo‘natadi, ikkinchi tomon esa, aynan bitta autentifikatsiya algoritmi yordamida javob beradi. " So‘rovlar kompilyatori|"Foydalanuvchining ma’lumotlar bazasiga so‘rovini sintaksik va semantik tahlil qiladigan, so‘rovni so‘rov plani deb ataladigan ichki formatga ko‘chiradigan, shuningdek, so‘rov planini optimallashtiradigan dasturiy ta’minot . " So‘z|"1. Berilgan alifboda simvollarning muayyan ma’noga ega bo‘lgan tartiblashtirilgan to‘plami. 2. Protsessorda ma’lumotlarni qayta ishlash va uzatishda bir butun deb qaraladigan ma’lumotlar birligi. Odatda, bitlarda yoki ikkilik razryadlarda o‘lchanadi. Qoidaga ko‘ra, mashina so‘zi deb ataladi. " So‘z o‘lchami|"Protsessor arxitekturasini tavsiflaydi va bir vaqtda ma’lumotlar shinasi orqali uzatilishi yoki protsessor registrlarida saqlanishi va qayta ishlanishi mumkin bo‘lgan razryadlar soni bilan belgilanadi. Odatda, bu 8, 16, 32 yoki 64 razryad. " So‘zlashuv vaqti|"Portativ yoki olib yuriladigan terminal yordamida abonent batareyani qayta zaryadlamasdan aloqani ushlab tura oladigan vaqt. Batareyaning sig‘imi, odatda, terminalning aktiv rejimda o‘rtacha ishlash vaqti bilan tavsiflanadi. " So‘zlashuvga avtomatik tarzda buyurtma berish xizmati|"Abonentning oldindan berilgan buyurtmasi bo‘yicha, unga telefon apparatidan ma‘lum kun va soatda, muayyan telefon raqami yoki xizmati (uyg‘otish xizmati bundan mustasno) bilan bog‘lanish avtomatik tarzda taqdim etilishi mumkin bo‘lgan xizmat. T " Tabiiy til|"1. Inson muloqoti, fikrlashi uchun xizmat qiladigan tovushlar, lug‘at va grammatik vositalar tizimi. 2. Qoidalari aniq ifodalanmasada, zamonaviy so‘z ishlatishga asoslangan til. " Tabiiy xalaqit|"Manbai tabiatdagi fizik hodisalar bo‘lgan elektromagnit xalaqit. " Tabulyatsiya|"Axborotni jadval ko‘rinishida taqdim etish. " Tadbirkor xonasi|"Yuridik shaxsning shaxsiy xonasi, tadbirkorlik faoliyati uchun xos bo‘lgan yo‘nalishlar, aynan yuridik shaxs rekvizitlari, kommunal xo‘jalik, soliqqa tortish, statistik hisobot taqdim etish, avtotransport vositalarini ro‘yxatga olish bo‘yicha bloklarni o‘zida ifodalaydi. " Tadqiqot olib borish|"Biror-bir predmet ustida ilmiy ish olib borish. Yangi dastur yoki algoritm yoki ularga bo‘lgan ehtiyoj tadqiqot obyekti bo‘lishi mumkin. Tafsilotlar ing. - details подробно O‘rnatish, disklarga yozish, nusxa ko‘chirish va h.k. jarayonlar to‘g‘risidagi qo‘shimcha axborotni olishda foydalaniladi. " Taglik|"Planar texnologiya kirishiga taglik deb ataluvchi plastina kiritiladi. Taglik materiali – kristall tuzilmadan tortib atomlararo masofalargacha va kristallografik yo‘nalganlik qatʼiy nazorat qilinadi. Texnologik jaryon davomida taglikda turli xildagi o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan maydonlar hosil qilinadi, bu esa yarim o‘tkazgich asbobining yoki integral mikrosxemaning tuzilmasini tashkil qiladi. " Tahdid|"1. Kompyuter xavfsizligi buzilishining potensial imkoniyati. 2. Ma’lumotlarni buzish, ochish yoki o‘zgartirish va/yoki xizmat ko‘rsatishni rad etish shaklida tizimga zarar yetkazish sababchisi hisoblanishi mumkin bo‘lgan har qanday holat yoki voqea. 3. Tizim yoki tashkilotga zarar keltirishi mumkin bo‘lgan nomaqbul insidentning potensial sababi. 4. Raqib oldida turgan konfidensiallik, yaxlitlik, kuzatib bo‘lmaslikni buzish vazifasi (kriptografik protokolning turiga bog‘liq holda istalgan kombinatsiyada). " Tahdidlar manbalari|"Potensial antropogen, texnogen yoki tabiiy (stixiyali) xavfsizlikka bo‘lgan tahdidlarni tarqatuvchilar. " Tahdidlar modeli|"Axborot xavfsizligi tahdidlari xarakteristikalari yoki xususiyatlarining fizik, matematik, tavsifiy taqdim etilishi. " Tahdidlarning tahlili|"Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimiga salbiy ta’sir etishi mumkin bo‘lgan harakatlar va hodisalarni tadqiq etish. " Tahlil|"Haqiqiy yoki tasavvur qilinadigan obyekt tarkibiy qismlarga (elementlarga) ajratiladigan hamda bu elementlar va ular o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘rganiladigan tadqiqot usuli, turi. " Tahlilchi|"Axborot texnologiyasi sohasidagi tahlilchi bevosita muammo mavzusidagi axborotni yig‘adi, uni tizimlashtiradi va formalizatsiya qiladi. Bundan tashqari axborot oqimlari modelini, biznes jarayonlarning yuz berishini o‘rganadi. Shular asosida biznes reja tuzadi. " Tahrir qilish|"Biron-bir turdagi axborottga o‘zgartirish kiritish. Maxsus dastur (redaktor)lar yordamida amalga oshiriladi. " Tahrir qilish rejimi|"Dastur ishining maxsus rejimi bo‘lib, unda matn, ma’lumotlar tasvir va sh.k. tahrir qilinishi amalga oshiriladi. Tahrir qilishni foydalanuvchi uchun yanada qulayroq qilish maqsadida joriy qilingan. " Tajribaviy ekspluatatsiya qilish|"Televizor (yoki uning elementi) dan maxsus tashkil etilgan ekspluatatsiya qilish, u normal sharoitlarga maksimal yaqinlashtirilgan vaziyatlarda bajariladi, bunda televizor (yoki uning elementi) ning ekspluatatsion xossalarini o‘rganish maqsadida muntazam nazorat olib boriladi. " Taklif|"Matn interfeysiga ega tizimlarda – ekranda aks etgan qisqa so‘z yoki belgi (masalan, «>»), foydalanuvchiga dastur komandani bajarishga tayyorligi to‘g‘risida xabar beradi. " Takomillashtirilgan|"Oddiy qurilmaga nisbatan yaxshilangan qurilma yoki dasturiy ta’minot. Odatda advanced-versiya qo‘shimcha narxga sotiladi. " Takomillashtirilgan, energiya iste’moli va joylashishni boshqarish interfeysi|"Intel, Microsoft va Toshiba korporatsiyalari tomonidan 1996-yilda ishlab chiqilgan ochiq standart. Kompyuterlarning energiyaga bo‘lgan ehtiyojini tayanch kiritish-chiqarish tizimi tomonidan emas, balki operatsion tizim tomonidan to‘liq boshqarilishini (alohida qurilmalarni yoqish va o‘chirib qo‘yish imkoniyati bo‘lgan holda) amalga oshirish imkonini beradi. " Takomillashtirilgan grafika adapteri|"16 rangli grafika rejimini saqlab turuvchi videoadapter: - 640 x 350 piksel; - 640 x 200 piksel; - 320 x 200 piksel. " Takomillashtirilgan intellektual (magnit) tasma|"Tasmali to‘plagichlar va magnit tasmadagi ommaviy xotira tizimlari uchun mo‘ljallangan standart. " Takomillashtirilgan mobil telefon aloqa xizmati|"FDMA texnologiyasiga asoslangan uyali aloqa xizmati standartlaridan biri. " Takomillashtirilgan raqamli yozuv|"Philips kompaniyasi tomonidan 90-yillarda ishlab chiqilgan 8-mm li magnit tasmaga yozish texnologiyasi. Kasseta sig‘imi 15 dan 60 Gb gacha bo‘ladi. " Takomillashtirilgan ta’minotni boshqarish qurilmalari|"Shaxsiy kompyuterlarda ta’minotni boshqarish uchun mo’ljallangan Microsoft spetsifikatsiyasi va tizimi (Intel ishtirokida). Klavishlarni bosish orasidagi vaqtda energiya iste’molini kamaytiradi. " Takomillashtirilgan tayanch kiritish-chiqarish tizimi|"Mikrokompyuterlarga o‘rnatilgan va ko‘p vazifali rejimni ta’minlash uchun mo‘ljallangan kiritish-chiqarish servis dasturlari to‘plami. " Takomillashtirilgan tovushli kodlash|"Panasonic, Samsung kabi firmalar qo‘llaydigan tovushni kodlash (siqish) texnologiyasi. Dolby Laboratories kompaniyasi AAC ni Dolby Digital AC-3 ga muqobil sifatida qaramoqda. " Takomillashtirilgan uzatish tezligi o‘zgaruvchan nutq kodeki|"Motorola kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, o‘zgaruvchan uzatish tezligiga ega vokoder. Uzatishning o‘rtacha tezligi – 8,5 Kbit/s (IS-127). " Takomillashtirish|"Avvalgi mahsulotni takomillashtirish uchun belgilangan qurilma va/yoki dasturiy mahsulot. Avvalgi versiyani to‘ldiradi. O‘rnatilgandan so‘ng tizim yangi mahsulotning funksional imkoniyatlarini oladi. " Takror uzatishni avtomatik so‘rash|"1. Xalaqitlardan himoyalanish mexanizmi, bunda ma’lumotlarni uzatish bloklar bo‘yicha amalga oshiriladi. Qabul qilish tomonida xatolarni nazorat qilish va axborotning xato qabul qilingan qismini takroran uzatish to‘g‘risidagi so‘rovni generatsiyalash ta’minlanadi. 2. Ma’lumotlarni qayta uzatish mexanizmi mavjud aloqa liniyalarida uzatgich va qabul qilgich o‘rtasida o‘zaro ishlash signallari bilan almashuv protsedurasini belgilaydigan protokol. " Takror chaqiruv, chaqiruv-eslatish|"1. Telefon liniyasining bandligida ko‘p marta uzatiladigan chaqiruv. 2. Telefon xizmatining bir turi bo‘lib, uni amalga oshirishda abonentga aynan bitta xabar bir necha marta jo‘natiladi. " Takror(lash)|"Tarmoqqa qilinadigan hujumning oddiy turi, bunda jinoyatkor xabarni tutib oladi va uni o‘zgartirmasdan, birmuncha kechroq takrorlaydi. " Takroriy so‘rov|"Tizimni aniq bir vazifani bajarishga yo‘naltiruvchi qandaydir bir xabar, masalan, kiritish-chiqarish yoki tranzaksiyalarni qayta ishlash. " Takroriy tasvir|"Aks sado signallari keltirib chiqaradigan ikkita yoki undan ortiq (gorizontal yo‘nalishda siljitilgan) tasvirning mavjudligi. " Takrorlanish|"Algoritmlarni tuzishda foydalaniladigan uchta asosiy tuzilmadan biri; sharoitga bog‘liq ravishda, algoritmning ayrim qadamlarini bir necha marta bajarish imkonini beradi. Ba’zi manbalarda bu tuzilma sikl deb ataladi. " Takrorlanuvchi kodlar|"Xatolarni tuzatuvchi mukammal siklik blokli kodlar turkumi, unda kalit so‘zlar xabardagi so‘zlarni r marta oddiy takrorlash bilan shakllanadi. Agar bu kodlarni (n, k) parametrlarga ega kodlar deb qaralsa, ularda istalgan k uchun n = rk bo‘ladi. " Takrorlash|"Matnli protsessorlardagi komanda, u hujjatni Undo operatsiyasidan oldingi holatga qaytaradi. " Taksofon|"Telefon bog‘lanishlarni o‘rnatish, foydalanuvchilarga so‘zlashuvlar va qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etish uchun mo‘ljallangan, foydalanuvchilar bilan tangalar yoki naqd pulsiz to‘lov vositalari (maxsus jetonlar, to‘lov karatlari) yordamida zudlik bilan hisob-kitob qilish qurilmasidan iborat, shuningdek, ko‘rsatilgan telefon aloqa xizmatlari uchun to‘lov tangalar, jetonlar, to‘lov kartalari va naqd pulli to‘lov vositalari yordamida qabul qilinadigan so‘zlashuv punktlarida o‘rnatilgan oxirgi (terminal) abonent telefon qurilmasi. " Taksofon orqali ko‘rsatiladigan telefon aloqa xizmati|"Telefon bog‘lanishlarni o‘rnatish, foydalanuvchilarga so‘zlashuvlar va qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etish uchun mo‘ljallangan hamda tanga yoki naqd pulsiz to‘lov vositalari (maxsus jetonlar, to‘lov kartalari) yordamida foydalanuvchilar bilan darhol hisob-kitob qilish uchun mo‘ljallangan texnik vositalarni o‘z ichiga olgan taksofon – oxirgi (terminal) abonent telefon qurilmasidan taqdim etiladigan telefon aloqa xizmati. " Takt intervali|"Takt chastotasi davri. " Takt signali|"Impulslar ketma-ketligi ko‘rinishidagi, ayrim elementlar ishini sinxronlaydigan va raqamli qurilmaning ishlash ritmini belgilaydigan maxsus davriy signal. " Takt chastota generatori|"Teng vaqt oraliqlaridan so‘ng impulslar ketma-ketligini ishlab chiqaradigan qurilma. Ikkita ketma-ket impuls o‘rtasidagi vaqt takt deb ataladi. Protsessorning ba’zi komandalari bir nechta takt ichida chiqariladi. Kompyuterning barcha elementlari orqali o‘tadigan impulslar ularni yagona taktda – sinxron ishlashga majbur qiladi. Takt impulslarning generatsiya chastotasi kompyuterning tez ishlashini belgilaydi. " Takt chastotasi|"Takt chastotasi generatori vaqt birligida bajaradigan tebranishlar soni. Kompyuter diskret, qadamlar (taktlar) bo‘yicha ishlaydi, shuning uchun barcha operat-siyalarning bajarilish tezligi, kompyuterning yagona ishlash ritmini belgilaydigan protsessorning takt chastotasiga bog‘liq. Takt chastotasi gertslarda o‘lchanadi, takt chastotasi qancha katta bo‘lsa, qayta ishlash tezligi shuncha yuqori bo‘ladi. " Taktlanadigan halqa tarmog‘i|"Halqa tarmog‘i. Bunda tarmoq ish vaqti bir bitli oraliqlarga bo‘lish evaziga, maʼlumotlar uzatish amalga oshiriladi. Tarmoq halqa kanali, takrorlagichlar va foydalanish bloklaridan tashkil topgan. Foydalanish bloklariga maʼmuriy tizim va abonent tizimlari ulanadi. Halqa kanalini ikki o‘rama juft simlari tashkil qiladi. Ular bo‘ylab maʼlumotlar, sinxronlovchi signallar, takrorlagichlarga ozuqa, ozuqani yoqish-o‘chirish signallari uzatiladi. " Taktli impuls|"Sinxronlash yoki vaqt bo‘yicha muvofiqlashtirish uchun foydalaniladigan davriy uzatiluvchi impuls. " Taktli impulslar davri; takt|"Uzluksiz keladigan ikkita impuls o‘rtasidagi vaqt intervali. " Taktli impulslar generatori|"Berilgan takrorlanish davri bilan impulslar ketma-ketligini generatsiyalovchi qurilma. " Taktli sinxronlash|"Qabul qilinadigan signal bilan taktli impulslar ketma-ketligi o‘rtasida vaqt jihatidan aniq muvofiqlikni o‘rnatish jarayoni. " Taktli chastotani tiklash|"Qabul qilingan ma’lumotlar signalidan taktli chastota signalini ajratish. " Talab bo‘yicha kanallarni ajratish yo‘li bilan ko‘p tomonlama foydalana olish|"Yo‘ldoshli radioaloqada ishlatiladigan standart. Markaziy stansiya seansda ishtirok etayotgan barcha terminallar va yo‘ldoshlar o‘rtasida aloqa o‘rnatish uchun mavjud puldan kanallarni so‘rovga muvofiq ajratib beradi. " Talab etilgan|"Amalning (harakatning) bajarilishi uchun talab etiladigan (zarur bo‘lgan) shart yoki parametr. " Talabga ko‘ra o‘tkazish qobiliyati|"Global tarmoqlar funksiyasi, foydalanuvchiga, uning tomonidan foydalaniladigan ilova talablariga muvofiq, qo‘shimcha o‘tkazish qobiliyatini taqdim etish mumkinligida ifodalanadi. Bu funksiya tufayli, foydalanuvchilar faqat o‘zlari foydalanadigan o‘tkazish qobiliyati uchun haq to‘lash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. " Talabga ko‘ra sahifali tashkil qilish|"Virtual xotiraning sahifali tashkil qilishga asoslangan tashkil qilish usuli, bunda har bir sahifa, faqat, agar u dasturni bajarish vaqtida aniq talab etilsa, xotiraga yuklanadi va murojaat qilingan kod yoki ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. " Talabga ko‘ra segment tashkil qilish|"Segment tashkil qilishga asoslangan virtual xotira tashkil qilish usuli, bunda faqat agar murojaat qilingan kod yoki ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan dasturni bajarish vaqtida haqiqatdan talab qilinsa, har bir segment xotiraga yuklanadi. " Talabga ko‘ra videopochta|"Abonent qayd etilgan vaqt intervali (15 yoki 30 minut) davomida buyurtma qilingan dasturni oladigan «talabga ko‘ra video» ning bir ko‘rinishi. " Talqin qiluvchi dastur|"Dasturni dasturlash tilida, uni darhol bajarmasdan mashina tilidagi dasturga o‘giradigan kompilyatordan farqli ravishda, dasturlash tilida yozilgan komandalarni darhol bajaradigan va rasshifrovka qiladigan dastur. " Tamakisimon antenna|"To‘g‘ri simdan tashkil topgan o‘q bo‘ylab nurlanadigan antenna. Sim bo‘ylab ma’lum nuqtalarda turli o‘lchamdagi yaproqli metalldan iborat yassi elementlar bir-biriga nisbatan parallel joylashgan. " Tanaffus bilan uzatish|"Energiya tejaydigan funksiya. Bunday funksiya mavjudligida, so‘zlashuvdagi pauzalar vaqtida telefon uzatishga ishlamaydi, bu bilan batareyaning energiya sarfi kamayadi. Bu funksiya ishga tushganda tovush sifati yomonlashadi. " Tanho egalik|"Biror narsaga alohida huquq. Informatikada foydalanuvchi tanho ravishda abonent tizimidan foydalanishi mumkin, abonent tizimi esa tanho ravishda kanalni egallashi mumkin, masalan, kanallarni kommutatsiyasida. " Tanib farqlash|"Qabul qilish jarayonining, buyum umumiy belgilarini ajratishning keyinchalik signalning to‘liq qaytishi bilan almashinadigan dastlabki bosqichini o‘z ichiga oladigan, markaziy zvenosi. " Tanishtiruvchi fayl|"Dasturlar uchun mualliflar tomonidan yoziladigan readme fayli. Bu faylda biror bir dasturni qanday o‘rnatish va u bilan qanday ishlash to‘g‘risida bilib olish mumkin. " Tanlab olinuvchi hisob-kitob xizmati|"Alohida telefon hisoblarning ayrim soni ulanish uskunasi bo‘yicha telefon stansiyasida guruhlanadigan, hisob raqami esa, ushbu so‘zlashuv uchun to‘lov yozilishi kerak bo‘lgan debetga chaqiruvlarni o‘rnatishda aniqlanadigan xizmat. " Tanlab-tanlab olish|"Saralash maqsadida, ma’lumotlarni qandaydir belgilariga ko‘ra bir joydan boshqa bir joyga ko‘chirish yoki ulardan nusxa olish, natijalovchi hujjatlarni tuzish jarayoni. " Tanlanadigan|"Tanlash elementlaridan biri. Oldindan aniqlangan moslamalar to‘plamlaridan farqli ravishda, foydalanuvchi o‘z moslamasi parametrlarini tanlashi va o‘rnatishi mumkin. " Tanlangan|"Ko‘p ishlatadigan operaysiyalar yoki ulanishlar. Brauzerlarda tanlangan operatsiyalarning ro‘yxatini ulardan tezroq foydalana olishni ta’minlash va ulanishni yengillashtirish uchun avtomatik ravishda tuzish imkoniyati mavjud. " Tanlash|"Keyinchalik ular ustida amal bajaradigan menyu punktlari, grafik obyekt qismi yoki matn qismini tanlash. " Tanlash operatori|"Dasturlash tillarinida ko‘rsatilgan ifodaning qiymatiga bog‘liq ravishda bir necha amaldan bittasini tanlash imkonini beradigan boshqaruv konstruksiyasi. " Tanlash sikli|"Protsessorning mashina komandasini qayta ishlashidagi birinchi bosqich. Komandani kesh-xotira yoki tezkor xotira qurilmasidan komandalar registriga olish va uni dekodlashga tayyorlashdan iborat. " Tanlovchanlik|"1. Berilgan chastota kuchlanishining televizor kirishidagi tasvir eltuvchi chastotasi kuchlanishiga, uning chiqishidagi kuchlanish doimiy bo‘lgandagi, nisbati. 2. Qabul qilgichning spektral tashkil etuvchilarini chastotalar shkalasi bo‘yicha, turli taqsimlashlardan foydalangan holda, foydali signalni xalaqit qiluvchi signaldan ajrata olish qobiliyati. " Taqiqlangan komanda|"Kodi berilgan protsessorning komandalar kodi ro‘yxatida bo‘lmagan yoki uning berilgan ishlash rejimida bajarilmaydigan komanda. " Taqiqlangan xabar|"Darhol uzatib bo‘lmaydigan xabar. Uzatilishiga taqiq bekor qilingan zahoti xabar uzatiladi. " «Taqiqlovchi (nazorat qiluvchi) kalit»|"Kanallar va dasturiy funksiyalarni parol yordamida yopish imkoniyati. " Taqqoslash|"Bir qiymatni boshqasiga akslantirish jarayoni. Virtual xotirali tizimlarda kompyuter virtual xotira manzilini fizik xotira manziliga taqqoslaydi. " Taqsimlagich|"Optik quvvatni taqsimlashda foydalaniladigan ko‘p portli qurilma. " Taqsimlanadigan xotira|"1. Ko‘p vazifali rejimda bir nechta dastur foydalana olishi mumkin bo‘lgan xotira. 2. Ko‘p protsessorli parallel tizimlarning bir nechta dasturida birgalikda foydalaniladigan xotiraning bir qismi. " Taqsimlangan, ajratiladigan xotirali arxitektura|"Ko‘p protsessorli tizim xotirasining arxitekturasi. Bunda xotiradan erkin foydalanish vaqti uning joylashishiga bog‘liq bo‘ladi. Buning uchun, protsessorlar, har biri o‘zining umumiy tezkor xotira qurilmasi puliga ega bo‘lgan kichik guruhlarga birlashtiriladi. " Taqsimlangan fayl tizimi|"Fizik jihatdan kompyuter tarmog‘ining turli qismlarida joylashgan fayllardan foydalanishni soddalashtirish imkonini beradigan tizim. " Taqsimlangan hisoblashlar|"Unumdorlikni oshirish maqsadida, bajarilishi hisoblash kompyuter tizimining turli uzellari bo‘ylab taqsimlanadigan hisoblashlar. " Taqsimlangan hisoblashlar muhiti|"Taqsimlangan dasturlarning birgalikda ishlashini tashkillashtirish texnologiyasi. Bu muhit tarkibiga taqsimlangan fayllarga xizmat ko‘rsa-tish, nomlar berish, vaqtni nazorat qilish, protseduralarni olisdan chaqirish, oqimlarga xizmat ko‘rsatish, xavfsizlikni ta’minlash funksiyalari kiradi. " Taqsimlangan ilova|"Komponentlari, ma’lumotlarni tarmoq orqali almashgan holda, turli kompyuterlarda va platformalarda bajariladigan ilova. " Taqsimlangan kommunikatsiyalar|"Tarmoqda kommunikatsiyani tashkil qilish turi. Bunda kommunikatsion jarayonda ishtirok etuvchi tomonlar, aloqa seansini (sessiyasini) boshlab berishda, qo‘llab-quvvatlashda, yakunlashda teng huquqlarga egadirlar. U xost (bosh uzel, server) qanday jarayonlar (kompyuterlar) aloqa seansini boshlab berishini belgilaydigan katta-bo‘ysunuvchi (master-slave communications) shajarasidan keskin farq qiladi. " Taqsimlangan ma’lumotlar bazasi|"Ikki yoki undan ortiq kompyuterda joylashtiriladigan, foydalanuvchi tomonidan yaxlit, bir butun ma’lumotlar bazasi sifatida tushuniladigan ma’lumotlar bazasi. " Taqsimlangan maʼlumotlar banki|"Hududiy tarqoq maʼlumotlar banklari tizimi. Hisoblash texnikasi vositalari bilan birlashgan va yagona boshqaruv ostida faoliyat ko‘rsatadi. " Taqsimlangan parametrlarga ega liniyadagi susayish koeffitsiyenti|"Taqsimlangan parametrlar liniyasida (muhitida) yuguruvchi toʻlqin elektromagnit maydoni kuchlanganligi amplitudasining, toʻlqinning uzunlik birligiga siljishida, pasayishi bilan tavsiflanadigan kattalik. " Taqsimlangan qayta ishlash|"Ma’lumotlarni qayta ishlash uchun, hisoblash tarmoqlariga ulangan katta miqdordagi kompyuterlarning qo‘llanilishi; ikki yoki undan ko‘p kompyuterni, yagona dastur boshqaruvi ostida shart emas, aynan bir topshiriq ustida birgalikda ishlaydigan qilib ulash. Barcha qayta ishlash bitta katta kompyuterda bajariladigan markazlashtirilgan qayta ishlashdan farqli ravishda, taqsimlangan qayta ishlashda topshiriq bitta tarmoqqa birlashtirilgan ko‘plab meynfreymlar, mini-kompyuterlar, shaxsiy kompyuterlar, serverlar va ishchi stansiyalar o‘rtasida bo‘linadi. " Taqsimlangan sun’iy intellekt|"Taqsimlangan apparat va/yoki dasturiy vositalar orqali amalga oshiriladigan sun’iy intellekt tizimi. " Taqsimlangan tarmoq|"Boshqarish barcha serverlar o‘rtasida taqsimlangan, resurslar (apparat, dasturiy resurslar, ma’lumotlar) va foydalanuvchilar alohida serverlarga biriktirilmagan, balki butun tarmoqqa tegishli bo‘lgan kompyuter tarmog‘i. " Taqsimlangan tizim obyektlari modeli|"IBM firmasining OS/2 uchun maxsus yaratilgan texnologiyasi. " Taqsimlangan tizimlar|"Simli yoki simsiz tarmoqqa birlashtirilgan bir nechta kompyuterdan iborat tizim. " Taqsimlangan xesh-jadval|"Xesh-funksiyalarni bajarishga asoslangan IP-tarmog‘i ko‘plab uzellari o‘rtasidagi tezkor o‘zaro ishlash usuli. " Taqsimlash|"Lokal tarmoqda resurslarni taqsimlashga yo‘naltirilgan harakat. Masalan, tarmoqdagi printerni (skanerni va sh.k.) o‘rnatish. " Taqsimlash liniyasi|"Dastur signallarini dastur ishlab chiqish markazidan uzatgichga yoki kabel taqsimlash tizimi bosh stansiyasiga uzatish uchun mo‘ljallangan liniya. " Taqsimlash paneli|"1. Kabel juftlarini ulash uchun foydalaniladigan, protektorlari yoki terminal bloklari (yoki har ikkalasi) bo‘lgan, devorga yoki polga o‘rnatiladigan vertikal metall rama. 2. Kabel segmentlarini o‘zaro ulash yoki kross-ulash oson bajariladigan tarzda ulash uchun mo‘ljallangan qurilma. " Taqsimlash punkti|"Signallar, uni submagistral liniyaga yoki uy taqsimlash tarmog‘i liniyalariga uzatish uchun, magistral liniyadan yoki submagistral liniyadan olinadigan nuqta. " Taqsimlash signali|"Studiyaga yoki eshittirish dasturining boshqa manbaiga dasturning normal borishiga aralashish uchun yuboriladigan oldindan tanlangan signal. " Taqsimlash xizmati|"Tarmoqdan berilgan punktdan boshqa (bir nechta) punktlar tomonga bir yo‘nalishli axborot oqimi bilan tavsiflanuvchi xizmat. Izoh – Taqsimlash xizmati ikki sinfga: axborotni individual boshqaruvsiz taqdim etish va axborotni individual boshqaruvli taqdim etishga bo‘linadi. " Taqsimlash zanjiri|"Fayl egallagan klasterlar ro‘yxati. " Taqsimlash shkafigacha o‘tkazilgan optik tola|"Tarmoq qurish konsepsiyasi. Unga ko‘ra, ATS magistral optik-tolali aloqa liniyasi yordamida konsentrator bilan bog‘lanadi. Konsentratorda optik signal, optik signallar o‘ralgan juft orqali uzatiladigan, elektr signallarga aylantiriladigan, abonentda joylashgan, oxirgi optik o‘zgartirgichlari bo‘lgan optik-tolali kanallar bo‘yicha taqsimlanadi. " Taqsimlovchi fiderli liniya|"Abonent liniyalari yoki uy tarmoqlari ta’minoti uchun mo‘ljallangan liniya. " Taqvim bo‘yicha vaqt birligi|"Loyihani rejalashtirishda foydalaniladigan eng kichik vaqt birligi. " Tarifikatsiya o‘lchov birligi|"Telefonda so‘zlashish (ulanish) davomati uchun to‘lanadigan birlik. U telekommunikatsiya operatori tomonidan tanlangan (to‘la daqiqalar yoki davriy impulslar bo‘yicha hisob) tarifikatsiya tizimiga bog‘liq. " Tariflash|"To‘lov asosida xizmat ko‘rsatish va shu xizmatlar uchun to‘lov narxlarini taqsimlash. " Tarix paneli|"Brauzerlarda – foydalanuvchi kirgan veb-sahifalar xronologiyasini ichiga oladigan panel. " Tarkib|"Veb-resurslarni tashkil qiluvchi matn-tasvirli va boshqa axborotlar. " Tarkibiy hujjat|"Elektron hujjatning bir turi, o‘z ichiga ma’lumotlarning har xil turlariga ega elementlarni, masalan, matndan tashqari, jadvallarni, grafik materiallarni, foto, boshqa ilovalar (masalan, malumotlar bazasi, elektron jadval) ma’lumotlarini olishi mumkin. " Tarkibiy ishonch paketi|"Xavfsizlikning ishonch talablari bo‘lgan, (asosan, ASO klassi talablari) va ishonch shkalasida joylashgan ishonch paketi. " Tarkibiy shifr|"Ma’lumotlarni shifrlash va rasshifrovka qilishda ma’lum bir ketma-ketlikda foydalaniladigan bir nechta oddiyroq bo‘lgan shifrdan tuzilgan shifr. " Tarmoq|"Dasturdagi komandalar ketma-ketligida o‘zgarish bo‘ladigan yoki bo‘lishi mumkin bo‘lgan tarmoqlanish nuqtasi, ya’ni, bunda boshqaruv hozir ishlab turgan komandadan keyin turgan komandaga uzatilmaydi. " Tarmoq|"Texnik vositalar, ma’lumotlar, dasturlar tashkil qilish tuzilmasi. Graflar yordamida tavsiflanadi va tadqiq qilinadi. Qurilmalar o‘rtasidagi ulanishlar bo‘lib, foydalanuvchilarga ma’lumotlarni saqlash, ular bilan almashinish, ularga murojaat qilish imkonini yaratadi. Tarmoqqa asosan mikrokompyuterlar, minikompyuterlar, meyn-freymlar, terminallar, printerlar, fakslar, peyjerlar va turli ma’lumot saqlaydigan qurilmalar ulanadi. " Tarmoq adapteri|"Kompyuterlarni lokal hisoblash tarmog‘i bilan bog‘lash uchun mo‘ljallangan, kengaytirish platasi ko‘rinishidagi uskuna. " Tarmoq administratori|"Kompyuter tarmog‘ining ishlay olishi uchun, ishchi stansiyalar qo‘shilishi, foydalanuvchilarni mualliflashtirish, fayllarni arxivlash va tiklash protseduralari hamda ko‘plab boshqa funksiyalar uchun javob beradigan shaxs. " Tarmoq analizatori|"1. Signallarning asosiy xarakteristikalarini o‘lchash, aloqa kanallari sifatini baholash (xato kadrlar protsenti va sh.k. ko‘rinishida), tarmoq monitoringi funksiyasini amalga oshirish va trafikning statistik tahlilini o‘tkazish imkonini beradigan, keng maqsadlardagi diagnostika vositasi. 2. Tarmoq trafigini «eshitishni» va trafikdan avtomatik ravishda foydalanuvchilar nomlarining, parollar, kredit kartochkalar raqamlarining va boshqa shunga o‘xshash axborotning ajratib olinishini amalga oshiradigan dasturlar. " Tarmoq arxitekturasi|"1. Tarmoqning o‘tkazish qobiliyatini va boshqa xarakteristikalarini belgilovchi tarmoq elementlari (uzellari, marshrutizatorlari, kommutatorlari va b.lar), ma’lumotlarni almashish protseduralari va protokollari, xabarlar formatlari, tarmoq ichi va tarmoqlararo interfeyslar, tarmoqni boshqarish prinsiplari majmui. 2. Mantiqiy tuzilma va hisoblash tarmog‘ining ishlash prinsiplari. Izoh – Hisoblash tarmog‘ining ishlash prinsiplari o‘z ichiga xizmatlar, funksiyalar, protokollarga taalluqli prinsiplarni oladi. " Tarmoq boshqaruv tizimi|"Tarmoqni boshqarish va nazorat qilishning apparat va dasturiy vositalari majmui, tarmoqni boshqaradigan kompyuterda joylashtirilgan dasturdan; tarmoq abo-nentlarining kompyuterlarida joylashtirilgan apparat va dasturiy agentlardan iborat. Tarmoqlarni boshqarishning umumqabul qilingan protokoli – SNMP (Simple Network Management Protokol – oddiy tarmoqni boshqarish protokoli) mavjud, bu protokol hatto turli xil abonentlar bo‘lgan tarmoqni ham boshqarish imkonini beradi. Tarmoqni boshqarishning asosiy funksiyalari: tarmoqni skanlash va SNMP protokoli bo‘lgan qurilmalar mavjudligini aniqlash; tarmoq holatini aniqlash, portlar darajasida abonentlarni masofadan diagnostika qilish, parol bo‘yicha foydalanishga cheklashlar belgilash, 7/0I tarmoq jurnalini yuritish va boshqalar, ya’ni tarmoq administratorini ma’lumotlarni boshqarish uchun barcha zarur narsalar bilan ta’minlash. " Tarmoq brandmaueri|"Ikki yoki bir nechta tarmoq o‘rtasida himoya to‘sig‘i (tarmoqlararo ekran)ni vujudga keltiruvchi apparat-dasturiy kompleks. Muhofaza qilinadigan tarmoqqa tashqaridan ruxsatsiz kira olishni bartaraf etish hamda kirayotgan va chiqayotgan maʼlumotlarni nazorat qilish uchun mo‘ljallangan. Brandmauer muhofaza qilinadigan tarmoq chegarasida o‘rnatiladi, uning mavjudligi tarmoq uzellari uchun sezilmasligi kerak. " Tarmoq dasturiy ta’minoti|"Kompyuterlarning hisoblash tarmog‘ida ishlashini ta’minlaydigan dasturiy ta’minot. " Tarmoq fayl tizimi|"UDP transport protokoliga asoslangan, fayl tizimidan erkin foydalana olish uchun mo‘ljallangan protokollar to‘plami. NFS UNIX, PC (Windows asosida) va Macintosh mashinalarida (ya’ni, turli operatsion tizimlarda ishlaydigan kompyuterlarda) alohida kompyuterda fayllarning ko‘p sonli nusxalarini saqlamasdan, ulardan mahalliy tarmoqda birgalikda foydalanish imkonini beradi. " Tarmoq foydalanuvchisi identifikatori|"Paketlarni kommutatsiyalash xizmati tomonidan foydalanuvchini identifikatsiya qilish uchun ishlatiladigan noyob kod. " Tarmoq grid-hisoblashlari|"Atama global, regional va muassasa kompyuter tarmoqlari arxitekturasiga tegishli, berilgan onda bo‘sh tarmoq resurslaridan alohida olingan kompyuter uchun juda murakkab bo‘lgan vazifalarni hal etishda foydalanilishini ko‘zda tutadi va maxsus dasturiy ta’minotni talab qiladi. " (Tarmoq) hujumlarini aniqlash tizimi|"Kompyuter tizimlariga qilinadigan hujumlarni aniqlashda ishlatiladigan turli apparat va dasturiy vositalar (ba’zi hollarda dasturiy ta’minot turkumi sifatida qaraladi). " Tarmoq identifikatori|"Belgilangan oqim qaysi tarmoqqa (provayderga/eshittiruvchiga) tegishliligini aniqlaydi. " Tarmoq identifikatori|"Bitta lokal tarmoqda joylashgan kompyuterlar va qurilmalar guruhini identifikatsiya qiladigan IP-manzilning bir qismi. " (Tarmoq) kataloglaridan erkin foydalanish osonlashtirilgan protokol|"University of Washington tomonidan ishlab chiqilgan, Netscape va yana 40 ta firma tomonidan qo‘llab-quvvatlangan, Internet orqali aloqa o‘rnatmagan holda uning kataloglariga murojaat qilish uchun mo‘ljallangan sanoat standarti. X.5 standartlariga kiruvchi DAP protokoliga yo‘naltirilgan soddalashtirilgan versiyaga ega. " Tarmoq kompyuteri|"Terminal sifatida global yoki korporativ tarmoqlarda ishlash uchun mo‘ljallangan kompyuter. An’anaviy shaxsiy kompyuterlardan tarmoqqa ulash uchun mo‘ljallangan o‘rnatiladigan vositalar va qattiq diskning bo‘lmasligi bilan farqlanadi. Tarmoq kompyuterini IBM, Apple, Sun kabi mashhur firmalar kiradigan konsorsium ishlab chiqadi. Tarmoq kompyuterlari asosan uyda qo‘llash uchun yaratiladi, Internet tarmog‘i standartlariga asoslanadi. " Tarmoq magistrali|"Global tarmoqning tarmoq segmentlarini yagona tizimga birlashtiradigan yuqori tezlikli liniya yoki kommunikatsiya tizimining bir nechta liniyasi. " Tarmoq magistrali bilan ulash porti|"Kompyuterlarni kommunikatsiya tarmog‘i liniyalariga ulash uchun mo‘ljallangan qurilma. " Tarmoq manzili|"Jo‘natuvchi/oluvchi manzilining standart atributi. " Tarmoq ma’lumotlar bazasi|"Elementlari o‘zaro ixtiyoriy ravishda bog‘langan ma’lumotlar bazasi. Nazariy jihatdan har bir element bazaning istalgan boshqa bir elementi bilan bog‘langan bo‘lishi mumkin. Graf yordamida tavsiflanadi. " Tarmoq niqobi|"Internet-manzilning tarmoqqa, kichik tarmoqqa va yetakchi uzelga taalluqli qismlarga ajralishini aniqlaydigan 32-bitli shablon. " Tarmoq operatori|"Tarmoqning ekspluatatsiya qilinishini amalga oshiruvchi va uning ishga layoqatli holatini saqlab turuvchi kompaniya. Tarmoq operatori bir vaqtning o‘zida xizmatlar ta’minotchisi ham bo‘lishi mumkin. " Tarmoq operatsion tizimi|"Tarmoqning ishini ta’minlaydigan operatsion tizim. Asosiy funksiyalari: xabarlar uzatilishini boshqarish, ma’lumotlarni ruxsatsiz foydalanishdan himoyalash, kataloglarni boshqarish, elektron pochta. Lokal tarmoqlarda Novell firmasining NetWare tarmoq operatsion tizimidan keng foydalaniladi. " Tarmoq printeri|"Lokal hisoblash tarmog‘ida ko‘plab foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan, bittа yoki bir nechta tarmoq interfeysiga ega, yuqori tezlikda ishlaydigan printer. " Tarmoq protokoli|"Aloqaning o‘ziga xos turiga qaratilgan qoidalar to‘plami. Turli protokollar ko‘p hollarda bir turdagi aloqaning turli taraflarinigina tavsiflaydi; birgalikda ular protokollar stekini hosil qiladi. «Protokol» va «protokollar steki» nomlari protokol yaratiluvchi dasturiy ta’minotni xam ko‘rsatadi. Internetga yangi protokollar IETF, boshqa protokollar esa – IEEE yoki ISO tomonidan belgilanadi. ITU-T telekomunikatsiya protokollari va formatlari bilan shug‘ullanadi. OSI modeli tarmoq protokollarini tasniflash tizimining eng ko‘p tarqalgan turi hisoblanadi. " Tarmoq provayderi|"Abonentlik punkti va bevosita tarmoq abonentlariga tarmoq xizmatlarini ko‘rsatuvchi vakolatli tashkilot. " Tarmoq qismiga kira olish protokoli|"Tarmoqlarda IEEE 802.2, LLC va boshqa protokollardan foydalanib, multipleksorlashni ta’minlaydigan mexanizm bo‘lib, u 8 bitli maydonlarga ajratilishi mumkin. " Tarmoq resurslari|"Tarmoq abonentlari foydalanishlari mumkin bo‘lgan ma’lumotlar bazalari, dasturlar, alohida qurilmalar (masalan, printer, diskli to‘plagichlar). " Tarmoq samaradorligi|"Tarmoqning ma’lumotlar uzatish tezligini, ishonchliligini va b.q.larni ko‘rsatadigan xarakteristikalar majmui. " Tarmoq sathi|"Axborot oqimlarini manzillsh va marshrutlashni ta’minlaydigan OSI tarmoq modelining uchinchi sathi. Tarmoq sathida tarmoq xizmatlari tomonidan protokollarni tanish, paketlarni identifikatsiyalash, shuningdek, mobillikni boshqarish bilan bog‘liq funksiyalar amalga oshiriladi. " Tarmoq segmenti|"Bitta marshrutlovchi qurilma (kommutator, marshrutizator) ga ulangan va bitta fizik protokol bo‘yicha ishlaydigan tarmoq uzellari. " Tarmoq serveriga kira olish nuqtasi|"Tarmoq xizmatidan transport qatlamida erkin foydalanish mumkin bo‘ladigan nuqta; NSAP OSI ning tarmoq manzillari orqali ishlaydi. " Tarmoq serverlari|"Oddiy abonent tizimi kabi ishlash imkoniyatiga ega umumiy foydalanishning tarmoq resurslarini taqsimlashni boshqarish funksiyasini bajaradigan apparat-dasturiy tizim. " Tarmoq skaneri|"Hujumlardan potensial yaxshi muhofazalanmagan dasturlar va kompyuterlarni topish maqsadida, tarmoq to‘g‘risida axborot to‘plovchi dastur. " Tarmoq tahdidlariga qarshi harakat|"Tarmoq infratuzilmasini jinoyatkorlarning hujumlaridan muhofaza qilish uchun mo‘ljallangan xavfsizlik choralari kompleksi. " Tarmoq tayanch kiritish-chiqarish tizimi interfeysi|"IBM RС va mos keladigan tizimlar uchun taklif qilingan standart tarmoq interfeysi – olisdagi kompyuterning kiritish/chiqarish bo‘yicha so‘-rovlarini yuborish va qabul qilish imkonini beradigan dasturlash interfeysi. Tarmoqning texnik qismini dasturlardan yashiradi. " Tarmoq tizimining arxitekturasi|"Korporativ tizimlar uchun mo‘ljallangan kompyuter tarmog‘i arxitekturasi. " Tarmoq trakti|"Kirishi va chiqishida traktni shakllantirish apparaturasi ulangan namunaviy guruhli trakt yoki bir nechta ketma-ket bog‘langan namunaviy guruhli traktlar. " Tarmoq uzelining interfeysi|"Tarmoqlar yoki tarmoq uzellari o‘rtasidagi standart tutashish. " Tarmoq va Internet ulanishlar|"Windows XPdan boshlab Windows operatsion tizimi boshqaruv panelining qismi. Internet bilan ulanish usuli va lokal tarmoq parametrlarini sozlashga yordam beradi. " Tarmoq xavfsizligi|"Axborot tarmog‘ini ruxsat etilmagan tarzda foydalanishdan, normal ishlashga tasodifiy yoki qasddan bo‘ladigan aralashuvlardan, uning komponentlarini buzishga urinishlardan saqlovchi chora-tadbirlar. Axborot tarmog‘ining xavfsizligi uskuna, dasturiy ta’minot, ma’lumot va personalning muhofazasini o‘z ichiga oladi. " Tarmoq xavfsizligini tahlil qiluvchi administrator vositalari|"Tarmoq xostlari to‘g‘risida ma’lumotlarni yig‘ish, testlash va hisobotlar tuzish uchun mo‘ljallangan vositalar tizimi. Qulay HTML-interfeysida bajarilgan. U dastlabki eng qulay portlar skaneridir. " Tarmoq xizmatining zaifligi|"Tegishli dasturiy ta’minot nuqsoni, undan foydalanish hisobiga quyidagilarni amalga oshirish mumkin: buferning to‘lib ketishi, DoS-hujumlardan bo‘sh himoyalanganlik, xizmatning xato konfiguratsiyasi, kuchsiz parolli himoya, foydalanuvchining imtiyozlarini oshirish imkoniyati, SQL-inyeksiya, kod in’eksiyasi, skriptlarni saytlararo bajarish. " Tarmoq xizmatlari markazi|"Transport darajasida tarmoq xizmatiga murojaat qilish mumkin bo‘ladigan nuqta. " Tarmoq xizmatlarini yetkazib beruvchi|"Axborot xizmatlarini va kompyuter tarmoqlariga ulanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadigan yuridik shaxs. " Tarmoq yuklamasi|"Tarmoqqa ulangan barcha axborot manbalari vaqt birligida generatsiyalaydigan trafikning jami hajmi. " Tarmoq (yuklanganligidan) foydalanish koeffitsiyenti|"Tarmoqning foydalanish xarakteristikalarini belgilaydi va uning arxitekturasini optimallashtirish uchun ishlatiladi, tarmoq bo‘ylab uzatiladigan trafik uning maksimal o‘tkazish qobiliyatiga bo‘lgan nisbatiga teng. " Tarmoq choki|"Maʼlumotlarni qayta ishlash tizimidan beruxsat foydalanish usuli. Tarmoq choki foydalanishga ruxsat olish uchun payqash va foydalanish yo‘llarini taʼqib qilish tizimini chetlab o‘tib, turli aloqa tarmoqlaridan foydalanishga asoslanadi. " Tarmoqdagi kolliziya|"Bir nechta tizim bir vaqtning o‘zida tarmoqning bitta uchastkasiga axborotni uzatish uchun murojaat qilgan vaqtdagi holat. " Tarmoqdan erkin foydalanishni himoyalash|"Foydalanishni cheklovchi va tarmoq xavfsizligini ta’minlovchi protseduralar va sozlashlar. Simsiz tarmoqlar uchun ahamiyatli. " Tarmoqdan foydalana olish nuqtasi|"Tarmoq operatori foydalanuvchiga xizmatlarni ko‘rsatadigan nuqta, ya’ni ekspluatatsiya qilish sharoitlarida operator javobgarligi va foydalanuvchi javobgarligini ajratish nuqtasi. " Tarmoqdan foydalanish|"Tarmoqdagi trafik o‘lchovi. Tarmoqning o‘tkazish polosasi kattaligiga nisbatan foizlarda ifodalanadi. Tarmoqning mavjud imkoniyatlaridan foydalanish samaradorligini tavsiflaydi. " Tarmoqlagich|"1. Energiyaning bir qismini bir liniyadan boshqasiga yoki bir nechta tarmoqlangan liniyalarga tarmoqlash uchun mo‘ljallangan taqsimlash tarmog‘i elementi. 2. Radiosignal (opik signal) energiyasining bir qismini bitta yoki bir nechta yo‘nalishlarga tarmoqlanishini ta’minlaydigan liniya tarmoq elementi. " Tarmoqlangan aralash yuqori chastotalar|"Rang quyi eltuvchisi modulyatori yoki demodulyatorini aylanib o‘tuvchi, aralash yuqori chastotalar signali. " Tarmoqlangan bog‘lanish|"Bir nechta optik toladan keladigan signallarni umumiy optik-tolali trakt orqali, umumiy guruh signaliga birlashtirilayotgan signallarning barcha komponentlarini o‘z ichiga oladigan tarzda o‘tkazish hisobiga aralashtirish. " Tarmoqlangan monoxrom signal|"Ranglilik signali modulyatori yoki demodulyatorini chetlab uzatiladigan monoxrom signal. " Tarmoqlangan so‘nish|"Radiosignalning kirish va taqsimlagichning har bir chiqishlari o‘rtasida so‘nishi. " Tarmoqlangan tizim; daraxtsimon tizim|"Bitta yoki bir nechta liniyaga ega kabel taqsimlash tizimi, ulardan turli nuqtalarda abonent liniyalari tarmoqlanadi. " Tarmoqlanish|"Algoritmlarni tuzishda foydalaniladigan uchta asosiy tuzilmadan biri. Sharoitga bog‘liq holda, algoritm turli tarmoqlarini bajarish imkonini beradi. Ba’zi manbalarda bu tuzilma tanlash deb ataladi. Tarmoqlanishga yuqori daraja dasturlash tillaridagi if… then… else; case… of kabi komandalar kiradi. " Tarmoqlararo almashuv protokoli|"Internet protokollari to‘plamidan tarmoq sathi protokoli. " Tarmoqlararo aloqa liniyasi|"Ikkita lokal tarmoq bog‘lamalarini birlashtiruvchi aloqa liniyasi. Uzatish uchun mos keladigan almashinuv protokollaridan foydalaniladi. " Tarmoqlararo birikish|"1. Formatlar o‘zgarishi mumkin bo‘lgan holda, bir xil qurilmalar o‘rtasidagi birikish. 2. Telefon liniyalarining parallellashtirilishi. " Tarmoqlararo ekran administratori|"Tarmoqlararo ekranning kuzatib borilishi yuzasidan javobgar shaxs. " Tarmoqlararo ekran, brandmauer|"Tizimga kelib tushadigan va/yoki tizimdan chiqib ketadigan axborotning nazorat qilinishini amalga oshiradigan lokal (bir komponentli) yoki funksional taqsimlangan dasturiy (dasturiy-apparat) vosita (kompleks). Izohlar 1. Tarmoqlararo ekran axborotni filtrlash, ya’ni mezonlar majmui bo‘yicha tahlil qilish va uni berilgan qoidalar asosida tizimga (tizimdan) tarqatish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish yordamida tizim muhofaza qilinishini ta’minlaydi, shu yo‘l bilan subyektning bir tizimdan turib boshqa tizim obyektidan foydalanishini chegaralash amalga oshiriladi. 2. Trafikdan bitta tarmoqni muhofaza qiladigan ikkita tarmoqning tutashgan joyida o‘rnatiladigan, boshqa tarmoqda aylanadigan va tashqaridan hujumlarning oldini olish uchun xizmat qiladigan muhofaza qilish vositasi. " Tarmoqlararo hamkorlikning tayanch mexanizmi|"Hisoblash operatsiyalarini modellashtiradigan hisoblash signallari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muvofiqlikda boʻlgan xizmat primitivlari toʻplami. " Tarmoqlararo interfeys|"Boshqa tarmoq uzellari bilan o‘zaro aloqa qilish uchun mo‘ljallangan interfeys. " Tarmoqlararo texnologiyalar|"Kommunikatsiya tarmog‘i orqali marshrutlarni o‘tkazishning turli protokollaridan foydalanish uslubiyatlari. Bitta tarmoqda tarmoq pog‘onasidagi turli protokollar ishlashini taʼminlash zaruriyati «asinxron uzatish usulidan foydalanuvchi ko‘p protokollar», yaʼni MPAO deb nomlangan texnologiyaning yaratilishiga olib keldi. Mazkur texnologiya tezkor tarmoqlarda samarali ishlovchi asinxron uzatish usuliga asoslangan. " Tarmoqlararo ulanishlar (kanal)|"Foydalanuvchilar o‘rtasida axborotni uzatish va qabul qilishni ta’minlovchi turli telekommunikatsiyalar operatorlarining telekommunikatsiyalar tarmoqlari o‘rtasidagi texnologik o‘zaro hamkorligi. " Tarmoqlararo o‘zaro ishlash|"Umymiy vazifalarni bajarish maqsadida texnologik birlashtirilgan tarmoqlarning birgalikda ishlashi. Izoh – Bajariladigan vazifalarga bog‘liq holda, o‘zaro ishlash texnologik, iqtisodiy va huquqiy bo‘lishi mumkin. " Tarmoqlararo chaqiruv|"Mobil abonent bilan umumiy foydalanish tarmog‘i o‘rtasida amalga oshiriladigan chaqiruv. Izoh − Agar chaqiruvning tashabbuskori mobil stansiya bo‘lsa, chaqiruv mobil aloqa tizimida autentifikatsion tekshiruvdan o‘tadi va qayd etiladi. Agar mobil abonentga shahar telefon raqami berilgan bo‘lsa, aloqa odatdagi telefon chaqiruvi kabi amalga oshiriladi. " Tarmoqlarni loyihalash bo‘yicha sertifikatga ega mutaxassis|"Cisco Systems korporatsiyasi mahsulotlari bo‘yicha sertifikatlangan o‘qitish tizimida o‘zlashtiriladigan unvonlardan biri . " Tarmoqni boshqarish bloki|"Redirektor tomonidan qayta yo‘naltirilgan SMB (Server Message Block) so‘rovlarini o‘z ichiga oladigan va tarmoq orqali uzoqdagi qurilmaga jo‘natiladigan tuzilma. " Tarmoqni boshqarish platformasi|"Tarmoq va unga kiruvchi tizimlarni boshqarishga mo‘ljallangan dasturlar kompleksi. Platforma bilan ishlash uchun administratorga abonent tizimlari (konsollar)dan biri yoki bir nechtasi taqdim qilinadi. Odatda platforma SNMP protokoli asosida yaratiladi. Platforma qurilmalar ishi va kabellar holatining nazorati, ishchi protseduralar nazorati, tarmoq ishining boshqa aspektlari nazorati kabilarni ta’minlaydi. " Tarmoqni boshqarish oddiy protokoli|"Turli xil lokal hisoblash tarmoqlarining ishlash qobiliyatini aniqlash protokollaridan biri. Lokal hisoblash tarmog‘i administratoriga tarmoqning uzoqda joylashgan uzellari ishini nazorat qilish imkonini beradi. RFC 1157da standart sifatida belgilangan. " Tarmoqni rejalashtirish axborot xizmati|"Tizimga/tarmoqqa kirishlarni va parollar sozlanishini soddalashtirgan holda, TCP/IP tarmoq bo‘yicha foydalanuvchilarning byudjetlari markazlashtirilgan tarzda boshqarilishini amalga oshirish imkonini beradigan xizmat. " Tarmoqni tashkil etish; tarmoq hosil qilish|"Marshrutizatorlar, kommutatorlar va turli xil aloqa liniyalari (kabelli, radioreleli, yo‘ldoshli va boshqalar) yordamida abonent stansiyalari va aloqa uzellarini tarmoqqa birlashtirish. " Tarmoqning ishonchliligi|"Tarmoqning, berilgan rejimlarda va foydalanish hamda texnik xizmat ko‘rsatish sharoitlarida, talab qilinadigan funksiyalarni bajarish qobiliyatini tavsiflovchi barcha parametrlar qiymatlarini belgilangan chegarada vaqt bo‘yicha saqlash xususiyati. " Tarmoqning o‘ta yuklanishi|"Ma’lumotlar uzatish tarmoqlarida kuzatiladigan hodisa. Tarmoq bog‘lanishi yoki uzeli orqali uzatiladigan ma’lumotlarning katta hajmda bo‘lishi, xizmatlar sifati darajasining pasayishiga olib kelishida ifodalanadi. Izoh − Tarmoqning o‘ta yuklanishi uzatishda kechikishlarga, ma’lumotlar paketlari yo‘qolishiga yoki yangi bog‘lanishlar blokirovka qilinishiga olib keladi. " Tarmoqqa ulanishlar|"Lokal tarmoqda tarmoq resurslari va funksiyalariga murojaat qilish uchun qo‘llaniladigan komponent. «Tarmoq ulanishlari» papkasi tarmoq ulanishlarini yaratish, sozlash, saqlash va nazorat qilish imkonini beradi. " «Tarmoq-Tarmoq» interfeysi|"ATM kommutatorlarining o‘zaro ishlashini aniqlaydigan tarmoqlararo interfeys. " Taroqsimon filtr|"Almashinib keladigan bir nechta o‘tkazish va tutib turish polosasiga ega bo‘lgan elektr chastota filtri. " Tarqalish|"Shifrlash jarayoni, bunda ochiq matnning har qanday belgisini yoki kalitni o‘zgartirish shifrmatn belgilarining ko‘plab soniga ta’sir ko‘rsatadi, bu esa ochiq matnning statistik xususiyatlarini berkitadi. " Tarqalish koeffitsiyenti|"Toʻlqinlarning tarqalish (uning susayishi va tarqalish tezligi) xususiyatini aniqlovchi koeffitsiyent. " Tarqalishdagi so‘nish|"Signal quvvatining, uning uzatgichdan qabul qilgichgacha tarqalishiga ko‘ra, pasayishi. Izoh ‒ Tarqalish trassasiga va signal-chastota spektri, qutblanish, quvvat parametrlariga bog‘liq. " Tarqatilmagan pochta, kuryerlik jo‘natmalari, pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalari|"Belgilangan muddat davomida, ayrim sabablarga ko‘ra, adresatga yoki jo‘natuvchiga yetkazib berilmagan (topshirilmagan) pochta, kuryerlik jo‘natmalari, pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalari. " Tarqatish karraliligi|"Tarqoq qabul qilishda foydalaniladigan turli radiosignallarning soni. " Tarqoq kanallar kogerentligi|"Amaliyotda muhim bo‘lgan, qabul nuqtasiga turli yoʻllar bilan keladigan aynan bir signal nusxalarining o‘zaro bog‘langanlik darajasini aniqlovchi shart. " Tarqoq kanalli xendover|"Kanallarni ohista qayta ulash protsedurasi, bunda chastotalarni almashtirish vaqtida mobil stansiya bilan aloqa kamida ikki kanal bo‘yicha saqlab turiladi. Bu aloqa sifati eng yaxshi bo‘lgan signalni tanlab olish va kanallarni qayta ulashda ehtimoli bo‘lgan kechikishni bartaraf etish imkonini beradi. " Tarqoq qabul zonasi|"Bir nechta aloqa yo‘nalishidan, masalan bir nechta tayanch stansiyadan bir vaqtda signallar qabul qilinadigan zona. " Tartib|"Biror bir vazifaning ishlash tartibi. Uni ishga tushirish parametrlariga qarab vazifalarning ishlash tartibi o‘zgarishi mumkin. " Tartibga solish|"Axborotni muhofaza qilish usuli. Muhofaza qilinayotgan axborotni avtomatlashtirilgan qayta ishlash, uni saqlash va uzatishning shunday sharoitlari yaratiladiki, natijada axborotdan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olish imkoniyatlari minimumga keltiriladi. " Tartiblash|"Chiqarib tashlangan protsedura (usul) parametrlarini ularni tarmoqda ketma-ket oqim ko‘rinishida uzatish uchun o‘zgartirish mexanizmi. " Tasdiqlamoq|"Yetarlilikni mustaqil aniqlash bilan nimanidir batafsil ko‘rilganligini bildirish. Izoh – Detallashtirishning talab etilayotgan darajasi qarab chiqiladigan predmet turiga bog‘liq bo‘ladi. Bu atama faqat baholovchining harakatida qo‘llaniladi. " Tasdiqlash|"Xabar jo‘natuvchiga xabar yetkazilganligi to‘g‘risida tasdiqni so‘rash va uni olish imkonini beradigan funksiya. " Tasdiqlash grifi|"Hujjat mazmuniga normativ yoki huquqiy xarakter beradigan rasmiy hujjat rekviziti. " Tasdiqlovchi markaz|"1. Himoyalangan hujjat aylanishining boshqa bir qatnashchilar ochiq kalitlari sertifikatlarini chiqarishga ixtisoslashgan qatnashchisi. 2. Elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlarini chiqaradigan tashkilot yoki tashkilotning bo‘linmasi. " Tasnif indeksi|"Biror bir tasnif tizimida bo‘linishlarning raqamli yoki harf-raqamli ramzlardagi shartli belgisi. " Tasniflagich|"Har biriga muvofiqlikda noyob kod berilgan nomlangan obyektlarning tizimlashtirilgan ro‘yxati. " Tasniflash|"Ko‘plab obyektlarda yoki ularni turkumlar o‘rtasida «jins-tur», «element-turkum», «butun-qism» va sh.k. munosabatlarni o‘rnatish orqali turkumlarga ajratish imkonini beradigan hodisalarga munosabatlarni joriy qilish. " Tasodifiy foydalana olish|"Foydalana olish usuli, bunda bir nechta stansiya paketlarni bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan vaqt onlarida uzatgan holda, umumiy aloqa kanali orqali bog‘lanish o‘rnatishga urinadi. Agar, uzatishda to‘qnashuv yuz bersa, qayta urinish tasodifiy tanlangan vaqt intervali orqali amalga oshiriladi. " Tasvir elementi|"Tasvirning eng kichik detali, uning ichida yorqinlik va rang yot hisoblanadi, ya’ni element ichida yorqinlik va rangning bir tekis emasligini ko‘z bilan ajratib bo‘lmaydi. " Tasvir-tovush kesishuvchi buzilishi|"Tovush jo‘rligidagi signalning tasvir radiosignali yoki televizion videosignal keltirib chiqaradigan buzilishi. " Tasodifiy parollar generatori|"Parollar sifatida foydalaniladigan tasodifiy sonlar generatorini o‘zida ifodalaydigan dasturiy-apparat vosita. " Tasodifiy son|"1. Psevdotasodifiy sonlar generatori yordamida shakllanadigan va autentifikatsiya qilishda, shifrlashda, yaxlitlikni tekshirishda foydalaniladigan kod. 2. Sonlarning ma’lum to‘plamidagi har bir son bir xil ehtimollik bilan tanlab olinishi mumkin bo‘lgan, ushbu sonlar to‘plamidan tanlab olingan son. " Tasodifiy sonlar generatori|"1. Tasodifiy sonlar ishlab chiqadigan qurilma yoki dastur. Haqiqatda tasodifiy sonlarni olish juda qiyin, amalda natijada doim psevdotasodifiy sonlar paydo bo‘ladi. 2. Berilgan ehtimoliy va algebraik xarakteristikalar bilan tasodifiy vektorlar (qiymatlar, sonlar)ni hosil qilish (ishlab chiqish) algoritmi. " Tasodifiy tahdidlar|"Qasddan qilingan niyat bilan bog‘liq bo‘lmagan tahdidlar. Masalan, tizim ishlashining buzilishi, qo‘pol ekspluatatsion xatolar va dasturiy ta’minotdagi xatolar. " Tasodifiy xato|"Tasodifiy tarzda olingan qiymat bilan biror bir formula yoki qoida asosida hisoblangan qiymat orasidagi farq. " Tasvir|"Grafik ma’lumotlarni chiqarish qurilmalari (printer, displey, proyektor va b.q) orqali taqdim etish. " Tasvir buferi|"Tasvirning bir kadri (ikkita yarim kadri) to‘g‘risidagi axborotni saqlay oladigan qurilma. Bu kompyuter xotirasidagi, tasvirni qayta ishlash paytida tasvir joylashgan zonadir. " Tasvir buzilishlari|"Ekranda ko‘rinuvchi tasvirning texnologiyaning nomukammalligi, geomagnit, elektr va boshqa maydonlarning ta’siri oqibatida yuzaga keladigan geometrik, chiziqli bo‘lmagan va koordinata buzilishlari farqlanadi. Natijaviy signal shaklining boshlang‘ich signaldan, sanab o‘tilgan omillar tufayli og‘ishi buzilishlar paydo bo‘lishiga olib keladi. " Tasvir chetlaridagi yorug‘lik|"Tasvirning chetlarida paydo bo‘ladigan beixtiyoriy qo‘shimcha nurlanish. " Tasvir eltuvchisi|"Videosignal orqali modulyatsiyalangan eltuvchi. " Tasvir fayli|"Grafik axborotni mavjud formatlardan birida o‘z ichiga olgan fayl. " Tasvir formati|"Tasvir tomonlarining nisbatini ko‘rsatadi. U standart televideniye uchun 4:3, keng ekranli televideniye uchun 16:9 ni tashkil etadi. Katta kinoteatrlarda, shuningdek, 21:9 nisbatdagi keng formatli varianti ham mavjud. " Tasvir o‘lchamlarini avtomatik o‘rnatish|"Turli videorejimlarda, tasvirning doimiy o‘lchamini saqlash monitor orqali qo‘llab-quvvatlanganda, tasvir o‘lchamlarini avtomatik tarzda aniq o‘rnatish. Tasvir o‘lchamlarini avtomatik tarzda o‘rnatish rejimi oldindan dasturlanishi yoki foydalanuvchi tomonidan belgilanishi mumkin. " Tasvir radiosignali|"1. To‘liq videosignal yoki to‘liq rangli videosignal bilan modulyatsiyalangan tasvir eltuvchi signal. 2. To‘liq videosignal tasvirining eltuvchisini modulyatsiyalashdan olinadigan radiochastota signali. " Tasvir radiouzatgichi|"Televizion dasturning vizual mazmunini tashuvchi radiochastota signallarini hosil qilishda foydalaniladigan televizion radioeshittirish uzatgichining qismi. " Tasvir shaklining koeffitsiyenti (kadr formati)|"Tasvir (kadr) enining uning balandligiga nisbati. " Tasvir signali liniyaviy kuchaytirgichining chiqishi|"Tasvir signali liniyaviy kuchaytirgichining chiqish qisqichlari radioreleli uzatgich, tasvir uzatgich yoki tarmoqni ta’minlovchi studiya uskunasi va liniyaning ulanish joyi hisoblanadi. " Tasvir signalining qutbliligi|"Signalning sahna (manzara) ning qorong‘i uchastkasini ifodalaydigan qismi potensialining, signalning yorug‘ maydonini ifodalaydigan qismi potensialiga nisbatan belgisi. Qutblilik «musbat qora» yoki «manfiy qora» so‘zlari orqali belgilanadi. " Tasvir signallari|"Televideniye va fototelegrafiyada tasvirning yoyilishidan olinadigan kuchlanish (yoki tok). Tasvir signallari satr bo‘ylab tasvir elementlarining yorqinligi (rangliligi) to‘g‘risidagi axborotni tashiydi. " Tasvir uzatgich|"Faqat tasvir signallarini uzatish uchun mo‘ljallangan radiouskuna. Standart chiqish signalini olish uchun talab etiladigan radiochastotaviy zanjirlar va modulyatsion uskuna. " Tasvir uzatgich quvvati|"Standart televizion signalni uzatish paytidagi cho‘qqi chiquvchi quvvat. " (Tasvir) sinxronizatsiya(si) dagi uzilish|"Barcha tasvirning maydon yoki satr sinxronizatsiyasi buzilishi tufayli uzlukli yoki doimiy yo‘qolishi. Izoh ‒ Taalluqli atama «sinxronizatsiyani yo‘qotish». " Tasvirda soxta konturlarning paydo bo‘lishi|"Nomaqbul effekt signalni qayta ishlash jarayonida, signal darajalarini kvantlash yetarlicha bo‘lmagan raqamli tizimlarda kuzatiladi, ya’ni, bu – yorqinlik yoki ranglilik kvantlash shkalasining dag‘allashish effektidir. " Tasvirdan so‘ng|"Tasvir almashinuvida kuzatiladigan, oldingi tasvirning ijobiy yoki salbiy qoldig‘i yangi tasvirga tushadigan, effekt. " Tasvirlarni aniqlash|"Funksional blok yordamida tasvirni, uni tashkil etadigan obyektlarni, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini va fazoviy o‘zaro munosabatlarini idrok etish va tahlil qilish. " Tasvirlarni masshtablash|"Tasvir o‘lchamini proporsiyalarni saqlagan holda o‘zgartirish. Masshtablash deganda tasvir o‘lchamini kattalashtirish ham, kichraytirish ham tushuniladi. Grafika turiga qarab (rastrli, vektorli), masshtablash turli algoritmlar asosida bajariladi. Vektorli grafikada masshtablash tasvir sifatining yomonlashishiga olib kelmaydi, rastrli grafikada esa tasvir sifati yomonlashadi. " Tasvirlarni mikshirlash|"Ikkita kameradan chiquvchi signallarni ustma-ust tushirish yo‘li bilan va signallar yig‘indisini oq rang sathidan oshirmasdan, ular qiymatini ohista rostlash tasvirni asta-sekin almashtirish. " Tasvirlarni qayta ishlash|"Vizual axborotni qayta ishlash bilan bog‘liq jarayon (masshtabni o‘zgartirish, konturlarni ajratish, tasvirning ko‘rinadigan va ko‘rinmas qismlarini aniqlash va sh.k.lar). " (Tasvirni) diskret-kosinus o‘zgartirish, DKO‘|"Raqamli tasvirning sanoqlar blokidagi ortiqchalikni identifikatsiya qilish uchun koeffitsiyentlar to‘plamini shakllantirishni ta’minlovchi tasvirni spektral o‘zgartirish. " (Tasvirni kodlashdagi) taxminlash|"Kadrning fazo va vaqt bo‘yicha qo‘shni elementlarini taqdim etuvchi signal qiymatlaridan kelib chiqib, kadr elementini ifodalaydigan signal qiymatini baholash jarayoni. " Tasvirni markazlashtirish|"Tasvirni gorizontal va vertikal yo‘nalishlarda ekranda to‘g‘ri joylashtirish maqsadida siljitish. " Tasvirni qayta tiklash|"Videoaxborot tashuvchi elektr signallarni tasvirni kuzatish uchun qulay bo‘lgan, ko‘rinadigan tasvirga aylantirish. " (Tasvirni) siqish; (tasvirni) kengaytirish|"Tasvirni gorizontal yoki vertikal yo‘nalishda cho‘zish yoki siqish yo‘li bilan ataylab buzish. " Tasvirni yoyish|"Tasvirni tahlil yoki sintez qilishda yoyuvchi elementning berilgan davriy qonun bo‘yicha siljishi. " Tasvirning bitligi|"Qar.: Rang teranligi. " Tasvirning gorizontal bo‘yicha aniqligi|"Guruh aniqligi shtrixli o‘lcham bilan baholanadigan mayda oq-qora detallarni qayta tiklash sifati. " Tasvirning granulyar shovqini|"Signal shaklining past-balandligi bilan bog‘liq shovqin. " Tasvirning nochiziqli buzilishlari|"Yoyish tezligi doimiy bo‘lmasligi keltirib chiqaradigan, uzatish obyekti normalangan o‘lchamining uni satrlar bo‘ylab yoki satrlarga ko‘ndalang ravishda ko‘chirish vaqtidagi o‘zgarishida ko‘rinadigan koordinata buzilishlari. " Tasvirning televizion tahlili|"Obyekt tasvirining rangi yoki yorqinligini vaqtda hamda fazoda elektr signallarga izchil o‘zgartirish jarayoni. " Tasvirning vertikal bo‘yicha aniqligi|"Satr oralatib yoyish sifatini sinov elementlaridagi qiya oq liniyalarning tiklanishini baholash orqali bilvosita baholash. " Tasvirning vertikal bo‘yicha nominal aniqligi|"Rastrning diskret tuzilmasi va Z ga teng bo‘lgan tasvir ajralish satrlari soni orqali aniqlanadigan kattalik. " Tasvirning yagona formati|"Amerika va Yevropa standartlari uchun yuqori aniqlikdagi televideniye signallari parametrlarining ba’zi umumiy qiymatlarini belgilaydigan XEI-R BT.709 Tavsiyalarida qabul qilingan format. " Tavsiflash sxemasi|"MPEG-7 da kontentni, deskriptor va tavsiflash sxemalari o‘rtasidagi bog‘lanishlar tuzilmasi hamda semantikasini belgilaydigan tavsiflash vositasi. " Taxallus|"1. Ismlar fazosining muqobil nomi, ya’ni tez-tez takrorlashda foydalanish qulay bo‘lgan qisqartma ism. Taxallus mavjud ism bilan mos tushmasligi kerak. Ismlarning mos tushishi aniqlanganda, kompilyator taxallusni boshqasiga almashtirishni taklif qiladi. 2. Kimgadir yoki nimagadir havola qilish uchun foydalaniladigan ism, jumladan, foydalanuvchi tizimga ma’lum bo‘lgan ismlar va elektron manzillar majmui. " Taxminiy ishonch darajasi|"Berilgan ishonch shkalasida ma’lum joyni band etib va ishonch paketini tashkil etadigan, xavfsizlikning ishonch talablari majmui. " Taxminlangan qiymat|"Taxminlash yordamida olingan signal qiymati. " Taxminlash|"Signalning joriy sanoq qiymatini bitta yoki bir nechta undan oldin keladigan sanoq asosida baholash. " Taxminlash bilan adaptiv kodlash vektori|"Axborot uzatishning eng past guruhiy tezliklarida foydalanish uchun dastlab kiritilgan nutq signalini kodlash uchun ishlab chiqilgan algoritm. " Taxminlash bilan kodlash|"Taxminlashdan foydalanib manbani kodlash usuli. " Tayanch bevosita foydalana olish usuli|"Yozuv fayl ichidagi yozuv raqami bilan yoki qurilmadagi fizik manzil bilan identifikatsiya qilinadigan quyi sath foydalana olish usuli. " Tayanch dizayn|"Tizimni ishlab chiqishda barcha mafaatdor tomonlar bilan kelishilgan, tizim dizayni. " Tayanch etalon model|"Ochiq tizimlar o‘zaro bog‘liqligining umumiy prinsiplarini ifodalaydigan va OSI standartlarini ishlab chiqish uchun asos bo‘lib hisoblangan model. " Tayanch foydalana olish usuli|"Dastlabki shaxsiy kompyuterlarda foydalanilgan yuqori daraja protsedura tili. " Tayanch ketma-ket foydalana olish usuli|"Fizik fayl yozuvlarini ketma-ket qayta ishlash imkonini beradigan quyi darajali foydalana olish usuli. Tayanch kiritish/chiqarish tizimi parametrlarining bloki rus. - блок параметров базовой системы ввода/вывода ing. - basik input/output system parameter block Tizim diskining yuklash sektoridagi, bu diskning tuzilmasini tavsiflaydigan jadval. " Tayanch kiritish-chiqarish manzili|"Kiritiladigan-chiqariladigan ma’lumotlarning boshlang‘ich manzili. " Tayanch kiritish-chiqarish tizimi|"Shaxsiy kompyuterlarda ishga tushirish vaqtida qurilmalarni tekshirish, operatsion tizimni yuklash hamda qurilmalar o‘rtasidagi ma’lumot almashinuvini ta’minlash uchun kerak bo‘lgan asosiy dasturiy ta’minot. Tayanch kiritish-chiqarish tizimi doimiy xotira qurilmasida bo‘lgan dasturni o‘zida aks ettiradi. " Tayanch kompyuter|"Axborot tizimida ko‘p sonli chekka-tashqi (chegara) qurilmlari (diskli to‘plovchi, printerlar va boshqalar) bilan ulanadigan katta quvvatli kompyuter. Undan korporativ pog‘onada ko‘p masalali muhitda foydalaniladi. Tayanch kompyuter yuqori tezlik bilan ishlaydi, nisbatan katta tezkor xotiraga ega va yechilayotgan masalalarning keng doirasini qamrab oladi. Tayanch kompyuter kommunikatsiya tarmog‘i orqali o‘zining resurslarini ko‘p sonli foydalanuvchilarga taqdim qiladi va maʼlumolarni qayta ishlashda asosiy oqimlarni o‘z zimmasiga oladi. " Tayanch liniya funksiyalarini hisoblash|"Muayyan vaqt onida funksionallik sifatida olingan, ilova funksiyalari nuqtalarining soni. " Tayanch manzil|"1. Hisoblash mashinasining absolyut manzilini hisoblash uchun boshlang‘ich kattalik sifatida foydalaniladigan manzil. 2. Periferik qurilmalardan foydalanish amalga oshiriladigan portlarning qo‘shni manzillari guruhidan eng kichigi. " Tayanch muhofaza choralari|"Bitta tizim yoki butun tashkilot uchun o‘rnatilgan xavfsizlik choralarining minimal to‘plami. " Tayanch nuqta|"Dasturiy ta’minotni rejalashtirishning, loyiha hayotiy siklining asosiy o‘tishi yuz beradigan bosqichi. " Tayanch oq rang|"Asosiy ranglarni matritsalashda olinadigan, ushbu o‘rab turuvchi yoritishda oqning taassurotini beradigan muayyan rang omili. Izoh ‒ Rangli televideniyeda tayanch oq rang uskunani sozlashda ishlatiladi. " Tayanch platforma|"Instrumental dasturlar tizimiga ega bo‘lgan, ishlab chiqilgan dasturlardan foydalanish va qo‘llab-quvvatlash imkoniyatini ta’minlaydigan bazaviy kompyuter. " Tayanch qiymatini tanlash|"Kirish parametrining, tayanch tanlovni testlashda foydalaniladigan, parametr uchun tipik bo‘lgan qiymat asosida tanlanadigan qiymat. " Tayanch radiostansiya|"Mobil stansiyalar o‘rtasida aloqani tashkil etish uchun bitta yoki bir nechta retranslyatori bo‘lgan qabul qiluvchi-uzatuvchi stansiya. " (Tayanch) rang chaqnashi|"Ranglilik signali quyi eltuvchisi chastotasiga ega sinusoidal to‘lqinning bir nechta davridan iborat bo‘lgan to‘liq rangli signalning bir qismi, u ranglilik signalini demodulyatsiyalashda etalon vazifasini bajaradi. " Tayanch registr|"Tayanch manzilni va unga nisbatan manzillashni saqlash uchun foydalaniladigan registr. " Tayanch retranslyator|"O‘ziga biriktirilgan abonentlar guruhi foydalana oladigan retranslyator. Izoh − Uning yordamida abonentlar ayni paytda band bo‘lmagan retranslyatorlar mavjudligi to‘g‘risida bilib oladilar, agar tayanch retranslyator band bo‘lsa, abonentga boshqa, ayni vaqtda bo‘sh bo‘lgan retranslyator taqdim etiladi. " Tayanch sahifa|"Elektron hisoblash mashinalarining ba’zi arxitekturalarida – tezkor xotiraning birinchi sahifasi. " Tayanch signallar generatori|"Tizim ayrim elementlarining ishini sinxronlash uchun foydalaniladigan qurilma. Ishlab chiqariladigan impulslar doimiy takrorlanish chastotasiga, davomiylik va amplitudaga ega bo‘ladi, ularning vaqt bo‘yicha holati esa, yuqori aniqlikdagi vaqt shkalasiga bog‘langan. " Tayanch sinovlar|"Normal ish rejimi sifatida qarash taxmin qilinadigan rejimda ishlaganda, tarmoqning samaradorligi bilan bog‘liq xarakteristikalarini aniqlash va hujjatlashtirish jarayoni. Bu xarakteristikalar o‘z ichiga xatolarning paydo bo‘lish chastotasi va ma’lumotlar uzatish tezligi, shuningdek, eng faol foydalanuvchilar va ular tomonidan ishlatiladigan ilovalar to‘g‘risidagi ma’lumotni olishi mumkin. " Tayanch stansiya|"1. Quruqlikdagi ko‘chma xizmatning quruqlikdagi stansiyasi. 2. Cheklangan geografik zonada mobil abonentlar bilan aloqa o‘rnatish uchun foydalaniladigan bir kanalli yoki ko‘p kanalli statsionar qabul qiluvchi-uzatuvchi stansiya. «Tayanch stansiya» atamasi tranking aloqa tizimini qoplash zonasiga, uyaga, uya ichidagi sektorga yoki uyalar guruhiga tegishli bo‘lishi mumkin. " Tayanch stansiya kontrolleri|"Uyali yoki tranking aloqa tarmog‘ining, u bir nechta qabul qiluvchi-uzatuvchi tayanch stansiya ishini boshqaradigan elementi. " Tayanch stansiya uskunasi|"Mobil stansiyalar va mobil aloqa kommutatsiya markazi kommutatsiya markazi o‘rtasida interfeysni ta’minlovchi va o‘z tarkibiga tayanch stansiya kontrollyori, bir nechta qabul qiluvchi-uzatuvchi tayanch stansiyani va radioresurslarni boshqarish qurilmasini oluvchi uskuna. " Tayanch tarmoq|"Global tarmoqning tarmoq segmentlarini yagona tizimga birlashtiruvchi yuqori tezlikdagi liniya yoki bir nechta liniyalar (10 Base5, optik-tola), Atama kommunikatsiya tarmog‘ini, foydalana olish qurilmalari o‘rtasida o‘tkazuvchi tarmoq trafigini ta’riflashda ishlatiladi. Magistralning o‘tkazish qobiliyati odatda sekundiga yuz va ming megabitdan oshadi. " Tayanch tur|"Obyektga (o‘zgaruvchiga, yozuv maydoni funksiyasiga, konstantaga, massivga va sh.k.larga) ochiq yoki ochiq bo‘lmagan holda beriladigan tavsif. " Tayanch to‘plam|"Multiko‘plikni yaratish uchun foydalaniladigan obyektlar to‘plami. " Tayanch yacheyka|"Elektron jadvallarda ‒ yacheykalar diapazonining boshlanishi sifatida chiqadigan qayd etilgan yacheyka. " Tayanch yer stansiyasi|"Quruqlikdagi ko‘chma yo‘ldoshli xizmatga fiderli liniyani ta’minlash uchun, quruqlikdagi ma’lum zona chegarasida yoki ma’lum punktda joylashgan muqim yo‘ldoshli xizmatning yoki ba’zi hollarda, quruqlikdagi ko‘chma yo‘ldoshli xizmatning Yer stansiyasi. " Tayanch chastota generatori|"Ishchi chastotalar to‘rini tuzishda asos sifatida foydalaniladigan tayanch tebranishlar hosil qiluvchi generator. Izoh − Amaliyotda, etalon chastotalar generatorlarining seziyli, rubidiyli va kvarsli turidan foydalaniladi. " Tayinlangan abonent chaqiruvini tutib qolish|"Abonentga, boshqa abonentning kiruvchi chaqiruviga, tegishli prefiks va chaqiriluvchi abonent raqamini terish yordamida, javob berish imkonini beradigan xizmat. " Tayinlangan manzil|"Maʼlumotlarni oluvchi qurilmaning tarmoq manzili. 2. Ma’lumotlar nusхa ko‘chiriladigan, yuboriladigan yoki suriladigan yozuv, fayl, katalog yoki qurilma. " Tayinlash, o‘zlashtirish|"Ayrim o‘zgaruvchiga yangi, tashqi qiymatni berish yoki taqqoslash. Dasturlashda bu maxsus operator yordamida bajariladi. " Taym-aut|"Aniq bir faoliyatning ma’lum bajarilish vaqtini tavsiflovchi tushuncha. Masalan, veb-texnologiyalarda sessiyaning yashash vaqti tushunchasini beradi. " Taym-kod|"Videotasvir kadrlarini aniq markalashning elektron usuli. Har bir kadrga soat, minut, sekund va kadrlarda ifodalangan raqam beriladi. " Taym-slot|"Istalgan vaqt bo‘yicha interval siklik va noyob tarzda aniqlangan va belgilangan bo‘lishi mumkin. Izoh – Vaqt bo‘yicha ajratish bilan multipleks uzatish hollarida har bir alohida signalga alohida taym-slot tayinlanadi. " Taymer|"Videoapparat yoki boshqa radioelektron apparatni vaqtinchalik dasturlash qurilmasi. Apparatni berilgan vaqtda avtomatik yoqish, uning ma’lum bir funksiyalari (yozish, qayta eshittirish va sh.k.lar)ni boshqarish va berilgan vaqt oralig‘idan keyin apparatni o‘chirish uchun mo‘ljallangan. " Taymer bo‘yicha uzilishlar|"Qurilmalar va operatsion tizimning boshqa zarur muntazam harakatlarining so‘rovi uchun mo‘ljallangan vaqtning ma’lum kvanti orqali vaqti-vaqti bilan uzilishlari. " Tayyor jarayonlarning navbati|"Asosiy xotirada mavjud bo‘lgan va bajarish uchun tayyor bo‘lgan barcha jarayonlarning to‘plamini o‘z ichiga oladigan navbat. " Tayyorlik|"Tizim, mahsulot yoki komponentning ishlay olish qobiliyati va foydalana olishlilik darajasi. " Tayyorlik darajasi yuqori tizim|"Ishlamay qolishlarga chidamli kompyuter tizimi. Unda ishlamay qolish yuz bergan holda, bir necha minut ichida ishlash qobiliyatining avtomatik tarzda tiklanishi va maʼlumotlar bazasi yaxlitligining saqlanishi kafolatlanadi. " Tashimoq va tashlamoq|"«Sichqoncha» yordamida amalga oshiriladigan operatsiya. Biron-bir obyektni «sichqoncha» bilan ushlab, uning chap tugmasini qo‘yib yubormagan holda amalga oshiriladi. Odatda fayllardan nusxa ko‘chirishda yoki ochilgan dasturning ichidagi faylni ochishda qo‘llaniladi. " Tashish (uzatish)|"Turli punktlar o‘rtasida axborot uzatishning funksional jarayoni. " Tashkiliy-farmoyish hujjati|"Ma’muriy va tashkiliy masalalarni, shuningdek, hukumat organlari, muassasalar, korxonalar, tashkilotlar, ularning bo‘linmalari va mansabdor shaxslarining faoliyatini boshqarish, o‘zaro hamkorlik qilish, ta’minlash va tartibga solish masalalarini hal qilish vazifalari qayd etiladigan hujjat turi. " Tashkiliy-huquqiy shakl|"Mamlakat qonunlari va boshqa huquqiy normalari bilan ko‘zda tutilgan, korxona, kompaniya, korporatsiyalar tuzilmasi barpo etilishining turi va usuli. Izoh – Tashkiliy-huquqiy tuzilma mulkchilik shakliga, egalarining javobgarlik darajasiga, korxona ko‘lamiga, kapitalini shakllantirish yo‘llariga, kompaniya tarkibiy qismlarining birlashish va teng huquq asosida bo‘ysunish xususiyatiga bog‘liq. " Tashkiliy rahbarlik|"Tashkilot o‘zining operatsion va strategik harakatlarini yo‘naltirishiga, nazorat qilishiga, shuningdek, qatnashchilarning qonuniy huquqlariga, talablari va kutishlariga munosabatini bildiradigan jarayon. Tashkiliy rahbarlik lavozim vazifalarini, xulq-atvor qoidalarini belgilaydi. Shuningdek, tashkilotlar tomonidan qo‘yilgan strategik maqsadlarga erishish uchun qo‘llaniladigan hujjatlarni ishlab chiqadi. " Tashkilotning xavfsizlik siyosati|"Tashkilotdagi xavfsizlik bo‘yicha qoidalar, protseduralar yoki tavsiyalar majmui. Izoh – Siyosat muayyan ishlash muhitiga taalluqli bo‘ladi. " Tashlab yuborilgan paket|"Qabul qilish tomonda axborotning ishonchlilik ko‘rsatgichi past bo‘lganda yoki yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan darajada uzoq kechikkanda tashlab yuboriladigan paket. Bunday vaziyat tarmoq o‘ta yuklanish ostida bo‘lganda, paketni adresatga yetkazib berish vaqti aloqa protokoli bilan belgilanadigan chegaradan oshganda vujudga keladi. " Tashlash|"Registr yoki hisoblagichni boshlang‘ich holatga o‘rnatish; boshlang‘ich holatga qaytish. Tizimning joriy holatdan, boshlang‘ich, nol bo‘lmagan holatga o‘tishi. " Tashqariga uzatiladigan ma’lumotlar protokoli|"Geterogen tarkibli muhitlar uchun taqsimlangan dasturlarni ishlab chiqishni osonlashtiradigan protokol bo‘lib, platformalarning apparat xususiyatlarini hisobga olishni o‘z zimmasiga oladi. " Tashqi antenna|"Ochiq havoda ekspluatatsiya qilish shartlarini qanoatlantiruvchi antenna. " Tashqi belgi|"Dasturning boshqa protsedurasida (modulida) aniqlangan belgi. " Tashqi blok|"Uskunaning foydalanuvchi binosidan tashqariga o‘rnatiladigan va atrof-muhit haroratida ekspluatatsiya qilinadigan qismi. Masalan – VSAT stansiyalarida tashqi blok kam shovqinli kuchaytirgich va qabulqilgich-uzatgichdan iborat bo‘ladi. Antenna-fider traktidagi yo‘qotishlarni kamaytirish maqsadida kam shovqinli kuchaytirgich bevosita nurlagichga o‘rnatiladi, qabulqilgich-uzatgich esa, antenna konstruksiyasining elementlariga joylashtiriladi. " Tashqi bostirib kirish usullari|"Tashqi muhitda ta’sir manbaini topish o‘ziga xos xususiyati hisoblanadigan, qo‘yilgan maqsadlarga erishish usullari majmui. Izoh – Tashqi bostirib kirishlarda quyidagi usullardan foydalanilishi mumkin: liniyaga (aktiv yoki passiv) ulanish; nurlanishni tutib olish; tizim vakolatli foydalanuvchisi yoki uning komponentlari ostida niqoblanish; autentifikatsiya yoki kira olishni boshqarish mexanizmlarini chetlab o‘tish. " Tashqi fotoeffekt|"Elektronlarning nurlanish ta’sirida vakuumda yoki boshqa muhitda qattiq jismlar (metallar, yarimo‘tkazgichlar, dielektriklar) dan uchib chiqishi. " Tashqi fragmentatsiya|"Tizimda katta bo‘sh xotira mavjud bo‘lgan, lekin u uzluksiz deb hisoblanmagan holat. " Tashqi giperishorat|"Aktiv veb-sayt qismi bo‘lmagan sahifa yoki faylga ko‘rsatuvchi giperishorat. " Tashqi havola|"Dasturdan boshqa bir dasturiy modulda bo‘lgan identifikatorga qilinadigan havola. Tashqi havolalar mexanizmidan modullarni alohida kompilyatsiyalashda foydalaniladi. " Tashqi himoya|"Armaturalangan simdan yoki metall tasmadan tayyorlangan, kabel qobig‘ini qoplovchi materialning tashqi qatlami. Tashqi himoya rodentlar (kemiruvchilar), ko‘chadigan toshlar kabi tashqi ta’sirlardan qo‘shimcha mexanik himoyalash talab qilingan hollarda qo‘llaniladi. " Tashqi (ikkilamchi) xotira|"Katta hajmdagi barqaror (saqlanadigan) xotiraning funksionalligini ta’minlovchi asosiy xotirani kengaytirish. " Tashqi kalit|"Relyatsion maʼlumotlar bazasi nazariyasining tushunchasi. Boshqa jadvalning birlamchi kalitni saqlashga mo‘ljallangan jadvalning maydoni. Ushbu tashqi kalit ikkita jadval o‘rtasida aloqani o‘rnatish uchun kiritiladi. " Tashqi koder (dekoder)|"Kaskadli kodlashda kanalga nisbatan tashqi koder (dekoder). " Tashqi krossover uchun kirish|"Faqat tashqi quyi chastotalar filtri bilan sozlangan past amplitudali signalga yoki maxsus past chastotali kanalni kommutatsiyalash uchun mo‘ljallangan kirish. " Tashqi ko‘rinish (bezash) va mavzular|"MS Windows operatsion tizimi boshqaruv panelining qismi bo‘lib, foydalanuvchi interfeysi ranglari va grafikasini uning xohishiga ko‘ra moslash imkonini beradi. " Tashqi magistral|"Kampus kichik tizimining bir qismi hisoblanadigan, bir binoni boshqasi bilan bog‘lovchi magistral telekommunikatsiya kabeli (kabellari). " Tashqi marshrutlash protokoli|"Internet yadrosidagi ikki darajali tarmoq shlyuzlaridan foydalaniladigan marshrutlash protokoli. " Tashqi qurilma|"Kompyuterning markaziy protsessori bilan bevosita ishlamaydigan qurilma. " Tashqi qurilmalar shinasi|"33 MGz chastotada ishlash uchun mo‘ljallangan 32 razryadli tizim shinasi. " Tashqi raqamli klaviatura|"Shaxsiy kompyuter standart klaviaturasi o‘ng qismidagi klavishlar bloki. Num Lock klavishi ishga tushirilganda sonli ma’lumotlarni tez kiritish uchun mo‘ljallangan. " Tashqi saralash|"Tashqi xotira qurilmalarining xotirasidan foydalanib bajariladigan saralash. " Tashqi taqdim etish shakli|"Elektron hujjatni displey ekranida, qog‘oz eltuvchida yoki boshqa shunga o‘xshash eltuvchida vizual anglash uchun tushunarli yoki inson idrok etishi uchun yaroqli shaklda qayta tiklash. " Tashqi uskuna|"1. Muayyan markaziy protsessorga nisbatan protsessor va foydalanuvchi o‘rtasida maʼlumotlar uzatilishini taʼminlaydigan har qanday qurilma. 2.Kompyuter tashqi qurilmalari kompleksi. " Tashqi uzilish|"Mikroprotsessorga nisbatan tashqi bo‘lgan qurilma yoki kontroller keltirib chiqaradigan apparat uzilish. " Tashqi xalaqit (hisoblash texnikasi vositasiga)|"Tashqi zanjirlarda va/yoki atrof-muhitda har qanday tashqi manba vujudga keltiradigan, hisoblash texnikasi vositasiga bo‘ladigan elektromagnit xalaqit. " Tashqi xotira|"Ma’lumotlarni saqlaydigan tashqi qurilma. " Tashqi xotira qurilmasi|"Kompyuter tizim blokidan tashqarida joylashgan qurilma. Protsessor faqat kiritish-chiqarish kanallari orqali foydalanishi mumkin bo‘lgan xotira. " Tashqi yo‘qotishlar|"Tolali ulanishlardagi, tola sifatiga bog‘liq bo‘lmagan, balki konnektor yoki mufta yordamida bajarilgan sifatsiz ulanish keltirib chiqaradigan yo‘qotishlarning bir qismi. " Tashrif buyuruvchi|"Tarmoqning muayyan resurslaridan foydalanuvchi shaxs. Baʼzi server (yoki sayt) egalari sahifalarda tashrif buyuruvchilar soni hisoblagichini joylashtiradi. " Tashrif buyurish|"Foydalanuvchining veb-sahifaga murojaat qilishi. Murojaatlar soni, reklamani joylashtirishda hisobga olinadigan sahifa ommabopligining (qancha odam kirayotganligining) ko‘rsatgichi bo‘lib xizmat qiladi. " Tashrif buyuruvchilar soni|"Muayyan vaqt birligi davomida (kun, oy va h.k.) veb-saytga (yoki uning maʼlum sahifasiga) tashrif buyurganlar soni. " Tashrif buyuruvchilar sonini ko‘paytirish|"Maxsus yaratiladigan (bir nechta) sayt, mazmunan hech qanday axborotga ega bo‘lmay asosan uchinchi saytga bo‘ladigan tashriflarni (ishoratlar indeksini) sunʼiy ravishda ko‘paytirishga yo‘naltirilgan. Qo‘lda yoki maxsus yaratiladigan dasturiy taʼminot vositasida avtomatik tarzda amalga oshiriladi. " Tashuvchi|"Ma’lumotlarni turli shaklda saqlaydigan yoki ularni o‘zi orqali uzatishga imkon beradigan axborot uzatish vositalari. Masalan: qattiq disklar, egiluvchan disklar, magnit tasmalar, kompakt disklar. " Ta’minlangan Internet dasturlari|"An’anaviy Desktop-dasturlarning o‘ziga xosligi va funksionalligini o‘zida namoyon qiluvchi veb-sahifa, dastur. RIA foydalanuvchi interfeysiga kerakli bo‘lgan jarayonlarni Web-Clientga o‘tkazishga asoslanadi, shu bilan birga barcha ma’lumotlar (ma’lumotlar oqimi)ni server dasturlari ko‘magida saqlaydi. " Taʼminlovchi kichik tizimlar|"Avtomatlashtirilgan boshqarish tizimining, asosiy funksional nimtizimlari moʻtadil faoliyatini taʼminlab beruvchi nimtizimlar guruhi. Ularga tashkiliy, iqtisodiy, matematik, axborot, texnik, huquqiy va boshqa taʼminotlar kiradi. " Ta’minot|"Faoliyatning qandaydir turlarini amalga oshirish uchun xizmat qiladigan usullar, vositalar to‘plami. Tizimning texnik ta’minoti – bu, tizimga kiradigan texnik vositalar to‘plamidir. Dasturiy ta’minot – dasturlar va ularni qo‘llash yuzasidan yo‘l-yo‘riqlar yig‘indisi. Tizim dasturiy ta’minoti – operatsion tizim va ma’lumotlar muhofaza qilinishini, ularni arxivlash va dearxivlashni amalga oshiradigan yordamchi dasturlar to‘plami, har xil testlar, ma’lumotlarni tiklash dasturlaridir. " Ta’minot shinasi|"Qurilmalarni kuchlanish manbaiga ulash uchun xizmat qiladigan ta’minot liniyasi. " Ta’mirga yaroqlilik|"1. Televizor (element) ning sozligini tiklashga bo‘lgan moslashuvchanligida, berilgan texnik resursni nosozliklar va ishlamay qolishlarning oldini olish, aniqlash hamda bartaraf etish orqali saqlab turishida ifodalanadigan xususiyati. 2. Tuzatib bo‘lmaydigan buyum (element) ning ta’mir yaroqliligi deganda, uning texnik holatini tekshirishga hamda qulay tarzda almashtirishga bo‘lgan moslashuvchanligi tushuniladi. " Ta’rif|"Biror atama yoki tushuncha to‘g‘risidagi kengaytirilgan axborot. " Ta’sir etish|"Tizim ishini buzishga urinish bilan, masalan, xalaqitlarni generatsiyalash yoki signalning «nozik tuzilmasini konfidensial axborot olish maqsadida tahlil qilish yo‘li bilan bog‘liq har qanday yomon niyatdagi harakat. " Ta’sir etuvchi tashqi omil|"Muhofaza qilinadigan axborotning buzib ko‘rsatilishiga, yo‘q qilinishiga yoki blokirovkalanishiga olib keluvchi, axborotga yoki uni tashuvchiga ko‘rsatiladigan tashqi ta’sir. " Ta’sirchan (kritik) axborot|"Ochilishi, o‘zgartirilishi, yo‘q qilinishi yoki yashirilishi kimgadir yohud nimagadir sezilarli ziyon yetkazishi mumkin bo‘lganligi uchun, vakolatlangan organ tomonidan muhofaza qilinishi zarur deb belgilangan axborot. " Ta’sirchanlik, kritiklik|"1. Axborotning, uning egasi tomonidan belgilanadigan va axborot muhofaza qilinishi zarurligini ko‘rsatadigan muhimlik darajasi. 2. Tarmoq resursining xarakteristikasi bo‘lib, uning muhimlik darajasini belgilaydi. Tarmoqning zaif tomonlarini ham ichiga olishi mumkin. " Ta’sirchansizlik (elektromagnit)|"Texnik vositaning elektromagnit xalaqit ta’siriga qarshi tura olish qobiliyati. " Teg|"HTML tilida ‒ hujjatning bo‘linishini, matnni formatlash usulini yoki boshqa operatsiyalarni belgilovchi maxsus simvol. «<» belgisi bilan boshlanib, «>» belgisi bilan yakunlanadi. Odatda HTML da teglardan juft holda foydalaniladi. Yopadigan teg ochadigan tegdan, chap burchakdagi qavsdan keyin keladigan qiya chiziq bo‘lishi bilan farq qiladi. " Tegishli o‘ramdagi bosma nashr|"O‘lchamlari, og‘irligi va o‘rash tartibi Pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish qoidalarida belgilangan, manzil tizimi bo‘yicha ekspeditsiya qilinadigan bosma nashrlar (gazetalar, jurnallar) joylangan pochta jo‘natmasining turi. " Tekis qoplamali uya|"Signalning yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan past darajali uchastkalari yoki soyali joylari yo‘q bo‘lgan uya. " Tekis tinishlar|"Qabul qilinadigan signalning barcha chastotaviy tashkil etuvchilari amplitudasi va boshlang‘ich faza siljishi taxminan bir xil (tasodifiy) o‘zgaradigan, ular o‘rtasidagi kechikish bo‘yicha farq esa 1/F dan kichik bo‘lgan tinishlar, bunda F – uzatiladigan signalning chastotalari farqi. " Tekislash|"Matn va/yoki grafik obyektlarni kolonka ichida va/yoki sahifa markaziga, chap va o‘ng chekkalariga nisbatan joylashtirish. Tekislash vertikal va gorizontal bo‘yicha, kolonkaning o‘ng yoki chap cheti, shuningdek, markaz bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. " Tekshirish maqsadida o‘qish|"Fayl yoki uning qismlarini, ma’lumotlar yaxlitligini tekshirish maqsadida o‘qish. Bunda fayl ichidagi o‘zgarmaydi. " Tekshirish oynasi|"Tuzilmalar, massivlar va ma’lumotlar elementlari qiymatlarini o‘zgartirish va tekshirish uchun foydalaniladigan oyna. " Tekshiruv|"Tarmoqdagi, tarmoqning muhofazalanganligiga u yoki bu darajada ta’sir etishi mumkin bo‘lgan barcha voqealarni kuzatib borish jarayoni, shuningdek, tranzaksiyalar qayta ishlanishi to‘g‘riligini tekshirish. Tekshiruv paytida fayllar va kataloglar yaratish va ularni yo‘q qilishga, shuningdek, ularga murojaat qilishga urinishlar, ayniqsa, diqqat bilan o‘rganiladi. Ushbu barcha voqealar to‘g‘risidagi yozuvlar mahsus muhofaza qilingan fayl-protokolda saqlanadi. Bu fayl-protokollar alohida vakolatlarga ega bo‘lgan foydalanuvchilar tomonidangina ko‘rib chiqilishi mumkin. " Tekshiruvchi simvollar|"Korreksiyalovchi koddagi xatolarni aniqlash va tuzatish uchun xizmat qiladigan ortiqcha simvollar. " Teksturani kodlash|"MPEG-4 da fraktal yoki tasvirni konturli – asoslangan kodlash (TKAK) deb nomlanadi-gan texnologiya elementi. Kontur bu figuraning chegaralarini tekislikda ifodalaydigan liniya. Tekstura – tasvir yuzasi tuzilmasini ifodalaydi. TKAK tasvirni tekstura qismi (tekstura bilan to‘ldirilgan qismlar) ni og‘ib o‘tuvchi konturlar kabi taqdim etadi. " «Telefaks» xizmatining xizmatlari|"Faksimil qurilmalar o‘rtasida hujjatlat (matnlar, grafik tasvirlar) uzatilishini ta’minlaydigan xizmatlar. " Telefon aloqa|"Abonentlar va/yoki operatorlar o‘rtasida berilgan chastotalar polosasi bilan nutqni ifodalaydigan signallarning masofaga uzatilishini taʼminlaydigan telekommunikatsiyalar turi. " Telefon aloqa ilovalarini dasturlash interfeysi|"Dasturlar tomonidan ma’lumotlarni, faks va ovozli xatlarni (HyperTerminal, Dial-up Networking, Phone Dialer va Windows NT ni boshqa komunikatsion amaliy qo‘llanmaliri kabi) uzatish uchun ishlatiladigan amaliy dasturlash interfeysi (API). " Telefon aloqa yo‘nalishining o‘tkazuvchanlik qobiliyati|"Telefon chaqiruvlarga belgilangan yo‘nalishda berilgan xizmat ko‘rsatish sifati bilan, telefon aloqa yo‘nalishida xizmat ko‘rsatilgan telefon yuklama jadalligi. " Telefon apparati|"Nutqni uzatish va qabul qilish uchun mo‘ljallangan oxirgi (terminal) abonent telefon qurilmasi. " Telefon avtojavob bergich|"Telefon aloqani taʼminlash maqsadida nutqli xabarlarning avtomatik ravishda yozilishini va qayta eshittirilishini taʼminlaydigan qurilma. " Telefon bandligining davomiyligi|"Telefon tarmog‘i liniyasi, kanali yoki kommutatsion aloqa asbobi bitta telefon chaqiruvga xizmat ko‘rsatish bilan band bo‘ladigan vaqt intervali. " Telefon bog‘lanishining davomiyligi|"Telefon chaqiruv kommutatsiya stansiyasiga yoki uzeliga kelgan paytdan telefon tarmog‘i liniyalari, kanallari va kommutatsion aloqa asboblari bo‘shaydigan va ular boshlang‘ich holatga qaytgungacha bo‘lgan vaqt intervali. " Telefon bog‘lanishning o‘rnatilish davomiyligi|"Telefon chaqiruv kommutatsiya stansiyasiga yoki uzeliga kelgan paytdan telefon tarmog‘i abonentiga chaqiruv signali yuborilgan paytgacha bo‘lgan vaqt intervali. " Telefon-kompyuter|"Radiotelefon va shaxsiy kompyuter imkoniyatlari bo‘lgan qurilma. Uyali telefon, Pentium protsessori, sensorli ekran, modem va amaliy dasturlarni o‘zida ifodalaydigan sanoat mahsulotlari mavjud. " Telefon qaroqchisi (telefon tarmoqlarini buzuvchi)|"Xaker malakasiga ega professional aloqachi bo‘lgan firibgar. Telefon tarmoqlariga ulanish va ularning resurslaridan tegishli to‘lovlarsiz foydalanish imkonini beradigan elektron qurilmalarni yaratadi. " Telefon stansiyasi|"Abonentlarni telefon aloqasi bilan taʼminlash uchun mo‘ljallangan kommutatsiya stansiyasi. " Telefon so‘zlashuvining davomiyligi|"Chaqirilayotgan abonentning javob signali olingan paytdan, otboy signali olingan paytgacha bo‘lgan vaqt intervali. " Telefon so‘zlashuvlar qiymatini vaqtbay hisobga olish apparaturasi|"Telekommunikatsiyalar xizmatlarini tariflashtirish maqsadida, chaqirayotgan abonent oxirgi (terminal) abonent telefon qurilmasining kategoriyasi va raqamini aniqlash uchun mo‘ljallangan qurilma. " Telefon tarmog‘i abonentiga qo‘shimcha xizmat turini ko‘rsatish|"Telefon aloqadan foydalanishda kengaytirilgan imkoniyatlarni taʼminlash maqsadida, telefon tarmog‘i abonentining buyurtmasi bo‘yicha taqdim etiladigan, telefon tarmog‘i abonentiga xizmat ko‘rsatish turi. " Telefon tarmog‘ining ajratilgan signalizatsiya kanali|"Kommutatsiya stansiyalari bilan telefon tarmog‘ining kommutatsiya uzellari o‘rtasida telekommunikatsiya signallarini almashish uchun foydalaniladigan individual (so‘zlashuv kanalidan alohida bo‘lgan) kanal. " Telefon tarmog‘ining bog‘lovchi liniyasi|"Telefon tarmog‘ining, telefon stansiyalari va uzellarini o‘zaro hamda podstansiyani mahalliy telefon tarmog‘ining tayanch stansiyasi bilan bog‘laydigan liniyasi. " Telefon tarmog‘ining signalizatsiya tizimi|"Avtomatik kommutatsiya qurilmalarining normal ishlashini, shuningdek, yarim avtomatik aloqada operatorga, avtomatik aloqada abonentga zarur va yetarlicha axborotni taʼminlaydigan, telekommunikatsiya signallari hamda ularni almashish algoritmlarining majmui. " Telefon tarmog‘ining umumiy signalizatsiya kanali|"Telefon tarmog‘ining, kommutatsiya stansiyalari va telefon tarmog‘ining kommutatsiya uzellari o‘rtasida signallar almashinishda foydalaniladigan guruhli ajratilgan signalizatsiya kanali. " Telefon trafik (telefon yuklamasi)|"Vaqt intervali ichida telefon tarmog‘i liniyalari, kanallari yoki kommutatsion aloqa asboblari guruhi telefon bandligining jami vaqti. " Telefon yuklama intensivligi|"Vaqt birligi, odatda, bir soat ichidagi telefon trafik. Telefon yuklama intensivligini o‘lchash birligi erlang hisoblanadi. Bir erlang bir soat ichidagi bir bandlik soatini o‘zida ifodalaydi. " Telefon yuklama manbai|"Oxirgi (terminal) abonent telefon qurilmasi, telefon tarmog‘i kanali yoki liniyasi, yoki kommutatsion aloqa asbobi. Trafik ulardan telefon tarmog‘iga yoki uning alohida qismlariga keladi. " Telefon zichligi|"100 ta yashovchiga to‘g‘ri keladigan telefon apparatlari soni. Telefon zichligi foizlarda o‘lchanadi " Telefon chaqiruvi|"Oxirgi (terminal) abonent telefon qurilmasidan telefon stansiyasiga kelib tushgan, bog‘lanishni o‘rnatishga bo‘lgan telefon talabnoma. " Telefon chaqiruvlar oqimlariga xizmat ko‘rsatish intizomi|"Kommutatsiya stansiyasidan keladigan telefon chaqiruvlar oqimi o‘zaro bog‘lanish algoritmining xarakteristikasi, telefon chaqiruvlarga xizmat ko‘rsatish usuli va tartibini ichiga oladi. " Telefon chaqiruvlarga xizmat ko‘rsatish sifati|"Axborotni taqsimlash tizimining xususiyati, telefon yo‘qotishlar va telefon chaqiruvlariga xizmat ko‘rsatilishini kutishni ehtimoliy baholashlar majmui orqali aniqlanadi. " Telekommunikatsiya infratuzilmasi|"Telekommunikatsiyalar tizimi barcha tarkibiy qismlarining yordamchi quyi tizimlar va abonent uskunasi bilan birgalikdagi majmui. " Telekommunikatsiya liniyasi (telekommunikatsiya kanali)|"Ma’lumotlarni uzatish uchun foydalaniladigan istalgan fizik muhit, masalan, telefon simi yoki radioto‘lqinlar. " Telekommunikatsiya operatorining xizmat doirasi|"Telekommunikatsiya operatori o‘z aloqa xizmatlarini ko‘rsatadigan hudud. " Telekommunikatsiya transport tarmog‘i|"Tarmoq uzellari va/yoki tarmoq stansiyalari va ularni birlashtiruvchi aloqa liniyalari negizida tashkil etilgan, namunaviy fizik zanjirlar, namunaviy uzatish kanallari va tarmoq traktlarining majmui. " Telekommunikatsiya vositalari|"Elektromagnit yoki optik signallarni hosil qilish, uzatish, qabul qilish, qayta ishlash, kommutatsiya qilish hamda ularni boshqarish imkonini beruvchi texnik qurilmalar, asbob-uskunalar, inshootlar va tizimlar. (qonun). " Telekommunikatsiya shkafi|"Telekommunikatsiya uskunasi, kabel va krosslarni ulash nuqtalarini o‘rnatish uchun mo‘ljallangan berk bo‘shliq. Shkaf magistral va gorizontal kabel tizimlarining krossi joylashgan er hisoblanadi. " Telekommunikatsiyalar inshooti|"Telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalarining ishlashi hamda ulardan foydalanishni ta’minlovchi binolar, qurilmalar, telekommunikatsiyalar liniyalari, moslamalar, tayanchlar, machtalar va boshqa inshootlar. " Telekommunikatsiyalar kanali|"Kommutatsiya stansiyalari va uzellari yordamida ketma-ket ulangan kommutatsiya tarmog‘i kanallari va liniyalaridan tashkil topgan, abonent oxirgi (terminal) qurilmalari (terminallari) uning uchlariga ulanganda xabarning manbadan oluvchiga (oluvchilarga) uzatilishini taʼminlaydigan telekommunikatsiyalar signallarining o‘tish yo‘li. " Telekommunikatsiyalar makroiqtisodiyoti|"Iqtisodiyot sohasi. U mamlakatda telekommunikatsiyalar rivojini statistik qonuniyat asosida jamiyatning iqtisodiy darajasi bilan o‘zaro bog‘liqlikda belgilaydi. " Telekommunikatsiyalar mikroiqtisodiyoti|"Ayrim telekommunikatsiya subyektlari, masalan, telekommunikatsiyalar operatori, aloqa tashkillashtiruvchisi faoliyati bilan bog‘liq iqtisodiyot sohasi. " Telekommunikatsiyalar operatori|"Mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida telekommunikatsiyalar tarmog‘iga ega bo‘lgan, uning ishlashi, rivojlanishini ta’minlovchi va telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs. " Telekommunikatsiyalar tarmog‘i|"1. O‘zbekiston Respublikasi hududida barcha yuridik shaxslarga yagona xizmat ko‘rsatish prinsiplari ularni taqdim qilish tartibi asosida telekommunikatsiyalar xizmatlarini ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan tar-moq. 2. Telefon, telegraf, faksimil kabi uzatishlarning bir yoki bitta necha turini, ma’lumotlar va hujjatli xabarlarning boshqa turlari uzatilishini, televizion va radioeshittirish dasturlari traslyatsiyasini ta’minlaydigan telekommunikatsiyalar vositalari majmui. " Telekommunikatsiyalar tarmog‘i abonenti|"Telekommunikatsiyalar operatori bilan muayyan turdagi aloqa xizmatlari ko‘rsatilishi yuzasidan shartnoma munosabatlariga ega bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxs. " Telekommunikatsiyalar tarmog‘ining axborot xavfsizligi|"Telekommunikatsiyalar tarmog‘ining, buzg‘unchilarning tarmoq obyektlariga, ularda aylanadigan ma’lumotlarga va tarmoqni boshqarish axborotiga, ular bilan tanishish, buzib ko‘rsatish, yo‘q qilish maqsadida bo‘ladigan muayyan (berilgan) ko‘plab tasodifiy va ataylab qilinadigan ta’sirlaridan (xavfsizlikka tahdidlaridan) yoki uzatish jarayonida telekommunikasiyalar tarmog‘ining ishlash jarayonlarini izdan chiqarish uchun blokirovka qilishdan muhofaza qilinganlik holati. " Telekommunikatsiyalar tarmog‘ining texnologik xavfsizligi|"Telekommunikatsiyalar tarmog‘i apparat-dasturiy ta’minotining, qo‘poruvchilik turidagi jinoyatkorona nuqsonlarga, ya’ni ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng yoki komanda bo‘yicha nomaqbul oqibatlarga olib keluvchi harakatni amalga oshirishga qodir vositalarga ega bo‘lmaslik xususiyati. " Telekommunikatsiyalar tarmog‘ining to‘xtovsiz ishlashi|"Telekommunikatsiyalar tarmog‘ining uzluksiz ishchi holatini biror vaqt davomida yoki biror ishini saqlab qolish xususiyati. " Telekommunikatsiyalar tarmoqlarining o‘zaro bog‘liqligi|"Tarmoqlarning o‘zaro hamkorligi bo‘lib, bunda birgalikda ishlaydigan tarmoqlarning abonentlari o‘rtasida aloqaning maʼlum turi taʼminlanadi. " Telekommunikatsiyalar tashkiloti|"Mulkchilik turidan qatʼiy nazar, telekommunikatsiya xizmatlarini jismoniy va yuridik shaxslarga o‘zining asosiy faoliyat turi sifatida taqdim qiladigan yuridik shaxs. " Telekommunikatsiyalar tizimi (tarmog‘i) ning ishonchliligi|"Telekommunikatsiyalar tizimining (tarmog‘ining) vaqtda, belgilangan chegaralarda, berilgan qo‘llash va texnik xizmat ko‘rsatish sharoitlarida talab qilinadigan funksiyalarni bajara olish qobiliyatini tavsiflovchi muayyan parametrlar qiymatlarini saqlash xususiyati. " Telekommunikatsiyalar tizimi (tarmog‘i)ning barqarorligi|"Telekommunikatsiyalar tizimi (tarmog‘i) talab qilinadigan funksiyalarni normal foydalanish sharoitlarida ham, beqarorlashtiruvchi tashqi omillar taʼsirida vujudga keladigan sharoitlarda ham bajara olish qobiliyati. " Telekommunikatsiyalar tizimi (tarmog‘i)ning yashovchanligi|"Telekommunikatsiyalar tizimi (tarmog‘i) ning, uning barqarorligini buzuvchi tashqi omillar taʼsirida talab qilingan funksiyalarni bajarish qobiliyatini saqlab qolish xususiyati; yashovchanlik koeffitsiyenti orqali tavsiflanadi. " Telekommunikatsiyalar xizmati|"Telekommunikatsiyalar xabarlarini qabul qilish, qayta ishlash, uzatish va yetkazib berish bo‘yicha faoliyat mahsuli. " Telekommunikatsiyalar xizmatlari|"Operator va provayderning signallar hamda boshqa axborot turlarini telekommunikatsiya tarmoqlari orqali qabul qilish, uzatish, qayta ishlashga doir faoliyati mahsuli. " Telekommunikatsiyalar xizmatlari foydalanuvchisi|"Telekommunikatsiyalar xizmatlarining iste’molchisi bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs. " Telekommunikatsiyalarni boshqarish tarmog‘i|"Xalqaro elektraloqa ittifoqi tomonidan standartlashtirilgan yagona interfeyslar va protokollar asosida, turli telekommunikatsiyalar tarmoqlarining komponentlari bilan o‘zaro aloqani tashkillashtirish orqali telekommunikatsiyalar tarmoqlari va ularning xizmatlari boshqarilishini taʼminlaydigan maxsus tarmoq. " Telekommunikatsiyalarni boshqarish tizimi arxitekturasi|"Telekommunikatsiyalarni boshqarish tizimi apparat-dasturiy vositalarining, ularning tarkibini, konfiguratsiyasi, strukturasini, axborot o‘zaro hamkorlik prinsiplarini belgilovchi umumiy tuzilishi. " Telekommunikatsiyalarning asosiy (bazaviy) xizmati|"Telekommunikatsiyalar xizmatining asosiy vazifasini aniqlaydigan, foydalanuvchiga, uning telekommunikatsiyalar xizmatiga qilgan har bir murojaati bo‘yicha taqdim etiladigan xizmat. Izoh – Asosiy (bazaviy) xizmatlar u yoki boshqa telekommunikatsiyalar xizmatlari tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar umumiy hajmining eng katta ulushini tashkil etadi. Ularga mahalliy va xalqaro telefon so‘zlashuvlar, radionuqtadan foydalanish, oddiy telegrammalarni jo‘natish kiradi. " Telekommunikatsiyalarning buyurtma xizmati, buyurtma bo‘yicha xizmat ko‘rsatish|"Telekommunikatsiyalar xizmatining turi, bunda aloqa trakti foydalanuvchi tomonidan oldindan aniqlanadigan vaqtda foydalanuvchi-tarmoq signalizatsiyasi vositasida amalga oshirilgan foydalanuvchining so‘rovigaga javoban belgilanadi. Izoh – Foydalanuvchi aloqa davomiyligini yoki aloqa trakti uzilishi kerak bo‘lgan vaqtni oldindan aniqlashi mumkin. " Telekommunikatsiyalarning darhol xizmati, so‘rov bo‘yicha xizmat ko‘rsatish|"Telekommunikatsiyalar xizmatining turi, bunda aloqa trakti, foydalanuvchi-tarmoq signalizatsiyasi yordamida amalga oshirilgan, foydalanuvchining so‘roviga javoban amaliy tarzda zudlik bilan o‘rnatiladi. " Telekommunikatsiyalarning qo‘shimcha (fakultativ) xizmati|"Foydalanuvchining talabi bo‘yicha asosiy xizmatga (yoki xizmatlariga) qo‘shimcha qilib xizmat (yoki tarmoq) tomonidan taqdim etiladigan telekommunikatsiyalarning istalgan xizmati. Izoh – Qo‘shimcha xizmatlarga misol bo‘lib, telefon xizmati tomonidan yangi chaqiruv to‘g‘risidagi xabarnoma, chaqiruvlarni qayta manzillash, raqamni qisqartirib terish, foydalanuvchiga so‘zlashuv punkti kabinasidan xalqaro telefon so‘zlashuvi vaqtida magnitofonni ulash imkoniyatining, telegrammalar xizmati uchun esa – shoshilinch telegrammalarni, badiiy blankda telegrammalarni uzatish kabi imkoniyatlarning taqdim etilishi hisoblanadi. " Telekomyuting|"Kompyuter tarmog‘i orqali ofis bilan bog‘lanadigan xodimning shaxsiy kompyuterda masofadan ishlash rejimi. " Telekonferensiya|"Foydalanuvchilarning olisdagi guruhlari o‘rtasida munozaralar o‘tkazish usuli. Real vaqt yoki hujjatlarni qo‘rib chiqish rejimida amalga oshiriladi. " Telematn|"Telematn televizion qabul qilgich kineskopi ekranida standart TV tarmoqdan foydalangan holda matnli va oddiy grafik axborotni uzatish hamda aks ettirish tizimi. " Telematn adapteri|"Kadr bo‘ylab nurning qaytishi mobaynida uzatiladigan televizion dasturlarning ma’lumotnoma alifbo-raqamli axborot elektr signallarini, keyinchalik televizion qabul qilgich yoki maishiy videomonitor ekranida aks ettirish bilan qabul qilish va xotirada saqlash uchun mo‘ljallangan maishiy radioelektron apparat. " (Telematn tizimini) tiklash sifati|"Telematn tizimining, belgilarning turi, o‘lchami va rangi hamda fon va har qanday chaqnashlarga nisbatan ularning kontrastligi bilan tavsiflanadigan, aniq tasvir hosil qiladigan xususiyati. " Teleport|"Yo‘ldoshli va yer usti aloqa tizimlari o‘rtasida interfeysni ta’minlovchi yirik yer stansiyasi. " Telepyuter|"O‘zida televizor, kompyuter, DVD va kommunikatorni birlashtiradigan multimedia-qurilma. " Teleskopik antenna|"Shtirli antennaning bir qator biri biridan tortib chiqariladigan (bu antennani ishlamaydigan vaqtda kompakt holatga keltiradi) trubalardan iborat bir turi. " Teleskopik machta|"Bir nechta biri biridan tortib chiqariladigan seksiyalardan iborat antenna machtasi. " «Teleteks» xizmatining xizmatlari|"Abonentlarga ISDN orqali teleteks kodlangan axborotini o‘z ichiga olgan hujjatlar shaklidagi ishga oid xat-xabarlar almashish imkonini beradigan xizmatlar; almashinuv xotiradan xotiraga avtomatik ravishda amalga oshiriladi. " Teletyuner|"Eshittirish televideniyesi radiosignallarini qabul qilish va uni videosignallarga hamda tovush chastotasining elektr signallariga o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan maishiy radioelektron apparat, ularni tiklash maishiy videomonitor orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, «Tyuner»ga qar. " Televideniye|"Harakatlanmaydigan yoki harakatlanadigan obyektlarning bir-birini almashtiradigan tasvirlarini uzatish uchun mo‘ljallangan elektraloqa turi. Izoh – Umuman olganda, televideniyening asosiy qo‘llanilishi televizion eshittirish hisoblanadi, lekin televideniye, shuningdek, sanoatda, fanda, meditsinada va boshqa sohalarda ham qo‘llaniladi. " (Televideniye) kommutatsion-taqsimlash apparatxonasi|"Dastur signallarini turli manbalardan oladigan va ularni boshqa kommutatsiyataqsimlash apparatxonalariga, dasturlash apparatxonalariga yoki uzatish stansiyalariga yetkazib beruvchi kommutatsiya markazi. " (Televideniyeda) kontrast diapazoni|"Uzatilayotgan ko‘rinishdagi yoki tiklanayotgan tasvirdagi maksimal yorug‘likning minimal yorug‘likka nisbati. " Televizion adaptiv kodlash|"Algoritmi uzatiladigan tasvirning joriy fazoviy va/yoki vaqt bo‘yicha xarakteristikalariga moslanadigan raqamli oqimni qisqartirish maqsadida kodlash. " Televizion antenna kuchaytirgichi|"Antenna qabul qilgan eshittirish televideniyesi radiosignallarini, bog‘lovchi antenna kabelida yuzaga keladigan yo‘qotishlarni kompensatsiya qilish maqsadida kuchaytirish uchun mo‘ljallangan, yordamchi maishiy radioelektron qurilma. " Televizion belgilar generatori|"Elektr vositalar yordamida harf-raqamli va grafik simvollar televizion videosignallarini ishlab chiqaradigan televizion datchik. " Televizion blokli kodlash, blokli kodlash|"Raqamli oqimni qisqartirish maqsadida, uzatiladigan tasvir sanoqlarini bitta, ikkita yoki uchta o‘lchamli bloklarga guruhlash hamda bir blokka kiruvchi sanoqlarni birgalikda kodlashga asoslangan, kodlash. " Televizion dasturlarni ko‘p nuqtali taqsimlash tizimi|"Uyali aloqa prinsipi bo‘yicha qurilgan va foydalanuvchilarga 40,5 GHz dan 42,5 GHz gacha chastotalar diapazonida ko‘p dasturli teleeshittirish, ma’lumotlarni yuqori tezlikda uzatish va interaktiv teleeshittirishlarning turli xizmatlarini taqdim etadigan, yuqori tezlikli simsiz foydalana olish tarmog‘i. " Televizion datchik|"1. To‘liq videosignal, to‘liq rangli videosignal yoki asosiy ranglar signallarini ishlab chiqaruvchi qurilma. 2. Obyektdan qaytgan va o‘zgartirgichning fotosezgir sirtiga proyeksiyalangan yorug‘lik energiyasini elektr signallar ketma-ketligiga o‘zgartirgich. " Televizion eshittirish|"Televizion dasturlarni eshittirish televideniyesi vositalari orqali uzatish. " Televizion eshittirish stansiyasi|"Televizion eshittirish diapazonida ishlaydigan, aholi tomonidan qabul qilish uchun mo‘ljallangan tovush va tasvir signallarini bir vaqtda uzatuvchi stansiya. " Televizion eshittirish chastotalari diapazoni|"Televizion eshittirish stansiyalari uchun ajratilgan 54 MHz dan 800 MHz gacha bo‘lgan oraliqdagi chastotalar diapazoni. " Televizion kanal|"Televizion dasturlarni metrli va detsimetrli to‘lqinlar diapazonida uzatish uchun ajratiladigan, 8 MHz (Yevropada 7 MHz, AQSh da 6 MHz) kenglikdagi chastotalar polosasi. " Televizion ko‘rsatuvlarni olisdan qabul qilish|"Televizion signallarni uzatuvchi va qabul qiluvchi antennalar o‘rtasida, bevosita ko‘rinish masofasidan bir necha marta ortiq bo‘lgan masofada qabul qilish. " Televizion qabul qilgich|"Efirdan va/yoki kabeldan eshittirish televideniyesi radiosignalini, shuningdek, tiklash qurilmalaridan (masalan, videomagnitofonlar va DVD-proigrivatellar) va boshqa mumkin bo‘lgan manbalardan signalni qabul qilish va televizion dastur tasvirini, tovush jo‘rligini va maʼlumotlarni tiklash uchun mo‘ljallangan radioelektron qurilma. " Televizion qabul qilgich geterodinining nurlanishi|"Televizion qabul qilgich geterodinining parazit nurlanishi oqibatida hosil bo‘ladigan va xalaqit deb hisoblanadigan elektromagnit maydoni. " Televizion qabul qilgichning tasvir kanali|"Televizion qabul qilgichning radiosignalni televizion tasvirga aylantirish uchun mo‘ljallangan qismi. " Televizion (radioeshittirish) uzatgichi|"Modulyatsiyalovchi signallar o‘zida, televizion eshittirish dasturini aholi tomonidan bevosita qabul qilib olinishini ifodalaydigan radiouzatgich. Antennali tizim ko‘pincha uzatgichning qismi kabi ko‘rib chiqiladi. " Televizion radiosignalni bir o‘lchamli taxminlash|"Raqamli televizion videosignal joriy sanog‘i izlanayotgan qiymatining, shu joriy sanoq olingan televizion tasvir satridagi bitta yoki bir nechta qo‘shni sanoqlar qiymatlari asosida shakllantirish. " Televizion radiouzatgichning tasvir kanali|"Televizion radiouzatgichning to‘liq rangli televizion signalni tasvir radiosignaliga o‘zgartirish va uni nurlantirish uchun mo‘ljallangan qismi. " Televizion raqamli dekoder|"Televizion videosignalni raqamli dekodlash qurilmasi. " Televizion raqamli koder|"Televizion videosignalni raqamli kodlash qurilmasi. " Televizion rastrlarning ustma-ust tushishi|"Tasvirlarning asosiy ranglarda yoki yorug‘lik-signal o‘zgartirgichlarida optik tasvirli rastrlarning fazoviy mos kelishini ta’minlash. " Televizion retranslyator|"Eshittirish televideniyesi radiosignalini qabul qilish va uni takroran nurlantirish uchun mo‘ljallangan qurilma. " Televizion server|"Eshittirish televideniyesining raqamli televizion videosignallarini va tovush signallarini magnit disklarga yozish hamda tiklash uchun mo‘ljallangan qurilma. " Televizion signal|"Videochastotalarning boshlang‘ich polosasidagi televizion signal. " Televizion signallarni magnit yozish|"Televizion dasturlarni harakatlanuvchi ferromagnit tasma bo‘ylab, televizion eshittirish elektr signallariga mos bo‘lgan o‘zgaruvchan qoldiq magnitlanishni hosil qilish orqali (amplituda, chastota va faza bo‘yicha) konservatsiyalash. " Televizion signalni diskretlash|"Uzluksiz analog TV signalini shu signalning vaqt bo‘yicha alohida sanoqlari ketma-ketligi bilan almashtirish. " Televizion signalning oldindan buzilishi|"Signalning dastlabki qayta ishlanishi, quyi chastotalarning nihoyatda pasayishida va yuqori chastotalarning birmuncha ko‘tarilishida ifodalanadi. " Televizion sinov jadvali|"1. Televizion ko‘rsatuvlar yoki televizion uskuna ishining sifatini aniqlashda optik yoki elektron vositalarda hosil qilinadigan standart tasvir. 2. Elementlari eshittirish televideniyesi traktining yoki eshittirish televideniyesi trakti zvenolarining tasvir parametrlari va tavsiflarini baholash uchun xizmat qiladigan standart tasvir. " Televizion standart (eshittirish televideniyesining)|"Eshittirish televideniyesi tizimini aniqlaydigan normalangan parametrlarning majmui. " Televizion standartni o‘zgartirgich|"Eshittirish televideniyesi bitta televizion standartining to‘liq videosignali yoki to‘liq rang videosignalini boshqa bir televizion standartning to‘liq videosignali yoki to‘liq rang videosignaliga o‘zgartirish qurilmasi. " (Televizion studiya) apparatxonasi|"Videosignallar va tovush jo‘rligi signallari qayta ishlanadigan, xususan, signal darajasini rostlash, turli manbalar kommutatsiyasi va signallar nazorati amalga oshiriladigan televizion studiya xonasi. U, shuningdek, studiya uchun talab qilinadigan turli uskunalarni ham o‘z ichiga oladi. " Televizion tanish signali|"Televizion dastur shakllantiriladigan yoki sinov satrlar signallari kiritiladigan punktni belgilash uchun, maydonlarni so‘ndirish intervalining belgilangan satrlariga kiritiladigan impulslarning kodli ketma-ketligi. " Televizion tasvir|"Tiklash qurilmasi ekranida televizion sintez orqali olingan tasvir. " Televizion tasvir makrobloki (slaysi, kadri) ning sarlavhasi|"Televizion tasvir makrobloki (slaysi, kadri) ning boshlanishiga qo‘shiladigan, ularni to‘g‘ri talqin etish va marshrutlash uchun muhim bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan xizmatga oid axborot. " Televizion tasvir ranglarining surkalib ketishi|"Ranglilik boshlang‘ich signallarining ustma-ust tushmasligidan kelib chiqadigan va ekranda tasvirning rangli konturlari paydo bo‘lishiga hamda yorqinlikning tebranishlariga olib keladigan rang uzatish buzilishlari. " (Televizion tasvirdagi) shovqin|"Tasvirdagi fazoda va vaqtda tartibsiz paydo bo‘ladigan va videosignal datchigidagi yoki uzatish kanalidagi shovqinlar tufayli sodir bo‘ladigan, yo kvantlash tufayli raqamli signallar holatlarida paydo bo‘ladigan yorqinlik yoki ranglilikning buzilishlari. Izoh – Taalluqli atama «shovqinlilik». " Televizion tasvirning blokliligi|"Raqamli eshittirish televideniyesi ma’lumotlar oqimini kadr ichida kodlashda vizual ravishda kuzatiladigan, televizion tasvirning turli uchastkalarida sezilarli chegaralari bo‘lgan, televizion tasvir bloklari ko‘rinishidagi buzilishlar. Izoh – Bloklar chegarasi ko‘z tomonidan bir blokdan boshqasiga o‘tilganida yorqinlikning sakrab o‘zgarishi sifatida aniqlanadi. " Televizion tasvirning fazoviy ortiqchaligi|"Bitta kadr yoki maydon doirasida, televizion tasvirning qo‘shni elementlari o‘rtasidagi yuqori korrelyatsiya bilan belgilanadigan ortiqchalik. " Televizion tasvirning miltillashi|"Televizion tasvirda, yorqinlikning kritik chastotadan kichik bo‘lgan chastota bilan yuz beradigan nomaqbul davriy o‘zgarishlari. " Televizion tasvirning mozaika effekti|"Raqamli eshittirish televideniyesi ma’lumotlar oqimini kadr ichida kodlashda vizual kuzatiladigan, televizion tasvir kadrining alohida uchastkalarida chegaralari deyarli sezilmaydigan televizion tasvir bloklari ko‘rinishidagi buzilishlar. " Televizion tasvirning psixovizual ortiqchaligi|"Ko‘zning televizion tasvirdagi mayda detallarni va rang o‘tishlarini farqlay olmasligi bilan aniqlanadigan ortiqchalik. " Televizion tasvirning sintezi|"Elektr signallarni vaqt hamda fazoda uzluksiz ravishda televizion tasvirning rangi yoki yorqinligiga aylantirish. " Televizion tasvirning vaqt bo‘yicha ortiqchaligi|"Televizion tasvirning qo‘shni kadrlari yoki maydonlari o‘rtasidagi yuqori korrelyatsiya orqali aniqlanadigan ortiqchalik. " Televizion uzatish|"Eshittirish tashkilotlari o‘rtasida televizion eshittirish dasturlari almashinuvi uchun telekommunikatsiyalar tarmog‘i bo‘ylab videosignallarni uzatish. " Televizion videosignal|"Videochastotalarning boshlang‘ich polosasidagi televizion signal. " Televizion videosignalni diskret veyvlet-o‘zgartirish|"Televizion tasvirni yaxlit qayta ishlash bilan bog‘liq bo‘lgan veyvlet-jarayon yordamida, o‘zgartirish va kodlash jarayonida nolli koeffitsiyentlarni chiqarib tashlash yo‘li bilan erishiladigan televizion videosignalni spektral o‘zgartirish. " Televizion videosignalni ikki o‘lchamli taxminlash|"Raqamli televizion videosignal joriy sanog‘i yoki joriy sanoqlar guruhining izlanayotgan qiymatini shu joriy sanoq olingan televizion tasvir maydoni yoki kadrdagi joriy va qo‘shni satrlardan olingan qator qo‘shni sanoq qiymatlari asosida shakllantirish. " Televizion videosignalni uch o‘lchamli taxminlash|"Raqamli televizion videosignal joriy sanog‘i yoki joriy sanoqlar guruhining izlanayotgan qiymatini, ham shu joriy sanoq olingan televizion tasvir maydoni yoki kadrlaridagi, ham televizion tasvirning qo‘shni maydonlari yoki kadrlaridagi joriy va qo‘shni satrlardan olingan qator qo‘shni sanoq qiymatlari asosida shakllantirish. " (Televizion videosignalni) raqamli kodlash|"Kiruvchi analog televizion videosignalni raqamli televizion videosignalga o‘zgartirish. Izoh – Raqamli kodlashda raqamli oqimni siqish usulidan foydalanish mumkin. " Televizion o‘lchash signali|"Televizion uskunaning yoki uzatish kanalining ma’lum bir parametrlari yoki xarakteristikalarini o‘lchash uchun mo‘ljallangan, o‘rnatilgan cheklovlarga ega bo‘lgan, berilgan shakldagi videosignal. " Televizor|"Maishiy televizion qabul qilgich. " Televizorning eskirishi|"Televizor (elementlar) parametrlarining, mavjudligi faqat uning ish rejimi bilan aniqlanadigan, mexanik, elektr, issiqlik va boshqa yuklamalar ta’siri keltirib chiqaradigan, asta-sekin o‘zgarish jarayoni. " Teng amplitudali antenna panjarasi|"Nurlantiruvchi elementlari bir xil amplitudalar bilan qo‘zg‘atiladigan antenna panjarasi. " Teng darajada sinxronlanadigan tarmoq|"Tayanch generatorlari bir xil maqomga ega bo‘lgan hamda tarmoqning barcha sozlanmaydigan tayanch generatorlarining o‘rtacha statistik chastotasi sifatida belgilanadigan ishchi chastotaga bir xil taʼsir ko‘rsatadigan tarmoq. " Tenglashtirgich|"Kodlangan maʼlumotlar oqimi kanal tezligini radiokanaldagi qayd etilgan maʼlumotlar uzatish tezligi bilan moslashtirish maqsadida tenglashtirish uchun mo‘ljallangan qurilma. " Tenglashtiruvchi impulslar|"Ayrim eshittirish televideniyesi tizimlarida bevosita kadr sinxronlovchi impulslardan avval va ulardan keyin joylashuvchi ikkilangan satr chastotali impulslar. Ular satr oralatib yoyishda tiklash qurilmasida qo‘shni maydonlar satrlarining aniq almashinib kelishini ta’minlash uchun xizmat qiladi. Izoh – Tenglashtiruvchi impulslar satr chastotali impulslarning satrlar almashinishiga ta’sirini minimal darajagacha kamaytiradi. " Terabayt|"Xotira hajmi yoki ma’lumotlar miqdorining o‘lchov birligi. 240=1099511627776 byte. Ba’zida 1 trillion Tbyte – 1012 = 1000 000 000 000 byte deb hisoblanadi. Farq salkam 10 foizni tashkil qiladi. " Term|"Tashkil etuvchilarga bo‘linmaydigan, arifmetik, simvolli yoki mantiqiy ifoda elementlari. " Terminal|"1. Telkommunikatsiya yoki aloqa liniyalari orqali axborot olish va/yoki uzatish uchun mo‘ljallangan qurilma. 2. Ma’lumotlarni kiritish/chiqarish qurilmasi. Mikrokompyuter yoki meynfreymdan hisoblash imkoniyatining bo‘lmasligi yoki kam darajada bo‘lishi bilan farqlanadi. 3. Ma’lumotlarni kompyuterga kiritish va olingan natijalarni chiqarish uchun mo‘ljallangan elektron (odatda klaviaturali monitor) yoki elektromexanik qurilma. Bu ommabop atama yana ko‘p foydalaniladigan tizimlarda ham ishlatiladi. " Terminal serveri|"Ko‘plab terminallarni lokal tarmoq bilan bitta tarmoq ulanishi vositasida bog‘lovchi qurilma. " Terminalni identifikatsiya qilish|"Ulanish o‘rnatilgan uzoqdagi abonent terminali (terminallari)ga taalluqli belgilangan identifikatorni abonent terminaliga avtomatik uzatish jarayoni. " Terminalni ko‘chirish imkoniyati|"Foydalanuvchiga terminalni chaqiruvning aktiv holati davomida bitta berilgan bazaviy foydalana olish doirasida bir rozetkadan boshqasiga o‘tkazish imkonini beradigan terminalni ko‘chirish qo‘shimcha xizmati. " Terminalning mobilligi|"Mobil aloqa olib yuriladigan yoki tashiladigan terminalining chaqiruv maqomini o‘zgartirmagan holda, tarmoqqa ulanish joyini o‘zgartira olish qobiliyati. Terminalning qayta ulanishi avtomatik ravishda, ya’ni bog‘lanishni uzmasdan va raqamni qayta termasdan sodir bo‘ladi. " Terminator|"Shina topologiyasiga ega kompyuter tarmoqlarida qo‘llaniladigan elektron sxema. Shinaning passiv holatida signalning ma’lum bir sathini saqlab turish va signalning qaytishlarini bostirish uchun shina oxiriga ulanadi. " Termografik printer|"Kontaktsiz, shovqin chiqarmaydigan printer. Termokallakka ega, maxsus ishlov berilgan qog‘ozga bosib chiqaradi. " Termopayvandlash mashinasining plastinasi|"Pochta aloqasi obyektining nomi o‘yib yozilgan metall plastina bo‘lib, banderollarni o‘rab joylashda termopayvandlash mashinalarida polietilen plyonkalarni payvandlash uchun, shuningdek keluvchi mayda paketlarni polietilen paketlarga joylash bilan bir vaqtda ularga pochta indeksi izini va pochta aloqasi obyektining nomini tushirish uchun mo‘ljallangan. " Teskari almashlash|"Simvollarni qabul qilinadigan ketma-ketlikda almashlash (operatsiya, teskari almashlash) sodir bo‘lgan raqamli signalning dastlabki tuzilmasini tiklash maqsadida o‘rin almashtirish usuli. " Teskari aloqa|"Tizim chiqish parametrlarining tizimning ishlashiga ta’sir ko‘rsatishi. Teskari aloqa prinsipi kibernetika tizimlaridagi asosiy prinsipdir. Masalan, odam – kompyuter teskari aloqa bo‘lgan tizimdir: odam kompyuterdagi o‘z ishining natijasini ko‘radi va natijaga bog‘liq ravishda keyingi ishni amalga oshiradi. " Teskari injiniring, teskari ishlanma|"Qar.: Revers-injiniring. " Teskari izlash|"Ma’lumotlar bazalarida, elektron jadvallarda, matn protsessorlarida – joriy pozitsiyadan hujjat (fayl) boshlanishiga qarab izlash. " Teskari kanal|"Axborotni abonent terminalidan tayanch stansiyaga uzatish kanali. " Teskari kuzatish|"Signalning teskari yo‘nalishda (zanjir chiqishidan uning kirishi tomon) o‘tish yo‘lini kuzatish. " Teskari moslik|"Yangi protsessordagi mashinaning eski dasturlarni, ularga o‘zgartirishlar kiritish zaruratisiz bajara olish qobiliyati. " Teskari mulohazalar zanjiri|"Ekspert tizimlarda yechim izlash usullaridan biri. Bunda mulohaza yuritish, oqibatdan uni keltirib chiqargan sabablarga (faktlarga) tomon boradi. " Teskari qiya chiziq|"Bir qancha operatsion tizimlarda kataloglarni ajratish uchun ishlatiladigan simvol. " Teskari tiklash|"Ma’lumotlarning jurnalga yozilgan oxirgi versiyasidan ma’lumotlarning dastlabki versiyasini tiklashda foydalanish. " Test|"Tizimdagi xatoliklarni aniqlash yoki ishlash unumdorligini baholash uchun ishlatiladigan dastur yoki dasturlar to‘plami. " Test-dastur|"Elektron hisoblash mashinasi protsessori va tashqi qurilmalar ayrim bloklari, uzellari ishlashining to‘g‘riligini tekshirish uchun mo‘ljallangan dastur. " Testlash|"Butun kompyuter va uning dasturiy ta’minoti yoki ayrim uzellari ishlashining to‘g‘riligini aniqlash jarayoni. Dasturiy ta’minotni testlashning ikki bosqichi ajratiladi: alfa-testlash ‒ maxsus tuzilgan masalalarda tayyor mahsulotni testlash. Beta-testlash – potensial foydalanuvchilarga bepul tarqatilgan dasturiy mahsulotni haqiqiy masalalarda sinab ko‘rish. " Texnik boshqaruv hujjati|"Qo‘llanilishi shart bo‘lgan, texnik talablar va telekommunikatsiyalar tarmoqlari apparaturasining o‘zaro aloqada ishlash protokollarini aks ettirgadigan hujjat. " Texnik ekspluatatsiya markazi|"Texnik vositalar va telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan foydalanish hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish yuzasidan javobgar texnik xodimlar bilan butlangan bo‘linma. " Texnik moslik|"Axborot tizimlarining o‘zaro birgalikda ishlash protokollari, dasturlash tillari, ma’lumotlarning formatlari, elektron hisoblash mashinasi apparat interfeyslari darajasida birgalikda ishlay olish qobiliyati. " Texnik muhofaza qilish qurilmasi|"Elektron yoki boshqa turdagi qurilma. Bunday qurilmaga ega bo‘lmagan shaxslarga dastur bilan ishlash imkoniyati berilmaydi. " Texnik nazorat vositalari|"Xavfli pochta, kuryerlik jo‘natmalarini aniqlash uchun qo‘llaniladigan maxsus texnika (metallodetektorlar, rentgen texnikasi, dozimetrlar, gazanaliza torlari va boshqalar). " Texnik qo‘llab-quvvatlash markazi|"Texnik qo‘llab-quvvatlash markazi mansub bo‘lgan, ishlab chiqaruvchi firmaning mahsulotini ishlatish mobaynida foydalanuvchiga yordam ko‘rsatuvchi tashkilot, mutaxassislar guruhi. " Texnik radionazorat stansiyasi, texnik radionazorat markazi|"Eshittirish dasturlarini nazorat qilish yoki yozib olish maqsadida, ularni qabul qilish uchun mo‘ljallangan stansiya. " Texnik topshiriq|"Axborot tizimini yaratish talablari va tartibini belgilaydigan asosiy hujjat. Axborot tizimini ishlab chi qish hamda amalga kiritishda uni qabul qilib olish shu hujjat asosida olib boriladi. " Texnik vositalarni tavsiflash tili|"Diskret signallarni qayta ishlashga mo‘ljallangan qurilmalarni modellash, ishlab chiqish va testlash jarayonlarining ixtisoslashgan tili. " Texnik vositalarning elektromagnit moslashuvi|"Texnik vositaning ma’lum bir elektromagnit vaziyatda, berilgan sifat bilan ishlash va boshqa texnik vositalarga yo‘l qo‘yilmaydigan elektromagnit xalaqitlar vujudga keltirmaslik qobiliyati. " Texnik shartlarga muvofiqlikni tekshirish|"Foydalanuvchilar tomonidan yangi yoki takomillashtirilgan tizimni tasdiqlash va uni yakuniy chiqarish uchun o‘tkaziladigan testlash. " Texnologik bog‘liqlik|"Dasturiy ta’minotdan foydalanuvchi yetkazib beruvchining texnologik, strategik, narx bilan bog‘liq qarorlariga bog‘liq bo‘lgan vaziyat, shuningdek, yetkazib beruvchi dasturiy ta’minotni qo‘llab-quvvatlashdan voz kechgan hollarda, dasturiy ta’minot ekspluatatsion yaroqliligi yo‘qolish xavfining mavjudligi. " Texnologiyalar egasi|"Qonun tomonidan belgilangan chegaralar doirasida texnologiyalarga ega bo‘lgan va foydalanilayotgan hamda foydalanish vakolatlarini amalga oshirayotgan subyekt. " Texnologiyalar va ularni taʼminlash vositalarining mulkdori|"To‘liq hajmda ko‘rsatilgan obyektlarga egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish vakolatlarini amalga oshiradigan subyekt. " Tez ishlaydigan infraqizil port|"Periferik qurilmalarni simsiz ulash uchun mo‘ljallangan port. Mobil kompyuterlarda qo‘llaniladi. " Tez kira olish yo‘li|"Biror-bir tez-tez ishlatiladigan komandalardan «sichqoncha» tugmasini bir marta bosish orqali tez foydalanish uchun mo‘ljallangan uncha katta bo‘lmagan panel. " «Tez» klavish|"Klaviaturadagi yakka klavish yoki klavishlar birikmasi. Ularning bosilishi menyu punkti tanlanishiga yoki muayyan komanda berilishiga mos keladi. " Tez tinishlar|"Qabul qilinadigan signal og‘ib o‘tuvchisining tez o‘zgarishlari, ular qabul qilish nuqtasida turli amplituda, boshlang‘ich faza, ushlanib qolish va chastotalarning Doppler siljishiga ega nusxalarning interferensiyasi natijasida hosil bo‘ladi. Izoh – Tez tinishlar og‘ib o‘tuvchisining qiymati, odatda, Reley qonuniga binoan taqsimlanadi. " Tezarus|"Bilimning qandaydir sohasiga tegishli bo‘lgan so‘zlar tematik prinsip bo‘yicha joylashtirilgan va leksik birliklar o‘rtasidagi semantik (turjins, sinonimik) munosabatlar ko‘rsatilgan lug‘at. Axborot-izlash tezaruslarida matnning leksik birliklari deskriptorlar bilan almashtiriladi. " Tezkor beysik|"Microsoft kompaniyasi tomonidan yaratilgan BASIC dasturlash tilining dialekti, shuningdek, dasturlarni shu tilda yozish, ishga tushirish va kuzatib borish imkoniyatini beruvchi ishlab chiqish muhiti. " Tezkor fayl tizimi|"OS/2 operatsion tizimining fayllarni nomlashda 254 ta belgidan foydalanish va fayllarni minimal fragmentlashni ta’minlaydigan fayl tizimi. " Tezkor ma’lumotlar|"Onlayn rejimida olingan ma’lumotlar. " Tezkor paket|"Kanal pog‘onasida, foydalanuvchi tizimlar va maʼmuriy tizimlar o‘rtasida uzatiladigan maʼlumotlar bloki. " Tezkor pochta|"Pochta jo‘natmalarini tezkor rejimda jo‘natish va yetkazib berish (topshirish) bo‘yicha pochta xizmati. " Tezkor pochta rejimdagi ichki pochta jo‘natmasi|"O‘zbekiston Respublikasi doirasida tezkor pochta rejimida jo‘natiladigan va adresatga yetkazib beriladigan (topshiriladigan) pochta jo‘natmasi. " Tezkor pochta rejimdagi xalqaro pochta jo‘natmasi|"Jo‘natilishi va yetkazib berilishi (topshirilishi) «EMS» tezkor pochta tizimi bo‘yicha Umumjahon pochta ittifoqining hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan pochta jo‘natmasi. " Tezkor-qidiruv tadbirlari tizimi (TQTT)|"Huquqni muhofaza qilish organlarining (TQTT dan foydalanuvchilar) olisda joylashgan boshqarish punktidan, bu punktning stansiya uskunasi bilan birgalikda ishlash yo‘li bilan, oldindan tanlangan abonent raqamlarining ulanishlarini yoki liniyalar va kanallar orqali o‘tadigan ulanishlarni tezkor nazorat qilish uchun mo‘ljallangan tizim. " Tezkor xotira|"Ma’lumotlar va komandalar joylashtiriladigan, dasturga yo‘naltiriladigan barcha xotira. " Tezkor xotira qurilmasi|"Ma’lumotlarni yozish va o‘qish uchun mo‘ljallangan yarimo‘tkazgichli qurilma. Oddiy kompyuterlarda – dastur bajarilishi uchun yuklanadigan joy. Doimiy xotiradan farqli o‘laroq, tezkor xotira qurilmasi xotirasidagi ma’lumotlarga istalgan tarzda o‘zgartirish va istalgan tartibda murojaat qilish mumkin. " Tezkor xotira qurilmasining interfeysi|"PC Card kartasining andoza interfeysi. Xotira bilan bog‘liq operatsiyalarni bajaradi hamda tezkor xotira qurilmasi va kiritish-chiqarish kartalari uchun qo‘llaniladi. " Tezkor xotira qurilmasining platasi|"Tezkor xotira qurilmasining mikrosxemalari va ulanish paytida interfeysni ta’minlaydigan sxemali bosma platasi. " Tezkorlik|"Tizimdan tashqaridagi kattalik, bajarilgan ish hajmining u bajarilgan vaqtga bo‘lgan nisbatiga teng. " Tezlashtirilgan grafika porti|"Videoadapter va tizim platasi mikrosxemalari o‘rtasidagi interfeys. PSI shinasiga asoslanadi. 1997-yilning ikkinchi yarmida ishlab chiqilgan. AGP ning bir nechta realizatsiyalari mavjud: AGP 1x, AGP 2x, AGP 4x lar mos ravishda 266, 533 va 1066 Mbyte/s uzatish tezligiga ega. Ayni vaqtda PCI-Express grafika porti ularning o‘rnini egallagan. " Tezlatgich|"Kompyuter biror-bir kichik tizimining ishlash tezligini oshiruvchi qo‘shimcha apparat ta’minoti (buyurtma mikrosxema, kengaytmali plata, ustun). " Tezlik bo‘yicha moslashish|"Tizimning yuklanganlik darajasi yoki radioto‘lqinlarning tarqalish sharoitlariga bog‘liq holda, kanalda axborot uzatish tezligining o‘zgarishi. " Tez-tez qayta ulash bilan kuzatiladigan xendover|"Mobil aloqa tarmoqlarida uchraydigan nomaqbul hodisa. Abonent stansiyasi ikki qo‘shni tayanch stansiyaning xizmat ko‘rsatish zonasi doirasida bo‘lganda vujudga keladi. Qabul qilinadigan signallar darajasining fluktuatsiyasi natijasida abonent stansiyasining bir tayanch stansiyadan boshqasiga, ko‘p marotaba qayta ulanishi sodir bo‘ladi. Bu tarmoqning umumiy o‘tkazish qobiliyati pasayishiga olib keladi. Bunday holatning oldini olish maqsadida gisterezis bilan qayta ulash sxemasidan foydalaniladi. " Teshik|"Hisoblash texnikasida – dasturiy ta’minot yoki apparaturadagi, foydalana olishni boshqarish jarayonlarini chetlab o‘tish imkonini beruvchi xatolar, kamchiliklar. " Teshik, tuynuk|"1. Vakolatlarni belgilashdagi, ishlab chiqishdagi xato. Muhofaza mexanizmlarini chetlab o‘tish yoki ularni ishdan chiqarish imkonini beradi. 2. Kompyuterning biror portini ochadigan va xakerga tizimdan foydalanish/tizimga kirish imkonini yaratib beradigan josus-dastur. " Teshik chelak algoritmi|"Tizimninig yuklanishi ortib ketganda, aloqa sifati eng yomon bo‘lgan kanallarni vaqtincha uzib qo‘yish bilan xatolardan himoyalanish usuli. Texnik taʼminot tizimning har bir abonenti uchun aloqa sifati to‘g‘risidagi maʼlumotlar kiritiladigan o‘z hisoblagichini tuzadi. Bunday axborot asosida boshqaruv tizimi past sifatli «yomon» kanallarni saralaydi. Natijada qolgan abonentlardagi aloqa sifatining ko‘rsatgichlari yaxshilanadi. " Tijorat dasturiy taʼminoti|"Tijorat tashkiloti tomonidan foyda olish maqsadida yaratilgan dasturiy taʼminot. Foydalanuvchiga dasturiy taʼminot nusxalarini sotishdan foyda keladi. Ko‘pchilik odamlar tijorat dasturiy taʼminot erkin dasturiy taʼminotga qarama-qarshi deb xato qilishadi. Bular orasidagi farq unchalik yaqqol emas. Erkin dasturiy taʼminot – bu muallif tomonidan erkin o‘zgartirishga, tarqatishga va foyda olish huquqini berishdir. Shundan kelib chiqqan holda, erkin dasturlar tijorat mahsulotlari ham bo‘lishi mumkin. " Tijorat siri|"Davlat yoki xususiy korxona faoliyatining istalgan sohasidagi konfidensial xarakterdagi ma’lumotlar, ularning tarqatilishi egalari yoki foydalanuvchilariga (yuridik shaxslarga) moddiy yoki ma’naviy zarar yetkazishi mumkin. Tijorat sirini saqlash uning egasi tomonidan amalga oshiriladi. " Tijoratga oid axborot|"Faqat egasining xohishiga ko‘ra va uning shartlari asosida tarqatiladigan kompaniyalar, firmalar, korporatsiyalar bo‘yicha ularning faoliyati va ishlab chiqaradigan mahsulotlari, moliyaviy ahvoli, amaliy aloqalar, bitimlar, rahbarlar to‘g‘risidagi axborot, shuningdek, axborot xizmatlari tomonidan taqdim etiladigan iqtisodiyot va biznes sohasidagi ishga oid yangiliklar. " Tiklamoq|"Ma’lum bir vaqtga to‘xtatib qo‘yilgan jarayonni to‘xtatilgan joyidan qaytadan tiklash. " Tiklash|"1. Registr va o‘zgaruvchilarning oldingi holatini tiklash. 2. Oldingi joyga qaytarish, oldingi holatiga qaytarish, misol uchun, ma’lumotlar bazasini oldingi holatiga qaytarish. " Tiklash nuqtasi|"Foydalanuvchi tomonidan sozlanadigan kompyuterdagi xususiyatlar, u o‘rnatgan dasturlar va ma’lumotlarni zaxiralash, kerak bo‘lganda operatsion tizimdagi avvalgi holatni qaytarish maqsadida yaratiladi. U tiklash nuqtasi deb ataladi. " Tiklash qurilmasi|"Televizion tasvir sintezini amalga oshiradigan qurilma. " Tiklash qurilmasining asosiy ranglari|"Qabul qilgich hosil qiladigan doimiy ranglilik va o‘zgaruvchan yorqinlikdagi ranglar, ulardan, tegishli mutanosiblikda aralashtirgan holda, boshqa ranglarni olishda foydalaniladi. Izoh – Odatda uchta asosiy rangdan foydalaniladi: qizil, yashil va ko‘k rang. " Tiklash rejasi|"Tizimni yuz bergan falokatdan keyin tiklash rejasi. " Tiklash standartini o‘zgartirgich|"Standart satr oralatib televizion ko‘rsatishdan maydonlarning chastotasi yuqori bo‘lgan satrma-satr tiklashga o‘tish qurilmasi. " Tiklash tartibotlari|"Avariya yoki to‘xtab qolishdan so‘ng tizimning axborotni qayta ishlash qobiliyatini tiklash uchun bajariladigan harakatlar hamda maʼlumotlar to‘plamlarini tiklash. " Tiklash tizimi|"Ma’lumotlarning yaxlitligini ta’minlashga qaratilgan dasturlar hamda boshqaruvchi jadvallar kompleksi. Ma’lumotlar bankida va boshqa avtomatlashtirilgan tizimlarda foydalaniladi. " Til|"Axborot uzatish uchun foydalaniladigan qoidalar, kelishuvlar, tavsiyalar to‘plami. " Til protsessori|"Ixtisoslashtirilgan tilda yozilgan komandalarni idrok qilish va mashina kodiga trantslyatsiya qilish uchun mo‘ljallangan qurilma yoki dastur. " Til standarti|"Mahalliy o‘ziga xoslik. Tizim yoki dastur ishlayotgan milliy va madaniy muhit. " Tilni kengaytirish|"Dasturlash tili spetsifikatsiyasiga, uni muayyan mashinada amalga oshirishda qilingan qo‘shimchalar. " Tilning amalga oshirilishi|"Dasturlash tilining muayyan platformada kompilyator yoki interpretator ko‘rinishida amalga oshirilishi. Amalga oshirilish har doim ham til spetsifikatsiyasiga mos kelmasligi, shuningdek, uni turli xil kengaytirishlarni ichiga olishi mumkin. " Tinish|"1. Manbadan katta masofada qabul qilinadigan radiosignallar darajasini qisqa muddatli yoki uzoq muddatli kamayishi (yo‘qolishi). 2. Uzatuvchi muhit (temperatura, namlik, bosim) parametrlarining tasodifiy o‘zgarishlari bilan asoslangan, shuningdek qabul qilish nuqtasiga turli yo‘llar bilan keladigan radioto‘lqinlarning interferensiyasi tufayli radiosignalning to‘satdan susayishi yoki hattoki to‘liq yo‘qolishi. " Tinishlarga zaxira|"Tinishlar mavjud kanalda qabul qilinuvchi signalning quvvat darajasi oshirilishi lozim bo‘lgan shunday kattalikki, bunda signal/shovqin nisbatining tinishlarsiz kanaldagi kabi nisbati ta’minlanadi. " Tiqilish|"Tarmoqdagi konflikt, tarmoqda paketlarning to‘qnashishi oqibatida vujudga keladi va uning o‘ta yuklanishiga sababchi bo‘ladi. " Tiqin|"Tuzilmaviy dasturlashda (dasturni normal bajarish va kompilyatsiyalash mumkin bo‘lishi uchun) amalda dasturlashning har bir qadamida dasturga kiritiladigan ahamiyatsiz protsedura. " Tirqishli antenna|"Elektromagnit to‘lqinlarni nurlantirish va qabul qilish to‘lqin o‘tkazgichda yoki hajmli rezonatorda o‘yilgan bitta yoki bir nechta tirqish orqali amalga oshiriladigan antenna. " Tirqishli niqob|"Soya niqobi va panjara aperturasining birikmasi. Bunda lyuminofor elementlar vertikal elliptik yacheykalarda joylashgan, niqob esa vertikal chiziqlardan qilingan bo‘ladi. " Tirqishli nur tarqatgich|"To‘lqin o‘tkazgich devoridagi yoki dastlabki nur tarqatgich rolini bajaradigan tor o‘tkazuvchi listdagi tirqish. " Tishlatish|"Qog‘ozni bo‘lish turi bo‘lib, unda qog‘oz ajratilmaydi, balki unda teshiklar yoki uncha katta bo‘lmagan kertiklar hosil qilinadi. " Titrash|"Raqamli signallar qiymatining qisqa muddatli o‘z-garishlari. Impuls frontlarining ularning vaqtdagi ideal holatiga nisbatan tasodifiy fluktuatsiyalari ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Faza titrashlari. Fazaning tez og‘ishi yoki chastotaning siljishi. Aloqa sifati yomonlashishiga yoki sinxronizatsiya buzilishiga olib keladi. " Titrni ushlab turgich|"Televideniyeda yozuvlar yoki hujjatlar ko‘rsatuvi uchun maxsus yasalgan qurilma. " Titul varag‘i|"Bosib chiqarilgan matnning birinchi sahifasi, topshiriq, foydalanuvchi nomi va boshqa hisobga olish ma’lumotidan tashkil topadi. " Tizim|"Qo‘yilgan vazifa (vazifalar) ni birgalikda hal etish maqsadida bog‘langan dasturlar, modullar, obyektlar majmui. Masalan, operatsion tizim foydalanuvchi bilan shaxsiy kompyuter o‘rtasidagi bog‘lanishni ta’minlash uchun mo‘ljallangan. " Tizim administratori|"Tizimning ekspluatatsiya qilinishi va ishchi holatda saqlab turilishi yuzasidan javobgar shaxs. " Tizim arxitekturasi|"Hisoblash tizimining funksional komponentlar (shinalar, signallar, protokollar, interfeyslar va h.k.lar), ularning tashkil qilinishi va o‘zaro aloqadorligi yig‘indisi sifatida taqdim etilishi. " Tizim dasturchisi|"Tizimli dasturiy taʼminot ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan dasturchi. " Tizim dasturi|"Operatsion tizim tarkibiga kiradigan, yoki operatsion tizimlar bilan, kompyuter tizimiga yoki uning alohida qurilmalariga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq funksiyalarni bajaradigan dastur. " Tizim dasturiy ta’minoti|"Foydalanuvchilarga kompyuter bilan ishlash imkoniyatini beradigan va bu ishni osonlashtiradigan dasturiy ta’minot. Operatsion tizim tizimli dasturiy ta’minotning asosiy qismi hisoblanadi. Tizimli dasturiy ta’minotga translyatorlar, qobiqlar, ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari kiradi. " Tizim diski|"Operatsion tizimning asosiy fayllarini ichiga oladigan disk. " Tizim fayli|"Operatsion tizimning to‘g‘ri ishlashi uchun zarur fayl. " Tizim gammasi (televideniyeda)|"Logarifmik shkalada qayta tiklanadigan tasvir element yorug‘ligining obyekt tegishli elementining yorug‘ligiga bog‘liqligini aks ettiradigan egri approksimatsiyalaydigan ishchi uchastkasining to‘g‘ri og‘ishi. " Tizim ichidagi radioxalaqit|"Radioelektron vositaga, radioelektron tizimning radioelektron vositasi bilan hosil qilinadigan, ataylab qilinmaydigan radioxalaqit. " Tizim integratori|"Turli yetkazib beruvchilardan olingan tarkibiy qismlarni birlashtirish yo‘li bilan to‘liq kompyuter tizimlarini qurishga ixtisoslashgan shaxs yoki kompaniya. Dasturlarni ishlab chiqaruvchilardan farqli o‘laroq, tizim integratorlari hech qanday dastlabki kod ishlab chiqmaydi. Buning evaziga ular kompaniyalarni ularning hisoblash ehtiyojlarini qondirish uchun do‘konlarda sotilmaydigan kompyuter va dastur paketlaridan foydalanishga undaydi. " Tizim integratsiyasi|"Umumiy ko‘p tarmoqli axborot tizimlarini yaratish va ulardan foydalanishga yo‘naltirilgan loyiha ishlari hamda xarid operatsiyalarining majmui. " Tizim jarayoni|"Operatsion tizimni yuklashda hosil qilinadigan jarayon. Operatsion tizimning to‘g‘ri ishlashi uchun zarur. " Tizim jurnali|"Tizimda kechayotgan hamma jarayonlar, yuzaga kelayotgan xatoliklar va h.k.lar yozib boriladigan fayl. Avariya holatlarida hodisalarning borishini tiklash, oldingi holatga qaytarish va h.k.larni bajarish maqsadida yuritiladi. " Tizim kaliti|"Tizim vositalarining ruxsat etilmagan tarzda erkin foydalanishdan muhofaza qilinishini ta’minlaydigan kalit. " Tizim katalogi|"Operatsion tizim o‘rnatilayotganda tuziladigan standart papka. Bu papkada tizimning barcha bibliotekalari, uning standart dasturlari va boshqalar saqlanadi. " Tizim muhandisi|"Tizim dasturiy taʼminotini ishlatish va kuzatib borish bilan shug‘ullanuvchi shaxs (odatda muhandis-dasturlashtiruvchi). Baʼzi hollarda tizim muhandisi tizim administratori vazifasini ham bajaradi. " Tizim obrazi|"Fayl yaratilish mobaynida tizimning hamma sozlashlarini o‘zida saqlovchi fayl. Tizimni to‘xtab qolishdan keyin tiklash uchun zarur. " Tizim operatori|"Server, kichik tarmoq yoki BBS ning ishga layoqatliligini ta’minlash va unga xizmat ko‘rsatish kabi xizmatlarni bajaruvchi shaxs (operator va kopincha egasi). " Tizim papkasi|"Tizimning ishlashi uchun zarur bo‘lgan dastur va modullar joylashtiriladigan katalog. " Tizim platasi|"Shaxsiy kompyuterning, protsessor, tezkor xotira qurilmasi, asosiy kiritish-chiqarish portlari va kengaytirish shinalarining ajratgichlari joylashtiriladigan asosiy platasi. " Tizim reestri|"Iyerarxik Windows 95, 98, 2000 va NT dagi tarmoq orqali foydalanish mumkin bo‘lgan, shaxsiy kompyuterni boshqarish, dasturiy ta’minot distributsiyasini ta’minlash, tizimni ma’muriy boshqarish va masofadan sozlash uchun foydalaniladigan ma’lumotlar bazasi. " Tizim resursi|"Markaziy protsessor vaqti, tezkor xotira qurilmasi sig‘imi, disk xotirasi, periferik qurilmalar yoki bajarish vaqtida ilovalarda foydalaniladigan boshqa tizim komponentlari. " Tizim resurslarini hisobga olish|"Tarmoqda foydalaniladigan resurslarni belgilash yo‘li. Bunda, tarmoq administratori har bir foydalanuvchi uchun, ular tomonidan o‘qilgan yoki yozilgan ma’lumotlar hajmini, foydalanuvchi va tarmoq o‘rtasida bog‘lanish o‘rnatilgan vaqtni, bu foydalanuvchi foydalanadigan disk hajmini, shuningdek, turli xizmatlarga qilingan so‘rovlarni qayd etib borishi mumkin. " Tizim soatiga havola|"90 kHz chastota davrida tizim vaqtini ko‘rsatadigan hamda koder va dekoderning taktli chastotalarini sinxronlash uchun xizmat qiladigan 33 bitli son. " Tizim tahlilchisi|"Amaliy muammolarga tavsif beruvchi, tizim spetsifikatsiyalarini belgilovchi, qurilmalarni o‘zgartirish bo‘yicha tavsiyalar beruvchi, maʼlumotlarga ishlov berish tartibotlarini va ko‘zda tutilgan maʼlumotlar tuzilmalarini loyihalashtiruvchi mutaxassis. " Tizim takt generatori|"Ma’lumotlar uzatish yoki boshqa qurilmalarni sinxronlash uchun foydalaniladigan davriyt signallarni generatsiyalaydigan qurilma. " Tizim utilitasi|"Tizimning ishga yaroqliligini diagnostika qilish, modifikatsiyalash va h.k. uchun ishlatiladigan dasturiy ta’minot. " Tizim vazifasi|"Tizimning to‘g‘ri ishlashini ta’minlaydigan va fon rejimda amalga oshiriladigan jarayon. " Tizim xotirasi|"Tizim platasidagi tezkor xotira qurilmasi. " Tizim yadrosi|"Operatsion tizimning asosiy moduli. " Tizim (yuklanuvchi) qismi|"Qattiq diskning operatsion tizim o‘z-o‘zini yuklashi uchun zarur bo‘lgan tashkiliy fayllari joylashgan qismi. " Tizim shinasi|"Amaliy dasturda operatsion tizim u yoki bu tizim funksiyasini bajarishi uchun foydalaniladigan mexanizm. " Tizim shrifti|"Grafik interfeysli tizimlarda ‒ ekranga xabarlar, menyu va sh.k.larni chiqarish uchun foydalaniladigan shrift. " Tizim chaqiruvi|"Operatsion tizim u yoki bu tizim funksiyasini bajarishi uchun amaliy dastur foydalanadigan mexanizm. Operatsion tizim odatda, himoyalangan tizimda bajarilishi hisobga olinsa, u holda tizim chaqiruvlarini tashkil qilish uchun bitta yoki bir nechta dasturli uzilish zaxiralanadi, masalan, MS-DOS da int 21 h. " Tizimdan foydalana olishlik|"Tegishli vakolatlari bo‘lgan subyektlarning axborotdan o‘z vaqtida hech qanday to‘siqlarsiz foydalana olishini ta’minlash qobiliyatini tavsiflovchi axborot (uni qayta ishlash vositalari va texnologiyalari) aylanadigan (tarqaladigan) tizimning xususiyati. " Tizimdan chiqish|"Foydalanuvchining kompyuter tizimidan chiqish jarayoni. " Tizimga kirish|"Foydalanuvchi tomonidan, uni identifikatsiya qiluvchi ma’lumotlarning (masalan, nomi, domeni va paroli) taqdim etilishi, haqiqiylikni tekshirish va foydalanuvchining ish seansini tashkil qilish. " Tizimlararo xalaqit|"Manbai ko‘rilayotgan tizimga tegishli bo‘lmagan tizimda joylashgan elektromagnit xalaqit. " Tizimlarni boshqarish serveri, qisqa xabarlar xizmati|"1. Microsoft Windows NT Back Office dasturiy paketining tarkibiy qismi. 2. Uyali aloqa tarmoqlaridagi qisqa xabarlar xizmati. " Tizimlashtirilgan kabel tizimi|"Ofis binolarida nutq va ma’lumotlarni uzatish uchun maxsus loyihalashtirilgan kabel tarmog‘i hisoblanadi, masalan AT&T korporatsiyasining SYSTIMAX tizimi ekranlashtirilmagan o‘ralgan juftlikda. Ma’lumot o‘tkazuvchanlik imkoniyati bo‘yicha mis kabelli strukturalangan qabul tizimi turli standartlarda toifalar va turkumlarga bo‘linadi. " Tizimlashtirilgan so‘rovlar tili|"Ma’lumotlar bazasi bilan ishlashga mo‘ljallangan xalqaro standart til. " Tizimli blok|"Shaxsiy kompyuterning, ta’minot bloki, asosiy plata, kengaytirish platasi, magnit va optik disklardagi to‘plagichlar joylashgan qismi. " Tizimli dasturlash|"Tizim va/yoki tarmoq dasturiy ta’minotini ishlab chiqish va ta’minlash. " Tizimli (imtiyozga ega) rejim|"Komandalarni bajarishning alohida rejimi, bunda imtiyozga ega bir qator, masalan, xotira va registrlarning tizimli sohalarini o‘zgartirish operatsiyalarini bajarishga yo‘l qo‘yadigan operasion tizim yadrosining moduli bajariladi. " Tizimli navbatlar sohasi|"Umumiy tizim jadvallari, boshqaruv bloklari va navbatlarini, tizim konfiguratsiyasini aniqlaydigan tarkib va mazmunni hamda ish jarayonida tuziladigan umumiy sondagi manzilli fazolarni joylashtirish uchun xizmat qiladi. " Tizimli oqim|"MPEG-1 standartida bir dasturga tegishli bo‘lgan hamda umumiy taktli sinxronlash orqali birlashtirilgan paketlangan elementar oqimlarni yig‘ish. " Tizimli tahlil|"Takomillashtirish yoki yangi tizim ishlab chiqish maqsadida, tizimni va uning o‘zaro bog‘langan kichik tizimlarini tadqiq qilish. " Tizimli yondashuv|"Har bir masala, vazifa, hodisa, obyektni birmuncha keng yaxlit va ajralmas butunning – o‘zaro bog‘lagan tarkibiy elementlar tizimining bir qismi sifatida qarab chiqish usuli. Tizim ishlashining maqsadlari aniqlanishini, uning boshqa tizimlar bilan aloqalari ajratib ko‘rsatilishini ko‘zda tutadi; vazifaning hal etilishi o‘zaro bog‘langan vazifalar va yuqoriroq darajadagi muammolar hal etilishiga bog‘liq qilib qo‘yiladi. " Tizimni muhofaza qilish|"Dasturlar va tizim ma’lumotlaridan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishni yoki tizim ishiga tasodifiy aralashishni bartaraf etish maqsadida ko‘riladigan chora-tadbirlar majmui. " Tizimni optimallash|"Optimallash mezoni, optimallash parametrlari va cheklashlar belgilanadigan, tizimni takomillashtirish jarayoni. " Tizimni to‘la qayta yuklash|"Tizimni, ko‘pincha kompyuter ta’minot manbaini uzib-ulash orqali takroriy yuklash. " Tizimning minimal talablari|"Texnik va dasturiy vositalarga, elektron hujjat aylanishi imkoniyatlarini amalga oshirish uchun qo‘yiladigan, minimal zarur bo‘lgan talablar. " Tizimning yaxlitligi|"Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimining, o‘zining tezkor vazifasini bajarish bilan bir vaqtda, ro‘yxatga olinmagan foydalanuvchilar tomonidan resurslardan foydalanishning yoki o‘zgartirilishining oldini olish, shuningdek, ro‘yxatga olingan foydalanuvchilar tomonidan ularga tegishli bo‘lmagan resurslardan foydalanishning yoki o‘zgartirilishining oldini olish xususiyati. " Tizimning o‘tkazish qobiliyati|"Jarayonlarning bir vaqt birligi ichida o‘z ishini tugatishining (o‘rtacha) soni. " Tobe jarayon|"Ona-jarayonga bog‘liq jarayon, ona-jarayon yo‘q qilinganda yo‘q qilinadi, ona-jarayon tugallanishdan oldin barcha o‘ziga tobe jarayonlarning tugashini kutib turishi kerak. " Toifalaish sxemasi|"Dasturiy ta’minot bilan bog‘liq bo‘lgan toifalalar va turlarning tartiblashtirilgan birikmasi. " Toifalashh makoni|"Tizimlar va dasturiy ta’minotning, o‘zining individual o‘lchovi sifatida bitta yoki bir nechta tasniflashga ega bo‘lgan manfaatdor tomonlarning toifalash bo‘yicha muammolari ifodalangan universal to‘plami. " Token|"Pul mablag‘lari evaziga investor kompaniyadan oladigan raqamli aktiv. " Tola|"1. Ingichka shisha ip. 2. Yadro va dempferdan iborat, axborotni yorug‘lik ko‘rinishida uzata oladigan optik to‘lqin o‘tkazgich. " Tola (optik tola)|"Elektromagnit nurlanishni atmosfera orqali bo‘ladigan optik aloqaga nisbatan uzoqroq masofaga uzatish uchun mo‘ljallangan tola. Optik tolalarning barchasi o‘zak va qobiq diametri, shuningdek, sindirish ko‘rsatgichi profili bilan farq qiladi. " Tola optikasi|"Telekommunikatsiya maqsadlarida, yorug‘lik diodi yoki lazer bilan generatsiyalanadigan yorug‘lik nurlanishini uzatish uchun shishali yoki polimer yo‘naltiruvchi tuzilma (optik tola). " Tolalarni ulash|"O‘xshash yoki yaqin tola uchlarini konnektordan foydalanmasdan doimiy ulash. " Tolali kanal|"Tolali tarmoqning asosiy va o‘ta yuqori tezlikli ishchi stansiyalari o‘rtasida maʼlumotlar uzatish vositalari uchun maxsus ishlab chiqilgan standart. Unda maʼlumotlar uzatishning turli tezliklaridan va masofalardan, bir modali yoki ko‘p modali tolalardan foydalaniladi. " Tolali yorug‘lik o‘tkazgich|"Doiraviy kesimga ega va ikkita konsentrik dielektrik qatlamdan iborat yorug‘lik o‘tkazgich. Uning ishlashi optik to‘lqinning optik xossalari turlicha bo‘lgan ikki muhit chegarasida sinish jarayonlaridan foydalanishga asoslangan. " Tom|"Fayl tizimida foydalanish uchun formatlashtirilgan, diskning bir nechta bo‘limi yoki bo‘limi; o‘qish va yozish uchun mumkin bo‘lgan axborot tashuvchi alohida blokning bir qismi. Operatsion tizim ma’lumotlarni saqlash uchun foydalanadigan joyni o‘zida ifodalaydi. Har bir tom noyob belgiga, ko‘pincha, tomni kompyuterda belgilaydigan disk harfiga ega. Tom diskni, diskning bir qismini, bir qancha disklarning qismlarini yoki magnit tasmani ichiga olishi mumkin. Tomlar, shuningdek, «disk tomlari» yoki «mantiqiy disklar» deb ham ataladi. Har bir tom o‘zining mustaqil yuklash yozuvini, o‘zak katalogini va papkalar daraxtini ichiga oladi. " Tom nomi|"Ma’lumot tashuvchi (qattiq disk) formatlanayotganda yoki maxsus utilita yordamida beriladigan nom. Har bir jismoniy disk tomi dasturni arxivlashda zarur bo‘ladigan o‘zining nomiga ega bo‘ladi. Tom nomi bilan ishlash operatsion tizim tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. " Tonal chastotani uzatish kanali|"300-3400 Gs chastota kengligiga ega bo‘lgan namunaviy analog uzatish kanali. " Tonal ko‘p chastotali raqam terish|"Raqamlarni DTMF ikkita tovush signalining qo‘shilishi yordamida kodlash usuli. Turli chastotadagi signallarni tarmoq orqali uzatish − telefonning sonli tugmalari bosilganda tarmoqqa yakka signal uzatiladi. Bunday imkoniyat ba’zi bir tarmoq funksiyalaridan (ovozli pochta, E-mail) foydalanish uchun zarur. " Tonal tayyorlik signali|"Stansiyaning xabarlarni qabul qilishga tayyor ekanligini bildiruvchi tovush signali. " Topologiya|"1. Telekommunikatsiyalar tizimining umumjismoniy yoki mantiqiy konfiguratsiyasi: jismoniy topologiya – komponentlarni kabellar va simlar bilan ulash sxemasi, mantiqiy topologiya esa xabarlar tarmoqdan qanday o‘tishini tavsiflaydi. 2. O‘zaro aloqalar, o‘zaro ulanishlarni o‘rganish. Windows tarmog‘i komponentlari o‘rtasidagi munosabat tizimi. Active Directory replikatsiyasiga qo‘llash mumkin, topologiyasi ma’lumotlarni bir-biri bilan almashish uchun domen kontrollerlari tomonidan ishlatiladigan ulanishlar to‘plamidan iborat. " Topshiriq|"Kompyuter bajaradigan ish hajmi. U maʼlumotlar, dasturlar, fayllar va mashina uchun ko‘rsatmalar majmuidan iborat. Ixtiyoriy topshiriq bir necha bosqichda bajarilishi mumkin, ularning bir qismi o‘zidan avvalgilarining natijalariga bog‘liq bo‘ladi. Topshiriqlar ikki xil rejimda, yaʼni bir dasturli va ko‘p dasturli rejimda bajarilishi mumkin. Oxirgi holda, tizimda qandaydir vaqt mobaynida topshiriqlar majmui bajariladi. Uni maxsus rejalovchi dastur boshqarib, u amaliy jarayonlar tomonidan qo‘shma resurslarni ishlatish tartibini belgilaydi. " Toq|"Ikkiga qoldiqsiz bo‘linmaydigan sonlar. " Tor nurga ega antenna|"Keskin yo‘naltirilgan antenna. " Tor polosali antenna|"Chastotalar ishchi polosasi kengligining polosaning o‘rta chastotasiga kichik (0,1 dan kam) nisbati bo‘lgan antenna. " Tor polosali xalaqit|"Spektr kengligi retseptorning o‘tkazish polosasi kengligidan kichik yoki unga teng bo‘lgan elektromagnit xalaqit. " Tortqichli machta|"Qishloq joylarida radioreleli aloqa liniyalarini tez yoyish uchun moʻljallangan antennaning oddiy turi. Izoh – Odatda, bir-biri bilan mexanik bogʻlangan uchburchak kesimli bir nechta seksiyadan iborat. Antennani vertikal holatda ushlab turish metall troslar yordamida amalga oshiriladi. " Tortqichsiz machta|"Konstruksiyasi dala sharoitlarida mahkamlashning qoʻshimcha vositalaridan foydalanmasdan yoyishga imkon beradigan antenna machtasi. " Tovush balandligini avtomatik rostlagich|"Bir kanaldan boshqasiga o‘tilganda yoki reklama roliklari uzatilganda, tovush balandligi darajasining yoqimsiz sakrashlarini avtomatik tarzda bartaraf etadigan tizim, bunda tovush balandligi bir xil darajada saqlanadi. " Tovush fayli|"Nuqtama-nuqta kodlangan tovush bo‘laklaridan iborat fayl. Bundan tashqari, tovush fayli dasturlar va qurilmalar tomonidan ishlatiladigan boshqaruvchi kodlarni ham o‘z ichiga oladi. Tovush fayllarining namunaviy kengaytmalari: Microsoft Windows-wav; MPEG (Moving Pictures Expert Group) Layer-3; .mp3; Apple-aif; MIDI-mid; Windows Media Audio-wma. " Tovush jo‘rligi|"Televizion dasturning tovushli tashkil etuvchisi. " Tovush jo‘rligidagi eltuvchi|"Tovush jo‘rligidagi signal bilan televizion dasturni modulyatsiyalash uchun mo‘ljallangan eltuvchi. " Tovush jo‘rligidagi radiosignal|"Tovush jo‘rligidagi signal bilan modulyatsiyalangan tovush jo‘rligidagi eltuvchi signal. " Tovush jo‘rligidagi radiouzatgich|"Radiochastota signallarini yaratishda foydalaniladigan, televizion dasturning tovush jo‘rligini tashuvchi televizion radioeshittirish uzatgichining qismi. " Tovush jo‘rligidagi uzatgichning o‘rtacha chastotasi|"Sinusoidal signal modulyatsiyalagan nurlantiruvchi to‘lqinning o‘rtacha chastotasi. Nurlantiruvchi to‘lqinning modulyatsiya bo‘lmagandagi chastotasi. " (Tovush jo‘rligidagi) tasvir kanali|"Eshittirish televideniyesi trakti yoki trakti zvenosining, (tovush jo‘rligidagi) televizion tasvirni uzatish uchun mo‘ljallangan qismi. " Tovush kanali|"Tovush eshittirish signallari yoki tovush jo‘rligi signallarini uzatishga mo‘ljallangan namunaviy uzatish kanali. " Tovush kanalidagi tovush bosimi bo‘yicha nochiziqli buzilishlar koeffitsiyenti|"Televizorning akustik tizimi tomonidan kuchaytiriladigan tovush bosimi garmonikalari amaldagi qiymatining, asosiy chastota va uning garmonikalarining amaldagi qiymatiga nisbati. " Tovush kartasi|"Kompyuterlashtirilgan qurilmalarda tovushni qayta ishlash uchun qo‘llaniladigan electron qurilma. " Tovush kodeki|"Tovushni kodlash/dekodlash uchun mo‘ljallangan dasturlar. Kodlangan tovush o‘z sifatini qariyb yo‘qotmaydi va xotiradan kamroq joy egallaydi. " Tovush miksheri|"Tovush jo‘rligidagi signallarni shakllantirish maqsadida bir necha manbadan keladigan tovush signallarini birlashtiruvchi qurilma. " Tovush oldi buzilishlari|"Uzatuvchi tomonda tovush signalini dastlabki qayta ishlash, bunda yuqori chastotalar ma’lum logorifmik qonunga asosan ko‘tariladi. Qabul qiluvchi tomonda old buzilish bartaraf etiladi. Old buzilishlardan maqsad − signalning xalaqitga bardoshliligini oshirishdir. Yuqori chastotalarni ko‘tarish, ularning xalaqitlarga uchrash ehtimoli ko‘pligi bilan bog‘liqdir. Bartaraf etiladigan old buzilishlarning noto‘g‘ri tanlovi, qabul qiluvchi tomondan tovushni tiklashga imkon bersa ham uning sifatini sezilarli pasaytiradi. " Tovush platasi|"Shaxsiy kompyuterlar uchun tovushlarni yozish va qayta eshittirish imkonini beruvchi qo‘shimcha plata. " Tovush-tasvir kesichuvchi buzilishi|"Tasvir videosignali yoki televizion videosignalning tovush jo‘rligidagi signal keltirib chiqaradigan buzilishi. " Tovush va tasvirning nosinxronligi|"Tasvir va tovush jo‘rligi o‘rtasidagi aniq sezilarli vaqt oralig‘i. " Tovush shovqinini pasaytirish (kompandirlash)|"Audiosignalning, boshlang‘ich signal amplitudaviy spektrini siqishdan iborat bo‘lgan, xalaqitbardoshliligini oshirish usuli, bunda amplitudaning quyi chegarasi ehtimol tutilgan shovqin darajasidan yuqori bo‘ladi, yuqoridagisi esa joyida qoladi. Qabul qilish tomonda signal tiklanadi. " Tovush chastotasi|"20 Hz dan 20 kHz gacha diapazondagi chastota. " Tovush chastotasi bo‘yicha nochiziqli buzilish|"Kirish signalidagi garmonikalar tarkibining, uning uzatgichdan o‘tishi natijasida o‘zgarishi. " Tovushli axborotni qayta ishlash|"Tovushli axborotni qayta ishlovchi dasturlarda qo‘llaniladigan algoritm. " Tovushli axborotni tanlash xizmati|"Foydalanuvchi tomonidan (talabi bo‘yicha) musiqiy yoki boshqa audio-konferensiyani tashabbusli tanlash. " Tovushli kodlar|"Xatoliklar to‘g‘risida tovush signallari bilan xabardor qilish tizimi. tezkor-himoya qurilmasi, kesh-xotira yoki protsessor xatoliklarini aniqlashda ishning dastlabki bosqichida tayanch kiritish/chiqarish tizimi (BIOS) da foydalaniladi. Xatolik turi qisqa va uzun gudoklar soni hamda ularning ketma-ketligi bilan belgilanadi. " Tovushli ma’lumotlarni qayta ishlash darajasi|"Tovushli ma’lumotlar oqimini kodlashda foydalaniladigan algoritmlar majmui. Siqilish darajasi hamda koder va dekoderning murakkabligini belgilaydi. " Tovushli pochta|"Telefon band bo‘lganda, javob bermaganda, yoki mobil telefon uyali aloqaning xizmat ko‘rsatish zonasidan tashqarida joylashgan yoki o‘chirib qo‘yilganda, xabarni qabul qiluvchi avtojavobbergichning takomillashtirilgan analogi. Izoh – Tovushli pochta uchun abonentga kelib tushgan sanasi va vaqtli ko‘rsatiladigan xabarlarni saqlash uchun yana bitta telefon raqami – «quti» raqami taqdim etiladi. " Tovushli signal|"Tovush chastotasining, televizion tasvirning tovushli dasturi yoki tovush jo‘rligini aks ettiruvchi, dasturiy signali. " Tovushni boshqarish|"Chiquvchi audio qurilma, odatda kolonkadan chiqadigan tovushlarni boshqarish uchun utilita. Tovushning past-balandligini o‘zgartirish mumkin. " Tovushni zichlash − MP3 texnologiyasi|"Tasvirni hamda MPEG-1 va MPEG-2 tovushlarni raqamli siqish standartlarini yo‘qotish bilan Layer 3 tovushli axborotini siqish va saqlash formati. 10-12 kompressiyaning keng tarqalgan koeffitsiyenti. Format katta formatdagi musiqali fayllarni Internet orqali uzatishni soddalashtirish va arzonlashtirish maqsadida yaratilgan. Oddiy tinglovchining eshitish qobiliyati farqlay olmaydigan yozuvdagi tovush chastotalarini olib tashlashga imkon beradigan siqishning maxsus algoritmidan foydalaniladi; shunga muvofiq yozuvning hajmi ancha qisqaradi. Shu bilan birga, format ptofessional foydalanish uchun nobop hisoblanadi. " Toza|"Odatda, ushbu atama Internet Explorer moslamalarida qo‘llaniladi, agar ushbu moslama tanlansa, kuzatib boruvchi andoza bo‘yicha Internet Explorer ishga tushirilganda Internetga ulanmagan holda toza sahifani ochadi. " Tozalash|"Vaqtinchalik fayllarni o‘chirish. Diskdagi bo‘sh joyni ko‘paytirish uchun xizmat qiladi. " Tozalik|"1. Ustunlik qiluvchi va qo‘shimcha to‘lqin uzunligi bilan tavsiflanuvchi aralashmalardagi spektral hamda axromatik tashkil etuvchilarning nisbiy yorqinligi rangning tozaligi orqali aniqlanadi va uni belgilaydi. 2. Ushbu rangni tashkil qiluvchi sof spektral rangning oq va spektral rang yig‘indisiga nisbati bilan belgilanadigan rang xarakteristikasi. " Toshiba korporatsiyasi|"1875-yil Yaponiyada tashkil qilingan yirik xalqaro konsern. Faoliyatining asosiy yo‘nalishlari – elektrotexnika, elektronika va tibbiyot uskunalari. " Trafik|"Ma’lumotlarning uzatiladigan muhitdagi harakati, masalan, ma’lumotlarning lokal yoki global tarmoqdardagi oqimi. Tarmoqning bandligi (xuddi avtomobil yo‘llaridagi harakat kabi). " Trafik analizatori|"Boshqa bog‘lamalar uchun mo‘ljallangan tarmoq trafigini ushlab qolish va keyingi tahlillash yoki faqat tahlil qilishni amalga oshiradigan dastur yoki dasturiy-apparat vosita. Analizator ishlayotganda tarmoq interfeysi «tinglash rejimiga» o‘tadi va bu unga tarmoqdagi boshqa interfeyslarga yuborilgan ft paketlarni qabul qilish imkonini beradi. " Trafik kanal|"Abonent va tayanch stansiyalar o‘rtasida foydali va xizmatga oid axborotni uzatish kanali. Bu tushunchaga to‘g‘ri va teskari kanallar ham kiritiladi. " Trafikni nazorat qilish|"Ortiqcha yuklanishning oldini olish uchun barcha tarmoq elementlarida tarmoq tomonidan bajariladigan operatsiyalar. " Trafikni tahlil qilish|"Trafik oqimlarini kuzatish paytida olingan axborot tahlili. Masalan, trafik mavjudligi, mavjud emasligi, hajmi, yo‘nalishi va chastotasining tahlili. " Trafikni tiqishtirish|"Axborot muhofaza qilish sohasida – aksil chora. U trafikni tahlillashni yoki shifrlangan matnni ochiq matnga o‘girishni murakkablashtirish uchun uzatish muhitida maʼnosiz maʼlumotlarni yaratib ulardan foydalanishni nazarda tutadi. Masalan, ramzlar ketma-ketligi sifatida kodlangan xabar uzatishda ketma-ketlikning ayrim xonalarini yaratilgan ramzlar bilan to‘ldirish tushuniladi. " Trafikni o‘rniga qo‘yish (to‘ldirish)|"1. Soxta ulanishlarni aniqlash, qalbaki ma’lumotlar bloklarini va/yoki ma’lumotlar bloki ichidagi alohida qalbaki ma’lumotlarni generatsiyalash. 2. Ma’lumotlar bloki doirasida noto‘g‘ri aloqa voqealarini, noto‘g‘ri ma’lumotlar blokini va/yoki noto‘g‘ri ma’lumotlarni generatsiyalash. " Trafikning konfidensialligi|"1. Trafik (xabarlar oqimi)ni tahlildan muhofaza qilinishini ta’minlovchi konfidensiallik xizmatlari. 2. Aloqa tizimining raqib va/yoki axborotni buzuvchining tizimda uzatilayotgan ma’lumotlar va/yoki trafikni tahlil qilish orqali tizimning umuman ishlashi to‘g‘risidagi axborotni olishidan muhofazalanganligini tavsiflovchi xususiyat. Trafikni tahlil qilishdan himoyalash identifikatorlar hamda jo‘natuvchi va oluvchining manzillarini, paketlar uzunligini, uzatishlar jadalligini yashirish yo‘li va sh.k.orqali ta’minlanadi. " Traktni uzatish koeffitsiyenti|"Traktning chiqishdagi berilgan kesimida tushuvchi toʻlqinning normalangan kuchlanishi yoki toki kompleks amplitudasining, chiqishda qaytuvchi toʻlqin boʻlmaganda, traktning kirishdagi berilgan kesimida tushuvchi toʻlqinning normalangan kuchlanishi yoki toki kompleks amplitudasiga nisbati. " Tranking|"Abonent so‘roviga muvofiq taqdim etiladigan, bo‘sh kanallarni taqsimlashning avtomatik usuli; bunda har bir terminal ajratilgan diapazonning bir nechta qayd etilgan chastotalarning istalgan birida ishlashi mumkin. " Transdyuser o‘zgartirgich|"Energiyani bir shakldan boshqasiga, masalan, optik energiyani elektr energiyasiga aylantirish uchun mo‘ljallangan qurilma. " Transformatsiya (videoo‘zgartirish)|"Administrator tomonidan o‘rnatiladigan kiruvchi va chiquvchi xabarlarga qo‘shiladigan domen nomlarini qo‘shish, olib tashlash va o‘zgartirish qoidalari. " Transiver (qabul qilgich-uzatgich)|"Ethernet dagi kabi xost interfeysini lokal tarmoq bilan bog‘laydigan fizik qurilma. Izoh – Ethernet transiverlari kabelga signalni uzatuvchi va detektorlovchi elektron qurilmadan iborat. " Transkoderlash (rangli televideniyeda)|"Rangli televideniyening bitta tizimiga muvofiq kodlangan rangli videosignalni xuddi shunday satr va maydonlar chastotasiga ega bo‘lgan boshqa tizimga muvofiq kodlangan signalga o‘zgartirish. " Translyator|"Dastur yoki dasturning translyatsiya qilinishini bajaradigan texnik vosita. Translyator, shuningdek, xatolar aniqlanishini bajaradi, bosib chiqarish uchun dastur matnlarini beradi. " Translyatorga ko‘rsatma|"Dastur mazmunini o‘zgartirmaydigan, lekin translyator ishini boshqaradigan yoki unga qandaydir parametrlar beradigan, kirish tili konstruksiyasi. " Translyatsiya|"1. Bir dasturlash tilida yozilgan dasturni boshqa bir tildagi dasturga o‘zgartirish jarayoni. Translyatsiya – bu, bajarilishi mumkin bo‘lgan, mashina kodlaridagi dasturni tuzishdir; biblioteka kichik dasturlari, modullar, protseduralarni mashina tilidagi yakuniy dasturga qo‘shilishini ta’minlaydi. Izoh ‒ Translyatsiyaning ikki turi farqlanadi: kompilyatsiya – natija, dasturning boshlang‘ich matnidan mustaqil bajariladigan tayyor dastur ko‘rinishida olinadi; interpretatsiya – dasturning bajarilishi va translyatsiya qilinishi komandalar bo‘yicha yuz beradi. 2. Elektraloqa signallarini (tovush yoki televizion eshittirish signallarini, telefon so‘zlashuvlarni, telegraf xabarlarini va shu kabilarni) oraliq (translyatsion) stansiya orqali uzatish. " Translyatsiya davri o‘zgaruvchisi|"Makrobelgilashlar va translyatorga ko‘rsatmalarda foydalaniladigan o‘zgaruvchi. " Translyatsiya qilishdagi xato|"Dastur matnidagi, translyator aniqlaydigan xato. " Transponder (retranslyator)|"Ko‘plab yer stansiyalaridan signallarni qabul qiladigan va ularni boshqa chastotalar diapazonida Yerga qayta nurlantiradigan yo‘ldoshli qabul qilgich-uzatgich. Retranslyatorning kirish va chiqishidagi signallarning tuzilmasi odatda o‘zgarmaydi. " Transport darajasi|"Oxirgi (terminal) qurilmalar o‘rtasida ma’lumotlarni ishonchli uzatish uchun javob beruvchi OSI modelining to‘rtinchi sathi. " Transport oqimi|"Xatolarni to‘g‘rilash va o‘zining sinxronlash manbalaridan mustaqil izohlashga ega doimiy uzunlikdagi dasturiy paketlardan shakllangan raqamli eshittirish televideniyesi ma’lumotlarining bir nechta dasturiy oqimlarining to‘plami. " Transport protokoli, transport darajasidagi protokol|"OSI modelining transport darajasidagi funksiyalarini bajaruvchi tarmoq protokoli. " Transpyuter|"Ko‘p protsessorli hisoblash tizimlarida parallel hisoblashlar uchun foydalanishga mo‘ljallangan, maxsus arxitektura protsessori. " Tranzaksiya|"Obyektlarning vaqt bo‘yicha qisqa birgalikda ishlash sikli. O‘z ichiga «so‘rov ‒ topshiriqning bajarilishi ‒ javob»ni oladi. Odatda, dialog rejimida amalga oshiriladi. " Tranzaksiyalar jurnaliga ega fayl tizimi|"Har qanday o‘zgarishni tranzaksiya kabi qayd qiladigan fayl tizimi. Barcha tranzaksiyalar jurnalga yoziladi. " Tranzaksiyalar protsessori|"Tranzaksiyalar qayta ishlanishini rejalashtirish bilan shug‘ullanadigan va ularning bir-biridan alohida ajralib turishini ta’minlash uchun javob beradigan, shuningdek, tranzaksiyalarni qayta ishlash protokollashtirilishini ta’minlaydigan, maʼlumolar bazasini boshqarish tizimining kichik tizimlaridan biri. " Tranzaksiyalardan nusxa ko‘chirish|"Tranzaksiyalardan nusxa ko‘chirish – bu muntazam tarzda o‘zgaradigan maʼlumotlar bazalari uchun qulay yechim. Tranzaksiyalardan nusxa ko‘chirishda nusxa ko‘chirish agenti asosiy bazadagi o‘zgarishlarni obunachilarga yuboradi. Bu o‘zgarishlar ayni paytda yoki muntazam ravishda yuborilishi mumkin. " Tranzaksiyalarni tezkor qayta ishlash|"Real vaqt rejimida tranzaksiyalarning (so‘roq berish va natija olish jarayonlarining) bajarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan, maʼlumotlar bazalarini boshqarish turi. " Tranzit|"Chastotalar polosasi yoki uzatish tezligi o‘zgartirilmasdan, telekommunikatsiyalar signallari o‘tishini taʼminlaydigan, bir xil uzatish kanallari yoki traktlarining ulanishi. " Trassa|"Telekommunikatsiyalar kabelini o‘rnatish uchun mo‘ljallangan vosita (muhit, fazo). " Trassadagi oraliq masofa|"Trassaning eng yuqori geografik nuqtasidan qabul qiluvchi va uzatuvchi antennalarning fazaviy markazlarini birlashtiruvchi to‘g‘ri liniyagacha bo‘lgan raqamli eng kichik masofa. " Trassalashtirish|"Dastur har bir komandasining bajarilishi natijalarini aks ettirish. Bunda o‘zgaruvchilar, funksiyalar, ifodalarning qiymatlari beriladi. Trassalashtirishdan dasturni sozlashda foydalaniladi. " Trek|"Magnit disk. Har birini diskning aylanadigan plastinasi sirtida qo‘zg‘almas o‘qish/yozish kallagi qoldiradigan halqa ko‘rinishida tasavvur qilish mumkin bo‘lgan magnit yo‘lkalar majmuini o‘zida ifodalaydi. Yo‘lkalar 0 dan boshlab, chetki qismidan markaz tomon raqamlab boriladi. Disk formatlanganda, har bir yo‘lka sektorlarga bo‘linadi. " Trekbol|"Kompyuter tizimlari tarkibida ishlash uchun mo‘ljallangan grafik manipulyator. Harakatlanishi nazorat qilinadigan shar – shar shaklidagi va «sichqoncha»ning o‘rnini bosadigan 2ta yoki 3 ta tugmadan iborat maxsus qurilma. " Trekpoint|"Displeyda ma’lumotlarni tanlash, grafik ma’lumotlarni kiritish imkonini beradigan qurilma. Displey ekranida kursor yordamida barmoqning unga bo‘ladigan bosimi yo‘nalishini kuzatib boradigan tugmani o‘zida ifodalaydi. Odatda, klaviatura o‘rtasida o‘rnatiladi. " Trellis kodlash|"Maxsus tanlangan yoyish kodi va bitlarni simvollarga joylashtirish algoritmining kombinatsiyasi, u ortiqchalikni uncha ko‘paytirmasdan, energiyadan sezilarli yutishni ta’minlaydi. " Trevoga|"Viruslar xavfi tug‘ilganda, xavfsizlik buzilganligi to‘g‘risidagi xabarda, ruxsat etilmagan foydalanish/ kirish amalga oshirilganda uzatiladigan tovushli yoki vizual trevoga signali. " Trevoga signalini berish qurilmasi|"Ruxsat etilmagan tarzda foydalanishga urinish bo‘lganda, nazorat postiga tovush va/yoki yorug‘lik signali uzatilishini ta’minlovchi dasturiy-apparat qurilma. " Triada|"Uchta: qizil, ko‘k va yashil rangdan iborat lyuminofor guruh. " Trigger|"Ikki yoki undan ko‘p barqaror holatga ega elektron qurilma. Triggerlar integral sxemalar tarkibiga kiradi. Asosan, xotira sifatida foydalaniladi. " Trilateratsiya|"Mobil obyekt joylashgan yerni aniqlashning, bir vaqtda tarmoqning uchta stansiyasidan obyektgacha bo‘lgan masofani o‘lchashga asoslangan usuli. " «Troya oti»|"Ma’lumotlarni ruxsat etilmagan tarzda to‘plash, falsifikatsiya qilish yoki yo‘q qilishni amalga oshirish imkonini beradigan, funksional foydali bo‘lib ko‘rinadigan, zarar yetkazuvchi dastur. " Tugallash, tamomlash|"Operator yoki blokning oxirini (tugashini) ko‘rsatadigan xizmatga oid so‘z. " Tugatish|"Jarayonning, uning dasturini bajarish tugallanganligini bildiradigan holati. " Tugma|"Shaklning asosiy elementlaridan biri. To‘g‘riburchakni o‘zida aks ettiradi, uni bosish natijasida biror harakat yuz beradi. " Tugmadagi tasvir|"Tugma yuzida tasvirlangan piktogramma. Matnga muqobil hisoblanadi. " Tugmalar paneli|"Bevosita menyu satri ostida joylashgan va nusxa ko‘chirish, ma’lumotlarni surish, olib tashlash kabi, tez-tez talab qilinadigan operatsiyalarni bajarish imkonini beradigan tugmalar qatori. " Tuman pochta aloqasi bog‘lamasi|"Tuman markazlarida tashkil etiladigan pochta aloqasi bog‘lamasi. " Tumanichi pochta yo‘nalishi|"Bitta tuman pochta aloqasi obyektlarini bog‘lovchi pochta yo‘nalishi. " «Tungi servis» xizmatini ta’minlash|"Tungi vaqtlarda chaqiruvlarni muqobil (belgilangan) raqamga qayta yuborish imkonini beradigan xizmat. Xizmatni aktivlashtirish ikkita: - avtomatik, ko‘p liniyali bog‘lam guruhining barcha a’zolari band bo‘lganda; - qo‘lda, ko‘p liniyali bog‘lam guruhi a’zolalaridan biri tomonidan aktivlashtirish usuli orqali amalga oshiriladi. Izoh – Xizmat ko‘p liniyali bog‘lam guruhlari uchun mo‘ljallangan. " Tungi televideniye|"10-4 ℓk dan 10-5 ℓk gacha yetadigan, o‘rtacha 10-2 ℓk dan 10-3 ℓk gacha tashkil etadigan tungi tabiiy yoritilganlikdagi televizion uzatish. " Tur|"Dasturlash tillarida foydalaniladigan ma’lumotlar ko‘rinishi (masalan, simvolli, butun sonli va h.k.) " Turbo|"1. Protsessorning ishlash chastotasi oshirilgan kompyuterning ishlash rejimi. Turbo rejimi i80286 protsessordan boshlab asosiy hisoblanadi. Eskirgan dasturlar bilan ishlashda bu rejim uzib qo‘yiladi. Pentium protsessorli kompyuterlarda foydalanilmaydi. 2. Borland firmasining savdo markasi. Mashhur Turbo Paskal, Turbo C, Turbo Prolog mahsulotlari bir xil muhitga va sifatli translyatorlarga ega. " Turbo-kodlash|"Parallel ulangan bir nechta koder orqali simvolli ketma-ketlikni kodlash. " Turkumlar verifikatori|"Turkumni yuklashda uning bayt-kodi, turlarining nazorati va boshqa zarur tekshirishlarni bajaradigan JVM tarkibiy qismi. " Turlarni o‘zgartirish|"Bir turdan boshqa turga o‘zgartirish operatsiyasi, masalan, «1234» qatori 1234 butun raqamiga aylantirilishi mumkin. " Turli tomonga yo‘naltiriladigan antennalardan foydalanib yoyish|"Harakatdagi (masalan, poyezdga o‘rnatilgan) radiostansiyalar uchun katta kuchayish koeffitsiyentiga ega antennani avtotanlashga asoslangan signallarni qabul qilish usuli. " Turniket antenna|"Ta’minoti fazalarni 90° ga burish bilan uzatiladigan bir nechta oʻzaro perpendikulyar vibratorlar antenna boʻylab joylashadigan machta (shtanga)ni oʻzida aks ettiradigan antenna. " Turg‘un qoplanish zonasi|"Radiosignal ishonchli qabul qilish uchun yetarli darajada nurlanadigan zona. " Turgʻun toʻlqin|"1. Qarama-qarshi yo‘nalishlarda tarqaladigan, ulardan biri to‘g‘ri, ikkinchisi esa uzatish liniyasining olisdagi uchidan qaytuvchi ikki to‘lqinning ustma-ust tushishidan hosil bo‘ladigan to‘lqin. Turgʻun toʻlqinda kuchlanish va tok faza boʻyicha 90° ga surilgan, amplitudalari ba’zi nuqtalarda maksimumga (bogʻlamlilik maksimumiga), ba’zilarida esa, nolga (uzellar) yetgan holda, aloqa liniyasi boʻylab oʻzgaradi. 2. Bir xil amplitudali, bir-biriga tomon tarqaladigan hamda vaqt va fazoda oʻzgaradigan ikkita yuguruvchi elektromagnit toʻlqin interferensiyasi paytida fazoda yuzaga keladigan elektromagnit toʻlqin. " Turgʻun toʻlqin koeffitsiyenti (TTK)|"1. Uzatish liniyasidagi turgʻun toʻlqin elektr yoki magnit maydoni kuchlanganligi amplitudasi eng yuqori qiymatining eng kichik qiymatga nisbati. 2. Uzatish liniyasidagi turgʻun va yuguruvchi toʻlqin amplitudalari oʻrtasidagi oʻzaro nisbatni tavsiflovchi koʻrsatgich boʻlib, SWR = (1 + k)/(1 – k) tarzida aniqlanadi, bunda k – qaytish koeffitsiyenti. " Turg‘un to‘lqinlar rejimi|"1. Liniyada teng amplitudali tushuvchi va qaytgan to‘lqinlar mavjud bo‘ladigan, yo‘qotishlarsiz uzun liniyaning ishlash rejimi. 2. Liniya yuklamasi u yo‘naltiradigan to‘lqin energiyasini to‘liq qaytaradigan rejim. " Tutash huquqlarni qo‘riqlash nishoni|"Fonogrammaning har bir nusxasida va/yoki uning har bir g‘ilofida joylashtiriladigan nishon. U uch elementdan iborat bo‘ladi: aylanada «R» lotin harfi; alohida tutash huquqlari egasining ismi (rasmiy nomi); fonogramma birinchi marta chop etilgan yil. " Tutashtirgich|"1. Har ikki uchida konnektorlari bo‘lgan optik-tolali kabel. 2. Krossda yarim doimiy ulanishlar uchun foydalaniladigan konnektorsiz kabel birligi yoki elementi. 3.Konnektorlarsiz o‘ralgan juftlar asosidagi, krossda telekommunikatsiya sxemalari/liniyalarini ulash uchun foydalaniladigan qurilma. " Tutib olish xizmati|"Agar chaqiruv mavjud bo‘lmagan yoki o‘zgartirilgan raqamga chaqiruv yuborilsa yoki chaqiruv vaqtida marshrut vaqtincha blokirovkalangan bo‘lsa, yoki chaqiruv yuborilganda abonent noto‘g‘ri harakat qilsa, chaqiruv avtomatik tarzda tutib qolinadi va kommutatsiya uskunasi orqali keraksiz bog‘lanishni o‘rnatishning oldini olish uchun, chaqiruvlarni tutib olish qurilmasiga uzatiladi. " Tuzatilgan versiya|"Apparat yoki dasturiy vositaning aniqlangan barcha xatoliklar tuzatilgan va qo‘shimcha hech qanday funksiyalari bo‘lmagan versiyasi. " Tuzatmoq|"Xatolarni izlash va tuzatish amali. Ma’lumot kiritish orqali dastur instruksiyasini qadam-baqadam bajarish orqali amalga oshiriladi. " Tuzatuvchi kod|"Uzatiladigan xabarga ba’zi bir ortiqchalilik kiritilishi orqali xatolarni tuzatuvchi kod. " Tuzatuvchi qurilma|"Aloqa kanalida yoki axborotni qayta ishlashda vujudga keladigan muntazam (tasodifiy bo‘lmagan) xatolarni bartaraf etish uchun mo‘ljallangan qurilma. Kanal tuzatuvchi qurilmasining ishlash prinsipi signal xarakteristikalarini aloqa kanalining uzatish funksiyasi bilan moslashtirishga asoslangan. " Tuzilma|"Bitta yoki bir nechta, balki har xil turdagi elementlardan iborat ma’lumotlar elementi. " Tuzilmaviy dasturlash|"Har birida bitta kirish va bitta chiqish nuqtalari bo‘lgan, iyerarxik ixcham modullardan tashkil topgan (Edsger Dijkstra tomonidan yaratilgan) dasturlarni loyihalash metodologiyasi. Bundan tashqari tuzilmaviy dasturlash GОTО operatorini ishlatishni cheklab qo‘yadi. " Tuzish va yig‘ishning quyi darajasi|"ATM tarmoqlarida AAL ning ikkita darajasidan biri. Nisbatan yuqori darajadagi kiruvchi ma’lumotlar oqimini 48 byte li yacheykalarga bo‘ladi va u yacheykalardan chiquvchi ma’lumotlarni yig‘adi. Odatda tarmoq kontrollerida alohida mikrosxemalar ko‘rinishida amalga oshiriladi. Ma’lumotlarni yacheykalarga ajratish usullarini aniqlovchi turli standartlar mavjud. Ular ATM Adaptation Layers deyiladi. " Tuzoq|"Jinoyatkorning har qanday harakatini sinchiklab protokollashtiradigan kompyuterdagi ma’lum servislar (pochta, Telnet va sh.k.) ishini tezlashtiradigan dastur. " Tuzoqlardan foydalanish|"Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimiga, oshkora kamchiliklarni (zaifliklarni) atayin kiritish. Buzg‘unchi bu kamchiliklardan (zaifliklardan) foydalanganda, uni chalg‘itish uchun yoki kirishga urinishlarni aniqlash uchun mo‘ljallangan. " Tuzuvchi|"Faylni yaratadigan maxsus dastur. " Tushadigan menyu|"Barcha oynalarga qo‘llaniladigan komandalar menyusi; displey ekranining yuqori burchagida joylashgan sarlavhasi ko‘rsatilgan holda chaqiriladigan, bevosita shu sarlavha ostida paydo bo‘ladigan va komanda tanlangandan so‘ng yo‘qoladigan menyu. Shuningdek, «global menyu» deb ham ataladi. " Tushuvchi radioto‘lqin|"O‘z yo‘lida ikkita muhitning ajralish sirtiga yoki muhitning bir xil emasligiga duch keladigan radioto‘lqin. " Tushuvchi to‘lqin|"Manbadan tarqaladigan yuguruvchi to‘lqin. " TV ko‘rsatuvlarni keyinga qoldirib ko‘rish|"Kontentni kechikish bilan (odatda 1 soatga karrali) uzatuvchi kanal yordamida ko‘rsatuvning yoqib qolgan fragmentlarini takrorlash imkoniyati. " TV signalning inersionliligi|"Fotoelektron o‘zgartirgich chiqishidagi TV signal o‘zgarishining uning fotosezgir yuzasi yoritilganligining o‘zgarishiga nisbatan kechikishini tavsiflaydigan parametr. " TV signalning ortiqchaligi|"Axborotning sezilarli ortiqchaligi yoki ko‘rish apparati imkoniyatlarining cheklanganligi bilan bog‘liqlik. " TV tasvirlarning sifati|"TV tasvirlarning universal optik yoki elektron televizion sinov jadvallarining tasviri bo‘yicha, vizual baholanadigan parametrlari. " Tyuner|"Ma’lum chastotalardagi televizion signallarni ajratadigan va uni audio va videoaxborotga o‘zgartiradigan qabul qiluvchi qurilma. " Tyuner sezgirligi|"Kirish signali darajasi, bunda tyuner sifatli (ma’lum bir standart mezonlar bo‘yicha) qabulni ta’minlaydi. " Tyuring mashinasi|"1936-yilda ingliz matematigi Alan Tyuring tomonidan algoritm tushunchasini rasmiylashtirish va algoritmlar murakkabligini (murakkablik toifalarini) o‘rganish vositasi sifatida taklif qilingan gipotetik hisoblagich. Tyurinning maqsadi hisoblash mashinasi nimani bajara olishi va nimani bajara olmasligi o‘rtasidagi chegarani tavsiflashdan iborat edi. Tyuring mashinasi bu matematik jihatdan ideallashtirilgan kompyuter bo‘lib, u hech qachon xato qilmaydi, istaganingizcha uzoq vaqt ishlaydi va cheksiz xotira hajmiga ega. Umumiy foydalanishdagi zamonaviy protsessorlar, ularda cheksiz xotira hajmi mavjud emasligini hisobga olmaganda, Tyuring mashinasiga juda o‘xshashdir. Determinallangan va determinallanmagan Tyuring mashinalari farqlanadi. " Tyuring testi|"Ingliz matematigi Alan Tyuring (1912-1954) tomonidan «Hisoblash mashinalari va intellekt» (1950-yilda «Mind» jurnalida chop etilgan) eng muhim maqolasida sun’iy intellekt tizimlarini intellekt mavjudligiga tekshirish uchun taklif qilingan test. Ushbu testdan o‘tish uchun boshqa xonada joylashgan mashina odam («tergovchi») bilan shunday tarzda suhbat qurishi kerakki, bunda odam kompyuter bilan suhbatlashayotganini payqamasligi kerak. Bir kishi teletaypda (hozirgi vaqtda klaviaturada) mashinaga bir nechta savollarni kiritadi, mashina esa javoblarni monitor ekranida aks ettiradi. Faqatgina ushbu matnli xabar orqali u suhbatdoshining mashina yoki odam ekanligini aniqlashi kerak. Agar test o‘tkazuvchi odam bilan gaplashayotganiga ishonsa, u tomonidan baholanayotgan mashina sun’iy intellektga ega bo‘ladi. Tyuring testi va testga tanqidiy yondashuv sun’iy intellekt rivojlanishida ijobiy rol o‘ynadi. Shuningdek, sun’iy intellektda, kompyuterning ko‘rish va harakatlana olish qobiliyatini qo‘shimcha ravishda tekshiradigan umumiy Tyuring testi tushunchasi mavjud. " To‘la dupleks|"Qurilmaning bir vaqtning o‘zida ikki yo‘nalishda – signalni qabul qilish va uzatishda ishlash qobiliyati. " To‘la ekranli dastur|"To‘la ekran rejimida ishlaydigan dastur. " To‘la matnli izlash|"Zarur axborotni olish uchun, hujjatlar to‘plamidagi har bir so‘z bo‘yicha izlash. " To‘la matnli maʼlumotlar bazasi|"To‘la matnli hujjatlar yoki ularning qismlari saqlanayotgan maʼlumotlar bazasi. " To‘la sug‘urta nusxalash|"Disk ichidagi barcha narsadan yoki ma’lumotlar bazasidan rezerv zaxira ko’chirish. " To‘ldirib yuborish hujumi|"Katta hajmdagi soxta trafikni kiritish hisobiga tarmoq uskunasining (marshrutizator, kommutator va b.larning) sun’iy ravishda o‘ta yuklanishini vujudga keltirish. " To‘ldiriladigan operatsion kod|"Komandaning boshqa qismidan olingan axborot orqali qo‘shimcha aniqlanadigan operatsion kod. " To‘ldirish bayrog‘i|"Protsessorlardagi holat registri bayroqlaridan biri. " To‘lib ketish|"Ma’lumotlarning katta hajmini tasodifan yoki qasddan kiritish, uning natijasida xizmat ko‘rsatishning rad etilishi yuz beradi. " To‘liq ajratib bajariladigan hujum, brutfors|"Parol va kalitlarning mumkin bo‘lgan variantlarini tanlab, sinashlar va xato qilishlar usulida kompyuter xavfsizligini buzishga urinish. Izoh – To‘liq ajratib bajariladigan hujum analitik hujumning aksi hisoblanadi. " To‘liq aylanadigan antenna|"Fazoning istalgan nuqtasiga yo‘naltirilishi mumkin bo‘lgan antenna. " To‘liq bog‘langan topologiya|"Bog‘lagichlarning har bir jufti uchun eng kamida bitta aloqa mavjud bo‘lgan konfiguratsiya. " To‘liq kadrning vaqt bo‘yicha kodi|"Kadrlar bilan haqiqiy vaqt o‘rtasida muvofiqlik o‘rnatilishi o‘rniga kadrlarning aniq sonini hisoblash yuz beradigan videotasmadagi kadrlarni manzillash uchun mo‘ljallangan SMPTE standarti. " To‘liq maydondagi telematn|"Axborot televizion tasvir signallari mavjud emasligida va bu signallar bilan shug‘ullanuvchi vaqt davomida uzatiladigan telematn. " To‘liq mos kelishlik|"Ikkita yoki undan ko‘p kompyuter foydalanuvchilari uchun hech qanday cheklashlarsiz texnik, dasturiy va axborot uyg‘unligi. " To‘liq rang sinxronlash signali|"Rangli televideniye qabul qilgichi to‘g‘ri ishlashi uchun zarur bo‘lgan barcha sinxronlovchi signallarni ichiga olgan signal. " To‘liq rang videosignali|"To‘liq yorqinlik signali hamda ranglilik signalidan iborat televizion videosignal. " To‘liq saralash|"To‘g‘ri kriptografik kalitni barcha mumkin bo‘lgan kalitlar ichidan uni to‘liq saralash yo‘li bilan izlashning asosiy usuli. Shifrlash algoritmi yoki kalitlarni ishlab chiqishda zaifliklar topilganda, kalitlar sonini qisqartirish mumkin bo‘ladi. " To‘liq tasvir signali|"So‘ndiruvchi impulsli tasvir signali hamda sinxronlovchi signallardan iborat signal. " To‘liq tasvir signalidagi oqning etalon darajasi|"Signalni sinxronlovchi signalning cho‘qqisidan uzoqlashtirilgan (oqning yo‘nalishida) daraja. " (To‘liq tasvir signalining) qulochi|"To‘liq tasvir signali kuchlanishining eng katta musbat va eng katta manfiy potensiallari o‘rtasidagi farq. " To‘liq ulangan tarmoq|"Har qanday mashina boshqa har qanday mashina bilan ulangan tarmoq. " To‘liq videosignal|"Videosignalning sinxronizatsiya signali bilan kombinatsiyasi. " To‘liq yorqinlik signali|"Yorqinlik va sinxronlash signallaridan iborat signal. " To‘lov to‘g‘risidagi ma’lumotlarni avtomatik tarzda uzatish xizmati|"Abonentga bog‘lanish uchun to‘lovni to‘lashga taalluqli barcha ma’lumotlar yoki ularning qismi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish imkonini beradigan xizmat. " To‘lqin kiritish-chiqarish multipleksori|"To‘lqinli multipleksorlashdan foydalanadigan, kiritish-chiqarish multipleksori. " To‘lqin qarshilik|"1. Liniyaning to‘lqin qarshiligi, shu liniya bo‘ylab taqsimlangan sig‘imga liniya bo‘ylab taqsimlangan induktivlik kvadrat nisbatining ildiziga teng. 2. Berilgan tarqalish muhitida ma’lum turdagi to‘lqin uchun elektr va magnit maydonlari kuchlanganlik qiymatlarining nisbati. " To‘lqin uzunligi|"1. Fazodagi ikki nuqta o‘rtasida yotuvchi eng qisqa masofa, unda elektromagnit to‘lqin fazasi 2π ga o‘zgaradi. 2. Tebranishlar bir xil fazаga ega bo‘lgan, to‘lqin tarqalish yo‘nalishi bo‘ylab joylashgan ikki nuqta o‘rtasidagi eng kichik masofa. " To‘lqin uzunligi bo‘yicha ajratish bilan multipleksorlash|"1. Liniya agregat kanali to‘lqin uzunligi bo‘yicha turlicha n ta kanalni (modulyatsiyalovchi signal texnologiyasiga ko‘ra o‘xshash bo‘lmagan) birlashtirish yo‘li bilan shakllantiriladigan multipleksorlash. 2. Signallarni multipleksorlash usuli. Bitta optik-tolali kabel orqali to‘lqin uzunligi turlicha bo‘lgan bir nechta (odatda, 16 tagacha) yorug‘lik dastasini uzatish imkonini beradi. To‘lqin uzunligiga ko‘ra, multipleksorlash signalning minimal so‘nishi (bir modali to‘lqin uchun 0,2 dB/km gacha) ta’minlanadigan 1530-1560 nm chegarada amalga oshiriladi. " To‘lqin uzunligi bo‘yicha ajratish bilan zichlashtirish|"Optoelektron signallarni, quyi chastotalarda qo‘llaniladigan chastotaviy zichlashtirishga o‘xshash, yuqori tezlikli uzatish usuli. Texnologiya optik tolali muhitda bir nechta mustaqil trafiklarni spektral tashkil etuvchilar (tonlar) o‘rtasida kesishmaydigan ko‘plikka rangni ajratish mumkinligi hisobiga uzatish imkoniyatidan foydalanadi. Kanallar 4, 16 ta va undan ko‘p bo‘lishi mumkin. " To‘lqin uzunligi bo‘yicha multipleksorlash|"Turli uzunlikdagi yorug‘lik to‘lqinlaridan foydalanishga asoslangan spektral zichlashtirish texnologiyasi va DWDM texnologiyalari. Bu optik-tolali kabellarda 1022 tagacha turli hajmdagi kanal hosil qilish imkonini beradi. " To‘lqin o‘lchagich|"Radiochastotalar diapazonida to‘lqin uzunligini yoki elektromagnit tebranishlar chastotasini o‘lchaydigan asbob. " To‘lqin o‘tkazgiсh|"1. Bo‘sh metall truba yoki dielektrik sterjen, uning ichida o‘q bo‘ylab radioto‘lqinlar qaytgan to‘lqinlarning ichki devorlari va interferensiyasidan ko‘p martali qaytishlar natijasida tarqaladi. 2. Energiyani masofaga uzatish maqsadida kanal hosil qiladigan har qanday tuzilma. To‘lqin o‘tkazgichning quyidagi turlari mavjud: radio, atmosfera, yorug‘lik o‘tkazgich va plazmali. " To‘lqin o‘tkazgich traktining germetik elementi|"To‘lqin o‘tkazgich traktini quritish tizimi uchun yopiq hajm hosil qiluvchi maxsus to‘lqino‘tkazgishli qo‘shimcha. " To‘lqin o‘tkazgichli antenna|"To‘lqin o‘tkazgich kesmasi ko‘rinishidagi, oxiri ochiq antenna. " To‘lqin o‘tkazgichli kallak|"Quvvatni o‘lchash va indikatsiyalash uchun mo‘ljallangan qurilma. Odatda detektor va moslovchi elementlari ulangan to‘lqin o‘tkazgich bo‘lagi ko‘rinishida tayyorlanadi. " To‘lqin o‘tkazgichli koaksial o‘tish|"To‘lqin o‘tkazgichli kirish va koaksial chiqishga ega o‘ta yuqori chastota uzatish liniyasining o‘tish seksiyasi. " To‘lqin o‘tkazgichli moda|"Metall to‘lqin o‘tkazgichda qo‘zg‘atiladigan, elektromagnit maydon va chastota tuzilmasi bilan tavsiflanadigan to‘lqin turi. " To‘lqin o‘tkazgichli tarqalish|"Radioto‘lqinlarning ma’lum cheklovchi sirtlar o‘rtasida tarqalishi, bunda shu sirtlar o‘rtasidagi to‘lqinli maydonlar bir xil muhitdagiga qaraganda masofa bilan sekin kamayadi. " To‘lqinlar dispersiyasi|"Tarqalish muhitida garmonik to‘lqinlar fazaviy tezligining chastotaga bog‘liqligi. To‘lqinlar dispersiyasi, masalan, ionosferada, to‘lqin o‘tkazgichlarda radioto‘lqinlarning tarqalish jarayonida kuzatiladi. " To‘lqinlar interferensiyasi|"Fazoda bir xil davriylikdagi ikkita (yoki bir nechta) to‘lqinning qo‘shilishi, buning natijasida fazoning turli nuqtalarida qo‘shiladigan to‘lqinlarning fazalari o‘rtasidagi nisbatlarga bog‘liq bo‘lgan to‘lqinlar natijaviy amplitudalarining ko‘payishi yoki kamayishi yuzaga keladi. " «To‘lqinli kanal» antennasi (direktorli antenna)|"Liniya bo‘ylab bitta tekislikda joylashgan, maksimal nurlanish va/yoki qabul qilish bilan mos keladigan bir qator parallel vibratorlardan (aktiv vibrator, passiv reflektor va bir nechta passiv direktordan) iborat yo‘naltirilgan antenna. " To‘lqinli kodlash|"Har bir bosqichda ketma-ket ikki marta filtrlash va detsimatsiyalash tufayli kichiklashtirilgan tayanch hamda bitlar sonining kichik yig‘indisiga ega uchta tasvir hosil bo‘ladigan, iteratsion kodlash algoritmi. " To‘lqinli marshrutlash; ko‘chkili marshrutlash|"Marshrutlashni amalga oshirishning eng oddiy, bog‘langanlik jadvali tuzilishini talab qilmaydigan, usullaridan biri. Har bir aloqa uzelidan olinadigan so‘rov bir vaqtda barcha qo‘shni uzellarga uzatiladi, qandaydir paket avval olinganligi aniqlansa, marshrutizator uni chiqarib tashlaydi. To‘lqin usuli ortiqcha trafikni keltirib chiqaradi, shuning uchun uzellar soni ko‘p bo‘lgan tarmoqlarda uning samaradorligi past. " Toʻlqinning kritik uzunligi|"Toʻlqinning erkin fazodagi eng katta uzunligi, berilgan turdagi toʻlqinlarning toʻlqinoʻtkazgichda undan yuqori tarqalishi mumkin boʻlmay qoladi. " To‘lqinning ustuvor uzunligi (grafik ta’rif)|"Ranglilik diagrammasida tanlangan boshlang‘ich nuqtadan namuna rangini ifodalovchi nuqta orqali o‘tkazilgan to‘g‘ri chiziqning spektral ranglar chizig‘i bilan kesishishiga mos keladigan to‘lqin uzunligi. " To‘plagich|"Ma’lumotlarni muayyan tashuvchiga yozish/o‘qish uchun mo‘ljallangan qurilma. To‘plagichlar tashqi xotira qurilmalariga kiradi. Izoh – Disklardagi, lentalardagi, kartalardagi to‘plagichlar farqlanadi. Tashuvchilari olinadigan to‘plagichlar, bu holda ma’lumotlar tashuvchisini almashtirish mumkin bo‘ladigan tashuvchilari olinadigan to‘plagichlar (masalan, egiluvchan magnit disklar, magnit lentalar, kompakt-disklar, DVD) va, tashuvchi to‘plagichga o‘rnatilgan, uni almashtirish mumkin bo‘lmaydigan doimiy tashuvchili to‘plagichlar (masalan, qattiq magnit disk) farqlanadi. " To‘plagichning tez ishlashi|"To‘plagichdagi ma’lumotlarni o‘qish/yozish tezligi. Ikkita parametr bilan: o‘rtacha foydalanish vaqti hamda ma’lumotlar uzatish tezligi bilan belgilanadi. " To‘plam|"Bir butun yaxlit sifatida qarab chiqish mumkin bo‘lgan bir jinsli elementlar majmui. Ba’zi dasturlash tillarida «to‘plam» ma’lumotlar turi mavjud. «To‘plam» ma’lumotlarda birlashtirish, kesishish, kirish operatsiyalariga to‘g‘ri keladi. " To‘plamli pochta jo‘natmalari, pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalari|"Yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan bir va bir nechta manzilga topshiriladigan beshta va undan ortiq bir turdagi ro‘yxatga olinadigan pochta jo‘natmalari, pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalari. " To‘plangan ma’lumotlar bazasi|"Ko‘plab manbalardan va ko‘pincha o‘zaro mos kelmaydigan tizimlardan olingan ma’lumotlar birlashtiriladigan MB. " To‘plash buferlari|"Uch o‘lchamli grafikada ‒ ketma-ket keladigan kadrlarni saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus buferlar. " To‘plash orqali muhofaza qilish|"Tashqi hotirada saqlanadigan ma’lumotlarni tiklash usuli. Qo‘shimcha tashuvchiga ma’lum bir muddatdan keyin yaratilgan fayllar ko‘chirilishida ifodalanadi. " To‘plovchi summator|"Registr yoki arifmetik yo mantiqiy amal natijasi joylashtiriladigan xotira seksiyasi. " To‘q ranglar|"Rangning to‘qligi, uning yorqinligiga nisbatan rang kuchini tavsiflaydi. Rangning «intensivligi» deb ham ataladi. " «To‘q sariq» kitob|"1985-yil dekabr oyida Trusted Computer System Evaluation Criteria (DoD 5200.28 STD) (Kompyuter tizimlarining ishonchidan foydalanuvchilarni baholash mezonlari) kitobida nashr etilgan, kompyuter dasturlariga tegishli yaroqlilik mezonlarini o‘rnatuvchi, Kompyuter xavfsizligi bo‘yicha Milliy kengash standarti. " To‘rsimon tarmoq|"Gibrid yoki yulduzsimon tarmoq, o‘rgimchak to‘ri topologiyasini hosil qiladigan bitta yoki bir nechta halqali tarmoq. " «To‘rt so‘zli» xotira qurilmasi|"Ma’lumotlar to‘rtta so‘zini bir vaqtda tanlab-tanlab oladigan tezkor xotira qurilmasi. " To‘rtinchi avlod (4G)|"Mobil aloqa tizimlarining istiqbolli texnologiyalari. Ularning asosini, axborot uzatish tezligi 10-44 Mbit/s bo‘lishini ta’minlaydigan multimedia va mobil teleeshittirish xizmatlari tashkil etadi. " To‘rtinchi avlod kompyuteri|"Katta integral sxema va o‘ta kata integral sxema ko‘rinishidagi element bazasidan foydalaniladigan kompyuterlar. " To‘rtinchi avlod tili|"Lug‘atlarga asoslangan dasturlash tillari. Tizimlarni ishlab chiqish unumdorligini oshirish imkonini beradi. 4 GL ga so‘rovlar va hisobotlar tillari mansub. " To‘siq|"Muhofaza qilinadigan axborot va obyektdan foydalana olishga tashkiliy, texnik, dasturiy jihatdan to‘sqinlik qilish usuli. " To‘suvchi filtr|"Chastotalarning muayyan polosasidagi elektr tebranishlarni o‘tkazmaydigan qurilma; barcha boshqa chastotalarning tebranishlari o‘tkaziladi. To‘suvchi filtrlar yaqin joydagi kuchli radiostansiyalardan radioqabulqilish xalaqitlarini kuchsizlantirish, teleko‘rsatuv dasturlarini olib borishda tovush chastotalarini bostirish uchun qo‘llaniladi. " To‘suvchi radioxalaqit|"Bostirilayotgan signal spektriga nisbatan ancha kengroq spektrga ega, ataylab qilingan aktiv radioxalaqit. " To‘xtab-to‘xtab uzatish|"Uzatgichni pauzalarda yoki so‘zlashuv oxirida uzib (o‘chirib) qo‘yish hisobiga aloqa liniyasining spektral samaradorligini oshirish usuli. " To‘xtash|"Kompyuter ishlashini apparatli to‘xtatish. Unga monand o‘chirish va o‘chirib-yoqishdan farqli ravishda, bu holda tezkor xotira qurilmasidagi ma’lumotlar yo‘qolmaydi. Tizim dasturiy ta’minotini sozlashda, shuningdek, tizimning buzilish oqibatlarini tekshirishda foydalaniladi. " To‘xtash nuqtasi|"Dasturdagi, muayyan ish (amal) bajarilishi kerak bo‘lgan nuqta. " To‘xtashni (ishlamay qolishni) ro‘yxatga olish|"Ta’minotda uzilish bo‘lganda yoki fatal xatoga yo‘l qo‘yilganda, ma’lumotlarning va protsessor registrlari ichidagining saqlanishi. " To‘xtatish|"Ilovalar bajarilishi jarayonidagi tanlov varianti. Bajarilayotgan jarayonning, saqlanmagan ma’lumotlarning yo‘qolish bilan, to‘xtashi tushuniladi. Odatda bu biror bir xatoliklardan kelib chiqadi. Masalan, mavjud faylni qayta yozishga urinishda. " To‘xtatuvchi (uzuvchi) guruh|"Tranzaksiyalarni uza oladigan tarmoq uzellarining majmui. " To‘xtovsiz ishlash|"Obyektning berilgan sharoitlarda muayyan vaqt oralig‘i davomida talab qilingan funksiyalarni bajara olish qobiliyati. " To‘yinganlik|"Rangli tonni qabul qilish xarakteristikasi, unga o‘xshash axromatik rang sezishdan uning farqlanishini belgilaydi. " To‘yinganlikni (rangni) rostlash|"Rangning to‘yinganligini rostlashga imkon beradigan rangli televizor kanalida ranglilikni kuchaytirishni rostlash. " To‘yinish|"Chiqishi va kirishidagi signallar o‘rtasida nochiziqli bog‘lanish bo‘lgan kuchaytirgichning ish rejimi. To‘yinish sohasida chiqish signali darajasi maksimal qiymatga yetadi va kirish signali kuchayganda (oshganda) deyarli o‘zgarmaydi. " To‘yinmagan ranglar (rangli fotosurat)|"To‘yinganligi standart to‘yinganlikka qaraganda sezilarli darajada kam bo‘lgan ranglar. " To‘g‘ri sim|"Telefon kabellarida juftliklarni band qilish yo‘li bilan tashkil qilingan krosslar va/yoki taqsimlash qutilari orqali o‘zaro bog‘langan, shuningdek, stansiyalararo, magistral yoki taqsimlash tarmog‘i uchastkalarining qanchasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa uchun band qilinishidan qat’i nazar, raqamli aloqa kanallari hisobiga tashkil qilingan ikkita oxirgi punktlar o‘rtasidagi ikki simli qayd etilgan, kommutatsiya qilinmaydigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa. " To‘g‘ri chiziqli yoyish|"Televideniyeda, maydonni oldindan belgilangan tor, to‘g‘ri parallel chiziqlar ketma-ketligi bo‘yicha yoyish jarayoni. " To‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa rejimi|"Abonent radiostansiyalari tayanch stansiyani chetlab o‘tgan holda, o‘zaro bevosita bog‘lanishni o‘rnata oladigan rejim. " To‘g‘ridan-to‘g‘ri erkin foydalanish|"manzil yoki yozuv kaliti bo‘yicha ma’lumotlardan erkin foydalanish usuli. " To‘g‘ridan-to‘g‘ri eshittirish yo‘ldoshi|"Signallarni orbitadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kichik, uncha qimmat bo‘lmagan yer stansiyalariga, bevosita turar joy yoki mikrorayonlardagi oluvchilarga uzatish uchun yetarli quvvatga ega bo‘lgan yo‘ldoshli tizim. " To‘g‘ridan-to‘g‘ri ketma-ketlikdan foydalanib, kodli ajratish orqali ko‘plab foydalana olish|"Spektrni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kengaytirish va kanallarni kodli ajratish bilan ko‘p stansion foydalana olish. CDMA tizimlarida signallarni keng polosali uzatish usuli, kodlangan ma’lumotlar oqimini ikki bosqichli modulyatsiyalashdan foydalanishga asoslangan. Izoh − Modulyatsiyalashning birinchi bosqichida kodlangan ma’lumotlar oqimi eltuvchini modulyatsiyalaydi (odatda, BPSK yoki QPSK usuli bilan), ikkinchi bosqichda esa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ketma-ketlikdan foydalanib, spektrni kengaytirish bilan modulyatsiyalash amalga oshiriladi. " To‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rinish|"Uzatuvchi va qabul qiluvchi antennalar o‘rtasida geometrik (optik) ko‘rinishning mavjudligi. Izoh ‒ Atama, shuningdek «to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rinish chegarasida» yoki «radioreleli» (trassa to‘g‘risida) mazmunlarida ham qo‘llaniladi. " To‘g‘ridan-to‘g‘ri manzillash|"Komandaning manzil qismi operand manzilini ichiga oladigan manzillash usuli. " To‘g‘ridan-to‘g‘ri televizion eshittirish yo‘ldoshi|"Geostatsionar orbitadagi, foydalanishdagi qabul stansiyalariga teledasturlarni translyatsiya qilish uchun mo‘ljallangan yo‘ldosh. To‘g‘ridan-to‘g‘ri televizion eshittirish yo‘ldoshi chastotalarning Ku – diapazonida (11/14 GHz) kichik diametrli (0,4-1,2 m) parabolik antennalar («tarelkalar») ga qabulni ta’minlaydi. " To‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatish (to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya)|"Dasturni yaratish va uzatish bir vaqtda amalga oshiriladigan tovushli yoki televizion dastur. " To‘g‘ridan-to‘g‘ri chiquvchi terish|"Xususiy tarmoqda terminalga ushbu xususiy tarmoq operatorining aralashuvisiz boshqa tarmoq bilan bog‘lanishni o‘rnatish imkoniga ega xizmat. " To‘g‘rilamoq|"Matn ko‘rinishidagi ma’lumotlarning qandaydir qoidaga binoan o‘zgarishi. Odatda hujjatda o‘rtaga, o‘ng, chap tomonlarga tekislanadi. U " U boshdan bu boshga signallar uzatish|"Foydalanuvchiga, talab qilinadigan asosiy yoki qo‘shimcha xizmatni taqdim etish maqsadida, oxirgi (terminal) punktga tegishli bo‘lgan signalli axborotni, bevosita oxirgi (terminal) punktlar orasida uzatish mumkinligi. " Uda-Yagi antennasi («to‘lqinli kanal» antennasi, direktorli antenna)|"«To‘lqinli kanal» turidagi antenna, bitta aktiv yarimto‘lqinli vibratordan va bir nechta passiv (bittasi reflektor deb, qolganlari esa direktorlar deb nomlanadigan) elementlardan iborat. " «Ula va ishla»|"Kompyuterga ulanadigan qo‘shimcha uskuna: modem, printer, audikartani tezda ulash va avtomatik tarzda konfiguratsiyalash spetsifikatsiyalari to‘plami. Kompyuterlarga o‘rnatiladigan qurilmalarni avtomatik tarzda aniqlash va sozlash, shuningdek, tegishli drayverlarni o‘rnatish imkonini beradi. Almashlab-ulagichlar va peremichkalarni o‘rnatish bilan bog‘liq muammolarni bartaraf qiladi. " «Ula va o‘yna»|"Zamonaviy BIOS, operatsion tizimlar va apparat vositalarini qo‘llovchi, kompyuterga qo‘shimcha uskunani tez ulash va tizimning o‘z-o‘zini konfiguratsiyalash xususiyati va prinsipi. Operatsion tizim qaytadan ulangan qurilmani aniqlaydi, tekshiradi, tizimga mosligini aniqlaydi va har bir qurilmaning optimal o‘rnatilishini ta’minlaydi. " Ulanadigan autentifikatsiya modullari|"Foydalanuvchilarning Linuxda ishlatiladigan dinamik ulanadigan autentifikatsiya modullari. " Ulanadigan dastur|"Asosiy amaliy dasturda qo‘shimcha funksiyalarni bajaradigan yordamchi dastur. Ilova bilan bir vaqtda yuklanishi va tegishli menyuda opsiya sifatida ko‘rinishi mumkin. " Ulanadigan modul|"Qar.: Plagin. " Ulanadigan (tarmoq) qurilmalar interfeysi|"Ethernet tarmog‘idagi IEEE 802.3 standartining 7-bo‘limida bayon qilingan, to‘rt juft ekranlangan o‘tkazgich yoki koaksial kabel va MAU qurilmasini ulash uchun ajratgich turidagi interfeys. " Ulangan|"1. Doim yoqilgan holatdagi (qurilma), avtonom bo‘lmagan ish yoki ishlash jarayoni. 2. Tezkor, dialogli, interaktiv, onlaynli ish yoki ishlash jarayoni. 3. Kompyuter tarmog‘iga doimo ulangan holatdagi ishlash jarayoni. " Ulangan abonent raqami identifikatsiya qilinishini taqiqlash|"Chaqiruvchi tomonga chaqiriluvchi abonent raqamini aniqlash imkoniyatining oldini olishga imkon beruvchi, chaqirilayotgan abonent raqami identifikatsiya qilinishini taqiqlash xizmati. " Ulangan abonent raqamini identifikatsiya qilish|"Chaqiruvchi tomonga chaqiriluvchi abonentning raqami identifikatsiya qilinishini qabul qilish imkonini ta’minlaydigan xizmat. " Ulanish|"Ishchi stansiya bilan tarmoq fayl-serveri o‘rtasida bog‘lanish o‘rnatish; qandaydir server bilan ishlash seansi ochilgandan so‘ng, ishchi stansiya qo‘shimcha serverlarga ulanishi mumkin. " Ulanish joyi|"Aktiv uskuna kabellari petch-kordlar yoki tutashtirgichlardan foydalanmasdan, kabel kichik tizimlariga ulanadigan joy. " Ulanish, qo‘shilish|"1. Bir nechta ma’lumotlar kanalining yagona mantiqiy kanalda birlashishini ta’minlovchi xalqaro standart. Bu standart videokonferensiyalarni tashkillashtiruvchi dasturlarga nisbatan tatbiq qilinadi. 2. Boshqa kompyuter yoki tarmoqqa ulanish. " Ulanish turi|"Ulanishlar to‘plamining bitta yoki bir nechta ulanish atributining berilgan qiymatlaridan iborat tavsifi. " Ulanish xizmati|"Aloqa operatorlarining elektraloqa tarmoqlarining birgalikda ishlashini tashkil qilishga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga qaratilgan xizmat. Bunda birgalikda ishlaydigan elektraloqa tarmoqlarining foydalanuvchilari o‘rtasida axborot uzatish va bog‘lanish o‘rnatilishi ta’minlanishi kerak. " Ulanma|"Tasviri bo‘yicha turlicha bo‘lgan, lekin umumiy mavzu, yozuv yoki bezalish g‘oyasi bilan bog‘liq bo‘lgan, bir varaqda bosiladigan va bir-biri bilan ulangan ikki yoki undan ortiq pochta markasi. " Ulash|"*nix tizimlarida ‒ uskunadagi fayl tizimidan foydalanish uchun uni tizimdagi biror bir katalogga (odatda /mnt dagi biror katalogga) ulash. " Ulash nuqtasi|"Fayl tizimining katalogi, papkasi (*nix tizimlarida odatda /mnt), qurilmalarni o‘rnatish joyi. " Ulash yaqinidagi shlyuz|"Xizmatlarni taqdim etuvchilarning ikki tayanch tarmog‘i o‘rtasida paketlarning o‘zaro hamkorligi uchun javob beradigan uzel. " Ultra qisqa to‘lqinlar|"Detsimetrli, santimetrli, millimetrli va detsimillimetrli to‘lqinlar diapazonlarining radioto‘lqinlari. " Ultra yuqori chastota|"0,3 GHz dan 3 GHz gacha bo‘lgan diapazonda yotuvchi ultra yuqori chastotalar sohasi. " Umum foydalanishdagi axborot tizimi|"Barcha jismoniy va yuridik shaxslarning foydalanishi uchun ochiq va ushbu shaxslarga xizmatlari rad etilishi mumkin bo‘lmagan axborot tizimi. " Umum foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘ining axborot xavfsizligi mexanizmi|"Tarmoqning belgilangan axborot xavfsizligi siyosatiga muvofiq, bir-birini to‘ldiruvchi uchta – buzish ko‘rsatadigan ta’sirning oldini olish, jinoyatkor tomonidan yetkazilgan oqibatlarni aniqlash, bu oqibatlarni tiklash (bartaraf qilish) kabi, muhofaza qilish toifasining biriga muvofiq, tarmoqni axborot xavfsizligiga bo‘ladigan tahdidlardan muhofaza qilishning bitta yoki bir nechta aspektini amalga oshiradigan umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘i axborot xavfsizligini ta’minlash tizimining apparat-dasturiy va tashkiliy vositalari. Izoh – Tarmoqda xabarlar uzatish jarayonini muhofaza qilishda umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘i axborot xavfsizligi mexanizmlariga erkin foydalanishni nazorat qilish mexanizmi, xabarlarni autentifikatsiya qilish mexanizmi, almashuv autentifikatsiya mexanizmi kiradi. " Umumfoydalaniladigan axborot|"Hammaga maʼlum bo‘lgan maʼlumotlar va foydalanilishi cheklanmagan boshqa axborot. " Umumfoydalaniladigan fayl|"Boshqa kompyuterda joylashgan fayl va bu faylga tarmoqdagi hamma kompyuterlar uchun ochiq huquq berilgan. " Umumiy|"Dasturlashda dasturning barcha prseduralaridan foydalanish mumkin bo‘lgan umumiy o‘zgaruvchilarni e’lon qilishda foydalaniladigan operatorlardan biri. " Umumiy antennali televizion tizim|"Qar.: Kabelli televideniye. " Umumiy apparat platformasi, tasnifi (arxitekturasi)|"MacOS, Windows NT va OS/2 operatsion tizimlari bilan ishlashni ta’minlaydigan Apple, IBM va Motorola kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan shaxsiy kompter. 1995-yildan ishlab chiqarilishi boshlangan prototipning tayanch konfiguratsiyasi o‘z ichiga PowerPC, 8 Mbyte RAM (1 Gbyte gacha kengaytiriladigan) va PCI shinasini olgan. " Umumiy arxitektura standarti|"Mikrosxemalar ishlab chiqaruvchilar guruhi tomoni-dan ishlab chiqilgan asosiy platalar arxitekturasining umumiy standarti; asosiy plataning funksional blok-larga ajratilishini tartiblashtiradi. Standartning asosini PCI shinasi tashkil qiladi. " Umumiy axborot nazariyasi|"Ilmiy bilimlarning fundamental sohalaridan biridir. U tabiat va jamiyatning rivoji asosida yotgan, axborot voqeiyligining namoyon bo‘lishiga oid eng umumiy qonuniyatlarga asoslanadi. " Umumiy blok|"FОRTRAN tilida ‒ bir nechta dastur qismlarining umumiy o‘zgaruvchilari joylashadigan xotira sohasi. " Umumiy bo‘g‘in|"Monokanalning bir qismi, u orqali har bir maʼlumotlar bloki barcha abonent tizimlarga uzatiladi. Umumiy bo‘g‘in o‘rama juft, yassi kabel, koaksial kabel, optik kabel yoki radio-kanal asosida yaratiladi. " Umumiy foydalana olish|"Umumiy identifikatsiya ma’lumotlaridan foydalanib resurs yoki dasturdan foydalana olish. " Umumiy foydalana olish mumkin bo‘lgan mobil radioaloqa tizimi|"Umumiy foydalanishdagi tarmoqqa kira olishni ta’minlaydigan va PMR tizimdagiga qaraganda, foydalanuvchilarning keng doirasiga mo‘ljallangan xizmatlar to‘plamiga ega tranking aloqa tizimi. " Umumiy foydalana olish profili|"Tarmoq bilan ishlashda foydalaniladigan foydalana olish profili. Bunda foydalanuvchi serverda – domen kontrollerida o‘z sozlashlari va afzalliklarini saqlaydi. Tizimga birinchi kirishda yangi kompyuterda sozlash serverdan nusxa qilib olinadi va o‘rnatiladi, bu tizim-ni har safar yangitdan sozlash zaruriyatidan xalos etadi. " Umumiy foydalana olish siyosati|"Identifikatsion ma’lumotlar yoki identifikatsion ma’lumotlar puli vositasida umumiy foydalanish uchun a’zolarni mualliflashtirish siyosati. Identifikatsion ma’lumotlarning muayyan puli uchun muayyan identifikatsion ma’lumotlar, barcha pullar yoki tashkilot konteynerining bitta kontekstiga ega identifikatsion ma’lumotlar siyosatini qo‘llash mumkin. " Umumiy foydalanishdagi mobil telefon aloqaning istiqbolli yer usti tizimlari|"Xalqaro elektraloqa ittifoqi (ITU) tomonidan ishlab chiqilgan, uchinchi avlod (3G) aloqa xizmatlarining dastlabki konsepsiyasi. Izoh − Multimedia axborot uzatilishini ta’minlash uchun mo‘ljallangan. Lekin bu konsepsiya yagona global standart yaratish mumkin emasligi ma’lum bo‘lgach, rad etildi. Keyinchalik IMT-2000 standartlar turkumi paydo bo‘ldi. " Umumiy foydalanishdagi telefon tarmog‘i (UFTF)|"Avtomatik telefon stansiyalari, kommutatsiya uzellari, telefon tarmog‘i liniyalari, kanallari, oxirgi (terminal) abonent qurilmalari majmuini o‘zida ifodalaydigan, aholi, muassasalar, korxonalar hamda tashkilotlarning telefon tarmog‘i xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlarini taʼminlaydigan telefon tarmog‘i. " Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘i|"O‘zbekiston Respublikasi hududida barcha yuridik shaxslarga telekommunikatsiya xizmatlarini xizmat ko‘rsatishning yagona prinsiplari, ularni taqdim etish va haq to‘lash tartibi asosida ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan telekommunikatsiyalar tarmog‘i. " Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘ining axborot xavfsizligi|"Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘i axborot resurslarining, xizmat sifati darajasining pasayishiga yoki tarmoq ishi sifat xarakteristikalarining yomonlashishiga olib keluvchi, shu bilan uning egasi yoki foydalanuvchilarga ziyon yetkazuvchi tahdidlardan muhofaza qilinganlik holati (darajasi). " Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘ining axborot xavfsizligi obyekti|"Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘i obyekt(lar)i, jinoyatkorning unga (ularga) bo‘ladigan ta’siri umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘ining axborot xavfsizligiga tahdid amalga oshirilishiga olib kelishi mumkin. " Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘ining axborot xavfsizligini ta’minlash tizimi|"Umumiy foydalanishdagi muayyan telekommunikatsiyalar tarmog‘idagi, bu tarmoqning axborot xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan huquqiy, tashkiliy va texnik tadbirlar, axborot xavfsizligi xizmatlari va mexanizmlari, normalar, boshqaruv organlari va bajaruvchilar majmui. " Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘ining axborot xavfsizligiga tahdid|"Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘iga jinoyatkorning ko‘zda tutilgan ta’siri, uning tarmoq vositalari bilan bartaraf qilinmagani, aniqlanmagani va yo‘q qilinmagani umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘i axborot xavfsizligini ta’minlashning berilgan darajasi pasayishiga olib kelishi mumkin. " Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘ining axborot xavfsizligi siyosati|"Tarmoq administratori tomonidan, muhofaza qilinadigan resurslarning qiymati va umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘i axborot xavfsizligini ta’minlash tizimining bahosini hisobga olib, tarmoqning axborot xavfsizligiga bo‘ladigan ma’lum tahdidlarga qarshi harakat qilish maqsadida ishlab chiqilgan, umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘i axborot xavfsizligi obyekti (obyektlari) uchun mo‘ljallangan talablar va qoidalarining majmui. " Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘ining axborot xavfsizligi xizmati|"Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘i axborot xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan, axborot xavfsizligining belgilangan mexanizmlari asosida belgilangan muhofaza protseduralarini amalga oshiruvchi, umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘ining tashkiliy-texnik tuzilmasi. " Umumiy interfeys|"Yangi raqamli modullar – Digital-TV Retrofit 2 St-CI yoki Twin-Sat-CI da mavjud bo‘lgan ikkita standart ajratgich, ular tegishli dekodlovchi qurilmalar va ularda oson o‘rnatiladigan, raqamli kanal egasining smart-kartasi bilan birgalikda, kodlangan dasturlarning qabul qilinishini ta’minlaydi. " Umumiy ishonchlilik (ishonchlilik)|"Televizor (element) ning, uning to‘xtamasdan ishlashi, chidamliligi va ta’mirga yaroqliligi bilan bog‘liq bo‘lgan hamda berilgan funksiyalarning televizor (element) uchun belgilangan hajmda normal bajarilishini ta’minlash xususiyati. " Umumiy kalit|"Simmetrik kriptotizimdagi, ikki yoki bir nechta foydalanuvchi tomonidan birgalikda ishlatiladigan maxfiy kalit. " Umumiy kechikish|"Signalni uzatishdan to uning qabul qilinganligi tasdiqlanguncha o‘tgan to‘liq kechikishvaqti. " Umumiy maqsadlardagi kolonna|"Shift va pol orasida joylashgan, shift taqsimlash tizimlari bilan bog‘langan kabel kanali. Shift bo‘shlig‘idan ish o‘rinlariga boradigan telekommunikatsiya hamda elektr simlari va kabellarini joylashtirish uchun foydalaniladi. Sinonimlari: Shift ustuni; Katta kuchlanishli ustun; Shift kapiteli; Ta’minot liniyasining tayanchi. " Umumiy maqsadlardagi registr|"Markaziy protsessorning, ma’lumotlar yuborish operatsiyalaridan tashqari, mantiqiy va arifmetik komandalarni ham bajarish mumkin bo‘lgan registri. " Umumiy ma’lumotlar uchun raqobat|"Birgalikda ishlaydigan jarayonlar hech qanday sinxronlashsiz umumiy ma’lumotlarga parallel (bir vaqtda) murojaat qilishi mumkin bo‘lgan holat. " Umumiy muammolarni hal qiluvchi|"Sun’iy intellekt usullaridan foydalanib, vazifalarning katta turkumini hal qilish uchun mo‘ljallangan dastur. " Umumiy navbatni tashkil etish|"Navbatni tashkil etish usuli, bunda ma’lumotlar kommutatsiya elementlarining kirishi va chiqishi bilan bog‘langan bufer xotira qurilmasida to‘planadi. " Umumiy obyekt xizmatlari|"CORBA texnologiyasi obyektlarining bazaviy funksiyalarini qo‘llab-quvvatlashni ta’minlaydigan va obyekt interfeysi bilan ta’minlangan xizmatlar kolleksiyasini taqdim etuvchi servis. " Umumiy oraliq format|"Videokonferensiyalarda qo‘llaniladigan video uzatuvchi baza formatining nomi (ITU-T H.261 spetsifikatsiyasi bilan solishtirganda), tasvir imkoniyati va uning uzatilish tezligi bilan beriladi. Bir nechta modifikatsiyalari mavjud. " Umumiy ochiq litsenziya|"Erkin dasturiy ta’minot fondi tomonidan ishlab chiqilgan litsenziya kelishuvi bo‘lib, erkin dasturiy ta’minotning tarqatilishini boshqaradi. " Umumiy paketli uzatish radioxizmati|"GSM tizimi doirasida tuzilgan, ma’lumotlarni paketli uzatish xizmati. Izoh − GPRS texnologiyasi GSM tizimidan IMT-2000 tizimga evolyutsion o‘tishning bosqichi sifatida qaraladi va u mavjud infrastrukturani amalda o‘zgartirmasdan yangi imkoniyatlar berilishini ta’minlaydi. Bunda axborotni paketli uzatish tezligi 115 Kbit/s dan ortiq bo‘lmaydi. " Umumiy papka|"Hamma foydalanuvchilarga tarmoq orqali foydalana olishlari uchun ruxsat etilgan boshqa kompyuterdagi papka. " Umumiy resurs|"Bittadan ortiq qurilma yoki dasturda foydalaniladigan har qanday qurilma, ma’lumotlar yoki dastur (masalan, katalog, fayllar, printerlar, nomlangan kanallar). " Umumiy resurs nomi|"Identifikator (nom), u yoki bu taqsimlangan resursni aniqlashda ishlatiladi. Masalan, tarmoqdagi printerning nomi. " Umumiy semafor|"S butun o‘zgaruvchi, bunda ikkita wait (S) va signal (S) atomar semafor operatsiyalar aniqlangan. " Umumiy signalizatsiya kanali bo‘yicha signalizatsiya|"Telekommunikatsiya signallarini uzatish usuli, bunda liniya signallarini va so‘zlashuv kanallari muayyan guruhi telefon tarmog‘ini boshqarish signallarini almashish uchun, telefon kanalining alohida (ajratilgan) signalizatsiya kanalidan foydalaniladi. " Umumiy tarmoqlararo fayl tizimi|"Masofadagi kompyuterda saqlanayotgan faylni, FTP protokollari kabi, Internetda ishlashda yuzaga keladigan lokal mashinaga ko‘chirishni talab qilmasdan bevosita o‘qish/yozishni ta’minlaydigan tizim. " Umumiy titrash|"10 Hz dan yuqori bo‘lgan chastotalar polosasidagi nominal pozitsiyalarga nisbatan impulslar frontining tasodifiy siljishi. " Umumiy xotirali displey|"Rastrli displeyning protsessor bilan birgalikda ishlashini tashkil qilish, bunda tasvirning har bir nuqtasiga elektron hisoblash mashinasi manzil fazosidagi xotiraning bitta yoki bir nechta razryadi to‘g‘ri keladi; dastur xotira yacheykalari ichidagini o‘zgartirgan holda, ekrandagi tasvirni o‘zgartiradi. " Umumiy shina|"Periferik qurilmalar ulanadigan kompyuterda elektr signallarni uzatish uchun mo‘ljallangan yagona kanal. Kompyuter tarmog‘ining sxemasi – barcha kompyuterlar va tarmoq qurilmalari ma’lumotlar uzatiladigan yagona tarmoq kanaliga ulanadi. " Umumiy shlyuz interfeysi|"HTTP-server dasturlarini yaratish uchun mo‘ljallangan, NCSA tomonidan ishlab chiqilgan tarmoq standarti. Veb-serverlarda ssenariylar yoki dasturlar orasida ma’lumotlar almashishda, keyin veb-sahifa yoki brauzerga ma’lumotlarni uzatishda qo‘llaniladi. CGI ssenariylari odatda, Perl tilida yoziladi va veb-sahifaning dinamik mazmunini generatsiya qiladi (masalan, elektron tijoratda buyurtmalar savatini hosil qiladi). " Umumjahon o‘rgimchak to‘ri konsorsiumi|"1994-yili tashkil etilgan xalqaro tashkilot. Uning maqsadi – WWWdan global foydalanish xizmati uchun standartlar, protokollar, amaliy dasturlar ishlashni qo‘llash va muvofiqlashtirish. CERN (q: CERN) ishtirokida asos solingan, WWW dunyoga kelgan ilmiy markazda bugungi kunda Konsorsium uch tashkilot asosida ishlamoqda: AQSHdagi Massachusets texnologiyalar instituti (Massachusets Institute of Technology, Laboratory for Computer Sciense), Fransiyadagi informatika va avtomatika sohasidagi tadqiqotlar milliy instituti (Institut National de Recherche en Informatique et en Automatiqu) va Yaponiyadagi Keio universiteti. Konsorsium saytida (http://www.w3.org) WWW rivojlanishi tarixi va dunyoda WWWhu^ hozirgi kundagi ahvoli to‘g‘risida umumiy axborot, Konsorsiumning yangiliklari, WWW bo‘yicha konferensiya materiallari bilan tanishish mumkin. WWW bilan bog‘liq barcha texnik materiallarning katta kolleksiyasi (arxitektura, protokollar, foydalanuvchi interfeysi) muhim amaliy ahamiyatga ega. " Umumkanal signalizatsiyasi tizimi|"Kommutatsiya kanallari bog‘lami uchun umumiy bo‘lgan maxsus signalizatsiya kanali orqali stansiyalararo signalizatsiyani uzatish tizimi. " Unar operatsiya|"Bitta argument ustida bajariladigan operatsiya. " Unifikatsiyalashtirilgan buferli kesh-xotira|"Bitta kesh sahifani keshlash uchun va xotirada aks etadigan fayllarni hamda fayl tizimi orqali odatdagi operatsiyalarni kiritish-chiqarishda ishlatiladigan kesh-xotira. " Unifikatsiyalashtirilgan modellash tili|"Dasturiy ta’minot ishlab chiqish sohasida, obyektlarni modellashtirish uchun grafik tasvirlash tili. UML ko‘p sohalarda foydalanish uchun mo‘ljallangan til hisoblanadi, bu UML model deb ataluvchi, tizimning abstrakt modelining grafik ko‘rinishini tasvirlovchi ochiq standartdir. UML dasturiy tizimda aniqlik kiritish, tasvirlash, loyihalash va hujjatlashtirish uchun yaratilgan. UML dasturiy ta’minotda foydalanish bilan cheklanib qolmaydi. Uni shu kabi biznes-jarayonlarni modellashtirish, tizimli loyihalash va tashkilotlar tuzilmasini tasvirlashda qo‘llash mumkin. UML dasturiy ta’minot dasturchilariga umumiy tushunchalarni (klass, komponent, umumlashtirish, birlashtirish va o‘zini tutish kabi) tasvirlashni grafik izohlashda kelishuvga erishish hamda loyihalash va arxitekturada ko‘proq e’tibor qaratishga imkon beradi. " Unifikatsiyalashtirilgan resurs identifikatori|"Mavhum yoki jismoniy resursni identifikatsiya qilish uchun ishlatiladigan simvollarning qisqa satri. Rasman RFC 2396da belgilangan. vebda ishlatiladigan URI URL deb nomlanadi. " Unifikatsiyalashtirilgan resurs nomi|"Abstrakt yoki fizik resursni identifikatsiya qiluvchi simvollarning doimiy ketma-ketligi. " Unifikatsiyalashtirilgan xotira arxitekturasi|"Tizim platasida joylashgan tezkor xotiraning bir qismidan video xotira sifatida foydalanish ko‘zda tutiladigan tizim platalari arxitekturasi. " Unitar korxona|"Yuridik shaxsning alohida tashkiliy-huquqiy shakli. Mulk egasi tomonidan o‘ziga birkitib qo‘yilgan mulkka egalik qilish huquqi berilmagan tijorat tashkiloti. Mulk bo‘linmas hisoblanadi va hissalar (ulushlar, paylar) ga qarab, jumladan, korxona ishchilari o‘rtasida taqsimlanmaydi. " Universal elektron karta|"O‘zida vizual (grafik) va elektron (mashinada o‘qiladigan) shakllarda qayd etilgan kartadan foydalanuvchi to‘g‘risidagi axborotni saqlaydigan moddiy tashuvchi. " Universal interfeysli shina|"Kompyuterga ulash uchun foydalaniladigan, 24 shtirli parallel interfeys shinasi. " Universal ketma-ket shina|"1995-yilda yettita yetakchi kompyuter va telekommunikatsiya firmalari (Compaq, IBM, Intel, NEC, Micrisoft, Digital, Northern Telecom) konsorsiumi tomonidan taklif etilgan, shaxsiy kompyuter va o‘rtacha tezlikli periferik qurilmalar o‘rtasida uncha qimmat bo‘lmagan shina orqali ma’lumotlar almashinish uchun belgilangan standart. Qurilmani ulash, kompyuter qayta yuklanishini, tizim qayta konfiguratsiyalanishini yoki interfeysli karta o‘rnatilishini talab qilmaydi. Qurilmani aniqlash va tegishli drayverni o‘rnatish kompyuterda avtomat ravishda odamning aralashuvisiz bajariladi. " Universal resurs identifikatori|"Qandaydir resurs: hujjat, tasvir, fayl, xizmat, elektron pochta qutisini identifikatsiya qilish imkonini beradigan simvolli satr. " Universal resurs ko‘rsatgichi|"veb-brauzer orqali Internet tarmog‘ida resursni izlashda ishlatiladigan manzil. Tim Ber-ners Li tomonidan kiritilgan. U, o‘zida resurs, hujjat yoki uning qismining Internetdagi joylashgan o‘rnini ko‘rsatuvchi simvollarning standartlashtirilgan satrini ifodalaydi. Odatda, protokolning turini ko‘rsatish bilan boshlanadi (masalan, FTP://, agar hujjat FTP-server yoki http:// da bo‘lsa), keyin aniq axborot identifikatori keladi, masalan, server taalluqli bo‘lgan domen nomi, tashkilot nomi yoki shu serverdagi fayl nomining yo‘li. " Universal simvollar to‘plami|"ISO 10646, Unicode ko‘pligi, 31-bit li kodli fazoga ega. " Universal tovush|"Kuchaytirishni avtomatik tarzda nazorat qilish asosida to‘plangan tovush obyektlarining keng doirasini kodlash algoritmlarining MPEG-4 da qabul qilingan majmui. " Universal xizmatlar|"Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘i bo‘yicha barcha foydalanuvchilarga taqdim etiladigan belgilangan sifatdagi majburiy xizmatlar to‘plami (foydalanuvchilarning ushbu tarmoqdan foydalana olishini ta’minlash, mahalliy, shaharlararo va xalqaro telefon so‘zlashuvlari, telegrammalarni jo‘natish va boshqalar). " Universal xizmatlarga tarif|"Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maxsus vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadigan universal xizmatlar ko‘rsatish uchun to‘lov miqdori. " Universitet tarmog‘i|"Bitta o‘quv dargohi kompyuterlarini tarmoqqa birlashtirish. Odatda, bu tarmoqda veb-portal, forum va ko‘chirib olish uchun o‘quv materiallari mavjud bo‘ladi. " Urinish|"Biror bir operatsiyani bajarish va chiquvchi natijalarni tekshirish. Agar natija to‘g‘ri bo‘lsa, urinish samarali hisoblanadi va bajarilgan o‘zgarishlar saqlanadi. Aks holda tizim dastlabki holatga qaytadi. " Uskunani identifikatsiya qilish registri|"Aloqa tizimining markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasi, u odatda, mobil stansiyalar uskunalari identifikatsiya raqamlari (IMEI)ning uchta ro‘yxatini saqlaydi: oq, qora va kul rang. Oq ro‘yxatda ayni paytgacha ro‘yxatdan o‘tgan stansiyalarning raqami saqlanadi. Qora ro‘yxatga o‘g‘irlangan stansiyalar yoki xizmat ko‘rsatish rad etilgan abonentlarning raqami kiritilgan. Kul rang ro‘yxatga hali qora ro‘yxatga ko‘chirilmagan, ro‘yxatdan o‘tish bilan bog‘liq muammolari bo‘lgan barcha stansiyalarning raqami kiritiladi. " Uskunaning identifikatsion raqami|"Dasturning buzilishi va uni tarqalib ketishidan himoyalash usullaridan biri. Bunda dastur o‘rnatilish vaqtida uni aktiv-lashtirish uchun identifikatsion raqamni generatsiya qiladi. Bu raqam apparat ta’minotning seriyali raqami bilan bog‘langan bo‘lib joriy dasturni boshqa kompyuterlarda shu kalit bilan aktiv-lashtirish mumkin emas. " Ustama aloqa tarmog‘i|"Mavjud tarmoqqa parallel ravishda quriladigan tarmoq tuzilmasi. " Ustama bosish|"Pochta markasining yangi nominal qiymatini belgilash yoki markaning boshqa elementlarini o‘zgartirish uchun bosilgandan keyin uning old tomoniga tushirilgan har qanday matn yoki rasm. " Ustama qo‘ymoq|"Eshittirish dasturiga qisqacha axborot xabarini uni uzatish jarayonida ustama qo‘yish. " Ustama to‘lov bilan yuboriladigan pochta jo‘natmasi|"Jo‘natuvchi topshirayotganda mo‘ljallangan joyning pochta aloqasi obyektiga adresatdan belgilagan pul summasini undirish va uni jo‘natuvchining manziliga yuborish uchun topshiriq beradigan qiymati eʼlon qilingan pochta jo‘natmasi. " Ustivorlik, imtiyoz|"Uzilishga, vazifa yoki jarayonga belgilangan, ularning bajarilish yoki ularga xizmat ko‘rsatish navbatini belgilaydigan son. " Ustma-ust tushish (qayta tiklash qurilmasida)|"Proyeksiya tizimidan keladigan yorug‘lik nurlari yoki ko‘p projektorli tiklash qurilmasining elektron nurlari ekranga kerakli vaqtda kerakli joyga tushishini, uchta asosiy rangga mos keladigan tasvir to‘g‘ri joylashishini bajarish sharti. " Ustma-ust tushmaslik|"Asosiy ranglardagi uchta tasvirning videosignal datchigida yoki tiklash qurilmasida noto‘g‘ri ustma-ust tushishi. " Ustun|"Jadval ustuni. Qoidaga ko‘ra, ustun barcha elementlari bir xil ma’lumotlar turiga ega. " Ustuvor bo‘lmagan pochta jo‘natmalari|"Jo‘natuvchi arzon tarif tanlaganda jo‘natish va yetkazib berish (topshirish) uchun uzoq muddat taxmin qilinadigan jo‘natmalar. " Ustuvor bo‘lmagan rejalash|"Operatsion tizimdagi rejalash shakli. Topshiriqlar tezkor xotirada bir birini qoplamasdan yakka tarzda ishlatilishi mumkin. " Ustuvor loyiha|"Oldiga ustuvor vazifa yechimi qo‘yilgan loyiha. " Ustuvor pochta jo‘natmalari|"Yuqori tarif belgilangan, ustuvor tartibda ishlov beriladigan va eng tezkor yo‘l bilan tashiladigan (havo yoki yer usti) jo‘natmalar. " Ustuvor vazifa|"Ko‘p vazifali tizimlarda ‒ aktiv oynada bajariladigan vazifa. " Usul|"Qandaydir vazifani hal qilish mexanizmi. Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tushunchasi. Obyekt bajaradigan protseduralar ko‘rinishidagi ishlar. " Usulning uzoqlashgan chaqiruvi|"Sun firmasi tomonidan ishlab chiqilgan, obyektga yo‘naltirilgan Java mexanizmi – Java usulini protseduraning uzoqlashgan chaqiruviga o‘xshash tarmoqning boshqa kompyuterida chaqirish texnologiyasi. " Utilita (xizmat ko‘rsatuvchi dastur)|"Xizmat ko‘rsatadigan tizim dasturi, (yordamchi) xizmatga oid funksiyalarni, masalan, diskni belgilashlarni bajarish uchun mo‘ljallangan. " Uy (asosiy) holat registri|"Aloqa tarmog‘ining ma’lumotlar bazasi; unda tarmoqda doimiy qayd etilgan abonentlar to‘g‘risidagi axborot (raqamlari va manzillari, ko‘rsatiladigan xizmatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar va b.lar) saqlanadi. Izoh − Amalda, uy registrida abonentlar joylashgan yer to‘g‘risidagi axborotning, kommutatsiya markazi tomonidan mobil stansiyalarga chaqiruvlarni marshrutlash imkonini beradigan qismi saqlanadi. " Uy katalogi|"Foydalanuvchining maʼlumotlari, sozlamalari va h.k. saqlanayotgan operatsion tizimdagi shaxsiy katalogi. Uy katalogining nomi va joylashishi operatsion tizim turiga bog‘liq - masalan, Windows XRda u Documents and Settings papkasida (Windows Vistada – Users), Linuxda esa – /home papkasida joylashadi. " Uy kompyuteri|"Uyda foydalaniladigan, universal, ko‘p funksiyali, muomala qilish oson bo‘lgan, ishonchli, yuqori unumli, arzon, zamonaviy dizaynga ega kompyuter. " Uy sahifasi|"Veb-saytga tashrif qiluvchi tushadigan va saytni ko‘rib chiqish boshlanadigan boshlang‘ich veb-sahifa. Izoh – Uy sahifasiga qarab, tashrif qiluvchi qayerga tushganligi va saytning boshqa sahifalarida nimani ko‘rish mumkinligi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘ladi. " Uya ichidagi xalaqit|"Bitta tayanch stansiyaning ta’sir doirasida, bitta ishchi chastotada ishlayotgan boshqa uzatgichlarning signallari keltirib chiqaradigan xalaqit. " Uya ichidagi xendover|"Abonent stansiyasining ishchi parametrlarini, odatda, chastota yoki kanal intervali raqamini, aynan shu abonent stansiyasi bilan aloqa paytida almashtirish protsedurasi. " Uya, yacheyka|"Bitta tayanch stansiyaning geografik qoplash zonasi. " Uyalarni retranslyatsiya qilish|"Maʼlumotlarning tezkor kommutatsiyasini apparat bilan taʼminlovchi tarmoq texnologiyasi. Uyalarga taxlab joylashtirilgan maʼlumotlarni qayta uzatib to‘g‘ridan-to‘g‘ri kommutatsiyalanadi. Birinchi navbatda, asosiy tarmoqlarda ishlatiladi. U kadrlarni qayta uzatishdan, bu tarmoqlar orqali o‘zgarmas uzunlikdagi, uya deb ataluvchi maʼlumotlar blokini uzatishni taʼminlashi bilan farqlanadi. Uyalarni qayta uzatish birlashgan kommutatsiya bog‘lamalarida bajariladi. " Uyali avtomat|"Har biri qo‘shni kataklar bilan birgalikda ishlashning muayyan qoidalari bilan bog‘langan, parallel ishlaydigan kataklar (avtomatlar, protsessorlar) to‘ridan iborat, ko‘p protsessorli parallel kompyuterlar modeli. Har bir katak qo‘shni kataklar holatiga bog‘liq bo‘lgan bir nechta berilgan (ma’lum) holatlarning birida bo‘lishi mumkin. Kataklar holatining barcha o‘zgarishlari diskret vaqt onida sinxron ravishda ro‘y beradi. " Uyali aloqa|"Mobil aloqa va shaxsiy aloqa xizmatlarini o‘z ichiga oluvchi aloqa. Aloqani ta’minlovchi stansiyalarning yuqorisiga asalari uyasiga o‘xshash olti burchakli yacheykalar joylashtiriladi. " Uyali aloqa kompaniya-operatori|"Uyali aloqa xizmatlarini taqdim etuvchi telekommunikatsiya kompaniyasi. " Uyali aloqa operatori|"Qar.: Mobil aloqa operatori. " Uyali aloqa tarmog‘i|"Xizmat ko‘rsatiladigan hududning, tayanch qabul qiluvchi-uzatuvchi radiostansiyalar joylashtirilgan holda qator yacheykalarga (uyalarga) bo‘linishidan foydalaniladigan va mobil foydalanuvchi yacheykadan yacheykaga ko‘chganda, aloqaning uzluksizligini avtomatik ravishda taʼminlaydigan telekommunikatsiyalar tarmog‘i. " Uyali aloqa uzeli|"Tayanch stansiya, antenna kompleksi va boshqa aloqa uskunasi joylashgan aloqa punkti. " Uyali aloqa virtual operatori|"Boshqa bir operatorning mavjud infratuzilmasidan foydalanadigan, biroq xizmatlarni o‘z nomi ostida sotadigan uyali aloqa operatori. Odatda, bazaviy operator bilan birgalikda umumiy uyali tarmoqdan va kommutatorlardan, ko‘pincha, umumiy billing tizimidan foydalaniladi. Ishning bunday sxemasi virtual operatorga uyali tarmoqni qurish va uni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan yirik kapital mablag‘lar sarfiga yo‘l qo‘ymaslik imkonini beradi. " Uyali aloqaning raqamli kanallari bo‘ylab ma’lumotlarni paketli uzatish|"Dupleks rejimida radiokanal bo‘ylab ma’lumotlarni 19,2 Kbit/s tezlikda uzatish. Ma’lumotlar so‘zlashuvlar orasidagi pauzalarda yoki ajratilgan aloqa kanallari bo‘ylab uzunligi 138 baytli paketlar bilan uzatiladi (axborot tezligi 9,0-14,4 Kbit/s). " Uyali kasseta|"Mobil yo‘ldoshli telefonning, GSM tarmog‘i bilan birga ishlashini ta’minlaydigan va apparaturaga ikki rejimda ishlash imkonini beradigan qo‘shimcha jihozi. Telefon rejimlardan biriga tanlov bo‘yicha yoki avval GSM standarti tarmog‘iga ulanishga urinayotganda avtomatik rejimga ulanishi mumkin. Agar, tarmoqqa kirish mumkin bo‘lmasa, apparat avtomatik tarzda yo‘ldoshli rejimga ulanadi. " Uyali keng eshittirish|"Uyali aloqa kanallari bo‘ylab, ro‘yxatga olingan barcha abonentlar foydalana olishi mumkin bo‘lgan axborot-ma’lumotnoma xabarlarining tarqatilishi. Keng eshittirish zonasi binoning bir qismi yoki lokal shahar zonasidan to butun tarmoq o‘lchamigacha, dinamik ravishda o‘zgarishi mumkin. " Uyali mobil aloqa tarmog‘i|"Xizmat ko‘rsatiladigan hududni tayanch qabul qiluvchi uzatuvchi radiostansiyalar joylashtiriladigan qator yacheykalarga (uyalarga) bo‘lishdan foydalaniladigan va harakatdagi foydalanuvchi yacheykadan yacheykaga ko‘chganda aloqaning uzluksizligi ta’minlanadigan mobil aloqa tarmog‘i. " Uyali raqamli paketli maʼlumotlar|"Uyali paketli radiotarmoqda maʼlumotlar uzatish usuli. CDPD texnologiyaga ega tarmoqlar 1994-yili paydo bo‘lib, tezda ommaviylashib ketdi. Mobil aloqa maʼlumotlarning ixtiyoriy turini (matnlar, tasvirlar va tovushni) uzatishni taʼminlay boshladi. Shu bilan birga, uzatishning yuqori ishonchliligi va xilma xil xizmatlar taqdim qilish kafolatlanadi. " Uyali raqamli televizion eshittirish|"Xizmat ko‘rsatiladigan hududda joylashgan tayanch stansiyalardan foydalangan holda amalga oshiriladigan raqamli televizion eshittirish. Izoh – Uyali raqamli televizion eshittirishning ko‘p kanalli (MMDS) hamda lokal (LMDS) ko‘p nuqtali taqsimlash tizimlari mavjud. " Uyali (raqamli televizion) eshittirish tizimi|"Televizion dasturlarni iste’molchiga tayanch stansiyalardan foydalangan holda yetkazish uchun mo‘ljallangan raqamli televizion eshittirish tizimi. " Uyali tarmoq|"Markazida, oltita qo‘shni tayanch stansiya bilan birgalikda ishlaydigan tayanch stansiyalar joylashgan ko‘plab yacheykalar (uyalar)dan iborat tarmoq. Signal bir tayanch stansiyadan boshqasiga uyali tarmoqning butun qamrov zonasi bo‘ylab uzatiladi. Tarmoqning bunday tuzilmasi abonentga mobil telefondan erkin harakatlangan holda, ayni paytda qaysi tayanch stansiyaga ulanganligi to‘g‘risida o‘ylamay foydalanish imkonini beradi. " Uyali tizim|"Bir nechta qabulqiluvchi-uzatuvchi tayanch stansiya va mobil terminallar joylashtirilgan qoplash zonalari (yacheykalar)dan iborat aloqa tizimi. Abonent bir yacheykadan boshqasiga o‘tganda, u avtomatik ravishda, ayni damda aloqa sifati eng yaxshi bo‘lgan boshqa bir, yaqinroqdagi tayanch stansiyaga ulanadi. Barcha tayanch stansiyalar bir-biri bilan bog‘langan, bu esa har qanday abonent juftligi o‘rtasida aloqani tashkil etish imkonini beradi. Bundan tashqari, har bir tayanch stansiya umumiy foydalanish tarmog‘iga ulangan bo‘lib, ham kiruvchi, ham chiquvchi qo‘ng‘iroqlarni ta’minlaydi. Konvensial va tranking tizimlardan farqli o‘laroq, uyali aloqa, birinchi navbatda, dupleks rejimda shaxsiy aloqani ta’minlash uchun mo‘ljallangan. " Uyani e’lon qilingan qayta tanlash|"Mobil radiostansiyaning aloqa kanalining xarakteristikalari birmuncha yaxshi bo‘lgan yangi uya aniqlanganda, o‘z uyasini yangisiga almashtirishi. Izoh − Uyani almashtirishdan oldin, u hozir xizmat ko‘rsatayotgan tayanch stansiyaga bu haqda xabar beradi, bunda yangi tayanch stansiyaga o‘tishning turli variantlari bor: yangi tayanch stansiya qaysi ekanligini bildirib yoki bildir-masdan, joriy bog‘lanishni tugatib yoki uni uzmasdan o‘tish. " Uyaning e’lon qilinmagan qayta tanlanishi|"Mobil aloqa tarmog‘ida uyaning almashish jarayoni bo‘lib, odatda mobil radiostansiyaning tayanch stansiyada ro‘yxatdan o‘chishi bilan birga amalga oshadi. Izoh − Biroq, bunday vaziyat har doim ham mumkin bo‘lavermaydi. Masalan, bog‘lanishning uzilishi to‘satdan sodir bo‘lib, mobil stansiya esa bu vaqtda ikki yoki undan ortiq tayanch stansiyalarning ta’sir zonasida joylashgan bo‘lsa, radiostansiya uyalarni skanlash orqali uzilgan bog‘lanishni tiklashga urinadi. Mobil stansiya yangi uyani egallagandan so‘ng, unda ro‘yxatdan o‘chishga, shu bilan birga, aloqa uzilgan paytda u qayta ro‘yxatdan o‘tishga ulgurmaganligi sababli, «eski» uyada ro‘yxatdan o‘tganligicha qolaveradi. " Uyaning «nafas olishi»|"Tarmoq yuklamasi, xalaqitli vaziyat va boshqa omillarga bog‘liq ravishda, yacheyka (uya) o‘lchamlarining o‘zgarishi. " Uyaning ogohlantirishsiz qayta tanlanishi|"Mobil stansiya ishchi holatda turgan, biroq, axborot uzatmayotgan vaqtda, tranking aloqa tarmog‘ida uyaning almashtirilish jarayoni. Izoh − Tarmoqni boshqarish tizimi, abonent aloqaga kirishga va yangi uyada ro‘yxatdan o‘tishga urinmagungacha, uning turgan joyi to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lmaydi. " Uyaning cho‘qqi tezligi|"Virtual zanjir bo‘ylab uya uzatilishi mumkin bo‘lgan maksimal tezlik. Bir sekundda uzatiladigan uyalar bilan o‘lchanadi hamda bir uyaning oxirgi bitini va keyingi uyaning birinchi bitini uzatish o‘rtasidagi intervalni belgilaydi. " Uygacha o‘tkazilgan optik tola|"Tarmoq qurish konsepsiyasi. Unga ko‘ra, optik-tolali liniyalar har bir xonadongacha yetkaziladi. Asosiy bog‘lamani abonent bilan bog‘lash uchun passiv optik taqsimlash qurilmalaridan foydalaniladi. Bu qurilmalar yordamida ko‘p simli magistral kabeldan kam tolali kabelga o‘tish taʼminlanadi. Abonentni ulash uchun ikki simli optik kabeldan foydalaniladi. " Uyg‘otish xizmati|"Abonent tomonidan oldindan belgilangan soatda yoki soatlarda o‘z liniyasida u uchun uyg‘otish chaqiruvi yoki chaqiruvlarini shart qilish va ushbu chaqiruvga javob bergandan keyin tegishli xabarnomani eshitish imkonini beradigan xizmat. " Uzatish|"Axborotni, aloqa kanali bo‘ylab manbadan qabul qilgichga ko‘chirish jarayoni. " Uzatish (eshittirishda)|"1. Radioto‘lqinlar yoki signallarni eshittirish uzatgichida nurlantirish. 2. Dastur yoki uning ma’lum bir qismi. " Uzatish kanali|"Telekommunikatsiyalar signalini muayyan chastotalar polosasida yoki berilgan uzatish kanali uchun xos bo‘lgan uzatish tezligi bilan tarmoq stansiyalari, tarmoq uzellari o‘rtasida yoki tarmoq stansiyasi va tarmoq uzeli, shuningdek, tarmoq stansiyasi yoki uzeli hamda telekommunikatsiyalar transport tarmog‘ining oxirgi (terminal) qurilmasi o‘rtasida uzatilishini taʼminlaydigan texnik vositalar kompleksi hamda uzatish muhiti. " Uzatish liniyalari|"Energiyani belgilangan yoʻnalishda uzatish qurilmalari. Izoh – Ekranlangan (koaksial liniyalar, naychasimon toʻgʻri burchakli, dumaloq yoki maxsus shakldagi metall toʻlqinoʻtkazgichlar), qisman ekranlangan (ikki simli, polosali, mikropolosali, tirqish liniyalar) va ekranlanmagan (ochiq dielektrik va nur toʻlqinoʻtkazgichlar) ajratiladi. " Uzatish liniyasi dispersiyasi|"Uzatish liniyasining, fazaviy tezlikni chastotaga bog‘liq holda o‘zgartirishni tavsiflaydigan xususiyati. " Uzatish muhitiga kira olish qurilmasining interfeysi|"Ekranlangan simlarning to‘rtta o‘ralgan juftidan iborat, Ethernet tarmog‘ining magistral kabeliga ulanadigan interfeys kabeli. " Uzatish radiotizimi|"Telekommunikatsiya signallari ochiq fazoda radioto‘lqinlar tarzida tarqatiladigan uzatish tizimi. Radioto‘lqinlarning tarqalish muhiti va shakliga qarab, uzatish radiotizimi: to‘g‘ri ko‘rinadigan radioreleli, troposferali, yo‘ldosh aloqali, ionosferali va h.k. deb ataladi. " Uzatish sifati|"Uzatuvchi foydalanuvchidan qabul qiluvchi foydalanuvchiga kelayotgan telekommunikatsiya signalini qayta tiklash darajasi. " Uzatish tezligi|"1. Ketma-ket kanal orqali ma’lumotlar uzatish tezligi. 2. Shina, kanal va h.k.larning o‘tkazuvchanlik xususiyati. " Uzatish tizimi|"Birlamchi tarmoq liniya traktlari, namunaviy guruh traktlari va uzatish kanallarining hosil qilinishini ta’minlovchi texnik vositalar kompleksi. Izohlar 1. Liniya trakti bo‘ylab uzatilayotgan signallarning turiga qarab uzatish tizimi analog yoki raqamli deb ataladi. 2. Elektraloqa signallarining tarqalish muhitiga qarab, simli uzatish tizimi va uzatish radiotizimi deb ataladi. " Uzatishni boshqarish protokoli|"O‘rnatilgan ulanish bilan ma’lumotlarni to‘liq dupleksli ishonchli uzatishni ta’minlaydigan transport sathidagi protokol. TCP/IP guruhi protokollari tarkibiga kiradi. " Uzatishning asosiy ranglari|"Uchta haqiqiy yoki haqiqiy bo‘lmagan asosiy ranglar guruhi, ular, odatda, yorug‘likni uzatish uchun bitta asosiy rang va ranglilikning ikkita asosiy rangidan tarkib topgan, ularning har biri miqdor jihatdan rangli tasvir signali tarkibida bor bo‘lgan uchta mustaqil signalning biriga mos keladigan qilib tanlanadi. " Uzatishning to‘xtab qolishi|"Dasturlarni uzatishning to‘satdan to‘xtab qolishi. " Uzatuvchi muhit|"1. Elektr energiyasi yoki elektromagnit nurlanishning fizik tashuvchisi. Yoshimcha signallarni uzatishda, tovushlarni yoki maʼlumotlarni uzaytirishda foydalanishda, qar khil holatdagi simlar yoki optik-tolali kabellarda. Ish, mis simlar – o‘ralgan zhuft, koaksial va twinaxial optik-tolali kabellardir. Bir, ikki, to‘rtta, kup simli va tasmali optik-tolali kabellar o‘tkazildi. 2. Axborotni uzatish uchun foydalaniladigan, turli xil yer usti radioaloqa vositalari, yo‘ldoshli, kabelli va optik-tolali liniyalarning jami. " Uzatuvchi optoelektron modul|"Elektr signallarni optik signallarga aylantirish uchun mo‘ljallangan optoelektronika asbobi. " Uzatuvchi radioeshittirish tarmog‘i|"1. Bitta dasturni bir vaqtda uzatish uchun mo‘ljallangan tovushli yoki televizion radioeshittirish uzatgichlari guruhi. 2. Shu tashkilot, hudud yoki mamlakatga taalluqli tovushli yoki televizion radioeshittirish uzatgichlari guruhi. " Uzatuvchi radioeshittirish stansiyasi|"Bitta yoki bir nechta uzatgichni ularning antennalari va tegishli uskunalari bilan o‘z ichiga olgan tovushli yoki televizion eshittirish markazi. Misollar − Uzatuvchi radio(eshittirish) stansiyasi, uzatuvchi televizion stansiya. " Uzaytirilgan tola|"Birga ulangan ikkita yoki undan ortiq optik toladan iborat tola. Tolalarning uzaytirilishi ajratgichli ulanishga qaraganda yaxshiroq xarakteristikalarni hamda yo‘qotishlar kam bo‘lishini taʼminlaydi. " Uzel|"1. Tarmoqqa ulanish nuqtasi, tarmoqqa ulangan qurilma; kompyuter tarmog‘idagi yoki ma’lumotlar uzatish tarmog‘idagi bir xil protokoldan foydalanadigan ikkita tarmoqni bog‘laydigan kompyuterni o‘zida ifodalaydigan uzel. Ikkita o‘xshash tarmoqdagi ikki mos dasturning bog‘lanishini ta’minlaydi. Uzatiladigan paketlarda bo‘ladigan manzilli axborotdan foydalanadi. Tarmoq uzellari marshrutizatorlar kabi, ko‘priklardan farqli ravishda, tarmoq darajasidagi qurilmalar hisoblanadi. 2. Iyerarxik tuzilmada: tuzilma elementi, masalan, «gipermatn uzeli». 3. Ikki komponent o‘rtasidagi bog‘lovchi nuqta. 4. Windows 2000/XP operatsion tizimida: boshqarish konsoliga tatbiqan, har qanday boshqariladigan obyekt, topshiriq yoki tur: masalan, kompyuterlar, foydalanuvchilar, veb-sahifalar. " Uzelni dinamik konfiguratsiyalash protokoli|"32-razryadli IP-manzillarning yetishmaslik muammosini yengillashtirish uchun ularning Internet dagi ish vaqtida IP-manzillarni lokal tarmoqning uzellariga (ishchi stansiyalariga) dinamik tayinlash uchun uzelni dinamik kongfiguratsiyalash protokoli. Uzellarga manzillarni o‘zlashtirish manzillarning markazlashtirilgan pulida amalga oshirilishi sababli, ularning noyobligi va nizoli manzillarning bo‘lmasligi kafolatlanadi. " Uzib qo‘yish|"Qurilmaning ishlashini to‘xtatish. Masalan, uskunaning biror konfiguratsiyasida uzib qo‘yilgan qurilmaga, uskunaning shu konfiguratsiyasidan foydalanlayotganda, kira olish imkoni bo‘lmaydi. Bu qurilmalar band qilgan resurslarni bo‘shatish imkonini beradi. " Uzib qo‘yishning rad etilishi|"Uskunaning nosozligi oqibatida yuzaga keladigan, ulanishni uzib qo‘yishga bo‘lgan muvaffaqiyatsiz urinish. Bu, liniyaning uzib qo‘yilish davri juda uzoq bo‘lishiga olib keladi. " Uzilish|"Kompyuter dasturning bajarilishini to‘xtatadigan va xizmat dasturi bajarilishini boshlaydigan signal. " Uzilish to‘g‘risidagi niqoblanadigan signal|"Uzilishni inkor qilish yoki ushlab qolish maqsadida blokirovkalangan uzilish to‘g‘risidagi signal. " Uzilishlar boshqariladigan dastur|"Markaziy protsessor (masalan, operatsion tizim) da uzilish sodir bo‘lganda avtomatik ravishda ishga tushadigan dastur. " Uzilishlar kontrolleri|"Apparat uzilishlarni boshqarish uchun tizim platasiga o‘rnatiladigan mikrosxema. " Uzilishlar navbati|"Barcha sodir bo‘lgan uzilishlarni navbati bilan qayta ishlashni ta’minlaydigan operatsion tizimning tizimli tuzilmasi. " Uzilishlar vektori|"Tezkor xotiradagi rezident massiv, unda quyi dastur-uzilishlarni qayta ishlagichlarning (operatsion tizim modullarining) manzili uzilishlar raqamlari bo‘yicha saqlanadi. " Uzilishlarning yo‘qligi|"Resursni faqat o‘z ishini tugatgach, ixtiyoriy ravishda bo‘shatish mumkin bo‘lgan jarayon. " Uzilishni qayta ishlovchi|"Berilgan raqam bilan uzilishni qayta ishlashni amalga oshiradigan operatsion tizim yadrosining moduli. " Uzish|"Ushbu atama odatda Linux operatsion tizimlarida ishlatilib, kompyuter tizimidan biron bir qurilmani uzish ma’nosini anglatadi. " Uzluksiz bloklar yoki uzluksiz rejim|"Minimal yo‘qotish bilan bir faylni chiqarib olish uchun, butun arxivni emas, faqat bitta uzluksiz blokni ochish zarur bo‘lgan siqish usuli. " Uzluksiz fayl|"Fizik jihatdan diskdagi uzluksiz sohani egallaydigan fayl. " Uzluksiz ishlashni ta’minlash va tiklash rejasi|"Muhofaza qilish dasturining bir qismi hisoblanadigan hamda tizimning asosiy resurslaridan foydalanishni va krizisli vaziyatlarda qayta ishlashning uzluksizligini ta’minlovchi, xavfli vaziyatlarga javob berish, zaxira nusxa ko‘chirish va keyingi tiklash protseduralari rejasi. " Uzluksiz modellash|"Tadqiq qilinadigan jarayonning uzluksiz xarakterdaligi hisobga olinadigan modellash. " Uzluksiz signal|"Qar.: Analog signal. " Uzluksiz sikl|"Mantiqiy xato sababli hech qachon tugallanmaydigan sikl yoki shu tarzda maxsus dasturlashtirilgan sikl. " Uzluksiz soha|"Qo‘shni elementlardan tuzilgan xotira sohasi (masalan, ketma-ket bloklardan iborat disk sohasi). " Uzluksiz ta’minot manbai|"Tarkibida akkumulyator bo‘lgan va asosiy elektr ta’minot kuchlanishi sakraganda yoki tushganda kompyuter va periferiya ta’minotini va himoyasini, shuningdek, kuchlanish yo‘qolganda ma’lumotlarning avtomatik ravishda ishonchli saqlanishini ta’minlaydigan qurilma. " Uzluksiz ta’minot qurilmasi|"Tarkibida akkumulyatorlar bo‘lgan va asosiy elektr ta’minot kuchlanishi tushib ketganda yoki sakrashlarida kompyuter va periferiyaning ta’minoti va himoyasini ta’minlaydigan, shuningdek, kuchlanish yo‘qolganda ma’lumotlarni avtomatik ravishda saqlash imkoniyatiga ega qurilma. " Uzluksizlik|"Tizimning xizmat ko‘rsatishda, berilgan ishchi xarakteristikalarga muvofiq, to‘xtovsiz ishlash qobiliyati. " Uzoq muddatli rejalovchi (vazifalarni rejalovchi)|"Tayyor jarayonlar navbatiga qaysi jarayonlar joylashtirilishi kerakligini aniqlaydigan operatsion tizim rejalovchisi. " Uzoq muddatli xotira|"Uzoq muddat mobaynida ma’lumotlarni saqlash uchun mo‘ljallangan kompyuter xotira qurilmasi. Saqlash vaqtida energiya ta’minoti bo‘lishiga bog‘liq emas. Ma’lumotlarni saqlashning turli fizik: magnit, optik, magnitooptik prinsiplariga ega. " Uzoq zona|"Elektromagnit maydonning burchak taqsimlanishi nurlanish manbaigacha bo‘lgan masofaga jiddiy bog‘liq bo‘lmagan soha. Izoh − Agar antennaning to‘liq o‘lchami D ga teng va to‘lqin uzunligidan katta bo‘lsa, uzoq zona antennadan ga katta masofadan boshlanadi, deb hisoblanadi, bunda λ – to‘lqin uzunligi. Elementar elektr vibrator uchun uzoq zona shart bilan belgilanadi, bunda: λ – nurlanish to‘lqin uzunligi; r – antennaning fazaviy markazidan kuzatish nuqtasigacha bo‘lgan masofa. Cheksizlikka fokuslangan (to‘g‘rilangan) nur uchun uzoq zona, ba’zan Fraungofer zonasi deb ham nomlanadi. " Uzoqdagi displeylar uchun protokol|"Windows NT TSE dagi serverlarda mavjud bo‘lgan Windows-ilovalar bilan ishlash imkonini ta’minlaydigan protokol. RDP odatda doimiy xotira qurilmasiga yozib olingan «ta’sirchan mijoz» dasturida keng qo‘llaniladi. " Uzoqdagi ish stoliga ulanish|"Uzoqda joylashgan kompyuterdagi ish stoli bilan aloqa o‘rnatish. " Uzoqdagi monitor|"Tarmoqning holati to‘g‘risidagi tezkor axborotni aks ettirish, shuningdek, kompyuterlar, ishini masofadan monitoring qilish uchun mo‘ljallangan monitor. " Uzoqlashgan|"Tarmoq yoki Internet yetib borgan joy chegarasida joylashgan kompyuter. " Uzoqlashtirish|"Tasvir masshtabini kichiklashtirish. " Uzun liniya|"Elektr uzunligi to‘lqin uzunligiga teng yoki undan katta uzatish liniyasi. " Uzun tire|"Matnlarda, HTML va boshqa hujjatlarda so‘zlar orasida ajratgich sifatida qo‘llaniladi. Microsoft Word va Open Office.org kabi ayrim dasturlar avtomatik tarzda ajratgichlarni taniydi va defisni uzun tirega almashtiradi. " Uzun to‘lqinlar (shuningdek, kilometrli to‘lqinlar)|"To‘lqin uzunliklari diapazoni 1000 m dan 10000 m gacha bo‘lgan, chastotalar diapazoni esa 30 kHz dan 300 kHz gacha bo‘lgan intervalda joylashgan to‘lqinlar. " Uzviy bog‘liq tizim|"Protsessorlar umumiy xotira va taymer (taktlar)ni ajratadigan parallel kompyuter tizimi. Ular o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir umumiy xotira orqali amalga oshadi. " Ushlab turish rejimida musiqa tinglash|"WAV faylini, chaqiruv ushlab turish rejimida bo‘lgan vaqtda, musiqa qo‘yish uchun tayinlash funksiyasi. " Ushlab turish va kutish|"Bir resursni ushlab turish jarayoni boshqa jarayonlar ega bo‘lgan boshqa resurslarni olishni kutib turadi. " Uch belgili mantiq|"Uchta chin qiymat, masalan, 1, 0, – 1 bilan ish ko‘radigan mantiq. " Uch martali DES algoritmi|"DES algoritmidan uch marta uchta turli kalit bilan foydalaniladigan shifrlash usuli. " Uch vibratorli antenna|"Bir-biriga nisbatan 120° burchak ostida siljigan uchta simmetrik vibrator koʻrinishidagi antenna. " Uch zvenoli model|"Oraliq zveno (kompyuter) ikki sathli model mijoz kompyuteri va server kompyuteri orasida joylashtiriladigan hamda tranzaksiyalarni qayta ishlaydigan monitor yoki obyektlarga bo‘ladigan so‘rovlar vositachisi sifatida ishlaydigan mijoz-server tizimi. Uch o‘lchamli grafika ing. - three-dimensional graphics (3D) ru – трехмерная графика Kompyuter grafikasida ishlatiladigan atama bo‘lib, obyektlarning ustida uch o‘lchamli fazoda operatsiyalar bajarish uchun algoritmlar va dasturiy mahsulotlarni hamda ularning natijalarini o‘z ichiga oladi. " Uch o‘lchamli taxminlash, 3-D taxminlash|"Taxminlangan qiymat, o‘sha maydonning yoki bitta yo bir nechta oldingi maydon satrlaridan kadrning qo‘shni elementlaridan kelib chiqib olinadigan taxminlash. " Uch o‘lchamli televideniye, 3-D televideniye|"Sahnaning uch o‘lchamli ko‘rinishi amalga oshiriladigan televideniye. Izoh – Uch o‘lchamli ko‘rinish amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan jarayonlar stereoskopik televideniye va golografik televideniyeni o‘z ichiga oladi. " Uchastkalar bo‘yicha signalizatsiya|"Xizmatga oid barcha axborot bitta kommutatsiya stansiyasidan boshqasiga ketma-ket uzatiladigan signalizatsiya usuli. Har bir aloqa uzelida bu axborot ajratib olinadi va tahlil qilinadi. " Uchinchi avlod (3G)|"Uchinchi avlod raqamli mobil aloqa tizimlari. Multimediani ta’minlaydi, uzatish tezligi 2 Mbit/s gacha. " Uchinchi darajali kesh xotira|"Tizim platasida ikkinchi kesh va tezkor xotira qurilmasi o‘rtasida o‘rnatiladigan qo‘shimcha kesh xotira. Bu turdagi kesh xotira birlamchi (L1) va ikkilamchi (L2) kesh xotiralar ishlab chiqaruvchilar tomonidan protsessor ichiga o‘rnatila boshlangandan keyin paydo bo‘ldi. " Uchta abonentning ulanishi|"Boshqa foydalanuvchi bilan aloqada ishtirok etuvchi foydalanuvchining, ushbu aloqani buzmasdan, uchinchi foydalanuvchi bilan qo‘shimcha ulanish, bir aloqadan boshqasiga ko‘p marotaba (ularning har birini sir saqlagan holda) qayta ulanish va/yoki qolganlariga qaytgan holda ushbu aloqalardan birini buzush imkonini beradigan qo‘shimcha xizmat. Izoh – Xizmatdan foydalanuvchi abonent ushbu ikkita aloqani bitta uch tomonlama aloqaga birlashtirish imkoniyatiga ega bo‘lgandagi xizmat varianti ko‘zda tutilgan. V " Vakillik serveri|"To‘siq hosil qiluvchi kompyuter yoki unda ishlovchi dasturiy taʼminot. Vakillik serveri ikki tarmoq o‘rtasida joylashib, biri uchun foydalanish chetdan mumkin bo‘lsa, boshqasiga esa mumkin bo‘lmaydi. Ichki tarmoqni ajratib, Internetda uning vakili sifatida bo‘ladi. Uning asosiy vazifasi – tarmoq mijozlarining so‘rovlarini Internet bog‘lamalariga uzatish va talab qilingan axborotni mijozga qaytarish. " Vakolatlar|"Foydalanuvchilarga nimanidir yaratish, o‘zgartirish yoki o‘chirishga berilgan huquq va imkoniyatlar. " Vakolatlar matritsasi|"Elementlari muayyan obyektning muhofaza qilinadigan ma’lumotlarga nisbatan huquqlarini (vakolatlarini, imtiyozlarini) belgilaydigan jadval. " Vakolatlar profili|"Har bir subyekt bilan assotsiatsiyalangan tizimning muhofaza qilinadigan obуektlari va ulardan erkin foydalanish huquqlari ro‘yxati. Obуektga murojaat qilishda subуekt profili foydalanishning tegishli huquqlari mavjudligiga tekshiriladi. Profil erkin foydalanish matritsasining satri ko‘rinishida taqdim etiladi. " Vakolatli foydalanuvchi|"Xavfsizlik funksiyasi siyosatiga muvofiq, har qanday operatsiyani bajarishga ruxsat etilgan, baholash obуekti foydalanuvchisi. " Vaksina-dastur|"Boshqa dasturlar va disklarni, ularning ishiga ta’sir qilmaydigan darajada o‘zgartiradigan dastur. Biroq, vaksinatsiya manbai bo‘lgan virus bu dasturlar yoki disklar zararlanib bo‘lgan deb hisoblaydi. " Vaksinalash|"Berilgan (ma’lum bir) virus turi tomonidan zararlanishni aniqlash (topish) uchun foydalaniladigan shart-sharoitlarni imitatsiyalovchi, ya’ni virusni «aldaydigan» rezident vaksina dasturlarni ishga tushirish. " Valid-invalid biti|"Sahifa jarayonning mantiqiy xotirasiga taalluqli yo taalluqli emasligini ko‘rsatadigan sahifalar jadvalining element biti. " Validatlash|"Dasturiy mahsulotni unga qo‘yiladigan barcha talablarga muvofiqligi nuqtai nazaridan baholash. " Vaqt belgisi|"Yagona vaqt tizimiga nisbatan vaqt onini ko‘rsatadigan maʼlumotlar elementi. Izoh – Vaqt belgisidan hujjatning yaratilish vaqti aniqligini va elektron raqamli imzo aktualligi saqlanganligini tekshirish uchun foydalaniladi. " Vaqt bombasi|"Muayyan vaqtda aktivlashtirilishi mumkin bo‘lgan mantiqiy bomba. " Vaqt bo‘yicha ajratish bilan dupleks uzatish|"Bitta kadrning turli vaqt intervallarida, uzatish va qabul qilish kanallarini zichlash bilan bitta eltuvchida raqamli axborotni ikki tomonlama uzatish. Vaqt bo‘yicha ajratish bilan dupleks uzatish, birinchi navbatda, abonentlar cheklangan makonda nisbatan past tezlikda harakatlanadigan piko- va mikrouyalar uchun mo‘ljallangan. " Vaqt bo‘yicha ajratish bilan multipleksorlash|"Aloqada va ajratilgan taym-slotlardan foydalangan holda, raqamli ma’lumotlarni uzatishdagi multipleksorlash texnikasi (usuli). " Vaqt bo‘yicha ajratish bilan ko‘plab foydalana olish|"1. Bitta chastota slotida bir nechta abonent bo‘ladigan, turli abonentlar uzatish uchun turli vaqt slotlaridan foydalanadigan spektrdan foydalanish usuli. Izoh − TDMA prinsipidan GSM, D-AMPS va PDC (Yaponiya standarti) standartlarida foydalaniladi. 2. Signallarni 2G uyali va yo‘ldoshli tarmoqlar orqali uzatish usuli, bunda har bir signalning o‘z chastota-vaqt intervali bo‘ladi. GSM TDMA texnologiyadan foydalanishga asoslangan. 2,5G tarmoqlari 3G tarmoqlar bilan almashtirilsa, TDMA katta o‘tkazish polosasidan foydalaniladigan CDMA texnologiyasi tomonidan qisman siqib chiqariladi. 3. Barcha abonentlarning axboroti bitta eltuvchi chastotada, biroq, o‘rtasida himoya oraliqlari kiritilgan turli vaqt intervallari («darchalar») da uzatiladigan foydalana olish usuli. 4. D-AMPS (IS-136) raqamli uyali aloqa tizimi standartining yangi nomi. 5. VSAT tarmog‘ining ish rejimi bo‘lib, bunda ko‘p sonli stansiyalar bir vaqtning o‘zida yo‘ldoshli retranslyatorning umumiy kanalidan kanallar vaqt bo‘yicha ajratilgan rejimda dinamik foydalana olishlari mumkin bo‘ladi. " Vaqt bo‘yicha asinxron multipleksorlash|"Uzatish vositalarining foydalaniladigan resursi har bir foydalanuvchining shu vaqtdagi haqiqiy ehtiyojlarini hisobga olgan holda, axborotning yacheykalari bilan to‘ldiriladigan vaqt bo‘yicha intervallardan oldin belgilanmaydigan ketma-ketlikdan iborat bo‘lgan multipleksorlash usuli. " Vaqt bo‘yicha belgi qo‘yish|"Axborotni uzatish jarayonida almashtirilish yoki o‘zgartirilishdan muhofaza qilish usuli. Har bir xabarga ma’lumotlar bilan qat’iy bog‘liq bo‘lgan vaqtinchalik belgilarni kiritishga asoslanadi. " Vaqt bo‘yicha kommutatsiya|"Telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan kommutatsiya tarmog‘i vaqt kanallarining vaqt bo‘yicha pozitsiyalarini bog‘lash orqali amalga oshiriladigan kommutatsiya. " Vaqt bo‘yicha siqish|"Ma’lumotlarni xotiraga bir taktli chastota bilan yozish va boshqa taktli chastota bilan o‘qish orqali amalga oshiriladigan signalni vaqt bo‘yicha siqish operatsiyasi. " Vaqt bo‘yicha o‘zgartirish|"Signal vaqt o‘qida gi diskret sanoqlar holatining, ularning amplitudaviy qiymatlari saqlangan holda o‘zgaradigan aylantirish. " Vaqt bo‘yicha chaqiruvlarni cheklash|"Xizmat abonenti tomonidan boshlab berilgan, har bir chaqiruvning so‘zlashuv davomiyligini cheklaydigan xizmat. Abonent so‘zlashuvining davomiyligi berilgan cheklanishdan oshsa, tizim bog‘lanishni majburan uzadi. " Vaqt domeniga ega optik reflektometr|"Optik tolalarni, qaytgan yorug‘likni detektorlashga asoslangan (optik «radar»), testlash usuli. Tola so‘nishini o‘lchash, muftali va konnektorli ulanishlar sifatini baholash hamda uzilish joylarini aniqlashda foydalaniladi. " Vaqt intervallarining qayta taqsimlanishi|"Vaqt bo‘yicha ajratilgan foydalana olishda ishlatiladigan, kanal intervallari abonentlarga qat’iy tarzda emas, balki tizimning real yuklanishiga bog‘liq holda, mos ravishda qayta taqsimlanadigan protsedura. Kanallarning yangi taqsimoti to‘g‘risidagi ma’lumotlar, xizmat kanali orqali shu yoki undan keyingi kadrda uzatiladi. " Vaqt kvanti|"Ko‘p vazifali muhitdagi, mikroprotsessor alohada bajariladigan vazifani boshqaradigan qisqa vaqt davri. " Vaqt oralig‘i (paketlararo interval)|"Paketni jo‘natgan uzatish qurilmasi, paket keyingi gal yuborilgunga qadar kutishi zarur bo‘lgan, mikrosekundlarda o‘lchanadigan vaqt. " Vaqtbay tarif|"Telekommunikatsiya xizmatlari uchun kanal yoki aloqa liniyasi band etilgan vaqt bilan bog‘liq differensiallangan to‘lov. " Vaqtda o‘zgaruvchi kod|"So‘zlari ish jarayonida biror-bir tarzda o‘zgaradigan kod. " Vaqtga qarab ochiladigan kriptotizim|"Faqat berilgan vaqt intervali tugagandan so‘ng muhofazalangan axborotni rasshifrovka qilish imkonini beradigan kriptografik tizim. Hozirgi vaqtda bunday tizimlarni amalga oshirishning ikkita varianti mavjud: – vaqtinchalik qulflovchi sharadalar; – berilgan vaqt intervali mobaynida axborotni ochmaslik majburiyatini zimmasiga olgan ishonchli agentlardan foydalanish. Agentlardan foydalanishga to‘g‘ri kelganda ularga nisbatan ishonch muammosi yuzaga keladi, buni sirlarni taqsimlash mexanizmini qo‘llash hisobiga qisman hal qilish mumkin. " Vaqtinchalik bog‘langanlik|"Funksiyalari deyarli bir vaqtda bajarilishi zarur bo‘lgan modul xarakteristikalari. Izoh – Initsializatsiya moduli, qayta tiklanish moduli va ishni tugatish moduli vaqtinchalik bog‘langanlik modullariga misol bo‘ladi. " Vaqtinchalik fayl|"Operatsion tizim yoki amaliy dastur tomonidan, vaqtinchalik (oraliq) ma’lumotlarni saqlash uchun yaratiladigan fayl. Ba’zan, vaqtinchalik fayllar bilan ishlash tugatilganidan so‘ng, ular o‘chirib tashlanadi. " Vaqtinchalik ortiqchalik|"Tizimning ishlash imkoniyatini qayta tiklash uchun ketadigan maksimal vaqt. " Vaqtinchalik qator|"Vaqt ichida o‘zgaradigan ma’lumotlar to‘plami. " Vaqtinchalik xotira|"Hisoblashlarda oraliq ma’lumotlarni saqlash uchun vaqtinchalik ajratiladigan xotira qismi. " Vaqtinchalik yashirin kanal|"Yashirin kanal, unda bir jarayon axborotni boshqasiga tizim resurslaridan (masalan, markaziy protsessorning bandlik vaqtidan) foydalanishni modulyatsiyalash vositasida, bu modulyatsiyalash boshqa jarayon tomonidan aniqlanishi va detektorlanishi mumkin bo‘ladigan tarzda uzatadi. " Vaqtni ajratish tizimi|"Foydalanuvchi-dasturchini uning vazifalarini bajaruvchi jarayondan izolyatsiyalash – paketli qayta ishlash tizimining asosiy kamchiligini tuzatish uchun mo‘ljallangan. Vaqtni ajratish tizimining har bir foydalanuvchisiga o‘zining dasturi bo‘yicha dialog olib borishi mumkin bo‘lgan terminal taqdim etiladi. " Vaqtni belgilash xizmati|"Ma’lum bir vaqt onida elektron ma’lumotlar mavjudligini tasdiqlaydigan xizmat. Izoh – Vaqtni belgilash xizmatlari foydali, shuningdek, uzoq muddat mobaynida raqamli imzolar tekshiruvini olib borish uchun mutlaqo zarur. " Vaqtni taqsimlash|"Kompyuterning bitta markaziy protsessor bilan ishlash rejimi, bunda protsessor muntazam ravishda bir vazifani hal qilishdan boshqasiga o‘tib turadi. Vaqtning taqsimlanishini operatsion tizim amalga oshiradi. Bu rejimdan ko‘p dasturli «bir vaqtda» ishlash uchun foydalaniladi. Protsessor barcha ishlarni izchil, lekin juda tez bajaradi. Shuning uchun, har bir vazifaga juda qisqa muddatga protsessor resurslari ajratilsa, foydalanuvchiga ishlar parallel bajarilayotgandek tuyuladi. Vaqtni taqsimlash rejimi UNIX va Windows tizimlarida yaxshi amalga oshirilgan. Masalan, vaqtni taqsimlash rejimida bir vaqtda matn redaktori bilan ishlash, qandaydir faylni bosib chiqarish va ma’lumotlarni tarmoq orqali qabul qilish mumkin. " Vardrayving|"Wi-Fi simsiz tarmoqlariga kirish nuqtalarini izlash va buzish jarayoni. Wi-Fi adapterli tashuvchan kompyuterga ega shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan amalga oshiriladi. Nuqtani makonda izlash va aniqlashda transport vositasi ishlatilgani uchun «urush haydashi» deyiladi. " Varez|"Muallif ruxsatisiz noqonuniy yo‘llar bilan (kamdan-kam hollarda simvolli plata uchun eltuvchilarda) tekin tarqatiladigan tijorat dasturi. Tekin foydalanishga imkon beruvchi o‘zgarishlar va/yoki qo‘shimchalarni albatta o‘z ichiga oladi. " Vayp|"Axborotning to‘liq o‘chirilishi. Oddiy o‘chirishdan (maʼlumotlar bloklari foydalanish uchun bo‘sh deb ko‘rsatilishi) farqli o‘laroq axborot saqlangan hamma bloklar majburiy tozalanadi. Fayl vaypi holatida quyidagi operatsiyalar bajariladi: faylning har bir biti nolga almashtiriladi; fayl hajmi nolga keltiriladi; faylning nomi ixtiyoriy nomga o‘zgartiriladi va fayl o‘chiriladi. Bu nafaqat fayldan axborotning o‘chirilishini, balki fayl mavjudligining barcha (bilvosita) belgilarining ham yo‘q qilinishini kafolatlaydi. Qar.: Qoldiq axborot. " Vazifa|"Avtonom, mustaqil bajariladigan amaliy dastur. " Vazifa identifikatori|"Bajariladigan yoki bajarishga tayyor vazifaga beriladigan ramziy kod. " Vazifalar dispetcheri|"Kompyuterda bajariladigan dasturlar va jarayonlar to‘g‘risida ma’lumot beruvchi Windows operatsion tizimining dasturi. Vazifalar dispetcheri yordamida dasturlarni ishga tushirish yoki to‘xtatish, jarayonlarni to‘xtatish va tizimning bandlik darajasi to‘g‘risida ma’lumot olish mumkin. " Vazifalar navbati|"1. Operatsion tizimlarda bajarishga tayyor bo‘lgan vazifalarning qaysidir qiymatiga ko‘ra tuzilgan ro‘yxat. 2. Tizimdagi barcha jarayonlarning to‘plamini o‘z ichiga oladigan navbat. " vazifalar paneli|"Windows operatsion tizimida ekranning pastki qismidagi vazifalar ro‘yxatini ko‘rsatuvchi gorizontal yo‘lakcha. Vazifalar panelidagi tugmalar yordamida ishlab turgan dasturlarni unisidan bunisiga o‘tkazish, hamda vazifalar panelini ekranning yuqori yoki yon tomoniga ko‘chirish va yashirish mumkin. " Vazifalar panelini blokirovkalash|"Vazifalar panelining holati, bunda vazifalar paneliga bevosita dasturlarga tez murojaat etish yorlig‘ini joylashtirish mumkin bo‘lmaydi. " Vazifalar ro‘yxati|"Ishga tushirilgan dasturlar va bajariladigan jarayonlar ro‘yxati. Kompyuter resurslari harajatlarining monitoringi uchun xizmat qiladi. " Vazifalarni boshqarish|"Operatsion tizimning ko‘p vazifali rejimda hisoblash jarayonini boshqarish bo‘yicha funksiyalari. " Vazifalarni rejalashtiruvchi|"Dasturlarni belgilangan vaqtda, belgilangan tartibda ishlashini ta’minlaydi. " Vaziyat xatosi|"Muayyan vaziyatlarda operatsion tizim yoki dasturda yuz beradigan xatolik. " Vaznlangan (TV) shovqin|"Ko‘rinadigan fluktuatsion xalaqitlarning ko‘z bilan baholanadigan jadalligi. " Vaznlovchi filtr|"Amplituda-chastotaviy xarakteristikasi fluktuatsion xalaqitning vazniy funksiyasini modellashtiradigan elektr filtr. " Veb-…|"WorldWideWeb ga, WWWga yoki WorldWideWeb prinsipi bo‘yicha tashkil qilingan korporativ maʼlumotlar almashinish tarmog‘iga mansublikni bildiradigan old qo‘shimcha. " Veb-anjuman|"Internet orqali real vaqt rejimida onlayn uchrashuvlar o‘tkazish va birgalikda ishlash uchun texnologiyalar va vositalar. Veb-anjumanlar onlayn taqdimotlar o‘tkazish, hujjat va ilovalar bilan birgalikda ishlash, saytlarni, videofayllarni va tasvirlarni sinxron ko‘rish imkonini beradi. " Veb-bord|"Qar.: E’lonlar taxtasi. " Veb-brauzer|"Veb-sahifalarni ko‘rish va tasvirlash uchun mo‘ljallangan dastur. Gipermatnli hujjatlarni tasvirlash va veb-resurslar orqali harakatlanish imkonini beradi. Izoh – Veb-brauzer tarmoqdagi server yoki boshqa kompyuterlardan o‘zida gipermatn, audio va video fayllarni saqlovchi veb-hujjatlarni olishi va lokal kompyuterda ko‘rsatishi mumkin. Bugungi kunda eng ko‘p qo‘llaniladigan veb-brauzerlar Microsoft Internet Explorer va Mozilla Firefox hisoblanadi. " Veb-dizayn|"Veb-sahifalarini bezash. Veb-dizayn qog‘oz nashri uchun poligrafik dizayn va sahifalash qanday vazifani bajarsa, sayt uchun ham xuddi shunday vazifani bajaradi. Veb-dizayn deganda odatda nafaqat sayt uchun grafik elementlarni yaratishni, balki uning tuzilmasi, navigatsiyasi va baʼzan sayt ishi uchun zarur bo‘lgan skriptlarni loyihalash, yaʼni saytni to‘liq yaratish nazarda tutiladi. Dizayn saytning aqlli tuzilishi maʼnosida uning «chiroyliligi»dan ancha muhimroq. Sayt dizayni odatda ixtisoslashtirilgan veb-dizayn studiyalari tomonidan bajariladi. Sayt uchun dizayn yaratish bahosi sayt hajmi, grafik elementlar soni, uning ustida ishlovchi mutaxassislar saviyasi, dasturlash zarurligi va h.k.larga bog‘liq. " Veb-hujjat|"HTML yoki XML tilida yozilgan va Internet tarmog‘iga joylashtirish uchun tayyor bo‘lgan hujjat. " Veb-interfeys|"Foydalanuvchiga veb-brauzer orqali turli dasturlar bilan o‘zaro ishlash imkonini beruvchi interfeys (masalan, o‘z buyurtmasini boshqarish, Internet do‘konida yoki tarmoq printerini sozlash). veb-interfeyslarining qulayligi shundaki, ular bitta ofisda joylashmagan xodimlarga birgalikda ish yuritish imkonini beradi. Masalan, veb-interfeyslar turli maʼlumotlar bazalarini to‘ldirish yoki Internet OAVda materiallarni chop etish uchun ishlatiladi. " Veb-kamera|"Ko‘chmas kamera bo‘lib, u bilan olingan tasvirlar Internetdagi muayyan saytda ko‘rsatiladi. Odatda bu video oqimi emas, balki muayyan muddatlardan keyin masalan, har 20 sekundda yangilanuvchi statik tasvir. Odatda videokameralar saytga tashrif buyuruvchilar ko‘nglini ovlash uchun ishlatiladi. " Veb-portal orqali statistikani ko‘rish|"O‘z qo‘ng‘iroqlari statistikasini ko‘rib chiqish (Call Detail Server mavjud bo‘lganda ishlaydi) imkoniyatini beradigan xizmat. " Veb-ranglar|"Rasmlarda ranglarni aniq solishtirish va aks ettirish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan 256 ta rangdan 216tasini o‘z ichiga olgan ranglar jadvali. Qolgan 40 ta rang ishlatilmaydi, chunki ular kompyuterlarda rang uzatish sifatining sozlanganligiga ko‘ra turlicha aks ettirilishi mumkin. Veb-standart palitra odatda xavfsiz ranglar palitrasi deyiladi. " Veb-sahifa|"Veb orqali erkin foydalanish mumkin bo‘lgan HTML hujjat. Gipermatn yoki gipermedia ko‘rinishidagi axborotni ichiga oladi. " Veb-sahifa sarlavhasi|"Veb-sahifani aynanlashtiruvchi tavsiflovchi matn. Ochiq sahifa nomi veb-brauzeri oyna-sining sarlavha qatorida aks o‘tiriladi. " Veb-sayt|"Ma’no jihatidan birlashtirilgan, umumiy tuzilma va navigatsiyaga ega bo‘lgan veb-sahifalar majmui. " Veb-saytni optimallash|"Qar.: SEO. " Veb-saytning ko‘chirma indeksi|"Veb-saytga boshqa Internet resurslaridan ishoratlar soni asosida hisoblanadigan qidiruv tizimi ko‘rsatgichi. Ko‘chirma indeksining eng oddiy shaklida faqat ishoratlar soni hisobga olinadi. Tematik ko‘chirma indeksida veb-saytga ishoratlarga ega bo‘lgan resurslarning mavzusi, o‘lchangan ko‘chirma indeksida esa o‘sha resurslarning mashhurligiga eʼtibor beriladi. " Veb-server|"1. Bitta yoki bir nechta veb-uzel ishini taʼminlaydigan dasturiy ilova. 2.Serverning dasturiy taʼminoti bilan taʼminlangan va Internet mijozlaridan rasmiy talablar olish, ularni qayta ishlash va bajarish uchun mo‘ljallangan kompyuter. " Veb-server imkoniyatlarini tahlil qilish asbobi|"Ko‘plab ko‘zda tutilgan yuklamalardan foydalanib, mijoz-server konfiguratsiyasini testdan o‘tkazadigan, skriptlar bilan boshqariladigan utilita. " Veb-standartli palitra|"Qar.: Veb-ranglar. " Veb-televizor|"Internet tarmog‘i orqali tashkil qilinadigan teskari kanalli teleko‘rsatuvlarni interaktiv ko‘rish imkoniyatini ta’minlaydigan televizor va kompyuter kombinatsiyasi. " Veb-usta|"Veb-uzel yaratilishi va uni boshqarish yuzasidan javobgar bo‘lgan, veb-uzel administratori. " Veb-uzel|"Maxsus dasturlar – veb-sharhlovchilar yordamida kompyuter tarmog‘i orqali ko‘rib chiqish uchun mo‘ljallangan, o‘zaro bog‘langan axborot onlayn resurslar to‘plami. Izoh – Veb-uzel elektron ko‘rinishdagi hujjatlar to‘plamini, onlayn xizmatni o‘zida ifodalashi mumkin. " Veb-хosting|"«Xosting» so‘zi to‘laqonli ikki tomonlama aloqa bilan taʼminlangan tarmoqdagi kompyuterni bildiruvchi xost so‘zidan olingan (qar.: xost). Xosting pulli va tekin, oddiy va mukammallashgan bo‘lishi mumkin. Xosting provayderini tanlayotganda quyidagi tavsifnomalarga eʼtibor berish lozim: 1) disk makoni; 2) Internet kanalining o‘tkazish qobiliyati (kengligi); 3) fayllarni boshqarish usullari: veb-forma yoki FTP protokoli orqali foydalanish; 4) standart skriptlar to‘plami; 5) server tomonida dasturlash mumkinligi (SSI, PHP, ASPlarni qo‘llab-quvvatlash, cgi-bin katalogi); 6) serverda maʼlumotlar bazalaridan foydalanish – o‘z maʼlumotlar bazalarini yaratish va ishlatish mumkinligi; 7) Shell dan foydalanish; 8) .htaccess fayli orqali serverni konfiguratsiyalash mumkinligi; 9) log-fayllardan foydalanish; 10) uchinchi darajali domenlarni taqdim etish (name.your-name.uz, name1.your-name.uz va boshqa turdagi manzil); 11) bitta yoki bir necha pochta qutisini qo‘llab-quvvatlash; 12) uzluksiz elektr energiya bilan taʼminlash. " Veb-shablon|"Mundarijani veb-sahifa dizaynidan ajratish uchun va veb-hujjatlarni ko‘plab ishlab chiqish uchun qo‘llaniladigan moslama. Veb-shablondan istagan inson yoki tashkilot o‘zining veb-saytini yaratishda foydalanishi mumkin. Shablon sotib olingandan yoki saqlab olingandan so‘ng, foydalanuvchi barcha shablonning asosiy maʼlumotlarini o‘zining tashkiloti yoki mahsuloti maʼlumotlari bilan to‘ldiradi. " Veb 2.0|"WWW rivojlanishining ikkinchi avlodini belgilovchi atama. Veb 2.0 ning asosiy xususiyati – ko‘p sondagi foydalanuvchilarning kontentni yaratish va maʼlumotlar almashishdagi bevosita ishtiroki. Misol – ijtimoiy tarmoqlar, videoxosting saytlari, viki, bloglar, folksonomiya. " Vektor|"Sonli qiymat va yo‘nalish bilan tavsiflanadigan, to‘g‘ri kesma bilan tasvirlanadigan matematik kattalik. " Vektorlash|"Rastr grafikasini vektor grafikasiga o‘girish, rastrlashga teskari bo‘lgan jarayon. Rastrlashdan farqli o‘laroq ushbu jarayon juda murakkab bo‘lib, uni to‘liq avtomatik tartibda bajarib bo‘lmaydi. " Vektorli displey|"Ishda vektor grafikadan foydalanadigan kompyuter displeyi. " Vektorli grafika|"Tasvirni, har qanday usul bilan, shu jumladan, grafik komandalar bilan tavsiflangan grafik elementlar yig‘indisi sifatida taqdim etish usuli. Ko‘pincha, ikkilik koddagi fayllar sifatida taqdim qilinadi. " Vektorli kodlash|"Kodlash usuli, bunda kanal bo‘yicha tasvir sanog‘i blokining qiymatlari emas, blokning kod daftaridagi uzatilayotganga eng yaqin manzili jo‘natiladi. " Vektorli kompyuter|"Vektorlarni (bir o‘lchamli ma’lumotlar massivlarini) qayta ishlash uchun mo‘ljallangan kompyuter. " Vektorli protsessor|"Bir o‘lchovli raqamli ma’lumotlar massivlari (vektorlar) ustida bir vaqtda hisoblashlar uchun komandalar to‘plami bo‘lgan kompyuter. " Vektorli yoyish|"Ekranda sintezlangan tasvirni qayta tiklash usuli, bunda yoyuvchi element tasvirni olish uchun zarur bo‘lgan faqat qisqa yo‘l bo‘yicha, ularning joylashishidan qat’i nazar, bevosita bir nuqtadan boshqasiga harakatlanadi. " Vergullar bilan ajratilgan qiymatlar|"Jadvalli ma’lumotlarni taqdim etish uchun mo‘ljallangan matnli format. Faylning har bir satri – bu jadvalning bir satridir. Alohida ustunchalarning ma’nolari ajratish simvoli masalan, vergul, nuqtali vergul va tabulyatsiya simvollari yordamida ajratiladi. " Verifikator|"Autentifikatsiyalangan identifikatsiya qilish talab qilinadigan yoki uni ko‘rsatadigan obyekt. Verifikator autentifikatsiya maqsadlarida almashinuvlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan funksiyalarni o‘z ichiga oladi. " Verifikatsiyalash|"1. Belgilangan talablar bajarilganligining obyektiv isbotlarini taqdim etish yo‘li bilan tasdiqlash. Izoh – Verifikatsiyalashni muvofiqlikka testlash deb ham atash mumkin. 2. Hisoblash texnikasi vositalari yoki avtomatlashtirilgan tizimlar spetsifikatsiyalarining ikki darajasini tegishli muvofiqlikka taqqoslash jarayoni. 3. ID-kartaga kiritilgan biometrik ma’lumotlarning ID-karta egasining biometrik ma’lumotlariga mosligini maxsus texnik qurilma yordamida tekshirish. " Verifikatsiyalash qoidasi|"Dastur talablariga muvofiq kelishini tekshirish maqsadida, kiruvchi ma’lumotlarning dastlabki qayta ishlanishini belgilovchi qoida. " Verifikatsiyalash va tasdiqlash|"Tekshirishlarning to‘la to‘plami bo‘lib, tizimning o‘zi mo‘ljallangan maqsadlarga muvofiqligini kafolatlash uchun kerak. Izoh – Funksional testlarni qat’iy tanlash, o‘tkazish qobiliyatini nazorat qilish, ishonchlilikni tekshirish va sh.k. tekshirishlar qatoriga kiradi. " Vernam kriptotizimi|"Kriptotizim, xuddi shunday Vernam shifri deb ham ataladi, tamomila tasodifiy ravishda hosil qilinadigan bit satrini ishlatadi. Kalitlar oqimining uzunligi dastlabki matn uzunligiga teng, dastlabki matn va tasodifiy bit satri shifrlangan matn hosil qilish uchun, XOR amalidan foydalanib aralashtiriladi. Bunday algoritm o‘ta maxfiylikka ega. Ushbu kriptotizim omilkor emas, chunki katta o‘lchamdagi kalitlardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. U asosan, harbiy va diplomatik maqsadlarda ishlatiladi. Bu shifrning asosiy kamchiligi kalitlarni boshqarish qiyinligi. " Versiya|"Dasturiy mahsulotning, ba’zi o‘zgartirishlar kiritilgan varianti. Turli versiyalar quyidagi tarzda indekslanadi: jiddiy o‘zgartirishlar nuqtagacha raqam bilan oraliq variantlar nuqtadan keyingi raqamlar bilan ko‘rsatiladi. " Versiya raqami|"Ishlab chiqish va/yoki ishlab chiqarish paytida dasturiy ta’minotga beriladigan belgi. Odatda, versiya raqami X, Y ko‘rinishida yoziladi, bu erda X ‒ versiyaning bosh raqami, Y esa, reliz raqami. Reliz raqamining o‘zgartirilishi mahsulotga ba’zi o‘zgartirishlar kiritilganligini bildiradi. Versiya raqami qancha katta bo‘lsa, mahsulot shuncha ko‘p rivojlanish bosqichlarini o‘tgan hisoblanadi. Versiyalar raqamlaridan versiyalarni boshqarish tizimlarida foydalaniladi. " Vertikal menyu|"Navigatsiya nuqtalari vertikal (yuqoridan pastga tomon) joylashgan menyuning ko‘rinishi. " Vertikal portal|"Maʼlum mavzu yo‘nalishidagi, ushbu mavzu doirasida turli xizmatlarni taqdim etuvchi veb-sayt. Eng istiqbolli axborot resursi va uskunasi bo‘lib, butun dunyo bo‘ylab o‘z izdoshlariga ega. " Vertikal qutblangan to‘lqin|"Elektr maydonining kuchlanganlik vektori yer sirtiga nisbatan har doim vertikal, magnit maydonining kuchlanganlik vektori esa, gorizontal yo‘nalgan, chiziqli qutblangan elektromagnit to‘lqin. Izoh − To‘lqinning tarqalish yo‘nalishi yuqorida ko‘rsatilgan har ikki vektorga ortogonal bo‘lib, ularning vektor ko‘paytmasi bilan belgilanadi. " Vertikal qutblanishga ega antenna|"Yer sirtiga perpendikulyar joylashgan va gorizontal tekislikda yo‘nalganlik doiraviy diagrammasiga ega chiziqli simmetrik vubrator ko‘rinishidagi antenna. " Vibrator|"To‘g‘ri chiziqli simning bo‘lagi, unda uzun liniya bo‘lagidagi kabi xususiy elektr tebranishlar paydo bo‘lishi hamda turg‘un elektromagnit to‘lqinlar hosil bo‘lishi mumkin. Vibrator eng sodda (uzatuvchi yoki qabul qiluvchi) antennani o‘zida ifodalaydi. " Vibratorli antennalar|"Bazaviy elementi vibrator hisoblanadigan antennalar. " Video|"Aniq yoki tasvirlashning u yoki bu usuli bilan yaratilgan kadrlarning ma’lum chastotaga ega o‘zgaruvchan ketma-ketligi. Kino va televideniye videoning bir turi hisoblanadi. " Video disk|"Qar.: Lazer disk. " Video ketma-ketlik|"Ixtiyoriy uzunlikdagi videokadrlar ketma-ketligi. " Video kirish|"Foydalanuvchining shaxsiy kompyuter yordamida ko‘ngil ochar yoki ishga oid dasturlari va Internet resurslari bilan fizik o‘zaro ishlashini taʼminlaydigan moslama. Ushbu istiqbolli texnologiya insonni virtual dunyoga «olib kiradi». " Videoadapter|"Shaxsiy kompyuterning, tasvirlarning monitorga chiqarilishini boshqaradigan kengaytirish platasi. " Videografik adapter|"Eskirgan videostandart va displeyning 1987-yil 2 aprelda IBM kompaniyasi tomonidan birinchi marta joriy qilingan 256 palitradan 2 yoki 16 rangli 640х480 piksellarning video-ekrandagi maksimal hal qilinishiga mos keluvchi videoadpter. VGA matnli va grafik rejimni qo‘llab-quvvatlaydi. Matnli rejim 80x25 simvollarning va 16 ranglarning (9x16 piksellarining simvol hajmi) qobiliyatini maksimal hal qilishda qo‘llab-quvvatlanadi. " Videografik matritsa|"Displey ekranida 640x480 pikselni 256 rangda aks ettira oladigan videoadapter. " Videografiya|"Axborot asosan, raqamli shaklda uzatiladigan va foydalanuvchiga bu axborotni tanlash hamda matnli yoki grafik shaklda displey ekranida, masalan, televizor ekranida qayta tiklash imkonini beradigan aloqa turi. Izoh – Telematn va telegrafiyaning har xil turlari videografiyaga taalluqli emas. " Videokadr|"Boshlang‘ich tasvirning bitta kadri yoki ikkita maydonini tasvirlaydigan videoma’lumotlar to‘plami. Yorqinlik va ayirma rang signallarning sanoqlarini ifodalovchi 8 bitli sonlarning uchta to‘g‘ri burchakli matritsasidan tashkil topgan. " Videokadrlar guruhi|"Raqamli signal ko‘p sonli davrlarining ustma-ust tushishidan boshlanadigan videoketma-ketlikning qismi. " Videokonferens aloqa|"Bir-biridan olisda bo‘lgan foydalanuvchilar o‘rtasidagi ko‘p tomonlama aloqa usuli, bunda ular real vaqtda video hamda audiosignallarni qabul qilishi va aks ettirishi mumkin. Izoh − Uzatish tezligi uzatiladigan videosyujetning sifatiga qo‘yiladigan talablarga bog‘liq bo‘lib, o‘zgarishi mumkin, masalan, ISDN tarmog‘ida 128 (BRI) dan 384 (3BRI) Kbit/s gacha. " Videokuchaytirgich o‘tkazish polosasining kengligi|"Videosignal chastotalari polosasining kengligi, bunda signalning so‘nish darajasi ma’lum bir kattalikdan, masalan, 3 dB dan oshmaydi. " Videoma’lumotlarni qayta ishlash darajasi|"Raqamli oqim asosiy parametrlarini o‘zgartirishning yo‘l qo‘yiladigan chegarasini belgilaydigan ko‘rsatmalar majmui. " Videoma’lumotli kompakt-disk|"Analog-raqamli lazerli disklar uchun standart nomi. " Videomiksher|"Kombinatsiyalangan tasvirni shakllantirish maqsadida bir nechta televizion datchik videosignallarini birlashtirish uchun mo‘ljallangan qurilma. " Videomontaj apparatxonasi|"Elektron videomontaj tizimi bilan ta’minlangan hamda televizion dasturlarni tuzish uchun mo‘ljallangan videoyozuv apparatxonasi. " Videonazorat qurilmasi, videomonitor, monitor|"Kirishiga to‘liq videosignal yoki to‘liq rangli videosignal yoki asosiy rang signallari uzatiladigan, televizion tasvirni kuzatish va/yoki nazorat qilish uchun mo‘ljallangan tiklash qurilmasi. " (Videoni) siqish, videokompressiya|"Videoaxborot hajmini axborot ortiqchaligini bartaraf etish yo‘li bilan, masalan, kadrlararo va kadr ichida korrelyatsion hamda statistik bog‘lanishlarini hisobga olgan holda qisqartirish. Izoh – Siqish darajasi siqish koeffitsiyenti bilan belgilanadi. " Videoqurilmalar interfeysi|"Videoqurilmani boshqarish uchun mo‘ljallangan dastur-drayver (odatda videokarta deyiladi). Qoida bo‘yicha ishlab chiqaruvchi tomonidan diskda videoqurilma bilan yetkazib beriladi. " Videorekorder|"Televizion signallarni yozish va qayta tiklash uchun mo‘ljallangan uskuna. " Videoretush|"Olingan video kadrdan «keraksiz» obyektlarni: binolar, telefon ustunlarini olib tashlash yoki unga nimanidir qo‘shish uchun qo‘shimcha surat chizish. " Videoserver|"1. Axborot uzatish yuqori tezligiga ega lokal va global tarmoqlarga ulangan, hajmi terabitlarda o‘lchanadigan disk xotirali nutq va harakatlanadigan tasvirni saqlaydigan fayllar serveri. 2. So‘rovga ko‘ra, video ilovalarga oqimli videoni yetkazib beradigan kompyuter yoki dasturiy ta’minot. " Videosignal|"Tasvir paydo qilish uchun mo‘ljallangan elektr signal. " (Videosignal) bitreytini pasaytirish|"Video raqamli signalini, tasvirning yo‘l qo‘yiladigan sifatini saqlashda, bitreyt (bitlarni uzatish tezligi) ni pasaytirish uchun qayta ishlash. Izoh – Bitreytni pasaytirish manbani kodlashda bajariladi. " (Videosignal datchigidagi) optik tasvir|"Videosignal datchigida yorug‘lik sezgirlik sirtining optik vositalari bilan hosil qilinadigan tasvir. " Videosignal datchigining gammasi|"Loqarifmik shkalada videosignal ko‘lamining obyekt tegishli yorug‘ligiga bog‘liqligini aks ettiradigan egri approksimatsiyalaydigan ishchi uchastkasining to‘g‘ri maksimal og‘ishi. " (Videosignal datchigining) kontrast diapazoni|"Videosignal datchigi chiqish signallari darajalarining maksimal nisbati. " Videosignal kuchlanishi o‘zgarganda sinxronlashning saqlanishi|"Barqaror sinxronlash saqlanganda videosignal kuchlanishi ijobiy (musbat) yoki manfiy (salbiy) o‘zgarishining videosignal nominal kuchlanishiga nisbati. " (Videosignalni) raqamli siqish (tavsiya qilinmaydigan)|"Videosignalni tasvir sifatini ta’minlashda zurur bo‘lgan yuborishga bitlar sonini kamaytirish maqsadida notekis kvantlash jarayoni. " (Videosignalning) doimiy tashkil etuvchisi|"Tasvirning o‘rtacha yorug‘ligiga va ayrim hollarda ayirmarang tashkil etuvchi o‘rtacha qiymatga bog‘liq va bir kadrdan boshqasiga o‘zgarishi mumkin bo‘lgan videosignalning belgilangan tashkil etuvchisi. " Videosignalning o‘rtacha darajasi|"O‘chirish intervalidan tashqari, kadrlar o‘tish vaqti mo-baynida videosignalning o‘rtacha darajasi. Izoh – Videosignalning o‘rtacha darajasi odatda o‘chirish darajasi va oq daraja o‘rtasidagi farqlar o‘chirish darajasiga nisbatan foizlarda ifodalanadi. " Videoteks|"Televizion qabul qilgich kineskopining ekraniga telefon tarmog‘i orqali matnli va grafik axborotni uzatish tizimi. " Videoteks xizmatining xizmatlari|"Videotekc xizmatida amaliy darajani amalga oshiruvchi va videoteks foydalanuvchilari uchun muayyan, aniq belgilangan xizmatni ta’minlaydigan xizmatlar. Izoh – Videoteks xizmati foydalanuvchilarga bunday xizmatlardan bir nechtasini taqdim etadi. " Videotelefon|"Telefon so‘zlashuvlari vaqtida foydalanuvchilarning bir-birini ko‘rishlariga imkon beruvchi telefon va televizion usullarini birlashtirish. " Videoto‘plagich|"Videokadrlar to‘plamini yozish, saqlash va qayta ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan qurilma. " Videouzatish|"Televizion tasvirlarni muayyan joyga, ba’zida tovush jo’rligida uzatish. " Videoxotira|"Displeyda sifatli tasvirni ta’minlash uchun mo‘ljallangan qo‘shimcha xotira. Videoadapterning qismi hisoblanadi, bir necha megabaytgacha hajmga ega. Videoxotirada bitta yoki bir nechta ekranning tasviri shakllanadi, displeyga uzatiladi. Ba’zi kompyuterlarda videoxotira tezkor xotiradan ajratiladi. " Videoo‘yin qurilmasi|"Televizion qabul qilgich yoki maishiy videomonitor ekranida o‘yin axborotini aks ettirish uchun mo‘ljallangan qurilma. " Vidjet|"1. Interfeys vidjeti. Foydalanuvchi grafik interfeysining stardartlashtirilgan elementi (matn maydoni, tugma, ro‘yxat, menyu va h.k.). 2. Veb-vidjet. Veb-sahifa ichida yoki kompyuter ish stolida joylashgan va tashqi resurslarning maʼlumotlari yoki funksionalidan foydalanish uchun mo‘ljallangan kod parchalari yoki kichik dasturlar (ob-havo, taqvim, lug‘at va h.k.). Mobil vidjet. Mobil telefonda biror bir dastur yoki tarmoq resurslari bilan ishlab, foydalanuvchi imkoniyatlarini kengaytiruvchi qo‘llanma. " Vijеner kvadrati|"Ko‘p alifboli mashhur kriptotizimlardan biri. Vijеner kvadrati n2 elementlar bo‘lgan kvadrat matritsani ifodalaydi, bunda n – foydalaniladigan alifbo simvollarining soni. Kvadratning har bir satri alifboni bir simvolga siklik siljitish bilan to‘ldiriladi. Qadamdan qadamgacha Sezar kriptotizimiga o‘xshash o‘zgaradigan kalit so‘z shifrlash kaliti hisoblanadi. Har bir ustun 0, 1, …, 25 kalitlari bo‘lgan Sezar kriptotizimi sifatida qaralishi mumkin. Kalit so‘z, odatda ochiq matndan qisqa bo‘lgani uchun, undan davriy ravishda foydalaniladi. " Viki|"Veb-sayt, saytning o‘zi taqdim qilgan instrumentlar yordamida foydalanuvchi uning shakli va tarkibini o‘zgartirishi mumkin. Eng katta va mashhur viki sayt – Vikipediya. " Vikipediya|"Ko‘p tillik erkin onlayn ensiklopediya. U ko‘pchilik tomonidan yoziladi va uni yozishda hech qanday cheklanishlar quyilmaydi. Ushbu loyiha 15 yanvar 2001-yil mutaxassislarga mo‘ljallangan Nupediara to‘ldiruvchi sifatida yaratilib, hozirda uni notijorat Wikimedia Foundation tashkiloti boshqaradi. Vikipediyaning eng katta ingliz tili bo‘limi 2009-yil oxirida 3 milliardga yaqin maqolaga ega edi (taqqoslash uchun: qog‘oz nashrdagi ensiklopediyalar orasida eng katta bo‘lmish VgKappyuadagi maqolalar soni 130 ming atrofidadir). Bundan tashqari Vikipediyaning juda mashhur bo‘lib ketishi tufayli unga yo‘ldosh Wiktionary, Wikibooks, Wikiquote, Wikisource hamda Wikinews kabi loyihalarning ham paydo bo‘lganidir. " Vilka|"Ajratgichning shtirli yoki o‘tkazuvchan chiquvchi kontaktlari bo‘lgan qismi. " Viloyat ichi pochta yo‘nalishi|"Viloyat pochta almashinuv punktini viloyat (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)ning tumanlararo, tuman, shahar pochta aloqasi bog‘lamalari bilan bog‘lovchi pochta yo‘nalishi. " Vinchester|"Ma’lumotlarni saqlash qurilmasi, qattiq magnit diskdagi to‘plagichning o‘zi IBM firmasi tomonidan 1973 yilda ishlab chiqilgan. Diskning xarakteristikalari quyidagicha edi: sig‘imi 30 Mbyte, foydalanish vaqti 30 ms. Boshqa versiyaga ko‘ra, to‘plagich har biri 30 Mbyte bo‘lgan ikkita diskdan iborat bo‘lgan. " Virtual|"Amalda mavjud bo‘lmagan, lekin ma’lum sharoitlarda paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan obyekt yoki holat. " Virtual bank|"Mijozlarga xizmat ko‘rsatish Internet tarmog‘idan foydalanib bajariladigan bank. Izoh – Brauzerlardan yoki maxsus dasturiy taʼminotdan foydalanadigan mijozlar real bankda amalga oshiriladigan aksariyat operatsiyalarni bajarishlari va axborot olishlari mumkin. " Virtual bog‘lanish|"Paketlarni kommutatsiyalash bilan ma’lumotlar uzatish xizmatlarining xizmatlaridan biri, bunda bog‘lanishni o‘rnatish va uzish protsedurasi ma’lumotlar uzatish uchun oxirgi (terminal) uskunaning ikkita qurilmasini bog‘lash davrini belgilaydi, bu davr mobaynida foydalanuvchilardan ma’lumotlar tarmoq bo‘ylab paket rejimida uzatiladi. Barcha ma’lumotlar, foydalanuvchilardan qabul qilingan tartibda, tarmoqdan kelib tushadi. " Virtual disk|"Tezkor xotira qismidan dasturiy tarzda yaratilgan, psevdodiskli to‘plagich. Operatsion tizim u bilan, haqiqatda mavjud bo‘lgan disk bilan ishlagandek ishlaydi. Ikki holatda, moddiy mavjud bo‘lgan diskni vaqtinchalik takrorlash uchun va ma’lumotlardan foydalanishni tezlashtirish maqsadida foydalaniladi, chunki tezkor xotira diskli xotiraga nisbatan ancha tez. Ko‘pincha elektron disk deb ataladi. " Virtual fayl tizimi|"Fayl tizimlarini amalga oshirishning obyektga yo‘naltirilganligini ta’minlovchi fayl tizimi. Fayl tizimlarini qo‘shgan holda, fayl tizimlarining turlari uchun tizimli chaqiruvlarning yagona interfeysi. " Virtual hamjamiyatlar|"Internetning rivojlanishi natijasida paydo bo‘lgan ushbu atama quyidagilarni bildiradi: 1. Elektron makonda paydo bo‘lib faoliyat yurgizuvchi uyushmalarning yangi turi. 2. Tarmoq foydalanuvchilarining elektron makonda ishlash uchun bir xil qiziqishlarga ega bo‘lgan guruhlarga birlashishi. Ushbu atama Veb 2.0 asosiy atamalaridan biridir. " Virtual iqtisodiyot|"Elektron makonda iqtisodiy operatsiyalarni bajarish. " Virtual kanal|"1. Paketli kommutatsiya tarmog‘ida dastlabki ketma-ketlikni saqlagan holda, hattoki paketlar ikkita uzellar o‘rtasida turli fizik yo‘nalishlar bo‘yicha uzatilsa ham, paketlar uzatilishini ta’minlaydigan vositalar. Virtual kanal chaqiruv vaqtida o‘rnatiladi va aloqa seansidan keyin bekor qilinadi. 2. Virtual kanal identifikatori deb nomlanadigan identifikatorning umumiy noyob (yagona) qiymatiga ega ATM yacheykasining bir yo‘nalishli o‘tkazish tavsifi uchun foydalaniladigan tushuncha. 3. Ikkita tarmoq qurilmasi o‘rtasida ishonchli aloqani ta’minlash uchun hosil qilinadigan mantiqiy kanal. Virtual kanal sonlar juftligi: virtual yo‘l identifikatori (VPI) va virtual kanal identifikatori (VCI) bilan identifikatsiya qilinadi, doimiy (PVC) yoki kommutatsiyalanadigan (SVC) bo‘lishi mumkin. Virtual kanallar Frame Relay va X.25 texnologiyalarida ishlatiladi. ATM tarmoqlarida Virtual Channel deb ataladi. " Virtual kanal identifikatori|"ATM tarmog‘idagi har bir virtual kanalni identifikatsiya qilish uchun ishlatiladigan, ATM yacheykasi sarlavhasidagi 16 bitli maydon bilan belgilanadigan yagona raqamli yorliq. " Virtual kanal zvenosi|"Virtual kanal identifikatorining qiymati aniqlanadigan nuqta va ushbu qiymatlar o‘zgaradigan yoki o‘chiriladigan nuqta o‘rtasida ATM yacheykalarini bir yo‘nalishda uzatish vositasi. " Virtual kanallar kommutatori|"Virtual kanallar zvenolarini bog‘laydigan, virtual yo‘llar bog‘lanishini tugatadigan tarmoq elementi. " Virtual kanalning ulanishi|"Adaptatsiya darajasidan foydalana olishni ta’minlaydigan ikki nuqta o‘rtasida amalga oshiriladigan virtual kanal zvenolarining ketma-ket ulanishi. " Virtual kompaniya|"Muayyan maqsadlarga erishish uchun, axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, birgalikdagi kelishilgan faoliyatni amalga oshiradigan turli sohalarda ixtisoslashgan jismoniy va yuridik shaxs. " Virtual korxona|"1. Faoliyat jarayonida elektron aloqa vositalaridan foydalangan holda eng kam yoki umuman bo‘lmagan shaxsiy, bevosita aloqasiz muloqotda bo‘ladigan, o‘zaro ishlaydigan geografik nuqtai nazardan ajratilgan xodimlar uyushmasidan iborat bo‘lgan korxona. 2. Bitta tashkilotning bir-biridan hududiy ajratilgan va axborot-kommunikatsiya tarmoqlari yordamida o‘zaro ishlaydigan tuzilmalari. " Virtual lokal tarmoq|"Tarmoq turi, bunda kommunikatsiya va erkin foydalanish tarmoq tuzilmasini yoki aniq resursning joylashgan o‘rnini bilmasdan turib amalga oshiriladi. " Virtual manzil|"Dasturlarda xotiraga murojaat qilish uchun qo‘llaniladigan virtual xotira tizimidagi manzil. Jismoniy xotiradan ma’lumotlarni o‘qish yoki unga ma’lumotlarni yozishda yadro va xotirani boshqarish bloki tomonidan virtual manzil jismoniy manzilga aylantiriladi. " Virtual mashina|"Kompyuterda dasturiy ta’minot yaratadigan, fizik qurilma modellashtiriladigan muhit. Windows da virtual mashinalar, har biri o‘zining xususiy xizmatlariga, jumladan, xotira resurslariga, fayl tizimi serverlariga, qurilmalar drayverlariga, periferiyadan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan alohida kompyuterlarni modellashtiradi. Windows virtual mashinalarning ikkita asosiy turini ichiga oladi: Windows ilovalarini ishga tushirish uchun foydalaniladigan System VM va Windows da bajariladigan MS-DOS ning har bir ilovasi uchun yaratiladigan DOS VM. " Virtual ofis|"Geografik jihatdan bir-biri bilan bog‘lanmagan kompaniya xodimlariga, axborot hamda boshqariluvchi ta’sirlarni almashish, saqlash, qayta ishlash va uzatish uchun tashkiliy ravishda yagona tizim vositasida o‘zaro hamkorlik qilishga imkon beradigan internet-resurs yoki uning bir qismi. " Virtual port|"Aniq moddiylikda mavjud bo‘lmagan, tashqi qurilmalarni qayta ishlashni unifikatsiya qilish uchun operatsion tizimda tashkil qilinadigan va installyatsiya qilinadigan port; odatda simsiz aloqa qurilmalari, masalan, mobil telefonlar va organayzerlar bilan almashinishda qo‘llaniladigan katta sonli (COM10, COM15) kommunikatsiya porti. " Virtual real holat|"1. Zamonaviy texnik va dasturiy vositalar bilan real dunyoni imitatsiya qilish. 2. Kuzatuvchini ekran ortidagi tasavvur dunyosiga olib o‘tuvchi vizual va tovush effektlarini ta’minlaydigan kompyuter tizimlari. Bunda foydalanuvchi, kompyuter yordamida paydo qilingan, reallik taassurotini beruvchi tasvir va tovushlar bilan o‘rab olinadi. Foydalanuvchi turli sensorlar, masalan, o‘z harakati va taassurotlarini hamda audiovizual effektlarni bog‘laydigan shlem va qo‘lqoplar yordamida sun’iy dunyo bilan o‘zaro bog‘lanadi. Virtual reallikka oid kelgusidagi tadqiqotlar kuzatuvchining reallikka bo‘lgan hissini orttirishga yo‘naltirilgan. " Virtual server|"O‘z veb-serverini tashkil qilish, qo‘llab-quvvatlash va doimiy ravishda Internetga ulanishni talab qilmaydigan, WWWda axborotni joylashtirish uchun qo‘llaniladigan usul. Bu holda siz yaratgan axborot mavjud bo‘lgan provayder yoki biron bir uchinchi shaxs ulanish bo‘lmaganda doimiy ulanish uchun to‘lashga qaraganda o‘nlab va yuzlab marotaba arzonroqdir. " Virtual serverni tashkil etish|"Xususiy veb-serverni tashkil etish va quvvatlash, hamda doimiy Internetga ulanish zaruratini chetlab, WWWda axborotni joylashtirish uchun ishlatiladigan usul. Bu holda, siz yaratgan axborot (bepul yoki qandaydir to‘lov bilan) provayderning yoki uchinchi shaxsning mavjud veb-serverida joylashtiriladi. Virtual server domen nomiga ega bo‘lishi mumkin. Bitta kompyuterda bir nechta virtual serverni joylashtirish mumkin. " Virtual tarmoq operatori|"Boshqa operatorning ijaraga olinadigan resurslari va tarmoq infratuzilmasi negizida o‘zining virtual tarmog‘ini yaratuvchi kompaniya. Virtual tarmoq operatori xizmat ko‘rsatish bozorida, o‘z savdo markasi ostida, o‘z xizmatlar paketi va tariflarini tavsiya qiladi. " Virtual tarmoq texnologiyalari|"Virtual lokal tarmoqlar ichidagi va ular o‘rtasidagi kommunikatsiyalar yoki Internetdan olisdagi bo‘linmalar bilan bog‘lanish uchun xususiy tarmoq o‘rnida foydalanish. " Virtual tarmoq tizimi|"Hududiy tarmoq orqali o‘zaro hamkorlik qiluvchi lokal tarmoqlar assotsiatsiyasi tuzilishini ko‘zda tutadigan, Banyan Systems korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan tarmoq operatsion tizimi. Bunda lokal tarmoqlar quyi sathlarda bir xil bo‘lmagan tuzilmaga ega bo‘lishi mumkin (turli ishlab chiqaruvchilar uskunasi). " Virtual tashkilot|"Qo‘shma, kelishilgan faoliyat bajaruvchi jismoniy yoki yuridik shaxs. U odatda turli sohalarda, aniq maqsadlarga erishish uchun axborot texnologiyalaridan foydalanadi. " Virtual tezkor xotira|"Qattiq diskdan rezerv qilingan xotira. Agarda biror-bir dasturni yuklash uchun tezkor xotira yetishmasa, yangi jarayonlarni ishga tushirish uchun tezkor xotirani bo‘shatish maqsadida, ayni vaqtda aktiv bo‘lmagan jarayonlar qattiq diskka «tashlanadi». " Virtual voqelikni modellashtiradigan til|"HTML tilining uch o‘lchamli analogi hisoblanadigan til; WWW texnologiyasida ilovalar yaratish uchun foydalaniladi. Silicon Graphics kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. " Virtual xosting|"Bitta Internet provayderi (xosting provayderi) serveri bir necha (yuz va minglab) kichik va katta hajmdagi virtual veb-saytlarning faoliyatini taʼminlaydigan xizmat. Ushbu xizmat virtual serverlar xostingi deb ham nomlanadi. " Virtual xotira|"Kompyuterning qattiq diskda tezkor xotira bilan kabi ishlash usuli. Katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash imkonini beradi va ko‘p vazifali ishlash rejimini ta’minlaydi. " Virtual xususiy tarmoq|"Korporativ tarmoqning, olisdagi foydalanuvchilarning bu tarmoqqa xavfsiz kirishini ta’minlaydigan kichik (quyi) tarmog‘i. " Virtual xususiy tarmoqlarni, jumladan, VPN IP tashkil etish|"Ajratilgan tarmoqning (statistik yoki dinamik) foydalanuvchilari umumiy foydalanishdagi tarmoqning ochiq kanallari bo‘yicha bog‘lanadigan «virtual kanallar» asosida xususiy raqamlash rejasi bilan ajratilgan tarmoqni tashkil etish. Izoh – Tarmoqni muhofaza qilish bosqichini buyurtmachi belgilaydi. " Virtual yo‘l identifikatori|"ATM yacheykasi sarlavhasidagi, yacheyka yo‘llanadigan virtual yo‘lni belgilaydigan 8 bitli maydon. " Virtual yo‘l zvenosi|"Virtual yo‘l identifikatori (VYI) qiymati aniqlanadigan nuqta va VYI qiymati o‘zgaradigan nuqta o‘rtasidagi VYI umumiy qiymatiga ega virtual kanallar zvenolarining guruhi. " Virtual yo‘llar kommutatori|"Virtual yo‘llar liniyalarini bog‘laydigan tarmoq elementi. " Virtual yo‘lning ulanishi|"Kanallar identifikatorlarining qiymatlari aniqlanadigan nuqta va ushbu qiymatlar o‘zgaradigan nuqta o‘rtasida amalga oshiriladigan virtual trakt zvenolarining ketma-ket ulanishi. " Virtual zanjir|"Ikkita tarmoq uzeli o‘rtasidagi tarmoq paketlarining yo‘li bitta aloqa seansida qayd etiladigan marshrutlash usuli. " «Virtual» MVNO operatori|"Infratuzilma tarmoq mulkdori bo‘lmagan, chastotalardan foydalanishga ruxsat yo‘q, ammo shartnoma asosida va amaldagi uyali ko‘chma aloqa operatori resurslaridan foydalanib, aloqa xizmatlarini taqdim etuvchi «virtual» operator. " Virus signaturasi|"Bitlarning, spetsifik virusning har bir nusxasiga xos bo‘lgan va uning mavjudligini aniqlash uchun skanlovchi dastur tomonidan foydalanilishi mumkin bo‘lgan, yagona ketma-ketligi. " Virusga qarshi dastur|"Kompyuterning ishlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan virus-dasturlardan himoya qilish uchun mo‘ljallangan maxsus dastur. " Virusga qarshi dasturiy ta’minot|"Zararli dasturlarni bartaraf qilish, aniqlash va chiqarib tashlash uchun mo‘ljallangan dasturiy ta’minot. " Virusli litsenziya|"Bu mualliflik huquqini bildiradi. Teng tarzda barcha qilingan ishlarga tegishli litsenziya. Bu litsenziyalar keng ko‘lamda va cheksiz qo‘llanila boshlaydi va kopileft raqiblariga (aynan Microsoft korporatsiyasidan) uni viruslar bilan ishlatishga bahona bo‘ldi. " Virusni «davolash»|"Zararlangan obyektdan virusni chiqarib tashlash va bu obyektning (faylning, disk yuklanadigan qismining) virus bilan zararlangunga qadar bo‘lgan holatini tiklash jarayoni. " Vizit registri|"Гостевой регистр (база данных, содержащая сведения об абонентахроумерах). " Vizual dasturlash|"Ko‘rgazmali vositalar yordamida ilovalar yaratish ko‘zda tutiladigan dasturlash. Dasturchi dastur matnini yaratmaydi, balki natijada nima bo‘lishini ko‘rsatadi. Dastur matni vizual prototip yordamida avtomatik tarzda yuzaga keladi. Vizual dasturlash obyektga yo‘naltirilgan dasturlashga va OLE texnologiyalarga yoki unga o‘xshash texnologiyalarga asoslanadi. " Vizual harf-raqamli indikatsiya xizmati|"Umumiy foydalanishdagi telefon tarmog‘iga uzatilgan yoki ushbu tarmoqdan olingan axborotning vizual indikatsiyasini abonentning telefon terminalida taqdim etadigan xizmat. Izoh – Axborotni ekranda chiqarish chiquvchi va/yoki kiruvchi chaqiruvlar uchun amalga oshiriladi. " Vizual komandalar tizimi|"48 komandadan iborat bo‘lgan, UltraSPARC protsessorlariga SUN Microsystems firmasi tomonidan multimedia dasturlari, video muloqotlari, videolarni siqish uchun qo‘shilgan grafika bilan ishlash komandalari. Birinchi bor Photoshop tizimi tomonidan ishlab chiqilgan. " Vizual komponentlar bibliotekasi|"Ilovalarni tez ishlab chiqish uchun Borland С++ Builder va Delphi instrumental paketlarda ishlatiladigan, obyektga qaratilgan bibilioteka. O‘zida 100 dan ortiq foydalanish uchun tayyor komponentlarni mujassamlashtirgan bo‘lib, ularni takomillashtirish yoki bo‘lmasa ular asosida boshqa yangi komponentlarni yaratish imkonini beradi. " Voqealarni qayta ishlagich|"Foydalanuvchi, tizim yoki dastur keltirib chiqaradigan qandaydir voqea tugagandan so‘ng, har gal avtomatik tarzda chaqiriladigan maxsus protsedura. " Voqeiy-boshqariladigan dasturlash|"Dastur turli voqealarga (foydalanuvchining harakatlariga) qanday javob berishi tavsiflanadigan dasturlash. Obyektga yo‘naltirilgan dasturlashning bir turi. " Vositachi|"Shlyuzda bajariladigan, mualliflashtirilgan mijoz va tashqi xost o‘rtasida paketlarni uzatuvchi ilova (dastur). Vositachi Internetning ma’lum servislari uchun mijozdan so‘rov qabul qiladi, keyin, mijoz nomidan harakat qilib (ya’ni uning vositachisi bo‘lib), rasmiy ravishda so‘rab olingan servis uchun ulanishni o‘rnatadi. Amaliy darajadagi barcha shlyuzlar ilovalar bilan bog‘liq dasturiy vositalardan foydalanadi. Seans darajasidagi ko‘pchilik shlyuzlar so‘rovlarni qayta yo‘naltirishning aynan bir xil funksiyalarini ta’minlaydigan, lekin TCP/IP servislarining katta qismini tutib turadigan kanal vositachilaridir. X " Xab|"Yulduz topologiyasida tarmoq uzellari birlashtiriladigan konsentrator yoki takrorlagich. " Xabar|"1. Cheklangan uzunlikdagi bitlar satri. 2. Muayyan shaklda ifodalangan va turli fizik tabiatga ega bo‘lgan signallar yordamida axborot manbaidan uni oluvchiga uzatish uchun mo‘ljallangan axborot. " Xabar adresati|"Jo‘natuvchining o‘zi yoki uning nomidan jo‘natilgan xabarni oluvchi jismoniy yoki yuridik shaxs. " Xabar berish|"Tahdid qilayotgan xavf yoki bo‘lishi mumkin bo‘lgan muammo to‘g‘risida ogohlantirish yoki xabar berish uchun mo‘ljallangan xabar. " Xabar yaxlitligi kodi|"Dastlabki matn va kalitdan muayyan qoida bo‘yicha hosil qilingan tayinli uzunlikdagi maʼlumotlar ketma-ketligi. " Xabarlar bilan almashinish xizmati|"Pochta qutisi va/yoki xabarlarni qayta ishlash (masalan, tahrir qilish, qayta ishlash va o‘zgartirish) funksiyalarini bajarish buferizatsiyali xotira qurilmasi orqali foydalanuvchi-foydalanuvchi aloqani ta’minlaydigan interaktiv xizmat. " Xabarlar bilan juda tez almashinuv|"SIP foydalanuvchilarga qisqa xabarlar bilan juda tez almashinish imkonini beradigan xizmat. Izoh – MSRP (Message Session Relay Protocol) protokoli foydalanuvchilarga fayllarni uzatish imkonini beradi. " Xabarlar kommutatsiyasi|"Kommutatsiya stansiyasi yoki tarmoq uzelidagi, to‘liq xabarni qabul qilish, yig‘ish, so‘ng undagi manzil belgisiga ko‘ra uzatishdan iborat operatsiyalar majmui. " Xabarlar navbati|"Jarayonlar o‘rtasida xabarlarni saqlash uchun mo‘ljallangan tizimli tuzilma (bufer). " Xabarlar uchun slotlar|"Halqali topologiyaga ega tarmoqdagi kommunikasiya usuli, bunda qayd qilingan o‘lchamdagi xabarlar uchun bir nechta slot tizimda muntazam aylanadi. " Xabarlarni ajratish|"Abonentga yonma-yon bosib chiqarilgan xabarlar o‘rtasidagi bo‘sh joylarni ta’minlash uchun, otboydan oldin har bir amalga oshirilgan bog‘lanish oxirida bir nechta satr ko‘chirish belgilarini uning terminaliga tarmoqdan uzatilishini so‘rash imkonini beradigan xizmat. " Xabarlarni autentifikatsiya qilish kodi|"1. Ikkala ma’lumotning (ochiq matn yoki shifrmatn) hamda maxfiy kalitning funksiyasi bo‘lgan bitlar ketma-ketligi. Ma’lumotlarni autentifikatsiya qilishni ta’minlash uchun ularga qo‘shiladi. Izoh – Xabarlarni autentifikatsiya qilish kodini generatsiyalash uchun foydalaniladigan funksiya, ko‘pchilik hollarda, bir tomonlama funksiya hisoblanadi. 2. Berilgan algoritm bo‘yicha tasodifiy kirish oqimi va shifrlash kalitidan tuziladigan, qayd qilingan uzunlikdagi kod. " Xabarlarni qayta ishlash tizimi|"Foydalanuvchi xabarlarining agentlari, xabarlarni uzatish, xabarlarni saqlash va ruxsat berish qurilmalari agentlarining, elektron pochta ishini ta’minlaydigan tizim. " Xabarlarni tutib qolish|"Maxsus terminalni telekommunikatsiyalar liniyasiga ruxsatsiz ulash, abonent punktlari bilan elektron hisoblash mashinasi o‘rtasida aylanadigan xabarlarni qabul qilish va ulardan foydalanish. " Xabarlarni uzatish agenti|"Xabarlarni saqlash va jo‘natish uchun foydalaniladigan OSI amaliy jarayoni. " Xabarlarni uzatish tizimi uchun amaliy dasturlash interfeysi|"Microsoft Windows operatsion tizimida elektron pochta bilan ishlaydigan dasturlar interfeysi. Shunday dasturlardan biri Microsoft Outlook. " Xabarlarni o‘tkazish|"Tarmoq ulanishi usuli, bunda xabarlarni uzatishda vaqtinchalik ulanish o‘rnatiladi. " Xabarni autentifikatsiya qilish|"Tayinlangan jo‘natuvchining xabari belgilangan oluvchiga shikastlanmasdan va o‘zgartirmasdan uzatilganligini verifikatsiyalash. " Xabarning haqiqiyligini o‘rnatish kodi|"Xabarga jo‘natuvchi tomonidan qo‘shiladigan, kriptografiya jarayoni orqali xabarni qayta ishlash natijasi hisoblanadigan kod. " Xabarnoma|"Muhim ma’lumotni yetkazish maqsadida, tizim yoki amaliy dasturiy ta’minot chiqaradigan axborot xabari. " Xaffman kodi|"Prefiksli kod, unda kodli kombinatsiyaning uzunligi kodlashtiriladigan elementning paydo bo‘lish chastotasiga teskari proporsional (element qancha ko‘p uchrasa, kodli kombinatsiya shuncha qisqa). " Xaffman kodlash usuli|"Alohida elementlar uchrashining nisbiy chastotasini qo‘llash asosida ma’lumotlarni siqish usuli Ko‘p uchraydigan elementlar nisbatan qisqa bitlar ketma-ketligi orqali kodlanadi. " Xaker|"Tarmoqdagi axborotni o‘g‘irlash istagi va imkoniyati bo‘lgan odam. Xakerlar, ko‘pincha hazil tariqasida simsiz tarmoqlarning zaifliklaridan foydalangan holda, korporativ tizimlarga suqulib kirishga harakat qiladilar. " Xakerlik frodi|"Tarmoq muhofazasini buzish va tarmoq resurslaridan ruxsat etilmagan tarzda foydalanish bilan bog‘liq firibgarlik turi. " Xalaqit beruvchi signal|"Texnik vositaning ishlash sifatini yomonlashtiradigan elektromagnit signal. " Xalaqit kuchlanishi|"Signal kanalida mavjud bo‘lgan har qanday chetki kuchlanish. " Xalaqit manbai|"Elektromagnit xalaqitni yuzaga keltiradigan yoki yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan, kelib chiqishi tabiiy yoki sun’iy manba. " Xalaqitga chidamlilik darajasi (hisoblash texnikasi vositalari)|"Parametrlarining qiymatlari qat’iy belgilangan tashqi xalaqitning maksimal darajasi, bunda hisoblash texnikasi vositasi belgilangan ishlash sifatini saqlab qoladi. " Xalaqitga chidamlilik normasi (hisoblash texnikasi vositalarining)|"Hisoblash texnikasi vositasi xalaqitga chidamlilik darajasining qat’iy belgilangan minimal qiymati. " Xalaqitlar|"Radioaloqa tizimida bitta yoki bir nechta nurlanish, radiatsiya yoki induksiya keltirib chiqaradigan beixtiyoriy energiyaning qabulga ta’siri. Bu energiyaning ta’siri axborot sifatining har qanday yomonlashuvida, xatolarda yoki yo‘qotishlarda (bunday beixtiyoriy energiya ta’siri bo‘lmaganda, ularni chetlab o‘tsa bo‘lar edi) namoyon bo‘ladi. " Xalaqitlar analizatori|"Vaqt bo‘yicha seleksiyalash qurilmasi bilan jihozlangan xalaqitlarni o‘lchagich. " Xalaqitlar uzatgichi|"Foydali signallarni qabul qilish chastotalar polosasida foydali signallarni buzish yoki butunlay bostirish maqsadida xalaqitlarni generatsiyalash uchun mo‘ljallangan maxsus radiouzatgich. " Xalaqitlarni bostirish|"Xalaqitlar ta’sirini bartaraf etishga yoki kamaytirishga qaratilgan tadbirlar. " Xalaqitning ta’siri|"Elektromagnit xalaqit ta’sirida texnik vosita ishlashidagi sifat ko‘rsatgichlarining pasayishi. " Xalaqitning yuqori darajali zonasi|"Uzatgichdan bevosita yaqinda joylashgan zona, bunda xalaqit darajasi shunchalik sezilarliki, qo‘shni chastotalarda ishlaydigan boshqa stansiyalar qabul qilgichlarining ishi blokirovkalanishi mumkin. " Xalqaro aloqa tarmog‘i|"Turli milliy tarmoqlar abonentlarini xalqaro aloqa bilan taʼminlaydigan xalqaro stansiyalar hamda ularni bog‘laydigan kanallar majmui. " Xalqaro avtomatik boshqaruv federatsiyasi|"Avtomatik boshqaruv nazariyasini rivojlantirish bilan shug‘ullanuvchi olimlarni birlashtiruvchi xalqaro tashkilot. IFAC 1957-yilda turli mamlakatlardagi mutaxassislar o‘rtasida ijodiy aloqa o‘rnatish hamda ular orasida axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish uchun yaratilgan. " Xalqaro axborot almashinuvi|"Mamlakatning davlat chegarasi orqali axborot mahsulotlarini olish va uzatish, shuningdek, axborot xizmatlarini ko‘rsatish. " Xalqaro axborotni qayta ishlash federatsiyasi|"Maʼlumotlarni qayta ishlash vositalari nazariyasini rivojlantirish va ulardan foydalanishga ko‘maklashuvchi xalqaro tashkilot. IFIP 1959-yilda turli mamlakatlardagi olimlar va ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida axborot almashish va ish aloqalarini o‘rnatish uchun tashkil etilgan. " Xalqaro dengiz yo‘ldoshli aloqa konsorsiumi|"1979-yil 16 iyulda tashkil topgan. 75000 tadan ortiq ko‘chma obyektlarga (ularning ichidi 42000 ta dengiz kemasi) turli aloqa xizmatlarini va maxsus xizmatlarni taqdim etadi. To‘rtta geostatsionar yo‘ldoshdan iborat tizimga asoslanadi. " Xalqaro elektrotexnika komissiyasi (XEK)|"Elektrotexnika sohasida standartlar ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi tashkilot. Elektrotexnik apparat va mashinalar uchun standartlardan tashqari XEK elektron qurilmalar uchun hujjatlarni ham ishlab chiqadi. " Xalqaro kommutatsiya markazi|"Chiquvchi, kiruvchi va tranzit xalqaro trafik o‘tishini taʼminlaydigan stansiya. " Xalqaro kuryerlik jo‘natmasi|"O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududi doirasidan tashqariga pochta aloqasi operatori va provayderlari tomonidan jo‘natiladigan, O‘zbekiston Respublikasi hududiga pochta aloqasi operatori va provayderlari manziliga keladigan yoki O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit tarzda o‘tadigan kuryerlik jo‘natmasi. " Xalqaro pochta almashinuvi joyi|"O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan, boshqa davlatlardan keladigan va tranzit tarzda jo‘natiladigan xalqaro pochta, kuryerlik jo‘natmalariga ishlov berish va mo‘ljallangan joyiga jo‘natishni amalga oshiruvchi pochta aloqasi tayinlangan operatorining tarkibiy bo‘linmasi. " Xalqaro pochta almashinuvi punkti|"Boshqa davlatlar bilan, bevosita xalqaro pochta almashinuvini amalga oshiruvchi pochta aloqasi tayinlangan operatorining punkti. Izoh – Ayrim hollarda pochta vagonlari xalqaro pochta almashinuvi punktlari bo‘lib hisoblanadi. " Xalqaro pochta jo‘natmasi|"O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududi doirasidan tashqariga pochta aloqasi tayinlangan operatori tomonidan jo‘natiladigan, O‘zbekiston Respublikasi hududiga pochta aloqasi operatori manziliga keladigan yoki O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit tarzda o‘tadigan pochta jo‘natmasi. " Xalqaro pochtamt|"Xalqaro pochta almashinuvi joyi bo‘lib hisoblangan, xalqaro pochta, kuryerlik jo‘natmalarini jo‘natish, topshirish, pochtani biriktirilgan magistral yo‘nalishlar bo‘yicha tashish, tranzit, chiquvchi va keluvchi pochta almashinuviga ishlov berish, shuningdek, foydalanuvchilarga pochta aloqasi xizmatlarini taqdim etishni amalga oshiruvchi pochta aloqasi milliy operatorining tarkibiy bo‘linmasi. " Xalqaro standartlashtirish tashkiloti|"Ko‘plab sohalarda, shu jumladan hisoblash texnikasi va aloqa sohasida xalqaro standartlarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan, shtab kvartirasi Jenevada joylashgan ko‘ngilli notijorat Xalqaro standartlashtirish tashkiloti. 1946-yilda tuzilgan. " Xalqaro telefon stansiyasi|"Xalqaro kanalning bir uchida joylashgan va boshqa mamlakatga yo‘naltirilayotgan yoki boshqa mamlakatdan chiqayotgan ulanishlarni taʼminlaydigan stansiya. " Xalqaro telekommunikatsiyalar ittifoqi (XTI)|"Elektraloqasidan foydalanish va uni rivojlantirish masalalari bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilot. XTI Jeneva (Shveysariya)da joylashgan bo‘lib, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tomonidan boshqariladi. XTI 1865-yilda yaratilib, 1932-yilgacha Xalqaro telegraf ittifoqi deb atalgan. XTI maqsadi barcha aloqa turlaridan mintaqaviy foydalanishda xalqaro hamkorlikni taʼminlash va kengaytirish, texnik vositalarini mukamallashtirish va ulardan samarali foydalanishdir. XTI, shuningdek, simsiz tarmoqlar uchun chastotalarni ro‘yxatga olishga ham javobgardir. " Xalqaro yozma xat-xabarlar|"O‘zbekiston Respublikasi doirasidan tashqariga jo‘natish uchun qabul qilinadigan va uning hududiga xorijiy davlatdan keladigan yoki tranzit tarzda o‘tadigan yozma xat-xabarlar. " Xalqaro 3GPP2 guruhi|"AQSh, Yaponiya va janubiy Koreya mamlakatlarining standartlashtirish institutlari tomonidan CDMA2000/IMT-MC standarti ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish maqsadida ITU doirasida tuzilgan xalqaro guruh. " Xarajatlar (foyda)ni tahlil qilish|"Tizimni ishlab chiqish yoki ishlashidagi bosqich bo‘lib, bunda axborot tizimidagi ma’lumotlarning talab etiladigan darajada muhofaza qilinishini ta’minlash qiymati aniqlanadi. Ba’zida bu qiymat ostida, muhofaza qilinishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarning yo‘qolishi yoki putur yetkazilishi (obro‘sizlantirilishi) oqibatida yetkazilishi mumkin bo‘lgan zarar tushuniladi. " Xarakteristikali impedans|"Elektr jihatidan bir turdagi uzatish liniyasining yakunlovchi qarshiligi. " Xat|"O‘lchamlari, og‘irligi va o‘rash tartibi Pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish qoidalarida belgilangan, ichida yozma xabar, hujjatlar bo‘lgan pochta, kuryerlik jo‘natmasining turi. " Xato|"Dasturning normal bajarilmasligi oqibatida yuzaga keladigan holat. Asosan dastur kodidagi xatoliklar yoki foydalanuvchining noto‘g‘ri harakatlari oqibatida yuzaga keladi. " Xato bitlar intensivligi|"Ma’lumotlarni uzatishda olingan xato bitlarning paydo bo‘lish foizi. " Xato bo‘yicha uzilish|"Xatoni qayta ishlash uchun, dasturning apparat yoki dasturiy uzilishi. " Xato to‘g‘risida xabar|"1. Operatsion tizim yoki dastur ishida yuz bergan xato to‘g‘risidagi ma’lumot bo‘lib, uni yo‘qotish uchun foydalanuvchining aralashuvi kerak bo‘ladi. 2. Dasturda biror bir xatolik chiqsa o‘sha xatolik to‘g‘risida xabar berish. Odatda, xatolik kodi va qisqacha tavsifini (ayrim hollarda uni barataraf qilish bo‘yicha tavsiyalarni) o‘zida saqlaydi. " Xato ruxsat (tizimga kirish uchun)|"Biometrik nazorat qilish (identifikatsiyalash) vositalari boshqa bir odamni ro‘yxatga olingan foydalanuvchi deb qabul qiladigan va unga tizimdan erkin foydalanishga yanglishib ruxsat beradigan vaziyat. " Xato yacheyka|"Xatolarni nazorat qilish jarayoni amalga oshirilgandan keyin sarlavhada xatolar aniqlangan yacheyka. " Xatolar bo‘lganda tiklash|"Tizimning belgilangan holatini tiklash imkoniyatini beradigan, nosozlikni tuzatish yoki aylanib o‘tish jarayoni. " Xatolar ehtimolligini baholash asbobi|"Test ketma-ketligini shakllantiradigan, uning uzatilishi, qabul qilinishi, qayta ishlanishini taʼminlaydigan, dekodlaydigan, uzatilgan va qabul qilingan ketma-ketliklarni taqqoslaydigan hamda xato qabul qilingan bitlar sonini hisoblaydigan qurilma. Asbobdan odatda telefon aloqa kanallari orqali ishlaydigan modemlar signallarini qabul qilish ishonchliligini baholashda foydalaniladi. " Xatolar koeffitsiyenti|"Xato qabul qilingan raqamli signal elementlari sonining berilgan vaqt intervali davomida uzatilgan elementlarning umumiy soniga nisbati. Izoh – Elementlar razryadlar, kodli so‘zlar yoki bloklarni o‘zida aks ettirishi mumkin. " Xatolardan notekis muhofazalanganlik|"Qurilma chiqishida ishlatiladigan, raqamli tovushli oqimni xatolardan himoyalash usuli, unda axborot qiymati yuqori bo‘lgan belgilar yuqori darajadagi xalaqitdan himoyalanganlik bilan uzatiladi, qiymati pastroq belgilar esa, pastroq himoyalanganlik bilan yoki umuman kodlanmasdan uzatiladi. " Xatolarni aniqlaydigan kod|"Uzatiladigan signalga kam sonli ortiqcha simvollarni kiritish hisobiga, xatolarni avtomatik ravishda aniqlovchi, FEC turidagi kodlar toifasi. " Xatolarni aniqlash|"Xatolarni, tegishli koddan foydalanib, qabul qilingan signalda xato elementlarning mavjudligini aniqlash uchun, nazorat qilish usuli. " Xatolarni nazorat qilish, xatolardan himoya|"Raqamli signalda yozish, qayta ishlash va uzatish jarayonida sodir bo‘ladigan xatolarning ta’sirini kamaytirish uchun ishlatiladigan usullar. Izoh – Xatolarni nazorat qilishda xatolarni aniqlash, xatolarni tuzatish va xatolarni alohida, yoki uyg‘unlikda niqoblash usullaridan foydalanilishi mumkin. " Xatolarni niqoblash (raqamli televideniyeda)|"Subyektiv effektlar aniqlangan, lekin tuzatilmagan xatolarning ta’siri tufayli kamayishi mumkin bo‘lgan xatolarni nazorat qilish usuli. Izoh – Xatolarni niqoblash xatolardan xoli sanoqlarning qo‘shni qiymatlari interpolyatsiyasi yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. " Xatolarni qayta ishlagich|"Dasturni bajarishda yuzaga keladigan muayyan xato vaziyatni qayta ishlash uchun avtomatik chaqiriladigan kod qismi (protsedura). Dasturda xatolarni qayta ishlagich bo‘lmasa, tizim dasturiy ta’minotiga o‘rnatilgan qayta ishlagichdan foydalaniladi. Apparatura, shuningdek, markaziy protsessor holati saqlanilishini va bu holat, xatolarni qayta ishlagichning ishi tuga-gandan so‘ng tiklanishini amalga oshiradi. " Xatolarni qayta ishlash|"Bajarish paytida xatolar aniqlanganda dasturning ishlashi, ogohlantirish va tugallash kabi standart harakatlardan iborat bo‘lishi mumkin, biroq jiddiy ilovalar va tizim dasturlarida alohida e‘tibor talab qilinadi. " Xatolarni topish va vizuallashtirish usuli|"Raqamli eshittirish televideniyesining izchil transport ma’lumotlar oqimida televizion tasvirning o‘tuvchi va uning ketidan keluvchi kadrning shakllanish jarayonida hisoblanadigan, ortiqcha siklik tekshiruv kodining nazorat so‘zlarini solishtirishdan iborat bo‘lgan xatolarni diagnostika qilish usuli. " Xatolarni tovushli kodlash tizimi|"Xatolar to‘g‘risida tovush signallari bilan xabar berish tizimi. Kompyuter ishga tushishi bilan ishlab ketadi va xatolik kodiga bog‘liq ravishda turli signallar beradi. Qurilmalar muvaffaqiyatli tekshirilganda bitta qisqa signal chiqaradi. " Xatolarni tuzatish|"Xatolarni tegishli koddan foydalanib, qabul qilingan signalda xato deb tan olingan elementlarning qismini tuzatish uchun, nazorat qilish usuli. " Xatolarni to‘g‘rilash kodi|"Uzatiladigan signalga ortiqcha simvollarni kiritish hisobiga, xatolarni avtomatik ravishda tuzatuvchi, FEC turidagi kodlar toifasi. " Xatolik jiddiyligining kodi|"Muayyan xatolikning dasturga ta’siri darajasini aniqlaydigan kod. Ular tizimning osilib qolishiga olib keluvchi – fayllarni buzuvchi va yo‘qotuvchi; foydalanuvchi xohlagan operatsiyani bajarishiga yo‘l qo‘ymaydigan – funksional; lokallashtirish va kosmetik; trivial xatoliklarga bo‘linadi. Joriy kod tester xatoliklarini o‘zlashtiradi. " Xatoni qarshi yo‘nalishda tarqatish|"Neyron tarmoqni o‘rganish usuli. " Xatcho‘p|"Ma’lumotlar bazasidagi yozuv yoki satrni, dastur matnidagi satrni yoki matn redaktori faylidagi joyini noyob tarzda identifikatsiya qiluvchi marker. " Xavf omili|"Axborotni texnik vositalar bilan qayta ishlashda, uning xavfsizligi uchun tahdidlar paydo bo‘lishini shartlovchi sabab. Izoh – Yondosh elektromagnit nurlanishlar va to‘g‘rilashlar, axborotdan shtat texnik vositalari bilan ruxsat etilmagan tarzda foydalanish, maxsus elektron o‘rnatuvchi qurilmalar; axborot resursiga bo‘ladigan tashqi ta’sirlar texnik vositalar bilan qayta ishlanadigan axborot uchun asosiy xavf omillari hisoblanadi. " Xavfli bo‘lmagan viruslar|"Kompyuter ishiga xalaqit bermaydigan, lekin bo‘sh tezkor xotira va disklardagi xotira hajmini kamaytiradigan viruslar. Bunday viruslarning ta’siri, odatda, qandaydir grafik yoki tovush effektlarida namoyon bo‘ladi. " Xavfli pochta, kuryerlik jo‘natmalari|"Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarining 3-ilovasi 1-bandi «a» va «b» kichik bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan predmetlar va moddalar yoki ularning belgilarini o‘z ichiga olgan jo‘natmalar. " Xavfli viruslar|"Kompyuter ishida turli buzilishlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan viruslar. " Xavfsirash, vahimaga tushish, gumonsirash|"Elektron pochtadan qabul qilingan abbreviatura. IBM kompaniyasi menejerlariga, raqobatchilarning mahsulotlarini mijozlar bilan muhokama qilayotganda, mahsulotni yomonlamasdan, faqatgina FUD bilan kifoyalanish tavsiya etilgan. " Xavfsiz dasturiy ta’minot|"Tizim yoki tarmoqda ma’lumotlarning xavfsiz qayta ishlanishini amalga oshiruvchi, tizim resurslaridan xavfsiz foydalanuvchi umumiy maqsadlardagi hamda amaliy dastur va vositalar. " Xavfsiz holat|"Baholash obyektining xavfsizlik funksiyasi ma’lumotlari ziddiyatsiz bo‘lgan va baholash obyektining xavfsizlik funksiyasi, xavfsizlikning funksional talablarini samarali bajarishda davom etadigan holat. " Xavfsiz kompyuter|"Ishlash paytida odamlar salomatligiga xavf tug‘dirmaydigan kompyuter. Asosiy zararli ta’sirni elektron-nurli trubka bazasidagi monitor, kompyuter vujudga keltiradigan elektromagnit maydonlar ko‘rsatadi. Kompyuterning zararli ta’sirini cheklash maqsadida, MPR I standarti (Shvetsiya) qabul qilingan. " Xavfsiz operatsion tizim|"Tizim tomonidan nazorat qilinadigan ma’lumotlar va resurslar mazmuniga mos keladigan muhofaza darajasini ta’minlash maqsadida, apparat va dasturiy vositalarni samarali boshqaradigan operatsion tizim. " Xavfsiz rejim|"Windows operatsion tizimidagi yuklash rejimlaridan biri, bunda faqat eng zarur modullar va dasturlar yuklanadi, bu tizimni tiklash yoki boshqa profilaktika ishlarini o‘tkazishga imkon beradi. " Xavfsiz ulanishlar protokoli|"Birgalikda ishlaydigan tomonlarni autentifikatsiya qilish va trafikni protokollar tutashgan tarmoqlarda, jumladan, Internetda shifrlash uchun belgilangan protokol. Izoh – Odatda, ushbu protokoldan, xabarlar almashinish yaxlitligini, autentifikatsiya qilinishini, konfidensiallikni taʼminlagan holda, veb-serverlar va brauzerlar o‘rtasida himoyalangan ulanishni tashkil qilish uchun foydaniladi. " Xavfsiz vaqt|"Ma’lumotlardan foydalanishning mumkin bo‘lgan variantlarini statistik sinash orqali muhofaza tizimining ochilish vaqtini matematik kutish. " Xavfsizlik|"1. Tizim yoki tarmoqning, axborotning muhofaza qilinishini, haqiqiyligini va ishonchli saqlanishini ta’minlash qobiliyati. 2. Obyektning tasodifiy va qasddan qilinadigan tahdidlar ta’siriga qarshi tura olish qobiliyati. " Xavfsizlik atributi|"Subyektlar, foydalanuvchilar xarakteristikasi (shu jumladan tashqi axborot texnologiyalari mahsulotlari), obyektlar, axborotlar, seanslar va/yoki resurslar, funksional xavfsizlik talablari shakllanishida va funksional xavfsizlik talablarini amalga oshirishda foydalaniladigan qiymatlar. " Xavfsizlik auditi|"Tizimning boshqaruvchi funksiyalarini adekvatlikka tekshirish, qabul qilingan xavfsizlik siyosatiga va operatsion protseduralarga muvofiqligini ta’minlash, xavfsizlikning buzilishlarini aniqlash hamda boshqaruvda, xavfsizlik siyosatida va protseduralarda har qanday muayyan o‘zgarishlar bo‘yicha tavsiyalar berish maqsadida, ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi yozuvlarini va uning ishini mustaqil ko‘rib chiqish va tahlil qilish. " Xavfsizlik auditori|"Xavfsizlikni tekshirishga oid ma’lumotlardan foydalanish va tekshiruv to‘g‘risida hisobotlar tuzish ruxsat etilgan shaxs yoki jarayon. " Xavfsizlik axboroti|"Xavfsizlikni ta’minlash xizmatlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan axborot. " Xavfsizlik belgisi|"Resurs (ma’lumotlar bloki bo‘lishi mumkin) bilan bog‘langan, berilgan resurs xavfsizlik atributlarining nomini yoki belgilanishini aniqlaydigan markalash. " Xavfsizlik bo‘yicha topshiriq|"1. Muayyan baholash obyektini baholash uchun asos sifatida foydalanishga mo‘ljallangan, xavfsizlik talablari va spetsifikatsiyalar majmui. 2. Ayrim aniq belgilangan baholash obyekti uchun amalga oshirilishiga bog‘liq bo‘lgan, xavfsizlik yuzasidan ehtiyojlar bayoni. " Xavfsizlik darajasi|"1. Obyektning shaxs foydalanish huquqi toifasiga sezgirligini ko‘rsatadigan iyerarxik maxfiylik grifi va xavfsizlik toifasi majmui. 2. Axborotning kritiklik (sezgirlik) darajasini ko‘rsatuvchi, noiyerarxik toifa va iyerarxik tasniflash (foydalana olish darajasi) birikmasi. " Xavfsizlik deskriptori|"Xavfsizlik tizimi uchun axborotga ega bo‘lgan obyekt atributi. Obyekt egasining xavfsizlik identifikatorini, erkin foydalanishni nazorat qilishning diskretsion va tizimga oid ro‘yxatlarini o‘z ichiga oladi. " Xavfsizlik domeni|"1. Yagona xavfsizlik siyosatiga va yagona xavfsizlik ma’muriyatiga bo‘ysunuvchi foydalanuvchilar, tizimlar yoki resurslar majmui. 2. Aktiv mantiqiy obyekt foydalana olish huquqiga ega resurslar majmui. " Xavfsizlik filtri|"Tizimda aylanuvchi ma’lumotlarning xavfsizlik siyosatini amalga oshiradigan ishonchli kompyuter tizimi. " Xavfsizlik funksiyasi siyosati|"Baholash obyekti xavfsizlik funksiyalari amalga oshiradigan aniq xavfsizlik rejimini tavsiflaydigan va funksional xavfsizlik talablari yig‘indisi ko‘rinishida ifodalangan qoidalar majmui. " Xavfsizlik holati|"Ochiq tizimda saqlanadigan va xavfsizlik xizmatlarini taqdim etish uchun talab etiladigan, holat to‘g‘risidagi axborot. " Xavfsizlik identifikatori|"Xavfsizlik tizimi subyektining global noyob identifikatori. Hisobga olinadigan yozuvlarning xavfsizlik identifikatorlari va hammaga ma’lum xavfsizlik identifikatorlari farqlanadi. " Xavfsizlik jurnali|"Audit siyosatida ko‘rsatilgan tizim xavfsizligi xabarlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zida saqlaydigan xabarlar jurnali. " Xavfsizlik konfiguratsiyasi|"Tanlangan xavfsizlik siyosatining parametrlarining majmui. Xavfsizlik konfiguratsiyasi fayllar shaklida (standart konfiguratsiyalar mavjud) saqlanib, ularni, xususiy konfiguratsiyalarni yaratib turlash va kompyuterlarga tatbiq qilish mumkin. " Xavfsizlik maqsadi|"Belgilangan tahdidlarga qarshi tura olish va/yoki tashkilotning belgilangan xavfsizlik siyosatini va/yoki taxminlarni qanoatlantirishning ifodalangan maqsadi. " Xavfsizlik markazi|"Operatsion tizimning barcha xavfsizlik bo‘yicha moslamalari to‘plangan tizimdagi joy. «Xavfsizlikni ta’minlash markazi» xavfsizlikni ta’minlovchi muhim moslamalar holatini kuzatib turish imkonini beradi. " Xavfsizlik markeri|"Telekommunikatsiyalar obyektlari o‘rtasida uzatiladigan, ma’lumotlarni taqdim etishda foydalaniladigan xavfsizlik axboroti bilan birga, bitta yoki bir nechta xavfsizlik xizmati tomonidan muhofazalangan, ma’lumotlar to‘plami. " Xavfsizlik ma’lumotlari almashinuvi|"Ochiq tizimlar o‘rtasida boshqarish-protokol ilova ma’lumotlarini uzatish yoki uzatishlar ketma-ketligi. Bitta yoki bir nechta xavfsizlikni ta’minlash mexanizmlarining ishi hisoblanadi. " Xavfsizlik (muhofaza qilish) administratori|"1. Tizim xavfsizligini ta’minlash, o‘rnatilgan ma’muriy muhofaza choralarini amalga oshirish va ularga rioya qilinishining uzluksizligi uchun javobgar, qo‘llaniladigan jismoniy va texnik muhofaza vositalari ishlashini tashkiliy jihatdan muntazam qo‘llab-quvvatlanishini amalga oshiruvchi vakolatli vakil (shaxs yoki shaxslar guruhi). 2. Telekommunikatsiyalar tarmog‘i (tizimlari)ning axborotdan ruxsat etilmagan tarzda foydalanishdan muhofaza qilinishi yuzasidan javobgar, foydalanish subyekti. 3. Avtomatlashtirilgan tizimning axborotdan ruxsat etilmagan tarzda foydalanishdan muhofaza qilinishi uchun javobgar bo‘lgan foydalana olish subyekti. " Xavfsizlik normasi|"Xavfsizlik toifasiga bog‘liq ravishda o‘rnatiladigan, axborot xavfsizligi mezonining miqdor qiymati. " Xavfsizlik obyekti|"Xavfsizlik siyosati qo‘llaniladigan, tizimning passiv tashkil etuvchisi. " Xavfsizlik organi|"1. Xavfsizlik siyosatining belgilanishi, amalga oshirilishi va bajarilishi yuzasidan javobgar obyekt. 2. Xavfsizlik domenida xavfsizlik siyosatini boshqarish yuzasidan javobgar obyekt. 3. Xavfsizlik siyosati amalga oshirilishi yuzasidan javobgar administrator. " Xavfsizlik paketi|"Foydalanuvchilar va serverlar o‘rtasidagi haqqoniylikni taʼminlab beradigan paket. " Xavfsizlik sertifikati|"Xavfsizlik organi yoki ishonch qozongan uchinchi tomon bergan xavfsizlik bilan bog‘liq ma’lumotlarning, ma’lumotlar manbaini autentifikatsiya qilish va ma’lumotlarning yaxlitligini ta’minlash uchun foydalaniladigan xavfsizlik axboroti bilan birgalikdagi, to‘plami. " Xavfsizlik siyosati|"1. Kompyuter xavfsizligini ta’minlash uchun qabul qilingan harakatlar rejasi yoki dasturi. 2. Qonunlar, qoidalar va amaliy tavsiyanomalar to‘plami, unga asosan tizimdagi muhofaza qilinayotgan axborotni boshqarish, muhofaza qilish va taqsimlash yo‘lga qo‘yiladi. U, turli vaziyatlarda tizim o‘zini qanday tutishini belgilagan holda, axborotni qayta ishlash jarayonining barcha xususiyatlarini qamrab oladi. 3. Xavfsizlik obyektlari va subyektlari berilgan ko‘pligining xavfsizligini ta’minlash prosedura va mexanizmlarini belgilovchi qoidalar to‘plami. 4. Tizimning ma’lum tahdidlardan muhofaza qilinishini ta’minlashda tayanish mumkin bo‘lgan mezonlarning, ayniqsa, tezkor mezonlarning rasmiy belgilanishi. 5. Tashkilotda ahamiyatli axborotning qayta ishlanishini, muhofaza qilinishini va tarqatilishini tartibga soladigan qonunlar, normalar, qoidalar, amaliy tavsiyalar va usullar to‘plami. " Xavfsizlik siyosatining formal modeli|"Tizim boshlang‘ich holati tavsifini, tizimning bir holatdan ikkinchi holatga o‘tish usullarini, shuningdek, xavfsiz holat aniqlanishini nazarda tutuvchi, xavfsizlik siyosatining qat’iy matematik tavsifi. Bella-Lapadula modeli rasmiy modelga misol bo‘ladi. " Xavfsizlik siyosatining modeli|"Tizim uchun ishlab chiqilgan xavfsizlik siyosatining rasmiy ko‘rinishi. U ahamiyatli axborotning boshqarilishi, taqsimlanishi va muhofazasini belgilovchi talablarning rasmiy tavsifini o‘z ichiga olishi lozim. " Xavfsizlik siyosatining qoidalari|"Tanlab olingan xavfsizlik xizmatlarini hisobga olgan holda, qo‘llash uchun xavfsizlik mexanizmlarini, jumladan, ushbu mexanizmning ishlashi uchun zarur bo‘lgan barcha parametrlarni belgilaydigan mahalliy axborot. " Xavfsizlik skaneri|"Tarmoq xavfsizligini tahlil va avtomatlashtirilgan nazorat qilish, tarmoq birgalikda ishlash aktiv komponentlarini aniqlash va ularning zaif tomonlarini tahlil qilish uchun mo‘ljallangan dasturiy vosita. " Xavfsizlik subyekti|"Xavfsizlik siyosati tatbiq qilinadigan aktiv tizim tashkil etuvchisi. " Xavfsizlik talabi|"Standartlashtirilgan tilda ifodalangan, baholash obyektining xavfsizlikka erishish maqsadida, ko‘maklashishga mo‘ljallangan talab. " Xavfsizlik tizimidagi hisobga olish ma’lumotlari administratori|"Foydalanuvchilar ustunliklari, parollari va sh.k. darajalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan, foydalanuvchilarning hisob yozuvlari bazasi yuritilishini ta’minlaydigan kichik tizim. " Xavfsizlik toifasi|"Faqat iyerarxik maxfiylik grifini qo‘llashdan ko‘ra, juda aniq bo‘lgan ma’lumotlardan erkin foydalanishni boshqarishda qo‘llaniladigan nozik axborotni noiyerarxik guruhlash. " Xavfsizlik uzeli|"Uzoqda joylashgan abonentga uzoqdagi server bilan bog‘lanish huquqini, ro‘yxatga olingan mijozlarga RAS serveridan xavfsiz foydalanishni ta’minlagan holda, tekshiradigan autentifikatsiya qurilmasi. " Xavfsizlik vazifasi|"Baholash obyektiga manzillash taxmin qilinadigan xavfsizlik harakatlari sohasi va xarakteri belgilanadigan formal izoh bayon. Izohlar – Xavfsizlik vazifasi: - baholash obyekti qarshi tura olishi lozim bo‘lgan tahdidlarni; - baholash obyekti tomonidan amalga oshiriladigan tashkilotning xavfsizlik siyosatini; - baholash obyektidan foydalanish hamda ishlash muhitiga oid taxminlarni o‘z ichiga oladi. " Xavfsizlik vositalarini boshqarish|"Xavfsizlik servislarining ishlashi uchun zarur bo‘lgan axborotning tarqatilishini, shuningdek, ularning ishlashi to‘g‘risidagi axborotni to‘plash va tahlil qilishni ichiga oladigan jarayon. Masalan, kriptografik kalitlarning tarqatilishi, foydalana olish huquqlarining o‘rnatilishi, audit jurnalining tahlili va sh.k. " Xavfsizlik xizmati|"Ochiq tizimlar o‘zaro bog‘liqligining qandaydir darajasi taqdim etadigan xizmat. Ma’lumotlar uzatish tizimlari yoki jarayonlarining yetarlicha muhofaza qilinishini kafolatlaydi. " Xavfsizlik xizmati administratori|"Bitta yoki bir nechta xavfsizlikni ta’minlash tizimi to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega bo‘lgan, ularning loyihalashtirilishini va ulardan foydalanishni nazorat qiluvchi shaxs (yoki shaxslar guruhi). " Xavfsizlik yadrosi|"Ishonchli hisoblash bazasining, havolalar monitori konsepsiyasini amalga oshiradigan dasturiy va apparat elementlari. Ular subyektlarning obyektlardan erkin foydalanishga bo‘lgan barcha urinishlarini ajratishi, o‘zgartirishlardan muhofazalangan bo‘lishi va o‘z funksiyalarini to‘laqonli bajarish yuzasidan tekshirilishi kerak. " Xavfsizlik zonasi|"1. Axborot muhofaza qilinishining talab etiladigan darajasi ta’minlanadigan makon. 2. Internet-serverlar guruhi uchun xavfsizlik sozlanishlari o‘rnatilishiga imkon beruvchi Microsoft kompaniyasining Microsoft Internet Explorer brаuzerida belgilangan mexanizm. Izoh Zonalarning har biri uchun shu server uchun yo‘l qo‘yiladigan, mumkin bo‘lgan harakatlarni belgilovchi xavfsizlikning turli darajalarini qo‘llash mumkin (Java-appletlarini, ActiveX boshqaruvchi elementlarini ishga tushirish, SSL protokoli bo‘yicha muhofazalangan ulanishni o‘rnatish va sh.k.). " Xavfsizlikka tahdid|"Axborotning buzib ko‘rsatilishi va yo‘qolish xavfi bo‘lishida ko‘rinadigan, mulkdorga yoki foydalanuvchiga zarar yetkazadigan, muhofaza obyektiga (axborot resurslariga) qarshi yo‘naltirilgan qandaydir harakatni amalga oshirishning mumkin bo‘lgan (potensial yoki real mavjud) xavfi. " Xavfsizlikni baholash|"Tizimni, belgilangan muhofaza modeliga, muhofaza qilishni ta’minlash standarti va texnik shartlarga mos kelish darajasini aniqlash maqsadida tekshirish. " Xavfsizlikni boshqarish|"Tarmoq resurslaridan erkin foydalanishni boshqarish va nazorat qilish xizmati. Tashqi hujumlardan muhofaza qilish mexanizmi ishga tushirilishini amalga oshiradi va ma’lumotlarning, ularni saqlash va tarmoq orqali uzatishda yaxlitligini tekshiradi. " Xavfsizlikni taʼminlash rejimi|"Hamma foydalanuvchilar barcha foydalanish toifalarining tavsifi. U tizimda saqlanadigan va qayta ishlanadigan, axborot muhofazasiga oid barcha toifalar bilan bog‘liq holda beriladi. " Xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi standart|"Xavfsizlikni ta’minlash usullarini belgilab beradigan rasmiy qabul qilingan hujjat. " Xavfsizlikni tekshirish|"Tizimni nazorat qilish vositalarining yetarliligini, qabul qilingan xavfsizlik siyosatiga va ma’lumotlarni qayta ishlash protseduralariga mosligini, xavfsizlik buzilishlarini aniqlash, nazorat vositalari va xavfsizlik protseduralarini o‘zgartirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida, tizim jurnallarini mustaqil ko‘rib chiqish, o‘rganish va ishlashi ustidan kuzatish olib borish. " Xavfsizlikni tekshirish ma’lumotlari|"Xavfsizlikni tekshirishga ko‘maklashish maqsadida to‘plangan va foydalanilishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar " Xemming kodi|"Yakka xatolarning tuzatilishini ta’minlovchi minimal ortiqchalikka ega kod. " Xendover|"1. So‘zlashayotgan (yoki ma’lumot uzatayotgan) mobil foydalanuvchi yacheykadan yacheykaga ko‘chayotganda, boshqaruvning bir tayanch stansiyadan boshqasiga uzatilishi. 2. Tayanch stansiyalar o‘rtasida bog‘lanish (aloqa) jarayonida abonent stansiyasining boshqaruvni bir tayanch stansiyadan boshqasiga uzatishi. " Xendover hisobiga yutish|"Xendover samaradorligining ko‘rsatgichi; son jihatdan muvaffaqiyatli o‘tishlar sonining, o‘tishga bo‘lgan barcha urinishlar soniga nisbati sifatida " Xendover uchastkasi|"Mobil abonent bir tayanch stansiyadan boshqasiga o‘tishi mumkin bo‘lgan yo‘nalishlardan biri. " Xesh-funksiya (xeshlash funksiyasi)|"1. Bitlar satrini belgilangan uzunlikdagi bitlar satriga aylantirish funksiyasi. 2. Ixtiyoriy o‘lchamdagi ma’lumotlar massivini matematik almashtirish va uning uchun uncha uzun bo‘lmagan belgilangan yagona ketma-ketlikni hisoblash. " Xeshlash|"1. Xesh-funksiya qiymatlarini hisoblash jarayoni. 2. Ba’zi bir matn bo‘laklarida dastlabki massivning o‘rnini bosishga xizmat qiluvchi ixtiyoriy o‘lchamdagi ma’lumotlar massivini belgilangan o‘lchamdagi ma’lumotlar blokiga almashtirish. " Xeshlash vositalari|"Elektron hujjat nazorat tavsifi qiymatining hisob-kitobini ta’minlaydigan va muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lgan dasturiy-texnik vositalar. " Xeshreyt|"Bitkoyn tarmog‘idagi hisoblash quvvatining o‘lchov birligi. " Xit, mos kelish|"1. Sahifani qayta yuklash mustasno qilinganda, foydalanuvchining veb-sahifaga murojaat qilishi. 2. Fayl ichidagini tiklashda va profilaktik tekshirishda – asosiy yozish va joriy yozish oʻrtasida muvofiqlikni topish. " Xizmat biti|"Foydali axborotni o‘z ichiga olmagan hamda uni bir abonent terminalidan boshqasiga tashishda yordamchi maʼlumotlar (masalan, sarlavha, xatolarni aniqlash bitlari va boshqalar) ni uzatish uchun mo‘ljallangan ikkilik raqamli signal. " Xizmat kanali|"Texnik xarakteristikalarni, texnik xizmat ko‘rsatilishini tekshirish yoki xizmatga oid axborotni almashish uchun foydalaniladigan tovush yoki ma’lumotlarni uzatish kanali. Yo‘ldoshli aloqa liniyalarida bunday kanal erdagi stantsiyalar va boshqarish markazlari o‘rtasida tashkil qilinadi. " Xizmat ko‘rsatilgan telefon trafik|"Telefon tarmog‘i liniyalari, kanallari yoki kommutatsion aloqa asboblarining qarab chiqiladigan vaqt intervali ichida telefon chaqiruvlar bilan band bo‘lishining jami vaqti. " Xizmat ko‘rsatilgan telefon chaqiruv|"Bog‘lanish o‘rnatilganda, liniyalar (kanallar) bog‘lami, kommutatsion aloqa asboblari va boshqaruvchi qurilmalar taqdim etilgan telefon chaqiruv. " Xizmat ko‘rsatish darajasi to‘g‘risidagi kelishuv|"Buyurtmachi va yetkazib beruvchi o‘rtasidagi, xizmatlar hujjatlashtirilgan va xizmatlarning darajalari kelishib olingan yozma kelishuv. " Xizmat ko‘rsatish platformasi|"Foydalanuvchilarga foydalanish va KAT bilan tarmoq orqali aloqa o‘rnatish tizimining oxirgi qurilmalar (ya’ni, oxirgi (terminal) uskuna: shaxsiy kompyuter, telefon apparati, mobil telefon va h.k.lar) va xizmat ilovalarida qo‘llaniladigan server (ya’ni, server ilova, uzatish muhiti serveri va h.k.lar.) ni tasvirlashda qo‘llash imkonini beradigan uskuna. " Xizmat ko‘rsatish turkumi|"Foydalanuvchiga taqdim etiladigan xizmatlar turini tavsiflaydigan ko‘rsatgich. Izoh – Xizmat ko‘rsatish turkumiga ajratiladigan uchta asosiy belgi: axborotni uzatish tezligi, yetkazish tezligi (ustuvorlik) va bog‘lanish rejimi (kanallar yoki paketlar kommutatsiyasi, sinxron yoki asinxron) mavjud. " Xizmat ko‘rsatish yoyi|"Geostatsionar yo‘ldoshlar orbitasining yoyi, uning chegarasida kosmik stansiya xizmat ko‘rsatish zonasida mavjud bo‘lgan, shu kosmik stansiya bilan bog‘liq bo‘lgan barcha yer stansiyalari uchun talab qilinadigan xizmatni ta’minlashi mumkin. " Xizmat ko‘rsatish zonasi|"1. To‘g‘ri va teskari yo‘nalishlarda abonent hamda tayanch stansiyalardan keladigan radiosignallarning ishonchli qabul qilinishi kafolatlanadigan geografik zona. 2. Yer sirtidagi, yer usti stansiyalardan yoki yo‘ldosh retranslyatorlaridan signallar barqaror qabul qilinishi ta’minlanadigan va talab qilinadigan aloqa sifati kafolatlanadigan soha. " Xizmat ko‘rsatishdagi taqsimlangan rad javobi|"Saytga kompyuter hujumi turi. Saytga turli kompyuterlardan katta oqim bilan murojaat qilinishi natijasida aloqa kanali yoki server dasturiy ta’minotining ishdan chiqishi. Birinchi DdoS hujumlari to‘lqini 2000-yilning fevralida kuzatilgan edi. " Xizmat ko‘rsatishni rad etish|"Serverga tizim tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarga bo‘lgan ko‘plab talablar kelib tushishidan iborat Internet tarmog‘iga hujum turi. Server o‘z resurslarini ulanishni o‘rnatishga va unga xizmat ko‘rsatishga sarflaydi va so‘rovlarning ma’lum oqimida ularni uddalay olmaydi. " «Xizmat ko‘rsatishni rad etish» turidagi hujum|"Qonuniy foydalanuvchilar tizim yoki uskuna yordamida taqdim etila-digan resurslardan foydalana olmasligi mumkin bo‘lgan yoki ularga foydalana olishda qiyinchilik tug‘diradigan sharoitlarni yaratish maqsadida axborot tizimiga yoki uskunaga qasddan ta’sir etish. " Xizmat sifati|"Foydalanuvchining taqdim etiladigan xizmatlardan qoniqqanlik darajasining kompleks xarakteristikasi. Xizmatlar sifati barcha xizmatlarga qo‘llasa bo‘ladigan quyidagi xarakteristikalar bilan ifodalanadi: operabelligi; xizmatdan foydalana olishlik; xizmatning ishonchliligi; xizmatning yaxlitligi; har bir xizmat uchun spetsifik bo‘lgan boshqa omillar. " Xizmat siri|"Ilm-fan, texnika, ishlab chiqarish va boshqaruv sohasidagi mamlakat qiziqishlariga oshkor etilishi zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan maʼlumotlar. Xizmat siri harbiy sir va davlat siri bilan bir qatorda davlat sirlari turlarining biri hisoblanadi. " Xizmat taqdim etiladigan zona|"Xizmat ko‘rsatilishi aloqa operatori tomonidan kafolatlanadigan hududiy zona (uyali telefon aloqa ta’sir zonasi bilan mos kelmasligi mumkin). " Xizmatga bo‘lgan sifat standarti|"Xizmatning vazifasiga muvofiqligini ta’minlash maqsadida, xizmat qanoatlantirishi kerak bo‘lgan talablarni belgilaydigan standart. " Xizmatga buyurtma (berish)|"Iste’molchi va xizmatni taqdim etuvchi o‘rtasidagi shartnoma, tomonlarning yuridik, iqtisodiy va texnik munosabatlarini belgilaydi. " Xizmatga oid hisobga olish ma’lumotlari|"Hisobga olish predmetlariga taalluqli bo‘lmagan va faqat hisobga olishni yuritish funksiyalarining amalga oshirilishi bilan bog‘liq holda to‘planadigan, qayta ishlanadigan va saqlanadigan ma’lumotlar. " Xizmatga oid pochta jo‘natmasi|"Umumjahon pochta ittifoqi aʼzo mamlakatlari va ularning muassasalari, pochta aloqasining milliy operatori (pochta aloqasining hududiy (viloyat) tashkilotlari va ularning tarkibiy bo‘linmalari) tomonidan pochta yig‘imlarini undirmasdan jo‘natiladigan pochta jo‘natmasi. " Xizmatga oid so‘z|"Dasturlash tillarida yoki boshqa tizimlarda maxsus qiymatga ega bo‘lgan so‘z. Xizmatga oid so‘zdan belgilanmagan maqsadda foydalanishga ruxsat etilmaydi. " Xizmatlar isteʼmolchisi|"Xizmat ko‘rsatadigan shaxs bilan tuzilgan shartnoma asosida Internet tarmog‘i kanallari orqali nomidan yoki nomiga maʼlumotlar uzatiladigan jismoniy yoki yuridik shaxs. " Xizmatlar provayderi|"1. Foydalanuvchilarga operatorlar tarmog‘i orqali tijoriy asosda xizmatlar ko‘rsatadigan yuridik yoki jismoniy shaxs. 2. Axborot-kommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatadigan va o‘zining telekommunikatsiyalar infratuzilmasiga ega bo‘lmagan yuridik shaxs. " Xizmatlar sifatini nazorat qilish metodikasi|"Sifat ko‘rsatgichlarini aniqlash va aloqa tarmog‘ida ta’minlanadigan sifat ko‘rsatgichlari qiymatlarining o‘rnatilgan talablarga mos kelishini tekshirish operatsiyalari va qoidalarining belgilangan majmui. " Xizmatlar to‘g‘risidagi axborot|"Qabul qilgichlarni sozlash uchun zarur bo‘lgan eshittirish oqimlari, dasturlari va boshqa parametrlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan jadvallarning majmui. " Xizmatlardan foydalanish qulayligi|"Xizmat ko‘rsatishning qulayligi va abonentlarga telekommunikatsiya xizmatlari taqdim etilishining tezkorligini tavsiflovchi ko‘rsatgich. " Xizmatlari integratsiyalashgan raqamli tarmoq|"Kommutatsiyalanadigan telefon liniyasi bo‘ylab o‘tadigan raqamli aloqa xalqaro standarti, kompyuter va multimedia (ovoz, video) trafikini uzatishda foydalaniladi. Odatda, foydalanuvchining ISDN liniyasi ikkita 64 kbit/s tezlikli kanal orqali ma’lumotlar uzatilishini ta’minlaydi, 16 kbit/s tezlikli kanaldan boshqaruvchi axborotni uzatish uchun foydalaniladi. Lokal tarmoqlar ISDN kanalga marshrutizator orqali, alohida foydalanuvchilar esa, ISDN modem orqali ulanadi. Tashkilotlar uchun, 23×64 kbit/s ISDN kanalni – boshqaruvchi kanalni ulash imkoniyati mavjud. " Xizmatlarni boshqarish uzeli|"Intellektual tarmoqda xizmatlarni boshqarish funksiyalari bajarilishini taʼminlaydigan fizik qurilma. " Xizmatlarni oluvchi|"Professional ehtiyojlar yoki boshqa ehtiyojlar uchun axborot xizmatlaridan, ayniqsa, axborotni izlash yoki undan foydalanish maqsadida foydalanadigan jismoniy yoki yuridik shaxs. Izoh – Xizmatlarni oluvchi isteʼmolchi hisoblanadi, agar u ushbu shaxsning savdosi, biznesi yoki kasbi bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda ish ko‘rayotgan jismoniy shaxs bo‘lsa. " Xizmatlarni taqdim etuvchi|"Foydalanuvchilarga o‘z telekommunikatsiyalar tarmog‘idan erkin foydalanishni taqdim etuvchi telekommunikatsiyalar tarmoqlarining operatori. " Xizmatlarning maxsus turlari|"Manfaatdor Ma’muriyatlar o‘rtasida kelishuv bo‘yicha xalqaro telefon aloqadan foydalanuvchiga taqdim etiladigan xizmatlar. Izoh – Maxsus xizmatlarga quyidagi xizmat turlari kiradi: a) shaxsiy so‘zlashuvlar; b) ma’lumotlar uzatish; c) chaqirilayotgan shaxs hisobidan so‘zlashuvlar; d) kredit kartochka bo‘yicha so‘zlashuvlar; e) konferens-aloqa; f) mamlakat bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri so‘zlashuv (boshqa mamlakat operatorini to‘g‘ridan-to‘g‘ri chaqirish) va h.k. " Xizmatni bajaruvchi|"Iste’molchiga xizmat ko‘rsatadigan korxona, tashkilot yoki tadbirkor. " Xodimlarni boshqarish|"Tashkilotni, o‘ziga yuklatilgan mehnat vazifalarini bajarishga qodir sifatli xodimlar bilan ta’minlashga va undan oqilona foydalanishga yo‘naltirilgan amaliy faoliyat va bilimlar sohasi. Xodimlarni boshqarish, tashkilotni boshqarish sifatli tizimlarining ajralmas qismidir. " Xomaki bosma|"Matritsali va boshqa turdagi printerlarning tez, lekin past sifatli bosib chiqarish rejimi. " Xost|"1. Tarmoq mashinasi. 2. Asosiy kompyuter. 3. Tarmoq funksiyalaridan (tarmoqqa xizmat ko‘rsatish, xabarlarni uzatish) tashqari, foydalanuvchi topshiriqlari (dasturlar, hisob-kitoblar)ni ham bajaradigan tarmoq kompyuteri. 4. Tarmoqda nafaqat maʼlumotlar uzatish funksiyalarini, balki amaliy dasturlarning ishi bilan bog‘liq boshqa baʼzi bir funksiyalarni ham bajaradigan, o‘zining axborot va hisoblash resurslarini terminallarga taqdim etadigan kompyuter. " Xost nomi|"1. Kompyuter tarmog‘idagi asosiy mashinaning nomi. 2. Asosiy va tobe kompyuterlar bo‘lgan tarmoqdagi asosiy uzelning nomi. Kompyuterning tarmoqdagi, xost boshqa bir kompyuter orqali topish uchun foydalaniladigan nomi. " Xosting|"Ma’lumotlar bazasi va veb-ilovalarni joylashtirish uchun xosting-provayderlar tomonidan taqdim etiladigan xizmat. " Xosting Internet-xizmatlari|"Internet provayderining Internetdan foydalanuvchilarga xizmat isteʼmolchisining axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etish bo‘yicha harakati yoki faoliyati. " Xosting xizmatlari provayderi|"Boshqa yuridik shaxslarning veb-uzellari uchun Internetga muntazam kirishni taʼminlash, kuzatib borish va o‘zida joylashtirishga ixtisoslashgan yuridik shaxs. " Xot-spot|"Umumfoydalaniladigan simsiz lokal tarmoq tashkil qilingan joy. «Qaynoq nuqtalar» aeroportlar, mehmonxonalar, syezdlar saroyi va kafelar kabi kompyuter qurilmalari bo‘lgan, odamlar gavjum zonalarda joylashtiriladi. 802.11 turkum standartlari (masalan, mobil yoki cho‘ntak shaxsiy kompyuterlari) simsiz aloqa qo‘llanilgan qurilmalar, foydalanuvchilarga Internetdan, shuningdek, provayderning maxsus xizmatlaridan foydalana olish imkonini beradi. " Xot-spot operatori|"Kafe, vokzallar va aeroportlarda tijorat xot-spotlari o‘rnatgan va ularga xizmat ko‘rsatuvchi kompaniya. Izoh − Wi-Fi kompaniyalarning tarixan turlitumanligi sababli, xot-spot operatorlar Quantum kabi agregatorlar orqali rouming munosabatlarga kirishib, HSO bir-biri bilan o‘zaro hamkorlik qilishga intilmoqda. Bu barcha Wi-Fi tarmoqlari o‘rtasida rouming va xizmatlarga qo‘shimcha talabni ta’minlaydi. " xotira|"Kompyuterning, ma’lumotlarning saqlanishi va uzatilishini ta’minlaydigan funksional qismi. " Xotira ajratish birligi (bloki)|"Faylga ajratiladigan diskli xotira birligi. " Xotira dampi|"Tezkor xotiradagi ma’lumotlarni qattiq diskka yozish. Tizim ishida buzilish ro‘y berganda, avtomatik tarzda yoki tizim foydalanuvchisi tomonidan amalga oshiriladi. " Xotira elementi|"«0» yoki «1» ko‘rinishdagi ikki holatdan birini qabul qilishi va saqlashi mumkin bo‘lgan raqamli qurilma. " Xotira hajmi|"Xotirada saqlanishi mumkin bo‘lgan axborot-ning maksimal miqdori. " Xotira kartasi|"Tezkor yoki doimiy xotiraning taqsimlanish sxemasi. " Xotira kassetasi|"Ixtiyoriy foydalana olinadigan, energiyaga bog‘liq bo‘lmagan xotira mikrosxemalarini ichiga oladigan, almashtiriladigan modul. " Xotira manzili|"Qurilma uchun ajratiladigan yoki dastur yo operatsion tizim tomonidan ishlatiladigan kompyuter xotirasining bir qismi. Izoh − Qurilmaga odatda manzillar diapazoni ajratiladi. " Xotira qulfi|"Xotiraning muhofaza tizimi tomonidan foydalanishni cheklash uchun ishlatiladigan, segment deskriptoridagi kod yoki virtual xotira sahifasi kodi. Bunda segmentga o‘z deskriptorida tegishli kalitga ega bo‘lgan jarayonlargina murojaat qila oladi. " Xotira qurilmasi|"Ma’lumotlarni yozish, saqlash va berish uchun mo‘ljallangan funksional qurilma. Xotira qurilmalarini ko‘plab parametrlar bo‘yicha tasniflash mumkin. Ma’lumotlarni uzoq muddatli va tezkor saqlash, energiyaga bog‘liq bo‘lmagan va energiyaga bog‘liq; faqat ma’lumotlarni o‘qish (doimiy xotira qurilmasi, kompakt-disklar) va ham o‘qish, ham yozish uchun mo‘ljallangan qurilmalar farqlanadi. Ma’lumotlarni saqlashning fizik prinsiplariga bog‘liq ravishda, magnit, magnitooptik va yarimo‘tkazgichli qurilmalar farqlanadi. Xotira qurilmasining asosiy texnik xarakteristikalari ularning sig‘imi va tez ishlashidir. Xotira qurilmasi ko‘pincha xotira deb ataladi. " Xotira tizimi|"Ma’lumotlarni saqlash tizimi. " Xotira yacheykasi|"Tezkor yoki doimiy xotiraning eng kam manzillanadigan qismi. " Xotirada aks etadigan fayl|"Bloklari sahifalar jadvali orqali asosiy xotirada aks etgan fayl. " Xotiradan bevosita foydalanish kontrolleri|"Xotiradan bevosita foydalanish imkonini beradigan ixtisoslashgan kontroller, shuningdek, xotiradan bevosita foydalanish rejimi zarur bo‘lgan kiritish-chiqarish qurilmalari tarkibiga ham kiritish mumkin. Protsessor kontrollerga manzil, qayerdan ma’lumotlarni olish, ularni qayerga joylashtirish va blok uzunligi to‘g‘risida xabar beradi. " Xotiradan diskka va diskdan xotiraga|"Diskdan xotiraga vazifalarni yuklash va ularni xotiradan diskka yuklash. " Xotiradan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanish|"Protsessordan foydalanmasdan (uni chetlab o‘tib) umumiy shina bo‘yicha tezkor xotira qurilmasi va periferik qurilmalarga (masalan, qattiq diskka) ma’lumotlarni yuqori tezlikda uzatish usuli. Bu vaqtda protsessor barcha shinalardan uziladi. " Xotiraga ega yashirin kanal|"Xotira maydoniga bir jarayon tomonidan bevosita yoki bilvosita yozishni va bu axborotning boshqa jarayon tomonidan o‘qilishini ta’minlovchi yashirin kanal. Ilova – Yashirin kanal xavfsizlik darajasi turlicha bo‘lgan ikkita subyekt bilan ajratiladigan cheklangan xajmdagi resurslardan (masalan, diskdagi sektorlardan) foydalanish bilan bog‘liq. " Xotiraga kira olishni blokirovkalash|"Xotiraning cheklangan uchastkasiga, masalan, disk yo‘lkasiga, bu uchastkada aniqlangan nuqsonlar oqibatida kira olishning taqiqlanishi. Dasturiy yoki apparat vositalar tomonidan bajariladi. " Xotiraga yozishni blokirovkalash|"Ma’lumotlar almashinishda vujudga keladigan vaziyat. Tashqi eltuvchidan o‘qiladigan yozuv asosiy xotiraga ko‘chirilmasligi bilan tavsiflanadi. " Xotirali kartalar|"Xotira qurilmasi sifatida xotira mikrosxemasiga ega bo‘lgan, oddiy mikroprotsessorli kartalar. Izoh – Magnit chiziq kartaning orqa tomonida joylashadi va uchta yo‘lkadan iborat. " Xotirali kommutatsiyalash|"Kommutatsiyalash usuli. Bunda qayta uzatish tizimi tomonidan maʼlumotlar bo‘lagi ichidagi narsa to‘la qabul qilingandan so‘ng uzatiladi. Kommutatsiyalash xotiraga olish mumtoz texnologiyalardan bo‘lib, u paketlar kommutatsiya va xabarlar kommutatsiyasida ishlatiladi. Uning mohiyati shundaki, qayta uzatish tizimi qabul qilgan paketdan yoki xabardan sarlavha, oxirgi qism va undagi uzatilayotgan axborot chiqarib olinadi. So‘ngra, xatolarni «davriy ortiqchalik bilan nazorat» CRC (q: CRC) yordamida tekshiriladi. Ko‘rilayotgan kommutatsiyalash oddiy, lekin qayta uzatish tizimida yuz beradigan operatsiyalar kechikib amalga oshadi. Shu sababdan u tezkor tarmoqlarda to‘g‘ri boradigan kommutatsiyalash bilan almashtiriladi. " Xotirani avtomatik boshqarish|"Xotirani taqsimlash algoritmi, bunda quyi sathning bajaruvchi (boshqaruvchi) tizimi xotiraning foydalanish imkoniyati bo‘lmagan bloklarini (binobarin, keraksizlarini) topish va ulardan takror foydalanilishiga javob beradi. " Xotirani boshqarish bloki|"Axborotni yozish va o‘qish jarayonlarini boshqarish uchun mo‘ljallangan elektron qurilma. " Xotirani boshqarish qurilmasi|"Virtual xotira ishini boshqaruvchi dasturiy-apparat vositalari. " Xotirani dinamik taqsimlash|"Xotirani taqsimlash usuli, bunda dasturlar va ma’lumotlarning joylashgan o‘rni, zarur paytda beriladigan mezonlar bo‘yicha belgilanadi. " Xotirani fragmentlash|"Bo‘sh xotirani, operatsion tizimdan bo‘sh va talab qilinadigan xotira uchastkalari mos kelmasligi natijasidagi so‘rovlar vaqtida mayda qo‘shni bo‘lmagan uchastkalarga bo‘lish. " Xotirani muhofaza qilish|"1. Ishlab chiqilgan murojaatlarni hisobga olgan holda, xotiraning qandaydir qismiga kira olishni mexanik nazorat qilish . 2. Yozilgan ma’lumotlarning doimiyligini saqlash maqsadida, xotiraning ba’zi bir qismlariga ruxsat etilmagan tarzda kirishning oldini olish vositalari hamda usullari. " Xotirani muhofaza qilish kaliti|"Dastur uchun ajratilgan xotira blokiga berilgan va muhofaza qilish maqsadida dastur xotiraga murojaat qilishi uchun ishlatiladigan kod. Muhofaza kaliti bilan mos kelishi kerak; mos kelmaganda topshiriq avariya bilan tugaydi. " Xotirani muhofaza qilish registrlari|"Virtual xotirali tizimlarda ‒ topshiriq uchun mumkin bo‘lgan xotira segmenti boshlanish manzili va uzunligini ko‘rsatadigan bir juft registr. " Xotirani qisman buzib yozish usuli|"Xotiraning qisman buzilish jarayonini boshqarish yo‘li bilan, uning kristall noyob shaklini yaratishga imkon beruvchi usul. " Xotirani sahifali tashkil qilish|"Xotirani boshqarish strategiyasi, bunda mantiqiy va jismoniy xotira bir xil uzunlikdagi sahifalarga bo‘linadi va asosiy xotirada mantiqiy sahifalarning obrazi ixtiyoriy tarzda joylashtirilishi mumkin. " Xotirani segmentli manzillash|"manzil maydoni alohida segmentlarga bo‘lingan xotira. " Xotirani segmentli tashkil qilish|"Xotirani taqsimlashning foydalanuvchi talqiniga, yaʼni dastur va maʼlumotlarning mantiqiy tuzilmasiga mos keladigan, o‘zgaruvchan uzunlikdagi segmentlar ko‘rinishidagi sxemasi. " Xotirani segment-sahifali tashkil qilish|"Fragmentatsiya bilan kurashish uchun, har bir segmentni sahifali tashkil qilishga asoslangan xotirani segmentli tashkil qilish modifikatsiyasi. " Xotirani taqsimlash|"Xotira resurslarini ayrim vazifalarni hal qilish uchun biriktirish. " Xotirani testdan o‘tkazish|"Kompyuter yuklanayotganda tezkor xotira hajmini aniqlash jarayoni. " Xotirani to‘ldirish|"Xotira qismini ko‘rsatilgan simvol bilan to‘ldirish. " Xotirani yonma-yon taqsimlash|"Asosiy xotiraning bitta qo‘shni sohasidagi foydalanish jarayonlari uchun xotirani taqsimlash. " Xotiraning yo‘qolishi|"Tezkor xotira bo‘sh qismining hajmi doimiy tarzda qisqarib boradigan, nazorat qilib bo‘lmaydigan jarayon. Asosan dasturiy ta’minotdagi xatoliklar tufayli yuzaga keladi. " Xulosa|"1. Kompyuter tizimidan uzatilayotgan ixtiyoriy turdagi ma’lumotlarni uzatish. 2. Boshqa dasturga uzatiladigan yoki tarmoq orqali uzatiladigan, kompyuter ekraniga yoki boshqa tashqi qurilmalarga chiqariladigan natijalar, chiquvchi ma’lumotlar. 3. Hisoblashlar natijasi. 4. Chiquvchi (signal, kontakt va h.k.) " Xususiy|"Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tillarida (C++, C#) ishlatiladigan kirish huquqi. U o‘zgaruvchilar, klasslar va usullarning qo‘shimcha parametrlarini ko‘rsatishga xizmat qiladi. Mazkur kirish huquqi o‘zgaruvchi u mansub bo‘lgan turga kirish mumkin ekanligini bildiradi, klass faqatgina o‘zi tegishli bo‘lgan yig‘maga va usul faqat o‘zining turiga tegishli usullarga ochilishini bildiradi. " Xususiy ichki tarmoq|"Xususiy ulanish tarmog‘i. O‘zidan kichik radiusda (taxminan 10 m gacha) simsiz bog‘lanishni ta’minlovchi tarmoqni tashkil qiladi. " Xususiy maydon|"Elektromagnit to‘lqin (moda)ning, u boshqa to‘lqinlarning taʼsiri hisobga olinmaydigan va yo‘qotishlar bo‘lmagan to‘lqin o‘tkazgich yoki yorug‘lik o‘tkazgichda tarqalayotgandagi maydoni. Y " Yadro|"Operatsion tizimning, ilovalarga protsessor vaqti, xotira, tashqi apparat ta’minoti, axborotni kiritish va chiqarish tashqi qurilmasi kabi kompyuter resurslaridan foydalanishni ta’minlaydigan markaziy qismi. Yadro, shuningdek, fayl tizimi va tarmoq protokollari servislarini ham ifodalaydi. " Yadro oqimi|"Operatsion tizim yadrosi darajasida ushlab turilgan va qo‘llanilgan quyi darajali tizim oqimi, foydalanuvchi darajasi oqimlarini amalga oshirishda ishlatiladi. " Yadro rejimi|"Protsessorning imtiyozli ishlash rejimi, bunday dasturda butun xotiradan foydalanish mumkin bo‘ladi va protsessorning har qanday komandalari bajarilishiga ruxsat etiladi. " Yadroning yuklanuvchi moduli|"Yadro kodining, yadroning qolgan qismidan qat’i nazar, alohida modullarini kompilyatsiyalash, yuklash va bo‘shatish imkonini beradigan Linux mexanizmi. " Yagona axborot makoni|"Ma’lumotlar bazalari va banklari, ularni yuritish va ishlatish texnologiyalari, tashkilotlar va fuqarolarning axborot almashinuvini, shuningdek, ularning axborotga bo‘lgan ehtiyojlari qondirilishini ta’minlaydigan yagona prinsiplar va umumiy qoidalar asosida ishlaydigan axborot-kommunikatsiya tizimlari va tarmoqlarining majmui. " «Yagona darcha»|"Davlat xizmatlari ko‘rsatilishiga bo‘lgan yangicha yondashuv. Xizmatlar taqdim etilish usulini o‘zgartirish yo‘li bilan protsedura qadamlari sonini qisqartirishga ko‘maklashadi. Izoh – Yangilikning mohiyati shundaki, aholi uchun mo‘ljallangan davlat va ijtimoiy xizmatlarning ko‘pchiligi bir joyda to‘planadi, bu fuqarolarga vaqt sarflamasdan ma’lumotnomalar, litsenziyalar, akkreditlash va boshqa xizmatlarni olish imkonini beradi. " Yagona identifikatsiya va autentifikatsiya qilish tizimi|"Axborot o‘zaro hamkorlik qatnashchilarining (ariza beruvchi fuqarolar va ijro etuvchi hokimiyat organlari mansabdor shaxslarining) davlat axborot tizimlarida va boshqa axborot tizimlarida bo‘lgan axborotdan ruxsat etilgan tarzda foydalana olishini ta’minlaydigan axborot tizimi. " Yagona manzil|"Tarmoqdagi takrorlanmaydigan resurs manzili. Aks holda tarmoqda xato yuzaga keladi va ish buziladi. " Yagona qayd etish|"Foydalanuvchiga bir nechta tizimlar yoki ilovalardan, foydalanuvchining ID va parolini kiritgan holda, bir marta foydalana olish imkonini beradigan autentifikatsiya jarayoni. " Yagona ro‘yxatga olish tartibi|"Tasdiqlovchi markazda autentifikatsiya qilingan foydalanuvchini boshqa servisda avtomatik tarzda autentifikatsiya qilish imkonini beradigan texnologiya. " Yagona tarmoq manzili|"Tarmoqning kichik tarmoqlarga bo‘linishini hisobga olmagan holda, butun tarmoq doirasida qabul qilingan umumiy manzillash tizimi. " Yakka protsessorli|"Bitta protsessor bilan ishlaydigan kompyuter yoki operatsion tizim. " Yakka-ko‘pchilikka munosabati|"A jadvalning bitta qatoriga V jadvaldagi bir nechta qator muvofiq bo‘lsa, lekin V jadvalning har bir qatorga A jadvalda faqat bitta qator muvofiq bo‘lsa, birga-ko‘pchilik munosabati namoyon bo‘ladi. " Yakka-yakkaga munosabati|"A jadvalning bitta qatoriga V jadvalda faqat bitta qator muvofiq bo‘lsa, yakka-yakkaga munosabati namoyon bo‘ladi. " Yakor (HTML elementi)|"Veb-hujjatlarni birlashtiradigan HTML tili. Odatda, yakor boshqa rang bilan ajratiladi. Yakor foydalanuvchilarga boshqa veb-sahifalarga o‘tish imkonini beradi. Bundan tashqari yakor bu gipermatn ilovasi bog‘langan so‘z yoki so‘zlar guruhidir. " Yalang integral sxema|"Qar.: Korpussiz integral sxema. " Yaltirashga qarshi ustki qatlam|"Displey yuzasiga maxsus, odatda ko‘p qatlamli, purkash. Tushayotgan yorug‘likni taqsimlab, yaltirashlar paydo bo‘lishining oldini oladi. Yaltirashga qarshi ustki qatlamli displeylarda hatto juda yorug‘ xonalarda ham tasvir har doim keskin farqlanadi va yorqin bo‘ladi. " Yamoq|"Bajariladigan dasturda xatolarni tezda bartaraf qilish va to‘g‘rilash uchun foydalaniladigan kod. Ba’zan bu usuldan ilovaga yangi funksionallik qo‘shishda ham foydalaniladi. " Yangi|"Operatsion tizim tomonidan yaratilgan, lekin bajarish boshlanmagan jarayon holati. " Yangi axborot resursi|"Birinchi marta yaratilgan va o‘zida bir xillikni yoki o‘xshashlikni takrorlamaydigan axborot resursi. " Yangi axborot texnologiyalari|"Ham kompyuterlarning, ham ularning yordamida qurilgan tizimlarning yanada rivojlantirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan axborot texnologiyalari. Yangi axborot texnologiyalari kompyuter tarmoqlarini, multimedia tizimlarini va virtual borliqni joriy qilishga va rivojlantirishga asoslanadi. Tibbiyotda, boshqarishda, ta’limda, moliyada va elektron ommaviy axborot vositalari tizimida keng qo‘llaniladi. " Yangi texnologiya fayl tizimi|"Microsoft Windows NT operatsion tizimlar oilasi uchun belgilangan standart fayl tizimi. " Yangilab turish chastotasi|"Miltillashni bartaraf etish uchun ekrandagi tasvirni yangilash chastotasi. " Yangilash|"Mavjud paketlarni xatolarni tuzatish yoki funksional imkoniyatlarni kengaytirish maqsadida modifikatsiyalash. " Yangilash paketi|"Alohida modul va bibliotekalarni almashtirish, ularga tuzatishlar kiritish orqali dasturiy tizim xatoliklarini yo‘qotuvchi yoki ularni neytral holatga keltiruvchi dasturiy vosita. " Yangiliklarni uzatuvchi tarmoq protokoli|"Internetdagi NNTP serverlari va NNTP mijozlari o‘rtasida yangiliklarni uzatishda foydalaniladigan protokol; yangiliklarni taqsimlash, izlash, parcha ko‘chirish va yuborishni ta’minlaydi; NNTP protokoli serverning markaziy ma’lumotlar bazasida yangiliklarni saqlash imkonini beradi. " Yanglish rad etish (erkin foydalanishni)|"Ro‘yxatga olingan foydalanuvchi biometrik atributlar bo‘yicha (masalan, barmoq izlariga qarab) identifikatsiyalashdan o‘tishga urinib ko‘radi, biroq nazorat qilish vositalari yaxshi ishlamasligi tufayli rad javobini oladidigan vaziyat. " Yaproq kengligi|"Antennaning nurlanishi minimal darajada bo‘ladigan ikki yo‘nalish bilan chegaralangan soha ichidagi burchak sektori. " «Yaqin-uzoq» effekti|"Mobil aloqa tarmoqlarida kuzatiladigan hodisa bo‘lib, bir chastotada ishlaydigan stansiyalarning bir-biriga xalaqit berishida namoyon bo‘ladi. Masalan, agar bir mobil stansiya tayanch stansiya yaqinida bo‘lib, boshqasi esa xizmat ko‘rsatish zonasi chegarasida joylashgan bo‘lsa, qabul qilinayotgan signallar darajasidagi farq 80 dB va undan ko‘pga yetadi. Bu hodisa barcha ko‘p stansion foydalana olish texnologiyalariga xosdir, ammo barcha qo‘shni tayanch stansiyalar bir chastotada ishlaydigan DS-CDMA tizimining ishida eng ko‘p seziladi. " «Yaqin-uzoq» muammosi|"Qabul qilgich kirishida uzatgich bilan yonma-yon joylashgan va aynan o‘sha chastotada ishlayotgan stansiyalarning kuchli signallari ta’sirida uzoq stansiyalardan keluvchi kuchsiz signallarning bostirilishi. Izoh − Bunda asosiy kurash choralari sifatida qabul qilish dinamik diapazonini kengaytirishdan, mobil stansiya uzatgichi quvvatining boshqarilishidan, shuningdek, chastota-hududiy rejalashtirishdan foydalaniladi. " Yaqin zona|"Nurlantiruvchi antennaga bevosita yaqinlikda joylashgan, elektromagnit maydonning burchak taqsimlanishi nurlanish manbaigacha bo‘lgan masofaga bog‘liq soha. Izoh − Elementar elektr vibrator uchun yaqin zona 2π/λ≪r shart bilan belgilanadi, bunda: – nurlanish to‘lqin uzunligi; r – antennaning fazaviy markazidan kuzatish nuqtasigacha bo‘lgan masofa. " Yaqinlashtirish|"Tasvir masshtabini kattalashtirish. " Yaratish|"Yangi obyektni yaratish. Odatda, yangi obyektda axborot mavjud bo‘lmaydi yoki u qandaydir shablondan olinadi. " Yarim avtomatik xendover|"Abonentni bir tayanch stansiyadan boshqasiga avtomatik tarzda qayta ulash usuli, bunda uning mobil stansiyasi signal darajasini o‘lchaydi va bu ma’lumotlar (o‘lchash natijalari)ni tayanch stansiyaga uzatadi. " Yarim bayt|"To‘rt bitga teng bo‘lgan axborotning o‘lchov birligi. " Yarim dupleks aloqa|"Aloqa liniyasining, liniyaning bir uchida dupleks stansiyasidan, ikkinchi uchida esa, simpleks stansiyadan foydalaniladigan ishlash rejimi. Tayanch stansiya, odatda, dupleks rejimda, mobil stansiya esa, simpleks rejimda ishlaydi. " Yarim dupleks uzatish|"Ikki yo‘nalishda amalga oshiriladigan, biroq har vaqt onida ma’lumotlar faqat bitta yo‘nalishda uzatilishi mumkin bo‘lgan aloqa kanalida ma’lumotlar uzatish rejimi. Izoh − Konsentratorlar ham to‘liq dupleks, ham yarim dupleks rejimda uzatishni amalga oshira oladigan kommutatorlardan farqli ravishda, faqat yarim dupleks rejimda ishlashi mumkin. " Yarim kadr|"1. Tasvir to‘liq kadrining faqat juft yoki toq satrlardan iborat qismi. Yarim kadrlar odatda, bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan tarzda qayta ishlanadi va uzatiladi. 2. Yoyiladigan satrlarning almashinib keladigan ikki to‘plamidan biri, ular birgalikda televizion kadrni tashkil qiladi. NTSC standarti sekundiga 60 ta, PAL da 50 ta yarim kadrdan iborat chastota bilan o‘qiladi. " Yarim summator|"Ventillar to‘plamidan iborat mantiqiy sxema. Ikkita kirishi va ikkita chiqishi bor. Ikkita ikkilik raqamni qo‘shadi va ko‘chirish signalini beradi. " Yarim tezlikli kanal|"TDMA kadrida, boshqa kanal bilan birgalikda ajratilgan vaqt intervali. Izoh − Ikkita axborot manbaidan olingan ma’lumotlar galma-gal, ya’ni qo‘shni kadrlarda oralatib uzatiladi. Bir abonent xabarlarini uzatish uchun, odatda, faqat juft kadrlardan, ikkinchi abonent xabarlarini uzatish uchun esa, toq kadrlardan foydalaniladi. " Yarim ton (gradatsion) buzilishlarni minimallashtirish|"Tasvirlar (TV signallar maksimal ko‘lamining) yorqinligi va kontrastliligining optimal qiymatlarini tanlash yordamida TV tasvirlarni yanada yaxshiroq tiklash amalga oshiriladigan operatsiya (yorqinlik shkalasining gradatsiyasi 8-9 ga teng bo‘lishi kerak). " Yarim to‘lqinli (bir to‘lqinli) simmetrik vibrator|"Uzunligi to‘lqin (to‘lqinning bitta uzunligi) uzunligining yarmiga teng liniyaviy simmetrrik vibrator. " Yarim o‘tkazgichli xotira|"Axborotni saqlash elementlari elektron yarimo‘tkazgichli komponentlar (tranzistorli integral sxemalar) asosida yasalgan xotira qurilmasi. " Yaroqli/yaroqsiz|"O‘g‘irlangan radiostansiyani jinoyatkor foydalanishi uchun yaroqsiz holatga keltirish imkonini beruvchi funksiya. " Yassi antenna panjarasi|"Nurlantiruvchi elementlari tekislikda joylashgan sirtli antenna panjarasi. " Yassi (xotira) modeli|"Bir darajali segmentlanmagan xotira (xotirani tashkil qilishning) (chiziqli) modeli. " Yaxlitligi muhofazalangan ma’lumotlar|"Yaxlitlik muhofazalangan muhitdagi ma’lumotlar va barcha tegishli atributlar. " Yaxlitlik|"1. To‘g‘rilik va to‘liqlikni saqlab qolish xususiyati. 2. Axborot va uning tashuvchisining holati bo‘lib, bunda umuman va uning alohida tarkibiy qismlarining bo‘linmasligi va ruxsat etilmagan tarzda yoki qasddan yo‘q qilinishi, buzilishi, chiqib ketishi, o‘g‘irlanishi, qalbakilashtirilishining oldini olish ta’minlanadi. 3. Kriptografiyada yaxlitlik ushbu muayyan kriptografik protokolning har bir ishtirokchisi uchun alohida belgilanadi va protokolni bajarish jarayonida ushbu ishtirokchi uchun nomaqbul bo‘lgan oqibatlarga olib kelgan faol raqibning aralashuvi bo‘lmaganligining kafolatini bildiradi. " Yaxlitlik kaliti|"Axborotni o‘zgartirilishdan yoki almashtirilishdan yo tarmoq orqali uzatish jarayonida muhofaza qilish uchun qo‘llaniladigan shifrlash kaliti. " Yaxlitlik muhofaza qilingan muhit|"Ma’lumotlarning ruxsat etilmagan tarzda o‘zgartirilishi (jumladan, yaratilishi va chiqarib tashlanishi)ning oldi olinadigan yoki aniqlanadigan muhit. " Yaxlitlik muhofaza qilingan kanal|"Xavfsizlikni ta’minlash xizmati qo‘llanilgan telekommunikatsiyalar kanali. " Yaxlitlik xizmati|"Almashinadigan ma’lumotlar to‘g‘riligini, almashinadigan ma’lumotlarning o‘zgarishlardan, chiqarib tashlashlardan, yaratish (kiritish) va takror foydalanishdan muhofaza qilinishini kafolatlash usullarining taqdim etilishi. " Yaxlitlikni tekshirish|"Ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimida – ma’lumotlar bazasi yozuvlarining to‘g‘riligini tekshirish. Ma’lumotlarni yuklash paytida amalga oshiriladi. " Yaxlitlikning buzilishi|"1. Fayl yozuvlari yoki ma’lumotlar bazasi tarkibidagilarning mashina bilan bog‘liq uzilishlar, dasturdagi xatolar, shuningdek, foydalanuvchilarning noto‘g‘ri harakatlari oqibatida yuz beradigan o‘zgarishi. 2. Ma’lumotlarni maqsadli yaratish, almashtirish va buzish yo‘li orqali ma’lumotlarning muvofiqlashtirilganligini obro‘sizlantirish. " Yashash vaqti|"Dastur obyekti (masalan, o‘zgaruvchi) o‘z ahamiyatini saqlab turadigan dasturning bajarilish intervali. " «Yashil» shaxsiy kompyuter|"Elektr energiyasining eng kam darajada («tinch» rejimda 30 W ga yaqin) iste‘mol qilini-shini ta’minlaydigan shaxsiy kompyuterlar. Bunday kompyuterlar ekranni avtomatik ravishda o‘chiradi va foydalanuvchining faolligi kuzatilmaydigan hamda diskka murojaat qilishning belgilangan vaqtida diskovodning aylanishini to‘xtatadi. " Yashirin boshqarish utilitalari|"Olisdagi kompyuterlarning ruxsat etilmagan tarzda boshqarilishini amalga oshirish, ya’ni, fayllarni qabul qilish/jo‘natish, ularni ishga tushirish yoki yo‘q qilish, xabarlarni chiqarish, axborotni o‘chirish, kompyuterni qayta yuklash va h.k. uchun mo‘ljallangan dasturlar. " Yashirin eshitish|"1. Jinoyatkor tomonidan, tarmoq bo‘ylab uzatiladigan axborotni, muhofaza tizimining zaif joylarini aniqlash va keyinchalik undan foydalanish maqsadida tutib olish. 2. Konfidensial axborotni tutib olish bilan bog‘liq har qanday harakatlar, shu jumladan, qo‘shni kanallar orqali nurlanishlarni qabul qilish hisobiga. " Yashirin fayl|"Nomi, ma’lumotlar xavfsizligini oshirish maqsadida katalogning fayllar ro‘yxatida ko‘rsatilmaydigan fayl. Buning uchun faylga maxsus belgi (atribut) beriladi (belgilanadi). " Yashirin kalit|"Stansiyada ochiq ko‘rinishda saqlanmaydigan, har safar kriptografik algoritmlar yordamida qayta ishlab chiqiladigan shifrlash kaliti. " Yashirin kanal|"1. Ma’lumotlarni, xavfsizlik siyosatini buzadigan usulda uzatish uchun qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan uzatish kanali. 2. Foydalanuvchiga yashirin tarzda ko‘p darajali foydalanishni chegaralash siyosatini va baholash obyekti uchun kuzatib bo‘lmaslik talabini buzishga imkon beradigan deklaratsiya qilinmagan uzatish kanali. " Yashirin papka|"Operatsion tizimga tegishli muhim fayllar va foydalanuvchi sozlamalarini yashirish uchun mo‘ljallangan papka. " Yashirin reklama|"Reklama deb belgilanmagan, joylashtirilishi va ko‘rinishi bo‘yicha boshqa materiallardan farq qilmaydigan, shaxsiy xabar sifatida yuborilgan va shularga o‘xshash axborot. Yashirin reklama foydalanuvchi anglay olmaydigan holda uning ongiga taʼsir qiladi. " Yashirin xotira|"Xotirani tashkil qilish usuli, bunda bir xotira bloki BIOS dasturlar yozilgan boshqa bir blok bilan almashtiriladi. " Yashirish|"Axborotni texnik muhofaza qilish usuli bo‘lib, axborot tashuvchilarni aniqlash va axborotni olish sharoitlarini yomonlashtirishdan iborat. " Yashovchanlik|"To‘xtalishlar, ishlamay qolishlar, ilojsiz va boshqa noqulay vaziyatlarda tizimning muvaffaqiyatli ishlay olish qobiliyati. " Yacheyka|"Tezkor xotira qurilmasining minimal manzillanadigan sohasi yoki massivning manzillanadigan elementi. " Yacheyka sarlavhasi|"Tarmoq bo‘yicha yacheykaning foydali yuklanishini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan funksiyalarni bajarish uchun ajratilgan yacheykalar ichidagi bitlar. " Yacheyka (uya) geometriyasi|"Yacheyka (uya) konfiguratsiyasi; amalda u hech qachon qat’iy geometrik shaklga ega bo‘lmaydi. Izoh − Yacheyka (uya)ning real chegaralari, odatda, qat’iy belgilanmagan bo‘ladi va radioto‘lqinlarning turli yo‘nalishlarda tarqalish sharoitlariga bog‘liq ravishda surilishi mumkin. Signallarning susayishi joyning rel-yefiga, imoratlarning zichligiga, yer usti qoplami va boshqalarga bog‘liq. " Yacheykalararo xendover|"Abonentning yangi tayanch stansiya (uya)ga ko‘chib ulanishi, odatda, bunday qayta ulanish ma’lumotlarni uzatish yoki qabul qilish uchun ajratilgan chastota va/yoki vaqt intervalining o‘zgarishi bilan sodir bo‘ladi. " Yacheykalarni uzatishdagi kechikish|"ATM tarmoqlarida xizmatlar sifatining parametrlaridan biri, ular bog‘lanish o‘rnatilayotganda tarmoq qurilmalari bilan mos kelishi lozim. U yacheykalarning jo‘natuvchidan oluvchiga uzatishdagi maksimal kechikish kattaligini tavsiflaydi. " Yacheykalarni uzatishning yo‘l qo‘yiladigan tezligi|"ATM tarmoqlarida ATM Forum assotsiatsiyasi tomonidan belgilangan trafikni boshqarish parametri. ACR minimal (MCR) va eng yuqori uzatish tezligi (PCR) orasida kanalning yuklanishini boshqarish orqali o‘zgaradi. " Yacheykali avtomat|"Har biri qo‘shni munosabat qoidalari bilan bog‘langan, parallel ishlaydigan yacheykalar to‘ridan iborat bo‘lgan model yoki moslama. Har bir yacheyka qo‘shnilarining holati bilan bog‘liq bo‘lgan berilgan holatlardan birida bo‘lishi mumkin. Har bir yacheykadagi holatning o‘zgartirilishi vaqtning diskret onida sinxron tarzda sodir bo‘ladi. " Yacheykani maydalash|"Yacheyka (uya)ni harakat doirasi kichik bo‘lgan bir nechta yacheykaga bo‘lish usuli, odatda, intensiv trafikli rayonlarda xizmat ko‘rsatish xarakteristikalarini yaxshilash uchun qo‘llaniladi. Izoh − Yacheykalar maydalanganda, tarmoqdagi tayanch stansiyalarning soni ortadi, biroq tayanch va mobil stansiyalar uzatgichlarining nurlanish quvvati kamayadi. " Yacheykani qayta tanlash|"Mobil abonentning harakatlanish jarayonida bir tayanch stansiyadan boshqasiga o‘tishida yacheykaning almashishi. Izoh − Jumladan, TETRA standartida yacheyka almashinuvining 5 ta rejimi nazarda tutilgan: uchtasi tayanch stansiyani ogohlantirish bilan va ikkitasi uni ogohlantirmasdan. " Yacheykasimon topologiya|"Kompyuterlarni tarmoqqa birlashtirish sxemasi, bunda yonma-yon turgan barcha kompyuterlar bilan fizik aloqa liniyalari o‘rnatilgan bo‘ladi. Bu topologiyaning afzalligi, uning yuklanishlarga chidamliligida. " Yelka osha yashirincha qarash|"Parollar yoki PIN-kodlarni, ularning klaviaturada terilishini kuzatish yo‘li bilan o‘g‘irlash. " Yelkasimon yaproq|"Antenna yo‘nalganlik diagrammasining o‘qiga nisbatan siljigan va yo‘nalganlik diagrammasining asosiy yaprog‘i bilan kesishuvchi yon yaproq. " Yerning sun’iy yo‘ldoshi|"Yer atrofiga chiqarilgan va Yer atrofini kamida bir marta aylanib chiqqan kosmik apparat. " Yetakchi signallar|"Televideniyeda – uzatiladigan sahna optik tasvirini elektr signallariga aylantirish joyida yoyish maydoni yoki satr boshlanish vaqtini boshqaruvchi signallar. " Yetakchi stansiya|"Tarmoqning barcha trafigini sinxronlaydigan va bir nechta yetaklanuvchi (bo‘ysunuvchi) stansiya ishini boshqaradigan stansiya. Vaqtning har bir daqiqasida sinxronlash tarmog‘ida faqat bitta yetakchi stansiya mavjud bo‘ladi, garchi stansiyaning bunday maqomi vaqtinchalik va ish jarayonida o‘zgarishi mumkin bo‘lsa ham. " Yetaklanuvchi stansiya|"Yetakchi stansiya boshqaruvida ishlaydigan va o‘zining avtonom generatori chiqish chastotasini yetakchi stansiyaning tayanch generatori chastotasiga sozlay oladigan bo‘ysunuvchi stansiya. " Yetarli|"Operatsion tizim yoki biror-bir uskuna tomonidan ularning to‘g‘ri ishlashi uchun qo‘yiladigan talablarning qanoatlantirilishi. " Yetarli darajadagi maxfiylik|"Ochiq kalit sxemasidan foydalanib assimetrik shifrlovchi ochiq dastur. Muallifi – Filip Simmerman. Algoritm va dastur 1992-yilda yaratilgan. " Yetarli huquqlar|"Foydalanuvchi uchun kerak bo‘lgan fayllar yoki papkalar ustida operatsiyalar bajarish uchun kerakli bo‘lgan huquqlar. " Yetkazib berish uchastkasi|"Shahar, posyolka yoki qishloq tumani hududining bitta pochtalyon tomonidan xizmat ko‘rsatilishi mo‘ljallangan qismi. " Yetkazib berishlar zanjirini boshqarish|"Korxonaning logistik va ishlab chiqarish jarayonlarida vujudga keladigan va o‘zgaradigan xom ashyo, materiallar, mahsulotlar, xizmatlar to‘g‘risida o‘lchanadigan jami iqtisodiy samaraga qaratilgan (chiqimlarni kamaytirish, pirovard mahsulotga bo‘lgan talabni qondirish) butun axborot oqimini rejalashtirish va boshqarishga bo‘lgan yaxlit yondashuvdan iborat tashkiliy konsepsiya va tashkiliy strategiya. Izoh – Konsepsiya 1982-yilda Keyt Oliver tomonidan taklif qilingan, keyinchalik rivojlantirildi va amaliy dasturiy ta’minot-yetkazib berishlar zanjirini boshqarish tizimidan foydalangan holda, amalda qo‘llandi. " Yevropa axborot va hisoblash tizimlarini standartlashtirish assotsiatsiyasi|"Faoliyati axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini standartlashtirishga bag‘ishlangan assotsiatsiya. U uchta maqsadni nazarda tutadi: axborot va tarmoq tizimlarini qo‘llab-quvvatlash va standartlashtirishda foydalaniladigan standartlar va texnik hisobotlarni tuzish, standartlarning to‘g‘ri qo‘llanilishini kengaytirish, standartlar hamda texnik hisobotlarni qog‘oz ko‘rinishida va elektron variantda tarqatish. " Yevropada OSI tarmoqlarini birlashtirish|"OSI asosida Yevropa kuzatish ishlarini olib boradigan tarmoqlarni birlashtirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan, Yevropa komissiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan dastur. " Yechim|"Buyurtmachining talab va ehtiyojlariga qaratilgan dasturlar va dasturiy vositalar, shuningdek, xizmatlar birikmasi. " Yechimlar daraxti|"Yechimlar qabul qilish uzellari va ushbu uzellarga mos keladigan muqobillardan iborat tuzilma. Yechimlar daraxti bo‘ylab harakat tasodifiy tarzda yoki uzellarda mavjud bo‘lgan lokal ma’lumotlarga asoslanib amalga oshirilishi mumkin. Muvaffaqiyatli izlash natijasida, yechimlar daraxtida daraxt ildizidan (boshlang‘ich vaziyat) maqsadli vaziyatga muvofiq keladigan, daraxtning uzeliga olib boradigan yo‘l hosil bo‘ladi. Yechimlar daraxti bo‘ylab harakatlanish jarayonida ko‘pincha, bektreking protsedurasi yordamida amalga oshiriladigan, ilgari o‘tilgan uzellarga qaytish zarurati yuzaga keladi. " «Yilning eng yomon soati»|"Radioto‘lqinlarning tarqalish trassasidagi maksimal ehtimoliy yo‘qotishlar davri. Troposfera va ionosfera aloqa liniyalari uchun zaxira tanlashda hisobga olinadi. " Yirik detallardagi kontrastlilik|"Maksimal oq va maksimal qora maydonlar yorqinliklarining nisbati (tashqi yoritish bo‘lmaganda). " Yig‘ish|"«Yig‘ish» (oyna sarlavhasining o‘ng qismi) tugmasini bosish yordamida oyna o‘lchamini vazifalar panelidagi tugma o‘lchami darajasigacha kichraytirish. Bunga «ALT+BO‘Sh JOY» keyin «S» klavishlarini ketma-ket bosish bilan ham erishsa bo‘ladi. " Yig‘ish, qurish|"Dasturni yig‘ish (kompanovka qilish). Relizdan farqi shundaki, unda o‘zidan oldingi versiyadagi kod saqlanib qoladi, dastlabki kodda o‘zgarish bo‘lmaydi. " Yig‘uvchi|"Yozib olingan yozuvlarni qabul qilib oladigan va ularni saqlashning doimiy muhitida saqlaydigan veb-xizmat. " Yolg‘on|"Mantiqiy ifoda bilan qabul qilinadigan ikki qiymatdan biri. " Yolg‘on o‘tkazish koeffitsiyenti|"Bioidentifikatsiya tizimi tizimda ro‘yxatdan o‘tmagan foydalanuvchi barmoq izlarining haqiqiyligini xato qilib qayd etish ehtimolligi. U qancha past bo‘lsa, tizim shuncha ishonchli ishlaydi. " Yomon niyatda qilinadigan ta’sir|"Tizimning xavfsizlikni ta’minlash mexanizmlarini chetlab o‘tish yoki ularning kamchiliklaridan foydalanish maqsadida amalga oshiriladigan harakat. Izohlar 1. Tizimga bevosita yomon niyatda ta’sir ko‘rsatilganda, bazaviy algoritmlarning xavfsizlikni ta’minlash mexanizmining prinsiplari yoki xususiyatlari kamchiliklaridan foydalaniladi. 2. Bilvosita yomon niyatda qilinadigan ta’sir xavfsizlik mexanizmini chetlab o‘tish yoki tizimni bu mexanizmdan noto‘g‘ri foydalanishga majbur qilish orqali amalga oshiriladi. " Yomon niyatli chaqiruvlarni aniqlash xizmati|"Ma’muriyatning ixtiyori bo‘yicha abonentga niyati buzuq, bezovta qiluvchi yoki yomon niyatdagi chaqiruvlar manbaini aniqlash uchun yordam beradigan xizmat. Izoh – Bunda chaqiruvchi va chaqiriluvchi abonentlar raqami, chaqiruv (so‘rov) vaqti va sanasi ko‘rsatiladi. Xizmat aniq vaqt davomida bog‘lanish vaqtida yoki bog‘lanishning aktiv fazasida so‘ralishi kerak. U tarmoqda avtomatik tarzda (unda barcha kiruvchi chaqiruvlarning ma’lumotlari qayd etiladi) yoki abonent tomonidan (abonent tugmani bosadi yoki aniq raqamni teradi) ishga tushirilishi mumkin. " Yomonlashuv birligi, imp|"Sifat shkalasi yoki yomonlashuv shkalasidan foydalanishda o‘rtacha bahoga ega tayanch tasvirdan olinadigan kuzatishning ma’lum sharoitlarida tasvirning yomonlashuvini subyektiv baholaydigan birlik. Izoh − Muayyan sharoitlarda imp birligi o‘zaro bog‘lanmagan bir nechta nuqsonning subyektiv yomonlashuvi, shu nuqsonlarning alohida namoyon bo‘lishi tufayli yomonlashuvining yig‘indisiga teng deb jamlanadi. " Yomonlashuv shkalasi|"Kuzatishning ma’lum sharoitlarida, berilgan beixtiyoriy effekt tufayli tasvirning texnik yomonlashuvini miqdoriy subyektiv baholash imkonini beradigan, odatda, beshta, oltita yoki yettita bosqichli shkala. " Yomg‘ir vaqtidagi qutbsizlanish|"Yomg‘ir tomchilarining shakli nosferik bo‘lishi tufayli yuzaga keladigan, atmosfera yog‘inlarida radioto‘lqinlar qutblanishining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan effekt. Izoh – Radioto‘lqinlar gorizontal va vertikal tashkil etuvchilarining tarqalish bir xil bo‘lmasligi natijasida amplituda va faza siljishida tafovut paydo bo‘ladi, bu esa qabul qilish nuqtasida krocc-qutblanish komponenti paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. " Yon polosa|"Sinusoidal eltuvchi chastotadan yuqori yoki quyida joylashgan va modulyatsiya jarayonida hosil bo‘lgan muhim spektral tashkil etuvchilarni o‘z ichiga olgan chastotalar polosasi. " Yon polosani bostirish filtri|"Tasvir radiosignalining bitta yon polosasi qismini susaytiruvchi filtr. " Yon yaproqdagi uzilish|"Xalaqitlarni fazoviy rezeksiyalash maqsadida shakllanadigan antenna yo‘nalganlik diagrammasining yon yaprog‘idagi chuqur uzilish. " Yon yaproqlarni bostirish|"1. Antenna yo‘nalganlik diagrammasining yon yaproqlari bo‘yicha nurlanishni susaytirish uchun joy relyefining ekranlashtiruvchi ta’siridan foydalanish. 2. Xalaqitlar seleksiyasining fazoviy usuli, unda antenna yo‘nalganlik diagrammasida fazoviy holati yo‘nalishi bilan halaqit manbaiga mos keladigan yon yaproq o‘rnida pasayish shakllanadi. " Yondosh elektromagnit nurlanish|"Istalmagan axborotli elektromagnit nurlanish. U axborotni texnik vositalar bilan qayta ishlash paytida va axborot sizib chiqib ketishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan elektr zanjirlarda nochiziqli jarayonlar natijasida paydo bo‘ladi. " Yonlama nurlanishdagi yo‘qotishlar|"Energiyaning antenna ko‘zgusining chetidan sizib chiqishi hisobiga yo‘qotishlar. " «Yopiq antenna»|"Chiqish uchlariga uzatgich yoki qabul qilgichning fiderli liniyasi ulangan, ixtiyoriy konfigyratsiyaning yopiq konturini o‘zida aks ettiradigan ramkasimon antennaning bir turi. Yopiq arxitektura ing. - closed architecture ing. - закрытая архитектура Yagona ishlab chiqaruvchining texnik va dasturiy taʼminotiga mos keladigan arxitektura. " Yopiq dastlabki kod|"Yopiq dastlabki kod – ochiq kodning antonimi. Ochiq kod tushunchasiga kirmaydigan ixtiyoriy dastur va litsenziyalar. Bunda, faqat binar (kompilyatsiya qilingan) dastur versiyalari tarqatiladi. Litsenziya mavjudligi dastlabki kodga kirish imkoniyati yo‘qligini bildiradi. Dasturni o‘zgartirishni texnik jihatdan bajarib bo‘lmaydi. Dastlabki kodga kirish imkoniyati uchinchi tarafga faqat ovoza qilmaslik kelishuviga qo‘l qo‘yilgandan keyin beriladi. Yopiq kodli dasturiy taʼminot propriyetar (shaxsiy mulk) dasturiy taʼminoti hisoblanadi. " Yopiq elektron raqamli imzo kaliti|"1. Elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mos keladigan, axborot tizimining istalgan foydalanuvchisi foydalana oladigan va elektron hujjatda elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash uchun mo‘ljallangan simvollar ketma-ketligi. 2. Elektron raqamli imzoni ishlab chiqish uchun mo‘ljallangan va faqat vakolatli shaxsga ma’lum bo‘lgan simvollar ketma-ketligi. " Yopiq kalit|"1. Nosimmetrik shifrlash tizimining kalitlaridan biri. Xabarlarni rasshifrovka qilishda va elektron imzoni shakllantirishda ishlatiladi. 2. Ochiq kalitli shifrlash tizimidagi juft kriptografik kalitlarning yopiq (maxfiy) qismi. " Yopiq kanal|"Maʼlumotlardan ruxsatsiz foydalanishdan muhofazalangan mantiqiy kanal. Bunday mantiqiy kanallarning protokollari transport pog‘onasidan yuqorida joylashgan bo‘ladi va o‘zaro aloqadagi foydalanuvchilar orasidagi uzatishning konfidensialligini kafolatlaydi. " Yopiq (muhofazalangan) ma’lumotlar|"Foydalanuvchilarning tor doirasiga mo‘ljallangan ma’lumotlar. Qoidaga ko‘ra, erkin foydalanishning cheklanishi parollar tizimi orqali amalga oshiriladi. " Yopiq obyekt|"Obyektning yopiq yoki butunlay chegaralangan muhitga mansubligi. " Yopiq tarmoq|"Cheklangan miqdordagi qayd qilingan foydalanuvchilar kira oladigan ajratilgan aloqa tarmog‘i. " Yopiq televideniye|"Tasvirni nisbatan qisqa masofaga, odatda, kabel bo‘yicha uzatishga imkon beradigan va foydalanuvchilarning ma’lum guruhlari uchun mo‘ljallangan televideniye. Misol ‒ jamoat joylari, xavfli yoki kirish qiyin bo‘lgan joylarni, jarrohlik operatsiyalari va h.k.larni kuzatish. " Yopiq televizion tizimlar|"Cheklangan auditoriyaga vizual axborotni uzatish uchun mo‘ljallangan televizion tizimlar. Misol ‒ Qo‘riqlash televideniyesi tizimi. " Yopiq trassa|"Profili mahalliy relyef bilan qorong‘ilangan trassa, buning oqibatida uzatuvchi va qabul qiluvchi antennalarning fazaviy markazlari o‘rtasidagi to‘g‘ri ko‘rinish ko‘rinmaydi. Izoh ‒ Yopiq trassalar uchun yorug‘lik kattaligi har doim salbiy. " Yopiq xavfsiz muhit|"Ma’lumotlar va resurslarni tasodifiy yoki qasddan qilinadigan harakatlardan (mualliflik, ruxsat berish kategoriyalari, konfigurasiyani boshqarish va h.k. ko‘rinishda) muhofaza qilishga alohida e’tibor beriladigan muhit. " Yopish|"Ilovani tugallashga olib keladigan harakat. " Yoppasiga qoplash|"Ma’lum geografik mintaqaning xizmat ko‘rsatish zonasi, unda abonent radioliniyasining turg‘un ishlashi uchun kerakli energetik nisbat ta’minlanmagan birorta ham uchastka bo‘lmaydi. " Yoqilgan|"Tizim ishga (ma’lumotlarni qabul qilishga) tayyor holatda bo‘lgan rejim. " Yoqmoq|"Qurilmaning ishga tushirilishini anglatadi. Masalan, biron-bir qurilma moslamasining parametrlarida yoqiq deb ko‘rsatilgan bo‘lsa, ushbu qurilma moslamasidan foydalana olishga ruxsat etiladi. " Yordam va qo‘llab-quvvatlash|"Xizmatning ichki va tashqi buyurtmachilarini texnik qo‘llab quvvatlovchi, foydalanuvchilarni kompyuterning apparat va dasturiy ta’minot bilan bog‘liq muammolarini hal qiluvchi axborot tizimi. Axborot texnologiyalari infratuzilmalarining muammoli qismlarini aniqlash, axborot texnologiyalari bo‘limining ish samaradorligini baholash imkonini beruvchi axborot texnologiyalari infratuzilmasi bibliotekasining muhim funksional tashkil etuvchisi. " Yordam, ma’lumot berish tizimi|"O‘zida dasturiy ta’minot bilan ishlash bo‘yicha maqolalar (maslahatlar)ni saqlovchi ma’lumot berish tizimi. " Yordamchi protsessor|"Fon rejimidagi yoki maxsus masalalarni bosh protsessordan ajratib olgan holda bajaradigan kompyuter tizimidagi ikkilamchi protsessor. " Yordamchi retranslyator|"Radiosoya zonasini qoplashda ishlatiladigan retranslyator. " Yordamchi texnologiyalar|"Tizimga qo‘shilgan yoki kiritilgan apparat yoki dasturiy ta’minot. " Yordamchi xizmat|"Telefon orqali qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish; masalan, belgilangan vaqtda abonentni ogohlantirish (xabardor qilish) va boshqalar. " Yordamchi xotira|"Axborotni yodda tutish va saqlashning, elektron hisoblash mashinasining asosiy, ichki manzillanadigan xotira qurilmasiga kirmaydigan vositalari. " Yorqinlik gradatsiyasi|"Normalangan axromatik gradatsion ponaning qo‘shni uchastkalari yorqinliklarining farqi. " Yorqinlik kanali|"Rangli televideniye tizimidagi yorqinlik signalini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan har qanday trakt. " Yorqinlik kanalidagi rejektor|"Dekoderdagi ranglilik-yorqinlik kesishuvchi xalaqitlarini yoki koderdagi yorqinlik-ranglilik kesishuvchi xalaqitlarini kamaytirish maqsadida yorqinlik kanaliga kiritiladigan filtr. " Yorqinlik koyeffitsiyentlari|"Har qanday rangning tegishli rang koyeffitsientiga bo‘lgan doimiy ko‘paytiruvchilar. " Yorqinlik signali|"Televizion tasvir elementlarining yorqinligi to‘g‘risidagi axborotni tashuvchi elektr signal. Izoh – Rangli televideniyeda yorqinlik signali uchta asosiy rang signallarining muayyan chiziqli kombinatsiyasi ko‘rinishida hosil qilinadi. " Yorqinlik signalidagi oqning etalon darajasi|"Oq yo‘nalishida yorqinlik signalining muayyan maksimal kirishiga mos keladigan daraja. " Yorqinlik signalining nochiziqli buzilishlari|"Uzatish trakti amplitudaviy tavsifining nochiziqli shakli tufayli yuzaga keladigan, pog‘onali yoki arrasimon signallar yordamida baholanadigan buzilishlar. " Yorqinlik va ranglilik signallarining vaqt davomidagi farqi|"Yorqinlik va ranglilik signallarining kechikishidagi, tegishli yorqinlik uchastkasidan rangning chap yoki o‘ngga o‘tishiga olib keladigan, farq. " Yorqinlik, ravshanlik|"Piksel bilan birlashtirilgan va kul rangning (oqdan qoragacha bo‘lgan) kattaligini aks ettiradigan qiymat. Shuningdek, foydalanuvchi monitorida qoradan oqqacha shkala bo‘yicha rang yorqinligini bildiradi. " Yorqinlikni rostlash|"Qabul qiluvchi televizion trubkada siljituvchi kuchlanishni qo‘lda sozlash. Izoh – Yorqinlikni sozlash tasvirning o‘rtacha yorqinligiga ham, kontrastlilikka ham ta’sir etadi. " Yorqinlik-ranglilik kesichuvchi buzilishi|"Ranglilik signalining yorqinlik signali spektrining ranglilik signalining chastotalar polosasida yotuvchi tashkil etuvchilari keltirib chiqaradigan buzilishi. " Yorqinlik-ranglilik kesishuvchi shovqini|"Tasvirdagi yorqinlik kanalidan ranglilik kanaliga shovqinni kiritish tufayli yuzaga keladigan nomaqbul rang effekti. Izoh ‒ Bu yomonlashuv, xususan, kompozit rang videosignallardan foydalanadigan tizimlarda yuzaga keladi. " Yorug‘lik aberratsiyasi|"Yorug‘lik nuri yo‘nalishining kuzatuvchining yorug‘lik manbaiga nisbatan harakatlanishi oqibatida o‘zgarishi. " Yorug‘lik diodi|"Elektr tokini yorug‘lik nurlanishiga aylantiradigan, nanoo‘lchamli geterotuzilmalarga asoslangan asbob. " Yorug‘lik perosi|"Ekran nuqtalari koordinatasini olishda kerak bo‘lgan yoruqlikka sezgir qurilma. Yorug‘lik perosi ma’lumotlarni chiqarishda ishlatiladi va maxsus ekranni talab qilmaydi. Yorug‘lik perosi uchiga o‘rnatilgan maxsus fotoelement, peroni ekran bilan ta’sir nuqtasidan uzatilayotgan yorug‘lik signalini sezadi. Signal paydo bo‘lishi bilan tasvirning ochilishi sinxrosignalni taqqoslash yorug‘lik perosining ekrandagi joylashuvini aniqlash imkonini beradi. " Yorug‘lik (rang) ning maydon bo‘ylab notekisligi|"Qayta tiklanayotgan televizion tasvir maydoni bo‘yicha yorug‘lik va/yoki rangning beixtiyoriy o‘zgarishi. " Yorug‘lik sarfi|"Tarqalayotgan yorug‘lik oqimining iste’mol qilingan quvvatga nisbati. Yorug‘lik sarfining birligi lyumen/vatt. (ℓm/W). " Yorug‘lik sochilishini tuzatish|"Telekameraning optik tizimida yorug‘lik sochilishi ta’sirida qora darajasida buzilgan videosignal shaklini tuzatish. " Yorug‘lik to‘lqinlari|"0,4 mkm dan 0,76 mkm gacha bo‘lgan diapazondagi elektromagnit to‘lqin uzunliklari. " Yorug‘lik va sinxronizatsiya signallarining nisbati|"Oq darajaning sinxronizatsiya darajasiga, ikkalasi ham so‘ndirish darajasiga nisbatan ifodalangandagi, nisbati. " Yorug‘lik xarakteristikasi|"O‘zgartirgich chiqishidagi signal tokining uning fotosezgir yuzasi yoritilganligiga bog‘liqligi. " Yorug‘lik o‘qi|"Har bir rang uchun yorug‘lik tashkil etuvchisi ajratiladigan tayanch oq rangni o‘z ichiga oladigan rangli fazo o‘qi. " Yorug‘lik o‘tkazgich|"Silindr shaklidagi, ikki qavat ingichka shisha o‘tkazgich ko‘rinishida yasalgan optik to‘lqin o‘tkazgich. Uning bo‘ylab to‘lqin uzunligi 400 nm dan 3000 nm gacha bo‘lgan elektromagnit nurlanish uzatiladi. " Yorug‘likka sezgirlikning mutlaq chegarasi|"Qorong‘ulikka moslashish sharoitida qora fonda ko‘z ilg‘aydigan yorug‘lik dog‘i yorqinligining eng kichik (chegaraviy) qiymati. " Yorug‘likning kombinatsion sochilishi (Raman effekti)|"Modda tomonidan sochilgan yorug‘lik chastotasining o‘zgarish hodisasi. " Yorug‘likning yutilish koeffitsiyenti|"Jism yutgan yorug‘lik miqdorining jismga tushadigaan yorug‘lik miqdoriga nisbati. " Yoyiladigan ko‘zgu|"Ko‘plab seksiyalardan iborat bo‘lgan katta antenna ko‘zgusi. Yo‘ldoshli aloqa tizimlarida qo‘llaniladi. " Yoyish|"1. signal datchigida – elektr signalni olish uchun, har bir elementning yorug‘lik xarakteristikalarini aks ettiradigan, sirtning har bir element bo‘yicha tizimli o‘tishi. Izoh ‒ Taalluqli atama «ochib ko‘rsatish». 2. Televideniyeda – to‘g‘riburchakli sirt elementlari to‘g‘riburchakning katta tomoniga parallel bo‘lgan bir biriga nisbatan teng uzoqlashtirilgan to‘g‘ri liniyalar bo‘yicha doimiy aniq tezlik bilan aylangandagi yoyish. " Yoyish davri|"To‘g‘ri va teskari yoyilish yo‘llarining vaqt yig‘indisi. " Yoyish qadami|"Televizion rastr ikkita qo‘shni satrlarining o‘qlari orasidagi masofa. Yoyish qadami satrlarning aktiv soniga bo‘lingan tasvir (kadr) balandligiga teng bo‘lishi kerak. " Yoyish signali|"Yoyuvchi element harakatini boshqaruvchi signal. " Yoyish tezligi|"Yoyuvchi element yoyiladigan sirt bo‘ylab o‘tadigan liniyaviy tezlik. " Yoyli antenna panjarasi|"Nurlantiruvchi elementlari egri chiziq qismida joylashgan antenna panjarasi. " Yoymoq|"Oynani uning yuqori o‘ng burchagidagi yoyish tugmasini bosib, maksimal o‘lchamga yetguncha kattalashtirish. " Yozib olingan xabar|"Kelib tushgan xabarlarni yozish uchun qurilmaga chaqiriluvchi abonentga kelib tushadigan chaqiruvlarni uzatish imkonini beradigan, ushbu abonent yoki oxirgi (terminal) tarmoq tomonidan taqdim etiladigan xizmat. " Yozib olingandan so‘ng uzatish|"Efiirga, faqat yozib olingandan so‘ng uzatiladigan tovushli yoki televizion dastur. " Yozib olish|"Internet tarmog‘idan faylni olish. " Yozib olishdan muhofaza qilish|"Diskdagi axborotni, 5,25"" disketalarida solishtirib o‘qish belgisini yopishtirish va 3,5"" disketalarida solishtirib o‘qish belgisini surib, muhofaza qilish usuli, bu yangi ma’lumotlar yozib olishning oldini oladi va mavjud ma’lumotlarni yo‘qolishdan saqlaydi. " Yozib olishga ruxsat|"Ma’lumotlarni yozib olish uchun ruxsat beradigan foydalana olish huquqi. Izoh – Yozib olishga ruxsat ma’lumotlarni to‘ldirish, o‘zgartirish, o‘chirish yoki yaratishga ruxsat hisoblanadi. " Yozish vaqtida nusxalash|"Jarayonni yaratish strategiyasi, bunda yangi jarayon adres fazosini bosh jarayon bilan manzil fazosining birinchi yozuvigacha ajratadi, shundan so‘ng shu’ba jarayon uchun yangi manzil fazosi yaratiladi. " Yozishdagi xato|"Axborotni tezkor xotiradan ma’lumotlarni saqlash yoki chiqarish qurilmasiga uzatish paytida yuz beradigan xato. " Yozma xat-xabarlar|"Oddiy, buyurtma, qiymati eʼlon qilingan xatlar va banderollar, oddiy, buyurtma pochta varaqchalari hamda oddiy, buyurtma sekogrammalar, shuningdek, mayda paketlar. " Yozma xat-xabarlarga shtempellash|"Pochta markalarining va/yoki yozma xat-xabarlarning jo‘natilishi belgilangan manzildagi pochta aloqasi obyektiga kelib tushgan sanasini hisobdan chiqarish yo‘li bilan qabul qilish joyi va sanasini belgilash maqsadida unga taqvim shtempeli izini tushirishni o‘z ichiga olgan yozma xat-xabarlarga ishlov berish. " Yozmoq|"Ma’lumotlarni tezkor xotira qurilmasidan tashqi qurilmaga yoki protsessordan tezkor xotira qurilmasiga uzatish. " Yozuv|"1. Dasturlash tillarida ma’lumotlar tuzilmasi – yaxlit bir butun sifatida qaralishi mumkin bo‘lgan, bir jinsli bo‘lmagan tizimlashtilangan elementlar to‘plami. Har bir element yozuv maydoni deb ataladi, u nomga va turga ega bo‘ladi. Muayyan yozuv maydonida saqlanadigan ma’lumotlardan foydalanish uchun, yozuvni saqlaydigan o‘zgaruvchi nomi ko‘rsatiladi, keyin nuqtadan so‘ng maydon nomi keladi. 2. Magnit tashuvchidagi, masalan, magnit tasmadagi ma’lumotlar bloki. " Yozuv agenti|"Kuzatib boriladigan ilova jarayonining fazoda yuklangan kadrni qamrab oladigan umumiy bibliotekasi. " Yozuv demoni|"Kuzatiladigan dastur joylashgani kabi oxirgi nuqtada ishlaydigan va kengaytirilgan vakolatlar talab qilinadigan operatsiyalarni bajaradigan imtiyozli jarayon. " Yuguruvchi nurli kamera|"Tasvirlarni yuguruvchi yorug dog‘ orqali yoyishga asoslangan uzatish qurilmasi. " Yuguruvchi to‘lqin|"Uzatish liniyasida, uzatuvchi muhitning xossalari bilan belgilanadigan tezlikda faqat bir yo‘nalish bo‘ylab tarqaladigan elektromagnit to‘lqin. " Yuguruvchi to‘lqin antennasi|"Geometrik o‘qi bo‘ylab elektromagnit tebranishlarning yuguruvchi to‘lqinlari tarqaladigan yo‘naltirilgan antenna. Izoh ‒ Yuguruvchi to‘lqin antennalariga «to‘lqinli kanal» turidagi antenna, spiral antenna, dielektrik antenna, rombsimon antenna va boshqa qator antennalar kiritiladi. " Yuguruvchi toʻlqin koeffitsiyenti|"Uzatish liniyasidagi toʻlqin elektr yoki magnit maydoni eng kichik amplituda kuchlanganligi nisbatiga teng koeffitsiyent. " Yuklagich|"Boshqa dasturlarni ularni amalga oshirilishi uchun tezkor xotiraga yuklovchi tizim dasturi. Boshlang‘ich yuklovchining farqli tomoni, u BIOS da joylashgan bo‘lib, u operatsion tizimni yuklaydi va unga boshqaruvni uzatadi, shuningdek yuklovchilar operatsion tizimning o‘zida ham mavjud. " Yuklama koeffitsiyenti|"Foydalanishning ma’lum sharoitlarida elementga ta’sir etadigan ishchi yuklamaning nominal (standartlar, foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomalar va boshqa tegishli hujjatlar bilan belgilangan) yuklamaga nisbati. " Yuklama konsentratori|"Maʼlumotlarni uzatish tarmog‘ida paketlarni kommutatsiya markaziga ulanadigan va paketlarni yig‘ish-sochish operatsiyalarini bajarish uchun mo‘ljallangan texnik vosita. " Yuklamoq|"Ma’lumotlarni boshqa kompyuterga (tarmoq orqali) yuklash. " Yuklanish paytida|"Operatsion tizim yoki dasturning xotiraga yukla-nishida bajariladigan protseduralar yoki dasturlar. " Yuklanishdagi tasvir|"Operatsion tizimning nomini va logotipini aks ettiruvchi tasvir. " Yuklanishni balanslash|"Klaster serverlaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida, hisoblash klasterida yuklanishni taqsimlash. " Yuklanishni initsializatsiya qilish|"Windows NT/2000/XP/10 operatsion tizim yuklanishini initsializatsiya qiladigan fayl. Operatsion tizimlarni yuklash usullarini ifodalaydi. " Yuklanuvchi disk|"Operatsion tizimni yuklash yoki qayta yuklash amalga oshiriladigan qattiq disk (disketa). " Yuklanuvchi drayver|"Tezkor xotiraga faqat kerak vaqtda yuklanuvchi drayver. Bunday drayverlar tezkor xotirani tejashni va protsessor resursining bekor sarflanishini oldini oladi. " Yuklanuvchi sektor, butsektor|"Axborotni saqlaydigan qattiq disk, disketa yoki boshqa disk qurilmasidagi muhim sektor. Disketa va optik disk uchun bu birinchi jismoniy sektor, qattiq disk uchun har bir bo‘limning birinchi jismoniy sektori. Fleshkada yuklash sektori bo‘lmaydi. " Yuklanuvchi virus|"Kompyuterni yuklashda bajariladigan va qattiq yoki egiluvchan magnit diskning yuklash sektoridagi dasturni zararlaydigan virus. " Yuklash|"1. Ishga tushayotgan dastur, jarayon va sh.k. fayllarni dasturning keyingi ishini ta’minlash uchun tezkor xotiraga yuklash jarayoni. 2. Kompyuterni operatsion tizim yadrosini yuklash orqali ishga tushirish. " Yuklash manzili|"Tezkor xotira qurilmasining manzili, undan boshlab dastur xotirada joylashtiriladi. Absolyut dasturlarda yuklash manzili qayd etilgan bo‘ladi va dasturchi tomonidan beriladi. Yuklash paytida suriladigan dasturlardan (chiziqli xotiraga ega kompyuterlarda) manzillarni sozlash amalga oshiriladi. Bu sozlash suriladigan barcha manzillarni yuklash manziliga teng bo‘lgan konstantaga oshirishda ifodalanadi. " Yuklash qurilmasi|"Olinadigan yoki doimiy yuklash diski qurilma. " Yuklash vaqti (fazasi)|"Dasturning xotiradagi binar obrazini olish uchun aloqa redaktori va yuklagichni chaqirish fazasi. " Yuklash vaqtida manzillarni bog‘lash|"Manzillash sxemasi, bunda generatsiyalanadigan kod ma’lumotlarni va dasturni qiymati dasturni yuklashda aniqlanadigan ko‘chirish registriga nisbatan manzillaydi. " Yuklash yozuvi|"Disketdagi birinchi fizik sektor yoki qattiq disk bo‘limining birinchi mantiqiy sektori. Bitta yoki bir nechta sektordan iborat bo‘lishi mumkin. Yuklovchi yozuvning birinchi sektori yuklovchi sektorning imzosi bilan tugallanadi. Yuklovchi disklarda, shuningdek, operatsion tizim yuklaydigan dastur ham bo‘ladi. Ba’zida yuklash sektor deb ataladi. " Yuklashni balanslash klasterlari|"Server bek-endi kompyuterlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydigan, (front-ends) so‘rovlarni balanslaydigan bir nechta kirish kompyuterlariga ega kompyuter klasterlari. " Yulduz|"Kompyuterlarni tarmoqqa birlashtirish usuli: bitta kompyuter ajratiladi va u asosiy (bosh) kompyuter ataladi, qolgan barcha kompyuterlar u bilan bevosita ulanadi. Ma’lumotlar bitta periferik kompyuterdan boshqasiga faqat bosh kompyuter orqali uzatilishi mumkin. Bosh kompyuter ishlamay qolsa, butun tarmoq ishlash qobiliyatini yo‘qotadi. " «Yulduz» topologiyasi|"Lokal hisoblash tarmog‘ining uchta tayanch fizik topologiyasidan biri. Bunda kompyuterlar va qurilmalar markaziy uzel bilan radial liniyalar orqali ulanadi. " Yulduzcha, «*» simvoli|"Qator operatsion tizimlarda faylning umumlashtirilgan nomini berish uchun foydalaniladigan simvol. Tizim yulduzcha simvoli o‘rnida ixtiyoriy sondan iborat ixtiyoriy simvolni qo‘yishi mumkin. " Yulduzsimon tarmoqlagich|"1. Bitta kirish va ikkitadan ko‘p chiqish optik qutblari bo‘lgan optik tarmoqlagich. 2. Signal energiyasini o‘zining chiqish uchlari o‘rtasida bir tekis taqsimlaydigan (chiqish uchlari kamida to‘rtta bo‘lgan) passiv qurilma. " Yulduzsimon topologiya|"«Yulduz»ni eslatuvchi topologik sxema. Undagi har bir olisdagi tarmoq uzeli bitta markaziy kommutator, uzel stansiyasi yoki kanallar konsentratori bilan bog‘lanadi. «Yulduz»simon topologiyali tarmoq mahalliy foydalanuvchilar uchun trafikni tarmoqlash (ajratish) va olisdagi foydalanuvchilar o‘rtasida qayta taqsimlash imkonini beradi. " Yulduzsimon to‘rtlik|"Birga buralgan, to‘rtta izolyatsiyalangan o‘tkazgichdan iborat kabel elementi. Ikki qarama-qarshi o‘tkazgich uzatuvchi juftlikni hosil qiladi. Yulduzsimon to‘rtligi bo‘lgan kabellar, ularning elektr xarakteristikalari aynan shu spetsifikatsiyalar talablariga javob beradigan hollarda, juftliklardan iborat kabellar bilan o‘zaro almashinuvchan bo‘lishi mumkin. " Yumshoq xendover|"Axborotni yo‘qotmay turib, ishchi kanalni bir tayanch stansiyadan boshqasiga avtomatik tarzda qayta ulash. Yumshoq qayta ulash rejimi bir vaqtda, bittadan ko‘p tayanch stansiya bilan ishlash imkoniyatini nazarda tutadi. Izoh − O‘xshash protsedura ko‘p yo‘ldoshli aloqa tizimida ham mavjud bo‘lib, unda yer stansiyasining bitta kosmik apparat (tushayotgan)dan boshqa kosmik apparat (ko‘tariluvchi) ga qayta ulanishi sodir bo‘ladi. " Yumshoqroq xendover|"Ishchi kanallarni bir sektorli antennadan boshqasiga qayta o‘zgartirish, bitta tayanch stansiyada amalga oshirilishi tufayli, sinxronizmga qayta kirish protsedurasi talab qilinmaydigan xendover. " Yuqori|"Obyektning ma’lum bir chegaralarga nisbatan yuqori joylashgan o‘rni. " Yuqori aniqlikdagi televideniye (YuAT)|"Vertikal va gorizontal bo‘yicha taxminan ikki marta kattalashtirilgan aniqlikka ega va standart aniqlikdagi televideniye bilan solishtirganda kadrning kattalashtirilgan formatiga ega televideniye. " Yuqori aniqlikdagi TV (HDTV) va oddiy sifatli TV dasturlarini taqsimlash xizmatlari|"HDTV xarakteristikalariga yoki oddiy tasvir sifatiga ega televizion dasturlarni taqsimlash imkonini beradigan xizmatlar. " Yuqori daraja tili|"Uchinchi avlod va undan yuqori darajadagi dasturlash tillari, ya’ni assemblerlarga qaraganda, abstraktlashning birmuncha yuqori darajasini ta’minlaydigan tillar. " Yuqori elliptik orbita (yo‘ldoshning)|"Yo‘ldoshning ellips shaklidagi aylanish orbitasi, uning fokuslaridan birida Yer markazi joylashadi va uning o‘qlari yulduzlarga nisbatan ma’lum yo‘nalishda bo‘ladi. Izoh – «Molniya» yo‘ldoshlari yuqori elliptik orbitasining apogey balandligi 40000 km ga yaqin, perigey balandligi 500 km, ekvator tekisligiga og‘ishi 63,4° ga teng. " Yuqori huquqlar bilan ishga tushirmoq|"Bir foydalanuvchi ega bo‘lgan huquqlardan ko‘proq huquqlarga ega foydalanuvchi nomidan dasturni ishga tushirish. Masalan, kichkina sozlashlarda ishlatilishi mumkin. " Yuqori indeks|"Matn satri harflaridan yuqorida bosilgan bitta yoki bir nechta simvol. " Yuqori natija|"Yuqori baho va eng yuqori balli natija " Yuqori pog‘ona domeni|"Qar.: gTLD, ccTLD. " Yuqori quvvatli eltuvchi|"Energiyasining asosiy qismi eltuvchi chastotada to‘plangan, modulyatsiyalangan signal. " Yuqori registr|"Klaviaturadan kiritish Caps Lock klavishi bosilganda amalga oshiriladigan rejim. Bunda matn katta harflar bilan kiritiladi. " Yuqori sifatli keng polosali videokonferensaloqa xizmatlari|"Ikkita yoki undan ortiq punkt o‘rtasida konferens-aloqani ta‘minlash uchun turli axborotni, jumladan, avvalo nutq (tovush), oddiy videofilmlar, harakatdagi tasvirlar va qo‘shimcha ravishda, videoskanlaydigan harakatsiz tasvirlar, hujjatlar hamda boshqa videoaxborotni yuqori sifatli uzatish bilan abonent-abonent yoki guruh-guruh (abonentlar) aloqa imkoniyatini ta’minlaydigan xizmatlar. " Yuqori sifatli rang|"Rangni 15- va 16-bitli kodlash orqali (multimediyali shaxsiy kompyuterlar grafik kontrollerining platalarida) monitorda bir vaqtning o‘zida 32 K yoki 64 K ranglarni ko‘rsatish imkoniyati. U tasvir sifatini rangli fotosurat sifatiga yaqinlashishini ta’minlaydi. " Yuqori texnologiyalar kompaniyalari|"Asosiy aktivlari intellektual mulk va yuqori malakali mutaxassislar bo‘lgan kompaniyalarning shartli nomi. Faoliyat sohasi – yuqori va postindustrial texnologiyalar. Bu turdagi kompaniyalarga odatda quyidagilar kiradi: internet kompaniyalari; dasturiy taʼminot va yarimo‘tkazgichli qurilmalar ishlab chiqaruvchilar; mobil va kosmik aloqa operatorlari; biotexnologiya kompaniyalari; ilmiy-tekshirish tajriba konstruktorlik ishlanmalari sohasidagi kompaniyalar; yuqori texnologiyali uskunalar ishlab chiqaruvchilar va h.k. " Yuqori tezlikdagi raqamli abonent liniyasi texnologiyalarining turkumi|"DSL standartining protokollar majmui, unda «x» simvoli o‘rniga DSL (ADSL, HDSL, SDSL) standartining quyi turini belgilaydigan harflardan istalganini qo‘yish mumkin. " Yuqori tezlikli foydalana olish klasterlari|"Klaster kompyuterlari taqdim etadigan resurslardan, masalan, ma’lumotlar bazasidan optimal foydalana olishni ta’minlaydigan kompyuter klasterlari. " Yuqori tezlikli raqamli abonent liniyasi|"O‘tkazish qobiliyati 10 Mbit/s dan ortiq bo‘lgan asimmetrik hamda simmetrik aloqa liniyalarini yaratish uchun mo‘ljallangan abonent foydalanish texnologiyasi. " Yuqori unumli fayl tizimi|"IBM va Microsoft tomonidan birgalikda ishlab chiqilgan, operatsion tizim uchun mo‘ljallangan fayl tizimining nomi. Windows NT tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. " Yuqori xotira|"MS DOS operatsion tizimiga oid atama. Birinchi 640 kbyte xotiradan tashqarida joylashtirilgan tezkor xotirani anglatadi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlatilmagan, bu esa dasturlarni birmuncha chegaralaydi. " Yuqori xotira sohasi|"Qo‘shimcha xotiraning dastlabki 64 kB i. " Yuqori xotira tizimi|"Yuqori tezkor xotiraning ulanish drayveri. Bu drayversiz operatsion tizim faqatgina BIOS bilan belgilab qo‘yilgan 640 kilobayt quyi xotiradangina foydalana oladi. Windows da bu muammo o‘zining dolzarbligini yo‘qotgan. " Yuqori zichlikli bipolyar kodlash|"Modifikatsiyalangan bipolyar RZ kodi yordamida kodlash usuli. Bunda majburiy inversiya (qutblilikni o‘zgartirish) vositasida takrorlanadigan simvollarning davomiy ketma-ketligi chiqarib tashlanadi. Natijada davomli pauzalarsiz kod shakllanadi, bu esa, xabarlarni qabul qilishda sinxronlash buzilishlarini bartaraf etish imkonini beradi. " Yuqori chastotalar|"3 МНz dan 30 МНz gacha diapazondagi chastotalar sohasi. Ko‘rsatilgan chastotalarga dekametrli (qisqa) to‘lqinlar (λ=100–10 m) mos keladi. " Yuqori chastotalar filtri|"Berilgan qirqim chastotasidan yuqori o‘tkazish polosasiga va pastroq chastotalar uchun tutib qolish polosasiga ega bo‘lgan elektr chastota filtri. " Yuqori chastotali kabel|"Elektromagnit energiyani yuqori chastotalarda kichik yo‘qotishlar bilan uzatish uchun mo‘ljallangan kabel. " Yuqori chastotali qurilmalar|"Radioto‘lqinlarni qabul qilish yoki nurlantirishda foydalanishdan tashqari, sanoat, ilmiy, tibbiy, maishiy yoki boshqa maqsadlarda radiochastota energiyasini generatsiyalash va undan foydalanish uchun mo‘ljallangan uskuna yoki asboblar. " «Yuqoridan pastga» dasturlash|"Dasturlarni ishlab chiqish metodikasi, bu metodikaga ko‘ra, ishlab chiqish muammoni hal qilish maqsadlarini aniqlashdan boshlanadi, shundan keyin batafsil dastur bilan tugaydigan izchil detallashtirish ketadi. Strukturaviy dasturlash texnologiyasiga kiradi. Ikkinchi nomi pasayib boradigan dasturlash. " Yuridik shaxs|"Alohida mulkka ega bo‘lgan, o‘z majburiyatlari yuzasidan javob beradigan, o‘z nomidan fuqarolik huquqlarini amalga oshiradigan va oladigan, fuqarolik majburiyatlarini ko‘taradigan, sudda da’vogar va javobgar bo‘ladigan tashkilot. " Yuritgich|"Qar.: CMS. " Yutilish|"1. Optik quvvatning metallar va gidroksil ionlar kabi ifloslanishlari mavjudligi, shuningdek, radiatsion nurlanishga taʼsirchanlik orqasida kelib chiqadigan issiqlikka aylanishi natijasida optik tolada quvvatning yo‘qolishi. 2. Elektromagnit to‘lqinlarning energiyaning boshqa turiga, odatda, issiqlikka aylanishi oqibatida radioto‘lqinlarning so‘nishi. " Yutuvchi attenyator|"Signal quvvatini kamaytirish katta yo‘qotishli materiallarda energiyaning yutilishi hisobiga yoki yarimo‘tkazgichli diodlar qarshiligida sodir bo‘ladigan attenyator. " Yuvilish|"Oqdan oq soha dastlabki holatdagiga qaraganda ko‘p yuklangan tasvir ko‘rinishi, uzatuvchi trubka nishoni, yorug‘lik elektr o‘zgartirgich yoki televizion ekran qismlarining to‘yinganligi tufayli sodir bo‘ladi. " Yo‘l|"Diskda fayl, katalog yoki papkaning joylashgan o‘rnini belgilaydigan satrli ifoda. " Yo‘l qo‘yiladigan radioxalaqit|"Ta’sirida radioelektron vositaning talab qilinadigan ishlash sifati saqlanib qoladigan radioxalaqit. " Yo‘l qo‘yiladigan xalaqit|"Xalaqit ta’siriga tushgan texnik vositaning ishlash sifati belgilangan darajada saqlanib qoladigan elektromagnit xalaqit. " Yo‘l qo‘yilmaydigan|"Qayta ishlab bo‘lmaydigan xatoni keltirib chiqargan ruxsat berilmagan harakatni amalga oshirgan biron-bir harakat yoki operatsiya, komanda yoki yo‘riqnomalar natijasi. " Yo‘l qo‘yilmaydigan xalaqit|"Ta’siri texnik vositaning ishlash sifatini yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan darajagacha pasaytiradigan elektromagnit xalaqit. " (Yo‘ldosh) elliptik orbitasi|"Ekssentrisitet koeffitsiyenti katta bo‘lgan, ya’ni apogey balandligi perigey balandligidan birmuncha oshadigan orbita. Yer gravitatsiya maydonining bir xil emasligi tufayli elliptik orbitaning katta o‘qi apogeydagi kichik yo‘ldosh nuqtasi kengligining tebranishlariga olib keladigan aylanish onini sezadi. Elliptik orbitaning doimiyligini ta’minlash uchun, tekisligining ekvatorga nisbatan og‘ish kattaligi ikkita qiymatdan (63,4º yoki 116,6º) biriga ega bo‘lishi kerak. Yo‘ldoshli aloqa tizimlarida elliptik orbitaning: yuqori elliptik orbita (HEO), o‘rtacha balandlikdagi orbita (MEO), Yer atrofidagi quyi orbita (LEO) orbitalaridan foydalaniladi. " (Yo‘ldosh) orbita davri, (yo‘ldosh) aylanish davri|"Orbitaning bitta nuqtasi orqali yo‘ldoshning ikki marta ketma-ket o‘tishi o‘rtasidagi vaqt oralig‘i orqali aniqlanadugan, Yer atrofini to‘liq aylanish vaqti. " Yo‘ldoshli antenna/tarelka|"Yo‘ldosh signallarini qabul qilish/uzatish uchun mo‘ljallangan qabul qiluvchi/uzatuvchi tarelkasimon parabolik antenna. " Yo‘ldoshli eshittirish|"Kosmik stansiyalardan uzatishlar aholi tomonidan bevosita qabul qilinishi uchun mo‘ljallangan radioeshittirish xizmati. Izohlar 1. Aholining qabul qilishi individual qabulni ham, jamoaviy qabulni ham o‘z ichiga oladi. 2. Taalluqli atama «yo‘ldoshli televideniye». " Yo‘ldoshli Internet|"Internet global tarmog‘idan yo‘ldoshli aloqa kanallari orqali foydalanish. " Yo‘ldoshli provayderlar|"Yo‘ldoshli aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniyalar. " Yo‘ldoshli (raqamli televizion) eshittirish tizimi|"Televizion dasturlarni bevosita raqamli televizorlarga, shuningdek, jamoa bo‘lib foydalaniladigan yo‘ldoshli televizion antennalari bo‘lgan tizimlarga ulangan raqamli televizorlarga yetkazish uchun mo‘ljallangan raqamli televizion eshittirish tizimi. " Yo‘ldoshli televideniyening kabel orqali taqsimlanishi|"Kosmik stansiyadan yer stansiyalari orqali qabul qilgan va kabelli televideniye tizimlarining asosiy stansiyalariga uzatilgan television dasturlarni kabelli tizimlar orqali taqsimlash. " (Yo‘ldoshning) geostatsionar orbitasi|"To‘g‘ri va doiraviy orbitasi Yer ekvatori tekisligida yotadigan geosinxron yo‘ldosh orbitasi yoki geostatsionar yo‘ldoshlar orbitasi. Orbitaning ekvatordan balandligi, yo‘ldoshning aylanish davri 23 h 56 min 4 s ga teng bo‘lgan holda, 35787 km. " (Yo‘ldoshning) o‘rta balandlikdagi orbitasi|"5000-15000 km balandlik diapazonida joylashgan orbita. " Yo‘lka|"Ma’lumotlarning konsentrik aylana ko‘rinishidagi disk xotirasida o‘rni va joylashishi. Magnit yozish usulida ma’lumotlar bu konsentrik aylana bo‘ylab ketma-ket joylashadi. Kompakt-disklarda ma’lumotlar bitta spiralsimon yo‘lka bo‘ylab yoziladi. Ba’zan trek deb ataladi. " Yo‘lning optik uzunligi|"Yorug‘lik nuri yo‘lining muhit sindirish ko‘rsatgichiga ko‘paytmasi. Yo‘lning optik uzunligi miqdor jihatdan yorug‘lik nurining shu vaqt ichida vakuumda o‘tgan yo‘liga teng. " Yo‘nalganlik diagrammasining oraliq burchagi|"Yo‘nalganlik diagrammasi bosh yaprog‘ining burchak kengligiga teng. Uning chegarasida nurlanish quvvati maksimal quvvatning kamida yarmini tashkil etadi. " Yo‘nalish|"Ma’lumotlar uzatish tarmog‘i uzellarining ketma-ketligi, unda ma’lumotlar paketi manbadan qabul qilgichga uzatiladi. " Yo‘nalish bort antennasi|"Samolyot bortidagi, radiolokatsion qo‘nish tizimining yo‘nalish (glissada, marker) radiomayog‘i radiosignallarining qabulini ta’minlaydigan antenna. " Yo‘naltirilgan antenna|"Muayyan yoki ma’lum yo‘nalishlarda, boshqa yo‘nalishlarga nisbatan radioto‘lqinlarning nurlanishi yoki qabul qilinishini samarali ta’minlaydigan antenna. " Yo‘naltirilgan graf|"Har bir qirrasi yo‘nalishga ega bo‘lgan graf. " Yo‘naltirilgan interfeys|"Qar.: Вirga yo‘naltirilgan interfeys. " Yo‘naltirilgan optik tarmoqlagich|"Optik qutblar o‘rtasidagi uzatish koeffitsiyentlari optik nurlanishning tarqalish yo‘nalishiga bog‘liq optik tarmoqlagich. " Yo‘naltirilmagan antenna|"Berilgan tekislikda barcha yo‘nalishlar bo‘yicha radioto‘lqinlar tarqalishi yoki qabul qilinishining bir xil samaradorligini ta’minlaydigan antenna. " Yo‘naltirilmagan optik tarmoqlagich|"Optik qutblar o‘rtasidagi uzatish koeffitsiyentlari optik nurlanishning tarqalish yo‘nalishiga bog‘liq bo‘lmagan optik tarmoqlagich. " Yo‘q qilish|"Hujjatlarni yo‘q qilish yoki chiqarib tashlash jarayoni, bu jarayondan so‘ng hujjatlarni qayta tiklab bo‘lmaydi. " Yo‘qotilgan klaster|"Tizim xatoliklari yoki foydalanuvchining ba’zi harakatlari natijasida (mashina ilova yopilmagan paytda o‘chirilganda) diskli xotira elementlarining, ya’ni ma’lumotlar bo‘lgan faylning bir qismi «yo‘qoladigan» vaziyat. Yo‘qotilgan klasterlar foydalanuvchi uchun foydalanish mumkin bo‘lgan xotira hajmini kamaytiradi. " Yo‘qotilgan telefon yuklama|"Qarab chiqiladigan vaqt intervali ichida keladigan va xizmat ko‘rsatilgan telefon yuklamalar o‘rtasidagi farq. " Yo‘qotilgan telefon chaqiruvi|"Xizmat ko‘rsatilishi bo‘sh va soz holatdagi kommutatsion aloqa asboblari hamda telefon tarmog‘i bog‘lamida liniyalar, kanallar bo‘lmasligi tufayli bog‘lanish o‘rnatilishi bilan tugamagan telefon chaqiruv. " Yo‘qotilgan chaqiruv|"Aloqa o‘rnatish jarayonida yakunlanmasdan qolgan chaqiruv. Abonentning bandligi tufayli chaqiruvga bo‘lgan muvaffaqiyatsiz urinish yo‘qotilgan chaqiruv hisoblanmaydi. " Yo‘qotish, yo‘qotishlar|"Signallarning radioto‘lqinlar tarqaladigan muhitda va signallarni o‘zgartiradigan qabul qiluvchi-uzatuvchi uskunada susayishi. " Yo‘riqnoma, komanda|"1. Tizim, qurilma yoki alohida dastur bilan ishlash tartibini reglamentlaydigan hujjat. So‘nggi vaqtda kompyuterlar yoki dasturiy mahsulotlar uchun yo‘riqnoma ko‘pincha, mashina tashuvchilardagi matnli fayl sifatida yetkazib berilmoqda. 2. Kompyuter dasturi bo‘lib, o‘zida protsessor yoki yo‘riqnoma interpretatori tomonidan bajariladigan ketma-ketlikni aks ettiradi. Dasturlashga tatbiqan preprotsessor yo‘riqnomasi tushunchasi mavjud. Kompilyator dasturning o‘zidan nusxa ko‘chirishdan oldin bajarilishi kerak bo‘lgan operatsiyalar. " Yoʻnalganlik diagrammasining notekislik koeffitsiyenti|"θ oʻzgarmas burchakda amplitudaviy yoʻnalganlik diagrammasi darajasining uning maksimal qiymatidan nisbatan ogʻishi. " Yoʻnalganlik kross-qutblanish diagrammasi|"Kross-qutblanishli tashkil etuvchi uchun yoʻnalganlik diagrammasi. " «Yo‘g‘on» mijoz|"«Ta’sirchan» mijozning aksi bo‘lib, o‘zining ko‘p hisoblash resurslariga ega tarmoqdagi shaxsiy kompyuter. " «Yo‘g‘on» Ethernet (10Base5)|"10Base5 spetsifikatsiyasi. Ethernet standartini RG9 turidagi «yo‘g‘on» koaksial kabeldan (u sariq rangda bo‘ladi) foydalanib amalga oshiriladi. U stansiyalar orasidagi masofani 500 m gacha bo‘lishini ta’minlaydi. (3COM uskunasidan foydalanib masofani 1000 m gacha uzaytirish mumkin). Z " Zaiflik|"1. Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimidagi kamchilik, undan foydalanish tizim yaxlitligi buzilishiga va noto‘g‘ri ishlashiga olib kelishi mumkin. Izohlar 1. Yaxshi himoya qilinmaganlik dasturlash xatolari, tizimni loyihalashda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, ishonchli bo‘lmagan parollar, viruslar yoki boshqa zararli dasturlar ta’sirlari va sh.k. natijasi bo‘lishi mumkin. 2 Agar yaxshi himoya qilinmaganlik mavjud bo‘lganda tegishli tahdid bo‘lsa, unda risk ham mavjud bo‘ladi. 2. Tizim xavfsizlik siyosatini buzish uchun qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan, protseduralar, loyihadagi, amalga oshirishdagi, tizimni ichki nazorat qilishdagi xatolar yoki kamchiliklar keltirib chiqargan, tizim muhofaza vositalaridagi kamchilik. 3. Muhofazani yengib o‘tishga olib kelishi mumkin bo‘lgan, tizimning muhofaza vositalarini ishlab chiqish, amalga oshirish yoki boshqarishdagi yo‘qotishlar yoki vakolatlarni tayinlashdagi xato. 4. Aktivlar yoki boshqarish vositalarining bir yoki undan ko‘p tahdid foydalanishi mumkin bo‘lgan zaifligi. 5. Tizimning tahdid yuzaga kelganda, muhofaza qilinishi buzilishiga olib keladigan xususiyati. Zaiflik mos darajada loyihalanmaslik yoki to‘la sozlanmaslik tufayli tasodifan yuzaga kelishi yoki yomon niyat natijasi bo‘lishi mumkin. " Zaifliklar tahlili|"TCP- va UDP-portlarni skanlashni va tegishli servislar identifikatsiya qilinishini, operatsion tizimlarni masofadan identifikatsiya qilishni, tarmoq xizmatlarining zaif joylarini aniqlashni, shuningdek, tegishli hisobotlar ishlab chiqarishni o‘z ichiga oladigan faoliyat. " «Zangori» shovqin|"Spektral zichligi chastota o‘zgarishiga qarab chiziqli oshib boradigan shovqin. " «Zarang yaprog‘i» turidagi antenna|"O‘qqa nisbatan radial simmetrik bo‘lgan uchta yoki to‘rtta o‘xshash komplanar yopiq konturlardan iborat antenna. " Zarar|"1. Obro‘sizlantirish natijasida yuzaga kelgan zarar yoki ziyonning miqdoriy o‘lchovi. 2. Tizim komponentlaridan birining ochiq shikastlanishi yoki tizim komponentlarining ishlash qobiliyati yo‘qolgan holatga tushib qolishi, shuningdek, axborotning turli ko‘rinishda chiqib ketishi hamda tizim ba’zi fizik va mantiqiy xarakteristikalarining o‘zgarishi. " Zararlangan|"Noto‘g‘ri hisoblanadigan (disklar ishlashidagi yoki tarmoqdagi to‘xtalish sababli), shuningdek, nazorat summasi buzilgan ma’lumotlar ishdan chiqqan hisoblanadi. Ularning keyinchalik qo‘llanilishi, tabiiyki, mumkin emas. " Zararli dastur|"Apparat, dasturiy-apparat yoki dasturiy usulda amalga oshirilgan va biror-bir ruxsat etilmagan yoki jinoyatkorona harakatlarni bajarish uchun mo‘ljallangan dastur. Izoh – Zararli dasturlarga mantiqiy bomba, troyan oti, virus, qurt misol bo‘la oladi. " Zararli xalaqit|"Radionavigatsiya xizmati yoki boshqa xavfsizlik xizmatlari faoliyatiga xalal beradigan yoki sifatini sezilarli darajada yomonlashtiradigan, Radioaloqa reglamentiga muvofiq ishlaydigan radioaloqa xizmatlari faoliyatini qiyinlashtiradigan yoki bir necha marta to‘xtashiga olib keladigan xalaqit. " Zastavka, tizimning boshlang‘ich ekrani|"Odatda logotip, dastur versiyasi, mualliflik va/yoki litsenziya huquqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar saqlanadi. " Zaxira nusxa ko‘chirish serveri|"Fayllardan, har bir faylning ikkita nusxasi har doim mavjud bo‘ladigan tarzda nusxa ko’chirish uchun mo‘ljallangan dasturiy ta’minot yoki apparat vositalar. " Zaxiralash|"1. Ma’lumotlarni uzatish vaqtida xatolarni aniqlash yoki ularni avtomatik tarzda to‘g‘rilash imkonini beradigan ortiqcha bitlarni kiritish. 2. Ishga yaroqsiz element funksiyalarini avtomatik tarzda doimo tayyor holatda bo‘lgan zaxira elementiga uzatuvchi o‘ta muhim tizim elementlarining takrorlanishi. " Zaxiralash tarkibi (to‘plami)|"Zaxira nusxani tashkil qiladigan fayllar majmui. " Zaxiralash tartiboti|"To‘xtab qolish yoki avariyadan keyin ma’lumotlarning qayta tiklanishini ko‘zda tutuvchi tartibot. Masalan, zaxira fayllarni yaratish. " Zayom|"Operandlar (razryadlar) raqamlarining farqi manfiy bo‘lganda, protsessorning chiqarib tashlash (ayirish) operatsiyalarida bayroqni shakllantirishi. " Ziddiyatsizlik|"Ikki yoki undan ko‘p mantiqiy obyekt orasidagi bog‘langanlik xarakteristikasi, ular orasida qandaydir ochiq ziddiyatlar yo‘qligini ko‘rsatadi. " «Zip» arxivatori|"Shaxsiy kompyuterlar uchun mo‘ljallangan ommaviy fayllar arxivatorlaridan biri. Internetda keng tarqalgan arxivlar formati. Arxivlangan siqilgan fayllar odatda, «zip» kengaytmasiga ega bo‘ladi. " Zich bufer|"Har bir tola diametri 900 mikrongacha bo‘lgan termoplastik himoya qobig‘i bilan zich o‘raladigan kabel konstruksiyasi. U orqali tola chegaraviy tortish kuchining yuqori ko‘rsatgichiga erishiladi, bu esa montaj, ekspluatatsiya qilish va ulanishlar bajarilishining pishiqligi hamda ishonchliligini taʼminlaydi. " Zich to‘lqinli multipleksorlash|"Kanallar o‘rtasida 100 GHz va undan kam bo‘lgan masofa bilan 16 gacha va undan ko‘p multipleks kanallarini tola bo‘ylab uzatish imkonini beradigan 1550 nm oynada kanallarni zich joylashtirish texnologiyasi. Izohlar 1. DWDM texnologiyasi 2,5 Gbit/s dan 160 Gbit/s gacha tezlik bilan keng polosali signalni uzatish imkonini beradi. 2. SDH va DWDM texnologiyasi o‘tkazish qobiliyati bo‘yicha 2,5 Gbit/s dan 10 Gbit/s gacha uzatish tezligi diapazonini qoplash imkoniyatiga ega bo‘lgan o‘zaro to‘ldiruvchi texnologiyalar hisoblanadi. " Zombi kompyuteri|"Uchinchi shaxslar tomonidan egasining xabarisiz yopiq yoki tijorat tarmog‘i (masalan, Internet)ga kirish, hisoblash resurslaridan foydalanish (klasterizatsiya), spam jo‘natish va h.k. uchun ishlatilayotgan tarmoqdagi kompyuter. Jo‘natma kompyuter egasining xabarisiz amalga oshiriladi. Zombi kompyuterlaridan, shuningdek, ochiq proksi ishlatiladigan maqsadlarda ham foydalaniladi. " Zona|"1. Umumiy tarzda bu atama makon va zamondagi har qanday berilgan soha yoki uchastkani bildiradi, masalan, aloqa tizimi qamrab oladigan geografik hudud, signallar fazasining chastotaviy sohasi, xotira uchastkasi va b.lar. 2. Hududning, ichida ma’lum ish sharoitlari ta’minlanadigan qismi. 3. Global tarmoqlarda – yirik tarmoqning quyi (kichik) tarmog‘i. Macintosh muhitida, serverlar va printerlar kabi tarmoq resruslarini izlashni osonlashtiradigan tarmoq komponentalarining mantiqiy birlashishi. DNS ma’lumotlar bazasida DNS serveri bilan boshqariladigan, ma’lumotlar bazasini boshqaruvchi birlik. " Zona bo‘yicha qayd qilish|"Avtonom qayd qilish usuli, unda mobil stansiya xizmat ko‘rsatish zonasiga har bir kirishda qayd qilinadi. Izoh − Bunday qayd qilish usulida mobil stansiyaning tezkor xotira qurilmasida ruxsat etilgan aloqa zonalarining ro‘yxati bo‘lishi shart emas. " Zona kodi|"Geografik zona kodi. DVD-disklar bilan ishlashni va ularga cheklovlar qo‘yishni yengillashtirishga mo‘ljallangan. Bundan tashqari telekommunikatsiyada shahar kodining boshida bo‘lgan uchta raqamdan iborat kod bo‘lib, aholi yashash punkti joylashgan hududni ifodalaydi. " Zummerlash|"1. Obyektivning fokus masofasini o‘zgartirish tufayli tasvirning o‘lchamini kattalashtirish yoki kichraytirish. 2. Ekranda obyektni kattalashtirish yoki kichraytirish. " Zveno; trakt|"Aloqa tizimining yoki ketma-ketlikdagi bir nechta uchastkadan iborat bo‘lgan, boshdan oxir daxldorlikdagi birikmaning bir qismi. " Zveno-viruslar|"Dastur kodini o‘zgartirmaydigan, balki operasion tizimni zararlangan dastur diskida joylashgan manzilni o‘z manziliga o‘zgartirgan holda, o‘zining kodi bajarilishiga majbur qiladigan viruslar. Virus kodi bajarilgandan so‘ng, boshqarish odatda, foydalanuvchi tomonidan chaqiriladigan dasturga beriladi. " Zvenogo kira olish tartiboti|"«D» kanali uchun maʼlumotlar uzatish zvenosiga kira olish protokoli. OSI ning 2-pog‘onasi protokoli. «Nuqta-nuqta» rejimida ISDN ikki qo‘shni uzel o‘rtasida bog‘lanish o‘rnatilishida foydalaniladi. O‘ " «O‘limni anglatuvchi ko‘k ekran»|"Windows operatsion tizimidagi o‘ta jiddiy xato to‘g‘risida xabar. Ish jarayonini faqat kompyuterni qayta yuklabgina tiklash mumkin. " O‘n oltili sanoq tizimi|"Asosi 16 bo‘lgan (0-9 raqamlari va A, B, S, D, E, F) sanoq tizimida sonlarni aks ettirish. " O‘ng stereoskopik televizion tasvir|"O‘ng ko‘zga stereoskopik televideniye vositalari orqali taqdim etilgan alohida tasvir. " O‘nli sanoq tizimi|"Hozirda qabul qilingan sanoq tizimi. Unda 0 dan 9 gacha bo‘lgan raqamlardan foydalaniladi. Uning har bir razryadi 10^n ga teng. " O‘nlik tabulyatsiya belgisi|"O‘nlik nuqtali jadvalda sonlarning tartiblanishini ta’minlaydigan belgi. " O‘q bo‘ylab nurlatishga teskari antenna|"Odatda, antenna ko‘zgusining fokusida joylashgan, markaziy nurlagichli o‘qqa nisbatan simmetrik antenna. " Oʻqdosh (koaksial) antenna|"Bir nechta bir-biriga parallel va bitta gorizontal tekislikda joylashgan yarim toʻlqinli vibratorlar, ularning orasidagi masofa gorizontal tekislikdagi toʻlqin uzunligining yarmiga teng. " O‘qib bo‘ladigan|"Obyekt (fayl, disk va sh.k.)larning mazmunini o‘qish imkonini tavsiflaydigan xususiyat. " O‘qib bo‘linganni bo‘shatish|"Diskdan foydalana olishni optimallash usuli, o‘qib bo‘lingan bloklarning nusxalari saqlangan asosiy xotira keyingi bloklarni hisoblashda avtomatik tarzda bo‘shatiladi. " O‘qitadigan (o‘rgatadigan) dastur|"Diskda yozilgan interaktiv darslar to‘plami yoki elektron darslik ko‘rinishida taqdim etilgan muayyan materialni o‘rganish uchun mo‘ljallangan dasturiy vositalar. " O‘qitish tizimi|"Foydalanuvchilarni o‘qitib o‘rgatish uchun mo‘ljallangan tizim. Sunʼiy tafakkur va bilimlar bazasini ishlatishga asoslanadi. Asosiy masala foydalanuvchilarning tayyorgarlik darajasiga va ularning olingan axborotni o‘zlashtirishiga qarab, bilimlarni samarali uzatishdir. Muxtor (ayrim shaxsiy kompyuterlarda ishlaydigan) va tarmoq (Internet serverlarida joylashgan) taʼlim tizimlari farqlanadi. O‘qitish tizimi g‘oyalarining rivojlanishi masofadan o‘qitishning tarmoq vositalari yaratilishiga olib keldi. " O‘qish|"Tashqi xotira qurilmalaridagi ma’lumotlarni tezkor xotiraga qaytadan yozish jarayoni. Bunda tashqi qurilmadagi ma’lumotlar saqlanadi. " O‘qish uchun ruxsat|"Ma’lumotlarni o‘qish uchun ruxsat beradigan foydalana olish huquqi. " O‘qishdan ilgarilab ketish|"Faylning navbatdagi bloki bilan birga asosiy xotirada va bir nechta keyingi bloklarda o‘qiladigan diskdan foydalana olishni optimallash usuli. " O‘qishdan muhofaza qilish|"Ma’lumotlarni o‘qish uchun faylga murojaat qilishning taqiqlanishi. Faqat ma’lumotlarni yozishga ruxsat etiladi. " O‘qqa simmetrik parabolik antenna|"O‘qqa simmetrik parabolik ko‘zgu ko‘rinishidagi, uning F fokusida joylashgan nurlagichli antenna. " O‘quv televideniyesi xizmati|"Asosan, ta’limda foydalaniladigan mikroto‘lqinli, o‘ta yuqori chastotali televizion eshittirish usuli. " «O‘quvchilar-yozuvchilar»|"Jarayonlarning o‘zaro hamkorlik sxemasi, bunda umumiy resurs va jarayonlarning ikkita: o‘quvchilar (resursni faqat o‘qishlari mumkin, lekin uni o‘zgartira olmaydilar) va yozuvchilar (resursni o‘zgartiradilar) guruhlari mavjud. Har bir onda resurs bilan bir nechta o‘quvchilar (resurs yozuvchilar tomonidan o‘zgartirilmaganda) ishlashlari mumkin, lekin bitta yozuvchidan ko‘p bo‘lmasligi kerak. " O‘ralgan juft|"Bir-biriga o‘ralgan va simmetrik uzatish liniyasini hosil qiluvchi izolyatsiyalangan ikkita sim. O‘rashda simlar bir-biriga nisbatan qandaydir burchak ostida bo‘ladi, bu ular o‘rtasidagi sig‘im va induktiv bog‘lanishni pasaytiradi. Bundan tashqari, o‘ralgan juft bo‘lagining simmetrik bo‘lishi uning to‘g‘rilashlarga, birinchi galda, differensial xalaqitlarga sezgirligini pasaytiradi. O‘rash qadami qancha kichik bo‘lsa, har tomonlama xalaqitlarning darajasi shuncha past, biroq, kabelning uzunlik bo‘yicha so‘nishi va signalning tarqalish vaqti shuncha katta bo‘ladi. " O‘ram|"Ma’lumotlarni, ularni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan standart shakldan, saqlash va aloqa kanallari orqali uzatish uchun ixcham holda taqdim etiladigan shaklga o‘zgartirish jarayoni. Bu operatsiyani turli algoritmlar va turli siqish koeffitsiyentlari bilan amalga oshiradigan ko‘plab dasturlar mavjud. Joylashtirish mustaqil operatsiya, lekin arxivlashda ham foydalanilishi mumkin. Ba’zan, arxivlash yoki siqish deb ataladi. " O‘ramli almashlash|"Ma’lumotlar ikki o‘lchamli matritsada hisoblab chiqiladigan va matritsaning har bir qatori uning matritsasidagi pozitsiyasiga muvofiq vaqt bo‘yicha kechikadigan almashlash usuli. Matritsadan ma’lumotlar bloklarini hisoblab chiqishda ularning tartibi o‘zgarishi sodir bo‘ladi. " O‘rgatuvchi ketma-ketlik|"Radioto‘lqinlar tarqalish kanalining xarakteristikalarini baholash uchun ishlatiladigan ketma-ketlik. O‘rgatuvchi ketma- ketlikning belgilari, odatda kadr o‘rtasida joylashadi. " O‘rgimchak|"Tarmoqni doimiy ravishda kezib veb-sahifalardan axborot yig‘ib yuruvchi (ularni indekslovchi) maxsus dastur (izlash roboti, avtomati, agenti, o‘rgimchak, qurt). Odatda «o‘rgimchak» o‘z eʼtiborini hujjat tavsifiga va sarlavhalarga qaratadi, baʼzan hujjat matnini ko‘rib chiqadi va qaysi so‘zlar va iboralar kalitli ekanligini tushunishga harakat qiladi. " O‘rnatilgan dasturiy ta’minot|"Dasturiy ta’minotning turkumi, bu turkumga tayanch kiritish chiqarish tizimi (BIOS), sozlovchi monitor, kiritiladigan testlar, kiritiladigan interpretator va maxsus ilovalar kiradi. " O‘rnatilgan dasturiy ta’minot auditi|"Tashkilotning barcha kompyuterlarida o‘rnatilgan dasturiy ta’minotning qonuniyligini, ishlash qobiliyatini, muntazam tekshirish, shuningdek, dasturiy ta’minotni kuzatib borish va foydalanuvchilarni texnik qo‘llab-quvvatlash. " O‘rnatilgan kompyuter|"Hisoblash tizimining uzeli sifatida foydalaniladigan kompyuter. " O‘rnatilgan operatsion tizim|"Printerlar, kassa apparatlari va boshqa tashqi qurilmalarga o‘rnatiladigan oddiy operatson tizim. U tashqi qurilmaning tarmoqqa bog‘lanishini ta’minlaydigan mikroyadro va funksional bloklardan iborat. " O‘rnatilgan qurilma|"Axborotni olish mumkin bo‘lgan joyga (shu jumladan to‘siqqa, konstruksiyaga, uskunaga, interyer predmetiga, transport vositalariga, shuningdek, axborotni qayta ishlash texnik vositalariga va tizimiga) yashirin joriy qilinadigan (qo‘yiladigan yoki kiritiladigan) axborotni olish vositasining elementi. " O‘rnatilgan tezkor xotira qurilmasi|"Mikrokontoller mikrosxemasi ichiga oʻrnatilgan tezkor xotira qurilmasi. " O‘rnatilgan tizim|"Boshqa uskuna bilan birga ishlaydigan va u bilan bitta konstruksiyada yoki berilgan uskuna ichida joylashtiriladigan kompyuter tizimi. " O‘rnatilgan xotira|"Mikroprotsessor mikrosxemasiga, masalan, grafik tezlatgichga o‘rnatilgan xotira. " O‘rnatilgan shrift|"Printerning doimiy xotira qurilmasida saqlanadigan shrift. " O‘rnatish, installyatsiya|"Foydalanuvchi-odam tomonidan bajariladigan, BOni qo‘llaniladigan muhitga o‘rnatish hamda uni ishchi holatga keltirish jarayoni. Izoh – Bu jarayon odatda, faqat bir marta BOni qabul qilgandan va olingandan keyin bajariladi. " O‘rnida yo‘q abonentlar xizmati|"Kiruvchi chaqiruvlarga avtomatik javob berishni amalga oshiruvchi va chaqiruvlar mazmunini yozib olish imkoniga ega bo‘lgan xizmat. " O‘rniga qo‘yish|"1. Bitlar yoki simvollar ketma-ketligi boshqa bitlar yoki simvollar ketma-ketligi bilan almashtiriladigan shifrlash. Izoh – Olingan shifrmatn o‘rniga qo‘yish shifri deb ataladi. 2. Bir blokni boshqasiga bilan almashtirish bilan bog‘liq va ma’lum koddan foydalanuvchi kriptografik operatsiya. " O‘rnini bosish|"Kriptotizim yoki autentifikatsiya qilish tizimidagi hujum turi. Bunda xabar yodda saqlanadi va boshlang‘ich xabarning o‘rnini bosgan yoki takrorlagan holda, keyinroq yana uzatiladi. " O‘rnini (tartibini) almashtirish|"1. Ma’lumotlar blokidagi ayrim bitlar yoki simvollarning o‘tish tartibini o‘zgartirish bilan bog‘liq kriptografik operatsiya. 2. Bitlar yoki belgilar ma’lum sxema bo‘yicha almashtiriladigan shifrlash. Izoh – Olingan shifrmatn o‘rnini almashtirish shifri deb ataladi. " O‘rta balandlikdagi Yerga yaqin orbita|"9000 km dan 13000 km gacha bo‘lgan balandlikda joylashgan doiraviy orbita. Orbitada 8-12 ta yo‘ldosh mavjud bo‘lganda, Yer yuzasining uzluksiz global qamrab olinishi ta’minlanadi. " Oʻrta toʻlqinlar|"Toʻlqin uzunligi 1000 m dan 100 m gacha boʻlgan radiotoʻlqinlar, MF (0,3-3 MHz) chastotalar diapazoniga toʻgʻri keladi. " O‘rtacha chastotalar|"0,3 MHz dan 3 MHz gacha diapazonda yotadigan chastotalar sohasi. Bu chastotalarga oʻrta toʻlqinlar mos keladi (λ = 100-1000 m). " O‘rtachalash koeffitsiyenti (o‘rtachalash)|"Impuls davomiyligining, ikki qo‘shni impulslar o‘rtasidagi intervalning davomiyligiga nisbati. " O‘rtachalashtirilgan fikr ko‘rsatgichi|"Nutq tushunarliligining o‘rtacha ekspert bahosi. Nutq sifatini subyektiv testlash usuli. Nutq kodeklarining xarakteristikalarini taqqoslash uchun foydalaniladi. Bunda tinglovchilar besh balli tizim bo‘yicha baho qo‘yadilar. MOS natijalovchi bahosi katta sondagi baholashlar uchun o‘rtacha arifmetik sifatida hisoblab chiqariladi. " O‘sib boruvchi tizim|"Yangi xizmatlarning kiritilishi mavjud aloqa xizmatlarining minimal o‘zgarishlari bilan kechadigan, qurilmalarning qo‘shilishi esa, amaldagi arxitektura chegarasi ichida amalga oshadigan tizim. " O‘simlik qoplamidagi so‘nish|"Yer sirtidagi o‘simlik qoplamida radioto‘lqinlarning susayishi diffuziya xarakteriga ega. Izoh ‒ Radioreleli trassada o‘simliklar mavjud bo‘lgan nisbatan uncha katta bo‘lmagan uchastkalarda, masalan, tekis joydagi o‘tli qoplam qaytish koeffitsiyentini jiddiy o‘zgartirishi va radioto‘lqinlarning tarqalish sharoitlariga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. " O‘ta aktiv axborot tizimi|"Kodlovchi va dekodlovchi qurilmalarni har xil materialli obyektlar sifatida ifoda etadigan axborot tizimi. " O‘ta katta integral sxema|"Elementlar soni juda katta (50 mingdan 100 minggacha) bo‘lgan integral sxema. " O‘ta kuchlanishdan himoyalash|"Apparaturaning o‘ta kuchlanishdan himoya qilinishini taʼminllaydigan gaz-razryad lampalar, yarimo‘tkazgichli varistorlar va boshqa asboblardan foydalanish. " O‘ta uzun ketma-ketlik|"Yuqori kriptobardoshlilik va o‘ta uzun takrorlanish davriga ega psevdotasodifiy ketma-ketlik. " O‘ta yuqori chastotalar|"Santimetrli to‘lqinlarni qamrab oluvchi, 3 GHz dan 30 GHz gacha bo‘lgan radiochastotalar sohasi. O‘ta yuqori chastotalar diapazonidan asosan, radiolokatsiyada, radioaloqada, shuningdek radiospektroskopiyada foydalaniladi. " O‘ta yuqori chastotalarni uzatish liniyasi|"Elektromagnit tebranishlarning tarqalish sohasini chegaralovchi va o‘ta yuqori chastotali elektromagnit energiyali oqimni berilgan yo‘nalishda yo‘naltiruvchi qurilma. " O‘ta yuqori chastotali kirish, O‘YuCh-kirish|"Signallarni konvertor chiqishidan qabul qilish uchun mo‘ljallangan kirish ajratgichi. " O‘tish|"1. Holat yoki ish rejimining almashinishi, masalan, bo‘sh liniyaning egallagan holatga almashinishi. 2. Ko‘ndalang kesimi turlicha bo‘lgan ikkita to‘lqin o‘tkazgichni ulash yoki to‘lqin o‘tkazgichli va koaksial uzatish liniyalarini biriktirish uchun xizmat qiladigan element. " O‘tish nuqtasi|"1. Yassi, pol ostidan o‘tadigan kabel terminal yoki shkafdan keladigan oddiy dumaloq telekommunikatsiya simlari yoki kabellari bilan ulanadigan joy. 2. Gorizontal kabel tizimidagi kabelning shakli o‘zgaradigan, masalan, yassi kabel dumaloq kabel bilan yoki elementlari soni turlicha bo‘lgan kabellar bilan ulanadigan joy. " O‘tishdagi kesishuvchan xalaqitlar|"Bir signal yo‘nalishini boshqa biriga elektromagnit to‘g‘rilash keltirib chiqaradigan shovqin va xalaqitlar. Ularning xarakteristikalari odatda detsibelda ifodalanadi. " O‘tishdagi so‘nish|"Signalni bir zanjirdan boshqasiga uzatishda vujudga keladigan quvvat yo‘qotishlari. So‘nishlar odatda, quvvat birligida ifodalanadi. " O‘tkazgich|"1. O‘ralgan juft hosil qilishda foydalaniladigan yoki erga ulash simi sifatida qo‘llaniladigan, alohida izolyatsiyalangan bitta simli mis o‘tkazgich. 2. Kataloglar tizimida navigatsiya vositasi (hujjatlar, rasm ko‘rinishidagi axborot va fayllarni boshqarish) yoki boshqaruv pulti. " O‘tkazib yuborish|"Bitta yoki bir nechta pozitsiyalardan sakrab o‘tishni anglatuvchi harakat. " O‘tkazish koeffitsiyenti|"Modda qatlamidan chiqqan nurlanish oqimining, unga tushayotgan nurlanish oqimiga nisbati. " O‘tkazish polosasi|"Uzatuvchi kanalning chastotalari diapazonida eng baland va eng past chastotlar o‘rtasidagi gerslarda ifodalangan farq – chastotalar diapazonining o‘tkazish polosasi kengligi. Bu atama bilan ko‘pincha kompyuter tarmog‘i bo‘yicha ma’lumotlar uzatishning yuqori qismi belgilanadi. " O‘tkazish qobiliyati|"1. Blokdagi (masalan, LAPD kadrdagi manzilli maydon va qiyoslash kombinatsiyasining maydoni o‘rtasida) va birlik vaqtda bog‘lanish seksiyasi orqali bir yo‘nalishda muvaffaqiyatli uzatiladigan ma’lumotlardagi bitlarning soni. 2. Ma’lumotlar uzatish tizimi orqali o‘tishi mumkin bo‘lgan axborotning chegaraviy yo‘l qo‘yilgan hajmi. 3. O‘rta va cho‘qqi tezlik bilan tavsiflanuvchi tarmoqdagi paketlarni uzatish tezligi. " O‘tkazish qobiliyati, sig‘im|"1. Vaqt birligi ichida kanal yoki tizim orqali uzatilishi mumkin bo‘lgan axborot birligining maksimal miqdorini belgilovchi ko‘rsatgich. Kanalning o‘tkazish qobiliyati fundamental nazariy tushuncha bo‘lib, kanalning mavjud imkoniyatlarini belgilaydi. Tizimning o‘tkazish qobiliyati – bu amalga oshirish murakkabligi va qiymati hisobga olingan uzatish tezligini belgilovchi texnik xarakteristikadir. 2. Xotira qurilmasida saqlanishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarning maksimal miqdori. Sig‘im baytlarda, bitlarda, kodli so‘zlar sonida o‘lchanishi mumkin. " O‘tkazishga moyillik|"Impuls signali takrorlanish davrining yakka impuls davomiyligiga nisbati. " O‘tkazmaslik|"Kabel qobig‘i orqali yuz beradigan energiya yo‘qotishlaridan himoyalanganlik. " O‘tuvchi antenna panjarasi (linzali antenna panjarasi)|"Fazoviy qo‘zg‘atilishga ega, yoki fazoviy va fider qo‘zg‘atilishdan iborat antenna panjarasi, unda radioto‘lqinlarni birlamchi nurlagichdan bitta nurlantiruvchi element bilan, fazoga nurlanish esa boshqa nurlantiruvchi elementlar bilan amalga oshiriladi. " O‘xshashlik|"Tanib olinayotgan va ayrim etalon obyektlar o‘rtasida, qator o‘ziga xos belgilarga ko‘ra, moslikning o‘rnatilishi. " O‘yin|"Ilmiy tushuncha, qayerda ishlatilishiga bog‘liq ravishda turli ma’noga ega bo‘ladi. " O‘yin plansheti|"Kompyuter o‘yinlarini boshqarish uchun mo‘ljallangan, planshet ko‘rinishidagi qurilma. Planshetda dasturlashtiriladigan tugmalar, kursorni boshqaradigan 4 yoki 8 pozitsiyali ko‘rsatgich, mikrojoystiklar, yurgizgichli regulyatorlar va sh.k. joylashtirilishi mumkin. " O‘yin porti|"Kompyuterga o‘yinlarni boshqarish uchun, joystik yoki boshqa qurilmani ulaydigan ajratgich (raz’yom). " O‘yma|"Oldindan tanlangan geometrik shаklning, unda boshqa tasvir qayta tiklanadigan kichik qismi. " O‘z mamlakati chegarasidan chiqib ketilganda barcha kiruvchi chaqiruvlarni taqiqlash|"Mobil abonent o‘z mamlakatining MAT chegarasidan tashqariga ko‘chib o‘tganda, barcha MAT va istalgan mamlakatning bog‘langan TFOP/ISDN kiruvchi chaqiruvlarini qabul qila olmaydigan xizmat. Izoh – Abonent o‘z mamlakatida bo‘lganda, taqiq amal qilmaydi. " O‘z mamlakatining MAT chaqiruvidan tashqari barcha chiquvchi xalqaro chaqiruvlarni taqiqlash|"Mobil abonentga chiquvchi chaqiruvlarni faqat o‘zining MAT va bundan tashqari, o‘z mamlakatining MAT abonentiga jo‘natish imkonini beradigan xizmat. Izoh – Abonent o‘z mamlakatida bo‘lganda, u chaqiruvlarni faqat o‘z hududidagi MAT abonentlariga jo‘natishi mumkin. Mobil abonent, barcha kiruvchi chaqiruvlar taqiqlanganda, kiruvchi chaqiruvlarni qabul qilmasligi mumkin. " «O‘z qo‘liga topshirilsin» belgili pochta jo‘natmasi|"Jo‘natuvchi topshirayotganda pochta aloqasi operatori yoki provayderiga shaxsan adresatga topshirish topshirig‘ini beradigan, ro‘yxatga olinadigan pochta jo‘natmasi. " O‘zaro aloqada ishlash sohasi|"Axborot tizimlari o‘zaro ishlashini taʼminlovchi funksional bloklarning shajaraviy guruhi. O‘zaro taʼsir sohasi bir birining ustiga joylashgan pog‘onalar guruhiga bo‘linadi. Ochiq tizimlarning o‘zaro aloqada ishlashining asosiy etalon modeli OSI yettita pog‘onani ajratadi. " O‘zaro autentifikatsiya qilish|"Autentifikatsiya protsedurasi, unda mobil va bazaviy stansiyalarning ro‘yxatdan o‘tkaziladigan ma’lumotlarini tekshirish bir vaqtda amalga oshiriladi. " O‘zaro bartaraf qilish|"Kritik seksiyaning bajarish rejimi, bunda har bir vaqt onida bittadan ko‘p bo‘lmagan parallel jarayonlar uni bajarishi mumkin. " O‘zaro billing|"Chiquvchi trafik yuzasidan radiokompaniyalar yoki simli aloqa operatorlari o‘rtasida amalga oshiriladigan o‘zaro hisob-kitoblar. " (O‘zaro bog‘langan) rang temperaturаsi|"Rangi bir xil yorqinlikdagi va ma’lum kuzatish sharoitlarida shu stimulning rangiga yanada yaqinroq bo‘lgan qora jism ko‘rinishidagi nurlanish temperaturasi. " O‘zaro korrelyatsion funksiya|"Signallar ansamblining (to‘plamining) korrelyatsion xossalarini tavsiflovchi xarakteristika. Miqdor jihatidan, signallardan birining vaqt bo‘yicha siljitilgan boshqa bir signalning nusxasiga ko‘paytmasi sifatida aniqlanadi. " O‘zaro ta’sir kanali|"Interaktiv televideniyeda – abonent va interaktiv xizmatlar provayderi o‘rtasidagi ikki yo‘nalishli kanal. " O‘zaro ta’sir qiluvchi (birgalikdagi) jarayon|"Boshqa jarayonlarni bajarishga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan yoki ularning ta’sirini sinash jarayoni. " O‘zbekiston davlat xizmatlari portali|"Ma’lumot beradigan-axborot Internet-portal (sayt). Yuridik va jismoniy shaxslarning O‘zbekistondagi davlat xizmatlari, davlat muassasalari, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qatnashadigan tashkilotlarning xizmatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanishini ta’minlaydi, shuningdek, elektron shaklda davlat xizmatlarini taqdim etish. " O‘zbekiston kompyuter hodisalariga chora ko‘rish xizmati|"Qar.: UZ-CERT. " O‘zbekiston Respublikasi pochta markalarining katalogi|"O‘zbekiston Respublikasida qo‘shimcha maʼlumotlar bilan chiqarilgan pochta markalarining xronologik ro‘yxatini o‘zida ifodalovchi maʼlumotnoma nashri. " O‘zbekiston Respublikasining maxsus xotira shtempellari izlarining katalogi|"Muhim sanalar yoki buyuk voqealar munosabati bilan chiqarilgan maxsus xotira shtempellari izlarining xronologik ro‘yxatini o‘zida ifodalaydigan maʼlumotnoma nashri. " O‘zgarish|"Faylga kiritilgan har qanday o‘zgartirishlar yoki sozlashlar. " O‘zgarishlar jurnali|"Fayl, loyiha yoki tizimda ro‘y bergan barcha o‘zgarishlar qaydnomasi. Odatda, tizimni oldingi holatiga qaytarish imkoniga ega bo‘ladi. " O‘zgarishlarni nazorat qilish|"Kompyuter tizimiga yoki tizim ma’lumotlariga yoki ham unisiga, ham bunisiga nisbatan amalga oshiriladigan o‘zgarishlarni boshqarish uchun qo‘llaniladigan protseduralar va mualliflashtirish huquqlari belgilanadigan jarayon. " «O‘zgarmas» ochiq joy|"Matn protsessorlarida ‒ formatlashda uzaytirilmaydigan ochiq joy. Matn protsessori harf sifatida qabul qiladi, shuning uchun so‘zlar shunday ochiq joylar bilan ajratilgan tarkibiy xususiy nomlar qo‘shni satrlar o‘rtasida bo‘linmaydi. " O‘zgarmas yorqinlik bilan uzatish|"Rangli televideniyeni uzatish usuli, bunda quyi eltuvchidagi ranglilik signali tiklanadigan tasvirning rangliligini uning yorqinligiga ta’sir etmagan holda boshqaradi, yorqinlik esa monoxrom signal orqali boshqariladi. Asosiy uzatish ranglari sifatida asosiy yorqinlik rangidan va ikkita asosiy ranglilik rangidan foydalaniladigan uzatish turi. " O‘zgartirgich|"Signallarni bir ko‘rinishdan boshqasiga (masalan, ketma-ketdan parallelga yoki analog ko‘rinishdan diskret ko‘rinishga) aylantirish qurilmasi, shuningdek, signallarni bir chastotadan boshqasiga o‘tkazish. " O‘zgartirilgan|"Biror yangi ma’lumot qo‘shilgani yoki o‘zgartirish kiritilgani to‘g‘risida ma’lumot beruvchi holat. " O‘zgartirish|"Avtomatlashtirilgan tizim fayllaridagi yoki ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlarning mualliflashtirilmagan tarzda o‘zgartirilishi, foydalaniladigan dasturlar algoritmlarining ba’zi bir qo‘shimcha, ruxsat etilmagan tarzda qayta ishlashni bajarish maqsadida, o‘zgartirilishi. " O‘zgartirish bilan guruhli kodlash|"Signalning har bir diskret sanoqlaridan shu sanoqlar to‘plamidan ma’lum chiziqli kombinatsiyalarni birgalikda uzatish. " O‘zgartirish bilan kodlash|"Manbani kodlash usuli, bunda har bir kadr kichik kadrlarga ajratiladi, har bir kichik kadr ustida liniyaviy o‘zgartirish amalga oshiriladi va natijalovchi signal keyin raqamli signalga aylantiriladi. Izoh – Keng tarqalgan o‘zgartirish bilan kodlash turi bo‘lib, diskret o‘zgartirish, ko‘pincha DKO‘ hisoblanadi, buning natijasida signal bitreytini pasaytirish maqsadida kvantlangan va kodlangan koeffitsiyentlarning ketma-ketligi hosil qilinadi. " O‘zgartirish klavishlari|"Shift, Alt va Ctrl klavishlari. Ular o‘zlari biror belgini ko‘rsatish uchun mo‘ljallanmagan bo‘lsada, boshqa klavishlar ishlash tartibini o‘zgartira oladi. " O‘zgartirishrga bo‘lgan ma’qullangan so‘rov|"O‘zgartirishga bo‘lgan, o‘zgartirishlarni boshqarishning bir butun yaxlit jarayoni yordamida qayta ishlangan va ma’qullangan so‘rov. " O‘zgaruvchan attenyator|"Kiritiladigan so‘nishni rostlaydigan attenyator. " O‘zgaruvchan tezlik bilan adaptiv kodlash|"Nutq chastotalar diapazonida signalni siqish uchun maxsus mo‘ljallangan, tovushli fayllarni kodlash formati. Izoh − Yevropa telekommunikatsiyalarni standartlashtirish instituti (ETSI) tomonidan standartlashtirilgan. " O‘zgaruvchan tezlikli kod|"Kodli qism bloklarning uzunligi vaqt bo‘yicha o‘zgaradigan, axborot qism bloklarining uzunligi doimiyligicha qoladigan yuqori aniqlikdagi kodlarni tavsiflashda qo‘llaniladigan kod. " O‘zgaruvchan uzunlikdagi so‘z bilan kodlash|"Paydo bo‘lish ehtimoli yuqori bo‘lgan signal qiymatiga qisqa kodli so‘zlar, paydo bo‘lish ehtimoli past bo‘lgan signal qiymatiga uzun kodli so‘zlar belgilanadigan entropiyaviy kodlash turi. " O‘zgaruvchi|"Dasturlash tili obyekti. Algoritmik tillarda o‘zgaruvchi – bu, xotiraning nomlangan qismidir. Xotiraning bu qismiga o‘zgaruvchining turli qiymatlari joylashtirilishi mumkin, lekin har bir vaqt onida bu yagona qiymat bo‘lishi kerak. " O‘zgaruvchini bog‘lash|"O‘zgaruvchiga qiymatlar berilishi. " O‘zi fazalanadigan antenna panjarasi|"Har bir element traktida signallarning bog‘liq bo‘lmagan fazalanishi hisobiga nurlantiruvchi to‘lqinning kelish yo‘nalishidan qat’i nazar, uning alohida elementlari bilan qabul qilingan signallarning sinfaz qo‘shilishi amalga oshiriladigan antenna panjarasi. " O‘zini-o‘zi kodlash|"Axborotni, kalit sifatida axborotning o‘zidan foydalanib, kodlash. " O‘zini-o‘zi testlash tizimi (dasturi)|"Doimiy xotira qurilmasidagi, kompyuter ta’minoti ulangan holatda, operatsion tizim, klaviatura, diskovod va sh.k.larni testlash bajariladigan mikrodastur. " O‘zlashtirish|"Boshqa uyaga doimiy asosda ajratilgan tarmoq resurslari (masalan, chastota kanallari)dan vaqtincha foydalanish. " O‘zlashtirma (tutib olingan) kanal|"1. Xizmat axboroti vaqtincha uzatib turiladigan axborot kanali. Izoh − TETRA standartida bunday kanal shoshilinch chaqiruvlarni uzatish uchun tashkil etiladi. 2. Radiotarmoqning ish jarayonida axborotli simvollarning uncha katta bo‘lmagan qismini boshqaruv kanallari va xizmat simvollariga almashtirish yo‘li bilan tashkil etiladigan kanal. Izoh − Bunday almashtirish foydali signalning buzilishiga olib kelishi ayon, biroq bir qator holatlarda bunday buzilishlar oson, masalan, delta-modulyatsiyadan foydalanish yo‘li bilan bartaraf etiladi. " O‘z-o‘zidan mahkamlanadigan ajratgich|"Mikrosxema kontaktlarini qisish va bo‘shatish imkonini beradigan, maxsus dastakli ajratgich. Protsessorlarning xotira mikrosxemalarini o‘rnatish uchun uya sifatida foydalaniladi. " O‘z-o‘zidan sinxronlanuvchi oqimli kriptotizim|"Kalit oqimining har bir belgisi vaqtning istalgan onida shifrmatn oldingi belgilarining qayd qilingan soni orqali aniqlanishi bilan tavsiflanadigan oqimli kriptotizim. " O‘z-o‘zidan yuklash dasturi|"Operatsion tizimni yuklash uchun zarur bo‘lgan komandalarning minimal ko‘pligi. " O‘z-o‘ziga tutashuv|"Signal kommunikatsiya kanali bo‘yicha har ikki yo‘nalishdan o‘tib, uzatuvchi qurilmaga qaytadigan diagnostik test turi. " O‘z-o‘zini tekshirish imzosi|"Haqiqiyligi imzo qo‘yuvchi shaxsning roziligisiz istalgan vaqtda tekshirilishi mumkin bo‘lgan raqamli imzo. Bu toifaga ochiq kalitli istalgan raqamli imzo kiritilishi mumkin. " O‘g‘irlangan telefon bilan bog‘liq firibgarlik|"O‘g‘irlangan yoki yo‘qotilgan uyali telefondan, egasi uni yo‘qotgani to‘g‘risida xabar bergungacha, operator esa raqamni blokirovka qilgungacha, ruxsat etilmagan tarzda foydalanish. " O‘chirilgan|"Tizim ishlamayotgan holatdagi rejim. " O‘chirish|"Papka yoki faylni o‘chirish operatsiyasi. Qoida bo‘yicha operatsion tizimlarda o‘chirish operatsiyasi fayl tarkibidagi matnni emas, faqat jadvalda joylashgan fayl nomini o‘chiradi. Keyinchalik bu yerga boshqa axborot yozilmasa, faylni qandaydir qisman ehtimollikda qayta tiklash mumkin. Zamonaviy operatsion tizimlarda o‘chirilgan fayllar batamom o‘chib ketmaydi, balki ular qayta tiklash yoki umuman o‘chirib tashlash mumkin bo‘lgan «axlat qutisi»ga borib tushadi. Bu muhim axborotlar yo‘qolishining oldini oladi. " O‘chirish darajasi|"1. Yorqinlikning nazariy nolinchi darajasiga mos keladigan videosignal darajasi. 2. So‘ndiruvchi impulslarning yassi qismiga mos vaqtdagi videosignal darajasi. 3. To‘liq tasvir signalidagi, tasvir axboroti sohasini sinxronlash axboroti sohasidan ajratadigan, darja. " O‘chirish intervali|"Tasvirni o‘chirish amalga oshiriladigan vaqt intervali. Misol − Satr o‘chirish intervali, maydon o‘chirish intervali. G‘ " G‘alayonlanish|"Radioto‘lqinlar tarqalish sharoitlarining yoki atrof-muhit xarakteristikalarining to‘satdan o‘zgarishi, signalning parazit fluktuatsiyalari yoki shovqinlar oqibatida aloqa vositalari ishining buzilishi. " G‘araz niyatdagi chaqiruv|"Qandaydir do‘q-po‘pisa yoki ogohlantirish mazmunidagi, odatda, anonim chaqiruv. " G‘araz niyatdagi chaqiruvlarni identifikatsiyalash|"Abonentga, maxsus so‘rovga ko‘ra, yomon niyatdagi chaqiruv qilingan telefon raqamini aniqlash va shu raqam bilan bog‘liq ma’lumotlarni olish imkonini beradigan xizmat. Sh " Shablon|"Bir xil turdagi hujjatlarni vyorstkalash yoki kiritishda ishlatiladigan polosani tayyorlash uchun mo‘ljallangan shablon. " Shaffof foydalana olish|"Abonent o‘ziga kerakli resursning qayerda – aloqa kompyuterida, server yoki olisdagi uzelda ekanligini sezmaydigan foydalana olish. Ochiq rejimda aloqa turli liniyalar (yer usti, yo‘ldoshli) orqali amalga oshirilishi mumkin, shu bilan birga, bunday aloqa abonent uchun sezilmasdan qolishi lozim. " Shaffof interfeys|"Tutashuvchi dasturiy-apparat vositalarga o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritilishini talab qilmaydigan interfeys (foydalanuvchiga sezilmaydigan interfeys). " Shaffof tizim|"Foydalanuvchilarga va ilovalarga yagona kompyuter muhiti sifatida taqdim etiladigan taqsimlangan tizim. " Shaffoflik|"Taqsimlangan tizim foydalanuvchiga oddiy markazlashtirilgan tizim kabi taqdim etilishi kerak bo‘lgan tarmoqni tashkil qilishga bo‘lgan talab. " Shahar kirgichi (kirish yo‘li)|"Jamoat va xususiy tarmoqlarga xizmat ko‘rsatuvchi kabellarning (jumladan, antenna kirgichining) binoga kirish joyi, bino devoriga yoki xonagacha kirish nuqtasi yoki kirish xonasi bilan birgalikda. " Shahar (megapolis) tarmog‘i|"Global va lokal tarmoqlar o‘rtasida oraliq holatni egallaydigan aloqa tarmog‘i. Yirik shaharlar (megapolislar) hududiga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan. Yuqori tezlikli magistral optik-tolali aloqa liniyalari bunday tarmoqning asosi hisoblanadi. " Shahar pochta aloqasi bog‘lamasi|"Shaharlarda tashkil etiladigan pochta aloqasi bog‘lamasi. " Shahar pochta yo‘nalishi|"Bitta shaharning pochta aloqasi obyektlarini bog‘lovchi pochta yo‘nalishi. " Shahar telefon stansiyasi|"Shahar abonentlarining telefon aloqasini taʼminlovchi telefon stansiyasi. " Shahar zonasi abonenti|"Shahar hududi doirasida xizmat ko‘rsatiladigan abonent. Izoh − Aloqa ochiq fazodan ham, binolar ichkarisidan ham ta’minlanishi mumkin. " Shaharlararo aloqa liniyasi|"ATS hamda kanallarni kommutatsiyalash markazlarini o‘zaro bog‘lovchi ko‘p kanalli, yuqori o‘tkazish qobiliyatiga ega aloqa liniyasi. " Shaharlararo avtomatik telefon stansiyasi (ShATS)|"Zona ichidagi va shaharlararo bog‘lanishlar o‘rnatilishini taʼminlaydigan shaharlararo avtomatik telefon stansiyasi. " Shaharlararo (hududlararo) kommutatsiya markazi|"Hudud ichida va hududlararo telefon bog‘lanishlar o‘rnatilishini taʼminlaydigan uskunalar majmui. " Shaharlararo telefon tarmog‘i|"Telefon tarmog‘ining, shaharlararo telefon stansiyalari avtomatik kommutatsiya telefon uzellari hamda telefon tarmog‘i kanallarining majmuini o‘zida ifodalaydigan, ularni o‘zaro bog‘laydigan va turli raqamlash zonasidagi abonentlarni telefon aloqasi bilan taʼminlaydigan qismi. " Shakl bo‘yicha so‘rov|"Relyatsion ma’lumotlar bazasiga yo‘llanadigan so‘rov turi. " Shakl, ko‘rinish|"Axborotni chiqarish uchun zaxiraga qo‘yilgan, shuningdek, ko‘pincha maxsus kodlash uchun joyga ega bo‘lgan bo‘sh joyli (probelli) tarkibiy hujjat yoki shablon. " Sharh|"Dasturlashda – til konstruksiyasi bo‘lib, dasturga yoki komanda fayliga uni hujjatlashtirish maqsadida tushuntiruvchi matn sifatida qo‘shiladi. Dastur boshlang‘ich matni translyatsiya qilinganda va komandalar fayli bajarilishi paytida sharhlar tashlab ketiladi. " Sharqiy mintaqa vaqti|"Shimoliy Amerikadagi vaqt zonasi. GMT dan 5 soatga (GMT-05) farq qiladi. Yozgi vaqtga o‘tish mavjud (GMT-04). " Shart|"Sikl va tramoqlanish tuzilishlarda foydalaniladigan, «chin» yoki «yolg‘on» qiymat oladigan mantiqiy ifoda. Masalan, a=2 shart, a 2 qiymatga ega bo‘lsagina «chin» qiymat oladi, boshqa har qanday qiymatlarda a shart «yolg‘on» bo‘ladi. " Shartlar verifikatori|"Dasturning muayyan nuqtalarida bajarilishi kerak bo‘lgan nazorat shartlari va operatorlari bilan ta’minlangan boshqa dasturning matnini tahlil qiluvchi hamda berilgan sharoitlarda dasturlarning haqiqiyligini isbotlovchi dastur. " Shartli-bepul dasturiy ta’minot|"Uncha qimmat bo‘lmagan, bepul tarqatiladigan, biroq qayd qilish va ta’minlash bo‘yicha xizmatlar uchun haq to‘lanadigan dasturiy ta’minot. " Shartli-bepul xayriya dasturiy ta’minoti|"Dastur egasi unga to‘lanadigan mablag‘lar xayriya uchun sarflanishini talab qiladi. Shuningdek, dasturga ijtimoiy yo‘naltirilgan bannerlarni ham joylashtirish mumkin. Masalan, vim matn redaktoridagi «Ugandadagi qashshoq bolalarga sizning yordamingiz kerak» degan yozuv. " Shartli boyliklar|"Pochta to‘lovining davlat belgilari, markalangan varaqchalar va konvertlar, xalqaro javob kuponlari. " Shartli foydalana olish tizimi|"Raqamli televzion dasturlardan foydalana olishni cheklash uchun mo‘ljallangan dasturiy-apparat mexanizmi. Cheklash televizion signalni maxsus himoyalangan algoritmlar bilan shifrlash orqali amalga oshiriladi. " Shartli foydalana olishning yagona interfeysi|"Shartli foydalana olishning turli tizimlarida, berilgan tizim uchun qabul qilgich-dekoderda diskremblerlashning barcha funksiyalarini bajaradigan almashinuvchi moduldan foydalanish yo‘li bilan qabul qilinishini ta’minlash. " Shartli foydalanishga ega televideniye|"Dasturlari aholining muayyan maxsus guruhlari uchun mo‘ljallangan shifrlangan televideniye. Misol − Tibbiyot xodimlari uchun maxsus dasturlar. " Shartli ifoda|"«Agar A va V» ko‘rinishidagi mantiqiy ifoda. " Shartli translyatsiya|"Dasturlash tili vositasi bo‘lib, ba’zi konstantaning qiymatiga bog‘liq ravishda, dastur bir qismi translyatsiya qilinishi yoki qilinmasligiga imkon beradi. " Shartli verifikator|"Dasturning ma’lum bir nuqtalarida bajarilishi kerak bo‘lgan nazorat operatorlari va shartlari bilan ta’minlangan boshqa bir dastur matnini tahlil qiladigan va berilgan dastlabki sharoitlarda ularning haqiqiyligi yoki soxtaligini isbotlaydigan dastur. " Shartli o‘zgaruvchi|"Operatsion tizimlarda wait va signal operatsiyalari bilan ishlatiladigan sinxronlashtiradigan obyekt. " Shaxs identifikatori jetoni|"Tarkibida mikroprotsessor va xotira bo‘lgan, terminalda ishlash paytida shaxsiy guvohnoma sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ixcham qurilma. " «Shaxsan qo‘liga topshirilsin» belgili pochta jo‘natmasi|"Pochta aloqasi obyektidan adresatga kuryer tomonidan yetkazib berilishi amalga oshiriladigan xalqaro pochta jo‘natmasi. " Shaxsiy axborot|"Oshkor qilinishi mumkin bo‘lmagan axborot. Ularni telekommunikatsiya kanallari orqali tarqatish maxsus xavfsizlik choralariga rioya qilinishini talab etadi. " Shaxsiy blokirovkadan chiqarish kaliti|"PIN-kod noto‘g‘ri kiritilganda, SIM kartani blokirovka holatidan chiqarish uchun mo‘ljallangan kalit. GSM tarmog‘idagi har bir abonent PUK kodini oladi. Bu kodni o‘zgartirish mumkin emas. " Shaxsiy hayot sirini muhofazalash|"Shaxsiy hayot sirlarini taʼminlash uchun bajarilayotgan tadbirlar. Ushbu tadbirlar, ayrim shaxslar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni muhofazalash va ularni yig‘ish, to‘plash va ularni qayta ishlashga cheklovlarni o‘z ichiga oladi. " Shaxsiy identifikatsiya raqami|"1. Smart-kartada saqlanadigan va foydalanuvchining shaxsini autentifikatsiya qilish uchun ishlatiladigan noyob kod. 2. Qandaydir shaxsning, unga boshqariladigan tizimga kirish imkonini beradigan shaxsiy kodi. 3. Tizimga kirishga ruxsat olish uchun magnit karta bilan birga terminalga ko‘rsatiladigan parol turi. " Shaxsiy imzo kaliti|"Aniq shaxsga tegishli bo‘lgan va elektron raqamli imzoni yaratishda qo‘llaniladigan ramzlarning tartiblangan to‘plami. " Shaxsiy imzo kalitining egasi|"Shaxsiy imzo kaliti va unga mos imzoni tekshirish kalitini yaratgan aniq jismoniy yoki yuridik shaxsdir. Shaxsiy imzo kaliti egasi o‘z manfaatlaridan kelib chiqqan holda uni sir tutishi va tasodifan yo‘qolishi yoki o‘zgartirilishidan muhofaza qilishi shart. q: elektron raqamli imzo (ERI). " Shaxsiy kalit|"Deshifrlash uchun mo‘ljallangan va faqat uning egasi tomonidan foydalaniladigan kalit. " Shaxsiy kod|"Kompyuterning ichki kodi. Standart interfeyslar orqali markaziy protsessor resurslariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kira olishni ta’minlaydi. " Shaxsiy kompyuter|"Individual foydalanish uchun mo‘ljallangan kompyuter. Kompyuterni shaxsiy kompyuterlar turkumiga kiritishning asosiy mezonlari: o‘lchamlarining kichikligi, ularga xizmat ko‘rsatish zaruratining yo‘qligi, narxining pastligi, funksional universalligi va modernizatsiyalashning soddaligi. Shaxsiy kompyuterlarning yaratilish tarixi 1974-yildan boshlanadi. Shu yili MTTS (AQSh) firmasi Intel 8080 mikroprotsessori asosida Altair kompyuterini ishlab chiqdi. 1975-yilda Stefan Voznyak va Stiv Jobs Apple nomi ostida kompyuter ishlab chiqdilar va dastlabki 200 ta kompyuterni yig‘dilar. 1976-yilning oxirida ular shaxsiy kompyuterlar ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan Apple firmasini tuzdilar. " Shaxsiy kompyuter kartasi|"Shaxsiy kompyuterga ulanadigan uncha katta bo‘lmagan tashqi qurilma. 32-razryadli PC Card texnologiyasi dastlab ixcham shaxsiy kompyuterlarga tashqi xotira qurilmasini ulash uchun ishlab chiqilgan. Shaxsiy kompyuterlarga mo‘ljallangan bu yechim shunchalik muvaffaqiyatli bo‘lib chiqdiki, PC kartalar kompyuterlarning turli rusumlarida ishlatila boshlandi. Shu bilan birga, ulanadigan obyektlar ro‘yxatiga turli tashqi qurilmalar, modemlar, tasvir va tovush kiritish qurilmalari, faks-apparatlar va tarmoqlar kiritildi. " Shaxsiy ma’lumotlar|"1. Fuqaroning shaxsini identifikatsiya qilish imkonini beruvchi dalillar, voqealar va hayot sharoitlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar. 2. Har qanday moddiy tashuvchida qayd etilgan muayyan odam to‘g‘risidagi ma’lumot. " Shaxsiy maʼlumotlar subyekti|"Tegishli shaxsiy maʼlumotlar daxldor bo‘lgan jismoniy shaxs. " Shaxsiy mobillik|"Foydalanuvchining shaxsiy identifikator asosida istalgan terminalda telekommunikatsiyalar xizmatlaridan foydalana olish va tarmoqning, foydalanuvchi uchun xizmatlar profiliga muvofiq, ushbu xizmatlarni ta’minlay olish imkoniyati. Izoh – Shaxsiy harakatchanlik foydalanuvchi chaqiruvlarini manzillash, marshrutlash va taksatsiyalash maqsadlarida foydalanuvchi bilan bog‘liq bo‘lgan terminal joylashgan joyini aniqlash uchun tarmoq imkoniyatlarini o‘z ichiga oladi. " Shaxsiy papka|"Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari (sozlash) uchun mo‘ljallangan papka, ulardan erkin foydalanish boshqa foydalanuvchilar uchun cheklangan. " Shaxsiy radiochaqiruv|"Qar.: Peyjing. " Shaxsiy raqamli sekretar|"Odatda, klaviaturasi bo‘lmaydigan portativ kompyuterning bir turi. Ma’lumotlarni sensorli panelga kiritish/chiqarish maxsus ruchka yordamida amalga oshiriladi. Shuning uchun, ba’zan qo‘lda yozish bilan kiritiladigan kompyuter deb ham ataladi. Shaxsiy raqamli sekretar katta tezkor va doimiy xotiraga ega. Parallel yoki ketma-ket interfeys orqali boshqa kompyuter bilan ma’lumotlar almashinish mumkin. Maxsus operatsion tizim boshqaruvi ostida ishlaydi. Shaxsiy raqamli sekretarning eng mashhuri Apple firmasining Newton idir. " Shaxsiy, raqamli uyali aloqa tizimi|"Yaponiya milliy mobil aloqa standarti. Izoh − Avvalgi nomi JDC. " Shaxsiy sirni muhofaza qilish|"Shaxsiy sirning saqlanishini kafolatlovchi chora-tadbirlarning amalga oshirilishi. Bu chora-tadbirlarga shaxsiy ma’lumotlarni muhofaza qilish hamda ularni to‘plash, umumlashtirish va qayta ishlanishini cheklashlar kiradi. " Shaxsiy xavfsizlik muhiti|"Obyektning shaxsiy kaliti saqlanadigan xavfsiz mahalliy joy, bevosita ishonch qozongan sertifikatlash organining kaliti va mumkin bo‘lgan boshqa ma’lumotlar. Izoh – Obyekt xavfsizligini ta’minlash siyosatiga yoki tizimga qo‘yiladigan talablarga bog‘liq ravishda, bu muhit, masalan, kriptografik muhofazalangan fayl yoki qasddan shikastlashlardan muhofazalangan apparat vositalar markeri bo‘lishi mumkin. " Shaxsiylashtirish|"Plastik kartaga, kartani va uning egasini identifikatsiya qilish imkonini beradigan ma’lumotlarni kiritish, shuningdek, kartaning to‘lov qobiliyati tekshirilishini amalga oshirish jarayoni. " Shaxsni autentifikatsiya qilish, shaxsning haqiqiyligini tasdiqlash|"Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimiga mantiqiy obyektlarni aniqlab olish imkonini beradigan tekshiruvlar (masalan, parol yoki token)ning bajarilishi. " Shaxsning axborot erkinligi|"Insonning o‘z hayoti, kasbiy faoliyati va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan axborotni olish imkoniyati. Shu bilan birga, u yoki bu tabiiy yoki ijtimoiy hodisalar bo‘yicha o‘z nuqtai nazarini ifoda etish, axborotni boshqa odamlarga berish, yaʼni uni jamiyatda tarqatish ham tushuniladi. " Shiddatli manzillash|"Xizmat qilishni rad etishga olib keluvchi kutilmagan yoki atayin qilingan ko‘p hajmdagi maʼlumotlarni kiritish. " Shiddatli oqim|"Fayllarni Internet orqali kooperativ almashinish uchun belgilangan tarmoq protokoli. Protokol Brem Koen tomonidan yaratilgan. Fayllarni alohida fragmentlarga bo‘lish va ularni tarmoqning turli uzellarida saqlash hisobiga, ayrim foydalanuvchilar o‘rtasida trafikning taqsimlanishini ko‘zda tutadi (aynan bitta faylga qancha ko‘p odam murojaat qilsa, uni shuncha tez ko‘chirib olish mumkin bo‘ladi). " Shifr|"Kalitlarni qo‘llagan holda ma’lum qoidalar bo‘yicha amalga oshiriladigan ko‘plab ochiq (dastlabki) ma’lumotlarni ko‘plab mumkin bo‘lgan shifrlangan ma’lumotlarga qaytuvchan almashtirishlar majmui. " Shifr gammasi|"1. Ochiq ma’lumotlarni shifrlash va shifrlangan ma’lumotlarni dastlabki matnga o‘girish uchun berilgan algoritm bo‘yicha ishlab chiqiladigan tasodifiy yoki psevdotasodifiy ikkilik ketma-ketlik. 2. Axborotni shifrlash uchun muayyan algoritm bo‘yicha ishlab chiqiladigan psevdotasodifiy ketma-ketlik. " Shifrator (televideniyeda)|"Televizion signalni shifrlash qurilmasi. " Shifrlagich|"Shifrlash algoritmlarini amalga oshiradigan elektron qurilma yoki dastur. " Shifrlamoq|"Ma’lumotni shifrlangan holda joylashtirish. U maxfiy ma’lumotlarni ishonchli bo‘lmagan joyda saqlashda yoki himoyalanmagan aloqa kanali bo‘yicha uzatishda ishlatiladi. " Shifrlangan fayl tizimi|"Ma’lumotlarni shifrlash algoritmlari orqali fayllar va kataloglarni ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishdan muhofaza qilish imkonini beruvchi fayllar tizimi. " Shifrlangan matn|"1. Qandaydir algoritm yordamida algoritmni bilmasdan turib yoki maxsus kalitsiz uni o‘qib bo‘lmaydigan holatga keltirilgan matn. Maxfiy ma’lumotni saqlash va uzatish uchun xizmat qiladi. 2. Tuzilmasi kriptografik algoritmlardan foydalanib o‘zgartirilgan matn yoki xabarlarning boshqa turi. " Shifrlangan matnga hujum|"Faqat shifrlangan matn asosida kriptoanalitik uyushtirayotgan tahliliy hujum. " Shifrlangan ma’lumotlar|"Elektron hisoblash mashinasida shifrlangan ko‘rinishda saqlanadigan axborot, ya’ni kriptografik muhofaza qilish usullari qo‘llanilgan ma’lumotlar. " Shifrlangan nutq|"Maxsus shifrlash algoritmlari yordamida qayta ishlangan va ochiq aloqa kanallari orqali uzatiladigan nutq signali. " Shifrlash|"1. Kriptotizimlardagi asosiy o‘zgartirish, konfidensial axborotni jo‘natuvchi tomonidan bajariladi. Shifrlashni o‘zgartirish juft (ochiq matn, shifrlash kaliti)ni shifrmatnga o‘tkazadi. 2. Ma’lumotlarni, ularning yashirin uzatilishini ta’minlovchi maxsus algoritmlardan foydalanib, qayta ishlash usuli. Axborotning o‘zgartirilishi kodlash birliklari, odatda, mazmunli so‘z yoki jumlalar bo‘lgan kriptografik usullardan farqli o‘laroq, bitlar yoki ularning ketma-ketligi darajasida amalga oshiriladi. " Shifrlash algoritmi|"Shifrlash funksiyasini amalga oshiradigan algoritm. " Shifrlash funksiyasi|"Shifrda ma’lumotlarni kalitni qo‘llagan holda o‘zgartirish uchun foydalaniladigan funksiya. " Shifrlash kaliti|"Ma’lumotlarni shifrlash va deshifrlash jarayonlarini boshqaruvchi simvollar ketma-ketligi. Izoh − Shifrlash kaliti muayyan foydalanuvchining apparaturasida shunday generatsiya qilinadiki, natijada uni hech kim, jumladan, kriptotizimni ishlab chiqqan shaxsning o‘zi ham, unda kalitli axborotdan foydalana olishga ruxsati bo‘lmagan vaziyatda, ocha olmaydi. " Shifrlash rejimiga o‘tish komandasi|"Bazaviy stansiya tomonidan uzatiladigan va mobil stansiyada shifrlash rejimi o‘rnatilishini boshlab beruvchi komanda. " Shifrlash vositalari|"Axborotni almashtirish kriptografik algoritmlarini amalga oshiruvchi va axborotni qayta ishlash, saqlash hamda aloqa kanallari bo‘ylab uzatishda uni ruxsatsiz foydalana olishdan muhofaza qilish uchun mo‘ljallangan apparat, dasturiy yoki apparat-dasturiy vositalar. " Shifrmatn|"1. Ochiq matnga nisbatan shifrlash algoritmini qo‘llash natijasi. 2. Dastlabki ochiq matnni uning ma’nosini yashirish maqsadida amalga oshiriladigan, shifrmatnga o‘girish natijasi. " Shifrni kalitsiz ochish (deshifrlash)|"1. Shifrlash kalitini bilmasdan shifrlangan matndan dastlabki matnni tiklash bilan tugallanadigan kriptotahlil jarayoni. 2. Raqib va/yoki buzg‘unchi tomonidan ochiq xabarni kriptografik tizimning barcha elementlarini oldindan to‘liq bilmasdan turib tahliliy ochish jarayoni. 3. Televideniyeda – shartli foydalanishni ta’minlash maqsadida shifrlangan axborotni interpretatsiya qilish jarayoni. " Shifrtizim|"Axborotning konfidensialligini shifrlash yo‘li bilan ta’minlaydigan kriptografik tizim. Shikastlangan sektor ing. - bad sector ru – «битый» сектор, поврежденный сектор Axborotni o‘qish/yozishda xatoga yo‘l qo‘yilgan qattiq disk sohasi. Izoh − Operatsion tizim diskni formatlayotganda va o‘qish-yozish operatsiyalarini bajarayotganda shikastlangan sektorlarni aniqlaydi, uni tashkil etuvchi klasterlarni FAT ga disk xotirasini taqsimlashda foydalanish mumkin bo‘lmaydigan qilib belgilab qo‘yadi. " Shina|"1. Ma’lumotlarni uzatish yo‘li (kanali). Odatda, shina bitta yoki bir nechta o‘tkazgich bilan elektr jihatdan bog‘lanish ko‘rinishida amalga oshiriladi va shinaga ulangan barcha qurilmalar signalni bir vaqtda oladilar. 2. Kompyuterlarda – protsessorni kompyuterning barcha elementlari bilan bog‘lash uchun belgilangan o‘tkazgichlar va yordamchi elementlar tizimi. Kompyuter tizimining asosiy komponentlari, jumladan, markaziy protsessor, xotira, kontrollerlar, tashqi qurilmalar ulanadigan parallel o‘tkazgichlar to‘plamini o‘zida ifodalaydi. " Shina interfeysining bloki|"Kod va ma’lumotlar aralashmasini protsessorga qabul qilib, ishlatishga tayyor bo‘lgunga qadar ajratadigan yoki shina orqali hisob-kitob natijalarini yuborgan holda birlashtiradigan blok. " Shina kontrolleri|"Standartga muvofiq, shina bo‘ylab uzatiladigan ma’lumotlar oqimi tuzilishini ta’minlaydigan va shina bo‘ylab signallar uzatilishini boshqaradigan kontroller. " Shina topologiyasi|"Barcha abonentlar ma’lumotlar uzatishning bir magistraliga (shinaga) chiziqli ulanadigan lokal tarmoq topologiyasi. " Shinani boshqarish|"Shinani boshqarish rejimi, bunda muayyan tashqi qurilma, masalan, qattiq disk qandaydir ahamiyatli va katta hajmdagi vazifani bajarar ekan, shinadagi boshqa qurilmalarga ishni vaqtinchalik to‘xtatish va o‘zi shinani boshqarishni (ma’lumotlar yuborish, boshqaruv signallari va komandalarini berish) boshlashi to‘g‘risida komanda beradi. Bunday yondashuvdan odatda, protsessorni bitta shinadagi ikki qurilma o‘rtasida ma’lumotlar va/yoki komandalar yuborish operatsiyalaridan ozod qilish uchun foydalaniladi. " Shkaf|"Kommutatsiya qurilmalari, ulanish nuqtalari, elektr o‘tkazgich yoki aktiv uskunani o‘z ichiga oladigan xona. " Shleyf|"Ma’lum nuqtalarda uzatish liniyasiga ulangan va liniyadagi reaktiv qarshilikni kompensatsiyalash uchun xizmat qiladigan va shu bilan birga liniyani yuklama yoki generator bilan moslashishi uchun xizmat qiladigan liniya bo‘lagi. " Shlyuz|"1. Bitta tizimda foydalaniladigan axborot taqdim etish, qayta ishlash yoki uzatish standartlarini tegishli, lekin boshqa bir tizimda qo‘llaniladigan standartlarga o‘zgartirish maqsadida, dasturiy ta’minot va uskuna birikmasi bilan birgalikda amalga oshiriladigan funksiya. 2. Ma’lumotlar uzatishning turli protokollari bo‘yicha ishlaydigan elektron tizimlar o‘rtasida ma’lumotlar jo‘natish imkonini beradigan va tarmoqlararo aloqani ta’minlaydigan apparat yoki dasturiy vositalar. " Shovqin faktori (shovqin koeffitsiyenti)|"Belgilangan tranzistor tomonidan signal kuchaytirilganda signal/shovqin nisbati necha marta yomonlashishini ko‘rsatadigan koeffitsiyent. " Shovqin nurlanish|"Kuchaytirgichlar, ko‘paytirgichlar, generatorlar, chastota o‘zgartirgichlar va sintezatorlarda vujudga keladigan issiqlik shovqinlari va boshqa omillar bilan bog‘liq parazit nurlanish. " Shovqin; xalaqit|"Amplituda, chastota yoki fazaning tasodifiy qiymatlariga ega parazit elektromagnit tebranishlar. Kelib chiqishiga ko‘ra, ichki (apparaturaning xususiy shovqinlari) va tashqi shovqinlar ajratiladi. Xususiy shovqinlarning asosiy manbai apparatura elementlaridagi zaryadlangan zarralarning issiqlik harakati hisoblanadi. Tashqi shovqin yoki xalaqitlar ham tabiiy (kosmik shovqinlar va b.), ham sanoat nurlanish manbalaridan chiqadigan umumiy signal (aralashma) ni o‘zida ifodalaydi. " Shovqinga qarshi korreksiya|"Televizion tizimlarning videokuchaytirish traktida tasvir signalining shovqinliligini kamaytirish va tasvirda xalaqitlarning sezilarliligini pasaytirish uchun ko‘riladigan qator choralar. " Shovqinlarni bostirish|"Foydali signal mavjud bo‘lmagan vaqtda qabul-qilgichni o‘chirib qo‘yishga asoslangan, uzatish pauzalarida shovqinlarni chiqarib tashlash usuli. " Shovqinlarni raqamli boshqarish|"Tasvir mazmuniga bog‘liq holda dinamik shovqinni bostirish funksiyasi. " Shovqinning detsibellarda ifodalangan, o‘lchangan quvvati|"Shovqin quvvati darajasini o‘lchash birligi. Shovqin darajasining 3,16 nW (– 85 dBm) nazorat darajasiga nisbati sifatida aniqlanadi. Bu nuqtada shovqin o‘lchangan quvvatining qiymati 0 dBa ga teng. " Shovqinsimon signalli radiotarmoq|"Shovqisimon signallar uzatiladigan lokal radiotarmoq. Bu tarmoqning ishlash tamoyili kodli ajratishdan foydalanib ko‘p tomonlama foydalanishni qo‘llashga asoslangan. Bu tarmoqda signallarni uzatishda, maʼlumotlarning har bir bloki, chips deb ataluvchi bitlar ketma-ketligi bilan kodlanadi. Chipslar shovqinsimon signalga tiziladi va efir orqali uzatiladi. Uzatilgan diskret signalni qayta tiklash maxsus protsessor yordamida amalga oshiriladi. Shovqinsimon signalli radiotarmoq tizimlari ixcham, arzon va elektromagnit xalaqit beruvchi to‘siqlar taʼsirida ham ishonchli ishlaydi. " Shoshilinch aloqa xizmati|"Mobil stansiyadan mobil abonent joylashgan yer hududidagi shoshilinch xizmatlarga to‘lovsiz nutqli bog‘lanish o‘rnatilishini ta’minlaydigan xizmat. " Shoshilinch chaqiruv|"Mobil aloqa tizimlaridagi eng yuqori ustuvorlikka ega chaqiruv. " Shrift|"Yozilish shakli va o‘lchami bir bo‘lgan belgilarning to‘liq to‘plami. Izoh ‒ Kompyuterlarda foydalaniladigan shriftlarning katta soni mavjud. Printerlar uchun ichiga o‘rnatilgan va ta’minlanadigan shriftlar bo‘ladi. Ichiga o‘rnatilgan shriftlar printerning doimiy xotirasida saqlanib, foydalanishga doim tayyor turadi. Ta’minlanadigan shriftlar mashinaning tezkor xotirasi orqali ishlaydi, protsessor resurslarini va xotirasini band etadi, ularning soni faqat tegishli dasturlarning mavjudligi bilan cheklanadi. " Shrift kartriji|"Turli xil shriftlarni ichiga oladigan, printerga o‘rnatilgan doimiy xotira qurilmasi. Kartrij bilan komplektda stol noshirlik tizimlari va ma’lum redaktorlar uchun drayverlar yetkazib beriladi. " Shrift to‘yinganligi|"Turli chizishlarda bir xildagi belgilarning asosiy va bog‘lovchi chiziqlari kengligi bilan belgilanadi. Bitta garnitura doirasida to‘liqlik eng ochdan to eng to‘qqacha o‘zgarishi mumkin. " Shrift o‘lchami|"Shrift simvollarining punktlardagi balandligi (bir dyuymda 72 ta punkt bo‘ladi). " Shrift shakli|"Umumiy dizayn bilan birlashtirilgan (masalan, Gelvetika) shriftlar turkumi. " Shriftlar redaktori|"Yangi shriftlar yaratish yoki mavjud shriftlarni to‘ldirish va o‘zgartirish imkonini beradigan dastur. " Shriftlar turkumi|"O‘lchami, kengligi va stili bilan biri-biridan farq qiladigan bir garnituradagi shriftlar to‘plami. " Shriftni tanlash|"Shriftning stili, o‘lchami va rangini tanlash. " Shriftni o‘rnatish|"True Type shriftlarining biri bilan tayyorlangan matn, bunday shrift bo‘lmagan boshqa kompyuterga ko‘chirilganda, baribir ayni shunday shriftli printerda o‘qiladigan, bosiladigan texnologiya. Shrift matn bilan birga uzatiladi, undan faqat shu matn va matn tayyorlangan muhit (ilova) bilan foydalanish mumkin. Windows muhitida ishlaydi. " Shtatdagi texnik vosita|"Obyektda o‘rnatilgan hisoblash texnikasi vositalari komplektiga kiradigan texnik vosita. " Shtir|"To‘lqin o‘tkazgich traktida o‘rnatilgan, sterjen (o‘zak) ko‘rinishidagi moslashtiruvchi element. " Shtirli antenna|"Qattiq yoki egiluvchan metall sterjen ko‘rinishidagi vertikal antenna. Shtirli antennaning uning o‘qiga perpendikulyar tekislikda nurlanishi maksimal va o‘q bo‘ylab yo‘nalishda mavjud emas. " Shtorka orqali siqib chiqarish|"Bir televizion tasvirning boshqa tasvir bilan almashinish usuli, bunda tasvirlar o‘rtasidagi chegara bir tekisda siljiydi. Ch " Chap|"Klaviaturaning foydalanuvchining chap tomonida bo‘lgan klavishlariga nisbatan qo‘llaniladi. Odatda standart klaviaturada ikkitadan bo‘lgan Alt, SHIFT, Ctrl klavishlari nomi bilan uchratish mumkin. " Chap qo‘shtirnoq|"Matnda biror-bir nomni ajratib ko‘rsatishda ishlatiladi va ochuvchi << va yopuvchi qismlarga bo‘linadi >>. " Chap stereoskopik televizion tasvir|"Chap ko‘zga stereoskopik televideniye vositalari orqali taqdim etilgan alohida tasvir. " Chapga ko‘rsatgich|"Klaviaturadagi alifbo tugmalaridan o‘ngda joylashgan klavish. Chapga qaratilgan ko‘rsatgichdan farqlash mumkin. Asosan matndagi harf va so‘zlarni joylashtirishda va o‘zgartirishda qo‘llaniladi. " Chaqirayotgan abonent nomini aks ettirish|"Telefon displeyida chaqirayotgan abonent raqami va nomini, agar telefon bu funksiyani ta’minlasa, aks ettirish xizmati. Agar chaqirayotgan abonent bu ma’lumotlar uzatilishini blokirovkalagan bo‘lsa, ular ma’lumotlarning (manzil kitobining) lokal bazasidan olinadi. " Chaqirayotgan liniyanining identifikatsiya qilinishini taqiqlashni aylanib o‘tish|"Abonentning telefon apparatida, ushbu xizmatga ega, barcha hollarda chaqiruvchi abonentlarning raqamlarini aks ettirish imkonini beradigan xizmat. " Chaqirilayotgan abonent hisobidan tanlab bog‘lanish|"Foydalanuvchiga chaqiruvchi abonentlarning ma’lum raqamlaridan kiruvchi chaqiruvlarga haq to‘lash imkonini beradigan xizmat. Chaqiruvchi abonentlarning bunday raqamlari ro‘yxatga kiritiladi va saqlanadi. Ro‘yxatni foydalanuvchi tartibga soladi. Shuningdek, ushbu funksiyadan foydalanishni PIN kod yordamida himoya qilish mumkin. " Chaqirilayotgan abonent hisobidan to‘lovni undirish ichki xizmati|"To‘lov undirilishi kerak bo‘lgan abonentga maxsus raqam biriktiriladigan va ushbu raqam bo‘yicha barcha chaqiruvlar chaqiruvchi abonent tomonidan emas, balki mos ravishda ushbu abonent tomonidan to‘lanadigan xizmat. " Chaqirilayotgan liniya identifikatsiya qilinishini taqiqlashni doimiy rezervlash|"Chaqirilayotgan abonentga C turkumi abonentining raqamini barcha hollarda, agar C turkumi abonenti chaqirilayotgan abonent raqamidan oldin raqamni berish uchun ma‘lum prefiksni tergan hollarda ham berishga ruxsat etilmaydi. " Chaqirilayotgan liniya identifikatsiyasini taqdim etish|"Tizimga, chaqirilayotgan abonentga chaqiriluvchi abonentning raqamini yuborish va uni telefon apparati yoki chaqiriluvchi abonent terminalida aks ettirish imkonini beradigan xizmat. " Chaqirilayotgan liniya identifikatsiyasini taqiqlash|"Chaqiruvchi abonentga chaqirilayotgan abonentning telefon apparatida uning raqami aks etishini taqiqlash imkonini beradigan xizmat. " Chaqiruv|"1. Chaqirilayotgan bir yoki bir nechta abonent bilan bog‘lanishga urinish. 2. Chaqirilayotgan abonent bilan aloqani o‘rnatish yoki dasturga uni bajarish maqsadida murojaat etish jarayoni. " Chaqiruv to‘g‘risida xabar|"Tovush signalini uzatish yoki chaqiruvchi abonent raqamini displey ekranida yoritish orqali amalga oshiriladigan signalizatsiya. Izoh − Agar so‘zlashuv olib borayotgan yoki harakat zona-sidan tashqarida turgan abonentni chaqirish zarur bo‘lsa, chaqiruv tizim tomonidan eslab qolinadi va abonent bilan bog‘lanishning imkoniyati tug‘ilganda, chaqiruv avtomatik tarzda yoki operator komandasiga binoan takrorlanadi. " Chaqiruv harakati boshlandi|"Abonentning chaqiruvni boshlash niyati borligi, lekin hali raqam terishni boshlamaganligini ko‘rsatuvchi belgi. " Chaqiruv-javob|"Parolni tekshirish mexanizmi. Server mijozga «chaqiruv»ni uzatadi, u parol yordamida uni qayta o‘zgartiradi va natijani serverga «javob» sifatida uzatadi. Server «javob» «chaqiruv»dan to‘g‘ri parol yordamida olinganligini tekshiradi. " Chaqiruv parametrlari yozuvi|"Abonent chaqiruvlarining qayd etiladigan parametrlari, ular ma’lumotlar bazasiga kiritiladi va kelgusida billing operatsiyalarini bajarish uchun ishlatiladi. " Chaqiruv trassirovkasi|"Terminal abonentiga oxirgi qo‘ng‘iroq qilgan IP-manzil trassirovkasi. " Chaqiruvga aralashish|"Ishlamaydigan raqamga qo‘ng‘iroq qilinganda abonentni xabardor qilish, yoki uni muqobil raqamga qayta yo‘llash. " Chaqiruvlar dispetcheri|"Berilgan qayta manzillash dasturiga va ustuvorliklarga muvofiq, chaqiruvlarning aloqa liniyasida o‘tish tartibini belgilovchi qurilma. " Chaqiruvlar grafigi|"Tizim yoki kompyuter dasturida modullarni identifikatsiyalaydigan va qanday modullar bir-biriga qo‘ng‘iroq qilayotganligini ko‘rsatadigan diagramma. " Chaqiruvlar navbatini shakllantirish|"Kelayotgan barcha chaqiruvlarni qayta ishlash jarayonini tartibga solish protsedurasi. Aloqa kanalining taqdim etilishi chaqirilayotgan abonent raqami bo‘shashiga qarab yoki chaqiruvlarni boshqa raqamga o‘tkazish hisobiga amalga oshiriladi. Kutish vaqtida chaqirayotgan abonentga kerakli liniya bo‘shashi bilan uning chaqiruviga javob berilishi to‘g‘risida ogohlantiradigan maxsus xabar signali yoki nutqli xabar jo‘natiladi. " Chaqiruvlar ro‘yxati|"Dasturiy modulni chaqirishda foydalaniladigan argumentlarning tartiblashtirilgan ro‘yxati. " Chaqiruvlar to‘g‘risida kelishuv|"Dasturlashda – protsedura yoki funksiyani chaqirishda, argumentlar berish tartibini va komandalar ketma-ketligini belgilaydigan kelishuvlar. Argumentlar registrlarda, stek, xotiraning umumiy sohasi orqali berilishi mumkin. Stekda ular, protsedurani chaqirish satridagi argumentlar ro‘yxati bo‘yicha chapdan o‘ngga yoki o‘ngdan chapga (ya’ni, teskari tartibda) siljishi mumkin. Argumentlar soni o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin. " Chaqiruvlarni avtomatik taqsimlash|"Aloqa tarmoqlaridagi, chaqiruvlarni qayta manzillash dasturi va ustuvorliklarga muvofiq, boshqa raqamlarga yo‘naltirish imkoniyatini beradigan xizmat. " Chaqiruvlarni birgalikda qabul qilishni amalga oshiruvchi abonentlar guruhi (seriyali izlash guruhlari)|"Kichik guruhni, unga kiruvchi chaqiruvlarni taqsimlash qoidalarini belgilash uchun, guruhga qo‘shish imkonini beradigan xizmat. Quyidagi rejimlardan foydalanish mumkin: - berilgan ro‘yxat bo‘yicha kichik guruhning birinchi band bo‘lmagan terminaliga kiruvchi chaqiruvni yuborish, bunda keyingi chaqiruv oxirgi chaqiruvni qabul qilgan terminaldan boshlab, ro‘yxatni birma-bir saralaydi; - berilgan ro‘yxat bo‘yicha kichik guruhning birinchi band bo‘lmagan terminaliga kiruvchi chaqiruvni yuborish, bunda keyingi chaqiruv ro‘yxatni uning boshidan boshlab, birma-bir saralaydi; - chaqiruv bir vaqtda kichik guruhning barcha terminaliga keladi, ulanish go‘shakni birinchi ko‘targan abonent uchun amalga oshiriladi; - chaqiruvni oxirgi qabul qilgan ro‘yxatning oxiriga joylashtiriladi – abonentlarni bir tekis yuklash ta’minlanadi. " Chaqiruvlarni qayd qilish|"Ma’lum raqamga kelib tushadigan barcha chaqiruvlarni eslab qolish va statistik to‘plam faylida chaqiruvlar to‘g‘risidagi batafsil axborotni qayd qilish. " Chaqiruvlarni qayta manzillash ro‘yxati|"Xizmat abonenti chaqiruvlarini qayta manzillash ro‘yxatida tegishli yozuvlar aktivizatsiyasi yoki deaktivizatsiyasida ishlatiladigan xizmat. " Chaqiruvlarni qayta manzillash uchun qo‘ng‘iroq o‘rnatish|"Call Forwarding Unconditional, Call Forwarding Selective va Do Not Disturb funksiyalarini ulashda terminalda tegishli tovushli signallarni o‘rnatish imkonini beradigan xizmat. " Chaqiruvlarni saralash|"Qaysi raqam terilganligiga qarab, kiruvchi chaqiruvlarning uzatilishini taqiqlovchi yoki unga ruxsat beruvchi protsedura. Ustuvor foydalanishni tashkil etishda yoki ruxsat etilmagan chaqiruvlarning oldini olishda foydalaniladi. " Chaqiruvlarni so‘zsiz qayta manzillash|"Xizmat abonentiga kiruvchi chaqiruvlarni, xizmat abonenti holatidan qat’i nazar, boshqa belgilangan raqamga avtomatik tarzda qayta manzillash imkonini beruvchi xizmat. " Chaqiruvlarni tanlab qabul qilish|"Raqamlar ro‘yxatini tuzish imkonini beradigan xizmat, bunda abonent (kiruvchi chaqiruv) tuzilgan ro‘yxatdan qo‘ng‘iroq qilsa, chaqiruv qabul qilinadi; agar chaqiruvchi abonent raqami ro‘yxatda yo‘q bo‘lsa, chaqiruv tovushli pochtaga qayta manzillanadi. " Chaqiruvlarni tanlab qayta manzillash|"Raqamlar ro‘yxatini tuzish imkonini beradigan xizmat, bunda abonent (kiruvchi chaqiruv) tuzilgan ro‘yxatdan qo‘ng‘iroq qilsa, chaqiruv boshqa raqamga yoki tovushli pochtaga qayta manzillanadi. " Chaqiruvlarni tanlab rad etish|"Raqamlar ro‘yxatini tuzish imkonini beradigan xizmat, bunda abonent (kiruvchi chaqiruv) tuzilgan ro‘yxatdan qo‘ng‘iroq qilsa, chaqiruv qabul qilinmaydi; agar chaqirayotgan abonent raqami ro‘yxatda yoq bo‘lsa, kiruvchi chaqiruvga oddiy (normal) chaqiruv kabi xizmat ko‘rsatiladi. " Chaqiruvlarni taqsimlash|"Abonentga beriladigan imkoniyat, u kiruvchi chaqiruvlarni boshqa raqamlarga, o‘zi belgilagan qayta manzillash va ustuvorlik qoidalariga muvofiq yuborishi mumkin. Navbatdagi chaqiruv yuborilishi kerak bo‘lgan terminalni tanlash, doiraviy navbat bo‘yicha yoki abonentlar ro‘yxatida ko‘rsatilgan ustuvorliklarga muvofiq amalga oshirilishi mumkin. " Chaqiruvlarni chegaralash bo‘yicha xizmat|"Mobil abonentga kiruvchi yoki chiquvchi chaqiruvlarning muayyan toifasini uning mobil stansiyasi uchun blokirovkalash imkonini beradigan xizmat. Bu chaqiruvlar asosiy aloqa xizmatlarining barcha yoki muayyan turiga taalluqli bo‘lishi mumkin. Izoh – Mobil abonent, o‘z ixtiyori bo‘yicha, ushbu blokirovkani bekor qilish yoki xizmatning amal qilinishini to‘xta-tish va uning amal qilish davomiyligi davrini aniqlash uchun parolga ega bo‘lishi mumkin. Agar u tanlagan bo‘lsa, unda o‘zi parolni o‘zgartirishi mumkin. " Chaqiruvlarni cheklagich|"Abonentning ma’lum raqamiga bir vaqtda kelib tushadigan chaqiruvlarning muayyan soniga (chegara qiymatiga) sozlangan hisoblagich. Izoh − Cheklash chegarasi sutkaning ma’lum vaqtiga yoki foydalanuvchi tomonidan beriladigan biron-bir boshqa parametrlarga bog‘liq ravishda o‘zgarishi mumkin. " Chaqiruvni aniq tutib qolish|"Guruhning boshqa terminaliga kelgan kiruvchi qo‘ng‘iroqni qabul qilish imkonini beradigan xizmat. " Chaqiruvni boshqa manzilga yo‘llash|"Abonent raqami band bo‘lganda yoki telefon javob bermaganda, chaqiruvni boshqa manzilga yo‘llash mumkinligi. Izoh − Chaqiruv manzilini o‘zgartirishning uch usuli ma’lum. Ulardan eng oddiysi – uzatilishi kerak bo‘lgan barcha kiruvchi chaqiruvlarni abonent ko‘rsatgan raqamga jo‘natish. Ikkinchi usulda faqat asosiy raqam band bo‘lgan paytda kelib tushuvchi chaqiruvlargina boshqa manzilga yo‘llanadi. Uchinchi usul abonent javob bermagan hollarda nazorat vaqti (taym-aut) davomida berilgan algoritm bo‘yicha avtoqo‘ng‘iroq imkoniyatini ko‘zda tutadi va chaqiruv faqat bu vaqtdan oshib ketgandagina boshqa manzilga yo‘llanadi. Xizmatning ulanishi yoki uzib qo‘yilishini foydalanuvchining o‘zi bajarishi ham mumkin. " Chaqiruvni kutish|"Chaqirilayotgan abonent liniyasi band bo‘lganda, unga yangi chaqiruv kelib tushganligi to‘g‘risida xabar berib, chaqiruvni navbatga qo‘yish. " Chaqiruvni kutish xizmatidan foydalanishda (ikkinchi) chaqirayotgan abonentni identifikatsiya qilish|"Band abonentga uni chaqirayotgan abonentni identifikatsiya qilish imkonini beradigan xizmat. Izoh – Chaqirayotgan abonent raqamni va/yoki nomini identifikatsiya qilish uchun chaqirilayotgan abonent chaqiruvni kutish xizmatiga ega bo‘lishi kerak. " Chaqiruvni ko‘chirish|"Chaqiruvni uchinchi abonentga o‘tkazish protsedurasi. Unda dastlab aktiv ulanish ushlab turish rejimiga o‘tkaziladi, so‘ngra boshqa abonent bilan ulanish amalga oshiriladi va nihoyat, chaqirayotgan abonentga ulanish sodir bo‘ladi (ushlab turiladigan ulanish). Izoh − Xizmat ko‘rsatishning bu turi xizmatlarning «call forwarding» turidan shu bilan farqlanadiki, unda chaqiruv yo‘nalishining o‘zgarishi, ulanish o‘rnatilgandan keyingina sodir bo‘ladi. " Chaqiruvni qabul qilish|"Chaqiruv qabul qilingan, lekin chaqiruvchi va chaqiriluvchi tomonlar o‘rtasida hali bog‘lanish o‘rnatilmagan holat. " Chaqiruvni qayta manzillash|"Telefon tarmog‘i abonentiga xizmat ko‘rsatishning qo‘shimcha turi. Abonentga, raqami kommutatsiya stansiyasiga oldindan abonent tomonidan xabar qilinadigan boshqa telefon apparatga, o‘ziga kelayotgan chaqiruvni uzatish imkonini beradi. " Chaqiruvni qayta ulash|"Telefon so‘zlashuvi davomida, chaqirilayotgan abonent raqamini qayta termasdan turib, aloqa kanalini bir tayanch stansiyadan boshqasiga qayta ulash. " Chaqiruvni qo‘lga kiritish|"1. Abonentga, u bilan bitta yoki boshqa bir abonent guruhida bo‘lgan boshqa abonentga yo‘naltirilgan kiruvchi chaqiruvga javob berish imkonini beradigan xizmat. 2. Zarur bo‘lgan raqamga yetib bormagan chaqiruvlarni nazorat qilish yo boshqa shaxsga yoki qurilmaga qayta manzillash maqsadida qo‘llaniladigan qo‘lga kiritish turlaridan biri. " Chaqiruvni taqiqlash-blokirovkalash|"Abonentga go‘ng‘iroqlarning muayyan turiga vaqtinchalik taqiqni kiritish imkonini beradigan xizmat. " Chaqiruvni tugallash strategiyasi|"Chaqirilayotgan abonent band bo‘lganda, bog‘lanishni o‘rnatish mexanizmi. Bog‘lanishning o‘rnatilish protsedurasini yakunlashning turli variantlari mavjud: qayta manzillash, chaqiruvni ushlab qolish va sh.k. " Chaqiruvni ushlab turish|"1. Chaqiruvning, tarmoq orqali uning keyingi uzatilish yo‘lini tanlash jarayoni tugamaguncha, liniyada saqlab turilishi. 2. Bog‘lanishni uzmay turib aloqani vaqtincha to‘xtatish, bunda kiruvchi chaqiruv liniyada saqlanib qoladi, pauzalar paytida, odatda, musiqa yoki nutqli xabarlar uzatiladi. 3. Amalga oshirilgan so‘zlashuvni uzib qo‘ymasdan boshqa qo‘ng‘iroqqa javob berish yoki so‘zlashib turgan suhbatdoshini uzib qo‘ymasdan abonentga qo‘ng‘iroq qilish, ya’ni bir-birini eshitmaydigan bir nechta suhbatdoshlar bilan navbatma-navbat so‘zlashish imkonini beradigan xizmat. " Chaqiruvni o‘tkazish (qayta yo‘naltirish) xizmati|"Olingan chaqiruvni boshqa abonentga o‘tkazish (qayta jo‘natish) imkonini beradigan xizmat. " Chaqiruvning o‘tmayotganligi to‘g‘risidagi signal|"Chaqiriluvchi terminalning egallab bo‘linmasligi yoki nosozlik oqibatida chaqiruvning yakunlanmasdan qolishi mumkinligi to‘g‘risida xabar beruvchi signal; bu signal chaqiruvchi terminalga uzatiladi. " Chaqiruvchi abonentni identifikatsiya qilish va identifikatsiyani taqiqlash|"Chaqirilayotgan abonentga boshqa abonentni chaqirishda o‘z raqami va nomini maxsus kodlarni tergan holda taqdim etish va o‘z raqami va nomini berishni taqiqlash imkonini beruvchi xizmat. " Chastota|"Davriy jarayonning, vaqt birligida bajariladigan davrlar soniga teng bo‘lgan miqdor xarakteristikasi. " Chastota bo‘yicha ajratish bilan optik multipleksorlash|"Yaqin joylashgan optik eltuvchilarda uzatiladigan kanallarni zichlash usuli. Bu texnologiyadan foydalanib, bitta tolaga yuztagacha va undan ortiq aloqa kanalini «joylashtirish» mumkin. " Chastota etaloni, chastota standarti|"Chiqish signali chastota etaloni sifatida qo‘llaniladigan generator. " Chastota manipylyatsiyasi|"Modulyatsiyalash usuli, bunda eltuvchi signal chastotasi sal o‘zgartirilishi hisobiga, axborotni havo muhiti orqali uzatish uchun qulay bo‘lgan usulda taqdim etish amalga oshiriladi. " Chastotaga bog‘liq bo‘lmagan antenna|"Chastotalarning keng diapazonida amaliy jihatdan o‘zgarmas xarakteristikalarga ega antenna. " Chastotalar diapazoni|"1. Chastotalari uchun tebranishlar va to‘lqinlar solishtiriladigan xossalarga ega bo‘lgan uzluksiz chastota intervali. 2. Qurilma sozlanishi mumkin bo‘lgan chastota intervali. " Chastotalar polosasi|"Ikki muayyan cheklovchi chastotalar o‘rtasida joylashgan chastotalarning uzluksiz majmui. Izoh – Chastotalar polosasi o‘zining chastotalar polosasida o‘rnini belgilab beradigan ikki kattalik bilan, masalan, uning quyi va yuqori cheklovchi chastotalari bilan tavsiflanadi. " Chastotalar polosasining kengligi|"Chastotalar polosasining quyi va yuqori chegaralari o‘rtasidagi farq. " Chastotalararo xendover|"Bir tayanch stansiyadan boshqasiga ko‘chish paytida mobil stansiya chastotasining avtomatik ravishda o‘zgarishi. " Chastotalarning egallangan polosasi|"Quyi va yuqori chegaralaridan tashqarida nurlanadigan o‘rtacha quvvatining har biri berilgan nurlanish o‘rtacha quvvatining ma’lum foizi /2 ga teng bo‘lgan chastotalar polosasi. Agar XEI-R nurlanishning tegishli toifasi uchun hech qanday ko‘rsatmalar bermasa, /2 qiymatini 0,5 foizga teng deb olish kerak. " Chastotalarning himoya polosasi|"Chastotalarning, chastotalarning ikkita qo‘shni kanalini ajratadigan va o‘zaro xalaqitlardan himoya maydonini ta’minlash uchun mo‘ljallangan tor polosasi. " Chastotalarning optik diapazoni|"1013 Gs dan 1015 Gs gacha bo‘lgan chastotalar diapazoni. Ko‘rsatilgan chastotalarga to‘lqin uzunligi 0,01 dan 1000 mkm gacha bo‘lgan elektromagnit tebranishlar mos keladi. Fizik xossalariga ko‘ra, optik diapazon bir xil emas. U elektromagnit to‘lqinlarning fizik xossalari bir xil bo‘lmagan uchta quyi diapazonga bo‘linadi: ultrabinafsha nurlanish, ko‘rinadigan nurlanish va infraqizil nurlanish. " Chastotalarning qo‘shilib ketishi|"Televideniyeda davriy xalaqit signalining chastota spektri hamda yoyish chastotalari garmonikalarining spektri o‘rtasidagi to‘g‘ri qo‘shilib ketish. Bu narsa xalaqitning sezilarliligini, uning shakli keyingi yoyishlarda o‘zgarishi tufayli, minimumga keltiradi. " Chastotalarning takroran ishlatilishi|"Xizmat ko‘rsatishning turli zonalarida, aynan bir chastotani qayta ishlatishga asoslangan, aloqani tashkil etish usuli. Izoh − Chastotaviy-hududiy rejalashtirishda chastotalarning takroran ishlatilishi, chastota kanallari cheklangan tarmoqlar o‘tkazish qobiliyatini oshirishga imkon beradi. " Chastotani stabillash|"Generator hosil qiladigan chastotaning doimiyligini saqlab turish. " Chastotani o‘zgartirish|"Radiostansiyaning ishchi polosasidagi xalaqitlar darajasini pasaytirish maqsadida, qabulqilgich ishchi chastotasini o‘zgartirish. " Chastotaning musbat Doppler siljishi|"Mobil obyekt tayanch stansiyaga yaqinlashganida chastotaning Doppler ortish effekti. " Chastotaning nostabilligi|"Generator chastotasining, uning tebranish konturlari o‘zgarmasdan sozlanganda yuz beradigan o‘zgarishi. " Chastotaning og‘ishi|"Nurlanuvchi to‘lqin chastotasining o‘rtacha chastotadan modulyatsiya keltirib chiqargan oniy og‘ishi. Chastotaviy modulyatsiyada oniy chastota maksimal va minimal qiymatlari o‘rtasidagi cho‘qqi farq. " Chastotaning sekin sakrashsimon o‘zgarishi|"Ishchi chastotani psevdotasodifiy qayta sozlash usuli, unda chastotani almashtirish vaqti bitta axborot simvoliga to‘g‘ri keladigan vaqt intervali uzunligidan ancha kattadir, ya’ni bitta chastotada doimo bittadan ko‘p axborot simvoli uzatiladi. Xalaqitlardan himoyalashning ushbu usuli mobil stansiyalarning kichik ko‘chish tezligida eng samarali bo‘ladi. " Chastotaviy qoplash|"Rangli televideniye tizimida chastotalar polosasining monoxrom kanal va ranglilik signali kanali uchun umumiy bo‘lgan qismi. Izoh – Chastotaviy qoplash – spektrlarni birlashtirishning bir shaklidir. " Chastotaviy skanlanadigan antenna panjarasi|"Nurning elektr skanlanishi qo‘zg‘atiluvchi manba chastotasini o‘zgartirish orqali amalga oshiriladigan antenna panjarasi. " Chastotaviy tavsifning notekisligi|"Berilgan turdagi radiokarnayning texnik shartlarida ko‘rsatilgan ishchi chastotalar diapazoni chegaralarida tovush bosimi eng ko‘p va eng kam qiymatlari darajalarining farqi. Odatda, chastotaviy tavsifning notekisligi detsibellarda (dB) ifodalanadi va 15 dB dan 18 dB gacha bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi (0 dB 1000 Hz chastotadagi tovush bosimiga mos keladi). " Chat|"Internet foydalanuvchilari o‘rtasida real vaqtda matnli xabarlar almashinish. " Chegara|"Qandaydir kattalik o‘zgarishining ozirgi nuqtasi; xotira, fayldagi muayyan interval. " Chegara registri|"Xotirani himoya qilishda ishlatiladigan va xotira sohasining uzunligini o‘z ichiga oladigan, foydalanish dasturiga ajratilgan tizimli registr. " Chegaradan tashqari to‘lqin o‘tkazgich|"O‘zining kritik chastotasidan past chastotada foydalaniladigan to‘lqin o‘tkazgich. " Chegaraviy foydalana olish shlyuzi|"IP-tarmoqlarida: kichik tarmoqning belgilangan manzili bilan identifikatsiya qilinadigan tarmoq. Kichik tarmoqlar ulangan tarmoqlarni manzillashning murakkabligiga qarab kichik tarmoqni bir vaqtda muhofaza qilish uchun marshrutlashning ko‘p darajali iyerarxik tuzilmasini ta’minlash maqsadida tarmoq administratori tomonidan segmentlangan tarmoqni o‘zida aks ettiradi. OSI-tarmoqlarida kichik tarmoq deb, bir administrativ domenda boshqariladigan va tarmoqdan foydalana olishning bitta protokolidan foydalanuvchi oxirgi va oraliq tizimlari guruhiga aytiladi. " Chegaraviy qiymat|"Ma’lumotlarning, tizim yoki komponent uchun ko‘rsatilgan eng kichik yoki eng katta kirish, ichki yoki chiqish qiymatiga mos keladigan qiymati. " Chegaraviy (chekka) marshrutizator|"Tarmoq chegarasidagi, xabarlarning berilgan tarmoq orqali keyinchalik yo‘llanishini taʼminlamaydigan marshrutizator. " Chek list|"Qo‘yilgan vazifalarni bajarish maqsadida alohida tarzda tizimlashtirilgan omillar, xossalar, parametrlar, aspektlar, komponentlar, mezonlar yoki vazifalar (masalalar) ro‘yxati. " Cheklangan bufer|"Jarayonlarning o‘zaro ta’sir sxemasi, bunda cheklangan uzunlikdagi sikl buferi yordamida o‘zaro harakat qiluvchi jarayon-ishlab chiqaruvchi va jarayon-iste’molchi mavjud bo‘ladi. Ishlab chiqaruvchi axborot elementlarini generatsiyalaydi va buferga yozadi, iste’molchi bufer axborot elementlaridan foydalanadi va ularni yo‘q qiladi. " Cheklashni tekshirish|"Ma’lumotlarning qiymatlari berilgan qiymatdan yuqorida yoki quyida turganligini yoki belgilangan cheklashga yetganligini aniqlash maqsadida bajariladigan tekshirish. " Cheklov|"Kompyuter funksionalligiga oldindan o‘rnatilgan cheklovlar. Biror bir manbadan bolalarning foydalanishlarini chegaralash yoki kompyuterdan kechki payt foydalanilishining oldini olish uchun xizmat qiladi. " Chertish|"Kursorni siljitmasdan «sichqoncha» tugmasini bosish. " Chetdan kiritish|"Axborot obyektini (masalan, hujjat, matn, grafiklar, ma’lumotlarni), u saqlanadigan joydan (fayl, ma’lumotlar bazasi) chiqarib tashlamasdan joriy ilovaga, formatni o‘zgartirgan holda, ko‘chirib yozish. " Chetki avtomat|"Axborotni qayta ishlashga mo‘ljallangan, chekli xotira qurilmasining modeli. Chekli avtomatlarning ikki xil, ya’ni, sinxron va asinxron turkumi farqlanadi. Chekli avtomatlar integral sxemalar asosida yaratiladi. " Chetlab o‘tish rejimi|"Ma’lumotlarni shifrlash uskunasining ishlash rejimi bo‘lib, bunda ochiq matn buzilmasdan uzatiladi. " Chin|"Mantiqiy mulohaza tavsifi. Mantiqiy ifoda dasturlash tillarida olishi mumkin bo‘lgan qiymat. " Chinlik jadvali|"Mantiqiy funksiyani tavsiflaydigan jadval. Berilgan holda «mantiqiy funksiya» deganda, o‘zgaruvchilarning (funksiya parametrlarining) qiymatlari va funksiyaning o‘z qiymati mantiqiy chinlikni ifodalaydi. Masalan, ikki belgili mantiqda ular «chin» yoki «yolg‘on» qiymatni olishi mumkin. Chinlik jadvallari asosan Bul algebrasida va raqamli elektron texnikada mantiqiy sxemalar ishini tavsiflashda qo‘llaniladi. " Chip|"1. Davomiyligi axborot oqimidan bir necha marta kichik bo‘lgan, murakkab signal elementi. 2. Kristalldagi yarimo‘tkazgichli mikrosxema. " Chip tarmoq|"Markaziy protsessorning periferik qurilmalar bilan ishlashini ta’minlash uchun asosiy platada o‘rnatiladigan integral sxemalar to‘plami. " Chip tezligi|"Taktli chastotasi kirish axborot tezligidan bir necha marta yuqori bo‘lgan keng spektrli signallarning elementlarini uzatish tezligi. Chip tezligi, odatda, Mchip/s larda o‘lchanadi (masalan, IS-95 standartida 1,2288 Mchip/s ga teng). " Chiqarib olish uchun vosita|"Saqlangan yozuvlardan foydalana olish imkonini beradigan veb-ilova. " Chiqarib tashlash (ayirish) bloki|"Protsessorning chiqarib tashlash bloki operatsiyalarini bajaradigan qurilmasi. " Chiqarib tashlash tuzog‘i|"Boshqaruvning foydalanuvchiga qaytishining oldini olish maqsadida, kompyuterning shtat rejimida ishlashini buzadigan har qanday urinishni yo‘qqa chiqarishning dasturiy usuli. " Chiqarish|"Olib qo‘yiladigan disklarni (floppi, CD yoki DVD) kompyuterdan uzishni amalga oshiradigan komanda. " Chiqarishni buferlash|"Buferning har bir vazifasi uchun (xotira yoki fayl sohasi ko‘rinishida) uni chiqarish uchun saqlash, buferda topshiriq bilan chiqariladigan axborotni to‘plash va uni topshiriq bajarilgandan so‘ng qurilma (printer) orqali chiqarish. " Chiqish|"Tizimdan, dasturdan chiqish, seansni yakunlash. " Chiqish ma’lumotlari, natijalar|"Qaysidir vazifani hal qilish natijasi sifatida kompyuterdan olinadigan ma’lumotlar. " Chiqish quvvatining maksimal o‘rtacha qiymati|"Uzatiladigan signallarning har qanday kombinatsiyasida o‘rinli bo‘lgan modulyatsiyaning eng uzun takrorlanuvchi sikli bo‘yicha o‘rtachalangan maksimal radiochastotaviy chiqish quvvati. " Chiqish uchlari bir qator joylashgan xotira moduli|"Xotira modulining keng ishlatiladigan qisqartmasi; tezkor xotira standartlaridan biri. Kompyuterlarda tezkor xotira qurilmasini kuchaytirish uchun foydalaniladi. Tezkor dinamik xotira integral mikrosxemalari o‘rnatilgan, uncha katta bo‘lmagan bosma plata-modul ko‘rinishida chiqariladi. Hajmi odatda, 1 Mb dan 64 Mb gacha bo‘ladi. " Chiqish uchlari to‘rt tomonda joylashgan yassi korpus|"Planar chiqish uchlari to‘rt tomon bo‘ylab joylashgan mikrosxemalar korpuslarining turkumi. QFP mikrosxemalar chiqish uchlarining soni odatda, 200 dan oshmaydi, qadami 0,4 mm dan 1,0 mm gacha. " Chiqishni sozlash|"Uzatilayotgan tasvirning o‘rtacha yorqinligini o‘zgartirgan holda, signalning cho‘qqi amplitudasini o‘zgartirish. " Chiqmoq|"Oldindan tanlangan pozitsiyalardan voz kechishga yo‘naltirilgan harakat. Masalan, yangilik jo‘natmalaridan voz kechish. Tizimdagi ishni tugatish. " Chiquvchi|"Elektron pochtaga ishlov berish bo‘yicha dasturlardagi papka, ushbu papkada jo‘natishga tayyor, lekin serverga hali yetkazilmagan xatlar saqlanadi. Xatlar serverga yetkazilgandan so‘ng, «Jo‘natilganlar» papkasiga o‘tkaziladi. " Chiquvchi fayl|"Chiquvchi ma’lumotlardan (qayta ishlangan ma’lumotlardan) iborat fayl. " Chiquvchi hujjat|"Tashkilotdan jo‘natiladigan rasmiy hujjat. " Chiquvchi liniya|"1. Axborot oqimi aloqa stansiyasi yoki retranslyatordan abonentga uzatiladigan liniya. 2. Kanallar konsentratori yoki kommutatori chiqishini olisdagi abonent bilan bog‘lovchi liniya. " Chiquvchi oqim|"Ishga tushirilgan dasturdan chiquvchi ma’lumot oqimi. Dastur ishining bosqichlarini aks ettirishda yoki boshqa dastur bilan ma’lumot almashinishda ishlatiladi. " Chiquvchi telefon yuklama|"Qarab chiqiladigan telefon yuklama manbalariga nisbatan tashqi bo‘lgan liniya (kanal)lar bog‘lamiga yoki kommutatsion aloqa asboblari guruhiga yo‘naltirilgan telefon yuklama. " Chiquvchi chaqiruvlarni chegaralash xizmatlari|"Abonentga barcha yoki muayyan chiquvchi chaqiruvlarni o‘rnatishga va/yoki o‘zining telefon apparatidan xizmat ko‘rsatuvchi buyurtmalarga to‘sqinlik qilish imkonini beradigan xizmat. " Chiquvchi chaqiruvni saralash|"Abonentga, berilgan apparatdan terilishi taqiqlangan raqamlar ro‘yxatini belgilash imkonini beradigan xizmat turi. Taqiq maxsus kod kiritilgandan keyingina olib tashlanadi. " Chiquvchi cho‘qqi quvvat|"Uzatiladigan signallarning har qanday kombinatsiyasida mumkin bo‘lgan maksimal cho‘qqi amplituda sharoitida, radiochastotaviy tebranish davri ichida o‘rtachalashtirilgan chiquvchi quvvat. " Chiziqli algoritm|"Barcha qadamlari bir marta va qat’iy ravishda ketma-ket bajariladigan sodda algoritm. " Chiziqli antenna|"Bitta o‘lchami to‘lqin uzunligidan katta yoki o‘lchovdosh bo‘lgan antenna, bunda ikkita boshqa o‘lcham to‘lqin uzunligidan ancha kam bo‘ladi. " Chiziqli antenna panjarasi|"Nurlantiruvchi elementlari to‘g‘ri chiziqda joylashgan antenna panjarasi. " Chiziqli bashoratlash|"Tovush signalini dekodlashda qo‘llaniladigan bashoratlash usuli. Bunda tovush sigalining so‘rov paytida taxmin qilinayotgan kattaligi oldin tanlangan kattaliklarning chiziqli o‘lchangan yig‘indisi sifatida aniqlanadi. " Chiziqli kriptotahlil|"Blokli shifrlar uchun qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan kriptotahlil usuli. Bu kriptotahlil usuli ma’lum ochiq matn bo‘yicha kriptotahlil usuliga asoslanadi. " Chiziqli manzil makoni|"Ba’zi bir protsessorlarda foydalaniladigan, xotirani manzillash sxemasi. Unda barcha tezkor xotira qurilmalaridan registrda yoki komandada bo‘lgan yagona manzil yordamida foydalanish mumkin bo‘ladi. " Chiziqli printer|"Bir paytning o‘zida butun qatorni chop etuvchi yuqori tezlikka ega bo‘lgan printer. Chiziqli printerlarning kamchiligi ularning grafikani chop etaolmasligi, past chop etish sifati va ish paytida qattiq shovqinlar bo‘lishidir. " Chiziqli qutblanish|"Elektromagnit to‘lqinning kuchlanganlik vektori bitta qayd qilingan liniyaga parallel bo‘lib qoladigan elektromagnit to‘lqin qutblanishi. " Chiziqli simmetrik vibrator|"O‘tkazgichlarining o‘qlari bir to‘g‘ri chiziqda yotuvchi simmetrik vibrator. " Chiziqli qo‘shish|"Tarqoq (yoyilgan) qabul qilish usuli. Bunda bir xil vazn koeffitsiyentiga ega bo‘lgan turli kanallarning signallari daraja bo‘yicha tenglashtirilgach qo‘shiladi. " Chop etish versiyasi|"Veb-sayt sahifasining chop etish uchun mo‘ljallangan, yaʼni dizayn elementlarisiz, faqat matndan iborat xili. " Chop etish spuleri|"Chop etish uchun yuborilayotgan hujjatlarni qabul qiladigan, qayta ishlaydigan, dispetcherizatsiya qilib, taqsimlab beradigan DLL to‘plami. " Chuqurlik|"1. Signalning maksimal va minimal qiymatlari o‘rtasidagi farq, masalan, amplitudali modulyatsiya chuqurligi. 2. Sxemada ketma-ket ulangan elementlar sonini, iyerarxik tuzilmadagi pog‘onalarni, maksimal tanlash hajmini tavsiflovchi o‘lchov. " Cho‘ntak|"Xotiraning tizim tomonidan ajratiladigan, nusxa ko‘chirish yoki ko‘chirish uchun ma’lumotlar vaqtincha joylashtiriladigan qismi. " Cho‘ntak shaxsiy kompyuteri|"Portativ kompyuterning bir turi, o‘lchamlari va og‘irligiga ko‘ra elektron yon daftarchani eslatadi, funksional imkoniyatlariga ko‘ra stol kompyuteriga deyarli o‘xshash. Bunday kompyuterning tezkor xotirasi uzoq muddatli xotira funksiyasini bajaradi va bir necha megabayt o‘lchamga ega. Qattiq disk yo‘q. Odatda, Windows CE ostida ishlaydi, boshqa kompyuterlar bilan interfeysga, o‘rnatilgan integ-ratsiyalashgan tizimlarga ega. Displeyi suyuq kristalli. " Cho‘qqi quvvat|"Sinxronlovchi signallar cho‘qqi amplitudasiga mos keladigan, radiochastotaviy tebranish davri ichidagi quvvat. " Cho‘qqi chiqish quvvatini rostlash|"Uzatgichning chiqish quvvatini muayyan chegarada uzoq vaqt oralig‘i mobaynida ushlab turish uchun mo‘ljallangan qo‘lda yoki avtomatik tarzda sozlash. " Cho‘tka|"Turli grafik dasturlardagi «cho‘tka» asbobi. Rangning o‘zgaradigan qalinligi va intensivligiga ega. Nuqtalarning ketma-ketligini («sichqoncha» tugmasini bosganda) chizadi. " Cho‘zilgan impuls|"Qabul qilgich kirishidagi davomiyligi signalning ko‘p nurli buzilishlari yuzaga kelishi bilan bog‘liq boshlang‘ich impuls davomiyligidan sezilarli katta bo‘lgan impuls. " Abandonware|"Ishlab chiqaruvchi kompaniya tomonidan sotuvga qo‘yilmayotgan va ishlab chiqaruvchi undan foyda olmayotgan dasturiy mahsulot (operatsion tizim, matn protsessori, kompyuter o‘yini yoki media-fayl). " AC-3 formati|"Dolby Laboratories firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan tovushli fayl formati. 6 ta tovush kanaliga ega. Frontal: chap, o‘ng va markaziy kanallar tovushning aniq joylashuvini aniqlab beradi. Orqa chap va o‘ng kanallar hamda qo‘shimcha past chastotali kanal 3-120 Hz esa «yaqinda bo‘lish effekti» ni qo‘shadi. Muqobil nomi 5.1 formati. " AC''97|"Kompyuter audio apparaturalarining asosiy standarti. Audio tizimlarni kompyuterga joylashtirish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha plata formatini tavsiflaydi. " ACE standarti|"Foydalanuvchilarning x86 shaxsiy kompyuterlaridan MIPS turidagi RISC mashinalariga o‘tish imkonini beruvchi ochiq standart. Universal operatsion tizimni tuzish bo‘yicha loyihaning bir qismi. " ACPI spetsifikatsiyasi|"Intel, Microsoft va Toshiba korporatsiyalari tomonidan 1996-yilda ishlab chiqilgan ochiq standart. Kompyuterlarning energiyaga bo‘lgan etiyojini BIOS tomonidan emas, balki operatsion tizim tomonidan to‘liq boshqarilishini (alohida qurilmalarni yoqish va o‘chirib qo‘yish) amalga oshirishga imkon beradi. " ActiveX|"COM modeli asosidagi obyekt komponent ilovalarini dasturlash uchun Microsoft tomonidan ishlab chiqilgan texnologiyalar guruhining nomi. Dasturiy ta’minot komponentlarining bir-birlari bilan, ularning yaratilishi uchun bevosita ishlatiladigan dasturlash tillariga bog‘liq bo‘lmagan holda, tarmoq muhitida o‘zaro ishlashlariga imkon yaratuvchi texnologiyalar to‘plami. " АctiveX ma’lumotlar obyekti|"Ma’lumotlardan foydalana olish interfeysi. Mijoz ilovalariga fayllar yoki serverlarda bo‘lgan ma’lumotlar bazalaridagi ma’lumotlardan foydalanish va ularni boshqarish imkonini beradi. " ACTOR tili|"Whitewater Group kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, Windows da ishlaydigan dasturlarni yaratishga mo‘ljallangan, ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash tili. Paskal dasturlash tiliga xos sintaksisga ega. " Ada tili|"Boshqariladigan elektron hisoblash mashinalari bo‘lgan, o‘rnatilgan tizimlarda foydalanish uchun ishlab chiqilgan dasturlash tili. Bunday tizimlarda operatsiyalarning parallel bajarilishi talab etiladi va amalga oshirish vaqtiga qat'iy cheklovlar qo‘yiladi. Shuning uchun ham, Ada real vaqt tizimlari tili hisoblanadi. " ADB shinasi|"Macintosh shaxsiy kompyuternidagi tizim shinasi. " Address Resolution Protocol|"MAC-manzillarni IP-manzillarda aks ettirishda ishlatiladigan Ethernet-tarmoqlardagi quyi daraja protokoli. " A-diapazon operatori|"Chastotalarning A-diapazonida ishlash uchun litsenziyaga ega bo‘lgan uyali aloqa kompaniyasi. Izoh − Atama Amerika tizimlari uchun xos bo‘lib, ularda uyali aloqa uchun ajratilgan butun (800−900) MHz chastota diapazoni, shartli ravishda A va В operatorlari sifatida nomlangan ikki operator o‘rtasida taqsimlangan. Tarixan, A operator bir vaqtning o‘zida simli va simsiz telefon aloqasi xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniya hisoblanadi. Barcha mobil telefonlar faqat bitta (A yoki В) diapazonda ishlash uchun dasturlashtirilgan bo‘lib, bu ularning faqat bir turdagi boshqaruv kanallarini izlash imkoniyatini ifodalaydi. " Adobe|"1982-yilda asos solingan dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi Amerika kompaniyasi. PDF formatning muallifi va egasi hisoblanadi. Yaqinda MacroMedia kompaniyasini sotib oldi. " Adobe firmasining (shriftlar) menejeri|"Adobe Systems firmasining shriftlarni qo‘llab-quvvatlash (kuzatib borish) tizimi. " AES/EBU signali|"MPEG koderlari uchun manba sifatida qo‘llaniladigan, har bir sanoqqa 20 dan 24 bit gacha kvantlash razryadlanishiga ega, ikki kanalli raqamli tovush signali. " Air interface texnologiyasi|"Efir interfeysi – operatorning tayanch stansiyalari va mobil qurilmalar o‘rtasida ma’lumotlar almashinish amalga oshiriladigan texnologiya. Har bir operator o‘zining efir interfeysiga ega. " AIT standarti|"Takomillashtirilgan intellektual (magnit) tasma. " Algol|"Ilmiy-texnik masalalarni hal qilish uchun foydalaniladigan, ma’lumotlarni qayta ishlashning protsedura tili; ilmiy hisoblashlar uchun mo‘ljallangan yuqori darajali til. " ALPHA|"RISC turidagi, 64 razryadli ma’lumotlar shinasi, 64 razryadli manzil shinasi, tezkor xotira va protsessor o‘rtasida ma’lumotlar uzatish uchun mo‘ljallangan 128 razryadli shinaga ega bo‘lgan mikroprotsessor. DEC firmasi tomonidan 1992-yilda ishlab chiqilgan. Takt chastotasi 300 MHz ga yetadi. " Alt klavishi|"Kompyuterlarda: bosilishi vaqtida klaviatura boshqa klavishlarining skan-kodlarini o‘zgartirish imkonini beradigan klavish. Yangi klavishlar qo‘shmasdan turib klaviatura funksionalligini kengaytiradi. " AMR spetsifikatsiyasi|"Tizim platasini va interfeysini kengaytirish imkonini beruvchi, audio qurilmalar kabi modemni ham qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan platalarning ochiq sanoat standarti hisoblanadi. AC'97 spetsifikatsiyasi asosida yaratilgan. AMR platalar (modemlar, tovush kartalari) tizim platasiga PCI shinasidan foydalanilgan holda ulanadi. " AMR-WB kodeki|"Ixtisoslashtirilgan ko‘p tezlikli kodek, odatda, keng polosali uyali aloqa tizimlari uchun qo‘llaniladi. U, muayyan tezliklar diapazonida (6,6 Kbit/s dan 23,85 Kbit/s gacha) ovozli oqim siqilishini ta’minlaydi. " ANSI kodi|"Simvollarni sakkiz razryadli ikkilik sonlar (1 byte) bilan kodlash standarti. Windows da foydalaniladi. " ANSI simvollar to‘plami|"Amerika milliy standartlar instituti (ANSI) tomonidan ishlab chiqilgan, Windows da 256 ta boshqaruvchi va alifbo-raqamli simvollarni taqdim etishda foydalaniladigan 8 bitli kod jadvali. " AOL|"AQSh hududida joylashgan eng katta Internet provayderi. ICQ AIM Internet-peyjer xizmatining egasi. Onlayn-xizmatlar va elektron e’lonlar taxtalarini yetkazib beruvchi. 1998-yilda Netscape kompaniyasini sotib oldi va uning asosida o‘zining brauzerini chiqardi. " API antivirusi|"Pochta xabarlarini skanlash va aniq vaqt rejimida viruslarni aniqlashga imkon beradigan amaliy dasturlash interfeysi. Izoh − Elektron pochta bo‘yicha tarqaladigan viruslarni aniqlash imkoniyati va AVAPI server ishiga ta’sir etmasligi uning ustunligidir. " APL tili|"Juda yuqori darajadagi protsedura tili. Maxsus klaviatura talab qiladi. Dastlab algoritmlarni yozish uchun notatsiya (shartli belgilar) bo‘lib xizmat qildi. Birinchi varianti APL/360 ‒ 1966 yil. " A-profil|"Amaliy profil. CAN tarmoqning (abonent foydalana olish tarmog‘ining) har bir qurilmasi uchun barcha kommunikatsion va amaliy obyektlarni belgilaydi. " A-qonuni|"Tovush koderlaridagi RSM va ADPCM da qo‘llaniladigan, tovush signali dinamik diapazonini siqish qonuni. Katta amplitudali signallar uchun logarifmik siqish algoritmidan, kichik amplitudali signallar uchun chiziqli siqish algoritmidan foydalanishga asoslangan. Bu esa kichik daraja signallarini tiklashda signal/shovqin nisbati doimiy bo‘lishligini taʼminlaydi. " ARJ|"Robert Jang tomonidan ishlab chiqilgan fayl arxivatori. " ASII kodi|"Bir baytli (1 byte=8 bit) ikkilik kod ko‘rinishida lotin alifbosi simvollarini, raqamlar, yordamchi simvollar yoki amallarni kodlash standarti. Dastlab standart 7 bitdan foydalanib (0 dan 127 gacha bo‘lgan) 128 simvolnigina belgilagan edi. Barcha sakkiz bitdan foydalanish yana 128 simvolni kodlash imkonini beradi. Qo‘shimcha simvollar har qanday bo‘lishi mumkin. Ularga 128 dan 255 gacha bo‘lgan kodlar ajratiladi. " ASN tarmog‘i|"Muayyan standartdagi (Mobile WIMAX) aloqa tarmog‘idan foydalanish tarmog‘i. " ASR parametri|"Qabul qilingan chaqiruvlar sonining, chaqirishga urinishlar soniga bo‘lgan foiz nisbatini ko‘rsatadigan, aloqa sifati parametri. Bu parametrning qiymati chaqiriluvchining harakatiga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. " AT - komandalar|"Hayes Microcomputer Product firmasi tomonidan ishlab chiqilgan Hayes turidagi modemlarni boshqarish tili. De-fakto standarti hisoblanadi. Tilning har bir komandasi «AT» dan boshlanadi. Inglizcha «at-tention» − «diqqat» so‘zidan olingan. " ATA ketma-ket porti|"Shaxsiy kompyuterlarning tizim platalariga ulash uchun va ma’lumotlarni saqlash (qattiq disklar, DVD va CD-R/W diskovodlari) tez ishlovchi qurilmalarning arzon xizmatlariga mo‘ljallangan izchil interfeyslarning tasnifi. Ma’lumotlar uzatish tezligi: 150, 300 va 600 Mbit/s. Kabel uzunligi 1 m gacha. " ATDMA usuli|"Kanallarni vaqt bo‘yicha ajratish bilan ko‘p stansiyali foydalana olishning takomillashtirilgan usuli. Izoh − UMTS dasturi doirasida ishlab chiqilayotgan aloqa tizimi loyihasining nomi, unda TDMA texnologiyasining radioto‘lqinlarning ko‘p nurli tarqalishida, tinishlarga ega bo‘lgan kanallardagi imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish ko‘zlangan. " Athlon|"AMD kompaniyasi tomonidan 1999-yil iyun oyida e’lon qilingan x86 arxitekturasining mikroprotsessori. Yangi texnologiya Pentium protsessorining raqobatchisi bo‘lishga imkon berdi. Athlon protsessorining eng katta kamchiligi, uning ko‘p energiya sarflashi va buning oqibatida yuqori darajadagi issiqlikda ishlashidadir. Athlon 462-pin li raz’yomda ishlaydi. " A-turidagi resurs yozuvi|"Domenga kiradigan kompyuterning xotirasida saqlanadigan ma’lumot bo‘lib, unda kompyuterning domen nomi (kompyuterning nomi) va domen hududiga tegishli kompyuter IP-manzili aks ettiriladi. " AVI formati|"Tovush bilan sinxronlashgan videofillmlar (mini-kinofilmlar) ni saqlash uchun Microsoft korporatsiyasining Multimedia Systems Group bo‘linmasi tomonidan ishlab chiqilgan fayllar formati. Raqamli video va audio yozuvlarning galma-gal almashinadigan formatiga ega. " AWK dasturlash tili|"Skriptli, UNIX uchun dasturlash tili, mualliflari nomi bilan atalgan (Al V. Aho, Peter J. Weinberger hamda Brian W. Kernighan). 1977 yilda ilk versiyasi chiqqan. " B-diapazon operatori|"Chastotalarning В -diapazonida ishlash uchun litsenziyaga ega bo‘lgan uyali aloqa kompaniyasi. Izoh − Atama Amerika tizimlariga xos bo‘lib, ularda uyali aloqa uchun ajratilgan (800−900) MHz chastotalar diapazonining barchasi shartli ravishda A va В tarzida nomlanuvchi ikki operator o‘rtasida teng bo‘lingan. В-operatori tarixan simsiz foydalana olish xizmatlarini ko‘rsatishga ixtisoslashgan kompaniyadir. Barcha mobil telefonlar faqat bitta (A yoki В) diapazonda ishlash uchun dasturlashtirilgan bo‘lib, u faqat bitta turdagi boshqarish kanallarini qidirish imkoniyatini anglatadi (terminal dasturlashtirilgani kabi). " B kanallar, «tashuvchi kanallar»|"ISDN tarmog‘ining nutqli yoki alifbo-raqamli ma’lumotlarni uzatish uchun mo‘ljallangan ikkita 64 kbit/s li kanali. " B-psevdokadr|"Televizion tasvirning avval keluvchi va/yoki ketidan keluvchi tayanch kadrlari yoki maydonlari bo‘yicha harakatni kompensatsiyalash bilan taxminlash usulida shakllanadigan psevdokadr. " Base-64 kodi|"Elektron xabarlarni MIME bilan moslashgan kodlash usuli. Ixtiyoriy baytlar ketma-ketligini bosma ASCII-simvollar ketma-ketligiga kodlaydi. " Bash|"Bourne shell komandali qobiqning mukammallashtirilgan va yangilangan variatsiyasi. Unix ning ommalashgan zamonaviy komandali qobiqlaridan biri. Ayniqsa GNU/Linux muhitida keng tarqalgan bo‘lib, u bu muhitda boshlang‘ich komanda qobig‘i sifatida ishlatiladi. " BASIC|"Dastlabki eng oddiy dasturlash tillaridan biri. 1964-yilda ishlab chiqilgan mazkur dasturlash tili professional bo‘lmagan dasturchilarga mo‘ljallangan. BASIC tili konstruksiyasining oddiyligi, shuningdek, kompyuter bilan dialog rejimda ishlash imkoniyati mavjudligi bilan ajralib turadi. " BCD fayli|"Kompyuterda mavjud bo‘lgan yuklanadigan operatsion tizimlar va ularning parametrlari to‘g‘risidagi axborotni o‘z ichiga oladigan fayl. Aktiv bo‘limda Boot papkasida saqlanadi. BCD fayl o‘chirib tashlanganda, shikastlanganda yoki noto‘g‘ri sozlanganda operatsion tizim yuklanishdan to‘xtaydi. " BDE|"Borland firmasining ma’lumotlar bazasidan foydalana olish interfeysi. U dasturlarga ma’lumotlar bazasidagi xabarlardan foydalana olish imkonini yaratadi. " BEDO DRAM xotirasi|"Tezkor xotiraning bir turi. SDRAM ning arzon analogini yaratish maqsadida tuzilgan. Lekin keng tarqalmagan. " Belady anomaliyasi|"FIFO algoritmidagi, uchta erkin freymlardagi sahifalarning rad etish soni bilan solishtirish jarayoniga ko‘ra, to‘rtta erkin freymdagi sahifalar rad etish sonining ortib borishi. " BeOS operatsion tizimi|"Dastlab BeBox uchun bazaviy operatsion tizim sifatida ishlab chiqilgan operatsion tizim. Ko‘p oqimlilik, mikroyadrolik, ko‘p protsessorli arxitekturaning, 64 bitli jurnalli fayl tizimining qo‘llanilishi, juda qulay va oddiy foydalanuvchi interfeysi BeOS ning ajratib turadigan afzal jihatlaridir. " Betacam formati|"Yarim dyuymli magnit tasmaga ma’lumot yozish uchun Sony firmasi tomonidan taqdim etilgan yozuv formati. " BGP protokoli|"EGP (External Gateway Protocol) protokoli o‘rniga ishlab chiqilgan mashrutlash protokoli bo‘lib, turli standartlar asosida ishlaydigan tarmoqlar o‘rtasida aloqani ta’minlashga mo‘ljallangan. EGP protokolining vositalaridan farqli o‘laroq, BGP protokolining vositalari optimal marshrutni tanlash uchun barcha mumkin bo‘lgan marshrutlarni baholay oladi. " Big endian|"Kompyuter xotirasining arxitekturasi, bunda baytlarni raqamlash xotira har bir so‘zida chapdan boshlanadi, ya’ni katta bitlardan boshlab raqamlanadi. " BITNET tarmog‘i|"IBM firmasining dastlabki meynfreymi (1981-yil) asosida qurilgan birmuncha arzon va past tezlikka ega xalqaro kompyuter tarmog‘i bo‘lib, 52 mamlakatning kollej va universitetlarini birlashtirgan. Hozirgi vaqtda CREN tarmog‘ining bir qismidir. " Blackberry OS|"Smartfonlarda va Research and Motion (RIM) firmasining kommunikatorlarida ishlaydigan ilovalarning asosiy to‘plamiga ega mobil qurilmalar uchun mo‘ljallangan operatsion tizimlar. " Blowfish algoritmi|"1993-yil Bryus Shneyyer tomonidan ishlab chiqilgan shifrlash standarti. Izoh − U simmetrik blokli shifr bo‘lib, blokining o‘lchami 64 bit, kalitining uzunligi esa o‘zgaruvchandir (32 dan 448 bit gacha). Internetda ushbu algoritmning dastlabki kodlari mavjud bo‘lib, litsenziya talab etmaydi. " Bluetooth|"Tovush va ma’lumotlarni uzatish uchun turli xildagi qurilmalarni birlashtirish imkonini beradigan simsiz qisqa to‘lqinli (30 m gacha) yaqin radioaloqa texnologiyasi. Uni ishlab chiqish va rivojlantirish bilan Bluetooth SIG assotsiatsiyasi shug‘ullanadi. U IEEE 802.15 belgilanishli standartni oldi. U 2,4 GHz chastotadagi ishni aniqlaydi va 10 m masofagacha (722-784) kbit/s tezlikda ma’lumot uzatadi. " BluRay–disk|"Katta hajmli (25-50 Gbayte) kompakt-disklarning bir turi. " BMP formati|"Grafik fayllarning siqilmagan standart formati bo‘lib, bitta nuqta uchun 4,8 yoki 24 bit ni ko‘zda tutadi. " BOOTP protokoli|"Qattiq diskka ega bo‘lmagan uzellar bilan birgalikda ishlash protseduralarini aniqlab beruvchi tarmoq protokoli. Dastlab TCP/IP tarmoqlarida disksiz ishchi stansiyalarni sozlashda ishlatilgan protokol. DHCP – o‘z navbatida shu protokolni qo‘llagan yuklash konfiguratsiyasining tugab borayotgan protokolidir. " Borland obyekt komponentlarining arxitekturasi|"Borland firmasining (mavjud standart komponentlardan dasturli tizim va komplekslarni yaratish uchun) obyekt-modulli arxitekturasi. " Bps (sekunddagi bitlar soni)|"Bir sekund ichida uzatiladigan bitlar soni. Modem kabi ma’lumotlarni uzatishi mumkin bo‘lgan qurilmaning tezligini o‘lchash birligi sifatida foydalaniladi. " BREW platformasi|"Qualcomm kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, CDMA standartidagi mobil qurilmalar uchun ilovalar platformasi (GSM uchun Java platformasining analogi). " BSC kodi|"Tayanch stansiya kodi. " BSD|"Kaliforniya universitetining dasturiy mahsuloti. Uning asosida FreeDSB, OpenBSD va NetBSD kabi qator operatsion tizimlar ishlab chiqilgan. " C Shell|"Komanda beruvchi interpretator. *nix-tizimlaridagi komanda satrini dasturlash tili. " C# tili|"Ilovalar, veb-komponentlar, shuningdek, veb-xizmatlar tuzish uchun, Microsoft korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan dasturlash tili. O‘zida C++, Java, Java Script, Visual BASIC tillarining eng yaxshi jihatlarini birlashtiradigan kuchli dasturlash tili. " C++|"Quyi darajali dasturlash imkoniyati bo‘lgan, ANSI va ISO standartlariga javob beradigan, obyektga yo‘naltirilgan yuqori daraja tili. Ci (C) dasturlash tilining navbatdagi avlodi hisoblanadi. C++ning obyektga yo‘naltirilganligi, u yirik masshtabli dasturlarni kodlash soddalashtiriladigan va ularning kengayuvchanligi ta’minlanadigan dasturlash uslubini qo‘llab-quvvatlashini bildiradi. " C2 himoya darajasi|"Axborotni muhofaza qilishga mo‘ljallangan AQSh milliy standarti, foydalanuvchilarni yakka tartibda ro‘yxatga olish, maxfiy so‘z va vakolat berish mexanizmi mavjudligini talab qiladi. " Cairo tarmoq operatsion tizimi|"Microsoft korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan obyektga yo‘naltirilgan arxitekturali tarmoq operatsion tizimi. Cairo tizimi ma’lumotlarni qayta ishlash taqsimlangan muhitini ta’minlaydi. " Caps Lock klavishi|"Yuqori registrni qayd qilish klavishi. " CAS protokoli|"Intel korporatsiyasining, o‘rnatilgan menyu yordamida shaxsiy kompyuterlarning faksimil platalaridan bevosita foydalanishni ta’minlaydigan protokoli. " CB signal|"Rangli televideniyening ayrim raqamli komponentli tizimlarida foydalaniladigan, masshtab koeffitsiyentiga ko‘paytirilgan, ko‘k ayirmarang signalga mos keladigan bir qutbli signal. " ccTLD|"Yuqori pog‘onali milliy yoki mamlakat domeni. ® Muayyan mamlakat uchun ajratiladi, masalan, O‘zbekiston uchun .uz, Rossiya uchun .ru va h.k. " CD+MIDI formati|"Raqamli ovoz va MIDI interfeysi bilan kengaytirilgan format. " C-diapazon|"Yo‘ldoshli (FSS), radioreleli va boshqa xizmatlar o‘rtasida taqsimlangan 4 GHz dan 8 GHz gacha chastotalar diapazonining xalqaro belgilanishi. Masalan, FSS yo‘ldoshli aloqa xizmatiga 4/6 GHz diapazoni ajratilgan va u ikkita uchastkani o‘z ichiga oladi: (3,4−4,2) GHz (liniya «pastga») va (5,7−6,7) GHz (liniya «yuqoriga»). " CD-I diskiga umumiy tasnifi|"Diskning, uning fizik formatini, shuningdek, turli ko‘rinishdagi axborotni kodlash tartibi va uslublarini belgilaydigan tasnifi. " CDIF eksporter|"CDIF uzatish faylini yaratadigan vosita. " CDIF grafik notatsiyasi|"Diagrammalarda CDIF modellash konsepsiyalarining taqdim etilishini belgilaydigan qoidalar to‘plami. " CDIF importer|"CDIF uzatish faylini o‘qiydigan va undan modelni yaratishda yoki o‘zgartirishda foydalanadigan vosita. " CDIF metaindikator|"Metaobyektni uzatishning metamodel qismida qat’iy identifikatsiyalaydigan metaatribut. " CDMA2000 1xEV-DV texnologiyasi|"CDMA2000 standarti negizidagi ma’lumotlarni simsiz uzatish texnologiyasi. Standart 2003-yilda ishlab chiqilgan. Radioefirda bitta eltuvchida bir vaqtda ham ovoz, ham ma’lumotlar uzatilishini ko‘zda tutadi. Maksimal tezlik 3−5 Mbit/s gacha, normal o‘tkazish qobiliyati 1,25 MHz kanalda 1 Mbit/s ni tashkil etadi. " CDMA2000 1х EV-DO Rel 0 texnologiyasi|"CDMA2000 standarti negizidagi ma’lumotlarni simsiz uzatish texnologiyasi. Ma’lumotlarni «pastga» (Down link (DL) liniyada 2,4 Mbit/s gacha bo‘lgan tezlik bilan, «yuqoriga» (Up link (UL) liniyada 153 Kbit/s tezlik bilan uzatish imkoniyatini ta’minlaydi. " CDMA2000 1х EV-DO Rel А texnologiyasi|"CDMA2000 standarti negizidagi ma’lumotlarni simsiz uzatish texnologiyasi. Ma’lumotlarni mobil terminaldan tayanch stansiya tomon yo‘nalishda 1,8 Mbit/s gacha bo‘lgan tezlik bilan uzatilishini, tayanch stansiyadan mobil terminal tomon yo‘nalishda 3,1 Mbit/s gacha bo‘lgan tezlik bilan olinishini ta’minlaydi. Kanalning talab qilinadigan kengligi 1,25 MHz, bu, spektrdan samarali foydalanish to‘g‘risida gapirish imkonini beradi. Hozirgi paytda 1x EV-DO Rel A texnologiya CDMA2000 tarmoqlari uchun tayanch texnologiya hisoblanadi va «to‘rtinchi avlod» (4G) tarmoqlariga o‘tishni amalga oshirish imkonini beradi. " CDMA2000 loyihasi|"Qualcomm kompaniyasi takliflari asosida, TIA TR 45.5 qo‘mitasi (AQSh) tomonidan IMT-2000 dasturi doirasida ishlab chiqilgan keng polosali tizimlar uchinchi avlod standarti loyihasining nomi. " CDMA2000 standarti|"CDMA standarti versiyalaridan biri. Uchinchi avlod keng polosali tizim standartining loyihasi. TIA TR (AQSh) qo‘mitasi tomonidan Qualcomm kompaniyasining ishlanmalari negizida yaratilgan. Aloqa kanallarining o‘tkazish qobiliyatini oshirish yo‘li bilan cdmOne standartining imkoniyatlarini kengaytiradi. CDMA2000 ga o‘tishning birinchi bosqichi (Phase 1) ovozli va multimedia ma’lumotlar uzatish tezligini 144 Kbit/s gacha oshirishni ko‘zda tutadi. Bu texnologiya uchun qator nomlanish mavjud: IS-2000, MC-1X, IMT-CDMA Multi-Carrier1x va 1xRTT. Ikkinchi bosqichda (Phase 2) ma’lumotlar uzatish tezligi 2 Mbit/s gacha oshirilishi mumkin: 1xEV-Data Voice yoki 1xEV-DV standarti ovoz va ma’lumotlarni birgalikda uzatish uchun hamda 1xEV-DataOnly (Phase 1+) faqat ma’lumotlar uzatish uchun. Bundan tashqari, CDMA2000 ga o‘tishning ikkinchi bosqichida birinchi bosqich texnologiyalari ta’minlaydigan, ma’lumotlar uzatish tezligini uch marta oshirish texnologiyasidan foydalanilishi mumkin. Bu texnologiya MC-3X, IMT CDMA MultiCarrier3x va 3xRTT sifatida ma’lum. " cdmaOne aloqa tizimi|"IS-95 standarti negizida amalga joriy etilgan ikkinchi avlod aloqa tizimining nomi. Aloqa, (824−849) MHz (liniya «yuqoriga») va (869−894) MHz (liniya «pastga») chastotalar diapazonida, 45 MHz dupleks tarqoqlik bilan ta’minlanadi. Nutqni uzatish uchun 8 Kbit/s (kanal ichida 9,6 Kbit/s)ga teng tezlikni ta’minlaydigan CELP turidagi kodeklar ishlatiladi. cdmaOne tarmoqlarining asosiy texnik parametrlari TIA standartlarida (IS-95 va IS-96) belgilab qo‘yilgan. " CD-R (yozish imkoniyatli kompakt-disk)|"Cheklanmagan marta o‘qish, lekin faqat bir marta yozish va davomidan yozish mumkin bo‘lgan kompakt-disk turi. Ma’lumotni o‘chirish imkoniyati mavjud emas. Zamonaviy CD-R lar 650 dan 800 Mbyte gacha ma’lumotni saqlay oladi. " CD-ROM kengaytirilgan arxitekturasi|"Zichlashtirilgan audioma’lumotlarni saqlashni ta’minlaydi. Microsoft va Sony korporatsiyalari tomonidan 1990-yilda yaratilgan standart, bundan tashqari, bu ma’lumotlarni diskdan o‘qish usulini ham bajaradi. " CD-ROM qurilmasi|"Kompakt disklarni o‘qish uchun mo‘ljallangan qurilma. CD-ROMlarning tezligi audio-kompakt-diskni o‘qish tezligi (150 kbit/s) bilan aniqlanadi. Ayni vaqtda, 56 tezlikka ega CD-ROMlar mavjud. Bundan buyon, ularning tezligini oshirish qiyin masala bo‘lib turibdi. " Celeron|"Intel kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan arzon protsessorlar turkumi. Uning arzonligi Pentium protsessorli kompyuterlarga nisbatan samaradorligi pastligi bilan izohlanadi (kesh xotira qisqartirilgan). Dastlabki Celeron protsessori 1998-yilning aprel oyida paydo bo‘lgan. " CentOS|"Hamjamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Linux distributivi. U Red Hat Linux ga to‘liq asoslangan va u bilan mos ravishda ishlay oladi. Undan farqli ravishda, yopiq dasturlarni ishlatmaydi va butunlay bepul. " CERT|"Kompyuter xavfsizligi sohasidagi ekspertlar guruhi. Kompyuter hodisalari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni to‘playdi va tekshirish ishlarini olib boradi, kompyuter hodisalarining oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi. CERT bazan CSIRT (Computer Security Incident Response Team) deb ham ataladi. Birinchi CERT 1988-yilda Karnegi-Melon (AQSH) universitetida Internetda Morris Worm qurtining tarqalishi munosabati bilan yaratilgan. Bugungi kunda CERT xizmatlari ko‘p mamlakatlarda, jumladan, O‘zbekistonda ham mavjud. Katta tashkilotlar ham odatda o‘z CERT bo‘linmalariga ega bo‘ladi. Qar.: UZ-CERT. " CGA grafik adapteri|"Rangli grafik adapter, CGA adapteri IBM PC XT turidagi mashinalarda ko‘p ishlatilgan. Oq-qora rejimda 640×200 nuqtali o‘lchamni va 320×200 – rangli rejimda esa 320x200 nuqtali o‘lchamni ta’minlaydi. " CHILL dasturlash tili|"Xalqaro elektraloqa ittifoqi tomonidan taklif qilingan va kommunikatsiya tarmoqlarida avtomatlashtirilgan komplekslarni dasturlash uchun xalqaro standart sifatida qabul qilingan yuqori daraja dasturlash tili. " Ci tili|"Umumiy maqsadlardagi dasturlash tili, o‘zining samaradorligi, tejamliligi va ko‘chirib bo‘lishliligi bilan ma’lum, bu esa, deyarli barcha turdagi dasturiy ta’munot yahshi sifati bilan ishlab chiqilishini ta’minlaydi. Si tilidan instrumental til sifatida foydalanish tez va ixcham dasturlar olish imkonini beradi. " CMEA algoritmi|"Raqamli uyali aloqa tarmoqlarida xabarlarni shifrlash algoritmi. " C-MOS-xotira|"Uncha katta tezlikka ega bo‘lmagan va batareyadan kam quvvat talab qiladigan, energiyaga bog‘liq bo‘lmagan xotira. Bu xotiradan kompyuter uskunasining konfiguratsiyasi va tarkibi, shuningdek, uning, operatsion tizim ishga tushirilgunga qadar tizim starti va oldindan testlash uchun zarur bo‘lgan ish rejimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni saqlash uchun foydalaniladi. " COBOL dasturlash tili|"Iqtisodiy masalalar va tijoratga oid ma’lumotlarni qayta ishlash masalalari uchun mo‘ljallangan dasturlash tili. COBOL dasturlash tili fayllar bilan ishlash vositasi va ingliz tiliga yaqin bo‘lgan yozish shakli bilan farq qiladi. Hozirgacha eng ko‘p kod qatori yozilgan dasturlash tili bo‘lib qolmoqda. " COM obyekt|"Boshqa obyektlarga va ilovalarga standartlashtirilgan COM-interfeys orqali o‘z servislarini taklif qiladigan Com modeli asosida ishlab chiqarilgan dasturiy komponent baʼzi toifasining obyekti. " COM porti|"O‘tkazish imkoniyati 115200 kbit/s bo‘lgan, 9 kontaktli ketma-ket port. Kichik tez-likka ega qurilmalarning − «sichqoncha» va tashqi modemni ulash yoki ikkita kompyuter o‘rtasida ulanishni yuzaga keltirish uchun qo‘llaniladi. " Common LISP dasturlash tili|"1981-yilda kompaniyalar konsorsiumi tomonidan standartlashtirilgan LISP dasturlash tilining dialekti. Konsorsium bu ishni DARPA rahbarligida bajardi. Common Lisp − bu bort tizimlarida keng foydalaniladigan katta va murakkab til. " Cookie fayli|"Veb-server tomonidan foydalanauvchini ro‘yxatga olish vaqtida qaytariladigan foydalanuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilgan satr. Dastur serverlari har bir foydalanuvchini afzal deb bilish mumkin va shunga bog‘liq holda mijoz saytga kirgan vaqtda har safar aniq takliflar taqdim etishi mumkin. " Copland operatsion tizimi|"Apple Computer korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan MacOS operatsion tizimining 32 turkumli (razryadli) rusumi. Copland operatsion tizimi ko‘p vazifali va ko‘p oqimli hisoblanib, u Apple firmasining shaxsiy kompyuterlari uchun mo‘ljallangan. " COPS spetsifikatsiyasi|"IETF qo‘mitasining spetsifikatsiyasi. Tarmoq ma’muriy boshqarish tizimlarida foydalaniladi. " Core lDRAW|"Kanadaning Corel korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan vektorli grafik redaktor. Mahsulotning shu kundagi versiyasi − CorelDRAW Graphics Suite X3, faqat Microsoft Windows uchun ishlatish mumkin. Avvalgi versiyalar Apple Macintosh hamda GNU/Linux uchun ishlab chiqarilgan. " Core 2|"Intel koporatsiyasi x86-64 arxitekturasi protsessorlarining oltinchi avlodi, Core protsessori arxitekturasiga asoslangan. " CR signal|"Rangli televideniyening ayrim raqamli komponentli tizimlarida foydalaniladigan, masshtab koeffitsiyentiga ko‘paytirilgan, qizil ayirmarang signalga mos keladigan bir qutbli signal. " CSL|"Boshqarish va modellash tili. " CSMA/CD|"Tarmoqlardagi kolliziyalarni hal qilishning keng tarqalgan usuli. " CSTA kompyuter telefoniyasi ilovalarining xizmatlari|"CSTA kompyuter telefoniyasi ilovalari xizmatlari ATS va kompyuter yoki kompyuter tarmog‘ining chetki integratsiyasu uchun xizmat qiladi. Izoh – CSTA protokolini amalga oshirish ECMA-179 (Services for Computer Supported Telecommunication Applications) va ECMA-180 (Protocol for Computer Supported Telecommunication Applications), qisman ECMA-217 va ECMA-218 (Phase II), shuningdek, ECMA-269 (Phase III) standartlariga asoslanadi. " CULV|"Intel kompaniyasi tomonidan ishlab chiqiladigan kompyuter platformasi. Energiya iste’moli va issiqlik ajratishi kam bo‘lganligi tufayli, CULV portativ kompyuterlarda batareyaning xizmat qilish muddati uzoq bo‘lgan juda nozik kompyuter tizimlarini yaratish imkonini beradi. " C-va Ku-diapazonlari|"Yo‘ldoshli televizion eshittirish uchun ajratilgan ikki chastotaviy diapazon. «Yo‘ldosh − qabul qiluvchi antenna» aloqa liniyasi uchun C-diapazonda 3,5 GHz dan 4,2 GHz gacha, Ku-diapazonda esa 10,7 GHz dan 12,75 GHz gacha chastotalar polosasidan foydalaniladi. C-diapazonida uzatiladigan televizion signal moduyatorga berishdan oldin inverslanadi. " D sohasi|"Yer sirtidan taxminan 50-90 km o‘rtasida joylashgan ionosferaning qismi. " D1 formati|"4:2:2 komponent signalning 8 bit/sanoq turkumidagi raqamli videoyozuv formati. " D1 raqamli videoyozuv formati|"Raqamli videoyozuvning birinchi formati. 4:2:2 formatiga asoslangan; yorqinlik Y va ayirmarang R-Y hamda B-Y signallarning komponentli alohida yozuvi amalga oshiriladi. 286.875 mm/s tezlik bilan siljiydigan 19.01 mm kenglikdagi magnit tasma ishlatiladi; magnit tasma uchta: kichik, o‘rta va katta o‘lchamdagi kassetalarga joylangan. Kassetalar mos ravishda, uzluksiz 11, 34 va 76 minutli yo‘zuvni ta’minlaydi. Video va tovush xatolardan Rid-Solomon kaskadli kodlari bilan himoyalangan. " D2 raqamli videoyozuv formati|"Raqamli videoyozuv formati. 19.01 mm kenglikdagi magnit tasma ishlatiladi. D-2 formatidagi raqamli videomagnitofonlar PAL yoki NTSC to’liq (kompozit) signalining yozuvini amalga oshiradi. " Daemon|"Fon rejimida ishlaydigan, foydalanuvchi bilan oshkor tarzda o‘zaro ishlamaydigan dastur. Ko‘p hollarda *nix tizimlariga nisbatan qo‘llaniladi. Microsoft ning operatsion tizimlarida – rezident dastur yoki xizmat (Service) ga mos keladi. " D-AMPS standarti|"TDMA texnologiyasiga asoslangan, ikkinchi avlod raqamli mobil aloqa tizimi standarti (1999-yildan boshlab yangi nomi – TDMA). Standart AMPS (IS-54) analog tizimi bilan mos tushadi, shuningdek, bu standartning oxirgi modifikatsiyasi IS-136 o‘z imkoniyatlari bo‘yicha GSM ga yaqin keladi. " Datakit tarmog‘i|"X.25 protokolli tarmoqqa o‘xshash kanallarni kommutatsiyalash tarmog‘i. " DataTAC standarti|"Paketlar kommutatsiyasiga asoslangan, past tezlikli simsiz aloqa ochiq standarti. Ishchi chastotalar diapazoni 800 MHz atrofida. " dBASE|"Relyatsion ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi. Aihton-Tate firmasi (AQSh) tomonidan ishlab chiqilgan. Tizim muntazam ravishda takomillashtirilib boriladi, dBASE II, dBASE III, dBASE III Plus versiyalari o‘zini yaxshi ko‘rsatdi. Hozirgi vaqtda Borland firmasi tomonidan tizimni takomillashtirish davom ettirilmoqda, dBASE IV va dBASE V versiyalar chiqarildi. Foydalanuvchi bilan rivojlangan interfeysga ega, lekin Fox tizimlaridan ishlash tezligi bo‘yicha orqada. " DCS-1800 standarti|"1800 MHz chastotalar diapazonida ishlaydigan uyali aloqa raqamli tizimining standarti. " DDCD formati|"Sony va Philips korporatsiyalari tomonidan taqdim etilgan kompakt-disklarga ikki marta zichlikda yozish formati. Yozish jarayonida shakllanadigan pitlar uzunligini va yo‘laklar oralig‘idagi masofani qisqartirish hisobiga disklarning hajmi 1,3 Gbyte gacha oshirilgan. DDCD formati mavjud formatlar bilan muvofiqlikni saqlaydi. " DDR2 SDRAM|"Hisoblash texnikasida tezkor hamda videoxotira sifatida foydalaniladigan tezkor xotira turi. " Debian|"1993-yilda Yan Myordok tomonidan yaratilgan Linux distributivi. Bir maromda ishlashi bilan ajralib turadi, .deb xususiy paketlar formatiga ega. 100 dan ortiq Linux distributivlariga asos bo‘lgan. " DECnet protokoli|"DEC kompaniyasi tarmoq arxitekturasining DEC kompyuterlarini DDCMP protokoli bo‘yicha bog‘lash imkonini beradigan savdo markasi. " DECT profili|"DECT standarti tizimlarida abonent radiokirish profili. " Delphi dasturlash tili|"Turbo Pascal tilining obyektga yo‘naltirilgan versiyasiga asoslangan, Borland International firmasining yuqori darajali protsedurali obyektga yo‘naltirilgan tili. Windows va mijoz-server dasturlarini yaratish uchun xizmat qiladi. " DHCP serveri|"Mijozlarning IP-manzillarini avtomatik tarzda boshqaruvchi va tarmoqda unga muvofiq sozlash ishlarini bajaruvchi server. DHCP xizmatini bajaruvchi kompyuter IP-manzillarni va ularga bog‘liq ma’lumotlarni DHCP mijozlariga dinamik taqsimlanishini ta’minlaydi. " Direct X texnologiyasi|"Micrоsоft tomonidan ishlab chiqilgan standart dasturiy uzilishlar to‘plami. Dasturchilarga tovush, video va grafika bilan birmuncha tezroq usulda ishlash imkonini beradi. " Direct3D spetsifikatsiyasi|"Microsoft korporatsiyasining Windows platformasi uchun grafik API dagi spetsifikatsiyasi. " Display Port|"Raqamli displeylar uchun mo‘ljallangan signal interfeysining standarti. VESA (Video Electronics Standart Association) tomonidan 2006-yilning mayida qabul qilingan. 1.1 versiyasi 2007 yil 2 aprelda, 1.2 versiya esa, 2010-yil 7 yanvarda qabul qilingan. Display Port dan audio-videoapparaturani, birinchi navbatda, kompyuterni displey bilan yoki kompyuter va uy kinoteatri tizimlarini ulash uchun eng zamonaviy interfeys sifatida foydalanish ko‘zda tutiladi. " DjVu|"Tasvirni yo‘qotishlar hisobiga siqish. Sxema va formulalari ko‘pligi tufayli hujjat mazmunini aniqlash qiyin bo‘lgan skanlanadigan hujjatlarni saqlash uchun ishlab chiqilgan. O‘z o‘rnida to‘laqonli ishlatilishi uchun ikkita rang yetarli bo‘lgan kitoblarni saqlash standarti bo‘lib qoladi. Hozirgi vaqtda, bu format Lizard Tech kompaniyasiga tegishli bo‘lishiga qaramay, ochiq format hisoblanadi. . " DNK kompyuteri|"DNK hisoblash imkoniyatlarini ishlatadigan hisoblash tizimi. " Dolby AC-3 tovush uzatish tizimi|"Dolby Surround Digital 5+1 kanal formatida ko‘p kanalli uzatishni ta’minlaydigan va 384 kbit/s tezlikni talab qiladigan tovush uzatishning muqobil tizimi. " Dolby-Dolby Digital (AC-3) formati|"Audioaxborotni siqish formati, DVD va kinofilmlarni yozishda qo‘llaniladi. Monofonik audiosignalni 5.1-kanalli hajmli ovozga aylantirishda qo‘llaniladi. " Dongle qurilmasi|"Ajratgich (raz’yom) o‘rnatilgan har qanday ixcham periferik qurilma (3G tarmoqlarida ishlash uchun USB modemlarga nisbatan qo‘llaniladi). " DOS Navigator|"Moldovaning Ritlabs kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, OS/2 va DOS uchun mo‘ljallangan konsolli fayl menejeri. " Double bootable system|"Ikkita (yoki undan ko‘p) operatsion tizim o‘rnatilgan kompyuter, u ulanganda foydalanuvchiga aynan qaysi operatsion tizimni ishga tushirish kerakligini aniqlash " DPT texnologiyasi|"Ochiq xalqaro standart SRP (protokoli) dan foydalanishga asoslangan IP-paketlarni dinamik uzatishning yuqori tezlikli texnologiyasi. " Drag-and-drop» texnologiyasi|"Hujjatda obyektni ajratish va uni ayni shu hujjatda yoki boshqa bir hujjatga ko‘chirish texnologiyasi. Windows tizimida va amalda Microsoft firmasining barcha ilovalarida qo‘llaniladi. Hujjatlar bilan ishlashni osonlashtiradi. " DragonFlyBSD|"FreeBSD operatsion tizimining x86 platformasiga va ko‘p protsessorli tizimlarga mo‘ljallangan turi. Yangi, lekin tez rivojlanayotgan, mukammal tizimlardan hisoblanadi. Ushbu tizim serverda ham, ishchi stansiyada ham ishlatilishi mumkin. Distributivi kichik hajmga ega. 2003-yilning iyul oyida dunyo yuzini ko‘rdi. Muallifi Mett Dilan. " DrakConfig|"Mandriva operatsion tizimini sozlashda qo‘llaniladigan grafik vosita. Tayyorlanmagan foydalanuvchiga tushunarli bo‘lgan Linux operatsion tizimini o‘rnatish va sozlash uchun birinchi vosita hisoblanadi. " DSA algoritmi|"algorithm (DSA) Ochiq kalitli shifrlash federal standarti. Kalit uzunligi 512 bit dan 1024 bit gacha. 1991-yilda NIST tomonidan ishlab chiqilgan va DSS standartida ishlatiladi. " DS-CDMA usuli|"CDMA tizimlarida signallarni keng polosali uzatish usuli bo‘lib, ma’lumotlarning kodlangan oqimini ikki bosqichli modulyatsiyalashga asoslangan. Izoh − Modulyatsiyalashning birinchi bosqichida eltuvchi ma’lumotlarning kodlangan oqimi bilan, odatda, BPSK yoki QPSK usullarini qo‘llagan holda, modulyatsiyalanadi. Ikkinchi bosqichda esa to‘g‘ri ketma-ketlik spektrini kengaytirish bilan modulyatsiyalash amalga oshiriladi. " DSS standarti|"NIST va NSA tomonidan Capstone loyihasining bir qismi sifatida elektron raqamli imzo uchun ishlab chiqilgan AQSh federal standarti. " DTDS turidagi disk massivi|"Tizimlaridan biri butunlay ishdan chiqqanida ham foydalana olishni ta’minlash uchun bir nechta qismga ajratiladigan DTDS. Uning himoyasi tok manbaidagi uzilishlar, sovutish tizimining buzilishi, tok manbai va shina kabellarining uzilishi holatlarining oldini oladi. " Duron|"AMD kompaniyasining tejamkor protsessorlari oilasi. 2000-yilning iyun oyida Intel Celeron raqobatchisi sifatida e’lon qilingan. 462 kontaktli Socket A razyomli tizim platalariga o‘rnatish uchun mo‘ljallangan. " DVB-H texnologiyasi|"Mobil qurilmalar uchun maxsus ishlab chiqilgan, raqamli videosignalni qabul qilish imkonini beradigan texnologiya. Uning yordamida cho‘ntak qurilmasi ekranida televizion eshittirishlarni ko‘rish mumkin bo‘ldi. " DVB-T tizimi|"Televizion dasturlarni radiokanallar orqali yer usti uzatish markazlaridan foydalangan holda iste’molchiga yetkazish uchun mo‘ljallangan hamda videosignallarni, tovush signallarini va qo‘shimcha ma’lumotlarni kodlashni, shuningdek, paketlarni shakllantirish va transport oqimiga multipleksorlashni MPEG-2 standarti talablariga muvofiq amalga oshirishni ko‘zda tutadigan raqamli televizion eshittirish tizimi. Izoh – Ushbu tizimda radiosignalning kodlangan ortogonal eltuvchilarini umumlashtirishdan foydalaniladi. " DVD-Video formati|"DVD-disklarda saqlash uchun mo‘ljallangan yuqori sifatli video formati. MPEG-2 kodlash ishlatiladi . " DVI|"1. Digital Video Interactive – Optik diskka yoziladigan to‘laekranli videotasvirlarni apparat usulida yuqori darajada siqishni taʼminlaydigan Intel standarti. DVI – shaxsiy kompyuterlardagi videotasvirlar uchun 1980-yillar o‘rtasida ishlab chiqilgan birinchi standartdir. 2. Digital Visual Interface – Suyuq kristalli monitorlar va proyektorlar kabi raqamli aks ettirish qurilmalariga videotasvirni uzatishga mo‘ljallangan interfeys va tegishli tutashtirgich uchun standart, Digital Display Working Group konsorsiumi tomonidan ishlab chiqilgan. " E sohasi|"Yer sirtidan taxminan 90-150 km o‘rtasida joylashgan ionosferaning qismi. " E1|"Uzatish tezligi 2,048 Mbit/s bo‘lgan, kanallar vaqt bo‘yicha multipleksorlangan tizimlar iyerarxiyasining birinchi darajasiga mos keluvchi raqamli interfeys. 64 kbit/s tezlik bilan 30 ta axborot kanali va ikkita xizmatga oid kanal uzatilishini taʼminlaydi (bunday tizim yana IKM-30 sifatida ham maʼlum). " Ebtables|"Linux dasturiy ko‘priklar uchun belgilangan paketlarni filtrlash vositasi. Ebtables Iptables ga o‘xshaydi, lekin uchinchi (tarmoq) sathida emas, balki tarmoq stekining ikkinchi (kanal) sathida ishlashi bilan farq qiladi. " Echo|"UNIX operatsion tizimida matn qatorini ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan komanda. Vaqt o‘tishi bilan ko‘pgina zamonaviy operatsion tizimlarda qo‘llanila boshladi. " EDGE loyihasi|"Aloqa tizimlarining global evolyutsiyasi uchun ma’lumotlar uzatishning yaxshilangan tizimi – GSM tizimlarini yaxshilash uchun mo‘ljallangan standart loyihasi. Izoh − UWC-136ning o‘zi – Uzatish tezligini 384 Kbit/s gacha oshirish imkonini beradi. EDGE GSM radiokanali vaqt bo‘lgan tuzilmasining ichida qo‘llaniladigan yangi modulyatsiya sxemalarining to‘plamini o‘zida ifodalaydi. Faqat GSM da emas, shuningdek TDMA (IS-136) va AQSh da iDEN da ham joriy qilinadi. 1-faza EDGE 1999 yil oxirida standartlashtirilgan, GPRS funksiyalaridan foydalanadi, ma’lumotlar uzatish tezligi 384 Kbit/s gacha. 2-faza EDGE real vaqt rejimida sifatli video va tovush uzatilishini ta’minlaydi. " EDGE texnologiyasi|"GSM standartidagi mobil aloqa tarmoqlari uchun ma’lumotlar uzatish tezligini oshirish texnologiyasi. EDGE mavjud GSM radiokirish sxemasi ustidan quriladi va GPRS dagiga qaraganda, uzatish qobiliyati uch marta katta bo‘lishini ta’minlaydi va uzatish tezligini 384 Kbit/s gacha oshirish imkonini beradi. Bu o‘zida, qo‘shimcha tarmoq elementlari kiritilmasdan dasturiy ta’minot yangilanishini ifodalaydi. EDGE ning qo‘llanilishi, ma’lumotlarni yuqori tezlikda uzatishga asoslanadigan Internetdan foydalanish, videotelefoniya, raqamli mobil televideniye kabi yangi xizmatlardan foydalanish imkoniyatini beradi. " EFR texnologiyasi|"To‘liq chastotalar polosasi bo‘ylab yaxshilangan kodlash texnologiyasi. Sifati yer usti liniyalariga yaqin. Mobil telefon akkumulyatorining sarfi, FR dagiga qaraganda 50 foizga ko‘p. Bu rejim, uyali aloqa operatori tomonidan ta’minlanishi kerak. " EGSM standarti|"GSM tizimida foydalaniladigan GSM kengaytirilgan standarti. EGSM chastotalar diapazoni GSM 900 MHz standart diapazoniga nisbatan pastga 10 MHz ga kengaytirilgan. Shunday qilib, ushbu mobil aloqa protokoli (880-915) MHz va (925-960) MHz kengaytirilgan chastotalar diapazonida ishlaydi. Bu funksiya ham telefon, ham uyali tarmoq tomonidan qo‘llanilishi kerak. " EISA shinasi|"Shaxsiy kompyuterlarning 16 razryadli shina arxitekturasini kengaytiradigan 32 razryadli tizim shinasi. Bir nechta protsessor ishini ta’minlaydi. " EJB spetsifikatsiyasi|"Server qismida ma’lumotlar bazalaridan va tranzaksiyalarni qayta ishlash tizimlaridan foydalanishni standartlashtiradi. Bu korporativ ilovalar uchun muhim, chunki ularning boshqa platformalarga ko‘chirishni ta’minlaydi. " ELF|"UNIX va Linux dagi bajariladigan kod faylining, faylni seksiyalarning majmui ko‘rinishida taqdim etishga asoslangan mashhur formati. " EMC kodi|"Uskunani ishlab chiqaruvchining kodi. " End klavishi|"Kursorni matn satri oxiriga, ekran chetiga yoki fayl oxiriga surish uchun ishlatiladigan klavish. " Energy star|"Kompyuter iste’mol qiladigan energiya miqdorini kamaytirish hisobiga atrof muhitni muhofaza qilish dasturi. Enegy star belgisi bo‘lgan kompyuterlar kutish rejimida 60 W dan kam, monitor va tizim bloki 30 W dan kam energiya iste’mol qilishi kerak. " Enter klavishi|"Kiritish klavishi, uning bosilishi kompyuterga kiritish satri tugaganligi (abzats oxiri) to‘g‘risida, jadval katagiga formula yoki elementni qo‘yish, yozishni tugallash va uni ma’lumotlar bazasiga kiritish komandalari bajarilishi to‘g‘risida xabar beradi. " EPIC texnologiyasi|"Intel va Hewlett-Packard korporatsiyalari tomonidan ishlab chiqilgan 64 razryadli Merced protsessori komandalari to‘plamining IA-64 arxitekturasida qo‘llaniladigan texnologiya. Bu texnologiyada kompilyator protsessorga qaysi komandalar parallel, qaysilari esa boshqa komandalarga bog‘liq tarzda bajarilishini oshkor qiladi. " EPP|"LPT portining ikki tomonga yo‘naltirilgan ish tartibi, bunda u nafaqat axborotni chiqarish uchun, balki kiritish uchun ham ishlashi mumkin. " E-praktikum|"O‘quvchilarni o‘rgatish uchun mo‘ljallangan dasturiy mahsulot. «Korvet», «UKNS», «Yamaxa» turidagi kompyuterlarda maktab informatika kursini qo‘llab-quvvatlaydi. Tarkibida Pascal tiliga juda o‘xshash bo‘lgan ruscha leksikali til interpretatori bor; algoritmlar tushunchasini kiritish imkonini beradigan «chizmachi», «vezdexod» va boshqa bajaruvchilar to‘plami mavjud. Akademik P.Yershov sharafiga nomlangan. " ER modeli|"Real tizimlarda ma’lumotlar oqimlarini tavsiflash modeli. Bu modelda ma’lumotlar ma’nosi va ular o‘rtasidagi bog‘lanish nuqtai nazaridan tavsiflanadi. " ESSID identifikatsiya nomi|"802.11 tarmoqni identifikatsiyalovchi nom. Izoh − Simsiz lokal tarmoqqa qo‘shilish uchun, uning ESSID ni bilish zarur. " Ethernet|"Kompyuter tarmoqlarining paketli texnologiyasi. Tarmoq uzellari koaksial yoki optik tolali kabel yoki o‘ralgan juft orqali bog‘langan. Axborot boshqaruvchi va manzilli, shuningdek, 1500 byte gacha ma’lumotni o‘zida saqlovchi o‘zgaruvchan uzunlikdagi kadrlar orqali uzatiladi. Ethernet standarti ma’lumotlar yuqori chastotali modulyatsiyalarsiz, sekundiga 10 Mbit/s tezlik bilan uzatilishini ta’minlaydi. " Ethernet tarmog‘i|"Kompyuter tarmoqlari uchun belgilangan qurilmalar o‘rtasida maʼlumotlarni paketli uzatish texnologiyalari turkumiga tegishli bo‘lgan keng eshittirish kompyuter tarmog‘i. Izoh – Ethernet standartlari fizik sathda (yoki darajada) simli ulanishlarni va elektron signallarni belgilaydi. " Ethernet texnologiyasi|"Signallarni 10 Mbit/s gacha tezlikda uzatishni ta’minlaydigan va kanallar holatini so‘rash hamda nizolarni aniqlash bilan ko‘plab foydalanish usulidan tarmoq resurslaridan uzellarning foydalana olish usuli sifatida foydalaniladigan lokal kompyuter tarmog‘ining texnologiyasi. " E-ulanish|"Jamiyatdagi har bir kishi axborot jamiyatida ishtirok etishi mumkin bo‘lgan vaziyat. Buning uchun texnologiyalardan foydalanish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari va xizmatlaridan foydalanishning qulayligi, shuningdek, odamlarning bu vositalardan foydalana olish ko‘nikmasi talab etiladi. " EV-DO texnologiyasi|"CDMA standarti tarmoqlarida ma’lumotlar uzatilishini ta’minlaydigan texnologiya. Rev.A ustqurma ma’lumotlar qabul qilish tezligini 3,1 Mbit/s gacha, uzatish tezligini esa, 1,8 Mbit/s gacha oshiradi. Bu, oqimli videoni ko‘rib chiqish, videokonferensiyalar uyushtirish va yuqori tezlikli foydalanish talab qilinadigan boshqa xizmatlarni taqdim etish imkonini beradi. " Excel|"Hisoblashlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan dasturiy kompleks, kuchli elektron jadvallarni o‘zida ifodalaydi. Do‘stona interfeysga ega, Windows muhitida va Macintosh kompyuterlarida ishlaydi. Professional bo‘lmagan foydalanuvchilar tomonidan ishlatiladi. Exsel Microsoft Offic tizimi tarkibiga kiradi. " Express Card|"Kompyuterga periferik qurilmalarni ulash imkonini beradigan interfeys. " eyeOS|"Desktop Operating System («Ishchi stol» yechimi qo‘llanilgan operatsion tizim) prinsipiga asoslangan, ochiq kodli krossplatformali tarmoq operatsion tizimi. Bazaviy komplekt operatsion tizim va bir qancha ofis ilovalarini: matn redaktori, kalendar, fayllar menejeri, messenjer, brauzer, kalkulyator va boshqalarni o‘z ichiga oladi. " F sohasi|"Yer sirtidan taxminan 150 km balandlikda joylashgan ionosferaning qismi. " Fast Ethernet|"Ethernet tarmog‘idagi 100 Mbit/s ma’lumotlar uzatish tezligiga ega spetsifikatsiyalar qatoridan biri. Fast Ethernet spetsifikatsiyasi 10 BaseT Ethernet spetsifikatsiyasiga qaraganda, ma’lumotlar uzatilishini o‘n marta yuqori tezlik bilan ta’minlaydi, shu bilan birga kadr formati, muhitga kira olishni boshqarish mexanizmlari va uzatish blokining maksimal o‘lchami kabi sifatlarni saqlab qoladi. Bunday o‘xshashlik Fast Ethernet tarmoqlarida 10 BaseT tarmoqlari uchun tegishli ilovalar va boshqaruvning instrumental vositalaridan foydalanish imkonini beradi. " FAT16|"FAT tizimidan kelib chiquvchi fayllar tizimi. Abbreviaturadagi son jadval elementlarining bitlardagi o‘lchamini ko‘rsatadi. Taqsimlanadigan xotira birligi klasterdir. FAT da klaster raqami va uning holati to‘g‘risida ma’lumot yozib qo‘yiladi (masalan, buzilgan klaster, bo‘sh klaster). FAT16 dagi disk qismining o‘lchami 2 Gbyte dan katta bo‘lmaydi. Ko‘pincha bu jadval nomidan kelib chiqib, uning asosi bo‘lgan fayl tizimi FAT deb ataladi. " FDD texnologiyasi|"Eshittirish chastotalarini ajratish bilan, ikki tomonlama aloqani ta’minlash imkonini beradigan texnologiya, aloqa kanallarining o‘tkazish qobiliyatini oshiradi. Bu texnologiya abonentlarning ko‘chish tezligi va uyalarning o‘lchami katta bo‘lganda ancha samaralidir. " FDisk (dastur)|"Diskni formatlash. Disk maydonini formatlashga tayyorlash uchun mo‘ljallangan dasturiy vosita. " FDMA standarti|"Kanallar chastota jihatdan qat’iy ajratilgan aloqa tarmoqlarining standarti. AMPS, N-AMPS, NMT, ETACS da qo‘llaniladi. " Fedora|"Red Hat kompaniyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Linux distributivi. Birinchi versiyasi 2003-yilning noyabr oyida yaratilgan. Red Hat Enterprise Linux ga kiritiladigan o‘zgartirishlar oldin Fedora da testdan o‘tkaziladi. Fedora 8 (werewolf) − so‘nggi versiyasi 2007-yilning noyabr oyida chiqqan. " FHMA standarti|"Eltuvchi chastota uzatish jarayonida psevdotasodifiy qonun bo‘yicha berilgan chastotalar polosasida sakrashsimon o‘zgaradigan foydalana olish usulidan foydalaniladigan aloqa tarmoqlarining standarti. " Fidolook|"Microsoft Internet Explorer paketi tarkibiga kiruvchi mashhur Internet meyler-nyusrider Outlook Express dasturiga o‘rnatilgan qo‘shimcha sifatidagi elektron pochta mijozi. " FIDONET|"Global notijorat kompyuter tarmog‘i. Telefon aloqa kanallari orqali ishlaydi. Tarmoqqa ulanish va unda ishlash bepul amalga oshiriladi (faqat telefon tarmog‘i xizmatlarining haqi to‘lanadi). Tarmoqdan pochta xabarlarini yuborish, telekonferensiyalar va e’lonlar taxtasi uchun foydalaniladi. Yoshlar orasida mashhur. " Fire Wire|"Yuqori tezlikli periferik qurilmalar uchun mo‘ljallangan shina. 63 tagacha qurilma, shu jumladan, raqamli videoni ulash imkoniyatini beradi. Apple firmasi tomonidan ishlab chiqilgan. " Firefox|"Mashhurligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi Internet-brauzer. 2004-yilda Mozilla kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Ochiq kodli brauzerlar orasida birinchi bo‘lib shunday mashhurlikka erishdi. Firefox versiyasi qariyb barcha operatsion tizimlarga to‘g‘ri keladi, funksionalligi esa plaginlarni ko‘pligi bilan kengaytirilmoqda. " Flash texnologiyasi|"Vektorli grafika va animatsiya bilan ishlash texnologiyasidan biri. " Fork|"Dasturiy ta’minot (odatda, erkin va ochiq) rivojlanishining ikki yoki undan ortiq shohga ajralish jarayoni. Bunda har bir shoh bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda turli mualliflar tomonidan, birida bo‘lmagan imkoniyatlarni ikkinchisida amalga oshirgan holda, rivojlantiriladi. " Fort|"Personal tizimlar bilan samarali ishlash uchun mo‘ljallangan dasturlash tili. Protseduraga yo‘naltirilgan tillarga kiradi, assembler tiliga yaqin. XX asrning 70-yillari boshida AQShda Ch.Mur tomonidan ishlab chiqilgan. " FORTH dasturlash tili|"Juda ixcham, oson kengayadigan, umumiy maqsadlardagi yuqori daraja tili. Taxminan 1970-yilda Arizona (AQSh) dagi Milliy radioastronomik observatoriya xodimi Charlz Mur tomonidan yaratilgan. Forth tilidagi dasturlar polyak invers yozuvida yoziladi va stek bilan ishlaydi. Boshqaruvchi tizimlarda, robototexnikada, ma’lumotlar to‘plash va o‘yinlarni dasturlash tizimlarida keng qo‘llaniladi. " Fortran dasturlash tili|"1956-yilda ishlab chiqilgan, matematik, ilmiy va muhandislik masalalarini yechishga mo‘ljallangan dasturlash tili. Fortran hozirga qadar ishlatilmoqda, Fortran 2003 standartning oxirgi versiyasi hisoblanadi. " FR texnologiyasi|"Mobil telefon aloqa kanalida ma’lumotlar uzatishning to‘la tezligidan foydalaniladigan nutqni kodlash texnologiyasi. " Frame Bursting texnologiyasi|"Kadrlar (freymlar) guruhli uzatilishini ta’minlaydigan texnologiya. " Frame Relay tarmog‘iga kira olish qurilmasi|"Frame Relay tarmog‘idagi har qanday qurilma. Bu marshrutizator yoki multipleksor bo‘lishi mumkin. " Frame Relay texnologiyasi|"Marshrutizatorlar turidagi intellektual oxirgi (terminal) qurilmalar yoki Frame Relay tarmog‘ida 56 kbit/s dan 1,544 Mbit/s gacha va undan yuqori tezlik bilan ishlaydigan boshqa qurilmalar o‘rtasida ma’lumotlar uzatish uchun paketlarni kommutatsiya qilish uchun asoslangan yuqori tezlikli texnologiya. " FRDS turidagi disk massivi|"Tizimning biror diski yoki biror boshqa komponenti ishdan chiqqanda undagi ma’lumotlarni himoyalash uchun mo‘ljallangan qurilma. FRDS+ qo‘shimcha tarzda disklarni avtomatik «qaynoq» (tizim faoliyatini to‘xtatmasdan) almashtirish hamda kesh va ta’minot blokidagi nosozliklarda ma’lumotlarni muhofaza qilish imkoniga ega. " Free Radius|"Ochiq boshlang‘ich kodli Radius serveri. Bu boshqa tijorat Radius serverlarining muqobilidir, chunki u bugungi kunda modulli va funksionaldir. Bundan tashqari, yoyish va foydalanuvchilarning soni nuqtai nazaridan qaralganda, dunyo Radius serverlari beshligiga kiradi. Free Radius tez, moslashuvchan, sozlanadigan, shuningdek, ko‘plab tijorat serverlariga nisbatan ko‘proq autentifikatsiyalash protokollarini qo‘llaydi. Hozirgi paytda tijorat Radius serverlarini ishlab chiqish uchun asos sifatida foydalaniladi. " FreeBSD operatsion tizimi|"BSD UNIX operatsion tizimining erkin tarqatiladigan (notijorat) realizatsiyasi. NetBSD, OpenBSD lar singari FreeBSD ham Bill Jolits tomonidan amalga oshirilgan 386BSD loyihasidan kelib chiqqan. " Front-end|"Tizimning interfeys va foydalanuvchi bilan birgalikda ishlashi uchun javob beradigan qismi. " FTP server|"FTP protokoli bo‘yicha erkin foydalanilishi mumkin fayllar joylashtiriladigan server. " FTPga anonim kirish|"FTP-serverga kirish variantlaridan biri. Foydalanuvchi tizimda Anonymous logini bilan ro‘yxatga olinadi, maxfiy so‘z sifatida uning elektron pochta manzili ko‘rsatiladi. Anonim foydalanuvchilar odatda, faqatgina ma’lumotlarni o‘qish huquqiga ega bo‘ladilar. " FWT terminali|"Qayd qilingan simsiz aloqa terminali. " Gbyte (gigabayt)|"Axborot hajmining birligi. 1073741824 byte (2^30) yoki 1024 Mbyte yoki 1048576 kbyte ga teng. " GeForce|"Iste’mol bozoriga yo‘naltirilgan, NVIDIA kompaniyasi asosiy platalarining grafik protsessorlari va chipsetlari turkumining brendi. GeForce grafik protsessorlaridan asosan, shaxsiy va ko‘tarib yuriladigan kompyuterlar uchun mo‘ljallangan videoadapterlarda foydalaniladi. " Gerber formati|"Sxema platalarini avtomatlashtirilgan loyihalashda va testlashda ma’lumotlarni taqdim etish uchun xizmat qiladigan format. " Gigabit Ethernet standarti|"Maʼlumotlarning 1 Gbit/s gacha tezlik bilan uzatilishini taʼminlaydigan texnologiya. Uzatish muhiti sifatida kabellarning uch turidan – bir modali va ko‘p modali optik-tolali kabellardan, shuningdek, ekranlanmagan o‘ralgan juftdan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi. So‘nggi variant uchun IEEE 802.3 ab guruhi tomonidan alohida standart loyihasi ishlab chiqilgan. " Globally Unique Identifier|"128-bitli statistik noyob disk yoki bo‘lim identifikatori. Uning asosiy xususiyati – identifikatorlarning mos tushishi tufayli sodir bo‘lgan ziddiyatlardan qo‘rqmasdan kengayadigan servislar va ilovalarni yaratish imkonini beradi. " GMPCS tizimi|"Global shaxsiy yo‘ldoshli aloqa mobil tizimi, yo‘ldoshli aloqa uchun qo‘llaniladigan mobil kommunikatsiyalar standart protokoli. " GNU operatsion tizimi|"Unix bilan o‘zaro muvofiq ishlovchi operatsion tizim yaratish uchun GNU loyihasi. Loyiha 1983-yilda Richard Stolman tomonidan UNIX o‘rnini bosa oladigan erkin tarqatish maqsadida MTI da ishlab chiqilgan. Loyiha doirasida kompilyatorlar va boshqa dasturiy ta’minotlar ishlab chiqiladi. " Google|"Shu nomdagi qidiruv tizimiga egalik qiluvchi Amerika korporatsiyasi. 1998-yilda Larri Peyj va Sergey Brinlar tomonidan asos solingan. Kompaniya boshqa faoliyat (xabarlar qutisini taqdim etish, dasturiy ta’minot ishlab chiqish) bilan shug‘ullanishiga qaramasdan, asosiy daromad va mashhurlik aynan qidiruv tizimiga tegishlidir. " Google Android|"Operatsion tizim (Linux yadrosi bazasidagi), oraliq dasturiy ta’minot (middleware) va servis dasturlarni o‘z ichiga oladigan mobil qurilmalar uchun mo‘ljallangan ilovalar steki. " GPRS kirish nuqtasi|"GPRS tarmog‘i va tashqi ma’lumotlar tarmog‘i, masalan, Internet tarmog‘i o‘rtasidagi interfeys. Mobil telefon GPRS modemi sifatida ishlashi, shuningdek, GPRS orqali WAP resurslaridan foydalanish uchun, kirish nuqtasi aniq belgilanishi zarur. " GPRS xizmati|"Radiointerfeys orqali ma’lumotlarni paketli uzatish xizmati. GPRS axborot va ko‘ngilochar xizmatlaridan foydalanish uchun, ma’lumotlar uzatish tarmog‘iga doimiy ulanishni ta’minlaydi. Bog‘lanish bir zumda o‘rnatilishi, ma’lumotlar uzatish tezligi yuqori bo‘lishi bilan ajralib turadi. " GPS tizimi|"Global pozitsiyalash tizimi – bu, navigatsion yo‘ldoshlardan foydalaniladigan, joylashgan yerni aniqlash radiotizimidir. Bunday tizimlar tegishli uskunaga ega bo‘lgan va yer sirtidagi yoki uning yaqinidagi foydalanuvchilar uchun, uch o‘lchamli holat, tezlik hamda vaqt to‘g‘risida kunu tun axborotni ta’minlaydi. " GPSS modellash tili|"Turli tizimlarni, asosan ommaviy xizmat ko‘rsatish tizimlarini imitatsion modellash uchun foydalaniladigan dasturlash tili. " GSM 1900 standarti|"1900 MHz chastotadagi GSM raqamli standarti, shuningdek, PCS sifatida ham ma’lum. AQSh, Kanada, Lotin Amerikasi va Afrikaning ayrim mamlakatlarida foydalaniladi. " GSM interfeyslari|"GSM tarmog‘ida interfeyslarning ikki turi farqlanadi: tarmoqlararo va tarmoq ichi. Tashqi tarmoqlar bilan ulanish SS7 signalizatsiya tizimiga muvofiq amalga oshiriladi. " GSM mobil aloqa|"Yevropada va dunyoning boshqa qismlarida keng foydalaniladigan raqamli mobil telefon tizimi. GSM ma’lumotlarni raqamlashtiradi, siqadi, keyin uni foydalanuvchilar ma’lumotlarining boshqa bir ikkita oqimi bilan, har biri o‘zining vaqt intervalida, kanal orqali jo‘natadi. GSM 900 MHz yoki 1800 MNz chastota polosasida ishlaydi. " GSM plyus texnologiyasi|"Mobil aloqa texnologiyasining GSM standarti asosidagi takomillashtirilgan versiyasi bo‘lib, uchinchi avlod tizimlarining asosiy talablarini qanoatlantiradi. " GSM tarmoqlari uchun mo‘ljallangan texnologiya|"Ma’lumot uzatish tezligini 14,4 kbit/s gacha oshirishni, to‘rtta kanalni bitta vaqt slotida multipleksorlashda esa 57,6 kbit/s gacha oshirishni (Nokia firmasi) ta’minlaydigan texnologiya. " GSM uyali aloqa standarti|"Ikkinchi avlod (2G) mobil qurilmalari uchun mo‘ljallangan Yevropa standarti. GSM da 900 MHz va 1,8 GHz (Yevropada), 1,9 GHz (AQSh da) chastota diapazonlaridan foydalaniladi. GSM Yevropa va Osiyoda qabul qilingan umumiy simsiz standartlar va TDMA texnologiyasidan foydalanishni birlashtiradi. GSM SMS xabarlar uzatilishini va 9,6 Kbit/s tezlik bilan ma’lumotlar paketli uzatilishini amalga oshiradigan tarmoqlar bilan ma’lumotlar almashinuvini ta’minlaydi. Bu standartda telefon raqami va abonent to‘g‘risidagi boshqa barcha ma’lumot, shartnoma tuzish vaqtida abonentga beriladigan va zarur diapazondagi GSM apparatga qo‘yilishi mumkin bo‘lgan SIM kartaga yoziladi. " GSM shlyuzi|"Statsionar liniyani o‘rnatish imkoniyati yo‘q yoki iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlamaydigan, telefon aloqasi bo‘lmagan obyektlarni telefonlashtirish imkonini beradigan shlyuz. " GSM/EDGE radiokirish tarmog‘i|"GSM/EDGE tizimining radio qismi, o‘z ichiga tayanch stansiyalarni va tayanch stansiyalarning kontrollerlarini bog‘lovchi tarmoqni oladi. Umum-foydalaniladigan telefon aloqa, Internet va abonentlar terminallari o‘rtasida chaqiruvlar va paketli ma’lumotlar o‘tadigan GSM tarmog‘i uchun mo‘ljallangan tayanch tarmoqni o‘zida ifodalaydi. UMTS/EDGE tarmoqlar bilan bo‘lgan holda, tarmoq bir qancha UTRAN bilan ulangan bitta yoki bir nechta GERAN dan iborat bo‘ladi. " GSM-1800 standarti|"GSM standartining (1710-1785) MHz va (1805-1880) MHz (avvalgi DCS 1800) chastotalar diapazonida ishlaydigan tarmoqlar uchun mo‘ljallangan versiyasi. GSM-1800 tarmog‘ida ishchi chastotalar polosasining kengligi 75 MHz (GSM-900 ga nisbatan uch marta ortiq). Radioto‘lqinlarning 1800 MHz chastotada tarqalishida 900 MHz chastotaga nisbatan qo‘shimcha yo‘qotishlar (6-10) dB sodir bo‘ladi va ular bitta tayanch stansiya xizmat ko‘rsatadigan hududning kichrayishiga olib keladi. Mobil telefonlarning maksimal nurlanish quvvati 1 W bo‘lib, u GSM dagiga nisbatan 2 marta kamdir. Bu tizimda yashirin eshitish va raqamdan beruxsat foydalanishdan ancha yuqori himoyalanish ta’minlangan. " GSM-400 standarti|"GSM standartining modifikatsiyasi (NMT-450 analog tizimini modernizatsiyalash variantlaridan biri). GSM-400 tizimi 2x7,2 MHz polosalar kengligiga ega NMT-450 kengaytirilgan chastotalar diapazonida (450,4-457,6) MHz – liniya «pastga» va (460,4-467,6) MHz – liniya «yuqoriga») ishlash uchun mo‘ljallangan. Ushbu diapazonda aloqa uzoqligi GSM-900 ga nisbatan ikki marta katta, bitta geografik mintaqadagi tayanch stansiyalarning maksimal miqdori 5,5:2,2:1 (GSM-1800/900/400) nisbat bilan aniqlanadi, ya’ni ayni bir xil qoplash zonasida GSM-1800 dan foydalanilganiga nisbatan 5,5 marta kamroq tayanch stansiyalar kerak bo‘ladi. GSM-400 foydalanishning eng maqbul joylari uyalarning kichik trafikli va katta uzoqlikdagi hududlarida aloqani tashkil qilish bilan bog‘liqdir (qishloq joylari, qirg‘oq bo‘ylari va avtostradalarda). " GSM-900 standarti|"Chastotalarning 900 MHz diapazonida ishlaydigan tarmoqlar uchun GSM standartining asosiy versiyasi. Ko‘pincha GSM-900 abbreviaturasi o‘rniga umumiyroq bo‘lgan GSM atamasidan foydalaniladi. " GSM-R raqamli aloqa tizimi|"GSM standarti negizidagi raqamli aloqa tizimining spetsifikatsiyasi bo‘lib (1994 yilda ishlab chiqilgan), u (876-880) va (921-925)MHz chastotalar diapazonida temir yo‘l radioaloqa tizimini tuzishga mo‘ljallangan. 500 km/h gacha bo‘lgan harakat tezliklarida guruhiy, ustuvor va shoshilinch chaqiruvlarni amalga oshirish hamda aloqani ta’minlash nazarda tutilgan. Maksimal ulanish vaqti 1,5 s dan oshmaydi. " gTLD|"Yuqori pog‘onali umumiy domen. Dastlab tashkilotlarning turiga qarab ajratilishi ko‘zga tutilgan bo‘lsa, bugungi kunda cheklashlarsiz sotiladi. Turlari: .com, .net, .org, .info va .biz. " GUID Partition Table|"Bo‘limlar jadvallarini fizik qattiq diskka joylashtirishning standart formati. Intel tomonidan BIOS o‘rniga tavsiya qilingan (Extensible Firmware Interface, EFI) standart – kengaytiriladigan mikrodastur interfeysining bir qismi hisoblanadi. " H simon to‘lqin o‘tkazgich|"H simon ko‘ndalang kesimga ega bir aloqali to‘lqin o‘tkazgich. " Hands free tizimi|"Qo‘llar yordamisiz telefonda so‘zlashish va uni boshqarish imkonini beradigan tizim. Uning o‘rniga ovozdan foydalaniladi. Ko‘pincha, avtomobillarda qo‘llaniladi. " Hard real-time|"Real vaqt tizimi, bunda vaqtinchalik cheklashlar buzilganda u boshqaradigan obyektda kritik xatolik (ishlamay qolish) sodir bo‘lishi mumkin. " HDDSCan|"Axborot to‘plagichlarni testlash uchun belgilangan utilita (HDD, RAID, Flash). Dastur axborotni saqlash qurilmalarini BAD-bloklari mavjudligiga diagnostika qilish, S.M.A.R.T-atributlarini ko‘rib chiqish, maxsus sozlamalarni o‘zgartirish (ta’minotni boshqarish, shpindel start/stopini, akustik rejimni rostlash) uchun mo‘ljallangan. " HDML tili|"Internetga simsiz qurilmalardan kirish uchun, Phоne.cоm firmasi tomonidan ishlab chiqilgan til. " HDSL texnologiyasi|"Uzunligi 4,5 km gacha bo‘lgan to‘rt simli liniya bo‘ylab 2 Mbit/s tezlik bilan simmetrik ravishda ma’lumotlarni uzatish imkonini beradigan texnologiya. 1990-yilda Bellcore firmasi tomonidan tavsiya qilingan. " Hewlett-Packard korporatsiyasi|"Elektron va hisoblash texnikasini ishlab chiqaruvchi kompaniya, shuningdek unga taalluqli savdo markasi. " HFS+|"Apple Inc tomonidan, oldin foydalanilgan HFS ni, Macintosh kompyuterlaridagi asosiy fayl tizimni almashtirish uchun ishlab chiqilgan fayl tizimi. HFS+ MAC OS imkoniyatlarini kengaytirish uchun, HFS ning takomillashtirilgan versiyasi sifatida qarab chiqilishi mumkin. Ishlab chiqish vaqtida bu tizim Sequoia deb atalgan. " HomePNA spetsifikatsiyasi|"1998-yilda HPNA alyansi tomonidan ishlab chiqilgan telefon kabel tarmoqlari asosidagi 10 Mbit/s li uy tarmoqlari uchun spetsifikatsiya. 1.0 versiyasi 1 Mbit/s tezlik uchun mo‘ljallangan. Ayni vaqtdagi 2.0 versiyasi 350 m dan ortiq masofada 10 Mbit/s tezlikda, 3.0 versiyasi esa, 32 Mbit/s tezlikda ma’lumot uzatish imkonini ta’minlaydi. HomePNA 25 tagacha tarmoq uzellarini qo‘llab quvvatlaydi. " Hot Desking|"Olisdagi telefondan uy ofisi telefoni kabi foydalanish imkonini beradigan xizmat. Bunda ikkala telefon ham bir xil imkoniyat (funksiya) ga ega bo‘ladi. Izoh – Ikkala telefon ham bir xil bo‘lishi kerak, masalan ikkita SIP – telefoni. " Hot Java|"Internet tarmog‘ida WWW texnologiyasi bilan ishlash uchun belgilangan brauzer. Java tilida til imkoniyatlarini ko‘rsatish uchun ishlab chiqilgan, lekin mustaqil ahamiyatga ham ega. " HSCSD texnologiyasi|"1. GSM standartidagi, ma’lumotlarni oshirilgan tezlikda (57 Kbit/s gacha) uzatish texnologiyasi. Bu texnologiyaning asosiy afzalligi, ma’lumotlar uzatish tezligining yuqoriligida. Bu, bog‘lanishni o‘rnatishga ketadigan vaqtni kamaytirish va dasturlar ishini tezlashtirish imkonini beradi. Ma’lumotlarni uzatish oldingiga nisbatan to‘rt marta tez bajariladi, bu esa, kartalar va grafik interfeysdan foydalanib, mobil navigatsiya kabi xizmatlarni amalga oshirish imkonini beradi. HSCSD texnologiyasi kommutatsiyalanadigan tarmoqlarda qo‘lllanilishi tufayli, ma’lumotlar qisqa impulslar tarzida uzatiladigan elektron pochta uzatishga qaraganda, multimedia va videodasturlar ishi uchun yaxshiroq moslashtirilgan. Texnologiyadan GSM tarmog‘ida foydalanishda uzatish tezligi 43,2 Kbit/s bo‘lishiga erishiladi. Bu qiymat zamonaviy modemlardan foydalaniladigan simli tarmoqlar orqali ma’lumotlar uzatish tezligiga teng. 2. GSM mobil tarmoqlar ustqurmasi. 57,6 Kbit/s yuqori o‘tkazish qobiliyatiga erishish uchun, to‘rtta 14,4 Kbit/s past tezlikli kanalni birlashtirish imkonini beradi. GPRS dan farqli ravishda, kanallarni kommutatsiyalash usulidan foydalaniladi. HSCSD uskunasi multimedia ma’lumotlarni uzatish uchun mo‘ljallangan videokonferens aloqa uchun ham to‘g‘ri keladi. " HSDPA texnologiyasi|"Mobil aloqa standarti, mobil aloqa tarmoqlarining 4G avlodiga o‘tish bosqichi. Ma’lumotlar uzatish tezligi taxminan 4 Mbit/s. " HSPA texnologiyasi|"Ma’lumotlarni paketli uzatishga asoslangan, simsiz aloqa texnologiyasi; axborot uzatish tezligining yuqori bo‘lishi asosiy jihati; WCDMA va UMTS kabi mobil tarmoqlarga qo‘shimcha hisoblanadi. " HSUPA texnologiyasi|"Mobil qurilma va operatorning uyali tarmog‘i o‘rtasida ma’lumotlar uzatish tezligini 5,8 Mbit/s gacha oshirish imkonini beradigan HSDPA texnologiyasining analogi. " HSWD texnologiyasi|"Yuqori tezliklarda ma’lumotlarni simsiz uzatish texnologiyasi. " Huper Transport|"Yuqori o‘tkazish qobiliyatiga va kichik kechikishlarga ega bo‘lgan, ikki yo‘nalishli ketma-ket/parallel kompyuter shinasi. To‘liq o‘lchamli, to‘liq tezlikli 32 bitli shina ikki yo‘nalishli rejimda o‘tkazish qobiliyatini 51600 Mbyte/s gacha o‘tkazish qobiliyatini ta’minlashi mumkin. " Hydra arxitekturasi|"IBM Personal Computer kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan shaxsiy kompyuterlar tizim platasining modulli arxitekturasi. Izoh − Arxitektura tizim komponentlari (tezkor xotira qurilmasi, protsessor, PCI) ning oson almashtirilishi hisobiga modernizatsiya narxlarini qisqartiradi. " IACR assotsiatsiyasi|"Kriptografik tadqiqotlar bo‘yicha xalqaro assotsiatsiyasi. " IBM kompaniyasi|"Dunyodagi dastlabki kompyuter kompaniyalaridan biri. Kompyuter texnologiyalari sohasida va savdo hajmi bo‘yicha dunyo yetakchilaridan biri. IBM maynfreymlari odatda ko‘k rang bilan bezatilganligi uchun, matbuotda bu korporatsiya «Ko‘k gigant» deb ham ataladi. Kompaniya 1911-yilda to‘rtta kompaniyaning birlashishi natijasida tashkil topgan. Bu kompaniyalardan biri – The Tabulating Machine Company tabulyatorlar ishlab chiqaruvchi kompaniya. " ICL korporatsiyasi|"Turli tarmoqlar uchun uskunalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi korporatsiya. 1968-yilda Buyuk Britaniyada asos solingan. " ICMP protokoli|"RFC 792 da aniqlangan uzatiladigan ma’lumotlar statusi to‘g‘risidagi xabarlarni almashish uchun mo‘ljallangan IP-protokolining kengaytmasi. " ICQ Internet-peyjeri yoki «men seni izlayman»|"Internetda sherik qidirish va ular bilan real vaqtda xat orqali muloqot qilish imkonini beradigan interaktiv muloqot tizimi. Mirabilis kompaniyasi mahsuloti, hozirgi vaqtda America Online korporatsiyasiga tegishli. " ICQ xizmati|"1. Har bir foydalanuvchi o‘z raqamiga ega bo‘lgan, Internet yordamida qisqa xabarlarni uzatish bepul Internet-peyjing tizimi. Unda foydalanish uchun maxsus dastur zarur. Mobil telefondan/telefonga xabarlar uzatish mumkin. 2. Matnli xabarlar almashinish uchun mo‘ljallangan dastur. Ishlab chiquvchi ‒ Isroilning Mirabilis firmasi. Pochta xizmati bilan integratsiyalangan, fayillarni qabul qilish/uzatish imkoniyati bo‘lgan, chat o‘rnatilgan, xabarni uzatish tezligi yuqori bo‘lgan, anchagina qulay mahsulotni o‘zida ifodalaydi. " IDEN texnologiyasi|"Integratsiyalashgan raqamli kengaytirilgan tarmoqlar uchun, Motorola kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan texnologiya. Asosi – GSM arxitekturasi, uzatishda 25 kHz li chastota kanallaridan foydalaniladi. Butun dunyoda keng qo‘llaniladi. " i-mode texnologiyasi|"1. O‘tkazish qobiliyati 9,6 Kbit/s bo‘lgan holda, doimiy ulanishni ta’minlaydigan texnologiya, bu DoCoMo ga GPRS dan avvalroq, IP-telefoniya asosida mobil dasturlar ishlab chiqishni boshlash imkonini berdi. Texnologiya HTML kompakt versiyasidan foydalanganligi uchun, WAP bilan ham raqobatlasha oladi, WAP esa, WML markerlarining maxsus tili bilan ishlaydi. 2. Yaponiyaning eng yirik mobil aloqa operatori bo‘lgan NTT DoCoMo Internet-servisi. Servisdan foydalanuvchilar veb-sahifalar mazmuni bilan tanishishlari, elektron pochta, taqvim bilan ishlashlari va chat xabarlarini ayirboshlashlari mumkin. DoCoMo i-mode xizmatlarini 1999-yildan ko‘rsata boshladi va shundan beri, Yaponiyada 18 milliondan ortiq foydalanuvchini o‘ziga jalb qila oldi. i-mode servisi orqali ma’lumotlarni uzatish tezligi 9,6 Kbit/s, uchinchi avlod tarmoqlari ishga tushirilishi bilan tezlik 384 Kbit/s gacha oshadi. " IMS Server|"ISAM ESSO uchun, korxonaga himoyalangan foydalana olishning markazlashtirilgan boshqarish nuqtasini taqdim etadigan integratsiyalashgan boshqaruv tizimi. Foydalanuvchilarning identifikatorlari, AccessProfile va autentifikatsiya siyosatini markazlashtirilgan boshqarishga ruxsat beradi va korxona uchun yo‘qotishlar, sertifikatlar va auditni boshqarishni ta’minlaydi. " IMT-FT standarti|"Ham juft, ham juft bo‘lmagan chastotalar polosalarida qo‘llash uchun ishlab chiqilgan, kombinatsiyalangan chastota-vaqt dupleks tarqatishli DECT mikrouyali tizimi uchun mo‘ljallangan standart nomi (DECT YeR loyihasiga asoslangan). " IMT-SC standarti|"Bir chastotali TDMA tizimi uchun ishlab chiqilgan standart nomi, tizimni chastotalarning juft polosalarida belgilaydi (avvalgi UWC-136 loyihasi). " IMT- TC standarti|"Vaqt bo‘yicha dupleks tarqatish (TDD)li kombinatsiyalangan TDMA/CDMA tizimi uchun mo‘ljallangan standart nomi, tizimni chastotalarning juft bo‘lmagan polosalarida belgilaydi (UTRA TDD va SCDMA ning qo‘shma taklifi). " IMT-2000 i|"ITU tomonidan uchinchi avlod (3G) standartlarining butun turkumini belgilash uchun foydalaniladigan atama. Beshta standartni o‘z ichiga oladi: WCDMA, CDMA2000, TD-CDMA/TD-SCDMA (Xitoyning o‘z standarti), DECT va UWC-136. " IMT-DS standarti|"Spektr to‘g‘ri kengaytiriladigan (DS-CDMA) va chastotaviy dupleks tarqatiladigan (FDD) keng polosali tizim uchun mo‘ljallangan standart nomi, tizimni chastotalarning juft polosalarida ta’minlaydi (WCDMA va UTRA FDDning birgalikdagi taklifi). " IMT-MC standarti|"Bir vaqtning o‘zida bir nechta eltuvchini uzatuvchi va chastotaviy dupleks tarqatishli ko‘p chastotali tizim uchun ishlab chiqilgan standart nomi, tizimni chastotalarning juft bo‘lmagan polosalarida ta’minlaydi (ishchi nomi – cdma2000). " Infiniband|"Ham ichki (tizim ichidagi), ham tizimlararo ulanishlar uchun qo‘llaniladigan, yuqori tezlikli kommutatsiyalanadigan ketma-ket shina. Ikki yo‘nalishdagi ketma-ket shinadan foydalaniladi. Bazaviy tezlik har bir yo‘nalishda 2,5 Gbyte/s. " Intel Core i5|"Intel korporatsiyasining x86-64 protsessorlari turkumi. O‘rnatilgan xotira kontrolleriga ega, Turbo Boost texnologiyasini qo‘llaydi (protsessorni yuklama ostida avtomatik tarzda tezlash). Ko‘pchiligida o‘rnatilgan grafik protsessor bor. Chipset bilan Core i5 DMI shinasi orqali ulanadi. Stol kompyuterlari uchun mo‘ljallangan dastlabki Core i5 2009 yilning senytabrida paydo bo‘ldi, unda Nehalem arxitekturasining Lynnfield yadrosidan foydalanilgan. " Intel firmasining ikkilik moslashuv спецификацияси|"Intel-arxitekturali kompyuterlarda har qanday ishlab chiqaruvchining UNIX operatsion tizimida ishlay olishi uchun, amaliy dastur qanoatlantirishi kerak bo‘lgan shartlarni aniqlovchi standart. " Intel mikroprotsessori|"Hisoblarni oshkora parallellashtiradigan va xotirani 64-razryadli manzillashdan foydalanadigan mikroprotsessor turi. " IOS operatsion tizimi|"Sisco Systems kompaniyasi tomonidan marshrutizatorlar uchun ishlab chiqilgan rezident operatsion tizimi. U marshrutizatorlarni sozlash va nazorat qilish uchun komandalar va funksiyalar to‘plamini o‘z ichiga oladi, shuningdek, turli protokollarning bajarilishini qo‘llab-quvvatlaydi. " IP-adres|"1. Uzellar yoki Internet tarmog‘idagi kompyuterlarni identifikatsiya qiladigan noyob manzil. 2. Axborotni qabul qiluvchi yoki jo‘natuvchini identifikatsiya qiluvchi 32 (IPv4) yoki 128 (IPv6) bitlar ketma-ketligi. " IP bo‘yicha ovozli aloqa shlyuzi|"An’anaviy oxirgi (terminal) uskunani KAT bilan ulaydigan aloqa seansini amalga oshirish protokoli bazasidagi shlyuz. Analog liniyalarni ulashda IP bo‘yicha ovozli aloqa shlyuzi kamida analog telefon adapterni o‘z ichiga oladi. IP bo‘yicha ovozli aloqa shlyuzi, vositachi-server orqali chaqiruv seansini boshqarish funksiyasiga taalluqli IP-multimediya tizimlarining abonent apparatlarida alohida o‘rin tutadi. " I-PIP tugmasi|"Reklama vaqtida bu tugma bosilsa, shu paytdagi dastur ekrandagi kichik darchaga joylashadi, ekranda esa bu paytda boshqa dastur namoyon bo‘ladi. I-PIP tugmasi takror bosilganda, dastlabki dastur ekranda to‘liq tiklanadi. " IP-manzillarni o‘zgartirgich|"Ishchi stansiyada yoki xost kompyuterda o‘rnatiladigan va nomlar serveriga so‘rovlar yuborgan holda, xost-kompyuterlar nomlarini, ularning IP-manzillariga o‘zgartiradigan dastur. " IP-paketdagi xatolik ehtimolligi|"Xato qabul qilingan IP-paketlar sonining uzatilgan IP-paketlarning umumiy soniga nisbati. " IP-paketi|"Manba va oluvchining adresi, ma’lumotlar va paket uzunligini belgilaydigan maydon, sarlavhaning nazorat summasi va paketni fragmentatsiya qilish to‘g‘risidagi bayroqlarni o‘z ichiga olgan Internet tarmog‘i orqali uzatiladigan axborotning fundamental birligi. " IP-protokol|"1. Internet tarmog‘ining protokoli. Internet uzellari o‘rtasida xabarlarning uzatilishi va marshrutlanishi uchun javob beradigan va ma’lumotlarni paketlarga ajratish qoidalarini belgilovchi tarmoq protokoli. 2. Tarmoqlararo protokol. IP-protokoli OSI 3-modeli (ochiq tizimlarning o‘zaro aloqa modeli) sathida ishlaydi va internetwork tarmoqlarida IP-deytagrammalarni yuborish standarti hisoblanadi. IP-paketlar marshrutlanishini tavsiflaydigan, TCP/IP-protokollari stekining bir qismidir. " IPSec protokoli|"IETF tomonidan taklif etilgan xususiy virtual tarmoqlarda axborotni uzatish protokollari majmui bo‘lib, IP-paketlarni autentifikatsiyalash, yaxlitligini tekshirish va shifrlashni ta’minlaydi. IPSec kriptografiyasi asosidagi standart xizmatlar va xavfsizlik protokollari to‘plami TCP/IP ning barcha protokollari va Internet orqali L2TP dan foydalanib bog‘lanishlar xavfsizligini ta’minlaydi. " I-psevdokadr|"Televizion tasvir ma’lumotlar oqimini kadr ichida kodlashda shakllanadigan psevdokadr. " IP-shlyuzi|"Turli xil tarmoqlarni birlashtirish, lokal tarmoqdan Internetga chiqish imkonini beradigan qurilma. Shlyuzda ma’lumotlarning bir protokoldan boshqasiga o‘zgartirilishi ro‘y beradi. " IPtables|"Komanda satri utilitasi, 2.4 versiyadan boshlab Linux yadrolari uchun NET Filter tarmoqlararo ekran (brandmauer) ishini boshqarishning standart interfeysi hisoblanadi. IPTables utilitasidan foydalanish uchun super foydalanuvchi imtiyozlari talab qilinadi. " IP-tarmoqlari orqali tovush (ovozli trafikni) uzatish|"Ovozni uzatish IP-tarmoqda, IP orqali ovoz, IP asosidagi telefoniya tarmog‘ida paketlar kommutatsiyasi ovoz uzatish texnologiyasi bo‘lib IP-protokoli negizida qurilgan. Xalqaro va shaharlararo qo‘ng‘iroqlarda mablag‘ni tejash uchun ishlatiladi. Texnologiya nutq va ma’lumotlarni integratsiya qilish imkonini beradi. " IP-telefoniya|"1. Internet tarmog‘idan telefon so‘zlashuvlar uchun foydalanish texnologiyasi. Kompyuter‒kompyuter, kompyuter‒telefon tarmoq ulanishlardan foydalanib, odamlar o‘rtasida telefon aloqasini o‘rnatish imkonini beradi. 2. IP-tarmoqlari bo‘yicha ovozni uzatish texnologiyasi asosida nutqli axborotni almashish, shu jumladan mahalliy, shaharlararo va xalqaro aloqa xizmatlari. " IP-tranzit|"Mijozning IP-protokoli negizida IP-tarmoqqa ulanishining ikki nuqtasi o‘rtasida ma’lumotlar uzatish. " IPX/SPX protokoli|"Novell NetWare tarmoqlarida ishlatiladigan, TCP/IP to‘plamidagi TCP va IP-protokollariga mos keluvchi transport protokollari. IPX protokoli Windowsda NWLink protokoli orqali amalga oshiriladi. " IRC protokoli|"Band qilinmagan qabul qilgichni boshqarish protokoli. Abonent bilan bog‘lanish o‘rnatilmagan paytda, uyada qabul qilgichni boshqarish protokoli. " IS-136 standarti|"Shimoliy Amerikada 800 MHz va 1,9 GHz chastota diapazonida ishlaydigan TDMA texnologiyasi asosidagi ikkinchi avlod uyali aloqa raqamli tizimlarining standarti. Birinchi marta 1994 yilda taqdim etilgan. DAMPS sifatida ham ma’lum. " IS-95 standarti|"Cdma One kabi, 800 MHz va 1,9 GHz chastota diapazonida ishlaydigan standart. Ma’lumotlarning ovoz qo‘shilgan holda, 64 Kbit/s gacha tezlik bilan uzatilishini ta’minlaydi. " ISDN bazaviy foydalana olish interfeysi|"Tovush, videotasvir va ma’lumotlarni kommutatsiyalanadigan kanallar bo‘yicha uzatishda ishlatiladigan ikkita V-kanallar va bitta D-kanaldan tashkil topgan ISDN-interfeys. " ISDN interfeyslari|"Xizmatlari integratsiyalashgan raqamli tarmoqlarda foydalaniladigan interfeyslarning asosiy turlari beshta: R, S, T, U hamda V. " Java operatsion tizimi|"Java-ilovalarni qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan unchalik katta bo‘lmagan, effektiv operatsion tizim. Ikki xil ko‘rinishda uchraydi: JavaOS for Business va JavaOS for Consumers. " Java Script tili|"Netscape Communication korporatsiyasi tomonidan 1995-yilda ishlab chiqilgan (Netscape Navigator 1.2 brauzerining tarkibiy qismi sifatida taqdim qilingan) va Java tiliga asoslangan, lekin undan ancha sodda bo‘lgan dasturlash tili. ECMA-262 spetsifikatsiyasiga mos keladi. " Java tili|"Sun Microsystems, Inc tomonidan ishlab chiqilgan yangi dasturlash tili. Java tilidan tarmoq ilovalarini (dasturlarini) ishlab chiqish uchun oddiy dasturlash tili sifatida, shuningdek, appletlar deb ataladigan uncha katta bo‘lmagan ilovalarni yozishda foydalaniladi. " JDC standarti|"Qayta nomlangan PDC Yaponiya mobil aloqa standarti. Unda 900 MHz va 1,5 GHz chastotadan foydalaniladi. " JEIDA standarti|"Kompyuterga «kredit kartochka» turidagi har qanday qurilmalarni, jumladan, xotira kartalari, qattiq diskdagi to‘plagichlar, modemlarni ulash ta’minlanadigan standart. " JFC bibliotekasi|"Java tilidagi asosiy turkumlar bibliotekasi. " Jini texnologiyasi|"O‘zida Java tili kengaytmalarini ifoda etadigan Sun Microsystems texnologiyasi, uning yordamida Java tilida yozilgan dasturlar o‘rnatilgan raqamli qurilmalar kompyuter tarmog‘ida shaxsiy kompyuterlar yordamisiz muloqotga kirisha oladi. " JIT-kompilyatsiya|"Bevosita dasturning ishlash vaqtida bayt-kodni mashina kodiga kompilyatsiya qilish yo‘li bilan bayt-koddan foydalaniladigan dasturiy tizimlarning unumdorligini oshirish texnologiyasi. " JPEG 2000 standarti|"JPEG standartining yangi ochiq ko‘rinishi. Tasvirni 200 barobargacha siqish imkonini beradi. DCT dan emas, balki to‘lqin o‘zgartirgich algoritmidan foydalanadi. Tasvir matematik jihatdan xuddi uzluksiz oqim singari tavsiflanadi. " JSQL dasturlash tili|"Java tilida yozilgan dastur orqali ma’lumotlar bazasiga murojaat qilish uchun SQL tili. " Just-In-Time|"Har bir usulning birinchi chaqiruvida, Java da dasturlarni bajarishning ishlab chiqarish yig‘indisini oshirishga imkon beradigan, maqsadli platformaning (native ‒ kod) obyektli kodiga uning kompilyatsiyasini bajaradigan JVM komponentining kompilyatori. " Ka-diapazon|"Asosan, yo‘ldoshli aloqa va radiolokatsiyada ishlatiladigan santimetrli va millimetrli uzunlikdagi to‘lqin chastotalari diapazoni. Diapazon shartli ravishda elektromagnit spektrining 26,5 dan 40 GHz gacha bo‘lgan diapazonida yoyiladi. " KEM-faktor|"Subyektiv sinovlar usuli, ajratib bo‘ladigan qora va oq gorizontal chiziq hamda satrlar sonlari nisbatidir. " Kerberos texnologiyasi|"Des standarti negizida Massachuset texnologiyalar instituti (MIT) tomonidan 1980-yil o‘rtalarida yaratilgan, autentifikatsiya va ochiq kalit bilan shifrlash texnologiyasining nomi. RFC 1510 da ta’rifi keltirilgan. Kerberos Windows da 2000 versiyasidan boshlab ishlatilib kelinadi. K-faktor rus. - К-фактор ing. - K-faсtor, K-rating factor Televizion tasvirning, televizion ko‘rsatuv jarayonida qayta tiklash qurilmalariga beriladigan turli impulslarning buzilishi bo‘yicha aniqlanadigan signal shaklining ayrim liniyaviy buzilishlar tufayli sodir bo‘ladigan subyektiv yomonlashuvi darajasini obyektiv baholash o‘lchovi. Izoh – K-faktorni baholash usuli XEI-R-BT.654 Tavsiyalarida berilgan. " Ku-diapazon|"Yo‘ldoshli televideniyeda ishlatiladigan santimetrli to‘lqinlar chastotalarining diapazoni. Diapazon shartli ravishda 10,7 dan 18 GHz gacha yoyiladi. " L2TP protokoli|"Cisco kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, L2F (Layer 2 Forwarding) protokolini va Microsoft kompaniyasining PPTP protokolini o‘zida biriktiruvchi kanal darajasida tunnellovchi tarmoq protokoli. Internetda tunnellar yaratish uchun mo‘ljallangan standart protokol. " Lampel-Ziv-Velch (LZV) algoritmi|"Ma’lumotlarni yo’qotishlarsiz siqish algoritmi bo‘lib, uni tuzgan ijodkorlarning nomlari bilan atalgan. " LAN emulyatsiyasi|"ATM forumi tomonidan ishlab chiqilayotgan texnologiya. ATM tarmog‘i virtual segmentlarini Ethernet va Token Ring virtual tarmoqlarini shaffof birlashtirish imkonini beradi. " LAN NetView platformasi|"Tarmoqni boshqarish amaliy jarayonlariga IBM korporatsiyasi tomonidan taklif etilgan platforma. Bu platforma turli xildagi xizmatlar: boshqaruv ma’lumotlarini tarmoqdan uzatish, tarmoq ob’ektlarining holati to‘g‘risidagi ma’lumotni yig‘ish, platforma vositalari bilan amalga oshiriluvchi dasturlardan jamoaviy foydalanishni ta’minlash, tizim administratori interfeysini taqdim etish kabi funksiyalarni bajaradi. " LDAP protokoli|"Kataloglardan foydalanishning soddalashtirilgan protokoli, tarmoq kataloglariga kira olish imkonini beradi. " Linker and loader|"UNIX tizimidagi aloqalar redaktori va yuklagich. " Linux|"Shaxsiy kompyuterlarga mos keladigan RS va ko‘plab boshqa platformalarda Unix operatsion tizimini erkin amalga oshirish. Nomi tizim yadrosi ustida ish olib borgan fin dasturchisi Linus Torvalds nomidan kelib chiqqan. Birinchi versiyasi 1994-yilda paydo bo‘lgan. Linux ning 64 razryadli versiyalari bor. " Linux proc|"Kiritish-chiqarish uchun so‘rovlarni bajarishda ma’lumotlarni aniq saqlash va ma’lumotlarni hisoblash yo‘qligiga asoslangan Linux dagi fayl tizimi. " LISP dasturlash tili|"Yuqori daraja universal dasturlash tili, funksional turdagi deklarativ tillar qatoriga kiradi, ro‘yxatlar ko‘rinishida taqdim etilgan simvolli ma’lumotlarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan. Funksiyalar va rekursiv tuzilish tilning asosi hisoblanadi. " LISP-kompyuter|"Komandalar tizimida LISP tili asosiy funksiyalari va ro‘yxatlar bilan ishlash operatsiyalari joriy qilingan kompyuter. Bunday kompyuterlarni intellektual kompyuterlar sinfiga kiritish mumkin. " Little endian|"Kompyuter xotirasining arxitekturasi, bunda xotiraning har bir so‘zidagi baytlarni raqamlash o‘ng tomondan boshlanadi, ya’ni kichik bitlardan boshlab raqamlanadi. " Live CD|"Operatsion tizimning ishlash varianti. Tizim yuklash kompakt-diskidan ishga tushriladi va tezkor xotiraga yuklanadi, bunda vinchester ichidagi ma’lumotlar o‘zgarmay qoladi. Kompyuterga o‘rnatilgan operatsion tizimning ishlash holatini tiklashda yoki tizimni qattiq diskka o‘rnatmasdan ko‘rib chiqish imkonini beradi. Birinchi LiveCD-distributivi Knoppix bo‘ladi. " Longhorn operatsion tizimi|"Windows Vista va Windows Server 2008 operatsion tizimlarining dastlabki nomlanishi. " LPT|"Dastlab, faqat chop etish qurilmasini ulash uchun ishlatilgan PC parallel portining belgilanishi. " LTE standarti|"Ma’lumotlarni mobil uzatish texnologiyalarini takomillashtirish: ma’lumotlar uzatish samaradorligi va tezligini oshirish, xarajatlarni kamaytirish, ko‘rsatiladigan xizmatlarni yaxshilash va kengaytirish uchun mo‘ljallangan, 3GPP uyushmasi tomonidan yaratilgan standart. " LynxOS|"O‘rnatiladigan tizimlar uchun ishlab chiqilgan, POSIX standartlari bilan, so‘nggi vaqtda Linux operatsion tizimi bilan moslashtirilgan, Unix ga o‘xshash real vaqt operatsion tizimi. " LZW usuli|"Grafik tasvirlarni siqish usuli, faylda bir xil ketma-ketlikni qidirish algoritmiga asoslangan. Unisys firmasi nomi bilan patent ro‘yxatidan o‘tgan usul. 1978-yilda ishlab chiqilgan. " MAC drayver|"OSI modeli muhitidan foydalana olishni boshqarish darajasida ishlaydigan qurilma drayveri bo‘lib, tarmoq adapterlariga quyi darajadagi kira olishni ta’minlaydi. " MAC manzil|"Lokal tarmoqqa ulangan har bir qurilmada bo‘lishi kerak bo‘lgan, kanal sathidagi standartlashtirilgan manzil. Tarmoqdagi boshqa qurilmalar bu adreslardan tarmoqdagi aniq qurilmalarning joylashgan o‘rnini topishda, shuningdek, marshrutlash jadvallari va ma’lumotlar tuzilmasini yangilashda foydalanadi. МАС-manzil lar uzunligi 6 bite. Shuningdek, apparatli manzil yoki fizik manzil deb ham ataladi. " Mac OS|"Apple Macintosh kompyuterlarida ishlatiladigan operatsion tizim. " MAC OSX|"Apple firmasining Macintosh kompyuterlari uchun mo‘ljallangan operatsion tizimi. MAC OSX – bu, intuitiv grafik interfeysli o‘xshash operatsion tizimdir. Darvin deb nomlanadigan yadro (operatsion tizimning, yadroning manzil fazosida bajariladigan dasturiy modullarni ichiga oladigan asosiy qismi) o‘n mingdan ortiq dasturchi tomonidan ishlab chiqilgan. Tizim foydalanish uchun 2001-yilda qabul qilingan. " Mandriva|"1998-yilda asos solingan kompaniya (dastlab MandrakeSoft deb atalardi). Red Hat Linux distributiviga asoslangan, mahsuloti bilan bir nomdagi muallif. Mandrake Linux birinchi versiyasi 1998-yilning iyul oyida paydo bo‘lgan. 2005-yilning aprel oyida kompaniya Braziliyaning Connectiva kompaniyasini sotib oldi va nomini Mandriva ga o‘zgartirdi. " MAS-manzil identifikatori|"Tarmoqdagi har qanday qurilmaning yagona identifikatori. " Mbit/sек|"Sekundiga megabit 1024 kbit/s. Yuqori tezlikdagi tarmoqlarda ma’lumotlar uzatish tezligining o‘lchov birligi. " MD5|"RSA Data Security firmasining asoschilaridan biri Ronald L.Rivest tomonidan 1991-yilda ma’lumotlarni shifrlash uchun ishlab chiqarilgan 128-bitli xeshlash algoritmi. " MDAPI spetsifikatsiyasi|"Ochiq, obyektga yo‘naltirilgan spetsifikatsiya, OLAP Council ma’lumotlarni onlayn analitik qayta ishlash kengashi, notijoriy, ko‘p o‘lchamli ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlarini yetkazib beruvchilar assotsiatsiyasi tomonidan e’lon qilingan. Ilovalarga o‘qish bo‘yicha ko‘p o‘lchamli ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlaridan foydalanishni ta’minlaydi. " MDI ilova (dastur)|"Bir vaqtning o‘zida bir nechta ochiq hujjat bilan ishlash imkonini beradigan dastur. " MDX tili|"OLAP serverlariga va ma’lumotlar bazasiga so‘rovlar berish tili, OLE DB texnologiyasining tarkibiy qismi. " Memory map|"Solaris operatsion tizimidagi xotirada aks etadigan faylni tashkil qilish uchun mo‘ljallangan komanda va tizim chaqiruvi. " MeXe standarti|"Mobil qurilmalar muhiti – WAP kengaytirilgan varianti, uchinchi avlod standarti, terminal uchun Java ilovalari, axborot yuklashda himoya funksiyalarini va ilovalar boshqarilishini, telefonning barcha funksiyalaridan foydalanish mumkin bo‘lishi uchun, boshqa ishlab chiqaruvchilarning umumiy ilovalar interfeyslarini qo‘shadi. UMTS standarti uchun virtual uy muhitini yaratishda muhim jihat bo‘lgani holda, funksiyalar to‘plami va imkoniyatlarni ta’minlaydi. " MGCP protokoli|"IP-telefoniya standarti bo‘lib, u shlyuzlar va ulanishlarni boshqarish dasturi o‘rtasida o‘zaro aloqani qo‘llab-quvvatlaydi. " Microsoft|"Dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi eng yirik firma. Dasturlardan tashqari, texnik vositalar: «sichqoncha»lar, klaviaturalar va ularga adapterlar ham chiqaradi. Uilyam Geyts va Pol Allen tomonidan 1975-yilda tashkil qilingan. Firmaning asosiy yutuqlari: MS-DOS, Windows operatsion tizimlari, Internetda ishlash uchun MS Office, MS Explorer dasturiy vositalari; BASIC, Quick C, Visual BASIC, Visual C++ dasturlash tillari. " Microsoft Azure Services Platform|"Microsoft firmasining ishlab chiqarish uchun va Microsoft.NET bazasida servislardan foydalanish uchun mo‘ljallangan platformasi. " MicroSoft kompaniyasining diskli operatsion tizimi|"1981-yilda IBM PC birinchi 16-razryadli shaxsiy kompyuter uchun Microsoft va IBM korporatsiyalari tomonidan ishlab chiqilgan operatsion tizim. Bu operatsion tizim Microsoft kompaniyasining shakllanishida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 1990-yillarda MS-DOS Windows tomonidan siqib chiqarildi. Boshqa, ОS/2 kabi, operatsion tizimlarga o‘xshab, u ham foydalanuvchining klaviaturada tergan komandalarini kompyuterda bajariladigan operatsiyalarga o‘zgartiradi. MS-DOS bilan o‘zaro bog‘lanish komanda satridagi oynada shu bilan birga MS-DOS uchun mo‘ljallangan dasturlar bilan o‘zaro bog‘lanish ish stoli yorliqlari yordamida amalga oshiriladi. " Microsoft Windows Azure|"Operatsion tizim va firma asboblari to‘plami. " MIMO texnologiyasi|"Bitta tayanch stansiyada tarmoq sig‘imini oshirish va signallarning so‘nishi bilan kurashish uchun, ko‘plab uzatuvchi va qabul qiluvchi antennalardan foydalanish. " Minix|"Unix asoslangan erkin mikroyadroli operatsion tizim. Endryu Tanenbaum Minix ni ta’lim tizimi uchun yaratgan. " MISD arxitekturasi|"Parallel kompyuterning mumkin bo‘lgan to‘rtta arxitekturasidan biri. Bunda ma’lumotlar, har biri ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha o‘zining dasturini bajaradigan protsessorlar to‘plamiga uzatiladi. " MMDS texnologiyasi|"Simsiz tarmoqlar asosida ma’lumotlar uzatish texnologiyasi, teleeshittirishni o‘rnatish uchun qo‘llaniladi. Signalning uzatilishi 2868 MHz dan 2500 MHz gacha diapazonda yuz beradi. " MNP protokoli|"Modemli aloqada ma’lumotlar uzatish sxemasini belgilaydigan protokol. Bu protokol bo‘yicha ishlaydigan modem xatolar tuzatilishini va ma’lumotlar siqilishini amalga oshiradi. Protokol Microcom firmasi tomonidan ishlab chiqilgan. " Mobile IP-protokoli|"IP-protokolini, Internet trafikni mobil foydalanuvchilarga qayta yo‘llash imkonini beradigan tarzda kengaytirish. Texnologiya foydalanuvchining shaxsiy (korporativ) tarmog‘ida, ham olisdagi tarmoqlarda joylashgan maxsus dasturiy agentlardan foydalanadi. Olisdagi tarmoqqa kirishda mobil foydalanuvchilar agent yordamida ro‘yxatdan o‘tadilar, undan so‘ng ularning korporativ tarmog‘idagi trafik turgan joy bo‘yicha qayta yo‘llanadi. " mP6|"Rise Technology firmasi tomonidan ishlab chiqariladigan, arzon shaxsiy kompyuterlar uchun mo‘ljallangan protsessor turi. " MPE-FEC|"Ko‘p protokolli inkapsulyatsiya seksiyalari bo‘yicha yetkazib berilgan deytagrammalar uchun Rid-Solomon juftligini nazorat qilish ma’lumotlarini yetkazib berish usuli. " MPEG-1 videosignalini siqish usuli|"Raqamli videosignalni kodlash usuli, uni ifodalash uchun zarur bo‘lgan bitlar soni 1,4 Mbit/s gacha pasayadi. " MPEG-2 profili|"Kodlashning muayyan tizimini tashkil etuvchi, MPEG-2 standarti bo‘yicha raqamli oqimni siqish qoidalarining to‘plami. Izoh – Oddiy, asosiy, ikkita masshtablanadigan, yuqori va professional profillar ajratiladi. " MPEG-2 standarti|"Siqilgan raqamli televizion videosignallar, tovush signallari va televizion axborot foydalanuvchisining ma’lumotlari to‘plamini, raqamli paketlarni uzatish uchun mo‘ljallangan oqimga multipleksorlash usullari bayon qilingan kodlash tizimi. " MPEG-2 videosignalini siqish usuli|"MPEG-1 ni siqishga nisbatan yuqori sifatli siqish usuli versiyasi. DSS va DVD da foydalaniladi. " MS OFFICE|"Hujjatga yo‘naltirilgan ko‘p funksiyali dasturiy mahsulot. Microsoft firmasi tomonidan ko‘plab tashkiliy masalalarni avtomatlashtirish uchun ishlab chiqilgan. MS Office tarkibiga quyidagi ilovalar kiradi: Word – matn redaktori, Excel – elektron jadvallar, Access – ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi, Power Point – taqdimotlarni tayyorlash va o‘tkazish tizimi. Barcha ilovalar amalda yagona interfeysga ega bo‘lib, har qanday foydalanuvchi o‘rganishi uchun qulay. Har bir ilovadan mustaqil foydalanilishi mumkin. Agar, standart vositalar bilan ilovani aniq bir vazifa uchun sozlash imkoni bo‘lmasa, MS Office ga o‘rnatilgan Visual BASIC for Application. Dasturlash tilidan foydalanilishi mumkin. MS Office Windows operatsion tizimi boshqaruvida va Apple firmasining kompyuterlarida ishlaydi. " MS-DOS operatsion tizimi|"Microsoft va IBM korporatsiyalari tomonidan 1981-yilda IBM PC birinchi 16-razryadli shaxsiy kompyuter uchun ishlab chiqilgan operatsion tizim. ОS/2 kabi boshqa operatsion tizimlarga o‘xshab, u ham foydalanuvchining klaviaturada tergan komandalarini kompyuterda bajariladigan operatsiyalarga o‘zgartiradi. MS-DOS bilan o‘zaro bog‘lanish komanda satridagi oynada amalga oshiriladi. " MSDSL texnologiyasi|"SDSL texnologiyasining takomillashtirilgan versiyasi, ma’lumotlar 64 Kbit/s dan 1152 Kbit/s gacha tezlikda uzatilishini ta’minlaydi. " Biometrik ma’lumotlar|"Foydalanuvchining, originallari raqamli ko‘rinishda elektron hisoblash mashinasi xotirasida saqlanadigan, ovoz tembri, qo‘l barmoqlarining shakli, izi va shular kabi shaxsiy farqlovchi belgilarini o‘zida ifodalovchi autentifikatsiya qilish vositalari. " Biometrik texnologiya|"Inson komandalarini biotoklar orqali foydalanuvchi tizimga yetkazish usuli. " Biometriya|"1. Shaxsni identifikatsiya qilish uchun biologik xususiyatlardan, masalan, barmoqlar izi yoki ovozdan foydalanish to‘g‘risidagi fan. 2. Odam shaxsini fiziologik xarakteristikalarga asoslangan avtomatik identifikatsiya qilish usullari. " Bionika|"Tirik tabiat tamoyillari, xossalari, vazifalari va tuzilmalarini texnik qurilma va tizimlarda qo‘llashga qaratilgan amaliy fan. Internet o‘z-o‘zini tashkil qiluvchi tizim bo‘lib, ko‘p jihatlari bilan tirik organizm evolyutsiyasini «takrorlaydi». " Bipolyar kod|"Birliklar navbatma-navbat qarama-qarshi qutblilikning kuchlanish impulslarini, «0» esa impulsning yo‘qligini bildiradigan signal uzatish usuli. " Bir/bir modeli|"Ko‘p oqimlilik modeli, bunda har bir foydalanuvchi oqimi yadroning bitta aniq oqimida aks etadi. " Bir darajali qurilma|"Berilgan vaqtda bitta xavfsizlik darajasidagi ma’lumotlarni qayta ishlay olishi mumkin bo‘lgan funksional blok. " Bir darajali tarmoq|"Bitta yoki bir nechta kompyuterning boshqa oraliq qurilmalariga murojaat qilmasdan bir birlari bilan o‘zaro hamkorlikda ishlashi mumkin bo‘lgan tarmoq. Bir darajali tarmoqda kompyuterlar bir vaqtda mijoz ham, server ham bo‘lishi mumkin. " «Bir darcha» prinsipi|"Davlat xizmatlarini taqdim etish prinsipi, unga ko‘ra, bunday xizmatlar talabnoma beruvchi tegishli talab bilan bir marta murojaat qilgandan so‘ng ko‘rsatilishi kerak. " Bir dyumdagi nuqtalar soni|"Ekran va printerning ruxsat etish imkonini o‘lchashda qo‘llaniladigan birlik. Qurilma bir dyuymdagi kesmada ko‘rsatishi yoki chop etishi mumkin bo‘lgan nuqtalar soni. Dyuymdagi nuqtalar soni qancha ko‘p bo‘lsa, ekrandagi tasvir shuncha sifatli ko‘rinadi. " Bir jinsli bo‘lmagan tarmoq|"Turli topologiya fragmentlaridan va turli xil texnik vositalardan tuzilgan kompyuter tarmog‘i. Bunday tarmoqda har xil turdagi uskunalar va almashuv protokollaridan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi. " Bir jinsli tarmoq|"Mos keladigan uskuna va umumiy almashuv protokollaridan foydalanadigan, bir jinsli tuzilmaga ega tarmoq. Gomogen tarmoq deb ataladi. " Bir kanalli kuchaytirgich (jamoaviy qabul qiluvchi antennalar uchun)|"Chastotalar polosasining kengligi bitta muayyan televizion kanal bilan chegaralangan kuchaytirgich. " Bir ko‘zguli antenna|"Asosiy elementi fokusda nurlagich bilan joylashtirilgan parabolik ko‘zgu hisoblanadigan antenna. " Bir lahzada suratga olish|"1. Maxsus dastur yordamida olinadigan ekran nusxasi, kompyuter videoxotirasining bir zumlik nusxasi (kam hollarda tezkor xotira qurilmasi). So‘ng bunday nusxani diskda saqlab qo‘yish, bosib chiqarish, tahrir qilish mumkin va h.k. 2. Bir onlik nusxa, stop-kadr. " Bir martali bloknot|"Vernam shifri deb ham ataladigan kriptotizim, mutlaqo tasodifan generatsiyalanadigan bit satridan foydalanadi. Kalit oqim uzunligi ochiq matn uzunligiga teng. Tasodifiy bitlar satri va ochiq matn XOR operatsiyasidan foydalanib, shifrmatnni ishlab chiqish uchun kombinatsiyalanadi. Bunday algoritm mutlaqo maxfiy hisoblanadi. " Bir martali parol|"Tarmoqqa har bir kirishdan so‘ng o‘zgaradigan, amal qilish muddati juda qisqa bo‘lgan parol. " Bir martali raqamli imzo|"Har qanday xabar uchun raqamli imzo faqat bir marta ishlatilishi mumkin bo‘lgan sxema, ya’ni har bir yangi xabar uchun kalitlarning yangi jufti talab qilinadi. Bunday sxemaning afzalligi uning tezkorligi hisoblanadi, kamchiligi – katta miqdordagi axborotni (ochiq kalitlarni) e’lon qilish zarurligi, chunki har bir imzo faqat bir marta ishlatiladi. " Bir martali xabar|"Faqat bir marta ishlatiladigan identifikator yoki raqam, ya’ni har bir keyingi aloqa seansida uning qiymati yangilanadi. " Bir martali yoziladigan kompakt disk|"Maxsus CD-disklarga bir martalik yozish imkonini beradigan qurilma. " Bir modali optik tola|"1. Signal bir moda yoki tarqalish yo‘li bo‘ylab o‘tadigan optik to‘lqin o‘tkazgich (tola). Bunday tola yadrosining diametri uncha katta bo‘lmaydi. 2. Faqat bir moda tarqalishi mumkin bo‘lgan optik tola; odatda, bu tola pog‘onali sinish ko‘rsatgichiga ega bo‘ladi. " Bir modali tola|"Markaziy o‘tkazgichi to‘lqin uzunligi bilan taqqoslanadigan juda kichik diametrga ega bo‘lgan (odatda, 5-10 mkm), yorug‘lik to‘lqinining tarqalish sharoitlari yagona moda bilan cheklangan tola. Nurlar, qobiqdan qaytmagan holda, yorug‘lik o‘tkazgichning optik o‘qi bo‘ylab tarqaladi. Bir modali tolaning o‘tkazish polosasi 100 Gs/km va undan ko‘pni tashkil etadi. " Bir nechta amaliy muhitning mavjudligi|"Bitta operatsion tizim doirasida bir nechta operatsion tizim uchun ishlab chiqilgan dasturlarni bir vaqtda bajarish imkonini beradi. Ko‘p zamonaviy operatsion tizimlar bir vaqtda MS-DOS, Windows, UNIX (POSIX), OS/2 amaliy muhitlarini yoki bu ommabop to‘plamdan ayrim ko‘plikni ta’minlaydi. Ko‘plab amaliy muhitlar konsepsiyasi, bir qismi u yoki bu operatsion tizimning amaliy muhitini amalga oshiradigan turli serverlar ishlaydigan mikroyadro bazasidagi operatson tizimda oddiy amalga oshiriladi. " Bir nechta kamerani tutib turish|"Abonentning translyatsiya vaqtida foydalaniladigan turli kameralardan tasvirni tanlash imkoniyati. " Bir nurli antenna panjarasi|"Bitta nurni shakllantiruvchi antenna panjarasi. " Bir platali kompyuter|"Butunlay bitta bosma platada joylashtirilgan kompyuter. " Bir pog‘onali muhofaza qilish tizimi|"Yagona kalit dasturiy ta’minotdan foydalanishni ta’minlaydigan muhofaza qilish tizimi. " Bir rangli arxitektura|"Har bir abonent tizimi bir xil ko‘lamda resurslarni taqdim va isteʼmol qilishi mumkin bo‘lgan, axborot tizimining konsepsiyasi. Bir rangli arxitektura shu bilan tavsiflanadiki, unda hamma abonent tizimlar teng huquqli va ularning bir- birlarini resurslariga murojaatlari simmetrik bo‘ladi. Buning evaziga, foydalanuvchi maʼlumotlarning taqsimlangan ishlovini bajarishi, amaliy dasturlar, tashqi qurilmalar, shu jumladan, ixtiyoriy tizimlarda joylashgan fayllar bilan ishlashi mumkin. Bir rangli arxitektura tarmoq vositalarining oddiy yuklanishi, yengil kengaytirilishi bilan tavsiflanadi. " Bir sekunddagi kilobit|"SI tizimidagi ma’lumot uzatish tezligining birligi. " Bir tomonga yo‘nalgan interfeys|"Maʼlumotlarning faqat bitta yo‘nalishda uzatilishini taʼminlaydigan interfeys. " Bir tomonlama autentifikatsiya qilish|"Xabar jo‘natuvchi yoki oluvchini autentifikatsiya qilish. " Bir tomonlama funksiya|"Berilgan x argument bo‘yicha f(x) funksiya qiymati oson hisoblab chiqariladigan funksiya. f(x) ni x dan hisoblab chiqarish anchagina murakkab. Hozirgacha bir tomonlama funksiyalarning mavjudligi qat’iy isbotlanmagan. Axborotni shifrlash uchun bir tomonlama funksiyalarni qo‘llab bo‘lmaydi, chunki ular yordamida shifrlangan matnni, hatto uning qonuniy egasi ham rasshifrovka qila olmaydi. Kriptografiyada siri bo‘lgan bir tomonlama funksiyadan foydalaniladi. " Bir tomonlama xeshlash algoritmi|"Xesh-kod olingan dastlabki ma’lumotlarning xesh-kod qiymati asosida amalda tiklab bo‘lmaslik xossasiga ega bo‘lgan xeshlash algoritmi. " Bir tomonlama shifrlash|"Shifrlash, dastlabki ma’lumotlari tiklanishi mumkin bo‘lmagan shifrlangan matn uning natijasi hisoblanadi. Izoh – Bir tomonlama shifrlash autentifikatsiya qilishda ishlatiladi. Masalan, bir tomonlama shifrlash usuli bilan parolni shifrlash natijasida olingan shifrlangan matn saqlanib qoladi. Kechroq taqdim etilgan parol xuddi shu tarzda shifrlanadi. Keyin olingan ikkala shifrlangan matn solishtiriladi, agar ular bir xil bo‘lsa, unda to‘g‘ri parol taqdim etilgan. " Bir turdagi uya; bir xil chastota sohasiga ega uya|"Axborot almashinuvi qo‘shni klasterga kiruvchi yacheykalardan biridagi kabi, ayni shu chastotalar polosalarida ta’minlanadigan, hududiy jihatdan uzoqda joylashgan yacheyka (uya). " Bir vaqtda uzatish|"Bitta dasturni bir nechta tovush yoki televizion uzatish tarmoq‘i orqali bir vaqtda uzatish. " Bir vaqtdagi qo‘ng‘iroq|"Kiruvchi chaqiruvning birdaniga abonentning bir nechta (masalan, xizmat va mobil) рақамiga tushishi. Chaqiruvni ulash birinchi bo‘lib javob bergan рақамga amalga oshiriladi. " Bir vazifali operatsion tizimlar|"Virtual mashina foydalanuvchisiga kompyuter bilan ishlashni yanada sodda va qulay qilish vazifasini bajaradi. Bir vazifali operatsion tizimlar periferiya qurilmalarini boshqarish, fayllarni boshqarish vositalari, foydalanuvchi bilan muloqot vositalarini o‘z ichiga oladi. " Bir xil darajali lokal hisoblash tarmog‘i (LHT)|"Ajratilgan serveri bo‘lmagan va markazlashtirilgan tarzda boshqarilmaydigan LHT " Bir yo‘ldoshning o‘tkazish qobiliyati|"Yo‘ldosh retranslyatori samaradorligining integral ko‘rsatgichi. Yo‘ldosh orqali uzatiladigan berilgan o‘tkazish qobiliyati (masalan, 4,8 kbit/s) bilan telefon kanallarining o‘rtacha soni sifatida baholanadi. Ma’lumotlar uzatishga mo‘ljallangan tizimlarda o‘tkazish qobiliyati ma’lum vaqt oralig‘ida (masalan, bir sutka davomida) yo‘ldosh orqali uzatiladigan ma’lumotlarning yig‘ma hajmi sifatida baholanadi. " Bir o‘lchamli taxminlash, 1-D taxminlash|"Taxminlangan qiymat, yoyishning o‘sha satridagi kadrning qo‘shni elementlaridan kelib chiqib olinadigan taxminlash. " Bir chastotali tarmoq|"Bitta radiochastota kanalida bir xil signallarni nurlantiradigan sinxronlangan uzatuvchi stansiyalar tarmog‘i. Xususan, bir xil radiochastota kanalidan birgalikda foydalaniladigan va o‘xshash signallar uzatiladigan DVB-T sinxronlangan stansiyalar tarmog‘i. " Birga yo‘naltirilgan interfeys|"Interfeys turi bo‘lib, tarmoqdagi har bir stansiya bir vaqtning o‘zida axborot signalini generatsiyalaydi. Ikkala signal ham aynan bir yo‘nalishda, tarmoqning bir uzelidan ikkinchisiga izchil uzatiladi. Bunday usulda axborot ayirboshlaganda qarama-qarshi yo‘nalishlarda uzatish, liniyaning har ikki uchidagi tayanch generatorlari avtonom bo‘lgani sababli, har xil tezlik bilan amalga oshirilishi mumkin. " Birgalikda foydalaniladigan resurslar|"Bir vaqtda bir nechta foydalanuvchiga yoki jarayonga ajratiladigan resurslar. " Birgalikda stroblash yoki diskretlash|"Rangli alohida (komponentli) videosignalga nisbatan qo‘llaniladigan diskretlash usuli. Videosignallar bu holda yorqinlik signalini zichlash quyi eltuvchi chastotalarida diskretlanadi. Masalan, 4:2:2 usul orqali. Birgalikda stroblashda ikkita rang ajratuvchi signal yoki ajratilgan yorqinlik signali aynan o‘sha chastotalarda yoki yorqinlik signali stroblanadigan chastotalarning biri bilan bir vaqtda diskretlanadi. " Biriktirilgan|"Elektron xatga matn ko‘rinishidagi faylni biriktirish. Agar fayl formati *.txt yoki *.html ko‘rinishda bo‘lsa, uning mazmuni xatni o‘qishda ko‘rinadi. " Birin-ketin joylashtirib muhofaza qilish|"Xavfsizlik tizimi konsepsiyasi, unda tarmoqdagi har bir kichik tizim mumkin bo‘lgan maksimal darajagacha muhofaza qilinadi. " Birinchi avlod|"Analog ma’lumotlar uzatilishidan foydalaniladigan mobil aloqa tizimlari. Ularga NMT, AMPS standartlarining tarmoqlari kiradi. " «Birinchi bo‘lib keldi – birinchi bo‘lib xizmat ko‘rsatildi»|"Navbatni qayta ishlash usuli, bunda elementlar navbatdan navbatga kiritilgan tartibda chiqarib tashlanadi. " «Birinchi bo‘lib keldi ‒ oxirgi bo‘lib xizmat ko‘rsatildi».|"Navbatni qayta ishlash usuli, bunda elementlar, ular navbatga kiritilishiga teskari tartibda navbatdan chiqarib tashlanadi va ularga xizmat ko‘rsatiladi. " Birinchi munosib usul|"Resurslarni taqsimlash algoritmi (sxemasi), unga ko‘ra, yangi ma’lumotlarni joylashtirish uchun birinchi bo‘lib mos keladigan blok egallanadi. " Birlamchi halqa|"FDDI standartining ikki halqali optik tolali tarmog‘idagi, foydali axborotni asosiy rejimda uzatish uchun mo‘ljallangan bog‘lovchi liniya. " Birlamchi kalit|"Amaliyotda jadvalning qatorini noyob aniqlagich sifatida ishlatiladigan ustun mazmuni yoki ustun guruhi mazmunlari to‘plami. " Birlamchi muhofaza|"Telekommunikatsiya simlari va yer ostida kuchlanishni cheklovchi qurilma. Namunaviy protektorlar 215 dan 350 voltgacha bo‘lgan o‘zgarmas tok kuchlanishini cheklaydi. " Birlamchi xatolarni aniqlovchi va tuzatuvchi tezkor xotira qurilmasi|"Xatolarni aniqlash va to‘g‘rilash sxemasi. 1-bitli xotoliklarni to‘g‘rilashi mumkin bo‘lgan va 2-bitli xatolarni aniqlay oladigan xotira sxemasi. " Birlashtirilgan protsessor|"Kompyuterga ulangan ikkilamchi protsessor. " Birlashtirilgan yuqori tezlikli boshqaruv kanali|"Ikki tomonlama boshqarish kanali, u orqali, odatda, mobil stansiyaning bir yacheykadan boshqasiga o‘tishida chastotani almashlab ulash komandalari uzatiladi. " Birlashish|"Turli axborot manbalaridan kelayotgang ikki yoki undan ortiq maʼlumot oqimini birlashtirish. " Bit|"Mashina kodining ikkili razryadi; ikkili sanoq tizimidagi 0 yoki 1 qiymatini oluvchi axborotning eng kichik birligi. " Bit intervali|"1. Bit tezligiga teskari bo‘lgan birliklarda o‘lchana-digan, bitta bit elementni uzatish davomiyligi. 2. Bir bitni uzatish uchun zarur bo‘lgan vaqt, uzatish tezligi 10 Mbit/s bo‘lganda, 0,1 μs ni tashkil etadi. Izoh − Vaqt nisbatlari bit intervallarida o‘lchanadi. " Bit protokoli|"Maʼlumotlarni bitma-bit uzatish protokoli. " Bitdagi xato ehtimolligi|"Aloqa kanallarining sifatini fizik sathda baholash uchun foydalaniladigan, ikkilik simvollarni qabul qilishning ishonchlilik ko‘rsatgichi. Miqdor jihatdan xato qabul qilingan bitlar sonining uzatilgan bitlarning umumiy soniga nisbati sifatida aniqlanadi. " Bitkoin|"Bir nomdagi hisob-kitob birligidan va bir nomdagi maʼlumotlar uzatish protokolidan foydalaniladigan piring to‘lov tizimi. Izohlar 1. Turli mualliflar bitkoynlarni turlicha tasniflaydilar. Ko‘proq, kriptovalyuta, virtual valyuta, raqamli valyuta, elektron naqd pullar variantlari uchraydi. 2. Bitkoynlardan, ularni qabul qilishga rozilik bildirgan sotuvchilarda tovarlar va xizmatlarga ayirboshlash uchun foydalanilishi mumkin. Oddiy valyutalarga ayirboshlash raqamli valyutalarni ayirboshlash onlayn-servisi, boshqa to‘lov tizimlari yoki ayirboshlash punktlari orqali yuz beradi. 3. Bu nafaqat mahsulotlar va xizmatlar uchun hisob-kitob qilish mumkin bo‘lgan raqamli valyuta yoki investitsiyalar uchun vosita, balki moliya dunyosini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan yangi texnologiyalarni testlash uchun mo‘ljallangan tajriba maydoni hamdir. Bu markazlashtirilmagan, to‘liq shaffof va kriptografik jihatdan himoyalangan, blokcheyn deb nomlanadigan bloklar zanjiriga asoslangan tranzaksiyalarni qayta ishlash global tarmog‘i va taqsimlangan maʼlumotlar bazasidir. " Bitlar bo‘yicha xatolar koeffitsiyenti|"Xatolar bilan qabul qilingan bitlar sonining, berilgan vaqt intervali ichida qabul qilingan umumiy bitlar soniga bo‘lgan nisbati. " Bitlar bo‘yicha xatolarning qoldiq koeffitsiyenti|"Tinish bo‘lmagan holatda bitlar bo‘yicha xatolar koeffitsiyenti, sistema ichidagi xatolarga qo‘yimlarni, atrof muhit ta’sirini, eskirish effektrlarini va uzoq muddatli xalaqtlarni ichiga oladi. " Bitlar satri|"Dasturlash tillarida, ikkilik razryadlar ketma-ketliklari bilan satrlar bilan bo‘lgan kabi ishlashni ta’minlaydigan ma’lumotlar turi. " Bitlar spetsifikatsiyasi|"Bir vaqtda aks ettirilishi mumkin bo‘lgan ranglar yoki kul rang darajalarining soni. Kompyuter grafik kartasi kontrollerining xotira hajmi bilan belgilanadi. 8 bitli kontroller 256 rangni, 16 bitli − 64000, 24 bitli − 16,8 million rangni aks ettirishi mumkin. " Bitlar taqsimlanishining teskari moslashishi|"Bitlarning koderda ham, dekoderda ham bir xil hisob-kitoblar amalga oshiriladigan taqsimlash usuli. " Bitlarni nazorat qilish|"Nusxa ko‘chirishdan muhofaza qilish usuli, unga ko‘ra, yo‘lka (yoki boshqa soha) bitlarning ma’lum sonini o‘z ichiga olsa, disk original sifatida aniqlanadi. " Bitli tasvir|"Binar tasvir, uni raqamli shaklda aks ettirish va saqlash uchun uning har bir elementi (pikseli)ga axborotning 1 biti ajratilgan bit xaritasi ishlatiladi. Piksellarning mazmuni faqat «0» va «1» bo‘lishi mumkin bo‘lgani uchun binar tasvirlar, ayniqsa bir bitli binar tasvirlar, juda yaxshi siqiladi va rastrli tasvirlarning boshqa turlariga qaraganda maʼlumotlarning kichik hajmi bilan ajralib turadi. " Bitli xatolar chastotasi|"Uzatish sifatining o‘lchami. Tayyorlik holatida turgan kanal bo‘yicha test o‘tkazish vaqtida uzatilgan xatoli bitlar sonining umumiy bitlar soniga nisbati teng bo‘lgan raqamli uzatish tizimi uchun asosiy parametr. " Bitma-bit hisoblash|"Nusxa olinishdan muhofaza qilish usuli bo‘lib, qandaydir yo‘lka (yoki boshqa soha) bitlarning muayyan sonini ichiga olganda, disk original sifatida aniqlanadi. " Bitreyt|"Raqamli ma’lumotlar oqimining uzatish tezligi. " Bitta dastur ‒ ko‘p ma’lumotlar|"Bir dasturda ma’lumotlar oqimlarining parallel qayta ishlanishi (bajarilishi) ko‘zda tutiladigan arxitektura. " Bitta kirishga ega ko‘p diapazonli kuchaytirgich (jamoaviy qabul qiluvchi antenna uchun)|"Bir nechta muayyan radioeshittirish diapazonida ishlash uchun mo‘ljallangan bitta kirishga ega kuchaytirgich. " Bitta komandalar oqimi ‒ ko‘p ma’lumotlar oqimi|"Bir necha protsessordan bir xil ma’lumotlar massivlarini qayta ishlash uchun bitta komandadan foydalaniladigan, parallel kompyuter tizimi arxitekturasi. " Bitta qo‘ng‘iroq|"Firibgarlik usuli, bunda uyali telefon faqat bir marta jiringlaydi, agar uning egasi aniqlangan telefon raqamiga qayta qo‘ng‘iroq qilsa, firibgar ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng unga katta miqdordagi summaga hisob yuboradi. " Bitta raqamga xizmat ko‘rsatish – chaqiruvni ketma-ket tugatish|"Chaqirayotgan abonentga menyu taqdim etish xizmati. Undan abonent klassik IS xizmatini, yoki АТС bazasidagi IS xizmatini, yoki istalgan talab qilinayotgan servisni tanlashi mumkin. Chaqirayotgan abonent DTMF yordamida uzatiladigan, o‘z telefon apparatidagi raqamlar yoki belgilar kombinatsiyasini bosish yoli bilan talab qilinadigan servicni tanlaydi. Agar tanlangan xizmat qo‘shimcha raqamlarni kiritishni talab qilsa, chaqiruvchi abonent aytib turish yordamida DTMF bilan uzatiladigan raqamlarni teradi. " Bitta raqamga xizmat ko‘rsatish – xizmatni avtomatik tanlash|"Abonent turli joylarda bo‘la turib va ushbu xizmatdan foydalana turib, o‘zining noyob telefon raqamidan (One number service) foydalanishi mumkin. Buning uchun beshta har xil oxirgi (terminal) liniyalar ro‘yxati tegishli abonent raqamlari bilan tuziladi, ulardan foydalanish ma’lum ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Bunda abonentning shaxsiy oxirgi (terminal) liniyasi bu ro‘yxatda birinchi turadi. Boshqa turli raqamlarga chaqiruvning izchil marshrutizatsiyasi ma’lum shartlar bilan amalga oshiriladi. Bunday shartlar «Abonent band», yoki «Abonent B hozir javob bermaydi» yoki ikkala shart ham bo‘lishi mumkin. Bunday shartlar beshta mumkin bo‘lgan bog‘lanishlar uchun uning shaxsiy telefon raqamini qo‘shgan holda, oldindan aniqlangan bo‘lishi mumkin. " Biznes-guruhlar uchun hisob kodlari|"Abonentga CDR (Call detail record – chaqiruvning batafsil yozuvi) ga alohida telekommunikatsiya to‘lovlarini yaratish uchun hisobga olish kodini kiritish imkonini beradigan xizmat. " Biznes-hamkor uchun mo‘ljallangan elektron biznes|"Axborot makonidagi iqtisodiy faoliyatning qo‘shimcha qiymat zanjirini shakllantirishda qatnashadigan tashkilotlar bilan, uzoq muddatli va samarali iqtisodiy munosabatlarni shakllantirishga qaratilgan sohasi " Biznes-jarayon|"Resurslar iste’mol qiladigan, natijada mahsulotning muayyan guruhi (sanoat mahsuloti, qurilgan obyekt, axborot mahsuloti, boshqarish qarori va h.k.lar) ishlab chiqariladigan, o‘zaro bog‘langan biznes-protseduralar to‘plami. Barcha biznes-jarayonlar kompaniya funksiyalarini bajarish uchun mavjud bo‘lib, maqsadlar hamda strategiyalarning belgilangan iyerarxiyasiga mos kelishi kerak. " Biznes-jarayon modeli|"Tizimda biznes jarayonning nusxalari yaratilishida asos bo‘lib xizmat qiladigan andoza (shablon). O‘z ichiga quyidagilarni oladi: - biznes-jarayon sxemasini; - foydalaniladigan rekvizitlar ro‘yxatini; rekvizitlarni biznes-jarayon nuqtalariga bog‘lashni, ularni hisoblash va to‘ldirish algoritmlarini; - vazifa bajarilishining reja muddatlarini. Biznes-jarayon modeli quyidagi savollarga javob berishi kerak: belgilangan pirovard natijani olish uchun qanday protseduralar (funksiyalar, ishlar)ni bajarish zarur; - bu protseduralar qanday ketma-ketlikda bajaraladi; qarab chiqiladigan biznes-jarayon doirasida nazorat va boshqaruvning qanday mexanizmlari mavjud; - jarayon protseduralarini kim bajaradi; - jarayonning har bir protsedurasida kiruvchi qanday hujjatlar/axborotdan foydalaniladi; - jarayon protsedurasi chiquvchi qanday hujjatlar/axborotni yuzaga keltiradi; - jarayonning har bir protsedurasi bajarilishi uchun qanday resurslar zarur; - qanday hujjatlar/shartlar jarayon bajarilishini reglamentlaydi qanday parametrlar protseduralar va umuman jarayon bajarilishini tavsiflaydi. " Biznes-jarayon sxemasi|"Biznes jarayon tuzilmasini aks ettiradigan grafik sxema, shuningdek, bu tuzilma doirasida jarayonning bajarilish ketma-ketligi. " Biznes-jarayon tavsifi|"Biznes-jarayon sxemasini matnli, jadval yoki grafik tarzda taqdim etish. " Biznes-jarayonlar reinjiniringi|"Ishlab chiqarish-xo‘jalik va iqtisodiy-moliyaviy faoliyatning eng yuqori samarasiga erishish uchun, tegishli tashkiliy-boshqaruv hamda normativ hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan, biznes-jarayonlarni tubdan qayta anglab yetish va qayta loyihalash. Reinjiniring axborot tizimlarining ishlab chiquvchilariga ham, menejerlariga ham tushunarli bo‘lgan muammoli axborotni taqdim etish va qayta ishlashning o‘ziga xos vositalaridan foydalanadi. Biznes-jarayonlar reinjiniringining mazmuni uning ikki asosiy bosqichida: - biznes-jarayonning optimal (ideal) turini (avvalo, asosiy turini) aniqlashda; - mavjud biznes-jarayonni (mablag‘lar, vaqt, resurslar bo‘yicha) optimalga ko‘chirishning eng yaxshi yo‘lini aniqlashda ko‘rinadi. " Biznes-jarayonlarni avtomatlashtirish|"Axborot texnologiyalari yordamida biznes jarayonlarni boshqarish tizimining amalga oshirilishi. " Biznes-jarayonlarni boshqarish|"Zamonaviy boshqarish uslublaridan biri, o‘z ichiga biznes-jarayonlarni boshqarishning dasturiy ta’minoti va g‘oyasini oladi. " Biznes-jarayonlarni modellash notatsiyasi|"Biznes jarayonlarni, biznes sohasining ishlab chiquvchilardan tortib, monitoring jarayonlarini amalga oshiradigan boshqaruvchilargacha bo‘lgan har bir qatnashchisiga tushunarli bo‘lgan yagona standart bo‘yicha biznes jarayonlarni tavsiflash uchun ishlab chiqilgan notatsiya (shartli yozma belgilar tizimi). BPMN sxemasini yaratish, biznes jarayonlarni ishlab chiqish va ularni joriy qilish bo‘yicha loyihaning ajralmas qismi hisoblanadi. " Biznes-jarayonlarni optimallash|"Tashkilotning mavjud biznes-jarayonlarini qisman takomillashtirish. Funksiyalarning takrorlanishi, axborot sirtmoqlari kabi oshkor kamchiliklardan xalos bo‘lish orqali yuz beradi. Izoh – Biznes-jarayonlarni optimallash tegishli tashkiliy-boshqaruv va normativ hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi. Biznes-jarayonlarni optimallash korxona o‘z ishini yaxshilash zarur bo‘lgan: xarajatlarni kamaytirish, ishlab chiqarish siklini qisqartirish, boshqarishdagi xatolar sonini kamaytirish, krizisdan chiqish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar ko‘rish zarur bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. Odatda, muhim biznes-jarayonlar optimallashtirilishi kerak, chunki aynan shu jarayonlarni optimallash katta samara beradi. " Blitter|"Rastrli grafik tasvirlar bilan operatsiyalar bajarish uchun mo‘ljallangan, ixtisoslashtirilgan mikrosxema. " Blog|"O‘quvchilar uchun sharh qoldirish imkoniyati bo‘lgan shaxsiy onlayn kundalik (ya’ni, yozuvlarning xronologik tuzilmasiga ega veb-sayt). Izoh – Blogdan, shuningdek, piar kanali sifatida yoki hatto, ommaviy axborot vositasi sifatida ham foydalanish mumkin. " Bloger|"Qar.: Blog. " Blogosfera|"Qar.: Blog. " Blok|"1. Manzil , boshqaruvchi maydon va xatolarni aniqlash imkonini beradigan nazorat summasi yakunlangan va alohida mohiyat kabi ko‘rib chiqiladigan uzatilgan ma’lumotlar ketma-ketligi. 2. Sarlavha va axborot maydonidan iborat axborot birligi. 3. Ma’lum bir funksiyani bajaradigan, konstruktiv va funksional jihatdan o‘zaro bog‘langan elementlar va uzellar majmui. " Blok bo‘yicha almashlagich|"Kirish ketma-ketligidagi qo‘shni bitlar o‘rni almashtirib qo‘yilishini ta’minlovchi almashlagich. Izoh − U ularni turli bloklar bo‘yicha blok o‘lchamiga teng «chuqurlikka» taqsimlaydi. Blok bo‘yicha almashish operatsiyasi ortiqlilik kiritmaydi, kirish va chiqish oqimlari tezligini bir xilda saqlaydi. " Blok manzili|"Xotira sohasining manzilsi. Bloklarga manzillar orqali murojaat qilinadi. " Blok-multipleks kanal|"Ma’lumotlar bloklab uzatiladigan multipleks kanal. " Blok raqami|"Qurilma (odatda, disk) blokini yoki faylni identifikatsiyalovchi son. Fizik raqam manzilni (yo‘lka raqamini va yo‘lkadagi raqamni) belgilaydi. Mantiqiy raqam qurilmadagi blokning tartib raqamini bildiradi va qurilma drayveri tomonidan fizik raqamga aylantiriladi. Virtual raqam fayl ichidagi blok raqamini belgilaydi va fayl tizimi tomonidan mantiqiy raqamga aylantiriladi. Birmuncha oddiy tizimlarda «blokning mantiqiy raqami» va «blokning virtual raqami» mos tushadi. " Blok-sxema|"1. Algoritmning grafik tarzda taqdim qilinishi. Algoritm ko‘rgazmaliligini oshiradi. Blok-sxemalar tuzish ayniqsa, boshlovchi dasturchilar uchun foydali. 2. Tizim tuzilmasi yoki texnik vositalar tarkibining grafik tarzda taqdim qilinishi. " Blok uzunligi|"Bitta blokda bo‘lgan yozuvlar, so‘zlar yoki simvollarning umumiy soni. " Blokcheyn|"Ichida axborot bo‘lgan bloklarning, muayyan qoidalar bo‘yicha qurilgan uzluksiz ketma-ket zanjiri. Izohlar 1. Atama birinchi marta «Bitkoyn» tizimida amalga oshirilgan taqsimlangan maʼlumotlar bazasining nomi sifatida paydo bo‘ldi, shu sababli, blokcheyn ko‘pincha turli kriptovalyutalardagi tranzaksiyalarga kiritiladi. 2. Bloklar zanjiri texnologiyasi o‘zaro bog‘langan har qanday axborot bloklariga tatbiq qilinishi mumkin. 3. Blokcheyn texnologiyasiga kriptovalyutalar, jumladan, bitkoyn va laytkoyn, HYPERLINK ""https://ru.wikipedia.org/wiki/Namecoin"" Namecoin, Emercoin domen nomlari-yozuvlari tizimining maʼlumotlar bazasi asoslanadi. " Blokirovka qilish|"Bir nechta foydalanuvchilar yoki jarayonlarning bitta resursdan nazorat qilinadigan foydalana olishni tashkil etish usuli. Barcha foydalanuvchilarga, bitta foydalanuvchi bundan mustasno, aniq turdagi operatsiyalarni (o‘qish, yozish, o‘chirish va h.k.) vaqt bo‘yicha taqiqlashdan iborat. " Blokirovkalangan|"Biron-bir narsaga kira olishning chegaralanganligi (vaqtinchalik yoki doimiy). Masalan, biron-bir resursdan foydalana olish hisobi blokirovkalangan bo‘lsa, u resursga bu hisob orqali ulanib bo‘lmaydi. " Blokirovkalash|"Ruxsat etilmagan tarzda nusxa ko‘chirishga qarshi, ma’lumotlar yoki dasturiy ta’minotni muhofaza qilishning maxsus usullarini qo‘llash. " Blokirovkalash sohasi|"Ma’lumotlar bazasining, bitta dastur tomonidan monopol (yakka) qayta ishlash uchun ochiq bo‘lgan, yopilish paytigacha boshqa dasturlar foydalana olmaydigan qismi (yozuv, soha, fayl). " Bloklab foydalanish qurilmasi|"Almashinish bloklar orqali amalga oshiriladigan tashqi xotira qurilmasi (masalan, disk). " Bloklab izlash (qiymatlar blokini o‘qish)|"Kursor ko‘rsatadigan qiymatlarni o‘qish, uni boshqa satrga ko‘chirish maxsus operator tomonidan amalga oshiriladi. " Blokli kod|"Kodlash va dekodlash kodli ketma-ketlikning ma’lum qismi – bloki doirasida amalga oshiriladigan kod. " Blokli qurilma|"Axborotni simvollar (alohida baytlar) bilan emas, balki bloklar (baytlar guruhlari) orqali qayta ishlaydigan qurilma. " Blokli testlash|"Dasturlashdagi jarayon, dasturning ilk kodi maxsus modullari to‘g‘riligini tekshirishgaimkon beradi. G‘oya – har bir notrivial (murakkab) funksiya yoki usul uchun test yozish. Bu o‘zgartirilgan kod xato keltirib chiqarmaganligini tezda aniqlashga imkon beradi. U regressiya – oldin yozilgan va testdan o‘tkazilgan dasturlarda xato kelib chiqmaganligini osonlik bilan tekshirishni va xatoni to‘g‘rilashni o‘z ichiga oladi. " Blokli shifr|"Ma’lumotlar bir xil o‘lchamdagi (blokli) miqdorlar bilan shifrlanadigan shifr, keyingi blokning shifrlanish natijasi faqatgina ushbu blokning qiymatiga va shifrlash kalitiga bog‘liq bo‘ladi, lekin shifrlanayotgan massivdagi blokning joylashuviga va massivning boshqa bloklariga bog‘liq bo‘lmaydi. " Blokni bekor qilish simvoli|"Blokning oldingi qismi e‘tiborga olinmasligi kerakligini ko‘rsatadigan, boshqaruvchi simvol. " Blokni nazorat qilish simvoli|"Uzatiladigan ma’lumotlar blokiga qo‘shiladigan va nazorat summasini ichiga oladigan xizmatga oid simvol. " Bloknot|"Microsoft Windows operatsion tizimlarining bir qismi bo'lgan oddiy matn muharriri " Bloknotli kompyuter|"Statsionar shaxsiy kompyuterning keng funksional imkoniyatlariga ega bo‘lgan portativ kompyuter. Kompyuterning ba’zi qurilmalari statsionar qurilmalardan farq qiladi: displey odatda, suyuq kristalli, monoxrom yoki rangli (passiv yoki aktiv matritsali); protsessor unumliligi bo‘yicha statsionar protsessorlardan farq qilmaydi, biroq energiya iste’moli kam; klaviaturada klavishlar soni kam. " «Blyu-rey» texnologiyasi|"Yozib oladigan optik disklarning eng yangi avlodi; ko‘k lazerdan foydalaniladigan va bir tomonlama bir qatlamli bolvankaga 17 GB dan 27 GB gacha yozish imkonini beradigan texnologiya. To‘qqizta eng yirik kompaniya (Sony, Matsushita, Samsung, LG, Philips, Thomson, Hitachi, Sharp i Pioneer) tomonidan taklif qilingan, HP, Dell firmalari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. «Blyu-rey» texnologiyasi bo‘yicha birinchi yozish qurilmasi 2003-yilda Sony firmasi tomonidan chiqarilgan. Tashuvchiga ma’lumotlar sig‘imi darajasini oshirishga λ=405 nm, aperturasi 0,85 bo‘lgan to‘q qizil-ko‘k lazerdan foydalanish hisobiga erishiladi. Tashuvchilar diametri 120 mm bo‘lgan standart disklarni o‘zida ifodalaydi, himoya qatlamining qalinligi 0,1 mm. " Bod|"Analog aloqa liniyalaridagi uzatish tezligining o‘lchov birligi. Bir bod bir sekundda uzatilgan bitlar soniga teng. " Bofort kvadrati|"Vijеner kriptotizimiga o‘xshash ko‘p alifboli kriptotizim. Teskari tartibda yozilgan Vijеner kvadrati satrlari kvadrat satrlari hisoblanadi. Kriptotizim admiral Frensis Bofort sharafiga nomlangan. " Bolalardan himoya tizimi|"Elektron himoya tizimi, ishlatilganda qurilma (masalan, televizor) faqat masofadan boshqarish pulti orqali boshqariladi, bu bolalarning undan foydalanishlarini bartaraf etadi. " Boricha/qanday bo‘lsa shunday|"Erkin va ochiq dasturiy ta’minotni tarqatish sharti. Foydalanuvchi dasturiy ta’minotdan istiqbolli foydalanishga, ishlab chiquvchiga hech qanday da’volarsiz o‘z mas’uliyati ostida rozilik bildiradi. " Bort retranslyatori (yo‘ldoshli tizimning)|"Signallarni retranslyatsiya qilish uchun mo‘ljallangan kosmik stansiya uskunasi. Izoh – Antenna tizimi bu uskunaga kirmaydi. " Bog‘langan munosabat|"Atributlarga ega bo‘lgan munosabat. " Bog‘langan ro‘yxat|"Elementlari xotirada ketma-ket joylashishi shart bo‘lmagan ro‘yxat (ma’lumotlar tuzilmasi). Navbatdagi elementdan foydalanish, ro‘yxatning oldingi elementida saqlanadigan ko‘rsatgich yordamida amalga oshiriladi. Oxirgi elementda ko‘rsatgich, ro‘yxat oxiri belgilanadigan maxsus qiymatga ega bo‘ladi. Ro‘yxat, uning har bir elementi ham navbatdagi, ham oldingi elementlarga havolalarni ichiga oladigan ikki yo‘nalishli bo‘lishi mumkin. " Bog‘langanlik|"Bog‘langan tarmoqni bog‘lanmagan qilish uchun chiqarib tashlanishi kerak bo‘lgan liniyalar sonini ko‘rsatadigan tarmoq parametri. O‘rtasida bog‘lovchi liniyalar bo‘lmagan, kamida ikki qismdan iborat tarmoq bog‘lanmagan tarmoq hisoblanadi. " Bog‘lanish o‘rnatilishining yarim avtomatik usuli|"Bog‘lanishni o‘rnatish usuli. Telefon stansiyasida bog‘lanishni avtomatik o‘rnatish uchun raqamni tergan holda, qo‘lda amalga oshiriladi. " Bog‘lanishga ulanish xizmati|"O‘z telefonidan uzoqda bo‘lgan abonent o‘z liniyasiga boshqa telefon apparatidan bunday bog‘lanish mavjudligi to‘g‘risidagi radio izlash tizimi orqali axborotni olgandan keyin, o‘z telefon raqamini va/yoki maxsus kodni terib, bunday bog‘lanishni qabul qilishi mumkin bo‘lgan xizmat. " Bog‘lanishlar asosida|"Ma’lumotlar almashinish modeli, bunda almashinish aniq ifodalangan uch bosqichga bo‘linadi: bog‘lanishni tashkil qilish, ma’lumotlar uzatish va bog‘lanishni uzish. " Bog‘lanishning o‘rnatilish vaqti|"Chaqiruv jo‘natilgan paytdan to aloqa kanali taqdim etilgunga qadar o‘tadigan to‘liq vaqt. " Bog‘lanishsiz xizmat|"Xizmat ko‘rsatiladigan abonentlar o‘rtasida, oxiridan oxiriga bog‘lanishni o‘rnatish tadbirlaridan foydalanmagan holda axborot o‘tkazilishini ta’minlaydigan xizmat. Izoh – Interaktiv xizmatlar kabi, taqsimlash xizmatlari uchun ham foydalanilishi mumkin bo‘lgan bog‘lanishsiz xizmat. " Bog‘lashlar|"Tarmoqlarda protokol drayveri va tarmoq adapterining drayveri o‘rtasida aloqa o‘rnatish jarayoni. " Bog‘liq bo‘lmagan parallelizm|"Jarayonlarni aniq sinxronlamasdan parallel bajarish. Ularning har biri alohida, mustaqil vazifani o‘zida ifodalaydi. Parallelizmning bu turidan odatda, har bir foydalanuvchi o‘zining ilovasi bilan ishlaydigan vaqtni ajratish tizimlarida foydalaniladi. " Bog‘liqlik|"Tizim tarkibiy qismlarining o‘zaro bog‘langanligi, ulanish imkoniyati (masalan, kompyuterlarning), o‘zaro ishlash qobiliyati (masalan, dasturlarning). " Bog‘lovchi dasturiy ta’minot|"Bir xil bo‘lmagan tarmoq muhitida ilovalarning ochiq ishlashini ta’minlaydigan dasturiy ta’minot. Tarmoqning turli mashinalari bo‘ylab taqsimlangan ilova qismlarini birlashtirilish bo‘yicha xizmatlarni taqdim etadi. Bog‘lovchi dasturiy ta’minotning quyidagi asosiy turlari bor: chiqarib tashlangan protseduralarni chaqirish; xabarlar uzatish; chiqarib tashlangan protseduralarni chaqirish; xabarlar uzatish; obyektlarga bo‘ladigan so‘rovlar vositachisi. " Bog‘lovchi uzatish liniyasi|"Tarmoq stansiyasi va uzelini yoki ikkita tarmoq stansiyasini o‘zaro bog‘lovchi uzatish liniyasi. " Bog‘lovchi yuklagich|"Qisman komponovkachi vazifasini bajaradigan yuklagich (ta’minotchi). " Bog‘lovchi yo‘l|"Axborot uzatish vaqtiga tashkil qilingan, kommutatsiya tarmog‘i liniyalari, kanallari, kommutatsiya stansiyasi to‘plamlari va kommutatsiya maydoni kommutatsiya nuqtalarining majmui. " Bosh domen|"Domen tizimi nomlar iуerarxiyasidagi eng yuqori yozuv. " Bosh fayl|"Normativ-ma’lumotnomali axborot fayli. " Bosh katalog|"Disk kataloglarining iуerarxik tuzilmasiga kirish nuqtasi. Barcha fayllar va quyi kataloglar saqlanadigan xotira qurilmasi nomini ko‘rsatadi. " Bosh kompyuter|"1. Ko‘p mashinali hisoblash majmualarida, boshqa kompyuterlarni boshqaradigan, tizimda (hisoblash tarmog‘ida) ishlarni tashkillashtiradigan va asosiy axborotni qayta ishlaydigan kompyuter. 2. Telekommunikatsiya hisoblash tarmoqlarida, tarmoqqa xizmat ko‘rsatishni, xabarlarni uzatishni va dasturlarni bajarish bilan bog‘liq qo‘shimcha funksiyalar yoki vazifalar bajarilishini taʼminlaydigan kompyuter. " Bosh sahifa|"Asosiy sahifa. Ingliz tilidan to‘g‘ri tarjima qilinganligidan qatʼiy nazar, bu muayyan insonning uy (shaxsiy) sahifasi emas, balki veb-saytning boshlang‘ich sahifasidir. Odatda murojaatlar aynan veb-saytning bosh sahifasiga qilinadi, shuning uchun ushbu sahifaga tashrif buyuruvchilar soni xohlagan boshqa sahifaga qaraganda ko‘proq. Bosh sahifa (veb-sayt yuzi) bo‘yicha foydalanuvchi qayerda ekanligi va saytning boshqa sahifalarida nimalarni ko‘rish mumkinligi to‘g‘risida tasavvur oladi (baʼzan bosh sahifa birinchi va yagona bo‘ladi). " Bosh stansiya|"Eshittirishlari bitta yoki bir nechta retranslyator orqali retranslyatsiya qilinadigan uzatuvchi radioeshittirish stansiyasi. " Bosh zona serverlari|"Internet tarmog‘idagi, yettita yuqori sath domenlariga (.com, .edu, .mil, .gov, .net, .rod i maxsus .arpa) xizmat ko‘rsatadigan nomlar serverlarining xost-kompyuterlariga, shuningdek, a.root-server.net dan i.root-server.net gacha nomlanadigan milliy tarmoqlar yuqori sath nomlar serverlariga ko‘rsatgichlar saqlanadigan to‘qqizta server. " Bosh o‘zgartirgich|"Monokanalli kabelda signal uzatishda bir chastota kengligini boshqasiga o‘zgartirish uchun ishlatiladigan qurilma. " «Boshiga» (home) klavishi|"Asosiy klaviaturadan o‘ngda joylashgan klavish. Kursorni matn boshiga surish uchun xizmat qiladi. " Boshlang‘ich kod|"Hisoblash tizimida qabul qilingan kodda yozilgan dastur matni (odatda, fayl shaklida). Boshlang‘ich kod bajariladigan kodga butunlay, dastur kompilyator yordamida ishga tushirilgunga qadar translyatsiya qilinadi yoki interpretator yordamida darhol bajarilishi mumkin. " Boshlang‘ich qiymat|"Dastur sozlamalarida ichki o‘zgaruvchilarning boshlang‘ich qiymati. Tez-tez qo‘llaniladigan qiymat asosida oldindan to‘ldiriladi. Bu qiymat ish jarayo-nida o‘zgartirilishi mumkin " Boshlang‘ich sahifa|"Brauzer ochilishida ko‘rsatiladigan lokal veb-sahifa yoki Internetdagi sayt. " Boshlang‘ich son|"Boshqa bir, yanada uzunroq bo‘lgan psevdotasodifiy ketma-ketlikni generatsiyalash uchun foydalaniladigan tasodifiy sonli ketma-ketlik. " Boshlang‘ich tezlikda foydalanish|"PRI interfeysi bilan belgilanadigan, boshlang‘ich tezlikda ko‘p kanalli oxirgi (terminal) uskunaning ISDN tarmog‘i bilan birgalikda ishlashini reglamentlovchi foydalanish protokoli. " Boshlang‘ich videosignal|"Videosignal datchigida hosil qilinadigan videosignal. " Boshlang‘ich yorqinlik signali|"Tasvir elementlarining yorqinligi to‘g‘risidagi axborotni eltuvchi elektr impulslar. " Boshlang‘ich yuklagich|"Kompyuter ulanganda operatsion tizimni tezkor xotira qurilmasiga yuklaydigan dastur. Odatda, monitor tarkibiga kiradi. " Boshlang‘ich yuklash|"Operatsion tizim (dastur) boshlang‘ich qismini kompyuterga yuklash jarayoni, bundan keyin tizim (dastur) o‘z boshqaruvi ostida ishlashni davom ettirishi mumkin. Bu protsedura kompyuter ishga tushirilganda yoki qisqa muddat yonib-o‘chganda avtomatik tarzda bajariladi. " Boshlang‘ich o‘rnatish qiymati|"Kalit oqimi generatorini berilgan (ma’lum bir) holatga o‘rnatish uchun qo‘llaniladigan simvollar ketma-ketligi. " Boshlang‘ich shart|"Haqiqatligi protsedura yoki sikl jismi bajarilishining boshlanishida tekshiriladigan shart. Bu, sikl yoki protsedura faqat shart chin bo‘lgan holdagina bajarilishini bildiradi. " Boshlang‘ich shlyuz|"Foydalanuvchi kompyuteri va tarmoq o‘rtasidagi ma’lumotlarni o‘tkazadigan, joriy tarmoq uzeli rolini bajaradigan kompyuter. Internetga bog‘lanishda ma’lum bir kompyuter shlyuz deb ko‘rsatilmagan bo‘lsa, joriy shlyuzdan foydalaniladi. " Boshqa oynalar ustida|"Dasturlarning barcha qolganlarni, jumladan aktiv oynalarni ham qoplash imkoniyati. " Boshqariladigan|"Yetakchi deb nomlanuvchi boshqa qurilma tomonidan boshqariladigan qurilma (kompyuter, kontroller). " Boshqariladigan ilovalar|"NET ishlab chiqish vositalaridan foydalanib va spetsifikatsiyalarga muvofiq yaratilgan dasturlar. " Boshqariladigan kod|"Boshqa dasturlar tomonidan tahlil qilinishi mumkin bo‘lgan, oraliq tildagi kod. " Boshqariladigan obyekt|"Protseduraning asinxron chaqiruvi bilan boshqariladigan, uzilishni qayta ishlash, elektr ta’minoti to‘g‘risidagi notifikatsiya yoki profillash bilan boshqariladigan Windows tizimi obyekti. " Boshqariladigan raqamli video yozuv|"Kontentni keyinchalik individual ko‘rib chiqish maqsadida tarmoqda saqlash. " Boshqariladigan resurs|"Axborot texnologiyalari muhitida – tizimda mavjud bo‘lgan va boshqarish mumkin bo‘lgan obyekt. " Boshqariladigan yetkazib berish dasturi|"Eshittirish dasturlarining dasturning har bir qismi foydalanuvchiga qabul qilgichni ulash yoki tanlangan dasturni yozib olish uchun dasturning bir yoki undan ko‘p qismini oldindan tanlash imkonini beradigan farqlash signaliga ega turi. " Boshqariluvchi sinxronlash|"Boshqariluvchi sinxronizator signallarining chastotasi va fazasini yetakchi sinxrosignal yoki to‘liq videosignal chastotasi va fazasiga sozlash orqali amalga oshiriladigan televizion sinxronlash. " Boshqarish|"1. Obyektga maqsadga yo‘naltirilgan ta’sir etish jarayoni. Berilgan talablarga muvofiq, uning ishlashini tashkil qilish uchun amalga oshiriladi. 2. Aniq bir maqsadni taʼminlash uchun, obyektga taʼsir ko‘rsatish jarayoni. Boshqariladigan obyekt; boshqarishni amalga oshiradigan blok; boshqarish obyektidan boshqaruvchi blokka kelib tushadigan, teskari aloqani amalga oshiradigan maʼlumotlar; boshqarishning o‘zini taʼminlaydigan signallar yoki maʼlumotlar boshqaruvda ishtirok etadi. Boshqaruv bilan fan sifatida kibernetika shug‘ullanadi. " Boshqarish bloki|"Boshqaruvchi axborotni saqlash uchun foydalaniladigan xotira sohasi. " Boshqarish domeni|"Maʼlumotlar va jarayonlarni almashinish uchun loyihalashtirilgan va qurilgan, har biri taqsimlangan ikki yoki undan ortiq axborot tizimidan iborat ko‘plikni qamrab oladigan soha. " Boshqarish imkoniyatlari bo‘lgan ko‘p stansion foydalana olish|"UMTS tizimida foydalanish uchun ETSI tomonidan 1997-yilda tavsiya qilingan va CDMA/TDMA ni kod-vaqt bo‘yicha ajratish usuliga asoslangan uyali aloqa texnologiyasi. Ilgari bu usul E konsepsiyasi nomi bilan ma’lum edi. ODMA da qisqa zondlovchi paketlarni uzatish jarayoni maxsuslashtirilgan, uning yordamida mobil stansiya o‘zining yaqin qo‘shnilarini aniqlab oladi, bu unga yo uyali aloqa rejimida yoki tayanch stansiyani chetlab, qo‘shni stansiyalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlash imkonini beradi. " Boshqarish oqimi|"Jarayonlar bajaradigan komandalarning ketma-ketligi. " Boshqarish paneli|"Zamonaviy kompyuterlar ekranida operatsion tizim, qurilma yoki kompyuter kichik tizimlarining u yoki bu funksiyalarini sozlaydigan utilitalar piktogrammalari to‘plami ko‘rinishida taqdim etilgan panel. " Boshqarish qurilmasi|"Protsessorning komandalar bajarilishi tashkillashtirilishini boshqaradigan, muhim bloklaridan biri. Protsessorlarda qat'iy mantiqqa ega (sxemaviy) va mikrodasturli ikkita boshqarish usulidan foydalaniladi. " Boshqarish tizimi|"Sayt, portal, axborot majmui yoki ularning qismini boshqarishni taʼminlaydigan tizim. U, shuningdek, obyektdan foydalanish nazoratini va undan ruxsatsiz foydalanishdan muhofaza qilishni amalga oshiradi. " Boshqarish vositalari|"Riskni modifikatsiya qilishda qo‘llaniladigan o‘lchov. Izohlar 1. Boshqarish vositalariga har qanday jarayonlar, siyosatlar, qurilmalar, protseduralar yoki riskni modifikatsiya qilishga yo‘naltirilgan boshqa ishlar kiradi. 2. Boshqarish vositalari taxmin qilinadigan yoki yo‘l qo‘yiladigan modifikatsiyani har doim ham bajara olmaydi. " Boshqaruv axborot tizimi|"Rahbarga qarorlar qabul qilishda yordam beradigan qayta ishlangan va tizimlashtirilgan axborot taqdim etadigan muassasa hisoblash tizimi. " Boshqaruv kanali|"Tayanch stansiyadan mobil stansiya tomon yo‘nalishda tashkil etiladigan mantiqiy kanal, undan xizmat axboroti, shu jumladan, aloqa kanalining berilishi yuzasidan so‘rovlar uzatiladi. Izoh − Tranking tizimlarda tayanch stansiya boshqarish kanali orqali ishchi kanalning ajratib berilishi so‘rovini yoki navbatga qo‘yish to‘g‘risidagi xabarni uzatadi. " Boshqaruv nazorati|"Axborot-hisoblash tarmog‘ini boshqarish vazifalarini bajaradi. U maʼlumotlarni uzatish tizimlari, terminallari va kanallarini ishga tushirish va o‘chirish, nosozliklarni aniqlash, statistik maʼlumotlarni to‘plash, hisobotlarni tayyorlash va h.k. bilan bog‘liq. " Boshqaruv shinasi|"Kompyuter qurilmasini birlashtiruvchi uchta shinadan biri, boshqaruvchi signallarni yuborish uchun xizmat qiladi. " Boshqaruvchi axborotning umumiy protokoli|"Tarmoqni boshqarish tartibotlarini aniqlaydigan ISO standarti. CMIP protokoli tarmoqni boshqarish funksiyalarini aniqlaydi va olti xil xizmatlarni taqdim qiladi: - konfiguratsiyani – tashqi shaklini, hamda tarmoq tarkibiy qismlarini o‘zaro joylashuvini boshqarish; - maʼlumotlar muhofazasini boshqarish; - maʼlumotlar xavfsizligini nazorat qilish; - tarmoq ishining hisobini olib borish; - faoliyat sifatini boshqarish; - kataloglar xizmatini olib borish. " Boshqaruvchi dastur|"Boshqa dasturlarning bajarilishi bilan boshqariladigan va kiritish-chiqarish qurilmasining ishlashi bilan boshqariladigan operatsion tizimning kichik tizimi. " Boshqaruvchi ketma-ketlik|"Periferik qurilmalarning ba’zi turlarini, masalan, printer va modemlarni boshqarish uchun foydalaniladigan simvollar ketma-ketligi. " Boshqaruvchi signallar|"Tashqi qurilmalarni boshqarish uchun resiver tomonidan shakllantiriladigan va TV signal bilan umumiy kabel orqali uzatiladigan signallar. 0/12 V signalli alohida sim orqali uzatiladi. " Boshqaruvchi tuzilma|"Operatsiyalar bajarilishi ketma-ketligini berish uchun mo‘ljallangan dasturlash tili konstruksiyasi: sikl operatorlari, shartli operator. " Boshqaruvchi xotira|"Boshqaruvchi dasturlar yoki mikrodasturlarni ichiga oladigan xotira qurilmasi. " Boshqaruvni markazlashtirish|"Operatsion tizimning rejalashtiruvchisi tomonidan jarayonlarga protsessor vaqti kvantlarini navbati bilan ajratish. " Bosib turish|"Bosgan holda ushlab turish: masalan, klaviatura klavishini bosib turish. " Bosma plata|"Dielektrik material (masalan, shisha tekstolit) dan qilingan plastina. Bu plastinada maxsus usullar (masalan, kimyoviy usul bilan ishlov berish yoki elektrokimyoviy cho‘ktirish) bilan, plastinada mahkamlangan elektron qurilmalar (tranzistorlar, integral sxemalar) ni birlashtiradigan o‘tkazgichlar hosil qilinadi. Tizim platalari va kengaytirish platalari bosma platalar hisoblanadi. " Bosmadan chiqarish|"Maʼlumotlarni yoki dasturlarni printer orqali chiqarish. " Bosmaga chiqmaydigan belgilar|"Tasvirga ega bo‘lmagan va matnni boshqarishda ishlatiladigan belgilar (formatlash, joyini belgilash). Masalan, tabulyatsiya. " Bostirib kirish|"Axborot resurslaridan ruxsat etilmagan tarzda foydalanishni amalga oshirish maqsadidagi hujum. " Bostirib kirishlarni aniqlash tizimi|"Axborot tizimida axborotdan qasddan foydalanishga yo‘naltirilgan harakatlarni avtomatlashtirilgan tarzda aniqlash (blokirovkalash) funksiyalarini amalga oshiradigan, dasturiy yoki dasturiy-texnik vosita, axborotni qo‘lga kiritish, yo‘q qilish, buzish va undan foydalanishni blokirovkalash maqsadida, axborotga (axborot tashuvchilariga) maxsus ta’sir ko‘rsatish. " Bostirib kirishlarning oldini olish tizimi|"Qar.: IPS. " Bostirilgan eltuvchi|"Eltuvchi chastotada to‘plangan, quvvat darajasi nisbatan kichik bo‘lgan modulyatsiyalangan signal (ideal holatda bu quvvat kattaligi nolga intiladi). " Bostirish|"Qandaydir noxush effektlar paydo bo‘lishining oldini olish, masalan, foydali signallarni qabul qilishda xalaqit va shovqinlar salbiy ta’sirining yo‘qotilishi. " Bot|"Avtomatik ravishda va/yoki belgilangan jadval bo‘yicha oddiy foydalanuvchi kabi va interfeyslar orqali biror-bir harakatni bajaradigan maxsus dastur. Izoh – Odatda, kompyuterlarga bo‘ladigan tarmoq hujumlari – spamni yuborish, foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini o‘g‘irlash, olisda tizim parollarini tanlash, «xizmat ko‘rsatishni rad etish» hujumlarini muvofiqlashtirish uchun va boshqalarda ishlatiladi. " Botnet|"Maʼlum sondagi xostlardan iborat va botlar (avtonom dasturiy taʼminot) ishlayotgan kompyuter tarmog‘i. Odatda botnet tarkibidagi bot qurbon kompyuterida yashirin o‘rnatiladigan va badniyat shaxsga (botnet «egasiga») kompyuter resurslaridan foydalangan holda maʼlum harakatlarni bajarishga imkon beradigan dasturiy taʼminotdir. Botnetlar ko‘pincha spam yuborish, uzoqdagi tizimda parollarni birma-bir ko‘rib chiqish, xizmat ko‘rsatishni rad etish kabi noqonuniy yoki ruxsat etilmagan faoliyat uchun foydalaniladi. Qar.: Bot. " Bouz-Choudxuri-Xokengem kodlari|"Xatolarni tuzatuvchi ikkilik chiziqli blokli kodlar turkumi. Bu kodlar ancha samarador, lekin ularning asosiy afzalligi kodlash/de-kodlashning oddiyligida (siljish registrlaridan foydalanib). BChX kodlari siklik kodlar sifatida ham ishlatiladi. " Boys-Kodd normal formasi|"Munosabatli axborot baza jadvalining ehtimoliy normal formasidan biri. Bu uchinchi normal formani o‘zgarishi (baʼzi manbalarda 3-Boys Kodd normal formasi deb ataladi). Rey Boys va Edgar Kodd sharafiga nomlangan. " Brauzer|"Mijozning server bilan birga ishlashini ta’minlaydigan dasturiy kompleks. Internet tarmog‘ining WWW texnologiyasida brauzer axborot sahifalarini ko‘rib chiqish, ma’lumotlar olish imkonini beradi. Ba’zi bir brauzerlar o‘z ichiga Java tili vositalarini oladi. " Broker|"Turli ko‘rinishdagi operatsiyalarda vosita-chi. Broker-inson bilan bir qatorda, elektron brokerlar ham faoliyat ko‘rsatadilar. Infor-matikada broker amaliy dastur bo‘lib, bosh-qa guruh dasturlarining o‘zaro aloqasini taʼminlaydi. Buning misoli sifatida obyekt so‘rovlari brokerini keltirish mumkin. " Bryuster burchagi (to‘liq qutblanish burchagi)|"Qutblanmagan yorug‘lik nurining tushish burchagi, bunda dielektrik yuzasidan qaytgan yorug‘lik yassi qutblangan bo‘ladi. " Bufer|"1. Ma’lumotlarni oraliqda saqlash uchun xotirani dasturiy yoki apparatli tarzda ishlatish va undan turli tezlikda ishlaydigan ikki qurilma o‘rtasida ma’lumotlar uzatishda axborotni qayta ishlash tezligidagi farqni yo‘qotishda foydalanish. 2. Optik tola atrofida joylashgan himoya qobig‘i. " Bufer registri|"Sxemotexnikada asinxron jarayonlarni moslashtirish uchun, masalan, kompyuterga ma’lumotlarni sekin ishlaydigan tashqi qurilmadan kiritish uchun keng foydalaniladigan registr. " Buferlash|"Bufer xotira qurilmasidan foydalanish. " Buferning to‘lishi|"Himoyalash tizimining zaiflashishiga olib keladigan dasturiy xatolik. Xotirada massivning chegarasidan ma’lumot yozuvlarining chiqib ketishini avtomatik nazorat qila olmaslik natijasida yuz beradi. " Bul algebrasi|"Zamonaviy kompyuterlarda keng qo‘llaniladigan, ikki belgili mantiqiy o‘zgaruvchilar (1 va 0) ustida bajariladigan operatsiyalar to‘plami. Uni yaratgan matematik Jorj Bul sharafiga shunday deb ataladi. Mantiqiy ko‘paytirish, qo‘shish va inkor etish operatsiyalaridan foydalaniladi, ulardan istalgan boshqa Bul operatsiyasini tuzish mumkin. " Bul ifodasi|"Barcha o‘zgaruvchilar yo nol yoki 1 qiymatga ega bo‘lgan matematik ifoda. «Bulutli hisoblashlar» ing. - cloud-based computing ru – «облачные вычисления» Dinamik masshtablanadigan va virtuallashtirilgan resurslar (ma’lumotlar, ilovalar, operatsion tizimlar va b.q.) ga asoslangan hisoblash modeli. Undan foydalanish mumkin va servis sifatida Internet orqali foydalaniladi hamda yuqori samarali ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari yordamida amalga oshiriladi. «Bulutli ilovalar» ing. - cloud applications ru – «облачные приложения» Ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarining kompyuterlarida «bulutli hisoblash» (masalan, Windows Azure) muhitida bajariladigan ilova. " Burchak tarqoqligi|"Fazoviy tarqalish usuli, unda ikki nurli yoki koʻp nurli yoʻnalganlik diagrammasini shakllantiruvchi bir nechta nurlagichli bitta antenna ishlatiladi. " Buriladigan platforma|"Obyektning harakati jarayonida berilgan yo‘nalishdan nur og‘ishining avtomatik kompensatsiyasini ta’minlaydigan, ko‘chma obyektga yoki yo‘ldoshga o‘rnatilgan parabolik antennali yoki nurlagichli platforma. " Burmoq|"Har bir nuqtani markazga nisbatan bir xil gradusga burishdan iborat rasmlar yoki grafik obyektlar ustida bajariladigan operatsiya. " Burchakli antenna|"Ikkita yassi qaytadigan sirtlar bilan hosil qilinadigan burchak ichiga joylashtirilgan bitta yoki bir nechta nur tarqatgichdan iborat yo‘naltirilgan antenna. " Butun|"Kiritiladigan oddiy turdagi ma’lumotlar. Belgili, belgisiz, qisqa yoki uzun bo‘lishi mumkin. " Butun sonli o‘zgaruvchi|"Butun sonli qiymatlarni saqlaydigan oddiy turdagi o‘zgaruvchi. " Butunga bo‘lish|"Arifmetik amal. Uning natijasi – xususiy-ning butun qismi, kasr qismi tashlab yuboriladi. Deyarli barcha dasturlash tillarida bor. A div b yozuv bilan, ba’zi tillarda a/b qilib belgilanadi. " Butunjahon hisoblash tarmog‘i|"1. Yer sharidagi barcha axborot-hisoblash tarmoqlarining jami. 2. Bir nechta mamlakat yoki kontinent hududini qamrab oladigan axborot-hisoblash tarmog‘i. 3. Kommutatsiyalanadigan va ajratilgan liniyalardan yoki maxsus telekommunikat-siya kanallaridan foydalangan holda, axborotning katta masofalarga uzatilishini taʼminlaydigan tarmoq. " Butunjahon tarmog‘i|"1. Internetda resurslarni izlashning va ulardan foydalanishning gipermatnli tizimi. Izoh – World Wide Web bu tarmoq kompyuterlarida saqlanadigan har qanday maʼlumotni, ularni bog‘laydigan giperhavolalar tizimi orqali ko‘rib chiqish imkonini beradigan Internet xizmatlari to‘plamini taqdim etadi. 2.Internet orqali foydalana olish amalga oshiriladigan veb-uzellar ko‘pligi. " Buyuk Britaniyaning universitetlar tarmog‘i|"O‘zini ta’lim va tadqiqot ishlariga bag‘ishlagan Britaniya Davlat xususiy kompyuter tarmog‘i. " Buyumlar Interneti|"Axborot jamiyati uchun mo‘ljallangan, mavjud va rivojlanadigan, funksional jihatdan mos Axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida (fizik va virtual) buyumlarni bir-biri bilan bog‘lash yo‘li orqali, birmuncha murakkabroq xizmatlar taqdim etish imkoniyatini taʼminlaydigan global infratuzilma. Izoh – Keng maʼnoda, buyumlar Internetini texnologik va ijtimoiy oqibatlarga ega bo‘lgan konsepsiya sifatida qabul qilish mumkin. " Buyurtma dasturiy ta’minot|"Berilgan ilova (dastur) uchun maxsus ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot. " Buyurtma pochta jo‘natmasi|"Jo‘natuvchiga kvitansiya berib joylanma-ning qiymati baholanmasdan qabul qilinadi-gan va adresatga tilxat bilan topshiriladigan pochta jo‘natmasi (xat, pochta varaqchasi, banderol, sekogramma, mayda paket va «М» belgili qop). " Buzilish|"Aloqa liniyasi orqali uzatiladigan xabar mazmunining asliga qaytarib bo‘lmaydigan tarzda o‘zgartirilishi. " Buzilishga nisbatan barqarorlik|"Tizimning uzluksiz ishlay olishi va biror-bir xatolik ro‘y berganda uni muvafaqqiyatli bartaraf etish imkoniyati. " Buzilishgacha ishlash muddati|"Televizor (tiklanadigan mahsulot)ning ishlamay qolishlari o‘rtasidagi ishlash muddatining o‘rtacha qiymati. " Buzilishgacha ishlash vaqti|"Hisoblash tizimi yoki qurilmaning ikkita texnik ketma-ket buzilishlari orasidagi o‘rtacha vaqt. Tizimning ishonchlilik ko‘rsatgichlaridan biri. " Buzish|"1. Tarmoqda ishlovchi foydalanuvchi autentifikasiyani tugatganda, odatda, aktiv hujumni amalga oshirish maqsadida, aloqa seansining boshlanishini tutib olish. Bu vaqtda jinoyatkor tizimga qonuniy foydalanuvchi sifatida kirishga harakat qiladi, bu unga ikkita stansiya o‘rtasidagi ulanishni nazorat qilish imkonini beradi. 2. Raqib tomonidan kriptografik protokol (kriptografik sxema)ning barqarorligiga tahdidlarning amalga oshirilishi, ya’ni ushbu tahdidni belgilovchi masalani hal qilish. " Buzuvchi|"Muhofazalangan tizimga ruxsat etilmagan tarzda kirishga urinuvchi shaxs. " Buzg‘unchi|"Tizim resurslaridan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishga (bu resurs bilan ishlashda uning uchun taqiqlangan harakatlarni bajarishga urinish) xato, bilmaslik oqibatida yoki yovuz niyatda (o‘z manfaatlari yo‘lida) yoki shunchaki (o‘yin yoki o‘zini namoyon qilish maqsadida) uringan (urinib ko‘rgan) va buning uchun turli xil imkoniyatlar, usullar va vositalardan foydalangan shaxs (subyekt). " Bo‘lim|"Dasturning maxsus ma’noga ega bo‘lgan qismi. Masalan, Pascal tilida dasturiy blok umumiy ko‘rinishda belgilar, konstantalarni tavsiflash boʻlimlaridan, ma‘lumotlar turlarini aniqlash, o‘zgaruvchilarni, protseduralar, funksiyalar, operatorlarni tavsiflash bo‘limlaridan tuzilgan. " Bo‘lingan ekran|"Kompyuter grafikasida bitta ekranning bir nechta (odatda bir biriga bog‘liq bo‘lgan) video oqimlari yoki matnli axborotni bitta displeyda bir vaqtning o‘zida aks ettirish uchun bir nechta yondosh qismlarga ajratilishini taʼminlaydigan aks ettirish texnikasi. " Bo‘lingan vaqt rejimi|"Kompyuterdan foydalanish rejimi. Bunda mashinaga joylashtirilgan maxsus dastur turli vazifalarning alohida qismlarini, bir biriga «aralashtirmagan» holda, ketma-ket yechishi taʼminlanadi. " Bo‘luvchi|"Berilgan nisbatda kuchlanish yoki quvvat pasayishini yoki chastotaning butun son marta bo‘linishini taʼminlovchi qurilma. " Bo‘yash|"Grafik ekranning ba’zi sohasini rang yoki standart ornament bilan to‘ldirish protsedurasi. Bo‘yash grafik redaktorlarda yoki amaliy dasturlarda dasturlash tillarining tegishli protseduralari bilan amalga oshirilishi mumkin. " Bo‘yash bloki|"Televizion tasvirni yoki uning fragment(lar)ini istalgan rangga bo‘yash uchun mo‘ljallangan qurilma. " Bo‘sh bog‘langan tizim|"Har bir protsessor o‘zining lokal xotirasiga ega bo‘lgan, turli protsessorlar esa o‘zaro aloqa liniyalari orqali ishlaydigan taqsimlangan kompyuter tizimi. " «Bo‘sh joy» klavishi|"Klaviaturadagi, bo‘sh joy simvolini terish uchun xizmat qiladigan klavish. " Bo‘shash vaqti|"Abonentlardan birining bog‘lanishi tugagan vaqtdan to shu liniya boshqa abonentlar uchun bo‘shaguncha ketgan vaqt. " Bo‘shliq|"1. C va C++ dasturlash tillarida nol ko‘rsatgichni anglatadi. 2. Ma’lumotlar bazasi jadvalining maydonida yozish mumkin bo‘lgan maxsus qiymat (soxta qiymat). 3. Ayrim dasturlash tillaridagi mutlaqo hech qanday qiymatga ega bo‘lmagan konstanta. D " Dalil|"O‘zicha yoki boshqa axborot bilan birga foydalanilganda, bahsni hal qilish uchun qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan axborot. Izohlar 1. Raqamli imzolar, himoya qobiqlari va xavfsizlik markerlari dalilning aniq ko‘rinishlari hisoblanadi. 2. Raqamli imzolardan ochiq kalitlar usullari bilan birga foydalaniladi, himoya qobiqlari va xavfsizlik markerlari esa, maxfiy kalitlar usullari bilan birga qo‘llaniladi. " Damp|"1. Xotira yoki fayl ichidagini ekranga chiqarish, faylga olish yoki chop etish. Odatda, matnli xabarlarni izlash uchun, yoki kompyuterning osilib qolish sabablarini aniqlash maqsadida, shuningdek, dasturni sozlash paytida amalga oshiriladi. 2. Kriptovalyuta kursining iqtisodiy jihatdan juda tez va asossiz pasayishiga olib boruvchi vaziyat. Odatda tajribali treyderlarning maqsadli harakatlari natijasida yuzaga keladi. " Daqiqa|"60 sekundga teng vaqt birligi. Ma’lumotlarni uzatish tezligini aniqlashda ishlatiladigan asosiy kattaliklardan biri. " Daraja videosignal|"Videosignalni, odatda, kuchlanishni taqdim etuvchi elektr kattalikning ko‘pincha foizlarda yoki ma’lum tayanch ko‘lamining ulushi, masalan, 1 volt bilan ifodalanadigan videosignal chegarasiga nisbatan oniy qiymati. " Darajalarni oldindan korreksiya qilish|"Muayyan signallar yoki kabel taqsimlash tizimining shu nuqtasidagi signallar guruhi o‘rtasida atayin o‘rnatilgan darajalar farqi. " Darajalarni uzatish xarakteristikasi|"Eshittirish televideniyesi trakti yoki trakti zvenosining tasvir kanali chiqishidagi televizion tasvir yorqinlik darajalarining yoki yorqinlik signali darajalarining bu kanal kirishidagi obyektlar yorqinlik darajalariga yoki yorqinlik signali darajalariga bog‘liqligi. " Darajani nazorat qilish|"Ma’lum xarakteristikalarga ega o‘lchash apparaturasidan foydalanib dasturiy signallarning darajasini kuzatish. " Darajani qayd etish|"1. To‘liq videosignal bir qismi darajasini ma’lum qiymatda ushlab turish. 2. Sinxronlash signali impulslarining o‘chirish darajasi yoki yuqori darajasi bitta potensialga keltiriladigan videosignalni qayta ishlash. Izoh – Darajani qayd etish, odatda, tasvirning doimiy tashkil etuvchisini tiklashda qo‘llaniladi. " Darajani rostlagich (kabel tarmog‘ida)|"Bitta yoki bir nechta signalning doimiy darajasini, signalga nisbatan boshqa vositalar yordamida, masalan, pilot-signal, temperaturali kompensator, distansion boshqaruv va b.lar yordamida ushlab turish qurilmasi. " Daraxt|"Daraxtni eslatadigan tuzilma. Uning asosida bir qancha element (tana) bog‘langan bitta element (ildiz) bo‘ladi. Bu elementlar (tanalar) o‘z navbatida yana bir qancha (shoxlar) bilan bog‘langan va h.k, shu tarzda so‘nggi elementlargacha (yaproqlargacha). Natijada ko‘p pog‘onali daraxt hosil bo‘ladi. Daraxt – bu, bog‘langan yo‘naltirilmagan siklsiz grafdir. " Daraxtsimon kod|"Simvollarni qayta ishlash uzluksiz tarzda, bloklarga ajratmasdan amalga oshiriladigan kod. " «Darcha»|"Displeyning ma’lum jarayonni aks ettiruvchi qismi. " Dastlabki, boshlang‘ich berilgan|"Tanlash elementlaridan biri. Barcha sozlashlar avvaldan kiritilgan boshlang‘ich konfiguratsiyada qo‘llaniladi. Aksariyat hollarda dasturiy ta’minotni o‘rnatishda foydalaniladi. Bunday holatda ishlab chiquvchilar tomonidan eng ommabop tanlov zanjiri shakllantiriladi, bu esa foydalanuvchining sozlash jarayonini amalga oshirmasligiga imkon beradi. " Dastlabki buzilish|"Signal/shovqin nisbatini yaxshilash maqsadida, aloqa kanali bo‘ylab uzatishdan oldin signalning amplitudasi, fazasi, chastotasi yoki shaklini ataylab o‘zgartirish. " Dastlabki ko‘rib chiqish|"Bosib chiqarishga tayyorlangan hujjat yoki tasvirni, uning sahifada joylashishini va/yoki tashqi ko‘rinishini aniqlashtirish maqsadida ko‘rib chiqish. " Dastlabki ochiq kod|"Dasturiy ta’minotni yaratish usuli, bunda yaratilayotgan dasturiy ta’minotning dastlabki kodlari ochiq beriladi, ya’ni dasturiy ta’minotning dastlabki kodi ko‘rish va o‘zgartirishlar uchun ochiqdir. Ushbu imkoniyat barcha xohlovchilar uchun tayyor kodni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatishlari va ochiq dasturlarni yaratishga o‘z hissalarini qo‘shishlariga yordam beradi. Foydalanuvchining dasturiy ta’minotdan bepul foydalanishga haqqi bor, lekin «ochiq litsenziya» ishlab chiqaruvchini ushbu «ochiq kodli» dasturiy mahsulotning «bepulligini» ta’minlashga majbur qilmaydi. Ammo ko‘pgina samarali «ochiq» dasturiy mahsulotlar loyihasi bepul. " Dastlabki papka|"Dasturga taalluqli papka bo‘lib, unda dasturga tegishli bo‘lgan sozlash fayllari va vaqtinchalik fayllar saqlanadi. " Dastlabki o‘rnatish|"Foydalanuvchi tanloviga ko‘ra yoki boshlang‘ich o‘rnatiladigan parametrlar bilan oxirgi foydalanuvchi kompyuteriga dasturiy ta’minotni o‘rnatish jarayoni. " Dastlabki o‘zgartirishlar yoki filtrlash|"Axborotni siqish uchun emas, balki uni keyinchalik siqish uchun qulay shaklda taqdim etishga xizmat qiladigan usul. Masalan, siqilmagan multimedia ma’lumotlari uchun signal darajasining ohista o‘zgarishi xosdir. Shu sababli delta-o‘zgartirish qo‘llaniladi, ya’ni absolyut qiymat o‘rniga nisbiy qiymat olinadi. Matn, bajariladigan fayllar, ma’lumotlar bazasi va boshqalar uchun filtrlar mavjud. " Dastur|"1. Elektron hisoblash mashinasida amalga oshirish uchun mo‘ljallangan, operatorlar ketma-ketligi. 2. Bajarilishi kerak bo‘lgan hisoblash jarayonining dasturlash tilidagi yoki mashina yo‘riqnomalaridagi tavsifi. Funksional masala hal qilinishini bajaradigan operatorlar, komandalarning tugallangan izchil to‘plami. " Dastur (eshittirishda)|"Radioeshittirish uchun maxsus mo‘ljallangan va tayyorlangan tovushli yoki vizual epizodlar ketma-ketligi. Izoh ‒ Dasturlarni turiga ko‘ra – tovushli, televizion, musiqali, nutqli dasturlar; maqsadiga ko‘ra – yangiliklar, o‘quv, ko‘ngilochar dasturlar; manbaiga ko‘ra – ma’lum uzatuvchi stansiyalar, tashkilotlar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib ko‘rsatiladigan ko‘rsatuvlar, yozib olinadigan ko‘rsatuvlar dasturi va boshqa dasturlarlarga tasniflash mumkin. " Dastur hisoblagichi|"Protsessorning, tanlanadigan navbatdagi komanda manzilini yoki dastur keyingi bayti (so‘zi)ni ichiga oladigan ichki registri. " Dastur qadami|"Dasturning bitta elementar operatsiyasini, odatda mashina tilidagi komandani bajarish. Atama ko‘pincha, dasturiy ta’minotni sozlash tizimlarini tavsiflashda ishlatiladi. " Dastur soatiga havola|"90 kHz chastota davrida hisoblanadigan va transport oqimiga dastur darajasida kiritiladigan 33 bitli son bo‘lib, berilgan dasturni qabul qilishda dekoderni sinxronlash uchun xizmat qiladi. " Dastur tahlili|"Dasturlarni jamoaviy ishlab chiqishda ‒ dastur matnining dasturchilar guruhi tomonidan, uning to‘g‘riligini tekshirish maqsadida tahlil qili-nishi. " Dastur to‘g‘risidagi axborot fayli|"Windows yoki ОS/2 boshqaruvida DОS seansida dasturning ishlash parametrlarini sozlash fayli. " Dasturdagi operator|"Operatsiyani va uning operandlari qiymatlari yoki joylashgan o‘rnini ko‘rsatuvchi simvollar jami; dasturning, uning ishlash spetsifikatsiyasini va operandlarning joylashgan o‘rni bo‘lgan bitta yoki bir nechta manzilni ta’minlaydigan alohida elementi. " Dasturiy-apparat vosita|"Asosiy xotiradan alohida faoliyat ko‘rsatish mumkin bo‘lgan holda (odatda doimiy xotira qurilmasida) saqlanuvchi jami tartibga solingan komandalar va ular bilan bog‘liq maʼlumotlar. " Dasturiy apparatxona|"Televizion dasturni turli manbalardan dastur signallarini ulash yo‘li bilan ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan uskunaga ega apparatxona. " Dasturiy bog‘liq axborot jadvallari|"MPEG-2 da dasturlarning tarkibi hamda ular komponentlarining identifikatorlari to‘g‘risidagi axborotni ichiga oluvchi PAT, PMT, CAT majburiy jadvallari va majburiy bo‘lmagan NIT jadvali. " Dasturiy bomba|"Muayyan sharoitlarda bir yoki bir necha marta ishga tushishi zarur bo‘lgan komandalarni dasturga yashirin o‘rnatish. Izoh – Mantiqiy va vaqt bombalari dasturiy bombaning variantlari hisoblanadi. " Dasturiy boshqariladigan radiostansiya|"Ish rejimi va chastotalarning sozlanishini dasturiy usul bilan o‘zgartiradigan abonent stansiyasi. Dasturlarning ish bilan ta’minlanishi SIM-karta orqali yoki stansiyani radiokanal bo‘yicha qayta dasturlash yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. " Dasturiy hujjat|"Dasturiy mahsulot uchun ilova hujjat. Masalan, foydalanuvchi yo‘riqnomasi. " Dasturiy ilova|"Muayyan qo‘llanish sohasida ma’lumotlar qayta ishlanishini amalga oshiradigan dasturlar majmui (xususan, veb muhitdagi veb-ilova). " Dasturiy interfeys|"Tizimda jarayonni abstrakt tavsiflash yoki hisoblash jarayonlarining o‘zaro aloqasi atamalarida: ma’lumotlar formati, ma’lumotlar almashinish protokoli, kichik dasturlarni chaqirish, dasturlash tili, ma’lumotlarni tavsiflash tili yoki ma’lumotlar bilan ishlash, tizimlarning bir-biriga ta’siri. " Dasturiy kommutator (moslashuvchan)|"IP tarmoqda chaqiruvlarni boshqarish funk-siyasini amalga oshiradigan qurilma. Izoh – Dasturiy kommutator IP-tarmoqda trafikka xizmat ko‘rsatishning zarur funksiyalarini bajarishga mo‘ljallangan protokollar to‘plamini quvvatlaydigan apparat-dasturiy vositalardan iborat. " Dasturiy mahsulot|"Foydalanuvchiga yetkazib berish, uzatish, sotish uchun mo‘ljallangan dasturiy vositalar. " Dasturiy mahsulot sifatini baholash|"Sifat ko‘rsatgichlari tanlanishini, bu ko‘rsatgichlarning miqdor qiymatlarini tanlash va aniqlash usullari ishlab chiqilishini, ko‘rsatgichlarning bazaviy qiymatlari belgilanishini, ko‘rsatgichlarning haqiqiy qiymatlarini hisoblash, bazaviy qiymatlarni hisoblangan qiymatlar bilan taqqoslashni ichiga oladigan tadbirlar kompleksi. " Dasturiy modem|"Protsessorga modem funksiyalarini bajarish imkonini beradigan dastur. " Dasturiy moslik|"Kompyuter tizimining boshqa tizim uchun yozilgan dasturiy ta’minotni bajara olish qobiliyati. " Dasturiy qaroqchilik|"Mualliflik asari hisoblanadigan litsenzion dasturiy mahsulotlardan noqonuniy foydalanish, nusxa ko‘chirish yoki tarqatish. " Dasturiy signal, modulyatsiyalovchi signal|"Tovushli yoki televizion dasturlarni ifoda-laydigan, uzatish uchun modulyatsiyalovchi signal sifatida foydalaniladigan elektr signallari. " (Dasturiy signallarni) mikshirlash|"Oxirgi dasturiy signalni olish uchun turli manbalardan dasturiy signallarni kombinatsiyalash. " Dasturiy so‘raladigan uzib-ulagich|"Elektron hisoblash mashinasi pultidagi yoki dastur modellaydigan kalit. Mashina komandalarini boshqarish uchun yoqilgan yoki o‘chirilgan holatga o‘rnatilishi mumkin. " Dasturiy talqin etish|"Kodli optimizator yordamida o‘zgartirilgan shaklda yuklash yo‘li bilan, boshqaruvchi dasturni ruxsat etilmagan o‘zgartirishdan muhofaza qilish usuli. " Dasturiy ta’minot|"1. Kompyuter ishini boshqaradigan koman-dalar to‘plami. 2. Avtomatlashtiriladigan faoliyatni elektron hisoblash mashinalari uchun belgilangan dasturlar bilan ta’minlash, jumladan, vazifa-ning qo‘yilishi, loyihalash, amalga oshirish va keyingi ishlanma, shuningdek, EVM uchun dasturlarning o‘zi. 3. Axborotni qayta ishlash tizimi dasturlari va bu dasturlardan foydalanish uchun zarur bo‘lgan dasturiy hujjatlar jami. " Dasturiy ta’minot tizimi|"Kompyuter tizimining tarkibiy qismi bo‘l-gan dasturiy ta’minotga asoslangan tizim (kompyuter uskunasi va dasturiy ta’mino-tining birgalikda ishlashi). " Dasturiy ta’minot xavfsizligi|"Umummaqsadlardagi (bajaruvchi dasturlar, utilitalar yoki dasturiy ta’minotni ishlab chiqish vositalari) hamda amaliy dastur va vositalarning avtomatlashtirilgan tizimda ma’lumotlarning xavfsiz qayta ishlanishini va tizim resurslaridan xavfsiz foydalanishni amalga oshirish xususiyati. " Dasturiy ta’minotni elektron tarqatish|"Dasturlarni kompyuterlarga axborot tarmog‘i orqali yuklash texnologiyasi. " Dasturiy ta’minotni injeneriyasi ishlab chiqish|"Dasturiy ta’minotni tahlil qilish, loyihalash, ishlab chiqish, joriy etish va kuzatib borish usullari. " Dasturiy ta’minotni standartlash|"Davlat hokimiyat organlarida foydalaniladigan elektron hisoblash mashinalari uchun qo‘llaniladigan dasturlarda ishlatiladigan texnologiyalarni tanlashning asosiy prinsiplari bo‘yicha o‘zaro bog‘langan yechimlar kompleksi. " Dasturiy ta’minotning kaskad modeli|"Ishlab chiqarish sikli bilan taqqoslab qarab chiqiladigan dasturiy ta’minot. " Dasturiy taʼminot replikatsiyasi|"Namunaviy axborot majmuasining dasturiy taʼminotini, uni keyinchalik, yangi soha portali yoki majmui asosida klonlash maqsadida takror ishlab chiqarish. " Dasturiy taʼminot sifati|"Dasturiy taʼminotning afzalliklari va kamchiliklarini belgilaydigan alomatlar, xossalar, fazilatlar majmui. Yaratilayotgan dasturiy taʼminot sifatini baholash miqdoriy usullarni ishlatib amalga oshiriladi. Bu tadbir dasturlash jarayonida amalga oshadi. Bu masalaning dolzarbligi oshishiga munosib ravishda, bozorda yaratilayotgan dasturlarning sifatini aniqlashni taʼminlaydigan dasturlar paydo bo‘ldi. " Dasturiy taʼminotni moslashtirish|"Foydalanuvchining muayyan texnik vositalari yoki aniq dasturlari boshqaruvidagi kompyuter uchun mo‘ljallangan dasturning faoliyatini taʼminlash maqsadida amalga oshiriladigan o‘zgartirishlar kiritish. " Dasturiy taʼminotni muhofazalash vositalari|"Dasturiy vositalarni beruxsat foydalanishdan muhofaza qiluvchi vositalar. " Dasturiy taʼminotning hayotiy sikli|"Kompyuter dasturiy taʼminotini loyihalash boshlangan daqiqadan to uning ishlatilishi to‘xtashigacha o‘tgan vaqt. " Dasturiy token|"Muvaffaqiyatli mualliflashtirishdan keyin foydalanuvchiga servislardan foydalana olish uchun beriladigan kalit. " Dasturiy uzilish|"Operatsion tizimlarda yoki tayanch kiritish/chiqarish tizimida quyi dasturlarga uzilishlarni qayta ishlash boshqaruvini berish uchun, maxsus mashina komandasining bajarilishi keltirib chiqaradigan uzilish. Dasturiy uzilishlardan sozlagichlarda keng foydalaniladi. " Dasturiy virus, virus|"Boshqa dasturlarga o‘zining o‘zgartirilgan nusxalarini qo‘yish yo‘li bilan o‘z-o‘zidan ko‘payadigan, uni o‘zgartiradigan, zararlangan dasturni ochishda amalga oshadigan maxsus ishlab chiqilgan zararli dastur. Izoh – Virus ko‘pincha buzilishlar yoki ishdan chiqishlarga sabab bo‘ladi hamda ba’zi hollarda ma’lum sana boshlanishi bilan aktivlashishi mumkin. " Dasturiy vosita|"Dasturchi tomonidan dasturiy ta’minotni loyihalash, ishlab chiqish yoki boshqa dasturiy ta’minotni sozlashda foydalaniladigan har qanday dastur yoki utilita. " Dasturiy o‘rnatma|"Dasturiy ta’minotga ataylab kiritilgan funksional obyektlar, ular ma’lum sharoitlarda (kirish ma’lumotlarida) axborotning konfidensialligi, undan foydalanish yoki yaxlitligi buzilishiga olib keladigan dasturiy ta’minot hujjatlarida tavsiflanmagan funksiyalarning bajarilishini boshlab beradi. " Dasturlanadigan doimiy xotira qurilmasi|"Maxsus qurilma, programmator yordamida, eruvchan ko‘prikchalarni yuqori kuchlanishli impulslar yordamida kuydirish orqali, faqatgina bir marotaba yozish mumkin bo‘lgan xotira turi. Ichiga joylashtirilgan dasturiy ta’minotni saqlash uchun turli xil elektron qurilmalarda ishlatiladi. " Dasturlanadigan uzilish|"Protsessorning (odatda dasturdagi xatoni qayta ishlash uchun) maxsus komandasi yordamida aniq generatsiyalanadigan uzilish. " Dasturlararo takomillashtirilgan aloqa|"Dasturlararo takomillashtirilgan aloqa interfeysi. APPC protokoli IBM tomonidan «yangi» SNA arxitekturasi kabi ishlab chiqilgan. SNA ga ulangan ishchi stansiyalar va bu stansiyalardagi amaldagi dasturlararo bir rangdagi aloqani ta’minlaydi. LU 6.2 nomi bilan ham ma’lum. " Dasturlarni avtomatlashtirilgan ishlab chiqish vositasi|"1. Kompyuter boshqaruvli dasturiy ta’minot-ni ishlab chiqish uchun foydalaniladigan dasturiy vosita. 2. Tizimli loyihalash va dasturiy ta’minot hayotiy siklini avtomatlashtirilgan ta’min-lash yo‘li bilan, dasturlar va tizim muhandis-lariga yordamlashadigan dasturiy mahsulot. " Dasturlarni avtomatlashtirilgan ishlab chiqishga bo‘lgan ehtiyoj|"Dasturlarni avtomatlashtirilgan ishlab chiqish vositasining xarakteristikalari qanoatlantiradigan tashkiliy talablar. Ular boshqaruv jarayonini, ishlab chiqish jarayonini, xizmat ko‘rsatishni, hujjatlarni, konfiguratsiya boshqaruvini, sifat tekshirilishini, atrof muhitga bo‘lgan ehtiyoj tekshirilishini, CASE vositasining jamlanganligini, sifat xarakteristikalarini, xarid qilishga, sotishga bo‘lgan ehtiyojlarni, ta’minlash indikatorlari va sertifikatlash talablarini o‘z ichiga oladi. " Dasturlarni avtomatlashtirilgan tarzda tuzish|"Instrumental CASE vositalarning maxsus paketlaridan foydalanib, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish texnologiyasi. " Dasturlarni boshqarish|"Resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishga, xavf-xatarni kamaytirishga va har bir loyihani muvaffaqiyatli yakunlashga yo‘naltirilgan, o‘zaro bog‘langan bir qancha loyihalarni boshqarish jarayoni. Amalda va maqsadlarga ko‘ra dasturiy boshqarish tizim muhandisligi va sanoat muhandisligi bilan chambarchas bog‘liqdir. " Dasturlarni (tarmoqning boshqa kompyuterida) uzoqdan ishga tushirish|"Uzoqda joylashgan (odatda, katta quvvatli) mashinaning xotirasi, protsessori va diskidan foydalanib va mijoz kompyuteridan terminal sifatida foydalanib, tarmoqning boshqa kompyuteriga kirish va unda ishlash imkoniyati. " Dasturlarni o‘rnatish/o‘chirish|"Windows operatsion tizimidagi foydalanuvchiga kompyuterga o‘rnatilgan dasturiy ta’minot ro‘yxatini boshqarish imkonini beradigan boshqarish panelining qismi. Afsuski, unda kompyuterda foydalaniladigan dasturlarning hammasi ham aks ettirilmaydi. " Dasturlarning boshlang‘ich kodini zararlaydigan viruslar|"Dasturning boshlang‘ich kodini yoki uning komponentlarini (OBJ-, LIB-, DCU-fayllarni), shuningdek, VCL hamda ActiveX komponentlarni zararlaydigan viruslar. Kompilyatsiyadan so‘ng dasturlar unga kiritilgan bo‘ladi. " Dasturlarning ko‘rsatish uchun belgilangan paketlari|"Ma’lum bir axborotni auditoriyaga samarali yetkazish uchun mo‘ljallangan aniq maqsadga yo‘naltirilgan dasturiy komplekslar. Asosan, prezentatsiya va reklama maqsadida qo‘llaniladi. O‘qitish-o‘rgatish maqsadlarida qo‘llanilishi foydaliroq bo‘ladi. " Dasturlarning yaxshi muhofazalanmaganlik skaneri|"Hujumning u yoki boshqa bir aniq turidan yaxshi muhofazalanmagan mashinalarni izlab topish maqsadida, Internet tarmog‘ida kompyuterlarning katta guruhi tekshirilishini amalga oshiradigan dastur. " Dasturlash|"Vazifani yechish algoritmini elektron hisoblash mashinasi tomonidan «idrok etiladigan» ko‘rinishda taqdim etish jarayoni. Dasturlash algoritmni elementar operatorlar darajasigacha batafsil tekshirish, algoritmni tanlangan dasturlash tilida yozib olish va dasturlarning elektron hisoblash mashinasida bajarilishini boshqarish jarayonlarini tavsiflashni o‘z ichiga oladi. " Dasturlash tili|"Odam tomonidan ta’riflanadigan va kompyuter yordamida hal qilinadigan muayyan muammolarning qulay tavsiflanishini ta’minlaydigan rasmiy til. Dasturlash tili sintaksis va semantika kabi ikkita tashkil etuvchidan iborat. Til konstruksiyalaridan mashina komandalariga o‘tishni til translyatori amalga oshiradi. Dasturlash tillari masalani qanday atamalarda ta’riflash kerakligiga ko‘ra, yuqori va quyi daraja tillariga ajratiladi. Agar, til tabiiy tilga yaqin bo‘lsa, yuqori daraja tili deb, mashina komandalariga yaqin bo‘lsa, quyi daraja tili deb ataladi. " Dasturlash tizimi|"Jami dasturlash tili va dasturlarni yaratish tizimi. U berilgan tilda dasturlarni avtomatlashtirilgan tarzda yaratish va bajarish hamda tegishli hujjatlar tayyorlashni taʼminlaydi. Odatda dasturlash tizimi tilning etalon xilini emas, balki uning dialektik – maʼlum osonlashtirish yoki kengaytirishlarga ega rusumini o‘z ichiga oladi. Baʼzi dasturlash tizimlari dasturlarni bir necha tilda yaratishni qo‘llab-quvvatlashi mumkin. Shaxsiy kompyuterlar uchun eng mashhur dasturlash tizimlari: Microsoft kompaniyasining Basic, Java, C++ tillarini qo‘llab-quvvatlovchi Visual Studio; Inprise (Borland International) kompaniyasining Delphi tili va boshqalar. " Dasturlashtiriladigan kommutator (softsvich)|"IP tarmog‘ida chaqiruvlarni boshqarish va signalizatsiya funksiyalarini amalga oshiruvchi qurilma. Dasturlashtiriladigan kommutator IP tarmog‘ida xizmat ko‘rsatish trafikining zarur funksiyalarini bajarishga yo‘naltirilgan protokollar to‘plamini taʼminlaydigan apparat-dasturiy vositalardan iborat. " Dasturlashtiriladigan mantiqiy matritsa|"Bitta mikrosxema ko‘rinishida tayyorlanadigan bir turdagi elementlar matritsasi. " Dasturlashtiriladigan ma’lumotlar bazasi|"O‘rnatilgan dasturlash tiliga ega ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi. " Dasturni boshlang‘ich yuklash|"Boshlang‘ich holatga o‘rnatish protsedurasi, dastur (tizim) yadrosini yuklaydi va uni bajarish bo‘yicha operatsiyani bajaradi. " Dasturni ekspluatatsiya qilish bo‘yicha hujjat|"Dasturiy mahsulotning ishlashini ta’minlash va uni ekspluatatsiya qilish bo‘yicha zarur ma’lumotlarni o‘zida saqlovchi dasturiy hujjat. " Dasturni mualliflashtirish|"Tizim yoki foydalanuvchi dasturidan boshqa dasturlar yoki foydalanuvchilarning foydalana olishi bo‘yicha cheklashlarning o‘rnatilishi. " Dasturni muhofaza qilish|"Dasturning bajarilishi uchun ishga tushirib yuborilishini bartaraf etuvchi shartlarning majmui. " Dasturni ruxsat etilgan tarzda tahlil qilish|"Texnik talablar bilan dasturning haqiqiy imkoniyatlari o‘rtasidagi farqni belgilash maqsadida bajariladigan tahlil. " Dasturni sozlash|"Dasturlarni ishlab chiqish bosqichlaridan biri; dastur yozilishining to‘g‘riligi tekshiriladi, xatolar aniqlanadi va to‘g‘rilanadi. Odatda, sozlash ma’lum natijalar bo‘lgan real namunalarga yaqin nazorat namunalarda bajariladi. Hozirgi dasturlash tillarida sozlash jarayonini soddalashtiradigan sozlovchi dasturlar mavjud. " Dasturni yig‘ish|"Boshlang‘ich kodni obyekt fayllariga kompilyatsiyalash va modullarni bajariladigan fayllarga yoki bibliotekalarga komponovka qilish. " Dasturni yuklash|"Dasturning bajarilishi kerak bo‘lgan kodi va zarur bibliotekalarni shaxsiy kompyuterning tezkor xotirasiga bajarish uchun yozish jarayoni. " Dasturning bajarilish vaqti|"1. Kompilyatsiya va yuklash vaqtidan farqli ravishda, dasturni bajarish uchun zarur bo‘lgan vaqt bo‘lagi. 2. Markaziy protsessor faqat bir jarayonni bajarish uchun sarflaydigan vaqt. " Dasturning bajarilishi|"Mashina kodlaridagi dastur boshlang‘ich ma’lumotlarning kiritilishi va natijalar olinishi bilan bajariladigan jarayon. Sozlash rejimida dastur qadamlab bajarilishi mumkin. Agar dastur operatsion tizim boshqaruvida bajarilsa, qadamlab bajarish dasturlash muhiti boshqaruvida amalga oshiriladi. " Dasturning xotiradagi binar obrazi|"Xotirada o‘qish uchun dastur obraziga va buyurtmachi tomonidan shakllantiriladigan ishga tushirishga ega fayl. " Dasturchi|"Kompyuter taʼminotini yozuvchi kishi. Kompyuter dasturchisi deb kompyuter dasturlash bo‘yicha mutaxassis yoki turli xil dasturiy taʼminot uchun kodlar yozuvchi mutaxassislarni atashadi. Amaliyotda dasturlashni formal tarzda o‘qitadigan insonlarni ham dasturiy tahlilchi deb nomlash mumkin. Dasturchining asosiy ishlov tilini (Lisp, Java, Delphi, C++, h.k.) nomiga qo‘shib xuddi veb muhitida ishlovchilarni veb nomlari bilan ishlatganday nomlashadi. Dasturchi atamasi taʼminot yozuvchisiga, taʼminot muhandisiga, kompyuter olimi yoki taʼminot tahlilchisiga nisbatan ishlatilishi mumkin. " Data-markaz|"Abonentlarni Internet tarmog‘i kanallariga ulash, server va tarmoq uskunasini joylashtirish (xosting) uchun mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan bino. " Datchik|"Qandaydir fizik kattalikning qayd etilishini, uning signallarga o‘zgartilishini va bu signallarning, qayta ishlash uchun, boshqarish tizimiga uzatilishini ta’minlaydigan qurilma. " Davlat axborot resurslari|"Davlat axborot resurslari quyidagilardan shakllantiriladi: davlat organlarining axborot resuslaridan;yuridik va jismoniy shaxslar-ning davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan yaratilgan axborot resurslaridan;yuridik va jismoniy shaxslarning davlat sirlari hamda maxfiy axborotni o‘z ichiga olgan axborot resurslaridan. " Davlat axborot siyosati|"Jamiyatning geosiyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy rivojlanishining umumdavlat ustuvorliklarini taʼminlashga va mamlakatning axborot jamiyatiga o‘tish shart-sharoitlarini yaratishga yo‘naltirilgan o‘zaro bog‘liq siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy va tashkiliy tadbirlar kompleksi. " Davlat axborot tizimi|"Davlat organlarining vakolatlarini amalga oshirish, davlat organlari o‘rtasida axborot almashinuvini ta’minlash maqsadida tuzilgan yoki foydalaniladigan axborot tizimi. " Davlat axborot xavfsizligi|"Davlat axborot resurslarining saqlanganlik va axborot sohasida jamiyat hamda shaxs qonuniy huquqlarining himoyalanganlik holati. Zamonaviy kishilik jamiyatida axborot sohasi ikkita tarkibiy qismga ega: axborot-texnik tashkil etuvchi (odam tomonidan sun’iy yaratilgan texnika, texnologiyalar dunyosi) hamda axborotruhiy tashkil etuvchi (jonli tabiatning odam ham kiradigan tabiiy dunyosi). Tegishlicha, jamiyat (davlat)ning axborot xavfsizligini umumiy holda axborot-ruhiy xavfsizlik kabi ikki tarkibiy qism orqali ko‘rsatish mumkin. Xavfsizlikka bo‘ladigan ehtimoliy tahdidlarni aniqlash va tasniflash ham axborot xavfsizligining muhim jihatidir. " Davlat axborotini oshkor etish infratuzilmasi|"Davlat elektron hujjatlarining ommaviy oshkor etilishini ta’minlaydigan repozitoriylar majmui. " Davlat boshqaruvi|"Davlat hokimiyati organlari va ular mansabdor shaxslarining, tegishli protseduralar asosida ishlab chiqilgan siyosiy kursni amalga oshirish bo‘yicha faoliyati. " Davlat buyurtmasi|"Davlat byudjeti, mahalliy byudjetlar mablag‘lari va moliyalashtirishning byudjetdan tashqari manbalari hisobiga tovarlar yetkazib berish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatishga bo‘lgan buyurtma. " Davlat elektron xizmati|"Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llangan holda ko‘rsatiladigan davlat xizmati. " Davlat korxonasi|"Har qanday tashkiliy-huquqiy shakldagi, asosiy vositalari davlat mulki hisoblanadigan tashkilot. " Davlat organi xonasi|"Davlat organining shaxsiy xonasi, davlat organi vakolatli mansabdor shaxsi tomonidan, elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishda, kelib tushadigan rasmiy so‘rovlarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan, zarur hujjatlar va ma’lumotlar tayyorlash, tahrir qilish, izlash va berish imkoniyatini yaratadi. " Davlat organlarining davlat axborot resurslari va axborot tizimlari reyestri|"Internet tarmog‘idagi, qonun hujjatlfriga muvofiq, davlat axborot resurslari va axborot tizimlari ro‘yxatini hamda ular to‘g‘risidagi axborotni ichiga oladigan axborot resursi. " Davlat siri bo‘lgan ma’lumotlardan foydalana olish|"Vakolatli mansabdor shaxs tomonidan ruxsat etilgan tarzda, muayyan shaxsni davlat siri bo‘lgan ma’lumotlar bilan tanishtirish. " Davlat siri hisoblanadigan ma’lumotlarni tashuvchilar|"Davlat sirlarini tashkil qiladigan ma’lumotlar xotira, simvollar, obrazlar, signallar, texnik yechimlar va jarayonlar ko‘rinishida aks etadigan, jismoniy shaxslar, moddiy obyektlar, shu jumladan, fizik maydonlar. " Davlat sirlari|"Tarqatilishi O‘zbekiston Respublikasi manfaatlariga ziyon keltirishi mumkin bo‘lgan harbiy, tashqi siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, razvedka, kontrrazvedka bilan shug‘ullanuvchi va operativ-qidiruv fao-liyati sohasidagi davlat tomonidan muhofaza qilinadigan ma’lumotlar. Davlat sirlari maxfiylik darajasiga ko‘ra, alohida muhim ma’lumotlar va mutlaqo maxfiy (davlat siri) ma’lumotlarga bo‘linadi. " Davlat tomonidan hisobga olish|"Identifikatsiya qilinadigan shaxslar, obyektlar va/ yoki turli xarakterdagi hodisalar to‘g‘risida muayyan tarkibdagi ma’lumotlarni to‘plash va saqlash bo‘yicha olib boriladigan muntazam ish. " Davlat xizmati|"Davlat organlari tomonidan ariza beruvchilarning talabiga ko‘ra amalga oshiriladigan, o‘zlarining vazifalarini bajarish yuzasidan ko‘rsatiladigan xizmat. Izoh – Davlat xizmatini, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq, davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha vazifalar yuklangan hollarda, boshqa tashkilotlar ham ko‘rsatishlari mumkin. " Davlat xizmati formati|"Bajarilishi shart bo‘lgan, davlat xizmatini oluvchining manfaatlari yo‘lida ushbu davlat xizmatini ko‘rsatish jarayoni, shakli, mazmuni va natijasi xarakteristikalarini ichiga oladigan davlat xizmati ko‘rsatilishiga bo‘lgan talablarni belgilaydigan qoidalar. " Davlat xizmatini avtomatlashtirish|"Odamni elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida ishtirok etishdan ozod qilish uchun, shuningdek, ma’muriy protseduralarning sonini sezilarli qisqartirish uchun texnik vositalar hamda matematik usullar qo‘llanilishini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar majmui. " Davlat xizmatining pasporti|"Xizmat to‘g‘risidagi, bu xizmatni qat’iy identifykatsiyalash imkonini beradigan ma’lumotlar majmui. " Davlat xizmatlari portali|"Davlat xizmatlarining elektron shaklda taqdim etilishini, shuningdek, talabgorlarning davlat xizmatlari reyestrlari yuritilishini ta’minlaydigan davlat axborot tizimlarida joylashtirilgan va Internet tarmog‘idan foydalanib tarqatish uchun mo‘ljallangan davlat xizmatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanishni ta’minlaydigan davlat axborot tizimi. " Davlat xizmatlari reyestri|"Davlat xizmatlarining taqdim etilishi tartibi to‘g‘risidagi qisqacha asosiy ma’lumotlarni o‘z ichiga oladigan ma’lumotlar bazasi. " Davlat xizmatlarining elektron shaklda taqdim etilishi|"Davlat xizmatlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib, shu jumladan, davlat xizmatlari portalidan, ko‘p funksiyali markazlardan, universal elektron karta va boshqa vositalardan foydalanib taqdim etilishi, jumladan, bunday taqdim etish doirasida davlat organlari, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari, tashkilot hamda ariza beruvchilar o‘rtasida elektron o‘zaro hamkorlikning amalga oshirilishi. " Davom ettirish|"Tanlash varianti (oddiy tugma). U foydalanuvchi joriy sahifadagi shartlarga va o‘zgartirishlarga rozi ekanligini va navbatdagi sahifaga o‘tishga tayyorligini anglatadi. " Dayjest|"O‘zgaruvchan uzunlikdagi ma’lumotlarning kirish oqimini xesh-funksiya yordamida qayta ishlash natijasida hosil bo‘ladigan, qat’iy uzunlikdagi kod. Masalan, SHA-1 xeshlash algoritmi kirish xabarining hajmidan qat’i nazar, 20 bit hajmidagi dayjestni yaratadi. " Deduktiv xulosa|"Prolog tilida berilgan faktlar va qoidalar asosida yechim topish uchun foydalaniladigan usul. " Defektli sektor|"1. Qattiq yoki egiluvchan diskdagi, ishlab chiqarishdagi defekt yoki tasodifiy shikastlanish tufayli ma’lumotlarni saqlab bo‘lmaydigan soha. 2. Diskdagi, ma’lumotlarni yozish/o‘qish mumkin bo‘lmagan sektor. " Defektli yo‘lkalar jadvali|"Tayyorlovchi zavodda yakuniy testlash paytida aniqlanadigan, qattiq disk defektli sohalarining ro‘yxati. Diskni operatsion tizim foydalanishiga tayyorlaydigan ba’zi dasturlar, foydalanuvchilardan, tuzish vaqtini kamaytirish maqsadida bu ro‘yхatdan bo‘lgan axborotning kiritilishini so‘raydi. " Defeys|"Xakerlik hujumining turi. Unda veb-saytning sahifasi boshqasiga almashtiriladi (odatda bosh sahifa), saytning qolgan sahifalari esa blokirovka qilinadi yoki butunlay o‘chiriladi – buning maqsadida reklama, ogohlantirish, tahdid va boshqalar bo‘lishi mumkin. Baʼzi buzuvchilar sayt defeysini krekerlik doiralarida tanilish, o‘z imijini oshirish yoki sayt administratoriga zaiflikni ko‘rsatish uchun amalga oshiradi. " Defragmentatsiya|"Fayllarni uzluksiz ketma-ket klasterlarda saqlanishini ta’minlash maqsadida disk bo‘limining mantiqiy tuzilmasini optimallash va yangilash jarayoni. Izoh − Asosan FAT va NTFS fayl tizimlarida ishlatiladi. Defragmentatsiyadan so‘ng fayllarni o‘qish va yozish, shuningdek, dastur ishlari ham tezlashadi. Defragmenta-siyaning boshqa vazifasi: diskda fayllarni uzluksiz maydonda joylashadigan qilib taqsimlash. " Deinstallyator|"Qandaydir ilovani deinstallyatsiya qilish (o‘chirib tashlash) uchun mo‘ljallangan kompleks dastur. Deinstallyatorlarni qo‘llash zarurati, ko‘plab zamonaviy ilovalar o‘rnatish paytida o‘z dastur fayllarini turli manzillar bo‘yicha yozishi, shuningdek, o‘z ma’lumotlarini tez-tez tizim reyestrida qayd etishi bilan izohlanadi. " Dekametrli to‘lqinlar|"10 m dan 100 m gacha bo‘lgan to‘lqin uzunliklari diapazoni. 3 MHz dan 30 MHz gacha bo‘lgan chastotalar diapazoni. " Dekapsullash|"Qabul qilingan axborot oqimidan dastlabki xabarni ajratish jarayoni. " Dekatenatsiya|"Simvollar satrlarini alohida qismlarga ajratish operatsiyasi; konkatenatsiyaga teskari bo‘lgan operatsiya. Dasturlash tillarida bu operatsiyani bajaradigan maxsus funksiyalar mavjud. " Deklarativ til|"Dasturchi, til interpretatoriga tegishli xulosalar chiqarishni qoldirgan holda, qandaydir sohaga tegishli faktlarni bayon qiladigan (ya’ni, vazifani ta’riflaydigan) dasturlash tili. Deklarativ tillarni, o‘z navbatida, funksional va mantiqiy tillarga bo‘lish mumkin. " Deklaratsiya (e’lon) qilinmagan imkoniyatlar|"Dasturiy ta’minotning bayon qilinmagan yoki hujjatda bayon qilinganlarga mos kelmaydigan funksional imkoniyatlari. Ulardan foydalanish qayta ishlanadigan axborotning konfidensialligi, tushunarli bo‘lishi yoki yaxlitligi buzilishiga olib kelishi mumkin. " Dekoder|"Dekoderlash uchun mo’ljallangan qurilma, uning asosida kodlangan signalni dastlabki xabarga qayta o‘zgartirishni bajaruvchi mantiqiy cxema ishlaydi. " Dekoder-qabul qilgich|"TV yo‘ldosh qabul qilgichi va MPEG – dekoderni birlashtiruvchi, raqamli yo‘ldoshli eshittirish TV dasturlarni qabul qilish uchun xizmat qiluvchi qurilma. " Dekodlash vaqtining belgisi|"Kadrlarni dekodlash tartibini aniqlaydigan belgi. " Dekompilyator|"Bajariladigan dastur va boshlang‘ich matnni matn yozilgan yuqori darajadagi tilda dekompilyatsiya qilinishini bajaradigan dastur. Bunda, ichki o‘zgaruvchilarning dasturchi tomonidan berilgan ma’noviy belgilari tiklanmaydi. Si, Fortran, PL/M-80 tillari uchun mo‘ljallangan dekompilyatorlar ma’lum. " Dekompozitsiya|"Murakkab obyektni oddiy obyektlar yig‘indisi sifatida taqdim etish, masalan, masalalarni kichik masalalarga bo‘lish. " Dellinjer effekti|"Signallarning (2 MHz dan 30 MHz gacha bo‘lgan chastotalarda) to‘satdan bo‘ladigan ionosfera g‘alayonlanishi (Quyosh chaqnashlari) paytida vujudga keladigan qisqa muddatli tinishi. " Delta impuls|"Vaqtning t=0 dan boshqa barcha qiymatlarida amplitudasi nolga teng mono impuls. " Delta-kadr|"Faqat oldingi kadrdan farqlanuvchi piksellardan tashkil topgan ayirma (differensial) kadr. Delta-kadrlar diskka yozilishi kerak bo‘lgan videoklipning umumiy o‘lchamini pasaytiradi. " Delta-modulyatsiya|"Differensial impuls-kodli modulyatsiya turi, bunda faqat har bir signal sanog‘i va taxmin qilingan qiymat o‘rtasidagi farq ishorasi qayd etiladi va yagona ikkilik razryad bilan kodlanadi. «Demilitarizatsiya qilingan zona» ing. - demilitarized zone (DMZ) ru – «демилитаризованная зона» Ayrim axborot resurslari (veb-server, pochta serveri va sh.k.)ni nafaqat korporativ tarmoq tashqarisidagi hujumlardan, balki ichki hujumlardan ham himoya qilish uchun tarmoqlararo ekranlardan foydalanish mexanizmi. Bu mexanizmni amalga oshirish uchun himoya qilinadigan resurslar joylashgan zona tarmoqlararo ekranlar bilan cheklanadi. " Demo|"Dasturning bepul tarqatiladigan (masalan, reklama maqsadlarida), to‘liq bo‘lmagan versiyasi yoki qurilma namunasi. Qo‘shimcha taqdimot materiallarini ichiga olishi mumkin. " Demon|"Boshqa dasturning ishini sezdirmay nazorat qiladigan va vaqt-vaqti bilan dasturni (ko‘pincha bu periferik (tashqi) qurilmalarni boshqarish dasturi), uning ishini buzmasdan to‘xtatadigan dastur. " Demon-jarayon|"Tizimda, u qayta ishga tushirilgunga qadar, doimo mavjud bo‘lgan jarayon. " Dempfer|"Optik yorug‘lik o‘tkazgich yadrosini o‘rab turuvchi material. Dempfer yorug‘likni yadroga yo‘naltirish uchun kichik sinish koeffitsiyentiga ega bo‘lishi kerak. " Dempfirlash|"Tebranishlar so‘nishini oshirish yoki uni tebranish tizimidan aperiodik tizimga aylantirish maqsadida tizimda energiya yo‘qolishini ataylab ko‘paytirish. " Demultipleksor|"Multipleksor bajaradigan operatsiyaning teskarisini amalga oshiradigan, yaʼni berilgan ish algoritmiga muvofiq, guruhli oqimni bir nechta kanalga ajratadigan qurilma. " Demultipleksorlash|"Axborot bloklarini bir bog‘lanishdan bir nechta bog‘lanishlarga identifi-katsiya qiluvchi va ajratuvchi funksiya. " Depesha|"Bir vaqtning o‘zida bir mamlakatning xalqaro pochta almashinuv joyidan boshqa mamlakatning tegishli xalqaro pochta almashinuv joyiga shakli Umumjahon pochta ittifoqining hujjatlarida belgilangan hujjatlar ilova qilingan holda jo‘natiladigan yozma xat-xabarlar, qiymati eʼlon qilingan xatlar yoki posilkalar yoxud pochta buyumiga berkitilmagan posilkalar to‘plami joylangan bitta yoki bir nechta qop. " Deskrembler|"Skrembler tomonidan o‘zgartirilgan elektraloqa raqamli signali boshlang‘ich tuzilmasini tiklash uchun mo‘ljallangan qurilma. " Deskremblerlash|"1. Raqamli uzatishda – dastlabki signalni tiklash maqsadida, skremblerlangan signalga nisbatan qo‘llaniladigan jarayon. 2. Televideniyeda – axborotni sof shaklda qabul qilishga ruxsat berish uchun, skremblerlangan televizion signal xarakteristikalarini tiklash. Izoh – Deskremblerlash shartli foydalana olish tizimi nazorati ostidagi o‘rnatilgan tartibdagi jarayondan iborat. " Deskriptor|"1. Ma’lumotlarning shakli yoki mazmunini tavsiflovchi axborot tuzilmasi elementi, masalan, signatura deskriptori – diskdagi ma’lumotlar ketma-ketligini tavsiflovchidan diskdagi ma’lumotlarni tekshirishda foydalanish mumkin. 2. Axborot tizimida saqlanadigan ma’lumotlarni topish va tavsiflash imkonini beradigan so‘z yoki so‘z birikmasi (kod bo‘lishi mumkin). Ba’zan, kalit so‘z deb ataladi. Tizimni ishlab chiqishda deskriptorlarni aniqlash va ularning mavjudligini hisobga olish zarur. " Destabillashtiruvchi omil|"1. Yuz berishi oqibatida axborot resurslarining konfidensialligi, yaxlitligi va/yoki ulardan erkin foydalanish, tarmoq yoki tarmoq elementlari ish qobiliyatlari buzilishi mumkin bo‘lgan voqea yoki hodisa. Masalan, axborot xavfsizligiga tahdid. 2. Manbai telekommunikatsiyalar tarmog‘iga nisbatan ichki yoki tashqi xarakterdagi fizik yoki texnologik jarayon bo‘lgan, tarmoq elementlarining ishdan chiqishiga olib keladigan ta’sir. " Detektor dasturlar|"Ma’lum bo‘lgan bir qancha viruslarning biri bilan zararlangan fayllarni aniqlash imkonini beradigan dasturlar. Bu dasturlardan ko‘pchiligi zararlangan fayllarni tuzatish yoki yo‘q qilish rejimlariga ega. " Detektorli kallak|"O‘ta yuqori chastota signalini ancha past chastota signaliga to‘lqin o‘tkazgich kesmasi yoki unga ulangan detektor va liniya bilan kelishish qurilmalari bilan yo‘l-yo‘l liniyalar ko‘rinishida o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan qurilma. " Determinallangan (aniqlangan) telefon chaqiruvlar oqimi|"Kelish vaqti qayd qilingan telefon chaqiruvlar oqimi. " Determinallangan xalaqitlar|"Vaqtning belgilangan funksiyalari bilan tavsiflanadigan xalaqitlar. " Detsibel (dB)|"Belning o‘ndan biri energiyani aylantirish yoki uzatishda quvvatning kuchayishi va pasayishini o‘lchash uchun foydalaniladigan logarifmik shkala birligi. " Detsibel-millivatt (dBm)|"1 millivattga nisbatan detsibellarda hisoblanadigan quvvat o‘lchov birligi. " Detsibel-vatt (dBw)|"Uzatgich quvvatining o‘lchov birligi. " Detsibel-volt (dBv)|"Quvvat darajasining o‘lchov birligi. Odatda, videosignallar darajasini baholashda foydalaniladi. " Detsimetrli to‘lqinlar|"To‘lqin uzunliklari 0,1 dan 1 m gacha, chastotalar diapazoni esa 300 dan 3000 MHz gacha bo‘lgan to‘lqinlar. " Detsimillimetrli to‘lqinlar|"(300 – 3 000) GHz bo‘lgan chastotalar diapazoni. " Devorga o‘rnatiladigan (televizion) ekran|"Zamonaviy televizorlarga nisbatan ekrani sezilarli darajada katta bo‘lgan, xona devoriga o‘rnatish mumkin bo‘lgan yupqa televizion ekran. " Deytagramma|"1. Tarmoq bo‘ylab, aynan bir foydalanuvchiga yo‘llangan axborotning boshqa qismiga bog‘liq bo‘lmagan tarzda uzatiladigan maʼlumotlar paketi. 2. Tarmoq bo‘ylab, bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan tarzda uzatiladigan qisqa paketlarga bo‘lingan uzun xabar. Dastlabki xabar qabul qilish tomonda paketlar yig‘ilgandan so‘ng to‘liq tiklanadi. Paketning uzunligi uzatish tezligi va tarmoq xarakteristikalariga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. " Deytagrammali soket|"Deytagrammalarni, bog‘lanish o‘rnatilmasdan, ikki tomonlama qabul qilish va uzatish imkonini taʼminlovchi interfeys turi. " Deytagrammali tarmoq|"Paketlar kommutatsiyalangan maʼlumotlar uzatish tarmog‘i. Bu tarmoqda har bir deytagramma tayinlangan punktga, tarmoqning yuklanganligiga bog‘liq holda tanlanadigan alohida (mustaqil) yo‘nalish bo‘ylab uzatiladi. Transport sath protokollari turli yo‘nalishda uzatilgan deytagramma-larni tiklaydi. Deytagrammali tarmoqda oldindan ulanish talab etilmaydi, shuning uchun trafikning kechikishi kamroq uchraydi. Bu ayniqsa, kichik hajmdagi axborotni uzatishda qulaylik yaratadi. " Dezinformatsiya|"Maʼlumotlarni bitta obyektdan boshqa obyektga biror maqsad bilan uzatishning shunday holatini yuzaga keltiradiki, unda maʼlumot uzatishning amalga oshirilishi bitta obyekt uchun maʼqul bo‘lib, boshqa obyekt uchun maʼqul bo‘lmaydi. " Deshifrator|"1. Razryadma razryad kiruvchi ikkilik so‘z (shifr, kod) ni sxemaning 2n chiqish uchlarining birida birlik signalga o‘zgartiruvchi mantiqiy sxema. 2. Televideniyeda – kodlangan dasturlarni deshifrlash uchun mo‘ljallangan qurilma; shifrlangan yldoshli/telefon/faksimil signallarini dekodlaydigan qurilma. " Deshifrlash algoritmi|"Deshifrlash funksiyasini amalga oshiradigan algoritm. " Diafragma|"1. To‘lqin o‘tkazgichdagi, elektr maydonning katta kuchlanishli liniyalari yoki ular bo‘ylab perpendikulyar o‘rnatiladigan va mos ravishda ma’lum turdagi to‘lqinlar susayishida sig‘imli yoki induktiv o‘tkazuvchanlikni hosil qiladigan to‘siq. 2. Optik tizimlardagi yorug‘lik oqimining ko‘ndalang kesimini cheklovchi noshaffof to‘siq. " Diagnostik xabar identifikatori|"Tizim dasturi tomonidan aniqlangan xatoga javoban beriladigan xabar kodi. " Diagnostika|"Apparatura va dasturiy ta’minotdagi uzilishlar va nosozliklarni aniqlash jarayoni. " Diagramma|"O‘lchanadigan kattaliklar va ularning nisbatlarini grafik tarzda shartli tasvirlash. Amaliy grafikaning ko‘pgina tizimlarida diagrammalar ikki o‘lchamli va uch o‘lchamli ko‘rinishda ustunlar va doiralar ko‘rinishida taqdim qilinadi. " Dialekt|"Ba’zi bir dasturlash tilining xususiy versiyasi. Masalan, Apple firmasining kompyuterlarida dasturlash uchun BASIC dialektlari mavjud. " Dialog|"Foydalanuvchining kompyuter bilan birgalikda ishlash turlaridan biri, bunda foydalanuvchi so‘rovlar kiritadi va ularga javob yoki aniqlashtiruvchi savollar oladi. " Dialogli rejim|"Odam va tarmoqdagi kompyuter(lar) bilan yoki kompyuter va periferik qurilma o‘rtasidagi bevosita birgalikda ishlash rejimi, bunda birga ishlaydigan ti-zimlar o‘rtasida aloqa uzilmaydi. Ko‘pincha, interaktiv yoki «on-line» rejimi deb ataladi. " Diapazon|"Birorta kattalikning o‘zgarish sohasi. Radiochastota (radioto‘lqin) lar diapazoni – radiochastotalarning butun sohasi shartli ravishda taqsimlangan qismlardir. " Diapazonli antenna|"Parametrlari ishchi chastotalar diapazonidagi qo‘yiladigan talablarga mos keladigan antenna. " Dielektrik antenna|"To‘lqin o‘tkazgich yoki koaksial kabel orqali qo‘zg‘atiladigan yaxlit yoki naychasimon (polistirol, polietilen) dielekrik o‘zak ko‘rinishidagi yuza to‘lqin antennasi. Izoh ‒ Dielektrik antenna, mohiyatiga ko‘ra, yuguruvchi to‘lqin antennasini o‘zida aks ettiradi va asosan antenna panjaralari va uchish apparatlarining radioqurilmalarida qo‘llaniladi. " Dielektrik linza|"Elektromagnit to‘lqinlarni fokuslash uchun qo‘llaniladigan dielektrikdan iborat linza. " Dielektrik to‘lqin o‘tkazgich|"Dielektrikdan iborat sterjen ko‘rinishidagi yoki dielektrik muhit ichidagi kanal ko‘rinishidagi to‘lqin o‘tkazgich, ular bo‘ylab ular yo‘naltiradigan elektromagnit to‘lqinlar tarqatilishi mumkin. " Dielektrik uzatish liniyasi|"Nolinchi bog‘langanlikdagi ochiq uzatish liniyasi. " Dielektrik yo‘qotishlar|"Dielektrikda, unga elektr maydon ta’sir etishi tufayli ajraladigan quvvat. " Dielektrik o‘tkazuvchanlik|"Moddaning izotrop modda uchun skalyar va anizotrop modda uchun tenzor bo‘lgan dielektrik xususiyatini tavsiflaydigan kattalik, uning elektr maydon kuchlanganligiga bo‘lgan hosilasi elektr siljishiga teng. " Dielektriklar|"Qutblanish qobiliyatiga ega bo‘lgan qattiq, suyuq va gazsimon moddalar. " Differensial analizator|"Differensial tenglamalarni yechish uchun mo‘ljallangan analog kompyuter (uzluksiz ishlaydigan mashina). " Differensial faza|"Yorqinlik signali oniy qiymati o‘zgarganda ranglilik signali fazasining o‘zgarishi. " Differensial impuls-kodli modulyatsiya (DIKM)|"Signal diskretlashdan o‘tadigan, har bir sanoq va oldingi sanoqlar yoki kvantlangan qiymatlarning ketma-ketligidan olinadigan va taxmin qilingan qiymat o‘rtasidagi farq hisoblanadigan, keyin hisoblangan farq kvantlanadigan jarayon. Olingan kvantlangan qiymatlarning ketma-ketligi kodlash yo‘li bilan raqamli signalga aylantiriladi. Izoh – Differensial impuls-kodli modulyatsiya differensial kodlash uchun misol bo‘ladi. " Differensial kodlash|"Sanoq qiymati va taxminlangan qiymat o‘rtasidagi farqdan foydalanib signalni kodlash usuli. Izoh – Differensial kodlash yo‘li bilan ketma-ket sanoqlar o‘rtasida kuchli korrelyatsiya mavjud bo‘lgan signallarning bitreytini pasaytirishga erishish mumkin, chunki sanoqlar o‘rtasidagi farqni ayni darajadagi aniqlik bilan sanoqlarning o‘zini kvantlashga nisbatan kamroq sondagi kvantlash intervallaridan foydalanib kvantlash mumkin. " Differensial kriptotahlil|"Takrorlanuvchi blokli shifrlar uchun qo‘llaniladigan kriptotahlil usuli. Bu kriptotahlil usuli tanlangan ochiq matn bo‘yicha kriptotahlil usuliga asoslanadi va bitta kalitda shifrlangan ikki ochiq matn o‘rtasidagi farqni tahlil qiladi. Mumkin bo‘lgan kalitlarning har biriga uning «to‘g‘riligi» ehtimoli belgilanadi va pirovardida foydalaniladigan kalit hisoblab chiqariladi. " Differensial kuchaytirish|"Yorqinlik signali oniy qiymati o‘zgarganda ranglilik signallari ko‘lamining nisbiy o‘zgarishi. " Diffi-Xellman algoritmi|"1. Himoyalanmagan aloqa kanalidan foydalanib, ikki tomonga umumiy maxfiy kalitga ega bo‘lish imkonini beradigan ochiq kalitdan foydalanadigan algoritm. 2. Kalitlarni ochiq taqsimlash, shuningdek, kalitlarni eksponensial taqsimlash deb nomlanuvchi bir tomonlama ko‘rsatgichli funksiyadan foydalanishga asoslangan algoritm. " Diffuz qaytish|"Elektromagnit to‘lqinlarning notekis sirtdan qaytishi, uning qiyshiqligini turli yo‘nalishlar bo‘yicha sodir bo‘ladigan tushuvchi to‘lqin uzunligi bilan solishtirsa bo‘ladi. " Diffuz tarqalish|"Metrli va detsimetrli to‘lqinlarni ko‘zga ko‘rinadigan gorizontdan tashqarida, ularning ionosfera va troposferadagi har xil sochilishi bilan asoslangan, tarqalishi. " Difraksion panjara|"Spektral asboblarda elektromagnit nurlanishni spektrga fazoviy yoyish uchun ishlatiladigan, bir xil kenglikdagi shtrixlarning muntazam joylashgan ko‘p soni bilan uning sirtiga transparant ko‘rinishida kiritilgan optik element. " Digitayzer|"Turli texnik prinsiplarga asoslangan, grafik ma’lu-motlarni kompyuterga kiritish uchun xizmat qiladigan qurilma. " Dinamik bog‘liqlik|"Bir nechta dastur bilan ajratilgan ma’lumotlarni birlashtirish usuli. Ma’lumotlarning bir dasturda o‘zgarishi, ularning qolgan dasturlarda ham o‘zgarishiga olib keladi. " Dinamik diapazon|"Tovush yoki elektr signalining, detsibellarda ifodalangan eng katta dinamik darajasining eng kichigiga bo‘lgan nisbati. " Dinamik fokuslash|"Nurning ekran markazidan og‘ishi bilan, lyuminoforda shu nur bilan yorishgan nuqtaning shakli va o‘lchami o‘zgaradi, bu yorqinlikning pasayishiga va ekran chetlariga fokuslashning yomonlashuviga olib keladi; dinamik fokuslashda ishlaydigan elektron linza tizimlari shu effektni tuzatishga xizmat qiladi. " Dinamik joylashtiriladigan biblioteka|"Maxsus ravishda Windows da ishlash uchun yozilgan dasturlar-ilovalarda foydalaniladigan ma’lumotlar va funksiyalarni ichiga oladigan fayllar majmui. Ma’lumotlar deganda, piktogrammalar, shriftlar va menyu tushuniladi. DLL bajariladigan dasturga kerak bo‘ladigan funksiyalar va/yoki ma’lumotlar ishga, ishlaydigan dasturga standart kirishdan farqli ravishda, ularga murojaat qilish paytida jalb qilingan paytda, Windows da ishlash usulini ta’minlaydi. " Dinamik kompоnovkalash|"Dasturga, bajariladigan dasturdan ularga murojaat qilinishiga qarab, tashqi protseduralarni ulash. Usullardan biri shundan iboratki, kompilyator bunday protseduralarga murojaat qilish joylariga, protsedurani birinchi chaqirishda muayyan dasturiy uzilishni keltirib chiqaradigan kod kiritadi, undan so‘ng, uni qayta ishlash natijasida tezkor xotira qurilmasiga protsedurani yuklash va chaqirish nuqtasida manzilni sozlash amalga oshiriladi. " Dinamik kontrastlash|"Maqbul tasavvurga erishish maqsadida har bir kadrning kontrastliligini doimiy sozlaydigan texnologiya. Har bir tasvir sekundiga 25 marta tahlil qilinadi, zarur bo‘lganda, tasvir kontrastliligi tezda sozlanadi. " Dinamik linkovka|"Dasturni bajarish vaqtidagi linkovka. " Dinamik ma’lumotlar almashinuvi|"Windows muhitidagi dasturlararo birgalikda ishlash protokoli. OLE mexanizmi asta-sekin siqib chiqarmoqda. Uning amal qilishining mohiyati, ikki dastur o‘rtasida doimiy aloqa o‘rnatishdan iborat, natijada bir ilovadagi hujjat yangilanganda, u bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa ilova hujjatlaridagi axborot ham yangilanadi. " Dinamik marshrutlash|"Xabarlarni jo‘natish uchun berilgan ikkita tarmoq uzellari o‘rtasidagi yo‘l faqat ushbu xabar jo‘natilgan vaqtda aniqlanadigan marshrutlash usuli. " Dinamik mos kelmaslik|"Tasvir mazmuniga bog‘liq holda o‘zgaruvchi videosignal datchigidan asosiy ranglar signallarining mos kelmasligi. " Dinamik tezkor xotira qurilmasi|"Zamonaviy kompyuterlarda tezkor xotira qurilmasi sifatida keng qo‘llaniladigan erkin foydalanish imkoniga ega kompyuter xotirasi turlaridan biri. " Dinamik xotira|"Ma’lumotlarning fizik taqdim etilishi o‘zgarib turadigan va ma’lumotlardan turli vaqt onlarida bir xilda foydalanib bo‘lmaydigan xotira qurilmasi; murojaat qilish turli oraliqlar bilan ajratilgan muayyan onlarda mumkin bo‘ladigan xotira. " Dinamik yuklash|"Xotiraga quyi dasturni foydalanuvchi dasturidan unga birinchi murojaat qilinganida yuklash. " Dinamik o‘zgaruvchi|"Xotira foydalanuvchining aniq komandasi bilan ajratiladigan o‘zgaruvchi; xotira protseduraga (funksiya, usul yoki blokka) kirishda avtomatik ajratiladigan avtomatik o‘zgaruvchiga qarama-qarshi qo‘yiladi. " Dinamik HTML, DHTML tili|"Serverdan sahifani qayta yuklamasdan (ya’ni, aks ettiruvchi sahifalarga interaktivlikni berish uchun), foydalanuvchining harakatiga (masalan, «sichqoncha» harakatiga) HTML-sahifalari reaksiyasini tashkil qilishga imkon beruvchi HTML tilining kengaytirilgan versiyasi. Sahifa, ularni taqdim etish skriptlar yordamida o‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan obyektlar to‘plami) kabi ko‘rib chiqiladi. Gipermatnni dinamik belgilash tili stillarining kaskadli jadvallarini, hujjatning obyektli modelini, shuningdek, JavaScript, JScript, ECMAScript va VBScript ssenariylari tillarini qo‘llab-quvvatlaydi. " Dipleks|"1. Bir nechta uzatgich yoki qabul qilgichning turli chastotalarda bitta antenna orqali bir vaqtda ishlashi. 2. Bir nechta uzatgich yoki qabul qilgichning bitta chastotada bitta antenna orqali navbatma-navbat ishlashi. " Diplekser|"Ikki signalni bitta liniya orqali bir vaqtda va o‘zaro xalaqitlarsiz uzatish imkonini beruvchi chastotaviy ajratish qurilmasi. " Dipol|"1. Uzatgichga, qabul qilgichga yoki bog‘lovchi liniyaga simmetrik qo‘shilgan ikkita bir xil to‘g‘ri chiziqli o‘tkazgichdan iborat simmetrik vibrator. 2. Elektromagnit maydon nurlanish nazariyasida dipol sifatida Gers elektromagnit nur tarqatgichi, ya’ni uzunligi nurlanuvchi elektromagnit to‘lqin uzunligidan ancha kichik bo‘lgan simning bir qismi qaraladi. " Dipolga nisbatan hisoblanadigan detsibellar (dBd)|"Antenna kuchaytirish koeffitsiyentining, yarimto‘lqinli simmetrik vibratorni (dipolni) kuchaytirish koeffitsiyentiga bo‘lgan, detsibellarda ifodalangan nisbati. " Direktiva|"Dasturga muayyan ishlarni bajarishni buyuradigan komanda (ko‘rsatma). Dasturlashda ‒ bu assembler yoki kompilyatorga, translyatsiya qilinadigan dasturga boshqa fayllarni shartli translyatsiya qilish yoki kiritish to‘g‘risidagi ko‘rsatma (direktiva)dir. " Direktor|"Antennaning yo‘naltirilgan harakati koeffitsiyentini oshirish maqsadida antenna yo‘nalganlik diagrammasining asosiy yaprog‘i tomonidan birlamchi nur tarqatgichga nisbatan joylashgan antennalar ikkilamchi nur tarqatgichlari majmui yoki ikkilamchi nur tarqatgich. " Direktoriy|"O‘zaro bog‘langan obyektlar to‘g‘risida saqlanadigan ma’lumotlar to‘plami. Biroq, ko‘pincha atama tashqi qurilmadagi fayllar katalogini bildiradi. U noldan bir nechtagacha fayllar va boshqa kataloglarni o‘z ichiga oladi. Iyerarxik fayl tizimining boshlang‘ich katalogi asosiy katalog deb ataladi. " Disk|"Muayyan fayl tizimi uchun formatlangan va biron-bir harf bilan belgilangan ma’lumotlarni saqlash joyi. Ma’lumotlarni saqlash uchun yumshoq-disk, kompakt-disk, qattiq disk yoki boshqa xil diskdan foydalanish mumkin. " Disk kanali|"Ma’lumotlarning diskli to‘plagich bilan kompyuter o‘rtasida tez yuborilishini ta’minlaydigan qurilma. " Disk kesh-xotirasi|"O‘qiladigan yoki diskka yoziladigan ma’lumotlarni keshlash uchun foydalaniladigan maxsus tezkor xotira qurilmasi. " Disk kontrolleri|"Protsessorning diskli to‘plagich bilan birgalikda ishlashini ta’minlaydigan mikrosxema va/yoki kengaytirish platasi. . " Disk-konusli antenna|"Konus cho‘qqisiga yaqin o‘rnatilgan, konus va diskdan iborat antenna; disk va konusning ta’minoti fazaga qarshi amalga oshiriladi. " Disk optimizatori|"Tizimning unumdorligini oshirish uchun, diskdagi fayl va kataloglar joylashuvini qayta tartibga soladigan utilita. " Disk sektori|"Diskli xotira qurilmalarida axborot saqlashning minimal manzillanadigan birligi. Disk yo‘lkasining bir qismi hisoblanadi. Ko‘pgina qurilmalarda sektorning o‘lchami 512 byteni (masalan, qattiq va egiluvchan disklarda) yoki 2048 byteni (masalan, optik disklarda) tashkil qiladi. Yangi qattiq disklarda kengaytirilgan format sifatida ma’lum bo‘lgan 4096 byte sektor o‘lchamidan foydalaniladi. " Disk serveri|"Olisdagi diskovod sifatida ishlaydigan va foydalanuvchilar tomonidan birgalikda foydalaniladigan lokal tarmoq uzeli. " Disk sig‘imi|"Diskda joylashtirish mumkin bo‘lgan axborotning (baytlardagi) umumiy sig‘imi. " Disklar va flesh-to‘plagichlar (fleshkalar) xususiyatlaridagi atribut|"Fayllar va papkalarning, har qanday fayl va papkaga kontekst menyu orqali berish mumkin bo‘lgan, shu orqali uni o‘zgartirish, yo‘q qilish xususiyatlarini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan parametri. " Disklardan foydalana olish indikatori|"Kompyuterning tizim blokidagi yorug‘lik diodi bo‘lib, diskka yozish yoki undan o‘qish paytida yonadi. " Disklarga murojaat qilish indikatori|"Kompyuterning tizim blokidagi, o‘qish yoki yozish paytida yonadigan yorug‘lik diodi. " Disklarni aks ettirish|"Ma’lumotlarni, disk massivining alohida diskida (ko‘zgu diskda) ularning qo‘shimcha nusxasini yaratish yo‘li bilan muhofaza qilish. Bunda disklar bitta kiritish-chiqarish kanaliga ulanishi mumkin. " Disklarni defragmentatsiya qiluvchi|"Qattiq disklarni defragmentatsiya qilish uchun mo‘ljallangan dastur. " Disklarni duplekslash|"Ishlamay qolishlarga chidamli tizimlarda ma’lumotlarni muhofaza qilish mexanizmi. Alohida erkin foydalanish kanallari (kontrollerlari) bo‘lgan ikkita turli qattiq diskka ayni bir ma’lumotni bir vaqtda yozish. " Diskli avtomat|"Disklar avtomatik ravishda almashinadigan diskovodni o‘zida ifodalaydigan, robotlashtirilgan avtomat-biblioteka. " Diskli kartrij|"Himoya qobig‘i bilan o‘ralgan, olinadigan disk. " Diskli operatsion tizimi|"Bir qiymatli, 16-bitli, terminal operatsion tizim. 1981-yilda ishlab chiqilgan. Nisbatan mashhur ko‘rinishlaridan biri MS-DOS dir. " Diskni bo‘lish|"Bitta diskni bir nechta mantiqiy disklarga bo‘lish. " Diskni keshlash|"Fayl tizimining unumdorligini oshirish uchun foydalaniladigan usul. O‘qish va yozish operatsiyalarini bajarish uchun diskka muntazam murojaat qilishlar o‘rniga, fayllar tezkor xotira keshida saqlanadi. Barcha o‘qish/yozish operatsiyalari xotiraga murojaat qilish tezligi bilan bajariladi, bu diskka murojaat qilishga qaraganda ancha tez. " Diskovod|"1. Egiluvchan yoki qattiq diskdan ma’lumotlarni o‘qish/yozish uchun mo‘ljallangan elektromexanik periferik qurilma. 2. Berilgan tezlik bilan magnit yoki boshqa turdagi tashuvchini siljitadigan, shuningdek, kerak joyga o‘qiydigan/yozadigan kallaklarni keltiradigan mexanik qurilma. " Diskret|"Ramzlar kabi alohida elementlardan iborat bo‘lgan maʼlumotlar yoki aniq ko‘rsatilgan qiymatlarning chekli soniga ega bo‘lgan fizik miqdorlarga, shuningdek, jarayonlar va ushbu maʼlumotlardan foydalanuvchi funksional moslamalarga tegishli taʼrif. " Diskret Furye o‘zgartirishi|"Diskret vaqt funksiyasi bilan bo‘luvchi bazis funksiya koeffitsiyentlari to‘plami o‘rtasida o‘zaro bir xil tenglikni ta’minlydigan o‘zgartirish. " Diskret kattalik|"Qiymatlari sakrashsimon o‘zgaradigan kattalik. Masalan, elektr zanjirda tok borligini yoki yo‘qligini tavsiflaydigan kattalik diskret kattalik bo‘lib, «ha» yoki «yo‘q» (0 va 1) qiymatlarini olishi mumkin. " Diskret ma’lumotlar|"Simvollar yordamida taqdim etilgan ma’lumotlar. " Diskret modellash|"O‘rganiladigan jarayon voqealarning diskret ketma-ketligi ko‘rinishida taqdim etiladigan modellash. " Diskretlash|"1. Ma’lumotlarning qandaydir manbadan tanlab olinishi. 2. Analog kattalik qiymatlarini davriy o‘lchash va ularni raqamli shaklga o‘zgartirgandan so‘ng kompyuterga kiritish. " Diskretsion foydalana olishni boshqarish|"1. Nomma-nom ko‘rsatilgan subyektlar va nomma-nom ko‘rsatilgan obyektlar o‘rtasidagi foydalanishni chegaralash. Izoh – Foydalanishning ma’lum huquqiga ega subyekt bu huquqni istalgan boshqa teng huquqli subyektga berishi mumkin. 2. Foydalana olishni boshqarish ro‘yxatlari yoki erkin foydalanish matritsasi asosida, subyektlarning obyektlardan foydalana olishini boshqarish. " Diskretsion (tanlab) foydalana olish|"Foydalanuvchi, jarayon va/yoki u tegishli bo‘lgan guruhni identifikatsiya qilish va tanishga asoslangan, obyektlardan tizim subyektlarining erkin foydalanishini boshqarish usuli. Ma’lum huquqlarga ega subyekt istalgan obyektga, belgilangan cheklashlardan qat’i nazar, huquqlarni berishni amalga oshirishi mumkin bo‘lganda, boshqaruv saylanma hisoblanadi (foydalana olish – bevosita bo‘lmagan tarzda ham amalga oshirilishi mumkin). " Diskriminator; selektor|"Foydali signalni xalaqitlar va shovqinlar bo‘lgan signallar aralashmasidan ajratish qurilmasi. " Disksiz (ishchi) stansiya|"Lokal disk xotirasi bo‘lmagan ishchi stansiya yoki shaxsiy kompyuter. Dasturlarni yuklash va fayllar bilan bajariladigan barcha ishlar lokal tarmoq orqali fayl-serverdan amalga oshiriladi. " Dispersion kanal|"Vaqtda o‘zgaradigan parametrlar va chastotaselektiv tinishlarga ega aloqa kanali; dispersion kanalda signal davomiyligi bo‘yicha kengayadi va buziladi. " Dispersiya|"1. Sochilish. 2. Tasodifiy kattalikning uning o‘rtacha qiymatidan o‘rtacha kvadratik og‘ishi. " Dispersiyasiz tola|"Tez harakatlanuvchi modalar uzun yo‘l bo‘ylab (qobiqqa yaqin), sekin harakatlanadigan modalar esa, qisqa yo‘l bo‘ylab (o‘zakka yaqin) tarqaladigan tola. Natijada barcha turdagi to‘lqinlar tolaning olis uchiga aynan bir paytda yetib boradi, bu esa, moddiy dispersiya bilan bog‘liq bo‘lgan signal buzilishini bartaraf etish imkonini beradi. Biroq, bunday toladagi jami yo‘qotishlar dispersiyasi siljigan toladagiga qaraganda ancha katta. " Dispetcher|"Operatsion tizimning, dasturlarning bajarilishini boshqarish ta’minlanadigan moduli. Tizimda muvofiqlashtirish va boshqaruv rolini bajaradigan dastur. " Dispetcher identifikatori|"Dispinterfeys usulini yoki xususiyatini iden-tifikatsiyalaydigan 32-bitli butun sonli atribut. " Dispetcher ustuvorligi|"Topshiriqlarga beriladigan va multidastur rejimda, topshiriq markaziy protsessor tomonidan qayta ishlanadigan tartibni aniqlash uchun foydalaniladigan raqam. " Dispetcherning yashirin (latent) aktivligi|"Bir jarayonni to‘xtatish va boshqasiga start berishda dispetcher uchun talab qilinadigan vaqt. " Displey|"Ma’lumotlarni vizual aks ettirish qurilmasi. Displeydan ma’lumotlarni kiritish va chiqarish uchun foydalaniladi. Displeyning ishlash prinsiplari turlicha. Shaxsiy kompyuterlarda elektron-nurli trubkalardan foydalanilgan displeylar juda keng tarqalgan. Shuningdek, plazma panellar, suyuq kristallar, yorug‘lik diodlari asosidagi displeylar ham bor. Displeyni kompyuterga ulash uchun tegishli adapter zarur. Displeydan, shuningdek, kompyuterni boshqarish uchun ham foydalaniladi, shu sababli ko‘pincha monitor deb ham ataladi. " Displeyli panel|"Plazma yoki suyuq kristall texnologiya asosida qurilgan displey. Asosida suyuq kristall bo‘lgan displey – bu, suyuq kristallar va mikroo‘tkazgichlardan iborat to‘r joylashgan yassi ekrandir. Mikroo‘tkazgichlar kristallarga elektr toki uzatadi, kristallar kuchlanish ostida tasvir hosil qilgan holda, yorisha boshlaydi. Nuqta qadami 0,26-0,3 mm. Maksimal ajrata olish: 1280x1024, 75 Hz. " Distorsiya (buzilish)|"Kommunikatsiya tizimining ikki nuqtasi o‘rtasida signalni uzatishda signal shaklining o‘rinsiz o‘zgarishi. " Distributiv|"Ishlab chiqaruvchi tomonidan taqdim etilgan shakldagi dastur mahsuloti. Distributiv diskda, odatda, dasturning o‘zi hamda dasturni qattiq diskka o‘rnatish va uning parametrlarini moslashtirish uchun mo‘ljallangan o‘rnatuvchi bo‘ladi. " Distributiv komplekti|"Kompakt-diskda distributiv bilan taqdim etiladigan dasturiy ta’minotning to‘liq to‘plami. " Dixroik kontrreflektor|"Antennaning, bir xil chastotalarda aks etadigan va boshqalarda radioshaffofroq bo‘lgan yordamchi ko‘zgusi. " Dizassembler|"Mashina kodlarini assembler tiliga o‘zgartiradigan kompyuter dasturi. " Dizassemblirlash|"Mashina kodlaridagi dasturdan assemblerdagi dasturning boshlang‘ich matnini olish jarayoni va/yoki usuli. Dasturning o‘zining kodlarini gene-ratsiyalashda translyatorning optimallik darajasini belgilashda foydali. Dastlabki matnlari bo‘lmagan dasturlarni tuzish usuli va/yoki algoritmini tushunish imkonini beradi. Bu jarayonni bajaradigan maxsus dasturlar – dizassemblerlar mavjud. " Dizayn|"Qar.: Veb-dizayn. " Dizering|"Nisbatan kam ranglardan iborat tasvirlar uchun rang teranligi illyuziyasini yaratish uchun kompyuter grafikasida qo‘llaniladigan usul. Mavjud bo‘lmagan ranglar bor ranglarni «aralashtirish» yo‘li bilan yaratiladi. Tasvirlar-ni ranglar sonini kamaytirish orqali optimal-lashtirishda dizering tasvirning vizual yaxshi-lanishiga olib keladi, biroq, baʼzi formatlarda (masalan, PNG) tasvirning hajmi oshadi. " Dizyunksiya|"n ≥ 2 ifodalar uchun mo‘ljallangan mantiqiy operatsiya. Natijaviy ifoda boshlang‘ich ifodalar noto‘g‘ri bo‘lgandagina, yolg‘on bo‘ladi. Dizyunksiyani belgilash uchun standart ravishda V belgisidan foydalaniladi. " Doimiy bor bo‘lish|"Harakatlanadigan tasvirlarni qayta ishlash, uzatish va namoyish qilish usuli. Bunda elektronika vositalari yordamida ikkita alohida harakatchan tasvir qismlari yagona axborot oqimida uzatish uchun kombinatsiyalanadi (birlashtiriladi). Qabul nuqtasida tasvir umumiy monitorda yoki ikkita yonma-yon turgan monitorda namoyish qilinishi mumkin. " Doimiy ifoda|"Berilgan matnda ixtiyoriy murakkablikdagi belgilar tuzilmalarini izlashni amalga oshirishda va tuzishda kerak bo‘ladigan shablonlarni yaratishda qo‘llaniladigan kuchli vosita. Doimiy ifodalarda bitta yoki bir nechta belgini o‘zgartiruvchi qo‘shimcha belgilardan foydalanish mumkin. " Doimiy kanal (trakt) ni taqdim qilish xizmati, doimiy kanal (trakt) orqali aloqa xizmati|"Aloqa kanali (trakti), ekspluatatsion yoki ma’muriy xabar vositasida amalga oshirilgan, abonentning so‘roviga javoban yuzaga keladigan telekommunikatsiyalar xizmatining turi. Izoh – Aloqa kanali (trakti) ning uzib qo‘yilishi uning o‘rnatilishiga o‘xshash tarzda amalga oshiriladi. " Doimiy tashkil etuvchini tiklash|"Videosignalni yoki doimiy tashkil etuvchiga ega bo‘lmagan signaldan yo belgilangan doimiy tashkil etuvchiga ega bo‘lgan signaldan to‘liq videosignalni unung doimiy tashkil etuvchisi bilan yangitdan yaratish jarayoni. " Doimiy uzatish tezligi|"Real vaqtda ulanish o‘rnatilishiga yo‘naltirilgan, maʼlumotlar oqimini (siqilmagan nutq, videomaʼlumotlar, televizion tasvirlar) o‘zgarmas tezlik va taxminlash mumkin bo‘lgan jadallik bilan uzatish uchun qo‘llaniladigan, ATM tarmog‘idagi trafik turi (A turkumi). " Doimiy virtual kanal|"Tarmoqning ikkita oxirgi nuqtalari o‘rtasida doimo amalga oshadigan bog‘lanish. " Doimiy virtual zanjir|"Tarmoq sathida muayyan vaqt davriga (minutning ulushidan bir necha kun va hatto, oygacha) o‘rnatiladigan mantiqiy bog‘lanish. Tarmoqdagi har bir kanal uchun yo‘nalish, uzatish tezligi hamda xizmat ko‘rsatish sinfi qatʼiy belgilangan. " Doimiy xotira|"O‘zgarmaydigan ma’lumotlar massivini saqlash uchun foydalaniladigan, energiyaga bog‘liq bo‘lmagan xotira. " Doimiy xotira qurilmasi|"Kompyuterni boshqarish uchun dasturlar doimiy saqlanadigan, bitta yoki bir nechta mikrosxemadan iborat qurilma. Doimiy xotira qurilmasi energiyaga bog‘liq bo‘lmagan xotiradir, ya’ni kompyuter o‘chirilganda xotira ichidagi o‘zgarmaydi. Doimiy xotira qurilmasi shaxsiy kompyuterlarning apparat xususiyatlari va operatsion tizimning tayanch kiritish/chiqarish tizimi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish uchun xizmat qiladi. Ba’zi mashinalarda doimiy xotira qurilmasiga bundan tashqari, dasturlash tilidan translyator yoziladi. Ko‘pincha, doimiy xotira deb ataladi. " Doimiy chiziqli tezlik|"Diskka yozish usuli xarakteristikalaridan biri. " Doiraviy-ikki simli toʻlqinoʻtkazgich|"Ikki simli liniyani qamrab oluvchi tashqi oʻtkazgichning doiraviy kesimi boʻlgan uch bogʻlamli toʻlqinoʻtkazgich. " Doiraviy qutblanish|"Elektr maydonining ikkita garmonik tashkil etuvchisi kattalik boʻyicha teng va faza boʻyicha 90° ga siljigandagi (bu elektr maydonini doira boʻylab aylanishiga olib keladi) qutblanish. Magnit maydon vektori markazda joylashgan va doira tekisligiga perpendikulyar. " Domen|"1. Internet tarmog‘idagi kompyuter nomining tarkibiy qismi. 2. Internet tarmog‘ining, nomi yozilgan mezon bo‘yicha ajratilgan va uni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan javob beradigan tashkilot tasarrufiga berilgan qismi. Izoh – Domen bo‘yicha kompyuter joylashgan yer aniqlanadi, undan foydalanish mumkin bo‘ladi. 3. Markazlashtirilgan tarzda maʼmuriy boshqariladigan, bir-biri bilan muayyan usulda domen nomlari serveri orqali birgalikda ishlaydigan kompyuterlar to‘plami. Izoh – Kompyuterlarni domenga birlashtirish ularning geografik joylashuvi, tashkilot bo‘yicha yoki aktivlik turi bo‘yicha amalga oshiriladi. " Domen administratori|"Domenni to‘liq nazorat qila oladigan hisobga olish yozuvi. " Domen administratori foydalanuvchisining nomi|"Domen administratori foydalanuvchisining nomi. U ushbu domendagi deyarli barcha huquqlarga ega. " Domen kontrolleri|"Haqiqiylikni yalpi tekshirishda parolning tekshirilishini bajaradigan, domenning hisobga olish yozuvlari ro‘yxati saqlanadigan kompyuter. " Domen manzili|"Qar.: Domen nomi. " Domen nomi|"1. Nomlarning domen tizimiga muvofiq, kompyuter tarmog‘i uzeliga berilgan, noyob simvolli nom. 2. IP-manzilni simvolli ko‘rsatish. " Domen nomini ro‘yxatga kiritish|"Talabnoma asosida domen nomi va uning administratori to‘g‘risidagi axborotni ro‘yxatga oluvchi tomonidan reyestrga kiritib qo‘yish. Reyestrga domen nomi to‘g‘risidagi axborot kiritilgan vaqtdan boshlab u ro‘yxatga olingan hisoblanadi. Masalan, «uz» domenida ro‘yxatning kuchga ega bo‘lish muddati uch yilgacha. " Domen nomlari reyestri|"Domenning markaziy maʼlumotlar bazasi. Unda ro‘yxatdan o‘tgan domen nomlari, domenlarning administratorlari to‘g‘risidagi va domenlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun zarur axborot saqlanadi. " Domen nomlari tizimi|"Internetga o‘xshash tarmoqda bog‘langan kompyuterlarning har biriga noyob nomlar berishning iyerarxik tizimi. Izoh – Nom chapdan o‘ngga oshib boradigan iyerarxiya darajalariga mos keladigan, nuqta bilan ajratilgan qismlar domenlaridan iborat. " Domen nomlari xizmati|"IP-manzil sonlari va matnli nomlar o‘rtasida moslik o‘rnatadigan, Internet tarmog‘ida qo‘llaniladigan mexanizm. " Domen nomlarini ro‘yxatdan o‘tkazuvchi|"Domen nomlarini ro‘yxatga olish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadigan va tegishli axborotni reyestrga uzatadigan yuridik shaxs. " Domen nomlarini o‘girish|"Internet domen nomini mos ravishda IP-manzilga o‘girish jarayoni. " Domen nomlarining serveri|"Kompyuter nomlarini IP-manzillaridagi domen nomlariga o‘tkazadigan tarmoqning xizmatga oid kompyuteri. " Domenni joylashtirish|"Domen nomlarini DNS-serverlarda ro‘yxatdan o‘tkazish. Domenni xususan qayd etuv-chida, shuningdek tashqi maydonlarda qayd etish mumkin. " Domenning rezerv kontrolleri|"Windows NT domenidagi kompyuter, domenning xavfsizlik siyosati va ma’lumotlar bazasi nusxalarini o‘zida saqlaydi. Agarda domenning bosh kontrolleridan foydalanish mumkin bo‘lmasa, undan zaxira sifatida foydalaniladi. " Domenning yordamchi kontrolleri|"Tarmoq yuklanganida yoki ishdan chiqqanida domenning asosiy kontrolleri (tartibga soluvchi)ni almashtirib turuvchi va Active Directory dagi ma’lumotni replitslovchi (nusxalovchi) zahira serveri. " Dominant (asosiy) marshrutizator|"Aktiv abonentlarni aniqlaydigan va so‘rovlarning davriy ravishda yuborilishi uchun javob beradigan asosiy marshrutizator. " Doppler effekti|"Signal manbaiga va/yoki tarqalish muhitiga nisbatan harakat qiladigan, nuqtada kuzatiladigan signal chastotasining o‘zgarishi. " Dorvey|"1-3 kalitli so‘z yoki iboralar uchun maqbullashtirilgan sahifalar. Ularni odatda kirish sahifalari, shlyuzlar (gateway) .g yoki reklama sahifalari (splash pages) deyiladi. Ko‘p hollarda dorveylar maʼlum izlash mashinasi uchun maxsus yaratiladi. " Dotkom|"Biznes-modeli to‘liq Internet tarmog‘i doirasidagi faoliyatga asoslangan kompaniya. Ushbu nom 1990-yillarning oxirida keng tarqalgan bo‘lib, inglizcha «dot-com» («nuqta-com») iborasidan kelib chiqqan. " Dog‘ vobulyatsiyasi|"Yoyuvchi elementga satrlarni kengaytirish bilan satr tuzilmasini qisman sezilarli qilish uchun xabar beradigan, yoyish satrlariga perpendikulyar bo‘lgan tebranma harakat. Izoh – Taalluqli fransuzcha atama «Vobuler». " Drayver|"1. Amaliy jarayonlar va tashqi qurilmalar o‘rtasida maʼlumotlar almashinuvini boshqaradigan, tezkor xotiraga yuklanadigan dastur. 2. Operatsion tizimning, bajariladigan dasturning ayrim qurilmalar bilan birgalikda ishlashini taʼminlaydigan va undan qulayroq foydalanishga ko‘maklashadigan boshqaruvchi dasturi. " Drayverlarning yangilanishi|"Drayverning yanada yangi, yanada funksional versiyasini qabul qilish uchun xizmat qiladi. " Drogen|"Dorvey generatori, ko‘pincha Markov zanjiri bilan ishlatiladi. Dorvey generatsiyasi kalit so‘zlar ro‘yxati va mavzuli saytlar matni asosida amalga oshadi. Dorgen berilgan algoritm bo‘yicha ko‘pgina bet mazmunsiz matnlarni to‘playdi. Ular o‘zaro (baʼzida esa boshqa dorveylar bilan) ulagich orqali bog‘langan bo‘ladi. " Dupleks aloqa|"Aloqa usuli, bunda uzatish telekommunikatsiyalar kanalining ikkala yo‘nalishida bir vaqtda amalga oshiriladi. " Dupleks uzatish|"Axborotni ikkala yo‘nalishda navbatma-navbat (yarim dupleks) hamda bir vaqtning o‘zida (to‘liq dupleks) uzatish. " Duplekser|"Axborotni uzatish va qabul qilish uchun bitta antennadan bir vaqtda foydalanishga yo‘l qo‘yiladigan antenna ajratuvchi filtri. " Dupleksorlash|"Ikkita fizik mustaqil simpleks kanalining har biridan axborot faqat bir yo‘nalishda uzatiladigan abonentlar o‘rtasida ikki tomonlama aloqani tashkil etish. Izoh – Amaliyotda dupleksorlashning ikkita: qabul qilish va uzatish kanallarini FDD va TDD bo‘yicha bo‘lish sxemasi qo‘llaniladi. " Duplikator|"Disklar, disketalar, magnit tasmalarni ko‘paytirish (nusxa olish) qurilmasi. " Do‘stona interfeys|"Foydalanish, qo‘llash uchun qulay va oddiy tashkil qilingan foydalanuvchining interfeysi. E " Effektiv nurlanadigan quvvat|"Berilgan yo‘nalishda yarimto‘lqinli dipolga nisbatan, antennaga uzatilayotgan quvvatning uning kuchaytirish koeffitsiyentiga bo‘lgan ko‘paytmasi. " Effektiv sochilish maydoni|"Maydon o‘lchamliligiga ega radiolokatsiya obyektlarining xususiyatlarini aks ettiradigan va nurlantiruvchi obyektning shu energiya oqimi zichligiga radiolokatsion stansiyaga obyektdan qaytadigan elektromagnit energiya quvvatining nisbatiga teng xarakteristikasi. " Efir|"Radioto‘lqinlar tarqaladigan elektromagnit muhitning umumlashtirilgan nomi. " Efir orti radiokuzatuvi|"Aloqa vositalarining ishchi chastotalari va ish rejimlarini elektromagnit va xalaqit mavjud vaziyatlarni tahlil qilish maqsadida nazorat qilish. " Efirda bo‘lish vaqti|"1. Abonent qurilmasi radiokanalga ulanib turgan umumiy vaqt. 2. Abonent tomonidan bir oy ichida radioaloqa kanalidan jami foydalanish vaqti (minutlarda) bo‘lib, har oylik to‘lovlarni hisoblashda ishlatiladi. " Efirga chiqilmasdan amalga oshiriladigan nazorat|"Radiostansiyani halqali tekshirish rejimi, bunda qabul qilgich o‘z uzatgichining signalini qabul qiladi. " Egalik|"Obyektga egalik qilishga nisbatan mutlaq huquqlarga egalikni nazarda tutuvchi harakat. " Egallash, tutish|"Axborotni qandaydir bir qurilmadan signalni bekor qilish va rasshifrovka qilish yo‘li bilan qabul qilish. Odatda, ovoz va videoni tutish amalga oshiriladi. " Egilish tufayli yo‘qotishlar|"Toladagi so‘nish shakli. Tolaning xilma-xillik atrofida egilishi (makro egilish) yoki toladagi mikroskopik buzilish (mik-ro egilish) natijasi hisoblanadi. " Egiluvchan disk|"Kompyuter axborotni yozish uchun mo‘ljallangan, asosi yupqa egiluvchan polimer magnit moddadan plastina shaklida yasalgan magnit disk. Plastina chang va shikastlanishdan saqlovchi, ichki tomonida tozalovchi qoplama bo‘lgan zich korpusga joylashtirilgan. Korpusdagi o‘yiq maʼlumotlarni yozish va o‘qish uchun xizmat qiladi. Axborot diskda konsentrik yo‘laklar bo‘ylab joylashtiriladi va saqlanadi. " Egiluvchan magnit diskdagi o‘qish qurilmasi|"Disketadan ma’lumotlarni o‘qiydigan va ma’lumotlarni disketaga yozadigan elektron hisoblash mashinalari apparat vositalarining qurilmasi. " Egiluvchan magnit disklar diskovodi|"Egiluvchan magnit disklardagi to‘plagich. Dastlab 8"" o‘lchamga ega edi, keyinchalik esa 5,25"" gacha kichraytirildi. Oxirgi ishlatilgan disketalar 3,5"" o‘lchamli va 1.44 Mbyte hajmga ega edi. Hozirda CD-diskovod va Flash-jamlovchilar uning o‘rnini egallab olgan. " Egiluvchan to‘lqin o‘tkazgich|"Geometrik shaklining o‘zgarishi, elektr xossalari jiddiy o‘zgarishiga olib kelmaydigan to‘lqin o‘tkazgich. " Ehtimoliy shifrlash|"1. Bitta ochiq matnga shifrmatnlar to‘plami to‘g‘ri kelishi mumkin bo‘lgan shifrlash sxemasi. 2. Tasodifiy parametrlardan foydalangan holda shifrlash jarayoni. " Ehtiyoj dugasi|"Resurslarni taqsimlash grafasidagi duga, jarayonni cho‘qqidan cho‘qqiga olib o‘tadi, resurs punktir chiziq bilan ifodalanadi va bu jarayon ushbu resursni talab qilishi mumkinligini bildiradi. " Ekran|"1. Proyektor tomonidan hosil qilingan tasvir aks etayotgan yuza. 2. Matnli yoki tasvirli ixtiyoriy mazmundagi axborot ko‘rsatiladigan qurilma (televizor, monitor, elektron soatlar, telefon va h.k.). 3. Parazit nurlanishni kamaytirish va elektromagnit nurlanishlarning kabelga zararli ta’sirini kamaytirish uchun mo‘ljallangan kabelning sirtini to‘r to‘qib o‘rash. 4. Insonni yoki texnik qurilmalarni noqulay, zararli yoki bu ta’sirni uning yuzasi bilan aks ettirish orqali xavfli zararlardan himoya qilish uchun mo‘ljallangan qurilma yoki obyekt. " Ekran imitatsiyasi|"Hech narsadan gumon qilmagan foydalanuvchiga, uning nomi va parolini bilib olish uchun soxta so‘roq ekranini yoritish bilan bog‘liq ekran maskirovkasi. " Ekran klaviaturasi|"Operatsion tizimning, ekranda haqiqiy klaviatura kabi ishlaydigan virtual klaviaturani aks ettiradigan standart dasturi. " Ekran lupasi|"Turli operatsion tizimlarning maxsus imkoniyatlari tarkibiga kiruvchi dastur. Ishlash tartibi oddiy lupa kabi, ya’ni ekrandagi biror elementning qismlarini aniqroq ko‘rish yoki ko‘rish qobiliyati past bo‘lganda kattaroq qilib ko‘rsatadi. " Ekran operatsiyalarini tezlashtirgich|"Markaziy protsessorning ishtirokisiz, ekranda oynani o‘zgartirish yoki qayta chizish yo‘li bilan operatsion tizim ishini tezlatish uchun mo‘ljallangan grafik plata. " Ekran surati|"Foydalanuvchi tomonidan ekranda ko‘rinib turgan yoki boshqa qurilmani ko‘rsatishda kompyuter tomonidan olingan tasvir. Odatda, bu raqamli tasvir foydalanuvchining komandasiga asosan operatsion tizim yoki boshqa dastur tomonidan amalga oshiriladi. " Ekran o‘lchami|"Monitor ekranida chiqadigan axborot miqdorini aniqlovchi kattalik (nuqtalarda o‘lchanadi). Ekranning quyi ruxsat etish darajasida, masalan 640 x 480 da, tasvir sohasi kichrayadi va alohida elementlar kattalashadi. Yuqori ruxsat etish darajasi 1024 x 768 da esa tasvir sohasi kattalashadi va unga muvofiq alohida elementlarni kichik ko‘rinishda chiqarish mumkin bo‘ladi. " Ekran shakli|"Operator interfeysi, bunda ma’lumotlar ekrandagi maydonlarda kiritiladi va chiqariladi, operator esa, kiritish kursorini maydonlar o‘rtasida siljitib, ularning ichidagini to‘ldiradi yoki o‘zgartiradi. " Ekranlangan kamera|"Ichki va tashqi elektromagnit vaziyatni ajratish uchun ekranlash xususiyatlariga ega bo‘lgan xona. " Ekranlanmagan o‘ralgan juft|"Telefon aloqasi yoki kompyuter qurilmalarining bog‘lanishi uchun foydalaniladigan ichki sim. U egiluvchan izolyatsion trubka ichidagi ikkitalik yoki to‘rttalik o‘ralgan juft simlardan tashkil topadi va modulli tiqin yoki telefon ajratgichlardan foydalanadi. " Ekranlash|"1. Tarmoqlararo ekranning, tashqi sohadan bo‘ladigan ruxsat etilmagan so‘rovlarni rad qilgan holda, ichki soha obyektlarining xavfsizligini ta’minlaydigan funksiyasi. 2. Uzatiladigan ma’lumotlarni filtrlash yo‘li bilan tarmoqlararo foydalanishni chegaralash. " Ekranlash koeffitsiyenti|"Maydonning, ekranda hosil qilinadigan fazoning shu nuqtasidagi tashqi manbadan, susayishini tavsiflovchi koeffitsiyent. " Ekranni himoyalash dasturi|"Klavish oxirgi marta bosilgandan yoki «sichqoncha» surilgandan keyin ma’lum vaqt o‘tgach, ekranni umuman o‘chiradigan yoki vaqtda o‘zgaradigan rasmni ko‘rsata-digan dastur. Bunday dasturlar ekran lyumi-nofori tez yonib tugashining oldini olish uchun mo‘ljallangan. " Ekranni saqlovchi|"Foydalanuvchi kompyuterda ishlamayotgan vaqtida, ekranga harakatdagi tasvirni chiqaruvchi dastur. Klaviaturadan birorta klavish bosilsa yoki «sichqoncha» qimirlasa, ekran saqlovchisi chiqargan tasvir darhol yo‘qolib ketadi. Bunday dasturlar ayrim monitorlar ekranlarini lyuminofor yonishidan saqlaydi. " Ekranning kuchaytirish koeffitsiyenti|"Ekranning akslantirish xossasi kattaligining, etalon materialning xuddi shu xarakteristikaga nisbati. " Ekspert baholash|"Izlash usuli va ekspertning shaxsiy fikridan yoki ekspertlar guruhining umumiy fikridan foydalanish asosida olingan, usulni qo‘llash natijasi. " Ekspert darajadagi tarmoqlararo ekran|"Paketlarni filtrlashning maxsus algoritmlari. Ular yordamida har bir paket mualliflashtirilgan paketlarning ma’lum namunasi bilan taqqoslanadi. Qabul qilinadigan paketlarning ichidagi VOS modelining uchta: tarmoq, seans va amaliy darajalarida tekshiriladi. " Ekspert tizimi|"Malakali ekspertlarning bilimi, tajribasi hamda kompyuterlarning imkoniyatlari asosida vazifalarni hal qilish uchun yaratilgan sun’iy intellekt tizimi. Ekspert tizimi – bu, kompyuter uchun dastur bo‘lib, uning yordamida rasmiy, absolyut aniq yechimlar olish mumkin bo‘lmagan vaziyatda maqbul yechim olish mumkin bo‘ladi. Ekspert tizimi odatda, uchta blokdan, ya’ni bilimlar bazasi, mantiqiy xulosa bloki, foydalanuvchi bo‘lgan interfeysdan iborat bo‘ladi. " Ekspert xulosasi|"Ekspertiza obyektining talablarga mos kelishi yoki to‘g‘risida asoslangan xulosalarni ichiga oladigan hujjat. " Eksploit|"Kompyuter tizimiga dasturiy ta’minotning zaif joyidan foydalanish orqali hujum qilish. Keyinchalik tizimga hujum qilish maqsadidagi g‘araz niyatli foydalanuvchi huquqlarini oshirishda foydalaniladi. " Ekspluatatsion dasturlash|"Dasturning, dastur buyurtmachida joriy qilingandan so‘ng o‘zgartirilishi. Yangi funksional imkoniyatlarni qo‘shish, xatolarni tuzatish yoki foydalanishda qulayroq qilish maqsadida bajariladi. " Eksport|"Bir platformadagi ma’lumotlar bazasi ma’lumotlarini boshqa platformadagi ma’lumotlar bazasiga yoki bir formatdagi fayl ma’lumotlarini boshqa dasturdan foydalanish uchun boshqa formatdagi faylga o‘tkazish. " Ekstent|"Kirish/chiqarish qurilmasidagi, ma’lumotlarning muayyan jami uchun band qilingan yoki zaxiralangan fizik soha. " Ekstrakod|"Operatsion tizim ichidagi, apparat funksiyalarni emulyatsiyalaydigan qisqa kichik dasturlar. " Ekstranet tarmog‘i|"Yopiq korporativ intratarmoqni kengaytirish natijasida hosil bo‘lgan tarmoq. U biznesni samaraliroq olib borish uchun tashkilot axborot tizimidan tanlov asosida foydalanish zarurati bo‘lgan mijoz, yetqazib beruvchi, subpudratchi va ishchan hamkorlarni hamda tashkilotga nisbatan boshqa tashqi tomonlarni o‘zaro bog‘laydi. " Ekstremal dasturlash|"Dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish metodologiyalaridan biri. " Ekvayrer (bank-ekvayrer)|"To‘lov tizimi vositalari bilan xizmat ko‘rsatish ishtirokchilarining o‘zaro hamkorligini taʼminlash bo‘yicha zarur operatsiyalar bajarilishini amalga oshiradigan moliya tashkiloti. " Ekvidistant antenna panjarasi|"Qo‘shni elementlar o‘rtasida bir xil masofaga ega liniya antenna panjarasi. " Ekvidistant elementlar|"Bir-biriga nisbatan bir xil masofada joylashgan antenna panjarasining elementar nur tarqatgichlari. " Ekvivalent izotrop nurlanuvchi quvvat (e.i.n.q.)|"Antennaga uzatiladigan quvvatning, izotrop antennaga nisbatan berilgan yo‘nalishda bu antennaning kuchaytirish koeffitsientiga ko‘paytmasi. Izoh – Izotrop antenna, unga 1kW quvvat uzatilganda barcha yo’nalishlarda 1 kW ga teng e.i.n.q. ni taʼminlaydi, va 1km masofada 173 mV/m maydon kuchlanganligini hosil qiladi, deb hisoblanadi. " Elektr pastga og‘ish|"Antenna elementlarini fazalash yo‘li bilan yoki analog elektr vositalar yordamida amalga oshiriladigan antennaning pastga og‘ishi. Elektr ravishda o‘chiriladigan dasturlashtiriladigan doimiy xotira qurilmasi ing. - electrically (electrical) erasable programmable read-only memory (EEPROM) ru – электрически стираемое программируемое постоянное запоминающее устройство Kam ishlatiladigan yarim o‘tkazgich turiga tegishli dasturlashtirilgan doimiy xotira qurilmasi, uni tozalash yoki qayta dasturlash uchun elektr signallardan foydalaniladi. Ushbu signallar mikrosxemaning maxsus oyoqchalariga kompyuterning o‘zi yoki tashqi qurilma (dasturlovchi) tomonidan yuboriladi. 10 dan 100 ming siklgacha qayta yozish imkoniyatini beradi. " Elektr skanlanadigan antenna panjarasi|"Nurning elektr skanlanishi uning parametrlarini elektr boshqarish vositasida amalga oshiriladigan antenna panjarasi. " Elektr ta’minot tarmog‘i bo‘yicha xalaqitga chidamlilik (hisoblash texnikasi vositasining)|"Hisoblash texnikasi vositasining tarmoq xalaqitlari ta’siriga chidamliligi. " Elektrolyuminessensiya|"Elektr maydoni yoki tok qo‘zg‘atadigan lyuminessensiya. " Elektrolyuminoforlar|"Elektrolyuminessensiya xossasiga ega bo‘lgan moddalar. " Elektromagnit moslashuv|"Turli radioaloqa vositalaridan birgalikda foydalanish mumkin bo‘lgan hamda ularning o‘zaro ta’siri aloqa sifatining belgilangan normalardan pasayishiga olib kelmasligini kafolatlaydigan sharoit. " Elektromagnit moslashuv darajasi (hisoblash texnikasi vositasining)|"Parametrlarining qiymatlari qat’iy belgilangan tashqi xalaqitning hisoblash texnikasi vositasining xalaqit emissiyasiga bo’lgan normasi bilan xalaqitga chidamlilik normasi o‘rtasida yotuvchi, darajasi. Real sharoitlarda uning oshib ketish ehtimoli kam. " Elektromagnit moslashuv xarakteristikasi|"Texnik vositaning berilgan elektromagnit vaziyatda ishlash imkoniyatini va/yoki uning boshqa texnik vositalarga ta’siri darajasini ko‘rsatadigan xarakteristikasi. " Elektromagnit nurlanish|"Energiyaning manbadan elektromagnit to‘lqinlar ko‘rinishida fazoga nurlanish jarayoni. " (Elektromagnit nurlanishdan) biologik himoya|"Sanitariya normalari bilan belgilangan sathlarga mos keladigan elektromagnit nurlanishlarning qat’iy belgilangan darajalarini ta’minlash. " Elektromagnit to‘lqinlar dispersiyasi|"Elektromagnit to‘lqin fazaviy tezligining chastotaga bog‘liqligi. " Elektromagnit to‘lqinlarning nurlanishi|"Istalgan manbadan chiqayotgan energiyaning elektromagnit to‘lqinlar shaklidagi oqimi. " Elektromagnit to‘lqinlarning qaytishi|"Elektromagnit to‘lqinlar tarqalish yo‘nalishining ikki muhit chegarasida o‘zgarishi, bunda bo‘linish chegarasiga tushayotgan to‘lqin qisman yoki to‘liq holda o‘zi kelayotgan muhitga qaytadi. " Elektromagnit xalaqit|"Manbai tabiatdagi fizik hodisalar bo‘lgan elektromagnit xalaqit. " Elektromagnit xalaqitga chidamlilik; xalaqitga chidamlilik|"Texnik vositaning, elektromagnit xalaqitlar mavjudligi sharoitida sifatni pasaytirmasdan ishlash qobiliyati. " Elektromagnit xalaqitlardan himoyalash|"Telekommunikatsiya signalini elektromagnit xalaqitlardan himoya qilish maqsadida izolyatsiyalash. " (Elektromagnit) ta’sirchanlik|"Retseptorning elektromagnit xalaqitga ta’sirchanlik qobiliyati. " Elektromagnit g‘alayonlanish|"Qurilma, uskuna yoki tizim xarakteristikalarini yomonlashtirishi mumkin bo‘lgan har qanday elektromagnit hodisa. " Elektron arxiv|"Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda saqlanishi zarur bo‘lgan elektron hujjatlar to‘plami. " Elektron autsorsing|"Boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga biznes-jarayonlar bajarilishini topshirish, axborot texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan xizmatlarni taqdim etish. " Elektron axborot-xizmati hujjati|"Elektron raqamli imzo bilan himoyalangan, hisob-kitobni amalga oshirishda va banklarda ochilgan schyotlar (hisob varaqlari) bo‘yicha operatsiyalarni o‘tkazishda axborot almashinuvini taʼminlaydigan hujjat. " Elektron bildirish|"Axborot tizimi vositasida jismoniy yoki yuridik shaxsni davlat organi yoki boshqa tashkilotning elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish yuzasidan harakatlarini tasdiqlash to‘g‘risida xabardor qilish. " Elektron biznes|"Samaradorligi va raqobatbardoshliligi axborot texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan biznes. Izoh – Elektron biznes sheriklar va buyurtmachilar bilan bo‘ladigan butun o‘zaro munosabatlar tizimini qamrab oladi va faqat tijoriy faoliyatga taalluqli bo‘lgan elektron tijorat tushunchasini ichiga oladi. " Elektron boshqaruvchi qurilma|"Tashqi qurilmalar ishini boshqarish uchun mo‘ljallangan qurilma (mikrosxema). " Elektron bozor|"Yagona axborot-texnologik infratuzilmada o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradigan yetkazib beruvchilar va xaridorlar guruhi. " Elektron davlat xizmati|"Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilgan holda ko‘rsatiladigan davlat xizmati. " Elektron davlat xizmati reglamenti|"Elektron davlat xizmati ko‘rsatish tartibi va unga qo‘yiladigan talablarni belgilaydigan normativ-huquqiy hujjat. " Elektron davlat xizmatini ko‘rsatish natijasi|"Talabnoma beruvchilar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining amalga oshirilishi, shu jumladan, ularga tegishli axborot va hujjatlarning taqdim etilishi. Davlat organlari tomonidan elektron davlat xizmati ko‘rsatish reglamentiga muvofiq tegishli ishlarni amalga oshirishda ifodalanadi. " Elektron davlat xizmatlarining yagona reyestri|Elektron davlat xizmatlarining to‘liq ro‘yxatini ichiga oladigan interaktiv davlat xizmatlarining yagona portalida e’lon qilinadigan, davlat xizmatlari, shakllari va blanklari yagona reyestri tarkibida shakllantiriladigan, Internet tarmog‘idagi ochiq va hamma foydalana oladigan axborot resursi. Elektron demokratiya|"Mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarishdan tortib xalqaro darajagacha bo‘lgan barcha bosqichlarda jamoaviy fikrlash (kraudsorsing) va ma’muriy jarayonlar (xabardor qilish, birgalikda qarorlar qabul qilish – elektron ovoz berish, qarorlar bajarilishini nazorat qilish) uchun asosiy vosita sifatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bilan tavsiflanadigan demokratiya shakli. " Elektron disk|"Tezkor xotira qismidan dasturiy tarzda yaratilgan psevdodiskli to‘plagich. Operatsion tizim u bilan real mavjud bo‘lgan disk bilan ishlagandek ishlaydi. Ma’lumotlardan foydalanishni tezlatish maqsadida fizik mavjud diskdan ma’lumotlarni vaqtinchalik takrorlash uchun foydalaniladi, chunki tezkor xotira diskli xotiraga nisbatan birmuncha tez ishlaydi. Ko‘pincha, virtual disk deb ataladi. " Elektron (elektr) sinov jadvali|"Elektr vositalari yordamida olingan signal hosil qilgan televizion sinov jadvali. " Elektron e’lonlar taxtasi|"Terminal kira olish interfeysi orqali elektron pochtadan foydalanish, kerakli fayllarni ko‘chirib olish va alohida Internet-xizmatlaridan foydalanish tizimi. Uning asosini turli foydalanuvchilar joylashtirgan e’lonlar va ularni boshqa foydalanuvchilarga namoyish qilish maqsadida yuborilgan xabarlardan iborat maxsus ma’lumotlar bazasi tashkil qiladi. " Elektron hisoblash mashinasi|"Elektron asboblari bo‘lgan hisoblash mashinasi. " Elektron hujjat|"1. Elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa elektron hujjat rekvizitlariga ega bo‘lgan axborot. 2. Hisoblash tizimi xotirasidagi odamning dasturiy va apparat vositalari yordamida ko‘rishi hamda eshitishi uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar to‘plami. Matnli, grafik va ovozli axborotga ega bo‘lishi mumkin. " Elektron hujjat aylanishi|"Axborot tizimi orqali elektron hujjatlarni jo‘natish va olish jarayonlarining majmui. " Elektron hujjat aylanishi ishtirokchisi|"Elektron hujjatni jo‘natuvchi va elektron hujjatni oluvchi. Izoh – Elektron hujjat aylanishida axborot vositachilari ham ishtirok etishlari mumkin. " Elektron hujjat aylanishi tizimi|"1. Elektron hujjatlar bilan ishlash (yaratish, o‘zgartirish, izlash), shuningdek, xodimlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik o‘rnatish (hujjatlarni uzatish, topshiriqlar berish, xabarnomalar jo‘natish va b.lar) imkonini beradigan kompyuter dasturi (dasturiy ta‘minot, tizim). 2. Elektron hujjatlar bilan ishlash (ya’ni, elektron hujjat aylanishi) ni tashkil qilish va avtomatlashtirishga imkon beradigan tizim (kompyuter dasturi, dasturiy ta’minot va b.lar). " Elektron hujjat aylanishi vositalari|"Elektron hujjat aylanishida qo‘llaniladigan dasturiy, texnik va texnologik vositalar majmui. " Elektron hujjat egasi|"Qonun hujjatlarida belgilangan huquqlar chegarasida elektron hujjatlarga egalik qilish, foydalanish va boshqarishni amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs. " Elektron hujjat formati|"«Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi Qonuni yoki tizim ishtirokchilarining kelishuvlari bilan o‘rnatilgan еlektron hujjatning majburiy standartlashtirilgan rekvizitlari. " Elektron hujjat haqiqiyligini tasdiqlash|"Elektron hujjat barcha rekvizitlari o‘zgarmasligini tekshirishning ijobiy natijasi. " Elektron hujjat rekvizitlari|"Elektron hujjatning haqiqiyligini tan olish uchun zarur bo‘lgan majburiy ma’lumotlar (elektron raqamli imzo, yuridik shaxsning nomi yoki elektron hujjat jo‘natuvchisi – jismoniy shaxsning familiyasi, ism-sharifi, elektron hujjat jo‘natuvchisining pochta va elektron manzili, uning yaratilish sanasi). " Elektron hujjatlar qiymati ekspertizasi|"Elektron hujjatlarning, ularni saqlash uchun saralash va ularni saqlash muddatlarini belgilash maqsadida, qiymatini aniqlash. " Elektron hujjatlar repozitoriyi|"Elektron hujjatlar qayta ishlanishini va saqlanishligini ta’minlaydigan, shuningdek, Yagona portalda shakllantirilgan elektron hujjatning haqiqiyligini tekshirish vositalarini taqdim etadigan axborot resursi. " Elektron hujjatlarni boshqarish tizimi|"Elektron hujjatlar bilan ishlash jarayonini avtomatlashtirish tizimi. Hujjatlar arxivini va ish jarayonlarini avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan dasturiy ta’minotni o‘z ichiga oladi. " Elektron hujjatni identifikatsiyalash|"Elektron hujjatning rekvizitlari asosida uning tuzilmasini aniqlash. " Elektron hujjatni jo‘natuvchisi|"Elektron hujjat rekvizitlarida nomi ko‘rsatilgan hamda elektron hujjat oluvchisiga elektron hujjatni jo‘natayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs. " Elektron hujjatni qabul qilib oluvchi|"Elektron hujjatning jo‘natuvchisi tomonidan elektron hujjat manzillangan yuridik yoki jismoniy shaxs. " Elektron hujjatni qayta tiklash|"Odamning bevosita idrok qilishi uchun qulay bo‘lgan elektron hujjatni amalga oshirish. " Elektron hujjatni tuzuvchi|"Saqlash uchun kimdir tomonidan yoki kimningdir nomidan elektron hujjatni jo‘natgan yoki tayyorlagan shaxs. " Elektron hujjatning asl nusxasi|"Elektron hujjatning aynan bir xil nusxasi, basharti u belgilangan tartibda haqiqiy deb tasdiqlangan bo‘lsa, asl nusxadir. " Elektron hujjatning nazorat xarakteristikasi|"Xeshlash vositalari yordamida ishlab chiqilgan va elektron hujjatning yaxlitligini tasdiqlash uchun mo‘ljallangan xesh funksiyaning ahamiyati. Izoh – Elektron hujjatning yaxlitligi, unga ruxsat etilmagan o‘zgarishlar kiritilmaganligini va elektron hujjatni qayta ishlashda yoki uni aloqa kanallari bo‘yicha uzatishda mashina tashuvchilaridagi shikastlanishlar va dasturiy-texnik vositalardagi nosozliklar natijasida buzilmaganligini ko‘rsatadi. " Elektron hujjatning qog‘ozdagi nusxasi|"Elektron hujjatning qog‘ozdagi nusxasining tashqi shaklini ifodalashni qonunchilik tomonidan o‘rnatilgan tartibda guvohnomalash yo‘li bilan yaratiladi. Elektron hujjatning qog‘ozdagi nusxasi qonunchilik bilan o‘rnatilgan tartibda guvohnomalanadi va saqlanadi. " Elektron hukumat|"Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash yo‘li bilan, davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatini, shuningdek, idoralararo elektron o‘zaro hamkorlikni taʼminlashga yo‘naltirilgan, tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimi. " Elektron hukumat infratuzilmasi|"Elektron shaklda funksiyalarni amalga oshirish va xizmatlar ko‘rsatishda davlat hokimiyati organlari, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari, fuqarolar va yuridik shaxslarning o‘zaro hamkorligini ta’minlaydigan, joylashtirilgan davlat axborot tizimlari, dasturiy-apparat vositalari va aloqa tarmoqlarining majmui. " Elektron hukumat yagona identifikatorlari|"Har bir jismoniy va yuridik shaxsga, kadastr va ko‘chmas mulk obyektlariga, geografik va boshqa obyektlarga beriladigan hamda ularni elektron hukumatda identifikatsiya-lash imkonini beradigan noyob kodlar. " Elektron iqtisodiyot|"Raqamli texnologiyalarga asoslangan iqtisodiy faoliyat. " Elektron ish yuritish|"Elektron hujjatlashtirishni va elektron hujjatlar bilan ishlashni qamrab oladigan tashkil qilish faoliyati. " Elektron jadval|"Har xil hisoblash vazifalari uchun mo‘ljallangan dasturiy mahsulot. Foydalanuvchiga yacheykalarida matnli va sonli ma’lumotlar, shuningdek, formulalar saqlanadigan jadval ko‘rinishida taqdim qilinadi. Qo‘yilgan formulalar bo‘yicha tezkor hisoblash mumkin, ma’lumotlar o‘zgarganda avtomatik qayta hisoblash bajariladi. Elektron jadvallar ‒ boshqarish tizimi bilan birgalikdagi spetsifik ma’lumotlar bazasidir. Dasturchi bo‘lmagan foydalanuvchi uchun mo‘ljallangan. " Elektron jurnal|"Kompyuter dasturi yaratadigan, qandaydir voqea yoki operatsiya to‘g‘risidagi axborotni maxsus faylga yozish. " Elektron kalit|"Dasturiy mahsulotlarni noqonuniy ko‘pay-tirish va foydalanishdan muhofaza qilish qurilmasi. Elektron kalit – bu qandaydir parol yozilgan xotirali mikrosxemadan iborat, kichik o‘lchamdagi blokdir. Blok kompyuterning parallel portiga ulanadi, printer yoki boshqa qurilmani ulashga xalaqit bermaydi. Himoyalangan dastur ishga tushirilganda elektron kalitda yozilgan parol tekshiriladi. " Elektron karmon|"Elektron pullarni saqlash va turli to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradigan, ichiga chip o‘rnatilgan smart-karta yoki boshqa elektron tashuvchi. Izoh – Umuman olganda elektron karmon tushunchasi yaqindan ommalashib bormoqda. " Elektron kitob|"Raqamli ko‘rinishdagi, stol, cho‘ntak kompyuterlaridagi, noutbuklardagi, shuningdek, bu maqsad uchun maxsus mo‘ljallangan kompyuterlardagi maxsus dasturiy ta’minot (masalan, Microsoft Reader) yordamida o‘qish uchun mo‘ljallangan kitob. Kitob tegishli tugmalarni bosish orqali varaqlanadi. Matnni kompyuterning yoritiladigan displeyida batareya yoki akkumulyatorning ishlash muddati mobaynida o‘qish mumkin. " Elektron kommunikatsiya|"Qatnashchilarning elektron aloqa kanallari bilan bevosita ifodalangan o‘zaro aloqasi. " Elektron litsenziyalash portali|"Litsenziyalash va ruxsat beradigan protseduralar sohasida interaktiv xizmatlarni taqdim etishning «Litsenziya» axborot tizimlari kompleksi. Bu kompleks elektron ko‘rinishda litsenziyalar va ruxsatnomalar rasmiylashtirilishini avtomatlashtirishdan foydalanishning yagona nuqtasi hisoblanadi. " Elektron marka|"Oddiy va buyurtma xatlar, pochta varaqchalari va banderollarga tushirish uchun mo‘ljallangan, qo‘shimcha axborot kiritilgan, pochta aloqasi xizmatlariga to‘lovni tasdiqlovchi shtrixli pochta identifikatori ko‘rinishidagi pochta markasi. " Elektron maydon|"Internet tarmog‘ida joylashtirilgan umumiy foydalanishdagi axborot tizimi. Jumladan, axborot tizimi deganda, ma’lumotlar bazalarida bo‘lgan axborot va uning qayta ishlanishini ta’minlaydigan axborot texnologiyalari hamda texnik vositalar majmui tushuniladi. Elektron maydon: - saytning Internet tarmog‘idagi domen nomi; - ma’lumotlar bazasi; - dasturiy-apparat kompleksi; - aloqa kanali; - texnik ta’minot xizmati kabi beshta elementdan iborat. " Elektron ma’lumotlar|"1. Elektron vositalar yordamida shakllantiriladigan, qayta ishlanadigan, saqlanadigan, jo‘natiladigan va olinadigan ma’lumotlar. 2. Elektron, optik yoki shunga o‘xshash vositalar yordamida tayyorlangan, jo‘natilgan, olingan yoki saqlanadigan axborot, shu jumladan ma‘lumotlar bilan elektron almashish, elektron pochta, telegraf, teleks yoki telefaks va b.lar. " Elektron ma’lumotlar almashinuvi|"Axborotni bir kompyuterdan boshqasiga, kelishilgan axborotni tizimlashtirish standartidan foydalanib, elektron uzatish. " Elektron ma’lumotlarni jo‘natuvchi|"Nomiga yoki nomidan elektron ma’lumotlar yuboriladigan yuridik yoki jismoniy shaxs, bu ma’lumotlarga nisbatan axborot vositachilari sifatida ish ko‘radigan shaxslardan tashqari. " Elektron maʼlumotlarni oluvchi|"Jo‘natuvchi tomonidan yoki jo‘natuvchi nomidan, elektron maʼlumotlar jo‘natiladigan yuridik yoki jismoniy shaxs, bu maʼlumotlarga nisbatan axborot vositachisi sifatida ish ko‘radigan shaxslardan tashqari. " Elektron muhofaza qilish qurilmasi|"Kompyuter tarkibidagi qulf, javob bergich va sh.k. funksiyalarni bajaruvchi va dasturni hamda ma’lumotlarni ruxsat etilmagan tarzda foydalanishdan muhofaza qilish uchun mo‘ljallangan elektron qurilma. " Elektron naqd pullar|"Hisob-kitoblar uchun, shu jumladan Internet tarmog‘idan foydalanib amalga oshiriladigan hisob-qitoblar uchun foydalaniladigan, bank yoki boshqa tuzilma tomonidan elektron (raqamli) sertifikatlar shaklida emissiya qilingan, ko‘rsatuvchiga bo‘lgan pul majburiyatlari. Izoh – Elektron naqd pullarning bank kafolatlari, majburiyatni uning emitentiga taqdim etish paytida oddiy pul mablag‘lari bilan taminlashdan iborat. " Elektron nashr|"Internet yoki boshqa onlayn xizmatlar orqali foydalanish mumkin bo‘lgan nashr. " Elektron-nurli trubka|"Tasvirlarni qayta tiklash qurilmasi, unda elektr signal ekranning ichki tomonidagi lyuminaforlarning yorug‘lanishiga sababchi bo‘ladigan elektron nurga aylantiradi. CRT qisqartmasini, shuningdek, Cathode Ray Terminal kabi ham o‘qish mumkin, bu trubkaning o‘ziga emas, balki unga asoslangan qurilmaga mos keladi. " Elektron-nurli trubka asosidagi displey|"Ekranida tasvir elektron-nurli trubka yordamida yaratiladigan displey. Ishlash uchun, displeydan tashqari tegishli adapter yoki karta zarur bo‘ladi. Rangli tasvirni yaratish uchun va grafikadan foydalanish mumkin bo‘lishi uchun grafik adapter zarur. Elektron-nurli trubka asosidagi displeyda tasvir fluoressensiyalanadigan ekranni elektron nur bilan bombardimon qilish orqali yaratiladi. Nur ekran bo‘ylab chapdan o‘ngga, yuqoridan pastga harakatlanadi, bitta o‘tish ichida barcha gorizontal satrlar shakllantiriladi. Displeyning satr chastotasi – displey 1 s ichida shakllantiradigan satrlar soni; kadrlarning yangilanish chastotasi (kadr chastotasi) muhim ko‘rsatgichlar hisoblanadi. Raqamli boshqariladigan displeylar keng tarqalgan. Yaqin vaqtda displeyli panellarga ommaviy o‘tish kutilmoqda. " Elektron-optik o‘zgartirgish|"Tasvirning spektral tarkibini o‘zgartirish va/yoki tasvir yorqinligini kuchaytirish uchun mo‘ljallangan fotoelektron elektrovakuum asbob. " Elektron ovoz berish|"Ovoz berishning har xil turlarini belgilay-digan, ham elektron ovoz berish vositalarini (elektron demokratiya), ham ovozlarni sanab chiqishning texnik elektron vositalarini qam-rab oladigan atama. Internet-saylovlar elek-tron ovoz berishning bir ko‘rinishi hisoblanadi. Elektron ovoz berish texnologiyalari perfokartalarni, optik skanlash tizimlarini va ovoz berish uchun mo‘ljallangan ixtisoslash-tirilgan terminallarni o‘z ichiga olishi mumkin. Bu texnologiyalar, shuningdek, saylov byulletenlari va ovozlar telefon, xususiy kompyuter tarmoqlari yoki Internet orqali uzatilishini ham o‘z ichiga olishi mumkin. Elektron ovoz berish texnologiyasi ovozlarni sanab chiqish jarayonini tezlashtirish, shuningdek, imkoniyati cheklangan odamlarning ovoz berishini osonlashtirish imkonini beradi. " Elektron papka|"Elektron hujjatlarning o‘zaro bog‘langan to‘plami. " Elektron pochta|"1. Bir elektron pochta qutisidan boshqa bir elektron pochta qutisiga xabarlar jo‘natish yoki olish imkonini beradigan dasturiy-texnik vositalar kompleksi. 2. Internet tarmog‘ining istalgan abonenti bilan elektron pochta xabarlarini almashinish. 3.Tarmoqlar orqali xabarlarning foydalanuvchidan foydalanuvchiga yuborilishini, shuningdek, bu xabarni o‘qish va saqlash imkonini beradigan servis dasturlar tizimi. " Elektron pochta hisobga olish yozuvi|"Foydalanuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan yozuv, bunda foydalanuvchi o‘zi haqida elektron pochta tizimiga xabar beradi. " Elektron pochta Internet-xizmatlari|"Xizmatlar isteʼmolchisiga manzilni berish va bu manzilga maʼlumotlar qabul qilish, shuningdek, xizmatlar isteʼmolchisiga yuborilgan yoki uning nomiga kelgan maʼlumotlarni saqlash va jo‘natish bo‘yicha harakat yoki faoliyat. " Elektron pochta manzili|"Elektron pochta xabari yetkazib berilishi kerak bo‘lgan pochta qutisini identifikatsiya qiladigan yozuv. User@domain (masalan, chief@ pcweek.ru) formatiga ega. Ko‘pchilik Internet provayderlari elektron pochta manzili sifatida hisobga olish yozuvini taklif qiladilar. " Elektron pochta qutisi|"Internet tarmog‘i orqali xabarlarni olish yoki jo‘natish uchun noyob raqamdan (elektron pochta manzilidan) foydalaniladigan dasturiy-texnik vositalar kompleksi. " Elektron pochta serveri|"Ayrim lokal tarmoq kompyuterlari uchun elektron pochtani jo‘natish, qabul qilib olish va «taqsimlash»ni bajaradigan kompyuter va dasturiy ta’minot. " Elektron pochta xizmati|"Elektron pochta serveri tomonidan ko‘rsatiladigan xizmat, ya’ni mijoz o‘z serverini joriy xizmatga moslaganda u elektron xatlarini shu server orqali uzatish va qabul kilish imkoniga ega bo‘ladi. " «Elektron pochta» xizmatlari|"Istalgan foydalanuvchiga matn yoki matn ko‘rinishiga o‘zgartirilgan ixtiyoriy faylni jo‘natish imkonini beradigan xizmatlar. " Elektron pullar|"1. Kompyuterda yoki intellektual kartada maxsus yozuvlar ko‘rinishida mavjud bo‘lgan, aniq bir axborot texnologiyasi doirasida kontragentlarning o‘zaro hisob-kitoblari va xaridlar uchun foydalaniladigan pullar. 2. Emitentga bo‘lgan talabni o‘zida ifodalaydigan, elektron qurilmada saqlanadigan, chiqariladigan pul qiymatidan kam bo‘lmagan miqdorda mablag‘ olingandan so‘ng emissiya qilinadigan va boshqa korxonalar tomonidan to‘lov vositasi sifatida qabul qilinadigan pul qiymati. Izoh – yandexmoney, webmoney, qiwi karmon an’anaviy elektron pullarga kiradi. " Elektron pullar sohasidagi muassasa|"Elektron pullar shaklida to‘lov vositalari chiqaradigan (kredit muassasasiga qaraganda boshqacha) korxona yoki har qanday yuridik shaxs. " Elektron raqamli imzo|"Elektron raqamli imzo yopiq kalitidan foydalangan holda elektron hujjatdagi axborotni maxsus almashtirish natijasida ushbu elektron hujjatda hosil qilingan va elektron raqamli imzo ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborot buzib ko‘rsatilmaganligini aniqlash hamda elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkonini beradigan imzo. " Elektron raqamli imzo haqiqiyligini tasdiqlash|"1. Elektron raqamli imzo elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga tegishliligini va elektron hujjatda axborotni buzib ko‘rsatishlar yo‘qligini tekshirishning ijobiy natijasi. 2. Elektron raqamli imzoni tekshirish maʼlumotlarini muayyan shaxs bilan bog‘laydigan va bu shaxsning aynan o‘xshashligini tasdiqlaydigan elektron guvohnoma. " Elektron raqamli imzo haqiqiyligini tekshirish|"Reglamentlangan harakatlar ketma-ketligi, uning natijasida elektron raqamli imzo bilan imzolangan elektron hujjatni va ro‘yxatga olish guvohnomasi egasining ochiq kalitini olgan shaxs, elektron raqamli imzo haqiqiyligini tasdiqlaydi yoki uni rad etadi. " Elektron raqamli imzo kalitining sertifikati|"1. Ro‘yxatga olish markazi tomonidan berilgan va tasdiqlangan, elektron raqamli imzo ochiq kaliti muayyan yuridik yoki jismoniy shaxsga tegishliligini tasdiqlaydigan hujjat. Izoh – Sertifikat elektron raqamli imzo ochiq kalitidan foydalanish xavfsizligini taʼminlash uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha axborotni ichiga olishi mumkin. Sertifikat elektron hujjat shaklida berilganda, ushbu Markazning elektron raqamli imzosi bilan imzolanadi. 2. Ro‘yxatga olish markazi tomonidan berilgan va tasdiqlangan, elektron raqamli imzo ochiq kaliti imzo kaliti sertifikatining egasiga tegishliligini tasdiqlaydigan hujjat. " Elektron raqamli imzo kalitlarini qayd etish markazi|"Maxsus vakolatli organning davlat ro‘yxatidan o‘tgan va elektron raqamli imzo kalitlarining sertifikatlarini berish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs. " Elektron raqamli imzo vositalari|"1. Elektron hujjatda elektron raqamli imzo yaratilishini, elektron raqamli imzo haqiqiyligi tasdiqlanishini, elektron raqamli imzo ochiq va yopiq kaliti yaratilishini taʼminlaydigan texnik va dasturiy vositalarning majmui. 2. Kalitlarni tayyorlash, elektron raqamli imzoni ishlab chiqish va/yoki tekshirish funksiyalarini amalga oshiradigan dasturiy va texnik vositalar majmui. " Elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasi|"Elektron raqamli imzoni yaratadigan (elektron hujjatni imzolaydigan) va nomiga ro‘yxatga olish markazi tomonidan elektron raqamli imzo sertifikati berilgan jismoniy shaxs. " Elektron savdo|"1. Internetda elektron hujjat aylanishi orqali amalga oshiriladigan savdo. 2. Elektron aloqa vositalaridan, birinchi navbatda, Internet tarmog‘idan foydalangan holda tovarlar, ishlar, xizmatlarni xarid qilish va sotish, foydalanish va elektron kontent huquqlarini o‘z ichiga olgan iqtisodiyot segmenti. " Elektron servis|"Elektron servis iste’molchisiga idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik tizimi orqali taqdim etiladigan, reglamentlangan xizmat ko‘rsatish turi. Elektron servisning asosiy turlari: - idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik tizimiga ulangan axborot tizimidan so‘ralgan axborotni olish; - idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik tizimiga ulangan axborot tizimiga axborot uzatish; - idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik tizimining ishlashi bo‘yicha axborot-tahliliy hisobotlarni olish. " Elektron servislar reyestri|"Idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik tizimining, elektron servislar tavsiflari saqlanishini, shuningdek, kerakli servislarni topish uchun bu tavsiflardan foydalanishni ta’minlaydigan kichik tizimi. " Elektron so‘rov|"Butunjahon Internet axborot tarmog‘ida va ommaviy ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkaziladigan, yuridik va jismoniy shaxslar so‘rovi. " Elektron tender maydoni|"Foydalanuvchilarga elektron tijoriy faoliyatni amalga oshirish uchun virtual axborot makonini taqdim etadigan ixtisoslashtirilgan Internet-resurs. Amalda birja rolini bajargan, olisdagi qatnashchilar o‘rtasida onlayn rejimida kelishuvlarni olib borishga imkon yaratgan holda, elektron auksion formatida tashkil qilinishi mumkin. " Elektron tijorat|"Axborot tizimlaridan foydalangan holda amalga oshiriladigan, tovarlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatishga doir tadbirkorlik faoliyati. " Elektron tijorat ishtirokchisi|"Elektron tijoratni amalga oshiradigan jismoniy va yuridik shaxs, shuningdek, tegishli tovarlar (ishlar, xizmatlar) xaridorlari hisoblanadigan yuridik va jismoniy shaxslar. " Elektron tijoratni yuritish bo‘yicha xizmatlar sifatining kafolati|"Xizmatlardan foydalana olishlik, korporativ maʼlumotlarning muhofaza qilinishi, biznes-jarayonlarni taʼminlashning yuqori sifati va biznesni yuritish ochiqligini taʼminlashning yuridik amaliyotiga rioya qilinishining kafolati. " Elektron to‘lov|"Qonunchilikka va o‘rnatilgan protseduralarga muvofiq, elektron to‘lov hujjati yordamida o‘tkaziladigan to‘lov. " Elektron to‘lov hujjati|"Belgilangan shaklda birlamchi pul-hisob-kitob hujjati asosida yaratilgan, tashabbuskor bank va bank mijozining «Elektron» belgisi bo‘lgan noyob elektron raqamli imzo bilan himoyalangan to‘lov hujjati, uning aniq nusxasi hisoblanadi va elektron raqamli imzoni hamda rasmiylashtirishning to‘g‘riligini tekshirish ijobiy natija bergan sharoitda, asl nusxaning yuridik kuchiga ega bo‘ladi. " Elektron to‘lov hujjatini qayta ishlash|"Elektron to‘lov hujjati operatsiyalari – to‘plash, kiritish, yozish, o‘zgartirish, solishtirib tekshirish, saqlash, yo‘q qilish, qayd etishlarning butun jami. " Elektron to‘lov tizimi|"Texnik vositalardan, axborot texnologiyalaridan va axborot tizimlarining xizmatlaridan foydalanib, elektron to‘lov hujjatlari vositasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish. " Elektron to‘lovlar|"Internet orqali turli xizmatlar uchun va tovarlar oldi-sotdisi paytida Internet foydalanuvchilar va moliya tashkilotlari, biznes tashkilotlar o‘rtasidagi hisob-kitoblar tizimi. " Elektron to‘lovlar tizimi|"Banklararo hisob-kitoblar elektron to‘lov hujjati asosida amalga oshiriladigan to‘lov tizimi. " Elektron to‘lovlar tizimi ishtirokchisi|"Elektron to‘lovlarni o‘tkazish bo‘yicha xizmatlarni taqdim etadigan yoki foydalanadigan jismoniy yoki yuridik shaxs. " Elektron to‘p|"Talab qilinadigan shakl va jadallikdagi yo‘naltirilgan elektronlar oqimini vujudga keltirish uchun mo‘ljallangan qurilma. Elektron to‘pdan elektron-optik o‘zgartirgichlarda, gazli lazerlarda, elektron mikroskoplarda va hokazolarda foydalaniladi. " Elektron vositalar|"Elektron ma’lumotlarni shakllantirish, qayta ishlash, saqlash, uzatish va qabul qilishda foydalaniladigan texnik vositalar. " Elektron xabar|"Elektron hisoblash texnikasi, axborotni qayta ishlash, saqlash va uzatishning boshqa elektron vositalari elementlari holatlarining to‘plami shaklida berilgan, inson tomonidan bir xil idrok qilishga yaroqli shaklga o‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan axborot. " Elektron xaridlar|"Samaradorligi Internet tarmog‘idan va korporativ intratarmoqlardan foydalangan holda taʼminlanadigan xaridlar jarayonini avtomatlashtirish va integratsiyalash. " Elektron o‘qitish|"Ham o‘qitishni ham malaka oshirishni qo‘llab-quvvatlash uchun, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bilan bog‘langan o‘quv jarayoni uchun umumiy ifoda hisoblanadigan o‘qitish. Elektron o‘qitish, shuningdek, raqamli texnologiyalar yordamida, ba’zida an’anaviy ta’lim kanallariga qo‘shimcha sifatida beriladigan bilimlarning keng spektrini qamrab oladigan veb-o‘qitish deb ham ataladi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan foydalanish, an’anaviy ta’lim va o‘qitishdan foydalana olmaydigan shaxslar uchun ayniqsa samarali. " Elektronika sanoati sohalarining alyansi|"AQSh hududida joylashgan, elektr va funksional standartlarni ishlab chiquvchi, tashkilot. " Elektrostatik xalaqit|"Elektrlash bilan shartlangan va to‘plangan elektr zaryadlari impuls toklari oqib kelishi va/yoki elektrostatik razryadlar natijasida hosil bo‘luvchi tabiiy xalaqit. " Element maydoni|"Qar.: Tasvir elementi. " Elementar oqim|"MPEG kodlashda bitta dasturga taalluqli bitta turdagi ma’lumotlar oqimi (video oqim, audio oqim, ma’lumotlar oqimi yoki boshqa axborot). " Elliptik egri chiziq asosidagi kriptografiya|"Asimmetrik shifrlash va elektron raqamli imzoning tez rivojlanib borayotgan yo‘nalishi. Bunda barcha hisoblashlar (masalan, kalitning qiymatini tanlash) elliptik egri chiziq nuqtalari ustida amalga oshiriladi, ya’ni, masalan, ikkita sonni oddiy qo‘shish o‘rniga, ma’lum qoidalarga ko‘ra egri chiziqning ikki nuqtasini qo‘shish bajariladi, bunda natija sifatida uchinchi nuqta olinadi. " Elliptik egri chiziqli kriptotizim|"Elliptik egri chiziq xossalariga asoslangan asimmetrik kriptotizim. Izoh – Masalan, guruh tuzilmasi elliptik egri chiziq nuqtalari bilan berilishi mumkin va shunday guruh uchun diskret logarifm muammosini ifodalashi mumkin. Bu muammo qat’iy hisoblanadi va shuning uchun kriptotizimni yaratishda foydalanilishi mumkin. " Elliptik qutblangan to‘lqin|"Elektr maydon kuchlanganlik vektorining uchi ellips chizadigan tarzda qutblangan elektromagnit to‘lqin. " Elliptiklik koeffitsiyenti|"Elektr va magnit maydon vektorlarining darajasi va fazaviy siljishiga bogʻliq parametr. " Eltuvchi|"Modulyatsiyalovchi signal bilan modulyatsiyalashga yaroqli bo‘lgan tebranish. Axborot uzatishda uni tashuvchi o‘rnida xizmat qiladigan garmonik elektromagnit tebranishlar chastotasi. Axborot uzatish eltuvchi chastotaning shu tebranishlarini uzatilayotgan xabarga mos signallar bilan modulyatsiyalash vositasida amalga oshiriladi. " Eltuvchi chastota|"Axborot uzatish maqsadida signallar bilan modulyatsiyalanadigan garmonik tebranishlar chastotasi. Modulyatsiyalangan signallar garmonik hisoblanmaydi, ularning spektri, eltuvchi chastotadan tashqari yon chastotalarga ega. Faqat yon chastotalar tebranishlari uzatiladigan signallarni o‘z ichiga oladi. Shuning uchun eltuvchi chastotasiz yoki bir polosali uzatish ham mumkin, bunda maxsus sxemalar yordamida modulyatsiyalangan tebranishlar spektridan eltuvchi chastota tebranishlari bartaraf qilinadi. " Eltuvchi chastota nazorat qilingan va konfliktlarning oldi olingan holda, ko‘plab foydalana olish|"Vaqt bo‘yicha kvantlashdan foydalaniladi-gan protokollar turkumiga muvofiq, foydala-na olish, bunda har bir stansiya axborotni faqat uning uchun qat’iy belgilangan vaqtda uzatishi va muhitdan foydalanish huquqini olishga so‘rovni yuborishi mumkin; har bir stansiya boshqaruvchi stansiyaga manzilla-nadigan uzatishga maxsus so‘rovni shakl-lantiradi. " Eltuvchi chastotalalrning siljishi|"Ikkita televizion radiouzatgichga xalaqitlarni ko‘rish yoki eshitishni kamaytirish uchun atayin kiritilgan tasvir eltuvchi chastotalar yoki tovush jo‘rligidagi eltuvchilarning uncha katta bo‘lmagan farqi. " Eltuvchidagi bir kanal|"Ko‘p kanalli xabarni alohida kanallarning signallari alohida eltuvchilarda uzatilgandagi, uzatish usuli. " Eltuvchidagi bir nechta kanal|"Ko‘p kanalli xabar uzatish usuli, bunda alohida kanallar signallari bitta eltuvchida ajratish usuli bilan uzatiladi. " Eltuvchidagi nominal chiqish quvvati (tovush uzatgich)|"Uzatgichning chiqish qisqichlaridagi quvvat, bunda uzatgichga normal yuklama yoki uning ekvivalent zanjiri ulangan. " Eltuvchidagi oqning etalon darajasi|"Eltuvchining, oqning etalon darajasiga mos keladigan amplitudasi. " Eltuvchiga nisbatan hisoblanadigan detsibellar (dBc)|"Yon yaproqlar bo‘ylab nurlanadigan, eltuvchi chastotaga nisbatan hisoblanadigan signal quvvatining o‘lchov birligi. " Eltuvchini nazorat qilish bilan ko‘plab foydalana olish|"Lokal kompyuter tarmog‘i umumiy uzatish muhitidan ko‘plab foydalana olish texnologiyasi. " Eltuvchini nazorat qilish va nizolarning oldini olish bilan ko‘plab foydalana olish|"Uzatish muhitidan foydalana olish uchun stansiyalar raqobatiga asoslangan tarmoqlardagi foydalana olish usuli. " Eltuvchining qoldig‘i|"Tasvir radiosignalining, bu signalning maksimal darajasiga nisbatan, foizlarda ifodalangan minimal darajasi. " Eltuvchisi bostirilgan amplituda-fazaviy modulyatsiya|"Ko‘p pozitsiyali kvadratura modulyatsiyalashning spektral samarali usuli. Bunda eltuvchi chastota N ta holatga ega kodli fazo hosil qilgan holda, faza va amplituda bo‘yicha modulyatsiyalanadi. Odatda, N ning qiymati 16 (SAR16), 64 (SAR64) yoki 128 ga (SAR128) teng. Eltuvchi chastota liniyaga uzatilmaydi, signaldan «kesib olinadi», so‘ngra qabul qilgichda tiklanadi. SAR64 modulyatsiya ADSL va HDSL (1,168 Mbit/s) abonent kirish liniyalarida, SAR128 esa, SDSL (2,32 Mbit/s) da qo‘llaniladi. " Emitent|"Plastik kartalar chiqaradigan va chiqarilgan kartalardan to‘lov vositasi sifatida foydalanilishi bilan bog‘liq moliyaviy majburiyatlar bajarilishini kafolatlaydigan moliya tashkiloti. " Emulyator|"Emulyatsiya amalga oshiriladigan dastur, apparat-dasturiy tizim yoki mikrodastur. Emulyator yordamida kompyuter boshqa mashina, qurilma yoki operatsion tizim uchun yozilgan dasturlarni bajarishi mumkin. Ular ichki sxemali, shinali va dasturiy emulyatorlarga bo‘linadi. Odatda, biror-bir tashqi qurilma tomonidan amalga oshiriladigan funksiyani bajaradigan dastur. " Emulyatsiya|"Apparat yoki dasturiy vositalar yoki ularning birikmasi bilan boshqa qurilmalar yoki dasturlar ishini qayta takrorlash. " Emulyatsiya rejimi|"Protsessorning ishlash rejimi bo‘lib, bunda protsessor boshqa modeldagi elektron hisoblash mashinasi komandalarini bajaradi. Emulyatsiya rejimidagi arxitektura yangi elektron hisoblash mashinasining eski modellar bilan qisman moslashuvini ta’minlaydi. " Energiyaga bog‘liq xotira|"Faqat kompyuter yoqilgandagina ma’lumotlarni (dasturlarni, o‘zgaruvchilarni) saqlash uchun mo‘ljallangan xotira qurilmasi. Kompyuter o‘chirilishi bilan (elektr energiya kelmaydi), xotira ichidagi yo‘qoladi, uni tiklash mumkin bo‘lmaydi. Tezkor xotira qurilmasi bunday xotiraga misol bo‘ladi. " Energiyaga bog‘liq bo‘lmagan xotira|"Elektr ta’minoti mavjudligiga bog‘liq bo‘lmagan magnit, optik yoki har qanday boshqa yozuv prinsiplariga asoslangan, ma’lumotlarni saqlash uchun mo‘ljallangan xotira qurilmasi. Masalan, elektron disklardan tashqari, har qanday diskli xotira. " Eng kam imtiyozlar|"Muhofaza tizimini tashkillashtirishning asosiy tamoyillaridan biri. Unga ko‘ra, har bir subyekt o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun mumkin bo‘lgan eng kam imtiyozlarga ega bo‘lishi lozim. Ushbu tamoyilga rioya qilish yovuz niyat, xato yoki imtiyozlardan ruxsatsiz foydalanish natijasida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan buzishlarning oldini olish imkonini beradi. " Eng kam munosib usuli|"Xotirani taqsimlashning umumiy vazifasini hal qilish usuli, bunda ro‘yxat bo‘yicha n ga nisbatan kam bo‘lmagan maksimal o‘lchamdagi bo‘sh joy tanlanadi. " Eng katta yuklama soati|"60 minutdan iborat uzluksiz vaqt intervali. Uning mobaynida telefon yuklamaning o‘rtacha intensivligi maksimal bo‘ladi. " Eng munosib usuli|"Xotirani taqsimlashning umumiy vazifasini hal qilish usuli, bunda ro‘yxat bo‘yicha n ga nisbatan kam bo‘lmagan minimal o‘lchamdagi bo‘sh joy tanlanadi. " Entropiya|"1. Xabarlarni uzatish paytida paydo bo‘ladigan u yoki bu simvollarning paydo bo‘lish ehtimolliklari bilan belgilanadigan xabar manbaining noaniqlik darajasi. 2. Axborot nazariyasida – obyekt holatining yoki qandaydir vaziyatning (tasodifiy kattalikning) noaniqlik o‘lchovi. Entropiya tushunchasi K.Shennon tomonidan kiritilgan va undan xabardagi axborotning miqdorini aniqlash uchun foydalaniladi. " Entropiyaviy kodlash, statistik kodlash|"Raqamli televizion videosignalni, uning statistik xossalaridan foydalanib, yo‘qotishlarsiz siqish bilan raqamli kodlash usuli. " Erkin fazoda uzatishdagi asosiy yo‘qotishlar|"Antennalar ideal dielektrik, bir jinsli, izotrop va antennalar o‘rtasidagi masofani saqlagan holda cheklanmagan muhitda o‘zgartirilgan, uzatishdagi yo‘qotishlar. Izoh – Agar antennalar o‘rtasidagi d masofa to‘qin uzunligidan katta bo‘lsa, detsibellarda ifodalandigan erkin fazodagi so‘nish quyidagicha aniqlanadi: dB. " Erkin foydalanish konsepsiyasi|"Abstrakt elektron hisoblash mashinasida amalga oshiriladigan, erkin foydalanishni boshqarish modeli, u subyektlarning axborot resurslariga qiladigan barcha murojaatlarida vositachilik qiladi. Quyidagi erkin foydalanish konsepsiyalari mavjud: diskretsion boshqarish, mandatli boshqarish, ko‘p darajali muhofaza. " Erkin foydalanish subyekti|"1. Harakatlari foydalanishni chegaralash qoidalari bilan qat’iy tartibga solinadigan shaxs yoki jarayon. 2. Shtat texnik vositalar yordamida, axborot resursidan erkin foydalanishni amalga oshiruvchi shaxs yoki jarayon. " Erkin foydalanish toifasi|"Mantiqiy obyektlarga beriladigan kategoriya, uning asosida obyektlar resurslardan foydalanish uchun ruxsat oladilar. " Erkin foydalanishni boshqarish ro‘yxati|"Oldindan belgilangan obyektdan erkin foydalanish huquqini beradigan himoya deskriptorining bir qismi. Erkin foydalanishni boshqarish ro‘yxati foydalanishni nazorat qilish elementlaridan iborat. Foydalanuvchilarning nomini, ularning parollarini va ularga berilgan imkoniyatlarni o‘z ichiga oladi. " Erkin foydalanishni boshqarish toifasi|"Ruxsat etilmagan operatsiyalardan saqlovchi qoidalarni aniqlash uchun mo‘ljallangan til elementlari. " Erkin foydalanishni boshqarish vositalari|"Ma’lumotlardan tasodifiy yoki qasddan foydalana olishni bartaraf etuvchi vositalar. " Erkin foydalanishni nazorat qiluvchi tizim ro‘yxati|"Tizim administratori tasarrufidagi himoyalash deskriptorining tarkibiy qismi bo‘lib, obyektga tizim darajasidagi xavfsizlikni o‘zlashtirish imkonini beradi. " Erkin foydalanishni tanlangan boshqarish|"Foydalanuvchi, jarayon va/yoki u tegishli bo‘lgan guruhni identifikatsiya qilish va aniqlashga asoslangan, tizim subyektlarining obyektlardan foydalana olishini boshqarish usuli. Ma’lum huquqlarga ega subyekt istalgan obyektga belgilangan cheklashlardan qat’i nazar, huquqlar berishni amalga oshira oladi (erkin foydalanish bilvosita ham amalga oshirilishi mumkin) degan ma’noda boshqarish tanlangan bo‘ladi. " Erkin foydalanishni taqdim etish siyosati|"Turli boshqariladigan resurslardan, masalan, dasturlardan yoki operatsion tizimlardan foydalanish imkoniyatini belgilaydigan siyosat. Erkin foydalanish barcha foydalanuvchilarga, muayyan rol tayinlangan foydalanuvchilarga yoki muayyan rolga kiruvchi foydalanuvchilarga taqdim etiladi. " Erkin litsenziya|"Dasturga ilova qilinadigan, foydalanuvchining intellektual faoliyatning turli mahsulotlarini cheklanmagan qayta tiklash, o‘rganish, tarqatish va o‘zgartirish (modifikatsiyalash yoki takomillashtirish) huquqini mustahkamlaydigan mualliflik shartnomasi. " Erkin va ochiq dasturiy ta’minot|"Dasturiy maxsulotni ishlab chiqish usuli, unda dasturlarning yaratilgan dastlabki kodi ochiq, ya’ni ko‘rib chiqish va o‘zgartirishlar kiritish imkoni mavjud. " Eroziya|"Tasvirlarni sochiladigan va ekrandan yo‘qoladigan mayda zarralarga kuchayib parchalanish illyuziyasini hosil qiluvchi videoeffekt; jarayon tasvir tomonlarining biridan boshlanadi. " Eshitish|"1. Axborot nurlanishlarini ruxsat etilmagan tarzda tutib olish. 2. Muhofaza qilish tizimining sust joylarini aniqlash va undan keyinchalik foydalanish maqsadida tarmoq bo‘yicha uzatiladigan axborotni jinoyatkor tomonidan tutib olinishi. " Eshitish rejimi|"Radiostansiya ma’lumotlar uzatmaydigan va qabul qilmaydigan, lekin boshqa stansiyalardan uzatiladigan xabarlarni nazorat qila oladigan ish rejimi. " Eshittirish|"Tegishli qabul qilish vositalariga ega bo‘lgan ko‘p sonli tinglovchilar uchun mo‘ljallangan va radio yoki kabel tarmoqlari yordamida amalga oshiriladigan bir tomonlama telekommunikatsiyalarning turi. " Eshittirish dasturining moduli|"Chiqarishga tayyorlangan, televizion axborot foydalanuvchisining ma’lumotlari va metama’lumotlar bilan birgalikdagi televizion dastur. " Eshittirish tarmog‘i|"Bitta tashkilot, bitta hudud yoki bitta mamlakat tovushli yoki televizion dasturlar eshittirishlarini ta’minlaydigan qurilmalarning majmui. " Eshittirish televideniyesi|"Tomoshabinlarning keng ommasiga mo‘ljallangan tovush jo‘rligidagi televideniye. " Eshittirish televideniyesi dasturlaridan foydalanish imkoniyati cheklangan tizim|"Multipleks tarkibiga kiruvchi, lekin eshittirish televideniyesining obuna bo‘yicha tarqatiladigan dasturlaridan va qo‘shimcha axborotdan foydalanish imkoniyatining cheklanishini ta’minlaydigan raqamli televizion eshittirish tizimi. " Eshittirish televideniyesi radiosignali|"Bitta televizion dastur tasviri hamda tovush jo‘rligidagi radiosignallarining majmui. " Eshittirish televideniyesi radiosignali eltuvchisini birlamchi modulyatsiyalash|"Radiosignal ortogonal kodlangan eltuvchilarining birlashmasi tarkibiga kiruvchi eshittirish (keng tarqatish) televideniyesi radiosignalining alohida olingan har bir eltuvchisini, raqamli televizion signal orqali modulyatsiyalash. " Eshittirish televideniyesi radiosignalining ortogonal kodlangan eltuvchilarini birlashtirish|"Xalaqitga chidamli kodlashni qo‘llagan holda, kvadratura-amplitudaviy modulyatsiya qilingan eshittirish televideniyesining chastota-ortogonal eltuvchi radiosignalini o‘zida ifodalaydigan, murakkab raqamli televizion signalni shakllantirish. " Eshittirish televideniyesi tizimi|"1. Televizion signalning, xususan, yoyish usuli, sinxronizatsiya signali shakli, eltuv-chilarni tasvir va tovush signallari bilan modulyatsiyalash turi, radiokanal polosasi-ning kengligi va shu kanal doirasida tasvir va tovush jo’rligi eltuvchilarining nisbiy joylashuvini belgilaydigan xarakteristikalari va parametrlarining majmui. 2. Televizion dasturning tasviri va tovushi to‘g‘risidagi axborotni shakllantirish, uzatish va qabul qilish usullarini aniqlaydigan xarakteristikalar va parametrlarning majmui. " Eshittirish televideniyesining trakti|"Televizion tasvirni televizion datchik kirishidan televizor ekranigacha, tovush jo’rligini mikrofon kirishidan televizor karnayigacha uzatish texnik vositalarining kompleksi. " (Eshittirish televideniyesining) trakti zvenosi|"Eshittirish televideniyesi traktining mustaqil funksional vazifaga ega bo‘lgan qismi. " Eshittirish televideniyesining dasturiy paketi|"Televizion dastur fragmentlarining majmui. " Eshittirish televideniyesining raqamli trakti|"Mos ravishda raqamli televizion signal manbaining chiqishidan raqamli televizor yoki raqamli televizion qo‘shimcha moslama kirishigacha raqamli televizion videosignallar, tovush signallari va xizmatga oid ma’lumotlarni shakllantirish, uzatish hamda qabul qilish uchun mo‘ljallangan texnik vositalar kompleksi. " (Eshittirish uzatgichi bilan) qamrab olish zonasi|"Radioeshittirish uzatgichlari eshittirishlarini qabul qilish, uy qabul qilgichlariga (priyemniklariga) mo‘ljallangan muayyan texnik shartlarga muvofiq, kelishilgan normalangan xarakteristikalar asosida bajariladigan zona. " (Eshittirish uzatgichi bilan) qamrab olish|"Uzatgich qamrab oladigan zona o‘lchami yoki uning ichidagi aholining soni. " (Eshittirishda) efir nazorati|"Eshittirish dasturini uni eshittirish uzatgichi orqali bevosita qabul qilishdagi nazorat. «Eslatib turuvchi» ing. - reminder ru – «напоминалка» Dastur yoki tizim tomonidan foydalanuvchiga bir narsani eslatib turish xarakteriga ega bo‘lgan xabar. " Estafeta halqasi|"Halqa topologiyasiga mo‘ljallangan lokal kompyuter tarmog‘ining turi. IBM firmasi tomonidan 1986-yilda ishlab chiqilgan. Ma’lumotlar uzatish tezligi 16 Mbyte/s ga yetadi. " Estafeta rejimi|"Bitta yetakchi va bir nechta bo‘ysunuvchi stansiyaga ega bo‘lgan liniyada ma’lumotlarni ketma-ket uzatish rejimi. Izoh − Odatda, halqasimon strukturali tarmoqlarda tashkil etiladi. " Estafetali uzatish|"Mobil stansiyani, tarmoq bo‘ylab harakatlanishi jarayonida, bir tayanch stansiyadan boshqasiga ko‘chirib ulash. " Etalon test|"Kompyuter, tizim yoki aniq dasturiy ta’minotning ish unumdorligini baholovchi test dasturi yoki paket. " Etalon videonazorat qurilmasi|"Uzatish sifatini subyektiv baholash uchun xizmat qiladigan, shartlangan ish sifatiga ega televizion tiklash qurilmasi. " Evolyutsion hisoblashlar|"Optimal yechim topish uchun evolyutsiya nazariyasi prinsiplari qo‘llaniladigan hisoblashlar usullari turkumi. Unga, jumladan, genetik dasturlash, kompyuter ilovalar va robot texnikasi qurilmalarining avtonom va adaptiv holati kiradi. " Evristik|"O‘rganish talab etiladigan ko‘plab yechimlarga ega jarayon yoki dastur. Muammoni tajriba yo‘li bilan, xatolar va tekshirishlar usuli bilan hal qilish. Dasturlashda hissiy bilish (intuitsiya) va taxminlarga, shuningdek, odam tomonidan, muayyan turdagi amaliy vazifalarni hal qilishda tajriba to‘plana borgan sari egallangan bilimlarga asoslangan evristik yondashuvdan ko‘p foydalaniladi. Ekspert tizimlarda qo‘llaniladi. " E’lon qilinmagan|"Xotira ajratilmagan, lekin dasturga murojaat qilinayotgan o‘zgaruvchi. Bajarish vaqtida, xatolarga olib kelishi mumkin, shuning uchun ham, kompilyator e’lon qilinmagan o‘zgaruvchilarni qo‘llashga yo‘l qo‘ymaydi. Dasturlashning zamonaviy dinamik tili bunday muammodan xoli bo‘lib, ulardagi o‘zgaruvchi birinchi murojaat vaqtida aniqlanadi. " E’lon, tavsif|"Dasturning, kompilyator yoki interpretatorni muayyan o‘zgaruvchi, konstanta yoki obyektning turi, o‘lchami va/yoki qiymati to‘g‘risida xabardor qiladigan taklifi. " E’lonlar taxtasi|"TDMA har bir kadrida birinchi bo‘lib uzatiladigan va kadrda vaqt intervalining taqsimlanish jadvalini saqlovchi paket. F " Fag|"Mualliflashtirilmagan tarzda boshqa dasturlarni yoki MB ni o‘zgartiradigan dastur. " Faks|"Faksimil xabarlar, hujjatlarni kommutatsiya liniyalari (odatda, telefon liniyalari) orqali masofaga uzatish hamda masofadan qabul qilish qurilmasi. " Faks-modem|"Faksimil xabarlarni qabul qilish imkoniga ega bo‘lgan kompyuterning dial-up-modemi. Faks-dastur bilan (masalan, Venta Fax and Voice) kompyuter faks funksiyalarini bajarishi mumkin bo‘ladi. " Faks-server|"Bitta yoki bir nechta faks-modem orqali lokal tarmoq foydalanuvchilarining kiruvchi va chiquvchi faksimil xabarlari oqimini markazlashtirilgan tarzda boshqaradigan server. " Faksimil xabarlarni uzatish|"Telefon tarmog‘iga ulangan telefakslar o‘rtasida hujjatlar uzatilushini tashkil qilish. " Faktik (aniq) parametr|"Protsedura, makrokomanda yoki funksiyalar aniq chaqirilganda uzatiladigan argument. " Faktik (aniq) xotira|"Hisoblash tizimining, ma’lum bir xotira qurilmasi amalga oshiradigan tashqi yoki tezkor xotirasi. " Falsh-pol|"Olinadigan va o‘zaro to‘la almashinadigan panellardan iborat pol qoplami tizimi. Panellar ularning ostidagi bo‘shliqqa kira olishni ta’minlaydigan maxsus tagliklar yoki to‘sinlar (yoki unisi ham, bunisi ham) yordamida tutib turiladi. " Faoliyatni ro‘yxatdan o‘tkazish|"Foydalanuvchi subyekt yoki g‘araz niyatli shaxsning tizimdagi xatti-harakatlarini kuzatish. " Faoliyatsizlik|"Windows operatsion tizimining holati, bunda shaxsiy kompyuterning asosiy tizimlari aktiv bo‘lmagan rejimga o‘tadi va undan chiqqandan so‘ng ishni davom ettiradi. " Aktivlashtirish kaliti|"Himoyalangan litsenziyali dasturiy ta’minotni ishga tushirishni ta’minlaydigan maxsus kod. Odatda, tasodifiy son va harflar birikmasidan, foydalanuvchi to‘g‘risidagi xeshlash ma’lumotlaridan iborat bo‘ladi. " Aktivlashtirmoq|"Ishchi holatga qaytarish. Izoh ‒ Odatda hisobga olish yozuvlari, xizmatlar yoki dasturlarning qismlariga taalluqli. Internet-saytlarda ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, foydalanuvchidan ro‘yxatdan o‘tganlikni tasdiqlashni talab qiladigan harakat (odatda ro‘yxatga olish jarayonini tugatish uchun havola bo‘yicha o‘tish). " Aktivlik koeffitsiyenti|"Aloqa kanali orqali, maʼlum hajmdagi axborotni berilgan yo‘nalishda uzatish uchun zarur bo‘lgan vaqtning aloqa kanalini umumiy band qilish vaqtiga nisbati. Kanallari kommutatsiyalanadigan maʼlumotlar uzatish tarmoqlarida aktivlik koeffitsiyenti odatda 1 ga teng. Nutqni uzatishda bu ko‘rsatgich 0,4 gacha pasayadi, chunki bunda ikkita abonent so‘zlashganda pauzalar hisobga olinadi. Paketlar kommutatsiyalanadigan tarmoqlardagi asimmetrik trafik holida esa, aktivlik koeffitsiyenti «pastga» liniyasida 0,0015 ni, «yuqoriga» liniyasida esa 0,0028 ni tashkil qiladi. " Faqat yozish (DWD-WO)|"Ma’lumotlardan tez foydalanadigan va faqat bir marta yozish mumkin bo‘lgan DVD-disk. " Faqat o‘qish|"Faylning, uni o‘zgartirishdan yoki chiqarib tashlashdan himoya qiladigan atributi. " Faqat shifrmatn bo‘yicha qilinadigan hujum|"Analitik hujum, bunda kriptoanalitik faqat shifrmatnga ega bo‘ladi. " Faraz|"Rejalashtirish jarayonidagi, dalilsiz yoki ko‘rsatmasdan turib chin, haqiqiy yoki muayyan deb hisoblanadigan omil. " Farmoyish|"Rahbariyat, asosan kollegial organ tomonidan, operativ masalalarni hal qilish maqsadida tayyorlanadigan huquqiy hujjat; odatda, cheklangan amal qilish muddatiga ega bo‘ladi hamda mansabdor shaxs va fuqarolarning tor doirasiga taalluqli bo‘ladi. " Fatal xato|"Apparatura, operatsion tizim yoki ilova xatosi. Ilovaning bajarilish yoki butun tizimning bundan keyin ishlash imkoniyatini yo‘qqa chiqaradi. " Fayl|"Kompyuter tizimida umumiy nom bilan saqlanadigan yozuvlar yoki boshqa maʼlumotlar majmui. Barcha fayllar majmui ikkita katta turkumga bo‘linadi – dastur fayllari (bajariladigan fayllar) va ma’lumotlar fayllari (bajarilmaydigan fayllar). Saqlanadigan ma’lumotlarning turiga ko‘ra, fayllar matn, grafik, ikkili, komanda, ma’lumotlar bazasi fayllari, video va audiofayllarga bo‘linadi. " Fayl atributi|"Fayl tizimi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan, fayllar bilan ishlashni tartibga solish imkonini beradigan belgi. Turli operatsion tizimlarda fayllar turli atributlar to‘plamiga ega bo‘ladi. " Fayl egasi|"Fayl yoki katalogni yaratuvchi (jismoniy) shaxs. " Fayl formati|"Ma’lumotlarni faylda saqlash tuzilmasi. Standart formatlar, xususan, grafik fayllar formatlarining to‘plami mavjud. Fayl formatini odatda fayl nomi kengaytmasi ko‘rsatadi. " Fayl nomi|"Elektron, magnit yoki optik tashuvchida saqlanganda, faylga beriladigan nom. Fayllar nomlarini yozish qoidalari foydalaniladigan operatsion tizimga bog‘liq. " Fayl nomi andozasi|"Fayl nomining namunasi. * turidagi simvol, fayl nomi shablonida bitta shablonning fayllar guruhini qidirib topish uchun xizmat qiladi. " Fayl nomini kengaytirish|"Ajratgich nuqtadan keyin faylning turi yoki uning formatini identifikatsiya qiladigan faylning nomi joylashadigan, muayyan simvollar to‘plami. Masalan, «.txt» ‒ matnli fayl, «.bmp» ‒ fayl-rasm, «.gif», «.jpg» ‒ ham fayl-rasm, lekin ular boshqa formatda. " Fayl «qurtlari»|"Kompyuter tarmog‘i uzellari bo‘ylab ko‘payadigan kompyuter viruslari turlaridan biri. Zararli dasturni o‘z ichiga oladi. Bu viruslar, foydalanuvchi uni ishga tushirib yuboradi degan umidda, uning eʼtiborini tortadigan nomlar ostida (masalan, Game.exe, install.exe va b.lar) o‘zining nusxalarini yaratadi. " Fayl sarlavhasi|"Faylning boshlang‘ich qismi, unda uning atributlari saqlanadi. " Fayl serveri|"1. Diskli to‘plagichlari bo‘lgan, tarmoqqa ulangan va tarmoq foydalanuvchilari uchun, unda saqlanadigan ma’lumotlar va ilovalardan foydalanish imkoniyatini ta’minlaydigan markaziy kompyuter. 2. Barcha tarmoq xizmatlarining manbai – elektron pochta bo‘ylab (orqali) abonentlarning so‘rovlarini oladigan, agar talab etilsa, ayni shu yo‘l bilan, ularning bajarilish natijalarini qaytaradigan maxsus dastur. Dasturlar, ma’lumotlar va boshqa axborot bo‘lgan, doimiy ravishda to‘ldirilib boriladigan katta arxivni o‘zida ifodalaydi. Asosiy funksiyasi elektron pochta vositalari orqli axborot taqdim etish. " Fayl taqsimoti|"Ko‘p foydalanuvchili operatsion tizimlarda bitta fayldan bir vaqtning o‘zida bir nechta foydalanuvchining foydalanish imkoniyati. Atribut faylga tizim administratori tomonidan beriladi. " Fayl tizimi|"1. Operatsion tizimning bir qismi bo‘lib, diskdagi katalog va fayllar boshqarilishini ta’minlaydi. 2. Operatsion tizimda fayllarni nomlash, saqlash va joylashni belgilovchi umumiy tuzilma. NTFS, FAT va FAT32 tizimlari fayl tizimlarining har xil turlari bo‘lib hisoblanadi. " Fayl turi|"Fayl mazmuni yoki hajmini tavsiflash. Fayl turli fayl nomidan keyin uning kengaytmasi sifatida yoziladi. " Fayl viruslari|"O‘z kodini dastur fayliga yoki makrokomandalar bo‘lgan hujjatga yozadigan viruslar. Dasturni ishga tushirishda (yoki hujjatni tahrir qilish uchun yuklashda) viruslar boshqaruvga ega bo‘ladi. Izoh – Zararlash usuliga ko‘ra, fayl viruslari qayta yozadigan, parazit, zveno viruslar, qurt viruslar, kompanon viruslarga, shuningdek, dasturlarning dastlabki matnini va dasturiy ta’minot komponentlarini zararlovchi viruslarga ajratiladi. " Fayl o‘zgartirilgan sana va vaqt|"Fayl ko‘rsatgichidagi sarlavhada, uni yaratish yoki oxirgi o‘zgartirish sanasi hamda vaqtini avtomatik tarzda qayd etish. " Faylga kira olish|"Faylni ko‘rib chiqish, o‘zgartirish, almashtirish yoki o‘chirib tashlash, shuningdek, uning atributlarini ko‘rib chiqish va ularni manipulyatsiya qilish. " Faylga chop etish|"Ma’lumotlarni (tasvir va sh.k.) qog‘ozga emas, balki faylga chop etish imkoniyati. " Fayllar dispetcheri|"Windows3x da fayllar bilan ishlash uchun mo‘ljallangan tizim dasturi. " Fayllar joylashishining kengaytirilgan jadvali|"Asosan, flesh-to‘plagichlar uchun mo‘ljallangan propriyetar fayl tizimi. Birinchi marta Microsoft firmasi tomonidan Windows Embedded CE 6.0.da o‘rnatilgan qurilmalar uchun taqdim etilgan. " Fayllar joylashishining virtual jadvali, virtual FAT|"Windows 95 da qo‘llanuvchi fayl tizimi. Birinchi marotaba Windows for Workgroups 3.11 uchun paydo bo‘lgan. Faylga oxirgi murojaat vaqtini saqlab qolish va uzun (255 simvolgacha) fayl nomlarini ishlatish imkonini beradi. " Fayllar katalogi|"Disk xotirasini fayllar va boshqa kataloglar saqlanishi mumkin bo‘lgan qismlarga mantiqiy bo‘lish. Kataloglar majmui o‘zak katalogli kataloglar daraxtini hosil qiladi. Har bir katalogda boshqa kataloglar va fayllar bo‘lishi mumkin. Har bir katalog foydalanuvchi tomonidan beriladigan nomga ega; o‘zak katalog diskli operatsion tizimda «/» (teskari slesh) standart nomga ega. Disk egasining o‘zi kataloglar daraxtini tuzishi mumkin, xususan, bu faqat, barcha fayllarni ichiga oladigan o‘zak katalog bo‘lishi mumkin. " Fayllarni ajratgich|"Joylashtirilgan papkalarni bir-biridan farqlash uchun bo‘luvchi sifatida ishlatiladigan simvol. Zamonaviy operatsion tizimlarida odatda ortga teskari egri chiziqcha ishlatiladi. " Fayllarni almashish dasturi|"Foydalanuvchilarga PtP protokoli orqali ma’lumotlarni almashish imkonini beradigan dastur. Bunda fayllar markazlashgan serverda emas, balki tarmoqdagi foydalanuvchilar kompyuterida saqlanadi. " Fayllarni boshqarish|"Faylni yaratish, saqlash, o‘zgartirish va o‘chirishdan iborat barcha protseduralar. Fayllarni boshqarish operatsion tizim vositalari, shuningdek, maxsus dasturlar – fayl menejerlari yordamida ham olib boriladi. " Fayllarni havola bilan joylashtirish|"Har bir fayl diskli bloklarning bog‘langan ro‘yxati ko‘rinishida taqdim etiladigan joylashtirish usuli. " Fayllarni joylashtirish jadvali|"MS-DOS va Windows oilasidagi boshqa operatsion tizimlarda fayllarni tartibga solish va boshqarish uchun qo‘llaniladigan fayllar tizimi. FAT o‘zida FAT yoki FAT32 uchun tomlarni formatlashda Windows da tuziladigan ma’lumotlar tuzilmasini ifodalaydi. Windows jadvalda fayllarning joylashishi, har bir fayl to‘g‘risidagi ma’lumotlarni saqlaydi va kerakli faylni olish zarurati tug‘ilganda, joriy jadvaldan foydalaniladi. " Fayllarni qo‘shish|"Ikki yoki undan ortiq fayl ichidagini birlash-tirish operatsiyasi. " Fayllarni sinxronlash|"1. Aloqa buzilganda fayllarni jo‘natish texnologiyasi. Aloqa tiklangandan so‘ng, faylning qanday qismi buzilishlarsiz qabul qilinganligi aniqlanadi va qolgan qismlarning jo‘natilishi amalga oshiriladi. 2. Fayl nusxalarini, o‘zgartirishlar kiritilganda, originalga mos keltirish. " Fayllarni uzatish|"Tarmoq muhitida, bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga fayllardan nusxa ko‘chirish. " Fayllarni uzatish protokoli|"IP-protokollari to‘plamiga kiradigan, TCP/IP tarmog‘i orqali ikkita turli xildagi mashinalar orqali fayllarni izlash va jo‘natishni ta’minlovchi mijoz-server protokoli. Internetda FTP-serverlar bilan ishlashda qo‘llaniladi. " Fayllarni uzatish protokolining demoni|"FTP-server funksiyalarini bajaruvchi Linux-dastur. Qoidaga ko‘ra, avtonom rejimda ishlaydi hamda kompyuterning 21- va 22-portiga manzillangan so‘rovlarni qabul qiladi. " Fayllarni uzatish va ularga kira olishni boshqarish|"Turli xil abonent tizimlari fayllarini bir xil shaklda boshqarishni ta’minlaydigan tarmoq xizmati. U ma’lumotlar bazasini boshqaruvchi bir amaliy jarayonni, boshqa bir uning fayllari bilan ishlovchi amaliy jarayon bilan o‘zaro aloqasini tashkil qilish uchun mo‘ljallangan. " Fayllarning asosiy jadvali|"NTFS fayl tizimi tomning tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni saqlaydigan relyatsion ma’lumotlar bazasi. " Fayllarning indekslangan joylashishi|"Joylashtirish usuli, bunda fayl bloklari uchun barcha ko‘rsatgichlar indeks blokiga birga to‘planadi. Fayl ma’lumotlari blokiga tayanadigan indeks jadvallardan foydlaniladi. " Fayllarning yaxlitligini aniqlash|"Tizimdagi juda muhim fayllarning o‘zgarishini tekshiradigan dasturiy ta’minot. " Fayllarning yonma-yon joylashishi|"Har bir fayl diskda yonma-yon bloklar to‘plamini egallaydigan joylashtirish usuli. " Faylli obyekt|"Fayl, qurilma, katalog, tom va sh.k. amalga oshirish kabi foydalanuvchi holatidagi ko‘rinadigan obyekt. " Faylni aniqlovchi|"Dastur fayl, dialog shakli, shuningdek, qurilma va oyna kabi obyektlarni identifikatsiya qilish va ulardan foydalana olish imkoniga ega bo‘lishida qo‘llaniladigan ixtiyoriy belgi. " Faylni arxivlash|"Ma’lumotlarning saqlanishini ta’minlash maqsadida, bir tashuvchidan boshqasiga faylning nusxasini ko‘chirish. " Faylni blokirovkalash|"Ko‘p vazifali tarmoq operatsion tizimlarida – ma’lumotlar yaxlitligini nazorat qilish usuli. Ikki dasturga bir vaqtda fayl ichidagini o‘zgartirish imkonini bermaydi: faylga yozish amali bajarilayotganda, undan boshqa dasturlardan yozish uchun foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. " Faylni boshqarish bloki|"Operatsion tizim muayyan faylni kiritish-chiqarish operatsiyalarini boshqaradigan tizim jadvali. " Faylni fragmentlash|"Berilgan faylni yozish uchun ajratilgan klasterlarni ketma-ket emas, balki qattiq yoki egiluvchan diskning turli joylarida (bo‘laklab) joylashtirish. Bunday vaziyat, ishlash jarayonida bo‘sh disk xotirasi puliga, diskdan chiqarib tashlangan klasterlar qaytganda yuzaga keladi. Fayllarning uzunligi turlicha bo‘lgani sababli, bo‘sh klasterlarning uzluksiz zanjiri yangi faylni yozish uchun yetmay qolishi mumkin, shunda u turli joylarda yoziladi. Fragmentlash sektorlarini izlash va ko‘p sonli disk kallaklarini joylashtirish operatsiyalari sababli, diskdan faylni o‘qish tezligini kamaytiradi. " Faylni konvertasiyalash|"Fayl ichidagi ma’lumotni, ma’lumotlarni saqlashning bir formatidan boshqa formatga o‘tkazish. " Faylni ko‘chirish (ko‘chirib o‘tkazish)|"Ma’lumotni disk fazosining boshqa joyiga yoki vositaga ko‘chirish. Bunda ma’lumot oldingi joyidan o‘chiriladi. " Faylni muhofaza qilish|"Faylga ruxsatsiz kirish, uni o‘zgartirish yoki o‘chirishning oldini olish maqsadida tegishli ma’muriy, texnik yoki fizik chora-tadbirlarni amalga oshirish. " Faylni nusxalash|"Axborotni takrorlash va uni hujjatning boshqa qismida, boshqa faylda, xotiraning boshqa sohasiga yoki boshqa muhitga qaytadan tiklash. " Faylni ochish|"Asosiy xotiraga uning sarlavhasini va kiritish-chiqarish operatsiyalarini bajarishdan oldin bitta yoki bir nechta qo‘shni blokni qo‘shish. " Faylni qayta nomlash|"Faylga yangi nom berish. " Faylni saqlash|"Yangi yaratilgan yoki o‘zgartirishlar kiritilgan faylni hotirada saqlash bilan bog‘liq harakat. " Faylni siqish|"Fayl yoki papkadan ortiqcha ma’lumotlarni chiqarib tashlash jarayoni. Fayllar va papkalar siqilganda, ularning hajmi kichrayadi. " Faylni tiklash|"Xatoliklar aniqlangandan so‘ng, faylning yaxlitligini tiklash jarayoni. " Faylni yopmoq|"Dasturning fayl bilan ishlashini tugallash operatsiyasi. Bu operatsiyani bajarishda fayl bilan bog‘langan barcha buferlar tashlab yuboriladi va amalga oshirilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risidagi axborot diskka kiritiladi. " Faylning mansubligi|"Ko‘p foydalaniladigan operatsion tizimlarda ‒ fayl yaratadigan foydalanuvchining nomini ko‘rsatadigan atribut. " Faylning yaratilish sanasi|"Ma’lum bir fayl yaratilgan kun, oy, yil. Bu sana fayl sarlavhasida saqlanadi, faylni to‘g‘rilashda joriy sanaga o‘zgartiriladi. Faylning yaratilish sanasini istalgan operatsion tizimda yoki qobiqda ko‘rish mumkin. " Faystel muvozanatlangan tarmog‘i|"Doimiy va o‘zgaradigan qismlari bir xil hajmga ega bo‘lgan tarmoq. " Faza|"Tebranma yoki to‘lqinli jarayonni tavsiflaydigan funksiyaning davriy o‘zgaradigan argumenti. " Faza buzilishlari|"Qandaydir qurilmaning, masalan, keng polosali kuchaytirgich kirishi va chiqishidagi signalning ayrim tashkil etuvchilari o‘rtasidagi fazaviy nisbatning buzilishi. " Faza bo‘yicha orqada qolish|"Chiqish signalining fazasi bo‘yicha kiruvchi taʼsirga yoki tayanch tebranishga nisbatan kechikish. " Faza-chastota xarakteristikasi (tasvir uzatgich)|"Tasvir uzatgichi chiqishidagi og‘ib o‘tuvchi tebranishlar fazasining kirishdagi videochastota o‘zgarib borgan sari, chiquvchi uchlardagi signalga bog‘liqligini aks ettiruvchi egri chiziq. " Fazalangan antenna panjarasi|"Nurlanish yo‘nalishi va/yoki tegishli yo‘nalganlik diagrammasining shakli nurlantiruvchi elementlardagi qo‘zg‘atish toklari yoki maydonlarining amplituda-fazaviy taqsimlanshi o‘zgarishi bilan tartibga solinadigan antenna panjarasi. " Fazalangan antenna panjarasining moduli|"Nurlantiruvchi element yoki nurlantiruvchi elementlarning guruhi va/yoki uning funksional elementlari konstruktiv birlashgan antenna panjarasining qismi hisoblanadigan qurilma. " Fazalash|"Biri odatda, etalon signal bo‘lgan ikkita signal o‘rtasida faza siljishini rostlash. Fazalar farqi nolga keltirilgan bo‘lsa, «fazalash» atamasi o‘rniga «sinxronlash» atamasi ishlatiladi. " Fazaning oʻzgarish koeffitsiyenti|"Tarqalish koeffitsiyentining mavhum qismi. " Fazaviy skanlanadigan antenna panjarasi|"Nurning elektr skanlanishi uning nurlantiruvchi elementlariga uzatiladigan radiosignallar fazasining o‘zgarishi bilan amalga oshiriladigan antenna panjarasi. " Fazaviy yo‘nalganlik diagrammasi|"Antennaning asosiy qutblanish maydoni fazasining bog‘liqligini aks ettiradigan antenna yo‘nalganlik diagrammasi. " Fazoviy kommutatsiya|"Telekommunikatsiyalar tarmoqlaridagi, kommutatsiya tarmog‘i fazoviy hamda vaqt kanallarini, ularning vaqt bo‘yicha o‘rinlarini o‘zgartirmas-dan bog‘lash orqali amalga oshiriladigan kommutatsiya. " Fazoviy tarqoq qabul|"Radiostansiyadagi bir-biridan tegishli masofalarda joylashgan bir nechta antenna va ular bilan bog‘liq qabul qilgichlar ishlatiladigan tarqoq qabul. Izoh – Odatda, to‘g‘ri ko‘rinishdagi radioreleli tizimlar uchun, troposferali radioreleli tizimlarda gorizontal bo‘yicha tarqoqlik ishlatilgan bir paytda, vertikal bo‘yicha tarqoqlik ishlatiladi. " Fazoviy to‘lqin (ionosferali to‘lqin)|"Ionosferadan bir martali yoki ko‘p martali qaytish natijasida sodir bo‘ladigan va joyning katta burchaklari ostida qabul qilish nuqtasiga keladigan radioto‘lqin. " Fazoviy yoyish|"Tinishlarga qarshi kurash usuli, bunda tarqoq signallarni qabul qilish/uzatish bir nechta antenna yordamida amalga oshiriladi. " Fazoviy chastota|"Signal parametrining (masalan, uzunligining) fazoviy koordinata bo‘ylab davriy o‘zgarish xarakteristikasi. " Femtouya|"Qoplash zonasi kichik bo‘lgan, xonalarda uyali aloqa bilan qoplanishni ta’minlash uchun mo‘ljallangan uya. " Ferrit antenna|"Ferrit sterjen ko‘rinishidagi o‘zagi bo‘lgan magnit antenna. " Ferroelektron tezkor xotira qurilmasi|"NEC korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan energiyaga bog‘liq bo‘lmagan yarimo‘tkazgichli xotira qurilmasi. " Fexner qonuni|"Hissiy sezish intensivligi qo‘zg‘alish intensivligi logarifmiga proporsional. Tajribada logarifmik munosabat saqlab turilmaydi, biroq, his qilish kamayishining umumiy prinsipi barcha hissiy taassurotni ifodalaydi. " Fider|"Elektr zanjiri va radiochastota signalining energiyasini radiouzatgichdan antennaga yoki antennadan radioqabulqilgichga yetkazadigan yordamchi qurilmalar (ulagichlar, ventillar, faza aylantirgichlar). " Fikr|"Rost yoki yolg‘on ekanligini deyarli har doim tasdiqlash mumkin bo‘lgan mantiqiy ifoda. " Fiksatsiya impulsi|"Videosignalning qayd etilishi kerak bo‘lgan qismini aniqlashda foydalaniladigan impuls. " Filtr|"Kiruvchi ma’lumotlarni standart kiritishdan oladigan, ularni aniq bir tartib bo‘yicha qayta ishlaydigan va standart chiqarishga yo‘naltiradigan dastur. Indekslash xizmatida – hujjatlarni indekslash uchun ulardan mazmuni, xossalari qiymatini ajratib oladigan dasturiy vosita. " Filtr-dasturlar|"Kompyuterning tezkor xotirasida rezident tarzda joylashgan va operatsion tizimga qilin-gan, viruslar ko‘payish va zarar yetkazish uchun foydalanadigan murojaatlarni tutib oladigan, shuningdek, ular to‘g‘risida foydalanuvchiga xabar beradigan dasturlar. " Filtr-diplekser|"Yon polosani bostirish filtri va juda yuqori chastota ajratish filtri funksiyalari birlashti-rilgan qurilma. " Filtrlar bloki|"Har biriga tegishli filtrlarning o‘tkazish polosasiga to‘g‘ri keladigan signal qismi tushuvchi, umumiy kirish hamda alohida chiqishga ega bo‘lgan polosali filtrlar guruhi. " Firibgarlik|"1. Efir vaqti uchun tegishli to‘lovlarsiz, masalan, yolg‘on ma’lumotlarni taqdim etish yo‘li bilan mobil aloqaning tarmog‘i resurslaridan foydalanish bilan bog‘liq har qanday noqonuniy harakat. 2. Foyda olish maqsadida lozim darajadagi to‘lovlarsiz telekommunikatsiyalar xizmatlaridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday noqonuniy ataylab qilingan harakatlar. " Firibgarlik orqali foydalana olish|"Uyali apparatlarning seriya raqamlarini qayta dasturlash yo‘li bilan uyali aloqa xizmatlaridan ruxsat etilmagan tarzda foydalanish. " Firibgarlikni aniqlaydigan tizim|"Ma’lumotlar bazasini tahlil qilish asosida telefon chaqiruvlarini (CDR) batafsil ro‘yxatga olish, firibgarlik holatlarini aniqlash imkonini beruvchi dastur. " Fishing|"1. Maqsadi foydalanuvchilarning konfidensial ma’lumotlari – loginlari va parollariga kirish hisoblanadigan Internet-firibgarlik turi. Izoh – Bunga mashhur brendlar nomidan elektron xatlarni ommaviy yuborish orqali, shuningdek, turli servislarning ichida shaxsiy xabarlar orqali erishiladi, masalan, bank nomidan yoki sotsial tarmoq ichida. 2. Ijtimoiy muhandislikning turli ko‘rinishlaridan biri, foydalanuvchilarning tarmoq xavfsizligi asoslarini bilmasligiga asoslangan: xususan, ko‘pchilik oddiy faktni bilmaydi: servislar o‘zining hisob ma’lumotlari, parol yoki boshqa xabarlarni berish to‘g‘risidagi xatlarni jo‘natmaydi. " Fizik blok|"Tashuvchida yozilgan ajralmaydigan ma’lumotlar bloki. Magnit disklarda u sektor deb ataladi. " Fizik daraja|"Ma’lumotlar bitlarini uzatish uchun aktiv-lashtirish va fizik ulanish usulini ta’minlaydigan OSI modelining quyi (birinchi) sathi. " Fizik foydalana olishni boshqarish|"Foydalana olishning boshqarilishini ta’minlaydigan fizik mexanizmlardan foydalanish. Izoh – Kompyuterni qulflanadigan xonada saqlash foydalana olishni fizik boshqarishga misol bo‘lib hisoblanadi. " Fizik kanal|"Abonentlar o‘rtasida axborot almashinuvi amalga oshiriladigan bog‘lovchi liniya. Eltuvchi chastota, o‘tkazish polosasi, modulyatsiyalash va kodlash, kanal intervali kabi parametrlar bilan tavsiflanadi. " Fizik manzil|"Xotiradagi xotirani boshqarish qurilmasini «ko‘radigan» va «tushunadigan» aniq manzil. " Fizik tahdid|"Shunday tahdidki, uning amalga oshirilishi oqibatida, butun tizimga fizik zarar yetkaziladi. " Fizik zanjir|"Telekommunikatsiyalar signallarini uzatish uchun yo‘naltiruvchi muhit hosil qiladigan metall simlar yoki optik tolalar. " Flesh-xotira|"Intel kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan yarimo‘tkazgichli xotiraning energiyaga bog‘liq bo‘lmagan turi. Flesh-xotira elektr usul bilan o‘chirilishi mumkin, bu uni kompyuterdan olmay turib qayta dasturlash imkonini beradi. Xotiraning bu turi alohida baytlar bilan emas, balki faqat bloklar bilan o‘chirib bo‘lishligi sababli, tezkor xotira qurilmasining asosiy komponenti sifatida yaroqsiz, biroq, flesh-xotiradan ko‘pincha RS-kartalarda, modemlarda va boshqa qurilmalarda, shuningdek, portativ kompyuterlarda qo‘shimcha xotira sifatida foydalaniladi. " Flops|"Kompyuter tezligining o‘lchov birligi; protsessor sekundiga bajaradigan siljiydigan nuqta (vergul) li operatsiyalar sonini bildiradi. " Floptik disk|"Egiluvchan optik diskka yozish texnologiyasi. Disk sirtini belgilash va o‘qish/yozish kallagini joylashtirish lazer yordamida amalga oshiriladi, axborotni yozishning o‘zi magnitli hisoblanadi. LS-120 diskovodlarida foydalaniladi. " Flud (toshqin)|"Keraksiz axborotlar oqimi. " Fluktuatsion televizion xalaqitlar|"Televizion tasvirda miltillaydigan, xaotik harakatlanadigan mayda nuqta va shtrixlar ko‘rinishida aks etadigan, uzluksiz spektrga ega xalaqitlar. " Fluktuatsion xalaqitning vazniy funksiyasi|"Televizion tasvirdagi fluktuatsion xalaqit ko‘rinarliligi-ning uning chastotasiga bog‘liqligi. " Fokus|"Ekrandagi piksel yoki piksellarning o‘ta ravshanligi. Dog‘ o‘lchami sifatida o‘lchanadi. " Fon bo‘limi|"Xotiraning, fonli dasturlar yuklanadigan sohasi (bo‘limi). " Fon jarayoni|"Asosiy harakatlar bilan bir vaqtda bajariladigan jarayon. " Fon operatsiyalari|"Dasturni bajarishda amalga oshiriladigan ikkilamchi jarayon. Masalan, matn redaktori ma’lumotlarni printerga, dasturdan tahrir qilish uchun foydalanilayotgan paytda yuborishi mumkin. Fon operatsiyalari uzilishlardan foydalanish hisobiga ishlashi mumkin. " Fon rejimidagi dastur|"Fon rejimida ishlaydigan dastur. Ayrim eskirgan tizimlarda bu vazifa protsessor asosiy vazifa bilan band bo‘lmagan vaqtda bajariladigan quyi ustuvorlikdagi vazifa hisoblanadi. " Fonli ishlash rejimi|"Obyektlar chiziladigan yoki ekranga chiqariladigan maydon (rang). Ba’zida aktiv oynadan tashqaridagi ekranning qismi shunday ataladi. Windows foydalanuvchisining grafik interfeysida qo‘llaniladigan fonli tasvir. " Fonli tasvir|"Grafik ma’lumotlarni chiqarish qurilmalari (printer, displey, proektor va h.k.) da taqdim etish shakli. " Fonohujjat|"Ovoz yozishning istalgan tizimida qayd etilgan ovozli axborotga ega hujjat. " Forjin|"Komission yig‘imlar va yangi birliklar shaklida mukofot olish imkoniyati bo‘lgan holda, egalik ulushini tasdiqlash asosida, blokcheynda turli kriptovalyutalarda yangi bloklar yaratish. " Fork|"Dasturiy loyihaning kodli bazasidan boshqasi uchun boshlanish sifatida foydalanish. Izoh – Bunda asosiy loyiha mavjudlikda davom etishi uchun ham, uni to‘xtatish ham mumkin. Tarmoqlangan loyiha asosiy loyiha bilan ichidagining bir qismi bilan almashinishi va tutib turishi, asosiy loyiha bilan qandaydir umumiylikka ega bo‘lmagan holda, mutlaqo boshqa xossalarni olish mumkin. " Formallashtirish|"Tadqiqot obyektini, mumkin qadar, bu obyekt har xil ma’noda talqin etilishi istisno qilinadigan ko‘rinishda ta’riflash jarayoni. " Format|"Saqlashda, tashqi qurilmalarga kiritishda/tashqi qurilmalardan chiqarishda yoki kompyuter tarmoqlari orqali yuborishda ma’lumotlarni joylashtirish va taqdim etish sxemasi. " Format (ekran formati)|"Teleekranning normal kesimi, ya’ni balandligining kengligiga bo‘lgan nisbati, u 3:4, 3:5, 9:16 ga teng. " Formatni o‘zgartirish|"Maʼlumotlarni bir formatdan boshqasiga, o‘zga tizim qabul qila oladigan formatga (odatda, maʼlumotlar eksportida va importida) o‘zgartirish. " Formatlash|"1. Ma’lumotlarni bosishga, monitor ekraniga chiqarish uchun tayyorlash operatsiyasi. 2. (Magnit) tashuvchini, unga ma’lumotlar yozishdan oldin belgilash operatsiyasi. 3. Diskni foydalanish uchun tayyorlash – axborotlarni joylashtirish va o‘qib olish tuzilmasi va usullarini o‘rnatish jarayoni. Xotiraning diskli fazosi – ma’lumotlar kolleksiyasi ‒ «bo‘limlar» orqali tashkil qilinib, ularning har biri operatsion tizimga shunday joylashtiriladiki, bunda ma’lumotlarni tartiblash, izlash va tiklash imkoni mavjud bo‘ladi. Foydalanilayotgan disk formatlansa, unda oldin mavjud bo‘lgan axborot o‘chiriladi. " Fosh etish|"Ilgari qo‘llanilgan muhofazani qisman yoki to‘liq olib tashlash operatsiyasi. " Fotodiod|"Yarimo‘tkazgichning ikki turi o‘rtasidagi yoki yarimo‘tkazgich va metall o‘rtasidagi p-n-o‘tishga ega bo‘lgan yarimo‘tkazgichli diod, unda bevosita o‘tish yaqinida yuz beradigan nurlanishning yutilishi fotogalvanik effektni keltirib chiqaradi. " Fotografiya sohasi ekspertlarining birlashgan guruhi|"Faylning hajmi kichik bo‘lishi va tez o‘tkazish imkoniyatiga egaligi bilan tavsiflanadigan, lekin dekodlash jarayoni sekin davom etadigan va tasvir detallarining yo‘qolishiga olib keladigan grafik tasvirlarni siqish usuli. " Fotohujjat|"Fotografiya usulida tayyorlangan tasviriy hujjat. " Foydalana olinadigan zaiflik|"Baholash obyektining ishlash muhitida fuksional xavfsizlik talablari buzilishi uchun ishlatiladigan, baholash obyektining zaif joyi. " Foydalana olinishi cheklangan axborot|"Davlat sirlari va konfidensial axborotdan iborat ma’lumotlarga ega bo‘lgan hujjatlashtirilgan axborot, ulardan foydalana olish qonun hujjatlariga muvofiq chegaralanadi. " Foydalana olish atributi|"Muhofaza obyekti bilan bog‘langan va shu obyektdan tizim subyektining foydalana olish huquqini belgilovchi axborot elementi. Berilgan ko‘plab qiymatlardan ahamiyatlisini qabul qilishi mumkin (odatda, «o‘qish», «yozish» va «bajarish»). " Foydalana olish darajasi|"1. Mantiqiy obyektga muhofaza qilingan resursdan foydalanish imkoniyatini olish uchun zarur bo‘lgan vakolatlar darajasi. Izoh – Berilgan xavfsizlik darajasidagi axborotdan yoki ma’lumotlardan foydalana olishga vakolatlar foydalana olish darajasi bo‘lishi mumkin. 2. Ma’lumotlarning kritikligini yoki subyektlarning ochiqligini identifikatsiya qilish uchun qo‘llaniladigan, xavfsizlik darajasi belgisining iyerarxik qismi. Erkin foydalanish darajasi noiyerarxik toifalar bilan birga xavfsizlik darajasini tashkil etadi. " Foydalana olish huquqi|"1. Qonuniy hujjatlar yoki axborot egasi, mulkdori tomonidan belgilangan, muhofaza qilinadigan axborotdan foydalanish qoidalarining majmui. 2. Resurs (fayl, printer) bilan bog‘liq qoida, undan kim, qanday foydalanishini aniqlab beradi. Asosan to‘rt xil darajadagi foydalana olish/kira olish huquqlari aniqlangan – foydalana olish/kira olish huquqi taqiqlangan, faqat o‘qish uchun, o‘zgartirish va to‘liq foydalana olish/kira olish huquqi. Tizim administratori yoki ushbu resurs egasi tomonidan o‘rnatiladi. " Foydalana olish huquqlarini taqdim etish|"Muayyan dasturlar va ma’lumotlardan foydalanishga ruxsat (sanksiya) berish. " Foydalana olish identifikatori|"Foydalana olish subyekti yoki obyektining noyob belgisi. " Foydalana olish kanali|"Foydalanuvchi uskunasi tayanch stansiya bilan aloqa o‘rnatish uchun foydalaniladigan, ko‘tariluvchi WCDMA kanal. Izoh – Foydalana olish kanalidan chiquvchi chaqiruvlar, qayd etish (ro‘yhatga olish) kabi qisqa signal xabarlar almashinishda foydalaniladi. " Foydalana olish/kira olish huquqlarining buzilishi|"Xotiraning taqiqlangan qismiga murojaat qilinganda ro‘y beradigan xatolik. Dasturlardagi xatoliklar hisobiga yuzaga keladi. " Foydalana olish/kira olish taqiqlangan|"Foydalanuvchilarning, foydalanuvchida (masalan, operatsion tizim fayllaridan yoki jarayonlardan) foydalana olish huquqi bo‘lmagan resurslarga murojaat qilishga urinishida, ma’lumotlarni «faqat o‘qish uchun» deb nomlangan fayllarga yozishga urinishda yuzaga keladigan holat. " Foydalana olish/kira olishni boshqarish tizimi|"Dasturiy-texnik vositalarning majmui, ular yordamida turli resurslardan erkin foydalanishni nazorat qilish va boshqarish vazifasi hal etiladi. Tizim erkin foydalanishga ruxsat berish yoki taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi hamda kirishlar, trevogalar, xavfsizlikning buzilish hollari to‘g‘risida jurnal yuritadi. " Foydalana olish/kirish|"1. Subyekt va obyekt o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning maxsus turi, uning natijasida ularning biridan ikkinchisiga o‘tuvchi axborot oqimi paydo bo‘ladi. 2. Ma’lum turdagi operatsiyalarni keyin-chalik bajarish uchun obyektning ochili-shiga so‘rov jarayoni. 3. Abonent, jarayon, qurilma tomonidan, tizimning tarmoq uchun umumiy resurslariga murojaat qilish protsedurasi. " Foydalana olish kodi|"Foydalanuvchini kompyuter tizimida identifikatsiyalaydigan simvollar va sonlar guruhi. " Foydalana olish markeri|"Jarayon bilan bog‘liq va uning operatsion tizim resurslaridan foydalana olishi uchun «ruxsatnomasi» hisoblanadigan, ma’lumot-lar tuzilmasi. Xususan, jarayonni ishga tushirgan foydalanuvchining barcha xavfsiz-lik identifikatorlarini o‘z ichiga oladi. " Foydalana olish matritsasi|"1. Erkin foydalanishni chegaralash huquqini aks ettiruvchi va tanlaydigan kirishning xu-susiyatlarini tasvirlash uchun mo‘ljallangan jadval. Tizim obyektiga ustun, subyektiga esa, satr mos keladigan matritsani o‘zida aks ettiradi. Matritsaning ustun va satrlari kesishgan joyda subyektning obyektdan erkin foydalanish huquqi ko‘rsatiladi. 2. Subyektlarning axborot resurslaridan erkin foydalanish qoidalarini aks ettiradigan jadval. 3. Jadval ko‘rinishida taqdim etilgan, ma’lumotlarning tizimli tuzilmasi. Jadvalning ustunlari tizimda mavjud bo‘lgan barcha resurslarning identifikatorlari bilan, satrlar esa tizimda qayd etilgan barcha foydalanuvchilarning identifikatorlari bilan belgilangan. Jadval har bir ustunining har bir satr bilan kesishish joyida tizim administratori tomonidan berilgan obyektdan erkin foydalanish turining muayyan foydalanuvchiga ruxsat etilgan maxsus ko‘rsatgichi qo‘yiladi. " Foydalana olish (murojaat qilish) vaqti|"Ma’lumotlarni kiritish-chiqarishga komanda berish payti bilan almashinishning boshlanish payti orasidagi vaqt intervali. " Foydalana olish niqobi|"1. Ayrim bitlari foydalana olishning har-xil turlariga mos keladigan ikkilik son. 2. Oldindan belgilangan huquqlar ro‘yxati, foydalanuvchi va foydalanuvchilar guruhiga andoza bo‘yicha beriladi. Linux operatsion tizimida standart foydalana olish/kira olish huquqi niqobi 755 ta foydalanuvchiga o‘qish, o‘zgartirish, fayllarni ishga tushirish huquqini beradi, qolgan foydalanuvchilar esa faqat o‘qish va fayllarni ishga tushirish huquqidan foydalanishlari mumkin. " Foydalana olish nuqtasi|"Simsiz yoki simli qurilmalarning simli tarmoqqa ulanishiga imkon beradigan qurilma yoki uskuna qismi. " Foydalana olish obyekti|"Tizimning axborot resursi birligi, undan foydalana olish erkin foydalanishni chegaralash qoidalari bilan tartibga solinadi. " Foydalana olish protokoli|"Toqnashuvlarning oldini olish maqsadida, ishchi stansiyalar tomonidan axborotni tarmoqning alohida segmentlari orqali uzatishda foydalaniladigan qoidalar yig‘indisi. " Foydalana olish qoidalari|"1. Muhofaza qilinadigan axborot va uning tashuvchilaridan foydalana olish tartibi va shartlarini qat’iy tartibga soladigan qoidalar majmui. 2. Doimiy texnik vositalardan foydalangan holda, subyektning axborot resursidan foydalana olishini amalga oshirish maqsadida o‘rnatilgan qoidalar. " Foydalana olish rejimi|"Foydalana olish rejimi protsessorning tizim resurslaridan foydalanishda imtiyozga egaligini belgilaydi. «Yadro» rejimida protsessor barcha xotira va komandalardan foydalanishi mumkin. " Foydalana olish ro‘yxati|"Resurslardan foydalana olish huquqlari bilan birgalikda resursdan foydalana olish ruxsatiga ega obyektlar ro‘yxati. " Foydalana olish serveri|"Ixtisoslashtirilgan elektron hisoblash mashinasi (kommunikatsiya protsessori) yoki tegishli kengaytirish platalari bilan jihozlangan va kommutatsiyalanadigan telefon kanallari orqali olisdagi foydalanuvchilarga tarmoq resurslaridan foydalana olish imkonini taqdim etadigan standart shaxsiy kompyuter. " Foydalana olish usuli|"Xotira qurilmalarida, fayllarda, ma’lumotlar bazalarida, tarmoqlarda ma’lumotlar saqlanishini va almashinuvini tashkil qilish usuli. To‘g‘ridan-to‘g‘ri, ketma-ket masofadan erkin foydalanish usullari bor. " Foydalana olish vaqtining samaradorligi|"Foydalana olish vaqtining sahifaga nisbatan matematik kutishi. " Foydalana olish yo‘li|"1. Faylning diskdagi o‘rnini belgilaydigan nomlar zanjiri. 2. Ba’zi operatsiyani bajarish uchun zarur bo‘lgan murojaatlar ketma-ketligi. 3. Ma’lumotlar elementlarining ketma-ketligi, ular ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi tomonidan yozuvlardan yoki ma’lumotlar bazasida saqlanadigan ma’lumotlarning boshqa elementlaridan erkin foydalanishda qo‘llaniladi. " Foydalana olish shlyuzi|"Foydalana olishning turli ko‘rinishlariga ega oxirgi foydalanuvchilarga KAT paketli uzatish uzeli bilan ulanish imkonini beruvchi blok. " Foydalana olishlik|"1. Ma’lumotlar yoki resurslarning, vakolatli mantiqiy obyektning so‘roviga ko‘ra, foydalana olish mumkin bo‘lgan va foydalanishga yaroqlilik xususiyati. 2. Maqbul vaqt ichida axborot tizimidan talab qilinadigan axborot xizmatini olish mumkinligi. 3. Axborot va uning tashuvchisining holati, unda foydalanuvchilar tomonidan ular uchun mo‘ljallangan axborotning hech qanday qarshiliksiz va o‘z vaqtida olinishi ta’minlanadi. " Foydalana olishni blokirovkalash (axborotdan)|"1. Axborotdan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar (qonuniy foydalanuvchilar)ning undan foydalanishini to‘xtatish yoki qiyinlashtirish. 2. Axborotdan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan subyektning axborotdan foydalanishida to‘sqinlik qiladigan sharoitlar yaratish. Izoh – Axborotdan foydalanishda to‘sqinlik qiladigan sharoitlar yaratish, foydalana olish vaqti bo‘yicha qayta ishlash funksiyalari (foydalana olish turlari) bo‘yicha va/yoki foydalanish mumkin bo‘lgan axborot resurslari bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. " Foydalana olishni boshqarish|"1. Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi resurslariga faqat vakolatga ega mantiqiy obyektlar va faqat ruxsat etilgan usul bilan murojaat qilish imkoniyatini ta’minlaydigan usullar. 2. Tizimning barcha resurslaridan (ma’lumotlar bazalari elementlari, dasturiy va texnik vositalari) foydalanishni tartibga solish bilan, axborotni muhofaza qilish usuli. 3. Biznes va xavfsizlik talablariga asoslangan, aktivlardan ruxsat etilgan va cheklangan tarzda foydalana olishni ta’minlash usullari. 4. Faqat ruxsat etilgan dasturlar, jarayonlar yoki boshqa tizimlarga (tarmoqdagi) tizim resurslaridan erkin foydalanishni cheklash jarayoni. " Foydalana olishni boshqarish kaliti|"Jarayon tomonidan ma’lumotlar bazasi boshqarish tizimiga beriladigan va ma’lumotlardan ruxsat etilmagan tarzda erkin foydalanishning oldini olish maqsadida, tegishli qiymat bilan solishtiriladigan qiymat. " Foydalana olishni boshqarish ro‘yxati|"Windows NT va Windows 2000 dagi xavfsizlik tizimi elementi. Foydalanuvchilar va ular guruhlarining resursdan (masalan, fayldan) erkin foydalanish huquqlarini belgilaydi. Tartiblashtirilgan ACE ro‘yxatidan iborat. Obyekt egasi o‘z xohishiga ko‘ra, obyekt ACL ni o‘zgartirishi mumkin. Tarmoq operatsion tizimi foydalana olishni boshqarish ro‘yxatidan umumiy tarmoq resurslaridan foydalanish huquqlarini belgilashda foydalanadi. " Foydalana olishni boshqarish siyosati|"Foydalana olish o‘z o‘rniga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan sharoitlarni belgilaydigan qoidalar to‘plami. " Foydalana olishni boshqarish tizimi|"Foydalana olishni jismoniy boshqarishning avtomatlashtirilgan vositalari. Izoh – Foydalana olishni boshqarish tizimida magnit polosali identifikatsion kartalardan, o‘qiydigan biometrik qurilmalardan, smart-kartalardan foydalaniladi. " Foydalana olishni boshqarish xizmati|"Subyektlarning faqat ruxsat etilgan yo‘l bilan foydalana olishini ta’minlaydigan usullar. " Foydalana olishni mantiqiy boshqarish|"Ma’lumotlar yoki axborotdan foydalana olish boshqarilishini ta’minlaydigan mexanizmlarning qo‘llanilishi. Izoh – Qoidaga ko‘ra, foydalana olishni mantiqiy boshqarishda paroldan foydalaniladi. " Foydalana olishni nazorat qilish|"Talab qilinadigan muhofaza qilish modeliga muvofiq, avtomatlashtirilgan tizim resurslaridan erkin foydalanishni cheklaydigan jarayon. " Foydalana olishni nazorat qilish yozuvi|"Windows NT va Windows 2000 xavfsizlik tizimida erkin foydalanishni boshqarish jadvalining elementi. Muayyan foydalanuvchi yoki foydalanuvchilar guruhi uchun audit va fayllar hamda boshqa obyektlardan foydalanish muhofaza qilinishini belgilaydi. " Foydalana olishni tekshirish|"Foydalanuvchining hisobga olish yozuvi to‘g‘risidagi ma’lumotni tekshirish. Subyektga so‘ralayotgan operatsiyani bajarish huquqini taqdim etish imkoniyatini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi. " Foydalana olishning o‘rtacha vaqti|"Sahifali tashkil qilishda xotiraga bo‘lgan murojaatlar sonining matematik kutish bahosi. " Foydalaniladigan maydon kuchlanganligi|"Maydon kuchlanganligining median qiymatlari minimal foydalaniladiganlardan past bo‘lmagan radiotelevizion stansiyaning xizmat ko‘rsatish zonasi chegaralarini rejalashtirishda qabul qilingan maydon kuchlanganligi. " Foydalanilayotgan parametrlarni nazorat qilish|"Tarmoqning barcha resurslaridan foydalanilayotganda, ortiqcha trafikni tarmoqqa o‘tkazmagan holda, o‘ta yuklanish paydo bo‘lishining oldini oladi. UPC ortiqcha trafikni chiqarib tashlash imkonini beruvchi CLP yacheykalari bitlarini o‘zgartiradi. " Foydalanish dasturi|"Ma’lumotlar, hisoblashlar va h.k.lar ustida qandaydir operatsiyalarni bajarishga mo‘ljallangan amaliy dasturiy ta’minot. " Foydalanish davri|"Foydalanish uchun ko‘rsatilgan huquqlar amal qiladigan vaqt intervali. " Foydalanish huquqini beradigan kalit|"Tarmoq o‘lchamlariga bog‘liq huquq kategoriyasi: uyalar soni kichik bo‘lgan (A); murakkab kommutatsiyali va lokal tarmoqlar bilan aloqaga ega bo‘lgan ofis (V); umumiy foydalanishdagi tarmoqlar bilan qo‘shilgan (S); GSM tarmoqlari bilan qo‘shilgan (D). " Foydalanish jarayoni|"Operatsion tizimda foydalanuvchi tomonidan ishga tushirilgan jarayon. " Foydalanish turi|"Foydalanish huquqida ko‘rsatilgan operatsiyalar turi. Izoh – Foydalanish huquqida quyidagi operatsiyalar ko‘rsatilishi mumkin: o‘qish, yozish, bajarish, to‘ldirish, modifikatsiya qilish, o‘chirish, yaratish. " Foydalanish vazifalari uchun xotirani taqsimlash|"Yuklanadigan foydalanish vazifasi uchun xotirani ajratish va uni har bir vazifa tugagandan so‘ng bo‘shatish. " Foydalanishga ruxsat|"Resurs (masalan, fayl, printer) bilan bog‘liq bo‘lgan, berilgan resursdan kim va qanday foydalanishi mumkinligini belgilovchi qoida. Foydalanishning to‘rt darajasini foydalanish taqiqlangan, faqat o‘qish uchun, takomillashtirish uchun va to‘la foydalanish aniqlash tipik hisoblanadi. " Foydalanishga ruxsat olish|"Kompyuter tizimida yoki tarmoqda, biron-bir dastur yoki qurilmalar resursidan foydalanishga ruxsat olish. Xotira yacheykasiga, registrga, ma’lumotlar bazasiga, fayllarga va b.larga o‘qish yoki ma’lumot yoza olish imkoni. Obyektning qandaydir operatsiyalarni bajara olishi uchun olinadigan ruxsat. " Foydalanishni majburiy nazorat qilish|"Qar.: Foydalanishni mandatli boshqarish. " Foydalanishni mandatli boshqarish|"1. Obyektlardan erkin foydalanishni boshqarish usuli obyektda mavjud bo‘lgan axborotning (maxsus belgilar bilan taqdim etilgan) maxfiylik yoki kritiklik darajasiga va berilgan kritiklik darajasidagi axborotdan erkin foydalanishda subyektning vakolatlari va huquqlarini rasman tekshirishga asoslangan. 2. Obyektlarda bo‘lgan axborot uchun konfidensiallik belgisini tayinlashga va subyektlarga shunday konfidensiallik darajasidagi axborotga murojaat qilishlari uchun rasmiy ruxsatlar berilishiga asoslangan subyektlarning obyektlardan foydalanishini chegaralash. " Foydalanishni chegaralash|"1. Tizim resurslaridan foydalanish tartibi, bunda subyektlar belgilangan qoidalarga qat’iy muvofiq holda obyektlardan foydalana oladilar. 2. Har bir foydalanuvchiga (foydalanish subyektiga) axborot resursidan erkin foydalanish, axborot bilan tanishish, uni hujjatlashtirish, o‘zgartirish va yo‘q qilish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish yuzasidan alohida huquqlar berish. Izoh – Foydalanishni chegaralash tematik belgiga ko‘ra qurilgan turli modellar yoki foydalanish ruxsat etilgan axborotning maxfiylik grifi bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. " Foydalanishni chegaralash qoidalari|"Foydalana olish subуektlarining foydalana olish obуektidan foydalana olish huquqlarini tartibga soluvchi qoidalar majmui. " Foydalanishni chegaralash qoidalarini buzuvchi|"1. Axborotdan ruxsatsiz foydalana olishni amalga oshiruvchi foydalana olish subyekti. 2. Shtat texnik vositalar yordamida axborot resursidan ruxsat etilmagan tarzda erkin foydalanadigan shaxs. " Foydalanishni chegaralash qoidalarini buzuvchining modeli|"Foydalanishni chegaralash qoidalarini buzuvchining abstrakt (formallashtirilgan yoki formallashtirilmagan) tavsifi. " Foydalanishni chegaralash rejimi|"Shaxslarning, oldindan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan qoidalarga muvofiq, hisoblash texnikasi vositalaridan, qayta ishlashda dasturdan foydalana olish tartibi. " Foydalanishni chegaralash tizimi|"Hisoblash texnikasi vositalari yoki avtomatlashtirilgan tizimlarda foydalanishni chegaralashni amalga oshiradigan qoidalar majmui. " Foydalanishni chegaralash vositasi|"Qabul qilingan modelga muvofiq, subyektlarning axborot resurslaridan foydalanishi chegaralanishini ta’minlovchi dasturiy-apparat vosita. Izoh – Foydalanish matritsasi va maxfiylik (konfidensiallik) belgisi erkin foydalanishni chegaralash vositalari hisoblanadi. " Foydalanishning qulayligi|"Tizimning, unda tayyorgarlik ko‘rmagan foydalanuvchi ishi yengillik darajasini tavsiflash xususiyati. " Foydalanuvchi|"Baholash obуekti bilan birgalikda ishlaydigan, baholash obуektidan tashqarida bo‘lgan har qanday mantiqiy obуekt (foydalanuvchi-odam yoki AT tashqi obуekti). " Foydalanuvchi agenti|"Foydalanuvchining nomidan ish ko‘radigan intellektual agent. Foydalanuvchini tizimda ifoda etuvchi, ochiq tizimlar o‘zaro ishlay olish modelining amaliy jarayoni. Foydalanuvchi nomidan xabarlar qabul qilishi, jo‘natishi, baʼzi hollarda esa, hatto tuzishi mumkin. Izoh – Bu toifaga elektron pochtani tekshirish va muhim xatlar kelganligi to‘g‘risida xabardor qilish, buyurtma qilingan yangiliklar hisobotlarini yig‘ish, mavzu bo‘yicha axborot izlash, veb-shakllarni avtomatik to‘ldirish vazifalarini bajarayotgan intellektual agentlar kiradi. " Foydalanuvchi dasturlashtiradigan mantiqiy integral sxema|"Loyihalashda yoki (ekspluatatsiya qilish sharoitlarida) foydalanuvchi tomonidan dasturlashtirilishi mumkin bo‘lgan mantiqiy integral sxema. " Foydalanuvchi deytagrammalari protokoli|"TSR/IP protokollari guruhiga kiradigan, bog‘lanish o‘rnatilmaydigan transport sathi protokoli. UDP – tasdiqlashlarsiz yoki yetkazish kafolatlanmagan holda, deytagrammalar almashinuvini ta’minlaydigan oddiy protokol, bunda xatolar qayta ishlanishini va uzatish takrorlanishini biror-bir boshqa protokol nazorat qilishi talab etiladi. " «Foydalanuvchi-foydalanuvchi» signalizatsiyasi|"ISDN foydalanuvchisiga boshqa ISDN foydalanuvchisi bilan signal kanali orqali cheklangan hajmdagi axborot almashinish imkonini taqdim etadigan qo‘shimcha xizmat; ushbu imkoniyat asosiy aloqa xizmatini shu (boshqa) foydalanuvchi bilan qo‘shib taqdim etiladi. " «Foydalanuvchi foydalanuvchiga» protokoli|"Ma’lumotlarni qabul qilish markazlashtirilgan serverdan emas, balki xuddi shunaqa foydalanuvchilarning kompyuterlari tomonidan amalga oshiriladigan protokol. Serverda turli kompyuterlarda fayllarning mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumot saqlanadi. eDonkey, Kazaa turidagi piring tarmoqlarida qo‘llaniladi. " Foydalanuvchi guruhi|"Foydalanuvchilarning qaysidir xususiyatlari (mezonlari) asosida guruhlarga birlashishi. Masalan, tizim administratorlari guruhi. " Foydalanuvchi identifikatori|"1. Foydalanuvchini identifikatsiya qilish uchun ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi-da foydalaniladigan tasvir yoki simvollar ketma-ketligi. 2. Barcha boshqa subyektlar (obyektlar) ning to‘liq ko‘pligi o‘rtasida identifikat-siya qilinuvchi subyekt (obyekt)ni bir xil ajratishga imkon beradigan xususiy belgi-lanish (nom, kod va sh.k.). 3. Alohida shaxsga yoki shaxslar guruhiga beriladigan hamda hisoblash tizimi resurs-laridan foydalanishga ruxsat beradigan ramziy nom. " Foydalanuvchi interfeysi|"Foydalanuvchining kompyuter tizimi bilan hamkorlik jarayonlarini belgilaydigan interfeys. Matnli, grafikli yoki ovozli bo‘lishi mumkin. " Foydalanuvchi interfeysining obyekti|"Voqealar bog‘langan funksiyalar ishlaydigan grafik interfeys obyekti. Masalan, tugmalar, matn maydoni va boshqalar. " Foydalanuvchi interfeysining oqimi|"Windows operatsion tizimidagi, foydalanuvchining grafik interfeysi to‘g‘risidagi axborotni qaytaruvchi ma’lumotlar oqimi. " Foydalanuvchi konteksti|"Aniq holat ta’rifi. Kontekstga bog‘liq xoda, atamalar har xil ma’noga ega. " Foydalanuvchi rasmi|"Foydalanuvchi hisob yozuvining, foydalanuvchining o‘zi tomonidan tanlangan rasm bilan ko‘rsatish turi. " Foydalanuvchi rejimi|"Protsessorning, amaliy dasturlarni bajarish uchun mo‘ljallangan, imtiyozli bo‘lmagan ishlash rejimi. " «Foydalanuvchi-Tarmoq» interfeysi|"Asosiy tezlikda «Foydalanuvchi-Tarmoq» interfeysi bilan o‘zaro ishlaydigan foydalanuvchining terminali orqali standartlashtirilgan to‘rt simli «Foydalanuvchi-Tarmoq» interfeysi (SQ etalon nuqta). " Foydalanuvchi tomonidan boshqariladigan qayta manzillash xizmati|"Foydalanuvchi tomonidan boshqariladigan qayta manzillash xizmati individual liniya tayinlanmagan abonentlar uchun amalga oshirilishi mumkin. Qayta manzillash xizmatlari uchun to‘lov ushbu xizmat aktivlashtirilganda generatsiyalanadi. Izoh – Bu xizmat faqat MGCP protokolining oxirgi (terminal) qurilmalari uchun yaratiladi. " Foydalanuvchi uchun xotira|"Xotira qurilmasining foydalanuvchi uchun ajratilgan qismi. " Foydalanuvchilar adresatsiyasi|"Internet-xizmatlar (elektron pochta, xosting va b.) foydalanuvchilariga, berilgan manzillarga maʼlumotlar qabul qilish yoki uzatish mumkin bo‘lishi uchun, manzillar berish protsedurasi. " Foydalanuvchilar huquqlarini muhofaza qilish|"Foydalanuvchilarning dasturlar va ma’lumotlardan to‘sqinliklarsiz hamda o‘z vaqtida foydalana olishlarini ta’minlashga va ulardagi axborotdan boshqa shaxslar foydalanishidan muhofaza qilishga qaratil-gan qoidalar, usullar hamda vositalar majmui. " Foydalanuvchilar paketlarining protokoli|"Foydalanuvchining deytagrammalar protokoli, UDP protokoli, TCP/IP protokollari oilasidan transport darajasidagi tarmoq protokoli. Alohida paketlar IP dan foydalanib uzatishning to‘g‘riligi va yetkazish kafolatini tekshirmasdan, lekin iloji boricha tezroq uzatiladi. Bunda paketlarning bir qismi yo‘qoladi, lekin, masalan, nutqni uzatishda ovoz uzilmaydi, bu uning aniqligini ta’minlashda muhim hisoblanadi. Ma’lumotlar uzatish transport protokoli RFC 768 da tavsiflangan. " Foydalanuvchilarni identifikatsiyalash-ning yagona axborot tizimi|"Yuridik va jismoniy shaxslar to‘liq identifikatsiya qilinishini, shuningdek, idoralararo elektron o‘zaro hamkorlikda mansabdor shaxslarning ma’lumotlar bazalari va axborot tizimlaridan ruxsat etilgan tarzda foydalana olishini ta’minlaydigan davlat axborot tizimi. " Foydalanuvchilarning standart interfeysi|"Turli dasturlar va operatsion tizimlarga qo‘yiladigan talablar majmui. Bunday dasturlarni shakllantirishda oldindan aniqlangan standart elementlardan foydalaniladi. Bu esa tajribasiz foydalanuvchilarga dasturdan foydalanishni osonlashtiradi. " Foydalanuvchilarning yopiq guruhi|"Foydalanuvchilarga, unga va undan foydalanish cheklangan guruhni tashkil etish imkonini beradigan qo‘shimcha xizmat. " Foydalanuvchini identifikatsiyalash|"Vakolatlarni – ma’lumotlardan erkin foydalanish huquqi va ulardan foydalanish tartibini aniqlash maqsadida, foydalanuvchilarni (familiya va parolga qarab) tanish. " Foydalanuvchini ro‘yxatga olish|"Kompyuter tizimiga (tarmog‘iga) kirishda foydalanuvchini identifikatsiyalаsh protsedurasi; kompyuter tizimidan foydalanishga ruxsat olish uchun qo‘llaniladigan ochiq hisobga olish nomi. " Foydalanuvchining grafik interfeysi|"1. Operatsion tizim ostida foydalanuvchining shaxsiy grafik interfeysini yaratish moslamasi. 2. Ma’lumotlarni vizuallashtirish imkonini beruvchi dastur. Misol: Windows, OS/2 Presentation Manager. " Foydalanuvchining hisobga olish yozuvi|"Lokal tarmoqlarda va ko‘p foydalanuvchili operatsion tizimlarda har bir foydalanuvchini va uning aktivligini qayd qiluvchi yozuv. Administratorlik qilish, taqsimlangan resurslarni ifodalash va ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash uchun xizmat qiladi. Kishining operatsion tizimga tegishliligini ifodalaydigan yozuv. " Foydalanuvchining huquqlari|"Ma’lum turdagi tizimga kirishni amalga oshirish imkoniyati va u yoki boshqa imtiyozlarning mavjudligi. " Foydalanuvchining ma’lumotlari|"OXFni bajarishga ta’sir etmaydigan foydalanuvchi uchun ma’lumotlar. " Foydalanuvchining nomi|"Foydalanuvchining tizimdagi hisobga olish yozuvini belgilaydigan noyob nom. Hisob yozuvidagi nom guruhdagi boshqa nom bilan yoki shu domen yoki ishchi guruhdagi foydalanuvchining nomi bilan mos kelmasligi kerak. " Foydalanuvchining paroli|"Foydalanuvchining har bir hisob yozuvida saqlanadigan maxfiy so‘z. Har bir foydalanuvchi, odatda takrorlanmaydigan maxfiy so‘zga ega bo‘ladi va uni tizimga kirish yoki serverga ulanishda ishlatadi. " Foydalanuvchining profili|"1. Odatda, erkin foydalanishni boshqarish uchun qo‘llaniladigan foydalanuvchining tavsifi. Izoh – Foydalanuvchining profili foydalanuvchining identifikatori, foydalanuv-chining nomi, parol, erkin foydalanish huquqi va boshqa atributlardan iborat bo‘lishi mumkin. 2. Foydalanuvchi faoliyatining namunasi foydalanuvchining faoliyatidagi o‘zgarishlarni aniqlash uchun qo‘llaniladi. " Foydalanuvchining tizimga kirishi|"Ekranning ro‘yxatga olish oynasi, foydalanuvchi uning yordamida kompyuterga kiradi va ish seansini boshlaydi. " Foydalanuvchining tizimga kirishi|"Ko‘p foydalanuvchili tizimga nisbatan foydalanuvchining jami huquqlari. Foydalanish uchun o‘z ismi, paroli, uy katalogi va h.k. mavjudligi nazarda tutiladi. " Foydalanuvchining shaxsiy identifikatori|"PIN-raqamiga o‘xshab qo‘lda kiritiladigan identifikator. " Foydali signal|"Texnik vositaning ishlab turishi uchun mo‘ljallangan elektromagnit signal. " Fragment|"Katta ma’lumotlar paketi yoki faylning qismi. Disk fayllarining fragmentlari qanchalik katta bo‘lsa, ularga kirish shunchalik sekin amalga oshadi. Shuning uchun davriy ravishda diskni defragmentatsiyalash dasturini ishga tushirib turish kerak. " Fragmentlash|"Bitta faylni bir nechta qismga (fragmentga) ajratish jarayoni. " Fraktal tasvir formati|"Tasvirlarning qattiq siqilgan fayllari formati Integrated Systems firmasi tomonidan taklif qilingan. " Frankirlash mashinasi|"Yozma xat-xabarlarga pochta aloqasi xizmatlari uchun haq to‘langanligini, ushbu xat-xabarlar qabul qilingan sanani va boshqa axborotni tasdiqlovchi tamg‘a izlarini tushirishga mo‘ljallangan mashina. " Freymlarni global ajratish|"Erkin freymlarni to‘plash barcha jarayonlar uchun umumiy bo‘lgan asosiy xotirada sahifalar freymlarini jarayonlarga ajratish, bir jarayon boshqasidan freym olishi mumkin. " Freymlarni lokal ajratish|"Asosiy xotirada, bo‘sh freymlarning to‘plami har bir jarayon uchun alohida ajratiladigan jarayonlarga sahifalar freymlarini ajratish. " Freymlarni proporsional ajratish|"Jarayonlarga xotiradagi jarayonlar o‘lchamiga proporsional bo‘lgan asosiy xotiradagi sahifalar freymlarini ajratish. " Freymlarni qayd etib ajratish|"Jarayonlarga asosiy xotiradagi sahifalar freymlarini yo bir xilda, yoki xotiradagi jarayonlar o‘lchamiga proporsional tarzda ajratish. " Freymlarni ustuvorlik bo‘yicha ajratish|"Jarayonlarga asosiy xotiradagi sahifalar freymini ajratish. Jarayonlarning ustuvorligiga muvofiq: sahifalarni almashtirishda quyi ustuvorlik jarayonining sahifasi joylashtiriladi. " Freymli namoyishlar tili|"80-yillarda yaratilgan dasturlash tili. Freym obyekt yoki hodisaning asosiy xossalarini o‘zida aks ettiradi. Freymning tuzilmasi xossalar ro‘yxati ko‘rinishida yozilib, freym slotlari deb nomlanadi. " Funksional arxitektura|"Funksional obyektlar va ular o‘rtasidagi KAT tuzilmasini tavsiflashda ishlatiladigan, etalon nuqtalar to‘plami. Bunday funksional obyektlar etalon nuqtalar bilan ajratilgan, shuning uchun, ular funksiyalar taqsimlanishini belgilaydi. Izoh – Funksional obyektlar etalon konfiguratsiyalarni tasvirlashda ishlatilishi mumkin. Bu etalon konfi-guratsiyalar, qanday etalon nuqtalar uskunani ishlatish doirasida va ma’muriy domenlar o‘rtasida ko‘rinishini aniqlab beradi. " Funksional blok|"Tizimdagi qurilma, qandaydir qurilmaning kichik tizimi yoki mikrosxemaning bir qismi, masalan, arifmetik-mantiqiy qurilma bloki, registr fayli va sh.k. " Funksional bog‘lanish|"Modulning faqat bitta vazifa bilan bog‘liq harakatlarni bajaradigan funksional xarakteristikasi. Izoh – Funksional bog‘langan modul bir turdagi kiruvchi ma’lumotlarni bir turdagi chiquvchi ma’lumotlarga o‘zgartiradi; bunday modullarga stekni boshqaradigan modul yoki navbatni boshqaradigan modul misol bo‘lib hisoblanadi. " Funksional dasturlash|"Dasturlash tilining barcha konstruksiyalari funksiyalar ko‘rinishida amalga oshiriladigan dasturlash uslubi. " Funksional dasturlash tili|"Deklarativ turdagi dasturlash tili. Funksional tur tilidagi dastur ma’lum funksiyalar majmui ko‘rinishida taqdim etiladi. Amalda barcha funksiyalar rekursiv. LISP va Logo funksional tillarning o‘ziga xos vakillaridir. " Funksional ishonchlilik|"Xavfsizlikning ba’zi mezonlarga, masalan, xavfsizlik siyosati bilan belgilanadigan mezonlarga mos kelishi xususiyati. " Funksional klavishlar|"Klaviaturadagi F1 dan F10 (ba’zan F12) gacha belgilangan va har bir dasturda maxsus belgilanishga ega bo‘lgan dasturlashtiriladigan klavishlar guruhi. " Funksional moslashuv (raqamli televideniyeda)|"Turli uzatish muhiti bo‘yicha ishlashga imkon beradigan raqamli televizion tizim xarakteristikasi. Izoh – Yer usti televizion eshittirishi kontekstidagi funksional moslashuvchanlik uzatishning muqobil muhitlari bo‘yicha kabelli, yo‘ldoshli, keng polosali tarmoqlar, videkassetalarni, shuningdek, mavjud analog televizion tizimlarga kinematografiya va video standartlarini o‘zgartirish, kompyuterlar va interaktiv tizimlar bilan o‘zaro aloqani o‘z ichiga oladi. " Funksional sxema|"Kompyuter tizimi funksional komponentlarining va ular o‘zaro aloqadorligining grafik taqdim etilishi. " Funksional testlash|"Ilovaning, dastur tuzilmasiga tegmasdan, belgilangan funksional talablarni bajarishini tekshirish. " Funksiya|"Dastur yoki tizim tomonidan hal qilinadigan masala yoki maqsad, shuningdek qandaydir qurilmaning vazifasi. Masalan, printerning funksiyasi ‒ bosib chiqarish, kompyuterning funksiyalaridan biri o‘qitish, matn redaktorining funksiyasi ‒ hujjatni tayyorlash va h.k. " Funksiya prototipi|"Ba’zi dasturlash tillarida ‒ dastur boshida funk-siyalar parametrlari va ularning turlari ro‘yxati bilan birgalikdagi, funksiyalar turlari va nomlarini e‘lon qilish. Bu translyatsiya qilish jarayonini soddalashtiradi. " Funksiyalar ustasi|"Foydalanuvchining grafik interfeysidagi interaktiv funksiya. Bosqichma-bosqich bajariladigan operatsiyani (masalan, dasturni o‘rnatish) ketma-ket o‘zgarib turadigan dialog oynalar yordamida bajarish. Baʼzida bu kabi interfeyslar druid, djin yoki assistent deb nomlanadi. Funksiyalar ustasi qurilgan tizim utiliti sifatida birinchi bor Microsoft Windows 95 operatsion tizimida foydalanilgan. " Funksiyaning o‘ta yuklanishi|"Dasturda, aynan bir nomga, biroq parametrlarning har xil turlariga va boshqarish qaytarilganda uzatiladigan qiymatlarga ega bir nechta protseduradan foydalanish. " Furye tez o‘zgartirishi|"Hisoblashlar hajmi kamaytirilgan Furye o‘zgartirishini hisoblash algoritmi. " Fеystel tarmog‘i|"Blokli shifrlar tuzish arxitekturasi. Bunda blokni shifrlashning butun jarayoni qadamlar (raundlar) ichida bajariladi. Ularning har birida blok o‘zgaradigan va o‘zgarmaydigan qismlarga ajratiladi. Shifrlash funksiyasi yordamida o‘zgarmaydigan qism va raund kalitidan, gammalash operatsiyasi vositasida o‘zgaradigan qismni modifikatsiyalashda foydalaniladigan modifikatsiyalovchi kod ishlab chiqiladi. " Fеystel shifri|"Takrorlanadigan blokli shifrning maxsus sinfi, unda shifr matn chetlab o‘tish funksiyasi qo‘llanishini takrorlash bilan ochiq matndan hisoblab chiqiladi. G " ...ga almashtirish|"Matnning bir fragmentini boshqasi bilan almashtirish. " Gabidulin kriptotizimi|"Rang (daraja) metrikasida xatolarni tuzatuvchi kodlarga asoslangan kriptotizim. " Gamma|"Qayta tiklash yarim ton xarakteristikasi nochiziqliligini ifodalaydigan televizion tizim kontrastliligining omili yoki koeffitsiyenti. " Gamma tuzatuvchi|"Televizion eshittirish gamma qiymatini nochiziqli element signali o‘tish zanjiriga kiritish orqali rostlash uchun mo‘ljallangan qurilma. " Gammalash|"Ochiq ma’lumotlarni shifrlash uchun ushbu ma’lumotlarga muayan qonun bo‘yicha shifr gammalarini qo‘yish jarayoni. " Gammalash shifri|"Ma’lumotlarni shifrlash uchun gammalash-dan foydalaniladigan oqimli shifr. " Gamma-testlash|"Dasturiy mahsulotni, uni tijoriy chiqarishdan oldin testlashning uchinchi bosqichi. Gamma-testlash bosqichida faqat hujjatlar va o‘ramgina so‘nggi ko‘rinishda bo‘lmaydi. " Gamma-tuzatish|"Elektron-nur trubkaga beriladigan kuchlanish va yorqinlik o‘rtasidagi noliniyaviy bog‘liqlik tufayli sodir bo‘lgan, elektron-nur trubkadagi rang yorqinligi buzilishini tuzatishga imkon beradigan mexanizm. " Gant diagrammasi|"Jarayonlarning nomini va ularni bajarishning vaqtinchalik diapazonlarini tasvirlaydigan, ayrim vaqt birliklarida ifodalangan, «vaqt chizig‘i» ko‘rinishidagi sxema. " Garmonikalar analizatori (spektr analizatori)|"Tebranishlar spektrini tadqiq qilish uchun mo‘ljallangan asbob. Garmonikalar analizatorining ishlash prinsipi berilgan tebranish joylashtirilishi mumkin bo‘lgan turli chastotalardagi garmonik tebranishlarni (tor polosali filtrlar yordamida) ajratishdan iborat. " Gauss chastotaviy manipulyatsiyasi|"Kirishida, kirish impulslari shakllarining Gauss qonuni asosida silliqlanishini ta’minlovchi past chastotali filtrga ega chastotaviy manipulyatsiya usuli, odatda, silliqlanish koeffitsenti 0,5 ga teng. Izoh − (DECT, Bluetooth tizimlarida foydalaniladi). " Gauss kanali|"Bir tekis oq shovqinli akslantirishsiz kanal. " Gaz-razryadli almashlab ulagich|"Tarmoqlangan o‘ta yuqori chastotali trakt-larni kommutatsiyalash uchun mo‘ljallan-gan, tashqaridan boshqariladigan gazli razryadlagich. Oddiy gazli razryadlagichdan farqli ravishda, gazrazryadli almashlab ulagich maydon o‘ta yuqori chastotasining quvvati oshib ketganda, o‘z-o‘zidan ishlab ketmasligi kerak, shu sababli, gaz bosimi mustaqil razryad uchun optimal bo‘lganga nisbatan, ko‘p karra kamaytirilishi yoki oshirilishi kerak. " Geksagonal yacheyka|"Qo‘shni uchastkalarni qoplamasdan yoki ayrim uchastkalarni qoldirib ketmasdan, xizmat ko‘rsatiladigan butun hududni qamrab olish imkonini beradigan yacheyka. " Gektometrli to‘lqinlar|"100 m dan 1000 m gacha bo‘lgan to‘lqin uzunliklari diapazoni (300 kHz dan 3000 kHz gacha bo‘lgan chastotalar diapazoni). " Generator|"O‘zining ishlash jarayonida nimadir yaratadigan dastur, masalan, ilovalar generatori, kod generatori va sh.k. " Geografik axborot tizimi|"Joy kartalari, planlar, sxemalar kabi makonga oid ma’lumotlarni kiritish, qayta ishlash, saqlash va aks ettirish bilan bog‘langan dasturiy tizimlar turkumi. " Geografik domen|"Geografik belgi bo‘yicha birlashtirilgan domen nomlari guruhi. " Geoinformatika|"Ilmiy, texnologik va ishlab chiqarish faoliyati. U amaliy yoki geoilmiy maqsad-larda ilmiy asoslash, loyihalash, yaratish, ekspluatatsiya qilish va geografik axborot tizimlaridan foydalanish, geoaxborot texnologiyalarni ishlab chiqish hamda amaliy jihatlar yoki GAT qo‘llanmalari bilan shug‘ullanadi. " Geoinformatsion tizim|"1. Matnli, jadval, illyustratsiyali va boshqa shakllarda kartografik ma’lumotlarni va ular bilan bog‘liq ma’lumotlarni saqlab turishga, qayta ishlash va berishga qaratilgan dasturiy, axborot va texnik vositalar kompleksi. 2. Fazoviy ma’lumotlarni to‘plash, saqlash, tahlil qilish va grafik vizuallashtirish uchun mo‘ljallangan tizim. Ushbu tizim raqamli kartalarni, shuningdek, obyektlar to‘g‘risidagi qo‘shimcha axborotni, masalan, bino balandligini, yashovchilarining manzili, sonini izlab topish, tahlil va tahrir qilish imkonini beradi. " Geomatika|"1. Axborot texnologiyalari, multimedia va telekommunikatsiya vositalaridan foydalanish yo‘nalishi. Maʼlumotlarni qayta ishlash, geotizimlarni tahlil qilish va avtomatlashtirilgan xaritaga olish mazkur ilmiy yo‘nalishning asosiy vazifasidir. 2. Geoinformatika yoki geoaxborotlashgan xaritaga olish atamalarining sinonimi sifatida ham ishlatiladigan atama. " Geometrik (koordinata) buzilishlarni tuzatish|"«Gorizontal bo‘yicha chiziqlilik» rostlagichi yordamida amalga oshiriladigan tuzatish. " Geosinxron yo‘ldosh|"Aylanish davri Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanish davriga teng bo‘lgan Yer yo‘ldoshi. " Geostatsionar yo‘ldosh|"To‘g‘ri va doiraviy orbitasi Yer ekvatori tekisligida yotadigan, shu tariqa Yerga nisbatan qo‘zg‘almas bo‘lgan geosinxron yo‘ldosh. Keng ma’noda –Yerga nisbatan taxminan qo‘zg‘almas bo‘lib qoluvchi yo‘ldosh. " Geostatsionar yo‘ldoshlar orbitasi|"To‘g‘ri va doiraviy orbitasi yer ekvatorining tekisligida joylashgan geosinxron yo‘ldosh orbitasi. " Gers dipoli|"O‘rtasiga yuqori chastotali tebranishlar manbai ulanadigan, oxiri yo‘g‘onlashgan to‘lqin uzunligiga nisbatan kichik uzunlikdagi sim kesmasi (bo‘lagi). " Gers vibratori|"G.Gers tomonidan konstruksiyalangan tebranish manbaini (tebranish rejimida) yoki yuklamani (qabul rejimida) o‘rtadagi uzilish bilan ulash uchun mo‘ljallangan metall shtir ko‘rinishidagi antenna. " Geterodin chastotasini ohista rostlash|"Konvertor geterodinining zavodda sozlanish noaniqligini yo‘qotish imkonini beradi. Amalda bu qabul qilinayotgan tasvir sifatini yaxshilaydi. Qo‘lda sozlashdan tashqari ayrim resiverlarda chastotani avtomatik sozlash imkoniyati ham mavjud. " Geterogen tarmoq|"Turli operatsion tizimlar, tarmoq kartalari o‘rnatilgan har xil kompyuterlardan iborat va/yoki turli tarmoq protokollaridan foydalaniladigan tarmoq. " Geteroxrom|"Turli nominal uzatish tezliklariga ega signallar. " Geytvey|"Qar.: Dorvey. " Gibrid differensial impuls kodli modulyatsiya|"Differensial impuls-kodli modulyatsiya (DIKM) va kodlashning boshqa usullarini o‘z ichiga oladigan manbani kodlash usuli. Izoh – DIKM va IKM kombinatsiyasi misol bo‘ladi, bunda sanoqning haqiqiy va taxmin qilingan qiymati o’rtasidagi farqning kvantlangan qiymatiga mos kela-digan kodli so‘zlar haqiqiy sanoqning kvantlangan qiymatiga mos keladigan kodli so‘zlar bilan oldindan belgilangan tartibga muvofiq almashinib keladi. " Gibrid ekran|"Maʼlumotlarni ham chiqarishni, ham kiritishni taʼminlovchi ekran. Gibrid ekran maxsus jarayonlarda masalan, dispetcherlar, sotuvchilar, bank xizmatchilari bajaradigan ixtisoslashgan jarayonlarda alohida katta ahamiyat kasb etadi. Texnologiyalar orasida quyidagi ikki tamoyil ko‘proq ishlatiladi. Sig‘imli tamoyilda, foydalanuvchining qo‘l barmog‘i ekranga chiqarilgan tasvir detallariga tegishi bilan maʼlumot kiritish yuz beradi. Buning uchun, suyuq kristalli indikatorning old va orqa tomonlaridan elektr o‘tkazuvchi qatlamli shisha plastinalar qo‘yiladi, yon tomonda esa elektrodlar joylashadi. Elektromagnit tamoyili maxsus pero ishlatishga asoslangan. Buning uchun, suyuq kristalli indikatorning orqa tomoniga sezgir panjara yoki magnit konturlari joylashtiriladi. Pero ekran qabul qilayotgan kuchlanishni induksiyalaydi. " Gibrid kabel|"Umumiy qobiq bilan o‘ralgan, har xil turdagi yoki toifadagi ikki yoki undan ortiq kabeldan iborat qurilma. Umumiy ekranga ega bo‘lishi mumkin. " Gibrid kodlash|"Harakatlanuvchi televizion tasvirlarni qayta ishlash uchun kadr ichida va kadrlararo kodlashni o‘z ichiga oladigan, videosignal raqamli oqimini siqish. Raqamli oqimni qisqartirish maqsadida kadr ichida va kadrlararo kodlashni o‘zida mujassamlashtirgan kodlash. " Gibrid kommunikatsiyalash|"Kanallar kommutatsiyasini va paketlar kommutatsiyasini taʼminlovchi kompleks transport xizmat ko‘rsatish turi. " Gibrid mikrosxema|"Sopol taglikka (asosga) o‘rnatilgan diskret komponentlar va har хil turdagi integral sxemalardan iborat mikrosxema. " Gibrid optik-tolali arxitektura|"Signallar ikki tomonlama asimmetrik uzatiladigan abonent foydalanish tarmog‘i arxi-tekturasi, 802.U. standarti doirasida ishlab chiqilgan. Unda optik-tolali kabellar, o‘ralgan juft, koaksial kabellar va raqamli uzatish usullari qo‘llanilishi mumkin. " Gibrid pochta|"Jo‘natuvchiga xabarlarni, telekommunikatsiyalar tarmog‘i orqali, keyinchalik adresatning pochta manziliga yetkazib berish imkoniyati bilan uzatish amalga oshiriladigan elektron pochta xizmati. " Gibrid pochta jo‘natmasi|"Jo‘natuvchidan fizik yoki elektron shaklda qabul qilinadigan,telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanib ishlov beriladigan, yozma xat-xabarlar jo‘natmaga o‘zgartiriladigan va oluvchiga fizik ko‘rinishda topshiriladigan xabar. " Gibrid tarmoq|"Turli xil kompyuterlarni birlashtiradigan lokal tarmoq. " Gibrid to‘lqin|"Elektr va magnit maydon vektorlari noldan farqli bo‘ylama tashkil etuvchilarga ega elektromagnit to‘lqin. " Gigabayt (Gbyte)|"Kompyuter tizimlari xotira sig‘imining o‘lchov birligi 230 yoki 1.073.741.824 byte ga teng. " Gigaflops|"Unumdorligi yuqori bo‘lgan protsessor yoki superkompyuterning ishlash tezligi birligi (vaqt birligi ichida siljuvchi nuqta bilan bajariladigan operatsiyalar soni). " Gilbert o‘zgartirgichi|"Chastotalarning keng polosasida signal fazalarining 90º ga siljishini ta’minlovchi qurilma. " Giperdiapazon (giperpolosa)|"Kabelli televizion eshittirishlar uchun ajratilgan, 230 MHz dan 470 MHz gacha bo‘lgan chastotalar diapazoni. " Giperhavola|"Faylga, faylning biror o‘rniga, Internet yoki intranetdagi HTML-sahifaga o‘tish imkonini beradigan rangli va ostiga chizilgan matn yoki rasm. Giperilovalar, shuningdek, yangiliklar guruhi va Gopher, Telnet va FTP dagi uzellarni ko‘rsatishi mumkin. " Giperkanallar|"Kabelli televideniye tarmoqlarida foydalaniladigan 300 MHz dan 470 MHz gacha bo‘lgan chastotalar polosasidagi chastota kanallari. " Giperkard|"Macintosh kompyuterida, 6-9 versiyalar MAC OS tizimida gipermedia ilovalar yaratish imkonini beradigan vizual dasturlash muhiti. Giperkardni, foydalanuvchiga qulay, interaktiv ko‘rinishda taklif etgan holda, matnlar, rasmlar, tovushlar, animatsiyani birga to‘plash imkonini beradigan «axborot tashkilotchisi» deb atash mumkin. " Giperkub|"1. Ko‘p protsessorli tizimda protsessorlarni birlashtirish usullaridan biri. 2. Uzellari ko‘p o‘lchamli kub grafasining cho‘qqisi hisoblanadigan tarmoq topologiyasi. " Gipermatn|"1. Boshqa hujjatlarga giperhavolalarni (ko‘rsatgichlarni) ichiga oladigan har qanday matn. Axborotni hujjatlar o‘rtasidagi bog‘lanishlar orqali taqdim etish usuli. 2. Matnlarda maxsus ko‘rsatgichlardan (giperhavolalardan) foydalangan holda, matn massivlarida berilgan mavzularni izlab topishni ta’minlaydigan texnologiya. " Gipermatn preprotsessori|"Veb-serverda HTML sahifalarni yaratish va ma’lumotlar bazalari bilan ishlash uchun yaratilgan dasturlash tili. Bugungi kunda ko‘plab xosting kompaniyalarida qo‘llab-quvvatlanadi. " Gipermatnli belgilash tili|"veb-brauzerning dizayn matnini loyihalash imkonini beradigan, maxsus simvollar (teglar)dan tarkib topgan, veb-hujjat matnini yozish tili. HTML tili shakllarni formatlash va qayta ishlash, shriftlarni boshqarish, ma’lumotlarni grafik ko‘rinishda uzatish, gipermatnli aloqalarni tashkil etish va Java appletlarni qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi. " Gipermatnli ishorat|"Qar.: Giperishorat. " Gipermatnni uzatish protokoli|"Gipermatnni uzatish uchun foydalaniladigan protokol. Protokolning asosiy vazifasi veb-server bilan aloqa oʻrnatish va HTML sahifalarini mijozning veb-brauzeriga yetkazilishini ta’minlash hisoblanadi. Protokol ishlashi uchun IP bogʻlanish orqali Internetga ulanish talab etiladi. veb-hujjat olinadigan kompyuter manzili oldidan http:// prefiksi qoʻyiladi. " Gipermedia|"Multimedia-axborotni tashkil qilish usuli. Bunda matndan tashqari, ma’lumotlarning boshqa turlariga (video, grafika, tovush) havolalar ta’minlanadi. " Giperoqimlilik|"Pentium 4 protsessorida amalga oshirilgan yangi texnologiyaning nomi. Bu texnologiyada protsessor registlari va bloklarining ishga solinmagan imkoniyatlaridan foydalaniladi, natijada protsessor unumdorligi 30 foizgacha oshadi. " Gipervizor|"Ayni bir xost-kompyuterda bir vaqtda bir qancha yoki ko‘plab operatsion tizimlar parallel bajarilishini ta’minlaydigan yoki bajarilishiga imkon yaratadigan dasturiy yoki apparat sxema. Gipervizor, shuningdek, operatsion tizimlarning bir-biridan izolyatsiya qilinishini, muhofazasini va xavfsizligini, ishga tushirilgan turli operatsion tizimlar o‘rtasida resurslar ajratilishini va bu resurslar boshqarilishini ham ta’minlaydi. Gipervizor qandaydir ma’noda minimal operatsion tizim (mikroyadro yoki nanoyadro) hisoblanadi. " Giromagnit chastota|"1. Lorens kuchi va markazdan qochma kuchlarning tengligi bilan aniqlanadigan, Yer magnit maydonining katta kuchlanishli liniyalari atrofida erkin elektronlarning aylanish chastotasi. 2. Doimiy bir jinsli magnit maydonda erkin zaryadlangan zarralarning aylanish chastotasi. " Giromagnitli rezonans|"Doimiy magnit maydonidagi elektronlarning aylantirish harakati hodisasi. " Gistogramma|"Ma’lumotlarning vaqt bo‘lagi davomida o‘zgarishini aks ettiradigan diagramma. Bu xil diagrammalar kattaliklarni ko‘rgazmali taqqoslash uchun juda qulay. Gistogrammada kategoriyalar o‘qi gorizontal bo‘ylab, qiymatlar o‘qi vertikal bo‘ylab joylashadi. O‘qlarning bunday joylashuvi qiymatlarning vaqt bo‘yicha o‘zgarish xarakterini ta’kidlaydi. " Global axborot infratuzilmasi|"Sifat jihatidan tamomila yangi axborot tuzilmasi. Uni dunyo hamjamiyatining bir qator rivojlangan davlatlari 1995-yildan boshlab shakllantira boshlashgan. Ularning niyatlariga ko‘ra, global axborot infratuzilmasi global va mintaqaviy axborot-kommunikatsion tarmoqlarining hamda raqamli televideniye va radio eshittirishlar, yo‘ldosh tizimlar va harakatlanuvchi aloqaning uyg‘unlashuvi asosida sayyoramizning aholisiga ommaviy xizmat ko‘rsatadigan umumjahon integrallashgan axborot tarmog‘idan iborat bo‘ladi. " Global axborot tizimi|"Internet tarmog‘ining maʼlumotlar bazalaridan axborot izlash bo‘yicha tarmoq xizmati. Global axborot tizimi ko‘p sonli maʼlumotlar bazalaridan axborot izlashni osonlashtirish uchun yaratilgan. Gopher tarmoq xizmatidan farqli, global axborot tizimi bilan ishlashda dastlab menyuni ko‘rib chiqish kerak emas. Izlashda so‘z kiritish kifoya. Shunda global axborot tizimi Internetdagi maʼlumotlar bazalarining nomlarini qarab chiqadi, natijada foydalanuvchi bu so‘z uchraydigan obyektlarning ro‘yxatini oladi. Muhimi shuki, har bir baza o‘zining axborot izlash usuliga ega. Global axborot tizimi esa bu usullarning barchasi bilan ishlay oladi va foydalanuvchiga yagona umumiy interfeys taqdim qiladi. " Global hisoblash tarmog‘i|"1. Turli davlatlar va qit’alarni qamrab oladigan katta hududga yoyilgan abonent tizimlarini birlashtiradi. Insoniyat va tashkilotlarning undan foydalana olish bo‘yicha axborot resurslarini birlashtirish muammosini xal qiladi. 2. Hududi jihatidan taqsimlangan tarmoq yoki ma’lumotlar uzatish tarmog‘i, ma’lum geografik hududni (region, mamlakat, qator mamlakatlarni) qamrab oluvchi va kommutatsiyalanadigan hamda ajratilgan liniyalar yoki maxsus aloqa kanallaridan foydalanib axborot uzatishni ta’minlaydigan tarmoq. " Global identifikator|"Ta’sir sohasi butun dastur bo‘lgan identifikator. " Global izlash|"Butun hujjat, ma’lumotlar bazasi yoki disk bo‘yicha izlash operatsiyasi. " Global manzil|"Tarmoqda ishlatiladigan manzil turlaridan biri. Global manzil maʼlumotlar bloki, xabar yoki signal barcha obyektlar uchun mo‘ljallanganini ko‘rsatadi. Tarmoqda global manzillar ishlatilganda, keng qamrovli eshittirish bajariladi. Shuningdek, tarmoqda guruhli manzil (maʼlumotlar bloki mo‘ljallangan obyektlar to‘plamini aniqlaydi) va noyob manzil (tarmoqda faqat bitta obyektni ajratadi) ishlatiladi. " Global manzillash|"Tarmoq elementlarining aniq joylashuvini oydinlashtirmay, marshrutizatorga ma’lum tarmoqni tanib olishga imkon beruvchi manzillash. Izoh − Global miqyosdagi manzillarning kiritilishi o‘zaro bog‘langan ko‘p sonli uzellar mavjudligida tarmoqlararo birgalikda ishlash protsedurasini soddalashtirish imkonini beradi. " Global mobil aloqa tizimi|"ETSI da mobil aloqaning maxsus ishchi guruhi Group Special Mobile (GSM nomining dastlabki talqini) tomonidan ishlab chiqilgan raqamli uyali aloqaning umumEvropa standarti. Izoh − GSM standartida ishlaydigan birinchi tijorat tarmog‘i 1992-yilda Germaniyada ishga tushirilgan. O‘shandan buyon standart uzluksiz takomillashib va rivojlanib bormoqda. Hozirgi paytda uning foydalaniladigan chastotalar diapazoni bilan farqlanuvchi to‘rtta versiyasi: GSM-900, GSM-1800 (DCS-1800), PCS-1900 va GSM-400 hamda uchta evolyutsion texnologiyasi: HSCSD, GPRS va EDGE tarqalgan bo‘lib, ular ma’lumotlar uzatish xizmatlarining joriy etilishi bilan bog‘liq. " Global nur|"Geostatsionar yo‘ldoshning Yer yuzasining butun ko‘rinadigan sirti qamrab olinishini ta’minlaydigan 17°x17° kenglikdagi antenna nuri. " Global nurga ega antenna|"Yo‘nalganlik diagrammasi Yer sathini qamrab oladigan retranslyator-yo‘ldosh antennasi. " Global o‘zgaruvchi|"Ta’sir sohasi dasturning barcha bloklari yoki modullari bo‘lgan o‘zgaruvchi (Java Script da aynan bir HTML hujjatning barcha ssenariylari) yoki yuqori sath blokida tavsiflangan o‘zgaruvchi. " Global optimallash|"Dasturni optimallash, sikllardan konstant ifodalarni chiqarish, hisoblashlar ketma-ketligini qayta tartibga solinishini ichiga oladi. " Global rouming|"Hududiy va tashkiliy cheklashlarsiz mobil abonent bilan aloqa o‘rnatish rejimi. " Global tarmoq|"Lokal va shahar hisoblash tarmoqlarini birlashtiruvchi tarmoq. Ma’lumotlarning mamlakat yoki butun dunyo miqyosida katta masofalarga uzatilishini ta’minlaydi. " Global telekommunikatsiyalar tarmog‘i|"Bir nechta mamlakat yoki qitʼa hududini qamrab oluvchi telekommunikatsiyalar tarmog‘i. " Global ulanish|"Internet tarmog‘ining maʼlumotlar bazalaridan foydalanishning gipermuhitini yaratuvchi tarmoq xizmati. CERNdagi Tim Berners-Li tomonidan ishlab chiqilgan. Uning asosiy g‘oyasi, cho‘qqilari hujjatlar bo‘lgan, hujjatlardagi so‘zlar va jumlalar ularning o‘zaro aloqasini aniqlaydigan katta grafni yaratishdadir. " Globallashuv|"Axborot texnologiyalari, mahsulotlari va tizimlarining butun dunyoga tarqalish jarayoni. U iqtisodiy va madaniy jihatlardan qaraganda uyg‘unlashuvga olib keladi. Bu jarayonning tarafdorlari bundan keyingi taraqqiyot imkoniyatlarini faqat global axborot jamiyatining rivojlanish sharoitlarida ko‘rishadi. Opponentlar globallashuvning milliy madaniy qadriyatlarga keltiradigan xatarlari to‘g‘risida ogohlantirishmoqda. " Globallashuv jarayoni|"Yagona, umumjahon axborot-moliya makonini yaratish. Izoh – Globallashuv yangi texnologiyalarsiz, birinchi navbatda, axborot texnologiyalarisiz mumkin emas va ko‘p jihatdan, innovatsion iqtisodiyotga tayanadi. " Gofrlangan to‘lqin o‘tkazgich|"Choklari bo‘lmagan, devorlari gofrlangan, egiluvchan to‘g‘ri burchakli to‘lqin o‘tkazgich. " Goley kodlari|"Xatolarni tuzatuvchi chiziqli blokli kodlar turkumi. Goley kodlari siklik kod sifatida ham ko‘rib chiqilishi mumkin. " Golografik televideniye|"Uch o‘lchamli obyekt illyuziyasini hosil qiluvchi uch o‘lchamli televideniye. Televideniye, bunda sahna tasviri kogerent manbadan kelayotgan yorug‘lik va shu manbaning o‘zidan kelayotgan, lekin sahnadan akslangan yorug‘lik o‘rtasidagi interferensiya natijasida hosil bo’ladi. " Golografiya|"Fan va texnikaning, tabiati turlicha bo‘lgan to‘lqin maydonlarni yozish va qayta ishlash uchun mo‘ljallangan qurilmalar va usullar yaratish, ularni o‘rganish bilan shug‘ullanadigan bo‘limi. " Gomogen tarmoq|"Yagona dasturiy platforma yoki bir turdagi kompyuterlar asosida qurilgan lokal tarmoq. " Gopp kodlari|"Turli kriptotizimlarda ishlatiladigan, xatolarni tuzatuvchi kodlar. Gopp kodlaridan foydalanish Gopp kodlarini dekodlashni qo‘lda amalga oshirish mumkinligiga asoslangan (Gopp kodlari «yashirinadigan») chiziqli blokli kodlarni dekodlash. NP to‘liq vazifa bo‘lib, uni bajarish juda qiyin. " Gorizont orti aloqasi|"Bevosita ko‘rinishdan tashqarida joylashgan stansiyalar o‘rtasidagi aloqa, bunda biror bir aktiv yoki passiv retronslyatorlar qo‘llanilmaydi. Izoh ‒ Radioto‘lqinlarning gorizont ortida tarqalishi difraksiya, refraksiya effektlari va atmosferaning turli qatlamlaridan qaytish hisobiga amalga oshiriladi. " Gorizont ortidagi trassa|"Uzatuvchi va qabul qiluvchi antennalar o‘rtasida to‘g‘ri ko‘rinish mavjud bo‘lmagan radioto‘lqinlarning tarqalish trassasi. Izoh – Gorizont orti tarqalishda radioto‘lqinlarning tarqalish mexanizmi radioto‘lqinlarni troposfera (troposferali aloqa)ning bir xil emasligidan qayta nurlanishi yoki ionosfera qatlamlaridan (qisqa to‘lqinli aloqa)ning bir xil emasligidan qayta nurlanishi yoki ionosfera qatlamlaridan (qisqa to‘lqinli aloqa) qaytishiga asoslangan. " Gorizontal bo‘yicha ajratish|"Tasvirning har bir gorizontal chizig‘ida videomonitor tiklashi mumkin bo‘lgan minimal tasvir elementlarining (chiziqlarining) soni yoki manba videosignalining bitta gorizontal chizig‘ida bo‘lgan videoaxborotning umumiy soni. Masalan, VHS videoyozuv formati gorizontal bo‘yicha 240 ta, lazerli disk – 480 ta, DVD – 500 ta, HDTV – 1080 ta chiziqni tashkil qiladi. " Gorizontal portal|"Umumiy tavsifga ega bo‘lgan, turli mavzular bo‘yicha xizmatlar taqdim etuvchi veb-sayt. " Gorizontal qutblangan to‘lqin|"Magnit maydon vektori Yer sirtiga nisbatan vertikal, elektr maydon vektori esa, gorizontal yo‘nalgan, chiziqli qutblangan elektromagnit to‘lqin. " Gorizontal va vertiakl tekisliklardagi antenna yoʻnalganlik diagrammasi asosiy yaprogʻining oraliq burchagi|"Yoʻnalishlar bilan hosil qilingan gorizontal va vertikal tekisliklardagi burchaklar, ular uchun antennaning kuchayishi qabulning asosiy yoʻnalishida kuchayishning maksimal qiymatidan 3 dB ga kam. " Gorizontal yo‘nalganlik diagrammasi|"Antennaning gorizontal tekislikdagi yo‘nalganlik diagrammasi. " Gradatsion buzilishlar|"1. Gradatsion xarakteristikaning talab etilgandan og‘ishi. 2. Kul rang shkala turli darajalarining noto‘g‘ri qayta tiklanishi. " Gradatsion xarakteristika|"Televizion tasvir yorqinligining yoki yorqinlik signali darajasining tashqi obyekt yorqinligi yoki kiruvchi yorqinlik signali darajasiga bog‘liqligi. " Gradatsiya|"Rang zichligining asta-sekin o‘zgarishi, obyektning qo‘shni qismlari yoki tegishli tasvir o‘rtasidagi tonning o‘zgarishi. " Gradiyent|"Kompyuter grafikasida qurish usuli. Muayyan (asosiy) nuqtalarning rangi va shaffofligi belgilanib, qolgan nuqtalarning rangi va shaffofligi ularga nisbatan yoki muayyan matematik algoritmlar asosida hisoblanadi. Shu tarzda dastlabki va so‘nggi nuqtalarning koordinatalari va rangini belgilab, bitta rangdan boshqa rangga tekis o‘tishlarni hosil qilish mumkin. " Gradiyent sindirish ko‘rsatgichli tola|"Sindirish ko‘rsatgichi ko‘ndalang kesimda, yorug‘lik o‘tkazuvchi o‘tkazgichning chetidan uning o‘zagi tomon ortib borgan holda tekis o‘zgaradigan ko‘p modali optik tola. Sindirish ko‘rsatgichining gradiyentli profilda tola ichidagi nur sinishi, binobarin, oqim tezligi sinish ko‘rsatgichi nisbatan keng o‘tkazish polosasi taʼminlaydi. " Grafema|"Yozma matnning eng kichik birligi (harf, raqam, iyeroglif, tinish belgisi). " Grafik|"Biror bir funksional bog‘lanishning grafik tasvirlanishi. " Grafik adapter|"1. 1984-yilda ishlab chiqilgan yaxshilangan grafik adapter. VGA va SVGA adapterlari tomonidan siqib chiqarilgan. 640x350 piksellar uchun 16 xil rangga ega. 2. Shaxsiy kompyuterning, displey qurilmaning grafik funksiyalarini ta’minlaydigan kengaytirish platasi. " Grafik akselerator|"Markaziy protsessordan foydalanmasdan, grafik ma’lumotlar bilan ko‘plab operatsiyalarni bajarish imkonini beradigan qurilma. Grafik akseleratorlar shartli ravishda uch turga bo‘linadi: grafik qobiqlar uchun mo‘ljallangan, uch o‘lchamli grafikani yaratish uchun mo‘ljallangan (3D akseleratorlar), dinamik tasvirlarni tiklash uchun mo‘ljallangan grafik akseleratorlar. " Grafik almashish formati|"Aniq nomlanishi − GIF89A; grafik tasvirni siqish usuli va grafik fayllar formati, Internet sahifalarida ko‘proq ishlatiladigan format hisoblanadi; ma’lumotlarni yo‘qotmasdan siqishni ta’minlaydi. " Grafik axborot|"Sxemalar, eskizlar, tasvirlar, grafiklar, diagrammalar, ramzlar ko‘rinishida ifodalangan maʼlumotlar yoki xabarlar. " Grafik displey|"Ekranda nuqtalar matritsasini yuzaga keltirishni ta’minlaydigan tasvir va/yoki matnlarni yorituvchi displey. Bu nuqtalar topologiyasi ko‘pincha videografika matritsasi orqali aniqlanadi. " Grafik fayl|"Grafik tasvirni ichiga oladigan fayl. " Grafik filtr|"Tasvirni bir grafik formatdan boshqasiga o‘zgartiradigan yoki uning ustida qandaydir boshqa operatsiyalarni bajaradigan dasturiy modul. " Grafik format|"Grafik fayllarni almashish formati (GIF) bilan patent bo‘yicha muammolar paydo bo‘lganidan so‘ng, GIF formatining o‘rniga kiritilgan format, pikselga 48 bit gacha bo‘lgan chuqurlikka ega bo‘lgan rangga ega tasvirni saqlash imkoniyatini beradi, alohida alfa-kanalga ega va yo‘qotishlarsiz siqilishi yaxshilangan. " Grafik formatlar|"Grafik fayl formatlari grafikani/rasmlarni saqlash va boshqarishning standart usulidir. Bu qo‘llanma rasmlarni va boshqa grafikalarni raqamli rasmlar formatlar sifatida saqlaydi. Grafik formatlar pikselda yoki pikselga rastrlash (bir necha istisno bilan) qilinadigan (geometrik) vektorda yoziladi. Rasm/grafika piksellar panjara (ustunlar va qatorlar) sifatida bo‘ladi; har bir piksel raqamlardan tashkil topgan, ular yorug‘lik va rang darajasini bildiradi. Bu turdagi formatlarga jpg, tiff, gif, png, bmp va boshqalar kiradi. " Grafik hujjat|"Obyekt tasviri chiziqlar, shtrixlar, yorug‘ va soya tomonlarni bo‘yoqlarda ko‘rsatish vositasida olingan tasviriy hujjat. " Grafik interfeys|"Foydalanuvchining hisoblash tizimi bilan o‘zaro aloqasini tashkil qiladigan grafik muhit. Grafik interfeys g‘oyasi amaliy tizim to‘g‘risida axborot taqdim etishning tabiiyligidan foydalanishdan iborat. Foydalanuvchi interfeysining asosiy tushunchalari bo‘lib, oyna va piktogramma hisoblanadi. " Grafik kichik tizim|"Grafika bilan ishlash uchun mo‘ljallangan, kompyuter apparat vositalari jami. " Grafik kompakt-disk|"Kompakt-diskka ma’lumotni yozish formati, uning asosiy spetsifikatsiyasiga qo‘shimcha tariqasida kengaytirilgan tasviriy imkoniyatlar qo‘shilgan. " Grafik maʼlumotlar bazasi|"Grafik maʼlumotlar saqlanayotgan maʼlumotlar bazasi. " Grafik ma’lumotlar bilan almashish boshlang‘ich standarti|"AQSh Milliy standartlar byurosi tomonidan uch o‘lchamli geometrik ma’lumotlarni almashish imkonini ta’minlash uchun e’lon qilingan standart. " Grafik protsessor|"Grafik tezlatgichlar uchun mo‘ljallangan prot-sessor. Hozirgi vaqtda 64 va 128 razryadli grafik protsessorlardan foydalaniladi. " Grafik qobiq|"Foydalanuvchilarning grafik foydalanish interfeysini amalga oshiradigan va tizim administratorlarining operatsion tizim bilan foydalanish interfeysini amalga oshiradigan operatsion tizimning kichik tizimi. " Grafik redaktor (muharrir)|"Kompyuter yordamida ikki o‘lchovli tasvirlarni tuzish va tahrir qilish imkonini beradigan dastur (yoki dasturlar paketi). Izoh − Grafik redaktorlarning turlari: 1 Rastrli grafik redaktorlar. Nisbatan ommalashgan redaktorlar: Microsoft Windows va MAC OS X operatsion tizimlari uchun Adobe Photoshop. GNU/Linux va boshqa POSIX standartiga muvofiq operatsion tizimlari uchun GIMP redaktori. 2 Vektorli grafik redaktorlar. Nisbatan ommalashgan redaktorlar: Corel Draw, Macromedia Free Hand − Windows uchun, Inkscape − barcha operatsion tizimlar uchun. " Grafik rejim|"Chiziqlar va belgilarni ekranda nuqtalar bilan chiqarish orqali tavsirlash rejimi. Grafik rejimda tasvir bevosita shakl nuqtalarini birlashtirish orqali tuziladi, xuddi «sichqoncha»ning ko‘rsatgichi singari. Bundan tashqari, u belgilarni (quyuq shrift yoki kursiv) chop etishda ularning tashqi ko‘rinishini oldindan ko‘rish imkonini ham beradi. " Grafik soprotsessor|"Markaziy protsessor bilan bitta platada joylashgan, grafik komandalarning bajarilishi topshiriladigan (yoki o‘zi tutib oladigan) grafik protsessor. Markaziy protsessorga tushadigan hisoblash yukini kamaytiradi va kompyuter videotizimining ishlash tezligini oshiradi. " Grafik stansiya|"Uch o‘lchamli tasvirlarni qayta ishlash uchun grafik tezlatgichli katta quvvatga ega kompyuter. " Grafik sxema|"Masalalarni yechish algoritmining grafik taqdim etilishi, unda simvollardan operatsiyalarni, oqim ma’lumotlarini tavsiflash va boshqarish uchun foydalaniladi. " Grafik tezlatgich|"Chiziqlar va yuzalarni chizish, konturlarni to‘ldirish, bo‘yash, yashirin chiziqlarni o‘chirish kabi murakkab grafik operatsiyalarni bajarishni tezlashtiruvchi plata yoki ixtisoslashtirilgan mikrosxema (mikroprotsessorlar to‘plami). " Grafika|"Matnli ma’lumotlar va grafik timsollar birlashtirilgan kompyuterda ma’lumotlarni vizual taqdim etishning eng umumiy usuli. Mashina tashuvchilarda grafik tasvirning o‘zini taqdim etishning rastrli va vektorli grafika kabi ikki turi bor. " Grafika chizadigan|"Egri va to‘g‘ri chiziqlar o‘tkazish yo‘li bilan tasvir chizadigan qurilma. Ikki turdagi, yaʼni barabanli va planshetli grafika chizuvchi qurilmalar ishlab chiqariladi. Barabanli (rulonli) grafika chizuvchi qurilmada tasvir chiqariladigan qog‘oz yoki plyonka barabanga mahkamlanadi. Barabanli grafika chizuvchi qurilmalar ixcham, ishlatishda qulay hamda katta hajmdagi chizmalar bilan ishlash imkonini beradi. Planshetli (yassi) grafika chizuvchilarda qog‘oz yoki plyonka tekislikda joylashadi. Tekislik ustidan metall konstruksiya o‘rnatiladi, u yozuv blokini bir vaqtning o‘zida ikki koordinata o‘qi bo‘yicha tekislik bo‘ylab siljitish imkonini beradi. Yozuv blokining turiga qarab grafika chizuvchi qurilmalar peroli, sharrachali va elektrostatik xillarga bo‘linadi. Grafika chizuvchilarning ikki toifasi farqlanadi. Vektorli turda yozuvchi blok vektorli tasvirlarni ikki yo‘nalishda siljib chizadi. Rastrli grafika chizuvchi qurilmalarda rastrli tasvirlar rastr nuqtalari yordamida yaratiladi. " Grafikani optimallash|"Tasvir fayllari o‘lchamlarini, ularning maqbul sifatini saqlagan holda, mumkin qadar kichraytirish. Veb-sahifa yaratishda, uning sahifalarini yuklanish tezligini oshirish maqsadida ishlatiladi. " Grafikdagi nuqta|"Grafikada tasvirlanadigan sonli qiymatlarning istalgan jufti. " Grafikon|"Kompyuter grafikasi, mashina ko‘rishi, tasvirlar va videoni qayta ishlash bo‘yicha Rossiyada har yili o‘tkaziladigan katta xalqaro anjuman. " Granulyatsiyalangan shovqin|"Kvantlash tufayli sodir bo‘lgan va tasvirning bir xil yoki qisman bir xil qismlarida yorqinlik va/yoki ranglilik fluktuatsiyasi kabi namoyon bo‘ladigan vizual nuqson. " Gregori antennasi|"Ikkita: parabolik (asosiy) va elliptik (yordamchi) ko‘zgulardan iborat bo‘lgan, o‘ta yuqori yoki ultra yuqori chastotali keskin yo‘naltirilgan antenna. Antennaning bunday konstruksiyasida ochilish yuzasidan foydalanish koeffitsiyenti ortadi va qutblanish xususiyatlari yaxshilanadi. " Grey kodi|"Ketma-ket keladigan elementlari bir razryadda farq qiladigan ikkilik kod (masalan, 000, 001, 011, 101, 100, 110, 010). " Grid texnologiyasi, konsepsiyasi|"Hisoblashlarni virtuallashtirishga qaratilgan hisoblash jarayonini tashkil qilish usuli. Bunda vazifaning qismlari tarmoqning barcha bo‘sh resurslari bo‘ylab taqsimlanadi. Dasturiy ta’minotni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri. " Guruh|"Foydalanuvchilar, kompyuterlar, kontaktlar va boshqa guruhlar majmui. Guruhlar foydalanish huquqini boshqarish yoki xabarlarni tarqatish ro‘yxati sifatida qo‘llanilishi mumkin. Tarqatish guruhlari faqat elektron pochtada qo‘llaniladi. Xavfsizlik guruhlari erkin foydalanishni boshqarishda hamda xabarlarni tarqatish ro‘yxatida ham ishlatiladi. " Guruh ichida chaqiruvni tutib qolish|"Foydalana olish kodini terish yoki «Group Pickup» (SIP telefon) tugmasini bosish orqali guruhning boshqa terminaliga kelgan kiruvchi chaqiruvni qabul qilish imkonini beradigan xizmat. Izoh – Agar bir necha chaqiruv olingan bo‘lsa, ko‘p qo‘ng‘iroq qilgani tutib qolinadi. " Guruh (jamoa) bo‘lib foydalana olish|"Ikki yoki undan ko‘p foydalanuvchining paketli yoki interaktiv rejimda hisoblash tizimidan birgalikda foydalanishi. " Guruh manzillari|"Obyektlar to‘plamini aniqlaydigan manzil. Maʼlumotlar bloki shu manzilga atalgan. " Guruhiy aloqa seansi|"Bir nechta foydalanuvchi ishtirok etadigan aloqa seansi. " Guruhiy dasturiy ta’minot|"Mutaxassislar guruhining loyiha ustida yoki taqsimlangan hisoblash tizimidagi yoki tarmoqdagi ma’lumotlar bilan birgalikda yanada samarali ishlashi uchun foydalaniladigan tarmoq dasturiy ta’minoti. " Guruhiy imzo|"1991-yilda Chom va Van Xeyst tomonidan taklif qilingan raqamli imzo sxemasi, guruhning istalgan a’zosiga xabarni, tekshirish paytida, xabar guruh a’zolaridan biri tomonidan imzo qo‘yuvchining shaxsi aniqlashtirilmasdan imzolanganini aniqlash mumkin bo‘ladigan tarzda imzolash imkonini beradi. " Guruhiy xabar|"Bir vaqtda bir necha adresatga uzatiladigan xabar; odatda, uni uzatishda raqam terishdan foydalanilmaydi. " Guruhiy chaqiruv|"Radiotarmoqlardagi, bitta chastotada ishlaydigan (bitta guruhga mansub) abonentlar uchun belgilangan chaqiruv turi. " Guruhli aloqa kanali|"Bir nechta radiostansiyaning, odatda, qayd etilgan chastotada birgalikda ishlashi ta’minlanadigan aloqa kanali. Izoh − Radiostansiyalardan har biri ushbu kanal bo‘yicha xabarlarni qabul qilishi va uzatishi mumkin, agarda uning uchun guruhli (dispetcherli) aloqa rejimi o‘rnatilgan bo‘lsa. " Guruhli kechikish|"Umumiy chegara kattaligiga yetgan qisman farq qiladigan chastotali amplitudaga teng ikkita ustma-ust to‘lqinlar bilan taqdim etilishi mumkin bo‘lgan signalning ikki nuqtasi o‘rtasidagi tarqalish vaqti. " Guruhli kodlash|"Sanoq qiymatlarining sanoq o‘rtacha qiymatlaridan og‘ishining belgilar matritsasi uzatiladigan blokli kodlash. " Guruhli signal|"Multipleksor chiqishidagi turli axborot manbalaridan keladigan birmuncha past tezlikli kirish signallarining birlashishi natijasi bo‘lgan yuqori tezlikli signal yoki raqamli oqim. " Guruhli tezlik|"Elektromagnit to‘lqin energiyasini ko‘chirish tezligi. " Guruhli uzatish|"1. Xabarni uzatish rejimi, bunda xabar bir vaqtda tarmoq uzellari guruhiga yuboriladi. 2. Har bir xabar qabul qilinganligini orada tasdiqlamay turib, bir stansiyadan boshqa biriga ikki yoki undan ortiq xabarni uzatish usuli. " Guruhli yetkazib berish|"Keng ko‘lamli eshittirishning maxsus shakli, unda paketlar faqat foydalanuvchilarning muayyan guruhiga yetkazib beriladi. " Guruhni chaqirish|"Bitta yoki bir nechta guruh abonentlarining barchasini bir vaqtda chaqirish, odatda yarim dupleks aloqa rejimida amalga oshiriladi. Izoh − Chaqirishni initsializatsiya qilish bitta tugmachani bosish orqali bajariladi, bunda bog‘lanishni o‘rnatish (0,3−0,5) s dan oshmaydi. Guruhdagi abonentlar sonidan qat’i nazar, guruhli chaqiruvda faqat bitta aloqa kanalidan foydalaniladi. " Go‘shagi ko‘tarilgan telefon bilan bog‘lanish xizmati|"Go‘shagi ko‘tarilgan telefon apparati bilan, chaqiriluvchi abonentning xonasini eshitib nazorat qilish imkoniyatini ta’minlagan holda, bog‘lanishni o‘rnatish imkoniga ega xizmat. H " Haftada bir bo‘ladigan kollegial seminar|"Davlat va xo‘jalik organlarining ixtisoslashtirilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘linmalarining vakillari uchun, «Elektron hukumat» tizimi doirasida loyihalarning amalga oshirilishi muhokama qilinadigan seminar. " Hajmiy grafika|"Qar.: Uch o‘lchamli grafika. " Halqa tarmog‘i|"O‘zagi davriy halqa bo‘lgan kabelli lokal tarmoq. Bunday tarmoqda davriy halqa fizik ulanishlar vositasi vazifasini bajaradi. Ushbu halqaning ishlash ishonchliligiga butun tarmoqning ishlay olish qobiliyati bog‘liq. Mono halqa kanalining uzilishi tarmoq faoliyatining to‘xtashiga olib keladi. Shu sababli sodda halqali kanal tarmoq qiymati eng kam bo‘lishi lozim bo‘lgan hollardagina qo‘llaniladi. Yuqori ishonchlilik halqa tarmog‘ida qayta ulanadigan konsentratorli halqa ishlatiladi, u tarmoqning ishdan chiqqan qismlarini uzib qo‘yadi. Bundan ham yuqori ishonchlilikni juft halqa taʼminlay oladi, u ikki halqadan biri ishdan chiqqan holatlarda ham ishlash imkoniyatiga ega. " Halqali tekshirish|"Raqamli axborotning ishonchliligini «shleyf» bo‘yicha baholash usuli. Liniyaning qabul qilish tomonidan, teskari yo‘nalishda qabul qilingan barcha maʼlumotlar oqimini retranslyatsiya qilish orqali amalga oshiriladi. Uzatuvchi tomonidan qabul qilingan va dastlab uzatilgan ketma-ketliklar taqqoslanadi, keyin xato qabul qilingan belgilar soni aniqlanadi. " Halqali chiqish|"Konvertordan qabul qilinadigan o‘ta yuqori chastotali (O‘YuCh) signal chiqariladigan ajratgich. U kirish signalini boshqa resiverga «tranzit» uzatish uchun mo‘ljallangan. " Halqasimon antenna panjarasi|"Nurlantiruvchi elementlari atrofida joylashgan antenna panjarasi. " Halqasimon rezonator|"Elektromagnit tebranishlar yopiq kontur boʻyicha tarqaladigan optik rezonator. " Hamjamiyat|"Umumiy manfaatlar yo‘lida birlashgan odamlar guruhi. Odatda, hamjamiyatlar forum va bloglar asosida vujudga keladi. " Hamkorlik|"Linux operatsion tizimida xotira bloklarining bo‘linishiga va qo‘shni bo‘sh bloklarni birlashtirishga asoslangan jismoniy xotirani taqsimlash usuli. " Hammaga ma’lum xavfsizlik identifikatori|"Muhofaza tizimi uchun qayd qilingan sonli qiymatga va belgilanishga ega xavfsizlik identifikatori. " Haqiqiy manzil|"Absolyut mashina manzili, xotiraning haqiqiy yacheykasi. " Haqiqiy vaqt|"Jarayon sodir bo‘layotgan vaqt muddati. Haqiqiy vaqt obyektning kirish signallariga yoki maʼlumotlarga javoban shunday taʼsirlanishini belgilaydiki, bu holda u chiqish signalarini yoki maʼlumotlarni yetarlicha tez ishlab chiqishga ulguradi. Shu asosda haqiqiy vaqt tizimlari quriladi, haqiqiy vaqtda analitik qayta ishlash bajariladi. " Haqiqiy vaqtda analitik qayta ishlash|"Ma’lumotlarning tezkor tahlili, ma’lumotlarni onlayn analitik qayta ishlanishi, muhim qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash uchun ma’lumotlarning tezkor tahlili. Izoh − Ma’lumotlar ustidagi operatsiyalar OLAP-mashinalar tomonidan amalga oshiriladi. Ma’lumotlarni saqlash uchun MOLAP, ROLAP va HOLAP dan foydalaniladi. OLAP atamasi Ye. Kodd (E.F.Codd) tomonidan 12 ta qoida bilan birga 1993-yilda taklif qilingan. " Haqiqiy vaqtning transport protokoli|"Ma’lumotlarni bitta yoki undan ortiq adresatga berilgan chegaralarda kechikish bilan yetkazishni kafolatlaydigan transport protokoli, ya’ni ma’lumotlar real vaqtda amalga oshirilishi mumkin. " Haqiqiylik, asllik|"1. Mantiqiy obyekt tasdiqlanganiga o‘xshashligini kafolatlovchi xususiyat. 2. Ma’lumotlarning haqiqiy bo‘lish xususiyati yoki tizimlarning ma’lumotlar haqiqiyligini ta’minlay olish xususiyati. " Haqiqiylikni aniqlashdagi almashish|"Axborot almashinuvi yordamida qandaydir obyektning haqiqiyligini aniqlash uchun mo‘ljallangan mexanizm. " Haqiqiylikni kriptografik aniqlash|"Simmetrik shifrlash yoki ochiq kalit bilan shifrlashdan foydalaniladigan kriptografik o‘zgartirishlarga asoslangan holda, haqiqiylikni aniqlash. " Haqiqiylikni tasdiqlash|"Haqiqiylikni tasdiqlashga yo‘naltirilgan va axborot almashinuvi ko‘zda tutiladigan mexanizm. " Haqiqiylikni tekshirish|"Foydalanuvchining, o‘zini aynan shu odam deb ko‘rsatishligini tasdiqlovchi protsedu-ra. Oddiy holda foydalanuvchining, uning hisobga olish yozuvida saqlanadigan, parolni bilishi tekshiriladi. " Haqiqiylikni tekshirish protokoli|"Foydalanuvchining paroli va boshqa ma’lumotlari to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotlarni uzatishni amalga oshiruvchi haqiqiylikni tekshirish protokoli. Undan foydalangan holda uzoqlashgan nuqtadagi mijoz o‘z shaxsiy ma’lumotlarini serverga shifrlangan ko‘rinishda uzatadi. Microsoft korporatsiyasi Windows uchun mo‘ljallangan MS-CHAP protokolini ishlab chiqqan. " Har doim, doimiy|"Dasturning ishlashi davomida doimiy foydalaniladigan xususiyat, argument yoki parametr. " Har tomonga yo‘naltirilgan antenna|"Barcha azimutal yo‘nalishlar bo‘yicha har qanday vaqtda nurlanish xossasi bir xil bo‘lgan antenna. " Har tomonga yo‘naltirilgan uya|"Har tomonga yo‘naltirilgan antenna va bitta tayanch stansiyaga ega bo‘lgan, odatda, zonaning markazida joylashgan uyali aloqa tarmog‘idagi xizmat ko‘rsatish zonasi. " Har tomonga yo‘naltirilgan yo‘nalganlik diagrammasi|"Antennadan bir xil masofada o‘lchangan elektr maydon kuchlanganligi barcha yo‘nalishlar uchun bir xil bo‘lgan yo‘nalganlik diagrammasi. " Har tomonlama havolalar jadvali|"Translyator, assembler yoki komponovkachi beradigan va har bir identifikator uchun tur, manzil, aniqlash joyi va foydalanish joylarining ro‘yxati ko‘rsatilgan jadval. " Harakat, ta’sir, amal|"Foydalanuvchi tomonidan amalga oshiriladigan va dastur tomonidan qabul qilinadigan har qanday harakat. " Harakatlanuvchi tasvirlar sohasidagi ekspertlarguruhi|"Video va audio uchun standartlar ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan xalqaro tashkilot. MPEG 1983-yilda tashkil etilgan. Standartlashtirishda bu guruhga tasvirlarni zichlashtirish usullari, ularni uzatish va tiklash sohasi ajratilgan. 1993-yilda videodisklarda ishlatiladigan MPEG texnologiyasi standartlari ishlab chiqildi. 1995-yilda DVD raqamli videodisk pleyerlari, televizorlar, HDTV, videokameralar, yo‘ldosh tarmoqlarning raqamli televizion qabul qilgichlari uchun standartlar paydo bo‘ldi. " Harakatni raqamli interpolyatsiyalash|"Kamerani tez harakatlantirganda, keskin burishlar paytida yoki kadr yoyish chastotasi 100 Hz bo‘lganda, yuguruvchi satrda to‘lqinsimon xalaqitlarning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, tasvirning yetishmayotgan fazasini interpolyatsiyalash. " Harbiy tarmoq|"1984-yilda harbiy maqsadlarda ishonchli tarmoq xizmatini ta’minlash uchun ARPANET dan ajralib chiqqan tarmoq. " Harf-raqamli kodlash|"Harflar, sonlar va alifboning boshqa ramzlaridan tashkil topgan koddan foydalanib kodlash. " Havo fideri|"Simlarning parallel joylashishi bir-biriga nisbatan liniya bo‘ylab ayrim masofada joylashgan izolyatorlar bilan qayd etilgan simli liniya ko‘rinishidagi fider. " Havo kabel|"Havoda muallaq turadigan, ustunlar, bino devorlari va boshqa tayanchlar tutib turadigan telekommunikatsiya kabeli. " Havo ko‘chma yo‘ldoshli xizmati|"Ko‘chma yo‘ldoshli xizmat, bunda ko‘chma yer usti stansiyalari havo kemasining bortiga o‘rnatiladi; bu xizmatda qutqarish vositalari stansiyalari va falokat joyini ko‘rsatuvchi radiomayoq stansiyalari ham qatnashishi mumkin. " Havo radionavigatsiya yo‘ldoshli xizmati|"Yer stansiyalari havo kemasining bortiga o‘rnatiladigan radionavigatsiya yo‘ldoshli xizmati. " Havola, aloqa kanali|"1. Boshqa veb-sahifa, fayl, Internet-resurs bilan aktiv ulanish. 2. Ikki kompyuter (ma’lumotlarni oluvchi va jo‘natuvchi) o‘rtasidagi kommunikatsion yo‘lning har qanday turi. Atama, odatda, global tarmoqlarga ko‘proq taalluqli. " Havola biti|"Sahifaga murojaat qilinmagan bo‘lsa 0 ga teng va agar sahifaga murojaat qilingan bo‘lsa 1 ga teng bo‘lgan sahifalar jadvalining element biti. " Havolalar jadvali|"Dasturni translyatsiya qilish jarayonida kompilyator tuzadigan jadval. " Havorang-to‘q-qizil-sariq-qora|"Rangli tasvirlarni monitorlar va printerlarda (purkagich printerlarda) chop etish uchun RGB ranglar jilosiga muqobil tizim. Dastlabki uch rangning aralashmasi qora rang beradi, ammo har doim ham toza chiqmaydi, shuning uchun yaxshi printerlarda qora rang uchun, bo‘yoqlarning aralashmasi emas, alohida kartrij ishlatiladi. " Hayotiy sikl|"Vaqtda obyekt (masalan, mahsulot yoki tizim) mavjudligi bosqichlarining ketma-ketligi. " Ha/yo‘q|"1. Interaktiv tizimning muayyan qaror qabul qilishga bo‘lgan so‘rovi. 2. Terminalda tanlash imkoniyati. Foydalanuvchiga, tanlash ixtiyoriga bog‘liq holda yoki u (ha) yoki n (yo‘q) ni bosish taklif qilinadi. " Himoya bloki|"Aloqa vositalarini o‘ta yuqori kuchlanish va toklardan himoya qilish uchun mo‘ljallangan blok. Kabelli tarmoqlardagi kuchli impulsli xalaqitlar ayniqsa xavflidir. " Himoya intervali|"Videosignal darajalarining qora daraja va so‘ndirish darajasi o‘rtasidagi farqi. " Himoya nisbati|"1. Foydali radiosignal darajasining radio-qabulqiluvchi qurilmaning kirishidagi radioxalaqit darajasiga bo‘lgan minimal nisbati, bunda radioelektron vosita ishlashining talab etiladigan sifati ta’minlanadi. 2. Foydali signal va xalaqit quvvatlari nisbatining minimal qiymati, bunda signallarning berilgan sifat bilan qabul qilinishi ta’minlanadi (detsibellarda ifodalanadi). " Himoya profili|"1. Amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan, iste’molchining spetsifik ehtiyojlariga javob beradigan, qandaydir toifadagi baholash obуektlari uchun mo‘ljallangan, xavfsizlik talablarining majmui. 2. Funksional jihatdan to‘la, aprobatsiyadan o‘tgan, ko‘p marotaba foydalanish uchun mo‘ljallangan, standartlashtirilgan talablar to‘plami. " himoyaga ega xotira|"Istalgan yacheykasiga ruxsat etilmagan tarzda kira olishdan muhofaza qiluvchi maxsus vositalarga egs bo‘lgan xotira. " Himoyalangan|"Obyektning holati, bunda u tashqi negativ omillar ta’siridan bararqaror bo‘ladi. " Himoyalangan axborotlashtirish texnik vositasi|"Qayta ishlanadigan axborot yaxlitligi buzilishdan va texnik kanallar orqali chiqib ketishdan muhofaza qilish vositalari kompleksi bo‘lgan axborotlashtirish texnik vositasi. " Himoyalangan tranzaksiyalar protokoli|"Tarmoq muhitlarida, shu jumladan, Internetda amalga oshiriladigan kelishuvlar to‘g‘risidagi axborot konfidensialligini saqlashning yuqori darajasini, magnit va intellektual kartalardan foydalanib, to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yaxlitligini va to‘lov operatsiyalari barcha ishtirokchilarining autentifikatsiya qilinishini ta’minlaydigan ochiq standart. " Himoyalash|"Dasturiy ta’minotni buzishdan himoyalash. " Himoyalash qurilmasi|"O‘ta kuchlanish yoki ortiqcha toklardan yoki har ikkisidan himoyalovchi qurilma. " Himoyalovchi harakat|"Asosiyga qarama-qarshi yo‘nalishdagi antenna bilan yoki burchaklarning ma’lum belgilangan sektorida, shu signal bilan taqqoslaganda asosiy yo‘nalishda qabul qilinadigan signalning pasayishi. " Hisobdan chiqarish|"Pochta jo‘natmasining jo‘natilganligini yoki olinganligini bildiruvchi, markadan takroran foydalanishning oldini olish maqsadida qo‘l shtempeli, shtempellash mashinasi yoki sharikli ruchka bilan qo‘yiladigan pochta markasidagi belgi yoki istalgan turdagi boshka shtempellash belgisi. " Hisobdorlik|"Tizim subyektlari faoliyatini nazorat qilish va maʼlum harakatlar uchun javobgarlikni o‘rnatish uchun ularni individual identifikatorlar bilan bog‘lashga imkon beruvchi tizim xususiyati. AKT xavfsizligi tamoyillaridan biri. " Hisobga oliishni boshqarish|"Tegishli imkoniyatlar taqdim etish (o‘tkazish qobiliyatiga va xavfsizlik talablariga nisbatan) maqsadida, ma’lumotlar to‘plash hamda turli tarmoq resurslaridan yakka va guruh bo‘lib foydalanishni muvofiqlashtirish jarayoni. " Hisobga olish ma’lumotlari|"Hisobga olish predmeti to‘g‘risidagi ma’lumotlar va hisobga olishni yuritish doirasida to‘planadigan, qayta ishlanadigan va saqlanadigan xizmatga oid ma’lumotlar. " Hisobga olish ma’lumotlarining ishonchliligi|"Ma’lumotlarning, yuqori aniqlikda ma’lumotlarga o‘zgartirish kiritilganlik faktini, mohiyatini, kiritilish vaqti va uni bajargan shaxslarni aniqlash imkonini beradigan xossasi. " Hisobga olish ma’lumotlarining yuridik ahamiyati|"Hisobga olish ma’lumotlarining elektron ma’lumotlar asosida huquq va majburiyatlar belgilanish imkoniyatini ta’minlaydigan xossasi. " Hisobga olish strategiyasi|"Ko‘p foydalanishli va tarmoq operatsion tizimlari xavfsizlik tizimidagi qoidalar to‘plami, foydalanuvchining tizim bilan ishlash paytida o‘zini qanday tutishini va tizim resurslaridan foydalanishga ruxsat berilishini belgilaydi. " Hisobga olish yozuvi|"Xavfsizlik tizimi subyektini identifikatsiya qiluvchi axborot. Hisobga olish yozuvining ko‘rsatgichi bo‘lib, uning xavfsizlik identifikatori hisoblanadi. Foydalanuvchilar, guruhlar, kompyuterlar va domenlarning hisobga olish yozuvlari ajratiladi. " Hisobga olish yozuvini blokirovkalash|"Tizimda qayd etilishga muvaffaqiyatsiz urinishlar soni muayyan chegaradan oshganda, muayyan hisobga olish yozuvini blokirovkalash imkonini beradigan funksiya. " Hisobga olish yozuvlari dispetcheri|"Foydalanuvchilarning hisobga olish yozuvini, shuningdek, shu foydalanuvchilar turgan guruhlarni yaratish, o‘zgartirish va o‘chirish imkonini beradigan operatsion tizim dasturi yoki vositasi. " Hisobga olishni uyushtiruvchi|"Mustaqil ravishda hisobga olish ma’lumotlari to‘planishini, qayta ishlanishini va saqlanishini amalga oshiruvchi yoki boshqa shaxsni bu faoliyatni to‘liq yoki qisman amalga oshirish uchun vakil qilgan yoki zimmasiga yuklagan shaxs. " Hisob-kitoblar tizimi|"Xizmatlar ko‘rsatishning texnologik jarayoni ishtirokchilari o‘rtasida sarflangan pul xarajatlari to‘g‘risidagi axborotning taqsimlanishini taʼminlovchi, foydalanuvchilar, xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar va hisob-kitob markazlari (uchastkalari, guruhlari), umumiy foydalanish xizmatlarini taqdim etish punktlari, to‘lov punktlari hamda normativ-maʼlumotnoma axboroti, normativ-maʼlumotnoma hujjatlarining majmui. " Hisoblagich|"1. Dasturdagi o‘zgaruvchi yoki qandaydir operatsiyaning takrorlanish sonini aniqlaydigan apparat registri, masalan, siklni hisoblagich. 2. Biror narsaning, masalan, foydalanilgan elektr energiyasi, gaz yoki suvning miqdorini o‘lchaydigan va qo‘shimcha ravishda, kattaligini, darajasini yoki jadalligini qayd etadigan qurilma. Izoh – Hisoblagich berilgan vaqt davri ichida iste’mol qilingan biror narsaning jami miqdori o‘lchanishi yuzasidan javob beradi. 3. Biror-bir sayt yoki sahifaga kiruvchilar sonini hisoblashga mo‘ljallangan dastur. Zamonaviy hisoblagichlar kiruvchilarning noyobligini va bir soat yoki sutkada sahifaga kiruvchilarning o‘rtacha sonini hisoblash imkonini beradi. " Hisoblash|"Axborotni kompyuterda qayta ishlash jarayoni. " Hisoblash eksperimenti|"Kompyuter modeli ishlab chiqilgan hodisa, jarayon, mashinani o‘rganish usuli. Hisoblash eksperimentining sifati, modelning real obyektga o‘xshashligiga va hisoblanadigan parametrlarni belgilaydigan eksperimentatorga bog‘liq. Hisoblash eksperimentining boshqa har qanday eksperimentdan afzalligi, tezligining yuqori bo‘lishligida va xarajatlarning nisbatan kamligida. Texnika va informatikada, matematika, fizika, ximiya, biologiya, ekologiyada keng foydalaniladi. " Hisoblash jarayoni|"Hisoblash tizimi holatlarining vaqtda dastur belgilaydigan almashinishi. " Hisoblash lingvistikasi|"Lingvistika va sun’iy intellekt oralig‘idagi fan. Elektron hisoblash mashinasi yordamida tabiiy tillarning formal xususiyatlarini o‘rganish va analiz-sintez jarayonlarini hamda elektron hisoblash mashinasida tabiiy til matnlarini tushunishni modellash bilan shug‘ullanadi. " Hisoblash majmui|"Yagona hisoblash tizimi sifatida ishlaydigan ikki yoki undan ko‘p kompyuterlar majmui. " Hisoblash mashinasi|"Matematik, asosan axborot bilan bog‘liq vazifalarni hal qilishda ma’lumotlarni avtomatik qayta ishlash uchun mo‘ljallangan dasturiy vositalar va qurilmalar kompleksi. Mashinani boshqarish ma’lumotlarni qayta ishlash, dasturlar ko‘rinishida mashinaga kiritiladigan algoritmlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Dasturlar va ma’lumotlar mashina xotirasida saqlanadi. Asosiy qurilmasi markaziy protsessor. " Hisoblash muhiti (tizimi, tuzilmasi, tarmog‘i)|"Tarmoqning jami resurslaridan foydalanib, parallel, taqsimlangan hisoblashlar ko‘zda tutiladigan, kristalldagi funksional blok va tizimdan tortib, global, regional va muassasa kompyuter tarmoqlarigacha bo‘lgan turli darajdagi hisoblash vositalari (to‘liq bog‘langan, taqsimlangan, matritsali) arxitekturasi. Zarur bo‘lganda, eng murakkab va resurs ko‘p talab qiladigan vazifalarni hal qilish uchun maksimal hisoblash quvvatini ta’minlash imkonini beradi. " Hisoblash murakkabligi|"Qaysidir algoritm bajaradigan ish hajmi kirish ma’lumotlarining miqdoriga bog‘liqligi funksiyasini bildiruvchi informatika va algoritmlar nazariyasidagi tushuncha. Hisoblash murakkabligini o‘rganuvchi bo‘lim hisoblashlar murakkabligi nazariyasi deb nomlanadi. " Hisoblash resurslarining almashinuvi|"Internetga ulangan bir necha kompyuter o‘rtasida, hisoblash va boshqa resurslari bilan ayirboshlash imkoniyatini ta’minlaydigan axborot texnologiyasi. " Hisoblash tarmog‘i|"1. Axborotning taqsimlangan qayta ishlanishini tashkil qilish uchun mo‘ljallangan, o‘zaro bog‘langan va bu bog‘lanishni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan maʼlumotlar uzatish tarmog‘i va/yoki texnik vositalarning majmui. 2.Hududiy jihatdan tarqoq maʼlumotlarni qayta ishlash tizimlari, telekommunikatsiyalar va maʼlumotlar uzatish vositalari va/yoki tizimlarining, foydalanuvchilarga uning resurslaridan masofadan va jamoaviy foydalanish imkonini beradigan o‘zaro bog‘langan majmui. " Hisoblash tarmog‘ini muhofaza qilish|"Apparat, dasturiy va kriptografik muhofaza qilish usullari hamda vositalaridan, shuningdek tashkiliy tadbirlardan foydalanish yo‘li bilan, foydalanuvchilarning tarmoq elementlari hamda resurslaridan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishlariga yo‘l qo‘ymaslik. " Hisoblash texnikasi|"Axborotni qayta ishlash bilan bog‘liq bo‘lgan mehnat talab masalalarning, jumladan, hisoblash jarayonini sonli, qisman yoki to‘liq avtomatlashtirish yo‘li bilan hal etilishini osonlashtirish va tezlashtirish uchun qo‘llaniladigan usullar va yo‘llar, texnik va matematik vositalar majmui. " Hisoblash texnikasi obyekti|"O‘zida hisoblash texnikasi vositalari kompleksini ifodalaydigan, axborotni qayta ishlashning muayyan funksiyalarini bajarish uchun mo‘ljallangan statsionar yoki ko‘chma obyekt. Izohlar 1. Hisoblash texnikasi obyektlariga avtomatlashtirilgan tizimlar, avtomatlashtirilgan ish joylari, axborot-hisoblash markazlari va hisoblash texnikasi vositalarining boshqa komplekslari kiradi. 2. Hisoblash texnikasi obyektlariga, shuningdek, hisoblash texnikasining, axborotni qayta ishlashning mustaqil funksiyalarini bajaradigan ayrim vositalari ham kiradi. " Hisoblash texnikasi vositalarining (avtomatlashtirilgan tizimning) muhofaza qilinganlik ko‘rsatgichlari|"Muhofaza qilinganlik ko‘rsatgichlarini aks ettiruvchi va hisoblash texnikasi vositalari (avtomatlashtirilgan tizim) ning muhofaza qilinganlik klassiga muvofiq daraja va kenglik bo‘yicha o‘zgaradigan talablarning ma’lum guruhi bilan tavsiflanadigan hisoblash texnikasi vositalari (avtomatlashtirilgan tizim)ning xarakteristikasi. " Hisoblash texnikasi vositalarining (avtomatlashtirilgan tizimning) muhofaza qilinganlik turkumi|"Hisoblash texnikasi vositalari (avtomatlashtirilgan tizim)ni axborotdan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishdan muhofaza qilish bo‘yicha talablarning muayyan majmui. " Hisoblash texnikasi vositasiga mikrosekundli impuls xalaqit|"Davomiyligi bir mikrosekunddan bir millisekundgacha bo‘lgan oraliqda yotuvchi, hisoblash texnikasi vositasiga ta’sir qiladigan impulsli xalaqit. " Hisoblash tizimi|"Hisoblash texnikasining muayyan amaliy masalalarini hal etish uchun mo‘ljallangan moddiy va mantiqiy (dasturiy) vositalar majmui. " Hisoblash tizimidan qasddan foydalanish|"Shaxsiy, odatda moliyaviy foyda olish maqsadida hisoblash tizimi ichida axborot bilan manipulyatsiya qilishga qaratilgan har qanday faoliyat. " Hisoblash tizimining muhofazasi|"Qar.: Kompyuter muhofazasi. " Hisoblash tizimlari sohasidagi strategiya loyihasi, CSPP guruhi|"AQShning o‘n bitta boshqaruvchi yirik kompyuter kompaniyasidan iborat assotsiatsiya. AQSh axborot texnologiyalarining yanada rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqadi. " Hisoblashga qaytarib bo‘lmaydigan funksiya|"Berilgan argument bo‘yicha funksiyaning qiymati oson hisoblanadigan va funksiyaning berilgan qiymatiga asosan uning argumentini hisoblash qiyin bo‘lgan funksiyalar. " Hisobot|"Foydalanuvchining so‘roviga ko‘ra to‘ldiri-ladigan va ekranga, fayl yoki bosmaga chiqariladigan, maxsus shakllantiriladigan chiqish shakli. Hisobotlarda sarlavha, sahi-falarning raqamlari, ko‘rsatuvchi yakunlar, o‘rtacha qiymatlar, hisoblab chiqariladigan maydonlar va h.k. bo‘ladi. " Hisobotlar dasturi generatori|"Hisobotlar formalarini (report) dasturlash uchun IBM korporatsiyasi tomonidan 1965-yilda ishlab chiqilgan til. " Hisobotlar generatori|"Dasturchi bo‘lmagan foydalanuvchiga o‘z ma’lumotlar bazasi uchun hisobotlar shaklini tayyorlash imkonini beradigan dastur (yoki dasturlar paketi). " Hisobotlar va ko‘chirmalar amaliy tili|"Umumiy shlyuz interfeysi ssenariylarini yaratish uchun mo‘ljallangan dasturlash tili. Talqin qiluvchi turdagi kuchli til. XX asrning 80-yillarida Lari Uoll tomonidan yaratilgan. " Hodisa|"1. Muhim normal yoki normaldan farq qiluvchi holatning paydo bo‘lishi. 2. Voqealarning muqarrar bir-biriga to‘g‘ri kelib qolish holati. Izohlar 1. Voqea-hodisa bir yoki bir necha marta yuzaga kelishi va bir qancha sababga ega bo‘lishi mumkin. 2. Voqea-hodisa ma’lum yoki noma’lum bo‘lishi mumkin. 3. «Voqea-hodisa» atamasi o‘rniga «insident» yoki «baxtsiz hodisa» atamalaridan ham foydalanish mumkin. " Hodisa alomati|"Voqeaning bajarish indikatori yoki muvaffaqiyatli bajarilishi hisoblanadigan parametr yoki tashqi o‘zgaruvchi. " Hodisalar jurnali|"Operatsion tizimdagi ahamiyatga ega bo‘lgan hodisalarni qayd etuvchi reyestr. Tizim administratorlarining ishini yengillashtirish uchun xizmat qiladi. " Hodisalarni kuzatuvchi|"Jurnaldan hodisalar to‘g‘risidagi xabarlarni o‘qish uchun mo‘ljallangan dastur. " Holat|"Obyekt o‘zgaruvchan parametrlarining ko‘plab barqaror qiymatlari majmuasini ifodalaydigan tushuncha. " Holat satri|"Dasturning ishchi oynasidagi, jarayonlar va instrumentlar (vositalar) xossalari to‘g‘risidagi joriy va yordamchi ma’lumotlar aks etadigan, ajratilgan soha. " Hoshiya|"Predmetlarning chetini yoritadigan maxsus effekt. " Hududiy boshqarma|"O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining boshqarmasi. Asosiy vazifalari hududiy darajada mintaqaning axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishining borishini tahlil qilish, litsenziya bitimlari shartlarining bajarilishi, radiochastota spektridan foydalanish, shuningdek, Milliy axborot tizimi va «Elektron hukumat» tizimini shakllantirish va rivojlantirish doirasida joylardagi davlat hokimiyat organlarida tadbirlarni amalga oshirish hamda bajarilishini nazorat qilish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish hisoblanadi. " Hujjat|"Ilovada yaratilgan, o‘ziga xos nom bilan saqlangan va keyinchalik shu nom orqali foydalaniladigan ixtiyoriy fayl. Bu faylning nomi o‘zi joylashgan katalogda takrorlanmasligi kerak. " Hujjat aylanishi|"Hujjatlar yaratilgan yoki olingan paytdan boshlab bajarilishi tugallangungacha: tashkilotdan jo‘natilgungacha va/yoki arxivga yuborilgungacha ularning harakatlanishini tashkil qilish bo‘yicha ishlar. " Hujjat aylanishining hajmi|"Tashkilotga kelib tushgan va u tomonidan ma’lum davr uchun tuzilgan hujjatlar soni. " (Hujjat) formati|"Ma’lumotlar turiga cheklov o‘rnatilgan ma’lumotlarni taqdim etishning aniq shakli. Izoh – Fayllar formati, kodlash, gipermatn strukturalari. " Hujjat muallifi|"Hujjatni tuzgan jismoniy yoki yuridik shaxs. " Hujjat nusxasi|"Asl hujjatdagi axborotni va uning barcha tashqi belgilari yoki yuridik kuchga ega bo‘lmagam qismini to‘liq qayta tiklaydigan hujjat. " (Hujjat) qonuniyligi|"Namoyish qilinayotgan hujjat taqdimoti, hujjatning hayot sikli davomida foydalanilgan texnologiyalarning qonuniyligini obyektiv tasdiqlaydigan parametrlarga ega ekanligini ko‘rsatuvchi hujjat xususiyati. " Hujjat rezolyutsiyasi|"Mansabdor shaxs tomonidan hujjatga qo‘yilgan va u qabul qilgan qarorga ega yozuvdan iborat rekvizit. " Hujjat tarkibi|"Hujjat to‘g‘risidagi axborotni aks ettiradigan va odam idrok qilishi uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar. " Hujjat turining nomi|"Hujjatning turini belgilaydigan hujjat rekviziti. " Hujjat versiyasi|"Hujjatni ishlab chiqishning ma’lum bosqichiga mos keluvchi elektron hujjat. " Hujjatlar|"Foydalanuvchiga tegishli bo‘lgan axborotlar majmui. Shuningdek, hujjat egasi va administratordan boshqa kishi kira olish huquqiga ega bo‘lmagan maxsus papka. " Hujjatlar nomenklaturasi|"Tashkilotda ularni saqlash muddatlarini ko‘rsatib, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan holatda yuritiladigan ish nomlarining tizimlashtirilgan ro‘yxati. " Hujjatlar va topshiriqlarni marshrutlash|"Bajaruvchining ish joyiga hujjatlarni va topshiriqlarni yetkazish. Marshrutlashning ikkita: On-line (foydalanuvchining shaxsiy papkasida topshiriq kartochkasiga yorliqni joylashtirish) va Off-line (topshiriqni elektron pochta orqali jo‘natish) usuli mavjud. Hujjat bilan ishlayotgan foydalanuvchi tomonidan topshirilishi mumkin bo‘lgan, bir foydalanuvchidan boshqasiga hujjatning harakatlanish marshrutini aniqlash. " Hujjatlarni boshqarish tizimi|"Tashkilot hujjatlarini tuzish, tahrir qilish, tarqatish, saqlash, izlash, qabul qilish, ro‘yxatga olish, hisobini yuritish va boshqa qator operatsiyalarni bajaruvchi dasturiy tizim. " Hujjatlarni indekslash|"Axborot-qidiruv tili atamalarida so‘rovlar va hujjatlar mazmunini tavsiflash jarayoni; hujjatga, uning ma’naviy mazmunini aks ettiradigan asosiy so‘zlar to‘plamini belgilash. " Hujjatlarni qayta ishlash|"Faylni (hujjatni) izlash, yaratish, tahrir qilish, saqlash. " Hujjatlarni ro‘yxatga olishning avtomatlashtirilgan shakli|"Maxsus dasturiy ta’minotdan foydalanib hujjatni ro‘yxatga olish usuli. " Hujjatlarning obyekt modeli|"Bitta veb-sahifadagi obyektlar va tasvirlarning manipulyatsiya qilinadigan usullarini belgilaydigan WWW konsorsium standarti. " Hujjatlashtirilgan axborot|"1. Moddiy tashuvchida qayd etilgan va uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan rekvizitlarga ega axborot. 2. Tashkilotni boshqarish va uning ishlashi uchun zarur axborot, shuningdek, axborot saqlanadigan moddiy tashuvchi. Izoh – Hujjatlashtirilgan axborot har qanday shaklda va har qanday tashuvchida taqdim etilishi, shuningdek, har qanday manbadan olinishi mumkin. " Hujjatlashtirilmagan axborot|"Jismoniy shaxslar tashiydigan yoki ramz, timsol, signal, texnik yechim, jarayonlar shaklida fizik maydon va muhitlarda aks ettirilgan maʼlumotlar. " Hujjatlashtirish|"Belgilangan qoidalarga ko‘ra turli tashuvchilardagi axborot yozuvi. " Hujjatli axborot-qidiruv tizimi|"Zarur axborotni o‘zida saqlovchi hujjatlarni izlash uchun mo‘ljallangan tizim. Hujjatli axborot-qidiruv tizimining izlash massivi hujjatlarning izlash tasviri yoki hujjatlarning o‘zidan tashkil topgan bo‘ladi. " Hujjatli nusxa|"Fayl yoki ekran ichidagining, qog‘oz, plyonka yoki boshqa elektron bo‘lmagan tashuvchidagi nusxasi. " Hujjatni bajarish muddati|"Normativ-huquqiy hujjatlar, tashkiliy-farmoyish hujjatlari yoki rezolyutsiyalarda belgilangan muddat. " (Hujjatni) tahrir qilish|"Hujjat tarkibi, tuzilmasi va/yoki atributlarini tuzish va/yoki o‘zgartirishni o‘z ichiga oladigan hujjatni qayta ishlash jarayoni. " Hujjatning elektron qayd qilish-nazorat kartochkasi|"Hujjat rekvizitlarini kiritish uchun mo‘ljallangan maydonlar to‘plami shakli. " Hujjatning hayotiy sikli|"Hujjatni shakllantirish onidan arxivga (saqlashga) yoki yo’q qilish uchun topshirishgacha bo‘lgan jarayon. " Hujjatning qayd etilganligi|"Hujjatning, uni taqdim etish shaklidan qat’i nazar, unda mavjud ma’lumotlarni ifodalaydigan funksional xususiyati. " Hujjatning yuridik kuchi|"Rasmiy hujjatning, uni tayyorlagan organ vakolati doirasida va o‘rnatilgan rasmiylashtirish tartibiga ko‘ra, unga amaldagi qonun hujjatlariga ko‘ra xabar qilinadigan xususiyati. " Hujum|"1. Aktivlarni yo‘q qilish, ochish, o‘zgartirish, blokirovkalash, tutib olish, ruxsat etilmagan foydalanish huquqini olish yoki aktivlardan ruxsatsiz foydalanishga urinish. 2. Buzg‘unchi tomonidan avtomatlashtirilgan tizim zaifliklaridan foydalanish yo‘li bilan tahdidni amalga oshirish harakati. 3. Xavfsizlikni ta’minlash mexanizmlarini chetlab o‘tish maqsadida yoki ularning kamchiliklaridan foydalanish maqsadida qo‘llaniladigan harakatlar. 4. Axborotni qo‘lga kiritish, unga putur yetkazish (obro‘sizlantirish), tarmoq xizmati rejimini buzish va boshqa maqsadda tizim himoyasini buzishga urinish. 5. Tizim himoyasini yengib o‘tishga urinish. Hujum ma’lumotlarni o‘zgartirishga olib keluvchi aktiv yoki passiv bo‘lishi mumkin. Izoh Hujumning amalga oshirilganligi uning muvaffaqiyatini bildirmaydi. Hujumning «muvaffaqiyat» darajasi tizim qanchalik zaifligiga va muhofaza choralarining samaradorligiga bog‘liq. " Hujum potensiali|"Baholash obyektiga hujum qilishda ishlatish uchun kerak bo‘lgan, buzg‘unchining kompetentlik, resurslar va motivatsiya ko‘rsatgichlarida ifodalangan kuch o‘lchovi. " Hujum yuzasi|"Kompyuter tizimlari axborot xavfsizligi vazifalarini yechishda qo‘llaniladigan va mumkin bo‘lgan zaif joylarning umumiy sonini bildiradigan atama. Serverda qancha ko‘p komponent o‘rnatilgan bo‘lsa, mumkin bo‘lgan zaif joylarning soni shunchalik ko‘p va demak, hujum yuzasi shunchalik katta bo‘ladi. " Hujumlarni aniqlash|"Tizim obyektlariga bo‘ladigan hujumlarni aniqlash uchun qo‘llaniladigan mexanizm. " Hujumlarni aniqlaydigan IETF ishchi guruhi|"Hujumlarni aniqlash muhitida Internet standartlarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan guruh. " «HUKUMATGA OID» belgili pochta jo‘natmasi|"Pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanganda afzalliklar taqdim etiladigan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatda ko‘rsatilgan alohida toifadagi foydalanuvchilar tomonidan jo‘natiladigan pochta jo‘natmasi. " Hukumat shlyuzi|"Turli davlat idoralari axborot tizimlarining integratsiyasi ta’minlanadigan ilovalar to‘plami. " Huquqiy informatika|"Huquqda (yoki huquqiy tizimda) axborot, axborot jarayonlari va axborot tizimlarini o‘rganuvchi fan. Huquqiy informatikaning tadqiqot obyektlari: - huquqiy tizimda axborot maxsus obyekt turi sifatida; - huquqiy tizimda axborot jarayonlari va ular bajarilayotganda paydo bo‘ladigan axborot munosabatlari; - huquqiy maqsadlarda qo‘llaniladigan hisoblash texnikasi, aloqa va telekommunikatsiyalar vositalari asosida yaratiladigan axborot tizimlari, axborot-telekommunikatsiya texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari, jumladan, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari, maʼlumotlar bazalari va banklari, ularning tizimlari, boshqa axborot texnologiyalari. " Huquqiy kibernetika|"Huquqiy tizimning ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish tizimi sifatidagi axborot xususiyatlarini o‘rganuvchi fan. " Huquqlar|"Tizimda biror bir operatsiyalarni bajarish huquqi. Administrator tomonidan boshqariladi. " Huquqni belgilovchi (huquqni yuzaga keltiradigan) hisobga olish hodisasi|"Yuzaga kelishi, o‘zgarishi yoki tugallanishi davlat hisobga olish tizimida qayd etilmasdan mumkin bo‘lmagan huquq va/yoki majburiyatlarni yuzaga keltiradigan, o‘zgartiradigan yoki tugatadigan hisobga olish hodisasi. " Huquqni tasdiqlaydigan (guvohlik beradigan) hisobga olish hodisasi|"Muayyan shaxs huquqlari va/yoki majburiyatlarining yuzaga kelishini, o‘zgarishi yoki tugallanishini aks ettiradigan hisobga olish hodisasi (huquqni belgilaydigan hujjatlar yoki hodisalarga nisbatan ikkilamchi hodisa). I " Identifikator|"1. Tegishli baholash obyekti kontekstida mantiqiy obyekt (masalan, foydalanuvchi, jarayon yoki disk) qat’iy identifikatsiya qilinganligining taqdim etilishi. Izoh – Bunga simvollar qatori misol sifatida ko‘rsatilishi mumkin. Foydalanuvchi-odam uchun uning to‘liq yoki qisqartirilgan ismi, yo (shaxsiy) laqabi ko‘rsatilishi mumkin. 2. Obyektni tavsiflovchi va uni boshqa ko‘plab obyektlar orasida ajratib ko‘rsatish imkonini beruvchi kod yoki ramziy nom. Identifikator tarmoq turini, protokolini, port raqamini va b.q. ko‘rsatishi mumkin. 3. Foydalana olish subyekti yoki obyektining farqli belgisini aks ettiruvchi, foydalana olishni identifikatsiya qilish vositasi. Foydalanuvchilar uchun foydalana olishni identifikatsiya qilishning asosiy vositasi parol hisoblanadi. " Identifikator turkumi|"Identifikatorning qiymat bilan bog‘lanish va undan foydalanish usulini belgilovchi toifa. " Identifikatsion (kodli) karta|"Foydalanuvchining axborot resursidan foydalana olishini identifikatsiya qilish uchun mo‘ljallangan, kodli so‘z (parol) tushirilgan, perforatsiyalangan qog‘oz yoki magnit karta. " Identifikatsion belgi|"Kodlangan yoki shifrlangan ko‘rinishdagi haqiqiy axborot (muallif, dastur nomi). " Identifikatsion ma’lumotlar|"Autentifikatsiya vaqtida so‘raladigan va foydalanuvchini, guruhlarning aloqasini yoki identifikatsiyaning boshqa atributlarini ifodalaydigan axborot. " Identifikatsion ma’lumotlar ombori|"Umumiy foydalanish uchun mo‘ljallangan identifikatsion ma’lumotlar saqlanadigan, konfiguratsiyalangan repozitoriy. " Identifikatsion ma’lumotlar puli|"Bir xil foydalana olish huquqlariga ega identifikatsion ma’luomotlar guruhi. Pulni xizmatlar guruhiga ham yoki xizmatlarning guruhlar to‘plamiga ham berish mumkin. " Identifikatsion xavfsizlik siyosati|"Foydalaniladigan tarmoq resurslarining, tarmoq foydalanuvchilarining, foydalanuvchilar guruhining identifikatsiyalovchi xossalari va/yoki atributlariga asoslangan xavfsizlik siyosati. " Identifikatsiya qilish|"1. Foydalana olish subyektlari va obyektlariga identifikator berish va/yoki taqdim etilayotgan identifikatorni o‘zlashtirilgan identifikatorlar ro‘yxati bilan solishtirish. 2. Tizimning ayrim komponentlarini, odatda tizimda qabul qilinadigan noyob nomlar (identifikatorlar) yordamida aniqlash jarayoni. 3. Foydalanuvchining shaxsini, unga tizim bilan ishlashda huquq va imtiyozlarning ma’lum to‘plamini berish maqsadida aniqlash, masalan, foydalanuvchiga taalluqli xavfsizlik identifikatorini belgilash. " Identifikatsiyalash ishonchliligini oshirish qurilmasi|"Telekommunikatsiyalar kanallari orqali olisdagi terminallardan uzatilgan identifikatsiya xatolari tuzatilishini ta’minlaydigan dasturiy-apparat qurilma. Izoh – Xatolarni tuzatish uchun turli usullar; xabarlarni uzatuvchi tomonga original bilan taqqoslash uchun qayta yuborish; xabar bilan bir vaqtda nazorat razryadlarini yuborish; ortiqcha kodlardan (Xemming kodi, siklik kodlar) foydalanish va h.k. qo‘llaniladi. " Identifikatsiyalash tizimi|"Axborotga oid (informatsion) o‘zaro hamkorlik jarayonida tomonlarni autentifikatsiya qilish funksiyasini bajaradigan kriptografik tizim. " Ideogramma|"Obyektni, butun so‘zni, tushunchani va ular bilan qo‘shilib keladigan tovush elementlarini bildiradigan, shartli grafik belgi. " Idoralararo elektron hamkorlik|"Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida davlat organlari o‘rtasida maʼlumotlar almashinish. " Idoralararo elektron so‘rov|"Davlat organining, davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va ma’lumot taqdim etilishi to‘g‘risida, talabnoma beruvchining so‘rovi asosida so‘raladigan hujjatlar va ma’lumotga ega bo‘lgan tashkilotlarga elektron hujjat shaklida yuborilgan talabnomasi. " Idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik|"Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida davlat organlari o‘rtasida ma’lumotlar almashinish. " Idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik tizimi|"Mahalliy hokimiyat organlariga, kredit tashkilotlariga (banklarga), nodavlat pensiya fondlariga, bu tizimning boshqa qatnashchilariga, fuqarolar va tashkilotlarga elektron shaklda davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun zarur bo‘ladigan ma’lumotlarni almashinish imkonini beradigan axborot tizimi. " Idoralararo integratsion platforma|"Idoralararo o‘zaro hamkorlikni tashkil qilish va elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish doirasida elektron hukumat axborot tizimlarini integratsiyalash uchun mo‘ljallangan apparat-dasturiy vositalar majmui. " Idoralararo kompyuter tarmog‘i|"Bitta yoki bir necha davlat doirasida bir necha idoralarning lokal va korporativ tarmoqlarini birlashtiruvchi axborot- hisoblash tarmog‘i. " Idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘i|"Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatadigan davlat organlarining idoraviy va idoralararo axborot resurslari va elektron hukumat markaziy ma’lumotlar bazalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik uchun belgilangan tarmoq. " Idoraning rasmiy sayti|"Internet tarmog‘ida noyob manzilga ega bo‘lgan, tashkilotlar va fuqarolarga tegishli idoraning faoliyati to‘g‘risidagi axborotdan, shuningdek, axborot bilan bog‘liq va boshqa xizmatlardan (servislardan) foydalana olishni ta’minlaydigan, davlat organi axborot-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlarining majmui. " Ifloslanish|"Bitta maxfiylik grifi yoki xavfsizlik toifasidagi ma’lumotlarni maxfiylik grifining darajasi pastroq bo‘lgan yoki boshqa xavfsizlik toifasidagi ma’lumotlarga kiritish. " Ifoda|"Mаtematik formula va/yoki nisbat bilan ifodalangan, ma’lumotlar ustida qandaydir operatsiyalar bajarilishini dasturlash tilida yozish. Operatsiyalar belgilari (operatorlar) bilan birlashtirilgan o‘zgaruvchilar, konstantalar, funksiyalardan (ularning barchasi operandlar deb ataladi) iborat. Operatsiyalar unar (bitta operand bilan), binar (ikkita operand bilan) bo‘ladi. Arifmetik, mantiqiy va simvolli ifodalar mavjud. " Ignasimon yo‘nalganlik diagrammasi|"Antennaning maksimal nurlanish o‘qiga nisbatan simmetrik bo‘lgan tor yo‘nalganlik diagrammasi. " Ijaradagi liniya|"Monopol (yakka tartibda) foydalanish uchun abonentga (tashkilot yoki xususiy shaxsga) ajratilgan, «nuqta-nuqta» turidagi, kommutatsiyalanmaydigan yer usti yoki yo‘ldoshli aloqa liniyasi. " Ijaraga olingan kanal|"Tarmoq operatori tomonidan tarmoq foydalanuvchisiga shartnoma asosida ijaraga berilgan kanal. " Ijtimoiy informatika|"Jamiyatda axborot harakatlanishi qonuniyatlari va shakllari to‘g‘risidagi fan. Informatikaning ilmiy tadqiqotlarning yangi fanlararo sohasini bildiruvchi bo‘limi. " Ijtimoiy muhandislik|"Kompyuter tizimlariga texnik vositalardan foydalanmasdan hujum qilish usuli. Bu usul inson omiliga, uning ojizligiga asoslangan. " Ijtimoiy munosabatlar|"Ijtimoiy subyektlar o‘rtasida hayotiy ne’matlar taqsimlanishida ijtimoiy adolat bo‘lishi va subyektlarning tengligi, shaxsning qaror topish va rivojlanish sharoitlari, moddity, ijtimoiy, ma’naviy ehtiyojlar qondirilishi yuzasidan amalga oshiriladigan munosabatlar. " Ijtimoiy tarmoq|"Internetda ijtimoiy o‘zaro munosabatlarni qurish, aks ettirish va tashkillashtirish uchun mo‘ljallangan platforma, onlayn-servis, veb-sayt. " Ikki bog‘lanishli topologiya|"Uzellarning har bir jufti, kam deganda, ikkita bog‘lovchi liniyaga ega bo‘ladigan tarmoqning tuzilmaviy sxemasi. " Ikki diapazonli (ikkita diapazonda ishlash)|"Turli chastota diapazonlarida, masalan, GSM 900 va GSM 1800 ishlay oladigan mobil telefon. Izoh − Dual Band markasi bo‘lgan GSM tarmoqlarining telefonlari va uskunasi ikkita chastota diapazonida ishlay oladi. " Ikki fazali kod|"Birining davri taktli intervalga, ikkinchisi esa taktli intervalning yarmiga teng bo‘lgan ikki holat ikkita chastota impulslari orqali uzatiladigan kod. " Ikki hissa almashinuv tezligiga ega bo‘lgan SDRAM|"DDR SDRAM mikrosxemasi (texnologiyasi, xotirasi) sinxron dinamik tezkor xotira qurilmasi mikrosxemalarining turi bo‘lib, unda ma’lumotlar uzatish takt signalining ikkala frontida ham amalga oshiriladi, bu esa ma’lumotlar almashinuvi tezligini ikki hissa oshirsh imkonini beradi. " Ikki kanalli (n-kanalli) televizion server|"Ikki (n ta) mustaqil ishlaydigan televizion kanalga ega televizion server. " Ikki ko‘zguli antenna|"Ikkita asosiy reflektor va kontrreflektor ko‘zgudan iborat bo‘lgan ko‘zguli antennalar. Izoh – Antennaning ikki ko‘zguli sxemasi antenna yo‘nalganlik diagrammasi yon yaproqlarining kichik darajasini ta‘minlaydi, shuning uchun u ko‘proq uzatuvchi antennalarda ishlatiladi. " Ikki liniyali ulanish|"Abonent terminalini bir vaqtda tarmoqning ikkita uzeliga ulash. Ikkinchi liniya, odatda rezerv hisoblanadi, yaʼni u orqali normal ish sharoitlarida ishlash qobiliyatini nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan uncha katta bo‘lmagan xizmatga oid oqim uzatiladi. " Ikki marta bosish|"«Sichqoncha» tugmasini ikki marta tez bosish. Foydalanuvchining grafik interfeysida obyektni tez tanlash yoki qandaydir ishni amalga oshirish uchun xizmat qiladi. " Ikki nuqta|"Dasturlash tilida qatordagi operatorlarni ajratish uchun qo‘llaniladi. Masalan, Beysik tilida bir satrda yozilgan operatorlar ikki nuqta orqali ajratiladi. " Ikki nuqtali aloqa protokoli|"SLIP protokolining davomchisi. Bu protokol marshrutizatorni marshrutizator bilan va xost-mashinani tarmoq bilan sinxron va asinxron aloqa liniyalari bo‘yicha ulashni o‘rnatadi. Agar SLIP protokoli faqat IP-protokoli bilan ishlash uchun loyihalashtirilgan bo‘lsa, RRR protokoli esa tarmoq sathidagi bir necha protokollar bilan IP, IPX va ARA protokollarini qo‘shgan holda, ishlash uchun loyihalashtirilgan. RRR protokoli, shuningdek, axborotni muhofaza qilishning o‘rnatilgan mexanizmiga ega: SNAR va RAR protokollari. " Ikki nuqtali bog‘lanish|"Faqat ikkita punkt o‘rtasida o‘rnatiladigan bog‘lanish. " Ikki nuqtali topologiya|"Tarmoqning, ikki uzelini o‘zaro biron-bir kommutatsion uskunadan foydalanmasdan bog‘laydigan, oddiy fragmenti. Soddaligiga qaramay, bu bazaviy topologiyadan axborotni yuqori tezlikli magistral aloqa liniyalari orqali uzatishda keng foydalaniladi. " Ikki polosali|"C-diapazon signallari kabi Ku-diapazon (12 GHz dan 18 GHz gacha) signallari bilan ham ishlash imkoniyatiga ega bo‘lgan uskuna va antennalarni belgilashda foydalaniladigan atama. " Ikki portli|"Operatsiyalarning parallel bajarilishini topshirish uchun, mustaqil ikkita kirish nuqtasi bo‘lgan xotira mikrosxemasi. " Ikki portli xotira|"Bir vaqtda bittadan ortiq protsessor yoki kontroller erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan xotira. " Ikki portli shlyuz|"Tarmoqlararo ekran dasturiy ta’minoti ishlaydigan va ikkita – biri ichki tarmoqqa, ikkinchisi tashqi tarmoqqa ulangan tarmoq kartalariga ega bo‘lgan kompyuter. Shlyuz axborotni bir tarmoqdan ikkinchisiga, ular o‘rtasida bevosita o‘zaro ta’sirni istisno qilgan holda, uzatadi. " Ikki pog‘onali tizim|"Ikki pog‘onasida joylashgan kollektor va taqsimlash kanallariga ega bo‘lgan kanallar tizimi. " Ikki protsessorli|"Ikkita protsessorli kompyuter. " Ikki rangda ko‘rish|"Barcha ranglar tegishli tarzda tanlangan faqat ikkita qo‘zg‘atuvchi aralashmasi bilan mos kelishi mumkin bo‘lgan normal bo‘lmagan rang ko‘rish. " Ikki rejimli terminal|"Turli tarmoqlarda ishlashga mo‘ljallangan abonent terminali. Misol – analog va raqamli standartlarda (TDMA/ AMPS), yo‘ldoshli va uyali aloqa GSM/Glo-balstar rejimlarida ishlaydigan terminallar. " Ikki standartli telefon|"Turli tarmoqlarda, masalan, CDMA va AMPS, GSM va DECT da ishlay oladigan mobil telefon. " Ikki tomonga yo‘naltirilgan port|"Ma’lumotlar ikkala yo‘nalishda yuborilishi mumkin bo‘lgan port. " Ikki tomonga yo‘naltirilgan interfeys|"Bir vaqtning o‘zida aloqaning ikkala yo‘nalishida maʼlumotlar uzatilishini taʼminlovchi interfeys. " Ikki tomonlama bog‘lanish|"Tarmoq elementlarining istalgan jufti o‘rtasida ikki aloqa liniyasining mavjud bo‘la olishi. " Ikki tomonlama muvofiqlashtirish|"To‘g‘ri va teskari yo‘nalishlarda aloqa kanallarining real xarakteristikalari hisobga olingan holda, liniyalarning parametrlari va ish rejimlarini tanlash amalga oshiriladigan, bog‘lanishni o‘rnatish protsedurasi. " Ikki tomonlama xotira moduli|"DRAM xotira modullarining form-faktori. Modulning turli tomonlarida joylashgan kontaktlarning bog‘liq bo‘lmasligi DIMM ning asosiy farqi hisoblanadi. DIMM 64 (juftlikni nazorat qilmasdan) yoki 72 (juftlik yoki ESS kodi bo‘yicha nazorat qilish bilan) ma’lumotlar uzatish liniyasida xatolarni aniqlash va tuzatish funksiyasini bajaradi. " Ikki tomonlama yo‘naltirilgan antenna|"1. Bitta machtada joylashgan va qarama-qarshi tomonga yo‘naltirilgan ikkita yo‘naltirilgan antennadan iborat antennali tizim. 2. Radiosignallarni ikki yo‘nalishda bir vaqtda nurlantiruvchi ikki yaproqli yo‘nalganlik diagrammasiga ega antenna. " Ikki uyli shlyuz|"Brandmauerning dasturiy taʼminoti ishlaydigan va biri ichki tarmoqqa, boshqa biri tashqi tarmoqqa ulangan ikkita tarmoq interfeys platasi bo‘lgan kompyuter. Izoh – Shlyuz axborotni bir tarmoqdan ikkinchi tarmoqqa uzatadi, ular o‘rtasida bevosita taʼsirga yo‘l qo‘ymagan holda. Seans va amaliy sath shlyuzlari ikki uyli shlyuzga kiradi. " «Ikki yarim» yoki «gibrid» animatsiya|"Uch o‘lchamli perspektiva imitatsiyasiga ega ikki o‘lchamli animatsiya. Obyektlarning «ko‘p qatlamli» siljishidan foydalanilganda «yaqinda joylashgan»larga nisbatan «uzoqlashgan» obyektlar sekinroq siljiydi. " Ikki yo‘nalishli|"Ikki tomonga yo‘naltirilgan signal. " Ikki yo‘nalishli oldindan aytish|"«Oldinga» (o‘tgan videokadrlar bo‘yicha) yoki «orqaga» (oldindagi videokadrlar bo‘yicha) oldindan aytishdan foydalaniladigan kodlash usuli. " Ikki o‘lchamli grafika|"X va Y o‘qlari bo‘yicha ikkita koordinata bilan tavsiflanadigan grafika. " Ikki o‘lchamli taxminlash, 2-D taxminlash|"Taxminlangan qiymat, ayni bir maydon satrlaridagi qo‘shni tasvir elementlaridan kelib chiqib olinadigan taxminlash. " Ikki shinali arxitektura|"Pentium Pro protsessorlari ichki shinasi arxitekturasining nomi. Turli taktli chastotalarida ishlashini ta’minlash va tizim unumdorligini oshirish imkonini beradi. " Ikkilamchi halqa|"Ikki halqali optik tolali tarmoqdagi (FDDI standarti) rezerv bog‘lovchi liniya. Bu liniya orqali normal ish rejimida (nosozliklar bo‘lmaganda) liniya ishlash qobiliyatini nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan xizmat signallari uzatiladi. " Ikkilamchi kalit|"1. Asosiy xabarni va biror bir kirish parametrini, masalan, abonent stansiyasining seriya raqamini mantiqiy qayta o‘zgartirish yo‘li bilan olinadigan kalit. 2. Dasturiy ta’minotni muhofaza qilish usuli, unda birinchi kriptografik kalit dasturiy ta’minotni deshifrovka qilish uchun kalit hisoblanadigan ikkinchi kalitdan foydalana olish uchun yo‘l ochadi. " Ikkilamchi kesh-xotira|"Protsessordan tashqarida, birlamchi kesh-xotira bilan tezkor xotira qurilmasi o‘rtasida joylashgan ikkinchi sath kesh-xotira. " Ikkilamchi kuchlanishdan muhofaza qilish qurilmasi|"Shaxsiy hayot sirlarini taʼminlash uchun bajarilayotgan tadbirlar. Ushbu tadbirlar, ayrim shaxslar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni muhofazalash va ularni yig‘ish, to‘plash va ularni qayta ishlashga cheklovlarni o‘z ichiga oladi. " Ikkilamchi nur tarqatgich|"Fider bilan bog‘lanmagan va birlamchi nur tarqatgichning elektromagnit maydoni bilan qo‘zg‘atiladigan antennaning nurlantiruvchi elementi. " Ikkilamchi nurlanish|"Yuqori chastotali toklar va elektr zaryadlarni yo‘naltirish hisobiga, radioto‘lqinlarning uzatish muhitidagi to‘siqlardan qaytish va tarqalish hodisasi. " Ikkilamchi rangli rirproyeksiya|"Rang videosignali bilan dastlabki tasvir yoki yozuv yaratilgandan so‘ng bajariladigan rirproyeksiya. " Ikkilamchi tarmoq kanali|"Telekommunikatsiyalar ikkilamchi tarmog‘ining kommutatsiya uzellari va stansiyalari oralig‘idagi telekommunikatsiyalar kanalining qismi. Ikkilamchi tarmoqning turiga qarab uning kanallari quyidagicha nomlanadi: telefon tarmog‘i kanali, telegraf tarmog‘i kanali, maʼlumotlar uzatish kanali va h.k. " Ikkilamchi zichlanishga ega kanal|"Nutqli axborot bilan bir qatorda, qo‘shimcha past tezlikli ma’lumotlar oqimi ham uzatilishi mumkin bo‘lgan aloqa kanali. Izoh − Polosasining kengligi (0,3−3,4) kHz bo‘lgan kanal ma’lumotlarning bitta yoki bir nechta past tezlikli kanali bilan qo‘shimcha zichlanishi mumkin. " Ikkilanma nur sinishi|"Yorug‘lik nurining optik anizotrop muhit orqali tarqalishida yorug‘lik sinish ko‘rsatgichining nur qutblanganligiga bog‘liqligi oqibatida ikkiga ajralishi. " Ikkilik|"Ikkilik sanoq tizimida taqdim etilgan ma’lumotlar turi. " Ikkilik fayl|"Ma’lumotlar ikkilik ko‘rinishida, masalan, dastur kodi, shrift yoki tasvir bilan taqdim etiladigan fayl. Matnli fayllardan farqli ravishda, ekranda ko‘rish uchun maxsus dastur talab etadi. " Ikkilik fazaviy manipulyatsiya|"Fazaviy modulyatsiyalash usuli bo‘lib, bunda kirish ikkilik simvolining 1 dan 0 ga yoki aksincha, almashinishi signal fazasining 180° ga o‘zgarishiga olib keladi. Masalan, modulyator chiqishidagi faza siljishi 0 simvoli uchun +90°, 1 simvoli uchun – 90° bo‘lishi mumkin. " Ikkilik izlash|"1. Tartiblashtirilgan ko‘plikdagi izlash usuli bo‘lib, uning har bir qadamida ko‘plikning o‘rtacha elementi izlangan element bilan taqqoslanadi va taqqoslash natijasiga bog‘liq holda, keyingi qadamda qayta ishlash uchun ko‘plikning yarmi tanlanadi. 2. Elementlar to‘plami ikki qismga bo‘linadigan va bir qismi tashlab yuboriladigan izlash. Jarayon maqbul xossaga ega elementlar topilgunga qadar takrorlanadi. " Ikkilik jamp|"Xotira ichidagini ikkilik ko‘rinishida bosib chiqarish. " Ikkilik kiritish|"Kompyterga ikkilik ma’lumotlarni kiritish. " Ikkilik kod|"1. Xotira ichidagini nollar va birlar ketma-ketligi ko‘rinishida taqdim etish, biroq bu atama ko‘pincha bajariladigan dasturni belgilash uchun qo‘llaniladi. 2. Bajarish uchun yaroqli ko‘rinishda bo‘lgan faqat mashina komandalari va konstantalarni ichiga oladigan dasturiy modul. " Ikkilik kodlar darajasidagi moslik|"Bitta kompyuter tizimi dasturining o‘zgartirishsiz boshqa platformada bajarilish qobiliyati. " Ikkilik ko‘rinishdagi fayllarni uzatish|"Fayllarni ikkilik ko‘rinishda uzatish protokoli. Ma’lumotlar uzatish jarayonida o‘zgarmaydi. " Ikkilik nuqta|"Ikkilik sondagi, butun qismni kasrli qismdan ajratadigan nuqta. " Ikkilik raqam|"Ikkilik sanoq tizimidagi ikkita ‒ 0 va 1 raqamdan biri. " Ikkilik sanoq tizimi|"Asosi 2 bo‘lgan pozitsion sanoq tizimi. Sonlarni yozish uchun 0 va 1 ikkilik raqamlardan foydalaniladi. Informatikada asosiy sanoq tizimi hisoblanadi. " Ikkilik semafor|"0 va 1 qiymatlarni oladigan semafor. " Ikkilik sinxron uzatish|"Olisdagi terminallarning markaziy elektron hisoblash mashinasi bilan aloqasida foydalaniladigan protokol. " Ikkilik skanlash ekrani|"DSTN displey − qattiq buralgan nematik bilan to‘ldirilib, bir-biriga yopishtirilgan shishali yacheykalar. Birinchisi – suyuq kristalli displey, ikkinchisi – elektrodlar va qutblagichlarsiz yoki oq fonda qora rangning aks etishini ta’minlovchi va kontrastni ko‘paytiruvchi kompensator sifatida foydalanish uchun suyuq kristall modda bilan to‘ldirilgan shisha yacheyka. " Ikkilik son|"Ikkilik sanoq tizimida yozilgan son. Kompyuter xotirasidagi har qanday narsani ikkilik sonlar ko‘rinishida taqdim etish mumkin. " Ikkilik sonlar psevdotasodifiy ketma-ketligining generatori|"Ma’lumotlarning initsializatsiyalanadigan so‘zini kiritishda muayyan psevdotasodifiy ikkilik ketma-ketligini generatsiyalaydigan uskuna. " Ikkilik tasvir|"Ma’lumotlarning ikkilik massiv ko‘rinishida taqdim etilishi. " Ikkilik yoqlama litsenziyalash|"Erkin dasturiy taʼminotning biznes modeli va uni ikkita litsenziya bo‘yicha amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Ko‘pincha bittasi – shaxsiy mulk sifatida ko‘riladi va shu dasturiy taʼminot asosida uning qo‘llanmalarini yaratishga imkon beradi. " Ikkilik-o‘nli kod|"O‘nli sonlarni ixcham tarzda mashina tiliga o‘girish usullaridan biri bo‘lib, har bir o‘nli raqamni kodlash uchun to‘rt bit talab qilinadi. Bunday sonlar meynfreymlarda iqtisodiy hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun qo‘llaniladi. " Ikkilik-o‘nlik kodlash|"O‘nli (0 ‒ 9) raqamlarni to‘rt razryadli ikkilik kodlar bilan taqdim etish usuli. " Ikkinchi avlod (2G)|"Mobil aloqa tizimlarining ikkinchi avlodi, analog tizimlarning birinchi avlodidan keyingi, simsiz texnologiyalar raqamli standartlarining birinchi guruhi. Izoh − Birinchi navbatda ovozni uzatish maqsadida ishlab chiqilgan, 2G tarmoqlarida ma’lumotlar ancha sekin uzatiladi. Ma’lumotlar uzatishda 2G tizimlari 2,5G va 3G tizimlardan farqli ravishda, ma’lumotlar ayni paytda uzatilayotganidan yoki uzatilmayotganidan qat’i nazar, butun aloqa seansi mobaynida tarmoqning o‘tkazish polosasini egallaydi. 2G tizimlari o‘z ichiga cdmaOne va GSM tizimlarini oladi. " Ikkinchi avlod tili|"Ikkinchi avlod tili, shuningdek, assembler dasturlash tili sifatida ham ma’lum til. " Ikkinchi bosqich kesh xotirasi|"Protsessorlarning yangi modellarida ikkinchi bosqich kesh xotirasi protsessorga ichki qurilgan va birichni darajali kesh xotirasini to‘ldirishda ishlatiladi. " Ikkinchi shans algoritmi|"Uzoq vaqt murojaat bo‘lmagan sahifa emas, murojaatlarning vaqt bo‘yicha o‘sib borishi tartibi bo‘yicha tartiblangan ro‘yxatdan keyin keladigan sahifalar almashtiriladigan algoritm. " Ikoncha|"Displey ekranida operatsion tizimi muhitida obyekt yoki dasturni aks ettiruvchi kichik tasvir. " Ilmiy-axborot faoliyati|"Ilmiy-texnikaviy axborotni tashkil qilish, to‘plash, tartibga keltirish, tahliliy-sintetik qayta ishlash, yozish, saqlash, tarqatish va foydalanuvchi (isteʼmolchi)ga taqdim etish bilan bog‘liq harakatlar majmui. " Ilmiy-texnik axborot|"Ilmiy, ilmiy-texnikaviy, innovatsion va ijtimoiy faoliyat davomida yig‘ilgan hujjat va faktlar to‘g‘risidagi axborot. " Ilmiy-texnik axborot mahsuloti|"Ilmiy-texnikaviy axborot foydalanuvchilari (isteʼmolchilari) ehtiyojlarini qondirish uchun mo‘ljallangan axborot, ilmiy-texnikaviy faoliyatning moddiy natijasi. " Ilonsimon to‘lqin o‘tkazgich|"Konstruksiyasida qattiq metall sirtlar bo‘lmagan, qayriladigan egiluvchan to‘lqin o‘tkazgich. To‘g‘ri burchakli teshiklari bo‘lgan va ularni rezinali qobiq bilan biriktiriladigan bir qator metall shaybalardan tashkil topgan. " Ilova|"Tizimli proseduralarni chaqirish vositasida operatsion tizim bilan birgalikda ishlagan holda, bevosita foydalanuvchiga zarur boʻlgan funksiyalarni bajaradigan amaliy dastur yoki dasturlar paketi (vazifaning toʻla bajarilishini ta’minlaydigan dagturlar toʻplami) – masalan, hisoblash dasturi, matn redaktori yoki elektron jadval. " Ilova bibliotekasi|"Foydalanuvchiga muayyan masalani hal etish imkoniyatini ta’minlaydigan, tugallangan amaliy dastur yoki paket, masalan, elektron jadval yoki matn protsessori. " Ilova oynasi|"Ilovaning ishchi sohasi sifatida foydalaniladigan oyna. " Ilovalar generatori|"Ilovalarning muayyan sohasida bitta yoki bir nechta masalani hal qilish uchun dastur yaratadigan kod generatori. " Ilovalar identifikatori|"Faylli tuzilma tomi deskriptorining maydoni, disk yaratilishida bajariladigan birinchi amaliy dastur marshruti nomini belgilaydi. " Ilovalar portfeli|"Butun hayotiy sikli mobaynida ilovalarni boshqarish uchun foydalaniladigan tizimlashtirilgan hujjat yoki ma’lumotlar bazasi. Barcha ilovalarning asosiy, muhim atributlarini ichiga oladi. " Ilovalar severi|"Tarmoq amaliy (mijoz server) dasturlari bajariladigan, shuningdek, mijozlar foydalana oladigan ma’lumotlar bo‘lgan server. " Ilovalar talablari spetsifikatsiyasi|"Ilovaning spetsifik talablari hujjatlashtiriladigan, variantlari bog‘liq bo‘lgan, domenga ko‘rsatiladigan talablar spetsifikatsiyasi bilan yaxlit holatga keltiriladigan kichik jarayon. " Ilovalar talablarini boshqarish|"Ilovalar talablarining o‘zgarishlari va kuzatib borishlik mumkinligi boshqariladigan quyi jarayon. " Ilovalar talablarini tahlil qilish|"Muayyan ilovalarga bo‘lgan barcha talablar tushuniladigan, modellash vositasida ilovalarga bo‘lgan noto‘g‘ri va noizchil talablar tahlil qilinadigan, keyin esa, domenga qo‘yiladigan talablar yordamida qanoatlantirilishi mumkin bo‘lmagan ilovalar talablari tahlil qilinadigan va kelishiladigan quyi jarayon. " Ilovalarni hamkorlikda ishlab chiqish|"1977-yilda IBM tomonidan taklif qilingan tizimlarni tahlil qilish va ishlab chiqishga yondashuv. " Ilovalarni integratsiyalash|"Turli dasturlash tillarida yozilgan va turli arxitekturalarda ishlab chiqilgan turli ilovalarni o‘zaro birlashtirish imkonini beradi. " Ilovalarni ishlab chiqish muhandisligi|"1. Aktivlardan takror foydalanish yo‘li bilan, amaliy tizimlarni yaratish yoki aniqlashtirish jarayoni. 2. Jarayonlar to‘plamidan iborat hayotiy sikl. Bu jarayonlarda ilova aktivlari va mahsulotlar, mahsulotlar chizig‘i bo‘laklari, domen arxitekturasiga muvofiq va platforma o‘zgaruvchanligini bog‘lash yo‘li bilan, aktivlardan takror foydalanish orqali boshqariladi va bajariladi. " Ilovalarni tez ishlab chiqish|"Obyektga yo‘naltirilgan va vizual dasturlashdan foydalanish hisobiga, ilovalarning tezda ishlab chiqilishini ta’minlaydigan dasturiy mahsulot. " Ilovalarning asosiy oynasi|"Ilovadagi asosiy vazifani bajaruvchi oyna. Asosiy oynadan butun dasturni moslash va konfiguratsiyasini o‘zgartirish mumkin bo‘lgan bir qator yordamchi oynalarni ochish mumkin. " Ilovani ma’muriy boshqarish funksiyasi|"Foydalanuvchi tomonidan bajariladigan funksiya, jumladan ilovani o‘rnatish, joylashtirish, zaxiralash, xizmat ko‘rsatish (tuzatishlar kiritish va o‘zgartirish) hamda chiqarib tashlash. " Ilovaning ishga tushirilishi|"Ishlash uchun kerak bo‘ladigan dastur modullari, bibliotekalari va tezkor xotiradan undan foydalanish va tez ma’lumot almashinish uchun nusxa olish. " Ilg‘or texnologiya|"Biror-bir dasturiy va apparat ta’minot sohasida tub burilish yasagan eng ilg‘or texnologiya. Masalan, DirectX 10, kompyuter bilan ishlash tezligini keskin oshirishga qodir ilg‘or texnologiya hisoblanadi. " Imitatsion xalaqit|"Tuzilmasiga ko‘ra, foydali signalga o‘xshiydi, shuning uchun uni topish va ajratish qiyin bo‘lgan xalaqit. Odatda, u xuddi foydali signaldagi singari, lekin boshqacha modulyatsiya parametrlariga ega elementlardan tashkil topgan bo‘ladi. " Imitatsiya|"1. Texnik yolg‘on xabar tarqatishning tarkibiy qismi, soxta obyektlar va texnik demaskirovka qiluvchi belgilarni sun’iy qayta tiklash yo‘li bilan amalga oshiriladi. 2. Kriptografik protokolga aktiv hujum, uning maqsadi bir tomondagi raqib va/yoki buzg‘unchi tomonidan boshqa tomon nomidan qabul qilayotgan rad etilmaydigan xabarni majburan qabul qildirish hisoblanadi. " Imitatsiyalanadigan xalaqit|"Xalaqitga chidamlilikni baholash yoki o‘lchash maqsadida hosil qilinadigan, parametrlarning berilgan qiymatiga ega elektromagnit xalaqit. " Imitobardoshlik|"Maqsadi yolg‘on xabarni majburan kiritish (qabul qilish) yoki uzatiladigan axborotni yoki saqlanadigan ma’lumotlarni almashtirib qo‘yish bo‘lgan, jinoyatkorning aktiv hujumlariga qarshi tura olish qobiliyati. " Imitomuhofaza|"1. Shifrlangan aloqa tizimini yolg‘on ma’lumotlar majburan kiritilishidan (qabul qilinishidan) saqlashning apparat, apparat-dasturiy yoki dasturiy muhofaza vositalari. 2. Shifrlangan aloqani yolg‘on ma’lumotlarning ortiqcha o‘rnashishidan muhofaza qilish tizimi. " Imitomuhofaza tizimi|"Xabarlarni autentifikatsiyalashni bajaruvchi va axborotni ruxsatsiz o‘zgartirish yoki soxta axborotni majburan qabul qildirishdan himoya qilish uchun mo‘ljallangan kriptografik tizim. Xususan, imitomuhofaza tizimi axborotning yaxlitligini ta’minlaydi. Izoh – Imitomuhofaza tizimining matematik modeli imitomuhofazalovchi kodlash algoritmini (bu shifrlash algoritmi, autentifikatsiyalash kodi yoki boshqa o‘zgartirish bo‘lishi mumkin) va olingan axborotning haqiqiyligi to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish algoritmini hamda kalit tizimni o‘z ichiga oladi. " Imitomuhofaza vositalari|"Axborotni kriptografik almashtirish algoritmlarini amalga oshiruvchi va yolg‘on axborotni majburan qabul qildirishdan muhofaza qilish uchun mo‘ljallangan apparat, dasturiy va apparat-dasturiy vositalar. " Imitoqo‘shimcha|"Ochiq ma’lumotlar va kalitdan ma’lum qoidaga ko‘ra olingan hamda shifrlangan ma’lumotlarga imitomuhofazani ta’minlash uchun qo‘shilgan, qayd qilingan uzunlikdagi axborot bo‘lagi. " Imkoniyati yuqori bo‘lgan texnologiya (bosmaga chiqarilayotganda)|"Bosmaga chiqarishda yuqori sifatga (1200x1200 dpi gacha) erishish imkoniyatini beradigan texnologiya. " Imkoniyatlar|"Qurilma yoki dasturning funksional xarakteristikalari. " Imloni tekshirish|"Kiritilgan matnni imlo qoidalariga ko‘ra tekshiruvchi dastur. " Impedans|"Elektr zanjirining o‘zgaruvchan tokka nisbatan to‘liq qarshiligi. " Impedansli antennalar|"Yuguruvchi to‘lqin antennalarining bir turi, unda elektromagnit energiya oqimini to‘plash sayoz turdagi sekinlashtiruvchi ti-zimdan foydalanib amalga oshiriladi. " Impedansni moslashtirish|"Zanjir qo‘shni elementlarining to‘la to‘lqin qarshiliklarini (impedanslarini) interfeys nuqtasi orqali o‘tuvchi quvvat unumdorlikni yaxshilash yoki alohida samaraga erishish uchun maksimal darajada mumkin bo‘ladigan tarzda tanlash. " Implikatsiya|"Ikkita ifoda uchun mo‘ljallangan mantiqiy operatsiya. Natija beruvchi ifoda faqat birinchi ifoda to‘g‘ri, ikkinchisi esa noto‘g‘ri bo‘lganda (implikatsiya operatsiyasi kommutativ bo‘lmaganda) yolg‘on bo‘ladi. Implikatsiyaning standart belgisi: →. " Impuls|"Barqaror shakllangan jarayonning vaqtinchalik xarakteristikalariga nisbatan kichik vaqt intervali bilan tavsiflanuvchi, (kuchlanish, tok va b.) shakllangan holatining qisqa muddatli o‘zgarishi. Impulsning shakli turlicha – to‘g‘ri burchakli, trapetsiyasimon va h.k. bo‘lishi mumkin. Impulsning asosiy parametrlari davomiylik, amplituda, front hisoblanadi. Impulslar videoimpulslarga (eltuvchisi to‘ldirilmaydigan impuls) va radioimpulslarga ajratiladi. " Impuls-kodli modulyatsiya|"Modulyatsiyalash usuli, unga ko‘ra, analog signal qatʼiy uzunlikdagi ketma-ket uzatiladigan n razryadli (n=8) kodli so‘zlardan iborat raqamli maʼlumotlar oqimiga aylantiriladi. Tovushni uzatish 64 kbit/s tezlik hamda A- yoki qonuni bo‘yicha kompanderlash bilan amalga oshiriladi. IKM yordamida o‘zgartirilgan tovush signalining sifati yuqori bo‘ladi (ekspert baholanishi MOS shkalasi bo‘yicha 4,3). " Impulslar generatsiyasi|"Telefon raqamini terish paytida telefon aloqa liniyasiga impulslar jo‘natish. " Impulsli modulyatsiya|"Modulyatsiyalangan signal video yoki radioimpulslar ketma-ketligi ko‘rinishida bo‘lishi bilan farqlanadigan modulyatsiyalash usullari guruhi. " Imtiyozlar|"Operatsion tizimga yuborilgan imtiyozli, ya’ni cheklangan doiradagi foydalanuvchilar uchun mumkin bo‘lgan so‘rovlarni bajarish huquqi. Masalan, tizim vaqtini o‘zgartirishga so‘rov. " Imtiyozlarni boshqarish infratuzilmasi|"Kompleks mualliflashtirish xizmati ko‘magida hamda ochiq kalitlar infratuzilmasi bilan o‘zaro hamkorlikda imtiyozlarni boshqarish ta’minlanadigan infratuzilma. " Imtiyozlarning taqsimlanishi|"Ma’lumotlarni muhofaza qilish mexanizmini ochish prinsipi, bunda erkin foydalanish (kirish) uchun bir emas, balki ikkita parolni (masalan, ikkita shaxs tomonidan) ko‘rsatish zarur bo‘ladi. " (Imtiyozli bo‘lmagan) foydalanish rejimi|"Foydalanuvchilarning dasturlari bajariladigan dasturlarni bajarishning standart rejimi. Bu rejimda ayrim imtiyozli operatsiyalar (masalan, xotiraning va registrlarning tizim sohalarini o‘zgartirish) ta’qiqlanadi. " Imzo|"Familiya, ism, manzil va boshqa axborotdan iborat kichik matn. Uy katalogidagi maxsus fayldan olinadigan imzo avtomatik ravishda jo‘natilayotgan xat va teleanjumanda jo‘natilgan maqolalarning oxiriga qo‘shiladi. q: raqamli imzo. " Imzo kaliti sertifikatining egasi|"Ro‘yxatga olish markazi tomonidan imzo kaliti sertifikatini olgan va o‘z yopiq elek-tron raqamli imzo kalitiga ega bo‘lgan jismoniy shaxs. Elektron raqamli imzo kaliti vositalari yordamida elektron hujjatlarda o‘z elektron raqamli imzosini yaratish (elektron hujjatlarga imzo chekish) imkonini beradi. " Imzo sertifikatining egasi|"Nomiga imzo kalitining sertifikati berilgan, sertifikatda ko‘rsatilgan ochiq kalitga mos keluvchi elektron raqamli imzo kalitining yopiq kalitiga egalik qiladigan jismoniy yoki yuridik shaxs. " Indeks|"Berilgan har bir massivning har bir elementini identifikatsiya qilish uchun massiv nomiga qo‘yiladigan raqam (yoki raqamlar, agar ma’lumotlar massivi ko‘p o‘lchamli bo‘lsa). " Indekslangan fayl|"Yozuvlaridan foydalanish uchun indeksi bo‘lgan fayl. Bunday faylda yozuvni topish uchun, avvalo, indeks faylidagi tegishli elementni topish kerak. Unda yozuvni identifikatsiyalaydigan kalit maydoni va uning mantiqiy yoki fizik manzili bo‘ladi. Turli kalitlar bo‘yicha izlashni osonlashtirish uchun, faylda bir nechta indeks bo‘lishi mumkin. Indekslash yozuvlardan bevosita foydalanishni ta’minlaydi va faylni ko‘rib chiqish vaqtini qisqartiradi. " Indekslangan manzil|"Xotirada ma’lumotlarning spetsifik elementi, masalan, jadvalning, birinchi elementi joylashgan yer. Tayanch manzilni va indeksli registrda saqlanadigan qiymatni qo‘shish yo‘li bilan hisoblanadi. " Indeksli fayl|"Ma’lumotlar bazasi yozuvlari indekslarini saqlaydigan fayl. Indekslarning bo‘lishi yozuvlar izlab topilishini va ular bilan ishlashni tezlashtiradi. " Indeksli registr|"Komanda manziliga, uning haqiqiy qiymatini olish uchun qo‘shish yoki chiqarib tashlash zarur bo‘lgan muayyan ma’lumotlarni ichiga oladigan registr. " Indikator|"Muayyan axborot ehtiyojlari uchun ishlab chiqilgan tahliliy modeldan olingan tegishli atributlarni baholash imkonini beradigan o‘lchov. " Indikatorlar qiymatini aniqlash mezonlari|"Har bir indikatorga u yoki bu sonli qiymatni berish to‘g‘risida qaror qabul qilish algoritmining formal bayoni. " Individual boshqaruv bilan taqsimlash xizmati|"Taqsimlash xizmati, bunda axborot axborot bloklarining ketma-ketligi ko‘rinishida, masalan, davriy qaytariluvchi kadrlar shunday taqdim etiladiki, natijada foydalanuvchi axborot bloklarini shaxsan tanlash va axborot borishining boshlanishi hamda tartibini boshqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi. " Individual boshqaruvsiz taqsimlash xizmati|"Taqsimlash xizmati, undan foydalanuvchilar taqsimlangan axborotni taqdim etishning boshlanishi va tartibini boshqarish imkoniga ega bo‘lmagan holda foydalana oladi. " Individual qabul (yo‘ldoshli eshittirishda)|"Maishiy qurilmalar, odatda, uncha katta bo‘lmagan hajmdagi antennalar bilan yo‘ldoshli eshittirishlarni bevosita qabul qilish. " Individual chaqiruv|"Mobil aloqa tarmog‘idagi, ikki abonent o‘rtasida «nuqta-nuqta» turidagi bog‘lanish o‘rnatilishi taxmin qilinadigan chaqiruv. " Industrial xalaqitlar|"Elektr yoyi yoki uchquni (elektr payvandlash, elektrotransport, sh.o‘.) paydo bo‘ladigan turli elektr qurilmalarning ishlashidan hosil bo‘ladigan xalaqitlar. Industrial xalaqitlar, odatda, juda keng chastotalar spektriga ega bo‘ladi, shuning uchun qabul qilish qurilmalarida ular bilan kurashish qiyin. Lekin xalaqit manbalarining o‘zida xalaqitlar jadalligini pasaytiradigan choralar ko‘rilishi, masalan ekranlashtirish, maxsus filtrlarni qo‘llash mumkin. " Inersion sinxronlash|"Satr va kadr sinxronlash impulslari qabul qilgichda keluvchi impulslar chastotasi bilan qamrab olingan satr chastota generatori yordamida qaytadan shakllantiriladigan xalaqitga chidamli sinxronlash. " Inersion sinxronlash cxemasi|"Televizordagi, yoyish zanjirlari satr chastotasi bilan satr sinxronizatsiyasi signalining qisqa muddatli buzilishi vaqtida ham harakat qilishda davom etadigan, sinxronizatsiya sxemasining turi. " Infiks yozuv|"Matematik va mantiqiy ifodalarni yozish usullaridan biri bo‘lib, bunda binar operatsiya belgisi operandlar orasida bo‘ladi. " Infokommunikatsiyalar|"Zamonaviy axborot, kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalarini, ularni amalga oshiradigan tizim hamda vositalarni uzviy ravishda bog‘laydigan, tashkilotlarga va aholiga axborot, kommunikatsiya maxsulotlarini va xizmatlarini taqdim etish uchun mo‘ljallangan kompleks. " Infomat|"Davlat xizmatlari taqdim etilishining axborot kioski. Sensorli monitori bo‘lgan, jamoat joyida joylashgan, davlat xizmatlari portaliga yoki uning ixtisoslashtirilgan bo‘limlariga kirishni ta’minlaydigan elektron terminal. Terminal har bir fuqaroga interaktiv o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatish tartibida davlat xizmatlari olish imkonini beradi. Infomat yordamida xizmat to‘g‘risida ma’lumot olish, blanklarni to‘ldirish va chiqarish, videomaslahatlar olish, navbatga yozilish, bojlar va tariflarni to‘lash mumkin. " Informatika|"Axborotning xususiyatlarini va uni olish, qayta ishlash, o‘zgartirish, saqlash, taqdim etish, uzatish va axborotdan foydalanish usullarini o‘rganadigan ilmiy yo‘nalish. " Informatika obyektlari|"Turli maqsadlardagi avtomatlashtirilgan tizimlar, telekommunikatsiyalar, aks ettirish va ko‘paytirish tizimlari, shuningdek, axborotni qayta ishlashning alohida texnik vositalari va konfidensial muzokaralar olib borish uchun mo‘ljallangan xonalar. " Informodinamika|"Axborot va uning o‘zini o‘zi tashkil qilishiga oid noyob hodisa, axborot hodisalari bo‘ysunuvchi qonun (qoidalar) to‘g‘risidagi fan. U axborot hodisalarining energetika hodisalari bilan aloqalari, jumladan jami axborot hodisalari va tafakkur, aql, umuman barcha negentropiya jarayonlarini ham qamrab oladi. " Informografiya|"Axborot resurslarining jahon hamjamiyatida hamda u yoki bu mamlakat hududida taqsimlanish topologiyasini o‘rganuvchi fan. U, shuningdek, resurslar xususiyatlari, ulardan foydalanish osonligi, samarali foydalanish mumkinligini o‘rganadi. " Informologiya|"O‘rganish obyekti makon, axborotning makondagi tashkillanishi hamda axborot tizimlarining makonda qurilishi qonuniyatlari bo‘lgan fan. Informologiyaning umumiy vazifasi turli tadqiqot tamoyillariga asoslangan ilmiy yo‘nalishlar doirasida olingan bilimlarni umumlashtirish va tartibga solishdir. " Infraqizil aloqa bo‘yicha fayllarni uzatish|"Ma’lumotlarni, kompyuter va qurilma o‘rtasida, infraqizil nurlanish yordamida simsiz uzatish. " Infraqizil interfeys|"Infraqizil portga ega simsiz bog‘lanadigan qurilmalarni, masalan, printerlar va noutbuk-larni ulash uchun foydalaniladigan interfeys. " Infraqizil kanal|"Ishlashi uchun simli ulanishlar talab qilinmaydigan maʼlumotlar uzatish kanali. " Infraqizil klaviatura|"Tizim bloki bilan simsiz bog‘lanish uchun mo‘ljallangan, infraqizil interfeysli klaviatura. " Infraqizil nur tarqatgich|"Elektr energiyani to‘lqin uzunligi 1-2 mm dan 0,74 mkm gacha bo‘lgan elektromagnit nurlanishga aylantiruvchi yarimo‘tkazgichli asbob. Infraqizil nurlanish manbalariga galaktika jismlarining aksariyati tegishlidir. " Infraqizil port|"Ikkita qurilma o‘rtasida shu port bilan simsiz aloqa o‘rnatish imkonini yaratuvchi port. Amal qilish radiusining kichikligi (qurilmalar o‘rtasidagi masofa 30 santimetrdan ko‘p emas), ma’lumot uzatish tezligining kichikligi, xalaqitga bardoshlilikning ozligi (qurilmalar o‘rtasiga har qanday shaffof bo‘lmagan predmetning qo‘yilishi aloqa uzilishiga sabab bo‘ladi) ushbu aloqa texnologiyasining kamchiliklari hisoblanadi. " Initsializatsiya|"Qurilmani maʼlumotlarni tashuvchidan foydalanish yoki qandaydir jarayonni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshlang‘ich holatga keltirish operatsiyasi. " Initsializatsiya qilish|"1. Boshlang‘ich holatiga o‘rnatish. 2. Boshlang‘ich shartlarni berish. " Initsializatsiya vektori|"1. Kriptografik algoritm doirasida kriptografik jarayonning tayanch nuqtasini aniqlash uchun foydalaniladigan vektor. 2. Muntazam yangilanadigan, boshqaruv kanali bo‘ylab uzatiladigan va shifrlash algoritmini initsializatsiya qilish uchun foydalaniladigan tasodifiy son. " Inkor|"1 Kommunikatsiyaga kiritilgan subyektlardan birining muloqotdan to‘la yoki qisman voz kechishi. Kommunikatsiya usullari va mexanizmlarini tavsiflashda «inkor mumkin emasligi» tushunchasi, ko‘p hollarda, almashuvga kiritilgan subyektlar, o‘zlarining kommunikatsiyada ishtiroklarini inkor qila olmaydigan holatini ifodalaydi. 2 Bul algebrasining mantiqiy inkor, NOT operatori. Operatorni bajarish natijasi, rost (TRUE) yoki yolg‘on (FALSE) bo‘ladi. " Inkor qilish protokoli|"Imzo qo‘yuvchi shaxsga imzolangan xabarni rad qilishiga yo‘l qo‘ymaydigan protokol turi. " Insident|"Xizmatlarning rejalashtirilmagan tarzda uzilishiga yoki uning sifati pasayishiga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan har qanday hodisa. Izoh – Masalan, infratuzilma elementlaridan biridagi uzilish insidentga misol bo‘ladi. " Insonning kompyuter bilan o‘zaro ishlashi|"«Inson-mashina» axborot tizimida ro‘y berayotgan jarayonlarni o‘rganuvchi ilmiy-tadqiqot yo‘nalishi. " Installyator|"Fayllarni, masalan, kompyuterga ilova, drayverlar yoki boshqa dasturiy ta’minotni o‘rnatuvchi kompyuter dasturi. Ayrim installyatorlar ulardagi mavjud fayllarni o‘rnatish uchun maxsus ishlangan; boshqalari universal hisoblanadi va o‘rnatish zarur bo‘lgan dasturiy ta’minot komplektini hisobga olib ishlaydi. " Instrumental komanda tili|"Interpretatsiya (talqin) qilinadigan dasturlash tili, vebda ssenariylar yozish uchun mo‘ljallangan tillardan biri. " Instrumental konfiguratsiyani boshqarish vositalari|"Qo‘lda boshqariladigan instrumental vositalar yoki konfiguratsiyani boshqarish tizimini qo‘llab-quvvatlaydigan yoki amalga oshiradigan, avtomatlashtirilgan instrumental vositalar. " Instrumental platforma|"Hisoblash tizimining yangi elementini ishlab chiqish davriga yoki joriy qilish paytiga o‘z-garmas deb faraz qilinadigan instrumental dasturlar (dastur bajaruvchi kodini ishlab chiqish, translyatsiya qilish va yig‘ish uchun qo‘llaniladigan dasturlar) majmui. " Instrumental elektron hisoblash mashinasi|"Dasturni ishlab chiqish va uni translyatsiya qilish amalga oshiriladigan kompyuter. " Instrumentariy|"Asosiy vazifaga nisbatan yordamchi dasturiy vositalar to‘plami. Foydalanuvchining instrumentariysi, masalan, antivirus dasturlarni, fayllarni arxivlash va qurilmalar holatini tekshirish dasturlarini ichiga olishi mumkin. Dasturchi instrumentariysiga, shuningdek, standart protseduralar bibliotekasini ham kiritish mumkin. Rivojlangan operatsion tizimlarda va qobiqlarda instrumentariy katta miqdorda yetkazib beriladi. " instrumentlar paneli|"Windows-dasturlari grafik interfeysining elementi. U dasturning foydalanuvchi grafik interfeysidagi ekran tugmalari va belgilari satri, ustuni yoki blokidir. Foydalanuvchi bu tugma yoki belgilarni bosish orqali dasturning biror bir funksiyasini aktivlashtiradi. " Integral mikrosxema|"1. O‘zaro bog‘liq elektron elementlarga ega yarimo‘tkazgich mate-rialdan yasalgan kichik tarkibiy qism. 2. Oxirgi yoki oraliq shaklga ega bo‘lgan elektron sxema vazifalarini bajarish uchun mo‘ljallangan mikroelektronika mahsuloti. Uning elementlari va aloqalari mahsulot yaratilgan material hajmi va (yoki) yuzasida ajratib bo‘lmas ravishda shakllantirilgan. 3. Bitta yarimo‘tkazgich kristall yuzasida yoki ichida yaratilgan elektron sxema. Integral mikrosxema mantiqiy operatsiyalarni bajarish va axborotni saqlash qobiliyatiga ega bo‘lgan ko‘p sonli elektron elementlardan iborat. Buning uchun integral mikrosxema axborotni qayta ishlash, uni saqlash va uzatishga oid turli vazifalar bajarishi mumkin. Katta integral mikrosxemalar bitta kristallda minglab elektron mantiqiy elementlardan iborat bo‘lishi mumkin, o‘rta kattalari esa millionlab elementlardan yaralgan. " Integral sxema|"Qar.: Integral mikrosxema. " Integratsion testlash|"Dasturiy taʼminotni testdan o‘tkazish bosqichlaridan biri. Unda muayyan dasturiy modullar birlashadi va guruhda testdan o‘tadi. Odatda integratsion testlash modul testlashdan so‘ng va tizim testlashdan oldin o‘tkaziladi. " Integratsiyalash|"Dasturiy va/yoki apparat komponentlarni yagona tizimga birlashtirish. " Integratsiyalashgan dasturiy taʼminot|"Keng formatli jadvallar, matnni qayta ishlash, maʼlumotlar bazalarini boshqarish va amaliy grafika kabi ayrim dasturlar bajaradigan baʼzi funksiyalarni birlashtiradigan dasturiy taʼminot paketi. " Integratsiyalashgan ishlab chiqish muhiti|"Amaliy tizimlarni samarador ishlab chiqishga mo‘ljallangan va boshlang‘ich matnlar redaktorlari va resurslardan, kompilyatordan, sozlovchidan, loyihani boshqarish vositasidan va standart vazifalarni ishlab chiqishni yengillashtiruvchi standartlarni o‘z ichiga oladigan tezkor yordamdan iborat dasturiy kompleks. " Integratsiyalashgan muhit|"Dasturiy ta’minotni ishlab chiqishda dasturchilar to-monidan ishlatiladigan vositalar to‘plami. Misol – Turbo Pascal, Borland C++, Borland Delphi va b.q. " Integratsiyalashgan tizim|"Analog va raqamli oqimlarning uzatilishi aynan bir kommutatsiyalovchi tarmoqda amalga oshiriladigan telekommunikatsiya tizimi. " Integratsiyalashgan shaxsiy tarmoqlararo interfeys|"Ethernet-ATM aralash tarmog‘ida trafikni boshqarish uchun ixtisoslashtirilgan marshrutlash protokoli. " Intellekt|"Odamning fikrlash, o‘zining va boshqa bir odam faoliyatining mumkin bo‘ladigan oqibatlarini ko‘zda tutish, optimal variantlar topish, yangi bilimlar yaratish qobiliyati. " Intellektual aloqa tarmog‘i xizmatlari|"Intellektual aloqa tarmog‘i mantiqiy raqamiga foydalanuvchilardan kelib tushgan barcha chaqiruvlar har bir muayyan abonent uchun intellektual aloqa tarmog‘i xizmatlarini yetkazib beruvchi tomonidan shakllantiriladigan oldindan belgilangan algoritm (xizmat profili) bo‘yicha qayta ishlash imkoniga ega aloqa xizmatlari. " Intellektual antenna|"1. Signallarni qayta ishlash imkoniyatiga ega ko‘plab antennalarning elementlarni o‘z ichiga oladigan, uning nurlanish yo‘nalganlik diagrammasini avtomatik optimallashtirish uchun va/yoki signallarning shartlariga bog‘liq holda qabuli uchun mo‘ljallangan, antennalar tizimi. Izoh ‒ XEI-R M.1797 Tavsiyalarida qayd qilinganidek, adaptiv antennalar va yo‘nalganlik diagrammasi nurlarini qayta ulaydigan antennalar intellektual antennalarning ikkita asosiy kategoriyalari bo‘lib hisoblanadi. 2. Maxsus boshqarish bloki (antenna «intellekti») yordamida antennaning yo‘nalganlik diagrammasini qayta qurishning elektron (dasturiy) usuli tatbiq qilingan antennalar turkumi. Yaproqlar almashlab ulanadigan antennalar, fazalangan antenna panjaralari, adaptiv panjaralar va signallarning fazoviy seleksiyasini ta’minlovchi boshqa turdagi antennalar intellektual guruhga mansubdir. " Intellektual interfeys|"Foydalanuvchining kompyuter bilan tabiiy tilda o‘zaro aloqada bo‘lishini taʼminlovchi interfeys. Aqlli interfeys odatda foydalanuvchining kasbiy tilini o‘giruvchi muloqot protsessori va vazifa tavsifini bilimlar bazasida saqlanuvchi axborot asosida uni bajarish dasturiga qadam-baqadam o‘giruvchi loyihalagichni o‘z ichiga oladi. " Intellektual karta|"Keng funksional imkoniyatlarga ega bo‘lgan, mikroprotsessor asosidagi, shaxsni identifikatsiya qilish uchun terminal bilan ishlashda foydalaniladigan ixcham plastik kartochka. " Intellektual muhofaza qilish moduli|"Dasturiy ta’minotni muhofaza qilishning, yuqori darajada muhofazalanganlik bilan tavsiflanuvchi hamda protsessordan foydalanuvchi apparat-dasturiy sxemasi. " Intellektual mulk|"Shaxsga vaqtinchalik berilgan barcha eksklyuziv nomoddiy huquqlarni bildiruvchi atama. Ushbu atama birinchi navbatda mualliflik va yondosh huquqlarga vaqtinchalik egalik qilish, tovar belgilariga guvohnomalar va amaldagi patentlarga ega bo‘lishni nazarda tutadi. Intellektual mulk turlari: mualliflik huquqi, yondosh huquqlar, tovar belgilari, sanoat namunalari, patentlar. " Intellektual platforma|"So‘rovlarni qayta ishlash, uskunani abonentlar talabiga moslashtirish hamda yangi xizmatlarni taqdim etish maqsadida intellektual texnologiyalar qo‘llanilishini taʼminlaydigan dasturiy-apparat «ustqurma». " Intellektual qurilma|"1. Ichiga o‘rnatilgan protsessor yordamida tashqi muhitning holatiga bog‘liq ravishda o‘zining parametrlarini o‘zgartiradigan (sozlaydigan), dasturiy ta’minoti bo‘lgan tizim yoki qurilma. 2. Dasturiy-texnik kompleks; sun’iy intellekt usullaridan foydalangan holda, predmet sohaning muayyan masalalarini hal qilish uchun mo‘ljallangan kompyuterni o‘z ichiga oladi. Ekspert tizimlar bunga misol bo‘ladi. " Intellektual tarmoq|"1. Xalqaro elektroaloqa ittifoqi tomonidan belgilangan tushuncha. Yangi standartlarga va qo‘shimcha xizmatlarni, shu jumladan, elektraloqaning ovozli tarmog‘ida manzillarni translyatsiya qilish xizmatlarining taqdim etilishini tashkil qilish usullariga taalluqli. 2. Nafaqat ma’lumotlar uzatilishi amalga oshiriladigan, balki turli-tuman murakkab axborot servisi ham taqdim etiladigan kommunikatsiya tarmog‘i. " Intellektual terminal|"Mikroprotsessorlar va tezkor xotira bilan jihozlangan, oddiy qayta ishlashni mustaqil bajara oladigan terminal. " Intellektual xavfsizlik|"Jamiyatning aqliy sohasi, uning kognitiv tuzilmalari (ilmiy maktablar, tadqiqot markazlari, laboratoriyalar, universitetlar va h.k.) hamda inson aqliy qobiliyatlarining zararli taʼsirlardan muhofaza qilinganlik holati. " Intellektual o‘qitish tizimi|"Avtomatlashtirilgan o‘rgatuvchi tizim. U o‘rganuvchiga o‘rganish jarayonida muloqot olib borish, savollarga javob berish va vazifalarni tabiiy tilda bajarishga imkon beruvchi aqliy interfeysga ega. " Interaktiv|"Ishining natijasi, ham natijani, ham natija taqdim etilishini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan foydalanuvchiga bog‘liq bo‘lgan ilova. " Interaktiv axborot tizimi|"Kodlovchi va dekodlovchi (kodlangan ma’lumotni qayta tiklaydigan) qurilmalar bitta moddiy obyekt sifatida ifoda etadigan axborot tizimi. " Interaktiv dastur turi|"Foydalanuvchining kompyuter bilan muloqot (interaktiv) shak-lida o‘zaro ishlashga asoslangan, barcha turdagi shaxsiy kompyuterlar (jumladan, televizion o‘yin kompyuter qo‘shimchalari) uchun dastur. " Interaktiv davlat xizmatlari|"Idoralar tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga idoralarning axborot tizimlari vositasida telekommunikatsiyalar tarmog‘i orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar. " Interaktiv davlat xizmatlarining yagona portali (yagona portal)|"Davlat organlari tomonidan, jumladan, haq to‘lash asosida taqdim etiladigan interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanishning yagona nuqtasi. Yagona portal zamonaviy axborot texnologiyalaridan foyda-lanish asosida interaktiv davlat xizmatlarini olishda foydalanuvchi imkoniyatlarini rivojlantirish va sharoitlarni kengaytirish uchun mo‘ljallangan. Quyidagilar yagona portalning asosiy vazifalari hisoblanadi: - foydalanuvchilarga murojaatlarni davlat organlariga bevosita berish imkoniyatini taqdim etish; - foydalanuvchilarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi boshqa loyihalar bilan integratsiyasi; - foydalanuvchilarning davlat organlari bilan o‘zaro hamkorligi samaradorligini oshirish; - davlat organlariga murojaat qilishda foydalanuvchilar uchun byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, kamaytirish; - davlat boshqaruvida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilishda va «elektron hukumat» ning keyingi rivojida ko‘maklashish. " Interaktiv elektron davlat xizmati|"Davlat hokimiyati organlari va tashkilotlar yoki fuqarolar o‘rtasida elektron ko‘rinishdagi, yuridik oqibatlarga ega bo‘lgan ikki tomonlama o‘zaro hamkorlik. " Interaktiv kompakt disk|"Audio-, video-, matnli ma’lumotlarning umumlashuvini ko‘zda tutadigan optik disklar standarti. " Interaktiv muloqot oynasi|"Foydalanuvchining javobini kiritish uchun mo‘ljallangan muloqot oynasi. Bunday muloqot oynasini masofaviy murojaat serveri va foydalanuvchi o‘rtasida qo‘shimcha himoya darajasi sifatida ishlatiladi. Bu yerda (masofadan kira olish terminali eranida) foydalana olish kodi yoki foydalanuvchi nomi va parol kiritiladi. " Interaktiv raqamli televizion eshittirish|"Axborot oluvchidan axborot yetkazuvchiga teskari aloqadan foydalanib amalga oshiriladigan raqamli televizion eshittirish. " Interaktiv raqamli video|"Qar.: DVI. " Interaktiv rejim|"Foydalanuvchining kompyuter bilan dialogli rejimda o‘zaro muloqotda bo‘lish rejimi. Misol tariqasida «sichqoncha»ni biror bir element ustiga olib borish bilan chiqadigan yordamchi ma’lumotlarni yoki foydalanuvchidan dialogli rejimda harakatni tanlashni so‘rovchi instalyator dasturini ko‘rsatish mumkin. " Interaktiv televideniye|"Multimediali axborot ma’lumotlar bazasiga erkin kira olish, telekonferensiyalarda ishtirok etish va masofadagi abonent bilan televizion muloqot olib borish. " Interaktiv tovushli javob|"Abonentga kompyuter bilan tovush va klaviaturadan DTMF kiritishlar yordamida o‘zaro ishlashga imkon beradigan xizmat. Telekommunikatsiyalar sohasida IVR mijozlarga kompaniya ma‘lumotlar bazasidan telefon klaviaturasi yoki nutqni aniqlash yordamida foydalanish imkoniyatini taqdim etadi, shundan so‘ng, ular IVR dialogiga rioya qilib, o‘zlarining so‘rovlarini berishlari mumkin. IVR tizimlari oldindan yozilgan yoki dinamik generatsiyalanadigan, foydalanuvchilarga keyin qanday yo‘l tutishlari kerakligi to’g’risida ko‘rsatma beradigan audioxabarlar bilan javob berishlari mumkin. " Interaktiv video|"Foydalanuvchining harakati, uning tanlovi va qarori syujetning rivojiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. " Interaktiv xizmat|"Foydalanuvchilar o‘rtasida yoki foydalanuvchilar va yetakchi uzellar o‘rtasida ikki tomonlama axborot almashinuvi vositalarini ta’minlaydigan xizmat. Izohlar: 1. Interaktiv xizmatlar uch turkumdagi xizmatlarga bo‘linadi: dialogli xizmatlar, xabarlarni uzatish xizmatlari va izlash (axborotni) xizmatlari. 2. Axborotni to‘plamasdan va keyinchalik uzatmasdan real vaqt masshtabida uni foydalanuvchidan foydalanuvchiga bir uchidan boshqa uchiga ko‘chirish yo‘li bilan ikki tomonlama aloqani ko‘zda tutadigan interaktiv xizmat. " Interaktivlik|"Obyektlar va subyektlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik xususiyati va darajasini ochib beradigan tushuncha. Izoh – Axborot nazariyasi, informatika va dasturlash, telekommunikatsiyalar tizimlari, sotsiologiya, dizaynda jumladan, o‘zaro hamkorlikni loyihalashda va boshqa sohalarda qo‘llaniladi. " Interferension qoplash|"Qoplash sirtidan va himoya qilinadigan obyekt sirtidan qaytgan to‘lqinlar fazaga qarama-qarshi holatda bo‘ladigan va o‘zaro yo‘q qilinadigan qoplash. " Interferension so‘nish|"Yagona manbadan qabul nuqtasiga turli yo‘llar bo‘ylab keladigan ikkita yoki undan ko‘p radioto‘lqinlarning interferensiyasi bilan hosil bo‘ladigan radiosignallarning so‘nishi. " Interferensiya|"Turli manbalardan chiqadigan (tovush, yorug‘lik, radio) to‘lqinlarning, ular bir-birining ustiga tushganda, o‘zaro kuchayishi yoki susayishi. " Interfeys|"1. Odam va kompyuter o‘rtasida axborotni grafik aks ettirish va almashishni ta’minlaydigan apparat-dasturiy vositalar. 2. Tizim ikki yoki undan ortiq elementining ushbu tizimda birgalikda ishlashini ta’minlaydigan texnik va/yoki dasturiy vositalar majmui. 3. Aniq fizik, funksional va elektr parametrlarga ega ikkita qurilma yoki tizim o‘rtasidagi chegara. " Interfeys-ilova|"Foydalanuvchi bilan interfeysni va mijoz-server tizimlarida ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimining server qismi uchun ma’lumotlarning dastlabki qayta ishlanishini ta’minlaydigan ilova. " Interfeys tizim|"Radioelektron vositalarning birgalikdagi funksiyalarini amalga oshirish uchun xizmat qiladigan interfeyslar va/yoki konstruktiv vositalar majmui. " Interfeyslar o‘zgartirgichi|"Signallarni mantiqan o‘zgartirmasdan, maʼlumotlar uzatishning bir muhitidan boshqasiga o‘tishini amalga oshiradigan qurilma, masalan, o‘ralgan juftdan optik tolaga o‘tish va aksincha. " Intermodulyatsiya|"Ikki yoki undan ortiq f1, f2, f3 garmonik tebranishlarning nochiziqli element kirishiga ta’siri, bunda uning chiqishida m1f1m2f2m3f3 ko‘rinishidagi (intermodulyatsion tashkil etuvchilar deb nomlanuvchi) ko‘plab kombinatsion chastotalardan tashkil topgan tebranishlarning murakkab spektri hosil bo‘ladi. " Internatsionallashtirish|"Mahsulotni (dasturiy yoki apparat taʼminot) boshqa hudud yoki hududlarning til va madaniy xususiyatlariga moslashtirishni osonlashtiruvchi ishlab chiqishning texnologik usullari. Boshqa so‘z bilan aytganda, internatsionallashtirish – bu mahsulotni deyarli barcha joylarda potensial ishlatish uchun moslashtirish, mahalliylashtirish esa – maʼlum hududda foydalanish uchun maxsus funksiyalarni qo‘shish. Internatsionallashtirish ishlab chiqishning dastlabki bosqichlarida bajarilsa, mahalliylashtirish har bir mo‘ljal til uchun alohida bajariladi. Ingliz tilida «internasionallashtirish» so‘zi uchun «i18n» qisqartmasi qabul qilingan. Bunda 18 raqami «i» va «n» harflari orasida o‘tkazib yuborilgan harflarning sonini bildiradi. " Internet|"1. Tarmoqlararo protokolga yoki uning istiqbolli kengaytmalari/izdoshlariga asoslangan unitar manzil makoni bilan mantiqan bog‘langan; - Transmission Control Protocol/Internet Protocol (TCP/IP)dan yoki kengaytmalari/izdoshlaridan va/yoki IP-mos protokollaridan foydalangan holda, kommunikatsiyalarni ta’minlaydigan; - kommunikatsiyalarga va ular bilan bog‘liq infratuzilmaga asoslangan yuqori darajadagi servislarni (barcha uchun yoki konfidensial) taqdim etadigan, foydalanadigan yoki foydalana olishni mumkin qiladigan global axborot tizimi. 2. Standart ochiq protokollar orqali axborot almashinish uchun o‘zaro birlashtirilgan mustaqil kompyuter tarmoqlarining global (butunjahon) ko‘pligi. 3. Umumfoydalanadigan axborot-kommunikatsiya tarmoqlarining majmui, ular o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik bir xil nomdagi tarmoqlararo protokolni qo‘llash orqali ta’minlanadi. " Internet axborot serveri|"Windows NT Server 4.0 komponentasi. Uchta asosiy xizmat: ftp, gopher va www.larni, shuningdek, grafik ma’muriy boshqarish vosita-larini, ma’lumotlar bazasi bilan aloqani, muhofaza qilish protokollari va turli xil usullarni taklif etadi. " Internet banki|"Internet orqali bank xizmatlarini ko‘rsatuvchi bank. Mijozlarga Internet orqali xizmat ko‘rsatuvchi anʼanaviy bank ham, virtual bank ham Internet-bank hisoblanishi mumkin. " Internet-broker|"Internet treyding xizmatlarini ko‘rsatuvchi brokerlik (sarmoya) kompaniyasi yoki uning vakili. " Internet hamjamiyati|"Nisbatan barqaror aloqalar va munosabatlar tizimi bo‘lib, u tarmoq axborot makoni foydalanuvchilari orasidagi birgalashgan faoliyat jarayonida tashkil topadi. Shaxslararo aloqalardan farqli o‘laroq, Internet hamjamiyati aʼzolari «barcha barcha bilan» turidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri axborot almashuvi asosida o‘zaro aloqada ishlaydilar. " Internet inkubatori|"Internet kompaniyalari va loyihalarini tezkor ravishda tayyorlash va bozorga chiqarishga qaratilgan venchur sarmoya modeli. " Internet jamiyati|"Internetni rivojlantirish sohasida hamkorlikni tashkillashtirish va muvofiqlashtirish masalalari bilan shug‘ullanuvchi xalqaro notijorat tashkiloti. ISOC 1991-yili AQSHda manfaatdor tashkilotlar tomonidan tuzilgan. Uning asosiy vazifasi zamonaviy axborot texnologiyalarini ommalashtirish va axborot tarmoqlarining global axborot infratuzilmasiga birlashishiga yordam berish hisoblanadi. Mazkur jamiyat Internet tarmog‘ini rivojlantirish va undan foydalanishda yordam ko‘rsatadi. Shu bilan birga, u Internet arxitekturasini o‘rganish va tarmoqni ekspluatatsiya qilish bo‘yicha o‘qitish ishlarini olib boradi, hamda tarmoq tadqiqotlari va ishlanmalarini rag‘batlantiradi. " Internet jurnalistika|"XX asr oxirida Internetning rivojlanishi va tarqalishi bilan paydo bo‘lgan jurnalistikaning turi. " Internet katalogi|"Turli tarmoq resurslariga, birinchi navbatda WWW hujjatlariga havolalarning mavzu jihatdan tizimlashtirilgan to‘plamlarini saqlash vositasi. " Internet kimoshdi savdosi|"Elektron savdo tizimi. Unda mahsulotlar bevosita bitta insondan boshqasiga sotiladi. Odatda «isteʼmolchi-isteʼmolchi» sohasiga tegishli. Bunday kimoshdi savdosiga mashhur www.ebay.com sayti misol bo‘lishi mumkin.Kimoshdi savdolari to‘g‘ridan-to‘g‘ri «biznes-biznes» sohasiga ham taalluqli bo‘lishi mumkin, masalan, energiya kimoshdi savdolari. " Internet-kompaniya|"Internet xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs. Uni axborot texnologiyalaridan foydalangan holda anʼanaviy biznes (jumladan, savdo) yurituvchi kompaniyalardan farqlash lozim. " Internet maslahatlar|"Huquq, soliq, firmalarni taʼsis etish va boshqa masalalar bo‘yicha onlayn rejimida o‘zaro aloqada ishlash. Ularni yo‘lga qo‘yish uchun elektron pochta, Internet anjumanlaridan foydalaniladi. Uni elektron biznes turi bo‘lgan elektron konsaltingdan farqlash lozim. " Internet-media|"Qar.: Internet OAV. " Internet OAV|"Internetda ommaviy axborot vositasi vazifasini bajaruvchi veb-sayt. Anʼanaviy OAV (matbuot, radio, televideniye) kabi, Internet OAV jurnalistika tamoyillariga amal qiladi. Internet OAVning ikki turi mavjud: faqat Internetda nashr etiladigan va anʼanaviy OAVning Internetdagi versiyasi. Internet OAV rasmiy OAV maqomiga (litsenziyaga) ega bo‘lishi yoki bo‘lmasligi mumkin. " Internet orqali dialogli muloqot tizimi|"Internetda boshqa odamlar bilan real vaqt rejimida bog‘lanish uchun ishlatiladigan xizmat tizimi. IRC 1988-yilda fin talabasi Yarko Oykarinen (Jarkko Oikarinen) tomonidan yaratilgan. " Internet orqali ovoz berish|"Ovoz berish shakli. Ijtimoiy fikrni o‘rganishdan tortib Internet orqali o‘tkaziladigan referendumlar va siyosiy saylovni ham o‘z ichiga oladi. Saylovchi maʼlum veb-saytda elektron byulleten orqali ovoz beradi. Byulleten haqiqiyligi raqamli imzo orqali kafolatlanadi. Elektron hukumati faoliyati doirasida alohida ahamiyatga ega. " Internet-protokol|"Ulanish o‘rnatilmasdan tarmoq komplekslariga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan, TCP/IP protokollari guruhiga kiradigan tarmoq sathi protokoli. Internet-protokol manzillash, servis turini ko‘rsatish, paketlarni fragmentlash va keyinchalik qayta yig‘ish, shuningdek, axborotning muhofaza qilinishini tashkil qilish vositalariga ega. " Internet-provayder|"1. Internet tarmog‘iga kirish bo‘yicha va serverlar yaratish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xizmatlar taqdim etadigan jismoniy yoki yuridik shaxs. 2. Tijoriy asosda foydalanuvchilarga telekommunikatsiyalar operatorlarining tarmog‘i orqali Internet tarmog‘iga kirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadigan jismoniy yoki yuridik shaxs. " Internet qaramlik|"Internetga ruhiy bog‘liq bo‘lishning haqiqatan mavjud bo‘lgan hodisasi. Internetga bog‘liqlik ko‘rinishlari orqasida, shuningdek, boshqa ruhiy og‘ishlar ham yashiringan bo‘lishi mumkin. Voqelikdan o‘ziga xos uzoqlashish ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bunda tarmoqdan foydalanish jarayoni subyektni shu darajada o‘ziga rom qiladiki, u haqiqiy dunyoda to‘la faoliyat ko‘rsatish qobiliyatini yo‘qotadi. " Internet raqamlarini berish markazi|"AQSh hukumati tomonidan moliyalashtiriluvchi Internetda oliy darajadagi domenlarning ma’muriy boshqaruviga javob beruvchi tashkilot, ularga .com, .net, .org lar kiradi. U bajaradigan vazifalarni 1998-yilning sentyabr oyidan ICANN Xalqaro notijorat tashkiloti o‘z zimmasiga oldi. " Internet-resurs reytingi|"Berilgan vaqt onida qandaydir Internet resurs (o‘xshash tarzda, teledastur, bosma nashr, radiostansiya) bilan qamrab olingan maqsadli guruh auditoriyasining foizi. Reytingning bitta punkti bir foizga to‘g‘ri keladi. " Internet sanoati|"Tarmoq axborot makonining faoliyatini taʼminlovchi moddiy va aqliy ishlab chiqarish sohasi. " Internet-server|"Internet xizmatlar faoliyatini taʼminlovchi texnikaviy va dasturiy vositalar: HTTP (sayt), elektron pochta, anjumanlar, FTP va h.k. Saytni Internetda joylashtirish uchun kamida HTTP xizmatini qo‘llovchi Internet-server zarur. " Internet tarmog‘i|"Global kompyuter tarmog‘i yoki tarmoqlar birlashmasi. Internet timsoli Arpanet tarmog‘i ko‘rinishida 1969-yilda yaratilgan. Hozirgi ko‘rinishda Internet XX asrning 90-yillaridan mavjud. «Off-line» va «on-line» rejimlarida ishlaydi. Internet tarmog‘ining asosi TCP/IP protokoli hisoblanadi. Internet taklif qiladigan tarmoq xizmatlari ichida fayllar uzatish gipermatnli hujjatlar bilan ishlash va elektron pochta keng tarqalgan. " Internet tarmog‘i foydalanuvchisi|"Internet tarmog‘idan foydalangan holda, xizmatlar olish huquqiga ega bo‘lgan shaxs. " Internet tarmog‘idagi rasmiy sayt|"Yuridik shaxsning, uning nomi va rekvizitlarini ichiga oladigan sayti. " Internet tarmog‘idagi sayt|"IP-manzilga va qo‘shimcha ravishda domen nomiga ega bo‘lgan, tizimlashtirilgan axborot to‘plami. " Internet tarmog‘iga ulanish xizmatlari|"Mulkdorlik huquqi asosida yoki boshqa huquq asosida xizmatlar isteʼmolchisiga tegishli bo‘lgan chetki uskunani Internet tarmog‘iga ulash bo‘yicha harakatlar yoki faoliyat. " Internet tarmog‘ining axborot resursi|"Internet tarmog‘i vositalari bilan ochiq foydalana olish rejimida taqdim etilgan va noyob manzilga ega bo‘lgan, tizimlashtirilgan axborot to‘plami. " Internet-telefoniya|"IP-telefoniyasining xususiy holi bo‘lib, telefon trafigini uzatish liniyalari sifatida oddiy Internet kanallaridan foydalanishni nazarda tutadi. " Internet treyding|"Internet fond birjasida qimmatli qog‘ozlarni (aksiyalar, obligatsiyalar, fyucherslar, opsionlar) sotish yoki sotib olish. Shuningdek, valyuta va tovar birjalarida savdo bilan shug‘ullanish. " Internet uzatish|"Axborotning (yangiliklar, radio, video va h.k.) Internet kanallari orqali oqimli uzatish texnologiyasi. " Internet xabarlaridan erkin foydalanish protokoli|"Internetdagi xabarlardan foydalana olish protokoli, 1986-yil Stenford universitetida ishlab chiqilgan. Serverdagi elektron pochta xabarlarini yaratish, ulardan foydalanish va ularni boshqarish operatsiyalarini o‘z ichiga oladi. " Internet xizmatlarini taqdim etuvchi|"Yuridik va jismoniy shaxslarga xizmatlardan (tijorat) erkin foydalanish yoki Internetdan mavjudligini taqdim etuvchi Internet-provayder, tashkilot. " Internet-2|"200 ta Amerika universitetlari va 50 ta yirik korporatsiyalardan tashkil topgan, tasvir va tovushni uzilishlarsiz uzatilishi va uzatish kanallarini barqaror kengligini kafolatlovchi keyingi avlod Internet texnologiyasini ishlab chiqayotgan konsorsium. Loyiha 1996-yil oktyabr oyida keng omma e’tiboriga chiqarilgan. " Internetda ishlashni tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash|"Veb-uzellarni tashkil etish, xususiy IP-manzillarni ajratish, domen nomlarining bazasi va Internet-provayderlarning boshqa xizmatlarini yuritish bo‘yicha xizmatlar. " Internetda muloqot|"Internetda muloqot joylari – chatlar, forumlar, ijtimoiy tarmoqlar va h.k. Qoida bo‘yicha muloqot saytlari yoki xizmatlarida administratorlar mavjud bo‘lib, ular u yerdagi tartibni nazorat qiladi. " Internetda pochta xizmatlarini ko‘p maqsadli kengaytirish|"Internetda elektron pochta orqali uzatish uchun matnli va matnsiz (masalan, grafik) axborotni bitta xabarda kodlashtirishga oid standart. " Internetdagi domen nomlari xizmati|"Domen nomlari serverini qo‘llab-quvvatlash dasturi, dastlab Unix uchun yozilgan, ayni vaqtda uning nisbatan ommabop amaliyoti bo‘lgan DNS barcha platformalarda qo‘llaniladi. BIND ma’lumotlar bazasi tuzilmasini, DNS funksiyalari va o‘rnatish uchun talab qilinadigan konfiguratsion fayllar va server nomlari funksionalligini aniqlaydi. " Internetdagi manzil|"Oddiy qilib aytganda, domen nomi (cppmp.uz, yandex.ru va b.q.). " Internetdan erkin foydalanish xizmatlari|"Internetga kirgan tarmoqlarning birlamchi provayderlari (yetkazib beruvchilari) – tashkilot egalari, yoki birlamchi provayderlaridan foydalana olish kanallarini ijaraga oluvchi ikkilamchi provayderlar–firmalar tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar. " Internetga ulanish|"1. Ajratilgan aloqa kanali (optik tola, yo‘ldosh aloqasi, ra-diokanal, ajratilgan kommutatsiyalanmaydigan telefon liniya-si) bo‘yicha doimiy ulanish. 2. Kommutatsiyalanadigan, yaʼni uzib-ulanadigan ulanish (dial-up). " Internetika|"Amaliy ilmiy yo‘nalish bo‘lib, u global kompyuter tarmog‘ining inson faoliyatining turli sohalarida qo‘llanilishiga oid xususiyatlar, qonuniyatlar va foydalanish usullarini o‘rganadi. " Internet-magazin|"Tovarlar katalogi, xaridlar uchun virtual savat, to‘lov vositalari va ehtimol, buyurtmalarning yetkazib berilishini boshqarish tizimi bo‘lgan veb-sayt. " Internet-marketing|"Internet tarmog‘idagi, veb-saytlardan foydalanish, elektron pochta orqali axborotni maqsadga muvofiq ravishda yuborish, axborotni foydalanuvchilarning mijoz ilovalariga tezkor yetkazib berish texnologiyasi orqali amalga oshiriladigan marketing. " Internetni tartibga solish|"Internetni rivojlantirish va quvvatlashga qaratilgan qonunchilikka oid va tashkiliy tadbirlar majmui. Bularga: tijorat sohasidagi qonunchilik, raqobatni rivojlantirish, litsenziyalash, texnologiya standartlari, narxlarni rostlash, soliq solish, intellektual mulkni, isteʼmolchilarni, pinhoniylikni muhofazalash, provayderlarning masʼuliyatini taʼminlash, kompyuter jinoyatchiligini taʼqib qilish va boshqalar kiradi. Internetni rostlash tadbirlari shaffoflikni va oshkoralikni taʼminlashi zarur. Internetning noyob tabiati sababli, uni tartibga solish mushkul bo‘lganligi uchun ko‘p mamlakatlarda «Internet to‘g‘risida» maxsus qonun yo‘q. " Internetning ichki tahdidlari|"Tarmoq axborot makonining ahvoli va rivojlanishi uchun salbiy oqibatlarga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan tahdidlar. Bular: tarmoqning ortiqcha yuklanganligi tufayli axborot kollapsi (qulashi); xakerlarning maʼlumotlarni yo‘q qilishi yoki o‘zgartirishi, «bog‘lamalar va trafikni «chetlab o‘tish» yo‘nalishlarini blokirovkalash maqsadida uyushtirgan hujumlari; kommunikatsiya kanallarining tasodifiy yoki uyushtirilgan avariyalari; axborot-izlash tizimlarining mukammal emasligi; protokollarning «maʼnaviy» eskirib qolishi va boshqalar. " Internetning tashqi tahdidlari|"Foydalanuvchilar uchun salbiy oqibatlarga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan tahdidlar. Tashqi tahdidlar texnologik va ijtimoiy bo‘lishi mumkin. Texnologik: sekin kanallar; tarmoqqa ulanishning unumsiz uslublari; olib keltirilgan viruslar; axborot «toshqini» va h.k. Ijtimoiy: foydalanuvchilarning jismoniy va psixik sog‘lig‘iga bo‘lgan taʼsir; insonning shaxsiy ongiga bo‘lgan taʼsir; axborot terrorchiligi va jinoyati va boshqalar. " Internet-portal|"Internetdan foydalanuvchiga, mavzu bo‘yicha bog‘langan bir qancha sayt ma’lumotlaridan foydalanishning navigatsiya, izlash va boshqa vositalarini taqdim etadigan veb-sayt. " Internet-reklama|"Internet tarmog‘idagi reklama. " Internet-serverni amaliy dasturlash interfeysi|"Yordamchi amaliy tizimlar uchun veb-serverni dasturlash interfeysi. Dastlab Process Software korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan, so‘ngra Microsoft tomonidan moslashtirilgan. " Internet-televizion eshittirish|"Televizion va multimediali dasturlarni yetkazish uchun global Internet telekommunikatsiya tarmog‘idan foydalaniladigan raqamli televizion eshittirish. " Internet-xizmatlar|"Ko‘rsatilishi, maʼlumotlarni Internet kanallari orqali uzatish yoki qabul qilish yo‘li bilan amalga oshiriladigan xizmatlar. Eng keng tarqalgan xizmatlar: maʼlumotlarni saqlash, xabarlar va maʼlumotlar blokini uzatish, elektron va nutqli pochta, videoservis. " Interneziya|"Maʼlum axborotning qaysi veb-sayt yoki boshqa Internet manbaidan (masalan, elektron pochta) olinganligini eslash mumkin emasligi. Internet va amneziya so‘zlari birikmasidan yasalgan. Interoperabellik Ing. – interoperability rus. - интероперабельность Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining ma’lumotlar almashinish va boshqa manbalardan olinadigan axborotdan foydalanish qobiliyati. " Interpolyatsion kodlash (raqamli televideniyeda)|"Signal bitreytini pasaytirish maqsadida interpolyatsiyadan foydalanib manbani kodlash usuli. " Interpolyatsiya (raqamli televideniyeda)|"Yetmayotgan yoki o‘tkazib yuborilgan kadrlarni, yoki kadrlarning qismini fazo va vaqt bo‘yicha qo‘shni kadrlar yoki kadrlar qismidan kelib chiqib, olib chiqilgan axborotdan foydalanib, tiklash usuli. " Interpretator|"Boshlang‘ich tilning har bir operatorini bajarish va ketma-ket o‘zgartirish uchun belgilangan dastur; dastur matnini bitta yo‘riqnoma bo‘yicha, uni darhol bajargan holda tarjima qiladi. Misol – BASIC com dasturi. " Intranet|"Intratarmoq, intranet, ichki korporativ Internet, Internet texnologiyalari, standartlari va dasturiy ta’minotidan foydalanadi. Intratarmoq tashqi foydalanuvchilardan, ularni Internet orqali ruxsatsiz foydalanishdan himoya qiluvchi brandmauer yordamida izolyatsiyalanishi yoki tashqi foydalanishga ega bo‘lmagan avtonom tarmoq kabi ishlashi mumkin. Odatda, kompaniyalar o‘z xodimlari uchun Intranet yaratishadi, lekin bunga boshqa foydalanuvchilar guruhini ham jalb qilish mumkin. Tarmoqning bu holati Еxtranet deyiladi. " Invariant|"Bajarilish jarayonida o‘zgarmaydigan dasturiy obyekt. Dasturlarning to‘g‘riligini isbotlashda foydalaniladi. " Inversiyalash bilan nolga qaytmasdan|"Nolga qaytmasdan kodlashning modifikatsiyalangan usuli, bunda signal har doim nol bo‘lmagan qiymatlarga ega, 1 simvoli signal darajasi almashishiga, 0 simvoli esa, uning yo‘qligiga to‘g‘ri keladi. Takrorlanadigan simvollarning uzunligini cheklash uchun davriy ravishda 1 simvolining inversiyasi amalga oshiriladi. FDDI va 100BaseFX da qo‘llaniladi. " Invertirlangan fayl|"Yozuv kalitini va unga bo‘lgan ko‘rsatgichni ichiga oladigan kalit. Har bir kalit yozuvni unikal tarzda identifikatsiyalaydi, ko‘rsatgich esa dasturga ma’lumotlar bazasida yozuvni fizik joylashtirishni ko‘rsatadi. Fayl shu ma’noda invertirlanganki, kalitlar tartib bo‘yicha saralangan, ma’lumotlar bazasidagi, bu fayl bilan ko‘rsatgichlar orqali bog‘langan yozuvlar esa ixtiyoriy, ularning yaratilishi tartibida joylashtirilishi mumkin. " Invertirlangan proksi-server|"Mijozga boshlang‘ich server sifatida ko‘rinadigan proksi-server. Xavfsizlik yoki serverlar yuklanishini balanslash maqsadida tashkil qilinadi. " Invertirlangan televizion kanallar|"Amplitudaviy modulyatsiyadagi ikkita televizion kanaldan, ularning birida tovush jo‘rligidagi eltuvchi tasvir eltuvchiga nisbatan chastota bo‘yicha yuqori, boshqasida past joylashgan bo‘lsa, chastota spektrida bir xil o‘rinni egallaydigan tizim. Izoh ‒ Bu tizimda ikkita kanaldan biri to‘g‘ri, boshqasi inventirlangan deb, nomlanadi. " Investitsiya loyihasi|"Loyiha-smeta hujjatlarida bayon qilingan, investitsiyalarning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi, investitsiyalarni amalga oshirish muddatlari va hajmlari asoslanganligiga tayanadigan, uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar loyihasi. " Ionlash|"Modda neytral atomlarining va molekulalarining ionlarga aylanishi. " Ionlovchi nurlanish|"Muhitni ionlaydigan nurlanish. " Ionogramma|"Ionosferali zondlash yo‘li bilan olingan ionosferaning yuqori chastotali xarakteristikasi. " Ionosfera|"Fotoionlanish tufayli sodir bo‘ladigan ionlar va erkin elektronlarning mavjudligi bilan tavsiflanadigan atmosferaning yuqori qismi, bunda elektron zichlik chastotalarning ma’lum polosalarida radioto‘lqinlar tarqalish shartlarining katta o‘zgarishlarini yaratish uchun yetarli. Izoh – Yer ionosferasi taxminan 50 km balanlikdan 2000 km balandlikgacha cho‘ziladi. " Ionosfera aloqa liniyasi|"Katta masofada (500 km dan 5000 km gacha) aloqani ta’minlaydigan (50 bit/s dan 1200 bit/s gacha) past o‘tkazish qobiliyatiga ega gorizont orti aloqa liniyasi. " Ionosfera radioaloqasi|"Radioto‘lqinlarning ionosferadan qaytishida yoki ularning ionosferaning xilma-xilligida sochilishida foydalaniladigan radioaloqa. " Ionosfera stansiyasi|"Ionosfera holatini tadqiq etish radiostansiyasi. " Ionosferadagi sakrash|"Radioto‘lqinlarning Yer sirtining bir nuqtasidan boshqasiga tarqalish trayektoriyasi, u bo‘ylab o‘tish ionosferadan bir qaytish bilan kuzatiladi. " Ionosferadagi sochilish|"Radioto‘lqinlarning, ionosfera ionlanishining bir xil emasligi natijasida sochilishi hisobiga tarqalishi. " Ionosferadagi tarqalish|"Yer ionosferasining radioto‘lqinlar tarqalishi xususiyatiga ta’siri bilan bog‘liq radioto‘lqinlarning tarqalish turlaridan biri. " Ionosferadagi zondlash|"Maxsus radiosignallarni uzatish va qabul qilish yordamida radioto‘lqinlarning ionosferada tarqalishi yoki ionosfera xarakteristikalari sharoitlarini aniqlash. " «Issiq liniya» xizmati|"Raqam termasdan telefon apparatga (telefon apparatning raqami abonent tomonidan oldindan kommutatsiya stansiyasiga xabar beriladi), agar telefon go‘shagi ko‘tarilgandan so‘ng ma’lum vaqt davomida abonent raqam termasa, chaqiruv yuborish imkonini beruvchi xizmat. Bu vaqt tugagandan so‘ng abonent raqam terishi va xohlagan yo‘nalishga qo‘ng‘iroq qilishi mumkin. " «Issiq» start|"Kompyuterni o‘chirmasdan qayta yuklash. Bunda faqat operatsion tizimning qayta yuklanishi yuz beradi. Odatda, Reset tugmasi bosilganda bajariladi. " Isteʼmolchi isteʼmolchi uchun|"Tijorat munosabatlari isteʼmolchilarning bir-biri bilan muloqotida quriladigan bozor sohasi. Ushbu soha veb-resurslarga Internet kimoshdi savdolari misol bo‘la oladi. " Istiqbolli tadqiqot loyihalarini boshqarish tarmog‘i|"1969-yilda tashkil topgan hamda ilmiy va harbiy tashkilotlarni birlashtirgan kompyuter tarmog‘i. Internetning ajdodi hisoblanadi. " Istisno|"Dasturning biron-bir operatsiyani bajarishi davomida dasturni ishni davom ettira olmaydigan holatga olib keluvchi hodisa. " Istisno qiluvchi «yoki»|"Mantiqiy operatsiya. Ba’zi dasturlash tillarida XOR kabi belgilanadi, p XOR q deb yoziladi, bu yerda r va q mantiqiy ifodalar. Ba’zida «2 moduli bo‘yicha mantiqiy qo‘shish» deb ataladi. " Istisnolar lug‘ati|"Matn protsessorlariga yoki stol noshirlik tizimlari dasturlariga qo‘yilgan oddiy ko‘chirish qoidalariga bo‘ysunmaydigan so‘zlarni ichiga oladigan lug‘at. " Iteratsiya|"Aynan bir komponentdan ikki yoki undan ortiq turli talabni ifodalash uchun foydalanish. " Ixtilof|"Qurilmalar yoki dasturlar o‘rtasida yuz beradigan dasturiy yoki uskunaviy ixtilof. U bir qurilmaga yoki xotira sohasiga bir vaqtning o‘zida murojaat qilinganda ro‘y beradi. " Ixtisoslashtirilgan axborot resurslaridan foydalana olish xizmatlari|"Xususiy tarmoq yoki ijaraga olingan kanal bazasidagi moliyaviy (birja) va boshqa axborot resurslaridan masofadan foydalana olishni tashkil etish hamda foydalanuvchining terminal uskunasini moliyaviy-axborot resyrslari operatorlari yoki egalarining tarmoqlariga ajratilgan ulanish. " Ixtisoslashtirilgan integral mikrosxema|"Har qanday aniq maqsadlar uchun mo‘ljallangan kompyuter mikrosxemasi. " Ixtisoslashtirilgan server|"Katta kompyuter tarmog‘ida alohida funksiyani bajaradigan server. Fayl-server, faks-server, pochta serveri, ilovalar serveri, kommunikatsiya serverlari va b.lar ajratiladi. " Ixtisoslashtirilgan tuzilmaviy bo‘linmalar|"Tashkilotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy qilinishi va amalga oshirilishi uchun javob beradigan bo‘linma. " Ixtiyoriy almashtirish|"Boshlang‘ich tasvir har qanday tashkil etuvchisidan farqlash belgisi sifatida foydalanishda videotasvir ba’zi bir qismlarini boshqasiga almashtirish. Tutun yoki soya kabi «shaffof» effektlar yaratish imkonini beradigan elektron almashtirishning eng mukammal texnologiyasi. " Ixtiyoriy foydalana olish|"Xotirada ma’lumotlarni bevosita olish yoki almashtirish jarayoni. " Ixtiyoriy foydalana olish kanali|"Liniya «yuqoriga» yo‘nalishidagi boshqarish kanali bo‘lib, mobil stansiya tomonidan qisqa xabarlar va kanallar taqdim etilishi yuzasidan so‘rovlarni uzatishda foydalaniladi. " Ixchamlashtirmoq|"Dasturni, uning ishini to‘xtatmagan holda vazifalar paneliga yig‘ish. Ishlayotgan dasturlar oynalari orasida harakatlanishni qulaylashtirish maqsadida yaratilgan. " Iуerarxik fayl tizimi|"Daraxtsimon tuzilishga ega fayl tizimi. Unda ba’zi fayl (papka, kataloglar) boshqalari-ning ichiga solinishi mumkin. " Iyerarxik hisoblash tarmog‘i|"Uzellar, o‘zlarining operatsiyalarni boshqarish imkoniyatlariga nisbatan turkumlar iyerarxiyasiga birlashtirilgan hisoblash tarmog‘i. " Iyerarxik kodlash, ko‘p darajali kodlash|"Manbani, dastlabki tasvirni sifatning bir nechta darajalarida qayta tiklashga imkon beradigan ma’lumotlar oqimini maxsus tuzilma asosida, kodlash usuli. Izoh – Radioeshittirishda iyerarxik kodlash, masalan, qayd etilgan antennaga yuqori aniqlikdagi tasvirni qabul qilishni, shu bilan bir vaqtda, sifati past tasvirni portativ qabul qilgichning o‘rnatilgan antennaga qabul qilinishini amalga oshirish imkonini beradi. " Iyerarxik marshrutlash|"Ko‘p sathli tarmoqdagi, uning har bir sathida mustaqil bajariladigan marshrutlash. " Iyerarxik ma’lumotlar bazasi|"Elementlari iyerarxik prinsip asosida tashkillashtirilgan ma’lumotlar bazasi. Daraxtsimon graf bilan tavsiflanadi. " Iyerarxik tahlil|"Dastur boshlang‘ich matnini sintaksik tahlil qilish, uning natijasida simvollar yoki tokenlar qo‘yilgan to‘plamlarga iyerarxik guruhlanadi. " Iyerarxik tarmoq|"Liniyalar va uzellar turli bog‘lanishlar tuzilmasiga ega bo‘lgan bir qancha daraja bo‘lingan axborot tarmog‘i. " Iyerarxiya|"O‘zaro aloqadorligini belgilovchi bir necha darajaga ega bo‘lgan, bir-biriga bog‘liq obyektlarning tartiblashtirilgan majmui. Quyi daraja obyektlari yuqori daraja obyektlariga bo‘ysunadi, agar ularning o‘rtasida bog‘lanish bo‘lsa. Iyerarxiya daraxt shaklida ko‘rsatilishi mumkin. " Iz|"Ortiqcha kodning, mualliflik huquqi buzilgan hollarni aniqlashda foydalanish mumkin bo‘lgan qismi. " Iz tushirish moslamasi|"Posilkalar va qiymati eʼlon qilingan banderollarni o‘rab joylashda, shuningdek, xalqaro pochta almashinuv joylarida keluvchi mayda paketlarni o‘rab joylashda foydalaniladigan qog‘oz tasmalariga pochta aloqasi obyektining nomi va pochta indeksi izini tushirish uchun mo‘ljallangan maxsus qurilma. " Izlash|"Ma’lumotlar bazasidan axborotni, faylni, direktoriyni va h.k.larni izlash komandasi. " Izlash agenti|"Tarmoqni doimiy ravishda kezib yuruvchi va veb-sahifalardan axborot yig‘uvchi (ularni indekslovchi) maxsus dastur. " Izlovchi|"Qar.: Izlash tizimi. " Izoh, havola|"Hujjat yoki dasturdagi muayyan joyga taalluqli qo‘shimcha axborot. " Izomorfizm|"Obyektlardan tuzilgan ikki to‘plam orasidagi munosabat bo‘lib, birinchi to‘plamdan tanlangan har bir obyekt uchun ikkinchi to‘plamning yagona elementi mos keladi. Izomorfizm analogiya tushunchasining matematik aniqlashgan holidir. Izomorfizm ushbu ikki to‘plam uchun bir xil bo‘lgan jami xususiyatlarni belgilaydi, yaʼni ularning biri uchun chiqarilgan xulosalar boshqasi uchun ham to‘g‘ridir. " Izotrop antenna|"Har tarafga bir tekisda nurlanadigan, yo‘qotishlarsiz tasavvur etiladigan antenna. " Izotrop muhit|"Xususiyati, uning yo‘nalishidan qat’i nazar bir xil bo‘lgan muhit. " Izotrop nur tarqatgich|"Intensivlikning barcha yo‘nalishlarida doimiyga ega bo‘lgan elektromagnit nurlanishni paydo qiluvchi gipotetik nuqtasimon manba. " Izotrop nur tarqatgichgichga nisbatan hisoblanadigan detsibellar (dBi)|"Antenna kuchaytirish koeffitsiyentining, izotrop nur tarqatgichgichni kuchaytirish koeffitsiyentiga bo‘lgan, detsibellarda ifodalangan nisbati. " Ish (harakat) turi|"Ayni bir algoritmning bajarilishi bilan belgilanadigan faoliyatni tasniflash. " Ish (harakatlar) ustuni|"Muammoni hal qilishda amalga oshirilishi zarur boʻlgan barcha ish (harakat)lar roʻyxati. " Ish stoli|"Foydalanuvchining ish komponentalari simvollari bilan tasvirlangan ekranli interaktiv vosita. Ekranning oyna (shuningdek, dialog oynalari), belgi va menyu joylashgan ish maydoni. " Ish stoli muhiti|"Foydalanuvchining grafik interfeyslari turi. Bunday muhit ish stoli deb atalgan makonni taʼminlab, unda oynalar, piktogrammalar, panellar va boshqa elementlar paydo bo‘ladi. Odatda muhitning turli qismlarini birlashtiruvchi mexanizmlar qo‘llanadi – masalan, drag- n-drop (maʼlumotlarni ko‘rsor yordamida oynalar orasida ko‘chirish). Misol – Microsoft Windows va Mac OS tizimlarining grafik interfeyslari, GNOME, KDE va Xfce muhitlari. " Ish varag‘i|"Tizimlashtirilgan maʼlumotlarni qayta ishlash va ularni yozishga mo‘ljallangan rasmiylashtirilgan anketa. Ish varaqasi qayta ishlanayotgan hujjatlar yoki maʼlumotlar turiga mos keladigan maʼlumotlar maydonining tarkibi hamda mazmuni va ularni to‘ldirish qoidalari to‘g‘risidagi maʼlumotlar to‘plamidan iborat. " Ish yuritish|"Rasmiy hujjatlarni tuzish va ular bilan ishlashni tashkil qilishni ta’minlovchi faoliyat. " Ish yuritishni avtomatlashtirish|"Korxona va tashkilotlarning hujjatlar bilan ishlash aspektlari va funksiyalari yig‘indisi. " Ishga tushirish|"Jarayon (obyekt), dastur va h.k.larni zarur hisob-kitoblar, o‘zgartirishlarni amalga oshirish maqsadida ishga tushirish. Masalan Doppix operatsion tizimini ishga tushirish. " Ishga yaroqlilik|"1. Apparat qurilma yoki tizimning turli ish rejimlarida talab qilinadigan xizmat ko‘rsatish sifati bilan ishlay olishi, xizmat ko‘rsatishda ishdan chiqish yoki tasodifan to‘xtab qolishlar bo‘lganida, o‘zining boshlang‘ich ishchi holatini tezda tiklay olish qobiliyati. 2. Foydalanuvchining tizim bilan ishlay olishi va unga texnik xizmat ko‘rsatishdagi qulaylik. " Ishlab chiqarishni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi|"Yirik firma yoki korxona ishlarini yengillashtirish yoki hujjat aylanishini osonlashtirish uchun xizmat qiladigan tizim. Izoh − Odatda bunday tizimlar buyurtmaga ko‘ra ishlab chiqiladi. " Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish|"Mashinalashtirilgan ishlab chiqarish rivojlanishidagi jarayon, bunda ilgari odam tomonidan bajarilgan boshqaruv va nazorat funksiyalari asboblarga va avtomatik qurilmalarga beriladi. " Ishlab chiqarishni kompleks avtomatlashtirish|"Kompyuterlar yordamida ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish uslubi. U o‘zida loyiha ishlari, texnologik vositalar bilan bir qatorda rejalashtirish, nazorat, boshqarish va hisob tizimlarini birlashtiradi. CIM ni ishlatish avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish korxonalarini yaratishga imkon beradi. Natijada korxona qo‘shimcha harajatlarni va moliya sarfini sezilarli kamaytiradi. Bundan tashqari, energiyani va xom ashyoni tejash taʼminlanadi, yaroqsiz mahsulot va chiqindilar kamayadi. CIM asosida kompyuterlashgan logistik tizimlar yaratiladi. " Ishlab chiqaruvchi-iste’molchi|"Jarayonlarning o‘zaro harakat paradigmasi, bunda jarayon-ishlab chiqaruvchi (producer) jarayon-iste’molchi (consumer) tomonidan ishlatilayotgan axborotni biror buferda generatsiyalaydi. " Ishlab chiqish|"Mahsulot hayotiy siklining, BOni amalga oshirishni taqdim etishda yaratilishi bilan bog‘liq bosqichi. Izoh – ALC turkumidagi barcha talablarda «ishlab chiqish» atamasi va u bilan bog‘liq bo‘lgan (ishlab chiquvchi, ishlab chiqish) atamalari keng ma’noda ishlatiladi, ham ishlab chiqish, ham ishlab chiqarishni bildiradi. " Ishlab chiqish muhiti|"1. Baholash obyekti ishlab chiqiladigan muhit. 2. Ular asosida va ularning yordamida ishlab chiqish amalga oshiriladigan dasturiy va/yoki apparat vositalar majmui. " Ishlab chiqish va testlash tizimi|"Elektron qurilmalarni ishlab chiqish va to‘g‘ri ishlashini tekshirish uchun mo‘ljallangan dasturlar hamda vositalar kompleksi. " Ishlab chiqish vositalari|"Dasturlashda ‒ kompilyatorlar, komponovkachilar, sozlovchilar, utilitalar, loyihani yuritish va versiyalarni nazorat qilish vositalari va h.k. " Ishlab chiquvchi|"1. Dasturiy taʼminotni ishlab chiquvchi (ingl. software developer, software engineer). Informatika, loyihalarni boshqarish, matematika, muhandislik va boshqa bilim sohalaridan texnologiyalar, uslubiyat va amaliyotdan foydalangan holda dasturiy taʼminotni yaratish va uning ishini qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanuvchi shaxs. 2. Veb ishlab chiquvchi (ingl. web developer). Veb-sayt yoki veb-qo‘llanmani yaratish, jumladan, veb-dizayn, elektron tijorat qo‘llanmalarini ishlab chiqish, veb-serverni konfiguratsiyalash, mijoz va server tomonida veb uchun dasturlash bilan shug‘ullanuvchi shaxs. 3. Maʼlumotlar bazasini ishlab chiquvchi (ingl. database developer). Tashkilot maʼlumotlar bazalarini tashkillashtirish va yurgizish uchun mo‘ljallangan dasturiy taʼminotni ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi shaxs. " Ishlamay qolish|"Televizor (element) ishlash xususiyatining to‘liq yoki qisman yo‘qolishi. " Ishlamay qolish (dasturning)|"Qurilma yoki tizim funksiyalari bajarilishini to‘xtatishi. Bu atama ko‘pincha «apparat vositalarning ishlamay qolishi» yoki «dasturdagi fatal uzilish» ko‘rinishida ishlatiladi. " Ishlamay qolishda foydalana olish|"Uskuna yoki dasturiy ta’minotning buzilishi natijasida yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni qayta ishlash tizimidagi ma’lumotlardan ruxsat etilmagan tarzda va tasodifiy foydalana olish. " Ishlamay qolishdan so‘ng tiklash|"Hisoblash tizimi ishini ishlamay qolishdan so‘ng tiklash protsedurasi tizimning noto‘g‘ri natijalar chiqarishini istisno qiladi. " Ishlamay qolishlar o‘rtasidagi ishlash muddati|"Televizor (tiklanadigan mahsulot)ning ikkita ketma-ket ishlamay qolishlari o‘rtasidagi ishlash davomiyligi. " Ishlamay qolishlardan muhofaza qilinganlik|"Mumkin bo‘lgan ishlamay qolishlardan muhofaza qiladigan vositalar bilan jihozlangan kompyuter yoki qurilma. " Ishlamay qolishni chetlab o‘tish|"Klasterli konfiguratsiyalarda ‒ tizimning, ishlash qobiliyatini saqlab qolgan boshqa qurilmaga ulangan holda, qandaydir qurilmaning ishlamay qolishiga tez javob bera olish qobiliyati. " Ishlash muddati|"Televizor (element) ning ma’lum sharoitlarda miqdor jihatdan vaqt bilan baholanadigan ishlash davomiyligi. " Ishonch|"Baholash obyekti xavfsizlik funksiyasi siyosatiga mos kelishi to‘g‘risida ishonch uchun asos. " Ishonch ma’lumotlari|"Mantiqiy obyektning qayd qilingan haqiqiyligini belgilash uchun uzatiladigan ma’lumotlar. " Ishonchli hisoblash bazasi|"Hisoblash tizimi muhofaza mexanizmlarining majmui, jumladan, xavfsizlik siyosatini qo‘llab-quvvatlash uchun javobgar dasturiy va apparat komponentlar. " Ishonchli hisoblash tizimi|"Maʼlumotlarni qayta ishlash tizimi. Bunda turli foydalanish huquqlariga ega foydalanuvchilarning turli muhofaza tasnifi va muhofaza darajalaridagi ruxsat etish uchun yetarli kompyuter muhofazasi borligi nazarda tutilgan. " Ishonchli kanal|"OXF va axborot texnologiyalarining boshqa ishonchli mahsuloti orasidagi, zarur qat’iylik darajasini ta’minlovchi birgalikda ishlash vositasi. " Ishonchli kompyuter tizimi|"1. Foydalanuvchilarning maxfiylik griflari va xavfsizlik toifalari turlicha bo‘lgan ma’lumotlardan bir vaqtda foydalana olish imkoniyati hisobga olingan holda, yetarlicha kompyuter xavfsizligi ko‘zda tutiladigan ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi. 2. Xavfsizlikni ta’minlashning apparat va dasturiy vositalaridan foydalanish hisobiga, saralanmagan kritik axborot oqimining qayta ishlanishi xavfsiz olib borilishini ta’minlovchi tizim. " Ishonchlilik|"1. O‘rnatilgan vaqt davomida tizimning o‘z funksiyasini bajarish qobiliyati. Ishonchlilikni baholash uchun hisob-kitobga oid hamda statistik (sinovlar jarayonida olingan) xarakteristikalar qo‘llaniladi va ular, odatda, qurilmaning ishga layoqatli holatda bo‘la olish vaqtining foizi sifatida aniqlanadi. Ishonchlilikning asosiy ko‘rsatgichlari: buzilishgacha o‘rtacha ishlash muddati, o‘rtacha tiklanish vaqti va boshqalar. 2. Tizim, qurilma yoki dasturiy mahsulot berilgan sharoitlarda va belgilangan vaqt davomida undan talab qilinadigan funksiyalarni so‘zsiz bajara olish ehtimoli. " Ishonchlilik biti|"Elektron hisoblash mashinasi xotirasidagi so‘zga axborotning ishonchliligini ko‘rsatish uchun qo‘shiladigan razryad. " Ishonchlilik (dasturiy vositaning)|"Dasturiy taʼminotning, o‘rnatilgan vaqt davri ichida o‘zining ishlash sifati darajasini saqlab qolish qobiliyatiga taalluqli atributlar to‘plami. " Ishonchlilik mezoni bilan kodlash|"Manba xabarini kodli so‘zga qayta o‘zgartirish, bunda teskari o‘zgartirishdan so‘ng, dastlabki xabarga berilgan ishonchlilik mezoni ma’nosida yaqin bo‘lgan qandaydir boshqa xabar olinadi. " Ishonchlilikka sinash|"Televizor (element)ning ishonchlilik parametrlari qiymatlarini texnik shartlarga muvofiqligini belgilangan usulda baholash maqsadida tajribaviy aniqlash. " Ishonchlilikni yalpi tekshirish|"Ishonchlilikni tekshirish, bunda kirish kompyuteri foydalanuvchini identifikatsiya qiluvchi axborotni boshqa kompyuterga uzatadi. " Ishonchsiz qabul|"Mobil stansiya xizmat ko‘rsatish zonasining chekkasida ishlayotganida signallarni qabul qilish sharoitlarining yomonlashuvini tavsiflovchi tushuncha. " Ishoratlar halqasi|"O‘xshash mavzudagi veb-saytlarni birlashtirish. Bu tashrifchiga halqaning ixtiyoriy saytlaridan uni qiziqtirayotgan mavzu bo‘yicha boshqa saytlarni yengillik bilan topishga imkon beradi. Halqaning yaratilishi resurslarni birlashtirishga yordam beradi hamda foydalanuvchilarga kamroq vaqt sarflab ko‘proq axborot olishga imkon beradi. " Ishchi guruh|"1. Umumiy loyiha ustida ishlovchi va shu tarmoqda fayllar, ma’lumotlar bazasi va h.k. larni bo‘lishuvchi lokal hisoblash tarmog‘ining foydalanuvchilar guruhi. Guruhning ishi, guruh dasturiy ta’minoti yordamida koordinatsiya qilinadi. 2. Windows NT da umumiy o‘ziga xos nom ostida mujassamlangan kompyuterlar guruhi ishchi guruh hisoblanadi, ularning boshqaruvi bir kompyuterning boshqaruviga monand bo‘ladi. " Ishchi guruhlar uchun Windows|"Windows 3.1 operatsion tizimining, Ethernet bazasidagi uncha katta bo‘lmagan lokal tarmoqlarda ishlash uchun mo‘ljallangan versiyasi (1992-yilda chiqarilgan). " Ishchi radiochastotalar diapazoni|"Radiostansiyaning ishlashi ta’minlanadigan chastotalar polosasi. " Ishchi ro‘yxat|"Tez-tez foydalaniladigan manzillar (hujjatlar, veb-sahifalar va h.k.) ro‘yxati. " Ishchi soha|"Ekspert tizimlarida ma’lumotlar bazasining mantiqiy xulosa jarayonida olingan barcha xulosa komponentlari uchun qulay bo‘lgan va ular orasida birgalikda ishlash uchun foydalaniladigan faktlarni ichiga oladigan qismi. " Ishchi stansiya|"Odatda, kompyuter tarmog‘ida ishlaydigan kompyuter yoki terminal. " Ishchi xotira|"Xotiraning, bajariladigan jarayonlarning oraliq natijalarini saqlash uchun foydalaniladigan qismi. " Ishchi chastotalar polosasi|"Past va yuqori chastotalar bilan cheklangan polosa, uning doirasida antennaning elektr parametrlari aniq turdagi antennaga qo‘yiladigan texnik talablarni qanoatlantiradi. " Ichiga joylashtirilgan|"1. Dasturning asosiy vazifasidan ancha yiroq bo‘lgan qo‘shimcha imkoniyati. Masalan, fayl boshqaruvchilaridagi arxivlarni ko‘rish yoki ACDSee grafik redaktorida musiqali fayllarni ishga tushirish. 2. Biror bir uskuna tarkibida ishlatiladigan, uning ichiga o‘rnatilgan qurilma (masalan, kompyuter bosh platasi ichiga o‘rnatilgan modem yoki videokarta), masalan, embedded computer. " Ichiga kiritilgan (singdirilgan) tovush|"SDI signali ichiga kiritilgan va video bilan birgalikda uzatiladigan tovushli ma’lumotlarning raqamli oqimi. " Ichiga solmoq, biriktirmoq|"Elektron xatga biror-bir faylni biriktirish. Bu fayllar serverda turadi va elektron xat qayta uzatilganda u kompyuterdan qayta ko‘chirib olinmaydi. " Ichki firibgarlik|"Xizmatchilar tomonidan uchinchi shaxslarga konfidensial xarakterdagi texnik ma’lumotlarni uzatish yo‘li bilan, shaxsan yoki ushbu shaxslar orqali foyda olish uchun o‘z xizmat mavqeidan foydalanishi. " Ichki fotoeffekt|"Elektronlarni yarimo‘tkazgich yoki dielektrik ichidan tashqariga chiqarmagan holda bog‘langan holatdan erkin holatga elektromagnit nurlanish ta’siri keltirib chiqaradigan kvant o‘tishlar. " Ichki fragmentatsiya|"Xotirani ajratish strategiyasini qo‘llash natijasida sahifagacha bo‘lgan aniqlikda bo‘sh xotira samarali sarflanmaydigan tizimdagi holat. " Ichki frod|"Jinoiy faoliyat turi bo‘lib, xizmatchilar o‘zlarining xizmat mavqelaridan shaxsan yoki uchinchi shaxslar orqali, ularga konfidensial xarakterdagi ma’lumotlarni berish yo‘li bilan manfaat ko‘rishda foydalanadilar. " Ichki giperishorat|"Aktiv veb-saytdagi xohlagan veb-sahifa yoki faylga ko‘rsatuvchi giperishorat (sayt ichidagi giperishorat). " Ichki havola|"Ayni bir modulda bo‘lgan (aniqlangan) obyektga havola. " Ichki hujjat|"Hujjat tayyorlangan tashkilotdan tashqariga chiqmaydigan rasmiy hujjat. " Ichki hujum|"Muhofazalangan tarmoqning o‘zidan amalga oshiriladigan hujum. " Ichki ilovalar|"Foydalanuvchining lokal kompyuterida bajariladigan ilovalar. " Ichki kanal|"Katta diametrli konduitga joylashtirilgan qo‘shimcha konduit. " Ichki koder (dekoder)|"Kaskadli kodlashda kanalga nisbatan ichki bo‘lgan koder (dekoder). " Ichki korporativ tarmoq|"Qar.: Intranet. " Ichki magistral|"Bino kichik tizimining bir qismi bo‘lgan, bir telekommunikatsiya shkafini boshqasi bilan bog‘lovchi magistral telekommunikatsiya kabeli (kabellari). " Ichki modem|"Elektr ta’minoti alohida bo‘lgan ixcham avtonom qurilmani o‘zida ifodalaydigan tashqi modemdan farqli ravishda, kompyuterning ichida o‘rnatilgan plataga montaj qilingan modem mikrosxemasi. " Ichki pochta, kuryerlik jo‘natmasi|"O‘zbekiston Respublikasi hududida jo‘natish va adresatga yetkazib berish (topshirish) uchun qabul qilinadigan pochta, kuryerlik jo‘natmasi. " Ichki tarmoq|"Internetga chiqish imkoniyati bo‘lmagan yoki undan tarmoqlararo ekran bilan ajratilgan korporativ kompyuter tarmog‘i. " Ichki tarmoqlararo ekran|"Lokal tarmoq orqali uyushtiriladigan hujumlardan himoya qiluvchi tarmoq ekrani. " Ichki uzilish|"Uzilish komandasi yoki komandani bajarishdagi xato keltirib chiqaradigan uzilish. " Ichki veb-sayt|"Tashkilot doirasida yaratilgan va faqat o‘sha tashkilot ichki tarmog‘idan foydalanish mumkin bo‘lgan veb-sayt. " Ichki xalaqit (hisoblash texnikasi vositasiga)|"Manbai hisoblash texnikasi vositasining bir qismi hisoblanadigan hisoblash texnikasi vositasiga bo‘ladigan elektromagnit xalaqit. " Ichki yozma xat-xabarlar|"O‘zbekiston Respublikasi hududida jo‘natish va adresatga yetkazib berish uchun qabul qilinadigan yozma xat-xabarlar. " Ichki shina|"Protsessorning ichki shinasi yoki markaziy protsessor bilan operativ xotira qurilmasi o‘rtasidagi shina. J " Jadval|"1. Relyatsion ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimida – identifikatorlari (nomlari) bo‘lgan yozuvlar ketma-ketligi ko‘rinishidagi ma’lumotlar tuzilmasi. 2. Elektron jadvalning ishchi varag‘i. " Jamiyatning axborot madaniyati|"Jamiyatning o‘z ixtiyorida bo‘lgan axborot resurslari va axborot kommunikatsiyasi vositalaridan samarali foydalanish qobiliyati. Shuningdek, ushbu maqsadlarda axborotlashtirish va axborot texnologiyalari vositalarini rivojlantirish sohasidagi ilg‘or yutuqlardan foydalanish ham nazarda tutiladi. " Jamiyatning axborot muhiti|"1. Axborot resurslari, axborotni shakllantirish, tarqatish va undan foydalanish tizimi, axborot infratuzilmasi jami. 2. Aholi yashash sifatining sezilarli oshirilishini, davlatning ijtimoiy-siyosiy barqarorligini va jamiyatning barqaror rivojlanishga o‘tishini taʼminlash imkonini beradigan axborot resurslari, axborot-kommunikatsiya infra-tuzilmasi, axborotlashtirish vositalari, axborot mahsulotlari va xizmatlari, axborotlashtirish jarayonlarini amalga oshirishning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy shart-sharoitlari jami. " Jamiyatning axborot potensiali|"1. Axborot resurslarini aktivlashtirish va ulardan samarali foydalanish imkonini beruvchi jami vosita, usul va sharoitlar. 2. Axborotni ishlab chiqish va axborot xizmatlarini ko‘rsatish qobiliyati. " Jamoa bo‘lib foydalanish liniyasi|"Ko‘p tomonlama aloqa liniyasi. Bu liniyadagi barcha abonentlar bir xil raqamga ega bo‘ladilar, individual farqlash boshqa belgilarga, masalan, chaqiruv signali parametrlariga qarab yuz beradi. " Jamoat foydalanish markazi|"Elektron hukumat infratuzilmasining, quyidagi komponentlarni: - Internet axborot-telekommunikatsiya tarmog‘idan foydalanishni ta’minlaydigan telekommunikatsiya uskunasini; - komponentlari ishonchli himoyalanishi ta’minlanadigan qutilarga solingan alohida konstruksiyalardan (infomatlar) va/yoki avtomatlashtirilgan ish o‘rinlaridan iborat dasturiy-texnik kompleksni ichiga oladigan funksional elementi. " Jamoat tarmog‘i|"Davlat tasarrufidagi axborot tarmog‘i. " Jamoaviy antenna|"Teleradioeshittirish dasturlarini abonentlarning katta sonli qabul qilgichlari bilan bir vaqtda qabul qilish uchun mo‘ljallangan antenna. " Jamoaviy maxfiy qiymat|"Muhofaza qilish tizimining, kriptografik algoritmlar uchun mo‘ljallangan kaliti. " Jamoaviy qabul|"Yer usti yoki yo‘ldoshli uzatishlarni bu qurilmalar joylashgan joylarda yoki cheklangan zonadagi kabel taqsimlash tizimida odamlar guruhini qurilmalar bilan ta’minlaydigan qabul. Izoh ‒ Jamoaviy qabul qilinadigan yo‘ldoshli eshittirishni bevosita yo‘ldoshli taqsimlash bilan adashtirmaslik kerak. " Jamoaviy qabul qiluvchi antenna|"Kabelli taqsimlash tizimi bilan bog‘langan va signallarni bir binoda yoki binolar kompleksida joylashgan abonentlar radioeshittirish qabul qilgichlariga va televizorlariga uzatish uchun mo‘ljallangan antenna. " Jamper|"Qar.: Tutashtirgich. " Jarayon|"1. Xotiraning bajariluvchi kodlar va ma’lumotlar bilan muhofazalangan sohasini, bitta yoki bir nechta bajarish oqimini hamda foydalanishning bosh markerini o‘z ichiga oluvchi operatsion tizim obуekti. 2. Bajarilayotgan dastur. 3. Kirishlarni chiqishlarga o‘zgartiruvchi o‘zaro bog‘langan va o‘zaro harakat qiluvchi faoliyat turlarining majmui. " Jarayon identifikatori|"Operatsion tizimdagi jarayonlarni ko‘rsatish uchun ishlatiladigan son. " Jarayon konteksti|"Bajarilayotgan dasturning vaqtning istalgan onidagi holati. Rejalash konteksti, fayllar tizimi konteksti, signallarni qayta ishlash jadvallari va virtual xotira kontekstidan iborat. " Jarayon muhiti|"Nol bilan tugaydigan: jarayon komanda satri argumentlarining vektori va jarayon muhiti (o‘zgaruvchan) vektoridan iborat tizim tuzilmasi. " Jarayondan foydalanish vaqti|"Shaxsiy kompyuterning tizim resursi. Protsessor amaliy dastur kodini bajarishga qancha vaqt sarflayotganini ko‘rsatadi. " Jarayonlarni kaskadli yo‘q qilish|"Ona-jarayonni tugatish yoki yo‘q qilishda shu’ba jarayonlarni avtomatik yo‘q qilish qoidasini rekursiv qo‘llash natijasidagi jarayonlarni guruhli yo‘q qilish. " Jarayonlarni parallel (yoki navbati bilan bir protsessorli kompyuterda) boshqarish|"Foydalanish jarayonlarini bajarish, parallel jarayonlarni aniq ishga tushirish, ularni boshqarish va ularni sinxronlash. " Jarayonlarni to‘xtatish bilan boshqaruvni markazlashtirish|"Tizimga juda qisqa yoki juda muhim jarayonlar kelib tushganda jarayonlar ishini to‘xtatishdan foydalanadigan boshqaruvni markazlashtirish strategiyasi. " Jarayonlarni to‘xtatmasdan boshqaruvni markazlashtirish|"Tizimga juda qisqa yoki juda muhim jarayonlar kelib tushganda jarayonlar ishini to‘xtatishdan foydalanmaydigan boshqaruvni markazlashtirish strategiyasi. " Jarayonlarni xotiraga yoki diskka ko‘chirishni rejalashtiruvchi|"Operatsion tizimning, qaysi foydalanish jarayonlari xotiraga tushirilishi yoki diskka yozilishi kerakligini aniqlaydigan rejalashtiruvchisi. " Jarayonlarning tayanch tarkibi|"Tayanch yetilganlik darajasiga erishishni taʼminlaydigan jarayonlar tarkibi. Izohlar 1. Jarayonlar tarkibi jarayonlarni baholashning muayyan modellari asosida shakllantiriladi. 2. Jarayonlarning tayanch tarkibi jarayonlarning eng lam tarkibini, shuningdek, baholash uchun tashkiliy kontekst talab qiladigan qoʻshimcha va fakultativ jarayonlarni oʻz ichiga oladi. " Jarayonni boshqarish bloki|"Operatsion tizim tomonidan jarayonni boshqarishda foydalaniladigan ma’lumotlarning tizimlashtirilgan tuzilmasi. " Jarayonni ishga tushirish|"Amaliy jarayonlarni avtomatlashtirish tizimlarida muayyan jarayonning bajarilishini boshlash. " Jarаyonning yetilganligi|"Muayyan jarayon aniqlik, boshqaruvchanlik, o‘lchash mumkinlik, nazorat qilib bo‘lishlik, natijalilik talablarini qanoatlantiradigan daraja. " Java server sahifalari|"Veb-serverda dinamik sahifalarni generatsiya qilish uchun mo‘ljallangan Java Servlet API kengaytmasi. Microsoft korporatsiyasinig ASP spetsifikatsiyasiga muqobil hisoblanadi. " Java virtual mashinasi|"Abstrakt kompyuterni o‘zida ifodalovchi Java dasturlar bayt-kodlarining interpretatori. Java tilida yozilgan va kompilyatsiya qilingan bayt-kodli dasturlarni ishga tushiradi. " Javob berish|"Pochta qutilarida xatni jo‘natgan kishiga javob berish. Bunda xatning mavzusi saqlab qolinadi, xat matni esa javob berish maydoniga ko‘chiriladi. " Javob bermagan abonentni takroriy chaqirish toni bilan chaqiruvlarni tugallash|"Abonentga takroriy chaqiruv tonida chaqiruvga javob bermagan abonentni chaqirishni tugallash imkonini beradigan xizmat. Javob bermagan (chaqirilayotgan) abonent terminali aktivizatsiyadan so‘ng bo‘shatilsa, chaqiriluvchi abonent, xabardor qilinadi (takroriy chaqiruv toni yuboriladi). Chaqiriluvchi abonent takroriy chaqiriv tonini qabul qilganda, tarmoq chaqirilayotgan abonentga chaqiruvni avtomatik tarzda generatsiyalaydi. Takroriy chaqiruvning maxsus toni faqat SIP abonentlarga yuboriladi. " Javob bo‘lmaganda chaqiruvni qayta manzillash|"Xizmat abonentiga jo‘natiladigan har bir kiruvchi chaqiruvni boshqa belgilangan raqamga, oldindan belgilangan vaqt davomida chaqiruvga javob bo‘lmaganda, avtomatik qayta manzilslash imkonini beradigan xizmat. " Javob bo‘lmaganda chaqiruvni o‘tkazib yuborish|"Uyali aloqa tarmoqlari operatorlari tomonidan taqdim etiladigan, aloqa tizimining abonenti chaqiruvga javob bermaganda, kiruvchi chaqiruvni boshqa telefon raqamiga avtomatik ravishda qayta manzillash imkonini beradigan xizmat. " Javob vaqti|"Birinchi so‘rovdan birinchi javobgacha bo‘lgan davrda talab chilinadigan vaqt. Optimallashtirish mezoni: minimallashtirish. " Jgut|"Yaxlit bir butun qilib yig‘ilgan hamda mexanik mahkamlangan bog‘lovchi simlar, kabellar yoki optik tolalar dastasi. " Jinoyatkor|"1. G‘arazli niyatda qasddan harakat qiluvchi buzg‘unchi. 2. Axborot tizimi va uning resurslaridan ruxsat etilmagan tarzda foydalanishdan manfaatdar bo‘lgan va ularni ruxsat etilmagan tarzda olish, o‘zgartirish uchun oldindan o‘ylab harakat qilgan shaxs yoki tashkilot. 3. Yomon niyatdagi chaqiruvlarni amalga oshirish maqsadida ruxsat etilmagan foydalana olishga ega bo‘lgan shaxs. 4. Muhofaza obyektining axborot xavfsizligi buzilishini anglagan holda harakat qiluvchi shaxs. " Jism|"Dasturiy konstruksiyalarda tugallangan harakatlarni belgilaydigan operatorlar ketma-ketligi. Dastur jismiga dasturning bajariladigan qismi kiradi, ya’ni dastur sarlavhasi va o‘zgaruvchilar, konstantalar ta’rifi kirmaydi. Sikl jismiga siklni boshqarish operatorlaridan tashqari, barcha takrorlanadigan operatorlar kiradi. Protsedura va blokning jismi o‘xshash tarzda aniqlanadi. " Jismoniy muhofaza qilish vositalari|"Jinoyatkorning suqulib kirishi va foydalana olishi mumkin bo‘lgan yo‘llarda jismoniy to‘siqlarni yaratish uchun maxsus mo‘ljallangan avtonom qurilma va tizimlar. Izoh – Apparatura joylashgan eshiklardagi qulflar, derazadagi panjaralar, qo‘riqlash signalizatsiyasining elektron mexanik uskunasi jismoniy muhofaza qilish vositalari bo‘lishi mumkin. " Jismoniy xavfsizlik|"Tizim resurslari va kritik axborotga jismoniy tahdidlar (buzish, o‘g‘irlash, terrorchilik akti, shuningdek, yong‘in, suv toshqini va b.q.)ga qarshi ogohlantiruvchi yoki qarshi chora kabi jismoniy to‘siqlar va nazorat protseduralarini amalga oshirish. " Jismoniy shaxs|"Fuqarolik huquqi subyekti. " Jitter|"Impulslar frontining bir tekis borishi qat’iyligini buzadigan raqamli signal frontining titrashi. " Jonli jurnal|"Onlayn kundaliklarni (bloglarni) joylashtirish uchun bloglar platformasi yoki ushbu platformadagi alohida blog. Yozuvlarni nashr qilish, o‘quvchilar tomonidan sharhlarni qoldirish, do‘stlarning yozuvlarini o‘qish kabi imkoniyatlarni beradi. " Joriy katalog|"Foydalanuvchi ayni vaqtda joylashgan katalog. Qoida bo‘yicha foydalanuvchi tomonidan bajariladigan barcha operatsiyalar shu katalogda bajariladi. " Joriy marshrut|"Kompyuter tarmoqlarida joriy marshrut paket jo‘natuvchiga tarmoq bo‘yicha o‘tuvchi manzillari ro‘yxatini ko‘rsatishga imkon beradi. " Josuslikka qarshi dastur|"Kompyuterdagi josus dasturlarni tanib oluvchi, ularga qarshi to‘siq qo‘yuvchi/o‘chiruvchi dastur. Izoh − Ba’zan reklama bannerlariga va sh.k.larga to‘siqlar qo‘yish uchun ham ishlatiladi. " Joylashgan yer bo‘yicha chaqiruv|"Parametrlarni berish usuli, bunda chaqiruvchi model chaqiriladigan modulga uzaytiriladigan parametrning manzilini beradi. Izoh – Bu usul yordamida chaqiriladigan modul, chaqiradigan modul saqlagan parametr qiymatini o‘zgartirishi mumkin. " Joylashgan yer tayanch registri|"Xotirasida ko‘chma (mobil) stansiya abonentining barcha parametrlari va joriy joylashuvi doimiy saqlanadigan registr. " Joylashgan yerni aniqlashga asoslangan xizmatlar|"Foydalanuvchilarning qayerdaligini kuzatib borish va ular ayni paytda bo‘lgan aniq hududga taalluqli axborotni yetkazish. UMTS tarmoqlarida koordinatalarni belgilash aniqligi 50 m ga yaqin. " Joylashgan yerning vizit registri|"Hozirgi vaqtda berilgan registr nazorat qiladigan zonadagi ko‘chma stansiyalar ulanishini o‘rnatish uchun zarur bo‘lgan abonentlar to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar to‘plangan registr. " Joylashtirish, o‘rnatish|"Dasturni bajarish uchun kompyuter resurslarini joylashtirish. " Joylashuviga ko‘ra boshqariladigan yo‘ldosh|"Markazi o‘rnini, massasini ma’lum qonun bo‘yicha, yoki shu kosmik tizimga mansub boshqa yo‘ldoshlarga nisbatan, yoki Yerdagi harakatlanmaydigan yoki muayyan tarzda ko‘chadigan nuqtaga nisbatan ko‘chirish mumkin bo‘lgan yo‘ldosh. " Joystik|"Ekranda kursor bilan boshqarish uchun xizmat qiladigan, uni istalgan yo‘nalishdagi harakatlanishini ta’minlaydigan, tutqich ko‘rinishidagi qurilma. Bu qurilmalar barcha manipulyatorlarning asosi hisoblanadi. Simulyatorlar va arkadali kompyuter o‘yinlarida, o‘yin pristavkalarida va shunga o‘xshash qurilmalarda keng qo‘llaniladi. Buning uchun tutqichda ko‘plab tugmalar va polzunlar mavjud. Ayrim joystiklar tutqichni harakatlantirishdan tashqari, uning o‘z o‘qi atrofida aylanishini ham ta’minlaydi. " Juda ham yuqori chastota|"300 HHz dan 3000 HHz gacha bo‘lgan diapazonda yotadigan chastotalar sohasi. Bu chastotalarga submillimetrli yoki detsimillimetrli to‘lqinlar (λ = 0,001 – 0,0001 m) mos keladi. " Juda katta tezlikli asosiy tarmoq servisi|"NSF homiyligi ostidagi super hisoblash markazlari va tanlangan erkin foydalanish nuqtalari orasidagi yuqori tezlikli ulanishni ta’minlaydigan loyiha qismi. " Juda katta uzunlikdagi komanda so‘zlari mavjud arxitektura|"Bu arxitekturadagi komandalarda bir vaqtning o‘zida (parallel tarzda) protsessorning tezligini oshirish uchun uning turli funksional bloklarida bajariluvchi oddiy komandalar birlashtirilgan bo‘ladi. Bunda protsessorning samaradorligini oshirish uchun komanda darajasidagi parallelizmni tashkil qilish uchun vaqt sarflash talab qilinmaydi. " Juda past chastotalar|"3 kHz dan 30 kHz gacha diapazonda yotadigan chastotalar sohasi. " Juda yuqori chastotalar|"Elektromagnit to‘lqinlarning 30 MHz dan 300 MHz gacha (uzunligi 10 m dan 1 m gacha) bo‘lgan chastotalar dipazoni. " Juda yuqori chastotali ajratuvchi filtr, diplekser|"Tasvir va tovush jo‘rligi radiouzatgichlaridan keladigan radiosignallar kombinatsiyalanishi va qo‘shish ko‘prigiga yoki bevosita antennaga uzatilishi mumkin bo‘lgan qurilma. " Juda xavfli viruslar|"Ta’sir etishi dasturlarning yo‘qotilishiga, ma’lumotlar yo‘q bo‘lishiga, diskning tizim sohalarida axborot o‘chib ketishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan viruslar. " Juft chastotalar polosasi|"Biri qabul uchun, ikkinchisi uzatish uchun ajratilgan, har birining o‘rtasida himoya oralig‘i bo‘lgan ikkita chastota intervalini ichiga oluvchi polosa. Chastotalarning juft polosasi kanallarni chastota bo‘yicha ajratish bilan dupleks uzatishda foydalaniladi (FDD rejimi). " Juftlangan moslashuv|"Chastotaviy rejalashtirish usuli bo‘lib, abonentlarning har bir juftiga ikkita – biri uzatish, ikkinchisi esa, qabul qilish uchun mo‘ljallangan qayd etilgan chastota beriladi. " Juftlash, biriktirish|"1. Ikkita bitni bitta kodli kombinatsiyaga birlashtiish; kodlash va modulyatsiyalash tizimlarida qo‘llaniladi. 2. TDMA kadridagi ikkita qo‘shni intervalni uzatish tezligini oshirish maqsadida agregirlash. " Juftlik asosida nazorat qilish|"Xatolarni aniqlashning eng sodda usuli. Axborot ketma-ketligini guruhlar (bloklar) ga bo‘lish va ularning har biriga bitlar yig‘indisi doimo juft yoki toq bo‘ladigan tarzda tekshirish belgisi (0 yoki 1) ni qo‘shishga asoslangan. Juftlikni nazorat qilish tekshiriladigan maʼlumotlarda yakka xatolarni aniqlash imkonini beradi. " Juftlik biti|"Jo‘natiladigan ma’lumotlarning har bir baytiga (yoki so‘zga) yuborish to‘g‘riligini nazorat qilish uchun qo‘shiladigan qo‘shimcha bit. " Juftlik bitlari generatori|"Ikkining moduli bo‘yicha boshlang‘ich maʼlumotlarga qo‘shiladigan «soxta» tekshiruvchi bitni generatsiyalaydigan summator ko‘rinishida bajarilgan mantiqiy sxema. Juftlikni tekshirish tartiboti protokol bilan ko‘zda tutilgan, kiruvchi ketma-ketlikda tekshiruvchi bitlar bo‘lmagan tizimlarda foydalaniladi. " Juftlik bo‘yicha bo‘ylama nazorat|"Matritsani shakllantiruvchi to‘plam bo‘lagi hisoblanadigan ikkilik raqamlar satrida juftlik bo‘yicha nazorat qilish. " Juftlik bo‘yicha ko‘ndalang nazorat|"Matritsani shakllantiruvchi to‘plam bo‘lagi hisoblanadigan ikkilik raqamlar ustunida juftlik bo‘yicha nazorat qilish. " Juftlik bo‘yicha nazorat biti|"Ma’lumotlarga, ularning ishonchliligini nazorat qilish uchun ma’lumotlarni tashkil etuvchi ikkilik birliklarning yig‘indisi, jumladan, nazorat biti birligi, har doim juft yoki toq bo‘ladigan tarzda qo‘shiladigan nazorat biti. " Juftlik xatosi|"Ma’lumotlardagi, ularni saqlash yoki juftlikni nazorat qilish orqali uzatish jarayonida aniqlanadigan xato. " Juftlikni nazorat qilish|"Xatolarni aniqlashning eng oddiy usuli. Axborot ketma-ketligini guruhlar (bloklar) ga bo‘lish va ularning har biriga bitlar yig‘indisi doimo juft yoki toq bo‘ladigan tarzda tekshirish simvoli (0 yoki 1)ni qo‘shishga asoslangan. Juftlikni nazorat qilish tekshiriladigan ma’lumotlarda yakka xatolarni aniqlash imkonini beradi. " Jurnal|"1. Qayd yozuvlarini saqlovchi fayl. Ushbu fayl matn formatida yoki maʼlumotlar bazasi formatida bo‘lishi mumkin. 2. Internet brauzerida oxirgi bir necha kun yoki hafta ichida ko‘rilgan sahifalar manzillari saqlanadigan joy. «Tarix» deb ham ataladi. " Jurnalli fayl tizimi|"Jurnallash imkoniyati fsck dasturining ishlashini kutish zaruriyatidan va metama’lumotlarning shikastlanish xavotiridan xalos etadi. Qattiq diskning tanlangan bo‘limida ext2 fayl tizimidan ext3 fayl tizimiga va aksincha, muammosiz amalga oshirilishi mumkin. " Jo‘natish ro‘yxatlari|"Internetning o‘z protokoliga ega bo‘lmagan va faqat elektron pochta orqali ishlaydigan oddiy xizmati. Xabarlarni bitta maxsus manzildan barcha obunachilarga yetkazishni amalga oshiradi. " Jo‘natuvchi|"Buyurtma berish niyatida bo‘lgan yoki aloqa xizmatiga buyurtma beradigan aloqa foydalanuvchisi. " Jo‘natuvchining manzili|"Axborot manbai bo‘lgan abonent yoki tarmoqning raqami. K " Kabanov effekti (gorizont orti radiolokatsiyasi)|"Yerdan (5-30) MHz chastotalar diapazonidagi qisqa to‘lqinli (dekametrli) uzoqqa sochilish hodisasi. Kabel rus. - кабель ing. - cable Ikkita yoki undan ortiq simdan, ekran va izolyatsiya qatlamidan iborat ulovchi element. Kabel tarkibiga tizimning konstruktiv elementi sifatida ajratgichlar ham kiradi. " Kabel elementi|"Kabeldagi eng kichik konstruksion birlik (masalan, juftlik, to‘rtlik yoki alohida tola). Kabel elementi ekranga ega bo‘lishi mumkin. " Kabel kanali|"O‘tkazgichlar, kabellar yoki optik tolani yotqizish uchun mo‘ljallangan alohida yopiq kanal. " Kabel lotogi|"Telekommunikatsiya muhitini (masalan, kabelni) tutib turish uchun mo‘ljallangan, zinapoya, novlar ko‘rinishidagi yoki ventilyatsiyalanadigan kanal tizimi. " Kabel qobig‘i|"Bir to‘plam simni o‘rab turadigan tashqi qoplama. Bitta yoki undan ortiq metall yoki optik-tolali elementni, qattiqlik yoki ekranlash elementlarini ichiga olishi mumkin. " Kabel, sim|"Kompyuterning elektr tokini o‘tkazuvchi (ko‘pincha metalldan tayyorlangan) ko‘p kontaktli elementi. Elektr energiyasini va signalni turli komponentlarga uzatish uchun xizmat qiladi. Ular ikkita – parallel va koaksial turga bo‘linadi. Koaksial kabellar nisbatan qimmatroq, lekin signallarni yuqori chastotada uzatish imkonini beradi. " Kabel skaneri|"Kabellarning elektr va mexanik parametrlari – uzunligi, so‘nishi, impedansi, o‘tish xalaqitlarini o‘lchash hamda uzilish, qisqa tutashish, noto‘g‘ri o‘rnatilgan ajratgich kabi nosozliklarni aniqlash uchun mo‘ljallangan qurilma. " Kabel taqsimlash tizimi|"Tovushli va televizion dasturlarni hamda boshqa turdagi signallarni ko‘plab abonentlarga uzatish uchun mo‘ljallangan nurlantirmaydigan kabellar va shunga taalluqli uskunadan iborat tarmoq. " Kabel taqsimlash tizimining bosh stansiyasi|"Mahalliy yoki tashqi manbalardan, signallarni qabul qilish va qayta ishlash uchun uskunani qo’shgan holda, kabel taqsimlash tizimiga signallarni uzatuvchi uskuna kompleksi. " Kabel televideniyesi qabul qilgichi|"Abonent rozetkasidagi kabelli taqsimlash tizimi bilan ta’minlanadigan signallarni qabul qilish uchun maxsus loyihalashtirilgan radioeshittirish qabul qilgichi yoki televizor. Izoh ‒ Bunday qabul qilgichlar radioeshittirish diapazonlaridan tashqaridagi kanallarga sozlanishi mumkin. " Kabel terminali|"Kabel o‘tkazgichlariga kira olish va ulanishni amalga oshirish uchun foydalaniladigan qurilma. " Kabel tizimi|"1. Kabellar, shnurlar, simlar hamda kommutatsion uskuna yig‘indisi. 2. Uzatgich va qabul qilgich orasida joylashgan optik elementlardan, masalan, tolalar, konnektorlar, muftalar va boshqa elementlardan iborat tizim. " Kabel ustuni|"Shift yoki devorga mahkamlangan, kabel oqimlarini ochiq ushlab turish uchun mo‘ljallangan vertikal yoki gorizontal qurilma (odatda, alyuminiy yoki po‘latdan tayyorlanadi). " Kabel uzeli (optik tola)|"Bitta yoki ikkala uchida konnektorlar ulangan optik-tolali kabel. Konnektor kabelning faqat bir uchiga ulangan bo‘lsa, kabel uzeli egiluvchan o‘tkazgich, agar ikkala uchiga ulansa, tutashtirgich bo‘ladi. " Kabel uchastkasi|"Uzatgich va qabul qilgich o‘rtasida joylashgan kabellar, ulagichlar, ajratgichlar va boshqa elementlarning majmui. " Kabel shkafi|"Binoga xizmat ko‘rsatadigan kommutatsion uskuna o‘rnatilgan texnologik (apparat) shkaf. " Kabelli lokal tarmoq|"Kanallari kabellar asosida yaratilgan lokal tarmoq. Kabelli lokal tarmoqlarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, har bir kanalga o‘nlab tizimlar ulanishi mumkin. Shu tarzda, monokanalli tarmoq, halqasimon tarmoq va kommutatsiyalanadigan lokal tarmoq hosil bo‘ladi. " Kabelli modem|"Kompyuterni onlayn servisni o‘zida ifodalaydigan kabelli televizion tizim bilan ulash uchun ishlatiladigan modem. " Kabelli optik kiritish qurilmasi|"Ichida ulovchi optik tolalar (kabel) bo‘lgan, ularning uzatish tizimi oraliq stansiyasining konteyneriga (sisternasiga) zich kiritilishini, ortiqcha uzunliklari yotqizilishini, shuningdek, liniya kabelining optik tolalari bilan ulanishini hamda tegishli optik ulagichlarning himoyasini taʼminlovchi qurilma. " Kabelli raqamli televizion eshittirish|"Kabelli tarmoqlardan foydalangan holda amalga oshiriladigan raqamli televizion eshittirish. " Kabelli (raqamli televizion) eshittirish tizimi|"Televizion dasturlarni iste’molchiga kabel tarmog‘i orqali yetkazish uchun mo‘ljallangan raqamli televizion eshittirish tizimi. " Kabelli taqsimlah|"Foydalanuvchilar guruhiga televizion yoki tovushli dasturlarni kabelli tarmoqlar orqali taqsimlash. Izoh – Ayrim titzimlarda boshqa signallar uzatilishi mumkin, shuningdek, teskari aloqa kanali ta’minlanishi mumkin. " Kabelli tarmoq|"Tizimlari kabellar orqali o‘zaro aloqada bo‘lgan axborot tarmog‘i. Axborot tizimlarida kabellarni ishlatish atmosfera shovqinlari va quyosh nurlanishidan saqlash, maʼlumotlarning yuqori darajadagi xavfsizligini taʼminlash bilan bog‘liq qator ijobiy xossalarga olib keladi. Ayni vaqtda, simsiz tarmoqlarga nisbatan, kabelli tarmoqlar fazo va koinotdagi tizimlar bilan aloqa qiluvchi mobil tizimlarni yaratish uchun yaroqsiz. Bundan tashqari, kabelli tarmoqlar aholi kam istiqomat qiluvchi hududlarda va foydalanish qiyin bo‘lgan tarmoqlarda tejamli emas. Kabelli tarmoqlar, birinchi navbatda, global va hududiy tarmoqlarda ishlatiladi. " Kabelli telefoniya|"Kabel televideniyesi xizmatlarini yetkazib beruvchilar tomonidan taqdim etiladigan telefon aloqasi xizmatlari. " Kabelli televideniye|"Televizion dasturlarni kabel bo‘yicha taqsimlash. " Kadensiya|"Audiosignal, raqamning impulsli terilishi yoki chaqiruv signali uchun xos bo‘lgan, almashinib keladigan tovush va pauzalar ketma-ketligi. Kadr rus. - кадр ing. - frame 1. Telekommunikatsiyalarda va kompyuter tarmoqlarida: aloqa kanali orqali uzatish uchun mo’ljallangan ma’lum bir formatdagi ma’lumotlar paketi; videografikada: videooqimdagi alohida kadr; HTML tili va veb-dizaynda: brauzer oynasining alohida veb-sahifani ko‘rsatuvchi qismi; dasturlash da (asosan quyi daraja tillarida): funksiyaning lokal o‘zgaruvchilarini saqlash uchun ajratiladigan xotira qismi. 2. Televideniyeda – teskari qaytishni qo‘shgan holda, tasvirni to‘liq tavsiflashga mos keluvchi satrlar jami. Izoh − Ba’zi ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarda «frame» atamasi televizion kadrning tarkibiy qismini belgilash uchun qo‘llaniladi. " Kadr identifikatori|"Paket sarlavhasidagi maydon bo‘lib, unda uzatiladigan kadrning turi – axborot kadri yoki xizmatga oid kadr ekanligi, ko‘rsatiladi. " Kadr sinxronizatori, sinxronizator|"Tashqi manbadan kelgan sinxron bo‘lmagan to‘liq videosignalni yoki to‘liq rangli videosignalni, xotira qurilmasiga yozish va keyinchalik uni mahalliy signallar bilan sinxron sanash orqali sinxronlash va fazalashni amalga oshiruvchi qurilma. " Kadr sinxronizatsiyasi, siklik sinxronizatsiya|"Holat, bunda qabul qiluvchi uskuna bilan generatsiyalangan raqamli kadr qabul qilingan signalning raqamli kadri bilan doimiy vaqt bo‘yicha nisbatga ega va alohida taym-slotlar har bir raqamli kadrda noyob identifikatsiyalangan bo‘lishi mumkin. " Kadr sinxronizatsiyasi so‘zi, siklik sinxronizatsiya so‘zi|"Har bir raqamli kadrga yoki har bir n ta raqamli kadrdan keyin kiritilgan, doimo raqamli kadrda o‘zgarmas nisbiy pozitsiyani egallaydigan va kadrni siklik sinxronizatsiyani o‘rnatish va qo‘llab-quvvatlashda foydalaniladigan razryadlarning farqlovchi guruhi. " Kadr tarkibi jadvali|"Kadrning davomiyligi, kadrdagi slotlarning umumiy soni, kadrning boshlanish vaqti hamda chastotaning surilishi to‘g‘risidagi axborotni ichiga oladigan jadval. " Kadrlar chastotasi|"Sekund ichida yoyiladigan kadrlar soni. Izoh – Ayrim ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarda «Frame frequency» atamasi 1 sekunddagi maydonlar sonini belgilashda ishlatiladi. " Kadrlararo (maydonlararo) kodlash|"Tasvirning ikki va undan ortiq qo‘shni kadri (maydoni) sanoqlari o‘rtasidagi fazoviy va vaqt korrelyatsiyasidan foydalanishga asoslangan, raqamli oqimni qisqartirish maqsadida kodlash. " Kadrlararo taxminlash bilan kodlash|"Kanal bo‘yicha mavjud kadr va koderda taxmin qilingan kadr o‘rtasidagi farq uzatiladigan kodlash usuli. " Kadrlarni retranslyatsiya qilish|"Kadrlarning uzellarda minimal kechikishlar bilan tez uzatilishini taʼminlaydigan HDSL boshqaruv protokoliga asoslangan FR yuqori sath protokoli negizida qurilgan tarmoq turi. FR tarmoqlarida X.25 protokoli negizidagi tarmoqlarga xos bo‘lgan ortiqchalik yo‘q, trafikni inkapsulyatsiyalash yo‘qotishlari 2-3 foizdan oshmaydi, chunki butun kadrdagi xatolarni nazorat qilish o‘rniga, faqat uning yaxlitligi tekshiriladi, xatolarni aniqlash protsedurasi manzil maydoni uchungina saqlanadi. FR tarmoqlarida axborot qabul qilinishi ishonchlilik darajasini belgilash foydalanuvchilarning uskunasiga yuklatiladi. Kadrlarni yuborishning tarmoq mexanizmi signal/shovqin nisbati yuqori (odatda, 10-7 dan yomon bo‘lmagan) kanallardan foydalanishni talab qiladi. frame relay tarmoqlari arxitekturasida virtual kanallarning ikki – doimiy (PVC) va kommutatsiyalanadigan (SVC) turidan foydalaniladi. Aloqani tashkil qilishda afzallik doimiy kanallar orqali uzatish tomonda bo‘ladi. frame relay protokoli foydalanuvchilarni xabardor qilgan holda, tarmoqning o‘ta yuklanishi ustidan nazorat olib borilishini ko‘zda tutadi. FR texnologiyasi ITU-T (I.233, Q.920-933, I.370 tavsiyalar) hamda ANSI (Т1.606, 602, 617, 618 standartlari) tomonidan standartlashtirilgan. " Kadrlash|"Videosignal datchigida yoki tiklash qurilmasida yoyuvchi element bilan aylanib chiqadigan sirtning to‘g‘ri joylashishi. " Kadrni differensial kodlash|"Harakatdagi tasvirlar holatida signallarni siqish bilan kodlashdan foydalanib faqatgina ikkita qo‘shni kadrlar orasidagi farq to‘g‘risidagi axborotni uzatish. " Kadrni diskret-kosinus o‘zgartirish|"Tasvirni satrlararo qayta ishlash usuli orqali ikki maydonni bir kadrga satrma-satr birlashtirish va progressiv yoyish bilan uni oddiy tasvir kabi qayta ishlash usuli. " Kadrning tebranishi|"Vertikal yo‘nalishdagi televizion tasvirda paydo bo‘ladigan fazaviy titrash. " Kafolat|"Xavfsizlik siyosatini o‘tkazishning to‘g‘riligi va batartibligiga nisbatan arxitektura va tizim xavfsizligini ta’minlash vositalariga ishonch o‘lchovi. " Kafolatlangan xizmat ko‘rsatish zonasi|"Har qanday tashqi omillar ta’siriga qaramay, turg‘un aloqa ta’minlanadigan xizmat ko‘rsatish zonasi. " Kafolatlangan yo‘nalganlik diagrammasi|"Real yo‘nalganlik diagrammasi yaproqlari cho‘qqi qiymatlarining og‘ib o‘tuvchisi. Izoh – Kafolatlangan yo‘nalganlik diagrammasi darajasining 3 dB dan ko‘p bo‘lmagan va real yo‘nalganlik diagrammasi yon yaproqlari piklarining 10 foizidan ko‘p bo‘lmagan oshishiga yo‘l qo‘yiladi. " Kalibrlash|"Audio- yoki video qurilmalarning to‘g‘ri ishlashini ta’minlash maqsadida, ularni aniq sozlash. " Kalit, kod|"Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimidagi kalit. Baza faylida xabarni identifikatsiya qilish va unga tez kira olishni ta’minlash uchun ishlatiladigan belgilar ketma-ketligi. " Kalit oqimi|"Ikkining moduli bo‘yicha bitma-bit jamlash yordamida o‘zgartiriladigan ochiq xabarga qo‘yiladigan uzun psevdotasodifiy ketma-ketlik. " Kalit oqimi generatori|"Oqimli kriptotizimlar uchun kalit oqimini ishlab chiquvchi algoritm. Yo jo‘natuvchi va oluvchi uchlarida bir xil kalit oqimini qayta ishlab chiqish uchun determinallangan, yo tasodifiy bo‘lishi mumkin. Agar generator determinlangan bo‘lsa, u maxfiy kalitga bog‘liq bo‘ladi. Kalit oqimi generatorlari odatda siljish registrlarining kombinatsiyasiga va nochiziqli Bul funksiyalariga asoslanadi. Kalit oqimi generatorlarini tuzishda ko‘pincha, blokli shifrlarni kriptografik qayta tuzishdan, masalan OFB yoki hisoblagichli usuldan foydalaniladi. " Kalit sertifikati|"1. Ochiq kalit, kalit egasining xizmatga oid axboroti, shuningdek ishonchli sertifikatlashtirish markazi (tasdiqlochi markaz) vakolatlangan shaxsining raqamli imzosi bilan tasdiqlangan boshqa xizmatga oid axborotni o‘z ichiga olgan oldindan belgilangan formatdagi maʼlumotlar tuzilmasi (kalitning amal qilish vaqti va vazifasi, foydalanilayotgan kriptografik algoritmlar turi va b.). 2. Ochiq kalitning, uni ishlab chiquvchi shaxsga muvofiqligini tasdiqlovchi raqamli guvohnoma. Eng oddiy shaklda sertifikatlar ochiq kalit va kalit muallifining nomini o‘z ichiga oladi. Bu axborotdan tashqari, sertifikatda sertifikatning amal qilish muddati tugagan sana, sertifikat bergan tashkilot nomi va ayrim boshqa axborot bo‘lishi mumkin. " Kalit so‘z|"1. Dasturlash tillarida – oldindan belgilangan harakat, o‘rnatilgan funksiya yoki operatsiya aniqlanadigan so‘z. 2. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimida – qandaydir yozuvlar yoki hujjatlarni izlash amalga oshiriladigan so‘z. " Kalit tizimi|"1. Kriptografik kalitlarni generatsiya qilish, taqsimlash, ulardan foydalanish, saqlash, almashtirish, yo‘q qilish va tiklash tartibini belgilovchi qoidalar majmui. 2. Axborotning kriptografik muhofaza qilinishini ta’minlashda, kriptografik kalitlar va ulardan foydalanish qoidalarining majmui. " Kalitlar bilan almashish|"1. Obyektlar o‘rtasida, bu obyektlar orasida bog‘lanishni kodlash uchun foydalanilishi kerak bo‘lgan ochiq kalitlarni almashinish. 2. Odatda ikki tomon keyinchalik shifrlangan axborot bilan almashish uchun kriptotizim kalitlari bilan almashadigan jarayon. " Kalitlar generatsiyasi|"Kriptografik kalitlarni generatsiyalash jarayoni. Kirxgoff qoidasiga muvofiq, kriptografik algoritmning o‘zgarmasligi kalitning maxfiyligiga asoslanadi, shuning uchun kalitlar generatsiyasi juda muhim jarayon hisoblanadi, uni bajarish uchun turli usullardan, masalan, tasodifiy va psevdotasodifiy ketma-ketlikdagi generatorlardan foydalaniladi. " Kalitlarni autentifikatsiya qilish va tanlash to‘g‘risida bitim|"3G tarmoqlarida ikki tomonlama autentifikasiya qilish protsedurasi, bunda uzatuvchi tomonda autentifikatsion vektor shakllanadi va qabul qiluvchi tomon bilan kelishiladi. Agar kelishuvga erishilsa, shifrlash kalitini hisoblash amalga oshiriladi, aks holda, so‘rov bekor qilinadi. " Kalitlarni boshqarish|"1. Kalitlarning muhofazalangan generatsiyalanishi, taqsimlanishi, saqlanishi va yo‘q qilinishini ta’minlovchi tadbirlar va protseduralarning majmui. 2. Kalitlarning to‘liq yashash sikli davomida bajariladigan, kriptografik kalitlarni va xavfsizlik (masalan, initsializatsiya qilish vektorlari va parollar) bilan bog‘liq boshqa parametrlarini boshqarishni, shuningdek ularni generatsiyalash, saqlash, o‘rnatish, kiritish, chiqarish va nollashni o‘z ichiga olgan harakatlar. 3. Xavfsizlik siyosatiga muvofiq, kalitlarni generatsiyalash, saqlash, taqsimlash, chiqarib tashlash, hisobga olish va qo‘llash. " Kalitlarni boshqarish tizimi|"Kalit tizimining, putur yetkazilgan (obro‘sizlantirilgan) kalitlardan foydalanish, ularni almashtirish, saqlash va arxivlash, zaxira nusxa ko‘chirish, tiklash, muomaladan chiqarib tashlash, shuningdek, eski kalitlarni yo‘q qilish tartibini belgilovchi tarkibiy qismi. " Kalitlarni oldindan taqsimlash sxemasi|"Boshlang‘ich kalit axborotni taqsimlash va kalitlarni shakllantirish algoritmlarining majmui. " Kalitlarni ochiq taqsimlash|"1. Muhofazalanmagan telekommunikatsiyalar kanallari bo‘yicha kriptografik kalitlarni taqsimlash mexanizmi. 2. Ikkita abonentga, oldindan taqsimlanadigan qandaydir umumiy maxfiy axborotni uzatmasdan turib, ochiq telekommunikatsiyalar kanali orqali xabarlarni almashinish yo‘li bilan, umumiy maxfiy kalit ishlab chiqish imkonini beradigan protokol. " Kalitlarni saqlash uchun topshirish|"Kriptografik kalitlarni ikki qismga ajratib, kalitlarni saqlash uchun topshirish jarayoni, ularning har biri shifrlanadi va kalit komponentlari, amal qilish muddati davomida ishonchli saqlashni ta’minlovchi ishonchli hukumat tashkilotlariga saqlash uchun topshiriladi. Bu komponentlar milliy xavfsizlik uchun javobgar xizmatlarga noyob kalitlarni tiklash va xabarlarni rasshifrovka qilish imkonini beradi. " Kalitlarni sertifikatlash markazi|"Muhofazalangan bog‘lanishga bo‘lgan har bir so‘rovda abonent-respondent kalitiga murojaat qilinishini talab etmaydigan mexanizm. " Kalitlarni taqsimlash|"1. Kalitlarni boshqarishning asosiy mexanizmlaridan biri. Turli xil usullar orqali amalga oshirilishi mumkin. Simmetrik kriptotizimlar uchun abonentlarga kalitlarni yetkazib berishning quyidagi variantlari mavjud: – muhofazalangan kanallar bo‘ylab, masalan feldyegerlik xizmati yordamida; – turli kanallar bo‘ylab qismlarga bo‘lib; – kalitlarni taqsimlash markazi orqali. Asimmetrik kriptotizimlar uchun kalitlarni ochiq taqsimlash mexanizmidan foydalanish mumkin. 2. Kriptografik kalitlarni generatsiyalash, foydalanuvchilarga yuborish, saqlash va bekor qilish tartibini belgilovchi qoidalar majmui. " Kalitlarni taqsimlash markazi|"1. Simmetrik kriptotizimlarda maxfiy kalitlarni taqsimlash imkonini beradigan mexanizm. 2. Ishonch bildirilgan shaxslarga vaqtinchalik seans kalitlarini berish vakolatiga ega tizim. Izoh – Har bir seans kaliti shifrlangan ko‘rinishda topshiriladi, buning uchun ma’lumotlar beriladigan ishonch bildirilgan shaxs bilan birgalikda kalitlarni taqsimlash markazi tomonidan qo‘llaniladigan asosiy kalitdan foydalaniladi. 3. Ishtirokchilar (protokolning ishtirokchilari) o‘rtasida simmetrik shifrtizimlardagi yoki asimmetrik shifrtizimlardagi maxfiy kalitlarni taqsimlovchi ishonch markazi. " Kalitlarni taqsimlash protokoli|"1. Bajarilishi natijasida birgalikda ishlaydigan tomonlar (foydalanuvchilar, foydalanuvchilar guruhi) kriptografik tizim ishlashi uchun zarur bo‘lgan kalitlarni oladigan protokol. 2. Foydalanuvchilar tomonidan kriptografik tizim ishlashi uchun zarur bo‘lgan kalitlarni olish protokoli. Kalitlarni taqsimlash protokolining quyidagi turlari farqlanadi: (generatsiyalangan) kalitlarni uzatish protokollari; umumiy kalitni ishlab chiqish protokollari (kalitlarni ochiq taqsimlash); kalitlarni dastlabki taqsimlash sxemalari. " Kalitlarni tarqatish xizmati|"Kalitlarni vakolatli obyektlarga xavfsiz tarqatish xizmati. Kalitlarni tarqatish markazi tomonidan bajariladi. " Kalitlarni tez yangilash|"Kalitli axborotni ochishdan muhofaza qilish usuli, unga ko‘ra, har bir yangi aloqa seansida kalitlar yangilanadi, bunda kalitlarning hech qaysisi takroran ishlatilmaydi. " Kalitlarni o‘rnatish tizimi|"1. Kalitlarni generatsiyalash, taqsimlash, uzatish va tekshirish algoritmlari va protseduralarini belgilovchi kalit tizimining kichik tizimi. 2. Kalit tizimining, kalitlarni generatsiyalash, taqsimlash, berish va tekshirish algoritmlari hamda protseduralarini belgilovchi tarkibiy qismi. " Kalitlarning hayotiy sikli|"Kalitlar generatsiya vaqtidan yo‘q qilish vaqtigacha o‘tadigan bosqichlar ketma-ketligi. " Kalitni ochib ko‘rsatish|"Shifrlash kalitidan raundli kalitlar ketma-ketligini ishlab chiqish protsedurasi. Odatda, raundli kalitlarning jami hajmi shifrlash kalitining o‘lchamidan ancha ko‘p bo‘ladi. " Kalitning amal qilish davri|"Vaqt intervali, uning mobaynida kriptografik kalit almashtirilmasdan, zarur muhofazalanganlik kafolatlanadi. " Kalkulyator|"Hisob-kitoblarni bajarishga yordam beradigan ko‘pgina operatsion tizimlarning maxsus, ichki qurilgan dasturi. Ikki xil ko‘rinishi mavjud – oddiy va injenerlik uchun. " Kallak|"Maʼlumotlarni diskdan o‘qish va unga ёзиш komponenti. Dastlabki diskdan o‘qish va unga ёзиш kallaklari ferritdan yasalgan edi. So‘ngra ular o‘rniga juda yupqa metall qatlamli tuzilmali kompozit moddalardan yasalgan kallaklar ishlatila boshladi. Yupqa plyonkali kallaklarga o‘tish ularning o‘lchamlarini ancha kichraytirishga imkon berdi. Maʼlumotlarni diskda yuqori zichlikda ёзиш uchun ishlab chiqilgan magnit rezistiv kallaklar haqiqiy inqilob bo‘ldi. " Kam harakatli tasvirga ega televideniye|"Tiklanadigan tasvir va shu tasvirning yoki yangi tasvirning o‘zgartirilgan versiyasini qayta tiklash o‘rtasidagi vaqt intervali, tasvirlar ketma-ketligining tarkibiy qismi, odatda, kadrlarning oddiy davridan qisman oshadigan televideniye. " Kam shovqinli konvertor|"Tarkibida kam shovqinli kuchaytirgichi va L-diapazonda yuqori oraliq chastotali (OCh) o‘zgartirgichi bo‘lgan yo‘ldoshli aloqa (yo‘ldoshli televideniyeni qabul qilish) stansiyasining kam shovqinli kirish qurilmasi. " Kam shovqinli kuchaytirgich|"Yo‘ldoshli aloqa liniyasining qabul qilish qurilmasi kirishidagi kichik xususiy shovqinli dastlabki kuchaytirgich. " Kamayib borish bo‘yicha saralash|"Ma’lumotlarni katta qiymatlardan kichik qiymatlarga tomon masalan, sanalarni ‒ hozirgisidan oldingi sana tomon, matnli ma’lumotlarni ‒ alifbo tartibiga teskari tartibda qo‘yish. " Kamera|"Yorug‘likka sezgir moddalarda predmetlarning tasvirini olishga mo‘ljallangan qurilma. Eslab qolinadigan signalning turiga qarab kameralar analog va raqamli turlarga bo‘linadi. " Kamerali kanal|"Televizion kamera bilan bog‘liq, sinxrogenerator, kuchaytirgich, kamerani boshqarish bloki va to‘liq videosignalni paydo qilishga imkon beradigan tuzatadigan qurilmalarni o‘z ichiga olgan uskunalarning jami. " Kanal|"1. Axborotni uzatish marshruti. 2. Telekommunikatsiyalar tizimining, manba va xabarlar qabul qilgichni o‘zaro bog‘lovchi qismi. " Kanal bo‘yicha kodlash|"1. Telekommunikatsiyalar kanali orqali ishonchli uzatishni ta’minlash uchun, xatolarni aniqlovchi kodlardan yoki xatolarni tuzatuvchi kodlardan foydalanish. 2. Shifrlangan xabarlarni uzatish usuli, bunda har bir xabar deshifrovka qilinadi va uni qayta jo‘natishning har bir bosqichidan so‘ng yana qayta kodlanadi. 3. Raqamli signalni uzatish kanali xarakteristikalari bilan muvofiqlashtirilgan signalga aylantirish uchun raqamli kodlash. Izohlar 1. Kanalli kodlashda, ayrim ortiqchalik atayin kiritilishi mumkin, masalan, xatolardan himoya qilish uchun. 2. «Liniyani kodlash» atamasi kabelli uzatishda ham xuddi shu ma’noga ega, lekin, odatda, xatolardan himoya qilishni o‘z ichiga olmaydi. " Kanal darajasi (ma’lumotlar bo‘g‘ini darajasi)|"Tarmoq elementlari o‘rtasida ma’lumotlar uzatish darajasida aloqani tashkil qilish, qo‘llab-quvvatlash va uzilishlarni ta’minlaydigan OSI modelining ikkinchi sathi. Paketlarni qabul qilish va uzatish, deytagramma darajasidagi servis, lokal manzillash va xatolarni nazorat qilish uchun javob beradi. " Kanal hosil qiluvchi apparatura|"Alohida kanallar signallarining guruhli signallarga birlashtirilishini ta’minlaydigan apparatura. Kanallar chastotaviy bo‘linadigan tizimlarda ko‘p kanalli signal kanallarni chastota bo‘yicha transponirlash hisobiga hosil qilinadi. " Kanal intervali|"Siklda muayyan o‘rinni egallovchi va kanallarni vaqt bo‘yicha ajratish usuli bilan olingan bitta kanal uchun mo‘ljallangan vaqt intervali. " Kanal sathi protokoli|"Muhitga kira olishni boshqarish (MAC - sathidagi) va OSI yetti sathli modelining fizik (PHY) sathidagi simsiz tarmoqlarni tashkil qilish tartibini belgilaydigan protokol. " Kanal chegarasi|"Kanal polosa kengligi bilan ajratilgan E-UTRA eltuvchining quyi va yuqori chastotalari. " Kanaldan muvozanatli foydalana olish tartiboti|"X.25 protokoli asosidagi paketlar kommutatsiyalanadigan tarmoqlarda foydalaniladigan kanal pog‘onasidagi tartibot. Foydalanuvchi uskunasi va tarmoq kommutatori o‘rtasida maʼlumotlar almashinuvining simmetrik rejimini tashkil qilish imkonini beradi. Ishlash jarayonida xatolarning nazorat qilinishi va uzatiladigan maʼlumotlarning yaxlitligi taʼminlanadi. " Kanalga xizmat ko‘rsatish moduli|"Tashqi telefon tarmog‘idan mijoz territoriyasiga signal o‘tkazadigan dastlabki moslama. CSU telefon tarmog‘ining to‘g‘ri yakunlanishini, uning kelishuvi va xatosini, bundan tashqari qurilma nosozligini qidirganda shleyf orqali liniya tekshiruvini ta’minlaydi. " Kanallar adapteri|"Televizion kanalda eltuvchilar tarqoqligini va ularning chastota spektridagi holatini o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan qurilma. " Kanallar kommutatsiyasi|"1. Paketlarni uzatish uchun foydalaniladigan ikki xost o‘rtasida ajratilgan kommunikatsiya yo‘li tashkil etiladigan kommunikatsiya modeli. Yo‘l faqat uzatish vaqtida mavjud bo‘ladi, uzatish tugagandan so‘ng yo‘l yopiladi. Ulanish yopilgach undan boshqa xostlar foydalanishi mumkin. 2. Foydalanuvchilar o‘rtasida aniq hajmdagi xabarlarni uzatish uchun zarur vaqt talab etiladigan kanallarning ketma-ket bog‘lanishini ta’minlaydigan stansiyalar va uzellardagi operatsiyalar majmui. 3. Jo‘natuvchi va oluvchi o‘rtasida ulanish davomida ajratilgan fizik aloqa kanali mavjud bo‘ladigan kommutatsiya tizimi. Telefon tarmog‘ida keng qo‘llaniladi. " Kanallar kommutatsiyasining mobil markazi|"Radiotarmoqning kommutatsiya markazi bo‘lib, barcha chaqiruvlarni nazorat qiladi, umuman tizim ishini boshqaradi. " Kanallar puli|"Umumiy pulga birlashtirilgan bitta yoki bir nechta tayanch stansiyaga mansub bo‘lgan ishchi kanallar guruhi. " Kanallardagi qutblanish nosozligini xotirada saqlab qolish|"Har bir kanal uchun dasturlarni qayta ulashdan so‘ng avtomatik tarzda almashtirish orqali qutblanish burchagini moslash mumkinligi. " Kanallarni fazoviy ajratish bilan ko‘p stansion foydalana olish|"Butun xizmat ko‘rsatish zonasi ko‘plab mayda hududlarga bo‘linadigan va ularning har biri alohida nur bilan qamrab olinadigan foydalana olish usuli. Izoh − Turli zonalarda ishlab turgan abonentlar o‘rtasidagi aloqa nurlararo kommutatsiya hisobiga amalga oshiriladi. " Kanallarni fazoviy-kodli ajratish bilan ko‘p stansion foydalana olish|"Kanallarni fazoviy ajratishga asoslangan gibrid foydalana olish usuli, unda qo‘shni nurlarda turli kodli ketma-ketliklar ishlatiladi. Izoh − Bunday foydalana olish usulida turli nurlar signallari o‘rtasidagi kerakli bo‘shalish ular hatto ustma-ust tushganida ham amalga oshadi. " Kanallarni kod bo‘yicha ajratish bilan ko‘p stansion foydalana olish texnologiyasi|"Kengaytirilgan spektrli signallardan foydalanishga asoslangan kodli foydalana olish texnologiyasi. Bunda, odatda, o‘zaro «yaxshi» korrelyatsiyalanish xossalariga ega bo‘lgan kodli psevdotasodifiy ketma-ketlik (PTK) lar negizida tashkil etilgan fazaviy manipulyatsiyalangan signallar qo‘llaniladi. Turli psevdotasodifiy ketma-ketliklardan foydalanish CDMA tizimi abonentlariga chastotalarning umumiy polosasida ishlash va har qanday kanaldan foydalanish imkonini beradi. CDMA texnologiyasining asosiy ustunliklariga: signalni o‘ramga aylantirish jarayonida oddiy shovqinga transformatsiyalanadigan tor polosali xalaqitlarga nisbatan yuqori xalaqitga chidamlilik, radioto‘lqinlar ko‘p nurli tarqaladigan kanallarda yuqori spektral samaradorlik, abonent bir zonadan boshqasiga ko‘chib o‘tganida kanallarni ohista almashlab ulash (xendover) kiradi. Tarmoqdagi barcha tayanch stansiyalar bitta chastotada ishlaydi, shuning uchun chastotaviy rejalashtirish zarurati yo‘q. Abonent stansiyalari quvvatlarining sochilishiga bo‘lgan yuqori sezgirlik va tayanch stansiyalarni sinxronlash zarurati (IS-95 standarti) – CDMA texnologiyasini joriy etishdagi asosiy qiyinchiliklardir. " Kanallarni kod bo‘yicha ajratish hamda vaqt bo‘yicha psevdotasodifiy qayta sozlash bilan ko‘p stansion foydalana olish|"Gibrid foydalana olish texnologiyasi, unda axborot vaqtda siqiladi va shovqinsimon signallardan foydalanilgan holda uzatiladi. " Kanallarni kod bo‘yicha ajratish texnologiyasi|"Bitta eltuvchi chastotadan kanallarni ajratish usuli, bunda turli kanallarning signallari foydalaniladigan kodli (odatda, psevdotasodifiy) ketma-ketlik turlari bo‘yicha farqlanishi talab qilinadi. " Kanallarni kod-vaqt bo‘yicha ajratish bilan ko‘p stansion foydalana olish|"1. Gibrid foydalana olish texnologiyasi, bunda vaqt kadri kanalli intervallar (KI)ga bo‘linadi, uzatiluvchi ma’lumotlar bloki esa, uch parametr – chastota, vaqt hamda kod bilan tavsiflanadi. Izoh − «Bitta abonent – bitta KI» yoki «ikkita abonent – bitta KI» (yarim tezlikli kanallar uchun) prinsipi amalga oshiriladigan klassik TDMA texnologiyasidan farqli ravishda, TD-CDMA ning bitta vaqt intervalida kengaytirilgan spektrli bir necha CDMA-signallarning uzatilishi ta’minlanadi. 2. (TDD) vaqt dupleksidan foydalaniladigan WCDMA tizimlarning ishlash rejimlaridan biri. " Kanallarni kodli ajratish bilan ko‘p stansion foydalana olish|"cdmOne, CDMA2000 va WCDMA radiointerfeyslari uchun mo‘ljallangan ko‘p stansion kira olish texnologiyasi. Bunda har bir abonent umumiy chastotalar polosasida tarmoqqa kirish uchun o‘ziga xos kodli ketma-ketlikdan foydalanadi. " Kanallarni kodli ajratish bilan ko‘plab kira olish|"Tarmoqda bir turdagi chastotalardan ko‘p marta foydalanadigan uyali aloqaning raqamli tizimi (radiochastotali resursdan samarali foydalaniladi). Izoh – Nurlanuvchi quvvat va shovqinlar darajasining bir vaqtda pasayishida yuqori sig‘imni va nutqning yuqori sifatini ta’minlaydigan uyali aloqa tizimi. " Kanallarni kommutatsiya qilish bilan uzatish rejimi|"Uzatish va kommutatsiya qilish funksiyalari bog‘lanishlar o‘rtasidagi kanallar yoki chastotalar polosasini doimiy biriktirish yo‘li bilan amalga oshiriladigan axborotni ko‘chirish rejimi. " Kanallarni kommutatsiyalash usuli|"Uzatish kanallari butun bog‘lanish vaqtiga ajratiladigan kommutatsiyalash usuli. Izoh − 2G simsiz tarmoq va an’anaviy telefon tarmog‘i kanallarni kommutatsiyalash usulidan foydalanib qurilgan tarmoqlarga misoldir. Bu usul ma’lumotlar uzatish uchun, paketlarni kommutatsiyalash usuliga qaraganda, kam samarali. " Kanallarni ko‘p tezlikli kommutatsiyalash|"Kanallarni 64 Kbit/sekund tezlikka karrali, yaʼni, n*64 Kbit/sekund bo‘lgan tezliklar bilan sinxron kommutatsiya usuli. Bu yerda n – butun son. " Kanallarni majburiy ravishda o‘zlashtirib olish bilan taqsimlash|"Kanallarni taqsimlash protsedurasi, bunda ortiqcha trafik paydo bo‘lgan uyalar (yacheykalar)ning ishchi kanallari soni, nisbatan kamroq trafikli yacheykalardan o‘zlashtirish hisobiga ko‘paytiriladi. Protsedura avtomatik ravishda bajariladi. " Kanallarni skanlash|"Aloqa kanallari holatini, ularning axborotni uzatishga yaroqliligi nuqtai nazaridan, tekshirish tartiboti. Bunda, odatda, qabul qilgichning kirishida mavjud bo‘lgan shovqinlar darajasi o‘lchanadi yoki joriy signal/xalaqit nisbati aniqlanadi. " Kanallarni vaqt bo‘yicha ajratish|"Vaqtni ajratish (kanallarni vaqt bo‘yicha zichlash) bilan multipleksorlash. " Kanallarni chastota bo‘yicha ajratish bilan ko‘plab/ko‘p stansion foydalana olish|"1. Spektrdan foydalana olish usuli, bunda bir yoki bir nechta chastota polosasi bitta abonentga taqsimlanadi, turli abonentlar turli chastota polosalaridan foydalanadilar. Biroq, abonentlar TDMA, CDMA yoki SDMA foydalana olish usullarini qo‘llagan holda, spektrdan birgalikda foydalanishlari mumkin. FDMA ning xususiyati shundaki, apparat amalga oshirish (ko‘rinish)da filtrlarga qo‘yiladigan talab TDMA yoki CDMAga qaraganda yuqoriroq, lekin vaqt bo‘yicha sinxronizatsiyaga qo‘yiladigan talab TDMA yoki CDMA uchun bo‘lganiga qaraganda pastroq. Bundan tashqari, chastota bo‘yicha filtratsiya tufayli, CDMA da yaqqol namoyon bo‘ladigan «yaqin−uzoq» muammosi FDMA da unchalik sezilarli emas. 2. Ajratilgan chastotalar diapazonining barchasi, har birining o‘rtasida himoyaviy chastota oraliqlari mavjud bo‘lgan bir-birini qoplamaydigan tor polosalarga ajratiladigan foydalana olish usuli. FDMA asosida aloqani tashkil etishda har bir abonentga alohida kanal ajratiladi, ular orqali signallar o‘z eltuvchi chastotalarida uzatiladi. Foydalana olishning bunday usuli abonentlar soni kam, kanallarning yuklanishi past bo‘lganida kam samaralidir. " Kanallarning adaptiv taqsimlanishi|"Tizim chastota resursining uyalar o‘rtasida, ularning kutilgan yoki haqiqiy yuklanishiga mos ravishda taqsimlanishi. Izoh − Kanallarni adaptiv tayinlash algoritmlari eng intensiv trafikli uyalarning o‘ta yuklanib ketishining oldini olish va shuning hisobiga butun mobil aloqa tizimining samaradorligini oshirish imkonini beradi. " Kanallarning dinamik ko‘rsatgichi|"Televizorlardagi funksiya, u aktivlashganda ayni vaqtda ko‘rilayotgan telekanaldagi tasvir markazga suriladi, uning atrofida tasvirni har sekundda yangilagan holda, boshqa 12 ta kanalni uzatuvchi 12 ta kichik darcha paydo bo‘ladi. " Kanallarning dinamik taqsimlanishi|"Xalaqitlardan xoli kanallarni tanlash maqsadida, ishchi chastotalarning muayyan to‘plamini davriy skanlashga asoslangan kanallarni tayinlash usuli. " Kanallarning qayd etilgan taqsimoti (uyali aloqada)|"Chastota-hududiy rejalashga asoslangan kanallarni taqsimlash usuli, bunda har bir uyaga (yacheykaga) yetarlicha uzoq vaqtga aniq miqdorda eltuvchilar ajratiladi. Ajratilgan eltuvchilar soni, odatda trafikning zichligi va yacheykaning o‘lchamlariga bog‘liq bo‘ladi. " Kanalli shifrlash|"Telekommunikatsiya vositalari orqali uzatilayotgan axborotni kriptografik usullar bilan muhofazalash. Shifrlash, aloqa kanalining ikkita uzeli (yuboruvchidan qabul qiluvchigacha yo‘lda oraliq shifrlash ham bo‘lishi mumkin) or‘tasida amalga oshiriladi. " Kanalni egallash|"Maʼlumotlarni uzatish uchun kanalni band qilish maqsadida so‘rov uzatishga urinish. Aniq vaziyatga bog‘liq tarzda, bunday urinish muvaffaqiyatli, muvaffaqiyatsiz va to‘qnashuvga olib keluvchi bo‘lishi mumkin. " Kanalning ishonchliligi|"Kanal aloqa uchun yaroqli bo‘lgan vaqt ulushi. " Kanalning tayyorlik vaqti|"Aloqa kanalining sifat ko‘rsatgichi. Test signali davomiyligi va xatolar bilan qabul qilingan sekundli intervallar soni o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Aloqa kanalining tayyorligi odatda, foizlarda ifodalanadi. " Kandela|"Yorug‘lik kuchining birligi; SI tizimining asosiy birligi. Kandela parametrlari aniq belgilangan manbaning berilgan yo‘nalishdagi yorug‘lik kuchiga teng. " Kapalaksimon antenna|"Yassi o‘tuvchi sirtning markaziy o‘qi bo‘yicha teshilgan, nurlanish to‘lqinining uzunligiga teng kenglikdagi bo‘ylama tirqishi bo‘lgan tirqishli nur tarqatgich. " Kaptcha|"Tyuringning kompyuterlar va insonlarni farqlash uchun to‘liq avtomatlashtirilgan ochiq sinovi. Tizim foydalanuvchisi inson yoki kompyuter ekanligini aniqlash uchun qo‘llaniladigan kompyuter sinovi. Karnegi-Mellon universitetining savdo markasi. Atama 2000-yilda paydo bo‘lgan. Sinovning asosiy g‘oyasi: foydalanuvchilarga inson yecha oladigan biroq kompyuter yechishni o‘rganishi ancha qiyin bo‘lgan vazifani taqdim etish. Odatda bu belgilarni aniqlash vazifalari. Kaptcha ko‘pincha internet-servislarning botlar tomonidan foydalanilishining oldini olish maqsadida qo‘llaniladi, jumladan, xabarlarning avtomatik jo‘natilishi, ro‘yxatdan o‘tish, fayllarni yuklash, spamni jo‘natish va h.k. " Kardano panjarasi|"Almashtirib qo‘yish shifrini amalga oshiruvchi kriptografik tizim. O‘zida, yacheykalarning to‘rtdan biri to‘rt burilishda barcha jadvalni qamrab oladigan tarzda kesilgan kvadrat jadval (panjara)ni aks ettiradi. Ochiq matn 90° ga buriladigan panjaraning kesilgan yacheykalariga yoziladi, shu bilan yangi, to‘ldirilmagan yacheykalar ochiladi. " Karder|"Plastik kartalar bilan bog‘liq qalbaki ishlar bilan shug‘ullanuvchi firibgar («virtual o‘g‘ri»). " Karding|"Tovar yoki xizmatlarga tegishli bo‘lmagan (o‘g‘irlangan) kredit karta orqali to‘lovni amalga oshirish. Odatda, kredit kartaning egasi bundan bexabar bo‘ladi. " Kardrider|"Xotira kartalari-flesh-kartalarni o‘qish va yozish. " Karetkani orqaga qaytarish|"Karetkani qaytarish operatsiyasini belgilaydigan ASCII boshqaruv simvoli, ya’ni matn belgilari chiqaradigan qurilmada karetkani varaqning chap tomoniga va keyingi satrga o‘tkazilishi. " Karnay|"Shaxsiy kompyuterning dinamik qurilmasi, akustik kolonka. " Karta, perfokarta|"Mashinada qayta ishlanadigan alohida sifatdagi qog‘ozdan qilinadigan axborot tashuvchi. " Karta to‘g‘risidagi axborot bloki|"PC Card da ma’lumotlarni shakllantirish, formati va talab qilinadigan resurslar to‘g‘risidagi axborotni ichiga olgan ma’lumotlar tuzilmasi. " Kartografik axborot|"1. Kartografik asarlar to‘g‘risida maʼlumotlar. 2. Kartografik asarlar shaklida ifodalangan axborot. 3. Kartografik asarlarni yaratishda va yangilashda ishlatiladigan axborot. " Kartografik kommunikatsiya|"Kartografik axborotni xarita yaratuvchidan foydalanuvchiga uzatish. Buning ustiga xaritaning o‘zi o‘ziga xos aloqa kanali sifatida ham talqin qilinadi. " Kartografik maʼlumotlar banki|"Raqamli kartografik maʼlumotlarni saqlash, qayta ishlash va ishlatishning texnik, dasturiy, axborot va tashkiliy vositalari majmui. Uning tarkibiga bitta yoki bir nechta predmet (mavzu) sohasidagi kartografik maʼlumotlar bazalari, maʼlumotlar bazasining boshqarish tizimi hamda so‘rovlar va amaliy dasturlar kutubxonasi kiradi. " Kartografik maʼlumotlar bazasi|"Biror bir predmet (mavzu) sohasi bo‘yicha o‘zaro bog‘liq kartografik maʼlumotlar majmui. U raqamli shaklda (shu jumladan kartografik maʼlumotlar bazasi shaklida) maʼlumotlar ifodalash, saqlash va joyini o‘zgartirishga oid umumiy qoidalarga mos ravishda berilgan. Kartografik maʼlumotlar bazasiga ko‘pgina foydalanuvchilar kira olishlari mumkin. U amaliy dasturlar paketiga bog‘liq bo‘lmay, maʼlumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) tomonidan boshqariladi. " Kartochka|"Ma’lumotlar va ularni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan vizual interfeysning majmui. " Kartochkali operatsion tizim|"Mikroprotsessorli kartochkalar uchun mo‘ljallangan operatsion tizim. " Kartrij|"Qurilmaning almashtiriladigan qismi. Odatda, bu, printer uchun bo‘yaydigan tasma, lazer printerlar yoki ko‘paytiruvchi apparatlar uchun toner, purkagichli printerlar uchun siyoh saqlanadigan kasseta. " Kasr chizig‘i|"Bo‘lish operatsiyasini anglatuvchi simvol. " Kassegren antennasi|"Parabola ko‘rinishidagi asosiy ko‘zguga va antenna fokusida joylashtirilgan aylanish giperboloidi shaklidagi kichik profillangan ko‘zguga ega ikki ko‘zguli antenna. Izoh − Antennada, asosiy va yordamchi ko‘zgular yuzasining profillarini tanlash hisobiga, asosiy ko‘zguning yanada samarali nurlanishi ta’minlanadi va yon yaproqlarning darajasini pasaytirishga erishiladi. " Katalog|"1. Ma’lumotlarni qayta ishlash va ularni saqlashning tashkil qilinishi orqali ta’minlanadigan, ma’lumotlar ko‘pligi tavsiflarining majmui. 2. Obyektning matnli nomi bo‘yicha izlab topilishini ta’minlaydigan ma’lumotlar tuzilmasi. " Katalog elementi|"Papkada yoki diskning tub katalogida saqlanadigan, diskda saqlanadigan diskret obyektni (odatda, fayl yoki papkani) tavsiflaydigan axborot. Katalog elementi obyektning nomi, joylashgan yeri, o‘lchami va maxsus fayl atributlari kabi axborotni ichiga oladi. Har bir fayl va papka diskda tegishli katalog elementiga ega. Nomlari uzun fayllar joylashtirish uchun bittadan ortiq katalog elementini talab qilishi mumkin. " Katalog serveri|"Mijoz nomidan katalog maʼlumotlarini qo‘shishi, yo‘q qilishi, o‘zgartirishi va izlashi mumkin bo‘lgan server. " Katalogdan foydalana olish protokoli|"Mijozlar va X.500 serverlari o‘rtasida almashinuvni boshqaradigan protokol. " Kataloglar xizmati|"Ma’lumotlarni saqlash uchun kataloglar to‘g‘risida vositalarni taqdim etadigan va bu ma’lumotlardan foydalanuvchilar va tarmoq administratorlari foydalana olishlarini ta’minlaydigan xizmat. " Katod nurlari|"Magnit maydonini yuzaga keltiruvchi, magnit va elektromagnit maydonlarida og‘uvchi, vakuumdagi elektron dasta. " Katta hajmdagi maʼlumotlar|"1. Odam tomonidan idrok qilinadigan, uzluksiz o‘sish, hisoblash tarmog‘ining ko‘p sonli uzellar bo‘ylab taqsimlash sharoitida samarali natijalarni olish uchun, katta hajmdagi turli-tuman tuzilmlashtirilgan va tizimlashtirilmagan maʼlumotlarni qayta ishlash usullari, vositalari, yondashuvlari turkumi. 2. Katta hajmi va o‘zgarishlarning tezligi bilan tavsiflanadigan (shu jumladan haqiqiy vaqt rejimida) tuzilmlashtirilgan va tizimlashtirilmagan axborot massivlarini to‘plash, qayta ishlash va saqlash texnologiyalari, bu maxsus vositalar va ular bilan ishlash usullarini talab qiladi. " Katta harflar|"Yuqori registr harflari to‘plami. " Katta ikkilik obyekt|"Ba’zi dasturlash tillaridagi va ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimidagi, ixtiyoriy ikkilik axborotni saqlash uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar turi. " Katta (ikkilik) razryad, katta ahamiyatli bit|"Kodli so‘z doirasidagi eng katta ahamiyatga ega bo‘lgan ikkilik razryadi. " «Katta portlash» testlash usuli|"Kompleks testlash, bunda dasturiy elementlar, apparat elementlar yoki ularning har ikkisi bir vaqtda tizimga birlashtiriladi va bosqichma-bosqich emas, balki bir butun yaxlit sifatida testlanadi. " Katta simvolli obyekt|"Katta matnli obyektlarni saqlash uchun mo‘ljallangan maydon turi. " Katta tezlikka ega bo‘lgan ketma-ket shina|"Kuchli serverlardagi SCSI texnologiyasini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan FC-AL optik-tolali interfeysga ega texnologiya. Uzatishning bazaviy tezligi 100 (200-800) Mbit/s bo‘lgan, ikki portli, avtomatik konfiguratsiya qilinadigan qurilmalarning «қайноқ» almashinuvi. Qurilmalar o‘rtasidagi masofa 10 km gacha yetishi mumkin. " Katta vaqt mobaynidagi buzilishlar|"Tasvirning, namoyon bo‘lishi bir nechta kadr mobaynida sezilishi mumkin bo’lgan, buzilishlari. " Kattalashtirish|"Grafik redaktorlarda – tasvir masshtabini yoki tasvir bir qismini kattalashtirish. " Kattalik|"O‘z nomi yoki qiymati bilan yoki ham unisi, ham bunisi bilan belgilanadigan ma’lumotlar elementi. Xotiraning bir qismi, nom (identifikator) va xotirada saqlanadigan qiymat bilan beriladi. " Kaziski usuli|"Shifrmatndagi bir xil so‘zlarni aniqlash yordamida ko‘p alifboli kriptotizim davrini hisoblash imkonini beruvchi kriptotahlil usuli. Agar ko‘p alifboli kriptotizim davri ma’lum bo‘lsa, kriptotahlil bir alifboli tizimlar kriptotahliliga keltiriladi. " Kegl|"Spetsifik shriftdagi simvollar to‘plami nuqtasining o‘lchami. " Keladigan telefon yuklama|"Kelayotgan har bir chaqiruvga band bo‘lmagan chiqish bilan darhol bog‘lanish taqdim qilingan holda, qarab chiqiladigan vaqt intervali ichida keladigan barcha chaqiruvlarga xizmat ko‘rsatishning taxmin qilinadigan jami vaqti. " Kelgan telefon chaqiruvi|"Telefon stansiyasida qayd qilingan telefon chaqiruv. " Kelgusi avlod tarmog‘i (KAT)|"Sifati kafolatlangan telekommunikatsiya xizmatlarining cheklanmagan to‘plami taqdim etilishini va foydalanuvchining global mobilligini ta’minlaydigan, xizmatlar/dasturlarni boshqarish funksiyalarini kommutatsiya qilish va uzatish funksiyalaridan ajratish hamda qayd etilgan va mobil tarmoqlarga kira olishning turli texnologiyalaridan foydalanish imkonini beradigan, keng polosali paketli tarmoq asosida qurilgan universal tarmoq. " Kelib tushuvchi yuklama (abonent yuklamasi)|"Tarmoqqa ulangan barcha axborot manbalaridan keluvchi jami trafik; odatda, ma’lum vaqt davri ichida aniqlanadi. Tarmoq orqali o‘tkazilgan umumiy trafikdan farqli o‘laroq, kelib tushuvchi yuklama tarmoqning xizmat axboroti va signalizatsiyani uzatish uchun zarur ichki trafigini hisobga olmaydi. " Kelishish grifi|"Hujjat muallifi hisoblanmaydigan muassasa yoki uning organining hujjat mazmuni bilan roziligini ifodalaydigan rasmiy hujjat rekviziti. " Kelishish varag‘i|"Bitta yoki bir nechta elektron hujjatning haqiqiyligini tasdiqlash uchun mo‘ljallangan hujjat. " Kembrij halqasi|"Halqali topologiyaga ega tadqiqot qilinadigan tarmoq tizimining bir turi. " Keng ekranga panoramali ko‘rsatish|"4:3 kadr formatini, tasvirning minimal buzilishi bilan, 16:9 formatga o‘zgartirish. " Keng eshittirishli kanal|"Uzatilayotgan axborot keng auditoriya tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilinishiga qaratilgan kanal. " Keng eshittirishli tarqatish|"Bir nechta maxsus bo‘lmagan qabul qiluvchilarga yo‘naltirilgan uzatish. Ethernetda tarmoqning barcha uzellarini oluvchi paket turi. Maxsus manzil turi bilan identifikatsiya qilinadi. " Keng eshittirishli vebtranslyatsiya|"Teleradioeshittirishlar dasturlarini Internet tarmog‘i orqali uzatish. " Keng formatli televizor|"Ekran tomonlarining nisbati 16:9 bo‘lgan televizor (oddiy televizorlarda bu nisbat 4:3 ni tashkil etadi). 4:3 nisbatli ekran kengligi balandligiga qaraganda 33 foizga, 16:9 nisbatlida esa 75 foizga katta bo‘ladi. " Keng imkoniyatlarga ega integratsiyalashgan raqamli tarmoqlar|"Ma’lumotlar, ovoz, SMS-xabarlarning birgalikda uzatilishini ta’minlaydigan simsiz tarmoq. Izoh − IDEN «bittada to‘rtta» texnologiyasini o‘zida ifodalaydi: foydalanuvchilar bitta korpusda raqamli uyali telefon, ikki tomonlama radioaloqa, alifbo-raqamli peyjer va faks-modem imkoniyatlari birlashtirilishi tufayli, simsiz aloqaning barcha afzalliklaridan bir vaqtda foydalanishlari mumkin. IDEN TDMA texnologiyasiga asoslanadi va 800 MHz hamda 1,5 GHz chastotalar diapazonida ishlaydi. IDEN 25 kHz polosada 65 Kbit/s uzatish tezligini ta’minlash uchun tovushni siqishdan, VSELP kodekidan va kvadraturali amplitudaviy modulyatsiya texnologiyasidan foydalaniladi. " Keng impuls, yarim satrli impuls|"Odatda, satrlarning ikkilangan chastotasi bilan takrorlanadigan va maydonlarning sinxronlanuvchi impulslarini hosil qiladigan impulslar. " Keng polosali aloqa|"Chastotalarning keng diapazonidan foydalaniladigan aloqa turi. Televizion eshittirish, kabelli televideniye, o‘ta yuqori chastota diapazonidagi aloqa hamda yo‘ldoshli aloqa bunga misol bo‘ladi. " Keng polosali antenna|"Parametrlari chastotalar diapazonining qoplash koeffitsiyenti 1,2-1,5 bo‘lganda qo‘yiladigan talablarga mos keladigan antenna. " Keng polosali kanal|"Ko‘p sonli tor polosali axborot manbalari (nutq, ma’lumotlar, faks), yoki bitta yoki bir nechta yuqori tezlikli manbalardan (videotasvirlar, multimedia ma’lumotlari) bir vaqtda ma’lumotlar uzatilishi ta’minlanishi mumkin bo‘lgan kanal. Misol – DSL liniyalari, kabelli kanallar, WCDMA radiokanallari. " Keng polosali kuchaytirgich (jamoaviy qabul qiluvchi antennalar uchun)|"Chastotalarning barcha diapazonida ishlash uchun loyihalashtirilgan, jamoaviy qabul qiluvchi antennalarda foydalanish mumkin bo‘lgan kuchaytirgich. " Keng polosali signal|"Ishchi diapazon markaziy chastotasining 0,1 foizdan ortiq chastotalar polosasini egallagan signal. Izoh − Masalan, 500 MHz ishchi chastotaga ega bo‘lgan signal, agar uning polosa kengligi 0,5 MHz dan katta bo‘lsa keng polosali signal hisoblanadi. " Keng polosali o‘q|"Quyi eltuvchidagi ranglilik signalining birmuncha kengroq uzatish chastotalari polosasi ko‘zda tutilgan tashkil etuvchisining fazasi. Signalni vektorli taqdim etishda – ranglilikning nozik asosiy rangini ifodalaydigan vektor yo‘nalishi. " Keng yo‘lka|"Nusxa ko‘chirishdan himoya qilish usulining qismi, bunda diskdagi ikki yoki undan ortiq yonma-yon yo‘lkaga aynan bir xil ma’lumotlar yoziladi. " Kengayadigan belgilash tili|"WWW tarmog‘ida gipermatnli hujjatlarni tayyorlash, saqlash va uzatish uchun mo‘ljallangan til. " Kengayadigan uslublar jadvallari tili, XSL|"XML hujjatlarni taqdim etish (masalan, veb-brauzerda aks ettirishda) qoidalarini va ularni ma’lumotlarning boshqa sxemalari asosida yaratilgan XML hujjatlarga, shuningdek, boshqa formatlardagi (masalan, PDF) hujjatlarga o‘zgartirish yo‘llarini belgilash imkonini beradigan spetsifikatsiyalar turkumi. " Kengayish polosalari|"Spektr bo‘yicha tub polosalar bilan kesishmaydigan, chastotalarning qo‘shimcha polosalari. Jumladan, IMT-2000 tizimining o‘tkazish qobiliyatini kengaytirish uchun, Yevropa va dunyoning ba’zi hududlarida (2−3) GHz li spektr uchastkasi ajratilgan. " Kengaytiriladigan tizim|"Samaradorlikni, periferik qurilmalar soni yoki xotira sig‘imini oshirish imkoniyati ko‘zda tutilgan kompyuter tizimi. " Kengaytirilgan|"Asosiy versiyaga nisbatan qo‘shimcha imkoniyatlar bilan ta’minlangan dasturiy ta’minot. Odatda bu atama yangi imkoniyatlarni o‘z ichiga olib dasturning nomi bilan birga qo‘shib ishlatiladi. " Kengaytirilgan fayl tizimi|"Linux yadrosi uchun fayl tizimi. U Rémy Card tomonidan extended file system fayl tizimini almashtiruvchi tizim sifatida ishlab chiqilgan. U fayl tizimlari sinovlarida namuna qilib ishlatsa bo‘ladigan, yetarlicha samarali ishlaydigan fayl tizimi hisoblanadi. Jurnallanadigan fayl tizimi emasligi uning asosiy kamchiligidir. ext2 fayl tizimining rivoji bo‘lib, jurnallanadigan va ext2 tizimiga to‘liq mos keladigan ext3 fayl tizimi hisoblanadi. " Kengaytirilgan imkoniyatlarga ega raqamli radioxizmatlar|"Personal mobil abonentning to‘liq mobilligini 155 Mbit/s dan kam bo‘lmagan uzatish tezligida ta’minlab bera oladigan, istiqbolli aloqa texnologiyasi. " Kengaytirilgan matnli format|"Micrоsоft korporatsiyasi tomonidan, amaliy dasturlar o‘rtasida formatlangan matnli hujjatlarni (ya’ni rasmiylashtirilgan) almashish uchun ishlab chiqilgan fayllar formati. Turli kod jadvallarini qo‘llaydi. Ko‘plab platformalarda amalga oshirilgan. " Kengaytirilgan spektrli signallarni qo‘llagan holda ko‘p stansion foydalana olish|"Ko‘p sonli abonentlarning bir vaqtda foydalana olish usuli bo‘lib, bunda ularning har biri kengaytirilgan spektrli signalni umumiy retranslyatorga uzatadi. Izoh − Qabul paytida signal (chulg‘am)ning teskari qayta o‘zgarishi amalga oshiriladi, u dastlabki tor polosali signal spektrini buzilishlarsiz tiklash imkonini beradi, chunki turli abonentlar tomonidan uzatilayotgan signallar o‘rtasidagi o‘zaro korrelyatsiya koeffitsiyenti ancha kichik. " Kengaytirilgan xotira|"1 МB manzil fazоsidan tashqaridagi qo‘shimcha tezkor xotira. " Kengaytirilgan yuklanadigan yozuv|"Bitta mantiqiy bo‘limning o‘lchamini tasvirlaydigan, shuningdek, keyingi kengaytirilgan yuklanadigan yozuvni ko‘rsatuvchi qattiq diskdagi (512 bayt) sektor. " Kengaytirish platasi|"Kiritish/chiqarish qurilmalari (diskovodlar, modemlar, tarmoq) adapterlari o‘rnatilgan bosma plata. " Kengaytirish uyasi|"Kengaytirish platasi o‘rnatiladigan tizim platasidagi uya. Bunday platalar ularning nimaga mo‘ljallanganligiga bog‘liq ravishda, interfeys kartalari, tarmoq adapterlari va h.k. deb ataladi. " Kengaytirish shinasi|"Tizim shinasining, kengaytirish platalari uchun mo‘ljallangan uyalarni lokal shina bilan birlashtiradigan qismi. Qo‘shimcha periferik qurilmalar kontrollerlarini ulash uchun xizmat qiladi. " Kengaytiruvchi kodli ketma-ketlik|"Signalni kodi bo‘yicha ajratish tizimlarida, masalan, DS-CDMA da spektrni kengaytirish uchun qo‘llaniladigan kodli ketma-ketlik. " Kengaytma|"1. Fayl nomining bir qismi; uning yordamida fayllarni tasniflash amalga oshiriladi. Masalan, MS-DOS da kengayish, agar bor bo‘lsa, nuqtadan keyingi (bittadan uchtagacha) simvoldan iborat bo‘lishi mumkin; kengayishdan bajariladigan fayllarni (.COM, .EXE, .BAT), turli dasturlash tillari dasturlarining matnlarini ajratish uchun (BAS – BASIC, PAS – Pascal) foydalaniladi. 2. Tegishli standartlarda bo‘lmagan talablarning xavfsizlik bo‘yicha topshiriqqa yoki himoya profiliga qo‘shilishi. " Kengayuvchanlik|"1. Dasturlash tilida yangi til konstruksiyalarini belgilash mumkinligi. 2. Raqamli televideniye tizimining kengaytirilgan funksiyalarni va kelgusi texnologik yutuqlarni qo‘llab-quvvatlash va kiritish qobiliyati. " Kenglik- impulsli modulyatsiya|"Impulslar davomiyligi (kengligi) o‘zgaradigan impulsli modulyatsiya. " Kermit|"Fayllarni uzatishga yo‘naltirilgan dastur. Umumiy foydalaniladigan dasturiy ta’minot sifatida tarqatiladi. " Kerr yacheykasi|"Elektrooptik Kerr effektidan foydalanishga asoslangan yorug‘lik oqimini modulyatsiyalash qurilmasi. " Kesish|"Matn yoki tasvir bilan ishlayotganda bajariladigan operatsiyalardan biri. U matndagi/tasvirdagi ajratilgan fragmentni o‘chiradi va almashtiruv buferiga ko‘chirib qo‘yadi. Ko‘p hollarda bu operatsiyalarni bajarish uchun mo‘ljallangan «qaynoq» klavi-shlar Ctrl+X yoki Shift+Del lardir. " Kesishuv|"Interaktiv grafik tizimlarda kursor shakli. " Kesishuvchi aloqa|"Kanallar, zanjirlar yoki o‘tkazgichlar o‘rtasida yuzaga keladi-gan parazit bog‘lanish (aloqa) bo‘lib, uning natijasida turli xalaqit beruvchi signallar paydo bo‘ladi. " Kesishuvchi buzilishlar (televideniyeda)|"Tasvirga boshqa videokanallardagi signallar bilan hosil qilinadigan beixtiyoriy tasvirlarni tushirish. " Kesishuvchi modulyatsiya|"Xalaqit signalini bir zanjir yoki simdan boshqa bir zanjir simga yo‘llash natijasida yuzaga keladigan to‘g‘rilash. " Kesishuvchi xalaqitlar|"Ko‘p kanalli tizimlarda, bitta kanal orqali uzatilgan signal boshqa kanalning chiqishida anchayin kuchsizlangan holda paydo bo‘lishi hisobiga yuzaga keladigan o‘zaro xalaqitlar. Simli aloqa liniyalari uchun uzoq uchdagi kesishuvchi xalaqit FEXT hamda liniyaning yaqin uchidagi xalaqit NEXT xosdir. Chastotaviy ajratilgan tizimlarda kanal filtrlarining yetarlicha selektiv bo‘lmasligi hamda barcha kanallar uchun umumiy bo‘lgan traktda tashkil qilinadigan kombinatsion chastotalar kesishuvchi xalaqitlar paydo bo‘lishining asosiy sabablaridir. " Kesishuvchi xalaqitlarning yo‘l qo‘yiladigan darajasi|"Noqulay xalaqit beruvchi vaziyatda, masalan, aynan bir ishchi chastotalardan foydalaniladigan qo‘shni uyalarning o‘zaro taʼsiri mavjudligi sharoitida ishlaydigan radiostansiyalar vujudga keltiradigan o‘zaro xalaqitlar. " Keskin yo‘naltirilgan antenna|"Nurlanadigan yoki qabul qilinadigan quvvatning asosiy ulushi tor fazoviy burchakda to‘plangan antenna. " Keskin yo‘naltirilgan nur|"Asosiy nurlanuvchi energiyasi nisbatan tor fazoviy burchakda teng taqsimlangan, «qalam» turidagi nur. " Keskinlik|"Televizion tasvirning tavsifi bo‘lib, tasvir yirik detallari chegaralarining uzatilish sifatini ifodalaydi. Keskinlik miqdor jihatdan televizion tizim o‘tish xarakteristikaning surkalib ketuvchi zonasi orqali baholanadi. " Ketma-ket erkin foydalanish|"Barcha oraliq bloklarni, boshidan ko‘rib chiqish yo‘li bilan xotira qurilmasi ma’lumotlar blokidan erkin foydalanishni tashkil qilish usuli. " Ketma-ket kompyuter|"Dastur komandalarini ketma-ket amalga oshirish yo‘li bilan ma’lumotlar qayta ishlanishini bajaradigan kompyuter. " Ketma-ket-parallel o‘zgartirgich|"Ketma-ket uzatishdan parallel uzatishga o‘tish qurilmasi. " Ketma-ket port|"Ma’lumotlar o‘tish tartibiga ko‘ra bitma-bit uzatiladigan port; ma’lumotlar parallel portga qaraganda birmuncha sekin uzatiladi. Odatda, ketma-ket portga modem ulanadi. " Ketma-ket printer|"Kompyuterga standart ketma-ket port orqali ulanadigan printer. " Ketma-ket qayta ishlash|"Ma’lumotlarni xotirada saqlanadigan yoki xotiraga kelib tushadigan ketma-ketlikda qayta ishlash. " Ketma-ket uzatish|"Axborot almashinuv usuli, unda ayrim belgilar aynan bitta aloqa kanali orqali birin-ketin uzluksiz tarzda yoki to‘xtashlar bilan uzatiladi. Ketma-ket uzatish ikkita rejimda amalga oshirilishi mumkin: asinxron va sinxron. Asinxron rejimda maʼlumotlar alohida jo‘natmalar tarzida uzatiladi va ularning har biriga qabul qiluvchi tomonda uzatishning boshlanishi va tugashi haqida signal beradigan start va stop bitlari kiritiladi. Sinxron uzatishda axborotning uzluksiz oqimi sinxrojo‘natmalar yordamida kadrlarga ajratiladi. " Keyingi|"Tizimlashtirilgan zanjirdagi (ketma-ketlikdagi) elementlar joylashuvi. Masalan, ma’lumotlar bazasi jadvalidagi keyingi yozuv. " Keyingi nurlanish davomiyligi|"Kineskoplar keyingi nurlanishining o‘rtacha vaqtiga ega, bu vaqt davomida ekranning nurlanish (so‘nish) yorqinligi ta’sir to‘xtatilgandan so‘ng ta’sir paytidagi boshlang‘ich yorqinlikka nisbatan bir foizgacha kamayadi. " Keyingi nurlanishni tuzatish|"Yuguruvchi nurni yoyishdan olingan va lyuminoforning beixtiyoriy nurlanishidan buzilgan videosignal shaklini tuzatish. " Keylogger|"Klaviaturadan kiritishni tutib olish uchun mo‘ljallangan apparat qurilma yoki dastur. Izoh – Keylogger bosilgan klavishlar skan-kodlarini aniqlashni ular yashirin saqlanishini va/yoki qandaydir kanal orqali uzatilishini amalga oshiradi. " Keytnet|"Xost-kompyuterlar turli tarmoqlarga shlyuzlar yoki marshrutizatorlar yordamida ulangan tarmoq. Internet shunday tarmoqqa misol bo‘la oladi. " Kesh|"O‘qilishi sekinroq bo‘lgan xotirada saqlanayotgan, biroq u yerdan so‘ralish ehtimoli katta bo‘lgan axborotning nusxasi saqlanadigan tez o‘qiladigan oraliq bufer. Keshdagi maʼlumotlar sekin xotiradan olinishi yoki qayta hisoblab chiqilishiga qaraganda ancha tezroq o‘qiladi, bu esa o‘rtacha kira olish vaqtini kamaytiradi. " Kesh-xotira|"Ma’lumotlarni vaqtinchalik saqlash uchun xizmat qiladigan xotira. Kompyuterning ishlash samaradorligini oshirish uchun foydalaniladi. Tezkor xotira va qattiq magnit disk o‘rtasidagi kesh-xotira ikki turda bo‘ladi; apparat va dasturiy kesh-xotira. Apparat kesh-xotiradan odatda, tarmoq serverlarida, diskli adapterlarda (kontrollerlarda) foydalaniladi, u yarimo‘tkazgichli, energiyaga bog‘liq, juda tez ishlaydigan xotirani o‘zida ifodalaydi. Dasturiy kesh-xotira tezkor xotiraning bir qismidir, odatda, stol tizimlarida tashqi xotira bilan ishlash samaradorligini oshirish uchun foydalaniladi. " Kesh-xotira kontrolleri|"Kesh-xotirani boshqarish uchun mo‘ljallangan maxsus mikrosxema. " Kesh-xotira ma’lumotlarining tezkor xotira qurilmasi|"Kesh-xotira ma’lumotlari turlarining teglari (alomatlari) saqlanadigan mikrosxema. " Keshlash|"Oldingi operasiyalar natijasida olingan ma’lumotlarni keyingi operasiyalarni tezlashtirish uchun saqlash. Keshlash disk ma’lumotlarining bir qismini xotirada saqlab qolish bilan chegaralanib qolmaydi, ayrim hollarda, buning uchun diskda vaqtinchalik fayllar yaratiladi. Ma’lumotlar uzatish kontekstida bu atamadan xabarlar uzatilishini tezlashtirish uchun ma’lumotnomalar va boshqa axborot atributlaridan nusxa olinishini belgilashda foydalaniladi. " Kechikish|"Qandaydir operatsiya yoki komanda bajarilishi davomida pauza sodir bo‘ladigan vaqtinchalik muddat. " Kechikish bilan bo‘ladigan xendover|"Mobil stansiya bir yacheykadan boshqasiga o‘tishida chastotaning ma’lum vaqtdan so‘ng qayta sozlanishi. Texnik jihatdan quvvat darajalarining ikkita – minimal va maksimal qiymat bo‘yicha chegarasidan foydalanish hisobiga amalga oshiriladi. Ikkita tayanch stansiyaning xizmat ko‘rsatish zonalari chegarasida «ping-pong» effektini bartaraf etish imkonini beradi. " Kechikish bo‘yicha quvvat spektri|"Qabul qilinadigan signal spektral tashkil etuvchilari quvvatining vaqtga bog‘liq holda taqsimlanishi. " Kechikish bo‘yicha sochilganlik|"Qabul qilinayotgan ko‘p nurli signalning darajasi noldan farqli va uni o‘lchash uchun hali yetarli bo‘lgan vaqt intervali. Uyali aloqa tizimlarida kechikish vaqti joy relyefiga bog‘liq ravishda, mikrosekundning ulushlaridan boshlab bir necha o‘n mikrosekund qiymatlarigacha o‘lchanadi, bunday katta kechikishlar odatda radioto‘lqinlarning yirik shaharlarda tarqalishi uchun xosdir. " Kechikish tufayli yuzaga keladigan buzilishlar|"Signal turli komponentlarining qabul qilish nuqtasiga vaqt bo‘yicha turli darajadagi ushlanishlar bilan yetib kelishi hisobiga paydo bo‘ladigan buzilishlar. " Kechikish, ushlanib qolish, orqada qolish|"Tizimning inersionligi yoki ekranning kechikib shu’lalanishi bilan tavsiflanadigan, chiqish signalining kirishdagi ta’sirga nisbatan vaqt bo‘yicha siljishi. " Kechikish variatsiyasi (fluktuatsiyasi)|"Paketlarni uzatishda kechikish vaqtidan mumkin bo‘lgan og‘ishlarni tavsiflovchi parametr. " Kechikkan ulanish|"Aloqa seansi boshlanganidan keyin yoki telefon so‘zlashuvi davom etayotgan paytda, uchinchi abonentning tarmoqqa ulanishi. " Kiberjinoyat|"Kompyuter tizimi yoki tarmog‘i yordamida, kompyuter tizimi yoki tarmog‘i doirasida yoki kompyuter tizimi yoki tarmog‘iga qarshi sodir etilishi mumkin bo‘lgan har qanday jinoyat. " Kiberkasallik|"Inson ruhiyati va fiziologik funksiyalariga virtual voqelik texnologiyalarining zararli taʼsiri oqibatida paydo bo‘lgan kasallikning yangi turi. " Kibermadaniyat|"Madaniyatni rivojlantirishdagi texnokrat yangi yo‘nalish. U kompyuter o‘yinlarining imkoniyatlari va virtual voqelik texnologiyalarini ishlatishga asoslangan. " Kibermakon|"U.Gibson tomonidan 1984-yilda kiritilgan atama. Hozirda bu atama kompyuter tizimlari uchun tuzilgan virtual fazoni tavsiflaydi va axborot resurslarining butun fazosini anglatadi. " Kibernetika|"Tabiat va jamiyatdagi aloqa va boshqaruvning umumiy qonunlari, axborot olinishi, uzatilishi va o‘zgartirilishi to‘g‘risidagi fan. " Kiberskvotter|"Kiberskvotting bilan shug‘ullanuvchi shaxs. " Kiberskvotting|"Mashhur kompaniyalar nomlariga o‘xshash yoki shunchaki «qimmat» hisoblangan domen nomlarini ularning keyingi qayta sotilishi yoki reklamani joylashtirish maqsadida xarid qilish. Turlari: 1. Taypskvotting. 2. Brend kiberskvottingi – tovar belgilari, firma nomlari, mashhur ism va nomlar, yaʼni qonun tomonidan himoyalangan shaxsiy aniqlovchi vositalarni xarid qilish. 3. Himoyalovchi kiberskvotting – mashhur sayt (tovar belgisi)ning qonuniy egasi tomonidan uning domen nomiga yozilishi va aytilishi yaqin, o‘xshash, maʼnodosh barcha domen nomlarining xarid qilinishi. Bu kiberskvotterlardan himoyalanish maqsadida amalga oshiriladi. " Kiberterrorizm|"Submilliy guruhlar yoki maxfiy agentlar tomonidan noharbiy nishonlarga nisbatan kuch ishlatilishida ifodalangan, axborot, kompyuter tizimlariga, kompyuter dasturlari va ma’lumotlarga siyosiy asoslangan qasddan qilinadigan hujumlar. " Kiberxavfsizlik|"Axborot muhitida foydalanuvchilar resurslarini muhofaza qilish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan vositalar, yo‘llar, rahbariy ko‘rsatmalar, ehtimoliy xavflarni boshqarishga yondashuvlar, o‘rgatishlar, eng yaxshi tajribani tarqatish, sug‘urta, axborot xavfsizligi texnologiyalari va axborot texnologiyalarining majmui. " Kilobayt|"1024 byte yoki 2^10 byte ga teng xotira sig‘imining o‘lchov birligi. " Kilolips (bir sekunddagi minglab mantiqiy xulosalar)|"Sun’iy intellekt dasturiy ta’minotining imkoniyatlarini tahlil qilishga bag‘ishlangan mantiqiy xulosalarning o‘lchov birligi. " Kinofilmni avtomatik aniqlash|"Filmni to‘g‘ri kadr formati bilan ko‘rsatish maqsadida translyatsiya qilinayotgan film turini avtomatik aniqlash, masalan, keng ekranli film 4:3 formatda translyatsiya qilinganida, bu funksiya filmni 16:9 formatli ekranda ekranning yuqori va pastki qismidagi xarakterli qora keng chiziqlarsiz, to‘liq formatli ko‘rsatish imkonini beradi. " Kinohujjat|"Kinematografiya usulida tayyorlangan tasviriy yoki audiovizual hujjat. " Kira olishni boshqarish usuli|"Har bir foydalanuvchiga xizmat ko‘rsatishning maqbul darajasini ta’minlash uchun tarmoq uzellarining ma’lumotlar uzatish muhitiga kira olishni taqdim etish tartibini tasniflaydigan lokal hisoblash tarmoqlarining turli texnologiyalarini belgilaydigan asosiy xarakteristika. " Kirgich (kirish yo‘li)|"Simlar yoki kabellar chiqadigan taqsimlash kanalidagi yoki yacheykadagi teshik. Kirgich zavod sharoitlarida, montaj paytida ham, undan keyin ham (agar zarur bo‘lsa) o‘rnatilishi mumkin. " Kirish|"Foydalanuvchining tarmoqda o‘zini identifikatsiya qilish uchun logini va parolini kiritish orqali tarmoqda ish boshlashi. " Kirish (foydalanish)ga urinish|"1. Bitta yoki bir nechta abonent tomonidan, axborot uzatishga ruxsat olish maqsadida, aloqa tizimi bilan o‘zaro ta’sirlashuv tartiboti. 2. Kira olish (kirishga urinish) uchun radiokanal orqali jo‘natilgan bir nechta so‘rovdan iborat ketma-ketlik. Ma’lum vaqt intervalidan keyin tarmoq tomonidan tasdiq signali (tarmoqqa kirishga ruxsat) kelsa, urinish muvaffaqqiyatli bo‘lgan hisoblanadi. " Kirish kuchaytirgichi|"Qabul qilgichning kirishiga o‘rnatilgan, odatda, konstruktiv jihatdan antenna bilan birlashtirilgan kam shovqinli qurilma. " Kirish navbati|"Diskda, xotirada o‘z dasturlarini bajarish uchun joylashtirishni kutadigan jarayonlarning majmui. " Kirish nuqtasi|"Dasturga kirishda birinchi bo‘lib bajariladigan komanda manzili yoki belgisi; dasturdagi, boshqaruv uzatilishi mumkin bo‘lgan har qanday joy. " Kirish sezgirligi|"Qurilmaning chiqishida nominal chiqish signalini olish uchun uning kirishiga uzatilishi kerak bo‘lgan (odatda millivoltlarda o‘lchanadigan) kuchlanish. Integral kuchaytirgich yoki resiver uchun chiquvchi quvvatni, aktiv akustika uchun – tovush bosimi darajasini tashkil etadi. " Kirish sinovi|"Preambula hamda so‘rovdan tashkil topgan qisqa paket bo‘lib, davriy ravishda (yoki avvaldan berilgan algoritm bo‘yicha) kirish kanali orqali uzatiladi. Izoh − Keng polosali mobil aloqa tizimlarida o‘zaro xalaqitlar darajasini pasaytirish uchun shunday algoritm ishlatiladiki, bunda har bir keyingi kirish sinovida quvvat darajasi diskret ravishda ∆P kattalikka oshiriladi. Quvvatning joriy qiymati P=Pо+P (n–1) nisbat orqali aniqlanadi, bunda Pо – quvvatning boshlang‘ich qiymati, n – bitta kirish urinishidagi sinov tartib raqami (n=1- nmax). Kirish sinovlari, so‘rovga javob qabul qilinmagunigacha yoki kirish o‘rnatishga ajratilgan nazorat vaqti tugamagunigacha uzatiladi. " Kirish-chiqish jufti|"Kommutatorning berilgan kirish liniyasini muayyan chiqish liniyasi bilan bog‘lash. Aloqa seansi vaqtiga o‘rnatiladi. " Kirishga ruxsat berilgan interval|"Bitta yoki bir nechta stansiya so‘rovlarni uzatishi mumkin bo‘lgan vaqt intervali. Aynan bir interval bir vaqtning o‘zida bir nechta stansiyaga ajratilsa, kanalda to‘qnashuvlar kelib chiqishi mumkin. " Kirishlarni hisoblagich|"veb-sahifa yoki saytga kiruvchilar va/yoki kirishlar sonini hisoblash imkonini beradigan skrip. " Kiritiladigan signal|"Maydonlarni sinxronlash signalidan tashqari maydon so‘ndirish intervalining ma’lum satrlariga kiritilgan ma’lumotlarni tanish, sinash, nazorat qilish yoki uzatishda foydalaniladigan signal. " Kiritiladigan yo‘qotishlar|"Yuklamada liniyaga qo‘shimcha uzel kiritilgunga qadar va undan keyin o‘lchangan quvvatlar o‘rtasidagi farq. Agar olingan natija salbiy bo‘lsa, yo‘qotishlar ortadi. " Kiritiladigan o‘lchash signali, sinov satrining o‘lchash signali|"Videosignalni uzatish xarakteristikasini o‘lchashda foydalaniladigan kiritiladigan signal. Izoh – Bu signaldan ayrim buzilishlarni avtomatik tarzda tuzatishda foydalanish mumkin. " Kiritish|"1. Klaviatura kabi maxsus kiritish qurilmalari yordamida ma’lumotlarni kompyuterga yuklash. 2. Ma’lumotlarni protsessorga, tezkor xotiraga yoki tashqi qurilmaga yozish jarayoni. Foydalanuvchi tomonidan klaviaturadan, ovoz orqali; avtomatik tarzda tashqi qurilmadan amalga oshirilishi mumkin. Komandalarni (hajmi katta bo‘lmagan) joystik, «sichqoncha», trekbol, perolar, trekpoint va sensor panel yordamida kiritish mumkin. " Kiritish buferi|"Kiritiladigan va chiqariladigan axborotni oraliq saqlash uchun mo‘ljallangan xotira. " «Kiritish» klavishi|"«Enter» yozuvli klaviatura tugmasi. Foydalanuvchi tomonidan, biror-bir harakatni tasdiqlashda, ushbu tugmani bosish orqali ishlatiladi. " Kiritish rejimi|"Kursordan keyin turgan, har bir yangi belgi mavjud belgidan oldin qo‘yiladigan, shu bilan birga kursordan o‘ng tarafda turgan barcha matn qator oxiriga suriladigan, matnni kiritishdagi ikkita tahrir qilish rejimidan biri. " Kiritish-chiqarish|"Atama ham kompyuterning kiritish-chiqarish kichik tizimini, ham protsessor yoki tezkor xotira bilan tashqi qurilmalar o‘rtasida har qanday ma’lumotlar uzatish operatsiyalarini anglatadi. Kiritish-chiqarish operatsiyalarini bajarishning bir nechta asosiy usullari mavjud: dasturlashtiriladigan kiritish-chiqarish, uzilish bo‘yicha kiritish-chiqarish va xotiradan bevosita foydalanish. " Kiritish-chiqarish qurilmalari|"Turli ish prinsiplariga asoslangan, lekin funksional jihatdan ma’lumotlar, komandalar kiritilishini va ma’lumotlar chiqarilishini bajaradigan fizik qurilmalar. Ma’lumotlarni kiritish qurilmalari: manipu-lyatorlar (klaviatura, «sichqoncha», joystik, trekbol, trekpoint, skaner, pero, sensorli panel), datchiklar, mikrofon, videokamera. Ma’lumotlarni chiqarish qurilmalari: printer, plotter, radiokarnay, televizor. Kiritish/chiqarish qurilmalari: telefon, teletayp, teletekst, telefaks, displey. " Kiritish-chiqarish interfeysi|"Tashqi qurilmani, kompyuter va uning tashqi qurilmalari bilan ma’lumotlar almashinuvini taminlaydigan kompyuterning asosiy bloki bilan ulanish interfeysi. " Kiritish-chiqarish kanali|"Ma’lumotlarning asosiy xotira va periferiya o‘rtasida yuborilishini ta’minlaydigan qurilma. " Kiritish-chiqarish kontrolleri|"Ma’lumotlarning kiritilishi va chiqarilishini boshqaradigan mikrosxema. Kiritish-chiqarish qurilmalari bilan mikroprotsessor o‘rtasidagi apparat interfeysi hisoblanadi. " Kiritish-chiqarish manzili|"Qurilmaning, kiritish-chiqarish operatsiyalari amalga oshiriladigan noyob fizik manzili. " Kiritish-chiqarish protsessori|"Unumdorligi yuqori bo‘lgan hisoblash tizimlaridagi, kiritish-chiqarish operatsiyalarini bajarish uchun mo‘ljallangan, ixtisoslashtirilgan protsessor. " Kiritish-chiqarishga yo‘naltirilgan|"Hisoblashlarga qaraganda kiritish-chiqarishga ko‘p vaqt sarf qiladigan jarayon. " Kiritish-chiqarishni kutadigan jarayonlarning navbati|"Kiritish-chiqarish qurilmalari ishining natijalarini kutayotgan jarayonlar to‘plami (har bir qurilma uchun o‘zining navbati tashkil qilinadi). «Kiruvchi» ing. - inbox ru – «входящие» Elektron pochtadagi kiruvchi xatlar qutisi. " Kiruvchi aloqani vaqtinchalik taqiqlash|"Abonent tomonidan kommutatsiya stansiyasiga oldindan xabar berilgan vaqt davrida kiruvchi telefon aloqani taqiqlash imkonini beradigan telefon tarmog‘i abonentiga xizmat ko‘rsatishning qo‘shimcha turi. " Kiruvchi aloqaning chaqiriluvchi abonent tomonidan to‘lanishi|"Shaqiriluvchi abonent tomonidan, agar chaqiruvchi abonent bog‘lanish boshlanishida bu haqda so‘rasa, chaqiriluvchi abonent esa rozilik bersa, muayyan bog‘lanish to‘lovini amalga oshirish imkonini beradigan xizmat. " Kiruvchi hujjat|"Tashkilotga kelib tushgan rasmiy hujjat. " Kiruvchi kabelli kanal|"Abonent qurilmalarni aloqa uzeliga ulash liniyasi. " Kiruvchi liniya|"Abonentdan aloqa stansiyasiga axborot oqimi kelib tushadigan liniya yoki retranslyator. " Kiruvchi ma’lumotlar|"Axborotni qayta ishlash tizimiga yoki uning biror bir qismiga saqlash yoki qayta ishlash uchun kiritilgan ma’lumotlar. " Kiruvchi oqim|"Tizimga kiritish uchun kelib tushadigan ma’lumotlar va hujjatlar ketma-ketligi. " Kiruvchi sonli apertura|"Optik tizimning, yorug‘lik o‘tkazgich kirishidagi haqiqiy optik quvvatni tavsiflovchi sonli aperturasi. Ishlab chiqaruvchi firmalar tomonidan optik tolaning har bir turi uchun o‘rnatiladigan NA sonli apertura qatʼiy ko‘rsatgichidan farqli ravishda, LNA qiymati yorug‘lik o‘tkazgichni bir vaqtda, bir necha optik signal bilan qo‘zg‘atganda turli nuqsonlarni, shu jumladan, fokusning siljishini hisobga oladi. Shuning uchun LNA parametri optik tolada turli to‘lqinlar optik quvvatining boshlang‘ich taqsimlanishini ifodalaydi. " Kiruvchi telefon trafik (yuklama)|"Liniya (kanal) lar bog‘lamlari yoki kommutatsiya aloqa asboblari guruhiga telefon yuklamaning tashqi manbalaridan keladigan telefon yuklama. " (Kiruvchi) qo‘ng‘iroq/elektron ro‘yxatdan chaqiruvni kutish|"Elektron ro‘yxatga kiritilgan abonentlardan qabul qilingan chaqiruvlar abonentga farq qiluvchi qo‘ng‘iroq bilan kelib tushishini ta’minlaydigan xizmat. Shuningdek, elektron ro‘yxatdagi abonent tomonidan bo‘ladigan chaqiruvni kutish signali oddiy signaldan farq qiladi. Izoh – Abonentlar elektron ro‘yxatni xizmatdan foydalanish kodini terib modifikatsiya qilishlari mumkin. " Kiruvchi chaqiruv uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqam terish|"Foydalanuvchiga xususiy (muassasaviy) kommutatsiya stansiyasi yoki boshqa xususiy aloqa tizimi boshqa foqdalanuvchisini, xodimlarning aralashuvisiz, bevosita chaqirish imkonini beradigan xizmat, bunda kiruvchi chaqiruv uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri teriladigan raqam (raqamlar) chaqiriluvchi ISDN raqamining eng kam sonli raqami (raqamlari) bo‘lib hisoblanadi. " Kiruvchi chaqiruvlarga xizmat ko’rsatish turlarini sozlash|"Abonentning joriy statusga bog‘liq kiruvchi chaqiruvlar dastlabki konfiguratsiyasining interfeysi: - kirish mumkin – ofisda; - kirish mumkin – ofisdan tashqarida; - band; - kirish mumkin emas statuslardan har biri alohida konfiguratsiyalanishi mumkin. " Kiruvchi chaqiruvlarni qayd etish xizmati|"Aniq raqamlarga kelib tushadigan barcha chaqiruvlar (masalan, nutqni yozishdan tashqari chaqiruvchi abonent raqami, chaqiruvning boshlanish vaqti, chaqiruvga javob berish yoki rad etish vaqti, uzilish vaqti) to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlarning ro‘yxatdan o‘tkazilishini amalga oshiradigan xizmat. " Kiruvchi chaqiruvlarni chegaralash xizmati|"Ma’muriyatga yoki abonentga barcha yoki ayrim kiruvchi chaqiruvlarni telefon liniyasiga kirishini taqiqlash imkonini beradigan xizmat. " Kirxgof prinsipi|"1. Kriptografik algoritmlarni tuzish prinsipi. Unga ko‘ra, bu algoritmlarning ma’lum bir to‘plami (kalit) sir tutiladi, qolgan barchasi esa, algoritm bardoshliligini yo‘l qo‘yiladigan miqdordan pasaytirmasdan, ochiq bo‘lishi mumkin. 2. Shifr buzib ochishga nisbatan yetarlicha barqarorlikni ta’minlashi kerak, shifrdan foydalanish oson bo‘lishi kerak, shifrning buzib ochishga nisbatan barqarorligi algoritmni emas, kalitning maxfiyligini ta’minlashga to‘liq bog‘liq bo‘lishi kerak. " Kitobiy yo‘naltirilganlik|"Microsoft Office Word va Open Office Writer kabi ofis dasturiy ta’minotidagi sahifa parametrining ikkita variantidan biri (kitobiy, albomli). Kitobiy yo‘naltirilganlik gorizontal holatda A4 formatidagi hujjatlarni yaratish va bosmadan chiqarish imkonini beradi. " Kichik ahamiyatli raqam|"Taqdim etiladigan sonning o‘ng tomondagi (kichik) raqami. " Kichik dastur|"Dasturning maxsus ravishda rasmiylashtirilgan qismi; unga zarur bo‘lganda boshqa dasturlardan murojaat qilish mumkin. Ko‘plab dasturlash tillarida protsedura tushunchasi bilan mos tushadi. Dasturning tez-tez takrorlanadigan fragmentlarini almashtirish va uning kompaktligiga erishish uchun foydalaniladi. " Kichik hisoblash tizimlari interfeysi|"Shaxsiy kompyuterlarning periferik qurilmalar (masalan, qattiq magnit disk, printer, lokal tarmoq) bilan birgalikda ishlashi uchun belgilangan standart. Yuqori tezlikli parallel interfeysni ta’minlaydi. " Kichik (ikkilik) razryad, kichik ahamiyatli bit|"Kodli so‘z doirasidagi eng kichik ahamiyatga ega bo‘lgan ikkilik razryad. " Kichik katalog|"Fayl tizimi kataloglari iyerarxiyasida boshqa katalogning ichida bo‘lgan katalog. " Kichik kompyuterlarning tizim interfeysi|"SD-ROM yoki DVD uzatmalarida disklar turidagi tasmali va blokli saqlash qurilmalari kabi oqim qurilmalarini birlashtirish uchun ishlab chiqilgan. Shuningdek, printer va skaner kabi boshqa qurilmalar uchun ham ishlatiladi. SCSI bir nechta qurilmani bitta shinaga joylashtirish uchun ishlab chiqilgan. Uning kontroller deb nomlanuvchi bir qurilmasi ushbu shinani boshqaradi. SCSI qurilmalar ham ichki, ham tashqi bo‘lishi mumkin. " Kichik tarmoq|"Tuzilishi eng sodda va arzon bo‘lgan lokal tarmoq. Bu tizim imkoniyatlarini cheklash va ish tezligini pasaytirish orqali amalga oshiradi. Tizimga oddiy shaxsiy kompyuterlar, o‘lchov apparaturasi va asboblar kiradi. Bog‘lanishning fizik vositalari yassi kabel, o‘rama juft yoki elektr tarmog‘i simlari asosida quriladi. Ushbu vositalarga bog‘lanish uchun keng qo‘llaniladigan interfeyslardan foydalaniladi. " Kichik tarmoq niqobi|"32-razryadli qiymat bo‘lib, IP-paketni qabul qiluvchilarga IP-manzilda tarmoq raqami va uzel raqamlarini ajratish imkonini beradi. Odatda, tarmoq qismi niqoblari 255.x.x.x. formatga ega bo‘ladi. " Kichik vaqtlar mobaynidagi buzilishlar|"Tasvirning, namoyon bo‘lishi faqat vaqt mobaynida satrning kam davri uchun aniq bo‘lgan, buzilishlari. " Kichik varaq|"Bir mavzuga bag‘ishlangan miqdori uncha ko‘p bo‘lmagan pochta markalari joylashtirilgan markali varaq. " Kichik o‘lchamdagi korpus|"Shaxsiy kompyuterlar uchun ishlab chiqariladi. Bosh platalar uchun maxsus form-faktorga va kam sonli 5.25""slotlarga ega. " Kichiklashtirish|"Biror narsani kichiklashtirish. Masalan, olingan faylni kichiklashtirish. " Kichiklik belgisi|"Sonli qiymatlarni taqqoslashda ishlatiladi. < – «kichik» belgisi. " Klassiz domenlararo marshrutlash|"Sinfiy manzillashning qoidalarini ishlatmagan holda, IP-manzillar fazosidan egiluvchan, optimal foydalanish imkonini beruvchi IP-manzillash usuli. Bu usulni ishlatib IP-manzillar resursini iqtisod qilish mumkin. Sinfiy manzillashda aniq belgilab qo‘yilgan 0, 1, 2 yoki 3 byte tarmoq osti niqobidan foydalanilsa, sinfsiz manzillash esa o‘zgaruvchan tarmoq osti niqobiga asoslanadi. Sinfsiz domenlararo marshrutlash qo‘llaniladigan IP-manzilga misol: 10.1.2.33/27. " Klassiz hududlararo marshrutlash protokoli|"IP-manzillarning butun majmuini turkumlarga ajratish mavjud bo‘lmagandagi marshrutlashning muqobil protokoli. Izohlar 1. Har bir tarmoqning CIDR protokol modelida 256 manzillar bo‘yicha yonma-yon bloklarning muayyan soni moslashtiriladi, keyin IP-manzillarning ma’lum geografik zonali taqsimlashdan foydalaniladi (RFC-1519). 2. Marshrutli jadvallarni ko‘rib chiqishda protokol maxsus maskalarni va indeksli mexanizmlarni qo‘llashni ko‘zda tutadi. 3. Bunday protokollarni yaratish zarurligi klassik IP-adreslashda manzilli fazoning (ko‘p sonli marshrutlarning muammosi) yetarli emasligi tufayli qabul qilingan. " Klassiz marshrutlash|"Bir qancha axborot oqimini (masalan, bir tashkilotga tegishli bo‘lgan) bitta guruhli yo‘nalishga agregirlash hamda unga umumiy tarmoq raqamini berish hisobiga tizimning manzil sig‘imi kamaytiriladigan. marshrutlash usuli. " Klasslarni yuklovchi|"Virtual mashinaga dasturni bajarish vaqtida klasslarni yuklashni bajaruvchi JVM komponent. " Klaster|"1. Umumiy diskli xotiraga (umumiy fayl tizimiga), mashinalararo o‘zaro hamkorlik va ma’lumotlar bazalarining yaxlitligini ta’minlash vositalariga ega tegishli avtonom tizimlar majmuini ifodalaydigan ko‘p mashinali hisoblash tizimi. 2. Yuqori tezlikli kanal bilan birlashtirilgan bir nechta kompyuterdan tashkil topgan hisoblash tizimi. Izoh – Abonentlar uchun klaster bir butun yaxlit sifatida ko‘rinadi. " Klaster nurlagich|"Bir nechta konstruktiv birlashtirilgan nurlagichdan iborat guruh, ularning har biri ta’minotning bogʻliq boʻlmagan zanjiriga ega. " Klaviatura|"Simvollarni standart kiritish oqimiga qo‘lda kiritish uchun mo‘ljallangan qurilma. Shaxsiy kompyuterning standart klaviaturasi funksional klavishlar, raqamli klaviatura, boshqaruvchi klavishlar va matnni kiritish uchun mo‘ljallangan klaviaturadan tashkil topgan 101 ta klavishdan iborat. " Klaviatura ayg‘oqchisi|"Foydalanuvchidan yashirin ravishda klavishlarning bosilishini yozib boruvchi maxsus dastur. Xakerlar tomonidan foydalanuvchi parolini olish uchun ishlatiladi. " Klaviatura klavishlarining joylashishi|"Klaviatura klavishlarining milliy alifbo belgilari va harflariga monandligi. Ekranda paydo bo‘ladigan belgi faqatgina bosilgan harflargagina emas, balki klavishlar tartibiga ham bog‘liqdir. Klaviatura tartibi o‘zgarishi bilan ekrandagi belgilar klavishlarda aks ettirilgan belgilarga mos kelmay qolishi mumkin. " Klaviatura qisqartmalari|"Klaviaturada maʼlum komandani bajarish yoki dasturni boshlash uchun bitta yoki bir nechta tugmani bosish. Klaviatura qisqartmalaridan foydalanish ishni ancha tezlash-tiradi va klaviatura yordamida bajariladigan operatsiyalarning mumkin bo‘lgan sonini ko‘paytiradi. Tugma birikmalari ayniqsa kompyuter o‘yinlarida keng qo‘llaniladi. " Klaviaturani belgilab chiqish|"Operatsion tizimning, kompyuterga kiritiladigan simvollar kodlarining bosiladigan klavishlarga va klaviatura klavishlari kombinatsiyasiga to‘g‘ri kelishini belgilaydigan parametri. " Klaviaturani blokirovkalash|"1. Ma’lumotlarning terminal klaviaturasidan elektron hisoblash mashinasiga kiritilishini taqiqlash. Operatsion tizim tomonidan bajariladi. 2. Klaviaturadan kelayotgan barcha signallarning rad etilishi va/yoki klavishlarni jismoniy bosishning mumkin bo‘lmasligi. " Klaviaturasiz cho‘ntak kompyuteri|"Ma’lumotlarni kiritish uchun plastik perodan foydalaniladigan cho‘ntak kompyuterinong turi. Pero bosilishga sezgir bo‘lgan displey sirtiga tekkiziladi. Matn yozma tarzda kiritiladi yoki virtual klaviaturada teriladi. " Klavish (kalit)|"1. Kompyuter klaviaturasidagi klavish. 2. Xabarni shifrlash jarayonida, ya’ni uni ma’noga ega bo‘lmagan ko‘rinishga keltirish jarayonida ishlatiladigan kalit kod. Kalit xabarni shifrdan chiqarish uchun ham kerak bo‘ladi. 3. Platani noto‘g‘ri qo‘yish yoki mikrosxemani xato o‘rnatishga yo‘l qo‘ymaydigan maxsus konstruktiv element. 4. Ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimida – uzluksiz indeksli faylda yozuvni identifikatsiyalash va undan tez foydalanish uchun ishlatiladigan belgilar ketma-ketligi. " Klavishlar kodi|"Klavishlar bosilganda yoki klavishlarning muayyan birikmalarida klaviatura kontrolleri protsessorga uzatadigan, aniq bir klavishning raqamli kodi. " Klavishlar uyg‘unligii|"Muayyan tartibda bosilganda tizim biror (dasturni ishga tushirish, klavishlar tartibini o‘zgartirish kabi) harakatni amalga oshiradigan, oldindan aniqlanadigan klavishlar. " Klavishlarni bosish ketma-ketligi|"Biror narsaga murojaat qilish uchun bir nechta klavishni ketma-ket bosish tartibi. " Klavishlarni bog‘lash|"Aniq bir klavishni bosish natijasida bajariladigan vazifani aniqlash. Har qanday joydan turib dasturni tez chaqirishda ishlatiladi. Tizim bu klavishlar bosilishini o‘zi aniqlab, berilgan vazifani bajaradi. " Klavishlarning joylashish sxemasi|"Tugmalar tartibining har bir harfiga monand chaqirish kodi yozilgan jadval, ya’ni foydalanuvchi biron klavishni bosganda tizimga bosilgan tugmaning kodi yetib boradi va operatsion tizim tanlangan tugmalar tartibidan kelib chiqib klavishlar joylashgan jadvalga qarab, simvolni standart chiqarish oqimiga (monitorga) chiqaradi. " Kliplar jamlanmasi|"Hujjatlarga qo‘shish mumkin bo‘lgan, bir nechta dasturga joylashtirilgan multimedia ma’lumotlari to‘plami. " Kliring|"O‘zaro talablarni va majburiyatlarni hisobga olishga asoslangan hisob-kitoblar tizimi. Kliring hisob-kitoblarini o‘tkazishda elektronika va informatika usul va vositalari keng ishlatiladi. Kliring operatsiyalari kommunikatsiya tarmog‘i orqali amalga oshiriladi. " Kloaking|"Veb-serverning foydalanuvchiga bir mazmunni, izlovchi robotga boshqa mazmunni ko‘rsatuvchi ish usuli. Izlovchi robotlar qaragan IP-manzillarni kuzatib borish va ularga boshqa axborotni berish yordamida amalga oshiriladi. Kloaking aldovni yashirish imkonini beradi, buning evaziga sahifa izlash natijalarida yuqori joylashtirish imkoni yaratiladi. Kloakingning ayon bo‘lishi ko‘p hollarda saytning, izlash tizimining «qora ro‘yxati»ga kiritilishiga va uni indekslashning to‘la to‘xtatilishiga olib keladi. " Klon|"Avval yaratilgan boshqa vositalarga funksional jihatdan o‘xshash bo‘lgan texnik yoki dasturiy vositalar. " Klonlash|"1. Qayta dasturlash yo‘li bilan, begona raqamli uyali o‘xshash telefonni tayyorlash. 2. Telefonlar yoki abonentlarning qalbaki identifikatori bo‘lgan telefon to‘lov kartalari, raqamlar va to‘lov belgilarini vakolatga ega bo‘lmagan holda tayyorlash. " Koaksial kabel|"Bir-biridan izolyatsiyalangan ichki va tashqi o‘tkazgichlardan iborat kabel. Ma’lumotlarni yuqori chastotada, kam yo‘qotish bilan uzatish imkonini beradi. " Kod|"1. Ochiq matn elementlarini (harflar, harflar birik-masi, so‘z va sh.k.) simvollar guruhlari (harflar, raqamlar yoki boshqa belgilar) bilan ko‘plab qayta o‘zgartirish. Shifrning maxsus turi hisoblanadi. 2. Xabarni bir (dastlabki) alifbodan boshqasiga (obyekt) axborotni hech qanday yo‘qotishlarsiz qayta o‘zgartirish qoidasi. " Kod jadvali|"Klaviaturada simvollar to‘plamini tezda o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan simvollarni kodlash jadvali. Windows va OS/2 operatsion tizimlarida qo‘llaniladi. " Kod kitobi|"Ochiq matnni kodlangan shaklga (kriptogrammaga) aylantirishda foydalaniladigan kitob. " Kod ortiqchaligi|"Kodli kombinatsiyalarning bir qismi foydalanilmay qoladigan kodning xossasi. Bunday kombinatsiyalar taqiqlangan hisoblanadi, bu esa qabul qilishda kodga tekshiradigan belgilarni kiritmasdan xatolarni aniqlash imkonini beradi. " Kod tuzilmasining buzilish|"Uzatish tomonda kiritilmagan (ortiqcha kodlar), lekin qabul qilish tomonida ajratilgan, taqiqlangan kodlarni aniqlash. Bu xil kombinatsiyalarni topish, qabul qilinayotgan signalda xato mavjudligini ko‘rsatadi. " Kod yozuvi|"Umumiy foydalanish tarmoqlari bo‘ylab tarqatiladigan dasturiy ta’minotni imzolash imkonini beruvchi mexanizm. Bu, dasturiy ta’minot muallifini autentifikatsiya qilish va uzatish jarayonida kodning o‘zgartirilmasligini kafolatlash imkonini beradi. " Kodek|"Videoma’lumotlar va tovushni kompressiya/dekompressiyalaydigan qurilma. Videokonferensiya o‘tkazilganda, u mikrofon va kameradan analog signallarni qabul qiladi. Bu signallar diskret shaklga o‘zgartiriladi va tarmoq orqali boshqa tizimga yuboriladi. Kodek tarmoq orqali boshqa tizimning diskret signallarini qabul qilib, ularni analog signallarga o‘zgartiradi va radiokarnaylar hamda monitorlar orasida taqsimlaydi. " Kodek (bir tomonga yo‘naltirilgan uzatishda)|"Televizion uzatish liniyasining kirishi va chiqishida muvofiq tarzda joylashgan koder va qo‘shimcha dekoder kombinatsiyasi. Izoh – «Kodek» atamasi ikki tomonga yo‘naltirilgan uzatishda boshqa ma’noga ega va buni noto‘g‘ri tushunmaslik kerak. " Kodek (ikki tomonga yo‘naltirilgan uzatishda)|"Qarama-qarshi yo‘nalishda ishlaydigan, bitta uskuna tarkibidagi koder va dekoderni yig‘ish. " Koder|"Analog signallarni raqamli shaklga o‘zgartiradigan qurilma. Izoh – Shuningdek, koder – raqamli signallar yoki kodlarni bir formatdan boshqa formatga o‘zgartirgich. Qayta kodlanuvchi axborotning (umumiy foydalanish yoki konfidensiallik) turiga bog‘liq ravishda kodlovchi yoki shifrator deb atalishi mumkin. " Koder, kodlovchi qurilma|"Kodlash uchun mo‘ljallangan qurilma. Izoh – Koder va kodlovchi qurilma rangli televideniyeda spetsifik ahamiyatga ega. " Kodga bog‘liq bo‘lmagan kanal|"Kodlangan maʼlumotlar oqimi shaffof (ochiq) rejimda, yaʼni qo‘shimcha tarzda ishlov berilmasdan hamda xizmatga oid simvollar qo‘shilmasdan uzatiladigan aloqa kanali. " Kodga bog‘liq bo‘lmagan uzatish|"Boshlang‘ich ketma-ketlik tuzilmasiga bog‘liq bo‘lmagan, bitlarni qayta ishlash protokolidan foydalaniladigan uzatish usuli. " Kodlama|"Ramzlar (insonlar tili) bilan sonlar (kompyuterlar tili) orasidagi mutanosiblik. Bir xil sonlarni turli alifbolarning ramzlariga almashtirish mumkin. Internetda keng tarqalgan kodlamalardan biri – YUNIKOD. " Kodlash|"Dastlabki alifboni obyektli alifboga qayta o‘zgartirish jarayoni. " Kodlash kaliti|"Kriptografiyada – kodlarni o‘zgartirishda ularning o‘zaro mosligini tekshirish uchun ishlatiladigan kalit. Bu kalitning vazifasi begona obyektlar tomonidan dasturlarni va maʼlumotlarni ishlatishdan muhofazalashdan iborat. " Kodlash masofasi|"Berilgan kod kodlar ketma-ketligining ixtiyoriy jufti o‘rtasidagi masofaning eng kichigi. " Kodlash qonuni|"Kvantlash va kodlashda foydalaniladigan kvantlash qadamlarining nisbiy kattaliklarini aniqlovchi, tovushni siqish qonuni. " Kodlash qurilmasi|"1. Dasturlar va ma’lumotlarni axborot tashuvchisidagi, ularni keyinchalik elektron hisoblash mashinasiga kiritish maqsadida kodlash uchun mo‘ljallangan avtomatik yoki avtomatlashtirilgan qurilma. 2. Axborotni taqdim etish shaklini o‘zgartiruvchi qurilma, bunda har bir kirish signaliga, kirish signalining kodi hisoblanadigan, chiqish signallarining ma’lum kombinatsiyasi mos keladi. " Kodlash tizimi|"Kodlash simvollari va qoidalarining majmui; kod. " Kodlash vositalari|"Almashtirishning bir qismini qo‘l operatsiyalari yordamida bajargan holda axborotni kriptografik almashtirish algoritmlarini amalga oshiruvchi vositalar. " Kodlash, shifrlash|"Axborotni ruxsat etilmagan tarzda foydalanishdan, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida, muhofaza qilish. " Kodlash chegarasi|"Kod unumdorligining chegarasi, u kod quvvati, minimal Xemming masofasi, kodli kombinatsiya uzunligi kabi parametrlarga bog‘liq. " Kodli panjara|"Yo‘naltirilgan graf bo‘lib, unga oxirgi cheklash uzunligiga ega yuqori aniqlikdagi kod daraxti aylanadi. " Kodli rejalashtirish|"Umumiy xizmat ko‘rsatish zonasidagi tayanch va mobil stansiyalar o‘rtasida kodli ketma-ketlikning taqsimlanishi. Kodlarni taqsimlash algoritmi o‘zaro (tizim ichidagi) xalaqitlar darajasini pasaytirishga asoslanadi. " Kodli sahifa|"Simvol raqami va uning yozilishi o‘rtasidagi muvofiqlik jadvali. Odatda, faqat 128-255 simvollari uchun yo‘naltiriladi. " Kodli so‘z (tasvirni kodlashda)|"Tasvir to‘g‘risidagi axborotning (kadrning) elementini, masalan, kvantlangan qiymatni, muayyan kodga mos ravishda ifodalovchi tartibli razryadlar ketma-ketligi. " Kodli chegaralash uzunligi|"O‘ramli koderdagi +1kechikish elementlarining soni. " Kodli cheklash|"Qisqartma kodni dekoderlashda hisobga olinadigan oldingi simvollar soni. " Kodlovchi|"Axborotning kodlashtirilishini bajaradigan qurilma, mikrosxema yoki dastur. " Kodni ochish, dekodlash|"Kodlangan signallarni, uzatilayotgan axborotni bevosita aks ettiruvchi, unga mos signallarga almashtirish " Kodni chiqarib tashlash|"Dasturni optimallashda ‒ dasturning hech qanday ish bajarmaydigan yoki boshqarishga ega bo‘lolmaydigan fragmentlarini chiqarib tashlash. " Kodning buziluvchi segmenti|"Xotiradagi Windows ilovasining kod segmenti bo‘lib, zarur bo‘lganda buzilishi, qayta yozilishi yoki diskdan chiqarib tashlanishi mumkin. " Kodning energetik yutug‘i|"Kodlash tizimi va kodlashsiz tayanch tizimdagi xatoning berilgan ehtimolligida talab qilingan signal/shovqin nisbatidagi farq. " Kodning ortiqchaligi|"Manbaning bir xabarini kodlash uchun qo‘llaniladigan bitlarning o‘rtacha soni va Shennon teoremasidan olingan bitlarning mumkin bo‘lgan eng kam soni o‘rtasidagi farq. " Kodulyatsiya|"Odatda, bitta DSP-protsessor yordamida bajariladigan, signalni kodlash va modulyatsiyalash operatsiyalarini birlashtiruvchi jarayon. " Kogerant toʻlqinlar|"Bir xil chastotadagi yoki uzunlikdagi, vaqt boʻyicha fazalar farqi oʻzgarmas boʻlgan toʻlqinlar. " Kogerent nurlanish|"Chastotasi va fazasi fazoning istalgan nuqtasida va vaqtning istalgan onida doimiy bo‘lgan elektromagnit nurlanish. " Kogerent optoelektronika|"Murakkab axborot tizimlari yaratishning yangi tamoyillarini belgilaydigan optoelektronika turi. " Kogerentlik|"Vaqt davomida yoki fazoda bir nechta tebranma yoki to‘lqinli (ularning qo‘shilishida paydo bo‘ladigan) jarayonlarning bir-biriga muvofiq o‘tishi. " Kogerentlik masofasi|"Qabul qilinuvchi signallar kuchsiz korrelyatsiyalangan bo‘lishi uchun, antennalar tarqoq holda o‘rnatilishi kerak bo‘lgan minimal fazoviy masofa, yaʼni bunda ularning o‘zaro kogerentlik koeffitsiyenti o‘zining minimal yo‘l qo‘yiladigan qiymatidan past bo‘ladi. " Kogerentlik vaqti|"Vaqt intervali, shu vaqt oralig‘ida qabul qilinuvchi signallar kogerent deb qaralishi mumkin. Tinishlar kuzatiladigan kanaldagi kogerentlik vaqti Dopler chastotasining tarqoqligiga bog‘liq bo‘ladi. Abonent harakatlanishining yuqori bo‘lmagan tezligida u interaktiv almashinuv uchun kerak bo‘ladigandan ancha kattadir. Shu sababli, vaqt bo‘yicha tarqoqlik «sof holda» amaliyotda juda kam uchraydigan. " Kognitiv radio|"Tizimga o‘zini ekspluatatsion yoki geografik o‘rab turgan muhit to‘g‘risida bilim olish; o‘zining ekspluatatsion parametrlari va protokollarini olingan bilimlarga muvofiq, qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun, dinamik va avtonom rostlash; o‘z harakatlari natijalari asosida o‘rganish imkonini beradigan texnologiyadan foydalaniladigan radiotizim. " Kognitiv texnologiyalar|"Inson tafakkuri imkoniyatlarini rivojlantirishga maxsus yo‘naltirilgan axborot texnologiyasi. Bunday texnologiyaning o‘ziga xos misoli bo‘lib, kognitiv kompyuter grafikasi hisoblanadi. U kompyuter ekranida fazoviy shaklda nafaqat turli geometrik shakllarni, balki turli matematik formulalarni ham ifodalay oladi. Bunday ifodalashlar insonning fazoviy tasavvurini va uning assotsiativ fikrlashini rivojlantiradi. Interbilding kognitiv texnologiyaning misoli bo‘lib, u insonning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishning tashxisi, treningi va monitoringining kompyuter texnologiyasidir. " Kollaps funksional profili|"Bitta yoki bir nechta pog‘ona yetishmaydigan soxta to‘la funksional profil. Chala profilda yetishmagan pog‘onalar funksiyalari shunchalik soddalashganki, ular boshqa pog‘onalar vazifalari tarkibiga kiritilgan. Chala profillar paydo bo‘lishi juda sodda va tez ishlaydigan lokal tarmoqlar yaratish imkonini ochdi. Tabiiyki, bu afzalliklar o‘zaro ishlash sohasidagi qator funksiyalarni o‘ta soddalashtirish evaziga yuzaga kelgan. Shu munosabat bilan, bunday profillarning imkoniyatlari maʼlumotlarni berishda va seanslar o‘tkazishda cheklangan. Bundan tashqari, bu holda kommunikatsiya tarmog‘i orqali maʼlumotlar uzatish soddalashtirilgan. " Kollektorli kanal|"1. Yacheykasimon va pol osti kanallar tizimida kabelni telekommunikatsiya shkafidan taqsimlash kanallarigacha o‘tkazish uchun foydalaniladigan asosiy kanal. Sinonimi: fiderli kanal. 2. To‘g‘ri burchakli kesimga ega, pol chegarasida yoki toza poldan sal quyida joylashgan, taqsimlash kanalini yoki yacheykani telekommunikatsiya shkafi bilan bog‘lash uchun xizmat qiluvchi kanal. Ko‘pincha, berk fider yoki transheya kanali deb ataladi. Toza pol bilan bir sathda o‘rnatilgan, butun uzunligi bo‘ylab olinadigan qopqoqlari va servislarni ajratuvchilari bo‘lgan transheya kanal-fideri. " Kolliziya|"1. Ikki (yoki undan ortiq) stansiyaning bir vaqtda CSMA/CD tarmog‘ida paketni uzatishni boshlashga urinishi; kelishmovchilik aniqlanganda ikkala stansiya ham uzatishni to‘xtatadi va uni kelishmovchilik yuzaga kelish muammosini hal etish imkoniga ega tasodifiy ravishda aniqlanuvchi vaqt oralig‘i o‘tgandan so‘ng takroran tiklashga urinadilar. 2. Vaqt birligi ichida paketlarning radiokanalda urilishlar soni. 3. Turli xabarlarning xesh-funksiyasi bir-biriga mos keladigan hodisa. " Kolokeyshn|"Provayder mijoz jihozlarini o‘z hududida (odatda maʼlumotlar markazi) joylashtirib, ularni yuqori o‘tkazish qobiliyatiga ega aloqa kanallariga ulashdan iborat aloqa xizmati. Baʼzan ko‘rsatilgan jihozlar mijozga tegishli bo‘lmasdan, provayderdan ijaraga olinadi. Bunday joylashtirish provayderdan mijozga (so‘nggi milya) aloqa kanalini tashkil qilish xarajatlarini kamaytirishga imkon beradi. Kolokeyshnga ko‘pincha trafik hajmi katta bo‘lgan veb-saytlar va boshqa tarmoq xizmatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan serverlar, shuningdek, ko‘p nuqtalardan ishonchli kira olish talab etilgan jihozlar (masalan, VPN konsentratorlar, IP telefoniya shlyuzlari) qo‘yiladi. " Kolorimetrik funksiya|"Ranglar uyg‘unligi funksiyasi. Ushbu kolorimetrik tizimda to‘lqinlar uzunligining funksiyasiga teng energetik spektr monoxromatik tashkil etuvchilaridan har biriga rang bo‘yicha tenglashtirish uchun kerak bo‘lgan uchta asosiy ranglar soni keltiriladi. Izoh ‒ Bu kolorimetrik funksiyalar avvallari «taqsimlash koeffitsiyentlari», keyinchalik «uch xil rangli spektral tashkil etuvchilar» deb nomlangan. " Kolorimetrik tizim (televideniyeda)|"Uchta asosiy rangdan va tayanch oq rangdan iborat guruh. " Kolorimetriya|"Rangni o‘lchash usullari va ularni miqdor jihatdan ifodalash to‘g‘risidagi fan. Komanda rus. - команда ing. - command Bajaruvchiga, uning uchun tushunarli tilda berilgan va bajaruvchining harakatini qat’iy belgilaydigan ko‘rsatma. Komanda turli usullar bilan berilishi mumkin; kompyuterda bu simvollarning ma’lum bir to‘plami, agar kiritish klaviatura orqali amalga oshirilsa, va/yoki elektr signallar, agar kiritish portlar orqali (masalan, modem bo‘ylab) amalga oshirilsa. " Komanda fayli|"Operatsion tizim komandalari to‘plamini ichiga oladigan, formatlanmagan matn fayli. Komanda fayllari ko‘p bajariladigan operatsiyalarni avtomatlashtirish imkonini beradi. " Komanda interpretatori|"Foydalanuvchi tomonidan terminaldan yoki komanda fayli ko‘rinishida beriladigan operatsion tizimni boshqarish operatorlarini o‘qiydigan va interpretatsiya qiladigan dastur. " Komanda protsessori|"Matnli foydalanuvchi interfeysi bo‘lgan tizimlarda ‒ foydalanuvchi komandalarini qayta ishlaydigan modul. " Komanda satri|"Kompyuter bilan ishlashdagi terminal rejim. Komandalar qo‘lda yozish orqali kiritiladi. Barchasi minimal grafik sozlashlar bilan bajarilgan. " Komandalar darajasidagi parallelizm|"Protsessorning, bir nechta mashina komandasini bir vaqtda bitta dasturiy oqim doirasida bajara olish qobiliyati. " Komandalar deshifratori|"Markaziy protsessorning, operatsiya kodi va komanda operandlarini ajratadigan, keyin esa, berilgan komandani bajaradigan mikrodasturni chaqiradigan bloki (mikrosxemasi). " Komandalar generatori|"Translyatorning, translyatsiya qilinayotgan dasturga mos keladigan mashina komandalari ketma-ketligini hosil qiladigan qismi. " Komandalar keshi|"Komandalarni saqlash uchun garvard arxitekturasidan foydalaniladigan, mikroprotsessor kesh-xotirasi bloki. " Komandalar navbati|"Protsessor buferi, bu erga tanlash operatsiyasidan keyin komanda kelib tushadi va tegishli bajarish qurilmasiga yuboriladi. " Komandalar registri|"Hozirda bajariladigan komandani saqlash uchun mo‘ljallangan, protsessor registri (xotira mikrosxemasi). " Komandalar tizimi soddalashtirilgan kompyuterlar|"1980-yillarning boshlarida professor Devid Patterson (Berkli universiteti, AQSh) va uning talabasi Devid Ditsel (keyinchalik yirik olim, Transmeta kompaniyasining rahbari) tomonidan taklif qilingan kompyuterlar arxitekturasiga soddalashtirilgan yondashuv. " Komandalar to‘plami|"Berilgan protsessor bajaradigan barcha mashina komandalari jami. " Komandalar to‘plamini modellash tizimi|"Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va baholash hamda ichki qurilgan tizimlarni testdan o‘tkazish uchun qo‘llaniladigan dastur. Murakkablik darajasiga ko‘ra uch turdagi imitatorlar qo‘llaniladi: a) oddiy, faqat protsessor komandalarini bajaradi. Bunda konveyerlash samaradorligi va komandalarni bajarish uchun sarflangan sikllar hisobga olinmaydi; b) Nisbatan murakkabroq versiya – komandalarni bajarish uchun sarflangan sikllarni hisobga oladi, lekin kesh-xotiradan va MMU (Memory Management Unit) xotirani boshqarish qurilmasidan foydalana olishdagi kutishlarni hisobga olmaydi; c) murakkab versiya – protsessorning to‘liq faoliyatini modellashtiradi. " Komandalarni bajarish bloki|"Protsessorning komandalarning bajarilishini boshqaradigan qurilmasi. Zamonaviy protsessor o‘z ichiga bir nechta komandalarni bajarish blokini olishi mumkin. " Komandalarni hisoblagich|"Protsessorning navbatdagi tanlanadigan komanda manzilini yoki dasturning navbatdagi bayti (so‘zi)ni ichiga oladigan ichki registri. " Komandalarning qisqartirilgan to‘plamini hisoblash|"Qisqartirilgan komandalar to‘plamiga asoslangan protsessorlar arxitekturasi. Qisqartirilgan uzunlikdagi komandalar, katta miqdordagi registrlar, registr-registr turidagi operatsiyalar, shuningdek, bilvosita manzillashning yo‘qligi bilan ta’riflanadi. " Komandani kiritishga taklif|"Dasturiy qobiqning komandani bajarishga tayyor ekanligini ko‘rsatuvchi satr. Odatda joriy papka nomi va boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. " Komandani tanlash vaqti|"Xotiradan mashina komandasini chiqarib olish va uni komandalar registriga kiritish vaqti. " Komandaning boshqaruvchi parametri|"Firma operatsion tizimlarining komanda tillarida ‒ komandani bajarish usuli yoki rejimini ko‘rsatadigan, komanda satri parametri. Kombayner rus. - комбайнер ing. - combiner 1. Summator (quvvat); (tarqoq signallarni) qoʻshish sxemasi. 2. Birlashtiruvchi. " Kombinatsiyalangan portlash|"Intellektual tizimlardagi, qarorlarning fazoviy hajmi elementar qarorlarning soni o‘sishi bilan favqulodda tez ko‘payadigan vaziyat. Shu sababga ko‘ra, yechim izlash uchun ajratish usuli to‘g‘ri kelmaydi: evristik qoidalardan foydalanish zarur. " Kombinatsiyalangan stereosignal|"Tarkibida ko‘p kanalli signal komponentalari uzatiladigan murakkab ikkita kanalli tovush signali. Undan MPEG-2 standartida MPEG-1 bilan teskari moslashishda foydalaniladi. " Kommunikativistika|"Axborot kommunikatsiyalari (shu jumladan, tarmoqlar) muammolarini o‘rganadigan fan. " Kommunikator|"Mobil telefon funksionalligiga ega bo‘lgan cho‘ntak shaxsiy kompyuter. Kommunikatorlarning oddiy mobil telefonlardan farqi shundaki, ular dasturiy taʼminot ishlab chiquvchilariga ochiq bo‘lgan rivojlangan operatsion tizimga ega. Qo‘shimcha qo‘llanmalarni o‘rnatish esa kommunikatorlarning imkoniyatlarini yanada oshirishga imkon beradi. " Kommunikatsion xavfsizlik|"Kommunikatsiyalarning (telekommunikatsiyalar liniyalari va kanallari-ning) ruxsat etilmagan tarzda foydalanishdan muhofazalanganligi. " Kommunikatsiya|"1. Aloqa, xabar, aloqa vositasi, axborot, axborot vositasi, tutashma, muloqot, ulanish. 2. Telekommunikatsiyalar. Faoliyat sohasi – axborot uzatish usullari va vositalari. " Kommunikatsiya kontrolleri|"Bufer protsessorlari va kommutatsiya bog‘lamasi vazifalarini bajaradi. Kontrollerlar har xil turdagi kanallar bilan ishlaydilar. Uzoqlashgan (bosh kompyuterdan) kommunikatsiya kontrollerlari guruhiy kontrollerlar deb ataladi. Hamma kontrollerlarga terminallar ulanadi. " Kommunikatsiya protsessori|"Meynfreym va klasterli kontrollerlar o‘rtasida aloqani ta’minlaydigan kommunikatsiya qurilmasi. Kommunikatsion protsessor butunlay, uzatiladigan axborotni qayta ishlash, xatolarni nazorat qilish va bartaraf etish, xabarlarni kodlash, aloqa liniyalarini boshqarish va h.k.lar uchun ajratiladi. " Kommunikatsiya tarmog‘i|"Muayyan tarmoq faoliyatini taʼminlaydigan jami aloqa kanallari (simli, radio yoki optik), kanallarni hosil qiluvchi apparatura hamda aloqa markazlari va uzellari. " Kommunikatsiya tizimi|"Boshqa tizimlar orasida axborot uzatish bilan bog‘liq yordamchi vazifalarni bajaradigan tizim. " Kommutator|"Bir nechta kompyuterni lokal tarmoqqa birlashtiradigan, ularning bir-biri bilan va qolgan tarmoqlar bilan birgalikda ishlashini, Internetdan foydalanishni ta’minlaydigan tarmoq qurilmasi. Izoh − Kommutatorga ulangan shaxsiy kompyuterlar o‘rtasida o‘tkazish polosasi taqsimlanmaydi (konsentratorga ulangandagi kabi): kommutatorning har bir porti to‘liq o‘tkazish qobiliyati bilan ishlaydi. Kommutatorlar ma’lumotlar uzatish tezligini yo‘qotmagan holda, ko‘plab shaxsiy kompyuterlarni bitta tarmoqqa ulash imkonini beradi. " Kommutatsion blok|"Kommutatsion maydon umumiy chiqish uchlari va oraliq liniyalarining barchasini yoki bir qismini o‘z ichiga oluvchi kommutatsion aloqa asboblarining konstruktiv tugallangan majmui. " Kommutatsion xalaqit|"Tok va kuchlanish kommutatsiyasi jarayonlarida paydo bo‘ladigan industrial xalaqit. " Kommutatsiya|"Tarmoq abonentlari o‘rtasida, ularning umumiy fizik aloqa liniyasiga kira olishini ta’minlagan holda, ulanish o‘rnatilishiga imkon beradigan protsedura. Kommutatsiyaning printsipal farq qiladigan uchta sxemasi ajratiladi: kanallar, xabarlar va paketlar kommutatsiyasi. " Kommutatsiya bloki (stansiyasi) kommutatsiya maydonining zvenoli tuzilmasi|"Kommutatsiya bloki (stansiyasi) ning kommutatsiya maydoni, ular orqali kirishdan chiqishga bog‘lanishlar o‘rnatiladigan, o‘zaro muayyan bir nechta zvenodan iborat bo‘lgan tuzilma. " Kommutatsiya maydoni|"Kabelni ulash uchun konnektorlarning bir yoki undan ortiq qatori yoki kolonkalarini ichiga oluvchi alohida qurilma yoki element. 24 portli petch-panel; 100 juftli 110 turidagi kommutatsiya bloki, 25 juftli 66 M1-50 turidagi kommutatsiya bloki; optik-tolali petch-panel kommutatsiya uskunasi maydonlariga misol bo‘ladi. " Kommutatsiya nuqtasi|"Kommutatsiya guruhining telekommunikatsiyalar kommutatsiya asbobida, blokida yoki maydonida joylashish o‘rni. " Kommutatsiya paneli|"Rozetkali blok ko‘rinishida qilingan kabelli tizim interfeysi; kommutatsion shnurlar yordamida uskuna portlari bilan ulanadi. " Kommutatsiya stansiyasi|"Oxirgi (terminal) va tranzit bog‘lanishlarni amalga oshirishda abonent hamda bog‘lovchi liniyalar kommutatsiyasini taʼminlovchi texnik vositalar majmui. " Kommutatsiya tarmog‘i|"Kommutatsiya stansiyalari va uzellari bazasida tashkil etilgan, telekommunikatsiyalar transport tarmog‘ining resurslaridan foydalangan holda, kanallar yoki paketlar kommutatsiyasini taʼminlaydigan tarmoq. " Kommutatsiya tarmog‘i stansiyasi|"Kommutatsiya tarmog‘i liniyalari va kanallarining ulanishini, shu jumladan, oxirgi (terminal) abonent qurilmalari bilan taʼminlaydigan texnik vositalar kompleksi. " Kommutatsiya tizimi|"1. Stantsiya yoki uzelning barcha kommutatsiya bloklari va izlash bosqichlarining majmui. 2. Har bir kirishda kelayotgan paketlar oqimini takrorlash bilan kommutatsiyalashning ko‘p kaskadli sxemasi; bunda har bir kirish-chiqish jufti o‘rtasida bir nechta bog‘lanish bo‘ladi. " Kommutatsiya uskunasi|"Kabelning mexanik ulanishini ta’minlovchi qurilma. " Kommutatsiya shnuri|"Bitta yoki har ikki uchida ajratgichlari bo‘lgan, kommunikatsion uskunani kommutatsion panel yoki krossga ulash uchun mo‘ljallangan qisqa (bir necha metrgacha bo‘lgan) shnur. " Kommutatsiyalanadigan kanal|"Kommunikatsiya tarmog‘ining mantiqiy kanali. Kanallarni kommutatsiyalash natijasida, aksariyat holda, faqat tizimlar orasida seans vaqtiga taqdim qilinadi. " Kommutatsiyalanadigan kanallar orqali ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i|"Shaxsiy kompyuterga ulangan ikkita telefon liniyasi va ikkita modem qurilmasi yordamida ikki tomonlama raqamli maʼlumotlar bilan almashish rejimini tashkil etish imkonini beradigan texnologiya. " Kommutatsiyalanadigan kanallar orqali IP-tarmog‘iga ulanish (qo‘ng‘iroq)|"SLIP yoki PPP protokollari orqali IP-tarmog‘i bilan ulanish. Odatda modem orqali amalga oshiriladi. " Kommutatsiyalanadigan liniya|"Faqat ikki qurilmaning ulanish vaqtida o‘rnatiluvchi telekommunikatsiyalar liniyasi. " Kommutatsiyalanadigan liniyalar bo‘yicha olisdagi foydalanuvchilarni autentifi-katsiya qilish xizmati|"Autentifikatsiya qilish serverida foydalanuvchilarning qayd qilingan ma’lumotlarini (parollar va sh.k.) markazlashtirilgan tarzda tekshirish uchun mo‘ljallangan protokol. " Kommutatsiyalanadigan liniyalar orqali Internetdan erkin foydalanish|"Foydalanuvchi kompyuterining Internet tarmog‘i va uning resurslariga telefon liniyasi bo‘yicha seansli ulanishdan foydalanishni ta’minlash. " Kommutatsiyalanadigan lokal tarmoq|"Segmentlardan iborat lokal tarmoq. U kommutatsiya majmui yordamida yagona bir butun bo‘ladi. Yuqori o‘tkazish qobiliyatli kommutatsiyalanadigan majmua orqali, faqat boshqa segmentlarda joylashgan tizimlarga yo‘llangan maʼlumot bloklari uzatiladi. Qolgan bloklar faqat o‘zlarining segmentlari ichida aylanib yuradilar, bu esa tarmoqning xavfsizligiga imkon yaratadi. Kommutatsiyalanadigan majmua fizik kommutatsiyasini ham, mantiqiy kommutatsiyasini ham taʼminlaydi. Buning natijasida, bir-biri bilan bog‘langan turli-tuman virtual tarmoqlar yaratiladi. " Kommutatsiyalanadigan telekommunikatsiyalar tarmog‘i|"Abonentning so‘rovi bo‘yicha yoki berilgan dasturga muvofiq, tarmoqining stansiyalari va kommutatsiya qilish uzellari yordamida oxirgi (terminal) abonent qurilmalari o‘rtasida xabarlarni uzatish uchun talab qilingan vaqtda aloqani ta’minlaydigan telekommunikatsiyalarning kommutatsiya tarmog‘i. " Kommutatsiyalanadigan virtual tarmoq|"IBM korporatsiyasi tomonidan taklif qilingan, tuzilmasi jo‘shqin o‘zgaradigan tezkor kommunikatsiya tarmoqlarining arxitekturasi. SVN tizimli tarmoq arxitekturasi va marshrutizatorlar asosida yaratilayotgan tarmoqlar o‘rnini bosmoqda. SVNning asosiy xususiyati uzatishning asinxron usulini ishlatish va ulanishning fizik vositalarining rang-barangligidir. Shuning evaziga, SVN strategiyasi turli rusumdagi tarmoqlarni qamrab olmoqda. " Kommutatsiyalanadigan yaproq|"Aloqaning bir yoʻnalishidan boshqasiga tezkor qayta ulanadigan koʻp nurli antenna yoʻnalganlik diagrammasining yaproqlaridan biri. " Kommutatsiyalanmaydigan liniya|"Ulanish o‘rnatilishi uchun raqam terish talab etilmaydigan telefon liniyasi. " Kommutatsiyalanmaydigan telekommunikatsiyalar tarmog‘i|"Oxirgi (terminal) qurilmalarning telekommunikatsiyalar kanali orqali, tarmoq stansiyalari va qayta ulash uzellari yordamida uzoq muddatli bog‘lanishlarni taʼminlaydigan telekommunikatsiyalar tarmog‘i. " Kommutatsiyalash xabi|"Tarmoq ishining samaraliligini oshiruvchi Ethernet texnologiyasining keyingi rivojlanishi. Bu holda muhitdan foydalanishni boshqarish aslida bog‘lamalardan port juftlari – paket manbalari va ularni qabul qiluvchilar – o‘rtasida virtual ajratilgan kanallar o‘rnatilishini taʼminlovchi markaziy kommutatsiyalanadigan qurilmaga ko‘chiriladi. Uzatuvchi uzellardan kommutatsiya xabi deyarli har doim paketni yo o‘z buferiga qabul qilish, yo uni deyarli uzilishsiz maqsad portiga uzatishga tayyor. Kommutatsiya xab orqali o‘zaro maʼlumotlarni almashuvchi kompyuterlar umumiy trafik yukini oshirmaydi. Bunday xab-lar, shuningdek, Ethernet va Fast Ethernet tarmoqlarini bog‘lash uchun qo‘llaniladi. " Kompakt-disk|"Axborotni (ma’lumotlarni), ya’ni ma’lumotlarni saqlash formatini raqamli shaklda saqlash uchun mo‘ljallangan ko‘chma optik disk. " Kompakt disk surati|"Doimiy xotira qurilmasi kompakt-diski fayllari katalogi va tuzilmasining aks ettirilishi. Kompakt-disklarni klonlashtirish uchun xizmat qiladi. Shuningdek, u kompakt diskning obrazi ham deyiladi. " Kompakt disklar bilan ishlash uchun real vaqtli operatsion tizim|"Interaktiv mazmunga ega bo‘lgan kompakt-disklarni qayta ishlash imkonini beradigan operatsion tizim. Turli audio- va videoproigrivatellarda bo‘ladi. " Kompakt disklarning fayl tizimi|"Kompakt-disklar uchun fayl tizimi. Klasterning 2 kbit qayd etilgan o‘lchamiga ega. Barcha zamonaviy operatsion tizimlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. " Kompakt-diskdagi doimiy xotira qurilmasi|"1. Kompyuter va boshqa kompyuterlashtirilgan qurilmalar uchun mo‘ljallangan, kompakt-diskda joylashtirilgan tashqi doimiy xotira. Foydalanuchining ma’lumotlar bloki diskda 2048 byte ni egallaydi. Har bir blokdagi 304 byte dan qo‘shimcha axborot va xatolarni to‘liq kuzatib borish va tuzatish uchun foydalaniladi. To‘la fizik blok 2352 byte ni egallaydi. 2. Kompakt-disklarni o‘qish uchun mo‘ljallangan qurilma. " Kompakt-diskdan yuklash|"Kompakt-diskning birinchi yo‘lkasida yozilgan ma’lumotdan foydalanib kompyuterni yuklash. Odatda, operatsion tizimni yuklashda va diagnostika qilishda qo‘llaniladi. " Kompakt-diskka yozish qurilmasi|"Ma’lumotlarni kompakt-diskka yozuvchi qurilma. " Kompakt-disklarni dasturlashtiruvchi|"Kompakt-disklarga ma’lumotlarni yozadigan dastur. " Kompaktlash|"Xotiradagi qo‘shni bo‘lmagan barcha bo‘sh sohalarni bitta uzluksiz blokka birlashtirish maqsadida xotiraning siljishi yoki aralashtirib yuborilishi. " Kompander|"Kompressor va ekspander funksiyalarini birlashtiradigan hamda aloqa kanali orqali signallarni uzatishdan oldin, ularning dinamik diapazoni siqilishini va qabul qiluvchi tomonda signallarning dastlabki shakli tiklanishini ta’minlaydigan qurilma. " Kompandirlanmagan uzatish|"Uzatish usuli, bunda uzatiladigan signallarning dinamik diapazonini siqish yuz bermaydi. " Kompanon viruslar|"Nusxasini zararlanadigan dastur o‘rnida yaratadigan, original faylni yo‘q qilmasdan, uni qayta nomlaydigan yoki siljitadigan viruslar. Dasturni ishga tushirishda avval virus kodi bajariladi, keyin boshqaruv original dasturga beriladi. " Komparator|"O‘lchanayotgan kattalikni etalon kattalik bilan solishtirish uchun mo‘ljallangan o‘lchash asbobi. Komparatorlar optik, elektr, interferension va h.k. bo‘lishi mumkin. Komparatorlar, masalan, nurlantiruvchi tizimlarning elektromagnit maydon kuchlanishini o‘lchashda qo‘llaniladi. " Kompetensiya|"Shaxs tajribaga, bilimlarga ega bo‘lgan masalalar doirasi; qandaydir organ yoki mansabdor shaxsning vakolatlar doirasi. " Kompetentlik, muayyan vakolatga egalik|"1. Vakolatga, huquqqa, nimadir to‘g‘risida hukm chiqarish, mulohaza yuritish imkonini beradigan bilimlarga ega bo‘lishlik. Muayyan vaziyatda ko‘rsatilgan bilimlar, malakalar, mahoratning mavjudligi. 2. Istalgan natijalarga erishish uchun bilim va ko‘nikmalarni qo‘llash qobiliyati. " Kompilyator|"1. Dasturni muammoga yo‘naltirilgan tildan mashinaga yo‘naltirilgan tilga o‘giradigan translyator, yuqori darajadagi tillarni mashina kodiga (yoki ba’zida, keyinchalik interpretator bajaradigan oraliq kodga) aylantiradigan dasturiy ta’minot. 2. Dasturning boshlang‘ich matnini dasturlash tilidan dasturning mashina (obyekt) yoki oraliq kodiga translyatsiya qilinishini bajaradigan maxsus dastur. Translyatsiyadan so‘ng, kompilyator obyekt faylini bajariladigan mashinaga bog‘liq kodga o‘zgartirib, komponovka qilishni (yig‘ishni) amalga oshiradi. " Kompilyatsiya|"Biror-bir dasturlash tilida yozilgan dasturni unga ekvivalent bo‘lgan tilga (mashina tili yoki oraliq til) o‘girish. Kompilyatsiya jarayoni mantiqan boshlang‘ich matnni tahlil qilish, sintezlash yoki kodni generatsiya qilishga asoslangan bosqichlardan iborat. Fizik jihatdan – har bir bosqichda kompilyator boshlang‘ich matnni boshdan oxirigacha tekshirib chiqadi. " Kompilyatsiya vaqti|"Kompilyator dasturni boshlang‘ich dasturlash tilidan bajariladigan mashina (obyekt) kodiga aylantirishi uchun sarflaydigan vaqt. " Kompilyatsiya vaqti (fazasi)|"Dasturning boshlag‘ich kodi obyekt moduliga kompilyatsiyalanadigan dasturni qayta ishlash bosqichi. " Kompilyatsiyalash parametrlari|"Ishga tushirish paytida komanda satrida yoki dastur matnida translyatorga ko‘rsatmalarda keltiriladigan va uning ishini boshqaradigan parametrlar. " Kompilyatsiyalash tartibi|"Dastur modullari uzatilishi kerak bo‘lgan tartib. Rivojlangan modul tuzilmali tillarda (masalan, Ada, Modula) modulning translyatsiya qilinishi, foydalaniladigan barcha ta’riflash aniqlash modullaridan oldin bajarilishi mumkin emas. " Kompleks axborot tizimlari|"Korxonaning, kompleks avtomatlashtirish g‘oyalari va usullarini amalga oshiradigan texnik va dasturiy vositalari majmui. Kompleks avtomatlashtirish tashkilotning barcha asosiy amaliy jarayonlari integratsiyasini va kompyuter texnologiyalariga o‘tilishini ko‘zda tutadi. " Kompleks xizmatlarga ega keng polosali raqamli tarmoq|"ISDN standartining rivojlantirilgan versiyasi, ma’lumotlar uzatish tezligi 155 dan 622 Mbit/s va undan yuqoriroq bo‘lishini ta’minlaydi. Ma’lumotlar trafigi, ovoz va videoni qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan, ATM/SDH texnologiyalariga asoslangan. " Komplementar metall-oksidli yarimo‘tkazgich|"Elektron sxemalarni tuzish texnologiyasi. Afzalligi – elektr energiyani kam iste’mol qiladi. Kamchiligi – murakkab sxemani tuzish imkoniyatining yo‘qligi. " Komponent (alohida) signallar|"Komponent videosignallarda yorqinlik signali va ranglilik signalini alohida qayta ishlash va uzatish tushuniladi. Videosignal uchta: yorqinlik signali va ikkita rang farqlovchi (Y, B-Y, R-Y kabi belgilanadi, ya’ni Uy, UR-y va UB-Y yoki UR, UG va UB) tarkibiy qismga ajratilgan. U kompozit yoki S-video signalga nisbatan ustunliklarga ega. " Komponent blok|"Quyi daraja traktlari qatlami va yuqori daraja traktlari qatlami o‘rtasida moslashuvni taʼminlovchi axborot tuzilmasi. Axborot yuklamasi va yuklama sikli boshlanishining yuqori daraja virtual konteyneri sikli boshlanishiga nisbatan siljishini bildiruvchi komponent blok ko‘rsatgichidan iborat. " Komponent kirish|"Qizil, yashil va ko‘k ranglarda elektronlar chiqaradigan kineskopning elektron to‘pini boshqaradigan yarimo‘tkazgichli sxemalardan bevosita foydalanish imkonini beradigan kirish. " Komponent (rangli televideniyeda)|"Asosiy ranglarning signallaridan hosil qilinadigan uchta signaldan biri. Odatda, yorug‘lik signali va ikkita tor polosali ayirmarang signallar komponenta hisoblanadi. " Komponentlararo kabel|"A/B-tizimning komponentlari o‘rtasida chiziqli darajadagi audiosignal (tovush kabel) yoki kompozit videosignal (videokabel) uzatiladigan kabel. " Komponentlarning obyekt modeli|"O‘zaro hamkorlikda ishlovchi tarqatilgan va har biri bir vaqtning o‘zida bir nechta dasturda ishlatilishi mumkin bo‘lgan komponentlar asosidagi dasturiy ta’minotni yaratishga mo‘ljallangan Microsoft kompaniyasining texnologik standarti. " Komponentli dasturiy taʼminot|"Standart tashkil etuvchilarni terib biriktirish bilan yaratiladigan dasturlar majmui. Mazkur texnologiyada, dasturning ixtiyoriy qismi takror ishlatilishi mumkin bo‘lsa, u tarkibiy qismdir (komponentdir). Komponentli dasturiy taʼminotning afzalliklari ishlab chiqish davrini qisqartirishda va dastur arzonlashuvida namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, dasturiy taʼminotning yuqori sifati taʼminlanadi. Komponentli dasturiy taʼminot texnologiyasining rivojlanishi obyektga yo‘naltirilgan dasturlashning yaratilishiga olib keldi. " Komponovka qilingan blok|".NET texnologiyasida boshqarilayotgan kodni saqlaydigan binar fayl. .NET platformasi kompilyatori YEXE yoki DLL modulni yaratganda, o‘sha modulning tarkibi komponovka qilingan blok deb ataladi. Komponovka qilingan blok o‘z tarkibida versiya raqami, metaaxborot va IL yo‘riqnomalarni saqlaydi. " Komponovkachi|"Dasturlash tizimining bir qismi yoki mustaqil dastur, obyekt modullardan va bibliotekadan olinadigan standart qismlardan bajariladigan dasturni yig‘adi. " Kompozit kirish/chiqish (PCh video kirish/chiqish)|"Videoapparaturaning, qandaydir NTSC, PAL yoki SECAM standartida kompozit videosignallarni almashishda foydalaniladigan interfeys turi. " Kompozit (qo‘shma yoki to‘liq) signallar|"Tasvirning ham yorqinligi, ham rangliligi to‘g‘risidagi axborotga ega bo‘lgan videosignal. Yorqinlik va ranglilik to‘g‘risidagi axborot NTSC, PAL, SECAM kabi TV standartlar talablariga muvofiq kodlanadi. " Kompozit rangli videosignal|"Ayirmarang signallarni uzatish uchun rangli quyi eltuvchilardan foydalaniladigan rangli televideniye tizimlaridagi rangli videosignal. " Kompressiya (siqish)|"Tarmoqda ishlash vaqtida uzatiladigan ma’lumotlar hajmini kamaytirish va saqlash uchun zarur bo‘lgan xotira hajmini kamaytirish maqsadida ma’lumotlarni o‘zgartirish. Ma’lumotlarni siqish usullari kodlash yo‘li bilan ortiqchalikni kamaytirishga asoslangan. Siqish darajasi fayl turiga bog‘liq, bajariladigan fayllar amalda kamaymaydi, grafik ma’lumotlar bo‘lgan fayllar 4 marta siqiladi. " Kompyuter|"Komandalarni bajara oladigan raqamli (diskret) hisoblash mashinasi. Kompyuterning asosiy vazifasi – dasturlar yordamida ma’lumotlarni qayta ishlashdir. Kompyuterda apparatura qismi va dasturiy ta’minot ajratiladi. Apparatura qismining asosini mikroprotsessor tashkil qiladi. Dasturiy ta’minot asosi – operatsion tizim. " Kompyuter aloqasi|"Aloqa kanallari bo‘ylab kompyuterdan kompyuterga axborot uzatish. Aloqa elektron vositalar yoki jamoa telekommunikatsiya kanallari (telefon, radio- va yo‘ldoshli aloqa), yoki maxsus kabellar va simlar orqali amalga oshiriladi. " Kompyuter arxitekturasi|"Kompyuterning tashkiliy tuzilmasi bo‘lib, ichiga ma’lumotlar oqimini, interfeyslarni, apparat va dasturiy ta’minotni oladi. Atama IBM korporatsiyasi tomonidan mos keladigan System/360 elektron hisoblash mashinalari turkumini yaratishda kiritilgan. " Kompyuter-bosma|"Raqamli poligrafiyada ishlatiladigan tushuncha. U kompyuter bilan poligrafiya o‘rtasida oraliq operatsiyalar yo‘qligini bildiradi. " Kompyuter dasturi|"1. Masalani yechish algoritmining tavsifi. Dasturlash tilida beriladigan, dasturchi tomonidan tuziladigan va kompyuter bajaradigan ko‘rsatmalar yig‘masi. 2. Muayyan funksiyalarni, masalalarni va muammolarni yechish uchun zarur bo‘lgan, ixtisoslashgan dasturlash tilining qoidalariga bo‘ysunadigan va operatorlar yoki komandalar tavsifidan iborat sintaksis birlik. 3. Hisoblash mashinasiga algoritmni belgilab beradigan, ko‘rsatmalar (komandalar yoki tavsiflar va operatorlar) ketma-ketligi. Kompyuter dasturi kompyuter qanday tartibda, qaysi maʼlumotlar ustidan va qanday operatsiyalarni bajarishi kerakligini, hamda qanday shaklda natija berishi kerakligini ko‘rsatib beradi. Kompyuterni boshqarish qurilmasi kompyuter dasturini mashina komandalari ketma-ketligi shaklida qabul qiladi. Kompyuter dasturini mashina tilida tuzish – noqulay va sermehnat jarayon. Shu sababli, odatda kompyuter dasturi inson tomonidan biror-bir dasturlash tilida tuziladi, so‘ngra kompyuterning o‘zi bu dasturni mashina tiliga o‘tkazadi (translyatsiya qiladi). " Kompyuter dasturini modifikatsiya qilish|"Moslashtirish bo‘lmagan va dastlabki matnning o‘zgarishiga olib keluvchi har qanday o‘zgartirishlar. " Kompyuter dasturining chiqarilishi|"Kompyuter uchun dastur nusxalarini muallif roziligi asosida cheklanmagan shaxslar doirasiga taqdim etish (jumladan, kompyuter xotirasiga yozish va bosma matn chop etish orqali ham). Bunday nusxalar soni ko‘rsatilgan asarlar tavsifiga ko‘ra mazkur doiradagi shaxslar ehtiyojlarini qondirishi lozim. " Kompyuter dasturlarini qo‘riqlash|"Ixtiyoriy tilda va ixtiyoriy shaklda, shu jumladan, dastlabki matn yoki obyektli kod ham, ifodalanishi mumkin bo‘lgan dasturlarning (shu qatori operatsion tizimlar ham) barchasiga tegishli bo‘lgan qo‘riqlash turi. " Kompyuter firibgarligi|"Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi yoki kompyuter tarmog‘i yordamida yoki undan bevosita foydalangan holda sodir etilgan firibgarlik. " Kompyuter grafikasi|"Kompyuter yordamida yaratiladigan, saqlanadigan yoki qayta ishlanadigan har qanday tasvir, shuningdek, bu bilan bog‘liq maxsus apparat vositalar, dasturiy ta’minot va dasturlash. " Kompyuter grafikasi metafayli, CGM formati|"Grafik ma’lumotlar hamda tasvirlarni saqlash va uzatish formatining standarti. " Kompyuter hodisalariga chora ko‘rish xizmati|"Qar.: CERT. " Kompyuter huquqi|"Qonunchilikning kompyuter, kompyuter tizimlari va tarmoqlarini ishlatish jarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladigan huquqiy hujjatlar majmuidan iborat yangi sohasi. Huquqshunoslikka oid adabiyotlarda «kompyuter huquqi» atamasi bilan birga: «informatika huquqi», «axborot huquqi», «kompyuter-axborot huquqi» kabi atamalar ham uchraydi. Axborot huquqi tushunchasi kompyuter huquqi tushunchasiga nisbatan kengroq maʼnoga ega, chunki u axborot qanday texnik vositalar bilan qayta ishlanishidan va uni tashuvchilar qandayligidan qatʼiy nazar, axborot faoliyati sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. " Kompyuter ilmi|"Qar.: Informatika. " Kompyuter jinoyati|"1. Axborot resursidan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olish, uni o‘zgartirish (qalbakilashtirish) yoki o‘zi uchun yo uchinchi shaxs uchun mulkiy foyda olish, shuningdek, o‘z raqibiga mulkiy zarar yetkazish maqsadida bu resursni yo‘q qilish. 2. Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi yoki kompyuter tarmog‘i yordamida yoki undan bevosita foydalangan holda sodir etilgan jinoyat. " Kompyuter jinoyatlari tasniflagichi|"Interpol tashkiloti Bosh kotibiyatining ishchi guruhi tomonidan 1991-yilda ishlab chiqilgan. U so‘rovlar bo‘yicha axborotni avtomatlashtirilgan axtarish tizimi bilan uyg‘unlashgan va hozirgi kunda, Interpolning yuzdan ortiq Milliy bo‘limlaridan foydalanish imkonini beradi. Tasniflagich kompyuter jinoyatlarining olti guruhini o‘z ichiga oladi, ularning har biri yana ayrim turlarga bo‘linadi. Tasniflagichda Z shartli belgisi nazarda tutilgan bo‘lib, u «jinoyatlarning boshqa turlari»ni ifodalaydi va kompyuter texnologiyalarining bo‘lajak rivojlanishini hisobga olib kiritilgan. QA guruhi – ruxsat etilmagan foydalanish va tutib olish, QD guruhi - kompyuter maʼlumotlarini o‘zgartirish, QF guruhi – kompyuter qallobligi, QR guruhi – noqonuniy nusxa olish, QS guruhi – kompyuter ish tashlashi, QZ guruhi – boshqa kompyuter jinoyatlari. " Kompyuter kartochkasi|"Ichiga mikroprotsessor, dasturiy taʼminot va energiyaga qaram bo‘lmagan xotira qurilmasi o‘rnatilgan plastik kartochkasi. Kompyuter kartochkasi, boshqacha, intellektual kartochkasi deb ham atalib, uncha katta bo‘lmagan o‘lchamlarga, o‘zining oddiy operatsion tizimiga va beruxsat foydalanishdan ichiga o‘rnatilgan muhofazasiga ega. Kartochkada bir guruh tutashmalar bo‘lib, ular ozuqa manbaiga ulanish, kartochkaga maʼlumotlarni kiritish va undan maʼlumotlarni chiqarish uchun xizmat qiladi. Kompyuter kartochkasi uning egasini aniqlash uchun va qo‘shimcha axborot (bankdagi hisob raqami, biror tovar uchun to‘langan pul miqdori va h.k.) taqdim qilish uchun mo‘ljallangan. " Kompyuter maʼlumotlarini g‘ayriqonuniy egallab olish|"Kompyuter tizimida, tarmoqda yoki mashina tashuvchilarida saqlanayotgan axborotni ruxsatsiz ko‘chirish yoki boshqa g‘ayriqonuniy yo‘l bilan egallab olish, yoki kompyuter aloqasi vositalari yordamida uzatiladigan axborotni ushlab qolish. " Kompyuter muhofazasi|"Maʼlumotlar va tizim resurslarini, odatda tasodifiy va qasddan qilingan harakatlarga qarshi qo‘llanadigan tegishli tadbirlar tizimi bilan muhofazalash. Bunday harakatlar o‘zgalar axborotini o‘zgartirish, yo‘q qilish, oshkor etish, olish yo undan foydalanish kabilar bo‘lishi mumkin. " Kompyuter musiqasi|"Kompyuter texnikasi va tegishli dasturiy taʼminotni ishla-tib yaratiladigan musiqa. " Kompyuter-pyupitr|"Papka-pyupitr ko‘rinishidagi, axborotni kiritish uchun yassi ekrani va perosi bo‘lgan portativ kompyuterlar turkumi. " Kompyuter reklamasi|"Axborot tarmog‘i tomonidan texnologiyalar, tovarlar va taklif qilinayotgan xizmat turlari to‘g‘risida taqdim qilinayotgan axborot. Kompyuter reklamasi audiovideotizimlar, multimuhit va virtual borliqdan foydalanishga tayanadi. Reklamada taklif qilinayotgan obyektlar to‘g‘risidagi maʼlumotlar joylashgan maʼlumotlar bazasi katta ahamiyatga ega. Barcha hollarda maʼlumotlarning hamma turlari, yaʼni, matn, nutq, musiqa va tasvirlar, shu jumladan, rangli, hajmiy tasvirlar ishlatiladi. Ommaviy tomoshabinga mo‘ljallangan reklama uchun, teleko‘rsatuvlar tarmog‘i ishlatiladi. " Kompyuter sabotaji|"Qasddan kompyuter axborotini yoki dasturini yo‘q qilish, blokirovkalash, yaroqsiz holga keltirish, kompyuter uskunalarini safdan chiqarish, kompyuter tizimini, tarmog‘ini yoki axborotning mashinali tashuvchisini barbod qilish. " Kompyuter savodxonligi|"Hisoblash texnikasi vositalaridan foydalanish, kompyuterda ishlash ko‘nikma va bilimlarining eng kam to‘plamiga egalik qilish; informatika asoslarini va axborot texnologiyasining jamiyat hayotidagi ahamiyatini tushunib yetish. Izoh – Kompyuter savodxonligi axborot jamiyati va kompyuterlashtirish to‘g‘risida bilim, kompyuterdan foydalanish mahorat va ko‘nikmalarini, gibrid intellekt yaratishning muvaffaqiyatini ta’minlaydigan shaxsiy sifatlarni beradi. Bi-lish faoliyatining vositasi sifatida kompyuterdan keng foydalanish imkonini beradi, axborotni taqdim etish va saqlash imkoniyatini kengaytiradi. " Kompyuter steganografiyasi|"Xabar yoki faylni boshqa xabar yoki faylda yashirish. " Kompyuter suiiste’molligi|"Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimining kompyuter xavfsizligiga ta’sir etadigan yoki uni buzadigan, qasddan yoki tasodifiy ruxsat berilmagan harakat. " Kompyuter tarmog‘i|"Resurslardan birgalikda foydalanish va ma’lumotlar almashinish uchun, aloqa kanallari bilan o‘zaro bog‘langan kompyuterlar va tarmoq uskunasi majmui. Resurslar – bu uskuna, dasturlar va ma’lumotlar bazasidir. " Kompyuter tarmog‘i adminstratori|"Tarmoqni joriy boshqarish va uni rivojlantirish istiqboli bilan shug‘ullanadigan shaxs yoki shaxslar guruhi. Asosiy vazifalari: ishonchli ishlashni ta’minlash, foydalanish (kirish) parollari va manzillarini aniqlash va berish, boshqa tarmoqlar bilan birgalikda ishlashni ta’minlash, ma’lumotlar bazalarining administratorlari bilan birgalikda ishlash. " Kompyuter telefoniyasi|"Maxsus dasturlar va protokollar yordamida telefon tarmog‘i foydalanuvchilari bilan muloqot qilish imkoniyati. Bunday imkoniyat bepul berilmaydi. " Kompyuter texnologiyasi|"Qar.: Axborot texnologiyasi. " Kompyuter tili|"Hisoblash mashinasi tushunadigan til. Dastlab u faqatgina nol va birlardan iborat til edi. Keyin esa, mashinalar protsessor darajasidagi Assembler ni «tushunishni o‘rganishdi». " Kompyuter tizimi|"Markaziy kompyuter va unga aloqador chekka qurilmalar, konsol kompyuterlar, disk massivlari, lentali tashuvchilar, maʼlumotlarni robotlashgan saqlash tizimi va shunga o‘xshashlar. " Kompyuter tizimining auditi|"Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimida qo‘llaniladigan protseduralarni, ularning samaradorligi va to‘g‘ri bajarilayotganligini baholash yuzasidan ekspertiza qilish, shuningdek, xavfsizlikni oshirish bo‘yicha tavsiyalar berish. " Kompyuter virusi|"1. Hisoblash tizimiga, ma’lumotlarni buzish, o‘zgartirish yoki yo‘q qilish maqsadida kiritiladigan anonim dastur. 2. Quyidagi xususiyatlarga: o‘zini boshqa fayllarga, diskka, elektron hisoblash mashinasiga ko‘chirish; aniq chaqiruvsiz bajarish; axborotdan ruxsat etilmagan tarzda foydalanishni amalga oshirish; aniqlashga urinishdan maskirovka qilish imkoniyatiga ega dastur. 3. O‘zining nusxasini yoki boshqa zararli dasturlar yarata oladigan va ularni kompyuter fayllariga, tizim sohalariga kiritadigan, shuningdek, boshqa destruktiv xarakatlarni amalga oshiradigan zararli dastur. " Kompyuter vositasida buzish|"Manfaat ko‘rish, begonalarning ma’lumotlaridan foydalanish, shaxsiy qiziqishni qanoatlantirish va boshqa maqsadda kompyuter tarmog‘iga yoki begona shaxs kompyuteriga ruxsat etilmagan tarzda kirish. " Kompyuter xaritasi|"Avtomatlashtirilgan kartografik tizim yoki geografik axborot tizimi vositalari yordamida olingan xarita. U grafika chiqarish qurilmalari – grafika chizadigan, printer va boshqalar yordamida qog‘oz, fototasma va boshqa materiallarda tayyorlanadi. Qar.: Geografik axborot tizimi. " Kompyuter xavfsizligi|"Kompyuter tizimlarining, qayta ishlanadigan va saqlanadigan axborotdan ruxsat etilmagan tarzda foydalanish yo‘lidagi urinishlarga, buzg‘unchilik harakatlariga olib keluvchi axborotning kiritilishiga hamda soxta axborot majburan kiritilishiga (qabul qilinishiga) qarshi tura olish xususiyati. " Kompyuterlar avlodi|"Kompyuterlar, dasturlash tillari, tarmoqlarni tasniflash vositasi. " Kompyuterlashtirilgan dasturiy taʼminotni ishlab chiqish|"Dasturiy taʼminot ishlab chiqishga mo‘ljallangan tizim. CASE texnologiyasi dasturlarni ishlab chiqishga, umumiy maʼlumotlar bazasini yaratishga, shu baza bilan o‘zaro ishlashning yagona usulidan foydalanishga mo‘ljallangan kompyuterlashgan tizim vositalari to‘plamidan iborat. Buning ustiga, bu yondashuv yagona axborot tarmog‘iga ulanadigan axborot tizimlarida ishlatiladigan operatsion tizimlarning xilma-xilligini hisobga oladi. Bundan tashqari, CASE turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlatiladigan tarmoq texnologiyalarining yagona asosini belgilaydi. CASE yana, yaratilayotgan dasturlarni testlashning uslubiyatini va testlash vositalarini taqdim qiladi. CASE ni ishlatish evaziga ishlanmalar arzonga tushadi va ularni ishlab chiqish davri qisqaradi. " Kompyuterlashtirilgan ishlab chiqarish|"Ishlab chiqarishni, texnologik jarayonlarni kompyuterlashtirilgan tizim ishtirokida boshqarish. " Kompyuterlashtirilgan logistik tizim|"Loyihalash va murakkab qurilmalar to‘plamini kuzatib borish texnologiyalari majmui. CALS tizimi avtomatlashtirish funksiyalari to‘plamini belgilab beradi. U bozorni o‘rganish va marketing, texnik shartlarni ishlab chiqish, loyihalash, ishlarning moddiy-texnik taʼminoti, texnologik jarayonni ishlab chiqish va tayyorlash, ishlab chiqarish, nazorat va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Ko‘rsatib o‘tilgan funksiyalarni bajarish uchun CALS quyidagi vositalarni ishlatadi: logistik tizimlarning spetsifikatsiyasini yaratish; loyihalash, shu jumladan, maʼlumotlar bazalarini; dasturlash; uyg‘unlashuv uchun platformalarni kuzatib borish; turli nimtizimlarni yaratuvchilarning o‘zaro ishlashini rejalash, nazorat qilish. " Kompyuterlashtirilgan loyihalash|"Ishlab chiquvchilar mehnatini avtomatlashtirish texnologiyasi. Mahsulotlar (asboblar, qurilmalar, apparatlar, tizimlar) tobora murakkablasha borishi, ularni yaratishda yangicha yondashuvlar qo‘llashni taqozo etadi. Ular CAD, Loyiha Ishlarini Avtomatlashtirish Tizi-mi (LIAT) deb ham ataladigan texnologiya bilan amalga oshiriladi. CAD loyihalash va chizmachilikni, yassi yoki hajmiy detallar va konstruksiyalarni uch o‘lchamli modellashni taʼminlaydigan amaliy dasturlar paketidir. Bundan tashqari CAD, konseptual konstruktorlash, animatsiya, vizuallashtirish, maʼlumotlar bazalarini boshqarish va muhandislik hujjatlari tayyorlash vazifalarini bajaradi. CAD yaratilishi kerak bo‘lgan mahsulot to‘g‘risida maʼlumotlar yig‘ishdan tortib, uni tayyorlashgacha bo‘lgan masalalarni qamrab oladi. " Kompyuterlashtirilgan tarjima|"Kompyuter yordamida, bir tabiiy tildan boshqasiga bajariladigan tarjima. Kompyuterlashgan tarjima, ko‘p hollarda mashinali tarjima deyiladi, sunʼiy tafakkurga ega bo‘lgan amaliy jarayon tomonidan bajariladi. Kompyuterlashgan tarjimaning uch turi mavjud. To‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima usuli eng eskisi bo‘lib, faqat bir juft tillarga mo‘ljallangan. Vositachi – til ishlatishga asoslangan tarjima usuli. U avvalgidan matn mazmunini ifodalash uchun vositachi kiritilishi bilan farqlanadi. Bu usul, ayniqsa, ko‘ptilli muhitda samarali hisoblanadi. Bundan tashqari u oldingi to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima usulidan tejamliroq. Transfer (uzatish) usulida, tarjimaning yana bir bosqichi kiritiladi. Ulardan birinchisida, boshlang‘ich matn kirish tilining ifodalariga aylantiriladi. Ikkinchi bosqichda bu ifodalanish chiqish tili ifodalariga qayta aylantiriladi. Nihoyat oxirgi bosqichda chiqish tilidagi matn hosil bo‘ladi. " Kompyuterlashtirilgan tizim|"Kompyuter yordamida ixtiyoriy ishlarni avtomatlashtirishga mo‘ljallangan tizim. CAS tizimi, modellash, loyihalash, ishlab chiqish, yaratish, amalda ixtiyoriy mashinalarni, apparatlarni, asboblarni va boshqa mahsulotlarni tayyorlash va sinash bilan bog‘liq ishlarni qamrab oladi. " Kompyuterlashtirish|"1. Kompyuterlar vositasida avtomatlashtirish. 2. Inson faoliyatining turli sohalarida, axborot jarayonlarini va texnologiyalarni avtomatlashtirishni taʼminlaydigan kompyuterlarni rivojlantirish va tatbiq qilish jarayoni. 3. Kompyuter mahsulotlari va xizmatlari sanoatini, hamda jamiyatda ulardan foydalanishni rivojlantirish jarayoni. Internetni keng rivojlantirishning zaruriy shartlaridan biri. " Kompyuterlashtirish markazi|"Asosiy faoliyati joylarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va kompyuterlashtirishni ishlab chiqish va rivojlantirish tadbirlarini amalga oshirish, axborot resurslarini yuritish va yangilash, mintaqalarda yaratilgan va yaratiladigan davlat axborot resurslari hamda axborot tizimlari ro‘yхatga olinishida yordam korsatish, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyatlarining veb-portallarini muntazam yangilab borish, shuningdek, mintaqada axborot-kommunikatsiya texnologiyalari holati va rivojlanish istiqbollarini muntazam tahlil qilib borish hamda uning natijalari asosida bu sohani takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritishdan iborat bo‘lgan tashkilot. " Kompyuterning tez ishlashi|"Aniq bir kompyuterning ma’lumotlarni qayta ishlash tezligi. Ko‘pgina omillarga, jumladan, tashqi qurilmalarning tez ishlashiga bog‘liq. Kompyuterning tez ishlashini odatda, protsessorning tez ishlashi belgilaydi. " Kompyuteromaniya|"Insonning kompyuter tizimlarini muntazam ishlatishdagi patologik ehtiyoji. Bu inson ruhiyatiga kompyuter o‘yinlari va virtual borliq texnologiyalari taʼsiriga ko‘nikib qolishi bilan yuzaga kelgan. " Kompyutron|"Kompyuter unumdorligini baholashning mavhum birligi. " Konduktiv xalaqit|"O‘tkazgichlar bo‘ylab tarqaladigan elektromagnit xalaqit. " Konferens-aloqa|"Foydalanuvchilarga bir vaqtning o‘zida bir nechta, o‘zaro aloqada bo‘lgan abonentlar bilan axborot almashish imkoniyatini beruvchi xizmat. " Konfidensial|"Ommaviy foydalana olishga mo‘ljallanmagan axborot (parollar va h.k.). Odatda konfidensial axborot shifrlanadi. " Konfidensial axborot|"1. Davlat siri hisoblanadigan ma’lumotlar bo‘lmagan hujjatlashtirilgan axborot, undan foydalanish O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq chegaralanadi. 2. Foydalanuvchilar tomonidan erkin foydalanish huquqi cheklangan va ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishdan muhofaza qilinishi talab etiladigan axborot. 3. Xizmatga oid, professional, sanoat, tijoratga oid yoki huquqiy rejimi egasi tomonidan qonunchilikka asosan belgilanadigan va muhofaza qilinishi talab etiladigan axborot. " Konfidensiallik|"1. Axborotning avtorizatsiya qilinmagan shaxslar, mantiqiy obyektlar yoki jarayonlar uchun foydalanib bo‘lmaslik yoki yopiqlik xususiyati. 2. Axborotdan foydalanish huquqiga ega subyektlar doirasiga cheklovlar kiritish zarurligini ko‘rsatuvchi va tizimning (muhitning) ko‘rsatilgan axborotni undan erkin foydalanish huquqi bo‘lmagan subyektlardan sir saqlash zarurligini ta’minlovchi, subyektiv aniqlanadigan (qo‘shib yoziladigan) axborot xarakteristikasi (xususiyati). 3. Axborot va uning tashuvchisining holati, bunda u bilan ruxsat etilmagan tarzda tanishishning yoki ruxsat etilmagan tarzda hujjatlashtirish (nusxa ko‘chirish)ning oldini olish ta’minlanadi. 4. Tutib olish va boshqa ruxsat etilmagan harakatlar natijasida axborotdan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishning mumkin bo‘lmasligi. " Konfidensiallik belgisi|"Obyektda mavjud bo‘lgan axborotning konfidensialligini tavsiflovchi axborot elementi. " Konfidensiallik toifasi|"Resursning, uning muhimligini yoki ahamiyatliligini belgilovchi va o‘z ichiga resurs zaifligini olish xarakteristikasi. " Konfidensiallik xizmati|"Almashinadigan ma’lumotlarning ruxsat etilmagan tarzda oshkor etilishdan muhofaza qilinishini ifodalaydigan konfidensiallik xizmati. Izoh – Konfidensiallikni ta’minlash xizmatlarining quyidagi turlari ajratiladi: tanlangan maydon konfidensialligi; bog‘lanish o‘rnatilgan rejimdagi konfidensiallik; bog‘lanish o‘rnatilmagan rejimdagi konfidensiallik; trafikning konfidensialligi. " Konfiguratsion fayl|"Tizimning tarkibiy qismlari, tizimning muayyan sozlanishini belgilaydigan yordamchi parametrlar tavsiflanadigan fayl. Konfiguratsion fayllar deyarli barcha kuchli tizimlarda bor. Odatda, bu tizimning o‘zi interpretatsiya qiladigan matnli fayllardir. " Konfiguratsiya|"Qurilma yoki ilovaning ishlash rejimlarini belgilaydigan apparat yoki dasturiy ko‘rsatmalar to‘plami. " Konfiguratsiya fayli|"MAYDON:QIYMAT formatidagi fayl bo‘lib, unda dasturlarning foydalanuvchi tomonidan sozlangan qiymatlari saqlanadi. " Konfiguratsiyani boshqarish rejasi|"Baholash obyektlari uchun konfiguratsiyani boshqarish tizimidan foydalanish tavsifi. " Konfokal rezonator|"Sferik koʻzgularning egrilik radiusiga teng masofada joylashgan, ikkita bir xil sferik koʻzguda hosil qilingan optik rezonator. " Konform antenna|"1. Shakli eltuvchining atroflama chiziqlarini takrorlaydigan va yassi, silindrsimon, konussimon yoki sferik sirtda joylashgan antenna. 2 Transport vositasining gabarit o‘lchamidan turtib chiqmaydigan va kichik aerodinamik qarshilikka ega bo‘lgan antenna. " Konkatenatsiya|"Simvollarning bir nechta satrini bitta satrga birlashtirish operatsiyasi. Dasturlash tillarida bu operatsiyani bajaradigan maxsus funksiyalar mavjud. Masalan, Pascal tilida konkatenatsiya operatsiyasi + bilan belgilanadi. " Konnektor|"Tola bilan birgalikda, tolaning pozitsiyalashuvini, uzatgich, qabul qilgich yoki boshqa tolaga ulanishini ta’minlash uchun foydalaniladigan mexanik qurilma. Odatda konnektorning quyidagi turlaridan foydalaniladi: SC (SC-Subscriber Connector, 568SC), ST Compatible (ST-Straight Tip, BFOC/2.5), FC, FCPC, FDDI, Escon, Biconic, D4, SMA 905, 906. " Konsalting|"Ekspertiza o‘tkazish va maslahat berish faoliyati bilan bog‘liq xizmat turi. Muhim rolni axborot konsaltingi egallaydi. " Konsentrator|"1. Ko‘plab abonent liniyalari, stansiyalari yoki boshqa konsentratorlar ulanadigan aktiv yoki passiv qurilma. Bunday qurilmaning chiqish uchlari kirish uchlariga qaraganda ancha kam. Qo‘llash sohasiga bog‘liq ravishda konsentrator funksiyalari an’anaviy kanallar konsentratori funksiyalaridan farq qilishi mumkin. Jumladan, lokal aloqa tarmoqlarida u ko‘p portli takrorlagich funksiyasini bajaradi. 2. Markaziy stansiya. Tarmoqning, «yulduz» topologiyali tarmoqlarida radial bog‘lanishlarni tashkil qilish uchun mo‘ljallangan kommutatsion yadrosi. 3. Markaziy kross (strukturalangan kabelli tizimlarda). " Konseptual model|"Muammoli sohaning tushuncha darajasida formal taqdim etilishi. " Konsol|"Foydalanuvchi tomonidan kompyuter ishini boshqarish uchun mo‘ljallangan qurilma. Masalan, klaviatura, displey, «sichqoncha» konsol qurilmalardir. " Konsolli kompyuter|"Asosiy kompyuterni ishga tushirib yuborish uchun tayyorgarlik harakatlarini bajaruvchi kompyuter. Bunday vazifa «kata» kompyuter tizimlari, masalan, superkompyuterlar bajarilganda, ayrim mashinaga berilishi mumkin. Odatda, konsolli kompyuterdan bosh kompyuter tizimining elementlari va tugunlari holatining monitoringi bajariladi, shu bilan birga unda, asosiy kompyuterni sozlash va unda xizmat ko‘rsatish uchun ishlatiladigan konfiguratsiya axboroti va xizmat utilitalari saqlanadi. " Konstanta|"Doimiy, o‘zgarmas kattalik. Xotirada biror bir muhim parametrni saqlash uchun xizmat qiladi. " Konstantalar sohasi|"Dastur konstantalarining qiymatlari joylashgan xotira sohasi. " Konstruksiya tahlili|"Birmuncha yuqori abstraksiya darajasida yoki boshqa shaklda dasturning ba’zi bir yoki barcha funksiyalarini imitatsiya qilish yoki takrorlash maqsadida, dasturning ishlash algoritmlarini o‘rganish uchun, dastur yoki mikrosxemani doimiy tahlil qilish jarayoni. " Konstruktor|"Obyektga yo‘naltirilgan dasturlashdagi turkum konstruktori – bu obyektni yaratishda yoki uni eʼlon qilishda (C++ da stek yoki statik xotirada joylashgan, ammo Javada emas va baʼzi turdagi obyektga yo‘naltirilgan tillarda) qo‘llaniladigan maxsus yo‘riqnoma yig‘indisi. Yoki u new kalit so‘zni ishlatganda dinamik holatda to‘plamda joylashadi. Konstruktor uslubga o‘xshash, lekin undan farqi, bu uni aniq turdagi qaytuvchi maʼlumot, meroslikka ega emasligi va ko‘rilayotgan modifikatorlar uchun turli qoidalar mavjudligidir. Konstruktorlar eʼlon qilingan turkum bilan bir xil nomga egaligi bilan ajralib turadi. Ularning vazifalari – obyekt aʼzosini initsializatsiya qilish va turkum invariantini aniqlash, hamda invariant noto‘g‘ri bo‘lsa xabar berish. To‘g‘ri yozilgan konstruktor, obyektning to‘g‘ri statusini belgilaydi. O‘zgarmaydigan obyektlar ham konstruktor tomonidan initsializatsiya qilinishi kerak. " Konsultatsion (maslahat) chaqiruv|"Aktiv abonentga liniyani ushlab turish rejimiga o‘tkazish va boshqa abonentdan kerakli axborotni olish uchun bog‘lanish imkonini beruvchi xizmat. " Kontaktli xalaqit|"Elektromagnit maydon ta’sirida tok o‘tkazuvchi kontaktlar va/yoki nochiziqli o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan muhitning nurlantirilishi bilan bog‘liq elektromagnit xalaqit. " Kontaktsiz kommutatsion aloqa elementi|"Aloqa tarmoqlarida, fazoda kontakt-detallarni (tutashadigan qismlarni) ko‘chirmasdan, telekommunikatsiyalar signallarining o‘tish sharoitlarini o‘zgartirish orqali kommutatsiyalashni amalga oshiradigan kommutatsion aloqa elementi. Izoh – Ishlash prinsipiga bog‘liq ravishda, yarimo‘tkazgichli, magnit, gaz-razryad, optik kontaktsiz elementlar ajratiladi. " Kontaktsiz (zarbsiz) printer|"Bosiladigan elementlarni nomexanik (zarbsiz) usul bilan shakllantiradigan printer. Termoprinterlar, elektrostatik, purkagichli, lazer va yorug‘lik diodli printerlar shular jumlasidandir. " Kontekst|"Foydalanuvchi muhiti xarakteristikalarini aniqlash uchun foydalanilishi mumkin bo‘lgan axborot. Izoh – Kontekst foydalanuvchi qayerdaligi, uning yaqinida qanday resurslar (qurilmalar, foydalanish punktlari, shovqin darajasi, o‘tkazish polosasi va h.k.lar) borligi, foydalanuvchi qaysi paytda ko‘chib yuradi, odam va predmetlar o‘rtasidagi hamkorlik xronologiyasini ichiga olishi mumkin. Kontekst axborot aniq ilovalarga muvofiq yangilanishi mumkin. " Kontekstli menyu|"Qaysi joyda ishga tushirilishidan qat’i nazar, o‘zgaruvchan matnli menyu. Odatda, «sichqoncha»ning o‘ng tugmasini bosish orqali ishga tushiriladi. " Kontekstning o‘zgarishi|"Operatsion tizimning eski jarayon holatini saqlash va saqlangan holatni yangi jarayon uchun yuklash bo‘yicha bir jarayondan boshqa jarayonga o‘tishdagi holati. " Kontent|"Serverni, axborot kompleksini axborot jihatdan ahamiyatli har qanday to‘ldirish – matnlar, grafika, multimedia. Sahifalar ko‘rinishida gipermatnli belgilash vositalari bilan tashkillashtiriladi. Axborot bilan to‘ldirishda uning hajmi, dolzarbligi va izlash tizimi talabni qanoatlantira olishi zarur ko‘rsatgichlar bo‘lib hisoblanadi. Internet tarmog‘ida axborot to‘ldirish gipermatnli belgilash tili orqali veb-sahifalar ko‘rinishida tashkil etiladi. " Kontent-provayder|"Foydalanuvchilarga muayyan axborot yoki ko‘ngil ochadigan xizmatlarni ko‘rsatuvchi tashkilot. " Kontentni boshqarish tizimi|"Matn va multimedia hujjatlarini yaratish, tahrir qilish va boshqarishning qo‘shma jarayonini taʼminlash va tashkillashtirishda qo‘llaniladigan kompyuter dasturi yoki tizimi. " Konteyner|"1. Maxfiy xabarlarni yashirish uchun mo‘ljallangan fayl. 2. Maxfiy xabarlarni yashirish uchun mo‘ljallangan har qanday axborot. " Kontraktlar bilan bog‘liq firibgarlik|"Mobil aloqa tarmog‘i operatori bilan kontrakt tuzishda yolg‘on ma’lumotlarni ataylab ko‘rsatish. " Kontrast (televideniyeda)|"Uzatilayotgan ko‘rinish yoki tiklanayotgan tasvirning ikki nuqtasidagi yorug‘lik nisbati. " Kontrastlilikni sozlash|"Tasvir signalining kuchayishini qo‘lda sozlash. " Kontroller|"O‘ziga ulangan qurilmalar ishini boshqaruvchi, lekin, o‘zi orqali o‘tadigan ma’lumotlarni o‘zgartirmaydigan qurilma. " Kontrreflektor|"Oʻlchami asosiy koʻzgudan nisbatan kam boʻlgan ikkita koʻzguli antennaning yordamchi koʻzgusi. " Konturlarning nostabilligi|"Asosan, DIKM da sodir bo‘ladigan, noaniq taxminlash tufayli tasvir konturlaridagi asosan tasodifiy tebranuvchi notekisliklar kabi paydo bo‘ladigan vizual nuqson. " Konturlash|"Predmetlarning faqat chetlari tiklanadigan maxsus effekt. " Konturli tuzatish|"Tasvirning subyektiv aniqligini predmetlarning chekka qismlarini ajratib ko‘rsatish uchun videosignallarning yuqori chastotali tashkil etuvchilari darajasini tanlab ko‘tarish yo‘li bilan oshirish. " Konussimon antenna panjarasi|"Nurlantiruvchi elementlari konussimon yuzada joylashgan sirt antenna panjarasi. " Konussimon spiral antenna|"Qobigʻi posangi, shuningdek, reflektor sifatida ishlatiladigan (dumaloq yoki toʻgʻri burchakli) yassi metall ekran bilan birlashtirilishi mumkin boʻlgan, koaksial fider bilan taʻminlanadigan simli konussimon spiraldan iborat antenna. " Konvensional tizim|"Biriktirilgan chastotalarda, bir yoki ikki chastotali simpleks rejimida ishlaydigan radioaloqa tizimi (odatda 160 MHz va undan past chastotalar diapazonida ishlatiladi). Izoh − Konvensional tizim xizmat ko‘rsatish zonasining radiusi, odatda, uyali aloqa tiziminikiga nisbatan kattaroq bo‘ladi va u, asosan, antennaning o‘rnatilish balandligi bilan belgilanadi. " Konvergensiya|"Raqamli video, raqamli tovush, kompyuterlar va Internet kabi turli texnologiyalarning birikmasi. " Konvert|"1. Uzatish jarayonida o‘zgarishi mumkin bo‘lgan xabar qismi. Xabar jo‘natuvchini va potensial oluvchilarni aniqlab beradi, o‘z ichiga olganlarni tavsiflaydi. 2. 5 byte uzunlikdagi sarlavha va 48 byte ma’lumotlar maydoni bilan qayd etilgan o‘lchamning kadri. " Konvertor|"Antenna fokusiga o‘rnatiladigan elektron blok. Qabul qilish tomonida antenna fokusida aks etgan elektromagnit to‘lqinlar konvertorning to‘lqin o‘tkazuvchi kirishiga tushadi va elektr signaliga aylanadi. Konvertorda bu signal kuchayadi, uning chastota spektri birinchi oraliq chastotagacha pasayadi. " Konveyyer|"Markaziy protsessorning, komandalarni qayta ishlash, bir taktda bajariladigan uncha katta bo’lmagan qadamlarga ajratiladigan parallel ishlaydigan bajaruvchi qurilmalari zanjiri. " Konyunksiya|"n ≥ 2 ifodalar uchun mo‘ljallangan mantiqiy operatsiya. Natijaviy ifoda (boshlang‘ich ifodalar konyunksiyasi) barcha boshlang‘ich ifodalar to‘g‘ri bo‘lgandagina to‘g‘ri bo‘ladi. Konyunksiyani belgilash uchun standart ravishda & belgisi (ba’zida ˄), shuningdek, ko‘paytirish belgisi nuqta shaklida ishlatiladi. Ko‘pgina hollarda, konyunksiya belgisi tushirib qoldirilishi mumkin. " Kooperativ hisoblashlar|"Umumiy axborotdan va taqsimlangan hamda tarmoq tizimlaridagi umumiy resurslardan foydalanib, birgalikda olib boriladigan hisoblash ishlari. " Koordinata buzilishlari|"Sintezlangan televizion tasvir nuqtalari koordinatalarining obyektning tahlil qilinadigan tasviri tegishli nuqtalari koordinatalaridan og‘ishi. " Kopileft|"Ingliz tilidagi copy – nusxa, kopiya va left – chap, so‘zlari birikmasidan hosil bo‘lgan – mualliflik huquqi qonunini qo‘llash g‘oyasi va amaliyoti, yaʼni mahsulotni ilk ishlangan holida va unga asoslanib ishlangan yangi mahsulot holida ixtiyoriy kimsa foydalanishini, o‘zgartirishini va tarqatishini cheklamaslikni taʼminlash. Kopileft, mualliflik huquqiga teskari holda ushbu qonunni odamlarning huquqini kengaytirishga qo‘llaydi. Kopileftning asosiy g‘oyasi shundaki, har bir dasturni o‘zgartirishsiz yoki o‘zgartirib tarqatayotgan shaxs bu dasturni keyingi tarqatishni yoki o‘zgartirishni cheklash huquqiga ega emas. Kopileft har bir foydalanuvchining erkin faoliyatini kafolatlaydi, shu tarzda, yuridik maʼnoda, kopileft kopiraytga antonim hisoblanadi. " Korporativ aloqa tarmog‘i|"Ham bitta davlat miqyosida, ham bir nechta davlat miqyosida alohida korxonalar (firmalar, tashkilotlar, aksiyadorlik jamiyatlari va sh.k.) tarmoqlarini birlashtiradigan tarmoq. " Korporativ axborot tizimi|"Ishtirokchilari cheklangan doiradagi shaxslar bo‘lgan axborot tizimi. Ishtirokchilar axborot tizimining egasi tomonidan yoki shu axborot tizimi ishtirokchilari orasidagi bitim bilan aniqlanadi. " Korporativ axborot xavfsizligini boshqarish|"Axborot xavfsizligi sohasida tashkilot faoliyatiga rahbarlik qilish va nazorat qilishni ta’minlovchi tizim. " Korporativ hisoblash tarmog‘i|"Ham bitta davlat, ham bir nechta davlat miqyosida alohida korxonalar (firmalar, tashkilotlar, aksiyadorlik jamiyatlari va sh.k.), korporatsiyalarning lokal tarmoqlarini birlashtiradigan axborot-hisoblash tarmog‘i. " Korporativ ijtimoiy tarmoq|"Biznes ehtiyojlarni qondirish uchun yaratilgan tarmoq. Bu, kompaniya faoliyatini tashkillashtirish va ta’minlash masalalarini hal qiladigan professional ijtimoiy tarmoqdir. Korporativ professional ijtimoiy tarmoqlar Internetda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishga yoki kompaniya faoliyati yoki biznesi manfaatlarini ma’qullaydigan odamlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarga e’tibor qaratadi. Korporativ ijtimoiy tarmoqlar dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilar faoliyatining natijasi bo‘lib, ichki korporativ muloqotni tashkillashtirish va tashqi muhit bilan o‘zaro hamkorlik (birgalikda ishlash) uchun xizmat qiladi. " Korporativ kontentni boshqarish|"Tashkilot doirasida raqamli hujjatlarni va kontentning boshqa turlarini boshqarish, shuningdek, ularni saqlash, qayta ishlash va yetkazish. " Korporativ portal|"Korporativ tarmoqning asosiy kirish nuqtasi. Izoh – Korporativ portalning vazifasi xodimlarga, ularning foydalanish huquqlari va afzalliklari hisobga olingan holda, tashqi va ichki korporativ axborotning keng to‘plamidan foydalanish imkoniyatini berish hisoblanadi. Korporativ portal foydalanuvchi uchun muhim bo‘lgan axborotni, foydalanuvchining tashkilotdagi vazifalariga muvofiq saralangan holda, tanlab yetkazilishini ta’minlaydi. " Korporativ tarmoq|"Tarqoq bo‘limlar va ma’muriy ofislarni birlashtiruvchi bir korxonaning tarmog‘i. Izoh – Tarmoqning majburiy komponenti bo‘lib, telefon liniyalari, radiokanallar yoki yo‘ldosh aloqa kanallar yordamida o‘zaro bog‘langan uzoqdagi lokal tarmoqlar hisoblanadi. Korporativ tarmoqlarning barcha foydalanuvchilari umumiy (odatda, muhofaza qilingan) tarmoq resurslaridan foydalana oladi. " Korporativ tarmoqlarni tashkil etish|"Tashkilot bo‘linmalarining (filiallar, vakolatxonalar va h.k.lar) hududiy ajratilgan yagona tarmog‘iga (mahalliy, hududiy, xalqaro masshtabda) birlashadigan telekommunikatsiya infratuzilmasini, jumladan, umumiy foydalanishdagi telefon tarmoqlari, ma’lumotlar uzatish tarmoqlari va kompyuter tarmoqlarining vositalarini yaratish va kuzatib borish. " Korpus|"Kompyuterning mexanik qismi bo‘lib, uning barcha qolgan qismlari unga biriktiriladi. Odatda, «korpus» deganda korpus va ta’minot bloki juftligi tushuniladi. " Korpussiz integral sxema|"Muhofazalovchi qobig‘i bo‘lmagan integral sxema. Ularning chiqarilishi sharofati bilan, apparatura ishlab chiqaruvchilar o‘zlarining ko‘p mikrosxemali komplekslarini (mikroprotsessorlar, elektron xotira qurilmalari, maxsus mantiqiy modullar, mikrokontrollerlar, modemlar) yaratish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bunda ko‘p mikrosxemali kompleks avval seriyalab ishlab chiqarilgan tarkibiy qismlardan yig‘ilib, so‘ngra biror bir qobiqqa yoki boshqa muhofazalovchi korpusga joylashtiriladi. " Korreksiyalash to‘g‘risidagi xabarlar jadvali|"Tarmoqqa kiradigan stansiyalar guruhiga signallar vaqtini, chastotasi va amplitudasini korreksiyalash uchun yuboriladigan jadval. " Kortej|"Kortej bu ko‘plik nazariyasining atamasi. U bitta yoki bir nechta atributlarning yig‘imiga tegishli. " Korxona arxitekturasi|"Korxona tuzilmaviy aloqalari va jarayonlarini tavsiflash usullari to‘plami. Bu to‘plamdan axborot texnologiyalari sohasida asosan, axborot tizimlarini rejalashtirishda va ularning samaradorligini baholashda foydalaniladi. " Korxona axborot resurslarini boshqarish|"Korxonada hujjat aylanishini tartibga solishda va tez-tez uchrab turadigan har xil protseduralarni (masalan, ishchilarning kelib-ketish vaqtini nazorat qilishni) avtomatlashtirishda yordam beruvchi dasturiy ta’minot. " Korxona resurslarini rejalashtirish|"Faoliyatning barcha sohalari uchun jarayonlar va ma’lumotlarning umumiy modelini ta’minlaydigan, ixtisoslashtirilgan integratsiyalashgan amaliy dasturiy ta’minot paketi vositasida korxona resurslarini uzluksiz balanslash va optimallashga qaratilgan, ishlab chiqarish va operatsiyalarni, mehnat resurslarini boshqarishni, moliyaviy menejment va aktivlarni boshqarishni integratsiyalashning tashkiliy strategiyasi. " Korxona resurslarini rejalashtirish tizimi|"Korxonaning ishlab chiqarish va moliyaviy resurslarini hisob-kitob va nazorat qilish, rejalashtirish hamda boshqarish vazifalarini kelishilgan holda bajarishni taʼminlashga qaratilgan axborot tizimi. ERP tizimlarida taʼminlash va savdo vazifalarini bajarish odatda hisoblash vazifalaridan iborat. Bunda yetkazuvchi va isteʼmolchilar resurslarini rejalashtirish tizimlari bilan ularga o‘xshash tizimlar o‘rtasida bevosita o‘zaro ishlash mexa-nizmi mavjud bo‘lmaydi. " Kosmik nurlanish|"Manbai kosmik obyektlar boʻlgan nurlanish. " Kosmik radionurlanish|"Radioto‘lqinlar diapazonida turli samo jismlari nurlantiradigan elektromagnit to‘lqinlar. Radionurlanishning eng kuchli manbai bo‘lib, Yerga yaqinligi tufayli, Quyosh hisoblanadi. " Kosmik stansiya antennasining kuchaytirish konturi|"Yer sirti kartasida tasvirlangan, kosmik stansiyaning uzatuvchi yoki qabul qiluvchi antennalarini bir xil kuchaytiradigan berk konturlar. " (Kosmik stansiyaning) kontur nuri|"Yer sirti bilan kesishganda, shu kosmik stansiyaning qoplash zonasini takrorlaydigan, bir xil quvvat oqimi zichligiga mos keladigan liniyalar hosil qiladigan nur. " (Kosmik stansiyaning) nur maydoni|"Kosmik stansiya uzatuvchi antennasi nurining Yer yuzasi kesishish konturi bilan asosiy yo‘nalishdagi nurlanishning yarim quvvati darajasida chegaralangan Yer sirti qismi. " (Kosmik stansiyaning) xalaqit zonasi|"Yer yuzasining istalgan nuqtasida kosmik stansiyadan keladigan xalal beruvchi signal quvvatining oqim zichligi talab etiladigan sathga teng yoki undan katta bo‘ladigan qismi. " Kosmik televideniye|"Televizion texnikadan kosmosda foydalanish. " Kosmik xalaqit|"Manbai Quyosh, yulduzlar va galaktikalarning nurlanishi bo‘lgan tabiiy xalaqit. " Kosmik zond|"Kosmosda kuzatuvlar yoki o‘lchashlar olib borish uchun mo‘ljallangan kosmik kema. " Kosmos-Yer liniyasi (liniya pastga)|"Uzatuvchi kosmik stansiya va qabul qiluvchi yer stansiyasi o‘rtasidagi radioliniya. Izohlar 1. Bu atama, shuningdek, Yer usti aloqasida uzatuvchi tayanch stansiya va qabul qiluvchi ko‘chma stansiya o‘rtasida aloqa liniyasini belgilashda ishlatiladi. 2. ↓ belgisi liniya pastga bilan bog‘liq kattaliklarni harfli belgilashlarda quyi indeks sifatida ishlatiladi. " Kosmos shovqinlari|"Qabul qiluvchi antennadagi Quyosh, yulduzlar, sayyoralar, yulduzlararo muhit va b.q.larning radionurlanishi bilan shartlangan elektr fluktuatsiyalar. " Kotelnikov chastotasi, Naykvist chastotasi|"Diskretlashning, dastlabki signalni buzilishlarsiz tiklash nazariy jihatdan mumkin bo‘lgan, minimal chastotasi. Izoh – Spektri nol chastotadan boshlanadigan va maksimal chastota bilan cheklangan signal uchun Naykvist chastotasi ikkilangan maksimal chastotaga teng. " Kotib xizmati|"Abonentga barcha kiruvchi chaqiruvlarni qayta ishlash uchun boshqa telefon (kotib telefoni) tayinlash imkonini beradigan xizmat, ya’ni barcha kiruvchi chaqiruvlar avval kotib telefoniga yuboriladi va faqat kotib ushbu xizmat abonentini bevosita chaqirishi mumkin bo‘ladi. " Kraker|"Amaliy dasturiy ta’minot sohasida ixtisoslashgan xakerlarning bir turi. Krakerlarning faoliyati odatda, g‘arazli maqsadlarga yo‘naltirilgan va «begona» axborotdan, jumladan, konfidensial axborotdan ruxsat etilmagan tarzda foydalanish bilan bog‘liq. " Kredit kartochka|"Bank tizimlarida keng tarqalgan magnit kartochka. Bankomatlarda, savdo va xizmat ko‘rsatish tashkilotlarining kassa apparatlarida kartochkaning egasini aniqlash uchun ishlatiladi. Har qaysi bunday kartochka o‘zining «shaxsiy identifikatsiya tartib raqami» (PIN) ga ega bo‘lib, u uning egasiga biriktiriladi. " Kredit kartochkalar avtomatik xizmati|"Maxsus jihozlangan telefon apparatiga kredit kartochkani kiritish yo‘li bilan yoki kartochkaning raqamini terish orqali so‘zlashuv uchun to‘lov amalga oshiriladigan xizmat. So‘zlashuv uchun hisob bunday kredit kartochkaning egasiga yuboriladi. " Kredit muassasa|"Faoliyati, cheklanmagan doiradagi shaxslardan depozitlar yoki boshqa, qaytarilishi zarur pul mablag‘larini qabul qilish va o‘z hisobidan kreditlar taqdim etishdan iborat bo‘lgan korxona. " Kreker|"Xakerning Internetda qabul qilingan nomlanishi. Tarmoqda haqorat so‘zi hisoblanmaydigan «xaker» so‘zidan farqli, aynan qo‘poruvchi (sindiruvchi – «yomon odam»). " Kreking|"Kompyuter tizimiga yoki tarmoqqa suqulib kirish harakati. " Kremniyli kompilyator|"Mikrosxemalar topologiyasini avtomatlashtirilgan tarzda loyihalash uchun mo‘ljallangan kompilyator-dastur. " Kriptoalgoritm|"Algoritm, uning yordamida dastlabki xabar (ochiq matn)ni belgilarning shifrlangan ketma-ketligiga mantiqiy qayta o‘zgartirish amalga oshiriladi. " Kriptobardoshli gamma|"Ma’lum qismi bo‘yicha uning boshqa qismlarini aniq-lash va uni ishlab chiqish algoritmini to‘liq tiklash mumkin bo‘lmagan gamma. " Kriptobardoshli xabar|"Kriptografik kalitni bilmasdan turib, deshifrovka qilish mumkin bo‘lmagan xabar. " Kriptografik algoritm|"1. Axborotni buzib ko‘rsatish imkoniyatining oldini olish va ruxsatsiz foydalanishdan muhofaza qilish maqsadida axborot (ma’lumotlar)ni o‘zgartirishning matematik algoritmi. 2. O‘z ishida, odatda, ochiq matbuotda e’lon qilinadigan maxfiy va ochiq parametrlar to‘plamidan foydalanadigan ma’lumotlarni o‘zgartirish algoritmi. 3. Kriptografik funksiyalardan birini hisoblashni amalga oshirish algoritmi. " Kriptografik bardoshlilik|"1. Shifrning, kalitni bilmasdan turib axborotni rasshifrovka qilishga bardoshliligini belgilovchi xarakteristikasi. 2. Kriptografik tizimning, jinoyatkorning kalitni, ochiq xabarni olish yoki yolg‘on xabarni kiritish maqsadida qiladigan hujumlariga qarshi tura olish qobiliyatini tavsiflovchi xossasi. 3. Kriptografik algoritmning kriptotahlilga bardoshliligi. " Kriptografik blok|"Berilgan kriptoalgoritm uchun qat’iy o‘lchamdagi ma’lumotlar to‘plami bo‘lib, ular kriptoalgoritm ishining bir siklida qayta ishlanadi. " Kriptografik ilashish|"Kriptografik algoritmdan foydalanish rejimi, bunda o‘zgartirish oldingi kirish yoki chiqish ma’lumotlari qiymatlariga bog‘liq bo‘lgan algoritm tomonidan amalga oshiriladi. " Kriptografik kalit|"Kriptografik algoritmning parametrlari to‘plamining muayyan maxfiy qiymatlari bo‘lib, bu algoritm uchun mumkin bo‘lgan o‘zgartirishlar majmuidan bittasi tanlanishini ta’minlaydi. Kriptografik kalit shifrlash va shifrni ochish (deshifrlash) protseduralarini boshqaradi. " Kriptografik muhofaza qilish|"1. Axborot jarayonlarini ma’lumotlarni kriptografik o‘zgartirishlarga asoslangan, normal kechish sharoitlaridan og‘dirishga mo‘ljallangan urinishlardan muhofaza qilish. 2. Axborotni undan ruxsat etilmagan tarzda foydalanish va kriptografik o‘zgartirishlar algoritmlari yordamida o‘zgartirishdan muhofaza qilish. Izoh – Masofadan bank xizmatini ko‘rsatish tizimlarida kriptografik muhofaza qilish uchun elektron raqamli imzodan va uzatiladigan axborotni shifrlashdan foydalaniladi. " Kriptografik nazorat kattaligi|"Ma’lumotlar blokini kriptografik o‘zgartirish natijasida olinadigan axborot. " Kriptografik nazorat qiymati|"Ma’lumotlar blokini kriptografik qayta o‘zgartirishda aniqlanadigan va uzatiladigan axborotning yaxlitligini nazorat qilish uchun mo‘ljallangan axborot. " Kriptografik protokol|"1. Algoritm, uning vositasida ikki yoki undan ortiq tomon qandaydir axborotni almashinadi va almashinadigan axborotning xavfsizligi kafolatlanadi. Bunday algoritm kriptografik o‘zgartirishlardan foydalanadi va odatda, ochiq kalitli kriptografiyaga asoslanadi. 2. Kriptoalgoritmdan va shifrlash kalitlaridan foydalanishni belgilaydigan qoidalar va protseduralar to‘plami. 3. Kriptografik algoritmlardan foydalangan holda, ikki va undan ko‘p tomonning o‘zaro ishlashini ko‘zda tutuvchi protokol. " Kriptografik tahlil|"1. Shifrni yoki har qanday boshqa shakldagi kriptografiya obyektining sirini ochish san’ati va ilmi. 2. Kalitni bilmasdan turib shifrlangan matndan dastlabki matnni olish yoki dastlabki matn va shifrlangan matn bo‘yicha kalitni hisoblab chiqarish jarayoni. " Kriptografik tekshiruv|"Kriptografik o‘zgartirish yordamida axborot olish jarayoni. " Kriptografik tizim|"1. Ochiq matnni shifrmatnga va aksincha o‘zgartiradigan qayta o‘zgartirishlarning kalit yordamida tanlab olinadigan turkumi. 2. Axborotning kriptografik qayta o‘zgartirilishini va kalitlarni taqsimlash jarayoni boshqarilishini ta’minlovchi texnik va/yoki dasturiy vositalar, tashkiliy usullarning majmui. " Kriptografik uskuna|"Kriptografik algoritmlarni amalga oshiruvchi, shifrlash, rasshifrovka qilish, shifr kalitlarni tayyorlash, ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishdan muhofaza qilish va axborotni uzatish, qayta ishlash va saqlashda muhofaza qilish uchun mo‘ljallangan apparat, dasturiy-apparat, dasturiy kompleks va vositalar. " Kriptografik vositalar|"1. Axborotni kriptografik o‘zgartirishlardan foydalaniladigan, axborot xavfsizligini ta’minlashning usullsri hamda vositalari. 2. Kriptografik tizim funksiyalarini bajarish uchun mo‘ljallangan hujjatlar, mexanik, elektromexanik, elektron texnik qurilmalar yoki dasturlar ko‘rinishidagi vositalar. " Kriptografik o‘zgartirishlar|"Ma’lumotlarni shifrlash va deshifrlash operatsiyalarining majmui, shuningdek, shifr almashganda ma’lumotlarni qayta shifrlash. " Kriptografiya|"1. Ma’lumotlarning semantik mazmunini yashirish, ulardan ruxsat etilmagan tarzda foydalanish yoki ularning aniqlab bo‘lmaydigan o‘zgartirilishini oldini olish maqsadida, ma’lumotlarni o‘zgartirish prinsiplari, vositalari va usullarini, qamrab oluvchi fan. 2. Ma’lumotlarni telekommunikatsiyalar kanallari orqali uzatishda yoki saqlashda, ularning maxfiyligi va/yoki haqiqiyligini ta’minlash usullari to‘g‘risidagi fan. 3. Axborotni tushunarsiz ko‘rinishga keltirish prinsiplari, vositalari va usullari, shuningdek, uni qabul qilish uchun yaroqli ko‘rinishga qayta tiklash. " Kriptografiya uchun API|"Kriptografiya va elektron imzo bilan ishlash uchun mo‘ljallangan dasturiy interfeys. Xabarlarni kodlash/dekodlash bibliotekalarini o‘zida saqlaydi. " Kriptologiya|"Axborotni xavfsiz saqlash va aloqa kanallari bo‘ylab uzatish tizimini yaratish hamda tahlil qilish to‘g‘risidagi fan. Kriptologiya ikki qismga – kriptografiya va kriptotahlilga bo‘linadi. " Kriptotahlil|"1. Ta’sirchan axborotni, jumladan, ochiq matnni olish maqsadida, kriptografik tizimni va/yoki uning kirishlari hamda chiqishlarini tahlil qilish. 2. Ma’lumotlarni ochish va/yoki qalbakilashtirish usullari to‘g‘risidagi fan. 3. Yashirin o‘zgaruvchan yoki haqiqiy ma’lumotlarni, jumladan, dastlabki matnni ajratish maqsadida xabarlarni muhofaza qilish tizimini o‘rganish va/yoki uning kirish va chiqish xabarlarini tekshirish. " Kriptotizim|"1 Shifrlash yoki deshifrlashni ta’minlashda foydalaniladigan hujjatlar, qurilmalar, uskunalar va usullar majmui. 2 Axborotning kriptografik o‘zgartirilishini va/yoki kriptografik kalitlarni tayyorlash va taqsimlash jarayoni boshqarilishini, jumladan, avtomatlashtirilgan tarzda, ta’minlovchi tashkiliy, texnik va dasturiy vositalar majmui. " Kriptotizimni buzish, ochish|"Kriptotizim bilan muhofaza qilingan axborot jarayonining uning normal (shtat) kechish sharoitlaridan og‘ishini keltirib chiqarish imkonini beradigan protsedurani yuzaga keltirish. " Kriptovalyuta|"1. Raqamli tranzaksiyalar reyestrini yuritish qoidalariga muvofiq, ushbu reyestr ishtirokchilari tomonidan raqamli tranzaksiyalarning taqsimlangan reyestrida yaratilgan va hisobga olingan raqamli moliyaviy aktiv turi. 2. Hisobga olinishi markazlashtirilmagan, raqamli hisoblash birliklari. Izohlar 1. Bunday tizimlarning ishlashi taqsimlangan kompyuter tarmog‘i yordamida yuz beradi. Bunda tranzaksiyalar to‘g‘risidagi axborot shifrlanmaydi, undan ochiq ko‘rinishda foydalanish mumkin. 2. Tranzaksiyalar bloklari zanjiri bazasining doimiyligini ta’minlash uchun, kriptografiya elementlari (ketma-ket xeshlash, ochiq kalitli tizim asosidagi raqamli imzo)dan foydalaniladi. " Kritik (maxfiy) bo‘lmagan axborot|"1. Ochilishdan muhofaza qilishga ehtiyoj bo‘lmagan axborot. 2. Davlat, xizmat, tijorat sirlarini yoki shaxsiy sirni ichiga olmaydigan, ochiq matbuotda e’lon qilinishi mumkin bo‘lgan axborot. " Kritik radionurlanish chastotasi|"Radionurlanishning eng katta chastotasi, bunda vertikal yo‘nalgan radioto‘lqin ionosferaning ionlashgan qatlamidan qaytadi. " Kritik refraksiya|"Ijobiy atmosfera refraksiyasi, bunda nurning egri radiusi yer sharining radiusiga teng, toʻlqini esa yer sirtiga parallel harakat qiladi. " Kritik seksiya|"Bir nechta jarayon bilan parallel bajarilishi mumkin bo‘lgan va barcha jarayon uchun ayrim umumiy resurslardan – masalan, global xotira sohasi yoki umumiy fayldan foydalana olishni amalga oshiradigan kod. " Kritik seksiyalar bo‘yicha jarayonlarni sinxronlash|"Jarayonlarni parallel bajarish rejimini ta’minlash, bunda, agar bitta jarayon o‘zining kritik seksiyasiga kirgan bo‘lsa, u tugamaguncha boshqa hech qaysi jarayon o‘zining kritik seksiyasiga bir vaqtda kira olmaydi. " Kritik soha|"Sinxronlash uchun, ajratiladigan resurslar va konstruksiyasini tasvirlashga asoslangan, umumiy resurs bilan ishlashda o‘zaro bartaraf qilishni ta’minlaydigan yuqori darajali konstruksiya. " Kritik chastota|"Eng kichik chastota, bunda uzatish liniyasida shunday turdagi toʻlqin tarqalishi mumkin boʻladi. " Kross|"Bog‘lanish kommutatsion shnurlar yoki tutashtirgichlar yordamida amalga oshiriladigan, oddiy turdagi kommutatsiyalanadigan qurilma. " Kross-brauzerlik|"Veb-saytning turli brauzerlarda bir xil, yaʼni tuzilishi buzilmasdan va materialning o‘qilishi darajasi o‘zgarmasdan aks ettirilishi va ishlay olish xususiyati. " Kross-dastur|"Ekstratarmoqlar foydalanuvchilari uchun ishlab chiqiladigan dastur. Bu amaliy dasturlar odatdagilardan shu bilan farq qiladiki, ular muayyan amaliy tizimlar bilan emas, balki operatsion tizimlar yig‘masi bilan ishlashi mumkin. Shu sababli, kross-dasturlarni ishlatganda, turli ishlab chiquvchilarga umumiy bo‘lgan standartlarni qo‘llash zarur. " Kross-modulyatsiya|"Boshqa xalaqit beradigan signal bilan modulyatsiyalash yoki foydali signal uzatiladigan eltuvchi chastota xalaqiti natijasida paydo boʻladigan intermodulyatsion buzilishlar. " Kross-qutblanish|"Elektromagnit to‘lqin tarqalish jarayonida kutilayotgan qutblanishga ortogonal bo‘lgan tashkil etuvchi qutblanishning paydo bo‘lishi. " Kross-qutblanish koeffitsiyenti|"Qabul qilish nuqtasidagi, kutilgan qutblanish bilan qabul qilingan quvvatning ortogonal qutblanish bilan qabul qilingan quvvatga nisbati. Izoh – Kross-qutblanish koeffitsiyenti antennalar xarakteristikalari kabi, tarqalish muhitiga ham bog‘liq. " Kross-qutblanish seleksiyasi|"Chiziqli qutblangan toʻlqin uchun XPD = 20 log (E1/E2) tarzida aniqlanadigan koʻrsatgich boʻlib, bunda E1 – mos tushuvchi (foydali) qutblanishga ega elektromagnit toʻlqinning tashkil etuvchisi, E2 – ortogonal (xalaqit beruvchi) qutblanishga ega toʻlqinning kross-qutblanishli tashkil etuvchisi. " Kross-qutblanishni ajratish|"Ushbu qutblanishdan uzatilgan radioto‘lqin uchun ortogonal qutblanish bilan qabul qilingan quvvatga kutilayotgan qutblanish bilan qabul qilingan quvvatning qabul qilish nuqtasidagi nisbati. Izoh – Kross-qutblanish koeffitsiyenti, antennaning xarakteristikasi kabi, tarqalish muhitiga ham bog‘liq. " Kross-tizim|"Dasturlar yaratish imkoniyati bo‘lmagan va tayyor dastur «tikiladigan» ixtisoslashtirilgan kompyuterlar uchun dasturlar ishlab chiqish imkonini beradigan dasturiy vosita (universal kompyuterdagi). " Krosslash|"Tarmoqning ikkita oxirgi (terminal) qurilmasi o‘rtasida o‘rnatiladigan vaqtinchalik bog‘lanish, odatda, kommutatsion shnurlar yordamida ta’minlanadi. " Krossli kommutatsiya|"Ma’lumotlarning bitta xabarini uzatish uchun zarur bo‘lgan ortiqroq vaqtda va ma’lumotlar xabarini takroran uzatishda o‘rnatilgan bog‘lanishni saqlaydigan ma’lumotlar uzatish kanallarining kommutatsiyasi. " Kross-platformali dasturiy ta’minot|"Bittadan ko‘p apparat platformada va/yoki operatsion tizimda ishlaydigan dasturiy ta’minot. Bir vaqtda Linux hamda Windows operatsion tizimlarida ishlash uchun mo‘ljallangan dasturiy ta’minot bunga tipik misol bo‘la oladi. " Kross-platformalilik|"Ishlanmani joriy qilish platformasi bilan mos tushmaydigan instrumental platformada olib borish mumkinligi. " Kruk kriptotizimi|"Xatolarni tuzatuvchi kodlarga asoslangan kriptotizim. Unda Mak Ellis kriptotizimining kamchiliklari bartaraf qilingan. " Kuki|"Foydalanuvchi brauzerini, veb-serverga tashrif buyurganda veb-server qo‘yib chiqadigan belgidan iborat maʼlumotlar (katta bo‘lmagan blok). Foydalanuvchi keyin tashrif buyurganda, server bu yerda uni avval bo‘lganini biladi. Shuni hisobga olib, masalan, o‘tgan gal ko‘rsatgan bannerni bu gal unga ko‘rsatmaydi. Takomillashgan tizimlarda, kuki (cookies) texnologiyasi yordamida tashrifchining qiziqishlarini o‘rganib, uning har tashrifida tegishli reklamani ko‘rsatish mumkin. Avvalgi iz, misol uchun loginlarni, onlayn do‘kon savati maʼlumotlarini va boshqalarni eslab qolishga qodir. " Kulrang darajasi|"Videosignalning qora daraja va oq daraja o‘rtasidagi oraliq darajasi. " Kulrang shkalasi|"Bir vaqtning o‘zida aks ettirilayotgan kulrang qatlamlar soni. " Kundalik|"Operatsion tizim yoki ilova tomonidan tizim hodisalarining qayd etilishi yoki protokoli yuritiladigan fayl. " Kursor|"Kompyuter tizimi monitoriga chiqariladigan va berilgan onda foydalanuvchi ishlaydigan joyni ko‘rsatadigan maxsus belgi. " Kursor o‘rnini tiklash|"Win32-Console-ANSI-1.00 modulining «sichqoncha» harakati uchun o‘tish ketma-ketliklarining biri, SCP (Save Cursor Position – kursor o‘rnini saqlovchi) yordamida saqlangan kursor o‘rnini koordinatalardan foydalangan holda qaytaradi. " Kursorni boshqarish klavishlari|"Klaviaturadagi, kursorning ekranda surilishini boshqarish uchun mo‘ljallangan klavishlar guruhi. " Kuryerlik jo‘natmalari|"Jo‘natilishi qisqa muddatlarda qo‘ldan qo‘lga yetkazib berilgan (topshirilgan) holda amalga oshiriladigan pochta varaqchalari, xatlar, banderollar, posilkalar, bosma nashrlar. " Kuryerlik xizmatlari|"Pochta aloqasi operatori yoki provayderining kuryerlik jo‘natmalarini jo‘natish va yetkazib berish (topshirish) bo‘yicha faoliyati. " Kutilayotgan|"Ba’zi voqealarning (masalan, kiritish-chiqarishni tugatish) sodir bo‘lishini kutayotgan jarayon holati. Jarayon kutish vaqtida protsessorni band qilmaydi. " Kutish holati|"1. Protsessor ishidagi, bitta yoki bir nechta komanda taktlari orasidagi pauza. Bu pauza mobaynida xotiradan yoki kiritish qurilmasidan ma’lumotlar kelishi kutiladi. 2. Vazifa yoki jarayonning keyinchalik bajarilishi kutiladigan holat. " Kutish rejimi|"Ko‘p vazifali operatsion tizimlarda – topshiriq bajarilishini qandaydir voqea yuz bergungacha yoki belgilangan vaqt intervaliga to‘xtatib turish. " Kutish sikli|"Qandaydir tashqi shart bajarilgunga qadar yoki voqeagacha, masalan, foydalanuvchining harakatigacha bajariladigan dasturiy sikl. " Kutish vaqti (javobni)|"1. Radiostansiyadan so‘rov uzatilishi va aloqa seansi boshlangan onlar o‘rtasidagi vaqt intervali. Foydalana olish vaqti aloqani tashkil etish sxemasi va ishlatiladigan protokollarga bog‘liq bo‘ladi. 2. Mobil stansiya o‘z so‘roviga javob xabarni kutadigan vaqt intervali. " Kuydirish|"Kompakt diskka yozish. " Kuzatish|"1. Yangiliklar turkumini, ularning muhokamasida ishtirok etmasdan, o‘qish. 2. O‘rganilayotgan obyekt o‘zgarishlarini maqsadli yo‘naltirilgan va tashkiliy idrok qilish va qayd qilishdan iborat tadqiqiot usuli. " Kuzatish moslamasi|"Operatorga sahnani kamera «kuzatganidek» ko‘rish imkonini beradigan uzatuvchi televizion kameraning tarkibiga kiradigan yordamchi optik yoki elektron qurilma. " Kuzatmoq, taqqoslamoq|"Eng kam talabchanlik bilan ikkita mantiqiy obуekt o‘rtasidagi muvofiqlikning norasmiy tahlilini bajarish. " Kuzatuvchi|"1. Yashirin ko‘rib chiqish bilan shug‘ullanuvchi odam. 2. Elektron e’lonlar taxtasidagi xatlarni o‘quvchi, lekin ularning muhokamasida ishtirok etmaydigan va u yerga o‘zining xatlarini yubormaydigan shaxs. " Kuzatuvchi dastur|"Real vaqt rejimida muntazam ravishda obyekt (obyektlar) holatini kuzatib boradigan dastur yoki operatsion tizim xizmati. " Kuzatuvchi jurnali|"Foydalanuvchi kirgan sayt sahifalarining sanasi, kirgan domeni bo‘yicha tartiblangan ro‘yxati. Bu foydalanuvchini Internetda ishlashini osonlashtirish uchun xizmat qiladi. " Kuchayishni avtomatik rostlash|"Qabul qilgichning bitta yoki bir nechta kaskadini qamrab oladigan teskari bog‘lanish zanjiri yordamida qabul qilinadigan signal darajasini avtomatik o‘zgartirish jarayoni. " Kuchaytirgichli antenna|"Kam shovqinli kuchaytirgich o‘rnatilgan antenna. " Kuchaytirish|"Paketga bitta yoki bir nechta talabni qo‘shish. " Kuchli autentifikatsiya|"Foydalanuvchining identifikatori va parolini tekshirish jarayonidan tashqari barcha autentifikatsiya qilinadigan axborotni kriptografik o‘zgartirishdan foydalananiladigan autentifikasiya. " Kuchli bog‘langan tizim|"Ko‘p mashinali hisoblash tizimidan yoki bir xil yoki turli qurilmalardan iborat bo‘lgan tarmoqdan farqli ravishda, umumiy tezkor xotira maydoniga ega ko‘p protsessorli hisoblash tizimi yoki klaster. " Kuchli tinishlar|"Signalning anchagina susayishi bilan davom etadigan chuqur tinishlar, bunda ishonchli signallarning barqaror qabul qilinishi qiyinlashadi. " Kuchsiz autentifikatsiya|"Autentifikatsiya qilish jarayonini amalga oshiruvchi foydalanuvchining faqat identifikatori va parolini tekshirish. " Kvadratura-amplitudaviy modulyatsiya|"Faza bo‘yicha siljitilgan ikkita eltuvchidan foydalaniladigan radiochastotali signalni raqamli signal bilan modulyatsiyalash usuli. Amlituda va fazaning realizatsiya qilinadigan diskret qiymatlari soni ushbu modulyatsiya turning belgilanishida ko‘rsatiladi, masalan, 16-QAM yoki 64-QAM. " Kvadratura-fazaviy manipulyatsiya|"Bir-biriga nisbatan 90° ga surilgan ikkita eltuvchining ikkita fazaviy holati (0 va 180°) dan foydalanadigan modulyatsiyalash turi. " Kvadratura-ko‘zguli filtr|"M-seksiyali raqamli polosa filtri. Berilgan polosalar chastotasini har bir qismidagi signalni bir vaqtda pasayuvchi diskretizatsiylash bilan teng 2m qismga bo‘ladi. " Kvadratguraviy o‘zaro kesishuvchi buzilishlar|"Rangli televideniye tizimlarida rangli tashkil etuvchilar quyi eltuvchining kvadratura amplitudaviy modulyatsiyasida uzatiladigan, kvadraturaviy buzilishlar bilan asoslagan ranglilik signalining ikkita tashkil etuvchilari o‘rtasidagi kesishuvchi xalaqit tufayli sodir bo‘ladigan buzilishlar. " Kvant|"Diskret fizik kattalik, masalan, signal o‘zgarishi mumkin bo‘lgan eng kam kattalik. " Kvant axborot nazariyasi|"Kvant axborotining vujudga kelishi, uni qayta ishlash, uzatish va saqlash jarayonlarini ifodalovchi futuristik nazariya. Bu axborot ustidagi operatsiyalar bitlar sifatida elementar zarrachalar holatini ishlatish yo‘li bilan amalga oshiriladi. " Kvant kompyuter|"Kvant fizikasiga asoslangan, determinatsiyalanmagan algoritmlarni amalga oshira oladigan hisoblash qurilmasi. " Kvant kriptografiyasi|"Kvant fizikasi prinsiplaridan foydalanishga asoslangan kriptografik mexanizm. Xabarlarni uzatish uchun fotonlardan foydalaniladi, bu kriptoanalitik tomonidan axborotni o‘zgartirish yoki uni uzatish jarayonini buzish mumkin bo‘lmasligini kafolatlaydi. Hozirgi vaqtda kvant kriptografiyasi qo‘llanilmaydi; faqat eksperiment sifatida ishlatiladi. " Kvantlagich|"Analog signalni raqamli signalga aylantirish uchun mo‘ljallangan qurilma. Izoh − Kvantlagich, signalni vaqtning diskret momentlarida, kattaligi jihatidan eng yaqin bo‘lgan raqamli qiymatlar orqali approksimatsiyalaydi va keyinchalik bu qiymatlarni xotirada saqlab qoladi. Ko‘proq, bir tekis simmetrik amplitudaviy xarakteristikaga ega bo‘lgan kvantlagichlar ishlatiladi. " Kvantlangan sanoq|"Analog signalning diskret vaqt onida olingan va qatʼiy kattalikkacha yaxlitlangan qiymati. " Kvantlash|"Fizik kattalikni qiymatlarning muayyan to‘plamigacha cheklash jarayoni. " Kvantlash darajasi|"Sanoqlar «bog‘lanadigan» qayd etilgan darajalar. " Kvantlash xatosi|"Chiqish (kvantlangan) va kirish (analog) signallari shakllarining muvofiq kelmasligi keltirib chiqaradigan xato. Kvantlash qadami kattaligiga va diskretlash chastotasiga bog‘liq. " Kvantlash shovqini|"Kvantlash jarayonida yuzaga keladigan hamda additiv tarzda tiklangan foydali signal bilan qo‘shiladigan qo‘shimcha shovqin signal. Bu xil buzilishlarni bartaraf etib bo‘lmaydi, lekin uning kattaligini kvantlash darajalari sonini oshirish yoki kvantlash qadamini kichiklashtirish yo‘li bilan kamaytirish mumkin. Kvantlashda tasodifiy shovqindan tashqari, o‘ta yuklanishdagi shovqin, parchalash shovqini kabi signalning qator spetsifik buzilishlari, shuningdek, kvazidoimiy darajali signallarni uzatishda vujudga keladigan buzilishlar paydo bo‘ladi. " Kvantlashning buzilishi|"Chiquvchi signalni kvantlash jarayoni natijasida signalning buzilishi. Izohlar 1. «Kvantlashning buzilishi», «kvantlash shovqini» atamalaridan foydalanish, odatda, kvantlash ishchi diapazoni doirasidagi hodisalar bilan cheklangan. 2. «Kvantlash shovqini» atamasi, buzilish odatda, axborotni eltuvchi signal ustidagi tasodifiy signal ko‘rinishida kuzatilishi tufayli, qo‘llaniladi. " Kvazi-stereoskopik televideniye|"Har bir ko‘zga monoskopik tasvirdan hosil qilingan alohida tasvirlar taqdim etilgan uch o‘lchamli televideniye. Izoh – Kvazi-stereoskopik televizion tasvir sun’iy parallaksni kiritish yo‘li bilan, masalan, alohida tasvirlarni nisbiy siljitish yo‘li bilan olinishi mumkin. " Kvintet|"Beshta komponent − RAND, XRES, CK, IK va AUTN dan tashkil topgan, UMTS dagi autentifikatsion vektor. Kvota ing. - quota Ajratilgan resurs limiti. " Kvota chegarasi|"Kvotaning maksimal hajmi, kvotaning tugash nuqtasi. Kyubit, kubit rus. - кьюбит, кубит ing. - qubit Kvant hisoblash texnikasida axborotning eng kichik bo‘lagi. " «Ko‘k ekran»|"Obyekt yorqinlik maydoni fonida olinadigan usul. So‘ngra, fotografik yoki elektron usul yordamida ko‘k rang fon tasvirga almashtiriladi («chroma-key» effekti). Buning natijasida boshlang‘ich obyekt shu fonda tasvirga olingan, degan tasavvur paydo bo‘ladi. " Ko‘lamlilik|"Tizim yoki uning alohida qismlarining, tizimning o‘zining alohida parametrlari kamayishiga yoki oshishiga moslasha olish imkoniyatini tavsiflaydigan xossasi. Masalan, Windows 95 operatsion tizim turli o‘lchamdagi displeylardan foydalanilganda bir xil tashqi ko‘rinishni ta’minlaydigan keng ko‘lamlanadigan foydalanuvchi interfeysiga ega. " Ko‘ndalang nurlanishli antenna panjarasi|"Markazlari bitta o‘qqa joylashtiriladigan, sinfazali nurlantiruvchi elementlarning jamidan tashkil topgan antenna panjarasining turi. " Ko‘p darajali kriptografiya|"Simmetrik kriptotizimlar uchun kriptografik kalitlarni tuzishning maxsus usulidan iborat mexanizm. Ushbu mexanizmni amalga oshiruvchi kriptotizim, keyingi kalitlarning barchasini tanlash ma’lum qonunga bo‘ysunishi kerak bo‘lgan vaqtda birinchi kriptografik kalit ixtiyoriy tanlanishi mumkin bo‘lgan tarzda, tuzilgan. " Ko‘p darajali qurilma|"Kompyuter xavfsizligining buzilish riski bo‘lmagan holda, ikki yoki undan ko‘p xavfsizlik darajasidagi ma’lumotlarni bir vaqtning o‘zida qayta ishlay olishi mumkin bo‘lgan funksional blok. " Ko‘p darajali xavfsizlik|"Kritiklik darajasi turlicha bo‘lgan axborotni o‘z ichiga olgan tizimlar toifasi. " Ko‘p dasturli rejim|"Kompyuter yoki hisoblash majmui tomonidan bir paytning o‘zida bir necha vazifani yechish. Uning turlaridan biri taqsimlangan vaqt rejimi, boshqasi – vazifaning paketli yechilishi, yaʼni hisoblash qurilmalarini to‘la yuklash maqsadida vazifalarning tanlab guruhlarga birlashtirilishi. " Ko‘p faktorli autentifikatsiya|"Foydalanuvchini bir nechta mustaqil faktor (biometrik ma’lumotlar, u biladigan hamda u ega bo‘lganlar) asosida autentifikatsiya qilish. Izoh – Ko‘p faktorli autentifikatsiya tashkilotga autentifikatsiya qilishning turli usullaridan (bir martalik parollar, sertifikatlar, kontekst va boshqalar) foydalanish asosida foydalana olishning barqaror tizimini amalga oshirish imkonini beradigan moslashuvchan yondashuvni o‘zida ifodalaydi. " Ko‘p foydalanuvchili muhit|"Telekonferensiya turlaridan biri. Virtual voqeiylikni yaratuvchi kompyuter dasturi, unda foydalanuvchi turli holatlarni amalda qo‘llashi mumkin. " Ko‘p foydalanuvchili tizim|"Bir vaqtda bir nechta foydalanuvchi ishlay olishi mumkin bo‘lgan kompyuter tizimi. " Ko‘p funksiyali printer|"Faks, skaner va nusxa ko‘chirish apparati rejimlarida ishlaydigan printer. " Ko‘p funksiyali qurilma|"Bir necha vazifani bajaruvchi qurilma. Har biri printer, skaner, faks apparati, nusxa olish apparati bo‘lgan qurilmalar ayniqsa keng tarqalgan. " Ko‘p kanalli kuchaytirgich (jamoaviy qabul qiluvchi antenna uchun)|"Bitta radioeshittirish diapazonida joylashgan tovush va tasvirning bir nechta radioeshittirish kanallarida ishlash uchun loyihalashtirilgan kuchaytirgich. " Ko‘p karrali tasvirlar (to‘liq tasvir signali)|"Ko‘p martali tasvirlar apparaturada signallarning ko‘p nurli uzatilishi yoki qaytarilishi oqibatida vaqt bo‘yicha asosiy tasvirdan siljigan tasvirlarni o’zida ifodalaydi. " Koʻp kirishli antenna panjarasi|"Koʻp kirishli antenna panjarasiga ega boʻlgan va bir nechta korrespondentlar bilan aloqaning turli chastota kanallari orqali signallarni bir vaqtda mustaqil uzatishni va/yoki qabul qilishni ta’minlaydigan antenna-fider qurilmasi. " Koʻp kirishli antenna panjarasining kirishi boʻyicha berilgan yoʻnalishdagi kuchaytirish koeffitsiyenti|"Ideal moslashgan yarimto‘lqinli vibrator kirishidagi quvvat qiymatining ko‘pkirishli antenna panjarasining ushbu kirishiga keltirilgan yo‘qotishlarsiz quvvat qiymatiga nisbati, bunda ikkala antenna ham berilgan yo‘nalishda bir xil masofada maydon kuchlanganligining teng qiymatlarini yoki quvvat oqimi zichligining xuddi shunday qiymatlarini hosil qilishi va panjaraning qolgan kirishlari moslashgan yuklamalarga ulanishi kerak. " Ko‘p konturlilik|"Asosiy tasvirga nisbatan aralash bo‘lgan pozitiv yoki negativ qo‘shimcha tasvirlar ketma-ketligi. " Ko‘p kristalli integral sxema|"Bitta korpusda joylashgan va o‘zaro bog‘langan kristallar guruhidan iborat integral sxema. Kristallar bitta taglikda joylashgan bo‘lib ko‘p qatlamli yupqa tasmali bog‘lovchi chiziqlar yordamida o‘zaro ishlaydi. Albatta, ishlatiladigan kristallar korpussizdir. Ko‘p kristalli modullarda o‘zaro bog‘lanishlar uzunligi bosma plataga qaraganda ancha kichkina bo‘lishi sababli, modullar ishlaydigan tezliklar gigagers chastotalarga yetib borgan. Ko‘p kristalli modular avvalo katta kompyuterlarda qo‘llanilgan. Endilikda esa ular shaxsiy kompyuterlarda ishlatiladi. Bu maʼlumotlarni qayta ishlash tezligini oshirish imkonini beradi. " Ko‘p kristalli modul|"Analog va raqamli komponentlarni ichiga oladigan mikrosxema. " Ko‘p liniyali ulanish|"Oxirgi abonent uskunasini bir qancha alohida kirish liniyalari orqali ATSga ulash. O‘xshash tarzda, ishchi stansiyani tarmoq adapterlari yordamida lokal tarmoqning bir nechta bog‘lamasiga ulash amalga oshiriladi. " Ko‘p manzilli tarqatish|"Xabarlarni bitta emas, bir nechta foydalanuvchiga jo‘natish. Natijada xabarni bir vaqtning o‘zida oluvchi maydonida sanab o‘tilgan bir nechta foydalanuvchilar oladi. " Ko‘p manzilli xabar|"Bittadan ko‘p manzilga yuborish uchun mo‘ljallangan xabar. " Ko‘p mashinali hisoblash tizimi|"Bir nechta birlashtirilgan kompyuterdan iborat va yagona hisoblash tizimi sifatida ishlaydigan hisoblash kompleksi. " Ko‘p modali optik tola|"Yorug‘lik ko‘plab yo‘l (modda) bo‘ylab o‘tadigan optik to‘lqin o‘tkazgich. Tola gradiyentli yoki bosqichli sinish ko‘rsatgichiga ega bo‘lishi mumkin. " Ko‘p nuqtali bog‘lanish|"Tarmoq uskunasining aynan bitta komplekti yordamida, uchta yoki undan ortiq stansiyani bog‘lash. " Ko‘p nuqtali; ko‘p punktli|"Uchta va undan ortiq qurilma yoki stansiya o‘rtasida, kommutatsiya vositalarini qo‘llamasdan turib, umumiy resurslardan foydalangan holda bog‘lanish o‘rnatish imkoniyati. " Ko‘p nuqtali liniya|"Bitta yoki bir nechta oraliq stansiyadan foydalangan holda, ikkita yoki undan ko‘p aloqa punktini bog‘laydigan ma’lumotlarni uzatish liniyasi. " Ko‘p nurli|"Ultraqisqa to‘lqinlar diapazonidagi qabulda qabul qilgich va uzatgich o‘rtasida signalning ikki va undan ko‘p tarqalish yo‘li. Bu hodisa radiosignallarning to‘siqlardan qaytishi natijasida kelib chiqadi. " Koʻp nurli antenna|"1. Har biri ma’lum geografik hududga xizmat qilish uchun yoʻnaltirilgan kơplab nurlarning shakllanishini ta’minlaydigan antenna. 2. Bir nechta mustaqil kirishlari bo‘lgan antenna, (ularning har biriga o‘zining nuri (parsial yo‘nalganlik diagrammasi) mos keladi). " Koʻp nurli antenna panjarasi|"Bir nechta nurlarni (ularning soni uning kirish va/yoki chiqish soniga teng) shakllantiradigan antenna panjarasi. " Koʻp nurli signal|"Uzatgichdan qabul qilish nuqtasiga turli yoʻllar (nurlar) orqali keladigan, amplitudasi, boshlangʻich fazalari hamda Doppler chastota siljishi turlicha boʻlgan signallarning vaqt boʻyicha siljigan bir nechta nusxalarini oʻzida ifodalaydigan signal. " Koʻp nurli tarqalish|"1. Bitta radiosignalning tarqalishning bir nechta alohida trassalari bo‘ylab uzatish nuqtasi va qabul qilish nuqtasi o‘rtasida tarqalishi. 2. Radiotoʻlqinlarning uzatgichdan qabul qilgich tomon bir vaqtda, bir qancha trayektoriya boʻylab turli yer usti obyektlari (togʻlar, baland imoratlar va shunga oʻxshashlar) dan qaytishi oqibatida tarqalishi. " Ko‘p nurli tarqalishdagi tinishlar|"Mobil aloqa kanallarida ko‘p nurli signal qo‘shni nurlarining parazit ta’siri evaziga paydo bo‘ladigan tinishlar turi. " Koʻp nurli yoyish|"Noaniq yoyish usuli, bunda uzatgich bitta signal tarqatadi, qabul qilish nuqtasiga esa, radiotoʻlqinlarning koʻp nurli tarqalishi oqibatida bu signalning bir qancha nusxasi bir vaqtda keladi. " Ko‘p nurlilik|"Aynan bir signalning turli yo‘l (trayektoriya)lar bo‘ylab tarqalishi bilan bog‘liq va qabul qilish nuqtasida interferensiyani yuzaga keltiruvchi hodisa. Izoh − Ushbu atama ko‘pincha «ko‘p nurli» tarzida qo‘llaniladi va radioto‘lqinlarning tarqalishi ko‘p nurlilik tabiatiga ega ekanligini ko‘rsatadi. " Ko‘p oqimlilik|"Protsessorning bir vaqtda bir nechta vazifani parallel bajara olish imkoniyati. Bu rejimni qo‘llashdan maqsad – protsessorning operatsiyani, masalan xotiraga yozish jarayonini tugatish vaqtini kamaytirish. Bu vaqtda u boshqa oqimdagi komandani bajaradi. " Ko‘p pog‘onali himoya|"Konfidensiallikning turli darajasidagi obyektlardan foydalana olishning turli huquqlariga ega subyektlarning foydalanishini chegaralanishi ta’minlanadigan muhofaza. " Ko‘p protokolli inkapsulyatsiya|"Ma’lumotlarni MPEG-2 transport oqimida transport oqimi seksiyasiga joylashtirish yo‘li bilan uzatish usuli. " Ko‘p protokolli marshrutlash|"IP va IPX tarmoqlarida lokal tarmoqlarni o‘zaro birlashtirish yoki ularni global tarmoqlar bilan birlashtirish orqali tashkillashtiriladigan marshrutlash. " Ko‘p protsessorli tizim spetsifikatsiyasi|"Bir qancha turli protsessorlarning tezkor xotira qurilmasidan va kiritish-chiqarish kichik tizimlaridan birgalikda foydalanish mexanizmi. " Ko‘p radial tizim|"Abonent liniyalari bittadan ko‘p nuqtada boshlanadigan kabel taqsimlash tizimi. " Ko‘p sathli navbat|"Turli sinflarning jarayonlarini va alohida navbatdagi ustuvorliklarni (masalan, paketli va interaktiv) o‘z ichiga oladigan tizim navbatlarining majmui. " Ko‘p seksiyali rupor|"Koʻzguli antennalar uchun, bir uchi ochiq boʻlgan va toʻlqinoʻtkazgich traktiga boshqasi bilan ulangan bir nechta konstruktiv birlashtirilgan ruporli toʻlqinoʻtkazgichli seksiyalar kơrinishida bajarilgan klaster nurlagich. " Ko‘p slotli rejim|"1. Abonent stansiyasining, bitta axborot kanalini uzatish va qabul qilish uchun, radiokanaldagi uzatish kadrining bir nechta (8 tagacha) vaqt intervallaridan (slotlaridan) foydalaniladigan ish rejimi. 2. Ma’lumotlarni yuqori tezlikda uzatish usuli bo‘lib, bunda TDMA kadridagi ikki yoki undan ortiq vaqt intervali (sloti) birlashtirilishi va turli uzatish tezliklari bilan ishlaydigan abonentlar o‘rtasida qayta taqsimlanishi mumkin. " Ko‘p standartli televizor|"Eshittirish televideniyesining turli televizion standartlariga mos keladigan, ishchi rejimlari avtomatik ravishda yoki qo‘l bilan qayta ulanadigan televizor. " Ko‘p stansion foydalana olish|"Bitta kirish foydalana olish kanaliga ko‘p sonli stansiyalarning bir vaqtda murojaat etish imkoniyati. Izoh − Kanallarning abonentlarga biriktirilish usuliga ko‘ra, foydalana olishning uchta asosiy usuli farq qilinadi: tayinlab o‘rnatilgan (FA – Fixed Assigned), talabga ko‘ra (DA – Demand Assigned) va tasodifiy kira olish (RA – Random Access). Kengaytirilgan spektrli signallardan foydalanishga asoslangan foydalana olish usullari alohida kichik turkumga ajratilgan. " Ko‘p stansion kira olish qurilmasi|"Yulduzsimon topologiyaga ega, Token Ring tarmog‘ida konsentrator (xab) sifatida ishlaydigan qurilma. " Ko‘p tarmoqli kompyuter|"Turli fizik kompyuter tarmoqlariga ulangan bir nechta tarmoq adapterlari bo‘lgan kompyuter. " Ko‘p tarmoqli operatsion tizim|"Protsessor vaqtini vazifalar o‘rtasida emas, ularning alohida tarmoqlari o‘rtasida taqsimlaydigan tizim. " Ko‘p terminalli tizim|"Bir qancha terminal ulanadigan kompyuterni ichiga oladigan tizim; bu terminallar yaqinda ham bo‘lishi, ko‘plab kilometr uzoqlikda ham bo‘lishi mumkin. Tizim kompyuter tarmog‘iga o‘xshab ketadi, agar terminallar intellektual bo‘lsa. " Ko‘p tilli domen|"Milliy alifbo belgilaridan iborat bo‘lgan domen nomi. Masalan, Rossiya uchun yuqori pog‘onali milliy kirillik domeni rasmiy tasdiqlangan. " Ko‘p tolali kabel|"Har biri alohida axborot kanalini o‘zida ifodalovchi, ikkitadan ortiq tolani o‘z ichiga olgan optik-tolali kabel. " Ko‘p tomonlama kira olish|"Bir necha abonent (foydalanuvchi, dastur yoki qurilma)ning bitta resurs bilan o‘zaro ishlash jarayoni. Foydalanish amalga oshiriladigan resurslarga fayllar, xotira qurilmalari, printerlar, kanallar va h.k. kiradi. Foydalanishni boshqarish tanlangan foydalanish usuliga bog‘liq. " Ko‘p tomonlama uzatishlar|"Ikki yoki undan ortiq mamlakatga bir vaqtning o‘zida yo‘naltiriladigan bitta yoki bir nechta mamlakatdan, bitta yoki bir nechta chiquvchi punktdan uzatishlar. " Ko‘p tomonlama chaqiruv|"Konferensaloqa xizmatining atributi bo‘lib, abonentga ko‘p tomonlama bog‘lanish imkonini beradi. " Ko‘p uzelli liniya|"Bir nechta terminal, oraliq qurilma yoki dasturlashtiriladigan datchiklar bir vaqtda ulangan liniya. Axborot almashish ularni ketma-ket so‘rov yo‘li bilan tashkil qilinadi. " Ko‘p vazifali operatsion tizim|"Bir vaqtning o‘zida bir nechta vazifani bajara oladigan operatsion tizim. Birinchi ko‘p vazifali operatsion tizim – bu Unix operatsion tizimi. " Ko‘p vazifali rejim|"Bir vaqtda (yoki qisqa vaqt intervallari oralatib) ikki yoki undan ko‘p vazifa bajariladigan ish rejimi. " Ko‘p vazifalilik|"Bir vaqtning o‘zida bir nechta jarayon (vazifalar)ni ishga tushira oladigan operatsion tizimning xususiyati. " Ko‘p vibratorli antennalar|"Keskin yo‘naltirilgan nurlanish va qabulni ta’minlaydigan antennalar. " Ko‘p yadroli kompyuter|"Bitta kristallda joylashgan, ikkinchi darajali assotsiativ (kesh) xotirani ajratadigan va umumiy xotirada ishlaydigan bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan protsessorlar (yadrolar)ga asoslangan kompyuter tizimi. " Ko‘p yadroli protsessor|"Bir korpusda yoki bitta protsessor kristalida ikkita va undan ortiq hisoblash yadrolarini ichiga oladigan markaziy protsessor. " Koʻp yoʻlli antenna|"Yuqori kuchlanish koeffitsiyentiga ega bơlgan, bir nechta parallel ulangan va sinfaz ta’minlanadigan spiral nur tarqatgichlardan iborat spiral antenna. " Ko‘p o‘lchamli taqdim etish|"Maʼlumotlarni tezkor tahliliy qayta ishlash uchun qulay tarzda taqdim etish texnologiyasi. Maʼlumotlar ko‘p o‘lchamli maʼlumotlar bazalari ko‘rinishida taqdim etiladi. Relyatsion maʼlumotlar bazalaridan farqli o‘laroq, ushbu maʼlumotlar bazalarida maʼlumotlar ayrim jadvallarda joylashmaydi. Foydalanuvchi uni qiziqtirayotgan obyektlar to‘g‘risida turli axborotga ega bo‘lishini xohlasa, u jadvallar guruhi bo‘yicha izlashi lozim. Ko‘p o‘lchamli bazada sanab o‘tilgan uchala tavsifnoma ham bitta massiv ichida joylashgan va izlash aynan uning doirasida amalga oshiriladi. Shu tufayli turli xildagi elementlardan iborat murakkab so‘rovga tezkor javob beriladi. Maʼlumotlarning ko‘p o‘lchamli taqdim etilishi mijoz-server arxitekturasida qo‘llaniladi. Bazalar, relyatsion tuzilmalarni ko‘p o‘lchamli massivlarga aylantirish imkonini beruvchi dasturiy taʼminotga ega. Bu foydalanuvchilarning tegishli so‘rovlariga javoban tarmoqda uzatiluvchi maʼlumotlar hajmini kichraytirish imkonini beradi. " Ko‘p chastotali signalizatsiya|"Ayrim chastotalarning susayishi va boshqalarining kuchayishi hisobiga bir holatdan ikkinchi holatga o‘tish ta’minlanadigan signalizatsiya usuli. " Ko‘p chastotali tarmoq|"Turli radiochastota kanallaridan foydalanadigan uzatuvchi stansiyalar tarmog‘i. Xususan, turli radiochastota kanallaridan foydalanuvchi DVB-T stansiyalar tarmog’i. " Ko‘p chastotali TDMA|"Vaqt bo‘yicha ajratilgan ko‘p stansion foydalana olishning gibrid texnologiyasi bo‘lib, unda har bir kanal kadrdagi vaqt intervali raqami va chastotasi bilan tavsiflanadi. " «Ko‘plab portlar ‒ ko‘plab xotira modullari»|"Har tomonlama almashinish shinasiga ega ko‘p portli xotira. " Ko‘prik|"Ikki yoki bir nechta fizik tarmoqni bog‘lovchi va paketlarni bir tarmoqdan boshqasiga uzatuvchi qurilma. Turli protokollardan foydalanadigan tarmoqlarni bog‘lash uchun foydalaniladi. Izohlar 1. Ko‘prik shlyuzning bir ko‘rinishidir, lekin soddaroq tarzda o‘zaro bog‘lanishni ta’minlaydi. OSI modelining kanal sathida ishlaydi. 2. Ko‘prik ko‘pincha MAS sathining – ya’ni muhitga kira olishni boshqarish qurilmasi kabi aniqlanadi. Ko‘priklar paketlarni filtrlashi mumkin, ya’ni kanal sathining axboroti asosida boshqa segment yoki tarmoqlarga trafikning faqat bir qismini uzatishi mumkin (MAC-adres). 3. Agar oluvchining adresi ko‘prikning adreslar jadvalida mavjud bo‘lsa, kadr faqat oluvchi joylashgan segment yoki tarmoqqa uzatiladi. " Ko‘prik-marshrutizator|"O‘zida ko‘prik va marshrutizator funksiyalarini birlashtirgan qurilma bo‘lib, maʼlum bir transport protokollari (masalan, TCP/IP) uchun marshrutizator, baʼzilari uchun esa, ko‘prik sifatida xizmat qiladi, yaʼni paketlarni tarmoqning bir segmentidan boshqasiga uzatadi. " Ko‘pchilik-ko‘pchilikka munosabati|"A jadvalning bitta qatoriga V jadvaldagi bir nechta qator muvofiq bo‘lsa va teskarisi ham to‘g‘ri bo‘lsa ko‘pchilik-ko‘pchilikka munosabati namoyon bo‘ladi. " Ko‘rib chiqish|"Axborot izlash bo‘lib, ko‘pincha konfidensial ma’lumotlardan ruxsat etilmagan tarzda foydalanishni maqsad qilib qo‘yadi, shu tufayli tizim uchun xavf tug‘diradi. " Ko‘rib chiqmoq|"Kataloglar, fayllar, disklar, foydalanuvchi hisoblari, guruhlar, domenlar yoki kompyuterlar ro‘yxatidan kerakli elementni izlab topish. " Ko‘rilgan giperishorat|"Bog‘lama tashrifchisi oldinroq «sichqoncha», klaviatura yoki boshqa qurilma yordamida aktivlashtirgan veb-sahifadagi giperishorat. " Ko‘rinish|"Identifikatorning ta’sir sohasi bilan bog‘liq tushuncha. " Ko‘rinish yoyi|"Geostatsionar yo‘ldosh yoyi, uning doirasida kosmik stansiya, u orqali ushbu yo‘ldosh tarmog‘ida ishlaydigan barcha yer stansiyalaridan mahalliy gorizontda ko‘rinadi. " Ko‘rinish zonasi|"Yer yuzasining, joyning minimal yo‘l qo‘yiladigan katta (masalan, 5° dan ortiq) ma’lum burchagi ostida vaqtning berilgan davri (aloqa seansi) mobaynida yo‘ldosh ko‘rinadigan qismi. " Ko‘rinmas viruslar|"1. Aniqlanishi va zararsizlantirilishi qiyin bo‘lgan viruslar, chunki ular operatsion tizimning zararlangan fayllarga va disk sektorlariga murojaatini tutib oladi va o‘z o‘rniga diskning zararlanmagan uchast-kalarini qo‘yadi. 2. O‘zining diskda, ba’zi hollarda tezkor xotirada mavjudligini niqoblovchi maxsus algoritmlardan foydalanadigan viruslar. " Ko‘rinuvchi nurlanish|"Odam ko‘zi qabul (idrok) qiladigan elektromagnit to‘lqinlar. Spektrning to‘lqin uzunligi taxminan 380 nm dan (binafsha) 740 nm gacha (qizil) bo‘lgan qismni ichiga oladi. Bunday to‘lqinlar 400 teragersdan 790 teragersgacha bo‘lgan chastota diapazonini egallaydi. Bunday to‘lqin uzunliklariga ega elektromagnit nurlanish ko‘rinadigan yorug‘lik yoki oddiygina yorug‘lik deb ham ataladi. Odam ko‘zi 555 nm sohada yorug‘likka juda sezgir bo‘ladi. " (Ko‘rinuvchi) tasvir|"Televizion ekranda kadrlarning o‘tish davri mobaynida paydo bo‘ladigan tasvir. " Ko‘rish adaptatsiyasi|"Ko‘rish organining yorug‘lik ta’siri intensivligiga yorug‘lik sezgirligining o‘zgarishi tufayli namoyon bo‘ladigan moslashishi. " Ko‘rish dasturi|"Faylni ko‘rishni formatlardan birida amalga oshiruvchi ilovadagi funksiya. Fayllarning formatlari to‘plami tufayli, odatda katta sondagi vyuverlar bajariladi. " Ko‘rish inersiyasi|"Odamning ko‘rish sezgisi orqali qabul qilish jarayonidagi hodisa, bunda tasvir ko‘zning to‘r pardasi orqali ma’lum inersiya bilan qabul qilinadi. Aks holda, televideniye, kinematografiya va animatsiya tasvirlarning miltillagan harakatsiz to‘plami sifatida qabul qilingan bo‘lar edi. " Ko‘rish o‘tkirligi bilan (chastotalar polosasini) moslash|"Yorug‘lik signali va ayirmarang signallar chastotalar polosasi nisbiy kengligini, ko‘rish o‘tkirligi bilan moslash uchun, aniqlash. " Ko‘r-ko‘rona imzo|"DigiCash to‘lov tizimida ishlatiladigan va tasodifiy ko‘paytiruvchini (blinding factor) qo‘llashga asoslangan elektron raqamli imzo mexanizmi. " Ko‘rsatishlar kompilyatori|"Ko‘rsatishlar onlayn tizimi matnini berilgan tizimda qabul qilingan ichki tasavvurga o‘tkazadigan dasturiy ta’minot. Dasturiy mahsulotni lokallashtirish va modifikatsiyalashda foydalaniladi. " Ko‘rsatgich|"Ma’lumotlarning maxsus turi. Bu turdagi ma’lumotlar elementining yoki o‘zgaruvchining qiymati, boshqa ma’lumotlarni (bevosita manzillash), shu jumladan, boshqa ko‘rsatgichni (bilvosita manzillash) ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan manzil hisoblanadi. Odatda, ko‘rsatgichlardan yozuvlar bilan ishlashda, protseduralarga parametrlar berishda va bog‘langan ro‘yxatlarni tashkil qilishda foydalaniladi. " Ko‘rsatmalar satri|"Displey ekranidagi, tushunilishi oson bo‘lgan komandalar menyusiga ega satr. " Ko‘tarilish uzeli (orbitaning)|"Yo‘ldosh janubdan shimolga harakatlanganda orbita ekvator tekisligini kesib o‘tadigan nuqta. " Ko‘tariluvchi (abonent) trafik|"Periferik uzeldan markaziy uzel tomon, masalan, telefon modemidan Internetga, mobil stansiyadan tayanch stansiyaga tomon uzatiladigan trafik. " Ko‘tariluvchi kanal|"Foydalanuvchi uskunasidan tayanch stansiyagacha bo‘lgan uzatish kanali. " Ko‘tariluvchi oqim|"Periferik uzeldan markaziy uzel tomon uzatiladigan ma’lumotlar oqimi. " Ko‘z akkomodatsiyasi|"Ko‘zning kuzatiladigan obyektgacha bo‘lgan masofaga bog‘liq holda ko‘z gavharining fokus masofasi va optik kuchini o‘zgartirish xususiyati. Shu tufayli ko‘zdan turli masofada joylashgan obyektlarning aniq tasvirini kuzatish mumkin. " Ko‘zgu|"«Oyna-tom» tizimini tashkil etgan ikki tomdan biri. Tom oynalari har-xil disklarda joylashgan bo‘ladi. Agar oyna disklaridan biri ishdan chiqsa, operatsion tizim ma’lumotlarga ikkinchi disk yordamida murojaat qilishda davom eta oladi. " Ko‘zguli antenna|"Metall sirt ko‘rinishidagi dastlabki nur tarqatgich va qaytargichni o‘z ichiga oladigan yo‘naltirilgan antenna. " Ko‘zguli-dipolli antenna (ko‘zguli-vibratorli antenna)|"Ikkita kesishgan simmetrik vibratorlardan va ta’minoti uchun amplitudaga teng, lekin faza bo‘yicha 90° ga siljigan, toklardan foydalaniladigan pallali nurlagichdan iborat aylantiruvchi qutblanishga ega antenna. " Ko‘zguli qaytish|"1. Qaytish burchagi tushish burchagiga teng bo‘lgandagi to‘lqinlar qaytishi. 2. Yorug‘likning tekis optik sirtdan qaytishi. " Ko‘zguli yorug‘lik o‘tkazgich|"Yorug‘lik nuri truba bo‘ylab o‘rnatilgan ko‘zguning periskopik tizimi yordamida fokuslanadigan yorug‘liko‘tkazgich. " Ko‘chiriladigan dastur|"Kompyuter manzil qismining ixtiyoriy sohalariga yuklanishi mumkin bo‘lgan dastur. " Ko‘chiriladigan dasturiy ta’minot|"Kompyuterlarning bitta turida bajarilishi yoki kam kuch bilan boshqa platformaga ko‘chirilishi mumkin bo‘lgan, mashinaga bog‘liq bo‘lmagan dastur (ilova). " Ko‘chiriladigan kod|"manzillash ko‘chiriladigan registr qiymatiga va komandada hisoblanadigan manzilga nisbatan yuzaga keladigan va xotiradagi manzil ko‘chiriladigan registr qiymatining summasiga teng kod. " Ko‘chirish|"Arifmetik amallarda ikkilik razryadni katta raqam o‘rniga o‘tkazish yoki surish amallarida uning registr tashqarisiga chiqishi. " Ko‘chirish bayrog‘i|"Ikkita yoki uchta birlikning quyi razryadlarini qo‘shishda ishlatiladigan qo‘shimcha birlik. " Ko‘chirish indeksi|"Veb-sahifa yoki veb-saytning mashhurligining son ko‘rsatgichi. Bu sahifaga yoki saytga boshqa veb-resurslardan murojaatlar soni shaklida aniqlanadi. Shu bilan birga, har bir murojaat u joylashgan veb-saytning «nufuzi»ga hamda har ikki saytning mavzulari mos kelishiga bog‘liq o‘zining «vazni»ga ega. " Ko‘chirish (otkachka) fayli|"Operatsion tizim tomonidan ko‘chirib olingan jarayonlarning obrazlarini saqlash uchun ishlatiladigan diskli xotira sohasi. " Ko‘chirmoq|"Fayllarni turgan joyidan boshqa joyga ko‘chirish, bunda eski manzildagi fayl o‘chiriladi. «Sichqoncha» bilan harakatlanish, bunda «sichqoncha» kursori eski joydan yangi joyga ko‘chadi. " Ko‘chma disk|"Olib qo‘yiladigan xotira qurilmasi. Masalan, flesh-kartalar, olib qo‘yiladigan qattiq disklar va b.q. " Ko‘chma pochta aloqasi bo‘limi|"Statsionar pochta aloqasi obyektlari mavjud bo‘lmagan joylarda pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish uchun, shuningdek, pochtani tashish uchun pochta transportida tashkil etiladigan pochta aloqasi bo‘limi. " Ko‘chma televizion stansiya|"Studiyadan tashqari sharoitlarda televizion ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan apparatura kompleksi joylashtirilgan transport vositasi. " Ko‘chma yo‘ldoshli aloqa xizmatidagi abonent liniyasi|"Ko‘chma yo‘ldoshli aloqa xizmati abonent stansiyasidan kosmik stansiyagacha va kosmik stansiyadan ko‘chma yo‘ldoshli aloqa xizmati abonent stansiyasigacha bo‘lgan radioliniya. " Ko‘chma yo‘ldoshli aloqa xizmatidagi abonent stansiyasi|"Abonent foydalanishida bo‘lgan ko‘chma aloqa yer stansiyasi. L " Laboratoriya axborot tizimi|"Turli soha laboratoriyalarida ishchilarni boshqarish, hujjat va standartlar bilan ishlash, hamda boshqa laboratoriya ishlari, masalan ish jarayonlarini avtomatlashtirish, hisob-fakturani tuzish va jo‘natishni amalga oshiradigan maxsus dasturiy ta’minot. Asosan atrof-muhitni muhofaza qilish, ilmiy tadqiqot ishlari yoki tijorat tahliliga yo‘naltirilgan bo‘ladi. " Lamer|"O‘zini kompyuter ekspertlari deb hisoblaydigan odamlarning o‘ylashicha, (jargon) (inglizcha lame – «zaif») kompyuterni yomon tushunadigan odamlarga beriladigan laqab. " Lazer disk|"Musiqa, shuningdek, video ma’lumotlarni yozish va o‘qish uchun ishlatiladigan disk. Yozish jarayoni lazer nuri yordamida ma’lumot saqlovchi raqamli signalni metall yuzaga kichik o‘yiqlarni kuydirish orqali amalga oshiriladi. " Lazer xotira|"Optik disklardagi maxsus xotira. " Lazerli printer|"Tasvirni shakllantirishda kserografiya prinitsipi asosida ishlaydigan elektrostatik chop etish qurilmasining turi. " Lazerli skanlash qurilmasi|"Tasvir to‘g‘risidagi axborotni raqamli shaklga aylantirish uchun qo‘llaniladigan qurilma. Ajratishning o‘ta yuqori va ko‘p tusli tasvirlar (yorqinlik pog‘onalar) sonining yuqori darajaga ko‘tarilishiga erishish mumkin. " Leksema|"Simvollar ketma-ketligi, dasturlash tilining elementi, translyator uchun ma’noga ega. Har qanday dastur bu, leksemalar ketma-ketligidir. " Leksik analizator|"Dastur boshlang‘ich matnini leksik tahlil qiladigan translyator moduli. " Leksik tahlil|"Dasturlashda so‘zlar (leksemalar) yozilishining to‘g‘riligini tekshirish. Dasturning leksik tahlili dasturni translyatsiya qilish paytida amalga oshiriladi. " Leksikon|"Shaxsiy kompyuterlar uchun mo‘ljallangan matn redaktorlaridan biri, integratsiyalashgan master tizimiga kiradi. Ko‘p oynali, foydalanuvchi bilan qulay interfeysga ega, orfografiyani tekshiradi, so‘zlarning to‘g‘ri ko‘chirilishini bajaradi. " Lempel-Ziv usulida kodlash|"Maʼlumotlarni jo‘natuvchi va qabul qiluvchidagi ikki aynan o‘xshash lug‘atdan foydalanishga asoslangan, maʼlumotlarni statistik siqishning yuksak samarali algoritmi. Aloqa kanali bo‘ylab axborotning o‘zi emas, balki uning lug‘atda joylashgan o‘rni to‘g‘risidagi maʼlumotlar uzatiladi. Kodlashning ushbu usuli nutq, matn va grafikani siqishda keng qo‘llaniladi. " Lentikulyar stereoskopik kineskop (display)|"Stereoskopik kineskop, bunda lentikulyar (linzorastrli) obyektivlar ekranning old qismida ikki tomonga yo‘naltirilgan yorug‘lik bo‘lgich (tasvir ajratgich) ni hosil qiladi, shuning uchun, chap va o‘ng ko‘z uchun navbatma-navbat ko‘rsatiladigan tasvirlarni ajratish uchun boshqa vositalarga (masalan, ko‘zoynak)ka zarurat bo‘lmaydi. " Libratsiya|"Osmon jismining orbita bo‘ylab harakatlanishi paytida, turli g‘alayonlanishlar natijasida, undan qaytgan signalning tinishida aks etadigan hodisa. " Liniya|"1. Konnektorlar yordamida uzatgichga (manbaga) va qabul qilgichga (detektorga) ulangan optik-tolali kabel. 2. Ikki nuqta o‘rtasidagi, terminal uskunadan tashqari, telekommunikatsiya vositalarining yig‘indisi. 3. Har qanday ikki nuqtani bog‘lovchi uzatish kanali. " Liniya band bo‘lganda chaqiruvlarni qayta manzillash|"Xizmat abonentiga jo‘natiladigan kiruvchi chaqiruvlarni, xizmat abonenti band bo‘lganda, boshqa belgilangan raqamga avtomatik tarzda qayta manzillash imkonini beradigan xizmat. " Liniya (kabel taqsimlash tizimida)|"Kabelli taqsimlash tizimida, masalan, metall kabel, optik kabel, to‘lqin o‘tkazgich yoki ularning istalgan kombinatsiyasi ikki nuqtasi o‘rtasidagi uzatish vositasi. " Liniya kodi|"Dastlabki bitlar oqimining optik-tolali va kabelli aloqa liniyalari orqali uzatish uchun qulay shaklga mantiqiy o‘zgartirilishini ta’minlovchi kodlar (odatda, blokli) turkumi. Bunday kodlashning asosiy mazmuni faqat nollardan iborat ketma-ketliklarni 1 hamda 0 simvollarini ichiga oladigan ketma-ketlikka almashtirishdan iborat. Ushbu operatsiya signallarning sinxronlash xossalarini yaxshilash imkonini beradi. " Liniya olis uchidagi kesishuvchi xalaqitlar|"Bitta yo‘nalishda axborot uzatadigan kanallar vujudga keltiradigan o‘zaro xalaqitlar. Qabul qilgichga nisbatan liniyaning olis uchida joylashgan uzatgichlar shunday xalaqitlarning manbai hisoblanadi. " Liniya «pastga»|"Tayanch stansiyadan mobil stansiyaga bo‘lgan aloqa liniyasi. Izoh − Yo‘ldoshli aloqada shunga o‘xshash liniya yo‘ldosh retranslyatoridan yerdagi stansiyaga tashkil qilinadi va «yo‘ldosh−Yer» liniyasi deb ataladi. " Liniya signali|"Kommutatsiya maydoni va telekommunikatsiyalar tarmog‘i liniyalari, kanallari orqali uzatiladigan, liniyalar, kanallar holatini tavsiflaydigan va bog‘lanish o‘rnatilishining asosiy bosqichlarini belgilaydigan telekommunikatsiyalar signali. " Liniya yaqin uchidagi kesishuvchi xalaqitlar|"Uzatish yo‘nalishi o‘zaro qarama-qarshi bo‘lgan kanallar vujudga keltiradigan xalaqitlar. Qabul qilgichga nisbatan liniyaning yaqin uchida joylashgan uzatgichlar bunday xalaqitlarning manbai hisoblanadi. " Liniyaga aktiv ulanish|"Maʼlumotlarni o‘zgartirish yoki kiritish maqsadida tarmoqqa ulanish. " Liniyaga passiv ulanish|"Maʼlumotlarni o‘qish maqsadida tarmoqqa ulanish. " Liniyani eshitish|"Telefon liniyasida bir vaqtning o‘zida bir nechta shaxs ishtirokidagi so‘zlashuvni eshitishga imkon beradigan funksiya. Ushbu rejimda telefon apparatining korpusidagi mikrofon uzib qo‘yilgan bo‘ladi. " Liniyaning antenna effekti|"Liniyaning elektromagnit to‘lqinlarni nurlantirish yoki qabul qilish xususiyati. " Link|"Fayl yoki direktoriya manzili. Odatda, ushbu manzil maxsus faylda saqlanadi. Microsoft Windows va boshqa operatsion tizimlarda bunday fayllar yorliq deb ataladi. " Linza|"Linzani o‘rab turuvchi fazoda va linza tuzilmasida tarqalishning fazali tezliklaridan foydalanib, to‘lqinlar nurlanishining yo‘nalganlik diagrammasini shakllantirish qurilmasi. " Linzali antennalar|"Aperturali antennalarning bir turi (koʻndalang antenna panjaralari), unda elektromagnit energiya oqimini toʻplash oqimning tutib olingan qismini elektromagnit linza yordamida fokuslash orqali amalga oshiriladi. " Listing|"Dastur matni yoki printerda bosilgan yoki displey ekraniga chiqarilgan ma’lumotlar. " Liter atributi|"Mashina grafikasida ‒ litera rangi, shrifti, yo‘naltirilganligi va o‘lchami. " Liter kattalik|"Matn konstantasi sifatida qabul qilinadigan kattalik. Liter kattalikni sonlarsiz literal sifatida belgilash mumkin. Boshqa nomlari: simvolli, satrli kattalik, zanjir. Ko‘pchilik dasturlash tillarida liter kattalik apostroflarga olinadi – «123», «abed». " Literal|"Dasturlash tilidagi o‘zining xususiy qiymatini konstanta sifatida qat’iy belgilaydigan, lekin o‘zgaruvchi, konstanta yoki boshqa bir konstruksiyaning belgisi hisoblanmaydigan simvol yoki so‘z. " Litsenziya|"1. Davlat organlari tomonidan xizmatlarni sotish yoki taqdim etish huquqini beradigan ruxsat. 2. Mulkchilikka egalik qilish huquqini beradigan rasmiylashtirilgan hujjat. 3. Axborotni muhofaza qilish sohasida u yoki bu ishlarni olib borish huquqi uchun berilgan, tegishli ravishda rasmiylashtirilgan ruxsatnoma. " Litsenziya shartnomasi|"Bir tomon (litsenziar yoki litsenziya beruvchi) tegishli haq evaziga ixtirodan yoki boshqa texnik yutuqdan (litsenziyadan) foydalanish huquqini boshqa tomonga (litsenziya oluvchiga yoki litsenziatga) taqdim etadigan shartnoma. " Litsenziyalanmaydigan chastotalar polosasi|"Butun jahonda global foydalanish uchun ruxsat etilgan chastotalarning ochiq diapazoni. Bu diapazonda ishlash chastota idoralarining ruxsatini talab etmaydi va bu diapazon, agarda ular ma’lum bo‘lgan nomaqbul va polosadan tashqari nurlanishlar sathi bo‘yicha qo‘yilgan talablarni bajarsa, har qanday tizimlarning ishlashi uchun qulay. " Litsenziyalash|"Axborotni muhofaza qilish sohasida ishlarni olib borish huquqini berish yoki olishdan iborat faoliyat. " Log|"Veb-saytning o‘ziga xos bortdagi jurnali. Server loglariga u yoki bu foydalanuvchi qayerdan va qachon kelgani, saytda qancha vaqt bo‘lgani va u yerda nimani ko‘rgani va yuklab olgani, uning brauzeri va uning kompyuterining IP-manzili qandayligi to‘g‘risidagi maʼlumot yoziladi. Logga har bir yozuv maʼlum xitga tegishli bo‘ladi, chunki server aynan sayt elementlaridan biriga murojaatni qayd qilishi mumkin. " Log-fayl|"Server ishi va foydalanuvchilarning harakati to‘g‘risidagi: sana va vaqt, foydalanuvchining tashrifi, foydalanuvchi kompyuterining IP-manzili, foydalanuvchi brauzerining nomi, foydalanuvchi tomonidan so‘ralgan varaqlar, foydalanuvchi refereri kabi tizimli axborotga ega fayl. " Login|"Kompyuter tizimiga (tarmoqqa) kirishda foydalanuvchini identifikatsiya qilish jarayoni, protsedurasi. " Logo|"Yuqori darajadagi dasturlash tili, LISP tilining maxsus versiyasi. Juda sodda til, oson kengayadi, kichik yoshdagi bolalarni o‘rgatishda foydalaniladi. S.Paypert tomonidan 1980-yilda Massachuset texnologiya instituti (AQSh)da ishlab chiqilgan. " Logotip|"Hududiy tuzilmalar, tijorat korxonalari, tashkilotlari va xususiy shaxslar tomonidan kishilik jamiyatida farqlay olishlikni va taqqoslash mumkinligini oshirish uchun foydalaniladigan grafik belgi, emblema yoki simvol. Logotip stilizatsiyalangan harflar va/yoki ideogramma ko‘rinishidagi o‘zi identifikatsiyalaydigan mohiyat nomini o‘zida ifodalaydi. Logotiplar tovar belgilari sifatida keng qo‘llaniladi. " Lokal|"Foydalanuvchi o‘zining interfeysida ko‘rishni xohlayotgan parametrlar to‘plami, belgilar to‘plami, shu jumladan, foydalanuvchi tili, mamlakati, vaqt chizig‘i va boshqa boshlang‘ich o‘rnatishlar. " Lokal blokirovkalash|"Ayrim foydalanuvchi tomonidan yo‘llanayotgan sohaga tegishli resurslarni muhofaza qilish maqsadida blokirovkalash. " Lokal disk|"Fayl-serverga emas, balki ishchi stansiyaga ulangan disk. " Lokal hisoblash tarmog‘i|"Geografik chegaralangan tarmoqlarning bir turi. Lokal hisoblash tarmog‘i turli ma’lumotlarni juda yuqori tezlikda almashishga va tarmoq uchun umumiy bo‘lgan resurslardan birgalikda foydalanishga (masalan, printerlar, modemlar) imkon berib kompyuterlar, printerlar va boshqa elektron uskunalarni bog‘laydi. " Lokal hisoblash tarmog‘i kommutatsiyasi|"Paketlar faqat ularning qabul qiluvchilariga yo‘naltirilishini ta’minlaydigan texnologiya. Lokal hisoblash tarmog‘i kommutatsiyasining ikkita asosiy usuli mavjud: matritsali (fizik darajada) va MAS darajasidagi kommutatsiya. " Lokal manzil|"Tarmoq doirasida biriktiriladigan manzil. Tarmoqlararo interfeys pog‘onasida IP-manzillarni lokal manzillarda aks ettirish vazifasi turadi. IP-manzil bo‘yicha lokal manzilni aniqlash uchun manzilning ruxsat berish protokoli (Address Resolution Protocol, ARP) ishlatiladi. Bunga tamomila teskari bo‘lgan masalani yechadigan protokol ham mavjud, u maʼlum lokal manzil bo‘yicha IP- manzilni aniqlash imkonini beradi. " Lokal printer|"Kompyuterdagi portlardan bittasiga bevosita ulanadigan printer. " Lokal tarmoq|"Uncha katta bo‘lmagan hudud (bino, korxona) ni qamrab oluvchi va obyektlar o‘rtasida nisbatan qisqa (500 m dan ko‘p emas) aloqa liniyalaridan foydalanuvchi ma’lumotlar uzatish tarmog‘i. Lokal tarmoq foydalanuvchilar ish joylari va oraliq qurilmalarni yagona tarmoq operatsion tizim boshqaruvida ishlovchi yagona makonga birlashtiradi. Masofaning qisqaligi ma’lumotlarni yuqori tezlikda (100 Mbit/s gacha) uzatilishiga erishish hamda real vaqt rejimida xizmatlarning keng to‘plami taqdim etilishini ta’minlash imkonini beradi. " Lokal tarmoq kommutatori|"Bitta yoki bir guruh lokal tarmoq segmentlari o‘zaro ishlashini taʼminlaydigan qurilma. Lokal tarmoq kommutatori odatdagi kommutator kabi, unga ulangan lokal tarmoqlarning o‘zaro ishlashini, hamda lokal tarmoq segmentlarining har xil turi ulanayotgan bo‘lsa, interfeyslarni o‘zgartirishni taʼminlaydi. " Lokal tarmoqqa ulanish|"Tarmoq resurslaridan foydalanish mumkin bo‘lgan tarmoqqa ulanish holati. " Lokal xotira|"Qandaydir dastur yoki funksiyaga ajratilgan tezkor xotira qurilmasi. " Lokal o‘zgaruvchi|"Dasturlash tillaridagi o‘zgaruvchi; butun dastur bo‘yicha foydalanilishi mumkin bo‘lgan global o‘zgaruvchidan farqli ravishda, faqat o‘zining blokida yoki protsedurasida foydalanilishi mumkin. " Lokal shina|"Markaziy protsessorni tashqi kesh-xotira bilan bog‘laydigan, qo‘shimcha yuqori tezlikli shina. " Lokalizator|"Nosozlik yoki shikastlanish yerini topishni taʼminlaydigan yoxud qabul qilinadigan belgilar ketma-ketligidagi xatolarni aniqlaydigan apparat va dasturiy vosita. " Longli-Rays modeli|"Mobil aloqa tarmoqlarida radioto‘lqinlarning tarqalishidagi yo‘qotishlarni hisoblash uchun foydalaniladigan model. " Loyiha|"Vaqtda cheklangan, noyob mahsulot olishga yo‘naltirilgan tadbirlar kompleksi. " Loyiha fayli|"Ishlab chiqiladigan ilova loyihasini tashkil qiladigan barcha fayllar to‘g‘risidagi axborotni ichiga oladigan fayl. " Loyihalarni boshqarish|"Faoliyat sohasi, uning davomida ishlar hajmi, resurslar (pul, mehnat, materiallar, energiya, makon kabi), sifat va tavakkalchiliklar o‘rtasida muvozanat saqlangan holda, loyihaning aniq maqsadlari belgilanadi va unga erishiladi. Oldindan aniq belgilangan rejaning, rejadan chetga chiqishlar va tavakkalchiliklarni kamaytirishning, o‘zgarishlarni samarali boshqarishning (jarayonli, funksional boshqaruvdan, xizmatlar darajasini boshqarishdan farqli ravishda) mavjudligi, loyihalarni boshqarish muvaffaqiyatining muhim omilidir. " Loyihalash shabloni|"Loyihalashtirish masalalarini yechishning eng samarali usullaridan biri, ayniqsa kompyuter dasturlarini loyihalashtirishda keng qo‘llaniladi. Pattern bu kodga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aylantirish mumkin bo‘lgan loyihaning tayyor namunasi emas, bu ko‘proq har xil vaziyatlarning yechimini topish uchun qo‘llaniladigan tasvir yoki namuna. Obyektga yo‘naltirilgan shablonlar ilovada qanday obyekt va klasslar qo‘llanilishini aniqlaydi, balki klasslar va obyektlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat va ta’sirni ko‘rsatadi. Algoritmlar shablonlar sifatida qaralmaydi, chunki, ular loyihalash vazifalarini emas, balki, hisoblashga oid vazifalarni bajaradi. " Lug‘at|"Har bir elementi ikki qismdan iborat, ma’lumotlarning uyushtirilgan majmui. Birinchi qismda ikkinchi qismda bo‘lganning qisqacha nomi. Birinchi qismda ko‘rsatilgan nom bo‘yicha bajariladigan ma’lumotlar qayta ishlanishini tezlashtirish uchun mo‘ljallangan, zarur bo‘lganda ikkinchi qism qo‘shiladi. " Lyuk|"1. Kompyuter xavfsizligi mexanizmlarini chetlab o‘tish imkonini beruvchi, asosan testlash va nosozliklarni izlab topish uchun yaratiladigan yashirin dasturiy yoki apparat mexanizm. 2. Avtomatlashtirilgan tizimga kirishning yashirin yoki hujjatlashtirilgan nuqtasi. Muhofaza tizimini chetlab o‘tishda qo‘llash mumkin. 3. Katta dasturga yashiringan, foydalanuvchiga muhofaza tizimidan o‘tishga ruxsat beradigan yoki tizim resurslaridan shtat rejimida foydalanish imkonini beradigan blok. " Lyuks (ℓk)|"Xalqaro birliklar tizimi (SI) da yoritilganlik o‘lchov birligi. " Lyumen (ℓm)|"Xalqaro birliklar tizimi (SI) da yorug‘lik oqimi birligi. Bir lyumen bir sham (bir candela) yorug‘lik kuchida bir steradian fazoviy burchakda nuqtaviy yorug‘lik manbayi tomonidan nurlanadigan yorug‘lik oqimiga teng. " Lyuminofor|"Elektron nur bilan «bombardirovka» qilinganda yoki elektromagnit maydon ta’sirida yorug’lik chiqaradigan maxsus material. M " Magistral aloqa|"Katta uzunlikka hamda o‘tkazish qobiliyatiga ega liniyalardan (shaharlararo, milliy, xalqaro va global) foydalaniladigan aloqa. " Magistral fider (antenna panjarasining)|"Antenna panjarasining tegishli kirishi bilan diagramma hosil qiluvchi sxemaning chiqishini birlashtiruvchi fider. " Magistral kabel tizimi|"1. Shahar kirgichi (kirish yo‘li), apparatxona, telekommunikatsiya shkaflari, shuningdek, binolar orasidan o‘tuvchi kabel tizimi. 2. Asosiy va oraliq krosslarni tashkil etuvchi kabel hamda kommutatsiya uskunasi, shuningdek, telekommunikatsiya shkaflari, apparatxona va shahar kirgichi (kirish yo‘li) orasidan o‘tuvchi kabel segmentlari. " Magistral kanal|"Ikkita kommutatsiya tugunini bog‘lovchi jismoniy kanal. Kommutatsiya tugunlari bilan birga magistral kanallari maʼlumotlar marshrutlash tarmog‘ini tashkil qiluvchi asosiy tarkibiy qismlardir. Magistral kanal ko‘p sonli tizimlar tomonidan yo‘naltirilgan maʼlumotlarni uzatish uchun mo‘ljallanganligi sababli, u ayniqsa katta ishonchlik va yuqori o‘tkazish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim. Shuning uchun magistral kanallar odatda efir, optik kabel va koaksial kabellar asosida quriladi. " Magistral kommutator|"Kompyuterlarining magistral tarmoq bilan ulanishlarini o‘rnatish uchun mo‘ljallangan qurilma. " Magistral; magistral liniya|"1. Ikkita tarmoqni o‘zaro bog‘lovchi, intensiv trafikli va xizmat ko‘rsatish sifati yuqori bo‘lgan, yuqori tezlikli aloqa liniyasi. 2. Umumiy yuqori tezlikli aloqa liniyasi yordamida tarmoqqa birlashtirilgan uzellar va stantsiyalar guruhi. " Magistral mediashlyuz|"KAT paketlari uzellari va axborotni yetkazish trafikini uzatish uchun KTSOP (umumiy foydalanishdagi kommutatsiyalanadigan telefon tarmog‘i)/SSIS (xizmatlari integratsiyalashgan raqamli tarmoq) tarmoqlari (masalan, tranzit stansiyalar, mahalliy ATS, xalqaro stansiyalar) ning kanallar kommutatsiyalanadigan uzellari o‘rtasida interfeys bo‘lib xizmat qiluvchi blok. TMG axborotni yetkazish trafiki uchun barcha zarur o‘zgarishlarni ta’minlaydi. " Magistral monokanal|"Bitta yoki bir necha umumiy bo‘g‘inlari magistral tarzida amalga oshirilgan monokanal. Magistral monokanalning umumiy bo‘g‘ini odatda yassi kabelning o‘rama jufti, koaksial kabel va radio kanal asosida yaratiladi. Juft past tezliklarda, koaksial kabel esa katta tezliklarda ishlatiladi. " Magistral pochta yo‘nalishi|"Xalqaro pochtamtni pochta almashinuv punktlari, jumladan, xalqaro pochta almashinuv punktlari bilan bog‘lovchi pochta yo‘nalishi. " Magistral tarmoq|"Umumiy yuqori tezlikli aloqa liniyalariga ko‘priklar, marshrutizatorlar va kanal kontsentratorlari orqali bog‘lanadigan tarmoq segmentlari, uzellari hamda alohida stantsiyalarining majmui. " Magistral uzel|"Internet va/yoki elektron pochta tizimining, katta hajmdagi trafikni qayta ishlaydigan uzeli. " Magnit disk|"Kompyuterlarning xotira qurilmalarida ishlatiluvchi va bir o‘qda parallel joylashgan dumaloq plastina yoki plastinalar shaklida yaratilgan maʼlumotlar tashuvchisi. Magnit diskda har bir plastinaning bitta yoki ikkita tomoni magnit qatlami bilan qoplangan. Maʼlumotlar ushbu qatlamdagi halqa yo‘lkalariga yoziladi. Maʼlumotlarni yozish va o‘qish diskni aylantiruvchi diskyuritma yordamida amalga oshiriladi. Magnit disklarning asosiy turlariga qattiq disk va egiluvchan disk kiradi. " Magnit karta|"Magnit moddasi bilan qoplangan maʼlumotlar tashuvchi. U standart o‘lchamdagi plastik karta shaklida bo‘lib, undan ketma-ket foydalanish mumkin. Maʼlumotlarni yozish, saqlash va o‘qish uchun mo‘ljallangan. Ixtisoslashtirilgan kompyuterlar, masalan, bank xizmati tizimida qo‘llaniladi. " Magnit tasma|"Maʼlumotlarni saqlash uchun magnit moddasi bilan qoplangan egiluvchan tasma. Magnit tasma g‘altakka o‘raladi yoki ikki g‘altakli kassetada bo‘ladi. G‘altakli xotira to‘plagichlari boshqalaridan oldin paydo bo‘lgan bo‘lib,asosan katta va o‘rtacha kompyuterlarda ishlatiladi. Shu bilan birga, 4 mm kenglikdagi DAT raqamli audiotasmalar bilan ishlaydigan magnitofonlar ham keng tarqalgan. " Magnit tasmasidagi to‘plagich (strimmer)|"Axborotni magnit tasmaga yozuvchi uskuna, ishlash prinsipi xuddi oddiy kassetali magnitofonga o‘xshaydi. Afzalligi – katta hajm, ishonchlilik, arzon narx. Kamchiligi – ishlash tezligining pastligi. " Magnit to‘plagich|"Moddalarning magnit xususiyatlaridan foydalanadigan xotira qurilmasi. Magnit to‘plagichlari o‘qish usuli bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linadi: magnit tasma, magnit disk, magnit karta. " Magnit chiziqli kartalar|"Axborot kartaning orqa tomonida joylashgan uch yo‘lkali magnit chiziqda saqlanadigan oddiy kartalar. " Magnitli antenna|"Magnitli materialdan tayyorlangan (odatda ko‘p o‘ramli) o‘zakli ramkasimon antenna. Magnitli materiallar sifatida ko‘pincha magnitodielektriklar yoki ferritlar (ferrit antenna) ishlatiladi. " Magnitli dipol|"1. Elementar konturdagi, ya’ni konturdagi berk elektr toki, kuzatish nuqtasigacha bo‘lgan masofa bilan taqqoslanganda uning o‘lchami kichkina bo‘ladi. 2. Elektr tokining elementar konturi magnit maydoniga teng, uning oʻlchamiga nisbatan katta masofada magnit maydoni hosil qiladigan istalgan elementar hajm. " Magnitooptik disk|"Maʼlumotlarni o‘ta zich saqlash uchun magnitooptik texnologiyalar asosida yaratilgan disk. U 1988-yilda yuzaga kelgan. Uning aktiv tashuvchisi terbiy qo‘shilgan temirkobalt qotishmasidir. Yozish uslubi qutblanishga asoslangan. Yozish jarayonida lazer nuri 1 mkmdan kam bo‘lgan joyni qizdiradi, buning natijasida ushbu nuqtadagi magnitlanganlik vektori tashqi magnit maydoniga parallel yo‘naladi. Aks etgan lazer nuri kuchsiz bo‘lib, magnitlanganlikni o‘zgartirish uchun yetarli bo‘lmaydi. Yozilgan maʼlumotlarni o‘chirish uchun tashuvchiga bir paytning o‘zida lazer nuri va tashqi magnit maydoni taʼsiridan foydalaniladi. Shu tarzda maʼlumotni o‘chirish va qayta yozish 10 mln. marta amalga oshirilishi mumkin. Disk juda katta xotiraga ega bo‘lib, maʼlumotlarni arxiv usulida saqlash uchun qo‘llaniladi. " Magnitooptik kommutatsiyalanadigan asbob|"Optik kommutatsiyalash elementlarida kuzatiladigan magnitooptik effekt hisobiga amalga oshiriladigan optik kommutatsiya asbobi. " Magnitooptik kompakt-disk|"1988-yilda ishlab chiqilgan kompakt-disk turi. Ma’lumotni ko‘p marotaba yozish va o‘chirish imkoniyatini beradi. Hajmi 128 Mbyte dan 2,6 Gbyte gacha. Hozirgi vaqtda bu formatdan foydalanilmaydi. " Magnitooptik to‘plagich|"Magnitooptik disklar bilan ishlash uchun mo‘ljallangan to‘plagich. Magnitooptik disk alyumin qotishmadan tayyorlanadi va plastik qobiqqa joylangan. Magnitooptik disklar (mos ravishda, diskovodlar) ikki o‘lchamda chiqariladi: 3,5 dyuymli disk 500 Mbyte ma’lumotni ichiga oladi; 5,25 dyuymli disk 2,3 Gbyte ma’lumotni ichiga oladi. Ma’lumotlardan erkin foydalanish vaqti 50 ms ga yaqin. " Mahalliy foydalana olish va uzatish zonasi|"Ko‘p juftli kabeldan iborat magistral kabelli uchastkani, bir yoki bir nechta tuman ATS hamda abonentlarni ulash uchun mo‘ljallangan kabelli liniyalarni ichiga oluvchi mahalliy telefon aloqa tarmog‘i. " Mahalliy kommutatsiya markazi|"Bitta aholi punkti yoki maʼmuriy tuman doirasida joylashgan foydalanuvchilar o‘rtasidagi telefon bog‘lanishlar o‘rnatilishini taʼminlaydigan uskunalar majmui. " Mahalliy (lokal) ko‘p nuqtali taqsimlangan xizmat|"26 GHz dan 30 GHz gacha bo‘lgan juda yuqori chastotalar diapazonida ishlaydigan simsiz aloqa tizimi yoki simsiz modem xizmati. " Mahalliy tarif|"Ma’lum geografik hududda amal qiladigan tarif stavkalari. " Mahalliy telefon raqamlarining ko‘chirib o‘tkaziluvchanligi|"Xizmatlar provayderi o‘zgartirilganda ayni telefon raqamini saqlab qolish imkoniyati. " Mahalliy telefon tarmog‘ining abonent raqami|"Telekommunikatsiyalar xizmatlarini ko‘rsatish yuzasidan shartnoma tuzilganda abonentga ajratiladigan raqam. Bu raqamga qarab, telekommunikatsiyalar tarmog‘iga ulangan oxirgi (terminal) uskuna identifikatsiya qilinadi. " Mahalliylashtirish|"Mavjud dasturiy mahsulotni tili boshqa mamlakatlarda foydalanish maqsadida qayta ishlash. Hujjatlar va foydalanuvchi interfeysi (menyu, xabarlar, aytib turishlar va yordam) ko‘chirilishini, hisoblashlar metodikalari o‘zgartirilishini va dasturlar birmuncha qayta ishlanishini ko‘zda tutadi. Ba’zida mahalliylashtirishga maslahat ta’minoti ham qo‘shiladi. " Maishiy elektronika|"Aholi foydalanadigan elektron apparatlar. " Maishiy radioelektron apparat|"Radioeshittirish va televizion dasturlarni, simli eshittirish dasturlarini, fonogrammalarni, videogrammalarni, shuningdek maxsus signallarni qabul qilish, qayta ishlash, sintez qilish, yozish, kuchaytirish va qayta eshittirish kabi bitta yoki bir nechta funksiyani bajarish uchun qo‘llaniladigan radioelektron qurilma. " Majburiy nusxa tizimi|"Jami shartli nusxa turlari, shuningdek, ularni to‘plash, tarqatish va foydalanishning belgilangan tartibi. " Majburiy sinxronlash|"Tarmoqning barcha tayanch generatorlarini sinxronlash usuli, unda o‘zaro bog‘langan va bo‘ysunuvchi qurilmalarning barchasiga sinxronlovchi signal bitta yetakchi stansiyadan kelib tushadi. " Majburlash|"Muhofaza usuli, bunga ko‘ra foydalanuvchilar va tizim personali moddiy, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik tahdidi ostida muhofaza qilinadigan axborotni qayta ishlash, uzatish va undan foydalanish qoidalariga rioya qilishga majbur bo‘ladilar. " Majoritar element|"Chiqish diskret signali qiymati uning kirishlarida ko‘pchilikni tashkil etgan bir-biriga teng qiymatlarga mos obyekt. Majoritar element ham qurilma tarkibiy qismi, ham dastur qismi bo‘lishi mumkin. Uning mohiyati shundaki, u toq sonli kirishlarga va bitta chiqishga ega bo‘lib, go‘yo ovoz berish jarayonini aks ettiradi. Yaʼni, elementning chiqish signali uning kirishlaridagi bir xil signallar qiymatini aks ettiradi. Masalan, uchta kirishli majoritar elementning ikkita yoki uchta kirishiga «bir» berilgan bo‘lsa, ushbu element chiqishida ham «bir» paydo bo‘ladi. Ikki yoki uch kirishida «nol»lar bo‘lsa, chiqishda ham «nol» bo‘ladi. " Mak Ellis kriptotizimi|"Xatolarni tuzatuvchi kodlarga asoslangan kriptotizim. Uning o‘ziga xos ikki kamchiligi bor: kalit uzunligining katta bo‘lishi va katta ortiqchalik (shifrmatn uzunligi xabar uzunligidan ikki marta oshadi). " Maket plata|"Laboratoriya sharoitlarida qurilmaning boshlang‘ich versiyasi yig‘iladigan va sozlanadigan plata. " Makro|"1. MAChine ROutine qisqartmasi. Bir necha mashina komandasidan tashkil topgan to‘plamga o‘giriluvchi dasturlash tilida berilgan alohida ko‘rsatma. 2. Boshqa komandalar ketma-ketligini chaqiruvchi komanda. 3. «Juda kata» maʼnosida ishlatiladi, masalan – makroiqtisodiyot. " Makroblok|"Yorqinlik va ranglilik signallari koeffitsiyentlarini bir necha DKO‘ bloklari orqali tasvirlanadigan hamda bitta siljish vektori bilan ifodalanuvchi odatda, 16x16 piksel kattalikka ega bo‘lgan tasvir sohasi. " Makrodasturlash|"Dasturlarni makrokomandalardan foydalanib yozish jarayoni. " Makrogenerator|"Translyator yoki makroassemblerning makroalmashtirishlarni bajaradigan qismi. " Makrokengaytirish|"Dasturda foydalaniladigan makrokomandani mashina komandalarga kompilyatsiyalash natijasi. " Makrokomanda|"Foydalanuvchi tomonidan ma’lum standart komandalardan tuziladigan, qandaydir tildagi komanda. Bu komandalarni tuzish uchun tegishli vosita – makrotil bo‘lishi kerak. " Makros|"Komandalar ketma-ketligi va/yoki noyob nomdagi makroregistratorda yozilgan klavishlarni bosish ketma-ketligi. " Makrotil|"Foydalanuvchiga boshlang‘ich komandalarni birlashtirish mumkinligi hisobiga o‘z ishini osonlashtirish yoki uzun, tez-tez takrorlanadigan matn o‘rniga uning shartli ekvivalentini kiritish imkonini beradigan dasturiy vosita. Makrotil foydalanuvchi tomonidan yaratiladigan makrotavsiflardan (makrokomandalardan, makroalmashtirishlardan) va ularni natijalovchi matnlarga (shu jumladan, dasturlarga) o‘tkazadigan dasturlardan iborat. " Makrouya|"Odatda, radiusi 1 km dan to 35 km gacha bo‘lgan hududni o‘z ichiga oladigan uyali aloqa tarmog‘ining xizmat ko‘rsatish sohasi. Izoh − Bir nechta mikro va pikouyalardan iborat bo‘lishi mumkin. Makrouya chegarasida bir vaqtda bitta chaqiruvga xizmat ko‘rsatadigan, ikkita yoki undan ortiq parallel bog‘lanishni saqlab turish imkoniyati ta’minlanadi. " Makrovirus|"Aniq bir ilova uchun mo‘ljallangan makros ko‘rinishidagi fayl virusi. Zararlangan fayl ochilganda virus dasturga birikib oladi va u murojaat qiladigan barcha fayllarni zararlaydi. " Maksimal ajratish|"Monitorda o‘rnatish mumkin bo‘lgan eng katta ajratish. U ba’zan mavjud o‘lchamdagi monitor uchun talab etilganidan katta bo‘ladi. " Maksimal haqiqatga o‘xshash algoritm|"Dekoder uzatishda shartli ehtimolligi maksimal bo‘lgan kodli so‘zni tanlaydigan dekodlash ketma-ketligi. " Maksimal qoʻllaniladigan chastota|"Ma’lum bir sharoitlarda berilgan vaqtda berilgan punktlar oʻrtasida radiotoʻlqinlarning ionosferali tarqalishi mavjud boʻlgan radionurlanishning eng katta chastotasi. " Maksimal yorqinlik|"Tashqi yoritish bo‘lmaganda va farqlanuvchi satr tuzilma mavjudligida qoraning tasvirda berilgan darajasida televizion ekranda o‘lchanishi mumkin bo‘lgan eng katta yorqinlik. " Maksimal yoʻl qoʻyiladigan quvvat|"Antennaga oʻtkazilishi mumkin boʻlgan va elektr teshilish hamda antenna elementlarining buzilish imkoniyati cheklangan quvvat. " Mamlakat bilan bevosita so‘zlashuv yoki boshqa mamlakat operatorini to‘g‘ridan-to‘g‘ri chaqirish|"Mamlakatdan tashqarida joylashgan foydalanuvchining maxsus raqamini terib, chaqiriluvchi abonent hisobidan to‘langan (xizmat uchun hisob-kitob) yoki oldindan to‘langan kredit kartochka (xalqaro yoki abonent yashagan mamlakat) orqali ushbu mamlakat abonenti bilan so‘zlashuvga buyurtma uchun mamlakatning operatori (o‘zining yashash joyi va foydalanuvchi raqamini ro‘yxatga olish) bilan bog‘lanish imkonini beradigan xizmat. Izohlar 1. Chaqiriluvchi abonent to‘lov yig‘indisi to‘g‘risida xabardor qilinishi kerak. Ma’lumotlar so‘rovi xizmatlarning ushbu turidan chiqarib tashlangan bo‘lishi mumkin. 2. Ayrim hollarda chaqiruvchi abonentga xizmatlarning ushbu turidan erkin foydalanish uchun to‘lov tavsiya qilinishi mumkin. Har qanday holatda bunday tarifning qo‘llanilishi bog‘lanishga buyurtma amalga oshiriladigan mamlakatning milliy vakolatiga kiradi. " Mamlakat kodi|"Chaqirilayotgan mamlakatni belgilaydigan, bitta, ikkita yoki uchta raqamdan iborat birikma. " Mamlakat mobil kodi|"Xalqaro identifikatsiyalash raqami IMSIning sarlavhasida ko‘rsatilgan uchta raqamdan iborat indeks. " Mamlakatning yagona axborot makoni|"Yagona prinsiplar va umumiy qoidalar asosida, dunyo axborot makoniga kirishdagi manfaatlar muvozanati saqlangan va milliy axborot mustaqilligi taʼminlangan holda, mamlakatning barcha hududida ochiq axborot resurslaridan teng ravishda foydalana olish sharoitida, davlat, tashkilotlar va fuqarolarning xavfsiz axborot o‘zaro hamkorligini, shuningdek, ularning axborotga bo‘lgan ehtiyojlari iloji boricha to‘liq qondirilishini taʼminlash imkonini beradigan axborot resurslari hamda axborot infratuzilmasining yig‘indisi. " Manba|"Turli fizik tabiatdagi xabarlar yoki signallar ko‘rinishidagi axborotni to‘plash, saqlash, o‘zgartirish va berishi mumkin bo‘lgan moddiy obyekt yoki subyekt. " Manba kuchlanishini avtomatik almashlab ulash|"Operator ishtirokisiz ta’minot kuchlanishini 120 V dan 220 V yoki 240 V ga almashlab ulash. " Manbani kodlash|"Berilgan alifbo doirasida o‘zgaruvchan uzunlikdagi kodlardan, xabardagi simvollar sonini, xabardagi butun axborotni taqdim etish yoki hech bo‘lmaganda bunday qisqartirish shartlarini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan eng kam darajagacha kamaytirish maqsadida foydalanish. " Manbani o‘chirish|"Asbob-uskunalarni elektr manbaidan uzish. " Manchestercha kodlash|"Maʼlumotlarni kanal orqali uzatish uchun kodlash uslubiyati. Manchestercha kodlash mantig‘i ikkilik sanoq tizimiga oid signalni manchestercha kodga aylantirish bilan bog‘liq. Mazkur kodlashni amalga oshirishda muvaqqat bit oraliqlari deb atalmish muddatlarga bo‘linadi. " Mandat|"1. Obyektdan erkin foydalanish uchun bitta yoki bir nechta huquqlarni taqdim etish. Izoh – Mandat erkin foydalanishga ruxsat berish hisoblanadi. 2. Ma’lum subyektning ma’lum obyektdan foydalanish turini belgilovchi, erkin foydalanish matritsasi elementi. Har safar mandat subyektga dinamik ravishda – erkin foydalanish so‘ralganda beriladi. Mandatlarni tarqatish juda ham o‘zgaruvchan tarzda yuz berishi sababli, ular bevosita obyektlar ichida joylashishi mumkin, buning oqibatida ularni nazorat qilish juda ham qiyin. Sof ko‘rinishda bu mexanizmdan juda kam foydalaniladi. Biroq, erkin foydalanishni nazorat qilishning boshqa mexanizmlari ko‘pincha mandatlar yordamida amalga oshiriladi. 3. Taqdim etiladigan vakolat shakli, unga egalik qilish tizim resursidan erkin foydalanish huquqini tasdiqlaydi. 4. Qandaydir obyektning talab etiladigan identikligini (o‘xshashligini) tasdiqlash uchun uzatiladigan axborot. " Mandatli foydalana olish|"Obyektlardan foydalana olishni boshqarish usuli. Obyektda mavjud bo‘lgan axborotning maxfiylik yoki kritiklik darajasiga, ma’lum bir kritiklik darajasidagi axborotdan foydalana olishda subyektning vakolatlari va huquqlarini rasman tekshirishga asoslangan. Izoh – Foydalana olishni mandatli boshqarish: – tizimning barcha subyektlari va obyektlari bir xil identifikatsiya qilinganligini; – tizimning har bir obyektiga, undagi axborotning qiymatini belgilovchi kritiklik belgisi berilganligini; – tizimning har bir obyektiga subyekt foydalana olishi mumkin bo‘lgan obyektlar kritiklik belgisining maksimal qiymatini o‘rnatuvchi bazaviy xavfsizlik darajasi berilishini nazarda tutadi. " Manfaatdor bo‘lmagan hakam protokoli|"Arbitrli protokolga o‘xshash protokol, lekin undan farqli ravishda manfaatdor bo‘lmagan hakam faqat protokol ishtirokchilari o‘rtasida bahsli holatlar yuz bergan hollardagina paydo bo‘ladi. Manfaatdor bo‘lmagan hakam, arbitrdan farqli ravishda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri protokolda ishtirok etmaydi, lekin manfaatdor bo‘lmagan hakamga aldovni aniqlash uchun imkon beradigan ma’lumotlar mavjud bo‘ladi. " Manipulyator|"Kompyuter holatini boshqarish, shu jumladan, qo‘llar yordamida ma’lumotlarni kiritish imkonini beradigan qurilma. Manipulyatorga joystik, «sichqoncha», trekbol, sensorli panel, pero, trekpoint, J-klavish kiradi. Eng keng tarqalgan manipulyator – klaviatura. " Manipulyatsion kod|"Har bir signalga simvollar to‘plamini taqqoslaydigan kod, bunda qo‘shni signallarga tegishli bo‘lgan ketma-ketliklar ikkilik simvollarning eng kam soni bilan farqlanib turishi kerak. " Manipulyatsiya qilish|"1. Biror narsa ustida murakkab usul, harakat. 2. Informatikada – maʼlumotlarni qayta ishlash. Bunda dasturlar foydalanuvchi komandalarini qabul qilib, kompyuterga nima va qaysi tartibda bajarish kerakligini buyuradi. 3. Algebraik ifodalarni qayta o‘zgartirish. 4. Maʼlum qurilmani boshqarayotganda muayyan vazifani bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘l harakati. Odatda robotlar inson qo‘llari harakatlariga taqlid qiladi va buyumlarni olib ularning fazodagi joyini o‘zgartirishni taʼminlaydi. " Manipulyatsiyani aniqlash|"Ma’lumotlarning tasodifan yoki qasddan qilinadigan o‘zgartirishlarni aniqlash uchun qo‘llaniladigan protsedura. " Mansell bo‘yicha rang miqdori|"Odatdagi sharoitlarda, yorqinlikni sezishning taxminan bir tekis darajasini kuzatish imkonini beradigan shkala yordamida ifodalangan rangli predmet uchun yorug‘likni o‘tkazish yoki qaytarish kattaligi. " Mansell rang tizimi|"Uch o‘zgaruvchidan ikkitasi, xususan, tusi (rangning tusi), miqdori va xromlari doimiy bo‘lgan bir tekis rang shkalasidan foydalanishga asoslangan jismlar rangini aniqlaydigan tizim. " Mantiq|"Mantiqiy tafakkur shakli va qonunlari to‘g‘risidagi fan. Mantiq fanining obyekti – tafakkur qonunlari, shakllari, uslublari va operatsiyalaridir. Mantiq fani u o‘rganadigan predmet sohasining turi bo‘yicha ikki bo‘limdan iborat: formal mantiq va dialektik mantiq. Formal mantiq statik borliqqa, dialektik mantiq dinamik borliqqa oiddir. Formal mantiq ilmining asoslari eramizdan avvalgi IV asrda buyuk yunon olimi Aristotel tomonidan yaratilgan. IX asrda yashab o‘tgan Markaziy Osiyolik alloma Abu Nasr Farobiy Aristotelning umumiy formal mantiq tizimini uning boshqa asarlari asosida to‘ldirib, o‘z zamonasi uchun eng muhim mantiq fanini shakllantirib bergan. Yo rost yo yolg‘on bo‘lishi mumkin bo‘lib qiymatlari ikkilik sanoq tizimiga xos fikrlar, yaʼni hukmlar ustida matematik tahlil va deduktiv fikrlashni birinchi bo‘lib XIX asr o‘rtalarida Irlandiyalik Jorj Bul qo‘llagan. Bu Bul algebrasi deb ataluvchi mantiq algebrasi yaratilishiga va oxir oqibatda XX asr o‘rtalarida elektron hisoblash mashinalarining yaratilishiga olib kelgan. " Mantiqiy analizator|"Murakkab raqamli qurilmalarni sozlash va diagnostika qilish uchun mo‘ljallangan qurilma. " Mantiqiy bomba|"1. Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimining muayyan bir holatida ishga tushadigan va tizimni ishdan chiqishiga olib keluvchi zararli dastur. 2. Avtomatlashtirilgan tizim resurslarining (ma’lumotlar, dasturiy yoki apparat ta’minot) shikastlanishiga olib keluvchi va ayrim shartlar bajarilganda ishga tushadigan kompyuter dasturi yoki dastur fragmenti. 3. Elektron hisoblash mashinasining, ma’lumotlarni buzish, yo‘q qilish yoki o‘zgartirish maqsadida, davriy ravishda yoki muayyan vaqtda bajaradigan dasturi. " Mantiqiy dasturlash|"Dasturlash uslubi, bunda dastur xulosalar shakllanadigan faktlar va bog‘liqliklardan iborat bo‘ladi. Prolog tilida amalga oshirilgan. " Mantiqiy dasturlash tili|"Deklarativ tillarga tegishli bo‘lgan dasturlash tili; mantiqiy xulosa qoidalari va kirish ma’lumotlari o‘rtasidagi munosabatlarni belgilash asosida qurilgan. " Mantiqiy disk|"Qattiq disk xotirasining maxsus qismi. Mantiqiy diskni operatsion tizim alohida qurilma sifatida qabul qiladi. U o‘zining nomiga, katаloglarga ega. " Mantiqiy formatlash|"Diskda operatsion tizim foydalanadigan jadvallar, kataloglar va xizmat sektorlari tuziladigan formatlash. " Mantiqiy ifoda|"Ustida mantiqiy operatsiyalar bajariladigan obyektlar operandlar bo‘lgan ifoda. Har bir dasturlash tili o‘zining ifodalar tuzish qoidalarini va operatsiyalarni belgilashlarni belgilaydi (sintaksis). Mantiqiy ifodaning bajarilish natijasi – ChIN yoki YoLG‘ON mantiqiy qiymatlardan biri. " Mantiqiy inkor|"Mantiqiy amal. Ba’zi dasturlash tillarida NOT kabi belgilanadi va NOT p ko‘rinishida yoziladi, bu yerda p – mantiqiy ifoda. " Mantiqiy kanal raqami|"x.25 tarmoqlaridagi virtual kanal identifikatori. " Mantiqiy ko‘paytirish, VA mantiqiy funksiyasi|"Operandlarning ikkilik (0,1) razryadlari yoki mantiqiy kattaliklari ustida bajariladigan, «chin» qiymati faqat har ikki operand 1 ga teng bo‘lganda yoki ikkala operand chin bo‘lgandagina qaytariladigan operatsiyalar. " Mantiqiy ko‘paytma|"Operandlarining har ikkisi chin bo‘lganda, natijasi chin bo‘ladigan VA mantiqiy amali. " Mantiqiy manzil|"Xotira sohasining, periferik yoki tarmoq qurilmasi, Internet, elektron pochtaning ramziy yoki shartli manzili. Translyatsiya qilishda yoki ishlash jarayonida tegishlicha dasturiy yoki apparat ta’minot yordamida fizik manzilga aylantiriladi. " Mantiqiy matritsa, ventilli matritsa|"Berilgan funksiyalarni bajarish imkoniyati bo‘ladigan qilib birlashtirilgan mantiqiy ventillarning jami ko‘rinishidagi maxsus mikrosxema. " Mantiqiy mikroprotsessor|"Axborotni qayta ishlaydigan va saqlaydigan, mantiqiy sxemalardan tashkil topgan mikroprotsessor. " Mantiqiy nom|"Operatsion tizim qandaydir qurilma yoki qurilmalar toifasiga, amaliy dasturiy ta’minot qurilma konstruksiyasining o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq bo‘lmasligi uchun beriladigan nom. " Mantiqiy obyekt|"Obyekt to‘g‘risidagi axborot saqlanishi mumkin bo‘lgan obyekt, mantiqiy obyekt deb hisoblanadi. Mantiqiy obyektlar va ularning munosabatlari munosabatlar diagrammasi yordamida tavsiflanadi. " Mantiqiy operatsiya|"Mantiqiy mulohazalar ustidagi operatsiyalar. Ko‘pgina dasturlash tillarida ikki o‘rinli operatsiyalar: mantiqiy qo‘shish (OR), mantiqiy ko‘paytirish (AND), implikatsiya («-»), istisno qiluvchi «yoki»; bir o‘rinli operatsiya – mantiqiy inkor (NOT) belgilanadi. " Mantiqiy operatsiya belgisi|"Mantiqiy operatsiya simvoli (VA-AND, YO‘Q-NOT, YoKI-OR, Faqat YoKI-XOR). " Mantiqiy qiymat|"1 yoki 0 ikkilik qiymatlar. " Mantiqiy qurilma|"Dasturiy yo‘l bilan yaratilgan, biroq funksional jihatdan fizik qurilma kabi ishlaydigan qurilma. Bitta mantiqiy qurilmaga bir nechta fizik qurilma, va aksincha, to‘g‘ri kelishi mumkin. Masalan, bitta fizik qattiq disk bir qancha mantiqiy disklarga bo‘linishi mumkin. " Mantiqiy qo‘shish|"Hech bo‘lmasa bitta operandi yoki har ikki operandi chin bo‘lganda, natijasi chin bo‘ladigan YoKI mantiqiy operatsiyasi. " Mantiqiy siljish|"Registr ichidagini, registrdan chiqarib tashlanadigan bitni yo‘qotgan holda, chapga yoki o‘ngga razryadlab ko‘chirish. Bo‘sh razryadlar nollar bilan to‘ldiriladi. " Mantiqiy sxema|"Ma’lumotlarni qayta ishlaydigan yoki mantiqiy operatsiyalarni bajaradigan mikrosxema. " Mantiqiy sxemalar sintezi|"Mikrosxemani loyihalashdagi bosqich. Yuqori daraja tilidagi mikrosxema tavsifini mantiqiy ventillar va ularning birikmalariga aylantirishda ifodalanadi. " Mantiqiy topologiya|"Tizimning fizik topologiyasidan farq qiluvchi mantiqiy chizmasi. Masalan, lokal tarmoqlarda tarmoq fizik nuqtai nazardan «yulduz» topologiyasi ko‘rinishida bo‘lishi mumkin bo‘lsada, tarmoq mantiqiy shina sifatida faoliyat ko‘rsatishi mumkin. " Mantiqiy ventil|"Kirish signallari ustida eng oddiy mantiqiy operatsiyalarni amalga oshiradigan ventil. " Mantiqiy xulosa mashinasi|"Ekspert tizim bilimlar bazasida saqlanadigan mantiqiy xulosa qoidalari va faktlar asosida xulosa shakllantirish mexanizmi. " Mantiqiy yozuv|"Fizik joylashishiga bog‘liq bo‘lmagan holda ma’lumotlarni yozish. Yozuv, masalan, ikkita turli xil faylda saqlanishi mumkin. " Mantiqiy shina|"Lokal tarmoqlar topologiyasi, masalan, Ethernet kabi umumiy aloqa kanalidan foydalanadigan topologiya. " Manzil|"1. Tarmoq yoki tarmoq qurilmasiga uni axborot almashinuvi vaqtida boshqa tarmoqlar va qurilmalar aniqlay olishi uchun beriladigan noyob identifikator. Izoh − Manzillar mantiqiy (ramziy yoki shartli), fizik (apparat) yoki tarmoq manzillari shaklida bo‘lishi mumkin. 2. Internet tarmog‘ida avtomatlashtirilgan axborot tizimi joylashgan yerning simvolli taqdim etilishi. " Manzil arifmetikasi|"Murakkab manzillash tizimlarida manzillarni hisoblash protsedurasi. " Manzil deshifratori|"Manzilni, xotira qurilmasiga yuborilayotgan boshqaruvchi signallarga o‘zgartirgich. " Manzil fazosi|"1. Protsessor yoki dastur foydalana oladigan yoki foydalana olishi mumkin bo‘lgan manzillar diapazoni. Manzil shina kengligiga va protsessor registrlarining razryadliligiga bog‘liq. 2. Dasturga ajratilgan fizik yoki virtual manzillar diapazoni. " Manzil liniyasi, manzil satri|"1. So‘raladigan yoki saqlanadigan axborotning manzilini ko‘rsatish uchun foydalaniladigan chiziqlardan biri. Axborot matritsa ko‘rinishida tashkil qilinishi sababli, manzil liniyalaridan to‘liq foydalanish sikli ichida ikki marta ‒ satr va ustun raqamini ko‘rsatish uchun foydalaniladi. 2. Internetda yoki lokal kompyuterda bo‘lgan fayllarni ochish vositasi. Manzilning manzil satriga kiritilishi, shu manzilda bo‘lgan faylning ochilishiga so‘rovni bildiradi. " Manzil maydoni|"Mashina komandasi yoki xabarning manzilni ichiga oladigan qismi. " Manzil niqobi|"Manzilning qaysi qismi tarmoqqa yoki kichik tarmoqqa, qaysi biri xost-mashinaga taalluqli ekanligini tasvirlash uchun foydalaniladigan bitlar kombinatsiyasi. Ba’zan oddiygina qilib, niqob deb ham ataladi. Manzil registri rus. - адресный регистр ing. - аddress register Protsessorning, tezkor xotira qurilmasi to‘liq manzilini yoki manzilning ma’lumotlar bajaruvchi manzilini yoki navbatdagi bajariladigan komandani hisoblashda foydalaniladigan qismini ichiga oladigan registri. " Manzil strobi|"Protsessor yoki xotira kontrolleri yuzaga keltiradigan, xotira mikrosxemasining kiruvchi boshqaruv signallaridan biri. " Manzil zanjiri|"Manzil shinasi va manzil qurilmasi o‘rtasida o‘rnatiladigan mikrosxem (masalan, tezkor xotira qurilmasi). " Manzil shinasi|"1. Kompyuter xotirasida axborot saqlanadigan va kiritish mumkin bo‘lgan joyni aniqlash uchun xizmat qiladigan o‘tkazgichlar va yordamchi elementlar tizimi. 2. Signallarni uzatishda ishlatiladigan tizim shinasidagi liniyalar to‘plami, ular yordamida protsessor tomonidan bajariladigan o‘qish/yozish va kiritish-chiqarish operatsiyalarini bajarish uchun xotira yacheykasining joylashgan o‘rni aniqlanadi. Izoh − Shina kengligi plataning xarakteristikalariga qarab o‘zgaradi (8 dan 64 razryadgacha). Ayrim kompyuterlarda tashqi qurilmalar registrlariga kira olish uchun ham ishlatilishi mumkin. " Manzillar jadvallari|"Kommutatorlar, ko‘priklar va marshrutizatorlarda saqlanadigan va ushbu qurilmalarga tarmoqdagi fizik qurilmalarning joylashishini «eslab qolish» imkonini beradigan jadvallar. " Manzillar kitobi|"Pochta dasturlaridagi pochta manzillari ro‘yxati. Izoh − U pochta qutisining egasi tomonidan to‘ldiriladi, ayrim hollarda avtomatik to‘ldirish imkoni ham mavjuddir. Pochta manzillarini kiritishdan tashqari manzil kitobida odatda ism, familiya, telefon raqami va boshqa shaxsiy ma’lumotlar kiritiladi. " Manzillarni aniqlash protokoli|"TCP/IP va Apple Talk tarmoqlarida foydalaniladigan protokol. U xost-kompyuterga agarda uning faqat mantiqiy manzili ma’lum bo‘lsa, tarmoq uzelining fizik manzilini aniqlash imkonini beradi. Protokoldan foydalanishda, tarmoq platasi tarmoq uzellarining mantiqiy manzillarini apparat manzillarga o‘zgartirish uchun xizmat qiladigan jadvalni ichiga oladi. " Manzillarni hal etishning teskari protokoli|"Teskari ARP amalini bajaradigan protokol. " Manzillarni sozlash|"Manzillarning obyekt yoki yuklash modulida modifikatsiyalash. Komponovkachi yoki yuklovchi tomonidan, uni muayyan manzil bo‘yicha joylashtirish paytida bajariladi. " Manzillarni tasvirlash|"1. Manzillarni bir formatdan boshqasiga ko‘chirish usuli. Turli tarmoq protokollariga birgalikda ishlash imkonini beradi. 2. Fizik manzilni virtual yoki mantiqiy manzil bo‘yicha hisoblash. " Manzil(lar)ni o‘zgartirish|"Protokol IP-manzilini tegishli fizik manzilga o‘zgartirish. " Manzillarning dinamik translyatsiyasi|"Virtual manzillarni virtual xotira bilan ishlashni qo‘llab-quvvatlaydigan xotirani boshqarish qurilmasi va operatsion tizim tomonidan bajariladigan jismoniy xotira manzillariga aylantirish. " Manzillash|"1. Nomerlarini ko‘rsatish yo‘li bilan kompyuter portlariga yoki xotiraning alohida yacheykalariga, tez kirishni (foydalanishni) ta’minlash usuli. 2. Kompyuter tarmoqlarida abonent joylashgan yerni aniqlash usuli. " Manzillash rejimi (usuli)|"Protsessor tomonidan, komanda murojaat qiladigan ma’lumotlar elementi manzili (operand) ni hisoblab topish usuli. Registrli va noregistrli, to‘g‘ri, indeksli, nisbiy va bilvosita, operand manzilini bir vaqtda oshirish yoki kamaytirish bilan manzillash bor. " Manzilli dastur|"Tashkilot tomonidan yil mobaynida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlar rejasi. " Manzilni modifikatsiya qilish|"Obyektga murojaat qilish. Bunda maxsus dasturlar va elektron jadvallar yordamida mantiqiy va virtual manzillar fizik manzillarga aylantiriladi. Foydalanuvchilar ko‘zlangan obyekt, masalan, bitta tizimdan boshqasiga ko‘chirilganligini sezmasligi mumkin. " Manzilni o‘zgartirish|"Kompyuterlardagi adreslash sxemalarida farqlarni bartaraf etish usuli. Manzilni o‘zgartirish odatda, tarmoq sathi (IP-manzillari)ni kanal sathi (MAS-manzillari) bilan birlashtirish usulini aniqlaydi. " Manzilning o‘zgarishi|"Manzil bo‘yicha bajariladigan arifmetik, mantiqiy yoki sintaksis operatsiya. Masalan, effektiv manzil, indeksli manzil, nisbiy manzil, ko‘chiriladigan manzil. " Mapping|"1.Ma’lumotlarni bir shakldan boshqa shaklga o‘zgartirish jarayoni. 2. Eltuvchining mumkin bo‘lgan holatlarini modulyatsiyaning vektor diagrammasida (signal yulduzida) tegishli pozitsiyalar bilan tasvirlash, bunda pozitsiyaning gorizontal o‘qqa nisbatan burchagi eltuvchi fazasini, koordinata boshidan pozitsiyagacha bo‘lgan masofa eltuvchi amplitudasini belgilaydi. 3. Bitlar ketma-ketligini boshqa bitlar ketma-ketligiga modulyatsiya turiga bog‘liq ravishda ma’lum qoida bo‘yicha o‘zgartirish jarayoni. 4. Bitlar ketma-ketligini signal yulduzining modulyatsiya simvollariga bog‘liq ravishda ma’lum qoida bo‘yicha o‘zgartirish garayoni. " Maqsadli dastur|"Muayyan maqsad (vazifa) ga erishishga yo‘naltiril-gan, muddatlar, bajaruvchilar, resurslar tomondan o‘zaro muvofiqlashtirilgan, bajariladigan tadbirlar (ko‘rsatiladigan xizmatlar) majmui. " Maqsadli katalog|"Fayllardan nusxa ko‘chiriladigan katalog. " Maqsadli til|"Dasturning boshlang‘ich matni translyatsiya qilinadigan yoki assembrlanadigan til. Boshqa dasturlash tili yoki mikrokontrollerdan superkompyutergacha bo‘lgan har qanday protsessorning mashina tili maqsadli til bo‘lishi mumkin. " Markalangan badiiy pochta konverti (varaqchasi)|"Bosmaxona usulida pochta markasi tasviri va badiiy illyustratsiya tushirilgan standart pochta konverti (standart pochta varaqchasi). " Markalangan pochta konverti: markalangan pochta konverti (varaqchasi)|"Bosmaxona usulida pochta markasi tasviri tushirilgan standart pochta konverti (standart pochta varaqchasi). " Markalar preyskuranti|"Kolleksion pochta markalari va bloklari uchun narxlar maʼlumotnomasi. " Markali varaq|"Perforatsiyalangan yoki perforatsiyalanmagan qog‘ozning bir varag‘ida chiqariladigan ikkitadan ortiq pochta markasining har qanday kombinatsiyasi. " Markaz|"Matn yoki tasvirlarni tekislash variantlaridan biri. Bunda satrlar sahifa yoki yacheyka markazi bo‘yicha gorizontal tarzda tekislanadi. " Markaziy davlat boshqaruvi organlari|"Davlat hokimiyatining yuqori pog‘onasidagi, o‘zining vakolati doirasida mustaqil davlatning butun hududida davlat boshqaruvini amalga oshirishga vakolati bo‘lgan organlar. " Markaziy protsessor|"Kompyuterning, hisoblashlarni, komandalarni bajaradigan va kompyuterning qolgan qismlari o‘rtasida axborot almashinuvini amalga oshiradigan elementi. Markaziy protsessor boshqaruvchi va bajaruvchi qurilmalarini o‘z ichiga oladi, kompyuter barcha qurilmalarning ishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi, arifmetik va mantiqiy axborot jarayonlarini bajaradi. " Markaziy zona|"Televizion kadrning chetlari bo‘yicha yo‘qotishlar miqdoridan qat’i nazar, barcha televizion qabul qilgichlarda tiklanadigan qismi. " Markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasi|"Tarkibi yagona axborot massivi ko‘rinishida bitta elektron hisoblash mashinasidagi bitta yoki bir nechta tashuvchida joylashtirilgan ma’lumotlar bazasi. " Markazlashtirilgan sinxronlash|"Bir nechta televizion signal manbalari chiqaradigan signallarning chastota va fazasini bitta (markaziy) manba ishlab chiqaradigan tayanch signalning chastota va fazasiga sozlash orqali televizion sinxronlash. " Markazlashtirilgan tarmoq|"Boshqarilishi, tarmoqning barcha resurslari tegishli bo‘lgan yagona serverdan amalga oshiriladigan kompyuter tarmog‘i. " Markazlashtirilgan tarzda boshqarilаdigan tarmoq xavfsizlik kontrolleri|"Tarmoq xavfsizligini ta’minlash usuli, bunda asosiy xavfsizlik funksiyalari tarmoqning bitta uzelida (yacheykasida) – markaziy kontrollerida amalga oshiriladi. " Markazlashtirilmagan (bir rangdagi) tarmoq|"Lokal hisoblash tarmog‘i, unda boshqarish funksiyasi navbati bilan bir ishchi stansiyadan ajratilgan serverlarga ega bo‘lmagan boshqa ishchi stansiyaga uzatiladi. " Markazlashtirilmagan qayta ishlash|"Qayta ishlaydigan uzellari turli уerda joylashgan, ular o‘rtasidagi ma’lumotlar almashinish trafik hajmi bilan cheklangan kompyuter tizimi. " Marker|"1. Elektron mazmun tashuvchi. 2. Aniqlanadigan so‘zlarni, masalan, tilning xizmatga oid so‘zlarini, konstantalarni va sh.k., taqdim etish uchun mo‘ljallangan qisqa kod. " Marker-kanal|"WCDMA tizimidagi, mobil stansiya tomonidan tayanch stansiyani aniqlashda foydalaniladigan kanal. Bu kanalda, vaqt bo‘yicha uchta signal multipleksorlangan, ya’ni umumiy pilot signal, mantiqiy kanallar to‘g‘risidagi ma’lumotlar va Gold kodli ketma-ketliklari. " Markerni uzatish, markerli halqa|"Halqali topologiya tarmog‘idagi kommunikatsiya usuli, bunda markerlar deb ataladigan maxsus xabarlar tizimda doimo aylanadi. " Markerning sirkulyatsiya vaqti|"Halqa tuzilmali hamda markerli kirishga ega tarmoqda markerning aloqa bog‘lamasiga kelishining ikki ketma-ket onlari o‘rtasidagi vaqt. " Marketing|"Mahsulot yoki xizmatlarni sotish bilan bog‘liq jamiyat faoliyati. Marketingni o‘tkazish uchun maxsus axborot tizimlari yaratiladi. Ularning har biri mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan axborotni yaratish, tahlil qilish va tarqatishga qaratilgan jami uslub va tartiblardan iborat. Marke-tingni o‘tkazishda maʼlumotlarni qayta ishlash va ularni uzatish uslublari va vositalari, amaliy dasturlar majmuidan foydalanish muhim rol o‘ynaydi. Bular axborotni to‘plash, saqlash, olingan maʼlumotlarga statistik qayta ishlash, kalendar rejalashtirish va h.k.larni taʼminlaydi. " Marshrutizator|"1. Bir nechta lokal tarmoqni bitta tarmoqqa birlashtiruvchi va ma’lumotlarni bir tarmoqdan, paketlarni filtrlaydigan va tarmoqni kerak bo‘lmagan paketlardan muhofaza qiladigan, boshqa tarmoqqa uzatilishini ta’minlaydigan qurilma. Izoh – Marshrutizator uchinchi (tarmoq) OSI cathda joylashadi va paketlarni uzatishning bir nechta yo‘llaridan birini tanlashni ta’minlaydi. 2. Bir nechta tarmoq trafigini uzatish yo‘llaridan birini tanlash to‘g‘risidagi qarorlarni qabul qilish uchun javob beruvchi tizim. Bu vazifani bajarish uchun tarmoq to‘g‘risidagi axborot va marshrutlash metrikasi («routing metrics») deb nomlanuvchi, bir nechta mezonlar asosida eng yaxshi yo‘lni tanlash algoritmlarini o‘z ichiga oluvchi marshrutlash protokollaridan foydalaniladi. 3. Tarmoq trafigi yo‘naltirilishi kerak bo‘lgan optimal yo‘lni tanlash uchun, bir yoki bir necha metrikadan foydalanadigan, OSI modelining tarmoq sathida ishlaydigan qurilma. Marshrutizatorlar paketlarni bir tarmoqdan boshqasiga, marshrutli axborotni yangilash paketlaridagi mavjud tarmoq sathi axborotlariga tayangan holda, qayta yo‘llaydi. " Marshrutlash|"1. Axborot manbadan qabul qilgichga uzatiladigan uzatish traktlari va tarmoq uzellarining ketma-ketligini tanlash. 2. Xabarlarni uzatish uchun optimal yo‘lni tanlash jarayoni. 3. Bitta yoki bir nechta tarmoq orqali paketni uzatishning optimal yo‘li (marshruti) ni tanlash jarayoni. Barcha tarmoq uchun markazlashgan tarzda yoki bir-biridan mustaqil ravishda tarmoqning turli uzellarida hisoblanadigan taqsimlangan usulda shakllanishi mumkin bo‘lgan doimiy (tizimning ish boshlashidan oldin hisoblanadigan) yoki dinamik marshrut jadvallari asosida amalga oshiriladi. Marshrutlash usullari vektorlar uzunligi, qisqa yo‘lni afzal ko‘ruvchi algoritm ma’lumotlaridan, shuningdek, turli tarmoqlarda qo‘llaniladigan boshqa usullar va texnologiyalardan foydalanishga asoslangan. Bu usullar, algoritmlar va texnologiyalar marshrutlash protokollaridan foydalanib amalga oshiriladi. 4. Oluvchining xost-mashinasigacha bo‘lgan yo‘lni belgilash jarayoni. Oluvchining xost-mashinasiga yetgunga qadar, paket o‘tishi kerak bo‘lgan potensial oraliq uzellar soni katta bo‘lishi tufayli, yirik tarmoqlardagi marshrutlash murakkab operatsiyani o‘zida aks ettiradi. " Marshrutlash jadvali|"1. Paketlar yoki xabarlar kommutatsiyasi bilan tarmoq uzeliga bog‘langan va har bir adresat uchun optimal chiqish kanalini ko‘rsatuvchi jadval; bir nechta chiqish kanallari ularning afzalliklari tartibida ko‘rsatilishi mumkin. 2. Marshrutizatorda yoki tarmoqlararo birlikda ishlash qurilmasida tarmoqlarga marshrutlar aniq saqlanadigan jadval, ayrim hollarda, shunday marshrutlar uchun metrikalar yoziladi. " Marshrutlash jadvallari porotokoli|"VINES arxitekturasi uchun RIP protokoliga asoslangan marshrutlash protokoli. Tarmoq topologiyasi to‘g‘risidagi axborotni tarqatadi va VINES-serverlarga qo‘shni mijoz serverlar va marshrutizatorlarni topishga yordam beradi. Marshrutlash metrikasi sifatida kechikish kattaligidan foydalaniladi. " Marshrutlash jadvallarini boshqarish protokoli|"Apple Computer kompaniyasi ishlab chiqqan axborotlarni marshrutlash protokoli. Bu protokol Apple Talk tarmog‘idagi ixtiyoriy jo‘natuvchidan ixtiyoriy oluvchigacha deytagramma marshrutlarini o‘tkazish uchun talab qilinadigan marshrutli axborotni boshqaradi. RTMP protokolidan foydalanib, marshrutizatorlar topologiyadagi o‘zgarishlarni aks ettirish uchun marshrutlash jadvallaridagi ma’lumotlarni dinamik boshqaradi. " Marshrutlash protokoli|"Berilgan jo‘natuvchi va oluvchi uchun optimal marshrutni tanlash usulini belgilaydigan va marshrut tanlangandan so‘ng xabarlarni yetkazish to‘g‘riligini ta’minlaydigan protokol. Odatda, marshrutlash protokollari marshrutizatorlarning o‘zaro harakati orqali amalga oshiriladi. Marshrutlash protokollariga IGRP, OSPF va RIP protokollari misol bo‘ladi. " Marshrutlash serveri|"Xabarlar qabul qilinishini va ularning eng samarali yo‘llar orqali adresatga tez yetkazib berilishini amalga oshiradigan server. " Marshrutlashni boshqarish|"Chaqiruvni yoki paketni adresatga yetkazishi mumkin bo‘lgan marshrutni aniqlash jarayoni. " Marshrutli axborot protokoli|"Internetda keng qo‘llaniladigan ichki shlyuzlar protokoli. Marshrutlash metrikasi sifatida bu protokol o‘tishlar sonidan foydalanadi. " Maskarad|"1. Ruxsat etilmagan tarzda foydalana olish uchun biror-bir mantiqiy obyektning o‘zini boshqa mantiqiy obyekt qilib ko‘rsatishga urinishi. 2. Tegishli harakatlarni amalga oshirishga vakolatlari bo‘lmagan va o‘zini bu harakatlar ruxsat berilgan boshqa shaxs qilib ko‘rsatadigan subyekt tomonidan, tizimdan, obyektdan erkin foydalanishga urinish yoki boshqa harakatlarning bajarilishi. 3. Qandaydir qonuniy foydalanuvchining ishini imitatsiya qilish yo‘li bilan tarmoqqa ruxsat etilmagan tarzda kirishga urinish. " Maskirator|"Axborotni o‘zgartirishning matematik algoritmini amalga oshiradigan, maxfiy kalitdan foydalanmaydigan yoki uni xabar bilan birga uzatadigan (saqlaydigan) axborotni muhofaza qilish vositasi. " Maslahat beruvchi axborot|"Tizimda to‘g‘ri ishlash uchun foydalanuvchi tomonidan so‘raladigan ma’lumot. " Masofadan boshqarish dasturi|"Bir kompyuterning boshqa kompyuter bilan aloqasini ta’minlaydigan va unda amaliy dasturni ishga tushiradigan dastur. Kompyuterlar tarmoqqa ulangan bo‘lishi kerak. " Masofadan foydalana olish uchun ulanish|"Odatdagi kommutatsiyalanadigan telefon aloqa liniyasi orqali modem yordamida tarmoqqa ulanish. " Masofadan tarqatiladigan dasturiy taʼminot|"Internet hamda teletex, viewdata va shu kabi boshqa telematik xizmatlar orqali tarqatiladigan dasturiy taʼminot. " Masofadan turib foydalanish|"Kompyuter tarmog‘ining elementlari o‘rtasida birgalikda ishlashning uchta variantini ta’minlaydigan foydalanish: masofadan boshqarish – olisdagi abonent va/yoki server dasturlarining ishga tushirilishini amalga oshirish imkonini beradi; tizimning uzoq muddatli xotirasidan foydalanish; elektron pochta rejimida ishlash. " Masofadan turib foydalanish xizmati|"1. Tarmoq foydalanuvchilariga ularda yetarli huquqi bo‘lganida uzoqdan turib kompyuterdan foydalanish imkonini beruvchi va ularni boshqaruvchi Windows xizmati. 2. Mobil foydalanuvchilarni ulashda va hududiy jihatdan olisda joylashgan filiallar bilan aloqa o‘rnatishda foydalaniladi. Shu bilan birga ular tarmoqning hamma imkoniyatlarini oladi (tizim administratorlari va mobil xizmatchilariga masofaviy ruxsatni ta’minlaydi, bu kommutatsiya liniyalaridan printerlar, elektron pochta, SQL ma’lumotlar bazasini loyihalash va ishlatishda shaxsiy tarmoq orqali umumiy foydalanish imkonini beradi). " Masofadan zondlash yo‘ldoshi|"Aktiv yoki passiv datchiklardan foydalanib elektromagnit to‘lqinlarni qabul qilish yo‘li bilan masofadan kuzatadigan yo‘ldosh. " Masofadan o‘qitish|"1. Masofadan o‘qitish usullaridan foydalanish asosida aholining keng qatlamlariga taqdim etiladigan ta’lim xizmatlarining zamonaviy kompleksi. 2. Ta’lim xizmatlarini taqdim etadigan o‘quv yurtidan geografik jihatdan olisda bo‘lgan o‘quvchilarga ta’lim olish imkonini beradigan vositalar va chora-tadbirlar majmui. " Mastday|"Microsoft Windows operatsion tizimlarining boshqa operatsion tizimlar fanatlari tomonidan kamsitib atalishi. " Master|"Zamonaviy dasturlash va ma’lumotlarni boshqarish tizimlaridagi funksiya. Foydalanuvchiga tegishli standart ishlanmalar to‘plamini taqdim etadi. Qandaydir tizimda asosiy rolni bajaradigan qurilma (masalan, diskovod) yoki blok. " Masshtablash|"Ekranda aks ettiriladigan butun grafik tasvirni yoki uning bir qismini kattalashtirish/kichraytirish. " Mas’uliyati cheklangan jamiyat, MChJ|"Bitta yoki bir nechta jismoniy va/yoki yuridik shaxs tomonidan ta’sis qilingan, ustav kapitali ulushlarga bo‘lingan xo‘jalik jamiyati. Izoh – Jamiyat qatnashchilari uning majburiyatlari bo‘yicha javobgar emaslar va jamiyatning ustav kapitalidagi o‘zlariga tegishli bo‘lgan ulushlar yoki aksiyalarning qiymati doirasida jamiyat faoliyati bilan bog‘liq zararlar xavfini ko‘taradilar. Muomalaga aksiyalar chiqarmaydi. " Matematik mantiq|"Mantiq fani bo‘limi. U matematika uslublari asosida rivojlantiriladi. Unga fikr (hukm) larni asoslash, isbotlar, mantiqiy xulosalar chiqarish kiradi. Buning uchun matematik mantiqda algebra uslublari va algoritmlar nazariyasi qo‘llaniladi. " Matematik soprotsessor|"Asosiy markaziy protsessorga qo‘shimcha integral sxema. Siljiydigan nuqta (vergul) shaklida taqdim etilgan sonlar bilan ishlaydigan komandalarni tez bajaradi. Soprotsessordan foydalanish hisobiga shaxsiy kompyuterning ish tezligi 4-20 marta oshadi. Bunday yutuqqa nafaqat hisoblashga oid masalalarni hal qilishda, balki grafika bilan ishlashda ham erishiladi. Matnlar bilan ishlashda soprotsessordan foydalanilmaydi. " Matn|"Biror bir tildagi so‘zlarning ketma-ketligi. " Matn fayli|"Ko‘rinmaydigan (bosilmaydigan) simvollarni ichiga olmagan fayl. Matn redaktori tomonidan yaratiladi. " Matn maydoni|"Muloqot darchasidagi axborot kiritish uchun mo‘ljallangan maydon. " Matn redaktori|"Matnlar tuzish va ularni o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan dastur. " Matnbop reklama|"Mazmuni foydalanuvchining izlash tizimiga qilgan so‘roviga bog‘liq reklama. Shuningdek, Internet-resurslar kataloglari va turli sahifalarga tashrif buyuruvchilar uchun reklamaga nisbatan ham ishlatiladi. Bunday reklama uni izchil qidirayotganlarga ko‘rsatilishi sababli, uning samaradorligi ham oddiy reklamaga nisbatan yuqoriroq. " Matnlarni qayta ishlash|"Matn protsessorlari yordamida matnli hujjatlar bilan ishlash. " Matnli raqamlar|"Ko‘p xonali sonlarni raqamlar va matnlar kombinatsiyasi orqali ifodalash. Masalan, 3 trln. 42 mlrd. 24 mln. 325 ming. " Matnli rejim|"Aks ettirish rejimi, bunda monitor kursiv, ustki indeks kabi grafik tasvirlar va belgilarni emas, balki harflar, raqamlar va matnli belgilarni tasvirlaydi. " Matnli segment|"Matnning nusxa olishga, ko‘chirishga yoki o‘chirishga tayyorligi belgilangan qismi. " Matnni joylashtirish|"Matnni chap va o‘ng chegaralari orasida avtomatik ravishda to‘g‘rilash va oldingi satrga sig‘magan so‘zlarni keyingi satrlarga ko‘chirish. " Matnni nutqiy kiritish tizimi|"Kompyuterga kiritiladigan nutqni (ovozdan) matnga aylantirish tizimi. " Matritsa|"1. Har bir elementi, biri ustunni, boshqa biri berilgan element joylashgan satrni belgilaydigan ikkita indeks qiymatlari bilan manzillanadigan ma’lumotlarni tartiblashtirilgan tarzda joylashtirish. 2. Rangli televideniyeda matematik amalni belgilaydigan koeffitsiyentlar jadvali, uning bajarilishi rang koordinatalarining o‘zgarishiga olib keladi. " Matritsalalsh (rang bo‘yicha)|"1. Asosiy ranglar signallarini va/yoki ayirmarang signallar, yorqinlik signali va bitta rang tasviriga mos keladigan ayirmarang signallarni vaznlab qo‘shish. 2. Rang koordinatalarini hisoblash yo‘li bilan yoki elektr, optik yoki boshqa vositalar yordamida o‘zgartirish. " Matritsali blok|"Rang koordinatalarining o‘zgartirilishi elektr, optik yoki boshqa vositalar yordamida bajariladigan qurilma. " Matritsali kommutator|"Har bir kirish kanali oldindan berilgan chiqish kanali bilan birlashtiriladigan kommutator. " Matritsali printer|"Belgi tasvirini chop etuvchi ignalar matritsasi va bo‘yovchi tasma yordamida shakllantiruvchi printer. " Matritsali protsessor|"Ma’lumotlar jadvali matritsasi elementlarini parallel qayta ishlaydigan protsessor. " Matritsali videopanel|"Elektrodlarning matritsali tuzilmasiga ega yassi signal-yorug‘lik o‘zgartirgich. " Mavjud bo‘lgan|"Mavjud bo‘lgan fayl nomi bilan yangi fayl yaratilganda yuzaga keladigan vaziyat. Bunday vaziyatdan chiqishning birgina yo‘li eski fayl nomini o‘zgartirishdir. " Mavzu rejasi|"Maʼlum davr ichida chiqarish rejalashtiriladigan, pochta markalari seriyasi va alohida pochta markalari, markalangan va filateliya mahsulotlari ro‘yxati. " Maxfiy axborotdan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olish|"Maxfiy ma’lumotlardan foydalana olish huquqiga ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan maxfiy ma’lumotlarning olinishi. " Maxfiy axborotning buzilishi|"Texnik vositalarning nosozligi, dasturiy ta’minotning takomillashmaganligi va xatolari, xizmat ko‘rsatuvchi personalning mas’uliyatsizligi, tabiiy ofatlar yoki jinoyatkorlar (buzg‘unchilar) harakatlari natijasida, axborotning noqonuniy yoki qasddan o‘zgartirilishi, buzilishi yoki yo‘q qilinishi. " Maxfiy axborotning chiqib ketishi (yo‘qolishi)|"Davlat va xizmat siri hisoblanadigan ma’lumotlarning, shu ma’lumotlar ishonib topshirilgan (bunday ma’lumotlar bo‘lgan) tashkilot yoki shaxslar doirasidan tashqariga noqonuniy tarqatilishi. " Maxfiy bo‘lmagan axborot|"Davlat, xizmat sirini, tijorat bilan bog‘liq sirni va shaxsiy sirni o‘zida ifodalamaydigan, ochiq matbuotda eʼlon qilinishi mumkin bo‘lgan axborot. Izoh – Maxfiy bo‘lmagan axborot oshkor bo‘lishdan himoyalanmaydi, chunki unda hech qanday sir bo‘lmaydi, biroq bu axborot (biblioteka) hujjatlari yoki kompyuterning maʼlumotlar banki shaklida taqdim etilgan holda, yaxlitligi buzilishidan va blokirovkalanishdan himoyalanishi kerak. " Maxfiy ish|"Ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik, loyiha, texnologik, qidiruv va boshqa ishlar (shu jumladan, talabalar, diplomniklar, dissertantlarning ishlari), shuningdek, maxfiylashtirish lozim bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxatida ko‘zda tutilgan har qanday ma’lumot. " Maxfiy kalit|"1. Mazkur kalit yordamida kriptografik o‘zgartirishlarni shakllantirgan shaxsga tegishli va ma’lum bo‘lgan kriptografik kalit. 2. Bir yoki bir nechta ishtirokchilarga ma’lum bo‘lgan va raqibga ma’lum bo‘lmagan kriptografik protokol (kriptografik sxema)ning maxsus parametri. Raqibda maxfiy kalitning qiymati to‘g‘risidagi axborotning yo‘qligi – ko‘plab kriptografik protokollar (kriptografik sxemalar) barqarorligining zarur sharti. 3. Ushbu simmetrik shifrtizim kalitlaridan foydalana olish yoki ushbu asimmetrik shifrtizimning ba’zi funksiyalaridan foydalanish huquqiga ega bo‘lmagan shaxslardan sir saqlanadigan kalit. " Maxfiy kalitli kriptotizim|"Kriptografik tizim, bunda aynan bitta kriptografik kalitdan axborotni shifrlash va rasshifrovka qilish uchun foydalaniladi. Bunday kriptotizimlar bir kalitli, simmetrik, oddiy, ikki tomonlama yoki klassik deb ham ataladi. Maxfiy kalitli kriptografik tizimlar blokli va oqimli kriptotizimlarga bo‘linadi. " Maxfiy ma’lumotlar|"Ma’lum bir maxfiylik grifi (darajasi) berilgan yopiq ma’lumotlar. Maxfiy-rejimli organ (MRO) ing. - regime and secret authority (RSA) ru – режимнo-секретный орган (РСО) Maxfiylik rejimini ta’minlash bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi hamda maxfiy ishlar yuritiladigan tashkilotlarda unga rioya qilinishini muntazam tekshirib turadigan mustaqil tashkiliy bo‘linma. " Maxfiylashtirilishi zarur bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxati|"Belgilangan tartibda tasdiqlangan, tarqatilishi O‘zbekiston Respublikasi manfaatlariga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarning maxfiylik darajasini belgilovchi hujjat. " Maxfiylashtirish apparaturasi|"Telefon va telegraf so‘zlashuvlarini (xabarlarini) avtomatik ravishda shifrlash va deshifrlash uchun mo‘ljallangan maxsus texnik qurilmalar. " Maxfiylik grifi|"1. Berilgan muayyan holatda ma’lumotlar yoki axborotni ruxsat etilmagan tarzda foydalanishdan muhofaza qilish uchun zarur bo‘lgan aniq belgilangan daraja. Masalan, «mutlaqo maxfiy», «maxfiy», «konfidensial». 2. Hujjat yoki nashrdagi, shu hujjatdan foydalanishning muhim tartibini belgilovchi yozuv (tamg‘a). 3. Axborot tashuvchidagi, shu tashuvchida saqlanadigan axborotning konfidensiallik darajasini tasdiqlovchi maxsus belgi. 4. Tashuvchining o‘ziga va/yoki unga ilova qilinadigan hujjatlarga qo‘yiladigan, ularning eltuvchilarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlarning maxfiylik darajasini tasdiqlovchi rekvizitlar. " Maxfiylik kaliti|"Foydalanuvchining yoki dasturning resurslar va maʼlumotlar bilan ishlash huquqlarini aniqlaydigan kalit. Maxfiylik kaliti autentifikatsiyada ishlatilib, parol, yaʼni, maxfiy so‘z turlaridan biridir. " Maxsus effektlar generatori|"Televizion tasvirlarda maxsus effektlarni yaratish uchun mo‘ljallangan uskuna. " Maxsus foydalanish ilovalari uchun mobil aloqaning takomillashtirilgan mantig‘i|"Intellektual tarmoq prinsiplariga asoslangan, aniq foydalanuvchilarning talablariga moslashtirilgan mobil aloqa tarmoqlarini boshqarish texnologiyasi. GSM standartining amaldagi MAP protokoli negizida, operatorlarga yangi xizmatlarni GSM doirasida, ularning standartlashtirilishini talab qilmagan holda, aniqlash va kiritish imkonini beradigan tarmoq infratuzilmasi tuzilishini ta’minlaydi. " Maxsus imkoniyatlar|"Ba’zi bir operatsion tizimlarning imkoniyati cheklangan kishilarning ishini onsonlashtirish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratishga mo‘ljallangan. Bularning qatoriga ekran maydonini kattalashtiruvchi ekran lupasini, tasvirning kontrastliligini oshirish, ekran klaviaturasi va klaviatura yordamida «sichqoncha»ni boshqarish imkoniyatlarini kiritish mumkin. " Maxsus kanallar|"Kabelli televideniye tarmoqlarida foydalaniladigan, 110 MHz dan 174 MHz gacha hamda 230 MHz dan 294 MHz gacha chastotalar polosasidagi chastota kanallari. " Maxsus mobil radioaloqa|"220 MHz dan 900 MHz gacha chastotalar diapazonida ishlaydigan va mobil obyektlari bo‘lgan tarmoqlarda dispetcherlik aloqasini tashkil etish uchun mo‘ljallangan harakatdagi radioaloqaning ixtisoslashgan xizmatlari: tez yordam, o‘t o‘chirish, avariya xizmatlari va b.lar. Axborot almashinuvi, asosan, alohida radiostansiyalarni emas, balki abonentlar guruhini bir vaqtda chaqirish imkonini beradigan yarim dupleks rejimda amalga oshiriladi. " Maxsus muhofaza belgisi|"Belgining o‘zini haqiqiyligini va yaxlitligini aniqlash yoki xarakterli alomatlarga mos kelishlik mezonlari bo‘yicha, «Maxsus muhofaza belgisi – taglik» kompozitsiyasini aniqlash yo‘li bilan muhofaza qilinadigan obyektlardan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishni nazorat qilish uchun mo‘ljallangan, belgilangan tartibda sertifikatlangan va ro‘yxatga olingan buyum. " Maxsus simvol|"Biror bir sanoq tizimi yoki A-Ya alifbosiga kirmaydigan belgi. Unga ~!@#$$%^&*()_+ va boshqa belgilar misol bo‘la oladi. " Maxsus tadqiqotlar|"1. Axborotni qayta ishlash texnik vositalarini ekspluatatsiya qilish obyektida axborotni muhofaza qilish tizimining standartlar va normativ hujjatlar talablariga mos kelishini aniqlash, shuningdek, muhofaza qilish tizimini talab qilinadigan darajagacha yetkazish bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida olib boriladigan tadqiqotlar. 2. Nazorat-o‘lchash apparaturasidan foydalanib, muhofaza qilinadigan axborot asosiy va yordamchi texnik vositalar hamda tizimlardan chiqib ketishi mumkin bo‘lgan texnik kanallarni aniqlash va axborotni muhofaza qilishning shu mazmundagi normativ hujjatlar talablariga mos kelishini baholash bo‘yicha faoliyat. " Maxsus xotira shtempeli|"Muhim davlat voqealariga, tarixiy va xotira joylari hamda sanalar, ko‘rgazmalarga va hokazolarga bag‘ishlangan tadbirlarni o‘tkazishda pochta markalarini maxsus hisobdan chiqarish uchun qo‘llaniladigan shtempel. " Maxsus o‘rnatiladigan elektron qurilma|"Zarur vaqt onida axborotning chiqib ketishini, uning yaxlitligi buzilishini yoki blokirovka qilinishini ta’minlash uchun, ruxsatsiz va yashirin holda texnik vositada o‘rnatilgan elektron qurilma. " Maxsus chiqarilgan (kommemorativ) marka|"Tarixiy sanalar, yubileylar yoki biror-bir voqealarga, mavzuga bag‘ishlab bosib chiqariladigan pochta markasi. " Maxsuslashtirilgan yo‘ldosh|"Foydalanuvchilarning muayyan kontingenti uchun xizmat ko‘rsatadigan yo‘ldosh. " Mayda donador pigmentli lyuminoforlar|"LG televizorlarida foydalaniladigan mayda donador pigmentli lyuminoforlar, ular ko‘rish sifati yaxshilanishi uchun tashqi yorug‘likni yutadi, bunda lyuminessensiyaning yuqori samaradorligiga erishiladi. Pigmentning mayda donadorligi yorqinlik va kontrastlilik oshishiga ko‘maklashadi hamda ranglarning aks ettirilishi yaxshilanishiga yordam beradi. " Mayda paket|"Joylanmasi, o‘lchamlari, og‘irligi va o‘rash tartibi Pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish qoidalarida belgilangan, tovarlarning namunalari, katta bo‘lmagan predmetlar solingan pochta jo‘natmasining turi. " Maydon|"1. Ma’lumotlar bazasidagi eng kichik ahamiyatli yozuv elementi (relyatsion ma’lumotlar bazasida maydon ma’lumotlar ustuni deb ham ataladi). Har bir yozuv maydoni atributlar sifatida turga (sonli, simvolli, mantiqiy, sana maydoniga va sh.k.) va maksimal uzunlikka ega bo‘ladi. 2. Ma’lumotlar tuzilmasining nomlangan elementi. " Maydon bo‘yicha diskret-kosinus o‘zgartirish|"Satr tashlab olingan tasvirlarni qayta ishlash usuli, bunda bitta kadrning ikki maydoni mustaqil tasvir sifatida alohida kodlanadi. " Maydon ichra (kadr ichra) kodlash|"Raqamli oqimni qisqartirish maqsadida bir maydon tasvirining qo‘shni sanoqlari o‘rtasidagi fazoviy korrelyatsiyadan foydalanishga asoslangan kodlash. " Maydon (kadr) yoyish|"Vertikal yo‘nalishda maydonlar chastotasi bilan (satrma-satr yoyishda kadrlar chastotasi bilan) yoyish. " (Maydonlar, kadrlar) satrlari davri|"(Maydon, kadr) bitta satrini yoyish davomiyligi. " Maydon (televideniyeda)|"Navbatma-navbat o‘tadigan satrlarning bir-biriga nisbatan teng turuvchi guruhni o‘z ichiga olgan televizion kadrning tarkibiy qismi. Bu satrlar guruhlarining o‘tish chastotasi kadr uchun qisqa. Izoh ‒ Ayrim ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarda «frame» atamasi televizion kadrning tarkibiy qismini, ya’ni yuqorida keltirilgan ta’rifga ko‘ra «maydon» ni belgilashda qo’llaniladi. " Maydonlararo kodlash|"Taxminlash uchun qiymat oldingi, joriy va keyingi maydonlardan olinadigan taxminlash bilan kodlash. " Maydonlarni o‘chirish intervalidagi telematn|"Axborot oddiy televizion tasvir bilan bir vaqtda, asosan, maydonlarni o‘chirish intervalining bir qismi davomida uzatiladigan telematn. " Maydonlarning ketma-ket almashinishi|"Ayrim asosiy ranglarning ketma-ket keladigan yoyish maydonlariga o‘tishi. Misollar − Maydonlarni ketma-ket almashlash bilan yorug‘likni signalga o‘zgartiruvchi qurilma, maydonlarni almashlash bilan tiklovchi qurilma, maydonlar ketma-ket almashinadigan tizim, maydonlarni ketma-ket almashlash bilan uzatish. " Mayning|"1. Kriptovalyuta ko‘rinishida mukofot olish maqsadida kriptovalyutani yaratish va/yoki validatsiyalashga yo‘naltirilgan tadbirkorlik faoliyati. 2. Turli kriptovalyutalarda, xususan Bitkoynda komission yig‘imlar va yangi birliklar shaklida mukofot olish imkoniyati bilan, taqsimlangan platformani qo‘llab-quvvatlash va yangi bloklarni yaratish bo‘yicha faoliyat. " Mazmunni boshqarish tizimi|"Ma’lumotlarni, ulardan Internet orqali foydalanish mumkin bo‘lishi uchun (jumladan, ma’lumotlarni sayt sahifalari bo‘yicha joylashtirish va kerakli formatga keltirish) rasmiylashtiradigan dasturiy tizim. " Mashina grafikasi|"Qar.: Kompyuter grafikasi. " Mashina identifikatori|"Raqamli kod, uning asosida bajariladigan dastur kompyuter va dastur ishlaydigan boshqa qurilmalar xarakteristikalarining muvofiqligini aniqlaydi. " Mashina kodi|"Dastlabki matnni kompilyatsiya qilish va uni ishga tushirish uchun tayyorlash bosqichlaridan o‘tgan mashina tilidagi dastur. Mashina kodi mashina komandalari ketma-ketligidan iborat bo‘lib, ular protsessor tomonidan tezkor yoki doimiy xotiradan olib o‘qiladi va bajariladi. " Mashina kodlarida dasturlash|"Dastlabki elektron hisoblash mashinalari uchun ommaviy bo‘lgan, lekin hozirda muomaladan chiqib ketgan mashina komandalari va absolyut manzillardan foydalanib dasturlash usuli. Bunday dastur oldindan translyatsiya va komponovka qilinmasdan, bevosita protsessor tomonidan bajarilishi mumkin. Ba’zan oddiy mikroprotsessorlarda ichki qurilgan tizimlarni sozlashda qo‘llaniladi. " Mashina komandasi|"Mikroprotsessor bajarishi mumkin bo‘lgan mashina kodi operatori (komandasi). " Mashina manzili|"Hisoblash tizimi qurilmasi yoki xotira yacheykasi baytini qat’iy identifikatsiyalaydigan, raqamli kod ko‘rinishidagi manzil. " Mashina sikli|"Har bir mashina komandasini bajarish sikli. Elementar operatsiyalar to‘plamidan: komandani tanlash, dekodlash, bajarish va natijani yodda saqlashdan iborat. " Mashina, tarmoq stansiyasi|"Kompyuter so‘zi uchun mo‘ljallangan umumiy atama; lokal tarmoqdagi ishchi stansiya; ba’zi funksiya yoki vazifani bajaradigan qurilma. " Mashina tarjimasi|"Matn yoki nutqni, kompyuterdan foydalanib bir tabiiy tildan boshqa bir tabiiy tilga o‘zgartirish. Tarjima jarayoni to‘la avtomatlashtiriladigan dasturni yaratish bo‘yicha ishlar o‘nlab yillardan buyon olib borilmoqda. Texnik matnlarni tarjima qilishda eng yaxshi natijaga erishilmoqda, lekin olingan tarjimani tekshirish va tuzatishda odamning ishtiroki baribir taqozo qilinmoqda. Bu muammoni hal qilish yuzasidan ko‘plab yondashuvlar mavjud; shunday yondashuvlardan biri IBM firmasi tomonidan taklif qilingan: natijalar solishtiriladigan bir tildan boshqa tilga va aksincha, tarjima qiladigan, mustaqil ravishda o‘rgatadigan tizim yaratilmoqda. " Mashina tili|"Konstruksiyalari bevosita apparatura tomonidan talqin qilinadigan til. Aynan shu tilga yuqori daraja tillarida (Paskal, Basik) yozilgan dasturlar pirovardida o‘tkaziladi (translyatsiya qilinadi). " Mashina o‘qiy oladigan tashuvchi|"Texnik vositalar (kompyuter) tomonidan maʼlumotlarni bevosita yozish va o‘qish uchun mos tashuvchi. " Mashinada o‘qiladigan format|"Ma’lumotlarni taqdim etishning, ularning dasturiy qayta ishlanishini ta’minlaydigan elektron formati. " Mashinada o‘qiladigan CSV formati|"Jadval ma’lumotlarni taqdim etish uchun mo‘ljal-langan matnli format. Faylning har bir satri – jadvalning bitta satridir. Ayrim ustunlarning qiymatlari bir-biridan tizimda belgilangan ajratuvchi belgi – (,), nuqtali vergul – (;) yoki tabulyatsiya belgisi bilan ajratiladi. " Mashinada o‘qiladigan HTML formati|"Ma’lumotlarni HTML tili elementlaridan foydalanib semantik belgilash usullari majvui. Standart funksionallik saqlangan holda, HTML hujjatga kiritilgan atributiv axborotni avtomatik tarzda o‘qish (hujjatni brauzerdan foydalanib vizual ko‘rib chiqish) imkoniyatini ta’minlaydi. " Mashinada o‘qiladigan JSON formati|"Ma’lumotlar almashinishning, Java Script ga asoslangan va odatda, aynan shu til bilan foydalaniladigan matnli formati. " Mashinada o‘qiladigan XML formati|"Butunjahon «o‘rgimchak to‘ri» (W3C) Konsorsiumi tomonidan tavsiya etilgan belgilash tili. XML spetsifikatsiyasi XML hujjatlarni, qisman XML protsessorlar (XML hujjatlarni o‘qiydigan va ularning mazmunidan foydalanishni ta’minlaydigan dasturlar) o‘zini qanday tutishini tavsiflaydi. " Mashinaga bog‘liq bo‘lmagan til|"Har xil kompyuterlarda foydalanish mumkin bo‘lgan dastur yoki qurilma. " Mashinaga bog‘liq til|"Boshqa turdagi muayyan elektron hisoblash mashinasining o‘ziga xos xususiyatlaridan foydalanadigan dasturlash tili. " Mashinaga yo‘naltirilgan til|"Muayyan turdagi kompyuter va/yoki protsessor arxitekturasining (tuzilishining) o‘ziga xos xu-susiyatlaridan maxsus tarzda foydalaniladigan dasturlash tili, dastur yoki qurilma. " Mashinalar ish faoiyatini baholash bo‘yicha konsorsium|"Notijorat tashkilot bo‘lib, kompyuterlar uchun «adolatli, betaraf, xolis va mazmunli» standartlarni tuzishga intiladi. Standartlarning asosiy maqsadi «hayotiy» vaziyatlarni testdan o‘tkazishdir. Masalan, SPECweb2005 – veb-server unumdorligini turli xildagi parallel NTTR-so‘rovlarni yaratish yo‘li bilan testdan o‘tkazish. " Mashinaning to‘liq domen nomi|"Internetdagi tarmoq uzellari nomlari tizimi. Noyob nom domen-soha nomidan va mashinaning o‘z nomidan iborat bo‘ladi. " Mashinaviy intellekt|"Qar.: Sunʼiy intellekt. " Mashinaviy so‘zi|"Protsessor tanlaydigan yoki bir marta murojaat qilish (foydalanish) davomida yaxlit guruh sifatida shu protsessor qayta ishlaydigan, tezkor xotira razryadlarining guruhi. Mashina so‘zining uzunligi odatda, 16, 32, 64 razryaddan iborat bo‘ladi. " Ma’lum ochiq xabar bilan qilinadigan hujum|"Jinoyatkor tizimga kira oladigan va unga uzatiladigan xabarning matni ma’lum bo‘ladigan hujum turi. Jinoyatkor shifrlangan matnni yashirishga uringan holda, uzatiladigan xabar matnini dinamik tarzda o‘zgartirishi mumkin. " Ma’lumot berish tizimi|"Amaliy dasturlar orqali foydalanuvchiga yordam sifatida taqdim etiladigan axborot. " Maʼlumotlar|"Raqam shaklida taqdim etilgan, telekommunikatsiyalar vositalari va maʼlumotlarni saqlash hamda ularni qayta ishlash vositalari bilan ishlov berish uchun yaroqli turli xildagi axborot (nutq, matn, grafik, tasvir, audio, video, va h.) " Ma’lumotlar agregati|"Yozuvga murojaat qilish uchun umumiy nomga ega bo‘lgan, yozuv ichidagi ma’lumotlar elementlarining istalgan to‘plami; ma’lumotlarning tarkibiy elementi. " Ma’lumotlar almashinish kanali|"Tarmoqdagi kompyuterlar o‘rtasida ma’lumotlarning almashinishi yuz beradigan texnik vositalar jami. " Maʼlumotlar almashuvi|"Funksional qurilmalar orasida maʼlumotlarni ko‘chirish. Bu maʼlumotlarni siljitishni va almashuvni kelishtirishni boshqarish qoidalar to‘plamiga muvofiq amalga oshiriladi. " Ma’lumotlar atributi|"Kirish paytida nomi (semantikasi), formati, mumkin bo‘lgan qiymatlar diapazoni va qiymatlar taqdimotini ko‘rsatadigan maʼlumotlar elementi. " Ma’lumotlar banki|"Ma’lumotlarni markazlashtirilgan tarzda saqlash va jamoa bo‘lib foydalanishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi. Izoh – Ma’lumotlar banki tarkibiga bitta yoki bir nechta ma’lumotlar bazasi, ma’lumotlar bazalarining ma’lumotnomasi, ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi, shuningdek, amaliy dasturlar va so‘rovlar bibliotekalari kiradi. " Ma’lumotlar bankiga murojaat qilish xizmati|"Ma’lumotlar bazasining markazida saqlanadigan axborotdan erkin foydalana olish imkonini ta’minlaydigan interaktiv xizmat. Izoh – Axborot foydalanuvchiga faqat uning so‘rovi bo‘yicha uzatiladi. Axborotga murojaat qilish individual ravishda amalga oshirilishi mumkin, ya’ni axborot ketma-ketligi uzatilishining boshlanish vaqtini foydalanuvchi boshqaradi. " Ma’lumotlar bazalari bilan birgalikda ishlash ochiq interfeysi|"Tizimlashtirilgan so‘rovlar tilidan foydalaniladigan ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlarida ma’lumotlardan erkin foydalanish imkonini beradigan dasturiy kompleks. Microsoft firmasi tomonidan ishlab chiqilgan. " Ma’lumotlar bazalari ishlashining ochiq interfeysi|"Fayllar formatiga bog‘liq bo‘lmagan amaliy dasturlash interfeysi yordamida turli ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi tomonidan yaratilgan ma’lumotlar bazasiga kirishni ta’minlovchi Microsoft standarti. Operatsiyalarni bajarishda ODBC drayverlari SQL so‘rovlar formasidan foydalanadi. " Ma’lumotlar bazalari kompyuteri|"Apparatlar yordamida MBBT qator funksiyalarini bajaradigan ixtisoslashtirilgan kompyuter. " Ma’lumotlar bazalarini tuzish|"Ma’lumotlar bazalarini loyihalash, modellash va yaratish shuningdek, ma’lumotlarni tahlil qilish, ma’lumotlar bazalarini ma’muriy boshqarish, ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi bilan bog‘liq boshqa masalalarni o‘rganadigan fan. " Ma’lumotlar bazasi|"1. Obyektiv shaklda ifodalangan va bu ma’lumotlar elektron hisoblash mashinalari yordamida topilishi va qayta ishlanishi mumkin bo‘lgan tarzda tizimlashtirilgan ma’lumotlar (moddalar, hisob-kitoblar va h.k.)ning majmui. 2. Amaliy dasturlarga bog‘liq bo‘lmagan holda, ma’lumotlarni tavsiflash, saqlash va boshqarishning umumiy prinsiplarini ko‘zda tutadigan muayyan qoidalar bo‘yicha tashkil qilingan ma’lumotlarning majmui. " Ma’lumotlar bazasi administratori|"Ma’lumotlar bazasi to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega bo‘lgan va bu ma’lumotlar bazasini yuritish, undan foydalanish, uni rivojlantirish yuzasidan javobgar maxsus mansabdor shaxs (shaxslar guruhi). Ma’lumotlar banki ma’muriyati tarkibiga kiradi. " Ma’lumotlar bazasi kaliti|"Boshqaruv tizimi tomonidan ma’lumotlar bazasiga berilgan va ma’lumotlar bazasi yozuvini qat’iy identifikatsiya qiluvchi kalit. " Ma’lumotlar bazasi replikasi|"Ma’lumotlar bazasining foydalanuvchi kompyuteridagi nusxasi. Foydalanuvchi, xususan mobil aloqa foydalanuvchisi ma’lumotlar bazasini o‘zgartirib, keyin esa asosiy ma’lumotlar bazasi bilan sinxronlashtiradi. " Ma’lumotlar bazasi serveri|"Lokal tarmoqdagi kompyuter-serverda joylashgan ma’lumotlar bazasiga boshqa kompyuter tarmoqla-rining kira olishlarini taqdim etuvchi kompyuter va dasturiy ta’minot. " Ma’lumotlar bazasi uchun OLE|"Microsoft korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan – ma’lumotlardan foydalanish spetsifikasiyasining nomi (avvalgi nomi – Nile). Open Connectivity Database va OLE ni birlashtiradi. " Ma’lumotlar bazasini boshqarish|"Ma’lumotlar bazasida ma’lumotlarni belgilash, tashkillashtirish, boshqarish va muhofaza qilish funksiyalarining bajarilishi. " Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT)|"Rivojlangan so‘rovlar tili yordamida ma’lumotlar bazasi ma’lumotlari tuzilmasini hosil qilish, saqlash, yangilash, yangi ma’lumotlar qo‘shish, izlash operatsiyalarining bajarilishini ta’minlaydigan dasturiy ta’minot. Zamonaviy MBBTlari tranzaksiya mexanizmi orqali ma’lumotlardan bir vaqtda ko‘plab foydalanuvchilarning erkin foydalanishlarini ta’minlaydi. Bunda bir foydalanuvchining olgan natijasi boshqasinikiga ta’sir qilmaydi. Ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi tarkibiga dasturlash tili; dasturlar generatorlari – dasturlar tuzilishini, ma’lumotlar bazasi yaratilishini va ularning qayta ishlanishini osonlashtiradi; kompilyatorlar – mashina kodlaridagi boshqarish dasturlarini, dasturlarning ishlashini tezlashtirish va ularning muhitga bog‘liq bo‘lmasligi uchun generatsiyalaydi; hisobot generatorlari – foydalanuvchiga chiqish hujjatlarini tezkor yaratish, tanlab olish, saralash va hisoblashlarni bajarish imkonini beradi; hujjatlashtirish vositalari –ma’lumotlar bazasini yaratish bilan bir vaqtda, matn va grafik ko‘rinishlarda uning tavsifini yaratish, listinglar bo‘lgan dasturlarni tavsiflash imkonini beradi. Ma’lumotlar bazalarining turlariga ko‘ra, iyerarxik, tarmoq va relyatsion MBBT mavjud. Amalda barcha MBBT «mijoz‒server» arxitekturali tarmoqda ishlashni ta’minlaydi. " Maʼlumotlar bazasini boshqarishning gibrid tizimi|"Gibrid MBBT. U relyatsion va obyektga yo‘naltirilgan tizimlarning ijobiy sifatlarini o‘zida mujassamlashtirgan. Relyatsion MBBT ning tranzaksiyalarini qayta ishlash vositalarini o‘z ichiga olib, obyektga yo‘naltirilgan MBBT ning ko‘pgina maʼlumot turlarini ham quvvatlaydi. Gibrid MBBT «tuzilmalashtirilgan so‘rovlar tili» SQL dan foydalanadi. " Maʼlumotlar bazasini boshqarishning ko‘p o‘lchamli tizimi|"Maʼlumotlarning N-o‘lchamli kub shaklida taqdim etilishini taʼminlaydi. Shu tufayli MDDBMS murakkab hujjatlar tizimlarini qayta ishlaydi. " Maʼlumotlar bazasini moslashtirish|"Foydalanuvchining muayyan texnik vositalari yoki aniq dasturlari boshqaruvidagi maʼlumotlar bazasi faoliyatini taʼminlash maqsadida amalga oshiriladigan o‘zgartirishlar kiritish jarayoni. " Maʼlumotlar bazasini chop etish|"Maʼlumotlar bazasi nusxalarini muallif roziligi asosida cheklanmagan shaxslar doirasiga taqdim etish (jumladan, kompyuter xotirasiga yozish va bosma matn chop etish orqali ham). Bunday nusxalar soni ko‘rsatilgan asarlar tavsifiga ko‘ra mazkur doiradagi shaxslar ehtiyojlarini qondirishi lozim. " Ma’lumotlar bazasining tuzilmasi|"Ma’lumotlar bazasida yozuvlarni va ular orasidagi bog‘liqliklarni tashkil qilish tartibi yoki prinsipi. " Ma’lumotlar bilan ishlashni nazorat qilish|"Ma’lumotlar bloki tasodifiy yoki qasddan qilingan ta’sirlar ostida bo‘lgan yoki bo‘lmaganligini aniqlash imkonini beradigan protsedura. " Ma’lumotlar biti|"Ikkilik pozitsion hisoblash tizimida taqdim etilgan ma’lumotlar simvollaridan biri. " Maʼlumotlar bloki|"Bir xil uzunlikdagi ramzlar ketma-ketligi. U maʼlumotlarni ifodalashda yoki o‘z holicha uzatishda ishlatiladi. " Ma’lumotlar blokini saralash usuli|"O‘zgartirishlarning alohida ko‘rinishi yoki guruhi, uning asosida saralash yotadi. " Ma’lumotlar buferi|"Ma’lumotlarni kiritish-chiqarishda yoki bir joydan boshqa joyga jo‘natishda to‘plash va/yoki vaqtinchalik saqlash uchun xizmat qiladigan xotira sohasi. " Ma’lumotlar elementi|"Tarkibiy qismlarga bo‘linmaydigan ma’lumotlar qismi. " Ma’lumotlar fayli|"Matnli, sonli, grafik yoki multimediali ma’lumotlar bo‘lgan fayl. " Ma’lumotlar formati|"Ma’lumotlar simvollarining joylashish tartibi bo‘lib, ularning tarkibiy qismini tanlab olish imkonini beradi. Izoh – Ma’lumotlar formati ma’lumotlar simvollarining muayyan majmuiga bog‘liq holda nom oladi, masalan, ma’lumotlar xabarining formati. " Maʼlumotlar izlash|"Qar.: Axborot izlash. " Ma’lumotlar kanali|"Meynfreymlarda – o‘zining komandalar tizimiga ega xususiy protsessori bo‘lgan kiritish-chiqarish qurilmasidir. Markaziy protsessor kanalga tegishli komandani yuborgan holda, ma’lumotlar uzatish seansini initsializatsiya qiladi (o‘zlashtiradi), kanal protsessorni spetsifik vazifalardan ozod qilgan, tezkor xotira qurilmasidan o‘z dasturini olgan holda, keyingi barcha operatsiyalarni mustaqil bajaradi. " Ma’lumotlar kanali chetki apparaturasi|"Ma’lumotlar uzatish tarmog‘i tarkibiga kiruvchi va bu tarmoq bo‘yicha uzatiladigan hamda qabul qilinadigan signallar parametrlarini ma’lumotlar oxirgi (terminal) uskunasi parametrlari bilan moslashuvini ta’minlaydigan apparatura. Izoh – Ma’lumotlar kanali chetki apparaturasi ITU-T tavsiyalarida DCE (Data Communications Equipment) kabi belgilanadi. " Ma’lumotlar karuseli|"Transport oqimida ma’lumotlar modulini davriy takrorlash bilan uzatish. " Ma’lumotlar kommutatori|"Kompyuter tizimidagi, kiritiladigan ma’lumotlarni turli joylarga qayta yo‘llaydigan qurilma. " Ma’lumotlar lug‘ati|"1. Ma’lum bir MBBT da foydalaniladigan barcha fayllar, maydonlar va o‘zgaruvchilar ro‘yхati. Ishlab chiquvchiga (ba’zi MBBT da foydalanuvchiga ham) u yoki bu elementlar qanday berilganini aniqlashga imkon beradi. 2. Bir nechta ilovada foydalanilishi mumkin bo‘lgan, ma’lumotlar tavsiflarining to‘plami. " Ma’lumotlar manbaini autentifikatsiya qilish|"Olingan ma’lumotlar manbaining haqiqiyligini tasdiqlash. " Ma’lumotlar massivi|"Har biri massiv nomi va indeks(lar) bilan identifikatsiya qilinadigan bir turdagi ma’lumotlar majmui. Indekslar soniga bog‘liq ravishda, massivlar bir o‘lchamli (chiziqli) ikki o‘lchamli va h.k. bo‘ladi. " Ma’lumotlar maydoni|"Disk maydoni (sektori)ning, manzil undan oldin keladigan ma’lumotlarni joylashtirish uchun mo‘ljallangan qismi. " Maʼlumotlar modeli|"Maʼlumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash sohalarida tarkibiy qismlar turi va ularning aloqalari to‘g‘risidagi tasavvur. Maʼlumotlar modeli maʼlumotlarni tavsiflash tili bilan belgilanadi. " Ma’lumotlar ombori|"Ma’lumotlarni saqlash konsepsiyasi. Ma’lumotlar bazasidan birinchidan, ma’lumotlarni aktuallashtirish ma’lumotlar yangilanishini emas, balki mavjudlariga qo‘shilishini bildirishligi bilan; ikkinchidan, boshqarish tizimining holatini aks ettiradigan ma’lumotlardan tashqari, ma’lumotlar omborida metama’lumotlar ham (omborning tuzilmasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ma’lumotlar o‘rtasidagi bog‘lanish) saqlanishligi bilan ajralib turadi. " Ma’lumotlar oqimi|"1. Har bir operatsiyaning bajarilishi, uning barcha operandlari tayyor bo‘lgandagina amalga oshiriladigan parallel hisoblashlar algoritmlariga yoki arxitekturalariga tegishli umumiy atama. Bunda komandalarning bajarilish ketma-ketligi oldindan berilmaydi. 2. Konveyyerli arxitekturada, ularning ustida bir xil operatsiyalarni bajaradigan operatsion qurilmaga uzluksiz uzatiladigan ma’lumotlar ketma-ketligi. " Ma’lumotlar oqimi boshqaradigan kompyuter|"Parallel hisoblashlar arxitekturasiga ega kompyuter. Unda har bir operatsiyaning bajarilishi ma’lumotlar oqimining barcha operandlari tayyor bo‘lgandagina amalga oshiriladi. " Ma’lumotlar oqimi diagrammasi|"Asosiy komponentlari tashqi obyektlar bo‘lgan, o‘zida axborot manbai va uni qabul qiluvchisini; aniq algoritmlarga muvofiq ravishda kiruvchi ma’lu-motlarni chiquvchi ma’lumotlarga akslantirish jarayonini; axborotlarni joylashtirish va ularni olish mumkin bo‘lgan tashuvchilarni; manbadan qabul qiluvchiga biror-bir bog‘lanish orqali uzatilayotgan axborotni aniqlovchi ma’lumotlar oqimini ifodalovchi axborot modeli. " Ma’lumotlar oxirgi (terminal) uskunasi (MOU)|"Ma’lumotlar manbai yoki ma’lumotlar qabul qiluvchisi, yoki unisi ham, bunisi ham bo‘lib hisoblangan oxirgi (terminal) uskuna (masalan, elektron hisoblash mashinasi). Izoh – MChU ma’lumotlar uzatish tarmog‘i tarkibiga kirmaydi. MChU o‘rnida ma’lumotlar tarmog‘iga ulangan telefon xizmati serverlari ham bo‘lishi mumkin. " Ma’lumotlar raqamli signalining fazali titrashi (djitterning fazali titrashi)|"Ma’lumotlar raqamli signali ahamiyatli onlarining vaqt bo‘yicha ideal holatidan og‘ishi. " Ma’lumotlar saqlanuvchi tarmoq|"Kanallar va konsentratorlarni 100 Mbyte/s vositasida ma’lumotlarni saqlashning turli xil qurilmalarini va serverlarni birlashtiruvchi maxsus yuqori tezlikka ega bo‘lgan tarmoq. Bunday tarmoqlarda ma’lumotlar saqlash qurilmalari va boshqa qurilmalar orasida vositachi server bo‘lmaydi. Ma’lumot uzatishda Fibre Channel texnologiyasidan foydalaniladi. Segmentlarning katta masofasi hisobiga bunday tarmoqlar firma egallab turgan binodan tashqarida korporativ ma’lumotlarni saqlashni tashkil qilishga imkon beradi. " Ma’lumotlar segmenti|"1. 80x86 protsessorlarda – ma’lumotlar segmenti registri yuboradigan tezkor xotira qurilmasining bir qismi. 2. Tezkor xotira qurilmasi yoki tashqi xotiraning, dastur foydalaniladigan ma’lumotlarni ichiga oladigan qismi. " Ma’lumotlar seksiyasi|"Operatsion tizim tomonidan global o‘zgaruvchilar, massivlar, tuzilmalar, obyektlar saqlanadigan jarayonga ajratiladigan asosiy xotiraning statik (o‘z-garmaydigan o‘lchamdagi doimiy ajratilgan) sohasi. " Ma’lumotlar sektori|"Magnit diskdagi axborot sektori. " Ma’lumotlar signali|"Ma’lumotlar xabarini fizik kattalik yordamida taqdim etish shakli, bunda uning bitta yoki bir nechta parametrlarining o‘zgarishi xabar o‘zgarishini aks ettiradi. " Ma’lumotlar signalini analog-raqamli o‘zgartirish|"Diskretlashning berilgan qadamida ma’lumotlar signalining mumkin bo‘lgan uzluksiz ko‘plab qiymatlar funksiyasi ushbu signalning oxirgi ko‘plab mos keluvchi qiymatlar funksiyalari bilan almashadigan ma’lumotlar signalini o‘zgartirish. " Maʼlumotlar tashuvchisi|"1. Moddiy obyekt yoki moslama. U maʼlumotlarni yozish, saqlash va o‘qish imkonini beruvchi maʼlum fizik xususiyatlarga ega. Hisoblash texnikasida maʼlumotlar tashuvchisi sifatida yarimo‘tkazgich kristallar, magnit va lazer disklari, flesh-xotira, magnit tasmalar, magnit kartalar, perfokarta va perfotasmalar hamda (bosish uchun) qog‘oz ishlatiladi. Maʼlumotlar tashuvchisiga maʼlumotlar tashuvchisi xotira qurilmasini tashkil qiladi. 2. Axborotni yozish uchun va doimiy xotira qurilmasi sifatida ishlatiladigan jism yoki muhit. " Ma’lumotlar trakti|"Protsessorning ichki ma’lumotlar shinasi. Uning kengligi protsessor unumdorligiga ta’sir qiladi. Protsessorning yuqori unumdorligiga keng (ko‘p razryadli) ajratilgan ma’lumotlar traktidan foydalanish va tashqi hamda ichki kesh-xotira sig‘imi kattaligi tufayli erishiladi. " Ma’lumotlar turi|"Biror belgisi bo‘yicha bitta nom bilan birlashtirilgan ma’lumotlar. Ma’lumotlar turi ma’lumotlar bazalarida qo‘llaniladi. " Ma’lumotlar tuzilmasi|"Tartiblangan ma’lumotlarga muvofiq keluvchi yozuv yoki massivning tashkil qilish sxemasi bo‘lib, u bilan ma’lumotlarni tushunib olish va ular ustida ma’lum bir operatsiyalarni bajarish mumkin bo‘ladi. " Maʼlumotlar toʻplash|"Turli xil tashqi datchiklardan kompyuter tizimiga ma’lumotlar kiritish jarayoni. Ma’lumotlar, ma’lumotlarni yig‘ish platasidan olinganda, ularni u yoki bu tashqi hodisa bilan sinxronlash ehtiyoji paydo bo‘lishi mumkin. " Maʼlumotlar toʻplash strategiyasi|"Mahsulotlar va xizmatlarni sotib olishga boʻlgan, yetkazib berishlar manbalariga, xarid usullariga, talablar spetsifikatsiyalari turlari, shartnomalar yoki bitimlar turlariga va ular bilan bogʻliq xarid tavakkalchiligiga asoslangan muayyan yondashuv. " Ma’lumotlar uzatish|"1. Ikkilik signallar ko‘rinishidagi ma’lumotlarni telekommunikatsiyalar vositalari yordamida bir punktdan boshqa punktga, qoidaga ko‘ra, keyinchalik hisoblash texnikasi vositalari yordamida qayta ishlash maqsadida ko‘chirish. Izoh – Bu yerda «ma’lumotlar» deb, odam ishtirok etishi mumkin bo‘lgan holda avtomatik vositalar (masalan, komputer) bilan qayta ishlash uchun yaroqli bo‘lgan axborotga aytiladi. 2. Tovushli yoki televizion uzatgichlar orqali axborot signallarini, odatda, raqamli signallarni telematn, subtitr, sinov va boshqaruv signallari kabi tizimlar uchun uzatish. " Maʼlumotlar uzatish adresati|"Tuzuvchining maqsadiga ko‘ra, maʼlumotlar xabarini olishi kerak bo‘lgan qandaydir shaxs, bu maʼlumotlar xabariga nisbatan vositachi sifatida ish ko‘radigan shaxsdan tashqari. " Ma’lumotlar uzatish apparaturasi|"1. Ma’lumotlar uzatish kanali oxirgi (terminal) uskunasining aynan o‘zi. «Foydalanuvchi-Tarmoq» interfeysi tarmog‘i tomonidan kommunikatsiya tarmog‘i qurilmasi va ulanishni o‘z ichiga oladi. DCE – qurilmasi tarmoqqa fizik ulanishni, DCE va DTE qurilmalari o‘rtasida ma’lumotlarni sinxronlash va uzatishda ishlatiladigan taktli signallarni berish va o‘zidan trafikni o‘tkazishni ta’minlaydi. DCE – qurilmasiga modem misol bo‘ladi. 2. Ma’lumotlar uzatish tarmog‘i tarkibiga kiradigan (yoki telekommunikatsiyalarning ixtisoslashtirilmagan tarmog‘ini to‘ldiradigan) va uzatiladigan hamda qabul qilinadigan ma’lumotlar signallarini ma’lumotlar oxirgi (terminal) uskunasi bilan moslashishini ta’minlaydigan apparatura (yoki apparat-dasturiy vositalar). Izoh – MUA signalni o‘zgartirish, xatolardan himoyalash, avtomatik chaqiruv va javob, signal sifatining detektori, korrektor va ular bilan bog‘liq bo‘lgan yordamchi qurilmalar, masalan, nazorat-o‘lchash qurilmalaridan iborat bo‘lishi mumkin. " Maʼlumotlar uzatish kanali|"1. Maʼlumotlar uzatish uchun yaroqli bo‘lgan, maʼlumotlarni jo‘natuvchi va oluvchi vositalaridan hamda boshqaruvchi uzellardan tashqari, barcha tarmoq elementlarini ichiga oladigan aloqa kanali yoki liniyasi. 2. Oxirgi terminallarga bir-biri bilan bevosita bog‘lanish imkonini beradigan fizik qurilmalar konfiguratsiyasi. " Maʼlumotlar uzatish kanalini yuqori darajada boshqarish|"Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) tomonidan kadrlar bo‘yicha cheklangan, razryadli maʼlumotlar uzatish kanallari uchun belgilangan standart protokol. " Ma’lumotlar uzatish muhiti|"Ma’lumotlar uzatiladigan fizik muhit. Bu simli yoki simsiz liniya bo‘lishi mumkin. Simli liniya – mis yoki optik tolali kabel. Simsiz liniya – radio-, televizion, infraqizil kanallar. " Ma’lumotlar uzatish oddiy protokoli|"Disksiz stansiyalarni masofadan yuklash uchun foydalaniladigan protokol. " Ma’lumotlar uzatish protokoli|"Ma’lumotlar uzatish tarmog‘i qurilmalari o‘rtasida axborot paketlari tuzilmasiga va axborot paketlari almashuvi algoritmiga bo‘lgan talablarning shakllantirilgan to‘plami. " Ma’lumotlar uzatish tarmog‘i|"1. Ma’lumotlar uzatilishini ta’minlaydigan raqamli tarmoq. 2. Ma’lumotlar uzatilishini ta’minlash maqsadida ma’lum nuqtalar o‘rtasida telekommunikatsiyani tashkil etish uchun maxsus tuzilgan tele-kommunikatsiyalar uzellari va kanallarining majmui. " Ma’lumotlar uzatish tarmog‘i orqali bog‘lanish|"Aloqa vositalari o‘rtasidagi, abonent va/yoki foydalanuvchiga ovozli va/yoki ovozsiz axborotni uzatish va/yoki qabul qilish imkonini beruvchi, chaqirish natijasida yoki oldindan o‘rnatilgan o‘zaro hamkorlik. Ma’lumotlar uzatish tarmog‘ining tuzilmasi ing. - structure data transmission network ru – с ттруктура сети передачи данных Ma’lumotlar uzatish tarmog‘ida o‘zaro ishlaydigan qurilmalarining o‘zaro joylashishi va bog‘lanishi. " Ma’lumotlar uzatish tezligi|"Ma’lumotlar uzatishda bir sekunddagi bitlar soni. Bu tezlik tashqi xotira bo‘lgan lokal shina turiga, periferik qurilmalar bo‘lgan interfeys turiga bog‘liq. Kompyuter tarmoqlarda ma’lumotlar almashinish tezligi. Kanalning holati va ma’lumotlar uzatish apparaturasi bilan belgilanadi. " Ma’lumotlar uzatish tizimi|"Ma’lumotlar uzatishni ta’minlaydigan telekommunikatsiyalar tizimi. " Ma’lumotlar uzatish vositalari|"Aloqa kanali va ma’lumotlar uzatish apparaturasining majmui. " Ma’lumotlar uzatish xizmatlari foydalanuvchisi|"Ma’lumotlar uzatish xizmatlari xizmatidan foydalanuvchi odam (yoki unga tegishli MChU yoki MChUdagi ma’lum jarayon). " Ma’lumotlar va ularning tashuvchilarini maxfiylashtirish|"Qonunda ko‘zda tutilgan tartibda, davlat siri hisoblanadigan ma’lumotlar uchun, ularni tarqatish va tashuvchilardan foydalanish yuzasidan cheklashlar kiritish. " Ma’lumotlar xabari|"Elektron, optik yoki analog vositalar yordamida, ma’lumotlarning elektron almashinuvi, elektron pochta, telegramma, teleks yoki telefaksni qo‘shgan holda, lekin ular bilan cheklanmagan holda tayyorlangan, jo‘natilgan, olingan yoki saqlanadigan axborot. " Ma’lumotlar xabarini jo‘natuvchi (xabar jo‘natuvchi)|"Xabarlar oqimidan ma’lumotlar xabarlarini tanlashni amalga oshiruvchi va ushbu xabarni keyinchalik uzatish uchun shakllantiruvchi inson va/yoki qurilma. " Maʼlumotlar xabarini tuzuvchi|"Nomidan yoki nomiga saqlash uchun maʼlumotlar xabari tayyorlangan yoki jo‘natilgan shaxs. Izoh – Maʼlumotlar xabarini tuzuvchiga, bu maʼlumotlar xabariga nisbatan vositachi sifatida ish ko‘ruvchi shaxs kirmaydi. " Maʼlumotlar yaxlitligining buzilishi|"Axborotning, uning tuzilmasining o‘zgarishiga va maʼlumotlarning bir qismi yo‘qolishiga olib keladigan buzilishi. " Ma’lumotlar yo‘li|"Ma’lumotlar uzatiladigan virtual yo‘l. " Ma’lumotlar zvenosining ulanishi|"Bevosita tarmoqqa ulangan printerlardan ma’lumotlar uzatish kanalini boshqarish protokoli. " Ma’lumotlar shinasi|"1. Kompyuter qurilmasini (masalan, protsessor va tezkor xotira qurilmasini) birlashtiruvchi va ular orasida ma’lumotlar uzatish uchun xizmat qiladigan uchta shinadan biri. Hozirda 32 va 64 razryadli ma’lumotlar shinalaridan foydalaniladi. Ma’lumotlar shinasining kengligi kompyuter unumdorligini belgilaydi. Ma’lumotlar shinasi har doim ikki yo‘nalishli bo‘ladi. Atamadan, ko‘pincha dasturiy ta’minotni sozlash tizimlarini tavsiflashda foydalaniladi. 2. Mikroprotsessor ichki shinalaridan biri. Odatda, tizim platasidagi ma’lumotlar shinasiga qaraganda kengroq (128 yoki 256 razryadli) bo‘ladi. " Ma’lumotlardan birgalikda foydalanish|"Bitta fayldan bir vaqtda bir nechta foydalanuvchi (ilova)ning foydalana olishi. " Ma’lumotlardan erkin foydalanish mexanizmi|"Modemni telefon liniyasiga ulash uchun mo‘ljallangan dasturiy xizmat. " Ma’lumotlardan erkin foydalanish obyektlari|"Ma’lumotlar bazalari bilan ishlashning asosiy jarayonlarini ifodalaydigan, ishlab chiquvchilarni ma’lumotlarni o‘qish va yozish jarayonining texnik detallariga murojaat qilishdan xalos etadigan toifalar bibliotekasi, yuqori darajali obyektlar to‘plami. " Ma’lumotlardan foydalana olishlik|"Axborotning (avtomatlashtirilgan axborot tizimi resurslarining) holati, bunda foydalana olish huquqiga ega bo‘lgan subyektlar ulardan to‘sqinliksiz foydalanishlari mumkin bo‘ladi. " Ma’lumotlardan foydalanish texnologiyasi|"Ishlab chiquvchilarga ma’lumotlarga istalgan dasturlash tilida murojaat qilishlariga imkon beradigan, yuqori darajali interfeyslar to‘plamini o‘z ichiga oladigan texnologiya. " Ma’lumotlardan universal foydalanish|"Microsoft ma’lumotlardan foydalana olish texnologiyasi, Windows DNA ning qismi bo‘lib, o‘z ichiga ADO va OLE DB larni oladi. " Ma’lumotlarni aktuallashtirish|"Ma’lumotlarni aktual holatda saqlab turish, ya’ni ularni predmet sohaning aks ettiriladigan obyektlarining holati bilan muvofiqlikka keltirish. Aktuallashtirish yozuvlar qo‘shish, ularni chiqarib tashlash, shuningdek, tahrir qilish operatsiyalarini o‘z ichiga oladi. " Ma’lumotlarni arxivlash|"Ma’lumotlarni doimiy xotirada uzoq vaqt saqlash uchun, ularni zichlash va joylashtirish. " Ma’lumotlarni asinxron oqimli uzatish|"Ma’lumotlarni vaqt bo‘yicha sinxronlash talablarisiz oqimli uzatish (masalan, RS-232 protokoli bo‘yicha ma’lumotlar). " Ma’lumotlarni asinxron uzatish|"Uzluksiz xabarlar oqimidan ma’lumotlarni olish uslubi va uzatish usuli; uzatuvchi tomon har bir ma’lumotga, ma’lumot qayerda tugashini ko‘rsatadigan start va stop bitlarini kiritadi. Bu, ma’lumotlar uzatishning, modemli aloqada qo‘llaniladigan ancha ishonchli usulidir. " Ma’lumotlarni autentifikatsiya qilish|"Ma’lumotlar yaxlitligini tekshirish jarayoni. Masalan, olingan ma’lumotlarning jo‘natilgan ma’lumotlar bilan bir xilligini, shuningdek, dasturda virus bor yoki yo‘qligini tekshirish. " Maʼlumotlarni avtomatlashtirilgan qayta ishlash|"Maʼlumotlarni asosan hisoblash texnikasi vositalari yordamida qayta ishlash. " Ma’lumotlarni blokirovkalash|"Bitta foydalanuvchidan tashqari, barcha foydalanuvchilarga kirishni taqiqlash yo‘li bilan fayl yoki uning bir qismini (yozuv blokini) muhofaza qilish. " Ma’lumotlarni bo‘lish|"Xatolar ta’sirini kamaytirish uchun, bit oqimini ikki oqimga ajratish usul. Dekodlashdan oldin ikkala oqim birlashtiriladi. " Ma’lumotlarni e‘lon qilish|"O‘zgaruvchining xarakteristikalarini: ma’lumotlar nomi, turi, boshlang‘ich qiymatini tavsiflovchi dastur operatori. " Ma’lumotlarni kiritish|"Ma’lumotlarni, axborotni qayta ishlash tizimiga yoki uning biror bir qismiga, uni saqlash yoki qayta ishlash uchun kirirtish jarayoni. " Ma’lumotlarni kommutatsiyalanadigan tarmoqlar orqali yuqori tezlikda uzatish|"1. GSM standartidagi, ma’lumotlarni oshirilgan tezlikda (57 Kbit/s gacha) uzatish texnologiyasi. Izoh − Bu texnologiyaning asosiy afzalligi, ma’lumotlar uzatish tezligining yuqoriligida. Bu, bog‘lanishni o‘rnatishga ketadigan vaqtni kamaytirish va dasturlar ishini tezlashtirish imkonini beradi. Ma’lumotlarni uzatish oldingiga nisbatan to‘rt marta tez bajariladi, bu esa, kartalar va grafik interfeysdan foydalanib, mobil navigatsiya kabi xizmatlarni amalga oshirish imkonini beradi. HSCSD texnologiyasi kommutatsiyalanadigan tarmoqlarda qo‘llanilishi tufayli, ma’lumotlar qisqa impulslar tarzida uzatiladigan elektron pochta uzatishga qaraganda, multimedia va videodasturlar ishi uchun yaxshiroq moslashtirilgan. Texnologiyadan GSM tarmog‘ida foydalanishda uzatish tezligi 43,2 Kbit/s bo‘lishiga erishiladi. Bu qiymat zamonaviy modemlardan foydalaniladigan simli tarmoqlar orqali ma’lumotlar uzatish tezligiga teng. 2. GSM mobil tarmoqlar ustqurmasi. 57,6 Kbit/s yuqori o‘tkazish qobiliyatiga erishish uchun, to‘rtta 14,4 Kbit/s past tezlikli kanalni birlashtirish imkonini beradi. Izoh − GPRS dan farqli ravishda, kanallarni kommutatsiyalash usulidan foydalaniladi. HSCSD uskunasi multimedia ma’lumotlarni uzatish uchun mo‘ljallangan, videokonferens aloqa uchun ham to‘g‘ri keladi. " Ma’lumotlarni konvertatsiya qilish|"Ma’lumotlarni taqdim etish shaklini ma’lum qoidalarga muvofiq, undagi axborotni saqlagan holda, o‘zgartirish. " Ma’lumotlarni konveyyerlash|"MPEG-2 transport oqimining foydali ma’lumotlar paketi sohasiga ma’lumotlarni bevosita uzatish. " Maʼlumotlarni ko‘chirish darajasi|"Dasturiy taʼminotni ishga tushirmasdan va bajarmasdan turib, maʼlumotlarni bir tizimdan boshqa tizimga oson uzatish mumkinligi. " Maʼlumotlarni masofadan qayta ishlash|"Kiritish yoki chiqarish qurilmalari markaziy protsessordan uzoqda joylashgan holda maʼlumotlarni avtomatlashtirilgan qayta ishlash. " Ma’lumotlarni mualliflashtirish|"Ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlarning xususiylik darajasini aniqlash va belgilash. " Ma’lumotlarni muhofaza qilish|"1. Ma’lumotlardan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishning oldini olish uchun ma’muriy, texnik yoki jismoniy chora-tadbirlarni amalga oshirish. 2. Ma’lumotlarni, qasddan yoki qasddan bo‘lmagan tarzda o‘zgartirilishiga, fosh bo‘lishiga yoki buzilishiga olib keladigan nomaqbul oqibatlardan va harakatlardan saqlash uchun qo‘llaniladigan chora-tadbirlar. " Ma’lumotlarni nazorat qilish|"Ma’lumotlarning ishonchliligi va yaxlitligini tekshirish. Sintaksis, semantik va pragmatik nazorat farq qilinadi. " Maʼlumotlarni ochiq tarmoqda qayta ishlash|"SUN Microsystems korporatsiyasi tomonidan taklif qilingan asosiy funksional profil. SUN Microsystems korporatsiyasiga tegishli bo‘lgan ONC 1985-yili paydo bo‘lgan va turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan chiqarilgan axborot tizimlarida tatbiq qilishga mo‘ljallangan standartlar to‘plamidir. Bu standartlar, operatsion tizim va kompyuterlarning arxitekturasiga bog‘liq emas. Interfeyslarning barcha spetsifikatsiyalari va tavsiflari nashr qilingan va mutaxassislarning keng doirasiga murojaat etilgan, yaʼni, ONC ochiqdir. Unda dastlabki matnlarning talaygina qismi bepul uzatiladi, qolgan qismi uchun – arzimagan pul to‘lanadi. ONC asosiy profili keng tarqalib, maʼlumotlarga tarqoq ishlov berish uchun de-fakto standart bo‘lib qoldi. " (Ma’lumotlarni) paketli radio uzatish umumiy xizmati|"Uyali aloqa tarmoqlarida ma’lumotlarni uzatish standarti. " Ma’lumotlarni qayta ishlash apparaturasi|"Foydalanuvchi tomonidan «Foydalanuvchi-Tarmoq» interfeysida joylashgan va ma’lumotlar manbaiga va/yoki qabul qiluvchiga xizmat ko‘rsatuvchi qurilma. DTE-qurilmasi ma’lumotlar uzatish tarmog‘iga DCE-qurilmasi (masalan, modem) orqali ulanadi va DCE-qurilmasida generatsiyalanadigan taktli signallardan foydalanadi. DTE qurilmalariga kompyuterlar, marshrutizatorlar va multipleksorlar kiradi. " Ma’lumotlarni qayta ishlash dasturi|"Biror bir ma’lumotni qayta ishlaydigan istalgan dastur " Maʼlumotlarni qayta ishlash ochiq tizimi|"Boshqacha maqsadlardagi va bajarilgan boshqa tizimlar bilan funksional moslikni yaxshilash uchun, birgalikda o‘rnatilgan interfeyslar va protokollarni ichiga oladigan tizim. " Maʼlumotlarni qayta ishlash tizimi|"Dasturiy taʼminot va maʼlumotlar avtomatlashtirilgan tarzda qayta ishlanishini bajaradigan hamda apparat vositalarini ishga soladigan tegishli xodimlar. " Maʼlumotlarni real vaqtda qayta ishlash|"Maʼlumotlarga ishlov berish tezligi, hodisaning modellash tezligi bilan bir xil yuz bergan hol. " (Ma’lumotlarni) saqlash|"Ma’lumotlarni, ularni saqlagandan so‘ng o‘zgarmas holatda ushlab turish, vaqtning istalgan onida keyinchalik hisoblash imkonini ta’minlovchi jarayon. " Ma’lumotlarni sinxronlangan oqimli uzatish|"Ma’lumotlarni vaqt bo‘yicha sinxronlash talablari bilan oqimli uzatish, shu ma’nodaki, oqim tarkibidagi ma’lumotlar ma’lumotlar oqimlarining boshqa turlari bilan majburiy sinxronlash orqali qayta tiklangan bo‘lishi mumkin (masalan, audio va video oqimlari). " Ma’lumotlarni siqish|"Ma’lumotlar hajmini kamaytirish maqsadida uni qayta kodlash protsedurasi. Ma’lumotlarni saqlash va uzatish qurilmalaridan yanada oqilona foydalanish uchun qo‘llaniladi. " Ma’lumotlarni skanlash|"Ma’lumotlar traktlarini skanlaydigan test ketma-ketlik (diagnostik testlashda ma’lumotlar traktlarini tekshirish maqsadida). " Ma’lumotlarni taqdim etish|"Ma’lumotlar bazasining maxsus sxemasi orqali qayd etilgan fizik muhitda ma’lumotlarning joylashishi. Ushbu sxemadan foydalanib, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi ma’lumotlarning fizik joylashuviga ega bo‘lgan kerakli axborotni izlash so‘rovini aniqlaydi. Ma’lumotlar bazasi sxemasini tuzishning turli prinsiplari ma’lumotlarni taqdim etishning har xil (relyatsion, iyerarxik va tarmoq) turlarini keltirib chiqaradi. " Maʼlumotlarni taqdim etish darajasi|"Ochiq tizimlar o‘zaro bog‘liqligining, maʼlumotlar kerakli formatda taqdim etilishi va o‘zgartirilishini, amaliy daraja mantiqiy obyektlari o‘rtasida maʼlumotlar almashinish bo‘yicha xizmatlarni taʼminlaydigan darajasi. " Ma’lumotlarni taqdim etish protokoli|"Taqdimot darajasidagi protokol, unda TCP/IP stekini bir qancha cheklovlarga ega tarmoqlarda qo‘llab-quvvatlash usuli ifodalanadi. " Ma’lumotlarni taqsimlangan holda qayta ishlash|"Amaliy dasturlarning tizim guruhlari tomonidan bajarilish metodikasi. Bunda foydalanuvchi bir nechta o‘zaro bog‘liq abonent tizimlarida joylashgan tarmoq xizmatlari va amaliy jarayonlar bilan ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. " Ma’lumotlarni taqsimlangan qayta ishlash muhiti|"Ma’lumotlarni taqsimlangan qayta ishlash texnologiyasi, abonent tizimlarining guruhlari bo‘yicha bo‘lib-bo‘lib taqsimlangan amaliy jarayonlarni bajarish uchun tarmoq xizmatlarining standart to‘plamini o‘zida aks ettiradi. " Ma’lumotlarni taqsimlangan qayta ishlash milliy platformasi|"«Bulutli» hisoblashlarni amalga oshiradigan axborot tizimlari kompleksi. Milliy platformani yaratishdan maqsad, davlat hokimiyati organlarining IT-ta’minotga qilinadigan sarf-xarajatlarini optimallashtirish va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarini avtomatlashtirish darajasini oshirishdan iborat. " Maʼlumotlarni tezkor analitik qayta ishlash|"Axborotni qayta ishlash texnologiyasi. O‘z ichiga hisobot va hujjatlarni dinamik tuzish va chop etishni oladi. Tahlilchilar tomonidan axborot bazasidagi qiyin so‘rovlarni tez qayta ishlashda foydalaniladi. " Maʼlumotlarni tezkor yetkazish|"Foydalanuvchilar tomonidan axborotni tezkor olish texnologiyasi. Foydalanuvchilar o‘z abonent tizimlariga axborotni ikki texnologiyadan birini ishlatib olishlari mumkin. Maʼlumotlarni ko‘chirib olish texnologiyasi shu bilan tavsiflanadiki, unda foydalanuvchi mustaqil yoki mobil agentlar yordamida kerakli axborotni bazadan qidiradi, uni topib, bazadan oladi. Maʼlumotlarni turtkilab chiqarish texnologiyasining mohiyati shundaki, foydalanuvchilar guruhiga ularning muayyan talabnomalarisiz aniq axborot tarqatiladi. Uni buyurtma bergan va tarqatish manzili egalari ro‘yxatiga kiritilganlar oladi. " Ma’lumotlarni tiklash|"1. Ma’lumotlarni oldindan ma’lum bo‘lgan yoki muayyan bir holatga keltirish. 2. Ma’lumotlarni, ma’lumotlarning himoya nusxasi bo‘lgan tashuvchidan original tashuvchiga, ma’lumotlar yaxlitligi buzilgan holda, ko‘chirish. " Ma’lumotlarni tozalash|"Voris ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlarni, ularning takrorlanishini, mos kelmasligini va kiritishdagi xatolarni aniqlash yo‘li bilan tuzatish. Ma’lumotlarni tozalash jarayonida mumkin bo‘lgan joyda, bir nechta ma’lumotlar bazasidan olingan yozuvlar birlashtiriladi. Tozalash operatsiyasi ma’lumotlar omborini to‘ldirish paytida amalga oshiriladi. " Ma’lumotlarni turlarga bo‘lish|"Ma’lumotlarni, ularning qiymat sohalari va ular ishtirok etadigan operatsiyalar bo‘yicha tasniflash. Ma’lumotlar, ular qayta ishlanadigan tizimlarda o‘zgaruvchilar va konstantalar ko‘rinishida, shuningdek, ifodalar va funksiyalar ko‘rinishidagi ularning birikmasi shaklida taqdim etiladi. Ma’lumotlarni turlarga bo‘lish o‘zgaruvchilar va konstantalar, tegishlicha, ifodalar va funksiyalar kiradigan klassni belgilaydi. Dasturlash tillarida ma’lumotlar turlarini aniqlash, dasturlashda xatolarni kamaytirish va talab qilinadigan xotirani minimallashtirish maqsadida amalga oshiriladi. Ma’lumotlar turlari oddiy va tarkibli (murakkab) bo‘ladi. Oddiy ma’lumotlarga, masalan, butun sonlar, haqiqiy sonlar; tarkibiy ma’lumotlarga massivlar, fayllar kiradi. Ba’zi dasturlash tillarida ma’lumotlar turi foydalanuvchi tomonidan belgilanishi mumkin. " Maʼlumotlarni (to‘g‘rilikka) tekshirish|"Kirish maʼlumotlarining dastur ko‘rsatadigan talablarga (qiymatlar diapazoni, taqdim etish formati) mos kelishini tekshirish uchun, ularni oldindan qayta ishlash. " Ma’lumotlarni uyali aloqa tarmog‘i orqali raqamli paketli uzatish|"Ma’lumotlarni analog uyli telefon aloqa tizimi orqali 19,2 Kbit/s tezlik bilan uzatish imkonini beradigan paketli uzatish. Zamonaviy 3G tizimlari joriy qilina borgan sari, CDPD texnologiyasi asta-sekin iste’moldan chiqib bormoqda. " Ma’lumotlarni uzatishning taqsimlangan o‘tkazuvchi interfeysi|"FDDI protokolining o‘ralgan juftli tarmoq orqali amalga oshirilishi. " Ma’lumotlarni va ularni tashuvchilarni oshkor qilish|"Qonunchilikda ko‘zda tutilgan tartibda oldin kiritilgan, davlat siri hisoblanadigan ma’lumotlarni tarqatishga va ularni tashuvchilardan foydalana olishga bo‘lgan cheklovlarni olib tashlash. " Ma’lumotlarni vizuallashtirish|"Eksperimental yoki boshqa ma’lumotlarni grafik taqdim etish usullarining majmui, foydalanuvchiga ular ichidan ahamiyatli ma’lumotni tezda ajratish imkonini beradi. " Ma’lumotlarni xavfsiz uzatish protokoli|"Amaliy darajada trafikni oxirgi shifrlash uchun foydalaniladigan protokol. " Ma’lumotlarni yuklash|"Ma’lumotlarni, ular tozalangandan keyin boshlang‘ich ma’lumotlar bazasidan ma’lumotlar bazasining yangi segmentiga (yoki boshqa xotira qurilmasiga) ko‘chirish. " Maʼlumotlarni zichlash samarasizligi|"O‘tkazish qobiliyatining, maʼlumotlar guruhli oqimini marshrutlash va aloqa uzellaridagi turli abonentlar maʼlumotlarini ajratish uchun zarur bo‘lgan xizmatga oid axborot bilan to‘ldirishga bog‘liq holda yo‘qolishi. " Ma’lumotlarni o‘rganish|"Ma’lumotlar omborlarini tahlil qilish texnologiyasi. Sun’iy intellekt usullariga va qarorlar qabul qilishni ta’minlash vositalariga asoslanadi. Jumladan, bunga ma’lumotlar o‘rtasida assotsiativ aloqadorlikni, ularning o‘zgarish trendlarini topish, ma’lumotlar turlarini aniqlash kiradi. " Ma’lumotlarni o‘zgartirish|"Boshlang‘ich ma’lumotlarni, ma’lumotlar ombori uchun belgilangan formatga o‘tkazish. " Ma’lumotlarni shifrlash|"Ma’lumotlarni, ularning yashirin uzatilishini ta’minlaydigan maxsus algoritmlardan foydalanib, qayta ishlash usuli. Axborotning o‘zgartirilishi kodlash birlik-lari, odatda, mazmunli so‘z yoki jumlalar bo‘lgan kriptografik usullardan farqli o‘laroq, bitlar yoki ularning ketma-ketligi darajasida amalga oshiriladi. " Ma’lumotlarni shifrlash algoritmi|"Axborotni taqdim etishning dastlabki shakli (ochiq matn)ni, qayta o‘zgartirish siriga ega ko‘rinishga (shifrlangan matn) aylantirish bo‘yicha, muhim o‘zgaruvchi (shifrlash kaliti)ga bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarning mazmuni va izchilligini belgilaydigan matematik qoidalar to‘plami. " Ma’lumotlarni shifrlash standarti|"Shifrlash va deshifrlashda keng qo‘llaniladigan yuqori darajadagi ishonchlilikka ega bo‘lgan algoritm. U.S.National Bureau of Standarts tomonidan ishlab chiqilgan. Ayni vaqtda Tripple DES uch karra uzunlikda shifrlash versiyasi ishlab chiqilgan. " Ma’lumotlarni chiqarib tashlash|"Belgilangan mezonlarga muvofiq, ma’lumotlar bazalaridan ma’lumotlarni avtomatik tarzda yoki qo‘lda chiqarib tashlash. " Ma’lumotlarni chiqarish|"Axborotni qayta ishlash tizimi yoki uning biror bir qismi yordamida ma’lumotlarni bu tizimdan yoki qismdan uzatish jarayoni. " Ma’lumotlarning analog shakli|"Ma’lumotlarni elektr kuchlanish yoki elektr toki kabi maʼlum diapazonda to‘xtovsiz o‘zgaruvchi fizik kattaliklar shaklida taqdim etish, saqlash va uzatish uslubi. " Ma’lumotlarning buzilishi|"Ma’lumotlar yaxlitligining tasodifan yoki qasddan buzilishi. " Ma’lumotlarning ishonchliligini tekshirish|"Ma’lumotlarning aniqligini, ularning to‘liqligini yoki berilgan mezonllarga mosligini aniqlash uchun qo‘llaniladigan jarayon. Izoh – Ma’lumotlarning ishonchliligini tekshirish ularning formatlarini va to‘liqligini tekshirish, kalitning nazorat testlari, to‘g‘riligini va cheklashlarni tekshirishdan iborat. " Maʼlumotlarning protokol bloki|"Paket yoki kadr turidagi vaqtinchalik blok, maʼlumotlar blokining yuqori pog‘ona protokollaridan quyi pog‘ona protokollari tomon harakatlanishda davriy o‘zgarishning uchinchi (oxirgi) fazasi. Maʼlumotlarning servis blokidan (ikkinchi faza) hamda PCI protokolining boshqaruvchi axboroti bo‘lgan sarlavhadan iborat. Quyi pog‘onasidagi ICI interfeysining boshqaruvchi axboroti qo‘shilishi natijasida, quyi pog‘ona bilan chegaralangan maʼlumotlarning interfeysli blokiga (quyi pog‘onasining birinchi fazasi) aylanadi. " Ma’lumotlarning mustaqilligi|"Ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimida – ma’lumotlarning, ular bilan ishlaydigan dasturlardan ajratilishi. Ma’lumotlardan foydalana olishlik darajasini oshiradi. Mantiqiy, fizik va fazoviy ma’lumotlar mustaqilligi farqlanadi. " Ma’lumotlarning sifati|"Ma’lumotlarning muayyan vazifalarni bajarish uchun yaroqliligini ta’minlovchi xossalari majmui. Aniqlik, to‘liqlik, adekvatlik, ziddiyatsizlik, muhofaza qilinganlik ma’lumotlarning sifat ko‘rsatgichlari hisoblanadi. " Ma’lumotlarning vizit bazasi|"Abonentlarning joylashgan o‘rni to‘g‘risidagi axborotning, ularning ko‘chib yurishini kuzatish imkonini beradigan qismi saqlanadigan ma’lumotlar bazasi. " Ma’lumotlarning xavfsizligi|"1. Ma’lumotlarga nisbatan qo‘llaniladigan kompyuter xavfsizligi. 2. Ma’lumotlarning, ma’lumotlar o‘zgartirilishiga, fosh bo‘lishi yoki buzilishiga olib keluvchi, ruxsat etilmagan ta’sirlardan (tasodifiy yoki qasddan) muhofaza qilinganligi. 3. Tizimning, qayta ishlanadigan va saqlanadigan axborotdan ruxsat etilmagan tarzda foydalanish yo‘lidagi urinishlarga qarshi tura olish xususiyati. " Ma’lumotlarning yaxlitligi|"1. Amalga oshiriladigan o‘zgartirishlardan qat’i nazar, ma’lumotlarning aniqlikni va zid kelmaslikni saqlash qobiliyati. 2. Ma’lumotlarni ruxsat etilmagan usulda o‘zgartirib, o‘rnini almashtirib yoki yo‘q qilish mumkin bo‘lmasligini kafolatlaydigan xususiyat. Izoh – Ma’lumotlarning yaxlitligi tizimning buzilishlarga chidamliligini va avtomatik tiklanishini ichiga oladi. " Ma’lumotlarning yaxshi saqlanganligi|"Axborot tizimining, o‘z hayotiy sikli mobaynida, ma’lumotlarning buzilmagan holda saqlanishini va ularning tasodifiy ravishda yo‘q qilinmasligini ta’minlash xususiyati. " Ma’lumotlarning o‘zgaruvchan oqimi|"ATM tarmoqlaridagi bu servis ikki turining umumiy nomlanishi. Bu rejimda o‘tkazish kengligiga bir necha kafolatlar beriladi: odatda minimal yoki o‘rtacha o‘tkazish polosasi kafolatlanadi. Real (rtVBR) va noreal vaqtdagi uzatishlar (nrtVBR) farqlanadi. " Ma’lumotlarning n-simvoli|"n-sanoq pozitsiyasi tizimida taqdim etilgan ma’lumotlarning simvollaridan biri. " Ma’lumotnoma|"1. Ma’lumotlar elementlari va ularning kompyuter xotirasida joylashishi o‘rtasidagi muvofiqlikni belgilaydigan havolalar to‘plami. 2. Oddiy kartochkalarni to‘ldirishda qo‘llaniladigan axborotni qayd etish uchun xizmat qiladigan maxsus kartochka. Odatda, tizimda ma’lumotlarning ma’lum turidagi yagona kartochkasi saqlanadi. " Ma’lumotnomalar va tasniflagichlar registri|"Elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishda va boshqa vazifalarni bajarishda davlat organlari axborot tizimlarining idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik vazifalarini hal qilish uchun, yagona talablar asosida dolzarb ma’lumotnomalar va tasniflagichlarni shakllantirish, saqlash, aktuallashtirish hamda taqdim etishni ta’minlaydigan davlat axborot tizimi. " Ma’muriy axborot tizimi|"Korxonalar, tashkilotlarning rahbarlari va ma’muriy xodimlar uchun mo‘ljallangan avtomatlashtirilgan axborot tizimi. " Maʼmuriy boshqaruv domeni|"X.400 xabarlarni boshqarish tizimida xizmatlar taqdim etadigan yuridik shaxs (Masalan, AQSHda MClmail va ATTmail, Buyuk Britaniyada British Telecom Gold400mail). " Ma’muriy domen|"Bitta tashkilot tomonidan boshqariladigan serverlar, marshrutizatorlar va tarmoqlar guruhi. " Ma’muriy funksiya|"Ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajariladigan davlat funksiyasi. " Maʼmuriy muhofaza choralari|"Xavfsizlik siyosatini ishlab chiqish va uni yurgizish choralari. U muhofaza to‘g‘risidagi hujjatlar talablariga ko‘ra faoliyat doiralarida (masalan, xavfsizlik siyosati va uni yurgizish bo‘yicha hujjatlar yuritish, obyekt joylashish joyini tanlash, nazorat qilinadigan (tekshiriladigan) zonani tashkil qilish, turli tashuvchilardagi muhofaza qilish lozim bo‘lgan maʼlumotlarga ega hujjatlarni qayd qilish, saqlash va aylanish qoidalarini bajarish va h.k. " Ma’muriy hisobga olish|"Davlat tomonidan hisobga olish turi, uning ma’lumotlarining o‘zgarishi jismoniy yoki yuridik shaxs huquqlari yoki majburiyatlarining yuzaga kelishiga, o‘zgarishiga yoki tugatilishiga olib keladi yoxud jismoniy yoki yuridik shaxs huquqlari yoki majburiyatlari yuzaga kelishining, o‘zgarishining yoki tugatilishining oqibati hisoblanadi. " Ma’muriy protsedura|"Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan funksiyalari hamda vazifalarini bajarishlari uchun amalga oshiriladigan jarayonlar majmui. " Ma’muriy reglament|"Davlat funksiyasini bajarish chog‘ida, ijro etuvchi hokimiyat va/yoki mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organining ma’muriy protseduralari va harakatlarining izchilligini va muddatlarini, uning tuzilmaviy bo‘linmalari bilan mansabdor shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik tartibini, shuningdek, ijro etuvchi hokimiyat va/yoki mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organining jismoniy yoki yuridik shaxslar bilan, davlat hokimiyat va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishning boshqa organlari, tashkilotlar va muassasalar bilan o‘zaro hamkorligini belgilaydigan normativ-huquqiy hujjat. " Ma’muriy xabarlar|"Serverga yoki resurslardan foydalanishga taalluqli bo‘lgan xabarlar. Ular foydalanuvchilarni xavfsizlik va foydalanishni boshqarish tizimida, foydalanuvchilar seanslarida, ta’minotni boshqarish tizimida yuz berayotgan voqealar to‘g‘risida, katalogni replikatsiya qilish va bosishda xabardor qiladi. Kompyuter xabarni qabul qilganda, kompyuterlar va foydalanuvchilarning oldindan belgilangan ro‘yxati bo‘yicha bu xabar jo‘natiladi. " Ma’muriy xavfsizlik|"Kompyuter xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan ma’muriy chora-tadbirlar. Operatsion protseduralar va hisob berish protseduralari, xavfsizlik buzilishlarini tekshirish hamda audit jurnallarini tahlil qilish protseduralari shunday chora-tadbirlar hisoblanadi. " MBBT-ilova|"Foydalanuvchining ma’lumotlar bazasi ma’lumotlaridan foydalana olishini ta’minlaydigan dastur. Ma’lumotlarni kiritish, so‘rovlar va hisobotlar shaklida amalga oshiriladi. " «M» belgili qop|"Bir jo‘natuvchi tomonidan bitta adresatga yuboriladigan bosma nashrlar (davriy nashrlar, kitoblar va sh.k.) solingan xalqaro pochta jo‘natmasi turi (maxsus qop). " Media|"1. Ommaviy axborot vositalari (OAB). Maʼlum axborotni ko‘p abonentlarga uzatish vositasi. 2. Informatikada «media» so‘zi turli moddalarni – qog‘oz, optik disk, magnit disk, magnit tasmalarni bildiradi. " Mediaprotsessor|"Oqimli video va/yoki audio axborotni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan, bir kristalli multiprotsessor. " Mediashlyuz kontrolleri|"Mediashlyuzdagi media kanallar uchun ulanishni boshqarishga taalluqli bo‘lgan faqat chaqiruv holatining qismlarini nazorat qiladi. " Megabayt (Mbyte)|"Xotira hajmini yoki ma’lumotlar miqdorining o‘lchov birligi. 220 = 1048576 byte ga teng. " Megapiksel|"Tasvirni shakllantiradigan bir million piksellar. Raqamli foto- va videokameralarning eng muhim xarakteristikalaridan biri, yaʼni matritsaning ajrata olish qobiliyati, megapikselda o‘lchanadi. Shuningdek, yaratilgan yoki skanlangan tasvirning kattaligini ham maʼlum tasvirning kattaligi bilan solishtirish uchun megapikselda o‘lchanadi. " Megauya|"Uyali aloqa tarmog‘idagi, harakat radiusi (100−500) km bo‘lgan qoplash zonasi. " Mehmonlar kitobi|"Saytga tashrif buyuruvchilar bilan teskari aloqa vositasi. Sahifa mazmuni to‘g‘risida o‘z fikringizni yozib jo‘natish mumkin bo‘lgan forma. Foydalanuvchi mehmonlar kitobida formani to‘ldirgandan keyin uning fikri saytda chop etiladi. " «Men seni izlayman»|"Internetda sherik izlash va ular bilan real vaqtda xat orqali muloqot qilish imkonini beradigan interaktiv muloqot tizimi. Hozirgi vaqtda America Online korporatsiyasiga tegishli bo‘lgan Mirabilis kompaniyasining mahsuloti. " Menejer|"Obyektni boshqarish vazifalarini bajaruvchi inson, qurilma yoki dastur. Boshqaruv obyekti tarmoq, katta tarmoqning qismi, tizim, maʼlumotlar banki va h.k. bo‘lishi mumkin. " Menejment|"1. Kerakli natijalarga erishish maqsadida insonlar va obyektlarga taʼsir o‘tkazish. Avtomatika, informatika, texnologik jarayonlarda boshqaruv obyektlarga, ularning faoliyatini taʼminlash uchun maqsadli taʼsir ko‘rsatishni taʼminlaydi. U asosan qurilmalar va amaliy dasturlar majmui tomonidan amalga oshiriladi. Shu bilan birga, boshqaruvda xodimlar ham ishtirok etishi mumkin. Jamiyatlarning axborot faoliyatini boshqarishning usullari va vositalari axborot menejmenti deyiladi. 2. Maqsadga qaratilgan jami harakatlar. Bunga ahvol va boshqaruv obyektining holatini baholash, boshqaruv taʼsirlarini tanlash va amalga oshirish ham kiradi. " Menyu|"Dastur ekranga chiqaradigan komandalar yoki javoblar ro‘yxati. Menyuda tanlash «sichqoncha» kursori bilan, unda belgilangan harfni klaviaturadan bosib yoki kursorni harakatlantirish yordamida amalga oshiriladi. Menyular ekranga kiritilgan bo‘lishi mumkin va tashkil qilish usuli bo‘yicha hamda ekranda ko‘rinishi bo‘yicha farqlanadi. " Menyu komandasi|"Dastur bilan ishlaganda uning menyusidagi biror bir punktni chaqirish uchun ishlatiladigan tezkor klavishlar birikmasi bo‘lib, qulaylik uchun yaratilgan. Masalan, ochish ‒ Ctrl+O, saqlash – Ctrl+S va hokazo. " Menyu qatori|"Oynaning yuqori qismida joylashgan, aktiv dasturda foydalanish mumkin bo‘lgan, tanlash elementlari (menyu punktlari) dan iborat bo‘lgan, gorizontal yo‘lak. " Menyu tarkibiy qismi|"Menyu punktidagi dastur bilan ishlash uchun kira olish mumkin bo‘lgan komandalar. Masalan, «fayl» menyusida ochish, saqlash, yopish va h.k. qismlar bor. " Menyu tugmasi|"Bosh menyudagi tugma, dastur oynasi bilan ishlanganda asosiy amalni bajaradi. " Merkl «daraxti»|"Bir martali signaturalar va xesh-funksiyaga asoslanadigan raqamli imzo sxemasi. Bir martali imzolar sxemasidagi kamchiliklarni bartaraf qilish uchun qo‘llaniladi. Har bir yangi xabar uchun kalit juftini generatsiyalashdan voz kechish imkonini beradi. " Merkl sharadasi|"Kalitlarni taqsimlash algoritmi. Shifrlash uchun foydalaniladigan maxfiy kalitni, sharadalarning katta to‘plamida uni yashirgan holda, uzatishda qo‘llaniladi. " Metabilim|"O‘zining bilimlar bazasida saqlanadigan bilimlar to‘g‘risida yoki bazada saqlanadigan bilimlar orqali bajarilishi mumkin bo‘lgan protseduralar to‘g‘risidagi intellektual tizimni bilish. Metabilimlarni kiritish rekursiv jarayondir. Metabilim tabiiy tildagi matnlarda: «Men Ivanov suzolmasligini bilaman» yoki «Sidorov Petrov algebrani bilmaydi deb taxmin qilgan» kabi iboralar bilan kiritiladi. " Metafayl|"Grafik elementlar tegishli parametrlarga ega grafik komandalar ko‘rinishida tavsiflanadigan yozuvlarni ichiga olgan oddiy fayl. Metafayl ikkilik kodda taqdim etiladi. " Metaizlash|"Bir vaqtning o‘zida bir necha izlash tizimidan foydalangan holda Internetda izlash. " Metaizlash mexanizmi|"Boshqa izlash tizimlariga so‘rov berib, ularning barchasidan olingan natijalarni umumlashti-ruvchi izlash tizimi. Aslida, foydalanuvchi izlashni maqbullashtirish uchun bitta izlash tizimi-dan foydalanish bilan cheklanib qolmasdan ko‘p izlash tizimlaridan foydalanadi. Metaizlash tizimlari misoli sifatida Dogpile, CurryGuide, Excite, Fazzle larni ko‘rsatish mumkin. " Metakompyuting|"Kompyuter tarmoqlaridan milliy va jahon miqyosidagi taqsimlangan hisoblash tizimini yaratish uchun foydalanish. Metakompyuting maqsadi hududiy taqsimlangan va Internetga ulangan yuqori quvvatli kompyuter va chekka qurilmalarini xohlagan shaxsiy kompyuter yoki ishchi stansiyasidan foydalanish mumkin bo‘lgan, foydalanuvchi va dasturlashtiruvchilar uchun yagona hisoblash muhiti bo‘lgan o‘ta kuchli kompyuter yoki metakompyuterga aylantirish imkonini beruvchi dasturiy taʼminotni yaratishdir. Bunda foydalanuvchi bitta, biroq stolida turgan mashinadan anchagina katta mashina bilan ishlash tasavvuriga ega bo‘ladi. " Metama’lumotlar|"Boshqa ma’lumotlarni aniqlaydigan va tavsiflaydigan ma’lumotlar. " Metasimvollar|"Fayllar nomlarining maskalarini yaratish uchun foydalaniladigan * va ? simvollari. «?» simvoli har qanday yakka simvolga to‘g‘ri keladi, «*» simvoli esa, nolga yoki simvollarning katta soniga to‘g‘ri keladi. " Metatarmoq|"O‘zaro aloqada bo‘lgan hududiy tarmoqlardan iborat bo‘lgan global tarmoq. " Metatarmoq|"O‘zaro aloqada bo‘lgan hududiy tarmoqlardan iborat bo‘lgan global tarmoq. " Metatil|"Dasturlash tillarini tavsiflash tili. " Meteor aloqasi|"Signalning meteoritlarning ionlashgan izlaridan qaytishiga asoslangan maʼlumotlarni uzatish texnologiyasi. Ushbu kanaldan foydalanishning iqtisodiy manfaatlardan kelib chiqqan holda (bepul «yo‘ldosh»), maʼlumotlarni uzatishning kerakli sifatini taʼminlash uchun maxsus choralar ko‘rilmoqda. Birinchidan, meteor kanallaridan diskret signallar uzatiladi. Ikkinchidan, kodlaganda xatolarni to‘g‘rilovchi maxsus kodlar ishlatiladi. Meteor aloqasi uzoqligi 1000 kmgacha yetib boradi. Meteor aloqasi katta mablag‘ talab qilmasdan, yo‘ldosh tarmog‘idan uch baravar arzondir. " Metrli toʻlqinlar|"To‘lqin uzunligi 1 m dan 10 m (chastotasi 30 MHz dan 300 MHz) gacha bo‘lgan radioto‘lqinlar. " «Mexanik» rouming|"Rouming davrida abonent (roumer) xizmat ko‘rsatuvchi operatordan boshqa abonent raqamini oladigan va o‘zining uyali raqami bo‘yicha mahalliy operatorga taalluqli kiruvchi chaqiruvlarni qabul qilish imkoniga ega bo‘lmaydigan rouming xizmati. " Meynfreym|"Ma’lumotlar juda katta tezlikda qayta ishlanishini ta’minlaydigan, juda katta hajmdagi xotiraga ega bo‘lgan, katta o‘lchamdagi hisoblash mashinalari. Juda yirik tijorat va ilmiy ilovalar uchun foydalaniladi. " Meʼyorlik|"Obyektni uning normativ-texnik hujjatlariga mos kelishi. Obyekt sifatida tizim, stansiya, dastur, funksional blok bo‘lishi mumkin. U qurilma shaklida yaratilgan bo‘lishi yoki, dasturlar majmui shaklida taqdim etilishi mumkin. " Mijoz|"1. dastur yoki kompyuterdan xizmatlar, resurslar, ma’lumotlar yoki qayta ishlashni so‘raydigan foydalanuvchi, kompyuter yoki boshqa dastur. 2. Server deb ataladigan boshqa bir dasturning muayyan xizmatlaridan foydalanadigan dastur. 3. Mijoz-dastur bajariladigan kompyuter. 4. Muayyan vazifalarni bajarish uchun serverlar deb ataladigan boshqa tizimlarga (yoki dasturlarga) so‘rov yuboradigan tizim (yoki dastur). Izoh – Serverlar va mijozlar maxsus protokollar orqali birgalikda ishlaydi va turli toifadagi kompyuterlarni ifodalaydigan tarmoqning turli uzellarida ishlashlari mumkin. " Mijoz dasturiy ta’minoti|"Oxirgi foydalanuvchiga tarmoq ilovasi bilan ishlash imkonini beradigan dasturiy ta’minot. " Mijoz ilova|"Kompyuterga o‘rnatilgan, lekin uzoqdagi server bilan ishlash imkoniyati bo‘lgan dastur. " Mijoz qurilmasi|"Simsiz tarmoq dasturini qo‘llash imkonini beradigan foydalanuvchi interfeysiga ega bo‘lgan apparat ta’minoti. Izoh − Mijoz qurilmasi – kompyuter qurilmasining boshqa bir nomidir. " Mijoz-server|"1. Xizmatlarni tavsiflashning umumiy usuli va bu xizmatlar uchun foydalanuvchi jarayonlarining (dasturlarining) modeli. Izoh – Vazifani bajarish ikki qismga ajratiladi oxirgi foydalanuvchi rasmiy talablarining tizim (mijoz qismi) tomonidan so‘ralishi va server qismning (resurslar omborining) ularga javobi. 2. Mijozlar, serverlar va umuman, tarmoq yig‘indisi. " Mijoz-server arxitekturasi|"Ma’lumotlarning katta qismi serverda saqlanib, qayta ishlanayotgan paytdagi dasturiy mahsulotlarni realizatsiya qilish usuli. Mijoz kompyuterlari sifatida kam quvvatli mashinalar qo‘llanilayotganda yoki ma’lumotlarni markazlashtirilgan tarzda saqlash (har bir xodim foydalana olishi uchun) zarur bo‘lganda qo‘llaniladi. " «Mijoz-server» arxitekturasining ma’lumotlar bazasi|"Saqlash va olib borish funksiyalari, baza bir kompyuterda (serverda) saqlanishi, foydalanuvchi esa, boshqa bir mashinaga (mijozga) egaligi sababli, jismonan ajratilgan ma’lumotlar bazasi. Ma’lumotlar bazasi va foydalanuvchi aloqa kanallari bilan bog‘langan. " Mijoz-server munosabati|"Mijozning daraja tarmog‘ida ma’lumotlarni uzatish kanalini serverning daraja tarmog‘i trakti yordamida ushlab turishga imkon beruvchi «adaptatsiya» funksiyasi yordamida amalga oshriladigan daraja tarmoqlari o‘rtasidagi aloqa. " Mijoz terminal|"Hisoblash resurslari cheklangan tarmoq kompyuteri. " Mijoz tomonidagi dastur|"Internetda serverda bajarilmay, mijoz kompyuterida bajariluvchi dastur. " Mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni boshqarish|"Axborot texnologiyalaridan foydalanish asosida mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni boshqarish. Izoh – Mijozlar bilan o‘zaro hamkorlikning barcha faktlari to‘g‘risidagi axborotning yagona ombori mavjudligini, tashkilot faoliyatining samaradorligini oshirishga va buyurtmachilarni saqlab qolish dasturlarini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan qarorlarni tayyorlash maqsadida, to‘plangan axborotni doimo tahlil qilib borilishini o‘z ichiga oladi. " Mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni boshqarish tizimi|"Buyurtmachilar (mijozlar) bilan hamkorlik strategiyalarini avtomatlashtirish, xususan, sotuvlar darajasini oshirish, mijozlar to‘g‘risidagi axborotni, ular bilan o‘zaro munosabatlar tarixini saqlash yo‘li bilan, marketingni optimallash va mijozlarga xizmat ko‘rsatilishini yaxshilash, biznes-jarayonlarni aniqlash va ularni yaxshilash hamda keyinchalik natijalarni tahlil qilish uchun mo‘ljallangan, tashkilotlar uchun amaliy dasturiy ta’minot. " Mikrodastur|"Maxsus xotirada saqlanadigan, bajarilishi komandalar registriga kiritilgan ishga tushirish komandasi orqali bo‘ladigan, elementar komandalar ketma-ketligi. " Mikrodasturiy boshqarish bloki|"Tegishli qurilmalarni boshqarish uchun mikrodastur yozilgan mikrosxema. " Mikrodasturlash|"Komandalarni bajarishda protsessor elementar qadamlarining tavsifi. Mikrodasturlash asosi mikrodasturdir. Protsessor boshqaruvining deyarli barcha bloklari mikrodasturlashtiriladi. Bu protsessorlarni loyihalash osonligini taʼminlaydi va xotira tarkibini oddiy o‘zgartirish orqali boshqaruv vazifalarini o‘zgartirish imkonini beradi. " Mikroelektronika|"Elektronikaning XX asrning 60-yillarida paydo bo‘lgan va mayda shakldagi elektron qurilmalarni yaratish muammosini o‘rganuvchi sohasi. Mikroelektronikada elektr, konstruktiv va texnologik maʼnoda bog‘liq bo‘lgan yarimo‘tkazgichlar xususiyatlaridan foydalaniladi. Ushbu jarayonda tarkibiy qismlar bir butunga birlashtirilib, integral sxemani tashkil qiladi. " Mikrofon|"Tovushni elektr signaliga aylantirilishini taʼminlovchi qurilma. Mikrofon tovushni tizim va axborot tarmog‘iga kiritish uchun mo‘ljallangan. Tovush tebranishlari uzluksiz shaklga ega bo‘lgani tufayli mikrofonning analog signali analog-raqamli o‘girilishda qatnashadi. Ish prinsipi bo‘yicha ko‘mir, elektrodinamik, elektrostatik va pyezoelektrik mikrofonlar farqlanadi. Mikrofonlar asta-sekin klaviatura o‘rnini bosyapti. Bunga nutqni tushunish muvaffaqiyatlari tufayli erishiladi. Birinchi navbatda, bu ishlab chiqarishni boshqarish va taʼminlash sohalarida ro‘y bermoqda. " Mikrointerval|"Matnni to‘g‘rilash uchun, simvollar orasidagi masofaga qo‘shiladigan, o‘zgaruvchan uzunlikdagi interval. " Mikrokalkulyator|"O‘ta ixcham mikrokompyuter. Nisbatan oddiy muhandislik, iqtisodiy va boshqa hisoblashlar uchun mo‘ljallangan. Dasturlashtiriladigan kalkulyatorlar keng tarqalgan. Murakkab bo‘lmagan dasturni kiritish orqali mutaxassis bunday mikrokalkulyatorda tenglamalarni yechishi, formulalar bo‘yicha hisoblashlar qilishi mumkin. " Mikrokomanda|"Mikrokod komandalari to‘plamidan iborat komanda. Mikrokomandalar o‘ta tez xotirada joylashtiriladi va registrlarning alohida razryadlari va protsessorning boshqa qurilmalari darajasida ishlaydi. " Mikrokompyuter|"Mikroprotsessor asosidagi kompyuter. " Mikrokontroller|"Texnologik jarayonlarni, periferik, kommunikatsion qurilmalarni boshqarish tizimlari uchun maxsus ishlab chiqilgan, bir kristalli mikroprotsessor. " Mikro (mikroskopik) yoyish|"To‘lqin uzunligiga teng yoki undan kichik kattalikdagi chastotaviy, vaqt bo‘yicha yoki fazoviy tarqoqlikdan foydalanishga asoslangan yoyish usuli. Izoh − Mikroyoyishdan keladigan yutuq signallarni qayta ishlash usullari (avtotanlov bilan qabul qilish, signal/ shovqin nisbatini maksimumga ko‘ra joylashtirish, RAKE qabul qilgichlarni qo‘llash)ga bog‘liq bo‘ladi. " Mikropolosali antennalar|"Mikropolosali uzatish liniyalarining boʻlaklari asosida tuzilgan antennalar. " Mikroprotsessor|"Ma’lumotlar qayta ishlanishini va bu jarayon boshqarilishini amalga oshiradigan, bitta yoki bir nechta katta integral sxema asosida qilingan qurilma. Mikrokompyuterli tizimlarning asosiy komponentlaridan biri. " Mikroprotsessor yadrosi|"Mikroprotsessorning boshqarish bloki bo‘lmagan qismi. " Mikrosayt|"Minisayt deb ham nomlanadigan mikrosayt – bu veb-saytning bosh sahifadan tashqari alohida URLra ega bo‘lgan va axborotni taqdim etish va/yoki bosh sahifaga bog‘liq bo‘lgan nimanidir reklama qilish uchun foydalaniladigan alohida sahifasi. Masalan, muzey veb-sayti u yerda o‘tkazilayotgan maxsus ko‘rgazma to‘g‘risida axborotdan iborat mikrosaytga murojaatga ega bo‘lishi mumkin, yoki kompyuter ishlab chiqaruvchisi foydalanuvchiga yangi mahsulot to‘g‘risida axborot berish uchun mikrosayt yaratishi mumkin. Mikrosaytlar odatda reklama kampaniyasi tugagach yoki axborot ahamiyatsiz bo‘lib qolganda veb-serverlaridan olinadigan vaqtinchalik veb-saytlardir. " Mikrosxema|"Elementlari konstruktiv va texnologik ravishda birlashtirilgan mayda elektron qurilma. " Mikrouya|"Odatda, 100 m dan 1000 m gacha bo‘lgan kichik radiusli ta’sir doirasiga ega uyali aloqa tarmog‘ining xizmat ko‘rsatish sohasi, kanallarning yuqori o‘tkazuvchanlik qobiliyati bilan tavsiflanadi. " Mikrouyali radiotarmoq|"Kichik o‘lchamdagi uyali aloqa. " Mikrouyali tizim|"Mikrouyali topologiyaga ega tizim bo‘lib, odatda, 10000 Erl/km2 gacha bo‘lgan yuqori zichlikdagi trafikli hududlarda ishga tushiriladi. " Mikrouyali tuzilmaga ega tarmoq|"Cheklangan hududda joylashgan ko‘p sonli tayanch stansiyalarga ega tarmoq. " Mikroyadro|"Operatsion tizimni ishlab chiqish prinsipi. Modullarning maksimal mumkin bo‘lgan sonini tizimlidan foydalanuvchi «fazosiga» o‘tkazish, ya’ni operatsion tizim shunday ishlab chiqiladiki, uning ko‘pchilik modullari foydalanuvchi rejimida bajariladi, yadro o‘lchami esa ixchamlashtiriladi. " Mikroyadro bazasidagi operatsion tizim|"Yuqori darajadagi operatsion tizimlarning funksiyalarini foydalanish rejimidagi maxsus komponentlar – operatsion tizim-serverlarlar bajarayotgan vaqtda, apparaturani boshqarish bo‘yicha faqat minimum funksiyalarni bajaradigan operatsion tizim. " Mikrochip|"Qar.: Integral mikrosxema. " Miksher|"Dasturiy signallarni mikshirlash uchun mo‘ljallangan uskuna. Misol – Tovushli miksher, videomiksher. " Mikshirlash pulti|"Dastur signallarini mikshirlash uchun zarur bo‘lgan barcha boshqaruv va nazorat organlari jamlangan pult. " Millimetrli toʻlqinlar|"Toʻlqin uzunliklari 0,01 m dan 0,001 m gacha, chastotalar diapazoni esa 30 GHz dan 300 GHz gacha boʻlgan toʻlqinlar. " Milliy aloqa tarmog‘i|"Muayyan mamlakatning, ushbu mamlakat ichidagi abonentlar o‘rtasida aloqani va xalqaro tarmoqqa chiqishni taʼminlovchi aloqa tarmog‘i. " Milliy operator xizmatchilarining ko‘krak nishoni|"Xodimlarning milliy operatorga taalluqliligini ko‘rsatuvchi formali kiyim-boshdagi rasmiy belgi. " Milliy operator xodimlarining formali kiyim-boshi|"Xizmat vazifalarini bajarishda milliy operator xodimlarining kiyib yurishlari uchun mo‘ljallangan, belgilangan namunadagi kiyim-bosh komplekti to‘plami. " Milliy yo‘ldosh|"Bir mamlakat doirasida aloqa yoki teleradioeshittirish xizmatlarini ko‘rsatuvchi yo‘ldosh. " Miltillash|"Biror hodisaga diqqatni tortish usuli. Xabar sarlavhasi muhim vaziyatlarda o‘zining ran-gini o‘zgartiradi (miltillaydi). " Miltillashning kritik chastotasi|"Bir sekundda ikki turli xil qo‘zg‘atgich (qo‘zg‘atgichlar chastotasi yoki davriy o‘zgaruvchi qo‘zg‘atgich chastotasi) navbatlashuvining minimal soni. " Mini blok|"Pochta markalarining to‘plami bosilgan yoki aynan bir pochta markasi takrorlanadigan pochta markalari varag‘i. " Miniatyura|"Grafik obyekt, shuningdek, vyorstkalanadigan hujjatning kichraytirilgan va soddalashtirilgan nusxasi (odatda alohida kichik oynada). " Minikompyuter|"Maʼlumotlarni qayta ishlash imkoniyatlari cheklangan kompyuter. Minikompyuterlar 1960-yillarning oxirida paydo bo‘lgan. Asosiy kompyuterga qaraganda minikompyuter uzunligi kamroq bo‘lgan so‘zlar bilan ishlaydi, cheklangan tezkor xotira va nisbatan katta bo‘lmagan tezlikka ega. Shuning uchun minikompyuterlar asosiy kompyuterga qaraganda oddiyroq vazifalarni bajarish uchun qo‘llaniladi. Biroq, asosiy kompyuter bilan solishtirganda minikompyuter kichikroq hajmga ega, hamda foydalanilishi osonroq. «Minikompyuter» atamasi shaxsiy kompyuterlar yaratilishidan oldin paydo bo‘lgan. " Minimal mumkin bo‘lgan javob vaqti|"Tizim ortib ketishi fojiali oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan axborotni datchiklardan, foydalanuvchidan yoki tarmoqdan olib qayta ishlashi davomidagi interval. " Minimal oraliqli kod|"Ortiqcha kod, unda yo‘l qo‘yiladigan bir qiymatdan keyingisiga o‘tish kodli kombinatsiyadagi minimal o‘zgarish bilan boradi. Uzatiladigan ma’lumotlarda faqat yakka xatolarni aniqlash imkonini beradi. " Minimal ortiqchalikka ega kod|"Qoidaga ko‘ra, bunda Xaffman protsedurasi bo‘yicha tuzilgan kod tushuniladi. Umumiy holda kodli so‘zning o‘rtacha uzunligi nuqtai nazaridan qaraganda «optimal» kod, kodlashni amalga oshirishning murakkabligi ko‘rib chiqilmaydi. " Minimumga keltirish|"Foydalanuvchining grafik interfeysida ‒ dasturni to‘xtatmasdan, uni piktogramma oynasiga aylantiruvchi opsiya. Izoh ‒ Windowsning oxirgi versiyalarida bu oynaning nomi vazifalar panelida oynaning pastida paydo bo‘ladi. Bu nomni bosish vazifani qayta aktivlashtiradi. " Miniplata|"Kompyuter imkoniyatlarini kengaytiradigan mayda xotira qurilmasi. Miniplatalar turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilib qattiq disk yoki flesh-xotira qurilmalari vazifalarini bajaradi. " Minislot|"TDMA kadridagi vaqt intervalining bir qismi bo‘lib, u turli abonentlarning axborotini uzatish uchun ishlatilishi mumkin. " Mintaqaviy tarmoq|"Geografik tarqoq yirik tarmoq bo‘lib, u turli joylardagi kompyuterlarni kommunikatsiya vositalari bilan yagona yaxlit tarmoqqa birlashtiradi. Bitta tumanda ko‘plab binolarni qamrab olishi ham, davlat chegarasidan tashqariga chiqishi ham mumkin. Bir biri bilan bog‘langan bir nechta taqsimlangan, mintaqaviy tarmoq deyish o‘rniga, ko‘pincha intertarmoq yoki tarmoqlar majmui deb ataladi. " Miriametrli to‘lqinlar|"Uzunligi 10 km dan 100 km gacha bo‘lgan radioto‘lqinlar. " Mis kabel bo‘ylab taqsimlangan interfeys|"Kabelli tizimlar uchun, ekranlangan yoki ekranlanmagan o‘ralgan juftlar asosida FDDI standartining modifikatsiyasi. Ushbu texnologiya kabel tizimini installyatsiya qilish jarayonini ancha soddalashtiradi va arzonlashtiradi, biroq, o‘ralgan juftlardan foydalanilayotganda, stansiyalar o‘rtasidagi maksimal masofa cheklanadi. U 100 metrdan oshmasligi kerak. " Mnemonika|"Qisqa va osonlik bilan eslanadigan so‘z yoki qisqartma. U inson va kompyuter muloqotida komanda sifatida ishlatiladi. Masalan, «Ctrl» tugmasi kompyuterning baʼzi operatsiyalarini boshqaradi. Bu yerda «Ctrl» – mnemonika, «Control» so‘zining qisqartmasi. " Mobil abonent|"Yer usti yoki yo‘ldoshli aloqaning harakatlana turib ishlaydigan har qanday abonenti. Odatda, u muayyan xizmat ko‘rsatish zonasida qayd etilgan bo‘lib, shu hududda erkin ko‘chib yurishi va boshqa abonentlar bilan aloqa o‘rnatishi mumkin. " Mobil abonent joylashgan yer registri|"Mobil aloqa tarmog‘ining ma’lumotlar bazasi, unda abonentlarning ko‘chib yurishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar saqlanadi. Har bir tayanch stansiyada o‘zining zonasi va «begona» zonalarning abonentlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni saqlaydigan registr (VLR) bo‘ladi. Yig‘ilgan axborot vaqtincha, ya’ni abonent aniq geografik zonada qayd etilgan vaqt davomida saqlanadi. Abonent bir zonadan boshqasiga ko‘chib o‘tganida, u joylashgan yer to‘g‘risidagi ma’lumotlar avtomatik ravishda yangilanadi. " Mobil abonentning identifikatsiya raqami|"IMSI mobil stansiya xalqaro identifikatsiya raqamining ma’lum pozitsiyalarida yozib qo‘yilgan, 10 ta sondan iborat raqam. " Mobil abonentning xalqaro telefon raqami|"Uchinchi avlod mobil aloqa tarmoqlarida abonentni chaqirish uchun foydalaniladigan raqam. " Mobil agent|"Maʼlumotlar bazalari bo‘ylab axborot izlash maqsadida «o‘rmalovchi» dastur. Mobil agent izlashni amalga oshirish lozim bo‘lgan maʼlumotlar bazasiga ega tizimga o‘tadi. O‘rgimchak deb ham nomlanuvchi mobil agent faqat nimadir topilganda va o‘z foydalanuvchisiga topilganni berish lozim bo‘lganda tarmoqqa murojaat qiladi. Bitta tizim bazasida izlashdan keyin mobil agent boshqa abonent tizimiga o‘tib, u yerda izlashni davom ettirishi mumkin. Mobil agentlar global bog‘lanish xizmatida ayniqsa keng tarqalgan. Bu yerda mobil agentlardan foydalanish kerakli axborotni topish tezligini ancha oshiradi. Robotlar deb ham nomlanuvchi agentlar deyarli to‘xtovsiz bog‘lamalar bo‘ylab «o‘rmalab», ular tarkibini so‘raydi va ularda mavjud axborotni tahlil qiladi. " Mobil aloqa avlodlari|"Simsiz mobil aloqa tizimlarining rivojlanib borishini aks ettiruvchi avlodlar. 1G mobil kommunikatsiya tizimlari faqat ovozni uzatish uchun mo‘ljallangan edi. 1G analog standartlari – AMPS, TACS va NMT o‘tgan asrning 70-yillari oxiri va 80-yillarining boshida ishlab chiqilgan edi. 2G 90-yillarda tarqala boshladi. Signallarni raqamli kodlashdan foydalaniladigan asosiy standartlar GSM, TDMA hamda CDMA lardir. GSM tarmoqlari taqdim etadigan qisqa SMS xabarlarni jo‘natish xizmatidan tashqari, 2G ovozni uzatish uchun qo‘llaniladi. Asta-sekin foydalanishga, elektron pochta va Internet bilan mobil ishlash imkoniyatini beruvchi, oraliq avlod deb ataluvchi 2,5G yoki 2G+ mobil standartlar joriy qilinmoqda. Asosiy standartlari – GPRS paketli uzatishni GSM uchun kengaytirish, oshirilgan ma’lumotlar uzatish tezligiga ega GSM va TDMA (EDGE) modifikatsiyalari, shuningdek, modifikatsiyalangan CDMA (IS-95B i HDR). 3G (3 Generation) mobil aloqa tizimlarining yangi 3-avlodi. Radiokirish (foydalanish) tarmog‘ining bu avlodi yuqori mobil (harakatlanish tezligi 120 km/h gacha), abonentlar uchun 144 Kbit/s gacha tezlik bilan, mobilligi past bo‘lgan abonentlar uchun (tezlik 3 km/h gacha) 384 Kbit/s va 2,048 Mbit/s tezlik bilan axborot almashishni ta’minlaydi. 4G – mobil aloqa tizimlarining, ma’lumotlar uzatish tezligi yuqori bo‘lishi va ovozli aloqa sifati oshirilganligi bilan farq qiladigan yangi avlodidir. 4-avlodga 100 Mbit/s dan yuqori tezlik bilan axborot almashishni ta’minlaydigan texnologiyalar kiradi. Wi-Fi va WiMAX 4 G texnologiyalarga misol bo‘ladi. Soni uncha katta bo‘lmagan, 4G tarmoqlar bilan ishlashi mumkin bo‘lgan kam sonli apparatlarning energiya iste’molining yuqoriligi bu texnologiyaning kamchiligidir. " Mobil aloqa kommutatsiya markazi|"Telekommunikatsiyalar tarmog‘i ichida mobil abonentlarning bog‘lanishini va ularning statsionar tarmoqlar bilan birgalikda ishlay olishini taʼminlaydigan kommutatsiya stansiyasi. " Mobil aloqa operatori|"Mobil aloqa tarmog‘iga ega bo‘lgan, uning qurilishi, ishlashi, rivojlanishini taʼminlovchi va litsenziyaga asosan mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs. " Mobil aloqa tarmoqlarining kengaytirilgan mantig‘i uchun mo‘ljallangan dasturlar|"GSM tarmog‘ining funksiyasi. Intellektual funksionallikni qo‘shgan holda, tarmoq imkoniyatlarini kengaytirish imkonini beradi. Undan tayanch stansiyada foydalanuvchilar qiladigan qo‘ng‘iroqlarni kuzatib borish va nazorat qilish imkoni bo‘lgan holda, rouming vaqtida foydalaniladi. Izoh − Bu funksiya teriladigan raqamlarni chaqiruvni sozlash jarayonida o‘zgartirish, chaqiruvga javobni va so‘zlashuv tugallanishini kuzatib borish imkonini beradi. Bundan tashqari, rouming xizmatlariga oldindan haq to‘lanishini, ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishning nazorat qilinishini, maxsus raqamlar (masalan, ovozli pochtani chaqirish uchun hamma joyda 123 raqamini terish mumkin) va foydalanuvchilarning yopiq guruhi raqamlari terilishini ta’minlaydi. CAMEL uchta bosqichda standartlashtirilgan, ulardan birinchisi foydalanishga topshirilmoqda. " Mobil banking|"Bank hisob raqamidan simsiz foydalanish texnologiyasidan (WAP protokoli) foydalangan holda mobil telefon yoki portativ kompyuter (PDA) yordamida boshqarish. " Mobil Internet|"WAP protokoli asosida Internetdan simsiz foydalanish texnologiyasi. Mobil aloqa tarmoqlarida so‘rovlarni uzatish transporti GPRS ma’lumotlarni paketli uzatish xizmati yoki CSD bo‘lishi mumkin. Texnologiya yuqori darajada servisni, ayniqsa, biznesni samarali boshqarish imkoniyatini ta’minlaydi. " Mobil Internet-foydalanish|"Internetdan mobil aloqa yoki simsiz ulanishlar tarmog‘i orqali, uydan yoki ish joyidan uzoqda portativ kompyuterlarda yoki cho‘ntak qurilmalarida foydalanish. " Mobil (ko‘chiriladigan) operatsion tizim|"Bir nechta kompyuter to‘plamida uning kodini ko‘chirish yo‘li bilan (uncha katta bo‘lmagan o‘zgarishlar bilan bo‘lishi mumkin) ishlatiladigan operatsion tizim. " Mobil modul|"Intel korporatsiyasining bloknotli shaxsiy kompyuterlar uchun mo‘ljallangan protsessorli moduli. " Mobil radioaloqa|"Statsionar va mobil radiostansiyalar o‘rtasidagi yoki faqat mobil radiostansiyalar o‘rtasidagi radioaloqa. Izoh − Mobil radioaloqaga trankli va uyali radioaloqa, mobil stansiyalarning retranslyatorlar orqali aloqasi, har qanday mobil radiostansiyalarning o‘zaro aloqasi taalluqlidir. " Mobil radiotelefon aloqa tarmog‘i|"Bitta yoki bir nechta tayanch stansiyadan va mobil abonent stansiyalar guruhidan tashkil topgan, umumiy erkin foydalanish protokolidan foydalanilganda uzluksiz aloqani ta’minlaydigan radioaloqa tarmog‘i. " Mobil stansiya|"Harakatlana turib ishlashga mo‘ljallangan barcha dengiz, havo va quruqlik radiostansiyalariga nisbatan qo‘llaniladigan umumiy nom. Izoh − Mobil radiostansiyalar qatoriga ko‘pincha portativ terminallar, jumladan, «telefon go‘shagi» turidagi terminal ham kiritiladi. " Mobil stansiya klassi|"Mobil stansiyaning asosiy xarakteristikalarini, birlamchi navbatda, uzatgichning maksimal nurlanish quvvatini tavsiflovchi ko‘rsatgich. Izoh − GSM standarti doirasida mobil stansiyalarning 8 ta klassi mavjud. " Mobil stansiya mansub bo‘lgan tarmoq kodi|"Xalqaro IMSI identifikatsiya raqamida ko‘rsatilgan, ikkita raqamdan iborat indeks. " Mobil stansiya qayd etilgan mamlakat kodi|"Xalqaro IMSI identifikatsiyalash raqami sarlavhasida ko‘rsatilgan uchta raqamdan iborat indeks. " Mobil stansiya tomonidan boshqariladigan xendover|"Mobil stansiyaning bir uyadan boshqasiga o‘tish protsedurasi, bunda turli tayanch stansiyalardan qabul qilinuvchi signal darajasi mobil stansiya tomonidan o‘lchanadi; aynan shu stansiya o‘ziga qayerda va qanday xendover kerakligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Ushbu usul simsiz foydalana olish tarmoqlarida qo‘llaniladi. " Mobil stansiya uskunasining xalqaro identifikatori|"Raqamli mobil telefonning yagona xos seriyali raqami. " Mobil stansiya yordamidagi xendover|"Mobil stansiya ishtirokida xizmat ko‘rsatishni bir tayanch stansiyasidan boshqasiga uzatish. Avtomatik qayta ulash usuli, bunda abonent stansiyasi signal darajasini o‘lchaydi va o‘lchash natijalari to‘g‘risida tayanch stansiyaga hisobot yuboradi. " Mobil stansiyaning identifikatsiya raqami|"Mobil stansiyaning tarmoqdagi raqami bo‘lib, u orqali stansiya aniq identifikatsiya qilinishi mumkin; stansiyaning tarmoq raqami. Izoh − Bu raqam, odatda, tayyorlovchi zavod tomonidan beriladigan seriyaviy raqam (ESN)dan farq qiladi. Ruxsat etilmagan kirish (foydalanish)ning oldini olish maqsadida, MIN va ESN lar elektron usulda nazorat qilinadi. " Mobil stansiyaning vaqtinchalik rouming raqami|"Abonent-roumerga, kiruvchi ulanishni o‘rnatishda faqat bog‘lanish vaqtiga beriladigan raqam. " Mobil telefon|"Mobil aloqada foydalaniladigan telefon apparati turi. Mobil telefon asta-sekin kompyuter, faks apparati, telefon apparati, qaydlar kitobchasi vazifalarini bajaruvchi ko‘p maqsadli abonent tizimiga aylanmoqda. Buning uchun apparat klaviatura va ekranga ega. " Mobil telefoniya|"Ko‘chma telefon qurilmalarini zamonaviy kundalik hayotga tatbiq etish. Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, mobil telefoniya zamonaviy insonlarning yashash va fikrlash tarzidagi o‘zgarishlarga sezilarli taʼsir ko‘rsatadi. " Mobil tijorat|"Mobil terminal yordamida hisob-kitob qilish, bank operatsiyalarini bajarish, tovarlarga buyurtma berish va turli xizmatlarni ko‘rsatishga imkon beradigan mobil aloqaning yangi xizmat turi. " Mobil tizim|"Harakatlanuvchan va harakatlanmaydigan abonentlarning bir-biri bilan o‘zaro ishlashini taʼminlovchi kommunikatsiya tarmog‘i xizmati. Mobil tizimlar yer usti va sunʼiy yo‘ldosh tarmoqlarida tashkil etiladi. Ular, shuningdek, uyali paketli radio tarmoqlarida, jumladan uyasimon raqamli paketli maʼlumotlardan foydalanganda ham keng qo‘llaniladi. Natijada mobil aloqa tarmoqlari, yaʼni harakatlanuvchan mobil aloqa tizimlari tashkil etiladi. " Mobil treyding|"Investitsiya hisob raqamidan simsiz foydalanish texnologiyasidan (WAP protokoli) foydalangan holda mobil telefon yoki portativ kompyuter (PDA) yordamida boshqarish. " Mobil yo‘ldoshli xizmat|"Mobil yer stansiyalari yoki mobil va statsionar yer stansiyalari o‘rtasida axborot almashinuvini tashkil etish uchun mo‘ljallangan radioaloqa xizmati. Bunday xizmat uchun 1 GHz gacha chastotalar diapazoni, shuningdek, L(1,5/1,6 GHz) va S(1,9/2,5 GHz) chastotalar diapazonidagi chastotalar polosalari ajratilgan. " Mobil IP|"IP-protokolidan foydalanishga asoslangan mobil aloqa protokoli. Unda, aloqada uzoq muddatli tanaffuslar ko‘zda tutiladi, abonentni bir tayanch stansiyadan boshqasiga o‘tkazish rejimi saqlab turiladi. Protokolni amalga oshirish abonent terminallarida ham, marshrutizatorlarda ham TCP/IP protokollari steklariga o‘zgartirishlar kiritishni talab qiladi. " Mobillik|"Abonent stansiyasining, uning dastlab qayd etilgan joyidan qat’i nazar, ko‘chib yurish va aloqa o‘rnatish imkoniyati. " Mobillikni boshqarish|"Mobil stansiyalarni ro‘yxatdan o‘tkazish, ularni autentifikatsiya qilish va tarmoq resurslarining ular uchun taqsimlanishi bilan bog‘liq protsedura. Mobillikni boshqarish tizim arxitekturasining tarmoq darajasida amalga oshiriladi. " Moda|"Alohida yorug‘lik nuri ham ko‘p modali, ham bir modali tola orqali o‘tadigan yo‘l. " Modal oyna|"Boshqa oynaga o‘tishdan oldin foydalanuvchidan qandaydir harakatlar talab qilinadigan oyna. " Modallik|"Tartibotning uzluksizlik xossasi, yaʼni, uni to‘liq tugamaguncha to‘xtatishning iloji yo‘q. " Moddiy axborot tashuvchisi|"Axborotni yozish va saqlash uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan muayyan fizik xususiyatlarga ega modda. " Moddiy dispersiya|"Xromatik dispersiyaning bir turi. Optik tola yoki to‘lqin o‘tkazgich materiali xossalari bilan belgilanadi va sindirish ko‘rsatgichining to‘lqin uzunligiga bog‘liqligi orqali tavsiflanadi. " Model|"Dastlabkidan farq qiladigan, ammo yechilayotgan vazifalar doirasida uni almashtirishga layoqatli bo‘lgan (haqiqiy, belgili yoki faraziy) obyekt. " Modellash|"O‘rganiladigan obyekt (tizim, hodisa) modelini ishlab chiqish jarayoni. Asosiy vazifa – obyektni o‘rganish. Modelni yaratish – bu iteratsion jarayon bo‘lib, model original bilan taqqoslanadi va aniqlashtiriladi. Informatikada asosan, modellashning informatsion va matematik usuli qo‘llaniladi. " Modem|"1. Kommutatsiyalanadigan uzatish liniyasining modemi. Telefon aloqa liniyalarida ishlaydi. Ma’lumotlar uzatish maksimal tezligi raqamli aloqa liniyalarida 56,6 kbit/s, analog aloqa liniyalarida 33,6 kbit/s. 2. Raqamli signalni analog tovush signaliga va analog signalni raqamli signalga aylantiruvchi qurilma bo‘lib, u telefon tarmog‘i orqali boshqa kompyuterga ma’lumotlarni uzatadi va undan qabul qiladi. " Modem-dastur|"Modem vazifalarini bajaruvchi dastur. Kerakli dasturiy taʼminot kompyuterning «doimiy xotira qurilmasiga» yuklanadi. Modem-dastur modemga ko‘ra qator afzalliklarga ega: modem apparati uchun zarur bo‘lgan joy egallamaydi; narxi solishtirib bo‘lmaydigan darajada arzon; energiya isteʼmoli kam; modemni yangilash oson. " Modemlar to‘plami|"Modemlar to‘plami. Foydalanuvchi o‘z terminalini ulashga ruxsat so‘raganda ushbu modemlarning bittasiga ulanadi va uni telefon tarmog‘i orqali maʼlumotlar uzatish va olish uchun ishlatadi. " Modemli server|"Bitta modem yoki modemlar guruhidan iborat tarmoq elektron hisoblash mashinasi. Tarmoq foydalanuvchilariga chiquvchi chaqiruvlar uchun mo‘ljallangan modemlardan birgalikda foydalanish imkonini beradi. " Moder|"O‘rnatilgan kodlovchi qurilma bilan tuzilishi jihatidan va ishlashi bo‘yicha moslashgan modulyator. " Moderator|"1. Forum, teleanjuman va chatlarda qoidalarga rioya qilishni nazorat qiluvchi yetakchi. Odatda teleanjuman qoidalari juda oddiy: spam, fleym va anjumanga tegishli bo‘lmagan mulohazalar man etiladi. Moderator, zarur bo‘lganda ishtirokchilarga nisbatan maʼmuriy choralar ko‘rishi mumkin – tartibbuzarlarni ogohlantirishdan tortib maʼlum xabarlarni o‘chirish yoki hatto baʼzi foydalanuvchilar uchun foydalanishni man etishgacha. 2. Kataloglarda moderator – u yoki bu mavzu bo‘limiga javobgar shaxs. U sayt mavzusi va katalog bo‘limining mosligini tekshirib turadi. Baʼzan (agarda bu katalogda axborotni joylashtirish shartlari bilan belgilangan bo‘lsa) moderator saytlar mazmuni bilan tanishib chiqadi. " Modifikatsiya biti|"Diskka, faqat modifikatsiyalangan sahifalarni ko‘chirib olish (otkachka) maqsadida, sahifalar modifikatsiyasini ko‘rsatuvchi sahifalar jadvalining element biti. " Modul|"Tizim texnik ta’minotining, bitta blokda qilingan va boshqa modullar bilan birikish uzellariga ega bo‘lgan funksional qismi. Modullar tizimdan oson foydalanish uchun qo‘llaniladi, ishdan chiqqanda va modernizatsiya qilishda ularni almashtirish mumkin. Protseduralar, kichik dasturlarni ajratish, mustaqil sozlash va dasturga tayyor qismlarni kiritish uchun mo‘ljallangan dasturlash tili obyekti. " Modul bo‘yicha bo‘lish|"Arifmetik amal. Uning natijasi – butunga bo‘lish qoldig‘i. Deyarli barcha dasturlash tillarida bor. a mod b ko‘rinishida belgilanadi. " Modula|"Protsedura turidagi universal dasturlash tili. N.Virt tomonidan 1975-yilda ishlab chiqilgan; Paskal tilining to‘g‘ridan-to‘g‘ri avlodi. Standart Paskal tilidan asosiy farqlari: modul va jarayon tushunchasi kiritilgan, sintaksis yanada tizimlashtirilgan, til past daraja dasturlash vositalari bilan to‘ldirilgan. 1979-yilda tilning Modula – 2 versiyasi yaratilgan. " Modulli arxitektura|"Birga bog‘lanishi mumkin bo‘lgan alohida tarkibiy qismlardan iborat xohlagan tizim dizayniga tegishli atama. Modulli arxitektura afzalligi xohlagan tarkibiy qism (modul)ni qolgan tizimga taʼsir ko‘rsatmasdan o‘zgartirish yoki qo‘shish mumkinligidadir. Modulli arxitektura qarama-qarshi tarkibiy qismlar orasida aniq chegaralari bo‘lmagan birlashgan arxitekturadir. " Modulli A/V kontroller|"Qurilmani takomillashtirishda almashtirishga yaroqli bo‘lgan, chiqarib olinadigan modullar asosida konstruksiyalangan A/V-kontroller. " Modullik|"Qurilmaning turli vazifalarni bajaruvchi funksional bloklardan foydalanish orqali o‘z imkoniyatlarini o‘zgartirish xususiyati. Modulyator rus. - модулятор ing. - modulator Noliniyaviy zanjirlarni o‘z ichiga oladigan, elektr tebranishlarni modulyatsiyalash uchun mo‘ljallangan qurilma. Izoh − Modulyatorda uzatiladigan axborot qonuniyatlariga muvofiq tebranish jarayonining istalgan parametrining (amplituda, chastota, faza) o‘zgarishlari ro‘y beradi. " Modulyator-demodulyator|"Kompyuterning raqamli signallarini keyinchalik telefon liniyalari orqali uzatish maqsadida analog signallarga, va aksincha, aylantiradigan qurilma. " Modulyatsiya|"Eltuvchi chastota parametrlari (amplituda, chastota yoki faza) ning berilgan qonun bo‘yicha o‘zgarish jarayoni. Bu jarayon yuqori chastotali tebranish davriga nisbatan past tezlik bilan amalga oshiriladi. Izoh − Modulyatsiyalash metodlari egallangan spektr kengligi, xalaqitga bardoshlilik va spektral samaradorlik bilan farqlanadi. " Modulyatsiya simvoli|"Eltuvchining signal vektor diagrammasida (signal yulduzida) tegishli pozitsiya bilan tasvirlanadigan muayyan holati. Har bir pozitsiya eltuvchi fazasi va amplitudasining muayyan qiymatiga mos keladi va muayyan bitlar ketma-ketligini ifodalaydi. " Modulyatsiyalash xatoliklari koeffitsiyenti|"Eshittirish televideniyesi radiosignalining ortogonal kodlangan eltuvchilarining signal yulduzidagi vektorlarning hisoblangan va haqiqiy pozitsiyasi o‘rtasidagi tafovutni tavsifllaydigan hamda shu pozitsiyalarda radiosignallar quvvatlarining nisbati sifatida aniqlanadigan koeffitsiyent. " Modulyatsiyalovchi kod|"QPSK, 8PSK, 16QAM murakkab modulyatsiyalash usullarida ishlatiladigan, n bitdan iborat kodli kombinatsiya. Izoh − Bunday kodli kombinatsiyalar dibit, tribit, kvadbit va h.k.lar tarzida ham ma’lum. " «Mohiyat – bog‘liqlik» modeli|"Mohiyatlar va bog‘liqliklar diagrammasi ko‘rinishida ma’lumotlar bazalari tuzilmalarini grafik taqdim etishning keng tarqalgan vositasi. Mohiyat ‒ muayyan turdagi abstrakt obyekt. Bog‘liqliklar ‒ bu mohiyatlar o‘rtasidagi bog‘lanish, atributlar esa, mohiyatlarning xossalaridir. " Molekulyar kompyuter|"Molekulalarning (ko‘proq biologik) hisoblash imkoniyatidan foydalanuvchi hisoblash tizimi. Molekulyar kompyuterlar atomlarning bo‘shlikda joylashishini hisoblash g‘oyasini qo‘llaydi. " Moliyalashtirish|"Nimanidir amalga oshirishga, rivojlantirishga qilinadigan xarajatlarning zarur moliyaviy resurslar bilan ta’minlanishi. " Monipyuter|"Nomi «monitor» va «kompyuter» so‘zlarining qo‘shilishidan olingan qurilma. " Monitor (displey)|"1. Axborotni matn, jadvallar, rasmlar, chizmalar va b.lar ko‘rinishida vizual aks ettiradigan qurilma. Monitorlarning aksariyati elektron-nur trubka asosida konstruksiyalangan. 2. Televizion signal yoki uning sifatini baholash bilan harakatlarni soddalashtirish uchun tasvirning mavjudligini belgilash maqsadida televizion tasvirni qayta tiklashga mo‘ljallangan apparatura. Izoh ‒ Fransuz tilidagi «moniteur» atamasi va ingliz tilidagi «class 1 monitor» va «studio monitor» atamalari tasvir sifatini baholashga yordam beradigan yuqori sifatli uskunalardagina qo‘llanilishi mumkin. " Monitoring|"Tizim, jarayon yoki faoliyat holatini aniqlash. Izoh – Holatni aniqlash uchun, balki uni nazorat qilish, kuzatish yoki kritik baholash zarur bo‘lishi mumkin. " (Monitorlarda) yorqinlikni avtomatik tarzda nazorat qilish|"Tasvirning yorqinligiga bog‘liq holda monitorning yorqinligi va kontrastliligini o‘zgartirish imkonini beruvchi funksiya. Izoh − Ko‘pincha nazorat oq rang bo‘yicha olib boriladi. " Monokanal|"Ajratilgan kanal, u orqali xabarlar jo‘natuvchi abonent stansiyadan tarmoqning boshqa barcha stansiyalariga bevosita, kechikishlarsiz va navbat kutmasdan uzatilishi mumkin. " Monokanal tarmog‘i|"O‘zagi monokanal bo‘lgan tarmoq. Monokanal tarmog‘i abonent tizimlari guruhini monokanalga ulash orqali hosil qilinadi. Tarmoq topologiyasi ishlatilayotgan monokanal turi bilan belgilanadi. Odatda monokanal tarmog‘i boshqa lokal tarmoqlar va hududiy tarmoqlar bilan o‘zaro aloqada bo‘ladi. " Monokenglikdagi shrift|"Belgilar kengligining bir xilda qayd etilgan shrifti, ya’ni har bir belgining kengligidan qat’i nazar gorizontal bo‘yicha ham bir xil kenglikka ega bo‘ladi. " Monolog|"Foydalanuvchi yoki amaliy jarayonning o‘ziga o‘xshash foydalanuvchi yoki jarayonga darrov javob berishni talab qilmaydigan murojaati. Monolog darrov javob berishni talab qilmaydigan turli xil xabarlarni uzatish uchun mo‘ljallangan. Foydalanuvchi yoki dastur nutqi abonent tizimining tashqi xotirasida haqiqiy oluvchi tomonidan talab qilinmaguncha saqlanadi. " Monopol rejim|"Biron-bir drayver yoki dasturning, boshqa dasturlarning murojaatlarini blokirovka qilib faylga yoki qurilmaga murojaat qilib ishlashi. " Monoprotsessor|"Yuqori unumdorlik bilan ishlaydigan bitta protsessori bo‘lgan hisoblash tizimi. " Monoxrom|"Bir rangli. Misol uchun, monitorlar monoxrom, oq-qora yoki rangli bo‘lishi mumkin. Monoxrom monitorlar aslida ikkita rangdan foydalanadi, ularning bittasi displey tasviri, ikkinchisi esa fon uchun ishlatiladi. Grafik tasvirlar ham monoxrom, oq-qora yoki rangli bo‘lishi mumkin. " Monoxrom kanal|"Rangli televizion uzatishda monoxrom signalni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan istalgan trakt. Monoxrom kanal boshqa signallarni ham ko‘chirishi mumkin, masalan, mumkin bo‘lgan yoki bo‘lmagan rangli quyi eltuvchi signalini. " Monoxrom kanal polosasining kengligi|"Monoxrom signal videopolosasining kengligi. " Monoxrom matritsali, rangli, suyuq kristalli displey|"Monoxrom (qora-oq) passiv suyuq kristalli displey turi. Odatdagi suyuq kristalli displeylardan farqi ranglar kontrastliligi molekulalarni 180º dan 270º burchakkacha o‘zgartirilishi hisobiga yaxshilangan. Yana bir afzalligi, bunday monitorlarning kam elektr energiyasini talab qilishi va ishlab chiqarishda arzonligidir. " Monoxrom signal|"Monoxrom televizion uzatishda – ranglilikni emas, faqat tasvir yorqinligini boshqaruvchi signal. Rangli televizion uzatishda, asosan rangli tasvir yorqinligini, shuningdek, oddiy monoxrom qabul qilgichda yaratiladigan tasvir yorqinligini boshqaruvchi signal. " Montaj (dasturni)|"Turli tovushli va vizual syujetlarni kompilyatsiya qilish yo‘li bilan dastur yaratish. " Morfing|"Bitta obyektdan boshqa obyektga tekis o‘tishni yaratadigan kompyuter grafikasi texnologiyasi. Uch o‘lchamli va ikki o‘lchamli, rastrli va vektorli grafikada uchraydi. Morfingdan foydalanganda odam faqat tayanch figuralarni yaratadi va baʼzan kompyuterga morfingni to‘g‘ri bajarishda yordam beradigan kalit nuqtalarni belgilaydi. " Mos kelmaslik|"Dasturiy va/yoki apparat ta’minotning bir-biriga mos kelmasligi, ularning birgalikda ishlashini cheklaydi yoki mumkin qilmaydi. " Mos keluvchi chastotadagi ikki yoqlama qutblanish|"Turli signallar uzatiladigan, ortogonal qutblanishga ega ikki eltuvchili bitta radiochastotadan foydalanish. " Moslashgan yuklama|"1. Parametrlari unda ko‘proq quvvatni olishga imkon beradigan yuklama. 2. Liniyada qaytgan to‘lqin yo‘qligini bildiradigan liniya yuklamasi. 3. Kuchlanish bo‘yicha turg‘un to‘lqin koeffitsiyenti 1,05 dan ko‘p bo‘lmagan yuklama. " Moslashuvchi rangli televideniye tizimi|"Rangli televideniyening rangli televideniye signallarini qabul qilish va tasvirni oq-qora televizorda aks ettirish; oq-qora televideniye signallarini qabul qilish va tasvirlarni rangli televideniyeda aks ettirish; rangli va oq-qora televideniye televizion signallarini aloqa kanallari bo‘yicha uzatishni ta’minlaydigan tizimi. " Moslashtirish; solishtirish|"1. Ma’lumotlar bazasida saqlanadigan modelni real tarmoq konfiguratsiyasiga mos keltirish. 2 Mashinada tarjima qilish tizimlarida: ikki tilda juft fragmentlarni avtomatik tarzda shakllantirish maqsadida, parallel matnlarni solishtirishning intellektual vositalariga nisbatan turli dasturlarda solishtirish protseduralari turlicha, biroq, qoidaga ko‘ra, ular dialog elementini ichiga oladi va ba’zan, parallel matnlardan biri o‘zgartirilishini talab qiladi. " Moslashuvchanlik|"Farqlanadigan yoki takomillashtirilgan apparat vositalar, dasturiy ta’minot, boshqa operatsion muhitlar yoki foydalanish sharoitlari uchun samarali va oqilona moslashning oddiylik darajasi. Izoh – Moslashuvchanlikka ichki potensial imkoniyatlarning (masalan, ekran maydonlarining, jadvallarning, tranzaksiya hajmlarining, hisobotlar shakllarining) ko‘lamliligi ham kiradi. " Moslik|"1. Turli dasturiy va apparat ta’minot vositalarining birgalikda ishlash va axborot almashinish qobiliyati. 2. Eshittirish teleideniyesi yangi tizimining dasturlarni shu tizim bo‘yicha o‘zgartirilmagan mavjud televizorlarga qabul qilishni amalga oshirishga imkon beradigan xususiyati. Izoh ‒ Taalluqli atama «moslashtirish». " Moslikka testlash|"Mahsulotning, kompyuterlarning har xil modellarida va turlarida, tashqi qurilmalar (masalan, printerlar) ning har xil turlari bilan ishlay olish qobiliyatini, shuningdek, tizimning boshqa dasturiy va apparat komponentlari bilan mosligini tekshirish. " Mozaika (yoyish qurilmasida)|"Optik tasvirni elektron tasvirga o‘zgartirishda xizmat qiladigan bir nechta o‘zaro izolyatsiyalangan yorug‘likka sezgir elementlardan tashkil topgan sirt. " Muallif|"Fayl yaratuvchi. Bu fayl uchun boshqa foydalanuvchilarga qaraganda ko‘proq huquqqa ega bo‘ladi. " Muallifga tegishli yorliq|"Dasturiy mahsulotda muallif huquqi borligini bildiruvchi yorliq. Izoh − Odatda muallifga tegishli yorliq dasturiy listing boshiga kiritiladi va albatta kompyuter displeyida aks ettiriladi. " Mualliflashtirilgan erkin foydalanish subyekti|"Tizim obyektlaridan erkin foydalanish yuzasidan tegishli huquqlar (vakolatlar) taqdim etilgan subyekt. " Mualliflashtirilgan foydalanuvchi|"Ma’lum huquq va imtiyozlarga ega foydalanuvchi. " Mualliflashtirilmagan foydalana olish|"Foydalanuvchining, o‘qish, o‘zgartirish yoki buzish maqsadida, unga erkin foydalanish ruxsat etilmagan ma’lumotlarga ataylab murojaat qilishi. " Mualliflashtirish|"1. Foydalanish huquqlari asosida foydalanish imkoniyatini taqdim etishdan iborat bo‘lgan huquqlarni taqdim etish. 2. Foydalanuvchining foydalana olish huquqlarini tekshirish va unga berilgan huquqlarga muvofiq resurslardan foydalana olishga ruxsat olish. Izoh – Mualliflashtirish odatda autentifikatsiya protsedurasidan ilgari bo‘ladi. 3. Subyektga obyektga kira olish huquqlarini taqdim etish. 4. Foydalanuvchi, dastur yoki jarayonga kira olishni taqdim etish. 5. Turli xildagi tizim resurslaridan foydalanishni taqdim etish yoki foydalanishning rad etilishi. " Mualliflashtirish sertifikati|"Axborotdan erkin foydalanish huquqini, foydalanuvchining shaxsini yoki uning boshqa huquqlari va vakolatlarini tasdiqlovchi elektron hujjat. " Mualliflik dasturi|"O‘rgatuvchi kompyuter dasturlarini ishlab chiqish uchun mo‘ljallangan yoki interaktiv multimedia ilovalarni ishlab chiqish imkonini beradigan, ixtisoslashtirilgan dasturiy ta’minot. Bunday dasturiy ta’minotdan foydalanish, o‘rgatuvchi dasturni ishlab chiquvchida dasturlash sohasida eng kam bilim, tushuncha bo‘lishini talab etadi. " Mualliflik huquqi|"Qonun tomonidan muallifga yoki uning vakiliga original ishni qayta tiklash, e’lon qilish va nusxa ko‘chirish uchun taqdim etiladigan yagona huquq. " Mualliflik huquqini qo‘riqlash|"Asarning har bir nusxasida joylashtirilgan nishon. U uch elementdan iborat: 1) aylana ichida «C» lotin harfi; 2) alohida mualliflik huquqi egasining ismi (rasmiy nomi); 3) asar birinchi marta chop etilgan yil. " Mualliflik huquqlarini himoyalash texnik vositalari|"Dasturiy kodlarni o‘zida saqlamaydigan himoyalanadigan asarlarning (masalan, audio va video fayllarning) nusxalarini ko‘chirish imkonini qiyinlashtiruvchi dasturiy vositalar. Rivojlanishning navbatdagi bosqichida, qayta eshittirish vositalari butunlay huquq egasi nazoratida bo‘lgandagina, DRM to‘laqonli qayta eshittirishni ta’minlash va nusxa ko‘chirishdan himoyalashni ta’minlash imkoniga ega bo‘ladi. " Mualliflik ishlab chiqish tili|"Dasturchi bo‘lmagan mutaxassislar tomonidan multimedia mahsulotlar va taqdimotlar ishlab chiqishda foydalaniladigan yuqori darajadagi ixtisoslashtirilgan til. " Mualliflikni qayd etish|"1. Jo‘natuvchining xabarni jo‘natish yoki harakatni bajarish faktini keyinchalik tan olmasligini bartaraf qilish qobiliyati. 2. Obyektlarning aloqa seansida ishtirok etuvchilardan biri tomonidan, aloqa seansining barchasida yoki bir qismida ishtirok etganlikni tan olishni rad etishdan muhofaza qilish. 3. Jo‘natuvchi tomonidan xabarni, (masalan, «dasturni ko‘rish uchun bir martalik to‘lov» xizmatiga so‘rov) uning jo‘natish faktini tan olmaslik mumkin emasligini ta’minlash jarayoni. " Mualliflikni rad etish|"Qandaydir hujjat yoki xabarga aloqadorlikni rad etish. " Muammoga yo‘naltirilgan dasturlash tili|"Til tuzilishining o‘zi va/yoki ma’lumotlar strukturasi ishlab chiqiladigan masalalarning o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiradigan dasturlash tili. Deyarli barcha ma’lum bo‘lgan universal dasturlash tillari ixtisoslashtirilgan, muammoga yo‘naltirilgan tillar sifatida ishlab chiqilgan. Masalan; Fortran tili ilmiy hisoblashlar uchun mo‘ljallangan til sifatida, Pascal − o‘qitish uchun, Si − tizim dasturlarini ishlab chiqish uchun, COBOL − iqtisodiy masalalarni hal qilish uchun, LISP − sun’iy intellekt masalalarini hal qilish uchun, Fox − ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari bilan bog‘liq vazifalar uchun ishlab chiqilgan. " Muammoga yo‘naltirilgan maʼlumotlar bazasi|"Muayyan turdagi amaliy vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan mavzuga bog‘liq hujjat va/yoki maʼlumotlarga ega maʼlumotlar bazasi. " Muammolarni yechish|"Xatolarni topish, diagnostika qilish, qurilmalarning ishlash jarayonidagi nosozlik sabablarini topish va ularni bartaraf etish. " Muar (televideniyeda)|"Televizion tasvirda, tasvirning qo‘shni uchastkalarida yorug‘ligi va rangi bo‘yicha bir oz farq qiladigan to‘lqinli liniyalardan tashkil topgan va tasvirga nam ipak ko‘rinishiga o‘xshash tus beradigan uchastkalar paydo bo‘lishiga olib keladigan effekt. " Muassasa-ishlab chiqarish telefon stansiyasi|"Muassasa yoki korxona abonentlarini telefon aloqa bilan taʼminlaydigan telefon stansiyasi. " Muassasa ichidagi mikrouyalar|"Ta’sir radiusi kichik va idora hududida joylashgan tayanch stansiyalarga ega simsiz aloqa tarmog‘i uyalari. " Muhandis|"Malakali texnik mutaxassis. Muhandis amaliy muammoning iqtisodiy va xavfsiz yechimini izlaydi va texnik muammolarni yechishda matematik va ilmiy bilimlarni qo‘llaydi. Bu atama lotincha ingenium dan, yaʼni bilimlilik so‘zidan kelib chiqqan. Dasturiy muhandis dasturiy taʼminot tamoyillarini, tizimlarni dizayn qilishda, rivojlantirishda, testlash va baholashda qo‘llaydi va shu kabi taʼminotlarni (masalan chip) ishga tushiradi. " Muhandislik mehnatini kompyuterlashtirish|"Modellash, sxemotexnika va mahsulotlar sinashga oid muammoli masalalarni yechadigan, kompyuterlashgan loyihalashning mustaqil sohasi. " Muhim bo‘lmagan ma’lumot|"Uncha muhim bo‘lmagan, ikkinchi darajali hisoblangan ma’lumotlar. Bu bir sekunddagi kadrlar soni to‘g‘risidagi axborot bo‘lishi mumkin. " Muhit|"Tizim (obyekt) ishlaydigan texnik va dasturiy vositalarining majmui. " Muhitga eltuvchini detektorlab va nizolarni aniqlab ko‘plab kira olish|"Har bir uzel uzatishni boshlagandan so‘ng, boshqa qurilma tomonidan bir vaqtda uzatishga urinish – kolliziyani aniqlash uchun tarmoqni «eshitishni» davom ettirishni talab etuvchiuzatish muhitiga kira olish usuli. Izoh – CSMA/CD usuli Ethernet tarmoqlarida qo‘llaniladi. Ushbu tarmoqlarda (35-40) foiz yuklama bilan kolliziyalar tez-tez ro‘y beradi va ishni ancha sekinlashtiradi. " Muhitga kira olish bloki|"Foydalanuvchi tizimning yoki maʼmuriy tizimning monokanal yoki davriy halqaning umumiy bo‘g‘ini bilan ulanish qurilmasi. Ulanish bloki uch qismdan tashkil topadi. Ulardan ikkitasining tuzilmasi bu bo‘g‘inlarning turiga bog‘liq bo‘lib, ulanish blokining foydalanuvchi bo‘g‘in yoki umumiy bo‘g‘in bilan tutashishini taʼminlaydi. Blokning uchinchi (mantiqiy) qismi ulanish blokining nosozligini tashxis qilish va «o‘zining» tizimiga paydo bo‘layotgan nosozliklar to‘g‘risida xabar uzatish, tizimdan signallarni umumiy bo‘g‘inga va unga teskari yo‘nalishda uzatish va qabul qilish, umumiy bo‘g‘inning bandligini aniqlash maqsadida eshitib turish kabi foydalanish funksiyalarini bajaradi. Ko‘pincha ulanish bloklarini kontrollerlar deb atashadi. " Muhofaza auditi|"Maʼlumotlarni qayta ishlash tizimi yozuvlari va resurslarining mustaqil tahlil va tadqiq qilinishi. U tizimni boshqarish vositalarining talablarga muvofiqligini tekshirish, ularning belgilangan xavfsizlik siyosati va amaliy vazifalarga mosligini kafolatlash, muhofaza tizimidan buzib foydalanishni aniqlash va boshqaruv, xavfsizlik siyosati va tartiblarda muayyan o‘zgarishlar bo‘yicha tavsiyalar berish maqsadida amalga oshiriladi. " Muhofaza biti|"Xotira kalitidagi, tegishli xotira blokining yozishdan yoki tanlash va yozishdan muhofa qilinishini belgilovchi ikkilik razryad. " Muhofaza falsafasi|"Muhofaza mexanizmlaridan foydalanishni (rasmiy yoki norasmiy usullar bilan) ko‘rishga imkon beruvchi tizimning to‘la umumiy sxemasi. " Muhofaza halqalari|"Tizim va foydalanuvchi vakolatlar pog‘onasini apparatli ajratishni amalga oshiruvchi axborot xavfsizligi va funksional radga turg‘un arxitekturasi. Vakolatlar tuzilmasini bir necha konsentrik doira shaklida aks ettirish mumkin. Bu tarzda resurslarga maksimal kira olishni taʼminlovchi tizim rejimi (supervayzer rejimi yoki nol halqasi, yaʼni «halqa 0») ichki doira, kira olishi cheklangan foydalanuvchi rejimi esa tashqi doira hisoblanadi. Anʼanaviy x86 mikroprotsessorlar oilasi himoyaning to‘rtta halqasini taʼminlaydi. " Muhofaza kafolati|"Axborotni qayta ishlash texnik vositasi uchun mutanosiblik sertifikati yoki informatika obyekti uchun attestat mavjudligi. Bular qayta ishlanayotgan axborot xavfsizlik standartlari va boshqa normativ hujjatlar talablariga javob berishini tasdiqlaydi. " Muhofaza (maxfiylik) qulfi|"Ma’lumotlar bazasiga yoki uning fragmentlariga (fayllarga, sohalarga) murojaat qilingandagi parollarni tekshirishning dasturiy mexanizmi. Yozuvlardan foydalanishni cheklaydi. " Muhofaza obyekti|"1. Kirish nazorat ostida bo‘lgan obyekt. Misollar – fayl, dastur, asosiy xotira sohasi; inson tomonidan yig‘ilayotgan va quvvatlanayotgan maʼlumotlar. 2. Axborotni muhofazalash maqsadiga binoan axborotning muhofazasini taʼminlash zarur bo‘lgan axborot yoki axborot tashuvchi, yoki axborot jarayoni. 3. Texnik razvedkadan muhofaza talab qilinadigan, axborotning barcha mavjudlik shakllari uchun umumlashma atama. Tarkibiga ko‘ra, muhofaza obyektlari yakka va guruhiy bo‘lishi mumkin. " Muhofaza qilinadigan axborot|"Mulkchilik predmeti hisoblanadigan va normativ hujjatlar talablari yoki axborot egasi tomonidan belgilanadigan talablarga muvofiq muhofaza qilinishi kerak bo‘lgan axborot. " Muhofaza qilinadigan axborotga ta’sir ko‘rsatuvchi omil|"Muhofaza qilinadigan axborot chiqib ketishi, buzib ko‘rsatilishi, yo‘q qilinishi, undan foydalana olish blokirovkalanishi mumkin bo‘lgan hodisa, harakat yoki jarayon. " Muhofaza qilinadigan obyekt attestati|"Sertifikatlash bo‘yicha organ yoki muhofaza qilinadigan obyektda axborotni muhofaza qilishning belgilangan talablari va samaradorlik normalari bajarilishi uchun zarur va yetarli shart-sharoitlar mavjudligini tasdiqlaydigan boshqa maxsus vakolatlangan organ tomonidan beriladigan hujjat. " Muhofaza qilingan avtomatlashtirilgan tizim|"Axborotni muhofaza qilish bo‘yicha sfandartlar va/yoki normativ hujjatlarning talablariga muvofiq, belgilangan funksiyalar bajarilishining axborot texnologiyasini amalga oshiradigan avtomatlashtirilgan tizim. " Muhofaza qilingan fayl|"Yozuvlaridan foydalana olish uchun parol kiritilishi zarur bo‘lgan fayl. " Muhofaza qilingan soketlar darajasi|"Netscape Communications korporatsiyasi tomonidan shifrlangan, autentifikatsiya qilingan xabarlarni Internet orqali uzatish uchun ishlab chiqilgan protokolning tasnifi. SSL 2.0 versiyasi IETF standarti sifatida qabul qilingan va veb-brauzerning veb-server bilan ishlashida transport darajasidagi ma’lumotlarni shifrlash va vakolatlarni tekshirishda keng qo‘llaniladi. SSL protokoli bilan himoyalangan sahifalardan foydalanish uchun URL da oddiy http prefiksi o‘rniga, SSL-ulanishdan foydalanilishi ko‘rsatilgan https (443 port) prefiksi qo‘llaniladi. Shifrlash/deshifrlash operatsiyalari ko‘plab hisoblash resurslarini talab qiladi, veb-serverdagi yuklamani kamaytirish uchun SSL-apparat tezlatgichlaridan foydalaniladi. SSL 3.0 ishlab chiqish jarayonida va muhokama uchun ochiq hisoblanadi. " Muhofaza qilingan tizim|"Kirish uchun parolning kiritilishi talab etiladigan tizim. " Muhofaza qilinganlik|"Tizimning, muhofaza qilinadigan axborotdan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishga, uning buzilishiga yoki unga zarar yetkazilishiga qarshi tura olish qobiliyati. " Muhofaza qilinganlikni tahlil qilish|"1. Avtomatlashtirilgan tizim resurslarining zaif joylarini aniqlash, shuningdek, ularni bartaraf qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish jarayoni. 2. Axborotni muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlar samaradorligi sifat va miqdor ko‘rsatgichlarining axborot xavfsizligi talablariga mos kelishini tekshirish. " Muhofaza qilinganlikni tahlil qilish tizimi|"Texnik vositalar yoki avtomatlashtirilgan tizimning muhofaza qilinganligini tahlil qilish uchun mo‘ljallangan yoki ishlatiladigan texnik yoki dasturiy vosita. " Muhofaza qilinmaganlik|"Muayyan hujum amalga oshirilganda ma’lumotlarni qayta ishlash tizimining muayyan zaifligidan foydalanish imkoniyati. " Muhofaza qilish|"Apparatura, dasturlar va ma’lumotlardan ruxsat etilmagan tarzda foydalanishning oldini olish bo‘yicha yuridik, tashkiliy, texnik, shu jumladan, dasturiy chora-tadbirlar. " Muhofaza qilish apparat vositalari|"Axborotni ruxsatsiz olish, ko‘chirish, o‘g‘irlash yoki turlashdan muhofaza qilish uchun mo‘ljallangan mexanik, elektromexanik, elektron, optik, lazer, radio, radiotexnik, radiolokatsion va boshqa qurilma, tizim va inshootlar. " Muhofaza qilish modeli|"Ruxsatsiz foydalana olishdan muhofaza qilish dasturiy-texnik vositalari va/yoki tashkiliy choralari kompleksining abstrakt tavsifi. " Muhofaza qilish sertifikati|"1. Hisoblash texnikasi yoki avtomatlashtirilgan tizim vositalarining axborotdan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishdan muhofaza qilish bo‘yicha talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi va ishlab chiquvchiga axborotdan muhofazalangan axborot sifatida foydalanish va/yoki tarqatish huquqini beradigan hujjat. 2. Tegishli ravishda rasmiylashtirilgan, sertifikatlash tizimi qoidalariga ko‘ra berilgan va axborotni muhofaza qilish vositalarining axborot xavfsizligi bo‘yicha talablarga muvofiq kelishini tasdiqlovchi hujjat. " Muhofaza qilish strategiyasi|"Tizimning ma’lum tahdidlardan muhofaza qilinishini ta’minlashda amal qilinishi kerak bo‘lgan mezonlarni, ayniqsa, tezkor mezonlarni rasmiy aniqlash. " Muhofaza qilish tizimini chetlab o‘tish yo‘li|"Harakat natijasi bo‘lib, bunda tizim obуekti jinoyatkorga komandaga yoki oldindan belgilangan hodisaga yoki hodisalar ketma-ketligiga ruxsat etilmagan tarzda ta’sir ko‘rsatish imkonini beradigan darajada o‘zgaradi. Masalan, parolni tekshirish shunday o‘zgartirilishi mumkinki, u o‘zining odatdagi natijasidan tashqari, jinoyatkor parolining to‘g‘riligini ham tasdiqlaydi. " Muhofaza qilish vositalari kompleksi|"Hisoblash texnikasi vositalari yoki tizimlarining axborotdan hamda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasi obyektlaridan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishdan muhofaza qilinishini ta’-minlash uchun yaratiladigan va tutib turiladigan dasturiy hamda texnik vositalar majmui. " Muhofaza qilish vositasi|"Turli xavfsizlik darajasiga ega bo‘lgan ikkita ma’lumotni qayta ishlash tizimi o‘rtasida yoki foydalanuvchi terminali va ma’lumotlar bazasi o‘rtasida himoya filtri sifatida foydalaniladigan hamda foydalanuvchida ulardan erkin foydalanish vakolati bo‘lmagan ma’lumotlarni saralash uchun mo‘ljallangan funksional blok. " Muhofaza qilish yadrosi, foydalana olish dispetcheri|"1. Belgilangan qoidalarga muvofiq, subyektlarning axborot resurslaridan foydalana olishini nazorat qilishning tashqi ta’sirlardan muhofazalangan dasturiy va apparat vositalarining majmui. 2. Foydalana olish dispetcheri konsepsiyasini amalga oshiruvchi muhofaza qilish vositalari kompleksining apparat, dasturiy va dasturiy-apparat elementlari. " Muhofaza qilishning buzilishi|"Kompyuter xavfsizligi tizimini chetlab o‘tish yoki uning biror-bir elementini ishdan chiqarish, natijada ma’lumotlarni qayta ishlash tizimiga kirib olish mumkin bo‘ladi. " Muhofaza razryadi|"Aniqlik saqlanib qolishini ta’minlaydigan oraliq natijalarning qo‘shimcha razryadlaridan biri. " Muhofaza rejasi|"Axborot va obyektni muhofaza qilish maqsadlariga erishish uchun mo‘ljallangan asosiy g‘oya. U bajariladigan tadbirlarning tarkibini, mazmunini, aloqadorligini va ketma-ketligini ochib beradi. " Muhofaza tizimi ma’muriyati|"Xavfsizlik siyosatini belgilaydigan hamda bu siyosat qo‘llaniladigan obyekt va subyektlarni aniqlaydigan boshqaruv organi. " Muhofaza tizimi orqali o‘tish, aylanma yo‘l|"Shifrlash tizimiga kiritilgan chetlab o‘tish bloki. " Muhofaza toifasi|"Nozik axborotning noshajaraviy tasnifi. U maʼlumotlardan foydalanishni faqatgina shajaraviy tasnif muhofazasiga nisbatan aniqroq boshqarish uchun qo‘llanadi. " Muhofaza vositalari nazorat qilinishini qayd etish|"Vaqt bo‘yicha to‘planadigan va muhofaza vositalarini boshqarishni soddalashtirish uchun mo‘ljallangan, muhofaza vositalarining holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar majmui. " Muhofaza vositalarini nazorat qilish|"Muhofaza tizimlarining ishlashini, ularning ekspluatatsiya qilish talablariga va qabul qilingan xavfsizlik siyosatiga muvofiqligini tekshirish, shuningdek, tegishli tavsiyalarni ishlab chiqish maqsadida, tizim yozuvlari va personal ishini nazorat qilish. " Muhofazalangan axborot tizimi|"Tahdidlarni tahlil qilish asosida o‘rnatilgan, axborotni hamda tizim komponentlarini muhofaza qilish bo‘yicha talablar ro‘yxatini qondiradigan qoidalarning bajarilish mexanizmi amalga oshirilgan axborot tizimi. " Muhofazalangan axbotor obyekti|"Qayta ishlanadigan axborotning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha standartlar va boshqa normativ hujjatlarning talablariga mos keladigan axborotlashtirish obyekti. " Muhofazalangan elektron tranzaksiyalar|"Internet kabi ommaviy foydalanish tarmoqlarida kredit kartalar bo‘yicha to‘lovlar muhofazasi protokolining nomi. Visa va MasterCard kompaniyalari tomonidan 1996-yili ishlab chiqilgan. Moliyaviy axborotning konfidensialligini va kelishuv qatnashchilarining autentifikatsiyasini taʼminlaydi. " Muhofazalangan foydalanish rejimi|"Ma’lumotlar bazasini muhofazalangan tarzda qayta ishlash rejimi, bu rejimda ma’lumotlar bazasi sohalarini ochgan dastur bilan parallel ishlaydigan barcha amaliy dasturlar yozuvlarni o‘qishi mumkin, lekin dastur bu sohalarni yopmaguncha, ularni yangilay olmaydi. " Muhofazalangan hisoblash texnikasi vositasi|"Muhofaza qilish vositalarining kompleksi amalga oshirilgan hisoblash texnikasi vositasi. " Muhofazalangan kanal|"Domen kompyuterlarining va Netlogon xizmatlari o‘rtasidagi nomlangan kanal. Muhofazalangan kanalni hosil qilishda kanal bo‘yicha uzatiladigan xabarlarning haqiqiyligini tekshirish va uzatilayotgan axborotning bir qismini shifrlash uchun qo‘llaniladigan seans kaliti yaratiladi. " Muhofazalangan kompyuter|"Muhofazalangan kompyuterlarni bir qator kompaniyalar ishlab chiqaradi. Ular agressiv muhitga – qattiq vibratsiya, kuchli changlanish, yuqori namlik va boshqa turdagi buzg‘unchilikka oddiy kompyuterdan chidamliroq bo‘ladi. Ko‘pincha ular noutbuk ko‘rinishida bo‘ladi lekin, undan og‘irligi va o‘lchami kattaroqdir. " Muhofazalangan muhit|"Maʼlumotlarni va resurslarni tasodifiy yoki qasddan qilingan harakatlardan muhofazalashga alohida eʼtibor (mualliflash, foydalanish, konfiguratsiyani boshqarish va h.k. shakllarda) beriladigan muhit. " Muhofazalangan resurs|"Muhofaza (maxfiylik) qulfi belgilangan, ya’ni erkin foydalanishni boshqarish spetsifikatsiyalangan (tasniflangan) resurs. " Muhofazalangan umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘i|"Muhofazalangan umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘i, bunda buzg‘unchining har qanday ta’siriga (loyihalashda berilgan ko‘plikdan), yo berilgan ehtimollik bilan yo‘l qo‘yilmaydi, yo tarmoq vositalari bilan berilgan ehtimollikda aniqlanadi, bunda tarmoqning ushbu ta’sir oqibatlarini berilgan ehtimollikda bartaraf qilishga yo‘naltirilgan javobi: foydalanuvchilarni xabardor qilish, ta’sir joyini kengayishiga yo‘l qo‘ymasligini, tarmoqning ish qobiliyatini tiklash va foydalanuvchilarning axboroti (ma’lumotlari) uzatilishini ta’minlovchi sharoitlar yaratiladi. " Muhofazalangan xesh-algoritm|"Elektron imzolarni generatsiyalash imkonini beradigan xesh-algoritm. " Muhofazani bevosita buzishga urinish|"Bazaviy algoritmlarning, xavfsizlikni ta’minlash mexanizmi prinsiplari yoki xususiyatlarining kamchiliklariga asoslangan, tizim muhofazasini buzishga bo‘lgan urinish. " Muhofazani tasniflash|"Maʼlumotlar yoki axborotdan foydalanishning zarur bo‘lgan maxsus muhofaza darajasini aniqlash va shu muhofaza darajasini belgilash. Masalan, «o‘ta maxfiy», «maxfiy». " Muhofazaning kompleksliligi|"Texnik razvedkaning barcha xavfli turlari va vositalariga qarshi tadbirlarni ko‘zda tutuvchi muhofaza qilish prinsipi. " Muhofazaning uzluksizligi|"Obyektning hayotiy siklining barcha bosqichlarida (ishlab chiqish, yaratish yoki qurish, sinovdan o‘tkazish, foydalanish va utilizatsiya qilish) muhofazasini tashkil qilishdan iborat muhofaza tamoyili. " Muhr|"Kriptografik nazorat qiymati bo‘lib, yaxlitlik saqlanib turishini ta’minlaydi, lekin oluvchi tomonidan amalga oshiriladigan qalbakilashtirishdan muhofaza qila olmaydi (ya’ni, mualliflik qayd etilishini ta’minlay olmaydi). " Mukammal izlash|"1. Ma’lumotlar bazasi har bir yozuvida izlash. 2. Masalani barcha variantlarni o‘rganish yo‘li bilan yechish. " Mukammal maxfiylik|"Ochiq matn va shifrmatn statistik jihatdan mustaqil va shifrmatnning qo‘lga kiritilishi (tutib olinishi) kriptotahlilchiga ochiq matn to‘g‘risida qo‘shimcha axborot bermasligidan iborat bo‘lgan sharoit. " Mukammal testlash|"Dasturning o‘zgaruvchi kirish qiymatlarining mumkin bo‘lgan barcha kombinatsiyalari bilan bajarilishi. " Mulohaza, to‘g‘ri fikr|"1. Qiymati noto‘g‘ri bo‘lsa, xatoni bildiradigan ifoda. Bunday ifodalardan dasturlarni sozlash maqsadlarida foydalaniladi. 2. Mantiqiy dasturlashda – bajarilish vaqtida, dastur ma’lumotlar bazasiga kiritadigan yangi fakt yoki qoida. " Muloqot oyna shabloni|"Windows operatsion tizimida ekranda muloqot oynalarini yaratish va chiqarish uchun ishlatiladigan, hamda ularning xarakeristikasini belgilaydigan andoza. Foydalanuvchiga, operatsion tizim tomonidan aniq aks ettiriladigan, o‘z muloqot oynalarini yaratish imkonini beradi. " Muloqot oynasi|"Biror komanda yoki vazifani bajaradigan tugma va boshqa boshqaruv elementlarini o‘z ichiga olgan yordamchi oyna. " Muloqot qila olishga asoslangan firibgarlik|"Foydalanuvchilar yoki tarmoq administratorlarini, ulardan tarmoqdan noqonu-niy foydalana olish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni bilib olish yo‘li bilan aldash mahorati; odatda, mualliflashtirilgan foydalanuvchi nomidan ularga murojaat qilish orqali amalga oshiriladi. " Multidasturlash|"Bitta kompyuterda bir necha dasturning bajarilishini tashkil qilish usuli. " Multidasturlash darajasi (koeffitsiyenti)|"Tizim vaqt birligida xizmat ko‘rsatadigan jarayonlarning soni. " Multidasturlash tizimi|"Bir vaqtda ikkita yoki undan ortiq dasturni ishga tushiruvchi tizim. " Multiekran|"Suyuq kristalli ekranning darchalarga (odatda 4 yoki 9) ajratib, ularda olinayotgan harakatlanuvchi obyektlarning to‘xtatilgan kadrlarini sekunddan kam oraliqda (odatda 0,1 s dan 0,5 s gacha) ko‘rsatish. " Multikadrli sinxronlash|"Kiruvchi oqimdan multikadr boshlanishini belgilaydigan sinxronlovchi signalni ajratishga asoslangan sinxronlash usuli. Sinxron kod multikadrning boshida joylashtirilishi ham, uning uzunligi bo‘ylab taqsimlanishi ham mumkin. " Multimedia|"Axborotni taqdim etishning turli shakllaridan va uning yagona obyekt-konteynerida qayta ishlanishidan bir vaqtda foydalanish. Masalan, bitta obyekt-konteynerda matnli, audio, trafik va video axborot bo‘lishi mumkin. Multimedia atamasi, shuningdek, katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlash va ulardan tez foydalanish imkonini beradigan axborot tashuvchilarni belgilash uchun ham qo‘llaniladi. " Multimedia funksiyalari|"Videoni raqamli filtrlash va masshtabga solish, videoni apparatli raqamli zichlash va yoyish, uch o‘lchamli grafika (3D) bilan bog‘liq grafik operatsiyalarni tezlashtirish, jonli videoni monitorga chiqarish, kompozitli video chiqishga ega bo‘lish, TV signalini monitorga chiqarish. " Multimedia-kengayishlar uchun ko‘rsatmalar to‘plami|"Intel korporatsiyasining, Pentium protsessorlarida multimediani ta’minlash va multimedia-ilovalarning grafika, tovush va video bilan ishlashini tezlatish uchun ishlab chiqilgan texnologiyasi. " Multimedia-server|"Lokal multimedia tarmoqlar uchun mo‘ljallangan server. " Multimedia tarmog‘i|"Kanallar bo‘yicha turli shakldagi axborot (matn, tovush, video va h.k.)ni tashish uchunmo‘ljallangan tarmoq. " Multimedia xabarlarini uzatish xizmati|"Musiqali, foto- va video fayllarni ichiga oladigan multimedia xabarlarini uzatish va qabul qilish xizmati. " Multimedia xizmatining xizmatlari|"Telekommunikatsiyalar tarmog‘i bo‘ylab bir nechta turdagi axborotni bir vaqtda shakllantirish va keyinchalik uzatishni amalga oshiradigan (masalan, tovush, matn, ma’lumotlar, harakatsiz va harakatli tasvirlar uzatilishi mumkin) va ularni birgalikda aks ettirish, qayta ishlash, kombinatsiyalash imkonini va h.k.larni ta’minlaydigan telekommunikatsiyalar xizmatining xizmatlari. " Multimediali dastur moduli|"Tarkibida ta’lim-tarbiyaviy, telematik, Internetga mos keladigan, mediametrik va teletibbiyot ma’lumotlari bo‘lgan, chiqarishga tayyorlangan televizion dastur. " Multimediali televizion eshittirish|"Televizion dasturlarni uzatishdan tashqari, kompyuter texnologiyalari uchun xos bo‘lgan axborotning uzatilishi ham ko‘zda tutilgan raqamli televizion eshittirish. Izoh – Kompyuter texnologiyasi deganda, axborotni matn, grafika (chizma), tasvir, animatsiya va ovozdan foydalangan holda kompleks taqdim etish tushuniladi. " Multimediali shaxsiy kompyuter|"Multimedia PC Council taʼrifiga ko‘ra, hozirgi kunda yaxshi tezkor xotira hajmi, katta qattiq disk, CD-ROM yoki DVD qurilmasi, raqamli tovushni qo‘llab-quvvatlash tizimiga ega shaxsiy kompyuter multimedia shaxsiy kompyuteri deb hisoblanadi. " Multipleks analog komponent|"D-MAC da signallarni uzatish formati, bunda videosignal tovushli raqamli signal bilan birgalikda alohida tashkil etuvchilarni vaqtinchalik zichlash bajariladi. " Multipleks (televizion dasturda)|"Eshittirish televideniyesining bir nechta dasturiy paketlaridan iborat to‘plam. " Multipleks shinasi|"Bir xil liniyalar bo‘yicha maʼlumotlar uzatiladigan va boshqaruv amalga oshiriladigan shina. " Multipleksor|"1. Raqamli televizion signal ma’lumotlarining bir nechta oqimini xizmat bitlarini qo‘shish bilan, yagona oqimga birlashtirish uchun mo‘ljallangan qurilma. 2. Radiouzatgichlarning istalmagan o‘zaro ta’sirlanishining oldini olgan holda, bitta antennaga bir nechta radiouzatgichni parallel ulash imkonini beradigan qurilma. " Multipleksorlangan abonent raqami|"Umumiy foydalanishdagi bitta foydalanish uchun va xususiy foydalanish uchun multipleksorlangan raqamlarni berish imkonini ta’minlaydigan abonent raqamini multipleksorlash qo‘shimcha xizmati. Izoh – Abonent raqamini multipleksorlash qo‘shimcha xizmati zarur foydalanuvchini umumiy foydalanish tarmog‘i orqali chaqirish, ko‘p sonli tanlashlardan bitta yoki bir nechta individual terminalni aniqlash imkonini beradi. " Multipleksorlash|"1. Axborot alohida oqimlarini yagona transport oqimiga birlashtirish jarayoni. 2. Bitta fizik kanalda mantiqiy kanallar guruhi tuziladigan obyektlarning vositalaridan foydalanadigan guruhlar o‘rtasidagi ma’lumotlar uzatish vositalarini bo‘lish texnologiyasi. Izoh – Vaqt va chastota bo‘yicha multipleksorlashga bo‘linadi. " Multiplikatsiya|"Lotincha «multiplicati» – «ko‘paytirish». Harakatlanuvchi tasvirlarni modellash jarayoni. Harakatlanuvchi tasvir soxta tasavvurni yaratadi. U tasvirlarni tez almashtirishga asoslangan. Axborot tizimida multiplikatsiya bir necha yo‘l bilan amalga oshirilishi mumkin. Ulardan biri faqat «harakatlanish» lozim bo‘lgan jihatlari farq qiluvchi ko‘plab tasvirlarni chizishdan iborat. Ikkinchi yo‘l ekranni boshqarish dasturlaridan foydalanishni nazarda tutadi. Ular yordamida boshlang‘ich va oxirgi mo‘ljal punktlari belgilash orqali tasvirning ketma-ket o‘zgarishi amalga oshiriladi. Bunda kompyuter tomonidan tasvirlarni yaratish tezligi ko‘rsatish tezligidan ancha past bo‘lishi mumkin. Bunday holatda tasvirlar ekranga chiqarilishidan oldin xotirada to‘planadi. Harakat soxta tasavvurini yaratish uchun ekranga sekundiga kamida 16 tasvirni chiqarish lozim. Televideniye standarti sekundiga 24 tasvirga teng tezlikni belgilaydi. " Multiprotsessor|"Bir vaqtda foydalanish uchun bir nechta arifmetik va mantiqiy bloklari bo‘lgan mashina. " Multiprotsessorlash rejimi|"Ma’lumotlarni qayta ishlash parallel ravishda bir nechta protsessorda olib boriladigan rejim. Bu rejimning ishlashi uchun operatsion tizim va ilova multiprotsessorlikni quvvatlashi kerak. " Multiprotsessorli spetsifikatsiya|"Operatsion tizim va protsessor proshivkasi o‘rtasidagi interfeysni tavsiflaydigan, ularga multiprotsessorli konfiguratsiyada x86 mos keladigan protsessor bilan ishlash imkonini beradigan ochiq standart. " Multitelefon|"Bir nechta mikrotelefon go‘shagi bo‘lgan radiotelefon. " Multitilli xabarlar|"Turli tillarda xabar uzatish imkonini beradigan xizmat. Til kodlari ulanuvchi liniyalar guruhiga va PRI dastlabki foydalanish interfeysiga kiruvchi abonentga tayinlanishi mumkin. " Mumkin bo‘lgan, ruxsat etilgan|"Kira olish va foydalanish erkin bo‘lgan bo‘sh resurs. " Mundarija|"Ma’lumotnoma tizimida ma’lumot olish uchun mo‘ljallangan mavzular va kichik mavzular ro‘yxati. " Munosabat|"Biror jadvaldagi tashqi kalit boshqa jadvaldagi birlamchi kalitga muvofiq bo‘lsa, jadvallar o‘rtasidagi munosabat mavjud bo‘ladi. " Munosabat, aloqadorlik|"Relyatsion malumotlar bazalarida jadvallar ustunlari va satrlarining elementlari o‘rtasidagi bog‘liqlik. " Munosabat (taqqoslash) operatori|"Operandlar nisbatini aniqlash imkonini beradigan binar operator: teng (EQ), teng emas (NE), dan kam (LT), dan ko‘p (GT), dan kam yoki teng (LE), dan ko‘p yoki teng (GE). " Munosabatlar diagrammasi|"Munosabatlar diagrammasi konseptual chizmalarni tavsiflaydigan axborot andozasi. U grafi-kali bo‘lib blok va chiziqlarga asoslangan. Bu blok va chiziqlar boshqa bir axborot andozasining obyektlar va ular o‘rtasidagi munosabatlarni tavsiflaydi. Shu mazmunda munosabatlar diagrammasi axborot meta andozasi hisoblanadi, shuningdek axborot andozalarni tavsiflovchi vosita deb hisoblanadi. " Munosib, mos|"Kompyuter dasturiy va apparat ta’minotining birgalikda ishlashi va axborot almashina olish imkoniyati. " Muqobil matn|"O‘xshash simvollar ketma-ketligining o‘rnini to‘ldirishga mo‘ljallangan, oldindan aniqlangan matn. Izoh − Ko‘p takrorlanuvchi matnli axborotni kiritishni soddalashtirish uchun mo‘ljallangan. " Murakkab kalit|"Bir nechta atributdan iborat kalit. " Murakkab komandalar to‘plamiga ega kompyuter|"O‘zgaruvchan uzunlikdagi, bajarilish vaqti turlicha bo‘lgan turli mashina komandalarining keng to‘plamiga ega, kompyuterlar arxitekturasi. " Murakkab komandalar to‘plamiga ega protsessor|"RISC-protsessorlariga teskari bo‘lgan to‘la komandalar to‘plamiga ega an’anaviy protsessorlar arxitekturasi. Mashina komandalari to‘plami keng, turli, o‘zgaruvchan uzunlik va bajarish vaqtiga ega bo‘lgan ommabop protsessorlar. x86 va 680x0 guruhiga mansub protsessorlar CISC-protsessorlari qatoriga kiradi, ammo CISC-protsessorlarining ichida ko‘pincha RISC-arxitekturasidan foydalaniladi. " Murakkab tizimlarni loyihalash va obyektga yo‘naltirilgan tahlil qilish|"XX asrning 80-90-yillarida yuzaga kelgan, murakkab tizimlarni loyihalash va tahlil qilish metodologiyasi, dasturiy mahsulotlarni, texnik, iqtisodiy, ijtimoiy tizimlarni, shuningdek, ularni boshqarish tizimlarini ishlab chiqishda asosiy metodologiya hisoblanadi. Tadqiq qilinadigan yoki ishlab chiqiladigan tizim modellarining ketma-ketligi: informatsion model, holatlar modeli va jarayonlar modelini tuzish metodologiyaning asosini tashkil etadi. " Murakkablik|"Dasturiy ta’minotni tushunishdagi, tahlil qilish, testlash va ta’minlashdagi qiyinchiliklar o‘lchovi. " Murojaatlar monitori|"Foydalanish nazorati tamoyillari. U subyektlarning obyektlardan foydalanishga urinishlarini ajratuvchi mavhum mashina tushunchasiga asoslangan. Xavfsizlik o‘zagi shaklida amalga oshiriladi. " Mushkul holat|"Ikkita oqimning bajarilishida ularning bir-birini blokirovka qilib qo‘yishida yuzaga keladigan holat xatoligi. Bunda har bir oqim boshqa oqim foydalanayotgan resursning bo‘shashini kutib turadi. " Musiqa tizimi|"Ixtisoslashtirilgan abonent tizimi. U musiqa asarlarini yaratish, ishlov berish va ijro etish uchun mo‘ljallangan. Kompyuterga tashqi qurilmalar, yaʼni maxsus klaviatura, mikrofonlar, karnaylar va tegishli dasturiy taʼminotning qo‘shilishi orqali yaratiladi. Tizim imkoniyatlari ishlab chiqaruvchilarga maʼlumotlarni taqdim qilishning turli shakllaridan foydalanish imkonini beradi. Musiqa asari bilan ishlab, foydalanuvchi uning tarkibiy qismlarini kesib olish, nusxa olish, qo‘shish, tozalash operatsiyalarini bajaradi. Musiqa tizimlari uchun musiqa qurilmasi interfeysi belgilangan va «standart musiqani tavsif qilish tili» SMDL yaratilgan. " Mustaqil jarayon|"Boshqa jarayonlar bilan bog‘lanmagan, boshqa jarayonlarning bajarilishiga ta’sir ko‘rsatmaydigan yoki ularning ta’sirini sezmaydigan jarayon. " Mutanosiblik|"Mutanosiblik faqat to‘g‘ri axborotni bazaga yozishga ruxsat beradi. Agarda tranzaksiya bazaning mutanosibligini buzsa, butun tranzaksiya orqaga qaytariladi va baza mutanosib qoladi. " Mutant viruslar|"Shifrlash-rasshifrovka qilish algoritmlarini ichiga oluvchi viruslar. Bu algoritmlar tufayli, aynan bir virusning nusxalari baytlarning birorta ham takrorlanadigan zanjiriga ega bo‘lmaydi. " Mutlaqo maxfiy ma’lumotlar|"Alohida muhim ma’lumotlardan tashqari davlat siri hisoblanadigan ma’lumotlar. " Muvaffaqiyatsiz chaqiruv; muvaffaqiyatsiz murojaat|"Bog‘lanish o‘rnatilishi bilan tugallanmagan kira olishga urinish. Izoh − Mobil aloqa tarmoqlarida, aktiv izlash yakunida hech bo‘lmaganda bitta radiostansiya tomonidan tasdiqlanmagan chaqiruv. " Muvofiqlashtirilgan translyatsiya|"Umumiy tavsifga ega bo‘lgan bir nechta dasturiy modulni translyatsiya qilish, bunda barcha translyatsiya birliklari tavsiflarning bir xil versiyalaridan foydalanadi. " Muvofiqlik deklaratsiyasi|"Ochiq konkurs qatnashchisining yuridik kuchga ega bo‘lgan, davlat axborot tizimi interfeyslarini amalga oshirish uchun, axborot tizimlarining moslashuvchanligi bo‘yicha talablar to‘plamida ko‘rsatilgan spetsifikatsiyalardan foydalanish majburiyati. " Muvofiqlik sertifikati|"Hisoblash texnikasi vositalari yoki avtomatlashtirilgan tizimning, davlat standartlari talablariga, sertifikatlash bo‘yicha davlat organlari tomonidan, ularning vakolatlari doirasida tasdiqlangan axborotni muhofaza qilish bo‘yicha boshqa normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi va ishlab chiquvchiga ulardan muhofaza qilingan hujjat sifatida foydalanish va/yoki tarqatish huquqini beruvchi hujjat. " Muvofiqlikni baholash|"Qandaydir standartga yoki tavsiyalarga rioya qilinishini, yozuvlarning olib borilishi aniqligini tekshirishga yoki samaradorlik va natijalilikning maqsadli qiymatlariga erishishga yo‘naltirilgan tekshiruv va tahlil. " Muzlatishga qarshi tizim|"Antenna ko‘zgusining orqa sirtiga montaj qilinadigan elektr isitgichlar yordamida ko‘zguni va nurlantiruvchi tizimni sun’iy isitish uchun xizmat qiladigan antennaning issiqlik himoyasi tizimi. " Myuteks|"Operatsion tizimlarda ishlatiladigan semaforlarning o‘zaro bartaraf qilishni ta’minlaydigan analogi. " Mo‘rt posilka|"Alohida ehtiyotkorlikni talab qiluvchi tez sinadigan predmetlarni o‘z ichiga olgan posilka. N " Nadenenko dipoli|"Yelkalari silindr hosil qilishi bo‘yicha joylashgan, bir nechta parallel simlardan iborat cimmetrik vibrator ko‘rinishidagi antenna. " Namoyish qilinadigan versiya|"Bepul tarqatiladigan (masalan, reklama maqsadida) tugallanmagan dastur. U qo‘shimcha namoyish materiallarini o‘z ichiga olishi, shuningdek, magazin yoki ko‘rgazmadagi kompyuter namunasi ham bo‘lishi mumkin. " Namunaviy almashtirish elementi|"Ishlash qobiliyatini tiklash vada almashtirilishi zarur bo‘lgan, almashtiriladigan eng kichik, funksional tugallangan yig‘ma birlik. " Namunaviy guruhli trakt|"Elektraloqa signallarini, tonal chastota kanallari me’yorlashtirilgan sonini yoki chastotalar polosasidagi asosiy raqamli kanallarni berilgan guruhli traktga xos bo‘lgan uzatish tezligi bilan uzatish uchun mo‘ljallangan texnik vositalarning jami. Izoh – Guruhli trakt kanallarning me’yorlashtirilgan soniga bog‘liq ravishda birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi, to‘rtlamchi yoki N-guruhli trakt deb nomlanadi. " Namunaviy uzatish kanali|"Parametrlari qabul qilingan meʼyorlarga javob beruvchi uzatish kanali. " Nanokompyuter|"Mantiqiy elementlari bir necha nanometr bo‘lgan elektron (biokimyo, kvant) texnologiya asosida qurilgan hisoblash asbobi. Nanotexnologiya asosida ishlab chiqarilgan kompyuter ham juda kichkina. Nanokompyuter nazariyasining mantiqiy asoslari hali yo‘q. " Nanotexnologiya|"Informatikada − kompyuterlardagi protsessorlar uchun integral sxemalar tayyorlash texnologiyasi. Molekulalar va atomlar bilan ishlashga asoslangan. " Navbat|"1. Elementlar qanday tartibda kiritilgan bo‘lsa, o‘sha tartibda o‘chiriladigan ma’lumotlar tuzilmasi. 2. Printerdan chiqarish uchun topshiriqlar ro‘yxati yoki topshiriqlar navbati, ishlarning tartibini operatsion tizimning o‘zi aniqlaydi. " Navbatlar bilan taqsimlangan ikki yoqlama shina|"Bir juft optik kanal yordamida hosil bo‘lgan tezkor ko‘p kanalli tarmoq. U birinchi navbatda, katta shaharning axborot tarmog‘ini yaratish uchun mo‘ljallangan. Ishda yuqori o‘tkazish qobiliyati va ishonchlilikka ega. " Navbatlashish ketma-ketligi|"Navbatma-navbat yoyishda ayrim maydonlarning vaqtinchalik ketma-ketligini aniqlaydigan sonlar guruhi. " Navbatma-navbat yoyish|"Navbatma-navbat (ketma-ket) yoyiladigan satrlar bir-biridan bir satrning kengligidan butun son marta katta masofaga tarqatilgan va bunda yondosh satrlar maydonlarning chastotalari bilan bir-birining ketidan keladigan vaqt intervallari davomida yoyiladigan yoyish jarayoni. " Navigatsiya, siljish, joyini o‘zgartirish|"1. Foydalanuvchi interfeysi yordamida menyu, ma’lumot beruvchi fayllar yoki qandaydir boshqa obyektlar murakkab tizimida yo‘lni aniqlash jarayoni yoki usuli. 2. Tarmoq obyektlari bo‘yicha joyini o‘zgartirish. 3. Transport vositasining harakatlanish yo‘nalishini rejalashtirish va kuzatish, transportda yurish vaqtini hisoblash. 4. Mobil robotning o‘z harakati yo‘nalishini tanlashi, masalan oriyentirlar bo‘yicha. " Nazorat|"Tizim xavfsizligining joriy holatini aniqlash maqsadida, mustaqil obzor va tizim yozuvlarining tahlilini hamda tizim aktivligini olish imkonini beruvchi operatsiyalar majmui. " Nazorat-geraldli muhr|"Pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalari blanklari, 5-shakldagi daftarlar, 10-shakldagi reyestrlar va pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalari bo‘yicha xizmatga oid yozishmalar hamda alohida yo‘riqnomalarga muvofiq boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish uchun mo‘ljallangan maxsus muhr. " Nazorat jurnali|"Qar.: Audit jurnali. " Nazorat kodi|"Uzatiladigan ma’lumotlardagi xatolarni avtomatik tarzda aniqlash, tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik va bartaraf qilish imkonini beradigan kod. " Nazorat muddatlari|"Pochta, kuryerlik jo‘natmalari va pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalarini qabul qilish joyidagi pochta aloqasi obyektidan ularni topshirish va yetkazib berish joyidagi pochta aloqasi obyektigacha jo‘natish uchun belgilangan eng ko‘p vaqt oralig‘i. " Nazorat nuqtasi|"Jarayon bajariladigan nuqta, unda jarayonni shu nuqtadan takror ishga tushirish uchun zarur bo‘lgan axborot saqlanadi. " Nazorat nuqtasi ma’lumotlari to‘plami|"Nazorat nuqtasida saqlangan vazifa yoki tizim holatini ichiga oladigan ma’lumotlar to‘plami (fayl). " Nazorat nuqtasidan qayta ishga tushirish|"To‘xtab qolishdan so‘ng, saqlangan jarayon yoki topshiriq bajarilishining tiklanishi. " Nazorat qilinadigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa rejimi|"Mobil stansiyalar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqani tashkil etish prinsipi bo‘lib, unga muvofiq abonent tarmoq xizmatida qayd qilinadi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa rejimiga kirgunicha autentifikatsion tekshiruvdan o‘tkaziladi. " Nazorat qilinadigan zona|"Axborotni qayta ishlash texnik vositasi atrofidagi hudud, uning chegarasida begona shaxslarning va transport vositalarining ruxsat etilmagan tarzda bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. " Nazorat qiluvchi so‘z|"Signalni skremblerlash uchun shartli foydalanish tizimida qo‘llaniladigan va abonentga signal bilan birga uzatiladigan kodli so‘z. " Nazorat raqami|"Bitta raqam (simvol)dan iborat bo‘lgan tekshiruv kaliti. " Nazorat summasi|"1. Baytlar summasini hisoblash va uni yozuvga qo‘shish yo‘li bilan ma’lumotlar yozuvining to‘g‘riligini tekshirish uchun mo‘ljallangan axborot. Ma’lumotlarni hisoblashda baytlar summasi nazorat summasi bilan mos kelishi kerak. 2. Ma’lumotlar blokiga tekshirish maqsadlarida solishtiriladigan qandaydir funksiya, odatda faylning barcha yozuvlari maydonlariga mos keluvchi summa ko‘rinishida shakllanadi. Bu son biror-bir muhim ma’noga ega emas, faqat fayl yozuvlarini tekshirish uchun xizmat qiladi. Maydon qiymatining har qanday o‘zgarishi oldindan qayd qilingan va qaytadan hisoblangan nazorat summalarining mos kelmasligidan aniqlanadi. " Nazorat (tekshirish) kodi|"Ruxsat etilmagan tarzda ko‘chirib olingan nusxa emasligini aniqlash uchun, diskning bir qismini o‘qiydigan mashina komandalari. " Nazorat zvenosi|"Dasturning eng kichik, alohida o‘tkaziladigan elementi. " Nazorat chastotalari diapazoni|"Nomaqbul radionurlanishlarning darajasini nazorat qilish majburiy hisoblanadigan chastotalar diapazoni. " Negativ uzatish|"Boshlang‘ich yoritish kuchining kamayishi uzatiladigan quvvatning oshishini keltirib chiqaradigan uzatish usuli. " Negativ videosignal|"Qoradan oqga o‘tishda oniy qiymatlari kamayadigan videosignal. " Netbook|"Internetdan foydalanish va ofis dasturlari bilan ishlash uchun mo‘ljallangan kichik noutbuk. Netbuklar ixcham o‘lchamlari, kichik vazni, kam energiya isteʼmoli va nisbatan arzon narxlari bilan ajralib turadi. " Nettop|"Asosan Internet dasturlari bilan ishlash uchun mo‘ljallangan kichik tejamkor shaxsiy kompyuter. Nettoplar energetik samarali mikroarxitekturalarga ega protsessorlarga asoslanadi. Nettop atamasi Intel kompaniyasi tomonidan Atom protsessori eʼlon qilinishi paytida taklif etilgan. Nettop – bu netbukning statsionar analogi. " Neyman arxitekturasi|"Kompyuter qurishning, ham ma’lumotlar, ham dasturning o‘zi saqlanadigan tezkor, ketma-ket manzillanadigan xotira ajratilgan klassik arxitekturasi. Hozirgi vaqtda ko‘pchilik kompyuterlar shunday arxitekturaga ega. Nomi bu arxitekturani ishlab chiquvchilardan biri bo‘lgan mashhur matematik Jon fon Neyman sharafiga berilgan. " Neymkoin|"Bitcoin texnologiyasiga asoslangan, «nom-qiymat» turidagi ixtiyoriy kombinatsiyalarni saqlash tizimi, uning eng maʼlum qo‘llanilishi domen nomlari tizimining muqobil tub serverlar tizimi hisoblanadi. " Neyrokompyuter|"Neyron tarmoqlar asosida yaratilgan kompyuter. Hozircha mustaqil tarzda mavjud emas, lekin zamonaviy kompyuterlarda aktiv ravishda modellashtirilmoqda. " Neyrokompyuting|"Neyron tarmoqlar yordamida amalga oshiriladigan hisoblashlar. " Neyrokontroller|"Arxitekturasida neyron tarmoqlardan foydalaniladigan kontroller. " Neyrolingvistik dasturlash|"So‘z orqali ishontirishning alohida shakllari yordamida inson ichki ongiga manipulyativ taʼsir ko‘rsatish uslubi. Bunda insonda yetarli darajada mustahkam psixologik ko‘rsatmalar paydo bo‘lib, ular keyinchalik muayyan harakatlarga undashi mumkin. Internet orqali amalga oshirilishi mumkin. " Neyron kompyuteri|"Bir-biriga bog‘langan elektron neyronlar tarmog‘idan tuzilgan kompyuter turi. Ushbu mashinalar o‘rganish uchun yaratilgan va dasturlash uchun yaratilmagan. Dizayni va faoliyati bo‘yicha ular inson miyasiga o‘xshaydi. Miyadagidek, neyronlar bir-biriga minglab moslashtiriladigan kanallar orqali signallar jo‘natadi. O‘rganish jarayoni davomida mashina kanallarni sozlaydi. O‘zini sozlaganidan keyin mashina yozuv yoki ovozni tushuna oladi. " Neyron tarmoq|"1. Formal neyronlar, summatorlar va sinapslar majmuini hosil qilgan tarmoq. 2. Neyronlarning soddalashtirilgan funksional modellari hisoblanadigan, bir jinsli protsessorli elementlardan tuzilgan hisoblovchi yoki mantiqiy sxema. " Neytral optik tarmoqlagich|"Optik qutblar o‘rtasidagi uzatish koeffitsiyentlari optik nurlanish to‘lqin uzunliklarining berilgan diapazonidagi to‘lqin uzunligiga bog‘liq bo‘lmagan optik tarmoqlagich. " Niderrayter kriptotizimi|"Xatolarni tuzatuvchi kodlarga asoslangan kriptotizim. " Nihoyatda past chastotalar|"300 Hz dan quyida yotuvchi chastotalar sohasi. Toʻlqin uzunligi 1000 km dan ortiq boʻlgan megametrli toʻlqinlar mos keladi. Bu diapazоnda 50 Hz chastota va uning garmonikalarida elektromagnit toʻlqinlarni generatsiyalaydigan elektr uzatish liniyalari xalaqitlarning asosiy manbai hisoblanadi. " Nik|"Tarmoq foydalanuvchisi odatda chatlar, yangilik guruhlarida, elektron pochtasida ishlatadigan taxallus, haqiqiy bo‘lmagan ism. Odatda nik turli xil qayd yozuvlarida foydalanuvchi nomi sifatida ishlatiladi. " Nimani ko‘rsang, shuni olasan|"Rejim (prinsip) WYSIWYG («vizivig» deb talaffuz qilinadi), «nimani ko‘rsang, shuni olasan» matn redaktorlarida va shaxsiy redaktorlik tizimlari – ekrandagi tahrir qilinayotgan hujjat tasvirining bosma variantiga grafik jixatdan to‘liq monand rejim. Tayyorlangan maket qanday ko‘rinishini oldindan aytib berishga imkon beradi. " Niqob|"Qiymatda muayyan bitlarni ko‘rsatish yoki tanlab aks ettirish uchun foydalaniladigan ikkilik qiymat. " Niqob biti|"Muayyan operatsiyalarga ruxsat etish yoki ularni taqiqlash yoki maydon ichidagini tekshirish yo bo‘lmasa o‘zgartirish uchun, nol yoki birlik qiymatga o‘rnatiladigan bitlar yig‘indisi. " Niqoblanadigan uzilish|"Protsessor birmuncha muhimroq ishni bajarishi uchun, uzilishlar kontrolleri yoki protsessorning maxsus registridagi qurilma yordamida taqiqlash (yoki ruxsat etilishi) mumkin bo‘lgan apparat uzilish. " Niqoblash|"1. Shovqinga qo‘shib foydali signalni yashirin uzatish, bunda oddiy vositalar bilan uni aniqlash imkoni bo‘lmaydi. 2. Tovush balandligi yuqori bo‘lgan fon signali mavjudligida, so‘zlashuvni eshitishning yomonlashuvi. 3. Obyektni jinoyatkorlar uchun kirib bo‘lmaydigan (ko‘rinmaydigan) yoki undan foydalanishni murakkablashtiruvchi harakatlarni bajarishga asoslangan obyektlarni muhofaza qilish uslubi. 4. Kompyuter nazariyasida, niqob bu binar operatsiyalar uchun ishlatiladigan maʼlumotdir. Niqobni ishlatish bu turli baytdagi bitlar yo yoqilishi yo o‘chirilishi, yoki yagona binar operatsiyada yoqiqdan o‘chiqqacha o‘girilishi (yoki aksi) dir. Niqob IP-manzillar bilan kompyuter nimtarmog‘ini aniqlashda yoki kompyuter grafikasida, masalan, shaffof muhit ko‘rinishini aniqlashda ishlatiladi. " Nisbatlar|"Kompyuterlar displeylari va rasmlarda rasm enining bo‘yiga bo‘lgan nisbati. Masalan, 2:1 nisbati rasm eni uning bo‘yidan ikki baravar kattaligini ko‘rsatadi. Rasmni veb-sahifa kabi boshqa hujjatga qo‘shish paytida nisbatini saqlash katta ahamiyatga egadir. " Nisbiy identifikator|"Xavfsizlik identifikatorining kichik qismi. Domen doirasida xavfsizlik identifikatorlari bir xil katta qismga ega, nisbiy identifikator esa 1000 dan boshlab ketma-ket ko‘payuvchi qiymatni oladi. " Nisbiy yo‘l|"1. Fayl yoki katalogning tarkibiy nomi bo‘lib, unda fayl nomining oldidan joriy katalogdan boshlanadigan kataloglar ketma-ketligi yozilgan bo‘ladi. 2. Ayrim mavjud direktoriyaga nisbatan fayldan foydalana olish yo‘li. " Nizom|"Qandaydir sohada munosabatlarni tartibga soladigan qoidalаr to‘plami, qonun protseduralari. " Noaniq autentifikatsiya|"Autentifikatsiya qilish jarayonida berilgan algoritm bo‘yicha generatsiyalanadigan shifrlash kalitlaridan foydalanishga asoslangan autentifikatsiya qilish protsedurasi. " Noaniq holat|"Ish rejimi, bunda tarmoq qurilmasi (ko‘prik, kommutator) adreslar manbai va maqsadidan qat’i nazar barcha portlardan unga kelayotgan paketlarni ko‘rib turadi. " «Noaniq nusxa»|"Pochta xabarlari sarlavhasidagi elektron xat nusxasi yuboriladigan manzil. Bunda VSS qabul qiluvchisiga xat yuborilgan boshqa manzillar ro‘yxati ko‘rinmaydi. " Noaniq nutq|"Nutqni qayta eshittirish va uning tushunarlilik sifatini yomonlashtiruvchi buzilishlar turi. Past chastotalar sohasidagi xalaqitlar, odatda, og‘ib o‘tuvchining tutilib qolishiga bog‘liq bo‘lib, ular nutqning eshitilish sifati yomonlashuvida aks etadi, ayni paytda, yuqori chastotalar sohasidagi xalaqitlar, asosan, nutqning tushunarliligi yomonlashuviga olib keladi. " Noekvidistant antenna panjarasi|"Element antenna panjarasining markaziy o‘qidan qancha uzoq joylashgan bo‘lsa, bir-biridan shuncha katta turli masofalarda joylashgan elementar nur tarqatgichlar guruhi. " Nogeostatsionar orbita|"Nogeostatsionar orbitalarga elliptik (NEO) o‘rta balandlik (MEO) va past Yer atrofi (LEO) orbitalari tegishlidir. " Nol|"Matematik (0) qiymat. Bul algebrasida «yolg‘on» qiymatni anglatadi. " Nol holati boshqariluvchi antenna panjarasi|"Yo‘nalganlik diagrammasida xalaqitlar manbai yo‘nalishida qisqa uzilish shakllanadigan antenna panjarasining turi. Yo‘nalganlik diagrammasining nol holatini boshqarishda xalaqit signali amalda bostirilgan bo‘lishi kerak. " Nol nurlanish bo‘yicha yo‘nalganlik diagrammasining kengligi|"Ikkita yo‘nalish o‘rtasida o‘lchangan yo‘nalganlik diagrammasi asosiy yaprog‘ining kengligi, ular bo‘ylab maydon kuchlanganligi nolga yaqin bo‘ladi. " Nolga qaytmasdan|"Kodlash usuli, bunda signallar har doim musbat yoki manfiy, nol bo‘lmagan qiymatlarga ega, 1 va 0 ikkilik simvollari turlicha qutblanadigan signallar bilan kodlanadi. Bunday signal 1 larni uzatishda takt davomida, yaʼni har bir bitdan keyin 0 ga qaytmaydi. Usul xatolarni yaxshi aniqlashni taʼminlaydi, lekin o‘zini o‘zi sinxronlash xossasiga ega emas. " Nolinchi argument|"UNIX operatsion tizimlarida komanda nomi nolinchi raqamli argument hisoblanadi. Ishga tushiriladigan dasturning validligini tekshirish uchun xizmat qiladi. $0 parametri bilan belgilanadi. " Nolinchi kun zaifligi|"Himoya mexanizmlari hali ishlab chiqilmagan zararli dastur yoki zaiflik. " Nolinchi paketlar|"Axborot tashimaydigan va oqim tezligi o‘zgarmasligiga xizmat qiladigan transport oqimi paketlari. " Nolinchi qurilma|"Unix-monand operatsion tizimlarda hech qanday maqsadga yetkazmaydigan bo‘sh qurilma. Qabul qilinadigan barcha signallarni yutadi. Ekranga chiqarish va hech qayerda saqlanishi kerak bo‘lmagan axborotni qayta yo‘naltirish uchun ishlatiladi. " Nollashtirish|"Disk sektori, xotira bloki yoki o‘zgaruvchilarni nollar bilan to‘ldirish. " Nom|"Dasturlashda – ma’lumotni, dasturni yoki kataloglashtirilgan protsedurani identifikatsiyalaydigan harf-raqamli simvollar ketma-ketligi (nomning birinchi simvoli harfli bo‘lishi kerak). " Nom boʻyicha chaqiruv|"Parametrlarni berish usuli, bunda chaqiruvchi modul chaqiriladigan modulga uzaytiriladigan parametrlarni ifodalaydigan ramziy ifodani taqdim etadi, xizmatga oid protsedura ifodani baholaydi hamda natijalovchi qimmatni chaqiriladigan modulga taqdim etadi. " Nomaqbul effekt|"Dastur yoki funksiyani bajarishda hisoblash muhiti holatining yoki o‘zgaruvchilar global qiymatlarining o‘zgarishi. " Nomaqbul yaproq|"Antenna ko‘zgusi bilan nurlanadigan energiyani qisman qamrab olishda hosil qilinadigan parazit yaproq. " Nomer (raqam)|"Qandaydir qurilma yoki foydalanuvchiga beriladigan va keyinchalik uni identifikatsiya qilish uchun qo‘llaniladigan yagona sonli kod yoki indeks. " Nomidan kirish|"Login va paroldan foydalanib resursdan foydalana olish huquqini olish. " Nominal daraja|"U yoki bu qurilma (aloqa tizimida qo‘llaniladigan) kirishidagi elektr signalining yo‘l qo‘yiladigan chegaraviy darajasi, bunda qurilma tomonidan kiritiladigan nochiziqli buzilishlarning qiymati yo‘l qo‘yiladigan chegaralardan oshmaydi. " Nominal kanal intervali|"Qo‘shni kanallar orasida chastotata bo‘yicha tarqatish. Kanal intervali teng bo‘lishi yoki teng bo‘lmasligi mumkin. " Nominal quvvat|"Radiokarnayga beriladigan eng katta elektr quvvati, bunda nochiziqli buzilishlar berilgan turdagi radiokarnayning texnik hujjatlarida keltirilgan normalardan oshmaydi. " Nomlar jadvali|"Dasturda foydalaniladigan identifikatorlar (belgilar, kichik dasturlar va o‘zgaruvchilar nomlari)ni va ularning atributlarini (belgilarini) ichiga oladi; nomlar jadvali ishlash paytida translyator va komponovkachi tomonidan tuziladi; semantik tahlil va oraliq kodni generatsiyalash bosqichlarida, shuningdek dasturni komponovkalash uchun foydalaniladi. Nomlar jadvali tegishlicha, sozlash maqsadida obyekt yoki yuklash modulida saqlanishi mumkin. " Nomlar serveri|"Boshqa nomlar serverlari bilan birgalikda xost-kompyuterlar nomlarining, ularning IP-manzillariga o‘zgartirilishini amalga oshiradigan kompyuter. " Nomli buyum|"Hujjatlar, pochta, kuryerlik jo‘natmalari va pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalari blanklariga pochta aloqasi obyekti nomi, pochta vagoni, yo‘nalishi, pochta, kuryerlik jo‘natmasi, pul mablag‘larining pochta o‘tkazmasi va boshqa axborotni qabul qilish hamda kelib tushgan sanasini ko‘rsatgan holda iz tushirish uchun mo‘ljallangan moslama (shtamp). " Nomukammal shifr|"Mutloq chidamli bo‘lmagan shifr. " Noortogonal diskretlash|"Diskretlash onlariga mos keladigan yoyish satrlaridagi nuqtalar tasvirga yoyish satri yo‘nalishiga perpendikulyar ravishda yo‘naltirilmagan tasvirni diskretlash. Izoh – Progressiv yoyish hollarida, yoyish satridagi nuqtalar shu maydonning vaqt bo‘yicha qo‘shni satrlari nuqtalariga yo‘naltirilmagan, satr oralatib yoyishda, yoyish satridagi nuqtalar keyingi maydonning fazo bo‘yicha qo‘shni satrlariga yo‘naltirilmagan. " Nopozitsion sanoq tizimi|"Sonlarni belgilash uchun, miqdor qiymati har doim bir xil va joylashgan o‘rniga bog‘liq bo‘lmaydigan muayyan belgilar kiritiladigan sanoq tizimi. Nopozitsion sanoq tizimidan kam foydalaniladi, chunki u hisoblashlar uchun moslashtirilmagan. Xarakterli misol – rimcha sanoq tizimi. Lotin alifbosining quyidagi qiymatlarga ega simvollari bor: I-1, V-5, X-10, L-50, C-100, D-500, M-1000. " Norekursiv filtr|"Yakuniy javobi ratsional funksiya orqali ifodalanadigan raqamli filtr. " Normallashtirish|"Ma’lumotlarni, takrorlanadigan ma’lumotlar guruhlarini saqlamaslik va ma’lumotlar ortiqchaligiga yo‘l qo‘ymaslik imkonini beradigan alohida jadvallarga guruhlash usuli. " Normativ-huquqiy hujjat|"Belgilangan shakldagi, vakolatli davlat organining yoki boshqa tuzilmalarning vakolati doirasida yoki qonun hujjatlarida belgilangan protseduralarga rioya qilingan holda referendum yo‘li bilan qabul qilingan rasmiy hujjat. " Normativ-huquqiy hujjat muhokamasi|"Normativ-huquqiy hujjatning tegishli loyihasini yoki boshqa zarur axborotni rasmiy saytda joylashtirish, shuningdek, muhokama qatnashchilarining taqdim etilgan takliflarini ko‘rib chiqish va umumlashtirish. " Nosimmetrik liniya|"O‘tkazgichlardan biri signalni uzatish uchun, ikkinchisi esa, erga ulash vositasi sifatida xizmat qiladigan uzatish liniyasi. " Nosimmetrik vibrator|"O‘tkazuvchi sirt ustida joylashadigan, bir uchi bilan fiderga, ikkinchi uchi esa, o‘tkazuvchi sirtga, masalan, yer, antenna posangisi yoki obyekt korpusi bilan ulanadigan vibrator. " Nosimmetrik zanjir|"Bir-biridan yerga yoki boshqa simga nisbatan qarshilik, elektr sig‘imi, o‘tkazuvchanlik yoki induktivlik bilan farqlanadigan yelkalari bo‘lgan ikki o‘tkazgichli liniya. " Nosozlik|"Tashqi ta’sirlar tugagandan so‘ng bartaraf etiladigan, juda ham jiddiy bo‘lmagan ishlamay qolish. " Nostandart foydalana olish usuli|"Dasturda ko‘zda tutilmagan, lekin resurslardan erkin foydalanishda ishlaydigan usul. Asosan veb-dasturlar uchun xos. " Notariallashtirish|"Ma’lumotlarni uchinchi ishonchli tomondan qayd etilishi, bu esa keyinchalik ularning ichidagi, jo‘natuvchi, vaqt va oluvchi kabi tavsiflarining tasdiqlanishini ta’minlaydi. " Notarqoq zona (uyali aloqada)|"Har tomonga yo‘nalgan antennali bitta tayanch stansiyaga ega xizmat ko‘rsatish zonasi. Tayanch stansiya ushbu zonaning markazida joylashadi. " Notatsiya|"Matematik yoki ilmiy ifodalarni, dasturlar elementlarini tavsiflash uchun mo‘ljallangan qoidalar va simvollar to‘plami. " Notekis kvantlash|"Kvantlashning ikkita chetki intervallari uchun belgilangan tashqi chegaralar o‘rtasidagi kvantlashning barcha intervallari o‘zaro teng bo‘lmagan kvantlash. " Notekis nurlanish|"Antennaning ochilishida qo‘zg‘atiladigan elektromagnit maydon tekis hisoblanmaydigan, balki ko‘zguning chetlariga tekis tushadigan nurlanish. " Noto‘g‘ri kadrlash|"Videosignal datchigi yoki tiklash qurilmasidagi belgilangan kadrga nisbatan yoyish elementi bilan aylantirib chiqiladigan sirtning noto‘g‘ri joylashishi. " Noutbuk, leptop|"Odatda o‘lchami A4 formatdagi varaq o‘lchami bilan mos keladigan, og‘irligi bir necha kilogramm atrofida bo‘lgan ko‘chma shaxsiy kompyuter. " Nov|"Olinadigan qopqog‘i bo‘lgan, yer osti kabelini o‘tkazish uchun yer ostidagi trenchga joylashtirilgan kanal. " Noyob nom|"Berilgan nomlar makonidagi aniq (yagona) nom. " Nozik axborot|"To‘la huquqli shaxs nuqtai nazaridan muhofazalanishi zarur bo‘lgan axborot. Chunki, uni oshkor aylash, o‘zgartirish, yo‘q qilish yoki yo‘qotish kimgadir yoki nimagadir sezilarli zarar yetkazishga sabab bo‘lishi mumkin. " Nochiziqli buzilishlar|"Signal shakli (tovush tebranishlari) ning qo‘shimcha garmonikalar (tovush tembrining buzilishi, xirillash, zirillash) ning paydo bo‘lishi hisobiga buzilishi. Buzilishlar garmonikalar koeffitsiyenti (klirfaktor) bilan baholanadi. " Nochiziqli buzilishlar o‘lchagichi|"Signalning o‘tish traktida liniya, kuchaytirgich va sh.k.lar tomonidan kiritiladigan nochiziqli buzilishlar koeffitsiyentini yoki tovush chastotasi sinusoidal tebranishlari generatorining chiqishida vujudga keladigan buzilishlarni aniqlaydigan asbob. " Nochiziqli montaj|"Montaj texnologiyasining kompyuterda amalga oshiriladigan yangi avlodi. Videoplenkalar, disklar va grafikalardagi tasvir raqamlashtiriladi, magnit disklarda saqlanadi. Istalgan kadr, istalgan paytda va istalgan ketma-ketlikda chaqirib olinishi mumkin. " Nuqta o‘lchami (lyuminofor zarrasining qadami)|"Bitta rangdagi nuqtalar (piksellar) o‘rtasidagi masofa. Har xil turdagi kineskoplar uchun diagonal yoki gorizontal bo‘yicha o‘lchanadi. " Nuqtalar qadami|"Qo‘shni triadalarning markazlari o‘rtasidagi masofa. " Nuqtali vergul|"Elektron pochtani bir nechta foydalanuvchilarga jo‘natish uchun manzillarni ajratishda ishlatiladigan bo‘lgich. Dasturlashda esa u satrning mantiqiy tugallash belgisi hisoblanadi. " Nur|"Antenna yoʻnalganlik diagrammasining bitta yaprogʻi nurlanishi tarqaladigan fazo qismi. Izoh – Nur keskin yoʻnaltirilgan, profillangan, qayta yoʻnaltiriladigan yoki vaqt davomida kommutatsiyalanadigan boʻlishi mumkin. " Nur (antenna panjarasining)|"Yoʻnaltirilgan antenna panjarasi yoʻnalganlik diagrammasining asosiy yaprogʻi. " Nur tarqatgich|"Elektr signallarning elektromagnit to‘lqinlarga aylantirilishini ta’minlaydigan manbaning umumiy nomi. " Nur o‘qi|"Nurda uzatiladigan maksimal energiya xos bo‘lgan yo‘nalish, odatda, antennaning yo‘nalganlik diagrammasi asosiy yaprog‘iga mos keladi. " Nurlagich bilan soyalsh (antenna koʻzgusi)|"Antenna ko‘zgusi sirti nurlanish samaradorligining nurlagichning soyalantiruvchi harakati va uning konstruktiv (tayanch) elementlari tufayli pasayishi. " Nurlanish|"1. Istalgan manbadan chiqayotgan energiyaning radioto‘lqinlar shaklidagi oqimi. 2. Elektromagnit to‘lqinlarning manbadan atrof-muhitga yoki uzatish liniyalari orqali tarqalish jarayoni. " Nurlanish darajasi|"Texnik vosita nurlantirayotgan elektr va/yoki magnit maydonlar va/yoki quvvat oqimi zichligining, qat’iy belgilangan sharoitlarda o‘lchangan darajasi. " Nurlanish turkumi|"Belgilangan shartli belgilar orqali ifodalanadigan nurlanishlar xarakteristikalarining majmui, masalan, asosiy eltuvchini modulyatsiyalash turi, modulyatsiyalaydigan signal, uzatiladigan xabarlar turi, shuningdek, (zarur bo‘lganda) signalning har qanday qo‘shimcha xarakteristikalari. " Nurlantiruvchi element (antenna panjarasi)|"Antenna yoki antenna panjarasining tarkibiy qismi hisoblanadigan berilgan qo‘zg‘atish qonuniga ega antennalar guruhi. " Nurlanuvchi quvvat|"Vaqt birligida, chastotalarning cheklangan polosasida nurlanadigan energiya. Izoh − Nurlanuvchi quvvat qiymati uzatish vaqtiga, uzatish muhitining xarakteristikalariga hamda o‘lchash usuliga bog‘liq. Og‘ib o‘tuvchining oniy cho‘qqi quvvati, vaqtda yoki uzatish liniyasining berilgan ko‘ndalang kesimida (masalan, to‘lqin o‘tkazgichda) o‘rtachalashtirilgan quvvat farqlanadi. Antennadan keladigan to‘la quvvat belgilangan yo‘nalishda (cheklangan fazoviy burchakda) uzatilishi yoki izotrop, ya’ni barcha yo‘nalishlarda bir tekis nurlanishi mumkin. " Nurlanuvchi radioxalaqit|"Fazoda tarqaladigan radioxalaqit. " Nurli (energetik) yorqinlik|"Fazoviy burchak birligida manba proyeksiyasi maydon birligiga to‘g‘ri keladigan nurli oqim. Izoh − Birligi vatt taqsim steradian, kvadrat metr (Vt/sr.m2). " Nurli oqim|"Nurlanuvchi energiyaning ko‘chirish quvvati, ya’ni vaqt birligida o‘tadigan energiya miqdori. " Nurni kombinatsiyalangan boshqaruvga ega antenna|"Bir tekislikda mexanik skanlash va boshqasida elektr skanlashga ega antenna. " Nusxa ko‘chirilishidan muhofaza qilish|"1. Ma’lumotlardan, dasturiy yoki dasturiy-apparat ta’minotidan ruxsat etilmagan tarzda nusxa ko‘chirilishini aniqlash yoki oldini olish uchun maxsus usullarning qo‘llanilishi. 2. Magnit tashuvchida, masalan, tijorat yo‘nalishidagi dasturiy mahsulotga ega diskda, yozilgan axborotdan nusxa ko‘chirilishining oldini olish usuli. " Nusxa ko‘chirish|"Belgilangan matn yoki obyektni almashinuv buferiga ko‘chirish. " Nusxa ko‘chirish platasi|"Elektron hisoblash mashinasiga o‘rnatilgandan so‘ng, tezkor xotiradan diskka muhofazalangan dasturiy ta’minotni ko‘chirish imkonini beradigan elektron qurilma. " Nusxa ko‘chirishga ruxsat etilgan|"FSF ga kiritilgan mualliflik huquqining turi bo‘lib, mahsulotni notijoriy maqsadlar uchun erkin tarqatilishiga ruxsat etilganligini bildiradi . " Nusxalovchi arxivlash|"Barcha belgilangan fayllardan nusxa ko‘chirilishi mumkin bo‘lgan, lekin rezervlangan fayllar belgilanmaydigan arxivlash rejimi. " Nutq aktivligi detektori|"Nutq intervallarini yoki nutqsiz shovqinni aniqlash va ajratish uchun mo‘ljallangan qurilma. Izoh − Nutq detektori pauzalar va aloqa seansi tugaganda, uzatgichni o‘chirish (uzib qo‘yish) uchun ham ishlatiladi. Detektorda qaror qabul qilish chegarasi juda past ham bo‘lishi kerak emas, aks holda, qurilma shovqindan «ishlab» ketadi, shuningdek, juda yuqori ham bo‘lmasligi kerak, unda nutq jumlasining boshlanishi «kesilib» qoladi va tushunarlilik yomonlashadi. " Nutq orqali (raqam) terish xizmati|"Telefon raqamini yoki familiyani aytish orqali raqamni termasdan bog‘lanishni o‘rnatish imkoniga ega xizmat. Izoh – Xizmat ham telefon stansiyada, ham abonent terminalida amalga oshirilishi mumkin. " Nutq polosasi|"Nutq uzatilishini taʼminlaydigan, 3000 Gs (300 dan 3400 gacha) ga teng bo‘lgan chastotalar polosasi. " Nutq sifati|"Nutq mazmun va rasmiy tomonlarining mavjud xususiyatlari: to‘g‘riligi, aniqligi, mantiqiyligi, sofligi, ifodaliligi, boyligi va o‘rinli ekanligi. " Nutqiy axborot|"Manbai inson nutqi bo‘lgan akustik axborot. " Nutqiy erkin foydalanish|"Foydalanuvchi ovozini identifikatsiyalash asosida erkin foydalanishga ruxsat berish tizimi. " Nutqiy interfeys|"Nutq shaklida komandalar va maʼlumotlar kiritish interfeysi. U foydalanuvchi va axborot tizimi o‘zaro ishlashiga oid usullarni soddalashtirish maqsadida yaratilgan. Tizimga maʼlumotlarni qayta ishlashni boshqarish komandalari yoki maʼlumotlarning o‘zi kiritiladi. " Nutqiy kiritish|"Ma’lumotlarni kompyuterga ovoz yordamida (klaviaturasiz) kiritish texnologiyasi. Nutqiy kiritishdan foydalanish uchun, tazkor xotirasi kamida 8 Mbyte bo‘lgan Pentium yoki i486 protsessorga ega katta quvvatli shaxsiy kompyuter va lug‘atli dasturiy ta’minot bo‘lishi zarur. Dastur nutqni raqamlashtiradi, har bir so‘zni ajratadi va aniq ta’riflash uchun uni o‘zining lug‘atidan topishni bajaradi. " Nutqiy pochta|"Nutqiy xabarlar uzatishga mo‘ljallangan elektron pochta turi. Nutqiy pochta foydalanuvchilar monologini taʼminlaydi. Nutq xabarlar shaklida uzatilib, ularni talab qilinmaguncha xotirada saqlana beradi. Buning uchun abonent tizimlarida pochta qutisi deb ataluvchi xotira sohasi ajratib beriladi. " Nutqiy xabar|"Tarmoq orqali uzatilayotgan nutqdan iborat bo‘lgan xabar. Nutqiy xabar uzatish odatdagiga nisbatan juda oson, chunki, klaviatura yoki nurli pero ishlatishga ehtiyoj bo‘lmaydi. Shu bilan birga, uzatish jarayoni analog-raqamli o‘zgartirishni, qabul qilish jarayoni esa raqamli-analog o‘zgartirishni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, nutqiy xabarlar katta hajmliligini hisobga olgan holda, maʼlumotlarni zichlashtirishdan foydalaniladi. " Nutqli (ovozli) xabarlarni qayta ishlash|"Ovozli pochtani, raqamli avtojavobbergichlarni, ma’lumot beradigan kiosklarni ichiga oladigan texnologiyalar jami. " Nutqli xabar|"Nutq signallari ko‘rinishida taqdim etiladigan xabar. " Nutqni anglash|"Nutqiy ma’lumotlarni mashina yordamida anglash va ularni mashina matniga o‘girish. Nutqni anglash dasturi matnni klaviatura orqali emas, balki kompyuterga ulangan mikrofon yordamida kiritish imkonini beradi. " Nutqni kodlash|"Nutqni kodlar ketma-ketligiga aylantirish. " Nutqni kodlash algoritmi|"Nutqni raqamlashtirish tizimi zida tovushlar lug‘atini ifodalaydi, bu lug‘at yordamida gapiruvchining ovozi aloqa liniyasi ob‘ylab uzatish uchun nollar va birlar to‘plamiga o‘zgartiriladi. " Nutqni qayta ishlash|"Nutqni tahlil qilish, o‘zgartirish va sintezlash jarayoni. Nutqni tanish uni matnga aylantirishdan iborat, uni axborot manbai sifatida ishlatish imkoniyatini ochadi. Tanishga teskari bo‘lgan holat nutqni sintezlashdir, yaʼni, aniq kod bilan ifodalangan matnni nutqqa o‘girish. O " Obfuskatsiyalash|"Birlamchi matn yoki dasturning bajariladigan kodining funksionalligini saqlab qoladigan, biroq uni tahlil qilish, ish algoritmlarini tushunish va dekompilyatsiya paytida modifikatsiyalashni murakkablashtiradigan shaklga keltirish. Kodni «chalkashtirish» algoritmi, birlamchi matn, assemblerlik darajasida amalga oshirilishi mumkin. Chalkash assemblerlik matnni yaratish uchun dasturni bajarish muhitining yashirin yoki hujjatlashtirilmagan imkoniyatlaridan foydalanuvchi maxsus kompilyatorlar qo‘llanilishi mumkin. Obfuskatsiyalashni bajarish uchun maxsus dasturlar ham mavjud, ular obfuskatorlar deyiladi. " Obrazlarni aniqlash|"Funksional blok yordamida fizik yoki abstrakt obrazlarni, tuzilmalar va konfiguratsiyalarni identifikatsiyalash. Aniqlash, qabul qilinayotgan signallarning xususiyatlari va qonuniyatlariga asoslangan holda, namunaning tuzilishini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. " Obyekt|"1. Atributlarini o‘lchash yordamida tavsiflanadigan alohida element. 2. Foydalanilishi nazorat qilinadigan mantiqiy obyekt. Masalan, fayl, dastur, tezkor xotira doirasi; yig‘ilgan va saqlanayotgan shaxsiy ma’lumotlar. 3. Axborotni saqlovchi, qabul qiluvchi yoki uzatuvchi tizimning passiv komponenti, undan foydalana olish erkin foydalanishni chegaralash qoidalari bilan tartibga solinadi. Izoh – Obyektdan foydalana olishda unda saqlanayotgan axborotdan erkin foydalanishni anglatadi. Obyektlar: yozuvlar, bloklar, sahifalar, segmentlar, fayllar, direktoriyalar va dasturlar, shuningdek, alohida bitlar, baytlar, so‘zlar, maydonlar; turli qurilmalar (terminallar, printerlar, diskovodlar va h.k.); turli tarmoq qurilmalari (alohida uzellar, kabellar va h.k.). " Obyekt-dispetcher|"Windows 2000 operatsion tizimidagi sinxronlash vositasi, myuteks va semafor kabi ishlaydigan, ularning semantikasi shartli o‘zgaruvchi semantikasiga o‘xshash voqealarni generatsiyalaydi. " Obyekt fayli|"Kompilyator bilan boshlang‘ich kodni qayta ishlash natijasida olingan, dasturning alohida moduli oraliq taqdim etilgan fayl. Obyekt fayli o‘z ichiga alohida tarzda tayyorlangan (ko‘pincha, ikkilik yoki binar kod deb ataladigan) kodni oladi. Bu kod, tayyor bajariladigan modulni yoki bibliotekani olish uchun, bog‘lanishlar redaktori (komponovkachi) yordamida boshqa obyekt fayllari bilan birlashtirilishi mumkin. " Obyekt fayllarining umumiy formati|"Microsoft korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan standart. " Obyekt kodi|"Dasturlovchi tizim yaratadigan, bir yoki undan ortiq jarayonni (dastur matni yoki tili) qulay taqdim etish shakli. " Obyekt moduli|"Bajariladigan mashina komandalari va simvollar jadvalini o‘z ichiga oladigan, kompilyator bilan generatsiyalanadigan dastur binar kodining fayli. " Obyekt so‘rovlari brokeri|"Namunaviy dasturlar blokini ishlab chiqish texnologiyasi. ORB texnologiyasi dasturiy taʼminotning oraliq qatlamlari turlaridan biri bo‘ladi. ORB yordamida yaratilayotgan dasturlar murakkab dasturiy tizimlarni qurish uchun qayta-qayta ishlatilishi mumkin. Bu tizimlar, birinchi navbatda global ulanish xizmatida foydalanishga mo‘ljallangan. ORB obyektga yo‘naltirilgan arxitekturaga tayanadi, broker operatsiyalarini bajara turib, bir obyektga boshqa obyektlarni topib olish va ularga tarmoq orqali so‘rovlar bilan murojaat qilish imkonini yaratadi. ORB yordamida yaratilayotgan dasturlar, tarmoqda qo‘llanilayotgan platformaga, ular yaratilgan dasturlash tillariga bog‘liq emas. " Obyekt so‘rovlari vositachisi|"Kompyuter tarmog‘i orqali obyektning boshqa obyektlar bilan o‘zaro ta’sirini ta’minlovchi tizim, OMG standartining qismi. RPC va MOM ga o‘xshab, ORB ham foydalanuvchidan uzoqdagi obyektlarga kirishni berkitadi. So‘ralgan obyekt aktiv-lashtirilayotgan obyekt nomini bilishi va unga bir qator parametrlarni jo‘natishi kerak. " Obyektdan takroriy foydalanish|"Avval bitta yoki bir nechta obyektdan iborat bo‘lgan xotira maydonining (masalan, bet, freym, disk sohasi, magnit tasma) qayta tayinlanishi va takroriy qo‘llanilishi. Xavfsizlikni taʼminlash uchun ushbu maydon yangi obyekt uchun ajratilganda, unda eski obyektlar axboroti bo‘lmasligi lozim. " Obyektga havola|"Windows yadrosining tizim obyektiga havola. " Obyektga kira olish|"1. Obyektdagi axborotni olish. 2. Obyektdan biror maqsad yo‘lida foydalanish. " Obyektga yo‘naltirilgan|"Obyektlardan foydalanish ta’minlanadigan operatsion tizim, ishlab chiqish muhiti, ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi yoki ilova. " Obyektga yo‘naltirilgan arxitektura|"Asosi, tizim yoki tarmoqning bir biri bilan o‘zaro aloqada ishlovchi obyektlar to‘plami bo‘lgan arxitektura. Obyektga yo‘naltirilgan arxitektura obyekt texnologiyalarini belgilaydi. Bu arxitektura asosida dasturlashda, maʼlumotlarni qanday qayta ishlanishi tavsiflanmaydi, balki, qayta ishlash natijasida nima yuz berishi uqtirilgan xabar yo‘llanadi. Algoritmlarni tavsiflash obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tillaridan foydalanib amalga oshiriladi. " Obyektga yo‘naltirilgan boshqarish|"Obyektga yo‘naltirilgan arxitekturadan foydalanadigan tarmoqni boshqarish. Obyektga yo‘naltirilgan boshqarishning asosida axborot tarmog‘ini o‘zaro bog‘langan obyektlar – qurilmalar va dasturlar to‘plami shaklida ifodalash yotadi. Obyektga yo‘naltirilgan boshqarishni ishlatish amaliy dasturlarni ishlashga ketayotgan vaqtni qisqartirishni va boshqariladigan tarmog‘i konfiguratsiyasini sozlashda epchillikni taʼminlaydi. " Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash|"Dasturlash rivojlanishidagi ommabop yo‘nalish. Ma’lumotlar muayyan xossalarga ega bo‘lgan va o‘zining ichiga ham ma’lumotlar tuzilmasini, ham ular bilan ishlash protseduralarini oladigan protseduralar ko‘rinishida taqdim etilishida ifodalanadi. " Obyektga yo‘naltirilgan ma’lumotlar bazasi|"Ma’lumotlar bazasi, unda ma’lumotlar tashqi hodisalarni boshqaradigan, amaliy dasturlarni o‘z ichiga oladigan obyektlar modeli ko‘rinishida rasmiylashtiriladi. " Obyektga yo‘naltirilgan maʼlumotlar bazalarini boshqarish guruhi|"Maʼlumotlar bazalari sohasida standartlarni ishlash bilan shug‘ullanadigan jamiyat. ODMG, birinchi navbatda obyektga yo‘naltirilgan maʼlumotlar bazalari bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqadi. " Obyektga yo‘naltirilgan maʼlumotlar bazasini boshqarish tizimi|"Obyektga yo‘naltirilgan maʼlumotlar bazasiga asoslangan. Obyektlar shaklida saqlanayotgan maʼlumotlarning murakkab turlari bilan ishlashga imkon beradi, shu bilan birga, maʼlumotlar amaliy dasturlardan mustaqil ravishda saqlanadi. OODBMS tranzaksiyalar ishlovida yuqori unum beradi, shu sababli, tasvirlar va tovushni, relyatsion baza talab qilgani kabi jadval shaklida ifodalamaydi. " Obyektga yo‘naltirilgan operatsion tizim|"Obyektga yo‘naltirilgan arxitekturaga ega bo‘lgan operatsion tizim. Tizimning eng muhim bo‘g‘ini bo‘lib, operatsion tizimning asosiy vazifalarini bajaradigan mikroo‘zagi hisoblanadi. Uning yuqorisida, turli xizmatlarni taqdim qiladigan modullar joylashadi. Mikroo‘zak bilan obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tillari bog‘langan. " Obyektlar karuseli|"Transport oqimida ma’lumotlarning muayyan oqimlari bilan bog‘liq umumlashgan obyektlar (fayllar, direktoriylar)ni davriy takrorlagan holda uzatish. " Obyektlardan foydalanishning oddiy protokoli|"Microsoft korporatsiyasi va uning hamkorlari tomonidan taklif qilingan onlayn savdo maydonchalarini (elektron kommersiya tugunlari va portallari) yaratishning umumiy standartidir. Bu protokolda ma’lumotlar almashinuvi XML tiliga asoslangan. " Obyektlarni bog‘lash va joylash texnologiyasi|"Elektron jadval yoki matnli protsessor fayli kabi boshqa ilovalar bilan yaratilgan hujjatga bir ilova bilan yaratilgan obyektni o‘rnatish vositasida ilova ma’lumotlardan birgalikda foydalanish va almashish usuli. " Obyektlarni boshqarish guruhi|"Tarmoq va axborot tizimlari obyektlarini boshqarish standartlarini ishlab chiqadigan notijorat tashkilot. 1989-yilda tashkil topgan. Uning taniqli ishlanmalaridan biri bo‘lib, «obyektlar so‘rovlari agentlarining umumiy arxitekturasi» deb ataluvchi CORBA hisoblanadi. U tillar va amaliy tizimlardan qatʼiy nazar, turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan tayyorlangan amaliy dasturlarning o‘zaro ishlashini taʼminlaydi. " Obyektlarni muhofaza qilish|"Muhofazalangan sohadan chiqarilishi mumkin bo‘lgan obyektlarni (masalan, fayllarni, tashuvchilarni, seyflarni) muhofaza qilish vositalari. " Obyektli interaktiv loyihalash|"Murakkab masalalarni qulay bajarishga mo‘ljallangan, foydalanuvchi interfeysini ishlab chiqish uslubiyati. OVID uslubiyati bir masalaning o‘zini yechishda foydalanuvchilar tomonidan muntazam operatsiyalar bajariladigan hol uchun mo‘ljallangan. Masalan, matnlarni tahrir qilish, moliya hisoblarini bajarish, chizmalarni yaratish. Bu uslubiyat obyekt deb ataluvchi tushunchalarni ishlatishga asoslangan. " Obyektli so‘rovlar brokerining umumiy arxitekturasi|"Taqsimlangan obyektlar uchun o‘zaro harakatni amalga oshirish tilidan mustaqil model. OMG (OS/2, SOM modeli) guruhi tomonidan ishlab chiqilgan standart. " Obyektli texnologiya|"Obyektga yo‘naltirilgan arxitektura bilan aniqlanadigan texnologiya. Avvalgi yondashuvlardan farqli o‘laroq, tartibot va maʼlumotlar tushunchalari obyekt degan tushuncha bilan almashtirilgan. " Obyektning atributiv turi|"Obyekt boshqa bir turining bitta yoki bir nechta atributini tavsiflaydigan mohiyat turi. " Obyektning demaskirovkalovchi bilvosita belgisi|"Ta’minlovchi kuch va vositalarning harakati yoki muhofaza obyektining ishlashi natijasida atrof muhitning o‘zgarishi bilan bog‘liq demaskirovkalovchi texnik belgi. Bilvosita demaskirovkalovchi belgilarga obyekt faoliyatining vizual-optik belgilari, shuningdek, joy-ning kimyoviy yoki radioaktiv zararlanishi kiradi. " Odam-mashina interfeysi|"Ishlab chiquvchi tomonidan kompyuter tizimidan foydalanuvchiga, bu tizim bilan birgalikda ishlash uchun taqdim etiladigan vositalar jami. Odatda, menyuning turli xil kombinatsiyalarini, klaviatura komandalarini, ekranda oyna tashkil qilinishini, ko‘rsatmalar tizimini, «sichqoncha» bilan ishlash uchun mo‘ljallangan ekran tugmalarini, nutq komandalari aniqlanishini va sh.k. larni o‘z ichiga oladi. " Odam-mashina terminali|"Foydalanuvchi va tizimning bir-biri bilan o‘zaro bog‘lanish imkoniyatini taʼminlaydigan kiritish/chiqarish qurilmasi (masalan, telefon apparat, vizual displeyli terminal, bosib chiqaruvchi qurilma). " Odatdagi posilka|"Jo‘natuvchiga kvitansiya berish bilan joylanma qiymatini baholamasdan qabul qilinadigan va adresatga tilxat bilan topshiriladigan posilka. " Oddiy fayl|"Oddiy matn yoki matn va binar axborotni saqlaydigan fayl. Ushbu faylda bitta qator bitta yozuvga teng. Qatorda axborot vergul yoki boshqa bo‘lgichlar bilan bo‘linishi yoki uzunligi aniq belgilangan bo‘lishi mumkin. " Oddiy pochta jo‘natmasi|"Jo‘natuvchiga kvitansiya berilmasdan qabul qilinadigan, ilova hujjatlariga qo‘shimcha yozuvlar yozilmasdan jo‘natiladigan va adresatga tilxatsiz topshiriladigan pochta jo‘natmasi. " Oddiy so‘rov|"Izlaydigan veb-serverlar ishlash algoritmlaridan biri. " Oddiy viruslar|"Fayllar va disk sektorlarining ichidagini o‘zgartiruvchi, oson aniqlanadigan va yo‘q qilinadigan viruslar. " Oflayn|"1. Foydalanuvchining kompyuteri bog‘lama kompyuteri bilan ulanmagan holat. 2. Telefon liniyasi bilan ulanmagan, ammo, bu tizim bilan ishlash uchun aktivlashtirilishi mumkin bo‘lgan ixtiyoriy qurilma. " Oflayn rejimi|"Qar.: Oflayn. " Oflayn texnologiyalar|"Maʼlumotlar va xabarlar almashuvida, sezilarli asinxronlikka yo‘l qo‘yadigan, axborot makonidagi xabarlar kommunikatsiyasi vositalari: tarqatish ro‘yxatlari, yangiliklar guruhi, veb-forumlar va h.k. " Ogohlantirish|"Xato to‘g‘risidagi tovush signali yoki vizual signal, foydalanuvchini mumkin bo‘lgan xato yoki uning harakatlarining salbiy oqibatlari to‘g‘risida ogohlantirish; dasturlashda ‒ bu, protseduralarni ko‘p oqimli (multitred) tizimlarda asinxron chaqiruv bilan bog‘liq bo‘lgan xabar. Bunday ogohlantiruvchi xabarlarni turkumlarga bo‘lish mumkin. " Ogohlantirish oynasi|"Xatolik yoki ogohlantirish to‘g‘risidagi xabar bo‘lgan dialog oynasi. Foydalanuvchi bunday vaziyatda ishni davom ettirishdan oldin qanday operatsiyalarni bajarishi zarurligi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani ichiga olishi mumkin. " Ogohlantiruvchi muhofaza qilish|"Nusxa ko‘chirishdan muhofaza qilish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar. Dastur yoki fayldan ruxsat etilmagan tarzda nusxa ko‘chirishga urinadigan shaxs jarimaga tortilishini yoki jarima to‘lash tahdidini ko‘zda tutadi. " Oktava|"Yuqori chastotaning past chastotaga nisbati ikkiga teng chastotalar intervali. " Oktet|"Yaxlit bir butun sifatida qayta ishlanadigan, 8 bit uzunlikdagi kodli kombinatsiya. «Bayt» va «oktet» atamalari orasidagi asosiy farq, ularning qo‘llanish sohasida. «Bayt» atamasi asosan, kompyuterda saqlanadigan va qayta ishlanadigan axborotga tatbiqan ishlatiladi, «oktet» esa, har bir sanoq 8 bitdan iborat bo‘lgan impuls-kodli modulyatsiyada qo‘llaniladi. " Old fon rangi|"Monitor ekranidagi shakl, shrift va boshqa ixtiyoriy obyektning rangi. " Oldindan filtrlash|"Televizion videosignalni analog-raqamli signalga o‘zgartirishdan oldin chastotaviy filtrlash. " Oldindan tanlash qurilmasi|"Mikroprotsessorlarning, protsessor unumdorligini oshirish maqsadida, komandalar tanlashni ilgariroq boshlaydigan qurilmasi. " Oldindan to‘langan kartalar|"Provayder (operator) ga xizmat ko‘rsatishning yangi turini, oldindan to‘langan hisob telefon co‘zlashuvlar to‘lovi uchun ishlatilganda amalga oshirish imkonini beradigan xizmat. Oldindan to‘langan kartochkadan foydalanuvchi xohlagan telefon apparatidan qo‘ng‘iroq qilishi mumkin. Bunda kartochkalar uchun hech qanday hisoblash qurilmasi talab qilinmaydi. " Oldindan to‘lov kartochkalari bilan bog‘liq firibgarlik|"Oldindan to‘langan kartochkalar yordamida hisobni to‘ldirishning noqonuniy usullari bilan bog‘liq har qanday harakatlar. " Oldinga|"Harakat yo‘nalishi. Masalan, navbatdagi sahifaga o‘tish. " Olib tashlamoq|"Assembler tilidagi komandaning nomi. " Olib yuriladigan radiostansiya; ratsiya|"O‘zining xususiy quvvat olish manbaiga ega va ishchi holatda olib yurishga mo‘ljallangan mobil aloqa radiostansiyasi. " Olinganligi to‘g‘risida bildirishnoma|"Pochta, kuryerlik jo‘natmasi yoki pul mablag‘lari pochta o‘tkazmasining jo‘natuvchisi (yoki uning tomonidan ko‘rsatilgan shaxs)ni ro‘yxatga olinadigan pochta, kuryerlik jo‘natmasi qachon va kimga topshirilganligi, pul mablag‘larining pochta o‘tkazmasi to‘langanligi to‘g‘risida xabardor qilish xizmati. " Olisdagi ofis|"Masofadan turib ishlash funksiyasi. Bunda lokal terminal yoki telefon apparatidan foydalanish, bahca chaqiruvlarni esa, local telefon yoki terminal raqamini sir saqlagan holda, BroadWorks orqali amalga oshirish imkoniyati mavjud. Ishchi terminal raqamini almashtirish funksiyasi ishlaydi. Funksiya administrator tomonidan sozlanadi. " Olisdagi uzellar serveri|"Olisdagi shaxsiy kompyuterning lokal kompyuter tarmog‘i bilan ishlashini ta’minlaydigan maxsus dasturlar va kompyuter. Server va olisdagi shaxsiy kompyuter modemlar bilan ta’minlanishi kerak. Asosiy vazifalari – ruxsat etilmagan tarzda erkin foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik, ma’lumotlar uzatish va birlashtirish ishonchliligini ta’minlashdir. " Oltin disk|"Dasturiy mahsulot nusxalari ko‘paytiriladigan dasturiy taʼminotning to‘la va so‘nggi rusumi. " Oltin toifasidagi raqam|"Oson eslab qolinadigan telefon tartib raqami. " Oluvchi|"Ma’lumotlarni (masalan, FTP-serverdan faylni) tarmoq orqali qabul qiluvchi foydalanuvchi yoki kompyuter. " Ommaviy axborot|"Cheklanmagan shaxslar doirasi uchun mo‘ljallangan hujjatlashtirilgan axborot, matbuot, audio, audio-vizual hamda boshqa xabarlar va materiallar. " Ommaviy kommunikatsiya|"Qar.: Ommaviy axborot. " Ommaviy parallel qayta ishlash|"Ma’lumotlarni ko‘p sonli protsessorlar bilan parallel qayta ishlash uslubi. " Ommaviy parallelizm bilan hisoblashlar|"Protsessorlarning har biri o‘zining tezkor xotira qurilmasi, operatsion tizim, ilova nusxasiga ega bo‘ladigan va ma’lumotlarni mustaqil qayta ishlaydigan ko‘p protsessorli tizim arxitekturasi. " Ommaviy parallelli sanoq tizimi|"Ko‘p protsessorli tizim arxitekturasi, unda barcha ishlayotgan jarayonlar ma’lumotlarni bir-biridan mustaqil ravishda qayta ishlash imkoniga ega bo‘ladi. Bu har bir jarayon uchun alohida tezkor xotira qurilmasi va ilova nusxasi taqdim qilinishi hisobiga amalga oshiriladi. " Ommaviy tarqatish|"1. Xabarlar (maʼlumotlar)ni lokal tarmoq, global tarmoq yoki Internet tarmog‘ining muayyan ajratilgan foydalanuvchilar guruhiga jo‘natish texnologiyasi. 2. Televideniyeda – tomoshabinlar ko‘rishi uchun ko‘p sonli kanallarning mavjudligi. " Ommaviy xizmat ko‘rsatish nazariyasi|"Tasodifiy jarayonlar nazariyasining, talab va xizmat ko‘rsatishning tasodifiy xarakteri hisobga olingan holda turli sohalarda real xizmat ko‘rsatish modellarini o‘rganish bilan shug‘ullanadigan bo‘limi. Navbatda turish vaqtini kamaytirish, ommaviy xizmat ko‘rsatish nazariyasi shug‘ullanadigan asosiy masalalardan biridir. Masalan, «mijoz ‒ server» tarmog‘ida ommaviy xizmat ko‘rsatish nazariyasi, mijozlar javobni kutishga vaqtlarini yo‘qotmasliklari uchun qaysi serverni qo‘yish zarur degan savolga javob beradi. " Ommaviy xotira|"Ma’lumotlar hajmi juda katta bo‘lgan axborot tashuvchilar. " Ommaviy xotira qurilmasi|"1. Katta hajmdagi tashqi xotira qurilmalari, masalan, qattiq disk, magnit tasma yoki optik disk. 2. Katta hajmdagi maʼlumotlar yozuvlarini saqlay oladigan magnit tasmali kartrijlar kutubxonasi turidagi zaxiraviy saqlash tizimi. " Onlayn|"1. Kompyuter xost-tizim bilan ulangan rejim hamda kompyuter FTP-server, WWW-server va boshqa umumiy foydalanish mumkin bo‘lgan tizim bilan ulanganda bevosita xizmatni taqdim qilish. O‘zgacha qilib aytganda, foydalanuvchi bilan bevosita o‘zaro aloqada ishlash rejimi. 2. Elektron, tarmoqli nashrlarga, maʼlumotlar bazalariga nisbatan. Masalan, onlayn jurnal; onlayn hujjatlar; onlayn yordam va h.k. " Onlayn anketa|"To‘ldirishning barcha bosqichlari butunjahon Internet axborot tarmog‘ida mumkin bo‘ladigan so‘rovnoma. " Onlayn-banking|"Bank hisob raqamlarini telefon (telebanking), shaxsiy kompyuter va Internet (Internet-banking) yoki ixcham qurilmalar (mobil banking) orqali masofadan boshqarish. " Onlayn-broker|"Internet orqali o‘z xizmatlarini taqdim qiladigan broker. Texnologiya nuqtai nazaridan Internet telefonga nisbatan, ko‘proq mijozlarga xizmat ko‘rsatish uchun buyurtmalar qabul qilish uchun qo‘shimcha vositadir. " Onlayn jurnalistika|"Qar.: Internet-jurnalistika. " Onlayn marketing|"Kompyuter tarmoqlarini – tijorat onlayn kanallarini va Internet tarmoqlarini ishlatishga asoslangan marketing. Kanallardan foydalanib, xaridorlar marketing axborotini oladilar va savdo bitimi tuzadilar. " Onlayn ovoz berish|"Qar.: Ovoz berish. " Onlayn rejimi|"Qar.: Onlayn. " Onlayn resurs|"Foydalanish, maʼlumotlar uzatish tarmog‘iga ulangan kompyuter vositasida real vaqt rejimida amalga oshiriladigan resurs. Izoh – Onlayn resurslar ko‘rinishida tezkor axborot yoki dialog rejimida dastur yoki boshqa foydalanuvchi bilan ishlash imkoniyati taqdim etilishi mumkin. " Onlayn so‘rov|"Xalqaro Internet kompyuter tarmog‘i vositasida ijtimoiy voqelikning aniq bir voqealari, faktlari, hodisalari bo‘yicha sotsiologik ma’lumot to‘plash usuli. " Onlayn tahliliy qayta ishlash|"Qarorlar qabul qilinishini ta’minlash uchun, ko‘p sonli turli xil ma’lumotlarni tez tahlil qilish. " Onlayn texnologiyalar|"Tarmoq axborot fazosida, haqiqiy vaqtda axborotning sinxron almashuvini taʼminlab beruvchi, xabarlarning kommunikatsiya vositalari: «suhbat kanallari» (chatlar), audio- va videoanjumanlar va boshqalar. " Onlayn xizmat|"1. Elektron pochta, yangiliklar xizmati va foydalanuvchi bilan dialog rejimida axborot almashinish («savol-javob» turidagi) mo‘ljallangan boshqa ilovalarning ishlashini ta’minlaydigan axborot xizmati. 2. Real vaqtda maʼlumotlar uzatish tarmog‘i vositasida taqdim etiladigan xizmat. " Onlayn-treyding|"Savdo (investitsion) hisob raqamlarni shaxsiy kompyuter va Internet (Internet treyding) yoki ko‘chma qurilmalar (mobil treyding) orqali masofadan boshqarish. " Onlayn o‘yinlar|"Internetda o‘ynaladigan o‘yinlarning ikki turi mavjud: bevosita veb-sahifadagi soddagina o‘yinlar va ko‘p foydalanuvchilarga mo‘ljallangan o‘yinlar. Birinchi holda, o‘yin bevosita veb-sahifada o‘ynaladi – sahifaga kirishda katta bo‘lmagan dasturcha yuklanadi va o‘yin «isteʼmolga tayyor». Odatda bunday o‘yinlar yetarlicha murakkab bo‘lmay, ayrim hollarda juda zavqli. Ko‘p foydalanuvchilarga mo‘ljallangan o‘yinlar, odatda mijoz-dastur bo‘lishini talab qiladi, yaʼni, siz sotib yoki ko‘chirib oladigan o‘yinlar. Bu mijozni ishga tushirib yuborib, siz Internet orqali o‘yinlar serveri bilan ulanasiz va shu serverga ulangan boshqa o‘yinchilar bilan birgalikda o‘yinda ishtirok etasiz. " Operand|"Arifmetik jarayonda foydalaniladigan element yoki shunday elementlarning manzili; ustida amal bajariladigan ma’lumotlar elementi, masalan, «in 3х4» ifodada 3 va 4 sonlari operandlar hisoblanadi. " Operandlar soni|"Funksiya yoki operator argumentlarining soni. Ba’zi dasturlash tillarida funksiyalar argumentlarning o‘zgaruvchan soniga ega bo‘ladi. " Operator|"1. Uskunani boshqarish va unga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni bajaruvchi malakali mutaxassis. 2. Dasturiy-apparat resurslari va aloqa kanallariga ega bo‘lgan holda telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etuvchi tashkilot yoki jismoniy shaxs. 3. O‘tkaziladigan operatsiyaning belgisi yoki simvoli. " Operatorlarni ajratgich|"Dasturlash tilida bir operatorni boshqasidan ajratish uchun ishlatiladigan simvol. " Operatorlarning chaqiruvlarini taqiqlash|"Agar bu xizmat aktivlashtirilgan bo‘lsa, xizmat abonentiga ingliz, fransuz, nemis, yapon, ispan, italyan va rus tillarida so‘zlashuvchi operatorlardan xalqaro chaqiruvlar taqiqlanadi. " Operatsion muhit|"1. Amaliy dasturlarlarni ishlab chiqarish va ishlatishni ta’minlaydigan dasturiy ta’minot kompleksi. Operatsion muhit operatsion tizimni, amaliy dasturlar interfeyslarini, amaliy dasturlarni, tarmoq xizmatlarini, ma’lumotlar bazasini va dasturlash tillarini o‘z ichiga oladi. 2. Operatorga fayllar va hisoblash jarayonlarini boshqarish imkonini beradigan kompyuter dasturlarining majmui. Operatsion tizimlarning standarti etib, shu operatsion tizim boshqaruvi ostida ishlayotgan va ushbu kompyuterning operatsion muhitini tashkil etuvchi utilita va til qobiqlarining sintaksisi va semantikasi aniqlangan. " Operatsion platforma|"Amaliy dasturlar va operatsion tizimlar guruhi o‘rtasida interfeysni ta’minlaydigan funksional blok. " Operatsion tizim|"Vazifalarning markazlashtirilishini, resurslarning taqsimlanishini, uzilishlarning qayta ishlanishini, kiritish-chiqarishni, foydalanuvchi interfeysini, fayl tizimi va boshqa tizimlar boshqarilishini ta’minlaydigan dasturiy ta’minot. " Operatsion tizim yadrosi|"Operatsion tizimning markaziy, asosiy qismi bo‘lib, tezkor xotirada doimo bo‘ladi, operatsion tizimni boshqaradi; qurilmalar drayverlari, xotirani boshqaruvchi kichik dasturlar, vazifalarni rejalovchidan tashkil topgan. " Operatsion tizim yuklagichi|"Bevosita kompyuter ulangandan so‘ng operatsion tizimning yuklanishini ta’minlaydigan tizim dasturiy ta’minoti. " Operatsion tizimning ishonchliligi va ishlamay qolishlarga chidamliligi|"Ichki va tashqi xatolar, to‘xtab qolishlar va ishlamay qolishlardan himoyalangan tizim. Uning harakatini har doim oldindan bilish zarur, dasturlar esa operatsion tizimga zarar yetkaza olmasliklari zarur. " Operatsion tizimning ko‘chiruvchanligi|"Kod bir turdagi protsessordan boshqa turdagi protsessorga va bir turdagi apparat platformasidan (protsessor turi bilan bir qatorda kompyuterning barcha appraturasini tashkil qilish usulini o‘z ichiga oladi) boshqa turdagi apparat platformasiga oson ko‘chiriladi. " Operatsion tizimning monolit yadrosi|"Imtiyozli rejimda ishlaydigan va imtiyozli hamda foydalanuvchi rejimlari o‘rtasida ulanishni talab qilmaydigan bir protseduradan boshqasiga tez o‘tishda ishlatiladigan bitta dastur kabi kompanovkalanadi. " Operatsion tizimning moslashuvi|"Operatsion tizim boshqa operatsion tizimlar uchun yozilgan amaliy dasturlarni bajarish uchun vositalarga ega bo‘lishi kerak. Bundan tashqari foydalanish interfeysi mavjud tizimlar va standartlar bilan mos kelishi kerak. " Operatsion tizimning samaradorligi|"Tizim apparat platformasining imkoniyati darajasida tez harakat va vaqtdan o‘zishga ega bo‘lishi kerak. " Operatsion tizimning yuklanishi|"Tizimning o‘z ishini amalga oshirishi uchun, yadroni va boshqa tizim modullarini tezkor xotiraga yuklash jarayoni. " Operatsion xavfsizlik|"Kiritish, qayta ishlash yoki chiqarish operatsiyalarini bajarish vaqtida, ma’lumotlarning o‘zgartirishlardan, buzilishlardan yoki oshkor qilishlardan (tasodifiy, muallif tomonidan bo‘lmagan yoki qasddan) muhofaza qilinganligi. " Operatsiya|"Dasturlash tili obyektlari, ma’lumotlar, o‘zgaruvchilar, konstantalar, funksiyalar – ope-randlar ustida bajariladigan ish. Operandlarning turiga bog‘liq ravishda, arifmetik, satrli (simvolli), mantiqiy, faylli operatsiyalar farqlanadi. Operandlarning soniga bog‘liq ravishda, bir o‘rinli (unar), ikki o‘rinli (binar) va ko‘p o‘rinli (n-ar) operatsiyalar farqlanadi. Umuman olganda, operatsiyalar dasturlash tili bilan belgilanadi. " Operatsiya kodi|"Mashina kodi darajasidagi elektron hisoblash mashinasining komandasi. " Operatsiya (komponent ustida)|"Komponentning takrorlanishi yoki o‘zgartirilishi. Izoh – Komponentlar ustida ruxsat etilgan operatsiyalar: «tayinlamoq», «iteratsiya», «aniqlamoq» va «tanlamoq». " Operatsiya (obyekt ustida)|"Subyektning obyekt ustida bajaradigan aniq turdagi harakati. " Operatsiyalarni tadqiq qilish|"Odam faoliyatining turli sohalarida eng yaxshi yechimlarni topish usullarini ishlab chiqish va qo‘llash bilan shug‘ullanadigan matematik fan. Operatsiyalarni tadqiq qilishning asosiy prinsiplari haqiqiy muammoning modelini tuzishdan iborat. Bunda natijada erishilishi kerak bo‘lgan maqsad; qanoatlantirilishi kerak bo‘lgan cheklashlar; boshqarilishi maqsadga erishish imkonini beradigan parametrlar ajratiladi. Operatsiyalarni tadqiq qilishning ko‘plab masalalarini hal qilish imkonini beradigan dasturiy komplekslar ishlab chiqilgan. " Opsiya|"Bajarish uchun tanlab olinishi mumkin bo‘lgan menyu elementi. " Optik aloqa liniyasi|"Uzatgich sifatida foydalaniladigan modulyatsiyalanuvchi yorug‘lik manbaidan, optik-tolali kabel hamda fotodetektordan (qabul qilgichdan) iborat aloqa liniyasi. Liniyaning barcha elementlari optik signallar manbadan qabul qilgichga etib boradigan tarzda, ulanadi. " Optik aloqa tarmog‘i|"Optik tolali aloqa tarmog‘i. " Optik aralashtirgich|"Monokanal shoxchalarini ulaydigan va ixtiyoriy kirishlaridan biriga berilgan yorug‘lik signali uning barcha chiqishlariga yetib keladigan qilib yasalgan qurilma. " Optik disk|"O‘qish optik nurlanish yordamida boradigan disk ko‘rinishidagi axborot tashuvchi. Disk odatda, yassi bo‘lib, asosi polikarbonatdan qilingan. Polikarbonat asosga axborotni saqlash uchun xizmat qiladigan maxsus qatlam surtilgan. Axborotni o‘qish uchun maxsus qatlamga yo‘naltiriladigan va undan qaytadigan lazer nuridan foydalaniladi. " Optik kabel|"Ekspluatatsiya qilishning berilgan sharoitlarida ularning ishlash qobiliyatini ta’minlaydigan yagona konstruksiyaga birlashtirilgan bitta yoki bir nechta optik toladan iborat kabel mahsuloti. Izoh – Zarur bo‘lganda, optik kabelda tok o‘tkazuvchi simlar ham bo‘lishi mumkin. " Optik kanal (optik-tolali aloqa liniyasi)|"Yorug‘lik o‘tkazgichlar va optik kuchaytirgichlardan iborat aloqa liniyalari bo‘ylab yorug‘lik signallarini uzatish uchun mo‘ljallangan kanal. " Optik kommutator|"Ma’lumotlar uzatish optik tolali liniyalarini ulash uchun bitta yoki bir nechta port bilan jihozlangan an’anaviy tarmoq kommutatorlari. Ushbu qurilmalar bir vaqtning o‘zida ikkita funksiyani bajaradi. " Optik kommutatsiyalash|"Optik kanallar orasida yorug‘lik signallarini tarqatishni va xotirada saqlashni taʼminlovchi kommutatsiyalash. " Optik kompyuter|"Ma’lumotlarni taqdim etish uchun yorug‘likdan foydalanish maqsadida loyihalashtirilgan va o‘zgartirilgan, hisoblash mantig‘i elementlari bevosita bog‘langan optik qurilmalarga asoslangan apparatura. " Optik kuchaytirgich|"Optik nurlanish quvvatini kuchaytirishni taʼminlovchi kuchaytirgich. Optik kanal va tizimlarda, yorug‘likni kuchaytirish tashqi manba energiyasi evaziga amalga oshiriladi. Kuchaytirgichning asosi bo‘lib, aktiv fizik muhit hisoblanadi, unda energetik dam berish hisobiga nurlanish quvvati ortadi. Aktiv fizik muhit sifatida, lazerlarda ishlatiladigan moddalar ishlatiladi. Kuchaytirishda, boshlang‘ich signal spektri o‘zgarishi mumkin. " Optik qayta ulagich|"Optik-tolali kabelga ega tarmoqlarda qo‘llaniladigan, konsentratorga o‘xshash tez harakat qiladigan tarmoq qurilmasi. " Optik qaytargich (qaytargich)|"Yorug‘lik manbai chiqaradigan yorug‘lik oqimini uning fazoviy taqsimlanishini o‘zgartirish maqsadida qaytaruvchi qurilma. " Optik sinov jadvali|"Shaffof yoki noshaffof asosga tushirilgan televizion sinov jadvali. " Optik «sichqoncha»|"«Sichqoncha» ning maxsus turi. «Sichqoncha» siljishlarini indikatsiyalash uchun yorug‘lik diodlaridan va qaytaruvchi sirtdan foydalaniladi. " Optik skaner|"Simvollarni optik tanish usullaridan foydalanib, matnni o‘qish uchun mo’ljallangan qurilma. " Optik spektr|"Optik nurlanishning nurlanish yoki yutilish spektri. Izoh – To‘lqin uzunligi 100 nm dan 10000 nm gacha bo‘lgan elektromagnit nurlanish. Optik nurlanish to‘lqin uzunligiga bog‘liq ravishda, ultrabinafsha, ko‘rinuvchi va infraqizil nurlanishlarga bo‘linadi. " Optik tarmoqlagichning uzatish matritsasi|"Satr raqamlari kirish optik qutblari raqamlariga, ustun raqamlari optik tarmoqlagichning chiqish qutblari raqamlariga mos keladigan, matritsa elementlari esa, berilgan ulanishda tegishli kirish va chiqish optik qutblari o‘rtasida uzatish koeffitsiyentlarini o‘zida ifodalaydigan matritsa. " Optik tarmoq|"Yorug‘lik signallari uzatadigan kommunikatsiya tarmog‘i. Optik kommunikatsiya tarmog‘i, bir biri bilan ulangan optik kommutatsiya bog‘lamalaridan va optik kanalli abonent tizimlaridan tashkil topadi. " Optik tola|"Optik-tolali uzatish tizimining, qoplamali dielektrik materialdan qilingan sim ko‘rinishida yasalgan optik to‘lqin o‘tkazgichi. " Optik tola dispersiyasi|"Optik nurlanish turli tashkil etuvchilari guruhiy tezliklarining farqi. " Optik tolali segment|"Har ikkala uchida optik signallarni kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi qurilmalar ulanishi mumkin bo‘lgan optik kabel (tola). " Optik tolali taqsimlangan ma’lumotlar interfeysi|"Optik tolali kompyuter tarmoqlarida ma’lumotlarni 100 Mbit/s tezlik bilan uzatish tizimlari uchun mo‘ljallangan standart. " Optik tolaning qutbliligi|"Optik-tolali tarmoq uzatgichi va qabul qilgichini marshrutlash. Farqlanish (uzatgich yoki qabul qilgich) signal manbaining fazoviy holatiga bog‘liq bo‘ladi. Har qanday berilgan nuqtadan boshlab, uzatuvchi tola pirovardida, qarama-qarshi tomonda qabul qiluvchi tolaga aylanadi. " Optik tranzistor|"Yorug‘lik signalini ichki elektr taʼsiriga asoslangan kuchaytirgich. " Optik-tolali attenyuator|"Optik-tolali uzatish tizimida optik signal quvvatini kamaytirish maqsadida o‘rnatilgan komponent. Ko‘pincha, fotodekoder olgan optik quvvatni optik qabul qilgichning sezgirlik chegarasigacha cheklash uchun foydalaniladi. " Optik-tolali kabel|"Ma’lumotlar yorug‘lik yordamida uzatiladigan kabel, bu uzatish sifati va tezligini oshiradi. Kompyuter tarmoqlarida ishlatiladi. Kvarts shisha asosida qilingan va sindirish ko‘rsatgichi o‘zakdagiga nisbatan kichik bo‘lgan qobiq bilan o‘ralgan tolali (egiluvchan) dielektrik. " Optik-tolali kichik tizim|"Muayyan bog‘lanishlar va interfeyslarga ega, tizimning bir qismi hisoblanadigan funksional birlik. O‘z ichiga fizik tuzilmalar va/yoki komponentlarni oladi. " Optik-tolali kommunikatsiya tizimi|"Modulyatsiyalangan yoki modulyatsiyalanmagan optik energiyani optik-tolali muhit bo‘ylab uzatish. " Optik-tolali liniya|"1. Bog‘langanda uzatish yo‘lini hosil qiladigan optik-tolali segmentlar va repiterlar majmui. 2. Yorug‘lik energiyasining, uzatgichdan qabul qilgichga 850 nm dan 1350 nm gacha to‘lqin uzunliklari diapazonida uzatilishini taʼminlovchi, passiv va aktiv optik elementlar jami. " Optik to‘lqin o‘tkazgich|"Qar.: Tola. " Optik to‘plagich|"Lazer texnologiyasiga asoslangan ma’lumotlarni saqlash qurilmasi. Optik to‘plagichlar «faqat o‘qish uchun» (CD-ROM), «o‘qish va bir marta yozish uchun» (CD-R, Compact Disk-Recordable), «o‘qish va ko‘p marta yozish uchun» (CD-RW, Compact Disk-Re Writable) kabi turlarga bo‘linadi. Bu turlardan tashqari, magneto-optik to‘plagichlar va DVD qurilmalari bor. " Optimal marshrutni tanlash algoritmi|"Paketni oxirgi adresatga yetkazib berish vaqti minimallashtirilgan marshrutlash algoritmi. " Optimallash|"Davlat xizmatlarini taqdim etish jarayonining eng yuqori samaradorligiga erishish uchun, mumkin bo‘lgan variantlardan eng yaxshisini tanlash. " Optoelektronika|"Elektronikaning asosini elektr signallarni optik signallarga va aksincha, aylantirish printsipi, shuningdek, optik to‘lqinlar yordamida ko‘chiriladigan axborotni uzatish, qabul qilish va qayta ishlash usullari tashkil etadigan bo‘limi. " Oq rang balansi|"Qizil, yashil va ko‘k signallar jadalligini muvofiqlash jarayoni, ularning aralashishi natijasida oq rang hosil bo‘ladi. Ekran rangliligi rangli kineskop uchta nurining toklari nisbati bilan aniqlanadi. " Oq ro‘yxat|"Avtomatik tarzda eʼtiborga olinmasligi yoki blokirovka qilinishi lozim bo‘lmagan obyektlarning ishonchli xostlari, manzillari va boshqa identifikatorlarining ro‘yxati. Oq ro‘yxatlardan foydalanish «ro‘yxatdagi obyektlarning operatsiyalarini bajarishni doimo ruxsat etish» tamoyilini amalga oshiradi. " «Oq» shovqin|"Vaqt bo‘yicha uzluksiz va o‘zgarmas amplitudali shovqin, uning spektral tashkil etuvchilari quyi va yuqori chegaralar bilan cheklangan chastotalarning keng polosasida bir tekis taqsimlanadi. " Oqib chiquvchi moda|"Nurning, tola chetiga qA apertura burchagidan katta bo‘lgan burchak ostida tushishidan hosil bo‘lgan to‘lqin. O‘zak-qobiq bo‘linish chegarasidagi sinish hisobiga to‘lqin energiyaning bir qismini yo‘qotadi va so‘nadi. " Oqib chiquvchi to‘lqin|"Dielektrik yoki optik to‘lqin o‘tkazgichda kiruvchi elektromagnit to‘lqinning to‘lqin o‘tkazgich chetidan oqib o‘tadigan va nurlanish manbaidan uzoqlashgan sari so‘nib borgan holda, uning tashqi tomoni bo‘ylab tarqaladigan qismi. Oqib chiquvchi to‘lqin odatda, yuqori tartibdagi modalardan iborat bo‘ladi, quyi modalar to‘lqin o‘tkazgichda qoladi. " Oqim|"Aloqa kanali yoki liniyasi orqali uzatiladigan ma’lumotlarning uzluksiz ketma-ketligi. " Oqim, jarayon|"1. Mijoz bilan so‘rovlar yuboriladigan server o‘rtasidagi mantiqiy ulanish. 2. Ko‘p vazifali tizimda yuzaga kelgan jarayon (tred) ‒ zamonaviy operatsion tizimlarda ‒ dispetcherlash (boshqaruvni markazlashtirish) birligi. " Oqimlar puli|"Oqimlarni .NET dagi guruhlarga tizimlashtirishning samarali mexanizmi. " Oqimli multimedia|"Foydalanuvchi tomonidan oqimli uzatish provayderidan to‘xtovsiz olinadigan multimedia. Mazkur tushuncha telekommunikatsiyalar orqali uzatiladigan axborotga nisbatan ham, dastlab oqimli (radio, TV) yoki oqimli bo‘lmagan uzatish (kitob, videokasseta, audiodisk)larga nisbatan ham qo‘llanilishi mumkin. " Oqimli shifr|"Ochiq matnning ketma-ket ayrim bitlarini yoki belgilarini o‘zgartiruvchi va dastur ko‘rinishida amalga oshirish uchun mo‘ljallangan shifr. " Oqni siqish (televizion tasvirda)|"Tasvirning yorqin uchastkalari kontrastliligini sezilarli kamaytirish. " Oqning darajasi|"Eshittirish televideniyesi berilgan tizimi uchun yorqinlik signalining belgilangan maksimal darajasi. Izohlar 1. Yorqinlik signali pozitiv deb taxmin qilinadi. 2. Rangli televideniyeda rangli videosignalning maksimal darajasi oqning darajasidan oshishi mumkin. " Oqning etalon darajasi|"Kuzatish nuqtasidagi, oqning yonalishida tasvir signalining muayyan maksimal kirishiga mos keladigan daraja. " Oqning nominal darajasi|"Obyektda normalangan oqni uzatish vaqtidagi yorqinlik signalining darajasi. " Oqning tayanch impulsi|"So‘nish darajasidan oqning nominal darajasigacha bo‘lgan ko‘lamdagi to‘g‘ri burchakli etalon impuls. " Oraliq|"Grafik tasvirga ega bo‘lmagan ikkita element o‘rtasidagi masofa. " Oraliq avlod (2,5G)|"Mobil aloqa tizimlari rivojlanishining, 2G va 3G tizimlari o‘rtasidagi o‘tish bosqichi. Izoh − Bu bosqich 3G tizimlariga xos bo‘lgan xizmatlarni taqdim eta oladigan, 2G ning takomillashtirilgan vositalaridan foydalanishi bilan tavsiflanadi. 2,5G ham 2G foydalanadigan chastota diapazonidan foydalanadi va uskunaning eng kam darajada takomillashtirilishini talab qiladi. 2,5G tizimlari GPRS hamda 1xRTT tizimlarini o‘z ichiga oladi. " Oraliq radioreleli stansiya|"Televizion radioreleli tizimning bir qismi. Televizion signalni qabul qiladigan va uzatadigan muayyan apparatura kompleksi. " Oraliq tasvir (tovush jo‘rligidagi) eltuvchi|"Televizion apparaturada (tovush jo‘rligidagi) tasvir radiosignalining qayta ishlanishini soddalashtirish uchun foydalaniladigan (tovush jo‘rligidagi) tasvir eltuvchi. " Oraliq til|"Dasturlarning boshlang‘ich matnlari turli dasturlash tillaridan, keyin interpretator bajaradigan yoki mashina kodiga kompilyatsiya qilinadigan qandaydir oraliq tilga ko‘chiriladigan texnologiya. Xususan, Java va Microsoft NETda qo‘llaniladi. Yangi dasturlash tillarini amalga oshirish vaqtini qisqartiradi va turli jarayonlar uchun ayni bir kompilyatordan foydalanish imkonini beradi. " Oraliq zona|"Nurlantiruvchi antenna uchun yaqin va uzoq zona o‘rtasidagi o‘tish sohasi, bunda elektromagnit maydon kuchlanganligi nurlanish manbaigacha bo‘lgan masofaning kvadratiga, shuningdek kubiga teskari proporsional nurlanish manbaigacha masofaga teskari proporsional tarzda o‘zgaradi. " (Orbitaning) pastdagi uzeli|"Yo‘ldosh shimoldan janubga harakat qilganda, orbita ekvator tekisligini kesib o‘tadigan nuqta. " Organ|"Sertifikatlar berilishi yuzasidan javobgar obyekt. Organlarning ikki turi: ochiq kalitlar sertifikatlarini beradigan sertifikatlash organi hamda atributlar sertifikatlarini beradigan atributlar organi belgilangan. " Organ sertifikati|"Organga (masalan, sertifikatlash organiga yoki atributlarni berish bo‘yicha organga) berilgan sertifikat. " Organik yorug‘lik diodi|"Yassi displeylar uchun istiqbolli qurilma. Elektr energiyasini kam iste’mol qiladi, o‘lchamlari kichik, og‘irligi kam, ko‘rish burchagi birmuncha keng, ekranni yoritib turish zarurati yo‘q. " Original uskuna ishlab chiqaruvchi|"Biror bir tashqi qurilmani, odatda unga drayverni ham, ishlab chiqaradigan firma. " Orqa fon rangi|"Dasturlar va operatsion tizimlarda − asosiy ishlash maydonining rangi. Odatda, o‘zgarishi mumkin. Operatsion tizimlarda orqa fonga istalgan tasvirni ham qo‘yish mumkin. " Orqa yaproqning nisbiy darajasi|"Orqa va asosiy yaproqlar bo‘yicha nurlanadigan signallar quvvatining nisbati. " Orqaga|"Veb-brauzerda oldingi sahifaga o‘tish yoki fayl boshqaruvchilarda oldingi papkaga o‘tish operatsiyasini bajaruvchi tugmacha. Backspace yoki Alt + <- klavishlari bu operatsiya uchun «qaynoq klavish» hisoblanadi. " Orqaga qaytish|"SGLda orqaga qaytish tranzaksiyadagi taklif qilingan o‘zgartirishlarni qaytaradi. Orqaga qaytish protsedurasida tranzaksiyaning nomi ishlatilgan bo‘lsa, tranzaksiya butunlay qaytarilishi mumkin. Agarda tranzaksiyada saqlash nuqtasi ishlatilgan bo‘lsa qisman orqaga qaytish ham mumkin. Orqaga qaytishning muqobili – tranzaksiyani qayd etish. " Ortga qaytarish|"Oldingi (o‘zgartirishlargacha bo‘lgan) holatga qaytarish. " Ortib borish bo‘yicha saralash|"Maʼlumotlarni kichik qiymatlardan katta qiymatlarga tomon, masalan, sanalarni ‒ oldingisidan hozirgi sana tomon, matnli maʼlumotlarni ‒ alifbo tartibi bo‘yicha tartibga solish. " Ortiqcha bitlar|"Axborotni qabul qilishda xatolardan himoya qilish maqsadida, signalga qo‘yiladigan qo‘shimcha bitlar ketma-ketligi. " Ortiqcha kod|"Xatolar mavjudligini avtomatik tarzda aniqlash uchun qurilgan kod (masalan, sarlav-hadagi CRC-8, ekspluatatsiya qilish va boshqarish yacheykalaridagi CRC-10 va RIP-16 kod). " Ortiqcha kod bilan bo‘ylama nazorat qilish|"O‘qish/magnit tasmaga yozishda ma’lumotlar yaxlitligini nazorat qilish usuli, nazorat summalari har bir yo‘lka bo‘yicha ma’lumotlar bloki uchun hisoblanadi. " Ortiqcha siklik kod bilan nazorat qilish|"1. Ma’lumotlarni uzatish va saqlashda ularning yaxlitligini avtomatik nazorat qilish usullaridan biri. Polinomial kodning bir turi yordamida hisoblangan (ya’ni, nazorat summasiga qaraganda murakkabroq qoidalar bo‘yicha) son xotiradagi yozuvning oxirida joylashtiriladi, o‘qish/yozish operatsiyalarida yoki telekommunikatsiyalar kanallari orqali uzatishda ma’lumotlarning yaxlitligini nazorat qilish uchun foydalaniladi. 2. Ma’lumotlarni bo‘ylama nazorat qilish usuli, xatolarning tuzatilishini ta’minlaydi. " Ortiqcha telefon trafigi|"Keladigan telefon trafikning, telefon tarmog‘i liniyalari (kanallari) bog‘lami tomonidan xizmat ko‘rsatilmagan va telefon tarmog‘i aylanma yo‘llarining liniyalari (kanallari) bog‘lamlariga yo‘naltiriladigan qismi. " Ortiqcha trafik|"Trafikning, texnik vositalar to‘plamiga kelib tushgan va bu to‘plam orqali o‘tmagan qismi. " Ortiqcha uzatish tezligi|"Belgilangan ulanish uchun kafolatlangan o‘tkazish polosasidan oshuvchi trafik. Xususan, uzatishning ortiqcha tezligi uzatishning kafolatlangan tezligisiz uzatishning maksimal tezligiga teng. Ortiqcha trafik tegishli resurslar mavjud bo‘lgan hollardagina yetkaziladi, o‘ta yuklanish vaqtida u chiqarib tashlanishi mumkin. " Ortiqcha yuklanish|"Sifatning asosiy ko‘rsatgichlari tez yomonlasha boshlaydigan tarmoq holati. " Ortiqchalik|"1. Ishlashning zarur ishonchliligini ta’minlash maqsadida, tizimga eng kam miqdordagi apparat yoki dasturiy vositalarning ustiga qo‘shimcha kiritish. Izoh − Tegishli ravishda apparat va dastur ortiqchaligi farq qilinadi. Axborot nazariyasida – raqamli shaklga o‘zgartirilgan signaldan uning qayta tiklanish aniqligini buzmasdan chiqarib tashlash mumkin bo‘lgan ma’lumotlar xarakteristikasi (axborot ortiqchaligi deb ham ataladi). 2. Ishonchlilikni oshirish usuli bo‘lib, asosiy elementlar ishlamay qolganda, ularni almashtirishi mumkin bo‘lgan ortiqcha elementlarning kiritilishiga asoslangan. 3. Har qanday xabarni birmuncha qisqa shaklda taqdim etish mumkinligining miqdor xarakteristikasi. Diskret signallar shaklida kodlangan xabarlar uchun ortiqchalik kodning undan chiqarib tashlanishi mumkin bo‘lgan elementlari miqdorining elementlarning boshlang‘ich miqdoriga nisbati bilan o‘lchanadi. " Ortiqchalik bo‘lgan arzon disklar massivi|"Ma’lumotlarni saqlash ishonchliligini ta’minlovchi (RAID 1, RAID 5) tizimi yoki ma’lumotlarni o‘qish-yozish tezligini oshiruvchi (RAID 0) texnologiya. Bitta massivga birlashtirilgan bir qancha disklardan foydalanishni ifodalaydi. " Ortiqchalik bo‘yicha siklik nazorat|"Ortiqchalik bo‘yicha nazorat bo‘lib, qo‘shimcha raqamlar yoki simvollar siklik algoritm orqali generatsiyalanadi. " Ortiqchalikni qisqartirish|"Bitreytni pasaytirish usuli, bunda imkon qadar axborotning ortiqcha bo‘lmagan qismi uzatiladi. Izoh – Ortiqchalikni qisqartirish qaytariluvchi jarayon hisoblanadi. " Ortogonal diskretlash|"Yoyish satrlaridagi diskretlash sanoqlariga tegishli nuqtalar tasvirga yoyish satrining yo‘nalishiga perpendikulyar ravishda yo‘naltirilgan tasvirni diskretlash. Izoh – Progressiv yoyish hollarida, yoyish satri nuqtasi shu maydondagi vaqt bo‘yicha qo‘shni satrlar nuqtasiga yo‘naltirilgan, satr oralatib yoyishda, yoyish satridagi nuqtalar keyingi maydonning fazo bo‘yicha qo‘shni satrlariga yo‘naltirilgan. " Ortogonal diskretlash tuzilmasi|"Signaldagi sanoqlar chastotasi satrlar chastotasiga karrali qilib tanlangan diskretlash, bunda sanoqlar to‘g‘ri burchakli panjara tugunlarida joylashadi. " Orttirilgan aniqlikdagi televideniye|"Mavjud eshittirish televideniyesi tizimlariga nisbatan aniqlikni oshirish uchun eshittirish televideniyesi radiosignalining parametrlari o‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan sifati yaxshilangan televideniye. " Osiyo uyali va yo‘ldoshli aloqa tizimi|"Tarkibiga Indoneziya, Filippin va Tailand kiradigan ACeS konsorsiumi tomonidan yaratilgan shaxsiy radiotelefon aloqa tizimi. Izoh − Tizim Osiyo va Yevropa hududlarini qamrovchi bir nechta geostatsionar kosmik apparat (Garuda) yordamida 2 mln.gacha abonentga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan. Abonent qurilmalari sifatida, uyali va yo‘ldoshli aloqa tizimlarida ishlash imkoniyatlari mujassamlashtirilgan, ikki rejimli portativ «go‘shak»lar ishlatiladi. " Osonlashtirilgan jarayon|"Virtual xotira fazosida jarayon-ona kabi bajariladigan jarayon. " Ostvald rang tizimi|"Sirtlar rangini ideal sirt rangi bilan muvofiqlashtirishga asoslangan aniqlash tizimi. " Overley|"Dasturning, zarur bo‘lganda dastur bajarilish paytida tashqi xotira qurilmasidan qoplash (overleylar) sohasiga, undagi kodni o‘chirgan holda, yuklanadigan segmenti. Overleylar bu sohaga ixtiyoriy tartibda yuklanishi mumkin. Dasturni yadroga va overleylarga bo‘lish, uning tezkor xotirasi uchun zarur bo‘lgan hajmni keskin kamaytirish imkonini beradi, lekin diskli kiritish-chiqarish operatsiyalari hajmini oshiradi. " Overley drayveri|"Xotiraning bitta sohasiga foydalanuvchi dasturidagi modullarning yo birinchi guruhiini yoki boshqa guruhini navbati bilan yuklashni bajaradigan tizim dasturi. " Overley tuzilmasi|"Dasturni, turli guruhlar bir vaqtda xotirada saqlashi kerak bo‘lmagan o‘zaro bog‘langan modullar guruhiga, dastur uchun ajratilgan xotira sohasida ularni navbatma-navbat yuklash maqsadida bo‘lish. " Ovoz balandligini rostlash|"Elektr signal amplitudalarini past chastota kuchaytirgichi o‘ta zo‘riqishining yoki radiokarnay tiklayotgan tovush signallari ortiqcha baland bo‘lishining oldini olish maqsadida o‘zgartirish. " Ovoz berish|"Veb-sayt auditoriyasi va uning fikrlari to‘g‘risida axborot yig‘ish uchun asbobiy dastur. Odatda ovoz berish har bitta savolga standart javob xillaridan birini tanlash mumkin bo‘lganda qulay. " Ovoz bilan boshqariladigan|"Nutqiy komandalar orqali boshqariladigan jarayonlar yoki qurilmalar. " Ovoz yordamida raqam terish|"Mobil telefonning, chaqiriluvchi abonent raqami nutq yordamida terilishini ta’minlovchi funksiyasi. " Ovoz yozish qurilmasi|"Tovush to‘lqinlarini analog yoki raqamli signallarga o‘girib, keyinchalik ma’lumotlarning tashuvchilarda saqlanishini ta’minlaydigan ovoz yozish qurilmasi. " Ovozlashtirish|"Tovush jo‘rligi tasvir yozib olingandan so‘ng ekranda kuzatiladigan dastur mazmuniga muvofiq qo‘shiladigan televizion dasturlar qismini ishlab chiqish. " Ovozli kitob|"Ovozli kitobni o‘zida saqlovchi tovushli fayl. Ovoz berish professional artistlar tomonidan amalga oshiriladi. " Ovozli, nutqli va audio moslamalar|"Ovozga ishlov berish, chiqarish uchun qurilma. Masalan, ovozli karta, audiokolonkalar va sh.k. " Ovozli pochta xizmatlari|"Operator tomonidan taqdim etiladigan, ovozli pochta deb ataladigan xizmatlar kompleksi. Mobil telefon band bo‘lganda, o‘chirib qo‘yilganda, tarmoq qoplash zonasidan tashqarida bo‘lganda, qandaydir vaqt mobaynida chaqiruvga javob bermaganda, qayta manzillash xizmatidan foydalanib, qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish imkonini beradi. " Ovozni qabul qilish|"Manbadan ovozli axborotni qabul qilish. Masalan, ovozli yo‘lakni AudioCD dan qabul qilish. " Ovozsiz|"Tovush chiqarilmaydigan rejim. Qisqa muddatga tovushni o‘chirib turishda foydalaniladi. " «Oxirgi bo‘lib keldi – birinchi bo‘lib xizmat ko‘rsatildi»|"Stek, tuzilma, qurilma va boshqalarning ishlash prinsipi, birinchi bo‘lib oxirgi kelgan elementga xizmat ko‘rsatiladi. " Oxirgi foydalanuvchiga mo‘ljallangan elektron biznes|"Axborot makonidagi iqtisodiy faoliyatning, oxirgi foydalanuvchining ehtiyojlarini qondirishga va uzoq muddatli iqtisodiy munosabatlarni shakllantirishga qaratilgan sohasi. " «Oxirgi milya»|"Aloqa tarmog‘ining, oxirgi (terminal) abonent qurilmasidan to magistral liniya yoki kommutatsion stansiyagacha bo‘lgan qismi. Boshqacha izohi – abonent foydalanish tarmog‘i. " Oxirgi nuqta|"Seans manbai yoki belgilanishi bo‘lib xizmat qiladigan tizim. " Oxirgi obyekt|"Sertifikati bo‘lgan, o‘zining shaxsiy kalitidan sertifikatlarni imzolash maqsadlarida foydalanmaydigan subyekt yoki ishonchli tomon hisoblanadigan obyekt. " Oxirgi (terminal) abonent qurilmasi|"Abonent xonasida o‘rnatiladigan va uning tasarrufida bo‘lgan oxirgi (terminal) qurilma. " Oxirgi (terminal) abonent telefon qurilmasi|"So‘zlashuv olib borish uchun mo‘ljallangan abonent telefon qurilmasi. " Oxirgi (terminal) maʼlumotlar uskunasi|"Maʼlumotlar manbai yoki maʼlumotlarni oluvchi yoki unisi ham, bunisi ham bo‘lgan (masalan, elektron hisoblash mashinasi) oxirgi (terminal) uskuna. " Oxirgi (terminal) qabul qiluvchi stansiya|"Kirishiga radioreleli liniyadan televizion signal uzatiladigan, chiqishida esa radioreleli liniyaning televizion chiqish signali olinadigan apparatura kompleksi. " Oxirgi (terminal) tarmoq qurilmasi|"Abonent uskunasi va abonentni tarmoqqa ulaydigan aloqa liniyasi o‘rtasidagi interfeys qurilma. ISDN tarmog‘ida apparat murakkabligi bilan farqlanadigan oxirgi (terminal) uskunaning ikki turi ajratiladi. Oddiy NT1 da fizik sathning asosiy funksiyalari amalga oshirilgan, NT2 qurilmasi (kontroller vazifasini bajaradigan) yordamida esa, bir vaqtning o‘zida bir nechta NT1 ning tarmoqqa ulanishi taʼminlanadi. " Oxirgi (terminal) uskuna|"Telekommunikatsiyalar tarmoqlari bilan o‘zaro ishlaydigan hamda telekommunikatsiyalar tarmoqlari orqali uzatiladigan yoki qabul qilinadigan signallarni hosil qilish, o‘zgartirish, qayta ishlashga mo‘ljallangan foydalanuvchilarning texnik vositalari (telefon, faksimil, radiotelepriyomniklar va boshqa qurilmalar). " Oxirgi tizim|"OSI modelidagi OSI protokolining barcha (yettita) bosqichi orqali aloqani ta’minlaydigan, o‘zida amaliy jarayonlarni saqlovchi tizim. Internetdagi xost-ning analogi. " Oxirgi uzel|"Kommunikatsiya tarmog‘i orqali o‘zaro ishlashda maʼmuriy yoki abonent tizimlar ulangan uzellar. " Oxirgi yozuv|"Maʼlumotlar blokining yakunlovchi qismi. Unga, uzatish oldidan, maʼlumotlar bloki uzatilgandan so‘ng xato paydo bo‘lganligini aniqlash imkonini beradigan nazoratlovchi yig‘indi – bitlar ketma-ketligi yoziladi. " Oxirgi shifrlash|"Avtomatlashtirilgan tizimning ikki subyekti o‘rtasida uzatiladigan axborotning kriptografik muhofazasi. " Oyna|"Displey ekranining to‘rtburchakli qismi, u orqali ilova yoki uning qismi bilan birga ishlash amalga oshiriladi. Grafik foydalanuvchi interfeyslarida va barcha mumkin bo‘lgan qobiqlarda keng qo‘llaniladi, status satri, sarlavha va menyu kabi standart elementlarni o‘z ichiga oladi. Ekranning dastur va jarayonlar bajarilishi mumkin bo‘lgan qismi. Bir vaqtda bir nechta oyna ochilishi mumkin. Masalan, bir oynada elektron pochta dasturini ochish, boshqasida elektron jadval bilan ishlash, uchinchisida raqamli kamerada tasvirni yuklash, to‘rtinchisida esa Internet-magazinda buyurtmani rasmiylashtirish mumkin. Oynani yopish, hajmini o‘zgartirish, vazifalar panelida tugmalarni burish yoki ekranda to‘laligicha aks ettirish mumkin. " Oyna mexanizmi|"1. Maʼlumotlarni uzatishni boshqarishda muhim rol o‘ynaydi. Oyna deyilganda kommunikatsion tizim orqali, xatosiz yetib borishi to‘g‘risidagi xabar kutilmasdan uzatiluvchi maʼlumotlar bloklari soni tushuniladi. Ushbu uzatishning tugashida haqiqiy oluvchi jo‘natilgan maʼlumotlar bloklarini olganligini tasdiqlashi lozim. 2. Bir paytning o‘zida bir necha dasturni ishlatish texnologiyasi, bunda har bitta dastur alohida oynada bajariladi. Masalan, birinchi oyna hujjatni qayta ishlash uchun, ikkinchisi elektron jadvallarni tuzish, uchinchisi esa elektron pochtani qabul qilish uchun ishlatilishi mumkin. " Oyna tizimi|"Ekranda bir vaqtda turli hisoblash jarayonlariga (dasturlariga) tegishli bo‘lgan bir qancha chiqish joylari (oynalar) aks etadigan operator interfeysi. " Oyna turkumi|"Microsoft Windows operatsion tizimi va uning API tizimidagi fundamental tuzilmalardan biri. Tuzilma nishonchalar, menyu, fon rangi va bir qancha parametrlarni ko‘rsatish yo‘li bilan oyna yaratish imkonini yaratadi. U o‘zida foydalanuvchining harakatiga ko‘ra amalga oshirish kerak bo‘lgan oynaning harakatlarini ifodalovchi funksiyaga ko‘rsatgichni ham saqlaydi. Bundan tashqari, u operatsion tizimga klassning o‘zi uchun va har bir oyna uchun qancha xotira kerakligi to‘g‘risida ham xabar beradi. window classlarning ikkita versiyasi bo‘lgan. Ikkinchi versiyasiga qo‘shilgan yagona texnik bo‘lmagan qo‘shimcha, bu ‒ oyna uchun qo‘shimcha kichik nishoncha. Birinchi versiyasi Windows 3.x da ishlatilgan bo‘lsa, ikkinchisi Windows 95 va Windows NT 3.1 lardan boshlab qo‘llaniladi. " Oyna uslubi|"Oyna klassi bilan tasniflanmaydigan oyna ko‘rini-shini belgilaydigan konstanta. " Oyna o‘lchovi|"Mos ravishda oynaning bo‘yi va enini piksellarda aniqlovchi ikkita – x, y son. " Oynalar dispetcheri|"Windows funksiyasi oynalarni ekranda tartiblashga, oynalarni barcha oynali ilovalarga xos ravishda joylashtirishga, o‘zgartishga mas’ul. " Oynali server|"Aloqa kanallarining o‘tkazish qobiliyati yoki server samaradorligi yetarli bo‘lmasligi tufayli, barcha foydalanuvchilar foydalana olmaydigan, tarmoqda ommaviy bo‘lgan serverlarni takrorlaydigan xizmatlar va axborotni taqdim etadigan server. Turli yerlarda o‘rnashgan «oynalar» bu muammoni hal qiladi. Boshlang‘ich server ma’lumotlaridagi barcha o‘zgartirishlar oyna serverlarga tarqatiladi. " Oynani aniqlovchi|"Foydalanilayotgan oynaga kirish uchun ruxsat oladigan noyob oyna identifikatori. " Oynani boshqarish funksiyasi|"Oynalarni masshtablash, joyini o‘zgartirish, o‘lchamini o‘zgartirish va ularning o‘zaro joylashuvini boshqaradigan funksiya. " «Og‘ir vaznli» jarayon|"Shaxsiy manzil fazosida ishlaydigan, yengillashtirilgan jarayonga qarama-qarshi bo‘lgan klassik jarayonning nomi. " Og‘ish bo‘yicha o‘ta yuklanish|"Kvantlagichning, kirishga beriladigan sanoqlar ketma-ketligidagi qiymatlar o‘rtasidagi katta farqqa mos ravishda, ta’sir ko‘rsata olmasligi hollarida sodir bo‘ladigan buzilishlar. " Ogʻish burchagi|"1. Nurning antenna yo‘nalganlik diagrammasining o‘qidan og‘ish burchagi. 2. Qutblanish ellipsi o‘qi va asosiy qutblanish o‘rtasidagi burchak. " Og‘zaki xabarni uzatish xizmati|"Foydalanuvchining (abonent bo‘lishi yoki bo‘lmasligidan qat’i nazar) so‘rovi bo‘yicha telefonchi, bitta yoki bir nechta telefon raqamlarini belgilangan vaqtda chaqirib yoki oldindan aniqlangan shaxsning (abonent bo‘lishi yoki bo‘lmasligidan qat’i nazar) chaqiruviga javob berib, qisqa xabarni uzatadigan xizmat. " Oshib boruvchi diskretlash (interpolyatsiya)|"Vaqt birligida sanoqlar sonini oshirgan holda qayta diskretlash. " Ochiladigan ro‘yxat|"Qiymatlar ro‘yxatidagi bitta yoki bir nechta qiymatni tanlab olish uchun mo‘ljallangan boshqaruv elementi. " Ochilish portali|"Davlatning ishonchli va yuridik jihatdan ahamiyatli axboroti joylashtiriladigan hamda undan cheklanmagan doiradagi shaxslar foydalana oladigan avtomatlashtirilgan tizim. " Ochiq amaliy jarayonlar guruhi|"Umumiy foydalanishdagi modellarni va amaliy dasturlarning standartlarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan tashkilot. OAG o‘nta eng yirik dasturiy taʼminot ishlab chiqaruvchilari tomonidan yaratilgan bo‘lib, o‘z eʼtiborini qo‘llanmalarni uyg‘unlashtirishga qaratgan. Yaratilayotgan standartlar foydalanuvchilarga amaliy dasturlarni ishlab chiqaruvchilarni tanlash imkoniyatini va moliyaviy vositalarni iqtisod qilishni taʼminlaydi. " Ochiq arxitektura|"Kompyuter yoki periferik qurilma arxitekturasi, bu arxitektera uchun boshqa ishlab chiqaruvchilarga shunday arxitekturali tizimlarga qo‘shimcha qurilmalar ishlab chiqish imkonini beradigan spetsifikatsiya nashr qilingan. " Ochiq boshlang‘ich matnlar|"Ishlab chiqiladigan tizimning boshlang‘ich kodi, uni takomillashtirish istagida bo‘lgan barcha xohlovchilarga erkin va bepul taqdim etilishida ifodalanadigan prinsip. " Ochiq dasturiy muhit|"Dasturlar uyg‘unligini taʼminlay oladigan dasturiy muhit. " Ochiq dasturiy taʼminot|"Dastlabki kodi ochiq bo‘lgan, yaʼni ko‘rish va o‘zgartirish imkoniyati mavjud dasturiy taʼminot. Bu yaratilgan dasturning yangi versiyalarini yaratish, xatolarni tuzatish hamda ochiq dasturni qo‘shimcha qayta ishlash imkonini beradi. «Ochiq» litsenziya ochiq dasturiy taʼminot tekinga taqdim qilinishini talab qilmaydi. Shunga qaramay, ko‘pchilik ochiq dasturiy taʼminotning muvaffaqiyatli loyihalari bepul. " Ochiq dasturiy ta’minot fondi|"DEC, IBM, Hewlett-Packard va bir qator ish stansiyalari va serverlarning unchalik taniqli bo‘lmagan yetkazib beruvchi kompaniyalardan tashkil topgan konsorsium. 1988-yili Unix tizimiga o‘xshash ochiq kodli operatsion tizimni ishlab chiqarish uchun tuzilgan. 1996-yili X/Open konsorsiumi bilan birlashgan. " Ochiq elektron raqamli imzo kaliti|"Elektron raqamli imzoning tegishli yopiq kaliti bilan qat’iy bog‘langan axborot tizimining istalgan foydalanuvchisi foydalana oladigan va elektron hujjatning haqiqiyligini tasdiqlash uchun mo‘ljallangan simvollar ketma-ketligi. " Ochiq e‘lon|"O‘zgaruvchilarni, ulardan dasturda foydalanishgacha e‘lon qilish. " Ochiq fayl|"O‘qish yoki qayta yozish yoki ham o‘qish, ham qayta yozish mumkin bo‘lgan fayl. " Ochiq hujjat|"Maʼlumotlar abonent tizimlarini qayta ishlashga qulay va xalqaro standartlarda belgilangan ommabop shaklda yozilgan hujjat. " Ochiq hujjat formati|"Ofis dasturlari uchun erkin tarqatiladigan standart format. " Ochiq kalit bilan shifrlash|"Shifrmatnni shakllantirish uchun ochiq kalitdan va shifrmatnni dastlabki matnga almashtirish uchun yopiq kalitdan foydalaniladigan kriptografik usul. " Ochiq kalit foydalanuvchisi|"Elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash uchun elektron raqamli imzo ochiq kalitidan foydalanadigan yuridik yoki jismoniy shaxs. " Ochiq kalit sertifikati|"1. Foydalanuvchining ochiq kaliti, uni bergan sertifikatlash organining shaxsiy kaliti bilan birga, shuningdek, shifrlash tufayli qalbakilashtirib bo‘lmaydigan ba’zi bir boshqa axborot. 2. Qalbakilashtirib bo‘lmaydigan formatda vakolatli organ tomonidan tekshirilgan va imzolangan, o‘zida egalarining ochiq kalitini (boshqa ixtiyoriy axborotni) ifodalaydigan qiymatlar. " Ochiq kalitlar infratuzilmasi|"Ochiq kalitli kriptoo‘zgartirishlar texnologiyalaridan foydalanishni ta’minlaydigan texnik va tashkiliy infratuzilma. Izoh – Ochiq kalitlar infratuzilmasi raqamli sertifikatlarni tarqatish texnologiyalarini qo‘llashi kerak: sertifikatlarni berish va bekor qilish, sertifikatlar haqiqiyligini tekshirish uchun zarur bo‘lgan axborotni saqlash. " Ochiq kalitli kriptografiya|"1. Shifrlash va deshifrlash uchun ochiq kalit kabi, unga mos keladigan shaxsiy kalitdan foydalaniladigan kriptografiya. Izoh – Agar ochiq kalit shifrlash uchun foydalanilsa, unga mos keladigan shaxsiy kalitdan deshifrlash uchun foydalaniladi, va aksincha. 2. Biri ochiq, ikkinchisi yopiq bo‘lgan juft kalitlardan foydalaniladigan shifrlash usuli. " Ochiq kalitli kriptotizim|"Ikkita – maxfiy va ochiq kalitdan foydalaniladigan kriptografik tizim. Shuni hisobga olish kerakki, kalitlarning birortasi ham, maqbul vaqt ichida boshqasidan hisoblab chiqarilishi mumkin emas. Maxfiy kalit sir saqlanishi kerak, ochiq kalit o‘zaro hamkorlik qilinadigan barcha abonentlarga yuborilishi mumkin. Bunday kriptotizimlar, shuningdek, ikki kalitli va asimmetrik kriptotizimlar deb ham nomlanadi. Bunday tizimlar kalitlarni boshqarishda va elektron raqamli imzoni yaratishda qo‘llaniladi. " Ochiq kalitni ro‘yxatga olish|"Ochiq kalitning qiymati qalbakilashtirilishini bartaraf qilish maqsadida, so‘rovni amalga oshiruvchi shaxsga ishonchli axborotni ta’minlovchi, ochiq kalitlarni qayd etish jarayoni. " Ochiq kod|"Keng doiradagi mustaqil ishlab chiquvchilar foydalanishi mumkin bo‘lgan bepul dastlabki kod yoki dastur. Oshkora kalitli loyihalarning asosiy g‘oyasi shundaki, mustaqil dasturchilarning keng guruhi sifatli firma dasturiy taʼminotiga (yopiq kodga) xos bo‘lgan, «qo‘ng‘iz» va «teshiklar»dan holi bo‘lgan, dasturiy mahsulotni tayyorlashlari mumkin. Bunga erishish uchun, dastlabki kod undagi xatolarni topish maqsadida loyihaning ko‘pchilik ishtirokchilari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari har bir ishtirokchi, o‘zining shaxsiy talablariga monand turlashni kiritishi uchun, tarqatiladigan ochiq dasturiy taʼminotdan foydalanishi mumkin. Mashhur ochiq dasturlardan biri bo‘lib, Apache veb- serveri, Linux operatsion tizimi va Mozilla Firefox brauzeri hisoblanadi. " Ochiq mahsulot|"Umumfoydalanuvchilar tomonidan tan olingan interfeysli amaliy dasturiy taʼminot. OSI sohasida standartlarning yaratilishi, UNIX operatsion tizimi, amaliy tiziming va amaliy jarayonlar va amaliy pog‘ona orasidagi ochiq interfeyslarning keng ishlatilishi, turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan abonent tizimlarda ishlatiladigan ochiq mahsulotlarni yaratish imkoniyatlarini berdi. Natijada, dasturiy mahsulotlarning katta bozori vujudga keldi. Bu yerda dasturlar muayyan turlarga emas, balki, bu mahsulotlarni ishlatishga ochiq bo‘lgan barcha kompyuterlar uchun taklif qilinadi. " Ochiq matn|"Passiv raqibdan himoyalanmagan aloqa kanali bo‘ylab jo‘natiladigan va kriptotizim yordamida himoyalanadigan konfidensial axborotni o‘z ichiga olgan xabar. Ochiq matn shifrlash kaliti bilan birga shifrlash algoritmi uchun dastlabki ma’lumotlarni tashkil qiladi. " Ochiq ma’lumotlar|"Muayyan ma’lumotlar mashinada o‘qish uchun erkin ravishda mumkin blishi va mualliflik huquqi, patentlar cheklanmasdan hamda nazorat qilishning boshqa mexanizmlarisiz keyinchalik qayta e’lon qilinishi kerak degan g‘oya aks ettirilgan konsepsiya. " Ochiq ma’lumotlar portali|"O‘zbekiston Respublikasining Internet tarmog‘idagi Hukumat portali doirasida ishlaydigan, davlat va xo‘jalik boshqaruv organlarining, joylardagi davlat hokimiyat organlarining ochiq ma’lumotlarini joylashtirish uchun mo‘ljallangan, ochiq ma’lumotlardan foydalanishda va ularni e’lon qilishda foydalanuvchilar va ochiq ma’lumotlarni yetkazib beruvchilar, portal operatori o‘rtasida hamkorlikni ta’minlaydigan apparat va dasturiy vositalar majmuidan iborat axborot resursi. " Ochiq muhit|"Maʼlumot va resurslarni tasodifiy yoki qasddan qilingan taʼsirlardan muhofazalash uchun sodda operatsion tartibotlar yordamida erishiladigan muhit. " Ochiq savdo|"CommerceNet tomonidan taklif qilingan bo‘lib, obyektli so‘rovlar brokerining umumiy arxitekturasiga (CORBA) tayanadi va format, interfeys va protokollar uchun standartlar taklif qiladi. " Ochiq standartlar|"Mustaqil ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan ochiq tartibda ishlab chiqiladigan va barcha manfaatdor shaxslar foydalanishiga to‘sqinlik bo‘lmaydigan shartlarda e’lon qilinadigan texnik spetsifikatsiyalar. " Ochiq tarmoq arxitekturasi|"Foydalanuvchilarning keng doirasi erkin foydalana (kira) oladigan tarmoq arxitekturasi. " Ochiq tizim|"Ishlab chiquvchilar tomonidan ishlab chiqilgan tizimning barcha zarur standartlaridan umumfoydalanib bo‘ladigan tizim. Bu, boshqa bir ishlab chiquvchiga o‘xshash tizimni yaratish, uning xarakteristikalarini yaxshilash, o‘z qurilmalari yoki dasturiy vositalarini qo‘shish, ularnnig birgalikda ishlashini tashkil qilish imkonini beradi. Ochiq tizimlarga misollar: IBM firmasining shaxsiy kompyuterlari, dBASE turidagi ma’lumotlar bazalari, Internet. " Ochiq tizim muhiti|"Har xil operatsion tizimlar asosida sintezlanuvchi va har xil dasturchi-ishlab chiqaruvchilar tomonidan taklif etiladigan bir xil amaliy dasturlarning operatsion tizimlarda ishlashini ta’minlaydigan operatsion muhit. " Ochiq tizimlar|"Tayyorlovchilarga bog‘liq bo‘lmagan, qator standartlar talablarini qanoatlantiradigan ti-zimlar. " Ochiq tizimlar o‘zaro bog‘liqlik modeli|"Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) tomonidan taklif qilingan ochiq tizimlarning yetti pog‘onali o‘zaro bog‘lanish (birgalikda ishlash) modeli (OSI). Izoh – Natijada tarmoqdagi o‘zaro bog‘lanish kichik va osonroq vazifalarga bo‘linadi, turli ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari o‘rtasida moslashuvchanlik taʼminlanadi, alohida pog‘onalarni yaratish va mavjud amalga oshirilganlardan foydalanish hisobiga, ilovalarni ishlab chiqish soddalashadi. " Ochiq tizimlarning o‘zaro bog‘liqligi|"Ochiq tizimlarning birgalikda ishlashini ta’minlash uchun Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) tomonidan tasdiqlangan ma’lumotlar uzatish protokollarining yetti sathli modeli. Pastdan yuqoriga qarab boradigan sathlar: fizik sath, kanal sathi, tarmoq sathi, transport sathi, seans sathi, ma’lumotlar taqdim etish sathi hamda amaliy sath. " Ochiq tizimlarning o‘zaro ishlashi|"1. Protokollarning yetti sathli etalon modeli bazasida ISO tomonidan ishlab chiqilgan standartlar turkumi xarakteristikalari va xossalarini belgilovchi konseptual asos. Izoh − «Ochiq» atamasi standartlashtirilgan protokollar va spetsifikatsiyalar to‘plami, turli ishlab chiqaruvchilarning uskunalari birgalikda ishlay olishini kafolatlashini bildiradi. 2. Turli rusumdagi kompyuterlar va tarmoqlarni protokollar to‘plami orqali xalqaro (standartlashtirilgan) aloqasini ta’minlash imkoniyati. " Ochiq usul|"Obyekt tashqarisidan cheklanmagan tarzda amalga oshiriladigan usul. " Ochiq xavfsiz muhit|"Ma’lumotlar va resurslarni tasodifiy yoki qasddan qilinadigan harakatlardan muhofaza qilishga normal operatsion protseduralar vositasida erishiladigan muhit. " Ochiq shifrlash|"1. Axborotni maxfiylashtirish usuli bo‘lib, shifrlangan oqim tarmoq orqali ochiq rejimda, ya’ni trafikni oraliq telekommunikatsiyalar uzellarida qayta shifrlamasdan, uzatiladi. 2. Ma’lumotlarni tizim doirasida yoki tegishlicha deshifrlash bilan manba tomonda shifrlash. Faqat tizim doirasida yoki mo‘ljallangan tomonda amalga oshiriladi. " Ochiqlik darajasi|"Xavfsizlikning maksimal darajasi, subyektga undan foydalana olish uchun Bella-Lapadula modeli qoidalariga ko‘ra ruxsat berilgan. Subyektning joriy darajasi (u shu vaqtda operatsiyalar bajarayotgan daraja) minimaldan ochiqlik darajasigacha o‘zgartirilishi mumkin. " Ochish|"Faylning dastur tomonidan ochilish jarayoni. Ochilganidan so‘ng, faylni ko‘rib chiqish, agar huquqlar yetarli bo‘lsa tahrir qilish mumkin bo‘ladi. " Ochish|"Ma’lumotlarni saqlash va uzatish uchun qulay bo‘lgan shakldan qayta ishlash uchun qulay shaklga o‘zgartirish jarayoni. Joylashtirish jarayoniga teskari jarayon. " Ochuvchi bayroq|"Bitlarning qayd qilingan ketma-ketligi. Kadr ajralishi boshlanishining belgisi bo‘lib xizmat qiladi. P " Paket|"1. Xavfsizlikning funksional talablari yoki ishonch talablarining nomma-nom ko‘rsatilgan guruhlari. Izoh – Ishonch paketlariga misol bo‘lib, ishonchni baholovchi darajalari hisoblanadi. 2. Ko‘p marta foydalanishga mo‘ljallangan funksional komponentlar yoki ishonch komponentlarining majmui. " Paket identifikatori|"MPEG-2 transport paketi sarlavhasidagi ma’lumotlar paketida muayyan elementar oqim mavjudligini ko‘rsatadigan, 13 bitli ko‘rsatgich. " Paket protokoli|"Xabarni bo‘lish, qayta jo‘natish va yig‘ish qoidalari. " Paket sarlavhasi|"Paketning, paket tuzilmasi to‘g‘risidagi axborotni ichiga oladigan birinchi elementi. " Paketlar filtrlanadigan tarmoqlararo ekran|"1. Mualliflashtirilgan mijoz bilan tashqi xost o‘rtasida kiruvchi va chiquvchi paketlarni filtrlash orqali bevosita o‘zaro ta’sirni istisno qiladigan tarmoqlararo ekran. Izoh Filtrlash paket sarlavhasidagi axborot asosida (jo‘natuvchi va oluvchi manzillari, port raqamlari va sh.k.) amalga oshiriladi. 2. Marshrutizatorlar yoki serverda ishlaydigan, kiruvchi va chiquvchi paketlar filtrlanadigan qilib konfiguratsiyalangan dasturlar. " Paketlar kommutatori|"Abonent stansiyalaridan yoki tarmoqning qo‘shni uzellaridan paketlar qabul qiladigan va ularni manzil qismi asosida o‘zining portlari bo‘ylab taqsimlaydigan qurilma. Maʼlumotlarni bir kommutatordan boshqasiga izchil uzatish, paket mo‘ljallangan oxirgi punktga yetib borgunga qadar amalga oshiriladi. Ushbu turdagi kommutatorning kanallar kommutatsiyalanadigan tarmoqdagi o‘xshash qurilmadan asosiy farqi, bufer xotira mavjudligidadir. Bufer xotira kommutatorning chiqish porti boshqa paketni qayta ishlash bilan band bo‘lganda, axborotni yo‘qotmagan holda paketlarni saqlash imkonini beradi. " Paketlar kommutatsiyasi|"Ma’lumotlar uzatish texnologiyasi bo‘lib, unga ko‘ra, uzatiladigan axborot oqimi tarmoqda mustaqil bloklar sifatida qayta ishlanadigan va kommutatsiyalanadigan, qat’iy yoki o‘zgaruvchan uzunlikdagi paketlarga ajratiladi. Ulanish faqat paketni uzatish vaqtiga o‘rnatiladi, u tugagach, ulanish darhol uziladi. " Paketlar kommutatsiyasiga ega tarmoq|"Paketlar kommutatsiyasi texnologiyasidan foydalanuvchi kommunikatsiya tarmog‘i. " Paketlar kommutatsiyasining tarmoq interfeysi|"Paketlar kommutatsiyasi tarmog‘i abonentlari intefeyslarini belgilaydigan X.25, X.75 va boshqa standartlar. " Paketlarni erta tashlash|"Tarmoqda ortiqcha yuklanish paydo bo‘lishidan oldin, ustivor bo‘lmagan xabarlarga daxldor paketlarni tashlab yuborishga imkon beradigan va bu bilan yuqori ustivorlikdagi trafik uchun qayta uzatishlar sonini kamaytiradigan mexanizm. " Paketlarni kommutatsiya qilish bilan uzatish rejimi|"Uzatish va kommutatsiya qilish funksiyalari paketli usul bilan amalga oshiriladigan axborotni ko‘chirish rejimi, bunda uzatish va kommutatsiya qilishning tarmoq resurslari bir nechta bog‘lanishlar o‘rtasida dinamik ravishda taqsimlanadi. " Paketlarni kommutatsiyalash tarmoqlarining tarmoqlararo interfeysi|"Paketlarni kommutatsiyalash tarmoqlari o‘rtasidagi interfeys. Tarmoqlararo interfeys X.75 tavsiyasi tomonidan belgilangan. " Paketlarni kommutatsiyalash usuli|"Axborot simli va simsiz tarmoqlar orqali «ma’lumotlar paketi» deb nomlanadigan bo‘laklar bilan uzatiladigan kommutatsiyalash usuli. 2,5G yoki 3G tarmoqlarda telefon so‘zlashuv paketlarga bo‘linadi va audio oqimga qayta yig‘iladigan tarmoq orqali jo‘natiladi. Izoh − Paketli kommutatsiya tarmoqlarida kommunikatsiya kanali ma’lumotlar haqiqatda uzatiladigan vaqtga band qilinadi, bu kanallarning sig‘imidan yanada samarali foydalanish imkonini beradi. " Paketlarni qayta ishlash|"Paketlarni yig‘ish, marshrutlash, saralash va ishlab chiqish, shuningdek, xizmat ko‘rsatish sifatini ta’minlash. " Paketlarni yig‘uvchi/ajratuvchi|"1. Paketlar kommutatsiyasi operetsiyalarini bajaruvchi tarmoqdan foydalana olishni ta’minlaydigan, lekin paketlar kommutatsiyasining rejimida ishlash uchun mo‘ljallanmagan funksional blok. 2. Terminallarni paketlar kommutatsiyasi tarmog‘iga ulash imkonini beradigan protokollar o‘zgartirgichi. Qabul qilish oxirida paketlar ajratiladi va terminalga uzatiladi. PAD asinxron ma’lumotlar paketlarini to‘playdi va ularni paketlar kommutatsiyasi tarmog‘iga uzatadi. PAD, shuningdek, paketlarni ajratish va ularni paketlar bilan ishlamaydigan qurilmalar yoki dasturlarga uzatishga teskari bo‘lgan tadbirni ham bajaradi. " Paketlarning o‘zgarishi|"Tarmoq ulanishi usuli, bunda o‘zgaruvchan uzunlikdagi xabar qayd qilingan uzunlikdagi paketlarga bo‘linadi va adresatga jo‘natiladi. " Paketlarning tez kommutatsiyasi|"Bir nechta yo‘nalishlar: uzatish tezligini oshirishga ko‘maklashadigan turli ko‘rinishdagi axborotlar (ma’lumotlar, nutq va video) uchun paketlarning yagona o‘lchami qo‘llanilishi; qayd etilgan uzunlikdagi – 53 byte paketlardan foydalanish, sekundiga 100 mingdan 1 milliongacha bo‘lgan paketlarni uzatish tezligiga erishish imkonini beradigan apparatli amalga oshirish bo‘yicha paketlarning an’anaviy kommutatsiyasidan farq qiladigan raqamli texnologiya. Izoh – Paketlarni tez kommutatsiyalash kanallar kommutatsiyasiga asoslangan ilovalar (ayniqsa nutqni uzatish) da va vaqt bo‘yicha multipleksorlash usullaridan foydalanganda qo‘llanilishi mumkin. " Paketlash (inkapsulyatsiya)|"Maʼlumotlarni o‘zgartirish jarayoni bo‘lib, ularni tarmoq orqali ochiq rejimda uzatish imkonini beradi. Inkapsullangan paket sarlavha va qo‘shimcha axborot qo‘shish orqali shakllantiriladi. Ko‘p sathli iyerarxiyaga ega tarmoqlarda inkapsullangan paket turli sathdagi bir nechta sarlavhadan iborat bo‘lishi mumkin: dastlab fizik sath sarlavhasi ko‘rsatiladi, keyin tarmoq sathining sarlavhasi, undan so‘ng transport sathi sarlavhasi keladi. Bularning ketidan amaliy protokollarning maʼlumotlari joylashishi mumkin. Trafikni inkapsullashga qilinadigan o‘tkazish qobiliyati resurslarining sarfi 2-3 foizdan oshmaydi. " Paketli fayl|"Har bir satrini operatsion tizim o‘zining komandalari sifatida talqin qiladigan matnli fayl. Paketli qayta ishlashni tashkil qilish uchun foydalaniladi. Bajariladigan fayl turlaridan biri. Fayl nomida kengaytirish tizimi orqali aniqlanadi. " Paketli komanda fayli|"Qanday yozilgan bo‘lsa, xuddi shunday tartibda avtomatik chaqiriladigan diskli operatsion tizim dasturlari va komandalari ro‘yxatini ichiga oladigan fayl yoki ularni bajarish tartibi shartli operatorlar tomonidan belgilanishi mumkin. " Paketli kommutatsiya|"1. Paketlarning bir uzeldan ikkinchisiga ketma-ket uzatilishini ta’minlaydigan, ma’lumotlar uzatish usuli. Paketli kommutatsiya axborot almashinishning butun seansi mobaynida paketlar manbai va oluvchisi o‘rtasida kanal band etilishini ko‘zda tutmaydi. 2. Tayanch tarmoqda axborot uzatish texnologiyasi. Turli marshrutlar bo‘ylab tarmoq orqali tayinlangan joyga o‘tadigan axborot massivining ma’lumotlar paketlariga ajratilishini ko‘zda tutadi, bu radiodiapazondan ma’lumotlarni haqiqatda uzatish vaqtida foydalanilganligi sababli, mobil foydalana olishda qulaydir. Kanallar kommutatsiyasining muqobili. GPRS mobil aloqa raqamli tarmoqlari uchun ishlab chiqilgan paketli texnologiyadir. Paketlar kommutatsiyasi tarmoqdagi ikki alohida mijozning birgalikda ishlashini sekinlashtiradi, lekin umuman olganda, tarmoqda uzatiladigan ma’lumotlar hajmini sezilarli oshirish imkonini beradi. " Paketli kommutatsiya umumiy radiotizimi|"Axborotni standart tovush kanaliga 9,6 Kbit/s (GSM) nisbatan ahamiyatli ravishda juda yuqori tezliklarda, mobil telefon yordamida olish va uzatish imkonini beradigan ma’lumotlarni paketli uzatish texnologiyasi. " Paketli qayta ishlash|"Operatsion tizim yordamida ma’lum bir izchillikda bir nechta dasturning bajarilishini tashkil qilish. Paketli qayta ishlash paketli fayllar yordamida tashkil qilinadi. " Paketli qayta ishlash tizimlari|"Tezkor natijalarni talab qilmaydigan, asosan hisoblash xususiyatidagi vazifalarni hal qilish uchun mo‘ljallangan tizimlar. " Paketli rejim|"Ma’lumotlarni uzatish usuli, bunda axborot alohida simvollar ko‘rinishida emas, balki paketlarga to‘plangan holda, yuqori tezlikli kommunikatsiya vositalari yordamida uzatiladi. Paketli rejim har bir kanalga alohida xizmat ko‘rsatish uchun multipleksorlardan foydalaniladigan tizimlarda keng qo‘llaniladi. Ko‘pgina lokal hisoblash tizimlari shunday rejimda ishlaydi. " Paketli topshiriq|"Paketli rejimida bajariladigan topshiriq. " Paketli uzatish rejimi|"Uzatish va kommutatsiya qilish funksiyalari ko‘p sonli bog‘lanishlar o‘rtasida resurslarni uzatish va kommutatsiya qilish muhitini dinamik ajratish uchun paketlar darajasida amalga oshiriladigan rejim. " Paketning mavjudlik vaqti|"TTL maydonidagi paket sarlavhasida ko‘rsatilgan qiymat. Izohlar 1. Bu qiymat IP-paket sarlavhasi qayta ishlanadigan har bir uzelda kamayadi. 2. Marshrutizator bilan tarmoqdagi IP-paketning mavjudlik vaqtini tekshirish va to‘g‘rilash bajariladi, zarur bo‘lganda, paket sarlavhasining nazorat summasini standart bilan belgilangan saqlash sharti bilan paketning mavjudlik vaqti oshadi. " panel|"Oynaning, menyu yoki tugmalar to‘plami joylashgan, to‘g‘riburchakli ajratilgan sohasi. " Papka|"Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash nuqtai nazaridan qaraganda, kompyuter resurslari va fayllar uchun konteyner hisoblanadigan obyekt. " Parabolik antenna|"Ko‘zguli antenna, unda elektromagnit energiyani fokuslash uchun kerakli yo‘nalishda qaytargich sifatida metall yoki metall bilan qoplangan parabolik shakldagi sirtdan foydalaniladi, masalan, aylantirish paraboloidi yoki parabolik silindr. " Parabolik profilli sindirish ko‘rsatgichiga ega tola|"Tarqalish o‘qiga perpendikulyar kesim bo‘ylab parabolik qonuniyat bo‘yicha o‘zgaradigan va uning o‘qida maksimal qiymatga ega bo‘ladigan, gradiyent sindirish ko‘rsatgichli optik tola. " Parabolik qaytargich|"Aylanish paraboloidi shakliga ega (yaʼni, parabolaning o‘z o‘qi atrofida aylanishidan hosil bo‘lgan) (yaxlit yoki qaytarilayotgan to‘lqin uzunligiga nisbatan kichik o‘lchamga ega teshikli) metall sirt. Izoh − Parabolik qaytargich millimetrli, santimetrli va detsimetrli, baʼzida esa metrli to‘lqinlar antennalarida qo‘llaniladi. Detsimetrli va santimetrli to‘lqinlarda parabolik qaytargich yordamida yetarlicha tor yo‘nalganlik diagrammalarini olish mumkin bo‘ladi. " Paralel qayta ishlash|"Kompyuterda bir nechta jarayonning bir vaqtda bajarilishi. Umumiy holda, bu jarayonning bajarilishi uchun ko‘p protsessorli tizimlar zarur. Parallel qayta ishlash vazifalarning bajarilishini tezlashtiradi. " Parallel dasturlash|"Birgalikda ishlaydigan parallel jarayonlardan foydalanib dasturlash. " Parallel hisoblashlar uchun dasturiy ta’minot|"Dasturlarni avtomatik dinamik parallellash dasturiy vositalari. Murakkab parallel dasturlarni ishlab chiqish hamda ulardan turli uskunalarda foydalanish jarayonini osonlashtiradi. " Parallel jarayonlar|"Har birini izchil dastur tavsiflaydigan va boshqalari bilan birgalikda ishlaydigan ikki yoki bir necha jarayon. " Parallel kompyuter|"Operatsiyalar ko‘plab arifmetik va mantiqiy bloklar (protsessorlar)da parallel bajariladigan ko‘p protsessorli hisoblash tizimi. " Parallel kompyuter tizimlari|"Bir nechta bevosita o‘zaro hamkorlikda ishlaydigan protsessorlarning multiprotsessorli tizimlari. " Parallel port|"Ma’lumotlarning baytlar bilan (barcha bitlar bir vaqtda) kiritilishi/chiqarilishini amalga oshiradigan port. Parallel port ma’lumotlarni ketma-ket portga nisbatan tezroq uzatadi, odatda unga printer ulanadi. " Parallel siljitgich|"Protsessorning, bir takt ichida kirish so‘zini istalgan tomonga berilgan bitlar soniga surish imkonini beradigan, ichki registrli sxemasi. " Parallel (solishtirma) testlash|"Ayni bir kirish maʼlumotlarini modul yoki tizimning ikki yoki undan koʻp nusxasiga uzatish koʻzda tutiladigan, dasturiy mahsulotlarni testlash metodologiyasi, olinadigan chiqish maʼlumotlarini (natijalarini) taqqoslash va mos tushmasliklarini tahlil qilish, agar shunday holat aniqlansa. " Parallel summator|"Bir necha razryadning bir vaqtda qo‘shilishini amalga oshiradigan mantiqiy qurilma. " Parallel uzatish|"Simvol, manzil yoki ma’lumotlarni bir nechta alohida liniya orqali uzatish. " Parallel shina|"Bir vaqtning o‘zida n-razryadli axborot signallari, boshqaruvchi signallar va manzillar uzatilishi mumkin bo‘lgan bog‘lovchi liniya. " Parallelizm|"Platforma (masalan, operatsion tizim, JVM va sh.k.) yoki dasturning xossasi. Operatsion tizim jarayoni bir necha parallel (yoki vaqt bo‘yicha tartibsiz) bajariladigan oqimdan iborat bo‘lishi mumkinligini bildiradi. Bir xil vazifalarni bajarganda kompyuter resurslarini samaraliroq ishlatishga erishish mumkin. " Parametr|"Qiymati kichik dasturga (protseduraga, funksiyaga) tashqi muhitdan beriladigan o‘zgaruvchan kattalik. Rasmiy va haqiqiy parametrlar ajratiladi. O‘z nomi bilan keltirilgan o‘zgaruvchilar rasmiy parametrlar deb ataladi. Umuman olganda, ular ustida kichik dasturlarni yozishda zarur bo‘lgan barcha harakatlar amalga oshiriladi. Kichik dasturlardan rasmiy parametrlar o‘rniga foydalanishda taqdim etilgan o‘zgaruvchilar yoki ularning qiymatlari haqiqiy parametrlar deb ataladi. " Parametrlar assotsiatsiyasi|"Rasmiy va haqiqiy parametrlar o‘rtasida muvofiqlikni o‘rnatish mexanizmi. " Parametrlarni berish|"Ma’lumotlar tuzilmasi, registrlar, taqsimlanishi va chaqiruvchi dastur tomonidan chaqiriluvchi dasturga obyektlar va ustida amallar bajarilishi kerak bo‘lgan qiymatlarni ko‘rsatish uchun amalga oshiriladigan operatsiyalar bo‘yicha kelishuv. Dasturlashda chaqiriladigan funksiyaga, quyi dasturga yoki protseduraga parametrlar berishning bir nechta asosiy usuli mavjud. Ulardan asosiylari havola bo‘yicha berish va qiymat bo‘yicha berish. Beriladigan parametrlarning soni va ularning turlari funksiya yoki protsedura tavsifida qilingan e’lonlarga mos kelishi kerak. Aks holda, xato yuzaga keladi. " Parametrlarning o‘zgarishiga qarab qayd qilish|"Mobil stansiyalarni qayd qilish usuli. Uzatiladigan kodli ketma-ketlikni davriy ravishda tahlil qilishga asoslangan. Ma’lumotlar bazasida saqlanayotgan etalon bilan mos tushmaganda, takror qayd etish amalga oshiriladi. " Parazit tok|"Kabel bo‘ylab o‘tadigan, o‘ta qizish tufayli aloqa liniyasidagi uskunani shikastlaydigan, hosil qilingan tok. Uning darajasi himoya tizimi ishlab ketishi uchun yetarli emas. " Parazit tokdan muhofazalash|"Qurilmalardan parazit tokdan himoyalash uchun, zanjirni uzish yoki o‘tkazgichni yerga ulash orqali foydalanish. " Parazit viruslar|"Nusxalarini tarqatishda, fayllarni to‘liq yoki qisman ishlash qobiliyatini saqlagan holda, faylga o‘zining kodini qo‘shish orqali fayllarning ichidagini albatta o‘zgartiradigan viruslar. Izoh – Virus kodi virusni dasturga kiritish joyiga bog‘liq ravishda dastur oldidan, undan keyin yoki dastur bilan birga bajariladi. " Parchalash|"Xizmat ko‘rsatish zonasini, maʼlumotlar oqimini yoki signalni bir necha qismga bo‘lish. " «Parking» rejimidagi chaqiruvni o’rnatish|"«Parking» rejimidagi chaqiruvni o’rnatish uni shu abonent tomonidan (erkin foydalanish kodini terish) yoki guruhning boshqa raqamidan (boshqa abonent tomonidan) keyinchalik tutib qolish uchun bajarish imkonini beradigan xizmat. " Parol|"1. Autentifikatsiya qilish axboroti sifatida foydalaniladigan simvollar ketma-ketligi. 2. Erkin foydalanish subyektining siri bo‘lib hisoblanadigan identifikator. 3. Foydalanuvchining muhofaza qilingan ma’lumotlardan erkin foydalanishi uchun ega bo‘lishi kerak bo‘lgan belgilar satrini o‘zida aks ettiruvchi maxfiy autentifikatsiya qilish axboroti. 4. Elektron hisoblash mashinasiga terminal klaviaturasidan yoki identifikatsion (kodli) karta yordamida kiritiladigan, harf, harf-raqam yoki raqam shaklidagi kodli so‘zni o‘zida ifodalovchi, erkin foydalanishni identifikatsiyalovchi vosita. " Parol bilan muhofaza qilish|"1. Tizimdan foydalana olishni boshqarish mexanizmi bo‘lib, tizim yoki tarmoq ichida dasturiy ta’minot yaxlitligi saqlanishini ta’minlaydi. 2. Ma’lumotlarni muhofaza qilish usuli, bunda ma’lumotlardan foydalana olish uchun parol kiritish zarur. " Parol bo‘yicha identifikatsiyalash|"Nusxasi tizimda saqlanadigan parol bo‘yicha foydalanuvchini qatʼiy identifikatsiyalash imkonini beradigan protsedura. Foydalanuvchining tizim resurslaridan foydalanish yuzasidan huquqlari hamda vakolatlarini aniqlash maqsadida bajariladi. " Parollarni egallab oluvchilar|"Operatsion tizimga aldamchi ta’sirlar ko‘rsatish orqali parollarni o‘g‘irlovchi dasturlar. " Parollarni keshlash|"Lokal kompyuterda parollarni va foydalanuvchi to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlarni saqlash. " Parollarni ochuvchi|"Parollarning tanlanishini va aniqlanishini amalga oshiruvchi dastur. " Parollashtirish|"Kompyuter tizimi va uning fayllariga kira olishni cheklash usullaridan biri. " Parolni ko‘rsatish|"Identifikatsiyalashning tugallanishi va foydalanuvchining haqiqiyligini o‘rnatish. " Parolni tez-tez o‘zgartirish bilan qilinadigan hujum|"Ko‘p darajali muhofaza tizimiga qilinadigan aktiv hujum turi, bunda jinoyatkor begona identifikatsion ma’lumotlardan foydalanadi, birinchi chaqiruv qayerdan kelganligini aniqlash mumkin bo‘lmaydigan tarzda izlarni chigallashtirib, ularni muntazam o‘zgartiradi. " Parolsiz|"Pochta mijozi yoki Internetni ko‘ruvchi (brauzer)ni sozlashdagi biron-bir dasturiy mahsulotni o‘rnatish jarayonida xavfsizlikni kamaytirish maqsadida foydalaniladigan atama. " Parsing|"Yuqori daraja dasturlash tilida yozilgan jumlani, uni kompilyatsiyalash paytida tahlil qilish. " Pasayib boradigan ishlanma|"Loyihalar, tizimlar, dasturlar ishlab chiqish usuli, bunda ishlab chiqish yuqoridan pastga tomon amalga oshiriladi. Tuzilmaviy aktivlashning asosiy usullaridan biri. Pasayib boradigan dasturlash pasayib boradigan ishlanmaning xususiy holidir. " Pasayib boruvchi kanal|"Tayanch stansiyadan foydalanuvchi uskunasiga tomon yo‘nalgan uzatish kanali. " Pasayib boruvchi trafik|"Tarmoq markaziy uzelidan periferik uzellarga uzatiladigan trafik, masalan, Internet dan telefon modemiga, tayanch stansiyadan abonent stansiyasiga va h.k. " Pasaytirmoq|"Detallarni eskirog‘iga almashtirish yo‘li bilan kompyuter quvvatini pasaytirish. Kompyuterning kam energiya sarflashi yoki narxini pasaytirish uchun xizmat qiladi. " Pasayuvchi oqim|"1. Kabelli televideniye tarmog‘ida o‘zaro bog‘lanish interaktiv kanalining bevosita (bosh stansiya – abonent) trakti. 2. Yo‘ldoshdan Yer stansiyasigacha bo‘lgan kanal. " Passiv antenna panjarasi|"Aktiv qurilmalarni o‘z ichiga olmaydigan antenna panjarasi. " Passiv hujum|"1. Kriptotizim yoki kriptografik protokolga hujum, bunda raqib va/yoki buzg‘unchi uzatiladigan shifrlangan xabarlarni kuzatadi va ulardan foydalanadi, ammo qonuniy foydalanuvchilarning xatti-harakatlariga ta’sir ko‘rsatmaydi. 2. Uzatilayotgan ma’lumotlarni tutib olish yoki monitoring qilish xususiyatiga ega hujum. Bu holatda buzg‘unchining maqsadi uzatilayotgan axborotni olish hisoblanadi. " Passiv konsentrator|"Tarmoqdagi bir nechta stansiyadan keladigan simlarni, cignallarni qayta ishlamasdan yoki ularni regeneratsiya qilmasdan, birlashtiruvchi ulanish qurilmasi. " Passiv rejim|"Abonent stansiyasi boshqa stansiyalarning boshqaruvida ishlaydigan va mustaqil tarzda aloqaga chiqish huquqiga ega bo‘lmagan aloqa rejimi. " Passiv tahdid|"1. Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi holatini o‘zgartirmasdan, axborot mazmunini ruxsat etilmagan tarzda, ochishga bo‘lgan tahdid. Izoh – Amalga oshirilishi natijasida qo‘lga kiritilib, uzatilgan ma’lumotlardan ta’sirchan axborotni tiklash imkoni bo‘lgan tahdid passiv tahdidga misol bo‘lib hisoblanadi. 2. Tizimning ishlash rejimini o‘zgartirmasdan axborotdan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olish imkoniyati. " Past tezlikli qo‘shma boshqaruv kanali|"Ikki tomonlama kanal, odatda, undan mobil aloqa tarmoqlaridagi quvvatni boshqarish uchun foydalaniladi. Tayanch stansiya tomonidan uzatgichning chiqish quvvati darajasini o‘zgartirish komandalari beriladi, mobil stansiyadan tayanch stansiyaga esa, qabul qilgichning kirish signali darajasini o‘lchash ma’lumotlari uzatiladi. " Past chastotalar|"30 kHz dan 300 kHz gacha bo‘lgan diapazondagi chastotalar sohasi. " «Pastdan yuqoriga» dasturlash|"Umumiy sxemani ishlab chiqish yakunlanmagan bir vaqtda, protseduralar, kichik dasturlarni ishlab chiqishdan boshlanadigan dasturlarni ishlab chiqish metodikasi. Bunday metodika, ko‘pincha ma’qul bo‘lmagan natijalarga, qayta ishlashlarga va ishlab chiqish vaqti oshib ketishiga olib keladi. Ikkinchi nomi – ko‘tarilib boradigan dasturlash. " Pastga mexanil ogʻish|"Antennaning, antenna tuzilmasini mustahkamlash fizik korrektirovka yoʻli orqali amalga oshiriladigan, pastga ogʻishi. " Pastga og‘ish burchagi, antennaning pastga og‘ish burchagi|"Asosiy yaproq va gorizontal tekislik yo‘nalishi o‘rtasidagi burchak. " Pastki kolontitul|"Har bir sahifaning ostiga qo‘yiladigan yoki avtomatik tarzda takrorlanadigan bitta yoki bir nechta satr. Tez-tez yangilanib turiladigan hujjatning bob, versiya nomini va tuzilish sanasini joylashtirish uchun foydalaniladi. " Pauza|"1. Oldingi aloqa seansi tugagan payt bilan keyingi aloqa seansi boshlangan payt orasidagi vaqt intervali. 2. Ikkilik modulyatsiya usullarida signal bo‘lmaydigan, uning qiymati esa, mantiqiy nolga teng bo‘ladigan holat. " Pauzada qayta ulash|"Aloqa mavjud bo‘lmagan vaziyatda mobil stansiyani bir tayanch stansiyadan boshqasiga qayta ulash protsedurasi. " Perfokartalarni uzatish|"Perfokartani kirish kolodasidan o‘qish yoki perforatsiya blokiga ko‘chirish jarayoni. " Periferik qurilma|"Kompyuterga kiritish/chiqarish portlari orqali ulanadigan va keng ko‘lamdagi vazifalar hal qilinishini ta’minlaydigan qurilmalar. " Periferik shina|"Periferik qurilmalarni kompyuter bilan bog‘laydigan kiritish-chiqarish shinalarining umumiy nomi. " Periferiya asbob-uskunalari|"Alohida kompyuter bilan o‘zaro ishlashi va u tomonidan boshqarilishi mumkin bo‘lgan har qanday qurilma. Masalan, kiritish-chiqarish qurilmasi, tashqi xotira. " Perigey|"Yer yo‘ldoshi orbitasidagi, Yer markazidan minimal masofada joylashgan nuqta. Perigey Yer yo‘ldoshining periapsisi hisoblanadi. " Periskopik antenna|"Machta yoki minoraning asosi va u uning cho‘qqisiga tegishli ravishda joylashtiriladigan ikkita alohida: nurlantiruvchi va qayta nurlantiruvchi antennalardan tashkil topgan murakkab ko‘zguli antenna. Izoh − Radioreleli aloqa liniyalarida qo‘llaniladi. " Peritelevideniye|"Televizordan, boshqa apparatura bilan birgalikda, televizion dasturni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rishdan farq qiluvchi maqsadlarda foydalanishga imkon beradigan uskuna. Misollar − Videoo‘yinlar, videograflar, maishiy videomagnitofon yoki maishiy kompyuterdan foydalanish. " Peritelevizion ajratgich|"Ayrim turdagi televizorlarda, tashqi uskunani ulash, odatda, peritelevideniyeni qo‘llash uchun ko‘zda tutilgan ko‘p kontaktli ajratgich. " Pero|"Kiritish qurilmasi; ko‘rinishiga qarab, displey ekranida yoza oladigan avtoruchkani o‘zida ifodalaydi. Juda qulay kiritish vositasi, ayniqsa grafik ma’lumotlar uchun. Pero bilan qo‘lyozma matnni ham kiritish mumkin, agar simvollarni optik aniqlash dasturi bo‘lsa. " Peroli kompyuter|"Ma’lumotlarni kiritish pero (yoki qalam) yordamida amalga oshiriladigan kompyuter. " Persepsion kodlash|"Raqamli audio yoki videosignallarni kodlash uchun zarur bo‘lgan bitlar sonini, odam idrok etishi nuqtai nazaridan, ahamiyatli bo‘lmagan axborotni tushirib qoldirish hisobiga kamaytirish usuli. " Perspektivaning buzilishi|"Ko‘z va uzatuvchi TV kamera bilan turli ko‘rish burchaklari ostida qaraladigan cheklangan muhit. " Petabayt|"Bir million gigabaytga teng xotira hajmining o‘lchov birligi,. Petabayt hajmli bazalar asosan telekompaniyalarda videoarxivlar uchun yaratiladi. " Petch-kord (qayta ulash shnuri)|"1. Krossda telekommunikatsiya sxemalarini ulash uchun foydalaniladigan, bir yoki har ikkala uchida konnektorlari bo‘lgan kabel bo‘lagi. 2. Petch-panelda ulanishlarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan, egiluvchan kabel birligi yoki konnektorli element. " Petch-panel (qayta ulash paneli)|"1. Biriktirilgan konnektorlardan iborat, boshqarishni osonlashtiruvchi kross-tizim. 2. Petch-kordlardan foydalanish uchun loyihalashtirilgan kross. Ko‘chishlarda va o‘zgarishlar kiritishda boshqaruvni osonlashtiradi. " Peyjer|"Radiopeyjing – shaxsiy radiochaqiruv tizimi orqali uzatiladigan xabarlarni qabul qiladigan individual abonent qurilmasi. " Peyjerli aloqa|"Alifbo-raqamli bir tomonlama radioaloqa tizimi. Tizim uzelida o‘ta yuqori chastotalarda ishlaydigan radiouzatgich o‘rnatiladi. Tizim abonentlari har doim o‘zlari bilan xabarlarni qabul qiluvchi qurilma − peyjer olib yuradilar. Peyjer − bu, xabar aks etadigan displeyli qabul qilgichdir. Xabarni peyjerga uzatish uchun, peyjerli aloqa tizimi operatorining telefon raqamini va peyjer raqamini bilish zarur. Operator telefon orqali uzatiladigan xabarni olgach, uni kompyuterga kiritadi. Kompyuter peyjerga alifbo-raqamli radioxabar jo‘natadi. " Peyjing|"Radioaloqa (telekommunikatsiya) xizmati bo‘lib, abonentlarga bir yo‘nalishda akustik chaqiruv signallarini uzatish uchun mo‘ljallangan. qabul qiluvchi displeyida chaqiruvni aks ettirish uchun zarur maʼlumotlar ham uzatiladi. " Pikouya|"Uyali aloqa tizimidagi, ta’sir doirasi juda kichik (10−100 m) bo‘lgan, xizmat ko‘rsatish sohasi. Piko-uya aholi zichligi yuqori bo‘lgan yerlarda, masalan, yirik supermarketda, ofis va boshqalarda vujudga keltiriladi. " Piksel, nuqta|"Tasvirning minimal elementi. Tasvirlarning ajrata olish qobiliyatini o‘lchash uchun xizmat qiladi. Videotasvirda to‘g‘ri burchak, fotokadrlarda kvadrat shakliga ega. " Piktogramma|"Qandaydir harakatning, ogohlantirishning, obyektning (dastur, fayl) yoki tushunchaning grafik tasviri. Grafik interfeyslarda tezda tushunish va o‘zlashtirish uchun foydalaniladi, bunda eng umumiy, tushunarli obrazlar tanlanadi. " Pilot-signal|"1. Eltuvchi chastotada nurlanadigan va odatda sinxronlashtirish uchun foydalaniladigan modulyatsiyalanmagan signal. Radioto‘lqinlarning tarqalish sharoitlarini nazorat qilish uchun bitta yoki turli eltuvchi chastotada nurlanadigan bir nechta pilot-signal qo‘llaniladi. 2. Spektri kengaytirilgan tizimlarda – umumiy chastotalar polosasida boshqa foydali signallar bilan birgalikda uzatiladigan kodli ketma-ketlik. Izoh − Pilot-signalning nurlanishi, shuningdek, berilgan tayanch stansiya xizmat ko‘rsatadigan zonada joylashgan barcha mobil stansiyalar qabul qila olishi uchun, keng eshittirish rejimida ham amalga oshiriladi. Pilot-signal yordamida kadrni sinxronlash va eltuvchining kogerent tiklanishi ta’minlanadi, shuningdek, bu xil signal stansiyani tezda izlab topish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha axborotni ham ichiga olishi mumkin. " Pilot-signal kanali|"Pilot-signal kodli ketma-ketligi uzatiladigan kanal. Izoh − IS-95 standartida «faqat nollar» turidagi ketma-ketlik. Pilot-kanal dastlabki sinxronlashni o‘rnatish, radiokanalning uzatish koeffitsiyenti va qabul qilinadigan signallar fazasini baholash, uyalarni izlashda tayanch stansiyalarni identifikatsiyalash hamda xendoverni ta’minlash uchun mo‘ljallangan. " Ping|"Inglizchadan tarjimasi «taqillatmoq» so‘zini bildiradi. Tarmoq kompyuteri o‘rtasida paketlarning o‘tish vaqtini o‘lchash ping buyrug‘i orqali amalga oshiriladi. Domen va istalgan tarmoq qurilmasining IP-manzili orasida muvofiqlikni o‘rnatish imkonini beradi. " Pir|"Tarmoqning, servislarni teng darajadagi tarmoqning boshqa qatnashchilariga taqdim etadigan va o‘zi ham ularning servislaridan foydalanadigan teng huquqli qatnashchisi (foydalanuvchi). Izohlar 1. Ko‘pincha, fayl almashinadigan tarmoqlarda tarqatishda ishtirok etadigan mijoz pir deb ataladi. 2. Pir mijoz-server arxitekturasida mijoz yoki serverning qarama-qarshisi hisoblanadi, chunki servislarni ifodalaydi va ulardan foydalanadi. " Piring|"Internet operatorlarining o‘z tarmoqlari orasida trafik almashish. Piring tarmoqlar orasida paketlarni uzatish marshrutlarini qisqartirish va trafik xarajatlarini kamaytirishga imkoniyat yaratadi. Trafik almashishning shahar yoki milliy nuqtalarini yaratish bitta shahar yoki mamlakat pro-vayderlari o‘rtasida maʼlumotlarni uzatganda shaharlararo va xalqaro aloqa kanallaridan foydalanmaslikka imkon beradi. " «Pirpirak»|"Solaris operatsion tizimidagi sinxronlanuvchi primitiv. Sinxronlash uchun zarur bo‘lganda, yoki adaptiv myuteksdan, yoki o‘quvchilar-yozuvchilarni blokirovkalovchidan foydalanishga imkon beradi. " Piyoda abonent|"Abonentlar toifasi. Yer usti uyali aloqa tarmoqlarining barcha abonentlari shartli ravishda uch toifaga ajratilgan: tez harakatli, kam harakatli va statsionar (turg‘un). Kam harakatli obyektlar toifasiga, harakat tezligi 3 km/h, ma’lumot uzatish tezligi esa 384 Kbit/s gacha bo‘lgan piyoda abonentlar kiradi. " «Pishloq» turidagi antenna (segment-parabolik antenna)|"Parabolik silindr (yarim silindr) ko‘rinishidagi ko‘zgu va o‘qqa nisbatan siljigan nurlagichdan iborat segment-parabolik antenna. " Plagin|"Asosiy dasturga dinamik tarzda ulanadigan, dasturning imkoniyatlarini kengaytirish va/yoki undan foydalanish uchun mo‘ljallangan mustaqil ishga tushuriluvchi dasturiy modul. Plaginlar odatda taqsimlangan bibliotekalar ko‘rinishida ishlaydi. " Planar to‘lqin o‘tkazgich|"Yassi va tekis taglikka kiritilgan yassi tuzilmalar asosidagi to‘lqin o‘tkazgich. " Plank chizig‘i|"Turli temperaturaga ega bo‘lgan Plank nur tarqatgichlari (mutlaq qora jism) ranglilik nuqtalarining geometrik o‘rni. " Planshetli kompyuter|"Ekran bilan bog‘langan qo‘lda kiritish planshet qurilmasi bilan jihozlangan noutbuklar turkumi. Planshet kompyuter stilus yoki barmoqlar yordamida, klaviatura va «sichqoncha»siz ishlashga imkon beradi. Foydalanuvchi matnni qo‘lyozmani aniqlash dasturi, ekrandagi (virtual) klaviatura, nutqni tanish dasturi yoki oddiy klaviatura orqali kiritishi mumkin. " Planshetli skaner|"Fotosuratlar, qog‘oz hujjatlar, slaydlarni skanlash uchun foydalaniladigan sahifa skanerlarining keng tarqalgan va arzon turlaridan biri. " Plastik karta|"Kartadan foydalanuvchi shaxsga tovarlar va xizmatlar uchun naqd pulsiz haq to‘lash, shuningdek, to‘lov tizimi ishtirokchilari bo‘lgan bank bo‘limlarida va bankomatlardan naqd pul mablag‘larini olish imkonini beruvchi shaxsiylashtirilgan to‘lov vositasi. " Plastik optik tola|"Plastikdan tayyorlangan optik tolali kabel. Shisha tolaga nisbatan kattaroq so‘nish va sochilish qobiliyatiga ega. «Plastik» rouming ing. - «plastic» roaming ru – «пластиковый» роуминг Abonentning mahalliy operator bilan uning xizmat ko‘rsatish imkoniyati to‘g‘risida oldindan kelishib oladigan va undan xizmat ko‘rsatadigan operatorga taalluqli boshqa abonent raqamini, unga o‘zining uyali raqamiga kiruvchi barcha chaqiruvlarni qayta manzillash bilan oladigan «mexanik» rouming turi. " Plata|"IBM-PCli kompyuterlar arxitekturasining qo‘shimcha, alohida elementi. " Platadagi kompyuter|"Bitta platada amalga oshirilgan (bajarilgan) kompyuter. " Platani identifikatsiya qilish tuzilmasi|"Kompyuterga o‘z xarakteristikalarini – xotira va bufferlarning mavjudligini, uzatiladigan ma’lumotlarning formati va h.k.larni yetkazish imkonini beradigan tuzilma. " Platforma|"Oddiy kompyuterlarda yoki mobil telefonlarga o‘rnatilgan operatsion tizim turi. Zamonaviy smartfonlar uchun 4 ta asosiy turdagi platforma mavjud: Palm OS, Symbian, Linux va Pocket PC/Windows Mobile. " Platformaning barqarorligi|"Tizimni ta’mirlash yoki modernizatsiya qilish uchun qo‘shimcha komponentlarning mavjudligi, shuningdek, uchinchi tomon dasturiy ta’minot qismlarini qo‘llab-quvvatlash yoki ularni almashtirish imkoniyati uchun ijobiy prognoz. " Platformaning ko‘lamdorligi|"Platformaning komponentlarni modernizatsiyalash hisobiga samaradorlikni oshirishga tayyorligi. " Plazmali antenna|"Metall o‘tkazgichlarning o‘rniga radioto‘lqinlarni qabul qilish va uzatish uchun ionlangan gaz – yuqori elektr o‘tkazuvchanlikka ega plazma ishlatiladigan radioantennalar turi. " Plazmali displey|"Yuzasiga o‘rnatilgan parallel elektrodlar bilan ikki mustahkamlangan shisha platalari orasiga neon/ksenon gazlari aralashmasini zichlash yo‘li bilan ishlovchi yassi panelli displey turi. Platalar elektrodlar to‘g‘ri burchaklarni tashkil qilib piksellarni yaratishi mumkin bo‘lgan holda mustahkamlanadi. Ikkita elektrod orasida kuchlanish impulsi o‘tganda, gaz bo‘linib, ultrabinafsha nurlanishni chiqaruvchi kuchsiz ionlangan plazmani ishlab chiqaradi. Ultrabinafsha nurlanish rang fosforlarini aktivlashtiradi va har bir pikseldan ko‘zga ko‘rinadigan yorug‘lik chiqadi. " Plenum|"1. Bino ichidagi havo quvuri, u orqali kabel tortilishi yoki unda kabel o‘rnatilishi mumkin. 2. Havo taqsimlash tizimining bir qismini tashkil etuvchi, bitta yoki undan ortiq havo o‘tkazuvchi kanal ulanadigan bo‘shliq yoki xona. " Plezioxron raqamli iyerarxiya|"Ma’lumotlarni yuqori tezlikda plezioxron (deyarli sinxron) uzatish konsepsiyasi. O‘tgan asrning 80-yillari boshida ishlab chiqilgan. Hozirgi vaqtda iyerarxik tezliklarning uch sathi keng tarqalgan. Ular tezligi 64 kbit/s bo‘lgan DSO raqamli kanal asosida qurilgan. Evropada boshlang‘ich tezlik sifatida 2,048 Mbit/s, AQSh da esa, 1,544 Mbit/s tanlangan. " Plezioxron signallar|"Nominal tezliklari bir xil, biroq taktli signal manbalari turlicha bo‘lgan sinxron signallar, shu sababli joriy tezlik qiymatlari, ruxsat etilgan chegarada farq qilishi mumkin. " Plezioxron tarmoq|"Tayanch generatorlar chastotalari bir-biridan amalda farq qilmaydigan tarmoq. Buning oqibatida belgilarning o‘tib ketishini keltirib chiqaradigan yo‘qotishlar juda kam bo‘ladi. " Plombir puansoni|"Pochta buyumlari, pochta, kuryerlik jo‘natmalari va shuningdek qimmatbaho buyumlar saqlanadigan omborxonalar va magistral pochta yo‘nalishlari bo‘yicha pochtani tashiydigan pochta avtomashinalarining plombalanadigan pochta aloqasi obyekti nomining izini plastmassa yoki qo‘rg‘oshin plombirlarga tushirish uchun mo‘ljallangan maxsus qurilma. " Plotter|"Grafik axborotni qog‘oz tashuvchiga yoki boshqa bir tashuvchiga chiqarish qurilmasi. Izoh − Peroli, qalamli, purkagichli, elektrostatik graftuzgichlar, tasvir to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqariladigan plotterlar, termoplotterlar va lazer graftuzgichlar ajratiladi. " «Plyus» xizmati|"Ob-havo ma’lumoti, valyuta kursi, abonentning hisob holati, oxirgi to‘lov to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shoshilinch xizmatlarning telefon raqamlari to‘g‘risida va boshqa ma’lumotlarni olish imkoniga ega xizmat. " Podkasting|"Inglizcha «iPod» va «broadcasting» so‘zlaridan kelib chiqqan. Vebda audio eshittirishlar yoki video ko‘rsatuvlar (pod-kastlar)ni yaratish va tarqatish jarayoni. Odatda podkastlar muayyan mavzu va chop etilish doimiyligiga ega bo‘ladi. Pod-kastlarni eshitish yoki ko‘rish uchun maxsus dasturiy mahsulotlar mavjud. " Podyezd pochta yo‘nalishi|"Pochta aloqasi obyekti (tuman yoki shahar pochta aloqasi bog‘lamasi, pochta aloqasi bo‘limi, pochta almashinuv punkti)ni pochta almashinuvi amalga oshiriladigan temir yo‘l stansiyasi, aeroport bilan bog‘lovchi pochta yo‘nalishi. " Polibiy kvadrati|"Grek tarixchisi Polibiy tomonidan tavsiflangan bir alifboli kriptotizim. O‘zida 5x5 kvadratni ifodalaydi. Ochiq matnning har bir simvoli ochiq matnning simvoli joylashgan ustun va satrni ko‘rsatuvchi juft simvollar bilan almashtiriladi. " Polimorf viruslar|"Zararlangan dasturlarda o‘z kodini, aynan bir virusning ikkita nusxasi birorta ham bitda mos tushmaydigan qilib o‘zgartiradigan viruslar. " Polimorfizm|"Kichik dasturlar (protseduralar, funksiyalar)ning, ma’lumotlarni ularning turiga bog‘liq holda turli algoritm bo‘yicha qayta ishlash xususiyati; obyektga yo‘naltirilgan dasturlashda keng foydalaniladi. " Polosa|"Chastotaning ikki qo‘shni qiymatlari o‘rtasidagi o‘zgarmas chastotalar diapazoni. Shuningdek, chastotalar polosasi deb ham ataladi. Izoh – Optik-tolali kabelni tavsiflashda bu atamadan faqat ko‘p modali tolalarning o‘tkazish qobiliyatini aniqlashda foydalaniladi. Bir modali tolalar uchun «dispersiya» atamasi ishlatiladi. " Polosa filtri|"Qirqimning yuqori va nolinchi bo‘lmagan quyi chastotasi bilan cheklangan muayyan chastotalar polosasini o‘tkazuvchi filtr. Berilgan polosadan tashqarida qolgan barcha chastotalar filtr tomonidan bostiriladi. Qirqimning quyi chastotasi nolinchi, yuqori chastotasi esa oxirgi chastota bo‘lsa, u holda bunday filtr quyi chastotalar filtri deyiladi. Qirqimning uzluksiz katta yuqori chastotasiga hamda quyi chegara bo‘yicha cheklashga ega bo‘lgan filtr yuqori chastotalar filtri deb ataladi. " Polosadan tashqari nurlanish|"Modulyatsiya jarayoni natijasi bo‘lgan, lekin nomaqbul nurlanishlarni ichiga olmaydigan, chastotalar polosasining zarur kengligiga bevosita tutashadigan chastota yoki chastotalardagi nurlanish. " Polosalar qadami|"Bitta rangning qo‘shni piksellari o‘rtasidagi masofani o‘lchash usuli, apertura panjarali monitorlarda qo‘llaniladi. Polosalar qadami vertikal polosalar orasidagi masofa sifatida o‘lchanadi. " Polosali liniya|"O‘rtasidan ensiz metall tasma ko‘rinishidagi o‘tkazgich o‘tgan, bir-biriga qaratilgan keng sirtlar orqali yaqin joylashgan ikki metall tasma hosil qilgan uzatish liniyasi. Metall tasmalar o‘rniga dielektrik sirtiga yupqa surtilgan folga qatlamlar qo‘llanilishi mumkin. " Polosali to‘lqin o‘tkazgich|"Dielektrik bilan ajratilgan metall polosalardan iborat to‘lqin o‘tkazgich. " Polosali vibrator|"Ochiq polosasi liniya kesimi ko‘rinishidagi dielektrik qatlamida joylashgan vibrator. " Port|"1. Tashqi qurilmani mikroprotsessorning ichki shinasiga ulash nuqtasi. Izoh – Dastur maʼlumotlarni portga yuborish yoki ularni portdan olishi mumkin. 2. Biriktirish qurilmasi, uning yordamida kompyuterning tezkor xotirasi yoki markaziy protsessor maʼlumotlar uzatish maqsadida boshqa qurilmalar bilan bog‘lanishi mumkin. " Port tartib raqami|"Bitta kompyuterda tarmoq orqali aloqa qila oladigan bir necha dasturni yurgizish mumkin. Ushbu dasturlarni ajratish uchun ularga yurgizilish paytida shaxsiy port tartib raqami beriladi. Port tartib raqami URLga kompyuter nomidan keyin yoziladi. Masalan, HYPERLINK ""http://www.site.com:80"" http://www.site.com:80 " Portal|"1. Internetga yoki Internet texnologiyasiga qurilgan korporativ tarmoqqa kirishning asosiy nuqtasi. 2. Spetsifik auditoriya uchun mo‘ljallangan va axborot to‘ldirish (kontent) birlashtirilishini, ushbu auditoriya uchun muhim bo‘lgan axborot yetkazilishini; birgalikda ishlashni va jamoaviy xizmatlarni; tanlangan auditoriya uchun mo‘ljallangan, shaxsiylashtirish asosida taqdim etiladigan xizmatlardan va ilovalardan foydalanishni ta’minlaydigan veb-sayt. Izoh ‒ Portallar vazifasiga bog‘liq holda umumfoydalanadigan (universal va ixtisoslashtirilgan) portallarga va korporativ (axborot va bilimlarni boshqarish) savdo (iste’mol va korporativaro) portallariga bo‘linadi. " Portativ kompyuter|"Avtonom taʼminot manbaidan ishlay oladigan o‘lchami kichik, ko‘tarib yuriladigan shaxsiy kompyuter. " Portativ radiostansiya|"Nutqning past sifat bilan uzatilishini ta’minlaydigan va konvensional mobil radioaloqa tarmoqlari uchun mo‘ljallangan stansiya. " Portlar skaneri|"Kerakli portlar ochiq bo‘lgan tarmoq xostlarini izlash uchun xizmat qiladigan dasturiy vosita. Mazkur dasturlar odatda tizim administratorlari tomonidan o‘z tarmoqlarining xavf-sizligini tekshirish va badniyat shaxslar tomonidan tarmoqni buzish maqsadida qo‘llaniladi. " Portlarni birlashtirish|"Ikkita portni bir nechta (odatda, to‘rttagacha) parallel liniya yordamida mustahkam bog‘lash texnologiyasi. Birlashgan portning unumdorligi ishga solingan liniyalar unumdorligining yig‘indisiga teng. Liniyalarning biri ishdan chiqsa, yuklama qolgan liniyalar o‘rtasida teng taqsimlanadi. " Portlash|"Hisoblash tizimlarida – xato to‘g‘risida xabar berish bilan, dasturning keyinchalik bajarilishiga to‘sqinlik qiladigan avariyaviy to‘xtash. " Portni kengaytirgich|"Bir nechta (ketma-ket) liniyani kompyuterning bitta porti bilan bog‘laydigan qurilma. " Posilka|"O‘lchamlari, og‘irligi va o‘rash tartibi Pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish qoidalarida belgilangan, jo‘natishga ruxsat etilgan sanoat tovarlari, oziq-ovqat mahsulotlari, madaniy-maishiy va boshqa tovarlar solingan pochta, kuryerlik jo‘natmasi. " Postfiks|"Asosiy element orqasidan yoziladigan, operator, komandani tavsiflash elementi; o‘zining operandidan keyin yoziladigan operatsiya. Masalan, Si tilida x++. " Postfiltratsiya|"1. Televizion videosignalni raqamli-analog signalga o‘zgartirishdan keyin chastotaviy filtrlash. 2. Videoma’lumotlarni MPEG-dekodlashdan so‘ng qayta ishlash jarayoni. Signalni yanada aniqroq tiklashga ko‘maklashadi. " Postmaster|"Pochta serverining turli sozlamalarini boshqarish uchun mo‘ljallangan maʼmuriy qayd yozuvi. " Postuslovie|"Haqiqiyligi protsedura yoki sikl jismi bajarilgandan keyin tekshiriladigan shart. " Pоtensial imkoniyatlar|"Mahsulot yoki tizim parametrlari chekka qiymatlarining talablarga mos kelishlik darajasi. " Potensial kalit|"Ortiqcha axborotsiz axborot bazasida qatorni aniqlaydigan atributlar kombinatsiyasi. Xar bir jadval bir nechta potensial kalitga ega bo‘lishi mumkin. Bulardan biri asosiy kalit sifatida tanlanadi. " Potensial zaiflik|"Taxmin qilinayotgan, lekin tasdiqlanmagan zaif joy. Izoh – FXTni o‘zgartirish maqsadida, hujumlarning bo‘lish ehtimoli taxminiga asoslanadi. " Poynting vektori|"Elektromagnit maydon energiyasi oqimining vektor zichligi. " Pozitiv modulyatsiya (televideniyeda)|"Modulyatsiyalovchi videosignalda qoradan oqgacha bo‘lgan o‘zgarish amplitudaviy modulyatsiyada modulyatsiyalovchi signal amplitudasining oshishiga yoki chastotaviy modulyatsiyada oniy chastotaning oshishiga mos keladigan modulyatsiya. " Pozitiv (negativ) amplitudaviy modulyatsiya|"Tasvir eltuvchini televizion videosignal bilan amplitudaviy modulyatsiyalash. Bunda signal ko‘lamining oshishi modulyatsiyalangan eltuvchi ko‘lamining oshishiga (kamayishiga) olib keladi. " Pozitiv uzatish|"Tasvir axborotini shunday usulda uzatishki, bunda dastlabki jadallikning oshishi uzatiladigan quvvatning oshishiga olib keladi. " Pozitiv videosignal|"Oniy qiymatlari qoradan oqga o‘tishda ko‘payadigan videosignal. " Pozitsion sanoq tizimi|"Sonlarni yozishda raqamlarning joylashgan o‘rni ahamiyatga ega bo‘ladigan sanoq tizimi. Har bir pozitsion sanoq tizimida asos mavjud bo‘ladi. Har qanday son asos raqamlardan tuzilgan ketma-ketlik ko‘rinishida yoziladi. Asos raqamlari soni asosning o‘ziga teng bo‘ladi. Asos, har bir raqamning salmog‘i katta qo‘shni razryadda turgan raqam salmog‘idan necha marta kichikligini ko‘rsatadi. Qurilgan pozitsion sanoq tizimlarining soni har qanday bo‘lishi mumkin. Informatikada asosan to‘rtta tizimdan: o‘nlik, ikkilik, sakkizlik va o‘n oltitalik tizimdan foydalaniladi. Pozitsion sanoq tizimlari hisoblashlar, ham butun, ham kasr sonlarni ko‘rsatish uchun juda qulay. " Pochta|"1. Pochta, kuryerlik jo‘natmalari va pochta buyumlarining majmui. 2. Odamlarning o‘zaro muloqot qilish usullaridan biri. Haqiqiy hayotda ham, Internet tarmog‘ida ham mavjud. Bu jarayonda ikki tomon ishtirok etadi: jo‘natuvchi va qabul qiluvchi. Jo‘natuvchi boshqa odamga yoki odamlar guruhiga xat yozayotgan tomon, oluvchi esa xatni qabul qilishi ko‘zda tutilgan odam yoki odamlar guruhidir. " Pochta almashinuv punkti|"Pochta aloqasi obyekti va transport o‘rtasida pochtani vaqtinchalik saqlash, ishlov berish va almashish maqsadida tashkil etilgan pochta aloqasi obyekti. " Pochta almashinuvi|"Transport yordamida pochta aloqasi obyektlari va pochta aloqasi obyekti xodimlari va transport o‘rtasidagi pochtani qabul qilish-topshirish jarayoni. Izoh – Pochta faqat qabul qilinishi yoki faqat topshirilishi amalga oshirilsa, bunda almashuv faqat bir tomonlama hisoblanadi. " Pochta aloqasi|"Pochta, kuryerlik jo‘natmalari va pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalarini jo‘natish va yetkazib berishni (topshirishni) taʼminlovchi texnika va transport vositalarining yagona ishlab chiqarish-texnologiya majmuidan iborat aloqa turi. " Pochta aloqasi bog‘lamasi|"Pochta yo‘nalishlarining kesishgan yoki tutashgan punktida joylashgan, biriktirilgan hududda pochta va kuryerlik jo‘natmalari, pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalarini jo‘natish va yetkazib berish (topshirish), pochtaga ishlov berish va uning almashinuvi bo‘yicha o‘zaro bog‘liq vazifalar bajarilishini taʼminlovchi pochta aloqasi obyekti. " Pochta aloqasi bo‘limi|"Foydalanuvchilarga pochta aloqasi xizmatlarini, boshqa turdagi xizmatlarni ko‘rsatuvchi, pochtaga ishlov berish va uning almashinuvini amalga oshiruvchi pochta aloqasi obyekti. " Pochta aloqasi obyektlari|"Pochta aloqasi operatorlarining alohida bo‘linmalari (pochtamtlar, pochta aloqasi bog‘lamalari, bo‘limlari, punktlari, shuningdek, boshqa bo‘linmalar). " Pochta aloqasi operatori|"Mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida pochta aloqasi tarmog‘iga egalik qiluvchi va faoliyatning asosiy turi sifatida pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lgan yuridik shaxs. " Pochta aloqasi provayderi|"Foydalanuvchilarga pochta aloqasi operatorlarining tarmog‘i orqali pochta, kuryerlik xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs. " Pochta aloqasi tarmog‘i|"Pochta aloqasi obyektlari va pochta yo‘nalishlari majmui. " Pochta aloqasi tayinlangan operatori|"O‘zbekiston Respublikasi hududida pochta aloqasini amalga oshirish va Umumjahon pochta ittifoqining xujjatlaridan kelib chiquvchi majburiyatlarni bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlangan pochta aloqasi operatori. " Pochta aloqasi vositalari|"Pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish uchun foydalaniladigan binolar, yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar, asbob-uskunalar, texnika va transport vositalari, shuningdek, pochta konvertlari, varaqchalari va taralar. " Pochta aloqasi xizmatlari|"Pochta aloqasi operatori yoki provayderining pochta va kuryerlik xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha faoliyati. " Pochta aloqasi xizmatlari uchun tarif|"Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish uchun maxsus vakolatli organ, pochta aloqasi operatori yoki provayderi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda belgilanadigan to‘lov miqdori. " Pochta aloqasining asosiy xizmatlari|"Pochta aloqasining pochta, kuryerlik jo‘natmalari, shuningdek, pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalarini jo‘natish va yetkazib berish (topshirish) bo‘yicha xizmatlari. " Pochta aloqasining hududiy (viloyat) tashkiloti|"Pochta aloqasi obyektlariga biriktirilgan hududda ishlab chiqarish faoliyatini tashkil qiluvchi pochta aloqasi operatorining hududiy tarkibiy bo‘linmasi. " Pochta aloqasining ishlab chiqarish jarayoni|"Pochta, kuryerlik jo‘natmalari va pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalarini jo‘natish va yetkazib berish (topshirish) bo‘yicha qatʼiy tartibga solingan va o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish operatsiyalarining kompleksini tashkil qiluvchi xodimlarning barcha harakatlari va ishlab chiqarish uskunalari jami. " Pochta aloqasining milliy operatori|"O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan zimmasiga O‘zbekiston Respublikasi doirasida majburiy ravishda universal xizmatlar ko‘rsatish vazifasi yuklatilgan pochta aloqasi operatori. " Pochta aviajo‘natmasi|"Havo transporti orqali jo‘natiladigan (barcha yo‘llarda yoki uning ayrim uchastkalarida) pochta jo‘natmasi. " Pochta-bagaj poyezdi|"Pochta va bagajni tashish uchun o‘z tarkibida asosan pochta hamda bagaj vagonlariga ega bo‘lgan maxsus tuzilgan poyezd. " Pochta bloki|"Maxsus varaqda bir va undan ortiq qatorda bosilgan hamda markalarga nisbatan kengroq hoshiya bilan ajratilgan bitta yoki bir nechta pochta markasi. " Pochta bombasi|"Saytni, pochta serverini ko‘p sonli xatlarni yuborish orqali posilkasi bilan ishdan chiqarish yo‘li bilan blokirovkalash. Sayt orqali hujum chog‘ida xatlar olinishini bartaraf qilish yoki o‘ch olish maqsadida ishlatiladi. " Pochta buyumi|"Belgilangan tartibda yopilgan hamda rasmiylashtirilgan qop yoki pochta konteyneri. " Pochta indeksi|"Pochta aloqasi obyekti manzilining shartli belgisi. " Pochta jo‘natishning oddiy protokoli|"IP-protokollari to‘plamiga kiruvchi protokol. RFC 0821da tavsiflangan 14 ta komandadan iborat. Internetda elektron pochtani marshrutizatsiyalash uchun ishlatiladi (e-mail, IMAP, POP, TCP/IP). " Pochta jo‘natmalari|"Manzili ko‘rsatilgan yozma xat-xabarlar, posilkalar va tegishli o‘rovdagi bosma nashrlar. " Pochta konteyneri|"Pochta, kuryerlik jo‘natmalarini tashish va vaqtinchalik saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus konteyner. " Pochta konverti|"Yozma xabarni o‘rash uchun xizmat qiladigan, yelimlash uchun klapanlari bo‘lgan, belgilangan o‘lchamlardagi to‘g‘ri burchak shaklidagi qog‘ozli qobiq. " Pochta, kuryerlik jo‘natmalarini ochiq holda jo‘natish|"Pochta, kuryerlik jo‘natmalarini pochta tarasiga berkitmasdan jo‘natish. " Pochta, kuryerlik jo‘natmalarini yopiq holda jo‘natish|"Пересылка почтовых, курьерских отправлений в почтовой таре. Pochta, kuryerlik jo‘natmalarini pochta tarasida jo‘natish. " Pochta, kuryerlik jo‘natmasi, pul mablag‘larining pochta o‘tkazmasini qayta jo‘natish|"Pochta, kuryerlik jo‘natmasi, pul mablag‘larining pochta o‘tkazmasini arizaga asosan yangi manzil bo‘yicha yoki yetkazib berishga asosan pochta aloqasi obyektining manzili bo‘yicha yo‘llashdan iborat ishlab chiqarish operatsiyasi. " Pochta, kuryerlik jo‘natmasini indekslash|"Pochta, kuryerlik jo‘natmasiga jo‘natilishi belgilangan joy pochta aloqasi obyektining pochta indeksini yozish. " Pochta ko‘prigi (filtri)|"Bir nechta kompyuter tarmog‘ini birlashtiradigan va ular o‘rtasida elektron pochtani yuborish imkoniyatini ta’minlaydigan, shuningdek, berilgan manzilar bo‘yicha uni saralaydigan (filtrlaydigan) qurilma. " Pochta manzili|"Tegishli pochta aloqasi obyektining pochta indeksi ko‘rsatilgan foydalanuvchining turar joyi. " Pochta manzillari ro‘yxati|"Qabul qiluvchilarning elektron manzillari ro‘yxati. Xat jo‘natilayotganda «Kimga» jo‘natilayotgani to‘g‘risida yoziladigan joyda manzillar ro‘yxatini kiritish mumkin va bu xatni ro‘yxatdagi barcha qabul qiladi. " Pochta markalari seriyasi|"Yagona mavzuga yoki muayyan voqeaga bag‘ishlangan, o‘xshash rasmiylashtirish uslubiga ega. " Pochta markasi|"Badiiy tasvirga ega bo‘lgan, nominal qiymati va mamlakatini ko‘rsatgan holda, bosma usulda tayyorlangan pochta to‘lovining davlat belgisi. " Pochta markasining asli|"Pochta markasi eskizini tayyorlash uchun dastlabki asos bo‘lib hisoblanadigan rasm. " Pochta markasining eskizi|"Pochta markasining namunasini tayyorlash uchun dastlabki asos bo‘lib hisoblanadigan rasm. " Pochta markasining namunasi|"Pochta markasining eskiziga muvofiqligini tekshirish va keyingi nashr etishga tasdiqlash uchun qimmatli qog‘ozlar blanklarini ishlab chiqarish huquqiga ega tashkilotlar tomonidan tayyorlangan, «Namuna» yozuvi. " Pochta markasining nominal qiymati|"Yozma xat-xabarlarni jo‘natish bo‘yicha xizmatlarning pochta markasida arab raqamlari yoki lotin harflari bilan ko‘rsatiladigan qiymati. " Pochta mijozi|"Xatlarni o‘qish, qabul qilish, jo‘natish va ular ustida boshqa operatsiyalarni bajarish uchun mo‘ljallangan dastur. Ushbu dastur yordamida foydalanuvchi pochta va News-serverlar bilan ishlashi mumkin bo‘ladi. " Pochta mulki|"Pochta aloqasi obyektlarida ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish imkonini beruvchi predmetlar va moslamalar. Izoh – Pochta mulkiga nomli buyumlar, shtamplar, tayanch punktlarning javonlari, seyflar, metall qutilar va javonlar, reklama uchun vitrinalar, pochta tarasi va h.k.kiradi. " Pochta protokoli|"Serverdan elektron pochtani olish uchun mo‘ljallangan eng ommaviy protokol. " Pochta qoidalari|"Pochta, kuryerlik jo‘natmalari, shu jumladan, xalqaro pochta jo‘natmalarini jo‘natish va yetkazib berish (topshirish) tartibini belgilovchi hujjat. " Pochta qurti|"Elektron pochta orqali har bir yetkazib berish ro‘yxatidagi adresatlarga mustaqil tarzda tarqalish qobiliyatiga ega bo‘lgan dastur. " Pochta qutisi|"Pochta aloqasi milliy operatorining manzili ko‘rsatilgan oddiy xatlar va pochta varaqchalarini yig‘ish uchun mo‘ljallangan, belgilangan shakl va o‘lchamdagi qulflanadigan maxsus qutisi. " Pochta qutisi (elektron xabarlar saqlanadigan joy)|"Aniq foydalanuvchiga manzillangan, elektron pochta xabarlari to‘planadigan xotira sohasi. " Pochta ro‘yxatlari|"Global tarmoq servis turlaridan biri, tarmoqda ko‘plab foydalanuvchilar – tarqatish ro‘yxatining muayyan obunachilari uchun umumiy hisoblanadigan elektron pochta manzili ajratilganda, foydalanuvchi-obunachilar o‘z xabarlarini umumiy manzil bo‘yicha yuboradilar va bu xabarlar ushbu tarqatish ro‘yxatiga obuna bo‘lganlarning barchasiga jo‘natiladi. " Pochta serveri|"So‘rovlar bo‘yicha elektron pochta orqali fayllar yoki axborot jo‘natadigan dastur. " Pochta taqvim shtempeli|"Pochta markalarini hisobdan chiqarish va/yoki pochta, kuryerlik jo‘natmalari, pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalari blanklari va/yoki ilova hujjatlari, kvitansiyalarga pochta aloqasining tegishli obyeti nomi, pochta vagoni, yo‘nalishi, sanani tushirish uchun mo‘ljallangan maxsus shtempel. " Pochta tarasi|"Pochta, kuryerlik jo‘natmalarini jo‘natish uchun qo‘llaniladigan maxsus qoplar, konteynerlar. " Pochta transporti yo‘nalishi|"Pochta tashiladigan temir yo‘l, avtotrakt uchastkasi. " Pochta to‘lovining davlat belgilari|"Pochta markalari hamda frankirlash mashinalarining pochta jo‘natmalariga pochta aloqasi xizmatlari haqi to‘langanligini tasdiqlash uchun tushiriladigan tamg‘asi. " Pochta vagoni|"Poyezd harakatlanayotgan yo‘lda pochtani tashish, ishlov berish va almashish uchun mo‘ljallangan maxsus konstruksiyadagi temir yo‘l vagoni. " Pochta varaqchasi|"O‘lchamlari, og‘irligi va o‘rash tartibi Pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish qoidalarida belgilangan, ochiq holda jo‘natiladigan maxsus blankdagi pochta, kuryerlik jo‘natmasining turi. " Pochta xizmatlari|"Pochta aloqasi operatori yoki provayderining pochta jo‘natmalarini, shuningdek, pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalarini jo‘natish va yetkazib berish (topshirish) bo‘yicha faoliyati. " Pochta yo‘nalishi|"Transportning, pochta aloqasi obyektlari o‘rtasidagi, belgilangan tartibda tasdiqlangan harakatlanish yo‘li. " Pochta yo‘nalishi rejasi|"Pochta yo‘nalishining turli yo‘llari mavjud bo‘lganda, pochtani jo‘natish va o‘tishining optimal tartibini belgilaydigan hujjat. " Pochta shlyuzi|"Ikki yoki bir necha turli elektron pochta tizimini bog‘laydigan va ular o‘rtasida xabarlar uzatilishini ta’minlaydigan mashina. " Pochtamt|"Shaharning markaziy qismida joylashgan, unga bo‘ysunadigan pochta aloqasi bog‘lamalari va/yoki bo‘limlarida rahbarlikni amalga oshiradigan hamda pochta, kuryerlik jo‘natmalari va pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalarini jo‘natish hamda yetkazib berish (topshirish)ni taʼminlaydigan pochta aloqasi obyekti. " Predikat|"Predikatlarni hisoblashda mohiyatlar – dalillarning oxirgi to‘plami o‘rtasidagi muayyan munosabatni aks ettiruvchi maxsus belgi. Predikatlarni hisoblashning odatiy variantida keltirilgan dalillar to‘plamida predikatning qiymati sifatida ikkita – chin va yolg‘on qiymat ishtirok etadi. " Predmet sohasi modeli|"1. Bilimlar yoki tajriba muayyan sohasining modeli. 2. O‘rganilishi, boshqa bir tizim to‘g‘risida axborot olish uchun vosita bo‘lib xizmat qiladigan tizim. 3. Qandaydir real jarayon, qurilma yoki konsepsiyani taqdim etish. " Preprotsessor|"Ma’lumotlarning asosiy qayta ishlash jarayoniga qadar, masalan, kompilyatsiyadan oldin dastlabki qayta ishlanishini bajaradigan dastur. Kompilyatorda bir nechta turli preprotsessor bo‘lishi mumkin, masalan, makroprotsessor, fayllar qo‘shish preprotsessori, til kengaytmalarini qayta ishlash preprotsessori. " Press-kit|"Loyiha, tashkilot yoki voqea to‘g‘risida batafsil axborot bo‘lgan bir qancha matnli, audio va vizual hujjatlar to‘plami. " Press-reliz|"Matbuot uchun mo‘ljallangan, joriy yoki yaqinlashib kelayotgan tadbirlar, voqealar to‘g‘risida muhim, jiddiy axborot bo‘lgan maxsus byulleten. " Preyskurantdagi narx|"Milliy operator tomonidan pochta markalari va bloklari kolleksiyasi uchun belgilanadigan, preyskurantda qayd qilingan narx. " Primitiv|"1. Dasturlarning bajarilish tezligini oshirish uchun, dasturlash tillariga kiritilgan funksiya yoki operator. 2. Dasturni tuzishda foydalaniladigan asosiy element. " Print-server|"Lokal tarmoqda, ushbu tarmoqning barcha ishchi stansiyalari tomonidan, bitta printerdan foydalanish qurilmasi. " Printer|"Ma’lumotlarni kompyuterdan qog‘ozga, plyonkaga o‘qish uchun qulay ko‘rinishda chiqarish uchun xizmat qiladigan qurilma. Printerlar bosish usuli, vazifasi va bosma ranglari soni bo‘yicha farqlanadi. Bosish usuliga ko‘ra, matritsali, termik, purkagichli va lazer printerlarga bo‘linadi; vazifasiga ko‘ra, ko‘tarib yuriladigan (bloknotli shaxsiy kompyuterlar uchun) shaxsiy, muassasa, mini tipografiyalar; ranglar soniga ko‘ra, bir rangli, rangli. Asosiy xarakteristikalari: chop etish tezligi (sekundiga belgi, minutiga sahifa, varaq); chop etish sifati (nuqta/dyuym). " Printerning ajrata olishi|"Tasvirni chop etishda bir dyuymda yotgan nuqtalar soni. Masalan, 300-dpi (300 dyuymga 300 nuqta) ajrata olishga ega printer 1 dyuym chiziqqa 300 nuqtani choplay oladi. Bu degani u bir dyuym kvadratga 90 mingta nuqtani chop etishi mumkin. " Privatlik, xususiylik|"Xususiy shaxsning shaxsiy hayoti yoki ishiga aralashuv natijasida shu shaxs ma’lumotlarini to‘plash va ulardan foydalanish favqulodda yoki qonunga xilof ravishda bo‘lganda bu aralashuvni taqiqlash. " Profillangan ko‘zgu|"1. Maxsus profilga ega sirtqi antenna ko‘zgusi, uning shakli elektromagnit maydonni antennaning ochilishidagi taqsimlanishini aniqlab beradi. 2. Sirt profili antenna yo‘nalganlik diagrammasining talab qilinadigan shaklidan kelib chiqib tanlanadigan ko‘zgu. " Profillangan yo‘nalganlik diagrammasi|"Xizmat ko‘rsatish zonasining konturini, xalaqitlarning darajasini pasaytirish maqsadida, uzatilayotgan trafikka muvofiq turli qismlari bo‘yicha yoki alohida yo‘nalishlar bo‘yicha antennani kuchaytirishni o‘zgartirishga imkon berib, takrorlaydigan murakkab shakldagi yo‘nalganlik diagrammasi. " Profillangan yo‘nalganlik diagrammasiga ega antenna|"Yo‘ldosh bort retranslyatorining antennasi, uning nurlantiruvchi xususiyatlari xizmat ko‘rsatiladigan geografik mintaqa hududini hisobga olib, tanlangan. " Programmator|"Ma’lumotlarni, shu jumladan, dasturlarni doimiy xotira qurilmasiga yozish qurilmasi.Ma’lumotlar doimiy xotira qurilmasida elektron sxemalar ko‘rinishida saqlanadi. Programmator qattiq ultrabinafsha nurlanish vujudga keltiradi, uning yordamida elektron sxemalar o‘zgaradi. " Programmofon|"Shaxsiy kompyuterdan telefon sifatida foydalanish imkonini beradigan dasturiy mahsulot. Programmofondan foydalanish uchun modem, mikrofon va radiokarnay bilan jihozlangan kompyuter zarur bo‘ladi. " Progressiv (satrma-satr) yoyish|"1. To‘g‘ri chiziqli yoyish, bunda galma-gal yoyiladigan satrlarning markazlari orasidagi masofa satrning nominal kengligiga teng bo‘ladi. 2. Tasvir bitta maydon davomida to’liq yoyiladigan yoyish turi (televideniyeda). " Proksi server|"Lokal kompyuter tarmog‘i va Internet o‘rtasida uzatiladigan paketlar filtratsiyasini amalga oshiradigan dasturiy ta’minot. Eng ko‘p so‘raladigan hujjatlarni keshlash hisobiga, tarmoq trafigini kamaytirish va lokal tarmoq xavfsizligini oshirish uchun mo‘ljallangan. " Prolog|"Sun’iy intellekt masalalari, tabiiy va boshqa tillarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan deklarativ dasturlash tili. " Propriyetar dasturiy taʼminot|"Mualliflar yoki huquq egalarining shaxsiy mulki bo‘lgan dasturiy taʼminot. U erkin dasturiy taʼminot g‘oyalariga to‘g‘ri kelmaydi. Erkin dasturiy taʼminot jamg‘armasi nuqtai nazaridan qaraganda, u yarim erkin dasturiy taʼminot ham emas. Huquqqa ega tomon uni butunlay yoki muhim tomonlarini ishlatishda, nusxa ko‘chirishda va o‘zgartirishda monopolistik imkoniyatga ega. Propriyetar dasturiy taʼminotni erkin bo‘la oladigan tijorat dasturiy taʼminoti bilan adashtirmaslik kerak. " Propriyetar texnologiya|"Bozorning aniq bir qatnashchisi tomonidan nazorat qilinadigan ma’lumotlar formati, texnologiya, elektron hisoblash mashinasi uchun dastur. Ular bozorning raqobatlashuvchi qatnashchilariga yoki boshqa foydalanuvchilarga bu format yoki texnologiyani erkin o‘rganish, tarqatish, o‘zgartirish yoki o‘zlarining mos ishlanmalarini yaratish imkonini bermaydi. " Protektor|"Metall telekommunikatsiya o‘tkazgichlarida zararli yot kuchlanishlarni cheklash uchun foydalaniladigan qurilma. " Protokol|"1. Ikkita yoki bir nechta mustaqil qurilma yoki jarayon o‘rtasida ma’lumotlar uzatish formati va tartibotini tartibga soluvchi qoidalar va kelishuvlar majmui. 2. Ma’lum bir natijaga erishish maqsadida ikki va undan ko‘p sub’ekt tomonidan berilgan ketma-ketlikda bajariladigan harakatlar (yo‘riqnomalar, komandalar, hisoblashlar, algoritmlar)ning majmui. " Protokol identifikatori|"Paket sarlavhasidagi, maʼlumotlar maydonida joylashtirilgan axborotni qayta ishlashda foydalaniladigan muayyan protokol turini ko‘rsatuvchi maydon. " Protokollar analizatori|"Paketlarni aniqlashi va ayrim maydonlar mazmunini rasshifrovka qilgan (o‘qigan) holda dekodlovchi yordamchi apparat-dasturiy kompleks. Zamonaviy analizatorlar turli protokollarning maʼlumotlarini qayta ishlashi mumkin. " Protokollar steki|"Ma’lum kommunikatsiya arxitekturasini amalga oshirib, birgalikda ishlaydigan, darajalarga bo‘lingan protokollar to‘plami. Odatda, u yoki bu darajaning vazifasi bitta yoki bir nechta protokol bilan amalga oshiriladi. Protokollar stekiga TCP/IP misol bo‘ladi. " Prototip|"Tizimning boshlang‘ich versiyasi, uni baholash va/yoki muammo mohiyatini va talablarning to‘g‘riligini chuqurroq tushunish uchun xizmat qiladi. " Protsedura|"Dasturning, umumiy holda kirish parametrlariga bog‘liq bo‘lgan ba’zi standart operatsiyalarni bajaradigan qismi. Protsedurani kichik dastur deb hisoblash mumkin. Izoh ‒ Protseduralar standart protseduralar va foydalanuvchi protseduralariga, dasturga nisbatan tashqi va ichki protseduralarga bo‘linadi. Standart protsedura dasturlash tili tarkibiga kiradi va tegishli biblioteka tarkibida yetkaziladi, foydalanuvchi protsedurasini har bir ishlab chiquvchi mustaqil yaratadi. Tashqi protsedura dasturga bog‘liq bo‘lmagan tarzda saqlanadi, ichki protsedura dastur tarkibiga kiradi. " Protsedura firibgarligi|"Aloqa xizmatlari to‘lovini kamaytirish maqsadida, rouming va boshqa tarmoq protseduralaridan (masalan, billingdan) vakolatsiz foydalanish. " Protsedura tili|"Dasturchi natija olish uchun bajarilishi kerak bo‘lgan qadamlar ketma-ketligini (yechim algoritmini) tavsiflaydigan dasturlash tili. " Protseduraga yo‘naltirilgan dasturlash tili|"Asosiga «masalani hal qilish uchun nima qilish kerak» ish prinsipi qo‘yilgan yuqori daraja dasturlash tili. Ishlar operatorlar tomonidan yoziladi va bajariladi. Pirovard natijani olish uchun bajarilishi zarur bo‘lgan operatorlar ketma-ketligi to‘planadi. Bunday ketma-ketlik dastur deb ataladi. Protsedura tillarini oddiy (BASIC, Fortran, COBOL) va blokli (modulli) (Pascal, Modula-2 va Si) tillarga ajratish mumkin. Protsedura tillari shuningdek, operator tillari yoki imperativ tillar deb ham ataladi. " Protseduralar bo‘yicha xavfsizlik|"Axborotning muhofaza qilinishiga kritik bo‘lgan ma’lumotlar uchun, talab qilinadigan xavfsizlik darajasini ta’minlash maqsadida foydalaniladigan tegishli boshqarish usullari. " Protseduraning lokal chaqiruvi|"Lokal mashinada mijoz va server jarayonlari o‘rtasidagi so‘rovlar va natijalarni uzatuvchi Windows protseduralarni chaqirishning tizimli mexanizmi. Operatsion tizimning turli kichik tizimlari xizmatlariga so‘rov berish uchun foydalaniladi. " Protseduraning uzoqlashgan chaqiruvi|"Sun firmasi tomonidan ishlab chiqilgan, lokal tarmoqning boshqa kompyuterida mijozda va axborotni hamda tartibga soladigan parametrlarni uzatadigan serverda protsedura-tiqinlardan foydalanib, protsedurani chaqirish mexanizmi va uzoqlashgan protseduraning natijasi. " Protseduraviy bo‘lmagan til|"Relyatsion ma’lumotlar bazalarida ma’lumotlarni boshqarish, o‘zgartirish, yaratish uchun qo‘llaniladigan universal kompyuter tili. " Protsessing markazi|"To‘lov tizimining xizmat ko‘rsatish nuqtalaridan yoki ekvayrerlardan mualliflashtirishga va/yoki tranzaksiyalar protokollariga kelib tushadigan rasmiy talablar qayta ishlanishini taʼminlaydigan, ixtisoslashgan servis tashkilot. " Protsessor|"Operatsion tizim dasturlari belgilagan arifmetik operatsiyalarning bajarilishiga javob beradigan va kompyuterning boshqa barcha qurilmalari ishini muvofiqlashtiradigan apparat ta’minoti. " Protsessor registri|"O‘lchami odatda bir yoki ikki mashina so‘ziga teng bo‘lgan, asosiy yoki oraliq ma’lumotlarni saqlash uchun mo‘ljallangan va mashina komandalarni bajarishda foydalaniladigan protsessor xotirasi. " «Protsessor – xotira» shinasi|"Protsessor va xotira o‘rtasida bevosita axborot almashinish kanali. " Protsessor (yadro) ning takt chastotasi|"Bitta eng oddiy mashina komandasini bajarish vaqti. " Protsessor yadrosi|"Kesh-xotiradan tashqari, protsessorning barcha bloklarini ichiga oladigan mikrosxema. Chip markazida odatda «yadro» deb nomlanadigan narsa joylashgan. Bu hamma hisoblashlar, yuklama va saqlashga so‘rovlar, saqlashlar bajariladigan kremniy bo‘lagidir. " Protsessordan foydalanish|"Protsessorni maksimal vaqt davrida bandlik rejimida ushlab turish. Optimallashtirish mezoni: ushbu ko‘rsatgichni maksimallashtirish. " Protsessordan foydalanishga yo‘naltirilgan|"Asosiy vaqtini hisoblashlarga ketkazadigan jarayon. " Protsessorni yuklashni rejalashtirish|"Algoritmlarning operatsion tizimlarida xotiraga yuklangan vazifalar to‘plamidan galdagi vazifani tanlash va markaziy protsessorning vaqt kvantini navbatdagi tanlangan vazifaga ajratishni amalga oshirish. " Provayder|"qar.: Internet-provayder. " Proyeksion televizor|"Televizion dasturlar tasvirini ekranga optik proyeksiyalash orqali (videoproyektordan foydalangan holda) tiklash uchun mo‘ljallangan televizior. " Proyeksion texnologiya|"DLP (Digital Light Processing) tizimini qo‘llashga asoslangan texnologiya. DMD (Digital Micromirror Device) mikrosxemasi mikroskopik ko‘zgulardan tuzilgan yuzada tasvirni shakllantiradi. Proyeksion lampadan chiquvchi yorug‘lik rangli selektorlari bo‘lgan disk orqali mikroko‘zgularga yo‘naltiriladi. Tasvir mikroko‘zgulardan qaytadi va aniq optika yordamida ekranga proyeksiyalanadi. Natijada rang uzatish, o‘ta ravshanlik va kontrastlilikning o‘ziga xos sifatiga ega bo‘lgan keng formatli tasvir olinadi. " Proshivka|"Kompyuter yoki har qanday raqamli hisoblash qurilmasi – mikrokalkulyator, uyali telefon, GPS navigatorning, ichida mikrodasturi bo‘lgan energiyaga bog‘liq bo‘lmagan xotirasining ichidagi. «Proshivka» so‘zi bilan ba’zan, xotiraga tegishli qurilmani, uning mikrodasturini yangilash maqsadida yozish uchun mo‘ljallangan doimiy xotira qurilmasining obrazi, shuningdek, bu obrazni qurilmaning energiyaga bog‘liq bo‘lmagan xotirasiga yozish jarayonining o‘zi nomlanadi. " Psevdo-bayt kod|"Quyi darajadagi mashina-mustaqil kodi, kompilyator bilan generatsiya qilinadi va virtual mashina tomonidan bajariladi. Shuningdek, u algoritmlarni tavsiflash tili hisoblanib, dasturlash tillarining kalit so‘zlarini ishlatadi va qo‘shimcha ma’lumotlarni va maxsus sintaksisni qoldirib ketadi. " Psevdografika|"Klaviatura klavishlariga biriktirilgan simvollar yordamida matn rejimida displey ekranida olingan grafik tasvir. " Psevdokadr|"Televizion tasvirning MPEG-2 raqamli siqish usullaridan biri orqali kodlangan, sarlavha bilan ta’minlangan hamda televizion tasvirning aktiv sohasini tashkil etuvchi slayslar guruhidan iborat kadri. " Psevdokadr-kadr|"Makrobloklari televizion tasvirning ikkita maydonidagi birgalikda kodlanadigan satrlaridan tuzilgan psevdokadr. " Psevdokadrlar guruhi|"Televizion tasvirning o‘zaro bog‘langan I-, P-, B-psev-dokadrlari qatori. Izoh – Odatda guruh I-psevdokadrdan boshlanadi, keyin R- va V- psevdokadrlar keladi. " Psevdokadrlar ketma-ketligi|"Tarkibida psevdokadrlarni aks ettirish va dekodlashning zarur vaqt onlari to‘g‘risidagi axborot saqlanadigan psevdokadr guruhlaridan iborat ketma-ketlik. Izoh – Psevdokadrlarning ketma-ketligi raqamli televizion signal ma’lumotlarining paketlangan oqimini hosil qiladi. " Psevdokadr-maydon|"Makrobloklari television tasvir bir maydonining boshqa maydon satrlariga bog‘liq bo‘lmagan tarzda kodlanadigan satrlaridan tuzilgan psevdokadr. " Psevdokod|"1. Dasturlash tilini eslatadigan va dastur tuzilmasini tavsiflash uchun foydalaniladigan til. 2. Operatsiyalar va operatorlarni belgilash uchun mo‘ljallangan, simvollarning ixtiyoriy tizimi. " Psevdosiljish; psevdoshovqinli siljish|"CDMA texnologiyasi asosidagi tizimlarda foydalaniladigan, kodli ketma-ketliklar o‘rtasidagi minimal siljish. Aynan bir kodli ketma-ketlikning psevdosiljish kattaligiga qarab, mobil stansiya bir tayanch stansiyani ikkinchisidan farqlaydi. " Psevdotasodifiy ketma-ketlik|"Determinallangan tarzda generatsiyalanadigan, biroq, tasodifiy signalga xos bo‘lgan barcha xossalarga ega simvollarning davriy ketma-ketligi. Bunday ketma-ketliklar teskari bog‘lanishli siljish registrlari yordamida amalga oshiriladi. " Psevdotasodifiy shovqin|"Additiv «oq» shovqinga xos barcha xossalarga ega jarayon yoki signaning o‘zgarishi shovqinsimon xususiyatdaligin ko‘rsatuvchi alomat. " Psevdotasodifiy sonlar|"1. Qandaydir algoritm bo‘yicha olingan, amalda esa tasodifiy sonlar sifatida foydalaniladigan sonlar. 2. Qandaydir formula bo‘yicha hosil qilingan va tasodifiy kattalik qiymatlarini imitatsiya qiluvchi sonlar. «Imitatsiya qiluvchi» so‘zi deganda, agar bu sonlar bu tasodifiy kattalikning qiymatlari bo‘lganidek, bu sonlar bir qator testlarga javob berishi ko‘zda tutiladi. " Psevdotranking|"Bo‘sh kanallar markazlashtirilmagan tarzda taqsimlanadigan tranking aloqa rejimi. Bu rejimda har bir abonent stansiyasibo‘sh kanalni, foydalanish mumkin bo‘lgan barcha ishchi chastotalarni skanlash orqali avtonom izlaydi. Psevdotrankingda ajratilgan boshqarish kanali mavjud bo‘lmaydi, xizmat aloqasi ikki tonalli, ko‘p chastotali signalizatsiya yordamida amalga oshiriladi. " Pufakchali diagramma|"Obyektlar doirachalar (pufakchalar) yordamida tasvirlanadigan, munosabatlar doirachalar o‘rtasida keltirilgan havolalar bilan ko‘rsatiladigan diagramma. " Pul|"Abonentlar guruhiga ajratilgan, dinamik taqsimlanadigan resurslar majmui. " Pul mablag‘larining gibrid pochta o‘tkazmasi|"Pochta aloqasi operatori yoki provayderining pochta aloqasi tarmog‘i va telekommunikatsiyalar tarmog‘idan foydalangan holda pul mablag‘larini jo‘natish bo‘yicha xizmati. " Pul mablag‘larining ichki pochta o‘tkazmasi|"O‘zbekiston Respublikasi hududida jo‘natish va adresatga yetkazib berish (topshirish) uchun qabul qilinadigan pul mablag‘larining pochta o‘tkazmasi. " Pul mablag‘larining pochta o‘tkazmasi|"Pochta aloqasi va telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalangan holda, pul mablag‘larini jo‘natish va yetkazib berish (topshirish) bo‘yicha pochta xizmati. " Pul mablag‘larining xalqaro pochta o‘tkazmasi|"O‘zbekiston Respublikasi doirasidan tashqariga jo‘natiladigan va uning hududiga boshqa davlatlardan keladigan pul mablag‘larining pochta o‘tkazmasi. " Pullarning birlamchi taklif qilinishi|"Investitsiyalarni yangi kriptovalyutalarni investorlarga sotish va emissiya ko‘rinishida yangi texnologik loyihalarga va startaplarga jalb qilish. Izoh – Shuningdek, «tokenlarning birlamchi taklif qilinishi» ko‘rinishida ham qo‘llaniladi. " Pulsatsiya|"Televizion tasvir yorqinligi, rangi yoki o‘lchamining sekin ritmik o‘zgarishi. " Purkagichli printer|"Bosuvchi kallak soplosidan otiladigan juda mayda siyoh tomchilari yordamida qog‘ozda tasvir yuzaga keltiradigan kontaktsiz printer. " Putur yetkazuvchi nurlanish|"Kompyuterlar yoki boshqa uskunaning, tutib olinishi va uzatiladigan axborotni tahlil qilish uchun tutib olinishi va foydalanilishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha nurlanishi. Q " Qabul qiladigan antenna|"Radioto‘lqinlarni qabul qilish uchun mo‘ljallangan antenna. " Qabul qilgich|"Signallarni aniqlash va ularni qayta ishlash yoki idrok etish uchun qulay shaklga aylantiradigan qurilma. " Qabul qilgichning asosiy ranglari|"Boshqa ranglarni hosil qilish uchun tegishli mutanosiblikda foydalaniladigan, qabul qilgich tomonidan yuzaga keltiriladigan doimiy ranglilik va o‘zgaruvchan yorqinlikdagi ranglar. Izoh – Odatda uchta asosiy rangdan foydalaniladi: qizil, yashil va ko‘k. " Qabul qilgichning tanlovchanligi|"Qabul qilgichning xalaqit beruvchi signallar aralashmasidan o‘zi sozlangan foydali signalni ajrata olish qobiliyatining o‘lchovi. " Qabul qilgich-uzatgich (transiver)|"Bitta korpusdagi, portativ hamda mobil foydalanish uchun mo‘ljallangan uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilmalar birikmasi. Bunda signallarni uzatish va qabul qilish uchun zanjirning oddiy komponentlaridan foydalaniladi, simpleks operatsiyalar bajariladi. " Qabul qiluvchi antennaning effektiv maydoni|"Yassi tushuvchi radioto‘lqinda maydon birligiga keladigan quvvatga moslashgan yuklamada yo‘qotishlarsiz qabul qiluvchi antennada berilishi mumkin bo‘lgan maksimal quvvatning nisbati bilan aniqlanadigan maydon. " Qabul qiluvchi optoelektron modul|"Optik-tolali uzatish tizimida uzatiladigan optik signallarni elektr signallarga aylantirish uchun mo‘ljallangan optoelektronika mahsuloti. " Qabul qiluvchi-uzatuvchi optoelektron modul|"Qabul qiluvchi va uzatuvchi optoelektron modullar funksiyalarini bajaradigan, konstruktiv jihatdan yaxlit qilib ishlangan optik ulagichlar yoki optik kabel bo‘laklarining bir yoki bir nechta blokli qismlaridan tuzilgan optoelektronika mahsuloti. " Qabul qiluvchi-uzatuvchi oxirgi (terminal) stansiya|"Televizion radioreleli tizimning bir qismi. U ham uzatuvchi, ham qabul qiluvchi oxirgi (terminal) stansiya funksiyalari bajariladigan yoki bajarilishi mumkin bo‘lgan maxsus apparatura kompleksidir. " Qadamli yoyish|"Elektron dasta yoki elektron tasvirning satr bo‘ylab bir rastr elementiga sakrashsimon siljishi. " Qalbakilashtirish|"Boshqa tizim ostida niqoblanish yordamida, uning IP-manzilidan foydalanib, IP-manzillar asosida erkin foydalanishni boshqarish tizimlarini chetlab o‘tish uchun turli texnologiyalardan foydalanish. " Qalqib chiqadigan|"Foydalanuvchining grafik interfeysi elementlarining xususiyati, bu element foydalanuvchining harakati natijasida «qalqib chiqadi». " Qalqib chiqadigan menyu|"Ekranda ko‘rinmaydigan va foydalanuvchi dasturni uni ekranga chiqarishga majbur qiladigan amalni bajarganda paydo bo‘ladigan menyu. " Qalqib chiqadigan oyna|"Internet tarmog‘idagi reklama shakli. Reklamaning qalquvchi oynalari odatda JavaScript yordamida yaratiladi, lekin boshqa yo‘llari ham mavjud. " Qamrov polosasi|"Chastotaning fazaviy avtosozlanishi ta’minlanadigan chastotalar intervali. " Qanaqa saqlash|"Berilgan nom (identifikator) bilan xotiraga, diskga yoki magnit tasmaga yozish. " «Qanday bo‘lishi kerak» modeli|"Biznes jarayonlarni mavjud tashkil qilinishidagi kamchiliklar bartaraf qilingan, shuningdek, ular takomillashtirilgan va optimallashgan holda, «Qanchalik mavjud» modeli asosida yaratiladigan model. " «Qanchalik mavjud» modeli|"Tashkilot mavjud holatining modeli. Ushbu model shu onda kechayotgan jarayonlarni, shuningdek, foydalaniladigan axborot obyektlarini tizimlashtirish imkonini beradi. Buning asosida biznes-jarayonlarni tashkil qilish va birga ishlashidagi kamchiliklar aniqlanadi, mavjud tuzilmada u yoki bu o‘zgarishlar zarurligi belgilanadi. Bunday model ko‘pincha funksional model deyiladi va turli grafik notatsiyalar, case-vositalardan foydalanib bajariladi. " Qaroqchilik|"Dasturlarni ruxsat etilmagan tarzda qabul qilish, yashirin dekoderlar va abonent kartochkalarini tayyorlash, tarqatish hamda mualliflik huquqlarining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa faoliyat turlari. " Qaroqchilik uzatgichi (eshittirishda)|"Rasmiy ruxsatsiz ishlaydigan radioeshittirish uzatgichi. " Qarorlar qabul qilinishini ta’minlash tizimlari|"Qarorlar qabul qilish uchun tavsiyalar tayyorlash maqsadida, ma’lumotlarni tahlil qilish uchun mo‘ljallangan dasturlar to‘plami. " Qarshi chora|"Harakat, qurilma, protsedura, usul yoki zaifligini eng kam darajaga keltirish uchun mo‘ljallangan boshqa chora-tadbir. " Qarshi harakat|"Akustik va optik aloqa vositalarining ishini qiyinlashtiruvchi chora va tadbirlar. Radiokanallarga nisbatan radioelektron bostirish atamasi ishlatiladi. " Qarshi turmoq|"Aniq tahdidlarning taʼsirini kamaytirish, biroq, butunlay bartaraf etish shart bo‘lmagan holat. " Qarshi yo‘naltirilgan interfeys|"Interfeys turi, bunda aloqa liniyasining qarama-qarshi uchlaridagi stansiyalardan biri boshqaruvchi, ikkinchisi boshqariluvchi bo‘ladi. Sinxrosignal har doim boshqaruvchi stansiyadan axborot va taktli signallarni uzatish yo‘nalishi o‘zaro qarama-qarshi bo‘lgan boshqariluvchi stansiyaga uzatiladi. " Qasddan qilinadigan tahdidlar|"Foydalanish oson bo‘lgan kuzatuv asboblaridan foydalanib tasodifiy ko‘rib chiqishdan tortib tizim to‘g‘risida maxsus bilimlardan foydalanib muhofaza buzilishiga ustalik bilan urinishgacha bo‘lgan tahdidlar. " Qattiq disk|"Katta hajmdagi dasturlar va ma’lumotlarni saqlash mumkin bo‘lgan qurilma. U bir shpindelda joylashtirilgan bir nechta magnit disk, o‘qish/yozish kallagi va disk kontrolleridan tashkil topadi. Olinadigan qattiq disklar va doimiy disklarga bo‘linadi. " Qattiq jismli to‘plagich|"Harakatlanadigan mexanik qismlarsiz, energiyaga bog‘liq bo‘lmagan, qayta yozib oladigan kompyuter xotira qurilmasi. Qattiq jismli to‘plagichlardan asosan, ixtisoslashtirilgan hisoblash tizimlarida va noutbuklarning ba’zi modellarida foydalaniladi. " Qattiq magnit disk|"Ma’lumotlar saqlash uchun mo‘ljallangan disk. Olinadigan egiluvchan diskdan farqli ravishda, qattiq magnit disk hech qachon olinmaydi, diskovod bilan bir butun yaxlitni tashkil qiladi. Disk alyumin qotishma va magnit qoplamadan qilingan. Disklar yuqori tezlikli dvigatel va yupqa plyonkali o‘qish/yozish kallaklari bilan birga germetik korpusga joylashtiriladi. Qattiq disklarning sig‘imi turlicha – 20 Mbyte dan 9,1 Gbyte gacha bo‘ladi. " Qat’iy sinxronlash (TV)|"Har bir satr va kadr yoyishning boshlanish onlari sinxronlash impulslari bilan boshqariladigan sinxronlash. " Qayd etilgan bo‘sh joy|"Matn protsessorlarida ‒ ikkita so‘z yoki simvol o‘rtasidagi doimiy bo‘sh joy. " Qayd etilgan marshrutlash|"Marshrutlash usuli, bunda ikkita tarmoq uzellari o‘rtasidagi tarmoq paketining yo‘li oldindan aniq bo‘ladi va faqat tarmoq qurilmalari nosoz bo‘lgan vaqtdagina o‘zgaradi. " Qayd etilgan/mobil konvergensiya|"Qayd etilgan va mobil abonentlar uchun nutq va ma’lumotlarni uzatish xizmatlarini umumiy tavsiyalar paketiga birlashtirish. Izoh − Konvergensiyaning maqsadi – «bitta odam – bitta telefon» prinsipini amalga oshirishdir, ya’ni abonentni, abonent qayerdaligidan qat’i nazar, yagona raqam va bitta aloqa qurilmasi bilan ta’minlashdir. " Qayd etish|"Hujjatlarni boshqaradigan tizimda hujjatni qayd etish, tasniflash, metama’lumotlarni qo‘shish va saqlash. " Qayd etishning o‘tishi (axborot tizimida)|"Foydalanuvchini autentifikatsiya qilish va unga u o‘zining hisobga olish yozuvini yaratadigan axborot tizimidan foydalanish huquqini berish uchun, foydalanuvchi to‘g‘risida elektron shaklda saqlanadigan ma’lumotlar majmuini shakllantirish. " «Qaynoq» almashtirish|"Periferik qurilmalarni tizim modullari yoki boshqa bloklarini, uning shakllanishini to‘xtatmay turib ulash va uzish. " «Qaynoq» klavish|"Birgalikda bosilishi bilan aniq bir komandani bajarishga dasturlashtirilgan klaviaturadagi bitta yoki bir nechta klavishning birikmasi. Bunday klavishlar birikmasidan foydalanish ishlashni tezlashtiradi va klaviatura yordamida bajarish mumkin bo‘lgan operatsiyalar sonini oshiradi. " «Qaynoq» liniya|"Alohida ajratilgan liniya, unda aloqa go‘shak ko‘tarilgan zahoti, ya’ni raqam terilmasdan va operator aralashuvisiz o‘rnatiladi. Izoh − Bunday liniyadan shoshilinch aloqani ta’minlashda foydalaniladi, boshqa abonent bu liniyani band qila olmaydi. " «Qaynoq» nuqta|"1. Dasturning eng ko‘p foydalaniladigan qismi; parallel superkompyuter xotirasining, bir vaqtda ko‘plab protsessorlar murojaat qilinadigan yacheykasi. 2. «Sichqoncha» ko‘rsatgichidagi, ekranning «sichqoncha» ishtirokidagi operatsiya, masalan, tugmani bosish taalluqli bo‘lgan elementini belgilaydigan nuqta (bir piksel o‘lchamdagi). " «Qaynoq» rezervlash|"Rezervlash usuli bo‘lib, qo‘shimcha qurilma asosiy qurilma bilan parallel ishlaydi hamda maʼlumotlarni qayta ishlash va saqlash bo‘yicha bir xil operatsiyani bajaradi. Asosiy vositalar to‘liq yoki qisman ishlamay qolganda, ular ishida kamchilik aniqlanganda rezervga o‘tish mumkin. " «Qaynoq» start|"Operatsion tizimni kompyuterni uzib qo‘ymasdan/ulamasdan turib qayta yuklash. MS-DOS operatsion tizimli kompyuterlarda bu – uchta, Ctrl, Alt, Delete klavishlarini bir vaqtda bosish (Ctrl+Alt+Delete ko‘rinishda yoziladi). " «Qaynoq» ulanish|"Kompyuter tizimlarida uskunalarning ular ishlab turgan vaqtda (ta’minotni o‘chirmasdan, protsessorni to‘xtatmasdan) almashtirilishi. Bu prinsipga ko‘ra, uskunalar «qaynoq» almashtirilishi mumkin bo‘lgan va mumkin bo‘lmagan qurilmalarga bo‘linadi. «qaynoq» almashtirilishi mumkin bo‘lgan qurilmaga tipik misol − USB. " Qayta dasturlanadigan xotira|"Ultrabinafsha orqali o‘chiriladigan qayta dasturlanadigan doimiy xotira mikrosxemalarining bir turi. " Qayta eshittirish qurilmasining gammasi|"Logarifmik shkalada ekran elementi yorug‘ligining tegishli videosignalning ko‘lamiga bog‘liqligini aks ettiradigan egri approksimatsiyalaydigan ishchi uchastkasining to‘g‘ri maksimal og’ishi. " Qayta ishga tushirish|"Shaxsiy kompyuterlar olamida atama operatsion tizimlarda qayta yuklash ko‘rinishida kelsa, katta mashinalar olamida esa, dasturni nazorat nuqtasidan ishga tushirish yoki dasturning ishlash jarayonini tiklashni anglatadi. " Qayta ishga tushirish tugmasi|"Shaxsiy kompyuter tizim blokining old tomonida joylashadigan va tizimning «issiq» restartini bajarish, ya’ni elektr manbaini uzib qo‘ymasdan tizimni qayta ishga tushirish imkonini beradigan tugma. " Qayta ishlamoq|"Dasturlarni yozish, dizaynni ishlab chiqish. " Qayta ishlash vaqti|"Ma’lumotlarni qayta ishlash uchun dastur tomonidan sarflangan vaqt. " Qayta ishlovchi|"Qandaydir hodisa yuz berganda ishga tushiriladigan, hodisalarni qayta ishlovchi. Qayta ishlovchi parametrlarga bog‘liq ravishda hodisadan uzatilgan tegishli operatsiyalarni bajaradi. " Qayta kodlash va uzatish tezligi bo‘yicha moslash bloki|"Alohida dekodlashsiz (raqamli o‘zgartirish yo‘li bilan) turli uzatish tezligidan va modulyatsiyalash usullaridan foydalaniladigan nutq kanallarining qo‘shilishini ta’minlaydigan raqamli qurilma. Izoh − Bunday qurilma avtonom hisoblanadi, lekin mobil kommutatsiya markazi tarkibiga ham kirishi mumkin. " Qayta manzillashni masofadan turib aktivlash|"Abonentga turli qayta manzillash xizmatlarini aktivlash/deaktivlash, shuningdek, boshqa liniyadan (masofadan turib) qayta manzillangan raqamni o‘zgartirish imkonini beradigan xizmat. Abonent qayta manzillash xizmatlari funksiyasini RACF raqamini terib chaqiradi. " Qayta nomlash|"Fayl yoki katalogning nomini o‘zgartirish. " Qayta nurlantiruvchi antenna panjarasi|"Qabul qilingan signalni teskari yo‘nalishda qayta nurlantiradigan antenna panjarasi. " Qayta tiklash|"Foydalanuvchi foydalanishi mumkin bo‘lgan ko‘rinishda taqdim etilgan elektron hujjat. " Qayta ulanadigan konsentratorli halqa|"O‘zaro bog‘langan bir yoki bir nechta guruh yulduzlar shaklida ifodalangan halqa tarmog‘i. Ulanib turadigan konsentratorning vazifasi davriy halqaning ishonchli ishlashini taʼminlashdir. Buning uchun konsentrator yoylarni bir-biri bilan shunday ulaydiki, topologiya maʼnosida yulduzsimon tarmoq hosil bo‘ladi. Natijada barcha ulanish bloklari orqali o‘tadigan yagona halqa paydo bo‘ladi. Yoyda yoki abonent tizimida nosozlik paydo bo‘lishi bilan konsentrator tegishli yoyni halqadan o‘chiradi. Shuning evaziga halqaning qolgan qismi odatdagi ishini davom ettiraveradi. " Qayta yo‘naltirish|"1. URLni qayta marshrutlash. Veb-sayt yoki veb-sahifaga boshqa manzil orqali kira olishni taʼminlash usuli. Veb-sayt manzilining o‘zgarishi yoki foydalanuvchi tomonidan noto‘g‘ri yozilishida (masalan, maktab.uz o‘rniga matkab.uz) to‘g‘ri vebsaytga marshrutlash uchun ishlatiladi. Baʼzi hollarda uzun URL o‘rniga uning qisqa variantini ishlatish ham mumkin. 2. Informatikada komanda qobiqlariga (masalan, UNIX) xos xususiyat bo‘lib, u standart oqimlarni foydalanuvchi tomonidan belgilangan joyga, masalan, faylga qayta marshrutlash imkonini beradi. " Qayta yozadigan viruslar|"Dastur kodi o‘rniga, bajariladigan fayl nomini o‘zgartirmagan holda, o‘z jismini yozadigan viruslar. Buning oqibatida, dastlabki dasturni ishga tushirish mumkin bo‘lmay qoladi. Dasturni ishga tushirishda dasturning o‘zi emas, balki virus kodi bajariladi. " Qayta yoziladigan kompakt-disk|"Kompakt-disklardagi ma’lumotlarni o‘qish va yozish uchun xizmat qiladigan qurilma. " Qayta yozish|"Eski ma’lumotlar ustidan yangilarini yozish. Masalan, o‘zgartirilgan eski faylni o‘sha eski nomi bilan o‘zgartirib saqlash (qayta yozish). " Qayta yozish rejimi|"Matnni kiritishda tahrir qilishning ikki tartibidan biri, bunda yangi matn kursordan o‘ngda turgan simvollarni o‘chirib tashlaydi (o‘rnini oladi). " Qayta yuklash|"Kompyuterni klaviaturadan yoki maxsus tugma yordamida qayta ishga tushirish. Qayta yuklash odatda, dastur osilib qolgandan keyin talab etiladi. " Qayta-qayta chaqiruv|"Bog‘lanish o‘rnatishga ko‘p marta urinish yo‘li bilan amalga oshiriladigan shoshilinch chaqiruv rejimi. " Qayta qo‘ng‘iroq qilish|"Chaqiruvchi terminalni autentifikatsiya qilish uchun mo‘ljallangan protsedura: dastlab ma’lumotlarni qayta tiklash tizimi chaqiruvchi terminalni identifikatsiya qiladi, keyin chaqiruvning uzilishi yuz beradi, so‘ngra chaqiruvchi terminal raqami teriladi. " Qayta chizish|"Displeyda aks etgan tasvirdagi rasmni yangilash uchun uni «qaytadan chizish». " Qaytar yo‘qotishlar|"Uzatish liniyasi yoki kabelida ularning impedansi va oxirgi (terminal) yuklama mos kelmasligi tufayli vujudga keladigan yo‘qotishlar. Izoh ‒ O‘xshash tarzda, tushayotgan elektromagnit energiya oqimining qaytgan oqimga nisbati ko‘rinishida, quvvat bo‘yicha teskari yo‘qotishlar hisoblanadi. " Qaytarish manzili|"Protsedura, funksiya yoki quyi dastur chaqirilganda stekka yoziladigan, operator yoki navbatdagi komanda manzili. " Qaytarish qobiliyati|"Jism sirtining yoki ikkita muhitni bo‘lish chegaralarining unga tushuvchi elektromagnit nurlanish oqimini qaytarish qobiliyatini tavsiflovchi kattaligi. " Qaytarishlarning keragidan ortiqchaligi|"Mantiqiy dasturlash tillarida yechim izlash usuli. " Qaytaruvchi antenna panjarasi|"Fazoviy qo‘zg‘atilishga yoki fazoviy va fider qo‘zg‘atilishning birikmasiga ega antenna panjarasi, unda radioto‘lqinlarni dastlabki nurlagichdan qabul qilishni va ularni fazoda nurlantirishni aynan bir xil nurlantiruvchi elementlar amalga oshiradi. " Qaytaruvchi yo‘ldosh|"Radioaloqa signallarini qaytarishga mo‘ljallangan yo‘ldosh. " Qaytish koeffitsiyenti|"Nurlanish qaytgan oqimining tushuvchi oqim nisbatiga teng koeffitsiyent yoki qaytgan toʻlqinning tuchuvchi toʻlqinga intensivligi. " Qaytishdagi optik yo‘qotishlar|"Komponent yoki qurilma qaytargan optik quvvatning bu komponent yoki qurilma liniyaga yoxud tizimga ulanganda komponent kirishida o‘lchangan optik quvvatga nisbati. " Qaytishdagi yo‘qotishlar|"Telekommunikatsiyalar tizimining istalgan ikki nuqtasi o‘rtasida quvvatning kamayishi. " Qidirish algoritmi|"Ma’lumotlar yoki fayllar joylashgan yerni topish algoritmi. " Qidirish kaliti|"Axborotni izlash amalga oshirilayotgan maydon, qiymat, identifikator. " Qidiruv serveri|"Internet tarmog‘ining barcha resurslarini avtomatik ravishda ko‘rib chiqish vaqtida so‘ralgan resursni topishi mumkin bo‘lgan va ularning mazmunini indekslashi mumkin bo‘lgan maxsus dasturiy ta’minot. " Qirmizi ranglar chizig‘i|"Spektral ranglar chiziqlari oxirini ulaydigan to‘g‘ri chiziq. " Qisman parallel arxitekturali hisoblash tizimi|"Protsessorlarning hammasi emas, balki bir qismi ma’lumotlarning parallel qayta ishlanishini bajarishi mumkin bo‘lgan ko‘p protsessorli tizimlar. " Qisqa muddatli rejalovchi (protsessor rejalovchisi)|"Qaysi jarayon bajarilishi kerakligini va protsessor qaysi jarayonlarga berilishi kerakligini aniqlaydigan operatsion tizim rejalovchisi. " Qisqa muddatli xalaqit|"Qat’iy belgilangan sharoitlarda o‘lchangan davomiyligi berilgan texnik vosita uchun qat’iy belgilangan qandaydir kattalikdan kichik bo‘lgan elektromagnit xalaqit. " Qisqa toʻlqinlar|"Toʻlqin uzunligi 100 m dan 10 m gacha (chastotasi 3 MHz dan 30 MHz) gacha boʻlgan radiotoʻlqinlar. " Qisqa xabarlarni uzatish|"Telefon tarmog‘ining foydalanuvchisiga, MAT tizimining mobil abonentiga qisqa harf-raqamli xabarni uzatish yoki undan shunday xabarni qabul qilish imkoniga ega xizmat (agar mobil stansiyada ushbu xizmatni bajarish vositalari mavjud bo‘lsa va qisqa xabarlar markaziga ega bo‘lsa). " Qisqartirilgan komandalar to‘plamiga ega kontroller|"Oddiy qurilmalarni boshqarishning cheklangan operatsiyalarini bajarish uchun mo‘ljallangan mikrosxema. " Qisqartirilgan komandalar to‘plamiga ega mikrosxema|"Qisqartirilgan komandalar to‘plamiga asoslangan protsessorlar arxitekturasi. Qisqartirilgan uzunlikdagi komandalar, katta miqdordagi registrlar, registr-registr turidagi operatsiyalar, bilvosita manzillashning yo‘qligi bilan tavsiflanadi. " Qisqartirilgan raqam terish xizmati|"Abonent uchun to‘liq telefon raqami o‘rniga raqamni qisqartirib terish yo‘li orqali bog‘lanishni o‘rnatish imkonini beradigan xizmat. " Qiya|"Harflar o‘ng tomonga egilgandagi shriftning tuzilishi. So‘zni, jumlani yoki sarlavhani belgilashda ishlatiladi. " Qiya chiziq|"Dasturlash tillarida bo‘lish operatori sifatida keng qo‘llaniladigan simvol. " Qiyalik bo‘yicha ortiqcha yuklanish|"Taxminlash signalida frontlarning cho‘zilishini tavsiflovchi buzilishlar. " Qiymat|"Ifoda yoki o‘zgaruvchining aniq bir mazmuni; har doim yo‘l qo‘yiladigan qiymatlar sohasiga tegishli bo‘lishi kerak. " Qiymat bo‘yicha chaqiruv|"Parametrlarni berish usuli, bunda chaqiruvchi modul chaqiriladigan modulga uzatiladigan parametrning haqiqiy (aniq) qiymatini taqdim etadi. Izoh – Bu usul yordamida chaqiriladigan modul chaqiradigan modul saqlagan parametr qiymatini o‘zgartira olmaydi. " Qiymati eʼlon qilingan banderol|"Qiymati jo‘natilayotganda foydalanuvchi tomonidan eʼlon qilingan bosma nashrlar, madaniy-maishiy va ishlab chiqarishga mo‘ljallangan predmetlar jo‘natiladigan ichki pochta jo‘natmasi. Izoh – Qiymati eʼlon qilingan banderollarda yuborishga ruxsat etilgan buyumlarning to‘liq ro‘yxati Pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish qoidalari bilan belgilanadi. " Qiymati eʼlon qilingan jo‘natmalar|"Qiymati jo‘natilayotganda foydalanuvchi tomonidan eʼlon qilingan predmetlar va hujjatlar jo‘natiladigan pochta jo‘natmasi. Izoh – Qiymati eʼlon qilingan xatlarda jo‘natishga ruxsat etilgan buyumlarning to‘liq ro‘yxati Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari bilan belgilanadi. " Qiymati eʼlon qilingan posilka|"Joylanma qiymati jo‘natilayotganda foydalanuvchi tomonidan eʼlon qilingan posilka. " Qiymati eʼlon qilingan xat|"Qiymati jo‘natilayotganda foydalanuvchi tomonidan eʼlon qilingan predmetlar va hujjatlar jo‘natiladigan pochta jo‘natmasi. Izoh – Qiymati eʼlon qilingan xatlarda jo‘natishga ruxsat etilgan buyumlarning to‘liq ro‘yxati Pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish qoidalari bilan belgilanadi. " Qizil kitob|"1. AQSH Mudofaa vazirligi tomonidan kompyuter tarmoqlarini baholash bo‘yicha yo‘riqnoma sifatida chiqarilgan kitobi. National Computer Security Center nashri. U hisoblash tarmoqlari uchun Trusted Computer System Evaluation Guidelines (TCSEC)HU taʼriflab bergan. Qizil muqovali ikkita alohida kitobdan iborat. Birinchisi Trusted Network Interpretation of the Trusted Computer System Evaluation Criteria (NCSC-TG-005) nomi bilan chop etilgan va 1987-yil 31 iyulda tasdiqlangan. Ikkinchisi Trusted Network Interpretation Environments Guideline: Guidance for Applying the Trusted Network Interpretation (NCSC-TG-011) nomi bilan chop etilgan va 1990-yil 1 avgustda tasdiqlangan. 2. ITU-T X.400 Message Handling System (MHS) tavsiyanomasi elektron pochtani saqlash va jo‘natishga oid xalqaro ikkita standartning birini (ikkinchi standart – SMTP) bildiradi. U ifodalashni, uzatishni va yetkazib qo‘yishni muhofazalashning turli usullarini qo‘llab-quvvatlashni taʼminlaydi. X.400 standartini uning muqovasi sababli qizil kitob deb ham atashadi. " Qizil-yashil-ko‘k|"RGB rang uzatish tizimi, rangli monitorda chiqarish uchun ranglar tizimi. Atama monitor turi va ranglar modelini belgilashda ishlatiladi. Kerakli rang uchta birlamchi ranglarni kerakli proporsiyada aralashtirish yordamida olinadi − bular qizil (R), yashil (G) va ko‘k (B). Birlamchi ranglarning yo‘qligi qora rangni beradi. 1931-yilda bazaviy ranglar standartlashtirilgan: R-700 Hm; G-546,1 Hm; B-435,8 Hm. " Qobiq|"Ekspert tizimlarini loyihalash va yaratishdagi instrumental vosita. Qobiqning tarkibiga bilimlarni turli xil shakllarda taqdim etish va vazifalarni hal qiluvchi vositalarning ishlash rejimini tanlash orqali bilimlar bazalarini loyihalash vositalarini o‘z ichiga oladi. Muayyan mavzu sohasi uchun fanlar bo‘yicha muhandis kerakli bilimlarni taqdim etish va vazifalarni hal qilish strategiyalarini aniqlaydi, keyin esa, ularni qobiqqa kiritib, muayyan ekspert tizimini yaratadi. " Qobiq (optik tola qobig‘i)|"O‘zakni o‘rab turadigan, kichik sindirish ko‘rsatgichiga ega, yuqori o‘tkazuvchan optik material. " Qoidabuzar modeli|"Qoidabuzarning amaliy va nazariy imkoniyatlari, oldingi bilimlari, harakat vaqti va joyi va h.k.ni aks ettiruvchi mavhum (rasmiylashtirilgan yoki rasmiylashtirilmagan) tavsifi. " Qoidalar asosida|"Natija olish uchun qoidalardan (sonli amallardan emas) foydalanishga asoslangan hisoblashlar. Ekspert tizimlarida qo‘llaniladi. " Qoldiq axborot|"Xotira qurilmasida operatsion tizim tomonidan rasman o‘chirilgan maʼlumotlardan qolgan axborot. Axborot faylning rasman o‘chirilishi yoki xotira qurilmalarining fizik xususiyatlari sababli qolishi mumkin. Qoldiq axborot, agarda maʼlumotlar ombori nazorat zonasidan tashqari chiqib ketsa (masalan, «axlat» bilan tashlab yuborilsa yoki uchinchi tomonga berilsa), konfidensial axborotning ixtiyorsiz tarqalishiga olib kelishi mumkin. " Qoldiq bo‘yicha nazorat, n moduli bo‘yicha nazorat|"Xatolarni aniqlashning, ma’lumotlarning ayrim to‘plami yoki dasturning ayrim qismini tahlil qilishga asoslangan, oddiy usuli. Agar bu to‘plam, m bit uzunlikdagi bloklarning jamini o‘zida ifodalasa, n moduli bo‘yicha summa olinadi, bunda n = 2**m, va to‘plamning oxiriga qo‘yiladi. Keyinchalik (masalan, ma’lumotlar to‘plami boshqa joyga o‘tkazilgach) nazorat summasini takroriy hisoblashni amalga oshirish mumkin, bunda bitlar darajasidan ayrim xatolar aniqlanadi. (m = 1, n =2) usulining oddiy varianti juftlikni nazorat qilish hisoblanadi. " Qoldiq risk|"Risk qayta ishlanganidan so‘ng qoladigan risk. Izohlar 1. Qoldiq risk noaniq riskdan iborat bo‘lishi mumkin. 2. Qoldiq risk ba’zida «saqlanadigan risk» deb ataladi. " Qoldiq zaiflik|"BO ishlash sohasidagi foydalanish uchun yaroqsiz bo‘lgan, biroq buzg‘unchi tomonidan BO ishlashining oldindan belgilangan muhiti uchun mo‘ljallanganga qaraganda, yuqori hujum potensiali bilan FXT buzilishi uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan zaif joy. " Qoldiqli yaproq|"Antenna tizimida yo‘nalganlik diagrammasi bilan to‘liq kompensatsiyalanmagan yon yaproq. " Qonuniy foydalanuvchi|"Berilgan resurslar va servislardan erkin foydalanish uchun qonuniy asosga ega bo‘lgan foydalanuvchi. " Qonuniylikni o‘zi ta’minlaydigan protokol|"Kriptografik protokollarning uchinchi tomonga ehtiyoj bo‘lmagan eng yaxshi turlaridan biri. Protokol barcha qoidalarga rioya qilinishini kafolatlaydi. Bunday protokol bir tomonda aldov paydo bo‘lganda, boshqa tomon har doim buni aniqlashi mumkin bo‘lgan tarzda tuzilgan. " Qora daraja|"1. Yorqinlikning muayyan minimal darajasiga mos keladigan videosignal darajasi. 2. Yorqinlik signalining obyektdagi qora rangni uzatishdagi minimal darajasi. " Qora darajani qayd etish|"So‘ndirish darajasi ma’lum qiymatda ushlab turiladigan darajani qayd etish. Izoh – Satrlar sinxronizatsiyasining impulsli signalida qora darajani qayd etish satrlarni sinxronlovchi impulsning orqa maydonida amalga oshiriladi. " Qora darajaning siljishi|"Videosignalning yoki tasvir signalida doimiy tashkil etuvchi noto‘g‘ri uzatilganligi yoki tiklanganligi tufayli paydo bo‘lgan nuqson. " Qora darajasi va so‘nish darajasi o‘rtasidagi tirqish (qorani belgilash)|"Televideniyeda qoraning etalon darajasi va oqning etalon darajasi o‘rtasidagi nisbat, bunda ikkalasi ham so‘nish darajasiga qarab o‘lchanadi. Odatda, foizlarda ifodalanadi. " Qora (oq) notekisligini tuzatish|"Bir tekis qora (oq) tasvirni uzatishda televizion tasvir yorqinligi yoki rangining notekisligini videosignalni qayta ishlash orqali bartaraf etish. " Qora ro‘yxat|"Qoidani buzgan foydalanuvchilarning e-mail yoki IP-manzili ro‘yxati. Ushbu ro‘yxatdagi foydalanuvchilarga ba’zi resurslardan foydalana olish/kira olish huquqlari man etiladi yoki umuman tizimdan o‘chiriladi. Yetakchi pochta kompaniyalari odatda spamerlarning umumiy qora ro‘yxatiga ega bo‘ladilar. " Qoradan qoraroq daraja|"Sinxronlash impulslarining tasvir signalidan boshqa tomon bo‘ylab qoraning darajasiga nisbatan joylashgan eng yuqori darajasi. " Qorani siqish (televizion tasvirda)|"Tasvir qorong‘i uchastkalari kontrastliligini sezilarli kamaytirish. " Qoraning etalon darajasi|"Qora yo‘nalishida tasvir signalining muayyan maksimal kirishiga mos keladigan daraja. " Qoraning yorqinligi|"Ranglilik signali nolga teng, yorqinlik signali esa qora darajaga ega bo‘lgandagi televizion ekran yorqinligi. " Qotil ilova|"1. Potensial xavfli ilova bo‘lib, ishlash uchun tizimning ulkan resurslarini (kanallarning o‘tkazish qobiliyati, xotira va h.k.) talab qiladi. Qandaydir resursni egallab (baʼzan monopol tarzda) olgach, bunday ilova boshqalarini siqib chiqarishga («o‘ldirishga») qodir. 2. Aloqa xizmatlari bozoridagi yangi taklif, u tezda ommaviylashib ketadi va boshqa, uncha ommaviy bo‘lmagan ilovalarni siqib chiqaradi. " Qotil paketlar|"Tizimning ishini avariyaviy tugatish uchun tarmoq dasturlaridagi xatolardan foydalanadigan Ethernet yoki IP-paketlarini yuborish yo‘li bilan, axborot tizimini ishdan chiqarish usuli. " «Qotil» ilovalar|"Dasturiy mahsulot; foydalanuvchiga qo‘shimcha dasturlashsiz uni o‘zining aniq ehtiyojlariga qo‘llanish imkoniyatini beradi. Oxirgi foydalanuvchining muayyan ma’lumotlar bazalarini yaratish yoki buxgalteriya hisob-kitoblarini bajarish vositasidir, ya’ni foydalanuvchi ilovani ishlab chiqadigan amaliy dasturchini chetlab o‘tishi mumkin. Bunday tizimlarga misollar – Microsoft firmasining Works, Excel mahsulotlari. " Qog‘ozsiz texnologiya|"Axborotning asosiy tashuvchisi qog‘oz emas, balki, mashina eltuvchida (kompyuter xotirasida) shakllantiriladigan va foydalanuvchiga displey ekrani orqali yetkaziladigan elektron hujjat bo‘lib hisoblanadigan texnologiya. " Qulflar va kalitlar tizimi|"Xotirani muhofaza qilish tizimi. Unda xotira segmentlariga operatsion tizim tomonidan identifikatsion raqamlar – qulflar, ro‘yxatga olingan foydalanuvchilarga esa, sonli kodlar – kalitlar beriladi. " Qumdon|"Kompyuter xavfsizligida dasturlarning xavfsiz bajarilishi uchun mo‘ljallangan mexanizm. " Qurilma|"Kompyuter yoki tarmoq uskunasining har qanday apparat birligi. Bu mikrosxema, masalan, takt generatori ham, alohida funksional qurilma: printer, monitor, diskovod, modem va h.k. ham bo‘lishi mumkin. " Qurilma drayveri|"Operatsion tizim tomonidan shu qurilmani boshqarish funksiyasini ta’minlash maqsadida mazkur qurilma uchun maxsus yozilgan dastur. " Qurilma manzili|"Tezkor xotira manzil fazosining, ham mikroprotsessor, ham tashqi qurilma undan o‘qiy va yoza oladigan yacheykasi. " Qurilma nomi|"Operatsion tizimga kompyuter tizimi qurilmasini tanish (identifikatsiyalash)da yordam beradigan qurilma. " Qurilmalar holatining jadvali|"Operatsion tizimda saqlanadigan va ishlatiladigan jadval, bunda har bir qurilmaga qurilmaning turini, uning manzili va holatini o‘z ichiga oladigan element, band qurilmaga esa unga bo‘lgan qayta ishlanadigan so‘rovlarning navbatiga havola mos keladi. " Qurilmalarning tekshirilishi bo‘yicha so‘rov|"Barcha portlar va tashqi qurilmalarning davriy tekshirilishi bo‘yicha, vaqt davomida o‘zgarishi mumkin bo‘lgan operatsion tizim harakati. " Qurilmani qo‘shish|"MS Windows operatsion tizimidagi boshqaruv panelining qismi. Kompyuterga yangi qurilma o‘rnatish va o‘rnatilgan uskunani o‘chirish, shuningdek, drayverni yangilash imkonini beradi. " Qurilmani zaxiralash|"Operatsion tizim tomonidan kiritish-chiqarish qurilmasidan foydalanish jarayonlarining monopol foydalana olishini ta’minlash. " Qurilmaning mantiqiy raqami|"Qurilmaga beriladigan (0 dan 7 gacha) raqam. Kichik raqamga birmuncha yuqori ustuvorlik to‘g‘ri keladi. " Qurt|"1. Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimlarida yoki kompyuter tarmoqlarida o‘z-o‘zidan tarqalish qobiliyatiga ega bo‘lgan mustaqil dastur. Izoh – Qurtlar, ko‘pincha mumkin bo‘lgan, resurslardan, masalan, xotira hajmi yoki qayta ishlash vaqtidan foydalanish uchun ishlab chiqiladi. 2. Tarmoq bo‘ylab tarqaladigan, o‘zining nusxalarini tarmoq uzellari orqali tarqatish uchun tarmoq protokollari yoki dasturlarining zaif tomonlaridan foydalanadigan dastur. 3. O‘zining nusxalarini magnit tashuvchida qoldirmagan holda, tarmoq bo‘ylab tarqaladigan, tarmoq kompyuterlarining manzillarini hisoblab chiqadigan va bu manzillar bo‘yicha o‘z nusxalarini yozadigan zararli dastur. Izoh – Odatda, «qurt» topib bo‘lmaydigan holatda qolib, tizimda axborotni qayta ishlash jarayonini to‘xtatib qo‘yadi, so‘ng o‘zini o‘zi yo‘q qiladi. " Qutblangan diagramma|"Antenna maydonining qutblanishini uzoq zonadagi yo‘nalishga bog‘liqligini aks ettiradigan diagramma. " Qutblangan elektromagnit to‘lqini|"To‘lqin tarqalishining yo‘nalishiga perpendikulyar tekislikdagi turli yo‘nalishlarda magnit va tegishli ravishdla elektr maydonning bir xil bo‘lmagan amplitudalariga ega elektromagnit to‘lqin. " Qutblanish|"Elektromagnit maydon elektr maydoni kuchlanganligi vektorining yo‘naltirilganligi. " Qutblanish koeffitsiyenti|"Asosiy qutblanish yoʻnalishidagi nurlanish quvvatining antenna ochilishidagi nurlanish toʻliq quvvatiga nisbati. " Qutbsizlanish|"Aniq belgilangan qytblanish bilan uzatilgan radioto‘lqinlar quvvatining barchasi yoki bir qismi tarqatilgandan so‘ng ushbu qutblanishga ega bo‘lmaydigan hodisa. " Quvvatni boshqarish bitlari|"Tayanch stansiya uzatadigan, mobil stansiya uzatgichi uchun boshqaruvchi bo‘lib hisoblanadigan, quvvatni boshqarish signali. Uzatgich quvvatini berilgan diskret qiymatga (masalan, 0,5 yoki 1dB) oshirish yoki kamaytirish zarurligini ko‘rsatadi. " Quvvatni bo‘luvchi|"Radiouzatgich vositasida antennalar yoki antennalarning elementlari o‘rtasida quvvatni ma’lum bir nisbatlarda taqsimlash uchun mo‘ljallangan qurilma. " Quvvatning o‘rtacha qiymati|"1. Bitta kanalning polosa kengligiga ega (uzatilgan yoki qabul qilingan) LTE modulyatsiyalangan signal quvvatining (davomiyligi 1 ms bo‘lgan subkadrning kamida bitta o‘tish davri ichida, radiofoydalanish rejimida o‘lchangan) qiymati. 2. Radiofoydalanish rejimida chip tezlik (1+) polosa kengligiga ega (uzatilgan yoki qabul qilingan) WCDMA modulyatsiyalangan signali quvvatining, kamida bitta vaqt intervali ichida o‘lchangan qiymati. Izoh − Kodli sohadagi barcha quvvatlarning yig‘indisi, radiofoydalanish rejimida chip tezlik (1+) polosa kengligiga ega signal o‘rtacha quvvatining qiymatiga teng. " Quyi|"Obyektlarni vertikal holatda to‘g‘rilash uchun ishlatiladigan yakorlardan biri. To‘g‘rilash obyektlarning quyi qismidan amalga oshiriladi. " Quyi daraja tili|"Kompyuter apparaturasini bevosita boshqarish uchun mo‘ljallangan, assembler turidagi til. Quyi daraja tilining o‘ziga xos xususiyati til har bir instruksiyasining unga mos keladigan bitta mashina komandasiga o‘zgartirilishida namo-yon bo‘ladi. Quyi daraja tilidagi dasturlar mashinaga bog‘liq bo‘ladi, shuning uchun ularni boshqa platformalarga o‘tkazish birmuncha qiyin. " Quyi darajadagi formatlash|"Yozilmagan qattiq yoki yumshoq diskda sektorlar va yo‘lkalarning boshlang‘ich, dastlabki belgilanishini yaratish jarayoni yoki ularni to‘la qayta formatlash. " Quyi dasturga murojaat|"Komandalar to‘plami yoki parametr va boshqarishni quyi dasturga uzatadigan operator. " Quyi diapazon|"Ishchi chastotalar diapazonining, radiostansiyaning ishi ta’minlanadigan bir qismi. " Quyi menyu|"O‘zidan oldingi menyu tomonidan chaqirilgan menyu, ya’ni sarlavhasi boshqa menyuning elementi bo‘lgan menyu. " Quyi registr|"Matn yoki ma’lumotlarni kichik (katta) harflarda kiritish rejimi. " Quyi sathli dasturlash|"Kompyuterning apparat imkoniyatlaridan va/ yoki quyi sath tillaridan foydalanib dasturlash. " Quyi satr|"WWW izlash serverlaridagi so‘rovlarda nomning yoki kalit so‘zning bir qismi. Dasturlashda – satrli o‘zgaruvchi yoki konstantaning har qanday qismi, ya’ni boshqa satrning bir qismi bo‘lgan satr. " Quyi tarmoq|"1. Tarmoqning, o‘zining elementlari uchun umumiy xarakteristikalari to‘plamiga, muayyan chegaralarga ega bo‘lgan va mustaqil tarmoq sifatida qaraladigan bir qismi. 2. IP-tarmog‘ining qismi. Har bir tarmoq qismi o‘zining tarmoqdagi noyob raqamiga ega bo‘ladi. 3. OSI-tarmoqlarida – bitta administrativ domenda boshqariladigan hamda tarmoqdan foydalana olishning bitta protokolidan foydalanadigan oxirgi va oraliq tizimlar guruhi. " Quyi tarmoq manzili|"Kichik tarmoq identifikatori sifatida kichik tarmoq maskasi bilan beriladigan IP-manzil qismi. " Quyi tizim|"Tizimning, tizimdagi qandaydir funksiyani bajaradigan qismi. " Quyi xotira|"Manzillashning eng quyi raqamlariga ega bo‘lgan xotira yacheykalari. " Quyi Yer atrofi orbitasi|"700 km dan 2000 km gacha bo‘lgan balandlikda joylashgan doiraviy orbita. Bu balandliklardagi yo‘ldoshning aylanish davri 100 min dan 120 min gacha bo‘lgan davrni tashkil qiladi. Radioko‘rinish zonasida kosmik apparatning maksimal bo‘lish vaqti 10-15 min dan oshmaydi. Global qamrovni ta‘minlash ushun orbital gruhdagi yo‘ldoshlar soni 48 tadan kam bo‘lmasligi kerak. " Quyi yon polosani bostirish (tasvir uzatgich)|"Modulyatsiya mahsulotlarining, tasvir uzatgichi eltuvchisining chastotasidan past bo‘lgan chastotali amplituda-chastota xarakteristikasi. " Quyi chastotalar filtri|"Berilgan qirqim chastotasidan past o‘tkazish polosasiga va pastroq chastotalar uchun tutib qolish polosasiga ega bo‘lgan elektr chastota filtri. " «Quyuq» dasturiy ta’minot|"Funksional jihatdan keragidan ortiq va resurs sig‘imi katta bo‘lgan dasturiy ta’minot. " Qo‘l skaneri|"O‘qiydigan kallagini skanlanadigan muhit ustida siljitish foydalanuvchi tomonidan amalga oshiriladigan portativ kompyuter turi. " Qo‘lda kiritish qurilmasi|"Foydalanuvchi ma’lumotlarni qo‘lfda kiritadigan qurilma, misol uchun klaviatura. " Qo‘llaniladigan maydon kuchlanganligi (qo‘llaniladigan quvvat oqimi zichligi)|"Maydon kuchlanganligining (quvvat oqimi zichligining) aniq vaziyatlarda yoki chastota rejalari yoki kelishuvlarida belgilangani kabi, qabul qilishning tabiiy va sanoat shovqini hamda xalaqitlar mavjud bo‘lgan muayyan sharoitlarida, talab etilgan qabul qilishning sifatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan minimal miqdori. Izoh – «Qo‘llaniladigan maydon kuchlanganligi» atamasi XEIning ko‘plab matnlarida ishlatiladigan «zarur maydon kuchlanganligi» atamasiga muvofiq keladi. " Qo‘llanish sohasi|"Ma’lumotlarning aniq bir elementidan foydalanish mumkin bo‘ladigan dastur fragmenti. " Qo‘llanishlik to‘g‘risidagi bayonot|"Tashkilot axborot xavfsizligini boshqarish tizimiga mos keladigan va qo‘llaniladigan boshqarish vositalari va maqsadlarni tavsiflovchi hujjatlashtirilgan bayonnoma. " Qo‘llanmalari to‘plami kompleks qisqartirilgan protsessor|"Komandalar to‘plami qisqartirilgan protsessor; CRISP arxitekturali protsessor RISC va CISC protsessorlari va arxitekturalari o‘rtasidagi oraliq variant protsessori bo‘lib hisoblana " Qo‘llash|"Sozlash oynasidagi tugma, uni bosish orqali formadagi barcha ma’lumotlar saqlanadi va formani berkitmagan holda qo‘llaniladi. Kiritilgan o‘zgartirishlarni oldindan ko‘rib chiqish uchun xizmat qiladi. " «Qo‘lyozma» ilovalar|"Kompyuterdan «qo‘lda», ya’ni qo‘l harakati orqali boshqariladigan klaviaturasi bo‘lmagan kiritish qurilmalari (pero, (sensorli) planshet) asosida foydalanish uslubi. " Qo‘lyozma matnini tanish|"Qo‘lyozma matn ramzlarini kodlar ketma-ketligiga aylantirish texnologiyasi. Qo‘lyozma matnini tanish, matnni skaner yoki yorug‘lik perosi yordamida axborot tizimiga kiritish imkonini beradi. " «Qo‘ng‘iroq»|"Simvol kodi, unga qarab kompyuter yoki terminal foydalanuvchi yoki operator e‘tiborini tortadigan standart tovush signali beradi. " Qo‘ng‘iroq qilish|"Kompyuterga modem va umumiy foydalanishdagi telefon tarmog‘idan foydalanib, ma’lumotlarni uzatish seansini o‘zlashtirish uchun boshqa kompyuterga ulanish imkonini beruvchi xizmat (masalan, Internet tarmog‘idan foydalana olish yoki Fidonet uzeli bilan bog‘lanish uchun). " Qo‘ng‘iroqni qayta manzillash|"Abonentning raqamidan kelib tushgan qo‘ng‘iroq-larning barchasini yoki qismini istalgan boshqa (boshqa uyali, oddiy shahar, shaharlararo, xalqaro) raqamga yoki tovushli pochtaga o‘tkazish imkonini beradigan xizmat. " Qo‘riqlanadigan axborot|"1. Axborot mulkdori yoki mulkdor vakolat bergan shaxs tomonidan, kuchga ega qonunchilikka binoan muhofaza qilish rejimi o‘rnatilgan axborot. 2. Foydalanish va almashuv bilan bog‘liq jarayonlarda, ishlatilishi, qonunchilik bilan o‘rnatilgan qoidalarga mos bajariladigan axborot. " Qo‘sh mustaqil shina arxitekturasi|"Protsessorni qurish arxitekturasi, bunda ma’lumotlar bir vaqtda bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda ikkita shina orqali parallel uzatiladi. Kompyuter platformalari o‘tkazish qobiliyatining ko‘pgina muammolarini hal qiladi. Amaliy dasturlarning talablarini qondirish va protsessorlarning yangi avlodlarini yanada rivojlantirish imkoniyatlarini ta’minlash uchun, Intel firmasi tomonidan ishlab chiqilgan. " Qo‘sh telefon raqamlari xizmati|"Bitta abonent ikkita telegon raqamini oladigan xizmat. Bitta raqam hammaga ma’lum, boshqasi abonent tomonidan cheklangan shaxslarga ma‘lum qilinadi. Birinchi raqamga nisbatan abonent «Chaqiruvni boshqa raqamga o‘tkazish» yoki «Bezovta qilinmasin» xizmatlaridan foydalanganda, uning ikkinchi raqamini bilgan shaxslar u bilan bog‘lanishlari mumkin. " Qo‘sh uzatish|"Televizion dasturni televizion uzatish tarmog‘idan va tegishli tovush jo‘rligidagi alohida tovushli eshittirish uzatish tarmog‘idan, televideniyedagi stereofonik tovushni ta’minlash uchun bir vaqtda uzatish. " Qo‘shiladigan yozuv|"Fayl qayta ishlanayotgan vaqtda yaratilgan yozuv. " Qo‘shilgan menyu|"Bir nechta daraja elementlaridan tuzilgan menyu. Birinchi daraja elementini tanlash qo‘shimcha tanlash imkonini beradi. " Qo‘shimcha|"Qandaydir tartiblashtirilgan tuzilmaga (massivga, ro‘yxatga, faylga) tegishli joyga yangi elementni qo‘shish protsedurasi. Mantiqiy va fizik darajalarda qilinishi mumkin. " Qo‘shimcha bog‘lanish texnologiyasi|"IBM AT kompyuterlarida qattiq diskdan foydalanishda ilk bor qo‘llanilgan dastlabki interfeys va protokolga havola. IDE nomi bilan ham mashhur. " Qo‘shimcha bo‘lim|"Qattiq diskning nolli yo‘lkasidan tashqarida yaratilgan bo‘lim. Primary-bo‘limidan farqli o‘laroq, ularning soni cheksiz bo‘lishi mumkin. " Qo‘shimcha kanal|"Yuqori tezlikli axborotni uzatish uchun foydalanilishi va turli xizmatlarni ko‘rsatishga moslashtirilishi mumkin bo‘lgan yordamchi kanallardan biri (IS-95 va CDMA2000 standartlarida). Izoh − Qo‘shimcha kanal bo‘ylab uzatish tezligi qayd etilgan yoki o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin, shu bilan birgalikda, qabul qilgichda tezlikning aniqlanishi kirish signali bo‘yicha avtomatik ravishda amalga oshiriladi. " Qo‘shimcha klaviatura|"1. Kompyuter standart klaviaturasining o‘ng tomonidagi klavishlar guruhi. 2. Klavishlar soni ko‘p bo‘lmagan maxsus funksional klaviatura. " Qo‘shimcha kodli so‘z|"Autentifikatsiya qilish vositasi. Parol ko‘rsatilgandan keyin foydalanuvchidan qo‘shimcha ravishda so‘raladigan kodli so‘z. " Qo‘shimcha manzillash|"Xizmat ko‘rsatilayotgan foydalanuvchiga uning bitta berilgan raqamidan ortiq manzillash qobiliyatini kengaytirish imkonini beradigan qo‘shimcha xizmat. " Qo‘shimcha nusxa|"Asosiy eltuvchidagi ma’lumotlarning buzilish, shikastlanish yoki yo‘qolish hollarida, keyinchalik tiklash uchun alohida fayllar, fayllar guruhi (katalog) ning nusxasi. " Qo‘shimcha protsessor|"Asosiy protsessorning funksional imkoniyatlarini oshiradigan qo‘shimcha protsessor. " Qo‘shimcha ranglar|"Aralashmada oq rang hosil qiladigan juft ranglar. Ko‘k-yashil (havorang) va qizil; yashil-qizil (sariq) va ko‘k; ko‘k-qizil (qirmizi) va yashil qo‘shimcha ranglar bo‘lib hisoblanadi. " Qo‘shimcha raqam guruhi|"Foydalanuvchilarni guruhning ichki qo‘shimcha raqami orqali to‘plash imkonini beradigan xizmat. " Qo‘shimcha simvol|"Alifboda mavjud bo‘lmagan yoki raqamli bo‘lmagan simvol. Masalan: ♫,►,♪,☼. " Qo‘shimcha tarkibiy qism|"Dasturga yangi imkoniyatlar qo‘shuvchi dastur bibliotekasi. Plaginlardan farqli ravishda, o‘rnatilgan addon o‘chirilishi mumkin emas. Ko‘pincha, dasturni ishga tushirishda foydalanuvchidan original dasturdan yoki addondan foydalanishi to‘g‘risida so‘raladi. " Qo‘shimcha xizmatlar|"Alohida taqdim etilmaydigan, balki xizmat ko‘rsatishning asosiy turlariga, ularning funksional imkoniyatlarini kengaytirgan holda qo‘shimcha sifatida xizmat qiladigan aloqa xizmatlari. " Qo‘shimcha xizmatlar provayderi|"Telefon kompaniyalari an’anaviy ravishda ta’minlab kelayotgan xizmatlardan tashqari, ixtisoslashgan aloqa xizmatlarini taqdim etuvchi provayder. " Qo‘shimcha yo‘lka|"Nusxa ko‘chirishdan himoya qilish usulining qismi, bunda diskka standart miqdordagi yo‘lkalar ustidan yana bitta yo‘lka yoziladi. " Qo‘shimcha, orqa tomondan mahkamlanadigan|"Kompyuter korpusining orqa tomonidagi, qurilmalarni o‘rnatish uchun mo‘ljallangan port yoki uya. " Qo‘shimchalar|"Alohida o‘rnatiladigan va dasturga yangi operatsiyalarni bajarish imkonini beradigan qo‘shimchalar. " Qo‘shish ko‘prigi|"Umumiy antenna bilan uzatish uchun turli kanallarda ishlaydigan bir nechta uzatgichlardan televizion signallarni kombinatsiyalash imkonini beradigan qurilma. " Qo‘shmoq|"Avvaldan mavjud ro‘yxatga yangi elementni qo‘shish. " Qo‘yilganlik|"O‘xshash yoki boshqa bir konstruktsiyaga kirish yuz beradigan algoritm, dastur, komanda tuzilmasi. Masalan, sikldagi sikl, shartli operatordagi shartli operator. " Qo‘yish|"Obyekt (fayl, matn, tasvir va sh.k.lar)ni almashinuv buferidan olib qo‘yish. " Qo‘yish nuqtasi|"Axborot (ma’lumot) kiritiladigan joyni belgilaydigan, ekrandagi lipillaydigan tik chiziq, kursor. " Qo‘zg‘atilish|"Elektromagnit tebranishlarning, to‘lqino‘tkazgish yoki yorug‘lik o‘tkazgich kirishiga uzatilishi. " Qo‘zg‘atgich|"1. Uzatgichdagi yuqori chastotali, masalan, koaksial-tirqishli yoki to‘lqin o‘tkazgich turidagi generator. 2. Modulyator va chastotalarning ishchi to‘rini shakllantiruvchi chastotalar sintezatorini o‘z ichiga oluvchi qurilma. Qo‘zg‘atgich tarkibiga signalni oldindan kuchaytirish qurilmasi kirishi mumkin. R " Rad etib bo‘lmaslik|"1. Muayyan hodisa yoki faoliyatning yuzaga kelishini isbotlash va ularni initsiatsiya qiluvchi mantiqiy obyektlarni aniqlash imkoniyati. 2. Xabarlarni kafolatli yetkazib berish bilan elektron hujjatlarni almashish protsedurasi. Bunday protsedura natijasida jo‘natuvchi uzatish faktini, oluvchi esa xabar muddatida yetkazilmaganligini rad etolmaydi. " Rad etish|"Biror bir foydalanuvchi tomonidan bajarilgan hujjatdagi yoki moslamalardagi o‘zgarishlarni rad etish va avvalgi konfiguratsiyaga yoki hujjatga qaytish. " Rad etish (radiokanaldan foydalanishni)|"Kanaldagi sifat yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan darajada past bo‘lishi tufayli, aloqa xizmatlaridan foydalanishning to‘xtatilishi. " Rad etmoq|"Foydalanuvchi tomonidan, qurilma, fayl, papkadan foydalanishga urinish yoki yetarli huquqlarga ega bo‘lmay turib, biror-bir dasturni bajarish uchun ruxsatni rad etish. " Radial tizim|"Barcha abonent liniyalari bitta nuqtadan boshlanadigan kabel taqsimlash tizimi. " Radial-kommutatsion tizim|"Abonent liniyalarining har biri alohida ulanishi mumkin bo‘lgan radial yoki ko‘p radial tizim. " Radiatsion himoya; nurlanishdan himoya qilish|"1. Ham tabiiy, ham sun’iy xarakterdagi ionlashtiruvchi nurlanishlar ta’siridan odamlar va uskunalarni himoya qilish. 2. Ekranlash va nurlanish darajasini kuchsizlantirish imkonini beradigan boshqa texnik chora-tadbirlar. " Radio aks sado|"Signalning tarqalish yo‘lida joylashgan obyektdan qaytgan va undan keyingi kuzatish punktida qabul qilingan elektromagnit signal. Barcha zamonaviy radiolokatsiya radio aks sadosining obyektdan kuzatuv punktigacha o‘tish vaqtini o‘lchashga asoslangan. " Radioaloqa|"Radioto‘lqinlar yordamida amalga oshiriladigan aloqa. " Radioaloqa reglamenti|"Radioaloqa xizmatlari tomonidan radiochastota spektridan foydalanish tartibini aks ettiruvchi asosiy hujjat. " Radioelektron qurilma|"Bitta yoki bir nechta radiouzatish va/yoki qabul qilish vositasi hamda yordamchi uskunasidan tashkil topgan texnik qurilma. " Radioelektron vosita|"Radioto‘lqinlar uzatishga va qabul qilishga mo‘ljallangan bitta yoki bir nechta radiouzatuvchi yoki qabul qiluvchi qurilma yoki ularning birikmasi va yordamchi uskunalaridan iborat bo‘lgan texnik vosita. Bu vosita uzatish va qabul qilish uchun mo‘ljallangan, o‘z ishida chastotasi 5 KHzdan yuqori bo‘lgan elektromagnit tebranishlardan foydalanadigan radiostansiyalar, radiotelefonlar, radionavigatsiya va radioaniqlash tizimlari, kabel teleko‘rsatuvlari tizimi hamda boshqa vositalardan iborat. " Radioelektron vositaning ta’sirchanligi|"Radioelektron vosita va uning tarkibiy qismlarining, antenna orqali yoki antennadan tashqarida bo‘ladigan elektromagnit, elektr, magnit maydonlar ko‘rinishidagi yoki fiderdagi, ta’minot, boshqaruv, axborotni uzatish, kommutatsiyalash va уerga ulash zanjirlaridagi kuchlanishlar yoki toklar ko‘rinishidagi radioxalaqitlarga javob qaytarish xususiyati. " Radioeshittirish diapazoni|"Radioeshittirish xizmati uchun Xalqaro elektraloqa ittifoqi Radioaloqa reglamenti tomonidan ajratilgan chastotalar polosasi. " Radiokanal|"Maʼlumotlar uzatish uchun radionurlanishdan foydalanadigan kanal. Radiokanal radiouzatgich va radio qabul qiluvchidan tarkib topadi. Radionurlanish chastotasi radiokanal vazifasiga ko‘ra tanlanadi. Axborot tarmoqlarida radiokanallar ikki maqsadda ishlatiladi. Birinchisi – abonent tizimini kabellar guruhi asosida qurilgan tarmoq bilan ulash. Bunga yer bo‘ylab kabel tortish iloji bo‘lmasa yoki tizim bir joydan boshqasiga ko‘chib yursa ehtiyoj tug‘iladi. Ikkinchisi – radiotarmoq yaratishda ishlatiladi. " Radiomayoq kanali|"Simsiz kira olish tarmoqlarida, tayanch stansiyalar marker signalini uzatish uchun foydalanadigan kanal. Izoh − Qabul qilinayotgan signal darajasini o‘lchash orqali mobil abonent aloqaning sifatini baholash va aloqa davomida qabul qilishning eng yaxshi sharoitlari ta’minlanadigan tayanch stansiyani tanlashi mumkin. Tayanch stansiya bilan aloqa oldindan so‘rovlar va boshqa xizmat komandalarini uzatmasdan amalga oshiriladi. " Radionurlanish|"Elektromagnit spektrda infraqizil nurlanishdan oldin joylashgan elektromagnit nurlanish. Tebranish chastotasi 3-30 KGsdan 300-6000 GGsgacha bo‘lgan elektromagnit to‘lqinlari radionurlanishga oiddir. Bu chastotalar polosasini olti diapazonga bo‘lish qabul qilingan. Bu diapazonlar radionurlanishlar tarqalishi xususiyatini belgilab beruvchi turli xil radioto‘lqinlarga tegishli. Shuni nazarda tutish kerakki, bu polosalar doimiy bo‘lmay, radiotexnika rivojlana borgan sari kengayib boradi. " Radionurlanishning zarur chastotalar polosasi|"Signalni talab qilingan tezlik va sifat bilan uzatish uchun yetarli bo‘lgan berilgan turkumdagi radionurlanish chastotalarining minimal polosasi. " Radiooptik antenna panjarasi|"Kogerent optika va golografiya vositalarida yo‘nalganlikning fazoviy xarakteristikalarini shakllantirishga ega antenna panjarasi. " Radiopeleng|"Radiopelengatorning antenna tizimi o‘rnatilgan joyidan radiosignallar nurlatadigan obyektga bo‘lgan yo‘nalish. Bu yo‘nalish, gorizontal tekislikdagi radiopelengatorning antenna tizimi o‘rnatilgan joyi orqali o‘tuvchi haqiqiy yoki magnit meridianning shimoliy yo‘nalish bilan bu joydan obyektning gorizontal tekislikka proeksiyasiga bo‘lgan yo‘nalish orasidagi, 0° dan 360° gacha hisoblanadigan burchak bilan o‘lchanadi. " Radioqabul qilgichning shovqin koeffitsiyenti|"Signal manbaining temperaturasi 293 K bo‘lganda, detektor kirishida yoki radioqabulqilgich chiziqli qismining chiqishida o‘lchangan shovqin darajasining, tegishli chiqishda bo‘lishi mumkin bo‘lgan shovqin quvvatiga nisbati (agar signal manbai yagona shovqin manbai bo‘lishi mumkin bo‘lganda). " Radioqidiruv xizmati|"Abonentga belgilangan zonada ishlab turgan shaxsiy qurilma yordamida umumiy foydalanishdagi tarmoqning istalgan telefon apparatidan chaqiruv to‘g‘risida radio orqali ogohlantirishni olish imkonini beradigan xizmat. Izoh – Ogohlantirish tovushli xabarnoma yoki kodlangan shakldagi vizual indikatsiya bilan kuzatilishi va chaqiruvchi shaxsdan kelib tushishi yoki tarmoqning o‘zida generatsiya qilinishi mumkin. " Radiorazvedka; radio tutib olish|"Spektral tarkibini, modulyatsiya turini va ishlayotgan bir radiostansiyani boshqasidan ajratish imkonini beruvchi boshqa alomatlarni tahlil qilish maqsadida, aloqa vositalari yordamida nurlantiriladigan signallarni qabul qilish. " Radioreleli kanal|"Televizion radioreleli signalni uzatishda foydalaniladigan chastotalar polosasi. " Radioreleli liniya|"O‘ta yuqori chastota diapazonida ishlaydigan radiokanal. Radioreleli liniya 2, 7, 13, 15, 18, 23, 38 GGs chastotalarda ishlaydigan, o‘tkazish polosasining kengligi 3,5-28 MGs bo‘lgan, 50 km uzoqlikkacha maʼlumotlarni uzata oladigan yerusti radio tarmog‘ining tarkibiy qismidir. " Radioreleli qabul qilgich|"Kirishiga televizion radioreleli liniya signali keladigan, chiqishidan esa radioreleli liniyaning chiquvchi televizion signali olinadigan apparatura kompleksi. " Radioreleli uzatgich|"Muayyan bir apparatura kompleksi, uning kirishiga radioreleli liniyaning kiruvchi televizion signali keladi, chiqishida esa, radioreleli liniyaning chiquvchi televizion signali mavjud bo‘ladi. " Radiosignal eltuvchisini raqamli televizion signal bilan kvadratura fazaviy manipu-lyatsiya qilish|"Modulyatsiyalovchi diskret raqamli televizion signalning har bir ahamiyatli holati radiosignal eltuvchisi fazasining raqamli televizion signal oldindagi elementining radiosignal eltuvchisi fazasiga nisbatan diskret o‘zgarishi orqali ifodalangan eshittirish televideniysi radiosignali eltuvchisining fazaviy manipulyatsiyasi. " Radiosignalning kvadraturaviy diagrammasi|"Eshittirish televideniyesi radiosignalining, kvadraturaviy modulyator chiqishidagi radiosignallar fazasini mos tarzda aks ettirish uchun koordinatalarning to‘g‘ri burchakli koordinatalar tizimiga aylantirilgan qutbiy diagrammasi. Izoh – I gorizontal o‘q bo‘yicha radiosignalning sinfazali kanaldagi darajasi, Q vertikal o‘q bo‘yicha esa, kvadratura kanalidagi darajasi ajratiladi. " Radiosignalning qutbiy diagrammasi|"Eshittirish televideniyesi radiosignalining eltuvchisi tayanch element bo‘lgan doiraviy diagramma. Bu tayanch elementga nisbatan fazaviy siljish burchagi va eshittirish televideniyesi modulyatsiyalangan signali darajasining o‘zgarishi hisoblanadi. " Radiostansiya|"Bitta yoki bir nechta uzatgich yoki qabul qilgich, shu jumladan, uzat-kich va qabul qilgichlarning yordamchi uskunalari birikmasi. U belgilangan joyda radioaloqa xizmatini yoki radioastronomiya xizmatini bajarish uchun xizmat qiladi. " Radiotarmoq|"Radiokanallarga ega bo‘lgan simsiz tarmoq. Radiotarmoqlar hududiy yoki lokal bo‘lishi mumkin. Arxitekturasiga ko‘ra – maʼlumotlarni marshrutlash tarmoqlari va maʼlumotlarni tanlashga asoslangan tarmoqlar farqlanadi. Xuddi shunday, yer usti radiotarmoqlari va yo‘ldoshli aloqa tarmoqlari farqlanadi. Radiotarmoqlarning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, tayanch stansiyalari, yaʼni abonent tizimlari bevosita o‘zaro ishlaydigan axborot tizimlari hisoblanadi. " Radiotelefon|"Tovush signallarini radioto‘lqinlar orqali uzatish va qabul qilish apparati. " Radioteleskop|"Yo‘naltirilgan antenna (yoki antennalar tizimi) va radiometrdan iborat bo‘lgan, osmon obyektlarining xususiy radionurlanishini qabul qilish va qayd etish hamda uning xarakteristikalarini tadqiq etish uchun mo‘ljallangan radioqabul qurilmasi. " Radioteleo‘lchashlar|"O‘lchash natijalarini uzatishda radiotelemetrik deb ataladigan maxsus radioliniyalardan foydalanadigan teleo‘lchash texnikasining sohasi. " Radioto‘lqin|"Shartli ravishda chastotasi 6000 GGsdan past deb qabul qilingan elektromagnit to‘lqinlar. Ular fazoda sunʼiy to‘lqin o‘tkazgichisiz ishoralar, signallar, yozma matn, tasvir va tovushni uzatish yoki qabul qilish uchun tarqatiladi. Oltita radioto‘lqin diapazoni ajratiladi: 1. O‘ta uzun to‘lqinlar (tebranishlar chastotasi - 3-30 KGs). 2. Uzun to‘lqinlar (30-300 KGs). 3. O‘rta to‘lqinlar (300-3000 KGs). 4. Qisqa to‘lqinlar (3-30 MGs). 5. O‘ta qisqa to‘lqinlar (30 MGs-300 GGs). 6. Submillimetrli to‘lqinlar (300-6000 GGs). " Radioto‘lqinlar diapazoni|"Radioto‘lqinlar uzunligining shartli nom berilgan muayyan uzluksiz qismi. " Radioto‘lqinlarning gorizont ortida (troposferali) tarqalishi|"Yer sirtiga yaqin nuqtalar o‘rtasidagi troposferaviy tarqalish, bunda qabul qilish nuqtasi uzatish nuqtasi radiogorizontidan tashqarida bo‘ladi. " Radioto‘lqinlarning nurlanishi|"Radioto‘lqinlar diapazoniga tegishli bo‘lgan va asosan radiouzatgichlarning antennasi orqali qo‘zg‘aluvchi elektromagnit to‘lqinlarning paydo bo‘lishi. " Radioto‘lqinlarning olis troposferali tarqalishi|"Havo sindirish koeffitsiyentining bir xil emasligi bilan asoslangan ularning qaytishi va sochilishi natijasi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rinish masofasidan oshadigan masofadagi troposferada radioto‘lqinlarning tarqalishi. " Radiotoʻlqinlarning qaytish koeffitsiyenti|"Qaytuvchi radiotoʻlqindagi elektr maydoni kuchlanganligi koʻrsatilgan tashkil etuvchisining tushuvchi radiotoʻlqindagi oʻsha tashkil etuvchiga nisbati. " Radioto‘lqinning qutblanishi|"Elektr maydon kuchlanganlik vektorining yo‘nalishini aniqlaydigan radioto‘lqinlar xarakteristikasi. " Radiouzaytirgich|"Quvvat kuchaytirgichi bo‘lgan qabul qilgich – uzatgich ko‘rinishida ishlangan, signallarni oraliq kuchaytirish va keyinchalik nurlantirish uchun ishlatiladigan qo‘shimcha retranslyator. Radiouzaytirgich, odatda, signallar ishonchli qabul qilinmaydigan zonalarda o‘rnatiladi yoki xizmat ko‘rsatish zonasini kengaytirish uchun qo‘llaniladi. " Radiouzatgichning chiqish quvvati|"Radiouzatgichdan antenna-fider qurilmasiga yoki yuklama ekvivalentiga uzatiladigan aktiv quvvat. " Radiouzel|"Simli eshittirish tarmog‘i abonentlariga radioeshittirish dasturlari va mahalliy eshittirishlarni uzatish uchun mo‘ljallangan qabul qiluvchi-kuchaytiruvchi va boshqa apparaturalar majmui. " Radioxalaqit|"Radioaloqa tizimida qabul qilishga bo‘lgan, bir yoki bir nechta nurlanish keltirib chiqaradigan, axborot sifatining yomonlashuvida, xatoliklar bo‘lishida yoki axborot yo‘qolishida namoyon bo‘ladigan, elektromagnit energiya ta’siri. " Radiochastota|"Qar.: Radioto‘lqin. " Radiochastota biriktirish|"Radiochastota taqsimlovchi tashkilot tomonidan foydalanuvchiga maʼlum radiochastotadan foydalanishga beriladigan ruxsat. " Radiochastota kabeli|"Radiosignallarni uzatish uchun mo‘ljallangan kabel. " Radiochastota organi|"Qonunchilikka muvofiq, radiochastota spektridan foydalanishni (unga ajratilgan radiochastotalar polosasi chegarasida) tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi. " Radiochastota spektri|"Shartli ravishda 3000 GHz deb qabul qilingan intervaldagi radiochastotalar majmui. " Radiochastota spektri monitoringi|"Radiochastota spektri holatini muntazam kuzatish, undan foydalanishni baholash, radiochastota spektri to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishining oldini olish va bartaraf etish uchun mo‘ljallangan tashkiliy-texnik tadbirlar kompleksi. " Radiochastota spektridan foydalanuvchi|"Radiochastotalardan foydalanish va radioelektron vositalar yoki yuqori chastotali qurilmalarni ekspluatatsiya qilish uchun radiochastota idorasining tegishli ruxsatiga ega bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs. " Radiochastota spektrining bandligi|"Ma’lum vaqt oralig‘ida bitta chastotada, bitta radiochastota kanalida yoki chastotalar polosasida nurlanish mavjudligining davomiyligi. " Radiochastotalar diapazoni|"Tebranishlar o‘xshash xossalarga ega bo‘ladigan uzluksiz chastotalar intervali. " Radiochastotalar diapazoni (quyi diapazoni)ning qoplash koeffitsiyenti|"Ishchi chastotalar diapazoni (quyi diapazoni) eng yuqori chastotasining shu diapazon (quyi diapazon) ning eng yuqori chastotasiga nisbati. " Radiochastotali ma’lumotlar uzatish vositalari|"Fayllarni radiokanal orqali (to‘g‘ri ko‘rinishsiz) kompyuterdan printerga, ma’lumotlar to‘plagichga 9-12 m ga uzatish uchun xizmat qiladigan elektron qurilmalar va dasturiy vositalar. Ishlashda qulaylik yaratadi, ulardan foydalanilganda qurilmalarni o‘zaro birlashtiradigan kabellar kerak bo‘lmaydi. " Ramdrayv|"tezkor xotirada modellashtiriladigan psevdodisk; mantiqiy diskni imitatsiya qilish uchun ajratilgan kompyuter tezkor xotirasining bir qismini o‘zida ifodalaydi. " Ramkasimon antenna|"Asosiy elementi ixtiyoriy shakldagi, bir yoki ko‘p o‘ramli ramka bo‘lgan antenna. " Ramziy havola|"Haqiqiy faylga ko‘rsatgich bo‘lgan faylning maxsus bir turi. Siz havola bilan ishlayotganingizda, aslida haqiqiy fayl bilan ishlayotgan bo‘lasiz. " Ramziy mantiq|"Xulosalar chiqarish uchun tabiiy til ifodalaridan emas, balki simvollardan foydalaniladigan matematik mantiq. " Ramziy manzil|"Dasturchu uchun qulay shaklda ifodalangan va absolyut manzilni avtomatik tarzda aniqlash imkonini deradigan manzil. " Randevu|"Jarayonlar kommunikatsiyasi mexanizmi, bunda ikkala jarayon xabarlarni uzatish tugagunga qadar to‘xtatiladi. " Randomizatsiya(lash)|"Ma’lumotlarda identik bloklar mavjudligini yashirish maqsadida, ma’lumotlarning psevdotasodifiy ketma-ketligidan foydalanib, shifrlashdan oldin yoki shifrlash paytida boshlang‘ich ma’lumotlarni o‘zgartirish. " Rang balansi, balans|"Asosiy ranglar signali darajasining normalangan axromatik obyektlarni tahlil yoki axromatik tasvirlarni sintez qilishda tayanch oqning rangliligi bilan tengligi. Izoh − Axromatik obyektlar oq, kul rang yoki qora rangda bo‘lishi mumkin. " Rang buzilishlari|"Obyekt ranglari va qayta tiklanayotgan tasvirning tegishli ranglari o‘rtasidagi sezilarli farq. " Rang kontrasti|"Rang grafigida ikkita ranglilikni bog‘lovchi to‘g‘ri chiziqda yotuvchi rang chegaralarining soni bilan o‘lchanadigan ranglilikdagi farq. " Rang koordinatalari|"Namunaga mos kelishi uchun aralashtirilishi kerak bo‘lgan asosiy ranglar miqdori. Izoh – YoXK (Yoritish bo‘yicha xalqaro komissiya) tizimida X, Y, Z simvollari bilan belgilanadi. " Rang koordinatalarini o‘zgartirish|"Asosiy ranglarning bir tizimiga tegishli bo‘lgan ranglarning rang koordinatalarini asosiy ranglarning boshqa tizimiga tegishli bo‘lgan aynan o‘sha ranglarning rang koordinatalari bo‘yicha hisoblash. " Rang parametrlari|"Rangning uchta subyektiv, ajralmas sifati: rang toni, to‘yinganligi va yorqinligi. " Rang signali|"Rangli televizion tasvirning rangliligini to‘liq yoki qisman aks ettiruvchi elektr signali. " Rang sinxronizatsiyasi|"Ranglilik signallarining sinxronligi va/yoki sinfazligini o‘rnatish hamda saqlab turish. " Rang sinxronizatsiyasi signali|"Muayyan shakldagi impulslar bilan modulyatsiyalangan rang quyi eltuvchi signali. " Rang temperaturasi|"Tiklanadigan tasvir rang tonining obyektiv o‘lchovi. U yorug‘lik manbai nurlanishining spektral tarkibini, shuningdek, yorug‘lik manbai rangidan olinadigan obyektiv taassurotni tavsiflaydi. Ekranda oq rangning «oqlik darajasi»ni belgilaydi (Kelvinda o‘lchanadi). " Rang teranligi|"Tasvirning bitta pikselini kodlash uchun kerak bo‘lgan bitlar soni. " Rang turi|"Rangning spektrdagi o‘rnini aniqlaydigan qiymat. Masalan, yashil rang sariq va moviy ranglarning orasida joylashadi. Ishchi stolda bu atributni boshqaruv paneli orqali ham berish mumkin. " Rang uzatish indeksi|"Muayyan kuzatish sharoitlarida tadqiq etilayotgan va standart yorug‘lik manbalari bilan yoritilgan rangli obyektni ko‘rish orqali idrok etishning muvofiqlik o‘lchami. " Rang uzatish ishonchliligi|"TV tasvir ranglarining etalon sifatida qabul qilingan ranglarga mos kelish darajasi. " Rang uzatish sifati|"Qar.: Rang teranligi. " Rang videosignali|"Rangli televizion tasvir xarakteristikalarini aks ettiruvchi elektr signali. " Ranglar sxemasi|"Ekran elementlari uchun o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi ranglar kombinatsiyasi. " Ranglarni aralashtirish|"Tegishli tasvirlar mos tushishiga erishilgunga qadar, ya’ni qizil, yashil va ko‘k elektron nurlarining bir pikselda uchrashguniga qadar asosiy ranglar maydonlarining uchta yoyish rastrlarini rostlash. Yomon aralashtirish monitorning ruxsat etish qobiliyatini pasaytirib oq piksellar rangini kirlantiradi. " Ranglarni tiklash ishonchliligi|"Ikkita rang shkalasi bo‘yicha pasaytirilgan to‘yinganlik shkalasi bo‘yicha «oq» ning darajasi 75 foiz, «qora»ning darajasi 37,5 foiz va darajasi 750 750 bo‘lgan signallar orqali shakllantirilgan yuqori to‘yinganlik shkalasi bo‘yicha vizual baholash. " Ranglarning uzilishi|"Kuzatish sharoitlaridagi farq tufayli ikki maydon orasida paydo bo‘ladigan har qanday soxta rang. Kuzatish sharoitlarining tez o‘zgarishi tufayli tasvirning tiklash qurilmasida rangli tasvir asosiy rang tashkil etuvchilariga qisman ajralishi yoki har qanday yoyilib ketishi. " Rangli polosalar|"1. Rangli signalning sifatini baholash uchun vertikal rangli polosalar hosil qiluvchi televizion sinov jadvali. Izoh – Odatda, bu jadval oq, sariq, havo rang, yashil, to‘q qizil, qizil, ko‘k va yashil ranglarga mos keluvchi sakkizta polosadan iborat bo‘ladi. 2. Belgilangan ketma-ketlikda joylashgan asosiy, qo‘shimcha, qora va oq ranglarning vertikal yoki gorizontal polosalaridan tashkil topgan elektr sinov jadvali. " Rangli quyi eltuvchi fazasi inversiyasining qo‘zg‘almas o‘qi|"Qayd etilgan etalon faza, unga nisbatan ranglilik signali rangli quyi eltuvchida doimiy ranglilik uchun keyingi maydonlar vaqtida teng va qarama-qarshi burchak qiymatlarini oladi, bu etalon faza barcha ranglilik uchun yagonadir. " Rangli quyi eltuvchi fazasining inversiyasi|"Ranglilik signali quyi eltuvchisining bitta yoki bir nechta tashkil etuvchisi rangli fazasining ikkita belgilangan qiymat o‘rtasida davriy o‘zgarishi. " Rangli rirproyeksiyaga kiritish|"Rangli rirproyeksiya tizimini boshqarish. Bu bir videosignalni boshqasining ustiga elektron tushirish jarayonidir. Ustiga tushirish maydoni yoki zonasi signallardan birining rang to‘yinganlik darajasi bilan belgilanadi. Ustiga tushirishni amalga oshirish uchun rang to‘yinganlik alohida xususiy ajrata olish xossasiga yoki chastotalar polosasiga ega bo‘lishi kerak. " Rangli tasvir signali|"Barcha sinxronlovchi signallardan boshqa, rangli tasvir to‘g‘risidagi to‘liq axborotni ichiga oluvchi, elektr signali. Izoh – Rangli tasvir signalining bir turi monoxrom tashkil etuvchini va ranglilik axboroti modulyatsiyalagan quyi eltuvchini ichiga oladi. " Rangli televideniyening bir vaqtdagi satr-navbatma-navbat tizimi|"Rangli televideniyening, yorug‘lik signali uzluksiz uzatiladigan, ranglilikni uzatish uchun navbatma-navbat satr bo‘yicha almashinib, lekin yorug‘lik signali bilan bir vaqtda uzatiladigan ikkita signaldan foydalaniladigan tizimi. " Rangli televideniyening bir vaqtdagi tizimi|"Rangli televideniyening, asosiy ranglarga mos keladigan signal tashkil etuvchilari bir vaqtda uzatiladigan tizimi. " Rangli televideniyening komponent tizimi|"To‘liq videosignal bir nechta alohida tashkil etuvchilar shaklida mavjud bo‘ladigan rangli televideniye tizimi. " Rangli televideniyening maydon-navbatma-navbat tizimi|"Rangli televideniyening navbatma-navbat tizimi, bunda asosiy ranglarga mos keluvchi signal tashkil etuvchilari maydon bo‘ylab navbat bilan almashinib uzatiladi. " Rangli televideniyening navbatma-navbat tizimi|"Rangli televideniyening, asosiy ranglarga mos keluvchi signal tashkil etuvchilari navbatma-navbat uzatiladigan tizimi. " Rangli uzatish|"Qayta tasvirlashni turli rang toni, to‘yinganlik hamda yorqinlik qiymatlari bilan ta’minlashi mumkin bo‘lgan rangli televideniye signalini uzatish. " Ranglilik diagrammasi|"Ranglilik uchta koordinatasidan birining boshqasiga bog‘liq ravishda tuzilishidan hosil bo‘lgan diagramma. " Ranglilik grafigi|"Rangning ranglilik koordinatalarini o‘zida aks ettiradigan ma’lum o‘qlar bo‘ylab o‘lchanadigan masofa tekis grafigi. Izohlar 1. Odatda, ikkita ortogonal o‘q, xususan, ranglilik grafigida – xy yoki Xalqaro yoritish bo‘yicha komissiyaning ranglilik teng kontrastlilik grafigida uv foydalaniladi. 2. Ranglilik grafigida real ranglar monoxromatik ranglarni aks ettiruvchi nuqtalarni va boshqa tomondan, bu egri chiziqning to‘q qizil ranglilik liniyalari deb nomlanadigan to‘g‘ri liniyasi bilan cheklangan sath qismini egallaydi. " (Ranglilik grafikasidagi) oq zona|"Axromatik sezgirlikni kuzatish sharoitlarida yetarlicha yaxshi mos keladigan ranglilikni taqdim etadi, deb hisoblash mumkin bo‘lgan ranglilik grafikasidagi zona. " Ranglilik kanali|"Televizion uskunaning ushbu blokidan ranglilik signali bilan o‘tadigan yo‘l. " Ranglilik modulyatori|"Rangli televizion uzatishda ranglilik signali va rang quyi eltuvchisining videochastotaviy tashkil etuvchilaridan ranglilik signalini hosil qilish uchun qo‘llaniladigan modulyator. " Ranglilik quyi eltuvchisining signali|"Modulyatsiyalangan ranglilik quyi eltuvchisining rangga oid axborotni uzatish uchun monoxrom signalga qo‘shiladigan yon polosalari. " Ranglilik signali|"1. Rangli axborotni ko‘chirishda yorqinlik signaliga qo‘shiladigan elektr signal. Bu signal amalda ikki ayirmarang signal bilan modulyatsiyalangan ikkita tashkil etuvchidan iborat bo‘ladi. 2. Ayirmarang signallar bilan modulyatsiyalangan bitta yoki bir nechta ranglilik quyi el-tuvchisi va rang sinxronizatsiyasi signali. " Ranglilik signali eltuvchisi|"Qar.: Ranglilik signalining quyi eltuvchisi. " Ranglilik signali eltuvchisining chastota etaloni|"Ranglilik signalining quyi eltuvchisi ega bo‘lgan chastotaga va rang chaqnashiga nisbatan qayd etilgan fazaga ega uzluksiz signal. Bu signal etalon hisoblanadi. " Ranglilik signalining kanali|"Rangli televideniye tizimidagi ranglilik signalini rangli quyi eltuvchiga o‘tkazish uchun mo‘ljallangan har qanday trakt. " Ranglilik signalining quyi eltuvchisi|"Rang axborotini uzatish uchun monoxrom signalga modulyatsiya yon polosalari qo‘shiladigan eltuvchi. Ranglilik axboroti modulyatsiyalaydigan eltuvchi. " Ranglilik signalining tashkil etuvchisi|"Ranglilik signalining quyi eltuvchi kuchlanishini tegishli fazada ranglilik asosiy rang signali bilan modulyatsiyalashda olinadigan tashkil etuvchisi. " Ranglilik vektori|"Rang fazosidagi va doimiy yorug‘lik tekisligidagi vektor, uning boshlanishi yorug‘lik o‘qida, tugashi esa rangli nurlanishni aks ettiradigan o‘qda joylashgan. " Ranglilik vektori tashkil etuvchilari|"Ranglilik vektorining doimiy yorug‘lik tekisligidagi ikkita o‘qqa taalluqli, rangli fazo yorug‘lik o‘qida umumiy boshlanishga ega ikkita tashkil etuvchisi. " Ranglilik vektorining o‘qi|"Rangli fazo doimiy yorug‘ligi sirtidagi ikkita o‘qdan biri, ular bo‘ylab ranglilik vektorining tashkil etuvchilari ajratib qo‘yiladi. " Ranglilikni uzgich|"Rangli televizordagi, qabul qilinayotgan signalda rangli axborot mavjud bo‘lmaganda, ranglilik kanalini yopish yo‘li bilan qora-oq tasvirni qayta tiklashni ta’minlash uchun xizmat qiladigan qurilma. " Ranglilikning asosiy dag‘al rangi|"Uzatishning, yorqinligi nolga teng, ranglilikni chastotalar polosasining minimal kengligi bilan uzatishga mos keladigan va rangli tasvirning subyektiv aniqligiga nisbatan kam ta’sir etishi hisobiga tanlangan asosiy rangi. " Ranglilikning asosiy nozik rangi|"Uzatishning, yorqinligi nolga teng, ranglilikni chastotalar polosasining maksimal kengligi bilan uzatishga mos keladigan va rangli tasvirning subyektiv aniqligiga ta’sir etishi muhimligi uchun tanlangan asosiy rangi. " Ranglilikning asosiy rangi|"Yorqinligi nolga teng bo‘lgan uzatishdagi ikkita asosiy rangdan biri. " Ranglilikning miltillashi|"Faqat ranglilikning o‘zgarishlari natijasida paydo bo‘ladigan miltillash. " Ranglilikning to‘yinganligi|"Berilgan nurlanish rangliligini sezishning oqning rangliligini sezishdan farqlash darajasi. " Ranglilik-yorqinlik kesishuvchi buzilishi|"Yorqinlik signalining ranglilik signali keltirib chiqaradigan buzilishi. " Rangni kodlash tizimi|"Rang koordinatalari yorqinlik signali va ayirmarang signallar orqali belgilanadigan rang koordinata tizimi. " Rangni tiklash tizimi|"Qayta tiklash qurilmasi uchta asosiy rangining nominal rangliligi va tayanch oqning rangliligi bilan belgilanadigan uch rangli kolorimetrik tizim. " Rangning bir xilligi|"Katta uzunlikdagi yirik oq, kul rang va qora uchastkalardagi ishchi maydon bo‘ylab nazorat qilinadigan tasvir. Rangning «sudralishi» ing. - сhroma сreep ru – «наползание» цвета Tasvir nuqsoni, bunda to‘yingan ranglar, ayniqsa, vertikal qizil chiziqlar «shovqinli» bo‘lib qoladi. " Rangning to‘yinganligi|"Rang bo‘yicha ko‘rib chiqilayotgan rang omili bilan tenglashadigan ma’lum axromatik oxirgi omilning additiv aralashmasidagi monoxromatik rang omilining ulushi bilan tavsiflanadigan rang belgisi. Izohlar 1. Televideniyeda to‘yinganlik tushunchasi kolorimetriyada qo‘llaniladigan rang tozaligi tushunchasiga o‘xshash. 2. Rangning to‘yinganligi uning monoxromatik rangga yaqinlashgani sari ortib boradi. 3. Qirmizi stimul hollarida monoxromatik stimul qirmizi ranglilik liniyalaridagi tegishli nuqtadagi stimul bilan almashtiriladi. " Ranjlash|"Obyektlar yoki ma’lumotlarni, tasniflash maqsadida darajalar bo‘yicha qandaydir belgilarga ko‘ra taqsimlash. Tasniflanadigan obyektlar yoki ma’lumotlar taqsimlanadigan darajalar ranglar deb ataladi. " Raqam-analogli o‘zgartirgich|"Raqamli kod ko‘rinishidagi diskret signallarni, ularga ekvivalent bo‘lgan analog (vaqt davomida uzluksiz bo‘lgan) signallarga avtomatik o‘zgartiradigan qurilma. " «Raqam bilan bog‘lanish mumkin emas» tonal signali|"Chaqiruvchi abonentga chaqiriluvchi abonentning raqamiga bog‘lanish mumkin bo‘lmagan holatda uzatiladigan tovushli signalizatsiya (masalan, chiqariluvchi, retranslyatorning ta’sir zonasidan tashqarida yoki uning radiostansiyasi o‘chirilgan bo‘lsa). Agar liniya band bo‘lsa yoki abonent javob bermasa, bunday vaziyatda «raqam bilan bog‘lanish mumkin emas» signali hosil qilinadi. " Raqam termasdan bog‘lanish (yarim doimiy bog‘lanish)|"Raqam termasdan bog‘lanishni ta’minlovchi xizmat. Izoh – MML komandasi yordamida operator foydalanuvchini oldindan buyurtma berilgan manzil bilan bog‘laydi. " Raqam teruvchi|"Foydalanuvchi kompyuteriga keyinchalik yukla-nadigan va ishga tushiriladigan unchalik katta bo‘lmagan ushbu dastur modem aloqasini to‘lovli modem puli orqali amalga oshirishga harakat qiladi. " Raqamdan universal foydalanish xizmati|"Mamlakatning turli qismlarida mamlakatning istalgan nuqtasidagi bir nechta telefon apparatlariga ega bo‘lgan abonent bilan, bitta aniq raqamni terish orqali bog‘lanish imkoniga ega xizmat. Mamlakatning o‘zaro bog‘langan zonalarida joylashgan telefon stansiyalariga ulangan abonentlar tomonidan chaqiruvlar ushbu zonalardagi shu xizmatlardan foydalanadigan telefon apparatlariga (ayrim cheklashlar bilan) yo‘llanadi. " Raqamlarni siklik saralash|"O‘xshash telefonlarning raqamlarini siklik saralash orqali yopiq klonlash, unda har bir keyingi chaqiruv yangi raqam bilan amalga oshiriladi. " Raqamlash (nomerlash)|"Tarmoq obyektlari o‘rtasida raqamlarni taqsimlash jarayoni, bunda ularning bir ma’noli identifikatsiya qilinishi kafolatlanadi. " Raqamlash tizimi|"Operatorlar, provayderlar va foydalanuvchilarning oxirgi (terminal) uskunasi o‘rtasida raqamlash va taqsimlash tartibi hamda qoidalari. " Raqamlashtirish|"Analog signalni diskret signalga aylantirish jarayoni, yaʼni analog maʼlumotlarni raqamli, kompyuter muhitida mavjud bo‘la oladigan va mashina o‘qiydigan tashuvchilarda saqlanadigan shaklga o‘tkazish. Analog tasvirlarni raqamlash ko‘pincha skaner yordamida bajariladi. " Raqamli|"Ma’lumotlarning qandaydir chekli to‘plamdan bo‘lgan belgilar ketma-ketligi ko‘rinishida taqdim etilishini tavsiflaydi. Kompyuter texnikasida «raqamli» atamasi «ikkili» atamasining sinonimi hisoblanadi, chunki kompyuterlarda axborot ikkili raqamlar (0,1) ko‘rinishda taqdim etiladi. " Raqamli abonent liniyasi|"Mis simlar bo‘yicha diskret signallarni translyatsiya qilishning fizik va kanal darajalar maxsus protokollari bilan aniqlangan fizik liniyalar bo‘yicha ma’lumotlarni yuqori tezlikli uzatish texnologiyasi. Izoh – Shunga o‘xshash raqamli aloqa liniyasini tashkil etish uchun provayderda o‘rnatilgani kabi oxirgi foydalanuvchida ham o‘rnatilishi zarur bo‘lgan maxsus uskuna qo‘llaniladi. " (Raqamli) alohida kodlash|"Rangli televizion signalni analog-raqamli o‘zgartirish usuli, uni uchta tashkil etuvchilardan har biri alohida qayta tashkil qilinadi, masalan, yorug‘lik signali va ikkita ayirmarang signal. " Raqamli-analog o‘zgartirish|"Raqamli signallarni, muhim axborotni saqlab qolgan holda, analog signallarga o‘zgartirish jarayoni. " Raqamli audio kasseta|"Ham tovush signallarini, ham ma’lumotlarni yuqori sifatli raqamli yozish va qayta eshittirish uchun mo‘ljallangan magnit tasmali, uncha katta bo‘lmagan kasseta. Raqamli audio kassetalardan ma’lumotlarni arxivlashda foydalaniladi. " (Raqamli) dekodlash|"1. Dastlabki signalni, qayta tiklash maqsadida, razryadlar ketma-ketligiga nisbatan qo‘llaniladigan jarayon. 2. Rangli televideniyeda – rangli videosignaldan uchta asosiy rangga mos keladigan signallarni olish jarayoni. " Raqamli diskli videomagnitofon|"Axborot eltuvchi sifatida disklardan foydalaniladigan «plyonkasiz» videomagnitofon. " Raqamli (elektron) diplomatiya|"Internet tarmog‘i imkoniyatlaridan va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan diplomatik vazifalarni hal etishda foydalanish. Raqamli diplomatiya doirasida global tarmoqda yangi media, ijtimoiy tarmoqlar, bloglar va shunga o‘xshash mediamaydonchalardan foydalaniladi. Elektron diplomatiyada davlat muassasalari, birinchi navbatda, tashqi siyosat, hukumat organlari, shuningdek, faoliyati tashqi siyosiy kun tartibini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan nohukumat tashkilotlar ishtirok etadilar. Raqamli diplomatiyaning asosiy maqsadlari – tashqi siyosiy manfaatlarni ilgari surish, Internet-televideniye, ijtimoiy tarmoqlar, mobil telefonlar orqali, omma ongiga va siyosiy elitaga yo‘naltirilgan axborot targ‘ibotidan iborat. " Raqamli eshittirish televideniyesi tizimi|"Raqamli eshittirish televideniyesining televizion tasvir, tovush va xizmatga oid axborot to‘g‘risidagi ma’lumotni shakllantirish, uzatish va qabul qilish usullarini belgilaydigan texnik vositalari hamda tegishli texnik parametrlari va tavsiflarining majmui. " (Raqamli eshittirish televideniyesi) transport oqimidagi xatolik bayrog‘i|"Raqamli eshittirish televideniyesining ma’lumotlar transport oqimi tegishli darajasi sarlavhasida bo‘lgan, bu oqimni shakllantirish, uzatish yoki qabul qilish jarayonida yuzaga keladigan muayyan turdagi xatolar to‘g‘risidagi axborotni tashuvchi bitta yoki bir nechta bit. " (Raqamli eshittirish televideniyesida transport oqimi paketlarini) randomizatsiyalash|"Raqamli eshittirish televideniyesi ma’lumotlari transport oqimi paketlarini modulyatsiyalangan televizion signal energiyasini radiokanal polosasida yanada tekisroq taqsimlash va raqamli oqim ma’lumotlarining bitlari o‘rtasidagi o‘tishlarni tasodifiy statistikaga yaqinlashtirish uchun skremblerlashni amalga oshirish operatsiyasi. " (Raqamli eshittirish televideniyesining) dasturiy oqimi|"Bitta umumiy taktli chastotaga ega bo‘lgan video, audio ma’lumotlari va xizmatga oid axborotlar elementar oqimlarini multiplekorslash yo‘li bilan hosil qilingan hamda eshittirish televideniyesi o‘zgaruvchan uzunlikdagi dasturiy paketlaridan tuzilgan ma’lumotlar oqimi. " Raqamli filtrlash|"Raqamli signal chastota spektrining ba’zi komponentlarini raqamli filtr bilan bostirish. " Raqamli guruh hosil qilish iyerarxiyasi|"Raqamli multipleksorlarning bosqichlar bo‘yicha o‘tkazish qobiliyatiga muvofiq, biror tartibdagi guruh hosil qilishlar, har biri quyi darajadagi belgilarni uzatish tezligiga ega va shu tezlikdagi boshqa raqamli signallar bilan keyingi, yanada yuqori darajadagi raqamli multipleksor yordamida bundan keyingi birlashish uchun yaroqli bo‘lgan raqamli signalga birlashishni ko‘zda tutadigan tarzda joylashadigan qatori. " Raqamli imzo|"1. Xabarga qo‘shimcha qilinadigan hamda xabar oluvchiga jo‘natuvchining haqiqiyligini tekshirish imkonini beradigan ma’lumotlar. 2. Ma’lumotlar blokiga yoki uni kriptografik qayta o‘zgartirish natijasiga qo‘shimcha qilinadigan ma’lumotlar ketma-ketligi, u ma’lumotlar oluvchisiga manba va ma’lumotlar blokining yaxlitligini tekshirish, shuningdek, soxtalashtirishdan yoki almashtirishdan muhofaza qilish imkonini beradi. " Raqamli imzo sxemasi|"Raqamli imzoni shakllantirish va uni tekshirish algoritmlarining majmui. Raqamli imzo sxemasining ishonchliligi maxfiy kalit egasi bo‘lmagan shaxs uchun quyidagi uchta vazifani hal qilish murakkabligi bilan belgilanadi: raqamli imzoni qalbakilashtirish, ya’ni berilgan hujjat tagidagi imzoning qiymatini hisoblash; imzolangan xabarni yaratish, ya’ni imzoning to‘g‘ri qiymatiga ega hech bo‘lmasa bitta imzoni topish (raqamli imzoni ekzistensial qalbakilashtirish); xabarni almashtirish, ya’ni imzoning bir xil qiymatlariga ega ikkita turli xabarni tanlash. " Raqamli imzo tizimi|"1. Ma’lumotlar manbaini autentifikatsiyalovchi yoki xabarni autentifikatsiyalovchi kriptografik tizim. Subyektlarning ular avvalroq bajargan xatti-harakatlarini rad etishlaridan muhofaza qilish uchun mo‘ljallangan. 2. Oluvchiga, olingan ma’lumotlar to‘plamining haqiqiyligini va ma’lumotlarning, aynan, nomidan xabar yuborilgan jo‘natuvchi tomonidan yuborilganlik faktining ishonchliligini ta’minlaydigan protsedura hamda vositalar. " Raqamli imzoli xabar|"Shifrlanmagan, lekin raqamli imzoga ega bo‘lgan xabar. " Raqamli imzoni shakllantirish algoritmi|"Dastlabki ma’lumotlari sifatida xabar, imzo kaliti va raqamli imzo sxemasi parametrlaridan foydalaniladigan algoritm, natijada raqamli imzo shakllanadi. " Raqamli imzoni tekshirish algoritmi|"Dastlabki maʼlumotlari sifatida imzolangan xabar, tekshirish kaliti va raqamli imzo sxemasi parametrlaridan foydalaniladigan, raqamli imzoning to‘g‘riligi yoki xatoligi to‘g‘risidagi xulosa esa natijasi bo‘lib hisoblanadigan algoritm. " Raqamli iqtisodiyot|"1. Ishlab chiqarishning asosiy omili raqamli shakldagi ma’lumotlar hisoblanadigan xo‘jalik faoliyati, katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash va ularni tahlil qilish natijalaridan foydalanish, xo‘jalik yuritishning an’anaviy shakllariga nisbatan, ishlab chiqarishning har xil turlari, texnologiyalar, uskunalar, tovarlar va xizmatlarni saqlash, sotish, yetkazib berish samaradorligini sezilarli oshirish imkonini beradi. 2. Onlayn-xizmatlar taqdim etish bo‘yicha servislar, elektron to‘lovlar, Internet-savdo, kraudfanding va boshqalar kiradigan raqamli kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan faoliyat. Odatda, elektron tijorat, Internet-banking elektron to‘lovlar, Internet-reklama, shuningdek, Internet-o‘yinlar, raqamli iqtisodiyotning asosiy elementlari sifatida tilga olinadi. " Raqamli «iz»|"Ma’lumotlar elementining xarakteristikasi, masalan, kriptografik nazorat qiymati yoki ma’lumotlarga nisbatan bir tomonlama xeshlash funksiyasini bajarish natijasi. " (Raqamli) kadr|"Signalning to‘liq siklini tashkil etuvchi ketma-ket taym-slotlarning takrorlanuvchi to‘plami, bunda har bir taym-slotning nisbiy pozitsiyasi identifikatsiyalanadi. " Raqamli kira olish va kommutatsiyalash tizimi|"DS-0 (64 kbit/s) darajasiga T1 va E1 liniyalarini elektron usulda aks ettirish imkonini beradigan kommutator; DCS va DXS deb ham ataladi. " Raqamli klaviatura|"Standart klaviaturaning o‘ng tomonidagi, Num Lock indikatori yonib turganda sonli ma’lumotlarni tezda kiritish uchun mo‘ljallangan klavishlar bloki. " Raqamli kompyuter|"Diskret ma’lumotlarni qayta ishlash yo‘li bilan masalalarni hal etadigan kompyuter; bitta yoki undan ko‘p diskret o‘zgaruvchilar shaklida keyingi barcha funksiyalarni bajara oladigan, ya’ni a) kiritiladigan ma’lumotlarni qabul qiladigan; b) doimiy yoki o‘zgaradigan saqlash qurilmalarida ma’lumotlar yoki komandalarni saqlaydigan; c) o‘zgarishi mumkin bo‘lgan ko‘rsatmalarning yozilgan ketma-ketligi vositasida ma’lumotlarni qayta ishlaydigan; d) ma’lumotlar chiqarilishini ta’minlaydigan apparatura. " Raqamli konvert|"1. Xabarga qo‘shimcha qilinadigan hamda mo‘ljallangan oluvchiga xabar mazmunining yaxlitligini tekshirish imkonini beradigan ma’lumotlar. 2. Xabarlarni shifrlash uchun simmetrik kriptotizimdan, maxfiy kalitlarni shifrlash uchun esa asimmetrik kriptotizimdan foydalaniladigan mexanizm. Shu tarzda uzoq muddatli kalit asimmetrik kriptotizimga, seansli kalit simmetrik kriptotizimga tegishli bo‘ladi. " Raqamli ko‘p maqsadli disk|"DVD-diskka yuqori sifat bilan yozilgan video-fayl. MPEG-2 tasvir siqishda va Dolby Digital standartidagi tovushda ishlatiladi. Kinoqaroqchilik bilan kurashish maqsadida har bir DVD da region kodi ko‘rsatiladi, DVD-proigrivatellar esa disklarni faqat regionning tegishli kodi bilan qayta tiklashi mumkin. " Raqamli ma’lumotlar bazasi|"Raqamli ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar bazasi. " Raqamli mikrouyali simsiz aloqa tizimi|"1. O‘z foydalanuvchilariga, ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishdan himoyalangan yuqori sifatli barqaror aloqani ta’minlaydigan tizim. DECT standarti nutqli va faksimil aloqani, shuningdek, ma’lumotlar uzatishni ta’minlaydi. 2. Yevropa raqamli simsiz telekommunikatsiyalari. Yevropa simsiz telefon aloqa standarti. TDMA texnologiyasi asosida 1,8 GHz va 1,9 GHz chastota diapazonida ishlaydi. Kanalni dinamik tanlash/ajratish texnologiyasidan foydalanish bir nechta DECT telefoni foydalanuvchilariga so‘zlashuvni aynan bitta tayanch chastotada olib borish imkonini beradi. Paketlarni kommutatsiyalash usulini qo‘llash hisobiga, DECT ma’lumotlarni simsiz uzatish tezligi 522 Kbit/s gacha, kelajakda esa, 2 Mbit/s gacha yetishini ta’minlaydi. DECT/GSM ikkita standartli mobil tarmoqlar tarqalishi bilan DECT yanada ommaviylashadi. " Raqamli miksher|"Raqamli televizion signalning bir nechta ma’lumotlar oqimini qayta ishlash uchun mo‘ljallangan qurilma. " Raqamli modem|"Axborot uzatish uchun analog modemlarga nisbatan, yuqoriroq chastotalardan (4 kHz dan (1-2) MHz gacha) foydalanadigan modem. " Raqamli multipleks iyerarxiyasi|"Multipleksorlashning bir qator darajalari, bunda har bir daraja aniq bitreyt bilan tavsiflanadi va har bir daraja past darajadagi bitreyt bilan multipleksorlangan signallardan tashkil topgan raqamli signallar bilan ishlaydi. Izoh – XEI standartizatsiya sektori raqamli multipleks iyerarxiya-ning ikkita: plezioxron raqamli iyerarxiya va sinxron raqamli iyerarxiya turini standartlashtirgan. " Raqamli oqimlar va kanallarni ajratish apparaturasi|"Bo‘shagan pozitsiyalarga kiritiladigan signallar guruhiga kiradigan, iyerarxiya oldingi bosqichining qatʼiy belgilangan raqamli oqimiga tegishli bo‘lgan pozitsiyalarni raqamli signallar guruhidan ajratib olinishini taʼminlovchi apparatura. " Raqamli oqimlarni uzatishning ko‘p tezlikli texnologiyasi|"Ikki simli tarmoqdan ma’lumotlar o‘tish tezligini 2 Mbit/s gacha ta’minlab beruvchi texnologiya. Modulyatsiya usuli – 2BIQ. Barcha o‘tkazish yo‘li Е1 butun kanali va bir nechta nutq kanallari o‘rtasida bo‘linadi. " Raqamli ovoz yoziladigan kompakt disk|"Disk tovush yo‘lkalaridan tuzilgan bo‘lib, u 73 min davomida yuqori sifatli jarangli ma’lumotlarni berish imkoniga ega. Musiqani diskdan kompyuterga ko‘chirib olish maxsus dastur – grabberlar orqali amalga oshiriladi. " Raqamli resurslarni boshqarish|"Video, audio va fotoalbomlarga tez kira olish va kataloglash uchun mo‘ljallangan dasturiy vosita. Bunga Google Picasa ni yorqin misol qilib keltirish mumkin. " Raqamli savodxonlik|"Raqamli kompetentlikka (chuqur bilimga ega bo‘lishlikka) erishish, axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan ish, dam olish, muloqot uchun qat’iy va tanqidiy foydalanish uchun zarur bo‘lgan malaka. " Raqamli sertifikat|"Foydalanuvchi, kompyuter, server, kompaniya yoki boshqa obyektni identifikatsiya qilish uchun va ochiq kalitni obyekt bilan bog‘lash uchun xizmat qiladigan elektron hujjat. Raqamli sertifikat sertifikator (Certification Authority) tomonidan beriladi va shu sertifikatorning raqamli imzosi bilan ta’minlanadi. " Raqamli signallar protsessori|"Analog signallarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan protsessor (mikrosxema). Tovush kartalarida, ma’lumotlar to‘plash tizimlarida va tasvirlarga ishlov berishda foydalaniladi. " Raqamli tafovut|"Internetga kirish huquqi bo‘lganlar, Butunjahon o‘rgimchak to‘rida taklif qilinadigan yangi xizmatlardan foydalana oladiganlar bilan, bu xizmatlardan chiqarib tashlanganlar o‘rtasidagi farq. Izoh – Tayanch darajada fuqarolar va korxonalarning axborot jamiyatida ishtirok etishi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga, ya’ni kompyuterlar va Internet ulanishlar kabi elektron qurilmalar mavjudligiga bog‘liq. Raqamli tafovutni yosh, ma’lumot, jins, daromad, ijtimoiy guruhlar yoki geografik o‘ringa bog‘liq holda ishtirok etishdagi farqni tavsiflaydigan mezonlarga muvofiq tasniflash mumkin. " Raqamli tarmoq|"Ikki yoki bir nechta punkt o‘rtasida aloqani tashkil qilish maqsadida ular o‘rtasidagi raqamli bog‘lanishlarni yaratish uchun foydalaniladigan raqamli uzellar va raqamli ulovchi liniyalar majmui. " Raqamli taroqsimon filtr|"Televizion eshittirishda aralashib ketgan yorqinlik va ranglilik signallarini ajratadigan filtr. Bu texnologiya signalning buzilishini, rang shovqinlarini, «nuqtalarning sirpanish» effektlarini pasaytirish imkonini beradi. Televizion dasturlarda ba’zida kesishuvchi rang buzilishlari paydo bo‘ladi, (masalan, ko’rsatuv boshlovchisi yo‘l-yo‘l kostyum yoki mayda xol-xol ko‘ylak kiygan hollarda). Taroqsimon filtr bu buzilishlarni bartaraf etadi. Natijada tasvir aniqroq va tozaroq chiqadi. " Raqamli tasvir kanali|"Eshittirish televideniyesi raqamli traktining raqamli televizion videosignallarni shakllantirish, uzatish va qabul qilish uchun mo‘ljallangan qismi. " Raqamli televideniye|"Axborot raqamli signallar yordamida ifodalanadigan televideniye. " Raqamli televizion bog‘lovchi liniya|"Eshittirish televidenyiesi raqamli traktining qismlari o‘rtasida, raqamli televizion videosignallar va tovush signallarini, shuningdek, translyatsiya qilinishi zarur bo‘lgan maxsus ma’lumotlarni uzatish uchun mo‘ljallangan liniya. " Raqamli televizion dekoder|"Televizion videosignalni raqamli dekodlash qurilmasi. " Raqamli televizion eshittirish|"Raqamli eshittirish televideniyesining iste’molchiga televizion dasturlar va xizmatga oid axborotni uzatish uchun mo‘ljallangan tarkibiy qismi. Izoh – Xizmatga oid axborot deganda, metama’lumotlar, iste’molchining ma’lumotlari va h.k.lar tushuniladi. " (Raqamli televizion eshittirish tizimining) global modeli|"XEI tomonidan Xalqaro standartlashtirish tashkiloti bilan birgalikda yaratilgan va iste’molchilarga ommaviy ko‘p maqsadli axborot xizmatlari ko‘rsatishda raqamli televizion eshittirishdan foydalanishni ko‘zda tutadigan model. " Raqamli televizion kamera|"Tasvir signalini raqamli qayta ishlaydigan va chiqish televizion signallari raqamli bo‘lgan televizion kamera. " Raqamli televizion koder|"Televizion videosignalni raqamli kodlash qurilmasi. " Raqamli televizion qo‘shimcha moslama|"Raqamli televizion signalni qabul qilish va analog signalga o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan, analog televizorga qo‘yiladigan qo‘shimcha moslama. Izoh – Qo‘shimcha moslamaga multimedia funksiyalari yuklatilishi mumkin. " Raqamli televizion signal ma’lumotlar oqimini yashirin markalash|"Raqamli televizion signal ma’lumotlar oqimiga maxsus kalitsiz aniqlab bo‘lmaydigan va o‘chirilmaydigan kodni kiritish. Izoh – Bu kod materialning aslligini tekshirish imkonini beradi hamda yashirin axborotni tashish vositasini taqdim etadi. " Raqamli televizion signallar regeneratori|"Raqamli televizion videosignallar va tovush signallarining taktli sinxronlanishini tiklash uchun mo‘ljallangan qurilma. " Raqamli televizion sinov jadvali|"Elementlari eshittirish televideniyesining raqamli traktida yoki uning qismlarining chiqishida televizion tasvir parametrlari va xarakteristikalarini baholash uchun xizmat qiladigan standart tasvir. " Raqamli televizion videosignal|"Analog televizion videosignalni raqamli kodlash natijasida olingan televizion videosignal. " Raqamli televizion yo‘ldoshli liniya|"Raqamli televizion videosignallar va tovush signallarini, shuningdek, translyatsiya qilinishi zarur bo‘lgan maxsus ma’lumotlarni bitta yoki bir nechta aloqa yo‘ldoshi orqali uzatuvchi va qabul qiluvchi yer stansiyalari o‘rtasida uzatish uchun mo‘ljallangan radioliniya. " Raqamli (televizion) matritsali kommutator|"Raqamli televizion signal ma’lumotlarining kirish va chiqish oqimlarini qo‘shimcha tarzda qayta ishlash imkoniyati bilan, o‘z portlari o‘rtasida iste’molchilarning manzillarini hisobga olgan holda fizik bog‘lanishni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan qurilma. " Raqamli televizion o‘lchash signallari generatori|"Raqamli televizion o‘lchash signallarining parallel yoki ketma-ketlikdagi oqimlarini shakllantirish uchun mo‘ljallangan qurilma. " Raqamli televizor|"Televizion videosignallarni, sinxronizatsiya signallarini va tovush jo‘rligi signallarini raqamli qayta ishlash jarayonini o‘z ichiga olgan televizor. " Raqamli texnologiyalar asri|"Raqamli texnologiyalar global ravishda tarqalganda yuzaga kelgan atama. Bu jarayon zamonaviy hayotning ijtimoiy-madaniy jihatlariga sezilarli taʼsir ko‘rsatadi. " Raqamli tovush kanali|"Eshittirish televideniyesi raqamli traktining raqamli televizion tovush signallarini shakllantirish, uzatish va qabul qilish uchun mo‘ljallangan qismi. " Raqamli ulanish|"Telekommunikatsiyalar tarmog‘ining punktlari o‘rtasida raqamli signallarni uzatish uchun tashkil qilingan raqamli kanallar, kommutatsion va boshqa funksional bloklarni ketma-ket birlashtirish. " Raqamli universal disk|"Axborot tashuvchining turi. Bir qatlamli bir tomonlama «oddiy» DVD diskning sig‘imi 4,7 Gb ga (DVD-4,7) teng. Ikki tomonlama (DVD-10) hamda ikki qatlam (DVD-9) DVD-disklar mavjud. Ikki qatlamli ikki tomonlama super DVD disk (DVD-18) o‘zining axborot «sig‘imiga» ko‘ra, to‘rtta «oddiy» diskka teng. " Raqamli valyutalarni almashish onlayn-servisi|"Mijozlarga raqamli vositalarni boshqa aktivlarga, jumladan, milliy valyutalarga va boshqa raqamli valyutalarga ayirboshlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadigan veb-xizmat. Izoh – Bu atama bilan bir qatorda, «raqamli valyutalar birjasi», «raqamli valyutalar bilan savdolarni tashkillashtiruvchi», «savdo servisi», «elektron ayirboshlash maydoni» ta’riflari ham ishlatiladi. Bunday xizmatlar odatda, faqat onlayn-servislar taqdim etadi, barcha operatsiyalarni elektron shaklda amalga oshirgan holda. Biroq, valyutalarni ayirboshlashning an’anaviy usullari ham taklif qilinishi mumkin. Odatda operatsiyalar uchun vositachilik haqi olinadi. Bank kartalari bo‘yicha operatsiyalar, pul o‘tkazmalari, shu jumladan pochta o‘tkazmalari yoki raqamli valyutalarga ayirboshlash evaziga boshqa to‘lov shakllari amalga oshirilishi mumkin. Mijozdan raqamli valyutalar sotib olinganda, pul mablag‘lari bank hisobraqamlariga, shu jumladan, kartochka hisobraqamlariga o‘tkazilishi mumkin. " Raqamli video|"Raqamli shaklda yoziladigan va qayta ishlanadigan videosignal. " Raqamli videointerfeys|"Interfeys standarti va videotasvirlarni suyuq kristalli monitor, televizor, proyektor kabi raqamli aks ettirish qurilmalariga uzatish uchun mo‘ljallangan tegishli razyom. Digital Display Working Group konsorsiumi tomonidan ishlab chiqilgan. " Raqamli (video) kamera|"Bevosita raqamli shaklda (harakatlanadigan yoki harakatlanmaydigan) tasvirni yaratadigan, shuning uchun tasvirni xotiraga yozib olishdan yoki aloqa liniyasi bo‘ylab uzatishdan avval analog-raqamli o‘zgartirish talab etilmaydigan kamera. " Raqamli videosignal yozilgan interaktiv kompakt disk|"CD-ROMning bir turi bo‘lib, foydalanuvchining diskdan maxsus yozish formatiga ega, tasvir hamda tovush fayllarini ijro etishning sifatini oshirib beruvchi ma’lumotlarni o‘qishda (yozishda) boshqarishga xizmat qiladi. Raqamli videointeraktiv (DVI) formati ushbu disklar uchun muqobil format hisoblanadi. " Raqamli xavfsizlik|"Axborotning konfidensialligini, yaxlitligini va undan foydalana olishlikni, viruslar hujumidan va ruxstsiz aralashuvdan himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar kompleksi. " (Raqamli) tasvirni kodlash|"Tasvir (kadr) to‘g‘risidagi axborotning har bir elementi, masalan, kvantlangan qiymat belgilangan qoidalarga muvofiq, razryadlar ketma-ketligida taqdim etiladigan jarayon. Izoh – «Kodlash» atamasi rangli televideniyeda boshqa mazmunga ega. " Raqamli yo‘ldoshli televizion eshittirish|"Aloqa yo‘ldoshlarida va kosmik stansiyalarda joylashtiriladigan televizion retranslyatorlar orqali amalga oshiriladigan raqamli televizion eshittirish. " Raqamli o‘zgartirgich|"Nuqtalar koordinatalarini avtomatik raqamlash yo‘li bilan grafik axborotni (sxemalarni, chizmalarni) kiritish qurilmasi. " Raqamli chiqish|"Raqamli oqimni uzatish imkonini beradi. Fizik jihatdan elektrik (RCA ajratgich) yoki optik (Toslink ulagich) bo‘lishi mumkin. " Raqamni aniqlamaydigan qurilma|"Abonentga boshqa telefonlar tomonidan o‘z raqamini aniqlashni taqiqlash imkonini beradigan xizmat. " Raqamni avtomatik aniqlash apparaturasi|"Chaqirayotgan abonent oxirgi (terminal) abonent telefon qurilmasining kategoriyasi va raqamini aniqlash uchun mo‘ljallangan qurilma. " Raqamni ko‘chirish|"Bir operatordan boshqasiga o‘tishda abonent raqamini saqlash imkonini beradigan xizmat. " Raqamni qayta manzillash bilan chaqiruv|"Abonent raqami band bo‘lganda yoki ma’lum vaqt davomida javob bermaganida, barcha kiruvchi chaqiruvlarni saqlab qolish mumkinligi. Izoh − Barcha chaqiruvlar avtomatik ravishda boshqa raqamga o‘tkaziladi va ulardan navbat shakllantiriladi. Shuningdek, xabarlar abonentning tovushli pochta qutisiga jo‘natilishi ham mumkin. " Raqamni takrorlash xizmati|"Abonent uchun qisqa kodni terish orqali avval terilgan raqam bilan takroran bog‘lanish imkonini beradigan xizmat. " Rasm (shakl)|"Veb-sahifada illyustratsiya vazifasini bajaruvchi rasm. Texnik matnlar o‘zlashtirilishini osonlashtiradi. " Rasm va matn|"Ikkita tyunerli televizorlarda mumkin bo‘lgan, ekranning chap tomonida telematn, o‘ng tomonida esa o‘lchami rostlanadigan tasvir proyeksiyalanadigan dinamik funksiya. " Rasmda rasm (videokameralarda)|"Qandaydir yozuv yoki rasm yoxud obyektni suratga olib, keyin uni harakatlanmaydigan tasvir ko‘rinishida xotiraga kiritish. " Rasmiy hujjat matni|"Axborotning biror bir tashuvchisida qayd etilgan va hujjatdagi axborot nutqining barchasini yoki asosiy qismini o‘zida aks ettiruvchi axborot. " Rasmiy hujjat sanasi|"Hujjat tuzilgan yoki imzolangan sanani o‘z ichiga oluvchi rasmiy hujjat rekviziti. " Rasmiy hujjat sarlavhasi|"Hujjatning mazmunini qisqa bayon qiluvchi hujjat rekviziti. " Rasmiy hujjatni rasmiylashtirish|"Zarur rekvizitlarni qo‘yish. " Rasmiy parametr|"Protsedura sarlavhasida, protsedura e‘lon qilinadigan paytda ko‘rsatiladigan parametr. Protsedurani chaqirishda unga aniq (aktual) parametrlar beriladi. " Rasmiy til|"Sintaksisi va semantikasi ochiq ko‘rinishda, undan foydalangunga qadar berilgan til. Rasmiy tillarga, xususan, dasturlash tillari kiradi. " Rastr|"Tasvirlarni to‘g‘ri burchakli matritsaviy tasvir elementlari – piksellar shaklida taqdim qilish raqamli vositasi. Ular tasvirlarni yoki fazoviy obyektlarni rastrli ifodalash asosidir. " Rastrlash|"Vektor formatidagi ikki o‘lchamli tasvirni displey yoki printerga chiqarish uchun piksellar yoki nuqtalarga o‘girish. Vektorlashga teskari bo‘lgan jarayon. Atama XIX asrning o‘rtalarida chop etishning ofset usuli va sifatli chop etish uchun zarur bo‘lgan rastr texnologiyasi yaratilishi bilan paydo bo‘lgan. " Rastrli|"Grafik obyektni bitli ko‘rinishda, rastrli tasvirlanishi. Tasvir va shriftlarni «katakchali» ko‘rinishda ifodalash uchun qo‘llaniladi. Rastrli tasvirlarni taqdim etish formati, tasvirning har bir pikseliga uning rangini ifodalovchi bir nechta ikkilik razryad mos keladi. " Rastrli grafika|"Tasvir nuqtalar to‘plami ko‘rinishida taqdim etiladigan grafika. Har bir nuqta rastr elementi deyiladi, uning tavsifi maxsus rastrli fayllarda saqlanadi. Rastrli fayllarning bir nechta formati bor, masalan, Windows da foydalaniladigan, apparat jihatdan mustaqil rastrli format DIB (Device Independent Bitmap). " Rastrli operatsiyalar kodi|"Eski va yangi tasvir piksellarini tenglash yo‘li ko‘rsatgichi. Odatda boshlang‘ich tasvir oddiygina natija tasvir bilan qayta yoziladi. " Rastrli protsessor|"Rastrli tasvirlarni fototerish avtomatida yoki raqamli bosma tizimda chiqarish vositasi. " Rastrli tasvir|"Alohida oddiy elementlar bo‘lmish piksellardan qatorlab shakllantirilgan tasvir. Tasvir matritsasidagi ko‘p sonli piksellar uning shunday shaklini taʼminlaydiki, unda nuqtalar bir biri bilan deyarli qo‘shilib ketadi. Rastrli grafikaning muhim fazilati bo‘lib, u tasvirlarga ishlov berishni ancha yengillashtirish, tasvirning har bir elementini tahrir qilish imkonidir. Rastrli tasvirlarning kamchiligi ohista o‘zgara-digan egri chiziqlarni yarata olmasligidir. Masalan, aylana har doim siniq egri chiziq shaklida tasvirlanadi. Bu sinishlarni tasvir rastri nuqtalari sonini oshirish hisobiga kamaytirish mumkin, ammo to‘liq yo‘q qilib bo‘lmaydi. " Rastrli to‘sig‘i (parallaks to‘sig‘i) bo‘lgan stereoskopik kineskop (displey)|"Stereoskopik kineskop, bunda to‘r shaklidagi niqob ekranning old qismida ikki tomonga yo‘naltirilgan yorug‘lik bo‘lgich (tasvir ajratgich) ni hosil qiladi, shuning uchun, chap va o‘ng ko‘z uchun navbatma-navbat ko‘rsatiladigan tasvirlarni ajratish uchun boshqa vositalar (masalan, ko‘zoynak) ga zarurat bo‘lmaydi. " Rastrli-vektorli o‘zgartirish|"Obyektlarni rastrli ifodalashdan vektorli shaklga avtomatik yoki yarimavtomatik ravishda aylantirish. " Rasshifrovkalash|"Oldindan aniqlangan algoritm yordamida shifrlangan matnni o‘qish uchun yaroqli matnga o‘girish jarayoni. Shifrlash jarayoniga teskari operatsiya. " Raund|"Faystel shifridagi va arxitektura jihatdan unga yaqin bo‘lgan shifrlardagi shifrlashning bitta qadami. Shifrlash jarayonida shifrlanadigan blokning bitta yoki bir nechta qismi o‘zgarishga uchraydi. " Raund kaliti|"Kriptoalgoritm kalitidan olinadigan va shifrlashning bir raundida Fеystel shifri hamda o‘xshash kriptoalgoritmlar tomonidan foydalaniladigan maxfiy element. " Ravon to‘lqin o‘tkazgichli o‘tish|"Ko‘ndalang kesimi asta-sekin o‘zgaradigan to‘lqin o‘tkazgichli seksiya. Kesimi turlicha bo‘lgan to‘lqin o‘tkazgichlarni biriktirish uchun qo‘llaniladi. " Razryad|"Pozitsion sanoq tizimida raqam egallaydigan, tartib raqamiga ega joy. So‘zda har qanday simvolning joyi. Razryad raqami birdan boshlab chapdan o‘ngga hisoblanadi. Razryadlarning umumiy soni so‘zning uzunligini belgilaydi. " Razryad ahamiyati|"Razryadning kodli so‘zdagi pozitsiyasi bilan ifodalanadigan qiymat. " Real ochiq tizim xavfsizligi|"Uskuna, dasturiy ta’minot va ma’lumotlarni, tasodifiy hamda ataylab qilinadigan o‘zgartirishlardan, ochish va buzishdan muhofaza qilish uchun, real ochiq tizimda qo‘llaniladigan texnologik va ma’muriy himoya chora-tadbirlari. " Real vaqt rejimi|"Hisoblash tizimining ishlash rejimi, bunda tashqi muhitda yuz beradigan jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qayta ishlash, jarayonlar o‘zi kechadigan sur’atda kechadi. " Real vaqt rejimida hisoblashlar|"Foydalanuvchi yoki tashqi protsessorlar tezligida axborotni qayta ishlash rejimi. " Real vaqt tizimlari|"Real vaqt rejimida turli xil texnik, harbiy va boshqa obyektlarni boshqarish uchun mo‘ljallangan hisoblash tizimlari. Apparaturaga va dasturiy ta’minotga, shu jumladan, operatsion tizimga: tizim javob vaqtining, ya’ni operatsion tizim bajarilishi kutilayotgan vaqtning oshishiga yo‘l qo‘ymasdik uchun qo‘yiladigan asosiy talab bilan tavsiflanadi. " Real vaqtda uzatish protokoli|"IPv6 (Internet protocol, ver.6) protokoli tarkibiga kiradigan protokollardan biri. Ko‘p yoki bir manzilli xizmatlardan foydalanib, ma’lumotlarni real vaqtda (masalan, audio va videoma’lumotlar yoki modellash ma’lumotlari) uzatuvchi tarmoqda ilovalar uchun ochiq uzatish funksiyasini ta’minlash uchun loyihalashtirilgan. RTP protokoli foydali yuklama turini identifikatsiyalash, ketma-ketliklarni raqamlash, vaqt belgilari bilan ta’minlash va real vaqt ilovalarini yetkazish monitoringi kabi xizmatlarni taqdim etadi. " Redaktor|"Foydalanuvchiga klaviaturadan dasturlarning boshlang‘ich matnini kiritish va o‘zgartirish, shuningdek, ixtiyoriy matnli fayllar bilan ishlash imkonini beradigan dastur. " Redirekt|"Qar.: Qayta marshrutlash. " Referer|"HTTP protokolida mijoz so‘rovlari sarlavhalaridan biri. So‘rov manbaining URL manzilini saqlaydi. Biror bir veb-sahifadan boshqa sahifaga o‘tganda referer birinchi sahifaning manzilini saqlab qoladi. HTTP serverida o‘rnatilgan dasturiy taʼminot refererni tahlil qilib, undan turli maʼlumotlarni olishi mumkin. " Regenerator|"Uzatish jarayonida qisman buzilgan raqamli signalni dastlabki signalga aylantiruvchi qurilma. " Regeneratsiya qilish|"Qisman buzilgan raqamli axborot va tasvir elementlarini tiklash tartiboti. " Region; zona; rayon|"Yer sharining, doirasida chastotalar polosalari taqsimlanishining yagona qoidalari amal qiladigan qismi. Butun Yer shari shartli ravishda uchta rayonga bo‘lingan bo‘lib, (ITU tavsiyalari), Radioaloqalar Reglamentida ularning har biri uchun tegishli talablar mavjud. " Regional hisoblash tarmog‘i|"Masshtab bo‘yicha lokal va global tarmoqlar o‘rtasidagi oraliq tarmoq. " Registr|"Jismonan protsessorda joylashgan va katta bo‘lmagan ma’lumotlarni vaqtincha saqlash, ulardan tez foydalanish imkonini beradigan qurilma. " Registr nomi|"Protsessorning har bir registrini aniqlaydigan identifikator (harfli yoki harf-raqamli belgi). " Registr uchun ta’sirli|"Harflar registrlarini taniydigan ma’lumotlar. Bular «password» turidagi maydonlar, konsol komandalari va *nix kabi operatsion tizimlardagi fayllarning nomlari. " Registr uchun ta’sirli bo‘lmagan|"Bosh va kichik harflar bir xil ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlar. Bular Windows operatsion tizimining matnli maydonlari va konsol komandalaridir. " «Registrlar tablosi» usuli|"RISC-protsessorlarda konveyerlar samarali yuklanishini ta’minlash va komandalarning o‘tish tartibi o‘zgartirilgan holda, ularning birgalikda bajarilishini tashkil qilish uchun qo‘llaniladigan usul. " Registrli fayl|"Dasturchi foydalana olishi mumkin bo‘lgan protsessor registrlarining jami. " Registrli manzillash|"Operand maydonida komandaга, xotiraning bajaruvchi manzilini ichiga oladigan umumiy maqsadlardagi registrlardan birining raqami beriladigan manzillash usuli. " Registrli o‘zgaruvchi|"Translyator tezkor xotira yacheykasini emas, balki protsessor registrini ajratadigan o‘zgaruvchi. " Reglament|"Odatda, bosqichlarning talab qilinadigan bajarilish muddatlari ko‘rsatilgan holda, biznes-jarayonni bajarish uchun, qatnashchilar guruhi bosib o‘tadigan bosqichlar tartib bilan tavsiflanadigan va sanab o‘tiladigan hujjat. " Regressiv testlash|"Tahrir qilingan dasturiy ta’minotni, avval ishlagan funksiyalarning ishlash qobiliyatini tekshirish maqsadida testlash. " Regressiya|"Maʼlumotlarni intellektual tahlil qilish texnikasi. Bir necha ko‘paytmali tenglamalarda ishlatiladi. Regressiyaning eng sodda turi chiziqli regressiyadir. " Reinjiniring|"Axborot texnologiyalari asosida biznes jarayonlarni takror, takomillashtirilgan tarzda loyihalash. " Rejalashtirish|"Ketma-ket bajarilishi (yoki erishilishi) tizim oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishishga olib keladigan harakatlar, kichik vazifalar, operatsiyalar, kichik maqsadlar ketma-ketligini tuzish jarayoni. Intellektual tizimlarda rejalashtirish vazifalar makonida yoki holatlar makonida amalga oshirilishi mumkin. " Rejalashtirmoq|"Rejalar tuzish, vazifalarni hal qilishning borishi, ularning ketma-ketligi va x.k. bilan bog‘liq harakat. " Rejalashtiruvchi|"Harakatlar rejasini izlash uchun mo‘ljallangan dasturiy vositalar kompleksi. " Rejektorli filtr|"Uncha qimmat bo‘lmagan televizorlarda taroqsimon filtrning o‘rnini bosuvchi sxema. Yorqinlik va ranglilik signallarini ajratadi. " Rejim biti|"Tizim registrida saqlanadigan va tizim rejimi uchun 0 ga teng va foydalanuvchi rejimi uchun 1 ga teng komandalarni bajarishning joriy rejimini belgilaydigan bit. " Rejimli obyektlar|"Texnologik ishlab chiqarishi, hisobotlari davlat siri hisoblanadigan ma’lumotlarni o‘z ichiga oladigan tashkilotlar. " Reklama|"Qar.: Internet reklama. " Reklama dasturiy taʼminoti|"Foydalanuvchining ruxsati bilan yoki ruxsatisiz reklamani namoyish qiluvchi dastur. Bunday dasturiy taʼminot yashirin tarzda yoki foydalanuvchini chalkashtirib ishlamaydi, balki foydalanuvchiga yangi xizmatlarni taklif etadi. " Reklama maydonchasi|"Veb-sahifada grafik yoki matnli reklama bannerlari materiallarini joylashtirish uchun ajratilgan o‘rin. Reklama o‘rinlari odatda standart o‘lchamlarga ega bo‘ladi (masalan, 100x100, 468X60, 600X90 piksel). " Reklama tarmog‘i|"Muayyan reklama o‘rinlarida reklama materiallarini joylashtirishni boshqarish tizimi. Tarmoqlar turli reklama maydonchalaridagi reklama o‘rinlarini birlashtirishi mumkin (masalan, banner ayirboshlovchi tarmoq, banner xarid tarmoqlari) yoki bir saytning yoki portalning ichida (ichki tarmoqlar) ishlatiladi. " Reklama o‘rni|"Qar.: Reklama maydonchasi. " Rekombinatsiya koeffitsiyenti|"Hajm birligidagi ionlashtirilgan zarralarni vaqt birligiga birlashtirish ehtimolligini tavsiflovchi koeffitsiyent. " Rekursiv filtr|"Chiqishdan kirishga teskari bog‘lanishga va tuganmas impulsli javobga ega raqamli filtr. " Rekursiv funksiya|"O‘ziga-o‘zi murojaat qiladigan funksiya. Rekursiv funksiyalardan funksional dasturlash tillarida, xususan, LISP tilida keng foydalaniladi. " Rekursiya|"Kichik dastur yoki funksiyaning, bajarilish paytida iterativ operatsiyani bajarish uchun o‘zini-o‘zi chaqirish qobiliyati. " Relevantlik|"Izlash mashinalarida ‒ tanlangan axborotning izlash mezonlariga mos kelish darajasi. " Reley qonuni|"Sochilgan yorug‘lik intensivligi yorug‘lik to‘lqin uzunligining to‘rtinchi darajasiga teskari proporsional bo‘lishini belgilaydigan fizik qonun. " Relyatsion ma’lumotlar bazasi|"O‘zaro bog‘langan ikki o‘lchamli (relyatsion) jadvallar yig‘indisi. Har bir jadval bitta mohiyatni aks ettiradi. Relyatsion ma’lumotlar bazasida ikkita jadval orasidagi aloqalar aloqa kaliti (bosh jadval kaliti) orqali ta’minlanadi. Ma’lumotlar bazasi bilan ishlash uchun, jadvallardan, shakllar, so‘rovlar, hisobotlar, makroslar va modullardan foydalaniladi. Jadvallar ma’lumotlar bazasida axborotni saqlash uchun foydalanuvchilar tomonidan tuziladi, bunda har bir mohiyatga bitta jadval mos keladi. Jadval (maydon) ustunlari rekvizitlarning qiymatlarini, jadval (yozuv) satrlari esa, mohiyat nusxalarini ichiga oladi. " Relyatsion ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (RMBBT)|"Relyatsion model asosida tuzilgan, relyatsion ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi. Har bir relyatsion ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi – bu, jadvallarni qayta ishlashga spetsifik yetarlicha kuchli dasturlash tilidir. Bu tizimlarning oxirgi versiyalari na faqat yaxshi tezlik sifatlariga, balki qulay foydalanuvchi interfeysiga ham ega. Bu tizim tarkibiga odatda tuzimlastirilgan so‘rovlar tili kiradi. Shaxsiy kompyuterlar uchun belgilangan ko‘plab relyatsion ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi tarkibiga uchta modul: komanda tili, talqin qiladigan va/yoki kompilyatsiyalovchi tizim va foydalanuvchi qobig‘i kiradi. " Relyatsion model|"Ma’lumotlar tuzilmasini, ma’lumotlar ustidagi yo‘l qo‘yiladigan operatsiyalar, ma’lumotlarning yaxlitligi ta’minlanadigan maxsus qoidalar tavsiflangan ma’lumotlar modeli. Edgar Kodd tomonidan IBM firmasida 1970-yilda ishlab chiqilgan. An’anaviy nazariy ko‘plik operatsiyalar (birlashtirish, kesishish, farq va dekart ko‘paytmasi) va maxsus relyatsion operatsiyalar (seleksiya, proeksiya, birlashtirish va bo‘lish) yo‘l qo‘yiladigan ikki o‘lchamli jadvallar ko‘rinishida taqdim etiladi. Modeldan foydalanish, ham relyatsion ma’lumotlar bazalarini, ham relyatsion ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimini yaratish imkonini berdi. " Remultipleksorlash|"Mahalliy transport oqimiga aloqa liniyasi bo‘yicha keluvchi, boshqa vaqt bazasiga ega bo‘lgan «begona» transport oqimini kiritish. " Rendering|"1. Ekranda rang, soyalarni (uch o‘lchamli electron grafikada) qo‘shish uchun matematik modellar (formulalar)dan foydalanib amaliy tasvirlarni yaratish jarayoni. 2. Kompyuter dasturi yordamida (masalan, maʼlumotlar tuzilmasi ko‘rinishida) tasvir olish, vizuallashtirish. " Repiter (takrorlagich)|"Tarmoq elementlari orasida kabel uzunligi oshganda, kompyuter tarmog‘idagi signalni kuchaytiradigan va regeneratsiyalaydigan elektron qurilma. " Repozitoriy|"Qandaydir ma’lumotlar saqlanadigan va ta’minlanadigan joy, omborxona. Ma’lumotlar repozitoriyda ko‘pincha, keyinchalik tarmoq bo‘ylab tarqatish mumkin bo‘ladigan fayllar ko‘rinishida saqlanadi. " Reselling|"1. Xosting resellingi. Serverni qismlarga ajratib, uning quvvatlarini boshqa provayderlarga sotish. 2. Domenlar resellingi. Domen administratoridan domen nomlarini sotib olib, ularni boshqalarga sotish. " Resiver|"Qar.: Raqamli televizion qo‘shimcha moslama. " Resurs|"1. Tizimning, foydalanuvchiga yoki jarayonga ajratilishi mumkin bo‘lgan, mantiqiy yoki fizik qismi. 2. Hisoblash tizimi komponentlaridan istalgani va u taqdim etadigan imkoniyatlar. " Resurs bloki|"LTE kanalda uzatish resursi birligi, 0,5 ms vaqt intervali mobaynida egallanadigan 12 ta subchastota intervalidan tashkil topgan. Summar resurs bloki chastotalar polosasi 180 kHz ga teng. Binobarin, maksimal chastotalar diapazonidagi resurs bloklari soni 36 MHz/180 kHz = 200. " Resurslarni boshqarish kichik tizim|"Kompyuterning tezkor va tashqi xotirasi, protsessor va b.q. hisoblash resurslarini boshqaradigan operatsion tizimning bir qismi. " Resurslarni rejalash|"Ko‘p sonli foydalanuvchilar, jarayonlar yoki kanallar o‘rtasida resurslarni dinamik yoki statik taqsimlash tartiboti. Rejalashtirish algoritmlari potensiial ehtiyojlarining tahlili, resurslarning kelib tushgan so‘rovlarga muvofiq ravishda taqsimlanishi, taqismlangan resurslardan foydalanish samaradorligini kuzatib borish va bo‘sh resurslarni aniqlash, shuningdek, bir nechta foydalanuvchining aynan bir resursga bir vaqtda murojaat qilishi oqibatida yuzaga keladigan ixtiloflarning hal etilishiga asoslanadi. " Resurslarni zaxiralash protokoli|"IP-protokolida ishlaydi. Vaqtinchalik uzilishlarga sezgir trafikni Internet orqali uzatishda xizmat qiladi. " Retranslyator|"Interfeyslararo almashinishda, ma’lumotlarning o‘zgartirilishini ta’minlaydigan qurilma. " Retranslyator-o‘zgartirgich, transpozer|"Kelayotgan signal chastotasi qayta nurlanishgacha demodulyatsiyasiz o‘zgaradigan retranslyator. " Retranslyatsion antenna|"Machtaga o‘rnatilgan, ikkita qarama-qarshi yo‘naltirilgan ko‘zguli antenna. " Retranslyatsion qabul qilgich|"Tovushli yoki televizion radioeshittirish uzatgichlaridan eshittirishni qabul qilish va retranslyatsiya qilish uchun tovushli va videochastota dasturiy signallarini uzatish uchun maxsus loyihalashtirilgan radioqabulqilgich. " Retranslyatsiya|"Tovushli yoki televizion eshittirish dasturini qabul qilish va bir vaqtda uni qayta nurlantirish. Izoh – Taalluqli atama «retranslyatsiya qilish». " Retranslyatsiya qilish bilan yomon niyatda qilinadigan ta’sir|"Autentifikatsiyaga yomon niyatda ta’sir ko‘rsatish. Bunda autentifikatsion axborot almashinuvi tutib olinadi va darhol retranslyatsiya qilinadi. " Retranslyatsiya qilish tizimi|"Maʼlumotlar uzatish yoki protokollarni o‘zgartirishga mo‘ljallangan axborot tizimi. Turli arxitekturaga ega bo‘lgan tarmoqlarni birlashtiradi. Qayta uzatish tizimlarida har bir tarmoq to‘la muxtoriyatga va o‘zining boshqarish vositalariga ega. O‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun, qayta uzatuvchi tizimlar quyidagilarni amalga oshiradi: - maʼlumotlar kommunikatsiyasi va ularni marshrutlash; - ulanadigan kommunikatsiya tarmoqlarida yoki tarmoqlar qismlarida protokollarni moslash; - maʼlumotlar bloklarini tarmoqlar yoki ularning qismlari orasida uzatish; - maʼlumotlar bloklarini, agar tarmoqlarda (ularning qismlarida) ular turli o‘lchovlarga ega bo‘lsalar, yiriklashtirish yoki kichraytirish; tizimlar buferlari toshib ketishi va yuz bergan nosozliklar to‘g‘risida xabar berish; - rad qilishlar va nosozliklardan so‘ng ishni qayta tiklash; - ulanayotgan tarmoqlar yoki ularning qismlari holatini aniqlash. " Retranslyatsiya stansiyasi|"Bitta yoki bir nechta retranslyatordan iborat bo‘lgan, ular uchun antenna va tegishli uskunalarga ega stansiya. " Retseptor|"Elektromagnit signal va/yoki elektromagnit xalaqitni sezuvchi texnik vosita. " Revers|"Odatda oldingi simvolni o‘chirish bilan ekrandagi kursorni orqaga qaytarishni boshqaruvchi simvol (CTRL-H yoki ASCII jadvalidagi 08h simvoli) yoki klavish. Odatda matn kiritilayotganda terish xatolarini to‘g‘rilashda qo‘llaniladi. Boshqa qurilmalarda esa (masalan, teletayp yoki matritsali printerlarda) ushbu simvol bosmaga chiqaruvchi printer kallagini oldingi holatiga qaytarish vazifasini o‘taydi. " Revers-injiniring|"Maʼlum qurilma yoki dasturni, shuningdek, ularning hujjatlarini, ishlash tamoyilini tushunish maqsadida va ko‘pincha ushbu qurilma, dastur yoki boshqa obyektni to‘liq nusxalamasdan, ularning o‘xshash funksiyali analogini yaratish maqsadida tadqiq etish. Odatda original obyektning yaratuvchisi o‘sha obyektning tuzilmasi va yaratish (ishlab chiqarish) usuli to‘g‘risidagi maʼlumotni taqdim etmagan holda qo‘llaniladi. Revers- injiniringdan foydalanish mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonun va patent qonunchiligiga zid bo‘lishi mumkin. " Reyestr|"Metamaʼlumotlar sxemalaridan foydalanishga asoslangan, doimiy identifikator uchun reyestrda izlash imkoniyati bilan taʼminlaydigan raqamli obyektlar to‘g‘risidagi meta-maʼlumotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va metamaʼlumotlar sxemalarini saqlash mexanizmi. " Rezerv qurilma|"1. Asosiy uskuna nosoz holatda bo‘lganda, ishonchlilikni oshirish uchun xizmat qiladigan qo‘shimcha qurilma. 2. Hujjat, xabar yoki faylning asli shikastlanganda foydalanish uchun yaratiladigan zaxira nusxasi. " Rezerv so‘z|"Protsedura, funksiya yoki biror operatorning yoki xizmatga oid o‘zgaruvchining nomi (identifikatori) bo‘lib, dasturchining o‘zi kiritadigan o‘zgaruvchi, protsedura yoki funksiyaning nomi sifatida ishlatib bo‘lmaydi. " Rezident|"Qar.: Rezident dastur. " Rezident bo‘lmagan tom|"Operatsion tizimning katalogi joylashgan tom. " Rezident dastur|"Operatsion tizim qobig‘iga boshqaruvni, yoki operatsion tizim ustidan sozlashni (Norton Commander va sh.k.) qaytarib bergan, lekin shaxsiy kompyuterning tezkor xotirasida qolgan operatsion tizimdagi MS-DOS dasturi. " Rezident viruslar|"Kompyuterni zararlashda tezkor xotirada o‘zining rezident qismini qoldiradigan viruslar. Bu rezident qism operatsion tizimning zararlangan obyektlarga (fayllarga, disklarning yuklash sektorlariga) murojaatini tutib oladi va ularga kiradi. Rezident viruslar xotirada bo‘ladi va kompyuter o‘chirilgunga yoki qayta yuklangunga qadar aktivligicha qoladi. " Rezistor|"Elektronikada qo‘llaniladigan, elektromagnit nurlanishni energiyaning boshqa turlariga aylantirishni taʼminlaydigan yarimo‘tkazgichli asbob. " Rezonans antenna|"Chastotalarning tor intervalida o‘z xarakteristikalari va parametrlarini saqlab qoladigan antenna. " Rid-Myuller kodi|"Uzunligi 2n bo‘lgan biortogonal kodning ko‘rinishlaridan biri hisoblanadigan ikkilik siklik kodlar turkumi, bu yerda n – butun son. " Rid-Solomon kodi|"1. Blokning berilgan uzunligida, so‘zlar o‘rtasidagi minimal masofani ta’minlaydigan 2m o‘lchamli ikkilik bo‘lmagan blokli kodlarning quyi toifasi. Blokdagi xatolar tuzatilisinii ta’minlaydi. 2. MPEG-2 transport paketlari baytlarida xatolarni tuzatishga imkon beradigan ikkilik bo‘lmagan siklik kod. " Rirproyeksiya|"Elektron apparatura yordamida ikkita (yoki undan ko‘p) alohida tasvirdan tashkil topgan, jamlanganda ma’no jihatidan tugallangan sahna ko‘rinishini hosil qiluvchi, kombinatsiyalangan televizion tasvirni olish usuli. " Risk|"Maqsadga ta’sir ko‘rsatishning noma’lum natijasi. Izohlar 1. Ta’sir ko‘rsatish natijasi – bu, taxmin qilingan maqsaddan chetga chiqishdir (ijobiy va/yoki salbiy). 2. Maqsadlar turli aspektlarga ega bo‘lishi (masalan, moliyaviy, xodimlar xavfsizligi va salomatligini saqlash, axborot xavfsizligi, ekologik) va turli darajalarda (strategik, tashkilot, loyiha, mahsulot yoki jarayon darajasida) qo‘llanilishi mumkin. 3. Risk odatda, potensial voqea-hodisalar va oqibatlar bilan yoki ularning birikmasi bilan tavsiflanadi. 4. Axborot xavfsizligi riski odatda, axborot xavfsizligi voqea-hodisalarining oqibatlari birikmasi ko‘rinishida va ular bilan bog‘liq bo‘lgan yuzaga kelish ehtimolligi ko‘rinishida ifodalanadi. 5. Noaniqlik – bu, hodisani tushunish yoki u to‘g‘rida bilish, uning oqibatlari yoki yuzaga kelish ehtimolligi bilan bog‘liq axborotning yetarli bo‘lmaslik (hatto qisman bo‘lsa ham) holatidir. 6. Axborot xavfsizligi riski axborot aktivlari zaifliklaridan yoki tahdidlar amalga oshirilishida axborot aktivlari guruhining zaifliklaridan foydalaniladigan holda tashkilotga zarar yetkazish ehtimolligi bilan assotsiatsiyalanadi. " Risk darajasi|"Risk oqibatlari va ular ehtimolligi birikmasini ifodalaydigan risk kattaligi. " Risk egasi|"Riskni boshqarish bo‘yicha javobgar bo‘lgan va vakolatga ega jismoniy shaxs yoki mantiqiy obyekt. " Risk mezonlari|"Riskning ahamiyatini baholaydigan belgilar. Izohlar 1. Risk mezonlari tashkilot maqsadlariga, shuningdek, ichki va tashqi vaziyatlarga asoslanadi. 2. Risk mezonlari standartlar, qonunlar, siyosatlar va boshqa talablardan olinishi mumkin. " Risk taqsimoti|"Bir nechta tomonlar o‘rtasida riskning kelishilgan holda taqsimlanishini ichiga oladigan riskni qaya ishlash shakli. Izohlar 1. Qonuniy yoki majburiy talablar, risk taqsimlanishi o‘tkazilishini cheklashi, ta’qiqlashi yoki buyurishi mumkin. 2. Riskning taqsimlanishi o‘zida sug‘urta qilishni ifodalashi yoki shartnoma (kontrakt) shaklini olishi mumkin. 3. Risk taqsimlanishi bo‘yicha shartnoma shartlarida riskning aniqligi va mazmunan bir xilligiga bog‘liq bo‘lgungacha bo‘lgan daraja. 4. Riskni ko‘chirish riskni tasqimlash shakli hisoblanadi. " Risklar turkumi|"Ma’lum bir, masalan, muayyan kichik tizimga yoki resurs turiga tegishli belgiga qarab ajratilgan, axborot xavfsizligiga bo‘ladigan ko‘plab tahdidlar. " Risklarni boshqarish|"1. Tizimlar yoki tarmoqlar xavfsizligi sohasida boshqarish amaliyoti davomida ishlab chiqilgan operatsiyalar ketma-ketligi. 2. Risklarni baholashga muvofiq, qarshi chora-tadbirlarni belgilash jarayoni. 3. Riskka nisbatan tashkilotga rahbarlik qilish va uni boshqarish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan faoliyat. Izoh – Risklarni boshqarish, odatda, risklarni aniqlash, risklarni qayta ishlash, risklarni qabul qilish va risklar to‘g‘risida xabar berishni o‘z ichiga oladi. " Risklarning asosiy tahlili|"Axborot xavfsizligi asosiy darajasining talablariga muvofiq o‘tkaziladigan riskni tahlil qilish. " Riskni aniqlash|"Riskni identifikatsiya qilish, risk tahlili va riskni baholashni ichiga oladigan jarayon. " Riskni baholash|"1. Riskni tahlil qilish natijalarini risk va/yoki uning kattaligi maqbul yoki yo‘l qo‘yib bo‘lishligini aniqlash uchun risk mezonlari bilan taqqoslash jarayoni. Izoh – Riskni qiyosiy baholashdan riskni qayta ishlash to‘g‘risida qaror qabul qilishda foydalanilishi mumkin. 2. Ma’lum bo‘lgan va taxmin qilinayotgan tahdidlar va zaif tomonlarni tahlil qilish usuli. Kutilayotgan zarar miqdorini va uning tizim ishi uchun maqbullik darajasini aniqlash imkonini beradi. 3. Risklarni identifikatsiya qilish, ularni tavsiflash uchun parametrlar tanlash va bu parametrlar bo‘yicha baho olish. " Riskni boshqarish jarayoni|"Tashkilotni boshqarish siyosati, protseduralari va usullariga muvofiq bajariladigan, axborot almashinuvi, maslahatlashuvlar, maqsadlarni belgilash, qo‘llash sohasi, riskni identifikatsiya qilish, tadqiq qilish, baholash, qayta ishlash, monitoring va tahlil qilish bo‘yicha o‘zaro bog‘langan xatti-harakatlar. Izoh – Riskni boshqarishni to‘liq tavsiflash uchun «jarayon» atamasidan foydalaniladi. Riskni boshqarish jarayoni doirasidagi elementlar «faoliyat» deb ataladi. " Riskni identifikatsiya qilish|"Riskni aniqlash, ro‘yxatini tuzish va tavsiflash jarayoni. Izohlar 1. Riskni identifikatsiya qilish riskning manbalarini, hodisalarini, ularning sabablari va ro‘y berishi mumkin bo‘lgan oqibatlarini o‘z ichiga oladi. 2. Riskni identifikatsiya qilish, shuningdek, xronologik ma’lumotlar tahlilini, ekspert baholashlarni va manfaatdor tomonlarning ehtiyojlarini o‘z ichiga oladi. " Riskni qabul qilish|"1. Riskni qabul qilish qarori. 2. Ma’muriyatning, qoida bo‘yicha, texnik yoki moliyaviy sabablarga ko‘ra riskning ba’zi bir darajasini ma’qul deb hisoblaydigan qarori. " Riskni qayta ishlash|"Riskni modifikatsiyalash jarayoni. Izohlar 1. Riskni qayta ishlash: - risk jarayoni yoki uning natijasida xavfli hodisa yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan faoliyatni boshlamaslik yoki davom ettirmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilish yordamida riskning oldi olinishini; - yanada keng imkoniyatlarni ta’minlash uchun riskning qabul qilinishini yoki riskning oshirilishini; - risk manbai bartaraf etilishini; - xavfli hodisa ehtimolligi o‘zgarishini; - xavfli hodisa oqibatlari o‘zgarishini; - boshqa tomon yoki tomonlar bilan riskning taqsimlanishini (shartnomalarga kiritish va riskni qayta ishlashni moliyalashtirish yo‘li bilan); - riskni saqlash to‘g‘risida asoslangan qarorni o‘z ichiga olishi mumkin. 2. Riskni qayta ishlash riskning bartaraf etilishi, oldi olinishi yoki kamaytirilishini o‘z ichiga olishi mumkin. 3. Riskni qayta ishlashda yangi risklar vujudga kelishi yoki mavjud risklar o‘zgartirilishi mumkin. " Riskni tahlil qilish|"1. Risk tabiati va xususiyatini o‘rganish va risk darajasini aniqlash jarayoni. Izohlar 1. Riskni tahlil qilish riskni baholash va riskni qayta ishlash to‘g‘risida qaror qabul qilinishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 2. Riskni tahlil qilish riskning miqdor jihatdan baholanishini o‘z ichiga oladi. 2. Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi resurslarini, bu resurslarga tahdidlarni va bu tahdidlarga nisbatan tizimning zaifliklarini identifikatsiya qilish protseduralarining muntazam bajarilishi. 3. Umuman tizim xavfsizligiga va uning alohida (nafaqat texnik) komponentlariga tahdidlarni, tahdidlar xarakteristikasini va ular amalga oshirilganda yetkazilishi mumkin bo‘lgan potensial zararni aniqlash, shuningdek, himoya choralarini ishlab chiqish jarayoni. " Riskni to‘liq tahlil qilish|"Axborot xavfsizligi sohasida oshirilgan (muhofaza qilinganlikning bazaviy darajasiga qaraganda yuqoriroq bo‘lgan) talablar qo‘yadigan axborot tizimlari uchun risklarni tahlil qilish. Izoh – Risklarni to‘liq tahlil qilish resurslarning qimmatliligi aniqlanishini, tahdidlar va zaifliklar baholanishini, adekvat qarshi choralar tanlanishini va ularning samaradorligi baholanishini ko‘zda tutadi. " Riskning pasayishi|"Risk bilan bog‘liq bo‘lgan ehtimollikni, salbiy oqi-batlarni yoki har ikkisini birgalikda kamaytirish uchun amalga oshiriladigan ishlar. " Rivest-Shamir-Adleman usuli bilan shifrlash|"Ochiq kalit bilan shifrlash usuli bo‘lib, shifrlash uchun foydalaniladigan kalit shifrni ochish uchun mo‘ljallangan kalit bilan mos tushmaydi (shifrni ochish kaliti oluvchiga ma’lum bo‘lishi kerak). " Rivojlantirilgan mobil telefon xizmati, AMPS standarti|"AQShda keng tarqalgan analog uyali aloqa tizimlaridan biri. Mobil terminallarni tayanch stansiyalar bilan radioaloqasi (qabul qilish kanali) uchun (825-845) MHz chastotali diapazondan foydalanadi. 600 kanaldan har birining chastotalar polosasi kengligi 30 kHz ni tashkil etadi. " Robastlik|"Hisoblash tizimining ham ichki, ham tashqi xato holatlar yuz berganda qayta tiklana olish qobiliyatining o‘lchovi. " Robot|"1. Tashqi ta’sirlarni qabul qila oladigan va ularga javob beradigan, shuningdek, mustaqil ravishda turli xil, odatda, intellektual operatsiyalarni bajaradigan mashina. 2. Ikki va undan ortiq o‘q bo‘yicha dasturlanadigan, o‘z ishchi muhiti ichida harakatlanadigan va belgilangan vazifalarni bajaradigan yuritmali mexanizm. Izohlar1. Robot boshqarish tizimi va boshqaruv tizimining interfeysini o‘z ichiga oladi. 2. Robotlarni sanoat robotlariga va xizmat ko‘rsatuvchi robotlarga ajratish ularning vazifasiga muvofiq bajariladi. " Rol|"Muayyan ko‘plikdagi foydalanuvchilarga tizim funksional imkoniyatlaridan erkin foydalanish ruxsatnomalarining majmui. " Rollar asosida foydalana olishni boshqarish|"1. Foydalanish huquqini aniq belgilash tizimining modeli, bunda rollardan turli vazifalarni bajarish uchun foydalaniladi, operatsiyalarni bajarishga ruxsat esa, rollarga bog‘lanadi. 2. Foydalanuvchilarga rollarni belgilash va bu rollar uchun ruxsat o‘rnatish orqali ma’muriy boshqarishni soddalashtiradigan, xavfsizlikni ta’minlashning umumiy modeli. " Rombsimon antenna|"Yer ustida osilgan romb tomonlarini hosil qiluvchi sim ko‘rinishidagi antenna. " Rostlash|"Tizimning alohida komponentlarini to‘g‘ri va qulay ishlashini ta’minlash uchun sozlash. " Rotor mashinasi|"Umumiy o‘q atrofida erkin aylanadigan disklardan iborat kriptografik mashina. U mexanik va elektromexanik bo‘lishi mumkin. Mashinaning disklari (rotori) bir biriga nisbatan harakatlanadi, shu bilan har bir taktda burchak holatlaridan noyob birikma hosil bo‘ladi. Mashinaning hamma disklari qo‘zg‘almas bo‘lganda, rotor mashinasi bir diskli oddiy ekvivalent almashtirishni bajaruvchiga o‘xshab qolgan bo‘lar edi. Disklar soni yetarlicha (odatda 5-10) bo‘lsa, disklarning to‘g‘ri tanlangan soxta tasodifiy harakatida rotor mashinasi yuqori kriptobardoshlilikni taʼminlaydi. " Roumer|"Bir tizimda qayd qilingan, lekin vaqtincha boshqasida ishlayotgan abonent mobil stansiyasi. Abonent bir tizim qoplash zonasidan boshqa tizimning qoplash zonasiga o‘tganida stansiya ana shu – keyingi tarmoqda qayd etiladi. Qayd etish ma’lumotlari VLR – tizimining vizit registrida saqlanadi. " Roumer abonent|"1. Bir xizmat ko‘rsatish zonasidan boshqasiga ko‘chib yuruvchi mobil abonent. 2. O‘zi doimiy qayd etilgan «uy» zonasidan tashqarida vaqtincha xizmat ko‘rsatiladigan Yer usti yoki yo‘ldoshli aloqa tarmog‘i abonenti. " Rouming|"1. Radioqurilmaning tayanch stansiya ta’sir doirasidan tashqarida harakatlanish imkoniyati va «mehmon» stansiya ta’sir zonasida bo‘la turib, «o‘zining» tarmog‘idan foydalana olishi. Simsiz tarmoqlarda rouming, tarmoq xizmatlaridan foydalanish yo‘qolmasdan va bog‘lanish uzilmasdan, bitta foydalanish nuqtasidan boshqasiga o‘tishni bildiradi. Rouming foydalanuvchilarga, Internet va elektron pochtadan foydalanish saqlangan holda, erkin harakatlanish imkoniyatini beradi. 2. Asosan, yer usti mobil aloqa tarmoqlariga xos bo‘lgan maxsus xizmat. Roumingga ehtiyoj abonent o‘z o‘rnini o‘zgartirganida va o‘zining uy tarmog‘idan (abonent doimiy qayd etilgan) boshqa operatorga qarashli o‘xshash tarmoqqa o‘tganida yuzaga keladi. Lokal, milliy va xalqaro rouminglar bo‘ladi. Qayd etish usuliga ko‘ra, qo‘lda va avtomatik amalga oshiriladigan rouminglar farqlanadi. " Rouming hududlari|"Rouming to‘g‘risida o‘zaro bitim tuzgan turli operatorlar tomonidan mobil aloqa xizmatlari taqdim etiladigan geografik rayonlar. " Router|"1. Tarmoq trafigini uzatishning bitta yoki bir nechta marshrutini tanlash bo‘yicha qarorlar qabul qilishga javobgar tizim yoki qurilma. Mazkur vazifani bajarish uchun tarmoq to‘g‘risidagi axborotni va marshrutlash metrikasi deb nomlangan bir nechta mezon asosida eng yaxshi marshrutni tanlash algoritmlariga ega marshrutlash protokolidan fodalaniladi. Xabarlarni tezkor va eng samarali marshrutlash uchun marshrutizatorlar bir-biri orasida tarmoqning ayni paytdagi holati to‘g‘risidagi maʼlumotlarni almashish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim. 2. Tarmoqda paketlarni marshrutlash, yaʼni paketlarning tarmoq bo‘ylab uzatilishida eng qisqa marshrutni tanlab berish bilan shug‘ullanuvchi tarmoq kompyuteri. 3. Maʼlumotlar bloklarini marshrutlash bilan shug‘ullanuvchi qayta uzatish tizimi. " Runet|"Internetning Rossiyaga bag‘ishlangan va rus tilida bo‘lgan qismi. Runetga .ru domenidagi saytlardan tashqari, barcha rusiy zabon saytlarni ham kiritsa bo‘ladi. " Rupor-linzali antenna|"Katta ochilish burchagiga ega rupordan va uning chiqishiga qo‘yilgan, rupordagi sferik yoki silindrsimon to‘lqin frontini yassiga o‘zgartiradigan linzadan iborat antenna. " Rupor-parabolik antenna|"Konussimon rupor va aylanish paraboloidi uchastkasi ko‘rinishidagi qaytargichning birikmasini o‘zida aks ettiradigan antenna. " Ruporli antenna|"1. Nurlantiruvchi elementi, o‘ziga ulangan to‘lqin o‘tkazgichdan to‘yinadigan rupor bo‘lgan yuqori chastotali diapazon antennasi. 2. Oxiri ochiq bo‘lgan tomonga tekis ko‘ndalang kesim bilan kengayuvchi to‘lqin o‘tkazgich ko‘rinishidagi antenna. " Ruporli nur tarqatgich|"Rupor, reflektor yoki shunga o‘xshash nurlantiruvchi qurilmaning ochiq uchi. " Ruporli nurlagich|"Ko‘zguli va linzali antennalarda nurlagich sifatida ishlatiladigan ruporli antenna. " Ruslashtiruvchi drayver|"Kirill kodli sahifada 128 dan 255 tagacha simvolni ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan rezident dastur. DOS uchun taniqli ruslashtiruvchi drayver keyrus.com edi. " Rutkit|"Tizimda jinoyatkor shaxs yoki zararli dasturning borligi izlarini yashirish uchun ishlatiladigan dastur yoki dasturlar to‘plami. Rutkit buzuvchiga buzilgan tizimda o‘rnashib olish va fayllar, jarayonlar hamda tizimda rutkit borligini yashirish orqali o‘z faoliyati izlarini yashirishga imkon beradi. " Ruxsat, ajratish|"Obyekt bilan bog‘liq qoida, u foydalanuvchilarni shu obyektga kira olishini boshqarishda qo‘llaniladi. Ruxsat obyektning egasi tomonidan beriladi va bekor qilinadi. " Ruxsat berish|"Shaxsga, darajasi belgilangan yoki birmuncha past bo‘lgan xavfsizlik ma’lumotlari yoki axborotdan foydalana olish huquqiga berilgan ruxsat. " Ruxsat etilgan foydalana olish kanali|"Tayanch stansiya tomonidan istalgan mobil stansiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirishni tashkil etish uchun foydalaniladigan, ajratilgan boshqaruv kanali. " Ruxsat etilgan foydalanish (kirish)|"Huquqlari autentifikatsiya qilish jarayonida tasdiqlangandan so‘ng, qayd etilgan foydalanuvchilarning tizimdan foydalana (tizimga kira) olishiga beriladigan ruxsat. " Ruxsat etilgan foydalanish siyosati|"Ko‘pgina tarmoqlar undan foydalanish mumkin bo‘lgan usullarni cheklashni ko‘zda tutadi. Masalan, ayrim tarmoqlarda AUP undan tijorat maqsadlarida foydalanilishiga yo‘l qo‘ymaydi. " Ruxsat etilgan holat|"Imtiyozga ega bo‘lmagan dastur boshqa sharoitlarda erkin foydalanish mumkin bo‘lmagan resurslardan foydalana oladigan holat. " Ruxsat etilgan imkoniyat|"Grafik kiritish-chiqarish qurilmasi tomonidan (ekran, printer, skaner) tiniq aks ettiriluvchi (yoki qabul qilinuvchi) tasvir elementlari soni. Agar ish maydonining o‘lchamlari chegaralangan bo‘lsa (monitor ekranidagidek), unda o‘lchamlar gorizontal va vertikal nuqtalar soni bilan o‘lchanadi (yozilishi XXXX×YYYY ko‘rinishda bo‘ladi, masalan, 480×640), aks holda bu o‘lchamlar dyuym sanog‘ida beriladi. Hosil qilinadigan tasvirning tiniqlik darajasi past, o‘rtacha va yuqori bo‘lishi mumkin. Bunday ajratish uchun belgilangan chegaralar yo‘q bo‘lib, u hozirgi texnologiyaga bog‘liqdir. " Ruxsat etilgan chaqiruv|"Belgilangan (ma’lum) foydalanuvchiga ruxsat etilgan, tizimni, dastur yoki ma’lumotlarni chaqirish. Odatda, parolni kiritish va uni tekshirish orqali bajariladi. " Ruxsat etilganlar ro‘yxati|"Biron bir amalni bajarishga ruxsat berilgan yoki resurslardan erkin foydalanish/uchun ruxsat etilgan foydalanuvchilar yoki dasturlar ro‘yxati. " Ruxsat etilmagan tarzda foydalana olish|"1. Subyektning obyektdan yoki axborotdan, tizimda belgilangan foydalanishni chegaralash qoidalarini buzgan holda foydalana olishi. 2. Tarmoq resurslaridan o‘rnatilgan muhofazani chetlab o‘tib foydalana olish. 3. Muhofaza obyektidan reglamentlangan tarzda foydalana olishning buzilishi. " Ruxsat taqiqlangan|"Resurslardan ruxsat berilmagan holda foydalanilganda paydo bo‘ladigan xabar. Agar foydalanuvchi qandaydir resurslardan (fayllar, hujjatlar, musiqa va h.k.) foydalanish uchun kerakli huquqlarga ega bo‘lmasa, operatsion tizim bu haqda xabar beradi. " Ruxsatsiz faoliyat|"Belgilangan qoidalarni buzgan holdagi faoliyat. " Ruxsatsiz foydalana olishdan muhofaza qilish|"Muhofaza qilinadigan axborotdan foydalana olishning huquqiy hujjatlari bilan yoki axborot mulkdori (egasi) tomonidan belgilangan huquqlar yoki qoidalar buzilgan holda manfaatdor subyekt tomonidan muhofaza qilinadigan axborotni olishning oldini olish bo‘yicha faoliyat. " Ro‘yxat|"1. Tartiblashtirilgan elementlar to‘plami. 2. Dasturlashda – faqat kompyuter xotirasi bilan chegaralangan, ixtiyoriy uzunlikdagi turli elementlarni birlashtiradigan ma’lumotlar tuzilmasi. Uzunligi nolga teng ro‘yxat bo‘sh ro‘yxat deb ataladi. Ro‘yxatning kamchiligi, uning elementiga ro‘yxatdagi pozitsiyasidan kelib chiqib to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat eta olmasligidadir. " Ro‘yxatga olingan drayver|"Operatsion tizim bilan birgalikda ishlash uchun tekshirilgan va tasdiqlangan drayver. Imzolanmagan drayverlarni o‘rnatish shaxsiy kompyuterlarga va periferiya asbobiga zarar keltirishi mumkin. " Ro‘yxatga olingan foydalanuvchi|"1. Berilgan jamoa bo‘lib foydalanish tizimida ustuvor raqamga ega bo‘lgan foydalanuvchi. 2. Elektron hisoblash mashinasidagi ishlar grafigiga kiritilgan foydalanuvchi. " Ro‘yxatga olish|"1. Hujjatga tizim noyob identifikatorini berish jarayoni. 2. Hujjat to‘g‘isidagi asosiy ma’lumotlarni ro‘yxatga olish-nazorat qilish kartochkasiga kiritish va unga ro‘yxatga olish raqamini berish yo‘li bilan hujjat tuzilganligi yoki olinganligini tasdiqlash. " Ro‘yxatga olish organi|"1. Sertifikatlar subyektlarini identifikasiyalash va autentifikatsiya qilish yuzasidan javobgar, biroq, sertifikatlash organi ham, atributlar berish organi ham bo‘lmagan qandaydir obyekt. 2. Ro‘yxatga olish xizmatini taqdim etish huquqi berilgan va ishonib topshirilgan organ. " Ro‘yxatga olish ssenariysi|"Tarmoq administratori tomonidan foydalanuvchiga belgilangan va foydalanuvchini tizimda ro‘yxatga olish paytida bajariladigan kichik dastur, komanda fayli yoki makros. " Ro‘yxatlarni qayta ishlash|"1. Ma’lumotlarning ro‘yxat tuzilmalarini qayta ishlash dasturiy vositalari. Ular «keraksiz narsalar»ni yig‘gan holda va ro‘yxatlarni tuzish hamda tahlil qilish yordamida xotiraning dinamik taqsimlanishini ta’minlaydi. 2. Ko‘rsatgichlar bilan bog‘langan bir xil pozitsiyalardan iborat ma’lumotlar tuzilmasini o‘zgartirish jarayonlarini dasturlash. Ro‘yxatlarni qayta ishlashda xotiradan foydalanishning qulay usuliga asoslangan ro‘yxatlarni qayta ishlash tillari ishlatiladi. S " Sahifa|"1. Ikkining darajalariga karrali (odatda 512 byte dan 16 kbyte gacha) qayd etilgan o‘lchamdagi xotira bloki. Blok o‘lchami konkret mikroprosessor arxitekturasiga bog‘liq bo‘ladi. 2. Bitta to‘la ekranli tasvirni o‘zida saqlovchi videoxotira qismi. 3. Berilgan formatdagi, bitta chop etiladigan sahifadan oshmaydigan hujjat qismi. 4. Veb-uzel sahifasi, shuningdek, vebda e’lon qilingan hujjat. " Sahifa bloki|"Virtual xotira sahifasi ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan fizik manzillar diapazoni. " Sahifa fayli|"Qattiq diskdagi, Windows da tezkor xotiraga sig‘magan dasturlar va ma’lumot fayllarining bir qismini saqlash uchun qo‘llaniladigan yashirin fayl. " Sahifa pastga|"Hujjatni bitta ekran sahifasiga pastga siljitish uchun mo‘ljallangan klavish. " Sahifa skaneri|"Hajmi katta bo‘lmagan tashuvchilardan matnlar va tasvirlarni kiritadigan skaner. " Sahifa tavsifining standart tili|"Mashina tili talablariga muvofiq keladigan fayllarni ishlab chiquvchi va foydalanuvchidan faylni tuzish uchun zarur komandalarni kiritishni talab qilmaydigan usullar va apparaturalar. " Sahifa xotirasini boshqarish bloki|"Virtual xotira bilan ishlaydigan turli ilovalar yoki operatsion tizimlar foydalanadigan xotiradan erkin foydalanish va bu xotirani boshqarish operatsiyalarini bajaradigan qurilma. " Sahifa yuqoriga|"Hujjatni bitta ekran sahifasiga yuqoriga siljitish uchun mo‘ljallangan klavish. " Sahifalar jadvali|"Operatsion tizim jarayoniga uning mantiqiy manzillarini jismoniyga translyatsiya qilish uchun ajratiladigan tizim tuzilmasi. " Sahifalar jadvalining registri|"Sahifalar jadvalini va uning uzunligini saqlaydigan registr. " Sahifalarni ajratgich|"Bosiladigan hujjatda, hisobotda yoki shaklda printerga yangi sahifa boshlanishini ko‘rsatadigan boshqaruvchi simvol. " Sahifalarni almashtirish optimal algoritmi|"Sahifalarni almashtirish algoritmi, bunda uzoq vaqt davomida ishlatilmagan sahifa almashtiriladi. " Sahifalarni rad etish koeffitsiyenti|"0 dan 1 gacha bo‘lgan, sahifalarni rad etish ehtimolligini tavsiflaydigan son. " Sahifalarning iyerarxik jadvali|"Sahifalar jadvalini iyerarxik (odatda, ikki darajali) ko‘rinishda tashkil qilish. Jismoniy xotiraning aniq (haqiqiy) sahifasi adresi foydalana olishning natijasi hisoblanadi. " Sahifalarning xeshlangan jadvali|"Mantiqiy sahifaning raqami xeshlanishiga asoslangan qidiruv amalga oshiriladigan sahifalar jadvali. " Sahifali printer|"Sahifaning tasviri to‘la-to‘kis chiqariladigan alohida qog‘oz varaqlarini uzatadigan va bosadigan printer. " Sahifani almashtirish|"Operatsion tizim tomonidan murojaat qilingan sahifani boshqa sahifa o‘rniga, agar talab qilinsa oxirgi sahifani olish bilan, chiqarish. " Sahifani to‘ldirish|"Ma’lumotlar blokiga ahamiyatli bo‘lmagan axborotning oxirgi, to‘liq to‘ldirilmagan sahifasini yozish usuli. " Sahifani o‘tkazish|"Printerda bosib chiqarishda yangi sahifaga o‘tish uchun foydalaniladigan boshqaruvchi simvol. " Sahifaning assotsiativ xotirasi (kesh), manzillarni translyatsiya qilish buferi|"Tez-tez ishlatiladigan sahifalarning raqamini o‘z ichiga oladigan va ularning manzilini asosiy xotirada saqlaydigan o‘ta tez harakatlanadigan assotsiativ xotira. " Sahifaning invertirlangan jadvali|"Sahifalar jadvali, unga murojaat etilganda, talab etilayotgan jismoniy sahifani izlash jarayon raqami va sahifaning mantiqiy raqami bo‘yicha amalga oshiriladi. " Sahifaning ishlamay qolishi|"Asosiy xotirada sahifa yo‘qligi tufayli uzilish. " Sahnani raqamli boshqarish|"Televizion tasvir kontrastliligini optimallash funksiyasi. Juda keskin kontrastlikda tasvirning oq qismlari, masalan matnlar juda aniq hamda ortiqcha yorqin shu’lalanishsiz qayta tiklanadi. Biroq, ushbu funksiya kul rangning gradatsiyasini o‘zgartirmaydi, u tufayli tasvir o‘zining tabiiyligini saqlab qoladi. Sakkizlik sanoq tizimi ing. - octal number systemrus. - восьмеричная система счисления 8 razryadli sanoq tizimi. Unda 0 dan 7 gacha bo‘lgan raqamlar ishlatiladi. Sakkizlik sanoq tizimi raqamli qurilmalar bilan bog‘liq joylarda ishlatiladi. Sakkizlik sanoq sonlari ikkilik sanoqni triadalariga aylantirish osonligi bilan tavsiflanadi. Oldin dasturlashda va umuman kompyuter hujjatlarida ishlatilar edi, lekin hozirga kelib o‘n oltilik sanoq tizimi tomonidan siqib chiqarilgan. " Sakrash|"Signalning keskin o‘zgarishi, shovqinning kuchayishi yoki elektr taʼminot tarmog‘idagi kuchlanishning to‘satdan sakrashi. " Salbiy ta’sir etish|"Tahdid agentining aktivga ko‘rsatadigan ta’siri. " Samaradorlikning muhim ko‘rsatgichlari|"Qo‘yilgan maqsadlarga erishib bo‘lishlik o‘lchovlarini o‘zida ifodalaydigan ko‘rsatgichlar. Bu ko‘rsatgichlar boshqaruv funksiyalari, jarayonlar, harakatlar samaradorligi va natijaliligini baholash uchun foydalaniladigan tizimni hosil qiladi. Bunday ko‘rsatgichlardan, shuningdek, tashkilot boshqaruvining barcha sohalarini: biznes jarayonlarni, ishlab chiqarish sohasidagi texnologik jarayonlarni, xodimlarni boshqarish tizimini, moliyaviy operatsiyalarni rejalashtirish va tahlil qilishda ham foydalaniladi. " Samarali boshqaruv|"Davlat boshqaruvining yangi konsepsiyasi. Samarali davlat boshqaruvi barcha darajalarda mamlakat ishlariga rahbarlik qilish maqsadida, iqtisodiy, siyosiy, ma’muriy hokimiyatning amalga oshirilishi sifatida qarab chiqiladi. Boshqaruv huquqlarning ajratilishi, xalq hokimiyati, yuqori mansabdor shaxslarni saylov yo‘li bilan tayinlash va almashtirib turish, ijro etuvchi hokimiyat institutlarining hisobdorligi, qonun ustuvorligi, siyosiy plyuralizm, ommaviy axborot vositalarining mustaqilligi, prinsiplari asosida quriladi. " Samba|"GNU General Public License litsenziyasi asosida ishlab chiqarilgan SMB/CIFS protokoli bo‘yicha ishlash uchun bepul tarqatiladigan dasturiy ta’minot. Uchinchi versiyadan boshlab Samba Microsoft Windows tarmog‘i mijozlari uchun fayllarni boshqarish va chop etish xizmatlarini taqdim etadi va Windows Server bilan yo domenning asosiy kontrolleri, yoki domen a’zosi sifatida uyg‘unlashishi mumkin. U shuningdek, Active Directory domenining qismi bo‘lishi mumkin. Samba GNU/Linux, Solaris kabi va BSD turli variantlarida, shu jumladan Mac OS X Server kabi Unix va Unix-o‘xshash tizimlarda ishlaydi. " Sana|"Kompyuterning CMOS-xotirasida saqlanadigan sana. Hujjat yaratilgan vaqtni aniqlash uchun xizmat qiladi va sinxronlashda yordam beradi. " Sana va vaqtga bog‘liq chaqiruvlarni qayta manzillash|"Kiruvchi chaqiruvni belgilangan vaqt davomida boshqa abonent raqamiga qayta manzillash imkonini beradigan xizmat. Bir kecha-kunduzdagi turli vaqtlar uchun qayta manzillashning turli raqamlari belgilanishi mumkin. " Sanani eslatish xizmati|"Abonentning telefon apparatiga aniq kun va vaqtda oldindan belgilangan ko‘rsatma bo‘yicha chaqiruv va ushbu chaqiruvga javoban magnit tasmaga avtomatik tarzda yoziladigan hamda abonentga har qanday ma’lum hodisa (masalan, qarindoshlarning tug‘ilgan kuni) to‘g‘risida eslatuvchi xabarni uzatadigan xizmat. Izoh – Ushbu xizmatning ikkita varianti ko‘zda tutiladi: – har bir alohida holatda abonent uzatilishi kerak bo‘lgan tegishli xabarni aytib turadi; – oldindan yozilgan ko‘pgina xabarlardan uzatilishi kerak bo‘lgan xabar tanlanadi. " Sanoat josusligi|"Egasiga zarar yetkazuvchi yoki yetkazishi mumkin bo‘lgan noqonuniy harakatlar. Bunda tijorat sirini tashkil qiluvchi maʼlumotlarni to‘plash, egallab olish va uzatish nazarda tutiladi. " Sanoq tizimi|"Sonlarni aks ettirish usuli va ular ustida bo‘ladigan operatsiyalar qoidalari. Pozitsion va nopozitsion sanoq tizimlari farqlanadi. Kompyuterda hisoblashlarda pozitsion sanoq tizimlaridan foydalaniladi. " Sanoqlar tuzilmasi|"Sanoqlarning televizion tasvirdagi o‘zaro nisbiy joylashuvi. " Santimetrli to‘lqinlar|"To‘lqin uzunligi 10 sm dan 1 sm gacha (chastotasi 3 GHz dan 30 GHz gacha) bo‘lgan radioto‘lqinlar. " Saqlash|"Ma’lumotlarni xotira qurilmasiga kiritish jarayoni. " Saralash|"Qandaydir ko‘plikdagi kerakli elementni izlab topish usuli. To‘la saralash usullari real vazifalarda juda ko‘p mashina vaqtini talab qiladi, shuning uchun, imkoni bo‘lsa, yo‘naltirilgan izlab topish usullaridan foydalanish maqsadga muvofiq. " Saralash kaliti|"Yozuvlarni saralash ketma-ketligini belgilaydigan maydon yoki maydonlar. Dastlab saralash asosiy kalit maydonidagi qiymatlar bo‘yicha boradi, keyin esa, maydonda bir xil ma’lumotlarga ega bo‘lgan yozuvlar ikkilamchi kalitlar qiymatlari bo‘yicha saralanadi. " Saralash, tartiblash|"Ketma-ket keluvchi ma’lumot elementlarini (masalan, jadvallar satri yoki ma’lumotlar bazasi yozuvlarini) biror bir berilgan qoida asosida saralash, tartiblash, odatda qiymatlar kalit maydonlar bo‘yicha o‘sishi yoki kamayishi bo‘yicha tartiblanadi. " «Sariq kitob»|"Yetti pog‘onali tarmoq modelining transport darajasidagi standart protokoli ta’rifini o‘zida aks ettirgan sariq rangdagi kitob. " Sarlavha|"Fayl yoki xabarning, asosiy axborotni o‘z ichiga olgan birinchi so‘zi. " Sarlavha belgisi|"Faylni yozishdan oldin keladigan va uning boshlanishini hamda ichidagini identifikatsiya qilish uchun foydalaniladigan xizmatga oid belgi. " Sarlavha satri|"Foydalanuvchining grafik interfeysida – dialog oynasining nomi va boshqarish tugmalari bo‘lgan ingichka gorizontal chiziq. Amaliy dasturlarda qayta ishlanadigan fayl nomini ham ichiga olishi mumkin. " Sath|"Axborotni o‘tkazish nuqtai nazaridan tarmoqning iyerarxik tuzilmasini bayon etish uchun foydalaniladigan element. Izoh – «Sath» tushunchasi OSI modelidagi «sanh» tushunchasiga mos keladi. " Satr|"Simvollarning tartiblashtirilgan ketma-ketligi. Dasturlash tillarida – tegishli operatsiyalar – konkatenatsiya, nisbatlar belgilangan ma’lumotlar turi. Satrni simvollarning bir o‘lchamli massivi sifatida ham ta’riflash mumkin. " Satr konstantasi|"Qo‘shtirnoq yoki qo‘sh qo‘shtirnoq ichiga olingan simvollar ketma-ketligi. " Satr ko‘chirish simvoli|"Simvol yoki matn satri tugaganini bildiradigan va ekrandagi kursorni yoki printer bosuvchi kallagini navbatdagi satr boshiga ko‘chiradigan simvollar ketma-ketligi. " Satr osti indeksi|"Ko‘plik elementlari yoki element raqamini aniqlash uchun identifikatordan pastda yoziladigan harf yoki simvol. " Satrbay printer|"Birdaniga matnning butun satrini va minutiga 3000 tagacha satrni bosib chiqaradigan, katta mashinalar uchun mo‘ljallangan, tez ishlaydigan printer. Shovqin darajasi anchagina yuqori. " Satrga ko‘chirish|"Matnni aks ettirishda yangi satrga avtomatik ravishda (so‘z iсhida ko‘chirishsiz) o‘tish. " Satrlar jadvali|"Ishga tushirish komandalarini turli vaqtlarda berishda foydalaniladigan nomlangan belgili satrlar jadvali. " Satrlar juftligi|"Yoyish satrlarini navbatma-navbat yoyishning takomillashmaganligi. " Satrlar orasiga kirish|"Qonuniy foydalanuvchining resurslari bilan bog‘liq bo‘lgan, ma’lumotlar uzatish kanalini qisqa vaqtga o‘chirish paytida buzg‘unchi tomonidan aktiv tutib olish vositasida olingan kirish huquqi. " Satrlar sezilarliligi|"Ekrandan normal masofada turgan kuzatuvchiga tasvirning satr tuzilmasi sezilarli bo‘lgan sharoit. " Satrlar yorqinligining har xilligi|"Televizion tasvir qo‘shni satrlari yorqinligining ranglilik-yorqinlik kesishuvchi buzilishlari keltirib chiqargan parazit farqi. " Satrlar chastotasini rostlash|"Satr bo‘yicha yoyish generatorining erkin tebranishlar davrini o‘zgartiradigan sozlash. " (Satrlarni sinxronlovchi impuls) oldingi maydoni|"Satrlarni sinxronlovchi impulsdan oldin joylashgan satr o‘chirish intervalining uchastkasi. " (Satrlarni sinxronlovchi impulsning) orqa maydoni|"Satrlarni sinxronlovchi impulsdan tashqarida joylashgan satr so‘ndirish intervalining uchastkasi. " Satrlarni chiqarish|"Satr sinxronizatsiyasining yo‘qolishi tufayli tasvir bitta yoki bir nechta qismining uzluksiz yoki doimiy siljishi. " Satrlarning yopishib qolishi|"Satr oralatib yoyishning buzilishi. Bunda bir maydonning satrlari boshqa maydon satrlariga yaqinlashadi. Satrlarning to‘liq yopishib qolishida satr oralatib yoyish satrlarning soni ikki marta kam bo’lgan progressiv yoyishga aylanadi. " Satrma-satr yo‘naltirilgan|"Foydalanuvchi bilan birgalikda ishlashda grafik interfeysdan emas, balki komanda satridan foydalaniladigan dastur. " Satrning nominal kengligi|"Satrlar yo‘nalishidagi uzunlik birligiga to‘g‘ri keladigan satrlar soniga teskari kattalik. " Savatcha|"Chiqarib tashlangan fayllarni Windows muhitida saqlash joyi. Savatcha yordamida xato bo‘yicha chiqarib tashlangan fayllarni tiklash, yoki diskning ichidagi kerak bo‘lmagan ma’lumotlarni tozalab joyni bo‘shatish mumkin. " Savdo (tijorat) banki|"Servis yoki savdo korxonasi bilan hisob-kitoblarni tranzaksiyalarni to‘lov tizimiga uzatish va mualliflashtirish natijalarini qaytarish yo‘li bilan amalga oshiradigan moliya tashkiloti. " Sayt|"Umumiy nom, mavzu va navigatsiya tizimi bilan bog‘langan veb-sahifalar to‘plami. Matn, grafika, animatsiya, tovush sifatida talqin qilinadigan dastur. Saytni rasmiylashtirish HTML, Java tillari yordamida amalga oshiriladi. " Saytlararo printing|"Qar.: XSP. " Saytlararo skripting|"Qar.: XSS. " Saytni indekslash|"Ishlatilayotgan so‘zlar va iboralar ro‘yxatini tuzish maqsadida saytning matn materiallarini mantiqiy tahlil qilish. Shu tarzda tuzilgan ro‘yxat foydalanuvchi so‘rovi bo‘yicha saytda axborotni izlashda ishlatiladi. Indekslash avtomatik rejimda izlash robotlari deb nomlangan maxsus dasturlar tomonidan amalga oshiriladi. " Seans darajasi|"Tizimlar o‘rtasidagi dialog boshqaruvini yuritish usullarini ta’minlaydigan OSI modelining beshinchi sathi. " Seans darajasidagi shlyuz|"Tarmoqlararo ekranni amalga oshirish variantlaridan biri. Mualliflashtirilgan mijoz bilan tashqi xost o‘rtasida bevosita o‘zaro hamkorlikni istisno qiladi. Vakolatli mijozning muayyan xizmatlarga bo‘lgan so‘rovini qabul qiladi, so‘ralgan seansga kira olish huquqi tekshirilgandan so‘ng, tashqi xost bilan bog‘lanishni amalga oshiradi. Bundan keyin shlyuz paketlar filtratsiyasini bajarmasdan, ikkala yo‘nalishda bu paketlardan nusxa oladi. " Seans kaliti|"Bir seansga teng bo‘lgan cheklangan vaqt oralig‘ida shifrlash uchun ishlatiladigan kriptografik kalit; uzatish tugagandan so‘ng kalit avtomatik ravishda o‘chib ketadi. " Segment|"Tezkor xotiraning, dastur, ma’lumotlar yoki ma’lumotlar stekini saqlash uchun operatsion tizim ajratadigan sohasi. " Segmentlar jadvali|"Xotirani segmentli tashkil qilishda mantiqiy manzillarni jismoniy manzillarda aks ettirish uchun mo‘ljallangan tizimli jadval. Uning har bir elementi jismoniy xotiradagi segmentning dastlabki manzilini, segment uzunligini va himoya belgilarini o‘z ichiga oladi. " Segmentlar jadvalining uzunlik registri|"Dastur tomonidan ishlatiladigan segmentlar sonini o‘z ichiga oladigan registr. " Segmentlar jadvalining tayanch registri|"Xotiradagi segmentlar jadvalining manzilini o‘z ichiga oladigan registr. " Segmentlash|"Bir jinsli qismlarga oldindan ajratish. Keyin bu qismlar alohida yoki guruhlab kodlanadi. Siqishning barcha usullarida ma’lumotlar turi o‘zgarganda o‘tish juda yomon kodlanadi. Shunday holatda segmentlash qo‘llaniladi. " Sekin tinishlar|"Signal og‘ib o‘tuvchisining silliq o‘zgarishlari; ular, odatda, radioto‘lqin tarqalish yo‘lining, uning to‘lqin uzunligidan ancha katta masofaga o‘zgarishi oqibatida hosil bo‘ladi. Izoh − Tinishlarning bunday turi mobil aloqa radiokanallariga xosdir. Ko‘p yillik kuzatishlar natijalari shuni ko‘rsatadiki, refraksiya sharoitlarining o‘zgarishi va atmosfera quyi qatlamlarining holati bilan bog‘liq bo‘lgan sekin tinishlarni logorifmik normal qonun bilan tavsiflash qulaydir. Sekin tinishlarning yana bir sababi abonentning ko‘chib yurishi chog‘ida joy relefining o‘zgarishi bo‘lishi mumkin. " Sekinlashuv|"1. Protsessor yoki boshqa elektron sxemaning pasaytirilgan takt chastotasida ishlashi. 2. Abonent trafigining uzatish tezligi pasayishiga asoslangan, tarmoq liniyalari yoki kanallarning ortiqcha yuklanishiga qarshi kurash mexanizmi. " Sekogramma|"Ko‘zi ojizlar uchun muassasalar tomonidan pochta aloqasi tarmog‘i orqali jo‘natiladigan, ko‘zi ojizlar uchun ochiq holda beriladigan yozma xat-xabarlar, bosma nashrlar, ko‘zi ojizlar uchun yozuv tizimining belgilariga ega tamg‘a, shuningdek ko‘zi ojizlar uchun mo‘ljallangan ovozli yozuvlar va maxsus qog‘oz. " Sektor|"Egiluvchan yoki magnit qattiq disk yo‘lkasining, ma’lumotlar yozilgan qismi. Sektor – xotiraning o‘z manziliga ega bo‘lgan eng kichik birligi. " Sektorlangan uya|"Abonentlarga sektorli antennasi bo‘lgan tayanch stansiya xizmat ko‘rsatadigan uya. Har tomonga yo‘nalgan antennadan foydalanishga nisbatan, aloqani tashkil etishning ushbu varianti tizimning chastota-vaqt resursidan samaraliroq foydalanish imkonini beradi. " Sektorli antenna|"Yo‘nalganlik diagrammasining kengligi qoplash zonasi sektorining burchak o‘lchamiga mos keladigan antenna. " Sektorni to‘g‘rilash|"Nusxa ko‘chirishdan muhofaza qilish usuli, sektorlarning yo‘lkadan yo‘lkaga to‘g‘ri o‘rnatilganligini tekshirishda disk ruxsat etilmagan nusxa bo‘lib hisoblanishi yoki hisoblanmasligini aniqlash imkonini beradi. " Sekunddagi chiplar soni, chip/s|"Kengaytirilgan spektrli signallarni uzatish tezligining o‘lchov birligi. " Sekundiga bit, bit/s|"Aloqa kanalidagi bir sekund ichida uzatiladigan bitta ikkilik birligiga teng bo‘lgan tezlikning o‘lchov birligi. " Sekundiga megachip, Мcip/с|"Shovqinsimon signal elementlarini uzatish tezligining o‘lchov birligi (CDMA texnologiyasida). " Sekundiga million signal|"Ma’lumotlarni raqamli qayta ishlash qurilmasiga signallar kelib tushish tezligining o‘lchov birligi. " Selektiv foydalana olish|"Navigatsiya signalini generatsiya qilish rejimi. GPS dan harbiy maqsadlarda foydalanishning oldini olish maqsadida, AQSH mudofaa vazirligi tomonidan qo‘llaniladi. " Semafor|"Ba’zi dasturlash tillarida ma’lumotlarning maxsus turi. Kompyuterning, turli jarayonlar intiladigan ba’zi resurslaridan foydalanishni boshqaradi, ya’ni jarayonlar bajarilishini sinxronlashtiradi. " Semantik moslik|"Axborot tizimlarining ma’lumotlarni talqin qilishning o‘xshashligi darajasida birgalikda ishlay olish qobiliyati. " Semantik tarmoq|"Bilimlarni intellektual tizimlarda, uchlari obyektlar yoki tushunchalarni bildiradigan nomlangan uzellarni, ularni birlashtiradigan nomlangan yoylar esa, obyektlar o‘rtasidagi munosabatni o‘zida ifodalaydigan ustun (grafa) ko‘rinishida taqdim etish usuli. " Semantik xato|"Dasturlashdagi xato dasturlash u yoki bu konstruksiyasining ma’nosini, ahamiyatini yoki ishini tushunmaslik tufayli yuzaga keladi. " Semantika|"1. Semiotikaning jihatlaridan biri. Belgi adresati kim bo‘lishidan qat’i nazar, belgilarning belgilanganiga (belgilar tarkibi) nisbatini qarab chiqadi. 2. Belgi alohida birliklarining qiymatlari. 3. Tilning alohida birliklarini o‘rganish – elementar o‘rganish obyekti belgilovchi, belgilanuvchi va denotat kabi uchta obyektning birligidan iborat bo‘lgan tilshunoslik semantikasi. Belgilovchi – tashqi element (tovushlar yoki belgilar ketma-ketligi), denotat – haqiqatning belgilanadigan obyekti va belgilanuvchi – ushbu obyektning inson ongida aks etishi. " Sensorli ekran|"Monitor ekranidagi grafik tugmalarga yoki piktogrammalarga barmoq yoki peroni tegizish orqali kompyuterda ishlash imkonini beradigan ekran ‒ kiritish qurilmasi. " Sensorli panel|"Barmoqning harakatlanishi paytida qurilma yuzasidagi elektr maydonning o‘zgarishidan ishlaydigan manipulyator. " Sentreks xizmati|"Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmog‘ining abonentlariga virtual tarmoqni tashkil qilish uchun umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmog‘ining resurslaridan foydalangan holda, virtual MIATS funksiyalari va servis xarakteristikalaridan foydalanish imkonini beradigan xizmat. " Seriya raqami|"Analog mahsulotlar o‘rtasida dasturiy ta’minotni, uskunani belgilaydigan noyob identifikator. " Seriyalar uzunligi bo‘yicha kodlash|"Ma’lumotlarni siqishning oddiy algoritmi bo‘lib, bitta simvol ketma-ket bir necha marta takrorlanuvchi ketma-ketlikdan tuzilgan ma’lumotlar seriyasi bilan ishlaydi. Kodlashtirishda takrorlanuvchi belgilar satri shu belgining o‘zi va uning takrorlanishlari soni bilan almashtiriladi. " Seriyali chaqiruv|"Chaqirilayotgan abonent band bo‘lganda yoki javob bermaganda abonentlar ro‘yxatidagi boshqa abonent tomonidan chaqiruvni qayta yuborish imkonini beradigan xizmat. " Sertifikat|"Xavfsizlikni ta’minlash organi yoki ishonch qozongan uchinchi tomon bergan, xavfsizlikni ta’minlashga taalluqli bo‘lgan, ma’lumotlar manbaini autentifikatsiya qilishni ta’minlash xizmatlarini taqdim etish uchun foydalaniladigan, xavfsizlik to‘g‘risidagi axborot bilan birgalikdagi, ma’lumotlar majmui. " Sertifikat yo‘li|"Obуektlar sertifikatlarining, katalogning axborot daraxtidagi tartiblashtirilgan ketma-ketligi bo‘lib, berilgan yo‘l boshlang‘ich obуektining ochiq kaliti bilan birga shu yo‘l oxirgi obуektining ochiq kalitini olish maqsadida qayta ishlanishi mumkin. " Sertifikatlash|"1. Qandaydir faktni tasdiqlash protsedurasi. 2. Ishchi tizim yoki kompyuter tizimi uchun tanlab olingan nazorat va xavfsizlik choralari talablarga mos kelishligi va normal ishlayotganligi texnik tasdiqlash. 3. Dasturni rasman attestatsiya qilish. 4. Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi yoki uning qismi xavfsizlik talablariga mos kelishini uchinchi tomon kafolatlaydigan protsedura. " Sertifikatlash organi|"1. Bitta yoki bir nechta foydalanuvchi tomonidan ochiq kalitlar sertifikatlarini tuzish va taqsimlash ishonib topshirilgan organ. 2. Xavfsizlikni ta’minlashga taalluqli bo‘lgan ma’lumotlarning bitta yoki undan ortiq turkumini ichiga olgan xavfsizlik sertifikatlarini tuzish ishonib topshirilgan obyekt (xavfsizlikni ta’minlash siyosati kontekstida). " Sertifikatsion artefakt|"Sertifikatlash jarayonining ko‘rinib turgan natijalari. Misol – tekshiruvlarning nazorat ro‘yxatlari, ko‘rsatgichlar, muammolar to‘g‘risidagi hisobotlar. " Server|"1. Kompyuterga, boshqa bir kompyuterga xizmat ko‘rsatish imkonini beradigan apparat va dasturiy ta’minot majmui (server-dastur). 2. Tarmoq kompyuteri uchun belgilangan, bir kompyuter xizmatini boshqa bir kompyuterga taqdim etish imkonini beradigan dastur. Izoh – Xizmat ko‘rsatiladigan kompyuterlar server dastur bilan foydalanuvchi dasturi (mijoz dastur) yordamida bog‘lanadi. 3. Tarmoq resurslarining muayyan turini boshqaradigan hisoblash mashinasi (tizimi). Izoh – Fayl-server, ilovalar serveri, faks-serverlar, pochta, kommunikatsiya serverlari, veb-serverlar ajratiladi. " Server bek-end|"Katta ishonchlilik va katta hajmdagi resurslarni taqdim etish maqsadida bitta server o‘rniga ishlatiladigan server kompyuterlarining lokal tarmoqqa bog‘langan guruhi (puli). " Servislarni identifikatsiya qilish|"Aniqlangan ochiq portlarni tarmoq o‘zaro ishlaydigan aktiv komponentiga solishtirish. " Sessiya|"1. Foydalanuvchi va kompyuter yoki ikki kompyuter o‘rtasidagi aktiv bog‘lanish. 2. Tarmoqning stansiyalari o‘rtasida bog‘lanishni tashkil etish, ma’lumot almashish va bog‘lanishni tugatish operatsiyalarining ketma-ketligi. " Sferik antenna panjarasi|"Nurlantiruvchi elementlari sferik yuzada joylashgan sirtli antenna panjarasi. " Sferik radiotoʻlqin|"Teng fazalarning sirti konsentrik sferani oʻzida aks ettiradigan koʻndalang radiotoʻlqin. " Sifat shkalasi|"Kuzatishning ma’lum sharoitlarida tasvirning texnik sifatini miqdor jihatidan subyektiv baholash imkoniyatini beradigan beshta, oltita yoki yettita bosqichga ega shkala. " Sifati yaxshilangan televideniye|"Satrlar va maydonlar standart chastotalrini (625/50 yoki 525/60) saqlab qolgan holda, eshittirish televideniyesi radiosignali parametrlarini o‘zgartirib yoki o‘zgatrirmasdan, signalni tahlil qilish, sintez qilish va qayta ishlashning yangi jarayonlaridan foydalanish hisobiga tasvir sifatini yaxshilash va qo‘shimcha xarakteristikalarga erishiladigan eshittirish televideniyesi tizimi. " Sifati yaxshilangan televideniye|"Oddiy televizor ta’minlaydigan sifatdan yuqoriroq, lekin yuqori aniqlikdagi televideniye sifatidan pastroq sifatga ega televideniye. " Sifatning maqsadi|"Milliy operatorning pochta aloqasi sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan pochta aloqasi xizmatlarining o‘rnatilgan sifat normativlariga erishish bo‘yicha majburiyati. " Signal|"Vaqt bo‘yicha o‘zgaruvchi, turli xildagi axborotlarni uzatish, shuningdek, qandaydir voqea yoki obyektlarning holati to‘g‘risida xabar berish uchun foydalaniladigan fizik kattalik. " Signal bazasi|"Signal spektri kengligining uning davomiyligiga ko‘paytmasi. " Signal kechikishining buzilishi|"Uzatish uchun zarur bo‘lgan chastotalar diapazoni bo‘yicha sxema (tizim) dagi og‘ib o‘tuvchining kechikichi doimiy bo‘lmagan hollarda yuzaga keladigan buzilish turi. " Signal manbalari|"Tele-, radioqabulqilgich apparaturalar, yo‘ldoshli qabul qiluvchi tizimlar, videomagnitofonlar, lazer disklar va DVD proigrivatellariga audio va videosignallar uzatadigan qurilmalar signal manbalari bo‘lib hisoblanadi. " Signal yulduzi (signalning yulduz ko‘rinishi)|"Modulyatsiyalangan radiosignalning kompleks tekisligida nuqtalar ko‘rinishida ifodalanishi. Bunda nuqtalarning har biri alohida modulyatsiya simvoliga, ularning pozitsiyasi esa amplituda va fazaning muayyan qiymatiga mos keladi. " Signal/xalaqit nisbati|"Odatda, detsibellarda ifodalanadigan uzatish kanalining ma’lum nuqtasidagi muayyan sharoitlarda o‘lchanadigan foydali signal quvvatining, xalaqit beruvchi signallar va shovqinning umumiy quvvatiga nisbati. " Signal/shovqin nisbati|"1. Ma’lum vaqt davomida qabul qilgichning belgilangan nuqtasida, masalan, demodulyatorning kirishida, o‘lchangan foydali signal quvvatining additiv shovqinning spektral zichligiga nisbati. 2. Ma’lum vaqt davomida qabul qilgichning belgilangan nuqtasida o‘lchangan foydali signal kuchlanishining shovqin kuchlanishiga nisbati. Izoh − Har ikki holatda ham signal/shovqin nisbati detsibellarda ifodalanadi, biroq uni aniqlash paytida shovqin turini aniq tafovutlash lozim. Jumladan, agar shovqin impulsli bo‘lsa, uning cho‘qqi qiymati, agar shovqin tasodifiy bo‘lsa, uning o‘rtacha kvadratik qiymati hisobga olinadi. " Signalizatsiya|"Bog‘lanishlarni o‘rnatish, bo‘shatish va boshqarishning boshqa operatsiyalariga, shuningdek, bog‘lanishlarni o‘rnatishning avtomatik usulida telekommunikatsiyalar tarmog‘ini boshqarishga taalluqli bo‘lgan, nutqli bo‘lmagan axborot almashinuvi jarayoni. " Signalizatsiya guruhi|"Signalizatsiya bo‘g‘inlari majmui. Ushbu bo‘g‘inlar ikki punktni bevosita bog‘laydi va bir xil fizik xususiyatlarga (bitlar tezligi, tarqalish vaqti va h.k.) ega. " Signalizatsiya kanali|"Boshqaruv signallarini uzatish uchun foydalaniladigan alohida yoki ishchi kanal bilan birlashtirilgan xizmat kanali. Uning funksiyalari va tuzilmasi aloqa tizimida foydalaniladigan aniq algoritmlar va almashinish protokollari bilan belgilanadi. " Signalizatsiya marshruti|"Signalizatsiya punktlari ketma-ketligi sifatida oldindan belgilangan marshrut. Undan signalizatsiya punkti tomonidan muayyan belgilangan punktga yo‘naltirilgan signal xabarlari uzatilishi mumkin. " Signalizatsiya shlyuzi|"KAT va boshqa tarmoqlar o‘rtasidagi (masalan, KAT va STP dagi yoki SS7 dagi SSP chaqiruv serverlari o‘rtasidagi) chaqiruvni polosadan tashqari boshqarish signallari o‘zgartirilishini bajaradigan blok. " Signalizatsiyaning mantiqiy kanali|"Xizmatlar va signalizatsiya belgili kanallar bilan ta’minlanadigan interfeys tuzilmasi. Interfeysning belgili tuzilmasi siklik interfeysda yoki o‘z-o‘zini ajratadigan belgili interfeysda amalga oshishi mumkin. " Signallar (UNIX da)|"Xatoli holatlarni qayta ishlashning quyi darajali mexanizmi. " Signallar ansambli|"(I, Q) koordinatalar tizimida (I+Q) vektorlar to‘plami cho‘qqi holatlarining majmuasi. " Signallar qayta ishlanadigan antenna panjarasi|"Funksional elementlarga ega bo‘lgan, u qabul qilgan signallarni o‘zgartirishga imkon beradigan antenna panjarasi. " Signallar raqamli qayta ishlanadigan antenna panjarasi|"Signallar element bilan qayta ishlanadigan antenna panjarasi, bunda nurlantiruvchi elementlardan signallar ma’lum algoritmlar bo‘yicha keyingi qayta ishlash uchun analog-raqamli qayta tiklashga uzatiladi. " Signallar ushlab turiladigan liniya|"Tarmoqlagichlari bo‘lgan passiv to‘rt qutblagichni o‘zida ifodalovchi, signallarni ma’lum bir vaqtga ushlab turish uchun mo‘ljallangan qurilma. " Signallar shaklining koderi|"Ish prinsipi, analog signallarni ixcham qayta o‘zgartirishga va ular shaklini vaqt birligi ichida tiklashga asoslangan, nutqli kodlovchi qurilmalar toifasi. Izoh − Uzatish tezligining 16 Kbit/s dan 64 Kbit/s gacha bo‘lishini ta’minlaydi. PCM, ADPCM, CVSD, RELP lar shunga o‘xshash toifadagi koderlar hisoblanadi. " Signalni qayta ishlash|"Dasturiy signal bilan tovush yoki tasvirni uzatish, ularni qabul qilish, maxsus effektlar yoki tovushli effektlarni kiritish shartlariga muvofiqligini ta’minlash yoki qo‘shni kanallardagi xalaqitlarni kamaytirish uchun bajariladigan turli faoliyatlar. " Signalni qayta ishlash antennasi|"Antenna elementlari bilan qabul qilingan signallar maxsus qayta ishlanishi talab etiladigan, shundan so‘ng natijaviy signal qabul qiluvchi qurilmaga to‘g‘rilanadigan qabul qiluvchi antenna. " Signalni uzatish|"To‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki kodlangan axborotni tashuvchi elektromagnit impuls. " Signalning buzilishi|"U yoki bu aloqa tizimi bo‘ylab uzatilgan signalning boshlang‘ich signalga mos kelmasligi. Chastotaviy, nochiziqli, fazaviy buzilishlar buzilishlarning asosiy turlaridir. Turli xil buzilishlarning sezilarliligiga bog‘liq holda, ularning yo‘l qo‘yiladigan qiymatlariga va apparatura sifati toifalariga normalar belgilanadi. " Signalning so‘nishi (susayishi)|"Signal quvvatining, uzatuvchi muhit orqali o‘tishi natijasida kamayishi. Signal so‘nishining asosiy sabablari radioto‘lqinlarning yutilishi va qaytishi, difraksiya va refraksiya hisoblanadi. " Signalning tinish darajasi|"Tinishlar paytidagi qabul qilinuvchi signal og‘ib o‘tuvchisining maksimal va minimal qiymatlari o‘rtasidagi farq. " Signalning yo‘qolishi|"Qabul qilgich tomonidan signalning uzatilishi to‘xtab qolganini bildirish uchun yuboriladigan xavotirlik signali. Masalan, LOS optik-tolali kabel orqali uzatilganda va qabul qilish uchun uchida hech qanday signal qabul qilinmay qolganda eʼlon qilinadi. LOS signali qo‘lda bekor qilinmaguncha yoki muammo hal bo‘lmaguncha uzatilaveradi. " Signalning chiqish quvvati|"Tayanch stansiya uzatgichi chiqishida, uzatgichning nominal to‘la chiqish qarshiligiga teng bo‘lgan qarshilik bilan yuklamaga uzatiladigan bitta eltuvchi o‘rtacha quvvatining qiymati. " Signatura|"1. Tizimning dasturiy usulda tekshirish mumkin bo‘lgan noyob xarakteristikasi. Original-diskning identifikatsion belgisi sifatida qo‘llaniladigan diskning ikkinchi belgisi signaturaga misol bo‘ladi. Bu belgidan dasturiy usulda nusxa ko‘chirish mumkin emas. 2. Dastur doimiy kodining qismi, unga qarab, virusga qarshi dasturlar dasturlarning virus dasturlarga va dasturlarning boshqa nomaqbul turlariga mansubligini aniqlaydi. 3. Bostirib kirilish (hujum)ining, uni aniqlashda qo‘llaniladigan, oziga xos belgilari. " Sikl|"Maʼlum bir sharoit buzilmaguncha ko‘p marta bajarilishi mumkin bo‘lgan operatsiyalar yoki komandalar ketma-ketligi. " Sikl parametri|"Sikl bajarilishini boshqaradigan o‘zgaruvchi. Dasturning har bir siklida o‘z qiymatini sikl jismining har bir o‘tishida o‘zgartiradigan parametr mavjud. Agar bunday parametr bo‘lmasa, sikl noto‘g‘ri tuzilgan va sikllanish imkoniyati yuzaga keladi. Dasturlashda ba’zan «abadiy» sikllar quriladi, ulardan chiqib ketish maxsus komandalar orqali amalga oshiriladi. Bunday sikllarda sikl parametrlari bo‘lmaydi, bu esa, dasturlash uslubini buzadi. " Sikl sarlavhasi|"Sikl operatorining bir qismi yoki hisoblagichning boshlang‘ich qiymatlarini, sikl qadamini va davom ettirish yoki tugallash shartini belgilaydigan alohida operator. " Siklik ortiqcha kod|"Asosan xatolarni aniqlash maqsadida, siklik koddan foydalanib xatolarni nazorat qilish usuli. Izoh – Himoya qilinishi kerak bo‘lgan ma’lumotlar blokining bitlari berilgan generator polinomi yordamida 2 moduli bo‘yicha bo‘linadigan polinom koeffitsiyentlari sifatida ishlatiladi, qoldiq koeffitsiyentlari bo‘lishdan so‘ng blokning tekshiriluvchi ketma-ketligi ko‘rinishida ma’lumotlar blokiga qo‘shiladi. " Siklik siljish|"Registrning bir uchidan suriladigan razryadlar boshqa bir uchiga kelib tushadigan siljish operatsiyasi. " Silindrsimon antenna panjarasi|"Nurlantiruvchi elementlari silindr sirtda joylashgan sirtqi antenna panjarasi. " Silindrsimon radioto‘lqin|"Ko‘ndalang radioto‘lqin, uning teng fazalari sirti konsentrik silindrlarni o‘zida aks ettiradi. Ularga urinmalar urilish nuqtasida to‘lqin tarqalishi yo‘nalishiga perpendikulyardir. " Siljigan nurlagichga ega parabolik ko‘zgu (ofset antenna)|"Nurlanishning asosiy yo‘nalishidan tashqariga chiqarilgan nurlagichli o‘qqa nosimmetrik parabolik ko‘zgu (parabola segmenti). Bunday konstruksiyada antenna ko‘zgusi sirtining soyalanishiga yo‘l qo‘yilmaydi va yon yaproqlar bo‘yicha nurlanish darajasi pasayadi. " Siljigan yo‘lka|"Nusxa ko‘chirishdan himoya qilish usulining qismi, bunda diskdagi yo‘lka nostandart pozitsiyaga yoziladi. " Siljish|"Nisbiy manzillash usulida xotira yacheykasining tayanch manzilga nisbatan siljishini, ya’ni xotiraning ikki yacheykasi o‘rtasida manzillanadigan elementlar sonini (masofani) ko‘rsatadigan kattalik. " Siljish registri|"Barcha bitlari har bir siklda o‘ngga yoki chapga bir razryadga suriladigan registr mikrosxemasi. " Siljish vektori|"Harakatni kompensatsiyalashda tayanch kadrda makroblok siljishining yo‘nalishi va kattaligini ifodalaydigan ikki o‘lchovli vektor. " Siljitish|"Siljitish lineykasi yordamida rasm yoki boshqa turdagi fayllarni ko‘rish oynasi tashqarisidagi mazmunini ko‘rish uchun oynani yuqoriga, pastga, chapga va o‘ngga siljitish. Matnli hujjatlarda oynani satr yoki sahifa bo‘yicha siljitish mumkin. " Siljitish registri|"Operatsion tizim tomonidan xotiraga yuklangan dastur uchun ajratilgan xotira sohasining dastlabki msnzilini o‘z ichiga oladigan registr. " Siljitish chizig‘i|"Ekranning pastiga va/yoki oynaning o‘ng tomoniga joylashgan ingichka to‘rtburchak tasma. Oynadagi ma’lumotlar o‘rnini «sichqoncha» kursori yordamida o‘zgartirish uchun qo‘llaniladi. " Silliq xendover; bog‘lanishni uzmasdan qilinuvchi xendover|"Mobil stansiya tomonidan o‘rnatilgan bog‘lanish yangi bog‘lanish o‘rnatilmaguncha uzilmasdan bajariladigan xendover protsedurasi. Silliq xendoverda aloqa sifati qayta ulanish paytida yomonlashmaydi. " Simli antenna|"Elektromagnit to‘lqinlarni nurlantirish yoki qabul qilish uchun bitta yoki bir nechta metall sim yoki shtirdan iborat muayyan konstruksiya. " Simmetrik autentifikatsiya qilish usuli|"Ikkala obyekt umumiy autentifikatsiya axborotidan birgalikda foydalanadigan autentifikasiya qilish usuli. " Simmetrik kabel|"Uchta o‘tkazgich bo‘ylab simmetrik signal uzatuvchi kabel. " Simmetrik klasterizatsiya|"Klasterning barcha mashinalari bitta katta ilovaning turli qismlarini bir vaqtda bajarganda kompyuter klasterini tashkil qilish. " Simmetrik kriptografik algoritm|"Shifrlash va deshifrlash uchun aynan bitta kalitdan foydalaniladigan, shifrlash yoki tegishlicha deshifrlashni bajarish algoritmi. " Simmetrik kriptografiya|"Shifrlash va deshifrlash uchun bitta kalitdan foydalaniladigan kriptografiya. " Simmetrik ko‘p protsessorli qayta ishlash|"Parallel hisoblashda qo‘llaniladigan, bir turdagi protsessor elementlari yagona operatsion tizim tomonidan boshqarilishi bilan bog‘liq tizimni anglatadi. Bunda har bir protsessor bitta kiritish-chiqarish qurilmasiga ega bo‘ladi va barcha protsessorlar umumiy fazoni bo‘lib oladi. Vazifalar (oqimlar) turli protsessorlar orasida taqsimlanadi. Bunda barcha protsessorlar ekvivalent sifatida qaraladi va yangi vazifa u taqsimlanayotgan vaqtda eng kam yuklamaga ega protsessorga beriladi. " Simmetrik ko‘p protsessorli tizim|"Parallel hisoblashlarda qo‘llaniladigan, bir turdagi protsessor elementlari yagona operatsion tizim tomonidan boshqarilishi bilan bog‘liq tizim. Bunda har bir protsessor bitta kiritish-chiqarish qurilmasiga ega bo‘ladi va barcha protsessorlar umumiy fazoni bo‘lib olishadi. Vazifalar (oqimlar) turli protsessorlar orasida taqsimlanadi. Bunda barcha protsessorlar ekvivalent sifatida qaraladi va yangi vazifa u taqsimlanayotgan vaqtda eng kam yuklamaga ega bo‘lgan protsessorga beriladi. " Simmetrik operatsion tizim|"Protsessorlarning barcha pullarini, tizimli va amaliy vazifalar o‘rtasida taqsimlab ishlatadigan to‘liq markazlashtirilmagan operatsion tizim. " Simmetrik raqamli abonent liniyasi|"Axborotning, har bir aloqa yo‘nalishida bitta o‘ralgan juft orqali 2,048 Mbit/s tezlik bilan dupleks uzatilishini ta’minlaydigani, yuqori tezlikli abonent foydalanish liniyasi. " Simmetrik shifr|"Simmetrik kriptografik tizim bo‘lgan, ya’ni shifrlash va rasshifrovka qilish uchun aynan bir kalitdan yoki biri orqali boshqasi oson olinadigan turli kalitlardan foydalaniladigan shifr. " Simmetrik siqish|"Tasvirni siqish va tiklash uchun teng hisoblashlarni talab etuvchi siqish tizimi. Siqishning bu shaklidan qo‘shimchalarda, tasvirni ham siqish, ham tiklash sifatida foydalaniladi. Misollar – Ma’lumotlar bazasida harakatlanmaydigan tasvirlarni saqlash, rangli tasvirlarni uzatish (rangli faksimil aloqa), video ishlab chiqarish, videopochta, videotelefon hamda videokonferens aloqa. " Simmetrik vibrator|"Bitta tekislikda simmetrik joylashgan, bir xil uzunlik va shakldagi o‘tkazgichlar ko‘rinishidagi vibrator, uning tutashgan uchlariga fider ulanadi. " Simpleks interfeys|"Ma’lumotlarni faqat bitta yo‘nalishda uzatadigan interfeys; bir tomonga yo‘naltirilgan interfeys. " Simpleks ulanish|"Orasida faqat bir yo‘nalishda ma’lumotlar uzatilishi amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan ikki nuqtaning mantiqiy va fizik birikishi. " Simmetrik chiqish|"Ba’zi A/V qurilmalarning simmetrik signalni uchta o‘tkazgich orqali uzatish uchun mo‘ljallangan ajratgich. Konstruktiv jihatdan simmetrik chiqish XLR turidagi ajratgichlarda bajariladi. Faqat high-end turkumidagi apparaturada va professional texnikada uchraydi. " Simsiz abonent liniyasi|"Statsionar aloqa tarmoqlarida foydalaniladigan va simli aloqa liniyalarini simsiz aloqa liniyalari bilan almashtirish uchun mo‘ljallangan radio kira olish texnologiyasi. Abonent chaqiruvlarining umumiy foydalanish tarmoqlariga chiqishi, simsiz abonent liniyasining majburiy talabi hisoblanadi. Statsionar terminallar sifatida, multipleksor yordamida birlashtirilgan, telefon apparatidan, maishiy televizion pristavka hamda shaxsiy kompyuterdan foydalaniladi. " Simsiz aloqa|"Ma’lumotlarni uzatish elektromagnit to‘lqinlar vositasida amalga oshiriladigan aloqa. " Simsiz aloqa modeli|"Maʼlumotlarni qabul qilish va uzatish uchun mobil aloqa operatorlari tarmoqlaridan foydalanuvchi modem. " Simsiz aloqada shifrlash protokoli|"RC4 shifrlash sxemasiga asoslanadi, ma’lumotlar radiokanali bo‘yicha uzatiladigan 40-razryadli shifrlashni ta’minlaydi. 802.11b standartining qismi. Ishonchliligi bilan farqlanmaydi, chunki bitta kalitning o‘zidan foydalanishni nazarda tutadi. " Simsiz aniqlik|"1. Simsiz aloqa uchun Wi-Fi standarti; uskuna WECA assotsiatsiyasi tomonidan sertifikatsiyalangandan so‘ng beriladigan va LAN simsiz PC-kartalari, turli ishlab chiqaruvchilarning qurilmalari va foydalana olish nuqtalari o‘rtasida interaperabellikni kafolatlaydigan logotip. 2. Wi-Fi-ultra qisqa radioto‘lqinlarda ma’lumotlarni uzatish texnologiyasi. 1990-yillarning oxirida paydo bo‘lgan. IEEE (Institute of Electrical and Electronics Engineers) da standartlashtirilgan. Hozirda zamonaviy kompyuterlarning ko‘pi shu aloqa vositasi bilan jihozlangan. Wi-Fi kompyuter, noutbuk bilan simsiz tarmoq ulanishiga yoki muammolarsiz mavjud Wi-Fi tarmog‘iga ulanishga imkon beradi. " Simsiz belgilash tili|"Simsiz tizimlarni belgilash tili – XML spesifikatsiyasiga mos keluvchi sintaksisli WWW sahifalarini yaratish tili. Soddalashtirilgan HTML ga o‘xshaydi. " Simsiz biznes-kommunikatsiya|"UMTS tarmoqlarida radioulanish uchun DECT texnologiyasini qo‘llash imkoniyatlarini namoyish qilishga qaratilgan Yevropa loyihasi. Izoh − Asosiy maqsadi – mobil aloqa tizimlarining 2G va 3G o‘rtasida oraliq bo‘lgan amaldagi kommunikatsiya tizimi namunasini yaratishdir. " Simsiz erkin foydalanish protokoli|"Barcha turdagi mobil radioaloqa tizimlarini, portativ kompyuterlarni Internet tarmog‘iga ulash uchun belgilangan spetsifikatsiyalar to‘plami. Mobil qurilmalarda WWW resurslarini qarab chiqish imkonini beradigan ilovalarni yaratish uchun WML tili tavsiya qilinadi. Bu protokol negizida WAP tarmoqlar quriladi. WAP protokoli 1997-yilda kompaniyalar guruhi (200 dan ortiq, shu jumladan, Motorola, Nokia, Ericsson va b.lar.) kompaniyalar guruhi tomonidan ishlab chiqilgan. " Simsiz foydalana olish|"1. Tarmoq uzellari yoki serverlardan radiokanallar orqali olisdan foydalana olish. 2. Uyali va simli aloqa o‘rtasida oraliq o‘rinni egallovchi erkin foydalanish texnologiyasi. Izoh − Farq qiluvchi jihatlari: abonentlarning harakatlanish tezligi uncha yuqori emasligi (10 km/h gacha), abonentlarning yuqori zichligi va xizmat ko‘rsatish maydon birligiga to‘g‘ri keladigan tayanch stansiyalar sonining ko‘pligi. Piko va mikrouyali arxitekturadagi aloqa tizimlari o‘tkazuvchanlik qobiliyati 10000 Erl/km2 gacha bo‘lgan rayonlarga xizmat ko‘rsatishga qodir, biroq ta’sir radiusi, odatda, 300 m dan oshmaydi. Abonent qurilmalarida nutqning uzatilish sifatini simli aloqadagiga yaqinlashishini ta’minlovchi kam quvvatli uzatgichlar (1−10) mW va nutq kodeklari ishlatiladi. " Simsiz foydalana olish tizimi|"Qayd etilgan abonent terminallari (telefon apparatlari) va ATS o‘rtasidagi uchastkada, umumiy foydalanishdagi telefon tarmog‘ining simli abonent qismi o‘rniga foydalaniladigan ko‘p stansiyali kira olish radioaloqa tizimi. " Simsiz gipermatnli belgilash tili|"Har ikkala yo‘nalishda WAP funksiyalari bo‘lgan mobil telefonga ma’lumotlar uzatish uchun, WAP texnologiyasida foydalaniladigan mobil (simsiz) dasturlar uchun mo‘ljallangan gipermatnli belgilash tili. Izoh − Dasturlar ishlab chiqish uchun WML standart gipermatnli XML va HTML tillaridan foydalanish imkonini beradi. WML Phone.com kompaniyasi tomonidan yaratilgan HDML tilidan kelib chiqqan, biroq u HDML ko‘rinishi hisoblanmaydi: HDML ning ba’zi imkoniyatlari WML da yo‘q. " Simsiz global tarmoq|"O‘lchamiga ko‘ra, mamlakat yoki kontinent bilan tenglashtiriladigan katta geografik zonalarda bog‘lanishlarga bo‘lgan ehtiyojni qondiruvchi tarmoq. Simsiz global tarmoqlarda radiosignallarni uzatish uchun yo‘ldoshlardan foydalaniladi. " Simsiz ilovalar protokoli|"Simsiz qurilmalar (mobil telefon, cho‘ntak kompyuteri) yordamida WML tilida yaratilgan Internet resurslaridan foydalanishni taʼminlovchi protokol. " Simsiz intellektual tarmoq|"Simsiz tarmoqlarni intellektual nazorat qilish va boshqarish tizimi. O‘z ichiga signal protokolini, shuningdek, tranzaksiyalar jarayonini va servislarni boshqarish komponentlarini oladi. Izoh − Tizim IS-41 va ANSI-41 sifatida ham ma’lum. " Simsiz klaviatura|"Tizim bloki bilan infraqizil interfeys yordamida simsiz aloqaga ega kompyuter klaviaturasi. " Simsiz lokal tarmoq|"Ham ofisda, ham uyda, 30 m dan 150 m gacha qisqa masofada ikkita va undan ortiq qurilmani bog‘lovchi simsiz tarmoq. WLANning yetakchi standarti Wi-Fi hisoblanadi. Izoh – Simsiz lokal tarmoq foydalanuvchilarning tarmoq qurilmalarida erkin ko‘chib yurishini ta’minlaydigan lokal hisoblash tarmog‘ining simsiz ko‘rinishidir. Ma’lumotlar uzatish tezligi 802.11b standarti tarmoqlarida 11 Mbit/s ni, 802.11a standarti tarmoqlarida 54 Mbit/s ni tashkil etadi. Simsiz lokal tarmoqlar, odatda, 802.11 standarti asosida quriladi. Lokal tarmoqlarning simsiz texnologiyalari tarmoq bilan bog‘lanishni yo‘qotmagan, shaxsiy kompyuterni bir joydan boshqa bir joyga erkin ko‘chirish imkoniyatini ta’minlagan holda, kabellar yotqizmasdan, tezda tarmoqni yoyish imkonini beradi. " Simsiz ofis tizimi|"Foydalanuvchiga qo‘ng‘iroqlarni mobil telefonga o‘tkazib yuborish imkonini beradigan texnologiya. " Simsiz qurilma|"Simsiz ulanish imkoniyatiga ega bo‘lgan har qanday qurilma. Masalan: eshitish vositalari, klaviatura, «sichqoncha». " Simsiz tarmoq|"Simsiz uzatishdan foydalanmaydigan kompyuter tarmog‘i. " Simsiz tayanch stansiya|"Mikrouyali aloqa tarmoqlarida aloqani tashkil etish uchun ishlatiladigan statsionar stansiya. " Simsiz texnologiyalar|"Axborotni, simlar bilan bog‘lanish talab qilinmagan holda, ikki va undan ko‘p nuqta o‘rtasida masofaga uzatish uchun xizmat qiladigan axborot texnologiyalarining kenja sinfi. Izoh – Axborotni uzatish uchun radioto‘lqinlardan, shuningdek infraqizil, optik yoki lazer nurlanishdan foydalanilishi mumkin. " Simsiz shahar tarmog‘i|"Shahar miqyosidagi zonalarda radiokanal yordamida bog‘lanishlarga bo‘lgan ehtiyojni qondiradigan tarmoq. Izoh − Har bir 25 MHz radiokanalning o‘tkazish qobiliyati 120 Mbit/s ni tashkil qiladi. Simsiz shahar tarmoqlari 802.16 standartiga va patentlangan standartlarga mos keladi. " Simvol|"Belgilarni ifodalash uchun foydalaniladigan moddiy predmetlar kelishilgan to‘plamining elementi. " Simvol kodi|"Mashinaviy taqdim etishda berilgan simvolni bildiradigan son. Kompyuterda ishlatiladigan simvollar to‘plamidan bo‘lgan har bir simvol kodi standartlashtirilgan kod jadvalidan olinadi. " Simvolga qaytarish|"Boshqaruvchi simvol yoki ekranda kursorni, odatda oldingi simvolni chiqarib tashlagan holda, bitta simvolga orqaga qaytaruvchi klavishlar. Matnni kiritishda terishdagi xatoliklarni tuzatish uchun qo‘llaniladi. " Simvollar jadvali|"Obyekt modulidagi yoki yuklanadigan moduldagi, kodning modulida aniqlangan yoki ishlatiladigan simvollarni (o‘zgaruvchlar, protseduralar va b.q.) o‘z ichiga oladigan jadval. " Simvollar to‘plami|"Harflar, sonlar va u yoki bu tilda foydalaniladigan simvollar to‘plamini tashkil qiladigan boshqa belgilar to‘plami, shuningdek, muayyan kompyuter va kiritish/chiqarish qurilmasi kodlash uchun qabul qiladigan simvollar ro‘yxati. " Simvollararo interferensiya|"Radioto‘lqinlar ko‘p nurli tarqaladigan kanalda signal qo‘shni simvollarini uzunligi bo‘yicha to‘sishda sodir bo‘ladigan beixtiyoriy effekt. Simvollararo interferensiya signal buzilishiga olib keladi. " Simvollarni optik aniqlash dasturi|"Simvolning (mashinada yoki qo‘lda yozilgan) grafik obrazini kompyuterdagi simvol kodi bilan muvofiqlikka keltiradigan dastur. Odatda, skanerlar orqali yoki pero yordamida kiritilgan matnni qayta ishlashda foydalaniladi. Hozirgi vaqtda mashinada yozilgan matnni talqin qilish aniqligi 95 foizdan ko‘proq. " Simvollarni tanish|"Kompyuterga kiritiladigan simvollarni tanish uchun mo‘ljallangan dastur. " Simvollarning ikki baytli kombinatsiyasi|"Ideografik belgilarni qo‘llaydigan, tillarni taqdim etish uchun mo‘ljallangan simvollar to‘plami. Bir baytli va ikki baytli simvollar kombinatsiyasidan iborat. " Sinaps|"Neyron tarmoqlar tushunchasi. Sinaps – neyronlar o‘rtasidagi bog‘lanishdir. Bir neyrondan chiqadigan chiqish signali, bu signalni boshqa neyronga uzatadigan sinapsga kelib tushadi. Bunda signal o‘zgartirilishi mumkin. Murakkab sinapslarda xotira bo‘lishi mumkin. " Sinergetika|"Fizik, ximik va biologik ochiq tizimlarda yuqori tartiblashtirilgan tuzilmalarning spontan (o‘z-o‘zidan) hosil bo‘lishini o‘rganadigan fan. " Sinfaz antenna|"Bir xil fazadagi radiochastota toklari bilan qo‘zg‘atiladigan nur tarqatgich panjarasi ko‘rinishidagi antenna. " Sinfaz antenna panjarasi|"Nurlantiruvchi elementlarini qo‘zg‘atish fazasi bir xil bo‘lgan chiziqli yoki yassi antenna panjarasi. " Sinfazlik|"Bir xil vaqtdagi ikkita tebranishning faza bo‘yicha mos kelishi. " Sinov jadvali generatori|"Oddiy yoyish blokidan foydalanmasdan televizion sinov jadvalining videosignali hosil qilinadigan qurilma. " Sinov signali generatori|"Televizion qabul qilgichlarning asosiy sifat ko‘rsatgichlarini tekshirish uchun mo‘ljallangan qurilma. " Sinov vektorlari fayli|"SCF kanalli fayllar uchun vektorlar tavsifini o‘z ichiga oladigan ASCII formatidagi .vec turidagi fayl. " Sintaksis|"Til yoki tizimda matn so‘zlari, konstruksiyalari va tuzilmalarini qurish qoidalari to‘plami. Ba’zi mualliflar sintaksisga alifboni ham kiritadilar. Til sintaksisini tavsiflashning ko‘plab usullari mavjud, ularning ichida eng ko‘p tarqalganlari – sintaktik diagrammalar va kengaytirilgan Bekus-Naur shakli. Dasturni yozishda paydo bo‘ladigan va faqat sintaksisga taalluqli xatolar, translyator amalga oshiradigan sintaktik tahlil paytida aniqlanadi. " Sintaksisni tekshirsh|"Kompilyator yoki interpretatorning leksik analizatori bajaradigan operatsiya. Zamonaviy dasturlash tizimlarida sintaksisni avtomatik tekshirish, dastur matnini yozish paytida amalga oshiriladi. " Sintaktik analizator|"Kompilyatorning, dastur boshlang‘ich matnining sintaktik tahlilini amalga oshiradigan qismi. " Sintaktik diagramma|"Dasturlash tili sintaksisining grafik ko‘rsatilishi. Sintaktik diagrammalar kengaytirilgan Bekus-Naur shakliga to‘g‘ri keladi va dasturlash tilini tavsiflashda foydalaniladi. " Sintaktik tahlil|"Dasturni translyatsiya qilishning, uni leksik tahlil qilishdan keyin keladigan bosqichi. " Sintaktik xato|"Dasturdagi, berilgan til sintaksis qoidalarini buzadigan simvollar ketma-ketligi. " Sintezlangan ochilishga ega antenna panjarasi|"Fazoda nurlantiruvchi elementlarning biri yoki elementlar guruhining siljishi jarayonida amalga oshiriladigan, signallar qayta ishlanadigan antenna panjarasi. " Sinxron dinamik tezkor xotira qurilmasi|"Oddiy tezkor xotira qurilmasidan maxsus mantiqiy blok va ikki bankli tuzilmasi mavjudligi bilan farq qiladigan xotira qurilmasi. Barcha o‘qish/yozish operatsiyalari asosiy takt signali bilan sinxronlanadi. 168-kontaktli DIMM modullari yoki 144-kontaktli SO-DIMM modullari ko‘rinishida joylashtiriladi. " Sinxron interfeys|"Bir vaqtda yuz beradigan ikki yoki undan ortiq jarayon. Sinxron interfeys bir vaqtning o‘zida bir nechta o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan signalni nazorat qiladi. " Sinxron kiritish-chiqarish|"Kiritish-chiqarish operatsiyasiga so‘rov bergan vazifa supervizor tomonidan buyurtma qilingan operatsiyani tugatishni kutish holatiga o‘tkaziladi. Supervizor tugatish seksiyasidan operatsiya tugagani to‘g‘risidagi xabarni olgach, vazifani bajarishga tayyor holatga keltiradi va bajarilishda davom etadi. " Sinxron raqamli abonent liniyasi|"O‘ralgan juft uchun HDSL varianti, 3-4 km gacha masofada oqimni 2048 kbit/s dupleks uzatishni ta’minlaydi. Symmetric DSL nomi ikkala yo‘nalishdagi oqimlar tezligining simmetrik ekanligini ta’kidlaydi. " Sinxron raqamli iyerarxiya|"Uzatishning fizik tarmoqlari bo‘ylab mos ravishda adaptatsiya qilingan yuklamani tashish uchun standartlashtirilgan raqamli transportli tuzilmaning iyerarxik to‘plami. Izoh – SDH texnologiyasi 2 Mbit/s dan 10 Gbit/s gacha qayd etilgan tezliklardagi raqamli trafik uzatilishini ta’minlaydi. " Sinxron transport moduli|"SRI seksiyalari qatlamida ulanishlarni tashkil qilish uchun ishlatiladigan axborot tuzilmasi. 125 mks takrorlanish davriga ega bo‘lgan blokli cho‘qqi tuzilmaga birlashtirilgan (SOH) seksiya sarlavhasi va axborot yuklamasidan iborat. Bu axborot mos ravishda tarmoq bilan sinxronlashtirilgan tezlikda ketma-ket uzatish uchun tayyorlangan. Tayanch STM 155520 kbit/s tezlikka ega va STM-l deb ataladi. Yuqori STMlapning tezligi n marta ortiq. n4 va n16 ekanligi aniqlangan. Yuqoriroq bo‘lgan qiymatlar o‘rganilmoqda. STM-l bir guruhli ma’muriy blok (AUG) va SOHni o‘z ichiga oladi. STM-n o‘z ichiga n AUG va SOH ni oladi. n qiymatlari CPI darajalariga mos keladi. " Sinxron uzatish|"Raqamli signalni taktli chastota signali bilan bir vaqtda yoki uni qabul qilinayotgan signaldan ajratgan holda uzatish. " Sinxron uzatish rejimi|"Signallarni uzatish rejimi. Kanallari vaqt bo‘yicha taqsimlangan ko‘p kanalli siklda har bir ulanishga belgilangan uzunlikdagi kodlangan so‘zning davriy ravishda taqdim etilishini ko‘zda tutadi. Kodlangan so‘zlarning ketma-ketlik chastotasi doimiy va foydali axborotni uzatish tezligiga bog‘liq bo‘lmaydi. " Sinxronizatsiya|"1. Axborotni uzatish va qabul qilish paytlari orasida aniq muvofiqlikni o‘rnatishga imkon beradigan protsedura. Izoh − Sinxronizatsiyaning uchta asosiy usuli farq qilinadi: yuqori (eltuvchi) chastota bo‘yicha, taktli impulslar bo‘yicha va kadrlar bo‘yicha. 2. Chastotani egallash yoki eltuvchi chastotadan foydalanib sinxronlikka kirish. 3. Qurilmani, u o‘zining asosiy funksiyalarini bajara oladigan ma’lum bir holatda qayd etish. " Sinxronizatsiya signali, sinxrosignal|"1. Uzatish va qabul qilishda yoyish jarayonlarini vaqt bo‘yicha kelishtirishda foydalaniladigan signal. 2. Satrlar, maydonlar sinxronlovchi impulslaridan hamda tenglashtiruv-chi impulslardan iborat signal. " Sinxronizm|"Ikkita yoki bir nechta signal yoki davriy ravishda takrorlanuvchi jarayonlarning vaqt bo‘yicha aniq mos tushishi ta’minlanadigan holat. " Sinxronlanuvchi oqimli kriptotizim|"Kalit oqimi ochiq matn va shifrmatnga bog‘liq bo‘lmagan tarzda ishlab chiqiladigan oqim kriptotizimi. Shifrmatnning biror-bir simvoli uzatishda yo‘qolgan bo‘lsa, oluvchi shifr matnning keyingi belgilarini to‘g‘ri rasshifrovka qilish uchun, kalit oqimining tegishli simvolini olib tashlab, o‘zining kalit oqimini qayta sinxronlashi kerak. " Sinxronlash darajasi|"To‘liq videosignalning satr sinxronlivchi impulsi cho‘qqi qiymatiga mos keladigan darajasi. " Sinxroregenerator|"Buzilgan videosignaldan sinxronizatsiya signallarining to‘g‘ri turini va ko‘lamini tiklash uchun mo‘ljallangan uskuna. " Sinxroselektor|"To‘liq videosignaldan sinxronizatsiya signallarini ajratish uchun mo‘ljallangan qurilma. " Sinxrosignaldagi tovush|"Satrlar sinxronizatsiyasi signaliga qo‘yilgan raqamli signal ko‘rinishidagi tovush signalini uzatish usuli. " Siqib chiqarmaydigan ko‘p vazifalilik|"Ko‘p vazifalilik turlaridan biri, bunda operasion tizim ikki va undan ortiq dasturni bir vaqtda xotiraga yuklaydi, lekin protsessor vaqti faqat asosiy dastur uchun taqdim qilinadi. Fondagi dasturni bajarish uchun u aktivlashtirilishi lozim. " Siqilmagan videotasvir uchun port|"RS Card uyasi orqali videoma’lumotlarni tizim shinasidan aylanib o‘tib katta tezlikda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazishni ta’minlaydigan arxitektura. " Siqish koeffitsiyenti|"1. Siqish amalidan so‘nggi axborot hajmining siqish amaligacha bo‘lgan axborot hajmiga nisbati. 2. Siqish amalidan so‘nggi ma’lumotlar oqimi bitreytining siqish amaligacha bo‘lgan ma’lumotlar oqimi bitreytiga nisbati. " Sir|"Faqat vakolatli foydalanuvchiga ma’lum bo‘lgan va/yoki baholash obyektining xavfsizlik funksiyasi uchun belgilangan xavfsizlik funksiyasi siyosatini amalga oshiradigan axborot. " Siri bo‘lgan bir tomonlama funksiya|"k parametrga bog‘liq bo‘lgan f(x) funksiya, bu shunday funksiyaki, k ma’lum bo‘lganda, barcha x lar uchun fk (x)ni, barcha y lar uchun f -1k (y)ni oson hisoblab chiqarish imkonini beradigan Ek va Dk polinomial algoritmlarni topish mumkin. K ni bilmasdan turib, f -1k(y) ni topish, hatto Ek algoritm ma’lum bo‘lganda ham, hisoblab chiqarish murakkab bo‘lgan vazifa (polinomial algoritm mavjud emas). Siri bo‘lgan bir tomonlama funksiya tushunchasi asosida, kalitlarni ochiq taqsimlash, uning natijasida ochiq kalitli kriptotizim prinsipi taklif qilingan. " Sirkulyar bog‘lanish|"Foydalanuvchiga п+1 MChU o‘rtasida bog‘lanishni o‘rnatish imkonini beradigan abonentlar uchun fakultativ xizmat. Bosh MChU deb ataladigan bitta MChU n ta bochqa tobe MChUga uzatadi. " Sirkulyator|"Uchta va undan ko‘p yelkali (to‘lqin o‘tkazgichli sirkulyator holatida) passiv qurilma, unda har qanday yelkaga keltiriladigan ta’minot ketma-ket ravishda keyingisiga uzatiladi, shu bilan birga, tartib bo‘yicha oxirgisidan keyin keladigan yelka birinchisi hisoblanadi. " Sirlarning taqsimlanishi|"Sirni taqsimlash sxemasi, uning asosiy g‘oyasi maxfiy kalitni bir nechta subyekt o‘rtasida, ular birga to‘planib, kalitni bir nechta qismlardan tiklashlari mumkin bo‘ladigan tarzda ajratishda ifodalanadi. " Sirt effekti|"O‘tkazgichdagi elektr toki zichligining o‘tkazgichning sirtidan ichiga kirib yo‘qotib borgan sari elektromagnit maydonning o‘tkazgichiga singadigan so‘nish bilan sodir etilgan kamayish hodisasi. " (Sirt nuqtasidagi) yoritilganlik (E simvol)|"Elementar sirtga tushadigan, shu sirt maydoniga bo‘lingan yorug‘lik oqimi. Izoh ‒ SI birliklar tizimida yoritilganlik kvadrat metrga (ℓm/m2) lyukslarda (ℓk) yoki lyumen (ℓm) larda ifodalanadi. " Sirtqi antenna panjarasi|"Nurlantiruvchi elementlari ayrim sirtni hosil qiladigan antenna panjarasi. " Sirtqi radioto‘lqin|"Ikkita muhitni ajratuvchi sirt bo‘ylab tarqaladigan, uning xarakteristikalari esa shu muhitning xususiyatlari bilan aniqlanadigan radioto‘lqin. " Sirtqi to‘lqin antennasi|"Yo‘naltirilgan nurlanishi sirt to‘lqinning tarqalishini ta’minlovchi ko‘ndalang yoki bo‘ylama tuzilma (metalldagi, tekis yoki qirrali silindrsimon metall sirtdagi dielektrik qatlam) yordamida ta’minlanadigan antenna. Sirt to‘lqin antennasi nurlatgich va aytib o‘tilgan tuzilmadan tashkil topgan. Uchish apparatlarida bo‘rtib chiqmagan antenna, antenna panjarasi elementi va h.k.lar sifatida qo‘llaniladi. " Sirtmoq|"Dasturlashdagi sikl – maxsus hisoblagich (sikl hisoblagichi) yordamida, shuningdek, uning davomiyligi yoki tugallanish mantiqiy sharti bo‘yicha nazorat qilinadigan operatorlar ketma-ketligini takroran bajarish. " Sizish|"1. Signal yoki taktli impulslar bir qismining qurilma chiqishiga o‘tishi. 2. Kompyuterga virus kirganda, simvollar ketma-ketligining uning xotirasiga o‘tib olishi. " «Sichqoncha»|"Displeyda ma’lumotlarni tanlash, grafik ma’lumotlarni kiritish imkonini beradigan manipulyator. Shar, ikkita optik datchik, shuningdek, ikkita asosiy tugmadan iborat bo‘lgan pozitsion qurilmani o‘zida ifodalaydi. Qurilma XX asrning 60-yillarida AQShda, Dug Engelbart tomonidan ixtiro qilingan. " «Sichqoncha» kursori|"«Sichqoncha»ning harakatiga monand indikator vazifasini bajaruvchi ko‘rsatgich. " «Sichqoncha» nishonchasi|"Kursor tasviri. Ilovadan yoki bajarayotgan vazifasidan qat’i nazar o‘zining ko‘rinishini o‘zgartira oladi. Qoida bo‘yicha, strelka ko‘rinishiga egadir. «Sichqoncha» nishoni animatsiyali bo‘lishi ham mumkin, bunda maxsus dizaynerlar tomonidan yaratilgan kursorlardan foydalanish mumkin, buning uchun kursorlarning nomiga qarab ularni joy-joyiga qo‘yib chiqish kifoyadir. " «Sichqoncha» tugmasi|"Dasturni boshqarish amalga oshiriladigan «sichqoncha»ning ishchi elementi. Avval «sichqoncha» bir tugmali bo‘lib, hozigi vaqtga kelib ularning soni vazifasiga qarab ikkitaga oshdi. Oddiy ikki tugmali va bir g‘ildirakchali «sichqoncha»larda g‘ildirakcha o‘z navbatida tugma vazifasini ham bajaradi, masalan, AutoCAD dasturida bu tugmani bosib ish maydonining holatini o‘zgartirish mumkin, bu esa foydalanuvchilar uchun ancha qulaylik yaratadi. " «Sichqoncha» tugmasini bosib raqam terish|"Foydalanuvchiga tanlangan raqamni bosish yo‘li bilan telefon chaqiruvini amalga oshirish, xizmat ko‘rsatuvchiga esa foydalanuvchiga aniq xizmatni chaqirish uchun raqam (bir nechta raqam) tavsiya qilish imkonini beradigan xizmat. Izoh – Xizmat, telefoniya xizmatlari foydalanuvchilariga tavsiya qilingani kabi, Internet xizmatlari foydalanuvchilariga ham tavsiya qilinishi mumkin. " «Sichqoncha» tugmachasini bosish|"Kompyuterga tegishli komandani berish uchun «sichqoncha» tugmachasini bosish. " Skalyar protsessor|"Skalyar kattaliklarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan protsessor. Bitta arifmetik mantiqiy qurilmasi bor va bir vaqtning o‘zida (bir mashina sikli davomida) faqat bitta komandani qayta ishlaydi. " Skan-kod|"Klaviaturadagi klavishlar bosilganda va qo‘yib yuborilganda generatsiyalanadigan kod. Har bir klavish, tayanch kiritish/chiqarish tizimi ASCII kodiga aylantiradigan o‘zining noyob kodiga ega. " Skaner|"Tasvirni ikki o‘lchamli sirtdan kompyuterga kiritish qurilmasi. Izoh ‒ To‘rt turdagi skaner farqlanadi: qo‘l skaneri, varaqli skaner, planshetli skaner, barabanli skaner. " Skanlash|"Maxsus qurilma – skanerdan foydalanib tasvirni elektron ko‘rinishda olish jarayoni. " Skanlash tezligini modulyatsiyalash|"Televizorlarda qo‘llaniladigan, ekran uchastkasining yorqinliligiga bog‘liq holda signalni skanlash tezligini tuzatuvchi texnologiya. " Skrembler|"1. Elektraloqa raqamli signalining tuzilmasini, signal simvollarini uzatish tezligi saqlangan holda uning xossalarini tasodifiy signal xossalariga yaqinlashtirish maqsadida o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan qurilma. 2. Pulli (yopiq) yo‘ldoshli kanallarni mualliflashtirilgan tarzda ko‘rishda qo‘llaniladigan video va audio signallarni kodlash uchun mo‘ljallangan qurilma. " Skremblerlangan nutq|"Spektrining ayrim qismlari invertirlangan va chastota bo‘yicha siljigan nutq signali. " Skremblerlangan televideniye, shifrlangan televideniye|"Dastlabki tasvir qabul qilgichlar tomonidan faqat tegishli dekoderlar bilan tiklanishi mumkin bo‘lgan televideniye. " Skremblerlash|"1. Ma’lumotlar oqimini uning sinxronlovchi xususiyatlarini yaxshilash maqsadida, aralashtirish protsedurasi. Boshlang‘ich kod va hisoblashlarning oldingi sikllarida olingan natijalovchi kod simvollarini ikkining moduli bo‘yicha bitma-bit qo‘shishga asoslangan usul. Skremblerlash, shuningdek, signalning eng kuchli spektral tarkibiy qismlarini, ularni chastotalarning keng polosasi bo‘yicha yoyib yuborish bilan bostirish imkonini beradi. 2. Analog signalni boshlang‘ich signal uchastkalarining o‘rnini o‘zgartirish va ularni inversiyalash yo‘li bilan maxfiylashtirish usuli. 3. Televideniyeda – televizion signal xarakteristikalarini, axborotni toza shaklda ruxsat etilmagan tarzda qabul qilishni bartaraf etish uchun, o‘zgartirish. Izoh – Skremblerlash belgilangan tartibda shartli foydalanish tizimi nazorati ostidagi jarayonni o‘zida aks ettiradi. 4. Raqamli uzatishda – psevdotasodifiy ketma-ketlikdagi raqamli signalni birlashtirish uchun va uzatishga imkon beradigan o‘sha axborotni ko‘chiradigan tasodifiy raqamli signalni olish uchun ishlatiladigan jarayon. " Skremblerlashning yagona algoritmi|"DVB Project da qabul qilingan, barcha shartli foydalanish tizimlari uchun bir xillashtirilgan, raqamli oqimni skremblerlash algoritmi. " Skrembrlangan kadr|"Turli abonentlarlarning maʼlumotlarini uzatish uchun ajratilgan vaqt intervallari psevdotasodifiy qonunga ko‘ra navbatlashtirilgan kadr. " Skrinshot|"Foydalanuvchi buyrug‘i bo‘yicha kompyuter tomonidan olingan va monitor ekrani yoki boshqa chiqish qurilmasida ko‘rinayotgan obyektni ko‘rsatuvchi tasvir. " Skript|"Operatsion tizim yoki dastur muayyan holatda ishga tushiradigan komandalar va/yoki harakatlar ketma-ketligi, kichik dastur yoki makros. Ssenariylar ko‘pincha matnli fayllarda saqlanadi. " Skript kiddi|"Buzish uchun qo‘llaniladigan xakerlik vositalarining ishlash tamoyillarini tushunmaydigan odam. Zaiflikni aniqlash yoki eksploitni yozish qo‘lidan kelmasdan, u faqat tayyor narsalardan – eng keng tarqalgan zaifliklar, mavjud bo‘lgan eksploitlardan foydalanadi. Maʼlum holatlarda skript kiddilar virus konstruktorlaridan foydalanib, dasturlash tillarini bilmasdan, turli xavf darajasiga ega viruslarni yaratadi va ulardan o‘z maqsadlarida foydalanadi. " Slays|"Videokadrdagi yagona kvantlash shkalasi orqali birlashtiriladigan ketma-ket bloklar guruhi. " Slot|"Raqamli oqim kadridagi vaqt intervali. Kadrning to‘rtdan bir qismini egallaydi va radiokanaldagi bitta axborot kanalining signalini uzatish uchun mo‘ljallangan. " Slotlar tuzilmasining jadvali|"Har bir slotning parametrlarini – simvol tezligini, kodlashning nisbiy tezligini, preambulani, foydali yuklama mazmunini ichiga oladigan jadval. " Smarfing|"Xakerlarning provayder serveriga qiladigan hujum usuli. Teskari manzili soxta bo‘lgan ko‘plab ping so‘rovlarni yuborishda ifodalanadi. " Smart-karta|"Mikroprotsessor o‘rnatilgan intellektual plastik kartochka. Foydalanuvchi to‘g‘risidagi zarur bo‘lgan barcha identifikatsion, shu jumladan, shaxsiy ma’lumotlar (bankdagi hisob raqami, sug‘urta polisi va boshqalar) ni ichiga oladi. Bu kartochkadan ko‘pincha foydalanuvchining chetki uskunasida (masalan, mobil telefonda) foydalaniladi, u tarmoqqa ruxsat etilgan tarzda kirishni ta’minlaydi. " Smart shartnoma|"Blokcheynda shartnomalar bajarilish jarayonini avtomatlashtirishga mo‘ljallangan elek-tron algoritm. " Smartbuk|"ARM arxitekturasi asosidagi 3G moduli integratsiya qilingan va uzoq vaqt mustaqil ishlaydigan noutbuk. " Smartfon|"Cho‘ntak shaxsiy kompyuterining funksionalligi qo‘shilgan mobil telefon. " Smaylik, «tabassumcha»|"His-tuyg’uni bildiruvchi ideogramma. Turli xil, jumladan, xizmatga oid belgilardan tashkil topgan. Internet va SMS da «tabassumcha» keng tarqalgan, keyingi vaqtlarda u hamma joyda ishlatilmoqda. " Sniffer|"Kanal orqali uzatiladigan ma’lumotlarni (ehtimol, ruxsat etilmagan tarzda) kuzatib borish dasturi. " Sniffing|"Uzatiladigan parollar, kalitlar va boshqa identifikatsion yoki autentifikatsion axborotni to‘plash maqsadida, trafikni eshitish. " Snippet|"Qayta ishlanishi mumkin bo‘lgan dastlabki kod yoki matn qismini bildiradigan dasturiy atama. Inglizchadan tarjimasi – «parcha», «bo‘lak». Snippetlar tartibot, funksiya yoki tuzilmaviy dasturlashning shunga o‘xshash boshqa atamalari o‘rnini bosmaydi. Ular odatda funksiyalar kodining o‘qilishini osonlashtirish yoki kodning bir xil bo‘lgan umumiy qismini takrorlamaslik uchun ishlatiladi. " Soat|"Ona plataga o‘rnatilgan va batareyka orqali ta’minlanadigan soat. Sana/vaqtni ko‘rsatish va vaqt sikllari bilan to‘g‘ri ishlash imkonini beradi. " Softfon|"Shaxsiy kompyuter yordamida Internet orqali telefon qo‘ng‘iroqlarini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan dastur. Odatda kompyuterga ulangan garnitura yoki mikrofon va dinamiklar bilan ishlatiladi. " Soket|"Transport sathidagi turli obyektlar o‘rtasida tarmoqlararo o‘zaro ishlay olishni taʼminlash uchun zarur bo‘lgan parametrlar to‘plami bilan tavsiflanadigan intenrfeys nuqta. TCP/IP atamashunosligida identifikatsiyalovchi parametrlar to‘plami: port raqami, tarmoq manzili hamda oxirgi uzel raqami. " Sokol tarmog‘i adapteri|"Kompyuterni lokal kompyuterlar tarmog‘iga ulash uchun mo‘ljallangan adapter. " Solishtirish shkalasi|"Kuzatishning ma’lum sharoitlarida ikkita berilgan tasvirning texnik sifatidagi tafovutlarni miqdor jihatidan subyektiv baholash imkonini beradigan yettita bosqichli shkala. " Solishtirma tahlil natijalari bazasi|"Solishtirma tahlil harakatlari va axborot mahsulotlarini baholashlar, shuningdek, solishtirma testlash va tahlil vaqtida to‘plangan butun tajriba saqlanadigan ma’lumotlar bazasi. " Solishtirma yutilish koeffitsiyenti|"1. Ma’lum shakl (odatda, kub) va berilgan solishtirma zichlikka ega jismning massa birligi tomonidan yutiladigan quvvatga qiymati jihatidan teng koʻrsatgich. Izoh ‒ Ayrim mamlakatlarda solishtirma yutilish koeffitsiyenti biologik xavfsizlik normasi hisoblanadi. 2. ρ zichligidagi dV hajmi elementida mavjud bo‘lgan dm massa elementi bilan yutiladigan (sochiladigan) dW elektromagnit energiyasining vaqt bo‘yicha hosilasi. " «Sovuq» qayta yuklash|"Tizimning to‘liq qayta ishga tushirilishi bo‘lib, bunda elektr ta’minoti uziladi va tezkor xotira ichidagi yo‘qoladi. " «Sovuq» start|"Tizimning barcha qurilmalarini uzib qo‘yish, so‘ng ulash bilan tizimning barcha qismlarini qayta yuk-lash. «Issiq» start ishlamagan hollarda qo‘llaniladi. " Soxta konturlar|"Raqamli televizion tasvirlarda dastlabki analog signalni uzatish uchun foydalanilgan kvantlash intervallari sonining yetarli emasligi natijasida yuzaga keladigan effekt. " Soxta «naqsh»|"Tasvirlarning aksariyatida bo‘lmaydigan va na foto, na kino mahsulotlarida paydo bo‘lmaydigan detallar. " Soxta pochta markasi|"Firibgarlik maqsadida norasmiy ravishda bosib chiqarilgan pochta markasi. " Soxtalashtirish|"Jinoyatkor tomonidan tutib olingan paketlar mazmunining, ularning yaxlitligi buzilishiga olib keladigan tarzda, o‘zgartirilishi. " Soya hududi; qabul yo‘q zona|"Radioko‘rinish hududidan tashqarida joylashgan, yer yuzasidagi zona. Soya hududining yaqin chegarasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rinish masofasida bo‘ladi, olis chegarasi esa, to‘lqinlarning atmosfera refraksiyasi musbat bo‘lganda ufq orqasiga tarqalish shart-sharoitlari bilan belgilanadi. " Soyabonsimon antenna|"Vertikal konus hosil qiluvchi o‘tkazgichlardan iborat antenna. Konus cho‘qqisida joylashgan o‘tkazgichlar oxiri antennani pasaytirish vertikal simi bilan birlashtirilgan va bog‘langan. " Soyalanish|"Joy relyefi va shahar imoratlarining to‘suvchi ta’siri tufayli, uzatgich va qabul qilgich o‘rtasidagi trassadagi sekin asta tinishlar. Misol – Shahar sharoitida 36 km/h tezlikda harakat qiluvchi abonentlarga uyali aloqa tarmoqlarida bu xildagi tinishlar masofaning har 12-60 metri uchun xosdir (vaqt intervali 1,2 s-6 s). " Sozlanadigan havolalar|"Obyekt ostida avtomatik ravishda tuzatiladigan havolalar. Havolalar, ular havola qilinadigan obyekt ko‘chirilganda, sozlanadi va baribir xuddi shu obyektga havola qilinadi. " Sozlanadigan yagona qidiruv tizimi|"Muayyan foydalanuvchining sozlashlarini saqlaydigan va bir nechta toifa bo‘yicha qidiruvni amalga oshiradigan qidiruv mashinasi. " Sozlangan antenna (rezonans antenna)|"Yo‘naltirilgan nurlantiruvchi xususiyatlari antennaning ishchi chastotasiga bevosita yondashgan chastotalarning cheklangan polosasi uchun belgilanadigan tor polosali antenna. " Sozlash|"Foydalanuvchi tomonidan uskuna, dasturiy ta’minotlarni to‘g‘ri (istalgan tarzda) ishlashi uchun sozlanishi. " Sozlash operatori|"Sozlanadigan dasturga qandaydir shartni yoki o‘zgaruvchilar qiymatlarining chiqarilishini tekshirish uchun kiritiladigan operator. Bunday operatorlar sozlangan dasturdan yoki chiqarib tashlanadi yoki sharhlar satrlariga aylantiriladi. " Sozlash registri|"Dasturlarni sozlash jarayonini tezlashtirish uchun xizmat qiladigan maxsus registr. " Sozlik|"Televizor (element) ning ma’lum bir vaqtda barcha talablarga mos keladigan holati. " Sozlovchi|"Dasturiy ta’minotdagi xatolarni aniqlash uchun mo‘ljallangan dastur yoki qurilma. " Sochilish|"To‘siqlardan qaytish natijasida yoki bir xil bo‘lmagan muhit orqali o‘tishda radioto‘lqinlar tarqalish yo‘nalishining o‘zgarishi. " Spam|"Foydalanuvchining so‘rovisiz, majburiy tarzda jo‘natiladigan keraksiz ma’lumotlar. Bunga misol tariqasida turli telekonferensiyalarda ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilarga diskussiya olib borish qoidalarini ma’lum qilish, yoki reklamalar va boshqalar kiradi. Yana bu turli xildagi «elektron axlat»ni atashda ham ishlatiladi. Spamni yashirish yo‘llari mavjud bo‘lib, stealth spam deb ataladi. " Spamni yuborish|"Tizimni o‘ta band qiladigan, so‘ralmagan ma’lumotlarni yuborish. " Spektr|"Signal amplitudasi va fazasi o‘zgarishining chastotaga bog‘liqligini tavsiflovchi hamda uning xossalari va xarakteristikalarini qatʼiy belglovchi funksiya. " Spektral ranglar chizig‘i|"Nuqtalarning ranglilik diagrammasidagi geometrik o‘rni. " Spektral samaradorlik|"1. Uyali aloqa tarmoqlarida fazo, chastota va vaqtdan foydalanishning samaradorligini tavsiflovchi integral ko‘rsatgich. 2. Vaqt birligi ichida 1 Hz kenglikdagi polosada uzatilgan ma’lumotlarning maksimal miqdori sifatida aniqlanadigan samaradorlik ko‘rsatgichi bo‘lib, u modulyatsiyaning turli usullaridan foydalanib raqamli axborotni uzatishda ishlatiladi. " Spektral sezgirlik|"Optik asbobning muayyan to‘lqin uzunligidagi elektromagnit tebranishlarning taʼsiriga bog‘liq bo‘lgan sezgirligi. " Spektral tuzilma bo‘yicha identifikatsiyalash|"Tarqalayotgan signalning spektri bo‘yicha radiostansiya (mobil telefon)ni tanib olish jarayoni. Izoh − Bu usul klonlash bilan bog‘liq aldamchilikning oldini olish uchun ishlatiladi, chunki klonlangan telefon legal mobil telefon bilan bir xil elektron identifikatsiyalash raqamiga ega bo‘ladi, biroq nurlanayotgan signalning spektral tarkibi bo‘yicha farqlanadi. Legal radiostansiyani tanib olishdagi radio-signal spektrogrammasi, amalda, shaxsiy identifikatsiyalashdagi barmoq izlari kabi rol o‘ynaydi. " Spektral xarakteristika|"Alohida rang kanallari sezgirligining to‘lqin uzunligiga bog‘liqligini ko‘rsatadigan spektral egri chiziqlar guruhi. Izohlar. 1. Atamaga tegishli aniqlashtirish kiritilishi mumkin, masalan, yorug‘likni signalga aylantirish qurilmasining spektral tavsifi yoki studiya kamerasining spektral tavsifi. 2. Nochiziqlilik oqibatida ba’zi spektral tavsiflar ularni o‘lchashda foydalaniladigan nurlanish miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. 3. Kanallarda matritsalash va nochiziqlilikni kiritish operatsiyalari bajarilishi mumkin. " Spektral zichlik|"Signal o‘rtacha quvvatining, chastotaga bog‘liq holda taqsimlanish zichligi. Spektral zichlik cheklangan chastotalar polosasida aniqlanadi. Spektral zichlik modulining kvadrati signalning energetik spektral zichligi deyiladi. " Spektrlarni ustama qo‘yilishidan muhofazalash|"telekom. Diskretlashda yuzaga keladigan xatolarni tuzatish imkonini beradigan filtrlash tartiboti. " Spektrning infraqizil sohasi|"Asosiy spektri 0,76 mkm dan 1000 mkm gacha bo‘lgan chegaralarda yotadigan to‘lqin uzunliklarida to‘plangan optik nurlanish. " Spektrning ko‘rinadigan sohasi|"To‘lqin uzunliklari 0,4-0,75 mkm bo‘lgan optik nurlanish spektri sohasi. " Spetsifikatsiya|"Tizimning maqsadi va funksional imkoniyatlarini belgilaydigan tavsif. Qoidaga ko‘ra, tizimni ishlab chiqish paytida foydalaniladi. Dastur spetsifikatsiyasi kirish va chiqish ma’lumotlari tavsiflanishini ko‘zda tutadi. " Spiral antenna|"1. Metall spiral koʻrinishida bajarilgan aylanadigan qutblanishga ega antenna. 2. Oʻq boʻylab nurlanish va aylanadigan qutblanishga ega yuguruvchi toʻlqin rejimida foydalaniladigan metall (silindrsimon, konussimon yoki yassi) spiral koʻrinishidagi antenna. " Spiral yo‘lka|"Nusxa ko‘chirishdan himoya qilish usulining qismi, bunda diskka spiral shaklidagi yo‘lka yoziladi. " Splayn|"Kompyuter grafikasida – bir nechta nuqta bo‘yicha tuzilgan egri chiziq. Egri chiziqning tavsifi qandaydir darajadagi polinom bilan beriladi. " Splays-plastina|"O‘tkazuvchi optik kabelni tarmoqlash uchun uning tolalarini qisqa optik tarmoqlagich bilan ulaydigan plata. Bu tarzda tarmoqlagichlar yordamida optik-tolali kabelni optik taqsimlash qutisining o‘tish rozetkalariga ulash taʼminlanadi. " Splitter|"Turli chastotalar signallarini ajratish imkonini beruvchi qurilma. Masalan, ADSL – splitter telefon aloqasining past chastotali signali va ADSLHU^ yuqori chastotali signalini ajratadi. " Sprayt|"1. Videoobyektning uzoq vaqt mobaynida deyarli o‘zgarishsiz shu obyektda bo‘ladigan qismi. 2. Ekranda tasvirning boshqa qismlaridan qati nazar siljiydigan, odatda fon bo‘lib hisoblanadigan grafik obyekt. " Spufing|"Muayyan shaxs (yoki dastur) o‘zini boshqa birov sifatida bildiradigan va buning natijasida o‘zi uchun qo‘shimcha (odatda noqonuniy) foyda oladigan hujumning turi. Bunday hujumlarga misollar: - Man-in-the-middle (qar.: MITM); - URL spufing va fishing – URL manzilni almashtirish (qar.: Fishing). " Spuler|"Ma’lumotlarni fon rejimida qabul qiladigan va qayta ishlaydigan (masalan, bosadigan) qurilma yoki dastur. " Ssenariy|"Operatsion tizim yoki dastur tomonidan muayyan holatda ishga tushiriladigan komandalar va/yoki harakatlar ketma-ketligi, kichik dastur yoki makros. Ssenariylar ko’pincha oddiy matn fayllar ko’rinishida saqlanadi. " Ssenariylar tili|"Ssenariylar yoziladigan til yoki komanda fayliga to‘plangan tizim komandalarining oddiy to‘plami. " Ssintillyatsiya|"Lyuminessensiyaning bir ko‘rinishi, tez harakatlanuvchi zaryadlangan zarra kinetik energiyasini yorug‘lik chaqnash energiyasiga aylantirish jarayoni. " Staffing|"Raqamli oqim tezligini to‘g‘rilash uchun qo‘shimcha «bo‘sh» bitlarni kiritish. " Standart|"Tizimlarning birgalikda ishlash va birikish imkoniyatini yaratish maqsadida, texnik, dasturiy, axborot ta’minotiga ko‘rsatiladigan talablar. Izoh ‒ Standartlar ikki turda bo‘ladi: deyure, standartlar rasman e’lon qilinadi va ma’qullanadi; de-fakto, ko‘pchilik standartlardan haqiqatda foydalanadi, lekin rasmiy ravishda ular rasmiylashtirilmagan bo‘ladi. Ba’zan, firma ichida foydalanish uchun ishlab chiqilgan standart umumqabul qilingan standart bo‘ladi. " Standart .NET Framework klasslari bibliotekasi|"Tayanch klasslar bibliotekasi, barcha .NET-dasturlari ushbu biblioteka asosida quriladi. Qisqartmasi FCL – «.NET Framework» platforma klasslarining standart bibliotekasi. .NET platformasida ishlaydigan ixtiyoriy dasturlash tilida yozilgan dasturlar FCL ning usullari va klasslaridan foydalanishlari mumkin. " Standart dasturiy ta’minot|"Kompyuter, periferik qurilmalar yoki boshqa paketlar bilan birga yetkazib beriladigan dasturiy ta’minot. " Standart kanal|"Telefon GSM bog‘lanish yordamida ma’lumotlar uzatish kanali. Bog‘lanish tezligi pastligi (9600 bit/s gacha) tufayli, GPRS dan orqada. Tarif GPRS dagi bog‘lanishga qaraganda yuqori. Bu xizmatdan foydalanish mumkin bo‘lmagan hududlarda GPRS ga muqobil sifatida foydalaniladi. " Standart kuzatuvchi|"Ko‘rish orqali idrok etish mexanizmi x, y, z solishtirma koeffitsiyent jadvali hamda teng energetik spektrning x, y, z ranglilik koordinatalari ko‘rinishidagi kolorimetrik xossalarga ega gipotetik kuzatuvchi. " Standart operatsion protseduralar|"Apparat va dasturiy ta’minot bilan bog‘liq masalalarni bajarishda eng yaxshi amaliy uslubni tavsiflash uchun qo‘llaniladigan protsedura. " Standart pochta markasi|"Muomalaga ommaviy adad bilan chiqariladigan va yodgorlik bo‘lib hisoblanmaydigan pochta markasi. " Standart qo‘shimchalar|"Operatsion tizim bilan birga ishlab chiqiladigan standart dasturlar, ya’ni kalkulyator, o‘yin, matn va grafik redaktorlar. " Standartlar profili|"Hisoblash texnikasini ishlab chiqish va/yoki xarid qilish uchun qo‘llaniladigan ochiq tizimlar standartlarining majmui. " Standartlarni o‘zgartirish|"Eshittirish televideniyesi bitta tizimiga muvofiq kodlangan televizion videosignalni boshqa tizimga, xususan, boshqa yoyish chastotalari bilan mos keladigan signalga o‘zgartirish. " Standartlarni amalga oshirish va qo‘llashga ko‘maklashish guruhi|"Tarmoqlar uchun xalqaro standartlarni qo‘llashga ko‘maklashadigan tashkilot. SPAG 1986-yilda Yevropa ittifoqi komissiyasi, hamda YEIga aʼzo davlatlarning iqtisodiyot va sanoat vazirliklari tomonidan yaratilgan. SPAGning vazifalari bo‘lib, Xalqaro standartlar tashkilotining hujjatlarini sanoatga tatbiq qilish, shu standartlarni amalga oshirishdagi testlash va sertifikatlashni o‘tkazish hisoblanadi. " Stansiya|"Tarkibida qabul qilgich-uzatgich (ba’zan faqat uzatgich yoki faqat qabul qilgich), shuningdek, aloqa xizmatlarini ko‘rsatish uchun kerakli yordamchi va interfeys uskunani saqlovchi uskunalar komplekti. Izoh − Axborotni uzatish uchun foydalaniladigan radiokanal turiga bog‘liq ravishda, radiostansiyalar yo‘ldoshli, uyali, tranking, radioreleli, troposferaviy va b.larga bo‘linadi. " Stansiya ichidagi liniya|"Yerdagi stansiyaning turli qismlarini o‘zaro bog‘laydigan ulovchi liniya. Bunday liniya odatda, antennali uzatgichni yoki boshqarish pulti chiqarilgan uzatgichni bog‘laydi. " Stansiya ichidagi telefon yuklama|"Kommutatsiya stansiyasiga ulangan oxirgi (terminal) abonent telefon qurilmalari vujudga keltiradigan, shu stansiyaning boshqa oxirgi (terminal) telefon abonent qurilmalari uchun mo‘ljallangan telefon yuklama. " Start-bit|"Ketma-ket kanal orqali simvolni uzatish boshlanishini ko‘rsatadigan bit (signal). " Statik kompanovka|"Bajariladigan dasturga bibliotekalardan olingan standart funksiyalarni, dasturning bajariladigan faylga ularni joylashtirish yordamida qo‘shish usuli, ya’ni statik komponovkada biblioteka obyekti bevosita dasturning bir qismiga aylanib ketadi. Diskli operatsion tizim boshqaruvidagi tillarda foydalaniladi. " Statik konstanta|"Qiymati dasturni translyatsiya qilish paytida aniqlanadigan konstanta. " Statik linklanadigan biblioteka|"Aloqa va yuklashni tahrir qilish bosqichida yuklash modulida uning obyekt modullaridan foydalanadigan kod bilan birlashadigan kichik dasturlar bibliotekasining kodi. " Statik marshrutlash|"Marshrutlash turi, bunda ma’lumotlar ma’lum marshrut bo‘yicha uzatiladi; agar tegishli yo‘l yopiq bo‘lsa, uzatish kechikadi. " Statik tekshiruv|"Dasturni translyatsiya qilish vaqtida amalga oshiriladigan tekshiruv. " Statik tezkor xotira|"Yarimo‘tkazgichli tezkor xotiraning bir turi. Har bir ikkilik razryad (bit) to‘rtta tranzistor va ikkita rezistordan iborat sxemada saqlanadi. Sxemada kondensator yo‘qligi uchun zaryadlash kerak bo‘lmaydi. Statik tezkor xotira dinamik tezkor xotiraga qaraganda tezroq ishlaydi. Lekin qimmat va ko‘p joyni egallaydi. " Statik xotira|"Ikki barqaror holatga ega elektron sxemalar (triggerlar) asosida qurilgan energiyaga bog‘liq tezkor xotira qurilmasi. Dinamik xotiradan farqli ravishda, xotira yacheykalarini davriy regeneratsiyalash signallarini talab qilmaydi. " Statistik multipleksorlash|"Tasvirning har bir dasturdagi mavjud xossalarini hisobga olish bilan, ko‘p dasturli raqamli oqimdagi koderlar o‘rtasida bitlar resursini dinamik qayta taqsimlash. " Statistik paket|"Ma’lumotlarni statistik qayta ishlash uchun mo‘ljallangan belgilangan dasturiy mahsulot, qabul qilinadigan qarorlar sifatini oshirishning ishonchli vositasi. Paketga amaliy grafika, dispersion tahlil, regression tahlil, vaqt qatorlari tahlili va boshqalar kiradi. " Statsionar abonent|"Mobil aloqa tarmog‘ining, aloqa vositalari «yurganda» ishlashga mo‘ljallanmagan har qanday abonenti. " Steganografiya|"Ochiq axborot massivlarida konfidensial axborotni yashirishning matematik usullarini o‘rganuvchi fan sohasi. " Stegokalit|"Axborotni yashirish (shifrlash) uchun zarur bo‘ladigan maxfiy kalit. " Stegokanal|"Axborotni yashirin uzatish kanali. " Stek|"Xotiraning, protseduralar va funksiyalardan qaytish manzillari, ularning parametrlari va chaqirilgan protsedura yoki funksiya nusxasiga taalluqli bo‘lgan boshqa ma’lumotlar saqlanadigan, ya’ni dasturda ma’lumotlarni vaqtinchalik saqlash uchun foydalaniladigan qismi. Stekka joylashtiriladigan oxirgi element u yerdan birinchi bo‘lib olinadi. " Stek ko‘rsatgichi|"Stekning joriy uchini ko‘rsatib turuvchi prosessor registri yoki o‘zgaruvchi (keyingi element joylashadigan yacheyka). Stek bilan bog‘liq barcha operatsiyalar shu ko‘rsatgichni ishlatish orqali amalga oshiriladi. " Steker|"Bitta to‘plagichi va qat’iy belgilangan tartibda to‘plagichga uzatiladigan bir nechta kartriji bo‘lgan qurilma. Ma’lumotlar bitta kartrijga sig‘maganda zaxira nusxa olish uchun foydalaniladi. " Stekning to‘lib ketishi|"Stekka keragidan ortiq elementlarni joylashtirishga harakat qilinganda yuzaga keladigan xato. Stekni apparat nazorat qilish bo‘lmaganda, ma’lumotlar sohasi yoki dastur kodining bir qismi o‘chib ketishiga olib keladi. " Stereofonik televideniye|"Tovush jo‘rligi stereofonik tarzda uzatiladigan televideniye. " Stereoskopik kineskop (display)|"Stereoskopik televizion tasvirni shakllantirish uchun ikkita tasvirni bir vaqtda tiklash kineskopi. " Stereoskopik ko‘zoynak|"Har bir ko‘z uchun stereoskopik televizion tasvirning alohida tasvirlarini taqdim etishda ikki tomonga yo‘naltirilgan yorug‘lik bo‘lgichni (tasvir ajratgichni) hosil qiladigan ko‘zoynak. " Stereoskopik televideniye, 3 D-televideniye|"Tomoshabinda kuzatilayotgan tasvirlarning teran va yaqqol (uch o‘lchamli) ekanligi to‘g‘risida taassurot hosil qilishni ta’minlaydigan televideniye tizimi. Hajmli (uch o‘lchamli) idrok qilish binokulyar ko‘rishga asoslangan. Shuning uchun stereoskopik televideniyeda bir xil obyektlarning tasviri bir biridan ayrim masofada joylashgan ikkita pozitsiyadan uzatiladi, shunday qilib, obyektning stereojuftni hosil qiluvchi ikkita tasviri shakllanadi. Qasbul qiluvchi tomonda ular tomoshabinga alohida: chap ko‘zga – stereojugtning chap tasviri, o‘ng ko‘zga – stereojuftning o‘ng tasviri kabi ta’sir etadi. " Stereoskopik televizion kamera|"Stereoskopik televideniye uchun signallar hosil qilishga mo‘ljallangan televizion kamera. " Stereoskopik televizion proyektor|"Stereoskopik televizion tasvirni tiklash uchun mo‘ljallangan televizion proyektor. Izoh – Chap va o‘ng ko‘z uchun tasvirlar yo proyeksiyaning ikkita alohida qurilmasidan bir vaqtda yoki proyeksiyaning bitta qurilmasidan ketma-ket taqdim etiladi. " Stereoskopik televizion qabul qilgich|"Stereoskopik televizion tasvirni tiklash uchun mo‘ljallan gan televizion qabul qilgich. " Stereotovushli televizor|"Qabul qilish va tiklashni stereotovush jo‘rligida ta’minlaydigan televizor. " Stil|"Matn protsessorlari va stol noshirlik tizimida ‒ matnni formatlash parametrlarining nomlangan to‘plami (shriftning o‘lchami va garniturasi, satrlarni to‘g‘rilash (tekislash), sahifada joylashtirish va h.k.). " Stillarning kiritilgan jadvallari|"HTML-sahifalar bilan ishlashda muayyan elementlar uchun shablon tuzish imkonini beruvchi standart. U o‘zida shriftning rangi, o‘lchovi, bo‘sh joylar va boshqalarni ifodalaydi. " Stol tizimlarini boshqarish interfeysi|"Shaxsiy kompyuterning dasturiy va apparat komponentlarini (ishlab chiqaruvchi, mahsulot nomi, seriya raqami, installyatsiya vaqti hamda sanasini) avtomatik identifikatsiyalash imkonini beradigan interfeys. " Stop-kadr|"Bitta yoki bir nechta maydondan hosil qilinib, ma’lum bir vaqt mobaynida oddiy harakatlanayotgan tasvirning o‘rnini bosadigan tasvir. " Stornett-Xaber algoritmi|"Hujjatlarning vaqt bo‘yicha, ularni qalbakilashtirish imkoniyati bo‘lmaydigan tarzda, imzolanishini ta’minlovchi algoritm. " Stratovideniye|"Samolyot yoki aerostat bortiga joylashtirilgan uzatgichdan uzatiladigan televizion eshittirish. " Strimer|"Ma’lumotlarni magnit tasmada uzoq muddat saqlash uchun mo‘ljallangan qurilma. Ma’lumotlarning zaxira nusxalarini tuzish uchun qo‘llaniladi. Sig‘imi 80 Mbyte dan boshlab (siqishsiz), saqlanishlik muddati katta, saqlash qiymati nisbatan arzon " Studiyadan uzatgichgacha radioreleli uzatish tizimi|"Televizion signalni dasturning qayd etilgan manbaidan statsionar eshittirish uzatgichigacha uzatish tizimi. " Stvol|"Yo‘ldoshdagi, ma’lum bir chastotalar polosasida signallarni retranslyatsiya qilish uchun foydalaniladigan, qabul qiluvchi va uzatuvchi uskuna komplekti. " Subdiskretlash|"Kotelnikov (Naykvist) chastotasidan past diskretlash chastotasi bilan diskretlash jarayoni. " Subkalit|"Asosiy kalit tarkibiga kiritiladigan va istalgan vaqtda asosiy kalit uchun salbiy oqibatlarsiz bekor qilinishi mumkin bo‘lgan kalit. " Submagistral liniya|"Taqsimlash punktini uy taqsimlash tarmoqlari bilan birlashtiradigan liniya. " Submillimetrli radiotoʻlqinlar|"THF (Tremendously High Frequency) (300-3000 HHz) chastotalalr diapazoniga mos keladigan 1 mm dan 0,1 mm gacha boʻlgan toʻlqin uzunligidagi radiotoʻlqinlar. " Sub-polosali kodlash|"Analog televizion signal chastotalari polosasi filtrlar bankida bir necha kichik polosalarga ajratiladigan va har bir kichik polosa alohida kodlanadigan manbani kodlash turi. Izoh – Kichik polosalar teng yoki teng bo‘lmagan polosa kengligiga ega bo‘lishi mumkin. " Subtitr|"Film yoki ko‘rsatuvlarning ovozi bilan birga uning matnini ovozdagi tilda yoki tarjima qilingan boshqa tilda taqdim qiladigan matn. " Subyekt vakolatlari darajasi|"Foydalana olish subyektining foydalana olish yuzasidan huquqlarining majmui. " Sukunat zonasi|"Radioto‘lqinlarning o‘tish shartlari bo‘yicha radioqabul amaliy jihatdan mumkin bo‘lmagan yoki qiyin bo‘lgan, radiostansiyaning harakat radiusi chegarasidagi fazo. " Summator|"Ikki sonni razryadma-razryad qo‘shish amalga oshiriladigan sxema. Alohida mikrosxema ham, mikroprotsessor arifmetik-mantiqiy qurilmasining tarkibiy qismi ham bo‘lishi mumkin. " Sun’iy intellekt|"1. Ilmiy tadqiqotlarning fanlararo faol rivojlanayotgan yo‘nalishi va intellektual kompyuter tizimlarini, ya’ni inson ongiga qo‘shimcha ravishda yozib qo‘yiladigan imkoniyatlarga – bilimlarni olish va saqlash, undan samarali foydalanish imkoniyatlariga ega bo‘lgan tizimlarni ishlab chiqishda qo‘llaniladigan tushuncha. Sun՚iy intellekt inson zakovatining alohida funksiyalarini, masalan, avval olingan tajriba va tashqi ta’sirlarni oqilona tahlil qilish asosida maqbul qarorlarni tanlash va qabul qilish qobiliyatini o‘ziga oladigan avtomatik tizimlarning xususiyati sifatida talqin qilinadi. 2. Muayyan avtonomlik darajasida ma’lumotni qabul qilish, katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish, shuningdek, odamning xatti-harakatlarini imitatsiya qilish asosida o‘rganish va qarorlar qabul qilishga layoqatli bo‘lgan dasturiy ta’minot va/yoki apparat vositalari tizimi. " Sun’iy neyron tarmoq|"Odam asab tizimi hujayralarining (neyronlarning) o‘zaro ta’sirlashuv prinsiplari asosida qurilgan tarmoqni modellashtiruvchi dastur yoki apparatura. Apparat ko‘rinishda sun’iy neyron tarmoq o‘zida, har biri uncha katta bo‘lmagan lokal xotiraga va boshqa protsessorlar bilan kommunikatsion bog‘lanishga ega bo‘lgan oddiy protsessorlar ko‘pligini ifodalaydi. Kiruvchi bog‘lanishlar orqali sonli ma’lumotlar, chiquvchi bog‘lanishlar orqali esa, ularni qayta ishlash natijalari uzatiladi. Bunday tarmoqlardan obrazlarni, nutqni aniqlashda, moliya sohasida vaziyatni prognozlashda va h.k. foydalaniladi. " Sunʼiy til|"Foydalanish uchun qoidalari qatʼiy belgilangan til. " Superkadr|"DVB-T tizimining 4 kadridan iborat chastota-vaqt bo‘yicha strukturasi. " Superkadr tarkibi jadvali|"Interaktiv tarmoqda resursning superkadr va kadrlarga bo‘linishini tasvirlaydi. " Superkompyuter|"Eng yuqori tezlikda ishlaydigan va katta hajmdagi xotiraga ega bo‘lgan ko‘p protsessorli kompyuter. " Superskalyar arxitektura|"Bir vaqtda bittadan ortiq oddiy (skalyar) mashina komandasini bajarish mumkinligi ko‘zda tutilgan bir necha konveyyerli protsessor arxitekturasi. " Supervideografik matritsa|"Displey ekranida 256 rangda 1280x1024 pikselni hamda 16 million rangda 1024x768 pikselni aks ettirishi mumkin bo‘lgan videoadapter. " Supervizor|"Operatsion tizimda resurslardan foydalanishni muvofiqlashtiradigan va markaziy protsessor orqali operatsiyalarning bajarilishini ta’minlaydigan dasturlar yoki dastur; operatsion tizimning, ma’lumotlarni avtomatik qayta ishlash tizimida boshqa dasturlarning bajarilishini boshqarish uchun mo‘ljallangan qismi. " Suqulib kirish|"1. Ham tasodifiy, ham ataylab ruxsat etilmagan tarzda kira olish natijasida, tizim himoyasining yengib o‘tilishi. 2. Region yoki butun mamlakat masshtabida muayyan turdagi (masalan, uyali) aloqa xizmatlarining tarqatilishi (foizlarda hisoblanadi). " Suqulib kirish yo‘li|"Muhofazalangan tizimga suqulib kirish paytida, foydalanuvchi ruxsat etilmagan harakatlarining ketma-ketligi. " Suqulib kirishga sinash|"Muhofaza qilish vositalarini tekshirish maqsadida tizimni sinab ko‘rish (xususan, ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishdan). " Suqulib kirishga testlash|"Kompyuter xavfsizligini chetlab o‘tish usullarini izlab topish maqsadida, ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi funksiyalarini tadqiq etish. " Suriluvchi vergul (nuqta)|"Kompyuterda haqiqiy sonlarni taqdim etish va qayta ishlash tizimi. " Suriluvchi vergulli protsessor|"Suriluvchi vergulli sonlar bilan hisoblashlar bajaradigan soprotsessor. " Surish|"Ma’lumotlarni xotira maydonlarida (registrlarida) chapga yoki o‘ngga ko‘chirish. " Sust yo‘naltirilgan antenna|"Nurlantirish xususiyatlari vaqtning istalgan onida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy jihatdan bir xil bo‘lgan antenna. " Sutka davomidagi yuklama|"Aloqa liniyasi yoki kanalning bir sutka davomidagi yig‘indi yuklamasi. " Sutkadagi chaqiruvlar (soni)|"Bitta abonent uchun bir sutka davomida to‘g‘ri keladigan telefon yuklamasi jadalligini tavsiflovchi ko‘rsatgich. " Suyuq kristalli displey|"Suyuq kristaldan iborat massivlar boshqarish signaliga bog‘liq holda yorug‘likni o‘tkazadigan yoki ushlab qoladigan tasvir yoki matnli axborotni aks ettiruvchi qurilma. " Suyuq kristalli ekran|"Portativ shaxsiy kompyuterlarning yassi ekranlarida, soatlarda, kalkulyatorlarda va boshqa qurilmalarda qo‘llaniladigan displey turi. Suyuq kristallar o‘zining molekulyar tuzulishini o‘zgartirish orqali, elektr signallari yordamida ular orqali o‘tuvchi yorug‘lik oqimini boshqaradi. " Suyuq kristalli proyektor|"Uchta suyuq kristalli panel va cho‘g‘lanma lampa ko‘rinishidagi yorug‘lik manbaidan tuzilgan proyektor. " Sug‘urta muhri|"Qiymati eʼlon qilingan xatlar va qiymati eʼlon qilingan banderollar, posilkalar, sug‘urta qoplari, brezent sumkalar, konteynerlar, shuningdek, qimmatbaho buyumlar saqlanadigan joylarni surg‘uch bilan muhrlash uchun mo‘ljallangan maxsus muhr. " Sug‘urta qopi|"Belgilangan talablarga muvofiq muhrlangan (plombalangan), ro‘yxatga olinadigan pochta jo‘natmalari (qiymati eʼlon qilingan jo‘natmalar, mayda paketlar, odatdagi posilkalar) joylangan maxsus qop. " Sxemalarni qayta ulash|"Tarmoq ulanishi usuli, bunda kommunikatsiyaning hamma vaqti uchun doimiy fizik ulanish o‘rnatiladi. " So‘ndirish darajasining uzilishi|"So‘ndirish va maydonlar davrining qolgan qismi davomida so‘ndirish darajalari o‘rtasidagi farq. " «So‘nggi milya» dagi bog‘lanish|"Olisdagi abonentning, magistral aloqa liniyasiga ulanishini ta’minlaydigan bog‘lanish. " So‘nggi cheklovchi|"Token Ring tarmoq texnologiyasidagi markerning so‘nggi maydoni. O‘zida axborot ma’lumotlari bilan adashtirib bo‘lmaydigan elektr impulslarining noyob seriyasini saqlaydi. " Soʻnish koeffitsiyenti|"1. Tarqalish koeffitsiyentining haqiqiy qismi. 2. Soʻnuvchi tebranishlar amplitudasining kamayishini tavsiflaydigan koeffitsiyent. " So‘nuvchi maydon|"Amplitudasi ko‘ndalang tarzda bir tekis pasayib boradigan to‘lqin o‘tkazgichning ochiq uchi yaqinidagi, fazaviy siljimagan nostansionar elektromagnit maydon. " So‘ralmagan axborot|"1. Elektron pochtadan foydalanib, pochta qutisi egasiga so‘rovsiz yoki uning oldindan roziligisiz yuborilgan xabar ko‘rinishidagi axborot. 2. Odatda, reklama xarakteridagi katta miqdordagi xabarlarning, ularni buyurtma qilmagan oluvchilarga yuborilishi. 3. Katta miqdordagi axborotning, tarmoqning bitta yoki bir nechta bog‘langan manziliga, ularni o‘ta yuklash va boshqa foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatilishini rad etish maqsadida (hujum usuli sifatida) yuborilishi. " So‘roqlash|"Umumiy aloqa liniyasiga ulangan olisdagi terminallardan, markazlashtirilgan tarzda ma’lumotlar to‘plash usuli. So‘rov izchil amalga oshiriladi, bu esa, qisqa vaqt ichida xizmat ko‘rsatilishiga ehtiyoji bo‘lgan barcha terminallarni aniqlash imkonini beradi. " So‘rov|"Elektron pochta orqali jo‘natilgan, muayyan turdagi xizmatlar taqdim etilishi so‘ralgan, muayyan standartga muvofiq rasmiylashtirilgan va IP-tarmoqlar ma’lumotlar bazasida axborot kiritilishi/o‘zgartirilishi talab qilingan xabar. " So‘rov bo‘yicha video|"TV eshittirishni, abonent buyurtma qilingan dasturini ko‘rish uchun oladigan, tashkil qilish usuli. " So‘rov rejasi|"Ma’lumotlar ustida, foydalanuvchining MB ga qiladigan muayyan so‘rovini amalga oshirish uchun bajarilishi zarur bo‘lgan harakatlar ketma-ketligi. " So‘rov/javob|"Autentifikatsiya usuli, unga ko‘ra, bir tomon shifrlangan so‘rov jo‘natadi, ikkinchi tomon esa, aynan bitta autentifikatsiya algoritmi yordamida javob beradi. " So‘rovlar kompilyatori|"Foydalanuvchining ma’lumotlar bazasiga so‘rovini sintaksik va semantik tahlil qiladigan, so‘rovni so‘rov plani deb ataladigan ichki formatga ko‘chiradigan, shuningdek, so‘rov planini optimallashtiradigan dasturiy ta’minot . " So‘z|"1. Berilgan alifboda simvollarning muayyan ma’noga ega bo‘lgan tartiblashtirilgan to‘plami. 2. Protsessorda ma’lumotlarni qayta ishlash va uzatishda bir butun deb qaraladigan ma’lumotlar birligi. Odatda, bitlarda yoki ikkilik razryadlarda o‘lchanadi. Qoidaga ko‘ra, mashina so‘zi deb ataladi. " So‘z o‘lchami|"Protsessor arxitekturasini tavsiflaydi va bir vaqtda ma’lumotlar shinasi orqali uzatilishi yoki protsessor registrlarida saqlanishi va qayta ishlanishi mumkin bo‘lgan razryadlar soni bilan belgilanadi. Odatda, bu 8, 16, 32 yoki 64 razryad. " So‘zlashuv vaqti|"Portativ yoki olib yuriladigan terminal yordamida abonent batareyani qayta zaryadlamasdan aloqani ushlab tura oladigan vaqt. Batareyaning sig‘imi, odatda, terminalning aktiv rejimda o‘rtacha ishlash vaqti bilan tavsiflanadi. " So‘zlashuvga avtomatik tarzda buyurtma berish xizmati|"Abonentning oldindan berilgan buyurtmasi bo‘yicha, unga telefon apparatidan ma‘lum kun va soatda, muayyan telefon raqami yoki xizmati (uyg‘otish xizmati bundan mustasno) bilan bog‘lanish avtomatik tarzda taqdim etilishi mumkin bo‘lgan xizmat. T " Tabiiy til|"1. Inson muloqoti, fikrlashi uchun xizmat qiladigan tovushlar, lug‘at va grammatik vositalar tizimi. 2. Qoidalari aniq ifodalanmasada, zamonaviy so‘z ishlatishga asoslangan til. " Tabiiy xalaqit|"Manbai tabiatdagi fizik hodisalar bo‘lgan elektromagnit xalaqit. " Tabulyatsiya|"Axborotni jadval ko‘rinishida taqdim etish. " Tadbirkor xonasi|"Yuridik shaxsning shaxsiy xonasi, tadbirkorlik faoliyati uchun xos bo‘lgan yo‘nalishlar, aynan yuridik shaxs rekvizitlari, kommunal xo‘jalik, soliqqa tortish, statistik hisobot taqdim etish, avtotransport vositalarini ro‘yxatga olish bo‘yicha bloklarni o‘zida ifodalaydi. " Tadqiqot olib borish|"Biror-bir predmet ustida ilmiy ish olib borish. Yangi dastur yoki algoritm yoki ularga bo‘lgan ehtiyoj tadqiqot obyekti bo‘lishi mumkin. Tafsilotlar ing. - details подробно O‘rnatish, disklarga yozish, nusxa ko‘chirish va h.k. jarayonlar to‘g‘risidagi qo‘shimcha axborotni olishda foydalaniladi. " Taglik|"Planar texnologiya kirishiga taglik deb ataluvchi plastina kiritiladi. Taglik materiali – kristall tuzilmadan tortib atomlararo masofalargacha va kristallografik yo‘nalganlik qatʼiy nazorat qilinadi. Texnologik jaryon davomida taglikda turli xildagi o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan maydonlar hosil qilinadi, bu esa yarim o‘tkazgich asbobining yoki integral mikrosxemaning tuzilmasini tashkil qiladi. " Tahdid|"1. Kompyuter xavfsizligi buzilishining potensial imkoniyati. 2. Ma’lumotlarni buzish, ochish yoki o‘zgartirish va/yoki xizmat ko‘rsatishni rad etish shaklida tizimga zarar yetkazish sababchisi hisoblanishi mumkin bo‘lgan har qanday holat yoki voqea. 3. Tizim yoki tashkilotga zarar keltirishi mumkin bo‘lgan nomaqbul insidentning potensial sababi. 4. Raqib oldida turgan konfidensiallik, yaxlitlik, kuzatib bo‘lmaslikni buzish vazifasi (kriptografik protokolning turiga bog‘liq holda istalgan kombinatsiyada). " Tahdidlar manbalari|"Potensial antropogen, texnogen yoki tabiiy (stixiyali) xavfsizlikka bo‘lgan tahdidlarni tarqatuvchilar. " Tahdidlar modeli|"Axborot xavfsizligi tahdidlari xarakteristikalari yoki xususiyatlarining fizik, matematik, tavsifiy taqdim etilishi. " Tahdidlarning tahlili|"Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimiga salbiy ta’sir etishi mumkin bo‘lgan harakatlar va hodisalarni tadqiq etish. " Tahlil|"Haqiqiy yoki tasavvur qilinadigan obyekt tarkibiy qismlarga (elementlarga) ajratiladigan hamda bu elementlar va ular o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘rganiladigan tadqiqot usuli, turi. " Tahlilchi|"Axborot texnologiyasi sohasidagi tahlilchi bevosita muammo mavzusidagi axborotni yig‘adi, uni tizimlashtiradi va formalizatsiya qiladi. Bundan tashqari axborot oqimlari modelini, biznes jarayonlarning yuz berishini o‘rganadi. Shular asosida biznes reja tuzadi. " Tahrir qilish|"Biron-bir turdagi axborottga o‘zgartirish kiritish. Maxsus dastur (redaktor)lar yordamida amalga oshiriladi. " Tahrir qilish rejimi|"Dastur ishining maxsus rejimi bo‘lib, unda matn, ma’lumotlar tasvir va sh.k. tahrir qilinishi amalga oshiriladi. Tahrir qilishni foydalanuvchi uchun yanada qulayroq qilish maqsadida joriy qilingan. " Tajribaviy ekspluatatsiya qilish|"Televizor (yoki uning elementi) dan maxsus tashkil etilgan ekspluatatsiya qilish, u normal sharoitlarga maksimal yaqinlashtirilgan vaziyatlarda bajariladi, bunda televizor (yoki uning elementi) ning ekspluatatsion xossalarini o‘rganish maqsadida muntazam nazorat olib boriladi. " Taklif|"Matn interfeysiga ega tizimlarda – ekranda aks etgan qisqa so‘z yoki belgi (masalan, «>»), foydalanuvchiga dastur komandani bajarishga tayyorligi to‘g‘risida xabar beradi. " Takomillashtirilgan|"Oddiy qurilmaga nisbatan yaxshilangan qurilma yoki dasturiy ta’minot. Odatda advanced-versiya qo‘shimcha narxga sotiladi. " Takomillashtirilgan, energiya iste’moli va joylashishni boshqarish interfeysi|"Intel, Microsoft va Toshiba korporatsiyalari tomonidan 1996-yilda ishlab chiqilgan ochiq standart. Kompyuterlarning energiyaga bo‘lgan ehtiyojini tayanch kiritish-chiqarish tizimi tomonidan emas, balki operatsion tizim tomonidan to‘liq boshqarilishini (alohida qurilmalarni yoqish va o‘chirib qo‘yish imkoniyati bo‘lgan holda) amalga oshirish imkonini beradi. " Takomillashtirilgan grafika adapteri|"16 rangli grafika rejimini saqlab turuvchi videoadapter: - 640 x 350 piksel; - 640 x 200 piksel; - 320 x 200 piksel. " Takomillashtirilgan intellektual (magnit) tasma|"Tasmali to‘plagichlar va magnit tasmadagi ommaviy xotira tizimlari uchun mo‘ljallangan standart. " Takomillashtirilgan mobil telefon aloqa xizmati|"FDMA texnologiyasiga asoslangan uyali aloqa xizmati standartlaridan biri. " Takomillashtirilgan raqamli yozuv|"Philips kompaniyasi tomonidan 90-yillarda ishlab chiqilgan 8-mm li magnit tasmaga yozish texnologiyasi. Kasseta sig‘imi 15 dan 60 Gb gacha bo‘ladi. " Takomillashtirilgan ta’minotni boshqarish qurilmalari|"Shaxsiy kompyuterlarda ta’minotni boshqarish uchun mo’ljallangan Microsoft spetsifikatsiyasi va tizimi (Intel ishtirokida). Klavishlarni bosish orasidagi vaqtda energiya iste’molini kamaytiradi. " Takomillashtirilgan tayanch kiritish-chiqarish tizimi|"Mikrokompyuterlarga o‘rnatilgan va ko‘p vazifali rejimni ta’minlash uchun mo‘ljallangan kiritish-chiqarish servis dasturlari to‘plami. " Takomillashtirilgan tovushli kodlash|"Panasonic, Samsung kabi firmalar qo‘llaydigan tovushni kodlash (siqish) texnologiyasi. Dolby Laboratories kompaniyasi AAC ni Dolby Digital AC-3 ga muqobil sifatida qaramoqda. " Takomillashtirilgan uzatish tezligi o‘zgaruvchan nutq kodeki|"Motorola kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, o‘zgaruvchan uzatish tezligiga ega vokoder. Uzatishning o‘rtacha tezligi – 8,5 Kbit/s (IS-127). " Takomillashtirish|"Avvalgi mahsulotni takomillashtirish uchun belgilangan qurilma va/yoki dasturiy mahsulot. Avvalgi versiyani to‘ldiradi. O‘rnatilgandan so‘ng tizim yangi mahsulotning funksional imkoniyatlarini oladi. " Takror uzatishni avtomatik so‘rash|"1. Xalaqitlardan himoyalanish mexanizmi, bunda ma’lumotlarni uzatish bloklar bo‘yicha amalga oshiriladi. Qabul qilish tomonida xatolarni nazorat qilish va axborotning xato qabul qilingan qismini takroran uzatish to‘g‘risidagi so‘rovni generatsiyalash ta’minlanadi. 2. Ma’lumotlarni qayta uzatish mexanizmi mavjud aloqa liniyalarida uzatgich va qabul qilgich o‘rtasida o‘zaro ishlash signallari bilan almashuv protsedurasini belgilaydigan protokol. " Takror chaqiruv, chaqiruv-eslatish|"1. Telefon liniyasining bandligida ko‘p marta uzatiladigan chaqiruv. 2. Telefon xizmatining bir turi bo‘lib, uni amalga oshirishda abonentga aynan bitta xabar bir necha marta jo‘natiladi. " Takror(lash)|"Tarmoqqa qilinadigan hujumning oddiy turi, bunda jinoyatkor xabarni tutib oladi va uni o‘zgartirmasdan, birmuncha kechroq takrorlaydi. " Takroriy so‘rov|"Tizimni aniq bir vazifani bajarishga yo‘naltiruvchi qandaydir bir xabar, masalan, kiritish-chiqarish yoki tranzaksiyalarni qayta ishlash. " Takroriy tasvir|"Aks sado signallari keltirib chiqaradigan ikkita yoki undan ortiq (gorizontal yo‘nalishda siljitilgan) tasvirning mavjudligi. " Takrorlanish|"Algoritmlarni tuzishda foydalaniladigan uchta asosiy tuzilmadan biri; sharoitga bog‘liq ravishda, algoritmning ayrim qadamlarini bir necha marta bajarish imkonini beradi. Ba’zi manbalarda bu tuzilma sikl deb ataladi. " Takrorlanuvchi kodlar|"Xatolarni tuzatuvchi mukammal siklik blokli kodlar turkumi, unda kalit so‘zlar xabardagi so‘zlarni r marta oddiy takrorlash bilan shakllanadi. Agar bu kodlarni (n, k) parametrlarga ega kodlar deb qaralsa, ularda istalgan k uchun n = rk bo‘ladi. " Takrorlash|"Matnli protsessorlardagi komanda, u hujjatni Undo operatsiyasidan oldingi holatga qaytaradi. " Taksofon|"Telefon bog‘lanishlarni o‘rnatish, foydalanuvchilarga so‘zlashuvlar va qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etish uchun mo‘ljallangan, foydalanuvchilar bilan tangalar yoki naqd pulsiz to‘lov vositalari (maxsus jetonlar, to‘lov karatlari) yordamida zudlik bilan hisob-kitob qilish qurilmasidan iborat, shuningdek, ko‘rsatilgan telefon aloqa xizmatlari uchun to‘lov tangalar, jetonlar, to‘lov kartalari va naqd pulli to‘lov vositalari yordamida qabul qilinadigan so‘zlashuv punktlarida o‘rnatilgan oxirgi (terminal) abonent telefon qurilmasi. " Taksofon orqali ko‘rsatiladigan telefon aloqa xizmati|"Telefon bog‘lanishlarni o‘rnatish, foydalanuvchilarga so‘zlashuvlar va qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etish uchun mo‘ljallangan hamda tanga yoki naqd pulsiz to‘lov vositalari (maxsus jetonlar, to‘lov kartalari) yordamida foydalanuvchilar bilan darhol hisob-kitob qilish uchun mo‘ljallangan texnik vositalarni o‘z ichiga olgan taksofon – oxirgi (terminal) abonent telefon qurilmasidan taqdim etiladigan telefon aloqa xizmati. " Takt intervali|"Takt chastotasi davri. " Takt signali|"Impulslar ketma-ketligi ko‘rinishidagi, ayrim elementlar ishini sinxronlaydigan va raqamli qurilmaning ishlash ritmini belgilaydigan maxsus davriy signal. " Takt chastota generatori|"Teng vaqt oraliqlaridan so‘ng impulslar ketma-ketligini ishlab chiqaradigan qurilma. Ikkita ketma-ket impuls o‘rtasidagi vaqt takt deb ataladi. Protsessorning ba’zi komandalari bir nechta takt ichida chiqariladi. Kompyuterning barcha elementlari orqali o‘tadigan impulslar ularni yagona taktda – sinxron ishlashga majbur qiladi. Takt impulslarning generatsiya chastotasi kompyuterning tez ishlashini belgilaydi. " Takt chastotasi|"Takt chastotasi generatori vaqt birligida bajaradigan tebranishlar soni. Kompyuter diskret, qadamlar (taktlar) bo‘yicha ishlaydi, shuning uchun barcha operat-siyalarning bajarilish tezligi, kompyuterning yagona ishlash ritmini belgilaydigan protsessorning takt chastotasiga bog‘liq. Takt chastotasi gertslarda o‘lchanadi, takt chastotasi qancha katta bo‘lsa, qayta ishlash tezligi shuncha yuqori bo‘ladi. " Taktlanadigan halqa tarmog‘i|"Halqa tarmog‘i. Bunda tarmoq ish vaqti bir bitli oraliqlarga bo‘lish evaziga, maʼlumotlar uzatish amalga oshiriladi. Tarmoq halqa kanali, takrorlagichlar va foydalanish bloklaridan tashkil topgan. Foydalanish bloklariga maʼmuriy tizim va abonent tizimlari ulanadi. Halqa kanalini ikki o‘rama juft simlari tashkil qiladi. Ular bo‘ylab maʼlumotlar, sinxronlovchi signallar, takrorlagichlarga ozuqa, ozuqani yoqish-o‘chirish signallari uzatiladi. " Taktli impuls|"Sinxronlash yoki vaqt bo‘yicha muvofiqlashtirish uchun foydalaniladigan davriy uzatiluvchi impuls. " Taktli impulslar davri; takt|"Uzluksiz keladigan ikkita impuls o‘rtasidagi vaqt intervali. " Taktli impulslar generatori|"Berilgan takrorlanish davri bilan impulslar ketma-ketligini generatsiyalovchi qurilma. " Taktli sinxronlash|"Qabul qilinadigan signal bilan taktli impulslar ketma-ketligi o‘rtasida vaqt jihatidan aniq muvofiqlikni o‘rnatish jarayoni. " Taktli chastotani tiklash|"Qabul qilingan ma’lumotlar signalidan taktli chastota signalini ajratish. " Talab bo‘yicha kanallarni ajratish yo‘li bilan ko‘p tomonlama foydalana olish|"Yo‘ldoshli radioaloqada ishlatiladigan standart. Markaziy stansiya seansda ishtirok etayotgan barcha terminallar va yo‘ldoshlar o‘rtasida aloqa o‘rnatish uchun mavjud puldan kanallarni so‘rovga muvofiq ajratib beradi. " Talab etilgan|"Amalning (harakatning) bajarilishi uchun talab etiladigan (zarur bo‘lgan) shart yoki parametr. " Talabga ko‘ra o‘tkazish qobiliyati|"Global tarmoqlar funksiyasi, foydalanuvchiga, uning tomonidan foydalaniladigan ilova talablariga muvofiq, qo‘shimcha o‘tkazish qobiliyatini taqdim etish mumkinligida ifodalanadi. Bu funksiya tufayli, foydalanuvchilar faqat o‘zlari foydalanadigan o‘tkazish qobiliyati uchun haq to‘lash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. " Talabga ko‘ra sahifali tashkil qilish|"Virtual xotiraning sahifali tashkil qilishga asoslangan tashkil qilish usuli, bunda har bir sahifa, faqat, agar u dasturni bajarish vaqtida aniq talab etilsa, xotiraga yuklanadi va murojaat qilingan kod yoki ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. " Talabga ko‘ra segment tashkil qilish|"Segment tashkil qilishga asoslangan virtual xotira tashkil qilish usuli, bunda faqat agar murojaat qilingan kod yoki ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan dasturni bajarish vaqtida haqiqatdan talab qilinsa, har bir segment xotiraga yuklanadi. " Talabga ko‘ra videopochta|"Abonent qayd etilgan vaqt intervali (15 yoki 30 minut) davomida buyurtma qilingan dasturni oladigan «talabga ko‘ra video» ning bir ko‘rinishi. " Talqin qiluvchi dastur|"Dasturni dasturlash tilida, uni darhol bajarmasdan mashina tilidagi dasturga o‘giradigan kompilyatordan farqli ravishda, dasturlash tilida yozilgan komandalarni darhol bajaradigan va rasshifrovka qiladigan dastur. " Tamakisimon antenna|"To‘g‘ri simdan tashkil topgan o‘q bo‘ylab nurlanadigan antenna. Sim bo‘ylab ma’lum nuqtalarda turli o‘lchamdagi yaproqli metalldan iborat yassi elementlar bir-biriga nisbatan parallel joylashgan. " Tanaffus bilan uzatish|"Energiya tejaydigan funksiya. Bunday funksiya mavjudligida, so‘zlashuvdagi pauzalar vaqtida telefon uzatishga ishlamaydi, bu bilan batareyaning energiya sarfi kamayadi. Bu funksiya ishga tushganda tovush sifati yomonlashadi. " Tanho egalik|"Biror narsaga alohida huquq. Informatikada foydalanuvchi tanho ravishda abonent tizimidan foydalanishi mumkin, abonent tizimi esa tanho ravishda kanalni egallashi mumkin, masalan, kanallarni kommutatsiyasida. " Tanib farqlash|"Qabul qilish jarayonining, buyum umumiy belgilarini ajratishning keyinchalik signalning to‘liq qaytishi bilan almashinadigan dastlabki bosqichini o‘z ichiga oladigan, markaziy zvenosi. " Tanishtiruvchi fayl|"Dasturlar uchun mualliflar tomonidan yoziladigan readme fayli. Bu faylda biror bir dasturni qanday o‘rnatish va u bilan qanday ishlash to‘g‘risida bilib olish mumkin. " Tanlab olinuvchi hisob-kitob xizmati|"Alohida telefon hisoblarning ayrim soni ulanish uskunasi bo‘yicha telefon stansiyasida guruhlanadigan, hisob raqami esa, ushbu so‘zlashuv uchun to‘lov yozilishi kerak bo‘lgan debetga chaqiruvlarni o‘rnatishda aniqlanadigan xizmat. " Tanlab-tanlab olish|"Saralash maqsadida, ma’lumotlarni qandaydir belgilariga ko‘ra bir joydan boshqa bir joyga ko‘chirish yoki ulardan nusxa olish, natijalovchi hujjatlarni tuzish jarayoni. " Tanlanadigan|"Tanlash elementlaridan biri. Oldindan aniqlangan moslamalar to‘plamlaridan farqli ravishda, foydalanuvchi o‘z moslamasi parametrlarini tanlashi va o‘rnatishi mumkin. " Tanlangan|"Ko‘p ishlatadigan operaysiyalar yoki ulanishlar. Brauzerlarda tanlangan operatsiyalarning ro‘yxatini ulardan tezroq foydalana olishni ta’minlash va ulanishni yengillashtirish uchun avtomatik ravishda tuzish imkoniyati mavjud. " Tanlash|"Keyinchalik ular ustida amal bajaradigan menyu punktlari, grafik obyekt qismi yoki matn qismini tanlash. " Tanlash operatori|"Dasturlash tillarinida ko‘rsatilgan ifodaning qiymatiga bog‘liq ravishda bir necha amaldan bittasini tanlash imkonini beradigan boshqaruv konstruksiyasi. " Tanlash sikli|"Protsessorning mashina komandasini qayta ishlashidagi birinchi bosqich. Komandani kesh-xotira yoki tezkor xotira qurilmasidan komandalar registriga olish va uni dekodlashga tayyorlashdan iborat. " Tanlovchanlik|"1. Berilgan chastota kuchlanishining televizor kirishidagi tasvir eltuvchi chastotasi kuchlanishiga, uning chiqishidagi kuchlanish doimiy bo‘lgandagi, nisbati. 2. Qabul qilgichning spektral tashkil etuvchilarini chastotalar shkalasi bo‘yicha, turli taqsimlashlardan foydalangan holda, foydali signalni xalaqit qiluvchi signaldan ajrata olish qobiliyati. " Taqiqlangan komanda|"Kodi berilgan protsessorning komandalar kodi ro‘yxatida bo‘lmagan yoki uning berilgan ishlash rejimida bajarilmaydigan komanda. " Taqiqlangan xabar|"Darhol uzatib bo‘lmaydigan xabar. Uzatilishiga taqiq bekor qilingan zahoti xabar uzatiladi. " «Taqiqlovchi (nazorat qiluvchi) kalit»|"Kanallar va dasturiy funksiyalarni parol yordamida yopish imkoniyati. " Taqqoslash|"Bir qiymatni boshqasiga akslantirish jarayoni. Virtual xotirali tizimlarda kompyuter virtual xotira manzilini fizik xotira manziliga taqqoslaydi. " Taqsimlagich|"Optik quvvatni taqsimlashda foydalaniladigan ko‘p portli qurilma. " Taqsimlanadigan xotira|"1. Ko‘p vazifali rejimda bir nechta dastur foydalana olishi mumkin bo‘lgan xotira. 2. Ko‘p protsessorli parallel tizimlarning bir nechta dasturida birgalikda foydalaniladigan xotiraning bir qismi. " Taqsimlangan, ajratiladigan xotirali arxitektura|"Ko‘p protsessorli tizim xotirasining arxitekturasi. Bunda xotiradan erkin foydalanish vaqti uning joylashishiga bog‘liq bo‘ladi. Buning uchun, protsessorlar, har biri o‘zining umumiy tezkor xotira qurilmasi puliga ega bo‘lgan kichik guruhlarga birlashtiriladi. " Taqsimlangan fayl tizimi|"Fizik jihatdan kompyuter tarmog‘ining turli qismlarida joylashgan fayllardan foydalanishni soddalashtirish imkonini beradigan tizim. " Taqsimlangan hisoblashlar|"Unumdorlikni oshirish maqsadida, bajarilishi hisoblash kompyuter tizimining turli uzellari bo‘ylab taqsimlanadigan hisoblashlar. " Taqsimlangan hisoblashlar muhiti|"Taqsimlangan dasturlarning birgalikda ishlashini tashkillashtirish texnologiyasi. Bu muhit tarkibiga taqsimlangan fayllarga xizmat ko‘rsa-tish, nomlar berish, vaqtni nazorat qilish, protseduralarni olisdan chaqirish, oqimlarga xizmat ko‘rsatish, xavfsizlikni ta’minlash funksiyalari kiradi. " Taqsimlangan ilova|"Komponentlari, ma’lumotlarni tarmoq orqali almashgan holda, turli kompyuterlarda va platformalarda bajariladigan ilova. " Taqsimlangan kommunikatsiyalar|"Tarmoqda kommunikatsiyani tashkil qilish turi. Bunda kommunikatsion jarayonda ishtirok etuvchi tomonlar, aloqa seansini (sessiyasini) boshlab berishda, qo‘llab-quvvatlashda, yakunlashda teng huquqlarga egadirlar. U xost (bosh uzel, server) qanday jarayonlar (kompyuterlar) aloqa seansini boshlab berishini belgilaydigan katta-bo‘ysunuvchi (master-slave communications) shajarasidan keskin farq qiladi. " Taqsimlangan ma’lumotlar bazasi|"Ikki yoki undan ortiq kompyuterda joylashtiriladigan, foydalanuvchi tomonidan yaxlit, bir butun ma’lumotlar bazasi sifatida tushuniladigan ma’lumotlar bazasi. " Taqsimlangan maʼlumotlar banki|"Hududiy tarqoq maʼlumotlar banklari tizimi. Hisoblash texnikasi vositalari bilan birlashgan va yagona boshqaruv ostida faoliyat ko‘rsatadi. " Taqsimlangan parametrlarga ega liniyadagi susayish koeffitsiyenti|"Taqsimlangan parametrlar liniyasida (muhitida) yuguruvchi toʻlqin elektromagnit maydoni kuchlanganligi amplitudasining, toʻlqinning uzunlik birligiga siljishida, pasayishi bilan tavsiflanadigan kattalik. " Taqsimlangan qayta ishlash|"Ma’lumotlarni qayta ishlash uchun, hisoblash tarmoqlariga ulangan katta miqdordagi kompyuterlarning qo‘llanilishi; ikki yoki undan ko‘p kompyuterni, yagona dastur boshqaruvi ostida shart emas, aynan bir topshiriq ustida birgalikda ishlaydigan qilib ulash. Barcha qayta ishlash bitta katta kompyuterda bajariladigan markazlashtirilgan qayta ishlashdan farqli ravishda, taqsimlangan qayta ishlashda topshiriq bitta tarmoqqa birlashtirilgan ko‘plab meynfreymlar, mini-kompyuterlar, shaxsiy kompyuterlar, serverlar va ishchi stansiyalar o‘rtasida bo‘linadi. " Taqsimlangan sun’iy intellekt|"Taqsimlangan apparat va/yoki dasturiy vositalar orqali amalga oshiriladigan sun’iy intellekt tizimi. " Taqsimlangan tarmoq|"Boshqarish barcha serverlar o‘rtasida taqsimlangan, resurslar (apparat, dasturiy resurslar, ma’lumotlar) va foydalanuvchilar alohida serverlarga biriktirilmagan, balki butun tarmoqqa tegishli bo‘lgan kompyuter tarmog‘i. " Taqsimlangan tizim obyektlari modeli|"IBM firmasining OS/2 uchun maxsus yaratilgan texnologiyasi. " Taqsimlangan tizimlar|"Simli yoki simsiz tarmoqqa birlashtirilgan bir nechta kompyuterdan iborat tizim. " Taqsimlangan xesh-jadval|"Xesh-funksiyalarni bajarishga asoslangan IP-tarmog‘i ko‘plab uzellari o‘rtasidagi tezkor o‘zaro ishlash usuli. " Taqsimlash|"Lokal tarmoqda resurslarni taqsimlashga yo‘naltirilgan harakat. Masalan, tarmoqdagi printerni (skanerni va sh.k.) o‘rnatish. " Taqsimlash liniyasi|"Dastur signallarini dastur ishlab chiqish markazidan uzatgichga yoki kabel taqsimlash tizimi bosh stansiyasiga uzatish uchun mo‘ljallangan liniya. " Taqsimlash paneli|"1. Kabel juftlarini ulash uchun foydalaniladigan, protektorlari yoki terminal bloklari (yoki har ikkalasi) bo‘lgan, devorga yoki polga o‘rnatiladigan vertikal metall rama. 2. Kabel segmentlarini o‘zaro ulash yoki kross-ulash oson bajariladigan tarzda ulash uchun mo‘ljallangan qurilma. " Taqsimlash punkti|"Signallar, uni submagistral liniyaga yoki uy taqsimlash tarmog‘i liniyalariga uzatish uchun, magistral liniyadan yoki submagistral liniyadan olinadigan nuqta. " Taqsimlash signali|"Studiyaga yoki eshittirish dasturining boshqa manbaiga dasturning normal borishiga aralashish uchun yuboriladigan oldindan tanlangan signal. " Taqsimlash xizmati|"Tarmoqdan berilgan punktdan boshqa (bir nechta) punktlar tomonga bir yo‘nalishli axborot oqimi bilan tavsiflanuvchi xizmat. Izoh – Taqsimlash xizmati ikki sinfga: axborotni individual boshqaruvsiz taqdim etish va axborotni individual boshqaruvli taqdim etishga bo‘linadi. " Taqsimlash zanjiri|"Fayl egallagan klasterlar ro‘yxati. " Taqsimlash shkafigacha o‘tkazilgan optik tola|"Tarmoq qurish konsepsiyasi. Unga ko‘ra, ATS magistral optik-tolali aloqa liniyasi yordamida konsentrator bilan bog‘lanadi. Konsentratorda optik signal, optik signallar o‘ralgan juft orqali uzatiladigan, elektr signallarga aylantiriladigan, abonentda joylashgan, oxirgi optik o‘zgartirgichlari bo‘lgan optik-tolali kanallar bo‘yicha taqsimlanadi. " Taqsimlovchi fiderli liniya|"Abonent liniyalari yoki uy tarmoqlari ta’minoti uchun mo‘ljallangan liniya. " Taqvim bo‘yicha vaqt birligi|"Loyihani rejalashtirishda foydalaniladigan eng kichik vaqt birligi. " Tarifikatsiya o‘lchov birligi|"Telefonda so‘zlashish (ulanish) davomati uchun to‘lanadigan birlik. U telekommunikatsiya operatori tomonidan tanlangan (to‘la daqiqalar yoki davriy impulslar bo‘yicha hisob) tarifikatsiya tizimiga bog‘liq. " Tariflash|"To‘lov asosida xizmat ko‘rsatish va shu xizmatlar uchun to‘lov narxlarini taqsimlash. " Tarix paneli|"Brauzerlarda – foydalanuvchi kirgan veb-sahifalar xronologiyasini ichiga oladigan panel. " Tarkib|"Veb-resurslarni tashkil qiluvchi matn-tasvirli va boshqa axborotlar. " Tarkibiy hujjat|"Elektron hujjatning bir turi, o‘z ichiga ma’lumotlarning har xil turlariga ega elementlarni, masalan, matndan tashqari, jadvallarni, grafik materiallarni, foto, boshqa ilovalar (masalan, malumotlar bazasi, elektron jadval) ma’lumotlarini olishi mumkin. " Tarkibiy ishonch paketi|"Xavfsizlikning ishonch talablari bo‘lgan, (asosan, ASO klassi talablari) va ishonch shkalasida joylashgan ishonch paketi. " Tarkibiy shifr|"Ma’lumotlarni shifrlash va rasshifrovka qilishda ma’lum bir ketma-ketlikda foydalaniladigan bir nechta oddiyroq bo‘lgan shifrdan tuzilgan shifr. " Tarmoq|"Dasturdagi komandalar ketma-ketligida o‘zgarish bo‘ladigan yoki bo‘lishi mumkin bo‘lgan tarmoqlanish nuqtasi, ya’ni, bunda boshqaruv hozir ishlab turgan komandadan keyin turgan komandaga uzatilmaydi. " Tarmoq|"Texnik vositalar, ma’lumotlar, dasturlar tashkil qilish tuzilmasi. Graflar yordamida tavsiflanadi va tadqiq qilinadi. Qurilmalar o‘rtasidagi ulanishlar bo‘lib, foydalanuvchilarga ma’lumotlarni saqlash, ular bilan almashinish, ularga murojaat qilish imkonini yaratadi. Tarmoqqa asosan mikrokompyuterlar, minikompyuterlar, meyn-freymlar, terminallar, printerlar, fakslar, peyjerlar va turli ma’lumot saqlaydigan qurilmalar ulanadi. " Tarmoq adapteri|"Kompyuterlarni lokal hisoblash tarmog‘i bilan bog‘lash uchun mo‘ljallangan, kengaytirish platasi ko‘rinishidagi uskuna. " Tarmoq administratori|"Kompyuter tarmog‘ining ishlay olishi uchun, ishchi stansiyalar qo‘shilishi, foydalanuvchilarni mualliflashtirish, fayllarni arxivlash va tiklash protseduralari hamda ko‘plab boshqa funksiyalar uchun javob beradigan shaxs. " Tarmoq analizatori|"1. Signallarning asosiy xarakteristikalarini o‘lchash, aloqa kanallari sifatini baholash (xato kadrlar protsenti va sh.k. ko‘rinishida), tarmoq monitoringi funksiyasini amalga oshirish va trafikning statistik tahlilini o‘tkazish imkonini beradigan, keng maqsadlardagi diagnostika vositasi. 2. Tarmoq trafigini «eshitishni» va trafikdan avtomatik ravishda foydalanuvchilar nomlarining, parollar, kredit kartochkalar raqamlarining va boshqa shunga o‘xshash axborotning ajratib olinishini amalga oshiradigan dasturlar. " Tarmoq arxitekturasi|"1. Tarmoqning o‘tkazish qobiliyatini va boshqa xarakteristikalarini belgilovchi tarmoq elementlari (uzellari, marshrutizatorlari, kommutatorlari va b.lar), ma’lumotlarni almashish protseduralari va protokollari, xabarlar formatlari, tarmoq ichi va tarmoqlararo interfeyslar, tarmoqni boshqarish prinsiplari majmui. 2. Mantiqiy tuzilma va hisoblash tarmog‘ining ishlash prinsiplari. Izoh – Hisoblash tarmog‘ining ishlash prinsiplari o‘z ichiga xizmatlar, funksiyalar, protokollarga taalluqli prinsiplarni oladi. " Tarmoq boshqaruv tizimi|"Tarmoqni boshqarish va nazorat qilishning apparat va dasturiy vositalari majmui, tarmoqni boshqaradigan kompyuterda joylashtirilgan dasturdan; tarmoq abo-nentlarining kompyuterlarida joylashtirilgan apparat va dasturiy agentlardan iborat. Tarmoqlarni boshqarishning umumqabul qilingan protokoli – SNMP (Simple Network Management Protokol – oddiy tarmoqni boshqarish protokoli) mavjud, bu protokol hatto turli xil abonentlar bo‘lgan tarmoqni ham boshqarish imkonini beradi. Tarmoqni boshqarishning asosiy funksiyalari: tarmoqni skanlash va SNMP protokoli bo‘lgan qurilmalar mavjudligini aniqlash; tarmoq holatini aniqlash, portlar darajasida abonentlarni masofadan diagnostika qilish, parol bo‘yicha foydalanishga cheklashlar belgilash, 7/0I tarmoq jurnalini yuritish va boshqalar, ya’ni tarmoq administratorini ma’lumotlarni boshqarish uchun barcha zarur narsalar bilan ta’minlash. " Tarmoq brandmaueri|"Ikki yoki bir nechta tarmoq o‘rtasida himoya to‘sig‘i (tarmoqlararo ekran)ni vujudga keltiruvchi apparat-dasturiy kompleks. Muhofaza qilinadigan tarmoqqa tashqaridan ruxsatsiz kira olishni bartaraf etish hamda kirayotgan va chiqayotgan maʼlumotlarni nazorat qilish uchun mo‘ljallangan. Brandmauer muhofaza qilinadigan tarmoq chegarasida o‘rnatiladi, uning mavjudligi tarmoq uzellari uchun sezilmasligi kerak. " Tarmoq dasturiy ta’minoti|"Kompyuterlarning hisoblash tarmog‘ida ishlashini ta’minlaydigan dasturiy ta’minot. " Tarmoq fayl tizimi|"UDP transport protokoliga asoslangan, fayl tizimidan erkin foydalana olish uchun mo‘ljallangan protokollar to‘plami. NFS UNIX, PC (Windows asosida) va Macintosh mashinalarida (ya’ni, turli operatsion tizimlarda ishlaydigan kompyuterlarda) alohida kompyuterda fayllarning ko‘p sonli nusxalarini saqlamasdan, ulardan mahalliy tarmoqda birgalikda foydalanish imkonini beradi. " Tarmoq foydalanuvchisi identifikatori|"Paketlarni kommutatsiyalash xizmati tomonidan foydalanuvchini identifikatsiya qilish uchun ishlatiladigan noyob kod. " Tarmoq grid-hisoblashlari|"Atama global, regional va muassasa kompyuter tarmoqlari arxitekturasiga tegishli, berilgan onda bo‘sh tarmoq resurslaridan alohida olingan kompyuter uchun juda murakkab bo‘lgan vazifalarni hal etishda foydalanilishini ko‘zda tutadi va maxsus dasturiy ta’minotni talab qiladi. " (Tarmoq) hujumlarini aniqlash tizimi|"Kompyuter tizimlariga qilinadigan hujumlarni aniqlashda ishlatiladigan turli apparat va dasturiy vositalar (ba’zi hollarda dasturiy ta’minot turkumi sifatida qaraladi). " Tarmoq identifikatori|"Belgilangan oqim qaysi tarmoqqa (provayderga/eshittiruvchiga) tegishliligini aniqlaydi. " Tarmoq identifikatori|"Bitta lokal tarmoqda joylashgan kompyuterlar va qurilmalar guruhini identifikatsiya qiladigan IP-manzilning bir qismi. " (Tarmoq) kataloglaridan erkin foydalanish osonlashtirilgan protokol|"University of Washington tomonidan ishlab chiqilgan, Netscape va yana 40 ta firma tomonidan qo‘llab-quvvatlangan, Internet orqali aloqa o‘rnatmagan holda uning kataloglariga murojaat qilish uchun mo‘ljallangan sanoat standarti. X.5 standartlariga kiruvchi DAP protokoliga yo‘naltirilgan soddalashtirilgan versiyaga ega. " Tarmoq kompyuteri|"Terminal sifatida global yoki korporativ tarmoqlarda ishlash uchun mo‘ljallangan kompyuter. An’anaviy shaxsiy kompyuterlardan tarmoqqa ulash uchun mo‘ljallangan o‘rnatiladigan vositalar va qattiq diskning bo‘lmasligi bilan farqlanadi. Tarmoq kompyuterini IBM, Apple, Sun kabi mashhur firmalar kiradigan konsorsium ishlab chiqadi. Tarmoq kompyuterlari asosan uyda qo‘llash uchun yaratiladi, Internet tarmog‘i standartlariga asoslanadi. " Tarmoq magistrali|"Global tarmoqning tarmoq segmentlarini yagona tizimga birlashtiradigan yuqori tezlikli liniya yoki kommunikatsiya tizimining bir nechta liniyasi. " Tarmoq magistrali bilan ulash porti|"Kompyuterlarni kommunikatsiya tarmog‘i liniyalariga ulash uchun mo‘ljallangan qurilma. " Tarmoq manzili|"Jo‘natuvchi/oluvchi manzilining standart atributi. " Tarmoq ma’lumotlar bazasi|"Elementlari o‘zaro ixtiyoriy ravishda bog‘langan ma’lumotlar bazasi. Nazariy jihatdan har bir element bazaning istalgan boshqa bir elementi bilan bog‘langan bo‘lishi mumkin. Graf yordamida tavsiflanadi. " Tarmoq niqobi|"Internet-manzilning tarmoqqa, kichik tarmoqqa va yetakchi uzelga taalluqli qismlarga ajralishini aniqlaydigan 32-bitli shablon. " Tarmoq operatori|"Tarmoqning ekspluatatsiya qilinishini amalga oshiruvchi va uning ishga layoqatli holatini saqlab turuvchi kompaniya. Tarmoq operatori bir vaqtning o‘zida xizmatlar ta’minotchisi ham bo‘lishi mumkin. " Tarmoq operatsion tizimi|"Tarmoqning ishini ta’minlaydigan operatsion tizim. Asosiy funksiyalari: xabarlar uzatilishini boshqarish, ma’lumotlarni ruxsatsiz foydalanishdan himoyalash, kataloglarni boshqarish, elektron pochta. Lokal tarmoqlarda Novell firmasining NetWare tarmoq operatsion tizimidan keng foydalaniladi. " Tarmoq printeri|"Lokal hisoblash tarmog‘ida ko‘plab foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan, bittа yoki bir nechta tarmoq interfeysiga ega, yuqori tezlikda ishlaydigan printer. " Tarmoq protokoli|"Aloqaning o‘ziga xos turiga qaratilgan qoidalar to‘plami. Turli protokollar ko‘p hollarda bir turdagi aloqaning turli taraflarinigina tavsiflaydi; birgalikda ular protokollar stekini hosil qiladi. «Protokol» va «protokollar steki» nomlari protokol yaratiluvchi dasturiy ta’minotni xam ko‘rsatadi. Internetga yangi protokollar IETF, boshqa protokollar esa – IEEE yoki ISO tomonidan belgilanadi. ITU-T telekomunikatsiya protokollari va formatlari bilan shug‘ullanadi. OSI modeli tarmoq protokollarini tasniflash tizimining eng ko‘p tarqalgan turi hisoblanadi. " Tarmoq provayderi|"Abonentlik punkti va bevosita tarmoq abonentlariga tarmoq xizmatlarini ko‘rsatuvchi vakolatli tashkilot. " Tarmoq qismiga kira olish protokoli|"Tarmoqlarda IEEE 802.2, LLC va boshqa protokollardan foydalanib, multipleksorlashni ta’minlaydigan mexanizm bo‘lib, u 8 bitli maydonlarga ajratilishi mumkin. " Tarmoq resurslari|"Tarmoq abonentlari foydalanishlari mumkin bo‘lgan ma’lumotlar bazalari, dasturlar, alohida qurilmalar (masalan, printer, diskli to‘plagichlar). " Tarmoq samaradorligi|"Tarmoqning ma’lumotlar uzatish tezligini, ishonchliligini va b.q.larni ko‘rsatadigan xarakteristikalar majmui. " Tarmoq sathi|"Axborot oqimlarini manzillsh va marshrutlashni ta’minlaydigan OSI tarmoq modelining uchinchi sathi. Tarmoq sathida tarmoq xizmatlari tomonidan protokollarni tanish, paketlarni identifikatsiyalash, shuningdek, mobillikni boshqarish bilan bog‘liq funksiyalar amalga oshiriladi. " Tarmoq segmenti|"Bitta marshrutlovchi qurilma (kommutator, marshrutizator) ga ulangan va bitta fizik protokol bo‘yicha ishlaydigan tarmoq uzellari. " Tarmoq serveriga kira olish nuqtasi|"Tarmoq xizmatidan transport qatlamida erkin foydalanish mumkin bo‘ladigan nuqta; NSAP OSI ning tarmoq manzillari orqali ishlaydi. " Tarmoq serverlari|"Oddiy abonent tizimi kabi ishlash imkoniyatiga ega umumiy foydalanishning tarmoq resurslarini taqsimlashni boshqarish funksiyasini bajaradigan apparat-dasturiy tizim. " Tarmoq skaneri|"Hujumlardan potensial yaxshi muhofazalanmagan dasturlar va kompyuterlarni topish maqsadida, tarmoq to‘g‘risida axborot to‘plovchi dastur. " Tarmoq tahdidlariga qarshi harakat|"Tarmoq infratuzilmasini jinoyatkorlarning hujumlaridan muhofaza qilish uchun mo‘ljallangan xavfsizlik choralari kompleksi. " Tarmoq tayanch kiritish-chiqarish tizimi interfeysi|"IBM RС va mos keladigan tizimlar uchun taklif qilingan standart tarmoq interfeysi – olisdagi kompyuterning kiritish/chiqarish bo‘yicha so‘-rovlarini yuborish va qabul qilish imkonini beradigan dasturlash interfeysi. Tarmoqning texnik qismini dasturlardan yashiradi. " Tarmoq tizimining arxitekturasi|"Korporativ tizimlar uchun mo‘ljallangan kompyuter tarmog‘i arxitekturasi. " Tarmoq trakti|"Kirishi va chiqishida traktni shakllantirish apparaturasi ulangan namunaviy guruhli trakt yoki bir nechta ketma-ket bog‘langan namunaviy guruhli traktlar. " Tarmoq uzelining interfeysi|"Tarmoqlar yoki tarmoq uzellari o‘rtasidagi standart tutashish. " Tarmoq va Internet ulanishlar|"Windows XPdan boshlab Windows operatsion tizimi boshqaruv panelining qismi. Internet bilan ulanish usuli va lokal tarmoq parametrlarini sozlashga yordam beradi. " Tarmoq xavfsizligi|"Axborot tarmog‘ini ruxsat etilmagan tarzda foydalanishdan, normal ishlashga tasodifiy yoki qasddan bo‘ladigan aralashuvlardan, uning komponentlarini buzishga urinishlardan saqlovchi chora-tadbirlar. Axborot tarmog‘ining xavfsizligi uskuna, dasturiy ta’minot, ma’lumot va personalning muhofazasini o‘z ichiga oladi. " Tarmoq xavfsizligini tahlil qiluvchi administrator vositalari|"Tarmoq xostlari to‘g‘risida ma’lumotlarni yig‘ish, testlash va hisobotlar tuzish uchun mo‘ljallangan vositalar tizimi. Qulay HTML-interfeysida bajarilgan. U dastlabki eng qulay portlar skaneridir. " Tarmoq xizmatining zaifligi|"Tegishli dasturiy ta’minot nuqsoni, undan foydalanish hisobiga quyidagilarni amalga oshirish mumkin: buferning to‘lib ketishi, DoS-hujumlardan bo‘sh himoyalanganlik, xizmatning xato konfiguratsiyasi, kuchsiz parolli himoya, foydalanuvchining imtiyozlarini oshirish imkoniyati, SQL-inyeksiya, kod in’eksiyasi, skriptlarni saytlararo bajarish. " Tarmoq xizmatlari markazi|"Transport darajasida tarmoq xizmatiga murojaat qilish mumkin bo‘ladigan nuqta. " Tarmoq xizmatlarini yetkazib beruvchi|"Axborot xizmatlarini va kompyuter tarmoqlariga ulanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadigan yuridik shaxs. " Tarmoq yuklamasi|"Tarmoqqa ulangan barcha axborot manbalari vaqt birligida generatsiyalaydigan trafikning jami hajmi. " Tarmoq (yuklanganligidan) foydalanish koeffitsiyenti|"Tarmoqning foydalanish xarakteristikalarini belgilaydi va uning arxitekturasini optimallashtirish uchun ishlatiladi, tarmoq bo‘ylab uzatiladigan trafik uning maksimal o‘tkazish qobiliyatiga bo‘lgan nisbatiga teng. " Tarmoq choki|"Maʼlumotlarni qayta ishlash tizimidan beruxsat foydalanish usuli. Tarmoq choki foydalanishga ruxsat olish uchun payqash va foydalanish yo‘llarini taʼqib qilish tizimini chetlab o‘tib, turli aloqa tarmoqlaridan foydalanishga asoslanadi. " Tarmoqdagi kolliziya|"Bir nechta tizim bir vaqtning o‘zida tarmoqning bitta uchastkasiga axborotni uzatish uchun murojaat qilgan vaqtdagi holat. " Tarmoqdan erkin foydalanishni himoyalash|"Foydalanishni cheklovchi va tarmoq xavfsizligini ta’minlovchi protseduralar va sozlashlar. Simsiz tarmoqlar uchun ahamiyatli. " Tarmoqdan foydalana olish nuqtasi|"Tarmoq operatori foydalanuvchiga xizmatlarni ko‘rsatadigan nuqta, ya’ni ekspluatatsiya qilish sharoitlarida operator javobgarligi va foydalanuvchi javobgarligini ajratish nuqtasi. " Tarmoqdan foydalanish|"Tarmoqdagi trafik o‘lchovi. Tarmoqning o‘tkazish polosasi kattaligiga nisbatan foizlarda ifodalanadi. Tarmoqning mavjud imkoniyatlaridan foydalanish samaradorligini tavsiflaydi. " Tarmoqlagich|"1. Energiyaning bir qismini bir liniyadan boshqasiga yoki bir nechta tarmoqlangan liniyalarga tarmoqlash uchun mo‘ljallangan taqsimlash tarmog‘i elementi. 2. Radiosignal (opik signal) energiyasining bir qismini bitta yoki bir nechta yo‘nalishlarga tarmoqlanishini ta’minlaydigan liniya tarmoq elementi. " Tarmoqlangan aralash yuqori chastotalar|"Rang quyi eltuvchisi modulyatori yoki demodulyatorini aylanib o‘tuvchi, aralash yuqori chastotalar signali. " Tarmoqlangan bog‘lanish|"Bir nechta optik toladan keladigan signallarni umumiy optik-tolali trakt orqali, umumiy guruh signaliga birlashtirilayotgan signallarning barcha komponentlarini o‘z ichiga oladigan tarzda o‘tkazish hisobiga aralashtirish. " Tarmoqlangan monoxrom signal|"Ranglilik signali modulyatori yoki demodulyatorini chetlab uzatiladigan monoxrom signal. " Tarmoqlangan so‘nish|"Radiosignalning kirish va taqsimlagichning har bir chiqishlari o‘rtasida so‘nishi. " Tarmoqlangan tizim; daraxtsimon tizim|"Bitta yoki bir nechta liniyaga ega kabel taqsimlash tizimi, ulardan turli nuqtalarda abonent liniyalari tarmoqlanadi. " Tarmoqlanish|"Algoritmlarni tuzishda foydalaniladigan uchta asosiy tuzilmadan biri. Sharoitga bog‘liq holda, algoritm turli tarmoqlarini bajarish imkonini beradi. Ba’zi manbalarda bu tuzilma tanlash deb ataladi. Tarmoqlanishga yuqori daraja dasturlash tillaridagi if… then… else; case… of kabi komandalar kiradi. " Tarmoqlararo almashuv protokoli|"Internet protokollari to‘plamidan tarmoq sathi protokoli. " Tarmoqlararo aloqa liniyasi|"Ikkita lokal tarmoq bog‘lamalarini birlashtiruvchi aloqa liniyasi. Uzatish uchun mos keladigan almashinuv protokollaridan foydalaniladi. " Tarmoqlararo birikish|"1. Formatlar o‘zgarishi mumkin bo‘lgan holda, bir xil qurilmalar o‘rtasidagi birikish. 2. Telefon liniyalarining parallellashtirilishi. " Tarmoqlararo ekran administratori|"Tarmoqlararo ekranning kuzatib borilishi yuzasidan javobgar shaxs. " Tarmoqlararo ekran, brandmauer|"Tizimga kelib tushadigan va/yoki tizimdan chiqib ketadigan axborotning nazorat qilinishini amalga oshiradigan lokal (bir komponentli) yoki funksional taqsimlangan dasturiy (dasturiy-apparat) vosita (kompleks). Izohlar 1. Tarmoqlararo ekran axborotni filtrlash, ya’ni mezonlar majmui bo‘yicha tahlil qilish va uni berilgan qoidalar asosida tizimga (tizimdan) tarqatish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish yordamida tizim muhofaza qilinishini ta’minlaydi, shu yo‘l bilan subyektning bir tizimdan turib boshqa tizim obyektidan foydalanishini chegaralash amalga oshiriladi. 2. Trafikdan bitta tarmoqni muhofaza qiladigan ikkita tarmoqning tutashgan joyida o‘rnatiladigan, boshqa tarmoqda aylanadigan va tashqaridan hujumlarning oldini olish uchun xizmat qiladigan muhofaza qilish vositasi. " Tarmoqlararo hamkorlikning tayanch mexanizmi|"Hisoblash operatsiyalarini modellashtiradigan hisoblash signallari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muvofiqlikda boʻlgan xizmat primitivlari toʻplami. " Tarmoqlararo interfeys|"Boshqa tarmoq uzellari bilan o‘zaro aloqa qilish uchun mo‘ljallangan interfeys. " Tarmoqlararo texnologiyalar|"Kommunikatsiya tarmog‘i orqali marshrutlarni o‘tkazishning turli protokollaridan foydalanish uslubiyatlari. Bitta tarmoqda tarmoq pog‘onasidagi turli protokollar ishlashini taʼminlash zaruriyati «asinxron uzatish usulidan foydalanuvchi ko‘p protokollar», yaʼni MPAO deb nomlangan texnologiyaning yaratilishiga olib keldi. Mazkur texnologiya tezkor tarmoqlarda samarali ishlovchi asinxron uzatish usuliga asoslangan. " Tarmoqlararo ulanishlar (kanal)|"Foydalanuvchilar o‘rtasida axborotni uzatish va qabul qilishni ta’minlovchi turli telekommunikatsiyalar operatorlarining telekommunikatsiyalar tarmoqlari o‘rtasidagi texnologik o‘zaro hamkorligi. " Tarmoqlararo o‘zaro ishlash|"Umymiy vazifalarni bajarish maqsadida texnologik birlashtirilgan tarmoqlarning birgalikda ishlashi. Izoh – Bajariladigan vazifalarga bog‘liq holda, o‘zaro ishlash texnologik, iqtisodiy va huquqiy bo‘lishi mumkin. " Tarmoqlararo chaqiruv|"Mobil abonent bilan umumiy foydalanish tarmog‘i o‘rtasida amalga oshiriladigan chaqiruv. Izoh − Agar chaqiruvning tashabbuskori mobil stansiya bo‘lsa, chaqiruv mobil aloqa tizimida autentifikatsion tekshiruvdan o‘tadi va qayd etiladi. Agar mobil abonentga shahar telefon raqami berilgan bo‘lsa, aloqa odatdagi telefon chaqiruvi kabi amalga oshiriladi. " Tarmoqlarni loyihalash bo‘yicha sertifikatga ega mutaxassis|"Cisco Systems korporatsiyasi mahsulotlari bo‘yicha sertifikatlangan o‘qitish tizimida o‘zlashtiriladigan unvonlardan biri . " Tarmoqni boshqarish bloki|"Redirektor tomonidan qayta yo‘naltirilgan SMB (Server Message Block) so‘rovlarini o‘z ichiga oladigan va tarmoq orqali uzoqdagi qurilmaga jo‘natiladigan tuzilma. " Tarmoqni boshqarish platformasi|"Tarmoq va unga kiruvchi tizimlarni boshqarishga mo‘ljallangan dasturlar kompleksi. Platforma bilan ishlash uchun administratorga abonent tizimlari (konsollar)dan biri yoki bir nechtasi taqdim qilinadi. Odatda platforma SNMP protokoli asosida yaratiladi. Platforma qurilmalar ishi va kabellar holatining nazorati, ishchi protseduralar nazorati, tarmoq ishining boshqa aspektlari nazorati kabilarni ta’minlaydi. " Tarmoqni boshqarish oddiy protokoli|"Turli xil lokal hisoblash tarmoqlarining ishlash qobiliyatini aniqlash protokollaridan biri. Lokal hisoblash tarmog‘i administratoriga tarmoqning uzoqda joylashgan uzellari ishini nazorat qilish imkonini beradi. RFC 1157da standart sifatida belgilangan. " Tarmoqni rejalashtirish axborot xizmati|"Tizimga/tarmoqqa kirishlarni va parollar sozlanishini soddalashtirgan holda, TCP/IP tarmoq bo‘yicha foydalanuvchilarning byudjetlari markazlashtirilgan tarzda boshqarilishini amalga oshirish imkonini beradigan xizmat. " Tarmoqni tashkil etish; tarmoq hosil qilish|"Marshrutizatorlar, kommutatorlar va turli xil aloqa liniyalari (kabelli, radioreleli, yo‘ldoshli va boshqalar) yordamida abonent stansiyalari va aloqa uzellarini tarmoqqa birlashtirish. " Tarmoqning ishonchliligi|"Tarmoqning, berilgan rejimlarda va foydalanish hamda texnik xizmat ko‘rsatish sharoitlarida, talab qilinadigan funksiyalarni bajarish qobiliyatini tavsiflovchi barcha parametrlar qiymatlarini belgilangan chegarada vaqt bo‘yicha saqlash xususiyati. " Tarmoqning o‘ta yuklanishi|"Ma’lumotlar uzatish tarmoqlarida kuzatiladigan hodisa. Tarmoq bog‘lanishi yoki uzeli orqali uzatiladigan ma’lumotlarning katta hajmda bo‘lishi, xizmatlar sifati darajasining pasayishiga olib kelishida ifodalanadi. Izoh − Tarmoqning o‘ta yuklanishi uzatishda kechikishlarga, ma’lumotlar paketlari yo‘qolishiga yoki yangi bog‘lanishlar blokirovka qilinishiga olib keladi. " Tarmoqqa ulanishlar|"Lokal tarmoqda tarmoq resurslari va funksiyalariga murojaat qilish uchun qo‘llaniladigan komponent. «Tarmoq ulanishlari» papkasi tarmoq ulanishlarini yaratish, sozlash, saqlash va nazorat qilish imkonini beradi. " «Tarmoq-Tarmoq» interfeysi|"ATM kommutatorlarining o‘zaro ishlashini aniqlaydigan tarmoqlararo interfeys. " Taroqsimon filtr|"Almashinib keladigan bir nechta o‘tkazish va tutib turish polosasiga ega bo‘lgan elektr chastota filtri. " Tarqalish|"Shifrlash jarayoni, bunda ochiq matnning har qanday belgisini yoki kalitni o‘zgartirish shifrmatn belgilarining ko‘plab soniga ta’sir ko‘rsatadi, bu esa ochiq matnning statistik xususiyatlarini berkitadi. " Tarqalish koeffitsiyenti|"Toʻlqinlarning tarqalish (uning susayishi va tarqalish tezligi) xususiyatini aniqlovchi koeffitsiyent. " Tarqalishdagi so‘nish|"Signal quvvatining, uning uzatgichdan qabul qilgichgacha tarqalishiga ko‘ra, pasayishi. Izoh ‒ Tarqalish trassasiga va signal-chastota spektri, qutblanish, quvvat parametrlariga bog‘liq. " Tarqatilmagan pochta, kuryerlik jo‘natmalari, pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalari|"Belgilangan muddat davomida, ayrim sabablarga ko‘ra, adresatga yoki jo‘natuvchiga yetkazib berilmagan (topshirilmagan) pochta, kuryerlik jo‘natmalari, pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalari. " Tarqatish karraliligi|"Tarqoq qabul qilishda foydalaniladigan turli radiosignallarning soni. " Tarqoq kanallar kogerentligi|"Amaliyotda muhim bo‘lgan, qabul nuqtasiga turli yoʻllar bilan keladigan aynan bir signal nusxalarining o‘zaro bog‘langanlik darajasini aniqlovchi shart. " Tarqoq kanalli xendover|"Kanallarni ohista qayta ulash protsedurasi, bunda chastotalarni almashtirish vaqtida mobil stansiya bilan aloqa kamida ikki kanal bo‘yicha saqlab turiladi. Bu aloqa sifati eng yaxshi bo‘lgan signalni tanlab olish va kanallarni qayta ulashda ehtimoli bo‘lgan kechikishni bartaraf etish imkonini beradi. " Tarqoq qabul zonasi|"Bir nechta aloqa yo‘nalishidan, masalan bir nechta tayanch stansiyadan bir vaqtda signallar qabul qilinadigan zona. " Tartib|"Biror bir vazifaning ishlash tartibi. Uni ishga tushirish parametrlariga qarab vazifalarning ishlash tartibi o‘zgarishi mumkin. " Tartibga solish|"Axborotni muhofaza qilish usuli. Muhofaza qilinayotgan axborotni avtomatlashtirilgan qayta ishlash, uni saqlash va uzatishning shunday sharoitlari yaratiladiki, natijada axborotdan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olish imkoniyatlari minimumga keltiriladi. " Tartiblash|"Chiqarib tashlangan protsedura (usul) parametrlarini ularni tarmoqda ketma-ket oqim ko‘rinishida uzatish uchun o‘zgartirish mexanizmi. " Tasdiqlamoq|"Yetarlilikni mustaqil aniqlash bilan nimanidir batafsil ko‘rilganligini bildirish. Izoh – Detallashtirishning talab etilayotgan darajasi qarab chiqiladigan predmet turiga bog‘liq bo‘ladi. Bu atama faqat baholovchining harakatida qo‘llaniladi. " Tasdiqlash|"Xabar jo‘natuvchiga xabar yetkazilganligi to‘g‘risida tasdiqni so‘rash va uni olish imkonini beradigan funksiya. " Tasdiqlash grifi|"Hujjat mazmuniga normativ yoki huquqiy xarakter beradigan rasmiy hujjat rekviziti. " Tasdiqlovchi markaz|"1. Himoyalangan hujjat aylanishining boshqa bir qatnashchilar ochiq kalitlari sertifikatlarini chiqarishga ixtisoslashgan qatnashchisi. 2. Elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlarini chiqaradigan tashkilot yoki tashkilotning bo‘linmasi. " Tasnif indeksi|"Biror bir tasnif tizimida bo‘linishlarning raqamli yoki harf-raqamli ramzlardagi shartli belgisi. " Tasniflagich|"Har biriga muvofiqlikda noyob kod berilgan nomlangan obyektlarning tizimlashtirilgan ro‘yxati. " Tasniflash|"Ko‘plab obyektlarda yoki ularni turkumlar o‘rtasida «jins-tur», «element-turkum», «butun-qism» va sh.k. munosabatlarni o‘rnatish orqali turkumlarga ajratish imkonini beradigan hodisalarga munosabatlarni joriy qilish. " Tasodifiy foydalana olish|"Foydalana olish usuli, bunda bir nechta stansiya paketlarni bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan vaqt onlarida uzatgan holda, umumiy aloqa kanali orqali bog‘lanish o‘rnatishga urinadi. Agar, uzatishda to‘qnashuv yuz bersa, qayta urinish tasodifiy tanlangan vaqt intervali orqali amalga oshiriladi. " Tasvir elementi|"Tasvirning eng kichik detali, uning ichida yorqinlik va rang yot hisoblanadi, ya’ni element ichida yorqinlik va rangning bir tekis emasligini ko‘z bilan ajratib bo‘lmaydi. " Tasvir-tovush kesishuvchi buzilishi|"Tovush jo‘rligidagi signalning tasvir radiosignali yoki televizion videosignal keltirib chiqaradigan buzilishi. " Tasodifiy parollar generatori|"Parollar sifatida foydalaniladigan tasodifiy sonlar generatorini o‘zida ifodalaydigan dasturiy-apparat vosita. " Tasodifiy son|"1. Psevdotasodifiy sonlar generatori yordamida shakllanadigan va autentifikatsiya qilishda, shifrlashda, yaxlitlikni tekshirishda foydalaniladigan kod. 2. Sonlarning ma’lum to‘plamidagi har bir son bir xil ehtimollik bilan tanlab olinishi mumkin bo‘lgan, ushbu sonlar to‘plamidan tanlab olingan son. " Tasodifiy sonlar generatori|"1. Tasodifiy sonlar ishlab chiqadigan qurilma yoki dastur. Haqiqatda tasodifiy sonlarni olish juda qiyin, amalda natijada doim psevdotasodifiy sonlar paydo bo‘ladi. 2. Berilgan ehtimoliy va algebraik xarakteristikalar bilan tasodifiy vektorlar (qiymatlar, sonlar)ni hosil qilish (ishlab chiqish) algoritmi. " Tasodifiy tahdidlar|"Qasddan qilingan niyat bilan bog‘liq bo‘lmagan tahdidlar. Masalan, tizim ishlashining buzilishi, qo‘pol ekspluatatsion xatolar va dasturiy ta’minotdagi xatolar. " Tasodifiy xato|"Tasodifiy tarzda olingan qiymat bilan biror bir formula yoki qoida asosida hisoblangan qiymat orasidagi farq. " Tasvir|"Grafik ma’lumotlarni chiqarish qurilmalari (printer, displey, proyektor va b.q) orqali taqdim etish. " Tasvir buferi|"Tasvirning bir kadri (ikkita yarim kadri) to‘g‘risidagi axborotni saqlay oladigan qurilma. Bu kompyuter xotirasidagi, tasvirni qayta ishlash paytida tasvir joylashgan zonadir. " Tasvir buzilishlari|"Ekranda ko‘rinuvchi tasvirning texnologiyaning nomukammalligi, geomagnit, elektr va boshqa maydonlarning ta’siri oqibatida yuzaga keladigan geometrik, chiziqli bo‘lmagan va koordinata buzilishlari farqlanadi. Natijaviy signal shaklining boshlang‘ich signaldan, sanab o‘tilgan omillar tufayli og‘ishi buzilishlar paydo bo‘lishiga olib keladi. " Tasvir chetlaridagi yorug‘lik|"Tasvirning chetlarida paydo bo‘ladigan beixtiyoriy qo‘shimcha nurlanish. " Tasvir eltuvchisi|"Videosignal orqali modulyatsiyalangan eltuvchi. " Tasvir fayli|"Grafik axborotni mavjud formatlardan birida o‘z ichiga olgan fayl. " Tasvir formati|"Tasvir tomonlarining nisbatini ko‘rsatadi. U standart televideniye uchun 4:3, keng ekranli televideniye uchun 16:9 ni tashkil etadi. Katta kinoteatrlarda, shuningdek, 21:9 nisbatdagi keng formatli varianti ham mavjud. " Tasvir o‘lchamlarini avtomatik o‘rnatish|"Turli videorejimlarda, tasvirning doimiy o‘lchamini saqlash monitor orqali qo‘llab-quvvatlanganda, tasvir o‘lchamlarini avtomatik tarzda aniq o‘rnatish. Tasvir o‘lchamlarini avtomatik tarzda o‘rnatish rejimi oldindan dasturlanishi yoki foydalanuvchi tomonidan belgilanishi mumkin. " Tasvir radiosignali|"1. To‘liq videosignal yoki to‘liq rangli videosignal bilan modulyatsiyalangan tasvir eltuvchi signal. 2. To‘liq videosignal tasvirining eltuvchisini modulyatsiyalashdan olinadigan radiochastota signali. " Tasvir radiouzatgichi|"Televizion dasturning vizual mazmunini tashuvchi radiochastota signallarini hosil qilishda foydalaniladigan televizion radioeshittirish uzatgichining qismi. " Tasvir shaklining koeffitsiyenti (kadr formati)|"Tasvir (kadr) enining uning balandligiga nisbati. " Tasvir signali liniyaviy kuchaytirgichining chiqishi|"Tasvir signali liniyaviy kuchaytirgichining chiqish qisqichlari radioreleli uzatgich, tasvir uzatgich yoki tarmoqni ta’minlovchi studiya uskunasi va liniyaning ulanish joyi hisoblanadi. " Tasvir signalining qutbliligi|"Signalning sahna (manzara) ning qorong‘i uchastkasini ifodalaydigan qismi potensialining, signalning yorug‘ maydonini ifodalaydigan qismi potensialiga nisbatan belgisi. Qutblilik «musbat qora» yoki «manfiy qora» so‘zlari orqali belgilanadi. " Tasvir signallari|"Televideniye va fototelegrafiyada tasvirning yoyilishidan olinadigan kuchlanish (yoki tok). Tasvir signallari satr bo‘ylab tasvir elementlarining yorqinligi (rangliligi) to‘g‘risidagi axborotni tashiydi. " Tasvir uzatgich|"Faqat tasvir signallarini uzatish uchun mo‘ljallangan radiouskuna. Standart chiqish signalini olish uchun talab etiladigan radiochastotaviy zanjirlar va modulyatsion uskuna. " Tasvir uzatgich quvvati|"Standart televizion signalni uzatish paytidagi cho‘qqi chiquvchi quvvat. " (Tasvir) sinxronizatsiya(si) dagi uzilish|"Barcha tasvirning maydon yoki satr sinxronizatsiyasi buzilishi tufayli uzlukli yoki doimiy yo‘qolishi. Izoh ‒ Taalluqli atama «sinxronizatsiyani yo‘qotish». " Tasvirda soxta konturlarning paydo bo‘lishi|"Nomaqbul effekt signalni qayta ishlash jarayonida, signal darajalarini kvantlash yetarlicha bo‘lmagan raqamli tizimlarda kuzatiladi, ya’ni, bu – yorqinlik yoki ranglilik kvantlash shkalasining dag‘allashish effektidir. " Tasvirdan so‘ng|"Tasvir almashinuvida kuzatiladigan, oldingi tasvirning ijobiy yoki salbiy qoldig‘i yangi tasvirga tushadigan, effekt. " Tasvirlarni aniqlash|"Funksional blok yordamida tasvirni, uni tashkil etadigan obyektlarni, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini va fazoviy o‘zaro munosabatlarini idrok etish va tahlil qilish. " Tasvirlarni masshtablash|"Tasvir o‘lchamini proporsiyalarni saqlagan holda o‘zgartirish. Masshtablash deganda tasvir o‘lchamini kattalashtirish ham, kichraytirish ham tushuniladi. Grafika turiga qarab (rastrli, vektorli), masshtablash turli algoritmlar asosida bajariladi. Vektorli grafikada masshtablash tasvir sifatining yomonlashishiga olib kelmaydi, rastrli grafikada esa tasvir sifati yomonlashadi. " Tasvirlarni mikshirlash|"Ikkita kameradan chiquvchi signallarni ustma-ust tushirish yo‘li bilan va signallar yig‘indisini oq rang sathidan oshirmasdan, ular qiymatini ohista rostlash tasvirni asta-sekin almashtirish. " Tasvirlarni qayta ishlash|"Vizual axborotni qayta ishlash bilan bog‘liq jarayon (masshtabni o‘zgartirish, konturlarni ajratish, tasvirning ko‘rinadigan va ko‘rinmas qismlarini aniqlash va sh.k.lar). " (Tasvirni) diskret-kosinus o‘zgartirish, DKO‘|"Raqamli tasvirning sanoqlar blokidagi ortiqchalikni identifikatsiya qilish uchun koeffitsiyentlar to‘plamini shakllantirishni ta’minlovchi tasvirni spektral o‘zgartirish. " (Tasvirni kodlashdagi) taxminlash|"Kadrning fazo va vaqt bo‘yicha qo‘shni elementlarini taqdim etuvchi signal qiymatlaridan kelib chiqib, kadr elementini ifodalaydigan signal qiymatini baholash jarayoni. " Tasvirni markazlashtirish|"Tasvirni gorizontal va vertikal yo‘nalishlarda ekranda to‘g‘ri joylashtirish maqsadida siljitish. " Tasvirni qayta tiklash|"Videoaxborot tashuvchi elektr signallarni tasvirni kuzatish uchun qulay bo‘lgan, ko‘rinadigan tasvirga aylantirish. " (Tasvirni) siqish; (tasvirni) kengaytirish|"Tasvirni gorizontal yoki vertikal yo‘nalishda cho‘zish yoki siqish yo‘li bilan ataylab buzish. " Tasvirni yoyish|"Tasvirni tahlil yoki sintez qilishda yoyuvchi elementning berilgan davriy qonun bo‘yicha siljishi. " Tasvirning bitligi|"Qar.: Rang teranligi. " Tasvirning gorizontal bo‘yicha aniqligi|"Guruh aniqligi shtrixli o‘lcham bilan baholanadigan mayda oq-qora detallarni qayta tiklash sifati. " Tasvirning granulyar shovqini|"Signal shaklining past-balandligi bilan bog‘liq shovqin. " Tasvirning nochiziqli buzilishlari|"Yoyish tezligi doimiy bo‘lmasligi keltirib chiqaradigan, uzatish obyekti normalangan o‘lchamining uni satrlar bo‘ylab yoki satrlarga ko‘ndalang ravishda ko‘chirish vaqtidagi o‘zgarishida ko‘rinadigan koordinata buzilishlari. " Tasvirning televizion tahlili|"Obyekt tasvirining rangi yoki yorqinligini vaqtda hamda fazoda elektr signallarga izchil o‘zgartirish jarayoni. " Tasvirning vertikal bo‘yicha aniqligi|"Satr oralatib yoyish sifatini sinov elementlaridagi qiya oq liniyalarning tiklanishini baholash orqali bilvosita baholash. " Tasvirning vertikal bo‘yicha nominal aniqligi|"Rastrning diskret tuzilmasi va Z ga teng bo‘lgan tasvir ajralish satrlari soni orqali aniqlanadigan kattalik. " Tasvirning yagona formati|"Amerika va Yevropa standartlari uchun yuqori aniqlikdagi televideniye signallari parametrlarining ba’zi umumiy qiymatlarini belgilaydigan XEI-R BT.709 Tavsiyalarida qabul qilingan format. " Tavsiflash sxemasi|"MPEG-7 da kontentni, deskriptor va tavsiflash sxemalari o‘rtasidagi bog‘lanishlar tuzilmasi hamda semantikasini belgilaydigan tavsiflash vositasi. " Taxallus|"1. Ismlar fazosining muqobil nomi, ya’ni tez-tez takrorlashda foydalanish qulay bo‘lgan qisqartma ism. Taxallus mavjud ism bilan mos tushmasligi kerak. Ismlarning mos tushishi aniqlanganda, kompilyator taxallusni boshqasiga almashtirishni taklif qiladi. 2. Kimgadir yoki nimagadir havola qilish uchun foydalaniladigan ism, jumladan, foydalanuvchi tizimga ma’lum bo‘lgan ismlar va elektron manzillar majmui. " Taxminiy ishonch darajasi|"Berilgan ishonch shkalasida ma’lum joyni band etib va ishonch paketini tashkil etadigan, xavfsizlikning ishonch talablari majmui. " Taxminlangan qiymat|"Taxminlash yordamida olingan signal qiymati. " Taxminlash|"Signalning joriy sanoq qiymatini bitta yoki bir nechta undan oldin keladigan sanoq asosida baholash. " Taxminlash bilan adaptiv kodlash vektori|"Axborot uzatishning eng past guruhiy tezliklarida foydalanish uchun dastlab kiritilgan nutq signalini kodlash uchun ishlab chiqilgan algoritm. " Taxminlash bilan kodlash|"Taxminlashdan foydalanib manbani kodlash usuli. " Tayanch bevosita foydalana olish usuli|"Yozuv fayl ichidagi yozuv raqami bilan yoki qurilmadagi fizik manzil bilan identifikatsiya qilinadigan quyi sath foydalana olish usuli. " Tayanch dizayn|"Tizimni ishlab chiqishda barcha mafaatdor tomonlar bilan kelishilgan, tizim dizayni. " Tayanch etalon model|"Ochiq tizimlar o‘zaro bog‘liqligining umumiy prinsiplarini ifodalaydigan va OSI standartlarini ishlab chiqish uchun asos bo‘lib hisoblangan model. " Tayanch foydalana olish usuli|"Dastlabki shaxsiy kompyuterlarda foydalanilgan yuqori daraja protsedura tili. " Tayanch ketma-ket foydalana olish usuli|"Fizik fayl yozuvlarini ketma-ket qayta ishlash imkonini beradigan quyi darajali foydalana olish usuli. Tayanch kiritish/chiqarish tizimi parametrlarining bloki rus. - блок параметров базовой системы ввода/вывода ing. - basik input/output system parameter block Tizim diskining yuklash sektoridagi, bu diskning tuzilmasini tavsiflaydigan jadval. " Tayanch kiritish-chiqarish manzili|"Kiritiladigan-chiqariladigan ma’lumotlarning boshlang‘ich manzili. " Tayanch kiritish-chiqarish tizimi|"Shaxsiy kompyuterlarda ishga tushirish vaqtida qurilmalarni tekshirish, operatsion tizimni yuklash hamda qurilmalar o‘rtasidagi ma’lumot almashinuvini ta’minlash uchun kerak bo‘lgan asosiy dasturiy ta’minot. Tayanch kiritish-chiqarish tizimi doimiy xotira qurilmasida bo‘lgan dasturni o‘zida aks ettiradi. " Tayanch kompyuter|"Axborot tizimida ko‘p sonli chekka-tashqi (chegara) qurilmlari (diskli to‘plovchi, printerlar va boshqalar) bilan ulanadigan katta quvvatli kompyuter. Undan korporativ pog‘onada ko‘p masalali muhitda foydalaniladi. Tayanch kompyuter yuqori tezlik bilan ishlaydi, nisbatan katta tezkor xotiraga ega va yechilayotgan masalalarning keng doirasini qamrab oladi. Tayanch kompyuter kommunikatsiya tarmog‘i orqali o‘zining resurslarini ko‘p sonli foydalanuvchilarga taqdim qiladi va maʼlumolarni qayta ishlashda asosiy oqimlarni o‘z zimmasiga oladi. " Tayanch liniya funksiyalarini hisoblash|"Muayyan vaqt onida funksionallik sifatida olingan, ilova funksiyalari nuqtalarining soni. " Tayanch manzil|"1. Hisoblash mashinasining absolyut manzilini hisoblash uchun boshlang‘ich kattalik sifatida foydalaniladigan manzil. 2. Periferik qurilmalardan foydalanish amalga oshiriladigan portlarning qo‘shni manzillari guruhidan eng kichigi. " Tayanch muhofaza choralari|"Bitta tizim yoki butun tashkilot uchun o‘rnatilgan xavfsizlik choralarining minimal to‘plami. " Tayanch nuqta|"Dasturiy ta’minotni rejalashtirishning, loyiha hayotiy siklining asosiy o‘tishi yuz beradigan bosqichi. " Tayanch oq rang|"Asosiy ranglarni matritsalashda olinadigan, ushbu o‘rab turuvchi yoritishda oqning taassurotini beradigan muayyan rang omili. Izoh ‒ Rangli televideniyeda tayanch oq rang uskunani sozlashda ishlatiladi. " Tayanch platforma|"Instrumental dasturlar tizimiga ega bo‘lgan, ishlab chiqilgan dasturlardan foydalanish va qo‘llab-quvvatlash imkoniyatini ta’minlaydigan bazaviy kompyuter. " Tayanch qiymatini tanlash|"Kirish parametrining, tayanch tanlovni testlashda foydalaniladigan, parametr uchun tipik bo‘lgan qiymat asosida tanlanadigan qiymat. " Tayanch radiostansiya|"Mobil stansiyalar o‘rtasida aloqani tashkil etish uchun bitta yoki bir nechta retranslyatori bo‘lgan qabul qiluvchi-uzatuvchi stansiya. " (Tayanch) rang chaqnashi|"Ranglilik signali quyi eltuvchisi chastotasiga ega sinusoidal to‘lqinning bir nechta davridan iborat bo‘lgan to‘liq rangli signalning bir qismi, u ranglilik signalini demodulyatsiyalashda etalon vazifasini bajaradi. " Tayanch registr|"Tayanch manzilni va unga nisbatan manzillashni saqlash uchun foydalaniladigan registr. " Tayanch retranslyator|"O‘ziga biriktirilgan abonentlar guruhi foydalana oladigan retranslyator. Izoh − Uning yordamida abonentlar ayni paytda band bo‘lmagan retranslyatorlar mavjudligi to‘g‘risida bilib oladilar, agar tayanch retranslyator band bo‘lsa, abonentga boshqa, ayni vaqtda bo‘sh bo‘lgan retranslyator taqdim etiladi. " Tayanch sahifa|"Elektron hisoblash mashinalarining ba’zi arxitekturalarida – tezkor xotiraning birinchi sahifasi. " Tayanch signallar generatori|"Tizim ayrim elementlarining ishini sinxronlash uchun foydalaniladigan qurilma. Ishlab chiqariladigan impulslar doimiy takrorlanish chastotasiga, davomiylik va amplitudaga ega bo‘ladi, ularning vaqt bo‘yicha holati esa, yuqori aniqlikdagi vaqt shkalasiga bog‘langan. " Tayanch sinovlar|"Normal ish rejimi sifatida qarash taxmin qilinadigan rejimda ishlaganda, tarmoqning samaradorligi bilan bog‘liq xarakteristikalarini aniqlash va hujjatlashtirish jarayoni. Bu xarakteristikalar o‘z ichiga xatolarning paydo bo‘lish chastotasi va ma’lumotlar uzatish tezligi, shuningdek, eng faol foydalanuvchilar va ular tomonidan ishlatiladigan ilovalar to‘g‘risidagi ma’lumotni olishi mumkin. " Tayanch stansiya|"1. Quruqlikdagi ko‘chma xizmatning quruqlikdagi stansiyasi. 2. Cheklangan geografik zonada mobil abonentlar bilan aloqa o‘rnatish uchun foydalaniladigan bir kanalli yoki ko‘p kanalli statsionar qabul qiluvchi-uzatuvchi stansiya. «Tayanch stansiya» atamasi tranking aloqa tizimini qoplash zonasiga, uyaga, uya ichidagi sektorga yoki uyalar guruhiga tegishli bo‘lishi mumkin. " Tayanch stansiya kontrolleri|"Uyali yoki tranking aloqa tarmog‘ining, u bir nechta qabul qiluvchi-uzatuvchi tayanch stansiya ishini boshqaradigan elementi. " Tayanch stansiya uskunasi|"Mobil stansiyalar va mobil aloqa kommutatsiya markazi kommutatsiya markazi o‘rtasida interfeysni ta’minlovchi va o‘z tarkibiga tayanch stansiya kontrollyori, bir nechta qabul qiluvchi-uzatuvchi tayanch stansiyani va radioresurslarni boshqarish qurilmasini oluvchi uskuna. " Tayanch tarmoq|"Global tarmoqning tarmoq segmentlarini yagona tizimga birlashtiruvchi yuqori tezlikdagi liniya yoki bir nechta liniyalar (10 Base5, optik-tola), Atama kommunikatsiya tarmog‘ini, foydalana olish qurilmalari o‘rtasida o‘tkazuvchi tarmoq trafigini ta’riflashda ishlatiladi. Magistralning o‘tkazish qobiliyati odatda sekundiga yuz va ming megabitdan oshadi. " Tayanch tur|"Obyektga (o‘zgaruvchiga, yozuv maydoni funksiyasiga, konstantaga, massivga va sh.k.larga) ochiq yoki ochiq bo‘lmagan holda beriladigan tavsif. " Tayanch to‘plam|"Multiko‘plikni yaratish uchun foydalaniladigan obyektlar to‘plami. " Tayanch yacheyka|"Elektron jadvallarda ‒ yacheykalar diapazonining boshlanishi sifatida chiqadigan qayd etilgan yacheyka. " Tayanch yer stansiyasi|"Quruqlikdagi ko‘chma yo‘ldoshli xizmatga fiderli liniyani ta’minlash uchun, quruqlikdagi ma’lum zona chegarasida yoki ma’lum punktda joylashgan muqim yo‘ldoshli xizmatning yoki ba’zi hollarda, quruqlikdagi ko‘chma yo‘ldoshli xizmatning Yer stansiyasi. " Tayanch chastota generatori|"Ishchi chastotalar to‘rini tuzishda asos sifatida foydalaniladigan tayanch tebranishlar hosil qiluvchi generator. Izoh − Amaliyotda, etalon chastotalar generatorlarining seziyli, rubidiyli va kvarsli turidan foydalaniladi. " Tayinlangan abonent chaqiruvini tutib qolish|"Abonentga, boshqa abonentning kiruvchi chaqiruviga, tegishli prefiks va chaqiriluvchi abonent raqamini terish yordamida, javob berish imkonini beradigan xizmat. " Tayinlangan manzil|"Maʼlumotlarni oluvchi qurilmaning tarmoq manzili. 2. Ma’lumotlar nusхa ko‘chiriladigan, yuboriladigan yoki suriladigan yozuv, fayl, katalog yoki qurilma. " Tayinlash, o‘zlashtirish|"Ayrim o‘zgaruvchiga yangi, tashqi qiymatni berish yoki taqqoslash. Dasturlashda bu maxsus operator yordamida bajariladi. " Taym-aut|"Aniq bir faoliyatning ma’lum bajarilish vaqtini tavsiflovchi tushuncha. Masalan, veb-texnologiyalarda sessiyaning yashash vaqti tushunchasini beradi. " Taym-kod|"Videotasvir kadrlarini aniq markalashning elektron usuli. Har bir kadrga soat, minut, sekund va kadrlarda ifodalangan raqam beriladi. " Taym-slot|"Istalgan vaqt bo‘yicha interval siklik va noyob tarzda aniqlangan va belgilangan bo‘lishi mumkin. Izoh – Vaqt bo‘yicha ajratish bilan multipleks uzatish hollarida har bir alohida signalga alohida taym-slot tayinlanadi. " Taymer|"Videoapparat yoki boshqa radioelektron apparatni vaqtinchalik dasturlash qurilmasi. Apparatni berilgan vaqtda avtomatik yoqish, uning ma’lum bir funksiyalari (yozish, qayta eshittirish va sh.k.lar)ni boshqarish va berilgan vaqt oralig‘idan keyin apparatni o‘chirish uchun mo‘ljallangan. " Taymer bo‘yicha uzilishlar|"Qurilmalar va operatsion tizimning boshqa zarur muntazam harakatlarining so‘rovi uchun mo‘ljallangan vaqtning ma’lum kvanti orqali vaqti-vaqti bilan uzilishlari. " Tayyor jarayonlarning navbati|"Asosiy xotirada mavjud bo‘lgan va bajarish uchun tayyor bo‘lgan barcha jarayonlarning to‘plamini o‘z ichiga oladigan navbat. " Tayyorlik|"Tizim, mahsulot yoki komponentning ishlay olish qobiliyati va foydalana olishlilik darajasi. " Tayyorlik darajasi yuqori tizim|"Ishlamay qolishlarga chidamli kompyuter tizimi. Unda ishlamay qolish yuz bergan holda, bir necha minut ichida ishlash qobiliyatining avtomatik tarzda tiklanishi va maʼlumotlar bazasi yaxlitligining saqlanishi kafolatlanadi. " Tashimoq va tashlamoq|"«Sichqoncha» yordamida amalga oshiriladigan operatsiya. Biron-bir obyektni «sichqoncha» bilan ushlab, uning chap tugmasini qo‘yib yubormagan holda amalga oshiriladi. Odatda fayllardan nusxa ko‘chirishda yoki ochilgan dasturning ichidagi faylni ochishda qo‘llaniladi. " Tashish (uzatish)|"Turli punktlar o‘rtasida axborot uzatishning funksional jarayoni. " Tashkiliy-farmoyish hujjati|"Ma’muriy va tashkiliy masalalarni, shuningdek, hukumat organlari, muassasalar, korxonalar, tashkilotlar, ularning bo‘linmalari va mansabdor shaxslarining faoliyatini boshqarish, o‘zaro hamkorlik qilish, ta’minlash va tartibga solish masalalarini hal qilish vazifalari qayd etiladigan hujjat turi. " Tashkiliy-huquqiy shakl|"Mamlakat qonunlari va boshqa huquqiy normalari bilan ko‘zda tutilgan, korxona, kompaniya, korporatsiyalar tuzilmasi barpo etilishining turi va usuli. Izoh – Tashkiliy-huquqiy tuzilma mulkchilik shakliga, egalarining javobgarlik darajasiga, korxona ko‘lamiga, kapitalini shakllantirish yo‘llariga, kompaniya tarkibiy qismlarining birlashish va teng huquq asosida bo‘ysunish xususiyatiga bog‘liq. " Tashkiliy rahbarlik|"Tashkilot o‘zining operatsion va strategik harakatlarini yo‘naltirishiga, nazorat qilishiga, shuningdek, qatnashchilarning qonuniy huquqlariga, talablari va kutishlariga munosabatini bildiradigan jarayon. Tashkiliy rahbarlik lavozim vazifalarini, xulq-atvor qoidalarini belgilaydi. Shuningdek, tashkilotlar tomonidan qo‘yilgan strategik maqsadlarga erishish uchun qo‘llaniladigan hujjatlarni ishlab chiqadi. " Tashkilotning xavfsizlik siyosati|"Tashkilotdagi xavfsizlik bo‘yicha qoidalar, protseduralar yoki tavsiyalar majmui. Izoh – Siyosat muayyan ishlash muhitiga taalluqli bo‘ladi. " Tashlab yuborilgan paket|"Qabul qilish tomonda axborotning ishonchlilik ko‘rsatgichi past bo‘lganda yoki yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan darajada uzoq kechikkanda tashlab yuboriladigan paket. Bunday vaziyat tarmoq o‘ta yuklanish ostida bo‘lganda, paketni adresatga yetkazib berish vaqti aloqa protokoli bilan belgilanadigan chegaradan oshganda vujudga keladi. " Tashlash|"Registr yoki hisoblagichni boshlang‘ich holatga o‘rnatish; boshlang‘ich holatga qaytish. Tizimning joriy holatdan, boshlang‘ich, nol bo‘lmagan holatga o‘tishi. " Tashqariga uzatiladigan ma’lumotlar protokoli|"Geterogen tarkibli muhitlar uchun taqsimlangan dasturlarni ishlab chiqishni osonlashtiradigan protokol bo‘lib, platformalarning apparat xususiyatlarini hisobga olishni o‘z zimmasiga oladi. " Tashqi antenna|"Ochiq havoda ekspluatatsiya qilish shartlarini qanoatlantiruvchi antenna. " Tashqi belgi|"Dasturning boshqa protsedurasida (modulida) aniqlangan belgi. " Tashqi blok|"Uskunaning foydalanuvchi binosidan tashqariga o‘rnatiladigan va atrof-muhit haroratida ekspluatatsiya qilinadigan qismi. Masalan – VSAT stansiyalarida tashqi blok kam shovqinli kuchaytirgich va qabulqilgich-uzatgichdan iborat bo‘ladi. Antenna-fider traktidagi yo‘qotishlarni kamaytirish maqsadida kam shovqinli kuchaytirgich bevosita nurlagichga o‘rnatiladi, qabulqilgich-uzatgich esa, antenna konstruksiyasining elementlariga joylashtiriladi. " Tashqi bostirib kirish usullari|"Tashqi muhitda ta’sir manbaini topish o‘ziga xos xususiyati hisoblanadigan, qo‘yilgan maqsadlarga erishish usullari majmui. Izoh – Tashqi bostirib kirishlarda quyidagi usullardan foydalanilishi mumkin: liniyaga (aktiv yoki passiv) ulanish; nurlanishni tutib olish; tizim vakolatli foydalanuvchisi yoki uning komponentlari ostida niqoblanish; autentifikatsiya yoki kira olishni boshqarish mexanizmlarini chetlab o‘tish. " Tashqi fotoeffekt|"Elektronlarning nurlanish ta’sirida vakuumda yoki boshqa muhitda qattiq jismlar (metallar, yarimo‘tkazgichlar, dielektriklar) dan uchib chiqishi. " Tashqi fragmentatsiya|"Tizimda katta bo‘sh xotira mavjud bo‘lgan, lekin u uzluksiz deb hisoblanmagan holat. " Tashqi giperishorat|"Aktiv veb-sayt qismi bo‘lmagan sahifa yoki faylga ko‘rsatuvchi giperishorat. " Tashqi havola|"Dasturdan boshqa bir dasturiy modulda bo‘lgan identifikatorga qilinadigan havola. Tashqi havolalar mexanizmidan modullarni alohida kompilyatsiyalashda foydalaniladi. " Tashqi himoya|"Armaturalangan simdan yoki metall tasmadan tayyorlangan, kabel qobig‘ini qoplovchi materialning tashqi qatlami. Tashqi himoya rodentlar (kemiruvchilar), ko‘chadigan toshlar kabi tashqi ta’sirlardan qo‘shimcha mexanik himoyalash talab qilingan hollarda qo‘llaniladi. " Tashqi (ikkilamchi) xotira|"Katta hajmdagi barqaror (saqlanadigan) xotiraning funksionalligini ta’minlovchi asosiy xotirani kengaytirish. " Tashqi kalit|"Relyatsion maʼlumotlar bazasi nazariyasining tushunchasi. Boshqa jadvalning birlamchi kalitni saqlashga mo‘ljallangan jadvalning maydoni. Ushbu tashqi kalit ikkita jadval o‘rtasida aloqani o‘rnatish uchun kiritiladi. " Tashqi koder (dekoder)|"Kaskadli kodlashda kanalga nisbatan tashqi koder (dekoder). " Tashqi krossover uchun kirish|"Faqat tashqi quyi chastotalar filtri bilan sozlangan past amplitudali signalga yoki maxsus past chastotali kanalni kommutatsiyalash uchun mo‘ljallangan kirish. " Tashqi ko‘rinish (bezash) va mavzular|"MS Windows operatsion tizimi boshqaruv panelining qismi bo‘lib, foydalanuvchi interfeysi ranglari va grafikasini uning xohishiga ko‘ra moslash imkonini beradi. " Tashqi magistral|"Kampus kichik tizimining bir qismi hisoblanadigan, bir binoni boshqasi bilan bog‘lovchi magistral telekommunikatsiya kabeli (kabellari). " Tashqi marshrutlash protokoli|"Internet yadrosidagi ikki darajali tarmoq shlyuzlaridan foydalaniladigan marshrutlash protokoli. " Tashqi qurilma|"Kompyuterning markaziy protsessori bilan bevosita ishlamaydigan qurilma. " Tashqi qurilmalar shinasi|"33 MGz chastotada ishlash uchun mo‘ljallangan 32 razryadli tizim shinasi. " Tashqi raqamli klaviatura|"Shaxsiy kompyuter standart klaviaturasi o‘ng qismidagi klavishlar bloki. Num Lock klavishi ishga tushirilganda sonli ma’lumotlarni tez kiritish uchun mo‘ljallangan. " Tashqi saralash|"Tashqi xotira qurilmalarining xotirasidan foydalanib bajariladigan saralash. " Tashqi taqdim etish shakli|"Elektron hujjatni displey ekranida, qog‘oz eltuvchida yoki boshqa shunga o‘xshash eltuvchida vizual anglash uchun tushunarli yoki inson idrok etishi uchun yaroqli shaklda qayta tiklash. " Tashqi uskuna|"1. Muayyan markaziy protsessorga nisbatan protsessor va foydalanuvchi o‘rtasida maʼlumotlar uzatilishini taʼminlaydigan har qanday qurilma. 2.Kompyuter tashqi qurilmalari kompleksi. " Tashqi uzilish|"Mikroprotsessorga nisbatan tashqi bo‘lgan qurilma yoki kontroller keltirib chiqaradigan apparat uzilish. " Tashqi xalaqit (hisoblash texnikasi vositasiga)|"Tashqi zanjirlarda va/yoki atrof-muhitda har qanday tashqi manba vujudga keltiradigan, hisoblash texnikasi vositasiga bo‘ladigan elektromagnit xalaqit. " Tashqi xotira|"Ma’lumotlarni saqlaydigan tashqi qurilma. " Tashqi xotira qurilmasi|"Kompyuter tizim blokidan tashqarida joylashgan qurilma. Protsessor faqat kiritish-chiqarish kanallari orqali foydalanishi mumkin bo‘lgan xotira. " Tashqi yo‘qotishlar|"Tolali ulanishlardagi, tola sifatiga bog‘liq bo‘lmagan, balki konnektor yoki mufta yordamida bajarilgan sifatsiz ulanish keltirib chiqaradigan yo‘qotishlarning bir qismi. " Tashrif buyuruvchi|"Tarmoqning muayyan resurslaridan foydalanuvchi shaxs. Baʼzi server (yoki sayt) egalari sahifalarda tashrif buyuruvchilar soni hisoblagichini joylashtiradi. " Tashrif buyurish|"Foydalanuvchining veb-sahifaga murojaat qilishi. Murojaatlar soni, reklamani joylashtirishda hisobga olinadigan sahifa ommabopligining (qancha odam kirayotganligining) ko‘rsatgichi bo‘lib xizmat qiladi. " Tashrif buyuruvchilar soni|"Muayyan vaqt birligi davomida (kun, oy va h.k.) veb-saytga (yoki uning maʼlum sahifasiga) tashrif buyurganlar soni. " Tashrif buyuruvchilar sonini ko‘paytirish|"Maxsus yaratiladigan (bir nechta) sayt, mazmunan hech qanday axborotga ega bo‘lmay asosan uchinchi saytga bo‘ladigan tashriflarni (ishoratlar indeksini) sunʼiy ravishda ko‘paytirishga yo‘naltirilgan. Qo‘lda yoki maxsus yaratiladigan dasturiy taʼminot vositasida avtomatik tarzda amalga oshiriladi. " Tashuvchi|"Ma’lumotlarni turli shaklda saqlaydigan yoki ularni o‘zi orqali uzatishga imkon beradigan axborot uzatish vositalari. Masalan: qattiq disklar, egiluvchan disklar, magnit tasmalar, kompakt disklar. " Ta’minlangan Internet dasturlari|"An’anaviy Desktop-dasturlarning o‘ziga xosligi va funksionalligini o‘zida namoyon qiluvchi veb-sahifa, dastur. RIA foydalanuvchi interfeysiga kerakli bo‘lgan jarayonlarni Web-Clientga o‘tkazishga asoslanadi, shu bilan birga barcha ma’lumotlar (ma’lumotlar oqimi)ni server dasturlari ko‘magida saqlaydi. " Taʼminlovchi kichik tizimlar|"Avtomatlashtirilgan boshqarish tizimining, asosiy funksional nimtizimlari moʻtadil faoliyatini taʼminlab beruvchi nimtizimlar guruhi. Ularga tashkiliy, iqtisodiy, matematik, axborot, texnik, huquqiy va boshqa taʼminotlar kiradi. " Ta’minot|"Faoliyatning qandaydir turlarini amalga oshirish uchun xizmat qiladigan usullar, vositalar to‘plami. Tizimning texnik ta’minoti – bu, tizimga kiradigan texnik vositalar to‘plamidir. Dasturiy ta’minot – dasturlar va ularni qo‘llash yuzasidan yo‘l-yo‘riqlar yig‘indisi. Tizim dasturiy ta’minoti – operatsion tizim va ma’lumotlar muhofaza qilinishini, ularni arxivlash va dearxivlashni amalga oshiradigan yordamchi dasturlar to‘plami, har xil testlar, ma’lumotlarni tiklash dasturlaridir. " Ta’minot shinasi|"Qurilmalarni kuchlanish manbaiga ulash uchun xizmat qiladigan ta’minot liniyasi. " Ta’mirga yaroqlilik|"1. Televizor (element) ning sozligini tiklashga bo‘lgan moslashuvchanligida, berilgan texnik resursni nosozliklar va ishlamay qolishlarning oldini olish, aniqlash hamda bartaraf etish orqali saqlab turishida ifodalanadigan xususiyati. 2. Tuzatib bo‘lmaydigan buyum (element) ning ta’mir yaroqliligi deganda, uning texnik holatini tekshirishga hamda qulay tarzda almashtirishga bo‘lgan moslashuvchanligi tushuniladi. " Ta’rif|"Biror atama yoki tushuncha to‘g‘risidagi kengaytirilgan axborot. " Ta’sir etish|"Tizim ishini buzishga urinish bilan, masalan, xalaqitlarni generatsiyalash yoki signalning «nozik tuzilmasini konfidensial axborot olish maqsadida tahlil qilish yo‘li bilan bog‘liq har qanday yomon niyatdagi harakat. " Ta’sir etuvchi tashqi omil|"Muhofaza qilinadigan axborotning buzib ko‘rsatilishiga, yo‘q qilinishiga yoki blokirovkalanishiga olib keluvchi, axborotga yoki uni tashuvchiga ko‘rsatiladigan tashqi ta’sir. " Ta’sirchan (kritik) axborot|"Ochilishi, o‘zgartirilishi, yo‘q qilinishi yoki yashirilishi kimgadir yohud nimagadir sezilarli ziyon yetkazishi mumkin bo‘lganligi uchun, vakolatlangan organ tomonidan muhofaza qilinishi zarur deb belgilangan axborot. " Ta’sirchanlik, kritiklik|"1. Axborotning, uning egasi tomonidan belgilanadigan va axborot muhofaza qilinishi zarurligini ko‘rsatadigan muhimlik darajasi. 2. Tarmoq resursining xarakteristikasi bo‘lib, uning muhimlik darajasini belgilaydi. Tarmoqning zaif tomonlarini ham ichiga olishi mumkin. " Ta’sirchansizlik (elektromagnit)|"Texnik vositaning elektromagnit xalaqit ta’siriga qarshi tura olish qobiliyati. " Teg|"HTML tilida ‒ hujjatning bo‘linishini, matnni formatlash usulini yoki boshqa operatsiyalarni belgilovchi maxsus simvol. «<» belgisi bilan boshlanib, «>» belgisi bilan yakunlanadi. Odatda HTML da teglardan juft holda foydalaniladi. Yopadigan teg ochadigan tegdan, chap burchakdagi qavsdan keyin keladigan qiya chiziq bo‘lishi bilan farq qiladi. " Tegishli o‘ramdagi bosma nashr|"O‘lchamlari, og‘irligi va o‘rash tartibi Pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish qoidalarida belgilangan, manzil tizimi bo‘yicha ekspeditsiya qilinadigan bosma nashrlar (gazetalar, jurnallar) joylangan pochta jo‘natmasining turi. " Tekis qoplamali uya|"Signalning yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan past darajali uchastkalari yoki soyali joylari yo‘q bo‘lgan uya. " Tekis tinishlar|"Qabul qilinadigan signalning barcha chastotaviy tashkil etuvchilari amplitudasi va boshlang‘ich faza siljishi taxminan bir xil (tasodifiy) o‘zgaradigan, ular o‘rtasidagi kechikish bo‘yicha farq esa 1/F dan kichik bo‘lgan tinishlar, bunda F – uzatiladigan signalning chastotalari farqi. " Tekislash|"Matn va/yoki grafik obyektlarni kolonka ichida va/yoki sahifa markaziga, chap va o‘ng chekkalariga nisbatan joylashtirish. Tekislash vertikal va gorizontal bo‘yicha, kolonkaning o‘ng yoki chap cheti, shuningdek, markaz bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. " Tekshirish maqsadida o‘qish|"Fayl yoki uning qismlarini, ma’lumotlar yaxlitligini tekshirish maqsadida o‘qish. Bunda fayl ichidagi o‘zgarmaydi. " Tekshirish oynasi|"Tuzilmalar, massivlar va ma’lumotlar elementlari qiymatlarini o‘zgartirish va tekshirish uchun foydalaniladigan oyna. " Tekshiruv|"Tarmoqdagi, tarmoqning muhofazalanganligiga u yoki bu darajada ta’sir etishi mumkin bo‘lgan barcha voqealarni kuzatib borish jarayoni, shuningdek, tranzaksiyalar qayta ishlanishi to‘g‘riligini tekshirish. Tekshiruv paytida fayllar va kataloglar yaratish va ularni yo‘q qilishga, shuningdek, ularga murojaat qilishga urinishlar, ayniqsa, diqqat bilan o‘rganiladi. Ushbu barcha voqealar to‘g‘risidagi yozuvlar mahsus muhofaza qilingan fayl-protokolda saqlanadi. Bu fayl-protokollar alohida vakolatlarga ega bo‘lgan foydalanuvchilar tomonidangina ko‘rib chiqilishi mumkin. " Tekshiruvchi simvollar|"Korreksiyalovchi koddagi xatolarni aniqlash va tuzatish uchun xizmat qiladigan ortiqcha simvollar. " Teksturani kodlash|"MPEG-4 da fraktal yoki tasvirni konturli – asoslangan kodlash (TKAK) deb nomlanadi-gan texnologiya elementi. Kontur bu figuraning chegaralarini tekislikda ifodalaydigan liniya. Tekstura – tasvir yuzasi tuzilmasini ifodalaydi. TKAK tasvirni tekstura qismi (tekstura bilan to‘ldirilgan qismlar) ni og‘ib o‘tuvchi konturlar kabi taqdim etadi. " «Telefaks» xizmatining xizmatlari|"Faksimil qurilmalar o‘rtasida hujjatlat (matnlar, grafik tasvirlar) uzatilishini ta’minlaydigan xizmatlar. " Telefon aloqa|"Abonentlar va/yoki operatorlar o‘rtasida berilgan chastotalar polosasi bilan nutqni ifodalaydigan signallarning masofaga uzatilishini taʼminlaydigan telekommunikatsiyalar turi. " Telefon aloqa ilovalarini dasturlash interfeysi|"Dasturlar tomonidan ma’lumotlarni, faks va ovozli xatlarni (HyperTerminal, Dial-up Networking, Phone Dialer va Windows NT ni boshqa komunikatsion amaliy qo‘llanmaliri kabi) uzatish uchun ishlatiladigan amaliy dasturlash interfeysi (API). " Telefon aloqa yo‘nalishining o‘tkazuvchanlik qobiliyati|"Telefon chaqiruvlarga belgilangan yo‘nalishda berilgan xizmat ko‘rsatish sifati bilan, telefon aloqa yo‘nalishida xizmat ko‘rsatilgan telefon yuklama jadalligi. " Telefon apparati|"Nutqni uzatish va qabul qilish uchun mo‘ljallangan oxirgi (terminal) abonent telefon qurilmasi. " Telefon avtojavob bergich|"Telefon aloqani taʼminlash maqsadida nutqli xabarlarning avtomatik ravishda yozilishini va qayta eshittirilishini taʼminlaydigan qurilma. " Telefon bandligining davomiyligi|"Telefon tarmog‘i liniyasi, kanali yoki kommutatsion aloqa asbobi bitta telefon chaqiruvga xizmat ko‘rsatish bilan band bo‘ladigan vaqt intervali. " Telefon bog‘lanishining davomiyligi|"Telefon chaqiruv kommutatsiya stansiyasiga yoki uzeliga kelgan paytdan telefon tarmog‘i liniyalari, kanallari va kommutatsion aloqa asboblari bo‘shaydigan va ular boshlang‘ich holatga qaytgungacha bo‘lgan vaqt intervali. " Telefon bog‘lanishning o‘rnatilish davomiyligi|"Telefon chaqiruv kommutatsiya stansiyasiga yoki uzeliga kelgan paytdan telefon tarmog‘i abonentiga chaqiruv signali yuborilgan paytgacha bo‘lgan vaqt intervali. " Telefon-kompyuter|"Radiotelefon va shaxsiy kompyuter imkoniyatlari bo‘lgan qurilma. Uyali telefon, Pentium protsessori, sensorli ekran, modem va amaliy dasturlarni o‘zida ifodalaydigan sanoat mahsulotlari mavjud. " Telefon qaroqchisi (telefon tarmoqlarini buzuvchi)|"Xaker malakasiga ega professional aloqachi bo‘lgan firibgar. Telefon tarmoqlariga ulanish va ularning resurslaridan tegishli to‘lovlarsiz foydalanish imkonini beradigan elektron qurilmalarni yaratadi. " Telefon stansiyasi|"Abonentlarni telefon aloqasi bilan taʼminlash uchun mo‘ljallangan kommutatsiya stansiyasi. " Telefon so‘zlashuvining davomiyligi|"Chaqirilayotgan abonentning javob signali olingan paytdan, otboy signali olingan paytgacha bo‘lgan vaqt intervali. " Telefon so‘zlashuvlar qiymatini vaqtbay hisobga olish apparaturasi|"Telekommunikatsiyalar xizmatlarini tariflashtirish maqsadida, chaqirayotgan abonent oxirgi (terminal) abonent telefon qurilmasining kategoriyasi va raqamini aniqlash uchun mo‘ljallangan qurilma. " Telefon tarmog‘i abonentiga qo‘shimcha xizmat turini ko‘rsatish|"Telefon aloqadan foydalanishda kengaytirilgan imkoniyatlarni taʼminlash maqsadida, telefon tarmog‘i abonentining buyurtmasi bo‘yicha taqdim etiladigan, telefon tarmog‘i abonentiga xizmat ko‘rsatish turi. " Telefon tarmog‘ining ajratilgan signalizatsiya kanali|"Kommutatsiya stansiyalari bilan telefon tarmog‘ining kommutatsiya uzellari o‘rtasida telekommunikatsiya signallarini almashish uchun foydalaniladigan individual (so‘zlashuv kanalidan alohida bo‘lgan) kanal. " Telefon tarmog‘ining bog‘lovchi liniyasi|"Telefon tarmog‘ining, telefon stansiyalari va uzellarini o‘zaro hamda podstansiyani mahalliy telefon tarmog‘ining tayanch stansiyasi bilan bog‘laydigan liniyasi. " Telefon tarmog‘ining signalizatsiya tizimi|"Avtomatik kommutatsiya qurilmalarining normal ishlashini, shuningdek, yarim avtomatik aloqada operatorga, avtomatik aloqada abonentga zarur va yetarlicha axborotni taʼminlaydigan, telekommunikatsiya signallari hamda ularni almashish algoritmlarining majmui. " Telefon tarmog‘ining umumiy signalizatsiya kanali|"Telefon tarmog‘ining, kommutatsiya stansiyalari va telefon tarmog‘ining kommutatsiya uzellari o‘rtasida signallar almashinishda foydalaniladigan guruhli ajratilgan signalizatsiya kanali. " Telefon trafik (telefon yuklamasi)|"Vaqt intervali ichida telefon tarmog‘i liniyalari, kanallari yoki kommutatsion aloqa asboblari guruhi telefon bandligining jami vaqti. " Telefon yuklama intensivligi|"Vaqt birligi, odatda, bir soat ichidagi telefon trafik. Telefon yuklama intensivligini o‘lchash birligi erlang hisoblanadi. Bir erlang bir soat ichidagi bir bandlik soatini o‘zida ifodalaydi. " Telefon yuklama manbai|"Oxirgi (terminal) abonent telefon qurilmasi, telefon tarmog‘i kanali yoki liniyasi, yoki kommutatsion aloqa asbobi. Trafik ulardan telefon tarmog‘iga yoki uning alohida qismlariga keladi. " Telefon zichligi|"100 ta yashovchiga to‘g‘ri keladigan telefon apparatlari soni. Telefon zichligi foizlarda o‘lchanadi " Telefon chaqiruvi|"Oxirgi (terminal) abonent telefon qurilmasidan telefon stansiyasiga kelib tushgan, bog‘lanishni o‘rnatishga bo‘lgan telefon talabnoma. " Telefon chaqiruvlar oqimlariga xizmat ko‘rsatish intizomi|"Kommutatsiya stansiyasidan keladigan telefon chaqiruvlar oqimi o‘zaro bog‘lanish algoritmining xarakteristikasi, telefon chaqiruvlarga xizmat ko‘rsatish usuli va tartibini ichiga oladi. " Telefon chaqiruvlarga xizmat ko‘rsatish sifati|"Axborotni taqsimlash tizimining xususiyati, telefon yo‘qotishlar va telefon chaqiruvlariga xizmat ko‘rsatilishini kutishni ehtimoliy baholashlar majmui orqali aniqlanadi. " Telekommunikatsiya infratuzilmasi|"Telekommunikatsiyalar tizimi barcha tarkibiy qismlarining yordamchi quyi tizimlar va abonent uskunasi bilan birgalikdagi majmui. " Telekommunikatsiya liniyasi (telekommunikatsiya kanali)|"Ma’lumotlarni uzatish uchun foydalaniladigan istalgan fizik muhit, masalan, telefon simi yoki radioto‘lqinlar. " Telekommunikatsiya operatorining xizmat doirasi|"Telekommunikatsiya operatori o‘z aloqa xizmatlarini ko‘rsatadigan hudud. " Telekommunikatsiya transport tarmog‘i|"Tarmoq uzellari va/yoki tarmoq stansiyalari va ularni birlashtiruvchi aloqa liniyalari negizida tashkil etilgan, namunaviy fizik zanjirlar, namunaviy uzatish kanallari va tarmoq traktlarining majmui. " Telekommunikatsiya vositalari|"Elektromagnit yoki optik signallarni hosil qilish, uzatish, qabul qilish, qayta ishlash, kommutatsiya qilish hamda ularni boshqarish imkonini beruvchi texnik qurilmalar, asbob-uskunalar, inshootlar va tizimlar. (qonun). " Telekommunikatsiya shkafi|"Telekommunikatsiya uskunasi, kabel va krosslarni ulash nuqtalarini o‘rnatish uchun mo‘ljallangan berk bo‘shliq. Shkaf magistral va gorizontal kabel tizimlarining krossi joylashgan er hisoblanadi. " Telekommunikatsiyalar inshooti|"Telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalarining ishlashi hamda ulardan foydalanishni ta’minlovchi binolar, qurilmalar, telekommunikatsiyalar liniyalari, moslamalar, tayanchlar, machtalar va boshqa inshootlar. " Telekommunikatsiyalar kanali|"Kommutatsiya stansiyalari va uzellari yordamida ketma-ket ulangan kommutatsiya tarmog‘i kanallari va liniyalaridan tashkil topgan, abonent oxirgi (terminal) qurilmalari (terminallari) uning uchlariga ulanganda xabarning manbadan oluvchiga (oluvchilarga) uzatilishini taʼminlaydigan telekommunikatsiyalar signallarining o‘tish yo‘li. " Telekommunikatsiyalar makroiqtisodiyoti|"Iqtisodiyot sohasi. U mamlakatda telekommunikatsiyalar rivojini statistik qonuniyat asosida jamiyatning iqtisodiy darajasi bilan o‘zaro bog‘liqlikda belgilaydi. " Telekommunikatsiyalar mikroiqtisodiyoti|"Ayrim telekommunikatsiya subyektlari, masalan, telekommunikatsiyalar operatori, aloqa tashkillashtiruvchisi faoliyati bilan bog‘liq iqtisodiyot sohasi. " Telekommunikatsiyalar operatori|"Mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida telekommunikatsiyalar tarmog‘iga ega bo‘lgan, uning ishlashi, rivojlanishini ta’minlovchi va telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs. " Telekommunikatsiyalar tarmog‘i|"1. O‘zbekiston Respublikasi hududida barcha yuridik shaxslarga yagona xizmat ko‘rsatish prinsiplari ularni taqdim qilish tartibi asosida telekommunikatsiyalar xizmatlarini ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan tar-moq. 2. Telefon, telegraf, faksimil kabi uzatishlarning bir yoki bitta necha turini, ma’lumotlar va hujjatli xabarlarning boshqa turlari uzatilishini, televizion va radioeshittirish dasturlari traslyatsiyasini ta’minlaydigan telekommunikatsiyalar vositalari majmui. " Telekommunikatsiyalar tarmog‘i abonenti|"Telekommunikatsiyalar operatori bilan muayyan turdagi aloqa xizmatlari ko‘rsatilishi yuzasidan shartnoma munosabatlariga ega bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxs. " Telekommunikatsiyalar tarmog‘ining axborot xavfsizligi|"Telekommunikatsiyalar tarmog‘ining, buzg‘unchilarning tarmoq obyektlariga, ularda aylanadigan ma’lumotlarga va tarmoqni boshqarish axborotiga, ular bilan tanishish, buzib ko‘rsatish, yo‘q qilish maqsadida bo‘ladigan muayyan (berilgan) ko‘plab tasodifiy va ataylab qilinadigan ta’sirlaridan (xavfsizlikka tahdidlaridan) yoki uzatish jarayonida telekommunikasiyalar tarmog‘ining ishlash jarayonlarini izdan chiqarish uchun blokirovka qilishdan muhofaza qilinganlik holati. " Telekommunikatsiyalar tarmog‘ining texnologik xavfsizligi|"Telekommunikatsiyalar tarmog‘i apparat-dasturiy ta’minotining, qo‘poruvchilik turidagi jinoyatkorona nuqsonlarga, ya’ni ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng yoki komanda bo‘yicha nomaqbul oqibatlarga olib keluvchi harakatni amalga oshirishga qodir vositalarga ega bo‘lmaslik xususiyati. " Telekommunikatsiyalar tarmog‘ining to‘xtovsiz ishlashi|"Telekommunikatsiyalar tarmog‘ining uzluksiz ishchi holatini biror vaqt davomida yoki biror ishini saqlab qolish xususiyati. " Telekommunikatsiyalar tarmoqlarining o‘zaro bog‘liqligi|"Tarmoqlarning o‘zaro hamkorligi bo‘lib, bunda birgalikda ishlaydigan tarmoqlarning abonentlari o‘rtasida aloqaning maʼlum turi taʼminlanadi. " Telekommunikatsiyalar tashkiloti|"Mulkchilik turidan qatʼiy nazar, telekommunikatsiya xizmatlarini jismoniy va yuridik shaxslarga o‘zining asosiy faoliyat turi sifatida taqdim qiladigan yuridik shaxs. " Telekommunikatsiyalar tizimi (tarmog‘i) ning ishonchliligi|"Telekommunikatsiyalar tizimining (tarmog‘ining) vaqtda, belgilangan chegaralarda, berilgan qo‘llash va texnik xizmat ko‘rsatish sharoitlarida talab qilinadigan funksiyalarni bajara olish qobiliyatini tavsiflovchi muayyan parametrlar qiymatlarini saqlash xususiyati. " Telekommunikatsiyalar tizimi (tarmog‘i)ning barqarorligi|"Telekommunikatsiyalar tizimi (tarmog‘i) talab qilinadigan funksiyalarni normal foydalanish sharoitlarida ham, beqarorlashtiruvchi tashqi omillar taʼsirida vujudga keladigan sharoitlarda ham bajara olish qobiliyati. " Telekommunikatsiyalar tizimi (tarmog‘i)ning yashovchanligi|"Telekommunikatsiyalar tizimi (tarmog‘i) ning, uning barqarorligini buzuvchi tashqi omillar taʼsirida talab qilingan funksiyalarni bajarish qobiliyatini saqlab qolish xususiyati; yashovchanlik koeffitsiyenti orqali tavsiflanadi. " Telekommunikatsiyalar xizmati|"Telekommunikatsiyalar xabarlarini qabul qilish, qayta ishlash, uzatish va yetkazib berish bo‘yicha faoliyat mahsuli. " Telekommunikatsiyalar xizmatlari|"Operator va provayderning signallar hamda boshqa axborot turlarini telekommunikatsiya tarmoqlari orqali qabul qilish, uzatish, qayta ishlashga doir faoliyati mahsuli. " Telekommunikatsiyalar xizmatlari foydalanuvchisi|"Telekommunikatsiyalar xizmatlarining iste’molchisi bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs. " Telekommunikatsiyalarni boshqarish tarmog‘i|"Xalqaro elektraloqa ittifoqi tomonidan standartlashtirilgan yagona interfeyslar va protokollar asosida, turli telekommunikatsiyalar tarmoqlarining komponentlari bilan o‘zaro aloqani tashkillashtirish orqali telekommunikatsiyalar tarmoqlari va ularning xizmatlari boshqarilishini taʼminlaydigan maxsus tarmoq. " Telekommunikatsiyalarni boshqarish tizimi arxitekturasi|"Telekommunikatsiyalarni boshqarish tizimi apparat-dasturiy vositalarining, ularning tarkibini, konfiguratsiyasi, strukturasini, axborot o‘zaro hamkorlik prinsiplarini belgilovchi umumiy tuzilishi. " Telekommunikatsiyalarning asosiy (bazaviy) xizmati|"Telekommunikatsiyalar xizmatining asosiy vazifasini aniqlaydigan, foydalanuvchiga, uning telekommunikatsiyalar xizmatiga qilgan har bir murojaati bo‘yicha taqdim etiladigan xizmat. Izoh – Asosiy (bazaviy) xizmatlar u yoki boshqa telekommunikatsiyalar xizmatlari tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar umumiy hajmining eng katta ulushini tashkil etadi. Ularga mahalliy va xalqaro telefon so‘zlashuvlar, radionuqtadan foydalanish, oddiy telegrammalarni jo‘natish kiradi. " Telekommunikatsiyalarning buyurtma xizmati, buyurtma bo‘yicha xizmat ko‘rsatish|"Telekommunikatsiyalar xizmatining turi, bunda aloqa trakti foydalanuvchi tomonidan oldindan aniqlanadigan vaqtda foydalanuvchi-tarmoq signalizatsiyasi vositasida amalga oshirilgan foydalanuvchining so‘rovigaga javoban belgilanadi. Izoh – Foydalanuvchi aloqa davomiyligini yoki aloqa trakti uzilishi kerak bo‘lgan vaqtni oldindan aniqlashi mumkin. " Telekommunikatsiyalarning darhol xizmati, so‘rov bo‘yicha xizmat ko‘rsatish|"Telekommunikatsiyalar xizmatining turi, bunda aloqa trakti, foydalanuvchi-tarmoq signalizatsiyasi yordamida amalga oshirilgan, foydalanuvchining so‘roviga javoban amaliy tarzda zudlik bilan o‘rnatiladi. " Telekommunikatsiyalarning qo‘shimcha (fakultativ) xizmati|"Foydalanuvchining talabi bo‘yicha asosiy xizmatga (yoki xizmatlariga) qo‘shimcha qilib xizmat (yoki tarmoq) tomonidan taqdim etiladigan telekommunikatsiyalarning istalgan xizmati. Izoh – Qo‘shimcha xizmatlarga misol bo‘lib, telefon xizmati tomonidan yangi chaqiruv to‘g‘risidagi xabarnoma, chaqiruvlarni qayta manzillash, raqamni qisqartirib terish, foydalanuvchiga so‘zlashuv punkti kabinasidan xalqaro telefon so‘zlashuvi vaqtida magnitofonni ulash imkoniyatining, telegrammalar xizmati uchun esa – shoshilinch telegrammalarni, badiiy blankda telegrammalarni uzatish kabi imkoniyatlarning taqdim etilishi hisoblanadi. " Telekomyuting|"Kompyuter tarmog‘i orqali ofis bilan bog‘lanadigan xodimning shaxsiy kompyuterda masofadan ishlash rejimi. " Telekonferensiya|"Foydalanuvchilarning olisdagi guruhlari o‘rtasida munozaralar o‘tkazish usuli. Real vaqt yoki hujjatlarni qo‘rib chiqish rejimida amalga oshiriladi. " Telematn|"Telematn televizion qabul qilgich kineskopi ekranida standart TV tarmoqdan foydalangan holda matnli va oddiy grafik axborotni uzatish hamda aks ettirish tizimi. " Telematn adapteri|"Kadr bo‘ylab nurning qaytishi mobaynida uzatiladigan televizion dasturlarning ma’lumotnoma alifbo-raqamli axborot elektr signallarini, keyinchalik televizion qabul qilgich yoki maishiy videomonitor ekranida aks ettirish bilan qabul qilish va xotirada saqlash uchun mo‘ljallangan maishiy radioelektron apparat. " (Telematn tizimini) tiklash sifati|"Telematn tizimining, belgilarning turi, o‘lchami va rangi hamda fon va har qanday chaqnashlarga nisbatan ularning kontrastligi bilan tavsiflanadigan, aniq tasvir hosil qiladigan xususiyati. " Teleport|"Yo‘ldoshli va yer usti aloqa tizimlari o‘rtasida interfeysni ta’minlovchi yirik yer stansiyasi. " Telepyuter|"O‘zida televizor, kompyuter, DVD va kommunikatorni birlashtiradigan multimedia-qurilma. " Teleskopik antenna|"Shtirli antennaning bir qator biri biridan tortib chiqariladigan (bu antennani ishlamaydigan vaqtda kompakt holatga keltiradi) trubalardan iborat bir turi. " Teleskopik machta|"Bir nechta biri biridan tortib chiqariladigan seksiyalardan iborat antenna machtasi. " «Teleteks» xizmatining xizmatlari|"Abonentlarga ISDN orqali teleteks kodlangan axborotini o‘z ichiga olgan hujjatlar shaklidagi ishga oid xat-xabarlar almashish imkonini beradigan xizmatlar; almashinuv xotiradan xotiraga avtomatik ravishda amalga oshiriladi. " Teletyuner|"Eshittirish televideniyesi radiosignallarini qabul qilish va uni videosignallarga hamda tovush chastotasining elektr signallariga o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan maishiy radioelektron apparat, ularni tiklash maishiy videomonitor orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, «Tyuner»ga qar. " Televideniye|"Harakatlanmaydigan yoki harakatlanadigan obyektlarning bir-birini almashtiradigan tasvirlarini uzatish uchun mo‘ljallangan elektraloqa turi. Izoh – Umuman olganda, televideniyening asosiy qo‘llanilishi televizion eshittirish hisoblanadi, lekin televideniye, shuningdek, sanoatda, fanda, meditsinada va boshqa sohalarda ham qo‘llaniladi. " (Televideniye) kommutatsion-taqsimlash apparatxonasi|"Dastur signallarini turli manbalardan oladigan va ularni boshqa kommutatsiyataqsimlash apparatxonalariga, dasturlash apparatxonalariga yoki uzatish stansiyalariga yetkazib beruvchi kommutatsiya markazi. " (Televideniyeda) kontrast diapazoni|"Uzatilayotgan ko‘rinishdagi yoki tiklanayotgan tasvirdagi maksimal yorug‘likning minimal yorug‘likka nisbati. " Televizion adaptiv kodlash|"Algoritmi uzatiladigan tasvirning joriy fazoviy va/yoki vaqt bo‘yicha xarakteristikalariga moslanadigan raqamli oqimni qisqartirish maqsadida kodlash. " Televizion antenna kuchaytirgichi|"Antenna qabul qilgan eshittirish televideniyesi radiosignallarini, bog‘lovchi antenna kabelida yuzaga keladigan yo‘qotishlarni kompensatsiya qilish maqsadida kuchaytirish uchun mo‘ljallangan, yordamchi maishiy radioelektron qurilma. " Televizion belgilar generatori|"Elektr vositalar yordamida harf-raqamli va grafik simvollar televizion videosignallarini ishlab chiqaradigan televizion datchik. " Televizion blokli kodlash, blokli kodlash|"Raqamli oqimni qisqartirish maqsadida, uzatiladigan tasvir sanoqlarini bitta, ikkita yoki uchta o‘lchamli bloklarga guruhlash hamda bir blokka kiruvchi sanoqlarni birgalikda kodlashga asoslangan, kodlash. " Televizion dasturlarni ko‘p nuqtali taqsimlash tizimi|"Uyali aloqa prinsipi bo‘yicha qurilgan va foydalanuvchilarga 40,5 GHz dan 42,5 GHz gacha chastotalar diapazonida ko‘p dasturli teleeshittirish, ma’lumotlarni yuqori tezlikda uzatish va interaktiv teleeshittirishlarning turli xizmatlarini taqdim etadigan, yuqori tezlikli simsiz foydalana olish tarmog‘i. " Televizion datchik|"1. To‘liq videosignal, to‘liq rangli videosignal yoki asosiy ranglar signallarini ishlab chiqaruvchi qurilma. 2. Obyektdan qaytgan va o‘zgartirgichning fotosezgir sirtiga proyeksiyalangan yorug‘lik energiyasini elektr signallar ketma-ketligiga o‘zgartirgich. " Televizion eshittirish|"Televizion dasturlarni eshittirish televideniyesi vositalari orqali uzatish. " Televizion eshittirish stansiyasi|"Televizion eshittirish diapazonida ishlaydigan, aholi tomonidan qabul qilish uchun mo‘ljallangan tovush va tasvir signallarini bir vaqtda uzatuvchi stansiya. " Televizion eshittirish chastotalari diapazoni|"Televizion eshittirish stansiyalari uchun ajratilgan 54 MHz dan 800 MHz gacha bo‘lgan oraliqdagi chastotalar diapazoni. " Televizion kanal|"Televizion dasturlarni metrli va detsimetrli to‘lqinlar diapazonida uzatish uchun ajratiladigan, 8 MHz (Yevropada 7 MHz, AQSh da 6 MHz) kenglikdagi chastotalar polosasi. " Televizion ko‘rsatuvlarni olisdan qabul qilish|"Televizion signallarni uzatuvchi va qabul qiluvchi antennalar o‘rtasida, bevosita ko‘rinish masofasidan bir necha marta ortiq bo‘lgan masofada qabul qilish. " Televizion qabul qilgich|"Efirdan va/yoki kabeldan eshittirish televideniyesi radiosignalini, shuningdek, tiklash qurilmalaridan (masalan, videomagnitofonlar va DVD-proigrivatellar) va boshqa mumkin bo‘lgan manbalardan signalni qabul qilish va televizion dastur tasvirini, tovush jo‘rligini va maʼlumotlarni tiklash uchun mo‘ljallangan radioelektron qurilma. " Televizion qabul qilgich geterodinining nurlanishi|"Televizion qabul qilgich geterodinining parazit nurlanishi oqibatida hosil bo‘ladigan va xalaqit deb hisoblanadigan elektromagnit maydoni. " Televizion qabul qilgichning tasvir kanali|"Televizion qabul qilgichning radiosignalni televizion tasvirga aylantirish uchun mo‘ljallangan qismi. " Televizion (radioeshittirish) uzatgichi|"Modulyatsiyalovchi signallar o‘zida, televizion eshittirish dasturini aholi tomonidan bevosita qabul qilib olinishini ifodalaydigan radiouzatgich. Antennali tizim ko‘pincha uzatgichning qismi kabi ko‘rib chiqiladi. " Televizion radiosignalni bir o‘lchamli taxminlash|"Raqamli televizion videosignal joriy sanog‘i izlanayotgan qiymatining, shu joriy sanoq olingan televizion tasvir satridagi bitta yoki bir nechta qo‘shni sanoqlar qiymatlari asosida shakllantirish. " Televizion radiouzatgichning tasvir kanali|"Televizion radiouzatgichning to‘liq rangli televizion signalni tasvir radiosignaliga o‘zgartirish va uni nurlantirish uchun mo‘ljallangan qismi. " Televizion raqamli dekoder|"Televizion videosignalni raqamli dekodlash qurilmasi. " Televizion raqamli koder|"Televizion videosignalni raqamli kodlash qurilmasi. " Televizion rastrlarning ustma-ust tushishi|"Tasvirlarning asosiy ranglarda yoki yorug‘lik-signal o‘zgartirgichlarida optik tasvirli rastrlarning fazoviy mos kelishini ta’minlash. " Televizion retranslyator|"Eshittirish televideniyesi radiosignalini qabul qilish va uni takroran nurlantirish uchun mo‘ljallangan qurilma. " Televizion server|"Eshittirish televideniyesining raqamli televizion videosignallarini va tovush signallarini magnit disklarga yozish hamda tiklash uchun mo‘ljallangan qurilma. " Televizion signal|"Videochastotalarning boshlang‘ich polosasidagi televizion signal. " Televizion signallarni magnit yozish|"Televizion dasturlarni harakatlanuvchi ferromagnit tasma bo‘ylab, televizion eshittirish elektr signallariga mos bo‘lgan o‘zgaruvchan qoldiq magnitlanishni hosil qilish orqali (amplituda, chastota va faza bo‘yicha) konservatsiyalash. " Televizion signalni diskretlash|"Uzluksiz analog TV signalini shu signalning vaqt bo‘yicha alohida sanoqlari ketma-ketligi bilan almashtirish. " Televizion signalning oldindan buzilishi|"Signalning dastlabki qayta ishlanishi, quyi chastotalarning nihoyatda pasayishida va yuqori chastotalarning birmuncha ko‘tarilishida ifodalanadi. " Televizion sinov jadvali|"1. Televizion ko‘rsatuvlar yoki televizion uskuna ishining sifatini aniqlashda optik yoki elektron vositalarda hosil qilinadigan standart tasvir. 2. Elementlari eshittirish televideniyesi traktining yoki eshittirish televideniyesi trakti zvenolarining tasvir parametrlari va tavsiflarini baholash uchun xizmat qiladigan standart tasvir. " Televizion standart (eshittirish televideniyesining)|"Eshittirish televideniyesi tizimini aniqlaydigan normalangan parametrlarning majmui. " Televizion standartni o‘zgartirgich|"Eshittirish televideniyesi bitta televizion standartining to‘liq videosignali yoki to‘liq rang videosignalini boshqa bir televizion standartning to‘liq videosignali yoki to‘liq rang videosignaliga o‘zgartirish qurilmasi. " (Televizion studiya) apparatxonasi|"Videosignallar va tovush jo‘rligi signallari qayta ishlanadigan, xususan, signal darajasini rostlash, turli manbalar kommutatsiyasi va signallar nazorati amalga oshiriladigan televizion studiya xonasi. U, shuningdek, studiya uchun talab qilinadigan turli uskunalarni ham o‘z ichiga oladi. " Televizion tanish signali|"Televizion dastur shakllantiriladigan yoki sinov satrlar signallari kiritiladigan punktni belgilash uchun, maydonlarni so‘ndirish intervalining belgilangan satrlariga kiritiladigan impulslarning kodli ketma-ketligi. " Televizion tasvir|"Tiklash qurilmasi ekranida televizion sintez orqali olingan tasvir. " Televizion tasvir makrobloki (slaysi, kadri) ning sarlavhasi|"Televizion tasvir makrobloki (slaysi, kadri) ning boshlanishiga qo‘shiladigan, ularni to‘g‘ri talqin etish va marshrutlash uchun muhim bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan xizmatga oid axborot. " Televizion tasvir ranglarining surkalib ketishi|"Ranglilik boshlang‘ich signallarining ustma-ust tushmasligidan kelib chiqadigan va ekranda tasvirning rangli konturlari paydo bo‘lishiga hamda yorqinlikning tebranishlariga olib keladigan rang uzatish buzilishlari. " (Televizion tasvirdagi) shovqin|"Tasvirdagi fazoda va vaqtda tartibsiz paydo bo‘ladigan va videosignal datchigidagi yoki uzatish kanalidagi shovqinlar tufayli sodir bo‘ladigan, yo kvantlash tufayli raqamli signallar holatlarida paydo bo‘ladigan yorqinlik yoki ranglilikning buzilishlari. Izoh – Taalluqli atama «shovqinlilik». " Televizion tasvirning blokliligi|"Raqamli eshittirish televideniyesi ma’lumotlar oqimini kadr ichida kodlashda vizual ravishda kuzatiladigan, televizion tasvirning turli uchastkalarida sezilarli chegaralari bo‘lgan, televizion tasvir bloklari ko‘rinishidagi buzilishlar. Izoh – Bloklar chegarasi ko‘z tomonidan bir blokdan boshqasiga o‘tilganida yorqinlikning sakrab o‘zgarishi sifatida aniqlanadi. " Televizion tasvirning fazoviy ortiqchaligi|"Bitta kadr yoki maydon doirasida, televizion tasvirning qo‘shni elementlari o‘rtasidagi yuqori korrelyatsiya bilan belgilanadigan ortiqchalik. " Televizion tasvirning miltillashi|"Televizion tasvirda, yorqinlikning kritik chastotadan kichik bo‘lgan chastota bilan yuz beradigan nomaqbul davriy o‘zgarishlari. " Televizion tasvirning mozaika effekti|"Raqamli eshittirish televideniyesi ma’lumotlar oqimini kadr ichida kodlashda vizual kuzatiladigan, televizion tasvir kadrining alohida uchastkalarida chegaralari deyarli sezilmaydigan televizion tasvir bloklari ko‘rinishidagi buzilishlar. " Televizion tasvirning psixovizual ortiqchaligi|"Ko‘zning televizion tasvirdagi mayda detallarni va rang o‘tishlarini farqlay olmasligi bilan aniqlanadigan ortiqchalik. " Televizion tasvirning sintezi|"Elektr signallarni vaqt hamda fazoda uzluksiz ravishda televizion tasvirning rangi yoki yorqinligiga aylantirish. " Televizion tasvirning vaqt bo‘yicha ortiqchaligi|"Televizion tasvirning qo‘shni kadrlari yoki maydonlari o‘rtasidagi yuqori korrelyatsiya orqali aniqlanadigan ortiqchalik. " Televizion uzatish|"Eshittirish tashkilotlari o‘rtasida televizion eshittirish dasturlari almashinuvi uchun telekommunikatsiyalar tarmog‘i bo‘ylab videosignallarni uzatish. " Televizion videosignal|"Videochastotalarning boshlang‘ich polosasidagi televizion signal. " Televizion videosignalni diskret veyvlet-o‘zgartirish|"Televizion tasvirni yaxlit qayta ishlash bilan bog‘liq bo‘lgan veyvlet-jarayon yordamida, o‘zgartirish va kodlash jarayonida nolli koeffitsiyentlarni chiqarib tashlash yo‘li bilan erishiladigan televizion videosignalni spektral o‘zgartirish. " Televizion videosignalni ikki o‘lchamli taxminlash|"Raqamli televizion videosignal joriy sanog‘i yoki joriy sanoqlar guruhining izlanayotgan qiymatini shu joriy sanoq olingan televizion tasvir maydoni yoki kadrdagi joriy va qo‘shni satrlardan olingan qator qo‘shni sanoq qiymatlari asosida shakllantirish. " Televizion videosignalni uch o‘lchamli taxminlash|"Raqamli televizion videosignal joriy sanog‘i yoki joriy sanoqlar guruhining izlanayotgan qiymatini, ham shu joriy sanoq olingan televizion tasvir maydoni yoki kadrlaridagi, ham televizion tasvirning qo‘shni maydonlari yoki kadrlaridagi joriy va qo‘shni satrlardan olingan qator qo‘shni sanoq qiymatlari asosida shakllantirish. " (Televizion videosignalni) raqamli kodlash|"Kiruvchi analog televizion videosignalni raqamli televizion videosignalga o‘zgartirish. Izoh – Raqamli kodlashda raqamli oqimni siqish usulidan foydalanish mumkin. " Televizion o‘lchash signali|"Televizion uskunaning yoki uzatish kanalining ma’lum bir parametrlari yoki xarakteristikalarini o‘lchash uchun mo‘ljallangan, o‘rnatilgan cheklovlarga ega bo‘lgan, berilgan shakldagi videosignal. " Televizor|"Maishiy televizion qabul qilgich. " Televizorning eskirishi|"Televizor (elementlar) parametrlarining, mavjudligi faqat uning ish rejimi bilan aniqlanadigan, mexanik, elektr, issiqlik va boshqa yuklamalar ta’siri keltirib chiqaradigan, asta-sekin o‘zgarish jarayoni. " Teng amplitudali antenna panjarasi|"Nurlantiruvchi elementlari bir xil amplitudalar bilan qo‘zg‘atiladigan antenna panjarasi. " Teng darajada sinxronlanadigan tarmoq|"Tayanch generatorlari bir xil maqomga ega bo‘lgan hamda tarmoqning barcha sozlanmaydigan tayanch generatorlarining o‘rtacha statistik chastotasi sifatida belgilanadigan ishchi chastotaga bir xil taʼsir ko‘rsatadigan tarmoq. " Tenglashtirgich|"Kodlangan maʼlumotlar oqimi kanal tezligini radiokanaldagi qayd etilgan maʼlumotlar uzatish tezligi bilan moslashtirish maqsadida tenglashtirish uchun mo‘ljallangan qurilma. " Tenglashtiruvchi impulslar|"Ayrim eshittirish televideniyesi tizimlarida bevosita kadr sinxronlovchi impulslardan avval va ulardan keyin joylashuvchi ikkilangan satr chastotali impulslar. Ular satr oralatib yoyishda tiklash qurilmasida qo‘shni maydonlar satrlarining aniq almashinib kelishini ta’minlash uchun xizmat qiladi. Izoh – Tenglashtiruvchi impulslar satr chastotali impulslarning satrlar almashinishiga ta’sirini minimal darajagacha kamaytiradi. " Terabayt|"Xotira hajmi yoki ma’lumotlar miqdorining o‘lchov birligi. 240=1099511627776 byte. Ba’zida 1 trillion Tbyte – 1012 = 1000 000 000 000 byte deb hisoblanadi. Farq salkam 10 foizni tashkil qiladi. " Term|"Tashkil etuvchilarga bo‘linmaydigan, arifmetik, simvolli yoki mantiqiy ifoda elementlari. " Terminal|"1. Telkommunikatsiya yoki aloqa liniyalari orqali axborot olish va/yoki uzatish uchun mo‘ljallangan qurilma. 2. Ma’lumotlarni kiritish/chiqarish qurilmasi. Mikrokompyuter yoki meynfreymdan hisoblash imkoniyatining bo‘lmasligi yoki kam darajada bo‘lishi bilan farqlanadi. 3. Ma’lumotlarni kompyuterga kiritish va olingan natijalarni chiqarish uchun mo‘ljallangan elektron (odatda klaviaturali monitor) yoki elektromexanik qurilma. Bu ommabop atama yana ko‘p foydalaniladigan tizimlarda ham ishlatiladi. " Terminal serveri|"Ko‘plab terminallarni lokal tarmoq bilan bitta tarmoq ulanishi vositasida bog‘lovchi qurilma. " Terminalni identifikatsiya qilish|"Ulanish o‘rnatilgan uzoqdagi abonent terminali (terminallari)ga taalluqli belgilangan identifikatorni abonent terminaliga avtomatik uzatish jarayoni. " Terminalni ko‘chirish imkoniyati|"Foydalanuvchiga terminalni chaqiruvning aktiv holati davomida bitta berilgan bazaviy foydalana olish doirasida bir rozetkadan boshqasiga o‘tkazish imkonini beradigan terminalni ko‘chirish qo‘shimcha xizmati. " Terminalning mobilligi|"Mobil aloqa olib yuriladigan yoki tashiladigan terminalining chaqiruv maqomini o‘zgartirmagan holda, tarmoqqa ulanish joyini o‘zgartira olish qobiliyati. Terminalning qayta ulanishi avtomatik ravishda, ya’ni bog‘lanishni uzmasdan va raqamni qayta termasdan sodir bo‘ladi. " Terminator|"Shina topologiyasiga ega kompyuter tarmoqlarida qo‘llaniladigan elektron sxema. Shinaning passiv holatida signalning ma’lum bir sathini saqlab turish va signalning qaytishlarini bostirish uchun shina oxiriga ulanadi. " Termografik printer|"Kontaktsiz, shovqin chiqarmaydigan printer. Termokallakka ega, maxsus ishlov berilgan qog‘ozga bosib chiqaradi. " Termopayvandlash mashinasining plastinasi|"Pochta aloqasi obyektining nomi o‘yib yozilgan metall plastina bo‘lib, banderollarni o‘rab joylashda termopayvandlash mashinalarida polietilen plyonkalarni payvandlash uchun, shuningdek keluvchi mayda paketlarni polietilen paketlarga joylash bilan bir vaqtda ularga pochta indeksi izini va pochta aloqasi obyektining nomini tushirish uchun mo‘ljallangan. " Teskari almashlash|"Simvollarni qabul qilinadigan ketma-ketlikda almashlash (operatsiya, teskari almashlash) sodir bo‘lgan raqamli signalning dastlabki tuzilmasini tiklash maqsadida o‘rin almashtirish usuli. " Teskari aloqa|"Tizim chiqish parametrlarining tizimning ishlashiga ta’sir ko‘rsatishi. Teskari aloqa prinsipi kibernetika tizimlaridagi asosiy prinsipdir. Masalan, odam – kompyuter teskari aloqa bo‘lgan tizimdir: odam kompyuterdagi o‘z ishining natijasini ko‘radi va natijaga bog‘liq ravishda keyingi ishni amalga oshiradi. " Teskari injiniring, teskari ishlanma|"Qar.: Revers-injiniring. " Teskari izlash|"Ma’lumotlar bazalarida, elektron jadvallarda, matn protsessorlarida – joriy pozitsiyadan hujjat (fayl) boshlanishiga qarab izlash. " Teskari kanal|"Axborotni abonent terminalidan tayanch stansiyaga uzatish kanali. " Teskari kuzatish|"Signalning teskari yo‘nalishda (zanjir chiqishidan uning kirishi tomon) o‘tish yo‘lini kuzatish. " Teskari moslik|"Yangi protsessordagi mashinaning eski dasturlarni, ularga o‘zgartirishlar kiritish zaruratisiz bajara olish qobiliyati. " Teskari mulohazalar zanjiri|"Ekspert tizimlarda yechim izlash usullaridan biri. Bunda mulohaza yuritish, oqibatdan uni keltirib chiqargan sabablarga (faktlarga) tomon boradi. " Teskari qiya chiziq|"Bir qancha operatsion tizimlarda kataloglarni ajratish uchun ishlatiladigan simvol. " Teskari tiklash|"Ma’lumotlarning jurnalga yozilgan oxirgi versiyasidan ma’lumotlarning dastlabki versiyasini tiklashda foydalanish. " Test|"Tizimdagi xatoliklarni aniqlash yoki ishlash unumdorligini baholash uchun ishlatiladigan dastur yoki dasturlar to‘plami. " Test-dastur|"Elektron hisoblash mashinasi protsessori va tashqi qurilmalar ayrim bloklari, uzellari ishlashining to‘g‘riligini tekshirish uchun mo‘ljallangan dastur. " Testlash|"Butun kompyuter va uning dasturiy ta’minoti yoki ayrim uzellari ishlashining to‘g‘riligini aniqlash jarayoni. Dasturiy ta’minotni testlashning ikki bosqichi ajratiladi: alfa-testlash ‒ maxsus tuzilgan masalalarda tayyor mahsulotni testlash. Beta-testlash – potensial foydalanuvchilarga bepul tarqatilgan dasturiy mahsulotni haqiqiy masalalarda sinab ko‘rish. " Texnik boshqaruv hujjati|"Qo‘llanilishi shart bo‘lgan, texnik talablar va telekommunikatsiyalar tarmoqlari apparaturasining o‘zaro aloqada ishlash protokollarini aks ettirgadigan hujjat. " Texnik ekspluatatsiya markazi|"Texnik vositalar va telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan foydalanish hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish yuzasidan javobgar texnik xodimlar bilan butlangan bo‘linma. " Texnik moslik|"Axborot tizimlarining o‘zaro birgalikda ishlash protokollari, dasturlash tillari, ma’lumotlarning formatlari, elektron hisoblash mashinasi apparat interfeyslari darajasida birgalikda ishlay olish qobiliyati. " Texnik muhofaza qilish qurilmasi|"Elektron yoki boshqa turdagi qurilma. Bunday qurilmaga ega bo‘lmagan shaxslarga dastur bilan ishlash imkoniyati berilmaydi. " Texnik nazorat vositalari|"Xavfli pochta, kuryerlik jo‘natmalarini aniqlash uchun qo‘llaniladigan maxsus texnika (metallodetektorlar, rentgen texnikasi, dozimetrlar, gazanaliza torlari va boshqalar). " Texnik qo‘llab-quvvatlash markazi|"Texnik qo‘llab-quvvatlash markazi mansub bo‘lgan, ishlab chiqaruvchi firmaning mahsulotini ishlatish mobaynida foydalanuvchiga yordam ko‘rsatuvchi tashkilot, mutaxassislar guruhi. " Texnik radionazorat stansiyasi, texnik radionazorat markazi|"Eshittirish dasturlarini nazorat qilish yoki yozib olish maqsadida, ularni qabul qilish uchun mo‘ljallangan stansiya. " Texnik topshiriq|"Axborot tizimini yaratish talablari va tartibini belgilaydigan asosiy hujjat. Axborot tizimini ishlab chi qish hamda amalga kiritishda uni qabul qilib olish shu hujjat asosida olib boriladi. " Texnik vositalarni tavsiflash tili|"Diskret signallarni qayta ishlashga mo‘ljallangan qurilmalarni modellash, ishlab chiqish va testlash jarayonlarining ixtisoslashgan tili. " Texnik vositalarning elektromagnit moslashuvi|"Texnik vositaning ma’lum bir elektromagnit vaziyatda, berilgan sifat bilan ishlash va boshqa texnik vositalarga yo‘l qo‘yilmaydigan elektromagnit xalaqitlar vujudga keltirmaslik qobiliyati. " Texnik shartlarga muvofiqlikni tekshirish|"Foydalanuvchilar tomonidan yangi yoki takomillashtirilgan tizimni tasdiqlash va uni yakuniy chiqarish uchun o‘tkaziladigan testlash. " Texnologik bog‘liqlik|"Dasturiy ta’minotdan foydalanuvchi yetkazib beruvchining texnologik, strategik, narx bilan bog‘liq qarorlariga bog‘liq bo‘lgan vaziyat, shuningdek, yetkazib beruvchi dasturiy ta’minotni qo‘llab-quvvatlashdan voz kechgan hollarda, dasturiy ta’minot ekspluatatsion yaroqliligi yo‘qolish xavfining mavjudligi. " Texnologiyalar egasi|"Qonun tomonidan belgilangan chegaralar doirasida texnologiyalarga ega bo‘lgan va foydalanilayotgan hamda foydalanish vakolatlarini amalga oshirayotgan subyekt. " Texnologiyalar va ularni taʼminlash vositalarining mulkdori|"To‘liq hajmda ko‘rsatilgan obyektlarga egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish vakolatlarini amalga oshiradigan subyekt. " Tez ishlaydigan infraqizil port|"Periferik qurilmalarni simsiz ulash uchun mo‘ljallangan port. Mobil kompyuterlarda qo‘llaniladi. " Tez kira olish yo‘li|"Biror-bir tez-tez ishlatiladigan komandalardan «sichqoncha» tugmasini bir marta bosish orqali tez foydalanish uchun mo‘ljallangan uncha katta bo‘lmagan panel. " «Tez» klavish|"Klaviaturadagi yakka klavish yoki klavishlar birikmasi. Ularning bosilishi menyu punkti tanlanishiga yoki muayyan komanda berilishiga mos keladi. " Tez tinishlar|"Qabul qilinadigan signal og‘ib o‘tuvchisining tez o‘zgarishlari, ular qabul qilish nuqtasida turli amplituda, boshlang‘ich faza, ushlanib qolish va chastotalarning Doppler siljishiga ega nusxalarning interferensiyasi natijasida hosil bo‘ladi. Izoh – Tez tinishlar og‘ib o‘tuvchisining qiymati, odatda, Reley qonuniga binoan taqsimlanadi. " Tezarus|"Bilimning qandaydir sohasiga tegishli bo‘lgan so‘zlar tematik prinsip bo‘yicha joylashtirilgan va leksik birliklar o‘rtasidagi semantik (turjins, sinonimik) munosabatlar ko‘rsatilgan lug‘at. Axborot-izlash tezaruslarida matnning leksik birliklari deskriptorlar bilan almashtiriladi. " Tezkor beysik|"Microsoft kompaniyasi tomonidan yaratilgan BASIC dasturlash tilining dialekti, shuningdek, dasturlarni shu tilda yozish, ishga tushirish va kuzatib borish imkoniyatini beruvchi ishlab chiqish muhiti. " Tezkor fayl tizimi|"OS/2 operatsion tizimining fayllarni nomlashda 254 ta belgidan foydalanish va fayllarni minimal fragmentlashni ta’minlaydigan fayl tizimi. " Tezkor ma’lumotlar|"Onlayn rejimida olingan ma’lumotlar. " Tezkor paket|"Kanal pog‘onasida, foydalanuvchi tizimlar va maʼmuriy tizimlar o‘rtasida uzatiladigan maʼlumotlar bloki. " Tezkor pochta|"Pochta jo‘natmalarini tezkor rejimda jo‘natish va yetkazib berish (topshirish) bo‘yicha pochta xizmati. " Tezkor pochta rejimdagi ichki pochta jo‘natmasi|"O‘zbekiston Respublikasi doirasida tezkor pochta rejimida jo‘natiladigan va adresatga yetkazib beriladigan (topshiriladigan) pochta jo‘natmasi. " Tezkor pochta rejimdagi xalqaro pochta jo‘natmasi|"Jo‘natilishi va yetkazib berilishi (topshirilishi) «EMS» tezkor pochta tizimi bo‘yicha Umumjahon pochta ittifoqining hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan pochta jo‘natmasi. " Tezkor-qidiruv tadbirlari tizimi (TQTT)|"Huquqni muhofaza qilish organlarining (TQTT dan foydalanuvchilar) olisda joylashgan boshqarish punktidan, bu punktning stansiya uskunasi bilan birgalikda ishlash yo‘li bilan, oldindan tanlangan abonent raqamlarining ulanishlarini yoki liniyalar va kanallar orqali o‘tadigan ulanishlarni tezkor nazorat qilish uchun mo‘ljallangan tizim. " Tezkor xotira|"Ma’lumotlar va komandalar joylashtiriladigan, dasturga yo‘naltiriladigan barcha xotira. " Tezkor xotira qurilmasi|"Ma’lumotlarni yozish va o‘qish uchun mo‘ljallangan yarimo‘tkazgichli qurilma. Oddiy kompyuterlarda – dastur bajarilishi uchun yuklanadigan joy. Doimiy xotiradan farqli o‘laroq, tezkor xotira qurilmasi xotirasidagi ma’lumotlarga istalgan tarzda o‘zgartirish va istalgan tartibda murojaat qilish mumkin. " Tezkor xotira qurilmasining interfeysi|"PC Card kartasining andoza interfeysi. Xotira bilan bog‘liq operatsiyalarni bajaradi hamda tezkor xotira qurilmasi va kiritish-chiqarish kartalari uchun qo‘llaniladi. " Tezkor xotira qurilmasining platasi|"Tezkor xotira qurilmasining mikrosxemalari va ulanish paytida interfeysni ta’minlaydigan sxemali bosma platasi. " Tezkorlik|"Tizimdan tashqaridagi kattalik, bajarilgan ish hajmining u bajarilgan vaqtga bo‘lgan nisbatiga teng. " Tezlashtirilgan grafika porti|"Videoadapter va tizim platasi mikrosxemalari o‘rtasidagi interfeys. PSI shinasiga asoslanadi. 1997-yilning ikkinchi yarmida ishlab chiqilgan. AGP ning bir nechta realizatsiyalari mavjud: AGP 1x, AGP 2x, AGP 4x lar mos ravishda 266, 533 va 1066 Mbyte/s uzatish tezligiga ega. Ayni vaqtda PCI-Express grafika porti ularning o‘rnini egallagan. " Tezlatgich|"Kompyuter biror-bir kichik tizimining ishlash tezligini oshiruvchi qo‘shimcha apparat ta’minoti (buyurtma mikrosxema, kengaytmali plata, ustun). " Tezlik bo‘yicha moslashish|"Tizimning yuklanganlik darajasi yoki radioto‘lqinlarning tarqalish sharoitlariga bog‘liq holda, kanalda axborot uzatish tezligining o‘zgarishi. " Tez-tez qayta ulash bilan kuzatiladigan xendover|"Mobil aloqa tarmoqlarida uchraydigan nomaqbul hodisa. Abonent stansiyasi ikki qo‘shni tayanch stansiyaning xizmat ko‘rsatish zonasi doirasida bo‘lganda vujudga keladi. Qabul qilinadigan signallar darajasining fluktuatsiyasi natijasida abonent stansiyasining bir tayanch stansiyadan boshqasiga, ko‘p marotaba qayta ulanishi sodir bo‘ladi. Bu tarmoqning umumiy o‘tkazish qobiliyati pasayishiga olib keladi. Bunday holatning oldini olish maqsadida gisterezis bilan qayta ulash sxemasidan foydalaniladi. " Teshik|"Hisoblash texnikasida – dasturiy ta’minot yoki apparaturadagi, foydalana olishni boshqarish jarayonlarini chetlab o‘tish imkonini beruvchi xatolar, kamchiliklar. " Teshik, tuynuk|"1. Vakolatlarni belgilashdagi, ishlab chiqishdagi xato. Muhofaza mexanizmlarini chetlab o‘tish yoki ularni ishdan chiqarish imkonini beradi. 2. Kompyuterning biror portini ochadigan va xakerga tizimdan foydalanish/tizimga kirish imkonini yaratib beradigan josus-dastur. " Teshik chelak algoritmi|"Tizimninig yuklanishi ortib ketganda, aloqa sifati eng yomon bo‘lgan kanallarni vaqtincha uzib qo‘yish bilan xatolardan himoyalanish usuli. Texnik taʼminot tizimning har bir abonenti uchun aloqa sifati to‘g‘risidagi maʼlumotlar kiritiladigan o‘z hisoblagichini tuzadi. Bunday axborot asosida boshqaruv tizimi past sifatli «yomon» kanallarni saralaydi. Natijada qolgan abonentlardagi aloqa sifatining ko‘rsatgichlari yaxshilanadi. " Tijorat dasturiy taʼminoti|"Tijorat tashkiloti tomonidan foyda olish maqsadida yaratilgan dasturiy taʼminot. Foydalanuvchiga dasturiy taʼminot nusxalarini sotishdan foyda keladi. Ko‘pchilik odamlar tijorat dasturiy taʼminot erkin dasturiy taʼminotga qarama-qarshi deb xato qilishadi. Bular orasidagi farq unchalik yaqqol emas. Erkin dasturiy taʼminot – bu muallif tomonidan erkin o‘zgartirishga, tarqatishga va foyda olish huquqini berishdir. Shundan kelib chiqqan holda, erkin dasturlar tijorat mahsulotlari ham bo‘lishi mumkin. " Tijorat siri|"Davlat yoki xususiy korxona faoliyatining istalgan sohasidagi konfidensial xarakterdagi ma’lumotlar, ularning tarqatilishi egalari yoki foydalanuvchilariga (yuridik shaxslarga) moddiy yoki ma’naviy zarar yetkazishi mumkin. Tijorat sirini saqlash uning egasi tomonidan amalga oshiriladi. " Tijoratga oid axborot|"Faqat egasining xohishiga ko‘ra va uning shartlari asosida tarqatiladigan kompaniyalar, firmalar, korporatsiyalar bo‘yicha ularning faoliyati va ishlab chiqaradigan mahsulotlari, moliyaviy ahvoli, amaliy aloqalar, bitimlar, rahbarlar to‘g‘risidagi axborot, shuningdek, axborot xizmatlari tomonidan taqdim etiladigan iqtisodiyot va biznes sohasidagi ishga oid yangiliklar. " Tiklamoq|"Ma’lum bir vaqtga to‘xtatib qo‘yilgan jarayonni to‘xtatilgan joyidan qaytadan tiklash. " Tiklash|"1. Registr va o‘zgaruvchilarning oldingi holatini tiklash. 2. Oldingi joyga qaytarish, oldingi holatiga qaytarish, misol uchun, ma’lumotlar bazasini oldingi holatiga qaytarish. " Tiklash nuqtasi|"Foydalanuvchi tomonidan sozlanadigan kompyuterdagi xususiyatlar, u o‘rnatgan dasturlar va ma’lumotlarni zaxiralash, kerak bo‘lganda operatsion tizimdagi avvalgi holatni qaytarish maqsadida yaratiladi. U tiklash nuqtasi deb ataladi. " Tiklash qurilmasi|"Televizion tasvir sintezini amalga oshiradigan qurilma. " Tiklash qurilmasining asosiy ranglari|"Qabul qilgich hosil qiladigan doimiy ranglilik va o‘zgaruvchan yorqinlikdagi ranglar, ulardan, tegishli mutanosiblikda aralashtirgan holda, boshqa ranglarni olishda foydalaniladi. Izoh – Odatda uchta asosiy rangdan foydalaniladi: qizil, yashil va ko‘k rang. " Tiklash rejasi|"Tizimni yuz bergan falokatdan keyin tiklash rejasi. " Tiklash standartini o‘zgartirgich|"Standart satr oralatib televizion ko‘rsatishdan maydonlarning chastotasi yuqori bo‘lgan satrma-satr tiklashga o‘tish qurilmasi. " Tiklash tartibotlari|"Avariya yoki to‘xtab qolishdan so‘ng tizimning axborotni qayta ishlash qobiliyatini tiklash uchun bajariladigan harakatlar hamda maʼlumotlar to‘plamlarini tiklash. " Tiklash tizimi|"Ma’lumotlarning yaxlitligini ta’minlashga qaratilgan dasturlar hamda boshqaruvchi jadvallar kompleksi. Ma’lumotlar bankida va boshqa avtomatlashtirilgan tizimlarda foydalaniladi. " Til|"Axborot uzatish uchun foydalaniladigan qoidalar, kelishuvlar, tavsiyalar to‘plami. " Til protsessori|"Ixtisoslashtirilgan tilda yozilgan komandalarni idrok qilish va mashina kodiga trantslyatsiya qilish uchun mo‘ljallangan qurilma yoki dastur. " Til standarti|"Mahalliy o‘ziga xoslik. Tizim yoki dastur ishlayotgan milliy va madaniy muhit. " Tilni kengaytirish|"Dasturlash tili spetsifikatsiyasiga, uni muayyan mashinada amalga oshirishda qilingan qo‘shimchalar. " Tilning amalga oshirilishi|"Dasturlash tilining muayyan platformada kompilyator yoki interpretator ko‘rinishida amalga oshirilishi. Amalga oshirilish har doim ham til spetsifikatsiyasiga mos kelmasligi, shuningdek, uni turli xil kengaytirishlarni ichiga olishi mumkin. " Tinish|"1. Manbadan katta masofada qabul qilinadigan radiosignallar darajasini qisqa muddatli yoki uzoq muddatli kamayishi (yo‘qolishi). 2. Uzatuvchi muhit (temperatura, namlik, bosim) parametrlarining tasodifiy o‘zgarishlari bilan asoslangan, shuningdek qabul qilish nuqtasiga turli yo‘llar bilan keladigan radioto‘lqinlarning interferensiyasi tufayli radiosignalning to‘satdan susayishi yoki hattoki to‘liq yo‘qolishi. " Tinishlarga zaxira|"Tinishlar mavjud kanalda qabul qilinuvchi signalning quvvat darajasi oshirilishi lozim bo‘lgan shunday kattalikki, bunda signal/shovqin nisbatining tinishlarsiz kanaldagi kabi nisbati ta’minlanadi. " Tiqilish|"Tarmoqdagi konflikt, tarmoqda paketlarning to‘qnashishi oqibatida vujudga keladi va uning o‘ta yuklanishiga sababchi bo‘ladi. " Tiqin|"Tuzilmaviy dasturlashda (dasturni normal bajarish va kompilyatsiyalash mumkin bo‘lishi uchun) amalda dasturlashning har bir qadamida dasturga kiritiladigan ahamiyatsiz protsedura. " Tirqishli antenna|"Elektromagnit to‘lqinlarni nurlantirish va qabul qilish to‘lqin o‘tkazgichda yoki hajmli rezonatorda o‘yilgan bitta yoki bir nechta tirqish orqali amalga oshiriladigan antenna. " Tirqishli niqob|"Soya niqobi va panjara aperturasining birikmasi. Bunda lyuminofor elementlar vertikal elliptik yacheykalarda joylashgan, niqob esa vertikal chiziqlardan qilingan bo‘ladi. " Tirqishli nur tarqatgich|"To‘lqin o‘tkazgich devoridagi yoki dastlabki nur tarqatgich rolini bajaradigan tor o‘tkazuvchi listdagi tirqish. " Tishlatish|"Qog‘ozni bo‘lish turi bo‘lib, unda qog‘oz ajratilmaydi, balki unda teshiklar yoki uncha katta bo‘lmagan kertiklar hosil qilinadi. " Titrash|"Raqamli signallar qiymatining qisqa muddatli o‘z-garishlari. Impuls frontlarining ularning vaqtdagi ideal holatiga nisbatan tasodifiy fluktuatsiyalari ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Faza titrashlari. Fazaning tez og‘ishi yoki chastotaning siljishi. Aloqa sifati yomonlashishiga yoki sinxronizatsiya buzilishiga olib keladi. " Titrni ushlab turgich|"Televideniyeda yozuvlar yoki hujjatlar ko‘rsatuvi uchun maxsus yasalgan qurilma. " Titul varag‘i|"Bosib chiqarilgan matnning birinchi sahifasi, topshiriq, foydalanuvchi nomi va boshqa hisobga olish ma’lumotidan tashkil topadi. " Tizim|"Qo‘yilgan vazifa (vazifalar) ni birgalikda hal etish maqsadida bog‘langan dasturlar, modullar, obyektlar majmui. Masalan, operatsion tizim foydalanuvchi bilan shaxsiy kompyuter o‘rtasidagi bog‘lanishni ta’minlash uchun mo‘ljallangan. " Tizim administratori|"Tizimning ekspluatatsiya qilinishi va ishchi holatda saqlab turilishi yuzasidan javobgar shaxs. " Tizim arxitekturasi|"Hisoblash tizimining funksional komponentlar (shinalar, signallar, protokollar, interfeyslar va h.k.lar), ularning tashkil qilinishi va o‘zaro aloqadorligi yig‘indisi sifatida taqdim etilishi. " Tizim dasturchisi|"Tizimli dasturiy taʼminot ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan dasturchi. " Tizim dasturi|"Operatsion tizim tarkibiga kiradigan, yoki operatsion tizimlar bilan, kompyuter tizimiga yoki uning alohida qurilmalariga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq funksiyalarni bajaradigan dastur. " Tizim dasturiy ta’minoti|"Foydalanuvchilarga kompyuter bilan ishlash imkoniyatini beradigan va bu ishni osonlashtiradigan dasturiy ta’minot. Operatsion tizim tizimli dasturiy ta’minotning asosiy qismi hisoblanadi. Tizimli dasturiy ta’minotga translyatorlar, qobiqlar, ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari kiradi. " Tizim diski|"Operatsion tizimning asosiy fayllarini ichiga oladigan disk. " Tizim fayli|"Operatsion tizimning to‘g‘ri ishlashi uchun zarur fayl. " Tizim gammasi (televideniyeda)|"Logarifmik shkalada qayta tiklanadigan tasvir element yorug‘ligining obyekt tegishli elementining yorug‘ligiga bog‘liqligini aks ettiradigan egri approksimatsiyalaydigan ishchi uchastkasining to‘g‘ri og‘ishi. " Tizim ichidagi radioxalaqit|"Radioelektron vositaga, radioelektron tizimning radioelektron vositasi bilan hosil qilinadigan, ataylab qilinmaydigan radioxalaqit. " Tizim integratori|"Turli yetkazib beruvchilardan olingan tarkibiy qismlarni birlashtirish yo‘li bilan to‘liq kompyuter tizimlarini qurishga ixtisoslashgan shaxs yoki kompaniya. Dasturlarni ishlab chiqaruvchilardan farqli o‘laroq, tizim integratorlari hech qanday dastlabki kod ishlab chiqmaydi. Buning evaziga ular kompaniyalarni ularning hisoblash ehtiyojlarini qondirish uchun do‘konlarda sotilmaydigan kompyuter va dastur paketlaridan foydalanishga undaydi. " Tizim integratsiyasi|"Umumiy ko‘p tarmoqli axborot tizimlarini yaratish va ulardan foydalanishga yo‘naltirilgan loyiha ishlari hamda xarid operatsiyalarining majmui. " Tizim jarayoni|"Operatsion tizimni yuklashda hosil qilinadigan jarayon. Operatsion tizimning to‘g‘ri ishlashi uchun zarur. " Tizim jurnali|"Tizimda kechayotgan hamma jarayonlar, yuzaga kelayotgan xatoliklar va h.k.lar yozib boriladigan fayl. Avariya holatlarida hodisalarning borishini tiklash, oldingi holatga qaytarish va h.k.larni bajarish maqsadida yuritiladi. " Tizim kaliti|"Tizim vositalarining ruxsat etilmagan tarzda erkin foydalanishdan muhofaza qilinishini ta’minlaydigan kalit. " Tizim katalogi|"Operatsion tizim o‘rnatilayotganda tuziladigan standart papka. Bu papkada tizimning barcha bibliotekalari, uning standart dasturlari va boshqalar saqlanadi. " Tizim muhandisi|"Tizim dasturiy taʼminotini ishlatish va kuzatib borish bilan shug‘ullanuvchi shaxs (odatda muhandis-dasturlashtiruvchi). Baʼzi hollarda tizim muhandisi tizim administratori vazifasini ham bajaradi. " Tizim obrazi|"Fayl yaratilish mobaynida tizimning hamma sozlashlarini o‘zida saqlovchi fayl. Tizimni to‘xtab qolishdan keyin tiklash uchun zarur. " Tizim operatori|"Server, kichik tarmoq yoki BBS ning ishga layoqatliligini ta’minlash va unga xizmat ko‘rsatish kabi xizmatlarni bajaruvchi shaxs (operator va kopincha egasi). " Tizim papkasi|"Tizimning ishlashi uchun zarur bo‘lgan dastur va modullar joylashtiriladigan katalog. " Tizim platasi|"Shaxsiy kompyuterning, protsessor, tezkor xotira qurilmasi, asosiy kiritish-chiqarish portlari va kengaytirish shinalarining ajratgichlari joylashtiriladigan asosiy platasi. " Tizim reestri|"Iyerarxik Windows 95, 98, 2000 va NT dagi tarmoq orqali foydalanish mumkin bo‘lgan, shaxsiy kompyuterni boshqarish, dasturiy ta’minot distributsiyasini ta’minlash, tizimni ma’muriy boshqarish va masofadan sozlash uchun foydalaniladigan ma’lumotlar bazasi. " Tizim resursi|"Markaziy protsessor vaqti, tezkor xotira qurilmasi sig‘imi, disk xotirasi, periferik qurilmalar yoki bajarish vaqtida ilovalarda foydalaniladigan boshqa tizim komponentlari. " Tizim resurslarini hisobga olish|"Tarmoqda foydalaniladigan resurslarni belgilash yo‘li. Bunda, tarmoq administratori har bir foydalanuvchi uchun, ular tomonidan o‘qilgan yoki yozilgan ma’lumotlar hajmini, foydalanuvchi va tarmoq o‘rtasida bog‘lanish o‘rnatilgan vaqtni, bu foydalanuvchi foydalanadigan disk hajmini, shuningdek, turli xizmatlarga qilingan so‘rovlarni qayd etib borishi mumkin. " Tizim soatiga havola|"90 kHz chastota davrida tizim vaqtini ko‘rsatadigan hamda koder va dekoderning taktli chastotalarini sinxronlash uchun xizmat qiladigan 33 bitli son. " Tizim tahlilchisi|"Amaliy muammolarga tavsif beruvchi, tizim spetsifikatsiyalarini belgilovchi, qurilmalarni o‘zgartirish bo‘yicha tavsiyalar beruvchi, maʼlumotlarga ishlov berish tartibotlarini va ko‘zda tutilgan maʼlumotlar tuzilmalarini loyihalashtiruvchi mutaxassis. " Tizim takt generatori|"Ma’lumotlar uzatish yoki boshqa qurilmalarni sinxronlash uchun foydalaniladigan davriyt signallarni generatsiyalaydigan qurilma. " Tizim utilitasi|"Tizimning ishga yaroqliligini diagnostika qilish, modifikatsiyalash va h.k. uchun ishlatiladigan dasturiy ta’minot. " Tizim vazifasi|"Tizimning to‘g‘ri ishlashini ta’minlaydigan va fon rejimda amalga oshiriladigan jarayon. " Tizim xotirasi|"Tizim platasidagi tezkor xotira qurilmasi. " Tizim yadrosi|"Operatsion tizimning asosiy moduli. " Tizim (yuklanuvchi) qismi|"Qattiq diskning operatsion tizim o‘z-o‘zini yuklashi uchun zarur bo‘lgan tashkiliy fayllari joylashgan qismi. " Tizim shinasi|"Amaliy dasturda operatsion tizim u yoki bu tizim funksiyasini bajarishi uchun foydalaniladigan mexanizm. " Tizim shrifti|"Grafik interfeysli tizimlarda ‒ ekranga xabarlar, menyu va sh.k.larni chiqarish uchun foydalaniladigan shrift. " Tizim chaqiruvi|"Operatsion tizim u yoki bu tizim funksiyasini bajarishi uchun amaliy dastur foydalanadigan mexanizm. Operatsion tizim odatda, himoyalangan tizimda bajarilishi hisobga olinsa, u holda tizim chaqiruvlarini tashkil qilish uchun bitta yoki bir nechta dasturli uzilish zaxiralanadi, masalan, MS-DOS da int 21 h. " Tizimdan foydalana olishlik|"Tegishli vakolatlari bo‘lgan subyektlarning axborotdan o‘z vaqtida hech qanday to‘siqlarsiz foydalana olishini ta’minlash qobiliyatini tavsiflovchi axborot (uni qayta ishlash vositalari va texnologiyalari) aylanadigan (tarqaladigan) tizimning xususiyati. " Tizimdan chiqish|"Foydalanuvchining kompyuter tizimidan chiqish jarayoni. " Tizimga kirish|"Foydalanuvchi tomonidan, uni identifikatsiya qiluvchi ma’lumotlarning (masalan, nomi, domeni va paroli) taqdim etilishi, haqiqiylikni tekshirish va foydalanuvchining ish seansini tashkil qilish. " Tizimlararo xalaqit|"Manbai ko‘rilayotgan tizimga tegishli bo‘lmagan tizimda joylashgan elektromagnit xalaqit. " Tizimlarni boshqarish serveri, qisqa xabarlar xizmati|"1. Microsoft Windows NT Back Office dasturiy paketining tarkibiy qismi. 2. Uyali aloqa tarmoqlaridagi qisqa xabarlar xizmati. " Tizimlashtirilgan kabel tizimi|"Ofis binolarida nutq va ma’lumotlarni uzatish uchun maxsus loyihalashtirilgan kabel tarmog‘i hisoblanadi, masalan AT&T korporatsiyasining SYSTIMAX tizimi ekranlashtirilmagan o‘ralgan juftlikda. Ma’lumot o‘tkazuvchanlik imkoniyati bo‘yicha mis kabelli strukturalangan qabul tizimi turli standartlarda toifalar va turkumlarga bo‘linadi. " Tizimlashtirilgan so‘rovlar tili|"Ma’lumotlar bazasi bilan ishlashga mo‘ljallangan xalqaro standart til. " Tizimli blok|"Shaxsiy kompyuterning, ta’minot bloki, asosiy plata, kengaytirish platasi, magnit va optik disklardagi to‘plagichlar joylashgan qismi. " Tizimli dasturlash|"Tizim va/yoki tarmoq dasturiy ta’minotini ishlab chiqish va ta’minlash. " Tizimli (imtiyozga ega) rejim|"Komandalarni bajarishning alohida rejimi, bunda imtiyozga ega bir qator, masalan, xotira va registrlarning tizimli sohalarini o‘zgartirish operatsiyalarini bajarishga yo‘l qo‘yadigan operasion tizim yadrosining moduli bajariladi. " Tizimli navbatlar sohasi|"Umumiy tizim jadvallari, boshqaruv bloklari va navbatlarini, tizim konfiguratsiyasini aniqlaydigan tarkib va mazmunni hamda ish jarayonida tuziladigan umumiy sondagi manzilli fazolarni joylashtirish uchun xizmat qiladi. " Tizimli oqim|"MPEG-1 standartida bir dasturga tegishli bo‘lgan hamda umumiy taktli sinxronlash orqali birlashtirilgan paketlangan elementar oqimlarni yig‘ish. " Tizimli tahlil|"Takomillashtirish yoki yangi tizim ishlab chiqish maqsadida, tizimni va uning o‘zaro bog‘langan kichik tizimlarini tadqiq qilish. " Tizimli yondashuv|"Har bir masala, vazifa, hodisa, obyektni birmuncha keng yaxlit va ajralmas butunning – o‘zaro bog‘lagan tarkibiy elementlar tizimining bir qismi sifatida qarab chiqish usuli. Tizim ishlashining maqsadlari aniqlanishini, uning boshqa tizimlar bilan aloqalari ajratib ko‘rsatilishini ko‘zda tutadi; vazifaning hal etilishi o‘zaro bog‘langan vazifalar va yuqoriroq darajadagi muammolar hal etilishiga bog‘liq qilib qo‘yiladi. " Tizimni muhofaza qilish|"Dasturlar va tizim ma’lumotlaridan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishni yoki tizim ishiga tasodifiy aralashishni bartaraf etish maqsadida ko‘riladigan chora-tadbirlar majmui. " Tizimni optimallash|"Optimallash mezoni, optimallash parametrlari va cheklashlar belgilanadigan, tizimni takomillashtirish jarayoni. " Tizimni to‘la qayta yuklash|"Tizimni, ko‘pincha kompyuter ta’minot manbaini uzib-ulash orqali takroriy yuklash. " Tizimning minimal talablari|"Texnik va dasturiy vositalarga, elektron hujjat aylanishi imkoniyatlarini amalga oshirish uchun qo‘yiladigan, minimal zarur bo‘lgan talablar. " Tizimning yaxlitligi|"Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimining, o‘zining tezkor vazifasini bajarish bilan bir vaqtda, ro‘yxatga olinmagan foydalanuvchilar tomonidan resurslardan foydalanishning yoki o‘zgartirilishining oldini olish, shuningdek, ro‘yxatga olingan foydalanuvchilar tomonidan ularga tegishli bo‘lmagan resurslardan foydalanishning yoki o‘zgartirilishining oldini olish xususiyati. " Tizimning o‘tkazish qobiliyati|"Jarayonlarning bir vaqt birligi ichida o‘z ishini tugatishining (o‘rtacha) soni. " Tobe jarayon|"Ona-jarayonga bog‘liq jarayon, ona-jarayon yo‘q qilinganda yo‘q qilinadi, ona-jarayon tugallanishdan oldin barcha o‘ziga tobe jarayonlarning tugashini kutib turishi kerak. " Toifalaish sxemasi|"Dasturiy ta’minot bilan bog‘liq bo‘lgan toifalalar va turlarning tartiblashtirilgan birikmasi. " Toifalashh makoni|"Tizimlar va dasturiy ta’minotning, o‘zining individual o‘lchovi sifatida bitta yoki bir nechta tasniflashga ega bo‘lgan manfaatdor tomonlarning toifalash bo‘yicha muammolari ifodalangan universal to‘plami. " Token|"Pul mablag‘lari evaziga investor kompaniyadan oladigan raqamli aktiv. " Tola|"1. Ingichka shisha ip. 2. Yadro va dempferdan iborat, axborotni yorug‘lik ko‘rinishida uzata oladigan optik to‘lqin o‘tkazgich. " Tola (optik tola)|"Elektromagnit nurlanishni atmosfera orqali bo‘ladigan optik aloqaga nisbatan uzoqroq masofaga uzatish uchun mo‘ljallangan tola. Optik tolalarning barchasi o‘zak va qobiq diametri, shuningdek, sindirish ko‘rsatgichi profili bilan farq qiladi. " Tola optikasi|"Telekommunikatsiya maqsadlarida, yorug‘lik diodi yoki lazer bilan generatsiyalanadigan yorug‘lik nurlanishini uzatish uchun shishali yoki polimer yo‘naltiruvchi tuzilma (optik tola). " Tolalarni ulash|"O‘xshash yoki yaqin tola uchlarini konnektordan foydalanmasdan doimiy ulash. " Tolali kanal|"Tolali tarmoqning asosiy va o‘ta yuqori tezlikli ishchi stansiyalari o‘rtasida maʼlumotlar uzatish vositalari uchun maxsus ishlab chiqilgan standart. Unda maʼlumotlar uzatishning turli tezliklaridan va masofalardan, bir modali yoki ko‘p modali tolalardan foydalaniladi. " Tolali yorug‘lik o‘tkazgich|"Doiraviy kesimga ega va ikkita konsentrik dielektrik qatlamdan iborat yorug‘lik o‘tkazgich. Uning ishlashi optik to‘lqinning optik xossalari turlicha bo‘lgan ikki muhit chegarasida sinish jarayonlaridan foydalanishga asoslangan. " Tom|"Fayl tizimida foydalanish uchun formatlashtirilgan, diskning bir nechta bo‘limi yoki bo‘limi; o‘qish va yozish uchun mumkin bo‘lgan axborot tashuvchi alohida blokning bir qismi. Operatsion tizim ma’lumotlarni saqlash uchun foydalanadigan joyni o‘zida ifodalaydi. Har bir tom noyob belgiga, ko‘pincha, tomni kompyuterda belgilaydigan disk harfiga ega. Tom diskni, diskning bir qismini, bir qancha disklarning qismlarini yoki magnit tasmani ichiga olishi mumkin. Tomlar, shuningdek, «disk tomlari» yoki «mantiqiy disklar» deb ham ataladi. Har bir tom o‘zining mustaqil yuklash yozuvini, o‘zak katalogini va papkalar daraxtini ichiga oladi. " Tom nomi|"Ma’lumot tashuvchi (qattiq disk) formatlanayotganda yoki maxsus utilita yordamida beriladigan nom. Har bir jismoniy disk tomi dasturni arxivlashda zarur bo‘ladigan o‘zining nomiga ega bo‘ladi. Tom nomi bilan ishlash operatsion tizim tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. " Tonal chastotani uzatish kanali|"300-3400 Gs chastota kengligiga ega bo‘lgan namunaviy analog uzatish kanali. " Tonal ko‘p chastotali raqam terish|"Raqamlarni DTMF ikkita tovush signalining qo‘shilishi yordamida kodlash usuli. Turli chastotadagi signallarni tarmoq orqali uzatish − telefonning sonli tugmalari bosilganda tarmoqqa yakka signal uzatiladi. Bunday imkoniyat ba’zi bir tarmoq funksiyalaridan (ovozli pochta, E-mail) foydalanish uchun zarur. " Tonal tayyorlik signali|"Stansiyaning xabarlarni qabul qilishga tayyor ekanligini bildiruvchi tovush signali. " Topologiya|"1. Telekommunikatsiyalar tizimining umumjismoniy yoki mantiqiy konfiguratsiyasi: jismoniy topologiya – komponentlarni kabellar va simlar bilan ulash sxemasi, mantiqiy topologiya esa xabarlar tarmoqdan qanday o‘tishini tavsiflaydi. 2. O‘zaro aloqalar, o‘zaro ulanishlarni o‘rganish. Windows tarmog‘i komponentlari o‘rtasidagi munosabat tizimi. Active Directory replikatsiyasiga qo‘llash mumkin, topologiyasi ma’lumotlarni bir-biri bilan almashish uchun domen kontrollerlari tomonidan ishlatiladigan ulanishlar to‘plamidan iborat. " Topshiriq|"Kompyuter bajaradigan ish hajmi. U maʼlumotlar, dasturlar, fayllar va mashina uchun ko‘rsatmalar majmuidan iborat. Ixtiyoriy topshiriq bir necha bosqichda bajarilishi mumkin, ularning bir qismi o‘zidan avvalgilarining natijalariga bog‘liq bo‘ladi. Topshiriqlar ikki xil rejimda, yaʼni bir dasturli va ko‘p dasturli rejimda bajarilishi mumkin. Oxirgi holda, tizimda qandaydir vaqt mobaynida topshiriqlar majmui bajariladi. Uni maxsus rejalovchi dastur boshqarib, u amaliy jarayonlar tomonidan qo‘shma resurslarni ishlatish tartibini belgilaydi. " Toq|"Ikkiga qoldiqsiz bo‘linmaydigan sonlar. " Tor nurga ega antenna|"Keskin yo‘naltirilgan antenna. " Tor polosali antenna|"Chastotalar ishchi polosasi kengligining polosaning o‘rta chastotasiga kichik (0,1 dan kam) nisbati bo‘lgan antenna. " Tor polosali xalaqit|"Spektr kengligi retseptorning o‘tkazish polosasi kengligidan kichik yoki unga teng bo‘lgan elektromagnit xalaqit. " Tortqichli machta|"Qishloq joylarida radioreleli aloqa liniyalarini tez yoyish uchun moʻljallangan antennaning oddiy turi. Izoh – Odatda, bir-biri bilan mexanik bogʻlangan uchburchak kesimli bir nechta seksiyadan iborat. Antennani vertikal holatda ushlab turish metall troslar yordamida amalga oshiriladi. " Tortqichsiz machta|"Konstruksiyasi dala sharoitlarida mahkamlashning qoʻshimcha vositalaridan foydalanmasdan yoyishga imkon beradigan antenna machtasi. " Tovush balandligini avtomatik rostlagich|"Bir kanaldan boshqasiga o‘tilganda yoki reklama roliklari uzatilganda, tovush balandligi darajasining yoqimsiz sakrashlarini avtomatik tarzda bartaraf etadigan tizim, bunda tovush balandligi bir xil darajada saqlanadi. " Tovush fayli|"Nuqtama-nuqta kodlangan tovush bo‘laklaridan iborat fayl. Bundan tashqari, tovush fayli dasturlar va qurilmalar tomonidan ishlatiladigan boshqaruvchi kodlarni ham o‘z ichiga oladi. Tovush fayllarining namunaviy kengaytmalari: Microsoft Windows-wav; MPEG (Moving Pictures Expert Group) Layer-3; .mp3; Apple-aif; MIDI-mid; Windows Media Audio-wma. " Tovush jo‘rligi|"Televizion dasturning tovushli tashkil etuvchisi. " Tovush jo‘rligidagi eltuvchi|"Tovush jo‘rligidagi signal bilan televizion dasturni modulyatsiyalash uchun mo‘ljallangan eltuvchi. " Tovush jo‘rligidagi radiosignal|"Tovush jo‘rligidagi signal bilan modulyatsiyalangan tovush jo‘rligidagi eltuvchi signal. " Tovush jo‘rligidagi radiouzatgich|"Radiochastota signallarini yaratishda foydalaniladigan, televizion dasturning tovush jo‘rligini tashuvchi televizion radioeshittirish uzatgichining qismi. " Tovush jo‘rligidagi uzatgichning o‘rtacha chastotasi|"Sinusoidal signal modulyatsiyalagan nurlantiruvchi to‘lqinning o‘rtacha chastotasi. Nurlantiruvchi to‘lqinning modulyatsiya bo‘lmagandagi chastotasi. " (Tovush jo‘rligidagi) tasvir kanali|"Eshittirish televideniyesi trakti yoki trakti zvenosining, (tovush jo‘rligidagi) televizion tasvirni uzatish uchun mo‘ljallangan qismi. " Tovush kanali|"Tovush eshittirish signallari yoki tovush jo‘rligi signallarini uzatishga mo‘ljallangan namunaviy uzatish kanali. " Tovush kanalidagi tovush bosimi bo‘yicha nochiziqli buzilishlar koeffitsiyenti|"Televizorning akustik tizimi tomonidan kuchaytiriladigan tovush bosimi garmonikalari amaldagi qiymatining, asosiy chastota va uning garmonikalarining amaldagi qiymatiga nisbati. " Tovush kartasi|"Kompyuterlashtirilgan qurilmalarda tovushni qayta ishlash uchun qo‘llaniladigan electron qurilma. " Tovush kodeki|"Tovushni kodlash/dekodlash uchun mo‘ljallangan dasturlar. Kodlangan tovush o‘z sifatini qariyb yo‘qotmaydi va xotiradan kamroq joy egallaydi. " Tovush miksheri|"Tovush jo‘rligidagi signallarni shakllantirish maqsadida bir necha manbadan keladigan tovush signallarini birlashtiruvchi qurilma. " Tovush oldi buzilishlari|"Uzatuvchi tomonda tovush signalini dastlabki qayta ishlash, bunda yuqori chastotalar ma’lum logorifmik qonunga asosan ko‘tariladi. Qabul qiluvchi tomonda old buzilish bartaraf etiladi. Old buzilishlardan maqsad − signalning xalaqitga bardoshliligini oshirishdir. Yuqori chastotalarni ko‘tarish, ularning xalaqitlarga uchrash ehtimoli ko‘pligi bilan bog‘liqdir. Bartaraf etiladigan old buzilishlarning noto‘g‘ri tanlovi, qabul qiluvchi tomondan tovushni tiklashga imkon bersa ham uning sifatini sezilarli pasaytiradi. " Tovush platasi|"Shaxsiy kompyuterlar uchun tovushlarni yozish va qayta eshittirish imkonini beruvchi qo‘shimcha plata. " Tovush-tasvir kesichuvchi buzilishi|"Tasvir videosignali yoki televizion videosignalning tovush jo‘rligidagi signal keltirib chiqaradigan buzilishi. " Tovush va tasvirning nosinxronligi|"Tasvir va tovush jo‘rligi o‘rtasidagi aniq sezilarli vaqt oralig‘i. " Tovush shovqinini pasaytirish (kompandirlash)|"Audiosignalning, boshlang‘ich signal amplitudaviy spektrini siqishdan iborat bo‘lgan, xalaqitbardoshliligini oshirish usuli, bunda amplitudaning quyi chegarasi ehtimol tutilgan shovqin darajasidan yuqori bo‘ladi, yuqoridagisi esa joyida qoladi. Qabul qilish tomonda signal tiklanadi. " Tovush chastotasi|"20 Hz dan 20 kHz gacha diapazondagi chastota. " Tovush chastotasi bo‘yicha nochiziqli buzilish|"Kirish signalidagi garmonikalar tarkibining, uning uzatgichdan o‘tishi natijasida o‘zgarishi. " Tovushli axborotni qayta ishlash|"Tovushli axborotni qayta ishlovchi dasturlarda qo‘llaniladigan algoritm. " Tovushli axborotni tanlash xizmati|"Foydalanuvchi tomonidan (talabi bo‘yicha) musiqiy yoki boshqa audio-konferensiyani tashabbusli tanlash. " Tovushli kodlar|"Xatoliklar to‘g‘risida tovush signallari bilan xabardor qilish tizimi. tezkor-himoya qurilmasi, kesh-xotira yoki protsessor xatoliklarini aniqlashda ishning dastlabki bosqichida tayanch kiritish/chiqarish tizimi (BIOS) da foydalaniladi. Xatolik turi qisqa va uzun gudoklar soni hamda ularning ketma-ketligi bilan belgilanadi. " Tovushli ma’lumotlarni qayta ishlash darajasi|"Tovushli ma’lumotlar oqimini kodlashda foydalaniladigan algoritmlar majmui. Siqilish darajasi hamda koder va dekoderning murakkabligini belgilaydi. " Tovushli pochta|"Telefon band bo‘lganda, javob bermaganda, yoki mobil telefon uyali aloqaning xizmat ko‘rsatish zonasidan tashqarida joylashgan yoki o‘chirib qo‘yilganda, xabarni qabul qiluvchi avtojavobbergichning takomillashtirilgan analogi. Izoh – Tovushli pochta uchun abonentga kelib tushgan sanasi va vaqtli ko‘rsatiladigan xabarlarni saqlash uchun yana bitta telefon raqami – «quti» raqami taqdim etiladi. " Tovushli signal|"Tovush chastotasining, televizion tasvirning tovushli dasturi yoki tovush jo‘rligini aks ettiruvchi, dasturiy signali. " Tovushni boshqarish|"Chiquvchi audio qurilma, odatda kolonkadan chiqadigan tovushlarni boshqarish uchun utilita. Tovushning past-balandligini o‘zgartirish mumkin. " Tovushni zichlash − MP3 texnologiyasi|"Tasvirni hamda MPEG-1 va MPEG-2 tovushlarni raqamli siqish standartlarini yo‘qotish bilan Layer 3 tovushli axborotini siqish va saqlash formati. 10-12 kompressiyaning keng tarqalgan koeffitsiyenti. Format katta formatdagi musiqali fayllarni Internet orqali uzatishni soddalashtirish va arzonlashtirish maqsadida yaratilgan. Oddiy tinglovchining eshitish qobiliyati farqlay olmaydigan yozuvdagi tovush chastotalarini olib tashlashga imkon beradigan siqishning maxsus algoritmidan foydalaniladi; shunga muvofiq yozuvning hajmi ancha qisqaradi. Shu bilan birga, format ptofessional foydalanish uchun nobop hisoblanadi. " Toza|"Odatda, ushbu atama Internet Explorer moslamalarida qo‘llaniladi, agar ushbu moslama tanlansa, kuzatib boruvchi andoza bo‘yicha Internet Explorer ishga tushirilganda Internetga ulanmagan holda toza sahifani ochadi. " Tozalash|"Vaqtinchalik fayllarni o‘chirish. Diskdagi bo‘sh joyni ko‘paytirish uchun xizmat qiladi. " Tozalik|"1. Ustunlik qiluvchi va qo‘shimcha to‘lqin uzunligi bilan tavsiflanuvchi aralashmalardagi spektral hamda axromatik tashkil etuvchilarning nisbiy yorqinligi rangning tozaligi orqali aniqlanadi va uni belgilaydi. 2. Ushbu rangni tashkil qiluvchi sof spektral rangning oq va spektral rang yig‘indisiga nisbati bilan belgilanadigan rang xarakteristikasi. " Toshiba korporatsiyasi|"1875-yil Yaponiyada tashkil qilingan yirik xalqaro konsern. Faoliyatining asosiy yo‘nalishlari – elektrotexnika, elektronika va tibbiyot uskunalari. " Trafik|"Ma’lumotlarning uzatiladigan muhitdagi harakati, masalan, ma’lumotlarning lokal yoki global tarmoqdardagi oqimi. Tarmoqning bandligi (xuddi avtomobil yo‘llaridagi harakat kabi). " Trafik analizatori|"Boshqa bog‘lamalar uchun mo‘ljallangan tarmoq trafigini ushlab qolish va keyingi tahlillash yoki faqat tahlil qilishni amalga oshiradigan dastur yoki dasturiy-apparat vosita. Analizator ishlayotganda tarmoq interfeysi «tinglash rejimiga» o‘tadi va bu unga tarmoqdagi boshqa interfeyslarga yuborilgan ft paketlarni qabul qilish imkonini beradi. " Trafik kanal|"Abonent va tayanch stansiyalar o‘rtasida foydali va xizmatga oid axborotni uzatish kanali. Bu tushunchaga to‘g‘ri va teskari kanallar ham kiritiladi. " Trafikni nazorat qilish|"Ortiqcha yuklanishning oldini olish uchun barcha tarmoq elementlarida tarmoq tomonidan bajariladigan operatsiyalar. " Trafikni tahlil qilish|"Trafik oqimlarini kuzatish paytida olingan axborot tahlili. Masalan, trafik mavjudligi, mavjud emasligi, hajmi, yo‘nalishi va chastotasining tahlili. " Trafikni tiqishtirish|"Axborot muhofaza qilish sohasida – aksil chora. U trafikni tahlillashni yoki shifrlangan matnni ochiq matnga o‘girishni murakkablashtirish uchun uzatish muhitida maʼnosiz maʼlumotlarni yaratib ulardan foydalanishni nazarda tutadi. Masalan, ramzlar ketma-ketligi sifatida kodlangan xabar uzatishda ketma-ketlikning ayrim xonalarini yaratilgan ramzlar bilan to‘ldirish tushuniladi. " Trafikni o‘rniga qo‘yish (to‘ldirish)|"1. Soxta ulanishlarni aniqlash, qalbaki ma’lumotlar bloklarini va/yoki ma’lumotlar bloki ichidagi alohida qalbaki ma’lumotlarni generatsiyalash. 2. Ma’lumotlar bloki doirasida noto‘g‘ri aloqa voqealarini, noto‘g‘ri ma’lumotlar blokini va/yoki noto‘g‘ri ma’lumotlarni generatsiyalash. " Trafikning konfidensialligi|"1. Trafik (xabarlar oqimi)ni tahlildan muhofaza qilinishini ta’minlovchi konfidensiallik xizmatlari. 2. Aloqa tizimining raqib va/yoki axborotni buzuvchining tizimda uzatilayotgan ma’lumotlar va/yoki trafikni tahlil qilish orqali tizimning umuman ishlashi to‘g‘risidagi axborotni olishidan muhofazalanganligini tavsiflovchi xususiyat. Trafikni tahlil qilishdan himoyalash identifikatorlar hamda jo‘natuvchi va oluvchining manzillarini, paketlar uzunligini, uzatishlar jadalligini yashirish yo‘li va sh.k.orqali ta’minlanadi. " Traktni uzatish koeffitsiyenti|"Traktning chiqishdagi berilgan kesimida tushuvchi toʻlqinning normalangan kuchlanishi yoki toki kompleks amplitudasining, chiqishda qaytuvchi toʻlqin boʻlmaganda, traktning kirishdagi berilgan kesimida tushuvchi toʻlqinning normalangan kuchlanishi yoki toki kompleks amplitudasiga nisbati. " Tranking|"Abonent so‘roviga muvofiq taqdim etiladigan, bo‘sh kanallarni taqsimlashning avtomatik usuli; bunda har bir terminal ajratilgan diapazonning bir nechta qayd etilgan chastotalarning istalgan birida ishlashi mumkin. " Transdyuser o‘zgartirgich|"Energiyani bir shakldan boshqasiga, masalan, optik energiyani elektr energiyasiga aylantirish uchun mo‘ljallangan qurilma. " Transformatsiya (videoo‘zgartirish)|"Administrator tomonidan o‘rnatiladigan kiruvchi va chiquvchi xabarlarga qo‘shiladigan domen nomlarini qo‘shish, olib tashlash va o‘zgartirish qoidalari. " Transiver (qabul qilgich-uzatgich)|"Ethernet dagi kabi xost interfeysini lokal tarmoq bilan bog‘laydigan fizik qurilma. Izoh – Ethernet transiverlari kabelga signalni uzatuvchi va detektorlovchi elektron qurilmadan iborat. " Transkoderlash (rangli televideniyeda)|"Rangli televideniyening bitta tizimiga muvofiq kodlangan rangli videosignalni xuddi shunday satr va maydonlar chastotasiga ega bo‘lgan boshqa tizimga muvofiq kodlangan signalga o‘zgartirish. " Translyator|"Dastur yoki dasturning translyatsiya qilinishini bajaradigan texnik vosita. Translyator, shuningdek, xatolar aniqlanishini bajaradi, bosib chiqarish uchun dastur matnlarini beradi. " Translyatorga ko‘rsatma|"Dastur mazmunini o‘zgartirmaydigan, lekin translyator ishini boshqaradigan yoki unga qandaydir parametrlar beradigan, kirish tili konstruksiyasi. " Translyatsiya|"1. Bir dasturlash tilida yozilgan dasturni boshqa bir tildagi dasturga o‘zgartirish jarayoni. Translyatsiya – bu, bajarilishi mumkin bo‘lgan, mashina kodlaridagi dasturni tuzishdir; biblioteka kichik dasturlari, modullar, protseduralarni mashina tilidagi yakuniy dasturga qo‘shilishini ta’minlaydi. Izoh ‒ Translyatsiyaning ikki turi farqlanadi: kompilyatsiya – natija, dasturning boshlang‘ich matnidan mustaqil bajariladigan tayyor dastur ko‘rinishida olinadi; interpretatsiya – dasturning bajarilishi va translyatsiya qilinishi komandalar bo‘yicha yuz beradi. 2. Elektraloqa signallarini (tovush yoki televizion eshittirish signallarini, telefon so‘zlashuvlarni, telegraf xabarlarini va shu kabilarni) oraliq (translyatsion) stansiya orqali uzatish. " Translyatsiya davri o‘zgaruvchisi|"Makrobelgilashlar va translyatorga ko‘rsatmalarda foydalaniladigan o‘zgaruvchi. " Translyatsiya qilishdagi xato|"Dastur matnidagi, translyator aniqlaydigan xato. " Transponder (retranslyator)|"Ko‘plab yer stansiyalaridan signallarni qabul qiladigan va ularni boshqa chastotalar diapazonida Yerga qayta nurlantiradigan yo‘ldoshli qabul qilgich-uzatgich. Retranslyatorning kirish va chiqishidagi signallarning tuzilmasi odatda o‘zgarmaydi. " Transport darajasi|"Oxirgi (terminal) qurilmalar o‘rtasida ma’lumotlarni ishonchli uzatish uchun javob beruvchi OSI modelining to‘rtinchi sathi. " Transport oqimi|"Xatolarni to‘g‘rilash va o‘zining sinxronlash manbalaridan mustaqil izohlashga ega doimiy uzunlikdagi dasturiy paketlardan shakllangan raqamli eshittirish televideniyesi ma’lumotlarining bir nechta dasturiy oqimlarining to‘plami. " Transport protokoli, transport darajasidagi protokol|"OSI modelining transport darajasidagi funksiyalarini bajaruvchi tarmoq protokoli. " Transpyuter|"Ko‘p protsessorli hisoblash tizimlarida parallel hisoblashlar uchun foydalanishga mo‘ljallangan, maxsus arxitektura protsessori. " Tranzaksiya|"Obyektlarning vaqt bo‘yicha qisqa birgalikda ishlash sikli. O‘z ichiga «so‘rov ‒ topshiriqning bajarilishi ‒ javob»ni oladi. Odatda, dialog rejimida amalga oshiriladi. " Tranzaksiyalar jurnaliga ega fayl tizimi|"Har qanday o‘zgarishni tranzaksiya kabi qayd qiladigan fayl tizimi. Barcha tranzaksiyalar jurnalga yoziladi. " Tranzaksiyalar protsessori|"Tranzaksiyalar qayta ishlanishini rejalashtirish bilan shug‘ullanadigan va ularning bir-biridan alohida ajralib turishini ta’minlash uchun javob beradigan, shuningdek, tranzaksiyalarni qayta ishlash protokollashtirilishini ta’minlaydigan, maʼlumolar bazasini boshqarish tizimining kichik tizimlaridan biri. " Tranzaksiyalardan nusxa ko‘chirish|"Tranzaksiyalardan nusxa ko‘chirish – bu muntazam tarzda o‘zgaradigan maʼlumotlar bazalari uchun qulay yechim. Tranzaksiyalardan nusxa ko‘chirishda nusxa ko‘chirish agenti asosiy bazadagi o‘zgarishlarni obunachilarga yuboradi. Bu o‘zgarishlar ayni paytda yoki muntazam ravishda yuborilishi mumkin. " Tranzaksiyalarni tezkor qayta ishlash|"Real vaqt rejimida tranzaksiyalarning (so‘roq berish va natija olish jarayonlarining) bajarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan, maʼlumotlar bazalarini boshqarish turi. " Tranzit|"Chastotalar polosasi yoki uzatish tezligi o‘zgartirilmasdan, telekommunikatsiyalar signallari o‘tishini taʼminlaydigan, bir xil uzatish kanallari yoki traktlarining ulanishi. " Trassa|"Telekommunikatsiyalar kabelini o‘rnatish uchun mo‘ljallangan vosita (muhit, fazo). " Trassadagi oraliq masofa|"Trassaning eng yuqori geografik nuqtasidan qabul qiluvchi va uzatuvchi antennalarning fazaviy markazlarini birlashtiruvchi to‘g‘ri liniyagacha bo‘lgan raqamli eng kichik masofa. " Trassalashtirish|"Dastur har bir komandasining bajarilishi natijalarini aks ettirish. Bunda o‘zgaruvchilar, funksiyalar, ifodalarning qiymatlari beriladi. Trassalashtirishdan dasturni sozlashda foydalaniladi. " Trek|"Magnit disk. Har birini diskning aylanadigan plastinasi sirtida qo‘zg‘almas o‘qish/yozish kallagi qoldiradigan halqa ko‘rinishida tasavvur qilish mumkin bo‘lgan magnit yo‘lkalar majmuini o‘zida ifodalaydi. Yo‘lkalar 0 dan boshlab, chetki qismidan markaz tomon raqamlab boriladi. Disk formatlanganda, har bir yo‘lka sektorlarga bo‘linadi. " Trekbol|"Kompyuter tizimlari tarkibida ishlash uchun mo‘ljallangan grafik manipulyator. Harakatlanishi nazorat qilinadigan shar – shar shaklidagi va «sichqoncha»ning o‘rnini bosadigan 2ta yoki 3 ta tugmadan iborat maxsus qurilma. " Trekpoint|"Displeyda ma’lumotlarni tanlash, grafik ma’lumotlarni kiritish imkonini beradigan qurilma. Displey ekranida kursor yordamida barmoqning unga bo‘ladigan bosimi yo‘nalishini kuzatib boradigan tugmani o‘zida ifodalaydi. Odatda, klaviatura o‘rtasida o‘rnatiladi. " Trellis kodlash|"Maxsus tanlangan yoyish kodi va bitlarni simvollarga joylashtirish algoritmining kombinatsiyasi, u ortiqchalikni uncha ko‘paytirmasdan, energiyadan sezilarli yutishni ta’minlaydi. " Trevoga|"Viruslar xavfi tug‘ilganda, xavfsizlik buzilganligi to‘g‘risidagi xabarda, ruxsat etilmagan foydalanish/ kirish amalga oshirilganda uzatiladigan tovushli yoki vizual trevoga signali. " Trevoga signalini berish qurilmasi|"Ruxsat etilmagan tarzda foydalanishga urinish bo‘lganda, nazorat postiga tovush va/yoki yorug‘lik signali uzatilishini ta’minlovchi dasturiy-apparat qurilma. " Triada|"Uchta: qizil, ko‘k va yashil rangdan iborat lyuminofor guruh. " Trigger|"Ikki yoki undan ko‘p barqaror holatga ega elektron qurilma. Triggerlar integral sxemalar tarkibiga kiradi. Asosan, xotira sifatida foydalaniladi. " Trilateratsiya|"Mobil obyekt joylashgan yerni aniqlashning, bir vaqtda tarmoqning uchta stansiyasidan obyektgacha bo‘lgan masofani o‘lchashga asoslangan usuli. " «Troya oti»|"Ma’lumotlarni ruxsat etilmagan tarzda to‘plash, falsifikatsiya qilish yoki yo‘q qilishni amalga oshirish imkonini beradigan, funksional foydali bo‘lib ko‘rinadigan, zarar yetkazuvchi dastur. " Tugallash, tamomlash|"Operator yoki blokning oxirini (tugashini) ko‘rsatadigan xizmatga oid so‘z. " Tugatish|"Jarayonning, uning dasturini bajarish tugallanganligini bildiradigan holati. " Tugma|"Shaklning asosiy elementlaridan biri. To‘g‘riburchakni o‘zida aks ettiradi, uni bosish natijasida biror harakat yuz beradi. " Tugmadagi tasvir|"Tugma yuzida tasvirlangan piktogramma. Matnga muqobil hisoblanadi. " Tugmalar paneli|"Bevosita menyu satri ostida joylashgan va nusxa ko‘chirish, ma’lumotlarni surish, olib tashlash kabi, tez-tez talab qilinadigan operatsiyalarni bajarish imkonini beradigan tugmalar qatori. " Tuman pochta aloqasi bog‘lamasi|"Tuman markazlarida tashkil etiladigan pochta aloqasi bog‘lamasi. " Tumanichi pochta yo‘nalishi|"Bitta tuman pochta aloqasi obyektlarini bog‘lovchi pochta yo‘nalishi. " «Tungi servis» xizmatini ta’minlash|"Tungi vaqtlarda chaqiruvlarni muqobil (belgilangan) raqamga qayta yuborish imkonini beradigan xizmat. Xizmatni aktivlashtirish ikkita: - avtomatik, ko‘p liniyali bog‘lam guruhining barcha a’zolari band bo‘lganda; - qo‘lda, ko‘p liniyali bog‘lam guruhi a’zolalaridan biri tomonidan aktivlashtirish usuli orqali amalga oshiriladi. Izoh – Xizmat ko‘p liniyali bog‘lam guruhlari uchun mo‘ljallangan. " Tungi televideniye|"10-4 ℓk dan 10-5 ℓk gacha yetadigan, o‘rtacha 10-2 ℓk dan 10-3 ℓk gacha tashkil etadigan tungi tabiiy yoritilganlikdagi televizion uzatish. " Tur|"Dasturlash tillarida foydalaniladigan ma’lumotlar ko‘rinishi (masalan, simvolli, butun sonli va h.k.) " Turbo|"1. Protsessorning ishlash chastotasi oshirilgan kompyuterning ishlash rejimi. Turbo rejimi i80286 protsessordan boshlab asosiy hisoblanadi. Eskirgan dasturlar bilan ishlashda bu rejim uzib qo‘yiladi. Pentium protsessorli kompyuterlarda foydalanilmaydi. 2. Borland firmasining savdo markasi. Mashhur Turbo Paskal, Turbo C, Turbo Prolog mahsulotlari bir xil muhitga va sifatli translyatorlarga ega. " Turbo-kodlash|"Parallel ulangan bir nechta koder orqali simvolli ketma-ketlikni kodlash. " Turkumlar verifikatori|"Turkumni yuklashda uning bayt-kodi, turlarining nazorati va boshqa zarur tekshirishlarni bajaradigan JVM tarkibiy qismi. " Turlarni o‘zgartirish|"Bir turdan boshqa turga o‘zgartirish operatsiyasi, masalan, «1234» qatori 1234 butun raqamiga aylantirilishi mumkin. " Turli tomonga yo‘naltiriladigan antennalardan foydalanib yoyish|"Harakatdagi (masalan, poyezdga o‘rnatilgan) radiostansiyalar uchun katta kuchayish koeffitsiyentiga ega antennani avtotanlashga asoslangan signallarni qabul qilish usuli. " Turniket antenna|"Ta’minoti fazalarni 90° ga burish bilan uzatiladigan bir nechta oʻzaro perpendikulyar vibratorlar antenna boʻylab joylashadigan machta (shtanga)ni oʻzida aks ettiradigan antenna. " Turg‘un qoplanish zonasi|"Radiosignal ishonchli qabul qilish uchun yetarli darajada nurlanadigan zona. " Turgʻun toʻlqin|"1. Qarama-qarshi yo‘nalishlarda tarqaladigan, ulardan biri to‘g‘ri, ikkinchisi esa uzatish liniyasining olisdagi uchidan qaytuvchi ikki to‘lqinning ustma-ust tushishidan hosil bo‘ladigan to‘lqin. Turgʻun toʻlqinda kuchlanish va tok faza boʻyicha 90° ga surilgan, amplitudalari ba’zi nuqtalarda maksimumga (bogʻlamlilik maksimumiga), ba’zilarida esa, nolga (uzellar) yetgan holda, aloqa liniyasi boʻylab oʻzgaradi. 2. Bir xil amplitudali, bir-biriga tomon tarqaladigan hamda vaqt va fazoda oʻzgaradigan ikkita yuguruvchi elektromagnit toʻlqin interferensiyasi paytida fazoda yuzaga keladigan elektromagnit toʻlqin. " Turgʻun toʻlqin koeffitsiyenti (TTK)|"1. Uzatish liniyasidagi turgʻun toʻlqin elektr yoki magnit maydoni kuchlanganligi amplitudasi eng yuqori qiymatining eng kichik qiymatga nisbati. 2. Uzatish liniyasidagi turgʻun va yuguruvchi toʻlqin amplitudalari oʻrtasidagi oʻzaro nisbatni tavsiflovchi koʻrsatgich boʻlib, SWR = (1 + k)/(1 – k) tarzida aniqlanadi, bunda k – qaytish koeffitsiyenti. " Turg‘un to‘lqinlar rejimi|"1. Liniyada teng amplitudali tushuvchi va qaytgan to‘lqinlar mavjud bo‘ladigan, yo‘qotishlarsiz uzun liniyaning ishlash rejimi. 2. Liniya yuklamasi u yo‘naltiradigan to‘lqin energiyasini to‘liq qaytaradigan rejim. " Tutash huquqlarni qo‘riqlash nishoni|"Fonogrammaning har bir nusxasida va/yoki uning har bir g‘ilofida joylashtiriladigan nishon. U uch elementdan iborat bo‘ladi: aylanada «R» lotin harfi; alohida tutash huquqlari egasining ismi (rasmiy nomi); fonogramma birinchi marta chop etilgan yil. " Tutashtirgich|"1. Har ikki uchida konnektorlari bo‘lgan optik-tolali kabel. 2. Krossda yarim doimiy ulanishlar uchun foydalaniladigan konnektorsiz kabel birligi yoki elementi. 3.Konnektorlarsiz o‘ralgan juftlar asosidagi, krossda telekommunikatsiya sxemalari/liniyalarini ulash uchun foydalaniladigan qurilma. " Tutib olish xizmati|"Agar chaqiruv mavjud bo‘lmagan yoki o‘zgartirilgan raqamga chaqiruv yuborilsa yoki chaqiruv vaqtida marshrut vaqtincha blokirovkalangan bo‘lsa, yoki chaqiruv yuborilganda abonent noto‘g‘ri harakat qilsa, chaqiruv avtomatik tarzda tutib qolinadi va kommutatsiya uskunasi orqali keraksiz bog‘lanishni o‘rnatishning oldini olish uchun, chaqiruvlarni tutib olish qurilmasiga uzatiladi. " Tuzatilgan versiya|"Apparat yoki dasturiy vositaning aniqlangan barcha xatoliklar tuzatilgan va qo‘shimcha hech qanday funksiyalari bo‘lmagan versiyasi. " Tuzatmoq|"Xatolarni izlash va tuzatish amali. Ma’lumot kiritish orqali dastur instruksiyasini qadam-baqadam bajarish orqali amalga oshiriladi. " Tuzatuvchi kod|"Uzatiladigan xabarga ba’zi bir ortiqchalilik kiritilishi orqali xatolarni tuzatuvchi kod. " Tuzatuvchi qurilma|"Aloqa kanalida yoki axborotni qayta ishlashda vujudga keladigan muntazam (tasodifiy bo‘lmagan) xatolarni bartaraf etish uchun mo‘ljallangan qurilma. Kanal tuzatuvchi qurilmasining ishlash prinsipi signal xarakteristikalarini aloqa kanalining uzatish funksiyasi bilan moslashtirishga asoslangan. " Tuzilma|"Bitta yoki bir nechta, balki har xil turdagi elementlardan iborat ma’lumotlar elementi. " Tuzilmaviy dasturlash|"Har birida bitta kirish va bitta chiqish nuqtalari bo‘lgan, iyerarxik ixcham modullardan tashkil topgan (Edsger Dijkstra tomonidan yaratilgan) dasturlarni loyihalash metodologiyasi. Bundan tashqari tuzilmaviy dasturlash GОTО operatorini ishlatishni cheklab qo‘yadi. " Tuzish va yig‘ishning quyi darajasi|"ATM tarmoqlarida AAL ning ikkita darajasidan biri. Nisbatan yuqori darajadagi kiruvchi ma’lumotlar oqimini 48 byte li yacheykalarga bo‘ladi va u yacheykalardan chiquvchi ma’lumotlarni yig‘adi. Odatda tarmoq kontrollerida alohida mikrosxemalar ko‘rinishida amalga oshiriladi. Ma’lumotlarni yacheykalarga ajratish usullarini aniqlovchi turli standartlar mavjud. Ular ATM Adaptation Layers deyiladi. " Tuzoq|"Jinoyatkorning har qanday harakatini sinchiklab protokollashtiradigan kompyuterdagi ma’lum servislar (pochta, Telnet va sh.k.) ishini tezlashtiradigan dastur. " Tuzoqlardan foydalanish|"Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimiga, oshkora kamchiliklarni (zaifliklarni) atayin kiritish. Buzg‘unchi bu kamchiliklardan (zaifliklardan) foydalanganda, uni chalg‘itish uchun yoki kirishga urinishlarni aniqlash uchun mo‘ljallangan. " Tuzuvchi|"Faylni yaratadigan maxsus dastur. " Tushadigan menyu|"Barcha oynalarga qo‘llaniladigan komandalar menyusi; displey ekranining yuqori burchagida joylashgan sarlavhasi ko‘rsatilgan holda chaqiriladigan, bevosita shu sarlavha ostida paydo bo‘ladigan va komanda tanlangandan so‘ng yo‘qoladigan menyu. Shuningdek, «global menyu» deb ham ataladi. " Tushuvchi radioto‘lqin|"O‘z yo‘lida ikkita muhitning ajralish sirtiga yoki muhitning bir xil emasligiga duch keladigan radioto‘lqin. " Tushuvchi to‘lqin|"Manbadan tarqaladigan yuguruvchi to‘lqin. " TV ko‘rsatuvlarni keyinga qoldirib ko‘rish|"Kontentni kechikish bilan (odatda 1 soatga karrali) uzatuvchi kanal yordamida ko‘rsatuvning yoqib qolgan fragmentlarini takrorlash imkoniyati. " TV signalning inersionliligi|"Fotoelektron o‘zgartirgich chiqishidagi TV signal o‘zgarishining uning fotosezgir yuzasi yoritilganligining o‘zgarishiga nisbatan kechikishini tavsiflaydigan parametr. " TV signalning ortiqchaligi|"Axborotning sezilarli ortiqchaligi yoki ko‘rish apparati imkoniyatlarining cheklanganligi bilan bog‘liqlik. " TV tasvirlarning sifati|"TV tasvirlarning universal optik yoki elektron televizion sinov jadvallarining tasviri bo‘yicha, vizual baholanadigan parametrlari. " Tyuner|"Ma’lum chastotalardagi televizion signallarni ajratadigan va uni audio va videoaxborotga o‘zgartiradigan qabul qiluvchi qurilma. " Tyuner sezgirligi|"Kirish signali darajasi, bunda tyuner sifatli (ma’lum bir standart mezonlar bo‘yicha) qabulni ta’minlaydi. " Tyuring mashinasi|"1936-yilda ingliz matematigi Alan Tyuring tomonidan algoritm tushunchasini rasmiylashtirish va algoritmlar murakkabligini (murakkablik toifalarini) o‘rganish vositasi sifatida taklif qilingan gipotetik hisoblagich. Tyurinning maqsadi hisoblash mashinasi nimani bajara olishi va nimani bajara olmasligi o‘rtasidagi chegarani tavsiflashdan iborat edi. Tyuring mashinasi bu matematik jihatdan ideallashtirilgan kompyuter bo‘lib, u hech qachon xato qilmaydi, istaganingizcha uzoq vaqt ishlaydi va cheksiz xotira hajmiga ega. Umumiy foydalanishdagi zamonaviy protsessorlar, ularda cheksiz xotira hajmi mavjud emasligini hisobga olmaganda, Tyuring mashinasiga juda o‘xshashdir. Determinallangan va determinallanmagan Tyuring mashinalari farqlanadi. " Tyuring testi|"Ingliz matematigi Alan Tyuring (1912-1954) tomonidan «Hisoblash mashinalari va intellekt» (1950-yilda «Mind» jurnalida chop etilgan) eng muhim maqolasida sun’iy intellekt tizimlarini intellekt mavjudligiga tekshirish uchun taklif qilingan test. Ushbu testdan o‘tish uchun boshqa xonada joylashgan mashina odam («tergovchi») bilan shunday tarzda suhbat qurishi kerakki, bunda odam kompyuter bilan suhbatlashayotganini payqamasligi kerak. Bir kishi teletaypda (hozirgi vaqtda klaviaturada) mashinaga bir nechta savollarni kiritadi, mashina esa javoblarni monitor ekranida aks ettiradi. Faqatgina ushbu matnli xabar orqali u suhbatdoshining mashina yoki odam ekanligini aniqlashi kerak. Agar test o‘tkazuvchi odam bilan gaplashayotganiga ishonsa, u tomonidan baholanayotgan mashina sun’iy intellektga ega bo‘ladi. Tyuring testi va testga tanqidiy yondashuv sun’iy intellekt rivojlanishida ijobiy rol o‘ynadi. Shuningdek, sun’iy intellektda, kompyuterning ko‘rish va harakatlana olish qobiliyatini qo‘shimcha ravishda tekshiradigan umumiy Tyuring testi tushunchasi mavjud. " To‘la dupleks|"Qurilmaning bir vaqtning o‘zida ikki yo‘nalishda – signalni qabul qilish va uzatishda ishlash qobiliyati. " To‘la ekranli dastur|"To‘la ekran rejimida ishlaydigan dastur. " To‘la matnli izlash|"Zarur axborotni olish uchun, hujjatlar to‘plamidagi har bir so‘z bo‘yicha izlash. " To‘la matnli maʼlumotlar bazasi|"To‘la matnli hujjatlar yoki ularning qismlari saqlanayotgan maʼlumotlar bazasi. " To‘la sug‘urta nusxalash|"Disk ichidagi barcha narsadan yoki ma’lumotlar bazasidan rezerv zaxira ko’chirish. " To‘ldirib yuborish hujumi|"Katta hajmdagi soxta trafikni kiritish hisobiga tarmoq uskunasining (marshrutizator, kommutator va b.larning) sun’iy ravishda o‘ta yuklanishini vujudga keltirish. " To‘ldiriladigan operatsion kod|"Komandaning boshqa qismidan olingan axborot orqali qo‘shimcha aniqlanadigan operatsion kod. " To‘ldirish bayrog‘i|"Protsessorlardagi holat registri bayroqlaridan biri. " To‘lib ketish|"Ma’lumotlarning katta hajmini tasodifan yoki qasddan kiritish, uning natijasida xizmat ko‘rsatishning rad etilishi yuz beradi. " To‘liq ajratib bajariladigan hujum, brutfors|"Parol va kalitlarning mumkin bo‘lgan variantlarini tanlab, sinashlar va xato qilishlar usulida kompyuter xavfsizligini buzishga urinish. Izoh – To‘liq ajratib bajariladigan hujum analitik hujumning aksi hisoblanadi. " To‘liq aylanadigan antenna|"Fazoning istalgan nuqtasiga yo‘naltirilishi mumkin bo‘lgan antenna. " To‘liq bog‘langan topologiya|"Bog‘lagichlarning har bir jufti uchun eng kamida bitta aloqa mavjud bo‘lgan konfiguratsiya. " To‘liq kadrning vaqt bo‘yicha kodi|"Kadrlar bilan haqiqiy vaqt o‘rtasida muvofiqlik o‘rnatilishi o‘rniga kadrlarning aniq sonini hisoblash yuz beradigan videotasmadagi kadrlarni manzillash uchun mo‘ljallangan SMPTE standarti. " To‘liq maydondagi telematn|"Axborot televizion tasvir signallari mavjud emasligida va bu signallar bilan shug‘ullanuvchi vaqt davomida uzatiladigan telematn. " To‘liq mos kelishlik|"Ikkita yoki undan ko‘p kompyuter foydalanuvchilari uchun hech qanday cheklashlarsiz texnik, dasturiy va axborot uyg‘unligi. " To‘liq rang sinxronlash signali|"Rangli televideniye qabul qilgichi to‘g‘ri ishlashi uchun zarur bo‘lgan barcha sinxronlovchi signallarni ichiga olgan signal. " To‘liq rang videosignali|"To‘liq yorqinlik signali hamda ranglilik signalidan iborat televizion videosignal. " To‘liq saralash|"To‘g‘ri kriptografik kalitni barcha mumkin bo‘lgan kalitlar ichidan uni to‘liq saralash yo‘li bilan izlashning asosiy usuli. Shifrlash algoritmi yoki kalitlarni ishlab chiqishda zaifliklar topilganda, kalitlar sonini qisqartirish mumkin bo‘ladi. " To‘liq tasvir signali|"So‘ndiruvchi impulsli tasvir signali hamda sinxronlovchi signallardan iborat signal. " To‘liq tasvir signalidagi oqning etalon darajasi|"Signalni sinxronlovchi signalning cho‘qqisidan uzoqlashtirilgan (oqning yo‘nalishida) daraja. " (To‘liq tasvir signalining) qulochi|"To‘liq tasvir signali kuchlanishining eng katta musbat va eng katta manfiy potensiallari o‘rtasidagi farq. " To‘liq ulangan tarmoq|"Har qanday mashina boshqa har qanday mashina bilan ulangan tarmoq. " To‘liq videosignal|"Videosignalning sinxronizatsiya signali bilan kombinatsiyasi. " To‘liq yorqinlik signali|"Yorqinlik va sinxronlash signallaridan iborat signal. " To‘lov to‘g‘risidagi ma’lumotlarni avtomatik tarzda uzatish xizmati|"Abonentga bog‘lanish uchun to‘lovni to‘lashga taalluqli barcha ma’lumotlar yoki ularning qismi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish imkonini beradigan xizmat. " To‘lqin kiritish-chiqarish multipleksori|"To‘lqinli multipleksorlashdan foydalanadigan, kiritish-chiqarish multipleksori. " To‘lqin qarshilik|"1. Liniyaning to‘lqin qarshiligi, shu liniya bo‘ylab taqsimlangan sig‘imga liniya bo‘ylab taqsimlangan induktivlik kvadrat nisbatining ildiziga teng. 2. Berilgan tarqalish muhitida ma’lum turdagi to‘lqin uchun elektr va magnit maydonlari kuchlanganlik qiymatlarining nisbati. " To‘lqin uzunligi|"1. Fazodagi ikki nuqta o‘rtasida yotuvchi eng qisqa masofa, unda elektromagnit to‘lqin fazasi 2π ga o‘zgaradi. 2. Tebranishlar bir xil fazаga ega bo‘lgan, to‘lqin tarqalish yo‘nalishi bo‘ylab joylashgan ikki nuqta o‘rtasidagi eng kichik masofa. " To‘lqin uzunligi bo‘yicha ajratish bilan multipleksorlash|"1. Liniya agregat kanali to‘lqin uzunligi bo‘yicha turlicha n ta kanalni (modulyatsiyalovchi signal texnologiyasiga ko‘ra o‘xshash bo‘lmagan) birlashtirish yo‘li bilan shakllantiriladigan multipleksorlash. 2. Signallarni multipleksorlash usuli. Bitta optik-tolali kabel orqali to‘lqin uzunligi turlicha bo‘lgan bir nechta (odatda, 16 tagacha) yorug‘lik dastasini uzatish imkonini beradi. To‘lqin uzunligiga ko‘ra, multipleksorlash signalning minimal so‘nishi (bir modali to‘lqin uchun 0,2 dB/km gacha) ta’minlanadigan 1530-1560 nm chegarada amalga oshiriladi. " To‘lqin uzunligi bo‘yicha ajratish bilan zichlashtirish|"Optoelektron signallarni, quyi chastotalarda qo‘llaniladigan chastotaviy zichlashtirishga o‘xshash, yuqori tezlikli uzatish usuli. Texnologiya optik tolali muhitda bir nechta mustaqil trafiklarni spektral tashkil etuvchilar (tonlar) o‘rtasida kesishmaydigan ko‘plikka rangni ajratish mumkinligi hisobiga uzatish imkoniyatidan foydalanadi. Kanallar 4, 16 ta va undan ko‘p bo‘lishi mumkin. " To‘lqin uzunligi bo‘yicha multipleksorlash|"Turli uzunlikdagi yorug‘lik to‘lqinlaridan foydalanishga asoslangan spektral zichlashtirish texnologiyasi va DWDM texnologiyalari. Bu optik-tolali kabellarda 1022 tagacha turli hajmdagi kanal hosil qilish imkonini beradi. " To‘lqin o‘lchagich|"Radiochastotalar diapazonida to‘lqin uzunligini yoki elektromagnit tebranishlar chastotasini o‘lchaydigan asbob. " To‘lqin o‘tkazgiсh|"1. Bo‘sh metall truba yoki dielektrik sterjen, uning ichida o‘q bo‘ylab radioto‘lqinlar qaytgan to‘lqinlarning ichki devorlari va interferensiyasidan ko‘p martali qaytishlar natijasida tarqaladi. 2. Energiyani masofaga uzatish maqsadida kanal hosil qiladigan har qanday tuzilma. To‘lqin o‘tkazgichning quyidagi turlari mavjud: radio, atmosfera, yorug‘lik o‘tkazgich va plazmali. " To‘lqin o‘tkazgich traktining germetik elementi|"To‘lqin o‘tkazgich traktini quritish tizimi uchun yopiq hajm hosil qiluvchi maxsus to‘lqino‘tkazgishli qo‘shimcha. " To‘lqin o‘tkazgichli antenna|"To‘lqin o‘tkazgich kesmasi ko‘rinishidagi, oxiri ochiq antenna. " To‘lqin o‘tkazgichli kallak|"Quvvatni o‘lchash va indikatsiyalash uchun mo‘ljallangan qurilma. Odatda detektor va moslovchi elementlari ulangan to‘lqin o‘tkazgich bo‘lagi ko‘rinishida tayyorlanadi. " To‘lqin o‘tkazgichli koaksial o‘tish|"To‘lqin o‘tkazgichli kirish va koaksial chiqishga ega o‘ta yuqori chastota uzatish liniyasining o‘tish seksiyasi. " To‘lqin o‘tkazgichli moda|"Metall to‘lqin o‘tkazgichda qo‘zg‘atiladigan, elektromagnit maydon va chastota tuzilmasi bilan tavsiflanadigan to‘lqin turi. " To‘lqin o‘tkazgichli tarqalish|"Radioto‘lqinlarning ma’lum cheklovchi sirtlar o‘rtasida tarqalishi, bunda shu sirtlar o‘rtasidagi to‘lqinli maydonlar bir xil muhitdagiga qaraganda masofa bilan sekin kamayadi. " To‘lqinlar dispersiyasi|"Tarqalish muhitida garmonik to‘lqinlar fazaviy tezligining chastotaga bog‘liqligi. To‘lqinlar dispersiyasi, masalan, ionosferada, to‘lqin o‘tkazgichlarda radioto‘lqinlarning tarqalish jarayonida kuzatiladi. " To‘lqinlar interferensiyasi|"Fazoda bir xil davriylikdagi ikkita (yoki bir nechta) to‘lqinning qo‘shilishi, buning natijasida fazoning turli nuqtalarida qo‘shiladigan to‘lqinlarning fazalari o‘rtasidagi nisbatlarga bog‘liq bo‘lgan to‘lqinlar natijaviy amplitudalarining ko‘payishi yoki kamayishi yuzaga keladi. " «To‘lqinli kanal» antennasi (direktorli antenna)|"Liniya bo‘ylab bitta tekislikda joylashgan, maksimal nurlanish va/yoki qabul qilish bilan mos keladigan bir qator parallel vibratorlardan (aktiv vibrator, passiv reflektor va bir nechta passiv direktordan) iborat yo‘naltirilgan antenna. " To‘lqinli kodlash|"Har bir bosqichda ketma-ket ikki marta filtrlash va detsimatsiyalash tufayli kichiklashtirilgan tayanch hamda bitlar sonining kichik yig‘indisiga ega uchta tasvir hosil bo‘ladigan, iteratsion kodlash algoritmi. " To‘lqinli marshrutlash; ko‘chkili marshrutlash|"Marshrutlashni amalga oshirishning eng oddiy, bog‘langanlik jadvali tuzilishini talab qilmaydigan, usullaridan biri. Har bir aloqa uzelidan olinadigan so‘rov bir vaqtda barcha qo‘shni uzellarga uzatiladi, qandaydir paket avval olinganligi aniqlansa, marshrutizator uni chiqarib tashlaydi. To‘lqin usuli ortiqcha trafikni keltirib chiqaradi, shuning uchun uzellar soni ko‘p bo‘lgan tarmoqlarda uning samaradorligi past. " Toʻlqinning kritik uzunligi|"Toʻlqinning erkin fazodagi eng katta uzunligi, berilgan turdagi toʻlqinlarning toʻlqinoʻtkazgichda undan yuqori tarqalishi mumkin boʻlmay qoladi. " To‘lqinning ustuvor uzunligi (grafik ta’rif)|"Ranglilik diagrammasida tanlangan boshlang‘ich nuqtadan namuna rangini ifodalovchi nuqta orqali o‘tkazilgan to‘g‘ri chiziqning spektral ranglar chizig‘i bilan kesishishiga mos keladigan to‘lqin uzunligi. " To‘plagich|"Ma’lumotlarni muayyan tashuvchiga yozish/o‘qish uchun mo‘ljallangan qurilma. To‘plagichlar tashqi xotira qurilmalariga kiradi. Izoh – Disklardagi, lentalardagi, kartalardagi to‘plagichlar farqlanadi. Tashuvchilari olinadigan to‘plagichlar, bu holda ma’lumotlar tashuvchisini almashtirish mumkin bo‘ladigan tashuvchilari olinadigan to‘plagichlar (masalan, egiluvchan magnit disklar, magnit lentalar, kompakt-disklar, DVD) va, tashuvchi to‘plagichga o‘rnatilgan, uni almashtirish mumkin bo‘lmaydigan doimiy tashuvchili to‘plagichlar (masalan, qattiq magnit disk) farqlanadi. " To‘plagichning tez ishlashi|"To‘plagichdagi ma’lumotlarni o‘qish/yozish tezligi. Ikkita parametr bilan: o‘rtacha foydalanish vaqti hamda ma’lumotlar uzatish tezligi bilan belgilanadi. " To‘plam|"Bir butun yaxlit sifatida qarab chiqish mumkin bo‘lgan bir jinsli elementlar majmui. Ba’zi dasturlash tillarida «to‘plam» ma’lumotlar turi mavjud. «To‘plam» ma’lumotlarda birlashtirish, kesishish, kirish operatsiyalariga to‘g‘ri keladi. " To‘plamli pochta jo‘natmalari, pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalari|"Yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan bir va bir nechta manzilga topshiriladigan beshta va undan ortiq bir turdagi ro‘yxatga olinadigan pochta jo‘natmalari, pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalari. " To‘plangan ma’lumotlar bazasi|"Ko‘plab manbalardan va ko‘pincha o‘zaro mos kelmaydigan tizimlardan olingan ma’lumotlar birlashtiriladigan MB. " To‘plash buferlari|"Uch o‘lchamli grafikada ‒ ketma-ket keladigan kadrlarni saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus buferlar. " To‘plash orqali muhofaza qilish|"Tashqi hotirada saqlanadigan ma’lumotlarni tiklash usuli. Qo‘shimcha tashuvchiga ma’lum bir muddatdan keyin yaratilgan fayllar ko‘chirilishida ifodalanadi. " To‘plovchi summator|"Registr yoki arifmetik yo mantiqiy amal natijasi joylashtiriladigan xotira seksiyasi. " To‘q ranglar|"Rangning to‘qligi, uning yorqinligiga nisbatan rang kuchini tavsiflaydi. Rangning «intensivligi» deb ham ataladi. " «To‘q sariq» kitob|"1985-yil dekabr oyida Trusted Computer System Evaluation Criteria (DoD 5200.28 STD) (Kompyuter tizimlarining ishonchidan foydalanuvchilarni baholash mezonlari) kitobida nashr etilgan, kompyuter dasturlariga tegishli yaroqlilik mezonlarini o‘rnatuvchi, Kompyuter xavfsizligi bo‘yicha Milliy kengash standarti. " To‘rsimon tarmoq|"Gibrid yoki yulduzsimon tarmoq, o‘rgimchak to‘ri topologiyasini hosil qiladigan bitta yoki bir nechta halqali tarmoq. " «To‘rt so‘zli» xotira qurilmasi|"Ma’lumotlar to‘rtta so‘zini bir vaqtda tanlab-tanlab oladigan tezkor xotira qurilmasi. " To‘rtinchi avlod (4G)|"Mobil aloqa tizimlarining istiqbolli texnologiyalari. Ularning asosini, axborot uzatish tezligi 10-44 Mbit/s bo‘lishini ta’minlaydigan multimedia va mobil teleeshittirish xizmatlari tashkil etadi. " To‘rtinchi avlod kompyuteri|"Katta integral sxema va o‘ta kata integral sxema ko‘rinishidagi element bazasidan foydalaniladigan kompyuterlar. " To‘rtinchi avlod tili|"Lug‘atlarga asoslangan dasturlash tillari. Tizimlarni ishlab chiqish unumdorligini oshirish imkonini beradi. 4 GL ga so‘rovlar va hisobotlar tillari mansub. " To‘siq|"Muhofaza qilinadigan axborot va obyektdan foydalana olishga tashkiliy, texnik, dasturiy jihatdan to‘sqinlik qilish usuli. " To‘suvchi filtr|"Chastotalarning muayyan polosasidagi elektr tebranishlarni o‘tkazmaydigan qurilma; barcha boshqa chastotalarning tebranishlari o‘tkaziladi. To‘suvchi filtrlar yaqin joydagi kuchli radiostansiyalardan radioqabulqilish xalaqitlarini kuchsizlantirish, teleko‘rsatuv dasturlarini olib borishda tovush chastotalarini bostirish uchun qo‘llaniladi. " To‘suvchi radioxalaqit|"Bostirilayotgan signal spektriga nisbatan ancha kengroq spektrga ega, ataylab qilingan aktiv radioxalaqit. " To‘xtab-to‘xtab uzatish|"Uzatgichni pauzalarda yoki so‘zlashuv oxirida uzib (o‘chirib) qo‘yish hisobiga aloqa liniyasining spektral samaradorligini oshirish usuli. " To‘xtash|"Kompyuter ishlashini apparatli to‘xtatish. Unga monand o‘chirish va o‘chirib-yoqishdan farqli ravishda, bu holda tezkor xotira qurilmasidagi ma’lumotlar yo‘qolmaydi. Tizim dasturiy ta’minotini sozlashda, shuningdek, tizimning buzilish oqibatlarini tekshirishda foydalaniladi. " To‘xtash nuqtasi|"Dasturdagi, muayyan ish (amal) bajarilishi kerak bo‘lgan nuqta. " To‘xtashni (ishlamay qolishni) ro‘yxatga olish|"Ta’minotda uzilish bo‘lganda yoki fatal xatoga yo‘l qo‘yilganda, ma’lumotlarning va protsessor registrlari ichidagining saqlanishi. " To‘xtatish|"Ilovalar bajarilishi jarayonidagi tanlov varianti. Bajarilayotgan jarayonning, saqlanmagan ma’lumotlarning yo‘qolish bilan, to‘xtashi tushuniladi. Odatda bu biror bir xatoliklardan kelib chiqadi. Masalan, mavjud faylni qayta yozishga urinishda. " To‘xtatuvchi (uzuvchi) guruh|"Tranzaksiyalarni uza oladigan tarmoq uzellarining majmui. " To‘xtovsiz ishlash|"Obyektning berilgan sharoitlarda muayyan vaqt oralig‘i davomida talab qilingan funksiyalarni bajara olish qobiliyati. " To‘yinganlik|"Rangli tonni qabul qilish xarakteristikasi, unga o‘xshash axromatik rang sezishdan uning farqlanishini belgilaydi. " To‘yinganlikni (rangni) rostlash|"Rangning to‘yinganligini rostlashga imkon beradigan rangli televizor kanalida ranglilikni kuchaytirishni rostlash. " To‘yinish|"Chiqishi va kirishidagi signallar o‘rtasida nochiziqli bog‘lanish bo‘lgan kuchaytirgichning ish rejimi. To‘yinish sohasida chiqish signali darajasi maksimal qiymatga yetadi va kirish signali kuchayganda (oshganda) deyarli o‘zgarmaydi. " To‘yinmagan ranglar (rangli fotosurat)|"To‘yinganligi standart to‘yinganlikka qaraganda sezilarli darajada kam bo‘lgan ranglar. " To‘g‘ri sim|"Telefon kabellarida juftliklarni band qilish yo‘li bilan tashkil qilingan krosslar va/yoki taqsimlash qutilari orqali o‘zaro bog‘langan, shuningdek, stansiyalararo, magistral yoki taqsimlash tarmog‘i uchastkalarining qanchasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa uchun band qilinishidan qat’i nazar, raqamli aloqa kanallari hisobiga tashkil qilingan ikkita oxirgi punktlar o‘rtasidagi ikki simli qayd etilgan, kommutatsiya qilinmaydigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa. " To‘g‘ri chiziqli yoyish|"Televideniyeda, maydonni oldindan belgilangan tor, to‘g‘ri parallel chiziqlar ketma-ketligi bo‘yicha yoyish jarayoni. " To‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa rejimi|"Abonent radiostansiyalari tayanch stansiyani chetlab o‘tgan holda, o‘zaro bevosita bog‘lanishni o‘rnata oladigan rejim. " To‘g‘ridan-to‘g‘ri erkin foydalanish|"manzil yoki yozuv kaliti bo‘yicha ma’lumotlardan erkin foydalanish usuli. " To‘g‘ridan-to‘g‘ri eshittirish yo‘ldoshi|"Signallarni orbitadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kichik, uncha qimmat bo‘lmagan yer stansiyalariga, bevosita turar joy yoki mikrorayonlardagi oluvchilarga uzatish uchun yetarli quvvatga ega bo‘lgan yo‘ldoshli tizim. " To‘g‘ridan-to‘g‘ri ketma-ketlikdan foydalanib, kodli ajratish orqali ko‘plab foydalana olish|"Spektrni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kengaytirish va kanallarni kodli ajratish bilan ko‘p stansion foydalana olish. CDMA tizimlarida signallarni keng polosali uzatish usuli, kodlangan ma’lumotlar oqimini ikki bosqichli modulyatsiyalashdan foydalanishga asoslangan. Izoh − Modulyatsiyalashning birinchi bosqichida kodlangan ma’lumotlar oqimi eltuvchini modulyatsiyalaydi (odatda, BPSK yoki QPSK usuli bilan), ikkinchi bosqichda esa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ketma-ketlikdan foydalanib, spektrni kengaytirish bilan modulyatsiyalash amalga oshiriladi. " To‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rinish|"Uzatuvchi va qabul qiluvchi antennalar o‘rtasida geometrik (optik) ko‘rinishning mavjudligi. Izoh ‒ Atama, shuningdek «to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rinish chegarasida» yoki «radioreleli» (trassa to‘g‘risida) mazmunlarida ham qo‘llaniladi. " To‘g‘ridan-to‘g‘ri manzillash|"Komandaning manzil qismi operand manzilini ichiga oladigan manzillash usuli. " To‘g‘ridan-to‘g‘ri televizion eshittirish yo‘ldoshi|"Geostatsionar orbitadagi, foydalanishdagi qabul stansiyalariga teledasturlarni translyatsiya qilish uchun mo‘ljallangan yo‘ldosh. To‘g‘ridan-to‘g‘ri televizion eshittirish yo‘ldoshi chastotalarning Ku – diapazonida (11/14 GHz) kichik diametrli (0,4-1,2 m) parabolik antennalar («tarelkalar») ga qabulni ta’minlaydi. " To‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatish (to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya)|"Dasturni yaratish va uzatish bir vaqtda amalga oshiriladigan tovushli yoki televizion dastur. " To‘g‘ridan-to‘g‘ri chiquvchi terish|"Xususiy tarmoqda terminalga ushbu xususiy tarmoq operatorining aralashuvisiz boshqa tarmoq bilan bog‘lanishni o‘rnatish imkoniga ega xizmat. " To‘g‘rilamoq|"Matn ko‘rinishidagi ma’lumotlarning qandaydir qoidaga binoan o‘zgarishi. Odatda hujjatda o‘rtaga, o‘ng, chap tomonlarga tekislanadi. U " U boshdan bu boshga signallar uzatish|"Foydalanuvchiga, talab qilinadigan asosiy yoki qo‘shimcha xizmatni taqdim etish maqsadida, oxirgi (terminal) punktga tegishli bo‘lgan signalli axborotni, bevosita oxirgi (terminal) punktlar orasida uzatish mumkinligi. " Uda-Yagi antennasi («to‘lqinli kanal» antennasi, direktorli antenna)|"«To‘lqinli kanal» turidagi antenna, bitta aktiv yarimto‘lqinli vibratordan va bir nechta passiv (bittasi reflektor deb, qolganlari esa direktorlar deb nomlanadigan) elementlardan iborat. " «Ula va ishla»|"Kompyuterga ulanadigan qo‘shimcha uskuna: modem, printer, audikartani tezda ulash va avtomatik tarzda konfiguratsiyalash spetsifikatsiyalari to‘plami. Kompyuterlarga o‘rnatiladigan qurilmalarni avtomatik tarzda aniqlash va sozlash, shuningdek, tegishli drayverlarni o‘rnatish imkonini beradi. Almashlab-ulagichlar va peremichkalarni o‘rnatish bilan bog‘liq muammolarni bartaraf qiladi. " «Ula va o‘yna»|"Zamonaviy BIOS, operatsion tizimlar va apparat vositalarini qo‘llovchi, kompyuterga qo‘shimcha uskunani tez ulash va tizimning o‘z-o‘zini konfiguratsiyalash xususiyati va prinsipi. Operatsion tizim qaytadan ulangan qurilmani aniqlaydi, tekshiradi, tizimga mosligini aniqlaydi va har bir qurilmaning optimal o‘rnatilishini ta’minlaydi. " Ulanadigan autentifikatsiya modullari|"Foydalanuvchilarning Linuxda ishlatiladigan dinamik ulanadigan autentifikatsiya modullari. " Ulanadigan dastur|"Asosiy amaliy dasturda qo‘shimcha funksiyalarni bajaradigan yordamchi dastur. Ilova bilan bir vaqtda yuklanishi va tegishli menyuda opsiya sifatida ko‘rinishi mumkin. " Ulanadigan modul|"Qar.: Plagin. " Ulanadigan (tarmoq) qurilmalar interfeysi|"Ethernet tarmog‘idagi IEEE 802.3 standartining 7-bo‘limida bayon qilingan, to‘rt juft ekranlangan o‘tkazgich yoki koaksial kabel va MAU qurilmasini ulash uchun ajratgich turidagi interfeys. " Ulangan|"1. Doim yoqilgan holatdagi (qurilma), avtonom bo‘lmagan ish yoki ishlash jarayoni. 2. Tezkor, dialogli, interaktiv, onlaynli ish yoki ishlash jarayoni. 3. Kompyuter tarmog‘iga doimo ulangan holatdagi ishlash jarayoni. " Ulangan abonent raqami identifikatsiya qilinishini taqiqlash|"Chaqiruvchi tomonga chaqiriluvchi abonent raqamini aniqlash imkoniyatining oldini olishga imkon beruvchi, chaqirilayotgan abonent raqami identifikatsiya qilinishini taqiqlash xizmati. " Ulangan abonent raqamini identifikatsiya qilish|"Chaqiruvchi tomonga chaqiriluvchi abonentning raqami identifikatsiya qilinishini qabul qilish imkonini ta’minlaydigan xizmat. " Ulanish|"Ishchi stansiya bilan tarmoq fayl-serveri o‘rtasida bog‘lanish o‘rnatish; qandaydir server bilan ishlash seansi ochilgandan so‘ng, ishchi stansiya qo‘shimcha serverlarga ulanishi mumkin. " Ulanish joyi|"Aktiv uskuna kabellari petch-kordlar yoki tutashtirgichlardan foydalanmasdan, kabel kichik tizimlariga ulanadigan joy. " Ulanish, qo‘shilish|"1. Bir nechta ma’lumotlar kanalining yagona mantiqiy kanalda birlashishini ta’minlovchi xalqaro standart. Bu standart videokonferensiyalarni tashkillashtiruvchi dasturlarga nisbatan tatbiq qilinadi. 2. Boshqa kompyuter yoki tarmoqqa ulanish. " Ulanish turi|"Ulanishlar to‘plamining bitta yoki bir nechta ulanish atributining berilgan qiymatlaridan iborat tavsifi. " Ulanish xizmati|"Aloqa operatorlarining elektraloqa tarmoqlarining birgalikda ishlashini tashkil qilishga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga qaratilgan xizmat. Bunda birgalikda ishlaydigan elektraloqa tarmoqlarining foydalanuvchilari o‘rtasida axborot uzatish va bog‘lanish o‘rnatilishi ta’minlanishi kerak. " Ulanma|"Tasviri bo‘yicha turlicha bo‘lgan, lekin umumiy mavzu, yozuv yoki bezalish g‘oyasi bilan bog‘liq bo‘lgan, bir varaqda bosiladigan va bir-biri bilan ulangan ikki yoki undan ortiq pochta markasi. " Ulash|"*nix tizimlarida ‒ uskunadagi fayl tizimidan foydalanish uchun uni tizimdagi biror bir katalogga (odatda /mnt dagi biror katalogga) ulash. " Ulash nuqtasi|"Fayl tizimining katalogi, papkasi (*nix tizimlarida odatda /mnt), qurilmalarni o‘rnatish joyi. " Ulash yaqinidagi shlyuz|"Xizmatlarni taqdim etuvchilarning ikki tayanch tarmog‘i o‘rtasida paketlarning o‘zaro hamkorligi uchun javob beradigan uzel. " Ultra qisqa to‘lqinlar|"Detsimetrli, santimetrli, millimetrli va detsimillimetrli to‘lqinlar diapazonlarining radioto‘lqinlari. " Ultra yuqori chastota|"0,3 GHz dan 3 GHz gacha bo‘lgan diapazonda yotuvchi ultra yuqori chastotalar sohasi. " Umum foydalanishdagi axborot tizimi|"Barcha jismoniy va yuridik shaxslarning foydalanishi uchun ochiq va ushbu shaxslarga xizmatlari rad etilishi mumkin bo‘lmagan axborot tizimi. " Umum foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘ining axborot xavfsizligi mexanizmi|"Tarmoqning belgilangan axborot xavfsizligi siyosatiga muvofiq, bir-birini to‘ldiruvchi uchta – buzish ko‘rsatadigan ta’sirning oldini olish, jinoyatkor tomonidan yetkazilgan oqibatlarni aniqlash, bu oqibatlarni tiklash (bartaraf qilish) kabi, muhofaza qilish toifasining biriga muvofiq, tarmoqni axborot xavfsizligiga bo‘ladigan tahdidlardan muhofaza qilishning bitta yoki bir nechta aspektini amalga oshiradigan umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘i axborot xavfsizligini ta’minlash tizimining apparat-dasturiy va tashkiliy vositalari. Izoh – Tarmoqda xabarlar uzatish jarayonini muhofaza qilishda umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘i axborot xavfsizligi mexanizmlariga erkin foydalanishni nazorat qilish mexanizmi, xabarlarni autentifikatsiya qilish mexanizmi, almashuv autentifikatsiya mexanizmi kiradi. " Umumfoydalaniladigan axborot|"Hammaga maʼlum bo‘lgan maʼlumotlar va foydalanilishi cheklanmagan boshqa axborot. " Umumfoydalaniladigan fayl|"Boshqa kompyuterda joylashgan fayl va bu faylga tarmoqdagi hamma kompyuterlar uchun ochiq huquq berilgan. " Umumiy|"Dasturlashda dasturning barcha prseduralaridan foydalanish mumkin bo‘lgan umumiy o‘zgaruvchilarni e’lon qilishda foydalaniladigan operatorlardan biri. " Umumiy antennali televizion tizim|"Qar.: Kabelli televideniye. " Umumiy apparat platformasi, tasnifi (arxitekturasi)|"MacOS, Windows NT va OS/2 operatsion tizimlari bilan ishlashni ta’minlaydigan Apple, IBM va Motorola kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan shaxsiy kompter. 1995-yildan ishlab chiqarilishi boshlangan prototipning tayanch konfiguratsiyasi o‘z ichiga PowerPC, 8 Mbyte RAM (1 Gbyte gacha kengaytiriladigan) va PCI shinasini olgan. " Umumiy arxitektura standarti|"Mikrosxemalar ishlab chiqaruvchilar guruhi tomoni-dan ishlab chiqilgan asosiy platalar arxitekturasining umumiy standarti; asosiy plataning funksional blok-larga ajratilishini tartiblashtiradi. Standartning asosini PCI shinasi tashkil qiladi. " Umumiy axborot nazariyasi|"Ilmiy bilimlarning fundamental sohalaridan biridir. U tabiat va jamiyatning rivoji asosida yotgan, axborot voqeiyligining namoyon bo‘lishiga oid eng umumiy qonuniyatlarga asoslanadi. " Umumiy blok|"FОRTRAN tilida ‒ bir nechta dastur qismlarining umumiy o‘zgaruvchilari joylashadigan xotira sohasi. " Umumiy bo‘g‘in|"Monokanalning bir qismi, u orqali har bir maʼlumotlar bloki barcha abonent tizimlarga uzatiladi. Umumiy bo‘g‘in o‘rama juft, yassi kabel, koaksial kabel, optik kabel yoki radio-kanal asosida yaratiladi. " Umumiy foydalana olish|"Umumiy identifikatsiya ma’lumotlaridan foydalanib resurs yoki dasturdan foydalana olish. " Umumiy foydalana olish mumkin bo‘lgan mobil radioaloqa tizimi|"Umumiy foydalanishdagi tarmoqqa kira olishni ta’minlaydigan va PMR tizimdagiga qaraganda, foydalanuvchilarning keng doirasiga mo‘ljallangan xizmatlar to‘plamiga ega tranking aloqa tizimi. " Umumiy foydalana olish profili|"Tarmoq bilan ishlashda foydalaniladigan foydalana olish profili. Bunda foydalanuvchi serverda – domen kontrollerida o‘z sozlashlari va afzalliklarini saqlaydi. Tizimga birinchi kirishda yangi kompyuterda sozlash serverdan nusxa qilib olinadi va o‘rnatiladi, bu tizim-ni har safar yangitdan sozlash zaruriyatidan xalos etadi. " Umumiy foydalana olish siyosati|"Identifikatsion ma’lumotlar yoki identifikatsion ma’lumotlar puli vositasida umumiy foydalanish uchun a’zolarni mualliflashtirish siyosati. Identifikatsion ma’lumotlarning muayyan puli uchun muayyan identifikatsion ma’lumotlar, barcha pullar yoki tashkilot konteynerining bitta kontekstiga ega identifikatsion ma’lumotlar siyosatini qo‘llash mumkin. " Umumiy foydalanishdagi mobil telefon aloqaning istiqbolli yer usti tizimlari|"Xalqaro elektraloqa ittifoqi (ITU) tomonidan ishlab chiqilgan, uchinchi avlod (3G) aloqa xizmatlarining dastlabki konsepsiyasi. Izoh − Multimedia axborot uzatilishini ta’minlash uchun mo‘ljallangan. Lekin bu konsepsiya yagona global standart yaratish mumkin emasligi ma’lum bo‘lgach, rad etildi. Keyinchalik IMT-2000 standartlar turkumi paydo bo‘ldi. " Umumiy foydalanishdagi telefon tarmog‘i (UFTF)|"Avtomatik telefon stansiyalari, kommutatsiya uzellari, telefon tarmog‘i liniyalari, kanallari, oxirgi (terminal) abonent qurilmalari majmuini o‘zida ifodalaydigan, aholi, muassasalar, korxonalar hamda tashkilotlarning telefon tarmog‘i xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlarini taʼminlaydigan telefon tarmog‘i. " Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘i|"O‘zbekiston Respublikasi hududida barcha yuridik shaxslarga telekommunikatsiya xizmatlarini xizmat ko‘rsatishning yagona prinsiplari, ularni taqdim etish va haq to‘lash tartibi asosida ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan telekommunikatsiyalar tarmog‘i. " Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘ining axborot xavfsizligi|"Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘i axborot resurslarining, xizmat sifati darajasining pasayishiga yoki tarmoq ishi sifat xarakteristikalarining yomonlashishiga olib keluvchi, shu bilan uning egasi yoki foydalanuvchilarga ziyon yetkazuvchi tahdidlardan muhofaza qilinganlik holati (darajasi). " Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘ining axborot xavfsizligi obyekti|"Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘i obyekt(lar)i, jinoyatkorning unga (ularga) bo‘ladigan ta’siri umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘ining axborot xavfsizligiga tahdid amalga oshirilishiga olib kelishi mumkin. " Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘ining axborot xavfsizligini ta’minlash tizimi|"Umumiy foydalanishdagi muayyan telekommunikatsiyalar tarmog‘idagi, bu tarmoqning axborot xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan huquqiy, tashkiliy va texnik tadbirlar, axborot xavfsizligi xizmatlari va mexanizmlari, normalar, boshqaruv organlari va bajaruvchilar majmui. " Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘ining axborot xavfsizligiga tahdid|"Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘iga jinoyatkorning ko‘zda tutilgan ta’siri, uning tarmoq vositalari bilan bartaraf qilinmagani, aniqlanmagani va yo‘q qilinmagani umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘i axborot xavfsizligini ta’minlashning berilgan darajasi pasayishiga olib kelishi mumkin. " Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘ining axborot xavfsizligi siyosati|"Tarmoq administratori tomonidan, muhofaza qilinadigan resurslarning qiymati va umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘i axborot xavfsizligini ta’minlash tizimining bahosini hisobga olib, tarmoqning axborot xavfsizligiga bo‘ladigan ma’lum tahdidlarga qarshi harakat qilish maqsadida ishlab chiqilgan, umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘i axborot xavfsizligi obyekti (obyektlari) uchun mo‘ljallangan talablar va qoidalarining majmui. " Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘ining axborot xavfsizligi xizmati|"Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘i axborot xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan, axborot xavfsizligining belgilangan mexanizmlari asosida belgilangan muhofaza protseduralarini amalga oshiruvchi, umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘ining tashkiliy-texnik tuzilmasi. " Umumiy interfeys|"Yangi raqamli modullar – Digital-TV Retrofit 2 St-CI yoki Twin-Sat-CI da mavjud bo‘lgan ikkita standart ajratgich, ular tegishli dekodlovchi qurilmalar va ularda oson o‘rnatiladigan, raqamli kanal egasining smart-kartasi bilan birgalikda, kodlangan dasturlarning qabul qilinishini ta’minlaydi. " Umumiy ishonchlilik (ishonchlilik)|"Televizor (element) ning, uning to‘xtamasdan ishlashi, chidamliligi va ta’mirga yaroqliligi bilan bog‘liq bo‘lgan hamda berilgan funksiyalarning televizor (element) uchun belgilangan hajmda normal bajarilishini ta’minlash xususiyati. " Umumiy kalit|"Simmetrik kriptotizimdagi, ikki yoki bir nechta foydalanuvchi tomonidan birgalikda ishlatiladigan maxfiy kalit. " Umumiy kechikish|"Signalni uzatishdan to uning qabul qilinganligi tasdiqlanguncha o‘tgan to‘liq kechikishvaqti. " Umumiy maqsadlardagi kolonna|"Shift va pol orasida joylashgan, shift taqsimlash tizimlari bilan bog‘langan kabel kanali. Shift bo‘shlig‘idan ish o‘rinlariga boradigan telekommunikatsiya hamda elektr simlari va kabellarini joylashtirish uchun foydalaniladi. Sinonimlari: Shift ustuni; Katta kuchlanishli ustun; Shift kapiteli; Ta’minot liniyasining tayanchi. " Umumiy maqsadlardagi registr|"Markaziy protsessorning, ma’lumotlar yuborish operatsiyalaridan tashqari, mantiqiy va arifmetik komandalarni ham bajarish mumkin bo‘lgan registri. " Umumiy ma’lumotlar uchun raqobat|"Birgalikda ishlaydigan jarayonlar hech qanday sinxronlashsiz umumiy ma’lumotlarga parallel (bir vaqtda) murojaat qilishi mumkin bo‘lgan holat. " Umumiy muammolarni hal qiluvchi|"Sun’iy intellekt usullaridan foydalanib, vazifalarning katta turkumini hal qilish uchun mo‘ljallangan dastur. " Umumiy navbatni tashkil etish|"Navbatni tashkil etish usuli, bunda ma’lumotlar kommutatsiya elementlarining kirishi va chiqishi bilan bog‘langan bufer xotira qurilmasida to‘planadi. " Umumiy obyekt xizmatlari|"CORBA texnologiyasi obyektlarining bazaviy funksiyalarini qo‘llab-quvvatlashni ta’minlaydigan va obyekt interfeysi bilan ta’minlangan xizmatlar kolleksiyasini taqdim etuvchi servis. " Umumiy oraliq format|"Videokonferensiyalarda qo‘llaniladigan video uzatuvchi baza formatining nomi (ITU-T H.261 spetsifikatsiyasi bilan solishtirganda), tasvir imkoniyati va uning uzatilish tezligi bilan beriladi. Bir nechta modifikatsiyalari mavjud. " Umumiy ochiq litsenziya|"Erkin dasturiy ta’minot fondi tomonidan ishlab chiqilgan litsenziya kelishuvi bo‘lib, erkin dasturiy ta’minotning tarqatilishini boshqaradi. " Umumiy paketli uzatish radioxizmati|"GSM tizimi doirasida tuzilgan, ma’lumotlarni paketli uzatish xizmati. Izoh − GPRS texnologiyasi GSM tizimidan IMT-2000 tizimga evolyutsion o‘tishning bosqichi sifatida qaraladi va u mavjud infrastrukturani amalda o‘zgartirmasdan yangi imkoniyatlar berilishini ta’minlaydi. Bunda axborotni paketli uzatish tezligi 115 Kbit/s dan ortiq bo‘lmaydi. " Umumiy papka|"Hamma foydalanuvchilarga tarmoq orqali foydalana olishlari uchun ruxsat etilgan boshqa kompyuterdagi papka. " Umumiy resurs|"Bittadan ortiq qurilma yoki dasturda foydalaniladigan har qanday qurilma, ma’lumotlar yoki dastur (masalan, katalog, fayllar, printerlar, nomlangan kanallar). " Umumiy resurs nomi|"Identifikator (nom), u yoki bu taqsimlangan resursni aniqlashda ishlatiladi. Masalan, tarmoqdagi printerning nomi. " Umumiy semafor|"S butun o‘zgaruvchi, bunda ikkita wait (S) va signal (S) atomar semafor operatsiyalar aniqlangan. " Umumiy signalizatsiya kanali bo‘yicha signalizatsiya|"Telekommunikatsiya signallarini uzatish usuli, bunda liniya signallarini va so‘zlashuv kanallari muayyan guruhi telefon tarmog‘ini boshqarish signallarini almashish uchun, telefon kanalining alohida (ajratilgan) signalizatsiya kanalidan foydalaniladi. " Umumiy tarmoqlararo fayl tizimi|"Masofadagi kompyuterda saqlanayotgan faylni, FTP protokollari kabi, Internetda ishlashda yuzaga keladigan lokal mashinaga ko‘chirishni talab qilmasdan bevosita o‘qish/yozishni ta’minlaydigan tizim. " Umumiy titrash|"10 Hz dan yuqori bo‘lgan chastotalar polosasidagi nominal pozitsiyalarga nisbatan impulslar frontining tasodifiy siljishi. " Umumiy xotirali displey|"Rastrli displeyning protsessor bilan birgalikda ishlashini tashkil qilish, bunda tasvirning har bir nuqtasiga elektron hisoblash mashinasi manzil fazosidagi xotiraning bitta yoki bir nechta razryadi to‘g‘ri keladi; dastur xotira yacheykalari ichidagini o‘zgartirgan holda, ekrandagi tasvirni o‘zgartiradi. " Umumiy shina|"Periferik qurilmalar ulanadigan kompyuterda elektr signallarni uzatish uchun mo‘ljallangan yagona kanal. Kompyuter tarmog‘ining sxemasi – barcha kompyuterlar va tarmoq qurilmalari ma’lumotlar uzatiladigan yagona tarmoq kanaliga ulanadi. " Umumiy shlyuz interfeysi|"HTTP-server dasturlarini yaratish uchun mo‘ljallangan, NCSA tomonidan ishlab chiqilgan tarmoq standarti. Veb-serverlarda ssenariylar yoki dasturlar orasida ma’lumotlar almashishda, keyin veb-sahifa yoki brauzerga ma’lumotlarni uzatishda qo‘llaniladi. CGI ssenariylari odatda, Perl tilida yoziladi va veb-sahifaning dinamik mazmunini generatsiya qiladi (masalan, elektron tijoratda buyurtmalar savatini hosil qiladi). " Umumjahon o‘rgimchak to‘ri konsorsiumi|"1994-yili tashkil etilgan xalqaro tashkilot. Uning maqsadi – WWWdan global foydalanish xizmati uchun standartlar, protokollar, amaliy dasturlar ishlashni qo‘llash va muvofiqlashtirish. CERN (q: CERN) ishtirokida asos solingan, WWW dunyoga kelgan ilmiy markazda bugungi kunda Konsorsium uch tashkilot asosida ishlamoqda: AQSHdagi Massachusets texnologiyalar instituti (Massachusets Institute of Technology, Laboratory for Computer Sciense), Fransiyadagi informatika va avtomatika sohasidagi tadqiqotlar milliy instituti (Institut National de Recherche en Informatique et en Automatiqu) va Yaponiyadagi Keio universiteti. Konsorsium saytida (http://www.w3.org) WWW rivojlanishi tarixi va dunyoda WWWhu^ hozirgi kundagi ahvoli to‘g‘risida umumiy axborot, Konsorsiumning yangiliklari, WWW bo‘yicha konferensiya materiallari bilan tanishish mumkin. WWW bilan bog‘liq barcha texnik materiallarning katta kolleksiyasi (arxitektura, protokollar, foydalanuvchi interfeysi) muhim amaliy ahamiyatga ega. " Umumkanal signalizatsiyasi tizimi|"Kommutatsiya kanallari bog‘lami uchun umumiy bo‘lgan maxsus signalizatsiya kanali orqali stansiyalararo signalizatsiyani uzatish tizimi. " Unar operatsiya|"Bitta argument ustida bajariladigan operatsiya. " Unifikatsiyalashtirilgan buferli kesh-xotira|"Bitta kesh sahifani keshlash uchun va xotirada aks etadigan fayllarni hamda fayl tizimi orqali odatdagi operatsiyalarni kiritish-chiqarishda ishlatiladigan kesh-xotira. " Unifikatsiyalashtirilgan modellash tili|"Dasturiy ta’minot ishlab chiqish sohasida, obyektlarni modellashtirish uchun grafik tasvirlash tili. UML ko‘p sohalarda foydalanish uchun mo‘ljallangan til hisoblanadi, bu UML model deb ataluvchi, tizimning abstrakt modelining grafik ko‘rinishini tasvirlovchi ochiq standartdir. UML dasturiy tizimda aniqlik kiritish, tasvirlash, loyihalash va hujjatlashtirish uchun yaratilgan. UML dasturiy ta’minotda foydalanish bilan cheklanib qolmaydi. Uni shu kabi biznes-jarayonlarni modellashtirish, tizimli loyihalash va tashkilotlar tuzilmasini tasvirlashda qo‘llash mumkin. UML dasturiy ta’minot dasturchilariga umumiy tushunchalarni (klass, komponent, umumlashtirish, birlashtirish va o‘zini tutish kabi) tasvirlashni grafik izohlashda kelishuvga erishish hamda loyihalash va arxitekturada ko‘proq e’tibor qaratishga imkon beradi. " Unifikatsiyalashtirilgan resurs identifikatori|"Mavhum yoki jismoniy resursni identifikatsiya qilish uchun ishlatiladigan simvollarning qisqa satri. Rasman RFC 2396da belgilangan. vebda ishlatiladigan URI URL deb nomlanadi. " Unifikatsiyalashtirilgan resurs nomi|"Abstrakt yoki fizik resursni identifikatsiya qiluvchi simvollarning doimiy ketma-ketligi. " Unifikatsiyalashtirilgan xotira arxitekturasi|"Tizim platasida joylashgan tezkor xotiraning bir qismidan video xotira sifatida foydalanish ko‘zda tutiladigan tizim platalari arxitekturasi. " Unitar korxona|"Yuridik shaxsning alohida tashkiliy-huquqiy shakli. Mulk egasi tomonidan o‘ziga birkitib qo‘yilgan mulkka egalik qilish huquqi berilmagan tijorat tashkiloti. Mulk bo‘linmas hisoblanadi va hissalar (ulushlar, paylar) ga qarab, jumladan, korxona ishchilari o‘rtasida taqsimlanmaydi. " Universal elektron karta|"O‘zida vizual (grafik) va elektron (mashinada o‘qiladigan) shakllarda qayd etilgan kartadan foydalanuvchi to‘g‘risidagi axborotni saqlaydigan moddiy tashuvchi. " Universal interfeysli shina|"Kompyuterga ulash uchun foydalaniladigan, 24 shtirli parallel interfeys shinasi. " Universal ketma-ket shina|"1995-yilda yettita yetakchi kompyuter va telekommunikatsiya firmalari (Compaq, IBM, Intel, NEC, Micrisoft, Digital, Northern Telecom) konsorsiumi tomonidan taklif etilgan, shaxsiy kompyuter va o‘rtacha tezlikli periferik qurilmalar o‘rtasida uncha qimmat bo‘lmagan shina orqali ma’lumotlar almashinish uchun belgilangan standart. Qurilmani ulash, kompyuter qayta yuklanishini, tizim qayta konfiguratsiyalanishini yoki interfeysli karta o‘rnatilishini talab qilmaydi. Qurilmani aniqlash va tegishli drayverni o‘rnatish kompyuterda avtomat ravishda odamning aralashuvisiz bajariladi. " Universal resurs identifikatori|"Qandaydir resurs: hujjat, tasvir, fayl, xizmat, elektron pochta qutisini identifikatsiya qilish imkonini beradigan simvolli satr. " Universal resurs ko‘rsatgichi|"veb-brauzer orqali Internet tarmog‘ida resursni izlashda ishlatiladigan manzil. Tim Ber-ners Li tomonidan kiritilgan. U, o‘zida resurs, hujjat yoki uning qismining Internetdagi joylashgan o‘rnini ko‘rsatuvchi simvollarning standartlashtirilgan satrini ifodalaydi. Odatda, protokolning turini ko‘rsatish bilan boshlanadi (masalan, FTP://, agar hujjat FTP-server yoki http:// da bo‘lsa), keyin aniq axborot identifikatori keladi, masalan, server taalluqli bo‘lgan domen nomi, tashkilot nomi yoki shu serverdagi fayl nomining yo‘li. " Universal simvollar to‘plami|"ISO 10646, Unicode ko‘pligi, 31-bit li kodli fazoga ega. " Universal tovush|"Kuchaytirishni avtomatik tarzda nazorat qilish asosida to‘plangan tovush obyektlarining keng doirasini kodlash algoritmlarining MPEG-4 da qabul qilingan majmui. " Universal xizmatlar|"Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘i bo‘yicha barcha foydalanuvchilarga taqdim etiladigan belgilangan sifatdagi majburiy xizmatlar to‘plami (foydalanuvchilarning ushbu tarmoqdan foydalana olishini ta’minlash, mahalliy, shaharlararo va xalqaro telefon so‘zlashuvlari, telegrammalarni jo‘natish va boshqalar). " Universal xizmatlarga tarif|"Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maxsus vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadigan universal xizmatlar ko‘rsatish uchun to‘lov miqdori. " Universitet tarmog‘i|"Bitta o‘quv dargohi kompyuterlarini tarmoqqa birlashtirish. Odatda, bu tarmoqda veb-portal, forum va ko‘chirib olish uchun o‘quv materiallari mavjud bo‘ladi. " Urinish|"Biror bir operatsiyani bajarish va chiquvchi natijalarni tekshirish. Agar natija to‘g‘ri bo‘lsa, urinish samarali hisoblanadi va bajarilgan o‘zgarishlar saqlanadi. Aks holda tizim dastlabki holatga qaytadi. " Uskunani identifikatsiya qilish registri|"Aloqa tizimining markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasi, u odatda, mobil stansiyalar uskunalari identifikatsiya raqamlari (IMEI)ning uchta ro‘yxatini saqlaydi: oq, qora va kul rang. Oq ro‘yxatda ayni paytgacha ro‘yxatdan o‘tgan stansiyalarning raqami saqlanadi. Qora ro‘yxatga o‘g‘irlangan stansiyalar yoki xizmat ko‘rsatish rad etilgan abonentlarning raqami kiritilgan. Kul rang ro‘yxatga hali qora ro‘yxatga ko‘chirilmagan, ro‘yxatdan o‘tish bilan bog‘liq muammolari bo‘lgan barcha stansiyalarning raqami kiritiladi. " Uskunaning identifikatsion raqami|"Dasturning buzilishi va uni tarqalib ketishidan himoyalash usullaridan biri. Bunda dastur o‘rnatilish vaqtida uni aktiv-lashtirish uchun identifikatsion raqamni generatsiya qiladi. Bu raqam apparat ta’minotning seriyali raqami bilan bog‘langan bo‘lib joriy dasturni boshqa kompyuterlarda shu kalit bilan aktiv-lashtirish mumkin emas. " Ustama aloqa tarmog‘i|"Mavjud tarmoqqa parallel ravishda quriladigan tarmoq tuzilmasi. " Ustama bosish|"Pochta markasining yangi nominal qiymatini belgilash yoki markaning boshqa elementlarini o‘zgartirish uchun bosilgandan keyin uning old tomoniga tushirilgan har qanday matn yoki rasm. " Ustama qo‘ymoq|"Eshittirish dasturiga qisqacha axborot xabarini uni uzatish jarayonida ustama qo‘yish. " Ustama to‘lov bilan yuboriladigan pochta jo‘natmasi|"Jo‘natuvchi topshirayotganda mo‘ljallangan joyning pochta aloqasi obyektiga adresatdan belgilagan pul summasini undirish va uni jo‘natuvchining manziliga yuborish uchun topshiriq beradigan qiymati eʼlon qilingan pochta jo‘natmasi. " Ustivorlik, imtiyoz|"Uzilishga, vazifa yoki jarayonga belgilangan, ularning bajarilish yoki ularga xizmat ko‘rsatish navbatini belgilaydigan son. " Ustma-ust tushish (qayta tiklash qurilmasida)|"Proyeksiya tizimidan keladigan yorug‘lik nurlari yoki ko‘p projektorli tiklash qurilmasining elektron nurlari ekranga kerakli vaqtda kerakli joyga tushishini, uchta asosiy rangga mos keladigan tasvir to‘g‘ri joylashishini bajarish sharti. " Ustma-ust tushmaslik|"Asosiy ranglardagi uchta tasvirning videosignal datchigida yoki tiklash qurilmasida noto‘g‘ri ustma-ust tushishi. " Ustun|"Jadval ustuni. Qoidaga ko‘ra, ustun barcha elementlari bir xil ma’lumotlar turiga ega. " Ustuvor bo‘lmagan pochta jo‘natmalari|"Jo‘natuvchi arzon tarif tanlaganda jo‘natish va yetkazib berish (topshirish) uchun uzoq muddat taxmin qilinadigan jo‘natmalar. " Ustuvor bo‘lmagan rejalash|"Operatsion tizimdagi rejalash shakli. Topshiriqlar tezkor xotirada bir birini qoplamasdan yakka tarzda ishlatilishi mumkin. " Ustuvor loyiha|"Oldiga ustuvor vazifa yechimi qo‘yilgan loyiha. " Ustuvor pochta jo‘natmalari|"Yuqori tarif belgilangan, ustuvor tartibda ishlov beriladigan va eng tezkor yo‘l bilan tashiladigan (havo yoki yer usti) jo‘natmalar. " Ustuvor vazifa|"Ko‘p vazifali tizimlarda ‒ aktiv oynada bajariladigan vazifa. " Usul|"Qandaydir vazifani hal qilish mexanizmi. Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tushunchasi. Obyekt bajaradigan protseduralar ko‘rinishidagi ishlar. " Usulning uzoqlashgan chaqiruvi|"Sun firmasi tomonidan ishlab chiqilgan, obyektga yo‘naltirilgan Java mexanizmi – Java usulini protseduraning uzoqlashgan chaqiruviga o‘xshash tarmoqning boshqa kompyuterida chaqirish texnologiyasi. " Utilita (xizmat ko‘rsatuvchi dastur)|"Xizmat ko‘rsatadigan tizim dasturi, (yordamchi) xizmatga oid funksiyalarni, masalan, diskni belgilashlarni bajarish uchun mo‘ljallangan. " Uy (asosiy) holat registri|"Aloqa tarmog‘ining ma’lumotlar bazasi; unda tarmoqda doimiy qayd etilgan abonentlar to‘g‘risidagi axborot (raqamlari va manzillari, ko‘rsatiladigan xizmatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar va b.lar) saqlanadi. Izoh − Amalda, uy registrida abonentlar joylashgan yer to‘g‘risidagi axborotning, kommutatsiya markazi tomonidan mobil stansiyalarga chaqiruvlarni marshrutlash imkonini beradigan qismi saqlanadi. " Uy katalogi|"Foydalanuvchining maʼlumotlari, sozlamalari va h.k. saqlanayotgan operatsion tizimdagi shaxsiy katalogi. Uy katalogining nomi va joylashishi operatsion tizim turiga bog‘liq - masalan, Windows XRda u Documents and Settings papkasida (Windows Vistada – Users), Linuxda esa – /home papkasida joylashadi. " Uy kompyuteri|"Uyda foydalaniladigan, universal, ko‘p funksiyali, muomala qilish oson bo‘lgan, ishonchli, yuqori unumli, arzon, zamonaviy dizaynga ega kompyuter. " Uy sahifasi|"Veb-saytga tashrif qiluvchi tushadigan va saytni ko‘rib chiqish boshlanadigan boshlang‘ich veb-sahifa. Izoh – Uy sahifasiga qarab, tashrif qiluvchi qayerga tushganligi va saytning boshqa sahifalarida nimani ko‘rish mumkinligi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘ladi. " Uya ichidagi xalaqit|"Bitta tayanch stansiyaning ta’sir doirasida, bitta ishchi chastotada ishlayotgan boshqa uzatgichlarning signallari keltirib chiqaradigan xalaqit. " Uya ichidagi xendover|"Abonent stansiyasining ishchi parametrlarini, odatda, chastota yoki kanal intervali raqamini, aynan shu abonent stansiyasi bilan aloqa paytida almashtirish protsedurasi. " Uya, yacheyka|"Bitta tayanch stansiyaning geografik qoplash zonasi. " Uyalarni retranslyatsiya qilish|"Maʼlumotlarning tezkor kommutatsiyasini apparat bilan taʼminlovchi tarmoq texnologiyasi. Uyalarga taxlab joylashtirilgan maʼlumotlarni qayta uzatib to‘g‘ridan-to‘g‘ri kommutatsiyalanadi. Birinchi navbatda, asosiy tarmoqlarda ishlatiladi. U kadrlarni qayta uzatishdan, bu tarmoqlar orqali o‘zgarmas uzunlikdagi, uya deb ataluvchi maʼlumotlar blokini uzatishni taʼminlashi bilan farqlanadi. Uyalarni qayta uzatish birlashgan kommutatsiya bog‘lamalarida bajariladi. " Uyali avtomat|"Har biri qo‘shni kataklar bilan birgalikda ishlashning muayyan qoidalari bilan bog‘langan, parallel ishlaydigan kataklar (avtomatlar, protsessorlar) to‘ridan iborat, ko‘p protsessorli parallel kompyuterlar modeli. Har bir katak qo‘shni kataklar holatiga bog‘liq bo‘lgan bir nechta berilgan (ma’lum) holatlarning birida bo‘lishi mumkin. Kataklar holatining barcha o‘zgarishlari diskret vaqt onida sinxron ravishda ro‘y beradi. " Uyali aloqa|"Mobil aloqa va shaxsiy aloqa xizmatlarini o‘z ichiga oluvchi aloqa. Aloqani ta’minlovchi stansiyalarning yuqorisiga asalari uyasiga o‘xshash olti burchakli yacheykalar joylashtiriladi. " Uyali aloqa kompaniya-operatori|"Uyali aloqa xizmatlarini taqdim etuvchi telekommunikatsiya kompaniyasi. " Uyali aloqa operatori|"Qar.: Mobil aloqa operatori. " Uyali aloqa tarmog‘i|"Xizmat ko‘rsatiladigan hududning, tayanch qabul qiluvchi-uzatuvchi radiostansiyalar joylashtirilgan holda qator yacheykalarga (uyalarga) bo‘linishidan foydalaniladigan va mobil foydalanuvchi yacheykadan yacheykaga ko‘chganda, aloqaning uzluksizligini avtomatik ravishda taʼminlaydigan telekommunikatsiyalar tarmog‘i. " Uyali aloqa uzeli|"Tayanch stansiya, antenna kompleksi va boshqa aloqa uskunasi joylashgan aloqa punkti. " Uyali aloqa virtual operatori|"Boshqa bir operatorning mavjud infratuzilmasidan foydalanadigan, biroq xizmatlarni o‘z nomi ostida sotadigan uyali aloqa operatori. Odatda, bazaviy operator bilan birgalikda umumiy uyali tarmoqdan va kommutatorlardan, ko‘pincha, umumiy billing tizimidan foydalaniladi. Ishning bunday sxemasi virtual operatorga uyali tarmoqni qurish va uni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan yirik kapital mablag‘lar sarfiga yo‘l qo‘ymaslik imkonini beradi. " Uyali aloqaning raqamli kanallari bo‘ylab ma’lumotlarni paketli uzatish|"Dupleks rejimida radiokanal bo‘ylab ma’lumotlarni 19,2 Kbit/s tezlikda uzatish. Ma’lumotlar so‘zlashuvlar orasidagi pauzalarda yoki ajratilgan aloqa kanallari bo‘ylab uzunligi 138 baytli paketlar bilan uzatiladi (axborot tezligi 9,0-14,4 Kbit/s). " Uyali kasseta|"Mobil yo‘ldoshli telefonning, GSM tarmog‘i bilan birga ishlashini ta’minlaydigan va apparaturaga ikki rejimda ishlash imkonini beradigan qo‘shimcha jihozi. Telefon rejimlardan biriga tanlov bo‘yicha yoki avval GSM standarti tarmog‘iga ulanishga urinayotganda avtomatik rejimga ulanishi mumkin. Agar, tarmoqqa kirish mumkin bo‘lmasa, apparat avtomatik tarzda yo‘ldoshli rejimga ulanadi. " Uyali keng eshittirish|"Uyali aloqa kanallari bo‘ylab, ro‘yxatga olingan barcha abonentlar foydalana olishi mumkin bo‘lgan axborot-ma’lumotnoma xabarlarining tarqatilishi. Keng eshittirish zonasi binoning bir qismi yoki lokal shahar zonasidan to butun tarmoq o‘lchamigacha, dinamik ravishda o‘zgarishi mumkin. " Uyali mobil aloqa tarmog‘i|"Xizmat ko‘rsatiladigan hududni tayanch qabul qiluvchi uzatuvchi radiostansiyalar joylashtiriladigan qator yacheykalarga (uyalarga) bo‘lishdan foydalaniladigan va harakatdagi foydalanuvchi yacheykadan yacheykaga ko‘chganda aloqaning uzluksizligi ta’minlanadigan mobil aloqa tarmog‘i. " Uyali raqamli paketli maʼlumotlar|"Uyali paketli radiotarmoqda maʼlumotlar uzatish usuli. CDPD texnologiyaga ega tarmoqlar 1994-yili paydo bo‘lib, tezda ommaviylashib ketdi. Mobil aloqa maʼlumotlarning ixtiyoriy turini (matnlar, tasvirlar va tovushni) uzatishni taʼminlay boshladi. Shu bilan birga, uzatishning yuqori ishonchliligi va xilma xil xizmatlar taqdim qilish kafolatlanadi. " Uyali raqamli televizion eshittirish|"Xizmat ko‘rsatiladigan hududda joylashgan tayanch stansiyalardan foydalangan holda amalga oshiriladigan raqamli televizion eshittirish. Izoh – Uyali raqamli televizion eshittirishning ko‘p kanalli (MMDS) hamda lokal (LMDS) ko‘p nuqtali taqsimlash tizimlari mavjud. " Uyali (raqamli televizion) eshittirish tizimi|"Televizion dasturlarni iste’molchiga tayanch stansiyalardan foydalangan holda yetkazish uchun mo‘ljallangan raqamli televizion eshittirish tizimi. " Uyali tarmoq|"Markazida, oltita qo‘shni tayanch stansiya bilan birgalikda ishlaydigan tayanch stansiyalar joylashgan ko‘plab yacheykalar (uyalar)dan iborat tarmoq. Signal bir tayanch stansiyadan boshqasiga uyali tarmoqning butun qamrov zonasi bo‘ylab uzatiladi. Tarmoqning bunday tuzilmasi abonentga mobil telefondan erkin harakatlangan holda, ayni paytda qaysi tayanch stansiyaga ulanganligi to‘g‘risida o‘ylamay foydalanish imkonini beradi. " Uyali tizim|"Bir nechta qabulqiluvchi-uzatuvchi tayanch stansiya va mobil terminallar joylashtirilgan qoplash zonalari (yacheykalar)dan iborat aloqa tizimi. Abonent bir yacheykadan boshqasiga o‘tganda, u avtomatik ravishda, ayni damda aloqa sifati eng yaxshi bo‘lgan boshqa bir, yaqinroqdagi tayanch stansiyaga ulanadi. Barcha tayanch stansiyalar bir-biri bilan bog‘langan, bu esa har qanday abonent juftligi o‘rtasida aloqani tashkil etish imkonini beradi. Bundan tashqari, har bir tayanch stansiya umumiy foydalanish tarmog‘iga ulangan bo‘lib, ham kiruvchi, ham chiquvchi qo‘ng‘iroqlarni ta’minlaydi. Konvensial va tranking tizimlardan farqli o‘laroq, uyali aloqa, birinchi navbatda, dupleks rejimda shaxsiy aloqani ta’minlash uchun mo‘ljallangan. " Uyani e’lon qilingan qayta tanlash|"Mobil radiostansiyaning aloqa kanalining xarakteristikalari birmuncha yaxshi bo‘lgan yangi uya aniqlanganda, o‘z uyasini yangisiga almashtirishi. Izoh − Uyani almashtirishdan oldin, u hozir xizmat ko‘rsatayotgan tayanch stansiyaga bu haqda xabar beradi, bunda yangi tayanch stansiyaga o‘tishning turli variantlari bor: yangi tayanch stansiya qaysi ekanligini bildirib yoki bildir-masdan, joriy bog‘lanishni tugatib yoki uni uzmasdan o‘tish. " Uyaning e’lon qilinmagan qayta tanlanishi|"Mobil aloqa tarmog‘ida uyaning almashish jarayoni bo‘lib, odatda mobil radiostansiyaning tayanch stansiyada ro‘yxatdan o‘chishi bilan birga amalga oshadi. Izoh − Biroq, bunday vaziyat har doim ham mumkin bo‘lavermaydi. Masalan, bog‘lanishning uzilishi to‘satdan sodir bo‘lib, mobil stansiya esa bu vaqtda ikki yoki undan ortiq tayanch stansiyalarning ta’sir zonasida joylashgan bo‘lsa, radiostansiya uyalarni skanlash orqali uzilgan bog‘lanishni tiklashga urinadi. Mobil stansiya yangi uyani egallagandan so‘ng, unda ro‘yxatdan o‘chishga, shu bilan birga, aloqa uzilgan paytda u qayta ro‘yxatdan o‘tishga ulgurmaganligi sababli, «eski» uyada ro‘yxatdan o‘tganligicha qolaveradi. " Uyaning «nafas olishi»|"Tarmoq yuklamasi, xalaqitli vaziyat va boshqa omillarga bog‘liq ravishda, yacheyka (uya) o‘lchamlarining o‘zgarishi. " Uyaning ogohlantirishsiz qayta tanlanishi|"Mobil stansiya ishchi holatda turgan, biroq, axborot uzatmayotgan vaqtda, tranking aloqa tarmog‘ida uyaning almashtirilish jarayoni. Izoh − Tarmoqni boshqarish tizimi, abonent aloqaga kirishga va yangi uyada ro‘yxatdan o‘tishga urinmagungacha, uning turgan joyi to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lmaydi. " Uyaning cho‘qqi tezligi|"Virtual zanjir bo‘ylab uya uzatilishi mumkin bo‘lgan maksimal tezlik. Bir sekundda uzatiladigan uyalar bilan o‘lchanadi hamda bir uyaning oxirgi bitini va keyingi uyaning birinchi bitini uzatish o‘rtasidagi intervalni belgilaydi. " Uygacha o‘tkazilgan optik tola|"Tarmoq qurish konsepsiyasi. Unga ko‘ra, optik-tolali liniyalar har bir xonadongacha yetkaziladi. Asosiy bog‘lamani abonent bilan bog‘lash uchun passiv optik taqsimlash qurilmalaridan foydalaniladi. Bu qurilmalar yordamida ko‘p simli magistral kabeldan kam tolali kabelga o‘tish taʼminlanadi. Abonentni ulash uchun ikki simli optik kabeldan foydalaniladi. " Uyg‘otish xizmati|"Abonent tomonidan oldindan belgilangan soatda yoki soatlarda o‘z liniyasida u uchun uyg‘otish chaqiruvi yoki chaqiruvlarini shart qilish va ushbu chaqiruvga javob bergandan keyin tegishli xabarnomani eshitish imkonini beradigan xizmat. " Uzatish|"Axborotni, aloqa kanali bo‘ylab manbadan qabul qilgichga ko‘chirish jarayoni. " Uzatish (eshittirishda)|"1. Radioto‘lqinlar yoki signallarni eshittirish uzatgichida nurlantirish. 2. Dastur yoki uning ma’lum bir qismi. " Uzatish kanali|"Telekommunikatsiyalar signalini muayyan chastotalar polosasida yoki berilgan uzatish kanali uchun xos bo‘lgan uzatish tezligi bilan tarmoq stansiyalari, tarmoq uzellari o‘rtasida yoki tarmoq stansiyasi va tarmoq uzeli, shuningdek, tarmoq stansiyasi yoki uzeli hamda telekommunikatsiyalar transport tarmog‘ining oxirgi (terminal) qurilmasi o‘rtasida uzatilishini taʼminlaydigan texnik vositalar kompleksi hamda uzatish muhiti. " Uzatish liniyalari|"Energiyani belgilangan yoʻnalishda uzatish qurilmalari. Izoh – Ekranlangan (koaksial liniyalar, naychasimon toʻgʻri burchakli, dumaloq yoki maxsus shakldagi metall toʻlqinoʻtkazgichlar), qisman ekranlangan (ikki simli, polosali, mikropolosali, tirqish liniyalar) va ekranlanmagan (ochiq dielektrik va nur toʻlqinoʻtkazgichlar) ajratiladi. " Uzatish liniyasi dispersiyasi|"Uzatish liniyasining, fazaviy tezlikni chastotaga bog‘liq holda o‘zgartirishni tavsiflaydigan xususiyati. " Uzatish muhitiga kira olish qurilmasining interfeysi|"Ekranlangan simlarning to‘rtta o‘ralgan juftidan iborat, Ethernet tarmog‘ining magistral kabeliga ulanadigan interfeys kabeli. " Uzatish radiotizimi|"Telekommunikatsiya signallari ochiq fazoda radioto‘lqinlar tarzida tarqatiladigan uzatish tizimi. Radioto‘lqinlarning tarqalish muhiti va shakliga qarab, uzatish radiotizimi: to‘g‘ri ko‘rinadigan radioreleli, troposferali, yo‘ldosh aloqali, ionosferali va h.k. deb ataladi. " Uzatish sifati|"Uzatuvchi foydalanuvchidan qabul qiluvchi foydalanuvchiga kelayotgan telekommunikatsiya signalini qayta tiklash darajasi. " Uzatish tezligi|"1. Ketma-ket kanal orqali ma’lumotlar uzatish tezligi. 2. Shina, kanal va h.k.larning o‘tkazuvchanlik xususiyati. " Uzatish tizimi|"Birlamchi tarmoq liniya traktlari, namunaviy guruh traktlari va uzatish kanallarining hosil qilinishini ta’minlovchi texnik vositalar kompleksi. Izohlar 1. Liniya trakti bo‘ylab uzatilayotgan signallarning turiga qarab uzatish tizimi analog yoki raqamli deb ataladi. 2. Elektraloqa signallarining tarqalish muhitiga qarab, simli uzatish tizimi va uzatish radiotizimi deb ataladi. " Uzatishni boshqarish protokoli|"O‘rnatilgan ulanish bilan ma’lumotlarni to‘liq dupleksli ishonchli uzatishni ta’minlaydigan transport sathidagi protokol. TCP/IP guruhi protokollari tarkibiga kiradi. " Uzatishning asosiy ranglari|"Uchta haqiqiy yoki haqiqiy bo‘lmagan asosiy ranglar guruhi, ular, odatda, yorug‘likni uzatish uchun bitta asosiy rang va ranglilikning ikkita asosiy rangidan tarkib topgan, ularning har biri miqdor jihatdan rangli tasvir signali tarkibida bor bo‘lgan uchta mustaqil signalning biriga mos keladigan qilib tanlanadi. " Uzatishning to‘xtab qolishi|"Dasturlarni uzatishning to‘satdan to‘xtab qolishi. " Uzatuvchi muhit|"1. Elektr energiyasi yoki elektromagnit nurlanishning fizik tashuvchisi. Yoshimcha signallarni uzatishda, tovushlarni yoki maʼlumotlarni uzaytirishda foydalanishda, qar khil holatdagi simlar yoki optik-tolali kabellarda. Ish, mis simlar – o‘ralgan zhuft, koaksial va twinaxial optik-tolali kabellardir. Bir, ikki, to‘rtta, kup simli va tasmali optik-tolali kabellar o‘tkazildi. 2. Axborotni uzatish uchun foydalaniladigan, turli xil yer usti radioaloqa vositalari, yo‘ldoshli, kabelli va optik-tolali liniyalarning jami. " Uzatuvchi optoelektron modul|"Elektr signallarni optik signallarga aylantirish uchun mo‘ljallangan optoelektronika asbobi. " Uzatuvchi radioeshittirish tarmog‘i|"1. Bitta dasturni bir vaqtda uzatish uchun mo‘ljallangan tovushli yoki televizion radioeshittirish uzatgichlari guruhi. 2. Shu tashkilot, hudud yoki mamlakatga taalluqli tovushli yoki televizion radioeshittirish uzatgichlari guruhi. " Uzatuvchi radioeshittirish stansiyasi|"Bitta yoki bir nechta uzatgichni ularning antennalari va tegishli uskunalari bilan o‘z ichiga olgan tovushli yoki televizion eshittirish markazi. Misollar − Uzatuvchi radio(eshittirish) stansiyasi, uzatuvchi televizion stansiya. " Uzaytirilgan tola|"Birga ulangan ikkita yoki undan ortiq optik toladan iborat tola. Tolalarning uzaytirilishi ajratgichli ulanishga qaraganda yaxshiroq xarakteristikalarni hamda yo‘qotishlar kam bo‘lishini taʼminlaydi. " Uzel|"1. Tarmoqqa ulanish nuqtasi, tarmoqqa ulangan qurilma; kompyuter tarmog‘idagi yoki ma’lumotlar uzatish tarmog‘idagi bir xil protokoldan foydalanadigan ikkita tarmoqni bog‘laydigan kompyuterni o‘zida ifodalaydigan uzel. Ikkita o‘xshash tarmoqdagi ikki mos dasturning bog‘lanishini ta’minlaydi. Uzatiladigan paketlarda bo‘ladigan manzilli axborotdan foydalanadi. Tarmoq uzellari marshrutizatorlar kabi, ko‘priklardan farqli ravishda, tarmoq darajasidagi qurilmalar hisoblanadi. 2. Iyerarxik tuzilmada: tuzilma elementi, masalan, «gipermatn uzeli». 3. Ikki komponent o‘rtasidagi bog‘lovchi nuqta. 4. Windows 2000/XP operatsion tizimida: boshqarish konsoliga tatbiqan, har qanday boshqariladigan obyekt, topshiriq yoki tur: masalan, kompyuterlar, foydalanuvchilar, veb-sahifalar. " Uzelni dinamik konfiguratsiyalash protokoli|"32-razryadli IP-manzillarning yetishmaslik muammosini yengillashtirish uchun ularning Internet dagi ish vaqtida IP-manzillarni lokal tarmoqning uzellariga (ishchi stansiyalariga) dinamik tayinlash uchun uzelni dinamik kongfiguratsiyalash protokoli. Uzellarga manzillarni o‘zlashtirish manzillarning markazlashtirilgan pulida amalga oshirilishi sababli, ularning noyobligi va nizoli manzillarning bo‘lmasligi kafolatlanadi. " Uzib qo‘yish|"Qurilmaning ishlashini to‘xtatish. Masalan, uskunaning biror konfiguratsiyasida uzib qo‘yilgan qurilmaga, uskunaning shu konfiguratsiyasidan foydalanlayotganda, kira olish imkoni bo‘lmaydi. Bu qurilmalar band qilgan resurslarni bo‘shatish imkonini beradi. " Uzib qo‘yishning rad etilishi|"Uskunaning nosozligi oqibatida yuzaga keladigan, ulanishni uzib qo‘yishga bo‘lgan muvaffaqiyatsiz urinish. Bu, liniyaning uzib qo‘yilish davri juda uzoq bo‘lishiga olib keladi. " Uzilish|"Kompyuter dasturning bajarilishini to‘xtatadigan va xizmat dasturi bajarilishini boshlaydigan signal. " Uzilish to‘g‘risidagi niqoblanadigan signal|"Uzilishni inkor qilish yoki ushlab qolish maqsadida blokirovkalangan uzilish to‘g‘risidagi signal. " Uzilishlar boshqariladigan dastur|"Markaziy protsessor (masalan, operatsion tizim) da uzilish sodir bo‘lganda avtomatik ravishda ishga tushadigan dastur. " Uzilishlar kontrolleri|"Apparat uzilishlarni boshqarish uchun tizim platasiga o‘rnatiladigan mikrosxema. " Uzilishlar navbati|"Barcha sodir bo‘lgan uzilishlarni navbati bilan qayta ishlashni ta’minlaydigan operatsion tizimning tizimli tuzilmasi. " Uzilishlar vektori|"Tezkor xotiradagi rezident massiv, unda quyi dastur-uzilishlarni qayta ishlagichlarning (operatsion tizim modullarining) manzili uzilishlar raqamlari bo‘yicha saqlanadi. " Uzilishlarning yo‘qligi|"Resursni faqat o‘z ishini tugatgach, ixtiyoriy ravishda bo‘shatish mumkin bo‘lgan jarayon. " Uzilishni qayta ishlovchi|"Berilgan raqam bilan uzilishni qayta ishlashni amalga oshiradigan operatsion tizim yadrosining moduli. " Uzish|"Ushbu atama odatda Linux operatsion tizimlarida ishlatilib, kompyuter tizimidan biron bir qurilmani uzish ma’nosini anglatadi. " Uzluksiz bloklar yoki uzluksiz rejim|"Minimal yo‘qotish bilan bir faylni chiqarib olish uchun, butun arxivni emas, faqat bitta uzluksiz blokni ochish zarur bo‘lgan siqish usuli. " Uzluksiz fayl|"Fizik jihatdan diskdagi uzluksiz sohani egallaydigan fayl. " Uzluksiz ishlashni ta’minlash va tiklash rejasi|"Muhofaza qilish dasturining bir qismi hisoblanadigan hamda tizimning asosiy resurslaridan foydalanishni va krizisli vaziyatlarda qayta ishlashning uzluksizligini ta’minlovchi, xavfli vaziyatlarga javob berish, zaxira nusxa ko‘chirish va keyingi tiklash protseduralari rejasi. " Uzluksiz modellash|"Tadqiq qilinadigan jarayonning uzluksiz xarakterdaligi hisobga olinadigan modellash. " Uzluksiz signal|"Qar.: Analog signal. " Uzluksiz sikl|"Mantiqiy xato sababli hech qachon tugallanmaydigan sikl yoki shu tarzda maxsus dasturlashtirilgan sikl. " Uzluksiz soha|"Qo‘shni elementlardan tuzilgan xotira sohasi (masalan, ketma-ket bloklardan iborat disk sohasi). " Uzluksiz ta’minot manbai|"Tarkibida akkumulyator bo‘lgan va asosiy elektr ta’minot kuchlanishi sakraganda yoki tushganda kompyuter va periferiya ta’minotini va himoyasini, shuningdek, kuchlanish yo‘qolganda ma’lumotlarning avtomatik ravishda ishonchli saqlanishini ta’minlaydigan qurilma. " Uzluksiz ta’minot qurilmasi|"Tarkibida akkumulyatorlar bo‘lgan va asosiy elektr ta’minot kuchlanishi tushib ketganda yoki sakrashlarida kompyuter va periferiyaning ta’minoti va himoyasini ta’minlaydigan, shuningdek, kuchlanish yo‘qolganda ma’lumotlarni avtomatik ravishda saqlash imkoniyatiga ega qurilma. " Uzluksizlik|"Tizimning xizmat ko‘rsatishda, berilgan ishchi xarakteristikalarga muvofiq, to‘xtovsiz ishlash qobiliyati. " Uzoq muddatli rejalovchi (vazifalarni rejalovchi)|"Tayyor jarayonlar navbatiga qaysi jarayonlar joylashtirilishi kerakligini aniqlaydigan operatsion tizim rejalovchisi. " Uzoq muddatli xotira|"Uzoq muddat mobaynida ma’lumotlarni saqlash uchun mo‘ljallangan kompyuter xotira qurilmasi. Saqlash vaqtida energiya ta’minoti bo‘lishiga bog‘liq emas. Ma’lumotlarni saqlashning turli fizik: magnit, optik, magnitooptik prinsiplariga ega. " Uzoq zona|"Elektromagnit maydonning burchak taqsimlanishi nurlanish manbaigacha bo‘lgan masofaga jiddiy bog‘liq bo‘lmagan soha. Izoh − Agar antennaning to‘liq o‘lchami D ga teng va to‘lqin uzunligidan katta bo‘lsa, uzoq zona antennadan ga katta masofadan boshlanadi, deb hisoblanadi, bunda λ – to‘lqin uzunligi. Elementar elektr vibrator uchun uzoq zona shart bilan belgilanadi, bunda: λ – nurlanish to‘lqin uzunligi; r – antennaning fazaviy markazidan kuzatish nuqtasigacha bo‘lgan masofa. Cheksizlikka fokuslangan (to‘g‘rilangan) nur uchun uzoq zona, ba’zan Fraungofer zonasi deb ham nomlanadi. " Uzoqdagi displeylar uchun protokol|"Windows NT TSE dagi serverlarda mavjud bo‘lgan Windows-ilovalar bilan ishlash imkonini ta’minlaydigan protokol. RDP odatda doimiy xotira qurilmasiga yozib olingan «ta’sirchan mijoz» dasturida keng qo‘llaniladi. " Uzoqdagi ish stoliga ulanish|"Uzoqda joylashgan kompyuterdagi ish stoli bilan aloqa o‘rnatish. " Uzoqdagi monitor|"Tarmoqning holati to‘g‘risidagi tezkor axborotni aks ettirish, shuningdek, kompyuterlar, ishini masofadan monitoring qilish uchun mo‘ljallangan monitor. " Uzoqlashgan|"Tarmoq yoki Internet yetib borgan joy chegarasida joylashgan kompyuter. " Uzoqlashtirish|"Tasvir masshtabini kichiklashtirish. " Uzun liniya|"Elektr uzunligi to‘lqin uzunligiga teng yoki undan katta uzatish liniyasi. " Uzun tire|"Matnlarda, HTML va boshqa hujjatlarda so‘zlar orasida ajratgich sifatida qo‘llaniladi. Microsoft Word va Open Office.org kabi ayrim dasturlar avtomatik tarzda ajratgichlarni taniydi va defisni uzun tirega almashtiradi. " Uzun to‘lqinlar (shuningdek, kilometrli to‘lqinlar)|"To‘lqin uzunliklari diapazoni 1000 m dan 10000 m gacha bo‘lgan, chastotalar diapazoni esa 30 kHz dan 300 kHz gacha bo‘lgan intervalda joylashgan to‘lqinlar. " Uzviy bog‘liq tizim|"Protsessorlar umumiy xotira va taymer (taktlar)ni ajratadigan parallel kompyuter tizimi. Ular o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir umumiy xotira orqali amalga oshadi. " Ushlab turish rejimida musiqa tinglash|"WAV faylini, chaqiruv ushlab turish rejimida bo‘lgan vaqtda, musiqa qo‘yish uchun tayinlash funksiyasi. " Ushlab turish va kutish|"Bir resursni ushlab turish jarayoni boshqa jarayonlar ega bo‘lgan boshqa resurslarni olishni kutib turadi. " Uch belgili mantiq|"Uchta chin qiymat, masalan, 1, 0, – 1 bilan ish ko‘radigan mantiq. " Uch martali DES algoritmi|"DES algoritmidan uch marta uchta turli kalit bilan foydalaniladigan shifrlash usuli. " Uch vibratorli antenna|"Bir-biriga nisbatan 120° burchak ostida siljigan uchta simmetrik vibrator koʻrinishidagi antenna. " Uch zvenoli model|"Oraliq zveno (kompyuter) ikki sathli model mijoz kompyuteri va server kompyuteri orasida joylashtiriladigan hamda tranzaksiyalarni qayta ishlaydigan monitor yoki obyektlarga bo‘ladigan so‘rovlar vositachisi sifatida ishlaydigan mijoz-server tizimi. Uch o‘lchamli grafika ing. - three-dimensional graphics (3D) ru – трехмерная графика Kompyuter grafikasida ishlatiladigan atama bo‘lib, obyektlarning ustida uch o‘lchamli fazoda operatsiyalar bajarish uchun algoritmlar va dasturiy mahsulotlarni hamda ularning natijalarini o‘z ichiga oladi. " Uch o‘lchamli taxminlash, 3-D taxminlash|"Taxminlangan qiymat, o‘sha maydonning yoki bitta yo bir nechta oldingi maydon satrlaridan kadrning qo‘shni elementlaridan kelib chiqib olinadigan taxminlash. " Uch o‘lchamli televideniye, 3-D televideniye|"Sahnaning uch o‘lchamli ko‘rinishi amalga oshiriladigan televideniye. Izoh – Uch o‘lchamli ko‘rinish amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan jarayonlar stereoskopik televideniye va golografik televideniyeni o‘z ichiga oladi. " Uchastkalar bo‘yicha signalizatsiya|"Xizmatga oid barcha axborot bitta kommutatsiya stansiyasidan boshqasiga ketma-ket uzatiladigan signalizatsiya usuli. Har bir aloqa uzelida bu axborot ajratib olinadi va tahlil qilinadi. " Uchinchi avlod (3G)|"Uchinchi avlod raqamli mobil aloqa tizimlari. Multimediani ta’minlaydi, uzatish tezligi 2 Mbit/s gacha. " Uchinchi darajali kesh xotira|"Tizim platasida ikkinchi kesh va tezkor xotira qurilmasi o‘rtasida o‘rnatiladigan qo‘shimcha kesh xotira. Bu turdagi kesh xotira birlamchi (L1) va ikkilamchi (L2) kesh xotiralar ishlab chiqaruvchilar tomonidan protsessor ichiga o‘rnatila boshlangandan keyin paydo bo‘ldi. " Uchta abonentning ulanishi|"Boshqa foydalanuvchi bilan aloqada ishtirok etuvchi foydalanuvchining, ushbu aloqani buzmasdan, uchinchi foydalanuvchi bilan qo‘shimcha ulanish, bir aloqadan boshqasiga ko‘p marotaba (ularning har birini sir saqlagan holda) qayta ulanish va/yoki qolganlariga qaytgan holda ushbu aloqalardan birini buzush imkonini beradigan qo‘shimcha xizmat. Izoh – Xizmatdan foydalanuvchi abonent ushbu ikkita aloqani bitta uch tomonlama aloqaga birlashtirish imkoniyatiga ega bo‘lgandagi xizmat varianti ko‘zda tutilgan. V " Vakillik serveri|"To‘siq hosil qiluvchi kompyuter yoki unda ishlovchi dasturiy taʼminot. Vakillik serveri ikki tarmoq o‘rtasida joylashib, biri uchun foydalanish chetdan mumkin bo‘lsa, boshqasiga esa mumkin bo‘lmaydi. Ichki tarmoqni ajratib, Internetda uning vakili sifatida bo‘ladi. Uning asosiy vazifasi – tarmoq mijozlarining so‘rovlarini Internet bog‘lamalariga uzatish va talab qilingan axborotni mijozga qaytarish. " Vakolatlar|"Foydalanuvchilarga nimanidir yaratish, o‘zgartirish yoki o‘chirishga berilgan huquq va imkoniyatlar. " Vakolatlar matritsasi|"Elementlari muayyan obyektning muhofaza qilinadigan ma’lumotlarga nisbatan huquqlarini (vakolatlarini, imtiyozlarini) belgilaydigan jadval. " Vakolatlar profili|"Har bir subyekt bilan assotsiatsiyalangan tizimning muhofaza qilinadigan obуektlari va ulardan erkin foydalanish huquqlari ro‘yxati. Obуektga murojaat qilishda subуekt profili foydalanishning tegishli huquqlari mavjudligiga tekshiriladi. Profil erkin foydalanish matritsasining satri ko‘rinishida taqdim etiladi. " Vakolatli foydalanuvchi|"Xavfsizlik funksiyasi siyosatiga muvofiq, har qanday operatsiyani bajarishga ruxsat etilgan, baholash obуekti foydalanuvchisi. " Vaksina-dastur|"Boshqa dasturlar va disklarni, ularning ishiga ta’sir qilmaydigan darajada o‘zgartiradigan dastur. Biroq, vaksinatsiya manbai bo‘lgan virus bu dasturlar yoki disklar zararlanib bo‘lgan deb hisoblaydi. " Vaksinalash|"Berilgan (ma’lum bir) virus turi tomonidan zararlanishni aniqlash (topish) uchun foydalaniladigan shart-sharoitlarni imitatsiyalovchi, ya’ni virusni «aldaydigan» rezident vaksina dasturlarni ishga tushirish. " Valid-invalid biti|"Sahifa jarayonning mantiqiy xotirasiga taalluqli yo taalluqli emasligini ko‘rsatadigan sahifalar jadvalining element biti. " Validatlash|"Dasturiy mahsulotni unga qo‘yiladigan barcha talablarga muvofiqligi nuqtai nazaridan baholash. " Vaqt belgisi|"Yagona vaqt tizimiga nisbatan vaqt onini ko‘rsatadigan maʼlumotlar elementi. Izoh – Vaqt belgisidan hujjatning yaratilish vaqti aniqligini va elektron raqamli imzo aktualligi saqlanganligini tekshirish uchun foydalaniladi. " Vaqt bombasi|"Muayyan vaqtda aktivlashtirilishi mumkin bo‘lgan mantiqiy bomba. " Vaqt bo‘yicha ajratish bilan dupleks uzatish|"Bitta kadrning turli vaqt intervallarida, uzatish va qabul qilish kanallarini zichlash bilan bitta eltuvchida raqamli axborotni ikki tomonlama uzatish. Vaqt bo‘yicha ajratish bilan dupleks uzatish, birinchi navbatda, abonentlar cheklangan makonda nisbatan past tezlikda harakatlanadigan piko- va mikrouyalar uchun mo‘ljallangan. " Vaqt bo‘yicha ajratish bilan multipleksorlash|"Aloqada va ajratilgan taym-slotlardan foydalangan holda, raqamli ma’lumotlarni uzatishdagi multipleksorlash texnikasi (usuli). " Vaqt bo‘yicha ajratish bilan ko‘plab foydalana olish|"1. Bitta chastota slotida bir nechta abonent bo‘ladigan, turli abonentlar uzatish uchun turli vaqt slotlaridan foydalanadigan spektrdan foydalanish usuli. Izoh − TDMA prinsipidan GSM, D-AMPS va PDC (Yaponiya standarti) standartlarida foydalaniladi. 2. Signallarni 2G uyali va yo‘ldoshli tarmoqlar orqali uzatish usuli, bunda har bir signalning o‘z chastota-vaqt intervali bo‘ladi. GSM TDMA texnologiyadan foydalanishga asoslangan. 2,5G tarmoqlari 3G tarmoqlar bilan almashtirilsa, TDMA katta o‘tkazish polosasidan foydalaniladigan CDMA texnologiyasi tomonidan qisman siqib chiqariladi. 3. Barcha abonentlarning axboroti bitta eltuvchi chastotada, biroq, o‘rtasida himoya oraliqlari kiritilgan turli vaqt intervallari («darchalar») da uzatiladigan foydalana olish usuli. 4. D-AMPS (IS-136) raqamli uyali aloqa tizimi standartining yangi nomi. 5. VSAT tarmog‘ining ish rejimi bo‘lib, bunda ko‘p sonli stansiyalar bir vaqtning o‘zida yo‘ldoshli retranslyatorning umumiy kanalidan kanallar vaqt bo‘yicha ajratilgan rejimda dinamik foydalana olishlari mumkin bo‘ladi. " Vaqt bo‘yicha asinxron multipleksorlash|"Uzatish vositalarining foydalaniladigan resursi har bir foydalanuvchining shu vaqtdagi haqiqiy ehtiyojlarini hisobga olgan holda, axborotning yacheykalari bilan to‘ldiriladigan vaqt bo‘yicha intervallardan oldin belgilanmaydigan ketma-ketlikdan iborat bo‘lgan multipleksorlash usuli. " Vaqt bo‘yicha belgi qo‘yish|"Axborotni uzatish jarayonida almashtirilish yoki o‘zgartirilishdan muhofaza qilish usuli. Har bir xabarga ma’lumotlar bilan qat’iy bog‘liq bo‘lgan vaqtinchalik belgilarni kiritishga asoslanadi. " Vaqt bo‘yicha kommutatsiya|"Telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan kommutatsiya tarmog‘i vaqt kanallarining vaqt bo‘yicha pozitsiyalarini bog‘lash orqali amalga oshiriladigan kommutatsiya. " Vaqt bo‘yicha siqish|"Ma’lumotlarni xotiraga bir taktli chastota bilan yozish va boshqa taktli chastota bilan o‘qish orqali amalga oshiriladigan signalni vaqt bo‘yicha siqish operatsiyasi. " Vaqt bo‘yicha o‘zgartirish|"Signal vaqt o‘qida gi diskret sanoqlar holatining, ularning amplitudaviy qiymatlari saqlangan holda o‘zgaradigan aylantirish. " Vaqt bo‘yicha chaqiruvlarni cheklash|"Xizmat abonenti tomonidan boshlab berilgan, har bir chaqiruvning so‘zlashuv davomiyligini cheklaydigan xizmat. Abonent so‘zlashuvining davomiyligi berilgan cheklanishdan oshsa, tizim bog‘lanishni majburan uzadi. " Vaqt domeniga ega optik reflektometr|"Optik tolalarni, qaytgan yorug‘likni detektorlashga asoslangan (optik «radar»), testlash usuli. Tola so‘nishini o‘lchash, muftali va konnektorli ulanishlar sifatini baholash hamda uzilish joylarini aniqlashda foydalaniladi. " Vaqt intervallarining qayta taqsimlanishi|"Vaqt bo‘yicha ajratilgan foydalana olishda ishlatiladigan, kanal intervallari abonentlarga qat’iy tarzda emas, balki tizimning real yuklanishiga bog‘liq holda, mos ravishda qayta taqsimlanadigan protsedura. Kanallarning yangi taqsimoti to‘g‘risidagi ma’lumotlar, xizmat kanali orqali shu yoki undan keyingi kadrda uzatiladi. " Vaqt kvanti|"Ko‘p vazifali muhitdagi, mikroprotsessor alohada bajariladigan vazifani boshqaradigan qisqa vaqt davri. " Vaqt oralig‘i (paketlararo interval)|"Paketni jo‘natgan uzatish qurilmasi, paket keyingi gal yuborilgunga qadar kutishi zarur bo‘lgan, mikrosekundlarda o‘lchanadigan vaqt. " Vaqtbay tarif|"Telekommunikatsiya xizmatlari uchun kanal yoki aloqa liniyasi band etilgan vaqt bilan bog‘liq differensiallangan to‘lov. " Vaqtda o‘zgaruvchi kod|"So‘zlari ish jarayonida biror-bir tarzda o‘zgaradigan kod. " Vaqtga qarab ochiladigan kriptotizim|"Faqat berilgan vaqt intervali tugagandan so‘ng muhofazalangan axborotni rasshifrovka qilish imkonini beradigan kriptografik tizim. Hozirgi vaqtda bunday tizimlarni amalga oshirishning ikkita varianti mavjud: – vaqtinchalik qulflovchi sharadalar; – berilgan vaqt intervali mobaynida axborotni ochmaslik majburiyatini zimmasiga olgan ishonchli agentlardan foydalanish. Agentlardan foydalanishga to‘g‘ri kelganda ularga nisbatan ishonch muammosi yuzaga keladi, buni sirlarni taqsimlash mexanizmini qo‘llash hisobiga qisman hal qilish mumkin. " Vaqtinchalik bog‘langanlik|"Funksiyalari deyarli bir vaqtda bajarilishi zarur bo‘lgan modul xarakteristikalari. Izoh – Initsializatsiya moduli, qayta tiklanish moduli va ishni tugatish moduli vaqtinchalik bog‘langanlik modullariga misol bo‘ladi. " Vaqtinchalik fayl|"Operatsion tizim yoki amaliy dastur tomonidan, vaqtinchalik (oraliq) ma’lumotlarni saqlash uchun yaratiladigan fayl. Ba’zan, vaqtinchalik fayllar bilan ishlash tugatilganidan so‘ng, ular o‘chirib tashlanadi. " Vaqtinchalik ortiqchalik|"Tizimning ishlash imkoniyatini qayta tiklash uchun ketadigan maksimal vaqt. " Vaqtinchalik qator|"Vaqt ichida o‘zgaradigan ma’lumotlar to‘plami. " Vaqtinchalik xotira|"Hisoblashlarda oraliq ma’lumotlarni saqlash uchun vaqtinchalik ajratiladigan xotira qismi. " Vaqtinchalik yashirin kanal|"Yashirin kanal, unda bir jarayon axborotni boshqasiga tizim resurslaridan (masalan, markaziy protsessorning bandlik vaqtidan) foydalanishni modulyatsiyalash vositasida, bu modulyatsiyalash boshqa jarayon tomonidan aniqlanishi va detektorlanishi mumkin bo‘ladigan tarzda uzatadi. " Vaqtni ajratish tizimi|"Foydalanuvchi-dasturchini uning vazifalarini bajaruvchi jarayondan izolyatsiyalash – paketli qayta ishlash tizimining asosiy kamchiligini tuzatish uchun mo‘ljallangan. Vaqtni ajratish tizimining har bir foydalanuvchisiga o‘zining dasturi bo‘yicha dialog olib borishi mumkin bo‘lgan terminal taqdim etiladi. " Vaqtni belgilash xizmati|"Ma’lum bir vaqt onida elektron ma’lumotlar mavjudligini tasdiqlaydigan xizmat. Izoh – Vaqtni belgilash xizmatlari foydali, shuningdek, uzoq muddat mobaynida raqamli imzolar tekshiruvini olib borish uchun mutlaqo zarur. " Vaqtni taqsimlash|"Kompyuterning bitta markaziy protsessor bilan ishlash rejimi, bunda protsessor muntazam ravishda bir vazifani hal qilishdan boshqasiga o‘tib turadi. Vaqtning taqsimlanishini operatsion tizim amalga oshiradi. Bu rejimdan ko‘p dasturli «bir vaqtda» ishlash uchun foydalaniladi. Protsessor barcha ishlarni izchil, lekin juda tez bajaradi. Shuning uchun, har bir vazifaga juda qisqa muddatga protsessor resurslari ajratilsa, foydalanuvchiga ishlar parallel bajarilayotgandek tuyuladi. Vaqtni taqsimlash rejimi UNIX va Windows tizimlarida yaxshi amalga oshirilgan. Masalan, vaqtni taqsimlash rejimida bir vaqtda matn redaktori bilan ishlash, qandaydir faylni bosib chiqarish va ma’lumotlarni tarmoq orqali qabul qilish mumkin. " Vardrayving|"Wi-Fi simsiz tarmoqlariga kirish nuqtalarini izlash va buzish jarayoni. Wi-Fi adapterli tashuvchan kompyuterga ega shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan amalga oshiriladi. Nuqtani makonda izlash va aniqlashda transport vositasi ishlatilgani uchun «urush haydashi» deyiladi. " Varez|"Muallif ruxsatisiz noqonuniy yo‘llar bilan (kamdan-kam hollarda simvolli plata uchun eltuvchilarda) tekin tarqatiladigan tijorat dasturi. Tekin foydalanishga imkon beruvchi o‘zgarishlar va/yoki qo‘shimchalarni albatta o‘z ichiga oladi. " Vayp|"Axborotning to‘liq o‘chirilishi. Oddiy o‘chirishdan (maʼlumotlar bloklari foydalanish uchun bo‘sh deb ko‘rsatilishi) farqli o‘laroq axborot saqlangan hamma bloklar majburiy tozalanadi. Fayl vaypi holatida quyidagi operatsiyalar bajariladi: faylning har bir biti nolga almashtiriladi; fayl hajmi nolga keltiriladi; faylning nomi ixtiyoriy nomga o‘zgartiriladi va fayl o‘chiriladi. Bu nafaqat fayldan axborotning o‘chirilishini, balki fayl mavjudligining barcha (bilvosita) belgilarining ham yo‘q qilinishini kafolatlaydi. Qar.: Qoldiq axborot. " Vazifa|"Avtonom, mustaqil bajariladigan amaliy dastur. " Vazifa identifikatori|"Bajariladigan yoki bajarishga tayyor vazifaga beriladigan ramziy kod. " Vazifalar dispetcheri|"Kompyuterda bajariladigan dasturlar va jarayonlar to‘g‘risida ma’lumot beruvchi Windows operatsion tizimining dasturi. Vazifalar dispetcheri yordamida dasturlarni ishga tushirish yoki to‘xtatish, jarayonlarni to‘xtatish va tizimning bandlik darajasi to‘g‘risida ma’lumot olish mumkin. " Vazifalar navbati|"1. Operatsion tizimlarda bajarishga tayyor bo‘lgan vazifalarning qaysidir qiymatiga ko‘ra tuzilgan ro‘yxat. 2. Tizimdagi barcha jarayonlarning to‘plamini o‘z ichiga oladigan navbat. " vazifalar paneli|"Windows operatsion tizimida ekranning pastki qismidagi vazifalar ro‘yxatini ko‘rsatuvchi gorizontal yo‘lakcha. Vazifalar panelidagi tugmalar yordamida ishlab turgan dasturlarni unisidan bunisiga o‘tkazish, hamda vazifalar panelini ekranning yuqori yoki yon tomoniga ko‘chirish va yashirish mumkin. " Vazifalar panelini blokirovkalash|"Vazifalar panelining holati, bunda vazifalar paneliga bevosita dasturlarga tez murojaat etish yorlig‘ini joylashtirish mumkin bo‘lmaydi. " Vazifalar ro‘yxati|"Ishga tushirilgan dasturlar va bajariladigan jarayonlar ro‘yxati. Kompyuter resurslari harajatlarining monitoringi uchun xizmat qiladi. " Vazifalarni boshqarish|"Operatsion tizimning ko‘p vazifali rejimda hisoblash jarayonini boshqarish bo‘yicha funksiyalari. " Vazifalarni rejalashtiruvchi|"Dasturlarni belgilangan vaqtda, belgilangan tartibda ishlashini ta’minlaydi. " Vaziyat xatosi|"Muayyan vaziyatlarda operatsion tizim yoki dasturda yuz beradigan xatolik. " Vaznlangan (TV) shovqin|"Ko‘rinadigan fluktuatsion xalaqitlarning ko‘z bilan baholanadigan jadalligi. " Vaznlovchi filtr|"Amplituda-chastotaviy xarakteristikasi fluktuatsion xalaqitning vazniy funksiyasini modellashtiradigan elektr filtr. " Veb-…|"WorldWideWeb ga, WWWga yoki WorldWideWeb prinsipi bo‘yicha tashkil qilingan korporativ maʼlumotlar almashinish tarmog‘iga mansublikni bildiradigan old qo‘shimcha. " Veb-anjuman|"Internet orqali real vaqt rejimida onlayn uchrashuvlar o‘tkazish va birgalikda ishlash uchun texnologiyalar va vositalar. Veb-anjumanlar onlayn taqdimotlar o‘tkazish, hujjat va ilovalar bilan birgalikda ishlash, saytlarni, videofayllarni va tasvirlarni sinxron ko‘rish imkonini beradi. " Veb-bord|"Qar.: E’lonlar taxtasi. " Veb-brauzer|"Veb-sahifalarni ko‘rish va tasvirlash uchun mo‘ljallangan dastur. Gipermatnli hujjatlarni tasvirlash va veb-resurslar orqali harakatlanish imkonini beradi. Izoh – Veb-brauzer tarmoqdagi server yoki boshqa kompyuterlardan o‘zida gipermatn, audio va video fayllarni saqlovchi veb-hujjatlarni olishi va lokal kompyuterda ko‘rsatishi mumkin. Bugungi kunda eng ko‘p qo‘llaniladigan veb-brauzerlar Microsoft Internet Explorer va Mozilla Firefox hisoblanadi. " Veb-dizayn|"Veb-sahifalarini bezash. Veb-dizayn qog‘oz nashri uchun poligrafik dizayn va sahifalash qanday vazifani bajarsa, sayt uchun ham xuddi shunday vazifani bajaradi. Veb-dizayn deganda odatda nafaqat sayt uchun grafik elementlarni yaratishni, balki uning tuzilmasi, navigatsiyasi va baʼzan sayt ishi uchun zarur bo‘lgan skriptlarni loyihalash, yaʼni saytni to‘liq yaratish nazarda tutiladi. Dizayn saytning aqlli tuzilishi maʼnosida uning «chiroyliligi»dan ancha muhimroq. Sayt dizayni odatda ixtisoslashtirilgan veb-dizayn studiyalari tomonidan bajariladi. Sayt uchun dizayn yaratish bahosi sayt hajmi, grafik elementlar soni, uning ustida ishlovchi mutaxassislar saviyasi, dasturlash zarurligi va h.k.larga bog‘liq. " Veb-hujjat|"HTML yoki XML tilida yozilgan va Internet tarmog‘iga joylashtirish uchun tayyor bo‘lgan hujjat. " Veb-interfeys|"Foydalanuvchiga veb-brauzer orqali turli dasturlar bilan o‘zaro ishlash imkonini beruvchi interfeys (masalan, o‘z buyurtmasini boshqarish, Internet do‘konida yoki tarmoq printerini sozlash). veb-interfeyslarining qulayligi shundaki, ular bitta ofisda joylashmagan xodimlarga birgalikda ish yuritish imkonini beradi. Masalan, veb-interfeyslar turli maʼlumotlar bazalarini to‘ldirish yoki Internet OAVda materiallarni chop etish uchun ishlatiladi. " Veb-kamera|"Ko‘chmas kamera bo‘lib, u bilan olingan tasvirlar Internetdagi muayyan saytda ko‘rsatiladi. Odatda bu video oqimi emas, balki muayyan muddatlardan keyin masalan, har 20 sekundda yangilanuvchi statik tasvir. Odatda videokameralar saytga tashrif buyuruvchilar ko‘nglini ovlash uchun ishlatiladi. " Veb-portal orqali statistikani ko‘rish|"O‘z qo‘ng‘iroqlari statistikasini ko‘rib chiqish (Call Detail Server mavjud bo‘lganda ishlaydi) imkoniyatini beradigan xizmat. " Veb-ranglar|"Rasmlarda ranglarni aniq solishtirish va aks ettirish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan 256 ta rangdan 216tasini o‘z ichiga olgan ranglar jadvali. Qolgan 40 ta rang ishlatilmaydi, chunki ular kompyuterlarda rang uzatish sifatining sozlanganligiga ko‘ra turlicha aks ettirilishi mumkin. Veb-standart palitra odatda xavfsiz ranglar palitrasi deyiladi. " Veb-sahifa|"Veb orqali erkin foydalanish mumkin bo‘lgan HTML hujjat. Gipermatn yoki gipermedia ko‘rinishidagi axborotni ichiga oladi. " Veb-sahifa sarlavhasi|"Veb-sahifani aynanlashtiruvchi tavsiflovchi matn. Ochiq sahifa nomi veb-brauzeri oyna-sining sarlavha qatorida aks o‘tiriladi. " Veb-sayt|"Ma’no jihatidan birlashtirilgan, umumiy tuzilma va navigatsiyaga ega bo‘lgan veb-sahifalar majmui. " Veb-saytni optimallash|"Qar.: SEO. " Veb-saytning ko‘chirma indeksi|"Veb-saytga boshqa Internet resurslaridan ishoratlar soni asosida hisoblanadigan qidiruv tizimi ko‘rsatgichi. Ko‘chirma indeksining eng oddiy shaklida faqat ishoratlar soni hisobga olinadi. Tematik ko‘chirma indeksida veb-saytga ishoratlarga ega bo‘lgan resurslarning mavzusi, o‘lchangan ko‘chirma indeksida esa o‘sha resurslarning mashhurligiga eʼtibor beriladi. " Veb-server|"1. Bitta yoki bir nechta veb-uzel ishini taʼminlaydigan dasturiy ilova. 2.Serverning dasturiy taʼminoti bilan taʼminlangan va Internet mijozlaridan rasmiy talablar olish, ularni qayta ishlash va bajarish uchun mo‘ljallangan kompyuter. " Veb-server imkoniyatlarini tahlil qilish asbobi|"Ko‘plab ko‘zda tutilgan yuklamalardan foydalanib, mijoz-server konfiguratsiyasini testdan o‘tkazadigan, skriptlar bilan boshqariladigan utilita. " Veb-standartli palitra|"Qar.: Veb-ranglar. " Veb-televizor|"Internet tarmog‘i orqali tashkil qilinadigan teskari kanalli teleko‘rsatuvlarni interaktiv ko‘rish imkoniyatini ta’minlaydigan televizor va kompyuter kombinatsiyasi. " Veb-usta|"Veb-uzel yaratilishi va uni boshqarish yuzasidan javobgar bo‘lgan, veb-uzel administratori. " Veb-uzel|"Maxsus dasturlar – veb-sharhlovchilar yordamida kompyuter tarmog‘i orqali ko‘rib chiqish uchun mo‘ljallangan, o‘zaro bog‘langan axborot onlayn resurslar to‘plami. Izoh – Veb-uzel elektron ko‘rinishdagi hujjatlar to‘plamini, onlayn xizmatni o‘zida ifodalashi mumkin. " Veb-хosting|"«Xosting» so‘zi to‘laqonli ikki tomonlama aloqa bilan taʼminlangan tarmoqdagi kompyuterni bildiruvchi xost so‘zidan olingan (qar.: xost). Xosting pulli va tekin, oddiy va mukammallashgan bo‘lishi mumkin. Xosting provayderini tanlayotganda quyidagi tavsifnomalarga eʼtibor berish lozim: 1) disk makoni; 2) Internet kanalining o‘tkazish qobiliyati (kengligi); 3) fayllarni boshqarish usullari: veb-forma yoki FTP protokoli orqali foydalanish; 4) standart skriptlar to‘plami; 5) server tomonida dasturlash mumkinligi (SSI, PHP, ASPlarni qo‘llab-quvvatlash, cgi-bin katalogi); 6) serverda maʼlumotlar bazalaridan foydalanish – o‘z maʼlumotlar bazalarini yaratish va ishlatish mumkinligi; 7) Shell dan foydalanish; 8) .htaccess fayli orqali serverni konfiguratsiyalash mumkinligi; 9) log-fayllardan foydalanish; 10) uchinchi darajali domenlarni taqdim etish (name.your-name.uz, name1.your-name.uz va boshqa turdagi manzil); 11) bitta yoki bir necha pochta qutisini qo‘llab-quvvatlash; 12) uzluksiz elektr energiya bilan taʼminlash. " Veb-shablon|"Mundarijani veb-sahifa dizaynidan ajratish uchun va veb-hujjatlarni ko‘plab ishlab chiqish uchun qo‘llaniladigan moslama. Veb-shablondan istagan inson yoki tashkilot o‘zining veb-saytini yaratishda foydalanishi mumkin. Shablon sotib olingandan yoki saqlab olingandan so‘ng, foydalanuvchi barcha shablonning asosiy maʼlumotlarini o‘zining tashkiloti yoki mahsuloti maʼlumotlari bilan to‘ldiradi. " Veb 2.0|"WWW rivojlanishining ikkinchi avlodini belgilovchi atama. Veb 2.0 ning asosiy xususiyati – ko‘p sondagi foydalanuvchilarning kontentni yaratish va maʼlumotlar almashishdagi bevosita ishtiroki. Misol – ijtimoiy tarmoqlar, videoxosting saytlari, viki, bloglar, folksonomiya. " Vektor|"Sonli qiymat va yo‘nalish bilan tavsiflanadigan, to‘g‘ri kesma bilan tasvirlanadigan matematik kattalik. " Vektorlash|"Rastr grafikasini vektor grafikasiga o‘girish, rastrlashga teskari bo‘lgan jarayon. Rastrlashdan farqli o‘laroq ushbu jarayon juda murakkab bo‘lib, uni to‘liq avtomatik tartibda bajarib bo‘lmaydi. " Vektorli displey|"Ishda vektor grafikadan foydalanadigan kompyuter displeyi. " Vektorli grafika|"Tasvirni, har qanday usul bilan, shu jumladan, grafik komandalar bilan tavsiflangan grafik elementlar yig‘indisi sifatida taqdim etish usuli. Ko‘pincha, ikkilik koddagi fayllar sifatida taqdim qilinadi. " Vektorli kodlash|"Kodlash usuli, bunda kanal bo‘yicha tasvir sanog‘i blokining qiymatlari emas, blokning kod daftaridagi uzatilayotganga eng yaqin manzili jo‘natiladi. " Vektorli kompyuter|"Vektorlarni (bir o‘lchamli ma’lumotlar massivlarini) qayta ishlash uchun mo‘ljallangan kompyuter. " Vektorli protsessor|"Bir o‘lchovli raqamli ma’lumotlar massivlari (vektorlar) ustida bir vaqtda hisoblashlar uchun komandalar to‘plami bo‘lgan kompyuter. " Vektorli yoyish|"Ekranda sintezlangan tasvirni qayta tiklash usuli, bunda yoyuvchi element tasvirni olish uchun zarur bo‘lgan faqat qisqa yo‘l bo‘yicha, ularning joylashishidan qat’i nazar, bevosita bir nuqtadan boshqasiga harakatlanadi. " Vergullar bilan ajratilgan qiymatlar|"Jadvalli ma’lumotlarni taqdim etish uchun mo‘ljallangan matnli format. Faylning har bir satri – bu jadvalning bir satridir. Alohida ustunchalarning ma’nolari ajratish simvoli masalan, vergul, nuqtali vergul va tabulyatsiya simvollari yordamida ajratiladi. " Verifikator|"Autentifikatsiyalangan identifikatsiya qilish talab qilinadigan yoki uni ko‘rsatadigan obyekt. Verifikator autentifikatsiya maqsadlarida almashinuvlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan funksiyalarni o‘z ichiga oladi. " Verifikatsiyalash|"1. Belgilangan talablar bajarilganligining obyektiv isbotlarini taqdim etish yo‘li bilan tasdiqlash. Izoh – Verifikatsiyalashni muvofiqlikka testlash deb ham atash mumkin. 2. Hisoblash texnikasi vositalari yoki avtomatlashtirilgan tizimlar spetsifikatsiyalarining ikki darajasini tegishli muvofiqlikka taqqoslash jarayoni. 3. ID-kartaga kiritilgan biometrik ma’lumotlarning ID-karta egasining biometrik ma’lumotlariga mosligini maxsus texnik qurilma yordamida tekshirish. " Verifikatsiyalash qoidasi|"Dastur talablariga muvofiq kelishini tekshirish maqsadida, kiruvchi ma’lumotlarning dastlabki qayta ishlanishini belgilovchi qoida. " Verifikatsiyalash va tasdiqlash|"Tekshirishlarning to‘la to‘plami bo‘lib, tizimning o‘zi mo‘ljallangan maqsadlarga muvofiqligini kafolatlash uchun kerak. Izoh – Funksional testlarni qat’iy tanlash, o‘tkazish qobiliyatini nazorat qilish, ishonchlilikni tekshirish va sh.k. tekshirishlar qatoriga kiradi. " Vernam kriptotizimi|"Kriptotizim, xuddi shunday Vernam shifri deb ham ataladi, tamomila tasodifiy ravishda hosil qilinadigan bit satrini ishlatadi. Kalitlar oqimining uzunligi dastlabki matn uzunligiga teng, dastlabki matn va tasodifiy bit satri shifrlangan matn hosil qilish uchun, XOR amalidan foydalanib aralashtiriladi. Bunday algoritm o‘ta maxfiylikka ega. Ushbu kriptotizim omilkor emas, chunki katta o‘lchamdagi kalitlardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. U asosan, harbiy va diplomatik maqsadlarda ishlatiladi. Bu shifrning asosiy kamchiligi kalitlarni boshqarish qiyinligi. " Versiya|"Dasturiy mahsulotning, ba’zi o‘zgartirishlar kiritilgan varianti. Turli versiyalar quyidagi tarzda indekslanadi: jiddiy o‘zgartirishlar nuqtagacha raqam bilan oraliq variantlar nuqtadan keyingi raqamlar bilan ko‘rsatiladi. " Versiya raqami|"Ishlab chiqish va/yoki ishlab chiqarish paytida dasturiy ta’minotga beriladigan belgi. Odatda, versiya raqami X, Y ko‘rinishida yoziladi, bu erda X ‒ versiyaning bosh raqami, Y esa, reliz raqami. Reliz raqamining o‘zgartirilishi mahsulotga ba’zi o‘zgartirishlar kiritilganligini bildiradi. Versiya raqami qancha katta bo‘lsa, mahsulot shuncha ko‘p rivojlanish bosqichlarini o‘tgan hisoblanadi. Versiyalar raqamlaridan versiyalarni boshqarish tizimlarida foydalaniladi. " Vertikal menyu|"Navigatsiya nuqtalari vertikal (yuqoridan pastga tomon) joylashgan menyuning ko‘rinishi. " Vertikal portal|"Maʼlum mavzu yo‘nalishidagi, ushbu mavzu doirasida turli xizmatlarni taqdim etuvchi veb-sayt. Eng istiqbolli axborot resursi va uskunasi bo‘lib, butun dunyo bo‘ylab o‘z izdoshlariga ega. " Vertikal qutblangan to‘lqin|"Elektr maydonining kuchlanganlik vektori yer sirtiga nisbatan har doim vertikal, magnit maydonining kuchlanganlik vektori esa, gorizontal yo‘nalgan, chiziqli qutblangan elektromagnit to‘lqin. Izoh − To‘lqinning tarqalish yo‘nalishi yuqorida ko‘rsatilgan har ikki vektorga ortogonal bo‘lib, ularning vektor ko‘paytmasi bilan belgilanadi. " Vertikal qutblanishga ega antenna|"Yer sirtiga perpendikulyar joylashgan va gorizontal tekislikda yo‘nalganlik doiraviy diagrammasiga ega chiziqli simmetrik vubrator ko‘rinishidagi antenna. " Vibrator|"To‘g‘ri chiziqli simning bo‘lagi, unda uzun liniya bo‘lagidagi kabi xususiy elektr tebranishlar paydo bo‘lishi hamda turg‘un elektromagnit to‘lqinlar hosil bo‘lishi mumkin. Vibrator eng sodda (uzatuvchi yoki qabul qiluvchi) antennani o‘zida ifodalaydi. " Vibratorli antennalar|"Bazaviy elementi vibrator hisoblanadigan antennalar. " Video|"Aniq yoki tasvirlashning u yoki bu usuli bilan yaratilgan kadrlarning ma’lum chastotaga ega o‘zgaruvchan ketma-ketligi. Kino va televideniye videoning bir turi hisoblanadi. " Video disk|"Qar.: Lazer disk. " Video ketma-ketlik|"Ixtiyoriy uzunlikdagi videokadrlar ketma-ketligi. " Video kirish|"Foydalanuvchining shaxsiy kompyuter yordamida ko‘ngil ochar yoki ishga oid dasturlari va Internet resurslari bilan fizik o‘zaro ishlashini taʼminlaydigan moslama. Ushbu istiqbolli texnologiya insonni virtual dunyoga «olib kiradi». " Videoadapter|"Shaxsiy kompyuterning, tasvirlarning monitorga chiqarilishini boshqaradigan kengaytirish platasi. " Videografik adapter|"Eskirgan videostandart va displeyning 1987-yil 2 aprelda IBM kompaniyasi tomonidan birinchi marta joriy qilingan 256 palitradan 2 yoki 16 rangli 640х480 piksellarning video-ekrandagi maksimal hal qilinishiga mos keluvchi videoadpter. VGA matnli va grafik rejimni qo‘llab-quvvatlaydi. Matnli rejim 80x25 simvollarning va 16 ranglarning (9x16 piksellarining simvol hajmi) qobiliyatini maksimal hal qilishda qo‘llab-quvvatlanadi. " Videografik matritsa|"Displey ekranida 640x480 pikselni 256 rangda aks ettira oladigan videoadapter. " Videografiya|"Axborot asosan, raqamli shaklda uzatiladigan va foydalanuvchiga bu axborotni tanlash hamda matnli yoki grafik shaklda displey ekranida, masalan, televizor ekranida qayta tiklash imkonini beradigan aloqa turi. Izoh – Telematn va telegrafiyaning har xil turlari videografiyaga taalluqli emas. " Videokadr|"Boshlang‘ich tasvirning bitta kadri yoki ikkita maydonini tasvirlaydigan videoma’lumotlar to‘plami. Yorqinlik va ayirma rang signallarning sanoqlarini ifodalovchi 8 bitli sonlarning uchta to‘g‘ri burchakli matritsasidan tashkil topgan. " Videokadrlar guruhi|"Raqamli signal ko‘p sonli davrlarining ustma-ust tushishidan boshlanadigan videoketma-ketlikning qismi. " Videokonferens aloqa|"Bir-biridan olisda bo‘lgan foydalanuvchilar o‘rtasidagi ko‘p tomonlama aloqa usuli, bunda ular real vaqtda video hamda audiosignallarni qabul qilishi va aks ettirishi mumkin. Izoh − Uzatish tezligi uzatiladigan videosyujetning sifatiga qo‘yiladigan talablarga bog‘liq bo‘lib, o‘zgarishi mumkin, masalan, ISDN tarmog‘ida 128 (BRI) dan 384 (3BRI) Kbit/s gacha. " Videokuchaytirgich o‘tkazish polosasining kengligi|"Videosignal chastotalari polosasining kengligi, bunda signalning so‘nish darajasi ma’lum bir kattalikdan, masalan, 3 dB dan oshmaydi. " Videoma’lumotlarni qayta ishlash darajasi|"Raqamli oqim asosiy parametrlarini o‘zgartirishning yo‘l qo‘yiladigan chegarasini belgilaydigan ko‘rsatmalar majmui. " Videoma’lumotli kompakt-disk|"Analog-raqamli lazerli disklar uchun standart nomi. " Videomiksher|"Kombinatsiyalangan tasvirni shakllantirish maqsadida bir nechta televizion datchik videosignallarini birlashtirish uchun mo‘ljallangan qurilma. " Videomontaj apparatxonasi|"Elektron videomontaj tizimi bilan ta’minlangan hamda televizion dasturlarni tuzish uchun mo‘ljallangan videoyozuv apparatxonasi. " Videonazorat qurilmasi, videomonitor, monitor|"Kirishiga to‘liq videosignal yoki to‘liq rangli videosignal yoki asosiy rang signallari uzatiladigan, televizion tasvirni kuzatish va/yoki nazorat qilish uchun mo‘ljallangan tiklash qurilmasi. " (Videoni) siqish, videokompressiya|"Videoaxborot hajmini axborot ortiqchaligini bartaraf etish yo‘li bilan, masalan, kadrlararo va kadr ichida korrelyatsion hamda statistik bog‘lanishlarini hisobga olgan holda qisqartirish. Izoh – Siqish darajasi siqish koeffitsiyenti bilan belgilanadi. " Videoqurilmalar interfeysi|"Videoqurilmani boshqarish uchun mo‘ljallangan dastur-drayver (odatda videokarta deyiladi). Qoida bo‘yicha ishlab chiqaruvchi tomonidan diskda videoqurilma bilan yetkazib beriladi. " Videorekorder|"Televizion signallarni yozish va qayta tiklash uchun mo‘ljallangan uskuna. " Videoretush|"Olingan video kadrdan «keraksiz» obyektlarni: binolar, telefon ustunlarini olib tashlash yoki unga nimanidir qo‘shish uchun qo‘shimcha surat chizish. " Videoserver|"1. Axborot uzatish yuqori tezligiga ega lokal va global tarmoqlarga ulangan, hajmi terabitlarda o‘lchanadigan disk xotirali nutq va harakatlanadigan tasvirni saqlaydigan fayllar serveri. 2. So‘rovga ko‘ra, video ilovalarga oqimli videoni yetkazib beradigan kompyuter yoki dasturiy ta’minot. " Videosignal|"Tasvir paydo qilish uchun mo‘ljallangan elektr signal. " (Videosignal) bitreytini pasaytirish|"Video raqamli signalini, tasvirning yo‘l qo‘yiladigan sifatini saqlashda, bitreyt (bitlarni uzatish tezligi) ni pasaytirish uchun qayta ishlash. Izoh – Bitreytni pasaytirish manbani kodlashda bajariladi. " (Videosignal datchigidagi) optik tasvir|"Videosignal datchigida yorug‘lik sezgirlik sirtining optik vositalari bilan hosil qilinadigan tasvir. " Videosignal datchigining gammasi|"Loqarifmik shkalada videosignal ko‘lamining obyekt tegishli yorug‘ligiga bog‘liqligini aks ettiradigan egri approksimatsiyalaydigan ishchi uchastkasining to‘g‘ri maksimal og‘ishi. " (Videosignal datchigining) kontrast diapazoni|"Videosignal datchigi chiqish signallari darajalarining maksimal nisbati. " Videosignal kuchlanishi o‘zgarganda sinxronlashning saqlanishi|"Barqaror sinxronlash saqlanganda videosignal kuchlanishi ijobiy (musbat) yoki manfiy (salbiy) o‘zgarishining videosignal nominal kuchlanishiga nisbati. " (Videosignalni) raqamli siqish (tavsiya qilinmaydigan)|"Videosignalni tasvir sifatini ta’minlashda zurur bo‘lgan yuborishga bitlar sonini kamaytirish maqsadida notekis kvantlash jarayoni. " (Videosignalning) doimiy tashkil etuvchisi|"Tasvirning o‘rtacha yorug‘ligiga va ayrim hollarda ayirmarang tashkil etuvchi o‘rtacha qiymatga bog‘liq va bir kadrdan boshqasiga o‘zgarishi mumkin bo‘lgan videosignalning belgilangan tashkil etuvchisi. " Videosignalning o‘rtacha darajasi|"O‘chirish intervalidan tashqari, kadrlar o‘tish vaqti mo-baynida videosignalning o‘rtacha darajasi. Izoh – Videosignalning o‘rtacha darajasi odatda o‘chirish darajasi va oq daraja o‘rtasidagi farqlar o‘chirish darajasiga nisbatan foizlarda ifodalanadi. " Videoteks|"Televizion qabul qilgich kineskopining ekraniga telefon tarmog‘i orqali matnli va grafik axborotni uzatish tizimi. " Videoteks xizmatining xizmatlari|"Videotekc xizmatida amaliy darajani amalga oshiruvchi va videoteks foydalanuvchilari uchun muayyan, aniq belgilangan xizmatni ta’minlaydigan xizmatlar. Izoh – Videoteks xizmati foydalanuvchilarga bunday xizmatlardan bir nechtasini taqdim etadi. " Videotelefon|"Telefon so‘zlashuvlari vaqtida foydalanuvchilarning bir-birini ko‘rishlariga imkon beruvchi telefon va televizion usullarini birlashtirish. " Videoto‘plagich|"Videokadrlar to‘plamini yozish, saqlash va qayta ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan qurilma. " Videouzatish|"Televizion tasvirlarni muayyan joyga, ba’zida tovush jo’rligida uzatish. " Videoxotira|"Displeyda sifatli tasvirni ta’minlash uchun mo‘ljallangan qo‘shimcha xotira. Videoadapterning qismi hisoblanadi, bir necha megabaytgacha hajmga ega. Videoxotirada bitta yoki bir nechta ekranning tasviri shakllanadi, displeyga uzatiladi. Ba’zi kompyuterlarda videoxotira tezkor xotiradan ajratiladi. " Videoo‘yin qurilmasi|"Televizion qabul qilgich yoki maishiy videomonitor ekranida o‘yin axborotini aks ettirish uchun mo‘ljallangan qurilma. " Vidjet|"1. Interfeys vidjeti. Foydalanuvchi grafik interfeysining stardartlashtirilgan elementi (matn maydoni, tugma, ro‘yxat, menyu va h.k.). 2. Veb-vidjet. Veb-sahifa ichida yoki kompyuter ish stolida joylashgan va tashqi resurslarning maʼlumotlari yoki funksionalidan foydalanish uchun mo‘ljallangan kod parchalari yoki kichik dasturlar (ob-havo, taqvim, lug‘at va h.k.). Mobil vidjet. Mobil telefonda biror bir dastur yoki tarmoq resurslari bilan ishlab, foydalanuvchi imkoniyatlarini kengaytiruvchi qo‘llanma. " Vijеner kvadrati|"Ko‘p alifboli mashhur kriptotizimlardan biri. Vijеner kvadrati n2 elementlar bo‘lgan kvadrat matritsani ifodalaydi, bunda n – foydalaniladigan alifbo simvollarining soni. Kvadratning har bir satri alifboni bir simvolga siklik siljitish bilan to‘ldiriladi. Qadamdan qadamgacha Sezar kriptotizimiga o‘xshash o‘zgaradigan kalit so‘z shifrlash kaliti hisoblanadi. Har bir ustun 0, 1, …, 25 kalitlari bo‘lgan Sezar kriptotizimi sifatida qaralishi mumkin. Kalit so‘z, odatda ochiq matndan qisqa bo‘lgani uchun, undan davriy ravishda foydalaniladi. " Viki|"Veb-sayt, saytning o‘zi taqdim qilgan instrumentlar yordamida foydalanuvchi uning shakli va tarkibini o‘zgartirishi mumkin. Eng katta va mashhur viki sayt – Vikipediya. " Vikipediya|"Ko‘p tillik erkin onlayn ensiklopediya. U ko‘pchilik tomonidan yoziladi va uni yozishda hech qanday cheklanishlar quyilmaydi. Ushbu loyiha 15 yanvar 2001-yil mutaxassislarga mo‘ljallangan Nupediara to‘ldiruvchi sifatida yaratilib, hozirda uni notijorat Wikimedia Foundation tashkiloti boshqaradi. Vikipediyaning eng katta ingliz tili bo‘limi 2009-yil oxirida 3 milliardga yaqin maqolaga ega edi (taqqoslash uchun: qog‘oz nashrdagi ensiklopediyalar orasida eng katta bo‘lmish VgKappyuadagi maqolalar soni 130 ming atrofidadir). Bundan tashqari Vikipediyaning juda mashhur bo‘lib ketishi tufayli unga yo‘ldosh Wiktionary, Wikibooks, Wikiquote, Wikisource hamda Wikinews kabi loyihalarning ham paydo bo‘lganidir. " Vilka|"Ajratgichning shtirli yoki o‘tkazuvchan chiquvchi kontaktlari bo‘lgan qismi. " Viloyat ichi pochta yo‘nalishi|"Viloyat pochta almashinuv punktini viloyat (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)ning tumanlararo, tuman, shahar pochta aloqasi bog‘lamalari bilan bog‘lovchi pochta yo‘nalishi. " Vinchester|"Ma’lumotlarni saqlash qurilmasi, qattiq magnit diskdagi to‘plagichning o‘zi IBM firmasi tomonidan 1973 yilda ishlab chiqilgan. Diskning xarakteristikalari quyidagicha edi: sig‘imi 30 Mbyte, foydalanish vaqti 30 ms. Boshqa versiyaga ko‘ra, to‘plagich har biri 30 Mbyte bo‘lgan ikkita diskdan iborat bo‘lgan. " Virtual|"Amalda mavjud bo‘lmagan, lekin ma’lum sharoitlarda paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan obyekt yoki holat. " Virtual bank|"Mijozlarga xizmat ko‘rsatish Internet tarmog‘idan foydalanib bajariladigan bank. Izoh – Brauzerlardan yoki maxsus dasturiy taʼminotdan foydalanadigan mijozlar real bankda amalga oshiriladigan aksariyat operatsiyalarni bajarishlari va axborot olishlari mumkin. " Virtual bog‘lanish|"Paketlarni kommutatsiyalash bilan ma’lumotlar uzatish xizmatlarining xizmatlaridan biri, bunda bog‘lanishni o‘rnatish va uzish protsedurasi ma’lumotlar uzatish uchun oxirgi (terminal) uskunaning ikkita qurilmasini bog‘lash davrini belgilaydi, bu davr mobaynida foydalanuvchilardan ma’lumotlar tarmoq bo‘ylab paket rejimida uzatiladi. Barcha ma’lumotlar, foydalanuvchilardan qabul qilingan tartibda, tarmoqdan kelib tushadi. " Virtual disk|"Tezkor xotira qismidan dasturiy tarzda yaratilgan, psevdodiskli to‘plagich. Operatsion tizim u bilan, haqiqatda mavjud bo‘lgan disk bilan ishlagandek ishlaydi. Ikki holatda, moddiy mavjud bo‘lgan diskni vaqtinchalik takrorlash uchun va ma’lumotlardan foydalanishni tezlashtirish maqsadida foydalaniladi, chunki tezkor xotira diskli xotiraga nisbatan ancha tez. Ko‘pincha elektron disk deb ataladi. " Virtual fayl tizimi|"Fayl tizimlarini amalga oshirishning obyektga yo‘naltirilganligini ta’minlovchi fayl tizimi. Fayl tizimlarini qo‘shgan holda, fayl tizimlarining turlari uchun tizimli chaqiruvlarning yagona interfeysi. " Virtual hamjamiyatlar|"Internetning rivojlanishi natijasida paydo bo‘lgan ushbu atama quyidagilarni bildiradi: 1. Elektron makonda paydo bo‘lib faoliyat yurgizuvchi uyushmalarning yangi turi. 2. Tarmoq foydalanuvchilarining elektron makonda ishlash uchun bir xil qiziqishlarga ega bo‘lgan guruhlarga birlashishi. Ushbu atama Veb 2.0 asosiy atamalaridan biridir. " Virtual iqtisodiyot|"Elektron makonda iqtisodiy operatsiyalarni bajarish. " Virtual kanal|"1. Paketli kommutatsiya tarmog‘ida dastlabki ketma-ketlikni saqlagan holda, hattoki paketlar ikkita uzellar o‘rtasida turli fizik yo‘nalishlar bo‘yicha uzatilsa ham, paketlar uzatilishini ta’minlaydigan vositalar. Virtual kanal chaqiruv vaqtida o‘rnatiladi va aloqa seansidan keyin bekor qilinadi. 2. Virtual kanal identifikatori deb nomlanadigan identifikatorning umumiy noyob (yagona) qiymatiga ega ATM yacheykasining bir yo‘nalishli o‘tkazish tavsifi uchun foydalaniladigan tushuncha. 3. Ikkita tarmoq qurilmasi o‘rtasida ishonchli aloqani ta’minlash uchun hosil qilinadigan mantiqiy kanal. Virtual kanal sonlar juftligi: virtual yo‘l identifikatori (VPI) va virtual kanal identifikatori (VCI) bilan identifikatsiya qilinadi, doimiy (PVC) yoki kommutatsiyalanadigan (SVC) bo‘lishi mumkin. Virtual kanallar Frame Relay va X.25 texnologiyalarida ishlatiladi. ATM tarmoqlarida Virtual Channel deb ataladi. " Virtual kanal identifikatori|"ATM tarmog‘idagi har bir virtual kanalni identifikatsiya qilish uchun ishlatiladigan, ATM yacheykasi sarlavhasidagi 16 bitli maydon bilan belgilanadigan yagona raqamli yorliq. " Virtual kanal zvenosi|"Virtual kanal identifikatorining qiymati aniqlanadigan nuqta va ushbu qiymatlar o‘zgaradigan yoki o‘chiriladigan nuqta o‘rtasida ATM yacheykalarini bir yo‘nalishda uzatish vositasi. " Virtual kanallar kommutatori|"Virtual kanallar zvenolarini bog‘laydigan, virtual yo‘llar bog‘lanishini tugatadigan tarmoq elementi. " Virtual kanalning ulanishi|"Adaptatsiya darajasidan foydalana olishni ta’minlaydigan ikki nuqta o‘rtasida amalga oshiriladigan virtual kanal zvenolarining ketma-ket ulanishi. " Virtual kompaniya|"Muayyan maqsadlarga erishish uchun, axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, birgalikdagi kelishilgan faoliyatni amalga oshiradigan turli sohalarda ixtisoslashgan jismoniy va yuridik shaxs. " Virtual korxona|"1. Faoliyat jarayonida elektron aloqa vositalaridan foydalangan holda eng kam yoki umuman bo‘lmagan shaxsiy, bevosita aloqasiz muloqotda bo‘ladigan, o‘zaro ishlaydigan geografik nuqtai nazardan ajratilgan xodimlar uyushmasidan iborat bo‘lgan korxona. 2. Bitta tashkilotning bir-biridan hududiy ajratilgan va axborot-kommunikatsiya tarmoqlari yordamida o‘zaro ishlaydigan tuzilmalari. " Virtual lokal tarmoq|"Tarmoq turi, bunda kommunikatsiya va erkin foydalanish tarmoq tuzilmasini yoki aniq resursning joylashgan o‘rnini bilmasdan turib amalga oshiriladi. " Virtual manzil|"Dasturlarda xotiraga murojaat qilish uchun qo‘llaniladigan virtual xotira tizimidagi manzil. Jismoniy xotiradan ma’lumotlarni o‘qish yoki unga ma’lumotlarni yozishda yadro va xotirani boshqarish bloki tomonidan virtual manzil jismoniy manzilga aylantiriladi. " Virtual mashina|"Kompyuterda dasturiy ta’minot yaratadigan, fizik qurilma modellashtiriladigan muhit. Windows da virtual mashinalar, har biri o‘zining xususiy xizmatlariga, jumladan, xotira resurslariga, fayl tizimi serverlariga, qurilmalar drayverlariga, periferiyadan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan alohida kompyuterlarni modellashtiradi. Windows virtual mashinalarning ikkita asosiy turini ichiga oladi: Windows ilovalarini ishga tushirish uchun foydalaniladigan System VM va Windows da bajariladigan MS-DOS ning har bir ilovasi uchun yaratiladigan DOS VM. " Virtual ofis|"Geografik jihatdan bir-biri bilan bog‘lanmagan kompaniya xodimlariga, axborot hamda boshqariluvchi ta’sirlarni almashish, saqlash, qayta ishlash va uzatish uchun tashkiliy ravishda yagona tizim vositasida o‘zaro hamkorlik qilishga imkon beradigan internet-resurs yoki uning bir qismi. " Virtual port|"Aniq moddiylikda mavjud bo‘lmagan, tashqi qurilmalarni qayta ishlashni unifikatsiya qilish uchun operatsion tizimda tashkil qilinadigan va installyatsiya qilinadigan port; odatda simsiz aloqa qurilmalari, masalan, mobil telefonlar va organayzerlar bilan almashinishda qo‘llaniladigan katta sonli (COM10, COM15) kommunikatsiya porti. " Virtual real holat|"1. Zamonaviy texnik va dasturiy vositalar bilan real dunyoni imitatsiya qilish. 2. Kuzatuvchini ekran ortidagi tasavvur dunyosiga olib o‘tuvchi vizual va tovush effektlarini ta’minlaydigan kompyuter tizimlari. Bunda foydalanuvchi, kompyuter yordamida paydo qilingan, reallik taassurotini beruvchi tasvir va tovushlar bilan o‘rab olinadi. Foydalanuvchi turli sensorlar, masalan, o‘z harakati va taassurotlarini hamda audiovizual effektlarni bog‘laydigan shlem va qo‘lqoplar yordamida sun’iy dunyo bilan o‘zaro bog‘lanadi. Virtual reallikka oid kelgusidagi tadqiqotlar kuzatuvchining reallikka bo‘lgan hissini orttirishga yo‘naltirilgan. " Virtual server|"O‘z veb-serverini tashkil qilish, qo‘llab-quvvatlash va doimiy ravishda Internetga ulanishni talab qilmaydigan, WWWda axborotni joylashtirish uchun qo‘llaniladigan usul. Bu holda siz yaratgan axborot mavjud bo‘lgan provayder yoki biron bir uchinchi shaxs ulanish bo‘lmaganda doimiy ulanish uchun to‘lashga qaraganda o‘nlab va yuzlab marotaba arzonroqdir. " Virtual serverni tashkil etish|"Xususiy veb-serverni tashkil etish va quvvatlash, hamda doimiy Internetga ulanish zaruratini chetlab, WWWda axborotni joylashtirish uchun ishlatiladigan usul. Bu holda, siz yaratgan axborot (bepul yoki qandaydir to‘lov bilan) provayderning yoki uchinchi shaxsning mavjud veb-serverida joylashtiriladi. Virtual server domen nomiga ega bo‘lishi mumkin. Bitta kompyuterda bir nechta virtual serverni joylashtirish mumkin. " Virtual tarmoq operatori|"Boshqa operatorning ijaraga olinadigan resurslari va tarmoq infratuzilmasi negizida o‘zining virtual tarmog‘ini yaratuvchi kompaniya. Virtual tarmoq operatori xizmat ko‘rsatish bozorida, o‘z savdo markasi ostida, o‘z xizmatlar paketi va tariflarini tavsiya qiladi. " Virtual tarmoq texnologiyalari|"Virtual lokal tarmoqlar ichidagi va ular o‘rtasidagi kommunikatsiyalar yoki Internetdan olisdagi bo‘linmalar bilan bog‘lanish uchun xususiy tarmoq o‘rnida foydalanish. " Virtual tarmoq tizimi|"Hududiy tarmoq orqali o‘zaro hamkorlik qiluvchi lokal tarmoqlar assotsiatsiyasi tuzilishini ko‘zda tutadigan, Banyan Systems korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan tarmoq operatsion tizimi. Bunda lokal tarmoqlar quyi sathlarda bir xil bo‘lmagan tuzilmaga ega bo‘lishi mumkin (turli ishlab chiqaruvchilar uskunasi). " Virtual tashkilot|"Qo‘shma, kelishilgan faoliyat bajaruvchi jismoniy yoki yuridik shaxs. U odatda turli sohalarda, aniq maqsadlarga erishish uchun axborot texnologiyalaridan foydalanadi. " Virtual tezkor xotira|"Qattiq diskdan rezerv qilingan xotira. Agarda biror-bir dasturni yuklash uchun tezkor xotira yetishmasa, yangi jarayonlarni ishga tushirish uchun tezkor xotirani bo‘shatish maqsadida, ayni vaqtda aktiv bo‘lmagan jarayonlar qattiq diskka «tashlanadi». " Virtual voqelikni modellashtiradigan til|"HTML tilining uch o‘lchamli analogi hisoblanadigan til; WWW texnologiyasida ilovalar yaratish uchun foydalaniladi. Silicon Graphics kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. " Virtual xosting|"Bitta Internet provayderi (xosting provayderi) serveri bir necha (yuz va minglab) kichik va katta hajmdagi virtual veb-saytlarning faoliyatini taʼminlaydigan xizmat. Ushbu xizmat virtual serverlar xostingi deb ham nomlanadi. " Virtual xotira|"Kompyuterning qattiq diskda tezkor xotira bilan kabi ishlash usuli. Katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash imkonini beradi va ko‘p vazifali ishlash rejimini ta’minlaydi. " Virtual xususiy tarmoq|"Korporativ tarmoqning, olisdagi foydalanuvchilarning bu tarmoqqa xavfsiz kirishini ta’minlaydigan kichik (quyi) tarmog‘i. " Virtual xususiy tarmoqlarni, jumladan, VPN IP tashkil etish|"Ajratilgan tarmoqning (statistik yoki dinamik) foydalanuvchilari umumiy foydalanishdagi tarmoqning ochiq kanallari bo‘yicha bog‘lanadigan «virtual kanallar» asosida xususiy raqamlash rejasi bilan ajratilgan tarmoqni tashkil etish. Izoh – Tarmoqni muhofaza qilish bosqichini buyurtmachi belgilaydi. " Virtual yo‘l identifikatori|"ATM yacheykasi sarlavhasidagi, yacheyka yo‘llanadigan virtual yo‘lni belgilaydigan 8 bitli maydon. " Virtual yo‘l zvenosi|"Virtual yo‘l identifikatori (VYI) qiymati aniqlanadigan nuqta va VYI qiymati o‘zgaradigan nuqta o‘rtasidagi VYI umumiy qiymatiga ega virtual kanallar zvenolarining guruhi. " Virtual yo‘llar kommutatori|"Virtual yo‘llar liniyalarini bog‘laydigan tarmoq elementi. " Virtual yo‘lning ulanishi|"Kanallar identifikatorlarining qiymatlari aniqlanadigan nuqta va ushbu qiymatlar o‘zgaradigan nuqta o‘rtasida amalga oshiriladigan virtual trakt zvenolarining ketma-ket ulanishi. " Virtual zanjir|"Ikkita tarmoq uzeli o‘rtasidagi tarmoq paketlarining yo‘li bitta aloqa seansida qayd etiladigan marshrutlash usuli. " «Virtual» MVNO operatori|"Infratuzilma tarmoq mulkdori bo‘lmagan, chastotalardan foydalanishga ruxsat yo‘q, ammo shartnoma asosida va amaldagi uyali ko‘chma aloqa operatori resurslaridan foydalanib, aloqa xizmatlarini taqdim etuvchi «virtual» operator. " Virus signaturasi|"Bitlarning, spetsifik virusning har bir nusxasiga xos bo‘lgan va uning mavjudligini aniqlash uchun skanlovchi dastur tomonidan foydalanilishi mumkin bo‘lgan, yagona ketma-ketligi. " Virusga qarshi dastur|"Kompyuterning ishlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan virus-dasturlardan himoya qilish uchun mo‘ljallangan maxsus dastur. " Virusga qarshi dasturiy ta’minot|"Zararli dasturlarni bartaraf qilish, aniqlash va chiqarib tashlash uchun mo‘ljallangan dasturiy ta’minot. " Virusli litsenziya|"Bu mualliflik huquqini bildiradi. Teng tarzda barcha qilingan ishlarga tegishli litsenziya. Bu litsenziyalar keng ko‘lamda va cheksiz qo‘llanila boshlaydi va kopileft raqiblariga (aynan Microsoft korporatsiyasidan) uni viruslar bilan ishlatishga bahona bo‘ldi. " Virusni «davolash»|"Zararlangan obyektdan virusni chiqarib tashlash va bu obyektning (faylning, disk yuklanadigan qismining) virus bilan zararlangunga qadar bo‘lgan holatini tiklash jarayoni. " Vizit registri|"Гостевой регистр (база данных, содержащая сведения об абонентахроумерах). " Vizual dasturlash|"Ko‘rgazmali vositalar yordamida ilovalar yaratish ko‘zda tutiladigan dasturlash. Dasturchi dastur matnini yaratmaydi, balki natijada nima bo‘lishini ko‘rsatadi. Dastur matni vizual prototip yordamida avtomatik tarzda yuzaga keladi. Vizual dasturlash obyektga yo‘naltirilgan dasturlashga va OLE texnologiyalarga yoki unga o‘xshash texnologiyalarga asoslanadi. " Vizual harf-raqamli indikatsiya xizmati|"Umumiy foydalanishdagi telefon tarmog‘iga uzatilgan yoki ushbu tarmoqdan olingan axborotning vizual indikatsiyasini abonentning telefon terminalida taqdim etadigan xizmat. Izoh – Axborotni ekranda chiqarish chiquvchi va/yoki kiruvchi chaqiruvlar uchun amalga oshiriladi. " Vizual komandalar tizimi|"48 komandadan iborat bo‘lgan, UltraSPARC protsessorlariga SUN Microsystems firmasi tomonidan multimedia dasturlari, video muloqotlari, videolarni siqish uchun qo‘shilgan grafika bilan ishlash komandalari. Birinchi bor Photoshop tizimi tomonidan ishlab chiqilgan. " Vizual komponentlar bibliotekasi|"Ilovalarni tez ishlab chiqish uchun Borland С++ Builder va Delphi instrumental paketlarda ishlatiladigan, obyektga qaratilgan bibilioteka. O‘zida 100 dan ortiq foydalanish uchun tayyor komponentlarni mujassamlashtirgan bo‘lib, ularni takomillashtirish yoki bo‘lmasa ular asosida boshqa yangi komponentlarni yaratish imkonini beradi. " Voqealarni qayta ishlagich|"Foydalanuvchi, tizim yoki dastur keltirib chiqaradigan qandaydir voqea tugagandan so‘ng, har gal avtomatik tarzda chaqiriladigan maxsus protsedura. " Voqeiy-boshqariladigan dasturlash|"Dastur turli voqealarga (foydalanuvchining harakatlariga) qanday javob berishi tavsiflanadigan dasturlash. Obyektga yo‘naltirilgan dasturlashning bir turi. " Vositachi|"Shlyuzda bajariladigan, mualliflashtirilgan mijoz va tashqi xost o‘rtasida paketlarni uzatuvchi ilova (dastur). Vositachi Internetning ma’lum servislari uchun mijozdan so‘rov qabul qiladi, keyin, mijoz nomidan harakat qilib (ya’ni uning vositachisi bo‘lib), rasmiy ravishda so‘rab olingan servis uchun ulanishni o‘rnatadi. Amaliy darajadagi barcha shlyuzlar ilovalar bilan bog‘liq dasturiy vositalardan foydalanadi. Seans darajasidagi ko‘pchilik shlyuzlar so‘rovlarni qayta yo‘naltirishning aynan bir xil funksiyalarini ta’minlaydigan, lekin TCP/IP servislarining katta qismini tutib turadigan kanal vositachilaridir. X " Xab|"Yulduz topologiyasida tarmoq uzellari birlashtiriladigan konsentrator yoki takrorlagich. " Xabar|"1. Cheklangan uzunlikdagi bitlar satri. 2. Muayyan shaklda ifodalangan va turli fizik tabiatga ega bo‘lgan signallar yordamida axborot manbaidan uni oluvchiga uzatish uchun mo‘ljallangan axborot. " Xabar adresati|"Jo‘natuvchining o‘zi yoki uning nomidan jo‘natilgan xabarni oluvchi jismoniy yoki yuridik shaxs. " Xabar berish|"Tahdid qilayotgan xavf yoki bo‘lishi mumkin bo‘lgan muammo to‘g‘risida ogohlantirish yoki xabar berish uchun mo‘ljallangan xabar. " Xabar yaxlitligi kodi|"Dastlabki matn va kalitdan muayyan qoida bo‘yicha hosil qilingan tayinli uzunlikdagi maʼlumotlar ketma-ketligi. " Xabarlar bilan almashinish xizmati|"Pochta qutisi va/yoki xabarlarni qayta ishlash (masalan, tahrir qilish, qayta ishlash va o‘zgartirish) funksiyalarini bajarish buferizatsiyali xotira qurilmasi orqali foydalanuvchi-foydalanuvchi aloqani ta’minlaydigan interaktiv xizmat. " Xabarlar bilan juda tez almashinuv|"SIP foydalanuvchilarga qisqa xabarlar bilan juda tez almashinish imkonini beradigan xizmat. Izoh – MSRP (Message Session Relay Protocol) protokoli foydalanuvchilarga fayllarni uzatish imkonini beradi. " Xabarlar kommutatsiyasi|"Kommutatsiya stansiyasi yoki tarmoq uzelidagi, to‘liq xabarni qabul qilish, yig‘ish, so‘ng undagi manzil belgisiga ko‘ra uzatishdan iborat operatsiyalar majmui. " Xabarlar navbati|"Jarayonlar o‘rtasida xabarlarni saqlash uchun mo‘ljallangan tizimli tuzilma (bufer). " Xabarlar uchun slotlar|"Halqali topologiyaga ega tarmoqdagi kommunikasiya usuli, bunda qayd qilingan o‘lchamdagi xabarlar uchun bir nechta slot tizimda muntazam aylanadi. " Xabarlarni ajratish|"Abonentga yonma-yon bosib chiqarilgan xabarlar o‘rtasidagi bo‘sh joylarni ta’minlash uchun, otboydan oldin har bir amalga oshirilgan bog‘lanish oxirida bir nechta satr ko‘chirish belgilarini uning terminaliga tarmoqdan uzatilishini so‘rash imkonini beradigan xizmat. " Xabarlarni autentifikatsiya qilish kodi|"1. Ikkala ma’lumotning (ochiq matn yoki shifrmatn) hamda maxfiy kalitning funksiyasi bo‘lgan bitlar ketma-ketligi. Ma’lumotlarni autentifikatsiya qilishni ta’minlash uchun ularga qo‘shiladi. Izoh – Xabarlarni autentifikatsiya qilish kodini generatsiyalash uchun foydalaniladigan funksiya, ko‘pchilik hollarda, bir tomonlama funksiya hisoblanadi. 2. Berilgan algoritm bo‘yicha tasodifiy kirish oqimi va shifrlash kalitidan tuziladigan, qayd qilingan uzunlikdagi kod. " Xabarlarni qayta ishlash tizimi|"Foydalanuvchi xabarlarining agentlari, xabarlarni uzatish, xabarlarni saqlash va ruxsat berish qurilmalari agentlarining, elektron pochta ishini ta’minlaydigan tizim. " Xabarlarni tutib qolish|"Maxsus terminalni telekommunikatsiyalar liniyasiga ruxsatsiz ulash, abonent punktlari bilan elektron hisoblash mashinasi o‘rtasida aylanadigan xabarlarni qabul qilish va ulardan foydalanish. " Xabarlarni uzatish agenti|"Xabarlarni saqlash va jo‘natish uchun foydalaniladigan OSI amaliy jarayoni. " Xabarlarni uzatish tizimi uchun amaliy dasturlash interfeysi|"Microsoft Windows operatsion tizimida elektron pochta bilan ishlaydigan dasturlar interfeysi. Shunday dasturlardan biri Microsoft Outlook. " Xabarlarni o‘tkazish|"Tarmoq ulanishi usuli, bunda xabarlarni uzatishda vaqtinchalik ulanish o‘rnatiladi. " Xabarni autentifikatsiya qilish|"Tayinlangan jo‘natuvchining xabari belgilangan oluvchiga shikastlanmasdan va o‘zgartirmasdan uzatilganligini verifikatsiyalash. " Xabarning haqiqiyligini o‘rnatish kodi|"Xabarga jo‘natuvchi tomonidan qo‘shiladigan, kriptografiya jarayoni orqali xabarni qayta ishlash natijasi hisoblanadigan kod. " Xabarnoma|"Muhim ma’lumotni yetkazish maqsadida, tizim yoki amaliy dasturiy ta’minot chiqaradigan axborot xabari. " Xaffman kodi|"Prefiksli kod, unda kodli kombinatsiyaning uzunligi kodlashtiriladigan elementning paydo bo‘lish chastotasiga teskari proporsional (element qancha ko‘p uchrasa, kodli kombinatsiya shuncha qisqa). " Xaffman kodlash usuli|"Alohida elementlar uchrashining nisbiy chastotasini qo‘llash asosida ma’lumotlarni siqish usuli Ko‘p uchraydigan elementlar nisbatan qisqa bitlar ketma-ketligi orqali kodlanadi. " Xaker|"Tarmoqdagi axborotni o‘g‘irlash istagi va imkoniyati bo‘lgan odam. Xakerlar, ko‘pincha hazil tariqasida simsiz tarmoqlarning zaifliklaridan foydalangan holda, korporativ tizimlarga suqulib kirishga harakat qiladilar. " Xakerlik frodi|"Tarmoq muhofazasini buzish va tarmoq resurslaridan ruxsat etilmagan tarzda foydalanish bilan bog‘liq firibgarlik turi. " Xalaqit beruvchi signal|"Texnik vositaning ishlash sifatini yomonlashtiradigan elektromagnit signal. " Xalaqit kuchlanishi|"Signal kanalida mavjud bo‘lgan har qanday chetki kuchlanish. " Xalaqit manbai|"Elektromagnit xalaqitni yuzaga keltiradigan yoki yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan, kelib chiqishi tabiiy yoki sun’iy manba. " Xalaqitga chidamlilik darajasi (hisoblash texnikasi vositalari)|"Parametrlarining qiymatlari qat’iy belgilangan tashqi xalaqitning maksimal darajasi, bunda hisoblash texnikasi vositasi belgilangan ishlash sifatini saqlab qoladi. " Xalaqitga chidamlilik normasi (hisoblash texnikasi vositalarining)|"Hisoblash texnikasi vositasi xalaqitga chidamlilik darajasining qat’iy belgilangan minimal qiymati. " Xalaqitlar|"Radioaloqa tizimida bitta yoki bir nechta nurlanish, radiatsiya yoki induksiya keltirib chiqaradigan beixtiyoriy energiyaning qabulga ta’siri. Bu energiyaning ta’siri axborot sifatining har qanday yomonlashuvida, xatolarda yoki yo‘qotishlarda (bunday beixtiyoriy energiya ta’siri bo‘lmaganda, ularni chetlab o‘tsa bo‘lar edi) namoyon bo‘ladi. " Xalaqitlar analizatori|"Vaqt bo‘yicha seleksiyalash qurilmasi bilan jihozlangan xalaqitlarni o‘lchagich. " Xalaqitlar uzatgichi|"Foydali signallarni qabul qilish chastotalar polosasida foydali signallarni buzish yoki butunlay bostirish maqsadida xalaqitlarni generatsiyalash uchun mo‘ljallangan maxsus radiouzatgich. " Xalaqitlarni bostirish|"Xalaqitlar ta’sirini bartaraf etishga yoki kamaytirishga qaratilgan tadbirlar. " Xalaqitning ta’siri|"Elektromagnit xalaqit ta’sirida texnik vosita ishlashidagi sifat ko‘rsatgichlarining pasayishi. " Xalaqitning yuqori darajali zonasi|"Uzatgichdan bevosita yaqinda joylashgan zona, bunda xalaqit darajasi shunchalik sezilarliki, qo‘shni chastotalarda ishlaydigan boshqa stansiyalar qabul qilgichlarining ishi blokirovkalanishi mumkin. " Xalqaro aloqa tarmog‘i|"Turli milliy tarmoqlar abonentlarini xalqaro aloqa bilan taʼminlaydigan xalqaro stansiyalar hamda ularni bog‘laydigan kanallar majmui. " Xalqaro avtomatik boshqaruv federatsiyasi|"Avtomatik boshqaruv nazariyasini rivojlantirish bilan shug‘ullanuvchi olimlarni birlashtiruvchi xalqaro tashkilot. IFAC 1957-yilda turli mamlakatlardagi mutaxassislar o‘rtasida ijodiy aloqa o‘rnatish hamda ular orasida axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish uchun yaratilgan. " Xalqaro axborot almashinuvi|"Mamlakatning davlat chegarasi orqali axborot mahsulotlarini olish va uzatish, shuningdek, axborot xizmatlarini ko‘rsatish. " Xalqaro axborotni qayta ishlash federatsiyasi|"Maʼlumotlarni qayta ishlash vositalari nazariyasini rivojlantirish va ulardan foydalanishga ko‘maklashuvchi xalqaro tashkilot. IFIP 1959-yilda turli mamlakatlardagi olimlar va ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida axborot almashish va ish aloqalarini o‘rnatish uchun tashkil etilgan. " Xalqaro dengiz yo‘ldoshli aloqa konsorsiumi|"1979-yil 16 iyulda tashkil topgan. 75000 tadan ortiq ko‘chma obyektlarga (ularning ichidi 42000 ta dengiz kemasi) turli aloqa xizmatlarini va maxsus xizmatlarni taqdim etadi. To‘rtta geostatsionar yo‘ldoshdan iborat tizimga asoslanadi. " Xalqaro elektrotexnika komissiyasi (XEK)|"Elektrotexnika sohasida standartlar ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi tashkilot. Elektrotexnik apparat va mashinalar uchun standartlardan tashqari XEK elektron qurilmalar uchun hujjatlarni ham ishlab chiqadi. " Xalqaro kommutatsiya markazi|"Chiquvchi, kiruvchi va tranzit xalqaro trafik o‘tishini taʼminlaydigan stansiya. " Xalqaro kuryerlik jo‘natmasi|"O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududi doirasidan tashqariga pochta aloqasi operatori va provayderlari tomonidan jo‘natiladigan, O‘zbekiston Respublikasi hududiga pochta aloqasi operatori va provayderlari manziliga keladigan yoki O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit tarzda o‘tadigan kuryerlik jo‘natmasi. " Xalqaro pochta almashinuvi joyi|"O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan, boshqa davlatlardan keladigan va tranzit tarzda jo‘natiladigan xalqaro pochta, kuryerlik jo‘natmalariga ishlov berish va mo‘ljallangan joyiga jo‘natishni amalga oshiruvchi pochta aloqasi tayinlangan operatorining tarkibiy bo‘linmasi. " Xalqaro pochta almashinuvi punkti|"Boshqa davlatlar bilan, bevosita xalqaro pochta almashinuvini amalga oshiruvchi pochta aloqasi tayinlangan operatorining punkti. Izoh – Ayrim hollarda pochta vagonlari xalqaro pochta almashinuvi punktlari bo‘lib hisoblanadi. " Xalqaro pochta jo‘natmasi|"O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududi doirasidan tashqariga pochta aloqasi tayinlangan operatori tomonidan jo‘natiladigan, O‘zbekiston Respublikasi hududiga pochta aloqasi operatori manziliga keladigan yoki O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit tarzda o‘tadigan pochta jo‘natmasi. " Xalqaro pochtamt|"Xalqaro pochta almashinuvi joyi bo‘lib hisoblangan, xalqaro pochta, kuryerlik jo‘natmalarini jo‘natish, topshirish, pochtani biriktirilgan magistral yo‘nalishlar bo‘yicha tashish, tranzit, chiquvchi va keluvchi pochta almashinuviga ishlov berish, shuningdek, foydalanuvchilarga pochta aloqasi xizmatlarini taqdim etishni amalga oshiruvchi pochta aloqasi milliy operatorining tarkibiy bo‘linmasi. " Xalqaro standartlashtirish tashkiloti|"Ko‘plab sohalarda, shu jumladan hisoblash texnikasi va aloqa sohasida xalqaro standartlarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan, shtab kvartirasi Jenevada joylashgan ko‘ngilli notijorat Xalqaro standartlashtirish tashkiloti. 1946-yilda tuzilgan. " Xalqaro telefon stansiyasi|"Xalqaro kanalning bir uchida joylashgan va boshqa mamlakatga yo‘naltirilayotgan yoki boshqa mamlakatdan chiqayotgan ulanishlarni taʼminlaydigan stansiya. " Xalqaro telekommunikatsiyalar ittifoqi (XTI)|"Elektraloqasidan foydalanish va uni rivojlantirish masalalari bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilot. XTI Jeneva (Shveysariya)da joylashgan bo‘lib, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tomonidan boshqariladi. XTI 1865-yilda yaratilib, 1932-yilgacha Xalqaro telegraf ittifoqi deb atalgan. XTI maqsadi barcha aloqa turlaridan mintaqaviy foydalanishda xalqaro hamkorlikni taʼminlash va kengaytirish, texnik vositalarini mukamallashtirish va ulardan samarali foydalanishdir. XTI, shuningdek, simsiz tarmoqlar uchun chastotalarni ro‘yxatga olishga ham javobgardir. " Xalqaro yozma xat-xabarlar|"O‘zbekiston Respublikasi doirasidan tashqariga jo‘natish uchun qabul qilinadigan va uning hududiga xorijiy davlatdan keladigan yoki tranzit tarzda o‘tadigan yozma xat-xabarlar. " Xalqaro 3GPP2 guruhi|"AQSh, Yaponiya va janubiy Koreya mamlakatlarining standartlashtirish institutlari tomonidan CDMA2000/IMT-MC standarti ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish maqsadida ITU doirasida tuzilgan xalqaro guruh. " Xarajatlar (foyda)ni tahlil qilish|"Tizimni ishlab chiqish yoki ishlashidagi bosqich bo‘lib, bunda axborot tizimidagi ma’lumotlarning talab etiladigan darajada muhofaza qilinishini ta’minlash qiymati aniqlanadi. Ba’zida bu qiymat ostida, muhofaza qilinishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarning yo‘qolishi yoki putur yetkazilishi (obro‘sizlantirilishi) oqibatida yetkazilishi mumkin bo‘lgan zarar tushuniladi. " Xarakteristikali impedans|"Elektr jihatidan bir turdagi uzatish liniyasining yakunlovchi qarshiligi. " Xat|"O‘lchamlari, og‘irligi va o‘rash tartibi Pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish qoidalarida belgilangan, ichida yozma xabar, hujjatlar bo‘lgan pochta, kuryerlik jo‘natmasining turi. " Xato|"Dasturning normal bajarilmasligi oqibatida yuzaga keladigan holat. Asosan dastur kodidagi xatoliklar yoki foydalanuvchining noto‘g‘ri harakatlari oqibatida yuzaga keladi. " Xato bitlar intensivligi|"Ma’lumotlarni uzatishda olingan xato bitlarning paydo bo‘lish foizi. " Xato bo‘yicha uzilish|"Xatoni qayta ishlash uchun, dasturning apparat yoki dasturiy uzilishi. " Xato to‘g‘risida xabar|"1. Operatsion tizim yoki dastur ishida yuz bergan xato to‘g‘risidagi ma’lumot bo‘lib, uni yo‘qotish uchun foydalanuvchining aralashuvi kerak bo‘ladi. 2. Dasturda biror bir xatolik chiqsa o‘sha xatolik to‘g‘risida xabar berish. Odatda, xatolik kodi va qisqacha tavsifini (ayrim hollarda uni barataraf qilish bo‘yicha tavsiyalarni) o‘zida saqlaydi. " Xato ruxsat (tizimga kirish uchun)|"Biometrik nazorat qilish (identifikatsiyalash) vositalari boshqa bir odamni ro‘yxatga olingan foydalanuvchi deb qabul qiladigan va unga tizimdan erkin foydalanishga yanglishib ruxsat beradigan vaziyat. " Xato yacheyka|"Xatolarni nazorat qilish jarayoni amalga oshirilgandan keyin sarlavhada xatolar aniqlangan yacheyka. " Xatolar bo‘lganda tiklash|"Tizimning belgilangan holatini tiklash imkoniyatini beradigan, nosozlikni tuzatish yoki aylanib o‘tish jarayoni. " Xatolar ehtimolligini baholash asbobi|"Test ketma-ketligini shakllantiradigan, uning uzatilishi, qabul qilinishi, qayta ishlanishini taʼminlaydigan, dekodlaydigan, uzatilgan va qabul qilingan ketma-ketliklarni taqqoslaydigan hamda xato qabul qilingan bitlar sonini hisoblaydigan qurilma. Asbobdan odatda telefon aloqa kanallari orqali ishlaydigan modemlar signallarini qabul qilish ishonchliligini baholashda foydalaniladi. " Xatolar koeffitsiyenti|"Xato qabul qilingan raqamli signal elementlari sonining berilgan vaqt intervali davomida uzatilgan elementlarning umumiy soniga nisbati. Izoh – Elementlar razryadlar, kodli so‘zlar yoki bloklarni o‘zida aks ettirishi mumkin. " Xatolardan notekis muhofazalanganlik|"Qurilma chiqishida ishlatiladigan, raqamli tovushli oqimni xatolardan himoyalash usuli, unda axborot qiymati yuqori bo‘lgan belgilar yuqori darajadagi xalaqitdan himoyalanganlik bilan uzatiladi, qiymati pastroq belgilar esa, pastroq himoyalanganlik bilan yoki umuman kodlanmasdan uzatiladi. " Xatolarni aniqlaydigan kod|"Uzatiladigan signalga kam sonli ortiqcha simvollarni kiritish hisobiga, xatolarni avtomatik ravishda aniqlovchi, FEC turidagi kodlar toifasi. " Xatolarni aniqlash|"Xatolarni, tegishli koddan foydalanib, qabul qilingan signalda xato elementlarning mavjudligini aniqlash uchun, nazorat qilish usuli. " Xatolarni nazorat qilish, xatolardan himoya|"Raqamli signalda yozish, qayta ishlash va uzatish jarayonida sodir bo‘ladigan xatolarning ta’sirini kamaytirish uchun ishlatiladigan usullar. Izoh – Xatolarni nazorat qilishda xatolarni aniqlash, xatolarni tuzatish va xatolarni alohida, yoki uyg‘unlikda niqoblash usullaridan foydalanilishi mumkin. " Xatolarni niqoblash (raqamli televideniyeda)|"Subyektiv effektlar aniqlangan, lekin tuzatilmagan xatolarning ta’siri tufayli kamayishi mumkin bo‘lgan xatolarni nazorat qilish usuli. Izoh – Xatolarni niqoblash xatolardan xoli sanoqlarning qo‘shni qiymatlari interpolyatsiyasi yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. " Xatolarni qayta ishlagich|"Dasturni bajarishda yuzaga keladigan muayyan xato vaziyatni qayta ishlash uchun avtomatik chaqiriladigan kod qismi (protsedura). Dasturda xatolarni qayta ishlagich bo‘lmasa, tizim dasturiy ta’minotiga o‘rnatilgan qayta ishlagichdan foydalaniladi. Apparatura, shuningdek, markaziy protsessor holati saqlanilishini va bu holat, xatolarni qayta ishlagichning ishi tuga-gandan so‘ng tiklanishini amalga oshiradi. " Xatolarni qayta ishlash|"Bajarish paytida xatolar aniqlanganda dasturning ishlashi, ogohlantirish va tugallash kabi standart harakatlardan iborat bo‘lishi mumkin, biroq jiddiy ilovalar va tizim dasturlarida alohida e‘tibor talab qilinadi. " Xatolarni topish va vizuallashtirish usuli|"Raqamli eshittirish televideniyesining izchil transport ma’lumotlar oqimida televizion tasvirning o‘tuvchi va uning ketidan keluvchi kadrning shakllanish jarayonida hisoblanadigan, ortiqcha siklik tekshiruv kodining nazorat so‘zlarini solishtirishdan iborat bo‘lgan xatolarni diagnostika qilish usuli. " Xatolarni tovushli kodlash tizimi|"Xatolar to‘g‘risida tovush signallari bilan xabar berish tizimi. Kompyuter ishga tushishi bilan ishlab ketadi va xatolik kodiga bog‘liq ravishda turli signallar beradi. Qurilmalar muvaffaqiyatli tekshirilganda bitta qisqa signal chiqaradi. " Xatolarni tuzatish|"Xatolarni tegishli koddan foydalanib, qabul qilingan signalda xato deb tan olingan elementlarning qismini tuzatish uchun, nazorat qilish usuli. " Xatolarni to‘g‘rilash kodi|"Uzatiladigan signalga ortiqcha simvollarni kiritish hisobiga, xatolarni avtomatik ravishda tuzatuvchi, FEC turidagi kodlar toifasi. " Xatolik jiddiyligining kodi|"Muayyan xatolikning dasturga ta’siri darajasini aniqlaydigan kod. Ular tizimning osilib qolishiga olib keluvchi – fayllarni buzuvchi va yo‘qotuvchi; foydalanuvchi xohlagan operatsiyani bajarishiga yo‘l qo‘ymaydigan – funksional; lokallashtirish va kosmetik; trivial xatoliklarga bo‘linadi. Joriy kod tester xatoliklarini o‘zlashtiradi. " Xatoni qarshi yo‘nalishda tarqatish|"Neyron tarmoqni o‘rganish usuli. " Xatcho‘p|"Ma’lumotlar bazasidagi yozuv yoki satrni, dastur matnidagi satrni yoki matn redaktori faylidagi joyini noyob tarzda identifikatsiya qiluvchi marker. " Xavf omili|"Axborotni texnik vositalar bilan qayta ishlashda, uning xavfsizligi uchun tahdidlar paydo bo‘lishini shartlovchi sabab. Izoh – Yondosh elektromagnit nurlanishlar va to‘g‘rilashlar, axborotdan shtat texnik vositalari bilan ruxsat etilmagan tarzda foydalanish, maxsus elektron o‘rnatuvchi qurilmalar; axborot resursiga bo‘ladigan tashqi ta’sirlar texnik vositalar bilan qayta ishlanadigan axborot uchun asosiy xavf omillari hisoblanadi. " Xavfli bo‘lmagan viruslar|"Kompyuter ishiga xalaqit bermaydigan, lekin bo‘sh tezkor xotira va disklardagi xotira hajmini kamaytiradigan viruslar. Bunday viruslarning ta’siri, odatda, qandaydir grafik yoki tovush effektlarida namoyon bo‘ladi. " Xavfli pochta, kuryerlik jo‘natmalari|"Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarining 3-ilovasi 1-bandi «a» va «b» kichik bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan predmetlar va moddalar yoki ularning belgilarini o‘z ichiga olgan jo‘natmalar. " Xavfli viruslar|"Kompyuter ishida turli buzilishlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan viruslar. " Xavfsirash, vahimaga tushish, gumonsirash|"Elektron pochtadan qabul qilingan abbreviatura. IBM kompaniyasi menejerlariga, raqobatchilarning mahsulotlarini mijozlar bilan muhokama qilayotganda, mahsulotni yomonlamasdan, faqatgina FUD bilan kifoyalanish tavsiya etilgan. " Xavfsiz dasturiy ta’minot|"Tizim yoki tarmoqda ma’lumotlarning xavfsiz qayta ishlanishini amalga oshiruvchi, tizim resurslaridan xavfsiz foydalanuvchi umumiy maqsadlardagi hamda amaliy dastur va vositalar. " Xavfsiz holat|"Baholash obyektining xavfsizlik funksiyasi ma’lumotlari ziddiyatsiz bo‘lgan va baholash obyektining xavfsizlik funksiyasi, xavfsizlikning funksional talablarini samarali bajarishda davom etadigan holat. " Xavfsiz kompyuter|"Ishlash paytida odamlar salomatligiga xavf tug‘dirmaydigan kompyuter. Asosiy zararli ta’sirni elektron-nurli trubka bazasidagi monitor, kompyuter vujudga keltiradigan elektromagnit maydonlar ko‘rsatadi. Kompyuterning zararli ta’sirini cheklash maqsadida, MPR I standarti (Shvetsiya) qabul qilingan. " Xavfsiz operatsion tizim|"Tizim tomonidan nazorat qilinadigan ma’lumotlar va resurslar mazmuniga mos keladigan muhofaza darajasini ta’minlash maqsadida, apparat va dasturiy vositalarni samarali boshqaradigan operatsion tizim. " Xavfsiz rejim|"Windows operatsion tizimidagi yuklash rejimlaridan biri, bunda faqat eng zarur modullar va dasturlar yuklanadi, bu tizimni tiklash yoki boshqa profilaktika ishlarini o‘tkazishga imkon beradi. " Xavfsiz ulanishlar protokoli|"Birgalikda ishlaydigan tomonlarni autentifikatsiya qilish va trafikni protokollar tutashgan tarmoqlarda, jumladan, Internetda shifrlash uchun belgilangan protokol. Izoh – Odatda, ushbu protokoldan, xabarlar almashinish yaxlitligini, autentifikatsiya qilinishini, konfidensiallikni taʼminlagan holda, veb-serverlar va brauzerlar o‘rtasida himoyalangan ulanishni tashkil qilish uchun foydaniladi. " Xavfsiz vaqt|"Ma’lumotlardan foydalanishning mumkin bo‘lgan variantlarini statistik sinash orqali muhofaza tizimining ochilish vaqtini matematik kutish. " Xavfsizlik|"1. Tizim yoki tarmoqning, axborotning muhofaza qilinishini, haqiqiyligini va ishonchli saqlanishini ta’minlash qobiliyati. 2. Obyektning tasodifiy va qasddan qilinadigan tahdidlar ta’siriga qarshi tura olish qobiliyati. " Xavfsizlik atributi|"Subyektlar, foydalanuvchilar xarakteristikasi (shu jumladan tashqi axborot texnologiyalari mahsulotlari), obyektlar, axborotlar, seanslar va/yoki resurslar, funksional xavfsizlik talablari shakllanishida va funksional xavfsizlik talablarini amalga oshirishda foydalaniladigan qiymatlar. " Xavfsizlik auditi|"Tizimning boshqaruvchi funksiyalarini adekvatlikka tekshirish, qabul qilingan xavfsizlik siyosatiga va operatsion protseduralarga muvofiqligini ta’minlash, xavfsizlikning buzilishlarini aniqlash hamda boshqaruvda, xavfsizlik siyosatida va protseduralarda har qanday muayyan o‘zgarishlar bo‘yicha tavsiyalar berish maqsadida, ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi yozuvlarini va uning ishini mustaqil ko‘rib chiqish va tahlil qilish. " Xavfsizlik auditori|"Xavfsizlikni tekshirishga oid ma’lumotlardan foydalanish va tekshiruv to‘g‘risida hisobotlar tuzish ruxsat etilgan shaxs yoki jarayon. " Xavfsizlik axboroti|"Xavfsizlikni ta’minlash xizmatlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan axborot. " Xavfsizlik belgisi|"Resurs (ma’lumotlar bloki bo‘lishi mumkin) bilan bog‘langan, berilgan resurs xavfsizlik atributlarining nomini yoki belgilanishini aniqlaydigan markalash. " Xavfsizlik bo‘yicha topshiriq|"1. Muayyan baholash obyektini baholash uchun asos sifatida foydalanishga mo‘ljallangan, xavfsizlik talablari va spetsifikatsiyalar majmui. 2. Ayrim aniq belgilangan baholash obyekti uchun amalga oshirilishiga bog‘liq bo‘lgan, xavfsizlik yuzasidan ehtiyojlar bayoni. " Xavfsizlik darajasi|"1. Obyektning shaxs foydalanish huquqi toifasiga sezgirligini ko‘rsatadigan iyerarxik maxfiylik grifi va xavfsizlik toifasi majmui. 2. Axborotning kritiklik (sezgirlik) darajasini ko‘rsatuvchi, noiyerarxik toifa va iyerarxik tasniflash (foydalana olish darajasi) birikmasi. " Xavfsizlik deskriptori|"Xavfsizlik tizimi uchun axborotga ega bo‘lgan obyekt atributi. Obyekt egasining xavfsizlik identifikatorini, erkin foydalanishni nazorat qilishning diskretsion va tizimga oid ro‘yxatlarini o‘z ichiga oladi. " Xavfsizlik domeni|"1. Yagona xavfsizlik siyosatiga va yagona xavfsizlik ma’muriyatiga bo‘ysunuvchi foydalanuvchilar, tizimlar yoki resurslar majmui. 2. Aktiv mantiqiy obyekt foydalana olish huquqiga ega resurslar majmui. " Xavfsizlik filtri|"Tizimda aylanuvchi ma’lumotlarning xavfsizlik siyosatini amalga oshiradigan ishonchli kompyuter tizimi. " Xavfsizlik funksiyasi siyosati|"Baholash obyekti xavfsizlik funksiyalari amalga oshiradigan aniq xavfsizlik rejimini tavsiflaydigan va funksional xavfsizlik talablari yig‘indisi ko‘rinishida ifodalangan qoidalar majmui. " Xavfsizlik holati|"Ochiq tizimda saqlanadigan va xavfsizlik xizmatlarini taqdim etish uchun talab etiladigan, holat to‘g‘risidagi axborot. " Xavfsizlik identifikatori|"Xavfsizlik tizimi subyektining global noyob identifikatori. Hisobga olinadigan yozuvlarning xavfsizlik identifikatorlari va hammaga ma’lum xavfsizlik identifikatorlari farqlanadi. " Xavfsizlik jurnali|"Audit siyosatida ko‘rsatilgan tizim xavfsizligi xabarlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zida saqlaydigan xabarlar jurnali. " Xavfsizlik konfiguratsiyasi|"Tanlangan xavfsizlik siyosatining parametrlarining majmui. Xavfsizlik konfiguratsiyasi fayllar shaklida (standart konfiguratsiyalar mavjud) saqlanib, ularni, xususiy konfiguratsiyalarni yaratib turlash va kompyuterlarga tatbiq qilish mumkin. " Xavfsizlik maqsadi|"Belgilangan tahdidlarga qarshi tura olish va/yoki tashkilotning belgilangan xavfsizlik siyosatini va/yoki taxminlarni qanoatlantirishning ifodalangan maqsadi. " Xavfsizlik markazi|"Operatsion tizimning barcha xavfsizlik bo‘yicha moslamalari to‘plangan tizimdagi joy. «Xavfsizlikni ta’minlash markazi» xavfsizlikni ta’minlovchi muhim moslamalar holatini kuzatib turish imkonini beradi. " Xavfsizlik markeri|"Telekommunikatsiyalar obyektlari o‘rtasida uzatiladigan, ma’lumotlarni taqdim etishda foydalaniladigan xavfsizlik axboroti bilan birga, bitta yoki bir nechta xavfsizlik xizmati tomonidan muhofazalangan, ma’lumotlar to‘plami. " Xavfsizlik ma’lumotlari almashinuvi|"Ochiq tizimlar o‘rtasida boshqarish-protokol ilova ma’lumotlarini uzatish yoki uzatishlar ketma-ketligi. Bitta yoki bir nechta xavfsizlikni ta’minlash mexanizmlarining ishi hisoblanadi. " Xavfsizlik (muhofaza qilish) administratori|"1. Tizim xavfsizligini ta’minlash, o‘rnatilgan ma’muriy muhofaza choralarini amalga oshirish va ularga rioya qilinishining uzluksizligi uchun javobgar, qo‘llaniladigan jismoniy va texnik muhofaza vositalari ishlashini tashkiliy jihatdan muntazam qo‘llab-quvvatlanishini amalga oshiruvchi vakolatli vakil (shaxs yoki shaxslar guruhi). 2. Telekommunikatsiyalar tarmog‘i (tizimlari)ning axborotdan ruxsat etilmagan tarzda foydalanishdan muhofaza qilinishi yuzasidan javobgar, foydalanish subyekti. 3. Avtomatlashtirilgan tizimning axborotdan ruxsat etilmagan tarzda foydalanishdan muhofaza qilinishi uchun javobgar bo‘lgan foydalana olish subyekti. " Xavfsizlik normasi|"Xavfsizlik toifasiga bog‘liq ravishda o‘rnatiladigan, axborot xavfsizligi mezonining miqdor qiymati. " Xavfsizlik obyekti|"Xavfsizlik siyosati qo‘llaniladigan, tizimning passiv tashkil etuvchisi. " Xavfsizlik organi|"1. Xavfsizlik siyosatining belgilanishi, amalga oshirilishi va bajarilishi yuzasidan javobgar obyekt. 2. Xavfsizlik domenida xavfsizlik siyosatini boshqarish yuzasidan javobgar obyekt. 3. Xavfsizlik siyosati amalga oshirilishi yuzasidan javobgar administrator. " Xavfsizlik paketi|"Foydalanuvchilar va serverlar o‘rtasidagi haqqoniylikni taʼminlab beradigan paket. " Xavfsizlik sertifikati|"Xavfsizlik organi yoki ishonch qozongan uchinchi tomon bergan xavfsizlik bilan bog‘liq ma’lumotlarning, ma’lumotlar manbaini autentifikatsiya qilish va ma’lumotlarning yaxlitligini ta’minlash uchun foydalaniladigan xavfsizlik axboroti bilan birgalikdagi, to‘plami. " Xavfsizlik siyosati|"1. Kompyuter xavfsizligini ta’minlash uchun qabul qilingan harakatlar rejasi yoki dasturi. 2. Qonunlar, qoidalar va amaliy tavsiyanomalar to‘plami, unga asosan tizimdagi muhofaza qilinayotgan axborotni boshqarish, muhofaza qilish va taqsimlash yo‘lga qo‘yiladi. U, turli vaziyatlarda tizim o‘zini qanday tutishini belgilagan holda, axborotni qayta ishlash jarayonining barcha xususiyatlarini qamrab oladi. 3. Xavfsizlik obyektlari va subyektlari berilgan ko‘pligining xavfsizligini ta’minlash prosedura va mexanizmlarini belgilovchi qoidalar to‘plami. 4. Tizimning ma’lum tahdidlardan muhofaza qilinishini ta’minlashda tayanish mumkin bo‘lgan mezonlarning, ayniqsa, tezkor mezonlarning rasmiy belgilanishi. 5. Tashkilotda ahamiyatli axborotning qayta ishlanishini, muhofaza qilinishini va tarqatilishini tartibga soladigan qonunlar, normalar, qoidalar, amaliy tavsiyalar va usullar to‘plami. " Xavfsizlik siyosatining formal modeli|"Tizim boshlang‘ich holati tavsifini, tizimning bir holatdan ikkinchi holatga o‘tish usullarini, shuningdek, xavfsiz holat aniqlanishini nazarda tutuvchi, xavfsizlik siyosatining qat’iy matematik tavsifi. Bella-Lapadula modeli rasmiy modelga misol bo‘ladi. " Xavfsizlik siyosatining modeli|"Tizim uchun ishlab chiqilgan xavfsizlik siyosatining rasmiy ko‘rinishi. U ahamiyatli axborotning boshqarilishi, taqsimlanishi va muhofazasini belgilovchi talablarning rasmiy tavsifini o‘z ichiga olishi lozim. " Xavfsizlik siyosatining qoidalari|"Tanlab olingan xavfsizlik xizmatlarini hisobga olgan holda, qo‘llash uchun xavfsizlik mexanizmlarini, jumladan, ushbu mexanizmning ishlashi uchun zarur bo‘lgan barcha parametrlarni belgilaydigan mahalliy axborot. " Xavfsizlik skaneri|"Tarmoq xavfsizligini tahlil va avtomatlashtirilgan nazorat qilish, tarmoq birgalikda ishlash aktiv komponentlarini aniqlash va ularning zaif tomonlarini tahlil qilish uchun mo‘ljallangan dasturiy vosita. " Xavfsizlik subyekti|"Xavfsizlik siyosati tatbiq qilinadigan aktiv tizim tashkil etuvchisi. " Xavfsizlik talabi|"Standartlashtirilgan tilda ifodalangan, baholash obyektining xavfsizlikka erishish maqsadida, ko‘maklashishga mo‘ljallangan talab. " Xavfsizlik tizimidagi hisobga olish ma’lumotlari administratori|"Foydalanuvchilar ustunliklari, parollari va sh.k. darajalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan, foydalanuvchilarning hisob yozuvlari bazasi yuritilishini ta’minlaydigan kichik tizim. " Xavfsizlik toifasi|"Faqat iyerarxik maxfiylik grifini qo‘llashdan ko‘ra, juda aniq bo‘lgan ma’lumotlardan erkin foydalanishni boshqarishda qo‘llaniladigan nozik axborotni noiyerarxik guruhlash. " Xavfsizlik uzeli|"Uzoqda joylashgan abonentga uzoqdagi server bilan bog‘lanish huquqini, ro‘yxatga olingan mijozlarga RAS serveridan xavfsiz foydalanishni ta’minlagan holda, tekshiradigan autentifikatsiya qurilmasi. " Xavfsizlik vazifasi|"Baholash obyektiga manzillash taxmin qilinadigan xavfsizlik harakatlari sohasi va xarakteri belgilanadigan formal izoh bayon. Izohlar – Xavfsizlik vazifasi: - baholash obyekti qarshi tura olishi lozim bo‘lgan tahdidlarni; - baholash obyekti tomonidan amalga oshiriladigan tashkilotning xavfsizlik siyosatini; - baholash obyektidan foydalanish hamda ishlash muhitiga oid taxminlarni o‘z ichiga oladi. " Xavfsizlik vositalarini boshqarish|"Xavfsizlik servislarining ishlashi uchun zarur bo‘lgan axborotning tarqatilishini, shuningdek, ularning ishlashi to‘g‘risidagi axborotni to‘plash va tahlil qilishni ichiga oladigan jarayon. Masalan, kriptografik kalitlarning tarqatilishi, foydalana olish huquqlarining o‘rnatilishi, audit jurnalining tahlili va sh.k. " Xavfsizlik xizmati|"Ochiq tizimlar o‘zaro bog‘liqligining qandaydir darajasi taqdim etadigan xizmat. Ma’lumotlar uzatish tizimlari yoki jarayonlarining yetarlicha muhofaza qilinishini kafolatlaydi. " Xavfsizlik xizmati administratori|"Bitta yoki bir nechta xavfsizlikni ta’minlash tizimi to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega bo‘lgan, ularning loyihalashtirilishini va ulardan foydalanishni nazorat qiluvchi shaxs (yoki shaxslar guruhi). " Xavfsizlik yadrosi|"Ishonchli hisoblash bazasining, havolalar monitori konsepsiyasini amalga oshiradigan dasturiy va apparat elementlari. Ular subyektlarning obyektlardan erkin foydalanishga bo‘lgan barcha urinishlarini ajratishi, o‘zgartirishlardan muhofazalangan bo‘lishi va o‘z funksiyalarini to‘laqonli bajarish yuzasidan tekshirilishi kerak. " Xavfsizlik zonasi|"1. Axborot muhofaza qilinishining talab etiladigan darajasi ta’minlanadigan makon. 2. Internet-serverlar guruhi uchun xavfsizlik sozlanishlari o‘rnatilishiga imkon beruvchi Microsoft kompaniyasining Microsoft Internet Explorer brаuzerida belgilangan mexanizm. Izoh Zonalarning har biri uchun shu server uchun yo‘l qo‘yiladigan, mumkin bo‘lgan harakatlarni belgilovchi xavfsizlikning turli darajalarini qo‘llash mumkin (Java-appletlarini, ActiveX boshqaruvchi elementlarini ishga tushirish, SSL protokoli bo‘yicha muhofazalangan ulanishni o‘rnatish va sh.k.). " Xavfsizlikka tahdid|"Axborotning buzib ko‘rsatilishi va yo‘qolish xavfi bo‘lishida ko‘rinadigan, mulkdorga yoki foydalanuvchiga zarar yetkazadigan, muhofaza obyektiga (axborot resurslariga) qarshi yo‘naltirilgan qandaydir harakatni amalga oshirishning mumkin bo‘lgan (potensial yoki real mavjud) xavfi. " Xavfsizlikni baholash|"Tizimni, belgilangan muhofaza modeliga, muhofaza qilishni ta’minlash standarti va texnik shartlarga mos kelish darajasini aniqlash maqsadida tekshirish. " Xavfsizlikni boshqarish|"Tarmoq resurslaridan erkin foydalanishni boshqarish va nazorat qilish xizmati. Tashqi hujumlardan muhofaza qilish mexanizmi ishga tushirilishini amalga oshiradi va ma’lumotlarning, ularni saqlash va tarmoq orqali uzatishda yaxlitligini tekshiradi. " Xavfsizlikni taʼminlash rejimi|"Hamma foydalanuvchilar barcha foydalanish toifalarining tavsifi. U tizimda saqlanadigan va qayta ishlanadigan, axborot muhofazasiga oid barcha toifalar bilan bog‘liq holda beriladi. " Xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi standart|"Xavfsizlikni ta’minlash usullarini belgilab beradigan rasmiy qabul qilingan hujjat. " Xavfsizlikni tekshirish|"Tizimni nazorat qilish vositalarining yetarliligini, qabul qilingan xavfsizlik siyosatiga va ma’lumotlarni qayta ishlash protseduralariga mosligini, xavfsizlik buzilishlarini aniqlash, nazorat vositalari va xavfsizlik protseduralarini o‘zgartirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida, tizim jurnallarini mustaqil ko‘rib chiqish, o‘rganish va ishlashi ustidan kuzatish olib borish. " Xavfsizlikni tekshirish ma’lumotlari|"Xavfsizlikni tekshirishga ko‘maklashish maqsadida to‘plangan va foydalanilishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar " Xemming kodi|"Yakka xatolarning tuzatilishini ta’minlovchi minimal ortiqchalikka ega kod. " Xendover|"1. So‘zlashayotgan (yoki ma’lumot uzatayotgan) mobil foydalanuvchi yacheykadan yacheykaga ko‘chayotganda, boshqaruvning bir tayanch stansiyadan boshqasiga uzatilishi. 2. Tayanch stansiyalar o‘rtasida bog‘lanish (aloqa) jarayonida abonent stansiyasining boshqaruvni bir tayanch stansiyadan boshqasiga uzatishi. " Xendover hisobiga yutish|"Xendover samaradorligining ko‘rsatgichi; son jihatdan muvaffaqiyatli o‘tishlar sonining, o‘tishga bo‘lgan barcha urinishlar soniga nisbati sifatida " Xendover uchastkasi|"Mobil abonent bir tayanch stansiyadan boshqasiga o‘tishi mumkin bo‘lgan yo‘nalishlardan biri. " Xesh-funksiya (xeshlash funksiyasi)|"1. Bitlar satrini belgilangan uzunlikdagi bitlar satriga aylantirish funksiyasi. 2. Ixtiyoriy o‘lchamdagi ma’lumotlar massivini matematik almashtirish va uning uchun uncha uzun bo‘lmagan belgilangan yagona ketma-ketlikni hisoblash. " Xeshlash|"1. Xesh-funksiya qiymatlarini hisoblash jarayoni. 2. Ba’zi bir matn bo‘laklarida dastlabki massivning o‘rnini bosishga xizmat qiluvchi ixtiyoriy o‘lchamdagi ma’lumotlar massivini belgilangan o‘lchamdagi ma’lumotlar blokiga almashtirish. " Xeshlash vositalari|"Elektron hujjat nazorat tavsifi qiymatining hisob-kitobini ta’minlaydigan va muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lgan dasturiy-texnik vositalar. " Xeshreyt|"Bitkoyn tarmog‘idagi hisoblash quvvatining o‘lchov birligi. " Xit, mos kelish|"1. Sahifani qayta yuklash mustasno qilinganda, foydalanuvchining veb-sahifaga murojaat qilishi. 2. Fayl ichidagini tiklashda va profilaktik tekshirishda – asosiy yozish va joriy yozish oʻrtasida muvofiqlikni topish. " Xizmat biti|"Foydali axborotni o‘z ichiga olmagan hamda uni bir abonent terminalidan boshqasiga tashishda yordamchi maʼlumotlar (masalan, sarlavha, xatolarni aniqlash bitlari va boshqalar) ni uzatish uchun mo‘ljallangan ikkilik raqamli signal. " Xizmat kanali|"Texnik xarakteristikalarni, texnik xizmat ko‘rsatilishini tekshirish yoki xizmatga oid axborotni almashish uchun foydalaniladigan tovush yoki ma’lumotlarni uzatish kanali. Yo‘ldoshli aloqa liniyalarida bunday kanal erdagi stantsiyalar va boshqarish markazlari o‘rtasida tashkil qilinadi. " Xizmat ko‘rsatilgan telefon trafik|"Telefon tarmog‘i liniyalari, kanallari yoki kommutatsion aloqa asboblarining qarab chiqiladigan vaqt intervali ichida telefon chaqiruvlar bilan band bo‘lishining jami vaqti. " Xizmat ko‘rsatilgan telefon chaqiruv|"Bog‘lanish o‘rnatilganda, liniyalar (kanallar) bog‘lami, kommutatsion aloqa asboblari va boshqaruvchi qurilmalar taqdim etilgan telefon chaqiruv. " Xizmat ko‘rsatish darajasi to‘g‘risidagi kelishuv|"Buyurtmachi va yetkazib beruvchi o‘rtasidagi, xizmatlar hujjatlashtirilgan va xizmatlarning darajalari kelishib olingan yozma kelishuv. " Xizmat ko‘rsatish platformasi|"Foydalanuvchilarga foydalanish va KAT bilan tarmoq orqali aloqa o‘rnatish tizimining oxirgi qurilmalar (ya’ni, oxirgi (terminal) uskuna: shaxsiy kompyuter, telefon apparati, mobil telefon va h.k.lar) va xizmat ilovalarida qo‘llaniladigan server (ya’ni, server ilova, uzatish muhiti serveri va h.k.lar.) ni tasvirlashda qo‘llash imkonini beradigan uskuna. " Xizmat ko‘rsatish turkumi|"Foydalanuvchiga taqdim etiladigan xizmatlar turini tavsiflaydigan ko‘rsatgich. Izoh – Xizmat ko‘rsatish turkumiga ajratiladigan uchta asosiy belgi: axborotni uzatish tezligi, yetkazish tezligi (ustuvorlik) va bog‘lanish rejimi (kanallar yoki paketlar kommutatsiyasi, sinxron yoki asinxron) mavjud. " Xizmat ko‘rsatish yoyi|"Geostatsionar yo‘ldoshlar orbitasining yoyi, uning chegarasida kosmik stansiya xizmat ko‘rsatish zonasida mavjud bo‘lgan, shu kosmik stansiya bilan bog‘liq bo‘lgan barcha yer stansiyalari uchun talab qilinadigan xizmatni ta’minlashi mumkin. " Xizmat ko‘rsatish zonasi|"1. To‘g‘ri va teskari yo‘nalishlarda abonent hamda tayanch stansiyalardan keladigan radiosignallarning ishonchli qabul qilinishi kafolatlanadigan geografik zona. 2. Yer sirtidagi, yer usti stansiyalardan yoki yo‘ldosh retranslyatorlaridan signallar barqaror qabul qilinishi ta’minlanadigan va talab qilinadigan aloqa sifati kafolatlanadigan soha. " Xizmat ko‘rsatishdagi taqsimlangan rad javobi|"Saytga kompyuter hujumi turi. Saytga turli kompyuterlardan katta oqim bilan murojaat qilinishi natijasida aloqa kanali yoki server dasturiy ta’minotining ishdan chiqishi. Birinchi DdoS hujumlari to‘lqini 2000-yilning fevralida kuzatilgan edi. " Xizmat ko‘rsatishni rad etish|"Serverga tizim tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarga bo‘lgan ko‘plab talablar kelib tushishidan iborat Internet tarmog‘iga hujum turi. Server o‘z resurslarini ulanishni o‘rnatishga va unga xizmat ko‘rsatishga sarflaydi va so‘rovlarning ma’lum oqimida ularni uddalay olmaydi. " «Xizmat ko‘rsatishni rad etish» turidagi hujum|"Qonuniy foydalanuvchilar tizim yoki uskuna yordamida taqdim etila-digan resurslardan foydalana olmasligi mumkin bo‘lgan yoki ularga foydalana olishda qiyinchilik tug‘diradigan sharoitlarni yaratish maqsadida axborot tizimiga yoki uskunaga qasddan ta’sir etish. " Xizmat sifati|"Foydalanuvchining taqdim etiladigan xizmatlardan qoniqqanlik darajasining kompleks xarakteristikasi. Xizmatlar sifati barcha xizmatlarga qo‘llasa bo‘ladigan quyidagi xarakteristikalar bilan ifodalanadi: operabelligi; xizmatdan foydalana olishlik; xizmatning ishonchliligi; xizmatning yaxlitligi; har bir xizmat uchun spetsifik bo‘lgan boshqa omillar. " Xizmat siri|"Ilm-fan, texnika, ishlab chiqarish va boshqaruv sohasidagi mamlakat qiziqishlariga oshkor etilishi zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan maʼlumotlar. Xizmat siri harbiy sir va davlat siri bilan bir qatorda davlat sirlari turlarining biri hisoblanadi. " Xizmat taqdim etiladigan zona|"Xizmat ko‘rsatilishi aloqa operatori tomonidan kafolatlanadigan hududiy zona (uyali telefon aloqa ta’sir zonasi bilan mos kelmasligi mumkin). " Xizmatga bo‘lgan sifat standarti|"Xizmatning vazifasiga muvofiqligini ta’minlash maqsadida, xizmat qanoatlantirishi kerak bo‘lgan talablarni belgilaydigan standart. " Xizmatga buyurtma (berish)|"Iste’molchi va xizmatni taqdim etuvchi o‘rtasidagi shartnoma, tomonlarning yuridik, iqtisodiy va texnik munosabatlarini belgilaydi. " Xizmatga oid hisobga olish ma’lumotlari|"Hisobga olish predmetlariga taalluqli bo‘lmagan va faqat hisobga olishni yuritish funksiyalarining amalga oshirilishi bilan bog‘liq holda to‘planadigan, qayta ishlanadigan va saqlanadigan ma’lumotlar. " Xizmatga oid pochta jo‘natmasi|"Umumjahon pochta ittifoqi aʼzo mamlakatlari va ularning muassasalari, pochta aloqasining milliy operatori (pochta aloqasining hududiy (viloyat) tashkilotlari va ularning tarkibiy bo‘linmalari) tomonidan pochta yig‘imlarini undirmasdan jo‘natiladigan pochta jo‘natmasi. " Xizmatga oid so‘z|"Dasturlash tillarida yoki boshqa tizimlarda maxsus qiymatga ega bo‘lgan so‘z. Xizmatga oid so‘zdan belgilanmagan maqsadda foydalanishga ruxsat etilmaydi. " Xizmatlar isteʼmolchisi|"Xizmat ko‘rsatadigan shaxs bilan tuzilgan shartnoma asosida Internet tarmog‘i kanallari orqali nomidan yoki nomiga maʼlumotlar uzatiladigan jismoniy yoki yuridik shaxs. " Xizmatlar provayderi|"1. Foydalanuvchilarga operatorlar tarmog‘i orqali tijoriy asosda xizmatlar ko‘rsatadigan yuridik yoki jismoniy shaxs. 2. Axborot-kommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatadigan va o‘zining telekommunikatsiyalar infratuzilmasiga ega bo‘lmagan yuridik shaxs. " Xizmatlar sifatini nazorat qilish metodikasi|"Sifat ko‘rsatgichlarini aniqlash va aloqa tarmog‘ida ta’minlanadigan sifat ko‘rsatgichlari qiymatlarining o‘rnatilgan talablarga mos kelishini tekshirish operatsiyalari va qoidalarining belgilangan majmui. " Xizmatlar to‘g‘risidagi axborot|"Qabul qilgichlarni sozlash uchun zarur bo‘lgan eshittirish oqimlari, dasturlari va boshqa parametrlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan jadvallarning majmui. " Xizmatlardan foydalanish qulayligi|"Xizmat ko‘rsatishning qulayligi va abonentlarga telekommunikatsiya xizmatlari taqdim etilishining tezkorligini tavsiflovchi ko‘rsatgich. " Xizmatlari integratsiyalashgan raqamli tarmoq|"Kommutatsiyalanadigan telefon liniyasi bo‘ylab o‘tadigan raqamli aloqa xalqaro standarti, kompyuter va multimedia (ovoz, video) trafikini uzatishda foydalaniladi. Odatda, foydalanuvchining ISDN liniyasi ikkita 64 kbit/s tezlikli kanal orqali ma’lumotlar uzatilishini ta’minlaydi, 16 kbit/s tezlikli kanaldan boshqaruvchi axborotni uzatish uchun foydalaniladi. Lokal tarmoqlar ISDN kanalga marshrutizator orqali, alohida foydalanuvchilar esa, ISDN modem orqali ulanadi. Tashkilotlar uchun, 23×64 kbit/s ISDN kanalni – boshqaruvchi kanalni ulash imkoniyati mavjud. " Xizmatlarni boshqarish uzeli|"Intellektual tarmoqda xizmatlarni boshqarish funksiyalari bajarilishini taʼminlaydigan fizik qurilma. " Xizmatlarni oluvchi|"Professional ehtiyojlar yoki boshqa ehtiyojlar uchun axborot xizmatlaridan, ayniqsa, axborotni izlash yoki undan foydalanish maqsadida foydalanadigan jismoniy yoki yuridik shaxs. Izoh – Xizmatlarni oluvchi isteʼmolchi hisoblanadi, agar u ushbu shaxsning savdosi, biznesi yoki kasbi bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda ish ko‘rayotgan jismoniy shaxs bo‘lsa. " Xizmatlarni taqdim etuvchi|"Foydalanuvchilarga o‘z telekommunikatsiyalar tarmog‘idan erkin foydalanishni taqdim etuvchi telekommunikatsiyalar tarmoqlarining operatori. " Xizmatlarning maxsus turlari|"Manfaatdor Ma’muriyatlar o‘rtasida kelishuv bo‘yicha xalqaro telefon aloqadan foydalanuvchiga taqdim etiladigan xizmatlar. Izoh – Maxsus xizmatlarga quyidagi xizmat turlari kiradi: a) shaxsiy so‘zlashuvlar; b) ma’lumotlar uzatish; c) chaqirilayotgan shaxs hisobidan so‘zlashuvlar; d) kredit kartochka bo‘yicha so‘zlashuvlar; e) konferens-aloqa; f) mamlakat bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri so‘zlashuv (boshqa mamlakat operatorini to‘g‘ridan-to‘g‘ri chaqirish) va h.k. " Xizmatni bajaruvchi|"Iste’molchiga xizmat ko‘rsatadigan korxona, tashkilot yoki tadbirkor. " Xodimlarni boshqarish|"Tashkilotni, o‘ziga yuklatilgan mehnat vazifalarini bajarishga qodir sifatli xodimlar bilan ta’minlashga va undan oqilona foydalanishga yo‘naltirilgan amaliy faoliyat va bilimlar sohasi. Xodimlarni boshqarish, tashkilotni boshqarish sifatli tizimlarining ajralmas qismidir. " Xomaki bosma|"Matritsali va boshqa turdagi printerlarning tez, lekin past sifatli bosib chiqarish rejimi. " Xost|"1. Tarmoq mashinasi. 2. Asosiy kompyuter. 3. Tarmoq funksiyalaridan (tarmoqqa xizmat ko‘rsatish, xabarlarni uzatish) tashqari, foydalanuvchi topshiriqlari (dasturlar, hisob-kitoblar)ni ham bajaradigan tarmoq kompyuteri. 4. Tarmoqda nafaqat maʼlumotlar uzatish funksiyalarini, balki amaliy dasturlarning ishi bilan bog‘liq boshqa baʼzi bir funksiyalarni ham bajaradigan, o‘zining axborot va hisoblash resurslarini terminallarga taqdim etadigan kompyuter. " Xost nomi|"1. Kompyuter tarmog‘idagi asosiy mashinaning nomi. 2. Asosiy va tobe kompyuterlar bo‘lgan tarmoqdagi asosiy uzelning nomi. Kompyuterning tarmoqdagi, xost boshqa bir kompyuter orqali topish uchun foydalaniladigan nomi. " Xosting|"Ma’lumotlar bazasi va veb-ilovalarni joylashtirish uchun xosting-provayderlar tomonidan taqdim etiladigan xizmat. " Xosting Internet-xizmatlari|"Internet provayderining Internetdan foydalanuvchilarga xizmat isteʼmolchisining axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etish bo‘yicha harakati yoki faoliyati. " Xosting xizmatlari provayderi|"Boshqa yuridik shaxslarning veb-uzellari uchun Internetga muntazam kirishni taʼminlash, kuzatib borish va o‘zida joylashtirishga ixtisoslashgan yuridik shaxs. " Xot-spot|"Umumfoydalaniladigan simsiz lokal tarmoq tashkil qilingan joy. «Qaynoq nuqtalar» aeroportlar, mehmonxonalar, syezdlar saroyi va kafelar kabi kompyuter qurilmalari bo‘lgan, odamlar gavjum zonalarda joylashtiriladi. 802.11 turkum standartlari (masalan, mobil yoki cho‘ntak shaxsiy kompyuterlari) simsiz aloqa qo‘llanilgan qurilmalar, foydalanuvchilarga Internetdan, shuningdek, provayderning maxsus xizmatlaridan foydalana olish imkonini beradi. " Xot-spot operatori|"Kafe, vokzallar va aeroportlarda tijorat xot-spotlari o‘rnatgan va ularga xizmat ko‘rsatuvchi kompaniya. Izoh − Wi-Fi kompaniyalarning tarixan turlitumanligi sababli, xot-spot operatorlar Quantum kabi agregatorlar orqali rouming munosabatlarga kirishib, HSO bir-biri bilan o‘zaro hamkorlik qilishga intilmoqda. Bu barcha Wi-Fi tarmoqlari o‘rtasida rouming va xizmatlarga qo‘shimcha talabni ta’minlaydi. " xotira|"Kompyuterning, ma’lumotlarning saqlanishi va uzatilishini ta’minlaydigan funksional qismi. " Xotira ajratish birligi (bloki)|"Faylga ajratiladigan diskli xotira birligi. " Xotira dampi|"Tezkor xotiradagi ma’lumotlarni qattiq diskka yozish. Tizim ishida buzilish ro‘y berganda, avtomatik tarzda yoki tizim foydalanuvchisi tomonidan amalga oshiriladi. " Xotira elementi|"«0» yoki «1» ko‘rinishdagi ikki holatdan birini qabul qilishi va saqlashi mumkin bo‘lgan raqamli qurilma. " Xotira hajmi|"Xotirada saqlanishi mumkin bo‘lgan axborot-ning maksimal miqdori. " Xotira kartasi|"Tezkor yoki doimiy xotiraning taqsimlanish sxemasi. " Xotira kassetasi|"Ixtiyoriy foydalana olinadigan, energiyaga bog‘liq bo‘lmagan xotira mikrosxemalarini ichiga oladigan, almashtiriladigan modul. " Xotira manzili|"Qurilma uchun ajratiladigan yoki dastur yo operatsion tizim tomonidan ishlatiladigan kompyuter xotirasining bir qismi. Izoh − Qurilmaga odatda manzillar diapazoni ajratiladi. " Xotira qulfi|"Xotiraning muhofaza tizimi tomonidan foydalanishni cheklash uchun ishlatiladigan, segment deskriptoridagi kod yoki virtual xotira sahifasi kodi. Bunda segmentga o‘z deskriptorida tegishli kalitga ega bo‘lgan jarayonlargina murojaat qila oladi. " Xotira qurilmasi|"Ma’lumotlarni yozish, saqlash va berish uchun mo‘ljallangan funksional qurilma. Xotira qurilmalarini ko‘plab parametrlar bo‘yicha tasniflash mumkin. Ma’lumotlarni uzoq muddatli va tezkor saqlash, energiyaga bog‘liq bo‘lmagan va energiyaga bog‘liq; faqat ma’lumotlarni o‘qish (doimiy xotira qurilmasi, kompakt-disklar) va ham o‘qish, ham yozish uchun mo‘ljallangan qurilmalar farqlanadi. Ma’lumotlarni saqlashning fizik prinsiplariga bog‘liq ravishda, magnit, magnitooptik va yarimo‘tkazgichli qurilmalar farqlanadi. Xotira qurilmasining asosiy texnik xarakteristikalari ularning sig‘imi va tez ishlashidir. Xotira qurilmasi ko‘pincha xotira deb ataladi. " Xotira tizimi|"Ma’lumotlarni saqlash tizimi. " Xotira yacheykasi|"Tezkor yoki doimiy xotiraning eng kam manzillanadigan qismi. " Xotirada aks etadigan fayl|"Bloklari sahifalar jadvali orqali asosiy xotirada aks etgan fayl. " Xotiradan bevosita foydalanish kontrolleri|"Xotiradan bevosita foydalanish imkonini beradigan ixtisoslashgan kontroller, shuningdek, xotiradan bevosita foydalanish rejimi zarur bo‘lgan kiritish-chiqarish qurilmalari tarkibiga ham kiritish mumkin. Protsessor kontrollerga manzil, qayerdan ma’lumotlarni olish, ularni qayerga joylashtirish va blok uzunligi to‘g‘risida xabar beradi. " Xotiradan diskka va diskdan xotiraga|"Diskdan xotiraga vazifalarni yuklash va ularni xotiradan diskka yuklash. " Xotiradan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanish|"Protsessordan foydalanmasdan (uni chetlab o‘tib) umumiy shina bo‘yicha tezkor xotira qurilmasi va periferik qurilmalarga (masalan, qattiq diskka) ma’lumotlarni yuqori tezlikda uzatish usuli. Bu vaqtda protsessor barcha shinalardan uziladi. " Xotiraga ega yashirin kanal|"Xotira maydoniga bir jarayon tomonidan bevosita yoki bilvosita yozishni va bu axborotning boshqa jarayon tomonidan o‘qilishini ta’minlovchi yashirin kanal. Ilova – Yashirin kanal xavfsizlik darajasi turlicha bo‘lgan ikkita subyekt bilan ajratiladigan cheklangan xajmdagi resurslardan (masalan, diskdagi sektorlardan) foydalanish bilan bog‘liq. " Xotiraga kira olishni blokirovkalash|"Xotiraning cheklangan uchastkasiga, masalan, disk yo‘lkasiga, bu uchastkada aniqlangan nuqsonlar oqibatida kira olishning taqiqlanishi. Dasturiy yoki apparat vositalar tomonidan bajariladi. " Xotiraga yozishni blokirovkalash|"Ma’lumotlar almashinishda vujudga keladigan vaziyat. Tashqi eltuvchidan o‘qiladigan yozuv asosiy xotiraga ko‘chirilmasligi bilan tavsiflanadi. " Xotirali kartalar|"Xotira qurilmasi sifatida xotira mikrosxemasiga ega bo‘lgan, oddiy mikroprotsessorli kartalar. Izoh – Magnit chiziq kartaning orqa tomonida joylashadi va uchta yo‘lkadan iborat. " Xotirali kommutatsiyalash|"Kommutatsiyalash usuli. Bunda qayta uzatish tizimi tomonidan maʼlumotlar bo‘lagi ichidagi narsa to‘la qabul qilingandan so‘ng uzatiladi. Kommutatsiyalash xotiraga olish mumtoz texnologiyalardan bo‘lib, u paketlar kommutatsiya va xabarlar kommutatsiyasida ishlatiladi. Uning mohiyati shundaki, qayta uzatish tizimi qabul qilgan paketdan yoki xabardan sarlavha, oxirgi qism va undagi uzatilayotgan axborot chiqarib olinadi. So‘ngra, xatolarni «davriy ortiqchalik bilan nazorat» CRC (q: CRC) yordamida tekshiriladi. Ko‘rilayotgan kommutatsiyalash oddiy, lekin qayta uzatish tizimida yuz beradigan operatsiyalar kechikib amalga oshadi. Shu sababdan u tezkor tarmoqlarda to‘g‘ri boradigan kommutatsiyalash bilan almashtiriladi. " Xotirani avtomatik boshqarish|"Xotirani taqsimlash algoritmi, bunda quyi sathning bajaruvchi (boshqaruvchi) tizimi xotiraning foydalanish imkoniyati bo‘lmagan bloklarini (binobarin, keraksizlarini) topish va ulardan takror foydalanilishiga javob beradi. " Xotirani boshqarish bloki|"Axborotni yozish va o‘qish jarayonlarini boshqarish uchun mo‘ljallangan elektron qurilma. " Xotirani boshqarish qurilmasi|"Virtual xotira ishini boshqaruvchi dasturiy-apparat vositalari. " Xotirani dinamik taqsimlash|"Xotirani taqsimlash usuli, bunda dasturlar va ma’lumotlarning joylashgan o‘rni, zarur paytda beriladigan mezonlar bo‘yicha belgilanadi. " Xotirani fragmentlash|"Bo‘sh xotirani, operatsion tizimdan bo‘sh va talab qilinadigan xotira uchastkalari mos kelmasligi natijasidagi so‘rovlar vaqtida mayda qo‘shni bo‘lmagan uchastkalarga bo‘lish. " Xotirani muhofaza qilish|"1. Ishlab chiqilgan murojaatlarni hisobga olgan holda, xotiraning qandaydir qismiga kira olishni mexanik nazorat qilish . 2. Yozilgan ma’lumotlarning doimiyligini saqlash maqsadida, xotiraning ba’zi bir qismlariga ruxsat etilmagan tarzda kirishning oldini olish vositalari hamda usullari. " Xotirani muhofaza qilish kaliti|"Dastur uchun ajratilgan xotira blokiga berilgan va muhofaza qilish maqsadida dastur xotiraga murojaat qilishi uchun ishlatiladigan kod. Muhofaza kaliti bilan mos kelishi kerak; mos kelmaganda topshiriq avariya bilan tugaydi. " Xotirani muhofaza qilish registrlari|"Virtual xotirali tizimlarda ‒ topshiriq uchun mumkin bo‘lgan xotira segmenti boshlanish manzili va uzunligini ko‘rsatadigan bir juft registr. " Xotirani qisman buzib yozish usuli|"Xotiraning qisman buzilish jarayonini boshqarish yo‘li bilan, uning kristall noyob shaklini yaratishga imkon beruvchi usul. " Xotirani sahifali tashkil qilish|"Xotirani boshqarish strategiyasi, bunda mantiqiy va jismoniy xotira bir xil uzunlikdagi sahifalarga bo‘linadi va asosiy xotirada mantiqiy sahifalarning obrazi ixtiyoriy tarzda joylashtirilishi mumkin. " Xotirani segmentli manzillash|"manzil maydoni alohida segmentlarga bo‘lingan xotira. " Xotirani segmentli tashkil qilish|"Xotirani taqsimlashning foydalanuvchi talqiniga, yaʼni dastur va maʼlumotlarning mantiqiy tuzilmasiga mos keladigan, o‘zgaruvchan uzunlikdagi segmentlar ko‘rinishidagi sxemasi. " Xotirani segment-sahifali tashkil qilish|"Fragmentatsiya bilan kurashish uchun, har bir segmentni sahifali tashkil qilishga asoslangan xotirani segmentli tashkil qilish modifikatsiyasi. " Xotirani taqsimlash|"Xotira resurslarini ayrim vazifalarni hal qilish uchun biriktirish. " Xotirani testdan o‘tkazish|"Kompyuter yuklanayotganda tezkor xotira hajmini aniqlash jarayoni. " Xotirani to‘ldirish|"Xotira qismini ko‘rsatilgan simvol bilan to‘ldirish. " Xotirani yonma-yon taqsimlash|"Asosiy xotiraning bitta qo‘shni sohasidagi foydalanish jarayonlari uchun xotirani taqsimlash. " Xotiraning yo‘qolishi|"Tezkor xotira bo‘sh qismining hajmi doimiy tarzda qisqarib boradigan, nazorat qilib bo‘lmaydigan jarayon. Asosan dasturiy ta’minotdagi xatoliklar tufayli yuzaga keladi. " Xulosa|"1. Kompyuter tizimidan uzatilayotgan ixtiyoriy turdagi ma’lumotlarni uzatish. 2. Boshqa dasturga uzatiladigan yoki tarmoq orqali uzatiladigan, kompyuter ekraniga yoki boshqa tashqi qurilmalarga chiqariladigan natijalar, chiquvchi ma’lumotlar. 3. Hisoblashlar natijasi. 4. Chiquvchi (signal, kontakt va h.k.) " Xususiy|"Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tillarida (C++, C#) ishlatiladigan kirish huquqi. U o‘zgaruvchilar, klasslar va usullarning qo‘shimcha parametrlarini ko‘rsatishga xizmat qiladi. Mazkur kirish huquqi o‘zgaruvchi u mansub bo‘lgan turga kirish mumkin ekanligini bildiradi, klass faqatgina o‘zi tegishli bo‘lgan yig‘maga va usul faqat o‘zining turiga tegishli usullarga ochilishini bildiradi. " Xususiy ichki tarmoq|"Xususiy ulanish tarmog‘i. O‘zidan kichik radiusda (taxminan 10 m gacha) simsiz bog‘lanishni ta’minlovchi tarmoqni tashkil qiladi. " Xususiy maydon|"Elektromagnit to‘lqin (moda)ning, u boshqa to‘lqinlarning taʼsiri hisobga olinmaydigan va yo‘qotishlar bo‘lmagan to‘lqin o‘tkazgich yoki yorug‘lik o‘tkazgichda tarqalayotgandagi maydoni. Y " Yadro|"Operatsion tizimning, ilovalarga protsessor vaqti, xotira, tashqi apparat ta’minoti, axborotni kiritish va chiqarish tashqi qurilmasi kabi kompyuter resurslaridan foydalanishni ta’minlaydigan markaziy qismi. Yadro, shuningdek, fayl tizimi va tarmoq protokollari servislarini ham ifodalaydi. " Yadro oqimi|"Operatsion tizim yadrosi darajasida ushlab turilgan va qo‘llanilgan quyi darajali tizim oqimi, foydalanuvchi darajasi oqimlarini amalga oshirishda ishlatiladi. " Yadro rejimi|"Protsessorning imtiyozli ishlash rejimi, bunday dasturda butun xotiradan foydalanish mumkin bo‘ladi va protsessorning har qanday komandalari bajarilishiga ruxsat etiladi. " Yadroning yuklanuvchi moduli|"Yadro kodining, yadroning qolgan qismidan qat’i nazar, alohida modullarini kompilyatsiyalash, yuklash va bo‘shatish imkonini beradigan Linux mexanizmi. " Yagona axborot makoni|"Ma’lumotlar bazalari va banklari, ularni yuritish va ishlatish texnologiyalari, tashkilotlar va fuqarolarning axborot almashinuvini, shuningdek, ularning axborotga bo‘lgan ehtiyojlari qondirilishini ta’minlaydigan yagona prinsiplar va umumiy qoidalar asosida ishlaydigan axborot-kommunikatsiya tizimlari va tarmoqlarining majmui. " «Yagona darcha»|"Davlat xizmatlari ko‘rsatilishiga bo‘lgan yangicha yondashuv. Xizmatlar taqdim etilish usulini o‘zgartirish yo‘li bilan protsedura qadamlari sonini qisqartirishga ko‘maklashadi. Izoh – Yangilikning mohiyati shundaki, aholi uchun mo‘ljallangan davlat va ijtimoiy xizmatlarning ko‘pchiligi bir joyda to‘planadi, bu fuqarolarga vaqt sarflamasdan ma’lumotnomalar, litsenziyalar, akkreditlash va boshqa xizmatlarni olish imkonini beradi. " Yagona identifikatsiya va autentifikatsiya qilish tizimi|"Axborot o‘zaro hamkorlik qatnashchilarining (ariza beruvchi fuqarolar va ijro etuvchi hokimiyat organlari mansabdor shaxslarining) davlat axborot tizimlarida va boshqa axborot tizimlarida bo‘lgan axborotdan ruxsat etilgan tarzda foydalana olishini ta’minlaydigan axborot tizimi. " Yagona manzil|"Tarmoqdagi takrorlanmaydigan resurs manzili. Aks holda tarmoqda xato yuzaga keladi va ish buziladi. " Yagona qayd etish|"Foydalanuvchiga bir nechta tizimlar yoki ilovalardan, foydalanuvchining ID va parolini kiritgan holda, bir marta foydalana olish imkonini beradigan autentifikatsiya jarayoni. " Yagona ro‘yxatga olish tartibi|"Tasdiqlovchi markazda autentifikatsiya qilingan foydalanuvchini boshqa servisda avtomatik tarzda autentifikatsiya qilish imkonini beradigan texnologiya. " Yagona tarmoq manzili|"Tarmoqning kichik tarmoqlarga bo‘linishini hisobga olmagan holda, butun tarmoq doirasida qabul qilingan umumiy manzillash tizimi. " Yakka protsessorli|"Bitta protsessor bilan ishlaydigan kompyuter yoki operatsion tizim. " Yakka-ko‘pchilikka munosabati|"A jadvalning bitta qatoriga V jadvaldagi bir nechta qator muvofiq bo‘lsa, lekin V jadvalning har bir qatorga A jadvalda faqat bitta qator muvofiq bo‘lsa, birga-ko‘pchilik munosabati namoyon bo‘ladi. " Yakka-yakkaga munosabati|"A jadvalning bitta qatoriga V jadvalda faqat bitta qator muvofiq bo‘lsa, yakka-yakkaga munosabati namoyon bo‘ladi. " Yakor (HTML elementi)|"Veb-hujjatlarni birlashtiradigan HTML tili. Odatda, yakor boshqa rang bilan ajratiladi. Yakor foydalanuvchilarga boshqa veb-sahifalarga o‘tish imkonini beradi. Bundan tashqari yakor bu gipermatn ilovasi bog‘langan so‘z yoki so‘zlar guruhidir. " Yalang integral sxema|"Qar.: Korpussiz integral sxema. " Yaltirashga qarshi ustki qatlam|"Displey yuzasiga maxsus, odatda ko‘p qatlamli, purkash. Tushayotgan yorug‘likni taqsimlab, yaltirashlar paydo bo‘lishining oldini oladi. Yaltirashga qarshi ustki qatlamli displeylarda hatto juda yorug‘ xonalarda ham tasvir har doim keskin farqlanadi va yorqin bo‘ladi. " Yamoq|"Bajariladigan dasturda xatolarni tezda bartaraf qilish va to‘g‘rilash uchun foydalaniladigan kod. Ba’zan bu usuldan ilovaga yangi funksionallik qo‘shishda ham foydalaniladi. " Yangi|"Operatsion tizim tomonidan yaratilgan, lekin bajarish boshlanmagan jarayon holati. " Yangi axborot resursi|"Birinchi marta yaratilgan va o‘zida bir xillikni yoki o‘xshashlikni takrorlamaydigan axborot resursi. " Yangi axborot texnologiyalari|"Ham kompyuterlarning, ham ularning yordamida qurilgan tizimlarning yanada rivojlantirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan axborot texnologiyalari. Yangi axborot texnologiyalari kompyuter tarmoqlarini, multimedia tizimlarini va virtual borliqni joriy qilishga va rivojlantirishga asoslanadi. Tibbiyotda, boshqarishda, ta’limda, moliyada va elektron ommaviy axborot vositalari tizimida keng qo‘llaniladi. " Yangi texnologiya fayl tizimi|"Microsoft Windows NT operatsion tizimlar oilasi uchun belgilangan standart fayl tizimi. " Yangilab turish chastotasi|"Miltillashni bartaraf etish uchun ekrandagi tasvirni yangilash chastotasi. " Yangilash|"Mavjud paketlarni xatolarni tuzatish yoki funksional imkoniyatlarni kengaytirish maqsadida modifikatsiyalash. " Yangilash paketi|"Alohida modul va bibliotekalarni almashtirish, ularga tuzatishlar kiritish orqali dasturiy tizim xatoliklarini yo‘qotuvchi yoki ularni neytral holatga keltiruvchi dasturiy vosita. " Yangiliklarni uzatuvchi tarmoq protokoli|"Internetdagi NNTP serverlari va NNTP mijozlari o‘rtasida yangiliklarni uzatishda foydalaniladigan protokol; yangiliklarni taqsimlash, izlash, parcha ko‘chirish va yuborishni ta’minlaydi; NNTP protokoli serverning markaziy ma’lumotlar bazasida yangiliklarni saqlash imkonini beradi. " Yanglish rad etish (erkin foydalanishni)|"Ro‘yxatga olingan foydalanuvchi biometrik atributlar bo‘yicha (masalan, barmoq izlariga qarab) identifikatsiyalashdan o‘tishga urinib ko‘radi, biroq nazorat qilish vositalari yaxshi ishlamasligi tufayli rad javobini oladidigan vaziyat. " Yaproq kengligi|"Antennaning nurlanishi minimal darajada bo‘ladigan ikki yo‘nalish bilan chegaralangan soha ichidagi burchak sektori. " «Yaqin-uzoq» effekti|"Mobil aloqa tarmoqlarida kuzatiladigan hodisa bo‘lib, bir chastotada ishlaydigan stansiyalarning bir-biriga xalaqit berishida namoyon bo‘ladi. Masalan, agar bir mobil stansiya tayanch stansiya yaqinida bo‘lib, boshqasi esa xizmat ko‘rsatish zonasi chegarasida joylashgan bo‘lsa, qabul qilinayotgan signallar darajasidagi farq 80 dB va undan ko‘pga yetadi. Bu hodisa barcha ko‘p stansion foydalana olish texnologiyalariga xosdir, ammo barcha qo‘shni tayanch stansiyalar bir chastotada ishlaydigan DS-CDMA tizimining ishida eng ko‘p seziladi. " «Yaqin-uzoq» muammosi|"Qabul qilgich kirishida uzatgich bilan yonma-yon joylashgan va aynan o‘sha chastotada ishlayotgan stansiyalarning kuchli signallari ta’sirida uzoq stansiyalardan keluvchi kuchsiz signallarning bostirilishi. Izoh − Bunda asosiy kurash choralari sifatida qabul qilish dinamik diapazonini kengaytirishdan, mobil stansiya uzatgichi quvvatining boshqarilishidan, shuningdek, chastota-hududiy rejalashtirishdan foydalaniladi. " Yaqin zona|"Nurlantiruvchi antennaga bevosita yaqinlikda joylashgan, elektromagnit maydonning burchak taqsimlanishi nurlanish manbaigacha bo‘lgan masofaga bog‘liq soha. Izoh − Elementar elektr vibrator uchun yaqin zona 2π/λ≪r shart bilan belgilanadi, bunda: – nurlanish to‘lqin uzunligi; r – antennaning fazaviy markazidan kuzatish nuqtasigacha bo‘lgan masofa. " Yaqinlashtirish|"Tasvir masshtabini kattalashtirish. " Yaratish|"Yangi obyektni yaratish. Odatda, yangi obyektda axborot mavjud bo‘lmaydi yoki u qandaydir shablondan olinadi. " Yarim avtomatik xendover|"Abonentni bir tayanch stansiyadan boshqasiga avtomatik tarzda qayta ulash usuli, bunda uning mobil stansiyasi signal darajasini o‘lchaydi va bu ma’lumotlar (o‘lchash natijalari)ni tayanch stansiyaga uzatadi. " Yarim bayt|"To‘rt bitga teng bo‘lgan axborotning o‘lchov birligi. " Yarim dupleks aloqa|"Aloqa liniyasining, liniyaning bir uchida dupleks stansiyasidan, ikkinchi uchida esa, simpleks stansiyadan foydalaniladigan ishlash rejimi. Tayanch stansiya, odatda, dupleks rejimda, mobil stansiya esa, simpleks rejimda ishlaydi. " Yarim dupleks uzatish|"Ikki yo‘nalishda amalga oshiriladigan, biroq har vaqt onida ma’lumotlar faqat bitta yo‘nalishda uzatilishi mumkin bo‘lgan aloqa kanalida ma’lumotlar uzatish rejimi. Izoh − Konsentratorlar ham to‘liq dupleks, ham yarim dupleks rejimda uzatishni amalga oshira oladigan kommutatorlardan farqli ravishda, faqat yarim dupleks rejimda ishlashi mumkin. " Yarim kadr|"1. Tasvir to‘liq kadrining faqat juft yoki toq satrlardan iborat qismi. Yarim kadrlar odatda, bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan tarzda qayta ishlanadi va uzatiladi. 2. Yoyiladigan satrlarning almashinib keladigan ikki to‘plamidan biri, ular birgalikda televizion kadrni tashkil qiladi. NTSC standarti sekundiga 60 ta, PAL da 50 ta yarim kadrdan iborat chastota bilan o‘qiladi. " Yarim summator|"Ventillar to‘plamidan iborat mantiqiy sxema. Ikkita kirishi va ikkita chiqishi bor. Ikkita ikkilik raqamni qo‘shadi va ko‘chirish signalini beradi. " Yarim tezlikli kanal|"TDMA kadrida, boshqa kanal bilan birgalikda ajratilgan vaqt intervali. Izoh − Ikkita axborot manbaidan olingan ma’lumotlar galma-gal, ya’ni qo‘shni kadrlarda oralatib uzatiladi. Bir abonent xabarlarini uzatish uchun, odatda, faqat juft kadrlardan, ikkinchi abonent xabarlarini uzatish uchun esa, toq kadrlardan foydalaniladi. " Yarim ton (gradatsion) buzilishlarni minimallashtirish|"Tasvirlar (TV signallar maksimal ko‘lamining) yorqinligi va kontrastliligining optimal qiymatlarini tanlash yordamida TV tasvirlarni yanada yaxshiroq tiklash amalga oshiriladigan operatsiya (yorqinlik shkalasining gradatsiyasi 8-9 ga teng bo‘lishi kerak). " Yarim to‘lqinli (bir to‘lqinli) simmetrik vibrator|"Uzunligi to‘lqin (to‘lqinning bitta uzunligi) uzunligining yarmiga teng liniyaviy simmetrrik vibrator. " Yarim o‘tkazgichli xotira|"Axborotni saqlash elementlari elektron yarimo‘tkazgichli komponentlar (tranzistorli integral sxemalar) asosida yasalgan xotira qurilmasi. " Yaroqli/yaroqsiz|"O‘g‘irlangan radiostansiyani jinoyatkor foydalanishi uchun yaroqsiz holatga keltirish imkonini beruvchi funksiya. " Yassi antenna panjarasi|"Nurlantiruvchi elementlari tekislikda joylashgan sirtli antenna panjarasi. " Yassi (xotira) modeli|"Bir darajali segmentlanmagan xotira (xotirani tashkil qilishning) (chiziqli) modeli. " Yaxlitligi muhofazalangan ma’lumotlar|"Yaxlitlik muhofazalangan muhitdagi ma’lumotlar va barcha tegishli atributlar. " Yaxlitlik|"1. To‘g‘rilik va to‘liqlikni saqlab qolish xususiyati. 2. Axborot va uning tashuvchisining holati bo‘lib, bunda umuman va uning alohida tarkibiy qismlarining bo‘linmasligi va ruxsat etilmagan tarzda yoki qasddan yo‘q qilinishi, buzilishi, chiqib ketishi, o‘g‘irlanishi, qalbakilashtirilishining oldini olish ta’minlanadi. 3. Kriptografiyada yaxlitlik ushbu muayyan kriptografik protokolning har bir ishtirokchisi uchun alohida belgilanadi va protokolni bajarish jarayonida ushbu ishtirokchi uchun nomaqbul bo‘lgan oqibatlarga olib kelgan faol raqibning aralashuvi bo‘lmaganligining kafolatini bildiradi. " Yaxlitlik kaliti|"Axborotni o‘zgartirilishdan yoki almashtirilishdan yo tarmoq orqali uzatish jarayonida muhofaza qilish uchun qo‘llaniladigan shifrlash kaliti. " Yaxlitlik muhofaza qilingan muhit|"Ma’lumotlarning ruxsat etilmagan tarzda o‘zgartirilishi (jumladan, yaratilishi va chiqarib tashlanishi)ning oldi olinadigan yoki aniqlanadigan muhit. " Yaxlitlik muhofaza qilingan kanal|"Xavfsizlikni ta’minlash xizmati qo‘llanilgan telekommunikatsiyalar kanali. " Yaxlitlik xizmati|"Almashinadigan ma’lumotlar to‘g‘riligini, almashinadigan ma’lumotlarning o‘zgarishlardan, chiqarib tashlashlardan, yaratish (kiritish) va takror foydalanishdan muhofaza qilinishini kafolatlash usullarining taqdim etilishi. " Yaxlitlikni tekshirish|"Ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimida – ma’lumotlar bazasi yozuvlarining to‘g‘riligini tekshirish. Ma’lumotlarni yuklash paytida amalga oshiriladi. " Yaxlitlikning buzilishi|"1. Fayl yozuvlari yoki ma’lumotlar bazasi tarkibidagilarning mashina bilan bog‘liq uzilishlar, dasturdagi xatolar, shuningdek, foydalanuvchilarning noto‘g‘ri harakatlari oqibatida yuz beradigan o‘zgarishi. 2. Ma’lumotlarni maqsadli yaratish, almashtirish va buzish yo‘li orqali ma’lumotlarning muvofiqlashtirilganligini obro‘sizlantirish. " Yashash vaqti|"Dastur obyekti (masalan, o‘zgaruvchi) o‘z ahamiyatini saqlab turadigan dasturning bajarilish intervali. " «Yashil» shaxsiy kompyuter|"Elektr energiyasining eng kam darajada («tinch» rejimda 30 W ga yaqin) iste‘mol qilini-shini ta’minlaydigan shaxsiy kompyuterlar. Bunday kompyuterlar ekranni avtomatik ravishda o‘chiradi va foydalanuvchining faolligi kuzatilmaydigan hamda diskka murojaat qilishning belgilangan vaqtida diskovodning aylanishini to‘xtatadi. " Yashirin boshqarish utilitalari|"Olisdagi kompyuterlarning ruxsat etilmagan tarzda boshqarilishini amalga oshirish, ya’ni, fayllarni qabul qilish/jo‘natish, ularni ishga tushirish yoki yo‘q qilish, xabarlarni chiqarish, axborotni o‘chirish, kompyuterni qayta yuklash va h.k. uchun mo‘ljallangan dasturlar. " Yashirin eshitish|"1. Jinoyatkor tomonidan, tarmoq bo‘ylab uzatiladigan axborotni, muhofaza tizimining zaif joylarini aniqlash va keyinchalik undan foydalanish maqsadida tutib olish. 2. Konfidensial axborotni tutib olish bilan bog‘liq har qanday harakatlar, shu jumladan, qo‘shni kanallar orqali nurlanishlarni qabul qilish hisobiga. " Yashirin fayl|"Nomi, ma’lumotlar xavfsizligini oshirish maqsadida katalogning fayllar ro‘yxatida ko‘rsatilmaydigan fayl. Buning uchun faylga maxsus belgi (atribut) beriladi (belgilanadi). " Yashirin kalit|"Stansiyada ochiq ko‘rinishda saqlanmaydigan, har safar kriptografik algoritmlar yordamida qayta ishlab chiqiladigan shifrlash kaliti. " Yashirin kanal|"1. Ma’lumotlarni, xavfsizlik siyosatini buzadigan usulda uzatish uchun qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan uzatish kanali. 2. Foydalanuvchiga yashirin tarzda ko‘p darajali foydalanishni chegaralash siyosatini va baholash obyekti uchun kuzatib bo‘lmaslik talabini buzishga imkon beradigan deklaratsiya qilinmagan uzatish kanali. " Yashirin papka|"Operatsion tizimga tegishli muhim fayllar va foydalanuvchi sozlamalarini yashirish uchun mo‘ljallangan papka. " Yashirin reklama|"Reklama deb belgilanmagan, joylashtirilishi va ko‘rinishi bo‘yicha boshqa materiallardan farq qilmaydigan, shaxsiy xabar sifatida yuborilgan va shularga o‘xshash axborot. Yashirin reklama foydalanuvchi anglay olmaydigan holda uning ongiga taʼsir qiladi. " Yashirin xotira|"Xotirani tashkil qilish usuli, bunda bir xotira bloki BIOS dasturlar yozilgan boshqa bir blok bilan almashtiriladi. " Yashirish|"Axborotni texnik muhofaza qilish usuli bo‘lib, axborot tashuvchilarni aniqlash va axborotni olish sharoitlarini yomonlashtirishdan iborat. " Yashovchanlik|"To‘xtalishlar, ishlamay qolishlar, ilojsiz va boshqa noqulay vaziyatlarda tizimning muvaffaqiyatli ishlay olish qobiliyati. " Yacheyka|"Tezkor xotira qurilmasining minimal manzillanadigan sohasi yoki massivning manzillanadigan elementi. " Yacheyka sarlavhasi|"Tarmoq bo‘yicha yacheykaning foydali yuklanishini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan funksiyalarni bajarish uchun ajratilgan yacheykalar ichidagi bitlar. " Yacheyka (uya) geometriyasi|"Yacheyka (uya) konfiguratsiyasi; amalda u hech qachon qat’iy geometrik shaklga ega bo‘lmaydi. Izoh − Yacheyka (uya)ning real chegaralari, odatda, qat’iy belgilanmagan bo‘ladi va radioto‘lqinlarning turli yo‘nalishlarda tarqalish sharoitlariga bog‘liq ravishda surilishi mumkin. Signallarning susayishi joyning rel-yefiga, imoratlarning zichligiga, yer usti qoplami va boshqalarga bog‘liq. " Yacheykalararo xendover|"Abonentning yangi tayanch stansiya (uya)ga ko‘chib ulanishi, odatda, bunday qayta ulanish ma’lumotlarni uzatish yoki qabul qilish uchun ajratilgan chastota va/yoki vaqt intervalining o‘zgarishi bilan sodir bo‘ladi. " Yacheykalarni uzatishdagi kechikish|"ATM tarmoqlarida xizmatlar sifatining parametrlaridan biri, ular bog‘lanish o‘rnatilayotganda tarmoq qurilmalari bilan mos kelishi lozim. U yacheykalarning jo‘natuvchidan oluvchiga uzatishdagi maksimal kechikish kattaligini tavsiflaydi. " Yacheykalarni uzatishning yo‘l qo‘yiladigan tezligi|"ATM tarmoqlarida ATM Forum assotsiatsiyasi tomonidan belgilangan trafikni boshqarish parametri. ACR minimal (MCR) va eng yuqori uzatish tezligi (PCR) orasida kanalning yuklanishini boshqarish orqali o‘zgaradi. " Yacheykali avtomat|"Har biri qo‘shni munosabat qoidalari bilan bog‘langan, parallel ishlaydigan yacheykalar to‘ridan iborat bo‘lgan model yoki moslama. Har bir yacheyka qo‘shnilarining holati bilan bog‘liq bo‘lgan berilgan holatlardan birida bo‘lishi mumkin. Har bir yacheykadagi holatning o‘zgartirilishi vaqtning diskret onida sinxron tarzda sodir bo‘ladi. " Yacheykani maydalash|"Yacheyka (uya)ni harakat doirasi kichik bo‘lgan bir nechta yacheykaga bo‘lish usuli, odatda, intensiv trafikli rayonlarda xizmat ko‘rsatish xarakteristikalarini yaxshilash uchun qo‘llaniladi. Izoh − Yacheykalar maydalanganda, tarmoqdagi tayanch stansiyalarning soni ortadi, biroq tayanch va mobil stansiyalar uzatgichlarining nurlanish quvvati kamayadi. " Yacheykani qayta tanlash|"Mobil abonentning harakatlanish jarayonida bir tayanch stansiyadan boshqasiga o‘tishida yacheykaning almashishi. Izoh − Jumladan, TETRA standartida yacheyka almashinuvining 5 ta rejimi nazarda tutilgan: uchtasi tayanch stansiyani ogohlantirish bilan va ikkitasi uni ogohlantirmasdan. " Yacheykasimon topologiya|"Kompyuterlarni tarmoqqa birlashtirish sxemasi, bunda yonma-yon turgan barcha kompyuterlar bilan fizik aloqa liniyalari o‘rnatilgan bo‘ladi. Bu topologiyaning afzalligi, uning yuklanishlarga chidamliligida. " Yelka osha yashirincha qarash|"Parollar yoki PIN-kodlarni, ularning klaviaturada terilishini kuzatish yo‘li bilan o‘g‘irlash. " Yelkasimon yaproq|"Antenna yo‘nalganlik diagrammasining o‘qiga nisbatan siljigan va yo‘nalganlik diagrammasining asosiy yaprog‘i bilan kesishuvchi yon yaproq. " Yerning sun’iy yo‘ldoshi|"Yer atrofiga chiqarilgan va Yer atrofini kamida bir marta aylanib chiqqan kosmik apparat. " Yetakchi signallar|"Televideniyeda – uzatiladigan sahna optik tasvirini elektr signallariga aylantirish joyida yoyish maydoni yoki satr boshlanish vaqtini boshqaruvchi signallar. " Yetakchi stansiya|"Tarmoqning barcha trafigini sinxronlaydigan va bir nechta yetaklanuvchi (bo‘ysunuvchi) stansiya ishini boshqaradigan stansiya. Vaqtning har bir daqiqasida sinxronlash tarmog‘ida faqat bitta yetakchi stansiya mavjud bo‘ladi, garchi stansiyaning bunday maqomi vaqtinchalik va ish jarayonida o‘zgarishi mumkin bo‘lsa ham. " Yetaklanuvchi stansiya|"Yetakchi stansiya boshqaruvida ishlaydigan va o‘zining avtonom generatori chiqish chastotasini yetakchi stansiyaning tayanch generatori chastotasiga sozlay oladigan bo‘ysunuvchi stansiya. " Yetarli|"Operatsion tizim yoki biror-bir uskuna tomonidan ularning to‘g‘ri ishlashi uchun qo‘yiladigan talablarning qanoatlantirilishi. " Yetarli darajadagi maxfiylik|"Ochiq kalit sxemasidan foydalanib assimetrik shifrlovchi ochiq dastur. Muallifi – Filip Simmerman. Algoritm va dastur 1992-yilda yaratilgan. " Yetarli huquqlar|"Foydalanuvchi uchun kerak bo‘lgan fayllar yoki papkalar ustida operatsiyalar bajarish uchun kerakli bo‘lgan huquqlar. " Yetkazib berish uchastkasi|"Shahar, posyolka yoki qishloq tumani hududining bitta pochtalyon tomonidan xizmat ko‘rsatilishi mo‘ljallangan qismi. " Yetkazib berishlar zanjirini boshqarish|"Korxonaning logistik va ishlab chiqarish jarayonlarida vujudga keladigan va o‘zgaradigan xom ashyo, materiallar, mahsulotlar, xizmatlar to‘g‘risida o‘lchanadigan jami iqtisodiy samaraga qaratilgan (chiqimlarni kamaytirish, pirovard mahsulotga bo‘lgan talabni qondirish) butun axborot oqimini rejalashtirish va boshqarishga bo‘lgan yaxlit yondashuvdan iborat tashkiliy konsepsiya va tashkiliy strategiya. Izoh – Konsepsiya 1982-yilda Keyt Oliver tomonidan taklif qilingan, keyinchalik rivojlantirildi va amaliy dasturiy ta’minot-yetkazib berishlar zanjirini boshqarish tizimidan foydalangan holda, amalda qo‘llandi. " Yevropa axborot va hisoblash tizimlarini standartlashtirish assotsiatsiyasi|"Faoliyati axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini standartlashtirishga bag‘ishlangan assotsiatsiya. U uchta maqsadni nazarda tutadi: axborot va tarmoq tizimlarini qo‘llab-quvvatlash va standartlashtirishda foydalaniladigan standartlar va texnik hisobotlarni tuzish, standartlarning to‘g‘ri qo‘llanilishini kengaytirish, standartlar hamda texnik hisobotlarni qog‘oz ko‘rinishida va elektron variantda tarqatish. " Yevropada OSI tarmoqlarini birlashtirish|"OSI asosida Yevropa kuzatish ishlarini olib boradigan tarmoqlarni birlashtirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan, Yevropa komissiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan dastur. " Yechim|"Buyurtmachining talab va ehtiyojlariga qaratilgan dasturlar va dasturiy vositalar, shuningdek, xizmatlar birikmasi. " Yechimlar daraxti|"Yechimlar qabul qilish uzellari va ushbu uzellarga mos keladigan muqobillardan iborat tuzilma. Yechimlar daraxti bo‘ylab harakat tasodifiy tarzda yoki uzellarda mavjud bo‘lgan lokal ma’lumotlarga asoslanib amalga oshirilishi mumkin. Muvaffaqiyatli izlash natijasida, yechimlar daraxtida daraxt ildizidan (boshlang‘ich vaziyat) maqsadli vaziyatga muvofiq keladigan, daraxtning uzeliga olib boradigan yo‘l hosil bo‘ladi. Yechimlar daraxti bo‘ylab harakatlanish jarayonida ko‘pincha, bektreking protsedurasi yordamida amalga oshiriladigan, ilgari o‘tilgan uzellarga qaytish zarurati yuzaga keladi. " «Yilning eng yomon soati»|"Radioto‘lqinlarning tarqalish trassasidagi maksimal ehtimoliy yo‘qotishlar davri. Troposfera va ionosfera aloqa liniyalari uchun zaxira tanlashda hisobga olinadi. " Yirik detallardagi kontrastlilik|"Maksimal oq va maksimal qora maydonlar yorqinliklarining nisbati (tashqi yoritish bo‘lmaganda). " Yig‘ish|"«Yig‘ish» (oyna sarlavhasining o‘ng qismi) tugmasini bosish yordamida oyna o‘lchamini vazifalar panelidagi tugma o‘lchami darajasigacha kichraytirish. Bunga «ALT+BO‘Sh JOY» keyin «S» klavishlarini ketma-ket bosish bilan ham erishsa bo‘ladi. " Yig‘ish, qurish|"Dasturni yig‘ish (kompanovka qilish). Relizdan farqi shundaki, unda o‘zidan oldingi versiyadagi kod saqlanib qoladi, dastlabki kodda o‘zgarish bo‘lmaydi. " Yig‘uvchi|"Yozib olingan yozuvlarni qabul qilib oladigan va ularni saqlashning doimiy muhitida saqlaydigan veb-xizmat. " Yolg‘on|"Mantiqiy ifoda bilan qabul qilinadigan ikki qiymatdan biri. " Yolg‘on o‘tkazish koeffitsiyenti|"Bioidentifikatsiya tizimi tizimda ro‘yxatdan o‘tmagan foydalanuvchi barmoq izlarining haqiqiyligini xato qilib qayd etish ehtimolligi. U qancha past bo‘lsa, tizim shuncha ishonchli ishlaydi. " Yomon niyatda qilinadigan ta’sir|"Tizimning xavfsizlikni ta’minlash mexanizmlarini chetlab o‘tish yoki ularning kamchiliklaridan foydalanish maqsadida amalga oshiriladigan harakat. Izohlar 1. Tizimga bevosita yomon niyatda ta’sir ko‘rsatilganda, bazaviy algoritmlarning xavfsizlikni ta’minlash mexanizmining prinsiplari yoki xususiyatlari kamchiliklaridan foydalaniladi. 2. Bilvosita yomon niyatda qilinadigan ta’sir xavfsizlik mexanizmini chetlab o‘tish yoki tizimni bu mexanizmdan noto‘g‘ri foydalanishga majbur qilish orqali amalga oshiriladi. " Yomon niyatli chaqiruvlarni aniqlash xizmati|"Ma’muriyatning ixtiyori bo‘yicha abonentga niyati buzuq, bezovta qiluvchi yoki yomon niyatdagi chaqiruvlar manbaini aniqlash uchun yordam beradigan xizmat. Izoh – Bunda chaqiruvchi va chaqiriluvchi abonentlar raqami, chaqiruv (so‘rov) vaqti va sanasi ko‘rsatiladi. Xizmat aniq vaqt davomida bog‘lanish vaqtida yoki bog‘lanishning aktiv fazasida so‘ralishi kerak. U tarmoqda avtomatik tarzda (unda barcha kiruvchi chaqiruvlarning ma’lumotlari qayd etiladi) yoki abonent tomonidan (abonent tugmani bosadi yoki aniq raqamni teradi) ishga tushirilishi mumkin. " Yomonlashuv birligi, imp|"Sifat shkalasi yoki yomonlashuv shkalasidan foydalanishda o‘rtacha bahoga ega tayanch tasvirdan olinadigan kuzatishning ma’lum sharoitlarida tasvirning yomonlashuvini subyektiv baholaydigan birlik. Izoh − Muayyan sharoitlarda imp birligi o‘zaro bog‘lanmagan bir nechta nuqsonning subyektiv yomonlashuvi, shu nuqsonlarning alohida namoyon bo‘lishi tufayli yomonlashuvining yig‘indisiga teng deb jamlanadi. " Yomonlashuv shkalasi|"Kuzatishning ma’lum sharoitlarida, berilgan beixtiyoriy effekt tufayli tasvirning texnik yomonlashuvini miqdoriy subyektiv baholash imkonini beradigan, odatda, beshta, oltita yoki yettita bosqichli shkala. " Yomg‘ir vaqtidagi qutbsizlanish|"Yomg‘ir tomchilarining shakli nosferik bo‘lishi tufayli yuzaga keladigan, atmosfera yog‘inlarida radioto‘lqinlar qutblanishining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan effekt. Izoh – Radioto‘lqinlar gorizontal va vertikal tashkil etuvchilarining tarqalish bir xil bo‘lmasligi natijasida amplituda va faza siljishida tafovut paydo bo‘ladi, bu esa qabul qilish nuqtasida krocc-qutblanish komponenti paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. " Yon polosa|"Sinusoidal eltuvchi chastotadan yuqori yoki quyida joylashgan va modulyatsiya jarayonida hosil bo‘lgan muhim spektral tashkil etuvchilarni o‘z ichiga olgan chastotalar polosasi. " Yon polosani bostirish filtri|"Tasvir radiosignalining bitta yon polosasi qismini susaytiruvchi filtr. " Yon yaproqdagi uzilish|"Xalaqitlarni fazoviy rezeksiyalash maqsadida shakllanadigan antenna yo‘nalganlik diagrammasining yon yaprog‘idagi chuqur uzilish. " Yon yaproqlarni bostirish|"1. Antenna yo‘nalganlik diagrammasining yon yaproqlari bo‘yicha nurlanishni susaytirish uchun joy relyefining ekranlashtiruvchi ta’siridan foydalanish. 2. Xalaqitlar seleksiyasining fazoviy usuli, unda antenna yo‘nalganlik diagrammasida fazoviy holati yo‘nalishi bilan halaqit manbaiga mos keladigan yon yaproq o‘rnida pasayish shakllanadi. " Yondosh elektromagnit nurlanish|"Istalmagan axborotli elektromagnit nurlanish. U axborotni texnik vositalar bilan qayta ishlash paytida va axborot sizib chiqib ketishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan elektr zanjirlarda nochiziqli jarayonlar natijasida paydo bo‘ladi. " Yonlama nurlanishdagi yo‘qotishlar|"Energiyaning antenna ko‘zgusining chetidan sizib chiqishi hisobiga yo‘qotishlar. " «Yopiq antenna»|"Chiqish uchlariga uzatgich yoki qabul qilgichning fiderli liniyasi ulangan, ixtiyoriy konfigyratsiyaning yopiq konturini o‘zida aks ettiradigan ramkasimon antennaning bir turi. Yopiq arxitektura ing. - closed architecture ing. - закрытая архитектура Yagona ishlab chiqaruvchining texnik va dasturiy taʼminotiga mos keladigan arxitektura. " Yopiq dastlabki kod|"Yopiq dastlabki kod – ochiq kodning antonimi. Ochiq kod tushunchasiga kirmaydigan ixtiyoriy dastur va litsenziyalar. Bunda, faqat binar (kompilyatsiya qilingan) dastur versiyalari tarqatiladi. Litsenziya mavjudligi dastlabki kodga kirish imkoniyati yo‘qligini bildiradi. Dasturni o‘zgartirishni texnik jihatdan bajarib bo‘lmaydi. Dastlabki kodga kirish imkoniyati uchinchi tarafga faqat ovoza qilmaslik kelishuviga qo‘l qo‘yilgandan keyin beriladi. Yopiq kodli dasturiy taʼminot propriyetar (shaxsiy mulk) dasturiy taʼminoti hisoblanadi. " Yopiq elektron raqamli imzo kaliti|"1. Elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mos keladigan, axborot tizimining istalgan foydalanuvchisi foydalana oladigan va elektron hujjatda elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash uchun mo‘ljallangan simvollar ketma-ketligi. 2. Elektron raqamli imzoni ishlab chiqish uchun mo‘ljallangan va faqat vakolatli shaxsga ma’lum bo‘lgan simvollar ketma-ketligi. " Yopiq kalit|"1. Nosimmetrik shifrlash tizimining kalitlaridan biri. Xabarlarni rasshifrovka qilishda va elektron imzoni shakllantirishda ishlatiladi. 2. Ochiq kalitli shifrlash tizimidagi juft kriptografik kalitlarning yopiq (maxfiy) qismi. " Yopiq kanal|"Maʼlumotlardan ruxsatsiz foydalanishdan muhofazalangan mantiqiy kanal. Bunday mantiqiy kanallarning protokollari transport pog‘onasidan yuqorida joylashgan bo‘ladi va o‘zaro aloqadagi foydalanuvchilar orasidagi uzatishning konfidensialligini kafolatlaydi. " Yopiq (muhofazalangan) ma’lumotlar|"Foydalanuvchilarning tor doirasiga mo‘ljallangan ma’lumotlar. Qoidaga ko‘ra, erkin foydalanishning cheklanishi parollar tizimi orqali amalga oshiriladi. " Yopiq obyekt|"Obyektning yopiq yoki butunlay chegaralangan muhitga mansubligi. " Yopiq tarmoq|"Cheklangan miqdordagi qayd qilingan foydalanuvchilar kira oladigan ajratilgan aloqa tarmog‘i. " Yopiq televideniye|"Tasvirni nisbatan qisqa masofaga, odatda, kabel bo‘yicha uzatishga imkon beradigan va foydalanuvchilarning ma’lum guruhlari uchun mo‘ljallangan televideniye. Misol ‒ jamoat joylari, xavfli yoki kirish qiyin bo‘lgan joylarni, jarrohlik operatsiyalari va h.k.larni kuzatish. " Yopiq televizion tizimlar|"Cheklangan auditoriyaga vizual axborotni uzatish uchun mo‘ljallangan televizion tizimlar. Misol ‒ Qo‘riqlash televideniyesi tizimi. " Yopiq trassa|"Profili mahalliy relyef bilan qorong‘ilangan trassa, buning oqibatida uzatuvchi va qabul qiluvchi antennalarning fazaviy markazlari o‘rtasidagi to‘g‘ri ko‘rinish ko‘rinmaydi. Izoh ‒ Yopiq trassalar uchun yorug‘lik kattaligi har doim salbiy. " Yopiq xavfsiz muhit|"Ma’lumotlar va resurslarni tasodifiy yoki qasddan qilinadigan harakatlardan (mualliflik, ruxsat berish kategoriyalari, konfigurasiyani boshqarish va h.k. ko‘rinishda) muhofaza qilishga alohida e’tibor beriladigan muhit. " Yopish|"Ilovani tugallashga olib keladigan harakat. " Yoppasiga qoplash|"Ma’lum geografik mintaqaning xizmat ko‘rsatish zonasi, unda abonent radioliniyasining turg‘un ishlashi uchun kerakli energetik nisbat ta’minlanmagan birorta ham uchastka bo‘lmaydi. " Yoqilgan|"Tizim ishga (ma’lumotlarni qabul qilishga) tayyor holatda bo‘lgan rejim. " Yoqmoq|"Qurilmaning ishga tushirilishini anglatadi. Masalan, biron-bir qurilma moslamasining parametrlarida yoqiq deb ko‘rsatilgan bo‘lsa, ushbu qurilma moslamasidan foydalana olishga ruxsat etiladi. " Yordam va qo‘llab-quvvatlash|"Xizmatning ichki va tashqi buyurtmachilarini texnik qo‘llab quvvatlovchi, foydalanuvchilarni kompyuterning apparat va dasturiy ta’minot bilan bog‘liq muammolarini hal qiluvchi axborot tizimi. Axborot texnologiyalari infratuzilmalarining muammoli qismlarini aniqlash, axborot texnologiyalari bo‘limining ish samaradorligini baholash imkonini beruvchi axborot texnologiyalari infratuzilmasi bibliotekasining muhim funksional tashkil etuvchisi. " Yordam, ma’lumot berish tizimi|"O‘zida dasturiy ta’minot bilan ishlash bo‘yicha maqolalar (maslahatlar)ni saqlovchi ma’lumot berish tizimi. " Yordamchi protsessor|"Fon rejimidagi yoki maxsus masalalarni bosh protsessordan ajratib olgan holda bajaradigan kompyuter tizimidagi ikkilamchi protsessor. " Yordamchi retranslyator|"Radiosoya zonasini qoplashda ishlatiladigan retranslyator. " Yordamchi texnologiyalar|"Tizimga qo‘shilgan yoki kiritilgan apparat yoki dasturiy ta’minot. " Yordamchi xizmat|"Telefon orqali qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish; masalan, belgilangan vaqtda abonentni ogohlantirish (xabardor qilish) va boshqalar. " Yordamchi xotira|"Axborotni yodda tutish va saqlashning, elektron hisoblash mashinasining asosiy, ichki manzillanadigan xotira qurilmasiga kirmaydigan vositalari. " Yorqinlik gradatsiyasi|"Normalangan axromatik gradatsion ponaning qo‘shni uchastkalari yorqinliklarining farqi. " Yorqinlik kanali|"Rangli televideniye tizimidagi yorqinlik signalini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan har qanday trakt. " Yorqinlik kanalidagi rejektor|"Dekoderdagi ranglilik-yorqinlik kesishuvchi xalaqitlarini yoki koderdagi yorqinlik-ranglilik kesishuvchi xalaqitlarini kamaytirish maqsadida yorqinlik kanaliga kiritiladigan filtr. " Yorqinlik koyeffitsiyentlari|"Har qanday rangning tegishli rang koyeffitsientiga bo‘lgan doimiy ko‘paytiruvchilar. " Yorqinlik signali|"Televizion tasvir elementlarining yorqinligi to‘g‘risidagi axborotni tashuvchi elektr signal. Izoh – Rangli televideniyeda yorqinlik signali uchta asosiy rang signallarining muayyan chiziqli kombinatsiyasi ko‘rinishida hosil qilinadi. " Yorqinlik signalidagi oqning etalon darajasi|"Oq yo‘nalishida yorqinlik signalining muayyan maksimal kirishiga mos keladigan daraja. " Yorqinlik signalining nochiziqli buzilishlari|"Uzatish trakti amplitudaviy tavsifining nochiziqli shakli tufayli yuzaga keladigan, pog‘onali yoki arrasimon signallar yordamida baholanadigan buzilishlar. " Yorqinlik va ranglilik signallarining vaqt davomidagi farqi|"Yorqinlik va ranglilik signallarining kechikishidagi, tegishli yorqinlik uchastkasidan rangning chap yoki o‘ngga o‘tishiga olib keladigan, farq. " Yorqinlik, ravshanlik|"Piksel bilan birlashtirilgan va kul rangning (oqdan qoragacha bo‘lgan) kattaligini aks ettiradigan qiymat. Shuningdek, foydalanuvchi monitorida qoradan oqqacha shkala bo‘yicha rang yorqinligini bildiradi. " Yorqinlikni rostlash|"Qabul qiluvchi televizion trubkada siljituvchi kuchlanishni qo‘lda sozlash. Izoh – Yorqinlikni sozlash tasvirning o‘rtacha yorqinligiga ham, kontrastlilikka ham ta’sir etadi. " Yorqinlik-ranglilik kesichuvchi buzilishi|"Ranglilik signalining yorqinlik signali spektrining ranglilik signalining chastotalar polosasida yotuvchi tashkil etuvchilari keltirib chiqaradigan buzilishi. " Yorqinlik-ranglilik kesishuvchi shovqini|"Tasvirdagi yorqinlik kanalidan ranglilik kanaliga shovqinni kiritish tufayli yuzaga keladigan nomaqbul rang effekti. Izoh ‒ Bu yomonlashuv, xususan, kompozit rang videosignallardan foydalanadigan tizimlarda yuzaga keladi. " Yorug‘lik aberratsiyasi|"Yorug‘lik nuri yo‘nalishining kuzatuvchining yorug‘lik manbaiga nisbatan harakatlanishi oqibatida o‘zgarishi. " Yorug‘lik diodi|"Elektr tokini yorug‘lik nurlanishiga aylantiradigan, nanoo‘lchamli geterotuzilmalarga asoslangan asbob. " Yorug‘lik perosi|"Ekran nuqtalari koordinatasini olishda kerak bo‘lgan yoruqlikka sezgir qurilma. Yorug‘lik perosi ma’lumotlarni chiqarishda ishlatiladi va maxsus ekranni talab qilmaydi. Yorug‘lik perosi uchiga o‘rnatilgan maxsus fotoelement, peroni ekran bilan ta’sir nuqtasidan uzatilayotgan yorug‘lik signalini sezadi. Signal paydo bo‘lishi bilan tasvirning ochilishi sinxrosignalni taqqoslash yorug‘lik perosining ekrandagi joylashuvini aniqlash imkonini beradi. " Yorug‘lik (rang) ning maydon bo‘ylab notekisligi|"Qayta tiklanayotgan televizion tasvir maydoni bo‘yicha yorug‘lik va/yoki rangning beixtiyoriy o‘zgarishi. " Yorug‘lik sarfi|"Tarqalayotgan yorug‘lik oqimining iste’mol qilingan quvvatga nisbati. Yorug‘lik sarfining birligi lyumen/vatt. (ℓm/W). " Yorug‘lik sochilishini tuzatish|"Telekameraning optik tizimida yorug‘lik sochilishi ta’sirida qora darajasida buzilgan videosignal shaklini tuzatish. " Yorug‘lik to‘lqinlari|"0,4 mkm dan 0,76 mkm gacha bo‘lgan diapazondagi elektromagnit to‘lqin uzunliklari. " Yorug‘lik va sinxronizatsiya signallarining nisbati|"Oq darajaning sinxronizatsiya darajasiga, ikkalasi ham so‘ndirish darajasiga nisbatan ifodalangandagi, nisbati. " Yorug‘lik xarakteristikasi|"O‘zgartirgich chiqishidagi signal tokining uning fotosezgir yuzasi yoritilganligiga bog‘liqligi. " Yorug‘lik o‘qi|"Har bir rang uchun yorug‘lik tashkil etuvchisi ajratiladigan tayanch oq rangni o‘z ichiga oladigan rangli fazo o‘qi. " Yorug‘lik o‘tkazgich|"Silindr shaklidagi, ikki qavat ingichka shisha o‘tkazgich ko‘rinishida yasalgan optik to‘lqin o‘tkazgich. Uning bo‘ylab to‘lqin uzunligi 400 nm dan 3000 nm gacha bo‘lgan elektromagnit nurlanish uzatiladi. " Yorug‘likka sezgirlikning mutlaq chegarasi|"Qorong‘ulikka moslashish sharoitida qora fonda ko‘z ilg‘aydigan yorug‘lik dog‘i yorqinligining eng kichik (chegaraviy) qiymati. " Yorug‘likning kombinatsion sochilishi (Raman effekti)|"Modda tomonidan sochilgan yorug‘lik chastotasining o‘zgarish hodisasi. " Yorug‘likning yutilish koeffitsiyenti|"Jism yutgan yorug‘lik miqdorining jismga tushadigaan yorug‘lik miqdoriga nisbati. " Yoyiladigan ko‘zgu|"Ko‘plab seksiyalardan iborat bo‘lgan katta antenna ko‘zgusi. Yo‘ldoshli aloqa tizimlarida qo‘llaniladi. " Yoyish|"1. signal datchigida – elektr signalni olish uchun, har bir elementning yorug‘lik xarakteristikalarini aks ettiradigan, sirtning har bir element bo‘yicha tizimli o‘tishi. Izoh ‒ Taalluqli atama «ochib ko‘rsatish». 2. Televideniyeda – to‘g‘riburchakli sirt elementlari to‘g‘riburchakning katta tomoniga parallel bo‘lgan bir biriga nisbatan teng uzoqlashtirilgan to‘g‘ri liniyalar bo‘yicha doimiy aniq tezlik bilan aylangandagi yoyish. " Yoyish davri|"To‘g‘ri va teskari yoyilish yo‘llarining vaqt yig‘indisi. " Yoyish qadami|"Televizion rastr ikkita qo‘shni satrlarining o‘qlari orasidagi masofa. Yoyish qadami satrlarning aktiv soniga bo‘lingan tasvir (kadr) balandligiga teng bo‘lishi kerak. " Yoyish signali|"Yoyuvchi element harakatini boshqaruvchi signal. " Yoyish tezligi|"Yoyuvchi element yoyiladigan sirt bo‘ylab o‘tadigan liniyaviy tezlik. " Yoyli antenna panjarasi|"Nurlantiruvchi elementlari egri chiziq qismida joylashgan antenna panjarasi. " Yoymoq|"Oynani uning yuqori o‘ng burchagidagi yoyish tugmasini bosib, maksimal o‘lchamga yetguncha kattalashtirish. " Yozib olingan xabar|"Kelib tushgan xabarlarni yozish uchun qurilmaga chaqiriluvchi abonentga kelib tushadigan chaqiruvlarni uzatish imkonini beradigan, ushbu abonent yoki oxirgi (terminal) tarmoq tomonidan taqdim etiladigan xizmat. " Yozib olingandan so‘ng uzatish|"Efiirga, faqat yozib olingandan so‘ng uzatiladigan tovushli yoki televizion dastur. " Yozib olish|"Internet tarmog‘idan faylni olish. " Yozib olishdan muhofaza qilish|"Diskdagi axborotni, 5,25"" disketalarida solishtirib o‘qish belgisini yopishtirish va 3,5"" disketalarida solishtirib o‘qish belgisini surib, muhofaza qilish usuli, bu yangi ma’lumotlar yozib olishning oldini oladi va mavjud ma’lumotlarni yo‘qolishdan saqlaydi. " Yozib olishga ruxsat|"Ma’lumotlarni yozib olish uchun ruxsat beradigan foydalana olish huquqi. Izoh – Yozib olishga ruxsat ma’lumotlarni to‘ldirish, o‘zgartirish, o‘chirish yoki yaratishga ruxsat hisoblanadi. " Yozish vaqtida nusxalash|"Jarayonni yaratish strategiyasi, bunda yangi jarayon adres fazosini bosh jarayon bilan manzil fazosining birinchi yozuvigacha ajratadi, shundan so‘ng shu’ba jarayon uchun yangi manzil fazosi yaratiladi. " Yozishdagi xato|"Axborotni tezkor xotiradan ma’lumotlarni saqlash yoki chiqarish qurilmasiga uzatish paytida yuz beradigan xato. " Yozma xat-xabarlar|"Oddiy, buyurtma, qiymati eʼlon qilingan xatlar va banderollar, oddiy, buyurtma pochta varaqchalari hamda oddiy, buyurtma sekogrammalar, shuningdek, mayda paketlar. " Yozma xat-xabarlarga shtempellash|"Pochta markalarining va/yoki yozma xat-xabarlarning jo‘natilishi belgilangan manzildagi pochta aloqasi obyektiga kelib tushgan sanasini hisobdan chiqarish yo‘li bilan qabul qilish joyi va sanasini belgilash maqsadida unga taqvim shtempeli izini tushirishni o‘z ichiga olgan yozma xat-xabarlarga ishlov berish. " Yozmoq|"Ma’lumotlarni tezkor xotira qurilmasidan tashqi qurilmaga yoki protsessordan tezkor xotira qurilmasiga uzatish. " Yozuv|"1. Dasturlash tillarida ma’lumotlar tuzilmasi – yaxlit bir butun sifatida qaralishi mumkin bo‘lgan, bir jinsli bo‘lmagan tizimlashtilangan elementlar to‘plami. Har bir element yozuv maydoni deb ataladi, u nomga va turga ega bo‘ladi. Muayyan yozuv maydonida saqlanadigan ma’lumotlardan foydalanish uchun, yozuvni saqlaydigan o‘zgaruvchi nomi ko‘rsatiladi, keyin nuqtadan so‘ng maydon nomi keladi. 2. Magnit tashuvchidagi, masalan, magnit tasmadagi ma’lumotlar bloki. " Yozuv agenti|"Kuzatib boriladigan ilova jarayonining fazoda yuklangan kadrni qamrab oladigan umumiy bibliotekasi. " Yozuv demoni|"Kuzatiladigan dastur joylashgani kabi oxirgi nuqtada ishlaydigan va kengaytirilgan vakolatlar talab qilinadigan operatsiyalarni bajaradigan imtiyozli jarayon. " Yuguruvchi nurli kamera|"Tasvirlarni yuguruvchi yorug dog‘ orqali yoyishga asoslangan uzatish qurilmasi. " Yuguruvchi to‘lqin|"Uzatish liniyasida, uzatuvchi muhitning xossalari bilan belgilanadigan tezlikda faqat bir yo‘nalish bo‘ylab tarqaladigan elektromagnit to‘lqin. " Yuguruvchi to‘lqin antennasi|"Geometrik o‘qi bo‘ylab elektromagnit tebranishlarning yuguruvchi to‘lqinlari tarqaladigan yo‘naltirilgan antenna. Izoh ‒ Yuguruvchi to‘lqin antennalariga «to‘lqinli kanal» turidagi antenna, spiral antenna, dielektrik antenna, rombsimon antenna va boshqa qator antennalar kiritiladi. " Yuguruvchi toʻlqin koeffitsiyenti|"Uzatish liniyasidagi toʻlqin elektr yoki magnit maydoni eng kichik amplituda kuchlanganligi nisbatiga teng koeffitsiyent. " Yuklagich|"Boshqa dasturlarni ularni amalga oshirilishi uchun tezkor xotiraga yuklovchi tizim dasturi. Boshlang‘ich yuklovchining farqli tomoni, u BIOS da joylashgan bo‘lib, u operatsion tizimni yuklaydi va unga boshqaruvni uzatadi, shuningdek yuklovchilar operatsion tizimning o‘zida ham mavjud. " Yuklama koeffitsiyenti|"Foydalanishning ma’lum sharoitlarida elementga ta’sir etadigan ishchi yuklamaning nominal (standartlar, foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomalar va boshqa tegishli hujjatlar bilan belgilangan) yuklamaga nisbati. " Yuklama konsentratori|"Maʼlumotlarni uzatish tarmog‘ida paketlarni kommutatsiya markaziga ulanadigan va paketlarni yig‘ish-sochish operatsiyalarini bajarish uchun mo‘ljallangan texnik vosita. " Yuklamoq|"Ma’lumotlarni boshqa kompyuterga (tarmoq orqali) yuklash. " Yuklanish paytida|"Operatsion tizim yoki dasturning xotiraga yukla-nishida bajariladigan protseduralar yoki dasturlar. " Yuklanishdagi tasvir|"Operatsion tizimning nomini va logotipini aks ettiruvchi tasvir. " Yuklanishni balanslash|"Klaster serverlaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida, hisoblash klasterida yuklanishni taqsimlash. " Yuklanishni initsializatsiya qilish|"Windows NT/2000/XP/10 operatsion tizim yuklanishini initsializatsiya qiladigan fayl. Operatsion tizimlarni yuklash usullarini ifodalaydi. " Yuklanuvchi disk|"Operatsion tizimni yuklash yoki qayta yuklash amalga oshiriladigan qattiq disk (disketa). " Yuklanuvchi drayver|"Tezkor xotiraga faqat kerak vaqtda yuklanuvchi drayver. Bunday drayverlar tezkor xotirani tejashni va protsessor resursining bekor sarflanishini oldini oladi. " Yuklanuvchi sektor, butsektor|"Axborotni saqlaydigan qattiq disk, disketa yoki boshqa disk qurilmasidagi muhim sektor. Disketa va optik disk uchun bu birinchi jismoniy sektor, qattiq disk uchun har bir bo‘limning birinchi jismoniy sektori. Fleshkada yuklash sektori bo‘lmaydi. " Yuklanuvchi virus|"Kompyuterni yuklashda bajariladigan va qattiq yoki egiluvchan magnit diskning yuklash sektoridagi dasturni zararlaydigan virus. " Yuklash|"1. Ishga tushayotgan dastur, jarayon va sh.k. fayllarni dasturning keyingi ishini ta’minlash uchun tezkor xotiraga yuklash jarayoni. 2. Kompyuterni operatsion tizim yadrosini yuklash orqali ishga tushirish. " Yuklash manzili|"Tezkor xotira qurilmasining manzili, undan boshlab dastur xotirada joylashtiriladi. Absolyut dasturlarda yuklash manzili qayd etilgan bo‘ladi va dasturchi tomonidan beriladi. Yuklash paytida suriladigan dasturlardan (chiziqli xotiraga ega kompyuterlarda) manzillarni sozlash amalga oshiriladi. Bu sozlash suriladigan barcha manzillarni yuklash manziliga teng bo‘lgan konstantaga oshirishda ifodalanadi. " Yuklash qurilmasi|"Olinadigan yoki doimiy yuklash diski qurilma. " Yuklash vaqti (fazasi)|"Dasturning xotiradagi binar obrazini olish uchun aloqa redaktori va yuklagichni chaqirish fazasi. " Yuklash vaqtida manzillarni bog‘lash|"Manzillash sxemasi, bunda generatsiyalanadigan kod ma’lumotlarni va dasturni qiymati dasturni yuklashda aniqlanadigan ko‘chirish registriga nisbatan manzillaydi. " Yuklash yozuvi|"Disketdagi birinchi fizik sektor yoki qattiq disk bo‘limining birinchi mantiqiy sektori. Bitta yoki bir nechta sektordan iborat bo‘lishi mumkin. Yuklovchi yozuvning birinchi sektori yuklovchi sektorning imzosi bilan tugallanadi. Yuklovchi disklarda, shuningdek, operatsion tizim yuklaydigan dastur ham bo‘ladi. Ba’zida yuklash sektor deb ataladi. " Yuklashni balanslash klasterlari|"Server bek-endi kompyuterlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydigan, (front-ends) so‘rovlarni balanslaydigan bir nechta kirish kompyuterlariga ega kompyuter klasterlari. " Yulduz|"Kompyuterlarni tarmoqqa birlashtirish usuli: bitta kompyuter ajratiladi va u asosiy (bosh) kompyuter ataladi, qolgan barcha kompyuterlar u bilan bevosita ulanadi. Ma’lumotlar bitta periferik kompyuterdan boshqasiga faqat bosh kompyuter orqali uzatilishi mumkin. Bosh kompyuter ishlamay qolsa, butun tarmoq ishlash qobiliyatini yo‘qotadi. " «Yulduz» topologiyasi|"Lokal hisoblash tarmog‘ining uchta tayanch fizik topologiyasidan biri. Bunda kompyuterlar va qurilmalar markaziy uzel bilan radial liniyalar orqali ulanadi. " Yulduzcha, «*» simvoli|"Qator operatsion tizimlarda faylning umumlashtirilgan nomini berish uchun foydalaniladigan simvol. Tizim yulduzcha simvoli o‘rnida ixtiyoriy sondan iborat ixtiyoriy simvolni qo‘yishi mumkin. " Yulduzsimon tarmoqlagich|"1. Bitta kirish va ikkitadan ko‘p chiqish optik qutblari bo‘lgan optik tarmoqlagich. 2. Signal energiyasini o‘zining chiqish uchlari o‘rtasida bir tekis taqsimlaydigan (chiqish uchlari kamida to‘rtta bo‘lgan) passiv qurilma. " Yulduzsimon topologiya|"«Yulduz»ni eslatuvchi topologik sxema. Undagi har bir olisdagi tarmoq uzeli bitta markaziy kommutator, uzel stansiyasi yoki kanallar konsentratori bilan bog‘lanadi. «Yulduz»simon topologiyali tarmoq mahalliy foydalanuvchilar uchun trafikni tarmoqlash (ajratish) va olisdagi foydalanuvchilar o‘rtasida qayta taqsimlash imkonini beradi. " Yulduzsimon to‘rtlik|"Birga buralgan, to‘rtta izolyatsiyalangan o‘tkazgichdan iborat kabel elementi. Ikki qarama-qarshi o‘tkazgich uzatuvchi juftlikni hosil qiladi. Yulduzsimon to‘rtligi bo‘lgan kabellar, ularning elektr xarakteristikalari aynan shu spetsifikatsiyalar talablariga javob beradigan hollarda, juftliklardan iborat kabellar bilan o‘zaro almashinuvchan bo‘lishi mumkin. " Yumshoq xendover|"Axborotni yo‘qotmay turib, ishchi kanalni bir tayanch stansiyadan boshqasiga avtomatik tarzda qayta ulash. Yumshoq qayta ulash rejimi bir vaqtda, bittadan ko‘p tayanch stansiya bilan ishlash imkoniyatini nazarda tutadi. Izoh − O‘xshash protsedura ko‘p yo‘ldoshli aloqa tizimida ham mavjud bo‘lib, unda yer stansiyasining bitta kosmik apparat (tushayotgan)dan boshqa kosmik apparat (ko‘tariluvchi) ga qayta ulanishi sodir bo‘ladi. " Yumshoqroq xendover|"Ishchi kanallarni bir sektorli antennadan boshqasiga qayta o‘zgartirish, bitta tayanch stansiyada amalga oshirilishi tufayli, sinxronizmga qayta kirish protsedurasi talab qilinmaydigan xendover. " Yuqori|"Obyektning ma’lum bir chegaralarga nisbatan yuqori joylashgan o‘rni. " Yuqori aniqlikdagi televideniye (YuAT)|"Vertikal va gorizontal bo‘yicha taxminan ikki marta kattalashtirilgan aniqlikka ega va standart aniqlikdagi televideniye bilan solishtirganda kadrning kattalashtirilgan formatiga ega televideniye. " Yuqori aniqlikdagi TV (HDTV) va oddiy sifatli TV dasturlarini taqsimlash xizmatlari|"HDTV xarakteristikalariga yoki oddiy tasvir sifatiga ega televizion dasturlarni taqsimlash imkonini beradigan xizmatlar. " Yuqori daraja tili|"Uchinchi avlod va undan yuqori darajadagi dasturlash tillari, ya’ni assemblerlarga qaraganda, abstraktlashning birmuncha yuqori darajasini ta’minlaydigan tillar. " Yuqori elliptik orbita (yo‘ldoshning)|"Yo‘ldoshning ellips shaklidagi aylanish orbitasi, uning fokuslaridan birida Yer markazi joylashadi va uning o‘qlari yulduzlarga nisbatan ma’lum yo‘nalishda bo‘ladi. Izoh – «Molniya» yo‘ldoshlari yuqori elliptik orbitasining apogey balandligi 40000 km ga yaqin, perigey balandligi 500 km, ekvator tekisligiga og‘ishi 63,4° ga teng. " Yuqori huquqlar bilan ishga tushirmoq|"Bir foydalanuvchi ega bo‘lgan huquqlardan ko‘proq huquqlarga ega foydalanuvchi nomidan dasturni ishga tushirish. Masalan, kichkina sozlashlarda ishlatilishi mumkin. " Yuqori indeks|"Matn satri harflaridan yuqorida bosilgan bitta yoki bir nechta simvol. " Yuqori natija|"Yuqori baho va eng yuqori balli natija " Yuqori pog‘ona domeni|"Qar.: gTLD, ccTLD. " Yuqori quvvatli eltuvchi|"Energiyasining asosiy qismi eltuvchi chastotada to‘plangan, modulyatsiyalangan signal. " Yuqori registr|"Klaviaturadan kiritish Caps Lock klavishi bosilganda amalga oshiriladigan rejim. Bunda matn katta harflar bilan kiritiladi. " Yuqori sifatli keng polosali videokonferensaloqa xizmatlari|"Ikkita yoki undan ortiq punkt o‘rtasida konferens-aloqani ta‘minlash uchun turli axborotni, jumladan, avvalo nutq (tovush), oddiy videofilmlar, harakatdagi tasvirlar va qo‘shimcha ravishda, videoskanlaydigan harakatsiz tasvirlar, hujjatlar hamda boshqa videoaxborotni yuqori sifatli uzatish bilan abonent-abonent yoki guruh-guruh (abonentlar) aloqa imkoniyatini ta’minlaydigan xizmatlar. " Yuqori sifatli rang|"Rangni 15- va 16-bitli kodlash orqali (multimediyali shaxsiy kompyuterlar grafik kontrollerining platalarida) monitorda bir vaqtning o‘zida 32 K yoki 64 K ranglarni ko‘rsatish imkoniyati. U tasvir sifatini rangli fotosurat sifatiga yaqinlashishini ta’minlaydi. " Yuqori texnologiyalar kompaniyalari|"Asosiy aktivlari intellektual mulk va yuqori malakali mutaxassislar bo‘lgan kompaniyalarning shartli nomi. Faoliyat sohasi – yuqori va postindustrial texnologiyalar. Bu turdagi kompaniyalarga odatda quyidagilar kiradi: internet kompaniyalari; dasturiy taʼminot va yarimo‘tkazgichli qurilmalar ishlab chiqaruvchilar; mobil va kosmik aloqa operatorlari; biotexnologiya kompaniyalari; ilmiy-tekshirish tajriba konstruktorlik ishlanmalari sohasidagi kompaniyalar; yuqori texnologiyali uskunalar ishlab chiqaruvchilar va h.k. " Yuqori tezlikdagi raqamli abonent liniyasi texnologiyalarining turkumi|"DSL standartining protokollar majmui, unda «x» simvoli o‘rniga DSL (ADSL, HDSL, SDSL) standartining quyi turini belgilaydigan harflardan istalganini qo‘yish mumkin. " Yuqori tezlikli foydalana olish klasterlari|"Klaster kompyuterlari taqdim etadigan resurslardan, masalan, ma’lumotlar bazasidan optimal foydalana olishni ta’minlaydigan kompyuter klasterlari. " Yuqori tezlikli raqamli abonent liniyasi|"O‘tkazish qobiliyati 10 Mbit/s dan ortiq bo‘lgan asimmetrik hamda simmetrik aloqa liniyalarini yaratish uchun mo‘ljallangan abonent foydalanish texnologiyasi. " Yuqori unumli fayl tizimi|"IBM va Microsoft tomonidan birgalikda ishlab chiqilgan, operatsion tizim uchun mo‘ljallangan fayl tizimining nomi. Windows NT tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. " Yuqori xotira|"MS DOS operatsion tizimiga oid atama. Birinchi 640 kbyte xotiradan tashqarida joylashtirilgan tezkor xotirani anglatadi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlatilmagan, bu esa dasturlarni birmuncha chegaralaydi. " Yuqori xotira sohasi|"Qo‘shimcha xotiraning dastlabki 64 kB i. " Yuqori xotira tizimi|"Yuqori tezkor xotiraning ulanish drayveri. Bu drayversiz operatsion tizim faqatgina BIOS bilan belgilab qo‘yilgan 640 kilobayt quyi xotiradangina foydalana oladi. Windows da bu muammo o‘zining dolzarbligini yo‘qotgan. " Yuqori zichlikli bipolyar kodlash|"Modifikatsiyalangan bipolyar RZ kodi yordamida kodlash usuli. Bunda majburiy inversiya (qutblilikni o‘zgartirish) vositasida takrorlanadigan simvollarning davomiy ketma-ketligi chiqarib tashlanadi. Natijada davomli pauzalarsiz kod shakllanadi, bu esa, xabarlarni qabul qilishda sinxronlash buzilishlarini bartaraf etish imkonini beradi. " Yuqori chastotalar|"3 МНz dan 30 МНz gacha diapazondagi chastotalar sohasi. Ko‘rsatilgan chastotalarga dekametrli (qisqa) to‘lqinlar (λ=100–10 m) mos keladi. " Yuqori chastotalar filtri|"Berilgan qirqim chastotasidan yuqori o‘tkazish polosasiga va pastroq chastotalar uchun tutib qolish polosasiga ega bo‘lgan elektr chastota filtri. " Yuqori chastotali kabel|"Elektromagnit energiyani yuqori chastotalarda kichik yo‘qotishlar bilan uzatish uchun mo‘ljallangan kabel. " Yuqori chastotali qurilmalar|"Radioto‘lqinlarni qabul qilish yoki nurlantirishda foydalanishdan tashqari, sanoat, ilmiy, tibbiy, maishiy yoki boshqa maqsadlarda radiochastota energiyasini generatsiyalash va undan foydalanish uchun mo‘ljallangan uskuna yoki asboblar. " «Yuqoridan pastga» dasturlash|"Dasturlarni ishlab chiqish metodikasi, bu metodikaga ko‘ra, ishlab chiqish muammoni hal qilish maqsadlarini aniqlashdan boshlanadi, shundan keyin batafsil dastur bilan tugaydigan izchil detallashtirish ketadi. Strukturaviy dasturlash texnologiyasiga kiradi. Ikkinchi nomi pasayib boradigan dasturlash. " Yuridik shaxs|"Alohida mulkka ega bo‘lgan, o‘z majburiyatlari yuzasidan javob beradigan, o‘z nomidan fuqarolik huquqlarini amalga oshiradigan va oladigan, fuqarolik majburiyatlarini ko‘taradigan, sudda da’vogar va javobgar bo‘ladigan tashkilot. " Yuritgich|"Qar.: CMS. " Yutilish|"1. Optik quvvatning metallar va gidroksil ionlar kabi ifloslanishlari mavjudligi, shuningdek, radiatsion nurlanishga taʼsirchanlik orqasida kelib chiqadigan issiqlikka aylanishi natijasida optik tolada quvvatning yo‘qolishi. 2. Elektromagnit to‘lqinlarning energiyaning boshqa turiga, odatda, issiqlikka aylanishi oqibatida radioto‘lqinlarning so‘nishi. " Yutuvchi attenyator|"Signal quvvatini kamaytirish katta yo‘qotishli materiallarda energiyaning yutilishi hisobiga yoki yarimo‘tkazgichli diodlar qarshiligida sodir bo‘ladigan attenyator. " Yuvilish|"Oqdan oq soha dastlabki holatdagiga qaraganda ko‘p yuklangan tasvir ko‘rinishi, uzatuvchi trubka nishoni, yorug‘lik elektr o‘zgartirgich yoki televizion ekran qismlarining to‘yinganligi tufayli sodir bo‘ladi. " Yo‘l|"Diskda fayl, katalog yoki papkaning joylashgan o‘rnini belgilaydigan satrli ifoda. " Yo‘l qo‘yiladigan radioxalaqit|"Ta’sirida radioelektron vositaning talab qilinadigan ishlash sifati saqlanib qoladigan radioxalaqit. " Yo‘l qo‘yiladigan xalaqit|"Xalaqit ta’siriga tushgan texnik vositaning ishlash sifati belgilangan darajada saqlanib qoladigan elektromagnit xalaqit. " Yo‘l qo‘yilmaydigan|"Qayta ishlab bo‘lmaydigan xatoni keltirib chiqargan ruxsat berilmagan harakatni amalga oshirgan biron-bir harakat yoki operatsiya, komanda yoki yo‘riqnomalar natijasi. " Yo‘l qo‘yilmaydigan xalaqit|"Ta’siri texnik vositaning ishlash sifatini yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan darajagacha pasaytiradigan elektromagnit xalaqit. " (Yo‘ldosh) elliptik orbitasi|"Ekssentrisitet koeffitsiyenti katta bo‘lgan, ya’ni apogey balandligi perigey balandligidan birmuncha oshadigan orbita. Yer gravitatsiya maydonining bir xil emasligi tufayli elliptik orbitaning katta o‘qi apogeydagi kichik yo‘ldosh nuqtasi kengligining tebranishlariga olib keladigan aylanish onini sezadi. Elliptik orbitaning doimiyligini ta’minlash uchun, tekisligining ekvatorga nisbatan og‘ish kattaligi ikkita qiymatdan (63,4º yoki 116,6º) biriga ega bo‘lishi kerak. Yo‘ldoshli aloqa tizimlarida elliptik orbitaning: yuqori elliptik orbita (HEO), o‘rtacha balandlikdagi orbita (MEO), Yer atrofidagi quyi orbita (LEO) orbitalaridan foydalaniladi. " (Yo‘ldosh) orbita davri, (yo‘ldosh) aylanish davri|"Orbitaning bitta nuqtasi orqali yo‘ldoshning ikki marta ketma-ket o‘tishi o‘rtasidagi vaqt oralig‘i orqali aniqlanadugan, Yer atrofini to‘liq aylanish vaqti. " Yo‘ldoshli antenna/tarelka|"Yo‘ldosh signallarini qabul qilish/uzatish uchun mo‘ljallangan qabul qiluvchi/uzatuvchi tarelkasimon parabolik antenna. " Yo‘ldoshli eshittirish|"Kosmik stansiyalardan uzatishlar aholi tomonidan bevosita qabul qilinishi uchun mo‘ljallangan radioeshittirish xizmati. Izohlar 1. Aholining qabul qilishi individual qabulni ham, jamoaviy qabulni ham o‘z ichiga oladi. 2. Taalluqli atama «yo‘ldoshli televideniye». " Yo‘ldoshli Internet|"Internet global tarmog‘idan yo‘ldoshli aloqa kanallari orqali foydalanish. " Yo‘ldoshli provayderlar|"Yo‘ldoshli aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniyalar. " Yo‘ldoshli (raqamli televizion) eshittirish tizimi|"Televizion dasturlarni bevosita raqamli televizorlarga, shuningdek, jamoa bo‘lib foydalaniladigan yo‘ldoshli televizion antennalari bo‘lgan tizimlarga ulangan raqamli televizorlarga yetkazish uchun mo‘ljallangan raqamli televizion eshittirish tizimi. " Yo‘ldoshli televideniyening kabel orqali taqsimlanishi|"Kosmik stansiyadan yer stansiyalari orqali qabul qilgan va kabelli televideniye tizimlarining asosiy stansiyalariga uzatilgan television dasturlarni kabelli tizimlar orqali taqsimlash. " (Yo‘ldoshning) geostatsionar orbitasi|"To‘g‘ri va doiraviy orbitasi Yer ekvatori tekisligida yotadigan geosinxron yo‘ldosh orbitasi yoki geostatsionar yo‘ldoshlar orbitasi. Orbitaning ekvatordan balandligi, yo‘ldoshning aylanish davri 23 h 56 min 4 s ga teng bo‘lgan holda, 35787 km. " (Yo‘ldoshning) o‘rta balandlikdagi orbitasi|"5000-15000 km balandlik diapazonida joylashgan orbita. " Yo‘lka|"Ma’lumotlarning konsentrik aylana ko‘rinishidagi disk xotirasida o‘rni va joylashishi. Magnit yozish usulida ma’lumotlar bu konsentrik aylana bo‘ylab ketma-ket joylashadi. Kompakt-disklarda ma’lumotlar bitta spiralsimon yo‘lka bo‘ylab yoziladi. Ba’zan trek deb ataladi. " Yo‘lning optik uzunligi|"Yorug‘lik nuri yo‘lining muhit sindirish ko‘rsatgichiga ko‘paytmasi. Yo‘lning optik uzunligi miqdor jihatdan yorug‘lik nurining shu vaqt ichida vakuumda o‘tgan yo‘liga teng. " Yo‘nalganlik diagrammasining oraliq burchagi|"Yo‘nalganlik diagrammasi bosh yaprog‘ining burchak kengligiga teng. Uning chegarasida nurlanish quvvati maksimal quvvatning kamida yarmini tashkil etadi. " Yo‘nalish|"Ma’lumotlar uzatish tarmog‘i uzellarining ketma-ketligi, unda ma’lumotlar paketi manbadan qabul qilgichga uzatiladi. " Yo‘nalish bort antennasi|"Samolyot bortidagi, radiolokatsion qo‘nish tizimining yo‘nalish (glissada, marker) radiomayog‘i radiosignallarining qabulini ta’minlaydigan antenna. " Yo‘naltirilgan antenna|"Muayyan yoki ma’lum yo‘nalishlarda, boshqa yo‘nalishlarga nisbatan radioto‘lqinlarning nurlanishi yoki qabul qilinishini samarali ta’minlaydigan antenna. " Yo‘naltirilgan graf|"Har bir qirrasi yo‘nalishga ega bo‘lgan graf. " Yo‘naltirilgan interfeys|"Qar.: Вirga yo‘naltirilgan interfeys. " Yo‘naltirilgan optik tarmoqlagich|"Optik qutblar o‘rtasidagi uzatish koeffitsiyentlari optik nurlanishning tarqalish yo‘nalishiga bog‘liq optik tarmoqlagich. " Yo‘naltirilmagan antenna|"Berilgan tekislikda barcha yo‘nalishlar bo‘yicha radioto‘lqinlar tarqalishi yoki qabul qilinishining bir xil samaradorligini ta’minlaydigan antenna. " Yo‘naltirilmagan optik tarmoqlagich|"Optik qutblar o‘rtasidagi uzatish koeffitsiyentlari optik nurlanishning tarqalish yo‘nalishiga bog‘liq bo‘lmagan optik tarmoqlagich. " Yo‘q qilish|"Hujjatlarni yo‘q qilish yoki chiqarib tashlash jarayoni, bu jarayondan so‘ng hujjatlarni qayta tiklab bo‘lmaydi. " Yo‘qotilgan klaster|"Tizim xatoliklari yoki foydalanuvchining ba’zi harakatlari natijasida (mashina ilova yopilmagan paytda o‘chirilganda) diskli xotira elementlarining, ya’ni ma’lumotlar bo‘lgan faylning bir qismi «yo‘qoladigan» vaziyat. Yo‘qotilgan klasterlar foydalanuvchi uchun foydalanish mumkin bo‘lgan xotira hajmini kamaytiradi. " Yo‘qotilgan telefon yuklama|"Qarab chiqiladigan vaqt intervali ichida keladigan va xizmat ko‘rsatilgan telefon yuklamalar o‘rtasidagi farq. " Yo‘qotilgan telefon chaqiruvi|"Xizmat ko‘rsatilishi bo‘sh va soz holatdagi kommutatsion aloqa asboblari hamda telefon tarmog‘i bog‘lamida liniyalar, kanallar bo‘lmasligi tufayli bog‘lanish o‘rnatilishi bilan tugamagan telefon chaqiruv. " Yo‘qotilgan chaqiruv|"Aloqa o‘rnatish jarayonida yakunlanmasdan qolgan chaqiruv. Abonentning bandligi tufayli chaqiruvga bo‘lgan muvaffaqiyatsiz urinish yo‘qotilgan chaqiruv hisoblanmaydi. " Yo‘qotish, yo‘qotishlar|"Signallarning radioto‘lqinlar tarqaladigan muhitda va signallarni o‘zgartiradigan qabul qiluvchi-uzatuvchi uskunada susayishi. " Yo‘riqnoma, komanda|"1. Tizim, qurilma yoki alohida dastur bilan ishlash tartibini reglamentlaydigan hujjat. So‘nggi vaqtda kompyuterlar yoki dasturiy mahsulotlar uchun yo‘riqnoma ko‘pincha, mashina tashuvchilardagi matnli fayl sifatida yetkazib berilmoqda. 2. Kompyuter dasturi bo‘lib, o‘zida protsessor yoki yo‘riqnoma interpretatori tomonidan bajariladigan ketma-ketlikni aks ettiradi. Dasturlashga tatbiqan preprotsessor yo‘riqnomasi tushunchasi mavjud. Kompilyator dasturning o‘zidan nusxa ko‘chirishdan oldin bajarilishi kerak bo‘lgan operatsiyalar. " Yoʻnalganlik diagrammasining notekislik koeffitsiyenti|"θ oʻzgarmas burchakda amplitudaviy yoʻnalganlik diagrammasi darajasining uning maksimal qiymatidan nisbatan ogʻishi. " Yoʻnalganlik kross-qutblanish diagrammasi|"Kross-qutblanishli tashkil etuvchi uchun yoʻnalganlik diagrammasi. " «Yo‘g‘on» mijoz|"«Ta’sirchan» mijozning aksi bo‘lib, o‘zining ko‘p hisoblash resurslariga ega tarmoqdagi shaxsiy kompyuter. " «Yo‘g‘on» Ethernet (10Base5)|"10Base5 spetsifikatsiyasi. Ethernet standartini RG9 turidagi «yo‘g‘on» koaksial kabeldan (u sariq rangda bo‘ladi) foydalanib amalga oshiriladi. U stansiyalar orasidagi masofani 500 m gacha bo‘lishini ta’minlaydi. (3COM uskunasidan foydalanib masofani 1000 m gacha uzaytirish mumkin). Z " Zaiflik|"1. Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimidagi kamchilik, undan foydalanish tizim yaxlitligi buzilishiga va noto‘g‘ri ishlashiga olib kelishi mumkin. Izohlar 1. Yaxshi himoya qilinmaganlik dasturlash xatolari, tizimni loyihalashda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, ishonchli bo‘lmagan parollar, viruslar yoki boshqa zararli dasturlar ta’sirlari va sh.k. natijasi bo‘lishi mumkin. 2 Agar yaxshi himoya qilinmaganlik mavjud bo‘lganda tegishli tahdid bo‘lsa, unda risk ham mavjud bo‘ladi. 2. Tizim xavfsizlik siyosatini buzish uchun qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan, protseduralar, loyihadagi, amalga oshirishdagi, tizimni ichki nazorat qilishdagi xatolar yoki kamchiliklar keltirib chiqargan, tizim muhofaza vositalaridagi kamchilik. 3. Muhofazani yengib o‘tishga olib kelishi mumkin bo‘lgan, tizimning muhofaza vositalarini ishlab chiqish, amalga oshirish yoki boshqarishdagi yo‘qotishlar yoki vakolatlarni tayinlashdagi xato. 4. Aktivlar yoki boshqarish vositalarining bir yoki undan ko‘p tahdid foydalanishi mumkin bo‘lgan zaifligi. 5. Tizimning tahdid yuzaga kelganda, muhofaza qilinishi buzilishiga olib keladigan xususiyati. Zaiflik mos darajada loyihalanmaslik yoki to‘la sozlanmaslik tufayli tasodifan yuzaga kelishi yoki yomon niyat natijasi bo‘lishi mumkin. " Zaifliklar tahlili|"TCP- va UDP-portlarni skanlashni va tegishli servislar identifikatsiya qilinishini, operatsion tizimlarni masofadan identifikatsiya qilishni, tarmoq xizmatlarining zaif joylarini aniqlashni, shuningdek, tegishli hisobotlar ishlab chiqarishni o‘z ichiga oladigan faoliyat. " «Zangori» shovqin|"Spektral zichligi chastota o‘zgarishiga qarab chiziqli oshib boradigan shovqin. " «Zarang yaprog‘i» turidagi antenna|"O‘qqa nisbatan radial simmetrik bo‘lgan uchta yoki to‘rtta o‘xshash komplanar yopiq konturlardan iborat antenna. " Zarar|"1. Obro‘sizlantirish natijasida yuzaga kelgan zarar yoki ziyonning miqdoriy o‘lchovi. 2. Tizim komponentlaridan birining ochiq shikastlanishi yoki tizim komponentlarining ishlash qobiliyati yo‘qolgan holatga tushib qolishi, shuningdek, axborotning turli ko‘rinishda chiqib ketishi hamda tizim ba’zi fizik va mantiqiy xarakteristikalarining o‘zgarishi. " Zararlangan|"Noto‘g‘ri hisoblanadigan (disklar ishlashidagi yoki tarmoqdagi to‘xtalish sababli), shuningdek, nazorat summasi buzilgan ma’lumotlar ishdan chiqqan hisoblanadi. Ularning keyinchalik qo‘llanilishi, tabiiyki, mumkin emas. " Zararli dastur|"Apparat, dasturiy-apparat yoki dasturiy usulda amalga oshirilgan va biror-bir ruxsat etilmagan yoki jinoyatkorona harakatlarni bajarish uchun mo‘ljallangan dastur. Izoh – Zararli dasturlarga mantiqiy bomba, troyan oti, virus, qurt misol bo‘la oladi. " Zararli xalaqit|"Radionavigatsiya xizmati yoki boshqa xavfsizlik xizmatlari faoliyatiga xalal beradigan yoki sifatini sezilarli darajada yomonlashtiradigan, Radioaloqa reglamentiga muvofiq ishlaydigan radioaloqa xizmatlari faoliyatini qiyinlashtiradigan yoki bir necha marta to‘xtashiga olib keladigan xalaqit. " Zastavka, tizimning boshlang‘ich ekrani|"Odatda logotip, dastur versiyasi, mualliflik va/yoki litsenziya huquqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar saqlanadi. " Zaxira nusxa ko‘chirish serveri|"Fayllardan, har bir faylning ikkita nusxasi har doim mavjud bo‘ladigan tarzda nusxa ko’chirish uchun mo‘ljallangan dasturiy ta’minot yoki apparat vositalar. " Zaxiralash|"1. Ma’lumotlarni uzatish vaqtida xatolarni aniqlash yoki ularni avtomatik tarzda to‘g‘rilash imkonini beradigan ortiqcha bitlarni kiritish. 2. Ishga yaroqsiz element funksiyalarini avtomatik tarzda doimo tayyor holatda bo‘lgan zaxira elementiga uzatuvchi o‘ta muhim tizim elementlarining takrorlanishi. " Zaxiralash tarkibi (to‘plami)|"Zaxira nusxani tashkil qiladigan fayllar majmui. " Zaxiralash tartiboti|"To‘xtab qolish yoki avariyadan keyin ma’lumotlarning qayta tiklanishini ko‘zda tutuvchi tartibot. Masalan, zaxira fayllarni yaratish. " Zayom|"Operandlar (razryadlar) raqamlarining farqi manfiy bo‘lganda, protsessorning chiqarib tashlash (ayirish) operatsiyalarida bayroqni shakllantirishi. " Ziddiyatsizlik|"Ikki yoki undan ko‘p mantiqiy obyekt orasidagi bog‘langanlik xarakteristikasi, ular orasida qandaydir ochiq ziddiyatlar yo‘qligini ko‘rsatadi. " «Zip» arxivatori|"Shaxsiy kompyuterlar uchun mo‘ljallangan ommaviy fayllar arxivatorlaridan biri. Internetda keng tarqalgan arxivlar formati. Arxivlangan siqilgan fayllar odatda, «zip» kengaytmasiga ega bo‘ladi. " Zich bufer|"Har bir tola diametri 900 mikrongacha bo‘lgan termoplastik himoya qobig‘i bilan zich o‘raladigan kabel konstruksiyasi. U orqali tola chegaraviy tortish kuchining yuqori ko‘rsatgichiga erishiladi, bu esa montaj, ekspluatatsiya qilish va ulanishlar bajarilishining pishiqligi hamda ishonchliligini taʼminlaydi. " Zich to‘lqinli multipleksorlash|"Kanallar o‘rtasida 100 GHz va undan kam bo‘lgan masofa bilan 16 gacha va undan ko‘p multipleks kanallarini tola bo‘ylab uzatish imkonini beradigan 1550 nm oynada kanallarni zich joylashtirish texnologiyasi. Izohlar 1. DWDM texnologiyasi 2,5 Gbit/s dan 160 Gbit/s gacha tezlik bilan keng polosali signalni uzatish imkonini beradi. 2. SDH va DWDM texnologiyasi o‘tkazish qobiliyati bo‘yicha 2,5 Gbit/s dan 10 Gbit/s gacha uzatish tezligi diapazonini qoplash imkoniyatiga ega bo‘lgan o‘zaro to‘ldiruvchi texnologiyalar hisoblanadi. " Zombi kompyuteri|"Uchinchi shaxslar tomonidan egasining xabarisiz yopiq yoki tijorat tarmog‘i (masalan, Internet)ga kirish, hisoblash resurslaridan foydalanish (klasterizatsiya), spam jo‘natish va h.k. uchun ishlatilayotgan tarmoqdagi kompyuter. Jo‘natma kompyuter egasining xabarisiz amalga oshiriladi. Zombi kompyuterlaridan, shuningdek, ochiq proksi ishlatiladigan maqsadlarda ham foydalaniladi. " Zona|"1. Umumiy tarzda bu atama makon va zamondagi har qanday berilgan soha yoki uchastkani bildiradi, masalan, aloqa tizimi qamrab oladigan geografik hudud, signallar fazasining chastotaviy sohasi, xotira uchastkasi va b.lar. 2. Hududning, ichida ma’lum ish sharoitlari ta’minlanadigan qismi. 3. Global tarmoqlarda – yirik tarmoqning quyi (kichik) tarmog‘i. Macintosh muhitida, serverlar va printerlar kabi tarmoq resruslarini izlashni osonlashtiradigan tarmoq komponentalarining mantiqiy birlashishi. DNS ma’lumotlar bazasida DNS serveri bilan boshqariladigan, ma’lumotlar bazasini boshqaruvchi birlik. " Zona bo‘yicha qayd qilish|"Avtonom qayd qilish usuli, unda mobil stansiya xizmat ko‘rsatish zonasiga har bir kirishda qayd qilinadi. Izoh − Bunday qayd qilish usulida mobil stansiyaning tezkor xotira qurilmasida ruxsat etilgan aloqa zonalarining ro‘yxati bo‘lishi shart emas. " Zona kodi|"Geografik zona kodi. DVD-disklar bilan ishlashni va ularga cheklovlar qo‘yishni yengillashtirishga mo‘ljallangan. Bundan tashqari telekommunikatsiyada shahar kodining boshida bo‘lgan uchta raqamdan iborat kod bo‘lib, aholi yashash punkti joylashgan hududni ifodalaydi. " Zummerlash|"1. Obyektivning fokus masofasini o‘zgartirish tufayli tasvirning o‘lchamini kattalashtirish yoki kichraytirish. 2. Ekranda obyektni kattalashtirish yoki kichraytirish. " Zveno; trakt|"Aloqa tizimining yoki ketma-ketlikdagi bir nechta uchastkadan iborat bo‘lgan, boshdan oxir daxldorlikdagi birikmaning bir qismi. " Zveno-viruslar|"Dastur kodini o‘zgartirmaydigan, balki operasion tizimni zararlangan dastur diskida joylashgan manzilni o‘z manziliga o‘zgartirgan holda, o‘zining kodi bajarilishiga majbur qiladigan viruslar. Virus kodi bajarilgandan so‘ng, boshqarish odatda, foydalanuvchi tomonidan chaqiriladigan dasturga beriladi. " Zvenogo kira olish tartiboti|"«D» kanali uchun maʼlumotlar uzatish zvenosiga kira olish protokoli. OSI ning 2-pog‘onasi protokoli. «Nuqta-nuqta» rejimida ISDN ikki qo‘shni uzel o‘rtasida bog‘lanish o‘rnatilishida foydalaniladi. O‘ " «O‘limni anglatuvchi ko‘k ekran»|"Windows operatsion tizimidagi o‘ta jiddiy xato to‘g‘risida xabar. Ish jarayonini faqat kompyuterni qayta yuklabgina tiklash mumkin. " O‘n oltili sanoq tizimi|"Asosi 16 bo‘lgan (0-9 raqamlari va A, B, S, D, E, F) sanoq tizimida sonlarni aks ettirish. " O‘ng stereoskopik televizion tasvir|"O‘ng ko‘zga stereoskopik televideniye vositalari orqali taqdim etilgan alohida tasvir. " O‘nli sanoq tizimi|"Hozirda qabul qilingan sanoq tizimi. Unda 0 dan 9 gacha bo‘lgan raqamlardan foydalaniladi. Uning har bir razryadi 10^n ga teng. " O‘nlik tabulyatsiya belgisi|"O‘nlik nuqtali jadvalda sonlarning tartiblanishini ta’minlaydigan belgi. " O‘q bo‘ylab nurlatishga teskari antenna|"Odatda, antenna ko‘zgusining fokusida joylashgan, markaziy nurlagichli o‘qqa nisbatan simmetrik antenna. " Oʻqdosh (koaksial) antenna|"Bir nechta bir-biriga parallel va bitta gorizontal tekislikda joylashgan yarim toʻlqinli vibratorlar, ularning orasidagi masofa gorizontal tekislikdagi toʻlqin uzunligining yarmiga teng. " O‘qib bo‘ladigan|"Obyekt (fayl, disk va sh.k.)larning mazmunini o‘qish imkonini tavsiflaydigan xususiyat. " O‘qib bo‘linganni bo‘shatish|"Diskdan foydalana olishni optimallash usuli, o‘qib bo‘lingan bloklarning nusxalari saqlangan asosiy xotira keyingi bloklarni hisoblashda avtomatik tarzda bo‘shatiladi. " O‘qitadigan (o‘rgatadigan) dastur|"Diskda yozilgan interaktiv darslar to‘plami yoki elektron darslik ko‘rinishida taqdim etilgan muayyan materialni o‘rganish uchun mo‘ljallangan dasturiy vositalar. " O‘qitish tizimi|"Foydalanuvchilarni o‘qitib o‘rgatish uchun mo‘ljallangan tizim. Sunʼiy tafakkur va bilimlar bazasini ishlatishga asoslanadi. Asosiy masala foydalanuvchilarning tayyorgarlik darajasiga va ularning olingan axborotni o‘zlashtirishiga qarab, bilimlarni samarali uzatishdir. Muxtor (ayrim shaxsiy kompyuterlarda ishlaydigan) va tarmoq (Internet serverlarida joylashgan) taʼlim tizimlari farqlanadi. O‘qitish tizimi g‘oyalarining rivojlanishi masofadan o‘qitishning tarmoq vositalari yaratilishiga olib keldi. " O‘qish|"Tashqi xotira qurilmalaridagi ma’lumotlarni tezkor xotiraga qaytadan yozish jarayoni. Bunda tashqi qurilmadagi ma’lumotlar saqlanadi. " O‘qish uchun ruxsat|"Ma’lumotlarni o‘qish uchun ruxsat beradigan foydalana olish huquqi. " O‘qishdan ilgarilab ketish|"Faylning navbatdagi bloki bilan birga asosiy xotirada va bir nechta keyingi bloklarda o‘qiladigan diskdan foydalana olishni optimallash usuli. " O‘qishdan muhofaza qilish|"Ma’lumotlarni o‘qish uchun faylga murojaat qilishning taqiqlanishi. Faqat ma’lumotlarni yozishga ruxsat etiladi. " O‘qqa simmetrik parabolik antenna|"O‘qqa simmetrik parabolik ko‘zgu ko‘rinishidagi, uning F fokusida joylashgan nurlagichli antenna. " O‘quv televideniyesi xizmati|"Asosan, ta’limda foydalaniladigan mikroto‘lqinli, o‘ta yuqori chastotali televizion eshittirish usuli. " «O‘quvchilar-yozuvchilar»|"Jarayonlarning o‘zaro hamkorlik sxemasi, bunda umumiy resurs va jarayonlarning ikkita: o‘quvchilar (resursni faqat o‘qishlari mumkin, lekin uni o‘zgartira olmaydilar) va yozuvchilar (resursni o‘zgartiradilar) guruhlari mavjud. Har bir onda resurs bilan bir nechta o‘quvchilar (resurs yozuvchilar tomonidan o‘zgartirilmaganda) ishlashlari mumkin, lekin bitta yozuvchidan ko‘p bo‘lmasligi kerak. " O‘ralgan juft|"Bir-biriga o‘ralgan va simmetrik uzatish liniyasini hosil qiluvchi izolyatsiyalangan ikkita sim. O‘rashda simlar bir-biriga nisbatan qandaydir burchak ostida bo‘ladi, bu ular o‘rtasidagi sig‘im va induktiv bog‘lanishni pasaytiradi. Bundan tashqari, o‘ralgan juft bo‘lagining simmetrik bo‘lishi uning to‘g‘rilashlarga, birinchi galda, differensial xalaqitlarga sezgirligini pasaytiradi. O‘rash qadami qancha kichik bo‘lsa, har tomonlama xalaqitlarning darajasi shuncha past, biroq, kabelning uzunlik bo‘yicha so‘nishi va signalning tarqalish vaqti shuncha katta bo‘ladi. " O‘ram|"Ma’lumotlarni, ularni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan standart shakldan, saqlash va aloqa kanallari orqali uzatish uchun ixcham holda taqdim etiladigan shaklga o‘zgartirish jarayoni. Bu operatsiyani turli algoritmlar va turli siqish koeffitsiyentlari bilan amalga oshiradigan ko‘plab dasturlar mavjud. Joylashtirish mustaqil operatsiya, lekin arxivlashda ham foydalanilishi mumkin. Ba’zan, arxivlash yoki siqish deb ataladi. " O‘ramli almashlash|"Ma’lumotlar ikki o‘lchamli matritsada hisoblab chiqiladigan va matritsaning har bir qatori uning matritsasidagi pozitsiyasiga muvofiq vaqt bo‘yicha kechikadigan almashlash usuli. Matritsadan ma’lumotlar bloklarini hisoblab chiqishda ularning tartibi o‘zgarishi sodir bo‘ladi. " O‘rgatuvchi ketma-ketlik|"Radioto‘lqinlar tarqalish kanalining xarakteristikalarini baholash uchun ishlatiladigan ketma-ketlik. O‘rgatuvchi ketma- ketlikning belgilari, odatda kadr o‘rtasida joylashadi. " O‘rgimchak|"Tarmoqni doimiy ravishda kezib veb-sahifalardan axborot yig‘ib yuruvchi (ularni indekslovchi) maxsus dastur (izlash roboti, avtomati, agenti, o‘rgimchak, qurt). Odatda «o‘rgimchak» o‘z eʼtiborini hujjat tavsifiga va sarlavhalarga qaratadi, baʼzan hujjat matnini ko‘rib chiqadi va qaysi so‘zlar va iboralar kalitli ekanligini tushunishga harakat qiladi. " O‘rnatilgan dasturiy ta’minot|"Dasturiy ta’minotning turkumi, bu turkumga tayanch kiritish chiqarish tizimi (BIOS), sozlovchi monitor, kiritiladigan testlar, kiritiladigan interpretator va maxsus ilovalar kiradi. " O‘rnatilgan dasturiy ta’minot auditi|"Tashkilotning barcha kompyuterlarida o‘rnatilgan dasturiy ta’minotning qonuniyligini, ishlash qobiliyatini, muntazam tekshirish, shuningdek, dasturiy ta’minotni kuzatib borish va foydalanuvchilarni texnik qo‘llab-quvvatlash. " O‘rnatilgan kompyuter|"Hisoblash tizimining uzeli sifatida foydalaniladigan kompyuter. " O‘rnatilgan operatsion tizim|"Printerlar, kassa apparatlari va boshqa tashqi qurilmalarga o‘rnatiladigan oddiy operatson tizim. U tashqi qurilmaning tarmoqqa bog‘lanishini ta’minlaydigan mikroyadro va funksional bloklardan iborat. " O‘rnatilgan qurilma|"Axborotni olish mumkin bo‘lgan joyga (shu jumladan to‘siqqa, konstruksiyaga, uskunaga, interyer predmetiga, transport vositalariga, shuningdek, axborotni qayta ishlash texnik vositalariga va tizimiga) yashirin joriy qilinadigan (qo‘yiladigan yoki kiritiladigan) axborotni olish vositasining elementi. " O‘rnatilgan tezkor xotira qurilmasi|"Mikrokontoller mikrosxemasi ichiga oʻrnatilgan tezkor xotira qurilmasi. " O‘rnatilgan tizim|"Boshqa uskuna bilan birga ishlaydigan va u bilan bitta konstruksiyada yoki berilgan uskuna ichida joylashtiriladigan kompyuter tizimi. " O‘rnatilgan xotira|"Mikroprotsessor mikrosxemasiga, masalan, grafik tezlatgichga o‘rnatilgan xotira. " O‘rnatilgan shrift|"Printerning doimiy xotira qurilmasida saqlanadigan shrift. " O‘rnatish, installyatsiya|"Foydalanuvchi-odam tomonidan bajariladigan, BOni qo‘llaniladigan muhitga o‘rnatish hamda uni ishchi holatga keltirish jarayoni. Izoh – Bu jarayon odatda, faqat bir marta BOni qabul qilgandan va olingandan keyin bajariladi. " O‘rnida yo‘q abonentlar xizmati|"Kiruvchi chaqiruvlarga avtomatik javob berishni amalga oshiruvchi va chaqiruvlar mazmunini yozib olish imkoniga ega bo‘lgan xizmat. " O‘rniga qo‘yish|"1. Bitlar yoki simvollar ketma-ketligi boshqa bitlar yoki simvollar ketma-ketligi bilan almashtiriladigan shifrlash. Izoh – Olingan shifrmatn o‘rniga qo‘yish shifri deb ataladi. 2. Bir blokni boshqasiga bilan almashtirish bilan bog‘liq va ma’lum koddan foydalanuvchi kriptografik operatsiya. " O‘rnini bosish|"Kriptotizim yoki autentifikatsiya qilish tizimidagi hujum turi. Bunda xabar yodda saqlanadi va boshlang‘ich xabarning o‘rnini bosgan yoki takrorlagan holda, keyinroq yana uzatiladi. " O‘rnini (tartibini) almashtirish|"1. Ma’lumotlar blokidagi ayrim bitlar yoki simvollarning o‘tish tartibini o‘zgartirish bilan bog‘liq kriptografik operatsiya. 2. Bitlar yoki belgilar ma’lum sxema bo‘yicha almashtiriladigan shifrlash. Izoh – Olingan shifrmatn o‘rnini almashtirish shifri deb ataladi. " O‘rta balandlikdagi Yerga yaqin orbita|"9000 km dan 13000 km gacha bo‘lgan balandlikda joylashgan doiraviy orbita. Orbitada 8-12 ta yo‘ldosh mavjud bo‘lganda, Yer yuzasining uzluksiz global qamrab olinishi ta’minlanadi. " Oʻrta toʻlqinlar|"Toʻlqin uzunligi 1000 m dan 100 m gacha boʻlgan radiotoʻlqinlar, MF (0,3-3 MHz) chastotalar diapazoniga toʻgʻri keladi. " O‘rtacha chastotalar|"0,3 MHz dan 3 MHz gacha diapazonda yotadigan chastotalar sohasi. Bu chastotalarga oʻrta toʻlqinlar mos keladi (λ = 100-1000 m). " O‘rtachalash koeffitsiyenti (o‘rtachalash)|"Impuls davomiyligining, ikki qo‘shni impulslar o‘rtasidagi intervalning davomiyligiga nisbati. " O‘rtachalashtirilgan fikr ko‘rsatgichi|"Nutq tushunarliligining o‘rtacha ekspert bahosi. Nutq sifatini subyektiv testlash usuli. Nutq kodeklarining xarakteristikalarini taqqoslash uchun foydalaniladi. Bunda tinglovchilar besh balli tizim bo‘yicha baho qo‘yadilar. MOS natijalovchi bahosi katta sondagi baholashlar uchun o‘rtacha arifmetik sifatida hisoblab chiqariladi. " O‘sib boruvchi tizim|"Yangi xizmatlarning kiritilishi mavjud aloqa xizmatlarining minimal o‘zgarishlari bilan kechadigan, qurilmalarning qo‘shilishi esa, amaldagi arxitektura chegarasi ichida amalga oshadigan tizim. " O‘simlik qoplamidagi so‘nish|"Yer sirtidagi o‘simlik qoplamida radioto‘lqinlarning susayishi diffuziya xarakteriga ega. Izoh ‒ Radioreleli trassada o‘simliklar mavjud bo‘lgan nisbatan uncha katta bo‘lmagan uchastkalarda, masalan, tekis joydagi o‘tli qoplam qaytish koeffitsiyentini jiddiy o‘zgartirishi va radioto‘lqinlarning tarqalish sharoitlariga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. " O‘ta aktiv axborot tizimi|"Kodlovchi va dekodlovchi qurilmalarni har xil materialli obyektlar sifatida ifoda etadigan axborot tizimi. " O‘ta katta integral sxema|"Elementlar soni juda katta (50 mingdan 100 minggacha) bo‘lgan integral sxema. " O‘ta kuchlanishdan himoyalash|"Apparaturaning o‘ta kuchlanishdan himoya qilinishini taʼminllaydigan gaz-razryad lampalar, yarimo‘tkazgichli varistorlar va boshqa asboblardan foydalanish. " O‘ta uzun ketma-ketlik|"Yuqori kriptobardoshlilik va o‘ta uzun takrorlanish davriga ega psevdotasodifiy ketma-ketlik. " O‘ta yuqori chastotalar|"Santimetrli to‘lqinlarni qamrab oluvchi, 3 GHz dan 30 GHz gacha bo‘lgan radiochastotalar sohasi. O‘ta yuqori chastotalar diapazonidan asosan, radiolokatsiyada, radioaloqada, shuningdek radiospektroskopiyada foydalaniladi. " O‘ta yuqori chastotalarni uzatish liniyasi|"Elektromagnit tebranishlarning tarqalish sohasini chegaralovchi va o‘ta yuqori chastotali elektromagnit energiyali oqimni berilgan yo‘nalishda yo‘naltiruvchi qurilma. " O‘ta yuqori chastotali kirish, O‘YuCh-kirish|"Signallarni konvertor chiqishidan qabul qilish uchun mo‘ljallangan kirish ajratgichi. " O‘tish|"1. Holat yoki ish rejimining almashinishi, masalan, bo‘sh liniyaning egallagan holatga almashinishi. 2. Ko‘ndalang kesimi turlicha bo‘lgan ikkita to‘lqin o‘tkazgichni ulash yoki to‘lqin o‘tkazgichli va koaksial uzatish liniyalarini biriktirish uchun xizmat qiladigan element. " O‘tish nuqtasi|"1. Yassi, pol ostidan o‘tadigan kabel terminal yoki shkafdan keladigan oddiy dumaloq telekommunikatsiya simlari yoki kabellari bilan ulanadigan joy. 2. Gorizontal kabel tizimidagi kabelning shakli o‘zgaradigan, masalan, yassi kabel dumaloq kabel bilan yoki elementlari soni turlicha bo‘lgan kabellar bilan ulanadigan joy. " O‘tishdagi kesishuvchan xalaqitlar|"Bir signal yo‘nalishini boshqa biriga elektromagnit to‘g‘rilash keltirib chiqaradigan shovqin va xalaqitlar. Ularning xarakteristikalari odatda detsibelda ifodalanadi. " O‘tishdagi so‘nish|"Signalni bir zanjirdan boshqasiga uzatishda vujudga keladigan quvvat yo‘qotishlari. So‘nishlar odatda, quvvat birligida ifodalanadi. " O‘tkazgich|"1. O‘ralgan juft hosil qilishda foydalaniladigan yoki erga ulash simi sifatida qo‘llaniladigan, alohida izolyatsiyalangan bitta simli mis o‘tkazgich. 2. Kataloglar tizimida navigatsiya vositasi (hujjatlar, rasm ko‘rinishidagi axborot va fayllarni boshqarish) yoki boshqaruv pulti. " O‘tkazib yuborish|"Bitta yoki bir nechta pozitsiyalardan sakrab o‘tishni anglatuvchi harakat. " O‘tkazish koeffitsiyenti|"Modda qatlamidan chiqqan nurlanish oqimining, unga tushayotgan nurlanish oqimiga nisbati. " O‘tkazish polosasi|"Uzatuvchi kanalning chastotalari diapazonida eng baland va eng past chastotlar o‘rtasidagi gerslarda ifodalangan farq – chastotalar diapazonining o‘tkazish polosasi kengligi. Bu atama bilan ko‘pincha kompyuter tarmog‘i bo‘yicha ma’lumotlar uzatishning yuqori qismi belgilanadi. " O‘tkazish qobiliyati|"1. Blokdagi (masalan, LAPD kadrdagi manzilli maydon va qiyoslash kombinatsiyasining maydoni o‘rtasida) va birlik vaqtda bog‘lanish seksiyasi orqali bir yo‘nalishda muvaffaqiyatli uzatiladigan ma’lumotlardagi bitlarning soni. 2. Ma’lumotlar uzatish tizimi orqali o‘tishi mumkin bo‘lgan axborotning chegaraviy yo‘l qo‘yilgan hajmi. 3. O‘rta va cho‘qqi tezlik bilan tavsiflanuvchi tarmoqdagi paketlarni uzatish tezligi. " O‘tkazish qobiliyati, sig‘im|"1. Vaqt birligi ichida kanal yoki tizim orqali uzatilishi mumkin bo‘lgan axborot birligining maksimal miqdorini belgilovchi ko‘rsatgich. Kanalning o‘tkazish qobiliyati fundamental nazariy tushuncha bo‘lib, kanalning mavjud imkoniyatlarini belgilaydi. Tizimning o‘tkazish qobiliyati – bu amalga oshirish murakkabligi va qiymati hisobga olingan uzatish tezligini belgilovchi texnik xarakteristikadir. 2. Xotira qurilmasida saqlanishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarning maksimal miqdori. Sig‘im baytlarda, bitlarda, kodli so‘zlar sonida o‘lchanishi mumkin. " O‘tkazishga moyillik|"Impuls signali takrorlanish davrining yakka impuls davomiyligiga nisbati. " O‘tkazmaslik|"Kabel qobig‘i orqali yuz beradigan energiya yo‘qotishlaridan himoyalanganlik. " O‘tuvchi antenna panjarasi (linzali antenna panjarasi)|"Fazoviy qo‘zg‘atilishga ega, yoki fazoviy va fider qo‘zg‘atilishdan iborat antenna panjarasi, unda radioto‘lqinlarni birlamchi nurlagichdan bitta nurlantiruvchi element bilan, fazoga nurlanish esa boshqa nurlantiruvchi elementlar bilan amalga oshiriladi. " O‘xshashlik|"Tanib olinayotgan va ayrim etalon obyektlar o‘rtasida, qator o‘ziga xos belgilarga ko‘ra, moslikning o‘rnatilishi. " O‘yin|"Ilmiy tushuncha, qayerda ishlatilishiga bog‘liq ravishda turli ma’noga ega bo‘ladi. " O‘yin plansheti|"Kompyuter o‘yinlarini boshqarish uchun mo‘ljallangan, planshet ko‘rinishidagi qurilma. Planshetda dasturlashtiriladigan tugmalar, kursorni boshqaradigan 4 yoki 8 pozitsiyali ko‘rsatgich, mikrojoystiklar, yurgizgichli regulyatorlar va sh.k. joylashtirilishi mumkin. " O‘yin porti|"Kompyuterga o‘yinlarni boshqarish uchun, joystik yoki boshqa qurilmani ulaydigan ajratgich (raz’yom). " O‘yma|"Oldindan tanlangan geometrik shаklning, unda boshqa tasvir qayta tiklanadigan kichik qismi. " O‘z mamlakati chegarasidan chiqib ketilganda barcha kiruvchi chaqiruvlarni taqiqlash|"Mobil abonent o‘z mamlakatining MAT chegarasidan tashqariga ko‘chib o‘tganda, barcha MAT va istalgan mamlakatning bog‘langan TFOP/ISDN kiruvchi chaqiruvlarini qabul qila olmaydigan xizmat. Izoh – Abonent o‘z mamlakatida bo‘lganda, taqiq amal qilmaydi. " O‘z mamlakatining MAT chaqiruvidan tashqari barcha chiquvchi xalqaro chaqiruvlarni taqiqlash|"Mobil abonentga chiquvchi chaqiruvlarni faqat o‘zining MAT va bundan tashqari, o‘z mamlakatining MAT abonentiga jo‘natish imkonini beradigan xizmat. Izoh – Abonent o‘z mamlakatida bo‘lganda, u chaqiruvlarni faqat o‘z hududidagi MAT abonentlariga jo‘natishi mumkin. Mobil abonent, barcha kiruvchi chaqiruvlar taqiqlanganda, kiruvchi chaqiruvlarni qabul qilmasligi mumkin. " «O‘z qo‘liga topshirilsin» belgili pochta jo‘natmasi|"Jo‘natuvchi topshirayotganda pochta aloqasi operatori yoki provayderiga shaxsan adresatga topshirish topshirig‘ini beradigan, ro‘yxatga olinadigan pochta jo‘natmasi. " O‘zaro aloqada ishlash sohasi|"Axborot tizimlari o‘zaro ishlashini taʼminlovchi funksional bloklarning shajaraviy guruhi. O‘zaro taʼsir sohasi bir birining ustiga joylashgan pog‘onalar guruhiga bo‘linadi. Ochiq tizimlarning o‘zaro aloqada ishlashining asosiy etalon modeli OSI yettita pog‘onani ajratadi. " O‘zaro autentifikatsiya qilish|"Autentifikatsiya protsedurasi, unda mobil va bazaviy stansiyalarning ro‘yxatdan o‘tkaziladigan ma’lumotlarini tekshirish bir vaqtda amalga oshiriladi. " O‘zaro bartaraf qilish|"Kritik seksiyaning bajarish rejimi, bunda har bir vaqt onida bittadan ko‘p bo‘lmagan parallel jarayonlar uni bajarishi mumkin. " O‘zaro billing|"Chiquvchi trafik yuzasidan radiokompaniyalar yoki simli aloqa operatorlari o‘rtasida amalga oshiriladigan o‘zaro hisob-kitoblar. " (O‘zaro bog‘langan) rang temperaturаsi|"Rangi bir xil yorqinlikdagi va ma’lum kuzatish sharoitlarida shu stimulning rangiga yanada yaqinroq bo‘lgan qora jism ko‘rinishidagi nurlanish temperaturasi. " O‘zaro korrelyatsion funksiya|"Signallar ansamblining (to‘plamining) korrelyatsion xossalarini tavsiflovchi xarakteristika. Miqdor jihatidan, signallardan birining vaqt bo‘yicha siljitilgan boshqa bir signalning nusxasiga ko‘paytmasi sifatida aniqlanadi. " O‘zaro ta’sir kanali|"Interaktiv televideniyeda – abonent va interaktiv xizmatlar provayderi o‘rtasidagi ikki yo‘nalishli kanal. " O‘zaro ta’sir qiluvchi (birgalikdagi) jarayon|"Boshqa jarayonlarni bajarishga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan yoki ularning ta’sirini sinash jarayoni. " O‘zbekiston davlat xizmatlari portali|"Ma’lumot beradigan-axborot Internet-portal (sayt). Yuridik va jismoniy shaxslarning O‘zbekistondagi davlat xizmatlari, davlat muassasalari, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qatnashadigan tashkilotlarning xizmatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanishini ta’minlaydi, shuningdek, elektron shaklda davlat xizmatlarini taqdim etish. " O‘zbekiston kompyuter hodisalariga chora ko‘rish xizmati|"Qar.: UZ-CERT. " O‘zbekiston Respublikasi pochta markalarining katalogi|"O‘zbekiston Respublikasida qo‘shimcha maʼlumotlar bilan chiqarilgan pochta markalarining xronologik ro‘yxatini o‘zida ifodalovchi maʼlumotnoma nashri. " O‘zbekiston Respublikasining maxsus xotira shtempellari izlarining katalogi|"Muhim sanalar yoki buyuk voqealar munosabati bilan chiqarilgan maxsus xotira shtempellari izlarining xronologik ro‘yxatini o‘zida ifodalaydigan maʼlumotnoma nashri. " O‘zgarish|"Faylga kiritilgan har qanday o‘zgartirishlar yoki sozlashlar. " O‘zgarishlar jurnali|"Fayl, loyiha yoki tizimda ro‘y bergan barcha o‘zgarishlar qaydnomasi. Odatda, tizimni oldingi holatiga qaytarish imkoniga ega bo‘ladi. " O‘zgarishlarni nazorat qilish|"Kompyuter tizimiga yoki tizim ma’lumotlariga yoki ham unisiga, ham bunisiga nisbatan amalga oshiriladigan o‘zgarishlarni boshqarish uchun qo‘llaniladigan protseduralar va mualliflashtirish huquqlari belgilanadigan jarayon. " «O‘zgarmas» ochiq joy|"Matn protsessorlarida ‒ formatlashda uzaytirilmaydigan ochiq joy. Matn protsessori harf sifatida qabul qiladi, shuning uchun so‘zlar shunday ochiq joylar bilan ajratilgan tarkibiy xususiy nomlar qo‘shni satrlar o‘rtasida bo‘linmaydi. " O‘zgarmas yorqinlik bilan uzatish|"Rangli televideniyeni uzatish usuli, bunda quyi eltuvchidagi ranglilik signali tiklanadigan tasvirning rangliligini uning yorqinligiga ta’sir etmagan holda boshqaradi, yorqinlik esa monoxrom signal orqali boshqariladi. Asosiy uzatish ranglari sifatida asosiy yorqinlik rangidan va ikkita asosiy ranglilik rangidan foydalaniladigan uzatish turi. " O‘zgartirgich|"Signallarni bir ko‘rinishdan boshqasiga (masalan, ketma-ketdan parallelga yoki analog ko‘rinishdan diskret ko‘rinishga) aylantirish qurilmasi, shuningdek, signallarni bir chastotadan boshqasiga o‘tkazish. " O‘zgartirilgan|"Biror yangi ma’lumot qo‘shilgani yoki o‘zgartirish kiritilgani to‘g‘risida ma’lumot beruvchi holat. " O‘zgartirish|"Avtomatlashtirilgan tizim fayllaridagi yoki ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlarning mualliflashtirilmagan tarzda o‘zgartirilishi, foydalaniladigan dasturlar algoritmlarining ba’zi bir qo‘shimcha, ruxsat etilmagan tarzda qayta ishlashni bajarish maqsadida, o‘zgartirilishi. " O‘zgartirish bilan guruhli kodlash|"Signalning har bir diskret sanoqlaridan shu sanoqlar to‘plamidan ma’lum chiziqli kombinatsiyalarni birgalikda uzatish. " O‘zgartirish bilan kodlash|"Manbani kodlash usuli, bunda har bir kadr kichik kadrlarga ajratiladi, har bir kichik kadr ustida liniyaviy o‘zgartirish amalga oshiriladi va natijalovchi signal keyin raqamli signalga aylantiriladi. Izoh – Keng tarqalgan o‘zgartirish bilan kodlash turi bo‘lib, diskret o‘zgartirish, ko‘pincha DKO‘ hisoblanadi, buning natijasida signal bitreytini pasaytirish maqsadida kvantlangan va kodlangan koeffitsiyentlarning ketma-ketligi hosil qilinadi. " O‘zgartirish klavishlari|"Shift, Alt va Ctrl klavishlari. Ular o‘zlari biror belgini ko‘rsatish uchun mo‘ljallanmagan bo‘lsada, boshqa klavishlar ishlash tartibini o‘zgartira oladi. " O‘zgartirishrga bo‘lgan ma’qullangan so‘rov|"O‘zgartirishga bo‘lgan, o‘zgartirishlarni boshqarishning bir butun yaxlit jarayoni yordamida qayta ishlangan va ma’qullangan so‘rov. " O‘zgaruvchan attenyator|"Kiritiladigan so‘nishni rostlaydigan attenyator. " O‘zgaruvchan tezlik bilan adaptiv kodlash|"Nutq chastotalar diapazonida signalni siqish uchun maxsus mo‘ljallangan, tovushli fayllarni kodlash formati. Izoh − Yevropa telekommunikatsiyalarni standartlashtirish instituti (ETSI) tomonidan standartlashtirilgan. " O‘zgaruvchan tezlikli kod|"Kodli qism bloklarning uzunligi vaqt bo‘yicha o‘zgaradigan, axborot qism bloklarining uzunligi doimiyligicha qoladigan yuqori aniqlikdagi kodlarni tavsiflashda qo‘llaniladigan kod. " O‘zgaruvchan uzunlikdagi so‘z bilan kodlash|"Paydo bo‘lish ehtimoli yuqori bo‘lgan signal qiymatiga qisqa kodli so‘zlar, paydo bo‘lish ehtimoli past bo‘lgan signal qiymatiga uzun kodli so‘zlar belgilanadigan entropiyaviy kodlash turi. " O‘zgaruvchi|"Dasturlash tili obyekti. Algoritmik tillarda o‘zgaruvchi – bu, xotiraning nomlangan qismidir. Xotiraning bu qismiga o‘zgaruvchining turli qiymatlari joylashtirilishi mumkin, lekin har bir vaqt onida bu yagona qiymat bo‘lishi kerak. " O‘zgaruvchini bog‘lash|"O‘zgaruvchiga qiymatlar berilishi. " O‘zi fazalanadigan antenna panjarasi|"Har bir element traktida signallarning bog‘liq bo‘lmagan fazalanishi hisobiga nurlantiruvchi to‘lqinning kelish yo‘nalishidan qat’i nazar, uning alohida elementlari bilan qabul qilingan signallarning sinfaz qo‘shilishi amalga oshiriladigan antenna panjarasi. " O‘zini-o‘zi kodlash|"Axborotni, kalit sifatida axborotning o‘zidan foydalanib, kodlash. " O‘zini-o‘zi testlash tizimi (dasturi)|"Doimiy xotira qurilmasidagi, kompyuter ta’minoti ulangan holatda, operatsion tizim, klaviatura, diskovod va sh.k.larni testlash bajariladigan mikrodastur. " O‘zlashtirish|"Boshqa uyaga doimiy asosda ajratilgan tarmoq resurslari (masalan, chastota kanallari)dan vaqtincha foydalanish. " O‘zlashtirma (tutib olingan) kanal|"1. Xizmat axboroti vaqtincha uzatib turiladigan axborot kanali. Izoh − TETRA standartida bunday kanal shoshilinch chaqiruvlarni uzatish uchun tashkil etiladi. 2. Radiotarmoqning ish jarayonida axborotli simvollarning uncha katta bo‘lmagan qismini boshqaruv kanallari va xizmat simvollariga almashtirish yo‘li bilan tashkil etiladigan kanal. Izoh − Bunday almashtirish foydali signalning buzilishiga olib kelishi ayon, biroq bir qator holatlarda bunday buzilishlar oson, masalan, delta-modulyatsiyadan foydalanish yo‘li bilan bartaraf etiladi. " O‘z-o‘zidan mahkamlanadigan ajratgich|"Mikrosxema kontaktlarini qisish va bo‘shatish imkonini beradigan, maxsus dastakli ajratgich. Protsessorlarning xotira mikrosxemalarini o‘rnatish uchun uya sifatida foydalaniladi. " O‘z-o‘zidan sinxronlanuvchi oqimli kriptotizim|"Kalit oqimining har bir belgisi vaqtning istalgan onida shifrmatn oldingi belgilarining qayd qilingan soni orqali aniqlanishi bilan tavsiflanadigan oqimli kriptotizim. " O‘z-o‘zidan yuklash dasturi|"Operatsion tizimni yuklash uchun zarur bo‘lgan komandalarning minimal ko‘pligi. " O‘z-o‘ziga tutashuv|"Signal kommunikatsiya kanali bo‘yicha har ikki yo‘nalishdan o‘tib, uzatuvchi qurilmaga qaytadigan diagnostik test turi. " O‘z-o‘zini tekshirish imzosi|"Haqiqiyligi imzo qo‘yuvchi shaxsning roziligisiz istalgan vaqtda tekshirilishi mumkin bo‘lgan raqamli imzo. Bu toifaga ochiq kalitli istalgan raqamli imzo kiritilishi mumkin. " O‘g‘irlangan telefon bilan bog‘liq firibgarlik|"O‘g‘irlangan yoki yo‘qotilgan uyali telefondan, egasi uni yo‘qotgani to‘g‘risida xabar bergungacha, operator esa raqamni blokirovka qilgungacha, ruxsat etilmagan tarzda foydalanish. " O‘chirilgan|"Tizim ishlamayotgan holatdagi rejim. " O‘chirish|"Papka yoki faylni o‘chirish operatsiyasi. Qoida bo‘yicha operatsion tizimlarda o‘chirish operatsiyasi fayl tarkibidagi matnni emas, faqat jadvalda joylashgan fayl nomini o‘chiradi. Keyinchalik bu yerga boshqa axborot yozilmasa, faylni qandaydir qisman ehtimollikda qayta tiklash mumkin. Zamonaviy operatsion tizimlarda o‘chirilgan fayllar batamom o‘chib ketmaydi, balki ular qayta tiklash yoki umuman o‘chirib tashlash mumkin bo‘lgan «axlat qutisi»ga borib tushadi. Bu muhim axborotlar yo‘qolishining oldini oladi. " O‘chirish darajasi|"1. Yorqinlikning nazariy nolinchi darajasiga mos keladigan videosignal darajasi. 2. So‘ndiruvchi impulslarning yassi qismiga mos vaqtdagi videosignal darajasi. 3. To‘liq tasvir signalidagi, tasvir axboroti sohasini sinxronlash axboroti sohasidan ajratadigan, darja. " O‘chirish intervali|"Tasvirni o‘chirish amalga oshiriladigan vaqt intervali. Misol − Satr o‘chirish intervali, maydon o‘chirish intervali. G‘ " G‘alayonlanish|"Radioto‘lqinlar tarqalish sharoitlarining yoki atrof-muhit xarakteristikalarining to‘satdan o‘zgarishi, signalning parazit fluktuatsiyalari yoki shovqinlar oqibatida aloqa vositalari ishining buzilishi. " G‘araz niyatdagi chaqiruv|"Qandaydir do‘q-po‘pisa yoki ogohlantirish mazmunidagi, odatda, anonim chaqiruv. " G‘araz niyatdagi chaqiruvlarni identifikatsiyalash|"Abonentga, maxsus so‘rovga ko‘ra, yomon niyatdagi chaqiruv qilingan telefon raqamini aniqlash va shu raqam bilan bog‘liq ma’lumotlarni olish imkonini beradigan xizmat. Sh " Shablon|"Bir xil turdagi hujjatlarni vyorstkalash yoki kiritishda ishlatiladigan polosani tayyorlash uchun mo‘ljallangan shablon. " Shaffof foydalana olish|"Abonent o‘ziga kerakli resursning qayerda – aloqa kompyuterida, server yoki olisdagi uzelda ekanligini sezmaydigan foydalana olish. Ochiq rejimda aloqa turli liniyalar (yer usti, yo‘ldoshli) orqali amalga oshirilishi mumkin, shu bilan birga, bunday aloqa abonent uchun sezilmasdan qolishi lozim. " Shaffof interfeys|"Tutashuvchi dasturiy-apparat vositalarga o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritilishini talab qilmaydigan interfeys (foydalanuvchiga sezilmaydigan interfeys). " Shaffof tizim|"Foydalanuvchilarga va ilovalarga yagona kompyuter muhiti sifatida taqdim etiladigan taqsimlangan tizim. " Shaffoflik|"Taqsimlangan tizim foydalanuvchiga oddiy markazlashtirilgan tizim kabi taqdim etilishi kerak bo‘lgan tarmoqni tashkil qilishga bo‘lgan talab. " Shahar kirgichi (kirish yo‘li)|"Jamoat va xususiy tarmoqlarga xizmat ko‘rsatuvchi kabellarning (jumladan, antenna kirgichining) binoga kirish joyi, bino devoriga yoki xonagacha kirish nuqtasi yoki kirish xonasi bilan birgalikda. " Shahar (megapolis) tarmog‘i|"Global va lokal tarmoqlar o‘rtasida oraliq holatni egallaydigan aloqa tarmog‘i. Yirik shaharlar (megapolislar) hududiga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan. Yuqori tezlikli magistral optik-tolali aloqa liniyalari bunday tarmoqning asosi hisoblanadi. " Shahar pochta aloqasi bog‘lamasi|"Shaharlarda tashkil etiladigan pochta aloqasi bog‘lamasi. " Shahar pochta yo‘nalishi|"Bitta shaharning pochta aloqasi obyektlarini bog‘lovchi pochta yo‘nalishi. " Shahar telefon stansiyasi|"Shahar abonentlarining telefon aloqasini taʼminlovchi telefon stansiyasi. " Shahar zonasi abonenti|"Shahar hududi doirasida xizmat ko‘rsatiladigan abonent. Izoh − Aloqa ochiq fazodan ham, binolar ichkarisidan ham ta’minlanishi mumkin. " Shaharlararo aloqa liniyasi|"ATS hamda kanallarni kommutatsiyalash markazlarini o‘zaro bog‘lovchi ko‘p kanalli, yuqori o‘tkazish qobiliyatiga ega aloqa liniyasi. " Shaharlararo avtomatik telefon stansiyasi (ShATS)|"Zona ichidagi va shaharlararo bog‘lanishlar o‘rnatilishini taʼminlaydigan shaharlararo avtomatik telefon stansiyasi. " Shaharlararo (hududlararo) kommutatsiya markazi|"Hudud ichida va hududlararo telefon bog‘lanishlar o‘rnatilishini taʼminlaydigan uskunalar majmui. " Shaharlararo telefon tarmog‘i|"Telefon tarmog‘ining, shaharlararo telefon stansiyalari avtomatik kommutatsiya telefon uzellari hamda telefon tarmog‘i kanallarining majmuini o‘zida ifodalaydigan, ularni o‘zaro bog‘laydigan va turli raqamlash zonasidagi abonentlarni telefon aloqasi bilan taʼminlaydigan qismi. " Shakl bo‘yicha so‘rov|"Relyatsion ma’lumotlar bazasiga yo‘llanadigan so‘rov turi. " Shakl, ko‘rinish|"Axborotni chiqarish uchun zaxiraga qo‘yilgan, shuningdek, ko‘pincha maxsus kodlash uchun joyga ega bo‘lgan bo‘sh joyli (probelli) tarkibiy hujjat yoki shablon. " Sharh|"Dasturlashda – til konstruksiyasi bo‘lib, dasturga yoki komanda fayliga uni hujjatlashtirish maqsadida tushuntiruvchi matn sifatida qo‘shiladi. Dastur boshlang‘ich matni translyatsiya qilinganda va komandalar fayli bajarilishi paytida sharhlar tashlab ketiladi. " Sharqiy mintaqa vaqti|"Shimoliy Amerikadagi vaqt zonasi. GMT dan 5 soatga (GMT-05) farq qiladi. Yozgi vaqtga o‘tish mavjud (GMT-04). " Shart|"Sikl va tramoqlanish tuzilishlarda foydalaniladigan, «chin» yoki «yolg‘on» qiymat oladigan mantiqiy ifoda. Masalan, a=2 shart, a 2 qiymatga ega bo‘lsagina «chin» qiymat oladi, boshqa har qanday qiymatlarda a shart «yolg‘on» bo‘ladi. " Shartlar verifikatori|"Dasturning muayyan nuqtalarida bajarilishi kerak bo‘lgan nazorat shartlari va operatorlari bilan ta’minlangan boshqa dasturning matnini tahlil qiluvchi hamda berilgan sharoitlarda dasturlarning haqiqiyligini isbotlovchi dastur. " Shartli-bepul dasturiy ta’minot|"Uncha qimmat bo‘lmagan, bepul tarqatiladigan, biroq qayd qilish va ta’minlash bo‘yicha xizmatlar uchun haq to‘lanadigan dasturiy ta’minot. " Shartli-bepul xayriya dasturiy ta’minoti|"Dastur egasi unga to‘lanadigan mablag‘lar xayriya uchun sarflanishini talab qiladi. Shuningdek, dasturga ijtimoiy yo‘naltirilgan bannerlarni ham joylashtirish mumkin. Masalan, vim matn redaktoridagi «Ugandadagi qashshoq bolalarga sizning yordamingiz kerak» degan yozuv. " Shartli boyliklar|"Pochta to‘lovining davlat belgilari, markalangan varaqchalar va konvertlar, xalqaro javob kuponlari. " Shartli foydalana olish tizimi|"Raqamli televzion dasturlardan foydalana olishni cheklash uchun mo‘ljallangan dasturiy-apparat mexanizmi. Cheklash televizion signalni maxsus himoyalangan algoritmlar bilan shifrlash orqali amalga oshiriladi. " Shartli foydalana olishning yagona interfeysi|"Shartli foydalana olishning turli tizimlarida, berilgan tizim uchun qabul qilgich-dekoderda diskremblerlashning barcha funksiyalarini bajaradigan almashinuvchi moduldan foydalanish yo‘li bilan qabul qilinishini ta’minlash. " Shartli foydalanishga ega televideniye|"Dasturlari aholining muayyan maxsus guruhlari uchun mo‘ljallangan shifrlangan televideniye. Misol − Tibbiyot xodimlari uchun maxsus dasturlar. " Shartli ifoda|"«Agar A va V» ko‘rinishidagi mantiqiy ifoda. " Shartli translyatsiya|"Dasturlash tili vositasi bo‘lib, ba’zi konstantaning qiymatiga bog‘liq ravishda, dastur bir qismi translyatsiya qilinishi yoki qilinmasligiga imkon beradi. " Shartli verifikator|"Dasturning ma’lum bir nuqtalarida bajarilishi kerak bo‘lgan nazorat operatorlari va shartlari bilan ta’minlangan boshqa bir dastur matnini tahlil qiladigan va berilgan dastlabki sharoitlarda ularning haqiqiyligi yoki soxtaligini isbotlaydigan dastur. " Shartli o‘zgaruvchi|"Operatsion tizimlarda wait va signal operatsiyalari bilan ishlatiladigan sinxronlashtiradigan obyekt. " Shaxs identifikatori jetoni|"Tarkibida mikroprotsessor va xotira bo‘lgan, terminalda ishlash paytida shaxsiy guvohnoma sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ixcham qurilma. " «Shaxsan qo‘liga topshirilsin» belgili pochta jo‘natmasi|"Pochta aloqasi obyektidan adresatga kuryer tomonidan yetkazib berilishi amalga oshiriladigan xalqaro pochta jo‘natmasi. " Shaxsiy axborot|"Oshkor qilinishi mumkin bo‘lmagan axborot. Ularni telekommunikatsiya kanallari orqali tarqatish maxsus xavfsizlik choralariga rioya qilinishini talab etadi. " Shaxsiy blokirovkadan chiqarish kaliti|"PIN-kod noto‘g‘ri kiritilganda, SIM kartani blokirovka holatidan chiqarish uchun mo‘ljallangan kalit. GSM tarmog‘idagi har bir abonent PUK kodini oladi. Bu kodni o‘zgartirish mumkin emas. " Shaxsiy hayot sirini muhofazalash|"Shaxsiy hayot sirlarini taʼminlash uchun bajarilayotgan tadbirlar. Ushbu tadbirlar, ayrim shaxslar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni muhofazalash va ularni yig‘ish, to‘plash va ularni qayta ishlashga cheklovlarni o‘z ichiga oladi. " Shaxsiy identifikatsiya raqami|"1. Smart-kartada saqlanadigan va foydalanuvchining shaxsini autentifikatsiya qilish uchun ishlatiladigan noyob kod. 2. Qandaydir shaxsning, unga boshqariladigan tizimga kirish imkonini beradigan shaxsiy kodi. 3. Tizimga kirishga ruxsat olish uchun magnit karta bilan birga terminalga ko‘rsatiladigan parol turi. " Shaxsiy imzo kaliti|"Aniq shaxsga tegishli bo‘lgan va elektron raqamli imzoni yaratishda qo‘llaniladigan ramzlarning tartiblangan to‘plami. " Shaxsiy imzo kalitining egasi|"Shaxsiy imzo kaliti va unga mos imzoni tekshirish kalitini yaratgan aniq jismoniy yoki yuridik shaxsdir. Shaxsiy imzo kaliti egasi o‘z manfaatlaridan kelib chiqqan holda uni sir tutishi va tasodifan yo‘qolishi yoki o‘zgartirilishidan muhofaza qilishi shart. q: elektron raqamli imzo (ERI). " Shaxsiy kalit|"Deshifrlash uchun mo‘ljallangan va faqat uning egasi tomonidan foydalaniladigan kalit. " Shaxsiy kod|"Kompyuterning ichki kodi. Standart interfeyslar orqali markaziy protsessor resurslariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kira olishni ta’minlaydi. " Shaxsiy kompyuter|"Individual foydalanish uchun mo‘ljallangan kompyuter. Kompyuterni shaxsiy kompyuterlar turkumiga kiritishning asosiy mezonlari: o‘lchamlarining kichikligi, ularga xizmat ko‘rsatish zaruratining yo‘qligi, narxining pastligi, funksional universalligi va modernizatsiyalashning soddaligi. Shaxsiy kompyuterlarning yaratilish tarixi 1974-yildan boshlanadi. Shu yili MTTS (AQSh) firmasi Intel 8080 mikroprotsessori asosida Altair kompyuterini ishlab chiqdi. 1975-yilda Stefan Voznyak va Stiv Jobs Apple nomi ostida kompyuter ishlab chiqdilar va dastlabki 200 ta kompyuterni yig‘dilar. 1976-yilning oxirida ular shaxsiy kompyuterlar ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan Apple firmasini tuzdilar. " Shaxsiy kompyuter kartasi|"Shaxsiy kompyuterga ulanadigan uncha katta bo‘lmagan tashqi qurilma. 32-razryadli PC Card texnologiyasi dastlab ixcham shaxsiy kompyuterlarga tashqi xotira qurilmasini ulash uchun ishlab chiqilgan. Shaxsiy kompyuterlarga mo‘ljallangan bu yechim shunchalik muvaffaqiyatli bo‘lib chiqdiki, PC kartalar kompyuterlarning turli rusumlarida ishlatila boshlandi. Shu bilan birga, ulanadigan obyektlar ro‘yxatiga turli tashqi qurilmalar, modemlar, tasvir va tovush kiritish qurilmalari, faks-apparatlar va tarmoqlar kiritildi. " Shaxsiy ma’lumotlar|"1. Fuqaroning shaxsini identifikatsiya qilish imkonini beruvchi dalillar, voqealar va hayot sharoitlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar. 2. Har qanday moddiy tashuvchida qayd etilgan muayyan odam to‘g‘risidagi ma’lumot. " Shaxsiy maʼlumotlar subyekti|"Tegishli shaxsiy maʼlumotlar daxldor bo‘lgan jismoniy shaxs. " Shaxsiy mobillik|"Foydalanuvchining shaxsiy identifikator asosida istalgan terminalda telekommunikatsiyalar xizmatlaridan foydalana olish va tarmoqning, foydalanuvchi uchun xizmatlar profiliga muvofiq, ushbu xizmatlarni ta’minlay olish imkoniyati. Izoh – Shaxsiy harakatchanlik foydalanuvchi chaqiruvlarini manzillash, marshrutlash va taksatsiyalash maqsadlarida foydalanuvchi bilan bog‘liq bo‘lgan terminal joylashgan joyini aniqlash uchun tarmoq imkoniyatlarini o‘z ichiga oladi. " Shaxsiy papka|"Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari (sozlash) uchun mo‘ljallangan papka, ulardan erkin foydalanish boshqa foydalanuvchilar uchun cheklangan. " Shaxsiy radiochaqiruv|"Qar.: Peyjing. " Shaxsiy raqamli sekretar|"Odatda, klaviaturasi bo‘lmaydigan portativ kompyuterning bir turi. Ma’lumotlarni sensorli panelga kiritish/chiqarish maxsus ruchka yordamida amalga oshiriladi. Shuning uchun, ba’zan qo‘lda yozish bilan kiritiladigan kompyuter deb ham ataladi. Shaxsiy raqamli sekretar katta tezkor va doimiy xotiraga ega. Parallel yoki ketma-ket interfeys orqali boshqa kompyuter bilan ma’lumotlar almashinish mumkin. Maxsus operatsion tizim boshqaruvi ostida ishlaydi. Shaxsiy raqamli sekretarning eng mashhuri Apple firmasining Newton idir. " Shaxsiy, raqamli uyali aloqa tizimi|"Yaponiya milliy mobil aloqa standarti. Izoh − Avvalgi nomi JDC. " Shaxsiy sirni muhofaza qilish|"Shaxsiy sirning saqlanishini kafolatlovchi chora-tadbirlarning amalga oshirilishi. Bu chora-tadbirlarga shaxsiy ma’lumotlarni muhofaza qilish hamda ularni to‘plash, umumlashtirish va qayta ishlanishini cheklashlar kiradi. " Shaxsiy xavfsizlik muhiti|"Obyektning shaxsiy kaliti saqlanadigan xavfsiz mahalliy joy, bevosita ishonch qozongan sertifikatlash organining kaliti va mumkin bo‘lgan boshqa ma’lumotlar. Izoh – Obyekt xavfsizligini ta’minlash siyosatiga yoki tizimga qo‘yiladigan talablarga bog‘liq ravishda, bu muhit, masalan, kriptografik muhofazalangan fayl yoki qasddan shikastlashlardan muhofazalangan apparat vositalar markeri bo‘lishi mumkin. " Shaxsiylashtirish|"Plastik kartaga, kartani va uning egasini identifikatsiya qilish imkonini beradigan ma’lumotlarni kiritish, shuningdek, kartaning to‘lov qobiliyati tekshirilishini amalga oshirish jarayoni. " Shaxsni autentifikatsiya qilish, shaxsning haqiqiyligini tasdiqlash|"Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimiga mantiqiy obyektlarni aniqlab olish imkonini beradigan tekshiruvlar (masalan, parol yoki token)ning bajarilishi. " Shaxsning axborot erkinligi|"Insonning o‘z hayoti, kasbiy faoliyati va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan axborotni olish imkoniyati. Shu bilan birga, u yoki bu tabiiy yoki ijtimoiy hodisalar bo‘yicha o‘z nuqtai nazarini ifoda etish, axborotni boshqa odamlarga berish, yaʼni uni jamiyatda tarqatish ham tushuniladi. " Shiddatli manzillash|"Xizmat qilishni rad etishga olib keluvchi kutilmagan yoki atayin qilingan ko‘p hajmdagi maʼlumotlarni kiritish. " Shiddatli oqim|"Fayllarni Internet orqali kooperativ almashinish uchun belgilangan tarmoq protokoli. Protokol Brem Koen tomonidan yaratilgan. Fayllarni alohida fragmentlarga bo‘lish va ularni tarmoqning turli uzellarida saqlash hisobiga, ayrim foydalanuvchilar o‘rtasida trafikning taqsimlanishini ko‘zda tutadi (aynan bitta faylga qancha ko‘p odam murojaat qilsa, uni shuncha tez ko‘chirib olish mumkin bo‘ladi). " Shifr|"Kalitlarni qo‘llagan holda ma’lum qoidalar bo‘yicha amalga oshiriladigan ko‘plab ochiq (dastlabki) ma’lumotlarni ko‘plab mumkin bo‘lgan shifrlangan ma’lumotlarga qaytuvchan almashtirishlar majmui. " Shifr gammasi|"1. Ochiq ma’lumotlarni shifrlash va shifrlangan ma’lumotlarni dastlabki matnga o‘girish uchun berilgan algoritm bo‘yicha ishlab chiqiladigan tasodifiy yoki psevdotasodifiy ikkilik ketma-ketlik. 2. Axborotni shifrlash uchun muayyan algoritm bo‘yicha ishlab chiqiladigan psevdotasodifiy ketma-ketlik. " Shifrator (televideniyeda)|"Televizion signalni shifrlash qurilmasi. " Shifrlagich|"Shifrlash algoritmlarini amalga oshiradigan elektron qurilma yoki dastur. " Shifrlamoq|"Ma’lumotni shifrlangan holda joylashtirish. U maxfiy ma’lumotlarni ishonchli bo‘lmagan joyda saqlashda yoki himoyalanmagan aloqa kanali bo‘yicha uzatishda ishlatiladi. " Shifrlangan fayl tizimi|"Ma’lumotlarni shifrlash algoritmlari orqali fayllar va kataloglarni ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishdan muhofaza qilish imkonini beruvchi fayllar tizimi. " Shifrlangan matn|"1. Qandaydir algoritm yordamida algoritmni bilmasdan turib yoki maxsus kalitsiz uni o‘qib bo‘lmaydigan holatga keltirilgan matn. Maxfiy ma’lumotni saqlash va uzatish uchun xizmat qiladi. 2. Tuzilmasi kriptografik algoritmlardan foydalanib o‘zgartirilgan matn yoki xabarlarning boshqa turi. " Shifrlangan matnga hujum|"Faqat shifrlangan matn asosida kriptoanalitik uyushtirayotgan tahliliy hujum. " Shifrlangan ma’lumotlar|"Elektron hisoblash mashinasida shifrlangan ko‘rinishda saqlanadigan axborot, ya’ni kriptografik muhofaza qilish usullari qo‘llanilgan ma’lumotlar. " Shifrlangan nutq|"Maxsus shifrlash algoritmlari yordamida qayta ishlangan va ochiq aloqa kanallari orqali uzatiladigan nutq signali. " Shifrlash|"1. Kriptotizimlardagi asosiy o‘zgartirish, konfidensial axborotni jo‘natuvchi tomonidan bajariladi. Shifrlashni o‘zgartirish juft (ochiq matn, shifrlash kaliti)ni shifrmatnga o‘tkazadi. 2. Ma’lumotlarni, ularning yashirin uzatilishini ta’minlovchi maxsus algoritmlardan foydalanib, qayta ishlash usuli. Axborotning o‘zgartirilishi kodlash birliklari, odatda, mazmunli so‘z yoki jumlalar bo‘lgan kriptografik usullardan farqli o‘laroq, bitlar yoki ularning ketma-ketligi darajasida amalga oshiriladi. " Shifrlash algoritmi|"Shifrlash funksiyasini amalga oshiradigan algoritm. " Shifrlash funksiyasi|"Shifrda ma’lumotlarni kalitni qo‘llagan holda o‘zgartirish uchun foydalaniladigan funksiya. " Shifrlash kaliti|"Ma’lumotlarni shifrlash va deshifrlash jarayonlarini boshqaruvchi simvollar ketma-ketligi. Izoh − Shifrlash kaliti muayyan foydalanuvchining apparaturasida shunday generatsiya qilinadiki, natijada uni hech kim, jumladan, kriptotizimni ishlab chiqqan shaxsning o‘zi ham, unda kalitli axborotdan foydalana olishga ruxsati bo‘lmagan vaziyatda, ocha olmaydi. " Shifrlash rejimiga o‘tish komandasi|"Bazaviy stansiya tomonidan uzatiladigan va mobil stansiyada shifrlash rejimi o‘rnatilishini boshlab beruvchi komanda. " Shifrlash vositalari|"Axborotni almashtirish kriptografik algoritmlarini amalga oshiruvchi va axborotni qayta ishlash, saqlash hamda aloqa kanallari bo‘ylab uzatishda uni ruxsatsiz foydalana olishdan muhofaza qilish uchun mo‘ljallangan apparat, dasturiy yoki apparat-dasturiy vositalar. " Shifrmatn|"1. Ochiq matnga nisbatan shifrlash algoritmini qo‘llash natijasi. 2. Dastlabki ochiq matnni uning ma’nosini yashirish maqsadida amalga oshiriladigan, shifrmatnga o‘girish natijasi. " Shifrni kalitsiz ochish (deshifrlash)|"1. Shifrlash kalitini bilmasdan shifrlangan matndan dastlabki matnni tiklash bilan tugallanadigan kriptotahlil jarayoni. 2. Raqib va/yoki buzg‘unchi tomonidan ochiq xabarni kriptografik tizimning barcha elementlarini oldindan to‘liq bilmasdan turib tahliliy ochish jarayoni. 3. Televideniyeda – shartli foydalanishni ta’minlash maqsadida shifrlangan axborotni interpretatsiya qilish jarayoni. " Shifrtizim|"Axborotning konfidensialligini shifrlash yo‘li bilan ta’minlaydigan kriptografik tizim. Shikastlangan sektor ing. - bad sector ru – «битый» сектор, поврежденный сектор Axborotni o‘qish/yozishda xatoga yo‘l qo‘yilgan qattiq disk sohasi. Izoh − Operatsion tizim diskni formatlayotganda va o‘qish-yozish operatsiyalarini bajarayotganda shikastlangan sektorlarni aniqlaydi, uni tashkil etuvchi klasterlarni FAT ga disk xotirasini taqsimlashda foydalanish mumkin bo‘lmaydigan qilib belgilab qo‘yadi. " Shina|"1. Ma’lumotlarni uzatish yo‘li (kanali). Odatda, shina bitta yoki bir nechta o‘tkazgich bilan elektr jihatdan bog‘lanish ko‘rinishida amalga oshiriladi va shinaga ulangan barcha qurilmalar signalni bir vaqtda oladilar. 2. Kompyuterlarda – protsessorni kompyuterning barcha elementlari bilan bog‘lash uchun belgilangan o‘tkazgichlar va yordamchi elementlar tizimi. Kompyuter tizimining asosiy komponentlari, jumladan, markaziy protsessor, xotira, kontrollerlar, tashqi qurilmalar ulanadigan parallel o‘tkazgichlar to‘plamini o‘zida ifodalaydi. " Shina interfeysining bloki|"Kod va ma’lumotlar aralashmasini protsessorga qabul qilib, ishlatishga tayyor bo‘lgunga qadar ajratadigan yoki shina orqali hisob-kitob natijalarini yuborgan holda birlashtiradigan blok. " Shina kontrolleri|"Standartga muvofiq, shina bo‘ylab uzatiladigan ma’lumotlar oqimi tuzilishini ta’minlaydigan va shina bo‘ylab signallar uzatilishini boshqaradigan kontroller. " Shina topologiyasi|"Barcha abonentlar ma’lumotlar uzatishning bir magistraliga (shinaga) chiziqli ulanadigan lokal tarmoq topologiyasi. " Shinani boshqarish|"Shinani boshqarish rejimi, bunda muayyan tashqi qurilma, masalan, qattiq disk qandaydir ahamiyatli va katta hajmdagi vazifani bajarar ekan, shinadagi boshqa qurilmalarga ishni vaqtinchalik to‘xtatish va o‘zi shinani boshqarishni (ma’lumotlar yuborish, boshqaruv signallari va komandalarini berish) boshlashi to‘g‘risida komanda beradi. Bunday yondashuvdan odatda, protsessorni bitta shinadagi ikki qurilma o‘rtasida ma’lumotlar va/yoki komandalar yuborish operatsiyalaridan ozod qilish uchun foydalaniladi. " Shkaf|"Kommutatsiya qurilmalari, ulanish nuqtalari, elektr o‘tkazgich yoki aktiv uskunani o‘z ichiga oladigan xona. " Shleyf|"Ma’lum nuqtalarda uzatish liniyasiga ulangan va liniyadagi reaktiv qarshilikni kompensatsiyalash uchun xizmat qiladigan va shu bilan birga liniyani yuklama yoki generator bilan moslashishi uchun xizmat qiladigan liniya bo‘lagi. " Shlyuz|"1. Bitta tizimda foydalaniladigan axborot taqdim etish, qayta ishlash yoki uzatish standartlarini tegishli, lekin boshqa bir tizimda qo‘llaniladigan standartlarga o‘zgartirish maqsadida, dasturiy ta’minot va uskuna birikmasi bilan birgalikda amalga oshiriladigan funksiya. 2. Ma’lumotlar uzatishning turli protokollari bo‘yicha ishlaydigan elektron tizimlar o‘rtasida ma’lumotlar jo‘natish imkonini beradigan va tarmoqlararo aloqani ta’minlaydigan apparat yoki dasturiy vositalar. " Shovqin faktori (shovqin koeffitsiyenti)|"Belgilangan tranzistor tomonidan signal kuchaytirilganda signal/shovqin nisbati necha marta yomonlashishini ko‘rsatadigan koeffitsiyent. " Shovqin nurlanish|"Kuchaytirgichlar, ko‘paytirgichlar, generatorlar, chastota o‘zgartirgichlar va sintezatorlarda vujudga keladigan issiqlik shovqinlari va boshqa omillar bilan bog‘liq parazit nurlanish. " Shovqin; xalaqit|"Amplituda, chastota yoki fazaning tasodifiy qiymatlariga ega parazit elektromagnit tebranishlar. Kelib chiqishiga ko‘ra, ichki (apparaturaning xususiy shovqinlari) va tashqi shovqinlar ajratiladi. Xususiy shovqinlarning asosiy manbai apparatura elementlaridagi zaryadlangan zarralarning issiqlik harakati hisoblanadi. Tashqi shovqin yoki xalaqitlar ham tabiiy (kosmik shovqinlar va b.), ham sanoat nurlanish manbalaridan chiqadigan umumiy signal (aralashma) ni o‘zida ifodalaydi. " Shovqinga qarshi korreksiya|"Televizion tizimlarning videokuchaytirish traktida tasvir signalining shovqinliligini kamaytirish va tasvirda xalaqitlarning sezilarliligini pasaytirish uchun ko‘riladigan qator choralar. " Shovqinlarni bostirish|"Foydali signal mavjud bo‘lmagan vaqtda qabul-qilgichni o‘chirib qo‘yishga asoslangan, uzatish pauzalarida shovqinlarni chiqarib tashlash usuli. " Shovqinlarni raqamli boshqarish|"Tasvir mazmuniga bog‘liq holda dinamik shovqinni bostirish funksiyasi. " Shovqinning detsibellarda ifodalangan, o‘lchangan quvvati|"Shovqin quvvati darajasini o‘lchash birligi. Shovqin darajasining 3,16 nW (– 85 dBm) nazorat darajasiga nisbati sifatida aniqlanadi. Bu nuqtada shovqin o‘lchangan quvvatining qiymati 0 dBa ga teng. " Shovqinsimon signalli radiotarmoq|"Shovqisimon signallar uzatiladigan lokal radiotarmoq. Bu tarmoqning ishlash tamoyili kodli ajratishdan foydalanib ko‘p tomonlama foydalanishni qo‘llashga asoslangan. Bu tarmoqda signallarni uzatishda, maʼlumotlarning har bir bloki, chips deb ataluvchi bitlar ketma-ketligi bilan kodlanadi. Chipslar shovqinsimon signalga tiziladi va efir orqali uzatiladi. Uzatilgan diskret signalni qayta tiklash maxsus protsessor yordamida amalga oshiriladi. Shovqinsimon signalli radiotarmoq tizimlari ixcham, arzon va elektromagnit xalaqit beruvchi to‘siqlar taʼsirida ham ishonchli ishlaydi. " Shoshilinch aloqa xizmati|"Mobil stansiyadan mobil abonent joylashgan yer hududidagi shoshilinch xizmatlarga to‘lovsiz nutqli bog‘lanish o‘rnatilishini ta’minlaydigan xizmat. " Shoshilinch chaqiruv|"Mobil aloqa tizimlaridagi eng yuqori ustuvorlikka ega chaqiruv. " Shrift|"Yozilish shakli va o‘lchami bir bo‘lgan belgilarning to‘liq to‘plami. Izoh ‒ Kompyuterlarda foydalaniladigan shriftlarning katta soni mavjud. Printerlar uchun ichiga o‘rnatilgan va ta’minlanadigan shriftlar bo‘ladi. Ichiga o‘rnatilgan shriftlar printerning doimiy xotirasida saqlanib, foydalanishga doim tayyor turadi. Ta’minlanadigan shriftlar mashinaning tezkor xotirasi orqali ishlaydi, protsessor resurslarini va xotirasini band etadi, ularning soni faqat tegishli dasturlarning mavjudligi bilan cheklanadi. " Shrift kartriji|"Turli xil shriftlarni ichiga oladigan, printerga o‘rnatilgan doimiy xotira qurilmasi. Kartrij bilan komplektda stol noshirlik tizimlari va ma’lum redaktorlar uchun drayverlar yetkazib beriladi. " Shrift to‘yinganligi|"Turli chizishlarda bir xildagi belgilarning asosiy va bog‘lovchi chiziqlari kengligi bilan belgilanadi. Bitta garnitura doirasida to‘liqlik eng ochdan to eng to‘qqacha o‘zgarishi mumkin. " Shrift o‘lchami|"Shrift simvollarining punktlardagi balandligi (bir dyuymda 72 ta punkt bo‘ladi). " Shrift shakli|"Umumiy dizayn bilan birlashtirilgan (masalan, Gelvetika) shriftlar turkumi. " Shriftlar redaktori|"Yangi shriftlar yaratish yoki mavjud shriftlarni to‘ldirish va o‘zgartirish imkonini beradigan dastur. " Shriftlar turkumi|"O‘lchami, kengligi va stili bilan biri-biridan farq qiladigan bir garnituradagi shriftlar to‘plami. " Shriftni tanlash|"Shriftning stili, o‘lchami va rangini tanlash. " Shriftni o‘rnatish|"True Type shriftlarining biri bilan tayyorlangan matn, bunday shrift bo‘lmagan boshqa kompyuterga ko‘chirilganda, baribir ayni shunday shriftli printerda o‘qiladigan, bosiladigan texnologiya. Shrift matn bilan birga uzatiladi, undan faqat shu matn va matn tayyorlangan muhit (ilova) bilan foydalanish mumkin. Windows muhitida ishlaydi. " Shtatdagi texnik vosita|"Obyektda o‘rnatilgan hisoblash texnikasi vositalari komplektiga kiradigan texnik vosita. " Shtir|"To‘lqin o‘tkazgich traktida o‘rnatilgan, sterjen (o‘zak) ko‘rinishidagi moslashtiruvchi element. " Shtirli antenna|"Qattiq yoki egiluvchan metall sterjen ko‘rinishidagi vertikal antenna. Shtirli antennaning uning o‘qiga perpendikulyar tekislikda nurlanishi maksimal va o‘q bo‘ylab yo‘nalishda mavjud emas. " Shtorka orqali siqib chiqarish|"Bir televizion tasvirning boshqa tasvir bilan almashinish usuli, bunda tasvirlar o‘rtasidagi chegara bir tekisda siljiydi. Ch " Chap|"Klaviaturaning foydalanuvchining chap tomonida bo‘lgan klavishlariga nisbatan qo‘llaniladi. Odatda standart klaviaturada ikkitadan bo‘lgan Alt, SHIFT, Ctrl klavishlari nomi bilan uchratish mumkin. " Chap qo‘shtirnoq|"Matnda biror-bir nomni ajratib ko‘rsatishda ishlatiladi va ochuvchi << va yopuvchi qismlarga bo‘linadi >>. " Chap stereoskopik televizion tasvir|"Chap ko‘zga stereoskopik televideniye vositalari orqali taqdim etilgan alohida tasvir. " Chapga ko‘rsatgich|"Klaviaturadagi alifbo tugmalaridan o‘ngda joylashgan klavish. Chapga qaratilgan ko‘rsatgichdan farqlash mumkin. Asosan matndagi harf va so‘zlarni joylashtirishda va o‘zgartirishda qo‘llaniladi. " Chaqirayotgan abonent nomini aks ettirish|"Telefon displeyida chaqirayotgan abonent raqami va nomini, agar telefon bu funksiyani ta’minlasa, aks ettirish xizmati. Agar chaqirayotgan abonent bu ma’lumotlar uzatilishini blokirovkalagan bo‘lsa, ular ma’lumotlarning (manzil kitobining) lokal bazasidan olinadi. " Chaqirayotgan liniyanining identifikatsiya qilinishini taqiqlashni aylanib o‘tish|"Abonentning telefon apparatida, ushbu xizmatga ega, barcha hollarda chaqiruvchi abonentlarning raqamlarini aks ettirish imkonini beradigan xizmat. " Chaqirilayotgan abonent hisobidan tanlab bog‘lanish|"Foydalanuvchiga chaqiruvchi abonentlarning ma’lum raqamlaridan kiruvchi chaqiruvlarga haq to‘lash imkonini beradigan xizmat. Chaqiruvchi abonentlarning bunday raqamlari ro‘yxatga kiritiladi va saqlanadi. Ro‘yxatni foydalanuvchi tartibga soladi. Shuningdek, ushbu funksiyadan foydalanishni PIN kod yordamida himoya qilish mumkin. " Chaqirilayotgan abonent hisobidan to‘lovni undirish ichki xizmati|"To‘lov undirilishi kerak bo‘lgan abonentga maxsus raqam biriktiriladigan va ushbu raqam bo‘yicha barcha chaqiruvlar chaqiruvchi abonent tomonidan emas, balki mos ravishda ushbu abonent tomonidan to‘lanadigan xizmat. " Chaqirilayotgan liniya identifikatsiya qilinishini taqiqlashni doimiy rezervlash|"Chaqirilayotgan abonentga C turkumi abonentining raqamini barcha hollarda, agar C turkumi abonenti chaqirilayotgan abonent raqamidan oldin raqamni berish uchun ma‘lum prefiksni tergan hollarda ham berishga ruxsat etilmaydi. " Chaqirilayotgan liniya identifikatsiyasini taqdim etish|"Tizimga, chaqirilayotgan abonentga chaqiriluvchi abonentning raqamini yuborish va uni telefon apparati yoki chaqiriluvchi abonent terminalida aks ettirish imkonini beradigan xizmat. " Chaqirilayotgan liniya identifikatsiyasini taqiqlash|"Chaqiruvchi abonentga chaqirilayotgan abonentning telefon apparatida uning raqami aks etishini taqiqlash imkonini beradigan xizmat. " Chaqiruv|"1. Chaqirilayotgan bir yoki bir nechta abonent bilan bog‘lanishga urinish. 2. Chaqirilayotgan abonent bilan aloqani o‘rnatish yoki dasturga uni bajarish maqsadida murojaat etish jarayoni. " Chaqiruv to‘g‘risida xabar|"Tovush signalini uzatish yoki chaqiruvchi abonent raqamini displey ekranida yoritish orqali amalga oshiriladigan signalizatsiya. Izoh − Agar so‘zlashuv olib borayotgan yoki harakat zona-sidan tashqarida turgan abonentni chaqirish zarur bo‘lsa, chaqiruv tizim tomonidan eslab qolinadi va abonent bilan bog‘lanishning imkoniyati tug‘ilganda, chaqiruv avtomatik tarzda yoki operator komandasiga binoan takrorlanadi. " Chaqiruv harakati boshlandi|"Abonentning chaqiruvni boshlash niyati borligi, lekin hali raqam terishni boshlamaganligini ko‘rsatuvchi belgi. " Chaqiruv-javob|"Parolni tekshirish mexanizmi. Server mijozga «chaqiruv»ni uzatadi, u parol yordamida uni qayta o‘zgartiradi va natijani serverga «javob» sifatida uzatadi. Server «javob» «chaqiruv»dan to‘g‘ri parol yordamida olinganligini tekshiradi. " Chaqiruv parametrlari yozuvi|"Abonent chaqiruvlarining qayd etiladigan parametrlari, ular ma’lumotlar bazasiga kiritiladi va kelgusida billing operatsiyalarini bajarish uchun ishlatiladi. " Chaqiruv trassirovkasi|"Terminal abonentiga oxirgi qo‘ng‘iroq qilgan IP-manzil trassirovkasi. " Chaqiruvga aralashish|"Ishlamaydigan raqamga qo‘ng‘iroq qilinganda abonentni xabardor qilish, yoki uni muqobil raqamga qayta yo‘llash. " Chaqiruvlar dispetcheri|"Berilgan qayta manzillash dasturiga va ustuvorliklarga muvofiq, chaqiruvlarning aloqa liniyasida o‘tish tartibini belgilovchi qurilma. " Chaqiruvlar grafigi|"Tizim yoki kompyuter dasturida modullarni identifikatsiyalaydigan va qanday modullar bir-biriga qo‘ng‘iroq qilayotganligini ko‘rsatadigan diagramma. " Chaqiruvlar navbatini shakllantirish|"Kelayotgan barcha chaqiruvlarni qayta ishlash jarayonini tartibga solish protsedurasi. Aloqa kanalining taqdim etilishi chaqirilayotgan abonent raqami bo‘shashiga qarab yoki chaqiruvlarni boshqa raqamga o‘tkazish hisobiga amalga oshiriladi. Kutish vaqtida chaqirayotgan abonentga kerakli liniya bo‘shashi bilan uning chaqiruviga javob berilishi to‘g‘risida ogohlantiradigan maxsus xabar signali yoki nutqli xabar jo‘natiladi. " Chaqiruvlar ro‘yxati|"Dasturiy modulni chaqirishda foydalaniladigan argumentlarning tartiblashtirilgan ro‘yxati. " Chaqiruvlar to‘g‘risida kelishuv|"Dasturlashda – protsedura yoki funksiyani chaqirishda, argumentlar berish tartibini va komandalar ketma-ketligini belgilaydigan kelishuvlar. Argumentlar registrlarda, stek, xotiraning umumiy sohasi orqali berilishi mumkin. Stekda ular, protsedurani chaqirish satridagi argumentlar ro‘yxati bo‘yicha chapdan o‘ngga yoki o‘ngdan chapga (ya’ni, teskari tartibda) siljishi mumkin. Argumentlar soni o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin. " Chaqiruvlarni avtomatik taqsimlash|"Aloqa tarmoqlaridagi, chaqiruvlarni qayta manzillash dasturi va ustuvorliklarga muvofiq, boshqa raqamlarga yo‘naltirish imkoniyatini beradigan xizmat. " Chaqiruvlarni birgalikda qabul qilishni amalga oshiruvchi abonentlar guruhi (seriyali izlash guruhlari)|"Kichik guruhni, unga kiruvchi chaqiruvlarni taqsimlash qoidalarini belgilash uchun, guruhga qo‘shish imkonini beradigan xizmat. Quyidagi rejimlardan foydalanish mumkin: - berilgan ro‘yxat bo‘yicha kichik guruhning birinchi band bo‘lmagan terminaliga kiruvchi chaqiruvni yuborish, bunda keyingi chaqiruv oxirgi chaqiruvni qabul qilgan terminaldan boshlab, ro‘yxatni birma-bir saralaydi; - berilgan ro‘yxat bo‘yicha kichik guruhning birinchi band bo‘lmagan terminaliga kiruvchi chaqiruvni yuborish, bunda keyingi chaqiruv ro‘yxatni uning boshidan boshlab, birma-bir saralaydi; - chaqiruv bir vaqtda kichik guruhning barcha terminaliga keladi, ulanish go‘shakni birinchi ko‘targan abonent uchun amalga oshiriladi; - chaqiruvni oxirgi qabul qilgan ro‘yxatning oxiriga joylashtiriladi – abonentlarni bir tekis yuklash ta’minlanadi. " Chaqiruvlarni qayd qilish|"Ma’lum raqamga kelib tushadigan barcha chaqiruvlarni eslab qolish va statistik to‘plam faylida chaqiruvlar to‘g‘risidagi batafsil axborotni qayd qilish. " Chaqiruvlarni qayta manzillash ro‘yxati|"Xizmat abonenti chaqiruvlarini qayta manzillash ro‘yxatida tegishli yozuvlar aktivizatsiyasi yoki deaktivizatsiyasida ishlatiladigan xizmat. " Chaqiruvlarni qayta manzillash uchun qo‘ng‘iroq o‘rnatish|"Call Forwarding Unconditional, Call Forwarding Selective va Do Not Disturb funksiyalarini ulashda terminalda tegishli tovushli signallarni o‘rnatish imkonini beradigan xizmat. " Chaqiruvlarni saralash|"Qaysi raqam terilganligiga qarab, kiruvchi chaqiruvlarning uzatilishini taqiqlovchi yoki unga ruxsat beruvchi protsedura. Ustuvor foydalanishni tashkil etishda yoki ruxsat etilmagan chaqiruvlarning oldini olishda foydalaniladi. " Chaqiruvlarni so‘zsiz qayta manzillash|"Xizmat abonentiga kiruvchi chaqiruvlarni, xizmat abonenti holatidan qat’i nazar, boshqa belgilangan raqamga avtomatik tarzda qayta manzillash imkonini beruvchi xizmat. " Chaqiruvlarni tanlab qabul qilish|"Raqamlar ro‘yxatini tuzish imkonini beradigan xizmat, bunda abonent (kiruvchi chaqiruv) tuzilgan ro‘yxatdan qo‘ng‘iroq qilsa, chaqiruv qabul qilinadi; agar chaqiruvchi abonent raqami ro‘yxatda yo‘q bo‘lsa, chaqiruv tovushli pochtaga qayta manzillanadi. " Chaqiruvlarni tanlab qayta manzillash|"Raqamlar ro‘yxatini tuzish imkonini beradigan xizmat, bunda abonent (kiruvchi chaqiruv) tuzilgan ro‘yxatdan qo‘ng‘iroq qilsa, chaqiruv boshqa raqamga yoki tovushli pochtaga qayta manzillanadi. " Chaqiruvlarni tanlab rad etish|"Raqamlar ro‘yxatini tuzish imkonini beradigan xizmat, bunda abonent (kiruvchi chaqiruv) tuzilgan ro‘yxatdan qo‘ng‘iroq qilsa, chaqiruv qabul qilinmaydi; agar chaqirayotgan abonent raqami ro‘yxatda yoq bo‘lsa, kiruvchi chaqiruvga oddiy (normal) chaqiruv kabi xizmat ko‘rsatiladi. " Chaqiruvlarni taqsimlash|"Abonentga beriladigan imkoniyat, u kiruvchi chaqiruvlarni boshqa raqamlarga, o‘zi belgilagan qayta manzillash va ustuvorlik qoidalariga muvofiq yuborishi mumkin. Navbatdagi chaqiruv yuborilishi kerak bo‘lgan terminalni tanlash, doiraviy navbat bo‘yicha yoki abonentlar ro‘yxatida ko‘rsatilgan ustuvorliklarga muvofiq amalga oshirilishi mumkin. " Chaqiruvlarni chegaralash bo‘yicha xizmat|"Mobil abonentga kiruvchi yoki chiquvchi chaqiruvlarning muayyan toifasini uning mobil stansiyasi uchun blokirovkalash imkonini beradigan xizmat. Bu chaqiruvlar asosiy aloqa xizmatlarining barcha yoki muayyan turiga taalluqli bo‘lishi mumkin. Izoh – Mobil abonent, o‘z ixtiyori bo‘yicha, ushbu blokirovkani bekor qilish yoki xizmatning amal qilinishini to‘xta-tish va uning amal qilish davomiyligi davrini aniqlash uchun parolga ega bo‘lishi mumkin. Agar u tanlagan bo‘lsa, unda o‘zi parolni o‘zgartirishi mumkin. " Chaqiruvlarni cheklagich|"Abonentning ma’lum raqamiga bir vaqtda kelib tushadigan chaqiruvlarning muayyan soniga (chegara qiymatiga) sozlangan hisoblagich. Izoh − Cheklash chegarasi sutkaning ma’lum vaqtiga yoki foydalanuvchi tomonidan beriladigan biron-bir boshqa parametrlarga bog‘liq ravishda o‘zgarishi mumkin. " Chaqiruvni aniq tutib qolish|"Guruhning boshqa terminaliga kelgan kiruvchi qo‘ng‘iroqni qabul qilish imkonini beradigan xizmat. " Chaqiruvni boshqa manzilga yo‘llash|"Abonent raqami band bo‘lganda yoki telefon javob bermaganda, chaqiruvni boshqa manzilga yo‘llash mumkinligi. Izoh − Chaqiruv manzilini o‘zgartirishning uch usuli ma’lum. Ulardan eng oddiysi – uzatilishi kerak bo‘lgan barcha kiruvchi chaqiruvlarni abonent ko‘rsatgan raqamga jo‘natish. Ikkinchi usulda faqat asosiy raqam band bo‘lgan paytda kelib tushuvchi chaqiruvlargina boshqa manzilga yo‘llanadi. Uchinchi usul abonent javob bermagan hollarda nazorat vaqti (taym-aut) davomida berilgan algoritm bo‘yicha avtoqo‘ng‘iroq imkoniyatini ko‘zda tutadi va chaqiruv faqat bu vaqtdan oshib ketgandagina boshqa manzilga yo‘llanadi. Xizmatning ulanishi yoki uzib qo‘yilishini foydalanuvchining o‘zi bajarishi ham mumkin. " Chaqiruvni kutish|"Chaqirilayotgan abonent liniyasi band bo‘lganda, unga yangi chaqiruv kelib tushganligi to‘g‘risida xabar berib, chaqiruvni navbatga qo‘yish. " Chaqiruvni kutish xizmatidan foydalanishda (ikkinchi) chaqirayotgan abonentni identifikatsiya qilish|"Band abonentga uni chaqirayotgan abonentni identifikatsiya qilish imkonini beradigan xizmat. Izoh – Chaqirayotgan abonent raqamni va/yoki nomini identifikatsiya qilish uchun chaqirilayotgan abonent chaqiruvni kutish xizmatiga ega bo‘lishi kerak. " Chaqiruvni ko‘chirish|"Chaqiruvni uchinchi abonentga o‘tkazish protsedurasi. Unda dastlab aktiv ulanish ushlab turish rejimiga o‘tkaziladi, so‘ngra boshqa abonent bilan ulanish amalga oshiriladi va nihoyat, chaqirayotgan abonentga ulanish sodir bo‘ladi (ushlab turiladigan ulanish). Izoh − Xizmat ko‘rsatishning bu turi xizmatlarning «call forwarding» turidan shu bilan farqlanadiki, unda chaqiruv yo‘nalishining o‘zgarishi, ulanish o‘rnatilgandan keyingina sodir bo‘ladi. " Chaqiruvni qabul qilish|"Chaqiruv qabul qilingan, lekin chaqiruvchi va chaqiriluvchi tomonlar o‘rtasida hali bog‘lanish o‘rnatilmagan holat. " Chaqiruvni qayta manzillash|"Telefon tarmog‘i abonentiga xizmat ko‘rsatishning qo‘shimcha turi. Abonentga, raqami kommutatsiya stansiyasiga oldindan abonent tomonidan xabar qilinadigan boshqa telefon apparatga, o‘ziga kelayotgan chaqiruvni uzatish imkonini beradi. " Chaqiruvni qayta ulash|"Telefon so‘zlashuvi davomida, chaqirilayotgan abonent raqamini qayta termasdan turib, aloqa kanalini bir tayanch stansiyadan boshqasiga qayta ulash. " Chaqiruvni qo‘lga kiritish|"1. Abonentga, u bilan bitta yoki boshqa bir abonent guruhida bo‘lgan boshqa abonentga yo‘naltirilgan kiruvchi chaqiruvga javob berish imkonini beradigan xizmat. 2. Zarur bo‘lgan raqamga yetib bormagan chaqiruvlarni nazorat qilish yo boshqa shaxsga yoki qurilmaga qayta manzillash maqsadida qo‘llaniladigan qo‘lga kiritish turlaridan biri. " Chaqiruvni taqiqlash-blokirovkalash|"Abonentga go‘ng‘iroqlarning muayyan turiga vaqtinchalik taqiqni kiritish imkonini beradigan xizmat. " Chaqiruvni tugallash strategiyasi|"Chaqirilayotgan abonent band bo‘lganda, bog‘lanishni o‘rnatish mexanizmi. Bog‘lanishning o‘rnatilish protsedurasini yakunlashning turli variantlari mavjud: qayta manzillash, chaqiruvni ushlab qolish va sh.k. " Chaqiruvni ushlab turish|"1. Chaqiruvning, tarmoq orqali uning keyingi uzatilish yo‘lini tanlash jarayoni tugamaguncha, liniyada saqlab turilishi. 2. Bog‘lanishni uzmay turib aloqani vaqtincha to‘xtatish, bunda kiruvchi chaqiruv liniyada saqlanib qoladi, pauzalar paytida, odatda, musiqa yoki nutqli xabarlar uzatiladi. 3. Amalga oshirilgan so‘zlashuvni uzib qo‘ymasdan boshqa qo‘ng‘iroqqa javob berish yoki so‘zlashib turgan suhbatdoshini uzib qo‘ymasdan abonentga qo‘ng‘iroq qilish, ya’ni bir-birini eshitmaydigan bir nechta suhbatdoshlar bilan navbatma-navbat so‘zlashish imkonini beradigan xizmat. " Chaqiruvni o‘tkazish (qayta yo‘naltirish) xizmati|"Olingan chaqiruvni boshqa abonentga o‘tkazish (qayta jo‘natish) imkonini beradigan xizmat. " Chaqiruvning o‘tmayotganligi to‘g‘risidagi signal|"Chaqiriluvchi terminalning egallab bo‘linmasligi yoki nosozlik oqibatida chaqiruvning yakunlanmasdan qolishi mumkinligi to‘g‘risida xabar beruvchi signal; bu signal chaqiruvchi terminalga uzatiladi. " Chaqiruvchi abonentni identifikatsiya qilish va identifikatsiyani taqiqlash|"Chaqirilayotgan abonentga boshqa abonentni chaqirishda o‘z raqami va nomini maxsus kodlarni tergan holda taqdim etish va o‘z raqami va nomini berishni taqiqlash imkonini beruvchi xizmat. " Chastota|"Davriy jarayonning, vaqt birligida bajariladigan davrlar soniga teng bo‘lgan miqdor xarakteristikasi. " Chastota bo‘yicha ajratish bilan optik multipleksorlash|"Yaqin joylashgan optik eltuvchilarda uzatiladigan kanallarni zichlash usuli. Bu texnologiyadan foydalanib, bitta tolaga yuztagacha va undan ortiq aloqa kanalini «joylashtirish» mumkin. " Chastota etaloni, chastota standarti|"Chiqish signali chastota etaloni sifatida qo‘llaniladigan generator. " Chastota manipylyatsiyasi|"Modulyatsiyalash usuli, bunda eltuvchi signal chastotasi sal o‘zgartirilishi hisobiga, axborotni havo muhiti orqali uzatish uchun qulay bo‘lgan usulda taqdim etish amalga oshiriladi. " Chastotaga bog‘liq bo‘lmagan antenna|"Chastotalarning keng diapazonida amaliy jihatdan o‘zgarmas xarakteristikalarga ega antenna. " Chastotalar diapazoni|"1. Chastotalari uchun tebranishlar va to‘lqinlar solishtiriladigan xossalarga ega bo‘lgan uzluksiz chastota intervali. 2. Qurilma sozlanishi mumkin bo‘lgan chastota intervali. " Chastotalar polosasi|"Ikki muayyan cheklovchi chastotalar o‘rtasida joylashgan chastotalarning uzluksiz majmui. Izoh – Chastotalar polosasi o‘zining chastotalar polosasida o‘rnini belgilab beradigan ikki kattalik bilan, masalan, uning quyi va yuqori cheklovchi chastotalari bilan tavsiflanadi. " Chastotalar polosasining kengligi|"Chastotalar polosasining quyi va yuqori chegaralari o‘rtasidagi farq. " Chastotalararo xendover|"Bir tayanch stansiyadan boshqasiga ko‘chish paytida mobil stansiya chastotasining avtomatik ravishda o‘zgarishi. " Chastotalarning egallangan polosasi|"Quyi va yuqori chegaralaridan tashqarida nurlanadigan o‘rtacha quvvatining har biri berilgan nurlanish o‘rtacha quvvatining ma’lum foizi /2 ga teng bo‘lgan chastotalar polosasi. Agar XEI-R nurlanishning tegishli toifasi uchun hech qanday ko‘rsatmalar bermasa, /2 qiymatini 0,5 foizga teng deb olish kerak. " Chastotalarning himoya polosasi|"Chastotalarning, chastotalarning ikkita qo‘shni kanalini ajratadigan va o‘zaro xalaqitlardan himoya maydonini ta’minlash uchun mo‘ljallangan tor polosasi. " Chastotalarning optik diapazoni|"1013 Gs dan 1015 Gs gacha bo‘lgan chastotalar diapazoni. Ko‘rsatilgan chastotalarga to‘lqin uzunligi 0,01 dan 1000 mkm gacha bo‘lgan elektromagnit tebranishlar mos keladi. Fizik xossalariga ko‘ra, optik diapazon bir xil emas. U elektromagnit to‘lqinlarning fizik xossalari bir xil bo‘lmagan uchta quyi diapazonga bo‘linadi: ultrabinafsha nurlanish, ko‘rinadigan nurlanish va infraqizil nurlanish. " Chastotalarning qo‘shilib ketishi|"Televideniyeda davriy xalaqit signalining chastota spektri hamda yoyish chastotalari garmonikalarining spektri o‘rtasidagi to‘g‘ri qo‘shilib ketish. Bu narsa xalaqitning sezilarliligini, uning shakli keyingi yoyishlarda o‘zgarishi tufayli, minimumga keltiradi. " Chastotalarning takroran ishlatilishi|"Xizmat ko‘rsatishning turli zonalarida, aynan bir chastotani qayta ishlatishga asoslangan, aloqani tashkil etish usuli. Izoh − Chastotaviy-hududiy rejalashtirishda chastotalarning takroran ishlatilishi, chastota kanallari cheklangan tarmoqlar o‘tkazish qobiliyatini oshirishga imkon beradi. " Chastotani stabillash|"Generator hosil qiladigan chastotaning doimiyligini saqlab turish. " Chastotani o‘zgartirish|"Radiostansiyaning ishchi polosasidagi xalaqitlar darajasini pasaytirish maqsadida, qabulqilgich ishchi chastotasini o‘zgartirish. " Chastotaning musbat Doppler siljishi|"Mobil obyekt tayanch stansiyaga yaqinlashganida chastotaning Doppler ortish effekti. " Chastotaning nostabilligi|"Generator chastotasining, uning tebranish konturlari o‘zgarmasdan sozlanganda yuz beradigan o‘zgarishi. " Chastotaning og‘ishi|"Nurlanuvchi to‘lqin chastotasining o‘rtacha chastotadan modulyatsiya keltirib chiqargan oniy og‘ishi. Chastotaviy modulyatsiyada oniy chastota maksimal va minimal qiymatlari o‘rtasidagi cho‘qqi farq. " Chastotaning sekin sakrashsimon o‘zgarishi|"Ishchi chastotani psevdotasodifiy qayta sozlash usuli, unda chastotani almashtirish vaqti bitta axborot simvoliga to‘g‘ri keladigan vaqt intervali uzunligidan ancha kattadir, ya’ni bitta chastotada doimo bittadan ko‘p axborot simvoli uzatiladi. Xalaqitlardan himoyalashning ushbu usuli mobil stansiyalarning kichik ko‘chish tezligida eng samarali bo‘ladi. " Chastotaviy qoplash|"Rangli televideniye tizimida chastotalar polosasining monoxrom kanal va ranglilik signali kanali uchun umumiy bo‘lgan qismi. Izoh – Chastotaviy qoplash – spektrlarni birlashtirishning bir shaklidir. " Chastotaviy skanlanadigan antenna panjarasi|"Nurning elektr skanlanishi qo‘zg‘atiluvchi manba chastotasini o‘zgartirish orqali amalga oshiriladigan antenna panjarasi. " Chastotaviy tavsifning notekisligi|"Berilgan turdagi radiokarnayning texnik shartlarida ko‘rsatilgan ishchi chastotalar diapazoni chegaralarida tovush bosimi eng ko‘p va eng kam qiymatlari darajalarining farqi. Odatda, chastotaviy tavsifning notekisligi detsibellarda (dB) ifodalanadi va 15 dB dan 18 dB gacha bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi (0 dB 1000 Hz chastotadagi tovush bosimiga mos keladi). " Chat|"Internet foydalanuvchilari o‘rtasida real vaqtda matnli xabarlar almashinish. " Chegara|"Qandaydir kattalik o‘zgarishining ozirgi nuqtasi; xotira, fayldagi muayyan interval. " Chegara registri|"Xotirani himoya qilishda ishlatiladigan va xotira sohasining uzunligini o‘z ichiga oladigan, foydalanish dasturiga ajratilgan tizimli registr. " Chegaradan tashqari to‘lqin o‘tkazgich|"O‘zining kritik chastotasidan past chastotada foydalaniladigan to‘lqin o‘tkazgich. " Chegaraviy foydalana olish shlyuzi|"IP-tarmoqlarida: kichik tarmoqning belgilangan manzili bilan identifikatsiya qilinadigan tarmoq. Kichik tarmoqlar ulangan tarmoqlarni manzillashning murakkabligiga qarab kichik tarmoqni bir vaqtda muhofaza qilish uchun marshrutlashning ko‘p darajali iyerarxik tuzilmasini ta’minlash maqsadida tarmoq administratori tomonidan segmentlangan tarmoqni o‘zida aks ettiradi. OSI-tarmoqlarida kichik tarmoq deb, bir administrativ domenda boshqariladigan va tarmoqdan foydalana olishning bitta protokolidan foydalanuvchi oxirgi va oraliq tizimlari guruhiga aytiladi. " Chegaraviy qiymat|"Ma’lumotlarning, tizim yoki komponent uchun ko‘rsatilgan eng kichik yoki eng katta kirish, ichki yoki chiqish qiymatiga mos keladigan qiymati. " Chegaraviy (chekka) marshrutizator|"Tarmoq chegarasidagi, xabarlarning berilgan tarmoq orqali keyinchalik yo‘llanishini taʼminlamaydigan marshrutizator. " Chek list|"Qo‘yilgan vazifalarni bajarish maqsadida alohida tarzda tizimlashtirilgan omillar, xossalar, parametrlar, aspektlar, komponentlar, mezonlar yoki vazifalar (masalalar) ro‘yxati. " Cheklangan bufer|"Jarayonlarning o‘zaro ta’sir sxemasi, bunda cheklangan uzunlikdagi sikl buferi yordamida o‘zaro harakat qiluvchi jarayon-ishlab chiqaruvchi va jarayon-iste’molchi mavjud bo‘ladi. Ishlab chiqaruvchi axborot elementlarini generatsiyalaydi va buferga yozadi, iste’molchi bufer axborot elementlaridan foydalanadi va ularni yo‘q qiladi. " Cheklashni tekshirish|"Ma’lumotlarning qiymatlari berilgan qiymatdan yuqorida yoki quyida turganligini yoki belgilangan cheklashga yetganligini aniqlash maqsadida bajariladigan tekshirish. " Cheklov|"Kompyuter funksionalligiga oldindan o‘rnatilgan cheklovlar. Biror bir manbadan bolalarning foydalanishlarini chegaralash yoki kompyuterdan kechki payt foydalanilishining oldini olish uchun xizmat qiladi. " Chertish|"Kursorni siljitmasdan «sichqoncha» tugmasini bosish. " Chetdan kiritish|"Axborot obyektini (masalan, hujjat, matn, grafiklar, ma’lumotlarni), u saqlanadigan joydan (fayl, ma’lumotlar bazasi) chiqarib tashlamasdan joriy ilovaga, formatni o‘zgartirgan holda, ko‘chirib yozish. " Chetki avtomat|"Axborotni qayta ishlashga mo‘ljallangan, chekli xotira qurilmasining modeli. Chekli avtomatlarning ikki xil, ya’ni, sinxron va asinxron turkumi farqlanadi. Chekli avtomatlar integral sxemalar asosida yaratiladi. " Chetlab o‘tish rejimi|"Ma’lumotlarni shifrlash uskunasining ishlash rejimi bo‘lib, bunda ochiq matn buzilmasdan uzatiladi. " Chin|"Mantiqiy mulohaza tavsifi. Mantiqiy ifoda dasturlash tillarida olishi mumkin bo‘lgan qiymat. " Chinlik jadvali|"Mantiqiy funksiyani tavsiflaydigan jadval. Berilgan holda «mantiqiy funksiya» deganda, o‘zgaruvchilarning (funksiya parametrlarining) qiymatlari va funksiyaning o‘z qiymati mantiqiy chinlikni ifodalaydi. Masalan, ikki belgili mantiqda ular «chin» yoki «yolg‘on» qiymatni olishi mumkin. Chinlik jadvallari asosan Bul algebrasida va raqamli elektron texnikada mantiqiy sxemalar ishini tavsiflashda qo‘llaniladi. " Chip|"1. Davomiyligi axborot oqimidan bir necha marta kichik bo‘lgan, murakkab signal elementi. 2. Kristalldagi yarimo‘tkazgichli mikrosxema. " Chip tarmoq|"Markaziy protsessorning periferik qurilmalar bilan ishlashini ta’minlash uchun asosiy platada o‘rnatiladigan integral sxemalar to‘plami. " Chip tezligi|"Taktli chastotasi kirish axborot tezligidan bir necha marta yuqori bo‘lgan keng spektrli signallarning elementlarini uzatish tezligi. Chip tezligi, odatda, Mchip/s larda o‘lchanadi (masalan, IS-95 standartida 1,2288 Mchip/s ga teng). " Chiqarib olish uchun vosita|"Saqlangan yozuvlardan foydalana olish imkonini beradigan veb-ilova. " Chiqarib tashlash (ayirish) bloki|"Protsessorning chiqarib tashlash bloki operatsiyalarini bajaradigan qurilmasi. " Chiqarib tashlash tuzog‘i|"Boshqaruvning foydalanuvchiga qaytishining oldini olish maqsadida, kompyuterning shtat rejimida ishlashini buzadigan har qanday urinishni yo‘qqa chiqarishning dasturiy usuli. " Chiqarish|"Olib qo‘yiladigan disklarni (floppi, CD yoki DVD) kompyuterdan uzishni amalga oshiradigan komanda. " Chiqarishni buferlash|"Buferning har bir vazifasi uchun (xotira yoki fayl sohasi ko‘rinishida) uni chiqarish uchun saqlash, buferda topshiriq bilan chiqariladigan axborotni to‘plash va uni topshiriq bajarilgandan so‘ng qurilma (printer) orqali chiqarish. " Chiqish|"Tizimdan, dasturdan chiqish, seansni yakunlash. " Chiqish ma’lumotlari, natijalar|"Qaysidir vazifani hal qilish natijasi sifatida kompyuterdan olinadigan ma’lumotlar. " Chiqish quvvatining maksimal o‘rtacha qiymati|"Uzatiladigan signallarning har qanday kombinatsiyasida o‘rinli bo‘lgan modulyatsiyaning eng uzun takrorlanuvchi sikli bo‘yicha o‘rtachalangan maksimal radiochastotaviy chiqish quvvati. " Chiqish uchlari bir qator joylashgan xotira moduli|"Xotira modulining keng ishlatiladigan qisqartmasi; tezkor xotira standartlaridan biri. Kompyuterlarda tezkor xotira qurilmasini kuchaytirish uchun foydalaniladi. Tezkor dinamik xotira integral mikrosxemalari o‘rnatilgan, uncha katta bo‘lmagan bosma plata-modul ko‘rinishida chiqariladi. Hajmi odatda, 1 Mb dan 64 Mb gacha bo‘ladi. " Chiqish uchlari to‘rt tomonda joylashgan yassi korpus|"Planar chiqish uchlari to‘rt tomon bo‘ylab joylashgan mikrosxemalar korpuslarining turkumi. QFP mikrosxemalar chiqish uchlarining soni odatda, 200 dan oshmaydi, qadami 0,4 mm dan 1,0 mm gacha. " Chiqishni sozlash|"Uzatilayotgan tasvirning o‘rtacha yorqinligini o‘zgartirgan holda, signalning cho‘qqi amplitudasini o‘zgartirish. " Chiqmoq|"Oldindan tanlangan pozitsiyalardan voz kechishga yo‘naltirilgan harakat. Masalan, yangilik jo‘natmalaridan voz kechish. Tizimdagi ishni tugatish. " Chiquvchi|"Elektron pochtaga ishlov berish bo‘yicha dasturlardagi papka, ushbu papkada jo‘natishga tayyor, lekin serverga hali yetkazilmagan xatlar saqlanadi. Xatlar serverga yetkazilgandan so‘ng, «Jo‘natilganlar» papkasiga o‘tkaziladi. " Chiquvchi fayl|"Chiquvchi ma’lumotlardan (qayta ishlangan ma’lumotlardan) iborat fayl. " Chiquvchi hujjat|"Tashkilotdan jo‘natiladigan rasmiy hujjat. " Chiquvchi liniya|"1. Axborot oqimi aloqa stansiyasi yoki retranslyatordan abonentga uzatiladigan liniya. 2. Kanallar konsentratori yoki kommutatori chiqishini olisdagi abonent bilan bog‘lovchi liniya. " Chiquvchi oqim|"Ishga tushirilgan dasturdan chiquvchi ma’lumot oqimi. Dastur ishining bosqichlarini aks ettirishda yoki boshqa dastur bilan ma’lumot almashinishda ishlatiladi. " Chiquvchi telefon yuklama|"Qarab chiqiladigan telefon yuklama manbalariga nisbatan tashqi bo‘lgan liniya (kanal)lar bog‘lamiga yoki kommutatsion aloqa asboblari guruhiga yo‘naltirilgan telefon yuklama. " Chiquvchi chaqiruvlarni chegaralash xizmatlari|"Abonentga barcha yoki muayyan chiquvchi chaqiruvlarni o‘rnatishga va/yoki o‘zining telefon apparatidan xizmat ko‘rsatuvchi buyurtmalarga to‘sqinlik qilish imkonini beradigan xizmat. " Chiquvchi chaqiruvni saralash|"Abonentga, berilgan apparatdan terilishi taqiqlangan raqamlar ro‘yxatini belgilash imkonini beradigan xizmat turi. Taqiq maxsus kod kiritilgandan keyingina olib tashlanadi. " Chiquvchi cho‘qqi quvvat|"Uzatiladigan signallarning har qanday kombinatsiyasida mumkin bo‘lgan maksimal cho‘qqi amplituda sharoitida, radiochastotaviy tebranish davri ichida o‘rtachalashtirilgan chiquvchi quvvat. " Chiziqli algoritm|"Barcha qadamlari bir marta va qat’iy ravishda ketma-ket bajariladigan sodda algoritm. " Chiziqli antenna|"Bitta o‘lchami to‘lqin uzunligidan katta yoki o‘lchovdosh bo‘lgan antenna, bunda ikkita boshqa o‘lcham to‘lqin uzunligidan ancha kam bo‘ladi. " Chiziqli antenna panjarasi|"Nurlantiruvchi elementlari to‘g‘ri chiziqda joylashgan antenna panjarasi. " Chiziqli bashoratlash|"Tovush signalini dekodlashda qo‘llaniladigan bashoratlash usuli. Bunda tovush sigalining so‘rov paytida taxmin qilinayotgan kattaligi oldin tanlangan kattaliklarning chiziqli o‘lchangan yig‘indisi sifatida aniqlanadi. " Chiziqli kriptotahlil|"Blokli shifrlar uchun qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan kriptotahlil usuli. Bu kriptotahlil usuli ma’lum ochiq matn bo‘yicha kriptotahlil usuliga asoslanadi. " Chiziqli manzil makoni|"Ba’zi bir protsessorlarda foydalaniladigan, xotirani manzillash sxemasi. Unda barcha tezkor xotira qurilmalaridan registrda yoki komandada bo‘lgan yagona manzil yordamida foydalanish mumkin bo‘ladi. " Chiziqli printer|"Bir paytning o‘zida butun qatorni chop etuvchi yuqori tezlikka ega bo‘lgan printer. Chiziqli printerlarning kamchiligi ularning grafikani chop etaolmasligi, past chop etish sifati va ish paytida qattiq shovqinlar bo‘lishidir. " Chiziqli qutblanish|"Elektromagnit to‘lqinning kuchlanganlik vektori bitta qayd qilingan liniyaga parallel bo‘lib qoladigan elektromagnit to‘lqin qutblanishi. " Chiziqli simmetrik vibrator|"O‘tkazgichlarining o‘qlari bir to‘g‘ri chiziqda yotuvchi simmetrik vibrator. " Chiziqli qo‘shish|"Tarqoq (yoyilgan) qabul qilish usuli. Bunda bir xil vazn koeffitsiyentiga ega bo‘lgan turli kanallarning signallari daraja bo‘yicha tenglashtirilgach qo‘shiladi. " Chop etish versiyasi|"Veb-sayt sahifasining chop etish uchun mo‘ljallangan, yaʼni dizayn elementlarisiz, faqat matndan iborat xili. " Chop etish spuleri|"Chop etish uchun yuborilayotgan hujjatlarni qabul qiladigan, qayta ishlaydigan, dispetcherizatsiya qilib, taqsimlab beradigan DLL to‘plami. " Chuqurlik|"1. Signalning maksimal va minimal qiymatlari o‘rtasidagi farq, masalan, amplitudali modulyatsiya chuqurligi. 2. Sxemada ketma-ket ulangan elementlar sonini, iyerarxik tuzilmadagi pog‘onalarni, maksimal tanlash hajmini tavsiflovchi o‘lchov. " Cho‘ntak|"Xotiraning tizim tomonidan ajratiladigan, nusxa ko‘chirish yoki ko‘chirish uchun ma’lumotlar vaqtincha joylashtiriladigan qismi. " Cho‘ntak shaxsiy kompyuteri|"Portativ kompyuterning bir turi, o‘lchamlari va og‘irligiga ko‘ra elektron yon daftarchani eslatadi, funksional imkoniyatlariga ko‘ra stol kompyuteriga deyarli o‘xshash. Bunday kompyuterning tezkor xotirasi uzoq muddatli xotira funksiyasini bajaradi va bir necha megabayt o‘lchamga ega. Qattiq disk yo‘q. Odatda, Windows CE ostida ishlaydi, boshqa kompyuterlar bilan interfeysga, o‘rnatilgan integ-ratsiyalashgan tizimlarga ega. Displeyi suyuq kristalli. " Cho‘qqi quvvat|"Sinxronlovchi signallar cho‘qqi amplitudasiga mos keladigan, radiochastotaviy tebranish davri ichidagi quvvat. " Cho‘qqi chiqish quvvatini rostlash|"Uzatgichning chiqish quvvatini muayyan chegarada uzoq vaqt oralig‘i mobaynida ushlab turish uchun mo‘ljallangan qo‘lda yoki avtomatik tarzda sozlash. " Cho‘tka|"Turli grafik dasturlardagi «cho‘tka» asbobi. Rangning o‘zgaradigan qalinligi va intensivligiga ega. Nuqtalarning ketma-ketligini («sichqoncha» tugmasini bosganda) chizadi. " Cho‘zilgan impuls|"Qabul qilgich kirishidagi davomiyligi signalning ko‘p nurli buzilishlari yuzaga kelishi bilan bog‘liq boshlang‘ich impuls davomiyligidan sezilarli katta bo‘lgan impuls. " Abandonware|"Ishlab chiqaruvchi kompaniya tomonidan sotuvga qo‘yilmayotgan va ishlab chiqaruvchi undan foyda olmayotgan dasturiy mahsulot (operatsion tizim, matn protsessori, kompyuter o‘yini yoki media-fayl). " AC-3 formati|"Dolby Laboratories firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan tovushli fayl formati. 6 ta tovush kanaliga ega. Frontal: chap, o‘ng va markaziy kanallar tovushning aniq joylashuvini aniqlab beradi. Orqa chap va o‘ng kanallar hamda qo‘shimcha past chastotali kanal 3-120 Hz esa «yaqinda bo‘lish effekti» ni qo‘shadi. Muqobil nomi 5.1 formati. " AC''97|"Kompyuter audio apparaturalarining asosiy standarti. Audio tizimlarni kompyuterga joylashtirish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha plata formatini tavsiflaydi. " ACE standarti|"Foydalanuvchilarning x86 shaxsiy kompyuterlaridan MIPS turidagi RISC mashinalariga o‘tish imkonini beruvchi ochiq standart. Universal operatsion tizimni tuzish bo‘yicha loyihaning bir qismi. " ACPI spetsifikatsiyasi|"Intel, Microsoft va Toshiba korporatsiyalari tomonidan 1996-yilda ishlab chiqilgan ochiq standart. Kompyuterlarning energiyaga bo‘lgan etiyojini BIOS tomonidan emas, balki operatsion tizim tomonidan to‘liq boshqarilishini (alohida qurilmalarni yoqish va o‘chirib qo‘yish) amalga oshirishga imkon beradi. " ActiveX|"COM modeli asosidagi obyekt komponent ilovalarini dasturlash uchun Microsoft tomonidan ishlab chiqilgan texnologiyalar guruhining nomi. Dasturiy ta’minot komponentlarining bir-birlari bilan, ularning yaratilishi uchun bevosita ishlatiladigan dasturlash tillariga bog‘liq bo‘lmagan holda, tarmoq muhitida o‘zaro ishlashlariga imkon yaratuvchi texnologiyalar to‘plami. " АctiveX ma’lumotlar obyekti|"Ma’lumotlardan foydalana olish interfeysi. Mijoz ilovalariga fayllar yoki serverlarda bo‘lgan ma’lumotlar bazalaridagi ma’lumotlardan foydalanish va ularni boshqarish imkonini beradi. " ACTOR tili|"Whitewater Group kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, Windows da ishlaydigan dasturlarni yaratishga mo‘ljallangan, ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash tili. Paskal dasturlash tiliga xos sintaksisga ega. " Ada tili|"Boshqariladigan elektron hisoblash mashinalari bo‘lgan, o‘rnatilgan tizimlarda foydalanish uchun ishlab chiqilgan dasturlash tili. Bunday tizimlarda operatsiyalarning parallel bajarilishi talab etiladi va amalga oshirish vaqtiga qat'iy cheklovlar qo‘yiladi. Shuning uchun ham, Ada real vaqt tizimlari tili hisoblanadi. " ADB shinasi|"Macintosh shaxsiy kompyuternidagi tizim shinasi. " Address Resolution Protocol|"MAC-manzillarni IP-manzillarda aks ettirishda ishlatiladigan Ethernet-tarmoqlardagi quyi daraja protokoli. " A-diapazon operatori|"Chastotalarning A-diapazonida ishlash uchun litsenziyaga ega bo‘lgan uyali aloqa kompaniyasi. Izoh − Atama Amerika tizimlari uchun xos bo‘lib, ularda uyali aloqa uchun ajratilgan butun (800−900) MHz chastota diapazoni, shartli ravishda A va В operatorlari sifatida nomlangan ikki operator o‘rtasida taqsimlangan. Tarixan, A operator bir vaqtning o‘zida simli va simsiz telefon aloqasi xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniya hisoblanadi. Barcha mobil telefonlar faqat bitta (A yoki В) diapazonda ishlash uchun dasturlashtirilgan bo‘lib, bu ularning faqat bir turdagi boshqaruv kanallarini izlash imkoniyatini ifodalaydi. " Adobe|"1982-yilda asos solingan dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi Amerika kompaniyasi. PDF formatning muallifi va egasi hisoblanadi. Yaqinda MacroMedia kompaniyasini sotib oldi. " Adobe firmasining (shriftlar) menejeri|"Adobe Systems firmasining shriftlarni qo‘llab-quvvatlash (kuzatib borish) tizimi. " AES/EBU signali|"MPEG koderlari uchun manba sifatida qo‘llaniladigan, har bir sanoqqa 20 dan 24 bit gacha kvantlash razryadlanishiga ega, ikki kanalli raqamli tovush signali. " Air interface texnologiyasi|"Efir interfeysi – operatorning tayanch stansiyalari va mobil qurilmalar o‘rtasida ma’lumotlar almashinish amalga oshiriladigan texnologiya. Har bir operator o‘zining efir interfeysiga ega. " AIT standarti|"Takomillashtirilgan intellektual (magnit) tasma. " Algol|"Ilmiy-texnik masalalarni hal qilish uchun foydalaniladigan, ma’lumotlarni qayta ishlashning protsedura tili; ilmiy hisoblashlar uchun mo‘ljallangan yuqori darajali til. " ALPHA|"RISC turidagi, 64 razryadli ma’lumotlar shinasi, 64 razryadli manzil shinasi, tezkor xotira va protsessor o‘rtasida ma’lumotlar uzatish uchun mo‘ljallangan 128 razryadli shinaga ega bo‘lgan mikroprotsessor. DEC firmasi tomonidan 1992-yilda ishlab chiqilgan. Takt chastotasi 300 MHz ga yetadi. " Alt klavishi|"Kompyuterlarda: bosilishi vaqtida klaviatura boshqa klavishlarining skan-kodlarini o‘zgartirish imkonini beradigan klavish. Yangi klavishlar qo‘shmasdan turib klaviatura funksionalligini kengaytiradi. " AMR spetsifikatsiyasi|"Tizim platasini va interfeysini kengaytirish imkonini beruvchi, audio qurilmalar kabi modemni ham qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan platalarning ochiq sanoat standarti hisoblanadi. AC'97 spetsifikatsiyasi asosida yaratilgan. AMR platalar (modemlar, tovush kartalari) tizim platasiga PCI shinasidan foydalanilgan holda ulanadi. " AMR-WB kodeki|"Ixtisoslashtirilgan ko‘p tezlikli kodek, odatda, keng polosali uyali aloqa tizimlari uchun qo‘llaniladi. U, muayyan tezliklar diapazonida (6,6 Kbit/s dan 23,85 Kbit/s gacha) ovozli oqim siqilishini ta’minlaydi. " ANSI kodi|"Simvollarni sakkiz razryadli ikkilik sonlar (1 byte) bilan kodlash standarti. Windows da foydalaniladi. " ANSI simvollar to‘plami|"Amerika milliy standartlar instituti (ANSI) tomonidan ishlab chiqilgan, Windows da 256 ta boshqaruvchi va alifbo-raqamli simvollarni taqdim etishda foydalaniladigan 8 bitli kod jadvali. " AOL|"AQSh hududida joylashgan eng katta Internet provayderi. ICQ AIM Internet-peyjer xizmatining egasi. Onlayn-xizmatlar va elektron e’lonlar taxtalarini yetkazib beruvchi. 1998-yilda Netscape kompaniyasini sotib oldi va uning asosida o‘zining brauzerini chiqardi. " API antivirusi|"Pochta xabarlarini skanlash va aniq vaqt rejimida viruslarni aniqlashga imkon beradigan amaliy dasturlash interfeysi. Izoh − Elektron pochta bo‘yicha tarqaladigan viruslarni aniqlash imkoniyati va AVAPI server ishiga ta’sir etmasligi uning ustunligidir. " APL tili|"Juda yuqori darajadagi protsedura tili. Maxsus klaviatura talab qiladi. Dastlab algoritmlarni yozish uchun notatsiya (shartli belgilar) bo‘lib xizmat qildi. Birinchi varianti APL/360 ‒ 1966 yil. " A-profil|"Amaliy profil. CAN tarmoqning (abonent foydalana olish tarmog‘ining) har bir qurilmasi uchun barcha kommunikatsion va amaliy obyektlarni belgilaydi. " A-qonuni|"Tovush koderlaridagi RSM va ADPCM da qo‘llaniladigan, tovush signali dinamik diapazonini siqish qonuni. Katta amplitudali signallar uchun logarifmik siqish algoritmidan, kichik amplitudali signallar uchun chiziqli siqish algoritmidan foydalanishga asoslangan. Bu esa kichik daraja signallarini tiklashda signal/shovqin nisbati doimiy bo‘lishligini taʼminlaydi. " ARJ|"Robert Jang tomonidan ishlab chiqilgan fayl arxivatori. " ASII kodi|"Bir baytli (1 byte=8 bit) ikkilik kod ko‘rinishida lotin alifbosi simvollarini, raqamlar, yordamchi simvollar yoki amallarni kodlash standarti. Dastlab standart 7 bitdan foydalanib (0 dan 127 gacha bo‘lgan) 128 simvolnigina belgilagan edi. Barcha sakkiz bitdan foydalanish yana 128 simvolni kodlash imkonini beradi. Qo‘shimcha simvollar har qanday bo‘lishi mumkin. Ularga 128 dan 255 gacha bo‘lgan kodlar ajratiladi. " ASN tarmog‘i|"Muayyan standartdagi (Mobile WIMAX) aloqa tarmog‘idan foydalanish tarmog‘i. " ASR parametri|"Qabul qilingan chaqiruvlar sonining, chaqirishga urinishlar soniga bo‘lgan foiz nisbatini ko‘rsatadigan, aloqa sifati parametri. Bu parametrning qiymati chaqiriluvchining harakatiga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. " AT - komandalar|"Hayes Microcomputer Product firmasi tomonidan ishlab chiqilgan Hayes turidagi modemlarni boshqarish tili. De-fakto standarti hisoblanadi. Tilning har bir komandasi «AT» dan boshlanadi. Inglizcha «at-tention» − «diqqat» so‘zidan olingan. " ATA ketma-ket porti|"Shaxsiy kompyuterlarning tizim platalariga ulash uchun va ma’lumotlarni saqlash (qattiq disklar, DVD va CD-R/W diskovodlari) tez ishlovchi qurilmalarning arzon xizmatlariga mo‘ljallangan izchil interfeyslarning tasnifi. Ma’lumotlar uzatish tezligi: 150, 300 va 600 Mbit/s. Kabel uzunligi 1 m gacha. " ATDMA usuli|"Kanallarni vaqt bo‘yicha ajratish bilan ko‘p stansiyali foydalana olishning takomillashtirilgan usuli. Izoh − UMTS dasturi doirasida ishlab chiqilayotgan aloqa tizimi loyihasining nomi, unda TDMA texnologiyasining radioto‘lqinlarning ko‘p nurli tarqalishida, tinishlarga ega bo‘lgan kanallardagi imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish ko‘zlangan. " Athlon|"AMD kompaniyasi tomonidan 1999-yil iyun oyida e’lon qilingan x86 arxitekturasining mikroprotsessori. Yangi texnologiya Pentium protsessorining raqobatchisi bo‘lishga imkon berdi. Athlon protsessorining eng katta kamchiligi, uning ko‘p energiya sarflashi va buning oqibatida yuqori darajadagi issiqlikda ishlashidadir. Athlon 462-pin li raz’yomda ishlaydi. " A-turidagi resurs yozuvi|"Domenga kiradigan kompyuterning xotirasida saqlanadigan ma’lumot bo‘lib, unda kompyuterning domen nomi (kompyuterning nomi) va domen hududiga tegishli kompyuter IP-manzili aks ettiriladi. " AVI formati|"Tovush bilan sinxronlashgan videofillmlar (mini-kinofilmlar) ni saqlash uchun Microsoft korporatsiyasining Multimedia Systems Group bo‘linmasi tomonidan ishlab chiqilgan fayllar formati. Raqamli video va audio yozuvlarning galma-gal almashinadigan formatiga ega. " AWK dasturlash tili|"Skriptli, UNIX uchun dasturlash tili, mualliflari nomi bilan atalgan (Al V. Aho, Peter J. Weinberger hamda Brian W. Kernighan). 1977 yilda ilk versiyasi chiqqan. " B-diapazon operatori|"Chastotalarning В -diapazonida ishlash uchun litsenziyaga ega bo‘lgan uyali aloqa kompaniyasi. Izoh − Atama Amerika tizimlariga xos bo‘lib, ularda uyali aloqa uchun ajratilgan (800−900) MHz chastotalar diapazonining barchasi shartli ravishda A va В tarzida nomlanuvchi ikki operator o‘rtasida teng bo‘lingan. В-operatori tarixan simsiz foydalana olish xizmatlarini ko‘rsatishga ixtisoslashgan kompaniyadir. Barcha mobil telefonlar faqat bitta (A yoki В) diapazonda ishlash uchun dasturlashtirilgan bo‘lib, u faqat bitta turdagi boshqarish kanallarini qidirish imkoniyatini anglatadi (terminal dasturlashtirilgani kabi). " B kanallar, «tashuvchi kanallar»|"ISDN tarmog‘ining nutqli yoki alifbo-raqamli ma’lumotlarni uzatish uchun mo‘ljallangan ikkita 64 kbit/s li kanali. " B-psevdokadr|"Televizion tasvirning avval keluvchi va/yoki ketidan keluvchi tayanch kadrlari yoki maydonlari bo‘yicha harakatni kompensatsiyalash bilan taxminlash usulida shakllanadigan psevdokadr. " Base-64 kodi|"Elektron xabarlarni MIME bilan moslashgan kodlash usuli. Ixtiyoriy baytlar ketma-ketligini bosma ASCII-simvollar ketma-ketligiga kodlaydi. " Bash|"Bourne shell komandali qobiqning mukammallashtirilgan va yangilangan variatsiyasi. Unix ning ommalashgan zamonaviy komandali qobiqlaridan biri. Ayniqsa GNU/Linux muhitida keng tarqalgan bo‘lib, u bu muhitda boshlang‘ich komanda qobig‘i sifatida ishlatiladi. " BASIC|"Dastlabki eng oddiy dasturlash tillaridan biri. 1964-yilda ishlab chiqilgan mazkur dasturlash tili professional bo‘lmagan dasturchilarga mo‘ljallangan. BASIC tili konstruksiyasining oddiyligi, shuningdek, kompyuter bilan dialog rejimda ishlash imkoniyati mavjudligi bilan ajralib turadi. " BCD fayli|"Kompyuterda mavjud bo‘lgan yuklanadigan operatsion tizimlar va ularning parametrlari to‘g‘risidagi axborotni o‘z ichiga oladigan fayl. Aktiv bo‘limda Boot papkasida saqlanadi. BCD fayl o‘chirib tashlanganda, shikastlanganda yoki noto‘g‘ri sozlanganda operatsion tizim yuklanishdan to‘xtaydi. " BDE|"Borland firmasining ma’lumotlar bazasidan foydalana olish interfeysi. U dasturlarga ma’lumotlar bazasidagi xabarlardan foydalana olish imkonini yaratadi. " BEDO DRAM xotirasi|"Tezkor xotiraning bir turi. SDRAM ning arzon analogini yaratish maqsadida tuzilgan. Lekin keng tarqalmagan. " Belady anomaliyasi|"FIFO algoritmidagi, uchta erkin freymlardagi sahifalarning rad etish soni bilan solishtirish jarayoniga ko‘ra, to‘rtta erkin freymdagi sahifalar rad etish sonining ortib borishi. " BeOS operatsion tizimi|"Dastlab BeBox uchun bazaviy operatsion tizim sifatida ishlab chiqilgan operatsion tizim. Ko‘p oqimlilik, mikroyadrolik, ko‘p protsessorli arxitekturaning, 64 bitli jurnalli fayl tizimining qo‘llanilishi, juda qulay va oddiy foydalanuvchi interfeysi BeOS ning ajratib turadigan afzal jihatlaridir. " Betacam formati|"Yarim dyuymli magnit tasmaga ma’lumot yozish uchun Sony firmasi tomonidan taqdim etilgan yozuv formati. " BGP protokoli|"EGP (External Gateway Protocol) protokoli o‘rniga ishlab chiqilgan mashrutlash protokoli bo‘lib, turli standartlar asosida ishlaydigan tarmoqlar o‘rtasida aloqani ta’minlashga mo‘ljallangan. EGP protokolining vositalaridan farqli o‘laroq, BGP protokolining vositalari optimal marshrutni tanlash uchun barcha mumkin bo‘lgan marshrutlarni baholay oladi. " Big endian|"Kompyuter xotirasining arxitekturasi, bunda baytlarni raqamlash xotira har bir so‘zida chapdan boshlanadi, ya’ni katta bitlardan boshlab raqamlanadi. " BITNET tarmog‘i|"IBM firmasining dastlabki meynfreymi (1981-yil) asosida qurilgan birmuncha arzon va past tezlikka ega xalqaro kompyuter tarmog‘i bo‘lib, 52 mamlakatning kollej va universitetlarini birlashtirgan. Hozirgi vaqtda CREN tarmog‘ining bir qismidir. " Blackberry OS|"Smartfonlarda va Research and Motion (RIM) firmasining kommunikatorlarida ishlaydigan ilovalarning asosiy to‘plamiga ega mobil qurilmalar uchun mo‘ljallangan operatsion tizimlar. " Blowfish algoritmi|"1993-yil Bryus Shneyyer tomonidan ishlab chiqilgan shifrlash standarti. Izoh − U simmetrik blokli shifr bo‘lib, blokining o‘lchami 64 bit, kalitining uzunligi esa o‘zgaruvchandir (32 dan 448 bit gacha). Internetda ushbu algoritmning dastlabki kodlari mavjud bo‘lib, litsenziya talab etmaydi. " Bluetooth|"Tovush va ma’lumotlarni uzatish uchun turli xildagi qurilmalarni birlashtirish imkonini beradigan simsiz qisqa to‘lqinli (30 m gacha) yaqin radioaloqa texnologiyasi. Uni ishlab chiqish va rivojlantirish bilan Bluetooth SIG assotsiatsiyasi shug‘ullanadi. U IEEE 802.15 belgilanishli standartni oldi. U 2,4 GHz chastotadagi ishni aniqlaydi va 10 m masofagacha (722-784) kbit/s tezlikda ma’lumot uzatadi. " BluRay–disk|"Katta hajmli (25-50 Gbayte) kompakt-disklarning bir turi. " BMP formati|"Grafik fayllarning siqilmagan standart formati bo‘lib, bitta nuqta uchun 4,8 yoki 24 bit ni ko‘zda tutadi. " BOOTP protokoli|"Qattiq diskka ega bo‘lmagan uzellar bilan birgalikda ishlash protseduralarini aniqlab beruvchi tarmoq protokoli. Dastlab TCP/IP tarmoqlarida disksiz ishchi stansiyalarni sozlashda ishlatilgan protokol. DHCP – o‘z navbatida shu protokolni qo‘llagan yuklash konfiguratsiyasining tugab borayotgan protokolidir. " Borland obyekt komponentlarining arxitekturasi|"Borland firmasining (mavjud standart komponentlardan dasturli tizim va komplekslarni yaratish uchun) obyekt-modulli arxitekturasi. " Bps (sekunddagi bitlar soni)|"Bir sekund ichida uzatiladigan bitlar soni. Modem kabi ma’lumotlarni uzatishi mumkin bo‘lgan qurilmaning tezligini o‘lchash birligi sifatida foydalaniladi. " BREW platformasi|"Qualcomm kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, CDMA standartidagi mobil qurilmalar uchun ilovalar platformasi (GSM uchun Java platformasining analogi). " BSC kodi|"Tayanch stansiya kodi. " BSD|"Kaliforniya universitetining dasturiy mahsuloti. Uning asosida FreeDSB, OpenBSD va NetBSD kabi qator operatsion tizimlar ishlab chiqilgan. " C Shell|"Komanda beruvchi interpretator. *nix-tizimlaridagi komanda satrini dasturlash tili. " C# tili|"Ilovalar, veb-komponentlar, shuningdek, veb-xizmatlar tuzish uchun, Microsoft korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan dasturlash tili. O‘zida C++, Java, Java Script, Visual BASIC tillarining eng yaxshi jihatlarini birlashtiradigan kuchli dasturlash tili. " C++|"Quyi darajali dasturlash imkoniyati bo‘lgan, ANSI va ISO standartlariga javob beradigan, obyektga yo‘naltirilgan yuqori daraja tili. Ci (C) dasturlash tilining navbatdagi avlodi hisoblanadi. C++ning obyektga yo‘naltirilganligi, u yirik masshtabli dasturlarni kodlash soddalashtiriladigan va ularning kengayuvchanligi ta’minlanadigan dasturlash uslubini qo‘llab-quvvatlashini bildiradi. " C2 himoya darajasi|"Axborotni muhofaza qilishga mo‘ljallangan AQSh milliy standarti, foydalanuvchilarni yakka tartibda ro‘yxatga olish, maxfiy so‘z va vakolat berish mexanizmi mavjudligini talab qiladi. " Cairo tarmoq operatsion tizimi|"Microsoft korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan obyektga yo‘naltirilgan arxitekturali tarmoq operatsion tizimi. Cairo tizimi ma’lumotlarni qayta ishlash taqsimlangan muhitini ta’minlaydi. " Caps Lock klavishi|"Yuqori registrni qayd qilish klavishi. " CAS protokoli|"Intel korporatsiyasining, o‘rnatilgan menyu yordamida shaxsiy kompyuterlarning faksimil platalaridan bevosita foydalanishni ta’minlaydigan protokoli. " CB signal|"Rangli televideniyening ayrim raqamli komponentli tizimlarida foydalaniladigan, masshtab koeffitsiyentiga ko‘paytirilgan, ko‘k ayirmarang signalga mos keladigan bir qutbli signal. " ccTLD|"Yuqori pog‘onali milliy yoki mamlakat domeni. ® Muayyan mamlakat uchun ajratiladi, masalan, O‘zbekiston uchun .uz, Rossiya uchun .ru va h.k. " CD+MIDI formati|"Raqamli ovoz va MIDI interfeysi bilan kengaytirilgan format. " C-diapazon|"Yo‘ldoshli (FSS), radioreleli va boshqa xizmatlar o‘rtasida taqsimlangan 4 GHz dan 8 GHz gacha chastotalar diapazonining xalqaro belgilanishi. Masalan, FSS yo‘ldoshli aloqa xizmatiga 4/6 GHz diapazoni ajratilgan va u ikkita uchastkani o‘z ichiga oladi: (3,4−4,2) GHz (liniya «pastga») va (5,7−6,7) GHz (liniya «yuqoriga»). " CD-I diskiga umumiy tasnifi|"Diskning, uning fizik formatini, shuningdek, turli ko‘rinishdagi axborotni kodlash tartibi va uslublarini belgilaydigan tasnifi. " CDIF eksporter|"CDIF uzatish faylini yaratadigan vosita. " CDIF grafik notatsiyasi|"Diagrammalarda CDIF modellash konsepsiyalarining taqdim etilishini belgilaydigan qoidalar to‘plami. " CDIF importer|"CDIF uzatish faylini o‘qiydigan va undan modelni yaratishda yoki o‘zgartirishda foydalanadigan vosita. " CDIF metaindikator|"Metaobyektni uzatishning metamodel qismida qat’iy identifikatsiyalaydigan metaatribut. " CDMA2000 1xEV-DV texnologiyasi|"CDMA2000 standarti negizidagi ma’lumotlarni simsiz uzatish texnologiyasi. Standart 2003-yilda ishlab chiqilgan. Radioefirda bitta eltuvchida bir vaqtda ham ovoz, ham ma’lumotlar uzatilishini ko‘zda tutadi. Maksimal tezlik 3−5 Mbit/s gacha, normal o‘tkazish qobiliyati 1,25 MHz kanalda 1 Mbit/s ni tashkil etadi. " CDMA2000 1х EV-DO Rel 0 texnologiyasi|"CDMA2000 standarti negizidagi ma’lumotlarni simsiz uzatish texnologiyasi. Ma’lumotlarni «pastga» (Down link (DL) liniyada 2,4 Mbit/s gacha bo‘lgan tezlik bilan, «yuqoriga» (Up link (UL) liniyada 153 Kbit/s tezlik bilan uzatish imkoniyatini ta’minlaydi. " CDMA2000 1х EV-DO Rel А texnologiyasi|"CDMA2000 standarti negizidagi ma’lumotlarni simsiz uzatish texnologiyasi. Ma’lumotlarni mobil terminaldan tayanch stansiya tomon yo‘nalishda 1,8 Mbit/s gacha bo‘lgan tezlik bilan uzatilishini, tayanch stansiyadan mobil terminal tomon yo‘nalishda 3,1 Mbit/s gacha bo‘lgan tezlik bilan olinishini ta’minlaydi. Kanalning talab qilinadigan kengligi 1,25 MHz, bu, spektrdan samarali foydalanish to‘g‘risida gapirish imkonini beradi. Hozirgi paytda 1x EV-DO Rel A texnologiya CDMA2000 tarmoqlari uchun tayanch texnologiya hisoblanadi va «to‘rtinchi avlod» (4G) tarmoqlariga o‘tishni amalga oshirish imkonini beradi. " CDMA2000 loyihasi|"Qualcomm kompaniyasi takliflari asosida, TIA TR 45.5 qo‘mitasi (AQSh) tomonidan IMT-2000 dasturi doirasida ishlab chiqilgan keng polosali tizimlar uchinchi avlod standarti loyihasining nomi. " CDMA2000 standarti|"CDMA standarti versiyalaridan biri. Uchinchi avlod keng polosali tizim standartining loyihasi. TIA TR (AQSh) qo‘mitasi tomonidan Qualcomm kompaniyasining ishlanmalari negizida yaratilgan. Aloqa kanallarining o‘tkazish qobiliyatini oshirish yo‘li bilan cdmOne standartining imkoniyatlarini kengaytiradi. CDMA2000 ga o‘tishning birinchi bosqichi (Phase 1) ovozli va multimedia ma’lumotlar uzatish tezligini 144 Kbit/s gacha oshirishni ko‘zda tutadi. Bu texnologiya uchun qator nomlanish mavjud: IS-2000, MC-1X, IMT-CDMA Multi-Carrier1x va 1xRTT. Ikkinchi bosqichda (Phase 2) ma’lumotlar uzatish tezligi 2 Mbit/s gacha oshirilishi mumkin: 1xEV-Data Voice yoki 1xEV-DV standarti ovoz va ma’lumotlarni birgalikda uzatish uchun hamda 1xEV-DataOnly (Phase 1+) faqat ma’lumotlar uzatish uchun. Bundan tashqari, CDMA2000 ga o‘tishning ikkinchi bosqichida birinchi bosqich texnologiyalari ta’minlaydigan, ma’lumotlar uzatish tezligini uch marta oshirish texnologiyasidan foydalanilishi mumkin. Bu texnologiya MC-3X, IMT CDMA MultiCarrier3x va 3xRTT sifatida ma’lum. " cdmaOne aloqa tizimi|"IS-95 standarti negizida amalga joriy etilgan ikkinchi avlod aloqa tizimining nomi. Aloqa, (824−849) MHz (liniya «yuqoriga») va (869−894) MHz (liniya «pastga») chastotalar diapazonida, 45 MHz dupleks tarqoqlik bilan ta’minlanadi. Nutqni uzatish uchun 8 Kbit/s (kanal ichida 9,6 Kbit/s)ga teng tezlikni ta’minlaydigan CELP turidagi kodeklar ishlatiladi. cdmaOne tarmoqlarining asosiy texnik parametrlari TIA standartlarida (IS-95 va IS-96) belgilab qo‘yilgan. " CD-R (yozish imkoniyatli kompakt-disk)|"Cheklanmagan marta o‘qish, lekin faqat bir marta yozish va davomidan yozish mumkin bo‘lgan kompakt-disk turi. Ma’lumotni o‘chirish imkoniyati mavjud emas. Zamonaviy CD-R lar 650 dan 800 Mbyte gacha ma’lumotni saqlay oladi. " CD-ROM kengaytirilgan arxitekturasi|"Zichlashtirilgan audioma’lumotlarni saqlashni ta’minlaydi. Microsoft va Sony korporatsiyalari tomonidan 1990-yilda yaratilgan standart, bundan tashqari, bu ma’lumotlarni diskdan o‘qish usulini ham bajaradi. " CD-ROM qurilmasi|"Kompakt disklarni o‘qish uchun mo‘ljallangan qurilma. CD-ROMlarning tezligi audio-kompakt-diskni o‘qish tezligi (150 kbit/s) bilan aniqlanadi. Ayni vaqtda, 56 tezlikka ega CD-ROMlar mavjud. Bundan buyon, ularning tezligini oshirish qiyin masala bo‘lib turibdi. " Celeron|"Intel kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan arzon protsessorlar turkumi. Uning arzonligi Pentium protsessorli kompyuterlarga nisbatan samaradorligi pastligi bilan izohlanadi (kesh xotira qisqartirilgan). Dastlabki Celeron protsessori 1998-yilning aprel oyida paydo bo‘lgan. " CentOS|"Hamjamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Linux distributivi. U Red Hat Linux ga to‘liq asoslangan va u bilan mos ravishda ishlay oladi. Undan farqli ravishda, yopiq dasturlarni ishlatmaydi va butunlay bepul. " CERT|"Kompyuter xavfsizligi sohasidagi ekspertlar guruhi. Kompyuter hodisalari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni to‘playdi va tekshirish ishlarini olib boradi, kompyuter hodisalarining oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi. CERT bazan CSIRT (Computer Security Incident Response Team) deb ham ataladi. Birinchi CERT 1988-yilda Karnegi-Melon (AQSH) universitetida Internetda Morris Worm qurtining tarqalishi munosabati bilan yaratilgan. Bugungi kunda CERT xizmatlari ko‘p mamlakatlarda, jumladan, O‘zbekistonda ham mavjud. Katta tashkilotlar ham odatda o‘z CERT bo‘linmalariga ega bo‘ladi. Qar.: UZ-CERT. " CGA grafik adapteri|"Rangli grafik adapter, CGA adapteri IBM PC XT turidagi mashinalarda ko‘p ishlatilgan. Oq-qora rejimda 640×200 nuqtali o‘lchamni va 320×200 – rangli rejimda esa 320x200 nuqtali o‘lchamni ta’minlaydi. " CHILL dasturlash tili|"Xalqaro elektraloqa ittifoqi tomonidan taklif qilingan va kommunikatsiya tarmoqlarida avtomatlashtirilgan komplekslarni dasturlash uchun xalqaro standart sifatida qabul qilingan yuqori daraja dasturlash tili. " Ci tili|"Umumiy maqsadlardagi dasturlash tili, o‘zining samaradorligi, tejamliligi va ko‘chirib bo‘lishliligi bilan ma’lum, bu esa, deyarli barcha turdagi dasturiy ta’munot yahshi sifati bilan ishlab chiqilishini ta’minlaydi. Si tilidan instrumental til sifatida foydalanish tez va ixcham dasturlar olish imkonini beradi. " CMEA algoritmi|"Raqamli uyali aloqa tarmoqlarida xabarlarni shifrlash algoritmi. " C-MOS-xotira|"Uncha katta tezlikka ega bo‘lmagan va batareyadan kam quvvat talab qiladigan, energiyaga bog‘liq bo‘lmagan xotira. Bu xotiradan kompyuter uskunasining konfiguratsiyasi va tarkibi, shuningdek, uning, operatsion tizim ishga tushirilgunga qadar tizim starti va oldindan testlash uchun zarur bo‘lgan ish rejimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni saqlash uchun foydalaniladi. " COBOL dasturlash tili|"Iqtisodiy masalalar va tijoratga oid ma’lumotlarni qayta ishlash masalalari uchun mo‘ljallangan dasturlash tili. COBOL dasturlash tili fayllar bilan ishlash vositasi va ingliz tiliga yaqin bo‘lgan yozish shakli bilan farq qiladi. Hozirgacha eng ko‘p kod qatori yozilgan dasturlash tili bo‘lib qolmoqda. " COM obyekt|"Boshqa obyektlarga va ilovalarga standartlashtirilgan COM-interfeys orqali o‘z servislarini taklif qiladigan Com modeli asosida ishlab chiqarilgan dasturiy komponent baʼzi toifasining obyekti. " COM porti|"O‘tkazish imkoniyati 115200 kbit/s bo‘lgan, 9 kontaktli ketma-ket port. Kichik tez-likka ega qurilmalarning − «sichqoncha» va tashqi modemni ulash yoki ikkita kompyuter o‘rtasida ulanishni yuzaga keltirish uchun qo‘llaniladi. " Common LISP dasturlash tili|"1981-yilda kompaniyalar konsorsiumi tomonidan standartlashtirilgan LISP dasturlash tilining dialekti. Konsorsium bu ishni DARPA rahbarligida bajardi. Common Lisp − bu bort tizimlarida keng foydalaniladigan katta va murakkab til. " Cookie fayli|"Veb-server tomonidan foydalanauvchini ro‘yxatga olish vaqtida qaytariladigan foydalanuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilgan satr. Dastur serverlari har bir foydalanuvchini afzal deb bilish mumkin va shunga bog‘liq holda mijoz saytga kirgan vaqtda har safar aniq takliflar taqdim etishi mumkin. " Copland operatsion tizimi|"Apple Computer korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan MacOS operatsion tizimining 32 turkumli (razryadli) rusumi. Copland operatsion tizimi ko‘p vazifali va ko‘p oqimli hisoblanib, u Apple firmasining shaxsiy kompyuterlari uchun mo‘ljallangan. " COPS spetsifikatsiyasi|"IETF qo‘mitasining spetsifikatsiyasi. Tarmoq ma’muriy boshqarish tizimlarida foydalaniladi. " Core lDRAW|"Kanadaning Corel korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan vektorli grafik redaktor. Mahsulotning shu kundagi versiyasi − CorelDRAW Graphics Suite X3, faqat Microsoft Windows uchun ishlatish mumkin. Avvalgi versiyalar Apple Macintosh hamda GNU/Linux uchun ishlab chiqarilgan. " Core 2|"Intel koporatsiyasi x86-64 arxitekturasi protsessorlarining oltinchi avlodi, Core protsessori arxitekturasiga asoslangan. " CR signal|"Rangli televideniyening ayrim raqamli komponentli tizimlarida foydalaniladigan, masshtab koeffitsiyentiga ko‘paytirilgan, qizil ayirmarang signalga mos keladigan bir qutbli signal. " CSL|"Boshqarish va modellash tili. " CSMA/CD|"Tarmoqlardagi kolliziyalarni hal qilishning keng tarqalgan usuli. " CSTA kompyuter telefoniyasi ilovalarining xizmatlari|"CSTA kompyuter telefoniyasi ilovalari xizmatlari ATS va kompyuter yoki kompyuter tarmog‘ining chetki integratsiyasu uchun xizmat qiladi. Izoh – CSTA protokolini amalga oshirish ECMA-179 (Services for Computer Supported Telecommunication Applications) va ECMA-180 (Protocol for Computer Supported Telecommunication Applications), qisman ECMA-217 va ECMA-218 (Phase II), shuningdek, ECMA-269 (Phase III) standartlariga asoslanadi. " CULV|"Intel kompaniyasi tomonidan ishlab chiqiladigan kompyuter platformasi. Energiya iste’moli va issiqlik ajratishi kam bo‘lganligi tufayli, CULV portativ kompyuterlarda batareyaning xizmat qilish muddati uzoq bo‘lgan juda nozik kompyuter tizimlarini yaratish imkonini beradi. " C-va Ku-diapazonlari|"Yo‘ldoshli televizion eshittirish uchun ajratilgan ikki chastotaviy diapazon. «Yo‘ldosh − qabul qiluvchi antenna» aloqa liniyasi uchun C-diapazonda 3,5 GHz dan 4,2 GHz gacha, Ku-diapazonda esa 10,7 GHz dan 12,75 GHz gacha chastotalar polosasidan foydalaniladi. C-diapazonida uzatiladigan televizion signal moduyatorga berishdan oldin inverslanadi. " D sohasi|"Yer sirtidan taxminan 50-90 km o‘rtasida joylashgan ionosferaning qismi. " D1 formati|"4:2:2 komponent signalning 8 bit/sanoq turkumidagi raqamli videoyozuv formati. " D1 raqamli videoyozuv formati|"Raqamli videoyozuvning birinchi formati. 4:2:2 formatiga asoslangan; yorqinlik Y va ayirmarang R-Y hamda B-Y signallarning komponentli alohida yozuvi amalga oshiriladi. 286.875 mm/s tezlik bilan siljiydigan 19.01 mm kenglikdagi magnit tasma ishlatiladi; magnit tasma uchta: kichik, o‘rta va katta o‘lchamdagi kassetalarga joylangan. Kassetalar mos ravishda, uzluksiz 11, 34 va 76 minutli yo‘zuvni ta’minlaydi. Video va tovush xatolardan Rid-Solomon kaskadli kodlari bilan himoyalangan. " D2 raqamli videoyozuv formati|"Raqamli videoyozuv formati. 19.01 mm kenglikdagi magnit tasma ishlatiladi. D-2 formatidagi raqamli videomagnitofonlar PAL yoki NTSC to’liq (kompozit) signalining yozuvini amalga oshiradi. " Daemon|"Fon rejimida ishlaydigan, foydalanuvchi bilan oshkor tarzda o‘zaro ishlamaydigan dastur. Ko‘p hollarda *nix tizimlariga nisbatan qo‘llaniladi. Microsoft ning operatsion tizimlarida – rezident dastur yoki xizmat (Service) ga mos keladi. " D-AMPS standarti|"TDMA texnologiyasiga asoslangan, ikkinchi avlod raqamli mobil aloqa tizimi standarti (1999-yildan boshlab yangi nomi – TDMA). Standart AMPS (IS-54) analog tizimi bilan mos tushadi, shuningdek, bu standartning oxirgi modifikatsiyasi IS-136 o‘z imkoniyatlari bo‘yicha GSM ga yaqin keladi. " Datakit tarmog‘i|"X.25 protokolli tarmoqqa o‘xshash kanallarni kommutatsiyalash tarmog‘i. " DataTAC standarti|"Paketlar kommutatsiyasiga asoslangan, past tezlikli simsiz aloqa ochiq standarti. Ishchi chastotalar diapazoni 800 MHz atrofida. " dBASE|"Relyatsion ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi. Aihton-Tate firmasi (AQSh) tomonidan ishlab chiqilgan. Tizim muntazam ravishda takomillashtirilib boriladi, dBASE II, dBASE III, dBASE III Plus versiyalari o‘zini yaxshi ko‘rsatdi. Hozirgi vaqtda Borland firmasi tomonidan tizimni takomillashtirish davom ettirilmoqda, dBASE IV va dBASE V versiyalar chiqarildi. Foydalanuvchi bilan rivojlangan interfeysga ega, lekin Fox tizimlaridan ishlash tezligi bo‘yicha orqada. " DCS-1800 standarti|"1800 MHz chastotalar diapazonida ishlaydigan uyali aloqa raqamli tizimining standarti. " DDCD formati|"Sony va Philips korporatsiyalari tomonidan taqdim etilgan kompakt-disklarga ikki marta zichlikda yozish formati. Yozish jarayonida shakllanadigan pitlar uzunligini va yo‘laklar oralig‘idagi masofani qisqartirish hisobiga disklarning hajmi 1,3 Gbyte gacha oshirilgan. DDCD formati mavjud formatlar bilan muvofiqlikni saqlaydi. " DDR2 SDRAM|"Hisoblash texnikasida tezkor hamda videoxotira sifatida foydalaniladigan tezkor xotira turi. " Debian|"1993-yilda Yan Myordok tomonidan yaratilgan Linux distributivi. Bir maromda ishlashi bilan ajralib turadi, .deb xususiy paketlar formatiga ega. 100 dan ortiq Linux distributivlariga asos bo‘lgan. " DECnet protokoli|"DEC kompaniyasi tarmoq arxitekturasining DEC kompyuterlarini DDCMP protokoli bo‘yicha bog‘lash imkonini beradigan savdo markasi. " DECT profili|"DECT standarti tizimlarida abonent radiokirish profili. " Delphi dasturlash tili|"Turbo Pascal tilining obyektga yo‘naltirilgan versiyasiga asoslangan, Borland International firmasining yuqori darajali protsedurali obyektga yo‘naltirilgan tili. Windows va mijoz-server dasturlarini yaratish uchun xizmat qiladi. " DHCP serveri|"Mijozlarning IP-manzillarini avtomatik tarzda boshqaruvchi va tarmoqda unga muvofiq sozlash ishlarini bajaruvchi server. DHCP xizmatini bajaruvchi kompyuter IP-manzillarni va ularga bog‘liq ma’lumotlarni DHCP mijozlariga dinamik taqsimlanishini ta’minlaydi. " Direct X texnologiyasi|"Micrоsоft tomonidan ishlab chiqilgan standart dasturiy uzilishlar to‘plami. Dasturchilarga tovush, video va grafika bilan birmuncha tezroq usulda ishlash imkonini beradi. " Direct3D spetsifikatsiyasi|"Microsoft korporatsiyasining Windows platformasi uchun grafik API dagi spetsifikatsiyasi. " Display Port|"Raqamli displeylar uchun mo‘ljallangan signal interfeysining standarti. VESA (Video Electronics Standart Association) tomonidan 2006-yilning mayida qabul qilingan. 1.1 versiyasi 2007 yil 2 aprelda, 1.2 versiya esa, 2010-yil 7 yanvarda qabul qilingan. Display Port dan audio-videoapparaturani, birinchi navbatda, kompyuterni displey bilan yoki kompyuter va uy kinoteatri tizimlarini ulash uchun eng zamonaviy interfeys sifatida foydalanish ko‘zda tutiladi. " DjVu|"Tasvirni yo‘qotishlar hisobiga siqish. Sxema va formulalari ko‘pligi tufayli hujjat mazmunini aniqlash qiyin bo‘lgan skanlanadigan hujjatlarni saqlash uchun ishlab chiqilgan. O‘z o‘rnida to‘laqonli ishlatilishi uchun ikkita rang yetarli bo‘lgan kitoblarni saqlash standarti bo‘lib qoladi. Hozirgi vaqtda, bu format Lizard Tech kompaniyasiga tegishli bo‘lishiga qaramay, ochiq format hisoblanadi. . " DNK kompyuteri|"DNK hisoblash imkoniyatlarini ishlatadigan hisoblash tizimi. " Dolby AC-3 tovush uzatish tizimi|"Dolby Surround Digital 5+1 kanal formatida ko‘p kanalli uzatishni ta’minlaydigan va 384 kbit/s tezlikni talab qiladigan tovush uzatishning muqobil tizimi. " Dolby-Dolby Digital (AC-3) formati|"Audioaxborotni siqish formati, DVD va kinofilmlarni yozishda qo‘llaniladi. Monofonik audiosignalni 5.1-kanalli hajmli ovozga aylantirishda qo‘llaniladi. " Dongle qurilmasi|"Ajratgich (raz’yom) o‘rnatilgan har qanday ixcham periferik qurilma (3G tarmoqlarida ishlash uchun USB modemlarga nisbatan qo‘llaniladi). " DOS Navigator|"Moldovaning Ritlabs kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, OS/2 va DOS uchun mo‘ljallangan konsolli fayl menejeri. " Double bootable system|"Ikkita (yoki undan ko‘p) operatsion tizim o‘rnatilgan kompyuter, u ulanganda foydalanuvchiga aynan qaysi operatsion tizimni ishga tushirish kerakligini aniqlash " DPT texnologiyasi|"Ochiq xalqaro standart SRP (protokoli) dan foydalanishga asoslangan IP-paketlarni dinamik uzatishning yuqori tezlikli texnologiyasi. " Drag-and-drop» texnologiyasi|"Hujjatda obyektni ajratish va uni ayni shu hujjatda yoki boshqa bir hujjatga ko‘chirish texnologiyasi. Windows tizimida va amalda Microsoft firmasining barcha ilovalarida qo‘llaniladi. Hujjatlar bilan ishlashni osonlashtiradi. " DragonFlyBSD|"FreeBSD operatsion tizimining x86 platformasiga va ko‘p protsessorli tizimlarga mo‘ljallangan turi. Yangi, lekin tez rivojlanayotgan, mukammal tizimlardan hisoblanadi. Ushbu tizim serverda ham, ishchi stansiyada ham ishlatilishi mumkin. Distributivi kichik hajmga ega. 2003-yilning iyul oyida dunyo yuzini ko‘rdi. Muallifi Mett Dilan. " DrakConfig|"Mandriva operatsion tizimini sozlashda qo‘llaniladigan grafik vosita. Tayyorlanmagan foydalanuvchiga tushunarli bo‘lgan Linux operatsion tizimini o‘rnatish va sozlash uchun birinchi vosita hisoblanadi. " DSA algoritmi|"algorithm (DSA) Ochiq kalitli shifrlash federal standarti. Kalit uzunligi 512 bit dan 1024 bit gacha. 1991-yilda NIST tomonidan ishlab chiqilgan va DSS standartida ishlatiladi. " DS-CDMA usuli|"CDMA tizimlarida signallarni keng polosali uzatish usuli bo‘lib, ma’lumotlarning kodlangan oqimini ikki bosqichli modulyatsiyalashga asoslangan. Izoh − Modulyatsiyalashning birinchi bosqichida eltuvchi ma’lumotlarning kodlangan oqimi bilan, odatda, BPSK yoki QPSK usullarini qo‘llagan holda, modulyatsiyalanadi. Ikkinchi bosqichda esa to‘g‘ri ketma-ketlik spektrini kengaytirish bilan modulyatsiyalash amalga oshiriladi. " DSS standarti|"NIST va NSA tomonidan Capstone loyihasining bir qismi sifatida elektron raqamli imzo uchun ishlab chiqilgan AQSh federal standarti. " DTDS turidagi disk massivi|"Tizimlaridan biri butunlay ishdan chiqqanida ham foydalana olishni ta’minlash uchun bir nechta qismga ajratiladigan DTDS. Uning himoyasi tok manbaidagi uzilishlar, sovutish tizimining buzilishi, tok manbai va shina kabellarining uzilishi holatlarining oldini oladi. " Duron|"AMD kompaniyasining tejamkor protsessorlari oilasi. 2000-yilning iyun oyida Intel Celeron raqobatchisi sifatida e’lon qilingan. 462 kontaktli Socket A razyomli tizim platalariga o‘rnatish uchun mo‘ljallangan. " DVB-H texnologiyasi|"Mobil qurilmalar uchun maxsus ishlab chiqilgan, raqamli videosignalni qabul qilish imkonini beradigan texnologiya. Uning yordamida cho‘ntak qurilmasi ekranida televizion eshittirishlarni ko‘rish mumkin bo‘ldi. " DVB-T tizimi|"Televizion dasturlarni radiokanallar orqali yer usti uzatish markazlaridan foydalangan holda iste’molchiga yetkazish uchun mo‘ljallangan hamda videosignallarni, tovush signallarini va qo‘shimcha ma’lumotlarni kodlashni, shuningdek, paketlarni shakllantirish va transport oqimiga multipleksorlashni MPEG-2 standarti talablariga muvofiq amalga oshirishni ko‘zda tutadigan raqamli televizion eshittirish tizimi. Izoh – Ushbu tizimda radiosignalning kodlangan ortogonal eltuvchilarini umumlashtirishdan foydalaniladi. " DVD-Video formati|"DVD-disklarda saqlash uchun mo‘ljallangan yuqori sifatli video formati. MPEG-2 kodlash ishlatiladi . " DVI|"1. Digital Video Interactive – Optik diskka yoziladigan to‘laekranli videotasvirlarni apparat usulida yuqori darajada siqishni taʼminlaydigan Intel standarti. DVI – shaxsiy kompyuterlardagi videotasvirlar uchun 1980-yillar o‘rtasida ishlab chiqilgan birinchi standartdir. 2. Digital Visual Interface – Suyuq kristalli monitorlar va proyektorlar kabi raqamli aks ettirish qurilmalariga videotasvirni uzatishga mo‘ljallangan interfeys va tegishli tutashtirgich uchun standart, Digital Display Working Group konsorsiumi tomonidan ishlab chiqilgan. " E sohasi|"Yer sirtidan taxminan 90-150 km o‘rtasida joylashgan ionosferaning qismi. " E1|"Uzatish tezligi 2,048 Mbit/s bo‘lgan, kanallar vaqt bo‘yicha multipleksorlangan tizimlar iyerarxiyasining birinchi darajasiga mos keluvchi raqamli interfeys. 64 kbit/s tezlik bilan 30 ta axborot kanali va ikkita xizmatga oid kanal uzatilishini taʼminlaydi (bunday tizim yana IKM-30 sifatida ham maʼlum). " Ebtables|"Linux dasturiy ko‘priklar uchun belgilangan paketlarni filtrlash vositasi. Ebtables Iptables ga o‘xshaydi, lekin uchinchi (tarmoq) sathida emas, balki tarmoq stekining ikkinchi (kanal) sathida ishlashi bilan farq qiladi. " Echo|"UNIX operatsion tizimida matn qatorini ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan komanda. Vaqt o‘tishi bilan ko‘pgina zamonaviy operatsion tizimlarda qo‘llanila boshladi. " EDGE loyihasi|"Aloqa tizimlarining global evolyutsiyasi uchun ma’lumotlar uzatishning yaxshilangan tizimi – GSM tizimlarini yaxshilash uchun mo‘ljallangan standart loyihasi. Izoh − UWC-136ning o‘zi – Uzatish tezligini 384 Kbit/s gacha oshirish imkonini beradi. EDGE GSM radiokanali vaqt bo‘lgan tuzilmasining ichida qo‘llaniladigan yangi modulyatsiya sxemalarining to‘plamini o‘zida ifodalaydi. Faqat GSM da emas, shuningdek TDMA (IS-136) va AQSh da iDEN da ham joriy qilinadi. 1-faza EDGE 1999 yil oxirida standartlashtirilgan, GPRS funksiyalaridan foydalanadi, ma’lumotlar uzatish tezligi 384 Kbit/s gacha. 2-faza EDGE real vaqt rejimida sifatli video va tovush uzatilishini ta’minlaydi. " EDGE texnologiyasi|"GSM standartidagi mobil aloqa tarmoqlari uchun ma’lumotlar uzatish tezligini oshirish texnologiyasi. EDGE mavjud GSM radiokirish sxemasi ustidan quriladi va GPRS dagiga qaraganda, uzatish qobiliyati uch marta katta bo‘lishini ta’minlaydi va uzatish tezligini 384 Kbit/s gacha oshirish imkonini beradi. Bu o‘zida, qo‘shimcha tarmoq elementlari kiritilmasdan dasturiy ta’minot yangilanishini ifodalaydi. EDGE ning qo‘llanilishi, ma’lumotlarni yuqori tezlikda uzatishga asoslanadigan Internetdan foydalanish, videotelefoniya, raqamli mobil televideniye kabi yangi xizmatlardan foydalanish imkoniyatini beradi. " EFR texnologiyasi|"To‘liq chastotalar polosasi bo‘ylab yaxshilangan kodlash texnologiyasi. Sifati yer usti liniyalariga yaqin. Mobil telefon akkumulyatorining sarfi, FR dagiga qaraganda 50 foizga ko‘p. Bu rejim, uyali aloqa operatori tomonidan ta’minlanishi kerak. " EGSM standarti|"GSM tizimida foydalaniladigan GSM kengaytirilgan standarti. EGSM chastotalar diapazoni GSM 900 MHz standart diapazoniga nisbatan pastga 10 MHz ga kengaytirilgan. Shunday qilib, ushbu mobil aloqa protokoli (880-915) MHz va (925-960) MHz kengaytirilgan chastotalar diapazonida ishlaydi. Bu funksiya ham telefon, ham uyali tarmoq tomonidan qo‘llanilishi kerak. " EISA shinasi|"Shaxsiy kompyuterlarning 16 razryadli shina arxitekturasini kengaytiradigan 32 razryadli tizim shinasi. Bir nechta protsessor ishini ta’minlaydi. " EJB spetsifikatsiyasi|"Server qismida ma’lumotlar bazalaridan va tranzaksiyalarni qayta ishlash tizimlaridan foydalanishni standartlashtiradi. Bu korporativ ilovalar uchun muhim, chunki ularning boshqa platformalarga ko‘chirishni ta’minlaydi. " ELF|"UNIX va Linux dagi bajariladigan kod faylining, faylni seksiyalarning majmui ko‘rinishida taqdim etishga asoslangan mashhur formati. " EMC kodi|"Uskunani ishlab chiqaruvchining kodi. " End klavishi|"Kursorni matn satri oxiriga, ekran chetiga yoki fayl oxiriga surish uchun ishlatiladigan klavish. " Energy star|"Kompyuter iste’mol qiladigan energiya miqdorini kamaytirish hisobiga atrof muhitni muhofaza qilish dasturi. Enegy star belgisi bo‘lgan kompyuterlar kutish rejimida 60 W dan kam, monitor va tizim bloki 30 W dan kam energiya iste’mol qilishi kerak. " Enter klavishi|"Kiritish klavishi, uning bosilishi kompyuterga kiritish satri tugaganligi (abzats oxiri) to‘g‘risida, jadval katagiga formula yoki elementni qo‘yish, yozishni tugallash va uni ma’lumotlar bazasiga kiritish komandalari bajarilishi to‘g‘risida xabar beradi. " EPIC texnologiyasi|"Intel va Hewlett-Packard korporatsiyalari tomonidan ishlab chiqilgan 64 razryadli Merced protsessori komandalari to‘plamining IA-64 arxitekturasida qo‘llaniladigan texnologiya. Bu texnologiyada kompilyator protsessorga qaysi komandalar parallel, qaysilari esa boshqa komandalarga bog‘liq tarzda bajarilishini oshkor qiladi. " EPP|"LPT portining ikki tomonga yo‘naltirilgan ish tartibi, bunda u nafaqat axborotni chiqarish uchun, balki kiritish uchun ham ishlashi mumkin. " E-praktikum|"O‘quvchilarni o‘rgatish uchun mo‘ljallangan dasturiy mahsulot. «Korvet», «UKNS», «Yamaxa» turidagi kompyuterlarda maktab informatika kursini qo‘llab-quvvatlaydi. Tarkibida Pascal tiliga juda o‘xshash bo‘lgan ruscha leksikali til interpretatori bor; algoritmlar tushunchasini kiritish imkonini beradigan «chizmachi», «vezdexod» va boshqa bajaruvchilar to‘plami mavjud. Akademik P.Yershov sharafiga nomlangan. " ER modeli|"Real tizimlarda ma’lumotlar oqimlarini tavsiflash modeli. Bu modelda ma’lumotlar ma’nosi va ular o‘rtasidagi bog‘lanish nuqtai nazaridan tavsiflanadi. " ESSID identifikatsiya nomi|"802.11 tarmoqni identifikatsiyalovchi nom. Izoh − Simsiz lokal tarmoqqa qo‘shilish uchun, uning ESSID ni bilish zarur. " Ethernet|"Kompyuter tarmoqlarining paketli texnologiyasi. Tarmoq uzellari koaksial yoki optik tolali kabel yoki o‘ralgan juft orqali bog‘langan. Axborot boshqaruvchi va manzilli, shuningdek, 1500 byte gacha ma’lumotni o‘zida saqlovchi o‘zgaruvchan uzunlikdagi kadrlar orqali uzatiladi. Ethernet standarti ma’lumotlar yuqori chastotali modulyatsiyalarsiz, sekundiga 10 Mbit/s tezlik bilan uzatilishini ta’minlaydi. " Ethernet tarmog‘i|"Kompyuter tarmoqlari uchun belgilangan qurilmalar o‘rtasida maʼlumotlarni paketli uzatish texnologiyalari turkumiga tegishli bo‘lgan keng eshittirish kompyuter tarmog‘i. Izoh – Ethernet standartlari fizik sathda (yoki darajada) simli ulanishlarni va elektron signallarni belgilaydi. " Ethernet texnologiyasi|"Signallarni 10 Mbit/s gacha tezlikda uzatishni ta’minlaydigan va kanallar holatini so‘rash hamda nizolarni aniqlash bilan ko‘plab foydalanish usulidan tarmoq resurslaridan uzellarning foydalana olish usuli sifatida foydalaniladigan lokal kompyuter tarmog‘ining texnologiyasi. " E-ulanish|"Jamiyatdagi har bir kishi axborot jamiyatida ishtirok etishi mumkin bo‘lgan vaziyat. Buning uchun texnologiyalardan foydalanish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari va xizmatlaridan foydalanishning qulayligi, shuningdek, odamlarning bu vositalardan foydalana olish ko‘nikmasi talab etiladi. " EV-DO texnologiyasi|"CDMA standarti tarmoqlarida ma’lumotlar uzatilishini ta’minlaydigan texnologiya. Rev.A ustqurma ma’lumotlar qabul qilish tezligini 3,1 Mbit/s gacha, uzatish tezligini esa, 1,8 Mbit/s gacha oshiradi. Bu, oqimli videoni ko‘rib chiqish, videokonferensiyalar uyushtirish va yuqori tezlikli foydalanish talab qilinadigan boshqa xizmatlarni taqdim etish imkonini beradi. " Excel|"Hisoblashlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan dasturiy kompleks, kuchli elektron jadvallarni o‘zida ifodalaydi. Do‘stona interfeysga ega, Windows muhitida va Macintosh kompyuterlarida ishlaydi. Professional bo‘lmagan foydalanuvchilar tomonidan ishlatiladi. Exsel Microsoft Offic tizimi tarkibiga kiradi. " Express Card|"Kompyuterga periferik qurilmalarni ulash imkonini beradigan interfeys. " eyeOS|"Desktop Operating System («Ishchi stol» yechimi qo‘llanilgan operatsion tizim) prinsipiga asoslangan, ochiq kodli krossplatformali tarmoq operatsion tizimi. Bazaviy komplekt operatsion tizim va bir qancha ofis ilovalarini: matn redaktori, kalendar, fayllar menejeri, messenjer, brauzer, kalkulyator va boshqalarni o‘z ichiga oladi. " F sohasi|"Yer sirtidan taxminan 150 km balandlikda joylashgan ionosferaning qismi. " Fast Ethernet|"Ethernet tarmog‘idagi 100 Mbit/s ma’lumotlar uzatish tezligiga ega spetsifikatsiyalar qatoridan biri. Fast Ethernet spetsifikatsiyasi 10 BaseT Ethernet spetsifikatsiyasiga qaraganda, ma’lumotlar uzatilishini o‘n marta yuqori tezlik bilan ta’minlaydi, shu bilan birga kadr formati, muhitga kira olishni boshqarish mexanizmlari va uzatish blokining maksimal o‘lchami kabi sifatlarni saqlab qoladi. Bunday o‘xshashlik Fast Ethernet tarmoqlarida 10 BaseT tarmoqlari uchun tegishli ilovalar va boshqaruvning instrumental vositalaridan foydalanish imkonini beradi. " FAT16|"FAT tizimidan kelib chiquvchi fayllar tizimi. Abbreviaturadagi son jadval elementlarining bitlardagi o‘lchamini ko‘rsatadi. Taqsimlanadigan xotira birligi klasterdir. FAT da klaster raqami va uning holati to‘g‘risida ma’lumot yozib qo‘yiladi (masalan, buzilgan klaster, bo‘sh klaster). FAT16 dagi disk qismining o‘lchami 2 Gbyte dan katta bo‘lmaydi. Ko‘pincha bu jadval nomidan kelib chiqib, uning asosi bo‘lgan fayl tizimi FAT deb ataladi. " FDD texnologiyasi|"Eshittirish chastotalarini ajratish bilan, ikki tomonlama aloqani ta’minlash imkonini beradigan texnologiya, aloqa kanallarining o‘tkazish qobiliyatini oshiradi. Bu texnologiya abonentlarning ko‘chish tezligi va uyalarning o‘lchami katta bo‘lganda ancha samaralidir. " FDisk (dastur)|"Diskni formatlash. Disk maydonini formatlashga tayyorlash uchun mo‘ljallangan dasturiy vosita. " FDMA standarti|"Kanallar chastota jihatdan qat’iy ajratilgan aloqa tarmoqlarining standarti. AMPS, N-AMPS, NMT, ETACS da qo‘llaniladi. " Fedora|"Red Hat kompaniyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Linux distributivi. Birinchi versiyasi 2003-yilning noyabr oyida yaratilgan. Red Hat Enterprise Linux ga kiritiladigan o‘zgartirishlar oldin Fedora da testdan o‘tkaziladi. Fedora 8 (werewolf) − so‘nggi versiyasi 2007-yilning noyabr oyida chiqqan. " FHMA standarti|"Eltuvchi chastota uzatish jarayonida psevdotasodifiy qonun bo‘yicha berilgan chastotalar polosasida sakrashsimon o‘zgaradigan foydalana olish usulidan foydalaniladigan aloqa tarmoqlarining standarti. " Fidolook|"Microsoft Internet Explorer paketi tarkibiga kiruvchi mashhur Internet meyler-nyusrider Outlook Express dasturiga o‘rnatilgan qo‘shimcha sifatidagi elektron pochta mijozi. " FIDONET|"Global notijorat kompyuter tarmog‘i. Telefon aloqa kanallari orqali ishlaydi. Tarmoqqa ulanish va unda ishlash bepul amalga oshiriladi (faqat telefon tarmog‘i xizmatlarining haqi to‘lanadi). Tarmoqdan pochta xabarlarini yuborish, telekonferensiyalar va e’lonlar taxtasi uchun foydalaniladi. Yoshlar orasida mashhur. " Fire Wire|"Yuqori tezlikli periferik qurilmalar uchun mo‘ljallangan shina. 63 tagacha qurilma, shu jumladan, raqamli videoni ulash imkoniyatini beradi. Apple firmasi tomonidan ishlab chiqilgan. " Firefox|"Mashhurligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi Internet-brauzer. 2004-yilda Mozilla kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Ochiq kodli brauzerlar orasida birinchi bo‘lib shunday mashhurlikka erishdi. Firefox versiyasi qariyb barcha operatsion tizimlarga to‘g‘ri keladi, funksionalligi esa plaginlarni ko‘pligi bilan kengaytirilmoqda. " Flash texnologiyasi|"Vektorli grafika va animatsiya bilan ishlash texnologiyasidan biri. " Fork|"Dasturiy ta’minot (odatda, erkin va ochiq) rivojlanishining ikki yoki undan ortiq shohga ajralish jarayoni. Bunda har bir shoh bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda turli mualliflar tomonidan, birida bo‘lmagan imkoniyatlarni ikkinchisida amalga oshirgan holda, rivojlantiriladi. " Fort|"Personal tizimlar bilan samarali ishlash uchun mo‘ljallangan dasturlash tili. Protseduraga yo‘naltirilgan tillarga kiradi, assembler tiliga yaqin. XX asrning 70-yillari boshida AQShda Ch.Mur tomonidan ishlab chiqilgan. " FORTH dasturlash tili|"Juda ixcham, oson kengayadigan, umumiy maqsadlardagi yuqori daraja tili. Taxminan 1970-yilda Arizona (AQSh) dagi Milliy radioastronomik observatoriya xodimi Charlz Mur tomonidan yaratilgan. Forth tilidagi dasturlar polyak invers yozuvida yoziladi va stek bilan ishlaydi. Boshqaruvchi tizimlarda, robototexnikada, ma’lumotlar to‘plash va o‘yinlarni dasturlash tizimlarida keng qo‘llaniladi. " Fortran dasturlash tili|"1956-yilda ishlab chiqilgan, matematik, ilmiy va muhandislik masalalarini yechishga mo‘ljallangan dasturlash tili. Fortran hozirga qadar ishlatilmoqda, Fortran 2003 standartning oxirgi versiyasi hisoblanadi. " FR texnologiyasi|"Mobil telefon aloqa kanalida ma’lumotlar uzatishning to‘la tezligidan foydalaniladigan nutqni kodlash texnologiyasi. " Frame Bursting texnologiyasi|"Kadrlar (freymlar) guruhli uzatilishini ta’minlaydigan texnologiya. " Frame Relay tarmog‘iga kira olish qurilmasi|"Frame Relay tarmog‘idagi har qanday qurilma. Bu marshrutizator yoki multipleksor bo‘lishi mumkin. " Frame Relay texnologiyasi|"Marshrutizatorlar turidagi intellektual oxirgi (terminal) qurilmalar yoki Frame Relay tarmog‘ida 56 kbit/s dan 1,544 Mbit/s gacha va undan yuqori tezlik bilan ishlaydigan boshqa qurilmalar o‘rtasida ma’lumotlar uzatish uchun paketlarni kommutatsiya qilish uchun asoslangan yuqori tezlikli texnologiya. " FRDS turidagi disk massivi|"Tizimning biror diski yoki biror boshqa komponenti ishdan chiqqanda undagi ma’lumotlarni himoyalash uchun mo‘ljallangan qurilma. FRDS+ qo‘shimcha tarzda disklarni avtomatik «qaynoq» (tizim faoliyatini to‘xtatmasdan) almashtirish hamda kesh va ta’minot blokidagi nosozliklarda ma’lumotlarni muhofaza qilish imkoniga ega. " Free Radius|"Ochiq boshlang‘ich kodli Radius serveri. Bu boshqa tijorat Radius serverlarining muqobilidir, chunki u bugungi kunda modulli va funksionaldir. Bundan tashqari, yoyish va foydalanuvchilarning soni nuqtai nazaridan qaralganda, dunyo Radius serverlari beshligiga kiradi. Free Radius tez, moslashuvchan, sozlanadigan, shuningdek, ko‘plab tijorat serverlariga nisbatan ko‘proq autentifikatsiyalash protokollarini qo‘llaydi. Hozirgi paytda tijorat Radius serverlarini ishlab chiqish uchun asos sifatida foydalaniladi. " FreeBSD operatsion tizimi|"BSD UNIX operatsion tizimining erkin tarqatiladigan (notijorat) realizatsiyasi. NetBSD, OpenBSD lar singari FreeBSD ham Bill Jolits tomonidan amalga oshirilgan 386BSD loyihasidan kelib chiqqan. " Front-end|"Tizimning interfeys va foydalanuvchi bilan birgalikda ishlashi uchun javob beradigan qismi. " FTP server|"FTP protokoli bo‘yicha erkin foydalanilishi mumkin fayllar joylashtiriladigan server. " FTPga anonim kirish|"FTP-serverga kirish variantlaridan biri. Foydalanuvchi tizimda Anonymous logini bilan ro‘yxatga olinadi, maxfiy so‘z sifatida uning elektron pochta manzili ko‘rsatiladi. Anonim foydalanuvchilar odatda, faqatgina ma’lumotlarni o‘qish huquqiga ega bo‘ladilar. " FWT terminali|"Qayd qilingan simsiz aloqa terminali. " Gbyte (gigabayt)|"Axborot hajmining birligi. 1073741824 byte (2^30) yoki 1024 Mbyte yoki 1048576 kbyte ga teng. " GeForce|"Iste’mol bozoriga yo‘naltirilgan, NVIDIA kompaniyasi asosiy platalarining grafik protsessorlari va chipsetlari turkumining brendi. GeForce grafik protsessorlaridan asosan, shaxsiy va ko‘tarib yuriladigan kompyuterlar uchun mo‘ljallangan videoadapterlarda foydalaniladi. " Gerber formati|"Sxema platalarini avtomatlashtirilgan loyihalashda va testlashda ma’lumotlarni taqdim etish uchun xizmat qiladigan format. " Gigabit Ethernet standarti|"Maʼlumotlarning 1 Gbit/s gacha tezlik bilan uzatilishini taʼminlaydigan texnologiya. Uzatish muhiti sifatida kabellarning uch turidan – bir modali va ko‘p modali optik-tolali kabellardan, shuningdek, ekranlanmagan o‘ralgan juftdan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi. So‘nggi variant uchun IEEE 802.3 ab guruhi tomonidan alohida standart loyihasi ishlab chiqilgan. " Globally Unique Identifier|"128-bitli statistik noyob disk yoki bo‘lim identifikatori. Uning asosiy xususiyati – identifikatorlarning mos tushishi tufayli sodir bo‘lgan ziddiyatlardan qo‘rqmasdan kengayadigan servislar va ilovalarni yaratish imkonini beradi. " GMPCS tizimi|"Global shaxsiy yo‘ldoshli aloqa mobil tizimi, yo‘ldoshli aloqa uchun qo‘llaniladigan mobil kommunikatsiyalar standart protokoli. " GNU operatsion tizimi|"Unix bilan o‘zaro muvofiq ishlovchi operatsion tizim yaratish uchun GNU loyihasi. Loyiha 1983-yilda Richard Stolman tomonidan UNIX o‘rnini bosa oladigan erkin tarqatish maqsadida MTI da ishlab chiqilgan. Loyiha doirasida kompilyatorlar va boshqa dasturiy ta’minotlar ishlab chiqiladi. " Google|"Shu nomdagi qidiruv tizimiga egalik qiluvchi Amerika korporatsiyasi. 1998-yilda Larri Peyj va Sergey Brinlar tomonidan asos solingan. Kompaniya boshqa faoliyat (xabarlar qutisini taqdim etish, dasturiy ta’minot ishlab chiqish) bilan shug‘ullanishiga qaramasdan, asosiy daromad va mashhurlik aynan qidiruv tizimiga tegishlidir. " Google Android|"Operatsion tizim (Linux yadrosi bazasidagi), oraliq dasturiy ta’minot (middleware) va servis dasturlarni o‘z ichiga oladigan mobil qurilmalar uchun mo‘ljallangan ilovalar steki. " GPRS kirish nuqtasi|"GPRS tarmog‘i va tashqi ma’lumotlar tarmog‘i, masalan, Internet tarmog‘i o‘rtasidagi interfeys. Mobil telefon GPRS modemi sifatida ishlashi, shuningdek, GPRS orqali WAP resurslaridan foydalanish uchun, kirish nuqtasi aniq belgilanishi zarur. " GPRS xizmati|"Radiointerfeys orqali ma’lumotlarni paketli uzatish xizmati. GPRS axborot va ko‘ngilochar xizmatlaridan foydalanish uchun, ma’lumotlar uzatish tarmog‘iga doimiy ulanishni ta’minlaydi. Bog‘lanish bir zumda o‘rnatilishi, ma’lumotlar uzatish tezligi yuqori bo‘lishi bilan ajralib turadi. " GPS tizimi|"Global pozitsiyalash tizimi – bu, navigatsion yo‘ldoshlardan foydalaniladigan, joylashgan yerni aniqlash radiotizimidir. Bunday tizimlar tegishli uskunaga ega bo‘lgan va yer sirtidagi yoki uning yaqinidagi foydalanuvchilar uchun, uch o‘lchamli holat, tezlik hamda vaqt to‘g‘risida kunu tun axborotni ta’minlaydi. " GPSS modellash tili|"Turli tizimlarni, asosan ommaviy xizmat ko‘rsatish tizimlarini imitatsion modellash uchun foydalaniladigan dasturlash tili. " GSM 1900 standarti|"1900 MHz chastotadagi GSM raqamli standarti, shuningdek, PCS sifatida ham ma’lum. AQSh, Kanada, Lotin Amerikasi va Afrikaning ayrim mamlakatlarida foydalaniladi. " GSM interfeyslari|"GSM tarmog‘ida interfeyslarning ikki turi farqlanadi: tarmoqlararo va tarmoq ichi. Tashqi tarmoqlar bilan ulanish SS7 signalizatsiya tizimiga muvofiq amalga oshiriladi. " GSM mobil aloqa|"Yevropada va dunyoning boshqa qismlarida keng foydalaniladigan raqamli mobil telefon tizimi. GSM ma’lumotlarni raqamlashtiradi, siqadi, keyin uni foydalanuvchilar ma’lumotlarining boshqa bir ikkita oqimi bilan, har biri o‘zining vaqt intervalida, kanal orqali jo‘natadi. GSM 900 MHz yoki 1800 MNz chastota polosasida ishlaydi. " GSM plyus texnologiyasi|"Mobil aloqa texnologiyasining GSM standarti asosidagi takomillashtirilgan versiyasi bo‘lib, uchinchi avlod tizimlarining asosiy talablarini qanoatlantiradi. " GSM tarmoqlari uchun mo‘ljallangan texnologiya|"Ma’lumot uzatish tezligini 14,4 kbit/s gacha oshirishni, to‘rtta kanalni bitta vaqt slotida multipleksorlashda esa 57,6 kbit/s gacha oshirishni (Nokia firmasi) ta’minlaydigan texnologiya. " GSM uyali aloqa standarti|"Ikkinchi avlod (2G) mobil qurilmalari uchun mo‘ljallangan Yevropa standarti. GSM da 900 MHz va 1,8 GHz (Yevropada), 1,9 GHz (AQSh da) chastota diapazonlaridan foydalaniladi. GSM Yevropa va Osiyoda qabul qilingan umumiy simsiz standartlar va TDMA texnologiyasidan foydalanishni birlashtiradi. GSM SMS xabarlar uzatilishini va 9,6 Kbit/s tezlik bilan ma’lumotlar paketli uzatilishini amalga oshiradigan tarmoqlar bilan ma’lumotlar almashinuvini ta’minlaydi. Bu standartda telefon raqami va abonent to‘g‘risidagi boshqa barcha ma’lumot, shartnoma tuzish vaqtida abonentga beriladigan va zarur diapazondagi GSM apparatga qo‘yilishi mumkin bo‘lgan SIM kartaga yoziladi. " GSM shlyuzi|"Statsionar liniyani o‘rnatish imkoniyati yo‘q yoki iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlamaydigan, telefon aloqasi bo‘lmagan obyektlarni telefonlashtirish imkonini beradigan shlyuz. " GSM/EDGE radiokirish tarmog‘i|"GSM/EDGE tizimining radio qismi, o‘z ichiga tayanch stansiyalarni va tayanch stansiyalarning kontrollerlarini bog‘lovchi tarmoqni oladi. Umum-foydalaniladigan telefon aloqa, Internet va abonentlar terminallari o‘rtasida chaqiruvlar va paketli ma’lumotlar o‘tadigan GSM tarmog‘i uchun mo‘ljallangan tayanch tarmoqni o‘zida ifodalaydi. UMTS/EDGE tarmoqlar bilan bo‘lgan holda, tarmoq bir qancha UTRAN bilan ulangan bitta yoki bir nechta GERAN dan iborat bo‘ladi. " GSM-1800 standarti|"GSM standartining (1710-1785) MHz va (1805-1880) MHz (avvalgi DCS 1800) chastotalar diapazonida ishlaydigan tarmoqlar uchun mo‘ljallangan versiyasi. GSM-1800 tarmog‘ida ishchi chastotalar polosasining kengligi 75 MHz (GSM-900 ga nisbatan uch marta ortiq). Radioto‘lqinlarning 1800 MHz chastotada tarqalishida 900 MHz chastotaga nisbatan qo‘shimcha yo‘qotishlar (6-10) dB sodir bo‘ladi va ular bitta tayanch stansiya xizmat ko‘rsatadigan hududning kichrayishiga olib keladi. Mobil telefonlarning maksimal nurlanish quvvati 1 W bo‘lib, u GSM dagiga nisbatan 2 marta kamdir. Bu tizimda yashirin eshitish va raqamdan beruxsat foydalanishdan ancha yuqori himoyalanish ta’minlangan. " GSM-400 standarti|"GSM standartining modifikatsiyasi (NMT-450 analog tizimini modernizatsiyalash variantlaridan biri). GSM-400 tizimi 2x7,2 MHz polosalar kengligiga ega NMT-450 kengaytirilgan chastotalar diapazonida (450,4-457,6) MHz – liniya «pastga» va (460,4-467,6) MHz – liniya «yuqoriga») ishlash uchun mo‘ljallangan. Ushbu diapazonda aloqa uzoqligi GSM-900 ga nisbatan ikki marta katta, bitta geografik mintaqadagi tayanch stansiyalarning maksimal miqdori 5,5:2,2:1 (GSM-1800/900/400) nisbat bilan aniqlanadi, ya’ni ayni bir xil qoplash zonasida GSM-1800 dan foydalanilganiga nisbatan 5,5 marta kamroq tayanch stansiyalar kerak bo‘ladi. GSM-400 foydalanishning eng maqbul joylari uyalarning kichik trafikli va katta uzoqlikdagi hududlarida aloqani tashkil qilish bilan bog‘liqdir (qishloq joylari, qirg‘oq bo‘ylari va avtostradalarda). " GSM-900 standarti|"Chastotalarning 900 MHz diapazonida ishlaydigan tarmoqlar uchun GSM standartining asosiy versiyasi. Ko‘pincha GSM-900 abbreviaturasi o‘rniga umumiyroq bo‘lgan GSM atamasidan foydalaniladi. " GSM-R raqamli aloqa tizimi|"GSM standarti negizidagi raqamli aloqa tizimining spetsifikatsiyasi bo‘lib (1994 yilda ishlab chiqilgan), u (876-880) va (921-925)MHz chastotalar diapazonida temir yo‘l radioaloqa tizimini tuzishga mo‘ljallangan. 500 km/h gacha bo‘lgan harakat tezliklarida guruhiy, ustuvor va shoshilinch chaqiruvlarni amalga oshirish hamda aloqani ta’minlash nazarda tutilgan. Maksimal ulanish vaqti 1,5 s dan oshmaydi. " gTLD|"Yuqori pog‘onali umumiy domen. Dastlab tashkilotlarning turiga qarab ajratilishi ko‘zga tutilgan bo‘lsa, bugungi kunda cheklashlarsiz sotiladi. Turlari: .com, .net, .org, .info va .biz. " GUID Partition Table|"Bo‘limlar jadvallarini fizik qattiq diskka joylashtirishning standart formati. Intel tomonidan BIOS o‘rniga tavsiya qilingan (Extensible Firmware Interface, EFI) standart – kengaytiriladigan mikrodastur interfeysining bir qismi hisoblanadi. " H simon to‘lqin o‘tkazgich|"H simon ko‘ndalang kesimga ega bir aloqali to‘lqin o‘tkazgich. " Hands free tizimi|"Qo‘llar yordamisiz telefonda so‘zlashish va uni boshqarish imkonini beradigan tizim. Uning o‘rniga ovozdan foydalaniladi. Ko‘pincha, avtomobillarda qo‘llaniladi. " Hard real-time|"Real vaqt tizimi, bunda vaqtinchalik cheklashlar buzilganda u boshqaradigan obyektda kritik xatolik (ishlamay qolish) sodir bo‘lishi mumkin. " HDDSCan|"Axborot to‘plagichlarni testlash uchun belgilangan utilita (HDD, RAID, Flash). Dastur axborotni saqlash qurilmalarini BAD-bloklari mavjudligiga diagnostika qilish, S.M.A.R.T-atributlarini ko‘rib chiqish, maxsus sozlamalarni o‘zgartirish (ta’minotni boshqarish, shpindel start/stopini, akustik rejimni rostlash) uchun mo‘ljallangan. " HDML tili|"Internetga simsiz qurilmalardan kirish uchun, Phоne.cоm firmasi tomonidan ishlab chiqilgan til. " HDSL texnologiyasi|"Uzunligi 4,5 km gacha bo‘lgan to‘rt simli liniya bo‘ylab 2 Mbit/s tezlik bilan simmetrik ravishda ma’lumotlarni uzatish imkonini beradigan texnologiya. 1990-yilda Bellcore firmasi tomonidan tavsiya qilingan. " Hewlett-Packard korporatsiyasi|"Elektron va hisoblash texnikasini ishlab chiqaruvchi kompaniya, shuningdek unga taalluqli savdo markasi. " HFS+|"Apple Inc tomonidan, oldin foydalanilgan HFS ni, Macintosh kompyuterlaridagi asosiy fayl tizimni almashtirish uchun ishlab chiqilgan fayl tizimi. HFS+ MAC OS imkoniyatlarini kengaytirish uchun, HFS ning takomillashtirilgan versiyasi sifatida qarab chiqilishi mumkin. Ishlab chiqish vaqtida bu tizim Sequoia deb atalgan. " HomePNA spetsifikatsiyasi|"1998-yilda HPNA alyansi tomonidan ishlab chiqilgan telefon kabel tarmoqlari asosidagi 10 Mbit/s li uy tarmoqlari uchun spetsifikatsiya. 1.0 versiyasi 1 Mbit/s tezlik uchun mo‘ljallangan. Ayni vaqtdagi 2.0 versiyasi 350 m dan ortiq masofada 10 Mbit/s tezlikda, 3.0 versiyasi esa, 32 Mbit/s tezlikda ma’lumot uzatish imkonini ta’minlaydi. HomePNA 25 tagacha tarmoq uzellarini qo‘llab quvvatlaydi. " Hot Desking|"Olisdagi telefondan uy ofisi telefoni kabi foydalanish imkonini beradigan xizmat. Bunda ikkala telefon ham bir xil imkoniyat (funksiya) ga ega bo‘ladi. Izoh – Ikkala telefon ham bir xil bo‘lishi kerak, masalan ikkita SIP – telefoni. " Hot Java|"Internet tarmog‘ida WWW texnologiyasi bilan ishlash uchun belgilangan brauzer. Java tilida til imkoniyatlarini ko‘rsatish uchun ishlab chiqilgan, lekin mustaqil ahamiyatga ham ega. " HSCSD texnologiyasi|"1. GSM standartidagi, ma’lumotlarni oshirilgan tezlikda (57 Kbit/s gacha) uzatish texnologiyasi. Bu texnologiyaning asosiy afzalligi, ma’lumotlar uzatish tezligining yuqoriligida. Bu, bog‘lanishni o‘rnatishga ketadigan vaqtni kamaytirish va dasturlar ishini tezlashtirish imkonini beradi. Ma’lumotlarni uzatish oldingiga nisbatan to‘rt marta tez bajariladi, bu esa, kartalar va grafik interfeysdan foydalanib, mobil navigatsiya kabi xizmatlarni amalga oshirish imkonini beradi. HSCSD texnologiyasi kommutatsiyalanadigan tarmoqlarda qo‘lllanilishi tufayli, ma’lumotlar qisqa impulslar tarzida uzatiladigan elektron pochta uzatishga qaraganda, multimedia va videodasturlar ishi uchun yaxshiroq moslashtirilgan. Texnologiyadan GSM tarmog‘ida foydalanishda uzatish tezligi 43,2 Kbit/s bo‘lishiga erishiladi. Bu qiymat zamonaviy modemlardan foydalaniladigan simli tarmoqlar orqali ma’lumotlar uzatish tezligiga teng. 2. GSM mobil tarmoqlar ustqurmasi. 57,6 Kbit/s yuqori o‘tkazish qobiliyatiga erishish uchun, to‘rtta 14,4 Kbit/s past tezlikli kanalni birlashtirish imkonini beradi. GPRS dan farqli ravishda, kanallarni kommutatsiyalash usulidan foydalaniladi. HSCSD uskunasi multimedia ma’lumotlarni uzatish uchun mo‘ljallangan videokonferens aloqa uchun ham to‘g‘ri keladi. " HSDPA texnologiyasi|"Mobil aloqa standarti, mobil aloqa tarmoqlarining 4G avlodiga o‘tish bosqichi. Ma’lumotlar uzatish tezligi taxminan 4 Mbit/s. " HSPA texnologiyasi|"Ma’lumotlarni paketli uzatishga asoslangan, simsiz aloqa texnologiyasi; axborot uzatish tezligining yuqori bo‘lishi asosiy jihati; WCDMA va UMTS kabi mobil tarmoqlarga qo‘shimcha hisoblanadi. " HSUPA texnologiyasi|"Mobil qurilma va operatorning uyali tarmog‘i o‘rtasida ma’lumotlar uzatish tezligini 5,8 Mbit/s gacha oshirish imkonini beradigan HSDPA texnologiyasining analogi. " HSWD texnologiyasi|"Yuqori tezliklarda ma’lumotlarni simsiz uzatish texnologiyasi. " Huper Transport|"Yuqori o‘tkazish qobiliyatiga va kichik kechikishlarga ega bo‘lgan, ikki yo‘nalishli ketma-ket/parallel kompyuter shinasi. To‘liq o‘lchamli, to‘liq tezlikli 32 bitli shina ikki yo‘nalishli rejimda o‘tkazish qobiliyatini 51600 Mbyte/s gacha o‘tkazish qobiliyatini ta’minlashi mumkin. " Hydra arxitekturasi|"IBM Personal Computer kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan shaxsiy kompyuterlar tizim platasining modulli arxitekturasi. Izoh − Arxitektura tizim komponentlari (tezkor xotira qurilmasi, protsessor, PCI) ning oson almashtirilishi hisobiga modernizatsiya narxlarini qisqartiradi. " IACR assotsiatsiyasi|"Kriptografik tadqiqotlar bo‘yicha xalqaro assotsiatsiyasi. " IBM kompaniyasi|"Dunyodagi dastlabki kompyuter kompaniyalaridan biri. Kompyuter texnologiyalari sohasida va savdo hajmi bo‘yicha dunyo yetakchilaridan biri. IBM maynfreymlari odatda ko‘k rang bilan bezatilganligi uchun, matbuotda bu korporatsiya «Ko‘k gigant» deb ham ataladi. Kompaniya 1911-yilda to‘rtta kompaniyaning birlashishi natijasida tashkil topgan. Bu kompaniyalardan biri – The Tabulating Machine Company tabulyatorlar ishlab chiqaruvchi kompaniya. " ICL korporatsiyasi|"Turli tarmoqlar uchun uskunalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi korporatsiya. 1968-yilda Buyuk Britaniyada asos solingan. " ICMP protokoli|"RFC 792 da aniqlangan uzatiladigan ma’lumotlar statusi to‘g‘risidagi xabarlarni almashish uchun mo‘ljallangan IP-protokolining kengaytmasi. " ICQ Internet-peyjeri yoki «men seni izlayman»|"Internetda sherik qidirish va ular bilan real vaqtda xat orqali muloqot qilish imkonini beradigan interaktiv muloqot tizimi. Mirabilis kompaniyasi mahsuloti, hozirgi vaqtda America Online korporatsiyasiga tegishli. " ICQ xizmati|"1. Har bir foydalanuvchi o‘z raqamiga ega bo‘lgan, Internet yordamida qisqa xabarlarni uzatish bepul Internet-peyjing tizimi. Unda foydalanish uchun maxsus dastur zarur. Mobil telefondan/telefonga xabarlar uzatish mumkin. 2. Matnli xabarlar almashinish uchun mo‘ljallangan dastur. Ishlab chiquvchi ‒ Isroilning Mirabilis firmasi. Pochta xizmati bilan integratsiyalangan, fayillarni qabul qilish/uzatish imkoniyati bo‘lgan, chat o‘rnatilgan, xabarni uzatish tezligi yuqori bo‘lgan, anchagina qulay mahsulotni o‘zida ifodalaydi. " IDEN texnologiyasi|"Integratsiyalashgan raqamli kengaytirilgan tarmoqlar uchun, Motorola kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan texnologiya. Asosi – GSM arxitekturasi, uzatishda 25 kHz li chastota kanallaridan foydalaniladi. Butun dunyoda keng qo‘llaniladi. " i-mode texnologiyasi|"1. O‘tkazish qobiliyati 9,6 Kbit/s bo‘lgan holda, doimiy ulanishni ta’minlaydigan texnologiya, bu DoCoMo ga GPRS dan avvalroq, IP-telefoniya asosida mobil dasturlar ishlab chiqishni boshlash imkonini berdi. Texnologiya HTML kompakt versiyasidan foydalanganligi uchun, WAP bilan ham raqobatlasha oladi, WAP esa, WML markerlarining maxsus tili bilan ishlaydi. 2. Yaponiyaning eng yirik mobil aloqa operatori bo‘lgan NTT DoCoMo Internet-servisi. Servisdan foydalanuvchilar veb-sahifalar mazmuni bilan tanishishlari, elektron pochta, taqvim bilan ishlashlari va chat xabarlarini ayirboshlashlari mumkin. DoCoMo i-mode xizmatlarini 1999-yildan ko‘rsata boshladi va shundan beri, Yaponiyada 18 milliondan ortiq foydalanuvchini o‘ziga jalb qila oldi. i-mode servisi orqali ma’lumotlarni uzatish tezligi 9,6 Kbit/s, uchinchi avlod tarmoqlari ishga tushirilishi bilan tezlik 384 Kbit/s gacha oshadi. " IMS Server|"ISAM ESSO uchun, korxonaga himoyalangan foydalana olishning markazlashtirilgan boshqarish nuqtasini taqdim etadigan integratsiyalashgan boshqaruv tizimi. Foydalanuvchilarning identifikatorlari, AccessProfile va autentifikatsiya siyosatini markazlashtirilgan boshqarishga ruxsat beradi va korxona uchun yo‘qotishlar, sertifikatlar va auditni boshqarishni ta’minlaydi. " IMT-FT standarti|"Ham juft, ham juft bo‘lmagan chastotalar polosalarida qo‘llash uchun ishlab chiqilgan, kombinatsiyalangan chastota-vaqt dupleks tarqatishli DECT mikrouyali tizimi uchun mo‘ljallangan standart nomi (DECT YeR loyihasiga asoslangan). " IMT-SC standarti|"Bir chastotali TDMA tizimi uchun ishlab chiqilgan standart nomi, tizimni chastotalarning juft polosalarida belgilaydi (avvalgi UWC-136 loyihasi). " IMT- TC standarti|"Vaqt bo‘yicha dupleks tarqatish (TDD)li kombinatsiyalangan TDMA/CDMA tizimi uchun mo‘ljallangan standart nomi, tizimni chastotalarning juft bo‘lmagan polosalarida belgilaydi (UTRA TDD va SCDMA ning qo‘shma taklifi). " IMT-2000 i|"ITU tomonidan uchinchi avlod (3G) standartlarining butun turkumini belgilash uchun foydalaniladigan atama. Beshta standartni o‘z ichiga oladi: WCDMA, CDMA2000, TD-CDMA/TD-SCDMA (Xitoyning o‘z standarti), DECT va UWC-136. " IMT-DS standarti|"Spektr to‘g‘ri kengaytiriladigan (DS-CDMA) va chastotaviy dupleks tarqatiladigan (FDD) keng polosali tizim uchun mo‘ljallangan standart nomi, tizimni chastotalarning juft polosalarida ta’minlaydi (WCDMA va UTRA FDDning birgalikdagi taklifi). " IMT-MC standarti|"Bir vaqtning o‘zida bir nechta eltuvchini uzatuvchi va chastotaviy dupleks tarqatishli ko‘p chastotali tizim uchun ishlab chiqilgan standart nomi, tizimni chastotalarning juft bo‘lmagan polosalarida ta’minlaydi (ishchi nomi – cdma2000). " Infiniband|"Ham ichki (tizim ichidagi), ham tizimlararo ulanishlar uchun qo‘llaniladigan, yuqori tezlikli kommutatsiyalanadigan ketma-ket shina. Ikki yo‘nalishdagi ketma-ket shinadan foydalaniladi. Bazaviy tezlik har bir yo‘nalishda 2,5 Gbyte/s. " Intel Core i5|"Intel korporatsiyasining x86-64 protsessorlari turkumi. O‘rnatilgan xotira kontrolleriga ega, Turbo Boost texnologiyasini qo‘llaydi (protsessorni yuklama ostida avtomatik tarzda tezlash). Ko‘pchiligida o‘rnatilgan grafik protsessor bor. Chipset bilan Core i5 DMI shinasi orqali ulanadi. Stol kompyuterlari uchun mo‘ljallangan dastlabki Core i5 2009 yilning senytabrida paydo bo‘ldi, unda Nehalem arxitekturasining Lynnfield yadrosidan foydalanilgan. " Intel firmasining ikkilik moslashuv спецификацияси|"Intel-arxitekturali kompyuterlarda har qanday ishlab chiqaruvchining UNIX operatsion tizimida ishlay olishi uchun, amaliy dastur qanoatlantirishi kerak bo‘lgan shartlarni aniqlovchi standart. " Intel mikroprotsessori|"Hisoblarni oshkora parallellashtiradigan va xotirani 64-razryadli manzillashdan foydalanadigan mikroprotsessor turi. " IOS operatsion tizimi|"Sisco Systems kompaniyasi tomonidan marshrutizatorlar uchun ishlab chiqilgan rezident operatsion tizimi. U marshrutizatorlarni sozlash va nazorat qilish uchun komandalar va funksiyalar to‘plamini o‘z ichiga oladi, shuningdek, turli protokollarning bajarilishini qo‘llab-quvvatlaydi. " IP-adres|"1. Uzellar yoki Internet tarmog‘idagi kompyuterlarni identifikatsiya qiladigan noyob manzil. 2. Axborotni qabul qiluvchi yoki jo‘natuvchini identifikatsiya qiluvchi 32 (IPv4) yoki 128 (IPv6) bitlar ketma-ketligi. " IP bo‘yicha ovozli aloqa shlyuzi|"An’anaviy oxirgi (terminal) uskunani KAT bilan ulaydigan aloqa seansini amalga oshirish protokoli bazasidagi shlyuz. Analog liniyalarni ulashda IP bo‘yicha ovozli aloqa shlyuzi kamida analog telefon adapterni o‘z ichiga oladi. IP bo‘yicha ovozli aloqa shlyuzi, vositachi-server orqali chaqiruv seansini boshqarish funksiyasiga taalluqli IP-multimediya tizimlarining abonent apparatlarida alohida o‘rin tutadi. " I-PIP tugmasi|"Reklama vaqtida bu tugma bosilsa, shu paytdagi dastur ekrandagi kichik darchaga joylashadi, ekranda esa bu paytda boshqa dastur namoyon bo‘ladi. I-PIP tugmasi takror bosilganda, dastlabki dastur ekranda to‘liq tiklanadi. " IP-manzillarni o‘zgartirgich|"Ishchi stansiyada yoki xost kompyuterda o‘rnatiladigan va nomlar serveriga so‘rovlar yuborgan holda, xost-kompyuterlar nomlarini, ularning IP-manzillariga o‘zgartiradigan dastur. " IP-paketdagi xatolik ehtimolligi|"Xato qabul qilingan IP-paketlar sonining uzatilgan IP-paketlarning umumiy soniga nisbati. " IP-paketi|"Manba va oluvchining adresi, ma’lumotlar va paket uzunligini belgilaydigan maydon, sarlavhaning nazorat summasi va paketni fragmentatsiya qilish to‘g‘risidagi bayroqlarni o‘z ichiga olgan Internet tarmog‘i orqali uzatiladigan axborotning fundamental birligi. " IP-protokol|"1. Internet tarmog‘ining protokoli. Internet uzellari o‘rtasida xabarlarning uzatilishi va marshrutlanishi uchun javob beradigan va ma’lumotlarni paketlarga ajratish qoidalarini belgilovchi tarmoq protokoli. 2. Tarmoqlararo protokol. IP-protokoli OSI 3-modeli (ochiq tizimlarning o‘zaro aloqa modeli) sathida ishlaydi va internetwork tarmoqlarida IP-deytagrammalarni yuborish standarti hisoblanadi. IP-paketlar marshrutlanishini tavsiflaydigan, TCP/IP-protokollari stekining bir qismidir. " IPSec protokoli|"IETF tomonidan taklif etilgan xususiy virtual tarmoqlarda axborotni uzatish protokollari majmui bo‘lib, IP-paketlarni autentifikatsiyalash, yaxlitligini tekshirish va shifrlashni ta’minlaydi. IPSec kriptografiyasi asosidagi standart xizmatlar va xavfsizlik protokollari to‘plami TCP/IP ning barcha protokollari va Internet orqali L2TP dan foydalanib bog‘lanishlar xavfsizligini ta’minlaydi. " I-psevdokadr|"Televizion tasvir ma’lumotlar oqimini kadr ichida kodlashda shakllanadigan psevdokadr. " IP-shlyuzi|"Turli xil tarmoqlarni birlashtirish, lokal tarmoqdan Internetga chiqish imkonini beradigan qurilma. Shlyuzda ma’lumotlarning bir protokoldan boshqasiga o‘zgartirilishi ro‘y beradi. " IPtables|"Komanda satri utilitasi, 2.4 versiyadan boshlab Linux yadrolari uchun NET Filter tarmoqlararo ekran (brandmauer) ishini boshqarishning standart interfeysi hisoblanadi. IPTables utilitasidan foydalanish uchun super foydalanuvchi imtiyozlari talab qilinadi. " IP-tarmoqlari orqali tovush (ovozli trafikni) uzatish|"Ovozni uzatish IP-tarmoqda, IP orqali ovoz, IP asosidagi telefoniya tarmog‘ida paketlar kommutatsiyasi ovoz uzatish texnologiyasi bo‘lib IP-protokoli negizida qurilgan. Xalqaro va shaharlararo qo‘ng‘iroqlarda mablag‘ni tejash uchun ishlatiladi. Texnologiya nutq va ma’lumotlarni integratsiya qilish imkonini beradi. " IP-telefoniya|"1. Internet tarmog‘idan telefon so‘zlashuvlar uchun foydalanish texnologiyasi. Kompyuter‒kompyuter, kompyuter‒telefon tarmoq ulanishlardan foydalanib, odamlar o‘rtasida telefon aloqasini o‘rnatish imkonini beradi. 2. IP-tarmoqlari bo‘yicha ovozni uzatish texnologiyasi asosida nutqli axborotni almashish, shu jumladan mahalliy, shaharlararo va xalqaro aloqa xizmatlari. " IP-tranzit|"Mijozning IP-protokoli negizida IP-tarmoqqa ulanishining ikki nuqtasi o‘rtasida ma’lumotlar uzatish. " IPX/SPX protokoli|"Novell NetWare tarmoqlarida ishlatiladigan, TCP/IP to‘plamidagi TCP va IP-protokollariga mos keluvchi transport protokollari. IPX protokoli Windowsda NWLink protokoli orqali amalga oshiriladi. " IRC protokoli|"Band qilinmagan qabul qilgichni boshqarish protokoli. Abonent bilan bog‘lanish o‘rnatilmagan paytda, uyada qabul qilgichni boshqarish protokoli. " IS-136 standarti|"Shimoliy Amerikada 800 MHz va 1,9 GHz chastota diapazonida ishlaydigan TDMA texnologiyasi asosidagi ikkinchi avlod uyali aloqa raqamli tizimlarining standarti. Birinchi marta 1994 yilda taqdim etilgan. DAMPS sifatida ham ma’lum. " IS-95 standarti|"Cdma One kabi, 800 MHz va 1,9 GHz chastota diapazonida ishlaydigan standart. Ma’lumotlarning ovoz qo‘shilgan holda, 64 Kbit/s gacha tezlik bilan uzatilishini ta’minlaydi. " ISDN bazaviy foydalana olish interfeysi|"Tovush, videotasvir va ma’lumotlarni kommutatsiyalanadigan kanallar bo‘yicha uzatishda ishlatiladigan ikkita V-kanallar va bitta D-kanaldan tashkil topgan ISDN-interfeys. " ISDN interfeyslari|"Xizmatlari integratsiyalashgan raqamli tarmoqlarda foydalaniladigan interfeyslarning asosiy turlari beshta: R, S, T, U hamda V. " Java operatsion tizimi|"Java-ilovalarni qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan unchalik katta bo‘lmagan, effektiv operatsion tizim. Ikki xil ko‘rinishda uchraydi: JavaOS for Business va JavaOS for Consumers. " Java Script tili|"Netscape Communication korporatsiyasi tomonidan 1995-yilda ishlab chiqilgan (Netscape Navigator 1.2 brauzerining tarkibiy qismi sifatida taqdim qilingan) va Java tiliga asoslangan, lekin undan ancha sodda bo‘lgan dasturlash tili. ECMA-262 spetsifikatsiyasiga mos keladi. " Java tili|"Sun Microsystems, Inc tomonidan ishlab chiqilgan yangi dasturlash tili. Java tilidan tarmoq ilovalarini (dasturlarini) ishlab chiqish uchun oddiy dasturlash tili sifatida, shuningdek, appletlar deb ataladigan uncha katta bo‘lmagan ilovalarni yozishda foydalaniladi. " JDC standarti|"Qayta nomlangan PDC Yaponiya mobil aloqa standarti. Unda 900 MHz va 1,5 GHz chastotadan foydalaniladi. " JEIDA standarti|"Kompyuterga «kredit kartochka» turidagi har qanday qurilmalarni, jumladan, xotira kartalari, qattiq diskdagi to‘plagichlar, modemlarni ulash ta’minlanadigan standart. " JFC bibliotekasi|"Java tilidagi asosiy turkumlar bibliotekasi. " Jini texnologiyasi|"O‘zida Java tili kengaytmalarini ifoda etadigan Sun Microsystems texnologiyasi, uning yordamida Java tilida yozilgan dasturlar o‘rnatilgan raqamli qurilmalar kompyuter tarmog‘ida shaxsiy kompyuterlar yordamisiz muloqotga kirisha oladi. " JIT-kompilyatsiya|"Bevosita dasturning ishlash vaqtida bayt-kodni mashina kodiga kompilyatsiya qilish yo‘li bilan bayt-koddan foydalaniladigan dasturiy tizimlarning unumdorligini oshirish texnologiyasi. " JPEG 2000 standarti|"JPEG standartining yangi ochiq ko‘rinishi. Tasvirni 200 barobargacha siqish imkonini beradi. DCT dan emas, balki to‘lqin o‘zgartirgich algoritmidan foydalanadi. Tasvir matematik jihatdan xuddi uzluksiz oqim singari tavsiflanadi. " JSQL dasturlash tili|"Java tilida yozilgan dastur orqali ma’lumotlar bazasiga murojaat qilish uchun SQL tili. " Just-In-Time|"Har bir usulning birinchi chaqiruvida, Java da dasturlarni bajarishning ishlab chiqarish yig‘indisini oshirishga imkon beradigan, maqsadli platformaning (native ‒ kod) obyektli kodiga uning kompilyatsiyasini bajaradigan JVM komponentining kompilyatori. " Ka-diapazon|"Asosan, yo‘ldoshli aloqa va radiolokatsiyada ishlatiladigan santimetrli va millimetrli uzunlikdagi to‘lqin chastotalari diapazoni. Diapazon shartli ravishda elektromagnit spektrining 26,5 dan 40 GHz gacha bo‘lgan diapazonida yoyiladi. " KEM-faktor|"Subyektiv sinovlar usuli, ajratib bo‘ladigan qora va oq gorizontal chiziq hamda satrlar sonlari nisbatidir. " Kerberos texnologiyasi|"Des standarti negizida Massachuset texnologiyalar instituti (MIT) tomonidan 1980-yil o‘rtalarida yaratilgan, autentifikatsiya va ochiq kalit bilan shifrlash texnologiyasining nomi. RFC 1510 da ta’rifi keltirilgan. Kerberos Windows da 2000 versiyasidan boshlab ishlatilib kelinadi. K-faktor rus. - К-фактор ing. - K-faсtor, K-rating factor Televizion tasvirning, televizion ko‘rsatuv jarayonida qayta tiklash qurilmalariga beriladigan turli impulslarning buzilishi bo‘yicha aniqlanadigan signal shaklining ayrim liniyaviy buzilishlar tufayli sodir bo‘ladigan subyektiv yomonlashuvi darajasini obyektiv baholash o‘lchovi. Izoh – K-faktorni baholash usuli XEI-R-BT.654 Tavsiyalarida berilgan. " Ku-diapazon|"Yo‘ldoshli televideniyeda ishlatiladigan santimetrli to‘lqinlar chastotalarining diapazoni. Diapazon shartli ravishda 10,7 dan 18 GHz gacha yoyiladi. " L2TP protokoli|"Cisco kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, L2F (Layer 2 Forwarding) protokolini va Microsoft kompaniyasining PPTP protokolini o‘zida biriktiruvchi kanal darajasida tunnellovchi tarmoq protokoli. Internetda tunnellar yaratish uchun mo‘ljallangan standart protokol. " Lampel-Ziv-Velch (LZV) algoritmi|"Ma’lumotlarni yo’qotishlarsiz siqish algoritmi bo‘lib, uni tuzgan ijodkorlarning nomlari bilan atalgan. " LAN emulyatsiyasi|"ATM forumi tomonidan ishlab chiqilayotgan texnologiya. ATM tarmog‘i virtual segmentlarini Ethernet va Token Ring virtual tarmoqlarini shaffof birlashtirish imkonini beradi. " LAN NetView platformasi|"Tarmoqni boshqarish amaliy jarayonlariga IBM korporatsiyasi tomonidan taklif etilgan platforma. Bu platforma turli xildagi xizmatlar: boshqaruv ma’lumotlarini tarmoqdan uzatish, tarmoq ob’ektlarining holati to‘g‘risidagi ma’lumotni yig‘ish, platforma vositalari bilan amalga oshiriluvchi dasturlardan jamoaviy foydalanishni ta’minlash, tizim administratori interfeysini taqdim etish kabi funksiyalarni bajaradi. " LDAP protokoli|"Kataloglardan foydalanishning soddalashtirilgan protokoli, tarmoq kataloglariga kira olish imkonini beradi. " Linker and loader|"UNIX tizimidagi aloqalar redaktori va yuklagich. " Linux|"Shaxsiy kompyuterlarga mos keladigan RS va ko‘plab boshqa platformalarda Unix operatsion tizimini erkin amalga oshirish. Nomi tizim yadrosi ustida ish olib borgan fin dasturchisi Linus Torvalds nomidan kelib chiqqan. Birinchi versiyasi 1994-yilda paydo bo‘lgan. Linux ning 64 razryadli versiyalari bor. " Linux proc|"Kiritish-chiqarish uchun so‘rovlarni bajarishda ma’lumotlarni aniq saqlash va ma’lumotlarni hisoblash yo‘qligiga asoslangan Linux dagi fayl tizimi. " LISP dasturlash tili|"Yuqori daraja universal dasturlash tili, funksional turdagi deklarativ tillar qatoriga kiradi, ro‘yxatlar ko‘rinishida taqdim etilgan simvolli ma’lumotlarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan. Funksiyalar va rekursiv tuzilish tilning asosi hisoblanadi. " LISP-kompyuter|"Komandalar tizimida LISP tili asosiy funksiyalari va ro‘yxatlar bilan ishlash operatsiyalari joriy qilingan kompyuter. Bunday kompyuterlarni intellektual kompyuterlar sinfiga kiritish mumkin. " Little endian|"Kompyuter xotirasining arxitekturasi, bunda xotiraning har bir so‘zidagi baytlarni raqamlash o‘ng tomondan boshlanadi, ya’ni kichik bitlardan boshlab raqamlanadi. " Live CD|"Operatsion tizimning ishlash varianti. Tizim yuklash kompakt-diskidan ishga tushriladi va tezkor xotiraga yuklanadi, bunda vinchester ichidagi ma’lumotlar o‘zgarmay qoladi. Kompyuterga o‘rnatilgan operatsion tizimning ishlash holatini tiklashda yoki tizimni qattiq diskka o‘rnatmasdan ko‘rib chiqish imkonini beradi. Birinchi LiveCD-distributivi Knoppix bo‘ladi. " Longhorn operatsion tizimi|"Windows Vista va Windows Server 2008 operatsion tizimlarining dastlabki nomlanishi. " LPT|"Dastlab, faqat chop etish qurilmasini ulash uchun ishlatilgan PC parallel portining belgilanishi. " LTE standarti|"Ma’lumotlarni mobil uzatish texnologiyalarini takomillashtirish: ma’lumotlar uzatish samaradorligi va tezligini oshirish, xarajatlarni kamaytirish, ko‘rsatiladigan xizmatlarni yaxshilash va kengaytirish uchun mo‘ljallangan, 3GPP uyushmasi tomonidan yaratilgan standart. " LynxOS|"O‘rnatiladigan tizimlar uchun ishlab chiqilgan, POSIX standartlari bilan, so‘nggi vaqtda Linux operatsion tizimi bilan moslashtirilgan, Unix ga o‘xshash real vaqt operatsion tizimi. " LZW usuli|"Grafik tasvirlarni siqish usuli, faylda bir xil ketma-ketlikni qidirish algoritmiga asoslangan. Unisys firmasi nomi bilan patent ro‘yxatidan o‘tgan usul. 1978-yilda ishlab chiqilgan. " MAC drayver|"OSI modeli muhitidan foydalana olishni boshqarish darajasida ishlaydigan qurilma drayveri bo‘lib, tarmoq adapterlariga quyi darajadagi kira olishni ta’minlaydi. " MAC manzil|"Lokal tarmoqqa ulangan har bir qurilmada bo‘lishi kerak bo‘lgan, kanal sathidagi standartlashtirilgan manzil. Tarmoqdagi boshqa qurilmalar bu adreslardan tarmoqdagi aniq qurilmalarning joylashgan o‘rnini topishda, shuningdek, marshrutlash jadvallari va ma’lumotlar tuzilmasini yangilashda foydalanadi. МАС-manzil lar uzunligi 6 bite. Shuningdek, apparatli manzil yoki fizik manzil deb ham ataladi. " Mac OS|"Apple Macintosh kompyuterlarida ishlatiladigan operatsion tizim. " MAC OSX|"Apple firmasining Macintosh kompyuterlari uchun mo‘ljallangan operatsion tizimi. MAC OSX – bu, intuitiv grafik interfeysli o‘xshash operatsion tizimdir. Darvin deb nomlanadigan yadro (operatsion tizimning, yadroning manzil fazosida bajariladigan dasturiy modullarni ichiga oladigan asosiy qismi) o‘n mingdan ortiq dasturchi tomonidan ishlab chiqilgan. Tizim foydalanish uchun 2001-yilda qabul qilingan. " Mandriva|"1998-yilda asos solingan kompaniya (dastlab MandrakeSoft deb atalardi). Red Hat Linux distributiviga asoslangan, mahsuloti bilan bir nomdagi muallif. Mandrake Linux birinchi versiyasi 1998-yilning iyul oyida paydo bo‘lgan. 2005-yilning aprel oyida kompaniya Braziliyaning Connectiva kompaniyasini sotib oldi va nomini Mandriva ga o‘zgartirdi. " MAS-manzil identifikatori|"Tarmoqdagi har qanday qurilmaning yagona identifikatori. " Mbit/sек|"Sekundiga megabit 1024 kbit/s. Yuqori tezlikdagi tarmoqlarda ma’lumotlar uzatish tezligining o‘lchov birligi. " MD5|"RSA Data Security firmasining asoschilaridan biri Ronald L.Rivest tomonidan 1991-yilda ma’lumotlarni shifrlash uchun ishlab chiqarilgan 128-bitli xeshlash algoritmi. " MDAPI spetsifikatsiyasi|"Ochiq, obyektga yo‘naltirilgan spetsifikatsiya, OLAP Council ma’lumotlarni onlayn analitik qayta ishlash kengashi, notijoriy, ko‘p o‘lchamli ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlarini yetkazib beruvchilar assotsiatsiyasi tomonidan e’lon qilingan. Ilovalarga o‘qish bo‘yicha ko‘p o‘lchamli ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlaridan foydalanishni ta’minlaydi. " MDI ilova (dastur)|"Bir vaqtning o‘zida bir nechta ochiq hujjat bilan ishlash imkonini beradigan dastur. " MDX tili|"OLAP serverlariga va ma’lumotlar bazasiga so‘rovlar berish tili, OLE DB texnologiyasining tarkibiy qismi. " Memory map|"Solaris operatsion tizimidagi xotirada aks etadigan faylni tashkil qilish uchun mo‘ljallangan komanda va tizim chaqiruvi. " MeXe standarti|"Mobil qurilmalar muhiti – WAP kengaytirilgan varianti, uchinchi avlod standarti, terminal uchun Java ilovalari, axborot yuklashda himoya funksiyalarini va ilovalar boshqarilishini, telefonning barcha funksiyalaridan foydalanish mumkin bo‘lishi uchun, boshqa ishlab chiqaruvchilarning umumiy ilovalar interfeyslarini qo‘shadi. UMTS standarti uchun virtual uy muhitini yaratishda muhim jihat bo‘lgani holda, funksiyalar to‘plami va imkoniyatlarni ta’minlaydi. " MGCP protokoli|"IP-telefoniya standarti bo‘lib, u shlyuzlar va ulanishlarni boshqarish dasturi o‘rtasida o‘zaro aloqani qo‘llab-quvvatlaydi. " Microsoft|"Dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi eng yirik firma. Dasturlardan tashqari, texnik vositalar: «sichqoncha»lar, klaviaturalar va ularga adapterlar ham chiqaradi. Uilyam Geyts va Pol Allen tomonidan 1975-yilda tashkil qilingan. Firmaning asosiy yutuqlari: MS-DOS, Windows operatsion tizimlari, Internetda ishlash uchun MS Office, MS Explorer dasturiy vositalari; BASIC, Quick C, Visual BASIC, Visual C++ dasturlash tillari. " Microsoft Azure Services Platform|"Microsoft firmasining ishlab chiqarish uchun va Microsoft.NET bazasida servislardan foydalanish uchun mo‘ljallangan platformasi. " MicroSoft kompaniyasining diskli operatsion tizimi|"1981-yilda IBM PC birinchi 16-razryadli shaxsiy kompyuter uchun Microsoft va IBM korporatsiyalari tomonidan ishlab chiqilgan operatsion tizim. Bu operatsion tizim Microsoft kompaniyasining shakllanishida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 1990-yillarda MS-DOS Windows tomonidan siqib chiqarildi. Boshqa, ОS/2 kabi, operatsion tizimlarga o‘xshab, u ham foydalanuvchining klaviaturada tergan komandalarini kompyuterda bajariladigan operatsiyalarga o‘zgartiradi. MS-DOS bilan o‘zaro bog‘lanish komanda satridagi oynada shu bilan birga MS-DOS uchun mo‘ljallangan dasturlar bilan o‘zaro bog‘lanish ish stoli yorliqlari yordamida amalga oshiriladi. " Microsoft Windows Azure|"Operatsion tizim va firma asboblari to‘plami. " MIMO texnologiyasi|"Bitta tayanch stansiyada tarmoq sig‘imini oshirish va signallarning so‘nishi bilan kurashish uchun, ko‘plab uzatuvchi va qabul qiluvchi antennalardan foydalanish. " Minix|"Unix asoslangan erkin mikroyadroli operatsion tizim. Endryu Tanenbaum Minix ni ta’lim tizimi uchun yaratgan. " MISD arxitekturasi|"Parallel kompyuterning mumkin bo‘lgan to‘rtta arxitekturasidan biri. Bunda ma’lumotlar, har biri ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha o‘zining dasturini bajaradigan protsessorlar to‘plamiga uzatiladi. " MMDS texnologiyasi|"Simsiz tarmoqlar asosida ma’lumotlar uzatish texnologiyasi, teleeshittirishni o‘rnatish uchun qo‘llaniladi. Signalning uzatilishi 2868 MHz dan 2500 MHz gacha diapazonda yuz beradi. " MNP protokoli|"Modemli aloqada ma’lumotlar uzatish sxemasini belgilaydigan protokol. Bu protokol bo‘yicha ishlaydigan modem xatolar tuzatilishini va ma’lumotlar siqilishini amalga oshiradi. Protokol Microcom firmasi tomonidan ishlab chiqilgan. " Mobile IP-protokoli|"IP-protokolini, Internet trafikni mobil foydalanuvchilarga qayta yo‘llash imkonini beradigan tarzda kengaytirish. Texnologiya foydalanuvchining shaxsiy (korporativ) tarmog‘ida, ham olisdagi tarmoqlarda joylashgan maxsus dasturiy agentlardan foydalanadi. Olisdagi tarmoqqa kirishda mobil foydalanuvchilar agent yordamida ro‘yxatdan o‘tadilar, undan so‘ng ularning korporativ tarmog‘idagi trafik turgan joy bo‘yicha qayta yo‘llanadi. " mP6|"Rise Technology firmasi tomonidan ishlab chiqariladigan, arzon shaxsiy kompyuterlar uchun mo‘ljallangan protsessor turi. " MPE-FEC|"Ko‘p protokolli inkapsulyatsiya seksiyalari bo‘yicha yetkazib berilgan deytagrammalar uchun Rid-Solomon juftligini nazorat qilish ma’lumotlarini yetkazib berish usuli. " MPEG-1 videosignalini siqish usuli|"Raqamli videosignalni kodlash usuli, uni ifodalash uchun zarur bo‘lgan bitlar soni 1,4 Mbit/s gacha pasayadi. " MPEG-2 profili|"Kodlashning muayyan tizimini tashkil etuvchi, MPEG-2 standarti bo‘yicha raqamli oqimni siqish qoidalarining to‘plami. Izoh – Oddiy, asosiy, ikkita masshtablanadigan, yuqori va professional profillar ajratiladi. " MPEG-2 standarti|"Siqilgan raqamli televizion videosignallar, tovush signallari va televizion axborot foydalanuvchisining ma’lumotlari to‘plamini, raqamli paketlarni uzatish uchun mo‘ljallangan oqimga multipleksorlash usullari bayon qilingan kodlash tizimi. " MPEG-2 videosignalini siqish usuli|"MPEG-1 ni siqishga nisbatan yuqori sifatli siqish usuli versiyasi. DSS va DVD da foydalaniladi. " MS OFFICE|"Hujjatga yo‘naltirilgan ko‘p funksiyali dasturiy mahsulot. Microsoft firmasi tomonidan ko‘plab tashkiliy masalalarni avtomatlashtirish uchun ishlab chiqilgan. MS Office tarkibiga quyidagi ilovalar kiradi: Word – matn redaktori, Excel – elektron jadvallar, Access – ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi, Power Point – taqdimotlarni tayyorlash va o‘tkazish tizimi. Barcha ilovalar amalda yagona interfeysga ega bo‘lib, har qanday foydalanuvchi o‘rganishi uchun qulay. Har bir ilovadan mustaqil foydalanilishi mumkin. Agar, standart vositalar bilan ilovani aniq bir vazifa uchun sozlash imkoni bo‘lmasa, MS Office ga o‘rnatilgan Visual BASIC for Application. Dasturlash tilidan foydalanilishi mumkin. MS Office Windows operatsion tizimi boshqaruvida va Apple firmasining kompyuterlarida ishlaydi. " MS-DOS operatsion tizimi|"Microsoft va IBM korporatsiyalari tomonidan 1981-yilda IBM PC birinchi 16-razryadli shaxsiy kompyuter uchun ishlab chiqilgan operatsion tizim. ОS/2 kabi boshqa operatsion tizimlarga o‘xshab, u ham foydalanuvchining klaviaturada tergan komandalarini kompyuterda bajariladigan operatsiyalarga o‘zgartiradi. MS-DOS bilan o‘zaro bog‘lanish komanda satridagi oynada amalga oshiriladi. " MSDSL texnologiyasi|"SDSL texnologiyasining takomillashtirilgan versiyasi, ma’lumotlar 64 Kbit/s dan 1152 Kbit/s gacha tezlikda uzatilishini ta’minlaydi. " Biometrik ma’lumotlar|"Foydalanuvchining, originallari raqamli ko‘rinishda elektron hisoblash mashinasi xotirasida saqlanadigan, ovoz tembri, qo‘l barmoqlarining shakli, izi va shular kabi shaxsiy farqlovchi belgilarini o‘zida ifodalovchi autentifikatsiya qilish vositalari. " Biometrik texnologiya|"Inson komandalarini biotoklar orqali foydalanuvchi tizimga yetkazish usuli. " Biometriya|"1. Shaxsni identifikatsiya qilish uchun biologik xususiyatlardan, masalan, barmoqlar izi yoki ovozdan foydalanish to‘g‘risidagi fan. 2. Odam shaxsini fiziologik xarakteristikalarga asoslangan avtomatik identifikatsiya qilish usullari. " Bionika|"Tirik tabiat tamoyillari, xossalari, vazifalari va tuzilmalarini texnik qurilma va tizimlarda qo‘llashga qaratilgan amaliy fan. Internet o‘z-o‘zini tashkil qiluvchi tizim bo‘lib, ko‘p jihatlari bilan tirik organizm evolyutsiyasini «takrorlaydi». " Bipolyar kod|"Birliklar navbatma-navbat qarama-qarshi qutblilikning kuchlanish impulslarini, «0» esa impulsning yo‘qligini bildiradigan signal uzatish usuli. " Bir/bir modeli|"Ko‘p oqimlilik modeli, bunda har bir foydalanuvchi oqimi yadroning bitta aniq oqimida aks etadi. " Bir darajali qurilma|"Berilgan vaqtda bitta xavfsizlik darajasidagi ma’lumotlarni qayta ishlay olishi mumkin bo‘lgan funksional blok. " Bir darajali tarmoq|"Bitta yoki bir nechta kompyuterning boshqa oraliq qurilmalariga murojaat qilmasdan bir birlari bilan o‘zaro hamkorlikda ishlashi mumkin bo‘lgan tarmoq. Bir darajali tarmoqda kompyuterlar bir vaqtda mijoz ham, server ham bo‘lishi mumkin. " «Bir darcha» prinsipi|"Davlat xizmatlarini taqdim etish prinsipi, unga ko‘ra, bunday xizmatlar talabnoma beruvchi tegishli talab bilan bir marta murojaat qilgandan so‘ng ko‘rsatilishi kerak. " Bir dyumdagi nuqtalar soni|"Ekran va printerning ruxsat etish imkonini o‘lchashda qo‘llaniladigan birlik. Qurilma bir dyuymdagi kesmada ko‘rsatishi yoki chop etishi mumkin bo‘lgan nuqtalar soni. Dyuymdagi nuqtalar soni qancha ko‘p bo‘lsa, ekrandagi tasvir shuncha sifatli ko‘rinadi. " Bir jinsli bo‘lmagan tarmoq|"Turli topologiya fragmentlaridan va turli xil texnik vositalardan tuzilgan kompyuter tarmog‘i. Bunday tarmoqda har xil turdagi uskunalar va almashuv protokollaridan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi. " Bir jinsli tarmoq|"Mos keladigan uskuna va umumiy almashuv protokollaridan foydalanadigan, bir jinsli tuzilmaga ega tarmoq. Gomogen tarmoq deb ataladi. " Bir kanalli kuchaytirgich (jamoaviy qabul qiluvchi antennalar uchun)|"Chastotalar polosasining kengligi bitta muayyan televizion kanal bilan chegaralangan kuchaytirgich. " Bir ko‘zguli antenna|"Asosiy elementi fokusda nurlagich bilan joylashtirilgan parabolik ko‘zgu hisoblanadigan antenna. " Bir lahzada suratga olish|"1. Maxsus dastur yordamida olinadigan ekran nusxasi, kompyuter videoxotirasining bir zumlik nusxasi (kam hollarda tezkor xotira qurilmasi). So‘ng bunday nusxani diskda saqlab qo‘yish, bosib chiqarish, tahrir qilish mumkin va h.k. 2. Bir onlik nusxa, stop-kadr. " Bir martali bloknot|"Vernam shifri deb ham ataladigan kriptotizim, mutlaqo tasodifan generatsiyalanadigan bit satridan foydalanadi. Kalit oqim uzunligi ochiq matn uzunligiga teng. Tasodifiy bitlar satri va ochiq matn XOR operatsiyasidan foydalanib, shifrmatnni ishlab chiqish uchun kombinatsiyalanadi. Bunday algoritm mutlaqo maxfiy hisoblanadi. " Bir martali parol|"Tarmoqqa har bir kirishdan so‘ng o‘zgaradigan, amal qilish muddati juda qisqa bo‘lgan parol. " Bir martali raqamli imzo|"Har qanday xabar uchun raqamli imzo faqat bir marta ishlatilishi mumkin bo‘lgan sxema, ya’ni har bir yangi xabar uchun kalitlarning yangi jufti talab qilinadi. Bunday sxemaning afzalligi uning tezkorligi hisoblanadi, kamchiligi – katta miqdordagi axborotni (ochiq kalitlarni) e’lon qilish zarurligi, chunki har bir imzo faqat bir marta ishlatiladi. " Bir martali xabar|"Faqat bir marta ishlatiladigan identifikator yoki raqam, ya’ni har bir keyingi aloqa seansida uning qiymati yangilanadi. " Bir martali yoziladigan kompakt disk|"Maxsus CD-disklarga bir martalik yozish imkonini beradigan qurilma. " Bir modali optik tola|"1. Signal bir moda yoki tarqalish yo‘li bo‘ylab o‘tadigan optik to‘lqin o‘tkazgich (tola). Bunday tola yadrosining diametri uncha katta bo‘lmaydi. 2. Faqat bir moda tarqalishi mumkin bo‘lgan optik tola; odatda, bu tola pog‘onali sinish ko‘rsatgichiga ega bo‘ladi. " Bir modali tola|"Markaziy o‘tkazgichi to‘lqin uzunligi bilan taqqoslanadigan juda kichik diametrga ega bo‘lgan (odatda, 5-10 mkm), yorug‘lik to‘lqinining tarqalish sharoitlari yagona moda bilan cheklangan tola. Nurlar, qobiqdan qaytmagan holda, yorug‘lik o‘tkazgichning optik o‘qi bo‘ylab tarqaladi. Bir modali tolaning o‘tkazish polosasi 100 Gs/km va undan ko‘pni tashkil etadi. " Bir nechta amaliy muhitning mavjudligi|"Bitta operatsion tizim doirasida bir nechta operatsion tizim uchun ishlab chiqilgan dasturlarni bir vaqtda bajarish imkonini beradi. Ko‘p zamonaviy operatsion tizimlar bir vaqtda MS-DOS, Windows, UNIX (POSIX), OS/2 amaliy muhitlarini yoki bu ommabop to‘plamdan ayrim ko‘plikni ta’minlaydi. Ko‘plab amaliy muhitlar konsepsiyasi, bir qismi u yoki bu operatsion tizimning amaliy muhitini amalga oshiradigan turli serverlar ishlaydigan mikroyadro bazasidagi operatson tizimda oddiy amalga oshiriladi. " Bir nechta kamerani tutib turish|"Abonentning translyatsiya vaqtida foydalaniladigan turli kameralardan tasvirni tanlash imkoniyati. " Bir nurli antenna panjarasi|"Bitta nurni shakllantiruvchi antenna panjarasi. " Bir platali kompyuter|"Butunlay bitta bosma platada joylashtirilgan kompyuter. " Bir pog‘onali muhofaza qilish tizimi|"Yagona kalit dasturiy ta’minotdan foydalanishni ta’minlaydigan muhofaza qilish tizimi. " Bir rangli arxitektura|"Har bir abonent tizimi bir xil ko‘lamda resurslarni taqdim va isteʼmol qilishi mumkin bo‘lgan, axborot tizimining konsepsiyasi. Bir rangli arxitektura shu bilan tavsiflanadiki, unda hamma abonent tizimlar teng huquqli va ularning bir- birlarini resurslariga murojaatlari simmetrik bo‘ladi. Buning evaziga, foydalanuvchi maʼlumotlarning taqsimlangan ishlovini bajarishi, amaliy dasturlar, tashqi qurilmalar, shu jumladan, ixtiyoriy tizimlarda joylashgan fayllar bilan ishlashi mumkin. Bir rangli arxitektura tarmoq vositalarining oddiy yuklanishi, yengil kengaytirilishi bilan tavsiflanadi. " Bir sekunddagi kilobit|"SI tizimidagi ma’lumot uzatish tezligining birligi. " Bir tomonga yo‘nalgan interfeys|"Maʼlumotlarning faqat bitta yo‘nalishda uzatilishini taʼminlaydigan interfeys. " Bir tomonlama autentifikatsiya qilish|"Xabar jo‘natuvchi yoki oluvchini autentifikatsiya qilish. " Bir tomonlama funksiya|"Berilgan x argument bo‘yicha f(x) funksiya qiymati oson hisoblab chiqariladigan funksiya. f(x) ni x dan hisoblab chiqarish anchagina murakkab. Hozirgacha bir tomonlama funksiyalarning mavjudligi qat’iy isbotlanmagan. Axborotni shifrlash uchun bir tomonlama funksiyalarni qo‘llab bo‘lmaydi, chunki ular yordamida shifrlangan matnni, hatto uning qonuniy egasi ham rasshifrovka qila olmaydi. Kriptografiyada siri bo‘lgan bir tomonlama funksiyadan foydalaniladi. " Bir tomonlama xeshlash algoritmi|"Xesh-kod olingan dastlabki ma’lumotlarning xesh-kod qiymati asosida amalda tiklab bo‘lmaslik xossasiga ega bo‘lgan xeshlash algoritmi. " Bir tomonlama shifrlash|"Shifrlash, dastlabki ma’lumotlari tiklanishi mumkin bo‘lmagan shifrlangan matn uning natijasi hisoblanadi. Izoh – Bir tomonlama shifrlash autentifikatsiya qilishda ishlatiladi. Masalan, bir tomonlama shifrlash usuli bilan parolni shifrlash natijasida olingan shifrlangan matn saqlanib qoladi. Kechroq taqdim etilgan parol xuddi shu tarzda shifrlanadi. Keyin olingan ikkala shifrlangan matn solishtiriladi, agar ular bir xil bo‘lsa, unda to‘g‘ri parol taqdim etilgan. " Bir turdagi uya; bir xil chastota sohasiga ega uya|"Axborot almashinuvi qo‘shni klasterga kiruvchi yacheykalardan biridagi kabi, ayni shu chastotalar polosalarida ta’minlanadigan, hududiy jihatdan uzoqda joylashgan yacheyka (uya). " Bir vaqtda uzatish|"Bitta dasturni bir nechta tovush yoki televizion uzatish tarmoq‘i orqali bir vaqtda uzatish. " Bir vaqtdagi qo‘ng‘iroq|"Kiruvchi chaqiruvning birdaniga abonentning bir nechta (masalan, xizmat va mobil) рақамiga tushishi. Chaqiruvni ulash birinchi bo‘lib javob bergan рақамga amalga oshiriladi. " Bir vazifali operatsion tizimlar|"Virtual mashina foydalanuvchisiga kompyuter bilan ishlashni yanada sodda va qulay qilish vazifasini bajaradi. Bir vazifali operatsion tizimlar periferiya qurilmalarini boshqarish, fayllarni boshqarish vositalari, foydalanuvchi bilan muloqot vositalarini o‘z ichiga oladi. " Bir xil darajali lokal hisoblash tarmog‘i (LHT)|"Ajratilgan serveri bo‘lmagan va markazlashtirilgan tarzda boshqarilmaydigan LHT " Bir yo‘ldoshning o‘tkazish qobiliyati|"Yo‘ldosh retranslyatori samaradorligining integral ko‘rsatgichi. Yo‘ldosh orqali uzatiladigan berilgan o‘tkazish qobiliyati (masalan, 4,8 kbit/s) bilan telefon kanallarining o‘rtacha soni sifatida baholanadi. Ma’lumotlar uzatishga mo‘ljallangan tizimlarda o‘tkazish qobiliyati ma’lum vaqt oralig‘ida (masalan, bir sutka davomida) yo‘ldosh orqali uzatiladigan ma’lumotlarning yig‘ma hajmi sifatida baholanadi. " Bir o‘lchamli taxminlash, 1-D taxminlash|"Taxminlangan qiymat, yoyishning o‘sha satridagi kadrning qo‘shni elementlaridan kelib chiqib olinadigan taxminlash. " Bir chastotali tarmoq|"Bitta radiochastota kanalida bir xil signallarni nurlantiradigan sinxronlangan uzatuvchi stansiyalar tarmog‘i. Xususan, bir xil radiochastota kanalidan birgalikda foydalaniladigan va o‘xshash signallar uzatiladigan DVB-T sinxronlangan stansiyalar tarmog‘i. " Birga yo‘naltirilgan interfeys|"Interfeys turi bo‘lib, tarmoqdagi har bir stansiya bir vaqtning o‘zida axborot signalini generatsiyalaydi. Ikkala signal ham aynan bir yo‘nalishda, tarmoqning bir uzelidan ikkinchisiga izchil uzatiladi. Bunday usulda axborot ayirboshlaganda qarama-qarshi yo‘nalishlarda uzatish, liniyaning har ikki uchidagi tayanch generatorlari avtonom bo‘lgani sababli, har xil tezlik bilan amalga oshirilishi mumkin. " Birgalikda foydalaniladigan resurslar|"Bir vaqtda bir nechta foydalanuvchiga yoki jarayonga ajratiladigan resurslar. " Birgalikda stroblash yoki diskretlash|"Rangli alohida (komponentli) videosignalga nisbatan qo‘llaniladigan diskretlash usuli. Videosignallar bu holda yorqinlik signalini zichlash quyi eltuvchi chastotalarida diskretlanadi. Masalan, 4:2:2 usul orqali. Birgalikda stroblashda ikkita rang ajratuvchi signal yoki ajratilgan yorqinlik signali aynan o‘sha chastotalarda yoki yorqinlik signali stroblanadigan chastotalarning biri bilan bir vaqtda diskretlanadi. " Biriktirilgan|"Elektron xatga matn ko‘rinishidagi faylni biriktirish. Agar fayl formati *.txt yoki *.html ko‘rinishda bo‘lsa, uning mazmuni xatni o‘qishda ko‘rinadi. " Birin-ketin joylashtirib muhofaza qilish|"Xavfsizlik tizimi konsepsiyasi, unda tarmoqdagi har bir kichik tizim mumkin bo‘lgan maksimal darajagacha muhofaza qilinadi. " Birinchi avlod|"Analog ma’lumotlar uzatilishidan foydalaniladigan mobil aloqa tizimlari. Ularga NMT, AMPS standartlarining tarmoqlari kiradi. " «Birinchi bo‘lib keldi – birinchi bo‘lib xizmat ko‘rsatildi»|"Navbatni qayta ishlash usuli, bunda elementlar navbatdan navbatga kiritilgan tartibda chiqarib tashlanadi. " «Birinchi bo‘lib keldi ‒ oxirgi bo‘lib xizmat ko‘rsatildi».|"Navbatni qayta ishlash usuli, bunda elementlar, ular navbatga kiritilishiga teskari tartibda navbatdan chiqarib tashlanadi va ularga xizmat ko‘rsatiladi. " Birinchi munosib usul|"Resurslarni taqsimlash algoritmi (sxemasi), unga ko‘ra, yangi ma’lumotlarni joylashtirish uchun birinchi bo‘lib mos keladigan blok egallanadi. " Birlamchi halqa|"FDDI standartining ikki halqali optik tolali tarmog‘idagi, foydali axborotni asosiy rejimda uzatish uchun mo‘ljallangan bog‘lovchi liniya. " Birlamchi kalit|"Amaliyotda jadvalning qatorini noyob aniqlagich sifatida ishlatiladigan ustun mazmuni yoki ustun guruhi mazmunlari to‘plami. " Birlamchi muhofaza|"Telekommunikatsiya simlari va yer ostida kuchlanishni cheklovchi qurilma. Namunaviy protektorlar 215 dan 350 voltgacha bo‘lgan o‘zgarmas tok kuchlanishini cheklaydi. " Birlamchi xatolarni aniqlovchi va tuzatuvchi tezkor xotira qurilmasi|"Xatolarni aniqlash va to‘g‘rilash sxemasi. 1-bitli xotoliklarni to‘g‘rilashi mumkin bo‘lgan va 2-bitli xatolarni aniqlay oladigan xotira sxemasi. " Birlashtirilgan protsessor|"Kompyuterga ulangan ikkilamchi protsessor. " Birlashtirilgan yuqori tezlikli boshqaruv kanali|"Ikki tomonlama boshqarish kanali, u orqali, odatda, mobil stansiyaning bir yacheykadan boshqasiga o‘tishida chastotani almashlab ulash komandalari uzatiladi. " Birlashish|"Turli axborot manbalaridan kelayotgang ikki yoki undan ortiq maʼlumot oqimini birlashtirish. " Bit|"Mashina kodining ikkili razryadi; ikkili sanoq tizimidagi 0 yoki 1 qiymatini oluvchi axborotning eng kichik birligi. " Bit intervali|"1. Bit tezligiga teskari bo‘lgan birliklarda o‘lchana-digan, bitta bit elementni uzatish davomiyligi. 2. Bir bitni uzatish uchun zarur bo‘lgan vaqt, uzatish tezligi 10 Mbit/s bo‘lganda, 0,1 μs ni tashkil etadi. Izoh − Vaqt nisbatlari bit intervallarida o‘lchanadi. " Bit protokoli|"Maʼlumotlarni bitma-bit uzatish protokoli. " Bitdagi xato ehtimolligi|"Aloqa kanallarining sifatini fizik sathda baholash uchun foydalaniladigan, ikkilik simvollarni qabul qilishning ishonchlilik ko‘rsatgichi. Miqdor jihatdan xato qabul qilingan bitlar sonining uzatilgan bitlarning umumiy soniga nisbati sifatida aniqlanadi. " Bitkoin|"Bir nomdagi hisob-kitob birligidan va bir nomdagi maʼlumotlar uzatish protokolidan foydalaniladigan piring to‘lov tizimi. Izohlar 1. Turli mualliflar bitkoynlarni turlicha tasniflaydilar. Ko‘proq, kriptovalyuta, virtual valyuta, raqamli valyuta, elektron naqd pullar variantlari uchraydi. 2. Bitkoynlardan, ularni qabul qilishga rozilik bildirgan sotuvchilarda tovarlar va xizmatlarga ayirboshlash uchun foydalanilishi mumkin. Oddiy valyutalarga ayirboshlash raqamli valyutalarni ayirboshlash onlayn-servisi, boshqa to‘lov tizimlari yoki ayirboshlash punktlari orqali yuz beradi. 3. Bu nafaqat mahsulotlar va xizmatlar uchun hisob-kitob qilish mumkin bo‘lgan raqamli valyuta yoki investitsiyalar uchun vosita, balki moliya dunyosini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan yangi texnologiyalarni testlash uchun mo‘ljallangan tajriba maydoni hamdir. Bu markazlashtirilmagan, to‘liq shaffof va kriptografik jihatdan himoyalangan, blokcheyn deb nomlanadigan bloklar zanjiriga asoslangan tranzaksiyalarni qayta ishlash global tarmog‘i va taqsimlangan maʼlumotlar bazasidir. " Bitlar bo‘yicha xatolar koeffitsiyenti|"Xatolar bilan qabul qilingan bitlar sonining, berilgan vaqt intervali ichida qabul qilingan umumiy bitlar soniga bo‘lgan nisbati. " Bitlar bo‘yicha xatolarning qoldiq koeffitsiyenti|"Tinish bo‘lmagan holatda bitlar bo‘yicha xatolar koeffitsiyenti, sistema ichidagi xatolarga qo‘yimlarni, atrof muhit ta’sirini, eskirish effektrlarini va uzoq muddatli xalaqtlarni ichiga oladi. " Bitlar satri|"Dasturlash tillarida, ikkilik razryadlar ketma-ketliklari bilan satrlar bilan bo‘lgan kabi ishlashni ta’minlaydigan ma’lumotlar turi. " Bitlar spetsifikatsiyasi|"Bir vaqtda aks ettirilishi mumkin bo‘lgan ranglar yoki kul rang darajalarining soni. Kompyuter grafik kartasi kontrollerining xotira hajmi bilan belgilanadi. 8 bitli kontroller 256 rangni, 16 bitli − 64000, 24 bitli − 16,8 million rangni aks ettirishi mumkin. " Bitlar taqsimlanishining teskari moslashishi|"Bitlarning koderda ham, dekoderda ham bir xil hisob-kitoblar amalga oshiriladigan taqsimlash usuli. " Bitlarni nazorat qilish|"Nusxa ko‘chirishdan muhofaza qilish usuli, unga ko‘ra, yo‘lka (yoki boshqa soha) bitlarning ma’lum sonini o‘z ichiga olsa, disk original sifatida aniqlanadi. " Bitli tasvir|"Binar tasvir, uni raqamli shaklda aks ettirish va saqlash uchun uning har bir elementi (pikseli)ga axborotning 1 biti ajratilgan bit xaritasi ishlatiladi. Piksellarning mazmuni faqat «0» va «1» bo‘lishi mumkin bo‘lgani uchun binar tasvirlar, ayniqsa bir bitli binar tasvirlar, juda yaxshi siqiladi va rastrli tasvirlarning boshqa turlariga qaraganda maʼlumotlarning kichik hajmi bilan ajralib turadi. " Bitli xatolar chastotasi|"Uzatish sifatining o‘lchami. Tayyorlik holatida turgan kanal bo‘yicha test o‘tkazish vaqtida uzatilgan xatoli bitlar sonining umumiy bitlar soniga nisbati teng bo‘lgan raqamli uzatish tizimi uchun asosiy parametr. " Bitma-bit hisoblash|"Nusxa olinishdan muhofaza qilish usuli bo‘lib, qandaydir yo‘lka (yoki boshqa soha) bitlarning muayyan sonini ichiga olganda, disk original sifatida aniqlanadi. " Bitreyt|"Raqamli ma’lumotlar oqimining uzatish tezligi. " Bitta dastur ‒ ko‘p ma’lumotlar|"Bir dasturda ma’lumotlar oqimlarining parallel qayta ishlanishi (bajarilishi) ko‘zda tutiladigan arxitektura. " Bitta kirishga ega ko‘p diapazonli kuchaytirgich (jamoaviy qabul qiluvchi antenna uchun)|"Bir nechta muayyan radioeshittirish diapazonida ishlash uchun mo‘ljallangan bitta kirishga ega kuchaytirgich. " Bitta komandalar oqimi ‒ ko‘p ma’lumotlar oqimi|"Bir necha protsessordan bir xil ma’lumotlar massivlarini qayta ishlash uchun bitta komandadan foydalaniladigan, parallel kompyuter tizimi arxitekturasi. " Bitta qo‘ng‘iroq|"Firibgarlik usuli, bunda uyali telefon faqat bir marta jiringlaydi, agar uning egasi aniqlangan telefon raqamiga qayta qo‘ng‘iroq qilsa, firibgar ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng unga katta miqdordagi summaga hisob yuboradi. " Bitta raqamga xizmat ko‘rsatish – chaqiruvni ketma-ket tugatish|"Chaqirayotgan abonentga menyu taqdim etish xizmati. Undan abonent klassik IS xizmatini, yoki АТС bazasidagi IS xizmatini, yoki istalgan talab qilinayotgan servisni tanlashi mumkin. Chaqirayotgan abonent DTMF yordamida uzatiladigan, o‘z telefon apparatidagi raqamlar yoki belgilar kombinatsiyasini bosish yoli bilan talab qilinadigan servicni tanlaydi. Agar tanlangan xizmat qo‘shimcha raqamlarni kiritishni talab qilsa, chaqiruvchi abonent aytib turish yordamida DTMF bilan uzatiladigan raqamlarni teradi. " Bitta raqamga xizmat ko‘rsatish – xizmatni avtomatik tanlash|"Abonent turli joylarda bo‘la turib va ushbu xizmatdan foydalana turib, o‘zining noyob telefon raqamidan (One number service) foydalanishi mumkin. Buning uchun beshta har xil oxirgi (terminal) liniyalar ro‘yxati tegishli abonent raqamlari bilan tuziladi, ulardan foydalanish ma’lum ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Bunda abonentning shaxsiy oxirgi (terminal) liniyasi bu ro‘yxatda birinchi turadi. Boshqa turli raqamlarga chaqiruvning izchil marshrutizatsiyasi ma’lum shartlar bilan amalga oshiriladi. Bunday shartlar «Abonent band», yoki «Abonent B hozir javob bermaydi» yoki ikkala shart ham bo‘lishi mumkin. Bunday shartlar beshta mumkin bo‘lgan bog‘lanishlar uchun uning shaxsiy telefon raqamini qo‘shgan holda, oldindan aniqlangan bo‘lishi mumkin. " Biznes-guruhlar uchun hisob kodlari|"Abonentga CDR (Call detail record – chaqiruvning batafsil yozuvi) ga alohida telekommunikatsiya to‘lovlarini yaratish uchun hisobga olish kodini kiritish imkonini beradigan xizmat. " Biznes-hamkor uchun mo‘ljallangan elektron biznes|"Axborot makonidagi iqtisodiy faoliyatning qo‘shimcha qiymat zanjirini shakllantirishda qatnashadigan tashkilotlar bilan, uzoq muddatli va samarali iqtisodiy munosabatlarni shakllantirishga qaratilgan sohasi " Biznes-jarayon|"Resurslar iste’mol qiladigan, natijada mahsulotning muayyan guruhi (sanoat mahsuloti, qurilgan obyekt, axborot mahsuloti, boshqarish qarori va h.k.lar) ishlab chiqariladigan, o‘zaro bog‘langan biznes-protseduralar to‘plami. Barcha biznes-jarayonlar kompaniya funksiyalarini bajarish uchun mavjud bo‘lib, maqsadlar hamda strategiyalarning belgilangan iyerarxiyasiga mos kelishi kerak. " Biznes-jarayon modeli|"Tizimda biznes jarayonning nusxalari yaratilishida asos bo‘lib xizmat qiladigan andoza (shablon). O‘z ichiga quyidagilarni oladi: - biznes-jarayon sxemasini; - foydalaniladigan rekvizitlar ro‘yxatini; rekvizitlarni biznes-jarayon nuqtalariga bog‘lashni, ularni hisoblash va to‘ldirish algoritmlarini; - vazifa bajarilishining reja muddatlarini. Biznes-jarayon modeli quyidagi savollarga javob berishi kerak: belgilangan pirovard natijani olish uchun qanday protseduralar (funksiyalar, ishlar)ni bajarish zarur; - bu protseduralar qanday ketma-ketlikda bajaraladi; qarab chiqiladigan biznes-jarayon doirasida nazorat va boshqaruvning qanday mexanizmlari mavjud; - jarayon protseduralarini kim bajaradi; - jarayonning har bir protsedurasida kiruvchi qanday hujjatlar/axborotdan foydalaniladi; - jarayon protsedurasi chiquvchi qanday hujjatlar/axborotni yuzaga keltiradi; - jarayonning har bir protsedurasi bajarilishi uchun qanday resurslar zarur; - qanday hujjatlar/shartlar jarayon bajarilishini reglamentlaydi qanday parametrlar protseduralar va umuman jarayon bajarilishini tavsiflaydi. " Biznes-jarayon sxemasi|"Biznes jarayon tuzilmasini aks ettiradigan grafik sxema, shuningdek, bu tuzilma doirasida jarayonning bajarilish ketma-ketligi. " Biznes-jarayon tavsifi|"Biznes-jarayon sxemasini matnli, jadval yoki grafik tarzda taqdim etish. " Biznes-jarayonlar reinjiniringi|"Ishlab chiqarish-xo‘jalik va iqtisodiy-moliyaviy faoliyatning eng yuqori samarasiga erishish uchun, tegishli tashkiliy-boshqaruv hamda normativ hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan, biznes-jarayonlarni tubdan qayta anglab yetish va qayta loyihalash. Reinjiniring axborot tizimlarining ishlab chiquvchilariga ham, menejerlariga ham tushunarli bo‘lgan muammoli axborotni taqdim etish va qayta ishlashning o‘ziga xos vositalaridan foydalanadi. Biznes-jarayonlar reinjiniringining mazmuni uning ikki asosiy bosqichida: - biznes-jarayonning optimal (ideal) turini (avvalo, asosiy turini) aniqlashda; - mavjud biznes-jarayonni (mablag‘lar, vaqt, resurslar bo‘yicha) optimalga ko‘chirishning eng yaxshi yo‘lini aniqlashda ko‘rinadi. " Biznes-jarayonlarni avtomatlashtirish|"Axborot texnologiyalari yordamida biznes jarayonlarni boshqarish tizimining amalga oshirilishi. " Biznes-jarayonlarni boshqarish|"Zamonaviy boshqarish uslublaridan biri, o‘z ichiga biznes-jarayonlarni boshqarishning dasturiy ta’minoti va g‘oyasini oladi. " Biznes-jarayonlarni modellash notatsiyasi|"Biznes jarayonlarni, biznes sohasining ishlab chiquvchilardan tortib, monitoring jarayonlarini amalga oshiradigan boshqaruvchilargacha bo‘lgan har bir qatnashchisiga tushunarli bo‘lgan yagona standart bo‘yicha biznes jarayonlarni tavsiflash uchun ishlab chiqilgan notatsiya (shartli yozma belgilar tizimi). BPMN sxemasini yaratish, biznes jarayonlarni ishlab chiqish va ularni joriy qilish bo‘yicha loyihaning ajralmas qismi hisoblanadi. " Biznes-jarayonlarni optimallash|"Tashkilotning mavjud biznes-jarayonlarini qisman takomillashtirish. Funksiyalarning takrorlanishi, axborot sirtmoqlari kabi oshkor kamchiliklardan xalos bo‘lish orqali yuz beradi. Izoh – Biznes-jarayonlarni optimallash tegishli tashkiliy-boshqaruv va normativ hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi. Biznes-jarayonlarni optimallash korxona o‘z ishini yaxshilash zarur bo‘lgan: xarajatlarni kamaytirish, ishlab chiqarish siklini qisqartirish, boshqarishdagi xatolar sonini kamaytirish, krizisdan chiqish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar ko‘rish zarur bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. Odatda, muhim biznes-jarayonlar optimallashtirilishi kerak, chunki aynan shu jarayonlarni optimallash katta samara beradi. " Blitter|"Rastrli grafik tasvirlar bilan operatsiyalar bajarish uchun mo‘ljallangan, ixtisoslashtirilgan mikrosxema. " Blog|"O‘quvchilar uchun sharh qoldirish imkoniyati bo‘lgan shaxsiy onlayn kundalik (ya’ni, yozuvlarning xronologik tuzilmasiga ega veb-sayt). Izoh – Blogdan, shuningdek, piar kanali sifatida yoki hatto, ommaviy axborot vositasi sifatida ham foydalanish mumkin. " Bloger|"Qar.: Blog. " Blogosfera|"Qar.: Blog. " Blok|"1. Manzil , boshqaruvchi maydon va xatolarni aniqlash imkonini beradigan nazorat summasi yakunlangan va alohida mohiyat kabi ko‘rib chiqiladigan uzatilgan ma’lumotlar ketma-ketligi. 2. Sarlavha va axborot maydonidan iborat axborot birligi. 3. Ma’lum bir funksiyani bajaradigan, konstruktiv va funksional jihatdan o‘zaro bog‘langan elementlar va uzellar majmui. " Blok bo‘yicha almashlagich|"Kirish ketma-ketligidagi qo‘shni bitlar o‘rni almashtirib qo‘yilishini ta’minlovchi almashlagich. Izoh − U ularni turli bloklar bo‘yicha blok o‘lchamiga teng «chuqurlikka» taqsimlaydi. Blok bo‘yicha almashish operatsiyasi ortiqlilik kiritmaydi, kirish va chiqish oqimlari tezligini bir xilda saqlaydi. " Blok manzili|"Xotira sohasining manzilsi. Bloklarga manzillar orqali murojaat qilinadi. " Blok-multipleks kanal|"Ma’lumotlar bloklab uzatiladigan multipleks kanal. " Blok raqami|"Qurilma (odatda, disk) blokini yoki faylni identifikatsiyalovchi son. Fizik raqam manzilni (yo‘lka raqamini va yo‘lkadagi raqamni) belgilaydi. Mantiqiy raqam qurilmadagi blokning tartib raqamini bildiradi va qurilma drayveri tomonidan fizik raqamga aylantiriladi. Virtual raqam fayl ichidagi blok raqamini belgilaydi va fayl tizimi tomonidan mantiqiy raqamga aylantiriladi. Birmuncha oddiy tizimlarda «blokning mantiqiy raqami» va «blokning virtual raqami» mos tushadi. " Blok-sxema|"1. Algoritmning grafik tarzda taqdim qilinishi. Algoritm ko‘rgazmaliligini oshiradi. Blok-sxemalar tuzish ayniqsa, boshlovchi dasturchilar uchun foydali. 2. Tizim tuzilmasi yoki texnik vositalar tarkibining grafik tarzda taqdim qilinishi. " Blok uzunligi|"Bitta blokda bo‘lgan yozuvlar, so‘zlar yoki simvollarning umumiy soni. " Blokcheyn|"Ichida axborot bo‘lgan bloklarning, muayyan qoidalar bo‘yicha qurilgan uzluksiz ketma-ket zanjiri. Izohlar 1. Atama birinchi marta «Bitkoyn» tizimida amalga oshirilgan taqsimlangan maʼlumotlar bazasining nomi sifatida paydo bo‘ldi, shu sababli, blokcheyn ko‘pincha turli kriptovalyutalardagi tranzaksiyalarga kiritiladi. 2. Bloklar zanjiri texnologiyasi o‘zaro bog‘langan har qanday axborot bloklariga tatbiq qilinishi mumkin. 3. Blokcheyn texnologiyasiga kriptovalyutalar, jumladan, bitkoyn va laytkoyn, HYPERLINK ""https://ru.wikipedia.org/wiki/Namecoin"" Namecoin, Emercoin domen nomlari-yozuvlari tizimining maʼlumotlar bazasi asoslanadi. " Blokirovka qilish|"Bir nechta foydalanuvchilar yoki jarayonlarning bitta resursdan nazorat qilinadigan foydalana olishni tashkil etish usuli. Barcha foydalanuvchilarga, bitta foydalanuvchi bundan mustasno, aniq turdagi operatsiyalarni (o‘qish, yozish, o‘chirish va h.k.) vaqt bo‘yicha taqiqlashdan iborat. " Blokirovkalangan|"Biron-bir narsaga kira olishning chegaralanganligi (vaqtinchalik yoki doimiy). Masalan, biron-bir resursdan foydalana olish hisobi blokirovkalangan bo‘lsa, u resursga bu hisob orqali ulanib bo‘lmaydi. " Blokirovkalash|"Ruxsat etilmagan tarzda nusxa ko‘chirishga qarshi, ma’lumotlar yoki dasturiy ta’minotni muhofaza qilishning maxsus usullarini qo‘llash. " Blokirovkalash sohasi|"Ma’lumotlar bazasining, bitta dastur tomonidan monopol (yakka) qayta ishlash uchun ochiq bo‘lgan, yopilish paytigacha boshqa dasturlar foydalana olmaydigan qismi (yozuv, soha, fayl). " Bloklab foydalanish qurilmasi|"Almashinish bloklar orqali amalga oshiriladigan tashqi xotira qurilmasi (masalan, disk). " Bloklab izlash (qiymatlar blokini o‘qish)|"Kursor ko‘rsatadigan qiymatlarni o‘qish, uni boshqa satrga ko‘chirish maxsus operator tomonidan amalga oshiriladi. " Blokli kod|"Kodlash va dekodlash kodli ketma-ketlikning ma’lum qismi – bloki doirasida amalga oshiriladigan kod. " Blokli qurilma|"Axborotni simvollar (alohida baytlar) bilan emas, balki bloklar (baytlar guruhlari) orqali qayta ishlaydigan qurilma. " Blokli testlash|"Dasturlashdagi jarayon, dasturning ilk kodi maxsus modullari to‘g‘riligini tekshirishgaimkon beradi. G‘oya – har bir notrivial (murakkab) funksiya yoki usul uchun test yozish. Bu o‘zgartirilgan kod xato keltirib chiqarmaganligini tezda aniqlashga imkon beradi. U regressiya – oldin yozilgan va testdan o‘tkazilgan dasturlarda xato kelib chiqmaganligini osonlik bilan tekshirishni va xatoni to‘g‘rilashni o‘z ichiga oladi. " Blokli shifr|"Ma’lumotlar bir xil o‘lchamdagi (blokli) miqdorlar bilan shifrlanadigan shifr, keyingi blokning shifrlanish natijasi faqatgina ushbu blokning qiymatiga va shifrlash kalitiga bog‘liq bo‘ladi, lekin shifrlanayotgan massivdagi blokning joylashuviga va massivning boshqa bloklariga bog‘liq bo‘lmaydi. " Blokni bekor qilish simvoli|"Blokning oldingi qismi e‘tiborga olinmasligi kerakligini ko‘rsatadigan, boshqaruvchi simvol. " Blokni nazorat qilish simvoli|"Uzatiladigan ma’lumotlar blokiga qo‘shiladigan va nazorat summasini ichiga oladigan xizmatga oid simvol. " Bloknot|"Microsoft Windows operatsion tizimlarining bir qismi bo'lgan oddiy matn muharriri " Bloknotli kompyuter|"Statsionar shaxsiy kompyuterning keng funksional imkoniyatlariga ega bo‘lgan portativ kompyuter. Kompyuterning ba’zi qurilmalari statsionar qurilmalardan farq qiladi: displey odatda, suyuq kristalli, monoxrom yoki rangli (passiv yoki aktiv matritsali); protsessor unumliligi bo‘yicha statsionar protsessorlardan farq qilmaydi, biroq energiya iste’moli kam; klaviaturada klavishlar soni kam. " «Blyu-rey» texnologiyasi|"Yozib oladigan optik disklarning eng yangi avlodi; ko‘k lazerdan foydalaniladigan va bir tomonlama bir qatlamli bolvankaga 17 GB dan 27 GB gacha yozish imkonini beradigan texnologiya. To‘qqizta eng yirik kompaniya (Sony, Matsushita, Samsung, LG, Philips, Thomson, Hitachi, Sharp i Pioneer) tomonidan taklif qilingan, HP, Dell firmalari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. «Blyu-rey» texnologiyasi bo‘yicha birinchi yozish qurilmasi 2003-yilda Sony firmasi tomonidan chiqarilgan. Tashuvchiga ma’lumotlar sig‘imi darajasini oshirishga λ=405 nm, aperturasi 0,85 bo‘lgan to‘q qizil-ko‘k lazerdan foydalanish hisobiga erishiladi. Tashuvchilar diametri 120 mm bo‘lgan standart disklarni o‘zida ifodalaydi, himoya qatlamining qalinligi 0,1 mm. " Bod|"Analog aloqa liniyalaridagi uzatish tezligining o‘lchov birligi. Bir bod bir sekundda uzatilgan bitlar soniga teng. " Bofort kvadrati|"Vijеner kriptotizimiga o‘xshash ko‘p alifboli kriptotizim. Teskari tartibda yozilgan Vijеner kvadrati satrlari kvadrat satrlari hisoblanadi. Kriptotizim admiral Frensis Bofort sharafiga nomlangan. " Bolalardan himoya tizimi|"Elektron himoya tizimi, ishlatilganda qurilma (masalan, televizor) faqat masofadan boshqarish pulti orqali boshqariladi, bu bolalarning undan foydalanishlarini bartaraf etadi. " Boricha/qanday bo‘lsa shunday|"Erkin va ochiq dasturiy ta’minotni tarqatish sharti. Foydalanuvchi dasturiy ta’minotdan istiqbolli foydalanishga, ishlab chiquvchiga hech qanday da’volarsiz o‘z mas’uliyati ostida rozilik bildiradi. " Bort retranslyatori (yo‘ldoshli tizimning)|"Signallarni retranslyatsiya qilish uchun mo‘ljallangan kosmik stansiya uskunasi. Izoh – Antenna tizimi bu uskunaga kirmaydi. " Bog‘langan munosabat|"Atributlarga ega bo‘lgan munosabat. " Bog‘langan ro‘yxat|"Elementlari xotirada ketma-ket joylashishi shart bo‘lmagan ro‘yxat (ma’lumotlar tuzilmasi). Navbatdagi elementdan foydalanish, ro‘yxatning oldingi elementida saqlanadigan ko‘rsatgich yordamida amalga oshiriladi. Oxirgi elementda ko‘rsatgich, ro‘yxat oxiri belgilanadigan maxsus qiymatga ega bo‘ladi. Ro‘yxat, uning har bir elementi ham navbatdagi, ham oldingi elementlarga havolalarni ichiga oladigan ikki yo‘nalishli bo‘lishi mumkin. " Bog‘langanlik|"Bog‘langan tarmoqni bog‘lanmagan qilish uchun chiqarib tashlanishi kerak bo‘lgan liniyalar sonini ko‘rsatadigan tarmoq parametri. O‘rtasida bog‘lovchi liniyalar bo‘lmagan, kamida ikki qismdan iborat tarmoq bog‘lanmagan tarmoq hisoblanadi. " Bog‘lanish o‘rnatilishining yarim avtomatik usuli|"Bog‘lanishni o‘rnatish usuli. Telefon stansiyasida bog‘lanishni avtomatik o‘rnatish uchun raqamni tergan holda, qo‘lda amalga oshiriladi. " Bog‘lanishga ulanish xizmati|"O‘z telefonidan uzoqda bo‘lgan abonent o‘z liniyasiga boshqa telefon apparatidan bunday bog‘lanish mavjudligi to‘g‘risidagi radio izlash tizimi orqali axborotni olgandan keyin, o‘z telefon raqamini va/yoki maxsus kodni terib, bunday bog‘lanishni qabul qilishi mumkin bo‘lgan xizmat. " Bog‘lanishlar asosida|"Ma’lumotlar almashinish modeli, bunda almashinish aniq ifodalangan uch bosqichga bo‘linadi: bog‘lanishni tashkil qilish, ma’lumotlar uzatish va bog‘lanishni uzish. " Bog‘lanishning o‘rnatilish vaqti|"Chaqiruv jo‘natilgan paytdan to aloqa kanali taqdim etilgunga qadar o‘tadigan to‘liq vaqt. " Bog‘lanishsiz xizmat|"Xizmat ko‘rsatiladigan abonentlar o‘rtasida, oxiridan oxiriga bog‘lanishni o‘rnatish tadbirlaridan foydalanmagan holda axborot o‘tkazilishini ta’minlaydigan xizmat. Izoh – Interaktiv xizmatlar kabi, taqsimlash xizmatlari uchun ham foydalanilishi mumkin bo‘lgan bog‘lanishsiz xizmat. " Bog‘lashlar|"Tarmoqlarda protokol drayveri va tarmoq adapterining drayveri o‘rtasida aloqa o‘rnatish jarayoni. " Bog‘liq bo‘lmagan parallelizm|"Jarayonlarni aniq sinxronlamasdan parallel bajarish. Ularning har biri alohida, mustaqil vazifani o‘zida ifodalaydi. Parallelizmning bu turidan odatda, har bir foydalanuvchi o‘zining ilovasi bilan ishlaydigan vaqtni ajratish tizimlarida foydalaniladi. " Bog‘liqlik|"Tizim tarkibiy qismlarining o‘zaro bog‘langanligi, ulanish imkoniyati (masalan, kompyuterlarning), o‘zaro ishlash qobiliyati (masalan, dasturlarning). " Bog‘lovchi dasturiy ta’minot|"Bir xil bo‘lmagan tarmoq muhitida ilovalarning ochiq ishlashini ta’minlaydigan dasturiy ta’minot. Tarmoqning turli mashinalari bo‘ylab taqsimlangan ilova qismlarini birlashtirilish bo‘yicha xizmatlarni taqdim etadi. Bog‘lovchi dasturiy ta’minotning quyidagi asosiy turlari bor: chiqarib tashlangan protseduralarni chaqirish; xabarlar uzatish; chiqarib tashlangan protseduralarni chaqirish; xabarlar uzatish; obyektlarga bo‘ladigan so‘rovlar vositachisi. " Bog‘lovchi uzatish liniyasi|"Tarmoq stansiyasi va uzelini yoki ikkita tarmoq stansiyasini o‘zaro bog‘lovchi uzatish liniyasi. " Bog‘lovchi yuklagich|"Qisman komponovkachi vazifasini bajaradigan yuklagich (ta’minotchi). " Bog‘lovchi yo‘l|"Axborot uzatish vaqtiga tashkil qilingan, kommutatsiya tarmog‘i liniyalari, kanallari, kommutatsiya stansiyasi to‘plamlari va kommutatsiya maydoni kommutatsiya nuqtalarining majmui. " Bosh domen|"Domen tizimi nomlar iуerarxiyasidagi eng yuqori yozuv. " Bosh fayl|"Normativ-ma’lumotnomali axborot fayli. " Bosh katalog|"Disk kataloglarining iуerarxik tuzilmasiga kirish nuqtasi. Barcha fayllar va quyi kataloglar saqlanadigan xotira qurilmasi nomini ko‘rsatadi. " Bosh kompyuter|"1. Ko‘p mashinali hisoblash majmualarida, boshqa kompyuterlarni boshqaradigan, tizimda (hisoblash tarmog‘ida) ishlarni tashkillashtiradigan va asosiy axborotni qayta ishlaydigan kompyuter. 2. Telekommunikatsiya hisoblash tarmoqlarida, tarmoqqa xizmat ko‘rsatishni, xabarlarni uzatishni va dasturlarni bajarish bilan bog‘liq qo‘shimcha funksiyalar yoki vazifalar bajarilishini taʼminlaydigan kompyuter. " Bosh sahifa|"Asosiy sahifa. Ingliz tilidan to‘g‘ri tarjima qilinganligidan qatʼiy nazar, bu muayyan insonning uy (shaxsiy) sahifasi emas, balki veb-saytning boshlang‘ich sahifasidir. Odatda murojaatlar aynan veb-saytning bosh sahifasiga qilinadi, shuning uchun ushbu sahifaga tashrif buyuruvchilar soni xohlagan boshqa sahifaga qaraganda ko‘proq. Bosh sahifa (veb-sayt yuzi) bo‘yicha foydalanuvchi qayerda ekanligi va saytning boshqa sahifalarida nimalarni ko‘rish mumkinligi to‘g‘risida tasavvur oladi (baʼzan bosh sahifa birinchi va yagona bo‘ladi). " Bosh stansiya|"Eshittirishlari bitta yoki bir nechta retranslyator orqali retranslyatsiya qilinadigan uzatuvchi radioeshittirish stansiyasi. " Bosh zona serverlari|"Internet tarmog‘idagi, yettita yuqori sath domenlariga (.com, .edu, .mil, .gov, .net, .rod i maxsus .arpa) xizmat ko‘rsatadigan nomlar serverlarining xost-kompyuterlariga, shuningdek, a.root-server.net dan i.root-server.net gacha nomlanadigan milliy tarmoqlar yuqori sath nomlar serverlariga ko‘rsatgichlar saqlanadigan to‘qqizta server. " Bosh o‘zgartirgich|"Monokanalli kabelda signal uzatishda bir chastota kengligini boshqasiga o‘zgartirish uchun ishlatiladigan qurilma. " «Boshiga» (home) klavishi|"Asosiy klaviaturadan o‘ngda joylashgan klavish. Kursorni matn boshiga surish uchun xizmat qiladi. " Boshlang‘ich kod|"Hisoblash tizimida qabul qilingan kodda yozilgan dastur matni (odatda, fayl shaklida). Boshlang‘ich kod bajariladigan kodga butunlay, dastur kompilyator yordamida ishga tushirilgunga qadar translyatsiya qilinadi yoki interpretator yordamida darhol bajarilishi mumkin. " Boshlang‘ich qiymat|"Dastur sozlamalarida ichki o‘zgaruvchilarning boshlang‘ich qiymati. Tez-tez qo‘llaniladigan qiymat asosida oldindan to‘ldiriladi. Bu qiymat ish jarayo-nida o‘zgartirilishi mumkin " Boshlang‘ich sahifa|"Brauzer ochilishida ko‘rsatiladigan lokal veb-sahifa yoki Internetdagi sayt. " Boshlang‘ich son|"Boshqa bir, yanada uzunroq bo‘lgan psevdotasodifiy ketma-ketlikni generatsiyalash uchun foydalaniladigan tasodifiy sonli ketma-ketlik. " Boshlang‘ich tezlikda foydalanish|"PRI interfeysi bilan belgilanadigan, boshlang‘ich tezlikda ko‘p kanalli oxirgi (terminal) uskunaning ISDN tarmog‘i bilan birgalikda ishlashini reglamentlovchi foydalanish protokoli. " Boshlang‘ich videosignal|"Videosignal datchigida hosil qilinadigan videosignal. " Boshlang‘ich yorqinlik signali|"Tasvir elementlarining yorqinligi to‘g‘risidagi axborotni eltuvchi elektr impulslar. " Boshlang‘ich yuklagich|"Kompyuter ulanganda operatsion tizimni tezkor xotira qurilmasiga yuklaydigan dastur. Odatda, monitor tarkibiga kiradi. " Boshlang‘ich yuklash|"Operatsion tizim (dastur) boshlang‘ich qismini kompyuterga yuklash jarayoni, bundan keyin tizim (dastur) o‘z boshqaruvi ostida ishlashni davom ettirishi mumkin. Bu protsedura kompyuter ishga tushirilganda yoki qisqa muddat yonib-o‘chganda avtomatik tarzda bajariladi. " Boshlang‘ich o‘rnatish qiymati|"Kalit oqimi generatorini berilgan (ma’lum bir) holatga o‘rnatish uchun qo‘llaniladigan simvollar ketma-ketligi. " Boshlang‘ich shart|"Haqiqatligi protsedura yoki sikl jismi bajarilishining boshlanishida tekshiriladigan shart. Bu, sikl yoki protsedura faqat shart chin bo‘lgan holdagina bajarilishini bildiradi. " Boshlang‘ich shlyuz|"Foydalanuvchi kompyuteri va tarmoq o‘rtasidagi ma’lumotlarni o‘tkazadigan, joriy tarmoq uzeli rolini bajaradigan kompyuter. Internetga bog‘lanishda ma’lum bir kompyuter shlyuz deb ko‘rsatilmagan bo‘lsa, joriy shlyuzdan foydalaniladi. " Boshqa oynalar ustida|"Dasturlarning barcha qolganlarni, jumladan aktiv oynalarni ham qoplash imkoniyati. " Boshqariladigan|"Yetakchi deb nomlanuvchi boshqa qurilma tomonidan boshqariladigan qurilma (kompyuter, kontroller). " Boshqariladigan ilovalar|"NET ishlab chiqish vositalaridan foydalanib va spetsifikatsiyalarga muvofiq yaratilgan dasturlar. " Boshqariladigan kod|"Boshqa dasturlar tomonidan tahlil qilinishi mumkin bo‘lgan, oraliq tildagi kod. " Boshqariladigan obyekt|"Protseduraning asinxron chaqiruvi bilan boshqariladigan, uzilishni qayta ishlash, elektr ta’minoti to‘g‘risidagi notifikatsiya yoki profillash bilan boshqariladigan Windows tizimi obyekti. " Boshqariladigan raqamli video yozuv|"Kontentni keyinchalik individual ko‘rib chiqish maqsadida tarmoqda saqlash. " Boshqariladigan resurs|"Axborot texnologiyalari muhitida – tizimda mavjud bo‘lgan va boshqarish mumkin bo‘lgan obyekt. " Boshqariladigan yetkazib berish dasturi|"Eshittirish dasturlarining dasturning har bir qismi foydalanuvchiga qabul qilgichni ulash yoki tanlangan dasturni yozib olish uchun dasturning bir yoki undan ko‘p qismini oldindan tanlash imkonini beradigan farqlash signaliga ega turi. " Boshqariluvchi sinxronlash|"Boshqariluvchi sinxronizator signallarining chastotasi va fazasini yetakchi sinxrosignal yoki to‘liq videosignal chastotasi va fazasiga sozlash orqali amalga oshiriladigan televizion sinxronlash. " Boshqarish|"1. Obyektga maqsadga yo‘naltirilgan ta’sir etish jarayoni. Berilgan talablarga muvofiq, uning ishlashini tashkil qilish uchun amalga oshiriladi. 2. Aniq bir maqsadni taʼminlash uchun, obyektga taʼsir ko‘rsatish jarayoni. Boshqariladigan obyekt; boshqarishni amalga oshiradigan blok; boshqarish obyektidan boshqaruvchi blokka kelib tushadigan, teskari aloqani amalga oshiradigan maʼlumotlar; boshqarishning o‘zini taʼminlaydigan signallar yoki maʼlumotlar boshqaruvda ishtirok etadi. Boshqaruv bilan fan sifatida kibernetika shug‘ullanadi. " Boshqarish bloki|"Boshqaruvchi axborotni saqlash uchun foydalaniladigan xotira sohasi. " Boshqarish domeni|"Maʼlumotlar va jarayonlarni almashinish uchun loyihalashtirilgan va qurilgan, har biri taqsimlangan ikki yoki undan ortiq axborot tizimidan iborat ko‘plikni qamrab oladigan soha. " Boshqarish imkoniyatlari bo‘lgan ko‘p stansion foydalana olish|"UMTS tizimida foydalanish uchun ETSI tomonidan 1997-yilda tavsiya qilingan va CDMA/TDMA ni kod-vaqt bo‘yicha ajratish usuliga asoslangan uyali aloqa texnologiyasi. Ilgari bu usul E konsepsiyasi nomi bilan ma’lum edi. ODMA da qisqa zondlovchi paketlarni uzatish jarayoni maxsuslashtirilgan, uning yordamida mobil stansiya o‘zining yaqin qo‘shnilarini aniqlab oladi, bu unga yo uyali aloqa rejimida yoki tayanch stansiyani chetlab, qo‘shni stansiyalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlash imkonini beradi. " Boshqarish oqimi|"Jarayonlar bajaradigan komandalarning ketma-ketligi. " Boshqarish paneli|"Zamonaviy kompyuterlar ekranida operatsion tizim, qurilma yoki kompyuter kichik tizimlarining u yoki bu funksiyalarini sozlaydigan utilitalar piktogrammalari to‘plami ko‘rinishida taqdim etilgan panel. " Boshqarish qurilmasi|"Protsessorning komandalar bajarilishi tashkillashtirilishini boshqaradigan, muhim bloklaridan biri. Protsessorlarda qat'iy mantiqqa ega (sxemaviy) va mikrodasturli ikkita boshqarish usulidan foydalaniladi. " Boshqarish tizimi|"Sayt, portal, axborot majmui yoki ularning qismini boshqarishni taʼminlaydigan tizim. U, shuningdek, obyektdan foydalanish nazoratini va undan ruxsatsiz foydalanishdan muhofaza qilishni amalga oshiradi. " Boshqarish vositalari|"Riskni modifikatsiya qilishda qo‘llaniladigan o‘lchov. Izohlar 1. Boshqarish vositalariga har qanday jarayonlar, siyosatlar, qurilmalar, protseduralar yoki riskni modifikatsiya qilishga yo‘naltirilgan boshqa ishlar kiradi. 2. Boshqarish vositalari taxmin qilinadigan yoki yo‘l qo‘yiladigan modifikatsiyani har doim ham bajara olmaydi. " Boshqaruv axborot tizimi|"Rahbarga qarorlar qabul qilishda yordam beradigan qayta ishlangan va tizimlashtirilgan axborot taqdim etadigan muassasa hisoblash tizimi. " Boshqaruv kanali|"Tayanch stansiyadan mobil stansiya tomon yo‘nalishda tashkil etiladigan mantiqiy kanal, undan xizmat axboroti, shu jumladan, aloqa kanalining berilishi yuzasidan so‘rovlar uzatiladi. Izoh − Tranking tizimlarda tayanch stansiya boshqarish kanali orqali ishchi kanalning ajratib berilishi so‘rovini yoki navbatga qo‘yish to‘g‘risidagi xabarni uzatadi. " Boshqaruv nazorati|"Axborot-hisoblash tarmog‘ini boshqarish vazifalarini bajaradi. U maʼlumotlarni uzatish tizimlari, terminallari va kanallarini ishga tushirish va o‘chirish, nosozliklarni aniqlash, statistik maʼlumotlarni to‘plash, hisobotlarni tayyorlash va h.k. bilan bog‘liq. " Boshqaruv shinasi|"Kompyuter qurilmasini birlashtiruvchi uchta shinadan biri, boshqaruvchi signallarni yuborish uchun xizmat qiladi. " Boshqaruvchi axborotning umumiy protokoli|"Tarmoqni boshqarish tartibotlarini aniqlaydigan ISO standarti. CMIP protokoli tarmoqni boshqarish funksiyalarini aniqlaydi va olti xil xizmatlarni taqdim qiladi: - konfiguratsiyani – tashqi shaklini, hamda tarmoq tarkibiy qismlarini o‘zaro joylashuvini boshqarish; - maʼlumotlar muhofazasini boshqarish; - maʼlumotlar xavfsizligini nazorat qilish; - tarmoq ishining hisobini olib borish; - faoliyat sifatini boshqarish; - kataloglar xizmatini olib borish. " Boshqaruvchi dastur|"Boshqa dasturlarning bajarilishi bilan boshqariladigan va kiritish-chiqarish qurilmasining ishlashi bilan boshqariladigan operatsion tizimning kichik tizimi. " Boshqaruvchi ketma-ketlik|"Periferik qurilmalarning ba’zi turlarini, masalan, printer va modemlarni boshqarish uchun foydalaniladigan simvollar ketma-ketligi. " Boshqaruvchi signallar|"Tashqi qurilmalarni boshqarish uchun resiver tomonidan shakllantiriladigan va TV signal bilan umumiy kabel orqali uzatiladigan signallar. 0/12 V signalli alohida sim orqali uzatiladi. " Boshqaruvchi tuzilma|"Operatsiyalar bajarilishi ketma-ketligini berish uchun mo‘ljallangan dasturlash tili konstruksiyasi: sikl operatorlari, shartli operator. " Boshqaruvchi xotira|"Boshqaruvchi dasturlar yoki mikrodasturlarni ichiga oladigan xotira qurilmasi. " Boshqaruvni markazlashtirish|"Operatsion tizimning rejalashtiruvchisi tomonidan jarayonlarga protsessor vaqti kvantlarini navbati bilan ajratish. " Bosib turish|"Bosgan holda ushlab turish: masalan, klaviatura klavishini bosib turish. " Bosma plata|"Dielektrik material (masalan, shisha tekstolit) dan qilingan plastina. Bu plastinada maxsus usullar (masalan, kimyoviy usul bilan ishlov berish yoki elektrokimyoviy cho‘ktirish) bilan, plastinada mahkamlangan elektron qurilmalar (tranzistorlar, integral sxemalar) ni birlashtiradigan o‘tkazgichlar hosil qilinadi. Tizim platalari va kengaytirish platalari bosma platalar hisoblanadi. " Bosmadan chiqarish|"Maʼlumotlarni yoki dasturlarni printer orqali chiqarish. " Bosmaga chiqmaydigan belgilar|"Tasvirga ega bo‘lmagan va matnni boshqarishda ishlatiladigan belgilar (formatlash, joyini belgilash). Masalan, tabulyatsiya. " Bostirib kirish|"Axborot resurslaridan ruxsat etilmagan tarzda foydalanishni amalga oshirish maqsadidagi hujum. " Bostirib kirishlarni aniqlash tizimi|"Axborot tizimida axborotdan qasddan foydalanishga yo‘naltirilgan harakatlarni avtomatlashtirilgan tarzda aniqlash (blokirovkalash) funksiyalarini amalga oshiradigan, dasturiy yoki dasturiy-texnik vosita, axborotni qo‘lga kiritish, yo‘q qilish, buzish va undan foydalanishni blokirovkalash maqsadida, axborotga (axborot tashuvchilariga) maxsus ta’sir ko‘rsatish. " Bostirib kirishlarning oldini olish tizimi|"Qar.: IPS. " Bostirilgan eltuvchi|"Eltuvchi chastotada to‘plangan, quvvat darajasi nisbatan kichik bo‘lgan modulyatsiyalangan signal (ideal holatda bu quvvat kattaligi nolga intiladi). " Bostirish|"Qandaydir noxush effektlar paydo bo‘lishining oldini olish, masalan, foydali signallarni qabul qilishda xalaqit va shovqinlar salbiy ta’sirining yo‘qotilishi. " Bot|"Avtomatik ravishda va/yoki belgilangan jadval bo‘yicha oddiy foydalanuvchi kabi va interfeyslar orqali biror-bir harakatni bajaradigan maxsus dastur. Izoh – Odatda, kompyuterlarga bo‘ladigan tarmoq hujumlari – spamni yuborish, foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini o‘g‘irlash, olisda tizim parollarini tanlash, «xizmat ko‘rsatishni rad etish» hujumlarini muvofiqlashtirish uchun va boshqalarda ishlatiladi. " Botnet|"Maʼlum sondagi xostlardan iborat va botlar (avtonom dasturiy taʼminot) ishlayotgan kompyuter tarmog‘i. Odatda botnet tarkibidagi bot qurbon kompyuterida yashirin o‘rnatiladigan va badniyat shaxsga (botnet «egasiga») kompyuter resurslaridan foydalangan holda maʼlum harakatlarni bajarishga imkon beradigan dasturiy taʼminotdir. Botnetlar ko‘pincha spam yuborish, uzoqdagi tizimda parollarni birma-bir ko‘rib chiqish, xizmat ko‘rsatishni rad etish kabi noqonuniy yoki ruxsat etilmagan faoliyat uchun foydalaniladi. Qar.: Bot. " Bouz-Choudxuri-Xokengem kodlari|"Xatolarni tuzatuvchi ikkilik chiziqli blokli kodlar turkumi. Bu kodlar ancha samarador, lekin ularning asosiy afzalligi kodlash/de-kodlashning oddiyligida (siljish registrlaridan foydalanib). BChX kodlari siklik kodlar sifatida ham ishlatiladi. " Boys-Kodd normal formasi|"Munosabatli axborot baza jadvalining ehtimoliy normal formasidan biri. Bu uchinchi normal formani o‘zgarishi (baʼzi manbalarda 3-Boys Kodd normal formasi deb ataladi). Rey Boys va Edgar Kodd sharafiga nomlangan. " Brauzer|"Mijozning server bilan birga ishlashini ta’minlaydigan dasturiy kompleks. Internet tarmog‘ining WWW texnologiyasida brauzer axborot sahifalarini ko‘rib chiqish, ma’lumotlar olish imkonini beradi. Ba’zi bir brauzerlar o‘z ichiga Java tili vositalarini oladi. " Broker|"Turli ko‘rinishdagi operatsiyalarda vosita-chi. Broker-inson bilan bir qatorda, elektron brokerlar ham faoliyat ko‘rsatadilar. Infor-matikada broker amaliy dastur bo‘lib, bosh-qa guruh dasturlarining o‘zaro aloqasini taʼminlaydi. Buning misoli sifatida obyekt so‘rovlari brokerini keltirish mumkin. " Bryuster burchagi (to‘liq qutblanish burchagi)|"Qutblanmagan yorug‘lik nurining tushish burchagi, bunda dielektrik yuzasidan qaytgan yorug‘lik yassi qutblangan bo‘ladi. " Bufer|"1. Ma’lumotlarni oraliqda saqlash uchun xotirani dasturiy yoki apparatli tarzda ishlatish va undan turli tezlikda ishlaydigan ikki qurilma o‘rtasida ma’lumotlar uzatishda axborotni qayta ishlash tezligidagi farqni yo‘qotishda foydalanish. 2. Optik tola atrofida joylashgan himoya qobig‘i. " Bufer registri|"Sxemotexnikada asinxron jarayonlarni moslashtirish uchun, masalan, kompyuterga ma’lumotlarni sekin ishlaydigan tashqi qurilmadan kiritish uchun keng foydalaniladigan registr. " Buferlash|"Bufer xotira qurilmasidan foydalanish. " Buferning to‘lishi|"Himoyalash tizimining zaiflashishiga olib keladigan dasturiy xatolik. Xotirada massivning chegarasidan ma’lumot yozuvlarining chiqib ketishini avtomatik nazorat qila olmaslik natijasida yuz beradi. " Bul algebrasi|"Zamonaviy kompyuterlarda keng qo‘llaniladigan, ikki belgili mantiqiy o‘zgaruvchilar (1 va 0) ustida bajariladigan operatsiyalar to‘plami. Uni yaratgan matematik Jorj Bul sharafiga shunday deb ataladi. Mantiqiy ko‘paytirish, qo‘shish va inkor etish operatsiyalaridan foydalaniladi, ulardan istalgan boshqa Bul operatsiyasini tuzish mumkin. " Bul ifodasi|"Barcha o‘zgaruvchilar yo nol yoki 1 qiymatga ega bo‘lgan matematik ifoda. «Bulutli hisoblashlar» ing. - cloud-based computing ru – «облачные вычисления» Dinamik masshtablanadigan va virtuallashtirilgan resurslar (ma’lumotlar, ilovalar, operatsion tizimlar va b.q.) ga asoslangan hisoblash modeli. Undan foydalanish mumkin va servis sifatida Internet orqali foydalaniladi hamda yuqori samarali ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari yordamida amalga oshiriladi. «Bulutli ilovalar» ing. - cloud applications ru – «облачные приложения» Ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarining kompyuterlarida «bulutli hisoblash» (masalan, Windows Azure) muhitida bajariladigan ilova. " Burchak tarqoqligi|"Fazoviy tarqalish usuli, unda ikki nurli yoki koʻp nurli yoʻnalganlik diagrammasini shakllantiruvchi bir nechta nurlagichli bitta antenna ishlatiladi. " Buriladigan platforma|"Obyektning harakati jarayonida berilgan yo‘nalishdan nur og‘ishining avtomatik kompensatsiyasini ta’minlaydigan, ko‘chma obyektga yoki yo‘ldoshga o‘rnatilgan parabolik antennali yoki nurlagichli platforma. " Burmoq|"Har bir nuqtani markazga nisbatan bir xil gradusga burishdan iborat rasmlar yoki grafik obyektlar ustida bajariladigan operatsiya. " Burchakli antenna|"Ikkita yassi qaytadigan sirtlar bilan hosil qilinadigan burchak ichiga joylashtirilgan bitta yoki bir nechta nur tarqatgichdan iborat yo‘naltirilgan antenna. " Butun|"Kiritiladigan oddiy turdagi ma’lumotlar. Belgili, belgisiz, qisqa yoki uzun bo‘lishi mumkin. " Butun sonli o‘zgaruvchi|"Butun sonli qiymatlarni saqlaydigan oddiy turdagi o‘zgaruvchi. " Butunga bo‘lish|"Arifmetik amal. Uning natijasi – xususiy-ning butun qismi, kasr qismi tashlab yuboriladi. Deyarli barcha dasturlash tillarida bor. A div b yozuv bilan, ba’zi tillarda a/b qilib belgilanadi. " Butunjahon hisoblash tarmog‘i|"1. Yer sharidagi barcha axborot-hisoblash tarmoqlarining jami. 2. Bir nechta mamlakat yoki kontinent hududini qamrab oladigan axborot-hisoblash tarmog‘i. 3. Kommutatsiyalanadigan va ajratilgan liniyalardan yoki maxsus telekommunikat-siya kanallaridan foydalangan holda, axborotning katta masofalarga uzatilishini taʼminlaydigan tarmoq. " Butunjahon tarmog‘i|"1. Internetda resurslarni izlashning va ulardan foydalanishning gipermatnli tizimi. Izoh – World Wide Web bu tarmoq kompyuterlarida saqlanadigan har qanday maʼlumotni, ularni bog‘laydigan giperhavolalar tizimi orqali ko‘rib chiqish imkonini beradigan Internet xizmatlari to‘plamini taqdim etadi. 2.Internet orqali foydalana olish amalga oshiriladigan veb-uzellar ko‘pligi. " Buyuk Britaniyaning universitetlar tarmog‘i|"O‘zini ta’lim va tadqiqot ishlariga bag‘ishlagan Britaniya Davlat xususiy kompyuter tarmog‘i. " Buyumlar Interneti|"Axborot jamiyati uchun mo‘ljallangan, mavjud va rivojlanadigan, funksional jihatdan mos Axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida (fizik va virtual) buyumlarni bir-biri bilan bog‘lash yo‘li orqali, birmuncha murakkabroq xizmatlar taqdim etish imkoniyatini taʼminlaydigan global infratuzilma. Izoh – Keng maʼnoda, buyumlar Internetini texnologik va ijtimoiy oqibatlarga ega bo‘lgan konsepsiya sifatida qabul qilish mumkin. " Buyurtma dasturiy ta’minot|"Berilgan ilova (dastur) uchun maxsus ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot. " Buyurtma pochta jo‘natmasi|"Jo‘natuvchiga kvitansiya berib joylanma-ning qiymati baholanmasdan qabul qilinadi-gan va adresatga tilxat bilan topshiriladigan pochta jo‘natmasi (xat, pochta varaqchasi, banderol, sekogramma, mayda paket va «М» belgili qop). " Buzilish|"Aloqa liniyasi orqali uzatiladigan xabar mazmunining asliga qaytarib bo‘lmaydigan tarzda o‘zgartirilishi. " Buzilishga nisbatan barqarorlik|"Tizimning uzluksiz ishlay olishi va biror-bir xatolik ro‘y berganda uni muvafaqqiyatli bartaraf etish imkoniyati. " Buzilishgacha ishlash muddati|"Televizor (tiklanadigan mahsulot)ning ishlamay qolishlari o‘rtasidagi ishlash muddatining o‘rtacha qiymati. " Buzilishgacha ishlash vaqti|"Hisoblash tizimi yoki qurilmaning ikkita texnik ketma-ket buzilishlari orasidagi o‘rtacha vaqt. Tizimning ishonchlilik ko‘rsatgichlaridan biri. " Buzish|"1. Tarmoqda ishlovchi foydalanuvchi autentifikasiyani tugatganda, odatda, aktiv hujumni amalga oshirish maqsadida, aloqa seansining boshlanishini tutib olish. Bu vaqtda jinoyatkor tizimga qonuniy foydalanuvchi sifatida kirishga harakat qiladi, bu unga ikkita stansiya o‘rtasidagi ulanishni nazorat qilish imkonini beradi. 2. Raqib tomonidan kriptografik protokol (kriptografik sxema)ning barqarorligiga tahdidlarning amalga oshirilishi, ya’ni ushbu tahdidni belgilovchi masalani hal qilish. " Buzuvchi|"Muhofazalangan tizimga ruxsat etilmagan tarzda kirishga urinuvchi shaxs. " Buzg‘unchi|"Tizim resurslaridan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishga (bu resurs bilan ishlashda uning uchun taqiqlangan harakatlarni bajarishga urinish) xato, bilmaslik oqibatida yoki yovuz niyatda (o‘z manfaatlari yo‘lida) yoki shunchaki (o‘yin yoki o‘zini namoyon qilish maqsadida) uringan (urinib ko‘rgan) va buning uchun turli xil imkoniyatlar, usullar va vositalardan foydalangan shaxs (subyekt). " Bo‘lim|"Dasturning maxsus ma’noga ega bo‘lgan qismi. Masalan, Pascal tilida dasturiy blok umumiy ko‘rinishda belgilar, konstantalarni tavsiflash boʻlimlaridan, ma‘lumotlar turlarini aniqlash, o‘zgaruvchilarni, protseduralar, funksiyalar, operatorlarni tavsiflash bo‘limlaridan tuzilgan. " Bo‘lingan ekran|"Kompyuter grafikasida bitta ekranning bir nechta (odatda bir biriga bog‘liq bo‘lgan) video oqimlari yoki matnli axborotni bitta displeyda bir vaqtning o‘zida aks ettirish uchun bir nechta yondosh qismlarga ajratilishini taʼminlaydigan aks ettirish texnikasi. " Bo‘lingan vaqt rejimi|"Kompyuterdan foydalanish rejimi. Bunda mashinaga joylashtirilgan maxsus dastur turli vazifalarning alohida qismlarini, bir biriga «aralashtirmagan» holda, ketma-ket yechishi taʼminlanadi. " Bo‘luvchi|"Berilgan nisbatda kuchlanish yoki quvvat pasayishini yoki chastotaning butun son marta bo‘linishini taʼminlovchi qurilma. " Bo‘yash|"Grafik ekranning ba’zi sohasini rang yoki standart ornament bilan to‘ldirish protsedurasi. Bo‘yash grafik redaktorlarda yoki amaliy dasturlarda dasturlash tillarining tegishli protseduralari bilan amalga oshirilishi mumkin. " Bo‘yash bloki|"Televizion tasvirni yoki uning fragment(lar)ini istalgan rangga bo‘yash uchun mo‘ljallangan qurilma. " Bo‘sh bog‘langan tizim|"Har bir protsessor o‘zining lokal xotirasiga ega bo‘lgan, turli protsessorlar esa o‘zaro aloqa liniyalari orqali ishlaydigan taqsimlangan kompyuter tizimi. " «Bo‘sh joy» klavishi|"Klaviaturadagi, bo‘sh joy simvolini terish uchun xizmat qiladigan klavish. " Bo‘shash vaqti|"Abonentlardan birining bog‘lanishi tugagan vaqtdan to shu liniya boshqa abonentlar uchun bo‘shaguncha ketgan vaqt. " Bo‘shliq|"1. C va C++ dasturlash tillarida nol ko‘rsatgichni anglatadi. 2. Ma’lumotlar bazasi jadvalining maydonida yozish mumkin bo‘lgan maxsus qiymat (soxta qiymat). 3. Ayrim dasturlash tillaridagi mutlaqo hech qanday qiymatga ega bo‘lmagan konstanta. D " Dalil|"O‘zicha yoki boshqa axborot bilan birga foydalanilganda, bahsni hal qilish uchun qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan axborot. Izohlar 1. Raqamli imzolar, himoya qobiqlari va xavfsizlik markerlari dalilning aniq ko‘rinishlari hisoblanadi. 2. Raqamli imzolardan ochiq kalitlar usullari bilan birga foydalaniladi, himoya qobiqlari va xavfsizlik markerlari esa, maxfiy kalitlar usullari bilan birga qo‘llaniladi. " Damp|"1. Xotira yoki fayl ichidagini ekranga chiqarish, faylga olish yoki chop etish. Odatda, matnli xabarlarni izlash uchun, yoki kompyuterning osilib qolish sabablarini aniqlash maqsadida, shuningdek, dasturni sozlash paytida amalga oshiriladi. 2. Kriptovalyuta kursining iqtisodiy jihatdan juda tez va asossiz pasayishiga olib boruvchi vaziyat. Odatda tajribali treyderlarning maqsadli harakatlari natijasida yuzaga keladi. " Daqiqa|"60 sekundga teng vaqt birligi. Ma’lumotlarni uzatish tezligini aniqlashda ishlatiladigan asosiy kattaliklardan biri. " Daraja videosignal|"Videosignalni, odatda, kuchlanishni taqdim etuvchi elektr kattalikning ko‘pincha foizlarda yoki ma’lum tayanch ko‘lamining ulushi, masalan, 1 volt bilan ifodalanadigan videosignal chegarasiga nisbatan oniy qiymati. " Darajalarni oldindan korreksiya qilish|"Muayyan signallar yoki kabel taqsimlash tizimining shu nuqtasidagi signallar guruhi o‘rtasida atayin o‘rnatilgan darajalar farqi. " Darajalarni uzatish xarakteristikasi|"Eshittirish televideniyesi trakti yoki trakti zvenosining tasvir kanali chiqishidagi televizion tasvir yorqinlik darajalarining yoki yorqinlik signali darajalarining bu kanal kirishidagi obyektlar yorqinlik darajalariga yoki yorqinlik signali darajalariga bog‘liqligi. " Darajani nazorat qilish|"Ma’lum xarakteristikalarga ega o‘lchash apparaturasidan foydalanib dasturiy signallarning darajasini kuzatish. " Darajani qayd etish|"1. To‘liq videosignal bir qismi darajasini ma’lum qiymatda ushlab turish. 2. Sinxronlash signali impulslarining o‘chirish darajasi yoki yuqori darajasi bitta potensialga keltiriladigan videosignalni qayta ishlash. Izoh – Darajani qayd etish, odatda, tasvirning doimiy tashkil etuvchisini tiklashda qo‘llaniladi. " Darajani rostlagich (kabel tarmog‘ida)|"Bitta yoki bir nechta signalning doimiy darajasini, signalga nisbatan boshqa vositalar yordamida, masalan, pilot-signal, temperaturali kompensator, distansion boshqaruv va b.lar yordamida ushlab turish qurilmasi. " Daraxt|"Daraxtni eslatadigan tuzilma. Uning asosida bir qancha element (tana) bog‘langan bitta element (ildiz) bo‘ladi. Bu elementlar (tanalar) o‘z navbatida yana bir qancha (shoxlar) bilan bog‘langan va h.k, shu tarzda so‘nggi elementlargacha (yaproqlargacha). Natijada ko‘p pog‘onali daraxt hosil bo‘ladi. Daraxt – bu, bog‘langan yo‘naltirilmagan siklsiz grafdir. " Daraxtsimon kod|"Simvollarni qayta ishlash uzluksiz tarzda, bloklarga ajratmasdan amalga oshiriladigan kod. " «Darcha»|"Displeyning ma’lum jarayonni aks ettiruvchi qismi. " Dastlabki, boshlang‘ich berilgan|"Tanlash elementlaridan biri. Barcha sozlashlar avvaldan kiritilgan boshlang‘ich konfiguratsiyada qo‘llaniladi. Aksariyat hollarda dasturiy ta’minotni o‘rnatishda foydalaniladi. Bunday holatda ishlab chiquvchilar tomonidan eng ommabop tanlov zanjiri shakllantiriladi, bu esa foydalanuvchining sozlash jarayonini amalga oshirmasligiga imkon beradi. " Dastlabki buzilish|"Signal/shovqin nisbatini yaxshilash maqsadida, aloqa kanali bo‘ylab uzatishdan oldin signalning amplitudasi, fazasi, chastotasi yoki shaklini ataylab o‘zgartirish. " Dastlabki ko‘rib chiqish|"Bosib chiqarishga tayyorlangan hujjat yoki tasvirni, uning sahifada joylashishini va/yoki tashqi ko‘rinishini aniqlashtirish maqsadida ko‘rib chiqish. " Dastlabki ochiq kod|"Dasturiy ta’minotni yaratish usuli, bunda yaratilayotgan dasturiy ta’minotning dastlabki kodlari ochiq beriladi, ya’ni dasturiy ta’minotning dastlabki kodi ko‘rish va o‘zgartirishlar uchun ochiqdir. Ushbu imkoniyat barcha xohlovchilar uchun tayyor kodni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatishlari va ochiq dasturlarni yaratishga o‘z hissalarini qo‘shishlariga yordam beradi. Foydalanuvchining dasturiy ta’minotdan bepul foydalanishga haqqi bor, lekin «ochiq litsenziya» ishlab chiqaruvchini ushbu «ochiq kodli» dasturiy mahsulotning «bepulligini» ta’minlashga majbur qilmaydi. Ammo ko‘pgina samarali «ochiq» dasturiy mahsulotlar loyihasi bepul. " Dastlabki papka|"Dasturga taalluqli papka bo‘lib, unda dasturga tegishli bo‘lgan sozlash fayllari va vaqtinchalik fayllar saqlanadi. " Dastlabki o‘rnatish|"Foydalanuvchi tanloviga ko‘ra yoki boshlang‘ich o‘rnatiladigan parametrlar bilan oxirgi foydalanuvchi kompyuteriga dasturiy ta’minotni o‘rnatish jarayoni. " Dastlabki o‘zgartirishlar yoki filtrlash|"Axborotni siqish uchun emas, balki uni keyinchalik siqish uchun qulay shaklda taqdim etishga xizmat qiladigan usul. Masalan, siqilmagan multimedia ma’lumotlari uchun signal darajasining ohista o‘zgarishi xosdir. Shu sababli delta-o‘zgartirish qo‘llaniladi, ya’ni absolyut qiymat o‘rniga nisbiy qiymat olinadi. Matn, bajariladigan fayllar, ma’lumotlar bazasi va boshqalar uchun filtrlar mavjud. " Dastur|"1. Elektron hisoblash mashinasida amalga oshirish uchun mo‘ljallangan, operatorlar ketma-ketligi. 2. Bajarilishi kerak bo‘lgan hisoblash jarayonining dasturlash tilidagi yoki mashina yo‘riqnomalaridagi tavsifi. Funksional masala hal qilinishini bajaradigan operatorlar, komandalarning tugallangan izchil to‘plami. " Dastur (eshittirishda)|"Radioeshittirish uchun maxsus mo‘ljallangan va tayyorlangan tovushli yoki vizual epizodlar ketma-ketligi. Izoh ‒ Dasturlarni turiga ko‘ra – tovushli, televizion, musiqali, nutqli dasturlar; maqsadiga ko‘ra – yangiliklar, o‘quv, ko‘ngilochar dasturlar; manbaiga ko‘ra – ma’lum uzatuvchi stansiyalar, tashkilotlar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib ko‘rsatiladigan ko‘rsatuvlar, yozib olinadigan ko‘rsatuvlar dasturi va boshqa dasturlarlarga tasniflash mumkin. " Dastur hisoblagichi|"Protsessorning, tanlanadigan navbatdagi komanda manzilini yoki dastur keyingi bayti (so‘zi)ni ichiga oladigan ichki registri. " Dastur qadami|"Dasturning bitta elementar operatsiyasini, odatda mashina tilidagi komandani bajarish. Atama ko‘pincha, dasturiy ta’minotni sozlash tizimlarini tavsiflashda ishlatiladi. " Dastur soatiga havola|"90 kHz chastota davrida hisoblanadigan va transport oqimiga dastur darajasida kiritiladigan 33 bitli son bo‘lib, berilgan dasturni qabul qilishda dekoderni sinxronlash uchun xizmat qiladi. " Dastur tahlili|"Dasturlarni jamoaviy ishlab chiqishda ‒ dastur matnining dasturchilar guruhi tomonidan, uning to‘g‘riligini tekshirish maqsadida tahlil qili-nishi. " Dastur to‘g‘risidagi axborot fayli|"Windows yoki ОS/2 boshqaruvida DОS seansida dasturning ishlash parametrlarini sozlash fayli. " Dasturdagi operator|"Operatsiyani va uning operandlari qiymatlari yoki joylashgan o‘rnini ko‘rsatuvchi simvollar jami; dasturning, uning ishlash spetsifikatsiyasini va operandlarning joylashgan o‘rni bo‘lgan bitta yoki bir nechta manzilni ta’minlaydigan alohida elementi. " Dasturiy-apparat vosita|"Asosiy xotiradan alohida faoliyat ko‘rsatish mumkin bo‘lgan holda (odatda doimiy xotira qurilmasida) saqlanuvchi jami tartibga solingan komandalar va ular bilan bog‘liq maʼlumotlar. " Dasturiy apparatxona|"Televizion dasturni turli manbalardan dastur signallarini ulash yo‘li bilan ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan uskunaga ega apparatxona. " Dasturiy bog‘liq axborot jadvallari|"MPEG-2 da dasturlarning tarkibi hamda ular komponentlarining identifikatorlari to‘g‘risidagi axborotni ichiga oluvchi PAT, PMT, CAT majburiy jadvallari va majburiy bo‘lmagan NIT jadvali. " Dasturiy bomba|"Muayyan sharoitlarda bir yoki bir necha marta ishga tushishi zarur bo‘lgan komandalarni dasturga yashirin o‘rnatish. Izoh – Mantiqiy va vaqt bombalari dasturiy bombaning variantlari hisoblanadi. " Dasturiy boshqariladigan radiostansiya|"Ish rejimi va chastotalarning sozlanishini dasturiy usul bilan o‘zgartiradigan abonent stansiyasi. Dasturlarning ish bilan ta’minlanishi SIM-karta orqali yoki stansiyani radiokanal bo‘yicha qayta dasturlash yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. " Dasturiy hujjat|"Dasturiy mahsulot uchun ilova hujjat. Masalan, foydalanuvchi yo‘riqnomasi. " Dasturiy ilova|"Muayyan qo‘llanish sohasida ma’lumotlar qayta ishlanishini amalga oshiradigan dasturlar majmui (xususan, veb muhitdagi veb-ilova). " Dasturiy interfeys|"Tizimda jarayonni abstrakt tavsiflash yoki hisoblash jarayonlarining o‘zaro aloqasi atamalarida: ma’lumotlar formati, ma’lumotlar almashinish protokoli, kichik dasturlarni chaqirish, dasturlash tili, ma’lumotlarni tavsiflash tili yoki ma’lumotlar bilan ishlash, tizimlarning bir-biriga ta’siri. " Dasturiy kommutator (moslashuvchan)|"IP tarmoqda chaqiruvlarni boshqarish funk-siyasini amalga oshiradigan qurilma. Izoh – Dasturiy kommutator IP-tarmoqda trafikka xizmat ko‘rsatishning zarur funksiyalarini bajarishga mo‘ljallangan protokollar to‘plamini quvvatlaydigan apparat-dasturiy vositalardan iborat. " Dasturiy mahsulot|"Foydalanuvchiga yetkazib berish, uzatish, sotish uchun mo‘ljallangan dasturiy vositalar. " Dasturiy mahsulot sifatini baholash|"Sifat ko‘rsatgichlari tanlanishini, bu ko‘rsatgichlarning miqdor qiymatlarini tanlash va aniqlash usullari ishlab chiqilishini, ko‘rsatgichlarning bazaviy qiymatlari belgilanishini, ko‘rsatgichlarning haqiqiy qiymatlarini hisoblash, bazaviy qiymatlarni hisoblangan qiymatlar bilan taqqoslashni ichiga oladigan tadbirlar kompleksi. " Dasturiy modem|"Protsessorga modem funksiyalarini bajarish imkonini beradigan dastur. " Dasturiy moslik|"Kompyuter tizimining boshqa tizim uchun yozilgan dasturiy ta’minotni bajara olish qobiliyati. " Dasturiy qaroqchilik|"Mualliflik asari hisoblanadigan litsenzion dasturiy mahsulotlardan noqonuniy foydalanish, nusxa ko‘chirish yoki tarqatish. " Dasturiy signal, modulyatsiyalovchi signal|"Tovushli yoki televizion dasturlarni ifoda-laydigan, uzatish uchun modulyatsiyalovchi signal sifatida foydalaniladigan elektr signallari. " (Dasturiy signallarni) mikshirlash|"Oxirgi dasturiy signalni olish uchun turli manbalardan dasturiy signallarni kombinatsiyalash. " Dasturiy so‘raladigan uzib-ulagich|"Elektron hisoblash mashinasi pultidagi yoki dastur modellaydigan kalit. Mashina komandalarini boshqarish uchun yoqilgan yoki o‘chirilgan holatga o‘rnatilishi mumkin. " Dasturiy talqin etish|"Kodli optimizator yordamida o‘zgartirilgan shaklda yuklash yo‘li bilan, boshqaruvchi dasturni ruxsat etilmagan o‘zgartirishdan muhofaza qilish usuli. " Dasturiy ta’minot|"1. Kompyuter ishini boshqaradigan koman-dalar to‘plami. 2. Avtomatlashtiriladigan faoliyatni elektron hisoblash mashinalari uchun belgilangan dasturlar bilan ta’minlash, jumladan, vazifa-ning qo‘yilishi, loyihalash, amalga oshirish va keyingi ishlanma, shuningdek, EVM uchun dasturlarning o‘zi. 3. Axborotni qayta ishlash tizimi dasturlari va bu dasturlardan foydalanish uchun zarur bo‘lgan dasturiy hujjatlar jami. " Dasturiy ta’minot tizimi|"Kompyuter tizimining tarkibiy qismi bo‘l-gan dasturiy ta’minotga asoslangan tizim (kompyuter uskunasi va dasturiy ta’mino-tining birgalikda ishlashi). " Dasturiy ta’minot xavfsizligi|"Umummaqsadlardagi (bajaruvchi dasturlar, utilitalar yoki dasturiy ta’minotni ishlab chiqish vositalari) hamda amaliy dastur va vositalarning avtomatlashtirilgan tizimda ma’lumotlarning xavfsiz qayta ishlanishini va tizim resurslaridan xavfsiz foydalanishni amalga oshirish xususiyati. " Dasturiy ta’minotni elektron tarqatish|"Dasturlarni kompyuterlarga axborot tarmog‘i orqali yuklash texnologiyasi. " Dasturiy ta’minotni injeneriyasi ishlab chiqish|"Dasturiy ta’minotni tahlil qilish, loyihalash, ishlab chiqish, joriy etish va kuzatib borish usullari. " Dasturiy ta’minotni standartlash|"Davlat hokimiyat organlarida foydalaniladigan elektron hisoblash mashinalari uchun qo‘llaniladigan dasturlarda ishlatiladigan texnologiyalarni tanlashning asosiy prinsiplari bo‘yicha o‘zaro bog‘langan yechimlar kompleksi. " Dasturiy ta’minotning kaskad modeli|"Ishlab chiqarish sikli bilan taqqoslab qarab chiqiladigan dasturiy ta’minot. " Dasturiy taʼminot replikatsiyasi|"Namunaviy axborot majmuasining dasturiy taʼminotini, uni keyinchalik, yangi soha portali yoki majmui asosida klonlash maqsadida takror ishlab chiqarish. " Dasturiy taʼminot sifati|"Dasturiy taʼminotning afzalliklari va kamchiliklarini belgilaydigan alomatlar, xossalar, fazilatlar majmui. Yaratilayotgan dasturiy taʼminot sifatini baholash miqdoriy usullarni ishlatib amalga oshiriladi. Bu tadbir dasturlash jarayonida amalga oshadi. Bu masalaning dolzarbligi oshishiga munosib ravishda, bozorda yaratilayotgan dasturlarning sifatini aniqlashni taʼminlaydigan dasturlar paydo bo‘ldi. " Dasturiy taʼminotni moslashtirish|"Foydalanuvchining muayyan texnik vositalari yoki aniq dasturlari boshqaruvidagi kompyuter uchun mo‘ljallangan dasturning faoliyatini taʼminlash maqsadida amalga oshiriladigan o‘zgartirishlar kiritish. " Dasturiy taʼminotni muhofazalash vositalari|"Dasturiy vositalarni beruxsat foydalanishdan muhofaza qiluvchi vositalar. " Dasturiy taʼminotning hayotiy sikli|"Kompyuter dasturiy taʼminotini loyihalash boshlangan daqiqadan to uning ishlatilishi to‘xtashigacha o‘tgan vaqt. " Dasturiy token|"Muvaffaqiyatli mualliflashtirishdan keyin foydalanuvchiga servislardan foydalana olish uchun beriladigan kalit. " Dasturiy uzilish|"Operatsion tizimlarda yoki tayanch kiritish/chiqarish tizimida quyi dasturlarga uzilishlarni qayta ishlash boshqaruvini berish uchun, maxsus mashina komandasining bajarilishi keltirib chiqaradigan uzilish. Dasturiy uzilishlardan sozlagichlarda keng foydalaniladi. " Dasturiy virus, virus|"Boshqa dasturlarga o‘zining o‘zgartirilgan nusxalarini qo‘yish yo‘li bilan o‘z-o‘zidan ko‘payadigan, uni o‘zgartiradigan, zararlangan dasturni ochishda amalga oshadigan maxsus ishlab chiqilgan zararli dastur. Izoh – Virus ko‘pincha buzilishlar yoki ishdan chiqishlarga sabab bo‘ladi hamda ba’zi hollarda ma’lum sana boshlanishi bilan aktivlashishi mumkin. " Dasturiy vosita|"Dasturchi tomonidan dasturiy ta’minotni loyihalash, ishlab chiqish yoki boshqa dasturiy ta’minotni sozlashda foydalaniladigan har qanday dastur yoki utilita. " Dasturiy o‘rnatma|"Dasturiy ta’minotga ataylab kiritilgan funksional obyektlar, ular ma’lum sharoitlarda (kirish ma’lumotlarida) axborotning konfidensialligi, undan foydalanish yoki yaxlitligi buzilishiga olib keladigan dasturiy ta’minot hujjatlarida tavsiflanmagan funksiyalarning bajarilishini boshlab beradi. " Dasturlanadigan doimiy xotira qurilmasi|"Maxsus qurilma, programmator yordamida, eruvchan ko‘prikchalarni yuqori kuchlanishli impulslar yordamida kuydirish orqali, faqatgina bir marotaba yozish mumkin bo‘lgan xotira turi. Ichiga joylashtirilgan dasturiy ta’minotni saqlash uchun turli xil elektron qurilmalarda ishlatiladi. " Dasturlanadigan uzilish|"Protsessorning (odatda dasturdagi xatoni qayta ishlash uchun) maxsus komandasi yordamida aniq generatsiyalanadigan uzilish. " Dasturlararo takomillashtirilgan aloqa|"Dasturlararo takomillashtirilgan aloqa interfeysi. APPC protokoli IBM tomonidan «yangi» SNA arxitekturasi kabi ishlab chiqilgan. SNA ga ulangan ishchi stansiyalar va bu stansiyalardagi amaldagi dasturlararo bir rangdagi aloqani ta’minlaydi. LU 6.2 nomi bilan ham ma’lum. " Dasturlarni avtomatlashtirilgan ishlab chiqish vositasi|"1. Kompyuter boshqaruvli dasturiy ta’minot-ni ishlab chiqish uchun foydalaniladigan dasturiy vosita. 2. Tizimli loyihalash va dasturiy ta’minot hayotiy siklini avtomatlashtirilgan ta’min-lash yo‘li bilan, dasturlar va tizim muhandis-lariga yordamlashadigan dasturiy mahsulot. " Dasturlarni avtomatlashtirilgan ishlab chiqishga bo‘lgan ehtiyoj|"Dasturlarni avtomatlashtirilgan ishlab chiqish vositasining xarakteristikalari qanoatlantiradigan tashkiliy talablar. Ular boshqaruv jarayonini, ishlab chiqish jarayonini, xizmat ko‘rsatishni, hujjatlarni, konfiguratsiya boshqaruvini, sifat tekshirilishini, atrof muhitga bo‘lgan ehtiyoj tekshirilishini, CASE vositasining jamlanganligini, sifat xarakteristikalarini, xarid qilishga, sotishga bo‘lgan ehtiyojlarni, ta’minlash indikatorlari va sertifikatlash talablarini o‘z ichiga oladi. " Dasturlarni avtomatlashtirilgan tarzda tuzish|"Instrumental CASE vositalarning maxsus paketlaridan foydalanib, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish texnologiyasi. " Dasturlarni boshqarish|"Resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishga, xavf-xatarni kamaytirishga va har bir loyihani muvaffaqiyatli yakunlashga yo‘naltirilgan, o‘zaro bog‘langan bir qancha loyihalarni boshqarish jarayoni. Amalda va maqsadlarga ko‘ra dasturiy boshqarish tizim muhandisligi va sanoat muhandisligi bilan chambarchas bog‘liqdir. " Dasturlarni (tarmoqning boshqa kompyuterida) uzoqdan ishga tushirish|"Uzoqda joylashgan (odatda, katta quvvatli) mashinaning xotirasi, protsessori va diskidan foydalanib va mijoz kompyuteridan terminal sifatida foydalanib, tarmoqning boshqa kompyuteriga kirish va unda ishlash imkoniyati. " Dasturlarni o‘rnatish/o‘chirish|"Windows operatsion tizimidagi foydalanuvchiga kompyuterga o‘rnatilgan dasturiy ta’minot ro‘yxatini boshqarish imkonini beradigan boshqarish panelining qismi. Afsuski, unda kompyuterda foydalaniladigan dasturlarning hammasi ham aks ettirilmaydi. " Dasturlarning boshlang‘ich kodini zararlaydigan viruslar|"Dasturning boshlang‘ich kodini yoki uning komponentlarini (OBJ-, LIB-, DCU-fayllarni), shuningdek, VCL hamda ActiveX komponentlarni zararlaydigan viruslar. Kompilyatsiyadan so‘ng dasturlar unga kiritilgan bo‘ladi. " Dasturlarning ko‘rsatish uchun belgilangan paketlari|"Ma’lum bir axborotni auditoriyaga samarali yetkazish uchun mo‘ljallangan aniq maqsadga yo‘naltirilgan dasturiy komplekslar. Asosan, prezentatsiya va reklama maqsadida qo‘llaniladi. O‘qitish-o‘rgatish maqsadlarida qo‘llanilishi foydaliroq bo‘ladi. " Dasturlarning yaxshi muhofazalanmaganlik skaneri|"Hujumning u yoki boshqa bir aniq turidan yaxshi muhofazalanmagan mashinalarni izlab topish maqsadida, Internet tarmog‘ida kompyuterlarning katta guruhi tekshirilishini amalga oshiradigan dastur. " Dasturlash|"Vazifani yechish algoritmini elektron hisoblash mashinasi tomonidan «idrok etiladigan» ko‘rinishda taqdim etish jarayoni. Dasturlash algoritmni elementar operatorlar darajasigacha batafsil tekshirish, algoritmni tanlangan dasturlash tilida yozib olish va dasturlarning elektron hisoblash mashinasida bajarilishini boshqarish jarayonlarini tavsiflashni o‘z ichiga oladi. " Dasturlash tili|"Odam tomonidan ta’riflanadigan va kompyuter yordamida hal qilinadigan muayyan muammolarning qulay tavsiflanishini ta’minlaydigan rasmiy til. Dasturlash tili sintaksis va semantika kabi ikkita tashkil etuvchidan iborat. Til konstruksiyalaridan mashina komandalariga o‘tishni til translyatori amalga oshiradi. Dasturlash tillari masalani qanday atamalarda ta’riflash kerakligiga ko‘ra, yuqori va quyi daraja tillariga ajratiladi. Agar, til tabiiy tilga yaqin bo‘lsa, yuqori daraja tili deb, mashina komandalariga yaqin bo‘lsa, quyi daraja tili deb ataladi. " Dasturlash tizimi|"Jami dasturlash tili va dasturlarni yaratish tizimi. U berilgan tilda dasturlarni avtomatlashtirilgan tarzda yaratish va bajarish hamda tegishli hujjatlar tayyorlashni taʼminlaydi. Odatda dasturlash tizimi tilning etalon xilini emas, balki uning dialektik – maʼlum osonlashtirish yoki kengaytirishlarga ega rusumini o‘z ichiga oladi. Baʼzi dasturlash tizimlari dasturlarni bir necha tilda yaratishni qo‘llab-quvvatlashi mumkin. Shaxsiy kompyuterlar uchun eng mashhur dasturlash tizimlari: Microsoft kompaniyasining Basic, Java, C++ tillarini qo‘llab-quvvatlovchi Visual Studio; Inprise (Borland International) kompaniyasining Delphi tili va boshqalar. " Dasturlashtiriladigan kommutator (softsvich)|"IP tarmog‘ida chaqiruvlarni boshqarish va signalizatsiya funksiyalarini amalga oshiruvchi qurilma. Dasturlashtiriladigan kommutator IP tarmog‘ida xizmat ko‘rsatish trafikining zarur funksiyalarini bajarishga yo‘naltirilgan protokollar to‘plamini taʼminlaydigan apparat-dasturiy vositalardan iborat. " Dasturlashtiriladigan mantiqiy matritsa|"Bitta mikrosxema ko‘rinishida tayyorlanadigan bir turdagi elementlar matritsasi. " Dasturlashtiriladigan ma’lumotlar bazasi|"O‘rnatilgan dasturlash tiliga ega ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi. " Dasturni boshlang‘ich yuklash|"Boshlang‘ich holatga o‘rnatish protsedurasi, dastur (tizim) yadrosini yuklaydi va uni bajarish bo‘yicha operatsiyani bajaradi. " Dasturni ekspluatatsiya qilish bo‘yicha hujjat|"Dasturiy mahsulotning ishlashini ta’minlash va uni ekspluatatsiya qilish bo‘yicha zarur ma’lumotlarni o‘zida saqlovchi dasturiy hujjat. " Dasturni mualliflashtirish|"Tizim yoki foydalanuvchi dasturidan boshqa dasturlar yoki foydalanuvchilarning foydalana olishi bo‘yicha cheklashlarning o‘rnatilishi. " Dasturni muhofaza qilish|"Dasturning bajarilishi uchun ishga tushirib yuborilishini bartaraf etuvchi shartlarning majmui. " Dasturni ruxsat etilgan tarzda tahlil qilish|"Texnik talablar bilan dasturning haqiqiy imkoniyatlari o‘rtasidagi farqni belgilash maqsadida bajariladigan tahlil. " Dasturni sozlash|"Dasturlarni ishlab chiqish bosqichlaridan biri; dastur yozilishining to‘g‘riligi tekshiriladi, xatolar aniqlanadi va to‘g‘rilanadi. Odatda, sozlash ma’lum natijalar bo‘lgan real namunalarga yaqin nazorat namunalarda bajariladi. Hozirgi dasturlash tillarida sozlash jarayonini soddalashtiradigan sozlovchi dasturlar mavjud. " Dasturni yig‘ish|"Boshlang‘ich kodni obyekt fayllariga kompilyatsiyalash va modullarni bajariladigan fayllarga yoki bibliotekalarga komponovka qilish. " Dasturni yuklash|"Dasturning bajarilishi kerak bo‘lgan kodi va zarur bibliotekalarni shaxsiy kompyuterning tezkor xotirasiga bajarish uchun yozish jarayoni. " Dasturning bajarilish vaqti|"1. Kompilyatsiya va yuklash vaqtidan farqli ravishda, dasturni bajarish uchun zarur bo‘lgan vaqt bo‘lagi. 2. Markaziy protsessor faqat bir jarayonni bajarish uchun sarflaydigan vaqt. " Dasturning bajarilishi|"Mashina kodlaridagi dastur boshlang‘ich ma’lumotlarning kiritilishi va natijalar olinishi bilan bajariladigan jarayon. Sozlash rejimida dastur qadamlab bajarilishi mumkin. Agar dastur operatsion tizim boshqaruvida bajarilsa, qadamlab bajarish dasturlash muhiti boshqaruvida amalga oshiriladi. " Dasturning xotiradagi binar obrazi|"Xotirada o‘qish uchun dastur obraziga va buyurtmachi tomonidan shakllantiriladigan ishga tushirishga ega fayl. " Dasturchi|"Kompyuter taʼminotini yozuvchi kishi. Kompyuter dasturchisi deb kompyuter dasturlash bo‘yicha mutaxassis yoki turli xil dasturiy taʼminot uchun kodlar yozuvchi mutaxassislarni atashadi. Amaliyotda dasturlashni formal tarzda o‘qitadigan insonlarni ham dasturiy tahlilchi deb nomlash mumkin. Dasturchining asosiy ishlov tilini (Lisp, Java, Delphi, C++, h.k.) nomiga qo‘shib xuddi veb muhitida ishlovchilarni veb nomlari bilan ishlatganday nomlashadi. Dasturchi atamasi taʼminot yozuvchisiga, taʼminot muhandisiga, kompyuter olimi yoki taʼminot tahlilchisiga nisbatan ishlatilishi mumkin. " Data-markaz|"Abonentlarni Internet tarmog‘i kanallariga ulash, server va tarmoq uskunasini joylashtirish (xosting) uchun mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan bino. " Datchik|"Qandaydir fizik kattalikning qayd etilishini, uning signallarga o‘zgartilishini va bu signallarning, qayta ishlash uchun, boshqarish tizimiga uzatilishini ta’minlaydigan qurilma. " Davlat axborot resurslari|"Davlat axborot resurslari quyidagilardan shakllantiriladi: davlat organlarining axborot resuslaridan;yuridik va jismoniy shaxslar-ning davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan yaratilgan axborot resurslaridan;yuridik va jismoniy shaxslarning davlat sirlari hamda maxfiy axborotni o‘z ichiga olgan axborot resurslaridan. " Davlat axborot siyosati|"Jamiyatning geosiyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy rivojlanishining umumdavlat ustuvorliklarini taʼminlashga va mamlakatning axborot jamiyatiga o‘tish shart-sharoitlarini yaratishga yo‘naltirilgan o‘zaro bog‘liq siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy va tashkiliy tadbirlar kompleksi. " Davlat axborot tizimi|"Davlat organlarining vakolatlarini amalga oshirish, davlat organlari o‘rtasida axborot almashinuvini ta’minlash maqsadida tuzilgan yoki foydalaniladigan axborot tizimi. " Davlat axborot xavfsizligi|"Davlat axborot resurslarining saqlanganlik va axborot sohasida jamiyat hamda shaxs qonuniy huquqlarining himoyalanganlik holati. Zamonaviy kishilik jamiyatida axborot sohasi ikkita tarkibiy qismga ega: axborot-texnik tashkil etuvchi (odam tomonidan sun’iy yaratilgan texnika, texnologiyalar dunyosi) hamda axborotruhiy tashkil etuvchi (jonli tabiatning odam ham kiradigan tabiiy dunyosi). Tegishlicha, jamiyat (davlat)ning axborot xavfsizligini umumiy holda axborot-ruhiy xavfsizlik kabi ikki tarkibiy qism orqali ko‘rsatish mumkin. Xavfsizlikka bo‘ladigan ehtimoliy tahdidlarni aniqlash va tasniflash ham axborot xavfsizligining muhim jihatidir. " Davlat axborotini oshkor etish infratuzilmasi|"Davlat elektron hujjatlarining ommaviy oshkor etilishini ta’minlaydigan repozitoriylar majmui. " Davlat boshqaruvi|"Davlat hokimiyati organlari va ular mansabdor shaxslarining, tegishli protseduralar asosida ishlab chiqilgan siyosiy kursni amalga oshirish bo‘yicha faoliyati. " Davlat buyurtmasi|"Davlat byudjeti, mahalliy byudjetlar mablag‘lari va moliyalashtirishning byudjetdan tashqari manbalari hisobiga tovarlar yetkazib berish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatishga bo‘lgan buyurtma. " Davlat elektron xizmati|"Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llangan holda ko‘rsatiladigan davlat xizmati. " Davlat korxonasi|"Har qanday tashkiliy-huquqiy shakldagi, asosiy vositalari davlat mulki hisoblanadigan tashkilot. " Davlat organi xonasi|"Davlat organining shaxsiy xonasi, davlat organi vakolatli mansabdor shaxsi tomonidan, elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishda, kelib tushadigan rasmiy so‘rovlarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan, zarur hujjatlar va ma’lumotlar tayyorlash, tahrir qilish, izlash va berish imkoniyatini yaratadi. " Davlat organlarining davlat axborot resurslari va axborot tizimlari reyestri|"Internet tarmog‘idagi, qonun hujjatlfriga muvofiq, davlat axborot resurslari va axborot tizimlari ro‘yxatini hamda ular to‘g‘risidagi axborotni ichiga oladigan axborot resursi. " Davlat siri bo‘lgan ma’lumotlardan foydalana olish|"Vakolatli mansabdor shaxs tomonidan ruxsat etilgan tarzda, muayyan shaxsni davlat siri bo‘lgan ma’lumotlar bilan tanishtirish. " Davlat siri hisoblanadigan ma’lumotlarni tashuvchilar|"Davlat sirlarini tashkil qiladigan ma’lumotlar xotira, simvollar, obrazlar, signallar, texnik yechimlar va jarayonlar ko‘rinishida aks etadigan, jismoniy shaxslar, moddiy obyektlar, shu jumladan, fizik maydonlar. " Davlat sirlari|"Tarqatilishi O‘zbekiston Respublikasi manfaatlariga ziyon keltirishi mumkin bo‘lgan harbiy, tashqi siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, razvedka, kontrrazvedka bilan shug‘ullanuvchi va operativ-qidiruv fao-liyati sohasidagi davlat tomonidan muhofaza qilinadigan ma’lumotlar. Davlat sirlari maxfiylik darajasiga ko‘ra, alohida muhim ma’lumotlar va mutlaqo maxfiy (davlat siri) ma’lumotlarga bo‘linadi. " Davlat tomonidan hisobga olish|"Identifikatsiya qilinadigan shaxslar, obyektlar va/ yoki turli xarakterdagi hodisalar to‘g‘risida muayyan tarkibdagi ma’lumotlarni to‘plash va saqlash bo‘yicha olib boriladigan muntazam ish. " Davlat xizmati|"Davlat organlari tomonidan ariza beruvchilarning talabiga ko‘ra amalga oshiriladigan, o‘zlarining vazifalarini bajarish yuzasidan ko‘rsatiladigan xizmat. Izoh – Davlat xizmatini, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq, davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha vazifalar yuklangan hollarda, boshqa tashkilotlar ham ko‘rsatishlari mumkin. " Davlat xizmati formati|"Bajarilishi shart bo‘lgan, davlat xizmatini oluvchining manfaatlari yo‘lida ushbu davlat xizmatini ko‘rsatish jarayoni, shakli, mazmuni va natijasi xarakteristikalarini ichiga oladigan davlat xizmati ko‘rsatilishiga bo‘lgan talablarni belgilaydigan qoidalar. " Davlat xizmatini avtomatlashtirish|"Odamni elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida ishtirok etishdan ozod qilish uchun, shuningdek, ma’muriy protseduralarning sonini sezilarli qisqartirish uchun texnik vositalar hamda matematik usullar qo‘llanilishini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar majmui. " Davlat xizmatining pasporti|"Xizmat to‘g‘risidagi, bu xizmatni qat’iy identifykatsiyalash imkonini beradigan ma’lumotlar majmui. " Davlat xizmatlari portali|"Davlat xizmatlarining elektron shaklda taqdim etilishini, shuningdek, talabgorlarning davlat xizmatlari reyestrlari yuritilishini ta’minlaydigan davlat axborot tizimlarida joylashtirilgan va Internet tarmog‘idan foydalanib tarqatish uchun mo‘ljallangan davlat xizmatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanishni ta’minlaydigan davlat axborot tizimi. " Davlat xizmatlari reyestri|"Davlat xizmatlarining taqdim etilishi tartibi to‘g‘risidagi qisqacha asosiy ma’lumotlarni o‘z ichiga oladigan ma’lumotlar bazasi. " Davlat xizmatlarining elektron shaklda taqdim etilishi|"Davlat xizmatlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib, shu jumladan, davlat xizmatlari portalidan, ko‘p funksiyali markazlardan, universal elektron karta va boshqa vositalardan foydalanib taqdim etilishi, jumladan, bunday taqdim etish doirasida davlat organlari, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari, tashkilot hamda ariza beruvchilar o‘rtasida elektron o‘zaro hamkorlikning amalga oshirilishi. " Davom ettirish|"Tanlash varianti (oddiy tugma). U foydalanuvchi joriy sahifadagi shartlarga va o‘zgartirishlarga rozi ekanligini va navbatdagi sahifaga o‘tishga tayyorligini anglatadi. " Dayjest|"O‘zgaruvchan uzunlikdagi ma’lumotlarning kirish oqimini xesh-funksiya yordamida qayta ishlash natijasida hosil bo‘ladigan, qat’iy uzunlikdagi kod. Masalan, SHA-1 xeshlash algoritmi kirish xabarining hajmidan qat’i nazar, 20 bit hajmidagi dayjestni yaratadi. " Deduktiv xulosa|"Prolog tilida berilgan faktlar va qoidalar asosida yechim topish uchun foydalaniladigan usul. " Defektli sektor|"1. Qattiq yoki egiluvchan diskdagi, ishlab chiqarishdagi defekt yoki tasodifiy shikastlanish tufayli ma’lumotlarni saqlab bo‘lmaydigan soha. 2. Diskdagi, ma’lumotlarni yozish/o‘qish mumkin bo‘lmagan sektor. " Defektli yo‘lkalar jadvali|"Tayyorlovchi zavodda yakuniy testlash paytida aniqlanadigan, qattiq disk defektli sohalarining ro‘yxati. Diskni operatsion tizim foydalanishiga tayyorlaydigan ba’zi dasturlar, foydalanuvchilardan, tuzish vaqtini kamaytirish maqsadida bu ro‘yхatdan bo‘lgan axborotning kiritilishini so‘raydi. " Defeys|"Xakerlik hujumining turi. Unda veb-saytning sahifasi boshqasiga almashtiriladi (odatda bosh sahifa), saytning qolgan sahifalari esa blokirovka qilinadi yoki butunlay o‘chiriladi – buning maqsadida reklama, ogohlantirish, tahdid va boshqalar bo‘lishi mumkin. Baʼzi buzuvchilar sayt defeysini krekerlik doiralarida tanilish, o‘z imijini oshirish yoki sayt administratoriga zaiflikni ko‘rsatish uchun amalga oshiradi. " Defragmentatsiya|"Fayllarni uzluksiz ketma-ket klasterlarda saqlanishini ta’minlash maqsadida disk bo‘limining mantiqiy tuzilmasini optimallash va yangilash jarayoni. Izoh − Asosan FAT va NTFS fayl tizimlarida ishlatiladi. Defragmentatsiyadan so‘ng fayllarni o‘qish va yozish, shuningdek, dastur ishlari ham tezlashadi. Defragmenta-siyaning boshqa vazifasi: diskda fayllarni uzluksiz maydonda joylashadigan qilib taqsimlash. " Deinstallyator|"Qandaydir ilovani deinstallyatsiya qilish (o‘chirib tashlash) uchun mo‘ljallangan kompleks dastur. Deinstallyatorlarni qo‘llash zarurati, ko‘plab zamonaviy ilovalar o‘rnatish paytida o‘z dastur fayllarini turli manzillar bo‘yicha yozishi, shuningdek, o‘z ma’lumotlarini tez-tez tizim reyestrida qayd etishi bilan izohlanadi. " Dekametrli to‘lqinlar|"10 m dan 100 m gacha bo‘lgan to‘lqin uzunliklari diapazoni. 3 MHz dan 30 MHz gacha bo‘lgan chastotalar diapazoni. " Dekapsullash|"Qabul qilingan axborot oqimidan dastlabki xabarni ajratish jarayoni. " Dekatenatsiya|"Simvollar satrlarini alohida qismlarga ajratish operatsiyasi; konkatenatsiyaga teskari bo‘lgan operatsiya. Dasturlash tillarida bu operatsiyani bajaradigan maxsus funksiyalar mavjud. " Deklarativ til|"Dasturchi, til interpretatoriga tegishli xulosalar chiqarishni qoldirgan holda, qandaydir sohaga tegishli faktlarni bayon qiladigan (ya’ni, vazifani ta’riflaydigan) dasturlash tili. Deklarativ tillarni, o‘z navbatida, funksional va mantiqiy tillarga bo‘lish mumkin. " Deklaratsiya (e’lon) qilinmagan imkoniyatlar|"Dasturiy ta’minotning bayon qilinmagan yoki hujjatda bayon qilinganlarga mos kelmaydigan funksional imkoniyatlari. Ulardan foydalanish qayta ishlanadigan axborotning konfidensialligi, tushunarli bo‘lishi yoki yaxlitligi buzilishiga olib kelishi mumkin. " Dekoder|"Dekoderlash uchun mo’ljallangan qurilma, uning asosida kodlangan signalni dastlabki xabarga qayta o‘zgartirishni bajaruvchi mantiqiy cxema ishlaydi. " Dekoder-qabul qilgich|"TV yo‘ldosh qabul qilgichi va MPEG – dekoderni birlashtiruvchi, raqamli yo‘ldoshli eshittirish TV dasturlarni qabul qilish uchun xizmat qiluvchi qurilma. " Dekodlash vaqtining belgisi|"Kadrlarni dekodlash tartibini aniqlaydigan belgi. " Dekompilyator|"Bajariladigan dastur va boshlang‘ich matnni matn yozilgan yuqori darajadagi tilda dekompilyatsiya qilinishini bajaradigan dastur. Bunda, ichki o‘zgaruvchilarning dasturchi tomonidan berilgan ma’noviy belgilari tiklanmaydi. Si, Fortran, PL/M-80 tillari uchun mo‘ljallangan dekompilyatorlar ma’lum. " Dekompozitsiya|"Murakkab obyektni oddiy obyektlar yig‘indisi sifatida taqdim etish, masalan, masalalarni kichik masalalarga bo‘lish. " Dellinjer effekti|"Signallarning (2 MHz dan 30 MHz gacha bo‘lgan chastotalarda) to‘satdan bo‘ladigan ionosfera g‘alayonlanishi (Quyosh chaqnashlari) paytida vujudga keladigan qisqa muddatli tinishi. " Delta impuls|"Vaqtning t=0 dan boshqa barcha qiymatlarida amplitudasi nolga teng mono impuls. " Delta-kadr|"Faqat oldingi kadrdan farqlanuvchi piksellardan tashkil topgan ayirma (differensial) kadr. Delta-kadrlar diskka yozilishi kerak bo‘lgan videoklipning umumiy o‘lchamini pasaytiradi. " Delta-modulyatsiya|"Differensial impuls-kodli modulyatsiya turi, bunda faqat har bir signal sanog‘i va taxmin qilingan qiymat o‘rtasidagi farq ishorasi qayd etiladi va yagona ikkilik razryad bilan kodlanadi. «Demilitarizatsiya qilingan zona» ing. - demilitarized zone (DMZ) ru – «демилитаризованная зона» Ayrim axborot resurslari (veb-server, pochta serveri va sh.k.)ni nafaqat korporativ tarmoq tashqarisidagi hujumlardan, balki ichki hujumlardan ham himoya qilish uchun tarmoqlararo ekranlardan foydalanish mexanizmi. Bu mexanizmni amalga oshirish uchun himoya qilinadigan resurslar joylashgan zona tarmoqlararo ekranlar bilan cheklanadi. " Demo|"Dasturning bepul tarqatiladigan (masalan, reklama maqsadlarida), to‘liq bo‘lmagan versiyasi yoki qurilma namunasi. Qo‘shimcha taqdimot materiallarini ichiga olishi mumkin. " Demon|"Boshqa dasturning ishini sezdirmay nazorat qiladigan va vaqt-vaqti bilan dasturni (ko‘pincha bu periferik (tashqi) qurilmalarni boshqarish dasturi), uning ishini buzmasdan to‘xtatadigan dastur. " Demon-jarayon|"Tizimda, u qayta ishga tushirilgunga qadar, doimo mavjud bo‘lgan jarayon. " Dempfer|"Optik yorug‘lik o‘tkazgich yadrosini o‘rab turuvchi material. Dempfer yorug‘likni yadroga yo‘naltirish uchun kichik sinish koeffitsiyentiga ega bo‘lishi kerak. " Dempfirlash|"Tebranishlar so‘nishini oshirish yoki uni tebranish tizimidan aperiodik tizimga aylantirish maqsadida tizimda energiya yo‘qolishini ataylab ko‘paytirish. " Demultipleksor|"Multipleksor bajaradigan operatsiyaning teskarisini amalga oshiradigan, yaʼni berilgan ish algoritmiga muvofiq, guruhli oqimni bir nechta kanalga ajratadigan qurilma. " Demultipleksorlash|"Axborot bloklarini bir bog‘lanishdan bir nechta bog‘lanishlarga identifi-katsiya qiluvchi va ajratuvchi funksiya. " Depesha|"Bir vaqtning o‘zida bir mamlakatning xalqaro pochta almashinuv joyidan boshqa mamlakatning tegishli xalqaro pochta almashinuv joyiga shakli Umumjahon pochta ittifoqining hujjatlarida belgilangan hujjatlar ilova qilingan holda jo‘natiladigan yozma xat-xabarlar, qiymati eʼlon qilingan xatlar yoki posilkalar yoxud pochta buyumiga berkitilmagan posilkalar to‘plami joylangan bitta yoki bir nechta qop. " Deskrembler|"Skrembler tomonidan o‘zgartirilgan elektraloqa raqamli signali boshlang‘ich tuzilmasini tiklash uchun mo‘ljallangan qurilma. " Deskremblerlash|"1. Raqamli uzatishda – dastlabki signalni tiklash maqsadida, skremblerlangan signalga nisbatan qo‘llaniladigan jarayon. 2. Televideniyeda – axborotni sof shaklda qabul qilishga ruxsat berish uchun, skremblerlangan televizion signal xarakteristikalarini tiklash. Izoh – Deskremblerlash shartli foydalana olish tizimi nazorati ostidagi o‘rnatilgan tartibdagi jarayondan iborat. " Deskriptor|"1. Ma’lumotlarning shakli yoki mazmunini tavsiflovchi axborot tuzilmasi elementi, masalan, signatura deskriptori – diskdagi ma’lumotlar ketma-ketligini tavsiflovchidan diskdagi ma’lumotlarni tekshirishda foydalanish mumkin. 2. Axborot tizimida saqlanadigan ma’lumotlarni topish va tavsiflash imkonini beradigan so‘z yoki so‘z birikmasi (kod bo‘lishi mumkin). Ba’zan, kalit so‘z deb ataladi. Tizimni ishlab chiqishda deskriptorlarni aniqlash va ularning mavjudligini hisobga olish zarur. " Destabillashtiruvchi omil|"1. Yuz berishi oqibatida axborot resurslarining konfidensialligi, yaxlitligi va/yoki ulardan erkin foydalanish, tarmoq yoki tarmoq elementlari ish qobiliyatlari buzilishi mumkin bo‘lgan voqea yoki hodisa. Masalan, axborot xavfsizligiga tahdid. 2. Manbai telekommunikatsiyalar tarmog‘iga nisbatan ichki yoki tashqi xarakterdagi fizik yoki texnologik jarayon bo‘lgan, tarmoq elementlarining ishdan chiqishiga olib keladigan ta’sir. " Detektor dasturlar|"Ma’lum bo‘lgan bir qancha viruslarning biri bilan zararlangan fayllarni aniqlash imkonini beradigan dasturlar. Bu dasturlardan ko‘pchiligi zararlangan fayllarni tuzatish yoki yo‘q qilish rejimlariga ega. " Detektorli kallak|"O‘ta yuqori chastota signalini ancha past chastota signaliga to‘lqin o‘tkazgich kesmasi yoki unga ulangan detektor va liniya bilan kelishish qurilmalari bilan yo‘l-yo‘l liniyalar ko‘rinishida o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan qurilma. " Determinallangan (aniqlangan) telefon chaqiruvlar oqimi|"Kelish vaqti qayd qilingan telefon chaqiruvlar oqimi. " Determinallangan xalaqitlar|"Vaqtning belgilangan funksiyalari bilan tavsiflanadigan xalaqitlar. " Detsibel (dB)|"Belning o‘ndan biri energiyani aylantirish yoki uzatishda quvvatning kuchayishi va pasayishini o‘lchash uchun foydalaniladigan logarifmik shkala birligi. " Detsibel-millivatt (dBm)|"1 millivattga nisbatan detsibellarda hisoblanadigan quvvat o‘lchov birligi. " Detsibel-vatt (dBw)|"Uzatgich quvvatining o‘lchov birligi. " Detsibel-volt (dBv)|"Quvvat darajasining o‘lchov birligi. Odatda, videosignallar darajasini baholashda foydalaniladi. " Detsimetrli to‘lqinlar|"To‘lqin uzunliklari 0,1 dan 1 m gacha, chastotalar diapazoni esa 300 dan 3000 MHz gacha bo‘lgan to‘lqinlar. " Detsimillimetrli to‘lqinlar|"(300 – 3 000) GHz bo‘lgan chastotalar diapazoni. " Devorga o‘rnatiladigan (televizion) ekran|"Zamonaviy televizorlarga nisbatan ekrani sezilarli darajada katta bo‘lgan, xona devoriga o‘rnatish mumkin bo‘lgan yupqa televizion ekran. " Deytagramma|"1. Tarmoq bo‘ylab, aynan bir foydalanuvchiga yo‘llangan axborotning boshqa qismiga bog‘liq bo‘lmagan tarzda uzatiladigan maʼlumotlar paketi. 2. Tarmoq bo‘ylab, bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan tarzda uzatiladigan qisqa paketlarga bo‘lingan uzun xabar. Dastlabki xabar qabul qilish tomonda paketlar yig‘ilgandan so‘ng to‘liq tiklanadi. Paketning uzunligi uzatish tezligi va tarmoq xarakteristikalariga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. " Deytagrammali soket|"Deytagrammalarni, bog‘lanish o‘rnatilmasdan, ikki tomonlama qabul qilish va uzatish imkonini taʼminlovchi interfeys turi. " Deytagrammali tarmoq|"Paketlar kommutatsiyalangan maʼlumotlar uzatish tarmog‘i. Bu tarmoqda har bir deytagramma tayinlangan punktga, tarmoqning yuklanganligiga bog‘liq holda tanlanadigan alohida (mustaqil) yo‘nalish bo‘ylab uzatiladi. Transport sath protokollari turli yo‘nalishda uzatilgan deytagramma-larni tiklaydi. Deytagrammali tarmoqda oldindan ulanish talab etilmaydi, shuning uchun trafikning kechikishi kamroq uchraydi. Bu ayniqsa, kichik hajmdagi axborotni uzatishda qulaylik yaratadi. " Dezinformatsiya|"Maʼlumotlarni bitta obyektdan boshqa obyektga biror maqsad bilan uzatishning shunday holatini yuzaga keltiradiki, unda maʼlumot uzatishning amalga oshirilishi bitta obyekt uchun maʼqul bo‘lib, boshqa obyekt uchun maʼqul bo‘lmaydi. " Deshifrator|"1. Razryadma razryad kiruvchi ikkilik so‘z (shifr, kod) ni sxemaning 2n chiqish uchlarining birida birlik signalga o‘zgartiruvchi mantiqiy sxema. 2. Televideniyeda – kodlangan dasturlarni deshifrlash uchun mo‘ljallangan qurilma; shifrlangan yldoshli/telefon/faksimil signallarini dekodlaydigan qurilma. " Deshifrlash algoritmi|"Deshifrlash funksiyasini amalga oshiradigan algoritm. " Diafragma|"1. To‘lqin o‘tkazgichdagi, elektr maydonning katta kuchlanishli liniyalari yoki ular bo‘ylab perpendikulyar o‘rnatiladigan va mos ravishda ma’lum turdagi to‘lqinlar susayishida sig‘imli yoki induktiv o‘tkazuvchanlikni hosil qiladigan to‘siq. 2. Optik tizimlardagi yorug‘lik oqimining ko‘ndalang kesimini cheklovchi noshaffof to‘siq. " Diagnostik xabar identifikatori|"Tizim dasturi tomonidan aniqlangan xatoga javoban beriladigan xabar kodi. " Diagnostika|"Apparatura va dasturiy ta’minotdagi uzilishlar va nosozliklarni aniqlash jarayoni. " Diagramma|"O‘lchanadigan kattaliklar va ularning nisbatlarini grafik tarzda shartli tasvirlash. Amaliy grafikaning ko‘pgina tizimlarida diagrammalar ikki o‘lchamli va uch o‘lchamli ko‘rinishda ustunlar va doiralar ko‘rinishida taqdim qilinadi. " Dialekt|"Ba’zi bir dasturlash tilining xususiy versiyasi. Masalan, Apple firmasining kompyuterlarida dasturlash uchun BASIC dialektlari mavjud. " Dialog|"Foydalanuvchining kompyuter bilan birgalikda ishlash turlaridan biri, bunda foydalanuvchi so‘rovlar kiritadi va ularga javob yoki aniqlashtiruvchi savollar oladi. " Dialogli rejim|"Odam va tarmoqdagi kompyuter(lar) bilan yoki kompyuter va periferik qurilma o‘rtasidagi bevosita birgalikda ishlash rejimi, bunda birga ishlaydigan ti-zimlar o‘rtasida aloqa uzilmaydi. Ko‘pincha, interaktiv yoki «on-line» rejimi deb ataladi. " Diapazon|"Birorta kattalikning o‘zgarish sohasi. Radiochastota (radioto‘lqin) lar diapazoni – radiochastotalarning butun sohasi shartli ravishda taqsimlangan qismlardir. " Diapazonli antenna|"Parametrlari ishchi chastotalar diapazonidagi qo‘yiladigan talablarga mos keladigan antenna. " Dielektrik antenna|"To‘lqin o‘tkazgich yoki koaksial kabel orqali qo‘zg‘atiladigan yaxlit yoki naychasimon (polistirol, polietilen) dielekrik o‘zak ko‘rinishidagi yuza to‘lqin antennasi. Izoh ‒ Dielektrik antenna, mohiyatiga ko‘ra, yuguruvchi to‘lqin antennasini o‘zida aks ettiradi va asosan antenna panjaralari va uchish apparatlarining radioqurilmalarida qo‘llaniladi. " Dielektrik linza|"Elektromagnit to‘lqinlarni fokuslash uchun qo‘llaniladigan dielektrikdan iborat linza. " Dielektrik to‘lqin o‘tkazgich|"Dielektrikdan iborat sterjen ko‘rinishidagi yoki dielektrik muhit ichidagi kanal ko‘rinishidagi to‘lqin o‘tkazgich, ular bo‘ylab ular yo‘naltiradigan elektromagnit to‘lqinlar tarqatilishi mumkin. " Dielektrik uzatish liniyasi|"Nolinchi bog‘langanlikdagi ochiq uzatish liniyasi. " Dielektrik yo‘qotishlar|"Dielektrikda, unga elektr maydon ta’sir etishi tufayli ajraladigan quvvat. " Dielektrik o‘tkazuvchanlik|"Moddaning izotrop modda uchun skalyar va anizotrop modda uchun tenzor bo‘lgan dielektrik xususiyatini tavsiflaydigan kattalik, uning elektr maydon kuchlanganligiga bo‘lgan hosilasi elektr siljishiga teng. " Dielektriklar|"Qutblanish qobiliyatiga ega bo‘lgan qattiq, suyuq va gazsimon moddalar. " Differensial analizator|"Differensial tenglamalarni yechish uchun mo‘ljallangan analog kompyuter (uzluksiz ishlaydigan mashina). " Differensial faza|"Yorqinlik signali oniy qiymati o‘zgarganda ranglilik signali fazasining o‘zgarishi. " Differensial impuls-kodli modulyatsiya (DIKM)|"Signal diskretlashdan o‘tadigan, har bir sanoq va oldingi sanoqlar yoki kvantlangan qiymatlarning ketma-ketligidan olinadigan va taxmin qilingan qiymat o‘rtasidagi farq hisoblanadigan, keyin hisoblangan farq kvantlanadigan jarayon. Olingan kvantlangan qiymatlarning ketma-ketligi kodlash yo‘li bilan raqamli signalga aylantiriladi. Izoh – Differensial impuls-kodli modulyatsiya differensial kodlash uchun misol bo‘ladi. " Differensial kodlash|"Sanoq qiymati va taxminlangan qiymat o‘rtasidagi farqdan foydalanib signalni kodlash usuli. Izoh – Differensial kodlash yo‘li bilan ketma-ket sanoqlar o‘rtasida kuchli korrelyatsiya mavjud bo‘lgan signallarning bitreytini pasaytirishga erishish mumkin, chunki sanoqlar o‘rtasidagi farqni ayni darajadagi aniqlik bilan sanoqlarning o‘zini kvantlashga nisbatan kamroq sondagi kvantlash intervallaridan foydalanib kvantlash mumkin. " Differensial kriptotahlil|"Takrorlanuvchi blokli shifrlar uchun qo‘llaniladigan kriptotahlil usuli. Bu kriptotahlil usuli tanlangan ochiq matn bo‘yicha kriptotahlil usuliga asoslanadi va bitta kalitda shifrlangan ikki ochiq matn o‘rtasidagi farqni tahlil qiladi. Mumkin bo‘lgan kalitlarning har biriga uning «to‘g‘riligi» ehtimoli belgilanadi va pirovardida foydalaniladigan kalit hisoblab chiqariladi. " Differensial kuchaytirish|"Yorqinlik signali oniy qiymati o‘zgarganda ranglilik signallari ko‘lamining nisbiy o‘zgarishi. " Diffi-Xellman algoritmi|"1. Himoyalanmagan aloqa kanalidan foydalanib, ikki tomonga umumiy maxfiy kalitga ega bo‘lish imkonini beradigan ochiq kalitdan foydalanadigan algoritm. 2. Kalitlarni ochiq taqsimlash, shuningdek, kalitlarni eksponensial taqsimlash deb nomlanuvchi bir tomonlama ko‘rsatgichli funksiyadan foydalanishga asoslangan algoritm. " Diffuz qaytish|"Elektromagnit to‘lqinlarning notekis sirtdan qaytishi, uning qiyshiqligini turli yo‘nalishlar bo‘yicha sodir bo‘ladigan tushuvchi to‘lqin uzunligi bilan solishtirsa bo‘ladi. " Diffuz tarqalish|"Metrli va detsimetrli to‘lqinlarni ko‘zga ko‘rinadigan gorizontdan tashqarida, ularning ionosfera va troposferadagi har xil sochilishi bilan asoslangan, tarqalishi. " Difraksion panjara|"Spektral asboblarda elektromagnit nurlanishni spektrga fazoviy yoyish uchun ishlatiladigan, bir xil kenglikdagi shtrixlarning muntazam joylashgan ko‘p soni bilan uning sirtiga transparant ko‘rinishida kiritilgan optik element. " Digitayzer|"Turli texnik prinsiplarga asoslangan, grafik ma’lu-motlarni kompyuterga kiritish uchun xizmat qiladigan qurilma. " Dinamik bog‘liqlik|"Bir nechta dastur bilan ajratilgan ma’lumotlarni birlashtirish usuli. Ma’lumotlarning bir dasturda o‘zgarishi, ularning qolgan dasturlarda ham o‘zgarishiga olib keladi. " Dinamik diapazon|"Tovush yoki elektr signalining, detsibellarda ifodalangan eng katta dinamik darajasining eng kichigiga bo‘lgan nisbati. " Dinamik fokuslash|"Nurning ekran markazidan og‘ishi bilan, lyuminoforda shu nur bilan yorishgan nuqtaning shakli va o‘lchami o‘zgaradi, bu yorqinlikning pasayishiga va ekran chetlariga fokuslashning yomonlashuviga olib keladi; dinamik fokuslashda ishlaydigan elektron linza tizimlari shu effektni tuzatishga xizmat qiladi. " Dinamik joylashtiriladigan biblioteka|"Maxsus ravishda Windows da ishlash uchun yozilgan dasturlar-ilovalarda foydalaniladigan ma’lumotlar va funksiyalarni ichiga oladigan fayllar majmui. Ma’lumotlar deganda, piktogrammalar, shriftlar va menyu tushuniladi. DLL bajariladigan dasturga kerak bo‘ladigan funksiyalar va/yoki ma’lumotlar ishga, ishlaydigan dasturga standart kirishdan farqli ravishda, ularga murojaat qilish paytida jalb qilingan paytda, Windows da ishlash usulini ta’minlaydi. " Dinamik kompоnovkalash|"Dasturga, bajariladigan dasturdan ularga murojaat qilinishiga qarab, tashqi protseduralarni ulash. Usullardan biri shundan iboratki, kompilyator bunday protseduralarga murojaat qilish joylariga, protsedurani birinchi chaqirishda muayyan dasturiy uzilishni keltirib chiqaradigan kod kiritadi, undan so‘ng, uni qayta ishlash natijasida tezkor xotira qurilmasiga protsedurani yuklash va chaqirish nuqtasida manzilni sozlash amalga oshiriladi. " Dinamik kontrastlash|"Maqbul tasavvurga erishish maqsadida har bir kadrning kontrastliligini doimiy sozlaydigan texnologiya. Har bir tasvir sekundiga 25 marta tahlil qilinadi, zarur bo‘lganda, tasvir kontrastliligi tezda sozlanadi. " Dinamik linkovka|"Dasturni bajarish vaqtidagi linkovka. " Dinamik ma’lumotlar almashinuvi|"Windows muhitidagi dasturlararo birgalikda ishlash protokoli. OLE mexanizmi asta-sekin siqib chiqarmoqda. Uning amal qilishining mohiyati, ikki dastur o‘rtasida doimiy aloqa o‘rnatishdan iborat, natijada bir ilovadagi hujjat yangilanganda, u bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa ilova hujjatlaridagi axborot ham yangilanadi. " Dinamik marshrutlash|"Xabarlarni jo‘natish uchun berilgan ikkita tarmoq uzellari o‘rtasidagi yo‘l faqat ushbu xabar jo‘natilgan vaqtda aniqlanadigan marshrutlash usuli. " Dinamik mos kelmaslik|"Tasvir mazmuniga bog‘liq holda o‘zgaruvchi videosignal datchigidan asosiy ranglar signallarining mos kelmasligi. " Dinamik tezkor xotira qurilmasi|"Zamonaviy kompyuterlarda tezkor xotira qurilmasi sifatida keng qo‘llaniladigan erkin foydalanish imkoniga ega kompyuter xotirasi turlaridan biri. " Dinamik xotira|"Ma’lumotlarning fizik taqdim etilishi o‘zgarib turadigan va ma’lumotlardan turli vaqt onlarida bir xilda foydalanib bo‘lmaydigan xotira qurilmasi; murojaat qilish turli oraliqlar bilan ajratilgan muayyan onlarda mumkin bo‘ladigan xotira. " Dinamik yuklash|"Xotiraga quyi dasturni foydalanuvchi dasturidan unga birinchi murojaat qilinganida yuklash. " Dinamik o‘zgaruvchi|"Xotira foydalanuvchining aniq komandasi bilan ajratiladigan o‘zgaruvchi; xotira protseduraga (funksiya, usul yoki blokka) kirishda avtomatik ajratiladigan avtomatik o‘zgaruvchiga qarama-qarshi qo‘yiladi. " Dinamik HTML, DHTML tili|"Serverdan sahifani qayta yuklamasdan (ya’ni, aks ettiruvchi sahifalarga interaktivlikni berish uchun), foydalanuvchining harakatiga (masalan, «sichqoncha» harakatiga) HTML-sahifalari reaksiyasini tashkil qilishga imkon beruvchi HTML tilining kengaytirilgan versiyasi. Sahifa, ularni taqdim etish skriptlar yordamida o‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan obyektlar to‘plami) kabi ko‘rib chiqiladi. Gipermatnni dinamik belgilash tili stillarining kaskadli jadvallarini, hujjatning obyektli modelini, shuningdek, JavaScript, JScript, ECMAScript va VBScript ssenariylari tillarini qo‘llab-quvvatlaydi. " Dipleks|"1. Bir nechta uzatgich yoki qabul qilgichning turli chastotalarda bitta antenna orqali bir vaqtda ishlashi. 2. Bir nechta uzatgich yoki qabul qilgichning bitta chastotada bitta antenna orqali navbatma-navbat ishlashi. " Diplekser|"Ikki signalni bitta liniya orqali bir vaqtda va o‘zaro xalaqitlarsiz uzatish imkonini beruvchi chastotaviy ajratish qurilmasi. " Dipol|"1. Uzatgichga, qabul qilgichga yoki bog‘lovchi liniyaga simmetrik qo‘shilgan ikkita bir xil to‘g‘ri chiziqli o‘tkazgichdan iborat simmetrik vibrator. 2. Elektromagnit maydon nurlanish nazariyasida dipol sifatida Gers elektromagnit nur tarqatgichi, ya’ni uzunligi nurlanuvchi elektromagnit to‘lqin uzunligidan ancha kichik bo‘lgan simning bir qismi qaraladi. " Dipolga nisbatan hisoblanadigan detsibellar (dBd)|"Antenna kuchaytirish koeffitsiyentining, yarimto‘lqinli simmetrik vibratorni (dipolni) kuchaytirish koeffitsiyentiga bo‘lgan, detsibellarda ifodalangan nisbati. " Direktiva|"Dasturga muayyan ishlarni bajarishni buyuradigan komanda (ko‘rsatma). Dasturlashda ‒ bu assembler yoki kompilyatorga, translyatsiya qilinadigan dasturga boshqa fayllarni shartli translyatsiya qilish yoki kiritish to‘g‘risidagi ko‘rsatma (direktiva)dir. " Direktor|"Antennaning yo‘naltirilgan harakati koeffitsiyentini oshirish maqsadida antenna yo‘nalganlik diagrammasining asosiy yaprog‘i tomonidan birlamchi nur tarqatgichga nisbatan joylashgan antennalar ikkilamchi nur tarqatgichlari majmui yoki ikkilamchi nur tarqatgich. " Direktoriy|"O‘zaro bog‘langan obyektlar to‘g‘risida saqlanadigan ma’lumotlar to‘plami. Biroq, ko‘pincha atama tashqi qurilmadagi fayllar katalogini bildiradi. U noldan bir nechtagacha fayllar va boshqa kataloglarni o‘z ichiga oladi. Iyerarxik fayl tizimining boshlang‘ich katalogi asosiy katalog deb ataladi. " Disk|"Muayyan fayl tizimi uchun formatlangan va biron-bir harf bilan belgilangan ma’lumotlarni saqlash joyi. Ma’lumotlarni saqlash uchun yumshoq-disk, kompakt-disk, qattiq disk yoki boshqa xil diskdan foydalanish mumkin. " Disk kanali|"Ma’lumotlarning diskli to‘plagich bilan kompyuter o‘rtasida tez yuborilishini ta’minlaydigan qurilma. " Disk kesh-xotirasi|"O‘qiladigan yoki diskka yoziladigan ma’lumotlarni keshlash uchun foydalaniladigan maxsus tezkor xotira qurilmasi. " Disk kontrolleri|"Protsessorning diskli to‘plagich bilan birgalikda ishlashini ta’minlaydigan mikrosxema va/yoki kengaytirish platasi. . " Disk-konusli antenna|"Konus cho‘qqisiga yaqin o‘rnatilgan, konus va diskdan iborat antenna; disk va konusning ta’minoti fazaga qarshi amalga oshiriladi. " Disk optimizatori|"Tizimning unumdorligini oshirish uchun, diskdagi fayl va kataloglar joylashuvini qayta tartibga soladigan utilita. " Disk sektori|"Diskli xotira qurilmalarida axborot saqlashning minimal manzillanadigan birligi. Disk yo‘lkasining bir qismi hisoblanadi. Ko‘pgina qurilmalarda sektorning o‘lchami 512 byteni (masalan, qattiq va egiluvchan disklarda) yoki 2048 byteni (masalan, optik disklarda) tashkil qiladi. Yangi qattiq disklarda kengaytirilgan format sifatida ma’lum bo‘lgan 4096 byte sektor o‘lchamidan foydalaniladi. " Disk serveri|"Olisdagi diskovod sifatida ishlaydigan va foydalanuvchilar tomonidan birgalikda foydalaniladigan lokal tarmoq uzeli. " Disk sig‘imi|"Diskda joylashtirish mumkin bo‘lgan axborotning (baytlardagi) umumiy sig‘imi. " Disklar va flesh-to‘plagichlar (fleshkalar) xususiyatlaridagi atribut|"Fayllar va papkalarning, har qanday fayl va papkaga kontekst menyu orqali berish mumkin bo‘lgan, shu orqali uni o‘zgartirish, yo‘q qilish xususiyatlarini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan parametri. " Disklardan foydalana olish indikatori|"Kompyuterning tizim blokidagi yorug‘lik diodi bo‘lib, diskka yozish yoki undan o‘qish paytida yonadi. " Disklarga murojaat qilish indikatori|"Kompyuterning tizim blokidagi, o‘qish yoki yozish paytida yonadigan yorug‘lik diodi. " Disklarni aks ettirish|"Ma’lumotlarni, disk massivining alohida diskida (ko‘zgu diskda) ularning qo‘shimcha nusxasini yaratish yo‘li bilan muhofaza qilish. Bunda disklar bitta kiritish-chiqarish kanaliga ulanishi mumkin. " Disklarni defragmentatsiya qiluvchi|"Qattiq disklarni defragmentatsiya qilish uchun mo‘ljallangan dastur. " Disklarni duplekslash|"Ishlamay qolishlarga chidamli tizimlarda ma’lumotlarni muhofaza qilish mexanizmi. Alohida erkin foydalanish kanallari (kontrollerlari) bo‘lgan ikkita turli qattiq diskka ayni bir ma’lumotni bir vaqtda yozish. " Diskli avtomat|"Disklar avtomatik ravishda almashinadigan diskovodni o‘zida ifodalaydigan, robotlashtirilgan avtomat-biblioteka. " Diskli kartrij|"Himoya qobig‘i bilan o‘ralgan, olinadigan disk. " Diskli operatsion tizimi|"Bir qiymatli, 16-bitli, terminal operatsion tizim. 1981-yilda ishlab chiqilgan. Nisbatan mashhur ko‘rinishlaridan biri MS-DOS dir. " Diskni bo‘lish|"Bitta diskni bir nechta mantiqiy disklarga bo‘lish. " Diskni keshlash|"Fayl tizimining unumdorligini oshirish uchun foydalaniladigan usul. O‘qish va yozish operatsiyalarini bajarish uchun diskka muntazam murojaat qilishlar o‘rniga, fayllar tezkor xotira keshida saqlanadi. Barcha o‘qish/yozish operatsiyalari xotiraga murojaat qilish tezligi bilan bajariladi, bu diskka murojaat qilishga qaraganda ancha tez. " Diskovod|"1. Egiluvchan yoki qattiq diskdan ma’lumotlarni o‘qish/yozish uchun mo‘ljallangan elektromexanik periferik qurilma. 2. Berilgan tezlik bilan magnit yoki boshqa turdagi tashuvchini siljitadigan, shuningdek, kerak joyga o‘qiydigan/yozadigan kallaklarni keltiradigan mexanik qurilma. " Diskret|"Ramzlar kabi alohida elementlardan iborat bo‘lgan maʼlumotlar yoki aniq ko‘rsatilgan qiymatlarning chekli soniga ega bo‘lgan fizik miqdorlarga, shuningdek, jarayonlar va ushbu maʼlumotlardan foydalanuvchi funksional moslamalarga tegishli taʼrif. " Diskret Furye o‘zgartirishi|"Diskret vaqt funksiyasi bilan bo‘luvchi bazis funksiya koeffitsiyentlari to‘plami o‘rtasida o‘zaro bir xil tenglikni ta’minlydigan o‘zgartirish. " Diskret kattalik|"Qiymatlari sakrashsimon o‘zgaradigan kattalik. Masalan, elektr zanjirda tok borligini yoki yo‘qligini tavsiflaydigan kattalik diskret kattalik bo‘lib, «ha» yoki «yo‘q» (0 va 1) qiymatlarini olishi mumkin. " Diskret ma’lumotlar|"Simvollar yordamida taqdim etilgan ma’lumotlar. " Diskret modellash|"O‘rganiladigan jarayon voqealarning diskret ketma-ketligi ko‘rinishida taqdim etiladigan modellash. " Diskretlash|"1. Ma’lumotlarning qandaydir manbadan tanlab olinishi. 2. Analog kattalik qiymatlarini davriy o‘lchash va ularni raqamli shaklga o‘zgartirgandan so‘ng kompyuterga kiritish. " Diskretsion foydalana olishni boshqarish|"1. Nomma-nom ko‘rsatilgan subyektlar va nomma-nom ko‘rsatilgan obyektlar o‘rtasidagi foydalanishni chegaralash. Izoh – Foydalanishning ma’lum huquqiga ega subyekt bu huquqni istalgan boshqa teng huquqli subyektga berishi mumkin. 2. Foydalana olishni boshqarish ro‘yxatlari yoki erkin foydalanish matritsasi asosida, subyektlarning obyektlardan foydalana olishini boshqarish. " Diskretsion (tanlab) foydalana olish|"Foydalanuvchi, jarayon va/yoki u tegishli bo‘lgan guruhni identifikatsiya qilish va tanishga asoslangan, obyektlardan tizim subyektlarining erkin foydalanishini boshqarish usuli. Ma’lum huquqlarga ega subyekt istalgan obyektga, belgilangan cheklashlardan qat’i nazar, huquqlarni berishni amalga oshirishi mumkin bo‘lganda, boshqaruv saylanma hisoblanadi (foydalana olish – bevosita bo‘lmagan tarzda ham amalga oshirilishi mumkin). " Diskriminator; selektor|"Foydali signalni xalaqitlar va shovqinlar bo‘lgan signallar aralashmasidan ajratish qurilmasi. " Disksiz (ishchi) stansiya|"Lokal disk xotirasi bo‘lmagan ishchi stansiya yoki shaxsiy kompyuter. Dasturlarni yuklash va fayllar bilan bajariladigan barcha ishlar lokal tarmoq orqali fayl-serverdan amalga oshiriladi. " Dispersion kanal|"Vaqtda o‘zgaradigan parametrlar va chastotaselektiv tinishlarga ega aloqa kanali; dispersion kanalda signal davomiyligi bo‘yicha kengayadi va buziladi. " Dispersiya|"1. Sochilish. 2. Tasodifiy kattalikning uning o‘rtacha qiymatidan o‘rtacha kvadratik og‘ishi. " Dispersiyasiz tola|"Tez harakatlanuvchi modalar uzun yo‘l bo‘ylab (qobiqqa yaqin), sekin harakatlanadigan modalar esa, qisqa yo‘l bo‘ylab (o‘zakka yaqin) tarqaladigan tola. Natijada barcha turdagi to‘lqinlar tolaning olis uchiga aynan bir paytda yetib boradi, bu esa, moddiy dispersiya bilan bog‘liq bo‘lgan signal buzilishini bartaraf etish imkonini beradi. Biroq, bunday toladagi jami yo‘qotishlar dispersiyasi siljigan toladagiga qaraganda ancha katta. " Dispetcher|"Operatsion tizimning, dasturlarning bajarilishini boshqarish ta’minlanadigan moduli. Tizimda muvofiqlashtirish va boshqaruv rolini bajaradigan dastur. " Dispetcher identifikatori|"Dispinterfeys usulini yoki xususiyatini iden-tifikatsiyalaydigan 32-bitli butun sonli atribut. " Dispetcher ustuvorligi|"Topshiriqlarga beriladigan va multidastur rejimda, topshiriq markaziy protsessor tomonidan qayta ishlanadigan tartibni aniqlash uchun foydalaniladigan raqam. " Dispetcherning yashirin (latent) aktivligi|"Bir jarayonni to‘xtatish va boshqasiga start berishda dispetcher uchun talab qilinadigan vaqt. " Displey|"Ma’lumotlarni vizual aks ettirish qurilmasi. Displeydan ma’lumotlarni kiritish va chiqarish uchun foydalaniladi. Displeyning ishlash prinsiplari turlicha. Shaxsiy kompyuterlarda elektron-nurli trubkalardan foydalanilgan displeylar juda keng tarqalgan. Shuningdek, plazma panellar, suyuq kristallar, yorug‘lik diodlari asosidagi displeylar ham bor. Displeyni kompyuterga ulash uchun tegishli adapter zarur. Displeydan, shuningdek, kompyuterni boshqarish uchun ham foydalaniladi, shu sababli ko‘pincha monitor deb ham ataladi. " Displeyli panel|"Plazma yoki suyuq kristall texnologiya asosida qurilgan displey. Asosida suyuq kristall bo‘lgan displey – bu, suyuq kristallar va mikroo‘tkazgichlardan iborat to‘r joylashgan yassi ekrandir. Mikroo‘tkazgichlar kristallarga elektr toki uzatadi, kristallar kuchlanish ostida tasvir hosil qilgan holda, yorisha boshlaydi. Nuqta qadami 0,26-0,3 mm. Maksimal ajrata olish: 1280x1024, 75 Hz. " Distorsiya (buzilish)|"Kommunikatsiya tizimining ikki nuqtasi o‘rtasida signalni uzatishda signal shaklining o‘rinsiz o‘zgarishi. " Distributiv|"Ishlab chiqaruvchi tomonidan taqdim etilgan shakldagi dastur mahsuloti. Distributiv diskda, odatda, dasturning o‘zi hamda dasturni qattiq diskka o‘rnatish va uning parametrlarini moslashtirish uchun mo‘ljallangan o‘rnatuvchi bo‘ladi. " Distributiv komplekti|"Kompakt-diskda distributiv bilan taqdim etiladigan dasturiy ta’minotning to‘liq to‘plami. " Dixroik kontrreflektor|"Antennaning, bir xil chastotalarda aks etadigan va boshqalarda radioshaffofroq bo‘lgan yordamchi ko‘zgusi. " Dizassembler|"Mashina kodlarini assembler tiliga o‘zgartiradigan kompyuter dasturi. " Dizassemblirlash|"Mashina kodlaridagi dasturdan assemblerdagi dasturning boshlang‘ich matnini olish jarayoni va/yoki usuli. Dasturning o‘zining kodlarini gene-ratsiyalashda translyatorning optimallik darajasini belgilashda foydali. Dastlabki matnlari bo‘lmagan dasturlarni tuzish usuli va/yoki algoritmini tushunish imkonini beradi. Bu jarayonni bajaradigan maxsus dasturlar – dizassemblerlar mavjud. " Dizayn|"Qar.: Veb-dizayn. " Dizering|"Nisbatan kam ranglardan iborat tasvirlar uchun rang teranligi illyuziyasini yaratish uchun kompyuter grafikasida qo‘llaniladigan usul. Mavjud bo‘lmagan ranglar bor ranglarni «aralashtirish» yo‘li bilan yaratiladi. Tasvirlar-ni ranglar sonini kamaytirish orqali optimal-lashtirishda dizering tasvirning vizual yaxshi-lanishiga olib keladi, biroq, baʼzi formatlarda (masalan, PNG) tasvirning hajmi oshadi. " Dizyunksiya|"n ≥ 2 ifodalar uchun mo‘ljallangan mantiqiy operatsiya. Natijaviy ifoda boshlang‘ich ifodalar noto‘g‘ri bo‘lgandagina, yolg‘on bo‘ladi. Dizyunksiyani belgilash uchun standart ravishda V belgisidan foydalaniladi. " Doimiy bor bo‘lish|"Harakatlanadigan tasvirlarni qayta ishlash, uzatish va namoyish qilish usuli. Bunda elektronika vositalari yordamida ikkita alohida harakatchan tasvir qismlari yagona axborot oqimida uzatish uchun kombinatsiyalanadi (birlashtiriladi). Qabul nuqtasida tasvir umumiy monitorda yoki ikkita yonma-yon turgan monitorda namoyish qilinishi mumkin. " Doimiy ifoda|"Berilgan matnda ixtiyoriy murakkablikdagi belgilar tuzilmalarini izlashni amalga oshirishda va tuzishda kerak bo‘ladigan shablonlarni yaratishda qo‘llaniladigan kuchli vosita. Doimiy ifodalarda bitta yoki bir nechta belgini o‘zgartiruvchi qo‘shimcha belgilardan foydalanish mumkin. " Doimiy kanal (trakt) ni taqdim qilish xizmati, doimiy kanal (trakt) orqali aloqa xizmati|"Aloqa kanali (trakti), ekspluatatsion yoki ma’muriy xabar vositasida amalga oshirilgan, abonentning so‘roviga javoban yuzaga keladigan telekommunikatsiyalar xizmatining turi. Izoh – Aloqa kanali (trakti) ning uzib qo‘yilishi uning o‘rnatilishiga o‘xshash tarzda amalga oshiriladi. " Doimiy tashkil etuvchini tiklash|"Videosignalni yoki doimiy tashkil etuvchiga ega bo‘lmagan signaldan yo belgilangan doimiy tashkil etuvchiga ega bo‘lgan signaldan to‘liq videosignalni unung doimiy tashkil etuvchisi bilan yangitdan yaratish jarayoni. " Doimiy uzatish tezligi|"Real vaqtda ulanish o‘rnatilishiga yo‘naltirilgan, maʼlumotlar oqimini (siqilmagan nutq, videomaʼlumotlar, televizion tasvirlar) o‘zgarmas tezlik va taxminlash mumkin bo‘lgan jadallik bilan uzatish uchun qo‘llaniladigan, ATM tarmog‘idagi trafik turi (A turkumi). " Doimiy virtual kanal|"Tarmoqning ikkita oxirgi nuqtalari o‘rtasida doimo amalga oshadigan bog‘lanish. " Doimiy virtual zanjir|"Tarmoq sathida muayyan vaqt davriga (minutning ulushidan bir necha kun va hatto, oygacha) o‘rnatiladigan mantiqiy bog‘lanish. Tarmoqdagi har bir kanal uchun yo‘nalish, uzatish tezligi hamda xizmat ko‘rsatish sinfi qatʼiy belgilangan. " Doimiy xotira|"O‘zgarmaydigan ma’lumotlar massivini saqlash uchun foydalaniladigan, energiyaga bog‘liq bo‘lmagan xotira. " Doimiy xotira qurilmasi|"Kompyuterni boshqarish uchun dasturlar doimiy saqlanadigan, bitta yoki bir nechta mikrosxemadan iborat qurilma. Doimiy xotira qurilmasi energiyaga bog‘liq bo‘lmagan xotiradir, ya’ni kompyuter o‘chirilganda xotira ichidagi o‘zgarmaydi. Doimiy xotira qurilmasi shaxsiy kompyuterlarning apparat xususiyatlari va operatsion tizimning tayanch kiritish/chiqarish tizimi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish uchun xizmat qiladi. Ba’zi mashinalarda doimiy xotira qurilmasiga bundan tashqari, dasturlash tilidan translyator yoziladi. Ko‘pincha, doimiy xotira deb ataladi. " Doimiy chiziqli tezlik|"Diskka yozish usuli xarakteristikalaridan biri. " Doiraviy-ikki simli toʻlqinoʻtkazgich|"Ikki simli liniyani qamrab oluvchi tashqi oʻtkazgichning doiraviy kesimi boʻlgan uch bogʻlamli toʻlqinoʻtkazgich. " Doiraviy qutblanish|"Elektr maydonining ikkita garmonik tashkil etuvchisi kattalik boʻyicha teng va faza boʻyicha 90° ga siljigandagi (bu elektr maydonini doira boʻylab aylanishiga olib keladi) qutblanish. Magnit maydon vektori markazda joylashgan va doira tekisligiga perpendikulyar. " Domen|"1. Internet tarmog‘idagi kompyuter nomining tarkibiy qismi. 2. Internet tarmog‘ining, nomi yozilgan mezon bo‘yicha ajratilgan va uni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan javob beradigan tashkilot tasarrufiga berilgan qismi. Izoh – Domen bo‘yicha kompyuter joylashgan yer aniqlanadi, undan foydalanish mumkin bo‘ladi. 3. Markazlashtirilgan tarzda maʼmuriy boshqariladigan, bir-biri bilan muayyan usulda domen nomlari serveri orqali birgalikda ishlaydigan kompyuterlar to‘plami. Izoh – Kompyuterlarni domenga birlashtirish ularning geografik joylashuvi, tashkilot bo‘yicha yoki aktivlik turi bo‘yicha amalga oshiriladi. " Domen administratori|"Domenni to‘liq nazorat qila oladigan hisobga olish yozuvi. " Domen administratori foydalanuvchisining nomi|"Domen administratori foydalanuvchisining nomi. U ushbu domendagi deyarli barcha huquqlarga ega. " Domen kontrolleri|"Haqiqiylikni yalpi tekshirishda parolning tekshirilishini bajaradigan, domenning hisobga olish yozuvlari ro‘yxati saqlanadigan kompyuter. " Domen manzili|"Qar.: Domen nomi. " Domen nomi|"1. Nomlarning domen tizimiga muvofiq, kompyuter tarmog‘i uzeliga berilgan, noyob simvolli nom. 2. IP-manzilni simvolli ko‘rsatish. " Domen nomini ro‘yxatga kiritish|"Talabnoma asosida domen nomi va uning administratori to‘g‘risidagi axborotni ro‘yxatga oluvchi tomonidan reyestrga kiritib qo‘yish. Reyestrga domen nomi to‘g‘risidagi axborot kiritilgan vaqtdan boshlab u ro‘yxatga olingan hisoblanadi. Masalan, «uz» domenida ro‘yxatning kuchga ega bo‘lish muddati uch yilgacha. " Domen nomlari reyestri|"Domenning markaziy maʼlumotlar bazasi. Unda ro‘yxatdan o‘tgan domen nomlari, domenlarning administratorlari to‘g‘risidagi va domenlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun zarur axborot saqlanadi. " Domen nomlari tizimi|"Internetga o‘xshash tarmoqda bog‘langan kompyuterlarning har biriga noyob nomlar berishning iyerarxik tizimi. Izoh – Nom chapdan o‘ngga oshib boradigan iyerarxiya darajalariga mos keladigan, nuqta bilan ajratilgan qismlar domenlaridan iborat. " Domen nomlari xizmati|"IP-manzil sonlari va matnli nomlar o‘rtasida moslik o‘rnatadigan, Internet tarmog‘ida qo‘llaniladigan mexanizm. " Domen nomlarini ro‘yxatdan o‘tkazuvchi|"Domen nomlarini ro‘yxatga olish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadigan va tegishli axborotni reyestrga uzatadigan yuridik shaxs. " Domen nomlarini o‘girish|"Internet domen nomini mos ravishda IP-manzilga o‘girish jarayoni. " Domen nomlarining serveri|"Kompyuter nomlarini IP-manzillaridagi domen nomlariga o‘tkazadigan tarmoqning xizmatga oid kompyuteri. " Domenni joylashtirish|"Domen nomlarini DNS-serverlarda ro‘yxatdan o‘tkazish. Domenni xususan qayd etuv-chida, shuningdek tashqi maydonlarda qayd etish mumkin. " Domenning rezerv kontrolleri|"Windows NT domenidagi kompyuter, domenning xavfsizlik siyosati va ma’lumotlar bazasi nusxalarini o‘zida saqlaydi. Agarda domenning bosh kontrolleridan foydalanish mumkin bo‘lmasa, undan zaxira sifatida foydalaniladi. " Domenning yordamchi kontrolleri|"Tarmoq yuklanganida yoki ishdan chiqqanida domenning asosiy kontrolleri (tartibga soluvchi)ni almashtirib turuvchi va Active Directory dagi ma’lumotni replitslovchi (nusxalovchi) zahira serveri. " Dominant (asosiy) marshrutizator|"Aktiv abonentlarni aniqlaydigan va so‘rovlarning davriy ravishda yuborilishi uchun javob beradigan asosiy marshrutizator. " Doppler effekti|"Signal manbaiga va/yoki tarqalish muhitiga nisbatan harakat qiladigan, nuqtada kuzatiladigan signal chastotasining o‘zgarishi. " Dorvey|"1-3 kalitli so‘z yoki iboralar uchun maqbullashtirilgan sahifalar. Ularni odatda kirish sahifalari, shlyuzlar (gateway) .g yoki reklama sahifalari (splash pages) deyiladi. Ko‘p hollarda dorveylar maʼlum izlash mashinasi uchun maxsus yaratiladi. " Dotkom|"Biznes-modeli to‘liq Internet tarmog‘i doirasidagi faoliyatga asoslangan kompaniya. Ushbu nom 1990-yillarning oxirida keng tarqalgan bo‘lib, inglizcha «dot-com» («nuqta-com») iborasidan kelib chiqqan. " Dog‘ vobulyatsiyasi|"Yoyuvchi elementga satrlarni kengaytirish bilan satr tuzilmasini qisman sezilarli qilish uchun xabar beradigan, yoyish satrlariga perpendikulyar bo‘lgan tebranma harakat. Izoh – Taalluqli fransuzcha atama «Vobuler». " Drayver|"1. Amaliy jarayonlar va tashqi qurilmalar o‘rtasida maʼlumotlar almashinuvini boshqaradigan, tezkor xotiraga yuklanadigan dastur. 2. Operatsion tizimning, bajariladigan dasturning ayrim qurilmalar bilan birgalikda ishlashini taʼminlaydigan va undan qulayroq foydalanishga ko‘maklashadigan boshqaruvchi dasturi. " Drayverlarning yangilanishi|"Drayverning yanada yangi, yanada funksional versiyasini qabul qilish uchun xizmat qiladi. " Drogen|"Dorvey generatori, ko‘pincha Markov zanjiri bilan ishlatiladi. Dorvey generatsiyasi kalit so‘zlar ro‘yxati va mavzuli saytlar matni asosida amalga oshadi. Dorgen berilgan algoritm bo‘yicha ko‘pgina bet mazmunsiz matnlarni to‘playdi. Ular o‘zaro (baʼzida esa boshqa dorveylar bilan) ulagich orqali bog‘langan bo‘ladi. " Dupleks aloqa|"Aloqa usuli, bunda uzatish telekommunikatsiyalar kanalining ikkala yo‘nalishida bir vaqtda amalga oshiriladi. " Dupleks uzatish|"Axborotni ikkala yo‘nalishda navbatma-navbat (yarim dupleks) hamda bir vaqtning o‘zida (to‘liq dupleks) uzatish. " Duplekser|"Axborotni uzatish va qabul qilish uchun bitta antennadan bir vaqtda foydalanishga yo‘l qo‘yiladigan antenna ajratuvchi filtri. " Dupleksorlash|"Ikkita fizik mustaqil simpleks kanalining har biridan axborot faqat bir yo‘nalishda uzatiladigan abonentlar o‘rtasida ikki tomonlama aloqani tashkil etish. Izoh – Amaliyotda dupleksorlashning ikkita: qabul qilish va uzatish kanallarini FDD va TDD bo‘yicha bo‘lish sxemasi qo‘llaniladi. " Duplikator|"Disklar, disketalar, magnit tasmalarni ko‘paytirish (nusxa olish) qurilmasi. " Do‘stona interfeys|"Foydalanish, qo‘llash uchun qulay va oddiy tashkil qilingan foydalanuvchining interfeysi. E " Effektiv nurlanadigan quvvat|"Berilgan yo‘nalishda yarimto‘lqinli dipolga nisbatan, antennaga uzatilayotgan quvvatning uning kuchaytirish koeffitsiyentiga bo‘lgan ko‘paytmasi. " Effektiv sochilish maydoni|"Maydon o‘lchamliligiga ega radiolokatsiya obyektlarining xususiyatlarini aks ettiradigan va nurlantiruvchi obyektning shu energiya oqimi zichligiga radiolokatsion stansiyaga obyektdan qaytadigan elektromagnit energiya quvvatining nisbatiga teng xarakteristikasi. " Efir|"Radioto‘lqinlar tarqaladigan elektromagnit muhitning umumlashtirilgan nomi. " Efir orti radiokuzatuvi|"Aloqa vositalarining ishchi chastotalari va ish rejimlarini elektromagnit va xalaqit mavjud vaziyatlarni tahlil qilish maqsadida nazorat qilish. " Efirda bo‘lish vaqti|"1. Abonent qurilmasi radiokanalga ulanib turgan umumiy vaqt. 2. Abonent tomonidan bir oy ichida radioaloqa kanalidan jami foydalanish vaqti (minutlarda) bo‘lib, har oylik to‘lovlarni hisoblashda ishlatiladi. " Efirga chiqilmasdan amalga oshiriladigan nazorat|"Radiostansiyani halqali tekshirish rejimi, bunda qabul qilgich o‘z uzatgichining signalini qabul qiladi. " Egalik|"Obyektga egalik qilishga nisbatan mutlaq huquqlarga egalikni nazarda tutuvchi harakat. " Egallash, tutish|"Axborotni qandaydir bir qurilmadan signalni bekor qilish va rasshifrovka qilish yo‘li bilan qabul qilish. Odatda, ovoz va videoni tutish amalga oshiriladi. " Egilish tufayli yo‘qotishlar|"Toladagi so‘nish shakli. Tolaning xilma-xillik atrofida egilishi (makro egilish) yoki toladagi mikroskopik buzilish (mik-ro egilish) natijasi hisoblanadi. " Egiluvchan disk|"Kompyuter axborotni yozish uchun mo‘ljallangan, asosi yupqa egiluvchan polimer magnit moddadan plastina shaklida yasalgan magnit disk. Plastina chang va shikastlanishdan saqlovchi, ichki tomonida tozalovchi qoplama bo‘lgan zich korpusga joylashtirilgan. Korpusdagi o‘yiq maʼlumotlarni yozish va o‘qish uchun xizmat qiladi. Axborot diskda konsentrik yo‘laklar bo‘ylab joylashtiriladi va saqlanadi. " Egiluvchan magnit diskdagi o‘qish qurilmasi|"Disketadan ma’lumotlarni o‘qiydigan va ma’lumotlarni disketaga yozadigan elektron hisoblash mashinalari apparat vositalarining qurilmasi. " Egiluvchan magnit disklar diskovodi|"Egiluvchan magnit disklardagi to‘plagich. Dastlab 8"" o‘lchamga ega edi, keyinchalik esa 5,25"" gacha kichraytirildi. Oxirgi ishlatilgan disketalar 3,5"" o‘lchamli va 1.44 Mbyte hajmga ega edi. Hozirda CD-diskovod va Flash-jamlovchilar uning o‘rnini egallab olgan. " Egiluvchan to‘lqin o‘tkazgich|"Geometrik shaklining o‘zgarishi, elektr xossalari jiddiy o‘zgarishiga olib kelmaydigan to‘lqin o‘tkazgich. " Ehtimoliy shifrlash|"1. Bitta ochiq matnga shifrmatnlar to‘plami to‘g‘ri kelishi mumkin bo‘lgan shifrlash sxemasi. 2. Tasodifiy parametrlardan foydalangan holda shifrlash jarayoni. " Ehtiyoj dugasi|"Resurslarni taqsimlash grafasidagi duga, jarayonni cho‘qqidan cho‘qqiga olib o‘tadi, resurs punktir chiziq bilan ifodalanadi va bu jarayon ushbu resursni talab qilishi mumkinligini bildiradi. " Ekran|"1. Proyektor tomonidan hosil qilingan tasvir aks etayotgan yuza. 2. Matnli yoki tasvirli ixtiyoriy mazmundagi axborot ko‘rsatiladigan qurilma (televizor, monitor, elektron soatlar, telefon va h.k.). 3. Parazit nurlanishni kamaytirish va elektromagnit nurlanishlarning kabelga zararli ta’sirini kamaytirish uchun mo‘ljallangan kabelning sirtini to‘r to‘qib o‘rash. 4. Insonni yoki texnik qurilmalarni noqulay, zararli yoki bu ta’sirni uning yuzasi bilan aks ettirish orqali xavfli zararlardan himoya qilish uchun mo‘ljallangan qurilma yoki obyekt. " Ekran imitatsiyasi|"Hech narsadan gumon qilmagan foydalanuvchiga, uning nomi va parolini bilib olish uchun soxta so‘roq ekranini yoritish bilan bog‘liq ekran maskirovkasi. " Ekran klaviaturasi|"Operatsion tizimning, ekranda haqiqiy klaviatura kabi ishlaydigan virtual klaviaturani aks ettiradigan standart dasturi. " Ekran lupasi|"Turli operatsion tizimlarning maxsus imkoniyatlari tarkibiga kiruvchi dastur. Ishlash tartibi oddiy lupa kabi, ya’ni ekrandagi biror elementning qismlarini aniqroq ko‘rish yoki ko‘rish qobiliyati past bo‘lganda kattaroq qilib ko‘rsatadi. " Ekran operatsiyalarini tezlashtirgich|"Markaziy protsessorning ishtirokisiz, ekranda oynani o‘zgartirish yoki qayta chizish yo‘li bilan operatsion tizim ishini tezlatish uchun mo‘ljallangan grafik plata. " Ekran surati|"Foydalanuvchi tomonidan ekranda ko‘rinib turgan yoki boshqa qurilmani ko‘rsatishda kompyuter tomonidan olingan tasvir. Odatda, bu raqamli tasvir foydalanuvchining komandasiga asosan operatsion tizim yoki boshqa dastur tomonidan amalga oshiriladi. " Ekran o‘lchami|"Monitor ekranida chiqadigan axborot miqdorini aniqlovchi kattalik (nuqtalarda o‘lchanadi). Ekranning quyi ruxsat etish darajasida, masalan 640 x 480 da, tasvir sohasi kichrayadi va alohida elementlar kattalashadi. Yuqori ruxsat etish darajasi 1024 x 768 da esa tasvir sohasi kattalashadi va unga muvofiq alohida elementlarni kichik ko‘rinishda chiqarish mumkin bo‘ladi. " Ekran shakli|"Operator interfeysi, bunda ma’lumotlar ekrandagi maydonlarda kiritiladi va chiqariladi, operator esa, kiritish kursorini maydonlar o‘rtasida siljitib, ularning ichidagini to‘ldiradi yoki o‘zgartiradi. " Ekranlangan kamera|"Ichki va tashqi elektromagnit vaziyatni ajratish uchun ekranlash xususiyatlariga ega bo‘lgan xona. " Ekranlanmagan o‘ralgan juft|"Telefon aloqasi yoki kompyuter qurilmalarining bog‘lanishi uchun foydalaniladigan ichki sim. U egiluvchan izolyatsion trubka ichidagi ikkitalik yoki to‘rttalik o‘ralgan juft simlardan tashkil topadi va modulli tiqin yoki telefon ajratgichlardan foydalanadi. " Ekranlash|"1. Tarmoqlararo ekranning, tashqi sohadan bo‘ladigan ruxsat etilmagan so‘rovlarni rad qilgan holda, ichki soha obyektlarining xavfsizligini ta’minlaydigan funksiyasi. 2. Uzatiladigan ma’lumotlarni filtrlash yo‘li bilan tarmoqlararo foydalanishni chegaralash. " Ekranlash koeffitsiyenti|"Maydonning, ekranda hosil qilinadigan fazoning shu nuqtasidagi tashqi manbadan, susayishini tavsiflovchi koeffitsiyent. " Ekranni himoyalash dasturi|"Klavish oxirgi marta bosilgandan yoki «sichqoncha» surilgandan keyin ma’lum vaqt o‘tgach, ekranni umuman o‘chiradigan yoki vaqtda o‘zgaradigan rasmni ko‘rsata-digan dastur. Bunday dasturlar ekran lyumi-nofori tez yonib tugashining oldini olish uchun mo‘ljallangan. " Ekranni saqlovchi|"Foydalanuvchi kompyuterda ishlamayotgan vaqtida, ekranga harakatdagi tasvirni chiqaruvchi dastur. Klaviaturadan birorta klavish bosilsa yoki «sichqoncha» qimirlasa, ekran saqlovchisi chiqargan tasvir darhol yo‘qolib ketadi. Bunday dasturlar ayrim monitorlar ekranlarini lyuminofor yonishidan saqlaydi. " Ekranning kuchaytirish koeffitsiyenti|"Ekranning akslantirish xossasi kattaligining, etalon materialning xuddi shu xarakteristikaga nisbati. " Ekspert baholash|"Izlash usuli va ekspertning shaxsiy fikridan yoki ekspertlar guruhining umumiy fikridan foydalanish asosida olingan, usulni qo‘llash natijasi. " Ekspert darajadagi tarmoqlararo ekran|"Paketlarni filtrlashning maxsus algoritmlari. Ular yordamida har bir paket mualliflashtirilgan paketlarning ma’lum namunasi bilan taqqoslanadi. Qabul qilinadigan paketlarning ichidagi VOS modelining uchta: tarmoq, seans va amaliy darajalarida tekshiriladi. " Ekspert tizimi|"Malakali ekspertlarning bilimi, tajribasi hamda kompyuterlarning imkoniyatlari asosida vazifalarni hal qilish uchun yaratilgan sun’iy intellekt tizimi. Ekspert tizimi – bu, kompyuter uchun dastur bo‘lib, uning yordamida rasmiy, absolyut aniq yechimlar olish mumkin bo‘lmagan vaziyatda maqbul yechim olish mumkin bo‘ladi. Ekspert tizimi odatda, uchta blokdan, ya’ni bilimlar bazasi, mantiqiy xulosa bloki, foydalanuvchi bo‘lgan interfeysdan iborat bo‘ladi. " Ekspert xulosasi|"Ekspertiza obyektining talablarga mos kelishi yoki to‘g‘risida asoslangan xulosalarni ichiga oladigan hujjat. " Eksploit|"Kompyuter tizimiga dasturiy ta’minotning zaif joyidan foydalanish orqali hujum qilish. Keyinchalik tizimga hujum qilish maqsadidagi g‘araz niyatli foydalanuvchi huquqlarini oshirishda foydalaniladi. " Ekspluatatsion dasturlash|"Dasturning, dastur buyurtmachida joriy qilingandan so‘ng o‘zgartirilishi. Yangi funksional imkoniyatlarni qo‘shish, xatolarni tuzatish yoki foydalanishda qulayroq qilish maqsadida bajariladi. " Eksport|"Bir platformadagi ma’lumotlar bazasi ma’lumotlarini boshqa platformadagi ma’lumotlar bazasiga yoki bir formatdagi fayl ma’lumotlarini boshqa dasturdan foydalanish uchun boshqa formatdagi faylga o‘tkazish. " Ekstent|"Kirish/chiqarish qurilmasidagi, ma’lumotlarning muayyan jami uchun band qilingan yoki zaxiralangan fizik soha. " Ekstrakod|"Operatsion tizim ichidagi, apparat funksiyalarni emulyatsiyalaydigan qisqa kichik dasturlar. " Ekstranet tarmog‘i|"Yopiq korporativ intratarmoqni kengaytirish natijasida hosil bo‘lgan tarmoq. U biznesni samaraliroq olib borish uchun tashkilot axborot tizimidan tanlov asosida foydalanish zarurati bo‘lgan mijoz, yetqazib beruvchi, subpudratchi va ishchan hamkorlarni hamda tashkilotga nisbatan boshqa tashqi tomonlarni o‘zaro bog‘laydi. " Ekstremal dasturlash|"Dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish metodologiyalaridan biri. " Ekvayrer (bank-ekvayrer)|"To‘lov tizimi vositalari bilan xizmat ko‘rsatish ishtirokchilarining o‘zaro hamkorligini taʼminlash bo‘yicha zarur operatsiyalar bajarilishini amalga oshiradigan moliya tashkiloti. " Ekvidistant antenna panjarasi|"Qo‘shni elementlar o‘rtasida bir xil masofaga ega liniya antenna panjarasi. " Ekvidistant elementlar|"Bir-biriga nisbatan bir xil masofada joylashgan antenna panjarasining elementar nur tarqatgichlari. " Ekvivalent izotrop nurlanuvchi quvvat (e.i.n.q.)|"Antennaga uzatiladigan quvvatning, izotrop antennaga nisbatan berilgan yo‘nalishda bu antennaning kuchaytirish koeffitsientiga ko‘paytmasi. Izoh – Izotrop antenna, unga 1kW quvvat uzatilganda barcha yo’nalishlarda 1 kW ga teng e.i.n.q. ni taʼminlaydi, va 1km masofada 173 mV/m maydon kuchlanganligini hosil qiladi, deb hisoblanadi. " Elektr pastga og‘ish|"Antenna elementlarini fazalash yo‘li bilan yoki analog elektr vositalar yordamida amalga oshiriladigan antennaning pastga og‘ishi. Elektr ravishda o‘chiriladigan dasturlashtiriladigan doimiy xotira qurilmasi ing. - electrically (electrical) erasable programmable read-only memory (EEPROM) ru – электрически стираемое программируемое постоянное запоминающее устройство Kam ishlatiladigan yarim o‘tkazgich turiga tegishli dasturlashtirilgan doimiy xotira qurilmasi, uni tozalash yoki qayta dasturlash uchun elektr signallardan foydalaniladi. Ushbu signallar mikrosxemaning maxsus oyoqchalariga kompyuterning o‘zi yoki tashqi qurilma (dasturlovchi) tomonidan yuboriladi. 10 dan 100 ming siklgacha qayta yozish imkoniyatini beradi. " Elektr skanlanadigan antenna panjarasi|"Nurning elektr skanlanishi uning parametrlarini elektr boshqarish vositasida amalga oshiriladigan antenna panjarasi. " Elektr ta’minot tarmog‘i bo‘yicha xalaqitga chidamlilik (hisoblash texnikasi vositasining)|"Hisoblash texnikasi vositasining tarmoq xalaqitlari ta’siriga chidamliligi. " Elektrolyuminessensiya|"Elektr maydoni yoki tok qo‘zg‘atadigan lyuminessensiya. " Elektrolyuminoforlar|"Elektrolyuminessensiya xossasiga ega bo‘lgan moddalar. " Elektromagnit moslashuv|"Turli radioaloqa vositalaridan birgalikda foydalanish mumkin bo‘lgan hamda ularning o‘zaro ta’siri aloqa sifatining belgilangan normalardan pasayishiga olib kelmasligini kafolatlaydigan sharoit. " Elektromagnit moslashuv darajasi (hisoblash texnikasi vositasining)|"Parametrlarining qiymatlari qat’iy belgilangan tashqi xalaqitning hisoblash texnikasi vositasining xalaqit emissiyasiga bo’lgan normasi bilan xalaqitga chidamlilik normasi o‘rtasida yotuvchi, darajasi. Real sharoitlarda uning oshib ketish ehtimoli kam. " Elektromagnit moslashuv xarakteristikasi|"Texnik vositaning berilgan elektromagnit vaziyatda ishlash imkoniyatini va/yoki uning boshqa texnik vositalarga ta’siri darajasini ko‘rsatadigan xarakteristikasi. " Elektromagnit nurlanish|"Energiyaning manbadan elektromagnit to‘lqinlar ko‘rinishida fazoga nurlanish jarayoni. " (Elektromagnit nurlanishdan) biologik himoya|"Sanitariya normalari bilan belgilangan sathlarga mos keladigan elektromagnit nurlanishlarning qat’iy belgilangan darajalarini ta’minlash. " Elektromagnit to‘lqinlar dispersiyasi|"Elektromagnit to‘lqin fazaviy tezligining chastotaga bog‘liqligi. " Elektromagnit to‘lqinlarning nurlanishi|"Istalgan manbadan chiqayotgan energiyaning elektromagnit to‘lqinlar shaklidagi oqimi. " Elektromagnit to‘lqinlarning qaytishi|"Elektromagnit to‘lqinlar tarqalish yo‘nalishining ikki muhit chegarasida o‘zgarishi, bunda bo‘linish chegarasiga tushayotgan to‘lqin qisman yoki to‘liq holda o‘zi kelayotgan muhitga qaytadi. " Elektromagnit xalaqit|"Manbai tabiatdagi fizik hodisalar bo‘lgan elektromagnit xalaqit. " Elektromagnit xalaqitga chidamlilik; xalaqitga chidamlilik|"Texnik vositaning, elektromagnit xalaqitlar mavjudligi sharoitida sifatni pasaytirmasdan ishlash qobiliyati. " Elektromagnit xalaqitlardan himoyalash|"Telekommunikatsiya signalini elektromagnit xalaqitlardan himoya qilish maqsadida izolyatsiyalash. " (Elektromagnit) ta’sirchanlik|"Retseptorning elektromagnit xalaqitga ta’sirchanlik qobiliyati. " Elektromagnit g‘alayonlanish|"Qurilma, uskuna yoki tizim xarakteristikalarini yomonlashtirishi mumkin bo‘lgan har qanday elektromagnit hodisa. " Elektron arxiv|"Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda saqlanishi zarur bo‘lgan elektron hujjatlar to‘plami. " Elektron autsorsing|"Boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga biznes-jarayonlar bajarilishini topshirish, axborot texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan xizmatlarni taqdim etish. " Elektron axborot-xizmati hujjati|"Elektron raqamli imzo bilan himoyalangan, hisob-kitobni amalga oshirishda va banklarda ochilgan schyotlar (hisob varaqlari) bo‘yicha operatsiyalarni o‘tkazishda axborot almashinuvini taʼminlaydigan hujjat. " Elektron bildirish|"Axborot tizimi vositasida jismoniy yoki yuridik shaxsni davlat organi yoki boshqa tashkilotning elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish yuzasidan harakatlarini tasdiqlash to‘g‘risida xabardor qilish. " Elektron biznes|"Samaradorligi va raqobatbardoshliligi axborot texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan biznes. Izoh – Elektron biznes sheriklar va buyurtmachilar bilan bo‘ladigan butun o‘zaro munosabatlar tizimini qamrab oladi va faqat tijoriy faoliyatga taalluqli bo‘lgan elektron tijorat tushunchasini ichiga oladi. " Elektron boshqaruvchi qurilma|"Tashqi qurilmalar ishini boshqarish uchun mo‘ljallangan qurilma (mikrosxema). " Elektron bozor|"Yagona axborot-texnologik infratuzilmada o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradigan yetkazib beruvchilar va xaridorlar guruhi. " Elektron davlat xizmati|"Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilgan holda ko‘rsatiladigan davlat xizmati. " Elektron davlat xizmati reglamenti|"Elektron davlat xizmati ko‘rsatish tartibi va unga qo‘yiladigan talablarni belgilaydigan normativ-huquqiy hujjat. " Elektron davlat xizmatini ko‘rsatish natijasi|"Talabnoma beruvchilar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining amalga oshirilishi, shu jumladan, ularga tegishli axborot va hujjatlarning taqdim etilishi. Davlat organlari tomonidan elektron davlat xizmati ko‘rsatish reglamentiga muvofiq tegishli ishlarni amalga oshirishda ifodalanadi. " Elektron davlat xizmatlarining yagona reyestri|Elektron davlat xizmatlarining to‘liq ro‘yxatini ichiga oladigan interaktiv davlat xizmatlarining yagona portalida e’lon qilinadigan, davlat xizmatlari, shakllari va blanklari yagona reyestri tarkibida shakllantiriladigan, Internet tarmog‘idagi ochiq va hamma foydalana oladigan axborot resursi. Elektron demokratiya|"Mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarishdan tortib xalqaro darajagacha bo‘lgan barcha bosqichlarda jamoaviy fikrlash (kraudsorsing) va ma’muriy jarayonlar (xabardor qilish, birgalikda qarorlar qabul qilish – elektron ovoz berish, qarorlar bajarilishini nazorat qilish) uchun asosiy vosita sifatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bilan tavsiflanadigan demokratiya shakli. " Elektron disk|"Tezkor xotira qismidan dasturiy tarzda yaratilgan psevdodiskli to‘plagich. Operatsion tizim u bilan real mavjud bo‘lgan disk bilan ishlagandek ishlaydi. Ma’lumotlardan foydalanishni tezlatish maqsadida fizik mavjud diskdan ma’lumotlarni vaqtinchalik takrorlash uchun foydalaniladi, chunki tezkor xotira diskli xotiraga nisbatan birmuncha tez ishlaydi. Ko‘pincha, virtual disk deb ataladi. " Elektron (elektr) sinov jadvali|"Elektr vositalari yordamida olingan signal hosil qilgan televizion sinov jadvali. " Elektron e’lonlar taxtasi|"Terminal kira olish interfeysi orqali elektron pochtadan foydalanish, kerakli fayllarni ko‘chirib olish va alohida Internet-xizmatlaridan foydalanish tizimi. Uning asosini turli foydalanuvchilar joylashtirgan e’lonlar va ularni boshqa foydalanuvchilarga namoyish qilish maqsadida yuborilgan xabarlardan iborat maxsus ma’lumotlar bazasi tashkil qiladi. " Elektron hisoblash mashinasi|"Elektron asboblari bo‘lgan hisoblash mashinasi. " Elektron hujjat|"1. Elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa elektron hujjat rekvizitlariga ega bo‘lgan axborot. 2. Hisoblash tizimi xotirasidagi odamning dasturiy va apparat vositalari yordamida ko‘rishi hamda eshitishi uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar to‘plami. Matnli, grafik va ovozli axborotga ega bo‘lishi mumkin. " Elektron hujjat aylanishi|"Axborot tizimi orqali elektron hujjatlarni jo‘natish va olish jarayonlarining majmui. " Elektron hujjat aylanishi ishtirokchisi|"Elektron hujjatni jo‘natuvchi va elektron hujjatni oluvchi. Izoh – Elektron hujjat aylanishida axborot vositachilari ham ishtirok etishlari mumkin. " Elektron hujjat aylanishi tizimi|"1. Elektron hujjatlar bilan ishlash (yaratish, o‘zgartirish, izlash), shuningdek, xodimlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik o‘rnatish (hujjatlarni uzatish, topshiriqlar berish, xabarnomalar jo‘natish va b.lar) imkonini beradigan kompyuter dasturi (dasturiy ta‘minot, tizim). 2. Elektron hujjatlar bilan ishlash (ya’ni, elektron hujjat aylanishi) ni tashkil qilish va avtomatlashtirishga imkon beradigan tizim (kompyuter dasturi, dasturiy ta’minot va b.lar). " Elektron hujjat aylanishi vositalari|"Elektron hujjat aylanishida qo‘llaniladigan dasturiy, texnik va texnologik vositalar majmui. " Elektron hujjat egasi|"Qonun hujjatlarida belgilangan huquqlar chegarasida elektron hujjatlarga egalik qilish, foydalanish va boshqarishni amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs. " Elektron hujjat formati|"«Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi Qonuni yoki tizim ishtirokchilarining kelishuvlari bilan o‘rnatilgan еlektron hujjatning majburiy standartlashtirilgan rekvizitlari. " Elektron hujjat haqiqiyligini tasdiqlash|"Elektron hujjat barcha rekvizitlari o‘zgarmasligini tekshirishning ijobiy natijasi. " Elektron hujjat rekvizitlari|"Elektron hujjatning haqiqiyligini tan olish uchun zarur bo‘lgan majburiy ma’lumotlar (elektron raqamli imzo, yuridik shaxsning nomi yoki elektron hujjat jo‘natuvchisi – jismoniy shaxsning familiyasi, ism-sharifi, elektron hujjat jo‘natuvchisining pochta va elektron manzili, uning yaratilish sanasi). " Elektron hujjatlar qiymati ekspertizasi|"Elektron hujjatlarning, ularni saqlash uchun saralash va ularni saqlash muddatlarini belgilash maqsadida, qiymatini aniqlash. " Elektron hujjatlar repozitoriyi|"Elektron hujjatlar qayta ishlanishini va saqlanishligini ta’minlaydigan, shuningdek, Yagona portalda shakllantirilgan elektron hujjatning haqiqiyligini tekshirish vositalarini taqdim etadigan axborot resursi. " Elektron hujjatlarni boshqarish tizimi|"Elektron hujjatlar bilan ishlash jarayonini avtomatlashtirish tizimi. Hujjatlar arxivini va ish jarayonlarini avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan dasturiy ta’minotni o‘z ichiga oladi. " Elektron hujjatni identifikatsiyalash|"Elektron hujjatning rekvizitlari asosida uning tuzilmasini aniqlash. " Elektron hujjatni jo‘natuvchisi|"Elektron hujjat rekvizitlarida nomi ko‘rsatilgan hamda elektron hujjat oluvchisiga elektron hujjatni jo‘natayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs. " Elektron hujjatni qabul qilib oluvchi|"Elektron hujjatning jo‘natuvchisi tomonidan elektron hujjat manzillangan yuridik yoki jismoniy shaxs. " Elektron hujjatni qayta tiklash|"Odamning bevosita idrok qilishi uchun qulay bo‘lgan elektron hujjatni amalga oshirish. " Elektron hujjatni tuzuvchi|"Saqlash uchun kimdir tomonidan yoki kimningdir nomidan elektron hujjatni jo‘natgan yoki tayyorlagan shaxs. " Elektron hujjatning asl nusxasi|"Elektron hujjatning aynan bir xil nusxasi, basharti u belgilangan tartibda haqiqiy deb tasdiqlangan bo‘lsa, asl nusxadir. " Elektron hujjatning nazorat xarakteristikasi|"Xeshlash vositalari yordamida ishlab chiqilgan va elektron hujjatning yaxlitligini tasdiqlash uchun mo‘ljallangan xesh funksiyaning ahamiyati. Izoh – Elektron hujjatning yaxlitligi, unga ruxsat etilmagan o‘zgarishlar kiritilmaganligini va elektron hujjatni qayta ishlashda yoki uni aloqa kanallari bo‘yicha uzatishda mashina tashuvchilaridagi shikastlanishlar va dasturiy-texnik vositalardagi nosozliklar natijasida buzilmaganligini ko‘rsatadi. " Elektron hujjatning qog‘ozdagi nusxasi|"Elektron hujjatning qog‘ozdagi nusxasining tashqi shaklini ifodalashni qonunchilik tomonidan o‘rnatilgan tartibda guvohnomalash yo‘li bilan yaratiladi. Elektron hujjatning qog‘ozdagi nusxasi qonunchilik bilan o‘rnatilgan tartibda guvohnomalanadi va saqlanadi. " Elektron hukumat|"Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash yo‘li bilan, davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatini, shuningdek, idoralararo elektron o‘zaro hamkorlikni taʼminlashga yo‘naltirilgan, tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimi. " Elektron hukumat infratuzilmasi|"Elektron shaklda funksiyalarni amalga oshirish va xizmatlar ko‘rsatishda davlat hokimiyati organlari, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari, fuqarolar va yuridik shaxslarning o‘zaro hamkorligini ta’minlaydigan, joylashtirilgan davlat axborot tizimlari, dasturiy-apparat vositalari va aloqa tarmoqlarining majmui. " Elektron hukumat yagona identifikatorlari|"Har bir jismoniy va yuridik shaxsga, kadastr va ko‘chmas mulk obyektlariga, geografik va boshqa obyektlarga beriladigan hamda ularni elektron hukumatda identifikatsiya-lash imkonini beradigan noyob kodlar. " Elektron iqtisodiyot|"Raqamli texnologiyalarga asoslangan iqtisodiy faoliyat. " Elektron ish yuritish|"Elektron hujjatlashtirishni va elektron hujjatlar bilan ishlashni qamrab oladigan tashkil qilish faoliyati. " Elektron jadval|"Har xil hisoblash vazifalari uchun mo‘ljallangan dasturiy mahsulot. Foydalanuvchiga yacheykalarida matnli va sonli ma’lumotlar, shuningdek, formulalar saqlanadigan jadval ko‘rinishida taqdim qilinadi. Qo‘yilgan formulalar bo‘yicha tezkor hisoblash mumkin, ma’lumotlar o‘zgarganda avtomatik qayta hisoblash bajariladi. Elektron jadvallar ‒ boshqarish tizimi bilan birgalikdagi spetsifik ma’lumotlar bazasidir. Dasturchi bo‘lmagan foydalanuvchi uchun mo‘ljallangan. " Elektron jurnal|"Kompyuter dasturi yaratadigan, qandaydir voqea yoki operatsiya to‘g‘risidagi axborotni maxsus faylga yozish. " Elektron kalit|"Dasturiy mahsulotlarni noqonuniy ko‘pay-tirish va foydalanishdan muhofaza qilish qurilmasi. Elektron kalit – bu qandaydir parol yozilgan xotirali mikrosxemadan iborat, kichik o‘lchamdagi blokdir. Blok kompyuterning parallel portiga ulanadi, printer yoki boshqa qurilmani ulashga xalaqit bermaydi. Himoyalangan dastur ishga tushirilganda elektron kalitda yozilgan parol tekshiriladi. " Elektron karmon|"Elektron pullarni saqlash va turli to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradigan, ichiga chip o‘rnatilgan smart-karta yoki boshqa elektron tashuvchi. Izoh – Umuman olganda elektron karmon tushunchasi yaqindan ommalashib bormoqda. " Elektron kitob|"Raqamli ko‘rinishdagi, stol, cho‘ntak kompyuterlaridagi, noutbuklardagi, shuningdek, bu maqsad uchun maxsus mo‘ljallangan kompyuterlardagi maxsus dasturiy ta’minot (masalan, Microsoft Reader) yordamida o‘qish uchun mo‘ljallangan kitob. Kitob tegishli tugmalarni bosish orqali varaqlanadi. Matnni kompyuterning yoritiladigan displeyida batareya yoki akkumulyatorning ishlash muddati mobaynida o‘qish mumkin. " Elektron kommunikatsiya|"Qatnashchilarning elektron aloqa kanallari bilan bevosita ifodalangan o‘zaro aloqasi. " Elektron litsenziyalash portali|"Litsenziyalash va ruxsat beradigan protseduralar sohasida interaktiv xizmatlarni taqdim etishning «Litsenziya» axborot tizimlari kompleksi. Bu kompleks elektron ko‘rinishda litsenziyalar va ruxsatnomalar rasmiylashtirilishini avtomatlashtirishdan foydalanishning yagona nuqtasi hisoblanadi. " Elektron marka|"Oddiy va buyurtma xatlar, pochta varaqchalari va banderollarga tushirish uchun mo‘ljallangan, qo‘shimcha axborot kiritilgan, pochta aloqasi xizmatlariga to‘lovni tasdiqlovchi shtrixli pochta identifikatori ko‘rinishidagi pochta markasi. " Elektron maydon|"Internet tarmog‘ida joylashtirilgan umumiy foydalanishdagi axborot tizimi. Jumladan, axborot tizimi deganda, ma’lumotlar bazalarida bo‘lgan axborot va uning qayta ishlanishini ta’minlaydigan axborot texnologiyalari hamda texnik vositalar majmui tushuniladi. Elektron maydon: - saytning Internet tarmog‘idagi domen nomi; - ma’lumotlar bazasi; - dasturiy-apparat kompleksi; - aloqa kanali; - texnik ta’minot xizmati kabi beshta elementdan iborat. " Elektron ma’lumotlar|"1. Elektron vositalar yordamida shakllantiriladigan, qayta ishlanadigan, saqlanadigan, jo‘natiladigan va olinadigan ma’lumotlar. 2. Elektron, optik yoki shunga o‘xshash vositalar yordamida tayyorlangan, jo‘natilgan, olingan yoki saqlanadigan axborot, shu jumladan ma‘lumotlar bilan elektron almashish, elektron pochta, telegraf, teleks yoki telefaks va b.lar. " Elektron ma’lumotlar almashinuvi|"Axborotni bir kompyuterdan boshqasiga, kelishilgan axborotni tizimlashtirish standartidan foydalanib, elektron uzatish. " Elektron ma’lumotlarni jo‘natuvchi|"Nomiga yoki nomidan elektron ma’lumotlar yuboriladigan yuridik yoki jismoniy shaxs, bu ma’lumotlarga nisbatan axborot vositachilari sifatida ish ko‘radigan shaxslardan tashqari. " Elektron maʼlumotlarni oluvchi|"Jo‘natuvchi tomonidan yoki jo‘natuvchi nomidan, elektron maʼlumotlar jo‘natiladigan yuridik yoki jismoniy shaxs, bu maʼlumotlarga nisbatan axborot vositachisi sifatida ish ko‘radigan shaxslardan tashqari. " Elektron muhofaza qilish qurilmasi|"Kompyuter tarkibidagi qulf, javob bergich va sh.k. funksiyalarni bajaruvchi va dasturni hamda ma’lumotlarni ruxsat etilmagan tarzda foydalanishdan muhofaza qilish uchun mo‘ljallangan elektron qurilma. " Elektron naqd pullar|"Hisob-kitoblar uchun, shu jumladan Internet tarmog‘idan foydalanib amalga oshiriladigan hisob-qitoblar uchun foydalaniladigan, bank yoki boshqa tuzilma tomonidan elektron (raqamli) sertifikatlar shaklida emissiya qilingan, ko‘rsatuvchiga bo‘lgan pul majburiyatlari. Izoh – Elektron naqd pullarning bank kafolatlari, majburiyatni uning emitentiga taqdim etish paytida oddiy pul mablag‘lari bilan taminlashdan iborat. " Elektron nashr|"Internet yoki boshqa onlayn xizmatlar orqali foydalanish mumkin bo‘lgan nashr. " Elektron-nurli trubka|"Tasvirlarni qayta tiklash qurilmasi, unda elektr signal ekranning ichki tomonidagi lyuminaforlarning yorug‘lanishiga sababchi bo‘ladigan elektron nurga aylantiradi. CRT qisqartmasini, shuningdek, Cathode Ray Terminal kabi ham o‘qish mumkin, bu trubkaning o‘ziga emas, balki unga asoslangan qurilmaga mos keladi. " Elektron-nurli trubka asosidagi displey|"Ekranida tasvir elektron-nurli trubka yordamida yaratiladigan displey. Ishlash uchun, displeydan tashqari tegishli adapter yoki karta zarur bo‘ladi. Rangli tasvirni yaratish uchun va grafikadan foydalanish mumkin bo‘lishi uchun grafik adapter zarur. Elektron-nurli trubka asosidagi displeyda tasvir fluoressensiyalanadigan ekranni elektron nur bilan bombardimon qilish orqali yaratiladi. Nur ekran bo‘ylab chapdan o‘ngga, yuqoridan pastga harakatlanadi, bitta o‘tish ichida barcha gorizontal satrlar shakllantiriladi. Displeyning satr chastotasi – displey 1 s ichida shakllantiradigan satrlar soni; kadrlarning yangilanish chastotasi (kadr chastotasi) muhim ko‘rsatgichlar hisoblanadi. Raqamli boshqariladigan displeylar keng tarqalgan. Yaqin vaqtda displeyli panellarga ommaviy o‘tish kutilmoqda. " Elektron-optik o‘zgartirgish|"Tasvirning spektral tarkibini o‘zgartirish va/yoki tasvir yorqinligini kuchaytirish uchun mo‘ljallangan fotoelektron elektrovakuum asbob. " Elektron ovoz berish|"Ovoz berishning har xil turlarini belgilay-digan, ham elektron ovoz berish vositalarini (elektron demokratiya), ham ovozlarni sanab chiqishning texnik elektron vositalarini qam-rab oladigan atama. Internet-saylovlar elek-tron ovoz berishning bir ko‘rinishi hisoblanadi. Elektron ovoz berish texnologiyalari perfokartalarni, optik skanlash tizimlarini va ovoz berish uchun mo‘ljallangan ixtisoslash-tirilgan terminallarni o‘z ichiga olishi mumkin. Bu texnologiyalar, shuningdek, saylov byulletenlari va ovozlar telefon, xususiy kompyuter tarmoqlari yoki Internet orqali uzatilishini ham o‘z ichiga olishi mumkin. Elektron ovoz berish texnologiyasi ovozlarni sanab chiqish jarayonini tezlashtirish, shuningdek, imkoniyati cheklangan odamlarning ovoz berishini osonlashtirish imkonini beradi. " Elektron papka|"Elektron hujjatlarning o‘zaro bog‘langan to‘plami. " Elektron pochta|"1. Bir elektron pochta qutisidan boshqa bir elektron pochta qutisiga xabarlar jo‘natish yoki olish imkonini beradigan dasturiy-texnik vositalar kompleksi. 2. Internet tarmog‘ining istalgan abonenti bilan elektron pochta xabarlarini almashinish. 3.Tarmoqlar orqali xabarlarning foydalanuvchidan foydalanuvchiga yuborilishini, shuningdek, bu xabarni o‘qish va saqlash imkonini beradigan servis dasturlar tizimi. " Elektron pochta hisobga olish yozuvi|"Foydalanuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan yozuv, bunda foydalanuvchi o‘zi haqida elektron pochta tizimiga xabar beradi. " Elektron pochta Internet-xizmatlari|"Xizmatlar isteʼmolchisiga manzilni berish va bu manzilga maʼlumotlar qabul qilish, shuningdek, xizmatlar isteʼmolchisiga yuborilgan yoki uning nomiga kelgan maʼlumotlarni saqlash va jo‘natish bo‘yicha harakat yoki faoliyat. " Elektron pochta manzili|"Elektron pochta xabari yetkazib berilishi kerak bo‘lgan pochta qutisini identifikatsiya qiladigan yozuv. User@domain (masalan, chief@ pcweek.ru) formatiga ega. Ko‘pchilik Internet provayderlari elektron pochta manzili sifatida hisobga olish yozuvini taklif qiladilar. " Elektron pochta qutisi|"Internet tarmog‘i orqali xabarlarni olish yoki jo‘natish uchun noyob raqamdan (elektron pochta manzilidan) foydalaniladigan dasturiy-texnik vositalar kompleksi. " Elektron pochta serveri|"Ayrim lokal tarmoq kompyuterlari uchun elektron pochtani jo‘natish, qabul qilib olish va «taqsimlash»ni bajaradigan kompyuter va dasturiy ta’minot. " Elektron pochta xizmati|"Elektron pochta serveri tomonidan ko‘rsatiladigan xizmat, ya’ni mijoz o‘z serverini joriy xizmatga moslaganda u elektron xatlarini shu server orqali uzatish va qabul kilish imkoniga ega bo‘ladi. " «Elektron pochta» xizmatlari|"Istalgan foydalanuvchiga matn yoki matn ko‘rinishiga o‘zgartirilgan ixtiyoriy faylni jo‘natish imkonini beradigan xizmatlar. " Elektron pullar|"1. Kompyuterda yoki intellektual kartada maxsus yozuvlar ko‘rinishida mavjud bo‘lgan, aniq bir axborot texnologiyasi doirasida kontragentlarning o‘zaro hisob-kitoblari va xaridlar uchun foydalaniladigan pullar. 2. Emitentga bo‘lgan talabni o‘zida ifodalaydigan, elektron qurilmada saqlanadigan, chiqariladigan pul qiymatidan kam bo‘lmagan miqdorda mablag‘ olingandan so‘ng emissiya qilinadigan va boshqa korxonalar tomonidan to‘lov vositasi sifatida qabul qilinadigan pul qiymati. Izoh – yandexmoney, webmoney, qiwi karmon an’anaviy elektron pullarga kiradi. " Elektron pullar sohasidagi muassasa|"Elektron pullar shaklida to‘lov vositalari chiqaradigan (kredit muassasasiga qaraganda boshqacha) korxona yoki har qanday yuridik shaxs. " Elektron raqamli imzo|"Elektron raqamli imzo yopiq kalitidan foydalangan holda elektron hujjatdagi axborotni maxsus almashtirish natijasida ushbu elektron hujjatda hosil qilingan va elektron raqamli imzo ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborot buzib ko‘rsatilmaganligini aniqlash hamda elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkonini beradigan imzo. " Elektron raqamli imzo haqiqiyligini tasdiqlash|"1. Elektron raqamli imzo elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga tegishliligini va elektron hujjatda axborotni buzib ko‘rsatishlar yo‘qligini tekshirishning ijobiy natijasi. 2. Elektron raqamli imzoni tekshirish maʼlumotlarini muayyan shaxs bilan bog‘laydigan va bu shaxsning aynan o‘xshashligini tasdiqlaydigan elektron guvohnoma. " Elektron raqamli imzo haqiqiyligini tekshirish|"Reglamentlangan harakatlar ketma-ketligi, uning natijasida elektron raqamli imzo bilan imzolangan elektron hujjatni va ro‘yxatga olish guvohnomasi egasining ochiq kalitini olgan shaxs, elektron raqamli imzo haqiqiyligini tasdiqlaydi yoki uni rad etadi. " Elektron raqamli imzo kalitining sertifikati|"1. Ro‘yxatga olish markazi tomonidan berilgan va tasdiqlangan, elektron raqamli imzo ochiq kaliti muayyan yuridik yoki jismoniy shaxsga tegishliligini tasdiqlaydigan hujjat. Izoh – Sertifikat elektron raqamli imzo ochiq kalitidan foydalanish xavfsizligini taʼminlash uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha axborotni ichiga olishi mumkin. Sertifikat elektron hujjat shaklida berilganda, ushbu Markazning elektron raqamli imzosi bilan imzolanadi. 2. Ro‘yxatga olish markazi tomonidan berilgan va tasdiqlangan, elektron raqamli imzo ochiq kaliti imzo kaliti sertifikatining egasiga tegishliligini tasdiqlaydigan hujjat. " Elektron raqamli imzo kalitlarini qayd etish markazi|"Maxsus vakolatli organning davlat ro‘yxatidan o‘tgan va elektron raqamli imzo kalitlarining sertifikatlarini berish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs. " Elektron raqamli imzo vositalari|"1. Elektron hujjatda elektron raqamli imzo yaratilishini, elektron raqamli imzo haqiqiyligi tasdiqlanishini, elektron raqamli imzo ochiq va yopiq kaliti yaratilishini taʼminlaydigan texnik va dasturiy vositalarning majmui. 2. Kalitlarni tayyorlash, elektron raqamli imzoni ishlab chiqish va/yoki tekshirish funksiyalarini amalga oshiradigan dasturiy va texnik vositalar majmui. " Elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasi|"Elektron raqamli imzoni yaratadigan (elektron hujjatni imzolaydigan) va nomiga ro‘yxatga olish markazi tomonidan elektron raqamli imzo sertifikati berilgan jismoniy shaxs. " Elektron savdo|"1. Internetda elektron hujjat aylanishi orqali amalga oshiriladigan savdo. 2. Elektron aloqa vositalaridan, birinchi navbatda, Internet tarmog‘idan foydalangan holda tovarlar, ishlar, xizmatlarni xarid qilish va sotish, foydalanish va elektron kontent huquqlarini o‘z ichiga olgan iqtisodiyot segmenti. " Elektron servis|"Elektron servis iste’molchisiga idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik tizimi orqali taqdim etiladigan, reglamentlangan xizmat ko‘rsatish turi. Elektron servisning asosiy turlari: - idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik tizimiga ulangan axborot tizimidan so‘ralgan axborotni olish; - idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik tizimiga ulangan axborot tizimiga axborot uzatish; - idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik tizimining ishlashi bo‘yicha axborot-tahliliy hisobotlarni olish. " Elektron servislar reyestri|"Idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik tizimining, elektron servislar tavsiflari saqlanishini, shuningdek, kerakli servislarni topish uchun bu tavsiflardan foydalanishni ta’minlaydigan kichik tizimi. " Elektron so‘rov|"Butunjahon Internet axborot tarmog‘ida va ommaviy ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkaziladigan, yuridik va jismoniy shaxslar so‘rovi. " Elektron tender maydoni|"Foydalanuvchilarga elektron tijoriy faoliyatni amalga oshirish uchun virtual axborot makonini taqdim etadigan ixtisoslashtirilgan Internet-resurs. Amalda birja rolini bajargan, olisdagi qatnashchilar o‘rtasida onlayn rejimida kelishuvlarni olib borishga imkon yaratgan holda, elektron auksion formatida tashkil qilinishi mumkin. " Elektron tijorat|"Axborot tizimlaridan foydalangan holda amalga oshiriladigan, tovarlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatishga doir tadbirkorlik faoliyati. " Elektron tijorat ishtirokchisi|"Elektron tijoratni amalga oshiradigan jismoniy va yuridik shaxs, shuningdek, tegishli tovarlar (ishlar, xizmatlar) xaridorlari hisoblanadigan yuridik va jismoniy shaxslar. " Elektron tijoratni yuritish bo‘yicha xizmatlar sifatining kafolati|"Xizmatlardan foydalana olishlik, korporativ maʼlumotlarning muhofaza qilinishi, biznes-jarayonlarni taʼminlashning yuqori sifati va biznesni yuritish ochiqligini taʼminlashning yuridik amaliyotiga rioya qilinishining kafolati. " Elektron to‘lov|"Qonunchilikka va o‘rnatilgan protseduralarga muvofiq, elektron to‘lov hujjati yordamida o‘tkaziladigan to‘lov. " Elektron to‘lov hujjati|"Belgilangan shaklda birlamchi pul-hisob-kitob hujjati asosida yaratilgan, tashabbuskor bank va bank mijozining «Elektron» belgisi bo‘lgan noyob elektron raqamli imzo bilan himoyalangan to‘lov hujjati, uning aniq nusxasi hisoblanadi va elektron raqamli imzoni hamda rasmiylashtirishning to‘g‘riligini tekshirish ijobiy natija bergan sharoitda, asl nusxaning yuridik kuchiga ega bo‘ladi. " Elektron to‘lov hujjatini qayta ishlash|"Elektron to‘lov hujjati operatsiyalari – to‘plash, kiritish, yozish, o‘zgartirish, solishtirib tekshirish, saqlash, yo‘q qilish, qayd etishlarning butun jami. " Elektron to‘lov tizimi|"Texnik vositalardan, axborot texnologiyalaridan va axborot tizimlarining xizmatlaridan foydalanib, elektron to‘lov hujjatlari vositasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish. " Elektron to‘lovlar|"Internet orqali turli xizmatlar uchun va tovarlar oldi-sotdisi paytida Internet foydalanuvchilar va moliya tashkilotlari, biznes tashkilotlar o‘rtasidagi hisob-kitoblar tizimi. " Elektron to‘lovlar tizimi|"Banklararo hisob-kitoblar elektron to‘lov hujjati asosida amalga oshiriladigan to‘lov tizimi. " Elektron to‘lovlar tizimi ishtirokchisi|"Elektron to‘lovlarni o‘tkazish bo‘yicha xizmatlarni taqdim etadigan yoki foydalanadigan jismoniy yoki yuridik shaxs. " Elektron to‘p|"Talab qilinadigan shakl va jadallikdagi yo‘naltirilgan elektronlar oqimini vujudga keltirish uchun mo‘ljallangan qurilma. Elektron to‘pdan elektron-optik o‘zgartirgichlarda, gazli lazerlarda, elektron mikroskoplarda va hokazolarda foydalaniladi. " Elektron vositalar|"Elektron ma’lumotlarni shakllantirish, qayta ishlash, saqlash, uzatish va qabul qilishda foydalaniladigan texnik vositalar. " Elektron xabar|"Elektron hisoblash texnikasi, axborotni qayta ishlash, saqlash va uzatishning boshqa elektron vositalari elementlari holatlarining to‘plami shaklida berilgan, inson tomonidan bir xil idrok qilishga yaroqli shaklga o‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan axborot. " Elektron xaridlar|"Samaradorligi Internet tarmog‘idan va korporativ intratarmoqlardan foydalangan holda taʼminlanadigan xaridlar jarayonini avtomatlashtirish va integratsiyalash. " Elektron o‘qitish|"Ham o‘qitishni ham malaka oshirishni qo‘llab-quvvatlash uchun, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bilan bog‘langan o‘quv jarayoni uchun umumiy ifoda hisoblanadigan o‘qitish. Elektron o‘qitish, shuningdek, raqamli texnologiyalar yordamida, ba’zida an’anaviy ta’lim kanallariga qo‘shimcha sifatida beriladigan bilimlarning keng spektrini qamrab oladigan veb-o‘qitish deb ham ataladi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan foydalanish, an’anaviy ta’lim va o‘qitishdan foydalana olmaydigan shaxslar uchun ayniqsa samarali. " Elektronika sanoati sohalarining alyansi|"AQSh hududida joylashgan, elektr va funksional standartlarni ishlab chiquvchi, tashkilot. " Elektrostatik xalaqit|"Elektrlash bilan shartlangan va to‘plangan elektr zaryadlari impuls toklari oqib kelishi va/yoki elektrostatik razryadlar natijasida hosil bo‘luvchi tabiiy xalaqit. " Element maydoni|"Qar.: Tasvir elementi. " Elementar oqim|"MPEG kodlashda bitta dasturga taalluqli bitta turdagi ma’lumotlar oqimi (video oqim, audio oqim, ma’lumotlar oqimi yoki boshqa axborot). " Elliptik egri chiziq asosidagi kriptografiya|"Asimmetrik shifrlash va elektron raqamli imzoning tez rivojlanib borayotgan yo‘nalishi. Bunda barcha hisoblashlar (masalan, kalitning qiymatini tanlash) elliptik egri chiziq nuqtalari ustida amalga oshiriladi, ya’ni, masalan, ikkita sonni oddiy qo‘shish o‘rniga, ma’lum qoidalarga ko‘ra egri chiziqning ikki nuqtasini qo‘shish bajariladi, bunda natija sifatida uchinchi nuqta olinadi. " Elliptik egri chiziqli kriptotizim|"Elliptik egri chiziq xossalariga asoslangan asimmetrik kriptotizim. Izoh – Masalan, guruh tuzilmasi elliptik egri chiziq nuqtalari bilan berilishi mumkin va shunday guruh uchun diskret logarifm muammosini ifodalashi mumkin. Bu muammo qat’iy hisoblanadi va shuning uchun kriptotizimni yaratishda foydalanilishi mumkin. " Elliptik qutblangan to‘lqin|"Elektr maydon kuchlanganlik vektorining uchi ellips chizadigan tarzda qutblangan elektromagnit to‘lqin. " Elliptiklik koeffitsiyenti|"Elektr va magnit maydon vektorlarining darajasi va fazaviy siljishiga bogʻliq parametr. " Eltuvchi|"Modulyatsiyalovchi signal bilan modulyatsiyalashga yaroqli bo‘lgan tebranish. Axborot uzatishda uni tashuvchi o‘rnida xizmat qiladigan garmonik elektromagnit tebranishlar chastotasi. Axborot uzatish eltuvchi chastotaning shu tebranishlarini uzatilayotgan xabarga mos signallar bilan modulyatsiyalash vositasida amalga oshiriladi. " Eltuvchi chastota|"Axborot uzatish maqsadida signallar bilan modulyatsiyalanadigan garmonik tebranishlar chastotasi. Modulyatsiyalangan signallar garmonik hisoblanmaydi, ularning spektri, eltuvchi chastotadan tashqari yon chastotalarga ega. Faqat yon chastotalar tebranishlari uzatiladigan signallarni o‘z ichiga oladi. Shuning uchun eltuvchi chastotasiz yoki bir polosali uzatish ham mumkin, bunda maxsus sxemalar yordamida modulyatsiyalangan tebranishlar spektridan eltuvchi chastota tebranishlari bartaraf qilinadi. " Eltuvchi chastota nazorat qilingan va konfliktlarning oldi olingan holda, ko‘plab foydalana olish|"Vaqt bo‘yicha kvantlashdan foydalaniladi-gan protokollar turkumiga muvofiq, foydala-na olish, bunda har bir stansiya axborotni faqat uning uchun qat’iy belgilangan vaqtda uzatishi va muhitdan foydalanish huquqini olishga so‘rovni yuborishi mumkin; har bir stansiya boshqaruvchi stansiyaga manzilla-nadigan uzatishga maxsus so‘rovni shakl-lantiradi. " Eltuvchi chastotalalrning siljishi|"Ikkita televizion radiouzatgichga xalaqitlarni ko‘rish yoki eshitishni kamaytirish uchun atayin kiritilgan tasvir eltuvchi chastotalar yoki tovush jo‘rligidagi eltuvchilarning uncha katta bo‘lmagan farqi. " Eltuvchidagi bir kanal|"Ko‘p kanalli xabarni alohida kanallarning signallari alohida eltuvchilarda uzatilgandagi, uzatish usuli. " Eltuvchidagi bir nechta kanal|"Ko‘p kanalli xabar uzatish usuli, bunda alohida kanallar signallari bitta eltuvchida ajratish usuli bilan uzatiladi. " Eltuvchidagi nominal chiqish quvvati (tovush uzatgich)|"Uzatgichning chiqish qisqichlaridagi quvvat, bunda uzatgichga normal yuklama yoki uning ekvivalent zanjiri ulangan. " Eltuvchidagi oqning etalon darajasi|"Eltuvchining, oqning etalon darajasiga mos keladigan amplitudasi. " Eltuvchiga nisbatan hisoblanadigan detsibellar (dBc)|"Yon yaproqlar bo‘ylab nurlanadigan, eltuvchi chastotaga nisbatan hisoblanadigan signal quvvatining o‘lchov birligi. " Eltuvchini nazorat qilish bilan ko‘plab foydalana olish|"Lokal kompyuter tarmog‘i umumiy uzatish muhitidan ko‘plab foydalana olish texnologiyasi. " Eltuvchini nazorat qilish va nizolarning oldini olish bilan ko‘plab foydalana olish|"Uzatish muhitidan foydalana olish uchun stansiyalar raqobatiga asoslangan tarmoqlardagi foydalana olish usuli. " Eltuvchining qoldig‘i|"Tasvir radiosignalining, bu signalning maksimal darajasiga nisbatan, foizlarda ifodalangan minimal darajasi. " Eltuvchisi bostirilgan amplituda-fazaviy modulyatsiya|"Ko‘p pozitsiyali kvadratura modulyatsiyalashning spektral samarali usuli. Bunda eltuvchi chastota N ta holatga ega kodli fazo hosil qilgan holda, faza va amplituda bo‘yicha modulyatsiyalanadi. Odatda, N ning qiymati 16 (SAR16), 64 (SAR64) yoki 128 ga (SAR128) teng. Eltuvchi chastota liniyaga uzatilmaydi, signaldan «kesib olinadi», so‘ngra qabul qilgichda tiklanadi. SAR64 modulyatsiya ADSL va HDSL (1,168 Mbit/s) abonent kirish liniyalarida, SAR128 esa, SDSL (2,32 Mbit/s) da qo‘llaniladi. " Emitent|"Plastik kartalar chiqaradigan va chiqarilgan kartalardan to‘lov vositasi sifatida foydalanilishi bilan bog‘liq moliyaviy majburiyatlar bajarilishini kafolatlaydigan moliya tashkiloti. " Emulyator|"Emulyatsiya amalga oshiriladigan dastur, apparat-dasturiy tizim yoki mikrodastur. Emulyator yordamida kompyuter boshqa mashina, qurilma yoki operatsion tizim uchun yozilgan dasturlarni bajarishi mumkin. Ular ichki sxemali, shinali va dasturiy emulyatorlarga bo‘linadi. Odatda, biror-bir tashqi qurilma tomonidan amalga oshiriladigan funksiyani bajaradigan dastur. " Emulyatsiya|"Apparat yoki dasturiy vositalar yoki ularning birikmasi bilan boshqa qurilmalar yoki dasturlar ishini qayta takrorlash. " Emulyatsiya rejimi|"Protsessorning ishlash rejimi bo‘lib, bunda protsessor boshqa modeldagi elektron hisoblash mashinasi komandalarini bajaradi. Emulyatsiya rejimidagi arxitektura yangi elektron hisoblash mashinasining eski modellar bilan qisman moslashuvini ta’minlaydi. " Energiyaga bog‘liq xotira|"Faqat kompyuter yoqilgandagina ma’lumotlarni (dasturlarni, o‘zgaruvchilarni) saqlash uchun mo‘ljallangan xotira qurilmasi. Kompyuter o‘chirilishi bilan (elektr energiya kelmaydi), xotira ichidagi yo‘qoladi, uni tiklash mumkin bo‘lmaydi. Tezkor xotira qurilmasi bunday xotiraga misol bo‘ladi. " Energiyaga bog‘liq bo‘lmagan xotira|"Elektr ta’minoti mavjudligiga bog‘liq bo‘lmagan magnit, optik yoki har qanday boshqa yozuv prinsiplariga asoslangan, ma’lumotlarni saqlash uchun mo‘ljallangan xotira qurilmasi. Masalan, elektron disklardan tashqari, har qanday diskli xotira. " Eng kam imtiyozlar|"Muhofaza tizimini tashkillashtirishning asosiy tamoyillaridan biri. Unga ko‘ra, har bir subyekt o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun mumkin bo‘lgan eng kam imtiyozlarga ega bo‘lishi lozim. Ushbu tamoyilga rioya qilish yovuz niyat, xato yoki imtiyozlardan ruxsatsiz foydalanish natijasida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan buzishlarning oldini olish imkonini beradi. " Eng kam munosib usuli|"Xotirani taqsimlashning umumiy vazifasini hal qilish usuli, bunda ro‘yxat bo‘yicha n ga nisbatan kam bo‘lmagan maksimal o‘lchamdagi bo‘sh joy tanlanadi. " Eng katta yuklama soati|"60 minutdan iborat uzluksiz vaqt intervali. Uning mobaynida telefon yuklamaning o‘rtacha intensivligi maksimal bo‘ladi. " Eng munosib usuli|"Xotirani taqsimlashning umumiy vazifasini hal qilish usuli, bunda ro‘yxat bo‘yicha n ga nisbatan kam bo‘lmagan minimal o‘lchamdagi bo‘sh joy tanlanadi. " Entropiya|"1. Xabarlarni uzatish paytida paydo bo‘ladigan u yoki bu simvollarning paydo bo‘lish ehtimolliklari bilan belgilanadigan xabar manbaining noaniqlik darajasi. 2. Axborot nazariyasida – obyekt holatining yoki qandaydir vaziyatning (tasodifiy kattalikning) noaniqlik o‘lchovi. Entropiya tushunchasi K.Shennon tomonidan kiritilgan va undan xabardagi axborotning miqdorini aniqlash uchun foydalaniladi. " Entropiyaviy kodlash, statistik kodlash|"Raqamli televizion videosignalni, uning statistik xossalaridan foydalanib, yo‘qotishlarsiz siqish bilan raqamli kodlash usuli. " Erkin fazoda uzatishdagi asosiy yo‘qotishlar|"Antennalar ideal dielektrik, bir jinsli, izotrop va antennalar o‘rtasidagi masofani saqlagan holda cheklanmagan muhitda o‘zgartirilgan, uzatishdagi yo‘qotishlar. Izoh – Agar antennalar o‘rtasidagi d masofa to‘qin uzunligidan katta bo‘lsa, detsibellarda ifodalandigan erkin fazodagi so‘nish quyidagicha aniqlanadi: dB. " Erkin foydalanish konsepsiyasi|"Abstrakt elektron hisoblash mashinasida amalga oshiriladigan, erkin foydalanishni boshqarish modeli, u subyektlarning axborot resurslariga qiladigan barcha murojaatlarida vositachilik qiladi. Quyidagi erkin foydalanish konsepsiyalari mavjud: diskretsion boshqarish, mandatli boshqarish, ko‘p darajali muhofaza. " Erkin foydalanish subyekti|"1. Harakatlari foydalanishni chegaralash qoidalari bilan qat’iy tartibga solinadigan shaxs yoki jarayon. 2. Shtat texnik vositalar yordamida, axborot resursidan erkin foydalanishni amalga oshiruvchi shaxs yoki jarayon. " Erkin foydalanish toifasi|"Mantiqiy obyektlarga beriladigan kategoriya, uning asosida obyektlar resurslardan foydalanish uchun ruxsat oladilar. " Erkin foydalanishni boshqarish ro‘yxati|"Oldindan belgilangan obyektdan erkin foydalanish huquqini beradigan himoya deskriptorining bir qismi. Erkin foydalanishni boshqarish ro‘yxati foydalanishni nazorat qilish elementlaridan iborat. Foydalanuvchilarning nomini, ularning parollarini va ularga berilgan imkoniyatlarni o‘z ichiga oladi. " Erkin foydalanishni boshqarish toifasi|"Ruxsat etilmagan operatsiyalardan saqlovchi qoidalarni aniqlash uchun mo‘ljallangan til elementlari. " Erkin foydalanishni boshqarish vositalari|"Ma’lumotlardan tasodifiy yoki qasddan foydalana olishni bartaraf etuvchi vositalar. " Erkin foydalanishni nazorat qiluvchi tizim ro‘yxati|"Tizim administratori tasarrufidagi himoyalash deskriptorining tarkibiy qismi bo‘lib, obyektga tizim darajasidagi xavfsizlikni o‘zlashtirish imkonini beradi. " Erkin foydalanishni tanlangan boshqarish|"Foydalanuvchi, jarayon va/yoki u tegishli bo‘lgan guruhni identifikatsiya qilish va aniqlashga asoslangan, tizim subyektlarining obyektlardan foydalana olishini boshqarish usuli. Ma’lum huquqlarga ega subyekt istalgan obyektga belgilangan cheklashlardan qat’i nazar, huquqlar berishni amalga oshira oladi (erkin foydalanish bilvosita ham amalga oshirilishi mumkin) degan ma’noda boshqarish tanlangan bo‘ladi. " Erkin foydalanishni taqdim etish siyosati|"Turli boshqariladigan resurslardan, masalan, dasturlardan yoki operatsion tizimlardan foydalanish imkoniyatini belgilaydigan siyosat. Erkin foydalanish barcha foydalanuvchilarga, muayyan rol tayinlangan foydalanuvchilarga yoki muayyan rolga kiruvchi foydalanuvchilarga taqdim etiladi. " Erkin litsenziya|"Dasturga ilova qilinadigan, foydalanuvchining intellektual faoliyatning turli mahsulotlarini cheklanmagan qayta tiklash, o‘rganish, tarqatish va o‘zgartirish (modifikatsiyalash yoki takomillashtirish) huquqini mustahkamlaydigan mualliflik shartnomasi. " Erkin va ochiq dasturiy ta’minot|"Dasturiy maxsulotni ishlab chiqish usuli, unda dasturlarning yaratilgan dastlabki kodi ochiq, ya’ni ko‘rib chiqish va o‘zgartirishlar kiritish imkoni mavjud. " Eroziya|"Tasvirlarni sochiladigan va ekrandan yo‘qoladigan mayda zarralarga kuchayib parchalanish illyuziyasini hosil qiluvchi videoeffekt; jarayon tasvir tomonlarining biridan boshlanadi. " Eshitish|"1. Axborot nurlanishlarini ruxsat etilmagan tarzda tutib olish. 2. Muhofaza qilish tizimining sust joylarini aniqlash va undan keyinchalik foydalanish maqsadida tarmoq bo‘yicha uzatiladigan axborotni jinoyatkor tomonidan tutib olinishi. " Eshitish rejimi|"Radiostansiya ma’lumotlar uzatmaydigan va qabul qilmaydigan, lekin boshqa stansiyalardan uzatiladigan xabarlarni nazorat qila oladigan ish rejimi. " Eshittirish|"Tegishli qabul qilish vositalariga ega bo‘lgan ko‘p sonli tinglovchilar uchun mo‘ljallangan va radio yoki kabel tarmoqlari yordamida amalga oshiriladigan bir tomonlama telekommunikatsiyalarning turi. " Eshittirish dasturining moduli|"Chiqarishga tayyorlangan, televizion axborot foydalanuvchisining ma’lumotlari va metama’lumotlar bilan birgalikdagi televizion dastur. " Eshittirish tarmog‘i|"Bitta tashkilot, bitta hudud yoki bitta mamlakat tovushli yoki televizion dasturlar eshittirishlarini ta’minlaydigan qurilmalarning majmui. " Eshittirish televideniyesi|"Tomoshabinlarning keng ommasiga mo‘ljallangan tovush jo‘rligidagi televideniye. " Eshittirish televideniyesi dasturlaridan foydalanish imkoniyati cheklangan tizim|"Multipleks tarkibiga kiruvchi, lekin eshittirish televideniyesining obuna bo‘yicha tarqatiladigan dasturlaridan va qo‘shimcha axborotdan foydalanish imkoniyatining cheklanishini ta’minlaydigan raqamli televizion eshittirish tizimi. " Eshittirish televideniyesi radiosignali|"Bitta televizion dastur tasviri hamda tovush jo‘rligidagi radiosignallarining majmui. " Eshittirish televideniyesi radiosignali eltuvchisini birlamchi modulyatsiyalash|"Radiosignal ortogonal kodlangan eltuvchilarining birlashmasi tarkibiga kiruvchi eshittirish (keng tarqatish) televideniyesi radiosignalining alohida olingan har bir eltuvchisini, raqamli televizion signal orqali modulyatsiyalash. " Eshittirish televideniyesi radiosignalining ortogonal kodlangan eltuvchilarini birlashtirish|"Xalaqitga chidamli kodlashni qo‘llagan holda, kvadratura-amplitudaviy modulyatsiya qilingan eshittirish televideniyesining chastota-ortogonal eltuvchi radiosignalini o‘zida ifodalaydigan, murakkab raqamli televizion signalni shakllantirish. " Eshittirish televideniyesi tizimi|"1. Televizion signalning, xususan, yoyish usuli, sinxronizatsiya signali shakli, eltuv-chilarni tasvir va tovush signallari bilan modulyatsiyalash turi, radiokanal polosasi-ning kengligi va shu kanal doirasida tasvir va tovush jo’rligi eltuvchilarining nisbiy joylashuvini belgilaydigan xarakteristikalari va parametrlarining majmui. 2. Televizion dasturning tasviri va tovushi to‘g‘risidagi axborotni shakllantirish, uzatish va qabul qilish usullarini aniqlaydigan xarakteristikalar va parametrlarning majmui. " Eshittirish televideniyesining trakti|"Televizion tasvirni televizion datchik kirishidan televizor ekranigacha, tovush jo’rligini mikrofon kirishidan televizor karnayigacha uzatish texnik vositalarining kompleksi. " (Eshittirish televideniyesining) trakti zvenosi|"Eshittirish televideniyesi traktining mustaqil funksional vazifaga ega bo‘lgan qismi. " Eshittirish televideniyesining dasturiy paketi|"Televizion dastur fragmentlarining majmui. " Eshittirish televideniyesining raqamli trakti|"Mos ravishda raqamli televizion signal manbaining chiqishidan raqamli televizor yoki raqamli televizion qo‘shimcha moslama kirishigacha raqamli televizion videosignallar, tovush signallari va xizmatga oid ma’lumotlarni shakllantirish, uzatish hamda qabul qilish uchun mo‘ljallangan texnik vositalar kompleksi. " (Eshittirish uzatgichi bilan) qamrab olish zonasi|"Radioeshittirish uzatgichlari eshittirishlarini qabul qilish, uy qabul qilgichlariga (priyemniklariga) mo‘ljallangan muayyan texnik shartlarga muvofiq, kelishilgan normalangan xarakteristikalar asosida bajariladigan zona. " (Eshittirish uzatgichi bilan) qamrab olish|"Uzatgich qamrab oladigan zona o‘lchami yoki uning ichidagi aholining soni. " (Eshittirishda) efir nazorati|"Eshittirish dasturini uni eshittirish uzatgichi orqali bevosita qabul qilishdagi nazorat. «Eslatib turuvchi» ing. - reminder ru – «напоминалка» Dastur yoki tizim tomonidan foydalanuvchiga bir narsani eslatib turish xarakteriga ega bo‘lgan xabar. " Estafeta halqasi|"Halqa topologiyasiga mo‘ljallangan lokal kompyuter tarmog‘ining turi. IBM firmasi tomonidan 1986-yilda ishlab chiqilgan. Ma’lumotlar uzatish tezligi 16 Mbyte/s ga yetadi. " Estafeta rejimi|"Bitta yetakchi va bir nechta bo‘ysunuvchi stansiyaga ega bo‘lgan liniyada ma’lumotlarni ketma-ket uzatish rejimi. Izoh − Odatda, halqasimon strukturali tarmoqlarda tashkil etiladi. " Estafetali uzatish|"Mobil stansiyani, tarmoq bo‘ylab harakatlanishi jarayonida, bir tayanch stansiyadan boshqasiga ko‘chirib ulash. " Etalon test|"Kompyuter, tizim yoki aniq dasturiy ta’minotning ish unumdorligini baholovchi test dasturi yoki paket. " Etalon videonazorat qurilmasi|"Uzatish sifatini subyektiv baholash uchun xizmat qiladigan, shartlangan ish sifatiga ega televizion tiklash qurilmasi. " Evolyutsion hisoblashlar|"Optimal yechim topish uchun evolyutsiya nazariyasi prinsiplari qo‘llaniladigan hisoblashlar usullari turkumi. Unga, jumladan, genetik dasturlash, kompyuter ilovalar va robot texnikasi qurilmalarining avtonom va adaptiv holati kiradi. " Evristik|"O‘rganish talab etiladigan ko‘plab yechimlarga ega jarayon yoki dastur. Muammoni tajriba yo‘li bilan, xatolar va tekshirishlar usuli bilan hal qilish. Dasturlashda hissiy bilish (intuitsiya) va taxminlarga, shuningdek, odam tomonidan, muayyan turdagi amaliy vazifalarni hal qilishda tajriba to‘plana borgan sari egallangan bilimlarga asoslangan evristik yondashuvdan ko‘p foydalaniladi. Ekspert tizimlarda qo‘llaniladi. " E’lon qilinmagan|"Xotira ajratilmagan, lekin dasturga murojaat qilinayotgan o‘zgaruvchi. Bajarish vaqtida, xatolarga olib kelishi mumkin, shuning uchun ham, kompilyator e’lon qilinmagan o‘zgaruvchilarni qo‘llashga yo‘l qo‘ymaydi. Dasturlashning zamonaviy dinamik tili bunday muammodan xoli bo‘lib, ulardagi o‘zgaruvchi birinchi murojaat vaqtida aniqlanadi. " E’lon, tavsif|"Dasturning, kompilyator yoki interpretatorni muayyan o‘zgaruvchi, konstanta yoki obyektning turi, o‘lchami va/yoki qiymati to‘g‘risida xabardor qiladigan taklifi. " E’lonlar taxtasi|"TDMA har bir kadrida birinchi bo‘lib uzatiladigan va kadrda vaqt intervalining taqsimlanish jadvalini saqlovchi paket. F " Fag|"Mualliflashtirilmagan tarzda boshqa dasturlarni yoki MB ni o‘zgartiradigan dastur. " Faks|"Faksimil xabarlar, hujjatlarni kommutatsiya liniyalari (odatda, telefon liniyalari) orqali masofaga uzatish hamda masofadan qabul qilish qurilmasi. " Faks-modem|"Faksimil xabarlarni qabul qilish imkoniga ega bo‘lgan kompyuterning dial-up-modemi. Faks-dastur bilan (masalan, Venta Fax and Voice) kompyuter faks funksiyalarini bajarishi mumkin bo‘ladi. " Faks-server|"Bitta yoki bir nechta faks-modem orqali lokal tarmoq foydalanuvchilarining kiruvchi va chiquvchi faksimil xabarlari oqimini markazlashtirilgan tarzda boshqaradigan server. " Faksimil xabarlarni uzatish|"Telefon tarmog‘iga ulangan telefakslar o‘rtasida hujjatlar uzatilushini tashkil qilish. " Faktik (aniq) parametr|"Protsedura, makrokomanda yoki funksiyalar aniq chaqirilganda uzatiladigan argument. " Faktik (aniq) xotira|"Hisoblash tizimining, ma’lum bir xotira qurilmasi amalga oshiradigan tashqi yoki tezkor xotirasi. " Falsh-pol|"Olinadigan va o‘zaro to‘la almashinadigan panellardan iborat pol qoplami tizimi. Panellar ularning ostidagi bo‘shliqqa kira olishni ta’minlaydigan maxsus tagliklar yoki to‘sinlar (yoki unisi ham, bunisi ham) yordamida tutib turiladi. " Faoliyatni ro‘yxatdan o‘tkazish|"Foydalanuvchi subyekt yoki g‘araz niyatli shaxsning tizimdagi xatti-harakatlarini kuzatish. " Faoliyatsizlik|"Windows operatsion tizimining holati, bunda shaxsiy kompyuterning asosiy tizimlari aktiv bo‘lmagan rejimga o‘tadi va undan chiqqandan so‘ng ishni davom ettiradi. " Aktivlashtirish kaliti|"Himoyalangan litsenziyali dasturiy ta’minotni ishga tushirishni ta’minlaydigan maxsus kod. Odatda, tasodifiy son va harflar birikmasidan, foydalanuvchi to‘g‘risidagi xeshlash ma’lumotlaridan iborat bo‘ladi. " Aktivlashtirmoq|"Ishchi holatga qaytarish. Izoh ‒ Odatda hisobga olish yozuvlari, xizmatlar yoki dasturlarning qismlariga taalluqli. Internet-saytlarda ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, foydalanuvchidan ro‘yxatdan o‘tganlikni tasdiqlashni talab qiladigan harakat (odatda ro‘yxatga olish jarayonini tugatish uchun havola bo‘yicha o‘tish). " Aktivlik koeffitsiyenti|"Aloqa kanali orqali, maʼlum hajmdagi axborotni berilgan yo‘nalishda uzatish uchun zarur bo‘lgan vaqtning aloqa kanalini umumiy band qilish vaqtiga nisbati. Kanallari kommutatsiyalanadigan maʼlumotlar uzatish tarmoqlarida aktivlik koeffitsiyenti odatda 1 ga teng. Nutqni uzatishda bu ko‘rsatgich 0,4 gacha pasayadi, chunki bunda ikkita abonent so‘zlashganda pauzalar hisobga olinadi. Paketlar kommutatsiyalanadigan tarmoqlardagi asimmetrik trafik holida esa, aktivlik koeffitsiyenti «pastga» liniyasida 0,0015 ni, «yuqoriga» liniyasida esa 0,0028 ni tashkil qiladi. " Faqat yozish (DWD-WO)|"Ma’lumotlardan tez foydalanadigan va faqat bir marta yozish mumkin bo‘lgan DVD-disk. " Faqat o‘qish|"Faylning, uni o‘zgartirishdan yoki chiqarib tashlashdan himoya qiladigan atributi. " Faqat shifrmatn bo‘yicha qilinadigan hujum|"Analitik hujum, bunda kriptoanalitik faqat shifrmatnga ega bo‘ladi. " Faraz|"Rejalashtirish jarayonidagi, dalilsiz yoki ko‘rsatmasdan turib chin, haqiqiy yoki muayyan deb hisoblanadigan omil. " Farmoyish|"Rahbariyat, asosan kollegial organ tomonidan, operativ masalalarni hal qilish maqsadida tayyorlanadigan huquqiy hujjat; odatda, cheklangan amal qilish muddatiga ega bo‘ladi hamda mansabdor shaxs va fuqarolarning tor doirasiga taalluqli bo‘ladi. " Fatal xato|"Apparatura, operatsion tizim yoki ilova xatosi. Ilovaning bajarilish yoki butun tizimning bundan keyin ishlash imkoniyatini yo‘qqa chiqaradi. " Fayl|"Kompyuter tizimida umumiy nom bilan saqlanadigan yozuvlar yoki boshqa maʼlumotlar majmui. Barcha fayllar majmui ikkita katta turkumga bo‘linadi – dastur fayllari (bajariladigan fayllar) va ma’lumotlar fayllari (bajarilmaydigan fayllar). Saqlanadigan ma’lumotlarning turiga ko‘ra, fayllar matn, grafik, ikkili, komanda, ma’lumotlar bazasi fayllari, video va audiofayllarga bo‘linadi. " Fayl atributi|"Fayl tizimi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan, fayllar bilan ishlashni tartibga solish imkonini beradigan belgi. Turli operatsion tizimlarda fayllar turli atributlar to‘plamiga ega bo‘ladi. " Fayl egasi|"Fayl yoki katalogni yaratuvchi (jismoniy) shaxs. " Fayl formati|"Ma’lumotlarni faylda saqlash tuzilmasi. Standart formatlar, xususan, grafik fayllar formatlarining to‘plami mavjud. Fayl formatini odatda fayl nomi kengaytmasi ko‘rsatadi. " Fayl nomi|"Elektron, magnit yoki optik tashuvchida saqlanganda, faylga beriladigan nom. Fayllar nomlarini yozish qoidalari foydalaniladigan operatsion tizimga bog‘liq. " Fayl nomi andozasi|"Fayl nomining namunasi. * turidagi simvol, fayl nomi shablonida bitta shablonning fayllar guruhini qidirib topish uchun xizmat qiladi. " Fayl nomini kengaytirish|"Ajratgich nuqtadan keyin faylning turi yoki uning formatini identifikatsiya qiladigan faylning nomi joylashadigan, muayyan simvollar to‘plami. Masalan, «.txt» ‒ matnli fayl, «.bmp» ‒ fayl-rasm, «.gif», «.jpg» ‒ ham fayl-rasm, lekin ular boshqa formatda. " Fayl «qurtlari»|"Kompyuter tarmog‘i uzellari bo‘ylab ko‘payadigan kompyuter viruslari turlaridan biri. Zararli dasturni o‘z ichiga oladi. Bu viruslar, foydalanuvchi uni ishga tushirib yuboradi degan umidda, uning eʼtiborini tortadigan nomlar ostida (masalan, Game.exe, install.exe va b.lar) o‘zining nusxalarini yaratadi. " Fayl sarlavhasi|"Faylning boshlang‘ich qismi, unda uning atributlari saqlanadi. " Fayl serveri|"1. Diskli to‘plagichlari bo‘lgan, tarmoqqa ulangan va tarmoq foydalanuvchilari uchun, unda saqlanadigan ma’lumotlar va ilovalardan foydalanish imkoniyatini ta’minlaydigan markaziy kompyuter. 2. Barcha tarmoq xizmatlarining manbai – elektron pochta bo‘ylab (orqali) abonentlarning so‘rovlarini oladigan, agar talab etilsa, ayni shu yo‘l bilan, ularning bajarilish natijalarini qaytaradigan maxsus dastur. Dasturlar, ma’lumotlar va boshqa axborot bo‘lgan, doimiy ravishda to‘ldirilib boriladigan katta arxivni o‘zida ifodalaydi. Asosiy funksiyasi elektron pochta vositalari orqli axborot taqdim etish. " Fayl taqsimoti|"Ko‘p foydalanuvchili operatsion tizimlarda bitta fayldan bir vaqtning o‘zida bir nechta foydalanuvchining foydalanish imkoniyati. Atribut faylga tizim administratori tomonidan beriladi. " Fayl tizimi|"1. Operatsion tizimning bir qismi bo‘lib, diskdagi katalog va fayllar boshqarilishini ta’minlaydi. 2. Operatsion tizimda fayllarni nomlash, saqlash va joylashni belgilovchi umumiy tuzilma. NTFS, FAT va FAT32 tizimlari fayl tizimlarining har xil turlari bo‘lib hisoblanadi. " Fayl turi|"Fayl mazmuni yoki hajmini tavsiflash. Fayl turli fayl nomidan keyin uning kengaytmasi sifatida yoziladi. " Fayl viruslari|"O‘z kodini dastur fayliga yoki makrokomandalar bo‘lgan hujjatga yozadigan viruslar. Dasturni ishga tushirishda (yoki hujjatni tahrir qilish uchun yuklashda) viruslar boshqaruvga ega bo‘ladi. Izoh – Zararlash usuliga ko‘ra, fayl viruslari qayta yozadigan, parazit, zveno viruslar, qurt viruslar, kompanon viruslarga, shuningdek, dasturlarning dastlabki matnini va dasturiy ta’minot komponentlarini zararlovchi viruslarga ajratiladi. " Fayl o‘zgartirilgan sana va vaqt|"Fayl ko‘rsatgichidagi sarlavhada, uni yaratish yoki oxirgi o‘zgartirish sanasi hamda vaqtini avtomatik tarzda qayd etish. " Faylga kira olish|"Faylni ko‘rib chiqish, o‘zgartirish, almashtirish yoki o‘chirib tashlash, shuningdek, uning atributlarini ko‘rib chiqish va ularni manipulyatsiya qilish. " Faylga chop etish|"Ma’lumotlarni (tasvir va sh.k.) qog‘ozga emas, balki faylga chop etish imkoniyati. " Fayllar dispetcheri|"Windows3x da fayllar bilan ishlash uchun mo‘ljallangan tizim dasturi. " Fayllar joylashishining kengaytirilgan jadvali|"Asosan, flesh-to‘plagichlar uchun mo‘ljallangan propriyetar fayl tizimi. Birinchi marta Microsoft firmasi tomonidan Windows Embedded CE 6.0.da o‘rnatilgan qurilmalar uchun taqdim etilgan. " Fayllar joylashishining virtual jadvali, virtual FAT|"Windows 95 da qo‘llanuvchi fayl tizimi. Birinchi marotaba Windows for Workgroups 3.11 uchun paydo bo‘lgan. Faylga oxirgi murojaat vaqtini saqlab qolish va uzun (255 simvolgacha) fayl nomlarini ishlatish imkonini beradi. " Fayllar katalogi|"Disk xotirasini fayllar va boshqa kataloglar saqlanishi mumkin bo‘lgan qismlarga mantiqiy bo‘lish. Kataloglar majmui o‘zak katalogli kataloglar daraxtini hosil qiladi. Har bir katalogda boshqa kataloglar va fayllar bo‘lishi mumkin. Har bir katalog foydalanuvchi tomonidan beriladigan nomga ega; o‘zak katalog diskli operatsion tizimda «/» (teskari slesh) standart nomga ega. Disk egasining o‘zi kataloglar daraxtini tuzishi mumkin, xususan, bu faqat, barcha fayllarni ichiga oladigan o‘zak katalog bo‘lishi mumkin. " Fayllarni ajratgich|"Joylashtirilgan papkalarni bir-biridan farqlash uchun bo‘luvchi sifatida ishlatiladigan simvol. Zamonaviy operatsion tizimlarida odatda ortga teskari egri chiziqcha ishlatiladi. " Fayllarni almashish dasturi|"Foydalanuvchilarga PtP protokoli orqali ma’lumotlarni almashish imkonini beradigan dastur. Bunda fayllar markazlashgan serverda emas, balki tarmoqdagi foydalanuvchilar kompyuterida saqlanadi. " Fayllarni boshqarish|"Faylni yaratish, saqlash, o‘zgartirish va o‘chirishdan iborat barcha protseduralar. Fayllarni boshqarish operatsion tizim vositalari, shuningdek, maxsus dasturlar – fayl menejerlari yordamida ham olib boriladi. " Fayllarni havola bilan joylashtirish|"Har bir fayl diskli bloklarning bog‘langan ro‘yxati ko‘rinishida taqdim etiladigan joylashtirish usuli. " Fayllarni joylashtirish jadvali|"MS-DOS va Windows oilasidagi boshqa operatsion tizimlarda fayllarni tartibga solish va boshqarish uchun qo‘llaniladigan fayllar tizimi. FAT o‘zida FAT yoki FAT32 uchun tomlarni formatlashda Windows da tuziladigan ma’lumotlar tuzilmasini ifodalaydi. Windows jadvalda fayllarning joylashishi, har bir fayl to‘g‘risidagi ma’lumotlarni saqlaydi va kerakli faylni olish zarurati tug‘ilganda, joriy jadvaldan foydalaniladi. " Fayllarni qo‘shish|"Ikki yoki undan ortiq fayl ichidagini birlash-tirish operatsiyasi. " Fayllarni sinxronlash|"1. Aloqa buzilganda fayllarni jo‘natish texnologiyasi. Aloqa tiklangandan so‘ng, faylning qanday qismi buzilishlarsiz qabul qilinganligi aniqlanadi va qolgan qismlarning jo‘natilishi amalga oshiriladi. 2. Fayl nusxalarini, o‘zgartirishlar kiritilganda, originalga mos keltirish. " Fayllarni uzatish|"Tarmoq muhitida, bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga fayllardan nusxa ko‘chirish. " Fayllarni uzatish protokoli|"IP-protokollari to‘plamiga kiradigan, TCP/IP tarmog‘i orqali ikkita turli xildagi mashinalar orqali fayllarni izlash va jo‘natishni ta’minlovchi mijoz-server protokoli. Internetda FTP-serverlar bilan ishlashda qo‘llaniladi. " Fayllarni uzatish protokolining demoni|"FTP-server funksiyalarini bajaruvchi Linux-dastur. Qoidaga ko‘ra, avtonom rejimda ishlaydi hamda kompyuterning 21- va 22-portiga manzillangan so‘rovlarni qabul qiladi. " Fayllarni uzatish va ularga kira olishni boshqarish|"Turli xil abonent tizimlari fayllarini bir xil shaklda boshqarishni ta’minlaydigan tarmoq xizmati. U ma’lumotlar bazasini boshqaruvchi bir amaliy jarayonni, boshqa bir uning fayllari bilan ishlovchi amaliy jarayon bilan o‘zaro aloqasini tashkil qilish uchun mo‘ljallangan. " Fayllarning asosiy jadvali|"NTFS fayl tizimi tomning tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni saqlaydigan relyatsion ma’lumotlar bazasi. " Fayllarning indekslangan joylashishi|"Joylashtirish usuli, bunda fayl bloklari uchun barcha ko‘rsatgichlar indeks blokiga birga to‘planadi. Fayl ma’lumotlari blokiga tayanadigan indeks jadvallardan foydlaniladi. " Fayllarning yaxlitligini aniqlash|"Tizimdagi juda muhim fayllarning o‘zgarishini tekshiradigan dasturiy ta’minot. " Fayllarning yonma-yon joylashishi|"Har bir fayl diskda yonma-yon bloklar to‘plamini egallaydigan joylashtirish usuli. " Faylli obyekt|"Fayl, qurilma, katalog, tom va sh.k. amalga oshirish kabi foydalanuvchi holatidagi ko‘rinadigan obyekt. " Faylni aniqlovchi|"Dastur fayl, dialog shakli, shuningdek, qurilma va oyna kabi obyektlarni identifikatsiya qilish va ulardan foydalana olish imkoniga ega bo‘lishida qo‘llaniladigan ixtiyoriy belgi. " Faylni arxivlash|"Ma’lumotlarning saqlanishini ta’minlash maqsadida, bir tashuvchidan boshqasiga faylning nusxasini ko‘chirish. " Faylni blokirovkalash|"Ko‘p vazifali tarmoq operatsion tizimlarida – ma’lumotlar yaxlitligini nazorat qilish usuli. Ikki dasturga bir vaqtda fayl ichidagini o‘zgartirish imkonini bermaydi: faylga yozish amali bajarilayotganda, undan boshqa dasturlardan yozish uchun foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. " Faylni boshqarish bloki|"Operatsion tizim muayyan faylni kiritish-chiqarish operatsiyalarini boshqaradigan tizim jadvali. " Faylni fragmentlash|"Berilgan faylni yozish uchun ajratilgan klasterlarni ketma-ket emas, balki qattiq yoki egiluvchan diskning turli joylarida (bo‘laklab) joylashtirish. Bunday vaziyat, ishlash jarayonida bo‘sh disk xotirasi puliga, diskdan chiqarib tashlangan klasterlar qaytganda yuzaga keladi. Fayllarning uzunligi turlicha bo‘lgani sababli, bo‘sh klasterlarning uzluksiz zanjiri yangi faylni yozish uchun yetmay qolishi mumkin, shunda u turli joylarda yoziladi. Fragmentlash sektorlarini izlash va ko‘p sonli disk kallaklarini joylashtirish operatsiyalari sababli, diskdan faylni o‘qish tezligini kamaytiradi. " Faylni konvertasiyalash|"Fayl ichidagi ma’lumotni, ma’lumotlarni saqlashning bir formatidan boshqa formatga o‘tkazish. " Faylni ko‘chirish (ko‘chirib o‘tkazish)|"Ma’lumotni disk fazosining boshqa joyiga yoki vositaga ko‘chirish. Bunda ma’lumot oldingi joyidan o‘chiriladi. " Faylni muhofaza qilish|"Faylga ruxsatsiz kirish, uni o‘zgartirish yoki o‘chirishning oldini olish maqsadida tegishli ma’muriy, texnik yoki fizik chora-tadbirlarni amalga oshirish. " Faylni nusxalash|"Axborotni takrorlash va uni hujjatning boshqa qismida, boshqa faylda, xotiraning boshqa sohasiga yoki boshqa muhitga qaytadan tiklash. " Faylni ochish|"Asosiy xotiraga uning sarlavhasini va kiritish-chiqarish operatsiyalarini bajarishdan oldin bitta yoki bir nechta qo‘shni blokni qo‘shish. " Faylni qayta nomlash|"Faylga yangi nom berish. " Faylni saqlash|"Yangi yaratilgan yoki o‘zgartirishlar kiritilgan faylni hotirada saqlash bilan bog‘liq harakat. " Faylni siqish|"Fayl yoki papkadan ortiqcha ma’lumotlarni chiqarib tashlash jarayoni. Fayllar va papkalar siqilganda, ularning hajmi kichrayadi. " Faylni tiklash|"Xatoliklar aniqlangandan so‘ng, faylning yaxlitligini tiklash jarayoni. " Faylni yopmoq|"Dasturning fayl bilan ishlashini tugallash operatsiyasi. Bu operatsiyani bajarishda fayl bilan bog‘langan barcha buferlar tashlab yuboriladi va amalga oshirilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risidagi axborot diskka kiritiladi. " Faylning mansubligi|"Ko‘p foydalaniladigan operatsion tizimlarda ‒ fayl yaratadigan foydalanuvchining nomini ko‘rsatadigan atribut. " Faylning yaratilish sanasi|"Ma’lum bir fayl yaratilgan kun, oy, yil. Bu sana fayl sarlavhasida saqlanadi, faylni to‘g‘rilashda joriy sanaga o‘zgartiriladi. Faylning yaratilish sanasini istalgan operatsion tizimda yoki qobiqda ko‘rish mumkin. " Faystel muvozanatlangan tarmog‘i|"Doimiy va o‘zgaradigan qismlari bir xil hajmga ega bo‘lgan tarmoq. " Faza|"Tebranma yoki to‘lqinli jarayonni tavsiflaydigan funksiyaning davriy o‘zgaradigan argumenti. " Faza buzilishlari|"Qandaydir qurilmaning, masalan, keng polosali kuchaytirgich kirishi va chiqishidagi signalning ayrim tashkil etuvchilari o‘rtasidagi fazaviy nisbatning buzilishi. " Faza bo‘yicha orqada qolish|"Chiqish signalining fazasi bo‘yicha kiruvchi taʼsirga yoki tayanch tebranishga nisbatan kechikish. " Faza-chastota xarakteristikasi (tasvir uzatgich)|"Tasvir uzatgichi chiqishidagi og‘ib o‘tuvchi tebranishlar fazasining kirishdagi videochastota o‘zgarib borgan sari, chiquvchi uchlardagi signalga bog‘liqligini aks ettiruvchi egri chiziq. " Fazalangan antenna panjarasi|"Nurlanish yo‘nalishi va/yoki tegishli yo‘nalganlik diagrammasining shakli nurlantiruvchi elementlardagi qo‘zg‘atish toklari yoki maydonlarining amplituda-fazaviy taqsimlanshi o‘zgarishi bilan tartibga solinadigan antenna panjarasi. " Fazalangan antenna panjarasining moduli|"Nurlantiruvchi element yoki nurlantiruvchi elementlarning guruhi va/yoki uning funksional elementlari konstruktiv birlashgan antenna panjarasining qismi hisoblanadigan qurilma. " Fazalash|"Biri odatda, etalon signal bo‘lgan ikkita signal o‘rtasida faza siljishini rostlash. Fazalar farqi nolga keltirilgan bo‘lsa, «fazalash» atamasi o‘rniga «sinxronlash» atamasi ishlatiladi. " Fazaning oʻzgarish koeffitsiyenti|"Tarqalish koeffitsiyentining mavhum qismi. " Fazaviy skanlanadigan antenna panjarasi|"Nurning elektr skanlanishi uning nurlantiruvchi elementlariga uzatiladigan radiosignallar fazasining o‘zgarishi bilan amalga oshiriladigan antenna panjarasi. " Fazaviy yo‘nalganlik diagrammasi|"Antennaning asosiy qutblanish maydoni fazasining bog‘liqligini aks ettiradigan antenna yo‘nalganlik diagrammasi. " Fazoviy kommutatsiya|"Telekommunikatsiyalar tarmoqlaridagi, kommutatsiya tarmog‘i fazoviy hamda vaqt kanallarini, ularning vaqt bo‘yicha o‘rinlarini o‘zgartirmas-dan bog‘lash orqali amalga oshiriladigan kommutatsiya. " Fazoviy tarqoq qabul|"Radiostansiyadagi bir-biridan tegishli masofalarda joylashgan bir nechta antenna va ular bilan bog‘liq qabul qilgichlar ishlatiladigan tarqoq qabul. Izoh – Odatda, to‘g‘ri ko‘rinishdagi radioreleli tizimlar uchun, troposferali radioreleli tizimlarda gorizontal bo‘yicha tarqoqlik ishlatilgan bir paytda, vertikal bo‘yicha tarqoqlik ishlatiladi. " Fazoviy to‘lqin (ionosferali to‘lqin)|"Ionosferadan bir martali yoki ko‘p martali qaytish natijasida sodir bo‘ladigan va joyning katta burchaklari ostida qabul qilish nuqtasiga keladigan radioto‘lqin. " Fazoviy yoyish|"Tinishlarga qarshi kurash usuli, bunda tarqoq signallarni qabul qilish/uzatish bir nechta antenna yordamida amalga oshiriladi. " Fazoviy chastota|"Signal parametrining (masalan, uzunligining) fazoviy koordinata bo‘ylab davriy o‘zgarish xarakteristikasi. " Femtouya|"Qoplash zonasi kichik bo‘lgan, xonalarda uyali aloqa bilan qoplanishni ta’minlash uchun mo‘ljallangan uya. " Ferrit antenna|"Ferrit sterjen ko‘rinishidagi o‘zagi bo‘lgan magnit antenna. " Ferroelektron tezkor xotira qurilmasi|"NEC korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan energiyaga bog‘liq bo‘lmagan yarimo‘tkazgichli xotira qurilmasi. " Fexner qonuni|"Hissiy sezish intensivligi qo‘zg‘alish intensivligi logarifmiga proporsional. Tajribada logarifmik munosabat saqlab turilmaydi, biroq, his qilish kamayishining umumiy prinsipi barcha hissiy taassurotni ifodalaydi. " Fider|"Elektr zanjiri va radiochastota signalining energiyasini radiouzatgichdan antennaga yoki antennadan radioqabulqilgichga yetkazadigan yordamchi qurilmalar (ulagichlar, ventillar, faza aylantirgichlar). " Fikr|"Rost yoki yolg‘on ekanligini deyarli har doim tasdiqlash mumkin bo‘lgan mantiqiy ifoda. " Fiksatsiya impulsi|"Videosignalning qayd etilishi kerak bo‘lgan qismini aniqlashda foydalaniladigan impuls. " Filtr|"Kiruvchi ma’lumotlarni standart kiritishdan oladigan, ularni aniq bir tartib bo‘yicha qayta ishlaydigan va standart chiqarishga yo‘naltiradigan dastur. Indekslash xizmatida – hujjatlarni indekslash uchun ulardan mazmuni, xossalari qiymatini ajratib oladigan dasturiy vosita. " Filtr-dasturlar|"Kompyuterning tezkor xotirasida rezident tarzda joylashgan va operatsion tizimga qilin-gan, viruslar ko‘payish va zarar yetkazish uchun foydalanadigan murojaatlarni tutib oladigan, shuningdek, ular to‘g‘risida foydalanuvchiga xabar beradigan dasturlar. " Filtr-diplekser|"Yon polosani bostirish filtri va juda yuqori chastota ajratish filtri funksiyalari birlashti-rilgan qurilma. " Filtrlar bloki|"Har biriga tegishli filtrlarning o‘tkazish polosasiga to‘g‘ri keladigan signal qismi tushuvchi, umumiy kirish hamda alohida chiqishga ega bo‘lgan polosali filtrlar guruhi. " Firibgarlik|"1. Efir vaqti uchun tegishli to‘lovlarsiz, masalan, yolg‘on ma’lumotlarni taqdim etish yo‘li bilan mobil aloqaning tarmog‘i resurslaridan foydalanish bilan bog‘liq har qanday noqonuniy harakat. 2. Foyda olish maqsadida lozim darajadagi to‘lovlarsiz telekommunikatsiyalar xizmatlaridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday noqonuniy ataylab qilingan harakatlar. " Firibgarlik orqali foydalana olish|"Uyali apparatlarning seriya raqamlarini qayta dasturlash yo‘li bilan uyali aloqa xizmatlaridan ruxsat etilmagan tarzda foydalanish. " Firibgarlikni aniqlaydigan tizim|"Ma’lumotlar bazasini tahlil qilish asosida telefon chaqiruvlarini (CDR) batafsil ro‘yxatga olish, firibgarlik holatlarini aniqlash imkonini beruvchi dastur. " Fishing|"1. Maqsadi foydalanuvchilarning konfidensial ma’lumotlari – loginlari va parollariga kirish hisoblanadigan Internet-firibgarlik turi. Izoh – Bunga mashhur brendlar nomidan elektron xatlarni ommaviy yuborish orqali, shuningdek, turli servislarning ichida shaxsiy xabarlar orqali erishiladi, masalan, bank nomidan yoki sotsial tarmoq ichida. 2. Ijtimoiy muhandislikning turli ko‘rinishlaridan biri, foydalanuvchilarning tarmoq xavfsizligi asoslarini bilmasligiga asoslangan: xususan, ko‘pchilik oddiy faktni bilmaydi: servislar o‘zining hisob ma’lumotlari, parol yoki boshqa xabarlarni berish to‘g‘risidagi xatlarni jo‘natmaydi. " Fizik blok|"Tashuvchida yozilgan ajralmaydigan ma’lumotlar bloki. Magnit disklarda u sektor deb ataladi. " Fizik daraja|"Ma’lumotlar bitlarini uzatish uchun aktiv-lashtirish va fizik ulanish usulini ta’minlaydigan OSI modelining quyi (birinchi) sathi. " Fizik foydalana olishni boshqarish|"Foydalana olishning boshqarilishini ta’minlaydigan fizik mexanizmlardan foydalanish. Izoh – Kompyuterni qulflanadigan xonada saqlash foydalana olishni fizik boshqarishga misol bo‘lib hisoblanadi. " Fizik kanal|"Abonentlar o‘rtasida axborot almashinuvi amalga oshiriladigan bog‘lovchi liniya. Eltuvchi chastota, o‘tkazish polosasi, modulyatsiyalash va kodlash, kanal intervali kabi parametrlar bilan tavsiflanadi. " Fizik manzil|"Xotiradagi xotirani boshqarish qurilmasini «ko‘radigan» va «tushunadigan» aniq manzil. " Fizik tahdid|"Shunday tahdidki, uning amalga oshirilishi oqibatida, butun tizimga fizik zarar yetkaziladi. " Fizik zanjir|"Telekommunikatsiyalar signallarini uzatish uchun yo‘naltiruvchi muhit hosil qiladigan metall simlar yoki optik tolalar. " Flesh-xotira|"Intel kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan yarimo‘tkazgichli xotiraning energiyaga bog‘liq bo‘lmagan turi. Flesh-xotira elektr usul bilan o‘chirilishi mumkin, bu uni kompyuterdan olmay turib qayta dasturlash imkonini beradi. Xotiraning bu turi alohida baytlar bilan emas, balki faqat bloklar bilan o‘chirib bo‘lishligi sababli, tezkor xotira qurilmasining asosiy komponenti sifatida yaroqsiz, biroq, flesh-xotiradan ko‘pincha RS-kartalarda, modemlarda va boshqa qurilmalarda, shuningdek, portativ kompyuterlarda qo‘shimcha xotira sifatida foydalaniladi. " Flops|"Kompyuter tezligining o‘lchov birligi; protsessor sekundiga bajaradigan siljiydigan nuqta (vergul) li operatsiyalar sonini bildiradi. " Floptik disk|"Egiluvchan optik diskka yozish texnologiyasi. Disk sirtini belgilash va o‘qish/yozish kallagini joylashtirish lazer yordamida amalga oshiriladi, axborotni yozishning o‘zi magnitli hisoblanadi. LS-120 diskovodlarida foydalaniladi. " Flud (toshqin)|"Keraksiz axborotlar oqimi. " Fluktuatsion televizion xalaqitlar|"Televizion tasvirda miltillaydigan, xaotik harakatlanadigan mayda nuqta va shtrixlar ko‘rinishida aks etadigan, uzluksiz spektrga ega xalaqitlar. " Fluktuatsion xalaqitning vazniy funksiyasi|"Televizion tasvirdagi fluktuatsion xalaqit ko‘rinarliligi-ning uning chastotasiga bog‘liqligi. " Fokus|"Ekrandagi piksel yoki piksellarning o‘ta ravshanligi. Dog‘ o‘lchami sifatida o‘lchanadi. " Fon bo‘limi|"Xotiraning, fonli dasturlar yuklanadigan sohasi (bo‘limi). " Fon jarayoni|"Asosiy harakatlar bilan bir vaqtda bajariladigan jarayon. " Fon operatsiyalari|"Dasturni bajarishda amalga oshiriladigan ikkilamchi jarayon. Masalan, matn redaktori ma’lumotlarni printerga, dasturdan tahrir qilish uchun foydalanilayotgan paytda yuborishi mumkin. Fon operatsiyalari uzilishlardan foydalanish hisobiga ishlashi mumkin. " Fon rejimidagi dastur|"Fon rejimida ishlaydigan dastur. Ayrim eskirgan tizimlarda bu vazifa protsessor asosiy vazifa bilan band bo‘lmagan vaqtda bajariladigan quyi ustuvorlikdagi vazifa hisoblanadi. " Fonli ishlash rejimi|"Obyektlar chiziladigan yoki ekranga chiqariladigan maydon (rang). Ba’zida aktiv oynadan tashqaridagi ekranning qismi shunday ataladi. Windows foydalanuvchisining grafik interfeysida qo‘llaniladigan fonli tasvir. " Fonli tasvir|"Grafik ma’lumotlarni chiqarish qurilmalari (printer, displey, proektor va h.k.) da taqdim etish shakli. " Fonohujjat|"Ovoz yozishning istalgan tizimida qayd etilgan ovozli axborotga ega hujjat. " Forjin|"Komission yig‘imlar va yangi birliklar shaklida mukofot olish imkoniyati bo‘lgan holda, egalik ulushini tasdiqlash asosida, blokcheynda turli kriptovalyutalarda yangi bloklar yaratish. " Fork|"Dasturiy loyihaning kodli bazasidan boshqasi uchun boshlanish sifatida foydalanish. Izoh – Bunda asosiy loyiha mavjudlikda davom etishi uchun ham, uni to‘xtatish ham mumkin. Tarmoqlangan loyiha asosiy loyiha bilan ichidagining bir qismi bilan almashinishi va tutib turishi, asosiy loyiha bilan qandaydir umumiylikka ega bo‘lmagan holda, mutlaqo boshqa xossalarni olish mumkin. " Formallashtirish|"Tadqiqot obyektini, mumkin qadar, bu obyekt har xil ma’noda talqin etilishi istisno qilinadigan ko‘rinishda ta’riflash jarayoni. " Format|"Saqlashda, tashqi qurilmalarga kiritishda/tashqi qurilmalardan chiqarishda yoki kompyuter tarmoqlari orqali yuborishda ma’lumotlarni joylashtirish va taqdim etish sxemasi. " Format (ekran formati)|"Teleekranning normal kesimi, ya’ni balandligining kengligiga bo‘lgan nisbati, u 3:4, 3:5, 9:16 ga teng. " Formatni o‘zgartirish|"Maʼlumotlarni bir formatdan boshqasiga, o‘zga tizim qabul qila oladigan formatga (odatda, maʼlumotlar eksportida va importida) o‘zgartirish. " Formatlash|"1. Ma’lumotlarni bosishga, monitor ekraniga chiqarish uchun tayyorlash operatsiyasi. 2. (Magnit) tashuvchini, unga ma’lumotlar yozishdan oldin belgilash operatsiyasi. 3. Diskni foydalanish uchun tayyorlash – axborotlarni joylashtirish va o‘qib olish tuzilmasi va usullarini o‘rnatish jarayoni. Xotiraning diskli fazosi – ma’lumotlar kolleksiyasi ‒ «bo‘limlar» orqali tashkil qilinib, ularning har biri operatsion tizimga shunday joylashtiriladiki, bunda ma’lumotlarni tartiblash, izlash va tiklash imkoni mavjud bo‘ladi. Foydalanilayotgan disk formatlansa, unda oldin mavjud bo‘lgan axborot o‘chiriladi. " Fosh etish|"Ilgari qo‘llanilgan muhofazani qisman yoki to‘liq olib tashlash operatsiyasi. " Fotodiod|"Yarimo‘tkazgichning ikki turi o‘rtasidagi yoki yarimo‘tkazgich va metall o‘rtasidagi p-n-o‘tishga ega bo‘lgan yarimo‘tkazgichli diod, unda bevosita o‘tish yaqinida yuz beradigan nurlanishning yutilishi fotogalvanik effektni keltirib chiqaradi. " Fotografiya sohasi ekspertlarining birlashgan guruhi|"Faylning hajmi kichik bo‘lishi va tez o‘tkazish imkoniyatiga egaligi bilan tavsiflanadigan, lekin dekodlash jarayoni sekin davom etadigan va tasvir detallarining yo‘qolishiga olib keladigan grafik tasvirlarni siqish usuli. " Fotohujjat|"Fotografiya usulida tayyorlangan tasviriy hujjat. " Foydalana olinadigan zaiflik|"Baholash obyektining ishlash muhitida fuksional xavfsizlik talablari buzilishi uchun ishlatiladigan, baholash obyektining zaif joyi. " Foydalana olinishi cheklangan axborot|"Davlat sirlari va konfidensial axborotdan iborat ma’lumotlarga ega bo‘lgan hujjatlashtirilgan axborot, ulardan foydalana olish qonun hujjatlariga muvofiq chegaralanadi. " Foydalana olish atributi|"Muhofaza obyekti bilan bog‘langan va shu obyektdan tizim subyektining foydalana olish huquqini belgilovchi axborot elementi. Berilgan ko‘plab qiymatlardan ahamiyatlisini qabul qilishi mumkin (odatda, «o‘qish», «yozish» va «bajarish»). " Foydalana olish darajasi|"1. Mantiqiy obyektga muhofaza qilingan resursdan foydalanish imkoniyatini olish uchun zarur bo‘lgan vakolatlar darajasi. Izoh – Berilgan xavfsizlik darajasidagi axborotdan yoki ma’lumotlardan foydalana olishga vakolatlar foydalana olish darajasi bo‘lishi mumkin. 2. Ma’lumotlarning kritikligini yoki subyektlarning ochiqligini identifikatsiya qilish uchun qo‘llaniladigan, xavfsizlik darajasi belgisining iyerarxik qismi. Erkin foydalanish darajasi noiyerarxik toifalar bilan birga xavfsizlik darajasini tashkil etadi. " Foydalana olish huquqi|"1. Qonuniy hujjatlar yoki axborot egasi, mulkdori tomonidan belgilangan, muhofaza qilinadigan axborotdan foydalanish qoidalarining majmui. 2. Resurs (fayl, printer) bilan bog‘liq qoida, undan kim, qanday foydalanishini aniqlab beradi. Asosan to‘rt xil darajadagi foydalana olish/kira olish huquqlari aniqlangan – foydalana olish/kira olish huquqi taqiqlangan, faqat o‘qish uchun, o‘zgartirish va to‘liq foydalana olish/kira olish huquqi. Tizim administratori yoki ushbu resurs egasi tomonidan o‘rnatiladi. " Foydalana olish huquqlarini taqdim etish|"Muayyan dasturlar va ma’lumotlardan foydalanishga ruxsat (sanksiya) berish. " Foydalana olish identifikatori|"Foydalana olish subyekti yoki obyektining noyob belgisi. " Foydalana olish kanali|"Foydalanuvchi uskunasi tayanch stansiya bilan aloqa o‘rnatish uchun foydalaniladigan, ko‘tariluvchi WCDMA kanal. Izoh – Foydalana olish kanalidan chiquvchi chaqiruvlar, qayd etish (ro‘yhatga olish) kabi qisqa signal xabarlar almashinishda foydalaniladi. " Foydalana olish/kira olish huquqlarining buzilishi|"Xotiraning taqiqlangan qismiga murojaat qilinganda ro‘y beradigan xatolik. Dasturlardagi xatoliklar hisobiga yuzaga keladi. " Foydalana olish/kira olish taqiqlangan|"Foydalanuvchilarning, foydalanuvchida (masalan, operatsion tizim fayllaridan yoki jarayonlardan) foydalana olish huquqi bo‘lmagan resurslarga murojaat qilishga urinishida, ma’lumotlarni «faqat o‘qish uchun» deb nomlangan fayllarga yozishga urinishda yuzaga keladigan holat. " Foydalana olish/kira olishni boshqarish tizimi|"Dasturiy-texnik vositalarning majmui, ular yordamida turli resurslardan erkin foydalanishni nazorat qilish va boshqarish vazifasi hal etiladi. Tizim erkin foydalanishga ruxsat berish yoki taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi hamda kirishlar, trevogalar, xavfsizlikning buzilish hollari to‘g‘risida jurnal yuritadi. " Foydalana olish/kirish|"1. Subyekt va obyekt o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning maxsus turi, uning natijasida ularning biridan ikkinchisiga o‘tuvchi axborot oqimi paydo bo‘ladi. 2. Ma’lum turdagi operatsiyalarni keyin-chalik bajarish uchun obyektning ochili-shiga so‘rov jarayoni. 3. Abonent, jarayon, qurilma tomonidan, tizimning tarmoq uchun umumiy resurslariga murojaat qilish protsedurasi. " Foydalana olish kodi|"Foydalanuvchini kompyuter tizimida identifikatsiyalaydigan simvollar va sonlar guruhi. " Foydalana olish markeri|"Jarayon bilan bog‘liq va uning operatsion tizim resurslaridan foydalana olishi uchun «ruxsatnomasi» hisoblanadigan, ma’lumot-lar tuzilmasi. Xususan, jarayonni ishga tushirgan foydalanuvchining barcha xavfsiz-lik identifikatorlarini o‘z ichiga oladi. " Foydalana olish matritsasi|"1. Erkin foydalanishni chegaralash huquqini aks ettiruvchi va tanlaydigan kirishning xu-susiyatlarini tasvirlash uchun mo‘ljallangan jadval. Tizim obyektiga ustun, subyektiga esa, satr mos keladigan matritsani o‘zida aks ettiradi. Matritsaning ustun va satrlari kesishgan joyda subyektning obyektdan erkin foydalanish huquqi ko‘rsatiladi. 2. Subyektlarning axborot resurslaridan erkin foydalanish qoidalarini aks ettiradigan jadval. 3. Jadval ko‘rinishida taqdim etilgan, ma’lumotlarning tizimli tuzilmasi. Jadvalning ustunlari tizimda mavjud bo‘lgan barcha resurslarning identifikatorlari bilan, satrlar esa tizimda qayd etilgan barcha foydalanuvchilarning identifikatorlari bilan belgilangan. Jadval har bir ustunining har bir satr bilan kesishish joyida tizim administratori tomonidan berilgan obyektdan erkin foydalanish turining muayyan foydalanuvchiga ruxsat etilgan maxsus ko‘rsatgichi qo‘yiladi. " Foydalana olish (murojaat qilish) vaqti|"Ma’lumotlarni kiritish-chiqarishga komanda berish payti bilan almashinishning boshlanish payti orasidagi vaqt intervali. " Foydalana olish niqobi|"1. Ayrim bitlari foydalana olishning har-xil turlariga mos keladigan ikkilik son. 2. Oldindan belgilangan huquqlar ro‘yxati, foydalanuvchi va foydalanuvchilar guruhiga andoza bo‘yicha beriladi. Linux operatsion tizimida standart foydalana olish/kira olish huquqi niqobi 755 ta foydalanuvchiga o‘qish, o‘zgartirish, fayllarni ishga tushirish huquqini beradi, qolgan foydalanuvchilar esa faqat o‘qish va fayllarni ishga tushirish huquqidan foydalanishlari mumkin. " Foydalana olish nuqtasi|"Simsiz yoki simli qurilmalarning simli tarmoqqa ulanishiga imkon beradigan qurilma yoki uskuna qismi. " Foydalana olish obyekti|"Tizimning axborot resursi birligi, undan foydalana olish erkin foydalanishni chegaralash qoidalari bilan tartibga solinadi. " Foydalana olish protokoli|"Toqnashuvlarning oldini olish maqsadida, ishchi stansiyalar tomonidan axborotni tarmoqning alohida segmentlari orqali uzatishda foydalaniladigan qoidalar yig‘indisi. " Foydalana olish qoidalari|"1. Muhofaza qilinadigan axborot va uning tashuvchilaridan foydalana olish tartibi va shartlarini qat’iy tartibga soladigan qoidalar majmui. 2. Doimiy texnik vositalardan foydalangan holda, subyektning axborot resursidan foydalana olishini amalga oshirish maqsadida o‘rnatilgan qoidalar. " Foydalana olish rejimi|"Foydalana olish rejimi protsessorning tizim resurslaridan foydalanishda imtiyozga egaligini belgilaydi. «Yadro» rejimida protsessor barcha xotira va komandalardan foydalanishi mumkin. " Foydalana olish ro‘yxati|"Resurslardan foydalana olish huquqlari bilan birgalikda resursdan foydalana olish ruxsatiga ega obyektlar ro‘yxati. " Foydalana olish serveri|"Ixtisoslashtirilgan elektron hisoblash mashinasi (kommunikatsiya protsessori) yoki tegishli kengaytirish platalari bilan jihozlangan va kommutatsiyalanadigan telefon kanallari orqali olisdagi foydalanuvchilarga tarmoq resurslaridan foydalana olish imkonini taqdim etadigan standart shaxsiy kompyuter. " Foydalana olish usuli|"Xotira qurilmalarida, fayllarda, ma’lumotlar bazalarida, tarmoqlarda ma’lumotlar saqlanishini va almashinuvini tashkil qilish usuli. To‘g‘ridan-to‘g‘ri, ketma-ket masofadan erkin foydalanish usullari bor. " Foydalana olish vaqtining samaradorligi|"Foydalana olish vaqtining sahifaga nisbatan matematik kutishi. " Foydalana olish yo‘li|"1. Faylning diskdagi o‘rnini belgilaydigan nomlar zanjiri. 2. Ba’zi operatsiyani bajarish uchun zarur bo‘lgan murojaatlar ketma-ketligi. 3. Ma’lumotlar elementlarining ketma-ketligi, ular ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi tomonidan yozuvlardan yoki ma’lumotlar bazasida saqlanadigan ma’lumotlarning boshqa elementlaridan erkin foydalanishda qo‘llaniladi. " Foydalana olish shlyuzi|"Foydalana olishning turli ko‘rinishlariga ega oxirgi foydalanuvchilarga KAT paketli uzatish uzeli bilan ulanish imkonini beruvchi blok. " Foydalana olishlik|"1. Ma’lumotlar yoki resurslarning, vakolatli mantiqiy obyektning so‘roviga ko‘ra, foydalana olish mumkin bo‘lgan va foydalanishga yaroqlilik xususiyati. 2. Maqbul vaqt ichida axborot tizimidan talab qilinadigan axborot xizmatini olish mumkinligi. 3. Axborot va uning tashuvchisining holati, unda foydalanuvchilar tomonidan ular uchun mo‘ljallangan axborotning hech qanday qarshiliksiz va o‘z vaqtida olinishi ta’minlanadi. " Foydalana olishni blokirovkalash (axborotdan)|"1. Axborotdan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar (qonuniy foydalanuvchilar)ning undan foydalanishini to‘xtatish yoki qiyinlashtirish. 2. Axborotdan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan subyektning axborotdan foydalanishida to‘sqinlik qiladigan sharoitlar yaratish. Izoh – Axborotdan foydalanishda to‘sqinlik qiladigan sharoitlar yaratish, foydalana olish vaqti bo‘yicha qayta ishlash funksiyalari (foydalana olish turlari) bo‘yicha va/yoki foydalanish mumkin bo‘lgan axborot resurslari bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. " Foydalana olishni boshqarish|"1. Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi resurslariga faqat vakolatga ega mantiqiy obyektlar va faqat ruxsat etilgan usul bilan murojaat qilish imkoniyatini ta’minlaydigan usullar. 2. Tizimning barcha resurslaridan (ma’lumotlar bazalari elementlari, dasturiy va texnik vositalari) foydalanishni tartibga solish bilan, axborotni muhofaza qilish usuli. 3. Biznes va xavfsizlik talablariga asoslangan, aktivlardan ruxsat etilgan va cheklangan tarzda foydalana olishni ta’minlash usullari. 4. Faqat ruxsat etilgan dasturlar, jarayonlar yoki boshqa tizimlarga (tarmoqdagi) tizim resurslaridan erkin foydalanishni cheklash jarayoni. " Foydalana olishni boshqarish kaliti|"Jarayon tomonidan ma’lumotlar bazasi boshqarish tizimiga beriladigan va ma’lumotlardan ruxsat etilmagan tarzda erkin foydalanishning oldini olish maqsadida, tegishli qiymat bilan solishtiriladigan qiymat. " Foydalana olishni boshqarish ro‘yxati|"Windows NT va Windows 2000 dagi xavfsizlik tizimi elementi. Foydalanuvchilar va ular guruhlarining resursdan (masalan, fayldan) erkin foydalanish huquqlarini belgilaydi. Tartiblashtirilgan ACE ro‘yxatidan iborat. Obyekt egasi o‘z xohishiga ko‘ra, obyekt ACL ni o‘zgartirishi mumkin. Tarmoq operatsion tizimi foydalana olishni boshqarish ro‘yxatidan umumiy tarmoq resurslaridan foydalanish huquqlarini belgilashda foydalanadi. " Foydalana olishni boshqarish siyosati|"Foydalana olish o‘z o‘rniga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan sharoitlarni belgilaydigan qoidalar to‘plami. " Foydalana olishni boshqarish tizimi|"Foydalana olishni jismoniy boshqarishning avtomatlashtirilgan vositalari. Izoh – Foydalana olishni boshqarish tizimida magnit polosali identifikatsion kartalardan, o‘qiydigan biometrik qurilmalardan, smart-kartalardan foydalaniladi. " Foydalana olishni boshqarish xizmati|"Subyektlarning faqat ruxsat etilgan yo‘l bilan foydalana olishini ta’minlaydigan usullar. " Foydalana olishni mantiqiy boshqarish|"Ma’lumotlar yoki axborotdan foydalana olish boshqarilishini ta’minlaydigan mexanizmlarning qo‘llanilishi. Izoh – Qoidaga ko‘ra, foydalana olishni mantiqiy boshqarishda paroldan foydalaniladi. " Foydalana olishni nazorat qilish|"Talab qilinadigan muhofaza qilish modeliga muvofiq, avtomatlashtirilgan tizim resurslaridan erkin foydalanishni cheklaydigan jarayon. " Foydalana olishni nazorat qilish yozuvi|"Windows NT va Windows 2000 xavfsizlik tizimida erkin foydalanishni boshqarish jadvalining elementi. Muayyan foydalanuvchi yoki foydalanuvchilar guruhi uchun audit va fayllar hamda boshqa obyektlardan foydalanish muhofaza qilinishini belgilaydi. " Foydalana olishni tekshirish|"Foydalanuvchining hisobga olish yozuvi to‘g‘risidagi ma’lumotni tekshirish. Subyektga so‘ralayotgan operatsiyani bajarish huquqini taqdim etish imkoniyatini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi. " Foydalana olishning o‘rtacha vaqti|"Sahifali tashkil qilishda xotiraga bo‘lgan murojaatlar sonining matematik kutish bahosi. " Foydalaniladigan maydon kuchlanganligi|"Maydon kuchlanganligining median qiymatlari minimal foydalaniladiganlardan past bo‘lmagan radiotelevizion stansiyaning xizmat ko‘rsatish zonasi chegaralarini rejalashtirishda qabul qilingan maydon kuchlanganligi. " Foydalanilayotgan parametrlarni nazorat qilish|"Tarmoqning barcha resurslaridan foydalanilayotganda, ortiqcha trafikni tarmoqqa o‘tkazmagan holda, o‘ta yuklanish paydo bo‘lishining oldini oladi. UPC ortiqcha trafikni chiqarib tashlash imkonini beruvchi CLP yacheykalari bitlarini o‘zgartiradi. " Foydalanish dasturi|"Ma’lumotlar, hisoblashlar va h.k.lar ustida qandaydir operatsiyalarni bajarishga mo‘ljallangan amaliy dasturiy ta’minot. " Foydalanish davri|"Foydalanish uchun ko‘rsatilgan huquqlar amal qiladigan vaqt intervali. " Foydalanish huquqini beradigan kalit|"Tarmoq o‘lchamlariga bog‘liq huquq kategoriyasi: uyalar soni kichik bo‘lgan (A); murakkab kommutatsiyali va lokal tarmoqlar bilan aloqaga ega bo‘lgan ofis (V); umumiy foydalanishdagi tarmoqlar bilan qo‘shilgan (S); GSM tarmoqlari bilan qo‘shilgan (D). " Foydalanish jarayoni|"Operatsion tizimda foydalanuvchi tomonidan ishga tushirilgan jarayon. " Foydalanish turi|"Foydalanish huquqida ko‘rsatilgan operatsiyalar turi. Izoh – Foydalanish huquqida quyidagi operatsiyalar ko‘rsatilishi mumkin: o‘qish, yozish, bajarish, to‘ldirish, modifikatsiya qilish, o‘chirish, yaratish. " Foydalanish vazifalari uchun xotirani taqsimlash|"Yuklanadigan foydalanish vazifasi uchun xotirani ajratish va uni har bir vazifa tugagandan so‘ng bo‘shatish. " Foydalanishga ruxsat|"Resurs (masalan, fayl, printer) bilan bog‘liq bo‘lgan, berilgan resursdan kim va qanday foydalanishi mumkinligini belgilovchi qoida. Foydalanishning to‘rt darajasini foydalanish taqiqlangan, faqat o‘qish uchun, takomillashtirish uchun va to‘la foydalanish aniqlash tipik hisoblanadi. " Foydalanishga ruxsat olish|"Kompyuter tizimida yoki tarmoqda, biron-bir dastur yoki qurilmalar resursidan foydalanishga ruxsat olish. Xotira yacheykasiga, registrga, ma’lumotlar bazasiga, fayllarga va b.larga o‘qish yoki ma’lumot yoza olish imkoni. Obyektning qandaydir operatsiyalarni bajara olishi uchun olinadigan ruxsat. " Foydalanishni majburiy nazorat qilish|"Qar.: Foydalanishni mandatli boshqarish. " Foydalanishni mandatli boshqarish|"1. Obyektlardan erkin foydalanishni boshqarish usuli obyektda mavjud bo‘lgan axborotning (maxsus belgilar bilan taqdim etilgan) maxfiylik yoki kritiklik darajasiga va berilgan kritiklik darajasidagi axborotdan erkin foydalanishda subyektning vakolatlari va huquqlarini rasman tekshirishga asoslangan. 2. Obyektlarda bo‘lgan axborot uchun konfidensiallik belgisini tayinlashga va subyektlarga shunday konfidensiallik darajasidagi axborotga murojaat qilishlari uchun rasmiy ruxsatlar berilishiga asoslangan subyektlarning obyektlardan foydalanishini chegaralash. " Foydalanishni chegaralash|"1. Tizim resurslaridan foydalanish tartibi, bunda subyektlar belgilangan qoidalarga qat’iy muvofiq holda obyektlardan foydalana oladilar. 2. Har bir foydalanuvchiga (foydalanish subyektiga) axborot resursidan erkin foydalanish, axborot bilan tanishish, uni hujjatlashtirish, o‘zgartirish va yo‘q qilish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish yuzasidan alohida huquqlar berish. Izoh – Foydalanishni chegaralash tematik belgiga ko‘ra qurilgan turli modellar yoki foydalanish ruxsat etilgan axborotning maxfiylik grifi bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. " Foydalanishni chegaralash qoidalari|"Foydalana olish subуektlarining foydalana olish obуektidan foydalana olish huquqlarini tartibga soluvchi qoidalar majmui. " Foydalanishni chegaralash qoidalarini buzuvchi|"1. Axborotdan ruxsatsiz foydalana olishni amalga oshiruvchi foydalana olish subyekti. 2. Shtat texnik vositalar yordamida axborot resursidan ruxsat etilmagan tarzda erkin foydalanadigan shaxs. " Foydalanishni chegaralash qoidalarini buzuvchining modeli|"Foydalanishni chegaralash qoidalarini buzuvchining abstrakt (formallashtirilgan yoki formallashtirilmagan) tavsifi. " Foydalanishni chegaralash rejimi|"Shaxslarning, oldindan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan qoidalarga muvofiq, hisoblash texnikasi vositalaridan, qayta ishlashda dasturdan foydalana olish tartibi. " Foydalanishni chegaralash tizimi|"Hisoblash texnikasi vositalari yoki avtomatlashtirilgan tizimlarda foydalanishni chegaralashni amalga oshiradigan qoidalar majmui. " Foydalanishni chegaralash vositasi|"Qabul qilingan modelga muvofiq, subyektlarning axborot resurslaridan foydalanishi chegaralanishini ta’minlovchi dasturiy-apparat vosita. Izoh – Foydalanish matritsasi va maxfiylik (konfidensiallik) belgisi erkin foydalanishni chegaralash vositalari hisoblanadi. " Foydalanishning qulayligi|"Tizimning, unda tayyorgarlik ko‘rmagan foydalanuvchi ishi yengillik darajasini tavsiflash xususiyati. " Foydalanuvchi|"Baholash obуekti bilan birgalikda ishlaydigan, baholash obуektidan tashqarida bo‘lgan har qanday mantiqiy obуekt (foydalanuvchi-odam yoki AT tashqi obуekti). " Foydalanuvchi agenti|"Foydalanuvchining nomidan ish ko‘radigan intellektual agent. Foydalanuvchini tizimda ifoda etuvchi, ochiq tizimlar o‘zaro ishlay olish modelining amaliy jarayoni. Foydalanuvchi nomidan xabarlar qabul qilishi, jo‘natishi, baʼzi hollarda esa, hatto tuzishi mumkin. Izoh – Bu toifaga elektron pochtani tekshirish va muhim xatlar kelganligi to‘g‘risida xabardor qilish, buyurtma qilingan yangiliklar hisobotlarini yig‘ish, mavzu bo‘yicha axborot izlash, veb-shakllarni avtomatik to‘ldirish vazifalarini bajarayotgan intellektual agentlar kiradi. " Foydalanuvchi dasturlashtiradigan mantiqiy integral sxema|"Loyihalashda yoki (ekspluatatsiya qilish sharoitlarida) foydalanuvchi tomonidan dasturlashtirilishi mumkin bo‘lgan mantiqiy integral sxema. " Foydalanuvchi deytagrammalari protokoli|"TSR/IP protokollari guruhiga kiradigan, bog‘lanish o‘rnatilmaydigan transport sathi protokoli. UDP – tasdiqlashlarsiz yoki yetkazish kafolatlanmagan holda, deytagrammalar almashinuvini ta’minlaydigan oddiy protokol, bunda xatolar qayta ishlanishini va uzatish takrorlanishini biror-bir boshqa protokol nazorat qilishi talab etiladi. " «Foydalanuvchi-foydalanuvchi» signalizatsiyasi|"ISDN foydalanuvchisiga boshqa ISDN foydalanuvchisi bilan signal kanali orqali cheklangan hajmdagi axborot almashinish imkonini taqdim etadigan qo‘shimcha xizmat; ushbu imkoniyat asosiy aloqa xizmatini shu (boshqa) foydalanuvchi bilan qo‘shib taqdim etiladi. " «Foydalanuvchi foydalanuvchiga» protokoli|"Ma’lumotlarni qabul qilish markazlashtirilgan serverdan emas, balki xuddi shunaqa foydalanuvchilarning kompyuterlari tomonidan amalga oshiriladigan protokol. Serverda turli kompyuterlarda fayllarning mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumot saqlanadi. eDonkey, Kazaa turidagi piring tarmoqlarida qo‘llaniladi. " Foydalanuvchi guruhi|"Foydalanuvchilarning qaysidir xususiyatlari (mezonlari) asosida guruhlarga birlashishi. Masalan, tizim administratorlari guruhi. " Foydalanuvchi identifikatori|"1. Foydalanuvchini identifikatsiya qilish uchun ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi-da foydalaniladigan tasvir yoki simvollar ketma-ketligi. 2. Barcha boshqa subyektlar (obyektlar) ning to‘liq ko‘pligi o‘rtasida identifikat-siya qilinuvchi subyekt (obyekt)ni bir xil ajratishga imkon beradigan xususiy belgi-lanish (nom, kod va sh.k.). 3. Alohida shaxsga yoki shaxslar guruhiga beriladigan hamda hisoblash tizimi resurs-laridan foydalanishga ruxsat beradigan ramziy nom. " Foydalanuvchi interfeysi|"Foydalanuvchining kompyuter tizimi bilan hamkorlik jarayonlarini belgilaydigan interfeys. Matnli, grafikli yoki ovozli bo‘lishi mumkin. " Foydalanuvchi interfeysining obyekti|"Voqealar bog‘langan funksiyalar ishlaydigan grafik interfeys obyekti. Masalan, tugmalar, matn maydoni va boshqalar. " Foydalanuvchi interfeysining oqimi|"Windows operatsion tizimidagi, foydalanuvchining grafik interfeysi to‘g‘risidagi axborotni qaytaruvchi ma’lumotlar oqimi. " Foydalanuvchi konteksti|"Aniq holat ta’rifi. Kontekstga bog‘liq xoda, atamalar har xil ma’noga ega. " Foydalanuvchi rasmi|"Foydalanuvchi hisob yozuvining, foydalanuvchining o‘zi tomonidan tanlangan rasm bilan ko‘rsatish turi. " Foydalanuvchi rejimi|"Protsessorning, amaliy dasturlarni bajarish uchun mo‘ljallangan, imtiyozli bo‘lmagan ishlash rejimi. " «Foydalanuvchi-Tarmoq» interfeysi|"Asosiy tezlikda «Foydalanuvchi-Tarmoq» interfeysi bilan o‘zaro ishlaydigan foydalanuvchining terminali orqali standartlashtirilgan to‘rt simli «Foydalanuvchi-Tarmoq» interfeysi (SQ etalon nuqta). " Foydalanuvchi tomonidan boshqariladigan qayta manzillash xizmati|"Foydalanuvchi tomonidan boshqariladigan qayta manzillash xizmati individual liniya tayinlanmagan abonentlar uchun amalga oshirilishi mumkin. Qayta manzillash xizmatlari uchun to‘lov ushbu xizmat aktivlashtirilganda generatsiyalanadi. Izoh – Bu xizmat faqat MGCP protokolining oxirgi (terminal) qurilmalari uchun yaratiladi. " Foydalanuvchi uchun xotira|"Xotira qurilmasining foydalanuvchi uchun ajratilgan qismi. " Foydalanuvchilar adresatsiyasi|"Internet-xizmatlar (elektron pochta, xosting va b.) foydalanuvchilariga, berilgan manzillarga maʼlumotlar qabul qilish yoki uzatish mumkin bo‘lishi uchun, manzillar berish protsedurasi. " Foydalanuvchilar huquqlarini muhofaza qilish|"Foydalanuvchilarning dasturlar va ma’lumotlardan to‘sqinliklarsiz hamda o‘z vaqtida foydalana olishlarini ta’minlashga va ulardagi axborotdan boshqa shaxslar foydalanishidan muhofaza qilishga qaratil-gan qoidalar, usullar hamda vositalar majmui. " Foydalanuvchilar paketlarining protokoli|"Foydalanuvchining deytagrammalar protokoli, UDP protokoli, TCP/IP protokollari oilasidan transport darajasidagi tarmoq protokoli. Alohida paketlar IP dan foydalanib uzatishning to‘g‘riligi va yetkazish kafolatini tekshirmasdan, lekin iloji boricha tezroq uzatiladi. Bunda paketlarning bir qismi yo‘qoladi, lekin, masalan, nutqni uzatishda ovoz uzilmaydi, bu uning aniqligini ta’minlashda muhim hisoblanadi. Ma’lumotlar uzatish transport protokoli RFC 768 da tavsiflangan. " Foydalanuvchilarni identifikatsiyalash-ning yagona axborot tizimi|"Yuridik va jismoniy shaxslar to‘liq identifikatsiya qilinishini, shuningdek, idoralararo elektron o‘zaro hamkorlikda mansabdor shaxslarning ma’lumotlar bazalari va axborot tizimlaridan ruxsat etilgan tarzda foydalana olishini ta’minlaydigan davlat axborot tizimi. " Foydalanuvchilarning standart interfeysi|"Turli dasturlar va operatsion tizimlarga qo‘yiladigan talablar majmui. Bunday dasturlarni shakllantirishda oldindan aniqlangan standart elementlardan foydalaniladi. Bu esa tajribasiz foydalanuvchilarga dasturdan foydalanishni osonlashtiradi. " Foydalanuvchilarning yopiq guruhi|"Foydalanuvchilarga, unga va undan foydalanish cheklangan guruhni tashkil etish imkonini beradigan qo‘shimcha xizmat. " Foydalanuvchini identifikatsiyalash|"Vakolatlarni – ma’lumotlardan erkin foydalanish huquqi va ulardan foydalanish tartibini aniqlash maqsadida, foydalanuvchilarni (familiya va parolga qarab) tanish. " Foydalanuvchini ro‘yxatga olish|"Kompyuter tizimiga (tarmog‘iga) kirishda foydalanuvchini identifikatsiyalаsh protsedurasi; kompyuter tizimidan foydalanishga ruxsat olish uchun qo‘llaniladigan ochiq hisobga olish nomi. " Foydalanuvchining grafik interfeysi|"1. Operatsion tizim ostida foydalanuvchining shaxsiy grafik interfeysini yaratish moslamasi. 2. Ma’lumotlarni vizuallashtirish imkonini beruvchi dastur. Misol: Windows, OS/2 Presentation Manager. " Foydalanuvchining hisobga olish yozuvi|"Lokal tarmoqlarda va ko‘p foydalanuvchili operatsion tizimlarda har bir foydalanuvchini va uning aktivligini qayd qiluvchi yozuv. Administratorlik qilish, taqsimlangan resurslarni ifodalash va ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash uchun xizmat qiladi. Kishining operatsion tizimga tegishliligini ifodalaydigan yozuv. " Foydalanuvchining huquqlari|"Ma’lum turdagi tizimga kirishni amalga oshirish imkoniyati va u yoki boshqa imtiyozlarning mavjudligi. " Foydalanuvchining ma’lumotlari|"OXFni bajarishga ta’sir etmaydigan foydalanuvchi uchun ma’lumotlar. " Foydalanuvchining nomi|"Foydalanuvchining tizimdagi hisobga olish yozuvini belgilaydigan noyob nom. Hisob yozuvidagi nom guruhdagi boshqa nom bilan yoki shu domen yoki ishchi guruhdagi foydalanuvchining nomi bilan mos kelmasligi kerak. " Foydalanuvchining paroli|"Foydalanuvchining har bir hisob yozuvida saqlanadigan maxfiy so‘z. Har bir foydalanuvchi, odatda takrorlanmaydigan maxfiy so‘zga ega bo‘ladi va uni tizimga kirish yoki serverga ulanishda ishlatadi. " Foydalanuvchining profili|"1. Odatda, erkin foydalanishni boshqarish uchun qo‘llaniladigan foydalanuvchining tavsifi. Izoh – Foydalanuvchining profili foydalanuvchining identifikatori, foydalanuv-chining nomi, parol, erkin foydalanish huquqi va boshqa atributlardan iborat bo‘lishi mumkin. 2. Foydalanuvchi faoliyatining namunasi foydalanuvchining faoliyatidagi o‘zgarishlarni aniqlash uchun qo‘llaniladi. " Foydalanuvchining tizimga kirishi|"Ekranning ro‘yxatga olish oynasi, foydalanuvchi uning yordamida kompyuterga kiradi va ish seansini boshlaydi. " Foydalanuvchining tizimga kirishi|"Ko‘p foydalanuvchili tizimga nisbatan foydalanuvchining jami huquqlari. Foydalanish uchun o‘z ismi, paroli, uy katalogi va h.k. mavjudligi nazarda tutiladi. " Foydalanuvchining shaxsiy identifikatori|"PIN-raqamiga o‘xshab qo‘lda kiritiladigan identifikator. " Foydali signal|"Texnik vositaning ishlab turishi uchun mo‘ljallangan elektromagnit signal. " Fragment|"Katta ma’lumotlar paketi yoki faylning qismi. Disk fayllarining fragmentlari qanchalik katta bo‘lsa, ularga kirish shunchalik sekin amalga oshadi. Shuning uchun davriy ravishda diskni defragmentatsiyalash dasturini ishga tushirib turish kerak. " Fragmentlash|"Bitta faylni bir nechta qismga (fragmentga) ajratish jarayoni. " Fraktal tasvir formati|"Tasvirlarning qattiq siqilgan fayllari formati Integrated Systems firmasi tomonidan taklif qilingan. " Frankirlash mashinasi|"Yozma xat-xabarlarga pochta aloqasi xizmatlari uchun haq to‘langanligini, ushbu xat-xabarlar qabul qilingan sanani va boshqa axborotni tasdiqlovchi tamg‘a izlarini tushirishga mo‘ljallangan mashina. " Freymlarni global ajratish|"Erkin freymlarni to‘plash barcha jarayonlar uchun umumiy bo‘lgan asosiy xotirada sahifalar freymlarini jarayonlarga ajratish, bir jarayon boshqasidan freym olishi mumkin. " Freymlarni lokal ajratish|"Asosiy xotirada, bo‘sh freymlarning to‘plami har bir jarayon uchun alohida ajratiladigan jarayonlarga sahifalar freymlarini ajratish. " Freymlarni proporsional ajratish|"Jarayonlarga xotiradagi jarayonlar o‘lchamiga proporsional bo‘lgan asosiy xotiradagi sahifalar freymlarini ajratish. " Freymlarni qayd etib ajratish|"Jarayonlarga asosiy xotiradagi sahifalar freymlarini yo bir xilda, yoki xotiradagi jarayonlar o‘lchamiga proporsional tarzda ajratish. " Freymlarni ustuvorlik bo‘yicha ajratish|"Jarayonlarga asosiy xotiradagi sahifalar freymini ajratish. Jarayonlarning ustuvorligiga muvofiq: sahifalarni almashtirishda quyi ustuvorlik jarayonining sahifasi joylashtiriladi. " Freymli namoyishlar tili|"80-yillarda yaratilgan dasturlash tili. Freym obyekt yoki hodisaning asosiy xossalarini o‘zida aks ettiradi. Freymning tuzilmasi xossalar ro‘yxati ko‘rinishida yozilib, freym slotlari deb nomlanadi. " Funksional arxitektura|"Funksional obyektlar va ular o‘rtasidagi KAT tuzilmasini tavsiflashda ishlatiladigan, etalon nuqtalar to‘plami. Bunday funksional obyektlar etalon nuqtalar bilan ajratilgan, shuning uchun, ular funksiyalar taqsimlanishini belgilaydi. Izoh – Funksional obyektlar etalon konfiguratsiyalarni tasvirlashda ishlatilishi mumkin. Bu etalon konfi-guratsiyalar, qanday etalon nuqtalar uskunani ishlatish doirasida va ma’muriy domenlar o‘rtasida ko‘rinishini aniqlab beradi. " Funksional blok|"Tizimdagi qurilma, qandaydir qurilmaning kichik tizimi yoki mikrosxemaning bir qismi, masalan, arifmetik-mantiqiy qurilma bloki, registr fayli va sh.k. " Funksional bog‘lanish|"Modulning faqat bitta vazifa bilan bog‘liq harakatlarni bajaradigan funksional xarakteristikasi. Izoh – Funksional bog‘langan modul bir turdagi kiruvchi ma’lumotlarni bir turdagi chiquvchi ma’lumotlarga o‘zgartiradi; bunday modullarga stekni boshqaradigan modul yoki navbatni boshqaradigan modul misol bo‘lib hisoblanadi. " Funksional dasturlash|"Dasturlash tilining barcha konstruksiyalari funksiyalar ko‘rinishida amalga oshiriladigan dasturlash uslubi. " Funksional dasturlash tili|"Deklarativ turdagi dasturlash tili. Funksional tur tilidagi dastur ma’lum funksiyalar majmui ko‘rinishida taqdim etiladi. Amalda barcha funksiyalar rekursiv. LISP va Logo funksional tillarning o‘ziga xos vakillaridir. " Funksional ishonchlilik|"Xavfsizlikning ba’zi mezonlarga, masalan, xavfsizlik siyosati bilan belgilanadigan mezonlarga mos kelishi xususiyati. " Funksional klavishlar|"Klaviaturadagi F1 dan F10 (ba’zan F12) gacha belgilangan va har bir dasturda maxsus belgilanishga ega bo‘lgan dasturlashtiriladigan klavishlar guruhi. " Funksional moslashuv (raqamli televideniyeda)|"Turli uzatish muhiti bo‘yicha ishlashga imkon beradigan raqamli televizion tizim xarakteristikasi. Izoh – Yer usti televizion eshittirishi kontekstidagi funksional moslashuvchanlik uzatishning muqobil muhitlari bo‘yicha kabelli, yo‘ldoshli, keng polosali tarmoqlar, videkassetalarni, shuningdek, mavjud analog televizion tizimlarga kinematografiya va video standartlarini o‘zgartirish, kompyuterlar va interaktiv tizimlar bilan o‘zaro aloqani o‘z ichiga oladi. " Funksional sxema|"Kompyuter tizimi funksional komponentlarining va ular o‘zaro aloqadorligining grafik taqdim etilishi. " Funksional testlash|"Ilovaning, dastur tuzilmasiga tegmasdan, belgilangan funksional talablarni bajarishini tekshirish. " Funksiya|"Dastur yoki tizim tomonidan hal qilinadigan masala yoki maqsad, shuningdek qandaydir qurilmaning vazifasi. Masalan, printerning funksiyasi ‒ bosib chiqarish, kompyuterning funksiyalaridan biri o‘qitish, matn redaktorining funksiyasi ‒ hujjatni tayyorlash va h.k. " Funksiya prototipi|"Ba’zi dasturlash tillarida ‒ dastur boshida funk-siyalar parametrlari va ularning turlari ro‘yxati bilan birgalikdagi, funksiyalar turlari va nomlarini e‘lon qilish. Bu translyatsiya qilish jarayonini soddalashtiradi. " Funksiyalar ustasi|"Foydalanuvchining grafik interfeysidagi interaktiv funksiya. Bosqichma-bosqich bajariladigan operatsiyani (masalan, dasturni o‘rnatish) ketma-ket o‘zgarib turadigan dialog oynalar yordamida bajarish. Baʼzida bu kabi interfeyslar druid, djin yoki assistent deb nomlanadi. Funksiyalar ustasi qurilgan tizim utiliti sifatida birinchi bor Microsoft Windows 95 operatsion tizimida foydalanilgan. " Funksiyaning o‘ta yuklanishi|"Dasturda, aynan bir nomga, biroq parametrlarning har xil turlariga va boshqarish qaytarilganda uzatiladigan qiymatlarga ega bir nechta protseduradan foydalanish. " Furye tez o‘zgartirishi|"Hisoblashlar hajmi kamaytirilgan Furye o‘zgartirishini hisoblash algoritmi. " Fеystel tarmog‘i|"Blokli shifrlar tuzish arxitekturasi. Bunda blokni shifrlashning butun jarayoni qadamlar (raundlar) ichida bajariladi. Ularning har birida blok o‘zgaradigan va o‘zgarmaydigan qismlarga ajratiladi. Shifrlash funksiyasi yordamida o‘zgarmaydigan qism va raund kalitidan, gammalash operatsiyasi vositasida o‘zgaradigan qismni modifikatsiyalashda foydalaniladigan modifikatsiyalovchi kod ishlab chiqiladi. " Fеystel shifri|"Takrorlanadigan blokli shifrning maxsus sinfi, unda shifr matn chetlab o‘tish funksiyasi qo‘llanishini takrorlash bilan ochiq matndan hisoblab chiqiladi. G " ...ga almashtirish|"Matnning bir fragmentini boshqasi bilan almashtirish. " Gabidulin kriptotizimi|"Rang (daraja) metrikasida xatolarni tuzatuvchi kodlarga asoslangan kriptotizim. " Gamma|"Qayta tiklash yarim ton xarakteristikasi nochiziqliligini ifodalaydigan televizion tizim kontrastliligining omili yoki koeffitsiyenti. " Gamma tuzatuvchi|"Televizion eshittirish gamma qiymatini nochiziqli element signali o‘tish zanjiriga kiritish orqali rostlash uchun mo‘ljallangan qurilma. " Gammalash|"Ochiq ma’lumotlarni shifrlash uchun ushbu ma’lumotlarga muayan qonun bo‘yicha shifr gammalarini qo‘yish jarayoni. " Gammalash shifri|"Ma’lumotlarni shifrlash uchun gammalash-dan foydalaniladigan oqimli shifr. " Gamma-testlash|"Dasturiy mahsulotni, uni tijoriy chiqarishdan oldin testlashning uchinchi bosqichi. Gamma-testlash bosqichida faqat hujjatlar va o‘ramgina so‘nggi ko‘rinishda bo‘lmaydi. " Gamma-tuzatish|"Elektron-nur trubkaga beriladigan kuchlanish va yorqinlik o‘rtasidagi noliniyaviy bog‘liqlik tufayli sodir bo‘lgan, elektron-nur trubkadagi rang yorqinligi buzilishini tuzatishga imkon beradigan mexanizm. " Gant diagrammasi|"Jarayonlarning nomini va ularni bajarishning vaqtinchalik diapazonlarini tasvirlaydigan, ayrim vaqt birliklarida ifodalangan, «vaqt chizig‘i» ko‘rinishidagi sxema. " Garmonikalar analizatori (spektr analizatori)|"Tebranishlar spektrini tadqiq qilish uchun mo‘ljallangan asbob. Garmonikalar analizatorining ishlash prinsipi berilgan tebranish joylashtirilishi mumkin bo‘lgan turli chastotalardagi garmonik tebranishlarni (tor polosali filtrlar yordamida) ajratishdan iborat. " Gauss chastotaviy manipulyatsiyasi|"Kirishida, kirish impulslari shakllarining Gauss qonuni asosida silliqlanishini ta’minlovchi past chastotali filtrga ega chastotaviy manipulyatsiya usuli, odatda, silliqlanish koeffitsenti 0,5 ga teng. Izoh − (DECT, Bluetooth tizimlarida foydalaniladi). " Gauss kanali|"Bir tekis oq shovqinli akslantirishsiz kanal. " Gaz-razryadli almashlab ulagich|"Tarmoqlangan o‘ta yuqori chastotali trakt-larni kommutatsiyalash uchun mo‘ljallan-gan, tashqaridan boshqariladigan gazli razryadlagich. Oddiy gazli razryadlagichdan farqli ravishda, gazrazryadli almashlab ulagich maydon o‘ta yuqori chastotasining quvvati oshib ketganda, o‘z-o‘zidan ishlab ketmasligi kerak, shu sababli, gaz bosimi mustaqil razryad uchun optimal bo‘lganga nisbatan, ko‘p karra kamaytirilishi yoki oshirilishi kerak. " Geksagonal yacheyka|"Qo‘shni uchastkalarni qoplamasdan yoki ayrim uchastkalarni qoldirib ketmasdan, xizmat ko‘rsatiladigan butun hududni qamrab olish imkonini beradigan yacheyka. " Gektometrli to‘lqinlar|"100 m dan 1000 m gacha bo‘lgan to‘lqin uzunliklari diapazoni (300 kHz dan 3000 kHz gacha bo‘lgan chastotalar diapazoni). " Generator|"O‘zining ishlash jarayonida nimadir yaratadigan dastur, masalan, ilovalar generatori, kod generatori va sh.k. " Geografik axborot tizimi|"Joy kartalari, planlar, sxemalar kabi makonga oid ma’lumotlarni kiritish, qayta ishlash, saqlash va aks ettirish bilan bog‘langan dasturiy tizimlar turkumi. " Geografik domen|"Geografik belgi bo‘yicha birlashtirilgan domen nomlari guruhi. " Geoinformatika|"Ilmiy, texnologik va ishlab chiqarish faoliyati. U amaliy yoki geoilmiy maqsad-larda ilmiy asoslash, loyihalash, yaratish, ekspluatatsiya qilish va geografik axborot tizimlaridan foydalanish, geoaxborot texnologiyalarni ishlab chiqish hamda amaliy jihatlar yoki GAT qo‘llanmalari bilan shug‘ullanadi. " Geoinformatsion tizim|"1. Matnli, jadval, illyustratsiyali va boshqa shakllarda kartografik ma’lumotlarni va ular bilan bog‘liq ma’lumotlarni saqlab turishga, qayta ishlash va berishga qaratilgan dasturiy, axborot va texnik vositalar kompleksi. 2. Fazoviy ma’lumotlarni to‘plash, saqlash, tahlil qilish va grafik vizuallashtirish uchun mo‘ljallangan tizim. Ushbu tizim raqamli kartalarni, shuningdek, obyektlar to‘g‘risidagi qo‘shimcha axborotni, masalan, bino balandligini, yashovchilarining manzili, sonini izlab topish, tahlil va tahrir qilish imkonini beradi. " Geomatika|"1. Axborot texnologiyalari, multimedia va telekommunikatsiya vositalaridan foydalanish yo‘nalishi. Maʼlumotlarni qayta ishlash, geotizimlarni tahlil qilish va avtomatlashtirilgan xaritaga olish mazkur ilmiy yo‘nalishning asosiy vazifasidir. 2. Geoinformatika yoki geoaxborotlashgan xaritaga olish atamalarining sinonimi sifatida ham ishlatiladigan atama. " Geometrik (koordinata) buzilishlarni tuzatish|"«Gorizontal bo‘yicha chiziqlilik» rostlagichi yordamida amalga oshiriladigan tuzatish. " Geosinxron yo‘ldosh|"Aylanish davri Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanish davriga teng bo‘lgan Yer yo‘ldoshi. " Geostatsionar yo‘ldosh|"To‘g‘ri va doiraviy orbitasi Yer ekvatori tekisligida yotadigan, shu tariqa Yerga nisbatan qo‘zg‘almas bo‘lgan geosinxron yo‘ldosh. Keng ma’noda –Yerga nisbatan taxminan qo‘zg‘almas bo‘lib qoluvchi yo‘ldosh. " Geostatsionar yo‘ldoshlar orbitasi|"To‘g‘ri va doiraviy orbitasi yer ekvatorining tekisligida joylashgan geosinxron yo‘ldosh orbitasi. " Gers dipoli|"O‘rtasiga yuqori chastotali tebranishlar manbai ulanadigan, oxiri yo‘g‘onlashgan to‘lqin uzunligiga nisbatan kichik uzunlikdagi sim kesmasi (bo‘lagi). " Gers vibratori|"G.Gers tomonidan konstruksiyalangan tebranish manbaini (tebranish rejimida) yoki yuklamani (qabul rejimida) o‘rtadagi uzilish bilan ulash uchun mo‘ljallangan metall shtir ko‘rinishidagi antenna. " Geterodin chastotasini ohista rostlash|"Konvertor geterodinining zavodda sozlanish noaniqligini yo‘qotish imkonini beradi. Amalda bu qabul qilinayotgan tasvir sifatini yaxshilaydi. Qo‘lda sozlashdan tashqari ayrim resiverlarda chastotani avtomatik sozlash imkoniyati ham mavjud. " Geterogen tarmoq|"Turli operatsion tizimlar, tarmoq kartalari o‘rnatilgan har xil kompyuterlardan iborat va/yoki turli tarmoq protokollaridan foydalaniladigan tarmoq. " Geteroxrom|"Turli nominal uzatish tezliklariga ega signallar. " Geytvey|"Qar.: Dorvey. " Gibrid differensial impuls kodli modulyatsiya|"Differensial impuls-kodli modulyatsiya (DIKM) va kodlashning boshqa usullarini o‘z ichiga oladigan manbani kodlash usuli. Izoh – DIKM va IKM kombinatsiyasi misol bo‘ladi, bunda sanoqning haqiqiy va taxmin qilingan qiymati o’rtasidagi farqning kvantlangan qiymatiga mos kela-digan kodli so‘zlar haqiqiy sanoqning kvantlangan qiymatiga mos keladigan kodli so‘zlar bilan oldindan belgilangan tartibga muvofiq almashinib keladi. " Gibrid ekran|"Maʼlumotlarni ham chiqarishni, ham kiritishni taʼminlovchi ekran. Gibrid ekran maxsus jarayonlarda masalan, dispetcherlar, sotuvchilar, bank xizmatchilari bajaradigan ixtisoslashgan jarayonlarda alohida katta ahamiyat kasb etadi. Texnologiyalar orasida quyidagi ikki tamoyil ko‘proq ishlatiladi. Sig‘imli tamoyilda, foydalanuvchining qo‘l barmog‘i ekranga chiqarilgan tasvir detallariga tegishi bilan maʼlumot kiritish yuz beradi. Buning uchun, suyuq kristalli indikatorning old va orqa tomonlaridan elektr o‘tkazuvchi qatlamli shisha plastinalar qo‘yiladi, yon tomonda esa elektrodlar joylashadi. Elektromagnit tamoyili maxsus pero ishlatishga asoslangan. Buning uchun, suyuq kristalli indikatorning orqa tomoniga sezgir panjara yoki magnit konturlari joylashtiriladi. Pero ekran qabul qilayotgan kuchlanishni induksiyalaydi. " Gibrid kabel|"Umumiy qobiq bilan o‘ralgan, har xil turdagi yoki toifadagi ikki yoki undan ortiq kabeldan iborat qurilma. Umumiy ekranga ega bo‘lishi mumkin. " Gibrid kodlash|"Harakatlanuvchi televizion tasvirlarni qayta ishlash uchun kadr ichida va kadrlararo kodlashni o‘z ichiga oladigan, videosignal raqamli oqimini siqish. Raqamli oqimni qisqartirish maqsadida kadr ichida va kadrlararo kodlashni o‘zida mujassamlashtirgan kodlash. " Gibrid kommunikatsiyalash|"Kanallar kommutatsiyasini va paketlar kommutatsiyasini taʼminlovchi kompleks transport xizmat ko‘rsatish turi. " Gibrid mikrosxema|"Sopol taglikka (asosga) o‘rnatilgan diskret komponentlar va har хil turdagi integral sxemalardan iborat mikrosxema. " Gibrid optik-tolali arxitektura|"Signallar ikki tomonlama asimmetrik uzatiladigan abonent foydalanish tarmog‘i arxi-tekturasi, 802.U. standarti doirasida ishlab chiqilgan. Unda optik-tolali kabellar, o‘ralgan juft, koaksial kabellar va raqamli uzatish usullari qo‘llanilishi mumkin. " Gibrid pochta|"Jo‘natuvchiga xabarlarni, telekommunikatsiyalar tarmog‘i orqali, keyinchalik adresatning pochta manziliga yetkazib berish imkoniyati bilan uzatish amalga oshiriladigan elektron pochta xizmati. " Gibrid pochta jo‘natmasi|"Jo‘natuvchidan fizik yoki elektron shaklda qabul qilinadigan,telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanib ishlov beriladigan, yozma xat-xabarlar jo‘natmaga o‘zgartiriladigan va oluvchiga fizik ko‘rinishda topshiriladigan xabar. " Gibrid tarmoq|"Turli xil kompyuterlarni birlashtiradigan lokal tarmoq. " Gibrid to‘lqin|"Elektr va magnit maydon vektorlari noldan farqli bo‘ylama tashkil etuvchilarga ega elektromagnit to‘lqin. " Gigabayt (Gbyte)|"Kompyuter tizimlari xotira sig‘imining o‘lchov birligi 230 yoki 1.073.741.824 byte ga teng. " Gigaflops|"Unumdorligi yuqori bo‘lgan protsessor yoki superkompyuterning ishlash tezligi birligi (vaqt birligi ichida siljuvchi nuqta bilan bajariladigan operatsiyalar soni). " Gilbert o‘zgartirgichi|"Chastotalarning keng polosasida signal fazalarining 90º ga siljishini ta’minlovchi qurilma. " Giperdiapazon (giperpolosa)|"Kabelli televizion eshittirishlar uchun ajratilgan, 230 MHz dan 470 MHz gacha bo‘lgan chastotalar diapazoni. " Giperhavola|"Faylga, faylning biror o‘rniga, Internet yoki intranetdagi HTML-sahifaga o‘tish imkonini beradigan rangli va ostiga chizilgan matn yoki rasm. Giperilovalar, shuningdek, yangiliklar guruhi va Gopher, Telnet va FTP dagi uzellarni ko‘rsatishi mumkin. " Giperkanallar|"Kabelli televideniye tarmoqlarida foydalaniladigan 300 MHz dan 470 MHz gacha bo‘lgan chastotalar polosasidagi chastota kanallari. " Giperkard|"Macintosh kompyuterida, 6-9 versiyalar MAC OS tizimida gipermedia ilovalar yaratish imkonini beradigan vizual dasturlash muhiti. Giperkardni, foydalanuvchiga qulay, interaktiv ko‘rinishda taklif etgan holda, matnlar, rasmlar, tovushlar, animatsiyani birga to‘plash imkonini beradigan «axborot tashkilotchisi» deb atash mumkin. " Giperkub|"1. Ko‘p protsessorli tizimda protsessorlarni birlashtirish usullaridan biri. 2. Uzellari ko‘p o‘lchamli kub grafasining cho‘qqisi hisoblanadigan tarmoq topologiyasi. " Gipermatn|"1. Boshqa hujjatlarga giperhavolalarni (ko‘rsatgichlarni) ichiga oladigan har qanday matn. Axborotni hujjatlar o‘rtasidagi bog‘lanishlar orqali taqdim etish usuli. 2. Matnlarda maxsus ko‘rsatgichlardan (giperhavolalardan) foydalangan holda, matn massivlarida berilgan mavzularni izlab topishni ta’minlaydigan texnologiya. " Gipermatn preprotsessori|"Veb-serverda HTML sahifalarni yaratish va ma’lumotlar bazalari bilan ishlash uchun yaratilgan dasturlash tili. Bugungi kunda ko‘plab xosting kompaniyalarida qo‘llab-quvvatlanadi. " Gipermatnli belgilash tili|"veb-brauzerning dizayn matnini loyihalash imkonini beradigan, maxsus simvollar (teglar)dan tarkib topgan, veb-hujjat matnini yozish tili. HTML tili shakllarni formatlash va qayta ishlash, shriftlarni boshqarish, ma’lumotlarni grafik ko‘rinishda uzatish, gipermatnli aloqalarni tashkil etish va Java appletlarni qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi. " Gipermatnli ishorat|"Qar.: Giperishorat. " Gipermatnni uzatish protokoli|"Gipermatnni uzatish uchun foydalaniladigan protokol. Protokolning asosiy vazifasi veb-server bilan aloqa oʻrnatish va HTML sahifalarini mijozning veb-brauzeriga yetkazilishini ta’minlash hisoblanadi. Protokol ishlashi uchun IP bogʻlanish orqali Internetga ulanish talab etiladi. veb-hujjat olinadigan kompyuter manzili oldidan http:// prefiksi qoʻyiladi. " Gipermedia|"Multimedia-axborotni tashkil qilish usuli. Bunda matndan tashqari, ma’lumotlarning boshqa turlariga (video, grafika, tovush) havolalar ta’minlanadi. " Giperoqimlilik|"Pentium 4 protsessorida amalga oshirilgan yangi texnologiyaning nomi. Bu texnologiyada protsessor registlari va bloklarining ishga solinmagan imkoniyatlaridan foydalaniladi, natijada protsessor unumdorligi 30 foizgacha oshadi. " Gipervizor|"Ayni bir xost-kompyuterda bir vaqtda bir qancha yoki ko‘plab operatsion tizimlar parallel bajarilishini ta’minlaydigan yoki bajarilishiga imkon yaratadigan dasturiy yoki apparat sxema. Gipervizor, shuningdek, operatsion tizimlarning bir-biridan izolyatsiya qilinishini, muhofazasini va xavfsizligini, ishga tushirilgan turli operatsion tizimlar o‘rtasida resurslar ajratilishini va bu resurslar boshqarilishini ham ta’minlaydi. Gipervizor qandaydir ma’noda minimal operatsion tizim (mikroyadro yoki nanoyadro) hisoblanadi. " Giromagnit chastota|"1. Lorens kuchi va markazdan qochma kuchlarning tengligi bilan aniqlanadigan, Yer magnit maydonining katta kuchlanishli liniyalari atrofida erkin elektronlarning aylanish chastotasi. 2. Doimiy bir jinsli magnit maydonda erkin zaryadlangan zarralarning aylanish chastotasi. " Giromagnitli rezonans|"Doimiy magnit maydonidagi elektronlarning aylantirish harakati hodisasi. " Gistogramma|"Ma’lumotlarning vaqt bo‘lagi davomida o‘zgarishini aks ettiradigan diagramma. Bu xil diagrammalar kattaliklarni ko‘rgazmali taqqoslash uchun juda qulay. Gistogrammada kategoriyalar o‘qi gorizontal bo‘ylab, qiymatlar o‘qi vertikal bo‘ylab joylashadi. O‘qlarning bunday joylashuvi qiymatlarning vaqt bo‘yicha o‘zgarish xarakterini ta’kidlaydi. " Global axborot infratuzilmasi|"Sifat jihatidan tamomila yangi axborot tuzilmasi. Uni dunyo hamjamiyatining bir qator rivojlangan davlatlari 1995-yildan boshlab shakllantira boshlashgan. Ularning niyatlariga ko‘ra, global axborot infratuzilmasi global va mintaqaviy axborot-kommunikatsion tarmoqlarining hamda raqamli televideniye va radio eshittirishlar, yo‘ldosh tizimlar va harakatlanuvchi aloqaning uyg‘unlashuvi asosida sayyoramizning aholisiga ommaviy xizmat ko‘rsatadigan umumjahon integrallashgan axborot tarmog‘idan iborat bo‘ladi. " Global axborot tizimi|"Internet tarmog‘ining maʼlumotlar bazalaridan axborot izlash bo‘yicha tarmoq xizmati. Global axborot tizimi ko‘p sonli maʼlumotlar bazalaridan axborot izlashni osonlashtirish uchun yaratilgan. Gopher tarmoq xizmatidan farqli, global axborot tizimi bilan ishlashda dastlab menyuni ko‘rib chiqish kerak emas. Izlashda so‘z kiritish kifoya. Shunda global axborot tizimi Internetdagi maʼlumotlar bazalarining nomlarini qarab chiqadi, natijada foydalanuvchi bu so‘z uchraydigan obyektlarning ro‘yxatini oladi. Muhimi shuki, har bir baza o‘zining axborot izlash usuliga ega. Global axborot tizimi esa bu usullarning barchasi bilan ishlay oladi va foydalanuvchiga yagona umumiy interfeys taqdim qiladi. " Global hisoblash tarmog‘i|"1. Turli davlatlar va qit’alarni qamrab oladigan katta hududga yoyilgan abonent tizimlarini birlashtiradi. Insoniyat va tashkilotlarning undan foydalana olish bo‘yicha axborot resurslarini birlashtirish muammosini xal qiladi. 2. Hududi jihatidan taqsimlangan tarmoq yoki ma’lumotlar uzatish tarmog‘i, ma’lum geografik hududni (region, mamlakat, qator mamlakatlarni) qamrab oluvchi va kommutatsiyalanadigan hamda ajratilgan liniyalar yoki maxsus aloqa kanallaridan foydalanib axborot uzatishni ta’minlaydigan tarmoq. " Global identifikator|"Ta’sir sohasi butun dastur bo‘lgan identifikator. " Global izlash|"Butun hujjat, ma’lumotlar bazasi yoki disk bo‘yicha izlash operatsiyasi. " Global manzil|"Tarmoqda ishlatiladigan manzil turlaridan biri. Global manzil maʼlumotlar bloki, xabar yoki signal barcha obyektlar uchun mo‘ljallanganini ko‘rsatadi. Tarmoqda global manzillar ishlatilganda, keng qamrovli eshittirish bajariladi. Shuningdek, tarmoqda guruhli manzil (maʼlumotlar bloki mo‘ljallangan obyektlar to‘plamini aniqlaydi) va noyob manzil (tarmoqda faqat bitta obyektni ajratadi) ishlatiladi. " Global manzillash|"Tarmoq elementlarining aniq joylashuvini oydinlashtirmay, marshrutizatorga ma’lum tarmoqni tanib olishga imkon beruvchi manzillash. Izoh − Global miqyosdagi manzillarning kiritilishi o‘zaro bog‘langan ko‘p sonli uzellar mavjudligida tarmoqlararo birgalikda ishlash protsedurasini soddalashtirish imkonini beradi. " Global mobil aloqa tizimi|"ETSI da mobil aloqaning maxsus ishchi guruhi Group Special Mobile (GSM nomining dastlabki talqini) tomonidan ishlab chiqilgan raqamli uyali aloqaning umumEvropa standarti. Izoh − GSM standartida ishlaydigan birinchi tijorat tarmog‘i 1992-yilda Germaniyada ishga tushirilgan. O‘shandan buyon standart uzluksiz takomillashib va rivojlanib bormoqda. Hozirgi paytda uning foydalaniladigan chastotalar diapazoni bilan farqlanuvchi to‘rtta versiyasi: GSM-900, GSM-1800 (DCS-1800), PCS-1900 va GSM-400 hamda uchta evolyutsion texnologiyasi: HSCSD, GPRS va EDGE tarqalgan bo‘lib, ular ma’lumotlar uzatish xizmatlarining joriy etilishi bilan bog‘liq. " Global nur|"Geostatsionar yo‘ldoshning Yer yuzasining butun ko‘rinadigan sirti qamrab olinishini ta’minlaydigan 17°x17° kenglikdagi antenna nuri. " Global nurga ega antenna|"Yo‘nalganlik diagrammasi Yer sathini qamrab oladigan retranslyator-yo‘ldosh antennasi. " Global o‘zgaruvchi|"Ta’sir sohasi dasturning barcha bloklari yoki modullari bo‘lgan o‘zgaruvchi (Java Script da aynan bir HTML hujjatning barcha ssenariylari) yoki yuqori sath blokida tavsiflangan o‘zgaruvchi. " Global optimallash|"Dasturni optimallash, sikllardan konstant ifodalarni chiqarish, hisoblashlar ketma-ketligini qayta tartibga solinishini ichiga oladi. " Global rouming|"Hududiy va tashkiliy cheklashlarsiz mobil abonent bilan aloqa o‘rnatish rejimi. " Global tarmoq|"Lokal va shahar hisoblash tarmoqlarini birlashtiruvchi tarmoq. Ma’lumotlarning mamlakat yoki butun dunyo miqyosida katta masofalarga uzatilishini ta’minlaydi. " Global telekommunikatsiyalar tarmog‘i|"Bir nechta mamlakat yoki qitʼa hududini qamrab oluvchi telekommunikatsiyalar tarmog‘i. " Global ulanish|"Internet tarmog‘ining maʼlumotlar bazalaridan foydalanishning gipermuhitini yaratuvchi tarmoq xizmati. CERNdagi Tim Berners-Li tomonidan ishlab chiqilgan. Uning asosiy g‘oyasi, cho‘qqilari hujjatlar bo‘lgan, hujjatlardagi so‘zlar va jumlalar ularning o‘zaro aloqasini aniqlaydigan katta grafni yaratishdadir. " Globallashuv|"Axborot texnologiyalari, mahsulotlari va tizimlarining butun dunyoga tarqalish jarayoni. U iqtisodiy va madaniy jihatlardan qaraganda uyg‘unlashuvga olib keladi. Bu jarayonning tarafdorlari bundan keyingi taraqqiyot imkoniyatlarini faqat global axborot jamiyatining rivojlanish sharoitlarida ko‘rishadi. Opponentlar globallashuvning milliy madaniy qadriyatlarga keltiradigan xatarlari to‘g‘risida ogohlantirishmoqda. " Globallashuv jarayoni|"Yagona, umumjahon axborot-moliya makonini yaratish. Izoh – Globallashuv yangi texnologiyalarsiz, birinchi navbatda, axborot texnologiyalarisiz mumkin emas va ko‘p jihatdan, innovatsion iqtisodiyotga tayanadi. " Gofrlangan to‘lqin o‘tkazgich|"Choklari bo‘lmagan, devorlari gofrlangan, egiluvchan to‘g‘ri burchakli to‘lqin o‘tkazgich. " Goley kodlari|"Xatolarni tuzatuvchi chiziqli blokli kodlar turkumi. Goley kodlari siklik kod sifatida ham ko‘rib chiqilishi mumkin. " Golografik televideniye|"Uch o‘lchamli obyekt illyuziyasini hosil qiluvchi uch o‘lchamli televideniye. Televideniye, bunda sahna tasviri kogerent manbadan kelayotgan yorug‘lik va shu manbaning o‘zidan kelayotgan, lekin sahnadan akslangan yorug‘lik o‘rtasidagi interferensiya natijasida hosil bo’ladi. " Golografiya|"Fan va texnikaning, tabiati turlicha bo‘lgan to‘lqin maydonlarni yozish va qayta ishlash uchun mo‘ljallangan qurilmalar va usullar yaratish, ularni o‘rganish bilan shug‘ullanadigan bo‘limi. " Gomogen tarmoq|"Yagona dasturiy platforma yoki bir turdagi kompyuterlar asosida qurilgan lokal tarmoq. " Gopp kodlari|"Turli kriptotizimlarda ishlatiladigan, xatolarni tuzatuvchi kodlar. Gopp kodlaridan foydalanish Gopp kodlarini dekodlashni qo‘lda amalga oshirish mumkinligiga asoslangan (Gopp kodlari «yashirinadigan») chiziqli blokli kodlarni dekodlash. NP to‘liq vazifa bo‘lib, uni bajarish juda qiyin. " Gorizont orti aloqasi|"Bevosita ko‘rinishdan tashqarida joylashgan stansiyalar o‘rtasidagi aloqa, bunda biror bir aktiv yoki passiv retronslyatorlar qo‘llanilmaydi. Izoh ‒ Radioto‘lqinlarning gorizont ortida tarqalishi difraksiya, refraksiya effektlari va atmosferaning turli qatlamlaridan qaytish hisobiga amalga oshiriladi. " Gorizont ortidagi trassa|"Uzatuvchi va qabul qiluvchi antennalar o‘rtasida to‘g‘ri ko‘rinish mavjud bo‘lmagan radioto‘lqinlarning tarqalish trassasi. Izoh – Gorizont orti tarqalishda radioto‘lqinlarning tarqalish mexanizmi radioto‘lqinlarni troposfera (troposferali aloqa)ning bir xil emasligidan qayta nurlanishi yoki ionosfera qatlamlaridan (qisqa to‘lqinli aloqa)ning bir xil emasligidan qayta nurlanishi yoki ionosfera qatlamlaridan (qisqa to‘lqinli aloqa) qaytishiga asoslangan. " Gorizontal bo‘yicha ajratish|"Tasvirning har bir gorizontal chizig‘ida videomonitor tiklashi mumkin bo‘lgan minimal tasvir elementlarining (chiziqlarining) soni yoki manba videosignalining bitta gorizontal chizig‘ida bo‘lgan videoaxborotning umumiy soni. Masalan, VHS videoyozuv formati gorizontal bo‘yicha 240 ta, lazerli disk – 480 ta, DVD – 500 ta, HDTV – 1080 ta chiziqni tashkil qiladi. " Gorizontal portal|"Umumiy tavsifga ega bo‘lgan, turli mavzular bo‘yicha xizmatlar taqdim etuvchi veb-sayt. " Gorizontal qutblangan to‘lqin|"Magnit maydon vektori Yer sirtiga nisbatan vertikal, elektr maydon vektori esa, gorizontal yo‘nalgan, chiziqli qutblangan elektromagnit to‘lqin. " Gorizontal va vertiakl tekisliklardagi antenna yoʻnalganlik diagrammasi asosiy yaprogʻining oraliq burchagi|"Yoʻnalishlar bilan hosil qilingan gorizontal va vertikal tekisliklardagi burchaklar, ular uchun antennaning kuchayishi qabulning asosiy yoʻnalishida kuchayishning maksimal qiymatidan 3 dB ga kam. " Gorizontal yo‘nalganlik diagrammasi|"Antennaning gorizontal tekislikdagi yo‘nalganlik diagrammasi. " Gradatsion buzilishlar|"1. Gradatsion xarakteristikaning talab etilgandan og‘ishi. 2. Kul rang shkala turli darajalarining noto‘g‘ri qayta tiklanishi. " Gradatsion xarakteristika|"Televizion tasvir yorqinligining yoki yorqinlik signali darajasining tashqi obyekt yorqinligi yoki kiruvchi yorqinlik signali darajasiga bog‘liqligi. " Gradatsiya|"Rang zichligining asta-sekin o‘zgarishi, obyektning qo‘shni qismlari yoki tegishli tasvir o‘rtasidagi tonning o‘zgarishi. " Gradiyent|"Kompyuter grafikasida qurish usuli. Muayyan (asosiy) nuqtalarning rangi va shaffofligi belgilanib, qolgan nuqtalarning rangi va shaffofligi ularga nisbatan yoki muayyan matematik algoritmlar asosida hisoblanadi. Shu tarzda dastlabki va so‘nggi nuqtalarning koordinatalari va rangini belgilab, bitta rangdan boshqa rangga tekis o‘tishlarni hosil qilish mumkin. " Gradiyent sindirish ko‘rsatgichli tola|"Sindirish ko‘rsatgichi ko‘ndalang kesimda, yorug‘lik o‘tkazuvchi o‘tkazgichning chetidan uning o‘zagi tomon ortib borgan holda tekis o‘zgaradigan ko‘p modali optik tola. Sindirish ko‘rsatgichining gradiyentli profilda tola ichidagi nur sinishi, binobarin, oqim tezligi sinish ko‘rsatgichi nisbatan keng o‘tkazish polosasi taʼminlaydi. " Grafema|"Yozma matnning eng kichik birligi (harf, raqam, iyeroglif, tinish belgisi). " Grafik|"Biror bir funksional bog‘lanishning grafik tasvirlanishi. " Grafik adapter|"1. 1984-yilda ishlab chiqilgan yaxshilangan grafik adapter. VGA va SVGA adapterlari tomonidan siqib chiqarilgan. 640x350 piksellar uchun 16 xil rangga ega. 2. Shaxsiy kompyuterning, displey qurilmaning grafik funksiyalarini ta’minlaydigan kengaytirish platasi. " Grafik akselerator|"Markaziy protsessordan foydalanmasdan, grafik ma’lumotlar bilan ko‘plab operatsiyalarni bajarish imkonini beradigan qurilma. Grafik akseleratorlar shartli ravishda uch turga bo‘linadi: grafik qobiqlar uchun mo‘ljallangan, uch o‘lchamli grafikani yaratish uchun mo‘ljallangan (3D akseleratorlar), dinamik tasvirlarni tiklash uchun mo‘ljallangan grafik akseleratorlar. " Grafik almashish formati|"Aniq nomlanishi − GIF89A; grafik tasvirni siqish usuli va grafik fayllar formati, Internet sahifalarida ko‘proq ishlatiladigan format hisoblanadi; ma’lumotlarni yo‘qotmasdan siqishni ta’minlaydi. " Grafik axborot|"Sxemalar, eskizlar, tasvirlar, grafiklar, diagrammalar, ramzlar ko‘rinishida ifodalangan maʼlumotlar yoki xabarlar. " Grafik displey|"Ekranda nuqtalar matritsasini yuzaga keltirishni ta’minlaydigan tasvir va/yoki matnlarni yorituvchi displey. Bu nuqtalar topologiyasi ko‘pincha videografika matritsasi orqali aniqlanadi. " Grafik fayl|"Grafik tasvirni ichiga oladigan fayl. " Grafik filtr|"Tasvirni bir grafik formatdan boshqasiga o‘zgartiradigan yoki uning ustida qandaydir boshqa operatsiyalarni bajaradigan dasturiy modul. " Grafik format|"Grafik fayllarni almashish formati (GIF) bilan patent bo‘yicha muammolar paydo bo‘lganidan so‘ng, GIF formatining o‘rniga kiritilgan format, pikselga 48 bit gacha bo‘lgan chuqurlikka ega bo‘lgan rangga ega tasvirni saqlash imkoniyatini beradi, alohida alfa-kanalga ega va yo‘qotishlarsiz siqilishi yaxshilangan. " Grafik formatlar|"Grafik fayl formatlari grafikani/rasmlarni saqlash va boshqarishning standart usulidir. Bu qo‘llanma rasmlarni va boshqa grafikalarni raqamli rasmlar formatlar sifatida saqlaydi. Grafik formatlar pikselda yoki pikselga rastrlash (bir necha istisno bilan) qilinadigan (geometrik) vektorda yoziladi. Rasm/grafika piksellar panjara (ustunlar va qatorlar) sifatida bo‘ladi; har bir piksel raqamlardan tashkil topgan, ular yorug‘lik va rang darajasini bildiradi. Bu turdagi formatlarga jpg, tiff, gif, png, bmp va boshqalar kiradi. " Grafik hujjat|"Obyekt tasviri chiziqlar, shtrixlar, yorug‘ va soya tomonlarni bo‘yoqlarda ko‘rsatish vositasida olingan tasviriy hujjat. " Grafik interfeys|"Foydalanuvchining hisoblash tizimi bilan o‘zaro aloqasini tashkil qiladigan grafik muhit. Grafik interfeys g‘oyasi amaliy tizim to‘g‘risida axborot taqdim etishning tabiiyligidan foydalanishdan iborat. Foydalanuvchi interfeysining asosiy tushunchalari bo‘lib, oyna va piktogramma hisoblanadi. " Grafik kichik tizim|"Grafika bilan ishlash uchun mo‘ljallangan, kompyuter apparat vositalari jami. " Grafik kompakt-disk|"Kompakt-diskka ma’lumotni yozish formati, uning asosiy spetsifikatsiyasiga qo‘shimcha tariqasida kengaytirilgan tasviriy imkoniyatlar qo‘shilgan. " Grafik maʼlumotlar bazasi|"Grafik maʼlumotlar saqlanayotgan maʼlumotlar bazasi. " Grafik ma’lumotlar bilan almashish boshlang‘ich standarti|"AQSh Milliy standartlar byurosi tomonidan uch o‘lchamli geometrik ma’lumotlarni almashish imkonini ta’minlash uchun e’lon qilingan standart. " Grafik protsessor|"Grafik tezlatgichlar uchun mo‘ljallangan prot-sessor. Hozirgi vaqtda 64 va 128 razryadli grafik protsessorlardan foydalaniladi. " Grafik qobiq|"Foydalanuvchilarning grafik foydalanish interfeysini amalga oshiradigan va tizim administratorlarining operatsion tizim bilan foydalanish interfeysini amalga oshiradigan operatsion tizimning kichik tizimi. " Grafik redaktor (muharrir)|"Kompyuter yordamida ikki o‘lchovli tasvirlarni tuzish va tahrir qilish imkonini beradigan dastur (yoki dasturlar paketi). Izoh − Grafik redaktorlarning turlari: 1 Rastrli grafik redaktorlar. Nisbatan ommalashgan redaktorlar: Microsoft Windows va MAC OS X operatsion tizimlari uchun Adobe Photoshop. GNU/Linux va boshqa POSIX standartiga muvofiq operatsion tizimlari uchun GIMP redaktori. 2 Vektorli grafik redaktorlar. Nisbatan ommalashgan redaktorlar: Corel Draw, Macromedia Free Hand − Windows uchun, Inkscape − barcha operatsion tizimlar uchun. " Grafik rejim|"Chiziqlar va belgilarni ekranda nuqtalar bilan chiqarish orqali tavsirlash rejimi. Grafik rejimda tasvir bevosita shakl nuqtalarini birlashtirish orqali tuziladi, xuddi «sichqoncha»ning ko‘rsatgichi singari. Bundan tashqari, u belgilarni (quyuq shrift yoki kursiv) chop etishda ularning tashqi ko‘rinishini oldindan ko‘rish imkonini ham beradi. " Grafik soprotsessor|"Markaziy protsessor bilan bitta platada joylashgan, grafik komandalarning bajarilishi topshiriladigan (yoki o‘zi tutib oladigan) grafik protsessor. Markaziy protsessorga tushadigan hisoblash yukini kamaytiradi va kompyuter videotizimining ishlash tezligini oshiradi. " Grafik stansiya|"Uch o‘lchamli tasvirlarni qayta ishlash uchun grafik tezlatgichli katta quvvatga ega kompyuter. " Grafik sxema|"Masalalarni yechish algoritmining grafik taqdim etilishi, unda simvollardan operatsiyalarni, oqim ma’lumotlarini tavsiflash va boshqarish uchun foydalaniladi. " Grafik tezlatgich|"Chiziqlar va yuzalarni chizish, konturlarni to‘ldirish, bo‘yash, yashirin chiziqlarni o‘chirish kabi murakkab grafik operatsiyalarni bajarishni tezlashtiruvchi plata yoki ixtisoslashtirilgan mikrosxema (mikroprotsessorlar to‘plami). " Grafika|"Matnli ma’lumotlar va grafik timsollar birlashtirilgan kompyuterda ma’lumotlarni vizual taqdim etishning eng umumiy usuli. Mashina tashuvchilarda grafik tasvirning o‘zini taqdim etishning rastrli va vektorli grafika kabi ikki turi bor. " Grafika chizadigan|"Egri va to‘g‘ri chiziqlar o‘tkazish yo‘li bilan tasvir chizadigan qurilma. Ikki turdagi, yaʼni barabanli va planshetli grafika chizuvchi qurilmalar ishlab chiqariladi. Barabanli (rulonli) grafika chizuvchi qurilmada tasvir chiqariladigan qog‘oz yoki plyonka barabanga mahkamlanadi. Barabanli grafika chizuvchi qurilmalar ixcham, ishlatishda qulay hamda katta hajmdagi chizmalar bilan ishlash imkonini beradi. Planshetli (yassi) grafika chizuvchilarda qog‘oz yoki plyonka tekislikda joylashadi. Tekislik ustidan metall konstruksiya o‘rnatiladi, u yozuv blokini bir vaqtning o‘zida ikki koordinata o‘qi bo‘yicha tekislik bo‘ylab siljitish imkonini beradi. Yozuv blokining turiga qarab grafika chizuvchi qurilmalar peroli, sharrachali va elektrostatik xillarga bo‘linadi. Grafika chizuvchilarning ikki toifasi farqlanadi. Vektorli turda yozuvchi blok vektorli tasvirlarni ikki yo‘nalishda siljib chizadi. Rastrli grafika chizuvchi qurilmalarda rastrli tasvirlar rastr nuqtalari yordamida yaratiladi. " Grafikani optimallash|"Tasvir fayllari o‘lchamlarini, ularning maqbul sifatini saqlagan holda, mumkin qadar kichraytirish. Veb-sahifa yaratishda, uning sahifalarini yuklanish tezligini oshirish maqsadida ishlatiladi. " Grafikdagi nuqta|"Grafikada tasvirlanadigan sonli qiymatlarning istalgan jufti. " Grafikon|"Kompyuter grafikasi, mashina ko‘rishi, tasvirlar va videoni qayta ishlash bo‘yicha Rossiyada har yili o‘tkaziladigan katta xalqaro anjuman. " Granulyatsiyalangan shovqin|"Kvantlash tufayli sodir bo‘lgan va tasvirning bir xil yoki qisman bir xil qismlarida yorqinlik va/yoki ranglilik fluktuatsiyasi kabi namoyon bo‘ladigan vizual nuqson. " Gregori antennasi|"Ikkita: parabolik (asosiy) va elliptik (yordamchi) ko‘zgulardan iborat bo‘lgan, o‘ta yuqori yoki ultra yuqori chastotali keskin yo‘naltirilgan antenna. Antennaning bunday konstruksiyasida ochilish yuzasidan foydalanish koeffitsiyenti ortadi va qutblanish xususiyatlari yaxshilanadi. " Grey kodi|"Ketma-ket keladigan elementlari bir razryadda farq qiladigan ikkilik kod (masalan, 000, 001, 011, 101, 100, 110, 010). " Grid texnologiyasi, konsepsiyasi|"Hisoblashlarni virtuallashtirishga qaratilgan hisoblash jarayonini tashkil qilish usuli. Bunda vazifaning qismlari tarmoqning barcha bo‘sh resurslari bo‘ylab taqsimlanadi. Dasturiy ta’minotni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri. " Guruh|"Foydalanuvchilar, kompyuterlar, kontaktlar va boshqa guruhlar majmui. Guruhlar foydalanish huquqini boshqarish yoki xabarlarni tarqatish ro‘yxati sifatida qo‘llanilishi mumkin. Tarqatish guruhlari faqat elektron pochtada qo‘llaniladi. Xavfsizlik guruhlari erkin foydalanishni boshqarishda hamda xabarlarni tarqatish ro‘yxatida ham ishlatiladi. " Guruh ichida chaqiruvni tutib qolish|"Foydalana olish kodini terish yoki «Group Pickup» (SIP telefon) tugmasini bosish orqali guruhning boshqa terminaliga kelgan kiruvchi chaqiruvni qabul qilish imkonini beradigan xizmat. Izoh – Agar bir necha chaqiruv olingan bo‘lsa, ko‘p qo‘ng‘iroq qilgani tutib qolinadi. " Guruh (jamoa) bo‘lib foydalana olish|"Ikki yoki undan ko‘p foydalanuvchining paketli yoki interaktiv rejimda hisoblash tizimidan birgalikda foydalanishi. " Guruh manzillari|"Obyektlar to‘plamini aniqlaydigan manzil. Maʼlumotlar bloki shu manzilga atalgan. " Guruhiy aloqa seansi|"Bir nechta foydalanuvchi ishtirok etadigan aloqa seansi. " Guruhiy dasturiy ta’minot|"Mutaxassislar guruhining loyiha ustida yoki taqsimlangan hisoblash tizimidagi yoki tarmoqdagi ma’lumotlar bilan birgalikda yanada samarali ishlashi uchun foydalaniladigan tarmoq dasturiy ta’minoti. " Guruhiy imzo|"1991-yilda Chom va Van Xeyst tomonidan taklif qilingan raqamli imzo sxemasi, guruhning istalgan a’zosiga xabarni, tekshirish paytida, xabar guruh a’zolaridan biri tomonidan imzo qo‘yuvchining shaxsi aniqlashtirilmasdan imzolanganini aniqlash mumkin bo‘ladigan tarzda imzolash imkonini beradi. " Guruhiy xabar|"Bir vaqtda bir necha adresatga uzatiladigan xabar; odatda, uni uzatishda raqam terishdan foydalanilmaydi. " Guruhiy chaqiruv|"Radiotarmoqlardagi, bitta chastotada ishlaydigan (bitta guruhga mansub) abonentlar uchun belgilangan chaqiruv turi. " Guruhli aloqa kanali|"Bir nechta radiostansiyaning, odatda, qayd etilgan chastotada birgalikda ishlashi ta’minlanadigan aloqa kanali. Izoh − Radiostansiyalardan har biri ushbu kanal bo‘yicha xabarlarni qabul qilishi va uzatishi mumkin, agarda uning uchun guruhli (dispetcherli) aloqa rejimi o‘rnatilgan bo‘lsa. " Guruhli kechikish|"Umumiy chegara kattaligiga yetgan qisman farq qiladigan chastotali amplitudaga teng ikkita ustma-ust to‘lqinlar bilan taqdim etilishi mumkin bo‘lgan signalning ikki nuqtasi o‘rtasidagi tarqalish vaqti. " Guruhli kodlash|"Sanoq qiymatlarining sanoq o‘rtacha qiymatlaridan og‘ishining belgilar matritsasi uzatiladigan blokli kodlash. " Guruhli signal|"Multipleksor chiqishidagi turli axborot manbalaridan keladigan birmuncha past tezlikli kirish signallarining birlashishi natijasi bo‘lgan yuqori tezlikli signal yoki raqamli oqim. " Guruhli tezlik|"Elektromagnit to‘lqin energiyasini ko‘chirish tezligi. " Guruhli uzatish|"1. Xabarni uzatish rejimi, bunda xabar bir vaqtda tarmoq uzellari guruhiga yuboriladi. 2. Har bir xabar qabul qilinganligini orada tasdiqlamay turib, bir stansiyadan boshqa biriga ikki yoki undan ortiq xabarni uzatish usuli. " Guruhli yetkazib berish|"Keng ko‘lamli eshittirishning maxsus shakli, unda paketlar faqat foydalanuvchilarning muayyan guruhiga yetkazib beriladi. " Guruhni chaqirish|"Bitta yoki bir nechta guruh abonentlarining barchasini bir vaqtda chaqirish, odatda yarim dupleks aloqa rejimida amalga oshiriladi. Izoh − Chaqirishni initsializatsiya qilish bitta tugmachani bosish orqali bajariladi, bunda bog‘lanishni o‘rnatish (0,3−0,5) s dan oshmaydi. Guruhdagi abonentlar sonidan qat’i nazar, guruhli chaqiruvda faqat bitta aloqa kanalidan foydalaniladi. " Go‘shagi ko‘tarilgan telefon bilan bog‘lanish xizmati|"Go‘shagi ko‘tarilgan telefon apparati bilan, chaqiriluvchi abonentning xonasini eshitib nazorat qilish imkoniyatini ta’minlagan holda, bog‘lanishni o‘rnatish imkoniga ega xizmat. H " Haftada bir bo‘ladigan kollegial seminar|"Davlat va xo‘jalik organlarining ixtisoslashtirilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘linmalarining vakillari uchun, «Elektron hukumat» tizimi doirasida loyihalarning amalga oshirilishi muhokama qilinadigan seminar. " Hajmiy grafika|"Qar.: Uch o‘lchamli grafika. " Halqa tarmog‘i|"O‘zagi davriy halqa bo‘lgan kabelli lokal tarmoq. Bunday tarmoqda davriy halqa fizik ulanishlar vositasi vazifasini bajaradi. Ushbu halqaning ishlash ishonchliligiga butun tarmoqning ishlay olish qobiliyati bog‘liq. Mono halqa kanalining uzilishi tarmoq faoliyatining to‘xtashiga olib keladi. Shu sababli sodda halqali kanal tarmoq qiymati eng kam bo‘lishi lozim bo‘lgan hollardagina qo‘llaniladi. Yuqori ishonchlilik halqa tarmog‘ida qayta ulanadigan konsentratorli halqa ishlatiladi, u tarmoqning ishdan chiqqan qismlarini uzib qo‘yadi. Bundan ham yuqori ishonchlilikni juft halqa taʼminlay oladi, u ikki halqadan biri ishdan chiqqan holatlarda ham ishlash imkoniyatiga ega. " Halqali tekshirish|"Raqamli axborotning ishonchliligini «shleyf» bo‘yicha baholash usuli. Liniyaning qabul qilish tomonidan, teskari yo‘nalishda qabul qilingan barcha maʼlumotlar oqimini retranslyatsiya qilish orqali amalga oshiriladi. Uzatuvchi tomonidan qabul qilingan va dastlab uzatilgan ketma-ketliklar taqqoslanadi, keyin xato qabul qilingan belgilar soni aniqlanadi. " Halqali chiqish|"Konvertordan qabul qilinadigan o‘ta yuqori chastotali (O‘YuCh) signal chiqariladigan ajratgich. U kirish signalini boshqa resiverga «tranzit» uzatish uchun mo‘ljallangan. " Halqasimon antenna panjarasi|"Nurlantiruvchi elementlari atrofida joylashgan antenna panjarasi. " Halqasimon rezonator|"Elektromagnit tebranishlar yopiq kontur boʻyicha tarqaladigan optik rezonator. " Hamjamiyat|"Umumiy manfaatlar yo‘lida birlashgan odamlar guruhi. Odatda, hamjamiyatlar forum va bloglar asosida vujudga keladi. " Hamkorlik|"Linux operatsion tizimida xotira bloklarining bo‘linishiga va qo‘shni bo‘sh bloklarni birlashtirishga asoslangan jismoniy xotirani taqsimlash usuli. " Hammaga ma’lum xavfsizlik identifikatori|"Muhofaza tizimi uchun qayd qilingan sonli qiymatga va belgilanishga ega xavfsizlik identifikatori. " Haqiqiy manzil|"Absolyut mashina manzili, xotiraning haqiqiy yacheykasi. " Haqiqiy vaqt|"Jarayon sodir bo‘layotgan vaqt muddati. Haqiqiy vaqt obyektning kirish signallariga yoki maʼlumotlarga javoban shunday taʼsirlanishini belgilaydiki, bu holda u chiqish signalarini yoki maʼlumotlarni yetarlicha tez ishlab chiqishga ulguradi. Shu asosda haqiqiy vaqt tizimlari quriladi, haqiqiy vaqtda analitik qayta ishlash bajariladi. " Haqiqiy vaqtda analitik qayta ishlash|"Ma’lumotlarning tezkor tahlili, ma’lumotlarni onlayn analitik qayta ishlanishi, muhim qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash uchun ma’lumotlarning tezkor tahlili. Izoh − Ma’lumotlar ustidagi operatsiyalar OLAP-mashinalar tomonidan amalga oshiriladi. Ma’lumotlarni saqlash uchun MOLAP, ROLAP va HOLAP dan foydalaniladi. OLAP atamasi Ye. Kodd (E.F.Codd) tomonidan 12 ta qoida bilan birga 1993-yilda taklif qilingan. " Haqiqiy vaqtning transport protokoli|"Ma’lumotlarni bitta yoki undan ortiq adresatga berilgan chegaralarda kechikish bilan yetkazishni kafolatlaydigan transport protokoli, ya’ni ma’lumotlar real vaqtda amalga oshirilishi mumkin. " Haqiqiylik, asllik|"1. Mantiqiy obyekt tasdiqlanganiga o‘xshashligini kafolatlovchi xususiyat. 2. Ma’lumotlarning haqiqiy bo‘lish xususiyati yoki tizimlarning ma’lumotlar haqiqiyligini ta’minlay olish xususiyati. " Haqiqiylikni aniqlashdagi almashish|"Axborot almashinuvi yordamida qandaydir obyektning haqiqiyligini aniqlash uchun mo‘ljallangan mexanizm. " Haqiqiylikni kriptografik aniqlash|"Simmetrik shifrlash yoki ochiq kalit bilan shifrlashdan foydalaniladigan kriptografik o‘zgartirishlarga asoslangan holda, haqiqiylikni aniqlash. " Haqiqiylikni tasdiqlash|"Haqiqiylikni tasdiqlashga yo‘naltirilgan va axborot almashinuvi ko‘zda tutiladigan mexanizm. " Haqiqiylikni tekshirish|"Foydalanuvchining, o‘zini aynan shu odam deb ko‘rsatishligini tasdiqlovchi protsedu-ra. Oddiy holda foydalanuvchining, uning hisobga olish yozuvida saqlanadigan, parolni bilishi tekshiriladi. " Haqiqiylikni tekshirish protokoli|"Foydalanuvchining paroli va boshqa ma’lumotlari to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotlarni uzatishni amalga oshiruvchi haqiqiylikni tekshirish protokoli. Undan foydalangan holda uzoqlashgan nuqtadagi mijoz o‘z shaxsiy ma’lumotlarini serverga shifrlangan ko‘rinishda uzatadi. Microsoft korporatsiyasi Windows uchun mo‘ljallangan MS-CHAP protokolini ishlab chiqqan. " Har doim, doimiy|"Dasturning ishlashi davomida doimiy foydalaniladigan xususiyat, argument yoki parametr. " Har tomonga yo‘naltirilgan antenna|"Barcha azimutal yo‘nalishlar bo‘yicha har qanday vaqtda nurlanish xossasi bir xil bo‘lgan antenna. " Har tomonga yo‘naltirilgan uya|"Har tomonga yo‘naltirilgan antenna va bitta tayanch stansiyaga ega bo‘lgan, odatda, zonaning markazida joylashgan uyali aloqa tarmog‘idagi xizmat ko‘rsatish zonasi. " Har tomonga yo‘naltirilgan yo‘nalganlik diagrammasi|"Antennadan bir xil masofada o‘lchangan elektr maydon kuchlanganligi barcha yo‘nalishlar uchun bir xil bo‘lgan yo‘nalganlik diagrammasi. " Har tomonlama havolalar jadvali|"Translyator, assembler yoki komponovkachi beradigan va har bir identifikator uchun tur, manzil, aniqlash joyi va foydalanish joylarining ro‘yxati ko‘rsatilgan jadval. " Harakat, ta’sir, amal|"Foydalanuvchi tomonidan amalga oshiriladigan va dastur tomonidan qabul qilinadigan har qanday harakat. " Harakatlanuvchi tasvirlar sohasidagi ekspertlarguruhi|"Video va audio uchun standartlar ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan xalqaro tashkilot. MPEG 1983-yilda tashkil etilgan. Standartlashtirishda bu guruhga tasvirlarni zichlashtirish usullari, ularni uzatish va tiklash sohasi ajratilgan. 1993-yilda videodisklarda ishlatiladigan MPEG texnologiyasi standartlari ishlab chiqildi. 1995-yilda DVD raqamli videodisk pleyerlari, televizorlar, HDTV, videokameralar, yo‘ldosh tarmoqlarning raqamli televizion qabul qilgichlari uchun standartlar paydo bo‘ldi. " Harakatni raqamli interpolyatsiyalash|"Kamerani tez harakatlantirganda, keskin burishlar paytida yoki kadr yoyish chastotasi 100 Hz bo‘lganda, yuguruvchi satrda to‘lqinsimon xalaqitlarning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, tasvirning yetishmayotgan fazasini interpolyatsiyalash. " Harbiy tarmoq|"1984-yilda harbiy maqsadlarda ishonchli tarmoq xizmatini ta’minlash uchun ARPANET dan ajralib chiqqan tarmoq. " Harf-raqamli kodlash|"Harflar, sonlar va alifboning boshqa ramzlaridan tashkil topgan koddan foydalanib kodlash. " Havo fideri|"Simlarning parallel joylashishi bir-biriga nisbatan liniya bo‘ylab ayrim masofada joylashgan izolyatorlar bilan qayd etilgan simli liniya ko‘rinishidagi fider. " Havo kabel|"Havoda muallaq turadigan, ustunlar, bino devorlari va boshqa tayanchlar tutib turadigan telekommunikatsiya kabeli. " Havo ko‘chma yo‘ldoshli xizmati|"Ko‘chma yo‘ldoshli xizmat, bunda ko‘chma yer usti stansiyalari havo kemasining bortiga o‘rnatiladi; bu xizmatda qutqarish vositalari stansiyalari va falokat joyini ko‘rsatuvchi radiomayoq stansiyalari ham qatnashishi mumkin. " Havo radionavigatsiya yo‘ldoshli xizmati|"Yer stansiyalari havo kemasining bortiga o‘rnatiladigan radionavigatsiya yo‘ldoshli xizmati. " Havola, aloqa kanali|"1. Boshqa veb-sahifa, fayl, Internet-resurs bilan aktiv ulanish. 2. Ikki kompyuter (ma’lumotlarni oluvchi va jo‘natuvchi) o‘rtasidagi kommunikatsion yo‘lning har qanday turi. Atama, odatda, global tarmoqlarga ko‘proq taalluqli. " Havola biti|"Sahifaga murojaat qilinmagan bo‘lsa 0 ga teng va agar sahifaga murojaat qilingan bo‘lsa 1 ga teng bo‘lgan sahifalar jadvalining element biti. " Havolalar jadvali|"Dasturni translyatsiya qilish jarayonida kompilyator tuzadigan jadval. " Havorang-to‘q-qizil-sariq-qora|"Rangli tasvirlarni monitorlar va printerlarda (purkagich printerlarda) chop etish uchun RGB ranglar jilosiga muqobil tizim. Dastlabki uch rangning aralashmasi qora rang beradi, ammo har doim ham toza chiqmaydi, shuning uchun yaxshi printerlarda qora rang uchun, bo‘yoqlarning aralashmasi emas, alohida kartrij ishlatiladi. " Hayotiy sikl|"Vaqtda obyekt (masalan, mahsulot yoki tizim) mavjudligi bosqichlarining ketma-ketligi. " Ha/yo‘q|"1. Interaktiv tizimning muayyan qaror qabul qilishga bo‘lgan so‘rovi. 2. Terminalda tanlash imkoniyati. Foydalanuvchiga, tanlash ixtiyoriga bog‘liq holda yoki u (ha) yoki n (yo‘q) ni bosish taklif qilinadi. " Himoya bloki|"Aloqa vositalarini o‘ta yuqori kuchlanish va toklardan himoya qilish uchun mo‘ljallangan blok. Kabelli tarmoqlardagi kuchli impulsli xalaqitlar ayniqsa xavflidir. " Himoya intervali|"Videosignal darajalarining qora daraja va so‘ndirish darajasi o‘rtasidagi farqi. " Himoya nisbati|"1. Foydali radiosignal darajasining radio-qabulqiluvchi qurilmaning kirishidagi radioxalaqit darajasiga bo‘lgan minimal nisbati, bunda radioelektron vosita ishlashining talab etiladigan sifati ta’minlanadi. 2. Foydali signal va xalaqit quvvatlari nisbatining minimal qiymati, bunda signallarning berilgan sifat bilan qabul qilinishi ta’minlanadi (detsibellarda ifodalanadi). " Himoya profili|"1. Amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan, iste’molchining spetsifik ehtiyojlariga javob beradigan, qandaydir toifadagi baholash obуektlari uchun mo‘ljallangan, xavfsizlik talablarining majmui. 2. Funksional jihatdan to‘la, aprobatsiyadan o‘tgan, ko‘p marotaba foydalanish uchun mo‘ljallangan, standartlashtirilgan talablar to‘plami. " himoyaga ega xotira|"Istalgan yacheykasiga ruxsat etilmagan tarzda kira olishdan muhofaza qiluvchi maxsus vositalarga egs bo‘lgan xotira. " Himoyalangan|"Obyektning holati, bunda u tashqi negativ omillar ta’siridan bararqaror bo‘ladi. " Himoyalangan axborotlashtirish texnik vositasi|"Qayta ishlanadigan axborot yaxlitligi buzilishdan va texnik kanallar orqali chiqib ketishdan muhofaza qilish vositalari kompleksi bo‘lgan axborotlashtirish texnik vositasi. " Himoyalangan tranzaksiyalar protokoli|"Tarmoq muhitlarida, shu jumladan, Internetda amalga oshiriladigan kelishuvlar to‘g‘risidagi axborot konfidensialligini saqlashning yuqori darajasini, magnit va intellektual kartalardan foydalanib, to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yaxlitligini va to‘lov operatsiyalari barcha ishtirokchilarining autentifikatsiya qilinishini ta’minlaydigan ochiq standart. " Himoyalash|"Dasturiy ta’minotni buzishdan himoyalash. " Himoyalash qurilmasi|"O‘ta kuchlanish yoki ortiqcha toklardan yoki har ikkisidan himoyalovchi qurilma. " Himoyalovchi harakat|"Asosiyga qarama-qarshi yo‘nalishdagi antenna bilan yoki burchaklarning ma’lum belgilangan sektorida, shu signal bilan taqqoslaganda asosiy yo‘nalishda qabul qilinadigan signalning pasayishi. " Hisobdan chiqarish|"Pochta jo‘natmasining jo‘natilganligini yoki olinganligini bildiruvchi, markadan takroran foydalanishning oldini olish maqsadida qo‘l shtempeli, shtempellash mashinasi yoki sharikli ruchka bilan qo‘yiladigan pochta markasidagi belgi yoki istalgan turdagi boshka shtempellash belgisi. " Hisobdorlik|"Tizim subyektlari faoliyatini nazorat qilish va maʼlum harakatlar uchun javobgarlikni o‘rnatish uchun ularni individual identifikatorlar bilan bog‘lashga imkon beruvchi tizim xususiyati. AKT xavfsizligi tamoyillaridan biri. " Hisobga oliishni boshqarish|"Tegishli imkoniyatlar taqdim etish (o‘tkazish qobiliyatiga va xavfsizlik talablariga nisbatan) maqsadida, ma’lumotlar to‘plash hamda turli tarmoq resurslaridan yakka va guruh bo‘lib foydalanishni muvofiqlashtirish jarayoni. " Hisobga olish ma’lumotlari|"Hisobga olish predmeti to‘g‘risidagi ma’lumotlar va hisobga olishni yuritish doirasida to‘planadigan, qayta ishlanadigan va saqlanadigan xizmatga oid ma’lumotlar. " Hisobga olish ma’lumotlarining ishonchliligi|"Ma’lumotlarning, yuqori aniqlikda ma’lumotlarga o‘zgartirish kiritilganlik faktini, mohiyatini, kiritilish vaqti va uni bajargan shaxslarni aniqlash imkonini beradigan xossasi. " Hisobga olish ma’lumotlarining yuridik ahamiyati|"Hisobga olish ma’lumotlarining elektron ma’lumotlar asosida huquq va majburiyatlar belgilanish imkoniyatini ta’minlaydigan xossasi. " Hisobga olish strategiyasi|"Ko‘p foydalanishli va tarmoq operatsion tizimlari xavfsizlik tizimidagi qoidalar to‘plami, foydalanuvchining tizim bilan ishlash paytida o‘zini qanday tutishini va tizim resurslaridan foydalanishga ruxsat berilishini belgilaydi. " Hisobga olish yozuvi|"Xavfsizlik tizimi subyektini identifikatsiya qiluvchi axborot. Hisobga olish yozuvining ko‘rsatgichi bo‘lib, uning xavfsizlik identifikatori hisoblanadi. Foydalanuvchilar, guruhlar, kompyuterlar va domenlarning hisobga olish yozuvlari ajratiladi. " Hisobga olish yozuvini blokirovkalash|"Tizimda qayd etilishga muvaffaqiyatsiz urinishlar soni muayyan chegaradan oshganda, muayyan hisobga olish yozuvini blokirovkalash imkonini beradigan funksiya. " Hisobga olish yozuvlari dispetcheri|"Foydalanuvchilarning hisobga olish yozuvini, shuningdek, shu foydalanuvchilar turgan guruhlarni yaratish, o‘zgartirish va o‘chirish imkonini beradigan operatsion tizim dasturi yoki vositasi. " Hisobga olishni uyushtiruvchi|"Mustaqil ravishda hisobga olish ma’lumotlari to‘planishini, qayta ishlanishini va saqlanishini amalga oshiruvchi yoki boshqa shaxsni bu faoliyatni to‘liq yoki qisman amalga oshirish uchun vakil qilgan yoki zimmasiga yuklagan shaxs. " Hisob-kitoblar tizimi|"Xizmatlar ko‘rsatishning texnologik jarayoni ishtirokchilari o‘rtasida sarflangan pul xarajatlari to‘g‘risidagi axborotning taqsimlanishini taʼminlovchi, foydalanuvchilar, xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar va hisob-kitob markazlari (uchastkalari, guruhlari), umumiy foydalanish xizmatlarini taqdim etish punktlari, to‘lov punktlari hamda normativ-maʼlumotnoma axboroti, normativ-maʼlumotnoma hujjatlarining majmui. " Hisoblagich|"1. Dasturdagi o‘zgaruvchi yoki qandaydir operatsiyaning takrorlanish sonini aniqlaydigan apparat registri, masalan, siklni hisoblagich. 2. Biror narsaning, masalan, foydalanilgan elektr energiyasi, gaz yoki suvning miqdorini o‘lchaydigan va qo‘shimcha ravishda, kattaligini, darajasini yoki jadalligini qayd etadigan qurilma. Izoh – Hisoblagich berilgan vaqt davri ichida iste’mol qilingan biror narsaning jami miqdori o‘lchanishi yuzasidan javob beradi. 3. Biror-bir sayt yoki sahifaga kiruvchilar sonini hisoblashga mo‘ljallangan dastur. Zamonaviy hisoblagichlar kiruvchilarning noyobligini va bir soat yoki sutkada sahifaga kiruvchilarning o‘rtacha sonini hisoblash imkonini beradi. " Hisoblash|"Axborotni kompyuterda qayta ishlash jarayoni. " Hisoblash eksperimenti|"Kompyuter modeli ishlab chiqilgan hodisa, jarayon, mashinani o‘rganish usuli. Hisoblash eksperimentining sifati, modelning real obyektga o‘xshashligiga va hisoblanadigan parametrlarni belgilaydigan eksperimentatorga bog‘liq. Hisoblash eksperimentining boshqa har qanday eksperimentdan afzalligi, tezligining yuqori bo‘lishligida va xarajatlarning nisbatan kamligida. Texnika va informatikada, matematika, fizika, ximiya, biologiya, ekologiyada keng foydalaniladi. " Hisoblash jarayoni|"Hisoblash tizimi holatlarining vaqtda dastur belgilaydigan almashinishi. " Hisoblash lingvistikasi|"Lingvistika va sun’iy intellekt oralig‘idagi fan. Elektron hisoblash mashinasi yordamida tabiiy tillarning formal xususiyatlarini o‘rganish va analiz-sintez jarayonlarini hamda elektron hisoblash mashinasida tabiiy til matnlarini tushunishni modellash bilan shug‘ullanadi. " Hisoblash majmui|"Yagona hisoblash tizimi sifatida ishlaydigan ikki yoki undan ko‘p kompyuterlar majmui. " Hisoblash mashinasi|"Matematik, asosan axborot bilan bog‘liq vazifalarni hal qilishda ma’lumotlarni avtomatik qayta ishlash uchun mo‘ljallangan dasturiy vositalar va qurilmalar kompleksi. Mashinani boshqarish ma’lumotlarni qayta ishlash, dasturlar ko‘rinishida mashinaga kiritiladigan algoritmlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Dasturlar va ma’lumotlar mashina xotirasida saqlanadi. Asosiy qurilmasi markaziy protsessor. " Hisoblash muhiti (tizimi, tuzilmasi, tarmog‘i)|"Tarmoqning jami resurslaridan foydalanib, parallel, taqsimlangan hisoblashlar ko‘zda tutiladigan, kristalldagi funksional blok va tizimdan tortib, global, regional va muassasa kompyuter tarmoqlarigacha bo‘lgan turli darajdagi hisoblash vositalari (to‘liq bog‘langan, taqsimlangan, matritsali) arxitekturasi. Zarur bo‘lganda, eng murakkab va resurs ko‘p talab qiladigan vazifalarni hal qilish uchun maksimal hisoblash quvvatini ta’minlash imkonini beradi. " Hisoblash murakkabligi|"Qaysidir algoritm bajaradigan ish hajmi kirish ma’lumotlarining miqdoriga bog‘liqligi funksiyasini bildiruvchi informatika va algoritmlar nazariyasidagi tushuncha. Hisoblash murakkabligini o‘rganuvchi bo‘lim hisoblashlar murakkabligi nazariyasi deb nomlanadi. " Hisoblash resurslarining almashinuvi|"Internetga ulangan bir necha kompyuter o‘rtasida, hisoblash va boshqa resurslari bilan ayirboshlash imkoniyatini ta’minlaydigan axborot texnologiyasi. " Hisoblash tarmog‘i|"1. Axborotning taqsimlangan qayta ishlanishini tashkil qilish uchun mo‘ljallangan, o‘zaro bog‘langan va bu bog‘lanishni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan maʼlumotlar uzatish tarmog‘i va/yoki texnik vositalarning majmui. 2.Hududiy jihatdan tarqoq maʼlumotlarni qayta ishlash tizimlari, telekommunikatsiyalar va maʼlumotlar uzatish vositalari va/yoki tizimlarining, foydalanuvchilarga uning resurslaridan masofadan va jamoaviy foydalanish imkonini beradigan o‘zaro bog‘langan majmui. " Hisoblash tarmog‘ini muhofaza qilish|"Apparat, dasturiy va kriptografik muhofaza qilish usullari hamda vositalaridan, shuningdek tashkiliy tadbirlardan foydalanish yo‘li bilan, foydalanuvchilarning tarmoq elementlari hamda resurslaridan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishlariga yo‘l qo‘ymaslik. " Hisoblash texnikasi|"Axborotni qayta ishlash bilan bog‘liq bo‘lgan mehnat talab masalalarning, jumladan, hisoblash jarayonini sonli, qisman yoki to‘liq avtomatlashtirish yo‘li bilan hal etilishini osonlashtirish va tezlashtirish uchun qo‘llaniladigan usullar va yo‘llar, texnik va matematik vositalar majmui. " Hisoblash texnikasi obyekti|"O‘zida hisoblash texnikasi vositalari kompleksini ifodalaydigan, axborotni qayta ishlashning muayyan funksiyalarini bajarish uchun mo‘ljallangan statsionar yoki ko‘chma obyekt. Izohlar 1. Hisoblash texnikasi obyektlariga avtomatlashtirilgan tizimlar, avtomatlashtirilgan ish joylari, axborot-hisoblash markazlari va hisoblash texnikasi vositalarining boshqa komplekslari kiradi. 2. Hisoblash texnikasi obyektlariga, shuningdek, hisoblash texnikasining, axborotni qayta ishlashning mustaqil funksiyalarini bajaradigan ayrim vositalari ham kiradi. " Hisoblash texnikasi vositalarining (avtomatlashtirilgan tizimning) muhofaza qilinganlik ko‘rsatgichlari|"Muhofaza qilinganlik ko‘rsatgichlarini aks ettiruvchi va hisoblash texnikasi vositalari (avtomatlashtirilgan tizim) ning muhofaza qilinganlik klassiga muvofiq daraja va kenglik bo‘yicha o‘zgaradigan talablarning ma’lum guruhi bilan tavsiflanadigan hisoblash texnikasi vositalari (avtomatlashtirilgan tizim)ning xarakteristikasi. " Hisoblash texnikasi vositalarining (avtomatlashtirilgan tizimning) muhofaza qilinganlik turkumi|"Hisoblash texnikasi vositalari (avtomatlashtirilgan tizim)ni axborotdan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishdan muhofaza qilish bo‘yicha talablarning muayyan majmui. " Hisoblash texnikasi vositasiga mikrosekundli impuls xalaqit|"Davomiyligi bir mikrosekunddan bir millisekundgacha bo‘lgan oraliqda yotuvchi, hisoblash texnikasi vositasiga ta’sir qiladigan impulsli xalaqit. " Hisoblash tizimi|"Hisoblash texnikasining muayyan amaliy masalalarini hal etish uchun mo‘ljallangan moddiy va mantiqiy (dasturiy) vositalar majmui. " Hisoblash tizimidan qasddan foydalanish|"Shaxsiy, odatda moliyaviy foyda olish maqsadida hisoblash tizimi ichida axborot bilan manipulyatsiya qilishga qaratilgan har qanday faoliyat. " Hisoblash tizimining muhofazasi|"Qar.: Kompyuter muhofazasi. " Hisoblash tizimlari sohasidagi strategiya loyihasi, CSPP guruhi|"AQShning o‘n bitta boshqaruvchi yirik kompyuter kompaniyasidan iborat assotsiatsiya. AQSh axborot texnologiyalarining yanada rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqadi. " Hisoblashga qaytarib bo‘lmaydigan funksiya|"Berilgan argument bo‘yicha funksiyaning qiymati oson hisoblanadigan va funksiyaning berilgan qiymatiga asosan uning argumentini hisoblash qiyin bo‘lgan funksiyalar. " Hisobot|"Foydalanuvchining so‘roviga ko‘ra to‘ldiri-ladigan va ekranga, fayl yoki bosmaga chiqariladigan, maxsus shakllantiriladigan chiqish shakli. Hisobotlarda sarlavha, sahi-falarning raqamlari, ko‘rsatuvchi yakunlar, o‘rtacha qiymatlar, hisoblab chiqariladigan maydonlar va h.k. bo‘ladi. " Hisobotlar dasturi generatori|"Hisobotlar formalarini (report) dasturlash uchun IBM korporatsiyasi tomonidan 1965-yilda ishlab chiqilgan til. " Hisobotlar generatori|"Dasturchi bo‘lmagan foydalanuvchiga o‘z ma’lumotlar bazasi uchun hisobotlar shaklini tayyorlash imkonini beradigan dastur (yoki dasturlar paketi). " Hisobotlar va ko‘chirmalar amaliy tili|"Umumiy shlyuz interfeysi ssenariylarini yaratish uchun mo‘ljallangan dasturlash tili. Talqin qiluvchi turdagi kuchli til. XX asrning 80-yillarida Lari Uoll tomonidan yaratilgan. " Hodisa|"1. Muhim normal yoki normaldan farq qiluvchi holatning paydo bo‘lishi. 2. Voqealarning muqarrar bir-biriga to‘g‘ri kelib qolish holati. Izohlar 1. Voqea-hodisa bir yoki bir necha marta yuzaga kelishi va bir qancha sababga ega bo‘lishi mumkin. 2. Voqea-hodisa ma’lum yoki noma’lum bo‘lishi mumkin. 3. «Voqea-hodisa» atamasi o‘rniga «insident» yoki «baxtsiz hodisa» atamalaridan ham foydalanish mumkin. " Hodisa alomati|"Voqeaning bajarish indikatori yoki muvaffaqiyatli bajarilishi hisoblanadigan parametr yoki tashqi o‘zgaruvchi. " Hodisalar jurnali|"Operatsion tizimdagi ahamiyatga ega bo‘lgan hodisalarni qayd etuvchi reyestr. Tizim administratorlarining ishini yengillashtirish uchun xizmat qiladi. " Hodisalarni kuzatuvchi|"Jurnaldan hodisalar to‘g‘risidagi xabarlarni o‘qish uchun mo‘ljallangan dastur. " Holat|"Obyekt o‘zgaruvchan parametrlarining ko‘plab barqaror qiymatlari majmuasini ifodalaydigan tushuncha. " Holat satri|"Dasturning ishchi oynasidagi, jarayonlar va instrumentlar (vositalar) xossalari to‘g‘risidagi joriy va yordamchi ma’lumotlar aks etadigan, ajratilgan soha. " Hoshiya|"Predmetlarning chetini yoritadigan maxsus effekt. " Hududiy boshqarma|"O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining boshqarmasi. Asosiy vazifalari hududiy darajada mintaqaning axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishining borishini tahlil qilish, litsenziya bitimlari shartlarining bajarilishi, radiochastota spektridan foydalanish, shuningdek, Milliy axborot tizimi va «Elektron hukumat» tizimini shakllantirish va rivojlantirish doirasida joylardagi davlat hokimiyat organlarida tadbirlarni amalga oshirish hamda bajarilishini nazorat qilish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish hisoblanadi. " Hujjat|"Ilovada yaratilgan, o‘ziga xos nom bilan saqlangan va keyinchalik shu nom orqali foydalaniladigan ixtiyoriy fayl. Bu faylning nomi o‘zi joylashgan katalogda takrorlanmasligi kerak. " Hujjat aylanishi|"Hujjatlar yaratilgan yoki olingan paytdan boshlab bajarilishi tugallangungacha: tashkilotdan jo‘natilgungacha va/yoki arxivga yuborilgungacha ularning harakatlanishini tashkil qilish bo‘yicha ishlar. " Hujjat aylanishining hajmi|"Tashkilotga kelib tushgan va u tomonidan ma’lum davr uchun tuzilgan hujjatlar soni. " (Hujjat) formati|"Ma’lumotlar turiga cheklov o‘rnatilgan ma’lumotlarni taqdim etishning aniq shakli. Izoh – Fayllar formati, kodlash, gipermatn strukturalari. " Hujjat muallifi|"Hujjatni tuzgan jismoniy yoki yuridik shaxs. " Hujjat nusxasi|"Asl hujjatdagi axborotni va uning barcha tashqi belgilari yoki yuridik kuchga ega bo‘lmagam qismini to‘liq qayta tiklaydigan hujjat. " (Hujjat) qonuniyligi|"Namoyish qilinayotgan hujjat taqdimoti, hujjatning hayot sikli davomida foydalanilgan texnologiyalarning qonuniyligini obyektiv tasdiqlaydigan parametrlarga ega ekanligini ko‘rsatuvchi hujjat xususiyati. " Hujjat rezolyutsiyasi|"Mansabdor shaxs tomonidan hujjatga qo‘yilgan va u qabul qilgan qarorga ega yozuvdan iborat rekvizit. " Hujjat tarkibi|"Hujjat to‘g‘risidagi axborotni aks ettiradigan va odam idrok qilishi uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar. " Hujjat turining nomi|"Hujjatning turini belgilaydigan hujjat rekviziti. " Hujjat versiyasi|"Hujjatni ishlab chiqishning ma’lum bosqichiga mos keluvchi elektron hujjat. " Hujjatlar|"Foydalanuvchiga tegishli bo‘lgan axborotlar majmui. Shuningdek, hujjat egasi va administratordan boshqa kishi kira olish huquqiga ega bo‘lmagan maxsus papka. " Hujjatlar nomenklaturasi|"Tashkilotda ularni saqlash muddatlarini ko‘rsatib, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan holatda yuritiladigan ish nomlarining tizimlashtirilgan ro‘yxati. " Hujjatlar va topshiriqlarni marshrutlash|"Bajaruvchining ish joyiga hujjatlarni va topshiriqlarni yetkazish. Marshrutlashning ikkita: On-line (foydalanuvchining shaxsiy papkasida topshiriq kartochkasiga yorliqni joylashtirish) va Off-line (topshiriqni elektron pochta orqali jo‘natish) usuli mavjud. Hujjat bilan ishlayotgan foydalanuvchi tomonidan topshirilishi mumkin bo‘lgan, bir foydalanuvchidan boshqasiga hujjatning harakatlanish marshrutini aniqlash. " Hujjatlarni boshqarish tizimi|"Tashkilot hujjatlarini tuzish, tahrir qilish, tarqatish, saqlash, izlash, qabul qilish, ro‘yxatga olish, hisobini yuritish va boshqa qator operatsiyalarni bajaruvchi dasturiy tizim. " Hujjatlarni indekslash|"Axborot-qidiruv tili atamalarida so‘rovlar va hujjatlar mazmunini tavsiflash jarayoni; hujjatga, uning ma’naviy mazmunini aks ettiradigan asosiy so‘zlar to‘plamini belgilash. " Hujjatlarni qayta ishlash|"Faylni (hujjatni) izlash, yaratish, tahrir qilish, saqlash. " Hujjatlarni ro‘yxatga olishning avtomatlashtirilgan shakli|"Maxsus dasturiy ta’minotdan foydalanib hujjatni ro‘yxatga olish usuli. " Hujjatlarning obyekt modeli|"Bitta veb-sahifadagi obyektlar va tasvirlarning manipulyatsiya qilinadigan usullarini belgilaydigan WWW konsorsium standarti. " Hujjatlashtirilgan axborot|"1. Moddiy tashuvchida qayd etilgan va uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan rekvizitlarga ega axborot. 2. Tashkilotni boshqarish va uning ishlashi uchun zarur axborot, shuningdek, axborot saqlanadigan moddiy tashuvchi. Izoh – Hujjatlashtirilgan axborot har qanday shaklda va har qanday tashuvchida taqdim etilishi, shuningdek, har qanday manbadan olinishi mumkin. " Hujjatlashtirilmagan axborot|"Jismoniy shaxslar tashiydigan yoki ramz, timsol, signal, texnik yechim, jarayonlar shaklida fizik maydon va muhitlarda aks ettirilgan maʼlumotlar. " Hujjatlashtirish|"Belgilangan qoidalarga ko‘ra turli tashuvchilardagi axborot yozuvi. " Hujjatli axborot-qidiruv tizimi|"Zarur axborotni o‘zida saqlovchi hujjatlarni izlash uchun mo‘ljallangan tizim. Hujjatli axborot-qidiruv tizimining izlash massivi hujjatlarning izlash tasviri yoki hujjatlarning o‘zidan tashkil topgan bo‘ladi. " Hujjatli nusxa|"Fayl yoki ekran ichidagining, qog‘oz, plyonka yoki boshqa elektron bo‘lmagan tashuvchidagi nusxasi. " Hujjatni bajarish muddati|"Normativ-huquqiy hujjatlar, tashkiliy-farmoyish hujjatlari yoki rezolyutsiyalarda belgilangan muddat. " (Hujjatni) tahrir qilish|"Hujjat tarkibi, tuzilmasi va/yoki atributlarini tuzish va/yoki o‘zgartirishni o‘z ichiga oladigan hujjatni qayta ishlash jarayoni. " Hujjatning elektron qayd qilish-nazorat kartochkasi|"Hujjat rekvizitlarini kiritish uchun mo‘ljallangan maydonlar to‘plami shakli. " Hujjatning hayotiy sikli|"Hujjatni shakllantirish onidan arxivga (saqlashga) yoki yo’q qilish uchun topshirishgacha bo‘lgan jarayon. " Hujjatning qayd etilganligi|"Hujjatning, uni taqdim etish shaklidan qat’i nazar, unda mavjud ma’lumotlarni ifodalaydigan funksional xususiyati. " Hujjatning yuridik kuchi|"Rasmiy hujjatning, uni tayyorlagan organ vakolati doirasida va o‘rnatilgan rasmiylashtirish tartibiga ko‘ra, unga amaldagi qonun hujjatlariga ko‘ra xabar qilinadigan xususiyati. " Hujum|"1. Aktivlarni yo‘q qilish, ochish, o‘zgartirish, blokirovkalash, tutib olish, ruxsat etilmagan foydalanish huquqini olish yoki aktivlardan ruxsatsiz foydalanishga urinish. 2. Buzg‘unchi tomonidan avtomatlashtirilgan tizim zaifliklaridan foydalanish yo‘li bilan tahdidni amalga oshirish harakati. 3. Xavfsizlikni ta’minlash mexanizmlarini chetlab o‘tish maqsadida yoki ularning kamchiliklaridan foydalanish maqsadida qo‘llaniladigan harakatlar. 4. Axborotni qo‘lga kiritish, unga putur yetkazish (obro‘sizlantirish), tarmoq xizmati rejimini buzish va boshqa maqsadda tizim himoyasini buzishga urinish. 5. Tizim himoyasini yengib o‘tishga urinish. Hujum ma’lumotlarni o‘zgartirishga olib keluvchi aktiv yoki passiv bo‘lishi mumkin. Izoh Hujumning amalga oshirilganligi uning muvaffaqiyatini bildirmaydi. Hujumning «muvaffaqiyat» darajasi tizim qanchalik zaifligiga va muhofaza choralarining samaradorligiga bog‘liq. " Hujum potensiali|"Baholash obyektiga hujum qilishda ishlatish uchun kerak bo‘lgan, buzg‘unchining kompetentlik, resurslar va motivatsiya ko‘rsatgichlarida ifodalangan kuch o‘lchovi. " Hujum yuzasi|"Kompyuter tizimlari axborot xavfsizligi vazifalarini yechishda qo‘llaniladigan va mumkin bo‘lgan zaif joylarning umumiy sonini bildiradigan atama. Serverda qancha ko‘p komponent o‘rnatilgan bo‘lsa, mumkin bo‘lgan zaif joylarning soni shunchalik ko‘p va demak, hujum yuzasi shunchalik katta bo‘ladi. " Hujumlarni aniqlash|"Tizim obyektlariga bo‘ladigan hujumlarni aniqlash uchun qo‘llaniladigan mexanizm. " Hujumlarni aniqlaydigan IETF ishchi guruhi|"Hujumlarni aniqlash muhitida Internet standartlarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan guruh. " «HUKUMATGA OID» belgili pochta jo‘natmasi|"Pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanganda afzalliklar taqdim etiladigan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatda ko‘rsatilgan alohida toifadagi foydalanuvchilar tomonidan jo‘natiladigan pochta jo‘natmasi. " Hukumat shlyuzi|"Turli davlat idoralari axborot tizimlarining integratsiyasi ta’minlanadigan ilovalar to‘plami. " Huquqiy informatika|"Huquqda (yoki huquqiy tizimda) axborot, axborot jarayonlari va axborot tizimlarini o‘rganuvchi fan. Huquqiy informatikaning tadqiqot obyektlari: - huquqiy tizimda axborot maxsus obyekt turi sifatida; - huquqiy tizimda axborot jarayonlari va ular bajarilayotganda paydo bo‘ladigan axborot munosabatlari; - huquqiy maqsadlarda qo‘llaniladigan hisoblash texnikasi, aloqa va telekommunikatsiyalar vositalari asosida yaratiladigan axborot tizimlari, axborot-telekommunikatsiya texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari, jumladan, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari, maʼlumotlar bazalari va banklari, ularning tizimlari, boshqa axborot texnologiyalari. " Huquqiy kibernetika|"Huquqiy tizimning ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish tizimi sifatidagi axborot xususiyatlarini o‘rganuvchi fan. " Huquqlar|"Tizimda biror bir operatsiyalarni bajarish huquqi. Administrator tomonidan boshqariladi. " Huquqni belgilovchi (huquqni yuzaga keltiradigan) hisobga olish hodisasi|"Yuzaga kelishi, o‘zgarishi yoki tugallanishi davlat hisobga olish tizimida qayd etilmasdan mumkin bo‘lmagan huquq va/yoki majburiyatlarni yuzaga keltiradigan, o‘zgartiradigan yoki tugatadigan hisobga olish hodisasi. " Huquqni tasdiqlaydigan (guvohlik beradigan) hisobga olish hodisasi|"Muayyan shaxs huquqlari va/yoki majburiyatlarining yuzaga kelishini, o‘zgarishi yoki tugallanishini aks ettiradigan hisobga olish hodisasi (huquqni belgilaydigan hujjatlar yoki hodisalarga nisbatan ikkilamchi hodisa). I " Identifikator|"1. Tegishli baholash obyekti kontekstida mantiqiy obyekt (masalan, foydalanuvchi, jarayon yoki disk) qat’iy identifikatsiya qilinganligining taqdim etilishi. Izoh – Bunga simvollar qatori misol sifatida ko‘rsatilishi mumkin. Foydalanuvchi-odam uchun uning to‘liq yoki qisqartirilgan ismi, yo (shaxsiy) laqabi ko‘rsatilishi mumkin. 2. Obyektni tavsiflovchi va uni boshqa ko‘plab obyektlar orasida ajratib ko‘rsatish imkonini beruvchi kod yoki ramziy nom. Identifikator tarmoq turini, protokolini, port raqamini va b.q. ko‘rsatishi mumkin. 3. Foydalana olish subyekti yoki obyektining farqli belgisini aks ettiruvchi, foydalana olishni identifikatsiya qilish vositasi. Foydalanuvchilar uchun foydalana olishni identifikatsiya qilishning asosiy vositasi parol hisoblanadi. " Identifikator turkumi|"Identifikatorning qiymat bilan bog‘lanish va undan foydalanish usulini belgilovchi toifa. " Identifikatsion (kodli) karta|"Foydalanuvchining axborot resursidan foydalana olishini identifikatsiya qilish uchun mo‘ljallangan, kodli so‘z (parol) tushirilgan, perforatsiyalangan qog‘oz yoki magnit karta. " Identifikatsion belgi|"Kodlangan yoki shifrlangan ko‘rinishdagi haqiqiy axborot (muallif, dastur nomi). " Identifikatsion ma’lumotlar|"Autentifikatsiya vaqtida so‘raladigan va foydalanuvchini, guruhlarning aloqasini yoki identifikatsiyaning boshqa atributlarini ifodalaydigan axborot. " Identifikatsion ma’lumotlar ombori|"Umumiy foydalanish uchun mo‘ljallangan identifikatsion ma’lumotlar saqlanadigan, konfiguratsiyalangan repozitoriy. " Identifikatsion ma’lumotlar puli|"Bir xil foydalana olish huquqlariga ega identifikatsion ma’luomotlar guruhi. Pulni xizmatlar guruhiga ham yoki xizmatlarning guruhlar to‘plamiga ham berish mumkin. " Identifikatsion xavfsizlik siyosati|"Foydalaniladigan tarmoq resurslarining, tarmoq foydalanuvchilarining, foydalanuvchilar guruhining identifikatsiyalovchi xossalari va/yoki atributlariga asoslangan xavfsizlik siyosati. " Identifikatsiya qilish|"1. Foydalana olish subyektlari va obyektlariga identifikator berish va/yoki taqdim etilayotgan identifikatorni o‘zlashtirilgan identifikatorlar ro‘yxati bilan solishtirish. 2. Tizimning ayrim komponentlarini, odatda tizimda qabul qilinadigan noyob nomlar (identifikatorlar) yordamida aniqlash jarayoni. 3. Foydalanuvchining shaxsini, unga tizim bilan ishlashda huquq va imtiyozlarning ma’lum to‘plamini berish maqsadida aniqlash, masalan, foydalanuvchiga taalluqli xavfsizlik identifikatorini belgilash. " Identifikatsiyalash ishonchliligini oshirish qurilmasi|"Telekommunikatsiyalar kanallari orqali olisdagi terminallardan uzatilgan identifikatsiya xatolari tuzatilishini ta’minlaydigan dasturiy-apparat qurilma. Izoh – Xatolarni tuzatish uchun turli usullar; xabarlarni uzatuvchi tomonga original bilan taqqoslash uchun qayta yuborish; xabar bilan bir vaqtda nazorat razryadlarini yuborish; ortiqcha kodlardan (Xemming kodi, siklik kodlar) foydalanish va h.k. qo‘llaniladi. " Identifikatsiyalash tizimi|"Axborotga oid (informatsion) o‘zaro hamkorlik jarayonida tomonlarni autentifikatsiya qilish funksiyasini bajaradigan kriptografik tizim. " Ideogramma|"Obyektni, butun so‘zni, tushunchani va ular bilan qo‘shilib keladigan tovush elementlarini bildiradigan, shartli grafik belgi. " Idoralararo elektron hamkorlik|"Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida davlat organlari o‘rtasida maʼlumotlar almashinish. " Idoralararo elektron so‘rov|"Davlat organining, davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va ma’lumot taqdim etilishi to‘g‘risida, talabnoma beruvchining so‘rovi asosida so‘raladigan hujjatlar va ma’lumotga ega bo‘lgan tashkilotlarga elektron hujjat shaklida yuborilgan talabnomasi. " Idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik|"Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida davlat organlari o‘rtasida ma’lumotlar almashinish. " Idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik tizimi|"Mahalliy hokimiyat organlariga, kredit tashkilotlariga (banklarga), nodavlat pensiya fondlariga, bu tizimning boshqa qatnashchilariga, fuqarolar va tashkilotlarga elektron shaklda davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun zarur bo‘ladigan ma’lumotlarni almashinish imkonini beradigan axborot tizimi. " Idoralararo integratsion platforma|"Idoralararo o‘zaro hamkorlikni tashkil qilish va elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish doirasida elektron hukumat axborot tizimlarini integratsiyalash uchun mo‘ljallangan apparat-dasturiy vositalar majmui. " Idoralararo kompyuter tarmog‘i|"Bitta yoki bir necha davlat doirasida bir necha idoralarning lokal va korporativ tarmoqlarini birlashtiruvchi axborot- hisoblash tarmog‘i. " Idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘i|"Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatadigan davlat organlarining idoraviy va idoralararo axborot resurslari va elektron hukumat markaziy ma’lumotlar bazalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik uchun belgilangan tarmoq. " Idoraning rasmiy sayti|"Internet tarmog‘ida noyob manzilga ega bo‘lgan, tashkilotlar va fuqarolarga tegishli idoraning faoliyati to‘g‘risidagi axborotdan, shuningdek, axborot bilan bog‘liq va boshqa xizmatlardan (servislardan) foydalana olishni ta’minlaydigan, davlat organi axborot-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlarining majmui. " Ifloslanish|"Bitta maxfiylik grifi yoki xavfsizlik toifasidagi ma’lumotlarni maxfiylik grifining darajasi pastroq bo‘lgan yoki boshqa xavfsizlik toifasidagi ma’lumotlarga kiritish. " Ifoda|"Mаtematik formula va/yoki nisbat bilan ifodalangan, ma’lumotlar ustida qandaydir operatsiyalar bajarilishini dasturlash tilida yozish. Operatsiyalar belgilari (operatorlar) bilan birlashtirilgan o‘zgaruvchilar, konstantalar, funksiyalardan (ularning barchasi operandlar deb ataladi) iborat. Operatsiyalar unar (bitta operand bilan), binar (ikkita operand bilan) bo‘ladi. Arifmetik, mantiqiy va simvolli ifodalar mavjud. " Ignasimon yo‘nalganlik diagrammasi|"Antennaning maksimal nurlanish o‘qiga nisbatan simmetrik bo‘lgan tor yo‘nalganlik diagrammasi. " Ijaradagi liniya|"Monopol (yakka tartibda) foydalanish uchun abonentga (tashkilot yoki xususiy shaxsga) ajratilgan, «nuqta-nuqta» turidagi, kommutatsiyalanmaydigan yer usti yoki yo‘ldoshli aloqa liniyasi. " Ijaraga olingan kanal|"Tarmoq operatori tomonidan tarmoq foydalanuvchisiga shartnoma asosida ijaraga berilgan kanal. " Ijtimoiy informatika|"Jamiyatda axborot harakatlanishi qonuniyatlari va shakllari to‘g‘risidagi fan. Informatikaning ilmiy tadqiqotlarning yangi fanlararo sohasini bildiruvchi bo‘limi. " Ijtimoiy muhandislik|"Kompyuter tizimlariga texnik vositalardan foydalanmasdan hujum qilish usuli. Bu usul inson omiliga, uning ojizligiga asoslangan. " Ijtimoiy munosabatlar|"Ijtimoiy subyektlar o‘rtasida hayotiy ne’matlar taqsimlanishida ijtimoiy adolat bo‘lishi va subyektlarning tengligi, shaxsning qaror topish va rivojlanish sharoitlari, moddity, ijtimoiy, ma’naviy ehtiyojlar qondirilishi yuzasidan amalga oshiriladigan munosabatlar. " Ijtimoiy tarmoq|"Internetda ijtimoiy o‘zaro munosabatlarni qurish, aks ettirish va tashkillashtirish uchun mo‘ljallangan platforma, onlayn-servis, veb-sayt. " Ikki bog‘lanishli topologiya|"Uzellarning har bir jufti, kam deganda, ikkita bog‘lovchi liniyaga ega bo‘ladigan tarmoqning tuzilmaviy sxemasi. " Ikki diapazonli (ikkita diapazonda ishlash)|"Turli chastota diapazonlarida, masalan, GSM 900 va GSM 1800 ishlay oladigan mobil telefon. Izoh − Dual Band markasi bo‘lgan GSM tarmoqlarining telefonlari va uskunasi ikkita chastota diapazonida ishlay oladi. " Ikki fazali kod|"Birining davri taktli intervalga, ikkinchisi esa taktli intervalning yarmiga teng bo‘lgan ikki holat ikkita chastota impulslari orqali uzatiladigan kod. " Ikki hissa almashinuv tezligiga ega bo‘lgan SDRAM|"DDR SDRAM mikrosxemasi (texnologiyasi, xotirasi) sinxron dinamik tezkor xotira qurilmasi mikrosxemalarining turi bo‘lib, unda ma’lumotlar uzatish takt signalining ikkala frontida ham amalga oshiriladi, bu esa ma’lumotlar almashinuvi tezligini ikki hissa oshirsh imkonini beradi. " Ikki kanalli (n-kanalli) televizion server|"Ikki (n ta) mustaqil ishlaydigan televizion kanalga ega televizion server. " Ikki ko‘zguli antenna|"Ikkita asosiy reflektor va kontrreflektor ko‘zgudan iborat bo‘lgan ko‘zguli antennalar. Izoh – Antennaning ikki ko‘zguli sxemasi antenna yo‘nalganlik diagrammasi yon yaproqlarining kichik darajasini ta‘minlaydi, shuning uchun u ko‘proq uzatuvchi antennalarda ishlatiladi. " Ikki liniyali ulanish|"Abonent terminalini bir vaqtda tarmoqning ikkita uzeliga ulash. Ikkinchi liniya, odatda rezerv hisoblanadi, yaʼni u orqali normal ish sharoitlarida ishlash qobiliyatini nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan uncha katta bo‘lmagan xizmatga oid oqim uzatiladi. " Ikki marta bosish|"«Sichqoncha» tugmasini ikki marta tez bosish. Foydalanuvchining grafik interfeysida obyektni tez tanlash yoki qandaydir ishni amalga oshirish uchun xizmat qiladi. " Ikki nuqta|"Dasturlash tilida qatordagi operatorlarni ajratish uchun qo‘llaniladi. Masalan, Beysik tilida bir satrda yozilgan operatorlar ikki nuqta orqali ajratiladi. " Ikki nuqtali aloqa protokoli|"SLIP protokolining davomchisi. Bu protokol marshrutizatorni marshrutizator bilan va xost-mashinani tarmoq bilan sinxron va asinxron aloqa liniyalari bo‘yicha ulashni o‘rnatadi. Agar SLIP protokoli faqat IP-protokoli bilan ishlash uchun loyihalashtirilgan bo‘lsa, RRR protokoli esa tarmoq sathidagi bir necha protokollar bilan IP, IPX va ARA protokollarini qo‘shgan holda, ishlash uchun loyihalashtirilgan. RRR protokoli, shuningdek, axborotni muhofaza qilishning o‘rnatilgan mexanizmiga ega: SNAR va RAR protokollari. " Ikki nuqtali bog‘lanish|"Faqat ikkita punkt o‘rtasida o‘rnatiladigan bog‘lanish. " Ikki nuqtali topologiya|"Tarmoqning, ikki uzelini o‘zaro biron-bir kommutatsion uskunadan foydalanmasdan bog‘laydigan, oddiy fragmenti. Soddaligiga qaramay, bu bazaviy topologiyadan axborotni yuqori tezlikli magistral aloqa liniyalari orqali uzatishda keng foydalaniladi. " Ikki polosali|"C-diapazon signallari kabi Ku-diapazon (12 GHz dan 18 GHz gacha) signallari bilan ham ishlash imkoniyatiga ega bo‘lgan uskuna va antennalarni belgilashda foydalaniladigan atama. " Ikki portli|"Operatsiyalarning parallel bajarilishini topshirish uchun, mustaqil ikkita kirish nuqtasi bo‘lgan xotira mikrosxemasi. " Ikki portli xotira|"Bir vaqtda bittadan ortiq protsessor yoki kontroller erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan xotira. " Ikki portli shlyuz|"Tarmoqlararo ekran dasturiy ta’minoti ishlaydigan va ikkita – biri ichki tarmoqqa, ikkinchisi tashqi tarmoqqa ulangan tarmoq kartalariga ega bo‘lgan kompyuter. Shlyuz axborotni bir tarmoqdan ikkinchisiga, ular o‘rtasida bevosita o‘zaro ta’sirni istisno qilgan holda, uzatadi. " Ikki pog‘onali tizim|"Ikki pog‘onasida joylashgan kollektor va taqsimlash kanallariga ega bo‘lgan kanallar tizimi. " Ikki protsessorli|"Ikkita protsessorli kompyuter. " Ikki rangda ko‘rish|"Barcha ranglar tegishli tarzda tanlangan faqat ikkita qo‘zg‘atuvchi aralashmasi bilan mos kelishi mumkin bo‘lgan normal bo‘lmagan rang ko‘rish. " Ikki rejimli terminal|"Turli tarmoqlarda ishlashga mo‘ljallangan abonent terminali. Misol – analog va raqamli standartlarda (TDMA/ AMPS), yo‘ldoshli va uyali aloqa GSM/Glo-balstar rejimlarida ishlaydigan terminallar. " Ikki standartli telefon|"Turli tarmoqlarda, masalan, CDMA va AMPS, GSM va DECT da ishlay oladigan mobil telefon. " Ikki tomonga yo‘naltirilgan port|"Ma’lumotlar ikkala yo‘nalishda yuborilishi mumkin bo‘lgan port. " Ikki tomonga yo‘naltirilgan interfeys|"Bir vaqtning o‘zida aloqaning ikkala yo‘nalishida maʼlumotlar uzatilishini taʼminlovchi interfeys. " Ikki tomonlama bog‘lanish|"Tarmoq elementlarining istalgan jufti o‘rtasida ikki aloqa liniyasining mavjud bo‘la olishi. " Ikki tomonlama muvofiqlashtirish|"To‘g‘ri va teskari yo‘nalishlarda aloqa kanallarining real xarakteristikalari hisobga olingan holda, liniyalarning parametrlari va ish rejimlarini tanlash amalga oshiriladigan, bog‘lanishni o‘rnatish protsedurasi. " Ikki tomonlama xotira moduli|"DRAM xotira modullarining form-faktori. Modulning turli tomonlarida joylashgan kontaktlarning bog‘liq bo‘lmasligi DIMM ning asosiy farqi hisoblanadi. DIMM 64 (juftlikni nazorat qilmasdan) yoki 72 (juftlik yoki ESS kodi bo‘yicha nazorat qilish bilan) ma’lumotlar uzatish liniyasida xatolarni aniqlash va tuzatish funksiyasini bajaradi. " Ikki tomonlama yo‘naltirilgan antenna|"1. Bitta machtada joylashgan va qarama-qarshi tomonga yo‘naltirilgan ikkita yo‘naltirilgan antennadan iborat antennali tizim. 2. Radiosignallarni ikki yo‘nalishda bir vaqtda nurlantiruvchi ikki yaproqli yo‘nalganlik diagrammasiga ega antenna. " Ikki uyli shlyuz|"Brandmauerning dasturiy taʼminoti ishlaydigan va biri ichki tarmoqqa, boshqa biri tashqi tarmoqqa ulangan ikkita tarmoq interfeys platasi bo‘lgan kompyuter. Izoh – Shlyuz axborotni bir tarmoqdan ikkinchi tarmoqqa uzatadi, ular o‘rtasida bevosita taʼsirga yo‘l qo‘ymagan holda. Seans va amaliy sath shlyuzlari ikki uyli shlyuzga kiradi. " «Ikki yarim» yoki «gibrid» animatsiya|"Uch o‘lchamli perspektiva imitatsiyasiga ega ikki o‘lchamli animatsiya. Obyektlarning «ko‘p qatlamli» siljishidan foydalanilganda «yaqinda joylashgan»larga nisbatan «uzoqlashgan» obyektlar sekinroq siljiydi. " Ikki yo‘nalishli|"Ikki tomonga yo‘naltirilgan signal. " Ikki yo‘nalishli oldindan aytish|"«Oldinga» (o‘tgan videokadrlar bo‘yicha) yoki «orqaga» (oldindagi videokadrlar bo‘yicha) oldindan aytishdan foydalaniladigan kodlash usuli. " Ikki o‘lchamli grafika|"X va Y o‘qlari bo‘yicha ikkita koordinata bilan tavsiflanadigan grafika. " Ikki o‘lchamli taxminlash, 2-D taxminlash|"Taxminlangan qiymat, ayni bir maydon satrlaridagi qo‘shni tasvir elementlaridan kelib chiqib olinadigan taxminlash. " Ikki shinali arxitektura|"Pentium Pro protsessorlari ichki shinasi arxitekturasining nomi. Turli taktli chastotalarida ishlashini ta’minlash va tizim unumdorligini oshirish imkonini beradi. " Ikkilamchi halqa|"Ikki halqali optik tolali tarmoqdagi (FDDI standarti) rezerv bog‘lovchi liniya. Bu liniya orqali normal ish rejimida (nosozliklar bo‘lmaganda) liniya ishlash qobiliyatini nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan xizmat signallari uzatiladi. " Ikkilamchi kalit|"1. Asosiy xabarni va biror bir kirish parametrini, masalan, abonent stansiyasining seriya raqamini mantiqiy qayta o‘zgartirish yo‘li bilan olinadigan kalit. 2. Dasturiy ta’minotni muhofaza qilish usuli, unda birinchi kriptografik kalit dasturiy ta’minotni deshifrovka qilish uchun kalit hisoblanadigan ikkinchi kalitdan foydalana olish uchun yo‘l ochadi. " Ikkilamchi kesh-xotira|"Protsessordan tashqarida, birlamchi kesh-xotira bilan tezkor xotira qurilmasi o‘rtasida joylashgan ikkinchi sath kesh-xotira. " Ikkilamchi kuchlanishdan muhofaza qilish qurilmasi|"Shaxsiy hayot sirlarini taʼminlash uchun bajarilayotgan tadbirlar. Ushbu tadbirlar, ayrim shaxslar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni muhofazalash va ularni yig‘ish, to‘plash va ularni qayta ishlashga cheklovlarni o‘z ichiga oladi. " Ikkilamchi nur tarqatgich|"Fider bilan bog‘lanmagan va birlamchi nur tarqatgichning elektromagnit maydoni bilan qo‘zg‘atiladigan antennaning nurlantiruvchi elementi. " Ikkilamchi nurlanish|"Yuqori chastotali toklar va elektr zaryadlarni yo‘naltirish hisobiga, radioto‘lqinlarning uzatish muhitidagi to‘siqlardan qaytish va tarqalish hodisasi. " Ikkilamchi rangli rirproyeksiya|"Rang videosignali bilan dastlabki tasvir yoki yozuv yaratilgandan so‘ng bajariladigan rirproyeksiya. " Ikkilamchi tarmoq kanali|"Telekommunikatsiyalar ikkilamchi tarmog‘ining kommutatsiya uzellari va stansiyalari oralig‘idagi telekommunikatsiyalar kanalining qismi. Ikkilamchi tarmoqning turiga qarab uning kanallari quyidagicha nomlanadi: telefon tarmog‘i kanali, telegraf tarmog‘i kanali, maʼlumotlar uzatish kanali va h.k. " Ikkilamchi zichlanishga ega kanal|"Nutqli axborot bilan bir qatorda, qo‘shimcha past tezlikli ma’lumotlar oqimi ham uzatilishi mumkin bo‘lgan aloqa kanali. Izoh − Polosasining kengligi (0,3−3,4) kHz bo‘lgan kanal ma’lumotlarning bitta yoki bir nechta past tezlikli kanali bilan qo‘shimcha zichlanishi mumkin. " Ikkilanma nur sinishi|"Yorug‘lik nurining optik anizotrop muhit orqali tarqalishida yorug‘lik sinish ko‘rsatgichining nur qutblanganligiga bog‘liqligi oqibatida ikkiga ajralishi. " Ikkilik|"Ikkilik sanoq tizimida taqdim etilgan ma’lumotlar turi. " Ikkilik fayl|"Ma’lumotlar ikkilik ko‘rinishida, masalan, dastur kodi, shrift yoki tasvir bilan taqdim etiladigan fayl. Matnli fayllardan farqli ravishda, ekranda ko‘rish uchun maxsus dastur talab etadi. " Ikkilik fazaviy manipulyatsiya|"Fazaviy modulyatsiyalash usuli bo‘lib, bunda kirish ikkilik simvolining 1 dan 0 ga yoki aksincha, almashinishi signal fazasining 180° ga o‘zgarishiga olib keladi. Masalan, modulyator chiqishidagi faza siljishi 0 simvoli uchun +90°, 1 simvoli uchun – 90° bo‘lishi mumkin. " Ikkilik izlash|"1. Tartiblashtirilgan ko‘plikdagi izlash usuli bo‘lib, uning har bir qadamida ko‘plikning o‘rtacha elementi izlangan element bilan taqqoslanadi va taqqoslash natijasiga bog‘liq holda, keyingi qadamda qayta ishlash uchun ko‘plikning yarmi tanlanadi. 2. Elementlar to‘plami ikki qismga bo‘linadigan va bir qismi tashlab yuboriladigan izlash. Jarayon maqbul xossaga ega elementlar topilgunga qadar takrorlanadi. " Ikkilik jamp|"Xotira ichidagini ikkilik ko‘rinishida bosib chiqarish. " Ikkilik kiritish|"Kompyterga ikkilik ma’lumotlarni kiritish. " Ikkilik kod|"1. Xotira ichidagini nollar va birlar ketma-ketligi ko‘rinishida taqdim etish, biroq bu atama ko‘pincha bajariladigan dasturni belgilash uchun qo‘llaniladi. 2. Bajarish uchun yaroqli ko‘rinishda bo‘lgan faqat mashina komandalari va konstantalarni ichiga oladigan dasturiy modul. " Ikkilik kodlar darajasidagi moslik|"Bitta kompyuter tizimi dasturining o‘zgartirishsiz boshqa platformada bajarilish qobiliyati. " Ikkilik ko‘rinishdagi fayllarni uzatish|"Fayllarni ikkilik ko‘rinishda uzatish protokoli. Ma’lumotlar uzatish jarayonida o‘zgarmaydi. " Ikkilik nuqta|"Ikkilik sondagi, butun qismni kasrli qismdan ajratadigan nuqta. " Ikkilik raqam|"Ikkilik sanoq tizimidagi ikkita ‒ 0 va 1 raqamdan biri. " Ikkilik sanoq tizimi|"Asosi 2 bo‘lgan pozitsion sanoq tizimi. Sonlarni yozish uchun 0 va 1 ikkilik raqamlardan foydalaniladi. Informatikada asosiy sanoq tizimi hisoblanadi. " Ikkilik semafor|"0 va 1 qiymatlarni oladigan semafor. " Ikkilik sinxron uzatish|"Olisdagi terminallarning markaziy elektron hisoblash mashinasi bilan aloqasida foydalaniladigan protokol. " Ikkilik skanlash ekrani|"DSTN displey − qattiq buralgan nematik bilan to‘ldirilib, bir-biriga yopishtirilgan shishali yacheykalar. Birinchisi – suyuq kristalli displey, ikkinchisi – elektrodlar va qutblagichlarsiz yoki oq fonda qora rangning aks etishini ta’minlovchi va kontrastni ko‘paytiruvchi kompensator sifatida foydalanish uchun suyuq kristall modda bilan to‘ldirilgan shisha yacheyka. " Ikkilik son|"Ikkilik sanoq tizimida yozilgan son. Kompyuter xotirasidagi har qanday narsani ikkilik sonlar ko‘rinishida taqdim etish mumkin. " Ikkilik sonlar psevdotasodifiy ketma-ketligining generatori|"Ma’lumotlarning initsializatsiyalanadigan so‘zini kiritishda muayyan psevdotasodifiy ikkilik ketma-ketligini generatsiyalaydigan uskuna. " Ikkilik tasvir|"Ma’lumotlarning ikkilik massiv ko‘rinishida taqdim etilishi. " Ikkilik yoqlama litsenziyalash|"Erkin dasturiy taʼminotning biznes modeli va uni ikkita litsenziya bo‘yicha amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Ko‘pincha bittasi – shaxsiy mulk sifatida ko‘riladi va shu dasturiy taʼminot asosida uning qo‘llanmalarini yaratishga imkon beradi. " Ikkilik-o‘nli kod|"O‘nli sonlarni ixcham tarzda mashina tiliga o‘girish usullaridan biri bo‘lib, har bir o‘nli raqamni kodlash uchun to‘rt bit talab qilinadi. Bunday sonlar meynfreymlarda iqtisodiy hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun qo‘llaniladi. " Ikkilik-o‘nlik kodlash|"O‘nli (0 ‒ 9) raqamlarni to‘rt razryadli ikkilik kodlar bilan taqdim etish usuli. " Ikkinchi avlod (2G)|"Mobil aloqa tizimlarining ikkinchi avlodi, analog tizimlarning birinchi avlodidan keyingi, simsiz texnologiyalar raqamli standartlarining birinchi guruhi. Izoh − Birinchi navbatda ovozni uzatish maqsadida ishlab chiqilgan, 2G tarmoqlarida ma’lumotlar ancha sekin uzatiladi. Ma’lumotlar uzatishda 2G tizimlari 2,5G va 3G tizimlardan farqli ravishda, ma’lumotlar ayni paytda uzatilayotganidan yoki uzatilmayotganidan qat’i nazar, butun aloqa seansi mobaynida tarmoqning o‘tkazish polosasini egallaydi. 2G tizimlari o‘z ichiga cdmaOne va GSM tizimlarini oladi. " Ikkinchi avlod tili|"Ikkinchi avlod tili, shuningdek, assembler dasturlash tili sifatida ham ma’lum til. " Ikkinchi bosqich kesh xotirasi|"Protsessorlarning yangi modellarida ikkinchi bosqich kesh xotirasi protsessorga ichki qurilgan va birichni darajali kesh xotirasini to‘ldirishda ishlatiladi. " Ikkinchi shans algoritmi|"Uzoq vaqt murojaat bo‘lmagan sahifa emas, murojaatlarning vaqt bo‘yicha o‘sib borishi tartibi bo‘yicha tartiblangan ro‘yxatdan keyin keladigan sahifalar almashtiriladigan algoritm. " Ikoncha|"Displey ekranida operatsion tizimi muhitida obyekt yoki dasturni aks ettiruvchi kichik tasvir. " Ilmiy-axborot faoliyati|"Ilmiy-texnikaviy axborotni tashkil qilish, to‘plash, tartibga keltirish, tahliliy-sintetik qayta ishlash, yozish, saqlash, tarqatish va foydalanuvchi (isteʼmolchi)ga taqdim etish bilan bog‘liq harakatlar majmui. " Ilmiy-texnik axborot|"Ilmiy, ilmiy-texnikaviy, innovatsion va ijtimoiy faoliyat davomida yig‘ilgan hujjat va faktlar to‘g‘risidagi axborot. " Ilmiy-texnik axborot mahsuloti|"Ilmiy-texnikaviy axborot foydalanuvchilari (isteʼmolchilari) ehtiyojlarini qondirish uchun mo‘ljallangan axborot, ilmiy-texnikaviy faoliyatning moddiy natijasi. " Ilonsimon to‘lqin o‘tkazgich|"Konstruksiyasida qattiq metall sirtlar bo‘lmagan, qayriladigan egiluvchan to‘lqin o‘tkazgich. To‘g‘ri burchakli teshiklari bo‘lgan va ularni rezinali qobiq bilan biriktiriladigan bir qator metall shaybalardan tashkil topgan. " Ilova|"Tizimli proseduralarni chaqirish vositasida operatsion tizim bilan birgalikda ishlagan holda, bevosita foydalanuvchiga zarur boʻlgan funksiyalarni bajaradigan amaliy dastur yoki dasturlar paketi (vazifaning toʻla bajarilishini ta’minlaydigan dagturlar toʻplami) – masalan, hisoblash dasturi, matn redaktori yoki elektron jadval. " Ilova bibliotekasi|"Foydalanuvchiga muayyan masalani hal etish imkoniyatini ta’minlaydigan, tugallangan amaliy dastur yoki paket, masalan, elektron jadval yoki matn protsessori. " Ilova oynasi|"Ilovaning ishchi sohasi sifatida foydalaniladigan oyna. " Ilovalar generatori|"Ilovalarning muayyan sohasida bitta yoki bir nechta masalani hal qilish uchun dastur yaratadigan kod generatori. " Ilovalar identifikatori|"Faylli tuzilma tomi deskriptorining maydoni, disk yaratilishida bajariladigan birinchi amaliy dastur marshruti nomini belgilaydi. " Ilovalar portfeli|"Butun hayotiy sikli mobaynida ilovalarni boshqarish uchun foydalaniladigan tizimlashtirilgan hujjat yoki ma’lumotlar bazasi. Barcha ilovalarning asosiy, muhim atributlarini ichiga oladi. " Ilovalar severi|"Tarmoq amaliy (mijoz server) dasturlari bajariladigan, shuningdek, mijozlar foydalana oladigan ma’lumotlar bo‘lgan server. " Ilovalar talablari spetsifikatsiyasi|"Ilovaning spetsifik talablari hujjatlashtiriladigan, variantlari bog‘liq bo‘lgan, domenga ko‘rsatiladigan talablar spetsifikatsiyasi bilan yaxlit holatga keltiriladigan kichik jarayon. " Ilovalar talablarini boshqarish|"Ilovalar talablarining o‘zgarishlari va kuzatib borishlik mumkinligi boshqariladigan quyi jarayon. " Ilovalar talablarini tahlil qilish|"Muayyan ilovalarga bo‘lgan barcha talablar tushuniladigan, modellash vositasida ilovalarga bo‘lgan noto‘g‘ri va noizchil talablar tahlil qilinadigan, keyin esa, domenga qo‘yiladigan talablar yordamida qanoatlantirilishi mumkin bo‘lmagan ilovalar talablari tahlil qilinadigan va kelishiladigan quyi jarayon. " Ilovalarni hamkorlikda ishlab chiqish|"1977-yilda IBM tomonidan taklif qilingan tizimlarni tahlil qilish va ishlab chiqishga yondashuv. " Ilovalarni integratsiyalash|"Turli dasturlash tillarida yozilgan va turli arxitekturalarda ishlab chiqilgan turli ilovalarni o‘zaro birlashtirish imkonini beradi. " Ilovalarni ishlab chiqish muhandisligi|"1. Aktivlardan takror foydalanish yo‘li bilan, amaliy tizimlarni yaratish yoki aniqlashtirish jarayoni. 2. Jarayonlar to‘plamidan iborat hayotiy sikl. Bu jarayonlarda ilova aktivlari va mahsulotlar, mahsulotlar chizig‘i bo‘laklari, domen arxitekturasiga muvofiq va platforma o‘zgaruvchanligini bog‘lash yo‘li bilan, aktivlardan takror foydalanish orqali boshqariladi va bajariladi. " Ilovalarni tez ishlab chiqish|"Obyektga yo‘naltirilgan va vizual dasturlashdan foydalanish hisobiga, ilovalarning tezda ishlab chiqilishini ta’minlaydigan dasturiy mahsulot. " Ilovalarning asosiy oynasi|"Ilovadagi asosiy vazifani bajaruvchi oyna. Asosiy oynadan butun dasturni moslash va konfiguratsiyasini o‘zgartirish mumkin bo‘lgan bir qator yordamchi oynalarni ochish mumkin. " Ilovani ma’muriy boshqarish funksiyasi|"Foydalanuvchi tomonidan bajariladigan funksiya, jumladan ilovani o‘rnatish, joylashtirish, zaxiralash, xizmat ko‘rsatish (tuzatishlar kiritish va o‘zgartirish) hamda chiqarib tashlash. " Ilovaning ishga tushirilishi|"Ishlash uchun kerak bo‘ladigan dastur modullari, bibliotekalari va tezkor xotiradan undan foydalanish va tez ma’lumot almashinish uchun nusxa olish. " Ilg‘or texnologiya|"Biror-bir dasturiy va apparat ta’minot sohasida tub burilish yasagan eng ilg‘or texnologiya. Masalan, DirectX 10, kompyuter bilan ishlash tezligini keskin oshirishga qodir ilg‘or texnologiya hisoblanadi. " Imitatsion xalaqit|"Tuzilmasiga ko‘ra, foydali signalga o‘xshiydi, shuning uchun uni topish va ajratish qiyin bo‘lgan xalaqit. Odatda, u xuddi foydali signaldagi singari, lekin boshqacha modulyatsiya parametrlariga ega elementlardan tashkil topgan bo‘ladi. " Imitatsiya|"1. Texnik yolg‘on xabar tarqatishning tarkibiy qismi, soxta obyektlar va texnik demaskirovka qiluvchi belgilarni sun’iy qayta tiklash yo‘li bilan amalga oshiriladi. 2. Kriptografik protokolga aktiv hujum, uning maqsadi bir tomondagi raqib va/yoki buzg‘unchi tomonidan boshqa tomon nomidan qabul qilayotgan rad etilmaydigan xabarni majburan qabul qildirish hisoblanadi. " Imitatsiyalanadigan xalaqit|"Xalaqitga chidamlilikni baholash yoki o‘lchash maqsadida hosil qilinadigan, parametrlarning berilgan qiymatiga ega elektromagnit xalaqit. " Imitobardoshlik|"Maqsadi yolg‘on xabarni majburan kiritish (qabul qilish) yoki uzatiladigan axborotni yoki saqlanadigan ma’lumotlarni almashtirib qo‘yish bo‘lgan, jinoyatkorning aktiv hujumlariga qarshi tura olish qobiliyati. " Imitomuhofaza|"1. Shifrlangan aloqa tizimini yolg‘on ma’lumotlar majburan kiritilishidan (qabul qilinishidan) saqlashning apparat, apparat-dasturiy yoki dasturiy muhofaza vositalari. 2. Shifrlangan aloqani yolg‘on ma’lumotlarning ortiqcha o‘rnashishidan muhofaza qilish tizimi. " Imitomuhofaza tizimi|"Xabarlarni autentifikatsiyalashni bajaruvchi va axborotni ruxsatsiz o‘zgartirish yoki soxta axborotni majburan qabul qildirishdan himoya qilish uchun mo‘ljallangan kriptografik tizim. Xususan, imitomuhofaza tizimi axborotning yaxlitligini ta’minlaydi. Izoh – Imitomuhofaza tizimining matematik modeli imitomuhofazalovchi kodlash algoritmini (bu shifrlash algoritmi, autentifikatsiyalash kodi yoki boshqa o‘zgartirish bo‘lishi mumkin) va olingan axborotning haqiqiyligi to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish algoritmini hamda kalit tizimni o‘z ichiga oladi. " Imitomuhofaza vositalari|"Axborotni kriptografik almashtirish algoritmlarini amalga oshiruvchi va yolg‘on axborotni majburan qabul qildirishdan muhofaza qilish uchun mo‘ljallangan apparat, dasturiy va apparat-dasturiy vositalar. " Imitoqo‘shimcha|"Ochiq ma’lumotlar va kalitdan ma’lum qoidaga ko‘ra olingan hamda shifrlangan ma’lumotlarga imitomuhofazani ta’minlash uchun qo‘shilgan, qayd qilingan uzunlikdagi axborot bo‘lagi. " Imkoniyati yuqori bo‘lgan texnologiya (bosmaga chiqarilayotganda)|"Bosmaga chiqarishda yuqori sifatga (1200x1200 dpi gacha) erishish imkoniyatini beradigan texnologiya. " Imkoniyatlar|"Qurilma yoki dasturning funksional xarakteristikalari. " Imloni tekshirish|"Kiritilgan matnni imlo qoidalariga ko‘ra tekshiruvchi dastur. " Impedans|"Elektr zanjirining o‘zgaruvchan tokka nisbatan to‘liq qarshiligi. " Impedansli antennalar|"Yuguruvchi to‘lqin antennalarining bir turi, unda elektromagnit energiya oqimini to‘plash sayoz turdagi sekinlashtiruvchi ti-zimdan foydalanib amalga oshiriladi. " Impedansni moslashtirish|"Zanjir qo‘shni elementlarining to‘la to‘lqin qarshiliklarini (impedanslarini) interfeys nuqtasi orqali o‘tuvchi quvvat unumdorlikni yaxshilash yoki alohida samaraga erishish uchun maksimal darajada mumkin bo‘ladigan tarzda tanlash. " Implikatsiya|"Ikkita ifoda uchun mo‘ljallangan mantiqiy operatsiya. Natija beruvchi ifoda faqat birinchi ifoda to‘g‘ri, ikkinchisi esa noto‘g‘ri bo‘lganda (implikatsiya operatsiyasi kommutativ bo‘lmaganda) yolg‘on bo‘ladi. Implikatsiyaning standart belgisi: →. " Impuls|"Barqaror shakllangan jarayonning vaqtinchalik xarakteristikalariga nisbatan kichik vaqt intervali bilan tavsiflanuvchi, (kuchlanish, tok va b.) shakllangan holatining qisqa muddatli o‘zgarishi. Impulsning shakli turlicha – to‘g‘ri burchakli, trapetsiyasimon va h.k. bo‘lishi mumkin. Impulsning asosiy parametrlari davomiylik, amplituda, front hisoblanadi. Impulslar videoimpulslarga (eltuvchisi to‘ldirilmaydigan impuls) va radioimpulslarga ajratiladi. " Impuls-kodli modulyatsiya|"Modulyatsiyalash usuli, unga ko‘ra, analog signal qatʼiy uzunlikdagi ketma-ket uzatiladigan n razryadli (n=8) kodli so‘zlardan iborat raqamli maʼlumotlar oqimiga aylantiriladi. Tovushni uzatish 64 kbit/s tezlik hamda A- yoki qonuni bo‘yicha kompanderlash bilan amalga oshiriladi. IKM yordamida o‘zgartirilgan tovush signalining sifati yuqori bo‘ladi (ekspert baholanishi MOS shkalasi bo‘yicha 4,3). " Impulslar generatsiyasi|"Telefon raqamini terish paytida telefon aloqa liniyasiga impulslar jo‘natish. " Impulsli modulyatsiya|"Modulyatsiyalangan signal video yoki radioimpulslar ketma-ketligi ko‘rinishida bo‘lishi bilan farqlanadigan modulyatsiyalash usullari guruhi. " Imtiyozlar|"Operatsion tizimga yuborilgan imtiyozli, ya’ni cheklangan doiradagi foydalanuvchilar uchun mumkin bo‘lgan so‘rovlarni bajarish huquqi. Masalan, tizim vaqtini o‘zgartirishga so‘rov. " Imtiyozlarni boshqarish infratuzilmasi|"Kompleks mualliflashtirish xizmati ko‘magida hamda ochiq kalitlar infratuzilmasi bilan o‘zaro hamkorlikda imtiyozlarni boshqarish ta’minlanadigan infratuzilma. " Imtiyozlarning taqsimlanishi|"Ma’lumotlarni muhofaza qilish mexanizmini ochish prinsipi, bunda erkin foydalanish (kirish) uchun bir emas, balki ikkita parolni (masalan, ikkita shaxs tomonidan) ko‘rsatish zarur bo‘ladi. " (Imtiyozli bo‘lmagan) foydalanish rejimi|"Foydalanuvchilarning dasturlari bajariladigan dasturlarni bajarishning standart rejimi. Bu rejimda ayrim imtiyozli operatsiyalar (masalan, xotiraning va registrlarning tizim sohalarini o‘zgartirish) ta’qiqlanadi. " Imzo|"Familiya, ism, manzil va boshqa axborotdan iborat kichik matn. Uy katalogidagi maxsus fayldan olinadigan imzo avtomatik ravishda jo‘natilayotgan xat va teleanjumanda jo‘natilgan maqolalarning oxiriga qo‘shiladi. q: raqamli imzo. " Imzo kaliti sertifikatining egasi|"Ro‘yxatga olish markazi tomonidan imzo kaliti sertifikatini olgan va o‘z yopiq elek-tron raqamli imzo kalitiga ega bo‘lgan jismoniy shaxs. Elektron raqamli imzo kaliti vositalari yordamida elektron hujjatlarda o‘z elektron raqamli imzosini yaratish (elektron hujjatlarga imzo chekish) imkonini beradi. " Imzo sertifikatining egasi|"Nomiga imzo kalitining sertifikati berilgan, sertifikatda ko‘rsatilgan ochiq kalitga mos keluvchi elektron raqamli imzo kalitining yopiq kalitiga egalik qiladigan jismoniy yoki yuridik shaxs. " Indeks|"Berilgan har bir massivning har bir elementini identifikatsiya qilish uchun massiv nomiga qo‘yiladigan raqam (yoki raqamlar, agar ma’lumotlar massivi ko‘p o‘lchamli bo‘lsa). " Indekslangan fayl|"Yozuvlaridan foydalanish uchun indeksi bo‘lgan fayl. Bunday faylda yozuvni topish uchun, avvalo, indeks faylidagi tegishli elementni topish kerak. Unda yozuvni identifikatsiyalaydigan kalit maydoni va uning mantiqiy yoki fizik manzili bo‘ladi. Turli kalitlar bo‘yicha izlashni osonlashtirish uchun, faylda bir nechta indeks bo‘lishi mumkin. Indekslash yozuvlardan bevosita foydalanishni ta’minlaydi va faylni ko‘rib chiqish vaqtini qisqartiradi. " Indekslangan manzil|"Xotirada ma’lumotlarning spetsifik elementi, masalan, jadvalning, birinchi elementi joylashgan yer. Tayanch manzilni va indeksli registrda saqlanadigan qiymatni qo‘shish yo‘li bilan hisoblanadi. " Indeksli fayl|"Ma’lumotlar bazasi yozuvlari indekslarini saqlaydigan fayl. Indekslarning bo‘lishi yozuvlar izlab topilishini va ular bilan ishlashni tezlashtiradi. " Indeksli registr|"Komanda manziliga, uning haqiqiy qiymatini olish uchun qo‘shish yoki chiqarib tashlash zarur bo‘lgan muayyan ma’lumotlarni ichiga oladigan registr. " Indikator|"Muayyan axborot ehtiyojlari uchun ishlab chiqilgan tahliliy modeldan olingan tegishli atributlarni baholash imkonini beradigan o‘lchov. " Indikatorlar qiymatini aniqlash mezonlari|"Har bir indikatorga u yoki bu sonli qiymatni berish to‘g‘risida qaror qabul qilish algoritmining formal bayoni. " Individual boshqaruv bilan taqsimlash xizmati|"Taqsimlash xizmati, bunda axborot axborot bloklarining ketma-ketligi ko‘rinishida, masalan, davriy qaytariluvchi kadrlar shunday taqdim etiladiki, natijada foydalanuvchi axborot bloklarini shaxsan tanlash va axborot borishining boshlanishi hamda tartibini boshqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi. " Individual boshqaruvsiz taqsimlash xizmati|"Taqsimlash xizmati, undan foydalanuvchilar taqsimlangan axborotni taqdim etishning boshlanishi va tartibini boshqarish imkoniga ega bo‘lmagan holda foydalana oladi. " Individual qabul (yo‘ldoshli eshittirishda)|"Maishiy qurilmalar, odatda, uncha katta bo‘lmagan hajmdagi antennalar bilan yo‘ldoshli eshittirishlarni bevosita qabul qilish. " Individual chaqiruv|"Mobil aloqa tarmog‘idagi, ikki abonent o‘rtasida «nuqta-nuqta» turidagi bog‘lanish o‘rnatilishi taxmin qilinadigan chaqiruv. " Industrial xalaqitlar|"Elektr yoyi yoki uchquni (elektr payvandlash, elektrotransport, sh.o‘.) paydo bo‘ladigan turli elektr qurilmalarning ishlashidan hosil bo‘ladigan xalaqitlar. Industrial xalaqitlar, odatda, juda keng chastotalar spektriga ega bo‘ladi, shuning uchun qabul qilish qurilmalarida ular bilan kurashish qiyin. Lekin xalaqit manbalarining o‘zida xalaqitlar jadalligini pasaytiradigan choralar ko‘rilishi, masalan ekranlashtirish, maxsus filtrlarni qo‘llash mumkin. " Inersion sinxronlash|"Satr va kadr sinxronlash impulslari qabul qilgichda keluvchi impulslar chastotasi bilan qamrab olingan satr chastota generatori yordamida qaytadan shakllantiriladigan xalaqitga chidamli sinxronlash. " Inersion sinxronlash cxemasi|"Televizordagi, yoyish zanjirlari satr chastotasi bilan satr sinxronizatsiyasi signalining qisqa muddatli buzilishi vaqtida ham harakat qilishda davom etadigan, sinxronizatsiya sxemasining turi. " Infiks yozuv|"Matematik va mantiqiy ifodalarni yozish usullaridan biri bo‘lib, bunda binar operatsiya belgisi operandlar orasida bo‘ladi. " Infokommunikatsiyalar|"Zamonaviy axborot, kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalarini, ularni amalga oshiradigan tizim hamda vositalarni uzviy ravishda bog‘laydigan, tashkilotlarga va aholiga axborot, kommunikatsiya maxsulotlarini va xizmatlarini taqdim etish uchun mo‘ljallangan kompleks. " Infomat|"Davlat xizmatlari taqdim etilishining axborot kioski. Sensorli monitori bo‘lgan, jamoat joyida joylashgan, davlat xizmatlari portaliga yoki uning ixtisoslashtirilgan bo‘limlariga kirishni ta’minlaydigan elektron terminal. Terminal har bir fuqaroga interaktiv o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatish tartibida davlat xizmatlari olish imkonini beradi. Infomat yordamida xizmat to‘g‘risida ma’lumot olish, blanklarni to‘ldirish va chiqarish, videomaslahatlar olish, navbatga yozilish, bojlar va tariflarni to‘lash mumkin. " Informatika|"Axborotning xususiyatlarini va uni olish, qayta ishlash, o‘zgartirish, saqlash, taqdim etish, uzatish va axborotdan foydalanish usullarini o‘rganadigan ilmiy yo‘nalish. " Informatika obyektlari|"Turli maqsadlardagi avtomatlashtirilgan tizimlar, telekommunikatsiyalar, aks ettirish va ko‘paytirish tizimlari, shuningdek, axborotni qayta ishlashning alohida texnik vositalari va konfidensial muzokaralar olib borish uchun mo‘ljallangan xonalar. " Informodinamika|"Axborot va uning o‘zini o‘zi tashkil qilishiga oid noyob hodisa, axborot hodisalari bo‘ysunuvchi qonun (qoidalar) to‘g‘risidagi fan. U axborot hodisalarining energetika hodisalari bilan aloqalari, jumladan jami axborot hodisalari va tafakkur, aql, umuman barcha negentropiya jarayonlarini ham qamrab oladi. " Informografiya|"Axborot resurslarining jahon hamjamiyatida hamda u yoki bu mamlakat hududida taqsimlanish topologiyasini o‘rganuvchi fan. U, shuningdek, resurslar xususiyatlari, ulardan foydalanish osonligi, samarali foydalanish mumkinligini o‘rganadi. " Informologiya|"O‘rganish obyekti makon, axborotning makondagi tashkillanishi hamda axborot tizimlarining makonda qurilishi qonuniyatlari bo‘lgan fan. Informologiyaning umumiy vazifasi turli tadqiqot tamoyillariga asoslangan ilmiy yo‘nalishlar doirasida olingan bilimlarni umumlashtirish va tartibga solishdir. " Infraqizil aloqa bo‘yicha fayllarni uzatish|"Ma’lumotlarni, kompyuter va qurilma o‘rtasida, infraqizil nurlanish yordamida simsiz uzatish. " Infraqizil interfeys|"Infraqizil portga ega simsiz bog‘lanadigan qurilmalarni, masalan, printerlar va noutbuk-larni ulash uchun foydalaniladigan interfeys. " Infraqizil kanal|"Ishlashi uchun simli ulanishlar talab qilinmaydigan maʼlumotlar uzatish kanali. " Infraqizil klaviatura|"Tizim bloki bilan simsiz bog‘lanish uchun mo‘ljallangan, infraqizil interfeysli klaviatura. " Infraqizil nur tarqatgich|"Elektr energiyani to‘lqin uzunligi 1-2 mm dan 0,74 mkm gacha bo‘lgan elektromagnit nurlanishga aylantiruvchi yarimo‘tkazgichli asbob. Infraqizil nurlanish manbalariga galaktika jismlarining aksariyati tegishlidir. " Infraqizil port|"Ikkita qurilma o‘rtasida shu port bilan simsiz aloqa o‘rnatish imkonini yaratuvchi port. Amal qilish radiusining kichikligi (qurilmalar o‘rtasidagi masofa 30 santimetrdan ko‘p emas), ma’lumot uzatish tezligining kichikligi, xalaqitga bardoshlilikning ozligi (qurilmalar o‘rtasiga har qanday shaffof bo‘lmagan predmetning qo‘yilishi aloqa uzilishiga sabab bo‘ladi) ushbu aloqa texnologiyasining kamchiliklari hisoblanadi. " Initsializatsiya|"Qurilmani maʼlumotlarni tashuvchidan foydalanish yoki qandaydir jarayonni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshlang‘ich holatga keltirish operatsiyasi. " Initsializatsiya qilish|"1. Boshlang‘ich holatiga o‘rnatish. 2. Boshlang‘ich shartlarni berish. " Initsializatsiya vektori|"1. Kriptografik algoritm doirasida kriptografik jarayonning tayanch nuqtasini aniqlash uchun foydalaniladigan vektor. 2. Muntazam yangilanadigan, boshqaruv kanali bo‘ylab uzatiladigan va shifrlash algoritmini initsializatsiya qilish uchun foydalaniladigan tasodifiy son. " Inkor|"1 Kommunikatsiyaga kiritilgan subyektlardan birining muloqotdan to‘la yoki qisman voz kechishi. Kommunikatsiya usullari va mexanizmlarini tavsiflashda «inkor mumkin emasligi» tushunchasi, ko‘p hollarda, almashuvga kiritilgan subyektlar, o‘zlarining kommunikatsiyada ishtiroklarini inkor qila olmaydigan holatini ifodalaydi. 2 Bul algebrasining mantiqiy inkor, NOT operatori. Operatorni bajarish natijasi, rost (TRUE) yoki yolg‘on (FALSE) bo‘ladi. " Inkor qilish protokoli|"Imzo qo‘yuvchi shaxsga imzolangan xabarni rad qilishiga yo‘l qo‘ymaydigan protokol turi. " Insident|"Xizmatlarning rejalashtirilmagan tarzda uzilishiga yoki uning sifati pasayishiga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan har qanday hodisa. Izoh – Masalan, infratuzilma elementlaridan biridagi uzilish insidentga misol bo‘ladi. " Insonning kompyuter bilan o‘zaro ishlashi|"«Inson-mashina» axborot tizimida ro‘y berayotgan jarayonlarni o‘rganuvchi ilmiy-tadqiqot yo‘nalishi. " Installyator|"Fayllarni, masalan, kompyuterga ilova, drayverlar yoki boshqa dasturiy ta’minotni o‘rnatuvchi kompyuter dasturi. Ayrim installyatorlar ulardagi mavjud fayllarni o‘rnatish uchun maxsus ishlangan; boshqalari universal hisoblanadi va o‘rnatish zarur bo‘lgan dasturiy ta’minot komplektini hisobga olib ishlaydi. " Instrumental komanda tili|"Interpretatsiya (talqin) qilinadigan dasturlash tili, vebda ssenariylar yozish uchun mo‘ljallangan tillardan biri. " Instrumental konfiguratsiyani boshqarish vositalari|"Qo‘lda boshqariladigan instrumental vositalar yoki konfiguratsiyani boshqarish tizimini qo‘llab-quvvatlaydigan yoki amalga oshiradigan, avtomatlashtirilgan instrumental vositalar. " Instrumental platforma|"Hisoblash tizimining yangi elementini ishlab chiqish davriga yoki joriy qilish paytiga o‘z-garmas deb faraz qilinadigan instrumental dasturlar (dastur bajaruvchi kodini ishlab chiqish, translyatsiya qilish va yig‘ish uchun qo‘llaniladigan dasturlar) majmui. " Instrumental elektron hisoblash mashinasi|"Dasturni ishlab chiqish va uni translyatsiya qilish amalga oshiriladigan kompyuter. " Instrumentariy|"Asosiy vazifaga nisbatan yordamchi dasturiy vositalar to‘plami. Foydalanuvchining instrumentariysi, masalan, antivirus dasturlarni, fayllarni arxivlash va qurilmalar holatini tekshirish dasturlarini ichiga olishi mumkin. Dasturchi instrumentariysiga, shuningdek, standart protseduralar bibliotekasini ham kiritish mumkin. Rivojlangan operatsion tizimlarda va qobiqlarda instrumentariy katta miqdorda yetkazib beriladi. " instrumentlar paneli|"Windows-dasturlari grafik interfeysining elementi. U dasturning foydalanuvchi grafik interfeysidagi ekran tugmalari va belgilari satri, ustuni yoki blokidir. Foydalanuvchi bu tugma yoki belgilarni bosish orqali dasturning biror bir funksiyasini aktivlashtiradi. " Integral mikrosxema|"1. O‘zaro bog‘liq elektron elementlarga ega yarimo‘tkazgich mate-rialdan yasalgan kichik tarkibiy qism. 2. Oxirgi yoki oraliq shaklga ega bo‘lgan elektron sxema vazifalarini bajarish uchun mo‘ljallangan mikroelektronika mahsuloti. Uning elementlari va aloqalari mahsulot yaratilgan material hajmi va (yoki) yuzasida ajratib bo‘lmas ravishda shakllantirilgan. 3. Bitta yarimo‘tkazgich kristall yuzasida yoki ichida yaratilgan elektron sxema. Integral mikrosxema mantiqiy operatsiyalarni bajarish va axborotni saqlash qobiliyatiga ega bo‘lgan ko‘p sonli elektron elementlardan iborat. Buning uchun integral mikrosxema axborotni qayta ishlash, uni saqlash va uzatishga oid turli vazifalar bajarishi mumkin. Katta integral mikrosxemalar bitta kristallda minglab elektron mantiqiy elementlardan iborat bo‘lishi mumkin, o‘rta kattalari esa millionlab elementlardan yaralgan. " Integral sxema|"Qar.: Integral mikrosxema. " Integratsion testlash|"Dasturiy taʼminotni testdan o‘tkazish bosqichlaridan biri. Unda muayyan dasturiy modullar birlashadi va guruhda testdan o‘tadi. Odatda integratsion testlash modul testlashdan so‘ng va tizim testlashdan oldin o‘tkaziladi. " Integratsiyalash|"Dasturiy va/yoki apparat komponentlarni yagona tizimga birlashtirish. " Integratsiyalashgan dasturiy taʼminot|"Keng formatli jadvallar, matnni qayta ishlash, maʼlumotlar bazalarini boshqarish va amaliy grafika kabi ayrim dasturlar bajaradigan baʼzi funksiyalarni birlashtiradigan dasturiy taʼminot paketi. " Integratsiyalashgan ishlab chiqish muhiti|"Amaliy tizimlarni samarador ishlab chiqishga mo‘ljallangan va boshlang‘ich matnlar redaktorlari va resurslardan, kompilyatordan, sozlovchidan, loyihani boshqarish vositasidan va standart vazifalarni ishlab chiqishni yengillashtiruvchi standartlarni o‘z ichiga oladigan tezkor yordamdan iborat dasturiy kompleks. " Integratsiyalashgan muhit|"Dasturiy ta’minotni ishlab chiqishda dasturchilar to-monidan ishlatiladigan vositalar to‘plami. Misol – Turbo Pascal, Borland C++, Borland Delphi va b.q. " Integratsiyalashgan tizim|"Analog va raqamli oqimlarning uzatilishi aynan bir kommutatsiyalovchi tarmoqda amalga oshiriladigan telekommunikatsiya tizimi. " Integratsiyalashgan shaxsiy tarmoqlararo interfeys|"Ethernet-ATM aralash tarmog‘ida trafikni boshqarish uchun ixtisoslashtirilgan marshrutlash protokoli. " Intellekt|"Odamning fikrlash, o‘zining va boshqa bir odam faoliyatining mumkin bo‘ladigan oqibatlarini ko‘zda tutish, optimal variantlar topish, yangi bilimlar yaratish qobiliyati. " Intellektual aloqa tarmog‘i xizmatlari|"Intellektual aloqa tarmog‘i mantiqiy raqamiga foydalanuvchilardan kelib tushgan barcha chaqiruvlar har bir muayyan abonent uchun intellektual aloqa tarmog‘i xizmatlarini yetkazib beruvchi tomonidan shakllantiriladigan oldindan belgilangan algoritm (xizmat profili) bo‘yicha qayta ishlash imkoniga ega aloqa xizmatlari. " Intellektual antenna|"1. Signallarni qayta ishlash imkoniyatiga ega ko‘plab antennalarning elementlarni o‘z ichiga oladigan, uning nurlanish yo‘nalganlik diagrammasini avtomatik optimallashtirish uchun va/yoki signallarning shartlariga bog‘liq holda qabuli uchun mo‘ljallangan, antennalar tizimi. Izoh ‒ XEI-R M.1797 Tavsiyalarida qayd qilinganidek, adaptiv antennalar va yo‘nalganlik diagrammasi nurlarini qayta ulaydigan antennalar intellektual antennalarning ikkita asosiy kategoriyalari bo‘lib hisoblanadi. 2. Maxsus boshqarish bloki (antenna «intellekti») yordamida antennaning yo‘nalganlik diagrammasini qayta qurishning elektron (dasturiy) usuli tatbiq qilingan antennalar turkumi. Yaproqlar almashlab ulanadigan antennalar, fazalangan antenna panjaralari, adaptiv panjaralar va signallarning fazoviy seleksiyasini ta’minlovchi boshqa turdagi antennalar intellektual guruhga mansubdir. " Intellektual interfeys|"Foydalanuvchining kompyuter bilan tabiiy tilda o‘zaro aloqada bo‘lishini taʼminlovchi interfeys. Aqlli interfeys odatda foydalanuvchining kasbiy tilini o‘giruvchi muloqot protsessori va vazifa tavsifini bilimlar bazasida saqlanuvchi axborot asosida uni bajarish dasturiga qadam-baqadam o‘giruvchi loyihalagichni o‘z ichiga oladi. " Intellektual karta|"Keng funksional imkoniyatlarga ega bo‘lgan, mikroprotsessor asosidagi, shaxsni identifikatsiya qilish uchun terminal bilan ishlashda foydalaniladigan ixcham plastik kartochka. " Intellektual muhofaza qilish moduli|"Dasturiy ta’minotni muhofaza qilishning, yuqori darajada muhofazalanganlik bilan tavsiflanuvchi hamda protsessordan foydalanuvchi apparat-dasturiy sxemasi. " Intellektual mulk|"Shaxsga vaqtinchalik berilgan barcha eksklyuziv nomoddiy huquqlarni bildiruvchi atama. Ushbu atama birinchi navbatda mualliflik va yondosh huquqlarga vaqtinchalik egalik qilish, tovar belgilariga guvohnomalar va amaldagi patentlarga ega bo‘lishni nazarda tutadi. Intellektual mulk turlari: mualliflik huquqi, yondosh huquqlar, tovar belgilari, sanoat namunalari, patentlar. " Intellektual platforma|"So‘rovlarni qayta ishlash, uskunani abonentlar talabiga moslashtirish hamda yangi xizmatlarni taqdim etish maqsadida intellektual texnologiyalar qo‘llanilishini taʼminlaydigan dasturiy-apparat «ustqurma». " Intellektual qurilma|"1. Ichiga o‘rnatilgan protsessor yordamida tashqi muhitning holatiga bog‘liq ravishda o‘zining parametrlarini o‘zgartiradigan (sozlaydigan), dasturiy ta’minoti bo‘lgan tizim yoki qurilma. 2. Dasturiy-texnik kompleks; sun’iy intellekt usullaridan foydalangan holda, predmet sohaning muayyan masalalarini hal qilish uchun mo‘ljallangan kompyuterni o‘z ichiga oladi. Ekspert tizimlar bunga misol bo‘ladi. " Intellektual tarmoq|"1. Xalqaro elektroaloqa ittifoqi tomonidan belgilangan tushuncha. Yangi standartlarga va qo‘shimcha xizmatlarni, shu jumladan, elektraloqaning ovozli tarmog‘ida manzillarni translyatsiya qilish xizmatlarining taqdim etilishini tashkil qilish usullariga taalluqli. 2. Nafaqat ma’lumotlar uzatilishi amalga oshiriladigan, balki turli-tuman murakkab axborot servisi ham taqdim etiladigan kommunikatsiya tarmog‘i. " Intellektual terminal|"Mikroprotsessorlar va tezkor xotira bilan jihozlangan, oddiy qayta ishlashni mustaqil bajara oladigan terminal. " Intellektual xavfsizlik|"Jamiyatning aqliy sohasi, uning kognitiv tuzilmalari (ilmiy maktablar, tadqiqot markazlari, laboratoriyalar, universitetlar va h.k.) hamda inson aqliy qobiliyatlarining zararli taʼsirlardan muhofaza qilinganlik holati. " Intellektual o‘qitish tizimi|"Avtomatlashtirilgan o‘rgatuvchi tizim. U o‘rganuvchiga o‘rganish jarayonida muloqot olib borish, savollarga javob berish va vazifalarni tabiiy tilda bajarishga imkon beruvchi aqliy interfeysga ega. " Interaktiv|"Ishining natijasi, ham natijani, ham natija taqdim etilishini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan foydalanuvchiga bog‘liq bo‘lgan ilova. " Interaktiv axborot tizimi|"Kodlovchi va dekodlovchi (kodlangan ma’lumotni qayta tiklaydigan) qurilmalar bitta moddiy obyekt sifatida ifoda etadigan axborot tizimi. " Interaktiv dastur turi|"Foydalanuvchining kompyuter bilan muloqot (interaktiv) shak-lida o‘zaro ishlashga asoslangan, barcha turdagi shaxsiy kompyuterlar (jumladan, televizion o‘yin kompyuter qo‘shimchalari) uchun dastur. " Interaktiv davlat xizmatlari|"Idoralar tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga idoralarning axborot tizimlari vositasida telekommunikatsiyalar tarmog‘i orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar. " Interaktiv davlat xizmatlarining yagona portali (yagona portal)|"Davlat organlari tomonidan, jumladan, haq to‘lash asosida taqdim etiladigan interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanishning yagona nuqtasi. Yagona portal zamonaviy axborot texnologiyalaridan foyda-lanish asosida interaktiv davlat xizmatlarini olishda foydalanuvchi imkoniyatlarini rivojlantirish va sharoitlarni kengaytirish uchun mo‘ljallangan. Quyidagilar yagona portalning asosiy vazifalari hisoblanadi: - foydalanuvchilarga murojaatlarni davlat organlariga bevosita berish imkoniyatini taqdim etish; - foydalanuvchilarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi boshqa loyihalar bilan integratsiyasi; - foydalanuvchilarning davlat organlari bilan o‘zaro hamkorligi samaradorligini oshirish; - davlat organlariga murojaat qilishda foydalanuvchilar uchun byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, kamaytirish; - davlat boshqaruvida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilishda va «elektron hukumat» ning keyingi rivojida ko‘maklashish. " Interaktiv elektron davlat xizmati|"Davlat hokimiyati organlari va tashkilotlar yoki fuqarolar o‘rtasida elektron ko‘rinishdagi, yuridik oqibatlarga ega bo‘lgan ikki tomonlama o‘zaro hamkorlik. " Interaktiv kompakt disk|"Audio-, video-, matnli ma’lumotlarning umumlashuvini ko‘zda tutadigan optik disklar standarti. " Interaktiv muloqot oynasi|"Foydalanuvchining javobini kiritish uchun mo‘ljallangan muloqot oynasi. Bunday muloqot oynasini masofaviy murojaat serveri va foydalanuvchi o‘rtasida qo‘shimcha himoya darajasi sifatida ishlatiladi. Bu yerda (masofadan kira olish terminali eranida) foydalana olish kodi yoki foydalanuvchi nomi va parol kiritiladi. " Interaktiv raqamli televizion eshittirish|"Axborot oluvchidan axborot yetkazuvchiga teskari aloqadan foydalanib amalga oshiriladigan raqamli televizion eshittirish. " Interaktiv raqamli video|"Qar.: DVI. " Interaktiv rejim|"Foydalanuvchining kompyuter bilan dialogli rejimda o‘zaro muloqotda bo‘lish rejimi. Misol tariqasida «sichqoncha»ni biror bir element ustiga olib borish bilan chiqadigan yordamchi ma’lumotlarni yoki foydalanuvchidan dialogli rejimda harakatni tanlashni so‘rovchi instalyator dasturini ko‘rsatish mumkin. " Interaktiv televideniye|"Multimediali axborot ma’lumotlar bazasiga erkin kira olish, telekonferensiyalarda ishtirok etish va masofadagi abonent bilan televizion muloqot olib borish. " Interaktiv tovushli javob|"Abonentga kompyuter bilan tovush va klaviaturadan DTMF kiritishlar yordamida o‘zaro ishlashga imkon beradigan xizmat. Telekommunikatsiyalar sohasida IVR mijozlarga kompaniya ma‘lumotlar bazasidan telefon klaviaturasi yoki nutqni aniqlash yordamida foydalanish imkoniyatini taqdim etadi, shundan so‘ng, ular IVR dialogiga rioya qilib, o‘zlarining so‘rovlarini berishlari mumkin. IVR tizimlari oldindan yozilgan yoki dinamik generatsiyalanadigan, foydalanuvchilarga keyin qanday yo‘l tutishlari kerakligi to’g’risida ko‘rsatma beradigan audioxabarlar bilan javob berishlari mumkin. " Interaktiv video|"Foydalanuvchining harakati, uning tanlovi va qarori syujetning rivojiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. " Interaktiv xizmat|"Foydalanuvchilar o‘rtasida yoki foydalanuvchilar va yetakchi uzellar o‘rtasida ikki tomonlama axborot almashinuvi vositalarini ta’minlaydigan xizmat. Izohlar: 1. Interaktiv xizmatlar uch turkumdagi xizmatlarga bo‘linadi: dialogli xizmatlar, xabarlarni uzatish xizmatlari va izlash (axborotni) xizmatlari. 2. Axborotni to‘plamasdan va keyinchalik uzatmasdan real vaqt masshtabida uni foydalanuvchidan foydalanuvchiga bir uchidan boshqa uchiga ko‘chirish yo‘li bilan ikki tomonlama aloqani ko‘zda tutadigan interaktiv xizmat. " Interaktivlik|"Obyektlar va subyektlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik xususiyati va darajasini ochib beradigan tushuncha. Izoh – Axborot nazariyasi, informatika va dasturlash, telekommunikatsiyalar tizimlari, sotsiologiya, dizaynda jumladan, o‘zaro hamkorlikni loyihalashda va boshqa sohalarda qo‘llaniladi. " Interferension qoplash|"Qoplash sirtidan va himoya qilinadigan obyekt sirtidan qaytgan to‘lqinlar fazaga qarama-qarshi holatda bo‘ladigan va o‘zaro yo‘q qilinadigan qoplash. " Interferension so‘nish|"Yagona manbadan qabul nuqtasiga turli yo‘llar bo‘ylab keladigan ikkita yoki undan ko‘p radioto‘lqinlarning interferensiyasi bilan hosil bo‘ladigan radiosignallarning so‘nishi. " Interferensiya|"Turli manbalardan chiqadigan (tovush, yorug‘lik, radio) to‘lqinlarning, ular bir-birining ustiga tushganda, o‘zaro kuchayishi yoki susayishi. " Interfeys|"1. Odam va kompyuter o‘rtasida axborotni grafik aks ettirish va almashishni ta’minlaydigan apparat-dasturiy vositalar. 2. Tizim ikki yoki undan ortiq elementining ushbu tizimda birgalikda ishlashini ta’minlaydigan texnik va/yoki dasturiy vositalar majmui. 3. Aniq fizik, funksional va elektr parametrlarga ega ikkita qurilma yoki tizim o‘rtasidagi chegara. " Interfeys-ilova|"Foydalanuvchi bilan interfeysni va mijoz-server tizimlarida ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimining server qismi uchun ma’lumotlarning dastlabki qayta ishlanishini ta’minlaydigan ilova. " Interfeys tizim|"Radioelektron vositalarning birgalikdagi funksiyalarini amalga oshirish uchun xizmat qiladigan interfeyslar va/yoki konstruktiv vositalar majmui. " Interfeyslar o‘zgartirgichi|"Signallarni mantiqan o‘zgartirmasdan, maʼlumotlar uzatishning bir muhitidan boshqasiga o‘tishini amalga oshiradigan qurilma, masalan, o‘ralgan juftdan optik tolaga o‘tish va aksincha. " Intermodulyatsiya|"Ikki yoki undan ortiq f1, f2, f3 garmonik tebranishlarning nochiziqli element kirishiga ta’siri, bunda uning chiqishida m1f1m2f2m3f3 ko‘rinishidagi (intermodulyatsion tashkil etuvchilar deb nomlanuvchi) ko‘plab kombinatsion chastotalardan tashkil topgan tebranishlarning murakkab spektri hosil bo‘ladi. " Internatsionallashtirish|"Mahsulotni (dasturiy yoki apparat taʼminot) boshqa hudud yoki hududlarning til va madaniy xususiyatlariga moslashtirishni osonlashtiruvchi ishlab chiqishning texnologik usullari. Boshqa so‘z bilan aytganda, internatsionallashtirish – bu mahsulotni deyarli barcha joylarda potensial ishlatish uchun moslashtirish, mahalliylashtirish esa – maʼlum hududda foydalanish uchun maxsus funksiyalarni qo‘shish. Internatsionallashtirish ishlab chiqishning dastlabki bosqichlarida bajarilsa, mahalliylashtirish har bir mo‘ljal til uchun alohida bajariladi. Ingliz tilida «internasionallashtirish» so‘zi uchun «i18n» qisqartmasi qabul qilingan. Bunda 18 raqami «i» va «n» harflari orasida o‘tkazib yuborilgan harflarning sonini bildiradi. " Internet|"1. Tarmoqlararo protokolga yoki uning istiqbolli kengaytmalari/izdoshlariga asoslangan unitar manzil makoni bilan mantiqan bog‘langan; - Transmission Control Protocol/Internet Protocol (TCP/IP)dan yoki kengaytmalari/izdoshlaridan va/yoki IP-mos protokollaridan foydalangan holda, kommunikatsiyalarni ta’minlaydigan; - kommunikatsiyalarga va ular bilan bog‘liq infratuzilmaga asoslangan yuqori darajadagi servislarni (barcha uchun yoki konfidensial) taqdim etadigan, foydalanadigan yoki foydalana olishni mumkin qiladigan global axborot tizimi. 2. Standart ochiq protokollar orqali axborot almashinish uchun o‘zaro birlashtirilgan mustaqil kompyuter tarmoqlarining global (butunjahon) ko‘pligi. 3. Umumfoydalanadigan axborot-kommunikatsiya tarmoqlarining majmui, ular o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik bir xil nomdagi tarmoqlararo protokolni qo‘llash orqali ta’minlanadi. " Internet axborot serveri|"Windows NT Server 4.0 komponentasi. Uchta asosiy xizmat: ftp, gopher va www.larni, shuningdek, grafik ma’muriy boshqarish vosita-larini, ma’lumotlar bazasi bilan aloqani, muhofaza qilish protokollari va turli xil usullarni taklif etadi. " Internet banki|"Internet orqali bank xizmatlarini ko‘rsatuvchi bank. Mijozlarga Internet orqali xizmat ko‘rsatuvchi anʼanaviy bank ham, virtual bank ham Internet-bank hisoblanishi mumkin. " Internet-broker|"Internet treyding xizmatlarini ko‘rsatuvchi brokerlik (sarmoya) kompaniyasi yoki uning vakili. " Internet hamjamiyati|"Nisbatan barqaror aloqalar va munosabatlar tizimi bo‘lib, u tarmoq axborot makoni foydalanuvchilari orasidagi birgalashgan faoliyat jarayonida tashkil topadi. Shaxslararo aloqalardan farqli o‘laroq, Internet hamjamiyati aʼzolari «barcha barcha bilan» turidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri axborot almashuvi asosida o‘zaro aloqada ishlaydilar. " Internet inkubatori|"Internet kompaniyalari va loyihalarini tezkor ravishda tayyorlash va bozorga chiqarishga qaratilgan venchur sarmoya modeli. " Internet jamiyati|"Internetni rivojlantirish sohasida hamkorlikni tashkillashtirish va muvofiqlashtirish masalalari bilan shug‘ullanuvchi xalqaro notijorat tashkiloti. ISOC 1991-yili AQSHda manfaatdor tashkilotlar tomonidan tuzilgan. Uning asosiy vazifasi zamonaviy axborot texnologiyalarini ommalashtirish va axborot tarmoqlarining global axborot infratuzilmasiga birlashishiga yordam berish hisoblanadi. Mazkur jamiyat Internet tarmog‘ini rivojlantirish va undan foydalanishda yordam ko‘rsatadi. Shu bilan birga, u Internet arxitekturasini o‘rganish va tarmoqni ekspluatatsiya qilish bo‘yicha o‘qitish ishlarini olib boradi, hamda tarmoq tadqiqotlari va ishlanmalarini rag‘batlantiradi. " Internet jurnalistika|"XX asr oxirida Internetning rivojlanishi va tarqalishi bilan paydo bo‘lgan jurnalistikaning turi. " Internet katalogi|"Turli tarmoq resurslariga, birinchi navbatda WWW hujjatlariga havolalarning mavzu jihatdan tizimlashtirilgan to‘plamlarini saqlash vositasi. " Internet kimoshdi savdosi|"Elektron savdo tizimi. Unda mahsulotlar bevosita bitta insondan boshqasiga sotiladi. Odatda «isteʼmolchi-isteʼmolchi» sohasiga tegishli. Bunday kimoshdi savdosiga mashhur www.ebay.com sayti misol bo‘lishi mumkin.Kimoshdi savdolari to‘g‘ridan-to‘g‘ri «biznes-biznes» sohasiga ham taalluqli bo‘lishi mumkin, masalan, energiya kimoshdi savdolari. " Internet-kompaniya|"Internet xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs. Uni axborot texnologiyalaridan foydalangan holda anʼanaviy biznes (jumladan, savdo) yurituvchi kompaniyalardan farqlash lozim. " Internet maslahatlar|"Huquq, soliq, firmalarni taʼsis etish va boshqa masalalar bo‘yicha onlayn rejimida o‘zaro aloqada ishlash. Ularni yo‘lga qo‘yish uchun elektron pochta, Internet anjumanlaridan foydalaniladi. Uni elektron biznes turi bo‘lgan elektron konsaltingdan farqlash lozim. " Internet-media|"Qar.: Internet OAV. " Internet OAV|"Internetda ommaviy axborot vositasi vazifasini bajaruvchi veb-sayt. Anʼanaviy OAV (matbuot, radio, televideniye) kabi, Internet OAV jurnalistika tamoyillariga amal qiladi. Internet OAVning ikki turi mavjud: faqat Internetda nashr etiladigan va anʼanaviy OAVning Internetdagi versiyasi. Internet OAV rasmiy OAV maqomiga (litsenziyaga) ega bo‘lishi yoki bo‘lmasligi mumkin. " Internet orqali dialogli muloqot tizimi|"Internetda boshqa odamlar bilan real vaqt rejimida bog‘lanish uchun ishlatiladigan xizmat tizimi. IRC 1988-yilda fin talabasi Yarko Oykarinen (Jarkko Oikarinen) tomonidan yaratilgan. " Internet orqali ovoz berish|"Ovoz berish shakli. Ijtimoiy fikrni o‘rganishdan tortib Internet orqali o‘tkaziladigan referendumlar va siyosiy saylovni ham o‘z ichiga oladi. Saylovchi maʼlum veb-saytda elektron byulleten orqali ovoz beradi. Byulleten haqiqiyligi raqamli imzo orqali kafolatlanadi. Elektron hukumati faoliyati doirasida alohida ahamiyatga ega. " Internet-protokol|"Ulanish o‘rnatilmasdan tarmoq komplekslariga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan, TCP/IP protokollari guruhiga kiradigan tarmoq sathi protokoli. Internet-protokol manzillash, servis turini ko‘rsatish, paketlarni fragmentlash va keyinchalik qayta yig‘ish, shuningdek, axborotning muhofaza qilinishini tashkil qilish vositalariga ega. " Internet-provayder|"1. Internet tarmog‘iga kirish bo‘yicha va serverlar yaratish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xizmatlar taqdim etadigan jismoniy yoki yuridik shaxs. 2. Tijoriy asosda foydalanuvchilarga telekommunikatsiyalar operatorlarining tarmog‘i orqali Internet tarmog‘iga kirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadigan jismoniy yoki yuridik shaxs. " Internet qaramlik|"Internetga ruhiy bog‘liq bo‘lishning haqiqatan mavjud bo‘lgan hodisasi. Internetga bog‘liqlik ko‘rinishlari orqasida, shuningdek, boshqa ruhiy og‘ishlar ham yashiringan bo‘lishi mumkin. Voqelikdan o‘ziga xos uzoqlashish ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bunda tarmoqdan foydalanish jarayoni subyektni shu darajada o‘ziga rom qiladiki, u haqiqiy dunyoda to‘la faoliyat ko‘rsatish qobiliyatini yo‘qotadi. " Internet raqamlarini berish markazi|"AQSh hukumati tomonidan moliyalashtiriluvchi Internetda oliy darajadagi domenlarning ma’muriy boshqaruviga javob beruvchi tashkilot, ularga .com, .net, .org lar kiradi. U bajaradigan vazifalarni 1998-yilning sentyabr oyidan ICANN Xalqaro notijorat tashkiloti o‘z zimmasiga oldi. " Internet-resurs reytingi|"Berilgan vaqt onida qandaydir Internet resurs (o‘xshash tarzda, teledastur, bosma nashr, radiostansiya) bilan qamrab olingan maqsadli guruh auditoriyasining foizi. Reytingning bitta punkti bir foizga to‘g‘ri keladi. " Internet sanoati|"Tarmoq axborot makonining faoliyatini taʼminlovchi moddiy va aqliy ishlab chiqarish sohasi. " Internet-server|"Internet xizmatlar faoliyatini taʼminlovchi texnikaviy va dasturiy vositalar: HTTP (sayt), elektron pochta, anjumanlar, FTP va h.k. Saytni Internetda joylashtirish uchun kamida HTTP xizmatini qo‘llovchi Internet-server zarur. " Internet tarmog‘i|"Global kompyuter tarmog‘i yoki tarmoqlar birlashmasi. Internet timsoli Arpanet tarmog‘i ko‘rinishida 1969-yilda yaratilgan. Hozirgi ko‘rinishda Internet XX asrning 90-yillaridan mavjud. «Off-line» va «on-line» rejimlarida ishlaydi. Internet tarmog‘ining asosi TCP/IP protokoli hisoblanadi. Internet taklif qiladigan tarmoq xizmatlari ichida fayllar uzatish gipermatnli hujjatlar bilan ishlash va elektron pochta keng tarqalgan. " Internet tarmog‘i foydalanuvchisi|"Internet tarmog‘idan foydalangan holda, xizmatlar olish huquqiga ega bo‘lgan shaxs. " Internet tarmog‘idagi rasmiy sayt|"Yuridik shaxsning, uning nomi va rekvizitlarini ichiga oladigan sayti. " Internet tarmog‘idagi sayt|"IP-manzilga va qo‘shimcha ravishda domen nomiga ega bo‘lgan, tizimlashtirilgan axborot to‘plami. " Internet tarmog‘iga ulanish xizmatlari|"Mulkdorlik huquqi asosida yoki boshqa huquq asosida xizmatlar isteʼmolchisiga tegishli bo‘lgan chetki uskunani Internet tarmog‘iga ulash bo‘yicha harakatlar yoki faoliyat. " Internet tarmog‘ining axborot resursi|"Internet tarmog‘i vositalari bilan ochiq foydalana olish rejimida taqdim etilgan va noyob manzilga ega bo‘lgan, tizimlashtirilgan axborot to‘plami. " Internet-telefoniya|"IP-telefoniyasining xususiy holi bo‘lib, telefon trafigini uzatish liniyalari sifatida oddiy Internet kanallaridan foydalanishni nazarda tutadi. " Internet treyding|"Internet fond birjasida qimmatli qog‘ozlarni (aksiyalar, obligatsiyalar, fyucherslar, opsionlar) sotish yoki sotib olish. Shuningdek, valyuta va tovar birjalarida savdo bilan shug‘ullanish. " Internet uzatish|"Axborotning (yangiliklar, radio, video va h.k.) Internet kanallari orqali oqimli uzatish texnologiyasi. " Internet xabarlaridan erkin foydalanish protokoli|"Internetdagi xabarlardan foydalana olish protokoli, 1986-yil Stenford universitetida ishlab chiqilgan. Serverdagi elektron pochta xabarlarini yaratish, ulardan foydalanish va ularni boshqarish operatsiyalarini o‘z ichiga oladi. " Internet xizmatlarini taqdim etuvchi|"Yuridik va jismoniy shaxslarga xizmatlardan (tijorat) erkin foydalanish yoki Internetdan mavjudligini taqdim etuvchi Internet-provayder, tashkilot. " Internet-2|"200 ta Amerika universitetlari va 50 ta yirik korporatsiyalardan tashkil topgan, tasvir va tovushni uzilishlarsiz uzatilishi va uzatish kanallarini barqaror kengligini kafolatlovchi keyingi avlod Internet texnologiyasini ishlab chiqayotgan konsorsium. Loyiha 1996-yil oktyabr oyida keng omma e’tiboriga chiqarilgan. " Internetda ishlashni tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash|"Veb-uzellarni tashkil etish, xususiy IP-manzillarni ajratish, domen nomlarining bazasi va Internet-provayderlarning boshqa xizmatlarini yuritish bo‘yicha xizmatlar. " Internetda muloqot|"Internetda muloqot joylari – chatlar, forumlar, ijtimoiy tarmoqlar va h.k. Qoida bo‘yicha muloqot saytlari yoki xizmatlarida administratorlar mavjud bo‘lib, ular u yerdagi tartibni nazorat qiladi. " Internetda pochta xizmatlarini ko‘p maqsadli kengaytirish|"Internetda elektron pochta orqali uzatish uchun matnli va matnsiz (masalan, grafik) axborotni bitta xabarda kodlashtirishga oid standart. " Internetdagi domen nomlari xizmati|"Domen nomlari serverini qo‘llab-quvvatlash dasturi, dastlab Unix uchun yozilgan, ayni vaqtda uning nisbatan ommabop amaliyoti bo‘lgan DNS barcha platformalarda qo‘llaniladi. BIND ma’lumotlar bazasi tuzilmasini, DNS funksiyalari va o‘rnatish uchun talab qilinadigan konfiguratsion fayllar va server nomlari funksionalligini aniqlaydi. " Internetdagi manzil|"Oddiy qilib aytganda, domen nomi (cppmp.uz, yandex.ru va b.q.). " Internetdan erkin foydalanish xizmatlari|"Internetga kirgan tarmoqlarning birlamchi provayderlari (yetkazib beruvchilari) – tashkilot egalari, yoki birlamchi provayderlaridan foydalana olish kanallarini ijaraga oluvchi ikkilamchi provayderlar–firmalar tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar. " Internetga ulanish|"1. Ajratilgan aloqa kanali (optik tola, yo‘ldosh aloqasi, ra-diokanal, ajratilgan kommutatsiyalanmaydigan telefon liniya-si) bo‘yicha doimiy ulanish. 2. Kommutatsiyalanadigan, yaʼni uzib-ulanadigan ulanish (dial-up). " Internetika|"Amaliy ilmiy yo‘nalish bo‘lib, u global kompyuter tarmog‘ining inson faoliyatining turli sohalarida qo‘llanilishiga oid xususiyatlar, qonuniyatlar va foydalanish usullarini o‘rganadi. " Internet-magazin|"Tovarlar katalogi, xaridlar uchun virtual savat, to‘lov vositalari va ehtimol, buyurtmalarning yetkazib berilishini boshqarish tizimi bo‘lgan veb-sayt. " Internet-marketing|"Internet tarmog‘idagi, veb-saytlardan foydalanish, elektron pochta orqali axborotni maqsadga muvofiq ravishda yuborish, axborotni foydalanuvchilarning mijoz ilovalariga tezkor yetkazib berish texnologiyasi orqali amalga oshiriladigan marketing. " Internetni tartibga solish|"Internetni rivojlantirish va quvvatlashga qaratilgan qonunchilikka oid va tashkiliy tadbirlar majmui. Bularga: tijorat sohasidagi qonunchilik, raqobatni rivojlantirish, litsenziyalash, texnologiya standartlari, narxlarni rostlash, soliq solish, intellektual mulkni, isteʼmolchilarni, pinhoniylikni muhofazalash, provayderlarning masʼuliyatini taʼminlash, kompyuter jinoyatchiligini taʼqib qilish va boshqalar kiradi. Internetni rostlash tadbirlari shaffoflikni va oshkoralikni taʼminlashi zarur. Internetning noyob tabiati sababli, uni tartibga solish mushkul bo‘lganligi uchun ko‘p mamlakatlarda «Internet to‘g‘risida» maxsus qonun yo‘q. " Internetning ichki tahdidlari|"Tarmoq axborot makonining ahvoli va rivojlanishi uchun salbiy oqibatlarga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan tahdidlar. Bular: tarmoqning ortiqcha yuklanganligi tufayli axborot kollapsi (qulashi); xakerlarning maʼlumotlarni yo‘q qilishi yoki o‘zgartirishi, «bog‘lamalar va trafikni «chetlab o‘tish» yo‘nalishlarini blokirovkalash maqsadida uyushtirgan hujumlari; kommunikatsiya kanallarining tasodifiy yoki uyushtirilgan avariyalari; axborot-izlash tizimlarining mukammal emasligi; protokollarning «maʼnaviy» eskirib qolishi va boshqalar. " Internetning tashqi tahdidlari|"Foydalanuvchilar uchun salbiy oqibatlarga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan tahdidlar. Tashqi tahdidlar texnologik va ijtimoiy bo‘lishi mumkin. Texnologik: sekin kanallar; tarmoqqa ulanishning unumsiz uslublari; olib keltirilgan viruslar; axborot «toshqini» va h.k. Ijtimoiy: foydalanuvchilarning jismoniy va psixik sog‘lig‘iga bo‘lgan taʼsir; insonning shaxsiy ongiga bo‘lgan taʼsir; axborot terrorchiligi va jinoyati va boshqalar. " Internet-portal|"Internetdan foydalanuvchiga, mavzu bo‘yicha bog‘langan bir qancha sayt ma’lumotlaridan foydalanishning navigatsiya, izlash va boshqa vositalarini taqdim etadigan veb-sayt. " Internet-reklama|"Internet tarmog‘idagi reklama. " Internet-serverni amaliy dasturlash interfeysi|"Yordamchi amaliy tizimlar uchun veb-serverni dasturlash interfeysi. Dastlab Process Software korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan, so‘ngra Microsoft tomonidan moslashtirilgan. " Internet-televizion eshittirish|"Televizion va multimediali dasturlarni yetkazish uchun global Internet telekommunikatsiya tarmog‘idan foydalaniladigan raqamli televizion eshittirish. " Internet-xizmatlar|"Ko‘rsatilishi, maʼlumotlarni Internet kanallari orqali uzatish yoki qabul qilish yo‘li bilan amalga oshiriladigan xizmatlar. Eng keng tarqalgan xizmatlar: maʼlumotlarni saqlash, xabarlar va maʼlumotlar blokini uzatish, elektron va nutqli pochta, videoservis. " Interneziya|"Maʼlum axborotning qaysi veb-sayt yoki boshqa Internet manbaidan (masalan, elektron pochta) olinganligini eslash mumkin emasligi. Internet va amneziya so‘zlari birikmasidan yasalgan. Interoperabellik Ing. – interoperability rus. - интероперабельность Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining ma’lumotlar almashinish va boshqa manbalardan olinadigan axborotdan foydalanish qobiliyati. " Interpolyatsion kodlash (raqamli televideniyeda)|"Signal bitreytini pasaytirish maqsadida interpolyatsiyadan foydalanib manbani kodlash usuli. " Interpolyatsiya (raqamli televideniyeda)|"Yetmayotgan yoki o‘tkazib yuborilgan kadrlarni, yoki kadrlarning qismini fazo va vaqt bo‘yicha qo‘shni kadrlar yoki kadrlar qismidan kelib chiqib, olib chiqilgan axborotdan foydalanib, tiklash usuli. " Interpretator|"Boshlang‘ich tilning har bir operatorini bajarish va ketma-ket o‘zgartirish uchun belgilangan dastur; dastur matnini bitta yo‘riqnoma bo‘yicha, uni darhol bajargan holda tarjima qiladi. Misol – BASIC com dasturi. " Intranet|"Intratarmoq, intranet, ichki korporativ Internet, Internet texnologiyalari, standartlari va dasturiy ta’minotidan foydalanadi. Intratarmoq tashqi foydalanuvchilardan, ularni Internet orqali ruxsatsiz foydalanishdan himoya qiluvchi brandmauer yordamida izolyatsiyalanishi yoki tashqi foydalanishga ega bo‘lmagan avtonom tarmoq kabi ishlashi mumkin. Odatda, kompaniyalar o‘z xodimlari uchun Intranet yaratishadi, lekin bunga boshqa foydalanuvchilar guruhini ham jalb qilish mumkin. Tarmoqning bu holati Еxtranet deyiladi. " Invariant|"Bajarilish jarayonida o‘zgarmaydigan dasturiy obyekt. Dasturlarning to‘g‘riligini isbotlashda foydalaniladi. " Inversiyalash bilan nolga qaytmasdan|"Nolga qaytmasdan kodlashning modifikatsiyalangan usuli, bunda signal har doim nol bo‘lmagan qiymatlarga ega, 1 simvoli signal darajasi almashishiga, 0 simvoli esa, uning yo‘qligiga to‘g‘ri keladi. Takrorlanadigan simvollarning uzunligini cheklash uchun davriy ravishda 1 simvolining inversiyasi amalga oshiriladi. FDDI va 100BaseFX da qo‘llaniladi. " Invertirlangan fayl|"Yozuv kalitini va unga bo‘lgan ko‘rsatgichni ichiga oladigan kalit. Har bir kalit yozuvni unikal tarzda identifikatsiyalaydi, ko‘rsatgich esa dasturga ma’lumotlar bazasida yozuvni fizik joylashtirishni ko‘rsatadi. Fayl shu ma’noda invertirlanganki, kalitlar tartib bo‘yicha saralangan, ma’lumotlar bazasidagi, bu fayl bilan ko‘rsatgichlar orqali bog‘langan yozuvlar esa ixtiyoriy, ularning yaratilishi tartibida joylashtirilishi mumkin. " Invertirlangan proksi-server|"Mijozga boshlang‘ich server sifatida ko‘rinadigan proksi-server. Xavfsizlik yoki serverlar yuklanishini balanslash maqsadida tashkil qilinadi. " Invertirlangan televizion kanallar|"Amplitudaviy modulyatsiyadagi ikkita televizion kanaldan, ularning birida tovush jo‘rligidagi eltuvchi tasvir eltuvchiga nisbatan chastota bo‘yicha yuqori, boshqasida past joylashgan bo‘lsa, chastota spektrida bir xil o‘rinni egallaydigan tizim. Izoh ‒ Bu tizimda ikkita kanaldan biri to‘g‘ri, boshqasi inventirlangan deb, nomlanadi. " Investitsiya loyihasi|"Loyiha-smeta hujjatlarida bayon qilingan, investitsiyalarning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi, investitsiyalarni amalga oshirish muddatlari va hajmlari asoslanganligiga tayanadigan, uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar loyihasi. " Ionlash|"Modda neytral atomlarining va molekulalarining ionlarga aylanishi. " Ionlovchi nurlanish|"Muhitni ionlaydigan nurlanish. " Ionogramma|"Ionosferali zondlash yo‘li bilan olingan ionosferaning yuqori chastotali xarakteristikasi. " Ionosfera|"Fotoionlanish tufayli sodir bo‘ladigan ionlar va erkin elektronlarning mavjudligi bilan tavsiflanadigan atmosferaning yuqori qismi, bunda elektron zichlik chastotalarning ma’lum polosalarida radioto‘lqinlar tarqalish shartlarining katta o‘zgarishlarini yaratish uchun yetarli. Izoh – Yer ionosferasi taxminan 50 km balanlikdan 2000 km balandlikgacha cho‘ziladi. " Ionosfera aloqa liniyasi|"Katta masofada (500 km dan 5000 km gacha) aloqani ta’minlaydigan (50 bit/s dan 1200 bit/s gacha) past o‘tkazish qobiliyatiga ega gorizont orti aloqa liniyasi. " Ionosfera radioaloqasi|"Radioto‘lqinlarning ionosferadan qaytishida yoki ularning ionosferaning xilma-xilligida sochilishida foydalaniladigan radioaloqa. " Ionosfera stansiyasi|"Ionosfera holatini tadqiq etish radiostansiyasi. " Ionosferadagi sakrash|"Radioto‘lqinlarning Yer sirtining bir nuqtasidan boshqasiga tarqalish trayektoriyasi, u bo‘ylab o‘tish ionosferadan bir qaytish bilan kuzatiladi. " Ionosferadagi sochilish|"Radioto‘lqinlarning, ionosfera ionlanishining bir xil emasligi natijasida sochilishi hisobiga tarqalishi. " Ionosferadagi tarqalish|"Yer ionosferasining radioto‘lqinlar tarqalishi xususiyatiga ta’siri bilan bog‘liq radioto‘lqinlarning tarqalish turlaridan biri. " Ionosferadagi zondlash|"Maxsus radiosignallarni uzatish va qabul qilish yordamida radioto‘lqinlarning ionosferada tarqalishi yoki ionosfera xarakteristikalari sharoitlarini aniqlash. " «Issiq liniya» xizmati|"Raqam termasdan telefon apparatga (telefon apparatning raqami abonent tomonidan oldindan kommutatsiya stansiyasiga xabar beriladi), agar telefon go‘shagi ko‘tarilgandan so‘ng ma’lum vaqt davomida abonent raqam termasa, chaqiruv yuborish imkonini beruvchi xizmat. Bu vaqt tugagandan so‘ng abonent raqam terishi va xohlagan yo‘nalishga qo‘ng‘iroq qilishi mumkin. " «Issiq» start|"Kompyuterni o‘chirmasdan qayta yuklash. Bunda faqat operatsion tizimning qayta yuklanishi yuz beradi. Odatda, Reset tugmasi bosilganda bajariladi. " Isteʼmolchi isteʼmolchi uchun|"Tijorat munosabatlari isteʼmolchilarning bir-biri bilan muloqotida quriladigan bozor sohasi. Ushbu soha veb-resurslarga Internet kimoshdi savdolari misol bo‘la oladi. " Istiqbolli tadqiqot loyihalarini boshqarish tarmog‘i|"1969-yilda tashkil topgan hamda ilmiy va harbiy tashkilotlarni birlashtirgan kompyuter tarmog‘i. Internetning ajdodi hisoblanadi. " Istisno|"Dasturning biron-bir operatsiyani bajarishi davomida dasturni ishni davom ettira olmaydigan holatga olib keluvchi hodisa. " Istisno qiluvchi «yoki»|"Mantiqiy operatsiya. Ba’zi dasturlash tillarida XOR kabi belgilanadi, p XOR q deb yoziladi, bu yerda r va q mantiqiy ifodalar. Ba’zida «2 moduli bo‘yicha mantiqiy qo‘shish» deb ataladi. " Istisnolar lug‘ati|"Matn protsessorlariga yoki stol noshirlik tizimlari dasturlariga qo‘yilgan oddiy ko‘chirish qoidalariga bo‘ysunmaydigan so‘zlarni ichiga oladigan lug‘at. " Iteratsiya|"Aynan bir komponentdan ikki yoki undan ortiq turli talabni ifodalash uchun foydalanish. " Ixtilof|"Qurilmalar yoki dasturlar o‘rtasida yuz beradigan dasturiy yoki uskunaviy ixtilof. U bir qurilmaga yoki xotira sohasiga bir vaqtning o‘zida murojaat qilinganda ro‘y beradi. " Ixtisoslashtirilgan axborot resurslaridan foydalana olish xizmatlari|"Xususiy tarmoq yoki ijaraga olingan kanal bazasidagi moliyaviy (birja) va boshqa axborot resurslaridan masofadan foydalana olishni tashkil etish hamda foydalanuvchining terminal uskunasini moliyaviy-axborot resyrslari operatorlari yoki egalarining tarmoqlariga ajratilgan ulanish. " Ixtisoslashtirilgan integral mikrosxema|"Har qanday aniq maqsadlar uchun mo‘ljallangan kompyuter mikrosxemasi. " Ixtisoslashtirilgan server|"Katta kompyuter tarmog‘ida alohida funksiyani bajaradigan server. Fayl-server, faks-server, pochta serveri, ilovalar serveri, kommunikatsiya serverlari va b.lar ajratiladi. " Ixtisoslashtirilgan tuzilmaviy bo‘linmalar|"Tashkilotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy qilinishi va amalga oshirilishi uchun javob beradigan bo‘linma. " Ixtiyoriy almashtirish|"Boshlang‘ich tasvir har qanday tashkil etuvchisidan farqlash belgisi sifatida foydalanishda videotasvir ba’zi bir qismlarini boshqasiga almashtirish. Tutun yoki soya kabi «shaffof» effektlar yaratish imkonini beradigan elektron almashtirishning eng mukammal texnologiyasi. " Ixtiyoriy foydalana olish|"Xotirada ma’lumotlarni bevosita olish yoki almashtirish jarayoni. " Ixtiyoriy foydalana olish kanali|"Liniya «yuqoriga» yo‘nalishidagi boshqarish kanali bo‘lib, mobil stansiya tomonidan qisqa xabarlar va kanallar taqdim etilishi yuzasidan so‘rovlarni uzatishda foydalaniladi. " Ixchamlashtirmoq|"Dasturni, uning ishini to‘xtatmagan holda vazifalar paneliga yig‘ish. Ishlayotgan dasturlar oynalari orasida harakatlanishni qulaylashtirish maqsadida yaratilgan. " Iуerarxik fayl tizimi|"Daraxtsimon tuzilishga ega fayl tizimi. Unda ba’zi fayl (papka, kataloglar) boshqalari-ning ichiga solinishi mumkin. " Iyerarxik hisoblash tarmog‘i|"Uzellar, o‘zlarining operatsiyalarni boshqarish imkoniyatlariga nisbatan turkumlar iyerarxiyasiga birlashtirilgan hisoblash tarmog‘i. " Iyerarxik kodlash, ko‘p darajali kodlash|"Manbani, dastlabki tasvirni sifatning bir nechta darajalarida qayta tiklashga imkon beradigan ma’lumotlar oqimini maxsus tuzilma asosida, kodlash usuli. Izoh – Radioeshittirishda iyerarxik kodlash, masalan, qayd etilgan antennaga yuqori aniqlikdagi tasvirni qabul qilishni, shu bilan bir vaqtda, sifati past tasvirni portativ qabul qilgichning o‘rnatilgan antennaga qabul qilinishini amalga oshirish imkonini beradi. " Iyerarxik marshrutlash|"Ko‘p sathli tarmoqdagi, uning har bir sathida mustaqil bajariladigan marshrutlash. " Iyerarxik ma’lumotlar bazasi|"Elementlari iyerarxik prinsip asosida tashkillashtirilgan ma’lumotlar bazasi. Daraxtsimon graf bilan tavsiflanadi. " Iyerarxik tahlil|"Dastur boshlang‘ich matnini sintaksik tahlil qilish, uning natijasida simvollar yoki tokenlar qo‘yilgan to‘plamlarga iyerarxik guruhlanadi. " Iyerarxik tarmoq|"Liniyalar va uzellar turli bog‘lanishlar tuzilmasiga ega bo‘lgan bir qancha daraja bo‘lingan axborot tarmog‘i. " Iyerarxiya|"O‘zaro aloqadorligini belgilovchi bir necha darajaga ega bo‘lgan, bir-biriga bog‘liq obyektlarning tartiblashtirilgan majmui. Quyi daraja obyektlari yuqori daraja obyektlariga bo‘ysunadi, agar ularning o‘rtasida bog‘lanish bo‘lsa. Iyerarxiya daraxt shaklida ko‘rsatilishi mumkin. " Iz|"Ortiqcha kodning, mualliflik huquqi buzilgan hollarni aniqlashda foydalanish mumkin bo‘lgan qismi. " Iz tushirish moslamasi|"Posilkalar va qiymati eʼlon qilingan banderollarni o‘rab joylashda, shuningdek, xalqaro pochta almashinuv joylarida keluvchi mayda paketlarni o‘rab joylashda foydalaniladigan qog‘oz tasmalariga pochta aloqasi obyektining nomi va pochta indeksi izini tushirish uchun mo‘ljallangan maxsus qurilma. " Izlash|"Ma’lumotlar bazasidan axborotni, faylni, direktoriyni va h.k.larni izlash komandasi. " Izlash agenti|"Tarmoqni doimiy ravishda kezib yuruvchi va veb-sahifalardan axborot yig‘uvchi (ularni indekslovchi) maxsus dastur. " Izlovchi|"Qar.: Izlash tizimi. " Izoh, havola|"Hujjat yoki dasturdagi muayyan joyga taalluqli qo‘shimcha axborot. " Izomorfizm|"Obyektlardan tuzilgan ikki to‘plam orasidagi munosabat bo‘lib, birinchi to‘plamdan tanlangan har bir obyekt uchun ikkinchi to‘plamning yagona elementi mos keladi. Izomorfizm analogiya tushunchasining matematik aniqlashgan holidir. Izomorfizm ushbu ikki to‘plam uchun bir xil bo‘lgan jami xususiyatlarni belgilaydi, yaʼni ularning biri uchun chiqarilgan xulosalar boshqasi uchun ham to‘g‘ridir. " Izotrop antenna|"Har tarafga bir tekisda nurlanadigan, yo‘qotishlarsiz tasavvur etiladigan antenna. " Izotrop muhit|"Xususiyati, uning yo‘nalishidan qat’i nazar bir xil bo‘lgan muhit. " Izotrop nur tarqatgich|"Intensivlikning barcha yo‘nalishlarida doimiyga ega bo‘lgan elektromagnit nurlanishni paydo qiluvchi gipotetik nuqtasimon manba. " Izotrop nur tarqatgichgichga nisbatan hisoblanadigan detsibellar (dBi)|"Antenna kuchaytirish koeffitsiyentining, izotrop nur tarqatgichgichni kuchaytirish koeffitsiyentiga bo‘lgan, detsibellarda ifodalangan nisbati. " Ish (harakat) turi|"Ayni bir algoritmning bajarilishi bilan belgilanadigan faoliyatni tasniflash. " Ish (harakatlar) ustuni|"Muammoni hal qilishda amalga oshirilishi zarur boʻlgan barcha ish (harakat)lar roʻyxati. " Ish stoli|"Foydalanuvchining ish komponentalari simvollari bilan tasvirlangan ekranli interaktiv vosita. Ekranning oyna (shuningdek, dialog oynalari), belgi va menyu joylashgan ish maydoni. " Ish stoli muhiti|"Foydalanuvchining grafik interfeyslari turi. Bunday muhit ish stoli deb atalgan makonni taʼminlab, unda oynalar, piktogrammalar, panellar va boshqa elementlar paydo bo‘ladi. Odatda muhitning turli qismlarini birlashtiruvchi mexanizmlar qo‘llanadi – masalan, drag- n-drop (maʼlumotlarni ko‘rsor yordamida oynalar orasida ko‘chirish). Misol – Microsoft Windows va Mac OS tizimlarining grafik interfeyslari, GNOME, KDE va Xfce muhitlari. " Ish varag‘i|"Tizimlashtirilgan maʼlumotlarni qayta ishlash va ularni yozishga mo‘ljallangan rasmiylashtirilgan anketa. Ish varaqasi qayta ishlanayotgan hujjatlar yoki maʼlumotlar turiga mos keladigan maʼlumotlar maydonining tarkibi hamda mazmuni va ularni to‘ldirish qoidalari to‘g‘risidagi maʼlumotlar to‘plamidan iborat. " Ish yuritish|"Rasmiy hujjatlarni tuzish va ular bilan ishlashni tashkil qilishni ta’minlovchi faoliyat. " Ish yuritishni avtomatlashtirish|"Korxona va tashkilotlarning hujjatlar bilan ishlash aspektlari va funksiyalari yig‘indisi. " Ishga tushirish|"Jarayon (obyekt), dastur va h.k.larni zarur hisob-kitoblar, o‘zgartirishlarni amalga oshirish maqsadida ishga tushirish. Masalan Doppix operatsion tizimini ishga tushirish. " Ishga yaroqlilik|"1. Apparat qurilma yoki tizimning turli ish rejimlarida talab qilinadigan xizmat ko‘rsatish sifati bilan ishlay olishi, xizmat ko‘rsatishda ishdan chiqish yoki tasodifan to‘xtab qolishlar bo‘lganida, o‘zining boshlang‘ich ishchi holatini tezda tiklay olish qobiliyati. 2. Foydalanuvchining tizim bilan ishlay olishi va unga texnik xizmat ko‘rsatishdagi qulaylik. " Ishlab chiqarishni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi|"Yirik firma yoki korxona ishlarini yengillashtirish yoki hujjat aylanishini osonlashtirish uchun xizmat qiladigan tizim. Izoh − Odatda bunday tizimlar buyurtmaga ko‘ra ishlab chiqiladi. " Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish|"Mashinalashtirilgan ishlab chiqarish rivojlanishidagi jarayon, bunda ilgari odam tomonidan bajarilgan boshqaruv va nazorat funksiyalari asboblarga va avtomatik qurilmalarga beriladi. " Ishlab chiqarishni kompleks avtomatlashtirish|"Kompyuterlar yordamida ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish uslubi. U o‘zida loyiha ishlari, texnologik vositalar bilan bir qatorda rejalashtirish, nazorat, boshqarish va hisob tizimlarini birlashtiradi. CIM ni ishlatish avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish korxonalarini yaratishga imkon beradi. Natijada korxona qo‘shimcha harajatlarni va moliya sarfini sezilarli kamaytiradi. Bundan tashqari, energiyani va xom ashyoni tejash taʼminlanadi, yaroqsiz mahsulot va chiqindilar kamayadi. CIM asosida kompyuterlashgan logistik tizimlar yaratiladi. " Ishlab chiqaruvchi-iste’molchi|"Jarayonlarning o‘zaro harakat paradigmasi, bunda jarayon-ishlab chiqaruvchi (producer) jarayon-iste’molchi (consumer) tomonidan ishlatilayotgan axborotni biror buferda generatsiyalaydi. " Ishlab chiqish|"Mahsulot hayotiy siklining, BOni amalga oshirishni taqdim etishda yaratilishi bilan bog‘liq bosqichi. Izoh – ALC turkumidagi barcha talablarda «ishlab chiqish» atamasi va u bilan bog‘liq bo‘lgan (ishlab chiquvchi, ishlab chiqish) atamalari keng ma’noda ishlatiladi, ham ishlab chiqish, ham ishlab chiqarishni bildiradi. " Ishlab chiqish muhiti|"1. Baholash obyekti ishlab chiqiladigan muhit. 2. Ular asosida va ularning yordamida ishlab chiqish amalga oshiriladigan dasturiy va/yoki apparat vositalar majmui. " Ishlab chiqish va testlash tizimi|"Elektron qurilmalarni ishlab chiqish va to‘g‘ri ishlashini tekshirish uchun mo‘ljallangan dasturlar hamda vositalar kompleksi. " Ishlab chiqish vositalari|"Dasturlashda ‒ kompilyatorlar, komponovkachilar, sozlovchilar, utilitalar, loyihani yuritish va versiyalarni nazorat qilish vositalari va h.k. " Ishlab chiquvchi|"1. Dasturiy taʼminotni ishlab chiquvchi (ingl. software developer, software engineer). Informatika, loyihalarni boshqarish, matematika, muhandislik va boshqa bilim sohalaridan texnologiyalar, uslubiyat va amaliyotdan foydalangan holda dasturiy taʼminotni yaratish va uning ishini qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanuvchi shaxs. 2. Veb ishlab chiquvchi (ingl. web developer). Veb-sayt yoki veb-qo‘llanmani yaratish, jumladan, veb-dizayn, elektron tijorat qo‘llanmalarini ishlab chiqish, veb-serverni konfiguratsiyalash, mijoz va server tomonida veb uchun dasturlash bilan shug‘ullanuvchi shaxs. 3. Maʼlumotlar bazasini ishlab chiquvchi (ingl. database developer). Tashkilot maʼlumotlar bazalarini tashkillashtirish va yurgizish uchun mo‘ljallangan dasturiy taʼminotni ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi shaxs. " Ishlamay qolish|"Televizor (element) ishlash xususiyatining to‘liq yoki qisman yo‘qolishi. " Ishlamay qolish (dasturning)|"Qurilma yoki tizim funksiyalari bajarilishini to‘xtatishi. Bu atama ko‘pincha «apparat vositalarning ishlamay qolishi» yoki «dasturdagi fatal uzilish» ko‘rinishida ishlatiladi. " Ishlamay qolishda foydalana olish|"Uskuna yoki dasturiy ta’minotning buzilishi natijasida yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni qayta ishlash tizimidagi ma’lumotlardan ruxsat etilmagan tarzda va tasodifiy foydalana olish. " Ishlamay qolishdan so‘ng tiklash|"Hisoblash tizimi ishini ishlamay qolishdan so‘ng tiklash protsedurasi tizimning noto‘g‘ri natijalar chiqarishini istisno qiladi. " Ishlamay qolishlar o‘rtasidagi ishlash muddati|"Televizor (tiklanadigan mahsulot)ning ikkita ketma-ket ishlamay qolishlari o‘rtasidagi ishlash davomiyligi. " Ishlamay qolishlardan muhofaza qilinganlik|"Mumkin bo‘lgan ishlamay qolishlardan muhofaza qiladigan vositalar bilan jihozlangan kompyuter yoki qurilma. " Ishlamay qolishni chetlab o‘tish|"Klasterli konfiguratsiyalarda ‒ tizimning, ishlash qobiliyatini saqlab qolgan boshqa qurilmaga ulangan holda, qandaydir qurilmaning ishlamay qolishiga tez javob bera olish qobiliyati. " Ishlash muddati|"Televizor (element) ning ma’lum sharoitlarda miqdor jihatdan vaqt bilan baholanadigan ishlash davomiyligi. " Ishonch|"Baholash obyekti xavfsizlik funksiyasi siyosatiga mos kelishi to‘g‘risida ishonch uchun asos. " Ishonch ma’lumotlari|"Mantiqiy obyektning qayd qilingan haqiqiyligini belgilash uchun uzatiladigan ma’lumotlar. " Ishonchli hisoblash bazasi|"Hisoblash tizimi muhofaza mexanizmlarining majmui, jumladan, xavfsizlik siyosatini qo‘llab-quvvatlash uchun javobgar dasturiy va apparat komponentlar. " Ishonchli hisoblash tizimi|"Maʼlumotlarni qayta ishlash tizimi. Bunda turli foydalanish huquqlariga ega foydalanuvchilarning turli muhofaza tasnifi va muhofaza darajalaridagi ruxsat etish uchun yetarli kompyuter muhofazasi borligi nazarda tutilgan. " Ishonchli kanal|"OXF va axborot texnologiyalarining boshqa ishonchli mahsuloti orasidagi, zarur qat’iylik darajasini ta’minlovchi birgalikda ishlash vositasi. " Ishonchli kompyuter tizimi|"1. Foydalanuvchilarning maxfiylik griflari va xavfsizlik toifalari turlicha bo‘lgan ma’lumotlardan bir vaqtda foydalana olish imkoniyati hisobga olingan holda, yetarlicha kompyuter xavfsizligi ko‘zda tutiladigan ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi. 2. Xavfsizlikni ta’minlashning apparat va dasturiy vositalaridan foydalanish hisobiga, saralanmagan kritik axborot oqimining qayta ishlanishi xavfsiz olib borilishini ta’minlovchi tizim. " Ishonchlilik|"1. O‘rnatilgan vaqt davomida tizimning o‘z funksiyasini bajarish qobiliyati. Ishonchlilikni baholash uchun hisob-kitobga oid hamda statistik (sinovlar jarayonida olingan) xarakteristikalar qo‘llaniladi va ular, odatda, qurilmaning ishga layoqatli holatda bo‘la olish vaqtining foizi sifatida aniqlanadi. Ishonchlilikning asosiy ko‘rsatgichlari: buzilishgacha o‘rtacha ishlash muddati, o‘rtacha tiklanish vaqti va boshqalar. 2. Tizim, qurilma yoki dasturiy mahsulot berilgan sharoitlarda va belgilangan vaqt davomida undan talab qilinadigan funksiyalarni so‘zsiz bajara olish ehtimoli. " Ishonchlilik biti|"Elektron hisoblash mashinasi xotirasidagi so‘zga axborotning ishonchliligini ko‘rsatish uchun qo‘shiladigan razryad. " Ishonchlilik (dasturiy vositaning)|"Dasturiy taʼminotning, o‘rnatilgan vaqt davri ichida o‘zining ishlash sifati darajasini saqlab qolish qobiliyatiga taalluqli atributlar to‘plami. " Ishonchlilik mezoni bilan kodlash|"Manba xabarini kodli so‘zga qayta o‘zgartirish, bunda teskari o‘zgartirishdan so‘ng, dastlabki xabarga berilgan ishonchlilik mezoni ma’nosida yaqin bo‘lgan qandaydir boshqa xabar olinadi. " Ishonchlilikka sinash|"Televizor (element)ning ishonchlilik parametrlari qiymatlarini texnik shartlarga muvofiqligini belgilangan usulda baholash maqsadida tajribaviy aniqlash. " Ishonchlilikni yalpi tekshirish|"Ishonchlilikni tekshirish, bunda kirish kompyuteri foydalanuvchini identifikatsiya qiluvchi axborotni boshqa kompyuterga uzatadi. " Ishonchsiz qabul|"Mobil stansiya xizmat ko‘rsatish zonasining chekkasida ishlayotganida signallarni qabul qilish sharoitlarining yomonlashuvini tavsiflovchi tushuncha. " Ishoratlar halqasi|"O‘xshash mavzudagi veb-saytlarni birlashtirish. Bu tashrifchiga halqaning ixtiyoriy saytlaridan uni qiziqtirayotgan mavzu bo‘yicha boshqa saytlarni yengillik bilan topishga imkon beradi. Halqaning yaratilishi resurslarni birlashtirishga yordam beradi hamda foydalanuvchilarga kamroq vaqt sarflab ko‘proq axborot olishga imkon beradi. " Ishchi guruh|"1. Umumiy loyiha ustida ishlovchi va shu tarmoqda fayllar, ma’lumotlar bazasi va h.k. larni bo‘lishuvchi lokal hisoblash tarmog‘ining foydalanuvchilar guruhi. Guruhning ishi, guruh dasturiy ta’minoti yordamida koordinatsiya qilinadi. 2. Windows NT da umumiy o‘ziga xos nom ostida mujassamlangan kompyuterlar guruhi ishchi guruh hisoblanadi, ularning boshqaruvi bir kompyuterning boshqaruviga monand bo‘ladi. " Ishchi guruhlar uchun Windows|"Windows 3.1 operatsion tizimining, Ethernet bazasidagi uncha katta bo‘lmagan lokal tarmoqlarda ishlash uchun mo‘ljallangan versiyasi (1992-yilda chiqarilgan). " Ishchi radiochastotalar diapazoni|"Radiostansiyaning ishlashi ta’minlanadigan chastotalar polosasi. " Ishchi ro‘yxat|"Tez-tez foydalaniladigan manzillar (hujjatlar, veb-sahifalar va h.k.) ro‘yxati. " Ishchi soha|"Ekspert tizimlarida ma’lumotlar bazasining mantiqiy xulosa jarayonida olingan barcha xulosa komponentlari uchun qulay bo‘lgan va ular orasida birgalikda ishlash uchun foydalaniladigan faktlarni ichiga oladigan qismi. " Ishchi stansiya|"Odatda, kompyuter tarmog‘ida ishlaydigan kompyuter yoki terminal. " Ishchi xotira|"Xotiraning, bajariladigan jarayonlarning oraliq natijalarini saqlash uchun foydalaniladigan qismi. " Ishchi chastotalar polosasi|"Past va yuqori chastotalar bilan cheklangan polosa, uning doirasida antennaning elektr parametrlari aniq turdagi antennaga qo‘yiladigan texnik talablarni qanoatlantiradi. " Ichiga joylashtirilgan|"1. Dasturning asosiy vazifasidan ancha yiroq bo‘lgan qo‘shimcha imkoniyati. Masalan, fayl boshqaruvchilaridagi arxivlarni ko‘rish yoki ACDSee grafik redaktorida musiqali fayllarni ishga tushirish. 2. Biror bir uskuna tarkibida ishlatiladigan, uning ichiga o‘rnatilgan qurilma (masalan, kompyuter bosh platasi ichiga o‘rnatilgan modem yoki videokarta), masalan, embedded computer. " Ichiga kiritilgan (singdirilgan) tovush|"SDI signali ichiga kiritilgan va video bilan birgalikda uzatiladigan tovushli ma’lumotlarning raqamli oqimi. " Ichiga solmoq, biriktirmoq|"Elektron xatga biror-bir faylni biriktirish. Bu fayllar serverda turadi va elektron xat qayta uzatilganda u kompyuterdan qayta ko‘chirib olinmaydi. " Ichki firibgarlik|"Xizmatchilar tomonidan uchinchi shaxslarga konfidensial xarakterdagi texnik ma’lumotlarni uzatish yo‘li bilan, shaxsan yoki ushbu shaxslar orqali foyda olish uchun o‘z xizmat mavqeidan foydalanishi. " Ichki fotoeffekt|"Elektronlarni yarimo‘tkazgich yoki dielektrik ichidan tashqariga chiqarmagan holda bog‘langan holatdan erkin holatga elektromagnit nurlanish ta’siri keltirib chiqaradigan kvant o‘tishlar. " Ichki fragmentatsiya|"Xotirani ajratish strategiyasini qo‘llash natijasida sahifagacha bo‘lgan aniqlikda bo‘sh xotira samarali sarflanmaydigan tizimdagi holat. " Ichki frod|"Jinoiy faoliyat turi bo‘lib, xizmatchilar o‘zlarining xizmat mavqelaridan shaxsan yoki uchinchi shaxslar orqali, ularga konfidensial xarakterdagi ma’lumotlarni berish yo‘li bilan manfaat ko‘rishda foydalanadilar. " Ichki giperishorat|"Aktiv veb-saytdagi xohlagan veb-sahifa yoki faylga ko‘rsatuvchi giperishorat (sayt ichidagi giperishorat). " Ichki havola|"Ayni bir modulda bo‘lgan (aniqlangan) obyektga havola. " Ichki hujjat|"Hujjat tayyorlangan tashkilotdan tashqariga chiqmaydigan rasmiy hujjat. " Ichki hujum|"Muhofazalangan tarmoqning o‘zidan amalga oshiriladigan hujum. " Ichki ilovalar|"Foydalanuvchining lokal kompyuterida bajariladigan ilovalar. " Ichki kanal|"Katta diametrli konduitga joylashtirilgan qo‘shimcha konduit. " Ichki koder (dekoder)|"Kaskadli kodlashda kanalga nisbatan ichki bo‘lgan koder (dekoder). " Ichki korporativ tarmoq|"Qar.: Intranet. " Ichki magistral|"Bino kichik tizimining bir qismi bo‘lgan, bir telekommunikatsiya shkafini boshqasi bilan bog‘lovchi magistral telekommunikatsiya kabeli (kabellari). " Ichki modem|"Elektr ta’minoti alohida bo‘lgan ixcham avtonom qurilmani o‘zida ifodalaydigan tashqi modemdan farqli ravishda, kompyuterning ichida o‘rnatilgan plataga montaj qilingan modem mikrosxemasi. " Ichki pochta, kuryerlik jo‘natmasi|"O‘zbekiston Respublikasi hududida jo‘natish va adresatga yetkazib berish (topshirish) uchun qabul qilinadigan pochta, kuryerlik jo‘natmasi. " Ichki tarmoq|"Internetga chiqish imkoniyati bo‘lmagan yoki undan tarmoqlararo ekran bilan ajratilgan korporativ kompyuter tarmog‘i. " Ichki tarmoqlararo ekran|"Lokal tarmoq orqali uyushtiriladigan hujumlardan himoya qiluvchi tarmoq ekrani. " Ichki uzilish|"Uzilish komandasi yoki komandani bajarishdagi xato keltirib chiqaradigan uzilish. " Ichki veb-sayt|"Tashkilot doirasida yaratilgan va faqat o‘sha tashkilot ichki tarmog‘idan foydalanish mumkin bo‘lgan veb-sayt. " Ichki xalaqit (hisoblash texnikasi vositasiga)|"Manbai hisoblash texnikasi vositasining bir qismi hisoblanadigan hisoblash texnikasi vositasiga bo‘ladigan elektromagnit xalaqit. " Ichki yozma xat-xabarlar|"O‘zbekiston Respublikasi hududida jo‘natish va adresatga yetkazib berish uchun qabul qilinadigan yozma xat-xabarlar. " Ichki shina|"Protsessorning ichki shinasi yoki markaziy protsessor bilan operativ xotira qurilmasi o‘rtasidagi shina. J " Jadval|"1. Relyatsion ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimida – identifikatorlari (nomlari) bo‘lgan yozuvlar ketma-ketligi ko‘rinishidagi ma’lumotlar tuzilmasi. 2. Elektron jadvalning ishchi varag‘i. " Jamiyatning axborot madaniyati|"Jamiyatning o‘z ixtiyorida bo‘lgan axborot resurslari va axborot kommunikatsiyasi vositalaridan samarali foydalanish qobiliyati. Shuningdek, ushbu maqsadlarda axborotlashtirish va axborot texnologiyalari vositalarini rivojlantirish sohasidagi ilg‘or yutuqlardan foydalanish ham nazarda tutiladi. " Jamiyatning axborot muhiti|"1. Axborot resurslari, axborotni shakllantirish, tarqatish va undan foydalanish tizimi, axborot infratuzilmasi jami. 2. Aholi yashash sifatining sezilarli oshirilishini, davlatning ijtimoiy-siyosiy barqarorligini va jamiyatning barqaror rivojlanishga o‘tishini taʼminlash imkonini beradigan axborot resurslari, axborot-kommunikatsiya infra-tuzilmasi, axborotlashtirish vositalari, axborot mahsulotlari va xizmatlari, axborotlashtirish jarayonlarini amalga oshirishning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy shart-sharoitlari jami. " Jamiyatning axborot potensiali|"1. Axborot resurslarini aktivlashtirish va ulardan samarali foydalanish imkonini beruvchi jami vosita, usul va sharoitlar. 2. Axborotni ishlab chiqish va axborot xizmatlarini ko‘rsatish qobiliyati. " Jamoa bo‘lib foydalanish liniyasi|"Ko‘p tomonlama aloqa liniyasi. Bu liniyadagi barcha abonentlar bir xil raqamga ega bo‘ladilar, individual farqlash boshqa belgilarga, masalan, chaqiruv signali parametrlariga qarab yuz beradi. " Jamoat foydalanish markazi|"Elektron hukumat infratuzilmasining, quyidagi komponentlarni: - Internet axborot-telekommunikatsiya tarmog‘idan foydalanishni ta’minlaydigan telekommunikatsiya uskunasini; - komponentlari ishonchli himoyalanishi ta’minlanadigan qutilarga solingan alohida konstruksiyalardan (infomatlar) va/yoki avtomatlashtirilgan ish o‘rinlaridan iborat dasturiy-texnik kompleksni ichiga oladigan funksional elementi. " Jamoat tarmog‘i|"Davlat tasarrufidagi axborot tarmog‘i. " Jamoaviy antenna|"Teleradioeshittirish dasturlarini abonentlarning katta sonli qabul qilgichlari bilan bir vaqtda qabul qilish uchun mo‘ljallangan antenna. " Jamoaviy maxfiy qiymat|"Muhofaza qilish tizimining, kriptografik algoritmlar uchun mo‘ljallangan kaliti. " Jamoaviy qabul|"Yer usti yoki yo‘ldoshli uzatishlarni bu qurilmalar joylashgan joylarda yoki cheklangan zonadagi kabel taqsimlash tizimida odamlar guruhini qurilmalar bilan ta’minlaydigan qabul. Izoh ‒ Jamoaviy qabul qilinadigan yo‘ldoshli eshittirishni bevosita yo‘ldoshli taqsimlash bilan adashtirmaslik kerak. " Jamoaviy qabul qiluvchi antenna|"Kabelli taqsimlash tizimi bilan bog‘langan va signallarni bir binoda yoki binolar kompleksida joylashgan abonentlar radioeshittirish qabul qilgichlariga va televizorlariga uzatish uchun mo‘ljallangan antenna. " Jamper|"Qar.: Tutashtirgich. " Jarayon|"1. Xotiraning bajariluvchi kodlar va ma’lumotlar bilan muhofazalangan sohasini, bitta yoki bir nechta bajarish oqimini hamda foydalanishning bosh markerini o‘z ichiga oluvchi operatsion tizim obуekti. 2. Bajarilayotgan dastur. 3. Kirishlarni chiqishlarga o‘zgartiruvchi o‘zaro bog‘langan va o‘zaro harakat qiluvchi faoliyat turlarining majmui. " Jarayon identifikatori|"Operatsion tizimdagi jarayonlarni ko‘rsatish uchun ishlatiladigan son. " Jarayon konteksti|"Bajarilayotgan dasturning vaqtning istalgan onidagi holati. Rejalash konteksti, fayllar tizimi konteksti, signallarni qayta ishlash jadvallari va virtual xotira kontekstidan iborat. " Jarayon muhiti|"Nol bilan tugaydigan: jarayon komanda satri argumentlarining vektori va jarayon muhiti (o‘zgaruvchan) vektoridan iborat tizim tuzilmasi. " Jarayondan foydalanish vaqti|"Shaxsiy kompyuterning tizim resursi. Protsessor amaliy dastur kodini bajarishga qancha vaqt sarflayotganini ko‘rsatadi. " Jarayonlarni kaskadli yo‘q qilish|"Ona-jarayonni tugatish yoki yo‘q qilishda shu’ba jarayonlarni avtomatik yo‘q qilish qoidasini rekursiv qo‘llash natijasidagi jarayonlarni guruhli yo‘q qilish. " Jarayonlarni parallel (yoki navbati bilan bir protsessorli kompyuterda) boshqarish|"Foydalanish jarayonlarini bajarish, parallel jarayonlarni aniq ishga tushirish, ularni boshqarish va ularni sinxronlash. " Jarayonlarni to‘xtatish bilan boshqaruvni markazlashtirish|"Tizimga juda qisqa yoki juda muhim jarayonlar kelib tushganda jarayonlar ishini to‘xtatishdan foydalanadigan boshqaruvni markazlashtirish strategiyasi. " Jarayonlarni to‘xtatmasdan boshqaruvni markazlashtirish|"Tizimga juda qisqa yoki juda muhim jarayonlar kelib tushganda jarayonlar ishini to‘xtatishdan foydalanmaydigan boshqaruvni markazlashtirish strategiyasi. " Jarayonlarni xotiraga yoki diskka ko‘chirishni rejalashtiruvchi|"Operatsion tizimning, qaysi foydalanish jarayonlari xotiraga tushirilishi yoki diskka yozilishi kerakligini aniqlaydigan rejalashtiruvchisi. " Jarayonlarning tayanch tarkibi|"Tayanch yetilganlik darajasiga erishishni taʼminlaydigan jarayonlar tarkibi. Izohlar 1. Jarayonlar tarkibi jarayonlarni baholashning muayyan modellari asosida shakllantiriladi. 2. Jarayonlarning tayanch tarkibi jarayonlarning eng lam tarkibini, shuningdek, baholash uchun tashkiliy kontekst talab qiladigan qoʻshimcha va fakultativ jarayonlarni oʻz ichiga oladi. " Jarayonni boshqarish bloki|"Operatsion tizim tomonidan jarayonni boshqarishda foydalaniladigan ma’lumotlarning tizimlashtirilgan tuzilmasi. " Jarayonni ishga tushirish|"Amaliy jarayonlarni avtomatlashtirish tizimlarida muayyan jarayonning bajarilishini boshlash. " Jarаyonning yetilganligi|"Muayyan jarayon aniqlik, boshqaruvchanlik, o‘lchash mumkinlik, nazorat qilib bo‘lishlik, natijalilik talablarini qanoatlantiradigan daraja. " Java server sahifalari|"Veb-serverda dinamik sahifalarni generatsiya qilish uchun mo‘ljallangan Java Servlet API kengaytmasi. Microsoft korporatsiyasinig ASP spetsifikatsiyasiga muqobil hisoblanadi. " Java virtual mashinasi|"Abstrakt kompyuterni o‘zida ifodalovchi Java dasturlar bayt-kodlarining interpretatori. Java tilida yozilgan va kompilyatsiya qilingan bayt-kodli dasturlarni ishga tushiradi. " Javob berish|"Pochta qutilarida xatni jo‘natgan kishiga javob berish. Bunda xatning mavzusi saqlab qolinadi, xat matni esa javob berish maydoniga ko‘chiriladi. " Javob bermagan abonentni takroriy chaqirish toni bilan chaqiruvlarni tugallash|"Abonentga takroriy chaqiruv tonida chaqiruvga javob bermagan abonentni chaqirishni tugallash imkonini beradigan xizmat. Javob bermagan (chaqirilayotgan) abonent terminali aktivizatsiyadan so‘ng bo‘shatilsa, chaqiriluvchi abonent, xabardor qilinadi (takroriy chaqiruv toni yuboriladi). Chaqiriluvchi abonent takroriy chaqiriv tonini qabul qilganda, tarmoq chaqirilayotgan abonentga chaqiruvni avtomatik tarzda generatsiyalaydi. Takroriy chaqiruvning maxsus toni faqat SIP abonentlarga yuboriladi. " Javob bo‘lmaganda chaqiruvni qayta manzillash|"Xizmat abonentiga jo‘natiladigan har bir kiruvchi chaqiruvni boshqa belgilangan raqamga, oldindan belgilangan vaqt davomida chaqiruvga javob bo‘lmaganda, avtomatik qayta manzilslash imkonini beradigan xizmat. " Javob bo‘lmaganda chaqiruvni o‘tkazib yuborish|"Uyali aloqa tarmoqlari operatorlari tomonidan taqdim etiladigan, aloqa tizimining abonenti chaqiruvga javob bermaganda, kiruvchi chaqiruvni boshqa telefon raqamiga avtomatik ravishda qayta manzillash imkonini beradigan xizmat. " Javob vaqti|"Birinchi so‘rovdan birinchi javobgacha bo‘lgan davrda talab chilinadigan vaqt. Optimallashtirish mezoni: minimallashtirish. " Jgut|"Yaxlit bir butun qilib yig‘ilgan hamda mexanik mahkamlangan bog‘lovchi simlar, kabellar yoki optik tolalar dastasi. " Jinoyatkor|"1. G‘arazli niyatda qasddan harakat qiluvchi buzg‘unchi. 2. Axborot tizimi va uning resurslaridan ruxsat etilmagan tarzda foydalanishdan manfaatdar bo‘lgan va ularni ruxsat etilmagan tarzda olish, o‘zgartirish uchun oldindan o‘ylab harakat qilgan shaxs yoki tashkilot. 3. Yomon niyatdagi chaqiruvlarni amalga oshirish maqsadida ruxsat etilmagan foydalana olishga ega bo‘lgan shaxs. 4. Muhofaza obyektining axborot xavfsizligi buzilishini anglagan holda harakat qiluvchi shaxs. " Jism|"Dasturiy konstruksiyalarda tugallangan harakatlarni belgilaydigan operatorlar ketma-ketligi. Dastur jismiga dasturning bajariladigan qismi kiradi, ya’ni dastur sarlavhasi va o‘zgaruvchilar, konstantalar ta’rifi kirmaydi. Sikl jismiga siklni boshqarish operatorlaridan tashqari, barcha takrorlanadigan operatorlar kiradi. Protsedura va blokning jismi o‘xshash tarzda aniqlanadi. " Jismoniy muhofaza qilish vositalari|"Jinoyatkorning suqulib kirishi va foydalana olishi mumkin bo‘lgan yo‘llarda jismoniy to‘siqlarni yaratish uchun maxsus mo‘ljallangan avtonom qurilma va tizimlar. Izoh – Apparatura joylashgan eshiklardagi qulflar, derazadagi panjaralar, qo‘riqlash signalizatsiyasining elektron mexanik uskunasi jismoniy muhofaza qilish vositalari bo‘lishi mumkin. " Jismoniy xavfsizlik|"Tizim resurslari va kritik axborotga jismoniy tahdidlar (buzish, o‘g‘irlash, terrorchilik akti, shuningdek, yong‘in, suv toshqini va b.q.)ga qarshi ogohlantiruvchi yoki qarshi chora kabi jismoniy to‘siqlar va nazorat protseduralarini amalga oshirish. " Jismoniy shaxs|"Fuqarolik huquqi subyekti. " Jitter|"Impulslar frontining bir tekis borishi qat’iyligini buzadigan raqamli signal frontining titrashi. " Jonli jurnal|"Onlayn kundaliklarni (bloglarni) joylashtirish uchun bloglar platformasi yoki ushbu platformadagi alohida blog. Yozuvlarni nashr qilish, o‘quvchilar tomonidan sharhlarni qoldirish, do‘stlarning yozuvlarini o‘qish kabi imkoniyatlarni beradi. " Joriy katalog|"Foydalanuvchi ayni vaqtda joylashgan katalog. Qoida bo‘yicha foydalanuvchi tomonidan bajariladigan barcha operatsiyalar shu katalogda bajariladi. " Joriy marshrut|"Kompyuter tarmoqlarida joriy marshrut paket jo‘natuvchiga tarmoq bo‘yicha o‘tuvchi manzillari ro‘yxatini ko‘rsatishga imkon beradi. " Josuslikka qarshi dastur|"Kompyuterdagi josus dasturlarni tanib oluvchi, ularga qarshi to‘siq qo‘yuvchi/o‘chiruvchi dastur. Izoh − Ba’zan reklama bannerlariga va sh.k.larga to‘siqlar qo‘yish uchun ham ishlatiladi. " Joylashgan yer bo‘yicha chaqiruv|"Parametrlarni berish usuli, bunda chaqiruvchi model chaqiriladigan modulga uzaytiriladigan parametrning manzilini beradi. Izoh – Bu usul yordamida chaqiriladigan modul, chaqiradigan modul saqlagan parametr qiymatini o‘zgartirishi mumkin. " Joylashgan yer tayanch registri|"Xotirasida ko‘chma (mobil) stansiya abonentining barcha parametrlari va joriy joylashuvi doimiy saqlanadigan registr. " Joylashgan yerni aniqlashga asoslangan xizmatlar|"Foydalanuvchilarning qayerdaligini kuzatib borish va ular ayni paytda bo‘lgan aniq hududga taalluqli axborotni yetkazish. UMTS tarmoqlarida koordinatalarni belgilash aniqligi 50 m ga yaqin. " Joylashgan yerning vizit registri|"Hozirgi vaqtda berilgan registr nazorat qiladigan zonadagi ko‘chma stansiyalar ulanishini o‘rnatish uchun zarur bo‘lgan abonentlar to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar to‘plangan registr. " Joylashtirish, o‘rnatish|"Dasturni bajarish uchun kompyuter resurslarini joylashtirish. " Joylashuviga ko‘ra boshqariladigan yo‘ldosh|"Markazi o‘rnini, massasini ma’lum qonun bo‘yicha, yoki shu kosmik tizimga mansub boshqa yo‘ldoshlarga nisbatan, yoki Yerdagi harakatlanmaydigan yoki muayyan tarzda ko‘chadigan nuqtaga nisbatan ko‘chirish mumkin bo‘lgan yo‘ldosh. " Joystik|"Ekranda kursor bilan boshqarish uchun xizmat qiladigan, uni istalgan yo‘nalishdagi harakatlanishini ta’minlaydigan, tutqich ko‘rinishidagi qurilma. Bu qurilmalar barcha manipulyatorlarning asosi hisoblanadi. Simulyatorlar va arkadali kompyuter o‘yinlarida, o‘yin pristavkalarida va shunga o‘xshash qurilmalarda keng qo‘llaniladi. Buning uchun tutqichda ko‘plab tugmalar va polzunlar mavjud. Ayrim joystiklar tutqichni harakatlantirishdan tashqari, uning o‘z o‘qi atrofida aylanishini ham ta’minlaydi. " Juda ham yuqori chastota|"300 HHz dan 3000 HHz gacha bo‘lgan diapazonda yotadigan chastotalar sohasi. Bu chastotalarga submillimetrli yoki detsimillimetrli to‘lqinlar (λ = 0,001 – 0,0001 m) mos keladi. " Juda katta tezlikli asosiy tarmoq servisi|"NSF homiyligi ostidagi super hisoblash markazlari va tanlangan erkin foydalanish nuqtalari orasidagi yuqori tezlikli ulanishni ta’minlaydigan loyiha qismi. " Juda katta uzunlikdagi komanda so‘zlari mavjud arxitektura|"Bu arxitekturadagi komandalarda bir vaqtning o‘zida (parallel tarzda) protsessorning tezligini oshirish uchun uning turli funksional bloklarida bajariluvchi oddiy komandalar birlashtirilgan bo‘ladi. Bunda protsessorning samaradorligini oshirish uchun komanda darajasidagi parallelizmni tashkil qilish uchun vaqt sarflash talab qilinmaydi. " Juda past chastotalar|"3 kHz dan 30 kHz gacha diapazonda yotadigan chastotalar sohasi. " Juda yuqori chastotalar|"Elektromagnit to‘lqinlarning 30 MHz dan 300 MHz gacha (uzunligi 10 m dan 1 m gacha) bo‘lgan chastotalar dipazoni. " Juda yuqori chastotali ajratuvchi filtr, diplekser|"Tasvir va tovush jo‘rligi radiouzatgichlaridan keladigan radiosignallar kombinatsiyalanishi va qo‘shish ko‘prigiga yoki bevosita antennaga uzatilishi mumkin bo‘lgan qurilma. " Juda xavfli viruslar|"Ta’sir etishi dasturlarning yo‘qotilishiga, ma’lumotlar yo‘q bo‘lishiga, diskning tizim sohalarida axborot o‘chib ketishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan viruslar. " Juft chastotalar polosasi|"Biri qabul uchun, ikkinchisi uzatish uchun ajratilgan, har birining o‘rtasida himoya oralig‘i bo‘lgan ikkita chastota intervalini ichiga oluvchi polosa. Chastotalarning juft polosasi kanallarni chastota bo‘yicha ajratish bilan dupleks uzatishda foydalaniladi (FDD rejimi). " Juftlangan moslashuv|"Chastotaviy rejalashtirish usuli bo‘lib, abonentlarning har bir juftiga ikkita – biri uzatish, ikkinchisi esa, qabul qilish uchun mo‘ljallangan qayd etilgan chastota beriladi. " Juftlash, biriktirish|"1. Ikkita bitni bitta kodli kombinatsiyaga birlashtiish; kodlash va modulyatsiyalash tizimlarida qo‘llaniladi. 2. TDMA kadridagi ikkita qo‘shni intervalni uzatish tezligini oshirish maqsadida agregirlash. " Juftlik asosida nazorat qilish|"Xatolarni aniqlashning eng sodda usuli. Axborot ketma-ketligini guruhlar (bloklar) ga bo‘lish va ularning har biriga bitlar yig‘indisi doimo juft yoki toq bo‘ladigan tarzda tekshirish belgisi (0 yoki 1) ni qo‘shishga asoslangan. Juftlikni nazorat qilish tekshiriladigan maʼlumotlarda yakka xatolarni aniqlash imkonini beradi. " Juftlik biti|"Jo‘natiladigan ma’lumotlarning har bir baytiga (yoki so‘zga) yuborish to‘g‘riligini nazorat qilish uchun qo‘shiladigan qo‘shimcha bit. " Juftlik bitlari generatori|"Ikkining moduli bo‘yicha boshlang‘ich maʼlumotlarga qo‘shiladigan «soxta» tekshiruvchi bitni generatsiyalaydigan summator ko‘rinishida bajarilgan mantiqiy sxema. Juftlikni tekshirish tartiboti protokol bilan ko‘zda tutilgan, kiruvchi ketma-ketlikda tekshiruvchi bitlar bo‘lmagan tizimlarda foydalaniladi. " Juftlik bo‘yicha bo‘ylama nazorat|"Matritsani shakllantiruvchi to‘plam bo‘lagi hisoblanadigan ikkilik raqamlar satrida juftlik bo‘yicha nazorat qilish. " Juftlik bo‘yicha ko‘ndalang nazorat|"Matritsani shakllantiruvchi to‘plam bo‘lagi hisoblanadigan ikkilik raqamlar ustunida juftlik bo‘yicha nazorat qilish. " Juftlik bo‘yicha nazorat biti|"Ma’lumotlarga, ularning ishonchliligini nazorat qilish uchun ma’lumotlarni tashkil etuvchi ikkilik birliklarning yig‘indisi, jumladan, nazorat biti birligi, har doim juft yoki toq bo‘ladigan tarzda qo‘shiladigan nazorat biti. " Juftlik xatosi|"Ma’lumotlardagi, ularni saqlash yoki juftlikni nazorat qilish orqali uzatish jarayonida aniqlanadigan xato. " Juftlikni nazorat qilish|"Xatolarni aniqlashning eng oddiy usuli. Axborot ketma-ketligini guruhlar (bloklar) ga bo‘lish va ularning har biriga bitlar yig‘indisi doimo juft yoki toq bo‘ladigan tarzda tekshirish simvoli (0 yoki 1)ni qo‘shishga asoslangan. Juftlikni nazorat qilish tekshiriladigan ma’lumotlarda yakka xatolarni aniqlash imkonini beradi. " Jurnal|"1. Qayd yozuvlarini saqlovchi fayl. Ushbu fayl matn formatida yoki maʼlumotlar bazasi formatida bo‘lishi mumkin. 2. Internet brauzerida oxirgi bir necha kun yoki hafta ichida ko‘rilgan sahifalar manzillari saqlanadigan joy. «Tarix» deb ham ataladi. " Jurnalli fayl tizimi|"Jurnallash imkoniyati fsck dasturining ishlashini kutish zaruriyatidan va metama’lumotlarning shikastlanish xavotiridan xalos etadi. Qattiq diskning tanlangan bo‘limida ext2 fayl tizimidan ext3 fayl tizimiga va aksincha, muammosiz amalga oshirilishi mumkin. " Jo‘natish ro‘yxatlari|"Internetning o‘z protokoliga ega bo‘lmagan va faqat elektron pochta orqali ishlaydigan oddiy xizmati. Xabarlarni bitta maxsus manzildan barcha obunachilarga yetkazishni amalga oshiradi. " Jo‘natuvchi|"Buyurtma berish niyatida bo‘lgan yoki aloqa xizmatiga buyurtma beradigan aloqa foydalanuvchisi. " Jo‘natuvchining manzili|"Axborot manbai bo‘lgan abonent yoki tarmoqning raqami. K " Kabanov effekti (gorizont orti radiolokatsiyasi)|"Yerdan (5-30) MHz chastotalar diapazonidagi qisqa to‘lqinli (dekametrli) uzoqqa sochilish hodisasi. Kabel rus. - кабель ing. - cable Ikkita yoki undan ortiq simdan, ekran va izolyatsiya qatlamidan iborat ulovchi element. Kabel tarkibiga tizimning konstruktiv elementi sifatida ajratgichlar ham kiradi. " Kabel elementi|"Kabeldagi eng kichik konstruksion birlik (masalan, juftlik, to‘rtlik yoki alohida tola). Kabel elementi ekranga ega bo‘lishi mumkin. " Kabel kanali|"O‘tkazgichlar, kabellar yoki optik tolani yotqizish uchun mo‘ljallangan alohida yopiq kanal. " Kabel lotogi|"Telekommunikatsiya muhitini (masalan, kabelni) tutib turish uchun mo‘ljallangan, zinapoya, novlar ko‘rinishidagi yoki ventilyatsiyalanadigan kanal tizimi. " Kabel qobig‘i|"Bir to‘plam simni o‘rab turadigan tashqi qoplama. Bitta yoki undan ortiq metall yoki optik-tolali elementni, qattiqlik yoki ekranlash elementlarini ichiga olishi mumkin. " Kabel, sim|"Kompyuterning elektr tokini o‘tkazuvchi (ko‘pincha metalldan tayyorlangan) ko‘p kontaktli elementi. Elektr energiyasini va signalni turli komponentlarga uzatish uchun xizmat qiladi. Ular ikkita – parallel va koaksial turga bo‘linadi. Koaksial kabellar nisbatan qimmatroq, lekin signallarni yuqori chastotada uzatish imkonini beradi. " Kabel skaneri|"Kabellarning elektr va mexanik parametrlari – uzunligi, so‘nishi, impedansi, o‘tish xalaqitlarini o‘lchash hamda uzilish, qisqa tutashish, noto‘g‘ri o‘rnatilgan ajratgich kabi nosozliklarni aniqlash uchun mo‘ljallangan qurilma. " Kabel taqsimlash tizimi|"Tovushli va televizion dasturlarni hamda boshqa turdagi signallarni ko‘plab abonentlarga uzatish uchun mo‘ljallangan nurlantirmaydigan kabellar va shunga taalluqli uskunadan iborat tarmoq. " Kabel taqsimlash tizimining bosh stansiyasi|"Mahalliy yoki tashqi manbalardan, signallarni qabul qilish va qayta ishlash uchun uskunani qo’shgan holda, kabel taqsimlash tizimiga signallarni uzatuvchi uskuna kompleksi. " Kabel televideniyesi qabul qilgichi|"Abonent rozetkasidagi kabelli taqsimlash tizimi bilan ta’minlanadigan signallarni qabul qilish uchun maxsus loyihalashtirilgan radioeshittirish qabul qilgichi yoki televizor. Izoh ‒ Bunday qabul qilgichlar radioeshittirish diapazonlaridan tashqaridagi kanallarga sozlanishi mumkin. " Kabel terminali|"Kabel o‘tkazgichlariga kira olish va ulanishni amalga oshirish uchun foydalaniladigan qurilma. " Kabel tizimi|"1. Kabellar, shnurlar, simlar hamda kommutatsion uskuna yig‘indisi. 2. Uzatgich va qabul qilgich orasida joylashgan optik elementlardan, masalan, tolalar, konnektorlar, muftalar va boshqa elementlardan iborat tizim. " Kabel ustuni|"Shift yoki devorga mahkamlangan, kabel oqimlarini ochiq ushlab turish uchun mo‘ljallangan vertikal yoki gorizontal qurilma (odatda, alyuminiy yoki po‘latdan tayyorlanadi). " Kabel uzeli (optik tola)|"Bitta yoki ikkala uchida konnektorlar ulangan optik-tolali kabel. Konnektor kabelning faqat bir uchiga ulangan bo‘lsa, kabel uzeli egiluvchan o‘tkazgich, agar ikkala uchiga ulansa, tutashtirgich bo‘ladi. " Kabel uchastkasi|"Uzatgich va qabul qilgich o‘rtasida joylashgan kabellar, ulagichlar, ajratgichlar va boshqa elementlarning majmui. " Kabel shkafi|"Binoga xizmat ko‘rsatadigan kommutatsion uskuna o‘rnatilgan texnologik (apparat) shkaf. " Kabelli lokal tarmoq|"Kanallari kabellar asosida yaratilgan lokal tarmoq. Kabelli lokal tarmoqlarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, har bir kanalga o‘nlab tizimlar ulanishi mumkin. Shu tarzda, monokanalli tarmoq, halqasimon tarmoq va kommutatsiyalanadigan lokal tarmoq hosil bo‘ladi. " Kabelli modem|"Kompyuterni onlayn servisni o‘zida ifodalaydigan kabelli televizion tizim bilan ulash uchun ishlatiladigan modem. " Kabelli optik kiritish qurilmasi|"Ichida ulovchi optik tolalar (kabel) bo‘lgan, ularning uzatish tizimi oraliq stansiyasining konteyneriga (sisternasiga) zich kiritilishini, ortiqcha uzunliklari yotqizilishini, shuningdek, liniya kabelining optik tolalari bilan ulanishini hamda tegishli optik ulagichlarning himoyasini taʼminlovchi qurilma. " Kabelli raqamli televizion eshittirish|"Kabelli tarmoqlardan foydalangan holda amalga oshiriladigan raqamli televizion eshittirish. " Kabelli (raqamli televizion) eshittirish tizimi|"Televizion dasturlarni iste’molchiga kabel tarmog‘i orqali yetkazish uchun mo‘ljallangan raqamli televizion eshittirish tizimi. " Kabelli taqsimlah|"Foydalanuvchilar guruhiga televizion yoki tovushli dasturlarni kabelli tarmoqlar orqali taqsimlash. Izoh – Ayrim titzimlarda boshqa signallar uzatilishi mumkin, shuningdek, teskari aloqa kanali ta’minlanishi mumkin. " Kabelli tarmoq|"Tizimlari kabellar orqali o‘zaro aloqada bo‘lgan axborot tarmog‘i. Axborot tizimlarida kabellarni ishlatish atmosfera shovqinlari va quyosh nurlanishidan saqlash, maʼlumotlarning yuqori darajadagi xavfsizligini taʼminlash bilan bog‘liq qator ijobiy xossalarga olib keladi. Ayni vaqtda, simsiz tarmoqlarga nisbatan, kabelli tarmoqlar fazo va koinotdagi tizimlar bilan aloqa qiluvchi mobil tizimlarni yaratish uchun yaroqsiz. Bundan tashqari, kabelli tarmoqlar aholi kam istiqomat qiluvchi hududlarda va foydalanish qiyin bo‘lgan tarmoqlarda tejamli emas. Kabelli tarmoqlar, birinchi navbatda, global va hududiy tarmoqlarda ishlatiladi. " Kabelli telefoniya|"Kabel televideniyesi xizmatlarini yetkazib beruvchilar tomonidan taqdim etiladigan telefon aloqasi xizmatlari. " Kabelli televideniye|"Televizion dasturlarni kabel bo‘yicha taqsimlash. " Kadensiya|"Audiosignal, raqamning impulsli terilishi yoki chaqiruv signali uchun xos bo‘lgan, almashinib keladigan tovush va pauzalar ketma-ketligi. Kadr rus. - кадр ing. - frame 1. Telekommunikatsiyalarda va kompyuter tarmoqlarida: aloqa kanali orqali uzatish uchun mo’ljallangan ma’lum bir formatdagi ma’lumotlar paketi; videografikada: videooqimdagi alohida kadr; HTML tili va veb-dizaynda: brauzer oynasining alohida veb-sahifani ko‘rsatuvchi qismi; dasturlash da (asosan quyi daraja tillarida): funksiyaning lokal o‘zgaruvchilarini saqlash uchun ajratiladigan xotira qismi. 2. Televideniyeda – teskari qaytishni qo‘shgan holda, tasvirni to‘liq tavsiflashga mos keluvchi satrlar jami. Izoh − Ba’zi ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarda «frame» atamasi televizion kadrning tarkibiy qismini belgilash uchun qo‘llaniladi. " Kadr identifikatori|"Paket sarlavhasidagi maydon bo‘lib, unda uzatiladigan kadrning turi – axborot kadri yoki xizmatga oid kadr ekanligi, ko‘rsatiladi. " Kadr sinxronizatori, sinxronizator|"Tashqi manbadan kelgan sinxron bo‘lmagan to‘liq videosignalni yoki to‘liq rangli videosignalni, xotira qurilmasiga yozish va keyinchalik uni mahalliy signallar bilan sinxron sanash orqali sinxronlash va fazalashni amalga oshiruvchi qurilma. " Kadr sinxronizatsiyasi, siklik sinxronizatsiya|"Holat, bunda qabul qiluvchi uskuna bilan generatsiyalangan raqamli kadr qabul qilingan signalning raqamli kadri bilan doimiy vaqt bo‘yicha nisbatga ega va alohida taym-slotlar har bir raqamli kadrda noyob identifikatsiyalangan bo‘lishi mumkin. " Kadr sinxronizatsiyasi so‘zi, siklik sinxronizatsiya so‘zi|"Har bir raqamli kadrga yoki har bir n ta raqamli kadrdan keyin kiritilgan, doimo raqamli kadrda o‘zgarmas nisbiy pozitsiyani egallaydigan va kadrni siklik sinxronizatsiyani o‘rnatish va qo‘llab-quvvatlashda foydalaniladigan razryadlarning farqlovchi guruhi. " Kadr tarkibi jadvali|"Kadrning davomiyligi, kadrdagi slotlarning umumiy soni, kadrning boshlanish vaqti hamda chastotaning surilishi to‘g‘risidagi axborotni ichiga oladigan jadval. " Kadrlar chastotasi|"Sekund ichida yoyiladigan kadrlar soni. Izoh – Ayrim ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarda «Frame frequency» atamasi 1 sekunddagi maydonlar sonini belgilashda ishlatiladi. " Kadrlararo (maydonlararo) kodlash|"Tasvirning ikki va undan ortiq qo‘shni kadri (maydoni) sanoqlari o‘rtasidagi fazoviy va vaqt korrelyatsiyasidan foydalanishga asoslangan, raqamli oqimni qisqartirish maqsadida kodlash. " Kadrlararo taxminlash bilan kodlash|"Kanal bo‘yicha mavjud kadr va koderda taxmin qilingan kadr o‘rtasidagi farq uzatiladigan kodlash usuli. " Kadrlarni retranslyatsiya qilish|"Kadrlarning uzellarda minimal kechikishlar bilan tez uzatilishini taʼminlaydigan HDSL boshqaruv protokoliga asoslangan FR yuqori sath protokoli negizida qurilgan tarmoq turi. FR tarmoqlarida X.25 protokoli negizidagi tarmoqlarga xos bo‘lgan ortiqchalik yo‘q, trafikni inkapsulyatsiyalash yo‘qotishlari 2-3 foizdan oshmaydi, chunki butun kadrdagi xatolarni nazorat qilish o‘rniga, faqat uning yaxlitligi tekshiriladi, xatolarni aniqlash protsedurasi manzil maydoni uchungina saqlanadi. FR tarmoqlarida axborot qabul qilinishi ishonchlilik darajasini belgilash foydalanuvchilarning uskunasiga yuklatiladi. Kadrlarni yuborishning tarmoq mexanizmi signal/shovqin nisbati yuqori (odatda, 10-7 dan yomon bo‘lmagan) kanallardan foydalanishni talab qiladi. frame relay tarmoqlari arxitekturasida virtual kanallarning ikki – doimiy (PVC) va kommutatsiyalanadigan (SVC) turidan foydalaniladi. Aloqani tashkil qilishda afzallik doimiy kanallar orqali uzatish tomonda bo‘ladi. frame relay protokoli foydalanuvchilarni xabardor qilgan holda, tarmoqning o‘ta yuklanishi ustidan nazorat olib borilishini ko‘zda tutadi. FR texnologiyasi ITU-T (I.233, Q.920-933, I.370 tavsiyalar) hamda ANSI (Т1.606, 602, 617, 618 standartlari) tomonidan standartlashtirilgan. " Kadrlash|"Videosignal datchigida yoki tiklash qurilmasida yoyuvchi element bilan aylanib chiqadigan sirtning to‘g‘ri joylashishi. " Kadrni differensial kodlash|"Harakatdagi tasvirlar holatida signallarni siqish bilan kodlashdan foydalanib faqatgina ikkita qo‘shni kadrlar orasidagi farq to‘g‘risidagi axborotni uzatish. " Kadrni diskret-kosinus o‘zgartirish|"Tasvirni satrlararo qayta ishlash usuli orqali ikki maydonni bir kadrga satrma-satr birlashtirish va progressiv yoyish bilan uni oddiy tasvir kabi qayta ishlash usuli. " Kadrning tebranishi|"Vertikal yo‘nalishdagi televizion tasvirda paydo bo‘ladigan fazaviy titrash. " Kafolat|"Xavfsizlik siyosatini o‘tkazishning to‘g‘riligi va batartibligiga nisbatan arxitektura va tizim xavfsizligini ta’minlash vositalariga ishonch o‘lchovi. " Kafolatlangan xizmat ko‘rsatish zonasi|"Har qanday tashqi omillar ta’siriga qaramay, turg‘un aloqa ta’minlanadigan xizmat ko‘rsatish zonasi. " Kafolatlangan yo‘nalganlik diagrammasi|"Real yo‘nalganlik diagrammasi yaproqlari cho‘qqi qiymatlarining og‘ib o‘tuvchisi. Izoh – Kafolatlangan yo‘nalganlik diagrammasi darajasining 3 dB dan ko‘p bo‘lmagan va real yo‘nalganlik diagrammasi yon yaproqlari piklarining 10 foizidan ko‘p bo‘lmagan oshishiga yo‘l qo‘yiladi. " Kalibrlash|"Audio- yoki video qurilmalarning to‘g‘ri ishlashini ta’minlash maqsadida, ularni aniq sozlash. " Kalit, kod|"Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimidagi kalit. Baza faylida xabarni identifikatsiya qilish va unga tez kira olishni ta’minlash uchun ishlatiladigan belgilar ketma-ketligi. " Kalit oqimi|"Ikkining moduli bo‘yicha bitma-bit jamlash yordamida o‘zgartiriladigan ochiq xabarga qo‘yiladigan uzun psevdotasodifiy ketma-ketlik. " Kalit oqimi generatori|"Oqimli kriptotizimlar uchun kalit oqimini ishlab chiquvchi algoritm. Yo jo‘natuvchi va oluvchi uchlarida bir xil kalit oqimini qayta ishlab chiqish uchun determinallangan, yo tasodifiy bo‘lishi mumkin. Agar generator determinlangan bo‘lsa, u maxfiy kalitga bog‘liq bo‘ladi. Kalit oqimi generatorlari odatda siljish registrlarining kombinatsiyasiga va nochiziqli Bul funksiyalariga asoslanadi. Kalit oqimi generatorlarini tuzishda ko‘pincha, blokli shifrlarni kriptografik qayta tuzishdan, masalan OFB yoki hisoblagichli usuldan foydalaniladi. " Kalit sertifikati|"1. Ochiq kalit, kalit egasining xizmatga oid axboroti, shuningdek ishonchli sertifikatlashtirish markazi (tasdiqlochi markaz) vakolatlangan shaxsining raqamli imzosi bilan tasdiqlangan boshqa xizmatga oid axborotni o‘z ichiga olgan oldindan belgilangan formatdagi maʼlumotlar tuzilmasi (kalitning amal qilish vaqti va vazifasi, foydalanilayotgan kriptografik algoritmlar turi va b.). 2. Ochiq kalitning, uni ishlab chiquvchi shaxsga muvofiqligini tasdiqlovchi raqamli guvohnoma. Eng oddiy shaklda sertifikatlar ochiq kalit va kalit muallifining nomini o‘z ichiga oladi. Bu axborotdan tashqari, sertifikatda sertifikatning amal qilish muddati tugagan sana, sertifikat bergan tashkilot nomi va ayrim boshqa axborot bo‘lishi mumkin. " Kalit so‘z|"1. Dasturlash tillarida – oldindan belgilangan harakat, o‘rnatilgan funksiya yoki operatsiya aniqlanadigan so‘z. 2. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimida – qandaydir yozuvlar yoki hujjatlarni izlash amalga oshiriladigan so‘z. " Kalit tizimi|"1. Kriptografik kalitlarni generatsiya qilish, taqsimlash, ulardan foydalanish, saqlash, almashtirish, yo‘q qilish va tiklash tartibini belgilovchi qoidalar majmui. 2. Axborotning kriptografik muhofaza qilinishini ta’minlashda, kriptografik kalitlar va ulardan foydalanish qoidalarining majmui. " Kalitlar bilan almashish|"1. Obyektlar o‘rtasida, bu obyektlar orasida bog‘lanishni kodlash uchun foydalanilishi kerak bo‘lgan ochiq kalitlarni almashinish. 2. Odatda ikki tomon keyinchalik shifrlangan axborot bilan almashish uchun kriptotizim kalitlari bilan almashadigan jarayon. " Kalitlar generatsiyasi|"Kriptografik kalitlarni generatsiyalash jarayoni. Kirxgoff qoidasiga muvofiq, kriptografik algoritmning o‘zgarmasligi kalitning maxfiyligiga asoslanadi, shuning uchun kalitlar generatsiyasi juda muhim jarayon hisoblanadi, uni bajarish uchun turli usullardan, masalan, tasodifiy va psevdotasodifiy ketma-ketlikdagi generatorlardan foydalaniladi. " Kalitlarni autentifikatsiya qilish va tanlash to‘g‘risida bitim|"3G tarmoqlarida ikki tomonlama autentifikasiya qilish protsedurasi, bunda uzatuvchi tomonda autentifikatsion vektor shakllanadi va qabul qiluvchi tomon bilan kelishiladi. Agar kelishuvga erishilsa, shifrlash kalitini hisoblash amalga oshiriladi, aks holda, so‘rov bekor qilinadi. " Kalitlarni boshqarish|"1. Kalitlarning muhofazalangan generatsiyalanishi, taqsimlanishi, saqlanishi va yo‘q qilinishini ta’minlovchi tadbirlar va protseduralarning majmui. 2. Kalitlarning to‘liq yashash sikli davomida bajariladigan, kriptografik kalitlarni va xavfsizlik (masalan, initsializatsiya qilish vektorlari va parollar) bilan bog‘liq boshqa parametrlarini boshqarishni, shuningdek ularni generatsiyalash, saqlash, o‘rnatish, kiritish, chiqarish va nollashni o‘z ichiga olgan harakatlar. 3. Xavfsizlik siyosatiga muvofiq, kalitlarni generatsiyalash, saqlash, taqsimlash, chiqarib tashlash, hisobga olish va qo‘llash. " Kalitlarni boshqarish tizimi|"Kalit tizimining, putur yetkazilgan (obro‘sizlantirilgan) kalitlardan foydalanish, ularni almashtirish, saqlash va arxivlash, zaxira nusxa ko‘chirish, tiklash, muomaladan chiqarib tashlash, shuningdek, eski kalitlarni yo‘q qilish tartibini belgilovchi tarkibiy qismi. " Kalitlarni oldindan taqsimlash sxemasi|"Boshlang‘ich kalit axborotni taqsimlash va kalitlarni shakllantirish algoritmlarining majmui. " Kalitlarni ochiq taqsimlash|"1. Muhofazalanmagan telekommunikatsiyalar kanallari bo‘yicha kriptografik kalitlarni taqsimlash mexanizmi. 2. Ikkita abonentga, oldindan taqsimlanadigan qandaydir umumiy maxfiy axborotni uzatmasdan turib, ochiq telekommunikatsiyalar kanali orqali xabarlarni almashinish yo‘li bilan, umumiy maxfiy kalit ishlab chiqish imkonini beradigan protokol. " Kalitlarni saqlash uchun topshirish|"Kriptografik kalitlarni ikki qismga ajratib, kalitlarni saqlash uchun topshirish jarayoni, ularning har biri shifrlanadi va kalit komponentlari, amal qilish muddati davomida ishonchli saqlashni ta’minlovchi ishonchli hukumat tashkilotlariga saqlash uchun topshiriladi. Bu komponentlar milliy xavfsizlik uchun javobgar xizmatlarga noyob kalitlarni tiklash va xabarlarni rasshifrovka qilish imkonini beradi. " Kalitlarni sertifikatlash markazi|"Muhofazalangan bog‘lanishga bo‘lgan har bir so‘rovda abonent-respondent kalitiga murojaat qilinishini talab etmaydigan mexanizm. " Kalitlarni taqsimlash|"1. Kalitlarni boshqarishning asosiy mexanizmlaridan biri. Turli xil usullar orqali amalga oshirilishi mumkin. Simmetrik kriptotizimlar uchun abonentlarga kalitlarni yetkazib berishning quyidagi variantlari mavjud: – muhofazalangan kanallar bo‘ylab, masalan feldyegerlik xizmati yordamida; – turli kanallar bo‘ylab qismlarga bo‘lib; – kalitlarni taqsimlash markazi orqali. Asimmetrik kriptotizimlar uchun kalitlarni ochiq taqsimlash mexanizmidan foydalanish mumkin. 2. Kriptografik kalitlarni generatsiyalash, foydalanuvchilarga yuborish, saqlash va bekor qilish tartibini belgilovchi qoidalar majmui. " Kalitlarni taqsimlash markazi|"1. Simmetrik kriptotizimlarda maxfiy kalitlarni taqsimlash imkonini beradigan mexanizm. 2. Ishonch bildirilgan shaxslarga vaqtinchalik seans kalitlarini berish vakolatiga ega tizim. Izoh – Har bir seans kaliti shifrlangan ko‘rinishda topshiriladi, buning uchun ma’lumotlar beriladigan ishonch bildirilgan shaxs bilan birgalikda kalitlarni taqsimlash markazi tomonidan qo‘llaniladigan asosiy kalitdan foydalaniladi. 3. Ishtirokchilar (protokolning ishtirokchilari) o‘rtasida simmetrik shifrtizimlardagi yoki asimmetrik shifrtizimlardagi maxfiy kalitlarni taqsimlovchi ishonch markazi. " Kalitlarni taqsimlash protokoli|"1. Bajarilishi natijasida birgalikda ishlaydigan tomonlar (foydalanuvchilar, foydalanuvchilar guruhi) kriptografik tizim ishlashi uchun zarur bo‘lgan kalitlarni oladigan protokol. 2. Foydalanuvchilar tomonidan kriptografik tizim ishlashi uchun zarur bo‘lgan kalitlarni olish protokoli. Kalitlarni taqsimlash protokolining quyidagi turlari farqlanadi: (generatsiyalangan) kalitlarni uzatish protokollari; umumiy kalitni ishlab chiqish protokollari (kalitlarni ochiq taqsimlash); kalitlarni dastlabki taqsimlash sxemalari. " Kalitlarni tarqatish xizmati|"Kalitlarni vakolatli obyektlarga xavfsiz tarqatish xizmati. Kalitlarni tarqatish markazi tomonidan bajariladi. " Kalitlarni tez yangilash|"Kalitli axborotni ochishdan muhofaza qilish usuli, unga ko‘ra, har bir yangi aloqa seansida kalitlar yangilanadi, bunda kalitlarning hech qaysisi takroran ishlatilmaydi. " Kalitlarni o‘rnatish tizimi|"1. Kalitlarni generatsiyalash, taqsimlash, uzatish va tekshirish algoritmlari va protseduralarini belgilovchi kalit tizimining kichik tizimi. 2. Kalit tizimining, kalitlarni generatsiyalash, taqsimlash, berish va tekshirish algoritmlari hamda protseduralarini belgilovchi tarkibiy qismi. " Kalitlarning hayotiy sikli|"Kalitlar generatsiya vaqtidan yo‘q qilish vaqtigacha o‘tadigan bosqichlar ketma-ketligi. " Kalitni ochib ko‘rsatish|"Shifrlash kalitidan raundli kalitlar ketma-ketligini ishlab chiqish protsedurasi. Odatda, raundli kalitlarning jami hajmi shifrlash kalitining o‘lchamidan ancha ko‘p bo‘ladi. " Kalitning amal qilish davri|"Vaqt intervali, uning mobaynida kriptografik kalit almashtirilmasdan, zarur muhofazalanganlik kafolatlanadi. " Kalkulyator|"Hisob-kitoblarni bajarishga yordam beradigan ko‘pgina operatsion tizimlarning maxsus, ichki qurilgan dasturi. Ikki xil ko‘rinishi mavjud – oddiy va injenerlik uchun. " Kallak|"Maʼlumotlarni diskdan o‘qish va unga ёзиш komponenti. Dastlabki diskdan o‘qish va unga ёзиш kallaklari ferritdan yasalgan edi. So‘ngra ular o‘rniga juda yupqa metall qatlamli tuzilmali kompozit moddalardan yasalgan kallaklar ishlatila boshladi. Yupqa plyonkali kallaklarga o‘tish ularning o‘lchamlarini ancha kichraytirishga imkon berdi. Maʼlumotlarni diskda yuqori zichlikda ёзиш uchun ishlab chiqilgan magnit rezistiv kallaklar haqiqiy inqilob bo‘ldi. " Kam harakatli tasvirga ega televideniye|"Tiklanadigan tasvir va shu tasvirning yoki yangi tasvirning o‘zgartirilgan versiyasini qayta tiklash o‘rtasidagi vaqt intervali, tasvirlar ketma-ketligining tarkibiy qismi, odatda, kadrlarning oddiy davridan qisman oshadigan televideniye. " Kam shovqinli konvertor|"Tarkibida kam shovqinli kuchaytirgichi va L-diapazonda yuqori oraliq chastotali (OCh) o‘zgartirgichi bo‘lgan yo‘ldoshli aloqa (yo‘ldoshli televideniyeni qabul qilish) stansiyasining kam shovqinli kirish qurilmasi. " Kam shovqinli kuchaytirgich|"Yo‘ldoshli aloqa liniyasining qabul qilish qurilmasi kirishidagi kichik xususiy shovqinli dastlabki kuchaytirgich. " Kamayib borish bo‘yicha saralash|"Ma’lumotlarni katta qiymatlardan kichik qiymatlarga tomon masalan, sanalarni ‒ hozirgisidan oldingi sana tomon, matnli ma’lumotlarni ‒ alifbo tartibiga teskari tartibda qo‘yish. " Kamera|"Yorug‘likka sezgir moddalarda predmetlarning tasvirini olishga mo‘ljallangan qurilma. Eslab qolinadigan signalning turiga qarab kameralar analog va raqamli turlarga bo‘linadi. " Kamerali kanal|"Televizion kamera bilan bog‘liq, sinxrogenerator, kuchaytirgich, kamerani boshqarish bloki va to‘liq videosignalni paydo qilishga imkon beradigan tuzatadigan qurilmalarni o‘z ichiga olgan uskunalarning jami. " Kanal|"1. Axborotni uzatish marshruti. 2. Telekommunikatsiyalar tizimining, manba va xabarlar qabul qilgichni o‘zaro bog‘lovchi qismi. " Kanal bo‘yicha kodlash|"1. Telekommunikatsiyalar kanali orqali ishonchli uzatishni ta’minlash uchun, xatolarni aniqlovchi kodlardan yoki xatolarni tuzatuvchi kodlardan foydalanish. 2. Shifrlangan xabarlarni uzatish usuli, bunda har bir xabar deshifrovka qilinadi va uni qayta jo‘natishning har bir bosqichidan so‘ng yana qayta kodlanadi. 3. Raqamli signalni uzatish kanali xarakteristikalari bilan muvofiqlashtirilgan signalga aylantirish uchun raqamli kodlash. Izohlar 1. Kanalli kodlashda, ayrim ortiqchalik atayin kiritilishi mumkin, masalan, xatolardan himoya qilish uchun. 2. «Liniyani kodlash» atamasi kabelli uzatishda ham xuddi shu ma’noga ega, lekin, odatda, xatolardan himoya qilishni o‘z ichiga olmaydi. " Kanal darajasi (ma’lumotlar bo‘g‘ini darajasi)|"Tarmoq elementlari o‘rtasida ma’lumotlar uzatish darajasida aloqani tashkil qilish, qo‘llab-quvvatlash va uzilishlarni ta’minlaydigan OSI modelining ikkinchi sathi. Paketlarni qabul qilish va uzatish, deytagramma darajasidagi servis, lokal manzillash va xatolarni nazorat qilish uchun javob beradi. " Kanal hosil qiluvchi apparatura|"Alohida kanallar signallarining guruhli signallarga birlashtirilishini ta’minlaydigan apparatura. Kanallar chastotaviy bo‘linadigan tizimlarda ko‘p kanalli signal kanallarni chastota bo‘yicha transponirlash hisobiga hosil qilinadi. " Kanal intervali|"Siklda muayyan o‘rinni egallovchi va kanallarni vaqt bo‘yicha ajratish usuli bilan olingan bitta kanal uchun mo‘ljallangan vaqt intervali. " Kanal sathi protokoli|"Muhitga kira olishni boshqarish (MAC - sathidagi) va OSI yetti sathli modelining fizik (PHY) sathidagi simsiz tarmoqlarni tashkil qilish tartibini belgilaydigan protokol. " Kanal chegarasi|"Kanal polosa kengligi bilan ajratilgan E-UTRA eltuvchining quyi va yuqori chastotalari. " Kanaldan muvozanatli foydalana olish tartiboti|"X.25 protokoli asosidagi paketlar kommutatsiyalanadigan tarmoqlarda foydalaniladigan kanal pog‘onasidagi tartibot. Foydalanuvchi uskunasi va tarmoq kommutatori o‘rtasida maʼlumotlar almashinuvining simmetrik rejimini tashkil qilish imkonini beradi. Ishlash jarayonida xatolarning nazorat qilinishi va uzatiladigan maʼlumotlarning yaxlitligi taʼminlanadi. " Kanalga xizmat ko‘rsatish moduli|"Tashqi telefon tarmog‘idan mijoz territoriyasiga signal o‘tkazadigan dastlabki moslama. CSU telefon tarmog‘ining to‘g‘ri yakunlanishini, uning kelishuvi va xatosini, bundan tashqari qurilma nosozligini qidirganda shleyf orqali liniya tekshiruvini ta’minlaydi. " Kanallar adapteri|"Televizion kanalda eltuvchilar tarqoqligini va ularning chastota spektridagi holatini o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan qurilma. " Kanallar kommutatsiyasi|"1. Paketlarni uzatish uchun foydalaniladigan ikki xost o‘rtasida ajratilgan kommunikatsiya yo‘li tashkil etiladigan kommunikatsiya modeli. Yo‘l faqat uzatish vaqtida mavjud bo‘ladi, uzatish tugagandan so‘ng yo‘l yopiladi. Ulanish yopilgach undan boshqa xostlar foydalanishi mumkin. 2. Foydalanuvchilar o‘rtasida aniq hajmdagi xabarlarni uzatish uchun zarur vaqt talab etiladigan kanallarning ketma-ket bog‘lanishini ta’minlaydigan stansiyalar va uzellardagi operatsiyalar majmui. 3. Jo‘natuvchi va oluvchi o‘rtasida ulanish davomida ajratilgan fizik aloqa kanali mavjud bo‘ladigan kommutatsiya tizimi. Telefon tarmog‘ida keng qo‘llaniladi. " Kanallar kommutatsiyasining mobil markazi|"Radiotarmoqning kommutatsiya markazi bo‘lib, barcha chaqiruvlarni nazorat qiladi, umuman tizim ishini boshqaradi. " Kanallar puli|"Umumiy pulga birlashtirilgan bitta yoki bir nechta tayanch stansiyaga mansub bo‘lgan ishchi kanallar guruhi. " Kanallardagi qutblanish nosozligini xotirada saqlab qolish|"Har bir kanal uchun dasturlarni qayta ulashdan so‘ng avtomatik tarzda almashtirish orqali qutblanish burchagini moslash mumkinligi. " Kanallarni fazoviy ajratish bilan ko‘p stansion foydalana olish|"Butun xizmat ko‘rsatish zonasi ko‘plab mayda hududlarga bo‘linadigan va ularning har biri alohida nur bilan qamrab olinadigan foydalana olish usuli. Izoh − Turli zonalarda ishlab turgan abonentlar o‘rtasidagi aloqa nurlararo kommutatsiya hisobiga amalga oshiriladi. " Kanallarni fazoviy-kodli ajratish bilan ko‘p stansion foydalana olish|"Kanallarni fazoviy ajratishga asoslangan gibrid foydalana olish usuli, unda qo‘shni nurlarda turli kodli ketma-ketliklar ishlatiladi. Izoh − Bunday foydalana olish usulida turli nurlar signallari o‘rtasidagi kerakli bo‘shalish ular hatto ustma-ust tushganida ham amalga oshadi. " Kanallarni kod bo‘yicha ajratish bilan ko‘p stansion foydalana olish texnologiyasi|"Kengaytirilgan spektrli signallardan foydalanishga asoslangan kodli foydalana olish texnologiyasi. Bunda, odatda, o‘zaro «yaxshi» korrelyatsiyalanish xossalariga ega bo‘lgan kodli psevdotasodifiy ketma-ketlik (PTK) lar negizida tashkil etilgan fazaviy manipulyatsiyalangan signallar qo‘llaniladi. Turli psevdotasodifiy ketma-ketliklardan foydalanish CDMA tizimi abonentlariga chastotalarning umumiy polosasida ishlash va har qanday kanaldan foydalanish imkonini beradi. CDMA texnologiyasining asosiy ustunliklariga: signalni o‘ramga aylantirish jarayonida oddiy shovqinga transformatsiyalanadigan tor polosali xalaqitlarga nisbatan yuqori xalaqitga chidamlilik, radioto‘lqinlar ko‘p nurli tarqaladigan kanallarda yuqori spektral samaradorlik, abonent bir zonadan boshqasiga ko‘chib o‘tganida kanallarni ohista almashlab ulash (xendover) kiradi. Tarmoqdagi barcha tayanch stansiyalar bitta chastotada ishlaydi, shuning uchun chastotaviy rejalashtirish zarurati yo‘q. Abonent stansiyalari quvvatlarining sochilishiga bo‘lgan yuqori sezgirlik va tayanch stansiyalarni sinxronlash zarurati (IS-95 standarti) – CDMA texnologiyasini joriy etishdagi asosiy qiyinchiliklardir. " Kanallarni kod bo‘yicha ajratish hamda vaqt bo‘yicha psevdotasodifiy qayta sozlash bilan ko‘p stansion foydalana olish|"Gibrid foydalana olish texnologiyasi, unda axborot vaqtda siqiladi va shovqinsimon signallardan foydalanilgan holda uzatiladi. " Kanallarni kod bo‘yicha ajratish texnologiyasi|"Bitta eltuvchi chastotadan kanallarni ajratish usuli, bunda turli kanallarning signallari foydalaniladigan kodli (odatda, psevdotasodifiy) ketma-ketlik turlari bo‘yicha farqlanishi talab qilinadi. " Kanallarni kod-vaqt bo‘yicha ajratish bilan ko‘p stansion foydalana olish|"1. Gibrid foydalana olish texnologiyasi, bunda vaqt kadri kanalli intervallar (KI)ga bo‘linadi, uzatiluvchi ma’lumotlar bloki esa, uch parametr – chastota, vaqt hamda kod bilan tavsiflanadi. Izoh − «Bitta abonent – bitta KI» yoki «ikkita abonent – bitta KI» (yarim tezlikli kanallar uchun) prinsipi amalga oshiriladigan klassik TDMA texnologiyasidan farqli ravishda, TD-CDMA ning bitta vaqt intervalida kengaytirilgan spektrli bir necha CDMA-signallarning uzatilishi ta’minlanadi. 2. (TDD) vaqt dupleksidan foydalaniladigan WCDMA tizimlarning ishlash rejimlaridan biri. " Kanallarni kodli ajratish bilan ko‘p stansion foydalana olish|"cdmOne, CDMA2000 va WCDMA radiointerfeyslari uchun mo‘ljallangan ko‘p stansion kira olish texnologiyasi. Bunda har bir abonent umumiy chastotalar polosasida tarmoqqa kirish uchun o‘ziga xos kodli ketma-ketlikdan foydalanadi. " Kanallarni kodli ajratish bilan ko‘plab kira olish|"Tarmoqda bir turdagi chastotalardan ko‘p marta foydalanadigan uyali aloqaning raqamli tizimi (radiochastotali resursdan samarali foydalaniladi). Izoh – Nurlanuvchi quvvat va shovqinlar darajasining bir vaqtda pasayishida yuqori sig‘imni va nutqning yuqori sifatini ta’minlaydigan uyali aloqa tizimi. " Kanallarni kommutatsiya qilish bilan uzatish rejimi|"Uzatish va kommutatsiya qilish funksiyalari bog‘lanishlar o‘rtasidagi kanallar yoki chastotalar polosasini doimiy biriktirish yo‘li bilan amalga oshiriladigan axborotni ko‘chirish rejimi. " Kanallarni kommutatsiyalash usuli|"Uzatish kanallari butun bog‘lanish vaqtiga ajratiladigan kommutatsiyalash usuli. Izoh − 2G simsiz tarmoq va an’anaviy telefon tarmog‘i kanallarni kommutatsiyalash usulidan foydalanib qurilgan tarmoqlarga misoldir. Bu usul ma’lumotlar uzatish uchun, paketlarni kommutatsiyalash usuliga qaraganda, kam samarali. " Kanallarni ko‘p tezlikli kommutatsiyalash|"Kanallarni 64 Kbit/sekund tezlikka karrali, yaʼni, n*64 Kbit/sekund bo‘lgan tezliklar bilan sinxron kommutatsiya usuli. Bu yerda n – butun son. " Kanallarni majburiy ravishda o‘zlashtirib olish bilan taqsimlash|"Kanallarni taqsimlash protsedurasi, bunda ortiqcha trafik paydo bo‘lgan uyalar (yacheykalar)ning ishchi kanallari soni, nisbatan kamroq trafikli yacheykalardan o‘zlashtirish hisobiga ko‘paytiriladi. Protsedura avtomatik ravishda bajariladi. " Kanallarni skanlash|"Aloqa kanallari holatini, ularning axborotni uzatishga yaroqliligi nuqtai nazaridan, tekshirish tartiboti. Bunda, odatda, qabul qilgichning kirishida mavjud bo‘lgan shovqinlar darajasi o‘lchanadi yoki joriy signal/xalaqit nisbati aniqlanadi. " Kanallarni vaqt bo‘yicha ajratish|"Vaqtni ajratish (kanallarni vaqt bo‘yicha zichlash) bilan multipleksorlash. " Kanallarni chastota bo‘yicha ajratish bilan ko‘plab/ko‘p stansion foydalana olish|"1. Spektrdan foydalana olish usuli, bunda bir yoki bir nechta chastota polosasi bitta abonentga taqsimlanadi, turli abonentlar turli chastota polosalaridan foydalanadilar. Biroq, abonentlar TDMA, CDMA yoki SDMA foydalana olish usullarini qo‘llagan holda, spektrdan birgalikda foydalanishlari mumkin. FDMA ning xususiyati shundaki, apparat amalga oshirish (ko‘rinish)da filtrlarga qo‘yiladigan talab TDMA yoki CDMAga qaraganda yuqoriroq, lekin vaqt bo‘yicha sinxronizatsiyaga qo‘yiladigan talab TDMA yoki CDMA uchun bo‘lganiga qaraganda pastroq. Bundan tashqari, chastota bo‘yicha filtratsiya tufayli, CDMA da yaqqol namoyon bo‘ladigan «yaqin−uzoq» muammosi FDMA da unchalik sezilarli emas. 2. Ajratilgan chastotalar diapazonining barchasi, har birining o‘rtasida himoyaviy chastota oraliqlari mavjud bo‘lgan bir-birini qoplamaydigan tor polosalarga ajratiladigan foydalana olish usuli. FDMA asosida aloqani tashkil etishda har bir abonentga alohida kanal ajratiladi, ular orqali signallar o‘z eltuvchi chastotalarida uzatiladi. Foydalana olishning bunday usuli abonentlar soni kam, kanallarning yuklanishi past bo‘lganida kam samaralidir. " Kanallarning adaptiv taqsimlanishi|"Tizim chastota resursining uyalar o‘rtasida, ularning kutilgan yoki haqiqiy yuklanishiga mos ravishda taqsimlanishi. Izoh − Kanallarni adaptiv tayinlash algoritmlari eng intensiv trafikli uyalarning o‘ta yuklanib ketishining oldini olish va shuning hisobiga butun mobil aloqa tizimining samaradorligini oshirish imkonini beradi. " Kanallarning dinamik ko‘rsatgichi|"Televizorlardagi funksiya, u aktivlashganda ayni vaqtda ko‘rilayotgan telekanaldagi tasvir markazga suriladi, uning atrofida tasvirni har sekundda yangilagan holda, boshqa 12 ta kanalni uzatuvchi 12 ta kichik darcha paydo bo‘ladi. " Kanallarning dinamik taqsimlanishi|"Xalaqitlardan xoli kanallarni tanlash maqsadida, ishchi chastotalarning muayyan to‘plamini davriy skanlashga asoslangan kanallarni tayinlash usuli. " Kanallarning qayd etilgan taqsimoti (uyali aloqada)|"Chastota-hududiy rejalashga asoslangan kanallarni taqsimlash usuli, bunda har bir uyaga (yacheykaga) yetarlicha uzoq vaqtga aniq miqdorda eltuvchilar ajratiladi. Ajratilgan eltuvchilar soni, odatda trafikning zichligi va yacheykaning o‘lchamlariga bog‘liq bo‘ladi. " Kanalli shifrlash|"Telekommunikatsiya vositalari orqali uzatilayotgan axborotni kriptografik usullar bilan muhofazalash. Shifrlash, aloqa kanalining ikkita uzeli (yuboruvchidan qabul qiluvchigacha yo‘lda oraliq shifrlash ham bo‘lishi mumkin) or‘tasida amalga oshiriladi. " Kanalni egallash|"Maʼlumotlarni uzatish uchun kanalni band qilish maqsadida so‘rov uzatishga urinish. Aniq vaziyatga bog‘liq tarzda, bunday urinish muvaffaqiyatli, muvaffaqiyatsiz va to‘qnashuvga olib keluvchi bo‘lishi mumkin. " Kanalning ishonchliligi|"Kanal aloqa uchun yaroqli bo‘lgan vaqt ulushi. " Kanalning tayyorlik vaqti|"Aloqa kanalining sifat ko‘rsatgichi. Test signali davomiyligi va xatolar bilan qabul qilingan sekundli intervallar soni o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Aloqa kanalining tayyorligi odatda, foizlarda ifodalanadi. " Kandela|"Yorug‘lik kuchining birligi; SI tizimining asosiy birligi. Kandela parametrlari aniq belgilangan manbaning berilgan yo‘nalishdagi yorug‘lik kuchiga teng. " Kapalaksimon antenna|"Yassi o‘tuvchi sirtning markaziy o‘qi bo‘yicha teshilgan, nurlanish to‘lqinining uzunligiga teng kenglikdagi bo‘ylama tirqishi bo‘lgan tirqishli nur tarqatgich. " Kaptcha|"Tyuringning kompyuterlar va insonlarni farqlash uchun to‘liq avtomatlashtirilgan ochiq sinovi. Tizim foydalanuvchisi inson yoki kompyuter ekanligini aniqlash uchun qo‘llaniladigan kompyuter sinovi. Karnegi-Mellon universitetining savdo markasi. Atama 2000-yilda paydo bo‘lgan. Sinovning asosiy g‘oyasi: foydalanuvchilarga inson yecha oladigan biroq kompyuter yechishni o‘rganishi ancha qiyin bo‘lgan vazifani taqdim etish. Odatda bu belgilarni aniqlash vazifalari. Kaptcha ko‘pincha internet-servislarning botlar tomonidan foydalanilishining oldini olish maqsadida qo‘llaniladi, jumladan, xabarlarning avtomatik jo‘natilishi, ro‘yxatdan o‘tish, fayllarni yuklash, spamni jo‘natish va h.k. " Kardano panjarasi|"Almashtirib qo‘yish shifrini amalga oshiruvchi kriptografik tizim. O‘zida, yacheykalarning to‘rtdan biri to‘rt burilishda barcha jadvalni qamrab oladigan tarzda kesilgan kvadrat jadval (panjara)ni aks ettiradi. Ochiq matn 90° ga buriladigan panjaraning kesilgan yacheykalariga yoziladi, shu bilan yangi, to‘ldirilmagan yacheykalar ochiladi. " Karder|"Plastik kartalar bilan bog‘liq qalbaki ishlar bilan shug‘ullanuvchi firibgar («virtual o‘g‘ri»). " Karding|"Tovar yoki xizmatlarga tegishli bo‘lmagan (o‘g‘irlangan) kredit karta orqali to‘lovni amalga oshirish. Odatda, kredit kartaning egasi bundan bexabar bo‘ladi. " Kardrider|"Xotira kartalari-flesh-kartalarni o‘qish va yozish. " Karetkani orqaga qaytarish|"Karetkani qaytarish operatsiyasini belgilaydigan ASCII boshqaruv simvoli, ya’ni matn belgilari chiqaradigan qurilmada karetkani varaqning chap tomoniga va keyingi satrga o‘tkazilishi. " Karnay|"Shaxsiy kompyuterning dinamik qurilmasi, akustik kolonka. " Karta, perfokarta|"Mashinada qayta ishlanadigan alohida sifatdagi qog‘ozdan qilinadigan axborot tashuvchi. " Karta to‘g‘risidagi axborot bloki|"PC Card da ma’lumotlarni shakllantirish, formati va talab qilinadigan resurslar to‘g‘risidagi axborotni ichiga olgan ma’lumotlar tuzilmasi. " Kartografik axborot|"1. Kartografik asarlar to‘g‘risida maʼlumotlar. 2. Kartografik asarlar shaklida ifodalangan axborot. 3. Kartografik asarlarni yaratishda va yangilashda ishlatiladigan axborot. " Kartografik kommunikatsiya|"Kartografik axborotni xarita yaratuvchidan foydalanuvchiga uzatish. Buning ustiga xaritaning o‘zi o‘ziga xos aloqa kanali sifatida ham talqin qilinadi. " Kartografik maʼlumotlar banki|"Raqamli kartografik maʼlumotlarni saqlash, qayta ishlash va ishlatishning texnik, dasturiy, axborot va tashkiliy vositalari majmui. Uning tarkibiga bitta yoki bir nechta predmet (mavzu) sohasidagi kartografik maʼlumotlar bazalari, maʼlumotlar bazasining boshqarish tizimi hamda so‘rovlar va amaliy dasturlar kutubxonasi kiradi. " Kartografik maʼlumotlar bazasi|"Biror bir predmet (mavzu) sohasi bo‘yicha o‘zaro bog‘liq kartografik maʼlumotlar majmui. U raqamli shaklda (shu jumladan kartografik maʼlumotlar bazasi shaklida) maʼlumotlar ifodalash, saqlash va joyini o‘zgartirishga oid umumiy qoidalarga mos ravishda berilgan. Kartografik maʼlumotlar bazasiga ko‘pgina foydalanuvchilar kira olishlari mumkin. U amaliy dasturlar paketiga bog‘liq bo‘lmay, maʼlumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) tomonidan boshqariladi. " Kartochka|"Ma’lumotlar va ularni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan vizual interfeysning majmui. " Kartochkali operatsion tizim|"Mikroprotsessorli kartochkalar uchun mo‘ljallangan operatsion tizim. " Kartrij|"Qurilmaning almashtiriladigan qismi. Odatda, bu, printer uchun bo‘yaydigan tasma, lazer printerlar yoki ko‘paytiruvchi apparatlar uchun toner, purkagichli printerlar uchun siyoh saqlanadigan kasseta. " Kasr chizig‘i|"Bo‘lish operatsiyasini anglatuvchi simvol. " Kassegren antennasi|"Parabola ko‘rinishidagi asosiy ko‘zguga va antenna fokusida joylashtirilgan aylanish giperboloidi shaklidagi kichik profillangan ko‘zguga ega ikki ko‘zguli antenna. Izoh − Antennada, asosiy va yordamchi ko‘zgular yuzasining profillarini tanlash hisobiga, asosiy ko‘zguning yanada samarali nurlanishi ta’minlanadi va yon yaproqlarning darajasini pasaytirishga erishiladi. " Katalog|"1. Ma’lumotlarni qayta ishlash va ularni saqlashning tashkil qilinishi orqali ta’minlanadigan, ma’lumotlar ko‘pligi tavsiflarining majmui. 2. Obyektning matnli nomi bo‘yicha izlab topilishini ta’minlaydigan ma’lumotlar tuzilmasi. " Katalog elementi|"Papkada yoki diskning tub katalogida saqlanadigan, diskda saqlanadigan diskret obyektni (odatda, fayl yoki papkani) tavsiflaydigan axborot. Katalog elementi obyektning nomi, joylashgan yeri, o‘lchami va maxsus fayl atributlari kabi axborotni ichiga oladi. Har bir fayl va papka diskda tegishli katalog elementiga ega. Nomlari uzun fayllar joylashtirish uchun bittadan ortiq katalog elementini talab qilishi mumkin. " Katalog serveri|"Mijoz nomidan katalog maʼlumotlarini qo‘shishi, yo‘q qilishi, o‘zgartirishi va izlashi mumkin bo‘lgan server. " Katalogdan foydalana olish protokoli|"Mijozlar va X.500 serverlari o‘rtasida almashinuvni boshqaradigan protokol. " Kataloglar xizmati|"Ma’lumotlarni saqlash uchun kataloglar to‘g‘risida vositalarni taqdim etadigan va bu ma’lumotlardan foydalanuvchilar va tarmoq administratorlari foydalana olishlarini ta’minlaydigan xizmat. " Katod nurlari|"Magnit maydonini yuzaga keltiruvchi, magnit va elektromagnit maydonlarida og‘uvchi, vakuumdagi elektron dasta. " Katta hajmdagi maʼlumotlar|"1. Odam tomonidan idrok qilinadigan, uzluksiz o‘sish, hisoblash tarmog‘ining ko‘p sonli uzellar bo‘ylab taqsimlash sharoitida samarali natijalarni olish uchun, katta hajmdagi turli-tuman tuzilmlashtirilgan va tizimlashtirilmagan maʼlumotlarni qayta ishlash usullari, vositalari, yondashuvlari turkumi. 2. Katta hajmi va o‘zgarishlarning tezligi bilan tavsiflanadigan (shu jumladan haqiqiy vaqt rejimida) tuzilmlashtirilgan va tizimlashtirilmagan axborot massivlarini to‘plash, qayta ishlash va saqlash texnologiyalari, bu maxsus vositalar va ular bilan ishlash usullarini talab qiladi. " Katta harflar|"Yuqori registr harflari to‘plami. " Katta ikkilik obyekt|"Ba’zi dasturlash tillaridagi va ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimidagi, ixtiyoriy ikkilik axborotni saqlash uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar turi. " Katta (ikkilik) razryad, katta ahamiyatli bit|"Kodli so‘z doirasidagi eng katta ahamiyatga ega bo‘lgan ikkilik razryadi. " «Katta portlash» testlash usuli|"Kompleks testlash, bunda dasturiy elementlar, apparat elementlar yoki ularning har ikkisi bir vaqtda tizimga birlashtiriladi va bosqichma-bosqich emas, balki bir butun yaxlit sifatida testlanadi. " Katta simvolli obyekt|"Katta matnli obyektlarni saqlash uchun mo‘ljallangan maydon turi. " Katta tezlikka ega bo‘lgan ketma-ket shina|"Kuchli serverlardagi SCSI texnologiyasini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan FC-AL optik-tolali interfeysga ega texnologiya. Uzatishning bazaviy tezligi 100 (200-800) Mbit/s bo‘lgan, ikki portli, avtomatik konfiguratsiya qilinadigan qurilmalarning «қайноқ» almashinuvi. Qurilmalar o‘rtasidagi masofa 10 km gacha yetishi mumkin. " Katta vaqt mobaynidagi buzilishlar|"Tasvirning, namoyon bo‘lishi bir nechta kadr mobaynida sezilishi mumkin bo’lgan, buzilishlari. " Kattalashtirish|"Grafik redaktorlarda – tasvir masshtabini yoki tasvir bir qismini kattalashtirish. " Kattalik|"O‘z nomi yoki qiymati bilan yoki ham unisi, ham bunisi bilan belgilanadigan ma’lumotlar elementi. Xotiraning bir qismi, nom (identifikator) va xotirada saqlanadigan qiymat bilan beriladi. " Kaziski usuli|"Shifrmatndagi bir xil so‘zlarni aniqlash yordamida ko‘p alifboli kriptotizim davrini hisoblash imkonini beruvchi kriptotahlil usuli. Agar ko‘p alifboli kriptotizim davri ma’lum bo‘lsa, kriptotahlil bir alifboli tizimlar kriptotahliliga keltiriladi. " Kegl|"Spetsifik shriftdagi simvollar to‘plami nuqtasining o‘lchami. " Keladigan telefon yuklama|"Kelayotgan har bir chaqiruvga band bo‘lmagan chiqish bilan darhol bog‘lanish taqdim qilingan holda, qarab chiqiladigan vaqt intervali ichida keladigan barcha chaqiruvlarga xizmat ko‘rsatishning taxmin qilinadigan jami vaqti. " Kelgan telefon chaqiruvi|"Telefon stansiyasida qayd qilingan telefon chaqiruv. " Kelgusi avlod tarmog‘i (KAT)|"Sifati kafolatlangan telekommunikatsiya xizmatlarining cheklanmagan to‘plami taqdim etilishini va foydalanuvchining global mobilligini ta’minlaydigan, xizmatlar/dasturlarni boshqarish funksiyalarini kommutatsiya qilish va uzatish funksiyalaridan ajratish hamda qayd etilgan va mobil tarmoqlarga kira olishning turli texnologiyalaridan foydalanish imkonini beradigan, keng polosali paketli tarmoq asosida qurilgan universal tarmoq. " Kelib tushuvchi yuklama (abonent yuklamasi)|"Tarmoqqa ulangan barcha axborot manbalaridan keluvchi jami trafik; odatda, ma’lum vaqt davri ichida aniqlanadi. Tarmoq orqali o‘tkazilgan umumiy trafikdan farqli o‘laroq, kelib tushuvchi yuklama tarmoqning xizmat axboroti va signalizatsiyani uzatish uchun zarur ichki trafigini hisobga olmaydi. " Kelishish grifi|"Hujjat muallifi hisoblanmaydigan muassasa yoki uning organining hujjat mazmuni bilan roziligini ifodalaydigan rasmiy hujjat rekviziti. " Kelishish varag‘i|"Bitta yoki bir nechta elektron hujjatning haqiqiyligini tasdiqlash uchun mo‘ljallangan hujjat. " Kembrij halqasi|"Halqali topologiyaga ega tadqiqot qilinadigan tarmoq tizimining bir turi. " Keng ekranga panoramali ko‘rsatish|"4:3 kadr formatini, tasvirning minimal buzilishi bilan, 16:9 formatga o‘zgartirish. " Keng eshittirishli kanal|"Uzatilayotgan axborot keng auditoriya tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilinishiga qaratilgan kanal. " Keng eshittirishli tarqatish|"Bir nechta maxsus bo‘lmagan qabul qiluvchilarga yo‘naltirilgan uzatish. Ethernetda tarmoqning barcha uzellarini oluvchi paket turi. Maxsus manzil turi bilan identifikatsiya qilinadi. " Keng eshittirishli vebtranslyatsiya|"Teleradioeshittirishlar dasturlarini Internet tarmog‘i orqali uzatish. " Keng formatli televizor|"Ekran tomonlarining nisbati 16:9 bo‘lgan televizor (oddiy televizorlarda bu nisbat 4:3 ni tashkil etadi). 4:3 nisbatli ekran kengligi balandligiga qaraganda 33 foizga, 16:9 nisbatlida esa 75 foizga katta bo‘ladi. " Keng imkoniyatlarga ega integratsiyalashgan raqamli tarmoqlar|"Ma’lumotlar, ovoz, SMS-xabarlarning birgalikda uzatilishini ta’minlaydigan simsiz tarmoq. Izoh − IDEN «bittada to‘rtta» texnologiyasini o‘zida ifodalaydi: foydalanuvchilar bitta korpusda raqamli uyali telefon, ikki tomonlama radioaloqa, alifbo-raqamli peyjer va faks-modem imkoniyatlari birlashtirilishi tufayli, simsiz aloqaning barcha afzalliklaridan bir vaqtda foydalanishlari mumkin. IDEN TDMA texnologiyasiga asoslanadi va 800 MHz hamda 1,5 GHz chastotalar diapazonida ishlaydi. IDEN 25 kHz polosada 65 Kbit/s uzatish tezligini ta’minlash uchun tovushni siqishdan, VSELP kodekidan va kvadraturali amplitudaviy modulyatsiya texnologiyasidan foydalaniladi. " Keng impuls, yarim satrli impuls|"Odatda, satrlarning ikkilangan chastotasi bilan takrorlanadigan va maydonlarning sinxronlanuvchi impulslarini hosil qiladigan impulslar. " Keng polosali aloqa|"Chastotalarning keng diapazonidan foydalaniladigan aloqa turi. Televizion eshittirish, kabelli televideniye, o‘ta yuqori chastota diapazonidagi aloqa hamda yo‘ldoshli aloqa bunga misol bo‘ladi. " Keng polosali antenna|"Parametrlari chastotalar diapazonining qoplash koeffitsiyenti 1,2-1,5 bo‘lganda qo‘yiladigan talablarga mos keladigan antenna. " Keng polosali kanal|"Ko‘p sonli tor polosali axborot manbalari (nutq, ma’lumotlar, faks), yoki bitta yoki bir nechta yuqori tezlikli manbalardan (videotasvirlar, multimedia ma’lumotlari) bir vaqtda ma’lumotlar uzatilishi ta’minlanishi mumkin bo‘lgan kanal. Misol – DSL liniyalari, kabelli kanallar, WCDMA radiokanallari. " Keng polosali kuchaytirgich (jamoaviy qabul qiluvchi antennalar uchun)|"Chastotalarning barcha diapazonida ishlash uchun loyihalashtirilgan, jamoaviy qabul qiluvchi antennalarda foydalanish mumkin bo‘lgan kuchaytirgich. " Keng polosali signal|"Ishchi diapazon markaziy chastotasining 0,1 foizdan ortiq chastotalar polosasini egallagan signal. Izoh − Masalan, 500 MHz ishchi chastotaga ega bo‘lgan signal, agar uning polosa kengligi 0,5 MHz dan katta bo‘lsa keng polosali signal hisoblanadi. " Keng polosali o‘q|"Quyi eltuvchidagi ranglilik signalining birmuncha kengroq uzatish chastotalari polosasi ko‘zda tutilgan tashkil etuvchisining fazasi. Signalni vektorli taqdim etishda – ranglilikning nozik asosiy rangini ifodalaydigan vektor yo‘nalishi. " Keng yo‘lka|"Nusxa ko‘chirishdan himoya qilish usulining qismi, bunda diskdagi ikki yoki undan ortiq yonma-yon yo‘lkaga aynan bir xil ma’lumotlar yoziladi. " Kengayadigan belgilash tili|"WWW tarmog‘ida gipermatnli hujjatlarni tayyorlash, saqlash va uzatish uchun mo‘ljallangan til. " Kengayadigan uslublar jadvallari tili, XSL|"XML hujjatlarni taqdim etish (masalan, veb-brauzerda aks ettirishda) qoidalarini va ularni ma’lumotlarning boshqa sxemalari asosida yaratilgan XML hujjatlarga, shuningdek, boshqa formatlardagi (masalan, PDF) hujjatlarga o‘zgartirish yo‘llarini belgilash imkonini beradigan spetsifikatsiyalar turkumi. " Kengayish polosalari|"Spektr bo‘yicha tub polosalar bilan kesishmaydigan, chastotalarning qo‘shimcha polosalari. Jumladan, IMT-2000 tizimining o‘tkazish qobiliyatini kengaytirish uchun, Yevropa va dunyoning ba’zi hududlarida (2−3) GHz li spektr uchastkasi ajratilgan. " Kengaytiriladigan tizim|"Samaradorlikni, periferik qurilmalar soni yoki xotira sig‘imini oshirish imkoniyati ko‘zda tutilgan kompyuter tizimi. " Kengaytirilgan|"Asosiy versiyaga nisbatan qo‘shimcha imkoniyatlar bilan ta’minlangan dasturiy ta’minot. Odatda bu atama yangi imkoniyatlarni o‘z ichiga olib dasturning nomi bilan birga qo‘shib ishlatiladi. " Kengaytirilgan fayl tizimi|"Linux yadrosi uchun fayl tizimi. U Rémy Card tomonidan extended file system fayl tizimini almashtiruvchi tizim sifatida ishlab chiqilgan. U fayl tizimlari sinovlarida namuna qilib ishlatsa bo‘ladigan, yetarlicha samarali ishlaydigan fayl tizimi hisoblanadi. Jurnallanadigan fayl tizimi emasligi uning asosiy kamchiligidir. ext2 fayl tizimining rivoji bo‘lib, jurnallanadigan va ext2 tizimiga to‘liq mos keladigan ext3 fayl tizimi hisoblanadi. " Kengaytirilgan imkoniyatlarga ega raqamli radioxizmatlar|"Personal mobil abonentning to‘liq mobilligini 155 Mbit/s dan kam bo‘lmagan uzatish tezligida ta’minlab bera oladigan, istiqbolli aloqa texnologiyasi. " Kengaytirilgan matnli format|"Micrоsоft korporatsiyasi tomonidan, amaliy dasturlar o‘rtasida formatlangan matnli hujjatlarni (ya’ni rasmiylashtirilgan) almashish uchun ishlab chiqilgan fayllar formati. Turli kod jadvallarini qo‘llaydi. Ko‘plab platformalarda amalga oshirilgan. " Kengaytirilgan spektrli signallarni qo‘llagan holda ko‘p stansion foydalana olish|"Ko‘p sonli abonentlarning bir vaqtda foydalana olish usuli bo‘lib, bunda ularning har biri kengaytirilgan spektrli signalni umumiy retranslyatorga uzatadi. Izoh − Qabul paytida signal (chulg‘am)ning teskari qayta o‘zgarishi amalga oshiriladi, u dastlabki tor polosali signal spektrini buzilishlarsiz tiklash imkonini beradi, chunki turli abonentlar tomonidan uzatilayotgan signallar o‘rtasidagi o‘zaro korrelyatsiya koeffitsiyenti ancha kichik. " Kengaytirilgan xotira|"1 МB manzil fazоsidan tashqaridagi qo‘shimcha tezkor xotira. " Kengaytirilgan yuklanadigan yozuv|"Bitta mantiqiy bo‘limning o‘lchamini tasvirlaydigan, shuningdek, keyingi kengaytirilgan yuklanadigan yozuvni ko‘rsatuvchi qattiq diskdagi (512 bayt) sektor. " Kengaytirish platasi|"Kiritish/chiqarish qurilmalari (diskovodlar, modemlar, tarmoq) adapterlari o‘rnatilgan bosma plata. " Kengaytirish uyasi|"Kengaytirish platasi o‘rnatiladigan tizim platasidagi uya. Bunday platalar ularning nimaga mo‘ljallanganligiga bog‘liq ravishda, interfeys kartalari, tarmoq adapterlari va h.k. deb ataladi. " Kengaytirish shinasi|"Tizim shinasining, kengaytirish platalari uchun mo‘ljallangan uyalarni lokal shina bilan birlashtiradigan qismi. Qo‘shimcha periferik qurilmalar kontrollerlarini ulash uchun xizmat qiladi. " Kengaytiruvchi kodli ketma-ketlik|"Signalni kodi bo‘yicha ajratish tizimlarida, masalan, DS-CDMA da spektrni kengaytirish uchun qo‘llaniladigan kodli ketma-ketlik. " Kengaytma|"1. Fayl nomining bir qismi; uning yordamida fayllarni tasniflash amalga oshiriladi. Masalan, MS-DOS da kengayish, agar bor bo‘lsa, nuqtadan keyingi (bittadan uchtagacha) simvoldan iborat bo‘lishi mumkin; kengayishdan bajariladigan fayllarni (.COM, .EXE, .BAT), turli dasturlash tillari dasturlarining matnlarini ajratish uchun (BAS – BASIC, PAS – Pascal) foydalaniladi. 2. Tegishli standartlarda bo‘lmagan talablarning xavfsizlik bo‘yicha topshiriqqa yoki himoya profiliga qo‘shilishi. " Kengayuvchanlik|"1. Dasturlash tilida yangi til konstruksiyalarini belgilash mumkinligi. 2. Raqamli televideniye tizimining kengaytirilgan funksiyalarni va kelgusi texnologik yutuqlarni qo‘llab-quvvatlash va kiritish qobiliyati. " Kenglik- impulsli modulyatsiya|"Impulslar davomiyligi (kengligi) o‘zgaradigan impulsli modulyatsiya. " Kermit|"Fayllarni uzatishga yo‘naltirilgan dastur. Umumiy foydalaniladigan dasturiy ta’minot sifatida tarqatiladi. " Kerr yacheykasi|"Elektrooptik Kerr effektidan foydalanishga asoslangan yorug‘lik oqimini modulyatsiyalash qurilmasi. " Kesish|"Matn yoki tasvir bilan ishlayotganda bajariladigan operatsiyalardan biri. U matndagi/tasvirdagi ajratilgan fragmentni o‘chiradi va almashtiruv buferiga ko‘chirib qo‘yadi. Ko‘p hollarda bu operatsiyalarni bajarish uchun mo‘ljallangan «qaynoq» klavi-shlar Ctrl+X yoki Shift+Del lardir. " Kesishuv|"Interaktiv grafik tizimlarda kursor shakli. " Kesishuvchi aloqa|"Kanallar, zanjirlar yoki o‘tkazgichlar o‘rtasida yuzaga keladi-gan parazit bog‘lanish (aloqa) bo‘lib, uning natijasida turli xalaqit beruvchi signallar paydo bo‘ladi. " Kesishuvchi buzilishlar (televideniyeda)|"Tasvirga boshqa videokanallardagi signallar bilan hosil qilinadigan beixtiyoriy tasvirlarni tushirish. " Kesishuvchi modulyatsiya|"Xalaqit signalini bir zanjir yoki simdan boshqa bir zanjir simga yo‘llash natijasida yuzaga keladigan to‘g‘rilash. " Kesishuvchi xalaqitlar|"Ko‘p kanalli tizimlarda, bitta kanal orqali uzatilgan signal boshqa kanalning chiqishida anchayin kuchsizlangan holda paydo bo‘lishi hisobiga yuzaga keladigan o‘zaro xalaqitlar. Simli aloqa liniyalari uchun uzoq uchdagi kesishuvchi xalaqit FEXT hamda liniyaning yaqin uchidagi xalaqit NEXT xosdir. Chastotaviy ajratilgan tizimlarda kanal filtrlarining yetarlicha selektiv bo‘lmasligi hamda barcha kanallar uchun umumiy bo‘lgan traktda tashkil qilinadigan kombinatsion chastotalar kesishuvchi xalaqitlar paydo bo‘lishining asosiy sabablaridir. " Kesishuvchi xalaqitlarning yo‘l qo‘yiladigan darajasi|"Noqulay xalaqit beruvchi vaziyatda, masalan, aynan bir ishchi chastotalardan foydalaniladigan qo‘shni uyalarning o‘zaro taʼsiri mavjudligi sharoitida ishlaydigan radiostansiyalar vujudga keltiradigan o‘zaro xalaqitlar. " Keskin yo‘naltirilgan antenna|"Nurlanadigan yoki qabul qilinadigan quvvatning asosiy ulushi tor fazoviy burchakda to‘plangan antenna. " Keskin yo‘naltirilgan nur|"Asosiy nurlanuvchi energiyasi nisbatan tor fazoviy burchakda teng taqsimlangan, «qalam» turidagi nur. " Keskinlik|"Televizion tasvirning tavsifi bo‘lib, tasvir yirik detallari chegaralarining uzatilish sifatini ifodalaydi. Keskinlik miqdor jihatdan televizion tizim o‘tish xarakteristikaning surkalib ketuvchi zonasi orqali baholanadi. " Ketma-ket erkin foydalanish|"Barcha oraliq bloklarni, boshidan ko‘rib chiqish yo‘li bilan xotira qurilmasi ma’lumotlar blokidan erkin foydalanishni tashkil qilish usuli. " Ketma-ket kompyuter|"Dastur komandalarini ketma-ket amalga oshirish yo‘li bilan ma’lumotlar qayta ishlanishini bajaradigan kompyuter. " Ketma-ket-parallel o‘zgartirgich|"Ketma-ket uzatishdan parallel uzatishga o‘tish qurilmasi. " Ketma-ket port|"Ma’lumotlar o‘tish tartibiga ko‘ra bitma-bit uzatiladigan port; ma’lumotlar parallel portga qaraganda birmuncha sekin uzatiladi. Odatda, ketma-ket portga modem ulanadi. " Ketma-ket printer|"Kompyuterga standart ketma-ket port orqali ulanadigan printer. " Ketma-ket qayta ishlash|"Ma’lumotlarni xotirada saqlanadigan yoki xotiraga kelib tushadigan ketma-ketlikda qayta ishlash. " Ketma-ket uzatish|"Axborot almashinuv usuli, unda ayrim belgilar aynan bitta aloqa kanali orqali birin-ketin uzluksiz tarzda yoki to‘xtashlar bilan uzatiladi. Ketma-ket uzatish ikkita rejimda amalga oshirilishi mumkin: asinxron va sinxron. Asinxron rejimda maʼlumotlar alohida jo‘natmalar tarzida uzatiladi va ularning har biriga qabul qiluvchi tomonda uzatishning boshlanishi va tugashi haqida signal beradigan start va stop bitlari kiritiladi. Sinxron uzatishda axborotning uzluksiz oqimi sinxrojo‘natmalar yordamida kadrlarga ajratiladi. " Keyingi|"Tizimlashtirilgan zanjirdagi (ketma-ketlikdagi) elementlar joylashuvi. Masalan, ma’lumotlar bazasi jadvalidagi keyingi yozuv. " Keyingi nurlanish davomiyligi|"Kineskoplar keyingi nurlanishining o‘rtacha vaqtiga ega, bu vaqt davomida ekranning nurlanish (so‘nish) yorqinligi ta’sir to‘xtatilgandan so‘ng ta’sir paytidagi boshlang‘ich yorqinlikka nisbatan bir foizgacha kamayadi. " Keyingi nurlanishni tuzatish|"Yuguruvchi nurni yoyishdan olingan va lyuminoforning beixtiyoriy nurlanishidan buzilgan videosignal shaklini tuzatish. " Keylogger|"Klaviaturadan kiritishni tutib olish uchun mo‘ljallangan apparat qurilma yoki dastur. Izoh – Keylogger bosilgan klavishlar skan-kodlarini aniqlashni ular yashirin saqlanishini va/yoki qandaydir kanal orqali uzatilishini amalga oshiradi. " Keytnet|"Xost-kompyuterlar turli tarmoqlarga shlyuzlar yoki marshrutizatorlar yordamida ulangan tarmoq. Internet shunday tarmoqqa misol bo‘la oladi. " Kesh|"O‘qilishi sekinroq bo‘lgan xotirada saqlanayotgan, biroq u yerdan so‘ralish ehtimoli katta bo‘lgan axborotning nusxasi saqlanadigan tez o‘qiladigan oraliq bufer. Keshdagi maʼlumotlar sekin xotiradan olinishi yoki qayta hisoblab chiqilishiga qaraganda ancha tezroq o‘qiladi, bu esa o‘rtacha kira olish vaqtini kamaytiradi. " Kesh-xotira|"Ma’lumotlarni vaqtinchalik saqlash uchun xizmat qiladigan xotira. Kompyuterning ishlash samaradorligini oshirish uchun foydalaniladi. Tezkor xotira va qattiq magnit disk o‘rtasidagi kesh-xotira ikki turda bo‘ladi; apparat va dasturiy kesh-xotira. Apparat kesh-xotiradan odatda, tarmoq serverlarida, diskli adapterlarda (kontrollerlarda) foydalaniladi, u yarimo‘tkazgichli, energiyaga bog‘liq, juda tez ishlaydigan xotirani o‘zida ifodalaydi. Dasturiy kesh-xotira tezkor xotiraning bir qismidir, odatda, stol tizimlarida tashqi xotira bilan ishlash samaradorligini oshirish uchun foydalaniladi. " Kesh-xotira kontrolleri|"Kesh-xotirani boshqarish uchun mo‘ljallangan maxsus mikrosxema. " Kesh-xotira ma’lumotlarining tezkor xotira qurilmasi|"Kesh-xotira ma’lumotlari turlarining teglari (alomatlari) saqlanadigan mikrosxema. " Keshlash|"Oldingi operasiyalar natijasida olingan ma’lumotlarni keyingi operasiyalarni tezlashtirish uchun saqlash. Keshlash disk ma’lumotlarining bir qismini xotirada saqlab qolish bilan chegaralanib qolmaydi, ayrim hollarda, buning uchun diskda vaqtinchalik fayllar yaratiladi. Ma’lumotlar uzatish kontekstida bu atamadan xabarlar uzatilishini tezlashtirish uchun ma’lumotnomalar va boshqa axborot atributlaridan nusxa olinishini belgilashda foydalaniladi. " Kechikish|"Qandaydir operatsiya yoki komanda bajarilishi davomida pauza sodir bo‘ladigan vaqtinchalik muddat. " Kechikish bilan bo‘ladigan xendover|"Mobil stansiya bir yacheykadan boshqasiga o‘tishida chastotaning ma’lum vaqtdan so‘ng qayta sozlanishi. Texnik jihatdan quvvat darajalarining ikkita – minimal va maksimal qiymat bo‘yicha chegarasidan foydalanish hisobiga amalga oshiriladi. Ikkita tayanch stansiyaning xizmat ko‘rsatish zonalari chegarasida «ping-pong» effektini bartaraf etish imkonini beradi. " Kechikish bo‘yicha quvvat spektri|"Qabul qilinadigan signal spektral tashkil etuvchilari quvvatining vaqtga bog‘liq holda taqsimlanishi. " Kechikish bo‘yicha sochilganlik|"Qabul qilinayotgan ko‘p nurli signalning darajasi noldan farqli va uni o‘lchash uchun hali yetarli bo‘lgan vaqt intervali. Uyali aloqa tizimlarida kechikish vaqti joy relyefiga bog‘liq ravishda, mikrosekundning ulushlaridan boshlab bir necha o‘n mikrosekund qiymatlarigacha o‘lchanadi, bunday katta kechikishlar odatda radioto‘lqinlarning yirik shaharlarda tarqalishi uchun xosdir. " Kechikish tufayli yuzaga keladigan buzilishlar|"Signal turli komponentlarining qabul qilish nuqtasiga vaqt bo‘yicha turli darajadagi ushlanishlar bilan yetib kelishi hisobiga paydo bo‘ladigan buzilishlar. " Kechikish, ushlanib qolish, orqada qolish|"Tizimning inersionligi yoki ekranning kechikib shu’lalanishi bilan tavsiflanadigan, chiqish signalining kirishdagi ta’sirga nisbatan vaqt bo‘yicha siljishi. " Kechikish variatsiyasi (fluktuatsiyasi)|"Paketlarni uzatishda kechikish vaqtidan mumkin bo‘lgan og‘ishlarni tavsiflovchi parametr. " Kechikkan ulanish|"Aloqa seansi boshlanganidan keyin yoki telefon so‘zlashuvi davom etayotgan paytda, uchinchi abonentning tarmoqqa ulanishi. " Kiberjinoyat|"Kompyuter tizimi yoki tarmog‘i yordamida, kompyuter tizimi yoki tarmog‘i doirasida yoki kompyuter tizimi yoki tarmog‘iga qarshi sodir etilishi mumkin bo‘lgan har qanday jinoyat. " Kiberkasallik|"Inson ruhiyati va fiziologik funksiyalariga virtual voqelik texnologiyalarining zararli taʼsiri oqibatida paydo bo‘lgan kasallikning yangi turi. " Kibermadaniyat|"Madaniyatni rivojlantirishdagi texnokrat yangi yo‘nalish. U kompyuter o‘yinlarining imkoniyatlari va virtual voqelik texnologiyalarini ishlatishga asoslangan. " Kibermakon|"U.Gibson tomonidan 1984-yilda kiritilgan atama. Hozirda bu atama kompyuter tizimlari uchun tuzilgan virtual fazoni tavsiflaydi va axborot resurslarining butun fazosini anglatadi. " Kibernetika|"Tabiat va jamiyatdagi aloqa va boshqaruvning umumiy qonunlari, axborot olinishi, uzatilishi va o‘zgartirilishi to‘g‘risidagi fan. " Kiberskvotter|"Kiberskvotting bilan shug‘ullanuvchi shaxs. " Kiberskvotting|"Mashhur kompaniyalar nomlariga o‘xshash yoki shunchaki «qimmat» hisoblangan domen nomlarini ularning keyingi qayta sotilishi yoki reklamani joylashtirish maqsadida xarid qilish. Turlari: 1. Taypskvotting. 2. Brend kiberskvottingi – tovar belgilari, firma nomlari, mashhur ism va nomlar, yaʼni qonun tomonidan himoyalangan shaxsiy aniqlovchi vositalarni xarid qilish. 3. Himoyalovchi kiberskvotting – mashhur sayt (tovar belgisi)ning qonuniy egasi tomonidan uning domen nomiga yozilishi va aytilishi yaqin, o‘xshash, maʼnodosh barcha domen nomlarining xarid qilinishi. Bu kiberskvotterlardan himoyalanish maqsadida amalga oshiriladi. " Kiberterrorizm|"Submilliy guruhlar yoki maxfiy agentlar tomonidan noharbiy nishonlarga nisbatan kuch ishlatilishida ifodalangan, axborot, kompyuter tizimlariga, kompyuter dasturlari va ma’lumotlarga siyosiy asoslangan qasddan qilinadigan hujumlar. " Kiberxavfsizlik|"Axborot muhitida foydalanuvchilar resurslarini muhofaza qilish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan vositalar, yo‘llar, rahbariy ko‘rsatmalar, ehtimoliy xavflarni boshqarishga yondashuvlar, o‘rgatishlar, eng yaxshi tajribani tarqatish, sug‘urta, axborot xavfsizligi texnologiyalari va axborot texnologiyalarining majmui. " Kilobayt|"1024 byte yoki 2^10 byte ga teng xotira sig‘imining o‘lchov birligi. " Kilolips (bir sekunddagi minglab mantiqiy xulosalar)|"Sun’iy intellekt dasturiy ta’minotining imkoniyatlarini tahlil qilishga bag‘ishlangan mantiqiy xulosalarning o‘lchov birligi. " Kinofilmni avtomatik aniqlash|"Filmni to‘g‘ri kadr formati bilan ko‘rsatish maqsadida translyatsiya qilinayotgan film turini avtomatik aniqlash, masalan, keng ekranli film 4:3 formatda translyatsiya qilinganida, bu funksiya filmni 16:9 formatli ekranda ekranning yuqori va pastki qismidagi xarakterli qora keng chiziqlarsiz, to‘liq formatli ko‘rsatish imkonini beradi. " Kinohujjat|"Kinematografiya usulida tayyorlangan tasviriy yoki audiovizual hujjat. " Kira olishni boshqarish usuli|"Har bir foydalanuvchiga xizmat ko‘rsatishning maqbul darajasini ta’minlash uchun tarmoq uzellarining ma’lumotlar uzatish muhitiga kira olishni taqdim etish tartibini tasniflaydigan lokal hisoblash tarmoqlarining turli texnologiyalarini belgilaydigan asosiy xarakteristika. " Kirgich (kirish yo‘li)|"Simlar yoki kabellar chiqadigan taqsimlash kanalidagi yoki yacheykadagi teshik. Kirgich zavod sharoitlarida, montaj paytida ham, undan keyin ham (agar zarur bo‘lsa) o‘rnatilishi mumkin. " Kirish|"Foydalanuvchining tarmoqda o‘zini identifikatsiya qilish uchun logini va parolini kiritish orqali tarmoqda ish boshlashi. " Kirish (foydalanish)ga urinish|"1. Bitta yoki bir nechta abonent tomonidan, axborot uzatishga ruxsat olish maqsadida, aloqa tizimi bilan o‘zaro ta’sirlashuv tartiboti. 2. Kira olish (kirishga urinish) uchun radiokanal orqali jo‘natilgan bir nechta so‘rovdan iborat ketma-ketlik. Ma’lum vaqt intervalidan keyin tarmoq tomonidan tasdiq signali (tarmoqqa kirishga ruxsat) kelsa, urinish muvaffaqqiyatli bo‘lgan hisoblanadi. " Kirish kuchaytirgichi|"Qabul qilgichning kirishiga o‘rnatilgan, odatda, konstruktiv jihatdan antenna bilan birlashtirilgan kam shovqinli qurilma. " Kirish navbati|"Diskda, xotirada o‘z dasturlarini bajarish uchun joylashtirishni kutadigan jarayonlarning majmui. " Kirish nuqtasi|"Dasturga kirishda birinchi bo‘lib bajariladigan komanda manzili yoki belgisi; dasturdagi, boshqaruv uzatilishi mumkin bo‘lgan har qanday joy. " Kirish sezgirligi|"Qurilmaning chiqishida nominal chiqish signalini olish uchun uning kirishiga uzatilishi kerak bo‘lgan (odatda millivoltlarda o‘lchanadigan) kuchlanish. Integral kuchaytirgich yoki resiver uchun chiquvchi quvvatni, aktiv akustika uchun – tovush bosimi darajasini tashkil etadi. " Kirish sinovi|"Preambula hamda so‘rovdan tashkil topgan qisqa paket bo‘lib, davriy ravishda (yoki avvaldan berilgan algoritm bo‘yicha) kirish kanali orqali uzatiladi. Izoh − Keng polosali mobil aloqa tizimlarida o‘zaro xalaqitlar darajasini pasaytirish uchun shunday algoritm ishlatiladiki, bunda har bir keyingi kirish sinovida quvvat darajasi diskret ravishda ∆P kattalikka oshiriladi. Quvvatning joriy qiymati P=Pо+P (n–1) nisbat orqali aniqlanadi, bunda Pо – quvvatning boshlang‘ich qiymati, n – bitta kirish urinishidagi sinov tartib raqami (n=1- nmax). Kirish sinovlari, so‘rovga javob qabul qilinmagunigacha yoki kirish o‘rnatishga ajratilgan nazorat vaqti tugamagunigacha uzatiladi. " Kirish-chiqish jufti|"Kommutatorning berilgan kirish liniyasini muayyan chiqish liniyasi bilan bog‘lash. Aloqa seansi vaqtiga o‘rnatiladi. " Kirishga ruxsat berilgan interval|"Bitta yoki bir nechta stansiya so‘rovlarni uzatishi mumkin bo‘lgan vaqt intervali. Aynan bir interval bir vaqtning o‘zida bir nechta stansiyaga ajratilsa, kanalda to‘qnashuvlar kelib chiqishi mumkin. " Kirishlarni hisoblagich|"veb-sahifa yoki saytga kiruvchilar va/yoki kirishlar sonini hisoblash imkonini beradigan skrip. " Kiritiladigan signal|"Maydonlarni sinxronlash signalidan tashqari maydon so‘ndirish intervalining ma’lum satrlariga kiritilgan ma’lumotlarni tanish, sinash, nazorat qilish yoki uzatishda foydalaniladigan signal. " Kiritiladigan yo‘qotishlar|"Yuklamada liniyaga qo‘shimcha uzel kiritilgunga qadar va undan keyin o‘lchangan quvvatlar o‘rtasidagi farq. Agar olingan natija salbiy bo‘lsa, yo‘qotishlar ortadi. " Kiritiladigan o‘lchash signali, sinov satrining o‘lchash signali|"Videosignalni uzatish xarakteristikasini o‘lchashda foydalaniladigan kiritiladigan signal. Izoh – Bu signaldan ayrim buzilishlarni avtomatik tarzda tuzatishda foydalanish mumkin. " Kiritish|"1. Klaviatura kabi maxsus kiritish qurilmalari yordamida ma’lumotlarni kompyuterga yuklash. 2. Ma’lumotlarni protsessorga, tezkor xotiraga yoki tashqi qurilmaga yozish jarayoni. Foydalanuvchi tomonidan klaviaturadan, ovoz orqali; avtomatik tarzda tashqi qurilmadan amalga oshirilishi mumkin. Komandalarni (hajmi katta bo‘lmagan) joystik, «sichqoncha», trekbol, perolar, trekpoint va sensor panel yordamida kiritish mumkin. " Kiritish buferi|"Kiritiladigan va chiqariladigan axborotni oraliq saqlash uchun mo‘ljallangan xotira. " «Kiritish» klavishi|"«Enter» yozuvli klaviatura tugmasi. Foydalanuvchi tomonidan, biror-bir harakatni tasdiqlashda, ushbu tugmani bosish orqali ishlatiladi. " Kiritish rejimi|"Kursordan keyin turgan, har bir yangi belgi mavjud belgidan oldin qo‘yiladigan, shu bilan birga kursordan o‘ng tarafda turgan barcha matn qator oxiriga suriladigan, matnni kiritishdagi ikkita tahrir qilish rejimidan biri. " Kiritish-chiqarish|"Atama ham kompyuterning kiritish-chiqarish kichik tizimini, ham protsessor yoki tezkor xotira bilan tashqi qurilmalar o‘rtasida har qanday ma’lumotlar uzatish operatsiyalarini anglatadi. Kiritish-chiqarish operatsiyalarini bajarishning bir nechta asosiy usullari mavjud: dasturlashtiriladigan kiritish-chiqarish, uzilish bo‘yicha kiritish-chiqarish va xotiradan bevosita foydalanish. " Kiritish-chiqarish qurilmalari|"Turli ish prinsiplariga asoslangan, lekin funksional jihatdan ma’lumotlar, komandalar kiritilishini va ma’lumotlar chiqarilishini bajaradigan fizik qurilmalar. Ma’lumotlarni kiritish qurilmalari: manipu-lyatorlar (klaviatura, «sichqoncha», joystik, trekbol, trekpoint, skaner, pero, sensorli panel), datchiklar, mikrofon, videokamera. Ma’lumotlarni chiqarish qurilmalari: printer, plotter, radiokarnay, televizor. Kiritish/chiqarish qurilmalari: telefon, teletayp, teletekst, telefaks, displey. " Kiritish-chiqarish interfeysi|"Tashqi qurilmani, kompyuter va uning tashqi qurilmalari bilan ma’lumotlar almashinuvini taminlaydigan kompyuterning asosiy bloki bilan ulanish interfeysi. " Kiritish-chiqarish kanali|"Ma’lumotlarning asosiy xotira va periferiya o‘rtasida yuborilishini ta’minlaydigan qurilma. " Kiritish-chiqarish kontrolleri|"Ma’lumotlarning kiritilishi va chiqarilishini boshqaradigan mikrosxema. Kiritish-chiqarish qurilmalari bilan mikroprotsessor o‘rtasidagi apparat interfeysi hisoblanadi. " Kiritish-chiqarish manzili|"Qurilmaning, kiritish-chiqarish operatsiyalari amalga oshiriladigan noyob fizik manzili. " Kiritish-chiqarish protsessori|"Unumdorligi yuqori bo‘lgan hisoblash tizimlaridagi, kiritish-chiqarish operatsiyalarini bajarish uchun mo‘ljallangan, ixtisoslashtirilgan protsessor. " Kiritish-chiqarishga yo‘naltirilgan|"Hisoblashlarga qaraganda kiritish-chiqarishga ko‘p vaqt sarf qiladigan jarayon. " Kiritish-chiqarishni kutadigan jarayonlarning navbati|"Kiritish-chiqarish qurilmalari ishining natijalarini kutayotgan jarayonlar to‘plami (har bir qurilma uchun o‘zining navbati tashkil qilinadi). «Kiruvchi» ing. - inbox ru – «входящие» Elektron pochtadagi kiruvchi xatlar qutisi. " Kiruvchi aloqani vaqtinchalik taqiqlash|"Abonent tomonidan kommutatsiya stansiyasiga oldindan xabar berilgan vaqt davrida kiruvchi telefon aloqani taqiqlash imkonini beradigan telefon tarmog‘i abonentiga xizmat ko‘rsatishning qo‘shimcha turi. " Kiruvchi aloqaning chaqiriluvchi abonent tomonidan to‘lanishi|"Shaqiriluvchi abonent tomonidan, agar chaqiruvchi abonent bog‘lanish boshlanishida bu haqda so‘rasa, chaqiriluvchi abonent esa rozilik bersa, muayyan bog‘lanish to‘lovini amalga oshirish imkonini beradigan xizmat. " Kiruvchi hujjat|"Tashkilotga kelib tushgan rasmiy hujjat. " Kiruvchi kabelli kanal|"Abonent qurilmalarni aloqa uzeliga ulash liniyasi. " Kiruvchi liniya|"Abonentdan aloqa stansiyasiga axborot oqimi kelib tushadigan liniya yoki retranslyator. " Kiruvchi ma’lumotlar|"Axborotni qayta ishlash tizimiga yoki uning biror bir qismiga saqlash yoki qayta ishlash uchun kiritilgan ma’lumotlar. " Kiruvchi oqim|"Tizimga kiritish uchun kelib tushadigan ma’lumotlar va hujjatlar ketma-ketligi. " Kiruvchi sonli apertura|"Optik tizimning, yorug‘lik o‘tkazgich kirishidagi haqiqiy optik quvvatni tavsiflovchi sonli aperturasi. Ishlab chiqaruvchi firmalar tomonidan optik tolaning har bir turi uchun o‘rnatiladigan NA sonli apertura qatʼiy ko‘rsatgichidan farqli ravishda, LNA qiymati yorug‘lik o‘tkazgichni bir vaqtda, bir necha optik signal bilan qo‘zg‘atganda turli nuqsonlarni, shu jumladan, fokusning siljishini hisobga oladi. Shuning uchun LNA parametri optik tolada turli to‘lqinlar optik quvvatining boshlang‘ich taqsimlanishini ifodalaydi. " Kiruvchi telefon trafik (yuklama)|"Liniya (kanal) lar bog‘lamlari yoki kommutatsiya aloqa asboblari guruhiga telefon yuklamaning tashqi manbalaridan keladigan telefon yuklama. " (Kiruvchi) qo‘ng‘iroq/elektron ro‘yxatdan chaqiruvni kutish|"Elektron ro‘yxatga kiritilgan abonentlardan qabul qilingan chaqiruvlar abonentga farq qiluvchi qo‘ng‘iroq bilan kelib tushishini ta’minlaydigan xizmat. Shuningdek, elektron ro‘yxatdagi abonent tomonidan bo‘ladigan chaqiruvni kutish signali oddiy signaldan farq qiladi. Izoh – Abonentlar elektron ro‘yxatni xizmatdan foydalanish kodini terib modifikatsiya qilishlari mumkin. " Kiruvchi chaqiruv uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqam terish|"Foydalanuvchiga xususiy (muassasaviy) kommutatsiya stansiyasi yoki boshqa xususiy aloqa tizimi boshqa foqdalanuvchisini, xodimlarning aralashuvisiz, bevosita chaqirish imkonini beradigan xizmat, bunda kiruvchi chaqiruv uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri teriladigan raqam (raqamlar) chaqiriluvchi ISDN raqamining eng kam sonli raqami (raqamlari) bo‘lib hisoblanadi. " Kiruvchi chaqiruvlarga xizmat ko’rsatish turlarini sozlash|"Abonentning joriy statusga bog‘liq kiruvchi chaqiruvlar dastlabki konfiguratsiyasining interfeysi: - kirish mumkin – ofisda; - kirish mumkin – ofisdan tashqarida; - band; - kirish mumkin emas statuslardan har biri alohida konfiguratsiyalanishi mumkin. " Kiruvchi chaqiruvlarni qayd etish xizmati|"Aniq raqamlarga kelib tushadigan barcha chaqiruvlar (masalan, nutqni yozishdan tashqari chaqiruvchi abonent raqami, chaqiruvning boshlanish vaqti, chaqiruvga javob berish yoki rad etish vaqti, uzilish vaqti) to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlarning ro‘yxatdan o‘tkazilishini amalga oshiradigan xizmat. " Kiruvchi chaqiruvlarni chegaralash xizmati|"Ma’muriyatga yoki abonentga barcha yoki ayrim kiruvchi chaqiruvlarni telefon liniyasiga kirishini taqiqlash imkonini beradigan xizmat. " Kirxgof prinsipi|"1. Kriptografik algoritmlarni tuzish prinsipi. Unga ko‘ra, bu algoritmlarning ma’lum bir to‘plami (kalit) sir tutiladi, qolgan barchasi esa, algoritm bardoshliligini yo‘l qo‘yiladigan miqdordan pasaytirmasdan, ochiq bo‘lishi mumkin. 2. Shifr buzib ochishga nisbatan yetarlicha barqarorlikni ta’minlashi kerak, shifrdan foydalanish oson bo‘lishi kerak, shifrning buzib ochishga nisbatan barqarorligi algoritmni emas, kalitning maxfiyligini ta’minlashga to‘liq bog‘liq bo‘lishi kerak. " Kitobiy yo‘naltirilganlik|"Microsoft Office Word va Open Office Writer kabi ofis dasturiy ta’minotidagi sahifa parametrining ikkita variantidan biri (kitobiy, albomli). Kitobiy yo‘naltirilganlik gorizontal holatda A4 formatidagi hujjatlarni yaratish va bosmadan chiqarish imkonini beradi. " Kichik ahamiyatli raqam|"Taqdim etiladigan sonning o‘ng tomondagi (kichik) raqami. " Kichik dastur|"Dasturning maxsus ravishda rasmiylashtirilgan qismi; unga zarur bo‘lganda boshqa dasturlardan murojaat qilish mumkin. Ko‘plab dasturlash tillarida protsedura tushunchasi bilan mos tushadi. Dasturning tez-tez takrorlanadigan fragmentlarini almashtirish va uning kompaktligiga erishish uchun foydalaniladi. " Kichik hisoblash tizimlari interfeysi|"Shaxsiy kompyuterlarning periferik qurilmalar (masalan, qattiq magnit disk, printer, lokal tarmoq) bilan birgalikda ishlashi uchun belgilangan standart. Yuqori tezlikli parallel interfeysni ta’minlaydi. " Kichik (ikkilik) razryad, kichik ahamiyatli bit|"Kodli so‘z doirasidagi eng kichik ahamiyatga ega bo‘lgan ikkilik razryad. " Kichik katalog|"Fayl tizimi kataloglari iyerarxiyasida boshqa katalogning ichida bo‘lgan katalog. " Kichik kompyuterlarning tizim interfeysi|"SD-ROM yoki DVD uzatmalarida disklar turidagi tasmali va blokli saqlash qurilmalari kabi oqim qurilmalarini birlashtirish uchun ishlab chiqilgan. Shuningdek, printer va skaner kabi boshqa qurilmalar uchun ham ishlatiladi. SCSI bir nechta qurilmani bitta shinaga joylashtirish uchun ishlab chiqilgan. Uning kontroller deb nomlanuvchi bir qurilmasi ushbu shinani boshqaradi. SCSI qurilmalar ham ichki, ham tashqi bo‘lishi mumkin. " Kichik tarmoq|"Tuzilishi eng sodda va arzon bo‘lgan lokal tarmoq. Bu tizim imkoniyatlarini cheklash va ish tezligini pasaytirish orqali amalga oshiradi. Tizimga oddiy shaxsiy kompyuterlar, o‘lchov apparaturasi va asboblar kiradi. Bog‘lanishning fizik vositalari yassi kabel, o‘rama juft yoki elektr tarmog‘i simlari asosida quriladi. Ushbu vositalarga bog‘lanish uchun keng qo‘llaniladigan interfeyslardan foydalaniladi. " Kichik tarmoq niqobi|"32-razryadli qiymat bo‘lib, IP-paketni qabul qiluvchilarga IP-manzilda tarmoq raqami va uzel raqamlarini ajratish imkonini beradi. Odatda, tarmoq qismi niqoblari 255.x.x.x. formatga ega bo‘ladi. " Kichik vaqtlar mobaynidagi buzilishlar|"Tasvirning, namoyon bo‘lishi faqat vaqt mobaynida satrning kam davri uchun aniq bo‘lgan, buzilishlari. " Kichik varaq|"Bir mavzuga bag‘ishlangan miqdori uncha ko‘p bo‘lmagan pochta markalari joylashtirilgan markali varaq. " Kichik o‘lchamdagi korpus|"Shaxsiy kompyuterlar uchun ishlab chiqariladi. Bosh platalar uchun maxsus form-faktorga va kam sonli 5.25""slotlarga ega. " Kichiklashtirish|"Biror narsani kichiklashtirish. Masalan, olingan faylni kichiklashtirish. " Kichiklik belgisi|"Sonli qiymatlarni taqqoslashda ishlatiladi. < – «kichik» belgisi. " Klassiz domenlararo marshrutlash|"Sinfiy manzillashning qoidalarini ishlatmagan holda, IP-manzillar fazosidan egiluvchan, optimal foydalanish imkonini beruvchi IP-manzillash usuli. Bu usulni ishlatib IP-manzillar resursini iqtisod qilish mumkin. Sinfiy manzillashda aniq belgilab qo‘yilgan 0, 1, 2 yoki 3 byte tarmoq osti niqobidan foydalanilsa, sinfsiz manzillash esa o‘zgaruvchan tarmoq osti niqobiga asoslanadi. Sinfsiz domenlararo marshrutlash qo‘llaniladigan IP-manzilga misol: 10.1.2.33/27. " Klassiz hududlararo marshrutlash protokoli|"IP-manzillarning butun majmuini turkumlarga ajratish mavjud bo‘lmagandagi marshrutlashning muqobil protokoli. Izohlar 1. Har bir tarmoqning CIDR protokol modelida 256 manzillar bo‘yicha yonma-yon bloklarning muayyan soni moslashtiriladi, keyin IP-manzillarning ma’lum geografik zonali taqsimlashdan foydalaniladi (RFC-1519). 2. Marshrutli jadvallarni ko‘rib chiqishda protokol maxsus maskalarni va indeksli mexanizmlarni qo‘llashni ko‘zda tutadi. 3. Bunday protokollarni yaratish zarurligi klassik IP-adreslashda manzilli fazoning (ko‘p sonli marshrutlarning muammosi) yetarli emasligi tufayli qabul qilingan. " Klassiz marshrutlash|"Bir qancha axborot oqimini (masalan, bir tashkilotga tegishli bo‘lgan) bitta guruhli yo‘nalishga agregirlash hamda unga umumiy tarmoq raqamini berish hisobiga tizimning manzil sig‘imi kamaytiriladigan. marshrutlash usuli. " Klasslarni yuklovchi|"Virtual mashinaga dasturni bajarish vaqtida klasslarni yuklashni bajaruvchi JVM komponent. " Klaster|"1. Umumiy diskli xotiraga (umumiy fayl tizimiga), mashinalararo o‘zaro hamkorlik va ma’lumotlar bazalarining yaxlitligini ta’minlash vositalariga ega tegishli avtonom tizimlar majmuini ifodalaydigan ko‘p mashinali hisoblash tizimi. 2. Yuqori tezlikli kanal bilan birlashtirilgan bir nechta kompyuterdan tashkil topgan hisoblash tizimi. Izoh – Abonentlar uchun klaster bir butun yaxlit sifatida ko‘rinadi. " Klaster nurlagich|"Bir nechta konstruktiv birlashtirilgan nurlagichdan iborat guruh, ularning har biri ta’minotning bogʻliq boʻlmagan zanjiriga ega. " Klaviatura|"Simvollarni standart kiritish oqimiga qo‘lda kiritish uchun mo‘ljallangan qurilma. Shaxsiy kompyuterning standart klaviaturasi funksional klavishlar, raqamli klaviatura, boshqaruvchi klavishlar va matnni kiritish uchun mo‘ljallangan klaviaturadan tashkil topgan 101 ta klavishdan iborat. " Klaviatura ayg‘oqchisi|"Foydalanuvchidan yashirin ravishda klavishlarning bosilishini yozib boruvchi maxsus dastur. Xakerlar tomonidan foydalanuvchi parolini olish uchun ishlatiladi. " Klaviatura klavishlarining joylashishi|"Klaviatura klavishlarining milliy alifbo belgilari va harflariga monandligi. Ekranda paydo bo‘ladigan belgi faqatgina bosilgan harflargagina emas, balki klavishlar tartibiga ham bog‘liqdir. Klaviatura tartibi o‘zgarishi bilan ekrandagi belgilar klavishlarda aks ettirilgan belgilarga mos kelmay qolishi mumkin. " Klaviatura qisqartmalari|"Klaviaturada maʼlum komandani bajarish yoki dasturni boshlash uchun bitta yoki bir nechta tugmani bosish. Klaviatura qisqartmalaridan foydalanish ishni ancha tezlash-tiradi va klaviatura yordamida bajariladigan operatsiyalarning mumkin bo‘lgan sonini ko‘paytiradi. Tugma birikmalari ayniqsa kompyuter o‘yinlarida keng qo‘llaniladi. " Klaviaturani belgilab chiqish|"Operatsion tizimning, kompyuterga kiritiladigan simvollar kodlarining bosiladigan klavishlarga va klaviatura klavishlari kombinatsiyasiga to‘g‘ri kelishini belgilaydigan parametri. " Klaviaturani blokirovkalash|"1. Ma’lumotlarning terminal klaviaturasidan elektron hisoblash mashinasiga kiritilishini taqiqlash. Operatsion tizim tomonidan bajariladi. 2. Klaviaturadan kelayotgan barcha signallarning rad etilishi va/yoki klavishlarni jismoniy bosishning mumkin bo‘lmasligi. " Klaviaturasiz cho‘ntak kompyuteri|"Ma’lumotlarni kiritish uchun plastik perodan foydalaniladigan cho‘ntak kompyuterinong turi. Pero bosilishga sezgir bo‘lgan displey sirtiga tekkiziladi. Matn yozma tarzda kiritiladi yoki virtual klaviaturada teriladi. " Klavish (kalit)|"1. Kompyuter klaviaturasidagi klavish. 2. Xabarni shifrlash jarayonida, ya’ni uni ma’noga ega bo‘lmagan ko‘rinishga keltirish jarayonida ishlatiladigan kalit kod. Kalit xabarni shifrdan chiqarish uchun ham kerak bo‘ladi. 3. Platani noto‘g‘ri qo‘yish yoki mikrosxemani xato o‘rnatishga yo‘l qo‘ymaydigan maxsus konstruktiv element. 4. Ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimida – uzluksiz indeksli faylda yozuvni identifikatsiyalash va undan tez foydalanish uchun ishlatiladigan belgilar ketma-ketligi. " Klavishlar kodi|"Klavishlar bosilganda yoki klavishlarning muayyan birikmalarida klaviatura kontrolleri protsessorga uzatadigan, aniq bir klavishning raqamli kodi. " Klavishlar uyg‘unligii|"Muayyan tartibda bosilganda tizim biror (dasturni ishga tushirish, klavishlar tartibini o‘zgartirish kabi) harakatni amalga oshiradigan, oldindan aniqlanadigan klavishlar. " Klavishlarni bosish ketma-ketligi|"Biror narsaga murojaat qilish uchun bir nechta klavishni ketma-ket bosish tartibi. " Klavishlarni bog‘lash|"Aniq bir klavishni bosish natijasida bajariladigan vazifani aniqlash. Har qanday joydan turib dasturni tez chaqirishda ishlatiladi. Tizim bu klavishlar bosilishini o‘zi aniqlab, berilgan vazifani bajaradi. " Klavishlarning joylashish sxemasi|"Tugmalar tartibining har bir harfiga monand chaqirish kodi yozilgan jadval, ya’ni foydalanuvchi biron klavishni bosganda tizimga bosilgan tugmaning kodi yetib boradi va operatsion tizim tanlangan tugmalar tartibidan kelib chiqib klavishlar joylashgan jadvalga qarab, simvolni standart chiqarish oqimiga (monitorga) chiqaradi. " Kliplar jamlanmasi|"Hujjatlarga qo‘shish mumkin bo‘lgan, bir nechta dasturga joylashtirilgan multimedia ma’lumotlari to‘plami. " Kliring|"O‘zaro talablarni va majburiyatlarni hisobga olishga asoslangan hisob-kitoblar tizimi. Kliring hisob-kitoblarini o‘tkazishda elektronika va informatika usul va vositalari keng ishlatiladi. Kliring operatsiyalari kommunikatsiya tarmog‘i orqali amalga oshiriladi. " Kloaking|"Veb-serverning foydalanuvchiga bir mazmunni, izlovchi robotga boshqa mazmunni ko‘rsatuvchi ish usuli. Izlovchi robotlar qaragan IP-manzillarni kuzatib borish va ularga boshqa axborotni berish yordamida amalga oshiriladi. Kloaking aldovni yashirish imkonini beradi, buning evaziga sahifa izlash natijalarida yuqori joylashtirish imkoni yaratiladi. Kloakingning ayon bo‘lishi ko‘p hollarda saytning, izlash tizimining «qora ro‘yxati»ga kiritilishiga va uni indekslashning to‘la to‘xtatilishiga olib keladi. " Klon|"Avval yaratilgan boshqa vositalarga funksional jihatdan o‘xshash bo‘lgan texnik yoki dasturiy vositalar. " Klonlash|"1. Qayta dasturlash yo‘li bilan, begona raqamli uyali o‘xshash telefonni tayyorlash. 2. Telefonlar yoki abonentlarning qalbaki identifikatori bo‘lgan telefon to‘lov kartalari, raqamlar va to‘lov belgilarini vakolatga ega bo‘lmagan holda tayyorlash. " Koaksial kabel|"Bir-biridan izolyatsiyalangan ichki va tashqi o‘tkazgichlardan iborat kabel. Ma’lumotlarni yuqori chastotada, kam yo‘qotish bilan uzatish imkonini beradi. " Kod|"1. Ochiq matn elementlarini (harflar, harflar birik-masi, so‘z va sh.k.) simvollar guruhlari (harflar, raqamlar yoki boshqa belgilar) bilan ko‘plab qayta o‘zgartirish. Shifrning maxsus turi hisoblanadi. 2. Xabarni bir (dastlabki) alifbodan boshqasiga (obyekt) axborotni hech qanday yo‘qotishlarsiz qayta o‘zgartirish qoidasi. " Kod jadvali|"Klaviaturada simvollar to‘plamini tezda o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan simvollarni kodlash jadvali. Windows va OS/2 operatsion tizimlarida qo‘llaniladi. " Kod kitobi|"Ochiq matnni kodlangan shaklga (kriptogrammaga) aylantirishda foydalaniladigan kitob. " Kod ortiqchaligi|"Kodli kombinatsiyalarning bir qismi foydalanilmay qoladigan kodning xossasi. Bunday kombinatsiyalar taqiqlangan hisoblanadi, bu esa qabul qilishda kodga tekshiradigan belgilarni kiritmasdan xatolarni aniqlash imkonini beradi. " Kod tuzilmasining buzilish|"Uzatish tomonda kiritilmagan (ortiqcha kodlar), lekin qabul qilish tomonida ajratilgan, taqiqlangan kodlarni aniqlash. Bu xil kombinatsiyalarni topish, qabul qilinayotgan signalda xato mavjudligini ko‘rsatadi. " Kod yozuvi|"Umumiy foydalanish tarmoqlari bo‘ylab tarqatiladigan dasturiy ta’minotni imzolash imkonini beruvchi mexanizm. Bu, dasturiy ta’minot muallifini autentifikatsiya qilish va uzatish jarayonida kodning o‘zgartirilmasligini kafolatlash imkonini beradi. " Kodek|"Videoma’lumotlar va tovushni kompressiya/dekompressiyalaydigan qurilma. Videokonferensiya o‘tkazilganda, u mikrofon va kameradan analog signallarni qabul qiladi. Bu signallar diskret shaklga o‘zgartiriladi va tarmoq orqali boshqa tizimga yuboriladi. Kodek tarmoq orqali boshqa tizimning diskret signallarini qabul qilib, ularni analog signallarga o‘zgartiradi va radiokarnaylar hamda monitorlar orasida taqsimlaydi. " Kodek (bir tomonga yo‘naltirilgan uzatishda)|"Televizion uzatish liniyasining kirishi va chiqishida muvofiq tarzda joylashgan koder va qo‘shimcha dekoder kombinatsiyasi. Izoh – «Kodek» atamasi ikki tomonga yo‘naltirilgan uzatishda boshqa ma’noga ega va buni noto‘g‘ri tushunmaslik kerak. " Kodek (ikki tomonga yo‘naltirilgan uzatishda)|"Qarama-qarshi yo‘nalishda ishlaydigan, bitta uskuna tarkibidagi koder va dekoderni yig‘ish. " Koder|"Analog signallarni raqamli shaklga o‘zgartiradigan qurilma. Izoh – Shuningdek, koder – raqamli signallar yoki kodlarni bir formatdan boshqa formatga o‘zgartirgich. Qayta kodlanuvchi axborotning (umumiy foydalanish yoki konfidensiallik) turiga bog‘liq ravishda kodlovchi yoki shifrator deb atalishi mumkin. " Koder, kodlovchi qurilma|"Kodlash uchun mo‘ljallangan qurilma. Izoh – Koder va kodlovchi qurilma rangli televideniyeda spetsifik ahamiyatga ega. " Kodga bog‘liq bo‘lmagan kanal|"Kodlangan maʼlumotlar oqimi shaffof (ochiq) rejimda, yaʼni qo‘shimcha tarzda ishlov berilmasdan hamda xizmatga oid simvollar qo‘shilmasdan uzatiladigan aloqa kanali. " Kodga bog‘liq bo‘lmagan uzatish|"Boshlang‘ich ketma-ketlik tuzilmasiga bog‘liq bo‘lmagan, bitlarni qayta ishlash protokolidan foydalaniladigan uzatish usuli. " Kodlama|"Ramzlar (insonlar tili) bilan sonlar (kompyuterlar tili) orasidagi mutanosiblik. Bir xil sonlarni turli alifbolarning ramzlariga almashtirish mumkin. Internetda keng tarqalgan kodlamalardan biri – YUNIKOD. " Kodlash|"Dastlabki alifboni obyektli alifboga qayta o‘zgartirish jarayoni. " Kodlash kaliti|"Kriptografiyada – kodlarni o‘zgartirishda ularning o‘zaro mosligini tekshirish uchun ishlatiladigan kalit. Bu kalitning vazifasi begona obyektlar tomonidan dasturlarni va maʼlumotlarni ishlatishdan muhofazalashdan iborat. " Kodlash masofasi|"Berilgan kod kodlar ketma-ketligining ixtiyoriy jufti o‘rtasidagi masofaning eng kichigi. " Kodlash qonuni|"Kvantlash va kodlashda foydalaniladigan kvantlash qadamlarining nisbiy kattaliklarini aniqlovchi, tovushni siqish qonuni. " Kodlash qurilmasi|"1. Dasturlar va ma’lumotlarni axborot tashuvchisidagi, ularni keyinchalik elektron hisoblash mashinasiga kiritish maqsadida kodlash uchun mo‘ljallangan avtomatik yoki avtomatlashtirilgan qurilma. 2. Axborotni taqdim etish shaklini o‘zgartiruvchi qurilma, bunda har bir kirish signaliga, kirish signalining kodi hisoblanadigan, chiqish signallarining ma’lum kombinatsiyasi mos keladi. " Kodlash tizimi|"Kodlash simvollari va qoidalarining majmui; kod. " Kodlash vositalari|"Almashtirishning bir qismini qo‘l operatsiyalari yordamida bajargan holda axborotni kriptografik almashtirish algoritmlarini amalga oshiruvchi vositalar. " Kodlash, shifrlash|"Axborotni ruxsat etilmagan tarzda foydalanishdan, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida, muhofaza qilish. " Kodlash chegarasi|"Kod unumdorligining chegarasi, u kod quvvati, minimal Xemming masofasi, kodli kombinatsiya uzunligi kabi parametrlarga bog‘liq. " Kodli panjara|"Yo‘naltirilgan graf bo‘lib, unga oxirgi cheklash uzunligiga ega yuqori aniqlikdagi kod daraxti aylanadi. " Kodli rejalashtirish|"Umumiy xizmat ko‘rsatish zonasidagi tayanch va mobil stansiyalar o‘rtasida kodli ketma-ketlikning taqsimlanishi. Kodlarni taqsimlash algoritmi o‘zaro (tizim ichidagi) xalaqitlar darajasini pasaytirishga asoslanadi. " Kodli sahifa|"Simvol raqami va uning yozilishi o‘rtasidagi muvofiqlik jadvali. Odatda, faqat 128-255 simvollari uchun yo‘naltiriladi. " Kodli so‘z (tasvirni kodlashda)|"Tasvir to‘g‘risidagi axborotning (kadrning) elementini, masalan, kvantlangan qiymatni, muayyan kodga mos ravishda ifodalovchi tartibli razryadlar ketma-ketligi. " Kodli chegaralash uzunligi|"O‘ramli koderdagi +1kechikish elementlarining soni. " Kodli cheklash|"Qisqartma kodni dekoderlashda hisobga olinadigan oldingi simvollar soni. " Kodlovchi|"Axborotning kodlashtirilishini bajaradigan qurilma, mikrosxema yoki dastur. " Kodni ochish, dekodlash|"Kodlangan signallarni, uzatilayotgan axborotni bevosita aks ettiruvchi, unga mos signallarga almashtirish " Kodni chiqarib tashlash|"Dasturni optimallashda ‒ dasturning hech qanday ish bajarmaydigan yoki boshqarishga ega bo‘lolmaydigan fragmentlarini chiqarib tashlash. " Kodning buziluvchi segmenti|"Xotiradagi Windows ilovasining kod segmenti bo‘lib, zarur bo‘lganda buzilishi, qayta yozilishi yoki diskdan chiqarib tashlanishi mumkin. " Kodning energetik yutug‘i|"Kodlash tizimi va kodlashsiz tayanch tizimdagi xatoning berilgan ehtimolligida talab qilingan signal/shovqin nisbatidagi farq. " Kodning ortiqchaligi|"Manbaning bir xabarini kodlash uchun qo‘llaniladigan bitlarning o‘rtacha soni va Shennon teoremasidan olingan bitlarning mumkin bo‘lgan eng kam soni o‘rtasidagi farq. " Kodulyatsiya|"Odatda, bitta DSP-protsessor yordamida bajariladigan, signalni kodlash va modulyatsiyalash operatsiyalarini birlashtiruvchi jarayon. " Kogerant toʻlqinlar|"Bir xil chastotadagi yoki uzunlikdagi, vaqt boʻyicha fazalar farqi oʻzgarmas boʻlgan toʻlqinlar. " Kogerent nurlanish|"Chastotasi va fazasi fazoning istalgan nuqtasida va vaqtning istalgan onida doimiy bo‘lgan elektromagnit nurlanish. " Kogerent optoelektronika|"Murakkab axborot tizimlari yaratishning yangi tamoyillarini belgilaydigan optoelektronika turi. " Kogerentlik|"Vaqt davomida yoki fazoda bir nechta tebranma yoki to‘lqinli (ularning qo‘shilishida paydo bo‘ladigan) jarayonlarning bir-biriga muvofiq o‘tishi. " Kogerentlik masofasi|"Qabul qilinuvchi signallar kuchsiz korrelyatsiyalangan bo‘lishi uchun, antennalar tarqoq holda o‘rnatilishi kerak bo‘lgan minimal fazoviy masofa, yaʼni bunda ularning o‘zaro kogerentlik koeffitsiyenti o‘zining minimal yo‘l qo‘yiladigan qiymatidan past bo‘ladi. " Kogerentlik vaqti|"Vaqt intervali, shu vaqt oralig‘ida qabul qilinuvchi signallar kogerent deb qaralishi mumkin. Tinishlar kuzatiladigan kanaldagi kogerentlik vaqti Dopler chastotasining tarqoqligiga bog‘liq bo‘ladi. Abonent harakatlanishining yuqori bo‘lmagan tezligida u interaktiv almashinuv uchun kerak bo‘ladigandan ancha kattadir. Shu sababli, vaqt bo‘yicha tarqoqlik «sof holda» amaliyotda juda kam uchraydigan. " Kognitiv radio|"Tizimga o‘zini ekspluatatsion yoki geografik o‘rab turgan muhit to‘g‘risida bilim olish; o‘zining ekspluatatsion parametrlari va protokollarini olingan bilimlarga muvofiq, qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun, dinamik va avtonom rostlash; o‘z harakatlari natijalari asosida o‘rganish imkonini beradigan texnologiyadan foydalaniladigan radiotizim. " Kognitiv texnologiyalar|"Inson tafakkuri imkoniyatlarini rivojlantirishga maxsus yo‘naltirilgan axborot texnologiyasi. Bunday texnologiyaning o‘ziga xos misoli bo‘lib, kognitiv kompyuter grafikasi hisoblanadi. U kompyuter ekranida fazoviy shaklda nafaqat turli geometrik shakllarni, balki turli matematik formulalarni ham ifodalay oladi. Bunday ifodalashlar insonning fazoviy tasavvurini va uning assotsiativ fikrlashini rivojlantiradi. Interbilding kognitiv texnologiyaning misoli bo‘lib, u insonning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishning tashxisi, treningi va monitoringining kompyuter texnologiyasidir. " Kollaps funksional profili|"Bitta yoki bir nechta pog‘ona yetishmaydigan soxta to‘la funksional profil. Chala profilda yetishmagan pog‘onalar funksiyalari shunchalik soddalashganki, ular boshqa pog‘onalar vazifalari tarkibiga kiritilgan. Chala profillar paydo bo‘lishi juda sodda va tez ishlaydigan lokal tarmoqlar yaratish imkonini ochdi. Tabiiyki, bu afzalliklar o‘zaro ishlash sohasidagi qator funksiyalarni o‘ta soddalashtirish evaziga yuzaga kelgan. Shu munosabat bilan, bunday profillarning imkoniyatlari maʼlumotlarni berishda va seanslar o‘tkazishda cheklangan. Bundan tashqari, bu holda kommunikatsiya tarmog‘i orqali maʼlumotlar uzatish soddalashtirilgan. " Kollektorli kanal|"1. Yacheykasimon va pol osti kanallar tizimida kabelni telekommunikatsiya shkafidan taqsimlash kanallarigacha o‘tkazish uchun foydalaniladigan asosiy kanal. Sinonimi: fiderli kanal. 2. To‘g‘ri burchakli kesimga ega, pol chegarasida yoki toza poldan sal quyida joylashgan, taqsimlash kanalini yoki yacheykani telekommunikatsiya shkafi bilan bog‘lash uchun xizmat qiluvchi kanal. Ko‘pincha, berk fider yoki transheya kanali deb ataladi. Toza pol bilan bir sathda o‘rnatilgan, butun uzunligi bo‘ylab olinadigan qopqoqlari va servislarni ajratuvchilari bo‘lgan transheya kanal-fideri. " Kolliziya|"1. Ikki (yoki undan ortiq) stansiyaning bir vaqtda CSMA/CD tarmog‘ida paketni uzatishni boshlashga urinishi; kelishmovchilik aniqlanganda ikkala stansiya ham uzatishni to‘xtatadi va uni kelishmovchilik yuzaga kelish muammosini hal etish imkoniga ega tasodifiy ravishda aniqlanuvchi vaqt oralig‘i o‘tgandan so‘ng takroran tiklashga urinadilar. 2. Vaqt birligi ichida paketlarning radiokanalda urilishlar soni. 3. Turli xabarlarning xesh-funksiyasi bir-biriga mos keladigan hodisa. " Kolokeyshn|"Provayder mijoz jihozlarini o‘z hududida (odatda maʼlumotlar markazi) joylashtirib, ularni yuqori o‘tkazish qobiliyatiga ega aloqa kanallariga ulashdan iborat aloqa xizmati. Baʼzan ko‘rsatilgan jihozlar mijozga tegishli bo‘lmasdan, provayderdan ijaraga olinadi. Bunday joylashtirish provayderdan mijozga (so‘nggi milya) aloqa kanalini tashkil qilish xarajatlarini kamaytirishga imkon beradi. Kolokeyshnga ko‘pincha trafik hajmi katta bo‘lgan veb-saytlar va boshqa tarmoq xizmatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan serverlar, shuningdek, ko‘p nuqtalardan ishonchli kira olish talab etilgan jihozlar (masalan, VPN konsentratorlar, IP telefoniya shlyuzlari) qo‘yiladi. " Kolorimetrik funksiya|"Ranglar uyg‘unligi funksiyasi. Ushbu kolorimetrik tizimda to‘lqinlar uzunligining funksiyasiga teng energetik spektr monoxromatik tashkil etuvchilaridan har biriga rang bo‘yicha tenglashtirish uchun kerak bo‘lgan uchta asosiy ranglar soni keltiriladi. Izoh ‒ Bu kolorimetrik funksiyalar avvallari «taqsimlash koeffitsiyentlari», keyinchalik «uch xil rangli spektral tashkil etuvchilar» deb nomlangan. " Kolorimetrik tizim (televideniyeda)|"Uchta asosiy rangdan va tayanch oq rangdan iborat guruh. " Kolorimetriya|"Rangni o‘lchash usullari va ularni miqdor jihatdan ifodalash to‘g‘risidagi fan. Komanda rus. - команда ing. - command Bajaruvchiga, uning uchun tushunarli tilda berilgan va bajaruvchining harakatini qat’iy belgilaydigan ko‘rsatma. Komanda turli usullar bilan berilishi mumkin; kompyuterda bu simvollarning ma’lum bir to‘plami, agar kiritish klaviatura orqali amalga oshirilsa, va/yoki elektr signallar, agar kiritish portlar orqali (masalan, modem bo‘ylab) amalga oshirilsa. " Komanda fayli|"Operatsion tizim komandalari to‘plamini ichiga oladigan, formatlanmagan matn fayli. Komanda fayllari ko‘p bajariladigan operatsiyalarni avtomatlashtirish imkonini beradi. " Komanda interpretatori|"Foydalanuvchi tomonidan terminaldan yoki komanda fayli ko‘rinishida beriladigan operatsion tizimni boshqarish operatorlarini o‘qiydigan va interpretatsiya qiladigan dastur. " Komanda protsessori|"Matnli foydalanuvchi interfeysi bo‘lgan tizimlarda ‒ foydalanuvchi komandalarini qayta ishlaydigan modul. " Komanda satri|"Kompyuter bilan ishlashdagi terminal rejim. Komandalar qo‘lda yozish orqali kiritiladi. Barchasi minimal grafik sozlashlar bilan bajarilgan. " Komandalar darajasidagi parallelizm|"Protsessorning, bir nechta mashina komandasini bir vaqtda bitta dasturiy oqim doirasida bajara olish qobiliyati. " Komandalar deshifratori|"Markaziy protsessorning, operatsiya kodi va komanda operandlarini ajratadigan, keyin esa, berilgan komandani bajaradigan mikrodasturni chaqiradigan bloki (mikrosxemasi). " Komandalar generatori|"Translyatorning, translyatsiya qilinayotgan dasturga mos keladigan mashina komandalari ketma-ketligini hosil qiladigan qismi. " Komandalar keshi|"Komandalarni saqlash uchun garvard arxitekturasidan foydalaniladigan, mikroprotsessor kesh-xotirasi bloki. " Komandalar navbati|"Protsessor buferi, bu erga tanlash operatsiyasidan keyin komanda kelib tushadi va tegishli bajarish qurilmasiga yuboriladi. " Komandalar registri|"Hozirda bajariladigan komandani saqlash uchun mo‘ljallangan, protsessor registri (xotira mikrosxemasi). " Komandalar tizimi soddalashtirilgan kompyuterlar|"1980-yillarning boshlarida professor Devid Patterson (Berkli universiteti, AQSh) va uning talabasi Devid Ditsel (keyinchalik yirik olim, Transmeta kompaniyasining rahbari) tomonidan taklif qilingan kompyuterlar arxitekturasiga soddalashtirilgan yondashuv. " Komandalar to‘plami|"Berilgan protsessor bajaradigan barcha mashina komandalari jami. " Komandalar to‘plamini modellash tizimi|"Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va baholash hamda ichki qurilgan tizimlarni testdan o‘tkazish uchun qo‘llaniladigan dastur. Murakkablik darajasiga ko‘ra uch turdagi imitatorlar qo‘llaniladi: a) oddiy, faqat protsessor komandalarini bajaradi. Bunda konveyerlash samaradorligi va komandalarni bajarish uchun sarflangan sikllar hisobga olinmaydi; b) Nisbatan murakkabroq versiya – komandalarni bajarish uchun sarflangan sikllarni hisobga oladi, lekin kesh-xotiradan va MMU (Memory Management Unit) xotirani boshqarish qurilmasidan foydalana olishdagi kutishlarni hisobga olmaydi; c) murakkab versiya – protsessorning to‘liq faoliyatini modellashtiradi. " Komandalarni bajarish bloki|"Protsessorning komandalarning bajarilishini boshqaradigan qurilmasi. Zamonaviy protsessor o‘z ichiga bir nechta komandalarni bajarish blokini olishi mumkin. " Komandalarni hisoblagich|"Protsessorning navbatdagi tanlanadigan komanda manzilini yoki dasturning navbatdagi bayti (so‘zi)ni ichiga oladigan ichki registri. " Komandalarning qisqartirilgan to‘plamini hisoblash|"Qisqartirilgan komandalar to‘plamiga asoslangan protsessorlar arxitekturasi. Qisqartirilgan uzunlikdagi komandalar, katta miqdordagi registrlar, registr-registr turidagi operatsiyalar, shuningdek, bilvosita manzillashning yo‘qligi bilan ta’riflanadi. " Komandani kiritishga taklif|"Dasturiy qobiqning komandani bajarishga tayyor ekanligini ko‘rsatuvchi satr. Odatda joriy papka nomi va boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. " Komandani tanlash vaqti|"Xotiradan mashina komandasini chiqarib olish va uni komandalar registriga kiritish vaqti. " Komandaning boshqaruvchi parametri|"Firma operatsion tizimlarining komanda tillarida ‒ komandani bajarish usuli yoki rejimini ko‘rsatadigan, komanda satri parametri. Kombayner rus. - комбайнер ing. - combiner 1. Summator (quvvat); (tarqoq signallarni) qoʻshish sxemasi. 2. Birlashtiruvchi. " Kombinatsiyalangan portlash|"Intellektual tizimlardagi, qarorlarning fazoviy hajmi elementar qarorlarning soni o‘sishi bilan favqulodda tez ko‘payadigan vaziyat. Shu sababga ko‘ra, yechim izlash uchun ajratish usuli to‘g‘ri kelmaydi: evristik qoidalardan foydalanish zarur. " Kombinatsiyalangan stereosignal|"Tarkibida ko‘p kanalli signal komponentalari uzatiladigan murakkab ikkita kanalli tovush signali. Undan MPEG-2 standartida MPEG-1 bilan teskari moslashishda foydalaniladi. " Kommunikativistika|"Axborot kommunikatsiyalari (shu jumladan, tarmoqlar) muammolarini o‘rganadigan fan. " Kommunikator|"Mobil telefon funksionalligiga ega bo‘lgan cho‘ntak shaxsiy kompyuter. Kommunikatorlarning oddiy mobil telefonlardan farqi shundaki, ular dasturiy taʼminot ishlab chiquvchilariga ochiq bo‘lgan rivojlangan operatsion tizimga ega. Qo‘shimcha qo‘llanmalarni o‘rnatish esa kommunikatorlarning imkoniyatlarini yanada oshirishga imkon beradi. " Kommunikatsion xavfsizlik|"Kommunikatsiyalarning (telekommunikatsiyalar liniyalari va kanallari-ning) ruxsat etilmagan tarzda foydalanishdan muhofazalanganligi. " Kommunikatsiya|"1. Aloqa, xabar, aloqa vositasi, axborot, axborot vositasi, tutashma, muloqot, ulanish. 2. Telekommunikatsiyalar. Faoliyat sohasi – axborot uzatish usullari va vositalari. " Kommunikatsiya kontrolleri|"Bufer protsessorlari va kommutatsiya bog‘lamasi vazifalarini bajaradi. Kontrollerlar har xil turdagi kanallar bilan ishlaydilar. Uzoqlashgan (bosh kompyuterdan) kommunikatsiya kontrollerlari guruhiy kontrollerlar deb ataladi. Hamma kontrollerlarga terminallar ulanadi. " Kommunikatsiya protsessori|"Meynfreym va klasterli kontrollerlar o‘rtasida aloqani ta’minlaydigan kommunikatsiya qurilmasi. Kommunikatsion protsessor butunlay, uzatiladigan axborotni qayta ishlash, xatolarni nazorat qilish va bartaraf etish, xabarlarni kodlash, aloqa liniyalarini boshqarish va h.k.lar uchun ajratiladi. " Kommunikatsiya tarmog‘i|"Muayyan tarmoq faoliyatini taʼminlaydigan jami aloqa kanallari (simli, radio yoki optik), kanallarni hosil qiluvchi apparatura hamda aloqa markazlari va uzellari. " Kommunikatsiya tizimi|"Boshqa tizimlar orasida axborot uzatish bilan bog‘liq yordamchi vazifalarni bajaradigan tizim. " Kommutator|"Bir nechta kompyuterni lokal tarmoqqa birlashtiradigan, ularning bir-biri bilan va qolgan tarmoqlar bilan birgalikda ishlashini, Internetdan foydalanishni ta’minlaydigan tarmoq qurilmasi. Izoh − Kommutatorga ulangan shaxsiy kompyuterlar o‘rtasida o‘tkazish polosasi taqsimlanmaydi (konsentratorga ulangandagi kabi): kommutatorning har bir porti to‘liq o‘tkazish qobiliyati bilan ishlaydi. Kommutatorlar ma’lumotlar uzatish tezligini yo‘qotmagan holda, ko‘plab shaxsiy kompyuterlarni bitta tarmoqqa ulash imkonini beradi. " Kommutatsion blok|"Kommutatsion maydon umumiy chiqish uchlari va oraliq liniyalarining barchasini yoki bir qismini o‘z ichiga oluvchi kommutatsion aloqa asboblarining konstruktiv tugallangan majmui. " Kommutatsion xalaqit|"Tok va kuchlanish kommutatsiyasi jarayonlarida paydo bo‘ladigan industrial xalaqit. " Kommutatsiya|"Tarmoq abonentlari o‘rtasida, ularning umumiy fizik aloqa liniyasiga kira olishini ta’minlagan holda, ulanish o‘rnatilishiga imkon beradigan protsedura. Kommutatsiyaning printsipal farq qiladigan uchta sxemasi ajratiladi: kanallar, xabarlar va paketlar kommutatsiyasi. " Kommutatsiya bloki (stansiyasi) kommutatsiya maydonining zvenoli tuzilmasi|"Kommutatsiya bloki (stansiyasi) ning kommutatsiya maydoni, ular orqali kirishdan chiqishga bog‘lanishlar o‘rnatiladigan, o‘zaro muayyan bir nechta zvenodan iborat bo‘lgan tuzilma. " Kommutatsiya maydoni|"Kabelni ulash uchun konnektorlarning bir yoki undan ortiq qatori yoki kolonkalarini ichiga oluvchi alohida qurilma yoki element. 24 portli petch-panel; 100 juftli 110 turidagi kommutatsiya bloki, 25 juftli 66 M1-50 turidagi kommutatsiya bloki; optik-tolali petch-panel kommutatsiya uskunasi maydonlariga misol bo‘ladi. " Kommutatsiya nuqtasi|"Kommutatsiya guruhining telekommunikatsiyalar kommutatsiya asbobida, blokida yoki maydonida joylashish o‘rni. " Kommutatsiya paneli|"Rozetkali blok ko‘rinishida qilingan kabelli tizim interfeysi; kommutatsion shnurlar yordamida uskuna portlari bilan ulanadi. " Kommutatsiya stansiyasi|"Oxirgi (terminal) va tranzit bog‘lanishlarni amalga oshirishda abonent hamda bog‘lovchi liniyalar kommutatsiyasini taʼminlovchi texnik vositalar majmui. " Kommutatsiya tarmog‘i|"Kommutatsiya stansiyalari va uzellari bazasida tashkil etilgan, telekommunikatsiyalar transport tarmog‘ining resurslaridan foydalangan holda, kanallar yoki paketlar kommutatsiyasini taʼminlaydigan tarmoq. " Kommutatsiya tarmog‘i stansiyasi|"Kommutatsiya tarmog‘i liniyalari va kanallarining ulanishini, shu jumladan, oxirgi (terminal) abonent qurilmalari bilan taʼminlaydigan texnik vositalar kompleksi. " Kommutatsiya tizimi|"1. Stantsiya yoki uzelning barcha kommutatsiya bloklari va izlash bosqichlarining majmui. 2. Har bir kirishda kelayotgan paketlar oqimini takrorlash bilan kommutatsiyalashning ko‘p kaskadli sxemasi; bunda har bir kirish-chiqish jufti o‘rtasida bir nechta bog‘lanish bo‘ladi. " Kommutatsiya uskunasi|"Kabelning mexanik ulanishini ta’minlovchi qurilma. " Kommutatsiya shnuri|"Bitta yoki har ikki uchida ajratgichlari bo‘lgan, kommunikatsion uskunani kommutatsion panel yoki krossga ulash uchun mo‘ljallangan qisqa (bir necha metrgacha bo‘lgan) shnur. " Kommutatsiyalanadigan kanal|"Kommunikatsiya tarmog‘ining mantiqiy kanali. Kanallarni kommutatsiyalash natijasida, aksariyat holda, faqat tizimlar orasida seans vaqtiga taqdim qilinadi. " Kommutatsiyalanadigan kanallar orqali ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i|"Shaxsiy kompyuterga ulangan ikkita telefon liniyasi va ikkita modem qurilmasi yordamida ikki tomonlama raqamli maʼlumotlar bilan almashish rejimini tashkil etish imkonini beradigan texnologiya. " Kommutatsiyalanadigan kanallar orqali IP-tarmog‘iga ulanish (qo‘ng‘iroq)|"SLIP yoki PPP protokollari orqali IP-tarmog‘i bilan ulanish. Odatda modem orqali amalga oshiriladi. " Kommutatsiyalanadigan liniya|"Faqat ikki qurilmaning ulanish vaqtida o‘rnatiluvchi telekommunikatsiyalar liniyasi. " Kommutatsiyalanadigan liniyalar bo‘yicha olisdagi foydalanuvchilarni autentifi-katsiya qilish xizmati|"Autentifikatsiya qilish serverida foydalanuvchilarning qayd qilingan ma’lumotlarini (parollar va sh.k.) markazlashtirilgan tarzda tekshirish uchun mo‘ljallangan protokol. " Kommutatsiyalanadigan liniyalar orqali Internetdan erkin foydalanish|"Foydalanuvchi kompyuterining Internet tarmog‘i va uning resurslariga telefon liniyasi bo‘yicha seansli ulanishdan foydalanishni ta’minlash. " Kommutatsiyalanadigan lokal tarmoq|"Segmentlardan iborat lokal tarmoq. U kommutatsiya majmui yordamida yagona bir butun bo‘ladi. Yuqori o‘tkazish qobiliyatli kommutatsiyalanadigan majmua orqali, faqat boshqa segmentlarda joylashgan tizimlarga yo‘llangan maʼlumot bloklari uzatiladi. Qolgan bloklar faqat o‘zlarining segmentlari ichida aylanib yuradilar, bu esa tarmoqning xavfsizligiga imkon yaratadi. Kommutatsiyalanadigan majmua fizik kommutatsiyasini ham, mantiqiy kommutatsiyasini ham taʼminlaydi. Buning natijasida, bir-biri bilan bog‘langan turli-tuman virtual tarmoqlar yaratiladi. " Kommutatsiyalanadigan telekommunikatsiyalar tarmog‘i|"Abonentning so‘rovi bo‘yicha yoki berilgan dasturga muvofiq, tarmoqining stansiyalari va kommutatsiya qilish uzellari yordamida oxirgi (terminal) abonent qurilmalari o‘rtasida xabarlarni uzatish uchun talab qilingan vaqtda aloqani ta’minlaydigan telekommunikatsiyalarning kommutatsiya tarmog‘i. " Kommutatsiyalanadigan virtual tarmoq|"IBM korporatsiyasi tomonidan taklif qilingan, tuzilmasi jo‘shqin o‘zgaradigan tezkor kommunikatsiya tarmoqlarining arxitekturasi. SVN tizimli tarmoq arxitekturasi va marshrutizatorlar asosida yaratilayotgan tarmoqlar o‘rnini bosmoqda. SVNning asosiy xususiyati uzatishning asinxron usulini ishlatish va ulanishning fizik vositalarining rang-barangligidir. Shuning evaziga, SVN strategiyasi turli rusumdagi tarmoqlarni qamrab olmoqda. " Kommutatsiyalanadigan yaproq|"Aloqaning bir yoʻnalishidan boshqasiga tezkor qayta ulanadigan koʻp nurli antenna yoʻnalganlik diagrammasining yaproqlaridan biri. " Kommutatsiyalanmaydigan liniya|"Ulanish o‘rnatilishi uchun raqam terish talab etilmaydigan telefon liniyasi. " Kommutatsiyalanmaydigan telekommunikatsiyalar tarmog‘i|"Oxirgi (terminal) qurilmalarning telekommunikatsiyalar kanali orqali, tarmoq stansiyalari va qayta ulash uzellari yordamida uzoq muddatli bog‘lanishlarni taʼminlaydigan telekommunikatsiyalar tarmog‘i. " Kommutatsiyalash xabi|"Tarmoq ishining samaraliligini oshiruvchi Ethernet texnologiyasining keyingi rivojlanishi. Bu holda muhitdan foydalanishni boshqarish aslida bog‘lamalardan port juftlari – paket manbalari va ularni qabul qiluvchilar – o‘rtasida virtual ajratilgan kanallar o‘rnatilishini taʼminlovchi markaziy kommutatsiyalanadigan qurilmaga ko‘chiriladi. Uzatuvchi uzellardan kommutatsiya xabi deyarli har doim paketni yo o‘z buferiga qabul qilish, yo uni deyarli uzilishsiz maqsad portiga uzatishga tayyor. Kommutatsiya xab orqali o‘zaro maʼlumotlarni almashuvchi kompyuterlar umumiy trafik yukini oshirmaydi. Bunday xab-lar, shuningdek, Ethernet va Fast Ethernet tarmoqlarini bog‘lash uchun qo‘llaniladi. " Kompakt-disk|"Axborotni (ma’lumotlarni), ya’ni ma’lumotlarni saqlash formatini raqamli shaklda saqlash uchun mo‘ljallangan ko‘chma optik disk. " Kompakt disk surati|"Doimiy xotira qurilmasi kompakt-diski fayllari katalogi va tuzilmasining aks ettirilishi. Kompakt-disklarni klonlashtirish uchun xizmat qiladi. Shuningdek, u kompakt diskning obrazi ham deyiladi. " Kompakt disklar bilan ishlash uchun real vaqtli operatsion tizim|"Interaktiv mazmunga ega bo‘lgan kompakt-disklarni qayta ishlash imkonini beradigan operatsion tizim. Turli audio- va videoproigrivatellarda bo‘ladi. " Kompakt disklarning fayl tizimi|"Kompakt-disklar uchun fayl tizimi. Klasterning 2 kbit qayd etilgan o‘lchamiga ega. Barcha zamonaviy operatsion tizimlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. " Kompakt-diskdagi doimiy xotira qurilmasi|"1. Kompyuter va boshqa kompyuterlashtirilgan qurilmalar uchun mo‘ljallangan, kompakt-diskda joylashtirilgan tashqi doimiy xotira. Foydalanuchining ma’lumotlar bloki diskda 2048 byte ni egallaydi. Har bir blokdagi 304 byte dan qo‘shimcha axborot va xatolarni to‘liq kuzatib borish va tuzatish uchun foydalaniladi. To‘la fizik blok 2352 byte ni egallaydi. 2. Kompakt-disklarni o‘qish uchun mo‘ljallangan qurilma. " Kompakt-diskdan yuklash|"Kompakt-diskning birinchi yo‘lkasida yozilgan ma’lumotdan foydalanib kompyuterni yuklash. Odatda, operatsion tizimni yuklashda va diagnostika qilishda qo‘llaniladi. " Kompakt-diskka yozish qurilmasi|"Ma’lumotlarni kompakt-diskka yozuvchi qurilma. " Kompakt-disklarni dasturlashtiruvchi|"Kompakt-disklarga ma’lumotlarni yozadigan dastur. " Kompaktlash|"Xotiradagi qo‘shni bo‘lmagan barcha bo‘sh sohalarni bitta uzluksiz blokka birlashtirish maqsadida xotiraning siljishi yoki aralashtirib yuborilishi. " Kompander|"Kompressor va ekspander funksiyalarini birlashtiradigan hamda aloqa kanali orqali signallarni uzatishdan oldin, ularning dinamik diapazoni siqilishini va qabul qiluvchi tomonda signallarning dastlabki shakli tiklanishini ta’minlaydigan qurilma. " Kompandirlanmagan uzatish|"Uzatish usuli, bunda uzatiladigan signallarning dinamik diapazonini siqish yuz bermaydi. " Kompanon viruslar|"Nusxasini zararlanadigan dastur o‘rnida yaratadigan, original faylni yo‘q qilmasdan, uni qayta nomlaydigan yoki siljitadigan viruslar. Dasturni ishga tushirishda avval virus kodi bajariladi, keyin boshqaruv original dasturga beriladi. " Komparator|"O‘lchanayotgan kattalikni etalon kattalik bilan solishtirish uchun mo‘ljallangan o‘lchash asbobi. Komparatorlar optik, elektr, interferension va h.k. bo‘lishi mumkin. Komparatorlar, masalan, nurlantiruvchi tizimlarning elektromagnit maydon kuchlanishini o‘lchashda qo‘llaniladi. " Kompetensiya|"Shaxs tajribaga, bilimlarga ega bo‘lgan masalalar doirasi; qandaydir organ yoki mansabdor shaxsning vakolatlar doirasi. " Kompetentlik, muayyan vakolatga egalik|"1. Vakolatga, huquqqa, nimadir to‘g‘risida hukm chiqarish, mulohaza yuritish imkonini beradigan bilimlarga ega bo‘lishlik. Muayyan vaziyatda ko‘rsatilgan bilimlar, malakalar, mahoratning mavjudligi. 2. Istalgan natijalarga erishish uchun bilim va ko‘nikmalarni qo‘llash qobiliyati. " Kompilyator|"1. Dasturni muammoga yo‘naltirilgan tildan mashinaga yo‘naltirilgan tilga o‘giradigan translyator, yuqori darajadagi tillarni mashina kodiga (yoki ba’zida, keyinchalik interpretator bajaradigan oraliq kodga) aylantiradigan dasturiy ta’minot. 2. Dasturning boshlang‘ich matnini dasturlash tilidan dasturning mashina (obyekt) yoki oraliq kodiga translyatsiya qilinishini bajaradigan maxsus dastur. Translyatsiyadan so‘ng, kompilyator obyekt faylini bajariladigan mashinaga bog‘liq kodga o‘zgartirib, komponovka qilishni (yig‘ishni) amalga oshiradi. " Kompilyatsiya|"Biror-bir dasturlash tilida yozilgan dasturni unga ekvivalent bo‘lgan tilga (mashina tili yoki oraliq til) o‘girish. Kompilyatsiya jarayoni mantiqan boshlang‘ich matnni tahlil qilish, sintezlash yoki kodni generatsiya qilishga asoslangan bosqichlardan iborat. Fizik jihatdan – har bir bosqichda kompilyator boshlang‘ich matnni boshdan oxirigacha tekshirib chiqadi. " Kompilyatsiya vaqti|"Kompilyator dasturni boshlang‘ich dasturlash tilidan bajariladigan mashina (obyekt) kodiga aylantirishi uchun sarflaydigan vaqt. " Kompilyatsiya vaqti (fazasi)|"Dasturning boshlag‘ich kodi obyekt moduliga kompilyatsiyalanadigan dasturni qayta ishlash bosqichi. " Kompilyatsiyalash parametrlari|"Ishga tushirish paytida komanda satrida yoki dastur matnida translyatorga ko‘rsatmalarda keltiriladigan va uning ishini boshqaradigan parametrlar. " Kompilyatsiyalash tartibi|"Dastur modullari uzatilishi kerak bo‘lgan tartib. Rivojlangan modul tuzilmali tillarda (masalan, Ada, Modula) modulning translyatsiya qilinishi, foydalaniladigan barcha ta’riflash aniqlash modullaridan oldin bajarilishi mumkin emas. " Kompleks axborot tizimlari|"Korxonaning, kompleks avtomatlashtirish g‘oyalari va usullarini amalga oshiradigan texnik va dasturiy vositalari majmui. Kompleks avtomatlashtirish tashkilotning barcha asosiy amaliy jarayonlari integratsiyasini va kompyuter texnologiyalariga o‘tilishini ko‘zda tutadi. " Kompleks xizmatlarga ega keng polosali raqamli tarmoq|"ISDN standartining rivojlantirilgan versiyasi, ma’lumotlar uzatish tezligi 155 dan 622 Mbit/s va undan yuqoriroq bo‘lishini ta’minlaydi. Ma’lumotlar trafigi, ovoz va videoni qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan, ATM/SDH texnologiyalariga asoslangan. " Komplementar metall-oksidli yarimo‘tkazgich|"Elektron sxemalarni tuzish texnologiyasi. Afzalligi – elektr energiyani kam iste’mol qiladi. Kamchiligi – murakkab sxemani tuzish imkoniyatining yo‘qligi. " Komponent (alohida) signallar|"Komponent videosignallarda yorqinlik signali va ranglilik signalini alohida qayta ishlash va uzatish tushuniladi. Videosignal uchta: yorqinlik signali va ikkita rang farqlovchi (Y, B-Y, R-Y kabi belgilanadi, ya’ni Uy, UR-y va UB-Y yoki UR, UG va UB) tarkibiy qismga ajratilgan. U kompozit yoki S-video signalga nisbatan ustunliklarga ega. " Komponent blok|"Quyi daraja traktlari qatlami va yuqori daraja traktlari qatlami o‘rtasida moslashuvni taʼminlovchi axborot tuzilmasi. Axborot yuklamasi va yuklama sikli boshlanishining yuqori daraja virtual konteyneri sikli boshlanishiga nisbatan siljishini bildiruvchi komponent blok ko‘rsatgichidan iborat. " Komponent kirish|"Qizil, yashil va ko‘k ranglarda elektronlar chiqaradigan kineskopning elektron to‘pini boshqaradigan yarimo‘tkazgichli sxemalardan bevosita foydalanish imkonini beradigan kirish. " Komponent (rangli televideniyeda)|"Asosiy ranglarning signallaridan hosil qilinadigan uchta signaldan biri. Odatda, yorug‘lik signali va ikkita tor polosali ayirmarang signallar komponenta hisoblanadi. " Komponentlararo kabel|"A/B-tizimning komponentlari o‘rtasida chiziqli darajadagi audiosignal (tovush kabel) yoki kompozit videosignal (videokabel) uzatiladigan kabel. " Komponentlarning obyekt modeli|"O‘zaro hamkorlikda ishlovchi tarqatilgan va har biri bir vaqtning o‘zida bir nechta dasturda ishlatilishi mumkin bo‘lgan komponentlar asosidagi dasturiy ta’minotni yaratishga mo‘ljallangan Microsoft kompaniyasining texnologik standarti. " Komponentli dasturiy taʼminot|"Standart tashkil etuvchilarni terib biriktirish bilan yaratiladigan dasturlar majmui. Mazkur texnologiyada, dasturning ixtiyoriy qismi takror ishlatilishi mumkin bo‘lsa, u tarkibiy qismdir (komponentdir). Komponentli dasturiy taʼminotning afzalliklari ishlab chiqish davrini qisqartirishda va dastur arzonlashuvida namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, dasturiy taʼminotning yuqori sifati taʼminlanadi. Komponentli dasturiy taʼminot texnologiyasining rivojlanishi obyektga yo‘naltirilgan dasturlashning yaratilishiga olib keldi. " Komponovka qilingan blok|".NET texnologiyasida boshqarilayotgan kodni saqlaydigan binar fayl. .NET platformasi kompilyatori YEXE yoki DLL modulni yaratganda, o‘sha modulning tarkibi komponovka qilingan blok deb ataladi. Komponovka qilingan blok o‘z tarkibida versiya raqami, metaaxborot va IL yo‘riqnomalarni saqlaydi. " Komponovkachi|"Dasturlash tizimining bir qismi yoki mustaqil dastur, obyekt modullardan va bibliotekadan olinadigan standart qismlardan bajariladigan dasturni yig‘adi. " Kompozit kirish/chiqish (PCh video kirish/chiqish)|"Videoapparaturaning, qandaydir NTSC, PAL yoki SECAM standartida kompozit videosignallarni almashishda foydalaniladigan interfeys turi. " Kompozit (qo‘shma yoki to‘liq) signallar|"Tasvirning ham yorqinligi, ham rangliligi to‘g‘risidagi axborotga ega bo‘lgan videosignal. Yorqinlik va ranglilik to‘g‘risidagi axborot NTSC, PAL, SECAM kabi TV standartlar talablariga muvofiq kodlanadi. " Kompozit rangli videosignal|"Ayirmarang signallarni uzatish uchun rangli quyi eltuvchilardan foydalaniladigan rangli televideniye tizimlaridagi rangli videosignal. " Kompressiya (siqish)|"Tarmoqda ishlash vaqtida uzatiladigan ma’lumotlar hajmini kamaytirish va saqlash uchun zarur bo‘lgan xotira hajmini kamaytirish maqsadida ma’lumotlarni o‘zgartirish. Ma’lumotlarni siqish usullari kodlash yo‘li bilan ortiqchalikni kamaytirishga asoslangan. Siqish darajasi fayl turiga bog‘liq, bajariladigan fayllar amalda kamaymaydi, grafik ma’lumotlar bo‘lgan fayllar 4 marta siqiladi. " Kompyuter|"Komandalarni bajara oladigan raqamli (diskret) hisoblash mashinasi. Kompyuterning asosiy vazifasi – dasturlar yordamida ma’lumotlarni qayta ishlashdir. Kompyuterda apparatura qismi va dasturiy ta’minot ajratiladi. Apparatura qismining asosini mikroprotsessor tashkil qiladi. Dasturiy ta’minot asosi – operatsion tizim. " Kompyuter aloqasi|"Aloqa kanallari bo‘ylab kompyuterdan kompyuterga axborot uzatish. Aloqa elektron vositalar yoki jamoa telekommunikatsiya kanallari (telefon, radio- va yo‘ldoshli aloqa), yoki maxsus kabellar va simlar orqali amalga oshiriladi. " Kompyuter arxitekturasi|"Kompyuterning tashkiliy tuzilmasi bo‘lib, ichiga ma’lumotlar oqimini, interfeyslarni, apparat va dasturiy ta’minotni oladi. Atama IBM korporatsiyasi tomonidan mos keladigan System/360 elektron hisoblash mashinalari turkumini yaratishda kiritilgan. " Kompyuter-bosma|"Raqamli poligrafiyada ishlatiladigan tushuncha. U kompyuter bilan poligrafiya o‘rtasida oraliq operatsiyalar yo‘qligini bildiradi. " Kompyuter dasturi|"1. Masalani yechish algoritmining tavsifi. Dasturlash tilida beriladigan, dasturchi tomonidan tuziladigan va kompyuter bajaradigan ko‘rsatmalar yig‘masi. 2. Muayyan funksiyalarni, masalalarni va muammolarni yechish uchun zarur bo‘lgan, ixtisoslashgan dasturlash tilining qoidalariga bo‘ysunadigan va operatorlar yoki komandalar tavsifidan iborat sintaksis birlik. 3. Hisoblash mashinasiga algoritmni belgilab beradigan, ko‘rsatmalar (komandalar yoki tavsiflar va operatorlar) ketma-ketligi. Kompyuter dasturi kompyuter qanday tartibda, qaysi maʼlumotlar ustidan va qanday operatsiyalarni bajarishi kerakligini, hamda qanday shaklda natija berishi kerakligini ko‘rsatib beradi. Kompyuterni boshqarish qurilmasi kompyuter dasturini mashina komandalari ketma-ketligi shaklida qabul qiladi. Kompyuter dasturini mashina tilida tuzish – noqulay va sermehnat jarayon. Shu sababli, odatda kompyuter dasturi inson tomonidan biror-bir dasturlash tilida tuziladi, so‘ngra kompyuterning o‘zi bu dasturni mashina tiliga o‘tkazadi (translyatsiya qiladi). " Kompyuter dasturini modifikatsiya qilish|"Moslashtirish bo‘lmagan va dastlabki matnning o‘zgarishiga olib keluvchi har qanday o‘zgartirishlar. " Kompyuter dasturining chiqarilishi|"Kompyuter uchun dastur nusxalarini muallif roziligi asosida cheklanmagan shaxslar doirasiga taqdim etish (jumladan, kompyuter xotirasiga yozish va bosma matn chop etish orqali ham). Bunday nusxalar soni ko‘rsatilgan asarlar tavsifiga ko‘ra mazkur doiradagi shaxslar ehtiyojlarini qondirishi lozim. " Kompyuter dasturlarini qo‘riqlash|"Ixtiyoriy tilda va ixtiyoriy shaklda, shu jumladan, dastlabki matn yoki obyektli kod ham, ifodalanishi mumkin bo‘lgan dasturlarning (shu qatori operatsion tizimlar ham) barchasiga tegishli bo‘lgan qo‘riqlash turi. " Kompyuter firibgarligi|"Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi yoki kompyuter tarmog‘i yordamida yoki undan bevosita foydalangan holda sodir etilgan firibgarlik. " Kompyuter grafikasi|"Kompyuter yordamida yaratiladigan, saqlanadigan yoki qayta ishlanadigan har qanday tasvir, shuningdek, bu bilan bog‘liq maxsus apparat vositalar, dasturiy ta’minot va dasturlash. " Kompyuter grafikasi metafayli, CGM formati|"Grafik ma’lumotlar hamda tasvirlarni saqlash va uzatish formatining standarti. " Kompyuter hodisalariga chora ko‘rish xizmati|"Qar.: CERT. " Kompyuter huquqi|"Qonunchilikning kompyuter, kompyuter tizimlari va tarmoqlarini ishlatish jarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladigan huquqiy hujjatlar majmuidan iborat yangi sohasi. Huquqshunoslikka oid adabiyotlarda «kompyuter huquqi» atamasi bilan birga: «informatika huquqi», «axborot huquqi», «kompyuter-axborot huquqi» kabi atamalar ham uchraydi. Axborot huquqi tushunchasi kompyuter huquqi tushunchasiga nisbatan kengroq maʼnoga ega, chunki u axborot qanday texnik vositalar bilan qayta ishlanishidan va uni tashuvchilar qandayligidan qatʼiy nazar, axborot faoliyati sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. " Kompyuter ilmi|"Qar.: Informatika. " Kompyuter jinoyati|"1. Axborot resursidan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olish, uni o‘zgartirish (qalbakilashtirish) yoki o‘zi uchun yo uchinchi shaxs uchun mulkiy foyda olish, shuningdek, o‘z raqibiga mulkiy zarar yetkazish maqsadida bu resursni yo‘q qilish. 2. Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi yoki kompyuter tarmog‘i yordamida yoki undan bevosita foydalangan holda sodir etilgan jinoyat. " Kompyuter jinoyatlari tasniflagichi|"Interpol tashkiloti Bosh kotibiyatining ishchi guruhi tomonidan 1991-yilda ishlab chiqilgan. U so‘rovlar bo‘yicha axborotni avtomatlashtirilgan axtarish tizimi bilan uyg‘unlashgan va hozirgi kunda, Interpolning yuzdan ortiq Milliy bo‘limlaridan foydalanish imkonini beradi. Tasniflagich kompyuter jinoyatlarining olti guruhini o‘z ichiga oladi, ularning har biri yana ayrim turlarga bo‘linadi. Tasniflagichda Z shartli belgisi nazarda tutilgan bo‘lib, u «jinoyatlarning boshqa turlari»ni ifodalaydi va kompyuter texnologiyalarining bo‘lajak rivojlanishini hisobga olib kiritilgan. QA guruhi – ruxsat etilmagan foydalanish va tutib olish, QD guruhi - kompyuter maʼlumotlarini o‘zgartirish, QF guruhi – kompyuter qallobligi, QR guruhi – noqonuniy nusxa olish, QS guruhi – kompyuter ish tashlashi, QZ guruhi – boshqa kompyuter jinoyatlari. " Kompyuter kartochkasi|"Ichiga mikroprotsessor, dasturiy taʼminot va energiyaga qaram bo‘lmagan xotira qurilmasi o‘rnatilgan plastik kartochkasi. Kompyuter kartochkasi, boshqacha, intellektual kartochkasi deb ham atalib, uncha katta bo‘lmagan o‘lchamlarga, o‘zining oddiy operatsion tizimiga va beruxsat foydalanishdan ichiga o‘rnatilgan muhofazasiga ega. Kartochkada bir guruh tutashmalar bo‘lib, ular ozuqa manbaiga ulanish, kartochkaga maʼlumotlarni kiritish va undan maʼlumotlarni chiqarish uchun xizmat qiladi. Kompyuter kartochkasi uning egasini aniqlash uchun va qo‘shimcha axborot (bankdagi hisob raqami, biror tovar uchun to‘langan pul miqdori va h.k.) taqdim qilish uchun mo‘ljallangan. " Kompyuter maʼlumotlarini g‘ayriqonuniy egallab olish|"Kompyuter tizimida, tarmoqda yoki mashina tashuvchilarida saqlanayotgan axborotni ruxsatsiz ko‘chirish yoki boshqa g‘ayriqonuniy yo‘l bilan egallab olish, yoki kompyuter aloqasi vositalari yordamida uzatiladigan axborotni ushlab qolish. " Kompyuter muhofazasi|"Maʼlumotlar va tizim resurslarini, odatda tasodifiy va qasddan qilingan harakatlarga qarshi qo‘llanadigan tegishli tadbirlar tizimi bilan muhofazalash. Bunday harakatlar o‘zgalar axborotini o‘zgartirish, yo‘q qilish, oshkor etish, olish yo undan foydalanish kabilar bo‘lishi mumkin. " Kompyuter musiqasi|"Kompyuter texnikasi va tegishli dasturiy taʼminotni ishla-tib yaratiladigan musiqa. " Kompyuter-pyupitr|"Papka-pyupitr ko‘rinishidagi, axborotni kiritish uchun yassi ekrani va perosi bo‘lgan portativ kompyuterlar turkumi. " Kompyuter reklamasi|"Axborot tarmog‘i tomonidan texnologiyalar, tovarlar va taklif qilinayotgan xizmat turlari to‘g‘risida taqdim qilinayotgan axborot. Kompyuter reklamasi audiovideotizimlar, multimuhit va virtual borliqdan foydalanishga tayanadi. Reklamada taklif qilinayotgan obyektlar to‘g‘risidagi maʼlumotlar joylashgan maʼlumotlar bazasi katta ahamiyatga ega. Barcha hollarda maʼlumotlarning hamma turlari, yaʼni, matn, nutq, musiqa va tasvirlar, shu jumladan, rangli, hajmiy tasvirlar ishlatiladi. Ommaviy tomoshabinga mo‘ljallangan reklama uchun, teleko‘rsatuvlar tarmog‘i ishlatiladi. " Kompyuter sabotaji|"Qasddan kompyuter axborotini yoki dasturini yo‘q qilish, blokirovkalash, yaroqsiz holga keltirish, kompyuter uskunalarini safdan chiqarish, kompyuter tizimini, tarmog‘ini yoki axborotning mashinali tashuvchisini barbod qilish. " Kompyuter savodxonligi|"Hisoblash texnikasi vositalaridan foydalanish, kompyuterda ishlash ko‘nikma va bilimlarining eng kam to‘plamiga egalik qilish; informatika asoslarini va axborot texnologiyasining jamiyat hayotidagi ahamiyatini tushunib yetish. Izoh – Kompyuter savodxonligi axborot jamiyati va kompyuterlashtirish to‘g‘risida bilim, kompyuterdan foydalanish mahorat va ko‘nikmalarini, gibrid intellekt yaratishning muvaffaqiyatini ta’minlaydigan shaxsiy sifatlarni beradi. Bi-lish faoliyatining vositasi sifatida kompyuterdan keng foydalanish imkonini beradi, axborotni taqdim etish va saqlash imkoniyatini kengaytiradi. " Kompyuter steganografiyasi|"Xabar yoki faylni boshqa xabar yoki faylda yashirish. " Kompyuter suiiste’molligi|"Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimining kompyuter xavfsizligiga ta’sir etadigan yoki uni buzadigan, qasddan yoki tasodifiy ruxsat berilmagan harakat. " Kompyuter tarmog‘i|"Resurslardan birgalikda foydalanish va ma’lumotlar almashinish uchun, aloqa kanallari bilan o‘zaro bog‘langan kompyuterlar va tarmoq uskunasi majmui. Resurslar – bu uskuna, dasturlar va ma’lumotlar bazasidir. " Kompyuter tarmog‘i adminstratori|"Tarmoqni joriy boshqarish va uni rivojlantirish istiqboli bilan shug‘ullanadigan shaxs yoki shaxslar guruhi. Asosiy vazifalari: ishonchli ishlashni ta’minlash, foydalanish (kirish) parollari va manzillarini aniqlash va berish, boshqa tarmoqlar bilan birgalikda ishlashni ta’minlash, ma’lumotlar bazalarining administratorlari bilan birgalikda ishlash. " Kompyuter telefoniyasi|"Maxsus dasturlar va protokollar yordamida telefon tarmog‘i foydalanuvchilari bilan muloqot qilish imkoniyati. Bunday imkoniyat bepul berilmaydi. " Kompyuter texnologiyasi|"Qar.: Axborot texnologiyasi. " Kompyuter tili|"Hisoblash mashinasi tushunadigan til. Dastlab u faqatgina nol va birlardan iborat til edi. Keyin esa, mashinalar protsessor darajasidagi Assembler ni «tushunishni o‘rganishdi». " Kompyuter tizimi|"Markaziy kompyuter va unga aloqador chekka qurilmalar, konsol kompyuterlar, disk massivlari, lentali tashuvchilar, maʼlumotlarni robotlashgan saqlash tizimi va shunga o‘xshashlar. " Kompyuter tizimining auditi|"Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimida qo‘llaniladigan protseduralarni, ularning samaradorligi va to‘g‘ri bajarilayotganligini baholash yuzasidan ekspertiza qilish, shuningdek, xavfsizlikni oshirish bo‘yicha tavsiyalar berish. " Kompyuter virusi|"1. Hisoblash tizimiga, ma’lumotlarni buzish, o‘zgartirish yoki yo‘q qilish maqsadida kiritiladigan anonim dastur. 2. Quyidagi xususiyatlarga: o‘zini boshqa fayllarga, diskka, elektron hisoblash mashinasiga ko‘chirish; aniq chaqiruvsiz bajarish; axborotdan ruxsat etilmagan tarzda foydalanishni amalga oshirish; aniqlashga urinishdan maskirovka qilish imkoniyatiga ega dastur. 3. O‘zining nusxasini yoki boshqa zararli dasturlar yarata oladigan va ularni kompyuter fayllariga, tizim sohalariga kiritadigan, shuningdek, boshqa destruktiv xarakatlarni amalga oshiradigan zararli dastur. " Kompyuter vositasida buzish|"Manfaat ko‘rish, begonalarning ma’lumotlaridan foydalanish, shaxsiy qiziqishni qanoatlantirish va boshqa maqsadda kompyuter tarmog‘iga yoki begona shaxs kompyuteriga ruxsat etilmagan tarzda kirish. " Kompyuter xaritasi|"Avtomatlashtirilgan kartografik tizim yoki geografik axborot tizimi vositalari yordamida olingan xarita. U grafika chiqarish qurilmalari – grafika chizadigan, printer va boshqalar yordamida qog‘oz, fototasma va boshqa materiallarda tayyorlanadi. Qar.: Geografik axborot tizimi. " Kompyuter xavfsizligi|"Kompyuter tizimlarining, qayta ishlanadigan va saqlanadigan axborotdan ruxsat etilmagan tarzda foydalanish yo‘lidagi urinishlarga, buzg‘unchilik harakatlariga olib keluvchi axborotning kiritilishiga hamda soxta axborot majburan kiritilishiga (qabul qilinishiga) qarshi tura olish xususiyati. " Kompyuterlar avlodi|"Kompyuterlar, dasturlash tillari, tarmoqlarni tasniflash vositasi. " Kompyuterlashtirilgan dasturiy taʼminotni ishlab chiqish|"Dasturiy taʼminot ishlab chiqishga mo‘ljallangan tizim. CASE texnologiyasi dasturlarni ishlab chiqishga, umumiy maʼlumotlar bazasini yaratishga, shu baza bilan o‘zaro ishlashning yagona usulidan foydalanishga mo‘ljallangan kompyuterlashgan tizim vositalari to‘plamidan iborat. Buning ustiga, bu yondashuv yagona axborot tarmog‘iga ulanadigan axborot tizimlarida ishlatiladigan operatsion tizimlarning xilma-xilligini hisobga oladi. Bundan tashqari, CASE turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlatiladigan tarmoq texnologiyalarining yagona asosini belgilaydi. CASE yana, yaratilayotgan dasturlarni testlashning uslubiyatini va testlash vositalarini taqdim qiladi. CASE ni ishlatish evaziga ishlanmalar arzonga tushadi va ularni ishlab chiqish davri qisqaradi. " Kompyuterlashtirilgan ishlab chiqarish|"Ishlab chiqarishni, texnologik jarayonlarni kompyuterlashtirilgan tizim ishtirokida boshqarish. " Kompyuterlashtirilgan logistik tizim|"Loyihalash va murakkab qurilmalar to‘plamini kuzatib borish texnologiyalari majmui. CALS tizimi avtomatlashtirish funksiyalari to‘plamini belgilab beradi. U bozorni o‘rganish va marketing, texnik shartlarni ishlab chiqish, loyihalash, ishlarning moddiy-texnik taʼminoti, texnologik jarayonni ishlab chiqish va tayyorlash, ishlab chiqarish, nazorat va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Ko‘rsatib o‘tilgan funksiyalarni bajarish uchun CALS quyidagi vositalarni ishlatadi: logistik tizimlarning spetsifikatsiyasini yaratish; loyihalash, shu jumladan, maʼlumotlar bazalarini; dasturlash; uyg‘unlashuv uchun platformalarni kuzatib borish; turli nimtizimlarni yaratuvchilarning o‘zaro ishlashini rejalash, nazorat qilish. " Kompyuterlashtirilgan loyihalash|"Ishlab chiquvchilar mehnatini avtomatlashtirish texnologiyasi. Mahsulotlar (asboblar, qurilmalar, apparatlar, tizimlar) tobora murakkablasha borishi, ularni yaratishda yangicha yondashuvlar qo‘llashni taqozo etadi. Ular CAD, Loyiha Ishlarini Avtomatlashtirish Tizi-mi (LIAT) deb ham ataladigan texnologiya bilan amalga oshiriladi. CAD loyihalash va chizmachilikni, yassi yoki hajmiy detallar va konstruksiyalarni uch o‘lchamli modellashni taʼminlaydigan amaliy dasturlar paketidir. Bundan tashqari CAD, konseptual konstruktorlash, animatsiya, vizuallashtirish, maʼlumotlar bazalarini boshqarish va muhandislik hujjatlari tayyorlash vazifalarini bajaradi. CAD yaratilishi kerak bo‘lgan mahsulot to‘g‘risida maʼlumotlar yig‘ishdan tortib, uni tayyorlashgacha bo‘lgan masalalarni qamrab oladi. " Kompyuterlashtirilgan tarjima|"Kompyuter yordamida, bir tabiiy tildan boshqasiga bajariladigan tarjima. Kompyuterlashgan tarjima, ko‘p hollarda mashinali tarjima deyiladi, sunʼiy tafakkurga ega bo‘lgan amaliy jarayon tomonidan bajariladi. Kompyuterlashgan tarjimaning uch turi mavjud. To‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima usuli eng eskisi bo‘lib, faqat bir juft tillarga mo‘ljallangan. Vositachi – til ishlatishga asoslangan tarjima usuli. U avvalgidan matn mazmunini ifodalash uchun vositachi kiritilishi bilan farqlanadi. Bu usul, ayniqsa, ko‘ptilli muhitda samarali hisoblanadi. Bundan tashqari u oldingi to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima usulidan tejamliroq. Transfer (uzatish) usulida, tarjimaning yana bir bosqichi kiritiladi. Ulardan birinchisida, boshlang‘ich matn kirish tilining ifodalariga aylantiriladi. Ikkinchi bosqichda bu ifodalanish chiqish tili ifodalariga qayta aylantiriladi. Nihoyat oxirgi bosqichda chiqish tilidagi matn hosil bo‘ladi. " Kompyuterlashtirilgan tizim|"Kompyuter yordamida ixtiyoriy ishlarni avtomatlashtirishga mo‘ljallangan tizim. CAS tizimi, modellash, loyihalash, ishlab chiqish, yaratish, amalda ixtiyoriy mashinalarni, apparatlarni, asboblarni va boshqa mahsulotlarni tayyorlash va sinash bilan bog‘liq ishlarni qamrab oladi. " Kompyuterlashtirish|"1. Kompyuterlar vositasida avtomatlashtirish. 2. Inson faoliyatining turli sohalarida, axborot jarayonlarini va texnologiyalarni avtomatlashtirishni taʼminlaydigan kompyuterlarni rivojlantirish va tatbiq qilish jarayoni. 3. Kompyuter mahsulotlari va xizmatlari sanoatini, hamda jamiyatda ulardan foydalanishni rivojlantirish jarayoni. Internetni keng rivojlantirishning zaruriy shartlaridan biri. " Kompyuterlashtirish markazi|"Asosiy faoliyati joylarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va kompyuterlashtirishni ishlab chiqish va rivojlantirish tadbirlarini amalga oshirish, axborot resurslarini yuritish va yangilash, mintaqalarda yaratilgan va yaratiladigan davlat axborot resurslari hamda axborot tizimlari ro‘yхatga olinishida yordam korsatish, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyatlarining veb-portallarini muntazam yangilab borish, shuningdek, mintaqada axborot-kommunikatsiya texnologiyalari holati va rivojlanish istiqbollarini muntazam tahlil qilib borish hamda uning natijalari asosida bu sohani takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritishdan iborat bo‘lgan tashkilot. " Kompyuterning tez ishlashi|"Aniq bir kompyuterning ma’lumotlarni qayta ishlash tezligi. Ko‘pgina omillarga, jumladan, tashqi qurilmalarning tez ishlashiga bog‘liq. Kompyuterning tez ishlashini odatda, protsessorning tez ishlashi belgilaydi. " Kompyuteromaniya|"Insonning kompyuter tizimlarini muntazam ishlatishdagi patologik ehtiyoji. Bu inson ruhiyatiga kompyuter o‘yinlari va virtual borliq texnologiyalari taʼsiriga ko‘nikib qolishi bilan yuzaga kelgan. " Kompyutron|"Kompyuter unumdorligini baholashning mavhum birligi. " Konduktiv xalaqit|"O‘tkazgichlar bo‘ylab tarqaladigan elektromagnit xalaqit. " Konferens-aloqa|"Foydalanuvchilarga bir vaqtning o‘zida bir nechta, o‘zaro aloqada bo‘lgan abonentlar bilan axborot almashish imkoniyatini beruvchi xizmat. " Konfidensial|"Ommaviy foydalana olishga mo‘ljallanmagan axborot (parollar va h.k.). Odatda konfidensial axborot shifrlanadi. " Konfidensial axborot|"1. Davlat siri hisoblanadigan ma’lumotlar bo‘lmagan hujjatlashtirilgan axborot, undan foydalanish O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq chegaralanadi. 2. Foydalanuvchilar tomonidan erkin foydalanish huquqi cheklangan va ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishdan muhofaza qilinishi talab etiladigan axborot. 3. Xizmatga oid, professional, sanoat, tijoratga oid yoki huquqiy rejimi egasi tomonidan qonunchilikka asosan belgilanadigan va muhofaza qilinishi talab etiladigan axborot. " Konfidensiallik|"1. Axborotning avtorizatsiya qilinmagan shaxslar, mantiqiy obyektlar yoki jarayonlar uchun foydalanib bo‘lmaslik yoki yopiqlik xususiyati. 2. Axborotdan foydalanish huquqiga ega subyektlar doirasiga cheklovlar kiritish zarurligini ko‘rsatuvchi va tizimning (muhitning) ko‘rsatilgan axborotni undan erkin foydalanish huquqi bo‘lmagan subyektlardan sir saqlash zarurligini ta’minlovchi, subyektiv aniqlanadigan (qo‘shib yoziladigan) axborot xarakteristikasi (xususiyati). 3. Axborot va uning tashuvchisining holati, bunda u bilan ruxsat etilmagan tarzda tanishishning yoki ruxsat etilmagan tarzda hujjatlashtirish (nusxa ko‘chirish)ning oldini olish ta’minlanadi. 4. Tutib olish va boshqa ruxsat etilmagan harakatlar natijasida axborotdan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishning mumkin bo‘lmasligi. " Konfidensiallik belgisi|"Obyektda mavjud bo‘lgan axborotning konfidensialligini tavsiflovchi axborot elementi. " Konfidensiallik toifasi|"Resursning, uning muhimligini yoki ahamiyatliligini belgilovchi va o‘z ichiga resurs zaifligini olish xarakteristikasi. " Konfidensiallik xizmati|"Almashinadigan ma’lumotlarning ruxsat etilmagan tarzda oshkor etilishdan muhofaza qilinishini ifodalaydigan konfidensiallik xizmati. Izoh – Konfidensiallikni ta’minlash xizmatlarining quyidagi turlari ajratiladi: tanlangan maydon konfidensialligi; bog‘lanish o‘rnatilgan rejimdagi konfidensiallik; bog‘lanish o‘rnatilmagan rejimdagi konfidensiallik; trafikning konfidensialligi. " Konfiguratsion fayl|"Tizimning tarkibiy qismlari, tizimning muayyan sozlanishini belgilaydigan yordamchi parametrlar tavsiflanadigan fayl. Konfiguratsion fayllar deyarli barcha kuchli tizimlarda bor. Odatda, bu tizimning o‘zi interpretatsiya qiladigan matnli fayllardir. " Konfiguratsiya|"Qurilma yoki ilovaning ishlash rejimlarini belgilaydigan apparat yoki dasturiy ko‘rsatmalar to‘plami. " Konfiguratsiya fayli|"MAYDON:QIYMAT formatidagi fayl bo‘lib, unda dasturlarning foydalanuvchi tomonidan sozlangan qiymatlari saqlanadi. " Konfiguratsiyani boshqarish rejasi|"Baholash obyektlari uchun konfiguratsiyani boshqarish tizimidan foydalanish tavsifi. " Konfokal rezonator|"Sferik koʻzgularning egrilik radiusiga teng masofada joylashgan, ikkita bir xil sferik koʻzguda hosil qilingan optik rezonator. " Konform antenna|"1. Shakli eltuvchining atroflama chiziqlarini takrorlaydigan va yassi, silindrsimon, konussimon yoki sferik sirtda joylashgan antenna. 2 Transport vositasining gabarit o‘lchamidan turtib chiqmaydigan va kichik aerodinamik qarshilikka ega bo‘lgan antenna. " Konkatenatsiya|"Simvollarning bir nechta satrini bitta satrga birlashtirish operatsiyasi. Dasturlash tillarida bu operatsiyani bajaradigan maxsus funksiyalar mavjud. Masalan, Pascal tilida konkatenatsiya operatsiyasi + bilan belgilanadi. " Konnektor|"Tola bilan birgalikda, tolaning pozitsiyalashuvini, uzatgich, qabul qilgich yoki boshqa tolaga ulanishini ta’minlash uchun foydalaniladigan mexanik qurilma. Odatda konnektorning quyidagi turlaridan foydalaniladi: SC (SC-Subscriber Connector, 568SC), ST Compatible (ST-Straight Tip, BFOC/2.5), FC, FCPC, FDDI, Escon, Biconic, D4, SMA 905, 906. " Konsalting|"Ekspertiza o‘tkazish va maslahat berish faoliyati bilan bog‘liq xizmat turi. Muhim rolni axborot konsaltingi egallaydi. " Konsentrator|"1. Ko‘plab abonent liniyalari, stansiyalari yoki boshqa konsentratorlar ulanadigan aktiv yoki passiv qurilma. Bunday qurilmaning chiqish uchlari kirish uchlariga qaraganda ancha kam. Qo‘llash sohasiga bog‘liq ravishda konsentrator funksiyalari an’anaviy kanallar konsentratori funksiyalaridan farq qilishi mumkin. Jumladan, lokal aloqa tarmoqlarida u ko‘p portli takrorlagich funksiyasini bajaradi. 2. Markaziy stansiya. Tarmoqning, «yulduz» topologiyali tarmoqlarida radial bog‘lanishlarni tashkil qilish uchun mo‘ljallangan kommutatsion yadrosi. 3. Markaziy kross (strukturalangan kabelli tizimlarda). " Konseptual model|"Muammoli sohaning tushuncha darajasida formal taqdim etilishi. " Konsol|"Foydalanuvchi tomonidan kompyuter ishini boshqarish uchun mo‘ljallangan qurilma. Masalan, klaviatura, displey, «sichqoncha» konsol qurilmalardir. " Konsolli kompyuter|"Asosiy kompyuterni ishga tushirib yuborish uchun tayyorgarlik harakatlarini bajaruvchi kompyuter. Bunday vazifa «kata» kompyuter tizimlari, masalan, superkompyuterlar bajarilganda, ayrim mashinaga berilishi mumkin. Odatda, konsolli kompyuterdan bosh kompyuter tizimining elementlari va tugunlari holatining monitoringi bajariladi, shu bilan birga unda, asosiy kompyuterni sozlash va unda xizmat ko‘rsatish uchun ishlatiladigan konfiguratsiya axboroti va xizmat utilitalari saqlanadi. " Konstanta|"Doimiy, o‘zgarmas kattalik. Xotirada biror bir muhim parametrni saqlash uchun xizmat qiladi. " Konstantalar sohasi|"Dastur konstantalarining qiymatlari joylashgan xotira sohasi. " Konstruksiya tahlili|"Birmuncha yuqori abstraksiya darajasida yoki boshqa shaklda dasturning ba’zi bir yoki barcha funksiyalarini imitatsiya qilish yoki takrorlash maqsadida, dasturning ishlash algoritmlarini o‘rganish uchun, dastur yoki mikrosxemani doimiy tahlil qilish jarayoni. " Konstruktor|"Obyektga yo‘naltirilgan dasturlashdagi turkum konstruktori – bu obyektni yaratishda yoki uni eʼlon qilishda (C++ da stek yoki statik xotirada joylashgan, ammo Javada emas va baʼzi turdagi obyektga yo‘naltirilgan tillarda) qo‘llaniladigan maxsus yo‘riqnoma yig‘indisi. Yoki u new kalit so‘zni ishlatganda dinamik holatda to‘plamda joylashadi. Konstruktor uslubga o‘xshash, lekin undan farqi, bu uni aniq turdagi qaytuvchi maʼlumot, meroslikka ega emasligi va ko‘rilayotgan modifikatorlar uchun turli qoidalar mavjudligidir. Konstruktorlar eʼlon qilingan turkum bilan bir xil nomga egaligi bilan ajralib turadi. Ularning vazifalari – obyekt aʼzosini initsializatsiya qilish va turkum invariantini aniqlash, hamda invariant noto‘g‘ri bo‘lsa xabar berish. To‘g‘ri yozilgan konstruktor, obyektning to‘g‘ri statusini belgilaydi. O‘zgarmaydigan obyektlar ham konstruktor tomonidan initsializatsiya qilinishi kerak. " Konsultatsion (maslahat) chaqiruv|"Aktiv abonentga liniyani ushlab turish rejimiga o‘tkazish va boshqa abonentdan kerakli axborotni olish uchun bog‘lanish imkonini beruvchi xizmat. " Kontaktli xalaqit|"Elektromagnit maydon ta’sirida tok o‘tkazuvchi kontaktlar va/yoki nochiziqli o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan muhitning nurlantirilishi bilan bog‘liq elektromagnit xalaqit. " Kontaktsiz kommutatsion aloqa elementi|"Aloqa tarmoqlarida, fazoda kontakt-detallarni (tutashadigan qismlarni) ko‘chirmasdan, telekommunikatsiyalar signallarining o‘tish sharoitlarini o‘zgartirish orqali kommutatsiyalashni amalga oshiradigan kommutatsion aloqa elementi. Izoh – Ishlash prinsipiga bog‘liq ravishda, yarimo‘tkazgichli, magnit, gaz-razryad, optik kontaktsiz elementlar ajratiladi. " Kontaktsiz (zarbsiz) printer|"Bosiladigan elementlarni nomexanik (zarbsiz) usul bilan shakllantiradigan printer. Termoprinterlar, elektrostatik, purkagichli, lazer va yorug‘lik diodli printerlar shular jumlasidandir. " Kontekst|"Foydalanuvchi muhiti xarakteristikalarini aniqlash uchun foydalanilishi mumkin bo‘lgan axborot. Izoh – Kontekst foydalanuvchi qayerdaligi, uning yaqinida qanday resurslar (qurilmalar, foydalanish punktlari, shovqin darajasi, o‘tkazish polosasi va h.k.lar) borligi, foydalanuvchi qaysi paytda ko‘chib yuradi, odam va predmetlar o‘rtasidagi hamkorlik xronologiyasini ichiga olishi mumkin. Kontekst axborot aniq ilovalarga muvofiq yangilanishi mumkin. " Kontekstli menyu|"Qaysi joyda ishga tushirilishidan qat’i nazar, o‘zgaruvchan matnli menyu. Odatda, «sichqoncha»ning o‘ng tugmasini bosish orqali ishga tushiriladi. " Kontekstning o‘zgarishi|"Operatsion tizimning eski jarayon holatini saqlash va saqlangan holatni yangi jarayon uchun yuklash bo‘yicha bir jarayondan boshqa jarayonga o‘tishdagi holati. " Kontent|"Serverni, axborot kompleksini axborot jihatdan ahamiyatli har qanday to‘ldirish – matnlar, grafika, multimedia. Sahifalar ko‘rinishida gipermatnli belgilash vositalari bilan tashkillashtiriladi. Axborot bilan to‘ldirishda uning hajmi, dolzarbligi va izlash tizimi talabni qanoatlantira olishi zarur ko‘rsatgichlar bo‘lib hisoblanadi. Internet tarmog‘ida axborot to‘ldirish gipermatnli belgilash tili orqali veb-sahifalar ko‘rinishida tashkil etiladi. " Kontent-provayder|"Foydalanuvchilarga muayyan axborot yoki ko‘ngil ochadigan xizmatlarni ko‘rsatuvchi tashkilot. " Kontentni boshqarish tizimi|"Matn va multimedia hujjatlarini yaratish, tahrir qilish va boshqarishning qo‘shma jarayonini taʼminlash va tashkillashtirishda qo‘llaniladigan kompyuter dasturi yoki tizimi. " Konteyner|"1. Maxfiy xabarlarni yashirish uchun mo‘ljallangan fayl. 2. Maxfiy xabarlarni yashirish uchun mo‘ljallangan har qanday axborot. " Kontraktlar bilan bog‘liq firibgarlik|"Mobil aloqa tarmog‘i operatori bilan kontrakt tuzishda yolg‘on ma’lumotlarni ataylab ko‘rsatish. " Kontrast (televideniyeda)|"Uzatilayotgan ko‘rinish yoki tiklanayotgan tasvirning ikki nuqtasidagi yorug‘lik nisbati. " Kontrastlilikni sozlash|"Tasvir signalining kuchayishini qo‘lda sozlash. " Kontroller|"O‘ziga ulangan qurilmalar ishini boshqaruvchi, lekin, o‘zi orqali o‘tadigan ma’lumotlarni o‘zgartirmaydigan qurilma. " Kontrreflektor|"Oʻlchami asosiy koʻzgudan nisbatan kam boʻlgan ikkita koʻzguli antennaning yordamchi koʻzgusi. " Konturlarning nostabilligi|"Asosan, DIKM da sodir bo‘ladigan, noaniq taxminlash tufayli tasvir konturlaridagi asosan tasodifiy tebranuvchi notekisliklar kabi paydo bo‘ladigan vizual nuqson. " Konturlash|"Predmetlarning faqat chetlari tiklanadigan maxsus effekt. " Konturli tuzatish|"Tasvirning subyektiv aniqligini predmetlarning chekka qismlarini ajratib ko‘rsatish uchun videosignallarning yuqori chastotali tashkil etuvchilari darajasini tanlab ko‘tarish yo‘li bilan oshirish. " Konussimon antenna panjarasi|"Nurlantiruvchi elementlari konussimon yuzada joylashgan sirt antenna panjarasi. " Konussimon spiral antenna|"Qobigʻi posangi, shuningdek, reflektor sifatida ishlatiladigan (dumaloq yoki toʻgʻri burchakli) yassi metall ekran bilan birlashtirilishi mumkin boʻlgan, koaksial fider bilan taʻminlanadigan simli konussimon spiraldan iborat antenna. " Konvensional tizim|"Biriktirilgan chastotalarda, bir yoki ikki chastotali simpleks rejimida ishlaydigan radioaloqa tizimi (odatda 160 MHz va undan past chastotalar diapazonida ishlatiladi). Izoh − Konvensional tizim xizmat ko‘rsatish zonasining radiusi, odatda, uyali aloqa tiziminikiga nisbatan kattaroq bo‘ladi va u, asosan, antennaning o‘rnatilish balandligi bilan belgilanadi. " Konvergensiya|"Raqamli video, raqamli tovush, kompyuterlar va Internet kabi turli texnologiyalarning birikmasi. " Konvert|"1. Uzatish jarayonida o‘zgarishi mumkin bo‘lgan xabar qismi. Xabar jo‘natuvchini va potensial oluvchilarni aniqlab beradi, o‘z ichiga olganlarni tavsiflaydi. 2. 5 byte uzunlikdagi sarlavha va 48 byte ma’lumotlar maydoni bilan qayd etilgan o‘lchamning kadri. " Konvertor|"Antenna fokusiga o‘rnatiladigan elektron blok. Qabul qilish tomonida antenna fokusida aks etgan elektromagnit to‘lqinlar konvertorning to‘lqin o‘tkazuvchi kirishiga tushadi va elektr signaliga aylanadi. Konvertorda bu signal kuchayadi, uning chastota spektri birinchi oraliq chastotagacha pasayadi. " Konveyyer|"Markaziy protsessorning, komandalarni qayta ishlash, bir taktda bajariladigan uncha katta bo’lmagan qadamlarga ajratiladigan parallel ishlaydigan bajaruvchi qurilmalari zanjiri. " Konyunksiya|"n ≥ 2 ifodalar uchun mo‘ljallangan mantiqiy operatsiya. Natijaviy ifoda (boshlang‘ich ifodalar konyunksiyasi) barcha boshlang‘ich ifodalar to‘g‘ri bo‘lgandagina to‘g‘ri bo‘ladi. Konyunksiyani belgilash uchun standart ravishda & belgisi (ba’zida ˄), shuningdek, ko‘paytirish belgisi nuqta shaklida ishlatiladi. Ko‘pgina hollarda, konyunksiya belgisi tushirib qoldirilishi mumkin. " Kooperativ hisoblashlar|"Umumiy axborotdan va taqsimlangan hamda tarmoq tizimlaridagi umumiy resurslardan foydalanib, birgalikda olib boriladigan hisoblash ishlari. " Koordinata buzilishlari|"Sintezlangan televizion tasvir nuqtalari koordinatalarining obyektning tahlil qilinadigan tasviri tegishli nuqtalari koordinatalaridan og‘ishi. " Kopileft|"Ingliz tilidagi copy – nusxa, kopiya va left – chap, so‘zlari birikmasidan hosil bo‘lgan – mualliflik huquqi qonunini qo‘llash g‘oyasi va amaliyoti, yaʼni mahsulotni ilk ishlangan holida va unga asoslanib ishlangan yangi mahsulot holida ixtiyoriy kimsa foydalanishini, o‘zgartirishini va tarqatishini cheklamaslikni taʼminlash. Kopileft, mualliflik huquqiga teskari holda ushbu qonunni odamlarning huquqini kengaytirishga qo‘llaydi. Kopileftning asosiy g‘oyasi shundaki, har bir dasturni o‘zgartirishsiz yoki o‘zgartirib tarqatayotgan shaxs bu dasturni keyingi tarqatishni yoki o‘zgartirishni cheklash huquqiga ega emas. Kopileft har bir foydalanuvchining erkin faoliyatini kafolatlaydi, shu tarzda, yuridik maʼnoda, kopileft kopiraytga antonim hisoblanadi. " Korporativ aloqa tarmog‘i|"Ham bitta davlat miqyosida, ham bir nechta davlat miqyosida alohida korxonalar (firmalar, tashkilotlar, aksiyadorlik jamiyatlari va sh.k.) tarmoqlarini birlashtiradigan tarmoq. " Korporativ axborot tizimi|"Ishtirokchilari cheklangan doiradagi shaxslar bo‘lgan axborot tizimi. Ishtirokchilar axborot tizimining egasi tomonidan yoki shu axborot tizimi ishtirokchilari orasidagi bitim bilan aniqlanadi. " Korporativ axborot xavfsizligini boshqarish|"Axborot xavfsizligi sohasida tashkilot faoliyatiga rahbarlik qilish va nazorat qilishni ta’minlovchi tizim. " Korporativ hisoblash tarmog‘i|"Ham bitta davlat, ham bir nechta davlat miqyosida alohida korxonalar (firmalar, tashkilotlar, aksiyadorlik jamiyatlari va sh.k.), korporatsiyalarning lokal tarmoqlarini birlashtiradigan axborot-hisoblash tarmog‘i. " Korporativ ijtimoiy tarmoq|"Biznes ehtiyojlarni qondirish uchun yaratilgan tarmoq. Bu, kompaniya faoliyatini tashkillashtirish va ta’minlash masalalarini hal qiladigan professional ijtimoiy tarmoqdir. Korporativ professional ijtimoiy tarmoqlar Internetda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishga yoki kompaniya faoliyati yoki biznesi manfaatlarini ma’qullaydigan odamlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarga e’tibor qaratadi. Korporativ ijtimoiy tarmoqlar dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilar faoliyatining natijasi bo‘lib, ichki korporativ muloqotni tashkillashtirish va tashqi muhit bilan o‘zaro hamkorlik (birgalikda ishlash) uchun xizmat qiladi. " Korporativ kontentni boshqarish|"Tashkilot doirasida raqamli hujjatlarni va kontentning boshqa turlarini boshqarish, shuningdek, ularni saqlash, qayta ishlash va yetkazish. " Korporativ portal|"Korporativ tarmoqning asosiy kirish nuqtasi. Izoh – Korporativ portalning vazifasi xodimlarga, ularning foydalanish huquqlari va afzalliklari hisobga olingan holda, tashqi va ichki korporativ axborotning keng to‘plamidan foydalanish imkoniyatini berish hisoblanadi. Korporativ portal foydalanuvchi uchun muhim bo‘lgan axborotni, foydalanuvchining tashkilotdagi vazifalariga muvofiq saralangan holda, tanlab yetkazilishini ta’minlaydi. " Korporativ tarmoq|"Tarqoq bo‘limlar va ma’muriy ofislarni birlashtiruvchi bir korxonaning tarmog‘i. Izoh – Tarmoqning majburiy komponenti bo‘lib, telefon liniyalari, radiokanallar yoki yo‘ldosh aloqa kanallar yordamida o‘zaro bog‘langan uzoqdagi lokal tarmoqlar hisoblanadi. Korporativ tarmoqlarning barcha foydalanuvchilari umumiy (odatda, muhofaza qilingan) tarmoq resurslaridan foydalana oladi. " Korporativ tarmoqlarni tashkil etish|"Tashkilot bo‘linmalarining (filiallar, vakolatxonalar va h.k.lar) hududiy ajratilgan yagona tarmog‘iga (mahalliy, hududiy, xalqaro masshtabda) birlashadigan telekommunikatsiya infratuzilmasini, jumladan, umumiy foydalanishdagi telefon tarmoqlari, ma’lumotlar uzatish tarmoqlari va kompyuter tarmoqlarining vositalarini yaratish va kuzatib borish. " Korpus|"Kompyuterning mexanik qismi bo‘lib, uning barcha qolgan qismlari unga biriktiriladi. Odatda, «korpus» deganda korpus va ta’minot bloki juftligi tushuniladi. " Korpussiz integral sxema|"Muhofazalovchi qobig‘i bo‘lmagan integral sxema. Ularning chiqarilishi sharofati bilan, apparatura ishlab chiqaruvchilar o‘zlarining ko‘p mikrosxemali komplekslarini (mikroprotsessorlar, elektron xotira qurilmalari, maxsus mantiqiy modullar, mikrokontrollerlar, modemlar) yaratish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bunda ko‘p mikrosxemali kompleks avval seriyalab ishlab chiqarilgan tarkibiy qismlardan yig‘ilib, so‘ngra biror bir qobiqqa yoki boshqa muhofazalovchi korpusga joylashtiriladi. " Korreksiyalash to‘g‘risidagi xabarlar jadvali|"Tarmoqqa kiradigan stansiyalar guruhiga signallar vaqtini, chastotasi va amplitudasini korreksiyalash uchun yuboriladigan jadval. " Kortej|"Kortej bu ko‘plik nazariyasining atamasi. U bitta yoki bir nechta atributlarning yig‘imiga tegishli. " Korxona arxitekturasi|"Korxona tuzilmaviy aloqalari va jarayonlarini tavsiflash usullari to‘plami. Bu to‘plamdan axborot texnologiyalari sohasida asosan, axborot tizimlarini rejalashtirishda va ularning samaradorligini baholashda foydalaniladi. " Korxona axborot resurslarini boshqarish|"Korxonada hujjat aylanishini tartibga solishda va tez-tez uchrab turadigan har xil protseduralarni (masalan, ishchilarning kelib-ketish vaqtini nazorat qilishni) avtomatlashtirishda yordam beruvchi dasturiy ta’minot. " Korxona resurslarini rejalashtirish|"Faoliyatning barcha sohalari uchun jarayonlar va ma’lumotlarning umumiy modelini ta’minlaydigan, ixtisoslashtirilgan integratsiyalashgan amaliy dasturiy ta’minot paketi vositasida korxona resurslarini uzluksiz balanslash va optimallashga qaratilgan, ishlab chiqarish va operatsiyalarni, mehnat resurslarini boshqarishni, moliyaviy menejment va aktivlarni boshqarishni integratsiyalashning tashkiliy strategiyasi. " Korxona resurslarini rejalashtirish tizimi|"Korxonaning ishlab chiqarish va moliyaviy resurslarini hisob-kitob va nazorat qilish, rejalashtirish hamda boshqarish vazifalarini kelishilgan holda bajarishni taʼminlashga qaratilgan axborot tizimi. ERP tizimlarida taʼminlash va savdo vazifalarini bajarish odatda hisoblash vazifalaridan iborat. Bunda yetkazuvchi va isteʼmolchilar resurslarini rejalashtirish tizimlari bilan ularga o‘xshash tizimlar o‘rtasida bevosita o‘zaro ishlash mexa-nizmi mavjud bo‘lmaydi. " Kosmik nurlanish|"Manbai kosmik obyektlar boʻlgan nurlanish. " Kosmik radionurlanish|"Radioto‘lqinlar diapazonida turli samo jismlari nurlantiradigan elektromagnit to‘lqinlar. Radionurlanishning eng kuchli manbai bo‘lib, Yerga yaqinligi tufayli, Quyosh hisoblanadi. " Kosmik stansiya antennasining kuchaytirish konturi|"Yer sirti kartasida tasvirlangan, kosmik stansiyaning uzatuvchi yoki qabul qiluvchi antennalarini bir xil kuchaytiradigan berk konturlar. " (Kosmik stansiyaning) kontur nuri|"Yer sirti bilan kesishganda, shu kosmik stansiyaning qoplash zonasini takrorlaydigan, bir xil quvvat oqimi zichligiga mos keladigan liniyalar hosil qiladigan nur. " (Kosmik stansiyaning) nur maydoni|"Kosmik stansiya uzatuvchi antennasi nurining Yer yuzasi kesishish konturi bilan asosiy yo‘nalishdagi nurlanishning yarim quvvati darajasida chegaralangan Yer sirti qismi. " (Kosmik stansiyaning) xalaqit zonasi|"Yer yuzasining istalgan nuqtasida kosmik stansiyadan keladigan xalal beruvchi signal quvvatining oqim zichligi talab etiladigan sathga teng yoki undan katta bo‘ladigan qismi. " Kosmik televideniye|"Televizion texnikadan kosmosda foydalanish. " Kosmik xalaqit|"Manbai Quyosh, yulduzlar va galaktikalarning nurlanishi bo‘lgan tabiiy xalaqit. " Kosmik zond|"Kosmosda kuzatuvlar yoki o‘lchashlar olib borish uchun mo‘ljallangan kosmik kema. " Kosmos-Yer liniyasi (liniya pastga)|"Uzatuvchi kosmik stansiya va qabul qiluvchi yer stansiyasi o‘rtasidagi radioliniya. Izohlar 1. Bu atama, shuningdek, Yer usti aloqasida uzatuvchi tayanch stansiya va qabul qiluvchi ko‘chma stansiya o‘rtasida aloqa liniyasini belgilashda ishlatiladi. 2. ↓ belgisi liniya pastga bilan bog‘liq kattaliklarni harfli belgilashlarda quyi indeks sifatida ishlatiladi. " Kosmos shovqinlari|"Qabul qiluvchi antennadagi Quyosh, yulduzlar, sayyoralar, yulduzlararo muhit va b.q.larning radionurlanishi bilan shartlangan elektr fluktuatsiyalar. " Kotelnikov chastotasi, Naykvist chastotasi|"Diskretlashning, dastlabki signalni buzilishlarsiz tiklash nazariy jihatdan mumkin bo‘lgan, minimal chastotasi. Izoh – Spektri nol chastotadan boshlanadigan va maksimal chastota bilan cheklangan signal uchun Naykvist chastotasi ikkilangan maksimal chastotaga teng. " Kotib xizmati|"Abonentga barcha kiruvchi chaqiruvlarni qayta ishlash uchun boshqa telefon (kotib telefoni) tayinlash imkonini beradigan xizmat, ya’ni barcha kiruvchi chaqiruvlar avval kotib telefoniga yuboriladi va faqat kotib ushbu xizmat abonentini bevosita chaqirishi mumkin bo‘ladi. " Kraker|"Amaliy dasturiy ta’minot sohasida ixtisoslashgan xakerlarning bir turi. Krakerlarning faoliyati odatda, g‘arazli maqsadlarga yo‘naltirilgan va «begona» axborotdan, jumladan, konfidensial axborotdan ruxsat etilmagan tarzda foydalanish bilan bog‘liq. " Kredit kartochka|"Bank tizimlarida keng tarqalgan magnit kartochka. Bankomatlarda, savdo va xizmat ko‘rsatish tashkilotlarining kassa apparatlarida kartochkaning egasini aniqlash uchun ishlatiladi. Har qaysi bunday kartochka o‘zining «shaxsiy identifikatsiya tartib raqami» (PIN) ga ega bo‘lib, u uning egasiga biriktiriladi. " Kredit kartochkalar avtomatik xizmati|"Maxsus jihozlangan telefon apparatiga kredit kartochkani kiritish yo‘li bilan yoki kartochkaning raqamini terish orqali so‘zlashuv uchun to‘lov amalga oshiriladigan xizmat. So‘zlashuv uchun hisob bunday kredit kartochkaning egasiga yuboriladi. " Kredit muassasa|"Faoliyati, cheklanmagan doiradagi shaxslardan depozitlar yoki boshqa, qaytarilishi zarur pul mablag‘larini qabul qilish va o‘z hisobidan kreditlar taqdim etishdan iborat bo‘lgan korxona. " Kreker|"Xakerning Internetda qabul qilingan nomlanishi. Tarmoqda haqorat so‘zi hisoblanmaydigan «xaker» so‘zidan farqli, aynan qo‘poruvchi (sindiruvchi – «yomon odam»). " Kreking|"Kompyuter tizimiga yoki tarmoqqa suqulib kirish harakati. " Kremniyli kompilyator|"Mikrosxemalar topologiyasini avtomatlashtirilgan tarzda loyihalash uchun mo‘ljallangan kompilyator-dastur. " Kriptoalgoritm|"Algoritm, uning yordamida dastlabki xabar (ochiq matn)ni belgilarning shifrlangan ketma-ketligiga mantiqiy qayta o‘zgartirish amalga oshiriladi. " Kriptobardoshli gamma|"Ma’lum qismi bo‘yicha uning boshqa qismlarini aniq-lash va uni ishlab chiqish algoritmini to‘liq tiklash mumkin bo‘lmagan gamma. " Kriptobardoshli xabar|"Kriptografik kalitni bilmasdan turib, deshifrovka qilish mumkin bo‘lmagan xabar. " Kriptografik algoritm|"1. Axborotni buzib ko‘rsatish imkoniyatining oldini olish va ruxsatsiz foydalanishdan muhofaza qilish maqsadida axborot (ma’lumotlar)ni o‘zgartirishning matematik algoritmi. 2. O‘z ishida, odatda, ochiq matbuotda e’lon qilinadigan maxfiy va ochiq parametrlar to‘plamidan foydalanadigan ma’lumotlarni o‘zgartirish algoritmi. 3. Kriptografik funksiyalardan birini hisoblashni amalga oshirish algoritmi. " Kriptografik bardoshlilik|"1. Shifrning, kalitni bilmasdan turib axborotni rasshifrovka qilishga bardoshliligini belgilovchi xarakteristikasi. 2. Kriptografik tizimning, jinoyatkorning kalitni, ochiq xabarni olish yoki yolg‘on xabarni kiritish maqsadida qiladigan hujumlariga qarshi tura olish qobiliyatini tavsiflovchi xossasi. 3. Kriptografik algoritmning kriptotahlilga bardoshliligi. " Kriptografik blok|"Berilgan kriptoalgoritm uchun qat’iy o‘lchamdagi ma’lumotlar to‘plami bo‘lib, ular kriptoalgoritm ishining bir siklida qayta ishlanadi. " Kriptografik ilashish|"Kriptografik algoritmdan foydalanish rejimi, bunda o‘zgartirish oldingi kirish yoki chiqish ma’lumotlari qiymatlariga bog‘liq bo‘lgan algoritm tomonidan amalga oshiriladi. " Kriptografik kalit|"Kriptografik algoritmning parametrlari to‘plamining muayyan maxfiy qiymatlari bo‘lib, bu algoritm uchun mumkin bo‘lgan o‘zgartirishlar majmuidan bittasi tanlanishini ta’minlaydi. Kriptografik kalit shifrlash va shifrni ochish (deshifrlash) protseduralarini boshqaradi. " Kriptografik muhofaza qilish|"1. Axborot jarayonlarini ma’lumotlarni kriptografik o‘zgartirishlarga asoslangan, normal kechish sharoitlaridan og‘dirishga mo‘ljallangan urinishlardan muhofaza qilish. 2. Axborotni undan ruxsat etilmagan tarzda foydalanish va kriptografik o‘zgartirishlar algoritmlari yordamida o‘zgartirishdan muhofaza qilish. Izoh – Masofadan bank xizmatini ko‘rsatish tizimlarida kriptografik muhofaza qilish uchun elektron raqamli imzodan va uzatiladigan axborotni shifrlashdan foydalaniladi. " Kriptografik nazorat kattaligi|"Ma’lumotlar blokini kriptografik o‘zgartirish natijasida olinadigan axborot. " Kriptografik nazorat qiymati|"Ma’lumotlar blokini kriptografik qayta o‘zgartirishda aniqlanadigan va uzatiladigan axborotning yaxlitligini nazorat qilish uchun mo‘ljallangan axborot. " Kriptografik protokol|"1. Algoritm, uning vositasida ikki yoki undan ortiq tomon qandaydir axborotni almashinadi va almashinadigan axborotning xavfsizligi kafolatlanadi. Bunday algoritm kriptografik o‘zgartirishlardan foydalanadi va odatda, ochiq kalitli kriptografiyaga asoslanadi. 2. Kriptoalgoritmdan va shifrlash kalitlaridan foydalanishni belgilaydigan qoidalar va protseduralar to‘plami. 3. Kriptografik algoritmlardan foydalangan holda, ikki va undan ko‘p tomonning o‘zaro ishlashini ko‘zda tutuvchi protokol. " Kriptografik tahlil|"1. Shifrni yoki har qanday boshqa shakldagi kriptografiya obyektining sirini ochish san’ati va ilmi. 2. Kalitni bilmasdan turib shifrlangan matndan dastlabki matnni olish yoki dastlabki matn va shifrlangan matn bo‘yicha kalitni hisoblab chiqarish jarayoni. " Kriptografik tekshiruv|"Kriptografik o‘zgartirish yordamida axborot olish jarayoni. " Kriptografik tizim|"1. Ochiq matnni shifrmatnga va aksincha o‘zgartiradigan qayta o‘zgartirishlarning kalit yordamida tanlab olinadigan turkumi. 2. Axborotning kriptografik qayta o‘zgartirilishini va kalitlarni taqsimlash jarayoni boshqarilishini ta’minlovchi texnik va/yoki dasturiy vositalar, tashkiliy usullarning majmui. " Kriptografik uskuna|"Kriptografik algoritmlarni amalga oshiruvchi, shifrlash, rasshifrovka qilish, shifr kalitlarni tayyorlash, ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishdan muhofaza qilish va axborotni uzatish, qayta ishlash va saqlashda muhofaza qilish uchun mo‘ljallangan apparat, dasturiy-apparat, dasturiy kompleks va vositalar. " Kriptografik vositalar|"1. Axborotni kriptografik o‘zgartirishlardan foydalaniladigan, axborot xavfsizligini ta’minlashning usullsri hamda vositalari. 2. Kriptografik tizim funksiyalarini bajarish uchun mo‘ljallangan hujjatlar, mexanik, elektromexanik, elektron texnik qurilmalar yoki dasturlar ko‘rinishidagi vositalar. " Kriptografik o‘zgartirishlar|"Ma’lumotlarni shifrlash va deshifrlash operatsiyalarining majmui, shuningdek, shifr almashganda ma’lumotlarni qayta shifrlash. " Kriptografiya|"1. Ma’lumotlarning semantik mazmunini yashirish, ulardan ruxsat etilmagan tarzda foydalanish yoki ularning aniqlab bo‘lmaydigan o‘zgartirilishini oldini olish maqsadida, ma’lumotlarni o‘zgartirish prinsiplari, vositalari va usullarini, qamrab oluvchi fan. 2. Ma’lumotlarni telekommunikatsiyalar kanallari orqali uzatishda yoki saqlashda, ularning maxfiyligi va/yoki haqiqiyligini ta’minlash usullari to‘g‘risidagi fan. 3. Axborotni tushunarsiz ko‘rinishga keltirish prinsiplari, vositalari va usullari, shuningdek, uni qabul qilish uchun yaroqli ko‘rinishga qayta tiklash. " Kriptografiya uchun API|"Kriptografiya va elektron imzo bilan ishlash uchun mo‘ljallangan dasturiy interfeys. Xabarlarni kodlash/dekodlash bibliotekalarini o‘zida saqlaydi. " Kriptologiya|"Axborotni xavfsiz saqlash va aloqa kanallari bo‘ylab uzatish tizimini yaratish hamda tahlil qilish to‘g‘risidagi fan. Kriptologiya ikki qismga – kriptografiya va kriptotahlilga bo‘linadi. " Kriptotahlil|"1. Ta’sirchan axborotni, jumladan, ochiq matnni olish maqsadida, kriptografik tizimni va/yoki uning kirishlari hamda chiqishlarini tahlil qilish. 2. Ma’lumotlarni ochish va/yoki qalbakilashtirish usullari to‘g‘risidagi fan. 3. Yashirin o‘zgaruvchan yoki haqiqiy ma’lumotlarni, jumladan, dastlabki matnni ajratish maqsadida xabarlarni muhofaza qilish tizimini o‘rganish va/yoki uning kirish va chiqish xabarlarini tekshirish. " Kriptotizim|"1 Shifrlash yoki deshifrlashni ta’minlashda foydalaniladigan hujjatlar, qurilmalar, uskunalar va usullar majmui. 2 Axborotning kriptografik o‘zgartirilishini va/yoki kriptografik kalitlarni tayyorlash va taqsimlash jarayoni boshqarilishini, jumladan, avtomatlashtirilgan tarzda, ta’minlovchi tashkiliy, texnik va dasturiy vositalar majmui. " Kriptotizimni buzish, ochish|"Kriptotizim bilan muhofaza qilingan axborot jarayonining uning normal (shtat) kechish sharoitlaridan og‘ishini keltirib chiqarish imkonini beradigan protsedurani yuzaga keltirish. " Kriptovalyuta|"1. Raqamli tranzaksiyalar reyestrini yuritish qoidalariga muvofiq, ushbu reyestr ishtirokchilari tomonidan raqamli tranzaksiyalarning taqsimlangan reyestrida yaratilgan va hisobga olingan raqamli moliyaviy aktiv turi. 2. Hisobga olinishi markazlashtirilmagan, raqamli hisoblash birliklari. Izohlar 1. Bunday tizimlarning ishlashi taqsimlangan kompyuter tarmog‘i yordamida yuz beradi. Bunda tranzaksiyalar to‘g‘risidagi axborot shifrlanmaydi, undan ochiq ko‘rinishda foydalanish mumkin. 2. Tranzaksiyalar bloklari zanjiri bazasining doimiyligini ta’minlash uchun, kriptografiya elementlari (ketma-ket xeshlash, ochiq kalitli tizim asosidagi raqamli imzo)dan foydalaniladi. " Kritik (maxfiy) bo‘lmagan axborot|"1. Ochilishdan muhofaza qilishga ehtiyoj bo‘lmagan axborot. 2. Davlat, xizmat, tijorat sirlarini yoki shaxsiy sirni ichiga olmaydigan, ochiq matbuotda e’lon qilinishi mumkin bo‘lgan axborot. " Kritik radionurlanish chastotasi|"Radionurlanishning eng katta chastotasi, bunda vertikal yo‘nalgan radioto‘lqin ionosferaning ionlashgan qatlamidan qaytadi. " Kritik refraksiya|"Ijobiy atmosfera refraksiyasi, bunda nurning egri radiusi yer sharining radiusiga teng, toʻlqini esa yer sirtiga parallel harakat qiladi. " Kritik seksiya|"Bir nechta jarayon bilan parallel bajarilishi mumkin bo‘lgan va barcha jarayon uchun ayrim umumiy resurslardan – masalan, global xotira sohasi yoki umumiy fayldan foydalana olishni amalga oshiradigan kod. " Kritik seksiyalar bo‘yicha jarayonlarni sinxronlash|"Jarayonlarni parallel bajarish rejimini ta’minlash, bunda, agar bitta jarayon o‘zining kritik seksiyasiga kirgan bo‘lsa, u tugamaguncha boshqa hech qaysi jarayon o‘zining kritik seksiyasiga bir vaqtda kira olmaydi. " Kritik soha|"Sinxronlash uchun, ajratiladigan resurslar va konstruksiyasini tasvirlashga asoslangan, umumiy resurs bilan ishlashda o‘zaro bartaraf qilishni ta’minlaydigan yuqori darajali konstruksiya. " Kritik chastota|"Eng kichik chastota, bunda uzatish liniyasida shunday turdagi toʻlqin tarqalishi mumkin boʻladi. " Kross|"Bog‘lanish kommutatsion shnurlar yoki tutashtirgichlar yordamida amalga oshiriladigan, oddiy turdagi kommutatsiyalanadigan qurilma. " Kross-brauzerlik|"Veb-saytning turli brauzerlarda bir xil, yaʼni tuzilishi buzilmasdan va materialning o‘qilishi darajasi o‘zgarmasdan aks ettirilishi va ishlay olish xususiyati. " Kross-dastur|"Ekstratarmoqlar foydalanuvchilari uchun ishlab chiqiladigan dastur. Bu amaliy dasturlar odatdagilardan shu bilan farq qiladiki, ular muayyan amaliy tizimlar bilan emas, balki operatsion tizimlar yig‘masi bilan ishlashi mumkin. Shu sababli, kross-dasturlarni ishlatganda, turli ishlab chiquvchilarga umumiy bo‘lgan standartlarni qo‘llash zarur. " Kross-modulyatsiya|"Boshqa xalaqit beradigan signal bilan modulyatsiyalash yoki foydali signal uzatiladigan eltuvchi chastota xalaqiti natijasida paydo boʻladigan intermodulyatsion buzilishlar. " Kross-qutblanish|"Elektromagnit to‘lqin tarqalish jarayonida kutilayotgan qutblanishga ortogonal bo‘lgan tashkil etuvchi qutblanishning paydo bo‘lishi. " Kross-qutblanish koeffitsiyenti|"Qabul qilish nuqtasidagi, kutilgan qutblanish bilan qabul qilingan quvvatning ortogonal qutblanish bilan qabul qilingan quvvatga nisbati. Izoh – Kross-qutblanish koeffitsiyenti antennalar xarakteristikalari kabi, tarqalish muhitiga ham bog‘liq. " Kross-qutblanish seleksiyasi|"Chiziqli qutblangan toʻlqin uchun XPD = 20 log (E1/E2) tarzida aniqlanadigan koʻrsatgich boʻlib, bunda E1 – mos tushuvchi (foydali) qutblanishga ega elektromagnit toʻlqinning tashkil etuvchisi, E2 – ortogonal (xalaqit beruvchi) qutblanishga ega toʻlqinning kross-qutblanishli tashkil etuvchisi. " Kross-qutblanishni ajratish|"Ushbu qutblanishdan uzatilgan radioto‘lqin uchun ortogonal qutblanish bilan qabul qilingan quvvatga kutilayotgan qutblanish bilan qabul qilingan quvvatning qabul qilish nuqtasidagi nisbati. Izoh – Kross-qutblanish koeffitsiyenti, antennaning xarakteristikasi kabi, tarqalish muhitiga ham bog‘liq. " Kross-tizim|"Dasturlar yaratish imkoniyati bo‘lmagan va tayyor dastur «tikiladigan» ixtisoslashtirilgan kompyuterlar uchun dasturlar ishlab chiqish imkonini beradigan dasturiy vosita (universal kompyuterdagi). " Krosslash|"Tarmoqning ikkita oxirgi (terminal) qurilmasi o‘rtasida o‘rnatiladigan vaqtinchalik bog‘lanish, odatda, kommutatsion shnurlar yordamida ta’minlanadi. " Krossli kommutatsiya|"Ma’lumotlarning bitta xabarini uzatish uchun zarur bo‘lgan ortiqroq vaqtda va ma’lumotlar xabarini takroran uzatishda o‘rnatilgan bog‘lanishni saqlaydigan ma’lumotlar uzatish kanallarining kommutatsiyasi. " Kross-platformali dasturiy ta’minot|"Bittadan ko‘p apparat platformada va/yoki operatsion tizimda ishlaydigan dasturiy ta’minot. Bir vaqtda Linux hamda Windows operatsion tizimlarida ishlash uchun mo‘ljallangan dasturiy ta’minot bunga tipik misol bo‘la oladi. " Kross-platformalilik|"Ishlanmani joriy qilish platformasi bilan mos tushmaydigan instrumental platformada olib borish mumkinligi. " Kruk kriptotizimi|"Xatolarni tuzatuvchi kodlarga asoslangan kriptotizim. Unda Mak Ellis kriptotizimining kamchiliklari bartaraf qilingan. " Kuki|"Foydalanuvchi brauzerini, veb-serverga tashrif buyurganda veb-server qo‘yib chiqadigan belgidan iborat maʼlumotlar (katta bo‘lmagan blok). Foydalanuvchi keyin tashrif buyurganda, server bu yerda uni avval bo‘lganini biladi. Shuni hisobga olib, masalan, o‘tgan gal ko‘rsatgan bannerni bu gal unga ko‘rsatmaydi. Takomillashgan tizimlarda, kuki (cookies) texnologiyasi yordamida tashrifchining qiziqishlarini o‘rganib, uning har tashrifida tegishli reklamani ko‘rsatish mumkin. Avvalgi iz, misol uchun loginlarni, onlayn do‘kon savati maʼlumotlarini va boshqalarni eslab qolishga qodir. " Kulrang darajasi|"Videosignalning qora daraja va oq daraja o‘rtasidagi oraliq darajasi. " Kulrang shkalasi|"Bir vaqtning o‘zida aks ettirilayotgan kulrang qatlamlar soni. " Kundalik|"Operatsion tizim yoki ilova tomonidan tizim hodisalarining qayd etilishi yoki protokoli yuritiladigan fayl. " Kursor|"Kompyuter tizimi monitoriga chiqariladigan va berilgan onda foydalanuvchi ishlaydigan joyni ko‘rsatadigan maxsus belgi. " Kursor o‘rnini tiklash|"Win32-Console-ANSI-1.00 modulining «sichqoncha» harakati uchun o‘tish ketma-ketliklarining biri, SCP (Save Cursor Position – kursor o‘rnini saqlovchi) yordamida saqlangan kursor o‘rnini koordinatalardan foydalangan holda qaytaradi. " Kursorni boshqarish klavishlari|"Klaviaturadagi, kursorning ekranda surilishini boshqarish uchun mo‘ljallangan klavishlar guruhi. " Kuryerlik jo‘natmalari|"Jo‘natilishi qisqa muddatlarda qo‘ldan qo‘lga yetkazib berilgan (topshirilgan) holda amalga oshiriladigan pochta varaqchalari, xatlar, banderollar, posilkalar, bosma nashrlar. " Kuryerlik xizmatlari|"Pochta aloqasi operatori yoki provayderining kuryerlik jo‘natmalarini jo‘natish va yetkazib berish (topshirish) bo‘yicha faoliyati. " Kutilayotgan|"Ba’zi voqealarning (masalan, kiritish-chiqarishni tugatish) sodir bo‘lishini kutayotgan jarayon holati. Jarayon kutish vaqtida protsessorni band qilmaydi. " Kutish holati|"1. Protsessor ishidagi, bitta yoki bir nechta komanda taktlari orasidagi pauza. Bu pauza mobaynida xotiradan yoki kiritish qurilmasidan ma’lumotlar kelishi kutiladi. 2. Vazifa yoki jarayonning keyinchalik bajarilishi kutiladigan holat. " Kutish rejimi|"Ko‘p vazifali operatsion tizimlarda – topshiriq bajarilishini qandaydir voqea yuz bergungacha yoki belgilangan vaqt intervaliga to‘xtatib turish. " Kutish sikli|"Qandaydir tashqi shart bajarilgunga qadar yoki voqeagacha, masalan, foydalanuvchining harakatigacha bajariladigan dasturiy sikl. " Kutish vaqti (javobni)|"1. Radiostansiyadan so‘rov uzatilishi va aloqa seansi boshlangan onlar o‘rtasidagi vaqt intervali. Foydalana olish vaqti aloqani tashkil etish sxemasi va ishlatiladigan protokollarga bog‘liq bo‘ladi. 2. Mobil stansiya o‘z so‘roviga javob xabarni kutadigan vaqt intervali. " Kuydirish|"Kompakt diskka yozish. " Kuzatish|"1. Yangiliklar turkumini, ularning muhokamasida ishtirok etmasdan, o‘qish. 2. O‘rganilayotgan obyekt o‘zgarishlarini maqsadli yo‘naltirilgan va tashkiliy idrok qilish va qayd qilishdan iborat tadqiqiot usuli. " Kuzatish moslamasi|"Operatorga sahnani kamera «kuzatganidek» ko‘rish imkonini beradigan uzatuvchi televizion kameraning tarkibiga kiradigan yordamchi optik yoki elektron qurilma. " Kuzatmoq, taqqoslamoq|"Eng kam talabchanlik bilan ikkita mantiqiy obуekt o‘rtasidagi muvofiqlikning norasmiy tahlilini bajarish. " Kuzatuvchi|"1. Yashirin ko‘rib chiqish bilan shug‘ullanuvchi odam. 2. Elektron e’lonlar taxtasidagi xatlarni o‘quvchi, lekin ularning muhokamasida ishtirok etmaydigan va u yerga o‘zining xatlarini yubormaydigan shaxs. " Kuzatuvchi dastur|"Real vaqt rejimida muntazam ravishda obyekt (obyektlar) holatini kuzatib boradigan dastur yoki operatsion tizim xizmati. " Kuzatuvchi jurnali|"Foydalanuvchi kirgan sayt sahifalarining sanasi, kirgan domeni bo‘yicha tartiblangan ro‘yxati. Bu foydalanuvchini Internetda ishlashini osonlashtirish uchun xizmat qiladi. " Kuchayishni avtomatik rostlash|"Qabul qilgichning bitta yoki bir nechta kaskadini qamrab oladigan teskari bog‘lanish zanjiri yordamida qabul qilinadigan signal darajasini avtomatik o‘zgartirish jarayoni. " Kuchaytirgichli antenna|"Kam shovqinli kuchaytirgich o‘rnatilgan antenna. " Kuchaytirish|"Paketga bitta yoki bir nechta talabni qo‘shish. " Kuchli autentifikatsiya|"Foydalanuvchining identifikatori va parolini tekshirish jarayonidan tashqari barcha autentifikatsiya qilinadigan axborotni kriptografik o‘zgartirishdan foydalananiladigan autentifikasiya. " Kuchli bog‘langan tizim|"Ko‘p mashinali hisoblash tizimidan yoki bir xil yoki turli qurilmalardan iborat bo‘lgan tarmoqdan farqli ravishda, umumiy tezkor xotira maydoniga ega ko‘p protsessorli hisoblash tizimi yoki klaster. " Kuchli tinishlar|"Signalning anchagina susayishi bilan davom etadigan chuqur tinishlar, bunda ishonchli signallarning barqaror qabul qilinishi qiyinlashadi. " Kuchsiz autentifikatsiya|"Autentifikatsiya qilish jarayonini amalga oshiruvchi foydalanuvchining faqat identifikatori va parolini tekshirish. " Kvadratura-amplitudaviy modulyatsiya|"Faza bo‘yicha siljitilgan ikkita eltuvchidan foydalaniladigan radiochastotali signalni raqamli signal bilan modulyatsiyalash usuli. Amlituda va fazaning realizatsiya qilinadigan diskret qiymatlari soni ushbu modulyatsiya turning belgilanishida ko‘rsatiladi, masalan, 16-QAM yoki 64-QAM. " Kvadratura-fazaviy manipulyatsiya|"Bir-biriga nisbatan 90° ga surilgan ikkita eltuvchining ikkita fazaviy holati (0 va 180°) dan foydalanadigan modulyatsiyalash turi. " Kvadratura-ko‘zguli filtr|"M-seksiyali raqamli polosa filtri. Berilgan polosalar chastotasini har bir qismidagi signalni bir vaqtda pasayuvchi diskretizatsiylash bilan teng 2m qismga bo‘ladi. " Kvadratguraviy o‘zaro kesishuvchi buzilishlar|"Rangli televideniye tizimlarida rangli tashkil etuvchilar quyi eltuvchining kvadratura amplitudaviy modulyatsiyasida uzatiladigan, kvadraturaviy buzilishlar bilan asoslagan ranglilik signalining ikkita tashkil etuvchilari o‘rtasidagi kesishuvchi xalaqit tufayli sodir bo‘ladigan buzilishlar. " Kvant|"Diskret fizik kattalik, masalan, signal o‘zgarishi mumkin bo‘lgan eng kam kattalik. " Kvant axborot nazariyasi|"Kvant axborotining vujudga kelishi, uni qayta ishlash, uzatish va saqlash jarayonlarini ifodalovchi futuristik nazariya. Bu axborot ustidagi operatsiyalar bitlar sifatida elementar zarrachalar holatini ishlatish yo‘li bilan amalga oshiriladi. " Kvant kompyuter|"Kvant fizikasiga asoslangan, determinatsiyalanmagan algoritmlarni amalga oshira oladigan hisoblash qurilmasi. " Kvant kriptografiyasi|"Kvant fizikasi prinsiplaridan foydalanishga asoslangan kriptografik mexanizm. Xabarlarni uzatish uchun fotonlardan foydalaniladi, bu kriptoanalitik tomonidan axborotni o‘zgartirish yoki uni uzatish jarayonini buzish mumkin bo‘lmasligini kafolatlaydi. Hozirgi vaqtda kvant kriptografiyasi qo‘llanilmaydi; faqat eksperiment sifatida ishlatiladi. " Kvantlagich|"Analog signalni raqamli signalga aylantirish uchun mo‘ljallangan qurilma. Izoh − Kvantlagich, signalni vaqtning diskret momentlarida, kattaligi jihatidan eng yaqin bo‘lgan raqamli qiymatlar orqali approksimatsiyalaydi va keyinchalik bu qiymatlarni xotirada saqlab qoladi. Ko‘proq, bir tekis simmetrik amplitudaviy xarakteristikaga ega bo‘lgan kvantlagichlar ishlatiladi. " Kvantlangan sanoq|"Analog signalning diskret vaqt onida olingan va qatʼiy kattalikkacha yaxlitlangan qiymati. " Kvantlash|"Fizik kattalikni qiymatlarning muayyan to‘plamigacha cheklash jarayoni. " Kvantlash darajasi|"Sanoqlar «bog‘lanadigan» qayd etilgan darajalar. " Kvantlash xatosi|"Chiqish (kvantlangan) va kirish (analog) signallari shakllarining muvofiq kelmasligi keltirib chiqaradigan xato. Kvantlash qadami kattaligiga va diskretlash chastotasiga bog‘liq. " Kvantlash shovqini|"Kvantlash jarayonida yuzaga keladigan hamda additiv tarzda tiklangan foydali signal bilan qo‘shiladigan qo‘shimcha shovqin signal. Bu xil buzilishlarni bartaraf etib bo‘lmaydi, lekin uning kattaligini kvantlash darajalari sonini oshirish yoki kvantlash qadamini kichiklashtirish yo‘li bilan kamaytirish mumkin. Kvantlashda tasodifiy shovqindan tashqari, o‘ta yuklanishdagi shovqin, parchalash shovqini kabi signalning qator spetsifik buzilishlari, shuningdek, kvazidoimiy darajali signallarni uzatishda vujudga keladigan buzilishlar paydo bo‘ladi. " Kvantlashning buzilishi|"Chiquvchi signalni kvantlash jarayoni natijasida signalning buzilishi. Izohlar 1. «Kvantlashning buzilishi», «kvantlash shovqini» atamalaridan foydalanish, odatda, kvantlash ishchi diapazoni doirasidagi hodisalar bilan cheklangan. 2. «Kvantlash shovqini» atamasi, buzilish odatda, axborotni eltuvchi signal ustidagi tasodifiy signal ko‘rinishida kuzatilishi tufayli, qo‘llaniladi. " Kvazi-stereoskopik televideniye|"Har bir ko‘zga monoskopik tasvirdan hosil qilingan alohida tasvirlar taqdim etilgan uch o‘lchamli televideniye. Izoh – Kvazi-stereoskopik televizion tasvir sun’iy parallaksni kiritish yo‘li bilan, masalan, alohida tasvirlarni nisbiy siljitish yo‘li bilan olinishi mumkin. " Kvintet|"Beshta komponent − RAND, XRES, CK, IK va AUTN dan tashkil topgan, UMTS dagi autentifikatsion vektor. Kvota ing. - quota Ajratilgan resurs limiti. " Kvota chegarasi|"Kvotaning maksimal hajmi, kvotaning tugash nuqtasi. Kyubit, kubit rus. - кьюбит, кубит ing. - qubit Kvant hisoblash texnikasida axborotning eng kichik bo‘lagi. " «Ko‘k ekran»|"Obyekt yorqinlik maydoni fonida olinadigan usul. So‘ngra, fotografik yoki elektron usul yordamida ko‘k rang fon tasvirga almashtiriladi («chroma-key» effekti). Buning natijasida boshlang‘ich obyekt shu fonda tasvirga olingan, degan tasavvur paydo bo‘ladi. " Ko‘lamlilik|"Tizim yoki uning alohida qismlarining, tizimning o‘zining alohida parametrlari kamayishiga yoki oshishiga moslasha olish imkoniyatini tavsiflaydigan xossasi. Masalan, Windows 95 operatsion tizim turli o‘lchamdagi displeylardan foydalanilganda bir xil tashqi ko‘rinishni ta’minlaydigan keng ko‘lamlanadigan foydalanuvchi interfeysiga ega. " Ko‘ndalang nurlanishli antenna panjarasi|"Markazlari bitta o‘qqa joylashtiriladigan, sinfazali nurlantiruvchi elementlarning jamidan tashkil topgan antenna panjarasining turi. " Ko‘p darajali kriptografiya|"Simmetrik kriptotizimlar uchun kriptografik kalitlarni tuzishning maxsus usulidan iborat mexanizm. Ushbu mexanizmni amalga oshiruvchi kriptotizim, keyingi kalitlarning barchasini tanlash ma’lum qonunga bo‘ysunishi kerak bo‘lgan vaqtda birinchi kriptografik kalit ixtiyoriy tanlanishi mumkin bo‘lgan tarzda, tuzilgan. " Ko‘p darajali qurilma|"Kompyuter xavfsizligining buzilish riski bo‘lmagan holda, ikki yoki undan ko‘p xavfsizlik darajasidagi ma’lumotlarni bir vaqtning o‘zida qayta ishlay olishi mumkin bo‘lgan funksional blok. " Ko‘p darajali xavfsizlik|"Kritiklik darajasi turlicha bo‘lgan axborotni o‘z ichiga olgan tizimlar toifasi. " Ko‘p dasturli rejim|"Kompyuter yoki hisoblash majmui tomonidan bir paytning o‘zida bir necha vazifani yechish. Uning turlaridan biri taqsimlangan vaqt rejimi, boshqasi – vazifaning paketli yechilishi, yaʼni hisoblash qurilmalarini to‘la yuklash maqsadida vazifalarning tanlab guruhlarga birlashtirilishi. " Ko‘p faktorli autentifikatsiya|"Foydalanuvchini bir nechta mustaqil faktor (biometrik ma’lumotlar, u biladigan hamda u ega bo‘lganlar) asosida autentifikatsiya qilish. Izoh – Ko‘p faktorli autentifikatsiya tashkilotga autentifikatsiya qilishning turli usullaridan (bir martalik parollar, sertifikatlar, kontekst va boshqalar) foydalanish asosida foydalana olishning barqaror tizimini amalga oshirish imkonini beradigan moslashuvchan yondashuvni o‘zida ifodalaydi. " Ko‘p foydalanuvchili muhit|"Telekonferensiya turlaridan biri. Virtual voqeiylikni yaratuvchi kompyuter dasturi, unda foydalanuvchi turli holatlarni amalda qo‘llashi mumkin. " Ko‘p foydalanuvchili tizim|"Bir vaqtda bir nechta foydalanuvchi ishlay olishi mumkin bo‘lgan kompyuter tizimi. " Ko‘p funksiyali printer|"Faks, skaner va nusxa ko‘chirish apparati rejimlarida ishlaydigan printer. " Ko‘p funksiyali qurilma|"Bir necha vazifani bajaruvchi qurilma. Har biri printer, skaner, faks apparati, nusxa olish apparati bo‘lgan qurilmalar ayniqsa keng tarqalgan. " Ko‘p kanalli kuchaytirgich (jamoaviy qabul qiluvchi antenna uchun)|"Bitta radioeshittirish diapazonida joylashgan tovush va tasvirning bir nechta radioeshittirish kanallarida ishlash uchun loyihalashtirilgan kuchaytirgich. " Ko‘p karrali tasvirlar (to‘liq tasvir signali)|"Ko‘p martali tasvirlar apparaturada signallarning ko‘p nurli uzatilishi yoki qaytarilishi oqibatida vaqt bo‘yicha asosiy tasvirdan siljigan tasvirlarni o’zida ifodalaydi. " Koʻp kirishli antenna panjarasi|"Koʻp kirishli antenna panjarasiga ega boʻlgan va bir nechta korrespondentlar bilan aloqaning turli chastota kanallari orqali signallarni bir vaqtda mustaqil uzatishni va/yoki qabul qilishni ta’minlaydigan antenna-fider qurilmasi. " Koʻp kirishli antenna panjarasining kirishi boʻyicha berilgan yoʻnalishdagi kuchaytirish koeffitsiyenti|"Ideal moslashgan yarimto‘lqinli vibrator kirishidagi quvvat qiymatining ko‘pkirishli antenna panjarasining ushbu kirishiga keltirilgan yo‘qotishlarsiz quvvat qiymatiga nisbati, bunda ikkala antenna ham berilgan yo‘nalishda bir xil masofada maydon kuchlanganligining teng qiymatlarini yoki quvvat oqimi zichligining xuddi shunday qiymatlarini hosil qilishi va panjaraning qolgan kirishlari moslashgan yuklamalarga ulanishi kerak. " Ko‘p konturlilik|"Asosiy tasvirga nisbatan aralash bo‘lgan pozitiv yoki negativ qo‘shimcha tasvirlar ketma-ketligi. " Ko‘p kristalli integral sxema|"Bitta korpusda joylashgan va o‘zaro bog‘langan kristallar guruhidan iborat integral sxema. Kristallar bitta taglikda joylashgan bo‘lib ko‘p qatlamli yupqa tasmali bog‘lovchi chiziqlar yordamida o‘zaro ishlaydi. Albatta, ishlatiladigan kristallar korpussizdir. Ko‘p kristalli modullarda o‘zaro bog‘lanishlar uzunligi bosma plataga qaraganda ancha kichkina bo‘lishi sababli, modullar ishlaydigan tezliklar gigagers chastotalarga yetib borgan. Ko‘p kristalli modular avvalo katta kompyuterlarda qo‘llanilgan. Endilikda esa ular shaxsiy kompyuterlarda ishlatiladi. Bu maʼlumotlarni qayta ishlash tezligini oshirish imkonini beradi. " Ko‘p kristalli modul|"Analog va raqamli komponentlarni ichiga oladigan mikrosxema. " Ko‘p liniyali ulanish|"Oxirgi abonent uskunasini bir qancha alohida kirish liniyalari orqali ATSga ulash. O‘xshash tarzda, ishchi stansiyani tarmoq adapterlari yordamida lokal tarmoqning bir nechta bog‘lamasiga ulash amalga oshiriladi. " Ko‘p manzilli tarqatish|"Xabarlarni bitta emas, bir nechta foydalanuvchiga jo‘natish. Natijada xabarni bir vaqtning o‘zida oluvchi maydonida sanab o‘tilgan bir nechta foydalanuvchilar oladi. " Ko‘p manzilli xabar|"Bittadan ko‘p manzilga yuborish uchun mo‘ljallangan xabar. " Ko‘p mashinali hisoblash tizimi|"Bir nechta birlashtirilgan kompyuterdan iborat va yagona hisoblash tizimi sifatida ishlaydigan hisoblash kompleksi. " Ko‘p modali optik tola|"Yorug‘lik ko‘plab yo‘l (modda) bo‘ylab o‘tadigan optik to‘lqin o‘tkazgich. Tola gradiyentli yoki bosqichli sinish ko‘rsatgichiga ega bo‘lishi mumkin. " Ko‘p nuqtali bog‘lanish|"Tarmoq uskunasining aynan bitta komplekti yordamida, uchta yoki undan ortiq stansiyani bog‘lash. " Ko‘p nuqtali; ko‘p punktli|"Uchta va undan ortiq qurilma yoki stansiya o‘rtasida, kommutatsiya vositalarini qo‘llamasdan turib, umumiy resurslardan foydalangan holda bog‘lanish o‘rnatish imkoniyati. " Ko‘p nuqtali liniya|"Bitta yoki bir nechta oraliq stansiyadan foydalangan holda, ikkita yoki undan ko‘p aloqa punktini bog‘laydigan ma’lumotlarni uzatish liniyasi. " Ko‘p nurli|"Ultraqisqa to‘lqinlar diapazonidagi qabulda qabul qilgich va uzatgich o‘rtasida signalning ikki va undan ko‘p tarqalish yo‘li. Bu hodisa radiosignallarning to‘siqlardan qaytishi natijasida kelib chiqadi. " Koʻp nurli antenna|"1. Har biri ma’lum geografik hududga xizmat qilish uchun yoʻnaltirilgan kơplab nurlarning shakllanishini ta’minlaydigan antenna. 2. Bir nechta mustaqil kirishlari bo‘lgan antenna, (ularning har biriga o‘zining nuri (parsial yo‘nalganlik diagrammasi) mos keladi). " Koʻp nurli antenna panjarasi|"Bir nechta nurlarni (ularning soni uning kirish va/yoki chiqish soniga teng) shakllantiradigan antenna panjarasi. " Koʻp nurli signal|"Uzatgichdan qabul qilish nuqtasiga turli yoʻllar (nurlar) orqali keladigan, amplitudasi, boshlangʻich fazalari hamda Doppler chastota siljishi turlicha boʻlgan signallarning vaqt boʻyicha siljigan bir nechta nusxalarini oʻzida ifodalaydigan signal. " Koʻp nurli tarqalish|"1. Bitta radiosignalning tarqalishning bir nechta alohida trassalari bo‘ylab uzatish nuqtasi va qabul qilish nuqtasi o‘rtasida tarqalishi. 2. Radiotoʻlqinlarning uzatgichdan qabul qilgich tomon bir vaqtda, bir qancha trayektoriya boʻylab turli yer usti obyektlari (togʻlar, baland imoratlar va shunga oʻxshashlar) dan qaytishi oqibatida tarqalishi. " Ko‘p nurli tarqalishdagi tinishlar|"Mobil aloqa kanallarida ko‘p nurli signal qo‘shni nurlarining parazit ta’siri evaziga paydo bo‘ladigan tinishlar turi. " Koʻp nurli yoyish|"Noaniq yoyish usuli, bunda uzatgich bitta signal tarqatadi, qabul qilish nuqtasiga esa, radiotoʻlqinlarning koʻp nurli tarqalishi oqibatida bu signalning bir qancha nusxasi bir vaqtda keladi. " Ko‘p nurlilik|"Aynan bir signalning turli yo‘l (trayektoriya)lar bo‘ylab tarqalishi bilan bog‘liq va qabul qilish nuqtasida interferensiyani yuzaga keltiruvchi hodisa. Izoh − Ushbu atama ko‘pincha «ko‘p nurli» tarzida qo‘llaniladi va radioto‘lqinlarning tarqalishi ko‘p nurlilik tabiatiga ega ekanligini ko‘rsatadi. " Ko‘p oqimlilik|"Protsessorning bir vaqtda bir nechta vazifani parallel bajara olish imkoniyati. Bu rejimni qo‘llashdan maqsad – protsessorning operatsiyani, masalan xotiraga yozish jarayonini tugatish vaqtini kamaytirish. Bu vaqtda u boshqa oqimdagi komandani bajaradi. " Ko‘p pog‘onali himoya|"Konfidensiallikning turli darajasidagi obyektlardan foydalana olishning turli huquqlariga ega subyektlarning foydalanishini chegaralanishi ta’minlanadigan muhofaza. " Ko‘p protokolli inkapsulyatsiya|"Ma’lumotlarni MPEG-2 transport oqimida transport oqimi seksiyasiga joylashtirish yo‘li bilan uzatish usuli. " Ko‘p protokolli marshrutlash|"IP va IPX tarmoqlarida lokal tarmoqlarni o‘zaro birlashtirish yoki ularni global tarmoqlar bilan birlashtirish orqali tashkillashtiriladigan marshrutlash. " Ko‘p protsessorli tizim spetsifikatsiyasi|"Bir qancha turli protsessorlarning tezkor xotira qurilmasidan va kiritish-chiqarish kichik tizimlaridan birgalikda foydalanish mexanizmi. " Ko‘p radial tizim|"Abonent liniyalari bittadan ko‘p nuqtada boshlanadigan kabel taqsimlash tizimi. " Ko‘p sathli navbat|"Turli sinflarning jarayonlarini va alohida navbatdagi ustuvorliklarni (masalan, paketli va interaktiv) o‘z ichiga oladigan tizim navbatlarining majmui. " Ko‘p seksiyali rupor|"Koʻzguli antennalar uchun, bir uchi ochiq boʻlgan va toʻlqinoʻtkazgich traktiga boshqasi bilan ulangan bir nechta konstruktiv birlashtirilgan ruporli toʻlqinoʻtkazgichli seksiyalar kơrinishida bajarilgan klaster nurlagich. " Ko‘p slotli rejim|"1. Abonent stansiyasining, bitta axborot kanalini uzatish va qabul qilish uchun, radiokanaldagi uzatish kadrining bir nechta (8 tagacha) vaqt intervallaridan (slotlaridan) foydalaniladigan ish rejimi. 2. Ma’lumotlarni yuqori tezlikda uzatish usuli bo‘lib, bunda TDMA kadridagi ikki yoki undan ortiq vaqt intervali (sloti) birlashtirilishi va turli uzatish tezliklari bilan ishlaydigan abonentlar o‘rtasida qayta taqsimlanishi mumkin. " Ko‘p standartli televizor|"Eshittirish televideniyesining turli televizion standartlariga mos keladigan, ishchi rejimlari avtomatik ravishda yoki qo‘l bilan qayta ulanadigan televizor. " Ko‘p stansion foydalana olish|"Bitta kirish foydalana olish kanaliga ko‘p sonli stansiyalarning bir vaqtda murojaat etish imkoniyati. Izoh − Kanallarning abonentlarga biriktirilish usuliga ko‘ra, foydalana olishning uchta asosiy usuli farq qilinadi: tayinlab o‘rnatilgan (FA – Fixed Assigned), talabga ko‘ra (DA – Demand Assigned) va tasodifiy kira olish (RA – Random Access). Kengaytirilgan spektrli signallardan foydalanishga asoslangan foydalana olish usullari alohida kichik turkumga ajratilgan. " Ko‘p stansion kira olish qurilmasi|"Yulduzsimon topologiyaga ega, Token Ring tarmog‘ida konsentrator (xab) sifatida ishlaydigan qurilma. " Ko‘p tarmoqli kompyuter|"Turli fizik kompyuter tarmoqlariga ulangan bir nechta tarmoq adapterlari bo‘lgan kompyuter. " Ko‘p tarmoqli operatsion tizim|"Protsessor vaqtini vazifalar o‘rtasida emas, ularning alohida tarmoqlari o‘rtasida taqsimlaydigan tizim. " Ko‘p terminalli tizim|"Bir qancha terminal ulanadigan kompyuterni ichiga oladigan tizim; bu terminallar yaqinda ham bo‘lishi, ko‘plab kilometr uzoqlikda ham bo‘lishi mumkin. Tizim kompyuter tarmog‘iga o‘xshab ketadi, agar terminallar intellektual bo‘lsa. " Ko‘p tilli domen|"Milliy alifbo belgilaridan iborat bo‘lgan domen nomi. Masalan, Rossiya uchun yuqori pog‘onali milliy kirillik domeni rasmiy tasdiqlangan. " Ko‘p tolali kabel|"Har biri alohida axborot kanalini o‘zida ifodalovchi, ikkitadan ortiq tolani o‘z ichiga olgan optik-tolali kabel. " Ko‘p tomonlama kira olish|"Bir necha abonent (foydalanuvchi, dastur yoki qurilma)ning bitta resurs bilan o‘zaro ishlash jarayoni. Foydalanish amalga oshiriladigan resurslarga fayllar, xotira qurilmalari, printerlar, kanallar va h.k. kiradi. Foydalanishni boshqarish tanlangan foydalanish usuliga bog‘liq. " Ko‘p tomonlama uzatishlar|"Ikki yoki undan ortiq mamlakatga bir vaqtning o‘zida yo‘naltiriladigan bitta yoki bir nechta mamlakatdan, bitta yoki bir nechta chiquvchi punktdan uzatishlar. " Ko‘p tomonlama chaqiruv|"Konferensaloqa xizmatining atributi bo‘lib, abonentga ko‘p tomonlama bog‘lanish imkonini beradi. " Ko‘p uzelli liniya|"Bir nechta terminal, oraliq qurilma yoki dasturlashtiriladigan datchiklar bir vaqtda ulangan liniya. Axborot almashish ularni ketma-ket so‘rov yo‘li bilan tashkil qilinadi. " Ko‘p vazifali operatsion tizim|"Bir vaqtning o‘zida bir nechta vazifani bajara oladigan operatsion tizim. Birinchi ko‘p vazifali operatsion tizim – bu Unix operatsion tizimi. " Ko‘p vazifali rejim|"Bir vaqtda (yoki qisqa vaqt intervallari oralatib) ikki yoki undan ko‘p vazifa bajariladigan ish rejimi. " Ko‘p vazifalilik|"Bir vaqtning o‘zida bir nechta jarayon (vazifalar)ni ishga tushira oladigan operatsion tizimning xususiyati. " Ko‘p vibratorli antennalar|"Keskin yo‘naltirilgan nurlanish va qabulni ta’minlaydigan antennalar. " Ko‘p yadroli kompyuter|"Bitta kristallda joylashgan, ikkinchi darajali assotsiativ (kesh) xotirani ajratadigan va umumiy xotirada ishlaydigan bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan protsessorlar (yadrolar)ga asoslangan kompyuter tizimi. " Ko‘p yadroli protsessor|"Bir korpusda yoki bitta protsessor kristalida ikkita va undan ortiq hisoblash yadrolarini ichiga oladigan markaziy protsessor. " Koʻp yoʻlli antenna|"Yuqori kuchlanish koeffitsiyentiga ega bơlgan, bir nechta parallel ulangan va sinfaz ta’minlanadigan spiral nur tarqatgichlardan iborat spiral antenna. " Ko‘p o‘lchamli taqdim etish|"Maʼlumotlarni tezkor tahliliy qayta ishlash uchun qulay tarzda taqdim etish texnologiyasi. Maʼlumotlar ko‘p o‘lchamli maʼlumotlar bazalari ko‘rinishida taqdim etiladi. Relyatsion maʼlumotlar bazalaridan farqli o‘laroq, ushbu maʼlumotlar bazalarida maʼlumotlar ayrim jadvallarda joylashmaydi. Foydalanuvchi uni qiziqtirayotgan obyektlar to‘g‘risida turli axborotga ega bo‘lishini xohlasa, u jadvallar guruhi bo‘yicha izlashi lozim. Ko‘p o‘lchamli bazada sanab o‘tilgan uchala tavsifnoma ham bitta massiv ichida joylashgan va izlash aynan uning doirasida amalga oshiriladi. Shu tufayli turli xildagi elementlardan iborat murakkab so‘rovga tezkor javob beriladi. Maʼlumotlarning ko‘p o‘lchamli taqdim etilishi mijoz-server arxitekturasida qo‘llaniladi. Bazalar, relyatsion tuzilmalarni ko‘p o‘lchamli massivlarga aylantirish imkonini beruvchi dasturiy taʼminotga ega. Bu foydalanuvchilarning tegishli so‘rovlariga javoban tarmoqda uzatiluvchi maʼlumotlar hajmini kichraytirish imkonini beradi. " Ko‘p chastotali signalizatsiya|"Ayrim chastotalarning susayishi va boshqalarining kuchayishi hisobiga bir holatdan ikkinchi holatga o‘tish ta’minlanadigan signalizatsiya usuli. " Ko‘p chastotali tarmoq|"Turli radiochastota kanallaridan foydalanadigan uzatuvchi stansiyalar tarmog‘i. Xususan, turli radiochastota kanallaridan foydalanuvchi DVB-T stansiyalar tarmog’i. " Ko‘p chastotali TDMA|"Vaqt bo‘yicha ajratilgan ko‘p stansion foydalana olishning gibrid texnologiyasi bo‘lib, unda har bir kanal kadrdagi vaqt intervali raqami va chastotasi bilan tavsiflanadi. " «Ko‘plab portlar ‒ ko‘plab xotira modullari»|"Har tomonlama almashinish shinasiga ega ko‘p portli xotira. " Ko‘prik|"Ikki yoki bir nechta fizik tarmoqni bog‘lovchi va paketlarni bir tarmoqdan boshqasiga uzatuvchi qurilma. Turli protokollardan foydalanadigan tarmoqlarni bog‘lash uchun foydalaniladi. Izohlar 1. Ko‘prik shlyuzning bir ko‘rinishidir, lekin soddaroq tarzda o‘zaro bog‘lanishni ta’minlaydi. OSI modelining kanal sathida ishlaydi. 2. Ko‘prik ko‘pincha MAS sathining – ya’ni muhitga kira olishni boshqarish qurilmasi kabi aniqlanadi. Ko‘priklar paketlarni filtrlashi mumkin, ya’ni kanal sathining axboroti asosida boshqa segment yoki tarmoqlarga trafikning faqat bir qismini uzatishi mumkin (MAC-adres). 3. Agar oluvchining adresi ko‘prikning adreslar jadvalida mavjud bo‘lsa, kadr faqat oluvchi joylashgan segment yoki tarmoqqa uzatiladi. " Ko‘prik-marshrutizator|"O‘zida ko‘prik va marshrutizator funksiyalarini birlashtirgan qurilma bo‘lib, maʼlum bir transport protokollari (masalan, TCP/IP) uchun marshrutizator, baʼzilari uchun esa, ko‘prik sifatida xizmat qiladi, yaʼni paketlarni tarmoqning bir segmentidan boshqasiga uzatadi. " Ko‘pchilik-ko‘pchilikka munosabati|"A jadvalning bitta qatoriga V jadvaldagi bir nechta qator muvofiq bo‘lsa va teskarisi ham to‘g‘ri bo‘lsa ko‘pchilik-ko‘pchilikka munosabati namoyon bo‘ladi. " Ko‘rib chiqish|"Axborot izlash bo‘lib, ko‘pincha konfidensial ma’lumotlardan ruxsat etilmagan tarzda foydalanishni maqsad qilib qo‘yadi, shu tufayli tizim uchun xavf tug‘diradi. " Ko‘rib chiqmoq|"Kataloglar, fayllar, disklar, foydalanuvchi hisoblari, guruhlar, domenlar yoki kompyuterlar ro‘yxatidan kerakli elementni izlab topish. " Ko‘rilgan giperishorat|"Bog‘lama tashrifchisi oldinroq «sichqoncha», klaviatura yoki boshqa qurilma yordamida aktivlashtirgan veb-sahifadagi giperishorat. " Ko‘rinish|"Identifikatorning ta’sir sohasi bilan bog‘liq tushuncha. " Ko‘rinish yoyi|"Geostatsionar yo‘ldosh yoyi, uning doirasida kosmik stansiya, u orqali ushbu yo‘ldosh tarmog‘ida ishlaydigan barcha yer stansiyalaridan mahalliy gorizontda ko‘rinadi. " Ko‘rinish zonasi|"Yer yuzasining, joyning minimal yo‘l qo‘yiladigan katta (masalan, 5° dan ortiq) ma’lum burchagi ostida vaqtning berilgan davri (aloqa seansi) mobaynida yo‘ldosh ko‘rinadigan qismi. " Ko‘rinmas viruslar|"1. Aniqlanishi va zararsizlantirilishi qiyin bo‘lgan viruslar, chunki ular operatsion tizimning zararlangan fayllarga va disk sektorlariga murojaatini tutib oladi va o‘z o‘rniga diskning zararlanmagan uchast-kalarini qo‘yadi. 2. O‘zining diskda, ba’zi hollarda tezkor xotirada mavjudligini niqoblovchi maxsus algoritmlardan foydalanadigan viruslar. " Ko‘rinuvchi nurlanish|"Odam ko‘zi qabul (idrok) qiladigan elektromagnit to‘lqinlar. Spektrning to‘lqin uzunligi taxminan 380 nm dan (binafsha) 740 nm gacha (qizil) bo‘lgan qismni ichiga oladi. Bunday to‘lqinlar 400 teragersdan 790 teragersgacha bo‘lgan chastota diapazonini egallaydi. Bunday to‘lqin uzunliklariga ega elektromagnit nurlanish ko‘rinadigan yorug‘lik yoki oddiygina yorug‘lik deb ham ataladi. Odam ko‘zi 555 nm sohada yorug‘likka juda sezgir bo‘ladi. " (Ko‘rinuvchi) tasvir|"Televizion ekranda kadrlarning o‘tish davri mobaynida paydo bo‘ladigan tasvir. " Ko‘rish adaptatsiyasi|"Ko‘rish organining yorug‘lik ta’siri intensivligiga yorug‘lik sezgirligining o‘zgarishi tufayli namoyon bo‘ladigan moslashishi. " Ko‘rish dasturi|"Faylni ko‘rishni formatlardan birida amalga oshiruvchi ilovadagi funksiya. Fayllarning formatlari to‘plami tufayli, odatda katta sondagi vyuverlar bajariladi. " Ko‘rish inersiyasi|"Odamning ko‘rish sezgisi orqali qabul qilish jarayonidagi hodisa, bunda tasvir ko‘zning to‘r pardasi orqali ma’lum inersiya bilan qabul qilinadi. Aks holda, televideniye, kinematografiya va animatsiya tasvirlarning miltillagan harakatsiz to‘plami sifatida qabul qilingan bo‘lar edi. " Ko‘rish o‘tkirligi bilan (chastotalar polosasini) moslash|"Yorug‘lik signali va ayirmarang signallar chastotalar polosasi nisbiy kengligini, ko‘rish o‘tkirligi bilan moslash uchun, aniqlash. " Ko‘r-ko‘rona imzo|"DigiCash to‘lov tizimida ishlatiladigan va tasodifiy ko‘paytiruvchini (blinding factor) qo‘llashga asoslangan elektron raqamli imzo mexanizmi. " Ko‘rsatishlar kompilyatori|"Ko‘rsatishlar onlayn tizimi matnini berilgan tizimda qabul qilingan ichki tasavvurga o‘tkazadigan dasturiy ta’minot. Dasturiy mahsulotni lokallashtirish va modifikatsiyalashda foydalaniladi. " Ko‘rsatgich|"Ma’lumotlarning maxsus turi. Bu turdagi ma’lumotlar elementining yoki o‘zgaruvchining qiymati, boshqa ma’lumotlarni (bevosita manzillash), shu jumladan, boshqa ko‘rsatgichni (bilvosita manzillash) ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan manzil hisoblanadi. Odatda, ko‘rsatgichlardan yozuvlar bilan ishlashda, protseduralarga parametrlar berishda va bog‘langan ro‘yxatlarni tashkil qilishda foydalaniladi. " Ko‘rsatmalar satri|"Displey ekranidagi, tushunilishi oson bo‘lgan komandalar menyusiga ega satr. " Ko‘tarilish uzeli (orbitaning)|"Yo‘ldosh janubdan shimolga harakatlanganda orbita ekvator tekisligini kesib o‘tadigan nuqta. " Ko‘tariluvchi (abonent) trafik|"Periferik uzeldan markaziy uzel tomon, masalan, telefon modemidan Internetga, mobil stansiyadan tayanch stansiyaga tomon uzatiladigan trafik. " Ko‘tariluvchi kanal|"Foydalanuvchi uskunasidan tayanch stansiyagacha bo‘lgan uzatish kanali. " Ko‘tariluvchi oqim|"Periferik uzeldan markaziy uzel tomon uzatiladigan ma’lumotlar oqimi. " Ko‘z akkomodatsiyasi|"Ko‘zning kuzatiladigan obyektgacha bo‘lgan masofaga bog‘liq holda ko‘z gavharining fokus masofasi va optik kuchini o‘zgartirish xususiyati. Shu tufayli ko‘zdan turli masofada joylashgan obyektlarning aniq tasvirini kuzatish mumkin. " Ko‘zgu|"«Oyna-tom» tizimini tashkil etgan ikki tomdan biri. Tom oynalari har-xil disklarda joylashgan bo‘ladi. Agar oyna disklaridan biri ishdan chiqsa, operatsion tizim ma’lumotlarga ikkinchi disk yordamida murojaat qilishda davom eta oladi. " Ko‘zguli antenna|"Metall sirt ko‘rinishidagi dastlabki nur tarqatgich va qaytargichni o‘z ichiga oladigan yo‘naltirilgan antenna. " Ko‘zguli-dipolli antenna (ko‘zguli-vibratorli antenna)|"Ikkita kesishgan simmetrik vibratorlardan va ta’minoti uchun amplitudaga teng, lekin faza bo‘yicha 90° ga siljigan, toklardan foydalaniladigan pallali nurlagichdan iborat aylantiruvchi qutblanishga ega antenna. " Ko‘zguli qaytish|"1. Qaytish burchagi tushish burchagiga teng bo‘lgandagi to‘lqinlar qaytishi. 2. Yorug‘likning tekis optik sirtdan qaytishi. " Ko‘zguli yorug‘lik o‘tkazgich|"Yorug‘lik nuri truba bo‘ylab o‘rnatilgan ko‘zguning periskopik tizimi yordamida fokuslanadigan yorug‘liko‘tkazgich. " Ko‘chiriladigan dastur|"Kompyuter manzil qismining ixtiyoriy sohalariga yuklanishi mumkin bo‘lgan dastur. " Ko‘chiriladigan dasturiy ta’minot|"Kompyuterlarning bitta turida bajarilishi yoki kam kuch bilan boshqa platformaga ko‘chirilishi mumkin bo‘lgan, mashinaga bog‘liq bo‘lmagan dastur (ilova). " Ko‘chiriladigan kod|"manzillash ko‘chiriladigan registr qiymatiga va komandada hisoblanadigan manzilga nisbatan yuzaga keladigan va xotiradagi manzil ko‘chiriladigan registr qiymatining summasiga teng kod. " Ko‘chirish|"Arifmetik amallarda ikkilik razryadni katta raqam o‘rniga o‘tkazish yoki surish amallarida uning registr tashqarisiga chiqishi. " Ko‘chirish bayrog‘i|"Ikkita yoki uchta birlikning quyi razryadlarini qo‘shishda ishlatiladigan qo‘shimcha birlik. " Ko‘chirish indeksi|"Veb-sahifa yoki veb-saytning mashhurligining son ko‘rsatgichi. Bu sahifaga yoki saytga boshqa veb-resurslardan murojaatlar soni shaklida aniqlanadi. Shu bilan birga, har bir murojaat u joylashgan veb-saytning «nufuzi»ga hamda har ikki saytning mavzulari mos kelishiga bog‘liq o‘zining «vazni»ga ega. " Ko‘chirish (otkachka) fayli|"Operatsion tizim tomonidan ko‘chirib olingan jarayonlarning obrazlarini saqlash uchun ishlatiladigan diskli xotira sohasi. " Ko‘chirmoq|"Fayllarni turgan joyidan boshqa joyga ko‘chirish, bunda eski manzildagi fayl o‘chiriladi. «Sichqoncha» bilan harakatlanish, bunda «sichqoncha» kursori eski joydan yangi joyga ko‘chadi. " Ko‘chma disk|"Olib qo‘yiladigan xotira qurilmasi. Masalan, flesh-kartalar, olib qo‘yiladigan qattiq disklar va b.q. " Ko‘chma pochta aloqasi bo‘limi|"Statsionar pochta aloqasi obyektlari mavjud bo‘lmagan joylarda pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish uchun, shuningdek, pochtani tashish uchun pochta transportida tashkil etiladigan pochta aloqasi bo‘limi. " Ko‘chma televizion stansiya|"Studiyadan tashqari sharoitlarda televizion ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan apparatura kompleksi joylashtirilgan transport vositasi. " Ko‘chma yo‘ldoshli aloqa xizmatidagi abonent liniyasi|"Ko‘chma yo‘ldoshli aloqa xizmati abonent stansiyasidan kosmik stansiyagacha va kosmik stansiyadan ko‘chma yo‘ldoshli aloqa xizmati abonent stansiyasigacha bo‘lgan radioliniya. " Ko‘chma yo‘ldoshli aloqa xizmatidagi abonent stansiyasi|"Abonent foydalanishida bo‘lgan ko‘chma aloqa yer stansiyasi. L " Laboratoriya axborot tizimi|"Turli soha laboratoriyalarida ishchilarni boshqarish, hujjat va standartlar bilan ishlash, hamda boshqa laboratoriya ishlari, masalan ish jarayonlarini avtomatlashtirish, hisob-fakturani tuzish va jo‘natishni amalga oshiradigan maxsus dasturiy ta’minot. Asosan atrof-muhitni muhofaza qilish, ilmiy tadqiqot ishlari yoki tijorat tahliliga yo‘naltirilgan bo‘ladi. " Lamer|"O‘zini kompyuter ekspertlari deb hisoblaydigan odamlarning o‘ylashicha, (jargon) (inglizcha lame – «zaif») kompyuterni yomon tushunadigan odamlarga beriladigan laqab. " Lazer disk|"Musiqa, shuningdek, video ma’lumotlarni yozish va o‘qish uchun ishlatiladigan disk. Yozish jarayoni lazer nuri yordamida ma’lumot saqlovchi raqamli signalni metall yuzaga kichik o‘yiqlarni kuydirish orqali amalga oshiriladi. " Lazer xotira|"Optik disklardagi maxsus xotira. " Lazerli printer|"Tasvirni shakllantirishda kserografiya prinitsipi asosida ishlaydigan elektrostatik chop etish qurilmasining turi. " Lazerli skanlash qurilmasi|"Tasvir to‘g‘risidagi axborotni raqamli shaklga aylantirish uchun qo‘llaniladigan qurilma. Ajratishning o‘ta yuqori va ko‘p tusli tasvirlar (yorqinlik pog‘onalar) sonining yuqori darajaga ko‘tarilishiga erishish mumkin. " Leksema|"Simvollar ketma-ketligi, dasturlash tilining elementi, translyator uchun ma’noga ega. Har qanday dastur bu, leksemalar ketma-ketligidir. " Leksik analizator|"Dastur boshlang‘ich matnini leksik tahlil qiladigan translyator moduli. " Leksik tahlil|"Dasturlashda so‘zlar (leksemalar) yozilishining to‘g‘riligini tekshirish. Dasturning leksik tahlili dasturni translyatsiya qilish paytida amalga oshiriladi. " Leksikon|"Shaxsiy kompyuterlar uchun mo‘ljallangan matn redaktorlaridan biri, integratsiyalashgan master tizimiga kiradi. Ko‘p oynali, foydalanuvchi bilan qulay interfeysga ega, orfografiyani tekshiradi, so‘zlarning to‘g‘ri ko‘chirilishini bajaradi. " Lempel-Ziv usulida kodlash|"Maʼlumotlarni jo‘natuvchi va qabul qiluvchidagi ikki aynan o‘xshash lug‘atdan foydalanishga asoslangan, maʼlumotlarni statistik siqishning yuksak samarali algoritmi. Aloqa kanali bo‘ylab axborotning o‘zi emas, balki uning lug‘atda joylashgan o‘rni to‘g‘risidagi maʼlumotlar uzatiladi. Kodlashning ushbu usuli nutq, matn va grafikani siqishda keng qo‘llaniladi. " Lentikulyar stereoskopik kineskop (display)|"Stereoskopik kineskop, bunda lentikulyar (linzorastrli) obyektivlar ekranning old qismida ikki tomonga yo‘naltirilgan yorug‘lik bo‘lgich (tasvir ajratgich) ni hosil qiladi, shuning uchun, chap va o‘ng ko‘z uchun navbatma-navbat ko‘rsatiladigan tasvirlarni ajratish uchun boshqa vositalarga (masalan, ko‘zoynak)ka zarurat bo‘lmaydi. " Libratsiya|"Osmon jismining orbita bo‘ylab harakatlanishi paytida, turli g‘alayonlanishlar natijasida, undan qaytgan signalning tinishida aks etadigan hodisa. " Liniya|"1. Konnektorlar yordamida uzatgichga (manbaga) va qabul qilgichga (detektorga) ulangan optik-tolali kabel. 2. Ikki nuqta o‘rtasidagi, terminal uskunadan tashqari, telekommunikatsiya vositalarining yig‘indisi. 3. Har qanday ikki nuqtani bog‘lovchi uzatish kanali. " Liniya band bo‘lganda chaqiruvlarni qayta manzillash|"Xizmat abonentiga jo‘natiladigan kiruvchi chaqiruvlarni, xizmat abonenti band bo‘lganda, boshqa belgilangan raqamga avtomatik tarzda qayta manzillash imkonini beradigan xizmat. " Liniya (kabel taqsimlash tizimida)|"Kabelli taqsimlash tizimida, masalan, metall kabel, optik kabel, to‘lqin o‘tkazgich yoki ularning istalgan kombinatsiyasi ikki nuqtasi o‘rtasidagi uzatish vositasi. " Liniya kodi|"Dastlabki bitlar oqimining optik-tolali va kabelli aloqa liniyalari orqali uzatish uchun qulay shaklga mantiqiy o‘zgartirilishini ta’minlovchi kodlar (odatda, blokli) turkumi. Bunday kodlashning asosiy mazmuni faqat nollardan iborat ketma-ketliklarni 1 hamda 0 simvollarini ichiga oladigan ketma-ketlikka almashtirishdan iborat. Ushbu operatsiya signallarning sinxronlash xossalarini yaxshilash imkonini beradi. " Liniya olis uchidagi kesishuvchi xalaqitlar|"Bitta yo‘nalishda axborot uzatadigan kanallar vujudga keltiradigan o‘zaro xalaqitlar. Qabul qilgichga nisbatan liniyaning olis uchida joylashgan uzatgichlar shunday xalaqitlarning manbai hisoblanadi. " Liniya «pastga»|"Tayanch stansiyadan mobil stansiyaga bo‘lgan aloqa liniyasi. Izoh − Yo‘ldoshli aloqada shunga o‘xshash liniya yo‘ldosh retranslyatoridan yerdagi stansiyaga tashkil qilinadi va «yo‘ldosh−Yer» liniyasi deb ataladi. " Liniya signali|"Kommutatsiya maydoni va telekommunikatsiyalar tarmog‘i liniyalari, kanallari orqali uzatiladigan, liniyalar, kanallar holatini tavsiflaydigan va bog‘lanish o‘rnatilishining asosiy bosqichlarini belgilaydigan telekommunikatsiyalar signali. " Liniya yaqin uchidagi kesishuvchi xalaqitlar|"Uzatish yo‘nalishi o‘zaro qarama-qarshi bo‘lgan kanallar vujudga keltiradigan xalaqitlar. Qabul qilgichga nisbatan liniyaning yaqin uchida joylashgan uzatgichlar bunday xalaqitlarning manbai hisoblanadi. " Liniyaga aktiv ulanish|"Maʼlumotlarni o‘zgartirish yoki kiritish maqsadida tarmoqqa ulanish. " Liniyaga passiv ulanish|"Maʼlumotlarni o‘qish maqsadida tarmoqqa ulanish. " Liniyani eshitish|"Telefon liniyasida bir vaqtning o‘zida bir nechta shaxs ishtirokidagi so‘zlashuvni eshitishga imkon beradigan funksiya. Ushbu rejimda telefon apparatining korpusidagi mikrofon uzib qo‘yilgan bo‘ladi. " Liniyaning antenna effekti|"Liniyaning elektromagnit to‘lqinlarni nurlantirish yoki qabul qilish xususiyati. " Link|"Fayl yoki direktoriya manzili. Odatda, ushbu manzil maxsus faylda saqlanadi. Microsoft Windows va boshqa operatsion tizimlarda bunday fayllar yorliq deb ataladi. " Linza|"Linzani o‘rab turuvchi fazoda va linza tuzilmasida tarqalishning fazali tezliklaridan foydalanib, to‘lqinlar nurlanishining yo‘nalganlik diagrammasini shakllantirish qurilmasi. " Linzali antennalar|"Aperturali antennalarning bir turi (koʻndalang antenna panjaralari), unda elektromagnit energiya oqimini toʻplash oqimning tutib olingan qismini elektromagnit linza yordamida fokuslash orqali amalga oshiriladi. " Listing|"Dastur matni yoki printerda bosilgan yoki displey ekraniga chiqarilgan ma’lumotlar. " Liter atributi|"Mashina grafikasida ‒ litera rangi, shrifti, yo‘naltirilganligi va o‘lchami. " Liter kattalik|"Matn konstantasi sifatida qabul qilinadigan kattalik. Liter kattalikni sonlarsiz literal sifatida belgilash mumkin. Boshqa nomlari: simvolli, satrli kattalik, zanjir. Ko‘pchilik dasturlash tillarida liter kattalik apostroflarga olinadi – «123», «abed». " Literal|"Dasturlash tilidagi o‘zining xususiy qiymatini konstanta sifatida qat’iy belgilaydigan, lekin o‘zgaruvchi, konstanta yoki boshqa bir konstruksiyaning belgisi hisoblanmaydigan simvol yoki so‘z. " Litsenziya|"1. Davlat organlari tomonidan xizmatlarni sotish yoki taqdim etish huquqini beradigan ruxsat. 2. Mulkchilikka egalik qilish huquqini beradigan rasmiylashtirilgan hujjat. 3. Axborotni muhofaza qilish sohasida u yoki bu ishlarni olib borish huquqi uchun berilgan, tegishli ravishda rasmiylashtirilgan ruxsatnoma. " Litsenziya shartnomasi|"Bir tomon (litsenziar yoki litsenziya beruvchi) tegishli haq evaziga ixtirodan yoki boshqa texnik yutuqdan (litsenziyadan) foydalanish huquqini boshqa tomonga (litsenziya oluvchiga yoki litsenziatga) taqdim etadigan shartnoma. " Litsenziyalanmaydigan chastotalar polosasi|"Butun jahonda global foydalanish uchun ruxsat etilgan chastotalarning ochiq diapazoni. Bu diapazonda ishlash chastota idoralarining ruxsatini talab etmaydi va bu diapazon, agarda ular ma’lum bo‘lgan nomaqbul va polosadan tashqari nurlanishlar sathi bo‘yicha qo‘yilgan talablarni bajarsa, har qanday tizimlarning ishlashi uchun qulay. " Litsenziyalash|"Axborotni muhofaza qilish sohasida ishlarni olib borish huquqini berish yoki olishdan iborat faoliyat. " Log|"Veb-saytning o‘ziga xos bortdagi jurnali. Server loglariga u yoki bu foydalanuvchi qayerdan va qachon kelgani, saytda qancha vaqt bo‘lgani va u yerda nimani ko‘rgani va yuklab olgani, uning brauzeri va uning kompyuterining IP-manzili qandayligi to‘g‘risidagi maʼlumot yoziladi. Logga har bir yozuv maʼlum xitga tegishli bo‘ladi, chunki server aynan sayt elementlaridan biriga murojaatni qayd qilishi mumkin. " Log-fayl|"Server ishi va foydalanuvchilarning harakati to‘g‘risidagi: sana va vaqt, foydalanuvchining tashrifi, foydalanuvchi kompyuterining IP-manzili, foydalanuvchi brauzerining nomi, foydalanuvchi tomonidan so‘ralgan varaqlar, foydalanuvchi refereri kabi tizimli axborotga ega fayl. " Login|"Kompyuter tizimiga (tarmoqqa) kirishda foydalanuvchini identifikatsiya qilish jarayoni, protsedurasi. " Logo|"Yuqori darajadagi dasturlash tili, LISP tilining maxsus versiyasi. Juda sodda til, oson kengayadi, kichik yoshdagi bolalarni o‘rgatishda foydalaniladi. S.Paypert tomonidan 1980-yilda Massachuset texnologiya instituti (AQSh)da ishlab chiqilgan. " Logotip|"Hududiy tuzilmalar, tijorat korxonalari, tashkilotlari va xususiy shaxslar tomonidan kishilik jamiyatida farqlay olishlikni va taqqoslash mumkinligini oshirish uchun foydalaniladigan grafik belgi, emblema yoki simvol. Logotip stilizatsiyalangan harflar va/yoki ideogramma ko‘rinishidagi o‘zi identifikatsiyalaydigan mohiyat nomini o‘zida ifodalaydi. Logotiplar tovar belgilari sifatida keng qo‘llaniladi. " Lokal|"Foydalanuvchi o‘zining interfeysida ko‘rishni xohlayotgan parametrlar to‘plami, belgilar to‘plami, shu jumladan, foydalanuvchi tili, mamlakati, vaqt chizig‘i va boshqa boshlang‘ich o‘rnatishlar. " Lokal blokirovkalash|"Ayrim foydalanuvchi tomonidan yo‘llanayotgan sohaga tegishli resurslarni muhofaza qilish maqsadida blokirovkalash. " Lokal disk|"Fayl-serverga emas, balki ishchi stansiyaga ulangan disk. " Lokal hisoblash tarmog‘i|"Geografik chegaralangan tarmoqlarning bir turi. Lokal hisoblash tarmog‘i turli ma’lumotlarni juda yuqori tezlikda almashishga va tarmoq uchun umumiy bo‘lgan resurslardan birgalikda foydalanishga (masalan, printerlar, modemlar) imkon berib kompyuterlar, printerlar va boshqa elektron uskunalarni bog‘laydi. " Lokal hisoblash tarmog‘i kommutatsiyasi|"Paketlar faqat ularning qabul qiluvchilariga yo‘naltirilishini ta’minlaydigan texnologiya. Lokal hisoblash tarmog‘i kommutatsiyasining ikkita asosiy usuli mavjud: matritsali (fizik darajada) va MAS darajasidagi kommutatsiya. " Lokal manzil|"Tarmoq doirasida biriktiriladigan manzil. Tarmoqlararo interfeys pog‘onasida IP-manzillarni lokal manzillarda aks ettirish vazifasi turadi. IP-manzil bo‘yicha lokal manzilni aniqlash uchun manzilning ruxsat berish protokoli (Address Resolution Protocol, ARP) ishlatiladi. Bunga tamomila teskari bo‘lgan masalani yechadigan protokol ham mavjud, u maʼlum lokal manzil bo‘yicha IP- manzilni aniqlash imkonini beradi. " Lokal printer|"Kompyuterdagi portlardan bittasiga bevosita ulanadigan printer. " Lokal tarmoq|"Uncha katta bo‘lmagan hudud (bino, korxona) ni qamrab oluvchi va obyektlar o‘rtasida nisbatan qisqa (500 m dan ko‘p emas) aloqa liniyalaridan foydalanuvchi ma’lumotlar uzatish tarmog‘i. Lokal tarmoq foydalanuvchilar ish joylari va oraliq qurilmalarni yagona tarmoq operatsion tizim boshqaruvida ishlovchi yagona makonga birlashtiradi. Masofaning qisqaligi ma’lumotlarni yuqori tezlikda (100 Mbit/s gacha) uzatilishiga erishish hamda real vaqt rejimida xizmatlarning keng to‘plami taqdim etilishini ta’minlash imkonini beradi. " Lokal tarmoq kommutatori|"Bitta yoki bir guruh lokal tarmoq segmentlari o‘zaro ishlashini taʼminlaydigan qurilma. Lokal tarmoq kommutatori odatdagi kommutator kabi, unga ulangan lokal tarmoqlarning o‘zaro ishlashini, hamda lokal tarmoq segmentlarining har xil turi ulanayotgan bo‘lsa, interfeyslarni o‘zgartirishni taʼminlaydi. " Lokal tarmoqqa ulanish|"Tarmoq resurslaridan foydalanish mumkin bo‘lgan tarmoqqa ulanish holati. " Lokal xotira|"Qandaydir dastur yoki funksiyaga ajratilgan tezkor xotira qurilmasi. " Lokal o‘zgaruvchi|"Dasturlash tillaridagi o‘zgaruvchi; butun dastur bo‘yicha foydalanilishi mumkin bo‘lgan global o‘zgaruvchidan farqli ravishda, faqat o‘zining blokida yoki protsedurasida foydalanilishi mumkin. " Lokal shina|"Markaziy protsessorni tashqi kesh-xotira bilan bog‘laydigan, qo‘shimcha yuqori tezlikli shina. " Lokalizator|"Nosozlik yoki shikastlanish yerini topishni taʼminlaydigan yoxud qabul qilinadigan belgilar ketma-ketligidagi xatolarni aniqlaydigan apparat va dasturiy vosita. " Longli-Rays modeli|"Mobil aloqa tarmoqlarida radioto‘lqinlarning tarqalishidagi yo‘qotishlarni hisoblash uchun foydalaniladigan model. " Loyiha|"Vaqtda cheklangan, noyob mahsulot olishga yo‘naltirilgan tadbirlar kompleksi. " Loyiha fayli|"Ishlab chiqiladigan ilova loyihasini tashkil qiladigan barcha fayllar to‘g‘risidagi axborotni ichiga oladigan fayl. " Loyihalarni boshqarish|"Faoliyat sohasi, uning davomida ishlar hajmi, resurslar (pul, mehnat, materiallar, energiya, makon kabi), sifat va tavakkalchiliklar o‘rtasida muvozanat saqlangan holda, loyihaning aniq maqsadlari belgilanadi va unga erishiladi. Oldindan aniq belgilangan rejaning, rejadan chetga chiqishlar va tavakkalchiliklarni kamaytirishning, o‘zgarishlarni samarali boshqarishning (jarayonli, funksional boshqaruvdan, xizmatlar darajasini boshqarishdan farqli ravishda) mavjudligi, loyihalarni boshqarish muvaffaqiyatining muhim omilidir. " Loyihalash shabloni|"Loyihalashtirish masalalarini yechishning eng samarali usullaridan biri, ayniqsa kompyuter dasturlarini loyihalashtirishda keng qo‘llaniladi. Pattern bu kodga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aylantirish mumkin bo‘lgan loyihaning tayyor namunasi emas, bu ko‘proq har xil vaziyatlarning yechimini topish uchun qo‘llaniladigan tasvir yoki namuna. Obyektga yo‘naltirilgan shablonlar ilovada qanday obyekt va klasslar qo‘llanilishini aniqlaydi, balki klasslar va obyektlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat va ta’sirni ko‘rsatadi. Algoritmlar shablonlar sifatida qaralmaydi, chunki, ular loyihalash vazifalarini emas, balki, hisoblashga oid vazifalarni bajaradi. " Lug‘at|"Har bir elementi ikki qismdan iborat, ma’lumotlarning uyushtirilgan majmui. Birinchi qismda ikkinchi qismda bo‘lganning qisqacha nomi. Birinchi qismda ko‘rsatilgan nom bo‘yicha bajariladigan ma’lumotlar qayta ishlanishini tezlashtirish uchun mo‘ljallangan, zarur bo‘lganda ikkinchi qism qo‘shiladi. " Lyuk|"1. Kompyuter xavfsizligi mexanizmlarini chetlab o‘tish imkonini beruvchi, asosan testlash va nosozliklarni izlab topish uchun yaratiladigan yashirin dasturiy yoki apparat mexanizm. 2. Avtomatlashtirilgan tizimga kirishning yashirin yoki hujjatlashtirilgan nuqtasi. Muhofaza tizimini chetlab o‘tishda qo‘llash mumkin. 3. Katta dasturga yashiringan, foydalanuvchiga muhofaza tizimidan o‘tishga ruxsat beradigan yoki tizim resurslaridan shtat rejimida foydalanish imkonini beradigan blok. " Lyuks (ℓk)|"Xalqaro birliklar tizimi (SI) da yoritilganlik o‘lchov birligi. " Lyumen (ℓm)|"Xalqaro birliklar tizimi (SI) da yorug‘lik oqimi birligi. Bir lyumen bir sham (bir candela) yorug‘lik kuchida bir steradian fazoviy burchakda nuqtaviy yorug‘lik manbayi tomonidan nurlanadigan yorug‘lik oqimiga teng. " Lyuminofor|"Elektron nur bilan «bombardirovka» qilinganda yoki elektromagnit maydon ta’sirida yorug’lik chiqaradigan maxsus material. M " Magistral aloqa|"Katta uzunlikka hamda o‘tkazish qobiliyatiga ega liniyalardan (shaharlararo, milliy, xalqaro va global) foydalaniladigan aloqa. " Magistral fider (antenna panjarasining)|"Antenna panjarasining tegishli kirishi bilan diagramma hosil qiluvchi sxemaning chiqishini birlashtiruvchi fider. " Magistral kabel tizimi|"1. Shahar kirgichi (kirish yo‘li), apparatxona, telekommunikatsiya shkaflari, shuningdek, binolar orasidan o‘tuvchi kabel tizimi. 2. Asosiy va oraliq krosslarni tashkil etuvchi kabel hamda kommutatsiya uskunasi, shuningdek, telekommunikatsiya shkaflari, apparatxona va shahar kirgichi (kirish yo‘li) orasidan o‘tuvchi kabel segmentlari. " Magistral kanal|"Ikkita kommutatsiya tugunini bog‘lovchi jismoniy kanal. Kommutatsiya tugunlari bilan birga magistral kanallari maʼlumotlar marshrutlash tarmog‘ini tashkil qiluvchi asosiy tarkibiy qismlardir. Magistral kanal ko‘p sonli tizimlar tomonidan yo‘naltirilgan maʼlumotlarni uzatish uchun mo‘ljallanganligi sababli, u ayniqsa katta ishonchlik va yuqori o‘tkazish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim. Shuning uchun magistral kanallar odatda efir, optik kabel va koaksial kabellar asosida quriladi. " Magistral kommutator|"Kompyuterlarining magistral tarmoq bilan ulanishlarini o‘rnatish uchun mo‘ljallangan qurilma. " Magistral; magistral liniya|"1. Ikkita tarmoqni o‘zaro bog‘lovchi, intensiv trafikli va xizmat ko‘rsatish sifati yuqori bo‘lgan, yuqori tezlikli aloqa liniyasi. 2. Umumiy yuqori tezlikli aloqa liniyasi yordamida tarmoqqa birlashtirilgan uzellar va stantsiyalar guruhi. " Magistral mediashlyuz|"KAT paketlari uzellari va axborotni yetkazish trafikini uzatish uchun KTSOP (umumiy foydalanishdagi kommutatsiyalanadigan telefon tarmog‘i)/SSIS (xizmatlari integratsiyalashgan raqamli tarmoq) tarmoqlari (masalan, tranzit stansiyalar, mahalliy ATS, xalqaro stansiyalar) ning kanallar kommutatsiyalanadigan uzellari o‘rtasida interfeys bo‘lib xizmat qiluvchi blok. TMG axborotni yetkazish trafiki uchun barcha zarur o‘zgarishlarni ta’minlaydi. " Magistral monokanal|"Bitta yoki bir necha umumiy bo‘g‘inlari magistral tarzida amalga oshirilgan monokanal. Magistral monokanalning umumiy bo‘g‘ini odatda yassi kabelning o‘rama jufti, koaksial kabel va radio kanal asosida yaratiladi. Juft past tezliklarda, koaksial kabel esa katta tezliklarda ishlatiladi. " Magistral pochta yo‘nalishi|"Xalqaro pochtamtni pochta almashinuv punktlari, jumladan, xalqaro pochta almashinuv punktlari bilan bog‘lovchi pochta yo‘nalishi. " Magistral tarmoq|"Umumiy yuqori tezlikli aloqa liniyalariga ko‘priklar, marshrutizatorlar va kanal kontsentratorlari orqali bog‘lanadigan tarmoq segmentlari, uzellari hamda alohida stantsiyalarining majmui. " Magistral uzel|"Internet va/yoki elektron pochta tizimining, katta hajmdagi trafikni qayta ishlaydigan uzeli. " Magnit disk|"Kompyuterlarning xotira qurilmalarida ishlatiluvchi va bir o‘qda parallel joylashgan dumaloq plastina yoki plastinalar shaklida yaratilgan maʼlumotlar tashuvchisi. Magnit diskda har bir plastinaning bitta yoki ikkita tomoni magnit qatlami bilan qoplangan. Maʼlumotlar ushbu qatlamdagi halqa yo‘lkalariga yoziladi. Maʼlumotlarni yozish va o‘qish diskni aylantiruvchi diskyuritma yordamida amalga oshiriladi. Magnit disklarning asosiy turlariga qattiq disk va egiluvchan disk kiradi. " Magnit karta|"Magnit moddasi bilan qoplangan maʼlumotlar tashuvchi. U standart o‘lchamdagi plastik karta shaklida bo‘lib, undan ketma-ket foydalanish mumkin. Maʼlumotlarni yozish, saqlash va o‘qish uchun mo‘ljallangan. Ixtisoslashtirilgan kompyuterlar, masalan, bank xizmati tizimida qo‘llaniladi. " Magnit tasma|"Maʼlumotlarni saqlash uchun magnit moddasi bilan qoplangan egiluvchan tasma. Magnit tasma g‘altakka o‘raladi yoki ikki g‘altakli kassetada bo‘ladi. G‘altakli xotira to‘plagichlari boshqalaridan oldin paydo bo‘lgan bo‘lib,asosan katta va o‘rtacha kompyuterlarda ishlatiladi. Shu bilan birga, 4 mm kenglikdagi DAT raqamli audiotasmalar bilan ishlaydigan magnitofonlar ham keng tarqalgan. " Magnit tasmasidagi to‘plagich (strimmer)|"Axborotni magnit tasmaga yozuvchi uskuna, ishlash prinsipi xuddi oddiy kassetali magnitofonga o‘xshaydi. Afzalligi – katta hajm, ishonchlilik, arzon narx. Kamchiligi – ishlash tezligining pastligi. " Magnit to‘plagich|"Moddalarning magnit xususiyatlaridan foydalanadigan xotira qurilmasi. Magnit to‘plagichlari o‘qish usuli bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linadi: magnit tasma, magnit disk, magnit karta. " Magnit chiziqli kartalar|"Axborot kartaning orqa tomonida joylashgan uch yo‘lkali magnit chiziqda saqlanadigan oddiy kartalar. " Magnitli antenna|"Magnitli materialdan tayyorlangan (odatda ko‘p o‘ramli) o‘zakli ramkasimon antenna. Magnitli materiallar sifatida ko‘pincha magnitodielektriklar yoki ferritlar (ferrit antenna) ishlatiladi. " Magnitli dipol|"1. Elementar konturdagi, ya’ni konturdagi berk elektr toki, kuzatish nuqtasigacha bo‘lgan masofa bilan taqqoslanganda uning o‘lchami kichkina bo‘ladi. 2. Elektr tokining elementar konturi magnit maydoniga teng, uning oʻlchamiga nisbatan katta masofada magnit maydoni hosil qiladigan istalgan elementar hajm. " Magnitooptik disk|"Maʼlumotlarni o‘ta zich saqlash uchun magnitooptik texnologiyalar asosida yaratilgan disk. U 1988-yilda yuzaga kelgan. Uning aktiv tashuvchisi terbiy qo‘shilgan temirkobalt qotishmasidir. Yozish uslubi qutblanishga asoslangan. Yozish jarayonida lazer nuri 1 mkmdan kam bo‘lgan joyni qizdiradi, buning natijasida ushbu nuqtadagi magnitlanganlik vektori tashqi magnit maydoniga parallel yo‘naladi. Aks etgan lazer nuri kuchsiz bo‘lib, magnitlanganlikni o‘zgartirish uchun yetarli bo‘lmaydi. Yozilgan maʼlumotlarni o‘chirish uchun tashuvchiga bir paytning o‘zida lazer nuri va tashqi magnit maydoni taʼsiridan foydalaniladi. Shu tarzda maʼlumotni o‘chirish va qayta yozish 10 mln. marta amalga oshirilishi mumkin. Disk juda katta xotiraga ega bo‘lib, maʼlumotlarni arxiv usulida saqlash uchun qo‘llaniladi. " Magnitooptik kommutatsiyalanadigan asbob|"Optik kommutatsiyalash elementlarida kuzatiladigan magnitooptik effekt hisobiga amalga oshiriladigan optik kommutatsiya asbobi. " Magnitooptik kompakt-disk|"1988-yilda ishlab chiqilgan kompakt-disk turi. Ma’lumotni ko‘p marotaba yozish va o‘chirish imkoniyatini beradi. Hajmi 128 Mbyte dan 2,6 Gbyte gacha. Hozirgi vaqtda bu formatdan foydalanilmaydi. " Magnitooptik to‘plagich|"Magnitooptik disklar bilan ishlash uchun mo‘ljallangan to‘plagich. Magnitooptik disk alyumin qotishmadan tayyorlanadi va plastik qobiqqa joylangan. Magnitooptik disklar (mos ravishda, diskovodlar) ikki o‘lchamda chiqariladi: 3,5 dyuymli disk 500 Mbyte ma’lumotni ichiga oladi; 5,25 dyuymli disk 2,3 Gbyte ma’lumotni ichiga oladi. Ma’lumotlardan erkin foydalanish vaqti 50 ms ga yaqin. " Mahalliy foydalana olish va uzatish zonasi|"Ko‘p juftli kabeldan iborat magistral kabelli uchastkani, bir yoki bir nechta tuman ATS hamda abonentlarni ulash uchun mo‘ljallangan kabelli liniyalarni ichiga oluvchi mahalliy telefon aloqa tarmog‘i. " Mahalliy kommutatsiya markazi|"Bitta aholi punkti yoki maʼmuriy tuman doirasida joylashgan foydalanuvchilar o‘rtasidagi telefon bog‘lanishlar o‘rnatilishini taʼminlaydigan uskunalar majmui. " Mahalliy (lokal) ko‘p nuqtali taqsimlangan xizmat|"26 GHz dan 30 GHz gacha bo‘lgan juda yuqori chastotalar diapazonida ishlaydigan simsiz aloqa tizimi yoki simsiz modem xizmati. " Mahalliy tarif|"Ma’lum geografik hududda amal qiladigan tarif stavkalari. " Mahalliy telefon raqamlarining ko‘chirib o‘tkaziluvchanligi|"Xizmatlar provayderi o‘zgartirilganda ayni telefon raqamini saqlab qolish imkoniyati. " Mahalliy telefon tarmog‘ining abonent raqami|"Telekommunikatsiyalar xizmatlarini ko‘rsatish yuzasidan shartnoma tuzilganda abonentga ajratiladigan raqam. Bu raqamga qarab, telekommunikatsiyalar tarmog‘iga ulangan oxirgi (terminal) uskuna identifikatsiya qilinadi. " Mahalliylashtirish|"Mavjud dasturiy mahsulotni tili boshqa mamlakatlarda foydalanish maqsadida qayta ishlash. Hujjatlar va foydalanuvchi interfeysi (menyu, xabarlar, aytib turishlar va yordam) ko‘chirilishini, hisoblashlar metodikalari o‘zgartirilishini va dasturlar birmuncha qayta ishlanishini ko‘zda tutadi. Ba’zida mahalliylashtirishga maslahat ta’minoti ham qo‘shiladi. " Maishiy elektronika|"Aholi foydalanadigan elektron apparatlar. " Maishiy radioelektron apparat|"Radioeshittirish va televizion dasturlarni, simli eshittirish dasturlarini, fonogrammalarni, videogrammalarni, shuningdek maxsus signallarni qabul qilish, qayta ishlash, sintez qilish, yozish, kuchaytirish va qayta eshittirish kabi bitta yoki bir nechta funksiyani bajarish uchun qo‘llaniladigan radioelektron qurilma. " Majburiy nusxa tizimi|"Jami shartli nusxa turlari, shuningdek, ularni to‘plash, tarqatish va foydalanishning belgilangan tartibi. " Majburiy sinxronlash|"Tarmoqning barcha tayanch generatorlarini sinxronlash usuli, unda o‘zaro bog‘langan va bo‘ysunuvchi qurilmalarning barchasiga sinxronlovchi signal bitta yetakchi stansiyadan kelib tushadi. " Majburlash|"Muhofaza usuli, bunga ko‘ra foydalanuvchilar va tizim personali moddiy, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik tahdidi ostida muhofaza qilinadigan axborotni qayta ishlash, uzatish va undan foydalanish qoidalariga rioya qilishga majbur bo‘ladilar. " Majoritar element|"Chiqish diskret signali qiymati uning kirishlarida ko‘pchilikni tashkil etgan bir-biriga teng qiymatlarga mos obyekt. Majoritar element ham qurilma tarkibiy qismi, ham dastur qismi bo‘lishi mumkin. Uning mohiyati shundaki, u toq sonli kirishlarga va bitta chiqishga ega bo‘lib, go‘yo ovoz berish jarayonini aks ettiradi. Yaʼni, elementning chiqish signali uning kirishlaridagi bir xil signallar qiymatini aks ettiradi. Masalan, uchta kirishli majoritar elementning ikkita yoki uchta kirishiga «bir» berilgan bo‘lsa, ushbu element chiqishida ham «bir» paydo bo‘ladi. Ikki yoki uch kirishida «nol»lar bo‘lsa, chiqishda ham «nol» bo‘ladi. " Mak Ellis kriptotizimi|"Xatolarni tuzatuvchi kodlarga asoslangan kriptotizim. Uning o‘ziga xos ikki kamchiligi bor: kalit uzunligining katta bo‘lishi va katta ortiqchalik (shifrmatn uzunligi xabar uzunligidan ikki marta oshadi). " Maket plata|"Laboratoriya sharoitlarida qurilmaning boshlang‘ich versiyasi yig‘iladigan va sozlanadigan plata. " Makro|"1. MAChine ROutine qisqartmasi. Bir necha mashina komandasidan tashkil topgan to‘plamga o‘giriluvchi dasturlash tilida berilgan alohida ko‘rsatma. 2. Boshqa komandalar ketma-ketligini chaqiruvchi komanda. 3. «Juda kata» maʼnosida ishlatiladi, masalan – makroiqtisodiyot. " Makroblok|"Yorqinlik va ranglilik signallari koeffitsiyentlarini bir necha DKO‘ bloklari orqali tasvirlanadigan hamda bitta siljish vektori bilan ifodalanuvchi odatda, 16x16 piksel kattalikka ega bo‘lgan tasvir sohasi. " Makrodasturlash|"Dasturlarni makrokomandalardan foydalanib yozish jarayoni. " Makrogenerator|"Translyator yoki makroassemblerning makroalmashtirishlarni bajaradigan qismi. " Makrokengaytirish|"Dasturda foydalaniladigan makrokomandani mashina komandalarga kompilyatsiyalash natijasi. " Makrokomanda|"Foydalanuvchi tomonidan ma’lum standart komandalardan tuziladigan, qandaydir tildagi komanda. Bu komandalarni tuzish uchun tegishli vosita – makrotil bo‘lishi kerak. " Makros|"Komandalar ketma-ketligi va/yoki noyob nomdagi makroregistratorda yozilgan klavishlarni bosish ketma-ketligi. " Makrotil|"Foydalanuvchiga boshlang‘ich komandalarni birlashtirish mumkinligi hisobiga o‘z ishini osonlashtirish yoki uzun, tez-tez takrorlanadigan matn o‘rniga uning shartli ekvivalentini kiritish imkonini beradigan dasturiy vosita. Makrotil foydalanuvchi tomonidan yaratiladigan makrotavsiflardan (makrokomandalardan, makroalmashtirishlardan) va ularni natijalovchi matnlarga (shu jumladan, dasturlarga) o‘tkazadigan dasturlardan iborat. " Makrouya|"Odatda, radiusi 1 km dan to 35 km gacha bo‘lgan hududni o‘z ichiga oladigan uyali aloqa tarmog‘ining xizmat ko‘rsatish sohasi. Izoh − Bir nechta mikro va pikouyalardan iborat bo‘lishi mumkin. Makrouya chegarasida bir vaqtda bitta chaqiruvga xizmat ko‘rsatadigan, ikkita yoki undan ortiq parallel bog‘lanishni saqlab turish imkoniyati ta’minlanadi. " Makrovirus|"Aniq bir ilova uchun mo‘ljallangan makros ko‘rinishidagi fayl virusi. Zararlangan fayl ochilganda virus dasturga birikib oladi va u murojaat qiladigan barcha fayllarni zararlaydi. " Maksimal ajratish|"Monitorda o‘rnatish mumkin bo‘lgan eng katta ajratish. U ba’zan mavjud o‘lchamdagi monitor uchun talab etilganidan katta bo‘ladi. " Maksimal haqiqatga o‘xshash algoritm|"Dekoder uzatishda shartli ehtimolligi maksimal bo‘lgan kodli so‘zni tanlaydigan dekodlash ketma-ketligi. " Maksimal qoʻllaniladigan chastota|"Ma’lum bir sharoitlarda berilgan vaqtda berilgan punktlar oʻrtasida radiotoʻlqinlarning ionosferali tarqalishi mavjud boʻlgan radionurlanishning eng katta chastotasi. " Maksimal yorqinlik|"Tashqi yoritish bo‘lmaganda va farqlanuvchi satr tuzilma mavjudligida qoraning tasvirda berilgan darajasida televizion ekranda o‘lchanishi mumkin bo‘lgan eng katta yorqinlik. " Maksimal yoʻl qoʻyiladigan quvvat|"Antennaga oʻtkazilishi mumkin boʻlgan va elektr teshilish hamda antenna elementlarining buzilish imkoniyati cheklangan quvvat. " Mamlakat bilan bevosita so‘zlashuv yoki boshqa mamlakat operatorini to‘g‘ridan-to‘g‘ri chaqirish|"Mamlakatdan tashqarida joylashgan foydalanuvchining maxsus raqamini terib, chaqiriluvchi abonent hisobidan to‘langan (xizmat uchun hisob-kitob) yoki oldindan to‘langan kredit kartochka (xalqaro yoki abonent yashagan mamlakat) orqali ushbu mamlakat abonenti bilan so‘zlashuvga buyurtma uchun mamlakatning operatori (o‘zining yashash joyi va foydalanuvchi raqamini ro‘yxatga olish) bilan bog‘lanish imkonini beradigan xizmat. Izohlar 1. Chaqiriluvchi abonent to‘lov yig‘indisi to‘g‘risida xabardor qilinishi kerak. Ma’lumotlar so‘rovi xizmatlarning ushbu turidan chiqarib tashlangan bo‘lishi mumkin. 2. Ayrim hollarda chaqiruvchi abonentga xizmatlarning ushbu turidan erkin foydalanish uchun to‘lov tavsiya qilinishi mumkin. Har qanday holatda bunday tarifning qo‘llanilishi bog‘lanishga buyurtma amalga oshiriladigan mamlakatning milliy vakolatiga kiradi. " Mamlakat kodi|"Chaqirilayotgan mamlakatni belgilaydigan, bitta, ikkita yoki uchta raqamdan iborat birikma. " Mamlakat mobil kodi|"Xalqaro identifikatsiyalash raqami IMSIning sarlavhasida ko‘rsatilgan uchta raqamdan iborat indeks. " Mamlakatning yagona axborot makoni|"Yagona prinsiplar va umumiy qoidalar asosida, dunyo axborot makoniga kirishdagi manfaatlar muvozanati saqlangan va milliy axborot mustaqilligi taʼminlangan holda, mamlakatning barcha hududida ochiq axborot resurslaridan teng ravishda foydalana olish sharoitida, davlat, tashkilotlar va fuqarolarning xavfsiz axborot o‘zaro hamkorligini, shuningdek, ularning axborotga bo‘lgan ehtiyojlari iloji boricha to‘liq qondirilishini taʼminlash imkonini beradigan axborot resurslari hamda axborot infratuzilmasining yig‘indisi. " Manba|"Turli fizik tabiatdagi xabarlar yoki signallar ko‘rinishidagi axborotni to‘plash, saqlash, o‘zgartirish va berishi mumkin bo‘lgan moddiy obyekt yoki subyekt. " Manba kuchlanishini avtomatik almashlab ulash|"Operator ishtirokisiz ta’minot kuchlanishini 120 V dan 220 V yoki 240 V ga almashlab ulash. " Manbani kodlash|"Berilgan alifbo doirasida o‘zgaruvchan uzunlikdagi kodlardan, xabardagi simvollar sonini, xabardagi butun axborotni taqdim etish yoki hech bo‘lmaganda bunday qisqartirish shartlarini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan eng kam darajagacha kamaytirish maqsadida foydalanish. " Manbani o‘chirish|"Asbob-uskunalarni elektr manbaidan uzish. " Manchestercha kodlash|"Maʼlumotlarni kanal orqali uzatish uchun kodlash uslubiyati. Manchestercha kodlash mantig‘i ikkilik sanoq tizimiga oid signalni manchestercha kodga aylantirish bilan bog‘liq. Mazkur kodlashni amalga oshirishda muvaqqat bit oraliqlari deb atalmish muddatlarga bo‘linadi. " Mandat|"1. Obyektdan erkin foydalanish uchun bitta yoki bir nechta huquqlarni taqdim etish. Izoh – Mandat erkin foydalanishga ruxsat berish hisoblanadi. 2. Ma’lum subyektning ma’lum obyektdan foydalanish turini belgilovchi, erkin foydalanish matritsasi elementi. Har safar mandat subyektga dinamik ravishda – erkin foydalanish so‘ralganda beriladi. Mandatlarni tarqatish juda ham o‘zgaruvchan tarzda yuz berishi sababli, ular bevosita obyektlar ichida joylashishi mumkin, buning oqibatida ularni nazorat qilish juda ham qiyin. Sof ko‘rinishda bu mexanizmdan juda kam foydalaniladi. Biroq, erkin foydalanishni nazorat qilishning boshqa mexanizmlari ko‘pincha mandatlar yordamida amalga oshiriladi. 3. Taqdim etiladigan vakolat shakli, unga egalik qilish tizim resursidan erkin foydalanish huquqini tasdiqlaydi. 4. Qandaydir obyektning talab etiladigan identikligini (o‘xshashligini) tasdiqlash uchun uzatiladigan axborot. " Mandatli foydalana olish|"Obyektlardan foydalana olishni boshqarish usuli. Obyektda mavjud bo‘lgan axborotning maxfiylik yoki kritiklik darajasiga, ma’lum bir kritiklik darajasidagi axborotdan foydalana olishda subyektning vakolatlari va huquqlarini rasman tekshirishga asoslangan. Izoh – Foydalana olishni mandatli boshqarish: – tizimning barcha subyektlari va obyektlari bir xil identifikatsiya qilinganligini; – tizimning har bir obyektiga, undagi axborotning qiymatini belgilovchi kritiklik belgisi berilganligini; – tizimning har bir obyektiga subyekt foydalana olishi mumkin bo‘lgan obyektlar kritiklik belgisining maksimal qiymatini o‘rnatuvchi bazaviy xavfsizlik darajasi berilishini nazarda tutadi. " Manfaatdor bo‘lmagan hakam protokoli|"Arbitrli protokolga o‘xshash protokol, lekin undan farqli ravishda manfaatdor bo‘lmagan hakam faqat protokol ishtirokchilari o‘rtasida bahsli holatlar yuz bergan hollardagina paydo bo‘ladi. Manfaatdor bo‘lmagan hakam, arbitrdan farqli ravishda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri protokolda ishtirok etmaydi, lekin manfaatdor bo‘lmagan hakamga aldovni aniqlash uchun imkon beradigan ma’lumotlar mavjud bo‘ladi. " Manipulyator|"Kompyuter holatini boshqarish, shu jumladan, qo‘llar yordamida ma’lumotlarni kiritish imkonini beradigan qurilma. Manipulyatorga joystik, «sichqoncha», trekbol, sensorli panel, pero, trekpoint, J-klavish kiradi. Eng keng tarqalgan manipulyator – klaviatura. " Manipulyatsion kod|"Har bir signalga simvollar to‘plamini taqqoslaydigan kod, bunda qo‘shni signallarga tegishli bo‘lgan ketma-ketliklar ikkilik simvollarning eng kam soni bilan farqlanib turishi kerak. " Manipulyatsiya qilish|"1. Biror narsa ustida murakkab usul, harakat. 2. Informatikada – maʼlumotlarni qayta ishlash. Bunda dasturlar foydalanuvchi komandalarini qabul qilib, kompyuterga nima va qaysi tartibda bajarish kerakligini buyuradi. 3. Algebraik ifodalarni qayta o‘zgartirish. 4. Maʼlum qurilmani boshqarayotganda muayyan vazifani bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘l harakati. Odatda robotlar inson qo‘llari harakatlariga taqlid qiladi va buyumlarni olib ularning fazodagi joyini o‘zgartirishni taʼminlaydi. " Manipulyatsiyani aniqlash|"Ma’lumotlarning tasodifan yoki qasddan qilinadigan o‘zgartirishlarni aniqlash uchun qo‘llaniladigan protsedura. " Mansell bo‘yicha rang miqdori|"Odatdagi sharoitlarda, yorqinlikni sezishning taxminan bir tekis darajasini kuzatish imkonini beradigan shkala yordamida ifodalangan rangli predmet uchun yorug‘likni o‘tkazish yoki qaytarish kattaligi. " Mansell rang tizimi|"Uch o‘zgaruvchidan ikkitasi, xususan, tusi (rangning tusi), miqdori va xromlari doimiy bo‘lgan bir tekis rang shkalasidan foydalanishga asoslangan jismlar rangini aniqlaydigan tizim. " Mantiq|"Mantiqiy tafakkur shakli va qonunlari to‘g‘risidagi fan. Mantiq fanining obyekti – tafakkur qonunlari, shakllari, uslublari va operatsiyalaridir. Mantiq fani u o‘rganadigan predmet sohasining turi bo‘yicha ikki bo‘limdan iborat: formal mantiq va dialektik mantiq. Formal mantiq statik borliqqa, dialektik mantiq dinamik borliqqa oiddir. Formal mantiq ilmining asoslari eramizdan avvalgi IV asrda buyuk yunon olimi Aristotel tomonidan yaratilgan. IX asrda yashab o‘tgan Markaziy Osiyolik alloma Abu Nasr Farobiy Aristotelning umumiy formal mantiq tizimini uning boshqa asarlari asosida to‘ldirib, o‘z zamonasi uchun eng muhim mantiq fanini shakllantirib bergan. Yo rost yo yolg‘on bo‘lishi mumkin bo‘lib qiymatlari ikkilik sanoq tizimiga xos fikrlar, yaʼni hukmlar ustida matematik tahlil va deduktiv fikrlashni birinchi bo‘lib XIX asr o‘rtalarida Irlandiyalik Jorj Bul qo‘llagan. Bu Bul algebrasi deb ataluvchi mantiq algebrasi yaratilishiga va oxir oqibatda XX asr o‘rtalarida elektron hisoblash mashinalarining yaratilishiga olib kelgan. " Mantiqiy analizator|"Murakkab raqamli qurilmalarni sozlash va diagnostika qilish uchun mo‘ljallangan qurilma. " Mantiqiy bomba|"1. Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimining muayyan bir holatida ishga tushadigan va tizimni ishdan chiqishiga olib keluvchi zararli dastur. 2. Avtomatlashtirilgan tizim resurslarining (ma’lumotlar, dasturiy yoki apparat ta’minot) shikastlanishiga olib keluvchi va ayrim shartlar bajarilganda ishga tushadigan kompyuter dasturi yoki dastur fragmenti. 3. Elektron hisoblash mashinasining, ma’lumotlarni buzish, yo‘q qilish yoki o‘zgartirish maqsadida, davriy ravishda yoki muayyan vaqtda bajaradigan dasturi. " Mantiqiy dasturlash|"Dasturlash uslubi, bunda dastur xulosalar shakllanadigan faktlar va bog‘liqliklardan iborat bo‘ladi. Prolog tilida amalga oshirilgan. " Mantiqiy dasturlash tili|"Deklarativ tillarga tegishli bo‘lgan dasturlash tili; mantiqiy xulosa qoidalari va kirish ma’lumotlari o‘rtasidagi munosabatlarni belgilash asosida qurilgan. " Mantiqiy disk|"Qattiq disk xotirasining maxsus qismi. Mantiqiy diskni operatsion tizim alohida qurilma sifatida qabul qiladi. U o‘zining nomiga, katаloglarga ega. " Mantiqiy formatlash|"Diskda operatsion tizim foydalanadigan jadvallar, kataloglar va xizmat sektorlari tuziladigan formatlash. " Mantiqiy ifoda|"Ustida mantiqiy operatsiyalar bajariladigan obyektlar operandlar bo‘lgan ifoda. Har bir dasturlash tili o‘zining ifodalar tuzish qoidalarini va operatsiyalarni belgilashlarni belgilaydi (sintaksis). Mantiqiy ifodaning bajarilish natijasi – ChIN yoki YoLG‘ON mantiqiy qiymatlardan biri. " Mantiqiy inkor|"Mantiqiy amal. Ba’zi dasturlash tillarida NOT kabi belgilanadi va NOT p ko‘rinishida yoziladi, bu yerda p – mantiqiy ifoda. " Mantiqiy kanal raqami|"x.25 tarmoqlaridagi virtual kanal identifikatori. " Mantiqiy ko‘paytirish, VA mantiqiy funksiyasi|"Operandlarning ikkilik (0,1) razryadlari yoki mantiqiy kattaliklari ustida bajariladigan, «chin» qiymati faqat har ikki operand 1 ga teng bo‘lganda yoki ikkala operand chin bo‘lgandagina qaytariladigan operatsiyalar. " Mantiqiy ko‘paytma|"Operandlarining har ikkisi chin bo‘lganda, natijasi chin bo‘ladigan VA mantiqiy amali. " Mantiqiy manzil|"Xotira sohasining, periferik yoki tarmoq qurilmasi, Internet, elektron pochtaning ramziy yoki shartli manzili. Translyatsiya qilishda yoki ishlash jarayonida tegishlicha dasturiy yoki apparat ta’minot yordamida fizik manzilga aylantiriladi. " Mantiqiy matritsa, ventilli matritsa|"Berilgan funksiyalarni bajarish imkoniyati bo‘ladigan qilib birlashtirilgan mantiqiy ventillarning jami ko‘rinishidagi maxsus mikrosxema. " Mantiqiy mikroprotsessor|"Axborotni qayta ishlaydigan va saqlaydigan, mantiqiy sxemalardan tashkil topgan mikroprotsessor. " Mantiqiy nom|"Operatsion tizim qandaydir qurilma yoki qurilmalar toifasiga, amaliy dasturiy ta’minot qurilma konstruksiyasining o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq bo‘lmasligi uchun beriladigan nom. " Mantiqiy obyekt|"Obyekt to‘g‘risidagi axborot saqlanishi mumkin bo‘lgan obyekt, mantiqiy obyekt deb hisoblanadi. Mantiqiy obyektlar va ularning munosabatlari munosabatlar diagrammasi yordamida tavsiflanadi. " Mantiqiy operatsiya|"Mantiqiy mulohazalar ustidagi operatsiyalar. Ko‘pgina dasturlash tillarida ikki o‘rinli operatsiyalar: mantiqiy qo‘shish (OR), mantiqiy ko‘paytirish (AND), implikatsiya («-»), istisno qiluvchi «yoki»; bir o‘rinli operatsiya – mantiqiy inkor (NOT) belgilanadi. " Mantiqiy operatsiya belgisi|"Mantiqiy operatsiya simvoli (VA-AND, YO‘Q-NOT, YoKI-OR, Faqat YoKI-XOR). " Mantiqiy qiymat|"1 yoki 0 ikkilik qiymatlar. " Mantiqiy qurilma|"Dasturiy yo‘l bilan yaratilgan, biroq funksional jihatdan fizik qurilma kabi ishlaydigan qurilma. Bitta mantiqiy qurilmaga bir nechta fizik qurilma, va aksincha, to‘g‘ri kelishi mumkin. Masalan, bitta fizik qattiq disk bir qancha mantiqiy disklarga bo‘linishi mumkin. " Mantiqiy qo‘shish|"Hech bo‘lmasa bitta operandi yoki har ikki operandi chin bo‘lganda, natijasi chin bo‘ladigan YoKI mantiqiy operatsiyasi. " Mantiqiy siljish|"Registr ichidagini, registrdan chiqarib tashlanadigan bitni yo‘qotgan holda, chapga yoki o‘ngga razryadlab ko‘chirish. Bo‘sh razryadlar nollar bilan to‘ldiriladi. " Mantiqiy sxema|"Ma’lumotlarni qayta ishlaydigan yoki mantiqiy operatsiyalarni bajaradigan mikrosxema. " Mantiqiy sxemalar sintezi|"Mikrosxemani loyihalashdagi bosqich. Yuqori daraja tilidagi mikrosxema tavsifini mantiqiy ventillar va ularning birikmalariga aylantirishda ifodalanadi. " Mantiqiy topologiya|"Tizimning fizik topologiyasidan farq qiluvchi mantiqiy chizmasi. Masalan, lokal tarmoqlarda tarmoq fizik nuqtai nazardan «yulduz» topologiyasi ko‘rinishida bo‘lishi mumkin bo‘lsada, tarmoq mantiqiy shina sifatida faoliyat ko‘rsatishi mumkin. " Mantiqiy ventil|"Kirish signallari ustida eng oddiy mantiqiy operatsiyalarni amalga oshiradigan ventil. " Mantiqiy xulosa mashinasi|"Ekspert tizim bilimlar bazasida saqlanadigan mantiqiy xulosa qoidalari va faktlar asosida xulosa shakllantirish mexanizmi. " Mantiqiy yozuv|"Fizik joylashishiga bog‘liq bo‘lmagan holda ma’lumotlarni yozish. Yozuv, masalan, ikkita turli xil faylda saqlanishi mumkin. " Mantiqiy shina|"Lokal tarmoqlar topologiyasi, masalan, Ethernet kabi umumiy aloqa kanalidan foydalanadigan topologiya. " Manzil|"1. Tarmoq yoki tarmoq qurilmasiga uni axborot almashinuvi vaqtida boshqa tarmoqlar va qurilmalar aniqlay olishi uchun beriladigan noyob identifikator. Izoh − Manzillar mantiqiy (ramziy yoki shartli), fizik (apparat) yoki tarmoq manzillari shaklida bo‘lishi mumkin. 2. Internet tarmog‘ida avtomatlashtirilgan axborot tizimi joylashgan yerning simvolli taqdim etilishi. " Manzil arifmetikasi|"Murakkab manzillash tizimlarida manzillarni hisoblash protsedurasi. " Manzil deshifratori|"Manzilni, xotira qurilmasiga yuborilayotgan boshqaruvchi signallarga o‘zgartirgich. " Manzil fazosi|"1. Protsessor yoki dastur foydalana oladigan yoki foydalana olishi mumkin bo‘lgan manzillar diapazoni. Manzil shina kengligiga va protsessor registrlarining razryadliligiga bog‘liq. 2. Dasturga ajratilgan fizik yoki virtual manzillar diapazoni. " Manzil liniyasi, manzil satri|"1. So‘raladigan yoki saqlanadigan axborotning manzilini ko‘rsatish uchun foydalaniladigan chiziqlardan biri. Axborot matritsa ko‘rinishida tashkil qilinishi sababli, manzil liniyalaridan to‘liq foydalanish sikli ichida ikki marta ‒ satr va ustun raqamini ko‘rsatish uchun foydalaniladi. 2. Internetda yoki lokal kompyuterda bo‘lgan fayllarni ochish vositasi. Manzilning manzil satriga kiritilishi, shu manzilda bo‘lgan faylning ochilishiga so‘rovni bildiradi. " Manzil maydoni|"Mashina komandasi yoki xabarning manzilni ichiga oladigan qismi. " Manzil niqobi|"Manzilning qaysi qismi tarmoqqa yoki kichik tarmoqqa, qaysi biri xost-mashinaga taalluqli ekanligini tasvirlash uchun foydalaniladigan bitlar kombinatsiyasi. Ba’zan oddiygina qilib, niqob deb ham ataladi. Manzil registri rus. - адресный регистр ing. - аddress register Protsessorning, tezkor xotira qurilmasi to‘liq manzilini yoki manzilning ma’lumotlar bajaruvchi manzilini yoki navbatdagi bajariladigan komandani hisoblashda foydalaniladigan qismini ichiga oladigan registri. " Manzil strobi|"Protsessor yoki xotira kontrolleri yuzaga keltiradigan, xotira mikrosxemasining kiruvchi boshqaruv signallaridan biri. " Manzil zanjiri|"Manzil shinasi va manzil qurilmasi o‘rtasida o‘rnatiladigan mikrosxem (masalan, tezkor xotira qurilmasi). " Manzil shinasi|"1. Kompyuter xotirasida axborot saqlanadigan va kiritish mumkin bo‘lgan joyni aniqlash uchun xizmat qiladigan o‘tkazgichlar va yordamchi elementlar tizimi. 2. Signallarni uzatishda ishlatiladigan tizim shinasidagi liniyalar to‘plami, ular yordamida protsessor tomonidan bajariladigan o‘qish/yozish va kiritish-chiqarish operatsiyalarini bajarish uchun xotira yacheykasining joylashgan o‘rni aniqlanadi. Izoh − Shina kengligi plataning xarakteristikalariga qarab o‘zgaradi (8 dan 64 razryadgacha). Ayrim kompyuterlarda tashqi qurilmalar registrlariga kira olish uchun ham ishlatilishi mumkin. " Manzillar jadvallari|"Kommutatorlar, ko‘priklar va marshrutizatorlarda saqlanadigan va ushbu qurilmalarga tarmoqdagi fizik qurilmalarning joylashishini «eslab qolish» imkonini beradigan jadvallar. " Manzillar kitobi|"Pochta dasturlaridagi pochta manzillari ro‘yxati. Izoh − U pochta qutisining egasi tomonidan to‘ldiriladi, ayrim hollarda avtomatik to‘ldirish imkoni ham mavjuddir. Pochta manzillarini kiritishdan tashqari manzil kitobida odatda ism, familiya, telefon raqami va boshqa shaxsiy ma’lumotlar kiritiladi. " Manzillarni aniqlash protokoli|"TCP/IP va Apple Talk tarmoqlarida foydalaniladigan protokol. U xost-kompyuterga agarda uning faqat mantiqiy manzili ma’lum bo‘lsa, tarmoq uzelining fizik manzilini aniqlash imkonini beradi. Protokoldan foydalanishda, tarmoq platasi tarmoq uzellarining mantiqiy manzillarini apparat manzillarga o‘zgartirish uchun xizmat qiladigan jadvalni ichiga oladi. " Manzillarni hal etishning teskari protokoli|"Teskari ARP amalini bajaradigan protokol. " Manzillarni sozlash|"Manzillarning obyekt yoki yuklash modulida modifikatsiyalash. Komponovkachi yoki yuklovchi tomonidan, uni muayyan manzil bo‘yicha joylashtirish paytida bajariladi. " Manzillarni tasvirlash|"1. Manzillarni bir formatdan boshqasiga ko‘chirish usuli. Turli tarmoq protokollariga birgalikda ishlash imkonini beradi. 2. Fizik manzilni virtual yoki mantiqiy manzil bo‘yicha hisoblash. " Manzil(lar)ni o‘zgartirish|"Protokol IP-manzilini tegishli fizik manzilga o‘zgartirish. " Manzillarning dinamik translyatsiyasi|"Virtual manzillarni virtual xotira bilan ishlashni qo‘llab-quvvatlaydigan xotirani boshqarish qurilmasi va operatsion tizim tomonidan bajariladigan jismoniy xotira manzillariga aylantirish. " Manzillash|"1. Nomerlarini ko‘rsatish yo‘li bilan kompyuter portlariga yoki xotiraning alohida yacheykalariga, tez kirishni (foydalanishni) ta’minlash usuli. 2. Kompyuter tarmoqlarida abonent joylashgan yerni aniqlash usuli. " Manzillash rejimi (usuli)|"Protsessor tomonidan, komanda murojaat qiladigan ma’lumotlar elementi manzili (operand) ni hisoblab topish usuli. Registrli va noregistrli, to‘g‘ri, indeksli, nisbiy va bilvosita, operand manzilini bir vaqtda oshirish yoki kamaytirish bilan manzillash bor. " Manzilli dastur|"Tashkilot tomonidan yil mobaynida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlar rejasi. " Manzilni modifikatsiya qilish|"Obyektga murojaat qilish. Bunda maxsus dasturlar va elektron jadvallar yordamida mantiqiy va virtual manzillar fizik manzillarga aylantiriladi. Foydalanuvchilar ko‘zlangan obyekt, masalan, bitta tizimdan boshqasiga ko‘chirilganligini sezmasligi mumkin. " Manzilni o‘zgartirish|"Kompyuterlardagi adreslash sxemalarida farqlarni bartaraf etish usuli. Manzilni o‘zgartirish odatda, tarmoq sathi (IP-manzillari)ni kanal sathi (MAS-manzillari) bilan birlashtirish usulini aniqlaydi. " Manzilning o‘zgarishi|"Manzil bo‘yicha bajariladigan arifmetik, mantiqiy yoki sintaksis operatsiya. Masalan, effektiv manzil, indeksli manzil, nisbiy manzil, ko‘chiriladigan manzil. " Mapping|"1.Ma’lumotlarni bir shakldan boshqa shaklga o‘zgartirish jarayoni. 2. Eltuvchining mumkin bo‘lgan holatlarini modulyatsiyaning vektor diagrammasida (signal yulduzida) tegishli pozitsiyalar bilan tasvirlash, bunda pozitsiyaning gorizontal o‘qqa nisbatan burchagi eltuvchi fazasini, koordinata boshidan pozitsiyagacha bo‘lgan masofa eltuvchi amplitudasini belgilaydi. 3. Bitlar ketma-ketligini boshqa bitlar ketma-ketligiga modulyatsiya turiga bog‘liq ravishda ma’lum qoida bo‘yicha o‘zgartirish jarayoni. 4. Bitlar ketma-ketligini signal yulduzining modulyatsiya simvollariga bog‘liq ravishda ma’lum qoida bo‘yicha o‘zgartirish garayoni. " Maqsadli dastur|"Muayyan maqsad (vazifa) ga erishishga yo‘naltiril-gan, muddatlar, bajaruvchilar, resurslar tomondan o‘zaro muvofiqlashtirilgan, bajariladigan tadbirlar (ko‘rsatiladigan xizmatlar) majmui. " Maqsadli katalog|"Fayllardan nusxa ko‘chiriladigan katalog. " Maqsadli til|"Dasturning boshlang‘ich matni translyatsiya qilinadigan yoki assembrlanadigan til. Boshqa dasturlash tili yoki mikrokontrollerdan superkompyutergacha bo‘lgan har qanday protsessorning mashina tili maqsadli til bo‘lishi mumkin. " Markalangan badiiy pochta konverti (varaqchasi)|"Bosmaxona usulida pochta markasi tasviri va badiiy illyustratsiya tushirilgan standart pochta konverti (standart pochta varaqchasi). " Markalangan pochta konverti: markalangan pochta konverti (varaqchasi)|"Bosmaxona usulida pochta markasi tasviri tushirilgan standart pochta konverti (standart pochta varaqchasi). " Markalar preyskuranti|"Kolleksion pochta markalari va bloklari uchun narxlar maʼlumotnomasi. " Markali varaq|"Perforatsiyalangan yoki perforatsiyalanmagan qog‘ozning bir varag‘ida chiqariladigan ikkitadan ortiq pochta markasining har qanday kombinatsiyasi. " Markaz|"Matn yoki tasvirlarni tekislash variantlaridan biri. Bunda satrlar sahifa yoki yacheyka markazi bo‘yicha gorizontal tarzda tekislanadi. " Markaziy davlat boshqaruvi organlari|"Davlat hokimiyatining yuqori pog‘onasidagi, o‘zining vakolati doirasida mustaqil davlatning butun hududida davlat boshqaruvini amalga oshirishga vakolati bo‘lgan organlar. " Markaziy protsessor|"Kompyuterning, hisoblashlarni, komandalarni bajaradigan va kompyuterning qolgan qismlari o‘rtasida axborot almashinuvini amalga oshiradigan elementi. Markaziy protsessor boshqaruvchi va bajaruvchi qurilmalarini o‘z ichiga oladi, kompyuter barcha qurilmalarning ishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi, arifmetik va mantiqiy axborot jarayonlarini bajaradi. " Markaziy zona|"Televizion kadrning chetlari bo‘yicha yo‘qotishlar miqdoridan qat’i nazar, barcha televizion qabul qilgichlarda tiklanadigan qismi. " Markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasi|"Tarkibi yagona axborot massivi ko‘rinishida bitta elektron hisoblash mashinasidagi bitta yoki bir nechta tashuvchida joylashtirilgan ma’lumotlar bazasi. " Markazlashtirilgan sinxronlash|"Bir nechta televizion signal manbalari chiqaradigan signallarning chastota va fazasini bitta (markaziy) manba ishlab chiqaradigan tayanch signalning chastota va fazasiga sozlash orqali televizion sinxronlash. " Markazlashtirilgan tarmoq|"Boshqarilishi, tarmoqning barcha resurslari tegishli bo‘lgan yagona serverdan amalga oshiriladigan kompyuter tarmog‘i. " Markazlashtirilgan tarzda boshqarilаdigan tarmoq xavfsizlik kontrolleri|"Tarmoq xavfsizligini ta’minlash usuli, bunda asosiy xavfsizlik funksiyalari tarmoqning bitta uzelida (yacheykasida) – markaziy kontrollerida amalga oshiriladi. " Markazlashtirilmagan (bir rangdagi) tarmoq|"Lokal hisoblash tarmog‘i, unda boshqarish funksiyasi navbati bilan bir ishchi stansiyadan ajratilgan serverlarga ega bo‘lmagan boshqa ishchi stansiyaga uzatiladi. " Markazlashtirilmagan qayta ishlash|"Qayta ishlaydigan uzellari turli уerda joylashgan, ular o‘rtasidagi ma’lumotlar almashinish trafik hajmi bilan cheklangan kompyuter tizimi. " Marker|"1. Elektron mazmun tashuvchi. 2. Aniqlanadigan so‘zlarni, masalan, tilning xizmatga oid so‘zlarini, konstantalarni va sh.k., taqdim etish uchun mo‘ljallangan qisqa kod. " Marker-kanal|"WCDMA tizimidagi, mobil stansiya tomonidan tayanch stansiyani aniqlashda foydalaniladigan kanal. Bu kanalda, vaqt bo‘yicha uchta signal multipleksorlangan, ya’ni umumiy pilot signal, mantiqiy kanallar to‘g‘risidagi ma’lumotlar va Gold kodli ketma-ketliklari. " Markerni uzatish, markerli halqa|"Halqali topologiya tarmog‘idagi kommunikatsiya usuli, bunda markerlar deb ataladigan maxsus xabarlar tizimda doimo aylanadi. " Markerning sirkulyatsiya vaqti|"Halqa tuzilmali hamda markerli kirishga ega tarmoqda markerning aloqa bog‘lamasiga kelishining ikki ketma-ket onlari o‘rtasidagi vaqt. " Marketing|"Mahsulot yoki xizmatlarni sotish bilan bog‘liq jamiyat faoliyati. Marketingni o‘tkazish uchun maxsus axborot tizimlari yaratiladi. Ularning har biri mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan axborotni yaratish, tahlil qilish va tarqatishga qaratilgan jami uslub va tartiblardan iborat. Marke-tingni o‘tkazishda maʼlumotlarni qayta ishlash va ularni uzatish uslublari va vositalari, amaliy dasturlar majmuidan foydalanish muhim rol o‘ynaydi. Bular axborotni to‘plash, saqlash, olingan maʼlumotlarga statistik qayta ishlash, kalendar rejalashtirish va h.k.larni taʼminlaydi. " Marshrutizator|"1. Bir nechta lokal tarmoqni bitta tarmoqqa birlashtiruvchi va ma’lumotlarni bir tarmoqdan, paketlarni filtrlaydigan va tarmoqni kerak bo‘lmagan paketlardan muhofaza qiladigan, boshqa tarmoqqa uzatilishini ta’minlaydigan qurilma. Izoh – Marshrutizator uchinchi (tarmoq) OSI cathda joylashadi va paketlarni uzatishning bir nechta yo‘llaridan birini tanlashni ta’minlaydi. 2. Bir nechta tarmoq trafigini uzatish yo‘llaridan birini tanlash to‘g‘risidagi qarorlarni qabul qilish uchun javob beruvchi tizim. Bu vazifani bajarish uchun tarmoq to‘g‘risidagi axborot va marshrutlash metrikasi («routing metrics») deb nomlanuvchi, bir nechta mezonlar asosida eng yaxshi yo‘lni tanlash algoritmlarini o‘z ichiga oluvchi marshrutlash protokollaridan foydalaniladi. 3. Tarmoq trafigi yo‘naltirilishi kerak bo‘lgan optimal yo‘lni tanlash uchun, bir yoki bir necha metrikadan foydalanadigan, OSI modelining tarmoq sathida ishlaydigan qurilma. Marshrutizatorlar paketlarni bir tarmoqdan boshqasiga, marshrutli axborotni yangilash paketlaridagi mavjud tarmoq sathi axborotlariga tayangan holda, qayta yo‘llaydi. " Marshrutlash|"1. Axborot manbadan qabul qilgichga uzatiladigan uzatish traktlari va tarmoq uzellarining ketma-ketligini tanlash. 2. Xabarlarni uzatish uchun optimal yo‘lni tanlash jarayoni. 3. Bitta yoki bir nechta tarmoq orqali paketni uzatishning optimal yo‘li (marshruti) ni tanlash jarayoni. Barcha tarmoq uchun markazlashgan tarzda yoki bir-biridan mustaqil ravishda tarmoqning turli uzellarida hisoblanadigan taqsimlangan usulda shakllanishi mumkin bo‘lgan doimiy (tizimning ish boshlashidan oldin hisoblanadigan) yoki dinamik marshrut jadvallari asosida amalga oshiriladi. Marshrutlash usullari vektorlar uzunligi, qisqa yo‘lni afzal ko‘ruvchi algoritm ma’lumotlaridan, shuningdek, turli tarmoqlarda qo‘llaniladigan boshqa usullar va texnologiyalardan foydalanishga asoslangan. Bu usullar, algoritmlar va texnologiyalar marshrutlash protokollaridan foydalanib amalga oshiriladi. 4. Oluvchining xost-mashinasigacha bo‘lgan yo‘lni belgilash jarayoni. Oluvchining xost-mashinasiga yetgunga qadar, paket o‘tishi kerak bo‘lgan potensial oraliq uzellar soni katta bo‘lishi tufayli, yirik tarmoqlardagi marshrutlash murakkab operatsiyani o‘zida aks ettiradi. " Marshrutlash jadvali|"1. Paketlar yoki xabarlar kommutatsiyasi bilan tarmoq uzeliga bog‘langan va har bir adresat uchun optimal chiqish kanalini ko‘rsatuvchi jadval; bir nechta chiqish kanallari ularning afzalliklari tartibida ko‘rsatilishi mumkin. 2. Marshrutizatorda yoki tarmoqlararo birlikda ishlash qurilmasida tarmoqlarga marshrutlar aniq saqlanadigan jadval, ayrim hollarda, shunday marshrutlar uchun metrikalar yoziladi. " Marshrutlash jadvallari porotokoli|"VINES arxitekturasi uchun RIP protokoliga asoslangan marshrutlash protokoli. Tarmoq topologiyasi to‘g‘risidagi axborotni tarqatadi va VINES-serverlarga qo‘shni mijoz serverlar va marshrutizatorlarni topishga yordam beradi. Marshrutlash metrikasi sifatida kechikish kattaligidan foydalaniladi. " Marshrutlash jadvallarini boshqarish protokoli|"Apple Computer kompaniyasi ishlab chiqqan axborotlarni marshrutlash protokoli. Bu protokol Apple Talk tarmog‘idagi ixtiyoriy jo‘natuvchidan ixtiyoriy oluvchigacha deytagramma marshrutlarini o‘tkazish uchun talab qilinadigan marshrutli axborotni boshqaradi. RTMP protokolidan foydalanib, marshrutizatorlar topologiyadagi o‘zgarishlarni aks ettirish uchun marshrutlash jadvallaridagi ma’lumotlarni dinamik boshqaradi. " Marshrutlash protokoli|"Berilgan jo‘natuvchi va oluvchi uchun optimal marshrutni tanlash usulini belgilaydigan va marshrut tanlangandan so‘ng xabarlarni yetkazish to‘g‘riligini ta’minlaydigan protokol. Odatda, marshrutlash protokollari marshrutizatorlarning o‘zaro harakati orqali amalga oshiriladi. Marshrutlash protokollariga IGRP, OSPF va RIP protokollari misol bo‘ladi. " Marshrutlash serveri|"Xabarlar qabul qilinishini va ularning eng samarali yo‘llar orqali adresatga tez yetkazib berilishini amalga oshiradigan server. " Marshrutlashni boshqarish|"Chaqiruvni yoki paketni adresatga yetkazishi mumkin bo‘lgan marshrutni aniqlash jarayoni. " Marshrutli axborot protokoli|"Internetda keng qo‘llaniladigan ichki shlyuzlar protokoli. Marshrutlash metrikasi sifatida bu protokol o‘tishlar sonidan foydalanadi. " Maskarad|"1. Ruxsat etilmagan tarzda foydalana olish uchun biror-bir mantiqiy obyektning o‘zini boshqa mantiqiy obyekt qilib ko‘rsatishga urinishi. 2. Tegishli harakatlarni amalga oshirishga vakolatlari bo‘lmagan va o‘zini bu harakatlar ruxsat berilgan boshqa shaxs qilib ko‘rsatadigan subyekt tomonidan, tizimdan, obyektdan erkin foydalanishga urinish yoki boshqa harakatlarning bajarilishi. 3. Qandaydir qonuniy foydalanuvchining ishini imitatsiya qilish yo‘li bilan tarmoqqa ruxsat etilmagan tarzda kirishga urinish. " Maskirator|"Axborotni o‘zgartirishning matematik algoritmini amalga oshiradigan, maxfiy kalitdan foydalanmaydigan yoki uni xabar bilan birga uzatadigan (saqlaydigan) axborotni muhofaza qilish vositasi. " Maslahat beruvchi axborot|"Tizimda to‘g‘ri ishlash uchun foydalanuvchi tomonidan so‘raladigan ma’lumot. " Masofadan boshqarish dasturi|"Bir kompyuterning boshqa kompyuter bilan aloqasini ta’minlaydigan va unda amaliy dasturni ishga tushiradigan dastur. Kompyuterlar tarmoqqa ulangan bo‘lishi kerak. " Masofadan foydalana olish uchun ulanish|"Odatdagi kommutatsiyalanadigan telefon aloqa liniyasi orqali modem yordamida tarmoqqa ulanish. " Masofadan tarqatiladigan dasturiy taʼminot|"Internet hamda teletex, viewdata va shu kabi boshqa telematik xizmatlar orqali tarqatiladigan dasturiy taʼminot. " Masofadan turib foydalanish|"Kompyuter tarmog‘ining elementlari o‘rtasida birgalikda ishlashning uchta variantini ta’minlaydigan foydalanish: masofadan boshqarish – olisdagi abonent va/yoki server dasturlarining ishga tushirilishini amalga oshirish imkonini beradi; tizimning uzoq muddatli xotirasidan foydalanish; elektron pochta rejimida ishlash. " Masofadan turib foydalanish xizmati|"1. Tarmoq foydalanuvchilariga ularda yetarli huquqi bo‘lganida uzoqdan turib kompyuterdan foydalanish imkonini beruvchi va ularni boshqaruvchi Windows xizmati. 2. Mobil foydalanuvchilarni ulashda va hududiy jihatdan olisda joylashgan filiallar bilan aloqa o‘rnatishda foydalaniladi. Shu bilan birga ular tarmoqning hamma imkoniyatlarini oladi (tizim administratorlari va mobil xizmatchilariga masofaviy ruxsatni ta’minlaydi, bu kommutatsiya liniyalaridan printerlar, elektron pochta, SQL ma’lumotlar bazasini loyihalash va ishlatishda shaxsiy tarmoq orqali umumiy foydalanish imkonini beradi). " Masofadan zondlash yo‘ldoshi|"Aktiv yoki passiv datchiklardan foydalanib elektromagnit to‘lqinlarni qabul qilish yo‘li bilan masofadan kuzatadigan yo‘ldosh. " Masofadan o‘qitish|"1. Masofadan o‘qitish usullaridan foydalanish asosida aholining keng qatlamlariga taqdim etiladigan ta’lim xizmatlarining zamonaviy kompleksi. 2. Ta’lim xizmatlarini taqdim etadigan o‘quv yurtidan geografik jihatdan olisda bo‘lgan o‘quvchilarga ta’lim olish imkonini beradigan vositalar va chora-tadbirlar majmui. " Mastday|"Microsoft Windows operatsion tizimlarining boshqa operatsion tizimlar fanatlari tomonidan kamsitib atalishi. " Master|"Zamonaviy dasturlash va ma’lumotlarni boshqarish tizimlaridagi funksiya. Foydalanuvchiga tegishli standart ishlanmalar to‘plamini taqdim etadi. Qandaydir tizimda asosiy rolni bajaradigan qurilma (masalan, diskovod) yoki blok. " Masshtablash|"Ekranda aks ettiriladigan butun grafik tasvirni yoki uning bir qismini kattalashtirish/kichraytirish. " Mas’uliyati cheklangan jamiyat, MChJ|"Bitta yoki bir nechta jismoniy va/yoki yuridik shaxs tomonidan ta’sis qilingan, ustav kapitali ulushlarga bo‘lingan xo‘jalik jamiyati. Izoh – Jamiyat qatnashchilari uning majburiyatlari bo‘yicha javobgar emaslar va jamiyatning ustav kapitalidagi o‘zlariga tegishli bo‘lgan ulushlar yoki aksiyalarning qiymati doirasida jamiyat faoliyati bilan bog‘liq zararlar xavfini ko‘taradilar. Muomalaga aksiyalar chiqarmaydi. " Matematik mantiq|"Mantiq fani bo‘limi. U matematika uslublari asosida rivojlantiriladi. Unga fikr (hukm) larni asoslash, isbotlar, mantiqiy xulosalar chiqarish kiradi. Buning uchun matematik mantiqda algebra uslublari va algoritmlar nazariyasi qo‘llaniladi. " Matematik soprotsessor|"Asosiy markaziy protsessorga qo‘shimcha integral sxema. Siljiydigan nuqta (vergul) shaklida taqdim etilgan sonlar bilan ishlaydigan komandalarni tez bajaradi. Soprotsessordan foydalanish hisobiga shaxsiy kompyuterning ish tezligi 4-20 marta oshadi. Bunday yutuqqa nafaqat hisoblashga oid masalalarni hal qilishda, balki grafika bilan ishlashda ham erishiladi. Matnlar bilan ishlashda soprotsessordan foydalanilmaydi. " Matn|"Biror bir tildagi so‘zlarning ketma-ketligi. " Matn fayli|"Ko‘rinmaydigan (bosilmaydigan) simvollarni ichiga olmagan fayl. Matn redaktori tomonidan yaratiladi. " Matn maydoni|"Muloqot darchasidagi axborot kiritish uchun mo‘ljallangan maydon. " Matn redaktori|"Matnlar tuzish va ularni o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan dastur. " Matnbop reklama|"Mazmuni foydalanuvchining izlash tizimiga qilgan so‘roviga bog‘liq reklama. Shuningdek, Internet-resurslar kataloglari va turli sahifalarga tashrif buyuruvchilar uchun reklamaga nisbatan ham ishlatiladi. Bunday reklama uni izchil qidirayotganlarga ko‘rsatilishi sababli, uning samaradorligi ham oddiy reklamaga nisbatan yuqoriroq. " Matnlarni qayta ishlash|"Matn protsessorlari yordamida matnli hujjatlar bilan ishlash. " Matnli raqamlar|"Ko‘p xonali sonlarni raqamlar va matnlar kombinatsiyasi orqali ifodalash. Masalan, 3 trln. 42 mlrd. 24 mln. 325 ming. " Matnli rejim|"Aks ettirish rejimi, bunda monitor kursiv, ustki indeks kabi grafik tasvirlar va belgilarni emas, balki harflar, raqamlar va matnli belgilarni tasvirlaydi. " Matnli segment|"Matnning nusxa olishga, ko‘chirishga yoki o‘chirishga tayyorligi belgilangan qismi. " Matnni joylashtirish|"Matnni chap va o‘ng chegaralari orasida avtomatik ravishda to‘g‘rilash va oldingi satrga sig‘magan so‘zlarni keyingi satrlarga ko‘chirish. " Matnni nutqiy kiritish tizimi|"Kompyuterga kiritiladigan nutqni (ovozdan) matnga aylantirish tizimi. " Matritsa|"1. Har bir elementi, biri ustunni, boshqa biri berilgan element joylashgan satrni belgilaydigan ikkita indeks qiymatlari bilan manzillanadigan ma’lumotlarni tartiblashtirilgan tarzda joylashtirish. 2. Rangli televideniyeda matematik amalni belgilaydigan koeffitsiyentlar jadvali, uning bajarilishi rang koordinatalarining o‘zgarishiga olib keladi. " Matritsalalsh (rang bo‘yicha)|"1. Asosiy ranglar signallarini va/yoki ayirmarang signallar, yorqinlik signali va bitta rang tasviriga mos keladigan ayirmarang signallarni vaznlab qo‘shish. 2. Rang koordinatalarini hisoblash yo‘li bilan yoki elektr, optik yoki boshqa vositalar yordamida o‘zgartirish. " Matritsali blok|"Rang koordinatalarining o‘zgartirilishi elektr, optik yoki boshqa vositalar yordamida bajariladigan qurilma. " Matritsali kommutator|"Har bir kirish kanali oldindan berilgan chiqish kanali bilan birlashtiriladigan kommutator. " Matritsali printer|"Belgi tasvirini chop etuvchi ignalar matritsasi va bo‘yovchi tasma yordamida shakllantiruvchi printer. " Matritsali protsessor|"Ma’lumotlar jadvali matritsasi elementlarini parallel qayta ishlaydigan protsessor. " Matritsali videopanel|"Elektrodlarning matritsali tuzilmasiga ega yassi signal-yorug‘lik o‘zgartirgich. " Mavjud bo‘lgan|"Mavjud bo‘lgan fayl nomi bilan yangi fayl yaratilganda yuzaga keladigan vaziyat. Bunday vaziyatdan chiqishning birgina yo‘li eski fayl nomini o‘zgartirishdir. " Mavzu rejasi|"Maʼlum davr ichida chiqarish rejalashtiriladigan, pochta markalari seriyasi va alohida pochta markalari, markalangan va filateliya mahsulotlari ro‘yxati. " Maxfiy axborotdan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olish|"Maxfiy ma’lumotlardan foydalana olish huquqiga ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan maxfiy ma’lumotlarning olinishi. " Maxfiy axborotning buzilishi|"Texnik vositalarning nosozligi, dasturiy ta’minotning takomillashmaganligi va xatolari, xizmat ko‘rsatuvchi personalning mas’uliyatsizligi, tabiiy ofatlar yoki jinoyatkorlar (buzg‘unchilar) harakatlari natijasida, axborotning noqonuniy yoki qasddan o‘zgartirilishi, buzilishi yoki yo‘q qilinishi. " Maxfiy axborotning chiqib ketishi (yo‘qolishi)|"Davlat va xizmat siri hisoblanadigan ma’lumotlarning, shu ma’lumotlar ishonib topshirilgan (bunday ma’lumotlar bo‘lgan) tashkilot yoki shaxslar doirasidan tashqariga noqonuniy tarqatilishi. " Maxfiy bo‘lmagan axborot|"Davlat, xizmat sirini, tijorat bilan bog‘liq sirni va shaxsiy sirni o‘zida ifodalamaydigan, ochiq matbuotda eʼlon qilinishi mumkin bo‘lgan axborot. Izoh – Maxfiy bo‘lmagan axborot oshkor bo‘lishdan himoyalanmaydi, chunki unda hech qanday sir bo‘lmaydi, biroq bu axborot (biblioteka) hujjatlari yoki kompyuterning maʼlumotlar banki shaklida taqdim etilgan holda, yaxlitligi buzilishidan va blokirovkalanishdan himoyalanishi kerak. " Maxfiy ish|"Ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik, loyiha, texnologik, qidiruv va boshqa ishlar (shu jumladan, talabalar, diplomniklar, dissertantlarning ishlari), shuningdek, maxfiylashtirish lozim bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxatida ko‘zda tutilgan har qanday ma’lumot. " Maxfiy kalit|"1. Mazkur kalit yordamida kriptografik o‘zgartirishlarni shakllantirgan shaxsga tegishli va ma’lum bo‘lgan kriptografik kalit. 2. Bir yoki bir nechta ishtirokchilarga ma’lum bo‘lgan va raqibga ma’lum bo‘lmagan kriptografik protokol (kriptografik sxema)ning maxsus parametri. Raqibda maxfiy kalitning qiymati to‘g‘risidagi axborotning yo‘qligi – ko‘plab kriptografik protokollar (kriptografik sxemalar) barqarorligining zarur sharti. 3. Ushbu simmetrik shifrtizim kalitlaridan foydalana olish yoki ushbu asimmetrik shifrtizimning ba’zi funksiyalaridan foydalanish huquqiga ega bo‘lmagan shaxslardan sir saqlanadigan kalit. " Maxfiy kalitli kriptotizim|"Kriptografik tizim, bunda aynan bitta kriptografik kalitdan axborotni shifrlash va rasshifrovka qilish uchun foydalaniladi. Bunday kriptotizimlar bir kalitli, simmetrik, oddiy, ikki tomonlama yoki klassik deb ham ataladi. Maxfiy kalitli kriptografik tizimlar blokli va oqimli kriptotizimlarga bo‘linadi. " Maxfiy ma’lumotlar|"Ma’lum bir maxfiylik grifi (darajasi) berilgan yopiq ma’lumotlar. Maxfiy-rejimli organ (MRO) ing. - regime and secret authority (RSA) ru – режимнo-секретный орган (РСО) Maxfiylik rejimini ta’minlash bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi hamda maxfiy ishlar yuritiladigan tashkilotlarda unga rioya qilinishini muntazam tekshirib turadigan mustaqil tashkiliy bo‘linma. " Maxfiylashtirilishi zarur bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxati|"Belgilangan tartibda tasdiqlangan, tarqatilishi O‘zbekiston Respublikasi manfaatlariga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarning maxfiylik darajasini belgilovchi hujjat. " Maxfiylashtirish apparaturasi|"Telefon va telegraf so‘zlashuvlarini (xabarlarini) avtomatik ravishda shifrlash va deshifrlash uchun mo‘ljallangan maxsus texnik qurilmalar. " Maxfiylik grifi|"1. Berilgan muayyan holatda ma’lumotlar yoki axborotni ruxsat etilmagan tarzda foydalanishdan muhofaza qilish uchun zarur bo‘lgan aniq belgilangan daraja. Masalan, «mutlaqo maxfiy», «maxfiy», «konfidensial». 2. Hujjat yoki nashrdagi, shu hujjatdan foydalanishning muhim tartibini belgilovchi yozuv (tamg‘a). 3. Axborot tashuvchidagi, shu tashuvchida saqlanadigan axborotning konfidensiallik darajasini tasdiqlovchi maxsus belgi. 4. Tashuvchining o‘ziga va/yoki unga ilova qilinadigan hujjatlarga qo‘yiladigan, ularning eltuvchilarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlarning maxfiylik darajasini tasdiqlovchi rekvizitlar. " Maxfiylik kaliti|"Foydalanuvchining yoki dasturning resurslar va maʼlumotlar bilan ishlash huquqlarini aniqlaydigan kalit. Maxfiylik kaliti autentifikatsiyada ishlatilib, parol, yaʼni, maxfiy so‘z turlaridan biridir. " Maxsus effektlar generatori|"Televizion tasvirlarda maxsus effektlarni yaratish uchun mo‘ljallangan uskuna. " Maxsus foydalanish ilovalari uchun mobil aloqaning takomillashtirilgan mantig‘i|"Intellektual tarmoq prinsiplariga asoslangan, aniq foydalanuvchilarning talablariga moslashtirilgan mobil aloqa tarmoqlarini boshqarish texnologiyasi. GSM standartining amaldagi MAP protokoli negizida, operatorlarga yangi xizmatlarni GSM doirasida, ularning standartlashtirilishini talab qilmagan holda, aniqlash va kiritish imkonini beradigan tarmoq infratuzilmasi tuzilishini ta’minlaydi. " Maxsus imkoniyatlar|"Ba’zi bir operatsion tizimlarning imkoniyati cheklangan kishilarning ishini onsonlashtirish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratishga mo‘ljallangan. Bularning qatoriga ekran maydonini kattalashtiruvchi ekran lupasini, tasvirning kontrastliligini oshirish, ekran klaviaturasi va klaviatura yordamida «sichqoncha»ni boshqarish imkoniyatlarini kiritish mumkin. " Maxsus kanallar|"Kabelli televideniye tarmoqlarida foydalaniladigan, 110 MHz dan 174 MHz gacha hamda 230 MHz dan 294 MHz gacha chastotalar polosasidagi chastota kanallari. " Maxsus mobil radioaloqa|"220 MHz dan 900 MHz gacha chastotalar diapazonida ishlaydigan va mobil obyektlari bo‘lgan tarmoqlarda dispetcherlik aloqasini tashkil etish uchun mo‘ljallangan harakatdagi radioaloqaning ixtisoslashgan xizmatlari: tez yordam, o‘t o‘chirish, avariya xizmatlari va b.lar. Axborot almashinuvi, asosan, alohida radiostansiyalarni emas, balki abonentlar guruhini bir vaqtda chaqirish imkonini beradigan yarim dupleks rejimda amalga oshiriladi. " Maxsus muhofaza belgisi|"Belgining o‘zini haqiqiyligini va yaxlitligini aniqlash yoki xarakterli alomatlarga mos kelishlik mezonlari bo‘yicha, «Maxsus muhofaza belgisi – taglik» kompozitsiyasini aniqlash yo‘li bilan muhofaza qilinadigan obyektlardan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishni nazorat qilish uchun mo‘ljallangan, belgilangan tartibda sertifikatlangan va ro‘yxatga olingan buyum. " Maxsus simvol|"Biror bir sanoq tizimi yoki A-Ya alifbosiga kirmaydigan belgi. Unga ~!@#$$%^&*()_+ va boshqa belgilar misol bo‘la oladi. " Maxsus tadqiqotlar|"1. Axborotni qayta ishlash texnik vositalarini ekspluatatsiya qilish obyektida axborotni muhofaza qilish tizimining standartlar va normativ hujjatlar talablariga mos kelishini aniqlash, shuningdek, muhofaza qilish tizimini talab qilinadigan darajagacha yetkazish bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida olib boriladigan tadqiqotlar. 2. Nazorat-o‘lchash apparaturasidan foydalanib, muhofaza qilinadigan axborot asosiy va yordamchi texnik vositalar hamda tizimlardan chiqib ketishi mumkin bo‘lgan texnik kanallarni aniqlash va axborotni muhofaza qilishning shu mazmundagi normativ hujjatlar talablariga mos kelishini baholash bo‘yicha faoliyat. " Maxsus xotira shtempeli|"Muhim davlat voqealariga, tarixiy va xotira joylari hamda sanalar, ko‘rgazmalarga va hokazolarga bag‘ishlangan tadbirlarni o‘tkazishda pochta markalarini maxsus hisobdan chiqarish uchun qo‘llaniladigan shtempel. " Maxsus o‘rnatiladigan elektron qurilma|"Zarur vaqt onida axborotning chiqib ketishini, uning yaxlitligi buzilishini yoki blokirovka qilinishini ta’minlash uchun, ruxsatsiz va yashirin holda texnik vositada o‘rnatilgan elektron qurilma. " Maxsus chiqarilgan (kommemorativ) marka|"Tarixiy sanalar, yubileylar yoki biror-bir voqealarga, mavzuga bag‘ishlab bosib chiqariladigan pochta markasi. " Maxsuslashtirilgan yo‘ldosh|"Foydalanuvchilarning muayyan kontingenti uchun xizmat ko‘rsatadigan yo‘ldosh. " Mayda donador pigmentli lyuminoforlar|"LG televizorlarida foydalaniladigan mayda donador pigmentli lyuminoforlar, ular ko‘rish sifati yaxshilanishi uchun tashqi yorug‘likni yutadi, bunda lyuminessensiyaning yuqori samaradorligiga erishiladi. Pigmentning mayda donadorligi yorqinlik va kontrastlilik oshishiga ko‘maklashadi hamda ranglarning aks ettirilishi yaxshilanishiga yordam beradi. " Mayda paket|"Joylanmasi, o‘lchamlari, og‘irligi va o‘rash tartibi Pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish qoidalarida belgilangan, tovarlarning namunalari, katta bo‘lmagan predmetlar solingan pochta jo‘natmasining turi. " Maydon|"1. Ma’lumotlar bazasidagi eng kichik ahamiyatli yozuv elementi (relyatsion ma’lumotlar bazasida maydon ma’lumotlar ustuni deb ham ataladi). Har bir yozuv maydoni atributlar sifatida turga (sonli, simvolli, mantiqiy, sana maydoniga va sh.k.) va maksimal uzunlikka ega bo‘ladi. 2. Ma’lumotlar tuzilmasining nomlangan elementi. " Maydon bo‘yicha diskret-kosinus o‘zgartirish|"Satr tashlab olingan tasvirlarni qayta ishlash usuli, bunda bitta kadrning ikki maydoni mustaqil tasvir sifatida alohida kodlanadi. " Maydon ichra (kadr ichra) kodlash|"Raqamli oqimni qisqartirish maqsadida bir maydon tasvirining qo‘shni sanoqlari o‘rtasidagi fazoviy korrelyatsiyadan foydalanishga asoslangan kodlash. " Maydon (kadr) yoyish|"Vertikal yo‘nalishda maydonlar chastotasi bilan (satrma-satr yoyishda kadrlar chastotasi bilan) yoyish. " (Maydonlar, kadrlar) satrlari davri|"(Maydon, kadr) bitta satrini yoyish davomiyligi. " Maydon (televideniyeda)|"Navbatma-navbat o‘tadigan satrlarning bir-biriga nisbatan teng turuvchi guruhni o‘z ichiga olgan televizion kadrning tarkibiy qismi. Bu satrlar guruhlarining o‘tish chastotasi kadr uchun qisqa. Izoh ‒ Ayrim ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarda «frame» atamasi televizion kadrning tarkibiy qismini, ya’ni yuqorida keltirilgan ta’rifga ko‘ra «maydon» ni belgilashda qo’llaniladi. " Maydonlararo kodlash|"Taxminlash uchun qiymat oldingi, joriy va keyingi maydonlardan olinadigan taxminlash bilan kodlash. " Maydonlarni o‘chirish intervalidagi telematn|"Axborot oddiy televizion tasvir bilan bir vaqtda, asosan, maydonlarni o‘chirish intervalining bir qismi davomida uzatiladigan telematn. " Maydonlarning ketma-ket almashinishi|"Ayrim asosiy ranglarning ketma-ket keladigan yoyish maydonlariga o‘tishi. Misollar − Maydonlarni ketma-ket almashlash bilan yorug‘likni signalga o‘zgartiruvchi qurilma, maydonlarni almashlash bilan tiklovchi qurilma, maydonlar ketma-ket almashinadigan tizim, maydonlarni ketma-ket almashlash bilan uzatish. " Mayning|"1. Kriptovalyuta ko‘rinishida mukofot olish maqsadida kriptovalyutani yaratish va/yoki validatsiyalashga yo‘naltirilgan tadbirkorlik faoliyati. 2. Turli kriptovalyutalarda, xususan Bitkoynda komission yig‘imlar va yangi birliklar shaklida mukofot olish imkoniyati bilan, taqsimlangan platformani qo‘llab-quvvatlash va yangi bloklarni yaratish bo‘yicha faoliyat. " Mazmunni boshqarish tizimi|"Ma’lumotlarni, ulardan Internet orqali foydalanish mumkin bo‘lishi uchun (jumladan, ma’lumotlarni sayt sahifalari bo‘yicha joylashtirish va kerakli formatga keltirish) rasmiylashtiradigan dasturiy tizim. " Mashina grafikasi|"Qar.: Kompyuter grafikasi. " Mashina identifikatori|"Raqamli kod, uning asosida bajariladigan dastur kompyuter va dastur ishlaydigan boshqa qurilmalar xarakteristikalarining muvofiqligini aniqlaydi. " Mashina kodi|"Dastlabki matnni kompilyatsiya qilish va uni ishga tushirish uchun tayyorlash bosqichlaridan o‘tgan mashina tilidagi dastur. Mashina kodi mashina komandalari ketma-ketligidan iborat bo‘lib, ular protsessor tomonidan tezkor yoki doimiy xotiradan olib o‘qiladi va bajariladi. " Mashina kodlarida dasturlash|"Dastlabki elektron hisoblash mashinalari uchun ommaviy bo‘lgan, lekin hozirda muomaladan chiqib ketgan mashina komandalari va absolyut manzillardan foydalanib dasturlash usuli. Bunday dastur oldindan translyatsiya va komponovka qilinmasdan, bevosita protsessor tomonidan bajarilishi mumkin. Ba’zan oddiy mikroprotsessorlarda ichki qurilgan tizimlarni sozlashda qo‘llaniladi. " Mashina komandasi|"Mikroprotsessor bajarishi mumkin bo‘lgan mashina kodi operatori (komandasi). " Mashina manzili|"Hisoblash tizimi qurilmasi yoki xotira yacheykasi baytini qat’iy identifikatsiyalaydigan, raqamli kod ko‘rinishidagi manzil. " Mashina sikli|"Har bir mashina komandasini bajarish sikli. Elementar operatsiyalar to‘plamidan: komandani tanlash, dekodlash, bajarish va natijani yodda saqlashdan iborat. " Mashina, tarmoq stansiyasi|"Kompyuter so‘zi uchun mo‘ljallangan umumiy atama; lokal tarmoqdagi ishchi stansiya; ba’zi funksiya yoki vazifani bajaradigan qurilma. " Mashina tarjimasi|"Matn yoki nutqni, kompyuterdan foydalanib bir tabiiy tildan boshqa bir tabiiy tilga o‘zgartirish. Tarjima jarayoni to‘la avtomatlashtiriladigan dasturni yaratish bo‘yicha ishlar o‘nlab yillardan buyon olib borilmoqda. Texnik matnlarni tarjima qilishda eng yaxshi natijaga erishilmoqda, lekin olingan tarjimani tekshirish va tuzatishda odamning ishtiroki baribir taqozo qilinmoqda. Bu muammoni hal qilish yuzasidan ko‘plab yondashuvlar mavjud; shunday yondashuvlardan biri IBM firmasi tomonidan taklif qilingan: natijalar solishtiriladigan bir tildan boshqa tilga va aksincha, tarjima qiladigan, mustaqil ravishda o‘rgatadigan tizim yaratilmoqda. " Mashina tili|"Konstruksiyalari bevosita apparatura tomonidan talqin qilinadigan til. Aynan shu tilga yuqori daraja tillarida (Paskal, Basik) yozilgan dasturlar pirovardida o‘tkaziladi (translyatsiya qilinadi). " Mashina o‘qiy oladigan tashuvchi|"Texnik vositalar (kompyuter) tomonidan maʼlumotlarni bevosita yozish va o‘qish uchun mos tashuvchi. " Mashinada o‘qiladigan format|"Ma’lumotlarni taqdim etishning, ularning dasturiy qayta ishlanishini ta’minlaydigan elektron formati. " Mashinada o‘qiladigan CSV formati|"Jadval ma’lumotlarni taqdim etish uchun mo‘ljal-langan matnli format. Faylning har bir satri – jadvalning bitta satridir. Ayrim ustunlarning qiymatlari bir-biridan tizimda belgilangan ajratuvchi belgi – (,), nuqtali vergul – (;) yoki tabulyatsiya belgisi bilan ajratiladi. " Mashinada o‘qiladigan HTML formati|"Ma’lumotlarni HTML tili elementlaridan foydalanib semantik belgilash usullari majvui. Standart funksionallik saqlangan holda, HTML hujjatga kiritilgan atributiv axborotni avtomatik tarzda o‘qish (hujjatni brauzerdan foydalanib vizual ko‘rib chiqish) imkoniyatini ta’minlaydi. " Mashinada o‘qiladigan JSON formati|"Ma’lumotlar almashinishning, Java Script ga asoslangan va odatda, aynan shu til bilan foydalaniladigan matnli formati. " Mashinada o‘qiladigan XML formati|"Butunjahon «o‘rgimchak to‘ri» (W3C) Konsorsiumi tomonidan tavsiya etilgan belgilash tili. XML spetsifikatsiyasi XML hujjatlarni, qisman XML protsessorlar (XML hujjatlarni o‘qiydigan va ularning mazmunidan foydalanishni ta’minlaydigan dasturlar) o‘zini qanday tutishini tavsiflaydi. " Mashinaga bog‘liq bo‘lmagan til|"Har xil kompyuterlarda foydalanish mumkin bo‘lgan dastur yoki qurilma. " Mashinaga bog‘liq til|"Boshqa turdagi muayyan elektron hisoblash mashinasining o‘ziga xos xususiyatlaridan foydalanadigan dasturlash tili. " Mashinaga yo‘naltirilgan til|"Muayyan turdagi kompyuter va/yoki protsessor arxitekturasining (tuzilishining) o‘ziga xos xu-susiyatlaridan maxsus tarzda foydalaniladigan dasturlash tili, dastur yoki qurilma. " Mashinalar ish faoiyatini baholash bo‘yicha konsorsium|"Notijorat tashkilot bo‘lib, kompyuterlar uchun «adolatli, betaraf, xolis va mazmunli» standartlarni tuzishga intiladi. Standartlarning asosiy maqsadi «hayotiy» vaziyatlarni testdan o‘tkazishdir. Masalan, SPECweb2005 – veb-server unumdorligini turli xildagi parallel NTTR-so‘rovlarni yaratish yo‘li bilan testdan o‘tkazish. " Mashinaning to‘liq domen nomi|"Internetdagi tarmoq uzellari nomlari tizimi. Noyob nom domen-soha nomidan va mashinaning o‘z nomidan iborat bo‘ladi. " Mashinaviy intellekt|"Qar.: Sunʼiy intellekt. " Mashinaviy so‘zi|"Protsessor tanlaydigan yoki bir marta murojaat qilish (foydalanish) davomida yaxlit guruh sifatida shu protsessor qayta ishlaydigan, tezkor xotira razryadlarining guruhi. Mashina so‘zining uzunligi odatda, 16, 32, 64 razryaddan iborat bo‘ladi. " Ma’lum ochiq xabar bilan qilinadigan hujum|"Jinoyatkor tizimga kira oladigan va unga uzatiladigan xabarning matni ma’lum bo‘ladigan hujum turi. Jinoyatkor shifrlangan matnni yashirishga uringan holda, uzatiladigan xabar matnini dinamik tarzda o‘zgartirishi mumkin. " Ma’lumot berish tizimi|"Amaliy dasturlar orqali foydalanuvchiga yordam sifatida taqdim etiladigan axborot. " Maʼlumotlar|"Raqam shaklida taqdim etilgan, telekommunikatsiyalar vositalari va maʼlumotlarni saqlash hamda ularni qayta ishlash vositalari bilan ishlov berish uchun yaroqli turli xildagi axborot (nutq, matn, grafik, tasvir, audio, video, va h.) " Ma’lumotlar agregati|"Yozuvga murojaat qilish uchun umumiy nomga ega bo‘lgan, yozuv ichidagi ma’lumotlar elementlarining istalgan to‘plami; ma’lumotlarning tarkibiy elementi. " Ma’lumotlar almashinish kanali|"Tarmoqdagi kompyuterlar o‘rtasida ma’lumotlarning almashinishi yuz beradigan texnik vositalar jami. " Maʼlumotlar almashuvi|"Funksional qurilmalar orasida maʼlumotlarni ko‘chirish. Bu maʼlumotlarni siljitishni va almashuvni kelishtirishni boshqarish qoidalar to‘plamiga muvofiq amalga oshiriladi. " Ma’lumotlar atributi|"Kirish paytida nomi (semantikasi), formati, mumkin bo‘lgan qiymatlar diapazoni va qiymatlar taqdimotini ko‘rsatadigan maʼlumotlar elementi. " Ma’lumotlar banki|"Ma’lumotlarni markazlashtirilgan tarzda saqlash va jamoa bo‘lib foydalanishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi. Izoh – Ma’lumotlar banki tarkibiga bitta yoki bir nechta ma’lumotlar bazasi, ma’lumotlar bazalarining ma’lumotnomasi, ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi, shuningdek, amaliy dasturlar va so‘rovlar bibliotekalari kiradi. " Ma’lumotlar bankiga murojaat qilish xizmati|"Ma’lumotlar bazasining markazida saqlanadigan axborotdan erkin foydalana olish imkonini ta’minlaydigan interaktiv xizmat. Izoh – Axborot foydalanuvchiga faqat uning so‘rovi bo‘yicha uzatiladi. Axborotga murojaat qilish individual ravishda amalga oshirilishi mumkin, ya’ni axborot ketma-ketligi uzatilishining boshlanish vaqtini foydalanuvchi boshqaradi. " Ma’lumotlar bazalari bilan birgalikda ishlash ochiq interfeysi|"Tizimlashtirilgan so‘rovlar tilidan foydalaniladigan ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlarida ma’lumotlardan erkin foydalanish imkonini beradigan dasturiy kompleks. Microsoft firmasi tomonidan ishlab chiqilgan. " Ma’lumotlar bazalari ishlashining ochiq interfeysi|"Fayllar formatiga bog‘liq bo‘lmagan amaliy dasturlash interfeysi yordamida turli ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi tomonidan yaratilgan ma’lumotlar bazasiga kirishni ta’minlovchi Microsoft standarti. Operatsiyalarni bajarishda ODBC drayverlari SQL so‘rovlar formasidan foydalanadi. " Ma’lumotlar bazalari kompyuteri|"Apparatlar yordamida MBBT qator funksiyalarini bajaradigan ixtisoslashtirilgan kompyuter. " Ma’lumotlar bazalarini tuzish|"Ma’lumotlar bazalarini loyihalash, modellash va yaratish shuningdek, ma’lumotlarni tahlil qilish, ma’lumotlar bazalarini ma’muriy boshqarish, ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi bilan bog‘liq boshqa masalalarni o‘rganadigan fan. " Ma’lumotlar bazasi|"1. Obyektiv shaklda ifodalangan va bu ma’lumotlar elektron hisoblash mashinalari yordamida topilishi va qayta ishlanishi mumkin bo‘lgan tarzda tizimlashtirilgan ma’lumotlar (moddalar, hisob-kitoblar va h.k.)ning majmui. 2. Amaliy dasturlarga bog‘liq bo‘lmagan holda, ma’lumotlarni tavsiflash, saqlash va boshqarishning umumiy prinsiplarini ko‘zda tutadigan muayyan qoidalar bo‘yicha tashkil qilingan ma’lumotlarning majmui. " Ma’lumotlar bazasi administratori|"Ma’lumotlar bazasi to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega bo‘lgan va bu ma’lumotlar bazasini yuritish, undan foydalanish, uni rivojlantirish yuzasidan javobgar maxsus mansabdor shaxs (shaxslar guruhi). Ma’lumotlar banki ma’muriyati tarkibiga kiradi. " Ma’lumotlar bazasi kaliti|"Boshqaruv tizimi tomonidan ma’lumotlar bazasiga berilgan va ma’lumotlar bazasi yozuvini qat’iy identifikatsiya qiluvchi kalit. " Ma’lumotlar bazasi replikasi|"Ma’lumotlar bazasining foydalanuvchi kompyuteridagi nusxasi. Foydalanuvchi, xususan mobil aloqa foydalanuvchisi ma’lumotlar bazasini o‘zgartirib, keyin esa asosiy ma’lumotlar bazasi bilan sinxronlashtiradi. " Ma’lumotlar bazasi serveri|"Lokal tarmoqdagi kompyuter-serverda joylashgan ma’lumotlar bazasiga boshqa kompyuter tarmoqla-rining kira olishlarini taqdim etuvchi kompyuter va dasturiy ta’minot. " Ma’lumotlar bazasi uchun OLE|"Microsoft korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan – ma’lumotlardan foydalanish spetsifikasiyasining nomi (avvalgi nomi – Nile). Open Connectivity Database va OLE ni birlashtiradi. " Ma’lumotlar bazasini boshqarish|"Ma’lumotlar bazasida ma’lumotlarni belgilash, tashkillashtirish, boshqarish va muhofaza qilish funksiyalarining bajarilishi. " Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT)|"Rivojlangan so‘rovlar tili yordamida ma’lumotlar bazasi ma’lumotlari tuzilmasini hosil qilish, saqlash, yangilash, yangi ma’lumotlar qo‘shish, izlash operatsiyalarining bajarilishini ta’minlaydigan dasturiy ta’minot. Zamonaviy MBBTlari tranzaksiya mexanizmi orqali ma’lumotlardan bir vaqtda ko‘plab foydalanuvchilarning erkin foydalanishlarini ta’minlaydi. Bunda bir foydalanuvchining olgan natijasi boshqasinikiga ta’sir qilmaydi. Ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi tarkibiga dasturlash tili; dasturlar generatorlari – dasturlar tuzilishini, ma’lumotlar bazasi yaratilishini va ularning qayta ishlanishini osonlashtiradi; kompilyatorlar – mashina kodlaridagi boshqarish dasturlarini, dasturlarning ishlashini tezlashtirish va ularning muhitga bog‘liq bo‘lmasligi uchun generatsiyalaydi; hisobot generatorlari – foydalanuvchiga chiqish hujjatlarini tezkor yaratish, tanlab olish, saralash va hisoblashlarni bajarish imkonini beradi; hujjatlashtirish vositalari –ma’lumotlar bazasini yaratish bilan bir vaqtda, matn va grafik ko‘rinishlarda uning tavsifini yaratish, listinglar bo‘lgan dasturlarni tavsiflash imkonini beradi. Ma’lumotlar bazalarining turlariga ko‘ra, iyerarxik, tarmoq va relyatsion MBBT mavjud. Amalda barcha MBBT «mijoz‒server» arxitekturali tarmoqda ishlashni ta’minlaydi. " Maʼlumotlar bazasini boshqarishning gibrid tizimi|"Gibrid MBBT. U relyatsion va obyektga yo‘naltirilgan tizimlarning ijobiy sifatlarini o‘zida mujassamlashtirgan. Relyatsion MBBT ning tranzaksiyalarini qayta ishlash vositalarini o‘z ichiga olib, obyektga yo‘naltirilgan MBBT ning ko‘pgina maʼlumot turlarini ham quvvatlaydi. Gibrid MBBT «tuzilmalashtirilgan so‘rovlar tili» SQL dan foydalanadi. " Maʼlumotlar bazasini boshqarishning ko‘p o‘lchamli tizimi|"Maʼlumotlarning N-o‘lchamli kub shaklida taqdim etilishini taʼminlaydi. Shu tufayli MDDBMS murakkab hujjatlar tizimlarini qayta ishlaydi. " Maʼlumotlar bazasini moslashtirish|"Foydalanuvchining muayyan texnik vositalari yoki aniq dasturlari boshqaruvidagi maʼlumotlar bazasi faoliyatini taʼminlash maqsadida amalga oshiriladigan o‘zgartirishlar kiritish jarayoni. " Maʼlumotlar bazasini chop etish|"Maʼlumotlar bazasi nusxalarini muallif roziligi asosida cheklanmagan shaxslar doirasiga taqdim etish (jumladan, kompyuter xotirasiga yozish va bosma matn chop etish orqali ham). Bunday nusxalar soni ko‘rsatilgan asarlar tavsifiga ko‘ra mazkur doiradagi shaxslar ehtiyojlarini qondirishi lozim. " Ma’lumotlar bazasining tuzilmasi|"Ma’lumotlar bazasida yozuvlarni va ular orasidagi bog‘liqliklarni tashkil qilish tartibi yoki prinsipi. " Ma’lumotlar bilan ishlashni nazorat qilish|"Ma’lumotlar bloki tasodifiy yoki qasddan qilingan ta’sirlar ostida bo‘lgan yoki bo‘lmaganligini aniqlash imkonini beradigan protsedura. " Ma’lumotlar biti|"Ikkilik pozitsion hisoblash tizimida taqdim etilgan ma’lumotlar simvollaridan biri. " Maʼlumotlar bloki|"Bir xil uzunlikdagi ramzlar ketma-ketligi. U maʼlumotlarni ifodalashda yoki o‘z holicha uzatishda ishlatiladi. " Ma’lumotlar blokini saralash usuli|"O‘zgartirishlarning alohida ko‘rinishi yoki guruhi, uning asosida saralash yotadi. " Ma’lumotlar buferi|"Ma’lumotlarni kiritish-chiqarishda yoki bir joydan boshqa joyga jo‘natishda to‘plash va/yoki vaqtinchalik saqlash uchun xizmat qiladigan xotira sohasi. " Ma’lumotlar elementi|"Tarkibiy qismlarga bo‘linmaydigan ma’lumotlar qismi. " Ma’lumotlar fayli|"Matnli, sonli, grafik yoki multimediali ma’lumotlar bo‘lgan fayl. " Ma’lumotlar formati|"Ma’lumotlar simvollarining joylashish tartibi bo‘lib, ularning tarkibiy qismini tanlab olish imkonini beradi. Izoh – Ma’lumotlar formati ma’lumotlar simvollarining muayyan majmuiga bog‘liq holda nom oladi, masalan, ma’lumotlar xabarining formati. " Maʼlumotlar izlash|"Qar.: Axborot izlash. " Ma’lumotlar kanali|"Meynfreymlarda – o‘zining komandalar tizimiga ega xususiy protsessori bo‘lgan kiritish-chiqarish qurilmasidir. Markaziy protsessor kanalga tegishli komandani yuborgan holda, ma’lumotlar uzatish seansini initsializatsiya qiladi (o‘zlashtiradi), kanal protsessorni spetsifik vazifalardan ozod qilgan, tezkor xotira qurilmasidan o‘z dasturini olgan holda, keyingi barcha operatsiyalarni mustaqil bajaradi. " Ma’lumotlar kanali chetki apparaturasi|"Ma’lumotlar uzatish tarmog‘i tarkibiga kiruvchi va bu tarmoq bo‘yicha uzatiladigan hamda qabul qilinadigan signallar parametrlarini ma’lumotlar oxirgi (terminal) uskunasi parametrlari bilan moslashuvini ta’minlaydigan apparatura. Izoh – Ma’lumotlar kanali chetki apparaturasi ITU-T tavsiyalarida DCE (Data Communications Equipment) kabi belgilanadi. " Ma’lumotlar karuseli|"Transport oqimida ma’lumotlar modulini davriy takrorlash bilan uzatish. " Ma’lumotlar kommutatori|"Kompyuter tizimidagi, kiritiladigan ma’lumotlarni turli joylarga qayta yo‘llaydigan qurilma. " Ma’lumotlar lug‘ati|"1. Ma’lum bir MBBT da foydalaniladigan barcha fayllar, maydonlar va o‘zgaruvchilar ro‘yхati. Ishlab chiquvchiga (ba’zi MBBT da foydalanuvchiga ham) u yoki bu elementlar qanday berilganini aniqlashga imkon beradi. 2. Bir nechta ilovada foydalanilishi mumkin bo‘lgan, ma’lumotlar tavsiflarining to‘plami. " Ma’lumotlar manbaini autentifikatsiya qilish|"Olingan ma’lumotlar manbaining haqiqiyligini tasdiqlash. " Ma’lumotlar massivi|"Har biri massiv nomi va indeks(lar) bilan identifikatsiya qilinadigan bir turdagi ma’lumotlar majmui. Indekslar soniga bog‘liq ravishda, massivlar bir o‘lchamli (chiziqli) ikki o‘lchamli va h.k. bo‘ladi. " Ma’lumotlar maydoni|"Disk maydoni (sektori)ning, manzil undan oldin keladigan ma’lumotlarni joylashtirish uchun mo‘ljallangan qismi. " Maʼlumotlar modeli|"Maʼlumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash sohalarida tarkibiy qismlar turi va ularning aloqalari to‘g‘risidagi tasavvur. Maʼlumotlar modeli maʼlumotlarni tavsiflash tili bilan belgilanadi. " Ma’lumotlar ombori|"Ma’lumotlarni saqlash konsepsiyasi. Ma’lumotlar bazasidan birinchidan, ma’lumotlarni aktuallashtirish ma’lumotlar yangilanishini emas, balki mavjudlariga qo‘shilishini bildirishligi bilan; ikkinchidan, boshqarish tizimining holatini aks ettiradigan ma’lumotlardan tashqari, ma’lumotlar omborida metama’lumotlar ham (omborning tuzilmasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ma’lumotlar o‘rtasidagi bog‘lanish) saqlanishligi bilan ajralib turadi. " Ma’lumotlar oqimi|"1. Har bir operatsiyaning bajarilishi, uning barcha operandlari tayyor bo‘lgandagina amalga oshiriladigan parallel hisoblashlar algoritmlariga yoki arxitekturalariga tegishli umumiy atama. Bunda komandalarning bajarilish ketma-ketligi oldindan berilmaydi. 2. Konveyyerli arxitekturada, ularning ustida bir xil operatsiyalarni bajaradigan operatsion qurilmaga uzluksiz uzatiladigan ma’lumotlar ketma-ketligi. " Ma’lumotlar oqimi boshqaradigan kompyuter|"Parallel hisoblashlar arxitekturasiga ega kompyuter. Unda har bir operatsiyaning bajarilishi ma’lumotlar oqimining barcha operandlari tayyor bo‘lgandagina amalga oshiriladi. " Ma’lumotlar oqimi diagrammasi|"Asosiy komponentlari tashqi obyektlar bo‘lgan, o‘zida axborot manbai va uni qabul qiluvchisini; aniq algoritmlarga muvofiq ravishda kiruvchi ma’lu-motlarni chiquvchi ma’lumotlarga akslantirish jarayonini; axborotlarni joylashtirish va ularni olish mumkin bo‘lgan tashuvchilarni; manbadan qabul qiluvchiga biror-bir bog‘lanish orqali uzatilayotgan axborotni aniqlovchi ma’lumotlar oqimini ifodalovchi axborot modeli. " Ma’lumotlar oxirgi (terminal) uskunasi (MOU)|"Ma’lumotlar manbai yoki ma’lumotlar qabul qiluvchisi, yoki unisi ham, bunisi ham bo‘lib hisoblangan oxirgi (terminal) uskuna (masalan, elektron hisoblash mashinasi). Izoh – MChU ma’lumotlar uzatish tarmog‘i tarkibiga kirmaydi. MChU o‘rnida ma’lumotlar tarmog‘iga ulangan telefon xizmati serverlari ham bo‘lishi mumkin. " Ma’lumotlar raqamli signalining fazali titrashi (djitterning fazali titrashi)|"Ma’lumotlar raqamli signali ahamiyatli onlarining vaqt bo‘yicha ideal holatidan og‘ishi. " Ma’lumotlar saqlanuvchi tarmoq|"Kanallar va konsentratorlarni 100 Mbyte/s vositasida ma’lumotlarni saqlashning turli xil qurilmalarini va serverlarni birlashtiruvchi maxsus yuqori tezlikka ega bo‘lgan tarmoq. Bunday tarmoqlarda ma’lumotlar saqlash qurilmalari va boshqa qurilmalar orasida vositachi server bo‘lmaydi. Ma’lumot uzatishda Fibre Channel texnologiyasidan foydalaniladi. Segmentlarning katta masofasi hisobiga bunday tarmoqlar firma egallab turgan binodan tashqarida korporativ ma’lumotlarni saqlashni tashkil qilishga imkon beradi. " Ma’lumotlar segmenti|"1. 80x86 protsessorlarda – ma’lumotlar segmenti registri yuboradigan tezkor xotira qurilmasining bir qismi. 2. Tezkor xotira qurilmasi yoki tashqi xotiraning, dastur foydalaniladigan ma’lumotlarni ichiga oladigan qismi. " Ma’lumotlar seksiyasi|"Operatsion tizim tomonidan global o‘zgaruvchilar, massivlar, tuzilmalar, obyektlar saqlanadigan jarayonga ajratiladigan asosiy xotiraning statik (o‘z-garmaydigan o‘lchamdagi doimiy ajratilgan) sohasi. " Ma’lumotlar sektori|"Magnit diskdagi axborot sektori. " Ma’lumotlar signali|"Ma’lumotlar xabarini fizik kattalik yordamida taqdim etish shakli, bunda uning bitta yoki bir nechta parametrlarining o‘zgarishi xabar o‘zgarishini aks ettiradi. " Ma’lumotlar signalini analog-raqamli o‘zgartirish|"Diskretlashning berilgan qadamida ma’lumotlar signalining mumkin bo‘lgan uzluksiz ko‘plab qiymatlar funksiyasi ushbu signalning oxirgi ko‘plab mos keluvchi qiymatlar funksiyalari bilan almashadigan ma’lumotlar signalini o‘zgartirish. " Maʼlumotlar tashuvchisi|"1. Moddiy obyekt yoki moslama. U maʼlumotlarni yozish, saqlash va o‘qish imkonini beruvchi maʼlum fizik xususiyatlarga ega. Hisoblash texnikasida maʼlumotlar tashuvchisi sifatida yarimo‘tkazgich kristallar, magnit va lazer disklari, flesh-xotira, magnit tasmalar, magnit kartalar, perfokarta va perfotasmalar hamda (bosish uchun) qog‘oz ishlatiladi. Maʼlumotlar tashuvchisiga maʼlumotlar tashuvchisi xotira qurilmasini tashkil qiladi. 2. Axborotni yozish uchun va doimiy xotira qurilmasi sifatida ishlatiladigan jism yoki muhit. " Ma’lumotlar trakti|"Protsessorning ichki ma’lumotlar shinasi. Uning kengligi protsessor unumdorligiga ta’sir qiladi. Protsessorning yuqori unumdorligiga keng (ko‘p razryadli) ajratilgan ma’lumotlar traktidan foydalanish va tashqi hamda ichki kesh-xotira sig‘imi kattaligi tufayli erishiladi. " Ma’lumotlar turi|"Biror belgisi bo‘yicha bitta nom bilan birlashtirilgan ma’lumotlar. Ma’lumotlar turi ma’lumotlar bazalarida qo‘llaniladi. " Ma’lumotlar tuzilmasi|"Tartiblangan ma’lumotlarga muvofiq keluvchi yozuv yoki massivning tashkil qilish sxemasi bo‘lib, u bilan ma’lumotlarni tushunib olish va ular ustida ma’lum bir operatsiyalarni bajarish mumkin bo‘ladi. " Maʼlumotlar toʻplash|"Turli xil tashqi datchiklardan kompyuter tizimiga ma’lumotlar kiritish jarayoni. Ma’lumotlar, ma’lumotlarni yig‘ish platasidan olinganda, ularni u yoki bu tashqi hodisa bilan sinxronlash ehtiyoji paydo bo‘lishi mumkin. " Maʼlumotlar toʻplash strategiyasi|"Mahsulotlar va xizmatlarni sotib olishga boʻlgan, yetkazib berishlar manbalariga, xarid usullariga, talablar spetsifikatsiyalari turlari, shartnomalar yoki bitimlar turlariga va ular bilan bogʻliq xarid tavakkalchiligiga asoslangan muayyan yondashuv. " Ma’lumotlar uzatish|"1. Ikkilik signallar ko‘rinishidagi ma’lumotlarni telekommunikatsiyalar vositalari yordamida bir punktdan boshqa punktga, qoidaga ko‘ra, keyinchalik hisoblash texnikasi vositalari yordamida qayta ishlash maqsadida ko‘chirish. Izoh – Bu yerda «ma’lumotlar» deb, odam ishtirok etishi mumkin bo‘lgan holda avtomatik vositalar (masalan, komputer) bilan qayta ishlash uchun yaroqli bo‘lgan axborotga aytiladi. 2. Tovushli yoki televizion uzatgichlar orqali axborot signallarini, odatda, raqamli signallarni telematn, subtitr, sinov va boshqaruv signallari kabi tizimlar uchun uzatish. " Maʼlumotlar uzatish adresati|"Tuzuvchining maqsadiga ko‘ra, maʼlumotlar xabarini olishi kerak bo‘lgan qandaydir shaxs, bu maʼlumotlar xabariga nisbatan vositachi sifatida ish ko‘radigan shaxsdan tashqari. " Ma’lumotlar uzatish apparaturasi|"1. Ma’lumotlar uzatish kanali oxirgi (terminal) uskunasining aynan o‘zi. «Foydalanuvchi-Tarmoq» interfeysi tarmog‘i tomonidan kommunikatsiya tarmog‘i qurilmasi va ulanishni o‘z ichiga oladi. DCE – qurilmasi tarmoqqa fizik ulanishni, DCE va DTE qurilmalari o‘rtasida ma’lumotlarni sinxronlash va uzatishda ishlatiladigan taktli signallarni berish va o‘zidan trafikni o‘tkazishni ta’minlaydi. DCE – qurilmasiga modem misol bo‘ladi. 2. Ma’lumotlar uzatish tarmog‘i tarkibiga kiradigan (yoki telekommunikatsiyalarning ixtisoslashtirilmagan tarmog‘ini to‘ldiradigan) va uzatiladigan hamda qabul qilinadigan ma’lumotlar signallarini ma’lumotlar oxirgi (terminal) uskunasi bilan moslashishini ta’minlaydigan apparatura (yoki apparat-dasturiy vositalar). Izoh – MUA signalni o‘zgartirish, xatolardan himoyalash, avtomatik chaqiruv va javob, signal sifatining detektori, korrektor va ular bilan bog‘liq bo‘lgan yordamchi qurilmalar, masalan, nazorat-o‘lchash qurilmalaridan iborat bo‘lishi mumkin. " Maʼlumotlar uzatish kanali|"1. Maʼlumotlar uzatish uchun yaroqli bo‘lgan, maʼlumotlarni jo‘natuvchi va oluvchi vositalaridan hamda boshqaruvchi uzellardan tashqari, barcha tarmoq elementlarini ichiga oladigan aloqa kanali yoki liniyasi. 2. Oxirgi terminallarga bir-biri bilan bevosita bog‘lanish imkonini beradigan fizik qurilmalar konfiguratsiyasi. " Maʼlumotlar uzatish kanalini yuqori darajada boshqarish|"Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) tomonidan kadrlar bo‘yicha cheklangan, razryadli maʼlumotlar uzatish kanallari uchun belgilangan standart protokol. " Ma’lumotlar uzatish muhiti|"Ma’lumotlar uzatiladigan fizik muhit. Bu simli yoki simsiz liniya bo‘lishi mumkin. Simli liniya – mis yoki optik tolali kabel. Simsiz liniya – radio-, televizion, infraqizil kanallar. " Ma’lumotlar uzatish oddiy protokoli|"Disksiz stansiyalarni masofadan yuklash uchun foydalaniladigan protokol. " Ma’lumotlar uzatish protokoli|"Ma’lumotlar uzatish tarmog‘i qurilmalari o‘rtasida axborot paketlari tuzilmasiga va axborot paketlari almashuvi algoritmiga bo‘lgan talablarning shakllantirilgan to‘plami. " Ma’lumotlar uzatish tarmog‘i|"1. Ma’lumotlar uzatilishini ta’minlaydigan raqamli tarmoq. 2. Ma’lumotlar uzatilishini ta’minlash maqsadida ma’lum nuqtalar o‘rtasida telekommunikatsiyani tashkil etish uchun maxsus tuzilgan tele-kommunikatsiyalar uzellari va kanallarining majmui. " Ma’lumotlar uzatish tarmog‘i orqali bog‘lanish|"Aloqa vositalari o‘rtasidagi, abonent va/yoki foydalanuvchiga ovozli va/yoki ovozsiz axborotni uzatish va/yoki qabul qilish imkonini beruvchi, chaqirish natijasida yoki oldindan o‘rnatilgan o‘zaro hamkorlik. Ma’lumotlar uzatish tarmog‘ining tuzilmasi ing. - structure data transmission network ru – с ттруктура сети передачи данных Ma’lumotlar uzatish tarmog‘ida o‘zaro ishlaydigan qurilmalarining o‘zaro joylashishi va bog‘lanishi. " Ma’lumotlar uzatish tezligi|"Ma’lumotlar uzatishda bir sekunddagi bitlar soni. Bu tezlik tashqi xotira bo‘lgan lokal shina turiga, periferik qurilmalar bo‘lgan interfeys turiga bog‘liq. Kompyuter tarmoqlarda ma’lumotlar almashinish tezligi. Kanalning holati va ma’lumotlar uzatish apparaturasi bilan belgilanadi. " Ma’lumotlar uzatish tizimi|"Ma’lumotlar uzatishni ta’minlaydigan telekommunikatsiyalar tizimi. " Ma’lumotlar uzatish vositalari|"Aloqa kanali va ma’lumotlar uzatish apparaturasining majmui. " Ma’lumotlar uzatish xizmatlari foydalanuvchisi|"Ma’lumotlar uzatish xizmatlari xizmatidan foydalanuvchi odam (yoki unga tegishli MChU yoki MChUdagi ma’lum jarayon). " Ma’lumotlar va ularning tashuvchilarini maxfiylashtirish|"Qonunda ko‘zda tutilgan tartibda, davlat siri hisoblanadigan ma’lumotlar uchun, ularni tarqatish va tashuvchilardan foydalanish yuzasidan cheklashlar kiritish. " Ma’lumotlar xabari|"Elektron, optik yoki analog vositalar yordamida, ma’lumotlarning elektron almashinuvi, elektron pochta, telegramma, teleks yoki telefaksni qo‘shgan holda, lekin ular bilan cheklanmagan holda tayyorlangan, jo‘natilgan, olingan yoki saqlanadigan axborot. " Ma’lumotlar xabarini jo‘natuvchi (xabar jo‘natuvchi)|"Xabarlar oqimidan ma’lumotlar xabarlarini tanlashni amalga oshiruvchi va ushbu xabarni keyinchalik uzatish uchun shakllantiruvchi inson va/yoki qurilma. " Maʼlumotlar xabarini tuzuvchi|"Nomidan yoki nomiga saqlash uchun maʼlumotlar xabari tayyorlangan yoki jo‘natilgan shaxs. Izoh – Maʼlumotlar xabarini tuzuvchiga, bu maʼlumotlar xabariga nisbatan vositachi sifatida ish ko‘ruvchi shaxs kirmaydi. " Maʼlumotlar yaxlitligining buzilishi|"Axborotning, uning tuzilmasining o‘zgarishiga va maʼlumotlarning bir qismi yo‘qolishiga olib keladigan buzilishi. " Ma’lumotlar yo‘li|"Ma’lumotlar uzatiladigan virtual yo‘l. " Ma’lumotlar zvenosining ulanishi|"Bevosita tarmoqqa ulangan printerlardan ma’lumotlar uzatish kanalini boshqarish protokoli. " Ma’lumotlar shinasi|"1. Kompyuter qurilmasini (masalan, protsessor va tezkor xotira qurilmasini) birlashtiruvchi va ular orasida ma’lumotlar uzatish uchun xizmat qiladigan uchta shinadan biri. Hozirda 32 va 64 razryadli ma’lumotlar shinalaridan foydalaniladi. Ma’lumotlar shinasining kengligi kompyuter unumdorligini belgilaydi. Ma’lumotlar shinasi har doim ikki yo‘nalishli bo‘ladi. Atamadan, ko‘pincha dasturiy ta’minotni sozlash tizimlarini tavsiflashda foydalaniladi. 2. Mikroprotsessor ichki shinalaridan biri. Odatda, tizim platasidagi ma’lumotlar shinasiga qaraganda kengroq (128 yoki 256 razryadli) bo‘ladi. " Ma’lumotlardan birgalikda foydalanish|"Bitta fayldan bir vaqtda bir nechta foydalanuvchi (ilova)ning foydalana olishi. " Ma’lumotlardan erkin foydalanish mexanizmi|"Modemni telefon liniyasiga ulash uchun mo‘ljallangan dasturiy xizmat. " Ma’lumotlardan erkin foydalanish obyektlari|"Ma’lumotlar bazalari bilan ishlashning asosiy jarayonlarini ifodalaydigan, ishlab chiquvchilarni ma’lumotlarni o‘qish va yozish jarayonining texnik detallariga murojaat qilishdan xalos etadigan toifalar bibliotekasi, yuqori darajali obyektlar to‘plami. " Ma’lumotlardan foydalana olishlik|"Axborotning (avtomatlashtirilgan axborot tizimi resurslarining) holati, bunda foydalana olish huquqiga ega bo‘lgan subyektlar ulardan to‘sqinliksiz foydalanishlari mumkin bo‘ladi. " Ma’lumotlardan foydalanish texnologiyasi|"Ishlab chiquvchilarga ma’lumotlarga istalgan dasturlash tilida murojaat qilishlariga imkon beradigan, yuqori darajali interfeyslar to‘plamini o‘z ichiga oladigan texnologiya. " Ma’lumotlardan universal foydalanish|"Microsoft ma’lumotlardan foydalana olish texnologiyasi, Windows DNA ning qismi bo‘lib, o‘z ichiga ADO va OLE DB larni oladi. " Ma’lumotlarni aktuallashtirish|"Ma’lumotlarni aktual holatda saqlab turish, ya’ni ularni predmet sohaning aks ettiriladigan obyektlarining holati bilan muvofiqlikka keltirish. Aktuallashtirish yozuvlar qo‘shish, ularni chiqarib tashlash, shuningdek, tahrir qilish operatsiyalarini o‘z ichiga oladi. " Ma’lumotlarni arxivlash|"Ma’lumotlarni doimiy xotirada uzoq vaqt saqlash uchun, ularni zichlash va joylashtirish. " Ma’lumotlarni asinxron oqimli uzatish|"Ma’lumotlarni vaqt bo‘yicha sinxronlash talablarisiz oqimli uzatish (masalan, RS-232 protokoli bo‘yicha ma’lumotlar). " Ma’lumotlarni asinxron uzatish|"Uzluksiz xabarlar oqimidan ma’lumotlarni olish uslubi va uzatish usuli; uzatuvchi tomon har bir ma’lumotga, ma’lumot qayerda tugashini ko‘rsatadigan start va stop bitlarini kiritadi. Bu, ma’lumotlar uzatishning, modemli aloqada qo‘llaniladigan ancha ishonchli usulidir. " Ma’lumotlarni autentifikatsiya qilish|"Ma’lumotlar yaxlitligini tekshirish jarayoni. Masalan, olingan ma’lumotlarning jo‘natilgan ma’lumotlar bilan bir xilligini, shuningdek, dasturda virus bor yoki yo‘qligini tekshirish. " Maʼlumotlarni avtomatlashtirilgan qayta ishlash|"Maʼlumotlarni asosan hisoblash texnikasi vositalari yordamida qayta ishlash. " Ma’lumotlarni blokirovkalash|"Bitta foydalanuvchidan tashqari, barcha foydalanuvchilarga kirishni taqiqlash yo‘li bilan fayl yoki uning bir qismini (yozuv blokini) muhofaza qilish. " Ma’lumotlarni bo‘lish|"Xatolar ta’sirini kamaytirish uchun, bit oqimini ikki oqimga ajratish usul. Dekodlashdan oldin ikkala oqim birlashtiriladi. " Ma’lumotlarni e‘lon qilish|"O‘zgaruvchining xarakteristikalarini: ma’lumotlar nomi, turi, boshlang‘ich qiymatini tavsiflovchi dastur operatori. " Ma’lumotlarni kiritish|"Ma’lumotlarni, axborotni qayta ishlash tizimiga yoki uning biror bir qismiga, uni saqlash yoki qayta ishlash uchun kirirtish jarayoni. " Ma’lumotlarni kommutatsiyalanadigan tarmoqlar orqali yuqori tezlikda uzatish|"1. GSM standartidagi, ma’lumotlarni oshirilgan tezlikda (57 Kbit/s gacha) uzatish texnologiyasi. Izoh − Bu texnologiyaning asosiy afzalligi, ma’lumotlar uzatish tezligining yuqoriligida. Bu, bog‘lanishni o‘rnatishga ketadigan vaqtni kamaytirish va dasturlar ishini tezlashtirish imkonini beradi. Ma’lumotlarni uzatish oldingiga nisbatan to‘rt marta tez bajariladi, bu esa, kartalar va grafik interfeysdan foydalanib, mobil navigatsiya kabi xizmatlarni amalga oshirish imkonini beradi. HSCSD texnologiyasi kommutatsiyalanadigan tarmoqlarda qo‘llanilishi tufayli, ma’lumotlar qisqa impulslar tarzida uzatiladigan elektron pochta uzatishga qaraganda, multimedia va videodasturlar ishi uchun yaxshiroq moslashtirilgan. Texnologiyadan GSM tarmog‘ida foydalanishda uzatish tezligi 43,2 Kbit/s bo‘lishiga erishiladi. Bu qiymat zamonaviy modemlardan foydalaniladigan simli tarmoqlar orqali ma’lumotlar uzatish tezligiga teng. 2. GSM mobil tarmoqlar ustqurmasi. 57,6 Kbit/s yuqori o‘tkazish qobiliyatiga erishish uchun, to‘rtta 14,4 Kbit/s past tezlikli kanalni birlashtirish imkonini beradi. Izoh − GPRS dan farqli ravishda, kanallarni kommutatsiyalash usulidan foydalaniladi. HSCSD uskunasi multimedia ma’lumotlarni uzatish uchun mo‘ljallangan, videokonferens aloqa uchun ham to‘g‘ri keladi. " Ma’lumotlarni konvertatsiya qilish|"Ma’lumotlarni taqdim etish shaklini ma’lum qoidalarga muvofiq, undagi axborotni saqlagan holda, o‘zgartirish. " Ma’lumotlarni konveyyerlash|"MPEG-2 transport oqimining foydali ma’lumotlar paketi sohasiga ma’lumotlarni bevosita uzatish. " Maʼlumotlarni ko‘chirish darajasi|"Dasturiy taʼminotni ishga tushirmasdan va bajarmasdan turib, maʼlumotlarni bir tizimdan boshqa tizimga oson uzatish mumkinligi. " Maʼlumotlarni masofadan qayta ishlash|"Kiritish yoki chiqarish qurilmalari markaziy protsessordan uzoqda joylashgan holda maʼlumotlarni avtomatlashtirilgan qayta ishlash. " Ma’lumotlarni mualliflashtirish|"Ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlarning xususiylik darajasini aniqlash va belgilash. " Ma’lumotlarni muhofaza qilish|"1. Ma’lumotlardan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishning oldini olish uchun ma’muriy, texnik yoki jismoniy chora-tadbirlarni amalga oshirish. 2. Ma’lumotlarni, qasddan yoki qasddan bo‘lmagan tarzda o‘zgartirilishiga, fosh bo‘lishiga yoki buzilishiga olib keladigan nomaqbul oqibatlardan va harakatlardan saqlash uchun qo‘llaniladigan chora-tadbirlar. " Ma’lumotlarni nazorat qilish|"Ma’lumotlarning ishonchliligi va yaxlitligini tekshirish. Sintaksis, semantik va pragmatik nazorat farq qilinadi. " Maʼlumotlarni ochiq tarmoqda qayta ishlash|"SUN Microsystems korporatsiyasi tomonidan taklif qilingan asosiy funksional profil. SUN Microsystems korporatsiyasiga tegishli bo‘lgan ONC 1985-yili paydo bo‘lgan va turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan chiqarilgan axborot tizimlarida tatbiq qilishga mo‘ljallangan standartlar to‘plamidir. Bu standartlar, operatsion tizim va kompyuterlarning arxitekturasiga bog‘liq emas. Interfeyslarning barcha spetsifikatsiyalari va tavsiflari nashr qilingan va mutaxassislarning keng doirasiga murojaat etilgan, yaʼni, ONC ochiqdir. Unda dastlabki matnlarning talaygina qismi bepul uzatiladi, qolgan qismi uchun – arzimagan pul to‘lanadi. ONC asosiy profili keng tarqalib, maʼlumotlarga tarqoq ishlov berish uchun de-fakto standart bo‘lib qoldi. " (Ma’lumotlarni) paketli radio uzatish umumiy xizmati|"Uyali aloqa tarmoqlarida ma’lumotlarni uzatish standarti. " Ma’lumotlarni qayta ishlash apparaturasi|"Foydalanuvchi tomonidan «Foydalanuvchi-Tarmoq» interfeysida joylashgan va ma’lumotlar manbaiga va/yoki qabul qiluvchiga xizmat ko‘rsatuvchi qurilma. DTE-qurilmasi ma’lumotlar uzatish tarmog‘iga DCE-qurilmasi (masalan, modem) orqali ulanadi va DCE-qurilmasida generatsiyalanadigan taktli signallardan foydalanadi. DTE qurilmalariga kompyuterlar, marshrutizatorlar va multipleksorlar kiradi. " Ma’lumotlarni qayta ishlash dasturi|"Biror bir ma’lumotni qayta ishlaydigan istalgan dastur " Maʼlumotlarni qayta ishlash ochiq tizimi|"Boshqacha maqsadlardagi va bajarilgan boshqa tizimlar bilan funksional moslikni yaxshilash uchun, birgalikda o‘rnatilgan interfeyslar va protokollarni ichiga oladigan tizim. " Maʼlumotlarni qayta ishlash tizimi|"Dasturiy taʼminot va maʼlumotlar avtomatlashtirilgan tarzda qayta ishlanishini bajaradigan hamda apparat vositalarini ishga soladigan tegishli xodimlar. " Maʼlumotlarni real vaqtda qayta ishlash|"Maʼlumotlarga ishlov berish tezligi, hodisaning modellash tezligi bilan bir xil yuz bergan hol. " (Ma’lumotlarni) saqlash|"Ma’lumotlarni, ularni saqlagandan so‘ng o‘zgarmas holatda ushlab turish, vaqtning istalgan onida keyinchalik hisoblash imkonini ta’minlovchi jarayon. " Ma’lumotlarni sinxronlangan oqimli uzatish|"Ma’lumotlarni vaqt bo‘yicha sinxronlash talablari bilan oqimli uzatish, shu ma’nodaki, oqim tarkibidagi ma’lumotlar ma’lumotlar oqimlarining boshqa turlari bilan majburiy sinxronlash orqali qayta tiklangan bo‘lishi mumkin (masalan, audio va video oqimlari). " Ma’lumotlarni siqish|"Ma’lumotlar hajmini kamaytirish maqsadida uni qayta kodlash protsedurasi. Ma’lumotlarni saqlash va uzatish qurilmalaridan yanada oqilona foydalanish uchun qo‘llaniladi. " Ma’lumotlarni skanlash|"Ma’lumotlar traktlarini skanlaydigan test ketma-ketlik (diagnostik testlashda ma’lumotlar traktlarini tekshirish maqsadida). " Ma’lumotlarni taqdim etish|"Ma’lumotlar bazasining maxsus sxemasi orqali qayd etilgan fizik muhitda ma’lumotlarning joylashishi. Ushbu sxemadan foydalanib, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi ma’lumotlarning fizik joylashuviga ega bo‘lgan kerakli axborotni izlash so‘rovini aniqlaydi. Ma’lumotlar bazasi sxemasini tuzishning turli prinsiplari ma’lumotlarni taqdim etishning har xil (relyatsion, iyerarxik va tarmoq) turlarini keltirib chiqaradi. " Maʼlumotlarni taqdim etish darajasi|"Ochiq tizimlar o‘zaro bog‘liqligining, maʼlumotlar kerakli formatda taqdim etilishi va o‘zgartirilishini, amaliy daraja mantiqiy obyektlari o‘rtasida maʼlumotlar almashinish bo‘yicha xizmatlarni taʼminlaydigan darajasi. " Ma’lumotlarni taqdim etish protokoli|"Taqdimot darajasidagi protokol, unda TCP/IP stekini bir qancha cheklovlarga ega tarmoqlarda qo‘llab-quvvatlash usuli ifodalanadi. " Ma’lumotlarni taqsimlangan holda qayta ishlash|"Amaliy dasturlarning tizim guruhlari tomonidan bajarilish metodikasi. Bunda foydalanuvchi bir nechta o‘zaro bog‘liq abonent tizimlarida joylashgan tarmoq xizmatlari va amaliy jarayonlar bilan ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. " Ma’lumotlarni taqsimlangan qayta ishlash muhiti|"Ma’lumotlarni taqsimlangan qayta ishlash texnologiyasi, abonent tizimlarining guruhlari bo‘yicha bo‘lib-bo‘lib taqsimlangan amaliy jarayonlarni bajarish uchun tarmoq xizmatlarining standart to‘plamini o‘zida aks ettiradi. " Ma’lumotlarni taqsimlangan qayta ishlash milliy platformasi|"«Bulutli» hisoblashlarni amalga oshiradigan axborot tizimlari kompleksi. Milliy platformani yaratishdan maqsad, davlat hokimiyati organlarining IT-ta’minotga qilinadigan sarf-xarajatlarini optimallashtirish va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarini avtomatlashtirish darajasini oshirishdan iborat. " Maʼlumotlarni tezkor analitik qayta ishlash|"Axborotni qayta ishlash texnologiyasi. O‘z ichiga hisobot va hujjatlarni dinamik tuzish va chop etishni oladi. Tahlilchilar tomonidan axborot bazasidagi qiyin so‘rovlarni tez qayta ishlashda foydalaniladi. " Maʼlumotlarni tezkor yetkazish|"Foydalanuvchilar tomonidan axborotni tezkor olish texnologiyasi. Foydalanuvchilar o‘z abonent tizimlariga axborotni ikki texnologiyadan birini ishlatib olishlari mumkin. Maʼlumotlarni ko‘chirib olish texnologiyasi shu bilan tavsiflanadiki, unda foydalanuvchi mustaqil yoki mobil agentlar yordamida kerakli axborotni bazadan qidiradi, uni topib, bazadan oladi. Maʼlumotlarni turtkilab chiqarish texnologiyasining mohiyati shundaki, foydalanuvchilar guruhiga ularning muayyan talabnomalarisiz aniq axborot tarqatiladi. Uni buyurtma bergan va tarqatish manzili egalari ro‘yxatiga kiritilganlar oladi. " Ma’lumotlarni tiklash|"1. Ma’lumotlarni oldindan ma’lum bo‘lgan yoki muayyan bir holatga keltirish. 2. Ma’lumotlarni, ma’lumotlarning himoya nusxasi bo‘lgan tashuvchidan original tashuvchiga, ma’lumotlar yaxlitligi buzilgan holda, ko‘chirish. " Ma’lumotlarni tozalash|"Voris ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlarni, ularning takrorlanishini, mos kelmasligini va kiritishdagi xatolarni aniqlash yo‘li bilan tuzatish. Ma’lumotlarni tozalash jarayonida mumkin bo‘lgan joyda, bir nechta ma’lumotlar bazasidan olingan yozuvlar birlashtiriladi. Tozalash operatsiyasi ma’lumotlar omborini to‘ldirish paytida amalga oshiriladi. " Ma’lumotlarni turlarga bo‘lish|"Ma’lumotlarni, ularning qiymat sohalari va ular ishtirok etadigan operatsiyalar bo‘yicha tasniflash. Ma’lumotlar, ular qayta ishlanadigan tizimlarda o‘zgaruvchilar va konstantalar ko‘rinishida, shuningdek, ifodalar va funksiyalar ko‘rinishidagi ularning birikmasi shaklida taqdim etiladi. Ma’lumotlarni turlarga bo‘lish o‘zgaruvchilar va konstantalar, tegishlicha, ifodalar va funksiyalar kiradigan klassni belgilaydi. Dasturlash tillarida ma’lumotlar turlarini aniqlash, dasturlashda xatolarni kamaytirish va talab qilinadigan xotirani minimallashtirish maqsadida amalga oshiriladi. Ma’lumotlar turlari oddiy va tarkibli (murakkab) bo‘ladi. Oddiy ma’lumotlarga, masalan, butun sonlar, haqiqiy sonlar; tarkibiy ma’lumotlarga massivlar, fayllar kiradi. Ba’zi dasturlash tillarida ma’lumotlar turi foydalanuvchi tomonidan belgilanishi mumkin. " Maʼlumotlarni (to‘g‘rilikka) tekshirish|"Kirish maʼlumotlarining dastur ko‘rsatadigan talablarga (qiymatlar diapazoni, taqdim etish formati) mos kelishini tekshirish uchun, ularni oldindan qayta ishlash. " Ma’lumotlarni uyali aloqa tarmog‘i orqali raqamli paketli uzatish|"Ma’lumotlarni analog uyli telefon aloqa tizimi orqali 19,2 Kbit/s tezlik bilan uzatish imkonini beradigan paketli uzatish. Zamonaviy 3G tizimlari joriy qilina borgan sari, CDPD texnologiyasi asta-sekin iste’moldan chiqib bormoqda. " Ma’lumotlarni uzatishning taqsimlangan o‘tkazuvchi interfeysi|"FDDI protokolining o‘ralgan juftli tarmoq orqali amalga oshirilishi. " Ma’lumotlarni va ularni tashuvchilarni oshkor qilish|"Qonunchilikda ko‘zda tutilgan tartibda oldin kiritilgan, davlat siri hisoblanadigan ma’lumotlarni tarqatishga va ularni tashuvchilardan foydalana olishga bo‘lgan cheklovlarni olib tashlash. " Ma’lumotlarni vizuallashtirish|"Eksperimental yoki boshqa ma’lumotlarni grafik taqdim etish usullarining majmui, foydalanuvchiga ular ichidan ahamiyatli ma’lumotni tezda ajratish imkonini beradi. " Ma’lumotlarni xavfsiz uzatish protokoli|"Amaliy darajada trafikni oxirgi shifrlash uchun foydalaniladigan protokol. " Ma’lumotlarni yuklash|"Ma’lumotlarni, ular tozalangandan keyin boshlang‘ich ma’lumotlar bazasidan ma’lumotlar bazasining yangi segmentiga (yoki boshqa xotira qurilmasiga) ko‘chirish. " Maʼlumotlarni zichlash samarasizligi|"O‘tkazish qobiliyatining, maʼlumotlar guruhli oqimini marshrutlash va aloqa uzellaridagi turli abonentlar maʼlumotlarini ajratish uchun zarur bo‘lgan xizmatga oid axborot bilan to‘ldirishga bog‘liq holda yo‘qolishi. " Ma’lumotlarni o‘rganish|"Ma’lumotlar omborlarini tahlil qilish texnologiyasi. Sun’iy intellekt usullariga va qarorlar qabul qilishni ta’minlash vositalariga asoslanadi. Jumladan, bunga ma’lumotlar o‘rtasida assotsiativ aloqadorlikni, ularning o‘zgarish trendlarini topish, ma’lumotlar turlarini aniqlash kiradi. " Ma’lumotlarni o‘zgartirish|"Boshlang‘ich ma’lumotlarni, ma’lumotlar ombori uchun belgilangan formatga o‘tkazish. " Ma’lumotlarni shifrlash|"Ma’lumotlarni, ularning yashirin uzatilishini ta’minlaydigan maxsus algoritmlardan foydalanib, qayta ishlash usuli. Axborotning o‘zgartirilishi kodlash birlik-lari, odatda, mazmunli so‘z yoki jumlalar bo‘lgan kriptografik usullardan farqli o‘laroq, bitlar yoki ularning ketma-ketligi darajasida amalga oshiriladi. " Ma’lumotlarni shifrlash algoritmi|"Axborotni taqdim etishning dastlabki shakli (ochiq matn)ni, qayta o‘zgartirish siriga ega ko‘rinishga (shifrlangan matn) aylantirish bo‘yicha, muhim o‘zgaruvchi (shifrlash kaliti)ga bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarning mazmuni va izchilligini belgilaydigan matematik qoidalar to‘plami. " Ma’lumotlarni shifrlash standarti|"Shifrlash va deshifrlashda keng qo‘llaniladigan yuqori darajadagi ishonchlilikka ega bo‘lgan algoritm. U.S.National Bureau of Standarts tomonidan ishlab chiqilgan. Ayni vaqtda Tripple DES uch karra uzunlikda shifrlash versiyasi ishlab chiqilgan. " Ma’lumotlarni chiqarib tashlash|"Belgilangan mezonlarga muvofiq, ma’lumotlar bazalaridan ma’lumotlarni avtomatik tarzda yoki qo‘lda chiqarib tashlash. " Ma’lumotlarni chiqarish|"Axborotni qayta ishlash tizimi yoki uning biror bir qismi yordamida ma’lumotlarni bu tizimdan yoki qismdan uzatish jarayoni. " Ma’lumotlarning analog shakli|"Ma’lumotlarni elektr kuchlanish yoki elektr toki kabi maʼlum diapazonda to‘xtovsiz o‘zgaruvchi fizik kattaliklar shaklida taqdim etish, saqlash va uzatish uslubi. " Ma’lumotlarning buzilishi|"Ma’lumotlar yaxlitligining tasodifan yoki qasddan buzilishi. " Ma’lumotlarning ishonchliligini tekshirish|"Ma’lumotlarning aniqligini, ularning to‘liqligini yoki berilgan mezonllarga mosligini aniqlash uchun qo‘llaniladigan jarayon. Izoh – Ma’lumotlarning ishonchliligini tekshirish ularning formatlarini va to‘liqligini tekshirish, kalitning nazorat testlari, to‘g‘riligini va cheklashlarni tekshirishdan iborat. " Maʼlumotlarning protokol bloki|"Paket yoki kadr turidagi vaqtinchalik blok, maʼlumotlar blokining yuqori pog‘ona protokollaridan quyi pog‘ona protokollari tomon harakatlanishda davriy o‘zgarishning uchinchi (oxirgi) fazasi. Maʼlumotlarning servis blokidan (ikkinchi faza) hamda PCI protokolining boshqaruvchi axboroti bo‘lgan sarlavhadan iborat. Quyi pog‘onasidagi ICI interfeysining boshqaruvchi axboroti qo‘shilishi natijasida, quyi pog‘ona bilan chegaralangan maʼlumotlarning interfeysli blokiga (quyi pog‘onasining birinchi fazasi) aylanadi. " Ma’lumotlarning mustaqilligi|"Ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimida – ma’lumotlarning, ular bilan ishlaydigan dasturlardan ajratilishi. Ma’lumotlardan foydalana olishlik darajasini oshiradi. Mantiqiy, fizik va fazoviy ma’lumotlar mustaqilligi farqlanadi. " Ma’lumotlarning sifati|"Ma’lumotlarning muayyan vazifalarni bajarish uchun yaroqliligini ta’minlovchi xossalari majmui. Aniqlik, to‘liqlik, adekvatlik, ziddiyatsizlik, muhofaza qilinganlik ma’lumotlarning sifat ko‘rsatgichlari hisoblanadi. " Ma’lumotlarning vizit bazasi|"Abonentlarning joylashgan o‘rni to‘g‘risidagi axborotning, ularning ko‘chib yurishini kuzatish imkonini beradigan qismi saqlanadigan ma’lumotlar bazasi. " Ma’lumotlarning xavfsizligi|"1. Ma’lumotlarga nisbatan qo‘llaniladigan kompyuter xavfsizligi. 2. Ma’lumotlarning, ma’lumotlar o‘zgartirilishiga, fosh bo‘lishi yoki buzilishiga olib keluvchi, ruxsat etilmagan ta’sirlardan (tasodifiy yoki qasddan) muhofaza qilinganligi. 3. Tizimning, qayta ishlanadigan va saqlanadigan axborotdan ruxsat etilmagan tarzda foydalanish yo‘lidagi urinishlarga qarshi tura olish xususiyati. " Ma’lumotlarning yaxlitligi|"1. Amalga oshiriladigan o‘zgartirishlardan qat’i nazar, ma’lumotlarning aniqlikni va zid kelmaslikni saqlash qobiliyati. 2. Ma’lumotlarni ruxsat etilmagan usulda o‘zgartirib, o‘rnini almashtirib yoki yo‘q qilish mumkin bo‘lmasligini kafolatlaydigan xususiyat. Izoh – Ma’lumotlarning yaxlitligi tizimning buzilishlarga chidamliligini va avtomatik tiklanishini ichiga oladi. " Ma’lumotlarning yaxshi saqlanganligi|"Axborot tizimining, o‘z hayotiy sikli mobaynida, ma’lumotlarning buzilmagan holda saqlanishini va ularning tasodifiy ravishda yo‘q qilinmasligini ta’minlash xususiyati. " Ma’lumotlarning o‘zgaruvchan oqimi|"ATM tarmoqlaridagi bu servis ikki turining umumiy nomlanishi. Bu rejimda o‘tkazish kengligiga bir necha kafolatlar beriladi: odatda minimal yoki o‘rtacha o‘tkazish polosasi kafolatlanadi. Real (rtVBR) va noreal vaqtdagi uzatishlar (nrtVBR) farqlanadi. " Ma’lumotlarning n-simvoli|"n-sanoq pozitsiyasi tizimida taqdim etilgan ma’lumotlarning simvollaridan biri. " Ma’lumotnoma|"1. Ma’lumotlar elementlari va ularning kompyuter xotirasida joylashishi o‘rtasidagi muvofiqlikni belgilaydigan havolalar to‘plami. 2. Oddiy kartochkalarni to‘ldirishda qo‘llaniladigan axborotni qayd etish uchun xizmat qiladigan maxsus kartochka. Odatda, tizimda ma’lumotlarning ma’lum turidagi yagona kartochkasi saqlanadi. " Ma’lumotnomalar va tasniflagichlar registri|"Elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishda va boshqa vazifalarni bajarishda davlat organlari axborot tizimlarining idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik vazifalarini hal qilish uchun, yagona talablar asosida dolzarb ma’lumotnomalar va tasniflagichlarni shakllantirish, saqlash, aktuallashtirish hamda taqdim etishni ta’minlaydigan davlat axborot tizimi. " Ma’muriy axborot tizimi|"Korxonalar, tashkilotlarning rahbarlari va ma’muriy xodimlar uchun mo‘ljallangan avtomatlashtirilgan axborot tizimi. " Maʼmuriy boshqaruv domeni|"X.400 xabarlarni boshqarish tizimida xizmatlar taqdim etadigan yuridik shaxs (Masalan, AQSHda MClmail va ATTmail, Buyuk Britaniyada British Telecom Gold400mail). " Ma’muriy domen|"Bitta tashkilot tomonidan boshqariladigan serverlar, marshrutizatorlar va tarmoqlar guruhi. " Ma’muriy funksiya|"Ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajariladigan davlat funksiyasi. " Maʼmuriy muhofaza choralari|"Xavfsizlik siyosatini ishlab chiqish va uni yurgizish choralari. U muhofaza to‘g‘risidagi hujjatlar talablariga ko‘ra faoliyat doiralarida (masalan, xavfsizlik siyosati va uni yurgizish bo‘yicha hujjatlar yuritish, obyekt joylashish joyini tanlash, nazorat qilinadigan (tekshiriladigan) zonani tashkil qilish, turli tashuvchilardagi muhofaza qilish lozim bo‘lgan maʼlumotlarga ega hujjatlarni qayd qilish, saqlash va aylanish qoidalarini bajarish va h.k. " Ma’muriy hisobga olish|"Davlat tomonidan hisobga olish turi, uning ma’lumotlarining o‘zgarishi jismoniy yoki yuridik shaxs huquqlari yoki majburiyatlarining yuzaga kelishiga, o‘zgarishiga yoki tugatilishiga olib keladi yoxud jismoniy yoki yuridik shaxs huquqlari yoki majburiyatlari yuzaga kelishining, o‘zgarishining yoki tugatilishining oqibati hisoblanadi. " Ma’muriy protsedura|"Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan funksiyalari hamda vazifalarini bajarishlari uchun amalga oshiriladigan jarayonlar majmui. " Ma’muriy reglament|"Davlat funksiyasini bajarish chog‘ida, ijro etuvchi hokimiyat va/yoki mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organining ma’muriy protseduralari va harakatlarining izchilligini va muddatlarini, uning tuzilmaviy bo‘linmalari bilan mansabdor shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik tartibini, shuningdek, ijro etuvchi hokimiyat va/yoki mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organining jismoniy yoki yuridik shaxslar bilan, davlat hokimiyat va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishning boshqa organlari, tashkilotlar va muassasalar bilan o‘zaro hamkorligini belgilaydigan normativ-huquqiy hujjat. " Ma’muriy xabarlar|"Serverga yoki resurslardan foydalanishga taalluqli bo‘lgan xabarlar. Ular foydalanuvchilarni xavfsizlik va foydalanishni boshqarish tizimida, foydalanuvchilar seanslarida, ta’minotni boshqarish tizimida yuz berayotgan voqealar to‘g‘risida, katalogni replikatsiya qilish va bosishda xabardor qiladi. Kompyuter xabarni qabul qilganda, kompyuterlar va foydalanuvchilarning oldindan belgilangan ro‘yxati bo‘yicha bu xabar jo‘natiladi. " Ma’muriy xavfsizlik|"Kompyuter xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan ma’muriy chora-tadbirlar. Operatsion protseduralar va hisob berish protseduralari, xavfsizlik buzilishlarini tekshirish hamda audit jurnallarini tahlil qilish protseduralari shunday chora-tadbirlar hisoblanadi. " MBBT-ilova|"Foydalanuvchining ma’lumotlar bazasi ma’lumotlaridan foydalana olishini ta’minlaydigan dastur. Ma’lumotlarni kiritish, so‘rovlar va hisobotlar shaklida amalga oshiriladi. " «M» belgili qop|"Bir jo‘natuvchi tomonidan bitta adresatga yuboriladigan bosma nashrlar (davriy nashrlar, kitoblar va sh.k.) solingan xalqaro pochta jo‘natmasi turi (maxsus qop). " Media|"1. Ommaviy axborot vositalari (OAB). Maʼlum axborotni ko‘p abonentlarga uzatish vositasi. 2. Informatikada «media» so‘zi turli moddalarni – qog‘oz, optik disk, magnit disk, magnit tasmalarni bildiradi. " Mediaprotsessor|"Oqimli video va/yoki audio axborotni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan, bir kristalli multiprotsessor. " Mediashlyuz kontrolleri|"Mediashlyuzdagi media kanallar uchun ulanishni boshqarishga taalluqli bo‘lgan faqat chaqiruv holatining qismlarini nazorat qiladi. " Megabayt (Mbyte)|"Xotira hajmini yoki ma’lumotlar miqdorining o‘lchov birligi. 220 = 1048576 byte ga teng. " Megapiksel|"Tasvirni shakllantiradigan bir million piksellar. Raqamli foto- va videokameralarning eng muhim xarakteristikalaridan biri, yaʼni matritsaning ajrata olish qobiliyati, megapikselda o‘lchanadi. Shuningdek, yaratilgan yoki skanlangan tasvirning kattaligini ham maʼlum tasvirning kattaligi bilan solishtirish uchun megapikselda o‘lchanadi. " Megauya|"Uyali aloqa tarmog‘idagi, harakat radiusi (100−500) km bo‘lgan qoplash zonasi. " Mehmonlar kitobi|"Saytga tashrif buyuruvchilar bilan teskari aloqa vositasi. Sahifa mazmuni to‘g‘risida o‘z fikringizni yozib jo‘natish mumkin bo‘lgan forma. Foydalanuvchi mehmonlar kitobida formani to‘ldirgandan keyin uning fikri saytda chop etiladi. " «Men seni izlayman»|"Internetda sherik izlash va ular bilan real vaqtda xat orqali muloqot qilish imkonini beradigan interaktiv muloqot tizimi. Hozirgi vaqtda America Online korporatsiyasiga tegishli bo‘lgan Mirabilis kompaniyasining mahsuloti. " Menejer|"Obyektni boshqarish vazifalarini bajaruvchi inson, qurilma yoki dastur. Boshqaruv obyekti tarmoq, katta tarmoqning qismi, tizim, maʼlumotlar banki va h.k. bo‘lishi mumkin. " Menejment|"1. Kerakli natijalarga erishish maqsadida insonlar va obyektlarga taʼsir o‘tkazish. Avtomatika, informatika, texnologik jarayonlarda boshqaruv obyektlarga, ularning faoliyatini taʼminlash uchun maqsadli taʼsir ko‘rsatishni taʼminlaydi. U asosan qurilmalar va amaliy dasturlar majmui tomonidan amalga oshiriladi. Shu bilan birga, boshqaruvda xodimlar ham ishtirok etishi mumkin. Jamiyatlarning axborot faoliyatini boshqarishning usullari va vositalari axborot menejmenti deyiladi. 2. Maqsadga qaratilgan jami harakatlar. Bunga ahvol va boshqaruv obyektining holatini baholash, boshqaruv taʼsirlarini tanlash va amalga oshirish ham kiradi. " Menyu|"Dastur ekranga chiqaradigan komandalar yoki javoblar ro‘yxati. Menyuda tanlash «sichqoncha» kursori bilan, unda belgilangan harfni klaviaturadan bosib yoki kursorni harakatlantirish yordamida amalga oshiriladi. Menyular ekranga kiritilgan bo‘lishi mumkin va tashkil qilish usuli bo‘yicha hamda ekranda ko‘rinishi bo‘yicha farqlanadi. " Menyu komandasi|"Dastur bilan ishlaganda uning menyusidagi biror bir punktni chaqirish uchun ishlatiladigan tezkor klavishlar birikmasi bo‘lib, qulaylik uchun yaratilgan. Masalan, ochish ‒ Ctrl+O, saqlash – Ctrl+S va hokazo. " Menyu qatori|"Oynaning yuqori qismida joylashgan, aktiv dasturda foydalanish mumkin bo‘lgan, tanlash elementlari (menyu punktlari) dan iborat bo‘lgan, gorizontal yo‘lak. " Menyu tarkibiy qismi|"Menyu punktidagi dastur bilan ishlash uchun kira olish mumkin bo‘lgan komandalar. Masalan, «fayl» menyusida ochish, saqlash, yopish va h.k. qismlar bor. " Menyu tugmasi|"Bosh menyudagi tugma, dastur oynasi bilan ishlanganda asosiy amalni bajaradi. " Merkl «daraxti»|"Bir martali signaturalar va xesh-funksiyaga asoslanadigan raqamli imzo sxemasi. Bir martali imzolar sxemasidagi kamchiliklarni bartaraf qilish uchun qo‘llaniladi. Har bir yangi xabar uchun kalit juftini generatsiyalashdan voz kechish imkonini beradi. " Merkl sharadasi|"Kalitlarni taqsimlash algoritmi. Shifrlash uchun foydalaniladigan maxfiy kalitni, sharadalarning katta to‘plamida uni yashirgan holda, uzatishda qo‘llaniladi. " Metabilim|"O‘zining bilimlar bazasida saqlanadigan bilimlar to‘g‘risida yoki bazada saqlanadigan bilimlar orqali bajarilishi mumkin bo‘lgan protseduralar to‘g‘risidagi intellektual tizimni bilish. Metabilimlarni kiritish rekursiv jarayondir. Metabilim tabiiy tildagi matnlarda: «Men Ivanov suzolmasligini bilaman» yoki «Sidorov Petrov algebrani bilmaydi deb taxmin qilgan» kabi iboralar bilan kiritiladi. " Metafayl|"Grafik elementlar tegishli parametrlarga ega grafik komandalar ko‘rinishida tavsiflanadigan yozuvlarni ichiga olgan oddiy fayl. Metafayl ikkilik kodda taqdim etiladi. " Metaizlash|"Bir vaqtning o‘zida bir necha izlash tizimidan foydalangan holda Internetda izlash. " Metaizlash mexanizmi|"Boshqa izlash tizimlariga so‘rov berib, ularning barchasidan olingan natijalarni umumlashti-ruvchi izlash tizimi. Aslida, foydalanuvchi izlashni maqbullashtirish uchun bitta izlash tizimi-dan foydalanish bilan cheklanib qolmasdan ko‘p izlash tizimlaridan foydalanadi. Metaizlash tizimlari misoli sifatida Dogpile, CurryGuide, Excite, Fazzle larni ko‘rsatish mumkin. " Metakompyuting|"Kompyuter tarmoqlaridan milliy va jahon miqyosidagi taqsimlangan hisoblash tizimini yaratish uchun foydalanish. Metakompyuting maqsadi hududiy taqsimlangan va Internetga ulangan yuqori quvvatli kompyuter va chekka qurilmalarini xohlagan shaxsiy kompyuter yoki ishchi stansiyasidan foydalanish mumkin bo‘lgan, foydalanuvchi va dasturlashtiruvchilar uchun yagona hisoblash muhiti bo‘lgan o‘ta kuchli kompyuter yoki metakompyuterga aylantirish imkonini beruvchi dasturiy taʼminotni yaratishdir. Bunda foydalanuvchi bitta, biroq stolida turgan mashinadan anchagina katta mashina bilan ishlash tasavvuriga ega bo‘ladi. " Metama’lumotlar|"Boshqa ma’lumotlarni aniqlaydigan va tavsiflaydigan ma’lumotlar. " Metasimvollar|"Fayllar nomlarining maskalarini yaratish uchun foydalaniladigan * va ? simvollari. «?» simvoli har qanday yakka simvolga to‘g‘ri keladi, «*» simvoli esa, nolga yoki simvollarning katta soniga to‘g‘ri keladi. " Metatarmoq|"O‘zaro aloqada bo‘lgan hududiy tarmoqlardan iborat bo‘lgan global tarmoq. " Metatarmoq|"O‘zaro aloqada bo‘lgan hududiy tarmoqlardan iborat bo‘lgan global tarmoq. " Metatil|"Dasturlash tillarini tavsiflash tili. " Meteor aloqasi|"Signalning meteoritlarning ionlashgan izlaridan qaytishiga asoslangan maʼlumotlarni uzatish texnologiyasi. Ushbu kanaldan foydalanishning iqtisodiy manfaatlardan kelib chiqqan holda (bepul «yo‘ldosh»), maʼlumotlarni uzatishning kerakli sifatini taʼminlash uchun maxsus choralar ko‘rilmoqda. Birinchidan, meteor kanallaridan diskret signallar uzatiladi. Ikkinchidan, kodlaganda xatolarni to‘g‘rilovchi maxsus kodlar ishlatiladi. Meteor aloqasi uzoqligi 1000 kmgacha yetib boradi. Meteor aloqasi katta mablag‘ talab qilmasdan, yo‘ldosh tarmog‘idan uch baravar arzondir. " Metrli toʻlqinlar|"To‘lqin uzunligi 1 m dan 10 m (chastotasi 30 MHz dan 300 MHz) gacha bo‘lgan radioto‘lqinlar. " «Mexanik» rouming|"Rouming davrida abonent (roumer) xizmat ko‘rsatuvchi operatordan boshqa abonent raqamini oladigan va o‘zining uyali raqami bo‘yicha mahalliy operatorga taalluqli kiruvchi chaqiruvlarni qabul qilish imkoniga ega bo‘lmaydigan rouming xizmati. " Meynfreym|"Ma’lumotlar juda katta tezlikda qayta ishlanishini ta’minlaydigan, juda katta hajmdagi xotiraga ega bo‘lgan, katta o‘lchamdagi hisoblash mashinalari. Juda yirik tijorat va ilmiy ilovalar uchun foydalaniladi. " Meʼyorlik|"Obyektni uning normativ-texnik hujjatlariga mos kelishi. Obyekt sifatida tizim, stansiya, dastur, funksional blok bo‘lishi mumkin. U qurilma shaklida yaratilgan bo‘lishi yoki, dasturlar majmui shaklida taqdim etilishi mumkin. " Mijoz|"1. dastur yoki kompyuterdan xizmatlar, resurslar, ma’lumotlar yoki qayta ishlashni so‘raydigan foydalanuvchi, kompyuter yoki boshqa dastur. 2. Server deb ataladigan boshqa bir dasturning muayyan xizmatlaridan foydalanadigan dastur. 3. Mijoz-dastur bajariladigan kompyuter. 4. Muayyan vazifalarni bajarish uchun serverlar deb ataladigan boshqa tizimlarga (yoki dasturlarga) so‘rov yuboradigan tizim (yoki dastur). Izoh – Serverlar va mijozlar maxsus protokollar orqali birgalikda ishlaydi va turli toifadagi kompyuterlarni ifodalaydigan tarmoqning turli uzellarida ishlashlari mumkin. " Mijoz dasturiy ta’minoti|"Oxirgi foydalanuvchiga tarmoq ilovasi bilan ishlash imkonini beradigan dasturiy ta’minot. " Mijoz ilova|"Kompyuterga o‘rnatilgan, lekin uzoqdagi server bilan ishlash imkoniyati bo‘lgan dastur. " Mijoz qurilmasi|"Simsiz tarmoq dasturini qo‘llash imkonini beradigan foydalanuvchi interfeysiga ega bo‘lgan apparat ta’minoti. Izoh − Mijoz qurilmasi – kompyuter qurilmasining boshqa bir nomidir. " Mijoz-server|"1. Xizmatlarni tavsiflashning umumiy usuli va bu xizmatlar uchun foydalanuvchi jarayonlarining (dasturlarining) modeli. Izoh – Vazifani bajarish ikki qismga ajratiladi oxirgi foydalanuvchi rasmiy talablarining tizim (mijoz qismi) tomonidan so‘ralishi va server qismning (resurslar omborining) ularga javobi. 2. Mijozlar, serverlar va umuman, tarmoq yig‘indisi. " Mijoz-server arxitekturasi|"Ma’lumotlarning katta qismi serverda saqlanib, qayta ishlanayotgan paytdagi dasturiy mahsulotlarni realizatsiya qilish usuli. Mijoz kompyuterlari sifatida kam quvvatli mashinalar qo‘llanilayotganda yoki ma’lumotlarni markazlashtirilgan tarzda saqlash (har bir xodim foydalana olishi uchun) zarur bo‘lganda qo‘llaniladi. " «Mijoz-server» arxitekturasining ma’lumotlar bazasi|"Saqlash va olib borish funksiyalari, baza bir kompyuterda (serverda) saqlanishi, foydalanuvchi esa, boshqa bir mashinaga (mijozga) egaligi sababli, jismonan ajratilgan ma’lumotlar bazasi. Ma’lumotlar bazasi va foydalanuvchi aloqa kanallari bilan bog‘langan. " Mijoz-server munosabati|"Mijozning daraja tarmog‘ida ma’lumotlarni uzatish kanalini serverning daraja tarmog‘i trakti yordamida ushlab turishga imkon beruvchi «adaptatsiya» funksiyasi yordamida amalga oshriladigan daraja tarmoqlari o‘rtasidagi aloqa. " Mijoz terminal|"Hisoblash resurslari cheklangan tarmoq kompyuteri. " Mijoz tomonidagi dastur|"Internetda serverda bajarilmay, mijoz kompyuterida bajariluvchi dastur. " Mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni boshqarish|"Axborot texnologiyalaridan foydalanish asosida mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni boshqarish. Izoh – Mijozlar bilan o‘zaro hamkorlikning barcha faktlari to‘g‘risidagi axborotning yagona ombori mavjudligini, tashkilot faoliyatining samaradorligini oshirishga va buyurtmachilarni saqlab qolish dasturlarini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan qarorlarni tayyorlash maqsadida, to‘plangan axborotni doimo tahlil qilib borilishini o‘z ichiga oladi. " Mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni boshqarish tizimi|"Buyurtmachilar (mijozlar) bilan hamkorlik strategiyalarini avtomatlashtirish, xususan, sotuvlar darajasini oshirish, mijozlar to‘g‘risidagi axborotni, ular bilan o‘zaro munosabatlar tarixini saqlash yo‘li bilan, marketingni optimallash va mijozlarga xizmat ko‘rsatilishini yaxshilash, biznes-jarayonlarni aniqlash va ularni yaxshilash hamda keyinchalik natijalarni tahlil qilish uchun mo‘ljallangan, tashkilotlar uchun amaliy dasturiy ta’minot. " Mikrodastur|"Maxsus xotirada saqlanadigan, bajarilishi komandalar registriga kiritilgan ishga tushirish komandasi orqali bo‘ladigan, elementar komandalar ketma-ketligi. " Mikrodasturiy boshqarish bloki|"Tegishli qurilmalarni boshqarish uchun mikrodastur yozilgan mikrosxema. " Mikrodasturlash|"Komandalarni bajarishda protsessor elementar qadamlarining tavsifi. Mikrodasturlash asosi mikrodasturdir. Protsessor boshqaruvining deyarli barcha bloklari mikrodasturlashtiriladi. Bu protsessorlarni loyihalash osonligini taʼminlaydi va xotira tarkibini oddiy o‘zgartirish orqali boshqaruv vazifalarini o‘zgartirish imkonini beradi. " Mikroelektronika|"Elektronikaning XX asrning 60-yillarida paydo bo‘lgan va mayda shakldagi elektron qurilmalarni yaratish muammosini o‘rganuvchi sohasi. Mikroelektronikada elektr, konstruktiv va texnologik maʼnoda bog‘liq bo‘lgan yarimo‘tkazgichlar xususiyatlaridan foydalaniladi. Ushbu jarayonda tarkibiy qismlar bir butunga birlashtirilib, integral sxemani tashkil qiladi. " Mikrofon|"Tovushni elektr signaliga aylantirilishini taʼminlovchi qurilma. Mikrofon tovushni tizim va axborot tarmog‘iga kiritish uchun mo‘ljallangan. Tovush tebranishlari uzluksiz shaklga ega bo‘lgani tufayli mikrofonning analog signali analog-raqamli o‘girilishda qatnashadi. Ish prinsipi bo‘yicha ko‘mir, elektrodinamik, elektrostatik va pyezoelektrik mikrofonlar farqlanadi. Mikrofonlar asta-sekin klaviatura o‘rnini bosyapti. Bunga nutqni tushunish muvaffaqiyatlari tufayli erishiladi. Birinchi navbatda, bu ishlab chiqarishni boshqarish va taʼminlash sohalarida ro‘y bermoqda. " Mikrointerval|"Matnni to‘g‘rilash uchun, simvollar orasidagi masofaga qo‘shiladigan, o‘zgaruvchan uzunlikdagi interval. " Mikrokalkulyator|"O‘ta ixcham mikrokompyuter. Nisbatan oddiy muhandislik, iqtisodiy va boshqa hisoblashlar uchun mo‘ljallangan. Dasturlashtiriladigan kalkulyatorlar keng tarqalgan. Murakkab bo‘lmagan dasturni kiritish orqali mutaxassis bunday mikrokalkulyatorda tenglamalarni yechishi, formulalar bo‘yicha hisoblashlar qilishi mumkin. " Mikrokomanda|"Mikrokod komandalari to‘plamidan iborat komanda. Mikrokomandalar o‘ta tez xotirada joylashtiriladi va registrlarning alohida razryadlari va protsessorning boshqa qurilmalari darajasida ishlaydi. " Mikrokompyuter|"Mikroprotsessor asosidagi kompyuter. " Mikrokontroller|"Texnologik jarayonlarni, periferik, kommunikatsion qurilmalarni boshqarish tizimlari uchun maxsus ishlab chiqilgan, bir kristalli mikroprotsessor. " Mikro (mikroskopik) yoyish|"To‘lqin uzunligiga teng yoki undan kichik kattalikdagi chastotaviy, vaqt bo‘yicha yoki fazoviy tarqoqlikdan foydalanishga asoslangan yoyish usuli. Izoh − Mikroyoyishdan keladigan yutuq signallarni qayta ishlash usullari (avtotanlov bilan qabul qilish, signal/ shovqin nisbatini maksimumga ko‘ra joylashtirish, RAKE qabul qilgichlarni qo‘llash)ga bog‘liq bo‘ladi. " Mikropolosali antennalar|"Mikropolosali uzatish liniyalarining boʻlaklari asosida tuzilgan antennalar. " Mikroprotsessor|"Ma’lumotlar qayta ishlanishini va bu jarayon boshqarilishini amalga oshiradigan, bitta yoki bir nechta katta integral sxema asosida qilingan qurilma. Mikrokompyuterli tizimlarning asosiy komponentlaridan biri. " Mikroprotsessor yadrosi|"Mikroprotsessorning boshqarish bloki bo‘lmagan qismi. " Mikrosayt|"Minisayt deb ham nomlanadigan mikrosayt – bu veb-saytning bosh sahifadan tashqari alohida URLra ega bo‘lgan va axborotni taqdim etish va/yoki bosh sahifaga bog‘liq bo‘lgan nimanidir reklama qilish uchun foydalaniladigan alohida sahifasi. Masalan, muzey veb-sayti u yerda o‘tkazilayotgan maxsus ko‘rgazma to‘g‘risida axborotdan iborat mikrosaytga murojaatga ega bo‘lishi mumkin, yoki kompyuter ishlab chiqaruvchisi foydalanuvchiga yangi mahsulot to‘g‘risida axborot berish uchun mikrosayt yaratishi mumkin. Mikrosaytlar odatda reklama kampaniyasi tugagach yoki axborot ahamiyatsiz bo‘lib qolganda veb-serverlaridan olinadigan vaqtinchalik veb-saytlardir. " Mikrosxema|"Elementlari konstruktiv va texnologik ravishda birlashtirilgan mayda elektron qurilma. " Mikrouya|"Odatda, 100 m dan 1000 m gacha bo‘lgan kichik radiusli ta’sir doirasiga ega uyali aloqa tarmog‘ining xizmat ko‘rsatish sohasi, kanallarning yuqori o‘tkazuvchanlik qobiliyati bilan tavsiflanadi. " Mikrouyali radiotarmoq|"Kichik o‘lchamdagi uyali aloqa. " Mikrouyali tizim|"Mikrouyali topologiyaga ega tizim bo‘lib, odatda, 10000 Erl/km2 gacha bo‘lgan yuqori zichlikdagi trafikli hududlarda ishga tushiriladi. " Mikrouyali tuzilmaga ega tarmoq|"Cheklangan hududda joylashgan ko‘p sonli tayanch stansiyalarga ega tarmoq. " Mikroyadro|"Operatsion tizimni ishlab chiqish prinsipi. Modullarning maksimal mumkin bo‘lgan sonini tizimlidan foydalanuvchi «fazosiga» o‘tkazish, ya’ni operatsion tizim shunday ishlab chiqiladiki, uning ko‘pchilik modullari foydalanuvchi rejimida bajariladi, yadro o‘lchami esa ixchamlashtiriladi. " Mikroyadro bazasidagi operatsion tizim|"Yuqori darajadagi operatsion tizimlarning funksiyalarini foydalanish rejimidagi maxsus komponentlar – operatsion tizim-serverlarlar bajarayotgan vaqtda, apparaturani boshqarish bo‘yicha faqat minimum funksiyalarni bajaradigan operatsion tizim. " Mikrochip|"Qar.: Integral mikrosxema. " Miksher|"Dasturiy signallarni mikshirlash uchun mo‘ljallangan uskuna. Misol – Tovushli miksher, videomiksher. " Mikshirlash pulti|"Dastur signallarini mikshirlash uchun zarur bo‘lgan barcha boshqaruv va nazorat organlari jamlangan pult. " Millimetrli toʻlqinlar|"Toʻlqin uzunliklari 0,01 m dan 0,001 m gacha, chastotalar diapazoni esa 30 GHz dan 300 GHz gacha boʻlgan toʻlqinlar. " Milliy aloqa tarmog‘i|"Muayyan mamlakatning, ushbu mamlakat ichidagi abonentlar o‘rtasida aloqani va xalqaro tarmoqqa chiqishni taʼminlovchi aloqa tarmog‘i. " Milliy operator xizmatchilarining ko‘krak nishoni|"Xodimlarning milliy operatorga taalluqliligini ko‘rsatuvchi formali kiyim-boshdagi rasmiy belgi. " Milliy operator xodimlarining formali kiyim-boshi|"Xizmat vazifalarini bajarishda milliy operator xodimlarining kiyib yurishlari uchun mo‘ljallangan, belgilangan namunadagi kiyim-bosh komplekti to‘plami. " Milliy yo‘ldosh|"Bir mamlakat doirasida aloqa yoki teleradioeshittirish xizmatlarini ko‘rsatuvchi yo‘ldosh. " Miltillash|"Biror hodisaga diqqatni tortish usuli. Xabar sarlavhasi muhim vaziyatlarda o‘zining ran-gini o‘zgartiradi (miltillaydi). " Miltillashning kritik chastotasi|"Bir sekundda ikki turli xil qo‘zg‘atgich (qo‘zg‘atgichlar chastotasi yoki davriy o‘zgaruvchi qo‘zg‘atgich chastotasi) navbatlashuvining minimal soni. " Mini blok|"Pochta markalarining to‘plami bosilgan yoki aynan bir pochta markasi takrorlanadigan pochta markalari varag‘i. " Miniatyura|"Grafik obyekt, shuningdek, vyorstkalanadigan hujjatning kichraytirilgan va soddalashtirilgan nusxasi (odatda alohida kichik oynada). " Minikompyuter|"Maʼlumotlarni qayta ishlash imkoniyatlari cheklangan kompyuter. Minikompyuterlar 1960-yillarning oxirida paydo bo‘lgan. Asosiy kompyuterga qaraganda minikompyuter uzunligi kamroq bo‘lgan so‘zlar bilan ishlaydi, cheklangan tezkor xotira va nisbatan katta bo‘lmagan tezlikka ega. Shuning uchun minikompyuterlar asosiy kompyuterga qaraganda oddiyroq vazifalarni bajarish uchun qo‘llaniladi. Biroq, asosiy kompyuter bilan solishtirganda minikompyuter kichikroq hajmga ega, hamda foydalanilishi osonroq. «Minikompyuter» atamasi shaxsiy kompyuterlar yaratilishidan oldin paydo bo‘lgan. " Minimal mumkin bo‘lgan javob vaqti|"Tizim ortib ketishi fojiali oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan axborotni datchiklardan, foydalanuvchidan yoki tarmoqdan olib qayta ishlashi davomidagi interval. " Minimal oraliqli kod|"Ortiqcha kod, unda yo‘l qo‘yiladigan bir qiymatdan keyingisiga o‘tish kodli kombinatsiyadagi minimal o‘zgarish bilan boradi. Uzatiladigan ma’lumotlarda faqat yakka xatolarni aniqlash imkonini beradi. " Minimal ortiqchalikka ega kod|"Qoidaga ko‘ra, bunda Xaffman protsedurasi bo‘yicha tuzilgan kod tushuniladi. Umumiy holda kodli so‘zning o‘rtacha uzunligi nuqtai nazaridan qaraganda «optimal» kod, kodlashni amalga oshirishning murakkabligi ko‘rib chiqilmaydi. " Minimumga keltirish|"Foydalanuvchining grafik interfeysida ‒ dasturni to‘xtatmasdan, uni piktogramma oynasiga aylantiruvchi opsiya. Izoh ‒ Windowsning oxirgi versiyalarida bu oynaning nomi vazifalar panelida oynaning pastida paydo bo‘ladi. Bu nomni bosish vazifani qayta aktivlashtiradi. " Miniplata|"Kompyuter imkoniyatlarini kengaytiradigan mayda xotira qurilmasi. Miniplatalar turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilib qattiq disk yoki flesh-xotira qurilmalari vazifalarini bajaradi. " Minislot|"TDMA kadridagi vaqt intervalining bir qismi bo‘lib, u turli abonentlarning axborotini uzatish uchun ishlatilishi mumkin. " Mintaqaviy tarmoq|"Geografik tarqoq yirik tarmoq bo‘lib, u turli joylardagi kompyuterlarni kommunikatsiya vositalari bilan yagona yaxlit tarmoqqa birlashtiradi. Bitta tumanda ko‘plab binolarni qamrab olishi ham, davlat chegarasidan tashqariga chiqishi ham mumkin. Bir biri bilan bog‘langan bir nechta taqsimlangan, mintaqaviy tarmoq deyish o‘rniga, ko‘pincha intertarmoq yoki tarmoqlar majmui deb ataladi. " Miriametrli to‘lqinlar|"Uzunligi 10 km dan 100 km gacha bo‘lgan radioto‘lqinlar. " Mis kabel bo‘ylab taqsimlangan interfeys|"Kabelli tizimlar uchun, ekranlangan yoki ekranlanmagan o‘ralgan juftlar asosida FDDI standartining modifikatsiyasi. Ushbu texnologiya kabel tizimini installyatsiya qilish jarayonini ancha soddalashtiradi va arzonlashtiradi, biroq, o‘ralgan juftlardan foydalanilayotganda, stansiyalar o‘rtasidagi maksimal masofa cheklanadi. U 100 metrdan oshmasligi kerak. " Mnemonika|"Qisqa va osonlik bilan eslanadigan so‘z yoki qisqartma. U inson va kompyuter muloqotida komanda sifatida ishlatiladi. Masalan, «Ctrl» tugmasi kompyuterning baʼzi operatsiyalarini boshqaradi. Bu yerda «Ctrl» – mnemonika, «Control» so‘zining qisqartmasi. " Mobil abonent|"Yer usti yoki yo‘ldoshli aloqaning harakatlana turib ishlaydigan har qanday abonenti. Odatda, u muayyan xizmat ko‘rsatish zonasida qayd etilgan bo‘lib, shu hududda erkin ko‘chib yurishi va boshqa abonentlar bilan aloqa o‘rnatishi mumkin. " Mobil abonent joylashgan yer registri|"Mobil aloqa tarmog‘ining ma’lumotlar bazasi, unda abonentlarning ko‘chib yurishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar saqlanadi. Har bir tayanch stansiyada o‘zining zonasi va «begona» zonalarning abonentlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni saqlaydigan registr (VLR) bo‘ladi. Yig‘ilgan axborot vaqtincha, ya’ni abonent aniq geografik zonada qayd etilgan vaqt davomida saqlanadi. Abonent bir zonadan boshqasiga ko‘chib o‘tganida, u joylashgan yer to‘g‘risidagi ma’lumotlar avtomatik ravishda yangilanadi. " Mobil abonentning identifikatsiya raqami|"IMSI mobil stansiya xalqaro identifikatsiya raqamining ma’lum pozitsiyalarida yozib qo‘yilgan, 10 ta sondan iborat raqam. " Mobil abonentning xalqaro telefon raqami|"Uchinchi avlod mobil aloqa tarmoqlarida abonentni chaqirish uchun foydalaniladigan raqam. " Mobil agent|"Maʼlumotlar bazalari bo‘ylab axborot izlash maqsadida «o‘rmalovchi» dastur. Mobil agent izlashni amalga oshirish lozim bo‘lgan maʼlumotlar bazasiga ega tizimga o‘tadi. O‘rgimchak deb ham nomlanuvchi mobil agent faqat nimadir topilganda va o‘z foydalanuvchisiga topilganni berish lozim bo‘lganda tarmoqqa murojaat qiladi. Bitta tizim bazasida izlashdan keyin mobil agent boshqa abonent tizimiga o‘tib, u yerda izlashni davom ettirishi mumkin. Mobil agentlar global bog‘lanish xizmatida ayniqsa keng tarqalgan. Bu yerda mobil agentlardan foydalanish kerakli axborotni topish tezligini ancha oshiradi. Robotlar deb ham nomlanuvchi agentlar deyarli to‘xtovsiz bog‘lamalar bo‘ylab «o‘rmalab», ular tarkibini so‘raydi va ularda mavjud axborotni tahlil qiladi. " Mobil aloqa avlodlari|"Simsiz mobil aloqa tizimlarining rivojlanib borishini aks ettiruvchi avlodlar. 1G mobil kommunikatsiya tizimlari faqat ovozni uzatish uchun mo‘ljallangan edi. 1G analog standartlari – AMPS, TACS va NMT o‘tgan asrning 70-yillari oxiri va 80-yillarining boshida ishlab chiqilgan edi. 2G 90-yillarda tarqala boshladi. Signallarni raqamli kodlashdan foydalaniladigan asosiy standartlar GSM, TDMA hamda CDMA lardir. GSM tarmoqlari taqdim etadigan qisqa SMS xabarlarni jo‘natish xizmatidan tashqari, 2G ovozni uzatish uchun qo‘llaniladi. Asta-sekin foydalanishga, elektron pochta va Internet bilan mobil ishlash imkoniyatini beruvchi, oraliq avlod deb ataluvchi 2,5G yoki 2G+ mobil standartlar joriy qilinmoqda. Asosiy standartlari – GPRS paketli uzatishni GSM uchun kengaytirish, oshirilgan ma’lumotlar uzatish tezligiga ega GSM va TDMA (EDGE) modifikatsiyalari, shuningdek, modifikatsiyalangan CDMA (IS-95B i HDR). 3G (3 Generation) mobil aloqa tizimlarining yangi 3-avlodi. Radiokirish (foydalanish) tarmog‘ining bu avlodi yuqori mobil (harakatlanish tezligi 120 km/h gacha), abonentlar uchun 144 Kbit/s gacha tezlik bilan, mobilligi past bo‘lgan abonentlar uchun (tezlik 3 km/h gacha) 384 Kbit/s va 2,048 Mbit/s tezlik bilan axborot almashishni ta’minlaydi. 4G – mobil aloqa tizimlarining, ma’lumotlar uzatish tezligi yuqori bo‘lishi va ovozli aloqa sifati oshirilganligi bilan farq qiladigan yangi avlodidir. 4-avlodga 100 Mbit/s dan yuqori tezlik bilan axborot almashishni ta’minlaydigan texnologiyalar kiradi. Wi-Fi va WiMAX 4 G texnologiyalarga misol bo‘ladi. Soni uncha katta bo‘lmagan, 4G tarmoqlar bilan ishlashi mumkin bo‘lgan kam sonli apparatlarning energiya iste’molining yuqoriligi bu texnologiyaning kamchiligidir. " Mobil aloqa kommutatsiya markazi|"Telekommunikatsiyalar tarmog‘i ichida mobil abonentlarning bog‘lanishini va ularning statsionar tarmoqlar bilan birgalikda ishlay olishini taʼminlaydigan kommutatsiya stansiyasi. " Mobil aloqa operatori|"Mobil aloqa tarmog‘iga ega bo‘lgan, uning qurilishi, ishlashi, rivojlanishini taʼminlovchi va litsenziyaga asosan mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs. " Mobil aloqa tarmoqlarining kengaytirilgan mantig‘i uchun mo‘ljallangan dasturlar|"GSM tarmog‘ining funksiyasi. Intellektual funksionallikni qo‘shgan holda, tarmoq imkoniyatlarini kengaytirish imkonini beradi. Undan tayanch stansiyada foydalanuvchilar qiladigan qo‘ng‘iroqlarni kuzatib borish va nazorat qilish imkoni bo‘lgan holda, rouming vaqtida foydalaniladi. Izoh − Bu funksiya teriladigan raqamlarni chaqiruvni sozlash jarayonida o‘zgartirish, chaqiruvga javobni va so‘zlashuv tugallanishini kuzatib borish imkonini beradi. Bundan tashqari, rouming xizmatlariga oldindan haq to‘lanishini, ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishning nazorat qilinishini, maxsus raqamlar (masalan, ovozli pochtani chaqirish uchun hamma joyda 123 raqamini terish mumkin) va foydalanuvchilarning yopiq guruhi raqamlari terilishini ta’minlaydi. CAMEL uchta bosqichda standartlashtirilgan, ulardan birinchisi foydalanishga topshirilmoqda. " Mobil banking|"Bank hisob raqamidan simsiz foydalanish texnologiyasidan (WAP protokoli) foydalangan holda mobil telefon yoki portativ kompyuter (PDA) yordamida boshqarish. " Mobil Internet|"WAP protokoli asosida Internetdan simsiz foydalanish texnologiyasi. Mobil aloqa tarmoqlarida so‘rovlarni uzatish transporti GPRS ma’lumotlarni paketli uzatish xizmati yoki CSD bo‘lishi mumkin. Texnologiya yuqori darajada servisni, ayniqsa, biznesni samarali boshqarish imkoniyatini ta’minlaydi. " Mobil Internet-foydalanish|"Internetdan mobil aloqa yoki simsiz ulanishlar tarmog‘i orqali, uydan yoki ish joyidan uzoqda portativ kompyuterlarda yoki cho‘ntak qurilmalarida foydalanish. " Mobil (ko‘chiriladigan) operatsion tizim|"Bir nechta kompyuter to‘plamida uning kodini ko‘chirish yo‘li bilan (uncha katta bo‘lmagan o‘zgarishlar bilan bo‘lishi mumkin) ishlatiladigan operatsion tizim. " Mobil modul|"Intel korporatsiyasining bloknotli shaxsiy kompyuterlar uchun mo‘ljallangan protsessorli moduli. " Mobil radioaloqa|"Statsionar va mobil radiostansiyalar o‘rtasidagi yoki faqat mobil radiostansiyalar o‘rtasidagi radioaloqa. Izoh − Mobil radioaloqaga trankli va uyali radioaloqa, mobil stansiyalarning retranslyatorlar orqali aloqasi, har qanday mobil radiostansiyalarning o‘zaro aloqasi taalluqlidir. " Mobil radiotelefon aloqa tarmog‘i|"Bitta yoki bir nechta tayanch stansiyadan va mobil abonent stansiyalar guruhidan tashkil topgan, umumiy erkin foydalanish protokolidan foydalanilganda uzluksiz aloqani ta’minlaydigan radioaloqa tarmog‘i. " Mobil stansiya|"Harakatlana turib ishlashga mo‘ljallangan barcha dengiz, havo va quruqlik radiostansiyalariga nisbatan qo‘llaniladigan umumiy nom. Izoh − Mobil radiostansiyalar qatoriga ko‘pincha portativ terminallar, jumladan, «telefon go‘shagi» turidagi terminal ham kiritiladi. " Mobil stansiya klassi|"Mobil stansiyaning asosiy xarakteristikalarini, birlamchi navbatda, uzatgichning maksimal nurlanish quvvatini tavsiflovchi ko‘rsatgich. Izoh − GSM standarti doirasida mobil stansiyalarning 8 ta klassi mavjud. " Mobil stansiya mansub bo‘lgan tarmoq kodi|"Xalqaro IMSI identifikatsiya raqamida ko‘rsatilgan, ikkita raqamdan iborat indeks. " Mobil stansiya qayd etilgan mamlakat kodi|"Xalqaro IMSI identifikatsiyalash raqami sarlavhasida ko‘rsatilgan uchta raqamdan iborat indeks. " Mobil stansiya tomonidan boshqariladigan xendover|"Mobil stansiyaning bir uyadan boshqasiga o‘tish protsedurasi, bunda turli tayanch stansiyalardan qabul qilinuvchi signal darajasi mobil stansiya tomonidan o‘lchanadi; aynan shu stansiya o‘ziga qayerda va qanday xendover kerakligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Ushbu usul simsiz foydalana olish tarmoqlarida qo‘llaniladi. " Mobil stansiya uskunasining xalqaro identifikatori|"Raqamli mobil telefonning yagona xos seriyali raqami. " Mobil stansiya yordamidagi xendover|"Mobil stansiya ishtirokida xizmat ko‘rsatishni bir tayanch stansiyasidan boshqasiga uzatish. Avtomatik qayta ulash usuli, bunda abonent stansiyasi signal darajasini o‘lchaydi va o‘lchash natijalari to‘g‘risida tayanch stansiyaga hisobot yuboradi. " Mobil stansiyaning identifikatsiya raqami|"Mobil stansiyaning tarmoqdagi raqami bo‘lib, u orqali stansiya aniq identifikatsiya qilinishi mumkin; stansiyaning tarmoq raqami. Izoh − Bu raqam, odatda, tayyorlovchi zavod tomonidan beriladigan seriyaviy raqam (ESN)dan farq qiladi. Ruxsat etilmagan kirish (foydalanish)ning oldini olish maqsadida, MIN va ESN lar elektron usulda nazorat qilinadi. " Mobil stansiyaning vaqtinchalik rouming raqami|"Abonent-roumerga, kiruvchi ulanishni o‘rnatishda faqat bog‘lanish vaqtiga beriladigan raqam. " Mobil telefon|"Mobil aloqada foydalaniladigan telefon apparati turi. Mobil telefon asta-sekin kompyuter, faks apparati, telefon apparati, qaydlar kitobchasi vazifalarini bajaruvchi ko‘p maqsadli abonent tizimiga aylanmoqda. Buning uchun apparat klaviatura va ekranga ega. " Mobil telefoniya|"Ko‘chma telefon qurilmalarini zamonaviy kundalik hayotga tatbiq etish. Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, mobil telefoniya zamonaviy insonlarning yashash va fikrlash tarzidagi o‘zgarishlarga sezilarli taʼsir ko‘rsatadi. " Mobil tijorat|"Mobil terminal yordamida hisob-kitob qilish, bank operatsiyalarini bajarish, tovarlarga buyurtma berish va turli xizmatlarni ko‘rsatishga imkon beradigan mobil aloqaning yangi xizmat turi. " Mobil tizim|"Harakatlanuvchan va harakatlanmaydigan abonentlarning bir-biri bilan o‘zaro ishlashini taʼminlovchi kommunikatsiya tarmog‘i xizmati. Mobil tizimlar yer usti va sunʼiy yo‘ldosh tarmoqlarida tashkil etiladi. Ular, shuningdek, uyali paketli radio tarmoqlarida, jumladan uyasimon raqamli paketli maʼlumotlardan foydalanganda ham keng qo‘llaniladi. Natijada mobil aloqa tarmoqlari, yaʼni harakatlanuvchan mobil aloqa tizimlari tashkil etiladi. " Mobil treyding|"Investitsiya hisob raqamidan simsiz foydalanish texnologiyasidan (WAP protokoli) foydalangan holda mobil telefon yoki portativ kompyuter (PDA) yordamida boshqarish. " Mobil yo‘ldoshli xizmat|"Mobil yer stansiyalari yoki mobil va statsionar yer stansiyalari o‘rtasida axborot almashinuvini tashkil etish uchun mo‘ljallangan radioaloqa xizmati. Bunday xizmat uchun 1 GHz gacha chastotalar diapazoni, shuningdek, L(1,5/1,6 GHz) va S(1,9/2,5 GHz) chastotalar diapazonidagi chastotalar polosalari ajratilgan. " Mobil IP|"IP-protokolidan foydalanishga asoslangan mobil aloqa protokoli. Unda, aloqada uzoq muddatli tanaffuslar ko‘zda tutiladi, abonentni bir tayanch stansiyadan boshqasiga o‘tkazish rejimi saqlab turiladi. Protokolni amalga oshirish abonent terminallarida ham, marshrutizatorlarda ham TCP/IP protokollari steklariga o‘zgartirishlar kiritishni talab qiladi. " Mobillik|"Abonent stansiyasining, uning dastlab qayd etilgan joyidan qat’i nazar, ko‘chib yurish va aloqa o‘rnatish imkoniyati. " Mobillikni boshqarish|"Mobil stansiyalarni ro‘yxatdan o‘tkazish, ularni autentifikatsiya qilish va tarmoq resurslarining ular uchun taqsimlanishi bilan bog‘liq protsedura. Mobillikni boshqarish tizim arxitekturasining tarmoq darajasida amalga oshiriladi. " Moda|"Alohida yorug‘lik nuri ham ko‘p modali, ham bir modali tola orqali o‘tadigan yo‘l. " Modal oyna|"Boshqa oynaga o‘tishdan oldin foydalanuvchidan qandaydir harakatlar talab qilinadigan oyna. " Modallik|"Tartibotning uzluksizlik xossasi, yaʼni, uni to‘liq tugamaguncha to‘xtatishning iloji yo‘q. " Moddiy axborot tashuvchisi|"Axborotni yozish va saqlash uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan muayyan fizik xususiyatlarga ega modda. " Moddiy dispersiya|"Xromatik dispersiyaning bir turi. Optik tola yoki to‘lqin o‘tkazgich materiali xossalari bilan belgilanadi va sindirish ko‘rsatgichining to‘lqin uzunligiga bog‘liqligi orqali tavsiflanadi. " Model|"Dastlabkidan farq qiladigan, ammo yechilayotgan vazifalar doirasida uni almashtirishga layoqatli bo‘lgan (haqiqiy, belgili yoki faraziy) obyekt. " Modellash|"O‘rganiladigan obyekt (tizim, hodisa) modelini ishlab chiqish jarayoni. Asosiy vazifa – obyektni o‘rganish. Modelni yaratish – bu iteratsion jarayon bo‘lib, model original bilan taqqoslanadi va aniqlashtiriladi. Informatikada asosan, modellashning informatsion va matematik usuli qo‘llaniladi. " Modem|"1. Kommutatsiyalanadigan uzatish liniyasining modemi. Telefon aloqa liniyalarida ishlaydi. Ma’lumotlar uzatish maksimal tezligi raqamli aloqa liniyalarida 56,6 kbit/s, analog aloqa liniyalarida 33,6 kbit/s. 2. Raqamli signalni analog tovush signaliga va analog signalni raqamli signalga aylantiruvchi qurilma bo‘lib, u telefon tarmog‘i orqali boshqa kompyuterga ma’lumotlarni uzatadi va undan qabul qiladi. " Modem-dastur|"Modem vazifalarini bajaruvchi dastur. Kerakli dasturiy taʼminot kompyuterning «doimiy xotira qurilmasiga» yuklanadi. Modem-dastur modemga ko‘ra qator afzalliklarga ega: modem apparati uchun zarur bo‘lgan joy egallamaydi; narxi solishtirib bo‘lmaydigan darajada arzon; energiya isteʼmoli kam; modemni yangilash oson. " Modemlar to‘plami|"Modemlar to‘plami. Foydalanuvchi o‘z terminalini ulashga ruxsat so‘raganda ushbu modemlarning bittasiga ulanadi va uni telefon tarmog‘i orqali maʼlumotlar uzatish va olish uchun ishlatadi. " Modemli server|"Bitta modem yoki modemlar guruhidan iborat tarmoq elektron hisoblash mashinasi. Tarmoq foydalanuvchilariga chiquvchi chaqiruvlar uchun mo‘ljallangan modemlardan birgalikda foydalanish imkonini beradi. " Moder|"O‘rnatilgan kodlovchi qurilma bilan tuzilishi jihatidan va ishlashi bo‘yicha moslashgan modulyator. " Moderator|"1. Forum, teleanjuman va chatlarda qoidalarga rioya qilishni nazorat qiluvchi yetakchi. Odatda teleanjuman qoidalari juda oddiy: spam, fleym va anjumanga tegishli bo‘lmagan mulohazalar man etiladi. Moderator, zarur bo‘lganda ishtirokchilarga nisbatan maʼmuriy choralar ko‘rishi mumkin – tartibbuzarlarni ogohlantirishdan tortib maʼlum xabarlarni o‘chirish yoki hatto baʼzi foydalanuvchilar uchun foydalanishni man etishgacha. 2. Kataloglarda moderator – u yoki bu mavzu bo‘limiga javobgar shaxs. U sayt mavzusi va katalog bo‘limining mosligini tekshirib turadi. Baʼzan (agarda bu katalogda axborotni joylashtirish shartlari bilan belgilangan bo‘lsa) moderator saytlar mazmuni bilan tanishib chiqadi. " Modifikatsiya biti|"Diskka, faqat modifikatsiyalangan sahifalarni ko‘chirib olish (otkachka) maqsadida, sahifalar modifikatsiyasini ko‘rsatuvchi sahifalar jadvalining element biti. " Modul|"Tizim texnik ta’minotining, bitta blokda qilingan va boshqa modullar bilan birikish uzellariga ega bo‘lgan funksional qismi. Modullar tizimdan oson foydalanish uchun qo‘llaniladi, ishdan chiqqanda va modernizatsiya qilishda ularni almashtirish mumkin. Protseduralar, kichik dasturlarni ajratish, mustaqil sozlash va dasturga tayyor qismlarni kiritish uchun mo‘ljallangan dasturlash tili obyekti. " Modul bo‘yicha bo‘lish|"Arifmetik amal. Uning natijasi – butunga bo‘lish qoldig‘i. Deyarli barcha dasturlash tillarida bor. a mod b ko‘rinishida belgilanadi. " Modula|"Protsedura turidagi universal dasturlash tili. N.Virt tomonidan 1975-yilda ishlab chiqilgan; Paskal tilining to‘g‘ridan-to‘g‘ri avlodi. Standart Paskal tilidan asosiy farqlari: modul va jarayon tushunchasi kiritilgan, sintaksis yanada tizimlashtirilgan, til past daraja dasturlash vositalari bilan to‘ldirilgan. 1979-yilda tilning Modula – 2 versiyasi yaratilgan. " Modulli arxitektura|"Birga bog‘lanishi mumkin bo‘lgan alohida tarkibiy qismlardan iborat xohlagan tizim dizayniga tegishli atama. Modulli arxitektura afzalligi xohlagan tarkibiy qism (modul)ni qolgan tizimga taʼsir ko‘rsatmasdan o‘zgartirish yoki qo‘shish mumkinligidadir. Modulli arxitektura qarama-qarshi tarkibiy qismlar orasida aniq chegaralari bo‘lmagan birlashgan arxitekturadir. " Modulli A/V kontroller|"Qurilmani takomillashtirishda almashtirishga yaroqli bo‘lgan, chiqarib olinadigan modullar asosida konstruksiyalangan A/V-kontroller. " Modullik|"Qurilmaning turli vazifalarni bajaruvchi funksional bloklardan foydalanish orqali o‘z imkoniyatlarini o‘zgartirish xususiyati. Modulyator rus. - модулятор ing. - modulator Noliniyaviy zanjirlarni o‘z ichiga oladigan, elektr tebranishlarni modulyatsiyalash uchun mo‘ljallangan qurilma. Izoh − Modulyatorda uzatiladigan axborot qonuniyatlariga muvofiq tebranish jarayonining istalgan parametrining (amplituda, chastota, faza) o‘zgarishlari ro‘y beradi. " Modulyator-demodulyator|"Kompyuterning raqamli signallarini keyinchalik telefon liniyalari orqali uzatish maqsadida analog signallarga, va aksincha, aylantiradigan qurilma. " Modulyatsiya|"Eltuvchi chastota parametrlari (amplituda, chastota yoki faza) ning berilgan qonun bo‘yicha o‘zgarish jarayoni. Bu jarayon yuqori chastotali tebranish davriga nisbatan past tezlik bilan amalga oshiriladi. Izoh − Modulyatsiyalash metodlari egallangan spektr kengligi, xalaqitga bardoshlilik va spektral samaradorlik bilan farqlanadi. " Modulyatsiya simvoli|"Eltuvchining signal vektor diagrammasida (signal yulduzida) tegishli pozitsiya bilan tasvirlanadigan muayyan holati. Har bir pozitsiya eltuvchi fazasi va amplitudasining muayyan qiymatiga mos keladi va muayyan bitlar ketma-ketligini ifodalaydi. " Modulyatsiyalash xatoliklari koeffitsiyenti|"Eshittirish televideniyesi radiosignalining ortogonal kodlangan eltuvchilarining signal yulduzidagi vektorlarning hisoblangan va haqiqiy pozitsiyasi o‘rtasidagi tafovutni tavsifllaydigan hamda shu pozitsiyalarda radiosignallar quvvatlarining nisbati sifatida aniqlanadigan koeffitsiyent. " Modulyatsiyalovchi kod|"QPSK, 8PSK, 16QAM murakkab modulyatsiyalash usullarida ishlatiladigan, n bitdan iborat kodli kombinatsiya. Izoh − Bunday kodli kombinatsiyalar dibit, tribit, kvadbit va h.k.lar tarzida ham ma’lum. " «Mohiyat – bog‘liqlik» modeli|"Mohiyatlar va bog‘liqliklar diagrammasi ko‘rinishida ma’lumotlar bazalari tuzilmalarini grafik taqdim etishning keng tarqalgan vositasi. Mohiyat ‒ muayyan turdagi abstrakt obyekt. Bog‘liqliklar ‒ bu mohiyatlar o‘rtasidagi bog‘lanish, atributlar esa, mohiyatlarning xossalaridir. " Molekulyar kompyuter|"Molekulalarning (ko‘proq biologik) hisoblash imkoniyatidan foydalanuvchi hisoblash tizimi. Molekulyar kompyuterlar atomlarning bo‘shlikda joylashishini hisoblash g‘oyasini qo‘llaydi. " Moliyalashtirish|"Nimanidir amalga oshirishga, rivojlantirishga qilinadigan xarajatlarning zarur moliyaviy resurslar bilan ta’minlanishi. " Monipyuter|"Nomi «monitor» va «kompyuter» so‘zlarining qo‘shilishidan olingan qurilma. " Monitor (displey)|"1. Axborotni matn, jadvallar, rasmlar, chizmalar va b.lar ko‘rinishida vizual aks ettiradigan qurilma. Monitorlarning aksariyati elektron-nur trubka asosida konstruksiyalangan. 2. Televizion signal yoki uning sifatini baholash bilan harakatlarni soddalashtirish uchun tasvirning mavjudligini belgilash maqsadida televizion tasvirni qayta tiklashga mo‘ljallangan apparatura. Izoh ‒ Fransuz tilidagi «moniteur» atamasi va ingliz tilidagi «class 1 monitor» va «studio monitor» atamalari tasvir sifatini baholashga yordam beradigan yuqori sifatli uskunalardagina qo‘llanilishi mumkin. " Monitoring|"Tizim, jarayon yoki faoliyat holatini aniqlash. Izoh – Holatni aniqlash uchun, balki uni nazorat qilish, kuzatish yoki kritik baholash zarur bo‘lishi mumkin. " (Monitorlarda) yorqinlikni avtomatik tarzda nazorat qilish|"Tasvirning yorqinligiga bog‘liq holda monitorning yorqinligi va kontrastliligini o‘zgartirish imkonini beruvchi funksiya. Izoh − Ko‘pincha nazorat oq rang bo‘yicha olib boriladi. " Monokanal|"Ajratilgan kanal, u orqali xabarlar jo‘natuvchi abonent stansiyadan tarmoqning boshqa barcha stansiyalariga bevosita, kechikishlarsiz va navbat kutmasdan uzatilishi mumkin. " Monokanal tarmog‘i|"O‘zagi monokanal bo‘lgan tarmoq. Monokanal tarmog‘i abonent tizimlari guruhini monokanalga ulash orqali hosil qilinadi. Tarmoq topologiyasi ishlatilayotgan monokanal turi bilan belgilanadi. Odatda monokanal tarmog‘i boshqa lokal tarmoqlar va hududiy tarmoqlar bilan o‘zaro aloqada bo‘ladi. " Monokenglikdagi shrift|"Belgilar kengligining bir xilda qayd etilgan shrifti, ya’ni har bir belgining kengligidan qat’i nazar gorizontal bo‘yicha ham bir xil kenglikka ega bo‘ladi. " Monolog|"Foydalanuvchi yoki amaliy jarayonning o‘ziga o‘xshash foydalanuvchi yoki jarayonga darrov javob berishni talab qilmaydigan murojaati. Monolog darrov javob berishni talab qilmaydigan turli xil xabarlarni uzatish uchun mo‘ljallangan. Foydalanuvchi yoki dastur nutqi abonent tizimining tashqi xotirasida haqiqiy oluvchi tomonidan talab qilinmaguncha saqlanadi. " Monopol rejim|"Biron-bir drayver yoki dasturning, boshqa dasturlarning murojaatlarini blokirovka qilib faylga yoki qurilmaga murojaat qilib ishlashi. " Monoprotsessor|"Yuqori unumdorlik bilan ishlaydigan bitta protsessori bo‘lgan hisoblash tizimi. " Monoxrom|"Bir rangli. Misol uchun, monitorlar monoxrom, oq-qora yoki rangli bo‘lishi mumkin. Monoxrom monitorlar aslida ikkita rangdan foydalanadi, ularning bittasi displey tasviri, ikkinchisi esa fon uchun ishlatiladi. Grafik tasvirlar ham monoxrom, oq-qora yoki rangli bo‘lishi mumkin. " Monoxrom kanal|"Rangli televizion uzatishda monoxrom signalni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan istalgan trakt. Monoxrom kanal boshqa signallarni ham ko‘chirishi mumkin, masalan, mumkin bo‘lgan yoki bo‘lmagan rangli quyi eltuvchi signalini. " Monoxrom kanal polosasining kengligi|"Monoxrom signal videopolosasining kengligi. " Monoxrom matritsali, rangli, suyuq kristalli displey|"Monoxrom (qora-oq) passiv suyuq kristalli displey turi. Odatdagi suyuq kristalli displeylardan farqi ranglar kontrastliligi molekulalarni 180º dan 270º burchakkacha o‘zgartirilishi hisobiga yaxshilangan. Yana bir afzalligi, bunday monitorlarning kam elektr energiyasini talab qilishi va ishlab chiqarishda arzonligidir. " Monoxrom signal|"Monoxrom televizion uzatishda – ranglilikni emas, faqat tasvir yorqinligini boshqaruvchi signal. Rangli televizion uzatishda, asosan rangli tasvir yorqinligini, shuningdek, oddiy monoxrom qabul qilgichda yaratiladigan tasvir yorqinligini boshqaruvchi signal. " Montaj (dasturni)|"Turli tovushli va vizual syujetlarni kompilyatsiya qilish yo‘li bilan dastur yaratish. " Morfing|"Bitta obyektdan boshqa obyektga tekis o‘tishni yaratadigan kompyuter grafikasi texnologiyasi. Uch o‘lchamli va ikki o‘lchamli, rastrli va vektorli grafikada uchraydi. Morfingdan foydalanganda odam faqat tayanch figuralarni yaratadi va baʼzan kompyuterga morfingni to‘g‘ri bajarishda yordam beradigan kalit nuqtalarni belgilaydi. " Mos kelmaslik|"Dasturiy va/yoki apparat ta’minotning bir-biriga mos kelmasligi, ularning birgalikda ishlashini cheklaydi yoki mumkin qilmaydi. " Mos keluvchi chastotadagi ikki yoqlama qutblanish|"Turli signallar uzatiladigan, ortogonal qutblanishga ega ikki eltuvchili bitta radiochastotadan foydalanish. " Moslashgan yuklama|"1. Parametrlari unda ko‘proq quvvatni olishga imkon beradigan yuklama. 2. Liniyada qaytgan to‘lqin yo‘qligini bildiradigan liniya yuklamasi. 3. Kuchlanish bo‘yicha turg‘un to‘lqin koeffitsiyenti 1,05 dan ko‘p bo‘lmagan yuklama. " Moslashuvchi rangli televideniye tizimi|"Rangli televideniyening rangli televideniye signallarini qabul qilish va tasvirni oq-qora televizorda aks ettirish; oq-qora televideniye signallarini qabul qilish va tasvirlarni rangli televideniyeda aks ettirish; rangli va oq-qora televideniye televizion signallarini aloqa kanallari bo‘yicha uzatishni ta’minlaydigan tizimi. " Moslashtirish; solishtirish|"1. Ma’lumotlar bazasida saqlanadigan modelni real tarmoq konfiguratsiyasiga mos keltirish. 2 Mashinada tarjima qilish tizimlarida: ikki tilda juft fragmentlarni avtomatik tarzda shakllantirish maqsadida, parallel matnlarni solishtirishning intellektual vositalariga nisbatan turli dasturlarda solishtirish protseduralari turlicha, biroq, qoidaga ko‘ra, ular dialog elementini ichiga oladi va ba’zan, parallel matnlardan biri o‘zgartirilishini talab qiladi. " Moslashuvchanlik|"Farqlanadigan yoki takomillashtirilgan apparat vositalar, dasturiy ta’minot, boshqa operatsion muhitlar yoki foydalanish sharoitlari uchun samarali va oqilona moslashning oddiylik darajasi. Izoh – Moslashuvchanlikka ichki potensial imkoniyatlarning (masalan, ekran maydonlarining, jadvallarning, tranzaksiya hajmlarining, hisobotlar shakllarining) ko‘lamliligi ham kiradi. " Moslik|"1. Turli dasturiy va apparat ta’minot vositalarining birgalikda ishlash va axborot almashinish qobiliyati. 2. Eshittirish teleideniyesi yangi tizimining dasturlarni shu tizim bo‘yicha o‘zgartirilmagan mavjud televizorlarga qabul qilishni amalga oshirishga imkon beradigan xususiyati. Izoh ‒ Taalluqli atama «moslashtirish». " Moslikka testlash|"Mahsulotning, kompyuterlarning har xil modellarida va turlarida, tashqi qurilmalar (masalan, printerlar) ning har xil turlari bilan ishlay olish qobiliyatini, shuningdek, tizimning boshqa dasturiy va apparat komponentlari bilan mosligini tekshirish. " Mozaika (yoyish qurilmasida)|"Optik tasvirni elektron tasvirga o‘zgartirishda xizmat qiladigan bir nechta o‘zaro izolyatsiyalangan yorug‘likka sezgir elementlardan tashkil topgan sirt. " Muallif|"Fayl yaratuvchi. Bu fayl uchun boshqa foydalanuvchilarga qaraganda ko‘proq huquqqa ega bo‘ladi. " Muallifga tegishli yorliq|"Dasturiy mahsulotda muallif huquqi borligini bildiruvchi yorliq. Izoh − Odatda muallifga tegishli yorliq dasturiy listing boshiga kiritiladi va albatta kompyuter displeyida aks ettiriladi. " Mualliflashtirilgan erkin foydalanish subyekti|"Tizim obyektlaridan erkin foydalanish yuzasidan tegishli huquqlar (vakolatlar) taqdim etilgan subyekt. " Mualliflashtirilgan foydalanuvchi|"Ma’lum huquq va imtiyozlarga ega foydalanuvchi. " Mualliflashtirilmagan foydalana olish|"Foydalanuvchining, o‘qish, o‘zgartirish yoki buzish maqsadida, unga erkin foydalanish ruxsat etilmagan ma’lumotlarga ataylab murojaat qilishi. " Mualliflashtirish|"1. Foydalanish huquqlari asosida foydalanish imkoniyatini taqdim etishdan iborat bo‘lgan huquqlarni taqdim etish. 2. Foydalanuvchining foydalana olish huquqlarini tekshirish va unga berilgan huquqlarga muvofiq resurslardan foydalana olishga ruxsat olish. Izoh – Mualliflashtirish odatda autentifikatsiya protsedurasidan ilgari bo‘ladi. 3. Subyektga obyektga kira olish huquqlarini taqdim etish. 4. Foydalanuvchi, dastur yoki jarayonga kira olishni taqdim etish. 5. Turli xildagi tizim resurslaridan foydalanishni taqdim etish yoki foydalanishning rad etilishi. " Mualliflashtirish sertifikati|"Axborotdan erkin foydalanish huquqini, foydalanuvchining shaxsini yoki uning boshqa huquqlari va vakolatlarini tasdiqlovchi elektron hujjat. " Mualliflik dasturi|"O‘rgatuvchi kompyuter dasturlarini ishlab chiqish uchun mo‘ljallangan yoki interaktiv multimedia ilovalarni ishlab chiqish imkonini beradigan, ixtisoslashtirilgan dasturiy ta’minot. Bunday dasturiy ta’minotdan foydalanish, o‘rgatuvchi dasturni ishlab chiquvchida dasturlash sohasida eng kam bilim, tushuncha bo‘lishini talab etadi. " Mualliflik huquqi|"Qonun tomonidan muallifga yoki uning vakiliga original ishni qayta tiklash, e’lon qilish va nusxa ko‘chirish uchun taqdim etiladigan yagona huquq. " Mualliflik huquqini qo‘riqlash|"Asarning har bir nusxasida joylashtirilgan nishon. U uch elementdan iborat: 1) aylana ichida «C» lotin harfi; 2) alohida mualliflik huquqi egasining ismi (rasmiy nomi); 3) asar birinchi marta chop etilgan yil. " Mualliflik huquqlarini himoyalash texnik vositalari|"Dasturiy kodlarni o‘zida saqlamaydigan himoyalanadigan asarlarning (masalan, audio va video fayllarning) nusxalarini ko‘chirish imkonini qiyinlashtiruvchi dasturiy vositalar. Rivojlanishning navbatdagi bosqichida, qayta eshittirish vositalari butunlay huquq egasi nazoratida bo‘lgandagina, DRM to‘laqonli qayta eshittirishni ta’minlash va nusxa ko‘chirishdan himoyalashni ta’minlash imkoniga ega bo‘ladi. " Mualliflik ishlab chiqish tili|"Dasturchi bo‘lmagan mutaxassislar tomonidan multimedia mahsulotlar va taqdimotlar ishlab chiqishda foydalaniladigan yuqori darajadagi ixtisoslashtirilgan til. " Mualliflikni qayd etish|"1. Jo‘natuvchining xabarni jo‘natish yoki harakatni bajarish faktini keyinchalik tan olmasligini bartaraf qilish qobiliyati. 2. Obyektlarning aloqa seansida ishtirok etuvchilardan biri tomonidan, aloqa seansining barchasida yoki bir qismida ishtirok etganlikni tan olishni rad etishdan muhofaza qilish. 3. Jo‘natuvchi tomonidan xabarni, (masalan, «dasturni ko‘rish uchun bir martalik to‘lov» xizmatiga so‘rov) uning jo‘natish faktini tan olmaslik mumkin emasligini ta’minlash jarayoni. " Mualliflikni rad etish|"Qandaydir hujjat yoki xabarga aloqadorlikni rad etish. " Muammoga yo‘naltirilgan dasturlash tili|"Til tuzilishining o‘zi va/yoki ma’lumotlar strukturasi ishlab chiqiladigan masalalarning o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiradigan dasturlash tili. Deyarli barcha ma’lum bo‘lgan universal dasturlash tillari ixtisoslashtirilgan, muammoga yo‘naltirilgan tillar sifatida ishlab chiqilgan. Masalan; Fortran tili ilmiy hisoblashlar uchun mo‘ljallangan til sifatida, Pascal − o‘qitish uchun, Si − tizim dasturlarini ishlab chiqish uchun, COBOL − iqtisodiy masalalarni hal qilish uchun, LISP − sun’iy intellekt masalalarini hal qilish uchun, Fox − ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari bilan bog‘liq vazifalar uchun ishlab chiqilgan. " Muammoga yo‘naltirilgan maʼlumotlar bazasi|"Muayyan turdagi amaliy vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan mavzuga bog‘liq hujjat va/yoki maʼlumotlarga ega maʼlumotlar bazasi. " Muammolarni yechish|"Xatolarni topish, diagnostika qilish, qurilmalarning ishlash jarayonidagi nosozlik sabablarini topish va ularni bartaraf etish. " Muar (televideniyeda)|"Televizion tasvirda, tasvirning qo‘shni uchastkalarida yorug‘ligi va rangi bo‘yicha bir oz farq qiladigan to‘lqinli liniyalardan tashkil topgan va tasvirga nam ipak ko‘rinishiga o‘xshash tus beradigan uchastkalar paydo bo‘lishiga olib keladigan effekt. " Muassasa-ishlab chiqarish telefon stansiyasi|"Muassasa yoki korxona abonentlarini telefon aloqa bilan taʼminlaydigan telefon stansiyasi. " Muassasa ichidagi mikrouyalar|"Ta’sir radiusi kichik va idora hududida joylashgan tayanch stansiyalarga ega simsiz aloqa tarmog‘i uyalari. " Muhandis|"Malakali texnik mutaxassis. Muhandis amaliy muammoning iqtisodiy va xavfsiz yechimini izlaydi va texnik muammolarni yechishda matematik va ilmiy bilimlarni qo‘llaydi. Bu atama lotincha ingenium dan, yaʼni bilimlilik so‘zidan kelib chiqqan. Dasturiy muhandis dasturiy taʼminot tamoyillarini, tizimlarni dizayn qilishda, rivojlantirishda, testlash va baholashda qo‘llaydi va shu kabi taʼminotlarni (masalan chip) ishga tushiradi. " Muhandislik mehnatini kompyuterlashtirish|"Modellash, sxemotexnika va mahsulotlar sinashga oid muammoli masalalarni yechadigan, kompyuterlashgan loyihalashning mustaqil sohasi. " Muhim bo‘lmagan ma’lumot|"Uncha muhim bo‘lmagan, ikkinchi darajali hisoblangan ma’lumotlar. Bu bir sekunddagi kadrlar soni to‘g‘risidagi axborot bo‘lishi mumkin. " Muhit|"Tizim (obyekt) ishlaydigan texnik va dasturiy vositalarining majmui. " Muhitga eltuvchini detektorlab va nizolarni aniqlab ko‘plab kira olish|"Har bir uzel uzatishni boshlagandan so‘ng, boshqa qurilma tomonidan bir vaqtda uzatishga urinish – kolliziyani aniqlash uchun tarmoqni «eshitishni» davom ettirishni talab etuvchiuzatish muhitiga kira olish usuli. Izoh – CSMA/CD usuli Ethernet tarmoqlarida qo‘llaniladi. Ushbu tarmoqlarda (35-40) foiz yuklama bilan kolliziyalar tez-tez ro‘y beradi va ishni ancha sekinlashtiradi. " Muhitga kira olish bloki|"Foydalanuvchi tizimning yoki maʼmuriy tizimning monokanal yoki davriy halqaning umumiy bo‘g‘ini bilan ulanish qurilmasi. Ulanish bloki uch qismdan tashkil topadi. Ulardan ikkitasining tuzilmasi bu bo‘g‘inlarning turiga bog‘liq bo‘lib, ulanish blokining foydalanuvchi bo‘g‘in yoki umumiy bo‘g‘in bilan tutashishini taʼminlaydi. Blokning uchinchi (mantiqiy) qismi ulanish blokining nosozligini tashxis qilish va «o‘zining» tizimiga paydo bo‘layotgan nosozliklar to‘g‘risida xabar uzatish, tizimdan signallarni umumiy bo‘g‘inga va unga teskari yo‘nalishda uzatish va qabul qilish, umumiy bo‘g‘inning bandligini aniqlash maqsadida eshitib turish kabi foydalanish funksiyalarini bajaradi. Ko‘pincha ulanish bloklarini kontrollerlar deb atashadi. " Muhofaza auditi|"Maʼlumotlarni qayta ishlash tizimi yozuvlari va resurslarining mustaqil tahlil va tadqiq qilinishi. U tizimni boshqarish vositalarining talablarga muvofiqligini tekshirish, ularning belgilangan xavfsizlik siyosati va amaliy vazifalarga mosligini kafolatlash, muhofaza tizimidan buzib foydalanishni aniqlash va boshqaruv, xavfsizlik siyosati va tartiblarda muayyan o‘zgarishlar bo‘yicha tavsiyalar berish maqsadida amalga oshiriladi. " Muhofaza biti|"Xotira kalitidagi, tegishli xotira blokining yozishdan yoki tanlash va yozishdan muhofa qilinishini belgilovchi ikkilik razryad. " Muhofaza falsafasi|"Muhofaza mexanizmlaridan foydalanishni (rasmiy yoki norasmiy usullar bilan) ko‘rishga imkon beruvchi tizimning to‘la umumiy sxemasi. " Muhofaza halqalari|"Tizim va foydalanuvchi vakolatlar pog‘onasini apparatli ajratishni amalga oshiruvchi axborot xavfsizligi va funksional radga turg‘un arxitekturasi. Vakolatlar tuzilmasini bir necha konsentrik doira shaklida aks ettirish mumkin. Bu tarzda resurslarga maksimal kira olishni taʼminlovchi tizim rejimi (supervayzer rejimi yoki nol halqasi, yaʼni «halqa 0») ichki doira, kira olishi cheklangan foydalanuvchi rejimi esa tashqi doira hisoblanadi. Anʼanaviy x86 mikroprotsessorlar oilasi himoyaning to‘rtta halqasini taʼminlaydi. " Muhofaza kafolati|"Axborotni qayta ishlash texnik vositasi uchun mutanosiblik sertifikati yoki informatika obyekti uchun attestat mavjudligi. Bular qayta ishlanayotgan axborot xavfsizlik standartlari va boshqa normativ hujjatlar talablariga javob berishini tasdiqlaydi. " Muhofaza (maxfiylik) qulfi|"Ma’lumotlar bazasiga yoki uning fragmentlariga (fayllarga, sohalarga) murojaat qilingandagi parollarni tekshirishning dasturiy mexanizmi. Yozuvlardan foydalanishni cheklaydi. " Muhofaza obyekti|"1. Kirish nazorat ostida bo‘lgan obyekt. Misollar – fayl, dastur, asosiy xotira sohasi; inson tomonidan yig‘ilayotgan va quvvatlanayotgan maʼlumotlar. 2. Axborotni muhofazalash maqsadiga binoan axborotning muhofazasini taʼminlash zarur bo‘lgan axborot yoki axborot tashuvchi, yoki axborot jarayoni. 3. Texnik razvedkadan muhofaza talab qilinadigan, axborotning barcha mavjudlik shakllari uchun umumlashma atama. Tarkibiga ko‘ra, muhofaza obyektlari yakka va guruhiy bo‘lishi mumkin. " Muhofaza qilinadigan axborot|"Mulkchilik predmeti hisoblanadigan va normativ hujjatlar talablari yoki axborot egasi tomonidan belgilanadigan talablarga muvofiq muhofaza qilinishi kerak bo‘lgan axborot. " Muhofaza qilinadigan axborotga ta’sir ko‘rsatuvchi omil|"Muhofaza qilinadigan axborot chiqib ketishi, buzib ko‘rsatilishi, yo‘q qilinishi, undan foydalana olish blokirovkalanishi mumkin bo‘lgan hodisa, harakat yoki jarayon. " Muhofaza qilinadigan obyekt attestati|"Sertifikatlash bo‘yicha organ yoki muhofaza qilinadigan obyektda axborotni muhofaza qilishning belgilangan talablari va samaradorlik normalari bajarilishi uchun zarur va yetarli shart-sharoitlar mavjudligini tasdiqlaydigan boshqa maxsus vakolatlangan organ tomonidan beriladigan hujjat. " Muhofaza qilingan avtomatlashtirilgan tizim|"Axborotni muhofaza qilish bo‘yicha sfandartlar va/yoki normativ hujjatlarning talablariga muvofiq, belgilangan funksiyalar bajarilishining axborot texnologiyasini amalga oshiradigan avtomatlashtirilgan tizim. " Muhofaza qilingan fayl|"Yozuvlaridan foydalana olish uchun parol kiritilishi zarur bo‘lgan fayl. " Muhofaza qilingan soketlar darajasi|"Netscape Communications korporatsiyasi tomonidan shifrlangan, autentifikatsiya qilingan xabarlarni Internet orqali uzatish uchun ishlab chiqilgan protokolning tasnifi. SSL 2.0 versiyasi IETF standarti sifatida qabul qilingan va veb-brauzerning veb-server bilan ishlashida transport darajasidagi ma’lumotlarni shifrlash va vakolatlarni tekshirishda keng qo‘llaniladi. SSL protokoli bilan himoyalangan sahifalardan foydalanish uchun URL da oddiy http prefiksi o‘rniga, SSL-ulanishdan foydalanilishi ko‘rsatilgan https (443 port) prefiksi qo‘llaniladi. Shifrlash/deshifrlash operatsiyalari ko‘plab hisoblash resurslarini talab qiladi, veb-serverdagi yuklamani kamaytirish uchun SSL-apparat tezlatgichlaridan foydalaniladi. SSL 3.0 ishlab chiqish jarayonida va muhokama uchun ochiq hisoblanadi. " Muhofaza qilingan tizim|"Kirish uchun parolning kiritilishi talab etiladigan tizim. " Muhofaza qilinganlik|"Tizimning, muhofaza qilinadigan axborotdan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishga, uning buzilishiga yoki unga zarar yetkazilishiga qarshi tura olish qobiliyati. " Muhofaza qilinganlikni tahlil qilish|"1. Avtomatlashtirilgan tizim resurslarining zaif joylarini aniqlash, shuningdek, ularni bartaraf qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish jarayoni. 2. Axborotni muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlar samaradorligi sifat va miqdor ko‘rsatgichlarining axborot xavfsizligi talablariga mos kelishini tekshirish. " Muhofaza qilinganlikni tahlil qilish tizimi|"Texnik vositalar yoki avtomatlashtirilgan tizimning muhofaza qilinganligini tahlil qilish uchun mo‘ljallangan yoki ishlatiladigan texnik yoki dasturiy vosita. " Muhofaza qilinmaganlik|"Muayyan hujum amalga oshirilganda ma’lumotlarni qayta ishlash tizimining muayyan zaifligidan foydalanish imkoniyati. " Muhofaza qilish|"Apparatura, dasturlar va ma’lumotlardan ruxsat etilmagan tarzda foydalanishning oldini olish bo‘yicha yuridik, tashkiliy, texnik, shu jumladan, dasturiy chora-tadbirlar. " Muhofaza qilish apparat vositalari|"Axborotni ruxsatsiz olish, ko‘chirish, o‘g‘irlash yoki turlashdan muhofaza qilish uchun mo‘ljallangan mexanik, elektromexanik, elektron, optik, lazer, radio, radiotexnik, radiolokatsion va boshqa qurilma, tizim va inshootlar. " Muhofaza qilish modeli|"Ruxsatsiz foydalana olishdan muhofaza qilish dasturiy-texnik vositalari va/yoki tashkiliy choralari kompleksining abstrakt tavsifi. " Muhofaza qilish sertifikati|"1. Hisoblash texnikasi yoki avtomatlashtirilgan tizim vositalarining axborotdan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishdan muhofaza qilish bo‘yicha talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi va ishlab chiquvchiga axborotdan muhofazalangan axborot sifatida foydalanish va/yoki tarqatish huquqini beradigan hujjat. 2. Tegishli ravishda rasmiylashtirilgan, sertifikatlash tizimi qoidalariga ko‘ra berilgan va axborotni muhofaza qilish vositalarining axborot xavfsizligi bo‘yicha talablarga muvofiq kelishini tasdiqlovchi hujjat. " Muhofaza qilish strategiyasi|"Tizimning ma’lum tahdidlardan muhofaza qilinishini ta’minlashda amal qilinishi kerak bo‘lgan mezonlarni, ayniqsa, tezkor mezonlarni rasmiy aniqlash. " Muhofaza qilish tizimini chetlab o‘tish yo‘li|"Harakat natijasi bo‘lib, bunda tizim obуekti jinoyatkorga komandaga yoki oldindan belgilangan hodisaga yoki hodisalar ketma-ketligiga ruxsat etilmagan tarzda ta’sir ko‘rsatish imkonini beradigan darajada o‘zgaradi. Masalan, parolni tekshirish shunday o‘zgartirilishi mumkinki, u o‘zining odatdagi natijasidan tashqari, jinoyatkor parolining to‘g‘riligini ham tasdiqlaydi. " Muhofaza qilish vositalari kompleksi|"Hisoblash texnikasi vositalari yoki tizimlarining axborotdan hamda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasi obyektlaridan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishdan muhofaza qilinishini ta’-minlash uchun yaratiladigan va tutib turiladigan dasturiy hamda texnik vositalar majmui. " Muhofaza qilish vositasi|"Turli xavfsizlik darajasiga ega bo‘lgan ikkita ma’lumotni qayta ishlash tizimi o‘rtasida yoki foydalanuvchi terminali va ma’lumotlar bazasi o‘rtasida himoya filtri sifatida foydalaniladigan hamda foydalanuvchida ulardan erkin foydalanish vakolati bo‘lmagan ma’lumotlarni saralash uchun mo‘ljallangan funksional blok. " Muhofaza qilish yadrosi, foydalana olish dispetcheri|"1. Belgilangan qoidalarga muvofiq, subyektlarning axborot resurslaridan foydalana olishini nazorat qilishning tashqi ta’sirlardan muhofazalangan dasturiy va apparat vositalarining majmui. 2. Foydalana olish dispetcheri konsepsiyasini amalga oshiruvchi muhofaza qilish vositalari kompleksining apparat, dasturiy va dasturiy-apparat elementlari. " Muhofaza qilishning buzilishi|"Kompyuter xavfsizligi tizimini chetlab o‘tish yoki uning biror-bir elementini ishdan chiqarish, natijada ma’lumotlarni qayta ishlash tizimiga kirib olish mumkin bo‘ladi. " Muhofaza razryadi|"Aniqlik saqlanib qolishini ta’minlaydigan oraliq natijalarning qo‘shimcha razryadlaridan biri. " Muhofaza rejasi|"Axborot va obyektni muhofaza qilish maqsadlariga erishish uchun mo‘ljallangan asosiy g‘oya. U bajariladigan tadbirlarning tarkibini, mazmunini, aloqadorligini va ketma-ketligini ochib beradi. " Muhofaza tizimi ma’muriyati|"Xavfsizlik siyosatini belgilaydigan hamda bu siyosat qo‘llaniladigan obyekt va subyektlarni aniqlaydigan boshqaruv organi. " Muhofaza tizimi orqali o‘tish, aylanma yo‘l|"Shifrlash tizimiga kiritilgan chetlab o‘tish bloki. " Muhofaza toifasi|"Nozik axborotning noshajaraviy tasnifi. U maʼlumotlardan foydalanishni faqatgina shajaraviy tasnif muhofazasiga nisbatan aniqroq boshqarish uchun qo‘llanadi. " Muhofaza vositalari nazorat qilinishini qayd etish|"Vaqt bo‘yicha to‘planadigan va muhofaza vositalarini boshqarishni soddalashtirish uchun mo‘ljallangan, muhofaza vositalarining holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar majmui. " Muhofaza vositalarini nazorat qilish|"Muhofaza tizimlarining ishlashini, ularning ekspluatatsiya qilish talablariga va qabul qilingan xavfsizlik siyosatiga muvofiqligini tekshirish, shuningdek, tegishli tavsiyalarni ishlab chiqish maqsadida, tizim yozuvlari va personal ishini nazorat qilish. " Muhofazalangan axborot tizimi|"Tahdidlarni tahlil qilish asosida o‘rnatilgan, axborotni hamda tizim komponentlarini muhofaza qilish bo‘yicha talablar ro‘yxatini qondiradigan qoidalarning bajarilish mexanizmi amalga oshirilgan axborot tizimi. " Muhofazalangan axbotor obyekti|"Qayta ishlanadigan axborotning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha standartlar va boshqa normativ hujjatlarning talablariga mos keladigan axborotlashtirish obyekti. " Muhofazalangan elektron tranzaksiyalar|"Internet kabi ommaviy foydalanish tarmoqlarida kredit kartalar bo‘yicha to‘lovlar muhofazasi protokolining nomi. Visa va MasterCard kompaniyalari tomonidan 1996-yili ishlab chiqilgan. Moliyaviy axborotning konfidensialligini va kelishuv qatnashchilarining autentifikatsiyasini taʼminlaydi. " Muhofazalangan foydalanish rejimi|"Ma’lumotlar bazasini muhofazalangan tarzda qayta ishlash rejimi, bu rejimda ma’lumotlar bazasi sohalarini ochgan dastur bilan parallel ishlaydigan barcha amaliy dasturlar yozuvlarni o‘qishi mumkin, lekin dastur bu sohalarni yopmaguncha, ularni yangilay olmaydi. " Muhofazalangan hisoblash texnikasi vositasi|"Muhofaza qilish vositalarining kompleksi amalga oshirilgan hisoblash texnikasi vositasi. " Muhofazalangan kanal|"Domen kompyuterlarining va Netlogon xizmatlari o‘rtasidagi nomlangan kanal. Muhofazalangan kanalni hosil qilishda kanal bo‘yicha uzatiladigan xabarlarning haqiqiyligini tekshirish va uzatilayotgan axborotning bir qismini shifrlash uchun qo‘llaniladigan seans kaliti yaratiladi. " Muhofazalangan kompyuter|"Muhofazalangan kompyuterlarni bir qator kompaniyalar ishlab chiqaradi. Ular agressiv muhitga – qattiq vibratsiya, kuchli changlanish, yuqori namlik va boshqa turdagi buzg‘unchilikka oddiy kompyuterdan chidamliroq bo‘ladi. Ko‘pincha ular noutbuk ko‘rinishida bo‘ladi lekin, undan og‘irligi va o‘lchami kattaroqdir. " Muhofazalangan muhit|"Maʼlumotlarni va resurslarni tasodifiy yoki qasddan qilingan harakatlardan muhofazalashga alohida eʼtibor (mualliflash, foydalanish, konfiguratsiyani boshqarish va h.k. shakllarda) beriladigan muhit. " Muhofazalangan resurs|"Muhofaza (maxfiylik) qulfi belgilangan, ya’ni erkin foydalanishni boshqarish spetsifikatsiyalangan (tasniflangan) resurs. " Muhofazalangan umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘i|"Muhofazalangan umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘i, bunda buzg‘unchining har qanday ta’siriga (loyihalashda berilgan ko‘plikdan), yo berilgan ehtimollik bilan yo‘l qo‘yilmaydi, yo tarmoq vositalari bilan berilgan ehtimollikda aniqlanadi, bunda tarmoqning ushbu ta’sir oqibatlarini berilgan ehtimollikda bartaraf qilishga yo‘naltirilgan javobi: foydalanuvchilarni xabardor qilish, ta’sir joyini kengayishiga yo‘l qo‘ymasligini, tarmoqning ish qobiliyatini tiklash va foydalanuvchilarning axboroti (ma’lumotlari) uzatilishini ta’minlovchi sharoitlar yaratiladi. " Muhofazalangan xesh-algoritm|"Elektron imzolarni generatsiyalash imkonini beradigan xesh-algoritm. " Muhofazani bevosita buzishga urinish|"Bazaviy algoritmlarning, xavfsizlikni ta’minlash mexanizmi prinsiplari yoki xususiyatlarining kamchiliklariga asoslangan, tizim muhofazasini buzishga bo‘lgan urinish. " Muhofazani tasniflash|"Maʼlumotlar yoki axborotdan foydalanishning zarur bo‘lgan maxsus muhofaza darajasini aniqlash va shu muhofaza darajasini belgilash. Masalan, «o‘ta maxfiy», «maxfiy». " Muhofazaning kompleksliligi|"Texnik razvedkaning barcha xavfli turlari va vositalariga qarshi tadbirlarni ko‘zda tutuvchi muhofaza qilish prinsipi. " Muhofazaning uzluksizligi|"Obyektning hayotiy siklining barcha bosqichlarida (ishlab chiqish, yaratish yoki qurish, sinovdan o‘tkazish, foydalanish va utilizatsiya qilish) muhofazasini tashkil qilishdan iborat muhofaza tamoyili. " Muhr|"Kriptografik nazorat qiymati bo‘lib, yaxlitlik saqlanib turishini ta’minlaydi, lekin oluvchi tomonidan amalga oshiriladigan qalbakilashtirishdan muhofaza qila olmaydi (ya’ni, mualliflik qayd etilishini ta’minlay olmaydi). " Mukammal izlash|"1. Ma’lumotlar bazasi har bir yozuvida izlash. 2. Masalani barcha variantlarni o‘rganish yo‘li bilan yechish. " Mukammal maxfiylik|"Ochiq matn va shifrmatn statistik jihatdan mustaqil va shifrmatnning qo‘lga kiritilishi (tutib olinishi) kriptotahlilchiga ochiq matn to‘g‘risida qo‘shimcha axborot bermasligidan iborat bo‘lgan sharoit. " Mukammal testlash|"Dasturning o‘zgaruvchi kirish qiymatlarining mumkin bo‘lgan barcha kombinatsiyalari bilan bajarilishi. " Mulohaza, to‘g‘ri fikr|"1. Qiymati noto‘g‘ri bo‘lsa, xatoni bildiradigan ifoda. Bunday ifodalardan dasturlarni sozlash maqsadlarida foydalaniladi. 2. Mantiqiy dasturlashda – bajarilish vaqtida, dastur ma’lumotlar bazasiga kiritadigan yangi fakt yoki qoida. " Muloqot oyna shabloni|"Windows operatsion tizimida ekranda muloqot oynalarini yaratish va chiqarish uchun ishlatiladigan, hamda ularning xarakeristikasini belgilaydigan andoza. Foydalanuvchiga, operatsion tizim tomonidan aniq aks ettiriladigan, o‘z muloqot oynalarini yaratish imkonini beradi. " Muloqot oynasi|"Biror komanda yoki vazifani bajaradigan tugma va boshqa boshqaruv elementlarini o‘z ichiga olgan yordamchi oyna. " Muloqot qila olishga asoslangan firibgarlik|"Foydalanuvchilar yoki tarmoq administratorlarini, ulardan tarmoqdan noqonu-niy foydalana olish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni bilib olish yo‘li bilan aldash mahorati; odatda, mualliflashtirilgan foydalanuvchi nomidan ularga murojaat qilish orqali amalga oshiriladi. " Multidasturlash|"Bitta kompyuterda bir necha dasturning bajarilishini tashkil qilish usuli. " Multidasturlash darajasi (koeffitsiyenti)|"Tizim vaqt birligida xizmat ko‘rsatadigan jarayonlarning soni. " Multidasturlash tizimi|"Bir vaqtda ikkita yoki undan ortiq dasturni ishga tushiruvchi tizim. " Multiekran|"Suyuq kristalli ekranning darchalarga (odatda 4 yoki 9) ajratib, ularda olinayotgan harakatlanuvchi obyektlarning to‘xtatilgan kadrlarini sekunddan kam oraliqda (odatda 0,1 s dan 0,5 s gacha) ko‘rsatish. " Multikadrli sinxronlash|"Kiruvchi oqimdan multikadr boshlanishini belgilaydigan sinxronlovchi signalni ajratishga asoslangan sinxronlash usuli. Sinxron kod multikadrning boshida joylashtirilishi ham, uning uzunligi bo‘ylab taqsimlanishi ham mumkin. " Multimedia|"Axborotni taqdim etishning turli shakllaridan va uning yagona obyekt-konteynerida qayta ishlanishidan bir vaqtda foydalanish. Masalan, bitta obyekt-konteynerda matnli, audio, trafik va video axborot bo‘lishi mumkin. Multimedia atamasi, shuningdek, katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlash va ulardan tez foydalanish imkonini beradigan axborot tashuvchilarni belgilash uchun ham qo‘llaniladi. " Multimedia funksiyalari|"Videoni raqamli filtrlash va masshtabga solish, videoni apparatli raqamli zichlash va yoyish, uch o‘lchamli grafika (3D) bilan bog‘liq grafik operatsiyalarni tezlashtirish, jonli videoni monitorga chiqarish, kompozitli video chiqishga ega bo‘lish, TV signalini monitorga chiqarish. " Multimedia-kengayishlar uchun ko‘rsatmalar to‘plami|"Intel korporatsiyasining, Pentium protsessorlarida multimediani ta’minlash va multimedia-ilovalarning grafika, tovush va video bilan ishlashini tezlatish uchun ishlab chiqilgan texnologiyasi. " Multimedia-server|"Lokal multimedia tarmoqlar uchun mo‘ljallangan server. " Multimedia tarmog‘i|"Kanallar bo‘yicha turli shakldagi axborot (matn, tovush, video va h.k.)ni tashish uchunmo‘ljallangan tarmoq. " Multimedia xabarlarini uzatish xizmati|"Musiqali, foto- va video fayllarni ichiga oladigan multimedia xabarlarini uzatish va qabul qilish xizmati. " Multimedia xizmatining xizmatlari|"Telekommunikatsiyalar tarmog‘i bo‘ylab bir nechta turdagi axborotni bir vaqtda shakllantirish va keyinchalik uzatishni amalga oshiradigan (masalan, tovush, matn, ma’lumotlar, harakatsiz va harakatli tasvirlar uzatilishi mumkin) va ularni birgalikda aks ettirish, qayta ishlash, kombinatsiyalash imkonini va h.k.larni ta’minlaydigan telekommunikatsiyalar xizmatining xizmatlari. " Multimediali dastur moduli|"Tarkibida ta’lim-tarbiyaviy, telematik, Internetga mos keladigan, mediametrik va teletibbiyot ma’lumotlari bo‘lgan, chiqarishga tayyorlangan televizion dastur. " Multimediali televizion eshittirish|"Televizion dasturlarni uzatishdan tashqari, kompyuter texnologiyalari uchun xos bo‘lgan axborotning uzatilishi ham ko‘zda tutilgan raqamli televizion eshittirish. Izoh – Kompyuter texnologiyasi deganda, axborotni matn, grafika (chizma), tasvir, animatsiya va ovozdan foydalangan holda kompleks taqdim etish tushuniladi. " Multimediali shaxsiy kompyuter|"Multimedia PC Council taʼrifiga ko‘ra, hozirgi kunda yaxshi tezkor xotira hajmi, katta qattiq disk, CD-ROM yoki DVD qurilmasi, raqamli tovushni qo‘llab-quvvatlash tizimiga ega shaxsiy kompyuter multimedia shaxsiy kompyuteri deb hisoblanadi. " Multipleks analog komponent|"D-MAC da signallarni uzatish formati, bunda videosignal tovushli raqamli signal bilan birgalikda alohida tashkil etuvchilarni vaqtinchalik zichlash bajariladi. " Multipleks (televizion dasturda)|"Eshittirish televideniyesining bir nechta dasturiy paketlaridan iborat to‘plam. " Multipleks shinasi|"Bir xil liniyalar bo‘yicha maʼlumotlar uzatiladigan va boshqaruv amalga oshiriladigan shina. " Multipleksor|"1. Raqamli televizion signal ma’lumotlarining bir nechta oqimini xizmat bitlarini qo‘shish bilan, yagona oqimga birlashtirish uchun mo‘ljallangan qurilma. 2. Radiouzatgichlarning istalmagan o‘zaro ta’sirlanishining oldini olgan holda, bitta antennaga bir nechta radiouzatgichni parallel ulash imkonini beradigan qurilma. " Multipleksorlangan abonent raqami|"Umumiy foydalanishdagi bitta foydalanish uchun va xususiy foydalanish uchun multipleksorlangan raqamlarni berish imkonini ta’minlaydigan abonent raqamini multipleksorlash qo‘shimcha xizmati. Izoh – Abonent raqamini multipleksorlash qo‘shimcha xizmati zarur foydalanuvchini umumiy foydalanish tarmog‘i orqali chaqirish, ko‘p sonli tanlashlardan bitta yoki bir nechta individual terminalni aniqlash imkonini beradi. " Multipleksorlash|"1. Axborot alohida oqimlarini yagona transport oqimiga birlashtirish jarayoni. 2. Bitta fizik kanalda mantiqiy kanallar guruhi tuziladigan obyektlarning vositalaridan foydalanadigan guruhlar o‘rtasidagi ma’lumotlar uzatish vositalarini bo‘lish texnologiyasi. Izoh – Vaqt va chastota bo‘yicha multipleksorlashga bo‘linadi. " Multiplikatsiya|"Lotincha «multiplicati» – «ko‘paytirish». Harakatlanuvchi tasvirlarni modellash jarayoni. Harakatlanuvchi tasvir soxta tasavvurni yaratadi. U tasvirlarni tez almashtirishga asoslangan. Axborot tizimida multiplikatsiya bir necha yo‘l bilan amalga oshirilishi mumkin. Ulardan biri faqat «harakatlanish» lozim bo‘lgan jihatlari farq qiluvchi ko‘plab tasvirlarni chizishdan iborat. Ikkinchi yo‘l ekranni boshqarish dasturlaridan foydalanishni nazarda tutadi. Ular yordamida boshlang‘ich va oxirgi mo‘ljal punktlari belgilash orqali tasvirning ketma-ket o‘zgarishi amalga oshiriladi. Bunda kompyuter tomonidan tasvirlarni yaratish tezligi ko‘rsatish tezligidan ancha past bo‘lishi mumkin. Bunday holatda tasvirlar ekranga chiqarilishidan oldin xotirada to‘planadi. Harakat soxta tasavvurini yaratish uchun ekranga sekundiga kamida 16 tasvirni chiqarish lozim. Televideniye standarti sekundiga 24 tasvirga teng tezlikni belgilaydi. " Multiprotsessor|"Bir vaqtda foydalanish uchun bir nechta arifmetik va mantiqiy bloklari bo‘lgan mashina. " Multiprotsessorlash rejimi|"Ma’lumotlarni qayta ishlash parallel ravishda bir nechta protsessorda olib boriladigan rejim. Bu rejimning ishlashi uchun operatsion tizim va ilova multiprotsessorlikni quvvatlashi kerak. " Multiprotsessorli spetsifikatsiya|"Operatsion tizim va protsessor proshivkasi o‘rtasidagi interfeysni tavsiflaydigan, ularga multiprotsessorli konfiguratsiyada x86 mos keladigan protsessor bilan ishlash imkonini beradigan ochiq standart. " Multitelefon|"Bir nechta mikrotelefon go‘shagi bo‘lgan radiotelefon. " Multitilli xabarlar|"Turli tillarda xabar uzatish imkonini beradigan xizmat. Til kodlari ulanuvchi liniyalar guruhiga va PRI dastlabki foydalanish interfeysiga kiruvchi abonentga tayinlanishi mumkin. " Mumkin bo‘lgan, ruxsat etilgan|"Kira olish va foydalanish erkin bo‘lgan bo‘sh resurs. " Mundarija|"Ma’lumotnoma tizimida ma’lumot olish uchun mo‘ljallangan mavzular va kichik mavzular ro‘yxati. " Munosabat|"Biror jadvaldagi tashqi kalit boshqa jadvaldagi birlamchi kalitga muvofiq bo‘lsa, jadvallar o‘rtasidagi munosabat mavjud bo‘ladi. " Munosabat, aloqadorlik|"Relyatsion malumotlar bazalarida jadvallar ustunlari va satrlarining elementlari o‘rtasidagi bog‘liqlik. " Munosabat (taqqoslash) operatori|"Operandlar nisbatini aniqlash imkonini beradigan binar operator: teng (EQ), teng emas (NE), dan kam (LT), dan ko‘p (GT), dan kam yoki teng (LE), dan ko‘p yoki teng (GE). " Munosabatlar diagrammasi|"Munosabatlar diagrammasi konseptual chizmalarni tavsiflaydigan axborot andozasi. U grafi-kali bo‘lib blok va chiziqlarga asoslangan. Bu blok va chiziqlar boshqa bir axborot andozasining obyektlar va ular o‘rtasidagi munosabatlarni tavsiflaydi. Shu mazmunda munosabatlar diagrammasi axborot meta andozasi hisoblanadi, shuningdek axborot andozalarni tavsiflovchi vosita deb hisoblanadi. " Munosib, mos|"Kompyuter dasturiy va apparat ta’minotining birgalikda ishlashi va axborot almashina olish imkoniyati. " Muqobil matn|"O‘xshash simvollar ketma-ketligining o‘rnini to‘ldirishga mo‘ljallangan, oldindan aniqlangan matn. Izoh − Ko‘p takrorlanuvchi matnli axborotni kiritishni soddalashtirish uchun mo‘ljallangan. " Murakkab kalit|"Bir nechta atributdan iborat kalit. " Murakkab komandalar to‘plamiga ega kompyuter|"O‘zgaruvchan uzunlikdagi, bajarilish vaqti turlicha bo‘lgan turli mashina komandalarining keng to‘plamiga ega, kompyuterlar arxitekturasi. " Murakkab komandalar to‘plamiga ega protsessor|"RISC-protsessorlariga teskari bo‘lgan to‘la komandalar to‘plamiga ega an’anaviy protsessorlar arxitekturasi. Mashina komandalari to‘plami keng, turli, o‘zgaruvchan uzunlik va bajarish vaqtiga ega bo‘lgan ommabop protsessorlar. x86 va 680x0 guruhiga mansub protsessorlar CISC-protsessorlari qatoriga kiradi, ammo CISC-protsessorlarining ichida ko‘pincha RISC-arxitekturasidan foydalaniladi. " Murakkab tizimlarni loyihalash va obyektga yo‘naltirilgan tahlil qilish|"XX asrning 80-90-yillarida yuzaga kelgan, murakkab tizimlarni loyihalash va tahlil qilish metodologiyasi, dasturiy mahsulotlarni, texnik, iqtisodiy, ijtimoiy tizimlarni, shuningdek, ularni boshqarish tizimlarini ishlab chiqishda asosiy metodologiya hisoblanadi. Tadqiq qilinadigan yoki ishlab chiqiladigan tizim modellarining ketma-ketligi: informatsion model, holatlar modeli va jarayonlar modelini tuzish metodologiyaning asosini tashkil etadi. " Murakkablik|"Dasturiy ta’minotni tushunishdagi, tahlil qilish, testlash va ta’minlashdagi qiyinchiliklar o‘lchovi. " Murojaatlar monitori|"Foydalanish nazorati tamoyillari. U subyektlarning obyektlardan foydalanishga urinishlarini ajratuvchi mavhum mashina tushunchasiga asoslangan. Xavfsizlik o‘zagi shaklida amalga oshiriladi. " Mushkul holat|"Ikkita oqimning bajarilishida ularning bir-birini blokirovka qilib qo‘yishida yuzaga keladigan holat xatoligi. Bunda har bir oqim boshqa oqim foydalanayotgan resursning bo‘shashini kutib turadi. " Musiqa tizimi|"Ixtisoslashtirilgan abonent tizimi. U musiqa asarlarini yaratish, ishlov berish va ijro etish uchun mo‘ljallangan. Kompyuterga tashqi qurilmalar, yaʼni maxsus klaviatura, mikrofonlar, karnaylar va tegishli dasturiy taʼminotning qo‘shilishi orqali yaratiladi. Tizim imkoniyatlari ishlab chiqaruvchilarga maʼlumotlarni taqdim qilishning turli shakllaridan foydalanish imkonini beradi. Musiqa asari bilan ishlab, foydalanuvchi uning tarkibiy qismlarini kesib olish, nusxa olish, qo‘shish, tozalash operatsiyalarini bajaradi. Musiqa tizimlari uchun musiqa qurilmasi interfeysi belgilangan va «standart musiqani tavsif qilish tili» SMDL yaratilgan. " Mustaqil jarayon|"Boshqa jarayonlar bilan bog‘lanmagan, boshqa jarayonlarning bajarilishiga ta’sir ko‘rsatmaydigan yoki ularning ta’sirini sezmaydigan jarayon. " Mutanosiblik|"Mutanosiblik faqat to‘g‘ri axborotni bazaga yozishga ruxsat beradi. Agarda tranzaksiya bazaning mutanosibligini buzsa, butun tranzaksiya orqaga qaytariladi va baza mutanosib qoladi. " Mutant viruslar|"Shifrlash-rasshifrovka qilish algoritmlarini ichiga oluvchi viruslar. Bu algoritmlar tufayli, aynan bir virusning nusxalari baytlarning birorta ham takrorlanadigan zanjiriga ega bo‘lmaydi. " Mutlaqo maxfiy ma’lumotlar|"Alohida muhim ma’lumotlardan tashqari davlat siri hisoblanadigan ma’lumotlar. " Muvaffaqiyatsiz chaqiruv; muvaffaqiyatsiz murojaat|"Bog‘lanish o‘rnatilishi bilan tugallanmagan kira olishga urinish. Izoh − Mobil aloqa tarmoqlarida, aktiv izlash yakunida hech bo‘lmaganda bitta radiostansiya tomonidan tasdiqlanmagan chaqiruv. " Muvofiqlashtirilgan translyatsiya|"Umumiy tavsifga ega bo‘lgan bir nechta dasturiy modulni translyatsiya qilish, bunda barcha translyatsiya birliklari tavsiflarning bir xil versiyalaridan foydalanadi. " Muvofiqlik deklaratsiyasi|"Ochiq konkurs qatnashchisining yuridik kuchga ega bo‘lgan, davlat axborot tizimi interfeyslarini amalga oshirish uchun, axborot tizimlarining moslashuvchanligi bo‘yicha talablar to‘plamida ko‘rsatilgan spetsifikatsiyalardan foydalanish majburiyati. " Muvofiqlik sertifikati|"Hisoblash texnikasi vositalari yoki avtomatlashtirilgan tizimning, davlat standartlari talablariga, sertifikatlash bo‘yicha davlat organlari tomonidan, ularning vakolatlari doirasida tasdiqlangan axborotni muhofaza qilish bo‘yicha boshqa normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi va ishlab chiquvchiga ulardan muhofaza qilingan hujjat sifatida foydalanish va/yoki tarqatish huquqini beruvchi hujjat. " Muvofiqlikni baholash|"Qandaydir standartga yoki tavsiyalarga rioya qilinishini, yozuvlarning olib borilishi aniqligini tekshirishga yoki samaradorlik va natijalilikning maqsadli qiymatlariga erishishga yo‘naltirilgan tekshiruv va tahlil. " Muzlatishga qarshi tizim|"Antenna ko‘zgusining orqa sirtiga montaj qilinadigan elektr isitgichlar yordamida ko‘zguni va nurlantiruvchi tizimni sun’iy isitish uchun xizmat qiladigan antennaning issiqlik himoyasi tizimi. " Myuteks|"Operatsion tizimlarda ishlatiladigan semaforlarning o‘zaro bartaraf qilishni ta’minlaydigan analogi. " Mo‘rt posilka|"Alohida ehtiyotkorlikni talab qiluvchi tez sinadigan predmetlarni o‘z ichiga olgan posilka. N " Nadenenko dipoli|"Yelkalari silindr hosil qilishi bo‘yicha joylashgan, bir nechta parallel simlardan iborat cimmetrik vibrator ko‘rinishidagi antenna. " Namoyish qilinadigan versiya|"Bepul tarqatiladigan (masalan, reklama maqsadida) tugallanmagan dastur. U qo‘shimcha namoyish materiallarini o‘z ichiga olishi, shuningdek, magazin yoki ko‘rgazmadagi kompyuter namunasi ham bo‘lishi mumkin. " Namunaviy almashtirish elementi|"Ishlash qobiliyatini tiklash vada almashtirilishi zarur bo‘lgan, almashtiriladigan eng kichik, funksional tugallangan yig‘ma birlik. " Namunaviy guruhli trakt|"Elektraloqa signallarini, tonal chastota kanallari me’yorlashtirilgan sonini yoki chastotalar polosasidagi asosiy raqamli kanallarni berilgan guruhli traktga xos bo‘lgan uzatish tezligi bilan uzatish uchun mo‘ljallangan texnik vositalarning jami. Izoh – Guruhli trakt kanallarning me’yorlashtirilgan soniga bog‘liq ravishda birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi, to‘rtlamchi yoki N-guruhli trakt deb nomlanadi. " Namunaviy uzatish kanali|"Parametrlari qabul qilingan meʼyorlarga javob beruvchi uzatish kanali. " Nanokompyuter|"Mantiqiy elementlari bir necha nanometr bo‘lgan elektron (biokimyo, kvant) texnologiya asosida qurilgan hisoblash asbobi. Nanotexnologiya asosida ishlab chiqarilgan kompyuter ham juda kichkina. Nanokompyuter nazariyasining mantiqiy asoslari hali yo‘q. " Nanotexnologiya|"Informatikada − kompyuterlardagi protsessorlar uchun integral sxemalar tayyorlash texnologiyasi. Molekulalar va atomlar bilan ishlashga asoslangan. " Navbat|"1. Elementlar qanday tartibda kiritilgan bo‘lsa, o‘sha tartibda o‘chiriladigan ma’lumotlar tuzilmasi. 2. Printerdan chiqarish uchun topshiriqlar ro‘yxati yoki topshiriqlar navbati, ishlarning tartibini operatsion tizimning o‘zi aniqlaydi. " Navbatlar bilan taqsimlangan ikki yoqlama shina|"Bir juft optik kanal yordamida hosil bo‘lgan tezkor ko‘p kanalli tarmoq. U birinchi navbatda, katta shaharning axborot tarmog‘ini yaratish uchun mo‘ljallangan. Ishda yuqori o‘tkazish qobiliyati va ishonchlilikka ega. " Navbatlashish ketma-ketligi|"Navbatma-navbat yoyishda ayrim maydonlarning vaqtinchalik ketma-ketligini aniqlaydigan sonlar guruhi. " Navbatma-navbat yoyish|"Navbatma-navbat (ketma-ket) yoyiladigan satrlar bir-biridan bir satrning kengligidan butun son marta katta masofaga tarqatilgan va bunda yondosh satrlar maydonlarning chastotalari bilan bir-birining ketidan keladigan vaqt intervallari davomida yoyiladigan yoyish jarayoni. " Navigatsiya, siljish, joyini o‘zgartirish|"1. Foydalanuvchi interfeysi yordamida menyu, ma’lumot beruvchi fayllar yoki qandaydir boshqa obyektlar murakkab tizimida yo‘lni aniqlash jarayoni yoki usuli. 2. Tarmoq obyektlari bo‘yicha joyini o‘zgartirish. 3. Transport vositasining harakatlanish yo‘nalishini rejalashtirish va kuzatish, transportda yurish vaqtini hisoblash. 4. Mobil robotning o‘z harakati yo‘nalishini tanlashi, masalan oriyentirlar bo‘yicha. " Nazorat|"Tizim xavfsizligining joriy holatini aniqlash maqsadida, mustaqil obzor va tizim yozuvlarining tahlilini hamda tizim aktivligini olish imkonini beruvchi operatsiyalar majmui. " Nazorat-geraldli muhr|"Pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalari blanklari, 5-shakldagi daftarlar, 10-shakldagi reyestrlar va pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalari bo‘yicha xizmatga oid yozishmalar hamda alohida yo‘riqnomalarga muvofiq boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish uchun mo‘ljallangan maxsus muhr. " Nazorat jurnali|"Qar.: Audit jurnali. " Nazorat kodi|"Uzatiladigan ma’lumotlardagi xatolarni avtomatik tarzda aniqlash, tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik va bartaraf qilish imkonini beradigan kod. " Nazorat muddatlari|"Pochta, kuryerlik jo‘natmalari va pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalarini qabul qilish joyidagi pochta aloqasi obyektidan ularni topshirish va yetkazib berish joyidagi pochta aloqasi obyektigacha jo‘natish uchun belgilangan eng ko‘p vaqt oralig‘i. " Nazorat nuqtasi|"Jarayon bajariladigan nuqta, unda jarayonni shu nuqtadan takror ishga tushirish uchun zarur bo‘lgan axborot saqlanadi. " Nazorat nuqtasi ma’lumotlari to‘plami|"Nazorat nuqtasida saqlangan vazifa yoki tizim holatini ichiga oladigan ma’lumotlar to‘plami (fayl). " Nazorat nuqtasidan qayta ishga tushirish|"To‘xtab qolishdan so‘ng, saqlangan jarayon yoki topshiriq bajarilishining tiklanishi. " Nazorat qilinadigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa rejimi|"Mobil stansiyalar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqani tashkil etish prinsipi bo‘lib, unga muvofiq abonent tarmoq xizmatida qayd qilinadi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa rejimiga kirgunicha autentifikatsion tekshiruvdan o‘tkaziladi. " Nazorat qilinadigan zona|"Axborotni qayta ishlash texnik vositasi atrofidagi hudud, uning chegarasida begona shaxslarning va transport vositalarining ruxsat etilmagan tarzda bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. " Nazorat qiluvchi so‘z|"Signalni skremblerlash uchun shartli foydalanish tizimida qo‘llaniladigan va abonentga signal bilan birga uzatiladigan kodli so‘z. " Nazorat raqami|"Bitta raqam (simvol)dan iborat bo‘lgan tekshiruv kaliti. " Nazorat summasi|"1. Baytlar summasini hisoblash va uni yozuvga qo‘shish yo‘li bilan ma’lumotlar yozuvining to‘g‘riligini tekshirish uchun mo‘ljallangan axborot. Ma’lumotlarni hisoblashda baytlar summasi nazorat summasi bilan mos kelishi kerak. 2. Ma’lumotlar blokiga tekshirish maqsadlarida solishtiriladigan qandaydir funksiya, odatda faylning barcha yozuvlari maydonlariga mos keluvchi summa ko‘rinishida shakllanadi. Bu son biror-bir muhim ma’noga ega emas, faqat fayl yozuvlarini tekshirish uchun xizmat qiladi. Maydon qiymatining har qanday o‘zgarishi oldindan qayd qilingan va qaytadan hisoblangan nazorat summalarining mos kelmasligidan aniqlanadi. " Nazorat (tekshirish) kodi|"Ruxsat etilmagan tarzda ko‘chirib olingan nusxa emasligini aniqlash uchun, diskning bir qismini o‘qiydigan mashina komandalari. " Nazorat zvenosi|"Dasturning eng kichik, alohida o‘tkaziladigan elementi. " Nazorat chastotalari diapazoni|"Nomaqbul radionurlanishlarning darajasini nazorat qilish majburiy hisoblanadigan chastotalar diapazoni. " Negativ uzatish|"Boshlang‘ich yoritish kuchining kamayishi uzatiladigan quvvatning oshishini keltirib chiqaradigan uzatish usuli. " Negativ videosignal|"Qoradan oqga o‘tishda oniy qiymatlari kamayadigan videosignal. " Netbook|"Internetdan foydalanish va ofis dasturlari bilan ishlash uchun mo‘ljallangan kichik noutbuk. Netbuklar ixcham o‘lchamlari, kichik vazni, kam energiya isteʼmoli va nisbatan arzon narxlari bilan ajralib turadi. " Nettop|"Asosan Internet dasturlari bilan ishlash uchun mo‘ljallangan kichik tejamkor shaxsiy kompyuter. Nettoplar energetik samarali mikroarxitekturalarga ega protsessorlarga asoslanadi. Nettop atamasi Intel kompaniyasi tomonidan Atom protsessori eʼlon qilinishi paytida taklif etilgan. Nettop – bu netbukning statsionar analogi. " Neyman arxitekturasi|"Kompyuter qurishning, ham ma’lumotlar, ham dasturning o‘zi saqlanadigan tezkor, ketma-ket manzillanadigan xotira ajratilgan klassik arxitekturasi. Hozirgi vaqtda ko‘pchilik kompyuterlar shunday arxitekturaga ega. Nomi bu arxitekturani ishlab chiquvchilardan biri bo‘lgan mashhur matematik Jon fon Neyman sharafiga berilgan. " Neymkoin|"Bitcoin texnologiyasiga asoslangan, «nom-qiymat» turidagi ixtiyoriy kombinatsiyalarni saqlash tizimi, uning eng maʼlum qo‘llanilishi domen nomlari tizimining muqobil tub serverlar tizimi hisoblanadi. " Neyrokompyuter|"Neyron tarmoqlar asosida yaratilgan kompyuter. Hozircha mustaqil tarzda mavjud emas, lekin zamonaviy kompyuterlarda aktiv ravishda modellashtirilmoqda. " Neyrokompyuting|"Neyron tarmoqlar yordamida amalga oshiriladigan hisoblashlar. " Neyrokontroller|"Arxitekturasida neyron tarmoqlardan foydalaniladigan kontroller. " Neyrolingvistik dasturlash|"So‘z orqali ishontirishning alohida shakllari yordamida inson ichki ongiga manipulyativ taʼsir ko‘rsatish uslubi. Bunda insonda yetarli darajada mustahkam psixologik ko‘rsatmalar paydo bo‘lib, ular keyinchalik muayyan harakatlarga undashi mumkin. Internet orqali amalga oshirilishi mumkin. " Neyron kompyuteri|"Bir-biriga bog‘langan elektron neyronlar tarmog‘idan tuzilgan kompyuter turi. Ushbu mashinalar o‘rganish uchun yaratilgan va dasturlash uchun yaratilmagan. Dizayni va faoliyati bo‘yicha ular inson miyasiga o‘xshaydi. Miyadagidek, neyronlar bir-biriga minglab moslashtiriladigan kanallar orqali signallar jo‘natadi. O‘rganish jarayoni davomida mashina kanallarni sozlaydi. O‘zini sozlaganidan keyin mashina yozuv yoki ovozni tushuna oladi. " Neyron tarmoq|"1. Formal neyronlar, summatorlar va sinapslar majmuini hosil qilgan tarmoq. 2. Neyronlarning soddalashtirilgan funksional modellari hisoblanadigan, bir jinsli protsessorli elementlardan tuzilgan hisoblovchi yoki mantiqiy sxema. " Neytral optik tarmoqlagich|"Optik qutblar o‘rtasidagi uzatish koeffitsiyentlari optik nurlanish to‘lqin uzunliklarining berilgan diapazonidagi to‘lqin uzunligiga bog‘liq bo‘lmagan optik tarmoqlagich. " Niderrayter kriptotizimi|"Xatolarni tuzatuvchi kodlarga asoslangan kriptotizim. " Nihoyatda past chastotalar|"300 Hz dan quyida yotuvchi chastotalar sohasi. Toʻlqin uzunligi 1000 km dan ortiq boʻlgan megametrli toʻlqinlar mos keladi. Bu diapazоnda 50 Hz chastota va uning garmonikalarida elektromagnit toʻlqinlarni generatsiyalaydigan elektr uzatish liniyalari xalaqitlarning asosiy manbai hisoblanadi. " Nik|"Tarmoq foydalanuvchisi odatda chatlar, yangilik guruhlarida, elektron pochtasida ishlatadigan taxallus, haqiqiy bo‘lmagan ism. Odatda nik turli xil qayd yozuvlarida foydalanuvchi nomi sifatida ishlatiladi. " Nimani ko‘rsang, shuni olasan|"Rejim (prinsip) WYSIWYG («vizivig» deb talaffuz qilinadi), «nimani ko‘rsang, shuni olasan» matn redaktorlarida va shaxsiy redaktorlik tizimlari – ekrandagi tahrir qilinayotgan hujjat tasvirining bosma variantiga grafik jixatdan to‘liq monand rejim. Tayyorlangan maket qanday ko‘rinishini oldindan aytib berishga imkon beradi. " Niqob|"Qiymatda muayyan bitlarni ko‘rsatish yoki tanlab aks ettirish uchun foydalaniladigan ikkilik qiymat. " Niqob biti|"Muayyan operatsiyalarga ruxsat etish yoki ularni taqiqlash yoki maydon ichidagini tekshirish yo bo‘lmasa o‘zgartirish uchun, nol yoki birlik qiymatga o‘rnatiladigan bitlar yig‘indisi. " Niqoblanadigan uzilish|"Protsessor birmuncha muhimroq ishni bajarishi uchun, uzilishlar kontrolleri yoki protsessorning maxsus registridagi qurilma yordamida taqiqlash (yoki ruxsat etilishi) mumkin bo‘lgan apparat uzilish. " Niqoblash|"1. Shovqinga qo‘shib foydali signalni yashirin uzatish, bunda oddiy vositalar bilan uni aniqlash imkoni bo‘lmaydi. 2. Tovush balandligi yuqori bo‘lgan fon signali mavjudligida, so‘zlashuvni eshitishning yomonlashuvi. 3. Obyektni jinoyatkorlar uchun kirib bo‘lmaydigan (ko‘rinmaydigan) yoki undan foydalanishni murakkablashtiruvchi harakatlarni bajarishga asoslangan obyektlarni muhofaza qilish uslubi. 4. Kompyuter nazariyasida, niqob bu binar operatsiyalar uchun ishlatiladigan maʼlumotdir. Niqobni ishlatish bu turli baytdagi bitlar yo yoqilishi yo o‘chirilishi, yoki yagona binar operatsiyada yoqiqdan o‘chiqqacha o‘girilishi (yoki aksi) dir. Niqob IP-manzillar bilan kompyuter nimtarmog‘ini aniqlashda yoki kompyuter grafikasida, masalan, shaffof muhit ko‘rinishini aniqlashda ishlatiladi. " Nisbatlar|"Kompyuterlar displeylari va rasmlarda rasm enining bo‘yiga bo‘lgan nisbati. Masalan, 2:1 nisbati rasm eni uning bo‘yidan ikki baravar kattaligini ko‘rsatadi. Rasmni veb-sahifa kabi boshqa hujjatga qo‘shish paytida nisbatini saqlash katta ahamiyatga egadir. " Nisbiy identifikator|"Xavfsizlik identifikatorining kichik qismi. Domen doirasida xavfsizlik identifikatorlari bir xil katta qismga ega, nisbiy identifikator esa 1000 dan boshlab ketma-ket ko‘payuvchi qiymatni oladi. " Nisbiy yo‘l|"1. Fayl yoki katalogning tarkibiy nomi bo‘lib, unda fayl nomining oldidan joriy katalogdan boshlanadigan kataloglar ketma-ketligi yozilgan bo‘ladi. 2. Ayrim mavjud direktoriyaga nisbatan fayldan foydalana olish yo‘li. " Nizom|"Qandaydir sohada munosabatlarni tartibga soladigan qoidalаr to‘plami, qonun protseduralari. " Noaniq autentifikatsiya|"Autentifikatsiya qilish jarayonida berilgan algoritm bo‘yicha generatsiyalanadigan shifrlash kalitlaridan foydalanishga asoslangan autentifikatsiya qilish protsedurasi. " Noaniq holat|"Ish rejimi, bunda tarmoq qurilmasi (ko‘prik, kommutator) adreslar manbai va maqsadidan qat’i nazar barcha portlardan unga kelayotgan paketlarni ko‘rib turadi. " «Noaniq nusxa»|"Pochta xabarlari sarlavhasidagi elektron xat nusxasi yuboriladigan manzil. Bunda VSS qabul qiluvchisiga xat yuborilgan boshqa manzillar ro‘yxati ko‘rinmaydi. " Noaniq nutq|"Nutqni qayta eshittirish va uning tushunarlilik sifatini yomonlashtiruvchi buzilishlar turi. Past chastotalar sohasidagi xalaqitlar, odatda, og‘ib o‘tuvchining tutilib qolishiga bog‘liq bo‘lib, ular nutqning eshitilish sifati yomonlashuvida aks etadi, ayni paytda, yuqori chastotalar sohasidagi xalaqitlar, asosan, nutqning tushunarliligi yomonlashuviga olib keladi. " Noekvidistant antenna panjarasi|"Element antenna panjarasining markaziy o‘qidan qancha uzoq joylashgan bo‘lsa, bir-biridan shuncha katta turli masofalarda joylashgan elementar nur tarqatgichlar guruhi. " Nogeostatsionar orbita|"Nogeostatsionar orbitalarga elliptik (NEO) o‘rta balandlik (MEO) va past Yer atrofi (LEO) orbitalari tegishlidir. " Nol|"Matematik (0) qiymat. Bul algebrasida «yolg‘on» qiymatni anglatadi. " Nol holati boshqariluvchi antenna panjarasi|"Yo‘nalganlik diagrammasida xalaqitlar manbai yo‘nalishida qisqa uzilish shakllanadigan antenna panjarasining turi. Yo‘nalganlik diagrammasining nol holatini boshqarishda xalaqit signali amalda bostirilgan bo‘lishi kerak. " Nol nurlanish bo‘yicha yo‘nalganlik diagrammasining kengligi|"Ikkita yo‘nalish o‘rtasida o‘lchangan yo‘nalganlik diagrammasi asosiy yaprog‘ining kengligi, ular bo‘ylab maydon kuchlanganligi nolga yaqin bo‘ladi. " Nolga qaytmasdan|"Kodlash usuli, bunda signallar har doim musbat yoki manfiy, nol bo‘lmagan qiymatlarga ega, 1 va 0 ikkilik simvollari turlicha qutblanadigan signallar bilan kodlanadi. Bunday signal 1 larni uzatishda takt davomida, yaʼni har bir bitdan keyin 0 ga qaytmaydi. Usul xatolarni yaxshi aniqlashni taʼminlaydi, lekin o‘zini o‘zi sinxronlash xossasiga ega emas. " Nolinchi argument|"UNIX operatsion tizimlarida komanda nomi nolinchi raqamli argument hisoblanadi. Ishga tushiriladigan dasturning validligini tekshirish uchun xizmat qiladi. $0 parametri bilan belgilanadi. " Nolinchi kun zaifligi|"Himoya mexanizmlari hali ishlab chiqilmagan zararli dastur yoki zaiflik. " Nolinchi paketlar|"Axborot tashimaydigan va oqim tezligi o‘zgarmasligiga xizmat qiladigan transport oqimi paketlari. " Nolinchi qurilma|"Unix-monand operatsion tizimlarda hech qanday maqsadga yetkazmaydigan bo‘sh qurilma. Qabul qilinadigan barcha signallarni yutadi. Ekranga chiqarish va hech qayerda saqlanishi kerak bo‘lmagan axborotni qayta yo‘naltirish uchun ishlatiladi. " Nollashtirish|"Disk sektori, xotira bloki yoki o‘zgaruvchilarni nollar bilan to‘ldirish. " Nom|"Dasturlashda – ma’lumotni, dasturni yoki kataloglashtirilgan protsedurani identifikatsiyalaydigan harf-raqamli simvollar ketma-ketligi (nomning birinchi simvoli harfli bo‘lishi kerak). " Nom boʻyicha chaqiruv|"Parametrlarni berish usuli, bunda chaqiruvchi modul chaqiriladigan modulga uzaytiriladigan parametrlarni ifodalaydigan ramziy ifodani taqdim etadi, xizmatga oid protsedura ifodani baholaydi hamda natijalovchi qimmatni chaqiriladigan modulga taqdim etadi. " Nomaqbul effekt|"Dastur yoki funksiyani bajarishda hisoblash muhiti holatining yoki o‘zgaruvchilar global qiymatlarining o‘zgarishi. " Nomaqbul yaproq|"Antenna ko‘zgusi bilan nurlanadigan energiyani qisman qamrab olishda hosil qilinadigan parazit yaproq. " Nomer (raqam)|"Qandaydir qurilma yoki foydalanuvchiga beriladigan va keyinchalik uni identifikatsiya qilish uchun qo‘llaniladigan yagona sonli kod yoki indeks. " Nomidan kirish|"Login va paroldan foydalanib resursdan foydalana olish huquqini olish. " Nominal daraja|"U yoki bu qurilma (aloqa tizimida qo‘llaniladigan) kirishidagi elektr signalining yo‘l qo‘yiladigan chegaraviy darajasi, bunda qurilma tomonidan kiritiladigan nochiziqli buzilishlarning qiymati yo‘l qo‘yiladigan chegaralardan oshmaydi. " Nominal kanal intervali|"Qo‘shni kanallar orasida chastotata bo‘yicha tarqatish. Kanal intervali teng bo‘lishi yoki teng bo‘lmasligi mumkin. " Nominal quvvat|"Radiokarnayga beriladigan eng katta elektr quvvati, bunda nochiziqli buzilishlar berilgan turdagi radiokarnayning texnik hujjatlarida keltirilgan normalardan oshmaydi. " Nomlar jadvali|"Dasturda foydalaniladigan identifikatorlar (belgilar, kichik dasturlar va o‘zgaruvchilar nomlari)ni va ularning atributlarini (belgilarini) ichiga oladi; nomlar jadvali ishlash paytida translyator va komponovkachi tomonidan tuziladi; semantik tahlil va oraliq kodni generatsiyalash bosqichlarida, shuningdek dasturni komponovkalash uchun foydalaniladi. Nomlar jadvali tegishlicha, sozlash maqsadida obyekt yoki yuklash modulida saqlanishi mumkin. " Nomlar serveri|"Boshqa nomlar serverlari bilan birgalikda xost-kompyuterlar nomlarining, ularning IP-manzillariga o‘zgartirilishini amalga oshiradigan kompyuter. " Nomli buyum|"Hujjatlar, pochta, kuryerlik jo‘natmalari va pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalari blanklariga pochta aloqasi obyekti nomi, pochta vagoni, yo‘nalishi, pochta, kuryerlik jo‘natmasi, pul mablag‘larining pochta o‘tkazmasi va boshqa axborotni qabul qilish hamda kelib tushgan sanasini ko‘rsatgan holda iz tushirish uchun mo‘ljallangan moslama (shtamp). " Nomukammal shifr|"Mutloq chidamli bo‘lmagan shifr. " Noortogonal diskretlash|"Diskretlash onlariga mos keladigan yoyish satrlaridagi nuqtalar tasvirga yoyish satri yo‘nalishiga perpendikulyar ravishda yo‘naltirilmagan tasvirni diskretlash. Izoh – Progressiv yoyish hollarida, yoyish satridagi nuqtalar shu maydonning vaqt bo‘yicha qo‘shni satrlari nuqtalariga yo‘naltirilmagan, satr oralatib yoyishda, yoyish satridagi nuqtalar keyingi maydonning fazo bo‘yicha qo‘shni satrlariga yo‘naltirilmagan. " Nopozitsion sanoq tizimi|"Sonlarni belgilash uchun, miqdor qiymati har doim bir xil va joylashgan o‘rniga bog‘liq bo‘lmaydigan muayyan belgilar kiritiladigan sanoq tizimi. Nopozitsion sanoq tizimidan kam foydalaniladi, chunki u hisoblashlar uchun moslashtirilmagan. Xarakterli misol – rimcha sanoq tizimi. Lotin alifbosining quyidagi qiymatlarga ega simvollari bor: I-1, V-5, X-10, L-50, C-100, D-500, M-1000. " Norekursiv filtr|"Yakuniy javobi ratsional funksiya orqali ifodalanadigan raqamli filtr. " Normallashtirish|"Ma’lumotlarni, takrorlanadigan ma’lumotlar guruhlarini saqlamaslik va ma’lumotlar ortiqchaligiga yo‘l qo‘ymaslik imkonini beradigan alohida jadvallarga guruhlash usuli. " Normativ-huquqiy hujjat|"Belgilangan shakldagi, vakolatli davlat organining yoki boshqa tuzilmalarning vakolati doirasida yoki qonun hujjatlarida belgilangan protseduralarga rioya qilingan holda referendum yo‘li bilan qabul qilingan rasmiy hujjat. " Normativ-huquqiy hujjat muhokamasi|"Normativ-huquqiy hujjatning tegishli loyihasini yoki boshqa zarur axborotni rasmiy saytda joylashtirish, shuningdek, muhokama qatnashchilarining taqdim etilgan takliflarini ko‘rib chiqish va umumlashtirish. " Nosimmetrik liniya|"O‘tkazgichlardan biri signalni uzatish uchun, ikkinchisi esa, erga ulash vositasi sifatida xizmat qiladigan uzatish liniyasi. " Nosimmetrik vibrator|"O‘tkazuvchi sirt ustida joylashadigan, bir uchi bilan fiderga, ikkinchi uchi esa, o‘tkazuvchi sirtga, masalan, yer, antenna posangisi yoki obyekt korpusi bilan ulanadigan vibrator. " Nosimmetrik zanjir|"Bir-biridan yerga yoki boshqa simga nisbatan qarshilik, elektr sig‘imi, o‘tkazuvchanlik yoki induktivlik bilan farqlanadigan yelkalari bo‘lgan ikki o‘tkazgichli liniya. " Nosozlik|"Tashqi ta’sirlar tugagandan so‘ng bartaraf etiladigan, juda ham jiddiy bo‘lmagan ishlamay qolish. " Nostandart foydalana olish usuli|"Dasturda ko‘zda tutilmagan, lekin resurslardan erkin foydalanishda ishlaydigan usul. Asosan veb-dasturlar uchun xos. " Notariallashtirish|"Ma’lumotlarni uchinchi ishonchli tomondan qayd etilishi, bu esa keyinchalik ularning ichidagi, jo‘natuvchi, vaqt va oluvchi kabi tavsiflarining tasdiqlanishini ta’minlaydi. " Notarqoq zona (uyali aloqada)|"Har tomonga yo‘nalgan antennali bitta tayanch stansiyaga ega xizmat ko‘rsatish zonasi. Tayanch stansiya ushbu zonaning markazida joylashadi. " Notatsiya|"Matematik yoki ilmiy ifodalarni, dasturlar elementlarini tavsiflash uchun mo‘ljallangan qoidalar va simvollar to‘plami. " Notekis kvantlash|"Kvantlashning ikkita chetki intervallari uchun belgilangan tashqi chegaralar o‘rtasidagi kvantlashning barcha intervallari o‘zaro teng bo‘lmagan kvantlash. " Notekis nurlanish|"Antennaning ochilishida qo‘zg‘atiladigan elektromagnit maydon tekis hisoblanmaydigan, balki ko‘zguning chetlariga tekis tushadigan nurlanish. " Noto‘g‘ri kadrlash|"Videosignal datchigi yoki tiklash qurilmasidagi belgilangan kadrga nisbatan yoyish elementi bilan aylantirib chiqiladigan sirtning noto‘g‘ri joylashishi. " Noutbuk, leptop|"Odatda o‘lchami A4 formatdagi varaq o‘lchami bilan mos keladigan, og‘irligi bir necha kilogramm atrofida bo‘lgan ko‘chma shaxsiy kompyuter. " Nov|"Olinadigan qopqog‘i bo‘lgan, yer osti kabelini o‘tkazish uchun yer ostidagi trenchga joylashtirilgan kanal. " Noyob nom|"Berilgan nomlar makonidagi aniq (yagona) nom. " Nozik axborot|"To‘la huquqli shaxs nuqtai nazaridan muhofazalanishi zarur bo‘lgan axborot. Chunki, uni oshkor aylash, o‘zgartirish, yo‘q qilish yoki yo‘qotish kimgadir yoki nimagadir sezilarli zarar yetkazishga sabab bo‘lishi mumkin. " Nochiziqli buzilishlar|"Signal shakli (tovush tebranishlari) ning qo‘shimcha garmonikalar (tovush tembrining buzilishi, xirillash, zirillash) ning paydo bo‘lishi hisobiga buzilishi. Buzilishlar garmonikalar koeffitsiyenti (klirfaktor) bilan baholanadi. " Nochiziqli buzilishlar o‘lchagichi|"Signalning o‘tish traktida liniya, kuchaytirgich va sh.k.lar tomonidan kiritiladigan nochiziqli buzilishlar koeffitsiyentini yoki tovush chastotasi sinusoidal tebranishlari generatorining chiqishida vujudga keladigan buzilishlarni aniqlaydigan asbob. " Nochiziqli montaj|"Montaj texnologiyasining kompyuterda amalga oshiriladigan yangi avlodi. Videoplenkalar, disklar va grafikalardagi tasvir raqamlashtiriladi, magnit disklarda saqlanadi. Istalgan kadr, istalgan paytda va istalgan ketma-ketlikda chaqirib olinishi mumkin. " Nuqta o‘lchami (lyuminofor zarrasining qadami)|"Bitta rangdagi nuqtalar (piksellar) o‘rtasidagi masofa. Har xil turdagi kineskoplar uchun diagonal yoki gorizontal bo‘yicha o‘lchanadi. " Nuqtalar qadami|"Qo‘shni triadalarning markazlari o‘rtasidagi masofa. " Nuqtali vergul|"Elektron pochtani bir nechta foydalanuvchilarga jo‘natish uchun manzillarni ajratishda ishlatiladigan bo‘lgich. Dasturlashda esa u satrning mantiqiy tugallash belgisi hisoblanadi. " Nur|"Antenna yoʻnalganlik diagrammasining bitta yaprogʻi nurlanishi tarqaladigan fazo qismi. Izoh – Nur keskin yoʻnaltirilgan, profillangan, qayta yoʻnaltiriladigan yoki vaqt davomida kommutatsiyalanadigan boʻlishi mumkin. " Nur (antenna panjarasining)|"Yoʻnaltirilgan antenna panjarasi yoʻnalganlik diagrammasining asosiy yaprogʻi. " Nur tarqatgich|"Elektr signallarning elektromagnit to‘lqinlarga aylantirilishini ta’minlaydigan manbaning umumiy nomi. " Nur o‘qi|"Nurda uzatiladigan maksimal energiya xos bo‘lgan yo‘nalish, odatda, antennaning yo‘nalganlik diagrammasi asosiy yaprog‘iga mos keladi. " Nurlagich bilan soyalsh (antenna koʻzgusi)|"Antenna ko‘zgusi sirti nurlanish samaradorligining nurlagichning soyalantiruvchi harakati va uning konstruktiv (tayanch) elementlari tufayli pasayishi. " Nurlanish|"1. Istalgan manbadan chiqayotgan energiyaning radioto‘lqinlar shaklidagi oqimi. 2. Elektromagnit to‘lqinlarning manbadan atrof-muhitga yoki uzatish liniyalari orqali tarqalish jarayoni. " Nurlanish darajasi|"Texnik vosita nurlantirayotgan elektr va/yoki magnit maydonlar va/yoki quvvat oqimi zichligining, qat’iy belgilangan sharoitlarda o‘lchangan darajasi. " Nurlanish turkumi|"Belgilangan shartli belgilar orqali ifodalanadigan nurlanishlar xarakteristikalarining majmui, masalan, asosiy eltuvchini modulyatsiyalash turi, modulyatsiyalaydigan signal, uzatiladigan xabarlar turi, shuningdek, (zarur bo‘lganda) signalning har qanday qo‘shimcha xarakteristikalari. " Nurlantiruvchi element (antenna panjarasi)|"Antenna yoki antenna panjarasining tarkibiy qismi hisoblanadigan berilgan qo‘zg‘atish qonuniga ega antennalar guruhi. " Nurlanuvchi quvvat|"Vaqt birligida, chastotalarning cheklangan polosasida nurlanadigan energiya. Izoh − Nurlanuvchi quvvat qiymati uzatish vaqtiga, uzatish muhitining xarakteristikalariga hamda o‘lchash usuliga bog‘liq. Og‘ib o‘tuvchining oniy cho‘qqi quvvati, vaqtda yoki uzatish liniyasining berilgan ko‘ndalang kesimida (masalan, to‘lqin o‘tkazgichda) o‘rtachalashtirilgan quvvat farqlanadi. Antennadan keladigan to‘la quvvat belgilangan yo‘nalishda (cheklangan fazoviy burchakda) uzatilishi yoki izotrop, ya’ni barcha yo‘nalishlarda bir tekis nurlanishi mumkin. " Nurlanuvchi radioxalaqit|"Fazoda tarqaladigan radioxalaqit. " Nurli (energetik) yorqinlik|"Fazoviy burchak birligida manba proyeksiyasi maydon birligiga to‘g‘ri keladigan nurli oqim. Izoh − Birligi vatt taqsim steradian, kvadrat metr (Vt/sr.m2). " Nurli oqim|"Nurlanuvchi energiyaning ko‘chirish quvvati, ya’ni vaqt birligida o‘tadigan energiya miqdori. " Nurni kombinatsiyalangan boshqaruvga ega antenna|"Bir tekislikda mexanik skanlash va boshqasida elektr skanlashga ega antenna. " Nusxa ko‘chirilishidan muhofaza qilish|"1. Ma’lumotlardan, dasturiy yoki dasturiy-apparat ta’minotidan ruxsat etilmagan tarzda nusxa ko‘chirilishini aniqlash yoki oldini olish uchun maxsus usullarning qo‘llanilishi. 2. Magnit tashuvchida, masalan, tijorat yo‘nalishidagi dasturiy mahsulotga ega diskda, yozilgan axborotdan nusxa ko‘chirilishining oldini olish usuli. " Nusxa ko‘chirish|"Belgilangan matn yoki obyektni almashinuv buferiga ko‘chirish. " Nusxa ko‘chirish platasi|"Elektron hisoblash mashinasiga o‘rnatilgandan so‘ng, tezkor xotiradan diskka muhofazalangan dasturiy ta’minotni ko‘chirish imkonini beradigan elektron qurilma. " Nusxa ko‘chirishga ruxsat etilgan|"FSF ga kiritilgan mualliflik huquqining turi bo‘lib, mahsulotni notijoriy maqsadlar uchun erkin tarqatilishiga ruxsat etilganligini bildiradi . " Nusxalovchi arxivlash|"Barcha belgilangan fayllardan nusxa ko‘chirilishi mumkin bo‘lgan, lekin rezervlangan fayllar belgilanmaydigan arxivlash rejimi. " Nutq aktivligi detektori|"Nutq intervallarini yoki nutqsiz shovqinni aniqlash va ajratish uchun mo‘ljallangan qurilma. Izoh − Nutq detektori pauzalar va aloqa seansi tugaganda, uzatgichni o‘chirish (uzib qo‘yish) uchun ham ishlatiladi. Detektorda qaror qabul qilish chegarasi juda past ham bo‘lishi kerak emas, aks holda, qurilma shovqindan «ishlab» ketadi, shuningdek, juda yuqori ham bo‘lmasligi kerak, unda nutq jumlasining boshlanishi «kesilib» qoladi va tushunarlilik yomonlashadi. " Nutq orqali (raqam) terish xizmati|"Telefon raqamini yoki familiyani aytish orqali raqamni termasdan bog‘lanishni o‘rnatish imkoniga ega xizmat. Izoh – Xizmat ham telefon stansiyada, ham abonent terminalida amalga oshirilishi mumkin. " Nutq polosasi|"Nutq uzatilishini taʼminlaydigan, 3000 Gs (300 dan 3400 gacha) ga teng bo‘lgan chastotalar polosasi. " Nutq sifati|"Nutq mazmun va rasmiy tomonlarining mavjud xususiyatlari: to‘g‘riligi, aniqligi, mantiqiyligi, sofligi, ifodaliligi, boyligi va o‘rinli ekanligi. " Nutqiy axborot|"Manbai inson nutqi bo‘lgan akustik axborot. " Nutqiy erkin foydalanish|"Foydalanuvchi ovozini identifikatsiyalash asosida erkin foydalanishga ruxsat berish tizimi. " Nutqiy interfeys|"Nutq shaklida komandalar va maʼlumotlar kiritish interfeysi. U foydalanuvchi va axborot tizimi o‘zaro ishlashiga oid usullarni soddalashtirish maqsadida yaratilgan. Tizimga maʼlumotlarni qayta ishlashni boshqarish komandalari yoki maʼlumotlarning o‘zi kiritiladi. " Nutqiy kiritish|"Ma’lumotlarni kompyuterga ovoz yordamida (klaviaturasiz) kiritish texnologiyasi. Nutqiy kiritishdan foydalanish uchun, tazkor xotirasi kamida 8 Mbyte bo‘lgan Pentium yoki i486 protsessorga ega katta quvvatli shaxsiy kompyuter va lug‘atli dasturiy ta’minot bo‘lishi zarur. Dastur nutqni raqamlashtiradi, har bir so‘zni ajratadi va aniq ta’riflash uchun uni o‘zining lug‘atidan topishni bajaradi. " Nutqiy pochta|"Nutqiy xabarlar uzatishga mo‘ljallangan elektron pochta turi. Nutqiy pochta foydalanuvchilar monologini taʼminlaydi. Nutq xabarlar shaklida uzatilib, ularni talab qilinmaguncha xotirada saqlana beradi. Buning uchun abonent tizimlarida pochta qutisi deb ataluvchi xotira sohasi ajratib beriladi. " Nutqiy xabar|"Tarmoq orqali uzatilayotgan nutqdan iborat bo‘lgan xabar. Nutqiy xabar uzatish odatdagiga nisbatan juda oson, chunki, klaviatura yoki nurli pero ishlatishga ehtiyoj bo‘lmaydi. Shu bilan birga, uzatish jarayoni analog-raqamli o‘zgartirishni, qabul qilish jarayoni esa raqamli-analog o‘zgartirishni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, nutqiy xabarlar katta hajmliligini hisobga olgan holda, maʼlumotlarni zichlashtirishdan foydalaniladi. " Nutqli (ovozli) xabarlarni qayta ishlash|"Ovozli pochtani, raqamli avtojavobbergichlarni, ma’lumot beradigan kiosklarni ichiga oladigan texnologiyalar jami. " Nutqli xabar|"Nutq signallari ko‘rinishida taqdim etiladigan xabar. " Nutqni anglash|"Nutqiy ma’lumotlarni mashina yordamida anglash va ularni mashina matniga o‘girish. Nutqni anglash dasturi matnni klaviatura orqali emas, balki kompyuterga ulangan mikrofon yordamida kiritish imkonini beradi. " Nutqni kodlash|"Nutqni kodlar ketma-ketligiga aylantirish. " Nutqni kodlash algoritmi|"Nutqni raqamlashtirish tizimi zida tovushlar lug‘atini ifodalaydi, bu lug‘at yordamida gapiruvchining ovozi aloqa liniyasi ob‘ylab uzatish uchun nollar va birlar to‘plamiga o‘zgartiriladi. " Nutqni qayta ishlash|"Nutqni tahlil qilish, o‘zgartirish va sintezlash jarayoni. Nutqni tanish uni matnga aylantirishdan iborat, uni axborot manbai sifatida ishlatish imkoniyatini ochadi. Tanishga teskari bo‘lgan holat nutqni sintezlashdir, yaʼni, aniq kod bilan ifodalangan matnni nutqqa o‘girish. O " Obfuskatsiyalash|"Birlamchi matn yoki dasturning bajariladigan kodining funksionalligini saqlab qoladigan, biroq uni tahlil qilish, ish algoritmlarini tushunish va dekompilyatsiya paytida modifikatsiyalashni murakkablashtiradigan shaklga keltirish. Kodni «chalkashtirish» algoritmi, birlamchi matn, assemblerlik darajasida amalga oshirilishi mumkin. Chalkash assemblerlik matnni yaratish uchun dasturni bajarish muhitining yashirin yoki hujjatlashtirilmagan imkoniyatlaridan foydalanuvchi maxsus kompilyatorlar qo‘llanilishi mumkin. Obfuskatsiyalashni bajarish uchun maxsus dasturlar ham mavjud, ular obfuskatorlar deyiladi. " Obrazlarni aniqlash|"Funksional blok yordamida fizik yoki abstrakt obrazlarni, tuzilmalar va konfiguratsiyalarni identifikatsiyalash. Aniqlash, qabul qilinayotgan signallarning xususiyatlari va qonuniyatlariga asoslangan holda, namunaning tuzilishini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. " Obyekt|"1. Atributlarini o‘lchash yordamida tavsiflanadigan alohida element. 2. Foydalanilishi nazorat qilinadigan mantiqiy obyekt. Masalan, fayl, dastur, tezkor xotira doirasi; yig‘ilgan va saqlanayotgan shaxsiy ma’lumotlar. 3. Axborotni saqlovchi, qabul qiluvchi yoki uzatuvchi tizimning passiv komponenti, undan foydalana olish erkin foydalanishni chegaralash qoidalari bilan tartibga solinadi. Izoh – Obyektdan foydalana olishda unda saqlanayotgan axborotdan erkin foydalanishni anglatadi. Obyektlar: yozuvlar, bloklar, sahifalar, segmentlar, fayllar, direktoriyalar va dasturlar, shuningdek, alohida bitlar, baytlar, so‘zlar, maydonlar; turli qurilmalar (terminallar, printerlar, diskovodlar va h.k.); turli tarmoq qurilmalari (alohida uzellar, kabellar va h.k.). " Obyekt-dispetcher|"Windows 2000 operatsion tizimidagi sinxronlash vositasi, myuteks va semafor kabi ishlaydigan, ularning semantikasi shartli o‘zgaruvchi semantikasiga o‘xshash voqealarni generatsiyalaydi. " Obyekt fayli|"Kompilyator bilan boshlang‘ich kodni qayta ishlash natijasida olingan, dasturning alohida moduli oraliq taqdim etilgan fayl. Obyekt fayli o‘z ichiga alohida tarzda tayyorlangan (ko‘pincha, ikkilik yoki binar kod deb ataladigan) kodni oladi. Bu kod, tayyor bajariladigan modulni yoki bibliotekani olish uchun, bog‘lanishlar redaktori (komponovkachi) yordamida boshqa obyekt fayllari bilan birlashtirilishi mumkin. " Obyekt fayllarining umumiy formati|"Microsoft korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan standart. " Obyekt kodi|"Dasturlovchi tizim yaratadigan, bir yoki undan ortiq jarayonni (dastur matni yoki tili) qulay taqdim etish shakli. " Obyekt moduli|"Bajariladigan mashina komandalari va simvollar jadvalini o‘z ichiga oladigan, kompilyator bilan generatsiyalanadigan dastur binar kodining fayli. " Obyekt so‘rovlari brokeri|"Namunaviy dasturlar blokini ishlab chiqish texnologiyasi. ORB texnologiyasi dasturiy taʼminotning oraliq qatlamlari turlaridan biri bo‘ladi. ORB yordamida yaratilayotgan dasturlar murakkab dasturiy tizimlarni qurish uchun qayta-qayta ishlatilishi mumkin. Bu tizimlar, birinchi navbatda global ulanish xizmatida foydalanishga mo‘ljallangan. ORB obyektga yo‘naltirilgan arxitekturaga tayanadi, broker operatsiyalarini bajara turib, bir obyektga boshqa obyektlarni topib olish va ularga tarmoq orqali so‘rovlar bilan murojaat qilish imkonini yaratadi. ORB yordamida yaratilayotgan dasturlar, tarmoqda qo‘llanilayotgan platformaga, ular yaratilgan dasturlash tillariga bog‘liq emas. " Obyekt so‘rovlari vositachisi|"Kompyuter tarmog‘i orqali obyektning boshqa obyektlar bilan o‘zaro ta’sirini ta’minlovchi tizim, OMG standartining qismi. RPC va MOM ga o‘xshab, ORB ham foydalanuvchidan uzoqdagi obyektlarga kirishni berkitadi. So‘ralgan obyekt aktiv-lashtirilayotgan obyekt nomini bilishi va unga bir qator parametrlarni jo‘natishi kerak. " Obyektdan takroriy foydalanish|"Avval bitta yoki bir nechta obyektdan iborat bo‘lgan xotira maydonining (masalan, bet, freym, disk sohasi, magnit tasma) qayta tayinlanishi va takroriy qo‘llanilishi. Xavfsizlikni taʼminlash uchun ushbu maydon yangi obyekt uchun ajratilganda, unda eski obyektlar axboroti bo‘lmasligi lozim. " Obyektga havola|"Windows yadrosining tizim obyektiga havola. " Obyektga kira olish|"1. Obyektdagi axborotni olish. 2. Obyektdan biror maqsad yo‘lida foydalanish. " Obyektga yo‘naltirilgan|"Obyektlardan foydalanish ta’minlanadigan operatsion tizim, ishlab chiqish muhiti, ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi yoki ilova. " Obyektga yo‘naltirilgan arxitektura|"Asosi, tizim yoki tarmoqning bir biri bilan o‘zaro aloqada ishlovchi obyektlar to‘plami bo‘lgan arxitektura. Obyektga yo‘naltirilgan arxitektura obyekt texnologiyalarini belgilaydi. Bu arxitektura asosida dasturlashda, maʼlumotlarni qanday qayta ishlanishi tavsiflanmaydi, balki, qayta ishlash natijasida nima yuz berishi uqtirilgan xabar yo‘llanadi. Algoritmlarni tavsiflash obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tillaridan foydalanib amalga oshiriladi. " Obyektga yo‘naltirilgan boshqarish|"Obyektga yo‘naltirilgan arxitekturadan foydalanadigan tarmoqni boshqarish. Obyektga yo‘naltirilgan boshqarishning asosida axborot tarmog‘ini o‘zaro bog‘langan obyektlar – qurilmalar va dasturlar to‘plami shaklida ifodalash yotadi. Obyektga yo‘naltirilgan boshqarishni ishlatish amaliy dasturlarni ishlashga ketayotgan vaqtni qisqartirishni va boshqariladigan tarmog‘i konfiguratsiyasini sozlashda epchillikni taʼminlaydi. " Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash|"Dasturlash rivojlanishidagi ommabop yo‘nalish. Ma’lumotlar muayyan xossalarga ega bo‘lgan va o‘zining ichiga ham ma’lumotlar tuzilmasini, ham ular bilan ishlash protseduralarini oladigan protseduralar ko‘rinishida taqdim etilishida ifodalanadi. " Obyektga yo‘naltirilgan ma’lumotlar bazasi|"Ma’lumotlar bazasi, unda ma’lumotlar tashqi hodisalarni boshqaradigan, amaliy dasturlarni o‘z ichiga oladigan obyektlar modeli ko‘rinishida rasmiylashtiriladi. " Obyektga yo‘naltirilgan maʼlumotlar bazalarini boshqarish guruhi|"Maʼlumotlar bazalari sohasida standartlarni ishlash bilan shug‘ullanadigan jamiyat. ODMG, birinchi navbatda obyektga yo‘naltirilgan maʼlumotlar bazalari bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqadi. " Obyektga yo‘naltirilgan maʼlumotlar bazasini boshqarish tizimi|"Obyektga yo‘naltirilgan maʼlumotlar bazasiga asoslangan. Obyektlar shaklida saqlanayotgan maʼlumotlarning murakkab turlari bilan ishlashga imkon beradi, shu bilan birga, maʼlumotlar amaliy dasturlardan mustaqil ravishda saqlanadi. OODBMS tranzaksiyalar ishlovida yuqori unum beradi, shu sababli, tasvirlar va tovushni, relyatsion baza talab qilgani kabi jadval shaklida ifodalamaydi. " Obyektga yo‘naltirilgan operatsion tizim|"Obyektga yo‘naltirilgan arxitekturaga ega bo‘lgan operatsion tizim. Tizimning eng muhim bo‘g‘ini bo‘lib, operatsion tizimning asosiy vazifalarini bajaradigan mikroo‘zagi hisoblanadi. Uning yuqorisida, turli xizmatlarni taqdim qiladigan modullar joylashadi. Mikroo‘zak bilan obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tillari bog‘langan. " Obyektlar karuseli|"Transport oqimida ma’lumotlarning muayyan oqimlari bilan bog‘liq umumlashgan obyektlar (fayllar, direktoriylar)ni davriy takrorlagan holda uzatish. " Obyektlardan foydalanishning oddiy protokoli|"Microsoft korporatsiyasi va uning hamkorlari tomonidan taklif qilingan onlayn savdo maydonchalarini (elektron kommersiya tugunlari va portallari) yaratishning umumiy standartidir. Bu protokolda ma’lumotlar almashinuvi XML tiliga asoslangan. " Obyektlarni bog‘lash va joylash texnologiyasi|"Elektron jadval yoki matnli protsessor fayli kabi boshqa ilovalar bilan yaratilgan hujjatga bir ilova bilan yaratilgan obyektni o‘rnatish vositasida ilova ma’lumotlardan birgalikda foydalanish va almashish usuli. " Obyektlarni boshqarish guruhi|"Tarmoq va axborot tizimlari obyektlarini boshqarish standartlarini ishlab chiqadigan notijorat tashkilot. 1989-yilda tashkil topgan. Uning taniqli ishlanmalaridan biri bo‘lib, «obyektlar so‘rovlari agentlarining umumiy arxitekturasi» deb ataluvchi CORBA hisoblanadi. U tillar va amaliy tizimlardan qatʼiy nazar, turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan tayyorlangan amaliy dasturlarning o‘zaro ishlashini taʼminlaydi. " Obyektlarni muhofaza qilish|"Muhofazalangan sohadan chiqarilishi mumkin bo‘lgan obyektlarni (masalan, fayllarni, tashuvchilarni, seyflarni) muhofaza qilish vositalari. " Obyektli interaktiv loyihalash|"Murakkab masalalarni qulay bajarishga mo‘ljallangan, foydalanuvchi interfeysini ishlab chiqish uslubiyati. OVID uslubiyati bir masalaning o‘zini yechishda foydalanuvchilar tomonidan muntazam operatsiyalar bajariladigan hol uchun mo‘ljallangan. Masalan, matnlarni tahrir qilish, moliya hisoblarini bajarish, chizmalarni yaratish. Bu uslubiyat obyekt deb ataluvchi tushunchalarni ishlatishga asoslangan. " Obyektli so‘rovlar brokerining umumiy arxitekturasi|"Taqsimlangan obyektlar uchun o‘zaro harakatni amalga oshirish tilidan mustaqil model. OMG (OS/2, SOM modeli) guruhi tomonidan ishlab chiqilgan standart. " Obyektli texnologiya|"Obyektga yo‘naltirilgan arxitektura bilan aniqlanadigan texnologiya. Avvalgi yondashuvlardan farqli o‘laroq, tartibot va maʼlumotlar tushunchalari obyekt degan tushuncha bilan almashtirilgan. " Obyektning atributiv turi|"Obyekt boshqa bir turining bitta yoki bir nechta atributini tavsiflaydigan mohiyat turi. " Obyektning demaskirovkalovchi bilvosita belgisi|"Ta’minlovchi kuch va vositalarning harakati yoki muhofaza obyektining ishlashi natijasida atrof muhitning o‘zgarishi bilan bog‘liq demaskirovkalovchi texnik belgi. Bilvosita demaskirovkalovchi belgilarga obyekt faoliyatining vizual-optik belgilari, shuningdek, joy-ning kimyoviy yoki radioaktiv zararlanishi kiradi. " Odam-mashina interfeysi|"Ishlab chiquvchi tomonidan kompyuter tizimidan foydalanuvchiga, bu tizim bilan birgalikda ishlash uchun taqdim etiladigan vositalar jami. Odatda, menyuning turli xil kombinatsiyalarini, klaviatura komandalarini, ekranda oyna tashkil qilinishini, ko‘rsatmalar tizimini, «sichqoncha» bilan ishlash uchun mo‘ljallangan ekran tugmalarini, nutq komandalari aniqlanishini va sh.k. larni o‘z ichiga oladi. " Odam-mashina terminali|"Foydalanuvchi va tizimning bir-biri bilan o‘zaro bog‘lanish imkoniyatini taʼminlaydigan kiritish/chiqarish qurilmasi (masalan, telefon apparat, vizual displeyli terminal, bosib chiqaruvchi qurilma). " Odatdagi posilka|"Jo‘natuvchiga kvitansiya berish bilan joylanma qiymatini baholamasdan qabul qilinadigan va adresatga tilxat bilan topshiriladigan posilka. " Oddiy fayl|"Oddiy matn yoki matn va binar axborotni saqlaydigan fayl. Ushbu faylda bitta qator bitta yozuvga teng. Qatorda axborot vergul yoki boshqa bo‘lgichlar bilan bo‘linishi yoki uzunligi aniq belgilangan bo‘lishi mumkin. " Oddiy pochta jo‘natmasi|"Jo‘natuvchiga kvitansiya berilmasdan qabul qilinadigan, ilova hujjatlariga qo‘shimcha yozuvlar yozilmasdan jo‘natiladigan va adresatga tilxatsiz topshiriladigan pochta jo‘natmasi. " Oddiy so‘rov|"Izlaydigan veb-serverlar ishlash algoritmlaridan biri. " Oddiy viruslar|"Fayllar va disk sektorlarining ichidagini o‘zgartiruvchi, oson aniqlanadigan va yo‘q qilinadigan viruslar. " Oflayn|"1. Foydalanuvchining kompyuteri bog‘lama kompyuteri bilan ulanmagan holat. 2. Telefon liniyasi bilan ulanmagan, ammo, bu tizim bilan ishlash uchun aktivlashtirilishi mumkin bo‘lgan ixtiyoriy qurilma. " Oflayn rejimi|"Qar.: Oflayn. " Oflayn texnologiyalar|"Maʼlumotlar va xabarlar almashuvida, sezilarli asinxronlikka yo‘l qo‘yadigan, axborot makonidagi xabarlar kommunikatsiyasi vositalari: tarqatish ro‘yxatlari, yangiliklar guruhi, veb-forumlar va h.k. " Ogohlantirish|"Xato to‘g‘risidagi tovush signali yoki vizual signal, foydalanuvchini mumkin bo‘lgan xato yoki uning harakatlarining salbiy oqibatlari to‘g‘risida ogohlantirish; dasturlashda ‒ bu, protseduralarni ko‘p oqimli (multitred) tizimlarda asinxron chaqiruv bilan bog‘liq bo‘lgan xabar. Bunday ogohlantiruvchi xabarlarni turkumlarga bo‘lish mumkin. " Ogohlantirish oynasi|"Xatolik yoki ogohlantirish to‘g‘risidagi xabar bo‘lgan dialog oynasi. Foydalanuvchi bunday vaziyatda ishni davom ettirishdan oldin qanday operatsiyalarni bajarishi zarurligi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani ichiga olishi mumkin. " Ogohlantiruvchi muhofaza qilish|"Nusxa ko‘chirishdan muhofaza qilish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar. Dastur yoki fayldan ruxsat etilmagan tarzda nusxa ko‘chirishga urinadigan shaxs jarimaga tortilishini yoki jarima to‘lash tahdidini ko‘zda tutadi. " Oktava|"Yuqori chastotaning past chastotaga nisbati ikkiga teng chastotalar intervali. " Oktet|"Yaxlit bir butun sifatida qayta ishlanadigan, 8 bit uzunlikdagi kodli kombinatsiya. «Bayt» va «oktet» atamalari orasidagi asosiy farq, ularning qo‘llanish sohasida. «Bayt» atamasi asosan, kompyuterda saqlanadigan va qayta ishlanadigan axborotga tatbiqan ishlatiladi, «oktet» esa, har bir sanoq 8 bitdan iborat bo‘lgan impuls-kodli modulyatsiyada qo‘llaniladi. " Old fon rangi|"Monitor ekranidagi shakl, shrift va boshqa ixtiyoriy obyektning rangi. " Oldindan filtrlash|"Televizion videosignalni analog-raqamli signalga o‘zgartirishdan oldin chastotaviy filtrlash. " Oldindan tanlash qurilmasi|"Mikroprotsessorlarning, protsessor unumdorligini oshirish maqsadida, komandalar tanlashni ilgariroq boshlaydigan qurilmasi. " Oldindan to‘langan kartalar|"Provayder (operator) ga xizmat ko‘rsatishning yangi turini, oldindan to‘langan hisob telefon co‘zlashuvlar to‘lovi uchun ishlatilganda amalga oshirish imkonini beradigan xizmat. Oldindan to‘langan kartochkadan foydalanuvchi xohlagan telefon apparatidan qo‘ng‘iroq qilishi mumkin. Bunda kartochkalar uchun hech qanday hisoblash qurilmasi talab qilinmaydi. " Oldindan to‘lov kartochkalari bilan bog‘liq firibgarlik|"Oldindan to‘langan kartochkalar yordamida hisobni to‘ldirishning noqonuniy usullari bilan bog‘liq har qanday harakatlar. " Oldinga|"Harakat yo‘nalishi. Masalan, navbatdagi sahifaga o‘tish. " Olib tashlamoq|"Assembler tilidagi komandaning nomi. " Olib yuriladigan radiostansiya; ratsiya|"O‘zining xususiy quvvat olish manbaiga ega va ishchi holatda olib yurishga mo‘ljallangan mobil aloqa radiostansiyasi. " Olinganligi to‘g‘risida bildirishnoma|"Pochta, kuryerlik jo‘natmasi yoki pul mablag‘lari pochta o‘tkazmasining jo‘natuvchisi (yoki uning tomonidan ko‘rsatilgan shaxs)ni ro‘yxatga olinadigan pochta, kuryerlik jo‘natmasi qachon va kimga topshirilganligi, pul mablag‘larining pochta o‘tkazmasi to‘langanligi to‘g‘risida xabardor qilish xizmati. " Olisdagi ofis|"Masofadan turib ishlash funksiyasi. Bunda lokal terminal yoki telefon apparatidan foydalanish, bahca chaqiruvlarni esa, local telefon yoki terminal raqamini sir saqlagan holda, BroadWorks orqali amalga oshirish imkoniyati mavjud. Ishchi terminal raqamini almashtirish funksiyasi ishlaydi. Funksiya administrator tomonidan sozlanadi. " Olisdagi uzellar serveri|"Olisdagi shaxsiy kompyuterning lokal kompyuter tarmog‘i bilan ishlashini ta’minlaydigan maxsus dasturlar va kompyuter. Server va olisdagi shaxsiy kompyuter modemlar bilan ta’minlanishi kerak. Asosiy vazifalari – ruxsat etilmagan tarzda erkin foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik, ma’lumotlar uzatish va birlashtirish ishonchliligini ta’minlashdir. " Oltin disk|"Dasturiy mahsulot nusxalari ko‘paytiriladigan dasturiy taʼminotning to‘la va so‘nggi rusumi. " Oltin toifasidagi raqam|"Oson eslab qolinadigan telefon tartib raqami. " Oluvchi|"Ma’lumotlarni (masalan, FTP-serverdan faylni) tarmoq orqali qabul qiluvchi foydalanuvchi yoki kompyuter. " Ommaviy axborot|"Cheklanmagan shaxslar doirasi uchun mo‘ljallangan hujjatlashtirilgan axborot, matbuot, audio, audio-vizual hamda boshqa xabarlar va materiallar. " Ommaviy kommunikatsiya|"Qar.: Ommaviy axborot. " Ommaviy parallel qayta ishlash|"Ma’lumotlarni ko‘p sonli protsessorlar bilan parallel qayta ishlash uslubi. " Ommaviy parallelizm bilan hisoblashlar|"Protsessorlarning har biri o‘zining tezkor xotira qurilmasi, operatsion tizim, ilova nusxasiga ega bo‘ladigan va ma’lumotlarni mustaqil qayta ishlaydigan ko‘p protsessorli tizim arxitekturasi. " Ommaviy parallelli sanoq tizimi|"Ko‘p protsessorli tizim arxitekturasi, unda barcha ishlayotgan jarayonlar ma’lumotlarni bir-biridan mustaqil ravishda qayta ishlash imkoniga ega bo‘ladi. Bu har bir jarayon uchun alohida tezkor xotira qurilmasi va ilova nusxasi taqdim qilinishi hisobiga amalga oshiriladi. " Ommaviy tarqatish|"1. Xabarlar (maʼlumotlar)ni lokal tarmoq, global tarmoq yoki Internet tarmog‘ining muayyan ajratilgan foydalanuvchilar guruhiga jo‘natish texnologiyasi. 2. Televideniyeda – tomoshabinlar ko‘rishi uchun ko‘p sonli kanallarning mavjudligi. " Ommaviy xizmat ko‘rsatish nazariyasi|"Tasodifiy jarayonlar nazariyasining, talab va xizmat ko‘rsatishning tasodifiy xarakteri hisobga olingan holda turli sohalarda real xizmat ko‘rsatish modellarini o‘rganish bilan shug‘ullanadigan bo‘limi. Navbatda turish vaqtini kamaytirish, ommaviy xizmat ko‘rsatish nazariyasi shug‘ullanadigan asosiy masalalardan biridir. Masalan, «mijoz ‒ server» tarmog‘ida ommaviy xizmat ko‘rsatish nazariyasi, mijozlar javobni kutishga vaqtlarini yo‘qotmasliklari uchun qaysi serverni qo‘yish zarur degan savolga javob beradi. " Ommaviy xotira|"Ma’lumotlar hajmi juda katta bo‘lgan axborot tashuvchilar. " Ommaviy xotira qurilmasi|"1. Katta hajmdagi tashqi xotira qurilmalari, masalan, qattiq disk, magnit tasma yoki optik disk. 2. Katta hajmdagi maʼlumotlar yozuvlarini saqlay oladigan magnit tasmali kartrijlar kutubxonasi turidagi zaxiraviy saqlash tizimi. " Onlayn|"1. Kompyuter xost-tizim bilan ulangan rejim hamda kompyuter FTP-server, WWW-server va boshqa umumiy foydalanish mumkin bo‘lgan tizim bilan ulanganda bevosita xizmatni taqdim qilish. O‘zgacha qilib aytganda, foydalanuvchi bilan bevosita o‘zaro aloqada ishlash rejimi. 2. Elektron, tarmoqli nashrlarga, maʼlumotlar bazalariga nisbatan. Masalan, onlayn jurnal; onlayn hujjatlar; onlayn yordam va h.k. " Onlayn anketa|"To‘ldirishning barcha bosqichlari butunjahon Internet axborot tarmog‘ida mumkin bo‘ladigan so‘rovnoma. " Onlayn-banking|"Bank hisob raqamlarini telefon (telebanking), shaxsiy kompyuter va Internet (Internet-banking) yoki ixcham qurilmalar (mobil banking) orqali masofadan boshqarish. " Onlayn-broker|"Internet orqali o‘z xizmatlarini taqdim qiladigan broker. Texnologiya nuqtai nazaridan Internet telefonga nisbatan, ko‘proq mijozlarga xizmat ko‘rsatish uchun buyurtmalar qabul qilish uchun qo‘shimcha vositadir. " Onlayn jurnalistika|"Qar.: Internet-jurnalistika. " Onlayn marketing|"Kompyuter tarmoqlarini – tijorat onlayn kanallarini va Internet tarmoqlarini ishlatishga asoslangan marketing. Kanallardan foydalanib, xaridorlar marketing axborotini oladilar va savdo bitimi tuzadilar. " Onlayn ovoz berish|"Qar.: Ovoz berish. " Onlayn rejimi|"Qar.: Onlayn. " Onlayn resurs|"Foydalanish, maʼlumotlar uzatish tarmog‘iga ulangan kompyuter vositasida real vaqt rejimida amalga oshiriladigan resurs. Izoh – Onlayn resurslar ko‘rinishida tezkor axborot yoki dialog rejimida dastur yoki boshqa foydalanuvchi bilan ishlash imkoniyati taqdim etilishi mumkin. " Onlayn so‘rov|"Xalqaro Internet kompyuter tarmog‘i vositasida ijtimoiy voqelikning aniq bir voqealari, faktlari, hodisalari bo‘yicha sotsiologik ma’lumot to‘plash usuli. " Onlayn tahliliy qayta ishlash|"Qarorlar qabul qilinishini ta’minlash uchun, ko‘p sonli turli xil ma’lumotlarni tez tahlil qilish. " Onlayn texnologiyalar|"Tarmoq axborot fazosida, haqiqiy vaqtda axborotning sinxron almashuvini taʼminlab beruvchi, xabarlarning kommunikatsiya vositalari: «suhbat kanallari» (chatlar), audio- va videoanjumanlar va boshqalar. " Onlayn xizmat|"1. Elektron pochta, yangiliklar xizmati va foydalanuvchi bilan dialog rejimida axborot almashinish («savol-javob» turidagi) mo‘ljallangan boshqa ilovalarning ishlashini ta’minlaydigan axborot xizmati. 2. Real vaqtda maʼlumotlar uzatish tarmog‘i vositasida taqdim etiladigan xizmat. " Onlayn-treyding|"Savdo (investitsion) hisob raqamlarni shaxsiy kompyuter va Internet (Internet treyding) yoki ko‘chma qurilmalar (mobil treyding) orqali masofadan boshqarish. " Onlayn o‘yinlar|"Internetda o‘ynaladigan o‘yinlarning ikki turi mavjud: bevosita veb-sahifadagi soddagina o‘yinlar va ko‘p foydalanuvchilarga mo‘ljallangan o‘yinlar. Birinchi holda, o‘yin bevosita veb-sahifada o‘ynaladi – sahifaga kirishda katta bo‘lmagan dasturcha yuklanadi va o‘yin «isteʼmolga tayyor». Odatda bunday o‘yinlar yetarlicha murakkab bo‘lmay, ayrim hollarda juda zavqli. Ko‘p foydalanuvchilarga mo‘ljallangan o‘yinlar, odatda mijoz-dastur bo‘lishini talab qiladi, yaʼni, siz sotib yoki ko‘chirib oladigan o‘yinlar. Bu mijozni ishga tushirib yuborib, siz Internet orqali o‘yinlar serveri bilan ulanasiz va shu serverga ulangan boshqa o‘yinchilar bilan birgalikda o‘yinda ishtirok etasiz. " Operand|"Arifmetik jarayonda foydalaniladigan element yoki shunday elementlarning manzili; ustida amal bajariladigan ma’lumotlar elementi, masalan, «in 3х4» ifodada 3 va 4 sonlari operandlar hisoblanadi. " Operandlar soni|"Funksiya yoki operator argumentlarining soni. Ba’zi dasturlash tillarida funksiyalar argumentlarning o‘zgaruvchan soniga ega bo‘ladi. " Operator|"1. Uskunani boshqarish va unga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni bajaruvchi malakali mutaxassis. 2. Dasturiy-apparat resurslari va aloqa kanallariga ega bo‘lgan holda telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etuvchi tashkilot yoki jismoniy shaxs. 3. O‘tkaziladigan operatsiyaning belgisi yoki simvoli. " Operatorlarni ajratgich|"Dasturlash tilida bir operatorni boshqasidan ajratish uchun ishlatiladigan simvol. " Operatorlarning chaqiruvlarini taqiqlash|"Agar bu xizmat aktivlashtirilgan bo‘lsa, xizmat abonentiga ingliz, fransuz, nemis, yapon, ispan, italyan va rus tillarida so‘zlashuvchi operatorlardan xalqaro chaqiruvlar taqiqlanadi. " Operatsion muhit|"1. Amaliy dasturlarlarni ishlab chiqarish va ishlatishni ta’minlaydigan dasturiy ta’minot kompleksi. Operatsion muhit operatsion tizimni, amaliy dasturlar interfeyslarini, amaliy dasturlarni, tarmoq xizmatlarini, ma’lumotlar bazasini va dasturlash tillarini o‘z ichiga oladi. 2. Operatorga fayllar va hisoblash jarayonlarini boshqarish imkonini beradigan kompyuter dasturlarining majmui. Operatsion tizimlarning standarti etib, shu operatsion tizim boshqaruvi ostida ishlayotgan va ushbu kompyuterning operatsion muhitini tashkil etuvchi utilita va til qobiqlarining sintaksisi va semantikasi aniqlangan. " Operatsion platforma|"Amaliy dasturlar va operatsion tizimlar guruhi o‘rtasida interfeysni ta’minlaydigan funksional blok. " Operatsion tizim|"Vazifalarning markazlashtirilishini, resurslarning taqsimlanishini, uzilishlarning qayta ishlanishini, kiritish-chiqarishni, foydalanuvchi interfeysini, fayl tizimi va boshqa tizimlar boshqarilishini ta’minlaydigan dasturiy ta’minot. " Operatsion tizim yadrosi|"Operatsion tizimning markaziy, asosiy qismi bo‘lib, tezkor xotirada doimo bo‘ladi, operatsion tizimni boshqaradi; qurilmalar drayverlari, xotirani boshqaruvchi kichik dasturlar, vazifalarni rejalovchidan tashkil topgan. " Operatsion tizim yuklagichi|"Bevosita kompyuter ulangandan so‘ng operatsion tizimning yuklanishini ta’minlaydigan tizim dasturiy ta’minoti. " Operatsion tizimning ishonchliligi va ishlamay qolishlarga chidamliligi|"Ichki va tashqi xatolar, to‘xtab qolishlar va ishlamay qolishlardan himoyalangan tizim. Uning harakatini har doim oldindan bilish zarur, dasturlar esa operatsion tizimga zarar yetkaza olmasliklari zarur. " Operatsion tizimning ko‘chiruvchanligi|"Kod bir turdagi protsessordan boshqa turdagi protsessorga va bir turdagi apparat platformasidan (protsessor turi bilan bir qatorda kompyuterning barcha appraturasini tashkil qilish usulini o‘z ichiga oladi) boshqa turdagi apparat platformasiga oson ko‘chiriladi. " Operatsion tizimning monolit yadrosi|"Imtiyozli rejimda ishlaydigan va imtiyozli hamda foydalanuvchi rejimlari o‘rtasida ulanishni talab qilmaydigan bir protseduradan boshqasiga tez o‘tishda ishlatiladigan bitta dastur kabi kompanovkalanadi. " Operatsion tizimning moslashuvi|"Operatsion tizim boshqa operatsion tizimlar uchun yozilgan amaliy dasturlarni bajarish uchun vositalarga ega bo‘lishi kerak. Bundan tashqari foydalanish interfeysi mavjud tizimlar va standartlar bilan mos kelishi kerak. " Operatsion tizimning samaradorligi|"Tizim apparat platformasining imkoniyati darajasida tez harakat va vaqtdan o‘zishga ega bo‘lishi kerak. " Operatsion tizimning yuklanishi|"Tizimning o‘z ishini amalga oshirishi uchun, yadroni va boshqa tizim modullarini tezkor xotiraga yuklash jarayoni. " Operatsion xavfsizlik|"Kiritish, qayta ishlash yoki chiqarish operatsiyalarini bajarish vaqtida, ma’lumotlarning o‘zgartirishlardan, buzilishlardan yoki oshkor qilishlardan (tasodifiy, muallif tomonidan bo‘lmagan yoki qasddan) muhofaza qilinganligi. " Operatsiya|"Dasturlash tili obyektlari, ma’lumotlar, o‘zgaruvchilar, konstantalar, funksiyalar – ope-randlar ustida bajariladigan ish. Operandlarning turiga bog‘liq ravishda, arifmetik, satrli (simvolli), mantiqiy, faylli operatsiyalar farqlanadi. Operandlarning soniga bog‘liq ravishda, bir o‘rinli (unar), ikki o‘rinli (binar) va ko‘p o‘rinli (n-ar) operatsiyalar farqlanadi. Umuman olganda, operatsiyalar dasturlash tili bilan belgilanadi. " Operatsiya kodi|"Mashina kodi darajasidagi elektron hisoblash mashinasining komandasi. " Operatsiya (komponent ustida)|"Komponentning takrorlanishi yoki o‘zgartirilishi. Izoh – Komponentlar ustida ruxsat etilgan operatsiyalar: «tayinlamoq», «iteratsiya», «aniqlamoq» va «tanlamoq». " Operatsiya (obyekt ustida)|"Subyektning obyekt ustida bajaradigan aniq turdagi harakati. " Operatsiyalarni tadqiq qilish|"Odam faoliyatining turli sohalarida eng yaxshi yechimlarni topish usullarini ishlab chiqish va qo‘llash bilan shug‘ullanadigan matematik fan. Operatsiyalarni tadqiq qilishning asosiy prinsiplari haqiqiy muammoning modelini tuzishdan iborat. Bunda natijada erishilishi kerak bo‘lgan maqsad; qanoatlantirilishi kerak bo‘lgan cheklashlar; boshqarilishi maqsadga erishish imkonini beradigan parametrlar ajratiladi. Operatsiyalarni tadqiq qilishning ko‘plab masalalarini hal qilish imkonini beradigan dasturiy komplekslar ishlab chiqilgan. " Opsiya|"Bajarish uchun tanlab olinishi mumkin bo‘lgan menyu elementi. " Optik aloqa liniyasi|"Uzatgich sifatida foydalaniladigan modulyatsiyalanuvchi yorug‘lik manbaidan, optik-tolali kabel hamda fotodetektordan (qabul qilgichdan) iborat aloqa liniyasi. Liniyaning barcha elementlari optik signallar manbadan qabul qilgichga etib boradigan tarzda, ulanadi. " Optik aloqa tarmog‘i|"Optik tolali aloqa tarmog‘i. " Optik aralashtirgich|"Monokanal shoxchalarini ulaydigan va ixtiyoriy kirishlaridan biriga berilgan yorug‘lik signali uning barcha chiqishlariga yetib keladigan qilib yasalgan qurilma. " Optik disk|"O‘qish optik nurlanish yordamida boradigan disk ko‘rinishidagi axborot tashuvchi. Disk odatda, yassi bo‘lib, asosi polikarbonatdan qilingan. Polikarbonat asosga axborotni saqlash uchun xizmat qiladigan maxsus qatlam surtilgan. Axborotni o‘qish uchun maxsus qatlamga yo‘naltiriladigan va undan qaytadigan lazer nuridan foydalaniladi. " Optik kabel|"Ekspluatatsiya qilishning berilgan sharoitlarida ularning ishlash qobiliyatini ta’minlaydigan yagona konstruksiyaga birlashtirilgan bitta yoki bir nechta optik toladan iborat kabel mahsuloti. Izoh – Zarur bo‘lganda, optik kabelda tok o‘tkazuvchi simlar ham bo‘lishi mumkin. " Optik kanal (optik-tolali aloqa liniyasi)|"Yorug‘lik o‘tkazgichlar va optik kuchaytirgichlardan iborat aloqa liniyalari bo‘ylab yorug‘lik signallarini uzatish uchun mo‘ljallangan kanal. " Optik kommutator|"Ma’lumotlar uzatish optik tolali liniyalarini ulash uchun bitta yoki bir nechta port bilan jihozlangan an’anaviy tarmoq kommutatorlari. Ushbu qurilmalar bir vaqtning o‘zida ikkita funksiyani bajaradi. " Optik kommutatsiyalash|"Optik kanallar orasida yorug‘lik signallarini tarqatishni va xotirada saqlashni taʼminlovchi kommutatsiyalash. " Optik kompyuter|"Ma’lumotlarni taqdim etish uchun yorug‘likdan foydalanish maqsadida loyihalashtirilgan va o‘zgartirilgan, hisoblash mantig‘i elementlari bevosita bog‘langan optik qurilmalarga asoslangan apparatura. " Optik kuchaytirgich|"Optik nurlanish quvvatini kuchaytirishni taʼminlovchi kuchaytirgich. Optik kanal va tizimlarda, yorug‘likni kuchaytirish tashqi manba energiyasi evaziga amalga oshiriladi. Kuchaytirgichning asosi bo‘lib, aktiv fizik muhit hisoblanadi, unda energetik dam berish hisobiga nurlanish quvvati ortadi. Aktiv fizik muhit sifatida, lazerlarda ishlatiladigan moddalar ishlatiladi. Kuchaytirishda, boshlang‘ich signal spektri o‘zgarishi mumkin. " Optik qayta ulagich|"Optik-tolali kabelga ega tarmoqlarda qo‘llaniladigan, konsentratorga o‘xshash tez harakat qiladigan tarmoq qurilmasi. " Optik qaytargich (qaytargich)|"Yorug‘lik manbai chiqaradigan yorug‘lik oqimini uning fazoviy taqsimlanishini o‘zgartirish maqsadida qaytaruvchi qurilma. " Optik sinov jadvali|"Shaffof yoki noshaffof asosga tushirilgan televizion sinov jadvali. " Optik «sichqoncha»|"«Sichqoncha» ning maxsus turi. «Sichqoncha» siljishlarini indikatsiyalash uchun yorug‘lik diodlaridan va qaytaruvchi sirtdan foydalaniladi. " Optik skaner|"Simvollarni optik tanish usullaridan foydalanib, matnni o‘qish uchun mo’ljallangan qurilma. " Optik spektr|"Optik nurlanishning nurlanish yoki yutilish spektri. Izoh – To‘lqin uzunligi 100 nm dan 10000 nm gacha bo‘lgan elektromagnit nurlanish. Optik nurlanish to‘lqin uzunligiga bog‘liq ravishda, ultrabinafsha, ko‘rinuvchi va infraqizil nurlanishlarga bo‘linadi. " Optik tarmoqlagichning uzatish matritsasi|"Satr raqamlari kirish optik qutblari raqamlariga, ustun raqamlari optik tarmoqlagichning chiqish qutblari raqamlariga mos keladigan, matritsa elementlari esa, berilgan ulanishda tegishli kirish va chiqish optik qutblari o‘rtasida uzatish koeffitsiyentlarini o‘zida ifodalaydigan matritsa. " Optik tarmoq|"Yorug‘lik signallari uzatadigan kommunikatsiya tarmog‘i. Optik kommunikatsiya tarmog‘i, bir biri bilan ulangan optik kommutatsiya bog‘lamalaridan va optik kanalli abonent tizimlaridan tashkil topadi. " Optik tola|"Optik-tolali uzatish tizimining, qoplamali dielektrik materialdan qilingan sim ko‘rinishida yasalgan optik to‘lqin o‘tkazgichi. " Optik tola dispersiyasi|"Optik nurlanish turli tashkil etuvchilari guruhiy tezliklarining farqi. " Optik tolali segment|"Har ikkala uchida optik signallarni kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi qurilmalar ulanishi mumkin bo‘lgan optik kabel (tola). " Optik tolali taqsimlangan ma’lumotlar interfeysi|"Optik tolali kompyuter tarmoqlarida ma’lumotlarni 100 Mbit/s tezlik bilan uzatish tizimlari uchun mo‘ljallangan standart. " Optik tolaning qutbliligi|"Optik-tolali tarmoq uzatgichi va qabul qilgichini marshrutlash. Farqlanish (uzatgich yoki qabul qilgich) signal manbaining fazoviy holatiga bog‘liq bo‘ladi. Har qanday berilgan nuqtadan boshlab, uzatuvchi tola pirovardida, qarama-qarshi tomonda qabul qiluvchi tolaga aylanadi. " Optik tranzistor|"Yorug‘lik signalini ichki elektr taʼsiriga asoslangan kuchaytirgich. " Optik-tolali attenyuator|"Optik-tolali uzatish tizimida optik signal quvvatini kamaytirish maqsadida o‘rnatilgan komponent. Ko‘pincha, fotodekoder olgan optik quvvatni optik qabul qilgichning sezgirlik chegarasigacha cheklash uchun foydalaniladi. " Optik-tolali kabel|"Ma’lumotlar yorug‘lik yordamida uzatiladigan kabel, bu uzatish sifati va tezligini oshiradi. Kompyuter tarmoqlarida ishlatiladi. Kvarts shisha asosida qilingan va sindirish ko‘rsatgichi o‘zakdagiga nisbatan kichik bo‘lgan qobiq bilan o‘ralgan tolali (egiluvchan) dielektrik. " Optik-tolali kichik tizim|"Muayyan bog‘lanishlar va interfeyslarga ega, tizimning bir qismi hisoblanadigan funksional birlik. O‘z ichiga fizik tuzilmalar va/yoki komponentlarni oladi. " Optik-tolali kommunikatsiya tizimi|"Modulyatsiyalangan yoki modulyatsiyalanmagan optik energiyani optik-tolali muhit bo‘ylab uzatish. " Optik-tolali liniya|"1. Bog‘langanda uzatish yo‘lini hosil qiladigan optik-tolali segmentlar va repiterlar majmui. 2. Yorug‘lik energiyasining, uzatgichdan qabul qilgichga 850 nm dan 1350 nm gacha to‘lqin uzunliklari diapazonida uzatilishini taʼminlovchi, passiv va aktiv optik elementlar jami. " Optik to‘lqin o‘tkazgich|"Qar.: Tola. " Optik to‘plagich|"Lazer texnologiyasiga asoslangan ma’lumotlarni saqlash qurilmasi. Optik to‘plagichlar «faqat o‘qish uchun» (CD-ROM), «o‘qish va bir marta yozish uchun» (CD-R, Compact Disk-Recordable), «o‘qish va ko‘p marta yozish uchun» (CD-RW, Compact Disk-Re Writable) kabi turlarga bo‘linadi. Bu turlardan tashqari, magneto-optik to‘plagichlar va DVD qurilmalari bor. " Optimal marshrutni tanlash algoritmi|"Paketni oxirgi adresatga yetkazib berish vaqti minimallashtirilgan marshrutlash algoritmi. " Optimallash|"Davlat xizmatlarini taqdim etish jarayonining eng yuqori samaradorligiga erishish uchun, mumkin bo‘lgan variantlardan eng yaxshisini tanlash. " Optoelektronika|"Elektronikaning asosini elektr signallarni optik signallarga va aksincha, aylantirish printsipi, shuningdek, optik to‘lqinlar yordamida ko‘chiriladigan axborotni uzatish, qabul qilish va qayta ishlash usullari tashkil etadigan bo‘limi. " Oq rang balansi|"Qizil, yashil va ko‘k signallar jadalligini muvofiqlash jarayoni, ularning aralashishi natijasida oq rang hosil bo‘ladi. Ekran rangliligi rangli kineskop uchta nurining toklari nisbati bilan aniqlanadi. " Oq ro‘yxat|"Avtomatik tarzda eʼtiborga olinmasligi yoki blokirovka qilinishi lozim bo‘lmagan obyektlarning ishonchli xostlari, manzillari va boshqa identifikatorlarining ro‘yxati. Oq ro‘yxatlardan foydalanish «ro‘yxatdagi obyektlarning operatsiyalarini bajarishni doimo ruxsat etish» tamoyilini amalga oshiradi. " «Oq» shovqin|"Vaqt bo‘yicha uzluksiz va o‘zgarmas amplitudali shovqin, uning spektral tashkil etuvchilari quyi va yuqori chegaralar bilan cheklangan chastotalarning keng polosasida bir tekis taqsimlanadi. " Oqib chiquvchi moda|"Nurning, tola chetiga qA apertura burchagidan katta bo‘lgan burchak ostida tushishidan hosil bo‘lgan to‘lqin. O‘zak-qobiq bo‘linish chegarasidagi sinish hisobiga to‘lqin energiyaning bir qismini yo‘qotadi va so‘nadi. " Oqib chiquvchi to‘lqin|"Dielektrik yoki optik to‘lqin o‘tkazgichda kiruvchi elektromagnit to‘lqinning to‘lqin o‘tkazgich chetidan oqib o‘tadigan va nurlanish manbaidan uzoqlashgan sari so‘nib borgan holda, uning tashqi tomoni bo‘ylab tarqaladigan qismi. Oqib chiquvchi to‘lqin odatda, yuqori tartibdagi modalardan iborat bo‘ladi, quyi modalar to‘lqin o‘tkazgichda qoladi. " Oqim|"Aloqa kanali yoki liniyasi orqali uzatiladigan ma’lumotlarning uzluksiz ketma-ketligi. " Oqim, jarayon|"1. Mijoz bilan so‘rovlar yuboriladigan server o‘rtasidagi mantiqiy ulanish. 2. Ko‘p vazifali tizimda yuzaga kelgan jarayon (tred) ‒ zamonaviy operatsion tizimlarda ‒ dispetcherlash (boshqaruvni markazlashtirish) birligi. " Oqimlar puli|"Oqimlarni .NET dagi guruhlarga tizimlashtirishning samarali mexanizmi. " Oqimli multimedia|"Foydalanuvchi tomonidan oqimli uzatish provayderidan to‘xtovsiz olinadigan multimedia. Mazkur tushuncha telekommunikatsiyalar orqali uzatiladigan axborotga nisbatan ham, dastlab oqimli (radio, TV) yoki oqimli bo‘lmagan uzatish (kitob, videokasseta, audiodisk)larga nisbatan ham qo‘llanilishi mumkin. " Oqimli shifr|"Ochiq matnning ketma-ket ayrim bitlarini yoki belgilarini o‘zgartiruvchi va dastur ko‘rinishida amalga oshirish uchun mo‘ljallangan shifr. " Oqni siqish (televizion tasvirda)|"Tasvirning yorqin uchastkalari kontrastliligini sezilarli kamaytirish. " Oqning darajasi|"Eshittirish televideniyesi berilgan tizimi uchun yorqinlik signalining belgilangan maksimal darajasi. Izohlar 1. Yorqinlik signali pozitiv deb taxmin qilinadi. 2. Rangli televideniyeda rangli videosignalning maksimal darajasi oqning darajasidan oshishi mumkin. " Oqning etalon darajasi|"Kuzatish nuqtasidagi, oqning yonalishida tasvir signalining muayyan maksimal kirishiga mos keladigan daraja. " Oqning nominal darajasi|"Obyektda normalangan oqni uzatish vaqtidagi yorqinlik signalining darajasi. " Oqning tayanch impulsi|"So‘nish darajasidan oqning nominal darajasigacha bo‘lgan ko‘lamdagi to‘g‘ri burchakli etalon impuls. " Oraliq|"Grafik tasvirga ega bo‘lmagan ikkita element o‘rtasidagi masofa. " Oraliq avlod (2,5G)|"Mobil aloqa tizimlari rivojlanishining, 2G va 3G tizimlari o‘rtasidagi o‘tish bosqichi. Izoh − Bu bosqich 3G tizimlariga xos bo‘lgan xizmatlarni taqdim eta oladigan, 2G ning takomillashtirilgan vositalaridan foydalanishi bilan tavsiflanadi. 2,5G ham 2G foydalanadigan chastota diapazonidan foydalanadi va uskunaning eng kam darajada takomillashtirilishini talab qiladi. 2,5G tizimlari GPRS hamda 1xRTT tizimlarini o‘z ichiga oladi. " Oraliq radioreleli stansiya|"Televizion radioreleli tizimning bir qismi. Televizion signalni qabul qiladigan va uzatadigan muayyan apparatura kompleksi. " Oraliq tasvir (tovush jo‘rligidagi) eltuvchi|"Televizion apparaturada (tovush jo‘rligidagi) tasvir radiosignalining qayta ishlanishini soddalashtirish uchun foydalaniladigan (tovush jo‘rligidagi) tasvir eltuvchi. " Oraliq til|"Dasturlarning boshlang‘ich matnlari turli dasturlash tillaridan, keyin interpretator bajaradigan yoki mashina kodiga kompilyatsiya qilinadigan qandaydir oraliq tilga ko‘chiriladigan texnologiya. Xususan, Java va Microsoft NETda qo‘llaniladi. Yangi dasturlash tillarini amalga oshirish vaqtini qisqartiradi va turli jarayonlar uchun ayni bir kompilyatordan foydalanish imkonini beradi. " Oraliq zona|"Nurlantiruvchi antenna uchun yaqin va uzoq zona o‘rtasidagi o‘tish sohasi, bunda elektromagnit maydon kuchlanganligi nurlanish manbaigacha bo‘lgan masofaning kvadratiga, shuningdek kubiga teskari proporsional nurlanish manbaigacha masofaga teskari proporsional tarzda o‘zgaradi. " (Orbitaning) pastdagi uzeli|"Yo‘ldosh shimoldan janubga harakat qilganda, orbita ekvator tekisligini kesib o‘tadigan nuqta. " Organ|"Sertifikatlar berilishi yuzasidan javobgar obyekt. Organlarning ikki turi: ochiq kalitlar sertifikatlarini beradigan sertifikatlash organi hamda atributlar sertifikatlarini beradigan atributlar organi belgilangan. " Organ sertifikati|"Organga (masalan, sertifikatlash organiga yoki atributlarni berish bo‘yicha organga) berilgan sertifikat. " Organik yorug‘lik diodi|"Yassi displeylar uchun istiqbolli qurilma. Elektr energiyasini kam iste’mol qiladi, o‘lchamlari kichik, og‘irligi kam, ko‘rish burchagi birmuncha keng, ekranni yoritib turish zarurati yo‘q. " Original uskuna ishlab chiqaruvchi|"Biror bir tashqi qurilmani, odatda unga drayverni ham, ishlab chiqaradigan firma. " Orqa fon rangi|"Dasturlar va operatsion tizimlarda − asosiy ishlash maydonining rangi. Odatda, o‘zgarishi mumkin. Operatsion tizimlarda orqa fonga istalgan tasvirni ham qo‘yish mumkin. " Orqa yaproqning nisbiy darajasi|"Orqa va asosiy yaproqlar bo‘yicha nurlanadigan signallar quvvatining nisbati. " Orqaga|"Veb-brauzerda oldingi sahifaga o‘tish yoki fayl boshqaruvchilarda oldingi papkaga o‘tish operatsiyasini bajaruvchi tugmacha. Backspace yoki Alt + <- klavishlari bu operatsiya uchun «qaynoq klavish» hisoblanadi. " Orqaga qaytish|"SGLda orqaga qaytish tranzaksiyadagi taklif qilingan o‘zgartirishlarni qaytaradi. Orqaga qaytish protsedurasida tranzaksiyaning nomi ishlatilgan bo‘lsa, tranzaksiya butunlay qaytarilishi mumkin. Agarda tranzaksiyada saqlash nuqtasi ishlatilgan bo‘lsa qisman orqaga qaytish ham mumkin. Orqaga qaytishning muqobili – tranzaksiyani qayd etish. " Ortga qaytarish|"Oldingi (o‘zgartirishlargacha bo‘lgan) holatga qaytarish. " Ortib borish bo‘yicha saralash|"Maʼlumotlarni kichik qiymatlardan katta qiymatlarga tomon, masalan, sanalarni ‒ oldingisidan hozirgi sana tomon, matnli maʼlumotlarni ‒ alifbo tartibi bo‘yicha tartibga solish. " Ortiqcha bitlar|"Axborotni qabul qilishda xatolardan himoya qilish maqsadida, signalga qo‘yiladigan qo‘shimcha bitlar ketma-ketligi. " Ortiqcha kod|"Xatolar mavjudligini avtomatik tarzda aniqlash uchun qurilgan kod (masalan, sarlav-hadagi CRC-8, ekspluatatsiya qilish va boshqarish yacheykalaridagi CRC-10 va RIP-16 kod). " Ortiqcha kod bilan bo‘ylama nazorat qilish|"O‘qish/magnit tasmaga yozishda ma’lumotlar yaxlitligini nazorat qilish usuli, nazorat summalari har bir yo‘lka bo‘yicha ma’lumotlar bloki uchun hisoblanadi. " Ortiqcha siklik kod bilan nazorat qilish|"1. Ma’lumotlarni uzatish va saqlashda ularning yaxlitligini avtomatik nazorat qilish usullaridan biri. Polinomial kodning bir turi yordamida hisoblangan (ya’ni, nazorat summasiga qaraganda murakkabroq qoidalar bo‘yicha) son xotiradagi yozuvning oxirida joylashtiriladi, o‘qish/yozish operatsiyalarida yoki telekommunikatsiyalar kanallari orqali uzatishda ma’lumotlarning yaxlitligini nazorat qilish uchun foydalaniladi. 2. Ma’lumotlarni bo‘ylama nazorat qilish usuli, xatolarning tuzatilishini ta’minlaydi. " Ortiqcha telefon trafigi|"Keladigan telefon trafikning, telefon tarmog‘i liniyalari (kanallari) bog‘lami tomonidan xizmat ko‘rsatilmagan va telefon tarmog‘i aylanma yo‘llarining liniyalari (kanallari) bog‘lamlariga yo‘naltiriladigan qismi. " Ortiqcha trafik|"Trafikning, texnik vositalar to‘plamiga kelib tushgan va bu to‘plam orqali o‘tmagan qismi. " Ortiqcha uzatish tezligi|"Belgilangan ulanish uchun kafolatlangan o‘tkazish polosasidan oshuvchi trafik. Xususan, uzatishning ortiqcha tezligi uzatishning kafolatlangan tezligisiz uzatishning maksimal tezligiga teng. Ortiqcha trafik tegishli resurslar mavjud bo‘lgan hollardagina yetkaziladi, o‘ta yuklanish vaqtida u chiqarib tashlanishi mumkin. " Ortiqcha yuklanish|"Sifatning asosiy ko‘rsatgichlari tez yomonlasha boshlaydigan tarmoq holati. " Ortiqchalik|"1. Ishlashning zarur ishonchliligini ta’minlash maqsadida, tizimga eng kam miqdordagi apparat yoki dasturiy vositalarning ustiga qo‘shimcha kiritish. Izoh − Tegishli ravishda apparat va dastur ortiqchaligi farq qilinadi. Axborot nazariyasida – raqamli shaklga o‘zgartirilgan signaldan uning qayta tiklanish aniqligini buzmasdan chiqarib tashlash mumkin bo‘lgan ma’lumotlar xarakteristikasi (axborot ortiqchaligi deb ham ataladi). 2. Ishonchlilikni oshirish usuli bo‘lib, asosiy elementlar ishlamay qolganda, ularni almashtirishi mumkin bo‘lgan ortiqcha elementlarning kiritilishiga asoslangan. 3. Har qanday xabarni birmuncha qisqa shaklda taqdim etish mumkinligining miqdor xarakteristikasi. Diskret signallar shaklida kodlangan xabarlar uchun ortiqchalik kodning undan chiqarib tashlanishi mumkin bo‘lgan elementlari miqdorining elementlarning boshlang‘ich miqdoriga nisbati bilan o‘lchanadi. " Ortiqchalik bo‘lgan arzon disklar massivi|"Ma’lumotlarni saqlash ishonchliligini ta’minlovchi (RAID 1, RAID 5) tizimi yoki ma’lumotlarni o‘qish-yozish tezligini oshiruvchi (RAID 0) texnologiya. Bitta massivga birlashtirilgan bir qancha disklardan foydalanishni ifodalaydi. " Ortiqchalik bo‘yicha siklik nazorat|"Ortiqchalik bo‘yicha nazorat bo‘lib, qo‘shimcha raqamlar yoki simvollar siklik algoritm orqali generatsiyalanadi. " Ortiqchalikni qisqartirish|"Bitreytni pasaytirish usuli, bunda imkon qadar axborotning ortiqcha bo‘lmagan qismi uzatiladi. Izoh – Ortiqchalikni qisqartirish qaytariluvchi jarayon hisoblanadi. " Ortogonal diskretlash|"Yoyish satrlaridagi diskretlash sanoqlariga tegishli nuqtalar tasvirga yoyish satrining yo‘nalishiga perpendikulyar ravishda yo‘naltirilgan tasvirni diskretlash. Izoh – Progressiv yoyish hollarida, yoyish satri nuqtasi shu maydondagi vaqt bo‘yicha qo‘shni satrlar nuqtasiga yo‘naltirilgan, satr oralatib yoyishda, yoyish satridagi nuqtalar keyingi maydonning fazo bo‘yicha qo‘shni satrlariga yo‘naltirilgan. " Ortogonal diskretlash tuzilmasi|"Signaldagi sanoqlar chastotasi satrlar chastotasiga karrali qilib tanlangan diskretlash, bunda sanoqlar to‘g‘ri burchakli panjara tugunlarida joylashadi. " Orttirilgan aniqlikdagi televideniye|"Mavjud eshittirish televideniyesi tizimlariga nisbatan aniqlikni oshirish uchun eshittirish televideniyesi radiosignalining parametrlari o‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan sifati yaxshilangan televideniye. " Osiyo uyali va yo‘ldoshli aloqa tizimi|"Tarkibiga Indoneziya, Filippin va Tailand kiradigan ACeS konsorsiumi tomonidan yaratilgan shaxsiy radiotelefon aloqa tizimi. Izoh − Tizim Osiyo va Yevropa hududlarini qamrovchi bir nechta geostatsionar kosmik apparat (Garuda) yordamida 2 mln.gacha abonentga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan. Abonent qurilmalari sifatida, uyali va yo‘ldoshli aloqa tizimlarida ishlash imkoniyatlari mujassamlashtirilgan, ikki rejimli portativ «go‘shak»lar ishlatiladi. " Osonlashtirilgan jarayon|"Virtual xotira fazosida jarayon-ona kabi bajariladigan jarayon. " Ostvald rang tizimi|"Sirtlar rangini ideal sirt rangi bilan muvofiqlashtirishga asoslangan aniqlash tizimi. " Overley|"Dasturning, zarur bo‘lganda dastur bajarilish paytida tashqi xotira qurilmasidan qoplash (overleylar) sohasiga, undagi kodni o‘chirgan holda, yuklanadigan segmenti. Overleylar bu sohaga ixtiyoriy tartibda yuklanishi mumkin. Dasturni yadroga va overleylarga bo‘lish, uning tezkor xotirasi uchun zarur bo‘lgan hajmni keskin kamaytirish imkonini beradi, lekin diskli kiritish-chiqarish operatsiyalari hajmini oshiradi. " Overley drayveri|"Xotiraning bitta sohasiga foydalanuvchi dasturidagi modullarning yo birinchi guruhiini yoki boshqa guruhini navbati bilan yuklashni bajaradigan tizim dasturi. " Overley tuzilmasi|"Dasturni, turli guruhlar bir vaqtda xotirada saqlashi kerak bo‘lmagan o‘zaro bog‘langan modullar guruhiga, dastur uchun ajratilgan xotira sohasida ularni navbatma-navbat yuklash maqsadida bo‘lish. " Ovoz balandligini rostlash|"Elektr signal amplitudalarini past chastota kuchaytirgichi o‘ta zo‘riqishining yoki radiokarnay tiklayotgan tovush signallari ortiqcha baland bo‘lishining oldini olish maqsadida o‘zgartirish. " Ovoz berish|"Veb-sayt auditoriyasi va uning fikrlari to‘g‘risida axborot yig‘ish uchun asbobiy dastur. Odatda ovoz berish har bitta savolga standart javob xillaridan birini tanlash mumkin bo‘lganda qulay. " Ovoz bilan boshqariladigan|"Nutqiy komandalar orqali boshqariladigan jarayonlar yoki qurilmalar. " Ovoz yordamida raqam terish|"Mobil telefonning, chaqiriluvchi abonent raqami nutq yordamida terilishini ta’minlovchi funksiyasi. " Ovoz yozish qurilmasi|"Tovush to‘lqinlarini analog yoki raqamli signallarga o‘girib, keyinchalik ma’lumotlarning tashuvchilarda saqlanishini ta’minlaydigan ovoz yozish qurilmasi. " Ovozlashtirish|"Tovush jo‘rligi tasvir yozib olingandan so‘ng ekranda kuzatiladigan dastur mazmuniga muvofiq qo‘shiladigan televizion dasturlar qismini ishlab chiqish. " Ovozli kitob|"Ovozli kitobni o‘zida saqlovchi tovushli fayl. Ovoz berish professional artistlar tomonidan amalga oshiriladi. " Ovozli, nutqli va audio moslamalar|"Ovozga ishlov berish, chiqarish uchun qurilma. Masalan, ovozli karta, audiokolonkalar va sh.k. " Ovozli pochta xizmatlari|"Operator tomonidan taqdim etiladigan, ovozli pochta deb ataladigan xizmatlar kompleksi. Mobil telefon band bo‘lganda, o‘chirib qo‘yilganda, tarmoq qoplash zonasidan tashqarida bo‘lganda, qandaydir vaqt mobaynida chaqiruvga javob bermaganda, qayta manzillash xizmatidan foydalanib, qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish imkonini beradi. " Ovozni qabul qilish|"Manbadan ovozli axborotni qabul qilish. Masalan, ovozli yo‘lakni AudioCD dan qabul qilish. " Ovozsiz|"Tovush chiqarilmaydigan rejim. Qisqa muddatga tovushni o‘chirib turishda foydalaniladi. " «Oxirgi bo‘lib keldi – birinchi bo‘lib xizmat ko‘rsatildi»|"Stek, tuzilma, qurilma va boshqalarning ishlash prinsipi, birinchi bo‘lib oxirgi kelgan elementga xizmat ko‘rsatiladi. " Oxirgi foydalanuvchiga mo‘ljallangan elektron biznes|"Axborot makonidagi iqtisodiy faoliyatning, oxirgi foydalanuvchining ehtiyojlarini qondirishga va uzoq muddatli iqtisodiy munosabatlarni shakllantirishga qaratilgan sohasi. " «Oxirgi milya»|"Aloqa tarmog‘ining, oxirgi (terminal) abonent qurilmasidan to magistral liniya yoki kommutatsion stansiyagacha bo‘lgan qismi. Boshqacha izohi – abonent foydalanish tarmog‘i. " Oxirgi nuqta|"Seans manbai yoki belgilanishi bo‘lib xizmat qiladigan tizim. " Oxirgi obyekt|"Sertifikati bo‘lgan, o‘zining shaxsiy kalitidan sertifikatlarni imzolash maqsadlarida foydalanmaydigan subyekt yoki ishonchli tomon hisoblanadigan obyekt. " Oxirgi (terminal) abonent qurilmasi|"Abonent xonasida o‘rnatiladigan va uning tasarrufida bo‘lgan oxirgi (terminal) qurilma. " Oxirgi (terminal) abonent telefon qurilmasi|"So‘zlashuv olib borish uchun mo‘ljallangan abonent telefon qurilmasi. " Oxirgi (terminal) maʼlumotlar uskunasi|"Maʼlumotlar manbai yoki maʼlumotlarni oluvchi yoki unisi ham, bunisi ham bo‘lgan (masalan, elektron hisoblash mashinasi) oxirgi (terminal) uskuna. " Oxirgi (terminal) qabul qiluvchi stansiya|"Kirishiga radioreleli liniyadan televizion signal uzatiladigan, chiqishida esa radioreleli liniyaning televizion chiqish signali olinadigan apparatura kompleksi. " Oxirgi (terminal) tarmoq qurilmasi|"Abonent uskunasi va abonentni tarmoqqa ulaydigan aloqa liniyasi o‘rtasidagi interfeys qurilma. ISDN tarmog‘ida apparat murakkabligi bilan farqlanadigan oxirgi (terminal) uskunaning ikki turi ajratiladi. Oddiy NT1 da fizik sathning asosiy funksiyalari amalga oshirilgan, NT2 qurilmasi (kontroller vazifasini bajaradigan) yordamida esa, bir vaqtning o‘zida bir nechta NT1 ning tarmoqqa ulanishi taʼminlanadi. " Oxirgi (terminal) uskuna|"Telekommunikatsiyalar tarmoqlari bilan o‘zaro ishlaydigan hamda telekommunikatsiyalar tarmoqlari orqali uzatiladigan yoki qabul qilinadigan signallarni hosil qilish, o‘zgartirish, qayta ishlashga mo‘ljallangan foydalanuvchilarning texnik vositalari (telefon, faksimil, radiotelepriyomniklar va boshqa qurilmalar). " Oxirgi tizim|"OSI modelidagi OSI protokolining barcha (yettita) bosqichi orqali aloqani ta’minlaydigan, o‘zida amaliy jarayonlarni saqlovchi tizim. Internetdagi xost-ning analogi. " Oxirgi uzel|"Kommunikatsiya tarmog‘i orqali o‘zaro ishlashda maʼmuriy yoki abonent tizimlar ulangan uzellar. " Oxirgi yozuv|"Maʼlumotlar blokining yakunlovchi qismi. Unga, uzatish oldidan, maʼlumotlar bloki uzatilgandan so‘ng xato paydo bo‘lganligini aniqlash imkonini beradigan nazoratlovchi yig‘indi – bitlar ketma-ketligi yoziladi. " Oxirgi shifrlash|"Avtomatlashtirilgan tizimning ikki subyekti o‘rtasida uzatiladigan axborotning kriptografik muhofazasi. " Oyna|"Displey ekranining to‘rtburchakli qismi, u orqali ilova yoki uning qismi bilan birga ishlash amalga oshiriladi. Grafik foydalanuvchi interfeyslarida va barcha mumkin bo‘lgan qobiqlarda keng qo‘llaniladi, status satri, sarlavha va menyu kabi standart elementlarni o‘z ichiga oladi. Ekranning dastur va jarayonlar bajarilishi mumkin bo‘lgan qismi. Bir vaqtda bir nechta oyna ochilishi mumkin. Masalan, bir oynada elektron pochta dasturini ochish, boshqasida elektron jadval bilan ishlash, uchinchisida raqamli kamerada tasvirni yuklash, to‘rtinchisida esa Internet-magazinda buyurtmani rasmiylashtirish mumkin. Oynani yopish, hajmini o‘zgartirish, vazifalar panelida tugmalarni burish yoki ekranda to‘laligicha aks ettirish mumkin. " Oyna mexanizmi|"1. Maʼlumotlarni uzatishni boshqarishda muhim rol o‘ynaydi. Oyna deyilganda kommunikatsion tizim orqali, xatosiz yetib borishi to‘g‘risidagi xabar kutilmasdan uzatiluvchi maʼlumotlar bloklari soni tushuniladi. Ushbu uzatishning tugashida haqiqiy oluvchi jo‘natilgan maʼlumotlar bloklarini olganligini tasdiqlashi lozim. 2. Bir paytning o‘zida bir necha dasturni ishlatish texnologiyasi, bunda har bitta dastur alohida oynada bajariladi. Masalan, birinchi oyna hujjatni qayta ishlash uchun, ikkinchisi elektron jadvallarni tuzish, uchinchisi esa elektron pochtani qabul qilish uchun ishlatilishi mumkin. " Oyna tizimi|"Ekranda bir vaqtda turli hisoblash jarayonlariga (dasturlariga) tegishli bo‘lgan bir qancha chiqish joylari (oynalar) aks etadigan operator interfeysi. " Oyna turkumi|"Microsoft Windows operatsion tizimi va uning API tizimidagi fundamental tuzilmalardan biri. Tuzilma nishonchalar, menyu, fon rangi va bir qancha parametrlarni ko‘rsatish yo‘li bilan oyna yaratish imkonini yaratadi. U o‘zida foydalanuvchining harakatiga ko‘ra amalga oshirish kerak bo‘lgan oynaning harakatlarini ifodalovchi funksiyaga ko‘rsatgichni ham saqlaydi. Bundan tashqari, u operatsion tizimga klassning o‘zi uchun va har bir oyna uchun qancha xotira kerakligi to‘g‘risida ham xabar beradi. window classlarning ikkita versiyasi bo‘lgan. Ikkinchi versiyasiga qo‘shilgan yagona texnik bo‘lmagan qo‘shimcha, bu ‒ oyna uchun qo‘shimcha kichik nishoncha. Birinchi versiyasi Windows 3.x da ishlatilgan bo‘lsa, ikkinchisi Windows 95 va Windows NT 3.1 lardan boshlab qo‘llaniladi. " Oyna uslubi|"Oyna klassi bilan tasniflanmaydigan oyna ko‘rini-shini belgilaydigan konstanta. " Oyna o‘lchovi|"Mos ravishda oynaning bo‘yi va enini piksellarda aniqlovchi ikkita – x, y son. " Oynalar dispetcheri|"Windows funksiyasi oynalarni ekranda tartiblashga, oynalarni barcha oynali ilovalarga xos ravishda joylashtirishga, o‘zgartishga mas’ul. " Oynali server|"Aloqa kanallarining o‘tkazish qobiliyati yoki server samaradorligi yetarli bo‘lmasligi tufayli, barcha foydalanuvchilar foydalana olmaydigan, tarmoqda ommaviy bo‘lgan serverlarni takrorlaydigan xizmatlar va axborotni taqdim etadigan server. Turli yerlarda o‘rnashgan «oynalar» bu muammoni hal qiladi. Boshlang‘ich server ma’lumotlaridagi barcha o‘zgartirishlar oyna serverlarga tarqatiladi. " Oynani aniqlovchi|"Foydalanilayotgan oynaga kirish uchun ruxsat oladigan noyob oyna identifikatori. " Oynani boshqarish funksiyasi|"Oynalarni masshtablash, joyini o‘zgartirish, o‘lchamini o‘zgartirish va ularning o‘zaro joylashuvini boshqaradigan funksiya. " «Og‘ir vaznli» jarayon|"Shaxsiy manzil fazosida ishlaydigan, yengillashtirilgan jarayonga qarama-qarshi bo‘lgan klassik jarayonning nomi. " Og‘ish bo‘yicha o‘ta yuklanish|"Kvantlagichning, kirishga beriladigan sanoqlar ketma-ketligidagi qiymatlar o‘rtasidagi katta farqqa mos ravishda, ta’sir ko‘rsata olmasligi hollarida sodir bo‘ladigan buzilishlar. " Ogʻish burchagi|"1. Nurning antenna yo‘nalganlik diagrammasining o‘qidan og‘ish burchagi. 2. Qutblanish ellipsi o‘qi va asosiy qutblanish o‘rtasidagi burchak. " Og‘zaki xabarni uzatish xizmati|"Foydalanuvchining (abonent bo‘lishi yoki bo‘lmasligidan qat’i nazar) so‘rovi bo‘yicha telefonchi, bitta yoki bir nechta telefon raqamlarini belgilangan vaqtda chaqirib yoki oldindan aniqlangan shaxsning (abonent bo‘lishi yoki bo‘lmasligidan qat’i nazar) chaqiruviga javob berib, qisqa xabarni uzatadigan xizmat. " Oshib boruvchi diskretlash (interpolyatsiya)|"Vaqt birligida sanoqlar sonini oshirgan holda qayta diskretlash. " Ochiladigan ro‘yxat|"Qiymatlar ro‘yxatidagi bitta yoki bir nechta qiymatni tanlab olish uchun mo‘ljallangan boshqaruv elementi. " Ochilish portali|"Davlatning ishonchli va yuridik jihatdan ahamiyatli axboroti joylashtiriladigan hamda undan cheklanmagan doiradagi shaxslar foydalana oladigan avtomatlashtirilgan tizim. " Ochiq amaliy jarayonlar guruhi|"Umumiy foydalanishdagi modellarni va amaliy dasturlarning standartlarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan tashkilot. OAG o‘nta eng yirik dasturiy taʼminot ishlab chiqaruvchilari tomonidan yaratilgan bo‘lib, o‘z eʼtiborini qo‘llanmalarni uyg‘unlashtirishga qaratgan. Yaratilayotgan standartlar foydalanuvchilarga amaliy dasturlarni ishlab chiqaruvchilarni tanlash imkoniyatini va moliyaviy vositalarni iqtisod qilishni taʼminlaydi. " Ochiq arxitektura|"Kompyuter yoki periferik qurilma arxitekturasi, bu arxitektera uchun boshqa ishlab chiqaruvchilarga shunday arxitekturali tizimlarga qo‘shimcha qurilmalar ishlab chiqish imkonini beradigan spetsifikatsiya nashr qilingan. " Ochiq boshlang‘ich matnlar|"Ishlab chiqiladigan tizimning boshlang‘ich kodi, uni takomillashtirish istagida bo‘lgan barcha xohlovchilarga erkin va bepul taqdim etilishida ifodalanadigan prinsip. " Ochiq dasturiy muhit|"Dasturlar uyg‘unligini taʼminlay oladigan dasturiy muhit. " Ochiq dasturiy taʼminot|"Dastlabki kodi ochiq bo‘lgan, yaʼni ko‘rish va o‘zgartirish imkoniyati mavjud dasturiy taʼminot. Bu yaratilgan dasturning yangi versiyalarini yaratish, xatolarni tuzatish hamda ochiq dasturni qo‘shimcha qayta ishlash imkonini beradi. «Ochiq» litsenziya ochiq dasturiy taʼminot tekinga taqdim qilinishini talab qilmaydi. Shunga qaramay, ko‘pchilik ochiq dasturiy taʼminotning muvaffaqiyatli loyihalari bepul. " Ochiq dasturiy ta’minot fondi|"DEC, IBM, Hewlett-Packard va bir qator ish stansiyalari va serverlarning unchalik taniqli bo‘lmagan yetkazib beruvchi kompaniyalardan tashkil topgan konsorsium. 1988-yili Unix tizimiga o‘xshash ochiq kodli operatsion tizimni ishlab chiqarish uchun tuzilgan. 1996-yili X/Open konsorsiumi bilan birlashgan. " Ochiq elektron raqamli imzo kaliti|"Elektron raqamli imzoning tegishli yopiq kaliti bilan qat’iy bog‘langan axborot tizimining istalgan foydalanuvchisi foydalana oladigan va elektron hujjatning haqiqiyligini tasdiqlash uchun mo‘ljallangan simvollar ketma-ketligi. " Ochiq e‘lon|"O‘zgaruvchilarni, ulardan dasturda foydalanishgacha e‘lon qilish. " Ochiq fayl|"O‘qish yoki qayta yozish yoki ham o‘qish, ham qayta yozish mumkin bo‘lgan fayl. " Ochiq hujjat|"Maʼlumotlar abonent tizimlarini qayta ishlashga qulay va xalqaro standartlarda belgilangan ommabop shaklda yozilgan hujjat. " Ochiq hujjat formati|"Ofis dasturlari uchun erkin tarqatiladigan standart format. " Ochiq kalit bilan shifrlash|"Shifrmatnni shakllantirish uchun ochiq kalitdan va shifrmatnni dastlabki matnga almashtirish uchun yopiq kalitdan foydalaniladigan kriptografik usul. " Ochiq kalit foydalanuvchisi|"Elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash uchun elektron raqamli imzo ochiq kalitidan foydalanadigan yuridik yoki jismoniy shaxs. " Ochiq kalit sertifikati|"1. Foydalanuvchining ochiq kaliti, uni bergan sertifikatlash organining shaxsiy kaliti bilan birga, shuningdek, shifrlash tufayli qalbakilashtirib bo‘lmaydigan ba’zi bir boshqa axborot. 2. Qalbakilashtirib bo‘lmaydigan formatda vakolatli organ tomonidan tekshirilgan va imzolangan, o‘zida egalarining ochiq kalitini (boshqa ixtiyoriy axborotni) ifodalaydigan qiymatlar. " Ochiq kalitlar infratuzilmasi|"Ochiq kalitli kriptoo‘zgartirishlar texnologiyalaridan foydalanishni ta’minlaydigan texnik va tashkiliy infratuzilma. Izoh – Ochiq kalitlar infratuzilmasi raqamli sertifikatlarni tarqatish texnologiyalarini qo‘llashi kerak: sertifikatlarni berish va bekor qilish, sertifikatlar haqiqiyligini tekshirish uchun zarur bo‘lgan axborotni saqlash. " Ochiq kalitli kriptografiya|"1. Shifrlash va deshifrlash uchun ochiq kalit kabi, unga mos keladigan shaxsiy kalitdan foydalaniladigan kriptografiya. Izoh – Agar ochiq kalit shifrlash uchun foydalanilsa, unga mos keladigan shaxsiy kalitdan deshifrlash uchun foydalaniladi, va aksincha. 2. Biri ochiq, ikkinchisi yopiq bo‘lgan juft kalitlardan foydalaniladigan shifrlash usuli. " Ochiq kalitli kriptotizim|"Ikkita – maxfiy va ochiq kalitdan foydalaniladigan kriptografik tizim. Shuni hisobga olish kerakki, kalitlarning birortasi ham, maqbul vaqt ichida boshqasidan hisoblab chiqarilishi mumkin emas. Maxfiy kalit sir saqlanishi kerak, ochiq kalit o‘zaro hamkorlik qilinadigan barcha abonentlarga yuborilishi mumkin. Bunday kriptotizimlar, shuningdek, ikki kalitli va asimmetrik kriptotizimlar deb ham nomlanadi. Bunday tizimlar kalitlarni boshqarishda va elektron raqamli imzoni yaratishda qo‘llaniladi. " Ochiq kalitni ro‘yxatga olish|"Ochiq kalitning qiymati qalbakilashtirilishini bartaraf qilish maqsadida, so‘rovni amalga oshiruvchi shaxsga ishonchli axborotni ta’minlovchi, ochiq kalitlarni qayd etish jarayoni. " Ochiq kod|"Keng doiradagi mustaqil ishlab chiquvchilar foydalanishi mumkin bo‘lgan bepul dastlabki kod yoki dastur. Oshkora kalitli loyihalarning asosiy g‘oyasi shundaki, mustaqil dasturchilarning keng guruhi sifatli firma dasturiy taʼminotiga (yopiq kodga) xos bo‘lgan, «qo‘ng‘iz» va «teshiklar»dan holi bo‘lgan, dasturiy mahsulotni tayyorlashlari mumkin. Bunga erishish uchun, dastlabki kod undagi xatolarni topish maqsadida loyihaning ko‘pchilik ishtirokchilari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari har bir ishtirokchi, o‘zining shaxsiy talablariga monand turlashni kiritishi uchun, tarqatiladigan ochiq dasturiy taʼminotdan foydalanishi mumkin. Mashhur ochiq dasturlardan biri bo‘lib, Apache veb- serveri, Linux operatsion tizimi va Mozilla Firefox brauzeri hisoblanadi. " Ochiq mahsulot|"Umumfoydalanuvchilar tomonidan tan olingan interfeysli amaliy dasturiy taʼminot. OSI sohasida standartlarning yaratilishi, UNIX operatsion tizimi, amaliy tiziming va amaliy jarayonlar va amaliy pog‘ona orasidagi ochiq interfeyslarning keng ishlatilishi, turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan abonent tizimlarda ishlatiladigan ochiq mahsulotlarni yaratish imkoniyatlarini berdi. Natijada, dasturiy mahsulotlarning katta bozori vujudga keldi. Bu yerda dasturlar muayyan turlarga emas, balki, bu mahsulotlarni ishlatishga ochiq bo‘lgan barcha kompyuterlar uchun taklif qilinadi. " Ochiq matn|"Passiv raqibdan himoyalanmagan aloqa kanali bo‘ylab jo‘natiladigan va kriptotizim yordamida himoyalanadigan konfidensial axborotni o‘z ichiga olgan xabar. Ochiq matn shifrlash kaliti bilan birga shifrlash algoritmi uchun dastlabki ma’lumotlarni tashkil qiladi. " Ochiq ma’lumotlar|"Muayyan ma’lumotlar mashinada o‘qish uchun erkin ravishda mumkin blishi va mualliflik huquqi, patentlar cheklanmasdan hamda nazorat qilishning boshqa mexanizmlarisiz keyinchalik qayta e’lon qilinishi kerak degan g‘oya aks ettirilgan konsepsiya. " Ochiq ma’lumotlar portali|"O‘zbekiston Respublikasining Internet tarmog‘idagi Hukumat portali doirasida ishlaydigan, davlat va xo‘jalik boshqaruv organlarining, joylardagi davlat hokimiyat organlarining ochiq ma’lumotlarini joylashtirish uchun mo‘ljallangan, ochiq ma’lumotlardan foydalanishda va ularni e’lon qilishda foydalanuvchilar va ochiq ma’lumotlarni yetkazib beruvchilar, portal operatori o‘rtasida hamkorlikni ta’minlaydigan apparat va dasturiy vositalar majmuidan iborat axborot resursi. " Ochiq muhit|"Maʼlumot va resurslarni tasodifiy yoki qasddan qilingan taʼsirlardan muhofazalash uchun sodda operatsion tartibotlar yordamida erishiladigan muhit. " Ochiq savdo|"CommerceNet tomonidan taklif qilingan bo‘lib, obyektli so‘rovlar brokerining umumiy arxitekturasiga (CORBA) tayanadi va format, interfeys va protokollar uchun standartlar taklif qiladi. " Ochiq standartlar|"Mustaqil ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan ochiq tartibda ishlab chiqiladigan va barcha manfaatdor shaxslar foydalanishiga to‘sqinlik bo‘lmaydigan shartlarda e’lon qilinadigan texnik spetsifikatsiyalar. " Ochiq tarmoq arxitekturasi|"Foydalanuvchilarning keng doirasi erkin foydalana (kira) oladigan tarmoq arxitekturasi. " Ochiq tizim|"Ishlab chiquvchilar tomonidan ishlab chiqilgan tizimning barcha zarur standartlaridan umumfoydalanib bo‘ladigan tizim. Bu, boshqa bir ishlab chiquvchiga o‘xshash tizimni yaratish, uning xarakteristikalarini yaxshilash, o‘z qurilmalari yoki dasturiy vositalarini qo‘shish, ularnnig birgalikda ishlashini tashkil qilish imkonini beradi. Ochiq tizimlarga misollar: IBM firmasining shaxsiy kompyuterlari, dBASE turidagi ma’lumotlar bazalari, Internet. " Ochiq tizim muhiti|"Har xil operatsion tizimlar asosida sintezlanuvchi va har xil dasturchi-ishlab chiqaruvchilar tomonidan taklif etiladigan bir xil amaliy dasturlarning operatsion tizimlarda ishlashini ta’minlaydigan operatsion muhit. " Ochiq tizimlar|"Tayyorlovchilarga bog‘liq bo‘lmagan, qator standartlar talablarini qanoatlantiradigan ti-zimlar. " Ochiq tizimlar o‘zaro bog‘liqlik modeli|"Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) tomonidan taklif qilingan ochiq tizimlarning yetti pog‘onali o‘zaro bog‘lanish (birgalikda ishlash) modeli (OSI). Izoh – Natijada tarmoqdagi o‘zaro bog‘lanish kichik va osonroq vazifalarga bo‘linadi, turli ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari o‘rtasida moslashuvchanlik taʼminlanadi, alohida pog‘onalarni yaratish va mavjud amalga oshirilganlardan foydalanish hisobiga, ilovalarni ishlab chiqish soddalashadi. " Ochiq tizimlarning o‘zaro bog‘liqligi|"Ochiq tizimlarning birgalikda ishlashini ta’minlash uchun Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) tomonidan tasdiqlangan ma’lumotlar uzatish protokollarining yetti sathli modeli. Pastdan yuqoriga qarab boradigan sathlar: fizik sath, kanal sathi, tarmoq sathi, transport sathi, seans sathi, ma’lumotlar taqdim etish sathi hamda amaliy sath. " Ochiq tizimlarning o‘zaro ishlashi|"1. Protokollarning yetti sathli etalon modeli bazasida ISO tomonidan ishlab chiqilgan standartlar turkumi xarakteristikalari va xossalarini belgilovchi konseptual asos. Izoh − «Ochiq» atamasi standartlashtirilgan protokollar va spetsifikatsiyalar to‘plami, turli ishlab chiqaruvchilarning uskunalari birgalikda ishlay olishini kafolatlashini bildiradi. 2. Turli rusumdagi kompyuterlar va tarmoqlarni protokollar to‘plami orqali xalqaro (standartlashtirilgan) aloqasini ta’minlash imkoniyati. " Ochiq usul|"Obyekt tashqarisidan cheklanmagan tarzda amalga oshiriladigan usul. " Ochiq xavfsiz muhit|"Ma’lumotlar va resurslarni tasodifiy yoki qasddan qilinadigan harakatlardan muhofaza qilishga normal operatsion protseduralar vositasida erishiladigan muhit. " Ochiq shifrlash|"1. Axborotni maxfiylashtirish usuli bo‘lib, shifrlangan oqim tarmoq orqali ochiq rejimda, ya’ni trafikni oraliq telekommunikatsiyalar uzellarida qayta shifrlamasdan, uzatiladi. 2. Ma’lumotlarni tizim doirasida yoki tegishlicha deshifrlash bilan manba tomonda shifrlash. Faqat tizim doirasida yoki mo‘ljallangan tomonda amalga oshiriladi. " Ochiqlik darajasi|"Xavfsizlikning maksimal darajasi, subyektga undan foydalana olish uchun Bella-Lapadula modeli qoidalariga ko‘ra ruxsat berilgan. Subyektning joriy darajasi (u shu vaqtda operatsiyalar bajarayotgan daraja) minimaldan ochiqlik darajasigacha o‘zgartirilishi mumkin. " Ochish|"Faylning dastur tomonidan ochilish jarayoni. Ochilganidan so‘ng, faylni ko‘rib chiqish, agar huquqlar yetarli bo‘lsa tahrir qilish mumkin bo‘ladi. " Ochish|"Ma’lumotlarni saqlash va uzatish uchun qulay bo‘lgan shakldan qayta ishlash uchun qulay shaklga o‘zgartirish jarayoni. Joylashtirish jarayoniga teskari jarayon. " Ochuvchi bayroq|"Bitlarning qayd qilingan ketma-ketligi. Kadr ajralishi boshlanishining belgisi bo‘lib xizmat qiladi. P " Paket|"1. Xavfsizlikning funksional talablari yoki ishonch talablarining nomma-nom ko‘rsatilgan guruhlari. Izoh – Ishonch paketlariga misol bo‘lib, ishonchni baholovchi darajalari hisoblanadi. 2. Ko‘p marta foydalanishga mo‘ljallangan funksional komponentlar yoki ishonch komponentlarining majmui. " Paket identifikatori|"MPEG-2 transport paketi sarlavhasidagi ma’lumotlar paketida muayyan elementar oqim mavjudligini ko‘rsatadigan, 13 bitli ko‘rsatgich. " Paket protokoli|"Xabarni bo‘lish, qayta jo‘natish va yig‘ish qoidalari. " Paket sarlavhasi|"Paketning, paket tuzilmasi to‘g‘risidagi axborotni ichiga oladigan birinchi elementi. " Paketlar filtrlanadigan tarmoqlararo ekran|"1. Mualliflashtirilgan mijoz bilan tashqi xost o‘rtasida kiruvchi va chiquvchi paketlarni filtrlash orqali bevosita o‘zaro ta’sirni istisno qiladigan tarmoqlararo ekran. Izoh Filtrlash paket sarlavhasidagi axborot asosida (jo‘natuvchi va oluvchi manzillari, port raqamlari va sh.k.) amalga oshiriladi. 2. Marshrutizatorlar yoki serverda ishlaydigan, kiruvchi va chiquvchi paketlar filtrlanadigan qilib konfiguratsiyalangan dasturlar. " Paketlar kommutatori|"Abonent stansiyalaridan yoki tarmoqning qo‘shni uzellaridan paketlar qabul qiladigan va ularni manzil qismi asosida o‘zining portlari bo‘ylab taqsimlaydigan qurilma. Maʼlumotlarni bir kommutatordan boshqasiga izchil uzatish, paket mo‘ljallangan oxirgi punktga yetib borgunga qadar amalga oshiriladi. Ushbu turdagi kommutatorning kanallar kommutatsiyalanadigan tarmoqdagi o‘xshash qurilmadan asosiy farqi, bufer xotira mavjudligidadir. Bufer xotira kommutatorning chiqish porti boshqa paketni qayta ishlash bilan band bo‘lganda, axborotni yo‘qotmagan holda paketlarni saqlash imkonini beradi. " Paketlar kommutatsiyasi|"Ma’lumotlar uzatish texnologiyasi bo‘lib, unga ko‘ra, uzatiladigan axborot oqimi tarmoqda mustaqil bloklar sifatida qayta ishlanadigan va kommutatsiyalanadigan, qat’iy yoki o‘zgaruvchan uzunlikdagi paketlarga ajratiladi. Ulanish faqat paketni uzatish vaqtiga o‘rnatiladi, u tugagach, ulanish darhol uziladi. " Paketlar kommutatsiyasiga ega tarmoq|"Paketlar kommutatsiyasi texnologiyasidan foydalanuvchi kommunikatsiya tarmog‘i. " Paketlar kommutatsiyasining tarmoq interfeysi|"Paketlar kommutatsiyasi tarmog‘i abonentlari intefeyslarini belgilaydigan X.25, X.75 va boshqa standartlar. " Paketlarni erta tashlash|"Tarmoqda ortiqcha yuklanish paydo bo‘lishidan oldin, ustivor bo‘lmagan xabarlarga daxldor paketlarni tashlab yuborishga imkon beradigan va bu bilan yuqori ustivorlikdagi trafik uchun qayta uzatishlar sonini kamaytiradigan mexanizm. " Paketlarni kommutatsiya qilish bilan uzatish rejimi|"Uzatish va kommutatsiya qilish funksiyalari paketli usul bilan amalga oshiriladigan axborotni ko‘chirish rejimi, bunda uzatish va kommutatsiya qilishning tarmoq resurslari bir nechta bog‘lanishlar o‘rtasida dinamik ravishda taqsimlanadi. " Paketlarni kommutatsiyalash tarmoqlarining tarmoqlararo interfeysi|"Paketlarni kommutatsiyalash tarmoqlari o‘rtasidagi interfeys. Tarmoqlararo interfeys X.75 tavsiyasi tomonidan belgilangan. " Paketlarni kommutatsiyalash usuli|"Axborot simli va simsiz tarmoqlar orqali «ma’lumotlar paketi» deb nomlanadigan bo‘laklar bilan uzatiladigan kommutatsiyalash usuli. 2,5G yoki 3G tarmoqlarda telefon so‘zlashuv paketlarga bo‘linadi va audio oqimga qayta yig‘iladigan tarmoq orqali jo‘natiladi. Izoh − Paketli kommutatsiya tarmoqlarida kommunikatsiya kanali ma’lumotlar haqiqatda uzatiladigan vaqtga band qilinadi, bu kanallarning sig‘imidan yanada samarali foydalanish imkonini beradi. " Paketlarni qayta ishlash|"Paketlarni yig‘ish, marshrutlash, saralash va ishlab chiqish, shuningdek, xizmat ko‘rsatish sifatini ta’minlash. " Paketlarni yig‘uvchi/ajratuvchi|"1. Paketlar kommutatsiyasi operetsiyalarini bajaruvchi tarmoqdan foydalana olishni ta’minlaydigan, lekin paketlar kommutatsiyasining rejimida ishlash uchun mo‘ljallanmagan funksional blok. 2. Terminallarni paketlar kommutatsiyasi tarmog‘iga ulash imkonini beradigan protokollar o‘zgartirgichi. Qabul qilish oxirida paketlar ajratiladi va terminalga uzatiladi. PAD asinxron ma’lumotlar paketlarini to‘playdi va ularni paketlar kommutatsiyasi tarmog‘iga uzatadi. PAD, shuningdek, paketlarni ajratish va ularni paketlar bilan ishlamaydigan qurilmalar yoki dasturlarga uzatishga teskari bo‘lgan tadbirni ham bajaradi. " Paketlarning o‘zgarishi|"Tarmoq ulanishi usuli, bunda o‘zgaruvchan uzunlikdagi xabar qayd qilingan uzunlikdagi paketlarga bo‘linadi va adresatga jo‘natiladi. " Paketlarning tez kommutatsiyasi|"Bir nechta yo‘nalishlar: uzatish tezligini oshirishga ko‘maklashadigan turli ko‘rinishdagi axborotlar (ma’lumotlar, nutq va video) uchun paketlarning yagona o‘lchami qo‘llanilishi; qayd etilgan uzunlikdagi – 53 byte paketlardan foydalanish, sekundiga 100 mingdan 1 milliongacha bo‘lgan paketlarni uzatish tezligiga erishish imkonini beradigan apparatli amalga oshirish bo‘yicha paketlarning an’anaviy kommutatsiyasidan farq qiladigan raqamli texnologiya. Izoh – Paketlarni tez kommutatsiyalash kanallar kommutatsiyasiga asoslangan ilovalar (ayniqsa nutqni uzatish) da va vaqt bo‘yicha multipleksorlash usullaridan foydalanganda qo‘llanilishi mumkin. " Paketlash (inkapsulyatsiya)|"Maʼlumotlarni o‘zgartirish jarayoni bo‘lib, ularni tarmoq orqali ochiq rejimda uzatish imkonini beradi. Inkapsullangan paket sarlavha va qo‘shimcha axborot qo‘shish orqali shakllantiriladi. Ko‘p sathli iyerarxiyaga ega tarmoqlarda inkapsullangan paket turli sathdagi bir nechta sarlavhadan iborat bo‘lishi mumkin: dastlab fizik sath sarlavhasi ko‘rsatiladi, keyin tarmoq sathining sarlavhasi, undan so‘ng transport sathi sarlavhasi keladi. Bularning ketidan amaliy protokollarning maʼlumotlari joylashishi mumkin. Trafikni inkapsullashga qilinadigan o‘tkazish qobiliyati resurslarining sarfi 2-3 foizdan oshmaydi. " Paketli fayl|"Har bir satrini operatsion tizim o‘zining komandalari sifatida talqin qiladigan matnli fayl. Paketli qayta ishlashni tashkil qilish uchun foydalaniladi. Bajariladigan fayl turlaridan biri. Fayl nomida kengaytirish tizimi orqali aniqlanadi. " Paketli komanda fayli|"Qanday yozilgan bo‘lsa, xuddi shunday tartibda avtomatik chaqiriladigan diskli operatsion tizim dasturlari va komandalari ro‘yxatini ichiga oladigan fayl yoki ularni bajarish tartibi shartli operatorlar tomonidan belgilanishi mumkin. " Paketli kommutatsiya|"1. Paketlarning bir uzeldan ikkinchisiga ketma-ket uzatilishini ta’minlaydigan, ma’lumotlar uzatish usuli. Paketli kommutatsiya axborot almashinishning butun seansi mobaynida paketlar manbai va oluvchisi o‘rtasida kanal band etilishini ko‘zda tutmaydi. 2. Tayanch tarmoqda axborot uzatish texnologiyasi. Turli marshrutlar bo‘ylab tarmoq orqali tayinlangan joyga o‘tadigan axborot massivining ma’lumotlar paketlariga ajratilishini ko‘zda tutadi, bu radiodiapazondan ma’lumotlarni haqiqatda uzatish vaqtida foydalanilganligi sababli, mobil foydalana olishda qulaydir. Kanallar kommutatsiyasining muqobili. GPRS mobil aloqa raqamli tarmoqlari uchun ishlab chiqilgan paketli texnologiyadir. Paketlar kommutatsiyasi tarmoqdagi ikki alohida mijozning birgalikda ishlashini sekinlashtiradi, lekin umuman olganda, tarmoqda uzatiladigan ma’lumotlar hajmini sezilarli oshirish imkonini beradi. " Paketli kommutatsiya umumiy radiotizimi|"Axborotni standart tovush kanaliga 9,6 Kbit/s (GSM) nisbatan ahamiyatli ravishda juda yuqori tezliklarda, mobil telefon yordamida olish va uzatish imkonini beradigan ma’lumotlarni paketli uzatish texnologiyasi. " Paketli qayta ishlash|"Operatsion tizim yordamida ma’lum bir izchillikda bir nechta dasturning bajarilishini tashkil qilish. Paketli qayta ishlash paketli fayllar yordamida tashkil qilinadi. " Paketli qayta ishlash tizimlari|"Tezkor natijalarni talab qilmaydigan, asosan hisoblash xususiyatidagi vazifalarni hal qilish uchun mo‘ljallangan tizimlar. " Paketli rejim|"Ma’lumotlarni uzatish usuli, bunda axborot alohida simvollar ko‘rinishida emas, balki paketlarga to‘plangan holda, yuqori tezlikli kommunikatsiya vositalari yordamida uzatiladi. Paketli rejim har bir kanalga alohida xizmat ko‘rsatish uchun multipleksorlardan foydalaniladigan tizimlarda keng qo‘llaniladi. Ko‘pgina lokal hisoblash tizimlari shunday rejimda ishlaydi. " Paketli topshiriq|"Paketli rejimida bajariladigan topshiriq. " Paketli uzatish rejimi|"Uzatish va kommutatsiya qilish funksiyalari ko‘p sonli bog‘lanishlar o‘rtasida resurslarni uzatish va kommutatsiya qilish muhitini dinamik ajratish uchun paketlar darajasida amalga oshiriladigan rejim. " Paketning mavjudlik vaqti|"TTL maydonidagi paket sarlavhasida ko‘rsatilgan qiymat. Izohlar 1. Bu qiymat IP-paket sarlavhasi qayta ishlanadigan har bir uzelda kamayadi. 2. Marshrutizator bilan tarmoqdagi IP-paketning mavjudlik vaqtini tekshirish va to‘g‘rilash bajariladi, zarur bo‘lganda, paket sarlavhasining nazorat summasini standart bilan belgilangan saqlash sharti bilan paketning mavjudlik vaqti oshadi. " panel|"Oynaning, menyu yoki tugmalar to‘plami joylashgan, to‘g‘riburchakli ajratilgan sohasi. " Papka|"Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash nuqtai nazaridan qaraganda, kompyuter resurslari va fayllar uchun konteyner hisoblanadigan obyekt. " Parabolik antenna|"Ko‘zguli antenna, unda elektromagnit energiyani fokuslash uchun kerakli yo‘nalishda qaytargich sifatida metall yoki metall bilan qoplangan parabolik shakldagi sirtdan foydalaniladi, masalan, aylantirish paraboloidi yoki parabolik silindr. " Parabolik profilli sindirish ko‘rsatgichiga ega tola|"Tarqalish o‘qiga perpendikulyar kesim bo‘ylab parabolik qonuniyat bo‘yicha o‘zgaradigan va uning o‘qida maksimal qiymatga ega bo‘ladigan, gradiyent sindirish ko‘rsatgichli optik tola. " Parabolik qaytargich|"Aylanish paraboloidi shakliga ega (yaʼni, parabolaning o‘z o‘qi atrofida aylanishidan hosil bo‘lgan) (yaxlit yoki qaytarilayotgan to‘lqin uzunligiga nisbatan kichik o‘lchamga ega teshikli) metall sirt. Izoh − Parabolik qaytargich millimetrli, santimetrli va detsimetrli, baʼzida esa metrli to‘lqinlar antennalarida qo‘llaniladi. Detsimetrli va santimetrli to‘lqinlarda parabolik qaytargich yordamida yetarlicha tor yo‘nalganlik diagrammalarini olish mumkin bo‘ladi. " Paralel qayta ishlash|"Kompyuterda bir nechta jarayonning bir vaqtda bajarilishi. Umumiy holda, bu jarayonning bajarilishi uchun ko‘p protsessorli tizimlar zarur. Parallel qayta ishlash vazifalarning bajarilishini tezlashtiradi. " Parallel dasturlash|"Birgalikda ishlaydigan parallel jarayonlardan foydalanib dasturlash. " Parallel hisoblashlar uchun dasturiy ta’minot|"Dasturlarni avtomatik dinamik parallellash dasturiy vositalari. Murakkab parallel dasturlarni ishlab chiqish hamda ulardan turli uskunalarda foydalanish jarayonini osonlashtiradi. " Parallel jarayonlar|"Har birini izchil dastur tavsiflaydigan va boshqalari bilan birgalikda ishlaydigan ikki yoki bir necha jarayon. " Parallel kompyuter|"Operatsiyalar ko‘plab arifmetik va mantiqiy bloklar (protsessorlar)da parallel bajariladigan ko‘p protsessorli hisoblash tizimi. " Parallel kompyuter tizimlari|"Bir nechta bevosita o‘zaro hamkorlikda ishlaydigan protsessorlarning multiprotsessorli tizimlari. " Parallel port|"Ma’lumotlarning baytlar bilan (barcha bitlar bir vaqtda) kiritilishi/chiqarilishini amalga oshiradigan port. Parallel port ma’lumotlarni ketma-ket portga nisbatan tezroq uzatadi, odatda unga printer ulanadi. " Parallel siljitgich|"Protsessorning, bir takt ichida kirish so‘zini istalgan tomonga berilgan bitlar soniga surish imkonini beradigan, ichki registrli sxemasi. " Parallel (solishtirma) testlash|"Ayni bir kirish maʼlumotlarini modul yoki tizimning ikki yoki undan koʻp nusxasiga uzatish koʻzda tutiladigan, dasturiy mahsulotlarni testlash metodologiyasi, olinadigan chiqish maʼlumotlarini (natijalarini) taqqoslash va mos tushmasliklarini tahlil qilish, agar shunday holat aniqlansa. " Parallel summator|"Bir necha razryadning bir vaqtda qo‘shilishini amalga oshiradigan mantiqiy qurilma. " Parallel uzatish|"Simvol, manzil yoki ma’lumotlarni bir nechta alohida liniya orqali uzatish. " Parallel shina|"Bir vaqtning o‘zida n-razryadli axborot signallari, boshqaruvchi signallar va manzillar uzatilishi mumkin bo‘lgan bog‘lovchi liniya. " Parallelizm|"Platforma (masalan, operatsion tizim, JVM va sh.k.) yoki dasturning xossasi. Operatsion tizim jarayoni bir necha parallel (yoki vaqt bo‘yicha tartibsiz) bajariladigan oqimdan iborat bo‘lishi mumkinligini bildiradi. Bir xil vazifalarni bajarganda kompyuter resurslarini samaraliroq ishlatishga erishish mumkin. " Parametr|"Qiymati kichik dasturga (protseduraga, funksiyaga) tashqi muhitdan beriladigan o‘zgaruvchan kattalik. Rasmiy va haqiqiy parametrlar ajratiladi. O‘z nomi bilan keltirilgan o‘zgaruvchilar rasmiy parametrlar deb ataladi. Umuman olganda, ular ustida kichik dasturlarni yozishda zarur bo‘lgan barcha harakatlar amalga oshiriladi. Kichik dasturlardan rasmiy parametrlar o‘rniga foydalanishda taqdim etilgan o‘zgaruvchilar yoki ularning qiymatlari haqiqiy parametrlar deb ataladi. " Parametrlar assotsiatsiyasi|"Rasmiy va haqiqiy parametrlar o‘rtasida muvofiqlikni o‘rnatish mexanizmi. " Parametrlarni berish|"Ma’lumotlar tuzilmasi, registrlar, taqsimlanishi va chaqiruvchi dastur tomonidan chaqiriluvchi dasturga obyektlar va ustida amallar bajarilishi kerak bo‘lgan qiymatlarni ko‘rsatish uchun amalga oshiriladigan operatsiyalar bo‘yicha kelishuv. Dasturlashda chaqiriladigan funksiyaga, quyi dasturga yoki protseduraga parametrlar berishning bir nechta asosiy usuli mavjud. Ulardan asosiylari havola bo‘yicha berish va qiymat bo‘yicha berish. Beriladigan parametrlarning soni va ularning turlari funksiya yoki protsedura tavsifida qilingan e’lonlarga mos kelishi kerak. Aks holda, xato yuzaga keladi. " Parametrlarning o‘zgarishiga qarab qayd qilish|"Mobil stansiyalarni qayd qilish usuli. Uzatiladigan kodli ketma-ketlikni davriy ravishda tahlil qilishga asoslangan. Ma’lumotlar bazasida saqlanayotgan etalon bilan mos tushmaganda, takror qayd etish amalga oshiriladi. " Parazit tok|"Kabel bo‘ylab o‘tadigan, o‘ta qizish tufayli aloqa liniyasidagi uskunani shikastlaydigan, hosil qilingan tok. Uning darajasi himoya tizimi ishlab ketishi uchun yetarli emas. " Parazit tokdan muhofazalash|"Qurilmalardan parazit tokdan himoyalash uchun, zanjirni uzish yoki o‘tkazgichni yerga ulash orqali foydalanish. " Parazit viruslar|"Nusxalarini tarqatishda, fayllarni to‘liq yoki qisman ishlash qobiliyatini saqlagan holda, faylga o‘zining kodini qo‘shish orqali fayllarning ichidagini albatta o‘zgartiradigan viruslar. Izoh – Virus kodi virusni dasturga kiritish joyiga bog‘liq ravishda dastur oldidan, undan keyin yoki dastur bilan birga bajariladi. " Parchalash|"Xizmat ko‘rsatish zonasini, maʼlumotlar oqimini yoki signalni bir necha qismga bo‘lish. " «Parking» rejimidagi chaqiruvni o’rnatish|"«Parking» rejimidagi chaqiruvni o’rnatish uni shu abonent tomonidan (erkin foydalanish kodini terish) yoki guruhning boshqa raqamidan (boshqa abonent tomonidan) keyinchalik tutib qolish uchun bajarish imkonini beradigan xizmat. " Parol|"1. Autentifikatsiya qilish axboroti sifatida foydalaniladigan simvollar ketma-ketligi. 2. Erkin foydalanish subyektining siri bo‘lib hisoblanadigan identifikator. 3. Foydalanuvchining muhofaza qilingan ma’lumotlardan erkin foydalanishi uchun ega bo‘lishi kerak bo‘lgan belgilar satrini o‘zida aks ettiruvchi maxfiy autentifikatsiya qilish axboroti. 4. Elektron hisoblash mashinasiga terminal klaviaturasidan yoki identifikatsion (kodli) karta yordamida kiritiladigan, harf, harf-raqam yoki raqam shaklidagi kodli so‘zni o‘zida ifodalovchi, erkin foydalanishni identifikatsiyalovchi vosita. " Parol bilan muhofaza qilish|"1. Tizimdan foydalana olishni boshqarish mexanizmi bo‘lib, tizim yoki tarmoq ichida dasturiy ta’minot yaxlitligi saqlanishini ta’minlaydi. 2. Ma’lumotlarni muhofaza qilish usuli, bunda ma’lumotlardan foydalana olish uchun parol kiritish zarur. " Parol bo‘yicha identifikatsiyalash|"Nusxasi tizimda saqlanadigan parol bo‘yicha foydalanuvchini qatʼiy identifikatsiyalash imkonini beradigan protsedura. Foydalanuvchining tizim resurslaridan foydalanish yuzasidan huquqlari hamda vakolatlarini aniqlash maqsadida bajariladi. " Parollarni egallab oluvchilar|"Operatsion tizimga aldamchi ta’sirlar ko‘rsatish orqali parollarni o‘g‘irlovchi dasturlar. " Parollarni keshlash|"Lokal kompyuterda parollarni va foydalanuvchi to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlarni saqlash. " Parollarni ochuvchi|"Parollarning tanlanishini va aniqlanishini amalga oshiruvchi dastur. " Parollashtirish|"Kompyuter tizimi va uning fayllariga kira olishni cheklash usullaridan biri. " Parolni ko‘rsatish|"Identifikatsiyalashning tugallanishi va foydalanuvchining haqiqiyligini o‘rnatish. " Parolni tez-tez o‘zgartirish bilan qilinadigan hujum|"Ko‘p darajali muhofaza tizimiga qilinadigan aktiv hujum turi, bunda jinoyatkor begona identifikatsion ma’lumotlardan foydalanadi, birinchi chaqiruv qayerdan kelganligini aniqlash mumkin bo‘lmaydigan tarzda izlarni chigallashtirib, ularni muntazam o‘zgartiradi. " Parolsiz|"Pochta mijozi yoki Internetni ko‘ruvchi (brauzer)ni sozlashdagi biron-bir dasturiy mahsulotni o‘rnatish jarayonida xavfsizlikni kamaytirish maqsadida foydalaniladigan atama. " Parsing|"Yuqori daraja dasturlash tilida yozilgan jumlani, uni kompilyatsiyalash paytida tahlil qilish. " Pasayib boradigan ishlanma|"Loyihalar, tizimlar, dasturlar ishlab chiqish usuli, bunda ishlab chiqish yuqoridan pastga tomon amalga oshiriladi. Tuzilmaviy aktivlashning asosiy usullaridan biri. Pasayib boradigan dasturlash pasayib boradigan ishlanmaning xususiy holidir. " Pasayib boruvchi kanal|"Tayanch stansiyadan foydalanuvchi uskunasiga tomon yo‘nalgan uzatish kanali. " Pasayib boruvchi trafik|"Tarmoq markaziy uzelidan periferik uzellarga uzatiladigan trafik, masalan, Internet dan telefon modemiga, tayanch stansiyadan abonent stansiyasiga va h.k. " Pasaytirmoq|"Detallarni eskirog‘iga almashtirish yo‘li bilan kompyuter quvvatini pasaytirish. Kompyuterning kam energiya sarflashi yoki narxini pasaytirish uchun xizmat qiladi. " Pasayuvchi oqim|"1. Kabelli televideniye tarmog‘ida o‘zaro bog‘lanish interaktiv kanalining bevosita (bosh stansiya – abonent) trakti. 2. Yo‘ldoshdan Yer stansiyasigacha bo‘lgan kanal. " Passiv antenna panjarasi|"Aktiv qurilmalarni o‘z ichiga olmaydigan antenna panjarasi. " Passiv hujum|"1. Kriptotizim yoki kriptografik protokolga hujum, bunda raqib va/yoki buzg‘unchi uzatiladigan shifrlangan xabarlarni kuzatadi va ulardan foydalanadi, ammo qonuniy foydalanuvchilarning xatti-harakatlariga ta’sir ko‘rsatmaydi. 2. Uzatilayotgan ma’lumotlarni tutib olish yoki monitoring qilish xususiyatiga ega hujum. Bu holatda buzg‘unchining maqsadi uzatilayotgan axborotni olish hisoblanadi. " Passiv konsentrator|"Tarmoqdagi bir nechta stansiyadan keladigan simlarni, cignallarni qayta ishlamasdan yoki ularni regeneratsiya qilmasdan, birlashtiruvchi ulanish qurilmasi. " Passiv rejim|"Abonent stansiyasi boshqa stansiyalarning boshqaruvida ishlaydigan va mustaqil tarzda aloqaga chiqish huquqiga ega bo‘lmagan aloqa rejimi. " Passiv tahdid|"1. Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi holatini o‘zgartirmasdan, axborot mazmunini ruxsat etilmagan tarzda, ochishga bo‘lgan tahdid. Izoh – Amalga oshirilishi natijasida qo‘lga kiritilib, uzatilgan ma’lumotlardan ta’sirchan axborotni tiklash imkoni bo‘lgan tahdid passiv tahdidga misol bo‘lib hisoblanadi. 2. Tizimning ishlash rejimini o‘zgartirmasdan axborotdan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olish imkoniyati. " Past tezlikli qo‘shma boshqaruv kanali|"Ikki tomonlama kanal, odatda, undan mobil aloqa tarmoqlaridagi quvvatni boshqarish uchun foydalaniladi. Tayanch stansiya tomonidan uzatgichning chiqish quvvati darajasini o‘zgartirish komandalari beriladi, mobil stansiyadan tayanch stansiyaga esa, qabul qilgichning kirish signali darajasini o‘lchash ma’lumotlari uzatiladi. " Past chastotalar|"30 kHz dan 300 kHz gacha bo‘lgan diapazondagi chastotalar sohasi. " «Pastdan yuqoriga» dasturlash|"Umumiy sxemani ishlab chiqish yakunlanmagan bir vaqtda, protseduralar, kichik dasturlarni ishlab chiqishdan boshlanadigan dasturlarni ishlab chiqish metodikasi. Bunday metodika, ko‘pincha ma’qul bo‘lmagan natijalarga, qayta ishlashlarga va ishlab chiqish vaqti oshib ketishiga olib keladi. Ikkinchi nomi – ko‘tarilib boradigan dasturlash. " Pastga mexanil ogʻish|"Antennaning, antenna tuzilmasini mustahkamlash fizik korrektirovka yoʻli orqali amalga oshiriladigan, pastga ogʻishi. " Pastga og‘ish burchagi, antennaning pastga og‘ish burchagi|"Asosiy yaproq va gorizontal tekislik yo‘nalishi o‘rtasidagi burchak. " Pastki kolontitul|"Har bir sahifaning ostiga qo‘yiladigan yoki avtomatik tarzda takrorlanadigan bitta yoki bir nechta satr. Tez-tez yangilanib turiladigan hujjatning bob, versiya nomini va tuzilish sanasini joylashtirish uchun foydalaniladi. " Pauza|"1. Oldingi aloqa seansi tugagan payt bilan keyingi aloqa seansi boshlangan payt orasidagi vaqt intervali. 2. Ikkilik modulyatsiya usullarida signal bo‘lmaydigan, uning qiymati esa, mantiqiy nolga teng bo‘ladigan holat. " Pauzada qayta ulash|"Aloqa mavjud bo‘lmagan vaziyatda mobil stansiyani bir tayanch stansiyadan boshqasiga qayta ulash protsedurasi. " Perfokartalarni uzatish|"Perfokartani kirish kolodasidan o‘qish yoki perforatsiya blokiga ko‘chirish jarayoni. " Periferik qurilma|"Kompyuterga kiritish/chiqarish portlari orqali ulanadigan va keng ko‘lamdagi vazifalar hal qilinishini ta’minlaydigan qurilmalar. " Periferik shina|"Periferik qurilmalarni kompyuter bilan bog‘laydigan kiritish-chiqarish shinalarining umumiy nomi. " Periferiya asbob-uskunalari|"Alohida kompyuter bilan o‘zaro ishlashi va u tomonidan boshqarilishi mumkin bo‘lgan har qanday qurilma. Masalan, kiritish-chiqarish qurilmasi, tashqi xotira. " Perigey|"Yer yo‘ldoshi orbitasidagi, Yer markazidan minimal masofada joylashgan nuqta. Perigey Yer yo‘ldoshining periapsisi hisoblanadi. " Periskopik antenna|"Machta yoki minoraning asosi va u uning cho‘qqisiga tegishli ravishda joylashtiriladigan ikkita alohida: nurlantiruvchi va qayta nurlantiruvchi antennalardan tashkil topgan murakkab ko‘zguli antenna. Izoh − Radioreleli aloqa liniyalarida qo‘llaniladi. " Peritelevideniye|"Televizordan, boshqa apparatura bilan birgalikda, televizion dasturni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rishdan farq qiluvchi maqsadlarda foydalanishga imkon beradigan uskuna. Misollar − Videoo‘yinlar, videograflar, maishiy videomagnitofon yoki maishiy kompyuterdan foydalanish. " Peritelevizion ajratgich|"Ayrim turdagi televizorlarda, tashqi uskunani ulash, odatda, peritelevideniyeni qo‘llash uchun ko‘zda tutilgan ko‘p kontaktli ajratgich. " Pero|"Kiritish qurilmasi; ko‘rinishiga qarab, displey ekranida yoza oladigan avtoruchkani o‘zida ifodalaydi. Juda qulay kiritish vositasi, ayniqsa grafik ma’lumotlar uchun. Pero bilan qo‘lyozma matnni ham kiritish mumkin, agar simvollarni optik aniqlash dasturi bo‘lsa. " Peroli kompyuter|"Ma’lumotlarni kiritish pero (yoki qalam) yordamida amalga oshiriladigan kompyuter. " Persepsion kodlash|"Raqamli audio yoki videosignallarni kodlash uchun zarur bo‘lgan bitlar sonini, odam idrok etishi nuqtai nazaridan, ahamiyatli bo‘lmagan axborotni tushirib qoldirish hisobiga kamaytirish usuli. " Perspektivaning buzilishi|"Ko‘z va uzatuvchi TV kamera bilan turli ko‘rish burchaklari ostida qaraladigan cheklangan muhit. " Petabayt|"Bir million gigabaytga teng xotira hajmining o‘lchov birligi,. Petabayt hajmli bazalar asosan telekompaniyalarda videoarxivlar uchun yaratiladi. " Petch-kord (qayta ulash shnuri)|"1. Krossda telekommunikatsiya sxemalarini ulash uchun foydalaniladigan, bir yoki har ikkala uchida konnektorlari bo‘lgan kabel bo‘lagi. 2. Petch-panelda ulanishlarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan, egiluvchan kabel birligi yoki konnektorli element. " Petch-panel (qayta ulash paneli)|"1. Biriktirilgan konnektorlardan iborat, boshqarishni osonlashtiruvchi kross-tizim. 2. Petch-kordlardan foydalanish uchun loyihalashtirilgan kross. Ko‘chishlarda va o‘zgarishlar kiritishda boshqaruvni osonlashtiradi. " Peyjer|"Radiopeyjing – shaxsiy radiochaqiruv tizimi orqali uzatiladigan xabarlarni qabul qiladigan individual abonent qurilmasi. " Peyjerli aloqa|"Alifbo-raqamli bir tomonlama radioaloqa tizimi. Tizim uzelida o‘ta yuqori chastotalarda ishlaydigan radiouzatgich o‘rnatiladi. Tizim abonentlari har doim o‘zlari bilan xabarlarni qabul qiluvchi qurilma − peyjer olib yuradilar. Peyjer − bu, xabar aks etadigan displeyli qabul qilgichdir. Xabarni peyjerga uzatish uchun, peyjerli aloqa tizimi operatorining telefon raqamini va peyjer raqamini bilish zarur. Operator telefon orqali uzatiladigan xabarni olgach, uni kompyuterga kiritadi. Kompyuter peyjerga alifbo-raqamli radioxabar jo‘natadi. " Peyjing|"Radioaloqa (telekommunikatsiya) xizmati bo‘lib, abonentlarga bir yo‘nalishda akustik chaqiruv signallarini uzatish uchun mo‘ljallangan. qabul qiluvchi displeyida chaqiruvni aks ettirish uchun zarur maʼlumotlar ham uzatiladi. " Pikouya|"Uyali aloqa tizimidagi, ta’sir doirasi juda kichik (10−100 m) bo‘lgan, xizmat ko‘rsatish sohasi. Piko-uya aholi zichligi yuqori bo‘lgan yerlarda, masalan, yirik supermarketda, ofis va boshqalarda vujudga keltiriladi. " Piksel, nuqta|"Tasvirning minimal elementi. Tasvirlarning ajrata olish qobiliyatini o‘lchash uchun xizmat qiladi. Videotasvirda to‘g‘ri burchak, fotokadrlarda kvadrat shakliga ega. " Piktogramma|"Qandaydir harakatning, ogohlantirishning, obyektning (dastur, fayl) yoki tushunchaning grafik tasviri. Grafik interfeyslarda tezda tushunish va o‘zlashtirish uchun foydalaniladi, bunda eng umumiy, tushunarli obrazlar tanlanadi. " Pilot-signal|"1. Eltuvchi chastotada nurlanadigan va odatda sinxronlashtirish uchun foydalaniladigan modulyatsiyalanmagan signal. Radioto‘lqinlarning tarqalish sharoitlarini nazorat qilish uchun bitta yoki turli eltuvchi chastotada nurlanadigan bir nechta pilot-signal qo‘llaniladi. 2. Spektri kengaytirilgan tizimlarda – umumiy chastotalar polosasida boshqa foydali signallar bilan birgalikda uzatiladigan kodli ketma-ketlik. Izoh − Pilot-signalning nurlanishi, shuningdek, berilgan tayanch stansiya xizmat ko‘rsatadigan zonada joylashgan barcha mobil stansiyalar qabul qila olishi uchun, keng eshittirish rejimida ham amalga oshiriladi. Pilot-signal yordamida kadrni sinxronlash va eltuvchining kogerent tiklanishi ta’minlanadi, shuningdek, bu xil signal stansiyani tezda izlab topish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha axborotni ham ichiga olishi mumkin. " Pilot-signal kanali|"Pilot-signal kodli ketma-ketligi uzatiladigan kanal. Izoh − IS-95 standartida «faqat nollar» turidagi ketma-ketlik. Pilot-kanal dastlabki sinxronlashni o‘rnatish, radiokanalning uzatish koeffitsiyenti va qabul qilinadigan signallar fazasini baholash, uyalarni izlashda tayanch stansiyalarni identifikatsiyalash hamda xendoverni ta’minlash uchun mo‘ljallangan. " Ping|"Inglizchadan tarjimasi «taqillatmoq» so‘zini bildiradi. Tarmoq kompyuteri o‘rtasida paketlarning o‘tish vaqtini o‘lchash ping buyrug‘i orqali amalga oshiriladi. Domen va istalgan tarmoq qurilmasining IP-manzili orasida muvofiqlikni o‘rnatish imkonini beradi. " Pir|"Tarmoqning, servislarni teng darajadagi tarmoqning boshqa qatnashchilariga taqdim etadigan va o‘zi ham ularning servislaridan foydalanadigan teng huquqli qatnashchisi (foydalanuvchi). Izohlar 1. Ko‘pincha, fayl almashinadigan tarmoqlarda tarqatishda ishtirok etadigan mijoz pir deb ataladi. 2. Pir mijoz-server arxitekturasida mijoz yoki serverning qarama-qarshisi hisoblanadi, chunki servislarni ifodalaydi va ulardan foydalanadi. " Piring|"Internet operatorlarining o‘z tarmoqlari orasida trafik almashish. Piring tarmoqlar orasida paketlarni uzatish marshrutlarini qisqartirish va trafik xarajatlarini kamaytirishga imkoniyat yaratadi. Trafik almashishning shahar yoki milliy nuqtalarini yaratish bitta shahar yoki mamlakat pro-vayderlari o‘rtasida maʼlumotlarni uzatganda shaharlararo va xalqaro aloqa kanallaridan foydalanmaslikka imkon beradi. " «Pirpirak»|"Solaris operatsion tizimidagi sinxronlanuvchi primitiv. Sinxronlash uchun zarur bo‘lganda, yoki adaptiv myuteksdan, yoki o‘quvchilar-yozuvchilarni blokirovkalovchidan foydalanishga imkon beradi. " Piyoda abonent|"Abonentlar toifasi. Yer usti uyali aloqa tarmoqlarining barcha abonentlari shartli ravishda uch toifaga ajratilgan: tez harakatli, kam harakatli va statsionar (turg‘un). Kam harakatli obyektlar toifasiga, harakat tezligi 3 km/h, ma’lumot uzatish tezligi esa 384 Kbit/s gacha bo‘lgan piyoda abonentlar kiradi. " «Pishloq» turidagi antenna (segment-parabolik antenna)|"Parabolik silindr (yarim silindr) ko‘rinishidagi ko‘zgu va o‘qqa nisbatan siljigan nurlagichdan iborat segment-parabolik antenna. " Plagin|"Asosiy dasturga dinamik tarzda ulanadigan, dasturning imkoniyatlarini kengaytirish va/yoki undan foydalanish uchun mo‘ljallangan mustaqil ishga tushuriluvchi dasturiy modul. Plaginlar odatda taqsimlangan bibliotekalar ko‘rinishida ishlaydi. " Planar to‘lqin o‘tkazgich|"Yassi va tekis taglikka kiritilgan yassi tuzilmalar asosidagi to‘lqin o‘tkazgich. " Plank chizig‘i|"Turli temperaturaga ega bo‘lgan Plank nur tarqatgichlari (mutlaq qora jism) ranglilik nuqtalarining geometrik o‘rni. " Planshetli kompyuter|"Ekran bilan bog‘langan qo‘lda kiritish planshet qurilmasi bilan jihozlangan noutbuklar turkumi. Planshet kompyuter stilus yoki barmoqlar yordamida, klaviatura va «sichqoncha»siz ishlashga imkon beradi. Foydalanuvchi matnni qo‘lyozmani aniqlash dasturi, ekrandagi (virtual) klaviatura, nutqni tanish dasturi yoki oddiy klaviatura orqali kiritishi mumkin. " Planshetli skaner|"Fotosuratlar, qog‘oz hujjatlar, slaydlarni skanlash uchun foydalaniladigan sahifa skanerlarining keng tarqalgan va arzon turlaridan biri. " Plastik karta|"Kartadan foydalanuvchi shaxsga tovarlar va xizmatlar uchun naqd pulsiz haq to‘lash, shuningdek, to‘lov tizimi ishtirokchilari bo‘lgan bank bo‘limlarida va bankomatlardan naqd pul mablag‘larini olish imkonini beruvchi shaxsiylashtirilgan to‘lov vositasi. " Plastik optik tola|"Plastikdan tayyorlangan optik tolali kabel. Shisha tolaga nisbatan kattaroq so‘nish va sochilish qobiliyatiga ega. «Plastik» rouming ing. - «plastic» roaming ru – «пластиковый» роуминг Abonentning mahalliy operator bilan uning xizmat ko‘rsatish imkoniyati to‘g‘risida oldindan kelishib oladigan va undan xizmat ko‘rsatadigan operatorga taalluqli boshqa abonent raqamini, unga o‘zining uyali raqamiga kiruvchi barcha chaqiruvlarni qayta manzillash bilan oladigan «mexanik» rouming turi. " Plata|"IBM-PCli kompyuterlar arxitekturasining qo‘shimcha, alohida elementi. " Platadagi kompyuter|"Bitta platada amalga oshirilgan (bajarilgan) kompyuter. " Platani identifikatsiya qilish tuzilmasi|"Kompyuterga o‘z xarakteristikalarini – xotira va bufferlarning mavjudligini, uzatiladigan ma’lumotlarning formati va h.k.larni yetkazish imkonini beradigan tuzilma. " Platforma|"Oddiy kompyuterlarda yoki mobil telefonlarga o‘rnatilgan operatsion tizim turi. Zamonaviy smartfonlar uchun 4 ta asosiy turdagi platforma mavjud: Palm OS, Symbian, Linux va Pocket PC/Windows Mobile. " Platformaning barqarorligi|"Tizimni ta’mirlash yoki modernizatsiya qilish uchun qo‘shimcha komponentlarning mavjudligi, shuningdek, uchinchi tomon dasturiy ta’minot qismlarini qo‘llab-quvvatlash yoki ularni almashtirish imkoniyati uchun ijobiy prognoz. " Platformaning ko‘lamdorligi|"Platformaning komponentlarni modernizatsiyalash hisobiga samaradorlikni oshirishga tayyorligi. " Plazmali antenna|"Metall o‘tkazgichlarning o‘rniga radioto‘lqinlarni qabul qilish va uzatish uchun ionlangan gaz – yuqori elektr o‘tkazuvchanlikka ega plazma ishlatiladigan radioantennalar turi. " Plazmali displey|"Yuzasiga o‘rnatilgan parallel elektrodlar bilan ikki mustahkamlangan shisha platalari orasiga neon/ksenon gazlari aralashmasini zichlash yo‘li bilan ishlovchi yassi panelli displey turi. Platalar elektrodlar to‘g‘ri burchaklarni tashkil qilib piksellarni yaratishi mumkin bo‘lgan holda mustahkamlanadi. Ikkita elektrod orasida kuchlanish impulsi o‘tganda, gaz bo‘linib, ultrabinafsha nurlanishni chiqaruvchi kuchsiz ionlangan plazmani ishlab chiqaradi. Ultrabinafsha nurlanish rang fosforlarini aktivlashtiradi va har bir pikseldan ko‘zga ko‘rinadigan yorug‘lik chiqadi. " Plenum|"1. Bino ichidagi havo quvuri, u orqali kabel tortilishi yoki unda kabel o‘rnatilishi mumkin. 2. Havo taqsimlash tizimining bir qismini tashkil etuvchi, bitta yoki undan ortiq havo o‘tkazuvchi kanal ulanadigan bo‘shliq yoki xona. " Plezioxron raqamli iyerarxiya|"Ma’lumotlarni yuqori tezlikda plezioxron (deyarli sinxron) uzatish konsepsiyasi. O‘tgan asrning 80-yillari boshida ishlab chiqilgan. Hozirgi vaqtda iyerarxik tezliklarning uch sathi keng tarqalgan. Ular tezligi 64 kbit/s bo‘lgan DSO raqamli kanal asosida qurilgan. Evropada boshlang‘ich tezlik sifatida 2,048 Mbit/s, AQSh da esa, 1,544 Mbit/s tanlangan. " Plezioxron signallar|"Nominal tezliklari bir xil, biroq taktli signal manbalari turlicha bo‘lgan sinxron signallar, shu sababli joriy tezlik qiymatlari, ruxsat etilgan chegarada farq qilishi mumkin. " Plezioxron tarmoq|"Tayanch generatorlar chastotalari bir-biridan amalda farq qilmaydigan tarmoq. Buning oqibatida belgilarning o‘tib ketishini keltirib chiqaradigan yo‘qotishlar juda kam bo‘ladi. " Plombir puansoni|"Pochta buyumlari, pochta, kuryerlik jo‘natmalari va shuningdek qimmatbaho buyumlar saqlanadigan omborxonalar va magistral pochta yo‘nalishlari bo‘yicha pochtani tashiydigan pochta avtomashinalarining plombalanadigan pochta aloqasi obyekti nomining izini plastmassa yoki qo‘rg‘oshin plombirlarga tushirish uchun mo‘ljallangan maxsus qurilma. " Plotter|"Grafik axborotni qog‘oz tashuvchiga yoki boshqa bir tashuvchiga chiqarish qurilmasi. Izoh − Peroli, qalamli, purkagichli, elektrostatik graftuzgichlar, tasvir to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqariladigan plotterlar, termoplotterlar va lazer graftuzgichlar ajratiladi. " «Plyus» xizmati|"Ob-havo ma’lumoti, valyuta kursi, abonentning hisob holati, oxirgi to‘lov to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shoshilinch xizmatlarning telefon raqamlari to‘g‘risida va boshqa ma’lumotlarni olish imkoniga ega xizmat. " Podkasting|"Inglizcha «iPod» va «broadcasting» so‘zlaridan kelib chiqqan. Vebda audio eshittirishlar yoki video ko‘rsatuvlar (pod-kastlar)ni yaratish va tarqatish jarayoni. Odatda podkastlar muayyan mavzu va chop etilish doimiyligiga ega bo‘ladi. Pod-kastlarni eshitish yoki ko‘rish uchun maxsus dasturiy mahsulotlar mavjud. " Podyezd pochta yo‘nalishi|"Pochta aloqasi obyekti (tuman yoki shahar pochta aloqasi bog‘lamasi, pochta aloqasi bo‘limi, pochta almashinuv punkti)ni pochta almashinuvi amalga oshiriladigan temir yo‘l stansiyasi, aeroport bilan bog‘lovchi pochta yo‘nalishi. " Polibiy kvadrati|"Grek tarixchisi Polibiy tomonidan tavsiflangan bir alifboli kriptotizim. O‘zida 5x5 kvadratni ifodalaydi. Ochiq matnning har bir simvoli ochiq matnning simvoli joylashgan ustun va satrni ko‘rsatuvchi juft simvollar bilan almashtiriladi. " Polimorf viruslar|"Zararlangan dasturlarda o‘z kodini, aynan bir virusning ikkita nusxasi birorta ham bitda mos tushmaydigan qilib o‘zgartiradigan viruslar. " Polimorfizm|"Kichik dasturlar (protseduralar, funksiyalar)ning, ma’lumotlarni ularning turiga bog‘liq holda turli algoritm bo‘yicha qayta ishlash xususiyati; obyektga yo‘naltirilgan dasturlashda keng foydalaniladi. " Polosa|"Chastotaning ikki qo‘shni qiymatlari o‘rtasidagi o‘zgarmas chastotalar diapazoni. Shuningdek, chastotalar polosasi deb ham ataladi. Izoh – Optik-tolali kabelni tavsiflashda bu atamadan faqat ko‘p modali tolalarning o‘tkazish qobiliyatini aniqlashda foydalaniladi. Bir modali tolalar uchun «dispersiya» atamasi ishlatiladi. " Polosa filtri|"Qirqimning yuqori va nolinchi bo‘lmagan quyi chastotasi bilan cheklangan muayyan chastotalar polosasini o‘tkazuvchi filtr. Berilgan polosadan tashqarida qolgan barcha chastotalar filtr tomonidan bostiriladi. Qirqimning quyi chastotasi nolinchi, yuqori chastotasi esa oxirgi chastota bo‘lsa, u holda bunday filtr quyi chastotalar filtri deyiladi. Qirqimning uzluksiz katta yuqori chastotasiga hamda quyi chegara bo‘yicha cheklashga ega bo‘lgan filtr yuqori chastotalar filtri deb ataladi. " Polosadan tashqari nurlanish|"Modulyatsiya jarayoni natijasi bo‘lgan, lekin nomaqbul nurlanishlarni ichiga olmaydigan, chastotalar polosasining zarur kengligiga bevosita tutashadigan chastota yoki chastotalardagi nurlanish. " Polosalar qadami|"Bitta rangning qo‘shni piksellari o‘rtasidagi masofani o‘lchash usuli, apertura panjarali monitorlarda qo‘llaniladi. Polosalar qadami vertikal polosalar orasidagi masofa sifatida o‘lchanadi. " Polosali liniya|"O‘rtasidan ensiz metall tasma ko‘rinishidagi o‘tkazgich o‘tgan, bir-biriga qaratilgan keng sirtlar orqali yaqin joylashgan ikki metall tasma hosil qilgan uzatish liniyasi. Metall tasmalar o‘rniga dielektrik sirtiga yupqa surtilgan folga qatlamlar qo‘llanilishi mumkin. " Polosali to‘lqin o‘tkazgich|"Dielektrik bilan ajratilgan metall polosalardan iborat to‘lqin o‘tkazgich. " Polosali vibrator|"Ochiq polosasi liniya kesimi ko‘rinishidagi dielektrik qatlamida joylashgan vibrator. " Port|"1. Tashqi qurilmani mikroprotsessorning ichki shinasiga ulash nuqtasi. Izoh – Dastur maʼlumotlarni portga yuborish yoki ularni portdan olishi mumkin. 2. Biriktirish qurilmasi, uning yordamida kompyuterning tezkor xotirasi yoki markaziy protsessor maʼlumotlar uzatish maqsadida boshqa qurilmalar bilan bog‘lanishi mumkin. " Port tartib raqami|"Bitta kompyuterda tarmoq orqali aloqa qila oladigan bir necha dasturni yurgizish mumkin. Ushbu dasturlarni ajratish uchun ularga yurgizilish paytida shaxsiy port tartib raqami beriladi. Port tartib raqami URLga kompyuter nomidan keyin yoziladi. Masalan, HYPERLINK ""http://www.site.com:80"" http://www.site.com:80 " Portal|"1. Internetga yoki Internet texnologiyasiga qurilgan korporativ tarmoqqa kirishning asosiy nuqtasi. 2. Spetsifik auditoriya uchun mo‘ljallangan va axborot to‘ldirish (kontent) birlashtirilishini, ushbu auditoriya uchun muhim bo‘lgan axborot yetkazilishini; birgalikda ishlashni va jamoaviy xizmatlarni; tanlangan auditoriya uchun mo‘ljallangan, shaxsiylashtirish asosida taqdim etiladigan xizmatlardan va ilovalardan foydalanishni ta’minlaydigan veb-sayt. Izoh ‒ Portallar vazifasiga bog‘liq holda umumfoydalanadigan (universal va ixtisoslashtirilgan) portallarga va korporativ (axborot va bilimlarni boshqarish) savdo (iste’mol va korporativaro) portallariga bo‘linadi. " Portativ kompyuter|"Avtonom taʼminot manbaidan ishlay oladigan o‘lchami kichik, ko‘tarib yuriladigan shaxsiy kompyuter. " Portativ radiostansiya|"Nutqning past sifat bilan uzatilishini ta’minlaydigan va konvensional mobil radioaloqa tarmoqlari uchun mo‘ljallangan stansiya. " Portlar skaneri|"Kerakli portlar ochiq bo‘lgan tarmoq xostlarini izlash uchun xizmat qiladigan dasturiy vosita. Mazkur dasturlar odatda tizim administratorlari tomonidan o‘z tarmoqlarining xavf-sizligini tekshirish va badniyat shaxslar tomonidan tarmoqni buzish maqsadida qo‘llaniladi. " Portlarni birlashtirish|"Ikkita portni bir nechta (odatda, to‘rttagacha) parallel liniya yordamida mustahkam bog‘lash texnologiyasi. Birlashgan portning unumdorligi ishga solingan liniyalar unumdorligining yig‘indisiga teng. Liniyalarning biri ishdan chiqsa, yuklama qolgan liniyalar o‘rtasida teng taqsimlanadi. " Portlash|"Hisoblash tizimlarida – xato to‘g‘risida xabar berish bilan, dasturning keyinchalik bajarilishiga to‘sqinlik qiladigan avariyaviy to‘xtash. " Portni kengaytirgich|"Bir nechta (ketma-ket) liniyani kompyuterning bitta porti bilan bog‘laydigan qurilma. " Posilka|"O‘lchamlari, og‘irligi va o‘rash tartibi Pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish qoidalarida belgilangan, jo‘natishga ruxsat etilgan sanoat tovarlari, oziq-ovqat mahsulotlari, madaniy-maishiy va boshqa tovarlar solingan pochta, kuryerlik jo‘natmasi. " Postfiks|"Asosiy element orqasidan yoziladigan, operator, komandani tavsiflash elementi; o‘zining operandidan keyin yoziladigan operatsiya. Masalan, Si tilida x++. " Postfiltratsiya|"1. Televizion videosignalni raqamli-analog signalga o‘zgartirishdan keyin chastotaviy filtrlash. 2. Videoma’lumotlarni MPEG-dekodlashdan so‘ng qayta ishlash jarayoni. Signalni yanada aniqroq tiklashga ko‘maklashadi. " Postmaster|"Pochta serverining turli sozlamalarini boshqarish uchun mo‘ljallangan maʼmuriy qayd yozuvi. " Postuslovie|"Haqiqiyligi protsedura yoki sikl jismi bajarilgandan keyin tekshiriladigan shart. " Pоtensial imkoniyatlar|"Mahsulot yoki tizim parametrlari chekka qiymatlarining talablarga mos kelishlik darajasi. " Potensial kalit|"Ortiqcha axborotsiz axborot bazasida qatorni aniqlaydigan atributlar kombinatsiyasi. Xar bir jadval bir nechta potensial kalitga ega bo‘lishi mumkin. Bulardan biri asosiy kalit sifatida tanlanadi. " Potensial zaiflik|"Taxmin qilinayotgan, lekin tasdiqlanmagan zaif joy. Izoh – FXTni o‘zgartirish maqsadida, hujumlarning bo‘lish ehtimoli taxminiga asoslanadi. " Poynting vektori|"Elektromagnit maydon energiyasi oqimining vektor zichligi. " Pozitiv modulyatsiya (televideniyeda)|"Modulyatsiyalovchi videosignalda qoradan oqgacha bo‘lgan o‘zgarish amplitudaviy modulyatsiyada modulyatsiyalovchi signal amplitudasining oshishiga yoki chastotaviy modulyatsiyada oniy chastotaning oshishiga mos keladigan modulyatsiya. " Pozitiv (negativ) amplitudaviy modulyatsiya|"Tasvir eltuvchini televizion videosignal bilan amplitudaviy modulyatsiyalash. Bunda signal ko‘lamining oshishi modulyatsiyalangan eltuvchi ko‘lamining oshishiga (kamayishiga) olib keladi. " Pozitiv uzatish|"Tasvir axborotini shunday usulda uzatishki, bunda dastlabki jadallikning oshishi uzatiladigan quvvatning oshishiga olib keladi. " Pozitiv videosignal|"Oniy qiymatlari qoradan oqga o‘tishda ko‘payadigan videosignal. " Pozitsion sanoq tizimi|"Sonlarni yozishda raqamlarning joylashgan o‘rni ahamiyatga ega bo‘ladigan sanoq tizimi. Har bir pozitsion sanoq tizimida asos mavjud bo‘ladi. Har qanday son asos raqamlardan tuzilgan ketma-ketlik ko‘rinishida yoziladi. Asos raqamlari soni asosning o‘ziga teng bo‘ladi. Asos, har bir raqamning salmog‘i katta qo‘shni razryadda turgan raqam salmog‘idan necha marta kichikligini ko‘rsatadi. Qurilgan pozitsion sanoq tizimlarining soni har qanday bo‘lishi mumkin. Informatikada asosan to‘rtta tizimdan: o‘nlik, ikkilik, sakkizlik va o‘n oltitalik tizimdan foydalaniladi. Pozitsion sanoq tizimlari hisoblashlar, ham butun, ham kasr sonlarni ko‘rsatish uchun juda qulay. " Pochta|"1. Pochta, kuryerlik jo‘natmalari va pochta buyumlarining majmui. 2. Odamlarning o‘zaro muloqot qilish usullaridan biri. Haqiqiy hayotda ham, Internet tarmog‘ida ham mavjud. Bu jarayonda ikki tomon ishtirok etadi: jo‘natuvchi va qabul qiluvchi. Jo‘natuvchi boshqa odamga yoki odamlar guruhiga xat yozayotgan tomon, oluvchi esa xatni qabul qilishi ko‘zda tutilgan odam yoki odamlar guruhidir. " Pochta almashinuv punkti|"Pochta aloqasi obyekti va transport o‘rtasida pochtani vaqtinchalik saqlash, ishlov berish va almashish maqsadida tashkil etilgan pochta aloqasi obyekti. " Pochta almashinuvi|"Transport yordamida pochta aloqasi obyektlari va pochta aloqasi obyekti xodimlari va transport o‘rtasidagi pochtani qabul qilish-topshirish jarayoni. Izoh – Pochta faqat qabul qilinishi yoki faqat topshirilishi amalga oshirilsa, bunda almashuv faqat bir tomonlama hisoblanadi. " Pochta aloqasi|"Pochta, kuryerlik jo‘natmalari va pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalarini jo‘natish va yetkazib berishni (topshirishni) taʼminlovchi texnika va transport vositalarining yagona ishlab chiqarish-texnologiya majmuidan iborat aloqa turi. " Pochta aloqasi bog‘lamasi|"Pochta yo‘nalishlarining kesishgan yoki tutashgan punktida joylashgan, biriktirilgan hududda pochta va kuryerlik jo‘natmalari, pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalarini jo‘natish va yetkazib berish (topshirish), pochtaga ishlov berish va uning almashinuvi bo‘yicha o‘zaro bog‘liq vazifalar bajarilishini taʼminlovchi pochta aloqasi obyekti. " Pochta aloqasi bo‘limi|"Foydalanuvchilarga pochta aloqasi xizmatlarini, boshqa turdagi xizmatlarni ko‘rsatuvchi, pochtaga ishlov berish va uning almashinuvini amalga oshiruvchi pochta aloqasi obyekti. " Pochta aloqasi obyektlari|"Pochta aloqasi operatorlarining alohida bo‘linmalari (pochtamtlar, pochta aloqasi bog‘lamalari, bo‘limlari, punktlari, shuningdek, boshqa bo‘linmalar). " Pochta aloqasi operatori|"Mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida pochta aloqasi tarmog‘iga egalik qiluvchi va faoliyatning asosiy turi sifatida pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lgan yuridik shaxs. " Pochta aloqasi provayderi|"Foydalanuvchilarga pochta aloqasi operatorlarining tarmog‘i orqali pochta, kuryerlik xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs. " Pochta aloqasi tarmog‘i|"Pochta aloqasi obyektlari va pochta yo‘nalishlari majmui. " Pochta aloqasi tayinlangan operatori|"O‘zbekiston Respublikasi hududida pochta aloqasini amalga oshirish va Umumjahon pochta ittifoqining xujjatlaridan kelib chiquvchi majburiyatlarni bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlangan pochta aloqasi operatori. " Pochta aloqasi vositalari|"Pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish uchun foydalaniladigan binolar, yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar, asbob-uskunalar, texnika va transport vositalari, shuningdek, pochta konvertlari, varaqchalari va taralar. " Pochta aloqasi xizmatlari|"Pochta aloqasi operatori yoki provayderining pochta va kuryerlik xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha faoliyati. " Pochta aloqasi xizmatlari uchun tarif|"Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish uchun maxsus vakolatli organ, pochta aloqasi operatori yoki provayderi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda belgilanadigan to‘lov miqdori. " Pochta aloqasining asosiy xizmatlari|"Pochta aloqasining pochta, kuryerlik jo‘natmalari, shuningdek, pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalarini jo‘natish va yetkazib berish (topshirish) bo‘yicha xizmatlari. " Pochta aloqasining hududiy (viloyat) tashkiloti|"Pochta aloqasi obyektlariga biriktirilgan hududda ishlab chiqarish faoliyatini tashkil qiluvchi pochta aloqasi operatorining hududiy tarkibiy bo‘linmasi. " Pochta aloqasining ishlab chiqarish jarayoni|"Pochta, kuryerlik jo‘natmalari va pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalarini jo‘natish va yetkazib berish (topshirish) bo‘yicha qatʼiy tartibga solingan va o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish operatsiyalarining kompleksini tashkil qiluvchi xodimlarning barcha harakatlari va ishlab chiqarish uskunalari jami. " Pochta aloqasining milliy operatori|"O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan zimmasiga O‘zbekiston Respublikasi doirasida majburiy ravishda universal xizmatlar ko‘rsatish vazifasi yuklatilgan pochta aloqasi operatori. " Pochta aviajo‘natmasi|"Havo transporti orqali jo‘natiladigan (barcha yo‘llarda yoki uning ayrim uchastkalarida) pochta jo‘natmasi. " Pochta-bagaj poyezdi|"Pochta va bagajni tashish uchun o‘z tarkibida asosan pochta hamda bagaj vagonlariga ega bo‘lgan maxsus tuzilgan poyezd. " Pochta bloki|"Maxsus varaqda bir va undan ortiq qatorda bosilgan hamda markalarga nisbatan kengroq hoshiya bilan ajratilgan bitta yoki bir nechta pochta markasi. " Pochta bombasi|"Saytni, pochta serverini ko‘p sonli xatlarni yuborish orqali posilkasi bilan ishdan chiqarish yo‘li bilan blokirovkalash. Sayt orqali hujum chog‘ida xatlar olinishini bartaraf qilish yoki o‘ch olish maqsadida ishlatiladi. " Pochta buyumi|"Belgilangan tartibda yopilgan hamda rasmiylashtirilgan qop yoki pochta konteyneri. " Pochta indeksi|"Pochta aloqasi obyekti manzilining shartli belgisi. " Pochta jo‘natishning oddiy protokoli|"IP-protokollari to‘plamiga kiruvchi protokol. RFC 0821da tavsiflangan 14 ta komandadan iborat. Internetda elektron pochtani marshrutizatsiyalash uchun ishlatiladi (e-mail, IMAP, POP, TCP/IP). " Pochta jo‘natmalari|"Manzili ko‘rsatilgan yozma xat-xabarlar, posilkalar va tegishli o‘rovdagi bosma nashrlar. " Pochta konteyneri|"Pochta, kuryerlik jo‘natmalarini tashish va vaqtinchalik saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus konteyner. " Pochta konverti|"Yozma xabarni o‘rash uchun xizmat qiladigan, yelimlash uchun klapanlari bo‘lgan, belgilangan o‘lchamlardagi to‘g‘ri burchak shaklidagi qog‘ozli qobiq. " Pochta, kuryerlik jo‘natmalarini ochiq holda jo‘natish|"Pochta, kuryerlik jo‘natmalarini pochta tarasiga berkitmasdan jo‘natish. " Pochta, kuryerlik jo‘natmalarini yopiq holda jo‘natish|"Пересылка почтовых, курьерских отправлений в почтовой таре. Pochta, kuryerlik jo‘natmalarini pochta tarasida jo‘natish. " Pochta, kuryerlik jo‘natmasi, pul mablag‘larining pochta o‘tkazmasini qayta jo‘natish|"Pochta, kuryerlik jo‘natmasi, pul mablag‘larining pochta o‘tkazmasini arizaga asosan yangi manzil bo‘yicha yoki yetkazib berishga asosan pochta aloqasi obyektining manzili bo‘yicha yo‘llashdan iborat ishlab chiqarish operatsiyasi. " Pochta, kuryerlik jo‘natmasini indekslash|"Pochta, kuryerlik jo‘natmasiga jo‘natilishi belgilangan joy pochta aloqasi obyektining pochta indeksini yozish. " Pochta ko‘prigi (filtri)|"Bir nechta kompyuter tarmog‘ini birlashtiradigan va ular o‘rtasida elektron pochtani yuborish imkoniyatini ta’minlaydigan, shuningdek, berilgan manzilar bo‘yicha uni saralaydigan (filtrlaydigan) qurilma. " Pochta manzili|"Tegishli pochta aloqasi obyektining pochta indeksi ko‘rsatilgan foydalanuvchining turar joyi. " Pochta manzillari ro‘yxati|"Qabul qiluvchilarning elektron manzillari ro‘yxati. Xat jo‘natilayotganda «Kimga» jo‘natilayotgani to‘g‘risida yoziladigan joyda manzillar ro‘yxatini kiritish mumkin va bu xatni ro‘yxatdagi barcha qabul qiladi. " Pochta markalari seriyasi|"Yagona mavzuga yoki muayyan voqeaga bag‘ishlangan, o‘xshash rasmiylashtirish uslubiga ega. " Pochta markasi|"Badiiy tasvirga ega bo‘lgan, nominal qiymati va mamlakatini ko‘rsatgan holda, bosma usulda tayyorlangan pochta to‘lovining davlat belgisi. " Pochta markasining asli|"Pochta markasi eskizini tayyorlash uchun dastlabki asos bo‘lib hisoblanadigan rasm. " Pochta markasining eskizi|"Pochta markasining namunasini tayyorlash uchun dastlabki asos bo‘lib hisoblanadigan rasm. " Pochta markasining namunasi|"Pochta markasining eskiziga muvofiqligini tekshirish va keyingi nashr etishga tasdiqlash uchun qimmatli qog‘ozlar blanklarini ishlab chiqarish huquqiga ega tashkilotlar tomonidan tayyorlangan, «Namuna» yozuvi. " Pochta markasining nominal qiymati|"Yozma xat-xabarlarni jo‘natish bo‘yicha xizmatlarning pochta markasida arab raqamlari yoki lotin harflari bilan ko‘rsatiladigan qiymati. " Pochta mijozi|"Xatlarni o‘qish, qabul qilish, jo‘natish va ular ustida boshqa operatsiyalarni bajarish uchun mo‘ljallangan dastur. Ushbu dastur yordamida foydalanuvchi pochta va News-serverlar bilan ishlashi mumkin bo‘ladi. " Pochta mulki|"Pochta aloqasi obyektlarida ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish imkonini beruvchi predmetlar va moslamalar. Izoh – Pochta mulkiga nomli buyumlar, shtamplar, tayanch punktlarning javonlari, seyflar, metall qutilar va javonlar, reklama uchun vitrinalar, pochta tarasi va h.k.kiradi. " Pochta protokoli|"Serverdan elektron pochtani olish uchun mo‘ljallangan eng ommaviy protokol. " Pochta qoidalari|"Pochta, kuryerlik jo‘natmalari, shu jumladan, xalqaro pochta jo‘natmalarini jo‘natish va yetkazib berish (topshirish) tartibini belgilovchi hujjat. " Pochta qurti|"Elektron pochta orqali har bir yetkazib berish ro‘yxatidagi adresatlarga mustaqil tarzda tarqalish qobiliyatiga ega bo‘lgan dastur. " Pochta qutisi|"Pochta aloqasi milliy operatorining manzili ko‘rsatilgan oddiy xatlar va pochta varaqchalarini yig‘ish uchun mo‘ljallangan, belgilangan shakl va o‘lchamdagi qulflanadigan maxsus qutisi. " Pochta qutisi (elektron xabarlar saqlanadigan joy)|"Aniq foydalanuvchiga manzillangan, elektron pochta xabarlari to‘planadigan xotira sohasi. " Pochta ro‘yxatlari|"Global tarmoq servis turlaridan biri, tarmoqda ko‘plab foydalanuvchilar – tarqatish ro‘yxatining muayyan obunachilari uchun umumiy hisoblanadigan elektron pochta manzili ajratilganda, foydalanuvchi-obunachilar o‘z xabarlarini umumiy manzil bo‘yicha yuboradilar va bu xabarlar ushbu tarqatish ro‘yxatiga obuna bo‘lganlarning barchasiga jo‘natiladi. " Pochta serveri|"So‘rovlar bo‘yicha elektron pochta orqali fayllar yoki axborot jo‘natadigan dastur. " Pochta taqvim shtempeli|"Pochta markalarini hisobdan chiqarish va/yoki pochta, kuryerlik jo‘natmalari, pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalari blanklari va/yoki ilova hujjatlari, kvitansiyalarga pochta aloqasining tegishli obyeti nomi, pochta vagoni, yo‘nalishi, sanani tushirish uchun mo‘ljallangan maxsus shtempel. " Pochta tarasi|"Pochta, kuryerlik jo‘natmalarini jo‘natish uchun qo‘llaniladigan maxsus qoplar, konteynerlar. " Pochta transporti yo‘nalishi|"Pochta tashiladigan temir yo‘l, avtotrakt uchastkasi. " Pochta to‘lovining davlat belgilari|"Pochta markalari hamda frankirlash mashinalarining pochta jo‘natmalariga pochta aloqasi xizmatlari haqi to‘langanligini tasdiqlash uchun tushiriladigan tamg‘asi. " Pochta vagoni|"Poyezd harakatlanayotgan yo‘lda pochtani tashish, ishlov berish va almashish uchun mo‘ljallangan maxsus konstruksiyadagi temir yo‘l vagoni. " Pochta varaqchasi|"O‘lchamlari, og‘irligi va o‘rash tartibi Pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish qoidalarida belgilangan, ochiq holda jo‘natiladigan maxsus blankdagi pochta, kuryerlik jo‘natmasining turi. " Pochta xizmatlari|"Pochta aloqasi operatori yoki provayderining pochta jo‘natmalarini, shuningdek, pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalarini jo‘natish va yetkazib berish (topshirish) bo‘yicha faoliyati. " Pochta yo‘nalishi|"Transportning, pochta aloqasi obyektlari o‘rtasidagi, belgilangan tartibda tasdiqlangan harakatlanish yo‘li. " Pochta yo‘nalishi rejasi|"Pochta yo‘nalishining turli yo‘llari mavjud bo‘lganda, pochtani jo‘natish va o‘tishining optimal tartibini belgilaydigan hujjat. " Pochta shlyuzi|"Ikki yoki bir necha turli elektron pochta tizimini bog‘laydigan va ular o‘rtasida xabarlar uzatilishini ta’minlaydigan mashina. " Pochtamt|"Shaharning markaziy qismida joylashgan, unga bo‘ysunadigan pochta aloqasi bog‘lamalari va/yoki bo‘limlarida rahbarlikni amalga oshiradigan hamda pochta, kuryerlik jo‘natmalari va pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalarini jo‘natish hamda yetkazib berish (topshirish)ni taʼminlaydigan pochta aloqasi obyekti. " Predikat|"Predikatlarni hisoblashda mohiyatlar – dalillarning oxirgi to‘plami o‘rtasidagi muayyan munosabatni aks ettiruvchi maxsus belgi. Predikatlarni hisoblashning odatiy variantida keltirilgan dalillar to‘plamida predikatning qiymati sifatida ikkita – chin va yolg‘on qiymat ishtirok etadi. " Predmet sohasi modeli|"1. Bilimlar yoki tajriba muayyan sohasining modeli. 2. O‘rganilishi, boshqa bir tizim to‘g‘risida axborot olish uchun vosita bo‘lib xizmat qiladigan tizim. 3. Qandaydir real jarayon, qurilma yoki konsepsiyani taqdim etish. " Preprotsessor|"Ma’lumotlarning asosiy qayta ishlash jarayoniga qadar, masalan, kompilyatsiyadan oldin dastlabki qayta ishlanishini bajaradigan dastur. Kompilyatorda bir nechta turli preprotsessor bo‘lishi mumkin, masalan, makroprotsessor, fayllar qo‘shish preprotsessori, til kengaytmalarini qayta ishlash preprotsessori. " Press-kit|"Loyiha, tashkilot yoki voqea to‘g‘risida batafsil axborot bo‘lgan bir qancha matnli, audio va vizual hujjatlar to‘plami. " Press-reliz|"Matbuot uchun mo‘ljallangan, joriy yoki yaqinlashib kelayotgan tadbirlar, voqealar to‘g‘risida muhim, jiddiy axborot bo‘lgan maxsus byulleten. " Preyskurantdagi narx|"Milliy operator tomonidan pochta markalari va bloklari kolleksiyasi uchun belgilanadigan, preyskurantda qayd qilingan narx. " Primitiv|"1. Dasturlarning bajarilish tezligini oshirish uchun, dasturlash tillariga kiritilgan funksiya yoki operator. 2. Dasturni tuzishda foydalaniladigan asosiy element. " Print-server|"Lokal tarmoqda, ushbu tarmoqning barcha ishchi stansiyalari tomonidan, bitta printerdan foydalanish qurilmasi. " Printer|"Ma’lumotlarni kompyuterdan qog‘ozga, plyonkaga o‘qish uchun qulay ko‘rinishda chiqarish uchun xizmat qiladigan qurilma. Printerlar bosish usuli, vazifasi va bosma ranglari soni bo‘yicha farqlanadi. Bosish usuliga ko‘ra, matritsali, termik, purkagichli va lazer printerlarga bo‘linadi; vazifasiga ko‘ra, ko‘tarib yuriladigan (bloknotli shaxsiy kompyuterlar uchun) shaxsiy, muassasa, mini tipografiyalar; ranglar soniga ko‘ra, bir rangli, rangli. Asosiy xarakteristikalari: chop etish tezligi (sekundiga belgi, minutiga sahifa, varaq); chop etish sifati (nuqta/dyuym). " Printerning ajrata olishi|"Tasvirni chop etishda bir dyuymda yotgan nuqtalar soni. Masalan, 300-dpi (300 dyuymga 300 nuqta) ajrata olishga ega printer 1 dyuym chiziqqa 300 nuqtani choplay oladi. Bu degani u bir dyuym kvadratga 90 mingta nuqtani chop etishi mumkin. " Privatlik, xususiylik|"Xususiy shaxsning shaxsiy hayoti yoki ishiga aralashuv natijasida shu shaxs ma’lumotlarini to‘plash va ulardan foydalanish favqulodda yoki qonunga xilof ravishda bo‘lganda bu aralashuvni taqiqlash. " Profillangan ko‘zgu|"1. Maxsus profilga ega sirtqi antenna ko‘zgusi, uning shakli elektromagnit maydonni antennaning ochilishidagi taqsimlanishini aniqlab beradi. 2. Sirt profili antenna yo‘nalganlik diagrammasining talab qilinadigan shaklidan kelib chiqib tanlanadigan ko‘zgu. " Profillangan yo‘nalganlik diagrammasi|"Xizmat ko‘rsatish zonasining konturini, xalaqitlarning darajasini pasaytirish maqsadida, uzatilayotgan trafikka muvofiq turli qismlari bo‘yicha yoki alohida yo‘nalishlar bo‘yicha antennani kuchaytirishni o‘zgartirishga imkon berib, takrorlaydigan murakkab shakldagi yo‘nalganlik diagrammasi. " Profillangan yo‘nalganlik diagrammasiga ega antenna|"Yo‘ldosh bort retranslyatorining antennasi, uning nurlantiruvchi xususiyatlari xizmat ko‘rsatiladigan geografik mintaqa hududini hisobga olib, tanlangan. " Programmator|"Ma’lumotlarni, shu jumladan, dasturlarni doimiy xotira qurilmasiga yozish qurilmasi.Ma’lumotlar doimiy xotira qurilmasida elektron sxemalar ko‘rinishida saqlanadi. Programmator qattiq ultrabinafsha nurlanish vujudga keltiradi, uning yordamida elektron sxemalar o‘zgaradi. " Programmofon|"Shaxsiy kompyuterdan telefon sifatida foydalanish imkonini beradigan dasturiy mahsulot. Programmofondan foydalanish uchun modem, mikrofon va radiokarnay bilan jihozlangan kompyuter zarur bo‘ladi. " Progressiv (satrma-satr) yoyish|"1. To‘g‘ri chiziqli yoyish, bunda galma-gal yoyiladigan satrlarning markazlari orasidagi masofa satrning nominal kengligiga teng bo‘ladi. 2. Tasvir bitta maydon davomida to’liq yoyiladigan yoyish turi (televideniyeda). " Proksi server|"Lokal kompyuter tarmog‘i va Internet o‘rtasida uzatiladigan paketlar filtratsiyasini amalga oshiradigan dasturiy ta’minot. Eng ko‘p so‘raladigan hujjatlarni keshlash hisobiga, tarmoq trafigini kamaytirish va lokal tarmoq xavfsizligini oshirish uchun mo‘ljallangan. " Prolog|"Sun’iy intellekt masalalari, tabiiy va boshqa tillarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan deklarativ dasturlash tili. " Propriyetar dasturiy taʼminot|"Mualliflar yoki huquq egalarining shaxsiy mulki bo‘lgan dasturiy taʼminot. U erkin dasturiy taʼminot g‘oyalariga to‘g‘ri kelmaydi. Erkin dasturiy taʼminot jamg‘armasi nuqtai nazaridan qaraganda, u yarim erkin dasturiy taʼminot ham emas. Huquqqa ega tomon uni butunlay yoki muhim tomonlarini ishlatishda, nusxa ko‘chirishda va o‘zgartirishda monopolistik imkoniyatga ega. Propriyetar dasturiy taʼminotni erkin bo‘la oladigan tijorat dasturiy taʼminoti bilan adashtirmaslik kerak. " Propriyetar texnologiya|"Bozorning aniq bir qatnashchisi tomonidan nazorat qilinadigan ma’lumotlar formati, texnologiya, elektron hisoblash mashinasi uchun dastur. Ular bozorning raqobatlashuvchi qatnashchilariga yoki boshqa foydalanuvchilarga bu format yoki texnologiyani erkin o‘rganish, tarqatish, o‘zgartirish yoki o‘zlarining mos ishlanmalarini yaratish imkonini bermaydi. " Protektor|"Metall telekommunikatsiya o‘tkazgichlarida zararli yot kuchlanishlarni cheklash uchun foydalaniladigan qurilma. " Protokol|"1. Ikkita yoki bir nechta mustaqil qurilma yoki jarayon o‘rtasida ma’lumotlar uzatish formati va tartibotini tartibga soluvchi qoidalar va kelishuvlar majmui. 2. Ma’lum bir natijaga erishish maqsadida ikki va undan ko‘p sub’ekt tomonidan berilgan ketma-ketlikda bajariladigan harakatlar (yo‘riqnomalar, komandalar, hisoblashlar, algoritmlar)ning majmui. " Protokol identifikatori|"Paket sarlavhasidagi, maʼlumotlar maydonida joylashtirilgan axborotni qayta ishlashda foydalaniladigan muayyan protokol turini ko‘rsatuvchi maydon. " Protokollar analizatori|"Paketlarni aniqlashi va ayrim maydonlar mazmunini rasshifrovka qilgan (o‘qigan) holda dekodlovchi yordamchi apparat-dasturiy kompleks. Zamonaviy analizatorlar turli protokollarning maʼlumotlarini qayta ishlashi mumkin. " Protokollar steki|"Ma’lum kommunikatsiya arxitekturasini amalga oshirib, birgalikda ishlaydigan, darajalarga bo‘lingan protokollar to‘plami. Odatda, u yoki bu darajaning vazifasi bitta yoki bir nechta protokol bilan amalga oshiriladi. Protokollar stekiga TCP/IP misol bo‘ladi. " Prototip|"Tizimning boshlang‘ich versiyasi, uni baholash va/yoki muammo mohiyatini va talablarning to‘g‘riligini chuqurroq tushunish uchun xizmat qiladi. " Protsedura|"Dasturning, umumiy holda kirish parametrlariga bog‘liq bo‘lgan ba’zi standart operatsiyalarni bajaradigan qismi. Protsedurani kichik dastur deb hisoblash mumkin. Izoh ‒ Protseduralar standart protseduralar va foydalanuvchi protseduralariga, dasturga nisbatan tashqi va ichki protseduralarga bo‘linadi. Standart protsedura dasturlash tili tarkibiga kiradi va tegishli biblioteka tarkibida yetkaziladi, foydalanuvchi protsedurasini har bir ishlab chiquvchi mustaqil yaratadi. Tashqi protsedura dasturga bog‘liq bo‘lmagan tarzda saqlanadi, ichki protsedura dastur tarkibiga kiradi. " Protsedura firibgarligi|"Aloqa xizmatlari to‘lovini kamaytirish maqsadida, rouming va boshqa tarmoq protseduralaridan (masalan, billingdan) vakolatsiz foydalanish. " Protsedura tili|"Dasturchi natija olish uchun bajarilishi kerak bo‘lgan qadamlar ketma-ketligini (yechim algoritmini) tavsiflaydigan dasturlash tili. " Protseduraga yo‘naltirilgan dasturlash tili|"Asosiga «masalani hal qilish uchun nima qilish kerak» ish prinsipi qo‘yilgan yuqori daraja dasturlash tili. Ishlar operatorlar tomonidan yoziladi va bajariladi. Pirovard natijani olish uchun bajarilishi zarur bo‘lgan operatorlar ketma-ketligi to‘planadi. Bunday ketma-ketlik dastur deb ataladi. Protsedura tillarini oddiy (BASIC, Fortran, COBOL) va blokli (modulli) (Pascal, Modula-2 va Si) tillarga ajratish mumkin. Protsedura tillari shuningdek, operator tillari yoki imperativ tillar deb ham ataladi. " Protseduralar bo‘yicha xavfsizlik|"Axborotning muhofaza qilinishiga kritik bo‘lgan ma’lumotlar uchun, talab qilinadigan xavfsizlik darajasini ta’minlash maqsadida foydalaniladigan tegishli boshqarish usullari. " Protseduraning lokal chaqiruvi|"Lokal mashinada mijoz va server jarayonlari o‘rtasidagi so‘rovlar va natijalarni uzatuvchi Windows protseduralarni chaqirishning tizimli mexanizmi. Operatsion tizimning turli kichik tizimlari xizmatlariga so‘rov berish uchun foydalaniladi. " Protseduraning uzoqlashgan chaqiruvi|"Sun firmasi tomonidan ishlab chiqilgan, lokal tarmoqning boshqa kompyuterida mijozda va axborotni hamda tartibga soladigan parametrlarni uzatadigan serverda protsedura-tiqinlardan foydalanib, protsedurani chaqirish mexanizmi va uzoqlashgan protseduraning natijasi. " Protseduraviy bo‘lmagan til|"Relyatsion ma’lumotlar bazalarida ma’lumotlarni boshqarish, o‘zgartirish, yaratish uchun qo‘llaniladigan universal kompyuter tili. " Protsessing markazi|"To‘lov tizimining xizmat ko‘rsatish nuqtalaridan yoki ekvayrerlardan mualliflashtirishga va/yoki tranzaksiyalar protokollariga kelib tushadigan rasmiy talablar qayta ishlanishini taʼminlaydigan, ixtisoslashgan servis tashkilot. " Protsessor|"Operatsion tizim dasturlari belgilagan arifmetik operatsiyalarning bajarilishiga javob beradigan va kompyuterning boshqa barcha qurilmalari ishini muvofiqlashtiradigan apparat ta’minoti. " Protsessor registri|"O‘lchami odatda bir yoki ikki mashina so‘ziga teng bo‘lgan, asosiy yoki oraliq ma’lumotlarni saqlash uchun mo‘ljallangan va mashina komandalarni bajarishda foydalaniladigan protsessor xotirasi. " «Protsessor – xotira» shinasi|"Protsessor va xotira o‘rtasida bevosita axborot almashinish kanali. " Protsessor (yadro) ning takt chastotasi|"Bitta eng oddiy mashina komandasini bajarish vaqti. " Protsessor yadrosi|"Kesh-xotiradan tashqari, protsessorning barcha bloklarini ichiga oladigan mikrosxema. Chip markazida odatda «yadro» deb nomlanadigan narsa joylashgan. Bu hamma hisoblashlar, yuklama va saqlashga so‘rovlar, saqlashlar bajariladigan kremniy bo‘lagidir. " Protsessordan foydalanish|"Protsessorni maksimal vaqt davrida bandlik rejimida ushlab turish. Optimallashtirish mezoni: ushbu ko‘rsatgichni maksimallashtirish. " Protsessordan foydalanishga yo‘naltirilgan|"Asosiy vaqtini hisoblashlarga ketkazadigan jarayon. " Protsessorni yuklashni rejalashtirish|"Algoritmlarning operatsion tizimlarida xotiraga yuklangan vazifalar to‘plamidan galdagi vazifani tanlash va markaziy protsessorning vaqt kvantini navbatdagi tanlangan vazifaga ajratishni amalga oshirish. " Provayder|"qar.: Internet-provayder. " Proyeksion televizor|"Televizion dasturlar tasvirini ekranga optik proyeksiyalash orqali (videoproyektordan foydalangan holda) tiklash uchun mo‘ljallangan televizior. " Proyeksion texnologiya|"DLP (Digital Light Processing) tizimini qo‘llashga asoslangan texnologiya. DMD (Digital Micromirror Device) mikrosxemasi mikroskopik ko‘zgulardan tuzilgan yuzada tasvirni shakllantiradi. Proyeksion lampadan chiquvchi yorug‘lik rangli selektorlari bo‘lgan disk orqali mikroko‘zgularga yo‘naltiriladi. Tasvir mikroko‘zgulardan qaytadi va aniq optika yordamida ekranga proyeksiyalanadi. Natijada rang uzatish, o‘ta ravshanlik va kontrastlilikning o‘ziga xos sifatiga ega bo‘lgan keng formatli tasvir olinadi. " Proshivka|"Kompyuter yoki har qanday raqamli hisoblash qurilmasi – mikrokalkulyator, uyali telefon, GPS navigatorning, ichida mikrodasturi bo‘lgan energiyaga bog‘liq bo‘lmagan xotirasining ichidagi. «Proshivka» so‘zi bilan ba’zan, xotiraga tegishli qurilmani, uning mikrodasturini yangilash maqsadida yozish uchun mo‘ljallangan doimiy xotira qurilmasining obrazi, shuningdek, bu obrazni qurilmaning energiyaga bog‘liq bo‘lmagan xotirasiga yozish jarayonining o‘zi nomlanadi. " Psevdo-bayt kod|"Quyi darajadagi mashina-mustaqil kodi, kompilyator bilan generatsiya qilinadi va virtual mashina tomonidan bajariladi. Shuningdek, u algoritmlarni tavsiflash tili hisoblanib, dasturlash tillarining kalit so‘zlarini ishlatadi va qo‘shimcha ma’lumotlarni va maxsus sintaksisni qoldirib ketadi. " Psevdografika|"Klaviatura klavishlariga biriktirilgan simvollar yordamida matn rejimida displey ekranida olingan grafik tasvir. " Psevdokadr|"Televizion tasvirning MPEG-2 raqamli siqish usullaridan biri orqali kodlangan, sarlavha bilan ta’minlangan hamda televizion tasvirning aktiv sohasini tashkil etuvchi slayslar guruhidan iborat kadri. " Psevdokadr-kadr|"Makrobloklari televizion tasvirning ikkita maydonidagi birgalikda kodlanadigan satrlaridan tuzilgan psevdokadr. " Psevdokadrlar guruhi|"Televizion tasvirning o‘zaro bog‘langan I-, P-, B-psev-dokadrlari qatori. Izoh – Odatda guruh I-psevdokadrdan boshlanadi, keyin R- va V- psevdokadrlar keladi. " Psevdokadrlar ketma-ketligi|"Tarkibida psevdokadrlarni aks ettirish va dekodlashning zarur vaqt onlari to‘g‘risidagi axborot saqlanadigan psevdokadr guruhlaridan iborat ketma-ketlik. Izoh – Psevdokadrlarning ketma-ketligi raqamli televizion signal ma’lumotlarining paketlangan oqimini hosil qiladi. " Psevdokadr-maydon|"Makrobloklari television tasvir bir maydonining boshqa maydon satrlariga bog‘liq bo‘lmagan tarzda kodlanadigan satrlaridan tuzilgan psevdokadr. " Psevdokod|"1. Dasturlash tilini eslatadigan va dastur tuzilmasini tavsiflash uchun foydalaniladigan til. 2. Operatsiyalar va operatorlarni belgilash uchun mo‘ljallangan, simvollarning ixtiyoriy tizimi. " Psevdosiljish; psevdoshovqinli siljish|"CDMA texnologiyasi asosidagi tizimlarda foydalaniladigan, kodli ketma-ketliklar o‘rtasidagi minimal siljish. Aynan bir kodli ketma-ketlikning psevdosiljish kattaligiga qarab, mobil stansiya bir tayanch stansiyani ikkinchisidan farqlaydi. " Psevdotasodifiy ketma-ketlik|"Determinallangan tarzda generatsiyalanadigan, biroq, tasodifiy signalga xos bo‘lgan barcha xossalarga ega simvollarning davriy ketma-ketligi. Bunday ketma-ketliklar teskari bog‘lanishli siljish registrlari yordamida amalga oshiriladi. " Psevdotasodifiy shovqin|"Additiv «oq» shovqinga xos barcha xossalarga ega jarayon yoki signaning o‘zgarishi shovqinsimon xususiyatdaligin ko‘rsatuvchi alomat. " Psevdotasodifiy sonlar|"1. Qandaydir algoritm bo‘yicha olingan, amalda esa tasodifiy sonlar sifatida foydalaniladigan sonlar. 2. Qandaydir formula bo‘yicha hosil qilingan va tasodifiy kattalik qiymatlarini imitatsiya qiluvchi sonlar. «Imitatsiya qiluvchi» so‘zi deganda, agar bu sonlar bu tasodifiy kattalikning qiymatlari bo‘lganidek, bu sonlar bir qator testlarga javob berishi ko‘zda tutiladi. " Psevdotranking|"Bo‘sh kanallar markazlashtirilmagan tarzda taqsimlanadigan tranking aloqa rejimi. Bu rejimda har bir abonent stansiyasibo‘sh kanalni, foydalanish mumkin bo‘lgan barcha ishchi chastotalarni skanlash orqali avtonom izlaydi. Psevdotrankingda ajratilgan boshqarish kanali mavjud bo‘lmaydi, xizmat aloqasi ikki tonalli, ko‘p chastotali signalizatsiya yordamida amalga oshiriladi. " Pufakchali diagramma|"Obyektlar doirachalar (pufakchalar) yordamida tasvirlanadigan, munosabatlar doirachalar o‘rtasida keltirilgan havolalar bilan ko‘rsatiladigan diagramma. " Pul|"Abonentlar guruhiga ajratilgan, dinamik taqsimlanadigan resurslar majmui. " Pul mablag‘larining gibrid pochta o‘tkazmasi|"Pochta aloqasi operatori yoki provayderining pochta aloqasi tarmog‘i va telekommunikatsiyalar tarmog‘idan foydalangan holda pul mablag‘larini jo‘natish bo‘yicha xizmati. " Pul mablag‘larining ichki pochta o‘tkazmasi|"O‘zbekiston Respublikasi hududida jo‘natish va adresatga yetkazib berish (topshirish) uchun qabul qilinadigan pul mablag‘larining pochta o‘tkazmasi. " Pul mablag‘larining pochta o‘tkazmasi|"Pochta aloqasi va telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalangan holda, pul mablag‘larini jo‘natish va yetkazib berish (topshirish) bo‘yicha pochta xizmati. " Pul mablag‘larining xalqaro pochta o‘tkazmasi|"O‘zbekiston Respublikasi doirasidan tashqariga jo‘natiladigan va uning hududiga boshqa davlatlardan keladigan pul mablag‘larining pochta o‘tkazmasi. " Pullarning birlamchi taklif qilinishi|"Investitsiyalarni yangi kriptovalyutalarni investorlarga sotish va emissiya ko‘rinishida yangi texnologik loyihalarga va startaplarga jalb qilish. Izoh – Shuningdek, «tokenlarning birlamchi taklif qilinishi» ko‘rinishida ham qo‘llaniladi. " Pulsatsiya|"Televizion tasvir yorqinligi, rangi yoki o‘lchamining sekin ritmik o‘zgarishi. " Purkagichli printer|"Bosuvchi kallak soplosidan otiladigan juda mayda siyoh tomchilari yordamida qog‘ozda tasvir yuzaga keltiradigan kontaktsiz printer. " Putur yetkazuvchi nurlanish|"Kompyuterlar yoki boshqa uskunaning, tutib olinishi va uzatiladigan axborotni tahlil qilish uchun tutib olinishi va foydalanilishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha nurlanishi. Q " Qabul qiladigan antenna|"Radioto‘lqinlarni qabul qilish uchun mo‘ljallangan antenna. " Qabul qilgich|"Signallarni aniqlash va ularni qayta ishlash yoki idrok etish uchun qulay shaklga aylantiradigan qurilma. " Qabul qilgichning asosiy ranglari|"Boshqa ranglarni hosil qilish uchun tegishli mutanosiblikda foydalaniladigan, qabul qilgich tomonidan yuzaga keltiriladigan doimiy ranglilik va o‘zgaruvchan yorqinlikdagi ranglar. Izoh – Odatda uchta asosiy rangdan foydalaniladi: qizil, yashil va ko‘k. " Qabul qilgichning tanlovchanligi|"Qabul qilgichning xalaqit beruvchi signallar aralashmasidan o‘zi sozlangan foydali signalni ajrata olish qobiliyatining o‘lchovi. " Qabul qilgich-uzatgich (transiver)|"Bitta korpusdagi, portativ hamda mobil foydalanish uchun mo‘ljallangan uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilmalar birikmasi. Bunda signallarni uzatish va qabul qilish uchun zanjirning oddiy komponentlaridan foydalaniladi, simpleks operatsiyalar bajariladi. " Qabul qiluvchi antennaning effektiv maydoni|"Yassi tushuvchi radioto‘lqinda maydon birligiga keladigan quvvatga moslashgan yuklamada yo‘qotishlarsiz qabul qiluvchi antennada berilishi mumkin bo‘lgan maksimal quvvatning nisbati bilan aniqlanadigan maydon. " Qabul qiluvchi optoelektron modul|"Optik-tolali uzatish tizimida uzatiladigan optik signallarni elektr signallarga aylantirish uchun mo‘ljallangan optoelektronika mahsuloti. " Qabul qiluvchi-uzatuvchi optoelektron modul|"Qabul qiluvchi va uzatuvchi optoelektron modullar funksiyalarini bajaradigan, konstruktiv jihatdan yaxlit qilib ishlangan optik ulagichlar yoki optik kabel bo‘laklarining bir yoki bir nechta blokli qismlaridan tuzilgan optoelektronika mahsuloti. " Qabul qiluvchi-uzatuvchi oxirgi (terminal) stansiya|"Televizion radioreleli tizimning bir qismi. U ham uzatuvchi, ham qabul qiluvchi oxirgi (terminal) stansiya funksiyalari bajariladigan yoki bajarilishi mumkin bo‘lgan maxsus apparatura kompleksidir. " Qadamli yoyish|"Elektron dasta yoki elektron tasvirning satr bo‘ylab bir rastr elementiga sakrashsimon siljishi. " Qalbakilashtirish|"Boshqa tizim ostida niqoblanish yordamida, uning IP-manzilidan foydalanib, IP-manzillar asosida erkin foydalanishni boshqarish tizimlarini chetlab o‘tish uchun turli texnologiyalardan foydalanish. " Qalqib chiqadigan|"Foydalanuvchining grafik interfeysi elementlarining xususiyati, bu element foydalanuvchining harakati natijasida «qalqib chiqadi». " Qalqib chiqadigan menyu|"Ekranda ko‘rinmaydigan va foydalanuvchi dasturni uni ekranga chiqarishga majbur qiladigan amalni bajarganda paydo bo‘ladigan menyu. " Qalqib chiqadigan oyna|"Internet tarmog‘idagi reklama shakli. Reklamaning qalquvchi oynalari odatda JavaScript yordamida yaratiladi, lekin boshqa yo‘llari ham mavjud. " Qamrov polosasi|"Chastotaning fazaviy avtosozlanishi ta’minlanadigan chastotalar intervali. " Qanaqa saqlash|"Berilgan nom (identifikator) bilan xotiraga, diskga yoki magnit tasmaga yozish. " «Qanday bo‘lishi kerak» modeli|"Biznes jarayonlarni mavjud tashkil qilinishidagi kamchiliklar bartaraf qilingan, shuningdek, ular takomillashtirilgan va optimallashgan holda, «Qanchalik mavjud» modeli asosida yaratiladigan model. " «Qanchalik mavjud» modeli|"Tashkilot mavjud holatining modeli. Ushbu model shu onda kechayotgan jarayonlarni, shuningdek, foydalaniladigan axborot obyektlarini tizimlashtirish imkonini beradi. Buning asosida biznes-jarayonlarni tashkil qilish va birga ishlashidagi kamchiliklar aniqlanadi, mavjud tuzilmada u yoki bu o‘zgarishlar zarurligi belgilanadi. Bunday model ko‘pincha funksional model deyiladi va turli grafik notatsiyalar, case-vositalardan foydalanib bajariladi. " Qaroqchilik|"Dasturlarni ruxsat etilmagan tarzda qabul qilish, yashirin dekoderlar va abonent kartochkalarini tayyorlash, tarqatish hamda mualliflik huquqlarining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa faoliyat turlari. " Qaroqchilik uzatgichi (eshittirishda)|"Rasmiy ruxsatsiz ishlaydigan radioeshittirish uzatgichi. " Qarorlar qabul qilinishini ta’minlash tizimlari|"Qarorlar qabul qilish uchun tavsiyalar tayyorlash maqsadida, ma’lumotlarni tahlil qilish uchun mo‘ljallangan dasturlar to‘plami. " Qarshi chora|"Harakat, qurilma, protsedura, usul yoki zaifligini eng kam darajaga keltirish uchun mo‘ljallangan boshqa chora-tadbir. " Qarshi harakat|"Akustik va optik aloqa vositalarining ishini qiyinlashtiruvchi chora va tadbirlar. Radiokanallarga nisbatan radioelektron bostirish atamasi ishlatiladi. " Qarshi turmoq|"Aniq tahdidlarning taʼsirini kamaytirish, biroq, butunlay bartaraf etish shart bo‘lmagan holat. " Qarshi yo‘naltirilgan interfeys|"Interfeys turi, bunda aloqa liniyasining qarama-qarshi uchlaridagi stansiyalardan biri boshqaruvchi, ikkinchisi boshqariluvchi bo‘ladi. Sinxrosignal har doim boshqaruvchi stansiyadan axborot va taktli signallarni uzatish yo‘nalishi o‘zaro qarama-qarshi bo‘lgan boshqariluvchi stansiyaga uzatiladi. " Qasddan qilinadigan tahdidlar|"Foydalanish oson bo‘lgan kuzatuv asboblaridan foydalanib tasodifiy ko‘rib chiqishdan tortib tizim to‘g‘risida maxsus bilimlardan foydalanib muhofaza buzilishiga ustalik bilan urinishgacha bo‘lgan tahdidlar. " Qattiq disk|"Katta hajmdagi dasturlar va ma’lumotlarni saqlash mumkin bo‘lgan qurilma. U bir shpindelda joylashtirilgan bir nechta magnit disk, o‘qish/yozish kallagi va disk kontrolleridan tashkil topadi. Olinadigan qattiq disklar va doimiy disklarga bo‘linadi. " Qattiq jismli to‘plagich|"Harakatlanadigan mexanik qismlarsiz, energiyaga bog‘liq bo‘lmagan, qayta yozib oladigan kompyuter xotira qurilmasi. Qattiq jismli to‘plagichlardan asosan, ixtisoslashtirilgan hisoblash tizimlarida va noutbuklarning ba’zi modellarida foydalaniladi. " Qattiq magnit disk|"Ma’lumotlar saqlash uchun mo‘ljallangan disk. Olinadigan egiluvchan diskdan farqli ravishda, qattiq magnit disk hech qachon olinmaydi, diskovod bilan bir butun yaxlitni tashkil qiladi. Disk alyumin qotishma va magnit qoplamadan qilingan. Disklar yuqori tezlikli dvigatel va yupqa plyonkali o‘qish/yozish kallaklari bilan birga germetik korpusga joylashtiriladi. Qattiq disklarning sig‘imi turlicha – 20 Mbyte dan 9,1 Gbyte gacha bo‘ladi. " Qat’iy sinxronlash (TV)|"Har bir satr va kadr yoyishning boshlanish onlari sinxronlash impulslari bilan boshqariladigan sinxronlash. " Qayd etilgan bo‘sh joy|"Matn protsessorlarida ‒ ikkita so‘z yoki simvol o‘rtasidagi doimiy bo‘sh joy. " Qayd etilgan marshrutlash|"Marshrutlash usuli, bunda ikkita tarmoq uzellari o‘rtasidagi tarmoq paketining yo‘li oldindan aniq bo‘ladi va faqat tarmoq qurilmalari nosoz bo‘lgan vaqtdagina o‘zgaradi. " Qayd etilgan/mobil konvergensiya|"Qayd etilgan va mobil abonentlar uchun nutq va ma’lumotlarni uzatish xizmatlarini umumiy tavsiyalar paketiga birlashtirish. Izoh − Konvergensiyaning maqsadi – «bitta odam – bitta telefon» prinsipini amalga oshirishdir, ya’ni abonentni, abonent qayerdaligidan qat’i nazar, yagona raqam va bitta aloqa qurilmasi bilan ta’minlashdir. " Qayd etish|"Hujjatlarni boshqaradigan tizimda hujjatni qayd etish, tasniflash, metama’lumotlarni qo‘shish va saqlash. " Qayd etishning o‘tishi (axborot tizimida)|"Foydalanuvchini autentifikatsiya qilish va unga u o‘zining hisobga olish yozuvini yaratadigan axborot tizimidan foydalanish huquqini berish uchun, foydalanuvchi to‘g‘risida elektron shaklda saqlanadigan ma’lumotlar majmuini shakllantirish. " «Qaynoq» almashtirish|"Periferik qurilmalarni tizim modullari yoki boshqa bloklarini, uning shakllanishini to‘xtatmay turib ulash va uzish. " «Qaynoq» klavish|"Birgalikda bosilishi bilan aniq bir komandani bajarishga dasturlashtirilgan klaviaturadagi bitta yoki bir nechta klavishning birikmasi. Bunday klavishlar birikmasidan foydalanish ishlashni tezlashtiradi va klaviatura yordamida bajarish mumkin bo‘lgan operatsiyalar sonini oshiradi. " «Qaynoq» liniya|"Alohida ajratilgan liniya, unda aloqa go‘shak ko‘tarilgan zahoti, ya’ni raqam terilmasdan va operator aralashuvisiz o‘rnatiladi. Izoh − Bunday liniyadan shoshilinch aloqani ta’minlashda foydalaniladi, boshqa abonent bu liniyani band qila olmaydi. " «Qaynoq» nuqta|"1. Dasturning eng ko‘p foydalaniladigan qismi; parallel superkompyuter xotirasining, bir vaqtda ko‘plab protsessorlar murojaat qilinadigan yacheykasi. 2. «Sichqoncha» ko‘rsatgichidagi, ekranning «sichqoncha» ishtirokidagi operatsiya, masalan, tugmani bosish taalluqli bo‘lgan elementini belgilaydigan nuqta (bir piksel o‘lchamdagi). " «Qaynoq» rezervlash|"Rezervlash usuli bo‘lib, qo‘shimcha qurilma asosiy qurilma bilan parallel ishlaydi hamda maʼlumotlarni qayta ishlash va saqlash bo‘yicha bir xil operatsiyani bajaradi. Asosiy vositalar to‘liq yoki qisman ishlamay qolganda, ular ishida kamchilik aniqlanganda rezervga o‘tish mumkin. " «Qaynoq» start|"Operatsion tizimni kompyuterni uzib qo‘ymasdan/ulamasdan turib qayta yuklash. MS-DOS operatsion tizimli kompyuterlarda bu – uchta, Ctrl, Alt, Delete klavishlarini bir vaqtda bosish (Ctrl+Alt+Delete ko‘rinishda yoziladi). " «Qaynoq» ulanish|"Kompyuter tizimlarida uskunalarning ular ishlab turgan vaqtda (ta’minotni o‘chirmasdan, protsessorni to‘xtatmasdan) almashtirilishi. Bu prinsipga ko‘ra, uskunalar «qaynoq» almashtirilishi mumkin bo‘lgan va mumkin bo‘lmagan qurilmalarga bo‘linadi. «qaynoq» almashtirilishi mumkin bo‘lgan qurilmaga tipik misol − USB. " Qayta dasturlanadigan xotira|"Ultrabinafsha orqali o‘chiriladigan qayta dasturlanadigan doimiy xotira mikrosxemalarining bir turi. " Qayta eshittirish qurilmasining gammasi|"Logarifmik shkalada ekran elementi yorug‘ligining tegishli videosignalning ko‘lamiga bog‘liqligini aks ettiradigan egri approksimatsiyalaydigan ishchi uchastkasining to‘g‘ri maksimal og’ishi. " Qayta ishga tushirish|"Shaxsiy kompyuterlar olamida atama operatsion tizimlarda qayta yuklash ko‘rinishida kelsa, katta mashinalar olamida esa, dasturni nazorat nuqtasidan ishga tushirish yoki dasturning ishlash jarayonini tiklashni anglatadi. " Qayta ishga tushirish tugmasi|"Shaxsiy kompyuter tizim blokining old tomonida joylashadigan va tizimning «issiq» restartini bajarish, ya’ni elektr manbaini uzib qo‘ymasdan tizimni qayta ishga tushirish imkonini beradigan tugma. " Qayta ishlamoq|"Dasturlarni yozish, dizaynni ishlab chiqish. " Qayta ishlash vaqti|"Ma’lumotlarni qayta ishlash uchun dastur tomonidan sarflangan vaqt. " Qayta ishlovchi|"Qandaydir hodisa yuz berganda ishga tushiriladigan, hodisalarni qayta ishlovchi. Qayta ishlovchi parametrlarga bog‘liq ravishda hodisadan uzatilgan tegishli operatsiyalarni bajaradi. " Qayta kodlash va uzatish tezligi bo‘yicha moslash bloki|"Alohida dekodlashsiz (raqamli o‘zgartirish yo‘li bilan) turli uzatish tezligidan va modulyatsiyalash usullaridan foydalaniladigan nutq kanallarining qo‘shilishini ta’minlaydigan raqamli qurilma. Izoh − Bunday qurilma avtonom hisoblanadi, lekin mobil kommutatsiya markazi tarkibiga ham kirishi mumkin. " Qayta manzillashni masofadan turib aktivlash|"Abonentga turli qayta manzillash xizmatlarini aktivlash/deaktivlash, shuningdek, boshqa liniyadan (masofadan turib) qayta manzillangan raqamni o‘zgartirish imkonini beradigan xizmat. Abonent qayta manzillash xizmatlari funksiyasini RACF raqamini terib chaqiradi. " Qayta nomlash|"Fayl yoki katalogning nomini o‘zgartirish. " Qayta nurlantiruvchi antenna panjarasi|"Qabul qilingan signalni teskari yo‘nalishda qayta nurlantiradigan antenna panjarasi. " Qayta tiklash|"Foydalanuvchi foydalanishi mumkin bo‘lgan ko‘rinishda taqdim etilgan elektron hujjat. " Qayta ulanadigan konsentratorli halqa|"O‘zaro bog‘langan bir yoki bir nechta guruh yulduzlar shaklida ifodalangan halqa tarmog‘i. Ulanib turadigan konsentratorning vazifasi davriy halqaning ishonchli ishlashini taʼminlashdir. Buning uchun konsentrator yoylarni bir-biri bilan shunday ulaydiki, topologiya maʼnosida yulduzsimon tarmoq hosil bo‘ladi. Natijada barcha ulanish bloklari orqali o‘tadigan yagona halqa paydo bo‘ladi. Yoyda yoki abonent tizimida nosozlik paydo bo‘lishi bilan konsentrator tegishli yoyni halqadan o‘chiradi. Shuning evaziga halqaning qolgan qismi odatdagi ishini davom ettiraveradi. " Qayta yo‘naltirish|"1. URLni qayta marshrutlash. Veb-sayt yoki veb-sahifaga boshqa manzil orqali kira olishni taʼminlash usuli. Veb-sayt manzilining o‘zgarishi yoki foydalanuvchi tomonidan noto‘g‘ri yozilishida (masalan, maktab.uz o‘rniga matkab.uz) to‘g‘ri vebsaytga marshrutlash uchun ishlatiladi. Baʼzi hollarda uzun URL o‘rniga uning qisqa variantini ishlatish ham mumkin. 2. Informatikada komanda qobiqlariga (masalan, UNIX) xos xususiyat bo‘lib, u standart oqimlarni foydalanuvchi tomonidan belgilangan joyga, masalan, faylga qayta marshrutlash imkonini beradi. " Qayta yozadigan viruslar|"Dastur kodi o‘rniga, bajariladigan fayl nomini o‘zgartirmagan holda, o‘z jismini yozadigan viruslar. Buning oqibatida, dastlabki dasturni ishga tushirish mumkin bo‘lmay qoladi. Dasturni ishga tushirishda dasturning o‘zi emas, balki virus kodi bajariladi. " Qayta yoziladigan kompakt-disk|"Kompakt-disklardagi ma’lumotlarni o‘qish va yozish uchun xizmat qiladigan qurilma. " Qayta yozish|"Eski ma’lumotlar ustidan yangilarini yozish. Masalan, o‘zgartirilgan eski faylni o‘sha eski nomi bilan o‘zgartirib saqlash (qayta yozish). " Qayta yozish rejimi|"Matnni kiritishda tahrir qilishning ikki tartibidan biri, bunda yangi matn kursordan o‘ngda turgan simvollarni o‘chirib tashlaydi (o‘rnini oladi). " Qayta yuklash|"Kompyuterni klaviaturadan yoki maxsus tugma yordamida qayta ishga tushirish. Qayta yuklash odatda, dastur osilib qolgandan keyin talab etiladi. " Qayta-qayta chaqiruv|"Bog‘lanish o‘rnatishga ko‘p marta urinish yo‘li bilan amalga oshiriladigan shoshilinch chaqiruv rejimi. " Qayta qo‘ng‘iroq qilish|"Chaqiruvchi terminalni autentifikatsiya qilish uchun mo‘ljallangan protsedura: dastlab ma’lumotlarni qayta tiklash tizimi chaqiruvchi terminalni identifikatsiya qiladi, keyin chaqiruvning uzilishi yuz beradi, so‘ngra chaqiruvchi terminal raqami teriladi. " Qayta chizish|"Displeyda aks etgan tasvirdagi rasmni yangilash uchun uni «qaytadan chizish». " Qaytar yo‘qotishlar|"Uzatish liniyasi yoki kabelida ularning impedansi va oxirgi (terminal) yuklama mos kelmasligi tufayli vujudga keladigan yo‘qotishlar. Izoh ‒ O‘xshash tarzda, tushayotgan elektromagnit energiya oqimining qaytgan oqimga nisbati ko‘rinishida, quvvat bo‘yicha teskari yo‘qotishlar hisoblanadi. " Qaytarish manzili|"Protsedura, funksiya yoki quyi dastur chaqirilganda stekka yoziladigan, operator yoki navbatdagi komanda manzili. " Qaytarish qobiliyati|"Jism sirtining yoki ikkita muhitni bo‘lish chegaralarining unga tushuvchi elektromagnit nurlanish oqimini qaytarish qobiliyatini tavsiflovchi kattaligi. " Qaytarishlarning keragidan ortiqchaligi|"Mantiqiy dasturlash tillarida yechim izlash usuli. " Qaytaruvchi antenna panjarasi|"Fazoviy qo‘zg‘atilishga yoki fazoviy va fider qo‘zg‘atilishning birikmasiga ega antenna panjarasi, unda radioto‘lqinlarni dastlabki nurlagichdan qabul qilishni va ularni fazoda nurlantirishni aynan bir xil nurlantiruvchi elementlar amalga oshiradi. " Qaytaruvchi yo‘ldosh|"Radioaloqa signallarini qaytarishga mo‘ljallangan yo‘ldosh. " Qaytish koeffitsiyenti|"Nurlanish qaytgan oqimining tushuvchi oqim nisbatiga teng koeffitsiyent yoki qaytgan toʻlqinning tuchuvchi toʻlqinga intensivligi. " Qaytishdagi optik yo‘qotishlar|"Komponent yoki qurilma qaytargan optik quvvatning bu komponent yoki qurilma liniyaga yoxud tizimga ulanganda komponent kirishida o‘lchangan optik quvvatga nisbati. " Qaytishdagi yo‘qotishlar|"Telekommunikatsiyalar tizimining istalgan ikki nuqtasi o‘rtasida quvvatning kamayishi. " Qidirish algoritmi|"Ma’lumotlar yoki fayllar joylashgan yerni topish algoritmi. " Qidirish kaliti|"Axborotni izlash amalga oshirilayotgan maydon, qiymat, identifikator. " Qidiruv serveri|"Internet tarmog‘ining barcha resurslarini avtomatik ravishda ko‘rib chiqish vaqtida so‘ralgan resursni topishi mumkin bo‘lgan va ularning mazmunini indekslashi mumkin bo‘lgan maxsus dasturiy ta’minot. " Qirmizi ranglar chizig‘i|"Spektral ranglar chiziqlari oxirini ulaydigan to‘g‘ri chiziq. " Qisman parallel arxitekturali hisoblash tizimi|"Protsessorlarning hammasi emas, balki bir qismi ma’lumotlarning parallel qayta ishlanishini bajarishi mumkin bo‘lgan ko‘p protsessorli tizimlar. " Qisqa muddatli rejalovchi (protsessor rejalovchisi)|"Qaysi jarayon bajarilishi kerakligini va protsessor qaysi jarayonlarga berilishi kerakligini aniqlaydigan operatsion tizim rejalovchisi. " Qisqa muddatli xalaqit|"Qat’iy belgilangan sharoitlarda o‘lchangan davomiyligi berilgan texnik vosita uchun qat’iy belgilangan qandaydir kattalikdan kichik bo‘lgan elektromagnit xalaqit. " Qisqa toʻlqinlar|"Toʻlqin uzunligi 100 m dan 10 m gacha (chastotasi 3 MHz dan 30 MHz) gacha boʻlgan radiotoʻlqinlar. " Qisqa xabarlarni uzatish|"Telefon tarmog‘ining foydalanuvchisiga, MAT tizimining mobil abonentiga qisqa harf-raqamli xabarni uzatish yoki undan shunday xabarni qabul qilish imkoniga ega xizmat (agar mobil stansiyada ushbu xizmatni bajarish vositalari mavjud bo‘lsa va qisqa xabarlar markaziga ega bo‘lsa). " Qisqartirilgan komandalar to‘plamiga ega kontroller|"Oddiy qurilmalarni boshqarishning cheklangan operatsiyalarini bajarish uchun mo‘ljallangan mikrosxema. " Qisqartirilgan komandalar to‘plamiga ega mikrosxema|"Qisqartirilgan komandalar to‘plamiga asoslangan protsessorlar arxitekturasi. Qisqartirilgan uzunlikdagi komandalar, katta miqdordagi registrlar, registr-registr turidagi operatsiyalar, bilvosita manzillashning yo‘qligi bilan tavsiflanadi. " Qisqartirilgan raqam terish xizmati|"Abonent uchun to‘liq telefon raqami o‘rniga raqamni qisqartirib terish yo‘li orqali bog‘lanishni o‘rnatish imkonini beradigan xizmat. " Qiya|"Harflar o‘ng tomonga egilgandagi shriftning tuzilishi. So‘zni, jumlani yoki sarlavhani belgilashda ishlatiladi. " Qiya chiziq|"Dasturlash tillarida bo‘lish operatori sifatida keng qo‘llaniladigan simvol. " Qiyalik bo‘yicha ortiqcha yuklanish|"Taxminlash signalida frontlarning cho‘zilishini tavsiflovchi buzilishlar. " Qiymat|"Ifoda yoki o‘zgaruvchining aniq bir mazmuni; har doim yo‘l qo‘yiladigan qiymatlar sohasiga tegishli bo‘lishi kerak. " Qiymat bo‘yicha chaqiruv|"Parametrlarni berish usuli, bunda chaqiruvchi modul chaqiriladigan modulga uzatiladigan parametrning haqiqiy (aniq) qiymatini taqdim etadi. Izoh – Bu usul yordamida chaqiriladigan modul chaqiradigan modul saqlagan parametr qiymatini o‘zgartira olmaydi. " Qiymati eʼlon qilingan banderol|"Qiymati jo‘natilayotganda foydalanuvchi tomonidan eʼlon qilingan bosma nashrlar, madaniy-maishiy va ishlab chiqarishga mo‘ljallangan predmetlar jo‘natiladigan ichki pochta jo‘natmasi. Izoh – Qiymati eʼlon qilingan banderollarda yuborishga ruxsat etilgan buyumlarning to‘liq ro‘yxati Pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish qoidalari bilan belgilanadi. " Qiymati eʼlon qilingan jo‘natmalar|"Qiymati jo‘natilayotganda foydalanuvchi tomonidan eʼlon qilingan predmetlar va hujjatlar jo‘natiladigan pochta jo‘natmasi. Izoh – Qiymati eʼlon qilingan xatlarda jo‘natishga ruxsat etilgan buyumlarning to‘liq ro‘yxati Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari bilan belgilanadi. " Qiymati eʼlon qilingan posilka|"Joylanma qiymati jo‘natilayotganda foydalanuvchi tomonidan eʼlon qilingan posilka. " Qiymati eʼlon qilingan xat|"Qiymati jo‘natilayotganda foydalanuvchi tomonidan eʼlon qilingan predmetlar va hujjatlar jo‘natiladigan pochta jo‘natmasi. Izoh – Qiymati eʼlon qilingan xatlarda jo‘natishga ruxsat etilgan buyumlarning to‘liq ro‘yxati Pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish qoidalari bilan belgilanadi. " Qizil kitob|"1. AQSH Mudofaa vazirligi tomonidan kompyuter tarmoqlarini baholash bo‘yicha yo‘riqnoma sifatida chiqarilgan kitobi. National Computer Security Center nashri. U hisoblash tarmoqlari uchun Trusted Computer System Evaluation Guidelines (TCSEC)HU taʼriflab bergan. Qizil muqovali ikkita alohida kitobdan iborat. Birinchisi Trusted Network Interpretation of the Trusted Computer System Evaluation Criteria (NCSC-TG-005) nomi bilan chop etilgan va 1987-yil 31 iyulda tasdiqlangan. Ikkinchisi Trusted Network Interpretation Environments Guideline: Guidance for Applying the Trusted Network Interpretation (NCSC-TG-011) nomi bilan chop etilgan va 1990-yil 1 avgustda tasdiqlangan. 2. ITU-T X.400 Message Handling System (MHS) tavsiyanomasi elektron pochtani saqlash va jo‘natishga oid xalqaro ikkita standartning birini (ikkinchi standart – SMTP) bildiradi. U ifodalashni, uzatishni va yetkazib qo‘yishni muhofazalashning turli usullarini qo‘llab-quvvatlashni taʼminlaydi. X.400 standartini uning muqovasi sababli qizil kitob deb ham atashadi. " Qizil-yashil-ko‘k|"RGB rang uzatish tizimi, rangli monitorda chiqarish uchun ranglar tizimi. Atama monitor turi va ranglar modelini belgilashda ishlatiladi. Kerakli rang uchta birlamchi ranglarni kerakli proporsiyada aralashtirish yordamida olinadi − bular qizil (R), yashil (G) va ko‘k (B). Birlamchi ranglarning yo‘qligi qora rangni beradi. 1931-yilda bazaviy ranglar standartlashtirilgan: R-700 Hm; G-546,1 Hm; B-435,8 Hm. " Qobiq|"Ekspert tizimlarini loyihalash va yaratishdagi instrumental vosita. Qobiqning tarkibiga bilimlarni turli xil shakllarda taqdim etish va vazifalarni hal qiluvchi vositalarning ishlash rejimini tanlash orqali bilimlar bazalarini loyihalash vositalarini o‘z ichiga oladi. Muayyan mavzu sohasi uchun fanlar bo‘yicha muhandis kerakli bilimlarni taqdim etish va vazifalarni hal qilish strategiyalarini aniqlaydi, keyin esa, ularni qobiqqa kiritib, muayyan ekspert tizimini yaratadi. " Qobiq (optik tola qobig‘i)|"O‘zakni o‘rab turadigan, kichik sindirish ko‘rsatgichiga ega, yuqori o‘tkazuvchan optik material. " Qoidabuzar modeli|"Qoidabuzarning amaliy va nazariy imkoniyatlari, oldingi bilimlari, harakat vaqti va joyi va h.k.ni aks ettiruvchi mavhum (rasmiylashtirilgan yoki rasmiylashtirilmagan) tavsifi. " Qoidalar asosida|"Natija olish uchun qoidalardan (sonli amallardan emas) foydalanishga asoslangan hisoblashlar. Ekspert tizimlarida qo‘llaniladi. " Qoldiq axborot|"Xotira qurilmasida operatsion tizim tomonidan rasman o‘chirilgan maʼlumotlardan qolgan axborot. Axborot faylning rasman o‘chirilishi yoki xotira qurilmalarining fizik xususiyatlari sababli qolishi mumkin. Qoldiq axborot, agarda maʼlumotlar ombori nazorat zonasidan tashqari chiqib ketsa (masalan, «axlat» bilan tashlab yuborilsa yoki uchinchi tomonga berilsa), konfidensial axborotning ixtiyorsiz tarqalishiga olib kelishi mumkin. " Qoldiq bo‘yicha nazorat, n moduli bo‘yicha nazorat|"Xatolarni aniqlashning, ma’lumotlarning ayrim to‘plami yoki dasturning ayrim qismini tahlil qilishga asoslangan, oddiy usuli. Agar bu to‘plam, m bit uzunlikdagi bloklarning jamini o‘zida ifodalasa, n moduli bo‘yicha summa olinadi, bunda n = 2**m, va to‘plamning oxiriga qo‘yiladi. Keyinchalik (masalan, ma’lumotlar to‘plami boshqa joyga o‘tkazilgach) nazorat summasini takroriy hisoblashni amalga oshirish mumkin, bunda bitlar darajasidan ayrim xatolar aniqlanadi. (m = 1, n =2) usulining oddiy varianti juftlikni nazorat qilish hisoblanadi. " Qoldiq risk|"Risk qayta ishlanganidan so‘ng qoladigan risk. Izohlar 1. Qoldiq risk noaniq riskdan iborat bo‘lishi mumkin. 2. Qoldiq risk ba’zida «saqlanadigan risk» deb ataladi. " Qoldiq zaiflik|"BO ishlash sohasidagi foydalanish uchun yaroqsiz bo‘lgan, biroq buzg‘unchi tomonidan BO ishlashining oldindan belgilangan muhiti uchun mo‘ljallanganga qaraganda, yuqori hujum potensiali bilan FXT buzilishi uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan zaif joy. " Qoldiqli yaproq|"Antenna tizimida yo‘nalganlik diagrammasi bilan to‘liq kompensatsiyalanmagan yon yaproq. " Qonuniy foydalanuvchi|"Berilgan resurslar va servislardan erkin foydalanish uchun qonuniy asosga ega bo‘lgan foydalanuvchi. " Qonuniylikni o‘zi ta’minlaydigan protokol|"Kriptografik protokollarning uchinchi tomonga ehtiyoj bo‘lmagan eng yaxshi turlaridan biri. Protokol barcha qoidalarga rioya qilinishini kafolatlaydi. Bunday protokol bir tomonda aldov paydo bo‘lganda, boshqa tomon har doim buni aniqlashi mumkin bo‘lgan tarzda tuzilgan. " Qora daraja|"1. Yorqinlikning muayyan minimal darajasiga mos keladigan videosignal darajasi. 2. Yorqinlik signalining obyektdagi qora rangni uzatishdagi minimal darajasi. " Qora darajani qayd etish|"So‘ndirish darajasi ma’lum qiymatda ushlab turiladigan darajani qayd etish. Izoh – Satrlar sinxronizatsiyasining impulsli signalida qora darajani qayd etish satrlarni sinxronlovchi impulsning orqa maydonida amalga oshiriladi. " Qora darajaning siljishi|"Videosignalning yoki tasvir signalida doimiy tashkil etuvchi noto‘g‘ri uzatilganligi yoki tiklanganligi tufayli paydo bo‘lgan nuqson. " Qora darajasi va so‘nish darajasi o‘rtasidagi tirqish (qorani belgilash)|"Televideniyeda qoraning etalon darajasi va oqning etalon darajasi o‘rtasidagi nisbat, bunda ikkalasi ham so‘nish darajasiga qarab o‘lchanadi. Odatda, foizlarda ifodalanadi. " Qora (oq) notekisligini tuzatish|"Bir tekis qora (oq) tasvirni uzatishda televizion tasvir yorqinligi yoki rangining notekisligini videosignalni qayta ishlash orqali bartaraf etish. " Qora ro‘yxat|"Qoidani buzgan foydalanuvchilarning e-mail yoki IP-manzili ro‘yxati. Ushbu ro‘yxatdagi foydalanuvchilarga ba’zi resurslardan foydalana olish/kira olish huquqlari man etiladi yoki umuman tizimdan o‘chiriladi. Yetakchi pochta kompaniyalari odatda spamerlarning umumiy qora ro‘yxatiga ega bo‘ladilar. " Qoradan qoraroq daraja|"Sinxronlash impulslarining tasvir signalidan boshqa tomon bo‘ylab qoraning darajasiga nisbatan joylashgan eng yuqori darajasi. " Qorani siqish (televizion tasvirda)|"Tasvir qorong‘i uchastkalari kontrastliligini sezilarli kamaytirish. " Qoraning etalon darajasi|"Qora yo‘nalishida tasvir signalining muayyan maksimal kirishiga mos keladigan daraja. " Qoraning yorqinligi|"Ranglilik signali nolga teng, yorqinlik signali esa qora darajaga ega bo‘lgandagi televizion ekran yorqinligi. " Qotil ilova|"1. Potensial xavfli ilova bo‘lib, ishlash uchun tizimning ulkan resurslarini (kanallarning o‘tkazish qobiliyati, xotira va h.k.) talab qiladi. Qandaydir resursni egallab (baʼzan monopol tarzda) olgach, bunday ilova boshqalarini siqib chiqarishga («o‘ldirishga») qodir. 2. Aloqa xizmatlari bozoridagi yangi taklif, u tezda ommaviylashib ketadi va boshqa, uncha ommaviy bo‘lmagan ilovalarni siqib chiqaradi. " Qotil paketlar|"Tizimning ishini avariyaviy tugatish uchun tarmoq dasturlaridagi xatolardan foydalanadigan Ethernet yoki IP-paketlarini yuborish yo‘li bilan, axborot tizimini ishdan chiqarish usuli. " «Qotil» ilovalar|"Dasturiy mahsulot; foydalanuvchiga qo‘shimcha dasturlashsiz uni o‘zining aniq ehtiyojlariga qo‘llanish imkoniyatini beradi. Oxirgi foydalanuvchining muayyan ma’lumotlar bazalarini yaratish yoki buxgalteriya hisob-kitoblarini bajarish vositasidir, ya’ni foydalanuvchi ilovani ishlab chiqadigan amaliy dasturchini chetlab o‘tishi mumkin. Bunday tizimlarga misollar – Microsoft firmasining Works, Excel mahsulotlari. " Qog‘ozsiz texnologiya|"Axborotning asosiy tashuvchisi qog‘oz emas, balki, mashina eltuvchida (kompyuter xotirasida) shakllantiriladigan va foydalanuvchiga displey ekrani orqali yetkaziladigan elektron hujjat bo‘lib hisoblanadigan texnologiya. " Qulflar va kalitlar tizimi|"Xotirani muhofaza qilish tizimi. Unda xotira segmentlariga operatsion tizim tomonidan identifikatsion raqamlar – qulflar, ro‘yxatga olingan foydalanuvchilarga esa, sonli kodlar – kalitlar beriladi. " Qumdon|"Kompyuter xavfsizligida dasturlarning xavfsiz bajarilishi uchun mo‘ljallangan mexanizm. " Qurilma|"Kompyuter yoki tarmoq uskunasining har qanday apparat birligi. Bu mikrosxema, masalan, takt generatori ham, alohida funksional qurilma: printer, monitor, diskovod, modem va h.k. ham bo‘lishi mumkin. " Qurilma drayveri|"Operatsion tizim tomonidan shu qurilmani boshqarish funksiyasini ta’minlash maqsadida mazkur qurilma uchun maxsus yozilgan dastur. " Qurilma manzili|"Tezkor xotira manzil fazosining, ham mikroprotsessor, ham tashqi qurilma undan o‘qiy va yoza oladigan yacheykasi. " Qurilma nomi|"Operatsion tizimga kompyuter tizimi qurilmasini tanish (identifikatsiyalash)da yordam beradigan qurilma. " Qurilmalar holatining jadvali|"Operatsion tizimda saqlanadigan va ishlatiladigan jadval, bunda har bir qurilmaga qurilmaning turini, uning manzili va holatini o‘z ichiga oladigan element, band qurilmaga esa unga bo‘lgan qayta ishlanadigan so‘rovlarning navbatiga havola mos keladi. " Qurilmalarning tekshirilishi bo‘yicha so‘rov|"Barcha portlar va tashqi qurilmalarning davriy tekshirilishi bo‘yicha, vaqt davomida o‘zgarishi mumkin bo‘lgan operatsion tizim harakati. " Qurilmani qo‘shish|"MS Windows operatsion tizimidagi boshqaruv panelining qismi. Kompyuterga yangi qurilma o‘rnatish va o‘rnatilgan uskunani o‘chirish, shuningdek, drayverni yangilash imkonini beradi. " Qurilmani zaxiralash|"Operatsion tizim tomonidan kiritish-chiqarish qurilmasidan foydalanish jarayonlarining monopol foydalana olishini ta’minlash. " Qurilmaning mantiqiy raqami|"Qurilmaga beriladigan (0 dan 7 gacha) raqam. Kichik raqamga birmuncha yuqori ustuvorlik to‘g‘ri keladi. " Qurt|"1. Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimlarida yoki kompyuter tarmoqlarida o‘z-o‘zidan tarqalish qobiliyatiga ega bo‘lgan mustaqil dastur. Izoh – Qurtlar, ko‘pincha mumkin bo‘lgan, resurslardan, masalan, xotira hajmi yoki qayta ishlash vaqtidan foydalanish uchun ishlab chiqiladi. 2. Tarmoq bo‘ylab tarqaladigan, o‘zining nusxalarini tarmoq uzellari orqali tarqatish uchun tarmoq protokollari yoki dasturlarining zaif tomonlaridan foydalanadigan dastur. 3. O‘zining nusxalarini magnit tashuvchida qoldirmagan holda, tarmoq bo‘ylab tarqaladigan, tarmoq kompyuterlarining manzillarini hisoblab chiqadigan va bu manzillar bo‘yicha o‘z nusxalarini yozadigan zararli dastur. Izoh – Odatda, «qurt» topib bo‘lmaydigan holatda qolib, tizimda axborotni qayta ishlash jarayonini to‘xtatib qo‘yadi, so‘ng o‘zini o‘zi yo‘q qiladi. " Qutblangan diagramma|"Antenna maydonining qutblanishini uzoq zonadagi yo‘nalishga bog‘liqligini aks ettiradigan diagramma. " Qutblangan elektromagnit to‘lqini|"To‘lqin tarqalishining yo‘nalishiga perpendikulyar tekislikdagi turli yo‘nalishlarda magnit va tegishli ravishdla elektr maydonning bir xil bo‘lmagan amplitudalariga ega elektromagnit to‘lqin. " Qutblanish|"Elektromagnit maydon elektr maydoni kuchlanganligi vektorining yo‘naltirilganligi. " Qutblanish koeffitsiyenti|"Asosiy qutblanish yoʻnalishidagi nurlanish quvvatining antenna ochilishidagi nurlanish toʻliq quvvatiga nisbati. " Qutbsizlanish|"Aniq belgilangan qytblanish bilan uzatilgan radioto‘lqinlar quvvatining barchasi yoki bir qismi tarqatilgandan so‘ng ushbu qutblanishga ega bo‘lmaydigan hodisa. " Quvvatni boshqarish bitlari|"Tayanch stansiya uzatadigan, mobil stansiya uzatgichi uchun boshqaruvchi bo‘lib hisoblanadigan, quvvatni boshqarish signali. Uzatgich quvvatini berilgan diskret qiymatga (masalan, 0,5 yoki 1dB) oshirish yoki kamaytirish zarurligini ko‘rsatadi. " Quvvatni bo‘luvchi|"Radiouzatgich vositasida antennalar yoki antennalarning elementlari o‘rtasida quvvatni ma’lum bir nisbatlarda taqsimlash uchun mo‘ljallangan qurilma. " Quvvatning o‘rtacha qiymati|"1. Bitta kanalning polosa kengligiga ega (uzatilgan yoki qabul qilingan) LTE modulyatsiyalangan signal quvvatining (davomiyligi 1 ms bo‘lgan subkadrning kamida bitta o‘tish davri ichida, radiofoydalanish rejimida o‘lchangan) qiymati. 2. Radiofoydalanish rejimida chip tezlik (1+) polosa kengligiga ega (uzatilgan yoki qabul qilingan) WCDMA modulyatsiyalangan signali quvvatining, kamida bitta vaqt intervali ichida o‘lchangan qiymati. Izoh − Kodli sohadagi barcha quvvatlarning yig‘indisi, radiofoydalanish rejimida chip tezlik (1+) polosa kengligiga ega signal o‘rtacha quvvatining qiymatiga teng. " Quyi|"Obyektlarni vertikal holatda to‘g‘rilash uchun ishlatiladigan yakorlardan biri. To‘g‘rilash obyektlarning quyi qismidan amalga oshiriladi. " Quyi daraja tili|"Kompyuter apparaturasini bevosita boshqarish uchun mo‘ljallangan, assembler turidagi til. Quyi daraja tilining o‘ziga xos xususiyati til har bir instruksiyasining unga mos keladigan bitta mashina komandasiga o‘zgartirilishida namo-yon bo‘ladi. Quyi daraja tilidagi dasturlar mashinaga bog‘liq bo‘ladi, shuning uchun ularni boshqa platformalarga o‘tkazish birmuncha qiyin. " Quyi darajadagi formatlash|"Yozilmagan qattiq yoki yumshoq diskda sektorlar va yo‘lkalarning boshlang‘ich, dastlabki belgilanishini yaratish jarayoni yoki ularni to‘la qayta formatlash. " Quyi dasturga murojaat|"Komandalar to‘plami yoki parametr va boshqarishni quyi dasturga uzatadigan operator. " Quyi diapazon|"Ishchi chastotalar diapazonining, radiostansiyaning ishi ta’minlanadigan bir qismi. " Quyi menyu|"O‘zidan oldingi menyu tomonidan chaqirilgan menyu, ya’ni sarlavhasi boshqa menyuning elementi bo‘lgan menyu. " Quyi registr|"Matn yoki ma’lumotlarni kichik (katta) harflarda kiritish rejimi. " Quyi sathli dasturlash|"Kompyuterning apparat imkoniyatlaridan va/ yoki quyi sath tillaridan foydalanib dasturlash. " Quyi satr|"WWW izlash serverlaridagi so‘rovlarda nomning yoki kalit so‘zning bir qismi. Dasturlashda – satrli o‘zgaruvchi yoki konstantaning har qanday qismi, ya’ni boshqa satrning bir qismi bo‘lgan satr. " Quyi tarmoq|"1. Tarmoqning, o‘zining elementlari uchun umumiy xarakteristikalari to‘plamiga, muayyan chegaralarga ega bo‘lgan va mustaqil tarmoq sifatida qaraladigan bir qismi. 2. IP-tarmog‘ining qismi. Har bir tarmoq qismi o‘zining tarmoqdagi noyob raqamiga ega bo‘ladi. 3. OSI-tarmoqlarida – bitta administrativ domenda boshqariladigan hamda tarmoqdan foydalana olishning bitta protokolidan foydalanadigan oxirgi va oraliq tizimlar guruhi. " Quyi tarmoq manzili|"Kichik tarmoq identifikatori sifatida kichik tarmoq maskasi bilan beriladigan IP-manzil qismi. " Quyi tizim|"Tizimning, tizimdagi qandaydir funksiyani bajaradigan qismi. " Quyi xotira|"Manzillashning eng quyi raqamlariga ega bo‘lgan xotira yacheykalari. " Quyi Yer atrofi orbitasi|"700 km dan 2000 km gacha bo‘lgan balandlikda joylashgan doiraviy orbita. Bu balandliklardagi yo‘ldoshning aylanish davri 100 min dan 120 min gacha bo‘lgan davrni tashkil qiladi. Radioko‘rinish zonasida kosmik apparatning maksimal bo‘lish vaqti 10-15 min dan oshmaydi. Global qamrovni ta‘minlash ushun orbital gruhdagi yo‘ldoshlar soni 48 tadan kam bo‘lmasligi kerak. " Quyi yon polosani bostirish (tasvir uzatgich)|"Modulyatsiya mahsulotlarining, tasvir uzatgichi eltuvchisining chastotasidan past bo‘lgan chastotali amplituda-chastota xarakteristikasi. " Quyi chastotalar filtri|"Berilgan qirqim chastotasidan past o‘tkazish polosasiga va pastroq chastotalar uchun tutib qolish polosasiga ega bo‘lgan elektr chastota filtri. " «Quyuq» dasturiy ta’minot|"Funksional jihatdan keragidan ortiq va resurs sig‘imi katta bo‘lgan dasturiy ta’minot. " Qo‘l skaneri|"O‘qiydigan kallagini skanlanadigan muhit ustida siljitish foydalanuvchi tomonidan amalga oshiriladigan portativ kompyuter turi. " Qo‘lda kiritish qurilmasi|"Foydalanuvchi ma’lumotlarni qo‘lfda kiritadigan qurilma, misol uchun klaviatura. " Qo‘llaniladigan maydon kuchlanganligi (qo‘llaniladigan quvvat oqimi zichligi)|"Maydon kuchlanganligining (quvvat oqimi zichligining) aniq vaziyatlarda yoki chastota rejalari yoki kelishuvlarida belgilangani kabi, qabul qilishning tabiiy va sanoat shovqini hamda xalaqitlar mavjud bo‘lgan muayyan sharoitlarida, talab etilgan qabul qilishning sifatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan minimal miqdori. Izoh – «Qo‘llaniladigan maydon kuchlanganligi» atamasi XEIning ko‘plab matnlarida ishlatiladigan «zarur maydon kuchlanganligi» atamasiga muvofiq keladi. " Qo‘llanish sohasi|"Ma’lumotlarning aniq bir elementidan foydalanish mumkin bo‘ladigan dastur fragmenti. " Qo‘llanishlik to‘g‘risidagi bayonot|"Tashkilot axborot xavfsizligini boshqarish tizimiga mos keladigan va qo‘llaniladigan boshqarish vositalari va maqsadlarni tavsiflovchi hujjatlashtirilgan bayonnoma. " Qo‘llanmalari to‘plami kompleks qisqartirilgan protsessor|"Komandalar to‘plami qisqartirilgan protsessor; CRISP arxitekturali protsessor RISC va CISC protsessorlari va arxitekturalari o‘rtasidagi oraliq variant protsessori bo‘lib hisoblana " Qo‘llash|"Sozlash oynasidagi tugma, uni bosish orqali formadagi barcha ma’lumotlar saqlanadi va formani berkitmagan holda qo‘llaniladi. Kiritilgan o‘zgartirishlarni oldindan ko‘rib chiqish uchun xizmat qiladi. " «Qo‘lyozma» ilovalar|"Kompyuterdan «qo‘lda», ya’ni qo‘l harakati orqali boshqariladigan klaviaturasi bo‘lmagan kiritish qurilmalari (pero, (sensorli) planshet) asosida foydalanish uslubi. " Qo‘lyozma matnini tanish|"Qo‘lyozma matn ramzlarini kodlar ketma-ketligiga aylantirish texnologiyasi. Qo‘lyozma matnini tanish, matnni skaner yoki yorug‘lik perosi yordamida axborot tizimiga kiritish imkonini beradi. " «Qo‘ng‘iroq»|"Simvol kodi, unga qarab kompyuter yoki terminal foydalanuvchi yoki operator e‘tiborini tortadigan standart tovush signali beradi. " Qo‘ng‘iroq qilish|"Kompyuterga modem va umumiy foydalanishdagi telefon tarmog‘idan foydalanib, ma’lumotlarni uzatish seansini o‘zlashtirish uchun boshqa kompyuterga ulanish imkonini beruvchi xizmat (masalan, Internet tarmog‘idan foydalana olish yoki Fidonet uzeli bilan bog‘lanish uchun). " Qo‘ng‘iroqni qayta manzillash|"Abonentning raqamidan kelib tushgan qo‘ng‘iroq-larning barchasini yoki qismini istalgan boshqa (boshqa uyali, oddiy shahar, shaharlararo, xalqaro) raqamga yoki tovushli pochtaga o‘tkazish imkonini beradigan xizmat. " Qo‘riqlanadigan axborot|"1. Axborot mulkdori yoki mulkdor vakolat bergan shaxs tomonidan, kuchga ega qonunchilikka binoan muhofaza qilish rejimi o‘rnatilgan axborot. 2. Foydalanish va almashuv bilan bog‘liq jarayonlarda, ishlatilishi, qonunchilik bilan o‘rnatilgan qoidalarga mos bajariladigan axborot. " Qo‘sh mustaqil shina arxitekturasi|"Protsessorni qurish arxitekturasi, bunda ma’lumotlar bir vaqtda bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda ikkita shina orqali parallel uzatiladi. Kompyuter platformalari o‘tkazish qobiliyatining ko‘pgina muammolarini hal qiladi. Amaliy dasturlarning talablarini qondirish va protsessorlarning yangi avlodlarini yanada rivojlantirish imkoniyatlarini ta’minlash uchun, Intel firmasi tomonidan ishlab chiqilgan. " Qo‘sh telefon raqamlari xizmati|"Bitta abonent ikkita telegon raqamini oladigan xizmat. Bitta raqam hammaga ma’lum, boshqasi abonent tomonidan cheklangan shaxslarga ma‘lum qilinadi. Birinchi raqamga nisbatan abonent «Chaqiruvni boshqa raqamga o‘tkazish» yoki «Bezovta qilinmasin» xizmatlaridan foydalanganda, uning ikkinchi raqamini bilgan shaxslar u bilan bog‘lanishlari mumkin. " Qo‘sh uzatish|"Televizion dasturni televizion uzatish tarmog‘idan va tegishli tovush jo‘rligidagi alohida tovushli eshittirish uzatish tarmog‘idan, televideniyedagi stereofonik tovushni ta’minlash uchun bir vaqtda uzatish. " Qo‘shiladigan yozuv|"Fayl qayta ishlanayotgan vaqtda yaratilgan yozuv. " Qo‘shilgan menyu|"Bir nechta daraja elementlaridan tuzilgan menyu. Birinchi daraja elementini tanlash qo‘shimcha tanlash imkonini beradi. " Qo‘shimcha|"Qandaydir tartiblashtirilgan tuzilmaga (massivga, ro‘yxatga, faylga) tegishli joyga yangi elementni qo‘shish protsedurasi. Mantiqiy va fizik darajalarda qilinishi mumkin. " Qo‘shimcha bog‘lanish texnologiyasi|"IBM AT kompyuterlarida qattiq diskdan foydalanishda ilk bor qo‘llanilgan dastlabki interfeys va protokolga havola. IDE nomi bilan ham mashhur. " Qo‘shimcha bo‘lim|"Qattiq diskning nolli yo‘lkasidan tashqarida yaratilgan bo‘lim. Primary-bo‘limidan farqli o‘laroq, ularning soni cheksiz bo‘lishi mumkin. " Qo‘shimcha kanal|"Yuqori tezlikli axborotni uzatish uchun foydalanilishi va turli xizmatlarni ko‘rsatishga moslashtirilishi mumkin bo‘lgan yordamchi kanallardan biri (IS-95 va CDMA2000 standartlarida). Izoh − Qo‘shimcha kanal bo‘ylab uzatish tezligi qayd etilgan yoki o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin, shu bilan birgalikda, qabul qilgichda tezlikning aniqlanishi kirish signali bo‘yicha avtomatik ravishda amalga oshiriladi. " Qo‘shimcha klaviatura|"1. Kompyuter standart klaviaturasining o‘ng tomonidagi klavishlar guruhi. 2. Klavishlar soni ko‘p bo‘lmagan maxsus funksional klaviatura. " Qo‘shimcha kodli so‘z|"Autentifikatsiya qilish vositasi. Parol ko‘rsatilgandan keyin foydalanuvchidan qo‘shimcha ravishda so‘raladigan kodli so‘z. " Qo‘shimcha manzillash|"Xizmat ko‘rsatilayotgan foydalanuvchiga uning bitta berilgan raqamidan ortiq manzillash qobiliyatini kengaytirish imkonini beradigan qo‘shimcha xizmat. " Qo‘shimcha nusxa|"Asosiy eltuvchidagi ma’lumotlarning buzilish, shikastlanish yoki yo‘qolish hollarida, keyinchalik tiklash uchun alohida fayllar, fayllar guruhi (katalog) ning nusxasi. " Qo‘shimcha protsessor|"Asosiy protsessorning funksional imkoniyatlarini oshiradigan qo‘shimcha protsessor. " Qo‘shimcha ranglar|"Aralashmada oq rang hosil qiladigan juft ranglar. Ko‘k-yashil (havorang) va qizil; yashil-qizil (sariq) va ko‘k; ko‘k-qizil (qirmizi) va yashil qo‘shimcha ranglar bo‘lib hisoblanadi. " Qo‘shimcha raqam guruhi|"Foydalanuvchilarni guruhning ichki qo‘shimcha raqami orqali to‘plash imkonini beradigan xizmat. " Qo‘shimcha simvol|"Alifboda mavjud bo‘lmagan yoki raqamli bo‘lmagan simvol. Masalan: ♫,►,♪,☼. " Qo‘shimcha tarkibiy qism|"Dasturga yangi imkoniyatlar qo‘shuvchi dastur bibliotekasi. Plaginlardan farqli ravishda, o‘rnatilgan addon o‘chirilishi mumkin emas. Ko‘pincha, dasturni ishga tushirishda foydalanuvchidan original dasturdan yoki addondan foydalanishi to‘g‘risida so‘raladi. " Qo‘shimcha xizmatlar|"Alohida taqdim etilmaydigan, balki xizmat ko‘rsatishning asosiy turlariga, ularning funksional imkoniyatlarini kengaytirgan holda qo‘shimcha sifatida xizmat qiladigan aloqa xizmatlari. " Qo‘shimcha xizmatlar provayderi|"Telefon kompaniyalari an’anaviy ravishda ta’minlab kelayotgan xizmatlardan tashqari, ixtisoslashgan aloqa xizmatlarini taqdim etuvchi provayder. " Qo‘shimcha yo‘lka|"Nusxa ko‘chirishdan himoya qilish usulining qismi, bunda diskka standart miqdordagi yo‘lkalar ustidan yana bitta yo‘lka yoziladi. " Qo‘shimcha, orqa tomondan mahkamlanadigan|"Kompyuter korpusining orqa tomonidagi, qurilmalarni o‘rnatish uchun mo‘ljallangan port yoki uya. " Qo‘shimchalar|"Alohida o‘rnatiladigan va dasturga yangi operatsiyalarni bajarish imkonini beradigan qo‘shimchalar. " Qo‘shish ko‘prigi|"Umumiy antenna bilan uzatish uchun turli kanallarda ishlaydigan bir nechta uzatgichlardan televizion signallarni kombinatsiyalash imkonini beradigan qurilma. " Qo‘shmoq|"Avvaldan mavjud ro‘yxatga yangi elementni qo‘shish. " Qo‘yilganlik|"O‘xshash yoki boshqa bir konstruktsiyaga kirish yuz beradigan algoritm, dastur, komanda tuzilmasi. Masalan, sikldagi sikl, shartli operatordagi shartli operator. " Qo‘yish|"Obyekt (fayl, matn, tasvir va sh.k.lar)ni almashinuv buferidan olib qo‘yish. " Qo‘yish nuqtasi|"Axborot (ma’lumot) kiritiladigan joyni belgilaydigan, ekrandagi lipillaydigan tik chiziq, kursor. " Qo‘zg‘atilish|"Elektromagnit tebranishlarning, to‘lqino‘tkazgish yoki yorug‘lik o‘tkazgich kirishiga uzatilishi. " Qo‘zg‘atgich|"1. Uzatgichdagi yuqori chastotali, masalan, koaksial-tirqishli yoki to‘lqin o‘tkazgich turidagi generator. 2. Modulyator va chastotalarning ishchi to‘rini shakllantiruvchi chastotalar sintezatorini o‘z ichiga oluvchi qurilma. Qo‘zg‘atgich tarkibiga signalni oldindan kuchaytirish qurilmasi kirishi mumkin. R " Rad etib bo‘lmaslik|"1. Muayyan hodisa yoki faoliyatning yuzaga kelishini isbotlash va ularni initsiatsiya qiluvchi mantiqiy obyektlarni aniqlash imkoniyati. 2. Xabarlarni kafolatli yetkazib berish bilan elektron hujjatlarni almashish protsedurasi. Bunday protsedura natijasida jo‘natuvchi uzatish faktini, oluvchi esa xabar muddatida yetkazilmaganligini rad etolmaydi. " Rad etish|"Biror bir foydalanuvchi tomonidan bajarilgan hujjatdagi yoki moslamalardagi o‘zgarishlarni rad etish va avvalgi konfiguratsiyaga yoki hujjatga qaytish. " Rad etish (radiokanaldan foydalanishni)|"Kanaldagi sifat yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan darajada past bo‘lishi tufayli, aloqa xizmatlaridan foydalanishning to‘xtatilishi. " Rad etmoq|"Foydalanuvchi tomonidan, qurilma, fayl, papkadan foydalanishga urinish yoki yetarli huquqlarga ega bo‘lmay turib, biror-bir dasturni bajarish uchun ruxsatni rad etish. " Radial tizim|"Barcha abonent liniyalari bitta nuqtadan boshlanadigan kabel taqsimlash tizimi. " Radial-kommutatsion tizim|"Abonent liniyalarining har biri alohida ulanishi mumkin bo‘lgan radial yoki ko‘p radial tizim. " Radiatsion himoya; nurlanishdan himoya qilish|"1. Ham tabiiy, ham sun’iy xarakterdagi ionlashtiruvchi nurlanishlar ta’siridan odamlar va uskunalarni himoya qilish. 2. Ekranlash va nurlanish darajasini kuchsizlantirish imkonini beradigan boshqa texnik chora-tadbirlar. " Radio aks sado|"Signalning tarqalish yo‘lida joylashgan obyektdan qaytgan va undan keyingi kuzatish punktida qabul qilingan elektromagnit signal. Barcha zamonaviy radiolokatsiya radio aks sadosining obyektdan kuzatuv punktigacha o‘tish vaqtini o‘lchashga asoslangan. " Radioaloqa|"Radioto‘lqinlar yordamida amalga oshiriladigan aloqa. " Radioaloqa reglamenti|"Radioaloqa xizmatlari tomonidan radiochastota spektridan foydalanish tartibini aks ettiruvchi asosiy hujjat. " Radioelektron qurilma|"Bitta yoki bir nechta radiouzatish va/yoki qabul qilish vositasi hamda yordamchi uskunasidan tashkil topgan texnik qurilma. " Radioelektron vosita|"Radioto‘lqinlar uzatishga va qabul qilishga mo‘ljallangan bitta yoki bir nechta radiouzatuvchi yoki qabul qiluvchi qurilma yoki ularning birikmasi va yordamchi uskunalaridan iborat bo‘lgan texnik vosita. Bu vosita uzatish va qabul qilish uchun mo‘ljallangan, o‘z ishida chastotasi 5 KHzdan yuqori bo‘lgan elektromagnit tebranishlardan foydalanadigan radiostansiyalar, radiotelefonlar, radionavigatsiya va radioaniqlash tizimlari, kabel teleko‘rsatuvlari tizimi hamda boshqa vositalardan iborat. " Radioelektron vositaning ta’sirchanligi|"Radioelektron vosita va uning tarkibiy qismlarining, antenna orqali yoki antennadan tashqarida bo‘ladigan elektromagnit, elektr, magnit maydonlar ko‘rinishidagi yoki fiderdagi, ta’minot, boshqaruv, axborotni uzatish, kommutatsiyalash va уerga ulash zanjirlaridagi kuchlanishlar yoki toklar ko‘rinishidagi radioxalaqitlarga javob qaytarish xususiyati. " Radioeshittirish diapazoni|"Radioeshittirish xizmati uchun Xalqaro elektraloqa ittifoqi Radioaloqa reglamenti tomonidan ajratilgan chastotalar polosasi. " Radiokanal|"Maʼlumotlar uzatish uchun radionurlanishdan foydalanadigan kanal. Radiokanal radiouzatgich va radio qabul qiluvchidan tarkib topadi. Radionurlanish chastotasi radiokanal vazifasiga ko‘ra tanlanadi. Axborot tarmoqlarida radiokanallar ikki maqsadda ishlatiladi. Birinchisi – abonent tizimini kabellar guruhi asosida qurilgan tarmoq bilan ulash. Bunga yer bo‘ylab kabel tortish iloji bo‘lmasa yoki tizim bir joydan boshqasiga ko‘chib yursa ehtiyoj tug‘iladi. Ikkinchisi – radiotarmoq yaratishda ishlatiladi. " Radiomayoq kanali|"Simsiz kira olish tarmoqlarida, tayanch stansiyalar marker signalini uzatish uchun foydalanadigan kanal. Izoh − Qabul qilinayotgan signal darajasini o‘lchash orqali mobil abonent aloqaning sifatini baholash va aloqa davomida qabul qilishning eng yaxshi sharoitlari ta’minlanadigan tayanch stansiyani tanlashi mumkin. Tayanch stansiya bilan aloqa oldindan so‘rovlar va boshqa xizmat komandalarini uzatmasdan amalga oshiriladi. " Radionurlanish|"Elektromagnit spektrda infraqizil nurlanishdan oldin joylashgan elektromagnit nurlanish. Tebranish chastotasi 3-30 KGsdan 300-6000 GGsgacha bo‘lgan elektromagnit to‘lqinlari radionurlanishga oiddir. Bu chastotalar polosasini olti diapazonga bo‘lish qabul qilingan. Bu diapazonlar radionurlanishlar tarqalishi xususiyatini belgilab beruvchi turli xil radioto‘lqinlarga tegishli. Shuni nazarda tutish kerakki, bu polosalar doimiy bo‘lmay, radiotexnika rivojlana borgan sari kengayib boradi. " Radionurlanishning zarur chastotalar polosasi|"Signalni talab qilingan tezlik va sifat bilan uzatish uchun yetarli bo‘lgan berilgan turkumdagi radionurlanish chastotalarining minimal polosasi. " Radiooptik antenna panjarasi|"Kogerent optika va golografiya vositalarida yo‘nalganlikning fazoviy xarakteristikalarini shakllantirishga ega antenna panjarasi. " Radiopeleng|"Radiopelengatorning antenna tizimi o‘rnatilgan joyidan radiosignallar nurlatadigan obyektga bo‘lgan yo‘nalish. Bu yo‘nalish, gorizontal tekislikdagi radiopelengatorning antenna tizimi o‘rnatilgan joyi orqali o‘tuvchi haqiqiy yoki magnit meridianning shimoliy yo‘nalish bilan bu joydan obyektning gorizontal tekislikka proeksiyasiga bo‘lgan yo‘nalish orasidagi, 0° dan 360° gacha hisoblanadigan burchak bilan o‘lchanadi. " Radioqabul qilgichning shovqin koeffitsiyenti|"Signal manbaining temperaturasi 293 K bo‘lganda, detektor kirishida yoki radioqabulqilgich chiziqli qismining chiqishida o‘lchangan shovqin darajasining, tegishli chiqishda bo‘lishi mumkin bo‘lgan shovqin quvvatiga nisbati (agar signal manbai yagona shovqin manbai bo‘lishi mumkin bo‘lganda). " Radioqidiruv xizmati|"Abonentga belgilangan zonada ishlab turgan shaxsiy qurilma yordamida umumiy foydalanishdagi tarmoqning istalgan telefon apparatidan chaqiruv to‘g‘risida radio orqali ogohlantirishni olish imkonini beradigan xizmat. Izoh – Ogohlantirish tovushli xabarnoma yoki kodlangan shakldagi vizual indikatsiya bilan kuzatilishi va chaqiruvchi shaxsdan kelib tushishi yoki tarmoqning o‘zida generatsiya qilinishi mumkin. " Radiorazvedka; radio tutib olish|"Spektral tarkibini, modulyatsiya turini va ishlayotgan bir radiostansiyani boshqasidan ajratish imkonini beruvchi boshqa alomatlarni tahlil qilish maqsadida, aloqa vositalari yordamida nurlantiriladigan signallarni qabul qilish. " Radioreleli kanal|"Televizion radioreleli signalni uzatishda foydalaniladigan chastotalar polosasi. " Radioreleli liniya|"O‘ta yuqori chastota diapazonida ishlaydigan radiokanal. Radioreleli liniya 2, 7, 13, 15, 18, 23, 38 GGs chastotalarda ishlaydigan, o‘tkazish polosasining kengligi 3,5-28 MGs bo‘lgan, 50 km uzoqlikkacha maʼlumotlarni uzata oladigan yerusti radio tarmog‘ining tarkibiy qismidir. " Radioreleli qabul qilgich|"Kirishiga televizion radioreleli liniya signali keladigan, chiqishidan esa radioreleli liniyaning chiquvchi televizion signali olinadigan apparatura kompleksi. " Radioreleli uzatgich|"Muayyan bir apparatura kompleksi, uning kirishiga radioreleli liniyaning kiruvchi televizion signali keladi, chiqishida esa, radioreleli liniyaning chiquvchi televizion signali mavjud bo‘ladi. " Radiosignal eltuvchisini raqamli televizion signal bilan kvadratura fazaviy manipu-lyatsiya qilish|"Modulyatsiyalovchi diskret raqamli televizion signalning har bir ahamiyatli holati radiosignal eltuvchisi fazasining raqamli televizion signal oldindagi elementining radiosignal eltuvchisi fazasiga nisbatan diskret o‘zgarishi orqali ifodalangan eshittirish televideniysi radiosignali eltuvchisining fazaviy manipulyatsiyasi. " Radiosignalning kvadraturaviy diagrammasi|"Eshittirish televideniyesi radiosignalining, kvadraturaviy modulyator chiqishidagi radiosignallar fazasini mos tarzda aks ettirish uchun koordinatalarning to‘g‘ri burchakli koordinatalar tizimiga aylantirilgan qutbiy diagrammasi. Izoh – I gorizontal o‘q bo‘yicha radiosignalning sinfazali kanaldagi darajasi, Q vertikal o‘q bo‘yicha esa, kvadratura kanalidagi darajasi ajratiladi. " Radiosignalning qutbiy diagrammasi|"Eshittirish televideniyesi radiosignalining eltuvchisi tayanch element bo‘lgan doiraviy diagramma. Bu tayanch elementga nisbatan fazaviy siljish burchagi va eshittirish televideniyesi modulyatsiyalangan signali darajasining o‘zgarishi hisoblanadi. " Radiostansiya|"Bitta yoki bir nechta uzatgich yoki qabul qilgich, shu jumladan, uzat-kich va qabul qilgichlarning yordamchi uskunalari birikmasi. U belgilangan joyda radioaloqa xizmatini yoki radioastronomiya xizmatini bajarish uchun xizmat qiladi. " Radiotarmoq|"Radiokanallarga ega bo‘lgan simsiz tarmoq. Radiotarmoqlar hududiy yoki lokal bo‘lishi mumkin. Arxitekturasiga ko‘ra – maʼlumotlarni marshrutlash tarmoqlari va maʼlumotlarni tanlashga asoslangan tarmoqlar farqlanadi. Xuddi shunday, yer usti radiotarmoqlari va yo‘ldoshli aloqa tarmoqlari farqlanadi. Radiotarmoqlarning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, tayanch stansiyalari, yaʼni abonent tizimlari bevosita o‘zaro ishlaydigan axborot tizimlari hisoblanadi. " Radiotelefon|"Tovush signallarini radioto‘lqinlar orqali uzatish va qabul qilish apparati. " Radioteleskop|"Yo‘naltirilgan antenna (yoki antennalar tizimi) va radiometrdan iborat bo‘lgan, osmon obyektlarining xususiy radionurlanishini qabul qilish va qayd etish hamda uning xarakteristikalarini tadqiq etish uchun mo‘ljallangan radioqabul qurilmasi. " Radioteleo‘lchashlar|"O‘lchash natijalarini uzatishda radiotelemetrik deb ataladigan maxsus radioliniyalardan foydalanadigan teleo‘lchash texnikasining sohasi. " Radioto‘lqin|"Shartli ravishda chastotasi 6000 GGsdan past deb qabul qilingan elektromagnit to‘lqinlar. Ular fazoda sunʼiy to‘lqin o‘tkazgichisiz ishoralar, signallar, yozma matn, tasvir va tovushni uzatish yoki qabul qilish uchun tarqatiladi. Oltita radioto‘lqin diapazoni ajratiladi: 1. O‘ta uzun to‘lqinlar (tebranishlar chastotasi - 3-30 KGs). 2. Uzun to‘lqinlar (30-300 KGs). 3. O‘rta to‘lqinlar (300-3000 KGs). 4. Qisqa to‘lqinlar (3-30 MGs). 5. O‘ta qisqa to‘lqinlar (30 MGs-300 GGs). 6. Submillimetrli to‘lqinlar (300-6000 GGs). " Radioto‘lqinlar diapazoni|"Radioto‘lqinlar uzunligining shartli nom berilgan muayyan uzluksiz qismi. " Radioto‘lqinlarning gorizont ortida (troposferali) tarqalishi|"Yer sirtiga yaqin nuqtalar o‘rtasidagi troposferaviy tarqalish, bunda qabul qilish nuqtasi uzatish nuqtasi radiogorizontidan tashqarida bo‘ladi. " Radioto‘lqinlarning nurlanishi|"Radioto‘lqinlar diapazoniga tegishli bo‘lgan va asosan radiouzatgichlarning antennasi orqali qo‘zg‘aluvchi elektromagnit to‘lqinlarning paydo bo‘lishi. " Radioto‘lqinlarning olis troposferali tarqalishi|"Havo sindirish koeffitsiyentining bir xil emasligi bilan asoslangan ularning qaytishi va sochilishi natijasi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rinish masofasidan oshadigan masofadagi troposferada radioto‘lqinlarning tarqalishi. " Radiotoʻlqinlarning qaytish koeffitsiyenti|"Qaytuvchi radiotoʻlqindagi elektr maydoni kuchlanganligi koʻrsatilgan tashkil etuvchisining tushuvchi radiotoʻlqindagi oʻsha tashkil etuvchiga nisbati. " Radioto‘lqinning qutblanishi|"Elektr maydon kuchlanganlik vektorining yo‘nalishini aniqlaydigan radioto‘lqinlar xarakteristikasi. " Radiouzaytirgich|"Quvvat kuchaytirgichi bo‘lgan qabul qilgich – uzatgich ko‘rinishida ishlangan, signallarni oraliq kuchaytirish va keyinchalik nurlantirish uchun ishlatiladigan qo‘shimcha retranslyator. Radiouzaytirgich, odatda, signallar ishonchli qabul qilinmaydigan zonalarda o‘rnatiladi yoki xizmat ko‘rsatish zonasini kengaytirish uchun qo‘llaniladi. " Radiouzatgichning chiqish quvvati|"Radiouzatgichdan antenna-fider qurilmasiga yoki yuklama ekvivalentiga uzatiladigan aktiv quvvat. " Radiouzel|"Simli eshittirish tarmog‘i abonentlariga radioeshittirish dasturlari va mahalliy eshittirishlarni uzatish uchun mo‘ljallangan qabul qiluvchi-kuchaytiruvchi va boshqa apparaturalar majmui. " Radioxalaqit|"Radioaloqa tizimida qabul qilishga bo‘lgan, bir yoki bir nechta nurlanish keltirib chiqaradigan, axborot sifatining yomonlashuvida, xatoliklar bo‘lishida yoki axborot yo‘qolishida namoyon bo‘ladigan, elektromagnit energiya ta’siri. " Radiochastota|"Qar.: Radioto‘lqin. " Radiochastota biriktirish|"Radiochastota taqsimlovchi tashkilot tomonidan foydalanuvchiga maʼlum radiochastotadan foydalanishga beriladigan ruxsat. " Radiochastota kabeli|"Radiosignallarni uzatish uchun mo‘ljallangan kabel. " Radiochastota organi|"Qonunchilikka muvofiq, radiochastota spektridan foydalanishni (unga ajratilgan radiochastotalar polosasi chegarasida) tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi. " Radiochastota spektri|"Shartli ravishda 3000 GHz deb qabul qilingan intervaldagi radiochastotalar majmui. " Radiochastota spektri monitoringi|"Radiochastota spektri holatini muntazam kuzatish, undan foydalanishni baholash, radiochastota spektri to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishining oldini olish va bartaraf etish uchun mo‘ljallangan tashkiliy-texnik tadbirlar kompleksi. " Radiochastota spektridan foydalanuvchi|"Radiochastotalardan foydalanish va radioelektron vositalar yoki yuqori chastotali qurilmalarni ekspluatatsiya qilish uchun radiochastota idorasining tegishli ruxsatiga ega bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs. " Radiochastota spektrining bandligi|"Ma’lum vaqt oralig‘ida bitta chastotada, bitta radiochastota kanalida yoki chastotalar polosasida nurlanish mavjudligining davomiyligi. " Radiochastotalar diapazoni|"Tebranishlar o‘xshash xossalarga ega bo‘ladigan uzluksiz chastotalar intervali. " Radiochastotalar diapazoni (quyi diapazoni)ning qoplash koeffitsiyenti|"Ishchi chastotalar diapazoni (quyi diapazoni) eng yuqori chastotasining shu diapazon (quyi diapazon) ning eng yuqori chastotasiga nisbati. " Radiochastotali ma’lumotlar uzatish vositalari|"Fayllarni radiokanal orqali (to‘g‘ri ko‘rinishsiz) kompyuterdan printerga, ma’lumotlar to‘plagichga 9-12 m ga uzatish uchun xizmat qiladigan elektron qurilmalar va dasturiy vositalar. Ishlashda qulaylik yaratadi, ulardan foydalanilganda qurilmalarni o‘zaro birlashtiradigan kabellar kerak bo‘lmaydi. " Ramdrayv|"tezkor xotirada modellashtiriladigan psevdodisk; mantiqiy diskni imitatsiya qilish uchun ajratilgan kompyuter tezkor xotirasining bir qismini o‘zida ifodalaydi. " Ramkasimon antenna|"Asosiy elementi ixtiyoriy shakldagi, bir yoki ko‘p o‘ramli ramka bo‘lgan antenna. " Ramziy havola|"Haqiqiy faylga ko‘rsatgich bo‘lgan faylning maxsus bir turi. Siz havola bilan ishlayotganingizda, aslida haqiqiy fayl bilan ishlayotgan bo‘lasiz. " Ramziy mantiq|"Xulosalar chiqarish uchun tabiiy til ifodalaridan emas, balki simvollardan foydalaniladigan matematik mantiq. " Ramziy manzil|"Dasturchu uchun qulay shaklda ifodalangan va absolyut manzilni avtomatik tarzda aniqlash imkonini deradigan manzil. " Randevu|"Jarayonlar kommunikatsiyasi mexanizmi, bunda ikkala jarayon xabarlarni uzatish tugagunga qadar to‘xtatiladi. " Randomizatsiya(lash)|"Ma’lumotlarda identik bloklar mavjudligini yashirish maqsadida, ma’lumotlarning psevdotasodifiy ketma-ketligidan foydalanib, shifrlashdan oldin yoki shifrlash paytida boshlang‘ich ma’lumotlarni o‘zgartirish. " Rang balansi, balans|"Asosiy ranglar signali darajasining normalangan axromatik obyektlarni tahlil yoki axromatik tasvirlarni sintez qilishda tayanch oqning rangliligi bilan tengligi. Izoh − Axromatik obyektlar oq, kul rang yoki qora rangda bo‘lishi mumkin. " Rang buzilishlari|"Obyekt ranglari va qayta tiklanayotgan tasvirning tegishli ranglari o‘rtasidagi sezilarli farq. " Rang kontrasti|"Rang grafigida ikkita ranglilikni bog‘lovchi to‘g‘ri chiziqda yotuvchi rang chegaralarining soni bilan o‘lchanadigan ranglilikdagi farq. " Rang koordinatalari|"Namunaga mos kelishi uchun aralashtirilishi kerak bo‘lgan asosiy ranglar miqdori. Izoh – YoXK (Yoritish bo‘yicha xalqaro komissiya) tizimida X, Y, Z simvollari bilan belgilanadi. " Rang koordinatalarini o‘zgartirish|"Asosiy ranglarning bir tizimiga tegishli bo‘lgan ranglarning rang koordinatalarini asosiy ranglarning boshqa tizimiga tegishli bo‘lgan aynan o‘sha ranglarning rang koordinatalari bo‘yicha hisoblash. " Rang parametrlari|"Rangning uchta subyektiv, ajralmas sifati: rang toni, to‘yinganligi va yorqinligi. " Rang signali|"Rangli televizion tasvirning rangliligini to‘liq yoki qisman aks ettiruvchi elektr signali. " Rang sinxronizatsiyasi|"Ranglilik signallarining sinxronligi va/yoki sinfazligini o‘rnatish hamda saqlab turish. " Rang sinxronizatsiyasi signali|"Muayyan shakldagi impulslar bilan modulyatsiyalangan rang quyi eltuvchi signali. " Rang temperaturasi|"Tiklanadigan tasvir rang tonining obyektiv o‘lchovi. U yorug‘lik manbai nurlanishining spektral tarkibini, shuningdek, yorug‘lik manbai rangidan olinadigan obyektiv taassurotni tavsiflaydi. Ekranda oq rangning «oqlik darajasi»ni belgilaydi (Kelvinda o‘lchanadi). " Rang teranligi|"Tasvirning bitta pikselini kodlash uchun kerak bo‘lgan bitlar soni. " Rang turi|"Rangning spektrdagi o‘rnini aniqlaydigan qiymat. Masalan, yashil rang sariq va moviy ranglarning orasida joylashadi. Ishchi stolda bu atributni boshqaruv paneli orqali ham berish mumkin. " Rang uzatish indeksi|"Muayyan kuzatish sharoitlarida tadqiq etilayotgan va standart yorug‘lik manbalari bilan yoritilgan rangli obyektni ko‘rish orqali idrok etishning muvofiqlik o‘lchami. " Rang uzatish ishonchliligi|"TV tasvir ranglarining etalon sifatida qabul qilingan ranglarga mos kelish darajasi. " Rang uzatish sifati|"Qar.: Rang teranligi. " Rang videosignali|"Rangli televizion tasvir xarakteristikalarini aks ettiruvchi elektr signali. " Ranglar sxemasi|"Ekran elementlari uchun o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi ranglar kombinatsiyasi. " Ranglarni aralashtirish|"Tegishli tasvirlar mos tushishiga erishilgunga qadar, ya’ni qizil, yashil va ko‘k elektron nurlarining bir pikselda uchrashguniga qadar asosiy ranglar maydonlarining uchta yoyish rastrlarini rostlash. Yomon aralashtirish monitorning ruxsat etish qobiliyatini pasaytirib oq piksellar rangini kirlantiradi. " Ranglarni tiklash ishonchliligi|"Ikkita rang shkalasi bo‘yicha pasaytirilgan to‘yinganlik shkalasi bo‘yicha «oq» ning darajasi 75 foiz, «qora»ning darajasi 37,5 foiz va darajasi 750 750 bo‘lgan signallar orqali shakllantirilgan yuqori to‘yinganlik shkalasi bo‘yicha vizual baholash. " Ranglarning uzilishi|"Kuzatish sharoitlaridagi farq tufayli ikki maydon orasida paydo bo‘ladigan har qanday soxta rang. Kuzatish sharoitlarining tez o‘zgarishi tufayli tasvirning tiklash qurilmasida rangli tasvir asosiy rang tashkil etuvchilariga qisman ajralishi yoki har qanday yoyilib ketishi. " Rangli polosalar|"1. Rangli signalning sifatini baholash uchun vertikal rangli polosalar hosil qiluvchi televizion sinov jadvali. Izoh – Odatda, bu jadval oq, sariq, havo rang, yashil, to‘q qizil, qizil, ko‘k va yashil ranglarga mos keluvchi sakkizta polosadan iborat bo‘ladi. 2. Belgilangan ketma-ketlikda joylashgan asosiy, qo‘shimcha, qora va oq ranglarning vertikal yoki gorizontal polosalaridan tashkil topgan elektr sinov jadvali. " Rangli quyi eltuvchi fazasi inversiyasining qo‘zg‘almas o‘qi|"Qayd etilgan etalon faza, unga nisbatan ranglilik signali rangli quyi eltuvchida doimiy ranglilik uchun keyingi maydonlar vaqtida teng va qarama-qarshi burchak qiymatlarini oladi, bu etalon faza barcha ranglilik uchun yagonadir. " Rangli quyi eltuvchi fazasining inversiyasi|"Ranglilik signali quyi eltuvchisining bitta yoki bir nechta tashkil etuvchisi rangli fazasining ikkita belgilangan qiymat o‘rtasida davriy o‘zgarishi. " Rangli rirproyeksiyaga kiritish|"Rangli rirproyeksiya tizimini boshqarish. Bu bir videosignalni boshqasining ustiga elektron tushirish jarayonidir. Ustiga tushirish maydoni yoki zonasi signallardan birining rang to‘yinganlik darajasi bilan belgilanadi. Ustiga tushirishni amalga oshirish uchun rang to‘yinganlik alohida xususiy ajrata olish xossasiga yoki chastotalar polosasiga ega bo‘lishi kerak. " Rangli tasvir signali|"Barcha sinxronlovchi signallardan boshqa, rangli tasvir to‘g‘risidagi to‘liq axborotni ichiga oluvchi, elektr signali. Izoh – Rangli tasvir signalining bir turi monoxrom tashkil etuvchini va ranglilik axboroti modulyatsiyalagan quyi eltuvchini ichiga oladi. " Rangli televideniyening bir vaqtdagi satr-navbatma-navbat tizimi|"Rangli televideniyening, yorug‘lik signali uzluksiz uzatiladigan, ranglilikni uzatish uchun navbatma-navbat satr bo‘yicha almashinib, lekin yorug‘lik signali bilan bir vaqtda uzatiladigan ikkita signaldan foydalaniladigan tizimi. " Rangli televideniyening bir vaqtdagi tizimi|"Rangli televideniyening, asosiy ranglarga mos keladigan signal tashkil etuvchilari bir vaqtda uzatiladigan tizimi. " Rangli televideniyening komponent tizimi|"To‘liq videosignal bir nechta alohida tashkil etuvchilar shaklida mavjud bo‘ladigan rangli televideniye tizimi. " Rangli televideniyening maydon-navbatma-navbat tizimi|"Rangli televideniyening navbatma-navbat tizimi, bunda asosiy ranglarga mos keluvchi signal tashkil etuvchilari maydon bo‘ylab navbat bilan almashinib uzatiladi. " Rangli televideniyening navbatma-navbat tizimi|"Rangli televideniyening, asosiy ranglarga mos keluvchi signal tashkil etuvchilari navbatma-navbat uzatiladigan tizimi. " Rangli uzatish|"Qayta tasvirlashni turli rang toni, to‘yinganlik hamda yorqinlik qiymatlari bilan ta’minlashi mumkin bo‘lgan rangli televideniye signalini uzatish. " Ranglilik diagrammasi|"Ranglilik uchta koordinatasidan birining boshqasiga bog‘liq ravishda tuzilishidan hosil bo‘lgan diagramma. " Ranglilik grafigi|"Rangning ranglilik koordinatalarini o‘zida aks ettiradigan ma’lum o‘qlar bo‘ylab o‘lchanadigan masofa tekis grafigi. Izohlar 1. Odatda, ikkita ortogonal o‘q, xususan, ranglilik grafigida – xy yoki Xalqaro yoritish bo‘yicha komissiyaning ranglilik teng kontrastlilik grafigida uv foydalaniladi. 2. Ranglilik grafigida real ranglar monoxromatik ranglarni aks ettiruvchi nuqtalarni va boshqa tomondan, bu egri chiziqning to‘q qizil ranglilik liniyalari deb nomlanadigan to‘g‘ri liniyasi bilan cheklangan sath qismini egallaydi. " (Ranglilik grafikasidagi) oq zona|"Axromatik sezgirlikni kuzatish sharoitlarida yetarlicha yaxshi mos keladigan ranglilikni taqdim etadi, deb hisoblash mumkin bo‘lgan ranglilik grafikasidagi zona. " Ranglilik kanali|"Televizion uskunaning ushbu blokidan ranglilik signali bilan o‘tadigan yo‘l. " Ranglilik modulyatori|"Rangli televizion uzatishda ranglilik signali va rang quyi eltuvchisining videochastotaviy tashkil etuvchilaridan ranglilik signalini hosil qilish uchun qo‘llaniladigan modulyator. " Ranglilik quyi eltuvchisining signali|"Modulyatsiyalangan ranglilik quyi eltuvchisining rangga oid axborotni uzatish uchun monoxrom signalga qo‘shiladigan yon polosalari. " Ranglilik signali|"1. Rangli axborotni ko‘chirishda yorqinlik signaliga qo‘shiladigan elektr signal. Bu signal amalda ikki ayirmarang signal bilan modulyatsiyalangan ikkita tashkil etuvchidan iborat bo‘ladi. 2. Ayirmarang signallar bilan modulyatsiyalangan bitta yoki bir nechta ranglilik quyi el-tuvchisi va rang sinxronizatsiyasi signali. " Ranglilik signali eltuvchisi|"Qar.: Ranglilik signalining quyi eltuvchisi. " Ranglilik signali eltuvchisining chastota etaloni|"Ranglilik signalining quyi eltuvchisi ega bo‘lgan chastotaga va rang chaqnashiga nisbatan qayd etilgan fazaga ega uzluksiz signal. Bu signal etalon hisoblanadi. " Ranglilik signalining kanali|"Rangli televideniye tizimidagi ranglilik signalini rangli quyi eltuvchiga o‘tkazish uchun mo‘ljallangan har qanday trakt. " Ranglilik signalining quyi eltuvchisi|"Rang axborotini uzatish uchun monoxrom signalga modulyatsiya yon polosalari qo‘shiladigan eltuvchi. Ranglilik axboroti modulyatsiyalaydigan eltuvchi. " Ranglilik signalining tashkil etuvchisi|"Ranglilik signalining quyi eltuvchi kuchlanishini tegishli fazada ranglilik asosiy rang signali bilan modulyatsiyalashda olinadigan tashkil etuvchisi. " Ranglilik vektori|"Rang fazosidagi va doimiy yorug‘lik tekisligidagi vektor, uning boshlanishi yorug‘lik o‘qida, tugashi esa rangli nurlanishni aks ettiradigan o‘qda joylashgan. " Ranglilik vektori tashkil etuvchilari|"Ranglilik vektorining doimiy yorug‘lik tekisligidagi ikkita o‘qqa taalluqli, rangli fazo yorug‘lik o‘qida umumiy boshlanishga ega ikkita tashkil etuvchisi. " Ranglilik vektorining o‘qi|"Rangli fazo doimiy yorug‘ligi sirtidagi ikkita o‘qdan biri, ular bo‘ylab ranglilik vektorining tashkil etuvchilari ajratib qo‘yiladi. " Ranglilikni uzgich|"Rangli televizordagi, qabul qilinayotgan signalda rangli axborot mavjud bo‘lmaganda, ranglilik kanalini yopish yo‘li bilan qora-oq tasvirni qayta tiklashni ta’minlash uchun xizmat qiladigan qurilma. " Ranglilikning asosiy dag‘al rangi|"Uzatishning, yorqinligi nolga teng, ranglilikni chastotalar polosasining minimal kengligi bilan uzatishga mos keladigan va rangli tasvirning subyektiv aniqligiga nisbatan kam ta’sir etishi hisobiga tanlangan asosiy rangi. " Ranglilikning asosiy nozik rangi|"Uzatishning, yorqinligi nolga teng, ranglilikni chastotalar polosasining maksimal kengligi bilan uzatishga mos keladigan va rangli tasvirning subyektiv aniqligiga ta’sir etishi muhimligi uchun tanlangan asosiy rangi. " Ranglilikning asosiy rangi|"Yorqinligi nolga teng bo‘lgan uzatishdagi ikkita asosiy rangdan biri. " Ranglilikning miltillashi|"Faqat ranglilikning o‘zgarishlari natijasida paydo bo‘ladigan miltillash. " Ranglilikning to‘yinganligi|"Berilgan nurlanish rangliligini sezishning oqning rangliligini sezishdan farqlash darajasi. " Ranglilik-yorqinlik kesishuvchi buzilishi|"Yorqinlik signalining ranglilik signali keltirib chiqaradigan buzilishi. " Rangni kodlash tizimi|"Rang koordinatalari yorqinlik signali va ayirmarang signallar orqali belgilanadigan rang koordinata tizimi. " Rangni tiklash tizimi|"Qayta tiklash qurilmasi uchta asosiy rangining nominal rangliligi va tayanch oqning rangliligi bilan belgilanadigan uch rangli kolorimetrik tizim. " Rangning bir xilligi|"Katta uzunlikdagi yirik oq, kul rang va qora uchastkalardagi ishchi maydon bo‘ylab nazorat qilinadigan tasvir. Rangning «sudralishi» ing. - сhroma сreep ru – «наползание» цвета Tasvir nuqsoni, bunda to‘yingan ranglar, ayniqsa, vertikal qizil chiziqlar «shovqinli» bo‘lib qoladi. " Rangning to‘yinganligi|"Rang bo‘yicha ko‘rib chiqilayotgan rang omili bilan tenglashadigan ma’lum axromatik oxirgi omilning additiv aralashmasidagi monoxromatik rang omilining ulushi bilan tavsiflanadigan rang belgisi. Izohlar 1. Televideniyeda to‘yinganlik tushunchasi kolorimetriyada qo‘llaniladigan rang tozaligi tushunchasiga o‘xshash. 2. Rangning to‘yinganligi uning monoxromatik rangga yaqinlashgani sari ortib boradi. 3. Qirmizi stimul hollarida monoxromatik stimul qirmizi ranglilik liniyalaridagi tegishli nuqtadagi stimul bilan almashtiriladi. " Ranjlash|"Obyektlar yoki ma’lumotlarni, tasniflash maqsadida darajalar bo‘yicha qandaydir belgilarga ko‘ra taqsimlash. Tasniflanadigan obyektlar yoki ma’lumotlar taqsimlanadigan darajalar ranglar deb ataladi. " Raqam-analogli o‘zgartirgich|"Raqamli kod ko‘rinishidagi diskret signallarni, ularga ekvivalent bo‘lgan analog (vaqt davomida uzluksiz bo‘lgan) signallarga avtomatik o‘zgartiradigan qurilma. " «Raqam bilan bog‘lanish mumkin emas» tonal signali|"Chaqiruvchi abonentga chaqiriluvchi abonentning raqamiga bog‘lanish mumkin bo‘lmagan holatda uzatiladigan tovushli signalizatsiya (masalan, chiqariluvchi, retranslyatorning ta’sir zonasidan tashqarida yoki uning radiostansiyasi o‘chirilgan bo‘lsa). Agar liniya band bo‘lsa yoki abonent javob bermasa, bunday vaziyatda «raqam bilan bog‘lanish mumkin emas» signali hosil qilinadi. " Raqam termasdan bog‘lanish (yarim doimiy bog‘lanish)|"Raqam termasdan bog‘lanishni ta’minlovchi xizmat. Izoh – MML komandasi yordamida operator foydalanuvchini oldindan buyurtma berilgan manzil bilan bog‘laydi. " Raqam teruvchi|"Foydalanuvchi kompyuteriga keyinchalik yukla-nadigan va ishga tushiriladigan unchalik katta bo‘lmagan ushbu dastur modem aloqasini to‘lovli modem puli orqali amalga oshirishga harakat qiladi. " Raqamdan universal foydalanish xizmati|"Mamlakatning turli qismlarida mamlakatning istalgan nuqtasidagi bir nechta telefon apparatlariga ega bo‘lgan abonent bilan, bitta aniq raqamni terish orqali bog‘lanish imkoniga ega xizmat. Mamlakatning o‘zaro bog‘langan zonalarida joylashgan telefon stansiyalariga ulangan abonentlar tomonidan chaqiruvlar ushbu zonalardagi shu xizmatlardan foydalanadigan telefon apparatlariga (ayrim cheklashlar bilan) yo‘llanadi. " Raqamlarni siklik saralash|"O‘xshash telefonlarning raqamlarini siklik saralash orqali yopiq klonlash, unda har bir keyingi chaqiruv yangi raqam bilan amalga oshiriladi. " Raqamlash (nomerlash)|"Tarmoq obyektlari o‘rtasida raqamlarni taqsimlash jarayoni, bunda ularning bir ma’noli identifikatsiya qilinishi kafolatlanadi. " Raqamlash tizimi|"Operatorlar, provayderlar va foydalanuvchilarning oxirgi (terminal) uskunasi o‘rtasida raqamlash va taqsimlash tartibi hamda qoidalari. " Raqamlashtirish|"Analog signalni diskret signalga aylantirish jarayoni, yaʼni analog maʼlumotlarni raqamli, kompyuter muhitida mavjud bo‘la oladigan va mashina o‘qiydigan tashuvchilarda saqlanadigan shaklga o‘tkazish. Analog tasvirlarni raqamlash ko‘pincha skaner yordamida bajariladi. " Raqamli|"Ma’lumotlarning qandaydir chekli to‘plamdan bo‘lgan belgilar ketma-ketligi ko‘rinishida taqdim etilishini tavsiflaydi. Kompyuter texnikasida «raqamli» atamasi «ikkili» atamasining sinonimi hisoblanadi, chunki kompyuterlarda axborot ikkili raqamlar (0,1) ko‘rinishda taqdim etiladi. " Raqamli abonent liniyasi|"Mis simlar bo‘yicha diskret signallarni translyatsiya qilishning fizik va kanal darajalar maxsus protokollari bilan aniqlangan fizik liniyalar bo‘yicha ma’lumotlarni yuqori tezlikli uzatish texnologiyasi. Izoh – Shunga o‘xshash raqamli aloqa liniyasini tashkil etish uchun provayderda o‘rnatilgani kabi oxirgi foydalanuvchida ham o‘rnatilishi zarur bo‘lgan maxsus uskuna qo‘llaniladi. " (Raqamli) alohida kodlash|"Rangli televizion signalni analog-raqamli o‘zgartirish usuli, uni uchta tashkil etuvchilardan har biri alohida qayta tashkil qilinadi, masalan, yorug‘lik signali va ikkita ayirmarang signal. " Raqamli-analog o‘zgartirish|"Raqamli signallarni, muhim axborotni saqlab qolgan holda, analog signallarga o‘zgartirish jarayoni. " Raqamli audio kasseta|"Ham tovush signallarini, ham ma’lumotlarni yuqori sifatli raqamli yozish va qayta eshittirish uchun mo‘ljallangan magnit tasmali, uncha katta bo‘lmagan kasseta. Raqamli audio kassetalardan ma’lumotlarni arxivlashda foydalaniladi. " (Raqamli) dekodlash|"1. Dastlabki signalni, qayta tiklash maqsadida, razryadlar ketma-ketligiga nisbatan qo‘llaniladigan jarayon. 2. Rangli televideniyeda – rangli videosignaldan uchta asosiy rangga mos keladigan signallarni olish jarayoni. " Raqamli diskli videomagnitofon|"Axborot eltuvchi sifatida disklardan foydalaniladigan «plyonkasiz» videomagnitofon. " Raqamli (elektron) diplomatiya|"Internet tarmog‘i imkoniyatlaridan va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan diplomatik vazifalarni hal etishda foydalanish. Raqamli diplomatiya doirasida global tarmoqda yangi media, ijtimoiy tarmoqlar, bloglar va shunga o‘xshash mediamaydonchalardan foydalaniladi. Elektron diplomatiyada davlat muassasalari, birinchi navbatda, tashqi siyosat, hukumat organlari, shuningdek, faoliyati tashqi siyosiy kun tartibini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan nohukumat tashkilotlar ishtirok etadilar. Raqamli diplomatiyaning asosiy maqsadlari – tashqi siyosiy manfaatlarni ilgari surish, Internet-televideniye, ijtimoiy tarmoqlar, mobil telefonlar orqali, omma ongiga va siyosiy elitaga yo‘naltirilgan axborot targ‘ibotidan iborat. " Raqamli eshittirish televideniyesi tizimi|"Raqamli eshittirish televideniyesining televizion tasvir, tovush va xizmatga oid axborot to‘g‘risidagi ma’lumotni shakllantirish, uzatish va qabul qilish usullarini belgilaydigan texnik vositalari hamda tegishli texnik parametrlari va tavsiflarining majmui. " (Raqamli eshittirish televideniyesi) transport oqimidagi xatolik bayrog‘i|"Raqamli eshittirish televideniyesining ma’lumotlar transport oqimi tegishli darajasi sarlavhasida bo‘lgan, bu oqimni shakllantirish, uzatish yoki qabul qilish jarayonida yuzaga keladigan muayyan turdagi xatolar to‘g‘risidagi axborotni tashuvchi bitta yoki bir nechta bit. " (Raqamli eshittirish televideniyesida transport oqimi paketlarini) randomizatsiyalash|"Raqamli eshittirish televideniyesi ma’lumotlari transport oqimi paketlarini modulyatsiyalangan televizion signal energiyasini radiokanal polosasida yanada tekisroq taqsimlash va raqamli oqim ma’lumotlarining bitlari o‘rtasidagi o‘tishlarni tasodifiy statistikaga yaqinlashtirish uchun skremblerlashni amalga oshirish operatsiyasi. " (Raqamli eshittirish televideniyesining) dasturiy oqimi|"Bitta umumiy taktli chastotaga ega bo‘lgan video, audio ma’lumotlari va xizmatga oid axborotlar elementar oqimlarini multiplekorslash yo‘li bilan hosil qilingan hamda eshittirish televideniyesi o‘zgaruvchan uzunlikdagi dasturiy paketlaridan tuzilgan ma’lumotlar oqimi. " Raqamli filtrlash|"Raqamli signal chastota spektrining ba’zi komponentlarini raqamli filtr bilan bostirish. " Raqamli guruh hosil qilish iyerarxiyasi|"Raqamli multipleksorlarning bosqichlar bo‘yicha o‘tkazish qobiliyatiga muvofiq, biror tartibdagi guruh hosil qilishlar, har biri quyi darajadagi belgilarni uzatish tezligiga ega va shu tezlikdagi boshqa raqamli signallar bilan keyingi, yanada yuqori darajadagi raqamli multipleksor yordamida bundan keyingi birlashish uchun yaroqli bo‘lgan raqamli signalga birlashishni ko‘zda tutadigan tarzda joylashadigan qatori. " Raqamli imzo|"1. Xabarga qo‘shimcha qilinadigan hamda xabar oluvchiga jo‘natuvchining haqiqiyligini tekshirish imkonini beradigan ma’lumotlar. 2. Ma’lumotlar blokiga yoki uni kriptografik qayta o‘zgartirish natijasiga qo‘shimcha qilinadigan ma’lumotlar ketma-ketligi, u ma’lumotlar oluvchisiga manba va ma’lumotlar blokining yaxlitligini tekshirish, shuningdek, soxtalashtirishdan yoki almashtirishdan muhofaza qilish imkonini beradi. " Raqamli imzo sxemasi|"Raqamli imzoni shakllantirish va uni tekshirish algoritmlarining majmui. Raqamli imzo sxemasining ishonchliligi maxfiy kalit egasi bo‘lmagan shaxs uchun quyidagi uchta vazifani hal qilish murakkabligi bilan belgilanadi: raqamli imzoni qalbakilashtirish, ya’ni berilgan hujjat tagidagi imzoning qiymatini hisoblash; imzolangan xabarni yaratish, ya’ni imzoning to‘g‘ri qiymatiga ega hech bo‘lmasa bitta imzoni topish (raqamli imzoni ekzistensial qalbakilashtirish); xabarni almashtirish, ya’ni imzoning bir xil qiymatlariga ega ikkita turli xabarni tanlash. " Raqamli imzo tizimi|"1. Ma’lumotlar manbaini autentifikatsiyalovchi yoki xabarni autentifikatsiyalovchi kriptografik tizim. Subyektlarning ular avvalroq bajargan xatti-harakatlarini rad etishlaridan muhofaza qilish uchun mo‘ljallangan. 2. Oluvchiga, olingan ma’lumotlar to‘plamining haqiqiyligini va ma’lumotlarning, aynan, nomidan xabar yuborilgan jo‘natuvchi tomonidan yuborilganlik faktining ishonchliligini ta’minlaydigan protsedura hamda vositalar. " Raqamli imzoli xabar|"Shifrlanmagan, lekin raqamli imzoga ega bo‘lgan xabar. " Raqamli imzoni shakllantirish algoritmi|"Dastlabki ma’lumotlari sifatida xabar, imzo kaliti va raqamli imzo sxemasi parametrlaridan foydalaniladigan algoritm, natijada raqamli imzo shakllanadi. " Raqamli imzoni tekshirish algoritmi|"Dastlabki maʼlumotlari sifatida imzolangan xabar, tekshirish kaliti va raqamli imzo sxemasi parametrlaridan foydalaniladigan, raqamli imzoning to‘g‘riligi yoki xatoligi to‘g‘risidagi xulosa esa natijasi bo‘lib hisoblanadigan algoritm. " Raqamli iqtisodiyot|"1. Ishlab chiqarishning asosiy omili raqamli shakldagi ma’lumotlar hisoblanadigan xo‘jalik faoliyati, katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash va ularni tahlil qilish natijalaridan foydalanish, xo‘jalik yuritishning an’anaviy shakllariga nisbatan, ishlab chiqarishning har xil turlari, texnologiyalar, uskunalar, tovarlar va xizmatlarni saqlash, sotish, yetkazib berish samaradorligini sezilarli oshirish imkonini beradi. 2. Onlayn-xizmatlar taqdim etish bo‘yicha servislar, elektron to‘lovlar, Internet-savdo, kraudfanding va boshqalar kiradigan raqamli kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan faoliyat. Odatda, elektron tijorat, Internet-banking elektron to‘lovlar, Internet-reklama, shuningdek, Internet-o‘yinlar, raqamli iqtisodiyotning asosiy elementlari sifatida tilga olinadi. " Raqamli «iz»|"Ma’lumotlar elementining xarakteristikasi, masalan, kriptografik nazorat qiymati yoki ma’lumotlarga nisbatan bir tomonlama xeshlash funksiyasini bajarish natijasi. " (Raqamli) kadr|"Signalning to‘liq siklini tashkil etuvchi ketma-ket taym-slotlarning takrorlanuvchi to‘plami, bunda har bir taym-slotning nisbiy pozitsiyasi identifikatsiyalanadi. " Raqamli kira olish va kommutatsiyalash tizimi|"DS-0 (64 kbit/s) darajasiga T1 va E1 liniyalarini elektron usulda aks ettirish imkonini beradigan kommutator; DCS va DXS deb ham ataladi. " Raqamli klaviatura|"Standart klaviaturaning o‘ng tomonidagi, Num Lock indikatori yonib turganda sonli ma’lumotlarni tezda kiritish uchun mo‘ljallangan klavishlar bloki. " Raqamli kompyuter|"Diskret ma’lumotlarni qayta ishlash yo‘li bilan masalalarni hal etadigan kompyuter; bitta yoki undan ko‘p diskret o‘zgaruvchilar shaklida keyingi barcha funksiyalarni bajara oladigan, ya’ni a) kiritiladigan ma’lumotlarni qabul qiladigan; b) doimiy yoki o‘zgaradigan saqlash qurilmalarida ma’lumotlar yoki komandalarni saqlaydigan; c) o‘zgarishi mumkin bo‘lgan ko‘rsatmalarning yozilgan ketma-ketligi vositasida ma’lumotlarni qayta ishlaydigan; d) ma’lumotlar chiqarilishini ta’minlaydigan apparatura. " Raqamli konvert|"1. Xabarga qo‘shimcha qilinadigan hamda mo‘ljallangan oluvchiga xabar mazmunining yaxlitligini tekshirish imkonini beradigan ma’lumotlar. 2. Xabarlarni shifrlash uchun simmetrik kriptotizimdan, maxfiy kalitlarni shifrlash uchun esa asimmetrik kriptotizimdan foydalaniladigan mexanizm. Shu tarzda uzoq muddatli kalit asimmetrik kriptotizimga, seansli kalit simmetrik kriptotizimga tegishli bo‘ladi. " Raqamli ko‘p maqsadli disk|"DVD-diskka yuqori sifat bilan yozilgan video-fayl. MPEG-2 tasvir siqishda va Dolby Digital standartidagi tovushda ishlatiladi. Kinoqaroqchilik bilan kurashish maqsadida har bir DVD da region kodi ko‘rsatiladi, DVD-proigrivatellar esa disklarni faqat regionning tegishli kodi bilan qayta tiklashi mumkin. " Raqamli ma’lumotlar bazasi|"Raqamli ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar bazasi. " Raqamli mikrouyali simsiz aloqa tizimi|"1. O‘z foydalanuvchilariga, ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishdan himoyalangan yuqori sifatli barqaror aloqani ta’minlaydigan tizim. DECT standarti nutqli va faksimil aloqani, shuningdek, ma’lumotlar uzatishni ta’minlaydi. 2. Yevropa raqamli simsiz telekommunikatsiyalari. Yevropa simsiz telefon aloqa standarti. TDMA texnologiyasi asosida 1,8 GHz va 1,9 GHz chastota diapazonida ishlaydi. Kanalni dinamik tanlash/ajratish texnologiyasidan foydalanish bir nechta DECT telefoni foydalanuvchilariga so‘zlashuvni aynan bitta tayanch chastotada olib borish imkonini beradi. Paketlarni kommutatsiyalash usulini qo‘llash hisobiga, DECT ma’lumotlarni simsiz uzatish tezligi 522 Kbit/s gacha, kelajakda esa, 2 Mbit/s gacha yetishini ta’minlaydi. DECT/GSM ikkita standartli mobil tarmoqlar tarqalishi bilan DECT yanada ommaviylashadi. " Raqamli miksher|"Raqamli televizion signalning bir nechta ma’lumotlar oqimini qayta ishlash uchun mo‘ljallangan qurilma. " Raqamli modem|"Axborot uzatish uchun analog modemlarga nisbatan, yuqoriroq chastotalardan (4 kHz dan (1-2) MHz gacha) foydalanadigan modem. " Raqamli multipleks iyerarxiyasi|"Multipleksorlashning bir qator darajalari, bunda har bir daraja aniq bitreyt bilan tavsiflanadi va har bir daraja past darajadagi bitreyt bilan multipleksorlangan signallardan tashkil topgan raqamli signallar bilan ishlaydi. Izoh – XEI standartizatsiya sektori raqamli multipleks iyerarxiya-ning ikkita: plezioxron raqamli iyerarxiya va sinxron raqamli iyerarxiya turini standartlashtirgan. " Raqamli oqimlar va kanallarni ajratish apparaturasi|"Bo‘shagan pozitsiyalarga kiritiladigan signallar guruhiga kiradigan, iyerarxiya oldingi bosqichining qatʼiy belgilangan raqamli oqimiga tegishli bo‘lgan pozitsiyalarni raqamli signallar guruhidan ajratib olinishini taʼminlovchi apparatura. " Raqamli oqimlarni uzatishning ko‘p tezlikli texnologiyasi|"Ikki simli tarmoqdan ma’lumotlar o‘tish tezligini 2 Mbit/s gacha ta’minlab beruvchi texnologiya. Modulyatsiya usuli – 2BIQ. Barcha o‘tkazish yo‘li Е1 butun kanali va bir nechta nutq kanallari o‘rtasida bo‘linadi. " Raqamli ovoz yoziladigan kompakt disk|"Disk tovush yo‘lkalaridan tuzilgan bo‘lib, u 73 min davomida yuqori sifatli jarangli ma’lumotlarni berish imkoniga ega. Musiqani diskdan kompyuterga ko‘chirib olish maxsus dastur – grabberlar orqali amalga oshiriladi. " Raqamli resurslarni boshqarish|"Video, audio va fotoalbomlarga tez kira olish va kataloglash uchun mo‘ljallangan dasturiy vosita. Bunga Google Picasa ni yorqin misol qilib keltirish mumkin. " Raqamli savodxonlik|"Raqamli kompetentlikka (chuqur bilimga ega bo‘lishlikka) erishish, axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan ish, dam olish, muloqot uchun qat’iy va tanqidiy foydalanish uchun zarur bo‘lgan malaka. " Raqamli sertifikat|"Foydalanuvchi, kompyuter, server, kompaniya yoki boshqa obyektni identifikatsiya qilish uchun va ochiq kalitni obyekt bilan bog‘lash uchun xizmat qiladigan elektron hujjat. Raqamli sertifikat sertifikator (Certification Authority) tomonidan beriladi va shu sertifikatorning raqamli imzosi bilan ta’minlanadi. " Raqamli signallar protsessori|"Analog signallarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan protsessor (mikrosxema). Tovush kartalarida, ma’lumotlar to‘plash tizimlarida va tasvirlarga ishlov berishda foydalaniladi. " Raqamli tafovut|"Internetga kirish huquqi bo‘lganlar, Butunjahon o‘rgimchak to‘rida taklif qilinadigan yangi xizmatlardan foydalana oladiganlar bilan, bu xizmatlardan chiqarib tashlanganlar o‘rtasidagi farq. Izoh – Tayanch darajada fuqarolar va korxonalarning axborot jamiyatida ishtirok etishi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga, ya’ni kompyuterlar va Internet ulanishlar kabi elektron qurilmalar mavjudligiga bog‘liq. Raqamli tafovutni yosh, ma’lumot, jins, daromad, ijtimoiy guruhlar yoki geografik o‘ringa bog‘liq holda ishtirok etishdagi farqni tavsiflaydigan mezonlarga muvofiq tasniflash mumkin. " Raqamli tarmoq|"Ikki yoki bir nechta punkt o‘rtasida aloqani tashkil qilish maqsadida ular o‘rtasidagi raqamli bog‘lanishlarni yaratish uchun foydalaniladigan raqamli uzellar va raqamli ulovchi liniyalar majmui. " Raqamli taroqsimon filtr|"Televizion eshittirishda aralashib ketgan yorqinlik va ranglilik signallarini ajratadigan filtr. Bu texnologiya signalning buzilishini, rang shovqinlarini, «nuqtalarning sirpanish» effektlarini pasaytirish imkonini beradi. Televizion dasturlarda ba’zida kesishuvchi rang buzilishlari paydo bo‘ladi, (masalan, ko’rsatuv boshlovchisi yo‘l-yo‘l kostyum yoki mayda xol-xol ko‘ylak kiygan hollarda). Taroqsimon filtr bu buzilishlarni bartaraf etadi. Natijada tasvir aniqroq va tozaroq chiqadi. " Raqamli tasvir kanali|"Eshittirish televideniyesi raqamli traktining raqamli televizion videosignallarni shakllantirish, uzatish va qabul qilish uchun mo‘ljallangan qismi. " Raqamli televideniye|"Axborot raqamli signallar yordamida ifodalanadigan televideniye. " Raqamli televizion bog‘lovchi liniya|"Eshittirish televidenyiesi raqamli traktining qismlari o‘rtasida, raqamli televizion videosignallar va tovush signallarini, shuningdek, translyatsiya qilinishi zarur bo‘lgan maxsus ma’lumotlarni uzatish uchun mo‘ljallangan liniya. " Raqamli televizion dekoder|"Televizion videosignalni raqamli dekodlash qurilmasi. " Raqamli televizion eshittirish|"Raqamli eshittirish televideniyesining iste’molchiga televizion dasturlar va xizmatga oid axborotni uzatish uchun mo‘ljallangan tarkibiy qismi. Izoh – Xizmatga oid axborot deganda, metama’lumotlar, iste’molchining ma’lumotlari va h.k.lar tushuniladi. " (Raqamli televizion eshittirish tizimining) global modeli|"XEI tomonidan Xalqaro standartlashtirish tashkiloti bilan birgalikda yaratilgan va iste’molchilarga ommaviy ko‘p maqsadli axborot xizmatlari ko‘rsatishda raqamli televizion eshittirishdan foydalanishni ko‘zda tutadigan model. " Raqamli televizion kamera|"Tasvir signalini raqamli qayta ishlaydigan va chiqish televizion signallari raqamli bo‘lgan televizion kamera. " Raqamli televizion koder|"Televizion videosignalni raqamli kodlash qurilmasi. " Raqamli televizion qo‘shimcha moslama|"Raqamli televizion signalni qabul qilish va analog signalga o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan, analog televizorga qo‘yiladigan qo‘shimcha moslama. Izoh – Qo‘shimcha moslamaga multimedia funksiyalari yuklatilishi mumkin. " Raqamli televizion signal ma’lumotlar oqimini yashirin markalash|"Raqamli televizion signal ma’lumotlar oqimiga maxsus kalitsiz aniqlab bo‘lmaydigan va o‘chirilmaydigan kodni kiritish. Izoh – Bu kod materialning aslligini tekshirish imkonini beradi hamda yashirin axborotni tashish vositasini taqdim etadi. " Raqamli televizion signallar regeneratori|"Raqamli televizion videosignallar va tovush signallarining taktli sinxronlanishini tiklash uchun mo‘ljallangan qurilma. " Raqamli televizion sinov jadvali|"Elementlari eshittirish televideniyesining raqamli traktida yoki uning qismlarining chiqishida televizion tasvir parametrlari va xarakteristikalarini baholash uchun xizmat qiladigan standart tasvir. " Raqamli televizion videosignal|"Analog televizion videosignalni raqamli kodlash natijasida olingan televizion videosignal. " Raqamli televizion yo‘ldoshli liniya|"Raqamli televizion videosignallar va tovush signallarini, shuningdek, translyatsiya qilinishi zarur bo‘lgan maxsus ma’lumotlarni bitta yoki bir nechta aloqa yo‘ldoshi orqali uzatuvchi va qabul qiluvchi yer stansiyalari o‘rtasida uzatish uchun mo‘ljallangan radioliniya. " Raqamli (televizion) matritsali kommutator|"Raqamli televizion signal ma’lumotlarining kirish va chiqish oqimlarini qo‘shimcha tarzda qayta ishlash imkoniyati bilan, o‘z portlari o‘rtasida iste’molchilarning manzillarini hisobga olgan holda fizik bog‘lanishni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan qurilma. " Raqamli televizion o‘lchash signallari generatori|"Raqamli televizion o‘lchash signallarining parallel yoki ketma-ketlikdagi oqimlarini shakllantirish uchun mo‘ljallangan qurilma. " Raqamli televizor|"Televizion videosignallarni, sinxronizatsiya signallarini va tovush jo‘rligi signallarini raqamli qayta ishlash jarayonini o‘z ichiga olgan televizor. " Raqamli texnologiyalar asri|"Raqamli texnologiyalar global ravishda tarqalganda yuzaga kelgan atama. Bu jarayon zamonaviy hayotning ijtimoiy-madaniy jihatlariga sezilarli taʼsir ko‘rsatadi. " Raqamli tovush kanali|"Eshittirish televideniyesi raqamli traktining raqamli televizion tovush signallarini shakllantirish, uzatish va qabul qilish uchun mo‘ljallangan qismi. " Raqamli ulanish|"Telekommunikatsiyalar tarmog‘ining punktlari o‘rtasida raqamli signallarni uzatish uchun tashkil qilingan raqamli kanallar, kommutatsion va boshqa funksional bloklarni ketma-ket birlashtirish. " Raqamli universal disk|"Axborot tashuvchining turi. Bir qatlamli bir tomonlama «oddiy» DVD diskning sig‘imi 4,7 Gb ga (DVD-4,7) teng. Ikki tomonlama (DVD-10) hamda ikki qatlam (DVD-9) DVD-disklar mavjud. Ikki qatlamli ikki tomonlama super DVD disk (DVD-18) o‘zining axborot «sig‘imiga» ko‘ra, to‘rtta «oddiy» diskka teng. " Raqamli valyutalarni almashish onlayn-servisi|"Mijozlarga raqamli vositalarni boshqa aktivlarga, jumladan, milliy valyutalarga va boshqa raqamli valyutalarga ayirboshlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadigan veb-xizmat. Izoh – Bu atama bilan bir qatorda, «raqamli valyutalar birjasi», «raqamli valyutalar bilan savdolarni tashkillashtiruvchi», «savdo servisi», «elektron ayirboshlash maydoni» ta’riflari ham ishlatiladi. Bunday xizmatlar odatda, faqat onlayn-servislar taqdim etadi, barcha operatsiyalarni elektron shaklda amalga oshirgan holda. Biroq, valyutalarni ayirboshlashning an’anaviy usullari ham taklif qilinishi mumkin. Odatda operatsiyalar uchun vositachilik haqi olinadi. Bank kartalari bo‘yicha operatsiyalar, pul o‘tkazmalari, shu jumladan pochta o‘tkazmalari yoki raqamli valyutalarga ayirboshlash evaziga boshqa to‘lov shakllari amalga oshirilishi mumkin. Mijozdan raqamli valyutalar sotib olinganda, pul mablag‘lari bank hisobraqamlariga, shu jumladan, kartochka hisobraqamlariga o‘tkazilishi mumkin. " Raqamli video|"Raqamli shaklda yoziladigan va qayta ishlanadigan videosignal. " Raqamli videointerfeys|"Interfeys standarti va videotasvirlarni suyuq kristalli monitor, televizor, proyektor kabi raqamli aks ettirish qurilmalariga uzatish uchun mo‘ljallangan tegishli razyom. Digital Display Working Group konsorsiumi tomonidan ishlab chiqilgan. " Raqamli (video) kamera|"Bevosita raqamli shaklda (harakatlanadigan yoki harakatlanmaydigan) tasvirni yaratadigan, shuning uchun tasvirni xotiraga yozib olishdan yoki aloqa liniyasi bo‘ylab uzatishdan avval analog-raqamli o‘zgartirish talab etilmaydigan kamera. " Raqamli videosignal yozilgan interaktiv kompakt disk|"CD-ROMning bir turi bo‘lib, foydalanuvchining diskdan maxsus yozish formatiga ega, tasvir hamda tovush fayllarini ijro etishning sifatini oshirib beruvchi ma’lumotlarni o‘qishda (yozishda) boshqarishga xizmat qiladi. Raqamli videointeraktiv (DVI) formati ushbu disklar uchun muqobil format hisoblanadi. " Raqamli xavfsizlik|"Axborotning konfidensialligini, yaxlitligini va undan foydalana olishlikni, viruslar hujumidan va ruxstsiz aralashuvdan himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar kompleksi. " (Raqamli) tasvirni kodlash|"Tasvir (kadr) to‘g‘risidagi axborotning har bir elementi, masalan, kvantlangan qiymat belgilangan qoidalarga muvofiq, razryadlar ketma-ketligida taqdim etiladigan jarayon. Izoh – «Kodlash» atamasi rangli televideniyeda boshqa mazmunga ega. " Raqamli yo‘ldoshli televizion eshittirish|"Aloqa yo‘ldoshlarida va kosmik stansiyalarda joylashtiriladigan televizion retranslyatorlar orqali amalga oshiriladigan raqamli televizion eshittirish. " Raqamli o‘zgartirgich|"Nuqtalar koordinatalarini avtomatik raqamlash yo‘li bilan grafik axborotni (sxemalarni, chizmalarni) kiritish qurilmasi. " Raqamli chiqish|"Raqamli oqimni uzatish imkonini beradi. Fizik jihatdan elektrik (RCA ajratgich) yoki optik (Toslink ulagich) bo‘lishi mumkin. " Raqamni aniqlamaydigan qurilma|"Abonentga boshqa telefonlar tomonidan o‘z raqamini aniqlashni taqiqlash imkonini beradigan xizmat. " Raqamni avtomatik aniqlash apparaturasi|"Chaqirayotgan abonent oxirgi (terminal) abonent telefon qurilmasining kategoriyasi va raqamini aniqlash uchun mo‘ljallangan qurilma. " Raqamni ko‘chirish|"Bir operatordan boshqasiga o‘tishda abonent raqamini saqlash imkonini beradigan xizmat. " Raqamni qayta manzillash bilan chaqiruv|"Abonent raqami band bo‘lganda yoki ma’lum vaqt davomida javob bermaganida, barcha kiruvchi chaqiruvlarni saqlab qolish mumkinligi. Izoh − Barcha chaqiruvlar avtomatik ravishda boshqa raqamga o‘tkaziladi va ulardan navbat shakllantiriladi. Shuningdek, xabarlar abonentning tovushli pochta qutisiga jo‘natilishi ham mumkin. " Raqamni takrorlash xizmati|"Abonent uchun qisqa kodni terish orqali avval terilgan raqam bilan takroran bog‘lanish imkonini beradigan xizmat. " Rasm (shakl)|"Veb-sahifada illyustratsiya vazifasini bajaruvchi rasm. Texnik matnlar o‘zlashtirilishini osonlashtiradi. " Rasm va matn|"Ikkita tyunerli televizorlarda mumkin bo‘lgan, ekranning chap tomonida telematn, o‘ng tomonida esa o‘lchami rostlanadigan tasvir proyeksiyalanadigan dinamik funksiya. " Rasmda rasm (videokameralarda)|"Qandaydir yozuv yoki rasm yoxud obyektni suratga olib, keyin uni harakatlanmaydigan tasvir ko‘rinishida xotiraga kiritish. " Rasmiy hujjat matni|"Axborotning biror bir tashuvchisida qayd etilgan va hujjatdagi axborot nutqining barchasini yoki asosiy qismini o‘zida aks ettiruvchi axborot. " Rasmiy hujjat sanasi|"Hujjat tuzilgan yoki imzolangan sanani o‘z ichiga oluvchi rasmiy hujjat rekviziti. " Rasmiy hujjat sarlavhasi|"Hujjatning mazmunini qisqa bayon qiluvchi hujjat rekviziti. " Rasmiy hujjatni rasmiylashtirish|"Zarur rekvizitlarni qo‘yish. " Rasmiy parametr|"Protsedura sarlavhasida, protsedura e‘lon qilinadigan paytda ko‘rsatiladigan parametr. Protsedurani chaqirishda unga aniq (aktual) parametrlar beriladi. " Rasmiy til|"Sintaksisi va semantikasi ochiq ko‘rinishda, undan foydalangunga qadar berilgan til. Rasmiy tillarga, xususan, dasturlash tillari kiradi. " Rastr|"Tasvirlarni to‘g‘ri burchakli matritsaviy tasvir elementlari – piksellar shaklida taqdim qilish raqamli vositasi. Ular tasvirlarni yoki fazoviy obyektlarni rastrli ifodalash asosidir. " Rastrlash|"Vektor formatidagi ikki o‘lchamli tasvirni displey yoki printerga chiqarish uchun piksellar yoki nuqtalarga o‘girish. Vektorlashga teskari bo‘lgan jarayon. Atama XIX asrning o‘rtalarida chop etishning ofset usuli va sifatli chop etish uchun zarur bo‘lgan rastr texnologiyasi yaratilishi bilan paydo bo‘lgan. " Rastrli|"Grafik obyektni bitli ko‘rinishda, rastrli tasvirlanishi. Tasvir va shriftlarni «katakchali» ko‘rinishda ifodalash uchun qo‘llaniladi. Rastrli tasvirlarni taqdim etish formati, tasvirning har bir pikseliga uning rangini ifodalovchi bir nechta ikkilik razryad mos keladi. " Rastrli grafika|"Tasvir nuqtalar to‘plami ko‘rinishida taqdim etiladigan grafika. Har bir nuqta rastr elementi deyiladi, uning tavsifi maxsus rastrli fayllarda saqlanadi. Rastrli fayllarning bir nechta formati bor, masalan, Windows da foydalaniladigan, apparat jihatdan mustaqil rastrli format DIB (Device Independent Bitmap). " Rastrli operatsiyalar kodi|"Eski va yangi tasvir piksellarini tenglash yo‘li ko‘rsatgichi. Odatda boshlang‘ich tasvir oddiygina natija tasvir bilan qayta yoziladi. " Rastrli protsessor|"Rastrli tasvirlarni fototerish avtomatida yoki raqamli bosma tizimda chiqarish vositasi. " Rastrli tasvir|"Alohida oddiy elementlar bo‘lmish piksellardan qatorlab shakllantirilgan tasvir. Tasvir matritsasidagi ko‘p sonli piksellar uning shunday shaklini taʼminlaydiki, unda nuqtalar bir biri bilan deyarli qo‘shilib ketadi. Rastrli grafikaning muhim fazilati bo‘lib, u tasvirlarga ishlov berishni ancha yengillashtirish, tasvirning har bir elementini tahrir qilish imkonidir. Rastrli tasvirlarning kamchiligi ohista o‘zgara-digan egri chiziqlarni yarata olmasligidir. Masalan, aylana har doim siniq egri chiziq shaklida tasvirlanadi. Bu sinishlarni tasvir rastri nuqtalari sonini oshirish hisobiga kamaytirish mumkin, ammo to‘liq yo‘q qilib bo‘lmaydi. " Rastrli to‘sig‘i (parallaks to‘sig‘i) bo‘lgan stereoskopik kineskop (displey)|"Stereoskopik kineskop, bunda to‘r shaklidagi niqob ekranning old qismida ikki tomonga yo‘naltirilgan yorug‘lik bo‘lgich (tasvir ajratgich) ni hosil qiladi, shuning uchun, chap va o‘ng ko‘z uchun navbatma-navbat ko‘rsatiladigan tasvirlarni ajratish uchun boshqa vositalar (masalan, ko‘zoynak) ga zarurat bo‘lmaydi. " Rastrli-vektorli o‘zgartirish|"Obyektlarni rastrli ifodalashdan vektorli shaklga avtomatik yoki yarimavtomatik ravishda aylantirish. " Rasshifrovkalash|"Oldindan aniqlangan algoritm yordamida shifrlangan matnni o‘qish uchun yaroqli matnga o‘girish jarayoni. Shifrlash jarayoniga teskari operatsiya. " Raund|"Faystel shifridagi va arxitektura jihatdan unga yaqin bo‘lgan shifrlardagi shifrlashning bitta qadami. Shifrlash jarayonida shifrlanadigan blokning bitta yoki bir nechta qismi o‘zgarishga uchraydi. " Raund kaliti|"Kriptoalgoritm kalitidan olinadigan va shifrlashning bir raundida Fеystel shifri hamda o‘xshash kriptoalgoritmlar tomonidan foydalaniladigan maxfiy element. " Ravon to‘lqin o‘tkazgichli o‘tish|"Ko‘ndalang kesimi asta-sekin o‘zgaradigan to‘lqin o‘tkazgichli seksiya. Kesimi turlicha bo‘lgan to‘lqin o‘tkazgichlarni biriktirish uchun qo‘llaniladi. " Razryad|"Pozitsion sanoq tizimida raqam egallaydigan, tartib raqamiga ega joy. So‘zda har qanday simvolning joyi. Razryad raqami birdan boshlab chapdan o‘ngga hisoblanadi. Razryadlarning umumiy soni so‘zning uzunligini belgilaydi. " Razryad ahamiyati|"Razryadning kodli so‘zdagi pozitsiyasi bilan ifodalanadigan qiymat. " Real ochiq tizim xavfsizligi|"Uskuna, dasturiy ta’minot va ma’lumotlarni, tasodifiy hamda ataylab qilinadigan o‘zgartirishlardan, ochish va buzishdan muhofaza qilish uchun, real ochiq tizimda qo‘llaniladigan texnologik va ma’muriy himoya chora-tadbirlari. " Real vaqt rejimi|"Hisoblash tizimining ishlash rejimi, bunda tashqi muhitda yuz beradigan jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qayta ishlash, jarayonlar o‘zi kechadigan sur’atda kechadi. " Real vaqt rejimida hisoblashlar|"Foydalanuvchi yoki tashqi protsessorlar tezligida axborotni qayta ishlash rejimi. " Real vaqt tizimlari|"Real vaqt rejimida turli xil texnik, harbiy va boshqa obyektlarni boshqarish uchun mo‘ljallangan hisoblash tizimlari. Apparaturaga va dasturiy ta’minotga, shu jumladan, operatsion tizimga: tizim javob vaqtining, ya’ni operatsion tizim bajarilishi kutilayotgan vaqtning oshishiga yo‘l qo‘ymasdik uchun qo‘yiladigan asosiy talab bilan tavsiflanadi. " Real vaqtda uzatish protokoli|"IPv6 (Internet protocol, ver.6) protokoli tarkibiga kiradigan protokollardan biri. Ko‘p yoki bir manzilli xizmatlardan foydalanib, ma’lumotlarni real vaqtda (masalan, audio va videoma’lumotlar yoki modellash ma’lumotlari) uzatuvchi tarmoqda ilovalar uchun ochiq uzatish funksiyasini ta’minlash uchun loyihalashtirilgan. RTP protokoli foydali yuklama turini identifikatsiyalash, ketma-ketliklarni raqamlash, vaqt belgilari bilan ta’minlash va real vaqt ilovalarini yetkazish monitoringi kabi xizmatlarni taqdim etadi. " Redaktor|"Foydalanuvchiga klaviaturadan dasturlarning boshlang‘ich matnini kiritish va o‘zgartirish, shuningdek, ixtiyoriy matnli fayllar bilan ishlash imkonini beradigan dastur. " Redirekt|"Qar.: Qayta marshrutlash. " Referer|"HTTP protokolida mijoz so‘rovlari sarlavhalaridan biri. So‘rov manbaining URL manzilini saqlaydi. Biror bir veb-sahifadan boshqa sahifaga o‘tganda referer birinchi sahifaning manzilini saqlab qoladi. HTTP serverida o‘rnatilgan dasturiy taʼminot refererni tahlil qilib, undan turli maʼlumotlarni olishi mumkin. " Regenerator|"Uzatish jarayonida qisman buzilgan raqamli signalni dastlabki signalga aylantiruvchi qurilma. " Regeneratsiya qilish|"Qisman buzilgan raqamli axborot va tasvir elementlarini tiklash tartiboti. " Region; zona; rayon|"Yer sharining, doirasida chastotalar polosalari taqsimlanishining yagona qoidalari amal qiladigan qismi. Butun Yer shari shartli ravishda uchta rayonga bo‘lingan bo‘lib, (ITU tavsiyalari), Radioaloqalar Reglamentida ularning har biri uchun tegishli talablar mavjud. " Regional hisoblash tarmog‘i|"Masshtab bo‘yicha lokal va global tarmoqlar o‘rtasidagi oraliq tarmoq. " Registr|"Jismonan protsessorda joylashgan va katta bo‘lmagan ma’lumotlarni vaqtincha saqlash, ulardan tez foydalanish imkonini beradigan qurilma. " Registr nomi|"Protsessorning har bir registrini aniqlaydigan identifikator (harfli yoki harf-raqamli belgi). " Registr uchun ta’sirli|"Harflar registrlarini taniydigan ma’lumotlar. Bular «password» turidagi maydonlar, konsol komandalari va *nix kabi operatsion tizimlardagi fayllarning nomlari. " Registr uchun ta’sirli bo‘lmagan|"Bosh va kichik harflar bir xil ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlar. Bular Windows operatsion tizimining matnli maydonlari va konsol komandalaridir. " «Registrlar tablosi» usuli|"RISC-protsessorlarda konveyerlar samarali yuklanishini ta’minlash va komandalarning o‘tish tartibi o‘zgartirilgan holda, ularning birgalikda bajarilishini tashkil qilish uchun qo‘llaniladigan usul. " Registrli fayl|"Dasturchi foydalana olishi mumkin bo‘lgan protsessor registrlarining jami. " Registrli manzillash|"Operand maydonida komandaга, xotiraning bajaruvchi manzilini ichiga oladigan umumiy maqsadlardagi registrlardan birining raqami beriladigan manzillash usuli. " Registrli o‘zgaruvchi|"Translyator tezkor xotira yacheykasini emas, balki protsessor registrini ajratadigan o‘zgaruvchi. " Reglament|"Odatda, bosqichlarning talab qilinadigan bajarilish muddatlari ko‘rsatilgan holda, biznes-jarayonni bajarish uchun, qatnashchilar guruhi bosib o‘tadigan bosqichlar tartib bilan tavsiflanadigan va sanab o‘tiladigan hujjat. " Regressiv testlash|"Tahrir qilingan dasturiy ta’minotni, avval ishlagan funksiyalarning ishlash qobiliyatini tekshirish maqsadida testlash. " Regressiya|"Maʼlumotlarni intellektual tahlil qilish texnikasi. Bir necha ko‘paytmali tenglamalarda ishlatiladi. Regressiyaning eng sodda turi chiziqli regressiyadir. " Reinjiniring|"Axborot texnologiyalari asosida biznes jarayonlarni takror, takomillashtirilgan tarzda loyihalash. " Rejalashtirish|"Ketma-ket bajarilishi (yoki erishilishi) tizim oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishishga olib keladigan harakatlar, kichik vazifalar, operatsiyalar, kichik maqsadlar ketma-ketligini tuzish jarayoni. Intellektual tizimlarda rejalashtirish vazifalar makonida yoki holatlar makonida amalga oshirilishi mumkin. " Rejalashtirmoq|"Rejalar tuzish, vazifalarni hal qilishning borishi, ularning ketma-ketligi va x.k. bilan bog‘liq harakat. " Rejalashtiruvchi|"Harakatlar rejasini izlash uchun mo‘ljallangan dasturiy vositalar kompleksi. " Rejektorli filtr|"Uncha qimmat bo‘lmagan televizorlarda taroqsimon filtrning o‘rnini bosuvchi sxema. Yorqinlik va ranglilik signallarini ajratadi. " Rejim biti|"Tizim registrida saqlanadigan va tizim rejimi uchun 0 ga teng va foydalanuvchi rejimi uchun 1 ga teng komandalarni bajarishning joriy rejimini belgilaydigan bit. " Rejimli obyektlar|"Texnologik ishlab chiqarishi, hisobotlari davlat siri hisoblanadigan ma’lumotlarni o‘z ichiga oladigan tashkilotlar. " Reklama|"Qar.: Internet reklama. " Reklama dasturiy taʼminoti|"Foydalanuvchining ruxsati bilan yoki ruxsatisiz reklamani namoyish qiluvchi dastur. Bunday dasturiy taʼminot yashirin tarzda yoki foydalanuvchini chalkashtirib ishlamaydi, balki foydalanuvchiga yangi xizmatlarni taklif etadi. " Reklama maydonchasi|"Veb-sahifada grafik yoki matnli reklama bannerlari materiallarini joylashtirish uchun ajratilgan o‘rin. Reklama o‘rinlari odatda standart o‘lchamlarga ega bo‘ladi (masalan, 100x100, 468X60, 600X90 piksel). " Reklama tarmog‘i|"Muayyan reklama o‘rinlarida reklama materiallarini joylashtirishni boshqarish tizimi. Tarmoqlar turli reklama maydonchalaridagi reklama o‘rinlarini birlashtirishi mumkin (masalan, banner ayirboshlovchi tarmoq, banner xarid tarmoqlari) yoki bir saytning yoki portalning ichida (ichki tarmoqlar) ishlatiladi. " Reklama o‘rni|"Qar.: Reklama maydonchasi. " Rekombinatsiya koeffitsiyenti|"Hajm birligidagi ionlashtirilgan zarralarni vaqt birligiga birlashtirish ehtimolligini tavsiflovchi koeffitsiyent. " Rekursiv filtr|"Chiqishdan kirishga teskari bog‘lanishga va tuganmas impulsli javobga ega raqamli filtr. " Rekursiv funksiya|"O‘ziga-o‘zi murojaat qiladigan funksiya. Rekursiv funksiyalardan funksional dasturlash tillarida, xususan, LISP tilida keng foydalaniladi. " Rekursiya|"Kichik dastur yoki funksiyaning, bajarilish paytida iterativ operatsiyani bajarish uchun o‘zini-o‘zi chaqirish qobiliyati. " Relevantlik|"Izlash mashinalarida ‒ tanlangan axborotning izlash mezonlariga mos kelish darajasi. " Reley qonuni|"Sochilgan yorug‘lik intensivligi yorug‘lik to‘lqin uzunligining to‘rtinchi darajasiga teskari proporsional bo‘lishini belgilaydigan fizik qonun. " Relyatsion ma’lumotlar bazasi|"O‘zaro bog‘langan ikki o‘lchamli (relyatsion) jadvallar yig‘indisi. Har bir jadval bitta mohiyatni aks ettiradi. Relyatsion ma’lumotlar bazasida ikkita jadval orasidagi aloqalar aloqa kaliti (bosh jadval kaliti) orqali ta’minlanadi. Ma’lumotlar bazasi bilan ishlash uchun, jadvallardan, shakllar, so‘rovlar, hisobotlar, makroslar va modullardan foydalaniladi. Jadvallar ma’lumotlar bazasida axborotni saqlash uchun foydalanuvchilar tomonidan tuziladi, bunda har bir mohiyatga bitta jadval mos keladi. Jadval (maydon) ustunlari rekvizitlarning qiymatlarini, jadval (yozuv) satrlari esa, mohiyat nusxalarini ichiga oladi. " Relyatsion ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (RMBBT)|"Relyatsion model asosida tuzilgan, relyatsion ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi. Har bir relyatsion ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi – bu, jadvallarni qayta ishlashga spetsifik yetarlicha kuchli dasturlash tilidir. Bu tizimlarning oxirgi versiyalari na faqat yaxshi tezlik sifatlariga, balki qulay foydalanuvchi interfeysiga ham ega. Bu tizim tarkibiga odatda tuzimlastirilgan so‘rovlar tili kiradi. Shaxsiy kompyuterlar uchun belgilangan ko‘plab relyatsion ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi tarkibiga uchta modul: komanda tili, talqin qiladigan va/yoki kompilyatsiyalovchi tizim va foydalanuvchi qobig‘i kiradi. " Relyatsion model|"Ma’lumotlar tuzilmasini, ma’lumotlar ustidagi yo‘l qo‘yiladigan operatsiyalar, ma’lumotlarning yaxlitligi ta’minlanadigan maxsus qoidalar tavsiflangan ma’lumotlar modeli. Edgar Kodd tomonidan IBM firmasida 1970-yilda ishlab chiqilgan. An’anaviy nazariy ko‘plik operatsiyalar (birlashtirish, kesishish, farq va dekart ko‘paytmasi) va maxsus relyatsion operatsiyalar (seleksiya, proeksiya, birlashtirish va bo‘lish) yo‘l qo‘yiladigan ikki o‘lchamli jadvallar ko‘rinishida taqdim etiladi. Modeldan foydalanish, ham relyatsion ma’lumotlar bazalarini, ham relyatsion ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimini yaratish imkonini berdi. " Remultipleksorlash|"Mahalliy transport oqimiga aloqa liniyasi bo‘yicha keluvchi, boshqa vaqt bazasiga ega bo‘lgan «begona» transport oqimini kiritish. " Rendering|"1. Ekranda rang, soyalarni (uch o‘lchamli electron grafikada) qo‘shish uchun matematik modellar (formulalar)dan foydalanib amaliy tasvirlarni yaratish jarayoni. 2. Kompyuter dasturi yordamida (masalan, maʼlumotlar tuzilmasi ko‘rinishida) tasvir olish, vizuallashtirish. " Repiter (takrorlagich)|"Tarmoq elementlari orasida kabel uzunligi oshganda, kompyuter tarmog‘idagi signalni kuchaytiradigan va regeneratsiyalaydigan elektron qurilma. " Repozitoriy|"Qandaydir ma’lumotlar saqlanadigan va ta’minlanadigan joy, omborxona. Ma’lumotlar repozitoriyda ko‘pincha, keyinchalik tarmoq bo‘ylab tarqatish mumkin bo‘ladigan fayllar ko‘rinishida saqlanadi. " Reselling|"1. Xosting resellingi. Serverni qismlarga ajratib, uning quvvatlarini boshqa provayderlarga sotish. 2. Domenlar resellingi. Domen administratoridan domen nomlarini sotib olib, ularni boshqalarga sotish. " Resiver|"Qar.: Raqamli televizion qo‘shimcha moslama. " Resurs|"1. Tizimning, foydalanuvchiga yoki jarayonga ajratilishi mumkin bo‘lgan, mantiqiy yoki fizik qismi. 2. Hisoblash tizimi komponentlaridan istalgani va u taqdim etadigan imkoniyatlar. " Resurs bloki|"LTE kanalda uzatish resursi birligi, 0,5 ms vaqt intervali mobaynida egallanadigan 12 ta subchastota intervalidan tashkil topgan. Summar resurs bloki chastotalar polosasi 180 kHz ga teng. Binobarin, maksimal chastotalar diapazonidagi resurs bloklari soni 36 MHz/180 kHz = 200. " Resurslarni boshqarish kichik tizim|"Kompyuterning tezkor va tashqi xotirasi, protsessor va b.q. hisoblash resurslarini boshqaradigan operatsion tizimning bir qismi. " Resurslarni rejalash|"Ko‘p sonli foydalanuvchilar, jarayonlar yoki kanallar o‘rtasida resurslarni dinamik yoki statik taqsimlash tartiboti. Rejalashtirish algoritmlari potensiial ehtiyojlarining tahlili, resurslarning kelib tushgan so‘rovlarga muvofiq ravishda taqsimlanishi, taqismlangan resurslardan foydalanish samaradorligini kuzatib borish va bo‘sh resurslarni aniqlash, shuningdek, bir nechta foydalanuvchining aynan bir resursga bir vaqtda murojaat qilishi oqibatida yuzaga keladigan ixtiloflarning hal etilishiga asoslanadi. " Resurslarni zaxiralash protokoli|"IP-protokolida ishlaydi. Vaqtinchalik uzilishlarga sezgir trafikni Internet orqali uzatishda xizmat qiladi. " Retranslyator|"Interfeyslararo almashinishda, ma’lumotlarning o‘zgartirilishini ta’minlaydigan qurilma. " Retranslyator-o‘zgartirgich, transpozer|"Kelayotgan signal chastotasi qayta nurlanishgacha demodulyatsiyasiz o‘zgaradigan retranslyator. " Retranslyatsion antenna|"Machtaga o‘rnatilgan, ikkita qarama-qarshi yo‘naltirilgan ko‘zguli antenna. " Retranslyatsion qabul qilgich|"Tovushli yoki televizion radioeshittirish uzatgichlaridan eshittirishni qabul qilish va retranslyatsiya qilish uchun tovushli va videochastota dasturiy signallarini uzatish uchun maxsus loyihalashtirilgan radioqabulqilgich. " Retranslyatsiya|"Tovushli yoki televizion eshittirish dasturini qabul qilish va bir vaqtda uni qayta nurlantirish. Izoh – Taalluqli atama «retranslyatsiya qilish». " Retranslyatsiya qilish bilan yomon niyatda qilinadigan ta’sir|"Autentifikatsiyaga yomon niyatda ta’sir ko‘rsatish. Bunda autentifikatsion axborot almashinuvi tutib olinadi va darhol retranslyatsiya qilinadi. " Retranslyatsiya qilish tizimi|"Maʼlumotlar uzatish yoki protokollarni o‘zgartirishga mo‘ljallangan axborot tizimi. Turli arxitekturaga ega bo‘lgan tarmoqlarni birlashtiradi. Qayta uzatish tizimlarida har bir tarmoq to‘la muxtoriyatga va o‘zining boshqarish vositalariga ega. O‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun, qayta uzatuvchi tizimlar quyidagilarni amalga oshiradi: - maʼlumotlar kommunikatsiyasi va ularni marshrutlash; - ulanadigan kommunikatsiya tarmoqlarida yoki tarmoqlar qismlarida protokollarni moslash; - maʼlumotlar bloklarini tarmoqlar yoki ularning qismlari orasida uzatish; - maʼlumotlar bloklarini, agar tarmoqlarda (ularning qismlarida) ular turli o‘lchovlarga ega bo‘lsalar, yiriklashtirish yoki kichraytirish; tizimlar buferlari toshib ketishi va yuz bergan nosozliklar to‘g‘risida xabar berish; - rad qilishlar va nosozliklardan so‘ng ishni qayta tiklash; - ulanayotgan tarmoqlar yoki ularning qismlari holatini aniqlash. " Retranslyatsiya stansiyasi|"Bitta yoki bir nechta retranslyatordan iborat bo‘lgan, ular uchun antenna va tegishli uskunalarga ega stansiya. " Retseptor|"Elektromagnit signal va/yoki elektromagnit xalaqitni sezuvchi texnik vosita. " Revers|"Odatda oldingi simvolni o‘chirish bilan ekrandagi kursorni orqaga qaytarishni boshqaruvchi simvol (CTRL-H yoki ASCII jadvalidagi 08h simvoli) yoki klavish. Odatda matn kiritilayotganda terish xatolarini to‘g‘rilashda qo‘llaniladi. Boshqa qurilmalarda esa (masalan, teletayp yoki matritsali printerlarda) ushbu simvol bosmaga chiqaruvchi printer kallagini oldingi holatiga qaytarish vazifasini o‘taydi. " Revers-injiniring|"Maʼlum qurilma yoki dasturni, shuningdek, ularning hujjatlarini, ishlash tamoyilini tushunish maqsadida va ko‘pincha ushbu qurilma, dastur yoki boshqa obyektni to‘liq nusxalamasdan, ularning o‘xshash funksiyali analogini yaratish maqsadida tadqiq etish. Odatda original obyektning yaratuvchisi o‘sha obyektning tuzilmasi va yaratish (ishlab chiqarish) usuli to‘g‘risidagi maʼlumotni taqdim etmagan holda qo‘llaniladi. Revers- injiniringdan foydalanish mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonun va patent qonunchiligiga zid bo‘lishi mumkin. " Reyestr|"Metamaʼlumotlar sxemalaridan foydalanishga asoslangan, doimiy identifikator uchun reyestrda izlash imkoniyati bilan taʼminlaydigan raqamli obyektlar to‘g‘risidagi meta-maʼlumotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va metamaʼlumotlar sxemalarini saqlash mexanizmi. " Rezerv qurilma|"1. Asosiy uskuna nosoz holatda bo‘lganda, ishonchlilikni oshirish uchun xizmat qiladigan qo‘shimcha qurilma. 2. Hujjat, xabar yoki faylning asli shikastlanganda foydalanish uchun yaratiladigan zaxira nusxasi. " Rezerv so‘z|"Protsedura, funksiya yoki biror operatorning yoki xizmatga oid o‘zgaruvchining nomi (identifikatori) bo‘lib, dasturchining o‘zi kiritadigan o‘zgaruvchi, protsedura yoki funksiyaning nomi sifatida ishlatib bo‘lmaydi. " Rezident|"Qar.: Rezident dastur. " Rezident bo‘lmagan tom|"Operatsion tizimning katalogi joylashgan tom. " Rezident dastur|"Operatsion tizim qobig‘iga boshqaruvni, yoki operatsion tizim ustidan sozlashni (Norton Commander va sh.k.) qaytarib bergan, lekin shaxsiy kompyuterning tezkor xotirasida qolgan operatsion tizimdagi MS-DOS dasturi. " Rezident viruslar|"Kompyuterni zararlashda tezkor xotirada o‘zining rezident qismini qoldiradigan viruslar. Bu rezident qism operatsion tizimning zararlangan obyektlarga (fayllarga, disklarning yuklash sektorlariga) murojaatini tutib oladi va ularga kiradi. Rezident viruslar xotirada bo‘ladi va kompyuter o‘chirilgunga yoki qayta yuklangunga qadar aktivligicha qoladi. " Rezistor|"Elektronikada qo‘llaniladigan, elektromagnit nurlanishni energiyaning boshqa turlariga aylantirishni taʼminlaydigan yarimo‘tkazgichli asbob. " Rezonans antenna|"Chastotalarning tor intervalida o‘z xarakteristikalari va parametrlarini saqlab qoladigan antenna. " Rid-Myuller kodi|"Uzunligi 2n bo‘lgan biortogonal kodning ko‘rinishlaridan biri hisoblanadigan ikkilik siklik kodlar turkumi, bu yerda n – butun son. " Rid-Solomon kodi|"1. Blokning berilgan uzunligida, so‘zlar o‘rtasidagi minimal masofani ta’minlaydigan 2m o‘lchamli ikkilik bo‘lmagan blokli kodlarning quyi toifasi. Blokdagi xatolar tuzatilisinii ta’minlaydi. 2. MPEG-2 transport paketlari baytlarida xatolarni tuzatishga imkon beradigan ikkilik bo‘lmagan siklik kod. " Rirproyeksiya|"Elektron apparatura yordamida ikkita (yoki undan ko‘p) alohida tasvirdan tashkil topgan, jamlanganda ma’no jihatidan tugallangan sahna ko‘rinishini hosil qiluvchi, kombinatsiyalangan televizion tasvirni olish usuli. " Risk|"Maqsadga ta’sir ko‘rsatishning noma’lum natijasi. Izohlar 1. Ta’sir ko‘rsatish natijasi – bu, taxmin qilingan maqsaddan chetga chiqishdir (ijobiy va/yoki salbiy). 2. Maqsadlar turli aspektlarga ega bo‘lishi (masalan, moliyaviy, xodimlar xavfsizligi va salomatligini saqlash, axborot xavfsizligi, ekologik) va turli darajalarda (strategik, tashkilot, loyiha, mahsulot yoki jarayon darajasida) qo‘llanilishi mumkin. 3. Risk odatda, potensial voqea-hodisalar va oqibatlar bilan yoki ularning birikmasi bilan tavsiflanadi. 4. Axborot xavfsizligi riski odatda, axborot xavfsizligi voqea-hodisalarining oqibatlari birikmasi ko‘rinishida va ular bilan bog‘liq bo‘lgan yuzaga kelish ehtimolligi ko‘rinishida ifodalanadi. 5. Noaniqlik – bu, hodisani tushunish yoki u to‘g‘rida bilish, uning oqibatlari yoki yuzaga kelish ehtimolligi bilan bog‘liq axborotning yetarli bo‘lmaslik (hatto qisman bo‘lsa ham) holatidir. 6. Axborot xavfsizligi riski axborot aktivlari zaifliklaridan yoki tahdidlar amalga oshirilishida axborot aktivlari guruhining zaifliklaridan foydalaniladigan holda tashkilotga zarar yetkazish ehtimolligi bilan assotsiatsiyalanadi. " Risk darajasi|"Risk oqibatlari va ular ehtimolligi birikmasini ifodalaydigan risk kattaligi. " Risk egasi|"Riskni boshqarish bo‘yicha javobgar bo‘lgan va vakolatga ega jismoniy shaxs yoki mantiqiy obyekt. " Risk mezonlari|"Riskning ahamiyatini baholaydigan belgilar. Izohlar 1. Risk mezonlari tashkilot maqsadlariga, shuningdek, ichki va tashqi vaziyatlarga asoslanadi. 2. Risk mezonlari standartlar, qonunlar, siyosatlar va boshqa talablardan olinishi mumkin. " Risk taqsimoti|"Bir nechta tomonlar o‘rtasida riskning kelishilgan holda taqsimlanishini ichiga oladigan riskni qaya ishlash shakli. Izohlar 1. Qonuniy yoki majburiy talablar, risk taqsimlanishi o‘tkazilishini cheklashi, ta’qiqlashi yoki buyurishi mumkin. 2. Riskning taqsimlanishi o‘zida sug‘urta qilishni ifodalashi yoki shartnoma (kontrakt) shaklini olishi mumkin. 3. Risk taqsimlanishi bo‘yicha shartnoma shartlarida riskning aniqligi va mazmunan bir xilligiga bog‘liq bo‘lgungacha bo‘lgan daraja. 4. Riskni ko‘chirish riskni tasqimlash shakli hisoblanadi. " Risklar turkumi|"Ma’lum bir, masalan, muayyan kichik tizimga yoki resurs turiga tegishli belgiga qarab ajratilgan, axborot xavfsizligiga bo‘ladigan ko‘plab tahdidlar. " Risklarni boshqarish|"1. Tizimlar yoki tarmoqlar xavfsizligi sohasida boshqarish amaliyoti davomida ishlab chiqilgan operatsiyalar ketma-ketligi. 2. Risklarni baholashga muvofiq, qarshi chora-tadbirlarni belgilash jarayoni. 3. Riskka nisbatan tashkilotga rahbarlik qilish va uni boshqarish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan faoliyat. Izoh – Risklarni boshqarish, odatda, risklarni aniqlash, risklarni qayta ishlash, risklarni qabul qilish va risklar to‘g‘risida xabar berishni o‘z ichiga oladi. " Risklarning asosiy tahlili|"Axborot xavfsizligi asosiy darajasining talablariga muvofiq o‘tkaziladigan riskni tahlil qilish. " Riskni aniqlash|"Riskni identifikatsiya qilish, risk tahlili va riskni baholashni ichiga oladigan jarayon. " Riskni baholash|"1. Riskni tahlil qilish natijalarini risk va/yoki uning kattaligi maqbul yoki yo‘l qo‘yib bo‘lishligini aniqlash uchun risk mezonlari bilan taqqoslash jarayoni. Izoh – Riskni qiyosiy baholashdan riskni qayta ishlash to‘g‘risida qaror qabul qilishda foydalanilishi mumkin. 2. Ma’lum bo‘lgan va taxmin qilinayotgan tahdidlar va zaif tomonlarni tahlil qilish usuli. Kutilayotgan zarar miqdorini va uning tizim ishi uchun maqbullik darajasini aniqlash imkonini beradi. 3. Risklarni identifikatsiya qilish, ularni tavsiflash uchun parametrlar tanlash va bu parametrlar bo‘yicha baho olish. " Riskni boshqarish jarayoni|"Tashkilotni boshqarish siyosati, protseduralari va usullariga muvofiq bajariladigan, axborot almashinuvi, maslahatlashuvlar, maqsadlarni belgilash, qo‘llash sohasi, riskni identifikatsiya qilish, tadqiq qilish, baholash, qayta ishlash, monitoring va tahlil qilish bo‘yicha o‘zaro bog‘langan xatti-harakatlar. Izoh – Riskni boshqarishni to‘liq tavsiflash uchun «jarayon» atamasidan foydalaniladi. Riskni boshqarish jarayoni doirasidagi elementlar «faoliyat» deb ataladi. " Riskni identifikatsiya qilish|"Riskni aniqlash, ro‘yxatini tuzish va tavsiflash jarayoni. Izohlar 1. Riskni identifikatsiya qilish riskning manbalarini, hodisalarini, ularning sabablari va ro‘y berishi mumkin bo‘lgan oqibatlarini o‘z ichiga oladi. 2. Riskni identifikatsiya qilish, shuningdek, xronologik ma’lumotlar tahlilini, ekspert baholashlarni va manfaatdor tomonlarning ehtiyojlarini o‘z ichiga oladi. " Riskni qabul qilish|"1. Riskni qabul qilish qarori. 2. Ma’muriyatning, qoida bo‘yicha, texnik yoki moliyaviy sabablarga ko‘ra riskning ba’zi bir darajasini ma’qul deb hisoblaydigan qarori. " Riskni qayta ishlash|"Riskni modifikatsiyalash jarayoni. Izohlar 1. Riskni qayta ishlash: - risk jarayoni yoki uning natijasida xavfli hodisa yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan faoliyatni boshlamaslik yoki davom ettirmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilish yordamida riskning oldi olinishini; - yanada keng imkoniyatlarni ta’minlash uchun riskning qabul qilinishini yoki riskning oshirilishini; - risk manbai bartaraf etilishini; - xavfli hodisa ehtimolligi o‘zgarishini; - xavfli hodisa oqibatlari o‘zgarishini; - boshqa tomon yoki tomonlar bilan riskning taqsimlanishini (shartnomalarga kiritish va riskni qayta ishlashni moliyalashtirish yo‘li bilan); - riskni saqlash to‘g‘risida asoslangan qarorni o‘z ichiga olishi mumkin. 2. Riskni qayta ishlash riskning bartaraf etilishi, oldi olinishi yoki kamaytirilishini o‘z ichiga olishi mumkin. 3. Riskni qayta ishlashda yangi risklar vujudga kelishi yoki mavjud risklar o‘zgartirilishi mumkin. " Riskni tahlil qilish|"1. Risk tabiati va xususiyatini o‘rganish va risk darajasini aniqlash jarayoni. Izohlar 1. Riskni tahlil qilish riskni baholash va riskni qayta ishlash to‘g‘risida qaror qabul qilinishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 2. Riskni tahlil qilish riskning miqdor jihatdan baholanishini o‘z ichiga oladi. 2. Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi resurslarini, bu resurslarga tahdidlarni va bu tahdidlarga nisbatan tizimning zaifliklarini identifikatsiya qilish protseduralarining muntazam bajarilishi. 3. Umuman tizim xavfsizligiga va uning alohida (nafaqat texnik) komponentlariga tahdidlarni, tahdidlar xarakteristikasini va ular amalga oshirilganda yetkazilishi mumkin bo‘lgan potensial zararni aniqlash, shuningdek, himoya choralarini ishlab chiqish jarayoni. " Riskni to‘liq tahlil qilish|"Axborot xavfsizligi sohasida oshirilgan (muhofaza qilinganlikning bazaviy darajasiga qaraganda yuqoriroq bo‘lgan) talablar qo‘yadigan axborot tizimlari uchun risklarni tahlil qilish. Izoh – Risklarni to‘liq tahlil qilish resurslarning qimmatliligi aniqlanishini, tahdidlar va zaifliklar baholanishini, adekvat qarshi choralar tanlanishini va ularning samaradorligi baholanishini ko‘zda tutadi. " Riskning pasayishi|"Risk bilan bog‘liq bo‘lgan ehtimollikni, salbiy oqi-batlarni yoki har ikkisini birgalikda kamaytirish uchun amalga oshiriladigan ishlar. " Rivest-Shamir-Adleman usuli bilan shifrlash|"Ochiq kalit bilan shifrlash usuli bo‘lib, shifrlash uchun foydalaniladigan kalit shifrni ochish uchun mo‘ljallangan kalit bilan mos tushmaydi (shifrni ochish kaliti oluvchiga ma’lum bo‘lishi kerak). " Rivojlantirilgan mobil telefon xizmati, AMPS standarti|"AQShda keng tarqalgan analog uyali aloqa tizimlaridan biri. Mobil terminallarni tayanch stansiyalar bilan radioaloqasi (qabul qilish kanali) uchun (825-845) MHz chastotali diapazondan foydalanadi. 600 kanaldan har birining chastotalar polosasi kengligi 30 kHz ni tashkil etadi. " Robastlik|"Hisoblash tizimining ham ichki, ham tashqi xato holatlar yuz berganda qayta tiklana olish qobiliyatining o‘lchovi. " Robot|"1. Tashqi ta’sirlarni qabul qila oladigan va ularga javob beradigan, shuningdek, mustaqil ravishda turli xil, odatda, intellektual operatsiyalarni bajaradigan mashina. 2. Ikki va undan ortiq o‘q bo‘yicha dasturlanadigan, o‘z ishchi muhiti ichida harakatlanadigan va belgilangan vazifalarni bajaradigan yuritmali mexanizm. Izohlar1. Robot boshqarish tizimi va boshqaruv tizimining interfeysini o‘z ichiga oladi. 2. Robotlarni sanoat robotlariga va xizmat ko‘rsatuvchi robotlarga ajratish ularning vazifasiga muvofiq bajariladi. " Rol|"Muayyan ko‘plikdagi foydalanuvchilarga tizim funksional imkoniyatlaridan erkin foydalanish ruxsatnomalarining majmui. " Rollar asosida foydalana olishni boshqarish|"1. Foydalanish huquqini aniq belgilash tizimining modeli, bunda rollardan turli vazifalarni bajarish uchun foydalaniladi, operatsiyalarni bajarishga ruxsat esa, rollarga bog‘lanadi. 2. Foydalanuvchilarga rollarni belgilash va bu rollar uchun ruxsat o‘rnatish orqali ma’muriy boshqarishni soddalashtiradigan, xavfsizlikni ta’minlashning umumiy modeli. " Rombsimon antenna|"Yer ustida osilgan romb tomonlarini hosil qiluvchi sim ko‘rinishidagi antenna. " Rostlash|"Tizimning alohida komponentlarini to‘g‘ri va qulay ishlashini ta’minlash uchun sozlash. " Rotor mashinasi|"Umumiy o‘q atrofida erkin aylanadigan disklardan iborat kriptografik mashina. U mexanik va elektromexanik bo‘lishi mumkin. Mashinaning disklari (rotori) bir biriga nisbatan harakatlanadi, shu bilan har bir taktda burchak holatlaridan noyob birikma hosil bo‘ladi. Mashinaning hamma disklari qo‘zg‘almas bo‘lganda, rotor mashinasi bir diskli oddiy ekvivalent almashtirishni bajaruvchiga o‘xshab qolgan bo‘lar edi. Disklar soni yetarlicha (odatda 5-10) bo‘lsa, disklarning to‘g‘ri tanlangan soxta tasodifiy harakatida rotor mashinasi yuqori kriptobardoshlilikni taʼminlaydi. " Roumer|"Bir tizimda qayd qilingan, lekin vaqtincha boshqasida ishlayotgan abonent mobil stansiyasi. Abonent bir tizim qoplash zonasidan boshqa tizimning qoplash zonasiga o‘tganida stansiya ana shu – keyingi tarmoqda qayd etiladi. Qayd etish ma’lumotlari VLR – tizimining vizit registrida saqlanadi. " Roumer abonent|"1. Bir xizmat ko‘rsatish zonasidan boshqasiga ko‘chib yuruvchi mobil abonent. 2. O‘zi doimiy qayd etilgan «uy» zonasidan tashqarida vaqtincha xizmat ko‘rsatiladigan Yer usti yoki yo‘ldoshli aloqa tarmog‘i abonenti. " Rouming|"1. Radioqurilmaning tayanch stansiya ta’sir doirasidan tashqarida harakatlanish imkoniyati va «mehmon» stansiya ta’sir zonasida bo‘la turib, «o‘zining» tarmog‘idan foydalana olishi. Simsiz tarmoqlarda rouming, tarmoq xizmatlaridan foydalanish yo‘qolmasdan va bog‘lanish uzilmasdan, bitta foydalanish nuqtasidan boshqasiga o‘tishni bildiradi. Rouming foydalanuvchilarga, Internet va elektron pochtadan foydalanish saqlangan holda, erkin harakatlanish imkoniyatini beradi. 2. Asosan, yer usti mobil aloqa tarmoqlariga xos bo‘lgan maxsus xizmat. Roumingga ehtiyoj abonent o‘z o‘rnini o‘zgartirganida va o‘zining uy tarmog‘idan (abonent doimiy qayd etilgan) boshqa operatorga qarashli o‘xshash tarmoqqa o‘tganida yuzaga keladi. Lokal, milliy va xalqaro rouminglar bo‘ladi. Qayd etish usuliga ko‘ra, qo‘lda va avtomatik amalga oshiriladigan rouminglar farqlanadi. " Rouming hududlari|"Rouming to‘g‘risida o‘zaro bitim tuzgan turli operatorlar tomonidan mobil aloqa xizmatlari taqdim etiladigan geografik rayonlar. " Router|"1. Tarmoq trafigini uzatishning bitta yoki bir nechta marshrutini tanlash bo‘yicha qarorlar qabul qilishga javobgar tizim yoki qurilma. Mazkur vazifani bajarish uchun tarmoq to‘g‘risidagi axborotni va marshrutlash metrikasi deb nomlangan bir nechta mezon asosida eng yaxshi marshrutni tanlash algoritmlariga ega marshrutlash protokolidan fodalaniladi. Xabarlarni tezkor va eng samarali marshrutlash uchun marshrutizatorlar bir-biri orasida tarmoqning ayni paytdagi holati to‘g‘risidagi maʼlumotlarni almashish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim. 2. Tarmoqda paketlarni marshrutlash, yaʼni paketlarning tarmoq bo‘ylab uzatilishida eng qisqa marshrutni tanlab berish bilan shug‘ullanuvchi tarmoq kompyuteri. 3. Maʼlumotlar bloklarini marshrutlash bilan shug‘ullanuvchi qayta uzatish tizimi. " Runet|"Internetning Rossiyaga bag‘ishlangan va rus tilida bo‘lgan qismi. Runetga .ru domenidagi saytlardan tashqari, barcha rusiy zabon saytlarni ham kiritsa bo‘ladi. " Rupor-linzali antenna|"Katta ochilish burchagiga ega rupordan va uning chiqishiga qo‘yilgan, rupordagi sferik yoki silindrsimon to‘lqin frontini yassiga o‘zgartiradigan linzadan iborat antenna. " Rupor-parabolik antenna|"Konussimon rupor va aylanish paraboloidi uchastkasi ko‘rinishidagi qaytargichning birikmasini o‘zida aks ettiradigan antenna. " Ruporli antenna|"1. Nurlantiruvchi elementi, o‘ziga ulangan to‘lqin o‘tkazgichdan to‘yinadigan rupor bo‘lgan yuqori chastotali diapazon antennasi. 2. Oxiri ochiq bo‘lgan tomonga tekis ko‘ndalang kesim bilan kengayuvchi to‘lqin o‘tkazgich ko‘rinishidagi antenna. " Ruporli nur tarqatgich|"Rupor, reflektor yoki shunga o‘xshash nurlantiruvchi qurilmaning ochiq uchi. " Ruporli nurlagich|"Ko‘zguli va linzali antennalarda nurlagich sifatida ishlatiladigan ruporli antenna. " Ruslashtiruvchi drayver|"Kirill kodli sahifada 128 dan 255 tagacha simvolni ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan rezident dastur. DOS uchun taniqli ruslashtiruvchi drayver keyrus.com edi. " Rutkit|"Tizimda jinoyatkor shaxs yoki zararli dasturning borligi izlarini yashirish uchun ishlatiladigan dastur yoki dasturlar to‘plami. Rutkit buzuvchiga buzilgan tizimda o‘rnashib olish va fayllar, jarayonlar hamda tizimda rutkit borligini yashirish orqali o‘z faoliyati izlarini yashirishga imkon beradi. " Ruxsat, ajratish|"Obyekt bilan bog‘liq qoida, u foydalanuvchilarni shu obyektga kira olishini boshqarishda qo‘llaniladi. Ruxsat obyektning egasi tomonidan beriladi va bekor qilinadi. " Ruxsat berish|"Shaxsga, darajasi belgilangan yoki birmuncha past bo‘lgan xavfsizlik ma’lumotlari yoki axborotdan foydalana olish huquqiga berilgan ruxsat. " Ruxsat etilgan foydalana olish kanali|"Tayanch stansiya tomonidan istalgan mobil stansiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirishni tashkil etish uchun foydalaniladigan, ajratilgan boshqaruv kanali. " Ruxsat etilgan foydalanish (kirish)|"Huquqlari autentifikatsiya qilish jarayonida tasdiqlangandan so‘ng, qayd etilgan foydalanuvchilarning tizimdan foydalana (tizimga kira) olishiga beriladigan ruxsat. " Ruxsat etilgan foydalanish siyosati|"Ko‘pgina tarmoqlar undan foydalanish mumkin bo‘lgan usullarni cheklashni ko‘zda tutadi. Masalan, ayrim tarmoqlarda AUP undan tijorat maqsadlarida foydalanilishiga yo‘l qo‘ymaydi. " Ruxsat etilgan holat|"Imtiyozga ega bo‘lmagan dastur boshqa sharoitlarda erkin foydalanish mumkin bo‘lmagan resurslardan foydalana oladigan holat. " Ruxsat etilgan imkoniyat|"Grafik kiritish-chiqarish qurilmasi tomonidan (ekran, printer, skaner) tiniq aks ettiriluvchi (yoki qabul qilinuvchi) tasvir elementlari soni. Agar ish maydonining o‘lchamlari chegaralangan bo‘lsa (monitor ekranidagidek), unda o‘lchamlar gorizontal va vertikal nuqtalar soni bilan o‘lchanadi (yozilishi XXXX×YYYY ko‘rinishda bo‘ladi, masalan, 480×640), aks holda bu o‘lchamlar dyuym sanog‘ida beriladi. Hosil qilinadigan tasvirning tiniqlik darajasi past, o‘rtacha va yuqori bo‘lishi mumkin. Bunday ajratish uchun belgilangan chegaralar yo‘q bo‘lib, u hozirgi texnologiyaga bog‘liqdir. " Ruxsat etilgan chaqiruv|"Belgilangan (ma’lum) foydalanuvchiga ruxsat etilgan, tizimni, dastur yoki ma’lumotlarni chaqirish. Odatda, parolni kiritish va uni tekshirish orqali bajariladi. " Ruxsat etilganlar ro‘yxati|"Biron bir amalni bajarishga ruxsat berilgan yoki resurslardan erkin foydalanish/uchun ruxsat etilgan foydalanuvchilar yoki dasturlar ro‘yxati. " Ruxsat etilmagan tarzda foydalana olish|"1. Subyektning obyektdan yoki axborotdan, tizimda belgilangan foydalanishni chegaralash qoidalarini buzgan holda foydalana olishi. 2. Tarmoq resurslaridan o‘rnatilgan muhofazani chetlab o‘tib foydalana olish. 3. Muhofaza obyektidan reglamentlangan tarzda foydalana olishning buzilishi. " Ruxsat taqiqlangan|"Resurslardan ruxsat berilmagan holda foydalanilganda paydo bo‘ladigan xabar. Agar foydalanuvchi qandaydir resurslardan (fayllar, hujjatlar, musiqa va h.k.) foydalanish uchun kerakli huquqlarga ega bo‘lmasa, operatsion tizim bu haqda xabar beradi. " Ruxsatsiz faoliyat|"Belgilangan qoidalarni buzgan holdagi faoliyat. " Ruxsatsiz foydalana olishdan muhofaza qilish|"Muhofaza qilinadigan axborotdan foydalana olishning huquqiy hujjatlari bilan yoki axborot mulkdori (egasi) tomonidan belgilangan huquqlar yoki qoidalar buzilgan holda manfaatdor subyekt tomonidan muhofaza qilinadigan axborotni olishning oldini olish bo‘yicha faoliyat. " Ro‘yxat|"1. Tartiblashtirilgan elementlar to‘plami. 2. Dasturlashda – faqat kompyuter xotirasi bilan chegaralangan, ixtiyoriy uzunlikdagi turli elementlarni birlashtiradigan ma’lumotlar tuzilmasi. Uzunligi nolga teng ro‘yxat bo‘sh ro‘yxat deb ataladi. Ro‘yxatning kamchiligi, uning elementiga ro‘yxatdagi pozitsiyasidan kelib chiqib to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat eta olmasligidadir. " Ro‘yxatga olingan drayver|"Operatsion tizim bilan birgalikda ishlash uchun tekshirilgan va tasdiqlangan drayver. Imzolanmagan drayverlarni o‘rnatish shaxsiy kompyuterlarga va periferiya asbobiga zarar keltirishi mumkin. " Ro‘yxatga olingan foydalanuvchi|"1. Berilgan jamoa bo‘lib foydalanish tizimida ustuvor raqamga ega bo‘lgan foydalanuvchi. 2. Elektron hisoblash mashinasidagi ishlar grafigiga kiritilgan foydalanuvchi. " Ro‘yxatga olish|"1. Hujjatga tizim noyob identifikatorini berish jarayoni. 2. Hujjat to‘g‘isidagi asosiy ma’lumotlarni ro‘yxatga olish-nazorat qilish kartochkasiga kiritish va unga ro‘yxatga olish raqamini berish yo‘li bilan hujjat tuzilganligi yoki olinganligini tasdiqlash. " Ro‘yxatga olish organi|"1. Sertifikatlar subyektlarini identifikasiyalash va autentifikatsiya qilish yuzasidan javobgar, biroq, sertifikatlash organi ham, atributlar berish organi ham bo‘lmagan qandaydir obyekt. 2. Ro‘yxatga olish xizmatini taqdim etish huquqi berilgan va ishonib topshirilgan organ. " Ro‘yxatga olish ssenariysi|"Tarmoq administratori tomonidan foydalanuvchiga belgilangan va foydalanuvchini tizimda ro‘yxatga olish paytida bajariladigan kichik dastur, komanda fayli yoki makros. " Ro‘yxatlarni qayta ishlash|"1. Ma’lumotlarning ro‘yxat tuzilmalarini qayta ishlash dasturiy vositalari. Ular «keraksiz narsalar»ni yig‘gan holda va ro‘yxatlarni tuzish hamda tahlil qilish yordamida xotiraning dinamik taqsimlanishini ta’minlaydi. 2. Ko‘rsatgichlar bilan bog‘langan bir xil pozitsiyalardan iborat ma’lumotlar tuzilmasini o‘zgartirish jarayonlarini dasturlash. Ro‘yxatlarni qayta ishlashda xotiradan foydalanishning qulay usuliga asoslangan ro‘yxatlarni qayta ishlash tillari ishlatiladi. S " Sahifa|"1. Ikkining darajalariga karrali (odatda 512 byte dan 16 kbyte gacha) qayd etilgan o‘lchamdagi xotira bloki. Blok o‘lchami konkret mikroprosessor arxitekturasiga bog‘liq bo‘ladi. 2. Bitta to‘la ekranli tasvirni o‘zida saqlovchi videoxotira qismi. 3. Berilgan formatdagi, bitta chop etiladigan sahifadan oshmaydigan hujjat qismi. 4. Veb-uzel sahifasi, shuningdek, vebda e’lon qilingan hujjat. " Sahifa bloki|"Virtual xotira sahifasi ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan fizik manzillar diapazoni. " Sahifa fayli|"Qattiq diskdagi, Windows da tezkor xotiraga sig‘magan dasturlar va ma’lumot fayllarining bir qismini saqlash uchun qo‘llaniladigan yashirin fayl. " Sahifa pastga|"Hujjatni bitta ekran sahifasiga pastga siljitish uchun mo‘ljallangan klavish. " Sahifa skaneri|"Hajmi katta bo‘lmagan tashuvchilardan matnlar va tasvirlarni kiritadigan skaner. " Sahifa tavsifining standart tili|"Mashina tili talablariga muvofiq keladigan fayllarni ishlab chiquvchi va foydalanuvchidan faylni tuzish uchun zarur komandalarni kiritishni talab qilmaydigan usullar va apparaturalar. " Sahifa xotirasini boshqarish bloki|"Virtual xotira bilan ishlaydigan turli ilovalar yoki operatsion tizimlar foydalanadigan xotiradan erkin foydalanish va bu xotirani boshqarish operatsiyalarini bajaradigan qurilma. " Sahifa yuqoriga|"Hujjatni bitta ekran sahifasiga yuqoriga siljitish uchun mo‘ljallangan klavish. " Sahifalar jadvali|"Operatsion tizim jarayoniga uning mantiqiy manzillarini jismoniyga translyatsiya qilish uchun ajratiladigan tizim tuzilmasi. " Sahifalar jadvalining registri|"Sahifalar jadvalini va uning uzunligini saqlaydigan registr. " Sahifalarni ajratgich|"Bosiladigan hujjatda, hisobotda yoki shaklda printerga yangi sahifa boshlanishini ko‘rsatadigan boshqaruvchi simvol. " Sahifalarni almashtirish optimal algoritmi|"Sahifalarni almashtirish algoritmi, bunda uzoq vaqt davomida ishlatilmagan sahifa almashtiriladi. " Sahifalarni rad etish koeffitsiyenti|"0 dan 1 gacha bo‘lgan, sahifalarni rad etish ehtimolligini tavsiflaydigan son. " Sahifalarning iyerarxik jadvali|"Sahifalar jadvalini iyerarxik (odatda, ikki darajali) ko‘rinishda tashkil qilish. Jismoniy xotiraning aniq (haqiqiy) sahifasi adresi foydalana olishning natijasi hisoblanadi. " Sahifalarning xeshlangan jadvali|"Mantiqiy sahifaning raqami xeshlanishiga asoslangan qidiruv amalga oshiriladigan sahifalar jadvali. " Sahifali printer|"Sahifaning tasviri to‘la-to‘kis chiqariladigan alohida qog‘oz varaqlarini uzatadigan va bosadigan printer. " Sahifani almashtirish|"Operatsion tizim tomonidan murojaat qilingan sahifani boshqa sahifa o‘rniga, agar talab qilinsa oxirgi sahifani olish bilan, chiqarish. " Sahifani to‘ldirish|"Ma’lumotlar blokiga ahamiyatli bo‘lmagan axborotning oxirgi, to‘liq to‘ldirilmagan sahifasini yozish usuli. " Sahifani o‘tkazish|"Printerda bosib chiqarishda yangi sahifaga o‘tish uchun foydalaniladigan boshqaruvchi simvol. " Sahifaning assotsiativ xotirasi (kesh), manzillarni translyatsiya qilish buferi|"Tez-tez ishlatiladigan sahifalarning raqamini o‘z ichiga oladigan va ularning manzilini asosiy xotirada saqlaydigan o‘ta tez harakatlanadigan assotsiativ xotira. " Sahifaning invertirlangan jadvali|"Sahifalar jadvali, unga murojaat etilganda, talab etilayotgan jismoniy sahifani izlash jarayon raqami va sahifaning mantiqiy raqami bo‘yicha amalga oshiriladi. " Sahifaning ishlamay qolishi|"Asosiy xotirada sahifa yo‘qligi tufayli uzilish. " Sahnani raqamli boshqarish|"Televizion tasvir kontrastliligini optimallash funksiyasi. Juda keskin kontrastlikda tasvirning oq qismlari, masalan matnlar juda aniq hamda ortiqcha yorqin shu’lalanishsiz qayta tiklanadi. Biroq, ushbu funksiya kul rangning gradatsiyasini o‘zgartirmaydi, u tufayli tasvir o‘zining tabiiyligini saqlab qoladi. Sakkizlik sanoq tizimi ing. - octal number systemrus. - восьмеричная система счисления 8 razryadli sanoq tizimi. Unda 0 dan 7 gacha bo‘lgan raqamlar ishlatiladi. Sakkizlik sanoq tizimi raqamli qurilmalar bilan bog‘liq joylarda ishlatiladi. Sakkizlik sanoq sonlari ikkilik sanoqni triadalariga aylantirish osonligi bilan tavsiflanadi. Oldin dasturlashda va umuman kompyuter hujjatlarida ishlatilar edi, lekin hozirga kelib o‘n oltilik sanoq tizimi tomonidan siqib chiqarilgan. " Sakrash|"Signalning keskin o‘zgarishi, shovqinning kuchayishi yoki elektr taʼminot tarmog‘idagi kuchlanishning to‘satdan sakrashi. " Salbiy ta’sir etish|"Tahdid agentining aktivga ko‘rsatadigan ta’siri. " Samaradorlikning muhim ko‘rsatgichlari|"Qo‘yilgan maqsadlarga erishib bo‘lishlik o‘lchovlarini o‘zida ifodalaydigan ko‘rsatgichlar. Bu ko‘rsatgichlar boshqaruv funksiyalari, jarayonlar, harakatlar samaradorligi va natijaliligini baholash uchun foydalaniladigan tizimni hosil qiladi. Bunday ko‘rsatgichlardan, shuningdek, tashkilot boshqaruvining barcha sohalarini: biznes jarayonlarni, ishlab chiqarish sohasidagi texnologik jarayonlarni, xodimlarni boshqarish tizimini, moliyaviy operatsiyalarni rejalashtirish va tahlil qilishda ham foydalaniladi. " Samarali boshqaruv|"Davlat boshqaruvining yangi konsepsiyasi. Samarali davlat boshqaruvi barcha darajalarda mamlakat ishlariga rahbarlik qilish maqsadida, iqtisodiy, siyosiy, ma’muriy hokimiyatning amalga oshirilishi sifatida qarab chiqiladi. Boshqaruv huquqlarning ajratilishi, xalq hokimiyati, yuqori mansabdor shaxslarni saylov yo‘li bilan tayinlash va almashtirib turish, ijro etuvchi hokimiyat institutlarining hisobdorligi, qonun ustuvorligi, siyosiy plyuralizm, ommaviy axborot vositalarining mustaqilligi, prinsiplari asosida quriladi. " Samba|"GNU General Public License litsenziyasi asosida ishlab chiqarilgan SMB/CIFS protokoli bo‘yicha ishlash uchun bepul tarqatiladigan dasturiy ta’minot. Uchinchi versiyadan boshlab Samba Microsoft Windows tarmog‘i mijozlari uchun fayllarni boshqarish va chop etish xizmatlarini taqdim etadi va Windows Server bilan yo domenning asosiy kontrolleri, yoki domen a’zosi sifatida uyg‘unlashishi mumkin. U shuningdek, Active Directory domenining qismi bo‘lishi mumkin. Samba GNU/Linux, Solaris kabi va BSD turli variantlarida, shu jumladan Mac OS X Server kabi Unix va Unix-o‘xshash tizimlarda ishlaydi. " Sana|"Kompyuterning CMOS-xotirasida saqlanadigan sana. Hujjat yaratilgan vaqtni aniqlash uchun xizmat qiladi va sinxronlashda yordam beradi. " Sana va vaqtga bog‘liq chaqiruvlarni qayta manzillash|"Kiruvchi chaqiruvni belgilangan vaqt davomida boshqa abonent raqamiga qayta manzillash imkonini beradigan xizmat. Bir kecha-kunduzdagi turli vaqtlar uchun qayta manzillashning turli raqamlari belgilanishi mumkin. " Sanani eslatish xizmati|"Abonentning telefon apparatiga aniq kun va vaqtda oldindan belgilangan ko‘rsatma bo‘yicha chaqiruv va ushbu chaqiruvga javoban magnit tasmaga avtomatik tarzda yoziladigan hamda abonentga har qanday ma’lum hodisa (masalan, qarindoshlarning tug‘ilgan kuni) to‘g‘risida eslatuvchi xabarni uzatadigan xizmat. Izoh – Ushbu xizmatning ikkita varianti ko‘zda tutiladi: – har bir alohida holatda abonent uzatilishi kerak bo‘lgan tegishli xabarni aytib turadi; – oldindan yozilgan ko‘pgina xabarlardan uzatilishi kerak bo‘lgan xabar tanlanadi. " Sanoat josusligi|"Egasiga zarar yetkazuvchi yoki yetkazishi mumkin bo‘lgan noqonuniy harakatlar. Bunda tijorat sirini tashkil qiluvchi maʼlumotlarni to‘plash, egallab olish va uzatish nazarda tutiladi. " Sanoq tizimi|"Sonlarni aks ettirish usuli va ular ustida bo‘ladigan operatsiyalar qoidalari. Pozitsion va nopozitsion sanoq tizimlari farqlanadi. Kompyuterda hisoblashlarda pozitsion sanoq tizimlaridan foydalaniladi. " Sanoqlar tuzilmasi|"Sanoqlarning televizion tasvirdagi o‘zaro nisbiy joylashuvi. " Santimetrli to‘lqinlar|"To‘lqin uzunligi 10 sm dan 1 sm gacha (chastotasi 3 GHz dan 30 GHz gacha) bo‘lgan radioto‘lqinlar. " Saqlash|"Ma’lumotlarni xotira qurilmasiga kiritish jarayoni. " Saralash|"Qandaydir ko‘plikdagi kerakli elementni izlab topish usuli. To‘la saralash usullari real vazifalarda juda ko‘p mashina vaqtini talab qiladi, shuning uchun, imkoni bo‘lsa, yo‘naltirilgan izlab topish usullaridan foydalanish maqsadga muvofiq. " Saralash kaliti|"Yozuvlarni saralash ketma-ketligini belgilaydigan maydon yoki maydonlar. Dastlab saralash asosiy kalit maydonidagi qiymatlar bo‘yicha boradi, keyin esa, maydonda bir xil ma’lumotlarga ega bo‘lgan yozuvlar ikkilamchi kalitlar qiymatlari bo‘yicha saralanadi. " Saralash, tartiblash|"Ketma-ket keluvchi ma’lumot elementlarini (masalan, jadvallar satri yoki ma’lumotlar bazasi yozuvlarini) biror bir berilgan qoida asosida saralash, tartiblash, odatda qiymatlar kalit maydonlar bo‘yicha o‘sishi yoki kamayishi bo‘yicha tartiblanadi. " «Sariq kitob»|"Yetti pog‘onali tarmoq modelining transport darajasidagi standart protokoli ta’rifini o‘zida aks ettirgan sariq rangdagi kitob. " Sarlavha|"Fayl yoki xabarning, asosiy axborotni o‘z ichiga olgan birinchi so‘zi. " Sarlavha belgisi|"Faylni yozishdan oldin keladigan va uning boshlanishini hamda ichidagini identifikatsiya qilish uchun foydalaniladigan xizmatga oid belgi. " Sarlavha satri|"Foydalanuvchining grafik interfeysida – dialog oynasining nomi va boshqarish tugmalari bo‘lgan ingichka gorizontal chiziq. Amaliy dasturlarda qayta ishlanadigan fayl nomini ham ichiga olishi mumkin. " Sath|"Axborotni o‘tkazish nuqtai nazaridan tarmoqning iyerarxik tuzilmasini bayon etish uchun foydalaniladigan element. Izoh – «Sath» tushunchasi OSI modelidagi «sanh» tushunchasiga mos keladi. " Satr|"Simvollarning tartiblashtirilgan ketma-ketligi. Dasturlash tillarida – tegishli operatsiyalar – konkatenatsiya, nisbatlar belgilangan ma’lumotlar turi. Satrni simvollarning bir o‘lchamli massivi sifatida ham ta’riflash mumkin. " Satr konstantasi|"Qo‘shtirnoq yoki qo‘sh qo‘shtirnoq ichiga olingan simvollar ketma-ketligi. " Satr ko‘chirish simvoli|"Simvol yoki matn satri tugaganini bildiradigan va ekrandagi kursorni yoki printer bosuvchi kallagini navbatdagi satr boshiga ko‘chiradigan simvollar ketma-ketligi. " Satr osti indeksi|"Ko‘plik elementlari yoki element raqamini aniqlash uchun identifikatordan pastda yoziladigan harf yoki simvol. " Satrbay printer|"Birdaniga matnning butun satrini va minutiga 3000 tagacha satrni bosib chiqaradigan, katta mashinalar uchun mo‘ljallangan, tez ishlaydigan printer. Shovqin darajasi anchagina yuqori. " Satrga ko‘chirish|"Matnni aks ettirishda yangi satrga avtomatik ravishda (so‘z iсhida ko‘chirishsiz) o‘tish. " Satrlar jadvali|"Ishga tushirish komandalarini turli vaqtlarda berishda foydalaniladigan nomlangan belgili satrlar jadvali. " Satrlar juftligi|"Yoyish satrlarini navbatma-navbat yoyishning takomillashmaganligi. " Satrlar orasiga kirish|"Qonuniy foydalanuvchining resurslari bilan bog‘liq bo‘lgan, ma’lumotlar uzatish kanalini qisqa vaqtga o‘chirish paytida buzg‘unchi tomonidan aktiv tutib olish vositasida olingan kirish huquqi. " Satrlar sezilarliligi|"Ekrandan normal masofada turgan kuzatuvchiga tasvirning satr tuzilmasi sezilarli bo‘lgan sharoit. " Satrlar yorqinligining har xilligi|"Televizion tasvir qo‘shni satrlari yorqinligining ranglilik-yorqinlik kesishuvchi buzilishlari keltirib chiqargan parazit farqi. " Satrlar chastotasini rostlash|"Satr bo‘yicha yoyish generatorining erkin tebranishlar davrini o‘zgartiradigan sozlash. " (Satrlarni sinxronlovchi impuls) oldingi maydoni|"Satrlarni sinxronlovchi impulsdan oldin joylashgan satr o‘chirish intervalining uchastkasi. " (Satrlarni sinxronlovchi impulsning) orqa maydoni|"Satrlarni sinxronlovchi impulsdan tashqarida joylashgan satr so‘ndirish intervalining uchastkasi. " Satrlarni chiqarish|"Satr sinxronizatsiyasining yo‘qolishi tufayli tasvir bitta yoki bir nechta qismining uzluksiz yoki doimiy siljishi. " Satrlarning yopishib qolishi|"Satr oralatib yoyishning buzilishi. Bunda bir maydonning satrlari boshqa maydon satrlariga yaqinlashadi. Satrlarning to‘liq yopishib qolishida satr oralatib yoyish satrlarning soni ikki marta kam bo’lgan progressiv yoyishga aylanadi. " Satrma-satr yo‘naltirilgan|"Foydalanuvchi bilan birgalikda ishlashda grafik interfeysdan emas, balki komanda satridan foydalaniladigan dastur. " Satrning nominal kengligi|"Satrlar yo‘nalishidagi uzunlik birligiga to‘g‘ri keladigan satrlar soniga teskari kattalik. " Savatcha|"Chiqarib tashlangan fayllarni Windows muhitida saqlash joyi. Savatcha yordamida xato bo‘yicha chiqarib tashlangan fayllarni tiklash, yoki diskning ichidagi kerak bo‘lmagan ma’lumotlarni tozalab joyni bo‘shatish mumkin. " Savdo (tijorat) banki|"Servis yoki savdo korxonasi bilan hisob-kitoblarni tranzaksiyalarni to‘lov tizimiga uzatish va mualliflashtirish natijalarini qaytarish yo‘li bilan amalga oshiradigan moliya tashkiloti. " Sayt|"Umumiy nom, mavzu va navigatsiya tizimi bilan bog‘langan veb-sahifalar to‘plami. Matn, grafika, animatsiya, tovush sifatida talqin qilinadigan dastur. Saytni rasmiylashtirish HTML, Java tillari yordamida amalga oshiriladi. " Saytlararo printing|"Qar.: XSP. " Saytlararo skripting|"Qar.: XSS. " Saytni indekslash|"Ishlatilayotgan so‘zlar va iboralar ro‘yxatini tuzish maqsadida saytning matn materiallarini mantiqiy tahlil qilish. Shu tarzda tuzilgan ro‘yxat foydalanuvchi so‘rovi bo‘yicha saytda axborotni izlashda ishlatiladi. Indekslash avtomatik rejimda izlash robotlari deb nomlangan maxsus dasturlar tomonidan amalga oshiriladi. " Seans darajasi|"Tizimlar o‘rtasidagi dialog boshqaruvini yuritish usullarini ta’minlaydigan OSI modelining beshinchi sathi. " Seans darajasidagi shlyuz|"Tarmoqlararo ekranni amalga oshirish variantlaridan biri. Mualliflashtirilgan mijoz bilan tashqi xost o‘rtasida bevosita o‘zaro hamkorlikni istisno qiladi. Vakolatli mijozning muayyan xizmatlarga bo‘lgan so‘rovini qabul qiladi, so‘ralgan seansga kira olish huquqi tekshirilgandan so‘ng, tashqi xost bilan bog‘lanishni amalga oshiradi. Bundan keyin shlyuz paketlar filtratsiyasini bajarmasdan, ikkala yo‘nalishda bu paketlardan nusxa oladi. " Seans kaliti|"Bir seansga teng bo‘lgan cheklangan vaqt oralig‘ida shifrlash uchun ishlatiladigan kriptografik kalit; uzatish tugagandan so‘ng kalit avtomatik ravishda o‘chib ketadi. " Segment|"Tezkor xotiraning, dastur, ma’lumotlar yoki ma’lumotlar stekini saqlash uchun operatsion tizim ajratadigan sohasi. " Segmentlar jadvali|"Xotirani segmentli tashkil qilishda mantiqiy manzillarni jismoniy manzillarda aks ettirish uchun mo‘ljallangan tizimli jadval. Uning har bir elementi jismoniy xotiradagi segmentning dastlabki manzilini, segment uzunligini va himoya belgilarini o‘z ichiga oladi. " Segmentlar jadvalining uzunlik registri|"Dastur tomonidan ishlatiladigan segmentlar sonini o‘z ichiga oladigan registr. " Segmentlar jadvalining tayanch registri|"Xotiradagi segmentlar jadvalining manzilini o‘z ichiga oladigan registr. " Segmentlash|"Bir jinsli qismlarga oldindan ajratish. Keyin bu qismlar alohida yoki guruhlab kodlanadi. Siqishning barcha usullarida ma’lumotlar turi o‘zgarganda o‘tish juda yomon kodlanadi. Shunday holatda segmentlash qo‘llaniladi. " Sekin tinishlar|"Signal og‘ib o‘tuvchisining silliq o‘zgarishlari; ular, odatda, radioto‘lqin tarqalish yo‘lining, uning to‘lqin uzunligidan ancha katta masofaga o‘zgarishi oqibatida hosil bo‘ladi. Izoh − Tinishlarning bunday turi mobil aloqa radiokanallariga xosdir. Ko‘p yillik kuzatishlar natijalari shuni ko‘rsatadiki, refraksiya sharoitlarining o‘zgarishi va atmosfera quyi qatlamlarining holati bilan bog‘liq bo‘lgan sekin tinishlarni logorifmik normal qonun bilan tavsiflash qulaydir. Sekin tinishlarning yana bir sababi abonentning ko‘chib yurishi chog‘ida joy relefining o‘zgarishi bo‘lishi mumkin. " Sekinlashuv|"1. Protsessor yoki boshqa elektron sxemaning pasaytirilgan takt chastotasida ishlashi. 2. Abonent trafigining uzatish tezligi pasayishiga asoslangan, tarmoq liniyalari yoki kanallarning ortiqcha yuklanishiga qarshi kurash mexanizmi. " Sekogramma|"Ko‘zi ojizlar uchun muassasalar tomonidan pochta aloqasi tarmog‘i orqali jo‘natiladigan, ko‘zi ojizlar uchun ochiq holda beriladigan yozma xat-xabarlar, bosma nashrlar, ko‘zi ojizlar uchun yozuv tizimining belgilariga ega tamg‘a, shuningdek ko‘zi ojizlar uchun mo‘ljallangan ovozli yozuvlar va maxsus qog‘oz. " Sektor|"Egiluvchan yoki magnit qattiq disk yo‘lkasining, ma’lumotlar yozilgan qismi. Sektor – xotiraning o‘z manziliga ega bo‘lgan eng kichik birligi. " Sektorlangan uya|"Abonentlarga sektorli antennasi bo‘lgan tayanch stansiya xizmat ko‘rsatadigan uya. Har tomonga yo‘nalgan antennadan foydalanishga nisbatan, aloqani tashkil etishning ushbu varianti tizimning chastota-vaqt resursidan samaraliroq foydalanish imkonini beradi. " Sektorli antenna|"Yo‘nalganlik diagrammasining kengligi qoplash zonasi sektorining burchak o‘lchamiga mos keladigan antenna. " Sektorni to‘g‘rilash|"Nusxa ko‘chirishdan muhofaza qilish usuli, sektorlarning yo‘lkadan yo‘lkaga to‘g‘ri o‘rnatilganligini tekshirishda disk ruxsat etilmagan nusxa bo‘lib hisoblanishi yoki hisoblanmasligini aniqlash imkonini beradi. " Sekunddagi chiplar soni, chip/s|"Kengaytirilgan spektrli signallarni uzatish tezligining o‘lchov birligi. " Sekundiga bit, bit/s|"Aloqa kanalidagi bir sekund ichida uzatiladigan bitta ikkilik birligiga teng bo‘lgan tezlikning o‘lchov birligi. " Sekundiga megachip, Мcip/с|"Shovqinsimon signal elementlarini uzatish tezligining o‘lchov birligi (CDMA texnologiyasida). " Sekundiga million signal|"Ma’lumotlarni raqamli qayta ishlash qurilmasiga signallar kelib tushish tezligining o‘lchov birligi. " Selektiv foydalana olish|"Navigatsiya signalini generatsiya qilish rejimi. GPS dan harbiy maqsadlarda foydalanishning oldini olish maqsadida, AQSH mudofaa vazirligi tomonidan qo‘llaniladi. " Semafor|"Ba’zi dasturlash tillarida ma’lumotlarning maxsus turi. Kompyuterning, turli jarayonlar intiladigan ba’zi resurslaridan foydalanishni boshqaradi, ya’ni jarayonlar bajarilishini sinxronlashtiradi. " Semantik moslik|"Axborot tizimlarining ma’lumotlarni talqin qilishning o‘xshashligi darajasida birgalikda ishlay olish qobiliyati. " Semantik tarmoq|"Bilimlarni intellektual tizimlarda, uchlari obyektlar yoki tushunchalarni bildiradigan nomlangan uzellarni, ularni birlashtiradigan nomlangan yoylar esa, obyektlar o‘rtasidagi munosabatni o‘zida ifodalaydigan ustun (grafa) ko‘rinishida taqdim etish usuli. " Semantik xato|"Dasturlashdagi xato dasturlash u yoki bu konstruksiyasining ma’nosini, ahamiyatini yoki ishini tushunmaslik tufayli yuzaga keladi. " Semantika|"1. Semiotikaning jihatlaridan biri. Belgi adresati kim bo‘lishidan qat’i nazar, belgilarning belgilanganiga (belgilar tarkibi) nisbatini qarab chiqadi. 2. Belgi alohida birliklarining qiymatlari. 3. Tilning alohida birliklarini o‘rganish – elementar o‘rganish obyekti belgilovchi, belgilanuvchi va denotat kabi uchta obyektning birligidan iborat bo‘lgan tilshunoslik semantikasi. Belgilovchi – tashqi element (tovushlar yoki belgilar ketma-ketligi), denotat – haqiqatning belgilanadigan obyekti va belgilanuvchi – ushbu obyektning inson ongida aks etishi. " Sensorli ekran|"Monitor ekranidagi grafik tugmalarga yoki piktogrammalarga barmoq yoki peroni tegizish orqali kompyuterda ishlash imkonini beradigan ekran ‒ kiritish qurilmasi. " Sensorli panel|"Barmoqning harakatlanishi paytida qurilma yuzasidagi elektr maydonning o‘zgarishidan ishlaydigan manipulyator. " Sentreks xizmati|"Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmog‘ining abonentlariga virtual tarmoqni tashkil qilish uchun umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmog‘ining resurslaridan foydalangan holda, virtual MIATS funksiyalari va servis xarakteristikalaridan foydalanish imkonini beradigan xizmat. " Seriya raqami|"Analog mahsulotlar o‘rtasida dasturiy ta’minotni, uskunani belgilaydigan noyob identifikator. " Seriyalar uzunligi bo‘yicha kodlash|"Ma’lumotlarni siqishning oddiy algoritmi bo‘lib, bitta simvol ketma-ket bir necha marta takrorlanuvchi ketma-ketlikdan tuzilgan ma’lumotlar seriyasi bilan ishlaydi. Kodlashtirishda takrorlanuvchi belgilar satri shu belgining o‘zi va uning takrorlanishlari soni bilan almashtiriladi. " Seriyali chaqiruv|"Chaqirilayotgan abonent band bo‘lganda yoki javob bermaganda abonentlar ro‘yxatidagi boshqa abonent tomonidan chaqiruvni qayta yuborish imkonini beradigan xizmat. " Sertifikat|"Xavfsizlikni ta’minlash organi yoki ishonch qozongan uchinchi tomon bergan, xavfsizlikni ta’minlashga taalluqli bo‘lgan, ma’lumotlar manbaini autentifikatsiya qilishni ta’minlash xizmatlarini taqdim etish uchun foydalaniladigan, xavfsizlik to‘g‘risidagi axborot bilan birgalikdagi, ma’lumotlar majmui. " Sertifikat yo‘li|"Obуektlar sertifikatlarining, katalogning axborot daraxtidagi tartiblashtirilgan ketma-ketligi bo‘lib, berilgan yo‘l boshlang‘ich obуektining ochiq kaliti bilan birga shu yo‘l oxirgi obуektining ochiq kalitini olish maqsadida qayta ishlanishi mumkin. " Sertifikatlash|"1. Qandaydir faktni tasdiqlash protsedurasi. 2. Ishchi tizim yoki kompyuter tizimi uchun tanlab olingan nazorat va xavfsizlik choralari talablarga mos kelishligi va normal ishlayotganligi texnik tasdiqlash. 3. Dasturni rasman attestatsiya qilish. 4. Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi yoki uning qismi xavfsizlik talablariga mos kelishini uchinchi tomon kafolatlaydigan protsedura. " Sertifikatlash organi|"1. Bitta yoki bir nechta foydalanuvchi tomonidan ochiq kalitlar sertifikatlarini tuzish va taqsimlash ishonib topshirilgan organ. 2. Xavfsizlikni ta’minlashga taalluqli bo‘lgan ma’lumotlarning bitta yoki undan ortiq turkumini ichiga olgan xavfsizlik sertifikatlarini tuzish ishonib topshirilgan obyekt (xavfsizlikni ta’minlash siyosati kontekstida). " Sertifikatsion artefakt|"Sertifikatlash jarayonining ko‘rinib turgan natijalari. Misol – tekshiruvlarning nazorat ro‘yxatlari, ko‘rsatgichlar, muammolar to‘g‘risidagi hisobotlar. " Server|"1. Kompyuterga, boshqa bir kompyuterga xizmat ko‘rsatish imkonini beradigan apparat va dasturiy ta’minot majmui (server-dastur). 2. Tarmoq kompyuteri uchun belgilangan, bir kompyuter xizmatini boshqa bir kompyuterga taqdim etish imkonini beradigan dastur. Izoh – Xizmat ko‘rsatiladigan kompyuterlar server dastur bilan foydalanuvchi dasturi (mijoz dastur) yordamida bog‘lanadi. 3. Tarmoq resurslarining muayyan turini boshqaradigan hisoblash mashinasi (tizimi). Izoh – Fayl-server, ilovalar serveri, faks-serverlar, pochta, kommunikatsiya serverlari, veb-serverlar ajratiladi. " Server bek-end|"Katta ishonchlilik va katta hajmdagi resurslarni taqdim etish maqsadida bitta server o‘rniga ishlatiladigan server kompyuterlarining lokal tarmoqqa bog‘langan guruhi (puli). " Servislarni identifikatsiya qilish|"Aniqlangan ochiq portlarni tarmoq o‘zaro ishlaydigan aktiv komponentiga solishtirish. " Sessiya|"1. Foydalanuvchi va kompyuter yoki ikki kompyuter o‘rtasidagi aktiv bog‘lanish. 2. Tarmoqning stansiyalari o‘rtasida bog‘lanishni tashkil etish, ma’lumot almashish va bog‘lanishni tugatish operatsiyalarining ketma-ketligi. " Sferik antenna panjarasi|"Nurlantiruvchi elementlari sferik yuzada joylashgan sirtli antenna panjarasi. " Sferik radiotoʻlqin|"Teng fazalarning sirti konsentrik sferani oʻzida aks ettiradigan koʻndalang radiotoʻlqin. " Sifat shkalasi|"Kuzatishning ma’lum sharoitlarida tasvirning texnik sifatini miqdor jihatidan subyektiv baholash imkoniyatini beradigan beshta, oltita yoki yettita bosqichga ega shkala. " Sifati yaxshilangan televideniye|"Satrlar va maydonlar standart chastotalrini (625/50 yoki 525/60) saqlab qolgan holda, eshittirish televideniyesi radiosignali parametrlarini o‘zgartirib yoki o‘zgatrirmasdan, signalni tahlil qilish, sintez qilish va qayta ishlashning yangi jarayonlaridan foydalanish hisobiga tasvir sifatini yaxshilash va qo‘shimcha xarakteristikalarga erishiladigan eshittirish televideniyesi tizimi. " Sifati yaxshilangan televideniye|"Oddiy televizor ta’minlaydigan sifatdan yuqoriroq, lekin yuqori aniqlikdagi televideniye sifatidan pastroq sifatga ega televideniye. " Sifatning maqsadi|"Milliy operatorning pochta aloqasi sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan pochta aloqasi xizmatlarining o‘rnatilgan sifat normativlariga erishish bo‘yicha majburiyati. " Signal|"Vaqt bo‘yicha o‘zgaruvchi, turli xildagi axborotlarni uzatish, shuningdek, qandaydir voqea yoki obyektlarning holati to‘g‘risida xabar berish uchun foydalaniladigan fizik kattalik. " Signal bazasi|"Signal spektri kengligining uning davomiyligiga ko‘paytmasi. " Signal kechikishining buzilishi|"Uzatish uchun zarur bo‘lgan chastotalar diapazoni bo‘yicha sxema (tizim) dagi og‘ib o‘tuvchining kechikichi doimiy bo‘lmagan hollarda yuzaga keladigan buzilish turi. " Signal manbalari|"Tele-, radioqabulqilgich apparaturalar, yo‘ldoshli qabul qiluvchi tizimlar, videomagnitofonlar, lazer disklar va DVD proigrivatellariga audio va videosignallar uzatadigan qurilmalar signal manbalari bo‘lib hisoblanadi. " Signal yulduzi (signalning yulduz ko‘rinishi)|"Modulyatsiyalangan radiosignalning kompleks tekisligida nuqtalar ko‘rinishida ifodalanishi. Bunda nuqtalarning har biri alohida modulyatsiya simvoliga, ularning pozitsiyasi esa amplituda va fazaning muayyan qiymatiga mos keladi. " Signal/xalaqit nisbati|"Odatda, detsibellarda ifodalanadigan uzatish kanalining ma’lum nuqtasidagi muayyan sharoitlarda o‘lchanadigan foydali signal quvvatining, xalaqit beruvchi signallar va shovqinning umumiy quvvatiga nisbati. " Signal/shovqin nisbati|"1. Ma’lum vaqt davomida qabul qilgichning belgilangan nuqtasida, masalan, demodulyatorning kirishida, o‘lchangan foydali signal quvvatining additiv shovqinning spektral zichligiga nisbati. 2. Ma’lum vaqt davomida qabul qilgichning belgilangan nuqtasida o‘lchangan foydali signal kuchlanishining shovqin kuchlanishiga nisbati. Izoh − Har ikki holatda ham signal/shovqin nisbati detsibellarda ifodalanadi, biroq uni aniqlash paytida shovqin turini aniq tafovutlash lozim. Jumladan, agar shovqin impulsli bo‘lsa, uning cho‘qqi qiymati, agar shovqin tasodifiy bo‘lsa, uning o‘rtacha kvadratik qiymati hisobga olinadi. " Signalizatsiya|"Bog‘lanishlarni o‘rnatish, bo‘shatish va boshqarishning boshqa operatsiyalariga, shuningdek, bog‘lanishlarni o‘rnatishning avtomatik usulida telekommunikatsiyalar tarmog‘ini boshqarishga taalluqli bo‘lgan, nutqli bo‘lmagan axborot almashinuvi jarayoni. " Signalizatsiya guruhi|"Signalizatsiya bo‘g‘inlari majmui. Ushbu bo‘g‘inlar ikki punktni bevosita bog‘laydi va bir xil fizik xususiyatlarga (bitlar tezligi, tarqalish vaqti va h.k.) ega. " Signalizatsiya kanali|"Boshqaruv signallarini uzatish uchun foydalaniladigan alohida yoki ishchi kanal bilan birlashtirilgan xizmat kanali. Uning funksiyalari va tuzilmasi aloqa tizimida foydalaniladigan aniq algoritmlar va almashinish protokollari bilan belgilanadi. " Signalizatsiya marshruti|"Signalizatsiya punktlari ketma-ketligi sifatida oldindan belgilangan marshrut. Undan signalizatsiya punkti tomonidan muayyan belgilangan punktga yo‘naltirilgan signal xabarlari uzatilishi mumkin. " Signalizatsiya shlyuzi|"KAT va boshqa tarmoqlar o‘rtasidagi (masalan, KAT va STP dagi yoki SS7 dagi SSP chaqiruv serverlari o‘rtasidagi) chaqiruvni polosadan tashqari boshqarish signallari o‘zgartirilishini bajaradigan blok. " Signalizatsiyaning mantiqiy kanali|"Xizmatlar va signalizatsiya belgili kanallar bilan ta’minlanadigan interfeys tuzilmasi. Interfeysning belgili tuzilmasi siklik interfeysda yoki o‘z-o‘zini ajratadigan belgili interfeysda amalga oshishi mumkin. " Signallar (UNIX da)|"Xatoli holatlarni qayta ishlashning quyi darajali mexanizmi. " Signallar ansambli|"(I, Q) koordinatalar tizimida (I+Q) vektorlar to‘plami cho‘qqi holatlarining majmuasi. " Signallar qayta ishlanadigan antenna panjarasi|"Funksional elementlarga ega bo‘lgan, u qabul qilgan signallarni o‘zgartirishga imkon beradigan antenna panjarasi. " Signallar raqamli qayta ishlanadigan antenna panjarasi|"Signallar element bilan qayta ishlanadigan antenna panjarasi, bunda nurlantiruvchi elementlardan signallar ma’lum algoritmlar bo‘yicha keyingi qayta ishlash uchun analog-raqamli qayta tiklashga uzatiladi. " Signallar ushlab turiladigan liniya|"Tarmoqlagichlari bo‘lgan passiv to‘rt qutblagichni o‘zida ifodalovchi, signallarni ma’lum bir vaqtga ushlab turish uchun mo‘ljallangan qurilma. " Signallar shaklining koderi|"Ish prinsipi, analog signallarni ixcham qayta o‘zgartirishga va ular shaklini vaqt birligi ichida tiklashga asoslangan, nutqli kodlovchi qurilmalar toifasi. Izoh − Uzatish tezligining 16 Kbit/s dan 64 Kbit/s gacha bo‘lishini ta’minlaydi. PCM, ADPCM, CVSD, RELP lar shunga o‘xshash toifadagi koderlar hisoblanadi. " Signalni qayta ishlash|"Dasturiy signal bilan tovush yoki tasvirni uzatish, ularni qabul qilish, maxsus effektlar yoki tovushli effektlarni kiritish shartlariga muvofiqligini ta’minlash yoki qo‘shni kanallardagi xalaqitlarni kamaytirish uchun bajariladigan turli faoliyatlar. " Signalni qayta ishlash antennasi|"Antenna elementlari bilan qabul qilingan signallar maxsus qayta ishlanishi talab etiladigan, shundan so‘ng natijaviy signal qabul qiluvchi qurilmaga to‘g‘rilanadigan qabul qiluvchi antenna. " Signalni uzatish|"To‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki kodlangan axborotni tashuvchi elektromagnit impuls. " Signalning buzilishi|"U yoki bu aloqa tizimi bo‘ylab uzatilgan signalning boshlang‘ich signalga mos kelmasligi. Chastotaviy, nochiziqli, fazaviy buzilishlar buzilishlarning asosiy turlaridir. Turli xil buzilishlarning sezilarliligiga bog‘liq holda, ularning yo‘l qo‘yiladigan qiymatlariga va apparatura sifati toifalariga normalar belgilanadi. " Signalning so‘nishi (susayishi)|"Signal quvvatining, uzatuvchi muhit orqali o‘tishi natijasida kamayishi. Signal so‘nishining asosiy sabablari radioto‘lqinlarning yutilishi va qaytishi, difraksiya va refraksiya hisoblanadi. " Signalning tinish darajasi|"Tinishlar paytidagi qabul qilinuvchi signal og‘ib o‘tuvchisining maksimal va minimal qiymatlari o‘rtasidagi farq. " Signalning yo‘qolishi|"Qabul qilgich tomonidan signalning uzatilishi to‘xtab qolganini bildirish uchun yuboriladigan xavotirlik signali. Masalan, LOS optik-tolali kabel orqali uzatilganda va qabul qilish uchun uchida hech qanday signal qabul qilinmay qolganda eʼlon qilinadi. LOS signali qo‘lda bekor qilinmaguncha yoki muammo hal bo‘lmaguncha uzatilaveradi. " Signalning chiqish quvvati|"Tayanch stansiya uzatgichi chiqishida, uzatgichning nominal to‘la chiqish qarshiligiga teng bo‘lgan qarshilik bilan yuklamaga uzatiladigan bitta eltuvchi o‘rtacha quvvatining qiymati. " Signatura|"1. Tizimning dasturiy usulda tekshirish mumkin bo‘lgan noyob xarakteristikasi. Original-diskning identifikatsion belgisi sifatida qo‘llaniladigan diskning ikkinchi belgisi signaturaga misol bo‘ladi. Bu belgidan dasturiy usulda nusxa ko‘chirish mumkin emas. 2. Dastur doimiy kodining qismi, unga qarab, virusga qarshi dasturlar dasturlarning virus dasturlarga va dasturlarning boshqa nomaqbul turlariga mansubligini aniqlaydi. 3. Bostirib kirilish (hujum)ining, uni aniqlashda qo‘llaniladigan, oziga xos belgilari. " Sikl|"Maʼlum bir sharoit buzilmaguncha ko‘p marta bajarilishi mumkin bo‘lgan operatsiyalar yoki komandalar ketma-ketligi. " Sikl parametri|"Sikl bajarilishini boshqaradigan o‘zgaruvchi. Dasturning har bir siklida o‘z qiymatini sikl jismining har bir o‘tishida o‘zgartiradigan parametr mavjud. Agar bunday parametr bo‘lmasa, sikl noto‘g‘ri tuzilgan va sikllanish imkoniyati yuzaga keladi. Dasturlashda ba’zan «abadiy» sikllar quriladi, ulardan chiqib ketish maxsus komandalar orqali amalga oshiriladi. Bunday sikllarda sikl parametrlari bo‘lmaydi, bu esa, dasturlash uslubini buzadi. " Sikl sarlavhasi|"Sikl operatorining bir qismi yoki hisoblagichning boshlang‘ich qiymatlarini, sikl qadamini va davom ettirish yoki tugallash shartini belgilaydigan alohida operator. " Siklik ortiqcha kod|"Asosan xatolarni aniqlash maqsadida, siklik koddan foydalanib xatolarni nazorat qilish usuli. Izoh – Himoya qilinishi kerak bo‘lgan ma’lumotlar blokining bitlari berilgan generator polinomi yordamida 2 moduli bo‘yicha bo‘linadigan polinom koeffitsiyentlari sifatida ishlatiladi, qoldiq koeffitsiyentlari bo‘lishdan so‘ng blokning tekshiriluvchi ketma-ketligi ko‘rinishida ma’lumotlar blokiga qo‘shiladi. " Siklik siljish|"Registrning bir uchidan suriladigan razryadlar boshqa bir uchiga kelib tushadigan siljish operatsiyasi. " Silindrsimon antenna panjarasi|"Nurlantiruvchi elementlari silindr sirtda joylashgan sirtqi antenna panjarasi. " Silindrsimon radioto‘lqin|"Ko‘ndalang radioto‘lqin, uning teng fazalari sirti konsentrik silindrlarni o‘zida aks ettiradi. Ularga urinmalar urilish nuqtasida to‘lqin tarqalishi yo‘nalishiga perpendikulyardir. " Siljigan nurlagichga ega parabolik ko‘zgu (ofset antenna)|"Nurlanishning asosiy yo‘nalishidan tashqariga chiqarilgan nurlagichli o‘qqa nosimmetrik parabolik ko‘zgu (parabola segmenti). Bunday konstruksiyada antenna ko‘zgusi sirtining soyalanishiga yo‘l qo‘yilmaydi va yon yaproqlar bo‘yicha nurlanish darajasi pasayadi. " Siljigan yo‘lka|"Nusxa ko‘chirishdan himoya qilish usulining qismi, bunda diskdagi yo‘lka nostandart pozitsiyaga yoziladi. " Siljish|"Nisbiy manzillash usulida xotira yacheykasining tayanch manzilga nisbatan siljishini, ya’ni xotiraning ikki yacheykasi o‘rtasida manzillanadigan elementlar sonini (masofani) ko‘rsatadigan kattalik. " Siljish registri|"Barcha bitlari har bir siklda o‘ngga yoki chapga bir razryadga suriladigan registr mikrosxemasi. " Siljish vektori|"Harakatni kompensatsiyalashda tayanch kadrda makroblok siljishining yo‘nalishi va kattaligini ifodalaydigan ikki o‘lchovli vektor. " Siljitish|"Siljitish lineykasi yordamida rasm yoki boshqa turdagi fayllarni ko‘rish oynasi tashqarisidagi mazmunini ko‘rish uchun oynani yuqoriga, pastga, chapga va o‘ngga siljitish. Matnli hujjatlarda oynani satr yoki sahifa bo‘yicha siljitish mumkin. " Siljitish registri|"Operatsion tizim tomonidan xotiraga yuklangan dastur uchun ajratilgan xotira sohasining dastlabki msnzilini o‘z ichiga oladigan registr. " Siljitish chizig‘i|"Ekranning pastiga va/yoki oynaning o‘ng tomoniga joylashgan ingichka to‘rtburchak tasma. Oynadagi ma’lumotlar o‘rnini «sichqoncha» kursori yordamida o‘zgartirish uchun qo‘llaniladi. " Silliq xendover; bog‘lanishni uzmasdan qilinuvchi xendover|"Mobil stansiya tomonidan o‘rnatilgan bog‘lanish yangi bog‘lanish o‘rnatilmaguncha uzilmasdan bajariladigan xendover protsedurasi. Silliq xendoverda aloqa sifati qayta ulanish paytida yomonlashmaydi. " Simli antenna|"Elektromagnit to‘lqinlarni nurlantirish yoki qabul qilish uchun bitta yoki bir nechta metall sim yoki shtirdan iborat muayyan konstruksiya. " Simmetrik autentifikatsiya qilish usuli|"Ikkala obyekt umumiy autentifikatsiya axborotidan birgalikda foydalanadigan autentifikasiya qilish usuli. " Simmetrik kabel|"Uchta o‘tkazgich bo‘ylab simmetrik signal uzatuvchi kabel. " Simmetrik klasterizatsiya|"Klasterning barcha mashinalari bitta katta ilovaning turli qismlarini bir vaqtda bajarganda kompyuter klasterini tashkil qilish. " Simmetrik kriptografik algoritm|"Shifrlash va deshifrlash uchun aynan bitta kalitdan foydalaniladigan, shifrlash yoki tegishlicha deshifrlashni bajarish algoritmi. " Simmetrik kriptografiya|"Shifrlash va deshifrlash uchun bitta kalitdan foydalaniladigan kriptografiya. " Simmetrik ko‘p protsessorli qayta ishlash|"Parallel hisoblashda qo‘llaniladigan, bir turdagi protsessor elementlari yagona operatsion tizim tomonidan boshqarilishi bilan bog‘liq tizimni anglatadi. Bunda har bir protsessor bitta kiritish-chiqarish qurilmasiga ega bo‘ladi va barcha protsessorlar umumiy fazoni bo‘lib oladi. Vazifalar (oqimlar) turli protsessorlar orasida taqsimlanadi. Bunda barcha protsessorlar ekvivalent sifatida qaraladi va yangi vazifa u taqsimlanayotgan vaqtda eng kam yuklamaga ega protsessorga beriladi. " Simmetrik ko‘p protsessorli tizim|"Parallel hisoblashlarda qo‘llaniladigan, bir turdagi protsessor elementlari yagona operatsion tizim tomonidan boshqarilishi bilan bog‘liq tizim. Bunda har bir protsessor bitta kiritish-chiqarish qurilmasiga ega bo‘ladi va barcha protsessorlar umumiy fazoni bo‘lib olishadi. Vazifalar (oqimlar) turli protsessorlar orasida taqsimlanadi. Bunda barcha protsessorlar ekvivalent sifatida qaraladi va yangi vazifa u taqsimlanayotgan vaqtda eng kam yuklamaga ega bo‘lgan protsessorga beriladi. " Simmetrik operatsion tizim|"Protsessorlarning barcha pullarini, tizimli va amaliy vazifalar o‘rtasida taqsimlab ishlatadigan to‘liq markazlashtirilmagan operatsion tizim. " Simmetrik raqamli abonent liniyasi|"Axborotning, har bir aloqa yo‘nalishida bitta o‘ralgan juft orqali 2,048 Mbit/s tezlik bilan dupleks uzatilishini ta’minlaydigani, yuqori tezlikli abonent foydalanish liniyasi. " Simmetrik shifr|"Simmetrik kriptografik tizim bo‘lgan, ya’ni shifrlash va rasshifrovka qilish uchun aynan bir kalitdan yoki biri orqali boshqasi oson olinadigan turli kalitlardan foydalaniladigan shifr. " Simmetrik siqish|"Tasvirni siqish va tiklash uchun teng hisoblashlarni talab etuvchi siqish tizimi. Siqishning bu shaklidan qo‘shimchalarda, tasvirni ham siqish, ham tiklash sifatida foydalaniladi. Misollar – Ma’lumotlar bazasida harakatlanmaydigan tasvirlarni saqlash, rangli tasvirlarni uzatish (rangli faksimil aloqa), video ishlab chiqarish, videopochta, videotelefon hamda videokonferens aloqa. " Simmetrik vibrator|"Bitta tekislikda simmetrik joylashgan, bir xil uzunlik va shakldagi o‘tkazgichlar ko‘rinishidagi vibrator, uning tutashgan uchlariga fider ulanadi. " Simpleks interfeys|"Ma’lumotlarni faqat bitta yo‘nalishda uzatadigan interfeys; bir tomonga yo‘naltirilgan interfeys. " Simpleks ulanish|"Orasida faqat bir yo‘nalishda ma’lumotlar uzatilishi amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan ikki nuqtaning mantiqiy va fizik birikishi. " Simmetrik chiqish|"Ba’zi A/V qurilmalarning simmetrik signalni uchta o‘tkazgich orqali uzatish uchun mo‘ljallangan ajratgich. Konstruktiv jihatdan simmetrik chiqish XLR turidagi ajratgichlarda bajariladi. Faqat high-end turkumidagi apparaturada va professional texnikada uchraydi. " Simsiz abonent liniyasi|"Statsionar aloqa tarmoqlarida foydalaniladigan va simli aloqa liniyalarini simsiz aloqa liniyalari bilan almashtirish uchun mo‘ljallangan radio kira olish texnologiyasi. Abonent chaqiruvlarining umumiy foydalanish tarmoqlariga chiqishi, simsiz abonent liniyasining majburiy talabi hisoblanadi. Statsionar terminallar sifatida, multipleksor yordamida birlashtirilgan, telefon apparatidan, maishiy televizion pristavka hamda shaxsiy kompyuterdan foydalaniladi. " Simsiz aloqa|"Ma’lumotlarni uzatish elektromagnit to‘lqinlar vositasida amalga oshiriladigan aloqa. " Simsiz aloqa modeli|"Maʼlumotlarni qabul qilish va uzatish uchun mobil aloqa operatorlari tarmoqlaridan foydalanuvchi modem. " Simsiz aloqada shifrlash protokoli|"RC4 shifrlash sxemasiga asoslanadi, ma’lumotlar radiokanali bo‘yicha uzatiladigan 40-razryadli shifrlashni ta’minlaydi. 802.11b standartining qismi. Ishonchliligi bilan farqlanmaydi, chunki bitta kalitning o‘zidan foydalanishni nazarda tutadi. " Simsiz aniqlik|"1. Simsiz aloqa uchun Wi-Fi standarti; uskuna WECA assotsiatsiyasi tomonidan sertifikatsiyalangandan so‘ng beriladigan va LAN simsiz PC-kartalari, turli ishlab chiqaruvchilarning qurilmalari va foydalana olish nuqtalari o‘rtasida interaperabellikni kafolatlaydigan logotip. 2. Wi-Fi-ultra qisqa radioto‘lqinlarda ma’lumotlarni uzatish texnologiyasi. 1990-yillarning oxirida paydo bo‘lgan. IEEE (Institute of Electrical and Electronics Engineers) da standartlashtirilgan. Hozirda zamonaviy kompyuterlarning ko‘pi shu aloqa vositasi bilan jihozlangan. Wi-Fi kompyuter, noutbuk bilan simsiz tarmoq ulanishiga yoki muammolarsiz mavjud Wi-Fi tarmog‘iga ulanishga imkon beradi. " Simsiz belgilash tili|"Simsiz tizimlarni belgilash tili – XML spesifikatsiyasiga mos keluvchi sintaksisli WWW sahifalarini yaratish tili. Soddalashtirilgan HTML ga o‘xshaydi. " Simsiz biznes-kommunikatsiya|"UMTS tarmoqlarida radioulanish uchun DECT texnologiyasini qo‘llash imkoniyatlarini namoyish qilishga qaratilgan Yevropa loyihasi. Izoh − Asosiy maqsadi – mobil aloqa tizimlarining 2G va 3G o‘rtasida oraliq bo‘lgan amaldagi kommunikatsiya tizimi namunasini yaratishdir. " Simsiz erkin foydalanish protokoli|"Barcha turdagi mobil radioaloqa tizimlarini, portativ kompyuterlarni Internet tarmog‘iga ulash uchun belgilangan spetsifikatsiyalar to‘plami. Mobil qurilmalarda WWW resurslarini qarab chiqish imkonini beradigan ilovalarni yaratish uchun WML tili tavsiya qilinadi. Bu protokol negizida WAP tarmoqlar quriladi. WAP protokoli 1997-yilda kompaniyalar guruhi (200 dan ortiq, shu jumladan, Motorola, Nokia, Ericsson va b.lar.) kompaniyalar guruhi tomonidan ishlab chiqilgan. " Simsiz foydalana olish|"1. Tarmoq uzellari yoki serverlardan radiokanallar orqali olisdan foydalana olish. 2. Uyali va simli aloqa o‘rtasida oraliq o‘rinni egallovchi erkin foydalanish texnologiyasi. Izoh − Farq qiluvchi jihatlari: abonentlarning harakatlanish tezligi uncha yuqori emasligi (10 km/h gacha), abonentlarning yuqori zichligi va xizmat ko‘rsatish maydon birligiga to‘g‘ri keladigan tayanch stansiyalar sonining ko‘pligi. Piko va mikrouyali arxitekturadagi aloqa tizimlari o‘tkazuvchanlik qobiliyati 10000 Erl/km2 gacha bo‘lgan rayonlarga xizmat ko‘rsatishga qodir, biroq ta’sir radiusi, odatda, 300 m dan oshmaydi. Abonent qurilmalarida nutqning uzatilish sifatini simli aloqadagiga yaqinlashishini ta’minlovchi kam quvvatli uzatgichlar (1−10) mW va nutq kodeklari ishlatiladi. " Simsiz foydalana olish tizimi|"Qayd etilgan abonent terminallari (telefon apparatlari) va ATS o‘rtasidagi uchastkada, umumiy foydalanishdagi telefon tarmog‘ining simli abonent qismi o‘rniga foydalaniladigan ko‘p stansiyali kira olish radioaloqa tizimi. " Simsiz gipermatnli belgilash tili|"Har ikkala yo‘nalishda WAP funksiyalari bo‘lgan mobil telefonga ma’lumotlar uzatish uchun, WAP texnologiyasida foydalaniladigan mobil (simsiz) dasturlar uchun mo‘ljallangan gipermatnli belgilash tili. Izoh − Dasturlar ishlab chiqish uchun WML standart gipermatnli XML va HTML tillaridan foydalanish imkonini beradi. WML Phone.com kompaniyasi tomonidan yaratilgan HDML tilidan kelib chiqqan, biroq u HDML ko‘rinishi hisoblanmaydi: HDML ning ba’zi imkoniyatlari WML da yo‘q. " Simsiz global tarmoq|"O‘lchamiga ko‘ra, mamlakat yoki kontinent bilan tenglashtiriladigan katta geografik zonalarda bog‘lanishlarga bo‘lgan ehtiyojni qondiruvchi tarmoq. Simsiz global tarmoqlarda radiosignallarni uzatish uchun yo‘ldoshlardan foydalaniladi. " Simsiz ilovalar protokoli|"Simsiz qurilmalar (mobil telefon, cho‘ntak kompyuteri) yordamida WML tilida yaratilgan Internet resurslaridan foydalanishni taʼminlovchi protokol. " Simsiz intellektual tarmoq|"Simsiz tarmoqlarni intellektual nazorat qilish va boshqarish tizimi. O‘z ichiga signal protokolini, shuningdek, tranzaksiyalar jarayonini va servislarni boshqarish komponentlarini oladi. Izoh − Tizim IS-41 va ANSI-41 sifatida ham ma’lum. " Simsiz klaviatura|"Tizim bloki bilan infraqizil interfeys yordamida simsiz aloqaga ega kompyuter klaviaturasi. " Simsiz lokal tarmoq|"Ham ofisda, ham uyda, 30 m dan 150 m gacha qisqa masofada ikkita va undan ortiq qurilmani bog‘lovchi simsiz tarmoq. WLANning yetakchi standarti Wi-Fi hisoblanadi. Izoh – Simsiz lokal tarmoq foydalanuvchilarning tarmoq qurilmalarida erkin ko‘chib yurishini ta’minlaydigan lokal hisoblash tarmog‘ining simsiz ko‘rinishidir. Ma’lumotlar uzatish tezligi 802.11b standarti tarmoqlarida 11 Mbit/s ni, 802.11a standarti tarmoqlarida 54 Mbit/s ni tashkil etadi. Simsiz lokal tarmoqlar, odatda, 802.11 standarti asosida quriladi. Lokal tarmoqlarning simsiz texnologiyalari tarmoq bilan bog‘lanishni yo‘qotmagan, shaxsiy kompyuterni bir joydan boshqa bir joyga erkin ko‘chirish imkoniyatini ta’minlagan holda, kabellar yotqizmasdan, tezda tarmoqni yoyish imkonini beradi. " Simsiz ofis tizimi|"Foydalanuvchiga qo‘ng‘iroqlarni mobil telefonga o‘tkazib yuborish imkonini beradigan texnologiya. " Simsiz qurilma|"Simsiz ulanish imkoniyatiga ega bo‘lgan har qanday qurilma. Masalan: eshitish vositalari, klaviatura, «sichqoncha». " Simsiz tarmoq|"Simsiz uzatishdan foydalanmaydigan kompyuter tarmog‘i. " Simsiz tayanch stansiya|"Mikrouyali aloqa tarmoqlarida aloqani tashkil etish uchun ishlatiladigan statsionar stansiya. " Simsiz texnologiyalar|"Axborotni, simlar bilan bog‘lanish talab qilinmagan holda, ikki va undan ko‘p nuqta o‘rtasida masofaga uzatish uchun xizmat qiladigan axborot texnologiyalarining kenja sinfi. Izoh – Axborotni uzatish uchun radioto‘lqinlardan, shuningdek infraqizil, optik yoki lazer nurlanishdan foydalanilishi mumkin. " Simsiz shahar tarmog‘i|"Shahar miqyosidagi zonalarda radiokanal yordamida bog‘lanishlarga bo‘lgan ehtiyojni qondiradigan tarmoq. Izoh − Har bir 25 MHz radiokanalning o‘tkazish qobiliyati 120 Mbit/s ni tashkil qiladi. Simsiz shahar tarmoqlari 802.16 standartiga va patentlangan standartlarga mos keladi. " Simvol|"Belgilarni ifodalash uchun foydalaniladigan moddiy predmetlar kelishilgan to‘plamining elementi. " Simvol kodi|"Mashinaviy taqdim etishda berilgan simvolni bildiradigan son. Kompyuterda ishlatiladigan simvollar to‘plamidan bo‘lgan har bir simvol kodi standartlashtirilgan kod jadvalidan olinadi. " Simvolga qaytarish|"Boshqaruvchi simvol yoki ekranda kursorni, odatda oldingi simvolni chiqarib tashlagan holda, bitta simvolga orqaga qaytaruvchi klavishlar. Matnni kiritishda terishdagi xatoliklarni tuzatish uchun qo‘llaniladi. " Simvollar jadvali|"Obyekt modulidagi yoki yuklanadigan moduldagi, kodning modulida aniqlangan yoki ishlatiladigan simvollarni (o‘zgaruvchlar, protseduralar va b.q.) o‘z ichiga oladigan jadval. " Simvollar to‘plami|"Harflar, sonlar va u yoki bu tilda foydalaniladigan simvollar to‘plamini tashkil qiladigan boshqa belgilar to‘plami, shuningdek, muayyan kompyuter va kiritish/chiqarish qurilmasi kodlash uchun qabul qiladigan simvollar ro‘yxati. " Simvollararo interferensiya|"Radioto‘lqinlar ko‘p nurli tarqaladigan kanalda signal qo‘shni simvollarini uzunligi bo‘yicha to‘sishda sodir bo‘ladigan beixtiyoriy effekt. Simvollararo interferensiya signal buzilishiga olib keladi. " Simvollarni optik aniqlash dasturi|"Simvolning (mashinada yoki qo‘lda yozilgan) grafik obrazini kompyuterdagi simvol kodi bilan muvofiqlikka keltiradigan dastur. Odatda, skanerlar orqali yoki pero yordamida kiritilgan matnni qayta ishlashda foydalaniladi. Hozirgi vaqtda mashinada yozilgan matnni talqin qilish aniqligi 95 foizdan ko‘proq. " Simvollarni tanish|"Kompyuterga kiritiladigan simvollarni tanish uchun mo‘ljallangan dastur. " Simvollarning ikki baytli kombinatsiyasi|"Ideografik belgilarni qo‘llaydigan, tillarni taqdim etish uchun mo‘ljallangan simvollar to‘plami. Bir baytli va ikki baytli simvollar kombinatsiyasidan iborat. " Sinaps|"Neyron tarmoqlar tushunchasi. Sinaps – neyronlar o‘rtasidagi bog‘lanishdir. Bir neyrondan chiqadigan chiqish signali, bu signalni boshqa neyronga uzatadigan sinapsga kelib tushadi. Bunda signal o‘zgartirilishi mumkin. Murakkab sinapslarda xotira bo‘lishi mumkin. " Sinergetika|"Fizik, ximik va biologik ochiq tizimlarda yuqori tartiblashtirilgan tuzilmalarning spontan (o‘z-o‘zidan) hosil bo‘lishini o‘rganadigan fan. " Sinfaz antenna|"Bir xil fazadagi radiochastota toklari bilan qo‘zg‘atiladigan nur tarqatgich panjarasi ko‘rinishidagi antenna. " Sinfaz antenna panjarasi|"Nurlantiruvchi elementlarini qo‘zg‘atish fazasi bir xil bo‘lgan chiziqli yoki yassi antenna panjarasi. " Sinfazlik|"Bir xil vaqtdagi ikkita tebranishning faza bo‘yicha mos kelishi. " Sinov jadvali generatori|"Oddiy yoyish blokidan foydalanmasdan televizion sinov jadvalining videosignali hosil qilinadigan qurilma. " Sinov signali generatori|"Televizion qabul qilgichlarning asosiy sifat ko‘rsatgichlarini tekshirish uchun mo‘ljallangan qurilma. " Sinov vektorlari fayli|"SCF kanalli fayllar uchun vektorlar tavsifini o‘z ichiga oladigan ASCII formatidagi .vec turidagi fayl. " Sintaksis|"Til yoki tizimda matn so‘zlari, konstruksiyalari va tuzilmalarini qurish qoidalari to‘plami. Ba’zi mualliflar sintaksisga alifboni ham kiritadilar. Til sintaksisini tavsiflashning ko‘plab usullari mavjud, ularning ichida eng ko‘p tarqalganlari – sintaktik diagrammalar va kengaytirilgan Bekus-Naur shakli. Dasturni yozishda paydo bo‘ladigan va faqat sintaksisga taalluqli xatolar, translyator amalga oshiradigan sintaktik tahlil paytida aniqlanadi. " Sintaksisni tekshirsh|"Kompilyator yoki interpretatorning leksik analizatori bajaradigan operatsiya. Zamonaviy dasturlash tizimlarida sintaksisni avtomatik tekshirish, dastur matnini yozish paytida amalga oshiriladi. " Sintaktik analizator|"Kompilyatorning, dastur boshlang‘ich matnining sintaktik tahlilini amalga oshiradigan qismi. " Sintaktik diagramma|"Dasturlash tili sintaksisining grafik ko‘rsatilishi. Sintaktik diagrammalar kengaytirilgan Bekus-Naur shakliga to‘g‘ri keladi va dasturlash tilini tavsiflashda foydalaniladi. " Sintaktik tahlil|"Dasturni translyatsiya qilishning, uni leksik tahlil qilishdan keyin keladigan bosqichi. " Sintaktik xato|"Dasturdagi, berilgan til sintaksis qoidalarini buzadigan simvollar ketma-ketligi. " Sintezlangan ochilishga ega antenna panjarasi|"Fazoda nurlantiruvchi elementlarning biri yoki elementlar guruhining siljishi jarayonida amalga oshiriladigan, signallar qayta ishlanadigan antenna panjarasi. " Sinxron dinamik tezkor xotira qurilmasi|"Oddiy tezkor xotira qurilmasidan maxsus mantiqiy blok va ikki bankli tuzilmasi mavjudligi bilan farq qiladigan xotira qurilmasi. Barcha o‘qish/yozish operatsiyalari asosiy takt signali bilan sinxronlanadi. 168-kontaktli DIMM modullari yoki 144-kontaktli SO-DIMM modullari ko‘rinishida joylashtiriladi. " Sinxron interfeys|"Bir vaqtda yuz beradigan ikki yoki undan ortiq jarayon. Sinxron interfeys bir vaqtning o‘zida bir nechta o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan signalni nazorat qiladi. " Sinxron kiritish-chiqarish|"Kiritish-chiqarish operatsiyasiga so‘rov bergan vazifa supervizor tomonidan buyurtma qilingan operatsiyani tugatishni kutish holatiga o‘tkaziladi. Supervizor tugatish seksiyasidan operatsiya tugagani to‘g‘risidagi xabarni olgach, vazifani bajarishga tayyor holatga keltiradi va bajarilishda davom etadi. " Sinxron raqamli abonent liniyasi|"O‘ralgan juft uchun HDSL varianti, 3-4 km gacha masofada oqimni 2048 kbit/s dupleks uzatishni ta’minlaydi. Symmetric DSL nomi ikkala yo‘nalishdagi oqimlar tezligining simmetrik ekanligini ta’kidlaydi. " Sinxron raqamli iyerarxiya|"Uzatishning fizik tarmoqlari bo‘ylab mos ravishda adaptatsiya qilingan yuklamani tashish uchun standartlashtirilgan raqamli transportli tuzilmaning iyerarxik to‘plami. Izoh – SDH texnologiyasi 2 Mbit/s dan 10 Gbit/s gacha qayd etilgan tezliklardagi raqamli trafik uzatilishini ta’minlaydi. " Sinxron transport moduli|"SRI seksiyalari qatlamida ulanishlarni tashkil qilish uchun ishlatiladigan axborot tuzilmasi. 125 mks takrorlanish davriga ega bo‘lgan blokli cho‘qqi tuzilmaga birlashtirilgan (SOH) seksiya sarlavhasi va axborot yuklamasidan iborat. Bu axborot mos ravishda tarmoq bilan sinxronlashtirilgan tezlikda ketma-ket uzatish uchun tayyorlangan. Tayanch STM 155520 kbit/s tezlikka ega va STM-l deb ataladi. Yuqori STMlapning tezligi n marta ortiq. n4 va n16 ekanligi aniqlangan. Yuqoriroq bo‘lgan qiymatlar o‘rganilmoqda. STM-l bir guruhli ma’muriy blok (AUG) va SOHni o‘z ichiga oladi. STM-n o‘z ichiga n AUG va SOH ni oladi. n qiymatlari CPI darajalariga mos keladi. " Sinxron uzatish|"Raqamli signalni taktli chastota signali bilan bir vaqtda yoki uni qabul qilinayotgan signaldan ajratgan holda uzatish. " Sinxron uzatish rejimi|"Signallarni uzatish rejimi. Kanallari vaqt bo‘yicha taqsimlangan ko‘p kanalli siklda har bir ulanishga belgilangan uzunlikdagi kodlangan so‘zning davriy ravishda taqdim etilishini ko‘zda tutadi. Kodlangan so‘zlarning ketma-ketlik chastotasi doimiy va foydali axborotni uzatish tezligiga bog‘liq bo‘lmaydi. " Sinxronizatsiya|"1. Axborotni uzatish va qabul qilish paytlari orasida aniq muvofiqlikni o‘rnatishga imkon beradigan protsedura. Izoh − Sinxronizatsiyaning uchta asosiy usuli farq qilinadi: yuqori (eltuvchi) chastota bo‘yicha, taktli impulslar bo‘yicha va kadrlar bo‘yicha. 2. Chastotani egallash yoki eltuvchi chastotadan foydalanib sinxronlikka kirish. 3. Qurilmani, u o‘zining asosiy funksiyalarini bajara oladigan ma’lum bir holatda qayd etish. " Sinxronizatsiya signali, sinxrosignal|"1. Uzatish va qabul qilishda yoyish jarayonlarini vaqt bo‘yicha kelishtirishda foydalaniladigan signal. 2. Satrlar, maydonlar sinxronlovchi impulslaridan hamda tenglashtiruv-chi impulslardan iborat signal. " Sinxronizm|"Ikkita yoki bir nechta signal yoki davriy ravishda takrorlanuvchi jarayonlarning vaqt bo‘yicha aniq mos tushishi ta’minlanadigan holat. " Sinxronlanuvchi oqimli kriptotizim|"Kalit oqimi ochiq matn va shifrmatnga bog‘liq bo‘lmagan tarzda ishlab chiqiladigan oqim kriptotizimi. Shifrmatnning biror-bir simvoli uzatishda yo‘qolgan bo‘lsa, oluvchi shifr matnning keyingi belgilarini to‘g‘ri rasshifrovka qilish uchun, kalit oqimining tegishli simvolini olib tashlab, o‘zining kalit oqimini qayta sinxronlashi kerak. " Sinxronlash darajasi|"To‘liq videosignalning satr sinxronlivchi impulsi cho‘qqi qiymatiga mos keladigan darajasi. " Sinxroregenerator|"Buzilgan videosignaldan sinxronizatsiya signallarining to‘g‘ri turini va ko‘lamini tiklash uchun mo‘ljallangan uskuna. " Sinxroselektor|"To‘liq videosignaldan sinxronizatsiya signallarini ajratish uchun mo‘ljallangan qurilma. " Sinxrosignaldagi tovush|"Satrlar sinxronizatsiyasi signaliga qo‘yilgan raqamli signal ko‘rinishidagi tovush signalini uzatish usuli. " Siqib chiqarmaydigan ko‘p vazifalilik|"Ko‘p vazifalilik turlaridan biri, bunda operasion tizim ikki va undan ortiq dasturni bir vaqtda xotiraga yuklaydi, lekin protsessor vaqti faqat asosiy dastur uchun taqdim qilinadi. Fondagi dasturni bajarish uchun u aktivlashtirilishi lozim. " Siqilmagan videotasvir uchun port|"RS Card uyasi orqali videoma’lumotlarni tizim shinasidan aylanib o‘tib katta tezlikda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazishni ta’minlaydigan arxitektura. " Siqish koeffitsiyenti|"1. Siqish amalidan so‘nggi axborot hajmining siqish amaligacha bo‘lgan axborot hajmiga nisbati. 2. Siqish amalidan so‘nggi ma’lumotlar oqimi bitreytining siqish amaligacha bo‘lgan ma’lumotlar oqimi bitreytiga nisbati. " Sir|"Faqat vakolatli foydalanuvchiga ma’lum bo‘lgan va/yoki baholash obyektining xavfsizlik funksiyasi uchun belgilangan xavfsizlik funksiyasi siyosatini amalga oshiradigan axborot. " Siri bo‘lgan bir tomonlama funksiya|"k parametrga bog‘liq bo‘lgan f(x) funksiya, bu shunday funksiyaki, k ma’lum bo‘lganda, barcha x lar uchun fk (x)ni, barcha y lar uchun f -1k (y)ni oson hisoblab chiqarish imkonini beradigan Ek va Dk polinomial algoritmlarni topish mumkin. K ni bilmasdan turib, f -1k(y) ni topish, hatto Ek algoritm ma’lum bo‘lganda ham, hisoblab chiqarish murakkab bo‘lgan vazifa (polinomial algoritm mavjud emas). Siri bo‘lgan bir tomonlama funksiya tushunchasi asosida, kalitlarni ochiq taqsimlash, uning natijasida ochiq kalitli kriptotizim prinsipi taklif qilingan. " Sirkulyar bog‘lanish|"Foydalanuvchiga п+1 MChU o‘rtasida bog‘lanishni o‘rnatish imkonini beradigan abonentlar uchun fakultativ xizmat. Bosh MChU deb ataladigan bitta MChU n ta bochqa tobe MChUga uzatadi. " Sirkulyator|"Uchta va undan ko‘p yelkali (to‘lqin o‘tkazgichli sirkulyator holatida) passiv qurilma, unda har qanday yelkaga keltiriladigan ta’minot ketma-ket ravishda keyingisiga uzatiladi, shu bilan birga, tartib bo‘yicha oxirgisidan keyin keladigan yelka birinchisi hisoblanadi. " Sirlarning taqsimlanishi|"Sirni taqsimlash sxemasi, uning asosiy g‘oyasi maxfiy kalitni bir nechta subyekt o‘rtasida, ular birga to‘planib, kalitni bir nechta qismlardan tiklashlari mumkin bo‘ladigan tarzda ajratishda ifodalanadi. " Sirt effekti|"O‘tkazgichdagi elektr toki zichligining o‘tkazgichning sirtidan ichiga kirib yo‘qotib borgan sari elektromagnit maydonning o‘tkazgichiga singadigan so‘nish bilan sodir etilgan kamayish hodisasi. " (Sirt nuqtasidagi) yoritilganlik (E simvol)|"Elementar sirtga tushadigan, shu sirt maydoniga bo‘lingan yorug‘lik oqimi. Izoh ‒ SI birliklar tizimida yoritilganlik kvadrat metrga (ℓm/m2) lyukslarda (ℓk) yoki lyumen (ℓm) larda ifodalanadi. " Sirtqi antenna panjarasi|"Nurlantiruvchi elementlari ayrim sirtni hosil qiladigan antenna panjarasi. " Sirtqi radioto‘lqin|"Ikkita muhitni ajratuvchi sirt bo‘ylab tarqaladigan, uning xarakteristikalari esa shu muhitning xususiyatlari bilan aniqlanadigan radioto‘lqin. " Sirtqi to‘lqin antennasi|"Yo‘naltirilgan nurlanishi sirt to‘lqinning tarqalishini ta’minlovchi ko‘ndalang yoki bo‘ylama tuzilma (metalldagi, tekis yoki qirrali silindrsimon metall sirtdagi dielektrik qatlam) yordamida ta’minlanadigan antenna. Sirt to‘lqin antennasi nurlatgich va aytib o‘tilgan tuzilmadan tashkil topgan. Uchish apparatlarida bo‘rtib chiqmagan antenna, antenna panjarasi elementi va h.k.lar sifatida qo‘llaniladi. " Sirtmoq|"Dasturlashdagi sikl – maxsus hisoblagich (sikl hisoblagichi) yordamida, shuningdek, uning davomiyligi yoki tugallanish mantiqiy sharti bo‘yicha nazorat qilinadigan operatorlar ketma-ketligini takroran bajarish. " Sizish|"1. Signal yoki taktli impulslar bir qismining qurilma chiqishiga o‘tishi. 2. Kompyuterga virus kirganda, simvollar ketma-ketligining uning xotirasiga o‘tib olishi. " «Sichqoncha»|"Displeyda ma’lumotlarni tanlash, grafik ma’lumotlarni kiritish imkonini beradigan manipulyator. Shar, ikkita optik datchik, shuningdek, ikkita asosiy tugmadan iborat bo‘lgan pozitsion qurilmani o‘zida ifodalaydi. Qurilma XX asrning 60-yillarida AQShda, Dug Engelbart tomonidan ixtiro qilingan. " «Sichqoncha» kursori|"«Sichqoncha»ning harakatiga monand indikator vazifasini bajaruvchi ko‘rsatgich. " «Sichqoncha» nishonchasi|"Kursor tasviri. Ilovadan yoki bajarayotgan vazifasidan qat’i nazar o‘zining ko‘rinishini o‘zgartira oladi. Qoida bo‘yicha, strelka ko‘rinishiga egadir. «Sichqoncha» nishoni animatsiyali bo‘lishi ham mumkin, bunda maxsus dizaynerlar tomonidan yaratilgan kursorlardan foydalanish mumkin, buning uchun kursorlarning nomiga qarab ularni joy-joyiga qo‘yib chiqish kifoyadir. " «Sichqoncha» tugmasi|"Dasturni boshqarish amalga oshiriladigan «sichqoncha»ning ishchi elementi. Avval «sichqoncha» bir tugmali bo‘lib, hozigi vaqtga kelib ularning soni vazifasiga qarab ikkitaga oshdi. Oddiy ikki tugmali va bir g‘ildirakchali «sichqoncha»larda g‘ildirakcha o‘z navbatida tugma vazifasini ham bajaradi, masalan, AutoCAD dasturida bu tugmani bosib ish maydonining holatini o‘zgartirish mumkin, bu esa foydalanuvchilar uchun ancha qulaylik yaratadi. " «Sichqoncha» tugmasini bosib raqam terish|"Foydalanuvchiga tanlangan raqamni bosish yo‘li bilan telefon chaqiruvini amalga oshirish, xizmat ko‘rsatuvchiga esa foydalanuvchiga aniq xizmatni chaqirish uchun raqam (bir nechta raqam) tavsiya qilish imkonini beradigan xizmat. Izoh – Xizmat, telefoniya xizmatlari foydalanuvchilariga tavsiya qilingani kabi, Internet xizmatlari foydalanuvchilariga ham tavsiya qilinishi mumkin. " «Sichqoncha» tugmachasini bosish|"Kompyuterga tegishli komandani berish uchun «sichqoncha» tugmachasini bosish. " Skalyar protsessor|"Skalyar kattaliklarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan protsessor. Bitta arifmetik mantiqiy qurilmasi bor va bir vaqtning o‘zida (bir mashina sikli davomida) faqat bitta komandani qayta ishlaydi. " Skan-kod|"Klaviaturadagi klavishlar bosilganda va qo‘yib yuborilganda generatsiyalanadigan kod. Har bir klavish, tayanch kiritish/chiqarish tizimi ASCII kodiga aylantiradigan o‘zining noyob kodiga ega. " Skaner|"Tasvirni ikki o‘lchamli sirtdan kompyuterga kiritish qurilmasi. Izoh ‒ To‘rt turdagi skaner farqlanadi: qo‘l skaneri, varaqli skaner, planshetli skaner, barabanli skaner. " Skanlash|"Maxsus qurilma – skanerdan foydalanib tasvirni elektron ko‘rinishda olish jarayoni. " Skanlash tezligini modulyatsiyalash|"Televizorlarda qo‘llaniladigan, ekran uchastkasining yorqinliligiga bog‘liq holda signalni skanlash tezligini tuzatuvchi texnologiya. " Skrembler|"1. Elektraloqa raqamli signalining tuzilmasini, signal simvollarini uzatish tezligi saqlangan holda uning xossalarini tasodifiy signal xossalariga yaqinlashtirish maqsadida o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan qurilma. 2. Pulli (yopiq) yo‘ldoshli kanallarni mualliflashtirilgan tarzda ko‘rishda qo‘llaniladigan video va audio signallarni kodlash uchun mo‘ljallangan qurilma. " Skremblerlangan nutq|"Spektrining ayrim qismlari invertirlangan va chastota bo‘yicha siljigan nutq signali. " Skremblerlangan televideniye, shifrlangan televideniye|"Dastlabki tasvir qabul qilgichlar tomonidan faqat tegishli dekoderlar bilan tiklanishi mumkin bo‘lgan televideniye. " Skremblerlash|"1. Ma’lumotlar oqimini uning sinxronlovchi xususiyatlarini yaxshilash maqsadida, aralashtirish protsedurasi. Boshlang‘ich kod va hisoblashlarning oldingi sikllarida olingan natijalovchi kod simvollarini ikkining moduli bo‘yicha bitma-bit qo‘shishga asoslangan usul. Skremblerlash, shuningdek, signalning eng kuchli spektral tarkibiy qismlarini, ularni chastotalarning keng polosasi bo‘yicha yoyib yuborish bilan bostirish imkonini beradi. 2. Analog signalni boshlang‘ich signal uchastkalarining o‘rnini o‘zgartirish va ularni inversiyalash yo‘li bilan maxfiylashtirish usuli. 3. Televideniyeda – televizion signal xarakteristikalarini, axborotni toza shaklda ruxsat etilmagan tarzda qabul qilishni bartaraf etish uchun, o‘zgartirish. Izoh – Skremblerlash belgilangan tartibda shartli foydalanish tizimi nazorati ostidagi jarayonni o‘zida aks ettiradi. 4. Raqamli uzatishda – psevdotasodifiy ketma-ketlikdagi raqamli signalni birlashtirish uchun va uzatishga imkon beradigan o‘sha axborotni ko‘chiradigan tasodifiy raqamli signalni olish uchun ishlatiladigan jarayon. " Skremblerlashning yagona algoritmi|"DVB Project da qabul qilingan, barcha shartli foydalanish tizimlari uchun bir xillashtirilgan, raqamli oqimni skremblerlash algoritmi. " Skrembrlangan kadr|"Turli abonentlarlarning maʼlumotlarini uzatish uchun ajratilgan vaqt intervallari psevdotasodifiy qonunga ko‘ra navbatlashtirilgan kadr. " Skrinshot|"Foydalanuvchi buyrug‘i bo‘yicha kompyuter tomonidan olingan va monitor ekrani yoki boshqa chiqish qurilmasida ko‘rinayotgan obyektni ko‘rsatuvchi tasvir. " Skript|"Operatsion tizim yoki dastur muayyan holatda ishga tushiradigan komandalar va/yoki harakatlar ketma-ketligi, kichik dastur yoki makros. Ssenariylar ko‘pincha matnli fayllarda saqlanadi. " Skript kiddi|"Buzish uchun qo‘llaniladigan xakerlik vositalarining ishlash tamoyillarini tushunmaydigan odam. Zaiflikni aniqlash yoki eksploitni yozish qo‘lidan kelmasdan, u faqat tayyor narsalardan – eng keng tarqalgan zaifliklar, mavjud bo‘lgan eksploitlardan foydalanadi. Maʼlum holatlarda skript kiddilar virus konstruktorlaridan foydalanib, dasturlash tillarini bilmasdan, turli xavf darajasiga ega viruslarni yaratadi va ulardan o‘z maqsadlarida foydalanadi. " Slays|"Videokadrdagi yagona kvantlash shkalasi orqali birlashtiriladigan ketma-ket bloklar guruhi. " Slot|"Raqamli oqim kadridagi vaqt intervali. Kadrning to‘rtdan bir qismini egallaydi va radiokanaldagi bitta axborot kanalining signalini uzatish uchun mo‘ljallangan. " Slotlar tuzilmasining jadvali|"Har bir slotning parametrlarini – simvol tezligini, kodlashning nisbiy tezligini, preambulani, foydali yuklama mazmunini ichiga oladigan jadval. " Smarfing|"Xakerlarning provayder serveriga qiladigan hujum usuli. Teskari manzili soxta bo‘lgan ko‘plab ping so‘rovlarni yuborishda ifodalanadi. " Smart-karta|"Mikroprotsessor o‘rnatilgan intellektual plastik kartochka. Foydalanuvchi to‘g‘risidagi zarur bo‘lgan barcha identifikatsion, shu jumladan, shaxsiy ma’lumotlar (bankdagi hisob raqami, sug‘urta polisi va boshqalar) ni ichiga oladi. Bu kartochkadan ko‘pincha foydalanuvchining chetki uskunasida (masalan, mobil telefonda) foydalaniladi, u tarmoqqa ruxsat etilgan tarzda kirishni ta’minlaydi. " Smart shartnoma|"Blokcheynda shartnomalar bajarilish jarayonini avtomatlashtirishga mo‘ljallangan elek-tron algoritm. " Smartbuk|"ARM arxitekturasi asosidagi 3G moduli integratsiya qilingan va uzoq vaqt mustaqil ishlaydigan noutbuk. " Smartfon|"Cho‘ntak shaxsiy kompyuterining funksionalligi qo‘shilgan mobil telefon. " Smaylik, «tabassumcha»|"His-tuyg’uni bildiruvchi ideogramma. Turli xil, jumladan, xizmatga oid belgilardan tashkil topgan. Internet va SMS da «tabassumcha» keng tarqalgan, keyingi vaqtlarda u hamma joyda ishlatilmoqda. " Sniffer|"Kanal orqali uzatiladigan ma’lumotlarni (ehtimol, ruxsat etilmagan tarzda) kuzatib borish dasturi. " Sniffing|"Uzatiladigan parollar, kalitlar va boshqa identifikatsion yoki autentifikatsion axborotni to‘plash maqsadida, trafikni eshitish. " Snippet|"Qayta ishlanishi mumkin bo‘lgan dastlabki kod yoki matn qismini bildiradigan dasturiy atama. Inglizchadan tarjimasi – «parcha», «bo‘lak». Snippetlar tartibot, funksiya yoki tuzilmaviy dasturlashning shunga o‘xshash boshqa atamalari o‘rnini bosmaydi. Ular odatda funksiyalar kodining o‘qilishini osonlashtirish yoki kodning bir xil bo‘lgan umumiy qismini takrorlamaslik uchun ishlatiladi. " Soat|"Ona plataga o‘rnatilgan va batareyka orqali ta’minlanadigan soat. Sana/vaqtni ko‘rsatish va vaqt sikllari bilan to‘g‘ri ishlash imkonini beradi. " Softfon|"Shaxsiy kompyuter yordamida Internet orqali telefon qo‘ng‘iroqlarini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan dastur. Odatda kompyuterga ulangan garnitura yoki mikrofon va dinamiklar bilan ishlatiladi. " Soket|"Transport sathidagi turli obyektlar o‘rtasida tarmoqlararo o‘zaro ishlay olishni taʼminlash uchun zarur bo‘lgan parametrlar to‘plami bilan tavsiflanadigan intenrfeys nuqta. TCP/IP atamashunosligida identifikatsiyalovchi parametrlar to‘plami: port raqami, tarmoq manzili hamda oxirgi uzel raqami. " Sokol tarmog‘i adapteri|"Kompyuterni lokal kompyuterlar tarmog‘iga ulash uchun mo‘ljallangan adapter. " Solishtirish shkalasi|"Kuzatishning ma’lum sharoitlarida ikkita berilgan tasvirning texnik sifatidagi tafovutlarni miqdor jihatidan subyektiv baholash imkonini beradigan yettita bosqichli shkala. " Solishtirma tahlil natijalari bazasi|"Solishtirma tahlil harakatlari va axborot mahsulotlarini baholashlar, shuningdek, solishtirma testlash va tahlil vaqtida to‘plangan butun tajriba saqlanadigan ma’lumotlar bazasi. " Solishtirma yutilish koeffitsiyenti|"1. Ma’lum shakl (odatda, kub) va berilgan solishtirma zichlikka ega jismning massa birligi tomonidan yutiladigan quvvatga qiymati jihatidan teng koʻrsatgich. Izoh ‒ Ayrim mamlakatlarda solishtirma yutilish koeffitsiyenti biologik xavfsizlik normasi hisoblanadi. 2. ρ zichligidagi dV hajmi elementida mavjud bo‘lgan dm massa elementi bilan yutiladigan (sochiladigan) dW elektromagnit energiyasining vaqt bo‘yicha hosilasi. " «Sovuq» qayta yuklash|"Tizimning to‘liq qayta ishga tushirilishi bo‘lib, bunda elektr ta’minoti uziladi va tezkor xotira ichidagi yo‘qoladi. " «Sovuq» start|"Tizimning barcha qurilmalarini uzib qo‘yish, so‘ng ulash bilan tizimning barcha qismlarini qayta yuk-lash. «Issiq» start ishlamagan hollarda qo‘llaniladi. " Soxta konturlar|"Raqamli televizion tasvirlarda dastlabki analog signalni uzatish uchun foydalanilgan kvantlash intervallari sonining yetarli emasligi natijasida yuzaga keladigan effekt. " Soxta «naqsh»|"Tasvirlarning aksariyatida bo‘lmaydigan va na foto, na kino mahsulotlarida paydo bo‘lmaydigan detallar. " Soxta pochta markasi|"Firibgarlik maqsadida norasmiy ravishda bosib chiqarilgan pochta markasi. " Soxtalashtirish|"Jinoyatkor tomonidan tutib olingan paketlar mazmunining, ularning yaxlitligi buzilishiga olib keladigan tarzda, o‘zgartirilishi. " Soya hududi; qabul yo‘q zona|"Radioko‘rinish hududidan tashqarida joylashgan, yer yuzasidagi zona. Soya hududining yaqin chegarasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rinish masofasida bo‘ladi, olis chegarasi esa, to‘lqinlarning atmosfera refraksiyasi musbat bo‘lganda ufq orqasiga tarqalish shart-sharoitlari bilan belgilanadi. " Soyabonsimon antenna|"Vertikal konus hosil qiluvchi o‘tkazgichlardan iborat antenna. Konus cho‘qqisida joylashgan o‘tkazgichlar oxiri antennani pasaytirish vertikal simi bilan birlashtirilgan va bog‘langan. " Soyalanish|"Joy relyefi va shahar imoratlarining to‘suvchi ta’siri tufayli, uzatgich va qabul qilgich o‘rtasidagi trassadagi sekin asta tinishlar. Misol – Shahar sharoitida 36 km/h tezlikda harakat qiluvchi abonentlarga uyali aloqa tarmoqlarida bu xildagi tinishlar masofaning har 12-60 metri uchun xosdir (vaqt intervali 1,2 s-6 s). " Sozlanadigan havolalar|"Obyekt ostida avtomatik ravishda tuzatiladigan havolalar. Havolalar, ular havola qilinadigan obyekt ko‘chirilganda, sozlanadi va baribir xuddi shu obyektga havola qilinadi. " Sozlanadigan yagona qidiruv tizimi|"Muayyan foydalanuvchining sozlashlarini saqlaydigan va bir nechta toifa bo‘yicha qidiruvni amalga oshiradigan qidiruv mashinasi. " Sozlangan antenna (rezonans antenna)|"Yo‘naltirilgan nurlantiruvchi xususiyatlari antennaning ishchi chastotasiga bevosita yondashgan chastotalarning cheklangan polosasi uchun belgilanadigan tor polosali antenna. " Sozlash|"Foydalanuvchi tomonidan uskuna, dasturiy ta’minotlarni to‘g‘ri (istalgan tarzda) ishlashi uchun sozlanishi. " Sozlash operatori|"Sozlanadigan dasturga qandaydir shartni yoki o‘zgaruvchilar qiymatlarining chiqarilishini tekshirish uchun kiritiladigan operator. Bunday operatorlar sozlangan dasturdan yoki chiqarib tashlanadi yoki sharhlar satrlariga aylantiriladi. " Sozlash registri|"Dasturlarni sozlash jarayonini tezlashtirish uchun xizmat qiladigan maxsus registr. " Sozlik|"Televizor (element) ning ma’lum bir vaqtda barcha talablarga mos keladigan holati. " Sozlovchi|"Dasturiy ta’minotdagi xatolarni aniqlash uchun mo‘ljallangan dastur yoki qurilma. " Sochilish|"To‘siqlardan qaytish natijasida yoki bir xil bo‘lmagan muhit orqali o‘tishda radioto‘lqinlar tarqalish yo‘nalishining o‘zgarishi. " Spam|"Foydalanuvchining so‘rovisiz, majburiy tarzda jo‘natiladigan keraksiz ma’lumotlar. Bunga misol tariqasida turli telekonferensiyalarda ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilarga diskussiya olib borish qoidalarini ma’lum qilish, yoki reklamalar va boshqalar kiradi. Yana bu turli xildagi «elektron axlat»ni atashda ham ishlatiladi. Spamni yashirish yo‘llari mavjud bo‘lib, stealth spam deb ataladi. " Spamni yuborish|"Tizimni o‘ta band qiladigan, so‘ralmagan ma’lumotlarni yuborish. " Spektr|"Signal amplitudasi va fazasi o‘zgarishining chastotaga bog‘liqligini tavsiflovchi hamda uning xossalari va xarakteristikalarini qatʼiy belglovchi funksiya. " Spektral ranglar chizig‘i|"Nuqtalarning ranglilik diagrammasidagi geometrik o‘rni. " Spektral samaradorlik|"1. Uyali aloqa tarmoqlarida fazo, chastota va vaqtdan foydalanishning samaradorligini tavsiflovchi integral ko‘rsatgich. 2. Vaqt birligi ichida 1 Hz kenglikdagi polosada uzatilgan ma’lumotlarning maksimal miqdori sifatida aniqlanadigan samaradorlik ko‘rsatgichi bo‘lib, u modulyatsiyaning turli usullaridan foydalanib raqamli axborotni uzatishda ishlatiladi. " Spektral sezgirlik|"Optik asbobning muayyan to‘lqin uzunligidagi elektromagnit tebranishlarning taʼsiriga bog‘liq bo‘lgan sezgirligi. " Spektral tuzilma bo‘yicha identifikatsiyalash|"Tarqalayotgan signalning spektri bo‘yicha radiostansiya (mobil telefon)ni tanib olish jarayoni. Izoh − Bu usul klonlash bilan bog‘liq aldamchilikning oldini olish uchun ishlatiladi, chunki klonlangan telefon legal mobil telefon bilan bir xil elektron identifikatsiyalash raqamiga ega bo‘ladi, biroq nurlanayotgan signalning spektral tarkibi bo‘yicha farqlanadi. Legal radiostansiyani tanib olishdagi radio-signal spektrogrammasi, amalda, shaxsiy identifikatsiyalashdagi barmoq izlari kabi rol o‘ynaydi. " Spektral xarakteristika|"Alohida rang kanallari sezgirligining to‘lqin uzunligiga bog‘liqligini ko‘rsatadigan spektral egri chiziqlar guruhi. Izohlar. 1. Atamaga tegishli aniqlashtirish kiritilishi mumkin, masalan, yorug‘likni signalga aylantirish qurilmasining spektral tavsifi yoki studiya kamerasining spektral tavsifi. 2. Nochiziqlilik oqibatida ba’zi spektral tavsiflar ularni o‘lchashda foydalaniladigan nurlanish miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. 3. Kanallarda matritsalash va nochiziqlilikni kiritish operatsiyalari bajarilishi mumkin. " Spektral zichlik|"Signal o‘rtacha quvvatining, chastotaga bog‘liq holda taqsimlanish zichligi. Spektral zichlik cheklangan chastotalar polosasida aniqlanadi. Spektral zichlik modulining kvadrati signalning energetik spektral zichligi deyiladi. " Spektrlarni ustama qo‘yilishidan muhofazalash|"telekom. Diskretlashda yuzaga keladigan xatolarni tuzatish imkonini beradigan filtrlash tartiboti. " Spektrning infraqizil sohasi|"Asosiy spektri 0,76 mkm dan 1000 mkm gacha bo‘lgan chegaralarda yotadigan to‘lqin uzunliklarida to‘plangan optik nurlanish. " Spektrning ko‘rinadigan sohasi|"To‘lqin uzunliklari 0,4-0,75 mkm bo‘lgan optik nurlanish spektri sohasi. " Spetsifikatsiya|"Tizimning maqsadi va funksional imkoniyatlarini belgilaydigan tavsif. Qoidaga ko‘ra, tizimni ishlab chiqish paytida foydalaniladi. Dastur spetsifikatsiyasi kirish va chiqish ma’lumotlari tavsiflanishini ko‘zda tutadi. " Spiral antenna|"1. Metall spiral koʻrinishida bajarilgan aylanadigan qutblanishga ega antenna. 2. Oʻq boʻylab nurlanish va aylanadigan qutblanishga ega yuguruvchi toʻlqin rejimida foydalaniladigan metall (silindrsimon, konussimon yoki yassi) spiral koʻrinishidagi antenna. " Spiral yo‘lka|"Nusxa ko‘chirishdan himoya qilish usulining qismi, bunda diskka spiral shaklidagi yo‘lka yoziladi. " Splayn|"Kompyuter grafikasida – bir nechta nuqta bo‘yicha tuzilgan egri chiziq. Egri chiziqning tavsifi qandaydir darajadagi polinom bilan beriladi. " Splays-plastina|"O‘tkazuvchi optik kabelni tarmoqlash uchun uning tolalarini qisqa optik tarmoqlagich bilan ulaydigan plata. Bu tarzda tarmoqlagichlar yordamida optik-tolali kabelni optik taqsimlash qutisining o‘tish rozetkalariga ulash taʼminlanadi. " Splitter|"Turli chastotalar signallarini ajratish imkonini beruvchi qurilma. Masalan, ADSL – splitter telefon aloqasining past chastotali signali va ADSLHU^ yuqori chastotali signalini ajratadi. " Sprayt|"1. Videoobyektning uzoq vaqt mobaynida deyarli o‘zgarishsiz shu obyektda bo‘ladigan qismi. 2. Ekranda tasvirning boshqa qismlaridan qati nazar siljiydigan, odatda fon bo‘lib hisoblanadigan grafik obyekt. " Spufing|"Muayyan shaxs (yoki dastur) o‘zini boshqa birov sifatida bildiradigan va buning natijasida o‘zi uchun qo‘shimcha (odatda noqonuniy) foyda oladigan hujumning turi. Bunday hujumlarga misollar: - Man-in-the-middle (qar.: MITM); - URL spufing va fishing – URL manzilni almashtirish (qar.: Fishing). " Spuler|"Ma’lumotlarni fon rejimida qabul qiladigan va qayta ishlaydigan (masalan, bosadigan) qurilma yoki dastur. " Ssenariy|"Operatsion tizim yoki dastur tomonidan muayyan holatda ishga tushiriladigan komandalar va/yoki harakatlar ketma-ketligi, kichik dastur yoki makros. Ssenariylar ko’pincha oddiy matn fayllar ko’rinishida saqlanadi. " Ssenariylar tili|"Ssenariylar yoziladigan til yoki komanda fayliga to‘plangan tizim komandalarining oddiy to‘plami. " Ssintillyatsiya|"Lyuminessensiyaning bir ko‘rinishi, tez harakatlanuvchi zaryadlangan zarra kinetik energiyasini yorug‘lik chaqnash energiyasiga aylantirish jarayoni. " Staffing|"Raqamli oqim tezligini to‘g‘rilash uchun qo‘shimcha «bo‘sh» bitlarni kiritish. " Standart|"Tizimlarning birgalikda ishlash va birikish imkoniyatini yaratish maqsadida, texnik, dasturiy, axborot ta’minotiga ko‘rsatiladigan talablar. Izoh ‒ Standartlar ikki turda bo‘ladi: deyure, standartlar rasman e’lon qilinadi va ma’qullanadi; de-fakto, ko‘pchilik standartlardan haqiqatda foydalanadi, lekin rasmiy ravishda ular rasmiylashtirilmagan bo‘ladi. Ba’zan, firma ichida foydalanish uchun ishlab chiqilgan standart umumqabul qilingan standart bo‘ladi. " Standart .NET Framework klasslari bibliotekasi|"Tayanch klasslar bibliotekasi, barcha .NET-dasturlari ushbu biblioteka asosida quriladi. Qisqartmasi FCL – «.NET Framework» platforma klasslarining standart bibliotekasi. .NET platformasida ishlaydigan ixtiyoriy dasturlash tilida yozilgan dasturlar FCL ning usullari va klasslaridan foydalanishlari mumkin. " Standart dasturiy ta’minot|"Kompyuter, periferik qurilmalar yoki boshqa paketlar bilan birga yetkazib beriladigan dasturiy ta’minot. " Standart kanal|"Telefon GSM bog‘lanish yordamida ma’lumotlar uzatish kanali. Bog‘lanish tezligi pastligi (9600 bit/s gacha) tufayli, GPRS dan orqada. Tarif GPRS dagi bog‘lanishga qaraganda yuqori. Bu xizmatdan foydalanish mumkin bo‘lmagan hududlarda GPRS ga muqobil sifatida foydalaniladi. " Standart kuzatuvchi|"Ko‘rish orqali idrok etish mexanizmi x, y, z solishtirma koeffitsiyent jadvali hamda teng energetik spektrning x, y, z ranglilik koordinatalari ko‘rinishidagi kolorimetrik xossalarga ega gipotetik kuzatuvchi. " Standart operatsion protseduralar|"Apparat va dasturiy ta’minot bilan bog‘liq masalalarni bajarishda eng yaxshi amaliy uslubni tavsiflash uchun qo‘llaniladigan protsedura. " Standart pochta markasi|"Muomalaga ommaviy adad bilan chiqariladigan va yodgorlik bo‘lib hisoblanmaydigan pochta markasi. " Standart qo‘shimchalar|"Operatsion tizim bilan birga ishlab chiqiladigan standart dasturlar, ya’ni kalkulyator, o‘yin, matn va grafik redaktorlar. " Standartlar profili|"Hisoblash texnikasini ishlab chiqish va/yoki xarid qilish uchun qo‘llaniladigan ochiq tizimlar standartlarining majmui. " Standartlarni o‘zgartirish|"Eshittirish televideniyesi bitta tizimiga muvofiq kodlangan televizion videosignalni boshqa tizimga, xususan, boshqa yoyish chastotalari bilan mos keladigan signalga o‘zgartirish. " Standartlarni amalga oshirish va qo‘llashga ko‘maklashish guruhi|"Tarmoqlar uchun xalqaro standartlarni qo‘llashga ko‘maklashadigan tashkilot. SPAG 1986-yilda Yevropa ittifoqi komissiyasi, hamda YEIga aʼzo davlatlarning iqtisodiyot va sanoat vazirliklari tomonidan yaratilgan. SPAGning vazifalari bo‘lib, Xalqaro standartlar tashkilotining hujjatlarini sanoatga tatbiq qilish, shu standartlarni amalga oshirishdagi testlash va sertifikatlashni o‘tkazish hisoblanadi. " Stansiya|"Tarkibida qabul qilgich-uzatgich (ba’zan faqat uzatgich yoki faqat qabul qilgich), shuningdek, aloqa xizmatlarini ko‘rsatish uchun kerakli yordamchi va interfeys uskunani saqlovchi uskunalar komplekti. Izoh − Axborotni uzatish uchun foydalaniladigan radiokanal turiga bog‘liq ravishda, radiostansiyalar yo‘ldoshli, uyali, tranking, radioreleli, troposferaviy va b.larga bo‘linadi. " Stansiya ichidagi liniya|"Yerdagi stansiyaning turli qismlarini o‘zaro bog‘laydigan ulovchi liniya. Bunday liniya odatda, antennali uzatgichni yoki boshqarish pulti chiqarilgan uzatgichni bog‘laydi. " Stansiya ichidagi telefon yuklama|"Kommutatsiya stansiyasiga ulangan oxirgi (terminal) abonent telefon qurilmalari vujudga keltiradigan, shu stansiyaning boshqa oxirgi (terminal) telefon abonent qurilmalari uchun mo‘ljallangan telefon yuklama. " Start-bit|"Ketma-ket kanal orqali simvolni uzatish boshlanishini ko‘rsatadigan bit (signal). " Statik kompanovka|"Bajariladigan dasturga bibliotekalardan olingan standart funksiyalarni, dasturning bajariladigan faylga ularni joylashtirish yordamida qo‘shish usuli, ya’ni statik komponovkada biblioteka obyekti bevosita dasturning bir qismiga aylanib ketadi. Diskli operatsion tizim boshqaruvidagi tillarda foydalaniladi. " Statik konstanta|"Qiymati dasturni translyatsiya qilish paytida aniqlanadigan konstanta. " Statik linklanadigan biblioteka|"Aloqa va yuklashni tahrir qilish bosqichida yuklash modulida uning obyekt modullaridan foydalanadigan kod bilan birlashadigan kichik dasturlar bibliotekasining kodi. " Statik marshrutlash|"Marshrutlash turi, bunda ma’lumotlar ma’lum marshrut bo‘yicha uzatiladi; agar tegishli yo‘l yopiq bo‘lsa, uzatish kechikadi. " Statik tekshiruv|"Dasturni translyatsiya qilish vaqtida amalga oshiriladigan tekshiruv. " Statik tezkor xotira|"Yarimo‘tkazgichli tezkor xotiraning bir turi. Har bir ikkilik razryad (bit) to‘rtta tranzistor va ikkita rezistordan iborat sxemada saqlanadi. Sxemada kondensator yo‘qligi uchun zaryadlash kerak bo‘lmaydi. Statik tezkor xotira dinamik tezkor xotiraga qaraganda tezroq ishlaydi. Lekin qimmat va ko‘p joyni egallaydi. " Statik xotira|"Ikki barqaror holatga ega elektron sxemalar (triggerlar) asosida qurilgan energiyaga bog‘liq tezkor xotira qurilmasi. Dinamik xotiradan farqli ravishda, xotira yacheykalarini davriy regeneratsiyalash signallarini talab qilmaydi. " Statistik multipleksorlash|"Tasvirning har bir dasturdagi mavjud xossalarini hisobga olish bilan, ko‘p dasturli raqamli oqimdagi koderlar o‘rtasida bitlar resursini dinamik qayta taqsimlash. " Statistik paket|"Ma’lumotlarni statistik qayta ishlash uchun mo‘ljallangan belgilangan dasturiy mahsulot, qabul qilinadigan qarorlar sifatini oshirishning ishonchli vositasi. Paketga amaliy grafika, dispersion tahlil, regression tahlil, vaqt qatorlari tahlili va boshqalar kiradi. " Statsionar abonent|"Mobil aloqa tarmog‘ining, aloqa vositalari «yurganda» ishlashga mo‘ljallanmagan har qanday abonenti. " Steganografiya|"Ochiq axborot massivlarida konfidensial axborotni yashirishning matematik usullarini o‘rganuvchi fan sohasi. " Stegokalit|"Axborotni yashirish (shifrlash) uchun zarur bo‘ladigan maxfiy kalit. " Stegokanal|"Axborotni yashirin uzatish kanali. " Stek|"Xotiraning, protseduralar va funksiyalardan qaytish manzillari, ularning parametrlari va chaqirilgan protsedura yoki funksiya nusxasiga taalluqli bo‘lgan boshqa ma’lumotlar saqlanadigan, ya’ni dasturda ma’lumotlarni vaqtinchalik saqlash uchun foydalaniladigan qismi. Stekka joylashtiriladigan oxirgi element u yerdan birinchi bo‘lib olinadi. " Stek ko‘rsatgichi|"Stekning joriy uchini ko‘rsatib turuvchi prosessor registri yoki o‘zgaruvchi (keyingi element joylashadigan yacheyka). Stek bilan bog‘liq barcha operatsiyalar shu ko‘rsatgichni ishlatish orqali amalga oshiriladi. " Steker|"Bitta to‘plagichi va qat’iy belgilangan tartibda to‘plagichga uzatiladigan bir nechta kartriji bo‘lgan qurilma. Ma’lumotlar bitta kartrijga sig‘maganda zaxira nusxa olish uchun foydalaniladi. " Stekning to‘lib ketishi|"Stekka keragidan ortiq elementlarni joylashtirishga harakat qilinganda yuzaga keladigan xato. Stekni apparat nazorat qilish bo‘lmaganda, ma’lumotlar sohasi yoki dastur kodining bir qismi o‘chib ketishiga olib keladi. " Stereofonik televideniye|"Tovush jo‘rligi stereofonik tarzda uzatiladigan televideniye. " Stereoskopik kineskop (display)|"Stereoskopik televizion tasvirni shakllantirish uchun ikkita tasvirni bir vaqtda tiklash kineskopi. " Stereoskopik ko‘zoynak|"Har bir ko‘z uchun stereoskopik televizion tasvirning alohida tasvirlarini taqdim etishda ikki tomonga yo‘naltirilgan yorug‘lik bo‘lgichni (tasvir ajratgichni) hosil qiladigan ko‘zoynak. " Stereoskopik televideniye, 3 D-televideniye|"Tomoshabinda kuzatilayotgan tasvirlarning teran va yaqqol (uch o‘lchamli) ekanligi to‘g‘risida taassurot hosil qilishni ta’minlaydigan televideniye tizimi. Hajmli (uch o‘lchamli) idrok qilish binokulyar ko‘rishga asoslangan. Shuning uchun stereoskopik televideniyeda bir xil obyektlarning tasviri bir biridan ayrim masofada joylashgan ikkita pozitsiyadan uzatiladi, shunday qilib, obyektning stereojuftni hosil qiluvchi ikkita tasviri shakllanadi. Qasbul qiluvchi tomonda ular tomoshabinga alohida: chap ko‘zga – stereojugtning chap tasviri, o‘ng ko‘zga – stereojuftning o‘ng tasviri kabi ta’sir etadi. " Stereoskopik televizion kamera|"Stereoskopik televideniye uchun signallar hosil qilishga mo‘ljallangan televizion kamera. " Stereoskopik televizion proyektor|"Stereoskopik televizion tasvirni tiklash uchun mo‘ljallangan televizion proyektor. Izoh – Chap va o‘ng ko‘z uchun tasvirlar yo proyeksiyaning ikkita alohida qurilmasidan bir vaqtda yoki proyeksiyaning bitta qurilmasidan ketma-ket taqdim etiladi. " Stereoskopik televizion qabul qilgich|"Stereoskopik televizion tasvirni tiklash uchun mo‘ljallan gan televizion qabul qilgich. " Stereotovushli televizor|"Qabul qilish va tiklashni stereotovush jo‘rligida ta’minlaydigan televizor. " Stil|"Matn protsessorlari va stol noshirlik tizimida ‒ matnni formatlash parametrlarining nomlangan to‘plami (shriftning o‘lchami va garniturasi, satrlarni to‘g‘rilash (tekislash), sahifada joylashtirish va h.k.). " Stillarning kiritilgan jadvallari|"HTML-sahifalar bilan ishlashda muayyan elementlar uchun shablon tuzish imkonini beruvchi standart. U o‘zida shriftning rangi, o‘lchovi, bo‘sh joylar va boshqalarni ifodalaydi. " Stol tizimlarini boshqarish interfeysi|"Shaxsiy kompyuterning dasturiy va apparat komponentlarini (ishlab chiqaruvchi, mahsulot nomi, seriya raqami, installyatsiya vaqti hamda sanasini) avtomatik identifikatsiyalash imkonini beradigan interfeys. " Stop-kadr|"Bitta yoki bir nechta maydondan hosil qilinib, ma’lum bir vaqt mobaynida oddiy harakatlanayotgan tasvirning o‘rnini bosadigan tasvir. " Stornett-Xaber algoritmi|"Hujjatlarning vaqt bo‘yicha, ularni qalbakilashtirish imkoniyati bo‘lmaydigan tarzda, imzolanishini ta’minlovchi algoritm. " Stratovideniye|"Samolyot yoki aerostat bortiga joylashtirilgan uzatgichdan uzatiladigan televizion eshittirish. " Strimer|"Ma’lumotlarni magnit tasmada uzoq muddat saqlash uchun mo‘ljallangan qurilma. Ma’lumotlarning zaxira nusxalarini tuzish uchun qo‘llaniladi. Sig‘imi 80 Mbyte dan boshlab (siqishsiz), saqlanishlik muddati katta, saqlash qiymati nisbatan arzon " Studiyadan uzatgichgacha radioreleli uzatish tizimi|"Televizion signalni dasturning qayd etilgan manbaidan statsionar eshittirish uzatgichigacha uzatish tizimi. " Stvol|"Yo‘ldoshdagi, ma’lum bir chastotalar polosasida signallarni retranslyatsiya qilish uchun foydalaniladigan, qabul qiluvchi va uzatuvchi uskuna komplekti. " Subdiskretlash|"Kotelnikov (Naykvist) chastotasidan past diskretlash chastotasi bilan diskretlash jarayoni. " Subkalit|"Asosiy kalit tarkibiga kiritiladigan va istalgan vaqtda asosiy kalit uchun salbiy oqibatlarsiz bekor qilinishi mumkin bo‘lgan kalit. " Submagistral liniya|"Taqsimlash punktini uy taqsimlash tarmoqlari bilan birlashtiradigan liniya. " Submillimetrli radiotoʻlqinlar|"THF (Tremendously High Frequency) (300-3000 HHz) chastotalalr diapazoniga mos keladigan 1 mm dan 0,1 mm gacha boʻlgan toʻlqin uzunligidagi radiotoʻlqinlar. " Sub-polosali kodlash|"Analog televizion signal chastotalari polosasi filtrlar bankida bir necha kichik polosalarga ajratiladigan va har bir kichik polosa alohida kodlanadigan manbani kodlash turi. Izoh – Kichik polosalar teng yoki teng bo‘lmagan polosa kengligiga ega bo‘lishi mumkin. " Subtitr|"Film yoki ko‘rsatuvlarning ovozi bilan birga uning matnini ovozdagi tilda yoki tarjima qilingan boshqa tilda taqdim qiladigan matn. " Subyekt vakolatlari darajasi|"Foydalana olish subyektining foydalana olish yuzasidan huquqlarining majmui. " Sukunat zonasi|"Radioto‘lqinlarning o‘tish shartlari bo‘yicha radioqabul amaliy jihatdan mumkin bo‘lmagan yoki qiyin bo‘lgan, radiostansiyaning harakat radiusi chegarasidagi fazo. " Summator|"Ikki sonni razryadma-razryad qo‘shish amalga oshiriladigan sxema. Alohida mikrosxema ham, mikroprotsessor arifmetik-mantiqiy qurilmasining tarkibiy qismi ham bo‘lishi mumkin. " Sun’iy intellekt|"1. Ilmiy tadqiqotlarning fanlararo faol rivojlanayotgan yo‘nalishi va intellektual kompyuter tizimlarini, ya’ni inson ongiga qo‘shimcha ravishda yozib qo‘yiladigan imkoniyatlarga – bilimlarni olish va saqlash, undan samarali foydalanish imkoniyatlariga ega bo‘lgan tizimlarni ishlab chiqishda qo‘llaniladigan tushuncha. Sun՚iy intellekt inson zakovatining alohida funksiyalarini, masalan, avval olingan tajriba va tashqi ta’sirlarni oqilona tahlil qilish asosida maqbul qarorlarni tanlash va qabul qilish qobiliyatini o‘ziga oladigan avtomatik tizimlarning xususiyati sifatida talqin qilinadi. 2. Muayyan avtonomlik darajasida ma’lumotni qabul qilish, katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish, shuningdek, odamning xatti-harakatlarini imitatsiya qilish asosida o‘rganish va qarorlar qabul qilishga layoqatli bo‘lgan dasturiy ta’minot va/yoki apparat vositalari tizimi. " Sun’iy neyron tarmoq|"Odam asab tizimi hujayralarining (neyronlarning) o‘zaro ta’sirlashuv prinsiplari asosida qurilgan tarmoqni modellashtiruvchi dastur yoki apparatura. Apparat ko‘rinishda sun’iy neyron tarmoq o‘zida, har biri uncha katta bo‘lmagan lokal xotiraga va boshqa protsessorlar bilan kommunikatsion bog‘lanishga ega bo‘lgan oddiy protsessorlar ko‘pligini ifodalaydi. Kiruvchi bog‘lanishlar orqali sonli ma’lumotlar, chiquvchi bog‘lanishlar orqali esa, ularni qayta ishlash natijalari uzatiladi. Bunday tarmoqlardan obrazlarni, nutqni aniqlashda, moliya sohasida vaziyatni prognozlashda va h.k. foydalaniladi. " Sunʼiy til|"Foydalanish uchun qoidalari qatʼiy belgilangan til. " Superkadr|"DVB-T tizimining 4 kadridan iborat chastota-vaqt bo‘yicha strukturasi. " Superkadr tarkibi jadvali|"Interaktiv tarmoqda resursning superkadr va kadrlarga bo‘linishini tasvirlaydi. " Superkompyuter|"Eng yuqori tezlikda ishlaydigan va katta hajmdagi xotiraga ega bo‘lgan ko‘p protsessorli kompyuter. " Superskalyar arxitektura|"Bir vaqtda bittadan ortiq oddiy (skalyar) mashina komandasini bajarish mumkinligi ko‘zda tutilgan bir necha konveyyerli protsessor arxitekturasi. " Supervideografik matritsa|"Displey ekranida 256 rangda 1280x1024 pikselni hamda 16 million rangda 1024x768 pikselni aks ettirishi mumkin bo‘lgan videoadapter. " Supervizor|"Operatsion tizimda resurslardan foydalanishni muvofiqlashtiradigan va markaziy protsessor orqali operatsiyalarning bajarilishini ta’minlaydigan dasturlar yoki dastur; operatsion tizimning, ma’lumotlarni avtomatik qayta ishlash tizimida boshqa dasturlarning bajarilishini boshqarish uchun mo‘ljallangan qismi. " Suqulib kirish|"1. Ham tasodifiy, ham ataylab ruxsat etilmagan tarzda kira olish natijasida, tizim himoyasining yengib o‘tilishi. 2. Region yoki butun mamlakat masshtabida muayyan turdagi (masalan, uyali) aloqa xizmatlarining tarqatilishi (foizlarda hisoblanadi). " Suqulib kirish yo‘li|"Muhofazalangan tizimga suqulib kirish paytida, foydalanuvchi ruxsat etilmagan harakatlarining ketma-ketligi. " Suqulib kirishga sinash|"Muhofaza qilish vositalarini tekshirish maqsadida tizimni sinab ko‘rish (xususan, ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishdan). " Suqulib kirishga testlash|"Kompyuter xavfsizligini chetlab o‘tish usullarini izlab topish maqsadida, ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi funksiyalarini tadqiq etish. " Suriluvchi vergul (nuqta)|"Kompyuterda haqiqiy sonlarni taqdim etish va qayta ishlash tizimi. " Suriluvchi vergulli protsessor|"Suriluvchi vergulli sonlar bilan hisoblashlar bajaradigan soprotsessor. " Surish|"Ma’lumotlarni xotira maydonlarida (registrlarida) chapga yoki o‘ngga ko‘chirish. " Sust yo‘naltirilgan antenna|"Nurlantirish xususiyatlari vaqtning istalgan onida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy jihatdan bir xil bo‘lgan antenna. " Sutka davomidagi yuklama|"Aloqa liniyasi yoki kanalning bir sutka davomidagi yig‘indi yuklamasi. " Sutkadagi chaqiruvlar (soni)|"Bitta abonent uchun bir sutka davomida to‘g‘ri keladigan telefon yuklamasi jadalligini tavsiflovchi ko‘rsatgich. " Suyuq kristalli displey|"Suyuq kristaldan iborat massivlar boshqarish signaliga bog‘liq holda yorug‘likni o‘tkazadigan yoki ushlab qoladigan tasvir yoki matnli axborotni aks ettiruvchi qurilma. " Suyuq kristalli ekran|"Portativ shaxsiy kompyuterlarning yassi ekranlarida, soatlarda, kalkulyatorlarda va boshqa qurilmalarda qo‘llaniladigan displey turi. Suyuq kristallar o‘zining molekulyar tuzulishini o‘zgartirish orqali, elektr signallari yordamida ular orqali o‘tuvchi yorug‘lik oqimini boshqaradi. " Suyuq kristalli proyektor|"Uchta suyuq kristalli panel va cho‘g‘lanma lampa ko‘rinishidagi yorug‘lik manbaidan tuzilgan proyektor. " Sug‘urta muhri|"Qiymati eʼlon qilingan xatlar va qiymati eʼlon qilingan banderollar, posilkalar, sug‘urta qoplari, brezent sumkalar, konteynerlar, shuningdek, qimmatbaho buyumlar saqlanadigan joylarni surg‘uch bilan muhrlash uchun mo‘ljallangan maxsus muhr. " Sug‘urta qopi|"Belgilangan talablarga muvofiq muhrlangan (plombalangan), ro‘yxatga olinadigan pochta jo‘natmalari (qiymati eʼlon qilingan jo‘natmalar, mayda paketlar, odatdagi posilkalar) joylangan maxsus qop. " Sxemalarni qayta ulash|"Tarmoq ulanishi usuli, bunda kommunikatsiyaning hamma vaqti uchun doimiy fizik ulanish o‘rnatiladi. " So‘ndirish darajasining uzilishi|"So‘ndirish va maydonlar davrining qolgan qismi davomida so‘ndirish darajalari o‘rtasidagi farq. " «So‘nggi milya» dagi bog‘lanish|"Olisdagi abonentning, magistral aloqa liniyasiga ulanishini ta’minlaydigan bog‘lanish. " So‘nggi cheklovchi|"Token Ring tarmoq texnologiyasidagi markerning so‘nggi maydoni. O‘zida axborot ma’lumotlari bilan adashtirib bo‘lmaydigan elektr impulslarining noyob seriyasini saqlaydi. " Soʻnish koeffitsiyenti|"1. Tarqalish koeffitsiyentining haqiqiy qismi. 2. Soʻnuvchi tebranishlar amplitudasining kamayishini tavsiflaydigan koeffitsiyent. " So‘nuvchi maydon|"Amplitudasi ko‘ndalang tarzda bir tekis pasayib boradigan to‘lqin o‘tkazgichning ochiq uchi yaqinidagi, fazaviy siljimagan nostansionar elektromagnit maydon. " So‘ralmagan axborot|"1. Elektron pochtadan foydalanib, pochta qutisi egasiga so‘rovsiz yoki uning oldindan roziligisiz yuborilgan xabar ko‘rinishidagi axborot. 2. Odatda, reklama xarakteridagi katta miqdordagi xabarlarning, ularni buyurtma qilmagan oluvchilarga yuborilishi. 3. Katta miqdordagi axborotning, tarmoqning bitta yoki bir nechta bog‘langan manziliga, ularni o‘ta yuklash va boshqa foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatilishini rad etish maqsadida (hujum usuli sifatida) yuborilishi. " So‘roqlash|"Umumiy aloqa liniyasiga ulangan olisdagi terminallardan, markazlashtirilgan tarzda ma’lumotlar to‘plash usuli. So‘rov izchil amalga oshiriladi, bu esa, qisqa vaqt ichida xizmat ko‘rsatilishiga ehtiyoji bo‘lgan barcha terminallarni aniqlash imkonini beradi. " So‘rov|"Elektron pochta orqali jo‘natilgan, muayyan turdagi xizmatlar taqdim etilishi so‘ralgan, muayyan standartga muvofiq rasmiylashtirilgan va IP-tarmoqlar ma’lumotlar bazasida axborot kiritilishi/o‘zgartirilishi talab qilingan xabar. " So‘rov bo‘yicha video|"TV eshittirishni, abonent buyurtma qilingan dasturini ko‘rish uchun oladigan, tashkil qilish usuli. " So‘rov rejasi|"Ma’lumotlar ustida, foydalanuvchining MB ga qiladigan muayyan so‘rovini amalga oshirish uchun bajarilishi zarur bo‘lgan harakatlar ketma-ketligi. " So‘rov/javob|"Autentifikatsiya usuli, unga ko‘ra, bir tomon shifrlangan so‘rov jo‘natadi, ikkinchi tomon esa, aynan bitta autentifikatsiya algoritmi yordamida javob beradi. " So‘rovlar kompilyatori|"Foydalanuvchining ma’lumotlar bazasiga so‘rovini sintaksik va semantik tahlil qiladigan, so‘rovni so‘rov plani deb ataladigan ichki formatga ko‘chiradigan, shuningdek, so‘rov planini optimallashtiradigan dasturiy ta’minot . " So‘z|"1. Berilgan alifboda simvollarning muayyan ma’noga ega bo‘lgan tartiblashtirilgan to‘plami. 2. Protsessorda ma’lumotlarni qayta ishlash va uzatishda bir butun deb qaraladigan ma’lumotlar birligi. Odatda, bitlarda yoki ikkilik razryadlarda o‘lchanadi. Qoidaga ko‘ra, mashina so‘zi deb ataladi. " So‘z o‘lchami|"Protsessor arxitekturasini tavsiflaydi va bir vaqtda ma’lumotlar shinasi orqali uzatilishi yoki protsessor registrlarida saqlanishi va qayta ishlanishi mumkin bo‘lgan razryadlar soni bilan belgilanadi. Odatda, bu 8, 16, 32 yoki 64 razryad. " So‘zlashuv vaqti|"Portativ yoki olib yuriladigan terminal yordamida abonent batareyani qayta zaryadlamasdan aloqani ushlab tura oladigan vaqt. Batareyaning sig‘imi, odatda, terminalning aktiv rejimda o‘rtacha ishlash vaqti bilan tavsiflanadi. " So‘zlashuvga avtomatik tarzda buyurtma berish xizmati|"Abonentning oldindan berilgan buyurtmasi bo‘yicha, unga telefon apparatidan ma‘lum kun va soatda, muayyan telefon raqami yoki xizmati (uyg‘otish xizmati bundan mustasno) bilan bog‘lanish avtomatik tarzda taqdim etilishi mumkin bo‘lgan xizmat. T " Tabiiy til|"1. Inson muloqoti, fikrlashi uchun xizmat qiladigan tovushlar, lug‘at va grammatik vositalar tizimi. 2. Qoidalari aniq ifodalanmasada, zamonaviy so‘z ishlatishga asoslangan til. " Tabiiy xalaqit|"Manbai tabiatdagi fizik hodisalar bo‘lgan elektromagnit xalaqit. " Tabulyatsiya|"Axborotni jadval ko‘rinishida taqdim etish. " Tadbirkor xonasi|"Yuridik shaxsning shaxsiy xonasi, tadbirkorlik faoliyati uchun xos bo‘lgan yo‘nalishlar, aynan yuridik shaxs rekvizitlari, kommunal xo‘jalik, soliqqa tortish, statistik hisobot taqdim etish, avtotransport vositalarini ro‘yxatga olish bo‘yicha bloklarni o‘zida ifodalaydi. " Tadqiqot olib borish|"Biror-bir predmet ustida ilmiy ish olib borish. Yangi dastur yoki algoritm yoki ularga bo‘lgan ehtiyoj tadqiqot obyekti bo‘lishi mumkin. Tafsilotlar ing. - details подробно O‘rnatish, disklarga yozish, nusxa ko‘chirish va h.k. jarayonlar to‘g‘risidagi qo‘shimcha axborotni olishda foydalaniladi. " Taglik|"Planar texnologiya kirishiga taglik deb ataluvchi plastina kiritiladi. Taglik materiali – kristall tuzilmadan tortib atomlararo masofalargacha va kristallografik yo‘nalganlik qatʼiy nazorat qilinadi. Texnologik jaryon davomida taglikda turli xildagi o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan maydonlar hosil qilinadi, bu esa yarim o‘tkazgich asbobining yoki integral mikrosxemaning tuzilmasini tashkil qiladi. " Tahdid|"1. Kompyuter xavfsizligi buzilishining potensial imkoniyati. 2. Ma’lumotlarni buzish, ochish yoki o‘zgartirish va/yoki xizmat ko‘rsatishni rad etish shaklida tizimga zarar yetkazish sababchisi hisoblanishi mumkin bo‘lgan har qanday holat yoki voqea. 3. Tizim yoki tashkilotga zarar keltirishi mumkin bo‘lgan nomaqbul insidentning potensial sababi. 4. Raqib oldida turgan konfidensiallik, yaxlitlik, kuzatib bo‘lmaslikni buzish vazifasi (kriptografik protokolning turiga bog‘liq holda istalgan kombinatsiyada). " Tahdidlar manbalari|"Potensial antropogen, texnogen yoki tabiiy (stixiyali) xavfsizlikka bo‘lgan tahdidlarni tarqatuvchilar. " Tahdidlar modeli|"Axborot xavfsizligi tahdidlari xarakteristikalari yoki xususiyatlarining fizik, matematik, tavsifiy taqdim etilishi. " Tahdidlarning tahlili|"Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimiga salbiy ta’sir etishi mumkin bo‘lgan harakatlar va hodisalarni tadqiq etish. " Tahlil|"Haqiqiy yoki tasavvur qilinadigan obyekt tarkibiy qismlarga (elementlarga) ajratiladigan hamda bu elementlar va ular o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘rganiladigan tadqiqot usuli, turi. " Tahlilchi|"Axborot texnologiyasi sohasidagi tahlilchi bevosita muammo mavzusidagi axborotni yig‘adi, uni tizimlashtiradi va formalizatsiya qiladi. Bundan tashqari axborot oqimlari modelini, biznes jarayonlarning yuz berishini o‘rganadi. Shular asosida biznes reja tuzadi. " Tahrir qilish|"Biron-bir turdagi axborottga o‘zgartirish kiritish. Maxsus dastur (redaktor)lar yordamida amalga oshiriladi. " Tahrir qilish rejimi|"Dastur ishining maxsus rejimi bo‘lib, unda matn, ma’lumotlar tasvir va sh.k. tahrir qilinishi amalga oshiriladi. Tahrir qilishni foydalanuvchi uchun yanada qulayroq qilish maqsadida joriy qilingan. " Tajribaviy ekspluatatsiya qilish|"Televizor (yoki uning elementi) dan maxsus tashkil etilgan ekspluatatsiya qilish, u normal sharoitlarga maksimal yaqinlashtirilgan vaziyatlarda bajariladi, bunda televizor (yoki uning elementi) ning ekspluatatsion xossalarini o‘rganish maqsadida muntazam nazorat olib boriladi. " Taklif|"Matn interfeysiga ega tizimlarda – ekranda aks etgan qisqa so‘z yoki belgi (masalan, «>»), foydalanuvchiga dastur komandani bajarishga tayyorligi to‘g‘risida xabar beradi. " Takomillashtirilgan|"Oddiy qurilmaga nisbatan yaxshilangan qurilma yoki dasturiy ta’minot. Odatda advanced-versiya qo‘shimcha narxga sotiladi. " Takomillashtirilgan, energiya iste’moli va joylashishni boshqarish interfeysi|"Intel, Microsoft va Toshiba korporatsiyalari tomonidan 1996-yilda ishlab chiqilgan ochiq standart. Kompyuterlarning energiyaga bo‘lgan ehtiyojini tayanch kiritish-chiqarish tizimi tomonidan emas, balki operatsion tizim tomonidan to‘liq boshqarilishini (alohida qurilmalarni yoqish va o‘chirib qo‘yish imkoniyati bo‘lgan holda) amalga oshirish imkonini beradi. " Takomillashtirilgan grafika adapteri|"16 rangli grafika rejimini saqlab turuvchi videoadapter: - 640 x 350 piksel; - 640 x 200 piksel; - 320 x 200 piksel. " Takomillashtirilgan intellektual (magnit) tasma|"Tasmali to‘plagichlar va magnit tasmadagi ommaviy xotira tizimlari uchun mo‘ljallangan standart. " Takomillashtirilgan mobil telefon aloqa xizmati|"FDMA texnologiyasiga asoslangan uyali aloqa xizmati standartlaridan biri. " Takomillashtirilgan raqamli yozuv|"Philips kompaniyasi tomonidan 90-yillarda ishlab chiqilgan 8-mm li magnit tasmaga yozish texnologiyasi. Kasseta sig‘imi 15 dan 60 Gb gacha bo‘ladi. " Takomillashtirilgan ta’minotni boshqarish qurilmalari|"Shaxsiy kompyuterlarda ta’minotni boshqarish uchun mo’ljallangan Microsoft spetsifikatsiyasi va tizimi (Intel ishtirokida). Klavishlarni bosish orasidagi vaqtda energiya iste’molini kamaytiradi. " Takomillashtirilgan tayanch kiritish-chiqarish tizimi|"Mikrokompyuterlarga o‘rnatilgan va ko‘p vazifali rejimni ta’minlash uchun mo‘ljallangan kiritish-chiqarish servis dasturlari to‘plami. " Takomillashtirilgan tovushli kodlash|"Panasonic, Samsung kabi firmalar qo‘llaydigan tovushni kodlash (siqish) texnologiyasi. Dolby Laboratories kompaniyasi AAC ni Dolby Digital AC-3 ga muqobil sifatida qaramoqda. " Takomillashtirilgan uzatish tezligi o‘zgaruvchan nutq kodeki|"Motorola kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, o‘zgaruvchan uzatish tezligiga ega vokoder. Uzatishning o‘rtacha tezligi – 8,5 Kbit/s (IS-127). " Takomillashtirish|"Avvalgi mahsulotni takomillashtirish uchun belgilangan qurilma va/yoki dasturiy mahsulot. Avvalgi versiyani to‘ldiradi. O‘rnatilgandan so‘ng tizim yangi mahsulotning funksional imkoniyatlarini oladi. " Takror uzatishni avtomatik so‘rash|"1. Xalaqitlardan himoyalanish mexanizmi, bunda ma’lumotlarni uzatish bloklar bo‘yicha amalga oshiriladi. Qabul qilish tomonida xatolarni nazorat qilish va axborotning xato qabul qilingan qismini takroran uzatish to‘g‘risidagi so‘rovni generatsiyalash ta’minlanadi. 2. Ma’lumotlarni qayta uzatish mexanizmi mavjud aloqa liniyalarida uzatgich va qabul qilgich o‘rtasida o‘zaro ishlash signallari bilan almashuv protsedurasini belgilaydigan protokol. " Takror chaqiruv, chaqiruv-eslatish|"1. Telefon liniyasining bandligida ko‘p marta uzatiladigan chaqiruv. 2. Telefon xizmatining bir turi bo‘lib, uni amalga oshirishda abonentga aynan bitta xabar bir necha marta jo‘natiladi. " Takror(lash)|"Tarmoqqa qilinadigan hujumning oddiy turi, bunda jinoyatkor xabarni tutib oladi va uni o‘zgartirmasdan, birmuncha kechroq takrorlaydi. " Takroriy so‘rov|"Tizimni aniq bir vazifani bajarishga yo‘naltiruvchi qandaydir bir xabar, masalan, kiritish-chiqarish yoki tranzaksiyalarni qayta ishlash. " Takroriy tasvir|"Aks sado signallari keltirib chiqaradigan ikkita yoki undan ortiq (gorizontal yo‘nalishda siljitilgan) tasvirning mavjudligi. " Takrorlanish|"Algoritmlarni tuzishda foydalaniladigan uchta asosiy tuzilmadan biri; sharoitga bog‘liq ravishda, algoritmning ayrim qadamlarini bir necha marta bajarish imkonini beradi. Ba’zi manbalarda bu tuzilma sikl deb ataladi. " Takrorlanuvchi kodlar|"Xatolarni tuzatuvchi mukammal siklik blokli kodlar turkumi, unda kalit so‘zlar xabardagi so‘zlarni r marta oddiy takrorlash bilan shakllanadi. Agar bu kodlarni (n, k) parametrlarga ega kodlar deb qaralsa, ularda istalgan k uchun n = rk bo‘ladi. " Takrorlash|"Matnli protsessorlardagi komanda, u hujjatni Undo operatsiyasidan oldingi holatga qaytaradi. " Taksofon|"Telefon bog‘lanishlarni o‘rnatish, foydalanuvchilarga so‘zlashuvlar va qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etish uchun mo‘ljallangan, foydalanuvchilar bilan tangalar yoki naqd pulsiz to‘lov vositalari (maxsus jetonlar, to‘lov karatlari) yordamida zudlik bilan hisob-kitob qilish qurilmasidan iborat, shuningdek, ko‘rsatilgan telefon aloqa xizmatlari uchun to‘lov tangalar, jetonlar, to‘lov kartalari va naqd pulli to‘lov vositalari yordamida qabul qilinadigan so‘zlashuv punktlarida o‘rnatilgan oxirgi (terminal) abonent telefon qurilmasi. " Taksofon orqali ko‘rsatiladigan telefon aloqa xizmati|"Telefon bog‘lanishlarni o‘rnatish, foydalanuvchilarga so‘zlashuvlar va qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etish uchun mo‘ljallangan hamda tanga yoki naqd pulsiz to‘lov vositalari (maxsus jetonlar, to‘lov kartalari) yordamida foydalanuvchilar bilan darhol hisob-kitob qilish uchun mo‘ljallangan texnik vositalarni o‘z ichiga olgan taksofon – oxirgi (terminal) abonent telefon qurilmasidan taqdim etiladigan telefon aloqa xizmati. " Takt intervali|"Takt chastotasi davri. " Takt signali|"Impulslar ketma-ketligi ko‘rinishidagi, ayrim elementlar ishini sinxronlaydigan va raqamli qurilmaning ishlash ritmini belgilaydigan maxsus davriy signal. " Takt chastota generatori|"Teng vaqt oraliqlaridan so‘ng impulslar ketma-ketligini ishlab chiqaradigan qurilma. Ikkita ketma-ket impuls o‘rtasidagi vaqt takt deb ataladi. Protsessorning ba’zi komandalari bir nechta takt ichida chiqariladi. Kompyuterning barcha elementlari orqali o‘tadigan impulslar ularni yagona taktda – sinxron ishlashga majbur qiladi. Takt impulslarning generatsiya chastotasi kompyuterning tez ishlashini belgilaydi. " Takt chastotasi|"Takt chastotasi generatori vaqt birligida bajaradigan tebranishlar soni. Kompyuter diskret, qadamlar (taktlar) bo‘yicha ishlaydi, shuning uchun barcha operat-siyalarning bajarilish tezligi, kompyuterning yagona ishlash ritmini belgilaydigan protsessorning takt chastotasiga bog‘liq. Takt chastotasi gertslarda o‘lchanadi, takt chastotasi qancha katta bo‘lsa, qayta ishlash tezligi shuncha yuqori bo‘ladi. " Taktlanadigan halqa tarmog‘i|"Halqa tarmog‘i. Bunda tarmoq ish vaqti bir bitli oraliqlarga bo‘lish evaziga, maʼlumotlar uzatish amalga oshiriladi. Tarmoq halqa kanali, takrorlagichlar va foydalanish bloklaridan tashkil topgan. Foydalanish bloklariga maʼmuriy tizim va abonent tizimlari ulanadi. Halqa kanalini ikki o‘rama juft simlari tashkil qiladi. Ular bo‘ylab maʼlumotlar, sinxronlovchi signallar, takrorlagichlarga ozuqa, ozuqani yoqish-o‘chirish signallari uzatiladi. " Taktli impuls|"Sinxronlash yoki vaqt bo‘yicha muvofiqlashtirish uchun foydalaniladigan davriy uzatiluvchi impuls. " Taktli impulslar davri; takt|"Uzluksiz keladigan ikkita impuls o‘rtasidagi vaqt intervali. " Taktli impulslar generatori|"Berilgan takrorlanish davri bilan impulslar ketma-ketligini generatsiyalovchi qurilma. " Taktli sinxronlash|"Qabul qilinadigan signal bilan taktli impulslar ketma-ketligi o‘rtasida vaqt jihatidan aniq muvofiqlikni o‘rnatish jarayoni. " Taktli chastotani tiklash|"Qabul qilingan ma’lumotlar signalidan taktli chastota signalini ajratish. " Talab bo‘yicha kanallarni ajratish yo‘li bilan ko‘p tomonlama foydalana olish|"Yo‘ldoshli radioaloqada ishlatiladigan standart. Markaziy stansiya seansda ishtirok etayotgan barcha terminallar va yo‘ldoshlar o‘rtasida aloqa o‘rnatish uchun mavjud puldan kanallarni so‘rovga muvofiq ajratib beradi. " Talab etilgan|"Amalning (harakatning) bajarilishi uchun talab etiladigan (zarur bo‘lgan) shart yoki parametr. " Talabga ko‘ra o‘tkazish qobiliyati|"Global tarmoqlar funksiyasi, foydalanuvchiga, uning tomonidan foydalaniladigan ilova talablariga muvofiq, qo‘shimcha o‘tkazish qobiliyatini taqdim etish mumkinligida ifodalanadi. Bu funksiya tufayli, foydalanuvchilar faqat o‘zlari foydalanadigan o‘tkazish qobiliyati uchun haq to‘lash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. " Talabga ko‘ra sahifali tashkil qilish|"Virtual xotiraning sahifali tashkil qilishga asoslangan tashkil qilish usuli, bunda har bir sahifa, faqat, agar u dasturni bajarish vaqtida aniq talab etilsa, xotiraga yuklanadi va murojaat qilingan kod yoki ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. " Talabga ko‘ra segment tashkil qilish|"Segment tashkil qilishga asoslangan virtual xotira tashkil qilish usuli, bunda faqat agar murojaat qilingan kod yoki ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan dasturni bajarish vaqtida haqiqatdan talab qilinsa, har bir segment xotiraga yuklanadi. " Talabga ko‘ra videopochta|"Abonent qayd etilgan vaqt intervali (15 yoki 30 minut) davomida buyurtma qilingan dasturni oladigan «talabga ko‘ra video» ning bir ko‘rinishi. " Talqin qiluvchi dastur|"Dasturni dasturlash tilida, uni darhol bajarmasdan mashina tilidagi dasturga o‘giradigan kompilyatordan farqli ravishda, dasturlash tilida yozilgan komandalarni darhol bajaradigan va rasshifrovka qiladigan dastur. " Tamakisimon antenna|"To‘g‘ri simdan tashkil topgan o‘q bo‘ylab nurlanadigan antenna. Sim bo‘ylab ma’lum nuqtalarda turli o‘lchamdagi yaproqli metalldan iborat yassi elementlar bir-biriga nisbatan parallel joylashgan. " Tanaffus bilan uzatish|"Energiya tejaydigan funksiya. Bunday funksiya mavjudligida, so‘zlashuvdagi pauzalar vaqtida telefon uzatishga ishlamaydi, bu bilan batareyaning energiya sarfi kamayadi. Bu funksiya ishga tushganda tovush sifati yomonlashadi. " Tanho egalik|"Biror narsaga alohida huquq. Informatikada foydalanuvchi tanho ravishda abonent tizimidan foydalanishi mumkin, abonent tizimi esa tanho ravishda kanalni egallashi mumkin, masalan, kanallarni kommutatsiyasida. " Tanib farqlash|"Qabul qilish jarayonining, buyum umumiy belgilarini ajratishning keyinchalik signalning to‘liq qaytishi bilan almashinadigan dastlabki bosqichini o‘z ichiga oladigan, markaziy zvenosi. " Tanishtiruvchi fayl|"Dasturlar uchun mualliflar tomonidan yoziladigan readme fayli. Bu faylda biror bir dasturni qanday o‘rnatish va u bilan qanday ishlash to‘g‘risida bilib olish mumkin. " Tanlab olinuvchi hisob-kitob xizmati|"Alohida telefon hisoblarning ayrim soni ulanish uskunasi bo‘yicha telefon stansiyasida guruhlanadigan, hisob raqami esa, ushbu so‘zlashuv uchun to‘lov yozilishi kerak bo‘lgan debetga chaqiruvlarni o‘rnatishda aniqlanadigan xizmat. " Tanlab-tanlab olish|"Saralash maqsadida, ma’lumotlarni qandaydir belgilariga ko‘ra bir joydan boshqa bir joyga ko‘chirish yoki ulardan nusxa olish, natijalovchi hujjatlarni tuzish jarayoni. " Tanlanadigan|"Tanlash elementlaridan biri. Oldindan aniqlangan moslamalar to‘plamlaridan farqli ravishda, foydalanuvchi o‘z moslamasi parametrlarini tanlashi va o‘rnatishi mumkin. " Tanlangan|"Ko‘p ishlatadigan operaysiyalar yoki ulanishlar. Brauzerlarda tanlangan operatsiyalarning ro‘yxatini ulardan tezroq foydalana olishni ta’minlash va ulanishni yengillashtirish uchun avtomatik ravishda tuzish imkoniyati mavjud. " Tanlash|"Keyinchalik ular ustida amal bajaradigan menyu punktlari, grafik obyekt qismi yoki matn qismini tanlash. " Tanlash operatori|"Dasturlash tillarinida ko‘rsatilgan ifodaning qiymatiga bog‘liq ravishda bir necha amaldan bittasini tanlash imkonini beradigan boshqaruv konstruksiyasi. " Tanlash sikli|"Protsessorning mashina komandasini qayta ishlashidagi birinchi bosqich. Komandani kesh-xotira yoki tezkor xotira qurilmasidan komandalar registriga olish va uni dekodlashga tayyorlashdan iborat. " Tanlovchanlik|"1. Berilgan chastota kuchlanishining televizor kirishidagi tasvir eltuvchi chastotasi kuchlanishiga, uning chiqishidagi kuchlanish doimiy bo‘lgandagi, nisbati. 2. Qabul qilgichning spektral tashkil etuvchilarini chastotalar shkalasi bo‘yicha, turli taqsimlashlardan foydalangan holda, foydali signalni xalaqit qiluvchi signaldan ajrata olish qobiliyati. " Taqiqlangan komanda|"Kodi berilgan protsessorning komandalar kodi ro‘yxatida bo‘lmagan yoki uning berilgan ishlash rejimida bajarilmaydigan komanda. " Taqiqlangan xabar|"Darhol uzatib bo‘lmaydigan xabar. Uzatilishiga taqiq bekor qilingan zahoti xabar uzatiladi. " «Taqiqlovchi (nazorat qiluvchi) kalit»|"Kanallar va dasturiy funksiyalarni parol yordamida yopish imkoniyati. " Taqqoslash|"Bir qiymatni boshqasiga akslantirish jarayoni. Virtual xotirali tizimlarda kompyuter virtual xotira manzilini fizik xotira manziliga taqqoslaydi. " Taqsimlagich|"Optik quvvatni taqsimlashda foydalaniladigan ko‘p portli qurilma. " Taqsimlanadigan xotira|"1. Ko‘p vazifali rejimda bir nechta dastur foydalana olishi mumkin bo‘lgan xotira. 2. Ko‘p protsessorli parallel tizimlarning bir nechta dasturida birgalikda foydalaniladigan xotiraning bir qismi. " Taqsimlangan, ajratiladigan xotirali arxitektura|"Ko‘p protsessorli tizim xotirasining arxitekturasi. Bunda xotiradan erkin foydalanish vaqti uning joylashishiga bog‘liq bo‘ladi. Buning uchun, protsessorlar, har biri o‘zining umumiy tezkor xotira qurilmasi puliga ega bo‘lgan kichik guruhlarga birlashtiriladi. " Taqsimlangan fayl tizimi|"Fizik jihatdan kompyuter tarmog‘ining turli qismlarida joylashgan fayllardan foydalanishni soddalashtirish imkonini beradigan tizim. " Taqsimlangan hisoblashlar|"Unumdorlikni oshirish maqsadida, bajarilishi hisoblash kompyuter tizimining turli uzellari bo‘ylab taqsimlanadigan hisoblashlar. " Taqsimlangan hisoblashlar muhiti|"Taqsimlangan dasturlarning birgalikda ishlashini tashkillashtirish texnologiyasi. Bu muhit tarkibiga taqsimlangan fayllarga xizmat ko‘rsa-tish, nomlar berish, vaqtni nazorat qilish, protseduralarni olisdan chaqirish, oqimlarga xizmat ko‘rsatish, xavfsizlikni ta’minlash funksiyalari kiradi. " Taqsimlangan ilova|"Komponentlari, ma’lumotlarni tarmoq orqali almashgan holda, turli kompyuterlarda va platformalarda bajariladigan ilova. " Taqsimlangan kommunikatsiyalar|"Tarmoqda kommunikatsiyani tashkil qilish turi. Bunda kommunikatsion jarayonda ishtirok etuvchi tomonlar, aloqa seansini (sessiyasini) boshlab berishda, qo‘llab-quvvatlashda, yakunlashda teng huquqlarga egadirlar. U xost (bosh uzel, server) qanday jarayonlar (kompyuterlar) aloqa seansini boshlab berishini belgilaydigan katta-bo‘ysunuvchi (master-slave communications) shajarasidan keskin farq qiladi. " Taqsimlangan ma’lumotlar bazasi|"Ikki yoki undan ortiq kompyuterda joylashtiriladigan, foydalanuvchi tomonidan yaxlit, bir butun ma’lumotlar bazasi sifatida tushuniladigan ma’lumotlar bazasi. " Taqsimlangan maʼlumotlar banki|"Hududiy tarqoq maʼlumotlar banklari tizimi. Hisoblash texnikasi vositalari bilan birlashgan va yagona boshqaruv ostida faoliyat ko‘rsatadi. " Taqsimlangan parametrlarga ega liniyadagi susayish koeffitsiyenti|"Taqsimlangan parametrlar liniyasida (muhitida) yuguruvchi toʻlqin elektromagnit maydoni kuchlanganligi amplitudasining, toʻlqinning uzunlik birligiga siljishida, pasayishi bilan tavsiflanadigan kattalik. " Taqsimlangan qayta ishlash|"Ma’lumotlarni qayta ishlash uchun, hisoblash tarmoqlariga ulangan katta miqdordagi kompyuterlarning qo‘llanilishi; ikki yoki undan ko‘p kompyuterni, yagona dastur boshqaruvi ostida shart emas, aynan bir topshiriq ustida birgalikda ishlaydigan qilib ulash. Barcha qayta ishlash bitta katta kompyuterda bajariladigan markazlashtirilgan qayta ishlashdan farqli ravishda, taqsimlangan qayta ishlashda topshiriq bitta tarmoqqa birlashtirilgan ko‘plab meynfreymlar, mini-kompyuterlar, shaxsiy kompyuterlar, serverlar va ishchi stansiyalar o‘rtasida bo‘linadi. " Taqsimlangan sun’iy intellekt|"Taqsimlangan apparat va/yoki dasturiy vositalar orqali amalga oshiriladigan sun’iy intellekt tizimi. " Taqsimlangan tarmoq|"Boshqarish barcha serverlar o‘rtasida taqsimlangan, resurslar (apparat, dasturiy resurslar, ma’lumotlar) va foydalanuvchilar alohida serverlarga biriktirilmagan, balki butun tarmoqqa tegishli bo‘lgan kompyuter tarmog‘i. " Taqsimlangan tizim obyektlari modeli|"IBM firmasining OS/2 uchun maxsus yaratilgan texnologiyasi. " Taqsimlangan tizimlar|"Simli yoki simsiz tarmoqqa birlashtirilgan bir nechta kompyuterdan iborat tizim. " Taqsimlangan xesh-jadval|"Xesh-funksiyalarni bajarishga asoslangan IP-tarmog‘i ko‘plab uzellari o‘rtasidagi tezkor o‘zaro ishlash usuli. " Taqsimlash|"Lokal tarmoqda resurslarni taqsimlashga yo‘naltirilgan harakat. Masalan, tarmoqdagi printerni (skanerni va sh.k.) o‘rnatish. " Taqsimlash liniyasi|"Dastur signallarini dastur ishlab chiqish markazidan uzatgichga yoki kabel taqsimlash tizimi bosh stansiyasiga uzatish uchun mo‘ljallangan liniya. " Taqsimlash paneli|"1. Kabel juftlarini ulash uchun foydalaniladigan, protektorlari yoki terminal bloklari (yoki har ikkalasi) bo‘lgan, devorga yoki polga o‘rnatiladigan vertikal metall rama. 2. Kabel segmentlarini o‘zaro ulash yoki kross-ulash oson bajariladigan tarzda ulash uchun mo‘ljallangan qurilma. " Taqsimlash punkti|"Signallar, uni submagistral liniyaga yoki uy taqsimlash tarmog‘i liniyalariga uzatish uchun, magistral liniyadan yoki submagistral liniyadan olinadigan nuqta. " Taqsimlash signali|"Studiyaga yoki eshittirish dasturining boshqa manbaiga dasturning normal borishiga aralashish uchun yuboriladigan oldindan tanlangan signal. " Taqsimlash xizmati|"Tarmoqdan berilgan punktdan boshqa (bir nechta) punktlar tomonga bir yo‘nalishli axborot oqimi bilan tavsiflanuvchi xizmat. Izoh – Taqsimlash xizmati ikki sinfga: axborotni individual boshqaruvsiz taqdim etish va axborotni individual boshqaruvli taqdim etishga bo‘linadi. " Taqsimlash zanjiri|"Fayl egallagan klasterlar ro‘yxati. " Taqsimlash shkafigacha o‘tkazilgan optik tola|"Tarmoq qurish konsepsiyasi. Unga ko‘ra, ATS magistral optik-tolali aloqa liniyasi yordamida konsentrator bilan bog‘lanadi. Konsentratorda optik signal, optik signallar o‘ralgan juft orqali uzatiladigan, elektr signallarga aylantiriladigan, abonentda joylashgan, oxirgi optik o‘zgartirgichlari bo‘lgan optik-tolali kanallar bo‘yicha taqsimlanadi. " Taqsimlovchi fiderli liniya|"Abonent liniyalari yoki uy tarmoqlari ta’minoti uchun mo‘ljallangan liniya. " Taqvim bo‘yicha vaqt birligi|"Loyihani rejalashtirishda foydalaniladigan eng kichik vaqt birligi. " Tarifikatsiya o‘lchov birligi|"Telefonda so‘zlashish (ulanish) davomati uchun to‘lanadigan birlik. U telekommunikatsiya operatori tomonidan tanlangan (to‘la daqiqalar yoki davriy impulslar bo‘yicha hisob) tarifikatsiya tizimiga bog‘liq. " Tariflash|"To‘lov asosida xizmat ko‘rsatish va shu xizmatlar uchun to‘lov narxlarini taqsimlash. " Tarix paneli|"Brauzerlarda – foydalanuvchi kirgan veb-sahifalar xronologiyasini ichiga oladigan panel. " Tarkib|"Veb-resurslarni tashkil qiluvchi matn-tasvirli va boshqa axborotlar. " Tarkibiy hujjat|"Elektron hujjatning bir turi, o‘z ichiga ma’lumotlarning har xil turlariga ega elementlarni, masalan, matndan tashqari, jadvallarni, grafik materiallarni, foto, boshqa ilovalar (masalan, malumotlar bazasi, elektron jadval) ma’lumotlarini olishi mumkin. " Tarkibiy ishonch paketi|"Xavfsizlikning ishonch talablari bo‘lgan, (asosan, ASO klassi talablari) va ishonch shkalasida joylashgan ishonch paketi. " Tarkibiy shifr|"Ma’lumotlarni shifrlash va rasshifrovka qilishda ma’lum bir ketma-ketlikda foydalaniladigan bir nechta oddiyroq bo‘lgan shifrdan tuzilgan shifr. " Tarmoq|"Dasturdagi komandalar ketma-ketligida o‘zgarish bo‘ladigan yoki bo‘lishi mumkin bo‘lgan tarmoqlanish nuqtasi, ya’ni, bunda boshqaruv hozir ishlab turgan komandadan keyin turgan komandaga uzatilmaydi. " Tarmoq|"Texnik vositalar, ma’lumotlar, dasturlar tashkil qilish tuzilmasi. Graflar yordamida tavsiflanadi va tadqiq qilinadi. Qurilmalar o‘rtasidagi ulanishlar bo‘lib, foydalanuvchilarga ma’lumotlarni saqlash, ular bilan almashinish, ularga murojaat qilish imkonini yaratadi. Tarmoqqa asosan mikrokompyuterlar, minikompyuterlar, meyn-freymlar, terminallar, printerlar, fakslar, peyjerlar va turli ma’lumot saqlaydigan qurilmalar ulanadi. " Tarmoq adapteri|"Kompyuterlarni lokal hisoblash tarmog‘i bilan bog‘lash uchun mo‘ljallangan, kengaytirish platasi ko‘rinishidagi uskuna. " Tarmoq administratori|"Kompyuter tarmog‘ining ishlay olishi uchun, ishchi stansiyalar qo‘shilishi, foydalanuvchilarni mualliflashtirish, fayllarni arxivlash va tiklash protseduralari hamda ko‘plab boshqa funksiyalar uchun javob beradigan shaxs. " Tarmoq analizatori|"1. Signallarning asosiy xarakteristikalarini o‘lchash, aloqa kanallari sifatini baholash (xato kadrlar protsenti va sh.k. ko‘rinishida), tarmoq monitoringi funksiyasini amalga oshirish va trafikning statistik tahlilini o‘tkazish imkonini beradigan, keng maqsadlardagi diagnostika vositasi. 2. Tarmoq trafigini «eshitishni» va trafikdan avtomatik ravishda foydalanuvchilar nomlarining, parollar, kredit kartochkalar raqamlarining va boshqa shunga o‘xshash axborotning ajratib olinishini amalga oshiradigan dasturlar. " Tarmoq arxitekturasi|"1. Tarmoqning o‘tkazish qobiliyatini va boshqa xarakteristikalarini belgilovchi tarmoq elementlari (uzellari, marshrutizatorlari, kommutatorlari va b.lar), ma’lumotlarni almashish protseduralari va protokollari, xabarlar formatlari, tarmoq ichi va tarmoqlararo interfeyslar, tarmoqni boshqarish prinsiplari majmui. 2. Mantiqiy tuzilma va hisoblash tarmog‘ining ishlash prinsiplari. Izoh – Hisoblash tarmog‘ining ishlash prinsiplari o‘z ichiga xizmatlar, funksiyalar, protokollarga taalluqli prinsiplarni oladi. " Tarmoq boshqaruv tizimi|"Tarmoqni boshqarish va nazorat qilishning apparat va dasturiy vositalari majmui, tarmoqni boshqaradigan kompyuterda joylashtirilgan dasturdan; tarmoq abo-nentlarining kompyuterlarida joylashtirilgan apparat va dasturiy agentlardan iborat. Tarmoqlarni boshqarishning umumqabul qilingan protokoli – SNMP (Simple Network Management Protokol – oddiy tarmoqni boshqarish protokoli) mavjud, bu protokol hatto turli xil abonentlar bo‘lgan tarmoqni ham boshqarish imkonini beradi. Tarmoqni boshqarishning asosiy funksiyalari: tarmoqni skanlash va SNMP protokoli bo‘lgan qurilmalar mavjudligini aniqlash; tarmoq holatini aniqlash, portlar darajasida abonentlarni masofadan diagnostika qilish, parol bo‘yicha foydalanishga cheklashlar belgilash, 7/0I tarmoq jurnalini yuritish va boshqalar, ya’ni tarmoq administratorini ma’lumotlarni boshqarish uchun barcha zarur narsalar bilan ta’minlash. " Tarmoq brandmaueri|"Ikki yoki bir nechta tarmoq o‘rtasida himoya to‘sig‘i (tarmoqlararo ekran)ni vujudga keltiruvchi apparat-dasturiy kompleks. Muhofaza qilinadigan tarmoqqa tashqaridan ruxsatsiz kira olishni bartaraf etish hamda kirayotgan va chiqayotgan maʼlumotlarni nazorat qilish uchun mo‘ljallangan. Brandmauer muhofaza qilinadigan tarmoq chegarasida o‘rnatiladi, uning mavjudligi tarmoq uzellari uchun sezilmasligi kerak. " Tarmoq dasturiy ta’minoti|"Kompyuterlarning hisoblash tarmog‘ida ishlashini ta’minlaydigan dasturiy ta’minot. " Tarmoq fayl tizimi|"UDP transport protokoliga asoslangan, fayl tizimidan erkin foydalana olish uchun mo‘ljallangan protokollar to‘plami. NFS UNIX, PC (Windows asosida) va Macintosh mashinalarida (ya’ni, turli operatsion tizimlarda ishlaydigan kompyuterlarda) alohida kompyuterda fayllarning ko‘p sonli nusxalarini saqlamasdan, ulardan mahalliy tarmoqda birgalikda foydalanish imkonini beradi. " Tarmoq foydalanuvchisi identifikatori|"Paketlarni kommutatsiyalash xizmati tomonidan foydalanuvchini identifikatsiya qilish uchun ishlatiladigan noyob kod. " Tarmoq grid-hisoblashlari|"Atama global, regional va muassasa kompyuter tarmoqlari arxitekturasiga tegishli, berilgan onda bo‘sh tarmoq resurslaridan alohida olingan kompyuter uchun juda murakkab bo‘lgan vazifalarni hal etishda foydalanilishini ko‘zda tutadi va maxsus dasturiy ta’minotni talab qiladi. " (Tarmoq) hujumlarini aniqlash tizimi|"Kompyuter tizimlariga qilinadigan hujumlarni aniqlashda ishlatiladigan turli apparat va dasturiy vositalar (ba’zi hollarda dasturiy ta’minot turkumi sifatida qaraladi). " Tarmoq identifikatori|"Belgilangan oqim qaysi tarmoqqa (provayderga/eshittiruvchiga) tegishliligini aniqlaydi. " Tarmoq identifikatori|"Bitta lokal tarmoqda joylashgan kompyuterlar va qurilmalar guruhini identifikatsiya qiladigan IP-manzilning bir qismi. " (Tarmoq) kataloglaridan erkin foydalanish osonlashtirilgan protokol|"University of Washington tomonidan ishlab chiqilgan, Netscape va yana 40 ta firma tomonidan qo‘llab-quvvatlangan, Internet orqali aloqa o‘rnatmagan holda uning kataloglariga murojaat qilish uchun mo‘ljallangan sanoat standarti. X.5 standartlariga kiruvchi DAP protokoliga yo‘naltirilgan soddalashtirilgan versiyaga ega. " Tarmoq kompyuteri|"Terminal sifatida global yoki korporativ tarmoqlarda ishlash uchun mo‘ljallangan kompyuter. An’anaviy shaxsiy kompyuterlardan tarmoqqa ulash uchun mo‘ljallangan o‘rnatiladigan vositalar va qattiq diskning bo‘lmasligi bilan farqlanadi. Tarmoq kompyuterini IBM, Apple, Sun kabi mashhur firmalar kiradigan konsorsium ishlab chiqadi. Tarmoq kompyuterlari asosan uyda qo‘llash uchun yaratiladi, Internet tarmog‘i standartlariga asoslanadi. " Tarmoq magistrali|"Global tarmoqning tarmoq segmentlarini yagona tizimga birlashtiradigan yuqori tezlikli liniya yoki kommunikatsiya tizimining bir nechta liniyasi. " Tarmoq magistrali bilan ulash porti|"Kompyuterlarni kommunikatsiya tarmog‘i liniyalariga ulash uchun mo‘ljallangan qurilma. " Tarmoq manzili|"Jo‘natuvchi/oluvchi manzilining standart atributi. " Tarmoq ma’lumotlar bazasi|"Elementlari o‘zaro ixtiyoriy ravishda bog‘langan ma’lumotlar bazasi. Nazariy jihatdan har bir element bazaning istalgan boshqa bir elementi bilan bog‘langan bo‘lishi mumkin. Graf yordamida tavsiflanadi. " Tarmoq niqobi|"Internet-manzilning tarmoqqa, kichik tarmoqqa va yetakchi uzelga taalluqli qismlarga ajralishini aniqlaydigan 32-bitli shablon. " Tarmoq operatori|"Tarmoqning ekspluatatsiya qilinishini amalga oshiruvchi va uning ishga layoqatli holatini saqlab turuvchi kompaniya. Tarmoq operatori bir vaqtning o‘zida xizmatlar ta’minotchisi ham bo‘lishi mumkin. " Tarmoq operatsion tizimi|"Tarmoqning ishini ta’minlaydigan operatsion tizim. Asosiy funksiyalari: xabarlar uzatilishini boshqarish, ma’lumotlarni ruxsatsiz foydalanishdan himoyalash, kataloglarni boshqarish, elektron pochta. Lokal tarmoqlarda Novell firmasining NetWare tarmoq operatsion tizimidan keng foydalaniladi. " Tarmoq printeri|"Lokal hisoblash tarmog‘ida ko‘plab foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan, bittа yoki bir nechta tarmoq interfeysiga ega, yuqori tezlikda ishlaydigan printer. " Tarmoq protokoli|"Aloqaning o‘ziga xos turiga qaratilgan qoidalar to‘plami. Turli protokollar ko‘p hollarda bir turdagi aloqaning turli taraflarinigina tavsiflaydi; birgalikda ular protokollar stekini hosil qiladi. «Protokol» va «protokollar steki» nomlari protokol yaratiluvchi dasturiy ta’minotni xam ko‘rsatadi. Internetga yangi protokollar IETF, boshqa protokollar esa – IEEE yoki ISO tomonidan belgilanadi. ITU-T telekomunikatsiya protokollari va formatlari bilan shug‘ullanadi. OSI modeli tarmoq protokollarini tasniflash tizimining eng ko‘p tarqalgan turi hisoblanadi. " Tarmoq provayderi|"Abonentlik punkti va bevosita tarmoq abonentlariga tarmoq xizmatlarini ko‘rsatuvchi vakolatli tashkilot. " Tarmoq qismiga kira olish protokoli|"Tarmoqlarda IEEE 802.2, LLC va boshqa protokollardan foydalanib, multipleksorlashni ta’minlaydigan mexanizm bo‘lib, u 8 bitli maydonlarga ajratilishi mumkin. " Tarmoq resurslari|"Tarmoq abonentlari foydalanishlari mumkin bo‘lgan ma’lumotlar bazalari, dasturlar, alohida qurilmalar (masalan, printer, diskli to‘plagichlar). " Tarmoq samaradorligi|"Tarmoqning ma’lumotlar uzatish tezligini, ishonchliligini va b.q.larni ko‘rsatadigan xarakteristikalar majmui. " Tarmoq sathi|"Axborot oqimlarini manzillsh va marshrutlashni ta’minlaydigan OSI tarmoq modelining uchinchi sathi. Tarmoq sathida tarmoq xizmatlari tomonidan protokollarni tanish, paketlarni identifikatsiyalash, shuningdek, mobillikni boshqarish bilan bog‘liq funksiyalar amalga oshiriladi. " Tarmoq segmenti|"Bitta marshrutlovchi qurilma (kommutator, marshrutizator) ga ulangan va bitta fizik protokol bo‘yicha ishlaydigan tarmoq uzellari. " Tarmoq serveriga kira olish nuqtasi|"Tarmoq xizmatidan transport qatlamida erkin foydalanish mumkin bo‘ladigan nuqta; NSAP OSI ning tarmoq manzillari orqali ishlaydi. " Tarmoq serverlari|"Oddiy abonent tizimi kabi ishlash imkoniyatiga ega umumiy foydalanishning tarmoq resurslarini taqsimlashni boshqarish funksiyasini bajaradigan apparat-dasturiy tizim. " Tarmoq skaneri|"Hujumlardan potensial yaxshi muhofazalanmagan dasturlar va kompyuterlarni topish maqsadida, tarmoq to‘g‘risida axborot to‘plovchi dastur. " Tarmoq tahdidlariga qarshi harakat|"Tarmoq infratuzilmasini jinoyatkorlarning hujumlaridan muhofaza qilish uchun mo‘ljallangan xavfsizlik choralari kompleksi. " Tarmoq tayanch kiritish-chiqarish tizimi interfeysi|"IBM RС va mos keladigan tizimlar uchun taklif qilingan standart tarmoq interfeysi – olisdagi kompyuterning kiritish/chiqarish bo‘yicha so‘-rovlarini yuborish va qabul qilish imkonini beradigan dasturlash interfeysi. Tarmoqning texnik qismini dasturlardan yashiradi. " Tarmoq tizimining arxitekturasi|"Korporativ tizimlar uchun mo‘ljallangan kompyuter tarmog‘i arxitekturasi. " Tarmoq trakti|"Kirishi va chiqishida traktni shakllantirish apparaturasi ulangan namunaviy guruhli trakt yoki bir nechta ketma-ket bog‘langan namunaviy guruhli traktlar. " Tarmoq uzelining interfeysi|"Tarmoqlar yoki tarmoq uzellari o‘rtasidagi standart tutashish. " Tarmoq va Internet ulanishlar|"Windows XPdan boshlab Windows operatsion tizimi boshqaruv panelining qismi. Internet bilan ulanish usuli va lokal tarmoq parametrlarini sozlashga yordam beradi. " Tarmoq xavfsizligi|"Axborot tarmog‘ini ruxsat etilmagan tarzda foydalanishdan, normal ishlashga tasodifiy yoki qasddan bo‘ladigan aralashuvlardan, uning komponentlarini buzishga urinishlardan saqlovchi chora-tadbirlar. Axborot tarmog‘ining xavfsizligi uskuna, dasturiy ta’minot, ma’lumot va personalning muhofazasini o‘z ichiga oladi. " Tarmoq xavfsizligini tahlil qiluvchi administrator vositalari|"Tarmoq xostlari to‘g‘risida ma’lumotlarni yig‘ish, testlash va hisobotlar tuzish uchun mo‘ljallangan vositalar tizimi. Qulay HTML-interfeysida bajarilgan. U dastlabki eng qulay portlar skaneridir. " Tarmoq xizmatining zaifligi|"Tegishli dasturiy ta’minot nuqsoni, undan foydalanish hisobiga quyidagilarni amalga oshirish mumkin: buferning to‘lib ketishi, DoS-hujumlardan bo‘sh himoyalanganlik, xizmatning xato konfiguratsiyasi, kuchsiz parolli himoya, foydalanuvchining imtiyozlarini oshirish imkoniyati, SQL-inyeksiya, kod in’eksiyasi, skriptlarni saytlararo bajarish. " Tarmoq xizmatlari markazi|"Transport darajasida tarmoq xizmatiga murojaat qilish mumkin bo‘ladigan nuqta. " Tarmoq xizmatlarini yetkazib beruvchi|"Axborot xizmatlarini va kompyuter tarmoqlariga ulanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadigan yuridik shaxs. " Tarmoq yuklamasi|"Tarmoqqa ulangan barcha axborot manbalari vaqt birligida generatsiyalaydigan trafikning jami hajmi. " Tarmoq (yuklanganligidan) foydalanish koeffitsiyenti|"Tarmoqning foydalanish xarakteristikalarini belgilaydi va uning arxitekturasini optimallashtirish uchun ishlatiladi, tarmoq bo‘ylab uzatiladigan trafik uning maksimal o‘tkazish qobiliyatiga bo‘lgan nisbatiga teng. " Tarmoq choki|"Maʼlumotlarni qayta ishlash tizimidan beruxsat foydalanish usuli. Tarmoq choki foydalanishga ruxsat olish uchun payqash va foydalanish yo‘llarini taʼqib qilish tizimini chetlab o‘tib, turli aloqa tarmoqlaridan foydalanishga asoslanadi. " Tarmoqdagi kolliziya|"Bir nechta tizim bir vaqtning o‘zida tarmoqning bitta uchastkasiga axborotni uzatish uchun murojaat qilgan vaqtdagi holat. " Tarmoqdan erkin foydalanishni himoyalash|"Foydalanishni cheklovchi va tarmoq xavfsizligini ta’minlovchi protseduralar va sozlashlar. Simsiz tarmoqlar uchun ahamiyatli. " Tarmoqdan foydalana olish nuqtasi|"Tarmoq operatori foydalanuvchiga xizmatlarni ko‘rsatadigan nuqta, ya’ni ekspluatatsiya qilish sharoitlarida operator javobgarligi va foydalanuvchi javobgarligini ajratish nuqtasi. " Tarmoqdan foydalanish|"Tarmoqdagi trafik o‘lchovi. Tarmoqning o‘tkazish polosasi kattaligiga nisbatan foizlarda ifodalanadi. Tarmoqning mavjud imkoniyatlaridan foydalanish samaradorligini tavsiflaydi. " Tarmoqlagich|"1. Energiyaning bir qismini bir liniyadan boshqasiga yoki bir nechta tarmoqlangan liniyalarga tarmoqlash uchun mo‘ljallangan taqsimlash tarmog‘i elementi. 2. Radiosignal (opik signal) energiyasining bir qismini bitta yoki bir nechta yo‘nalishlarga tarmoqlanishini ta’minlaydigan liniya tarmoq elementi. " Tarmoqlangan aralash yuqori chastotalar|"Rang quyi eltuvchisi modulyatori yoki demodulyatorini aylanib o‘tuvchi, aralash yuqori chastotalar signali. " Tarmoqlangan bog‘lanish|"Bir nechta optik toladan keladigan signallarni umumiy optik-tolali trakt orqali, umumiy guruh signaliga birlashtirilayotgan signallarning barcha komponentlarini o‘z ichiga oladigan tarzda o‘tkazish hisobiga aralashtirish. " Tarmoqlangan monoxrom signal|"Ranglilik signali modulyatori yoki demodulyatorini chetlab uzatiladigan monoxrom signal. " Tarmoqlangan so‘nish|"Radiosignalning kirish va taqsimlagichning har bir chiqishlari o‘rtasida so‘nishi. " Tarmoqlangan tizim; daraxtsimon tizim|"Bitta yoki bir nechta liniyaga ega kabel taqsimlash tizimi, ulardan turli nuqtalarda abonent liniyalari tarmoqlanadi. " Tarmoqlanish|"Algoritmlarni tuzishda foydalaniladigan uchta asosiy tuzilmadan biri. Sharoitga bog‘liq holda, algoritm turli tarmoqlarini bajarish imkonini beradi. Ba’zi manbalarda bu tuzilma tanlash deb ataladi. Tarmoqlanishga yuqori daraja dasturlash tillaridagi if… then… else; case… of kabi komandalar kiradi. " Tarmoqlararo almashuv protokoli|"Internet protokollari to‘plamidan tarmoq sathi protokoli. " Tarmoqlararo aloqa liniyasi|"Ikkita lokal tarmoq bog‘lamalarini birlashtiruvchi aloqa liniyasi. Uzatish uchun mos keladigan almashinuv protokollaridan foydalaniladi. " Tarmoqlararo birikish|"1. Formatlar o‘zgarishi mumkin bo‘lgan holda, bir xil qurilmalar o‘rtasidagi birikish. 2. Telefon liniyalarining parallellashtirilishi. " Tarmoqlararo ekran administratori|"Tarmoqlararo ekranning kuzatib borilishi yuzasidan javobgar shaxs. " Tarmoqlararo ekran, brandmauer|"Tizimga kelib tushadigan va/yoki tizimdan chiqib ketadigan axborotning nazorat qilinishini amalga oshiradigan lokal (bir komponentli) yoki funksional taqsimlangan dasturiy (dasturiy-apparat) vosita (kompleks). Izohlar 1. Tarmoqlararo ekran axborotni filtrlash, ya’ni mezonlar majmui bo‘yicha tahlil qilish va uni berilgan qoidalar asosida tizimga (tizimdan) tarqatish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish yordamida tizim muhofaza qilinishini ta’minlaydi, shu yo‘l bilan subyektning bir tizimdan turib boshqa tizim obyektidan foydalanishini chegaralash amalga oshiriladi. 2. Trafikdan bitta tarmoqni muhofaza qiladigan ikkita tarmoqning tutashgan joyida o‘rnatiladigan, boshqa tarmoqda aylanadigan va tashqaridan hujumlarning oldini olish uchun xizmat qiladigan muhofaza qilish vositasi. " Tarmoqlararo hamkorlikning tayanch mexanizmi|"Hisoblash operatsiyalarini modellashtiradigan hisoblash signallari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muvofiqlikda boʻlgan xizmat primitivlari toʻplami. " Tarmoqlararo interfeys|"Boshqa tarmoq uzellari bilan o‘zaro aloqa qilish uchun mo‘ljallangan interfeys. " Tarmoqlararo texnologiyalar|"Kommunikatsiya tarmog‘i orqali marshrutlarni o‘tkazishning turli protokollaridan foydalanish uslubiyatlari. Bitta tarmoqda tarmoq pog‘onasidagi turli protokollar ishlashini taʼminlash zaruriyati «asinxron uzatish usulidan foydalanuvchi ko‘p protokollar», yaʼni MPAO deb nomlangan texnologiyaning yaratilishiga olib keldi. Mazkur texnologiya tezkor tarmoqlarda samarali ishlovchi asinxron uzatish usuliga asoslangan. " Tarmoqlararo ulanishlar (kanal)|"Foydalanuvchilar o‘rtasida axborotni uzatish va qabul qilishni ta’minlovchi turli telekommunikatsiyalar operatorlarining telekommunikatsiyalar tarmoqlari o‘rtasidagi texnologik o‘zaro hamkorligi. " Tarmoqlararo o‘zaro ishlash|"Umymiy vazifalarni bajarish maqsadida texnologik birlashtirilgan tarmoqlarning birgalikda ishlashi. Izoh – Bajariladigan vazifalarga bog‘liq holda, o‘zaro ishlash texnologik, iqtisodiy va huquqiy bo‘lishi mumkin. " Tarmoqlararo chaqiruv|"Mobil abonent bilan umumiy foydalanish tarmog‘i o‘rtasida amalga oshiriladigan chaqiruv. Izoh − Agar chaqiruvning tashabbuskori mobil stansiya bo‘lsa, chaqiruv mobil aloqa tizimida autentifikatsion tekshiruvdan o‘tadi va qayd etiladi. Agar mobil abonentga shahar telefon raqami berilgan bo‘lsa, aloqa odatdagi telefon chaqiruvi kabi amalga oshiriladi. " Tarmoqlarni loyihalash bo‘yicha sertifikatga ega mutaxassis|"Cisco Systems korporatsiyasi mahsulotlari bo‘yicha sertifikatlangan o‘qitish tizimida o‘zlashtiriladigan unvonlardan biri . " Tarmoqni boshqarish bloki|"Redirektor tomonidan qayta yo‘naltirilgan SMB (Server Message Block) so‘rovlarini o‘z ichiga oladigan va tarmoq orqali uzoqdagi qurilmaga jo‘natiladigan tuzilma. " Tarmoqni boshqarish platformasi|"Tarmoq va unga kiruvchi tizimlarni boshqarishga mo‘ljallangan dasturlar kompleksi. Platforma bilan ishlash uchun administratorga abonent tizimlari (konsollar)dan biri yoki bir nechtasi taqdim qilinadi. Odatda platforma SNMP protokoli asosida yaratiladi. Platforma qurilmalar ishi va kabellar holatining nazorati, ishchi protseduralar nazorati, tarmoq ishining boshqa aspektlari nazorati kabilarni ta’minlaydi. " Tarmoqni boshqarish oddiy protokoli|"Turli xil lokal hisoblash tarmoqlarining ishlash qobiliyatini aniqlash protokollaridan biri. Lokal hisoblash tarmog‘i administratoriga tarmoqning uzoqda joylashgan uzellari ishini nazorat qilish imkonini beradi. RFC 1157da standart sifatida belgilangan. " Tarmoqni rejalashtirish axborot xizmati|"Tizimga/tarmoqqa kirishlarni va parollar sozlanishini soddalashtirgan holda, TCP/IP tarmoq bo‘yicha foydalanuvchilarning byudjetlari markazlashtirilgan tarzda boshqarilishini amalga oshirish imkonini beradigan xizmat. " Tarmoqni tashkil etish; tarmoq hosil qilish|"Marshrutizatorlar, kommutatorlar va turli xil aloqa liniyalari (kabelli, radioreleli, yo‘ldoshli va boshqalar) yordamida abonent stansiyalari va aloqa uzellarini tarmoqqa birlashtirish. " Tarmoqning ishonchliligi|"Tarmoqning, berilgan rejimlarda va foydalanish hamda texnik xizmat ko‘rsatish sharoitlarida, talab qilinadigan funksiyalarni bajarish qobiliyatini tavsiflovchi barcha parametrlar qiymatlarini belgilangan chegarada vaqt bo‘yicha saqlash xususiyati. " Tarmoqning o‘ta yuklanishi|"Ma’lumotlar uzatish tarmoqlarida kuzatiladigan hodisa. Tarmoq bog‘lanishi yoki uzeli orqali uzatiladigan ma’lumotlarning katta hajmda bo‘lishi, xizmatlar sifati darajasining pasayishiga olib kelishida ifodalanadi. Izoh − Tarmoqning o‘ta yuklanishi uzatishda kechikishlarga, ma’lumotlar paketlari yo‘qolishiga yoki yangi bog‘lanishlar blokirovka qilinishiga olib keladi. " Tarmoqqa ulanishlar|"Lokal tarmoqda tarmoq resurslari va funksiyalariga murojaat qilish uchun qo‘llaniladigan komponent. «Tarmoq ulanishlari» papkasi tarmoq ulanishlarini yaratish, sozlash, saqlash va nazorat qilish imkonini beradi. " «Tarmoq-Tarmoq» interfeysi|"ATM kommutatorlarining o‘zaro ishlashini aniqlaydigan tarmoqlararo interfeys. " Taroqsimon filtr|"Almashinib keladigan bir nechta o‘tkazish va tutib turish polosasiga ega bo‘lgan elektr chastota filtri. " Tarqalish|"Shifrlash jarayoni, bunda ochiq matnning har qanday belgisini yoki kalitni o‘zgartirish shifrmatn belgilarining ko‘plab soniga ta’sir ko‘rsatadi, bu esa ochiq matnning statistik xususiyatlarini berkitadi. " Tarqalish koeffitsiyenti|"Toʻlqinlarning tarqalish (uning susayishi va tarqalish tezligi) xususiyatini aniqlovchi koeffitsiyent. " Tarqalishdagi so‘nish|"Signal quvvatining, uning uzatgichdan qabul qilgichgacha tarqalishiga ko‘ra, pasayishi. Izoh ‒ Tarqalish trassasiga va signal-chastota spektri, qutblanish, quvvat parametrlariga bog‘liq. " Tarqatilmagan pochta, kuryerlik jo‘natmalari, pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalari|"Belgilangan muddat davomida, ayrim sabablarga ko‘ra, adresatga yoki jo‘natuvchiga yetkazib berilmagan (topshirilmagan) pochta, kuryerlik jo‘natmalari, pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalari. " Tarqatish karraliligi|"Tarqoq qabul qilishda foydalaniladigan turli radiosignallarning soni. " Tarqoq kanallar kogerentligi|"Amaliyotda muhim bo‘lgan, qabul nuqtasiga turli yoʻllar bilan keladigan aynan bir signal nusxalarining o‘zaro bog‘langanlik darajasini aniqlovchi shart. " Tarqoq kanalli xendover|"Kanallarni ohista qayta ulash protsedurasi, bunda chastotalarni almashtirish vaqtida mobil stansiya bilan aloqa kamida ikki kanal bo‘yicha saqlab turiladi. Bu aloqa sifati eng yaxshi bo‘lgan signalni tanlab olish va kanallarni qayta ulashda ehtimoli bo‘lgan kechikishni bartaraf etish imkonini beradi. " Tarqoq qabul zonasi|"Bir nechta aloqa yo‘nalishidan, masalan bir nechta tayanch stansiyadan bir vaqtda signallar qabul qilinadigan zona. " Tartib|"Biror bir vazifaning ishlash tartibi. Uni ishga tushirish parametrlariga qarab vazifalarning ishlash tartibi o‘zgarishi mumkin. " Tartibga solish|"Axborotni muhofaza qilish usuli. Muhofaza qilinayotgan axborotni avtomatlashtirilgan qayta ishlash, uni saqlash va uzatishning shunday sharoitlari yaratiladiki, natijada axborotdan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olish imkoniyatlari minimumga keltiriladi. " Tartiblash|"Chiqarib tashlangan protsedura (usul) parametrlarini ularni tarmoqda ketma-ket oqim ko‘rinishida uzatish uchun o‘zgartirish mexanizmi. " Tasdiqlamoq|"Yetarlilikni mustaqil aniqlash bilan nimanidir batafsil ko‘rilganligini bildirish. Izoh – Detallashtirishning talab etilayotgan darajasi qarab chiqiladigan predmet turiga bog‘liq bo‘ladi. Bu atama faqat baholovchining harakatida qo‘llaniladi. " Tasdiqlash|"Xabar jo‘natuvchiga xabar yetkazilganligi to‘g‘risida tasdiqni so‘rash va uni olish imkonini beradigan funksiya. " Tasdiqlash grifi|"Hujjat mazmuniga normativ yoki huquqiy xarakter beradigan rasmiy hujjat rekviziti. " Tasdiqlovchi markaz|"1. Himoyalangan hujjat aylanishining boshqa bir qatnashchilar ochiq kalitlari sertifikatlarini chiqarishga ixtisoslashgan qatnashchisi. 2. Elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlarini chiqaradigan tashkilot yoki tashkilotning bo‘linmasi. " Tasnif indeksi|"Biror bir tasnif tizimida bo‘linishlarning raqamli yoki harf-raqamli ramzlardagi shartli belgisi. " Tasniflagich|"Har biriga muvofiqlikda noyob kod berilgan nomlangan obyektlarning tizimlashtirilgan ro‘yxati. " Tasniflash|"Ko‘plab obyektlarda yoki ularni turkumlar o‘rtasida «jins-tur», «element-turkum», «butun-qism» va sh.k. munosabatlarni o‘rnatish orqali turkumlarga ajratish imkonini beradigan hodisalarga munosabatlarni joriy qilish. " Tasodifiy foydalana olish|"Foydalana olish usuli, bunda bir nechta stansiya paketlarni bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan vaqt onlarida uzatgan holda, umumiy aloqa kanali orqali bog‘lanish o‘rnatishga urinadi. Agar, uzatishda to‘qnashuv yuz bersa, qayta urinish tasodifiy tanlangan vaqt intervali orqali amalga oshiriladi. " Tasvir elementi|"Tasvirning eng kichik detali, uning ichida yorqinlik va rang yot hisoblanadi, ya’ni element ichida yorqinlik va rangning bir tekis emasligini ko‘z bilan ajratib bo‘lmaydi. " Tasvir-tovush kesishuvchi buzilishi|"Tovush jo‘rligidagi signalning tasvir radiosignali yoki televizion videosignal keltirib chiqaradigan buzilishi. " Tasodifiy parollar generatori|"Parollar sifatida foydalaniladigan tasodifiy sonlar generatorini o‘zida ifodalaydigan dasturiy-apparat vosita. " Tasodifiy son|"1. Psevdotasodifiy sonlar generatori yordamida shakllanadigan va autentifikatsiya qilishda, shifrlashda, yaxlitlikni tekshirishda foydalaniladigan kod. 2. Sonlarning ma’lum to‘plamidagi har bir son bir xil ehtimollik bilan tanlab olinishi mumkin bo‘lgan, ushbu sonlar to‘plamidan tanlab olingan son. " Tasodifiy sonlar generatori|"1. Tasodifiy sonlar ishlab chiqadigan qurilma yoki dastur. Haqiqatda tasodifiy sonlarni olish juda qiyin, amalda natijada doim psevdotasodifiy sonlar paydo bo‘ladi. 2. Berilgan ehtimoliy va algebraik xarakteristikalar bilan tasodifiy vektorlar (qiymatlar, sonlar)ni hosil qilish (ishlab chiqish) algoritmi. " Tasodifiy tahdidlar|"Qasddan qilingan niyat bilan bog‘liq bo‘lmagan tahdidlar. Masalan, tizim ishlashining buzilishi, qo‘pol ekspluatatsion xatolar va dasturiy ta’minotdagi xatolar. " Tasodifiy xato|"Tasodifiy tarzda olingan qiymat bilan biror bir formula yoki qoida asosida hisoblangan qiymat orasidagi farq. " Tasvir|"Grafik ma’lumotlarni chiqarish qurilmalari (printer, displey, proyektor va b.q) orqali taqdim etish. " Tasvir buferi|"Tasvirning bir kadri (ikkita yarim kadri) to‘g‘risidagi axborotni saqlay oladigan qurilma. Bu kompyuter xotirasidagi, tasvirni qayta ishlash paytida tasvir joylashgan zonadir. " Tasvir buzilishlari|"Ekranda ko‘rinuvchi tasvirning texnologiyaning nomukammalligi, geomagnit, elektr va boshqa maydonlarning ta’siri oqibatida yuzaga keladigan geometrik, chiziqli bo‘lmagan va koordinata buzilishlari farqlanadi. Natijaviy signal shaklining boshlang‘ich signaldan, sanab o‘tilgan omillar tufayli og‘ishi buzilishlar paydo bo‘lishiga olib keladi. " Tasvir chetlaridagi yorug‘lik|"Tasvirning chetlarida paydo bo‘ladigan beixtiyoriy qo‘shimcha nurlanish. " Tasvir eltuvchisi|"Videosignal orqali modulyatsiyalangan eltuvchi. " Tasvir fayli|"Grafik axborotni mavjud formatlardan birida o‘z ichiga olgan fayl. " Tasvir formati|"Tasvir tomonlarining nisbatini ko‘rsatadi. U standart televideniye uchun 4:3, keng ekranli televideniye uchun 16:9 ni tashkil etadi. Katta kinoteatrlarda, shuningdek, 21:9 nisbatdagi keng formatli varianti ham mavjud. " Tasvir o‘lchamlarini avtomatik o‘rnatish|"Turli videorejimlarda, tasvirning doimiy o‘lchamini saqlash monitor orqali qo‘llab-quvvatlanganda, tasvir o‘lchamlarini avtomatik tarzda aniq o‘rnatish. Tasvir o‘lchamlarini avtomatik tarzda o‘rnatish rejimi oldindan dasturlanishi yoki foydalanuvchi tomonidan belgilanishi mumkin. " Tasvir radiosignali|"1. To‘liq videosignal yoki to‘liq rangli videosignal bilan modulyatsiyalangan tasvir eltuvchi signal. 2. To‘liq videosignal tasvirining eltuvchisini modulyatsiyalashdan olinadigan radiochastota signali. " Tasvir radiouzatgichi|"Televizion dasturning vizual mazmunini tashuvchi radiochastota signallarini hosil qilishda foydalaniladigan televizion radioeshittirish uzatgichining qismi. " Tasvir shaklining koeffitsiyenti (kadr formati)|"Tasvir (kadr) enining uning balandligiga nisbati. " Tasvir signali liniyaviy kuchaytirgichining chiqishi|"Tasvir signali liniyaviy kuchaytirgichining chiqish qisqichlari radioreleli uzatgich, tasvir uzatgich yoki tarmoqni ta’minlovchi studiya uskunasi va liniyaning ulanish joyi hisoblanadi. " Tasvir signalining qutbliligi|"Signalning sahna (manzara) ning qorong‘i uchastkasini ifodalaydigan qismi potensialining, signalning yorug‘ maydonini ifodalaydigan qismi potensialiga nisbatan belgisi. Qutblilik «musbat qora» yoki «manfiy qora» so‘zlari orqali belgilanadi. " Tasvir signallari|"Televideniye va fototelegrafiyada tasvirning yoyilishidan olinadigan kuchlanish (yoki tok). Tasvir signallari satr bo‘ylab tasvir elementlarining yorqinligi (rangliligi) to‘g‘risidagi axborotni tashiydi. " Tasvir uzatgich|"Faqat tasvir signallarini uzatish uchun mo‘ljallangan radiouskuna. Standart chiqish signalini olish uchun talab etiladigan radiochastotaviy zanjirlar va modulyatsion uskuna. " Tasvir uzatgich quvvati|"Standart televizion signalni uzatish paytidagi cho‘qqi chiquvchi quvvat. " (Tasvir) sinxronizatsiya(si) dagi uzilish|"Barcha tasvirning maydon yoki satr sinxronizatsiyasi buzilishi tufayli uzlukli yoki doimiy yo‘qolishi. Izoh ‒ Taalluqli atama «sinxronizatsiyani yo‘qotish». " Tasvirda soxta konturlarning paydo bo‘lishi|"Nomaqbul effekt signalni qayta ishlash jarayonida, signal darajalarini kvantlash yetarlicha bo‘lmagan raqamli tizimlarda kuzatiladi, ya’ni, bu – yorqinlik yoki ranglilik kvantlash shkalasining dag‘allashish effektidir. " Tasvirdan so‘ng|"Tasvir almashinuvida kuzatiladigan, oldingi tasvirning ijobiy yoki salbiy qoldig‘i yangi tasvirga tushadigan, effekt. " Tasvirlarni aniqlash|"Funksional blok yordamida tasvirni, uni tashkil etadigan obyektlarni, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini va fazoviy o‘zaro munosabatlarini idrok etish va tahlil qilish. " Tasvirlarni masshtablash|"Tasvir o‘lchamini proporsiyalarni saqlagan holda o‘zgartirish. Masshtablash deganda tasvir o‘lchamini kattalashtirish ham, kichraytirish ham tushuniladi. Grafika turiga qarab (rastrli, vektorli), masshtablash turli algoritmlar asosida bajariladi. Vektorli grafikada masshtablash tasvir sifatining yomonlashishiga olib kelmaydi, rastrli grafikada esa tasvir sifati yomonlashadi. " Tasvirlarni mikshirlash|"Ikkita kameradan chiquvchi signallarni ustma-ust tushirish yo‘li bilan va signallar yig‘indisini oq rang sathidan oshirmasdan, ular qiymatini ohista rostlash tasvirni asta-sekin almashtirish. " Tasvirlarni qayta ishlash|"Vizual axborotni qayta ishlash bilan bog‘liq jarayon (masshtabni o‘zgartirish, konturlarni ajratish, tasvirning ko‘rinadigan va ko‘rinmas qismlarini aniqlash va sh.k.lar). " (Tasvirni) diskret-kosinus o‘zgartirish, DKO‘|"Raqamli tasvirning sanoqlar blokidagi ortiqchalikni identifikatsiya qilish uchun koeffitsiyentlar to‘plamini shakllantirishni ta’minlovchi tasvirni spektral o‘zgartirish. " (Tasvirni kodlashdagi) taxminlash|"Kadrning fazo va vaqt bo‘yicha qo‘shni elementlarini taqdim etuvchi signal qiymatlaridan kelib chiqib, kadr elementini ifodalaydigan signal qiymatini baholash jarayoni. " Tasvirni markazlashtirish|"Tasvirni gorizontal va vertikal yo‘nalishlarda ekranda to‘g‘ri joylashtirish maqsadida siljitish. " Tasvirni qayta tiklash|"Videoaxborot tashuvchi elektr signallarni tasvirni kuzatish uchun qulay bo‘lgan, ko‘rinadigan tasvirga aylantirish. " (Tasvirni) siqish; (tasvirni) kengaytirish|"Tasvirni gorizontal yoki vertikal yo‘nalishda cho‘zish yoki siqish yo‘li bilan ataylab buzish. " Tasvirni yoyish|"Tasvirni tahlil yoki sintez qilishda yoyuvchi elementning berilgan davriy qonun bo‘yicha siljishi. " Tasvirning bitligi|"Qar.: Rang teranligi. " Tasvirning gorizontal bo‘yicha aniqligi|"Guruh aniqligi shtrixli o‘lcham bilan baholanadigan mayda oq-qora detallarni qayta tiklash sifati. " Tasvirning granulyar shovqini|"Signal shaklining past-balandligi bilan bog‘liq shovqin. " Tasvirning nochiziqli buzilishlari|"Yoyish tezligi doimiy bo‘lmasligi keltirib chiqaradigan, uzatish obyekti normalangan o‘lchamining uni satrlar bo‘ylab yoki satrlarga ko‘ndalang ravishda ko‘chirish vaqtidagi o‘zgarishida ko‘rinadigan koordinata buzilishlari. " Tasvirning televizion tahlili|"Obyekt tasvirining rangi yoki yorqinligini vaqtda hamda fazoda elektr signallarga izchil o‘zgartirish jarayoni. " Tasvirning vertikal bo‘yicha aniqligi|"Satr oralatib yoyish sifatini sinov elementlaridagi qiya oq liniyalarning tiklanishini baholash orqali bilvosita baholash. " Tasvirning vertikal bo‘yicha nominal aniqligi|"Rastrning diskret tuzilmasi va Z ga teng bo‘lgan tasvir ajralish satrlari soni orqali aniqlanadigan kattalik. " Tasvirning yagona formati|"Amerika va Yevropa standartlari uchun yuqori aniqlikdagi televideniye signallari parametrlarining ba’zi umumiy qiymatlarini belgilaydigan XEI-R BT.709 Tavsiyalarida qabul qilingan format. " Tavsiflash sxemasi|"MPEG-7 da kontentni, deskriptor va tavsiflash sxemalari o‘rtasidagi bog‘lanishlar tuzilmasi hamda semantikasini belgilaydigan tavsiflash vositasi. " Taxallus|"1. Ismlar fazosining muqobil nomi, ya’ni tez-tez takrorlashda foydalanish qulay bo‘lgan qisqartma ism. Taxallus mavjud ism bilan mos tushmasligi kerak. Ismlarning mos tushishi aniqlanganda, kompilyator taxallusni boshqasiga almashtirishni taklif qiladi. 2. Kimgadir yoki nimagadir havola qilish uchun foydalaniladigan ism, jumladan, foydalanuvchi tizimga ma’lum bo‘lgan ismlar va elektron manzillar majmui. " Taxminiy ishonch darajasi|"Berilgan ishonch shkalasida ma’lum joyni band etib va ishonch paketini tashkil etadigan, xavfsizlikning ishonch talablari majmui. " Taxminlangan qiymat|"Taxminlash yordamida olingan signal qiymati. " Taxminlash|"Signalning joriy sanoq qiymatini bitta yoki bir nechta undan oldin keladigan sanoq asosida baholash. " Taxminlash bilan adaptiv kodlash vektori|"Axborot uzatishning eng past guruhiy tezliklarida foydalanish uchun dastlab kiritilgan nutq signalini kodlash uchun ishlab chiqilgan algoritm. " Taxminlash bilan kodlash|"Taxminlashdan foydalanib manbani kodlash usuli. " Tayanch bevosita foydalana olish usuli|"Yozuv fayl ichidagi yozuv raqami bilan yoki qurilmadagi fizik manzil bilan identifikatsiya qilinadigan quyi sath foydalana olish usuli. " Tayanch dizayn|"Tizimni ishlab chiqishda barcha mafaatdor tomonlar bilan kelishilgan, tizim dizayni. " Tayanch etalon model|"Ochiq tizimlar o‘zaro bog‘liqligining umumiy prinsiplarini ifodalaydigan va OSI standartlarini ishlab chiqish uchun asos bo‘lib hisoblangan model. " Tayanch foydalana olish usuli|"Dastlabki shaxsiy kompyuterlarda foydalanilgan yuqori daraja protsedura tili. " Tayanch ketma-ket foydalana olish usuli|"Fizik fayl yozuvlarini ketma-ket qayta ishlash imkonini beradigan quyi darajali foydalana olish usuli. Tayanch kiritish/chiqarish tizimi parametrlarining bloki rus. - блок параметров базовой системы ввода/вывода ing. - basik input/output system parameter block Tizim diskining yuklash sektoridagi, bu diskning tuzilmasini tavsiflaydigan jadval. " Tayanch kiritish-chiqarish manzili|"Kiritiladigan-chiqariladigan ma’lumotlarning boshlang‘ich manzili. " Tayanch kiritish-chiqarish tizimi|"Shaxsiy kompyuterlarda ishga tushirish vaqtida qurilmalarni tekshirish, operatsion tizimni yuklash hamda qurilmalar o‘rtasidagi ma’lumot almashinuvini ta’minlash uchun kerak bo‘lgan asosiy dasturiy ta’minot. Tayanch kiritish-chiqarish tizimi doimiy xotira qurilmasida bo‘lgan dasturni o‘zida aks ettiradi. " Tayanch kompyuter|"Axborot tizimida ko‘p sonli chekka-tashqi (chegara) qurilmlari (diskli to‘plovchi, printerlar va boshqalar) bilan ulanadigan katta quvvatli kompyuter. Undan korporativ pog‘onada ko‘p masalali muhitda foydalaniladi. Tayanch kompyuter yuqori tezlik bilan ishlaydi, nisbatan katta tezkor xotiraga ega va yechilayotgan masalalarning keng doirasini qamrab oladi. Tayanch kompyuter kommunikatsiya tarmog‘i orqali o‘zining resurslarini ko‘p sonli foydalanuvchilarga taqdim qiladi va maʼlumolarni qayta ishlashda asosiy oqimlarni o‘z zimmasiga oladi. " Tayanch liniya funksiyalarini hisoblash|"Muayyan vaqt onida funksionallik sifatida olingan, ilova funksiyalari nuqtalarining soni. " Tayanch manzil|"1. Hisoblash mashinasining absolyut manzilini hisoblash uchun boshlang‘ich kattalik sifatida foydalaniladigan manzil. 2. Periferik qurilmalardan foydalanish amalga oshiriladigan portlarning qo‘shni manzillari guruhidan eng kichigi. " Tayanch muhofaza choralari|"Bitta tizim yoki butun tashkilot uchun o‘rnatilgan xavfsizlik choralarining minimal to‘plami. " Tayanch nuqta|"Dasturiy ta’minotni rejalashtirishning, loyiha hayotiy siklining asosiy o‘tishi yuz beradigan bosqichi. " Tayanch oq rang|"Asosiy ranglarni matritsalashda olinadigan, ushbu o‘rab turuvchi yoritishda oqning taassurotini beradigan muayyan rang omili. Izoh ‒ Rangli televideniyeda tayanch oq rang uskunani sozlashda ishlatiladi. " Tayanch platforma|"Instrumental dasturlar tizimiga ega bo‘lgan, ishlab chiqilgan dasturlardan foydalanish va qo‘llab-quvvatlash imkoniyatini ta’minlaydigan bazaviy kompyuter. " Tayanch qiymatini tanlash|"Kirish parametrining, tayanch tanlovni testlashda foydalaniladigan, parametr uchun tipik bo‘lgan qiymat asosida tanlanadigan qiymat. " Tayanch radiostansiya|"Mobil stansiyalar o‘rtasida aloqani tashkil etish uchun bitta yoki bir nechta retranslyatori bo‘lgan qabul qiluvchi-uzatuvchi stansiya. " (Tayanch) rang chaqnashi|"Ranglilik signali quyi eltuvchisi chastotasiga ega sinusoidal to‘lqinning bir nechta davridan iborat bo‘lgan to‘liq rangli signalning bir qismi, u ranglilik signalini demodulyatsiyalashda etalon vazifasini bajaradi. " Tayanch registr|"Tayanch manzilni va unga nisbatan manzillashni saqlash uchun foydalaniladigan registr. " Tayanch retranslyator|"O‘ziga biriktirilgan abonentlar guruhi foydalana oladigan retranslyator. Izoh − Uning yordamida abonentlar ayni paytda band bo‘lmagan retranslyatorlar mavjudligi to‘g‘risida bilib oladilar, agar tayanch retranslyator band bo‘lsa, abonentga boshqa, ayni vaqtda bo‘sh bo‘lgan retranslyator taqdim etiladi. " Tayanch sahifa|"Elektron hisoblash mashinalarining ba’zi arxitekturalarida – tezkor xotiraning birinchi sahifasi. " Tayanch signallar generatori|"Tizim ayrim elementlarining ishini sinxronlash uchun foydalaniladigan qurilma. Ishlab chiqariladigan impulslar doimiy takrorlanish chastotasiga, davomiylik va amplitudaga ega bo‘ladi, ularning vaqt bo‘yicha holati esa, yuqori aniqlikdagi vaqt shkalasiga bog‘langan. " Tayanch sinovlar|"Normal ish rejimi sifatida qarash taxmin qilinadigan rejimda ishlaganda, tarmoqning samaradorligi bilan bog‘liq xarakteristikalarini aniqlash va hujjatlashtirish jarayoni. Bu xarakteristikalar o‘z ichiga xatolarning paydo bo‘lish chastotasi va ma’lumotlar uzatish tezligi, shuningdek, eng faol foydalanuvchilar va ular tomonidan ishlatiladigan ilovalar to‘g‘risidagi ma’lumotni olishi mumkin. " Tayanch stansiya|"1. Quruqlikdagi ko‘chma xizmatning quruqlikdagi stansiyasi. 2. Cheklangan geografik zonada mobil abonentlar bilan aloqa o‘rnatish uchun foydalaniladigan bir kanalli yoki ko‘p kanalli statsionar qabul qiluvchi-uzatuvchi stansiya. «Tayanch stansiya» atamasi tranking aloqa tizimini qoplash zonasiga, uyaga, uya ichidagi sektorga yoki uyalar guruhiga tegishli bo‘lishi mumkin. " Tayanch stansiya kontrolleri|"Uyali yoki tranking aloqa tarmog‘ining, u bir nechta qabul qiluvchi-uzatuvchi tayanch stansiya ishini boshqaradigan elementi. " Tayanch stansiya uskunasi|"Mobil stansiyalar va mobil aloqa kommutatsiya markazi kommutatsiya markazi o‘rtasida interfeysni ta’minlovchi va o‘z tarkibiga tayanch stansiya kontrollyori, bir nechta qabul qiluvchi-uzatuvchi tayanch stansiyani va radioresurslarni boshqarish qurilmasini oluvchi uskuna. " Tayanch tarmoq|"Global tarmoqning tarmoq segmentlarini yagona tizimga birlashtiruvchi yuqori tezlikdagi liniya yoki bir nechta liniyalar (10 Base5, optik-tola), Atama kommunikatsiya tarmog‘ini, foydalana olish qurilmalari o‘rtasida o‘tkazuvchi tarmoq trafigini ta’riflashda ishlatiladi. Magistralning o‘tkazish qobiliyati odatda sekundiga yuz va ming megabitdan oshadi. " Tayanch tur|"Obyektga (o‘zgaruvchiga, yozuv maydoni funksiyasiga, konstantaga, massivga va sh.k.larga) ochiq yoki ochiq bo‘lmagan holda beriladigan tavsif. " Tayanch to‘plam|"Multiko‘plikni yaratish uchun foydalaniladigan obyektlar to‘plami. " Tayanch yacheyka|"Elektron jadvallarda ‒ yacheykalar diapazonining boshlanishi sifatida chiqadigan qayd etilgan yacheyka. " Tayanch yer stansiyasi|"Quruqlikdagi ko‘chma yo‘ldoshli xizmatga fiderli liniyani ta’minlash uchun, quruqlikdagi ma’lum zona chegarasida yoki ma’lum punktda joylashgan muqim yo‘ldoshli xizmatning yoki ba’zi hollarda, quruqlikdagi ko‘chma yo‘ldoshli xizmatning Yer stansiyasi. " Tayanch chastota generatori|"Ishchi chastotalar to‘rini tuzishda asos sifatida foydalaniladigan tayanch tebranishlar hosil qiluvchi generator. Izoh − Amaliyotda, etalon chastotalar generatorlarining seziyli, rubidiyli va kvarsli turidan foydalaniladi. " Tayinlangan abonent chaqiruvini tutib qolish|"Abonentga, boshqa abonentning kiruvchi chaqiruviga, tegishli prefiks va chaqiriluvchi abonent raqamini terish yordamida, javob berish imkonini beradigan xizmat. " Tayinlangan manzil|"Maʼlumotlarni oluvchi qurilmaning tarmoq manzili. 2. Ma’lumotlar nusхa ko‘chiriladigan, yuboriladigan yoki suriladigan yozuv, fayl, katalog yoki qurilma. " Tayinlash, o‘zlashtirish|"Ayrim o‘zgaruvchiga yangi, tashqi qiymatni berish yoki taqqoslash. Dasturlashda bu maxsus operator yordamida bajariladi. " Taym-aut|"Aniq bir faoliyatning ma’lum bajarilish vaqtini tavsiflovchi tushuncha. Masalan, veb-texnologiyalarda sessiyaning yashash vaqti tushunchasini beradi. " Taym-kod|"Videotasvir kadrlarini aniq markalashning elektron usuli. Har bir kadrga soat, minut, sekund va kadrlarda ifodalangan raqam beriladi. " Taym-slot|"Istalgan vaqt bo‘yicha interval siklik va noyob tarzda aniqlangan va belgilangan bo‘lishi mumkin. Izoh – Vaqt bo‘yicha ajratish bilan multipleks uzatish hollarida har bir alohida signalga alohida taym-slot tayinlanadi. " Taymer|"Videoapparat yoki boshqa radioelektron apparatni vaqtinchalik dasturlash qurilmasi. Apparatni berilgan vaqtda avtomatik yoqish, uning ma’lum bir funksiyalari (yozish, qayta eshittirish va sh.k.lar)ni boshqarish va berilgan vaqt oralig‘idan keyin apparatni o‘chirish uchun mo‘ljallangan. " Taymer bo‘yicha uzilishlar|"Qurilmalar va operatsion tizimning boshqa zarur muntazam harakatlarining so‘rovi uchun mo‘ljallangan vaqtning ma’lum kvanti orqali vaqti-vaqti bilan uzilishlari. " Tayyor jarayonlarning navbati|"Asosiy xotirada mavjud bo‘lgan va bajarish uchun tayyor bo‘lgan barcha jarayonlarning to‘plamini o‘z ichiga oladigan navbat. " Tayyorlik|"Tizim, mahsulot yoki komponentning ishlay olish qobiliyati va foydalana olishlilik darajasi. " Tayyorlik darajasi yuqori tizim|"Ishlamay qolishlarga chidamli kompyuter tizimi. Unda ishlamay qolish yuz bergan holda, bir necha minut ichida ishlash qobiliyatining avtomatik tarzda tiklanishi va maʼlumotlar bazasi yaxlitligining saqlanishi kafolatlanadi. " Tashimoq va tashlamoq|"«Sichqoncha» yordamida amalga oshiriladigan operatsiya. Biron-bir obyektni «sichqoncha» bilan ushlab, uning chap tugmasini qo‘yib yubormagan holda amalga oshiriladi. Odatda fayllardan nusxa ko‘chirishda yoki ochilgan dasturning ichidagi faylni ochishda qo‘llaniladi. " Tashish (uzatish)|"Turli punktlar o‘rtasida axborot uzatishning funksional jarayoni. " Tashkiliy-farmoyish hujjati|"Ma’muriy va tashkiliy masalalarni, shuningdek, hukumat organlari, muassasalar, korxonalar, tashkilotlar, ularning bo‘linmalari va mansabdor shaxslarining faoliyatini boshqarish, o‘zaro hamkorlik qilish, ta’minlash va tartibga solish masalalarini hal qilish vazifalari qayd etiladigan hujjat turi. " Tashkiliy-huquqiy shakl|"Mamlakat qonunlari va boshqa huquqiy normalari bilan ko‘zda tutilgan, korxona, kompaniya, korporatsiyalar tuzilmasi barpo etilishining turi va usuli. Izoh – Tashkiliy-huquqiy tuzilma mulkchilik shakliga, egalarining javobgarlik darajasiga, korxona ko‘lamiga, kapitalini shakllantirish yo‘llariga, kompaniya tarkibiy qismlarining birlashish va teng huquq asosida bo‘ysunish xususiyatiga bog‘liq. " Tashkiliy rahbarlik|"Tashkilot o‘zining operatsion va strategik harakatlarini yo‘naltirishiga, nazorat qilishiga, shuningdek, qatnashchilarning qonuniy huquqlariga, talablari va kutishlariga munosabatini bildiradigan jarayon. Tashkiliy rahbarlik lavozim vazifalarini, xulq-atvor qoidalarini belgilaydi. Shuningdek, tashkilotlar tomonidan qo‘yilgan strategik maqsadlarga erishish uchun qo‘llaniladigan hujjatlarni ishlab chiqadi. " Tashkilotning xavfsizlik siyosati|"Tashkilotdagi xavfsizlik bo‘yicha qoidalar, protseduralar yoki tavsiyalar majmui. Izoh – Siyosat muayyan ishlash muhitiga taalluqli bo‘ladi. " Tashlab yuborilgan paket|"Qabul qilish tomonda axborotning ishonchlilik ko‘rsatgichi past bo‘lganda yoki yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan darajada uzoq kechikkanda tashlab yuboriladigan paket. Bunday vaziyat tarmoq o‘ta yuklanish ostida bo‘lganda, paketni adresatga yetkazib berish vaqti aloqa protokoli bilan belgilanadigan chegaradan oshganda vujudga keladi. " Tashlash|"Registr yoki hisoblagichni boshlang‘ich holatga o‘rnatish; boshlang‘ich holatga qaytish. Tizimning joriy holatdan, boshlang‘ich, nol bo‘lmagan holatga o‘tishi. " Tashqariga uzatiladigan ma’lumotlar protokoli|"Geterogen tarkibli muhitlar uchun taqsimlangan dasturlarni ishlab chiqishni osonlashtiradigan protokol bo‘lib, platformalarning apparat xususiyatlarini hisobga olishni o‘z zimmasiga oladi. " Tashqi antenna|"Ochiq havoda ekspluatatsiya qilish shartlarini qanoatlantiruvchi antenna. " Tashqi belgi|"Dasturning boshqa protsedurasida (modulida) aniqlangan belgi. " Tashqi blok|"Uskunaning foydalanuvchi binosidan tashqariga o‘rnatiladigan va atrof-muhit haroratida ekspluatatsiya qilinadigan qismi. Masalan – VSAT stansiyalarida tashqi blok kam shovqinli kuchaytirgich va qabulqilgich-uzatgichdan iborat bo‘ladi. Antenna-fider traktidagi yo‘qotishlarni kamaytirish maqsadida kam shovqinli kuchaytirgich bevosita nurlagichga o‘rnatiladi, qabulqilgich-uzatgich esa, antenna konstruksiyasining elementlariga joylashtiriladi. " Tashqi bostirib kirish usullari|"Tashqi muhitda ta’sir manbaini topish o‘ziga xos xususiyati hisoblanadigan, qo‘yilgan maqsadlarga erishish usullari majmui. Izoh – Tashqi bostirib kirishlarda quyidagi usullardan foydalanilishi mumkin: liniyaga (aktiv yoki passiv) ulanish; nurlanishni tutib olish; tizim vakolatli foydalanuvchisi yoki uning komponentlari ostida niqoblanish; autentifikatsiya yoki kira olishni boshqarish mexanizmlarini chetlab o‘tish. " Tashqi fotoeffekt|"Elektronlarning nurlanish ta’sirida vakuumda yoki boshqa muhitda qattiq jismlar (metallar, yarimo‘tkazgichlar, dielektriklar) dan uchib chiqishi. " Tashqi fragmentatsiya|"Tizimda katta bo‘sh xotira mavjud bo‘lgan, lekin u uzluksiz deb hisoblanmagan holat. " Tashqi giperishorat|"Aktiv veb-sayt qismi bo‘lmagan sahifa yoki faylga ko‘rsatuvchi giperishorat. " Tashqi havola|"Dasturdan boshqa bir dasturiy modulda bo‘lgan identifikatorga qilinadigan havola. Tashqi havolalar mexanizmidan modullarni alohida kompilyatsiyalashda foydalaniladi. " Tashqi himoya|"Armaturalangan simdan yoki metall tasmadan tayyorlangan, kabel qobig‘ini qoplovchi materialning tashqi qatlami. Tashqi himoya rodentlar (kemiruvchilar), ko‘chadigan toshlar kabi tashqi ta’sirlardan qo‘shimcha mexanik himoyalash talab qilingan hollarda qo‘llaniladi. " Tashqi (ikkilamchi) xotira|"Katta hajmdagi barqaror (saqlanadigan) xotiraning funksionalligini ta’minlovchi asosiy xotirani kengaytirish. " Tashqi kalit|"Relyatsion maʼlumotlar bazasi nazariyasining tushunchasi. Boshqa jadvalning birlamchi kalitni saqlashga mo‘ljallangan jadvalning maydoni. Ushbu tashqi kalit ikkita jadval o‘rtasida aloqani o‘rnatish uchun kiritiladi. " Tashqi koder (dekoder)|"Kaskadli kodlashda kanalga nisbatan tashqi koder (dekoder). " Tashqi krossover uchun kirish|"Faqat tashqi quyi chastotalar filtri bilan sozlangan past amplitudali signalga yoki maxsus past chastotali kanalni kommutatsiyalash uchun mo‘ljallangan kirish. " Tashqi ko‘rinish (bezash) va mavzular|"MS Windows operatsion tizimi boshqaruv panelining qismi bo‘lib, foydalanuvchi interfeysi ranglari va grafikasini uning xohishiga ko‘ra moslash imkonini beradi. " Tashqi magistral|"Kampus kichik tizimining bir qismi hisoblanadigan, bir binoni boshqasi bilan bog‘lovchi magistral telekommunikatsiya kabeli (kabellari). " Tashqi marshrutlash protokoli|"Internet yadrosidagi ikki darajali tarmoq shlyuzlaridan foydalaniladigan marshrutlash protokoli. " Tashqi qurilma|"Kompyuterning markaziy protsessori bilan bevosita ishlamaydigan qurilma. " Tashqi qurilmalar shinasi|"33 MGz chastotada ishlash uchun mo‘ljallangan 32 razryadli tizim shinasi. " Tashqi raqamli klaviatura|"Shaxsiy kompyuter standart klaviaturasi o‘ng qismidagi klavishlar bloki. Num Lock klavishi ishga tushirilganda sonli ma’lumotlarni tez kiritish uchun mo‘ljallangan. " Tashqi saralash|"Tashqi xotira qurilmalarining xotirasidan foydalanib bajariladigan saralash. " Tashqi taqdim etish shakli|"Elektron hujjatni displey ekranida, qog‘oz eltuvchida yoki boshqa shunga o‘xshash eltuvchida vizual anglash uchun tushunarli yoki inson idrok etishi uchun yaroqli shaklda qayta tiklash. " Tashqi uskuna|"1. Muayyan markaziy protsessorga nisbatan protsessor va foydalanuvchi o‘rtasida maʼlumotlar uzatilishini taʼminlaydigan har qanday qurilma. 2.Kompyuter tashqi qurilmalari kompleksi. " Tashqi uzilish|"Mikroprotsessorga nisbatan tashqi bo‘lgan qurilma yoki kontroller keltirib chiqaradigan apparat uzilish. " Tashqi xalaqit (hisoblash texnikasi vositasiga)|"Tashqi zanjirlarda va/yoki atrof-muhitda har qanday tashqi manba vujudga keltiradigan, hisoblash texnikasi vositasiga bo‘ladigan elektromagnit xalaqit. " Tashqi xotira|"Ma’lumotlarni saqlaydigan tashqi qurilma. " Tashqi xotira qurilmasi|"Kompyuter tizim blokidan tashqarida joylashgan qurilma. Protsessor faqat kiritish-chiqarish kanallari orqali foydalanishi mumkin bo‘lgan xotira. " Tashqi yo‘qotishlar|"Tolali ulanishlardagi, tola sifatiga bog‘liq bo‘lmagan, balki konnektor yoki mufta yordamida bajarilgan sifatsiz ulanish keltirib chiqaradigan yo‘qotishlarning bir qismi. " Tashrif buyuruvchi|"Tarmoqning muayyan resurslaridan foydalanuvchi shaxs. Baʼzi server (yoki sayt) egalari sahifalarda tashrif buyuruvchilar soni hisoblagichini joylashtiradi. " Tashrif buyurish|"Foydalanuvchining veb-sahifaga murojaat qilishi. Murojaatlar soni, reklamani joylashtirishda hisobga olinadigan sahifa ommabopligining (qancha odam kirayotganligining) ko‘rsatgichi bo‘lib xizmat qiladi. " Tashrif buyuruvchilar soni|"Muayyan vaqt birligi davomida (kun, oy va h.k.) veb-saytga (yoki uning maʼlum sahifasiga) tashrif buyurganlar soni. " Tashrif buyuruvchilar sonini ko‘paytirish|"Maxsus yaratiladigan (bir nechta) sayt, mazmunan hech qanday axborotga ega bo‘lmay asosan uchinchi saytga bo‘ladigan tashriflarni (ishoratlar indeksini) sunʼiy ravishda ko‘paytirishga yo‘naltirilgan. Qo‘lda yoki maxsus yaratiladigan dasturiy taʼminot vositasida avtomatik tarzda amalga oshiriladi. " Tashuvchi|"Ma’lumotlarni turli shaklda saqlaydigan yoki ularni o‘zi orqali uzatishga imkon beradigan axborot uzatish vositalari. Masalan: qattiq disklar, egiluvchan disklar, magnit tasmalar, kompakt disklar. " Ta’minlangan Internet dasturlari|"An’anaviy Desktop-dasturlarning o‘ziga xosligi va funksionalligini o‘zida namoyon qiluvchi veb-sahifa, dastur. RIA foydalanuvchi interfeysiga kerakli bo‘lgan jarayonlarni Web-Clientga o‘tkazishga asoslanadi, shu bilan birga barcha ma’lumotlar (ma’lumotlar oqimi)ni server dasturlari ko‘magida saqlaydi. " Taʼminlovchi kichik tizimlar|"Avtomatlashtirilgan boshqarish tizimining, asosiy funksional nimtizimlari moʻtadil faoliyatini taʼminlab beruvchi nimtizimlar guruhi. Ularga tashkiliy, iqtisodiy, matematik, axborot, texnik, huquqiy va boshqa taʼminotlar kiradi. " Ta’minot|"Faoliyatning qandaydir turlarini amalga oshirish uchun xizmat qiladigan usullar, vositalar to‘plami. Tizimning texnik ta’minoti – bu, tizimga kiradigan texnik vositalar to‘plamidir. Dasturiy ta’minot – dasturlar va ularni qo‘llash yuzasidan yo‘l-yo‘riqlar yig‘indisi. Tizim dasturiy ta’minoti – operatsion tizim va ma’lumotlar muhofaza qilinishini, ularni arxivlash va dearxivlashni amalga oshiradigan yordamchi dasturlar to‘plami, har xil testlar, ma’lumotlarni tiklash dasturlaridir. " Ta’minot shinasi|"Qurilmalarni kuchlanish manbaiga ulash uchun xizmat qiladigan ta’minot liniyasi. " Ta’mirga yaroqlilik|"1. Televizor (element) ning sozligini tiklashga bo‘lgan moslashuvchanligida, berilgan texnik resursni nosozliklar va ishlamay qolishlarning oldini olish, aniqlash hamda bartaraf etish orqali saqlab turishida ifodalanadigan xususiyati. 2. Tuzatib bo‘lmaydigan buyum (element) ning ta’mir yaroqliligi deganda, uning texnik holatini tekshirishga hamda qulay tarzda almashtirishga bo‘lgan moslashuvchanligi tushuniladi. " Ta’rif|"Biror atama yoki tushuncha to‘g‘risidagi kengaytirilgan axborot. " Ta’sir etish|"Tizim ishini buzishga urinish bilan, masalan, xalaqitlarni generatsiyalash yoki signalning «nozik tuzilmasini konfidensial axborot olish maqsadida tahlil qilish yo‘li bilan bog‘liq har qanday yomon niyatdagi harakat. " Ta’sir etuvchi tashqi omil|"Muhofaza qilinadigan axborotning buzib ko‘rsatilishiga, yo‘q qilinishiga yoki blokirovkalanishiga olib keluvchi, axborotga yoki uni tashuvchiga ko‘rsatiladigan tashqi ta’sir. " Ta’sirchan (kritik) axborot|"Ochilishi, o‘zgartirilishi, yo‘q qilinishi yoki yashirilishi kimgadir yohud nimagadir sezilarli ziyon yetkazishi mumkin bo‘lganligi uchun, vakolatlangan organ tomonidan muhofaza qilinishi zarur deb belgilangan axborot. " Ta’sirchanlik, kritiklik|"1. Axborotning, uning egasi tomonidan belgilanadigan va axborot muhofaza qilinishi zarurligini ko‘rsatadigan muhimlik darajasi. 2. Tarmoq resursining xarakteristikasi bo‘lib, uning muhimlik darajasini belgilaydi. Tarmoqning zaif tomonlarini ham ichiga olishi mumkin. " Ta’sirchansizlik (elektromagnit)|"Texnik vositaning elektromagnit xalaqit ta’siriga qarshi tura olish qobiliyati. " Teg|"HTML tilida ‒ hujjatning bo‘linishini, matnni formatlash usulini yoki boshqa operatsiyalarni belgilovchi maxsus simvol. «<» belgisi bilan boshlanib, «>» belgisi bilan yakunlanadi. Odatda HTML da teglardan juft holda foydalaniladi. Yopadigan teg ochadigan tegdan, chap burchakdagi qavsdan keyin keladigan qiya chiziq bo‘lishi bilan farq qiladi. " Tegishli o‘ramdagi bosma nashr|"O‘lchamlari, og‘irligi va o‘rash tartibi Pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish qoidalarida belgilangan, manzil tizimi bo‘yicha ekspeditsiya qilinadigan bosma nashrlar (gazetalar, jurnallar) joylangan pochta jo‘natmasining turi. " Tekis qoplamali uya|"Signalning yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan past darajali uchastkalari yoki soyali joylari yo‘q bo‘lgan uya. " Tekis tinishlar|"Qabul qilinadigan signalning barcha chastotaviy tashkil etuvchilari amplitudasi va boshlang‘ich faza siljishi taxminan bir xil (tasodifiy) o‘zgaradigan, ular o‘rtasidagi kechikish bo‘yicha farq esa 1/F dan kichik bo‘lgan tinishlar, bunda F – uzatiladigan signalning chastotalari farqi. " Tekislash|"Matn va/yoki grafik obyektlarni kolonka ichida va/yoki sahifa markaziga, chap va o‘ng chekkalariga nisbatan joylashtirish. Tekislash vertikal va gorizontal bo‘yicha, kolonkaning o‘ng yoki chap cheti, shuningdek, markaz bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. " Tekshirish maqsadida o‘qish|"Fayl yoki uning qismlarini, ma’lumotlar yaxlitligini tekshirish maqsadida o‘qish. Bunda fayl ichidagi o‘zgarmaydi. " Tekshirish oynasi|"Tuzilmalar, massivlar va ma’lumotlar elementlari qiymatlarini o‘zgartirish va tekshirish uchun foydalaniladigan oyna. " Tekshiruv|"Tarmoqdagi, tarmoqning muhofazalanganligiga u yoki bu darajada ta’sir etishi mumkin bo‘lgan barcha voqealarni kuzatib borish jarayoni, shuningdek, tranzaksiyalar qayta ishlanishi to‘g‘riligini tekshirish. Tekshiruv paytida fayllar va kataloglar yaratish va ularni yo‘q qilishga, shuningdek, ularga murojaat qilishga urinishlar, ayniqsa, diqqat bilan o‘rganiladi. Ushbu barcha voqealar to‘g‘risidagi yozuvlar mahsus muhofaza qilingan fayl-protokolda saqlanadi. Bu fayl-protokollar alohida vakolatlarga ega bo‘lgan foydalanuvchilar tomonidangina ko‘rib chiqilishi mumkin. " Tekshiruvchi simvollar|"Korreksiyalovchi koddagi xatolarni aniqlash va tuzatish uchun xizmat qiladigan ortiqcha simvollar. " Teksturani kodlash|"MPEG-4 da fraktal yoki tasvirni konturli – asoslangan kodlash (TKAK) deb nomlanadi-gan texnologiya elementi. Kontur bu figuraning chegaralarini tekislikda ifodalaydigan liniya. Tekstura – tasvir yuzasi tuzilmasini ifodalaydi. TKAK tasvirni tekstura qismi (tekstura bilan to‘ldirilgan qismlar) ni og‘ib o‘tuvchi konturlar kabi taqdim etadi. " «Telefaks» xizmatining xizmatlari|"Faksimil qurilmalar o‘rtasida hujjatlat (matnlar, grafik tasvirlar) uzatilishini ta’minlaydigan xizmatlar. " Telefon aloqa|"Abonentlar va/yoki operatorlar o‘rtasida berilgan chastotalar polosasi bilan nutqni ifodalaydigan signallarning masofaga uzatilishini taʼminlaydigan telekommunikatsiyalar turi. " Telefon aloqa ilovalarini dasturlash interfeysi|"Dasturlar tomonidan ma’lumotlarni, faks va ovozli xatlarni (HyperTerminal, Dial-up Networking, Phone Dialer va Windows NT ni boshqa komunikatsion amaliy qo‘llanmaliri kabi) uzatish uchun ishlatiladigan amaliy dasturlash interfeysi (API). " Telefon aloqa yo‘nalishining o‘tkazuvchanlik qobiliyati|"Telefon chaqiruvlarga belgilangan yo‘nalishda berilgan xizmat ko‘rsatish sifati bilan, telefon aloqa yo‘nalishida xizmat ko‘rsatilgan telefon yuklama jadalligi. " Telefon apparati|"Nutqni uzatish va qabul qilish uchun mo‘ljallangan oxirgi (terminal) abonent telefon qurilmasi. " Telefon avtojavob bergich|"Telefon aloqani taʼminlash maqsadida nutqli xabarlarning avtomatik ravishda yozilishini va qayta eshittirilishini taʼminlaydigan qurilma. " Telefon bandligining davomiyligi|"Telefon tarmog‘i liniyasi, kanali yoki kommutatsion aloqa asbobi bitta telefon chaqiruvga xizmat ko‘rsatish bilan band bo‘ladigan vaqt intervali. " Telefon bog‘lanishining davomiyligi|"Telefon chaqiruv kommutatsiya stansiyasiga yoki uzeliga kelgan paytdan telefon tarmog‘i liniyalari, kanallari va kommutatsion aloqa asboblari bo‘shaydigan va ular boshlang‘ich holatga qaytgungacha bo‘lgan vaqt intervali. " Telefon bog‘lanishning o‘rnatilish davomiyligi|"Telefon chaqiruv kommutatsiya stansiyasiga yoki uzeliga kelgan paytdan telefon tarmog‘i abonentiga chaqiruv signali yuborilgan paytgacha bo‘lgan vaqt intervali. " Telefon-kompyuter|"Radiotelefon va shaxsiy kompyuter imkoniyatlari bo‘lgan qurilma. Uyali telefon, Pentium protsessori, sensorli ekran, modem va amaliy dasturlarni o‘zida ifodalaydigan sanoat mahsulotlari mavjud. " Telefon qaroqchisi (telefon tarmoqlarini buzuvchi)|"Xaker malakasiga ega professional aloqachi bo‘lgan firibgar. Telefon tarmoqlariga ulanish va ularning resurslaridan tegishli to‘lovlarsiz foydalanish imkonini beradigan elektron qurilmalarni yaratadi. " Telefon stansiyasi|"Abonentlarni telefon aloqasi bilan taʼminlash uchun mo‘ljallangan kommutatsiya stansiyasi. " Telefon so‘zlashuvining davomiyligi|"Chaqirilayotgan abonentning javob signali olingan paytdan, otboy signali olingan paytgacha bo‘lgan vaqt intervali. " Telefon so‘zlashuvlar qiymatini vaqtbay hisobga olish apparaturasi|"Telekommunikatsiyalar xizmatlarini tariflashtirish maqsadida, chaqirayotgan abonent oxirgi (terminal) abonent telefon qurilmasining kategoriyasi va raqamini aniqlash uchun mo‘ljallangan qurilma. " Telefon tarmog‘i abonentiga qo‘shimcha xizmat turini ko‘rsatish|"Telefon aloqadan foydalanishda kengaytirilgan imkoniyatlarni taʼminlash maqsadida, telefon tarmog‘i abonentining buyurtmasi bo‘yicha taqdim etiladigan, telefon tarmog‘i abonentiga xizmat ko‘rsatish turi. " Telefon tarmog‘ining ajratilgan signalizatsiya kanali|"Kommutatsiya stansiyalari bilan telefon tarmog‘ining kommutatsiya uzellari o‘rtasida telekommunikatsiya signallarini almashish uchun foydalaniladigan individual (so‘zlashuv kanalidan alohida bo‘lgan) kanal. " Telefon tarmog‘ining bog‘lovchi liniyasi|"Telefon tarmog‘ining, telefon stansiyalari va uzellarini o‘zaro hamda podstansiyani mahalliy telefon tarmog‘ining tayanch stansiyasi bilan bog‘laydigan liniyasi. " Telefon tarmog‘ining signalizatsiya tizimi|"Avtomatik kommutatsiya qurilmalarining normal ishlashini, shuningdek, yarim avtomatik aloqada operatorga, avtomatik aloqada abonentga zarur va yetarlicha axborotni taʼminlaydigan, telekommunikatsiya signallari hamda ularni almashish algoritmlarining majmui. " Telefon tarmog‘ining umumiy signalizatsiya kanali|"Telefon tarmog‘ining, kommutatsiya stansiyalari va telefon tarmog‘ining kommutatsiya uzellari o‘rtasida signallar almashinishda foydalaniladigan guruhli ajratilgan signalizatsiya kanali. " Telefon trafik (telefon yuklamasi)|"Vaqt intervali ichida telefon tarmog‘i liniyalari, kanallari yoki kommutatsion aloqa asboblari guruhi telefon bandligining jami vaqti. " Telefon yuklama intensivligi|"Vaqt birligi, odatda, bir soat ichidagi telefon trafik. Telefon yuklama intensivligini o‘lchash birligi erlang hisoblanadi. Bir erlang bir soat ichidagi bir bandlik soatini o‘zida ifodalaydi. " Telefon yuklama manbai|"Oxirgi (terminal) abonent telefon qurilmasi, telefon tarmog‘i kanali yoki liniyasi, yoki kommutatsion aloqa asbobi. Trafik ulardan telefon tarmog‘iga yoki uning alohida qismlariga keladi. " Telefon zichligi|"100 ta yashovchiga to‘g‘ri keladigan telefon apparatlari soni. Telefon zichligi foizlarda o‘lchanadi " Telefon chaqiruvi|"Oxirgi (terminal) abonent telefon qurilmasidan telefon stansiyasiga kelib tushgan, bog‘lanishni o‘rnatishga bo‘lgan telefon talabnoma. " Telefon chaqiruvlar oqimlariga xizmat ko‘rsatish intizomi|"Kommutatsiya stansiyasidan keladigan telefon chaqiruvlar oqimi o‘zaro bog‘lanish algoritmining xarakteristikasi, telefon chaqiruvlarga xizmat ko‘rsatish usuli va tartibini ichiga oladi. " Telefon chaqiruvlarga xizmat ko‘rsatish sifati|"Axborotni taqsimlash tizimining xususiyati, telefon yo‘qotishlar va telefon chaqiruvlariga xizmat ko‘rsatilishini kutishni ehtimoliy baholashlar majmui orqali aniqlanadi. " Telekommunikatsiya infratuzilmasi|"Telekommunikatsiyalar tizimi barcha tarkibiy qismlarining yordamchi quyi tizimlar va abonent uskunasi bilan birgalikdagi majmui. " Telekommunikatsiya liniyasi (telekommunikatsiya kanali)|"Ma’lumotlarni uzatish uchun foydalaniladigan istalgan fizik muhit, masalan, telefon simi yoki radioto‘lqinlar. " Telekommunikatsiya operatorining xizmat doirasi|"Telekommunikatsiya operatori o‘z aloqa xizmatlarini ko‘rsatadigan hudud. " Telekommunikatsiya transport tarmog‘i|"Tarmoq uzellari va/yoki tarmoq stansiyalari va ularni birlashtiruvchi aloqa liniyalari negizida tashkil etilgan, namunaviy fizik zanjirlar, namunaviy uzatish kanallari va tarmoq traktlarining majmui. " Telekommunikatsiya vositalari|"Elektromagnit yoki optik signallarni hosil qilish, uzatish, qabul qilish, qayta ishlash, kommutatsiya qilish hamda ularni boshqarish imkonini beruvchi texnik qurilmalar, asbob-uskunalar, inshootlar va tizimlar. (qonun). " Telekommunikatsiya shkafi|"Telekommunikatsiya uskunasi, kabel va krosslarni ulash nuqtalarini o‘rnatish uchun mo‘ljallangan berk bo‘shliq. Shkaf magistral va gorizontal kabel tizimlarining krossi joylashgan er hisoblanadi. " Telekommunikatsiyalar inshooti|"Telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalarining ishlashi hamda ulardan foydalanishni ta’minlovchi binolar, qurilmalar, telekommunikatsiyalar liniyalari, moslamalar, tayanchlar, machtalar va boshqa inshootlar. " Telekommunikatsiyalar kanali|"Kommutatsiya stansiyalari va uzellari yordamida ketma-ket ulangan kommutatsiya tarmog‘i kanallari va liniyalaridan tashkil topgan, abonent oxirgi (terminal) qurilmalari (terminallari) uning uchlariga ulanganda xabarning manbadan oluvchiga (oluvchilarga) uzatilishini taʼminlaydigan telekommunikatsiyalar signallarining o‘tish yo‘li. " Telekommunikatsiyalar makroiqtisodiyoti|"Iqtisodiyot sohasi. U mamlakatda telekommunikatsiyalar rivojini statistik qonuniyat asosida jamiyatning iqtisodiy darajasi bilan o‘zaro bog‘liqlikda belgilaydi. " Telekommunikatsiyalar mikroiqtisodiyoti|"Ayrim telekommunikatsiya subyektlari, masalan, telekommunikatsiyalar operatori, aloqa tashkillashtiruvchisi faoliyati bilan bog‘liq iqtisodiyot sohasi. " Telekommunikatsiyalar operatori|"Mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida telekommunikatsiyalar tarmog‘iga ega bo‘lgan, uning ishlashi, rivojlanishini ta’minlovchi va telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs. " Telekommunikatsiyalar tarmog‘i|"1. O‘zbekiston Respublikasi hududida barcha yuridik shaxslarga yagona xizmat ko‘rsatish prinsiplari ularni taqdim qilish tartibi asosida telekommunikatsiyalar xizmatlarini ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan tar-moq. 2. Telefon, telegraf, faksimil kabi uzatishlarning bir yoki bitta necha turini, ma’lumotlar va hujjatli xabarlarning boshqa turlari uzatilishini, televizion va radioeshittirish dasturlari traslyatsiyasini ta’minlaydigan telekommunikatsiyalar vositalari majmui. " Telekommunikatsiyalar tarmog‘i abonenti|"Telekommunikatsiyalar operatori bilan muayyan turdagi aloqa xizmatlari ko‘rsatilishi yuzasidan shartnoma munosabatlariga ega bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxs. " Telekommunikatsiyalar tarmog‘ining axborot xavfsizligi|"Telekommunikatsiyalar tarmog‘ining, buzg‘unchilarning tarmoq obyektlariga, ularda aylanadigan ma’lumotlarga va tarmoqni boshqarish axborotiga, ular bilan tanishish, buzib ko‘rsatish, yo‘q qilish maqsadida bo‘ladigan muayyan (berilgan) ko‘plab tasodifiy va ataylab qilinadigan ta’sirlaridan (xavfsizlikka tahdidlaridan) yoki uzatish jarayonida telekommunikasiyalar tarmog‘ining ishlash jarayonlarini izdan chiqarish uchun blokirovka qilishdan muhofaza qilinganlik holati. " Telekommunikatsiyalar tarmog‘ining texnologik xavfsizligi|"Telekommunikatsiyalar tarmog‘i apparat-dasturiy ta’minotining, qo‘poruvchilik turidagi jinoyatkorona nuqsonlarga, ya’ni ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng yoki komanda bo‘yicha nomaqbul oqibatlarga olib keluvchi harakatni amalga oshirishga qodir vositalarga ega bo‘lmaslik xususiyati. " Telekommunikatsiyalar tarmog‘ining to‘xtovsiz ishlashi|"Telekommunikatsiyalar tarmog‘ining uzluksiz ishchi holatini biror vaqt davomida yoki biror ishini saqlab qolish xususiyati. " Telekommunikatsiyalar tarmoqlarining o‘zaro bog‘liqligi|"Tarmoqlarning o‘zaro hamkorligi bo‘lib, bunda birgalikda ishlaydigan tarmoqlarning abonentlari o‘rtasida aloqaning maʼlum turi taʼminlanadi. " Telekommunikatsiyalar tashkiloti|"Mulkchilik turidan qatʼiy nazar, telekommunikatsiya xizmatlarini jismoniy va yuridik shaxslarga o‘zining asosiy faoliyat turi sifatida taqdim qiladigan yuridik shaxs. " Telekommunikatsiyalar tizimi (tarmog‘i) ning ishonchliligi|"Telekommunikatsiyalar tizimining (tarmog‘ining) vaqtda, belgilangan chegaralarda, berilgan qo‘llash va texnik xizmat ko‘rsatish sharoitlarida talab qilinadigan funksiyalarni bajara olish qobiliyatini tavsiflovchi muayyan parametrlar qiymatlarini saqlash xususiyati. " Telekommunikatsiyalar tizimi (tarmog‘i)ning barqarorligi|"Telekommunikatsiyalar tizimi (tarmog‘i) talab qilinadigan funksiyalarni normal foydalanish sharoitlarida ham, beqarorlashtiruvchi tashqi omillar taʼsirida vujudga keladigan sharoitlarda ham bajara olish qobiliyati. " Telekommunikatsiyalar tizimi (tarmog‘i)ning yashovchanligi|"Telekommunikatsiyalar tizimi (tarmog‘i) ning, uning barqarorligini buzuvchi tashqi omillar taʼsirida talab qilingan funksiyalarni bajarish qobiliyatini saqlab qolish xususiyati; yashovchanlik koeffitsiyenti orqali tavsiflanadi. " Telekommunikatsiyalar xizmati|"Telekommunikatsiyalar xabarlarini qabul qilish, qayta ishlash, uzatish va yetkazib berish bo‘yicha faoliyat mahsuli. " Telekommunikatsiyalar xizmatlari|"Operator va provayderning signallar hamda boshqa axborot turlarini telekommunikatsiya tarmoqlari orqali qabul qilish, uzatish, qayta ishlashga doir faoliyati mahsuli. " Telekommunikatsiyalar xizmatlari foydalanuvchisi|"Telekommunikatsiyalar xizmatlarining iste’molchisi bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs. " Telekommunikatsiyalarni boshqarish tarmog‘i|"Xalqaro elektraloqa ittifoqi tomonidan standartlashtirilgan yagona interfeyslar va protokollar asosida, turli telekommunikatsiyalar tarmoqlarining komponentlari bilan o‘zaro aloqani tashkillashtirish orqali telekommunikatsiyalar tarmoqlari va ularning xizmatlari boshqarilishini taʼminlaydigan maxsus tarmoq. " Telekommunikatsiyalarni boshqarish tizimi arxitekturasi|"Telekommunikatsiyalarni boshqarish tizimi apparat-dasturiy vositalarining, ularning tarkibini, konfiguratsiyasi, strukturasini, axborot o‘zaro hamkorlik prinsiplarini belgilovchi umumiy tuzilishi. " Telekommunikatsiyalarning asosiy (bazaviy) xizmati|"Telekommunikatsiyalar xizmatining asosiy vazifasini aniqlaydigan, foydalanuvchiga, uning telekommunikatsiyalar xizmatiga qilgan har bir murojaati bo‘yicha taqdim etiladigan xizmat. Izoh – Asosiy (bazaviy) xizmatlar u yoki boshqa telekommunikatsiyalar xizmatlari tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar umumiy hajmining eng katta ulushini tashkil etadi. Ularga mahalliy va xalqaro telefon so‘zlashuvlar, radionuqtadan foydalanish, oddiy telegrammalarni jo‘natish kiradi. " Telekommunikatsiyalarning buyurtma xizmati, buyurtma bo‘yicha xizmat ko‘rsatish|"Telekommunikatsiyalar xizmatining turi, bunda aloqa trakti foydalanuvchi tomonidan oldindan aniqlanadigan vaqtda foydalanuvchi-tarmoq signalizatsiyasi vositasida amalga oshirilgan foydalanuvchining so‘rovigaga javoban belgilanadi. Izoh – Foydalanuvchi aloqa davomiyligini yoki aloqa trakti uzilishi kerak bo‘lgan vaqtni oldindan aniqlashi mumkin. " Telekommunikatsiyalarning darhol xizmati, so‘rov bo‘yicha xizmat ko‘rsatish|"Telekommunikatsiyalar xizmatining turi, bunda aloqa trakti, foydalanuvchi-tarmoq signalizatsiyasi yordamida amalga oshirilgan, foydalanuvchining so‘roviga javoban amaliy tarzda zudlik bilan o‘rnatiladi. " Telekommunikatsiyalarning qo‘shimcha (fakultativ) xizmati|"Foydalanuvchining talabi bo‘yicha asosiy xizmatga (yoki xizmatlariga) qo‘shimcha qilib xizmat (yoki tarmoq) tomonidan taqdim etiladigan telekommunikatsiyalarning istalgan xizmati. Izoh – Qo‘shimcha xizmatlarga misol bo‘lib, telefon xizmati tomonidan yangi chaqiruv to‘g‘risidagi xabarnoma, chaqiruvlarni qayta manzillash, raqamni qisqartirib terish, foydalanuvchiga so‘zlashuv punkti kabinasidan xalqaro telefon so‘zlashuvi vaqtida magnitofonni ulash imkoniyatining, telegrammalar xizmati uchun esa – shoshilinch telegrammalarni, badiiy blankda telegrammalarni uzatish kabi imkoniyatlarning taqdim etilishi hisoblanadi. " Telekomyuting|"Kompyuter tarmog‘i orqali ofis bilan bog‘lanadigan xodimning shaxsiy kompyuterda masofadan ishlash rejimi. " Telekonferensiya|"Foydalanuvchilarning olisdagi guruhlari o‘rtasida munozaralar o‘tkazish usuli. Real vaqt yoki hujjatlarni qo‘rib chiqish rejimida amalga oshiriladi. " Telematn|"Telematn televizion qabul qilgich kineskopi ekranida standart TV tarmoqdan foydalangan holda matnli va oddiy grafik axborotni uzatish hamda aks ettirish tizimi. " Telematn adapteri|"Kadr bo‘ylab nurning qaytishi mobaynida uzatiladigan televizion dasturlarning ma’lumotnoma alifbo-raqamli axborot elektr signallarini, keyinchalik televizion qabul qilgich yoki maishiy videomonitor ekranida aks ettirish bilan qabul qilish va xotirada saqlash uchun mo‘ljallangan maishiy radioelektron apparat. " (Telematn tizimini) tiklash sifati|"Telematn tizimining, belgilarning turi, o‘lchami va rangi hamda fon va har qanday chaqnashlarga nisbatan ularning kontrastligi bilan tavsiflanadigan, aniq tasvir hosil qiladigan xususiyati. " Teleport|"Yo‘ldoshli va yer usti aloqa tizimlari o‘rtasida interfeysni ta’minlovchi yirik yer stansiyasi. " Telepyuter|"O‘zida televizor, kompyuter, DVD va kommunikatorni birlashtiradigan multimedia-qurilma. " Teleskopik antenna|"Shtirli antennaning bir qator biri biridan tortib chiqariladigan (bu antennani ishlamaydigan vaqtda kompakt holatga keltiradi) trubalardan iborat bir turi. " Teleskopik machta|"Bir nechta biri biridan tortib chiqariladigan seksiyalardan iborat antenna machtasi. " «Teleteks» xizmatining xizmatlari|"Abonentlarga ISDN orqali teleteks kodlangan axborotini o‘z ichiga olgan hujjatlar shaklidagi ishga oid xat-xabarlar almashish imkonini beradigan xizmatlar; almashinuv xotiradan xotiraga avtomatik ravishda amalga oshiriladi. " Teletyuner|"Eshittirish televideniyesi radiosignallarini qabul qilish va uni videosignallarga hamda tovush chastotasining elektr signallariga o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan maishiy radioelektron apparat, ularni tiklash maishiy videomonitor orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, «Tyuner»ga qar. " Televideniye|"Harakatlanmaydigan yoki harakatlanadigan obyektlarning bir-birini almashtiradigan tasvirlarini uzatish uchun mo‘ljallangan elektraloqa turi. Izoh – Umuman olganda, televideniyening asosiy qo‘llanilishi televizion eshittirish hisoblanadi, lekin televideniye, shuningdek, sanoatda, fanda, meditsinada va boshqa sohalarda ham qo‘llaniladi. " (Televideniye) kommutatsion-taqsimlash apparatxonasi|"Dastur signallarini turli manbalardan oladigan va ularni boshqa kommutatsiyataqsimlash apparatxonalariga, dasturlash apparatxonalariga yoki uzatish stansiyalariga yetkazib beruvchi kommutatsiya markazi. " (Televideniyeda) kontrast diapazoni|"Uzatilayotgan ko‘rinishdagi yoki tiklanayotgan tasvirdagi maksimal yorug‘likning minimal yorug‘likka nisbati. " Televizion adaptiv kodlash|"Algoritmi uzatiladigan tasvirning joriy fazoviy va/yoki vaqt bo‘yicha xarakteristikalariga moslanadigan raqamli oqimni qisqartirish maqsadida kodlash. " Televizion antenna kuchaytirgichi|"Antenna qabul qilgan eshittirish televideniyesi radiosignallarini, bog‘lovchi antenna kabelida yuzaga keladigan yo‘qotishlarni kompensatsiya qilish maqsadida kuchaytirish uchun mo‘ljallangan, yordamchi maishiy radioelektron qurilma. " Televizion belgilar generatori|"Elektr vositalar yordamida harf-raqamli va grafik simvollar televizion videosignallarini ishlab chiqaradigan televizion datchik. " Televizion blokli kodlash, blokli kodlash|"Raqamli oqimni qisqartirish maqsadida, uzatiladigan tasvir sanoqlarini bitta, ikkita yoki uchta o‘lchamli bloklarga guruhlash hamda bir blokka kiruvchi sanoqlarni birgalikda kodlashga asoslangan, kodlash. " Televizion dasturlarni ko‘p nuqtali taqsimlash tizimi|"Uyali aloqa prinsipi bo‘yicha qurilgan va foydalanuvchilarga 40,5 GHz dan 42,5 GHz gacha chastotalar diapazonida ko‘p dasturli teleeshittirish, ma’lumotlarni yuqori tezlikda uzatish va interaktiv teleeshittirishlarning turli xizmatlarini taqdim etadigan, yuqori tezlikli simsiz foydalana olish tarmog‘i. " Televizion datchik|"1. To‘liq videosignal, to‘liq rangli videosignal yoki asosiy ranglar signallarini ishlab chiqaruvchi qurilma. 2. Obyektdan qaytgan va o‘zgartirgichning fotosezgir sirtiga proyeksiyalangan yorug‘lik energiyasini elektr signallar ketma-ketligiga o‘zgartirgich. " Televizion eshittirish|"Televizion dasturlarni eshittirish televideniyesi vositalari orqali uzatish. " Televizion eshittirish stansiyasi|"Televizion eshittirish diapazonida ishlaydigan, aholi tomonidan qabul qilish uchun mo‘ljallangan tovush va tasvir signallarini bir vaqtda uzatuvchi stansiya. " Televizion eshittirish chastotalari diapazoni|"Televizion eshittirish stansiyalari uchun ajratilgan 54 MHz dan 800 MHz gacha bo‘lgan oraliqdagi chastotalar diapazoni. " Televizion kanal|"Televizion dasturlarni metrli va detsimetrli to‘lqinlar diapazonida uzatish uchun ajratiladigan, 8 MHz (Yevropada 7 MHz, AQSh da 6 MHz) kenglikdagi chastotalar polosasi. " Televizion ko‘rsatuvlarni olisdan qabul qilish|"Televizion signallarni uzatuvchi va qabul qiluvchi antennalar o‘rtasida, bevosita ko‘rinish masofasidan bir necha marta ortiq bo‘lgan masofada qabul qilish. " Televizion qabul qilgich|"Efirdan va/yoki kabeldan eshittirish televideniyesi radiosignalini, shuningdek, tiklash qurilmalaridan (masalan, videomagnitofonlar va DVD-proigrivatellar) va boshqa mumkin bo‘lgan manbalardan signalni qabul qilish va televizion dastur tasvirini, tovush jo‘rligini va maʼlumotlarni tiklash uchun mo‘ljallangan radioelektron qurilma. " Televizion qabul qilgich geterodinining nurlanishi|"Televizion qabul qilgich geterodinining parazit nurlanishi oqibatida hosil bo‘ladigan va xalaqit deb hisoblanadigan elektromagnit maydoni. " Televizion qabul qilgichning tasvir kanali|"Televizion qabul qilgichning radiosignalni televizion tasvirga aylantirish uchun mo‘ljallangan qismi. " Televizion (radioeshittirish) uzatgichi|"Modulyatsiyalovchi signallar o‘zida, televizion eshittirish dasturini aholi tomonidan bevosita qabul qilib olinishini ifodalaydigan radiouzatgich. Antennali tizim ko‘pincha uzatgichning qismi kabi ko‘rib chiqiladi. " Televizion radiosignalni bir o‘lchamli taxminlash|"Raqamli televizion videosignal joriy sanog‘i izlanayotgan qiymatining, shu joriy sanoq olingan televizion tasvir satridagi bitta yoki bir nechta qo‘shni sanoqlar qiymatlari asosida shakllantirish. " Televizion radiouzatgichning tasvir kanali|"Televizion radiouzatgichning to‘liq rangli televizion signalni tasvir radiosignaliga o‘zgartirish va uni nurlantirish uchun mo‘ljallangan qismi. " Televizion raqamli dekoder|"Televizion videosignalni raqamli dekodlash qurilmasi. " Televizion raqamli koder|"Televizion videosignalni raqamli kodlash qurilmasi. " Televizion rastrlarning ustma-ust tushishi|"Tasvirlarning asosiy ranglarda yoki yorug‘lik-signal o‘zgartirgichlarida optik tasvirli rastrlarning fazoviy mos kelishini ta’minlash. " Televizion retranslyator|"Eshittirish televideniyesi radiosignalini qabul qilish va uni takroran nurlantirish uchun mo‘ljallangan qurilma. " Televizion server|"Eshittirish televideniyesining raqamli televizion videosignallarini va tovush signallarini magnit disklarga yozish hamda tiklash uchun mo‘ljallangan qurilma. " Televizion signal|"Videochastotalarning boshlang‘ich polosasidagi televizion signal. " Televizion signallarni magnit yozish|"Televizion dasturlarni harakatlanuvchi ferromagnit tasma bo‘ylab, televizion eshittirish elektr signallariga mos bo‘lgan o‘zgaruvchan qoldiq magnitlanishni hosil qilish orqali (amplituda, chastota va faza bo‘yicha) konservatsiyalash. " Televizion signalni diskretlash|"Uzluksiz analog TV signalini shu signalning vaqt bo‘yicha alohida sanoqlari ketma-ketligi bilan almashtirish. " Televizion signalning oldindan buzilishi|"Signalning dastlabki qayta ishlanishi, quyi chastotalarning nihoyatda pasayishida va yuqori chastotalarning birmuncha ko‘tarilishida ifodalanadi. " Televizion sinov jadvali|"1. Televizion ko‘rsatuvlar yoki televizion uskuna ishining sifatini aniqlashda optik yoki elektron vositalarda hosil qilinadigan standart tasvir. 2. Elementlari eshittirish televideniyesi traktining yoki eshittirish televideniyesi trakti zvenolarining tasvir parametrlari va tavsiflarini baholash uchun xizmat qiladigan standart tasvir. " Televizion standart (eshittirish televideniyesining)|"Eshittirish televideniyesi tizimini aniqlaydigan normalangan parametrlarning majmui. " Televizion standartni o‘zgartirgich|"Eshittirish televideniyesi bitta televizion standartining to‘liq videosignali yoki to‘liq rang videosignalini boshqa bir televizion standartning to‘liq videosignali yoki to‘liq rang videosignaliga o‘zgartirish qurilmasi. " (Televizion studiya) apparatxonasi|"Videosignallar va tovush jo‘rligi signallari qayta ishlanadigan, xususan, signal darajasini rostlash, turli manbalar kommutatsiyasi va signallar nazorati amalga oshiriladigan televizion studiya xonasi. U, shuningdek, studiya uchun talab qilinadigan turli uskunalarni ham o‘z ichiga oladi. " Televizion tanish signali|"Televizion dastur shakllantiriladigan yoki sinov satrlar signallari kiritiladigan punktni belgilash uchun, maydonlarni so‘ndirish intervalining belgilangan satrlariga kiritiladigan impulslarning kodli ketma-ketligi. " Televizion tasvir|"Tiklash qurilmasi ekranida televizion sintez orqali olingan tasvir. " Televizion tasvir makrobloki (slaysi, kadri) ning sarlavhasi|"Televizion tasvir makrobloki (slaysi, kadri) ning boshlanishiga qo‘shiladigan, ularni to‘g‘ri talqin etish va marshrutlash uchun muhim bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan xizmatga oid axborot. " Televizion tasvir ranglarining surkalib ketishi|"Ranglilik boshlang‘ich signallarining ustma-ust tushmasligidan kelib chiqadigan va ekranda tasvirning rangli konturlari paydo bo‘lishiga hamda yorqinlikning tebranishlariga olib keladigan rang uzatish buzilishlari. " (Televizion tasvirdagi) shovqin|"Tasvirdagi fazoda va vaqtda tartibsiz paydo bo‘ladigan va videosignal datchigidagi yoki uzatish kanalidagi shovqinlar tufayli sodir bo‘ladigan, yo kvantlash tufayli raqamli signallar holatlarida paydo bo‘ladigan yorqinlik yoki ranglilikning buzilishlari. Izoh – Taalluqli atama «shovqinlilik». " Televizion tasvirning blokliligi|"Raqamli eshittirish televideniyesi ma’lumotlar oqimini kadr ichida kodlashda vizual ravishda kuzatiladigan, televizion tasvirning turli uchastkalarida sezilarli chegaralari bo‘lgan, televizion tasvir bloklari ko‘rinishidagi buzilishlar. Izoh – Bloklar chegarasi ko‘z tomonidan bir blokdan boshqasiga o‘tilganida yorqinlikning sakrab o‘zgarishi sifatida aniqlanadi. " Televizion tasvirning fazoviy ortiqchaligi|"Bitta kadr yoki maydon doirasida, televizion tasvirning qo‘shni elementlari o‘rtasidagi yuqori korrelyatsiya bilan belgilanadigan ortiqchalik. " Televizion tasvirning miltillashi|"Televizion tasvirda, yorqinlikning kritik chastotadan kichik bo‘lgan chastota bilan yuz beradigan nomaqbul davriy o‘zgarishlari. " Televizion tasvirning mozaika effekti|"Raqamli eshittirish televideniyesi ma’lumotlar oqimini kadr ichida kodlashda vizual kuzatiladigan, televizion tasvir kadrining alohida uchastkalarida chegaralari deyarli sezilmaydigan televizion tasvir bloklari ko‘rinishidagi buzilishlar. " Televizion tasvirning psixovizual ortiqchaligi|"Ko‘zning televizion tasvirdagi mayda detallarni va rang o‘tishlarini farqlay olmasligi bilan aniqlanadigan ortiqchalik. " Televizion tasvirning sintezi|"Elektr signallarni vaqt hamda fazoda uzluksiz ravishda televizion tasvirning rangi yoki yorqinligiga aylantirish. " Televizion tasvirning vaqt bo‘yicha ortiqchaligi|"Televizion tasvirning qo‘shni kadrlari yoki maydonlari o‘rtasidagi yuqori korrelyatsiya orqali aniqlanadigan ortiqchalik. " Televizion uzatish|"Eshittirish tashkilotlari o‘rtasida televizion eshittirish dasturlari almashinuvi uchun telekommunikatsiyalar tarmog‘i bo‘ylab videosignallarni uzatish. " Televizion videosignal|"Videochastotalarning boshlang‘ich polosasidagi televizion signal. " Televizion videosignalni diskret veyvlet-o‘zgartirish|"Televizion tasvirni yaxlit qayta ishlash bilan bog‘liq bo‘lgan veyvlet-jarayon yordamida, o‘zgartirish va kodlash jarayonida nolli koeffitsiyentlarni chiqarib tashlash yo‘li bilan erishiladigan televizion videosignalni spektral o‘zgartirish. " Televizion videosignalni ikki o‘lchamli taxminlash|"Raqamli televizion videosignal joriy sanog‘i yoki joriy sanoqlar guruhining izlanayotgan qiymatini shu joriy sanoq olingan televizion tasvir maydoni yoki kadrdagi joriy va qo‘shni satrlardan olingan qator qo‘shni sanoq qiymatlari asosida shakllantirish. " Televizion videosignalni uch o‘lchamli taxminlash|"Raqamli televizion videosignal joriy sanog‘i yoki joriy sanoqlar guruhining izlanayotgan qiymatini, ham shu joriy sanoq olingan televizion tasvir maydoni yoki kadrlaridagi, ham televizion tasvirning qo‘shni maydonlari yoki kadrlaridagi joriy va qo‘shni satrlardan olingan qator qo‘shni sanoq qiymatlari asosida shakllantirish. " (Televizion videosignalni) raqamli kodlash|"Kiruvchi analog televizion videosignalni raqamli televizion videosignalga o‘zgartirish. Izoh – Raqamli kodlashda raqamli oqimni siqish usulidan foydalanish mumkin. " Televizion o‘lchash signali|"Televizion uskunaning yoki uzatish kanalining ma’lum bir parametrlari yoki xarakteristikalarini o‘lchash uchun mo‘ljallangan, o‘rnatilgan cheklovlarga ega bo‘lgan, berilgan shakldagi videosignal. " Televizor|"Maishiy televizion qabul qilgich. " Televizorning eskirishi|"Televizor (elementlar) parametrlarining, mavjudligi faqat uning ish rejimi bilan aniqlanadigan, mexanik, elektr, issiqlik va boshqa yuklamalar ta’siri keltirib chiqaradigan, asta-sekin o‘zgarish jarayoni. " Teng amplitudali antenna panjarasi|"Nurlantiruvchi elementlari bir xil amplitudalar bilan qo‘zg‘atiladigan antenna panjarasi. " Teng darajada sinxronlanadigan tarmoq|"Tayanch generatorlari bir xil maqomga ega bo‘lgan hamda tarmoqning barcha sozlanmaydigan tayanch generatorlarining o‘rtacha statistik chastotasi sifatida belgilanadigan ishchi chastotaga bir xil taʼsir ko‘rsatadigan tarmoq. " Tenglashtirgich|"Kodlangan maʼlumotlar oqimi kanal tezligini radiokanaldagi qayd etilgan maʼlumotlar uzatish tezligi bilan moslashtirish maqsadida tenglashtirish uchun mo‘ljallangan qurilma. " Tenglashtiruvchi impulslar|"Ayrim eshittirish televideniyesi tizimlarida bevosita kadr sinxronlovchi impulslardan avval va ulardan keyin joylashuvchi ikkilangan satr chastotali impulslar. Ular satr oralatib yoyishda tiklash qurilmasida qo‘shni maydonlar satrlarining aniq almashinib kelishini ta’minlash uchun xizmat qiladi. Izoh – Tenglashtiruvchi impulslar satr chastotali impulslarning satrlar almashinishiga ta’sirini minimal darajagacha kamaytiradi. " Terabayt|"Xotira hajmi yoki ma’lumotlar miqdorining o‘lchov birligi. 240=1099511627776 byte. Ba’zida 1 trillion Tbyte – 1012 = 1000 000 000 000 byte deb hisoblanadi. Farq salkam 10 foizni tashkil qiladi. " Term|"Tashkil etuvchilarga bo‘linmaydigan, arifmetik, simvolli yoki mantiqiy ifoda elementlari. " Terminal|"1. Telkommunikatsiya yoki aloqa liniyalari orqali axborot olish va/yoki uzatish uchun mo‘ljallangan qurilma. 2. Ma’lumotlarni kiritish/chiqarish qurilmasi. Mikrokompyuter yoki meynfreymdan hisoblash imkoniyatining bo‘lmasligi yoki kam darajada bo‘lishi bilan farqlanadi. 3. Ma’lumotlarni kompyuterga kiritish va olingan natijalarni chiqarish uchun mo‘ljallangan elektron (odatda klaviaturali monitor) yoki elektromexanik qurilma. Bu ommabop atama yana ko‘p foydalaniladigan tizimlarda ham ishlatiladi. " Terminal serveri|"Ko‘plab terminallarni lokal tarmoq bilan bitta tarmoq ulanishi vositasida bog‘lovchi qurilma. " Terminalni identifikatsiya qilish|"Ulanish o‘rnatilgan uzoqdagi abonent terminali (terminallari)ga taalluqli belgilangan identifikatorni abonent terminaliga avtomatik uzatish jarayoni. " Terminalni ko‘chirish imkoniyati|"Foydalanuvchiga terminalni chaqiruvning aktiv holati davomida bitta berilgan bazaviy foydalana olish doirasida bir rozetkadan boshqasiga o‘tkazish imkonini beradigan terminalni ko‘chirish qo‘shimcha xizmati. " Terminalning mobilligi|"Mobil aloqa olib yuriladigan yoki tashiladigan terminalining chaqiruv maqomini o‘zgartirmagan holda, tarmoqqa ulanish joyini o‘zgartira olish qobiliyati. Terminalning qayta ulanishi avtomatik ravishda, ya’ni bog‘lanishni uzmasdan va raqamni qayta termasdan sodir bo‘ladi. " Terminator|"Shina topologiyasiga ega kompyuter tarmoqlarida qo‘llaniladigan elektron sxema. Shinaning passiv holatida signalning ma’lum bir sathini saqlab turish va signalning qaytishlarini bostirish uchun shina oxiriga ulanadi. " Termografik printer|"Kontaktsiz, shovqin chiqarmaydigan printer. Termokallakka ega, maxsus ishlov berilgan qog‘ozga bosib chiqaradi. " Termopayvandlash mashinasining plastinasi|"Pochta aloqasi obyektining nomi o‘yib yozilgan metall plastina bo‘lib, banderollarni o‘rab joylashda termopayvandlash mashinalarida polietilen plyonkalarni payvandlash uchun, shuningdek keluvchi mayda paketlarni polietilen paketlarga joylash bilan bir vaqtda ularga pochta indeksi izini va pochta aloqasi obyektining nomini tushirish uchun mo‘ljallangan. " Teskari almashlash|"Simvollarni qabul qilinadigan ketma-ketlikda almashlash (operatsiya, teskari almashlash) sodir bo‘lgan raqamli signalning dastlabki tuzilmasini tiklash maqsadida o‘rin almashtirish usuli. " Teskari aloqa|"Tizim chiqish parametrlarining tizimning ishlashiga ta’sir ko‘rsatishi. Teskari aloqa prinsipi kibernetika tizimlaridagi asosiy prinsipdir. Masalan, odam – kompyuter teskari aloqa bo‘lgan tizimdir: odam kompyuterdagi o‘z ishining natijasini ko‘radi va natijaga bog‘liq ravishda keyingi ishni amalga oshiradi. " Teskari injiniring, teskari ishlanma|"Qar.: Revers-injiniring. " Teskari izlash|"Ma’lumotlar bazalarida, elektron jadvallarda, matn protsessorlarida – joriy pozitsiyadan hujjat (fayl) boshlanishiga qarab izlash. " Teskari kanal|"Axborotni abonent terminalidan tayanch stansiyaga uzatish kanali. " Teskari kuzatish|"Signalning teskari yo‘nalishda (zanjir chiqishidan uning kirishi tomon) o‘tish yo‘lini kuzatish. " Teskari moslik|"Yangi protsessordagi mashinaning eski dasturlarni, ularga o‘zgartirishlar kiritish zaruratisiz bajara olish qobiliyati. " Teskari mulohazalar zanjiri|"Ekspert tizimlarda yechim izlash usullaridan biri. Bunda mulohaza yuritish, oqibatdan uni keltirib chiqargan sabablarga (faktlarga) tomon boradi. " Teskari qiya chiziq|"Bir qancha operatsion tizimlarda kataloglarni ajratish uchun ishlatiladigan simvol. " Teskari tiklash|"Ma’lumotlarning jurnalga yozilgan oxirgi versiyasidan ma’lumotlarning dastlabki versiyasini tiklashda foydalanish. " Test|"Tizimdagi xatoliklarni aniqlash yoki ishlash unumdorligini baholash uchun ishlatiladigan dastur yoki dasturlar to‘plami. " Test-dastur|"Elektron hisoblash mashinasi protsessori va tashqi qurilmalar ayrim bloklari, uzellari ishlashining to‘g‘riligini tekshirish uchun mo‘ljallangan dastur. " Testlash|"Butun kompyuter va uning dasturiy ta’minoti yoki ayrim uzellari ishlashining to‘g‘riligini aniqlash jarayoni. Dasturiy ta’minotni testlashning ikki bosqichi ajratiladi: alfa-testlash ‒ maxsus tuzilgan masalalarda tayyor mahsulotni testlash. Beta-testlash – potensial foydalanuvchilarga bepul tarqatilgan dasturiy mahsulotni haqiqiy masalalarda sinab ko‘rish. " Texnik boshqaruv hujjati|"Qo‘llanilishi shart bo‘lgan, texnik talablar va telekommunikatsiyalar tarmoqlari apparaturasining o‘zaro aloqada ishlash protokollarini aks ettirgadigan hujjat. " Texnik ekspluatatsiya markazi|"Texnik vositalar va telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan foydalanish hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish yuzasidan javobgar texnik xodimlar bilan butlangan bo‘linma. " Texnik moslik|"Axborot tizimlarining o‘zaro birgalikda ishlash protokollari, dasturlash tillari, ma’lumotlarning formatlari, elektron hisoblash mashinasi apparat interfeyslari darajasida birgalikda ishlay olish qobiliyati. " Texnik muhofaza qilish qurilmasi|"Elektron yoki boshqa turdagi qurilma. Bunday qurilmaga ega bo‘lmagan shaxslarga dastur bilan ishlash imkoniyati berilmaydi. " Texnik nazorat vositalari|"Xavfli pochta, kuryerlik jo‘natmalarini aniqlash uchun qo‘llaniladigan maxsus texnika (metallodetektorlar, rentgen texnikasi, dozimetrlar, gazanaliza torlari va boshqalar). " Texnik qo‘llab-quvvatlash markazi|"Texnik qo‘llab-quvvatlash markazi mansub bo‘lgan, ishlab chiqaruvchi firmaning mahsulotini ishlatish mobaynida foydalanuvchiga yordam ko‘rsatuvchi tashkilot, mutaxassislar guruhi. " Texnik radionazorat stansiyasi, texnik radionazorat markazi|"Eshittirish dasturlarini nazorat qilish yoki yozib olish maqsadida, ularni qabul qilish uchun mo‘ljallangan stansiya. " Texnik topshiriq|"Axborot tizimini yaratish talablari va tartibini belgilaydigan asosiy hujjat. Axborot tizimini ishlab chi qish hamda amalga kiritishda uni qabul qilib olish shu hujjat asosida olib boriladi. " Texnik vositalarni tavsiflash tili|"Diskret signallarni qayta ishlashga mo‘ljallangan qurilmalarni modellash, ishlab chiqish va testlash jarayonlarining ixtisoslashgan tili. " Texnik vositalarning elektromagnit moslashuvi|"Texnik vositaning ma’lum bir elektromagnit vaziyatda, berilgan sifat bilan ishlash va boshqa texnik vositalarga yo‘l qo‘yilmaydigan elektromagnit xalaqitlar vujudga keltirmaslik qobiliyati. " Texnik shartlarga muvofiqlikni tekshirish|"Foydalanuvchilar tomonidan yangi yoki takomillashtirilgan tizimni tasdiqlash va uni yakuniy chiqarish uchun o‘tkaziladigan testlash. " Texnologik bog‘liqlik|"Dasturiy ta’minotdan foydalanuvchi yetkazib beruvchining texnologik, strategik, narx bilan bog‘liq qarorlariga bog‘liq bo‘lgan vaziyat, shuningdek, yetkazib beruvchi dasturiy ta’minotni qo‘llab-quvvatlashdan voz kechgan hollarda, dasturiy ta’minot ekspluatatsion yaroqliligi yo‘qolish xavfining mavjudligi. " Texnologiyalar egasi|"Qonun tomonidan belgilangan chegaralar doirasida texnologiyalarga ega bo‘lgan va foydalanilayotgan hamda foydalanish vakolatlarini amalga oshirayotgan subyekt. " Texnologiyalar va ularni taʼminlash vositalarining mulkdori|"To‘liq hajmda ko‘rsatilgan obyektlarga egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish vakolatlarini amalga oshiradigan subyekt. " Tez ishlaydigan infraqizil port|"Periferik qurilmalarni simsiz ulash uchun mo‘ljallangan port. Mobil kompyuterlarda qo‘llaniladi. " Tez kira olish yo‘li|"Biror-bir tez-tez ishlatiladigan komandalardan «sichqoncha» tugmasini bir marta bosish orqali tez foydalanish uchun mo‘ljallangan uncha katta bo‘lmagan panel. " «Tez» klavish|"Klaviaturadagi yakka klavish yoki klavishlar birikmasi. Ularning bosilishi menyu punkti tanlanishiga yoki muayyan komanda berilishiga mos keladi. " Tez tinishlar|"Qabul qilinadigan signal og‘ib o‘tuvchisining tez o‘zgarishlari, ular qabul qilish nuqtasida turli amplituda, boshlang‘ich faza, ushlanib qolish va chastotalarning Doppler siljishiga ega nusxalarning interferensiyasi natijasida hosil bo‘ladi. Izoh – Tez tinishlar og‘ib o‘tuvchisining qiymati, odatda, Reley qonuniga binoan taqsimlanadi. " Tezarus|"Bilimning qandaydir sohasiga tegishli bo‘lgan so‘zlar tematik prinsip bo‘yicha joylashtirilgan va leksik birliklar o‘rtasidagi semantik (turjins, sinonimik) munosabatlar ko‘rsatilgan lug‘at. Axborot-izlash tezaruslarida matnning leksik birliklari deskriptorlar bilan almashtiriladi. " Tezkor beysik|"Microsoft kompaniyasi tomonidan yaratilgan BASIC dasturlash tilining dialekti, shuningdek, dasturlarni shu tilda yozish, ishga tushirish va kuzatib borish imkoniyatini beruvchi ishlab chiqish muhiti. " Tezkor fayl tizimi|"OS/2 operatsion tizimining fayllarni nomlashda 254 ta belgidan foydalanish va fayllarni minimal fragmentlashni ta’minlaydigan fayl tizimi. " Tezkor ma’lumotlar|"Onlayn rejimida olingan ma’lumotlar. " Tezkor paket|"Kanal pog‘onasida, foydalanuvchi tizimlar va maʼmuriy tizimlar o‘rtasida uzatiladigan maʼlumotlar bloki. " Tezkor pochta|"Pochta jo‘natmalarini tezkor rejimda jo‘natish va yetkazib berish (topshirish) bo‘yicha pochta xizmati. " Tezkor pochta rejimdagi ichki pochta jo‘natmasi|"O‘zbekiston Respublikasi doirasida tezkor pochta rejimida jo‘natiladigan va adresatga yetkazib beriladigan (topshiriladigan) pochta jo‘natmasi. " Tezkor pochta rejimdagi xalqaro pochta jo‘natmasi|"Jo‘natilishi va yetkazib berilishi (topshirilishi) «EMS» tezkor pochta tizimi bo‘yicha Umumjahon pochta ittifoqining hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan pochta jo‘natmasi. " Tezkor-qidiruv tadbirlari tizimi (TQTT)|"Huquqni muhofaza qilish organlarining (TQTT dan foydalanuvchilar) olisda joylashgan boshqarish punktidan, bu punktning stansiya uskunasi bilan birgalikda ishlash yo‘li bilan, oldindan tanlangan abonent raqamlarining ulanishlarini yoki liniyalar va kanallar orqali o‘tadigan ulanishlarni tezkor nazorat qilish uchun mo‘ljallangan tizim. " Tezkor xotira|"Ma’lumotlar va komandalar joylashtiriladigan, dasturga yo‘naltiriladigan barcha xotira. " Tezkor xotira qurilmasi|"Ma’lumotlarni yozish va o‘qish uchun mo‘ljallangan yarimo‘tkazgichli qurilma. Oddiy kompyuterlarda – dastur bajarilishi uchun yuklanadigan joy. Doimiy xotiradan farqli o‘laroq, tezkor xotira qurilmasi xotirasidagi ma’lumotlarga istalgan tarzda o‘zgartirish va istalgan tartibda murojaat qilish mumkin. " Tezkor xotira qurilmasining interfeysi|"PC Card kartasining andoza interfeysi. Xotira bilan bog‘liq operatsiyalarni bajaradi hamda tezkor xotira qurilmasi va kiritish-chiqarish kartalari uchun qo‘llaniladi. " Tezkor xotira qurilmasining platasi|"Tezkor xotira qurilmasining mikrosxemalari va ulanish paytida interfeysni ta’minlaydigan sxemali bosma platasi. " Tezkorlik|"Tizimdan tashqaridagi kattalik, bajarilgan ish hajmining u bajarilgan vaqtga bo‘lgan nisbatiga teng. " Tezlashtirilgan grafika porti|"Videoadapter va tizim platasi mikrosxemalari o‘rtasidagi interfeys. PSI shinasiga asoslanadi. 1997-yilning ikkinchi yarmida ishlab chiqilgan. AGP ning bir nechta realizatsiyalari mavjud: AGP 1x, AGP 2x, AGP 4x lar mos ravishda 266, 533 va 1066 Mbyte/s uzatish tezligiga ega. Ayni vaqtda PCI-Express grafika porti ularning o‘rnini egallagan. " Tezlatgich|"Kompyuter biror-bir kichik tizimining ishlash tezligini oshiruvchi qo‘shimcha apparat ta’minoti (buyurtma mikrosxema, kengaytmali plata, ustun). " Tezlik bo‘yicha moslashish|"Tizimning yuklanganlik darajasi yoki radioto‘lqinlarning tarqalish sharoitlariga bog‘liq holda, kanalda axborot uzatish tezligining o‘zgarishi. " Tez-tez qayta ulash bilan kuzatiladigan xendover|"Mobil aloqa tarmoqlarida uchraydigan nomaqbul hodisa. Abonent stansiyasi ikki qo‘shni tayanch stansiyaning xizmat ko‘rsatish zonasi doirasida bo‘lganda vujudga keladi. Qabul qilinadigan signallar darajasining fluktuatsiyasi natijasida abonent stansiyasining bir tayanch stansiyadan boshqasiga, ko‘p marotaba qayta ulanishi sodir bo‘ladi. Bu tarmoqning umumiy o‘tkazish qobiliyati pasayishiga olib keladi. Bunday holatning oldini olish maqsadida gisterezis bilan qayta ulash sxemasidan foydalaniladi. " Teshik|"Hisoblash texnikasida – dasturiy ta’minot yoki apparaturadagi, foydalana olishni boshqarish jarayonlarini chetlab o‘tish imkonini beruvchi xatolar, kamchiliklar. " Teshik, tuynuk|"1. Vakolatlarni belgilashdagi, ishlab chiqishdagi xato. Muhofaza mexanizmlarini chetlab o‘tish yoki ularni ishdan chiqarish imkonini beradi. 2. Kompyuterning biror portini ochadigan va xakerga tizimdan foydalanish/tizimga kirish imkonini yaratib beradigan josus-dastur. " Teshik chelak algoritmi|"Tizimninig yuklanishi ortib ketganda, aloqa sifati eng yomon bo‘lgan kanallarni vaqtincha uzib qo‘yish bilan xatolardan himoyalanish usuli. Texnik taʼminot tizimning har bir abonenti uchun aloqa sifati to‘g‘risidagi maʼlumotlar kiritiladigan o‘z hisoblagichini tuzadi. Bunday axborot asosida boshqaruv tizimi past sifatli «yomon» kanallarni saralaydi. Natijada qolgan abonentlardagi aloqa sifatining ko‘rsatgichlari yaxshilanadi. " Tijorat dasturiy taʼminoti|"Tijorat tashkiloti tomonidan foyda olish maqsadida yaratilgan dasturiy taʼminot. Foydalanuvchiga dasturiy taʼminot nusxalarini sotishdan foyda keladi. Ko‘pchilik odamlar tijorat dasturiy taʼminot erkin dasturiy taʼminotga qarama-qarshi deb xato qilishadi. Bular orasidagi farq unchalik yaqqol emas. Erkin dasturiy taʼminot – bu muallif tomonidan erkin o‘zgartirishga, tarqatishga va foyda olish huquqini berishdir. Shundan kelib chiqqan holda, erkin dasturlar tijorat mahsulotlari ham bo‘lishi mumkin. " Tijorat siri|"Davlat yoki xususiy korxona faoliyatining istalgan sohasidagi konfidensial xarakterdagi ma’lumotlar, ularning tarqatilishi egalari yoki foydalanuvchilariga (yuridik shaxslarga) moddiy yoki ma’naviy zarar yetkazishi mumkin. Tijorat sirini saqlash uning egasi tomonidan amalga oshiriladi. " Tijoratga oid axborot|"Faqat egasining xohishiga ko‘ra va uning shartlari asosida tarqatiladigan kompaniyalar, firmalar, korporatsiyalar bo‘yicha ularning faoliyati va ishlab chiqaradigan mahsulotlari, moliyaviy ahvoli, amaliy aloqalar, bitimlar, rahbarlar to‘g‘risidagi axborot, shuningdek, axborot xizmatlari tomonidan taqdim etiladigan iqtisodiyot va biznes sohasidagi ishga oid yangiliklar. " Tiklamoq|"Ma’lum bir vaqtga to‘xtatib qo‘yilgan jarayonni to‘xtatilgan joyidan qaytadan tiklash. " Tiklash|"1. Registr va o‘zgaruvchilarning oldingi holatini tiklash. 2. Oldingi joyga qaytarish, oldingi holatiga qaytarish, misol uchun, ma’lumotlar bazasini oldingi holatiga qaytarish. " Tiklash nuqtasi|"Foydalanuvchi tomonidan sozlanadigan kompyuterdagi xususiyatlar, u o‘rnatgan dasturlar va ma’lumotlarni zaxiralash, kerak bo‘lganda operatsion tizimdagi avvalgi holatni qaytarish maqsadida yaratiladi. U tiklash nuqtasi deb ataladi. " Tiklash qurilmasi|"Televizion tasvir sintezini amalga oshiradigan qurilma. " Tiklash qurilmasining asosiy ranglari|"Qabul qilgich hosil qiladigan doimiy ranglilik va o‘zgaruvchan yorqinlikdagi ranglar, ulardan, tegishli mutanosiblikda aralashtirgan holda, boshqa ranglarni olishda foydalaniladi. Izoh – Odatda uchta asosiy rangdan foydalaniladi: qizil, yashil va ko‘k rang. " Tiklash rejasi|"Tizimni yuz bergan falokatdan keyin tiklash rejasi. " Tiklash standartini o‘zgartirgich|"Standart satr oralatib televizion ko‘rsatishdan maydonlarning chastotasi yuqori bo‘lgan satrma-satr tiklashga o‘tish qurilmasi. " Tiklash tartibotlari|"Avariya yoki to‘xtab qolishdan so‘ng tizimning axborotni qayta ishlash qobiliyatini tiklash uchun bajariladigan harakatlar hamda maʼlumotlar to‘plamlarini tiklash. " Tiklash tizimi|"Ma’lumotlarning yaxlitligini ta’minlashga qaratilgan dasturlar hamda boshqaruvchi jadvallar kompleksi. Ma’lumotlar bankida va boshqa avtomatlashtirilgan tizimlarda foydalaniladi. " Til|"Axborot uzatish uchun foydalaniladigan qoidalar, kelishuvlar, tavsiyalar to‘plami. " Til protsessori|"Ixtisoslashtirilgan tilda yozilgan komandalarni idrok qilish va mashina kodiga trantslyatsiya qilish uchun mo‘ljallangan qurilma yoki dastur. " Til standarti|"Mahalliy o‘ziga xoslik. Tizim yoki dastur ishlayotgan milliy va madaniy muhit. " Tilni kengaytirish|"Dasturlash tili spetsifikatsiyasiga, uni muayyan mashinada amalga oshirishda qilingan qo‘shimchalar. " Tilning amalga oshirilishi|"Dasturlash tilining muayyan platformada kompilyator yoki interpretator ko‘rinishida amalga oshirilishi. Amalga oshirilish har doim ham til spetsifikatsiyasiga mos kelmasligi, shuningdek, uni turli xil kengaytirishlarni ichiga olishi mumkin. " Tinish|"1. Manbadan katta masofada qabul qilinadigan radiosignallar darajasini qisqa muddatli yoki uzoq muddatli kamayishi (yo‘qolishi). 2. Uzatuvchi muhit (temperatura, namlik, bosim) parametrlarining tasodifiy o‘zgarishlari bilan asoslangan, shuningdek qabul qilish nuqtasiga turli yo‘llar bilan keladigan radioto‘lqinlarning interferensiyasi tufayli radiosignalning to‘satdan susayishi yoki hattoki to‘liq yo‘qolishi. " Tinishlarga zaxira|"Tinishlar mavjud kanalda qabul qilinuvchi signalning quvvat darajasi oshirilishi lozim bo‘lgan shunday kattalikki, bunda signal/shovqin nisbatining tinishlarsiz kanaldagi kabi nisbati ta’minlanadi. " Tiqilish|"Tarmoqdagi konflikt, tarmoqda paketlarning to‘qnashishi oqibatida vujudga keladi va uning o‘ta yuklanishiga sababchi bo‘ladi. " Tiqin|"Tuzilmaviy dasturlashda (dasturni normal bajarish va kompilyatsiyalash mumkin bo‘lishi uchun) amalda dasturlashning har bir qadamida dasturga kiritiladigan ahamiyatsiz protsedura. " Tirqishli antenna|"Elektromagnit to‘lqinlarni nurlantirish va qabul qilish to‘lqin o‘tkazgichda yoki hajmli rezonatorda o‘yilgan bitta yoki bir nechta tirqish orqali amalga oshiriladigan antenna. " Tirqishli niqob|"Soya niqobi va panjara aperturasining birikmasi. Bunda lyuminofor elementlar vertikal elliptik yacheykalarda joylashgan, niqob esa vertikal chiziqlardan qilingan bo‘ladi. " Tirqishli nur tarqatgich|"To‘lqin o‘tkazgich devoridagi yoki dastlabki nur tarqatgich rolini bajaradigan tor o‘tkazuvchi listdagi tirqish. " Tishlatish|"Qog‘ozni bo‘lish turi bo‘lib, unda qog‘oz ajratilmaydi, balki unda teshiklar yoki uncha katta bo‘lmagan kertiklar hosil qilinadi. " Titrash|"Raqamli signallar qiymatining qisqa muddatli o‘z-garishlari. Impuls frontlarining ularning vaqtdagi ideal holatiga nisbatan tasodifiy fluktuatsiyalari ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Faza titrashlari. Fazaning tez og‘ishi yoki chastotaning siljishi. Aloqa sifati yomonlashishiga yoki sinxronizatsiya buzilishiga olib keladi. " Titrni ushlab turgich|"Televideniyeda yozuvlar yoki hujjatlar ko‘rsatuvi uchun maxsus yasalgan qurilma. " Titul varag‘i|"Bosib chiqarilgan matnning birinchi sahifasi, topshiriq, foydalanuvchi nomi va boshqa hisobga olish ma’lumotidan tashkil topadi. " Tizim|"Qo‘yilgan vazifa (vazifalar) ni birgalikda hal etish maqsadida bog‘langan dasturlar, modullar, obyektlar majmui. Masalan, operatsion tizim foydalanuvchi bilan shaxsiy kompyuter o‘rtasidagi bog‘lanishni ta’minlash uchun mo‘ljallangan. " Tizim administratori|"Tizimning ekspluatatsiya qilinishi va ishchi holatda saqlab turilishi yuzasidan javobgar shaxs. " Tizim arxitekturasi|"Hisoblash tizimining funksional komponentlar (shinalar, signallar, protokollar, interfeyslar va h.k.lar), ularning tashkil qilinishi va o‘zaro aloqadorligi yig‘indisi sifatida taqdim etilishi. " Tizim dasturchisi|"Tizimli dasturiy taʼminot ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan dasturchi. " Tizim dasturi|"Operatsion tizim tarkibiga kiradigan, yoki operatsion tizimlar bilan, kompyuter tizimiga yoki uning alohida qurilmalariga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq funksiyalarni bajaradigan dastur. " Tizim dasturiy ta’minoti|"Foydalanuvchilarga kompyuter bilan ishlash imkoniyatini beradigan va bu ishni osonlashtiradigan dasturiy ta’minot. Operatsion tizim tizimli dasturiy ta’minotning asosiy qismi hisoblanadi. Tizimli dasturiy ta’minotga translyatorlar, qobiqlar, ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari kiradi. " Tizim diski|"Operatsion tizimning asosiy fayllarini ichiga oladigan disk. " Tizim fayli|"Operatsion tizimning to‘g‘ri ishlashi uchun zarur fayl. " Tizim gammasi (televideniyeda)|"Logarifmik shkalada qayta tiklanadigan tasvir element yorug‘ligining obyekt tegishli elementining yorug‘ligiga bog‘liqligini aks ettiradigan egri approksimatsiyalaydigan ishchi uchastkasining to‘g‘ri og‘ishi. " Tizim ichidagi radioxalaqit|"Radioelektron vositaga, radioelektron tizimning radioelektron vositasi bilan hosil qilinadigan, ataylab qilinmaydigan radioxalaqit. " Tizim integratori|"Turli yetkazib beruvchilardan olingan tarkibiy qismlarni birlashtirish yo‘li bilan to‘liq kompyuter tizimlarini qurishga ixtisoslashgan shaxs yoki kompaniya. Dasturlarni ishlab chiqaruvchilardan farqli o‘laroq, tizim integratorlari hech qanday dastlabki kod ishlab chiqmaydi. Buning evaziga ular kompaniyalarni ularning hisoblash ehtiyojlarini qondirish uchun do‘konlarda sotilmaydigan kompyuter va dastur paketlaridan foydalanishga undaydi. " Tizim integratsiyasi|"Umumiy ko‘p tarmoqli axborot tizimlarini yaratish va ulardan foydalanishga yo‘naltirilgan loyiha ishlari hamda xarid operatsiyalarining majmui. " Tizim jarayoni|"Operatsion tizimni yuklashda hosil qilinadigan jarayon. Operatsion tizimning to‘g‘ri ishlashi uchun zarur. " Tizim jurnali|"Tizimda kechayotgan hamma jarayonlar, yuzaga kelayotgan xatoliklar va h.k.lar yozib boriladigan fayl. Avariya holatlarida hodisalarning borishini tiklash, oldingi holatga qaytarish va h.k.larni bajarish maqsadida yuritiladi. " Tizim kaliti|"Tizim vositalarining ruxsat etilmagan tarzda erkin foydalanishdan muhofaza qilinishini ta’minlaydigan kalit. " Tizim katalogi|"Operatsion tizim o‘rnatilayotganda tuziladigan standart papka. Bu papkada tizimning barcha bibliotekalari, uning standart dasturlari va boshqalar saqlanadi. " Tizim muhandisi|"Tizim dasturiy taʼminotini ishlatish va kuzatib borish bilan shug‘ullanuvchi shaxs (odatda muhandis-dasturlashtiruvchi). Baʼzi hollarda tizim muhandisi tizim administratori vazifasini ham bajaradi. " Tizim obrazi|"Fayl yaratilish mobaynida tizimning hamma sozlashlarini o‘zida saqlovchi fayl. Tizimni to‘xtab qolishdan keyin tiklash uchun zarur. " Tizim operatori|"Server, kichik tarmoq yoki BBS ning ishga layoqatliligini ta’minlash va unga xizmat ko‘rsatish kabi xizmatlarni bajaruvchi shaxs (operator va kopincha egasi). " Tizim papkasi|"Tizimning ishlashi uchun zarur bo‘lgan dastur va modullar joylashtiriladigan katalog. " Tizim platasi|"Shaxsiy kompyuterning, protsessor, tezkor xotira qurilmasi, asosiy kiritish-chiqarish portlari va kengaytirish shinalarining ajratgichlari joylashtiriladigan asosiy platasi. " Tizim reestri|"Iyerarxik Windows 95, 98, 2000 va NT dagi tarmoq orqali foydalanish mumkin bo‘lgan, shaxsiy kompyuterni boshqarish, dasturiy ta’minot distributsiyasini ta’minlash, tizimni ma’muriy boshqarish va masofadan sozlash uchun foydalaniladigan ma’lumotlar bazasi. " Tizim resursi|"Markaziy protsessor vaqti, tezkor xotira qurilmasi sig‘imi, disk xotirasi, periferik qurilmalar yoki bajarish vaqtida ilovalarda foydalaniladigan boshqa tizim komponentlari. " Tizim resurslarini hisobga olish|"Tarmoqda foydalaniladigan resurslarni belgilash yo‘li. Bunda, tarmoq administratori har bir foydalanuvchi uchun, ular tomonidan o‘qilgan yoki yozilgan ma’lumotlar hajmini, foydalanuvchi va tarmoq o‘rtasida bog‘lanish o‘rnatilgan vaqtni, bu foydalanuvchi foydalanadigan disk hajmini, shuningdek, turli xizmatlarga qilingan so‘rovlarni qayd etib borishi mumkin. " Tizim soatiga havola|"90 kHz chastota davrida tizim vaqtini ko‘rsatadigan hamda koder va dekoderning taktli chastotalarini sinxronlash uchun xizmat qiladigan 33 bitli son. " Tizim tahlilchisi|"Amaliy muammolarga tavsif beruvchi, tizim spetsifikatsiyalarini belgilovchi, qurilmalarni o‘zgartirish bo‘yicha tavsiyalar beruvchi, maʼlumotlarga ishlov berish tartibotlarini va ko‘zda tutilgan maʼlumotlar tuzilmalarini loyihalashtiruvchi mutaxassis. " Tizim takt generatori|"Ma’lumotlar uzatish yoki boshqa qurilmalarni sinxronlash uchun foydalaniladigan davriyt signallarni generatsiyalaydigan qurilma. " Tizim utilitasi|"Tizimning ishga yaroqliligini diagnostika qilish, modifikatsiyalash va h.k. uchun ishlatiladigan dasturiy ta’minot. " Tizim vazifasi|"Tizimning to‘g‘ri ishlashini ta’minlaydigan va fon rejimda amalga oshiriladigan jarayon. " Tizim xotirasi|"Tizim platasidagi tezkor xotira qurilmasi. " Tizim yadrosi|"Operatsion tizimning asosiy moduli. " Tizim (yuklanuvchi) qismi|"Qattiq diskning operatsion tizim o‘z-o‘zini yuklashi uchun zarur bo‘lgan tashkiliy fayllari joylashgan qismi. " Tizim shinasi|"Amaliy dasturda operatsion tizim u yoki bu tizim funksiyasini bajarishi uchun foydalaniladigan mexanizm. " Tizim shrifti|"Grafik interfeysli tizimlarda ‒ ekranga xabarlar, menyu va sh.k.larni chiqarish uchun foydalaniladigan shrift. " Tizim chaqiruvi|"Operatsion tizim u yoki bu tizim funksiyasini bajarishi uchun amaliy dastur foydalanadigan mexanizm. Operatsion tizim odatda, himoyalangan tizimda bajarilishi hisobga olinsa, u holda tizim chaqiruvlarini tashkil qilish uchun bitta yoki bir nechta dasturli uzilish zaxiralanadi, masalan, MS-DOS da int 21 h. " Tizimdan foydalana olishlik|"Tegishli vakolatlari bo‘lgan subyektlarning axborotdan o‘z vaqtida hech qanday to‘siqlarsiz foydalana olishini ta’minlash qobiliyatini tavsiflovchi axborot (uni qayta ishlash vositalari va texnologiyalari) aylanadigan (tarqaladigan) tizimning xususiyati. " Tizimdan chiqish|"Foydalanuvchining kompyuter tizimidan chiqish jarayoni. " Tizimga kirish|"Foydalanuvchi tomonidan, uni identifikatsiya qiluvchi ma’lumotlarning (masalan, nomi, domeni va paroli) taqdim etilishi, haqiqiylikni tekshirish va foydalanuvchining ish seansini tashkil qilish. " Tizimlararo xalaqit|"Manbai ko‘rilayotgan tizimga tegishli bo‘lmagan tizimda joylashgan elektromagnit xalaqit. " Tizimlarni boshqarish serveri, qisqa xabarlar xizmati|"1. Microsoft Windows NT Back Office dasturiy paketining tarkibiy qismi. 2. Uyali aloqa tarmoqlaridagi qisqa xabarlar xizmati. " Tizimlashtirilgan kabel tizimi|"Ofis binolarida nutq va ma’lumotlarni uzatish uchun maxsus loyihalashtirilgan kabel tarmog‘i hisoblanadi, masalan AT&T korporatsiyasining SYSTIMAX tizimi ekranlashtirilmagan o‘ralgan juftlikda. Ma’lumot o‘tkazuvchanlik imkoniyati bo‘yicha mis kabelli strukturalangan qabul tizimi turli standartlarda toifalar va turkumlarga bo‘linadi. " Tizimlashtirilgan so‘rovlar tili|"Ma’lumotlar bazasi bilan ishlashga mo‘ljallangan xalqaro standart til. " Tizimli blok|"Shaxsiy kompyuterning, ta’minot bloki, asosiy plata, kengaytirish platasi, magnit va optik disklardagi to‘plagichlar joylashgan qismi. " Tizimli dasturlash|"Tizim va/yoki tarmoq dasturiy ta’minotini ishlab chiqish va ta’minlash. " Tizimli (imtiyozga ega) rejim|"Komandalarni bajarishning alohida rejimi, bunda imtiyozga ega bir qator, masalan, xotira va registrlarning tizimli sohalarini o‘zgartirish operatsiyalarini bajarishga yo‘l qo‘yadigan operasion tizim yadrosining moduli bajariladi. " Tizimli navbatlar sohasi|"Umumiy tizim jadvallari, boshqaruv bloklari va navbatlarini, tizim konfiguratsiyasini aniqlaydigan tarkib va mazmunni hamda ish jarayonida tuziladigan umumiy sondagi manzilli fazolarni joylashtirish uchun xizmat qiladi. " Tizimli oqim|"MPEG-1 standartida bir dasturga tegishli bo‘lgan hamda umumiy taktli sinxronlash orqali birlashtirilgan paketlangan elementar oqimlarni yig‘ish. " Tizimli tahlil|"Takomillashtirish yoki yangi tizim ishlab chiqish maqsadida, tizimni va uning o‘zaro bog‘langan kichik tizimlarini tadqiq qilish. " Tizimli yondashuv|"Har bir masala, vazifa, hodisa, obyektni birmuncha keng yaxlit va ajralmas butunning – o‘zaro bog‘lagan tarkibiy elementlar tizimining bir qismi sifatida qarab chiqish usuli. Tizim ishlashining maqsadlari aniqlanishini, uning boshqa tizimlar bilan aloqalari ajratib ko‘rsatilishini ko‘zda tutadi; vazifaning hal etilishi o‘zaro bog‘langan vazifalar va yuqoriroq darajadagi muammolar hal etilishiga bog‘liq qilib qo‘yiladi. " Tizimni muhofaza qilish|"Dasturlar va tizim ma’lumotlaridan ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishni yoki tizim ishiga tasodifiy aralashishni bartaraf etish maqsadida ko‘riladigan chora-tadbirlar majmui. " Tizimni optimallash|"Optimallash mezoni, optimallash parametrlari va cheklashlar belgilanadigan, tizimni takomillashtirish jarayoni. " Tizimni to‘la qayta yuklash|"Tizimni, ko‘pincha kompyuter ta’minot manbaini uzib-ulash orqali takroriy yuklash. " Tizimning minimal talablari|"Texnik va dasturiy vositalarga, elektron hujjat aylanishi imkoniyatlarini amalga oshirish uchun qo‘yiladigan, minimal zarur bo‘lgan talablar. " Tizimning yaxlitligi|"Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimining, o‘zining tezkor vazifasini bajarish bilan bir vaqtda, ro‘yxatga olinmagan foydalanuvchilar tomonidan resurslardan foydalanishning yoki o‘zgartirilishining oldini olish, shuningdek, ro‘yxatga olingan foydalanuvchilar tomonidan ularga tegishli bo‘lmagan resurslardan foydalanishning yoki o‘zgartirilishining oldini olish xususiyati. " Tizimning o‘tkazish qobiliyati|"Jarayonlarning bir vaqt birligi ichida o‘z ishini tugatishining (o‘rtacha) soni. " Tobe jarayon|"Ona-jarayonga bog‘liq jarayon, ona-jarayon yo‘q qilinganda yo‘q qilinadi, ona-jarayon tugallanishdan oldin barcha o‘ziga tobe jarayonlarning tugashini kutib turishi kerak. " Toifalaish sxemasi|"Dasturiy ta’minot bilan bog‘liq bo‘lgan toifalalar va turlarning tartiblashtirilgan birikmasi. " Toifalashh makoni|"Tizimlar va dasturiy ta’minotning, o‘zining individual o‘lchovi sifatida bitta yoki bir nechta tasniflashga ega bo‘lgan manfaatdor tomonlarning toifalash bo‘yicha muammolari ifodalangan universal to‘plami. " Token|"Pul mablag‘lari evaziga investor kompaniyadan oladigan raqamli aktiv. " Tola|"1. Ingichka shisha ip. 2. Yadro va dempferdan iborat, axborotni yorug‘lik ko‘rinishida uzata oladigan optik to‘lqin o‘tkazgich. " Tola (optik tola)|"Elektromagnit nurlanishni atmosfera orqali bo‘ladigan optik aloqaga nisbatan uzoqroq masofaga uzatish uchun mo‘ljallangan tola. Optik tolalarning barchasi o‘zak va qobiq diametri, shuningdek, sindirish ko‘rsatgichi profili bilan farq qiladi. " Tola optikasi|"Telekommunikatsiya maqsadlarida, yorug‘lik diodi yoki lazer bilan generatsiyalanadigan yorug‘lik nurlanishini uzatish uchun shishali yoki polimer yo‘naltiruvchi tuzilma (optik tola). " Tolalarni ulash|"O‘xshash yoki yaqin tola uchlarini konnektordan foydalanmasdan doimiy ulash. " Tolali kanal|"Tolali tarmoqning asosiy va o‘ta yuqori tezlikli ishchi stansiyalari o‘rtasida maʼlumotlar uzatish vositalari uchun maxsus ishlab chiqilgan standart. Unda maʼlumotlar uzatishning turli tezliklaridan va masofalardan, bir modali yoki ko‘p modali tolalardan foydalaniladi. " Tolali yorug‘lik o‘tkazgich|"Doiraviy kesimga ega va ikkita konsentrik dielektrik qatlamdan iborat yorug‘lik o‘tkazgich. Uning ishlashi optik to‘lqinning optik xossalari turlicha bo‘lgan ikki muhit chegarasida sinish jarayonlaridan foydalanishga asoslangan. " Tom|"Fayl tizimida foydalanish uchun formatlashtirilgan, diskning bir nechta bo‘limi yoki bo‘limi; o‘qish va yozish uchun mumkin bo‘lgan axborot tashuvchi alohida blokning bir qismi. Operatsion tizim ma’lumotlarni saqlash uchun foydalanadigan joyni o‘zida ifodalaydi. Har bir tom noyob belgiga, ko‘pincha, tomni kompyuterda belgilaydigan disk harfiga ega. Tom diskni, diskning bir qismini, bir qancha disklarning qismlarini yoki magnit tasmani ichiga olishi mumkin. Tomlar, shuningdek, «disk tomlari» yoki «mantiqiy disklar» deb ham ataladi. Har bir tom o‘zining mustaqil yuklash yozuvini, o‘zak katalogini va papkalar daraxtini ichiga oladi. " Tom nomi|"Ma’lumot tashuvchi (qattiq disk) formatlanayotganda yoki maxsus utilita yordamida beriladigan nom. Har bir jismoniy disk tomi dasturni arxivlashda zarur bo‘ladigan o‘zining nomiga ega bo‘ladi. Tom nomi bilan ishlash operatsion tizim tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. " Tonal chastotani uzatish kanali|"300-3400 Gs chastota kengligiga ega bo‘lgan namunaviy analog uzatish kanali. " Tonal ko‘p chastotali raqam terish|"Raqamlarni DTMF ikkita tovush signalining qo‘shilishi yordamida kodlash usuli. Turli chastotadagi signallarni tarmoq orqali uzatish − telefonning sonli tugmalari bosilganda tarmoqqa yakka signal uzatiladi. Bunday imkoniyat ba’zi bir tarmoq funksiyalaridan (ovozli pochta, E-mail) foydalanish uchun zarur. " Tonal tayyorlik signali|"Stansiyaning xabarlarni qabul qilishga tayyor ekanligini bildiruvchi tovush signali. " Topologiya|"1. Telekommunikatsiyalar tizimining umumjismoniy yoki mantiqiy konfiguratsiyasi: jismoniy topologiya – komponentlarni kabellar va simlar bilan ulash sxemasi, mantiqiy topologiya esa xabarlar tarmoqdan qanday o‘tishini tavsiflaydi. 2. O‘zaro aloqalar, o‘zaro ulanishlarni o‘rganish. Windows tarmog‘i komponentlari o‘rtasidagi munosabat tizimi. Active Directory replikatsiyasiga qo‘llash mumkin, topologiyasi ma’lumotlarni bir-biri bilan almashish uchun domen kontrollerlari tomonidan ishlatiladigan ulanishlar to‘plamidan iborat. " Topshiriq|"Kompyuter bajaradigan ish hajmi. U maʼlumotlar, dasturlar, fayllar va mashina uchun ko‘rsatmalar majmuidan iborat. Ixtiyoriy topshiriq bir necha bosqichda bajarilishi mumkin, ularning bir qismi o‘zidan avvalgilarining natijalariga bog‘liq bo‘ladi. Topshiriqlar ikki xil rejimda, yaʼni bir dasturli va ko‘p dasturli rejimda bajarilishi mumkin. Oxirgi holda, tizimda qandaydir vaqt mobaynida topshiriqlar majmui bajariladi. Uni maxsus rejalovchi dastur boshqarib, u amaliy jarayonlar tomonidan qo‘shma resurslarni ishlatish tartibini belgilaydi. " Toq|"Ikkiga qoldiqsiz bo‘linmaydigan sonlar. " Tor nurga ega antenna|"Keskin yo‘naltirilgan antenna. " Tor polosali antenna|"Chastotalar ishchi polosasi kengligining polosaning o‘rta chastotasiga kichik (0,1 dan kam) nisbati bo‘lgan antenna. " Tor polosali xalaqit|"Spektr kengligi retseptorning o‘tkazish polosasi kengligidan kichik yoki unga teng bo‘lgan elektromagnit xalaqit. " Tortqichli machta|"Qishloq joylarida radioreleli aloqa liniyalarini tez yoyish uchun moʻljallangan antennaning oddiy turi. Izoh – Odatda, bir-biri bilan mexanik bogʻlangan uchburchak kesimli bir nechta seksiyadan iborat. Antennani vertikal holatda ushlab turish metall troslar yordamida amalga oshiriladi. " Tortqichsiz machta|"Konstruksiyasi dala sharoitlarida mahkamlashning qoʻshimcha vositalaridan foydalanmasdan yoyishga imkon beradigan antenna machtasi. " Tovush balandligini avtomatik rostlagich|"Bir kanaldan boshqasiga o‘tilganda yoki reklama roliklari uzatilganda, tovush balandligi darajasining yoqimsiz sakrashlarini avtomatik tarzda bartaraf etadigan tizim, bunda tovush balandligi bir xil darajada saqlanadi. " Tovush fayli|"Nuqtama-nuqta kodlangan tovush bo‘laklaridan iborat fayl. Bundan tashqari, tovush fayli dasturlar va qurilmalar tomonidan ishlatiladigan boshqaruvchi kodlarni ham o‘z ichiga oladi. Tovush fayllarining namunaviy kengaytmalari: Microsoft Windows-wav; MPEG (Moving Pictures Expert Group) Layer-3; .mp3; Apple-aif; MIDI-mid; Windows Media Audio-wma. " Tovush jo‘rligi|"Televizion dasturning tovushli tashkil etuvchisi. " Tovush jo‘rligidagi eltuvchi|"Tovush jo‘rligidagi signal bilan televizion dasturni modulyatsiyalash uchun mo‘ljallangan eltuvchi. " Tovush jo‘rligidagi radiosignal|"Tovush jo‘rligidagi signal bilan modulyatsiyalangan tovush jo‘rligidagi eltuvchi signal. " Tovush jo‘rligidagi radiouzatgich|"Radiochastota signallarini yaratishda foydalaniladigan, televizion dasturning tovush jo‘rligini tashuvchi televizion radioeshittirish uzatgichining qismi. " Tovush jo‘rligidagi uzatgichning o‘rtacha chastotasi|"Sinusoidal signal modulyatsiyalagan nurlantiruvchi to‘lqinning o‘rtacha chastotasi. Nurlantiruvchi to‘lqinning modulyatsiya bo‘lmagandagi chastotasi. " (Tovush jo‘rligidagi) tasvir kanali|"Eshittirish televideniyesi trakti yoki trakti zvenosining, (tovush jo‘rligidagi) televizion tasvirni uzatish uchun mo‘ljallangan qismi. " Tovush kanali|"Tovush eshittirish signallari yoki tovush jo‘rligi signallarini uzatishga mo‘ljallangan namunaviy uzatish kanali. " Tovush kanalidagi tovush bosimi bo‘yicha nochiziqli buzilishlar koeffitsiyenti|"Televizorning akustik tizimi tomonidan kuchaytiriladigan tovush bosimi garmonikalari amaldagi qiymatining, asosiy chastota va uning garmonikalarining amaldagi qiymatiga nisbati. " Tovush kartasi|"Kompyuterlashtirilgan qurilmalarda tovushni qayta ishlash uchun qo‘llaniladigan electron qurilma. " Tovush kodeki|"Tovushni kodlash/dekodlash uchun mo‘ljallangan dasturlar. Kodlangan tovush o‘z sifatini qariyb yo‘qotmaydi va xotiradan kamroq joy egallaydi. " Tovush miksheri|"Tovush jo‘rligidagi signallarni shakllantirish maqsadida bir necha manbadan keladigan tovush signallarini birlashtiruvchi qurilma. " Tovush oldi buzilishlari|"Uzatuvchi tomonda tovush signalini dastlabki qayta ishlash, bunda yuqori chastotalar ma’lum logorifmik qonunga asosan ko‘tariladi. Qabul qiluvchi tomonda old buzilish bartaraf etiladi. Old buzilishlardan maqsad − signalning xalaqitga bardoshliligini oshirishdir. Yuqori chastotalarni ko‘tarish, ularning xalaqitlarga uchrash ehtimoli ko‘pligi bilan bog‘liqdir. Bartaraf etiladigan old buzilishlarning noto‘g‘ri tanlovi, qabul qiluvchi tomondan tovushni tiklashga imkon bersa ham uning sifatini sezilarli pasaytiradi. " Tovush platasi|"Shaxsiy kompyuterlar uchun tovushlarni yozish va qayta eshittirish imkonini beruvchi qo‘shimcha plata. " Tovush-tasvir kesichuvchi buzilishi|"Tasvir videosignali yoki televizion videosignalning tovush jo‘rligidagi signal keltirib chiqaradigan buzilishi. " Tovush va tasvirning nosinxronligi|"Tasvir va tovush jo‘rligi o‘rtasidagi aniq sezilarli vaqt oralig‘i. " Tovush shovqinini pasaytirish (kompandirlash)|"Audiosignalning, boshlang‘ich signal amplitudaviy spektrini siqishdan iborat bo‘lgan, xalaqitbardoshliligini oshirish usuli, bunda amplitudaning quyi chegarasi ehtimol tutilgan shovqin darajasidan yuqori bo‘ladi, yuqoridagisi esa joyida qoladi. Qabul qilish tomonda signal tiklanadi. " Tovush chastotasi|"20 Hz dan 20 kHz gacha diapazondagi chastota. " Tovush chastotasi bo‘yicha nochiziqli buzilish|"Kirish signalidagi garmonikalar tarkibining, uning uzatgichdan o‘tishi natijasida o‘zgarishi. " Tovushli axborotni qayta ishlash|"Tovushli axborotni qayta ishlovchi dasturlarda qo‘llaniladigan algoritm. " Tovushli axborotni tanlash xizmati|"Foydalanuvchi tomonidan (talabi bo‘yicha) musiqiy yoki boshqa audio-konferensiyani tashabbusli tanlash. " Tovushli kodlar|"Xatoliklar to‘g‘risida tovush signallari bilan xabardor qilish tizimi. tezkor-himoya qurilmasi, kesh-xotira yoki protsessor xatoliklarini aniqlashda ishning dastlabki bosqichida tayanch kiritish/chiqarish tizimi (BIOS) da foydalaniladi. Xatolik turi qisqa va uzun gudoklar soni hamda ularning ketma-ketligi bilan belgilanadi. " Tovushli ma’lumotlarni qayta ishlash darajasi|"Tovushli ma’lumotlar oqimini kodlashda foydalaniladigan algoritmlar majmui. Siqilish darajasi hamda koder va dekoderning murakkabligini belgilaydi. " Tovushli pochta|"Telefon band bo‘lganda, javob bermaganda, yoki mobil telefon uyali aloqaning xizmat ko‘rsatish zonasidan tashqarida joylashgan yoki o‘chirib qo‘yilganda, xabarni qabul qiluvchi avtojavobbergichning takomillashtirilgan analogi. Izoh – Tovushli pochta uchun abonentga kelib tushgan sanasi va vaqtli ko‘rsatiladigan xabarlarni saqlash uchun yana bitta telefon raqami – «quti» raqami taqdim etiladi. " Tovushli signal|"Tovush chastotasining, televizion tasvirning tovushli dasturi yoki tovush jo‘rligini aks ettiruvchi, dasturiy signali. " Tovushni boshqarish|"Chiquvchi audio qurilma, odatda kolonkadan chiqadigan tovushlarni boshqarish uchun utilita. Tovushning past-balandligini o‘zgartirish mumkin. " Tovushni zichlash − MP3 texnologiyasi|"Tasvirni hamda MPEG-1 va MPEG-2 tovushlarni raqamli siqish standartlarini yo‘qotish bilan Layer 3 tovushli axborotini siqish va saqlash formati. 10-12 kompressiyaning keng tarqalgan koeffitsiyenti. Format katta formatdagi musiqali fayllarni Internet orqali uzatishni soddalashtirish va arzonlashtirish maqsadida yaratilgan. Oddiy tinglovchining eshitish qobiliyati farqlay olmaydigan yozuvdagi tovush chastotalarini olib tashlashga imkon beradigan siqishning maxsus algoritmidan foydalaniladi; shunga muvofiq yozuvning hajmi ancha qisqaradi. Shu bilan birga, format ptofessional foydalanish uchun nobop hisoblanadi. " Toza|"Odatda, ushbu atama Internet Explorer moslamalarida qo‘llaniladi, agar ushbu moslama tanlansa, kuzatib boruvchi andoza bo‘yicha Internet Explorer ishga tushirilganda Internetga ulanmagan holda toza sahifani ochadi. " Tozalash|"Vaqtinchalik fayllarni o‘chirish. Diskdagi bo‘sh joyni ko‘paytirish uchun xizmat qiladi. " Tozalik|"1. Ustunlik qiluvchi va qo‘shimcha to‘lqin uzunligi bilan tavsiflanuvchi aralashmalardagi spektral hamda axromatik tashkil etuvchilarning nisbiy yorqinligi rangning tozaligi orqali aniqlanadi va uni belgilaydi. 2. Ushbu rangni tashkil qiluvchi sof spektral rangning oq va spektral rang yig‘indisiga nisbati bilan belgilanadigan rang xarakteristikasi. " Toshiba korporatsiyasi|"1875-yil Yaponiyada tashkil qilingan yirik xalqaro konsern. Faoliyatining asosiy yo‘nalishlari – elektrotexnika, elektronika va tibbiyot uskunalari. " Trafik|"Ma’lumotlarning uzatiladigan muhitdagi harakati, masalan, ma’lumotlarning lokal yoki global tarmoqdardagi oqimi. Tarmoqning bandligi (xuddi avtomobil yo‘llaridagi harakat kabi). " Trafik analizatori|"Boshqa bog‘lamalar uchun mo‘ljallangan tarmoq trafigini ushlab qolish va keyingi tahlillash yoki faqat tahlil qilishni amalga oshiradigan dastur yoki dasturiy-apparat vosita. Analizator ishlayotganda tarmoq interfeysi «tinglash rejimiga» o‘tadi va bu unga tarmoqdagi boshqa interfeyslarga yuborilgan ft paketlarni qabul qilish imkonini beradi. " Trafik kanal|"Abonent va tayanch stansiyalar o‘rtasida foydali va xizmatga oid axborotni uzatish kanali. Bu tushunchaga to‘g‘ri va teskari kanallar ham kiritiladi. " Trafikni nazorat qilish|"Ortiqcha yuklanishning oldini olish uchun barcha tarmoq elementlarida tarmoq tomonidan bajariladigan operatsiyalar. " Trafikni tahlil qilish|"Trafik oqimlarini kuzatish paytida olingan axborot tahlili. Masalan, trafik mavjudligi, mavjud emasligi, hajmi, yo‘nalishi va chastotasining tahlili. " Trafikni tiqishtirish|"Axborot muhofaza qilish sohasida – aksil chora. U trafikni tahlillashni yoki shifrlangan matnni ochiq matnga o‘girishni murakkablashtirish uchun uzatish muhitida maʼnosiz maʼlumotlarni yaratib ulardan foydalanishni nazarda tutadi. Masalan, ramzlar ketma-ketligi sifatida kodlangan xabar uzatishda ketma-ketlikning ayrim xonalarini yaratilgan ramzlar bilan to‘ldirish tushuniladi. " Trafikni o‘rniga qo‘yish (to‘ldirish)|"1. Soxta ulanishlarni aniqlash, qalbaki ma’lumotlar bloklarini va/yoki ma’lumotlar bloki ichidagi alohida qalbaki ma’lumotlarni generatsiyalash. 2. Ma’lumotlar bloki doirasida noto‘g‘ri aloqa voqealarini, noto‘g‘ri ma’lumotlar blokini va/yoki noto‘g‘ri ma’lumotlarni generatsiyalash. " Trafikning konfidensialligi|"1. Trafik (xabarlar oqimi)ni tahlildan muhofaza qilinishini ta’minlovchi konfidensiallik xizmatlari. 2. Aloqa tizimining raqib va/yoki axborotni buzuvchining tizimda uzatilayotgan ma’lumotlar va/yoki trafikni tahlil qilish orqali tizimning umuman ishlashi to‘g‘risidagi axborotni olishidan muhofazalanganligini tavsiflovchi xususiyat. Trafikni tahlil qilishdan himoyalash identifikatorlar hamda jo‘natuvchi va oluvchining manzillarini, paketlar uzunligini, uzatishlar jadalligini yashirish yo‘li va sh.k.orqali ta’minlanadi. " Traktni uzatish koeffitsiyenti|"Traktning chiqishdagi berilgan kesimida tushuvchi toʻlqinning normalangan kuchlanishi yoki toki kompleks amplitudasining, chiqishda qaytuvchi toʻlqin boʻlmaganda, traktning kirishdagi berilgan kesimida tushuvchi toʻlqinning normalangan kuchlanishi yoki toki kompleks amplitudasiga nisbati. " Tranking|"Abonent so‘roviga muvofiq taqdim etiladigan, bo‘sh kanallarni taqsimlashning avtomatik usuli; bunda har bir terminal ajratilgan diapazonning bir nechta qayd etilgan chastotalarning istalgan birida ishlashi mumkin. " Transdyuser o‘zgartirgich|"Energiyani bir shakldan boshqasiga, masalan, optik energiyani elektr energiyasiga aylantirish uchun mo‘ljallangan qurilma. " Transformatsiya (videoo‘zgartirish)|"Administrator tomonidan o‘rnatiladigan kiruvchi va chiquvchi xabarlarga qo‘shiladigan domen nomlarini qo‘shish, olib tashlash va o‘zgartirish qoidalari. " Transiver (qabul qilgich-uzatgich)|"Ethernet dagi kabi xost interfeysini lokal tarmoq bilan bog‘laydigan fizik qurilma. Izoh – Ethernet transiverlari kabelga signalni uzatuvchi va detektorlovchi elektron qurilmadan iborat. " Transkoderlash (rangli televideniyeda)|"Rangli televideniyening bitta tizimiga muvofiq kodlangan rangli videosignalni xuddi shunday satr va maydonlar chastotasiga ega bo‘lgan boshqa tizimga muvofiq kodlangan signalga o‘zgartirish. " Translyator|"Dastur yoki dasturning translyatsiya qilinishini bajaradigan texnik vosita. Translyator, shuningdek, xatolar aniqlanishini bajaradi, bosib chiqarish uchun dastur matnlarini beradi. " Translyatorga ko‘rsatma|"Dastur mazmunini o‘zgartirmaydigan, lekin translyator ishini boshqaradigan yoki unga qandaydir parametrlar beradigan, kirish tili konstruksiyasi. " Translyatsiya|"1. Bir dasturlash tilida yozilgan dasturni boshqa bir tildagi dasturga o‘zgartirish jarayoni. Translyatsiya – bu, bajarilishi mumkin bo‘lgan, mashina kodlaridagi dasturni tuzishdir; biblioteka kichik dasturlari, modullar, protseduralarni mashina tilidagi yakuniy dasturga qo‘shilishini ta’minlaydi. Izoh ‒ Translyatsiyaning ikki turi farqlanadi: kompilyatsiya – natija, dasturning boshlang‘ich matnidan mustaqil bajariladigan tayyor dastur ko‘rinishida olinadi; interpretatsiya – dasturning bajarilishi va translyatsiya qilinishi komandalar bo‘yicha yuz beradi. 2. Elektraloqa signallarini (tovush yoki televizion eshittirish signallarini, telefon so‘zlashuvlarni, telegraf xabarlarini va shu kabilarni) oraliq (translyatsion) stansiya orqali uzatish. " Translyatsiya davri o‘zgaruvchisi|"Makrobelgilashlar va translyatorga ko‘rsatmalarda foydalaniladigan o‘zgaruvchi. " Translyatsiya qilishdagi xato|"Dastur matnidagi, translyator aniqlaydigan xato. " Transponder (retranslyator)|"Ko‘plab yer stansiyalaridan signallarni qabul qiladigan va ularni boshqa chastotalar diapazonida Yerga qayta nurlantiradigan yo‘ldoshli qabul qilgich-uzatgich. Retranslyatorning kirish va chiqishidagi signallarning tuzilmasi odatda o‘zgarmaydi. " Transport darajasi|"Oxirgi (terminal) qurilmalar o‘rtasida ma’lumotlarni ishonchli uzatish uchun javob beruvchi OSI modelining to‘rtinchi sathi. " Transport oqimi|"Xatolarni to‘g‘rilash va o‘zining sinxronlash manbalaridan mustaqil izohlashga ega doimiy uzunlikdagi dasturiy paketlardan shakllangan raqamli eshittirish televideniyesi ma’lumotlarining bir nechta dasturiy oqimlarining to‘plami. " Transport protokoli, transport darajasidagi protokol|"OSI modelining transport darajasidagi funksiyalarini bajaruvchi tarmoq protokoli. " Transpyuter|"Ko‘p protsessorli hisoblash tizimlarida parallel hisoblashlar uchun foydalanishga mo‘ljallangan, maxsus arxitektura protsessori. " Tranzaksiya|"Obyektlarning vaqt bo‘yicha qisqa birgalikda ishlash sikli. O‘z ichiga «so‘rov ‒ topshiriqning bajarilishi ‒ javob»ni oladi. Odatda, dialog rejimida amalga oshiriladi. " Tranzaksiyalar jurnaliga ega fayl tizimi|"Har qanday o‘zgarishni tranzaksiya kabi qayd qiladigan fayl tizimi. Barcha tranzaksiyalar jurnalga yoziladi. " Tranzaksiyalar protsessori|"Tranzaksiyalar qayta ishlanishini rejalashtirish bilan shug‘ullanadigan va ularning bir-biridan alohida ajralib turishini ta’minlash uchun javob beradigan, shuningdek, tranzaksiyalarni qayta ishlash protokollashtirilishini ta’minlaydigan, maʼlumolar bazasini boshqarish tizimining kichik tizimlaridan biri. " Tranzaksiyalardan nusxa ko‘chirish|"Tranzaksiyalardan nusxa ko‘chirish – bu muntazam tarzda o‘zgaradigan maʼlumotlar bazalari uchun qulay yechim. Tranzaksiyalardan nusxa ko‘chirishda nusxa ko‘chirish agenti asosiy bazadagi o‘zgarishlarni obunachilarga yuboradi. Bu o‘zgarishlar ayni paytda yoki muntazam ravishda yuborilishi mumkin. " Tranzaksiyalarni tezkor qayta ishlash|"Real vaqt rejimida tranzaksiyalarning (so‘roq berish va natija olish jarayonlarining) bajarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan, maʼlumotlar bazalarini boshqarish turi. " Tranzit|"Chastotalar polosasi yoki uzatish tezligi o‘zgartirilmasdan, telekommunikatsiyalar signallari o‘tishini taʼminlaydigan, bir xil uzatish kanallari yoki traktlarining ulanishi. " Trassa|"Telekommunikatsiyalar kabelini o‘rnatish uchun mo‘ljallangan vosita (muhit, fazo). " Trassadagi oraliq masofa|"Trassaning eng yuqori geografik nuqtasidan qabul qiluvchi va uzatuvchi antennalarning fazaviy markazlarini birlashtiruvchi to‘g‘ri liniyagacha bo‘lgan raqamli eng kichik masofa. " Trassalashtirish|"Dastur har bir komandasining bajarilishi natijalarini aks ettirish. Bunda o‘zgaruvchilar, funksiyalar, ifodalarning qiymatlari beriladi. Trassalashtirishdan dasturni sozlashda foydalaniladi. " Trek|"Magnit disk. Har birini diskning aylanadigan plastinasi sirtida qo‘zg‘almas o‘qish/yozish kallagi qoldiradigan halqa ko‘rinishida tasavvur qilish mumkin bo‘lgan magnit yo‘lkalar majmuini o‘zida ifodalaydi. Yo‘lkalar 0 dan boshlab, chetki qismidan markaz tomon raqamlab boriladi. Disk formatlanganda, har bir yo‘lka sektorlarga bo‘linadi. " Trekbol|"Kompyuter tizimlari tarkibida ishlash uchun mo‘ljallangan grafik manipulyator. Harakatlanishi nazorat qilinadigan shar – shar shaklidagi va «sichqoncha»ning o‘rnini bosadigan 2ta yoki 3 ta tugmadan iborat maxsus qurilma. " Trekpoint|"Displeyda ma’lumotlarni tanlash, grafik ma’lumotlarni kiritish imkonini beradigan qurilma. Displey ekranida kursor yordamida barmoqning unga bo‘ladigan bosimi yo‘nalishini kuzatib boradigan tugmani o‘zida ifodalaydi. Odatda, klaviatura o‘rtasida o‘rnatiladi. " Trellis kodlash|"Maxsus tanlangan yoyish kodi va bitlarni simvollarga joylashtirish algoritmining kombinatsiyasi, u ortiqchalikni uncha ko‘paytirmasdan, energiyadan sezilarli yutishni ta’minlaydi. " Trevoga|"Viruslar xavfi tug‘ilganda, xavfsizlik buzilganligi to‘g‘risidagi xabarda, ruxsat etilmagan foydalanish/ kirish amalga oshirilganda uzatiladigan tovushli yoki vizual trevoga signali. " Trevoga signalini berish qurilmasi|"Ruxsat etilmagan tarzda foydalanishga urinish bo‘lganda, nazorat postiga tovush va/yoki yorug‘lik signali uzatilishini ta’minlovchi dasturiy-apparat qurilma. " Triada|"Uchta: qizil, ko‘k va yashil rangdan iborat lyuminofor guruh. " Trigger|"Ikki yoki undan ko‘p barqaror holatga ega elektron qurilma. Triggerlar integral sxemalar tarkibiga kiradi. Asosan, xotira sifatida foydalaniladi. " Trilateratsiya|"Mobil obyekt joylashgan yerni aniqlashning, bir vaqtda tarmoqning uchta stansiyasidan obyektgacha bo‘lgan masofani o‘lchashga asoslangan usuli. " «Troya oti»|"Ma’lumotlarni ruxsat etilmagan tarzda to‘plash, falsifikatsiya qilish yoki yo‘q qilishni amalga oshirish imkonini beradigan, funksional foydali bo‘lib ko‘rinadigan, zarar yetkazuvchi dastur. " Tugallash, tamomlash|"Operator yoki blokning oxirini (tugashini) ko‘rsatadigan xizmatga oid so‘z. " Tugatish|"Jarayonning, uning dasturini bajarish tugallanganligini bildiradigan holati. " Tugma|"Shaklning asosiy elementlaridan biri. To‘g‘riburchakni o‘zida aks ettiradi, uni bosish natijasida biror harakat yuz beradi. " Tugmadagi tasvir|"Tugma yuzida tasvirlangan piktogramma. Matnga muqobil hisoblanadi. " Tugmalar paneli|"Bevosita menyu satri ostida joylashgan va nusxa ko‘chirish, ma’lumotlarni surish, olib tashlash kabi, tez-tez talab qilinadigan operatsiyalarni bajarish imkonini beradigan tugmalar qatori. " Tuman pochta aloqasi bog‘lamasi|"Tuman markazlarida tashkil etiladigan pochta aloqasi bog‘lamasi. " Tumanichi pochta yo‘nalishi|"Bitta tuman pochta aloqasi obyektlarini bog‘lovchi pochta yo‘nalishi. " «Tungi servis» xizmatini ta’minlash|"Tungi vaqtlarda chaqiruvlarni muqobil (belgilangan) raqamga qayta yuborish imkonini beradigan xizmat. Xizmatni aktivlashtirish ikkita: - avtomatik, ko‘p liniyali bog‘lam guruhining barcha a’zolari band bo‘lganda; - qo‘lda, ko‘p liniyali bog‘lam guruhi a’zolalaridan biri tomonidan aktivlashtirish usuli orqali amalga oshiriladi. Izoh – Xizmat ko‘p liniyali bog‘lam guruhlari uchun mo‘ljallangan. " Tungi televideniye|"10-4 ℓk dan 10-5 ℓk gacha yetadigan, o‘rtacha 10-2 ℓk dan 10-3 ℓk gacha tashkil etadigan tungi tabiiy yoritilganlikdagi televizion uzatish. " Tur|"Dasturlash tillarida foydalaniladigan ma’lumotlar ko‘rinishi (masalan, simvolli, butun sonli va h.k.) " Turbo|"1. Protsessorning ishlash chastotasi oshirilgan kompyuterning ishlash rejimi. Turbo rejimi i80286 protsessordan boshlab asosiy hisoblanadi. Eskirgan dasturlar bilan ishlashda bu rejim uzib qo‘yiladi. Pentium protsessorli kompyuterlarda foydalanilmaydi. 2. Borland firmasining savdo markasi. Mashhur Turbo Paskal, Turbo C, Turbo Prolog mahsulotlari bir xil muhitga va sifatli translyatorlarga ega. " Turbo-kodlash|"Parallel ulangan bir nechta koder orqali simvolli ketma-ketlikni kodlash. " Turkumlar verifikatori|"Turkumni yuklashda uning bayt-kodi, turlarining nazorati va boshqa zarur tekshirishlarni bajaradigan JVM tarkibiy qismi. " Turlarni o‘zgartirish|"Bir turdan boshqa turga o‘zgartirish operatsiyasi, masalan, «1234» qatori 1234 butun raqamiga aylantirilishi mumkin. " Turli tomonga yo‘naltiriladigan antennalardan foydalanib yoyish|"Harakatdagi (masalan, poyezdga o‘rnatilgan) radiostansiyalar uchun katta kuchayish koeffitsiyentiga ega antennani avtotanlashga asoslangan signallarni qabul qilish usuli. " Turniket antenna|"Ta’minoti fazalarni 90° ga burish bilan uzatiladigan bir nechta oʻzaro perpendikulyar vibratorlar antenna boʻylab joylashadigan machta (shtanga)ni oʻzida aks ettiradigan antenna. " Turg‘un qoplanish zonasi|"Radiosignal ishonchli qabul qilish uchun yetarli darajada nurlanadigan zona. " Turgʻun toʻlqin|"1. Qarama-qarshi yo‘nalishlarda tarqaladigan, ulardan biri to‘g‘ri, ikkinchisi esa uzatish liniyasining olisdagi uchidan qaytuvchi ikki to‘lqinning ustma-ust tushishidan hosil bo‘ladigan to‘lqin. Turgʻun toʻlqinda kuchlanish va tok faza boʻyicha 90° ga surilgan, amplitudalari ba’zi nuqtalarda maksimumga (bogʻlamlilik maksimumiga), ba’zilarida esa, nolga (uzellar) yetgan holda, aloqa liniyasi boʻylab oʻzgaradi. 2. Bir xil amplitudali, bir-biriga tomon tarqaladigan hamda vaqt va fazoda oʻzgaradigan ikkita yuguruvchi elektromagnit toʻlqin interferensiyasi paytida fazoda yuzaga keladigan elektromagnit toʻlqin. " Turgʻun toʻlqin koeffitsiyenti (TTK)|"1. Uzatish liniyasidagi turgʻun toʻlqin elektr yoki magnit maydoni kuchlanganligi amplitudasi eng yuqori qiymatining eng kichik qiymatga nisbati. 2. Uzatish liniyasidagi turgʻun va yuguruvchi toʻlqin amplitudalari oʻrtasidagi oʻzaro nisbatni tavsiflovchi koʻrsatgich boʻlib, SWR = (1 + k)/(1 – k) tarzida aniqlanadi, bunda k – qaytish koeffitsiyenti. " Turg‘un to‘lqinlar rejimi|"1. Liniyada teng amplitudali tushuvchi va qaytgan to‘lqinlar mavjud bo‘ladigan, yo‘qotishlarsiz uzun liniyaning ishlash rejimi. 2. Liniya yuklamasi u yo‘naltiradigan to‘lqin energiyasini to‘liq qaytaradigan rejim. " Tutash huquqlarni qo‘riqlash nishoni|"Fonogrammaning har bir nusxasida va/yoki uning har bir g‘ilofida joylashtiriladigan nishon. U uch elementdan iborat bo‘ladi: aylanada «R» lotin harfi; alohida tutash huquqlari egasining ismi (rasmiy nomi); fonogramma birinchi marta chop etilgan yil. " Tutashtirgich|"1. Har ikki uchida konnektorlari bo‘lgan optik-tolali kabel. 2. Krossda yarim doimiy ulanishlar uchun foydalaniladigan konnektorsiz kabel birligi yoki elementi. 3.Konnektorlarsiz o‘ralgan juftlar asosidagi, krossda telekommunikatsiya sxemalari/liniyalarini ulash uchun foydalaniladigan qurilma. " Tutib olish xizmati|"Agar chaqiruv mavjud bo‘lmagan yoki o‘zgartirilgan raqamga chaqiruv yuborilsa yoki chaqiruv vaqtida marshrut vaqtincha blokirovkalangan bo‘lsa, yoki chaqiruv yuborilganda abonent noto‘g‘ri harakat qilsa, chaqiruv avtomatik tarzda tutib qolinadi va kommutatsiya uskunasi orqali keraksiz bog‘lanishni o‘rnatishning oldini olish uchun, chaqiruvlarni tutib olish qurilmasiga uzatiladi. " Tuzatilgan versiya|"Apparat yoki dasturiy vositaning aniqlangan barcha xatoliklar tuzatilgan va qo‘shimcha hech qanday funksiyalari bo‘lmagan versiyasi. " Tuzatmoq|"Xatolarni izlash va tuzatish amali. Ma’lumot kiritish orqali dastur instruksiyasini qadam-baqadam bajarish orqali amalga oshiriladi. " Tuzatuvchi kod|"Uzatiladigan xabarga ba’zi bir ortiqchalilik kiritilishi orqali xatolarni tuzatuvchi kod. " Tuzatuvchi qurilma|"Aloqa kanalida yoki axborotni qayta ishlashda vujudga keladigan muntazam (tasodifiy bo‘lmagan) xatolarni bartaraf etish uchun mo‘ljallangan qurilma. Kanal tuzatuvchi qurilmasining ishlash prinsipi signal xarakteristikalarini aloqa kanalining uzatish funksiyasi bilan moslashtirishga asoslangan. " Tuzilma|"Bitta yoki bir nechta, balki har xil turdagi elementlardan iborat ma’lumotlar elementi. " Tuzilmaviy dasturlash|"Har birida bitta kirish va bitta chiqish nuqtalari bo‘lgan, iyerarxik ixcham modullardan tashkil topgan (Edsger Dijkstra tomonidan yaratilgan) dasturlarni loyihalash metodologiyasi. Bundan tashqari tuzilmaviy dasturlash GОTО operatorini ishlatishni cheklab qo‘yadi. " Tuzish va yig‘ishning quyi darajasi|"ATM tarmoqlarida AAL ning ikkita darajasidan biri. Nisbatan yuqori darajadagi kiruvchi ma’lumotlar oqimini 48 byte li yacheykalarga bo‘ladi va u yacheykalardan chiquvchi ma’lumotlarni yig‘adi. Odatda tarmoq kontrollerida alohida mikrosxemalar ko‘rinishida amalga oshiriladi. Ma’lumotlarni yacheykalarga ajratish usullarini aniqlovchi turli standartlar mavjud. Ular ATM Adaptation Layers deyiladi. " Tuzoq|"Jinoyatkorning har qanday harakatini sinchiklab protokollashtiradigan kompyuterdagi ma’lum servislar (pochta, Telnet va sh.k.) ishini tezlashtiradigan dastur. " Tuzoqlardan foydalanish|"Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimiga, oshkora kamchiliklarni (zaifliklarni) atayin kiritish. Buzg‘unchi bu kamchiliklardan (zaifliklardan) foydalanganda, uni chalg‘itish uchun yoki kirishga urinishlarni aniqlash uchun mo‘ljallangan. " Tuzuvchi|"Faylni yaratadigan maxsus dastur. " Tushadigan menyu|"Barcha oynalarga qo‘llaniladigan komandalar menyusi; displey ekranining yuqori burchagida joylashgan sarlavhasi ko‘rsatilgan holda chaqiriladigan, bevosita shu sarlavha ostida paydo bo‘ladigan va komanda tanlangandan so‘ng yo‘qoladigan menyu. Shuningdek, «global menyu» deb ham ataladi. " Tushuvchi radioto‘lqin|"O‘z yo‘lida ikkita muhitning ajralish sirtiga yoki muhitning bir xil emasligiga duch keladigan radioto‘lqin. " Tushuvchi to‘lqin|"Manbadan tarqaladigan yuguruvchi to‘lqin. " TV ko‘rsatuvlarni keyinga qoldirib ko‘rish|"Kontentni kechikish bilan (odatda 1 soatga karrali) uzatuvchi kanal yordamida ko‘rsatuvning yoqib qolgan fragmentlarini takrorlash imkoniyati. " TV signalning inersionliligi|"Fotoelektron o‘zgartirgich chiqishidagi TV signal o‘zgarishining uning fotosezgir yuzasi yoritilganligining o‘zgarishiga nisbatan kechikishini tavsiflaydigan parametr. " TV signalning ortiqchaligi|"Axborotning sezilarli ortiqchaligi yoki ko‘rish apparati imkoniyatlarining cheklanganligi bilan bog‘liqlik. " TV tasvirlarning sifati|"TV tasvirlarning universal optik yoki elektron televizion sinov jadvallarining tasviri bo‘yicha, vizual baholanadigan parametrlari. " Tyuner|"Ma’lum chastotalardagi televizion signallarni ajratadigan va uni audio va videoaxborotga o‘zgartiradigan qabul qiluvchi qurilma. " Tyuner sezgirligi|"Kirish signali darajasi, bunda tyuner sifatli (ma’lum bir standart mezonlar bo‘yicha) qabulni ta’minlaydi. " Tyuring mashinasi|"1936-yilda ingliz matematigi Alan Tyuring tomonidan algoritm tushunchasini rasmiylashtirish va algoritmlar murakkabligini (murakkablik toifalarini) o‘rganish vositasi sifatida taklif qilingan gipotetik hisoblagich. Tyurinning maqsadi hisoblash mashinasi nimani bajara olishi va nimani bajara olmasligi o‘rtasidagi chegarani tavsiflashdan iborat edi. Tyuring mashinasi bu matematik jihatdan ideallashtirilgan kompyuter bo‘lib, u hech qachon xato qilmaydi, istaganingizcha uzoq vaqt ishlaydi va cheksiz xotira hajmiga ega. Umumiy foydalanishdagi zamonaviy protsessorlar, ularda cheksiz xotira hajmi mavjud emasligini hisobga olmaganda, Tyuring mashinasiga juda o‘xshashdir. Determinallangan va determinallanmagan Tyuring mashinalari farqlanadi. " Tyuring testi|"Ingliz matematigi Alan Tyuring (1912-1954) tomonidan «Hisoblash mashinalari va intellekt» (1950-yilda «Mind» jurnalida chop etilgan) eng muhim maqolasida sun’iy intellekt tizimlarini intellekt mavjudligiga tekshirish uchun taklif qilingan test. Ushbu testdan o‘tish uchun boshqa xonada joylashgan mashina odam («tergovchi») bilan shunday tarzda suhbat qurishi kerakki, bunda odam kompyuter bilan suhbatlashayotganini payqamasligi kerak. Bir kishi teletaypda (hozirgi vaqtda klaviaturada) mashinaga bir nechta savollarni kiritadi, mashina esa javoblarni monitor ekranida aks ettiradi. Faqatgina ushbu matnli xabar orqali u suhbatdoshining mashina yoki odam ekanligini aniqlashi kerak. Agar test o‘tkazuvchi odam bilan gaplashayotganiga ishonsa, u tomonidan baholanayotgan mashina sun’iy intellektga ega bo‘ladi. Tyuring testi va testga tanqidiy yondashuv sun’iy intellekt rivojlanishida ijobiy rol o‘ynadi. Shuningdek, sun’iy intellektda, kompyuterning ko‘rish va harakatlana olish qobiliyatini qo‘shimcha ravishda tekshiradigan umumiy Tyuring testi tushunchasi mavjud. " To‘la dupleks|"Qurilmaning bir vaqtning o‘zida ikki yo‘nalishda – signalni qabul qilish va uzatishda ishlash qobiliyati. " To‘la ekranli dastur|"To‘la ekran rejimida ishlaydigan dastur. " To‘la matnli izlash|"Zarur axborotni olish uchun, hujjatlar to‘plamidagi har bir so‘z bo‘yicha izlash. " To‘la matnli maʼlumotlar bazasi|"To‘la matnli hujjatlar yoki ularning qismlari saqlanayotgan maʼlumotlar bazasi. " To‘la sug‘urta nusxalash|"Disk ichidagi barcha narsadan yoki ma’lumotlar bazasidan rezerv zaxira ko’chirish. " To‘ldirib yuborish hujumi|"Katta hajmdagi soxta trafikni kiritish hisobiga tarmoq uskunasining (marshrutizator, kommutator va b.larning) sun’iy ravishda o‘ta yuklanishini vujudga keltirish. " To‘ldiriladigan operatsion kod|"Komandaning boshqa qismidan olingan axborot orqali qo‘shimcha aniqlanadigan operatsion kod. " To‘ldirish bayrog‘i|"Protsessorlardagi holat registri bayroqlaridan biri. " To‘lib ketish|"Ma’lumotlarning katta hajmini tasodifan yoki qasddan kiritish, uning natijasida xizmat ko‘rsatishning rad etilishi yuz beradi. " To‘liq ajratib bajariladigan hujum, brutfors|"Parol va kalitlarning mumkin bo‘lgan variantlarini tanlab, sinashlar va xato qilishlar usulida kompyuter xavfsizligini buzishga urinish. Izoh – To‘liq ajratib bajariladigan hujum analitik hujumning aksi hisoblanadi. " To‘liq aylanadigan antenna|"Fazoning istalgan nuqtasiga yo‘naltirilishi mumkin bo‘lgan antenna. " To‘liq bog‘langan topologiya|"Bog‘lagichlarning har bir jufti uchun eng kamida bitta aloqa mavjud bo‘lgan konfiguratsiya. " To‘liq kadrning vaqt bo‘yicha kodi|"Kadrlar bilan haqiqiy vaqt o‘rtasida muvofiqlik o‘rnatilishi o‘rniga kadrlarning aniq sonini hisoblash yuz beradigan videotasmadagi kadrlarni manzillash uchun mo‘ljallangan SMPTE standarti. " To‘liq maydondagi telematn|"Axborot televizion tasvir signallari mavjud emasligida va bu signallar bilan shug‘ullanuvchi vaqt davomida uzatiladigan telematn. " To‘liq mos kelishlik|"Ikkita yoki undan ko‘p kompyuter foydalanuvchilari uchun hech qanday cheklashlarsiz texnik, dasturiy va axborot uyg‘unligi. " To‘liq rang sinxronlash signali|"Rangli televideniye qabul qilgichi to‘g‘ri ishlashi uchun zarur bo‘lgan barcha sinxronlovchi signallarni ichiga olgan signal. " To‘liq rang videosignali|"To‘liq yorqinlik signali hamda ranglilik signalidan iborat televizion videosignal. " To‘liq saralash|"To‘g‘ri kriptografik kalitni barcha mumkin bo‘lgan kalitlar ichidan uni to‘liq saralash yo‘li bilan izlashning asosiy usuli. Shifrlash algoritmi yoki kalitlarni ishlab chiqishda zaifliklar topilganda, kalitlar sonini qisqartirish mumkin bo‘ladi. " To‘liq tasvir signali|"So‘ndiruvchi impulsli tasvir signali hamda sinxronlovchi signallardan iborat signal. " To‘liq tasvir signalidagi oqning etalon darajasi|"Signalni sinxronlovchi signalning cho‘qqisidan uzoqlashtirilgan (oqning yo‘nalishida) daraja. " (To‘liq tasvir signalining) qulochi|"To‘liq tasvir signali kuchlanishining eng katta musbat va eng katta manfiy potensiallari o‘rtasidagi farq. " To‘liq ulangan tarmoq|"Har qanday mashina boshqa har qanday mashina bilan ulangan tarmoq. " To‘liq videosignal|"Videosignalning sinxronizatsiya signali bilan kombinatsiyasi. " To‘liq yorqinlik signali|"Yorqinlik va sinxronlash signallaridan iborat signal. " To‘lov to‘g‘risidagi ma’lumotlarni avtomatik tarzda uzatish xizmati|"Abonentga bog‘lanish uchun to‘lovni to‘lashga taalluqli barcha ma’lumotlar yoki ularning qismi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish imkonini beradigan xizmat. " To‘lqin kiritish-chiqarish multipleksori|"To‘lqinli multipleksorlashdan foydalanadigan, kiritish-chiqarish multipleksori. " To‘lqin qarshilik|"1. Liniyaning to‘lqin qarshiligi, shu liniya bo‘ylab taqsimlangan sig‘imga liniya bo‘ylab taqsimlangan induktivlik kvadrat nisbatining ildiziga teng. 2. Berilgan tarqalish muhitida ma’lum turdagi to‘lqin uchun elektr va magnit maydonlari kuchlanganlik qiymatlarining nisbati. " To‘lqin uzunligi|"1. Fazodagi ikki nuqta o‘rtasida yotuvchi eng qisqa masofa, unda elektromagnit to‘lqin fazasi 2π ga o‘zgaradi. 2. Tebranishlar bir xil fazаga ega bo‘lgan, to‘lqin tarqalish yo‘nalishi bo‘ylab joylashgan ikki nuqta o‘rtasidagi eng kichik masofa. " To‘lqin uzunligi bo‘yicha ajratish bilan multipleksorlash|"1. Liniya agregat kanali to‘lqin uzunligi bo‘yicha turlicha n ta kanalni (modulyatsiyalovchi signal texnologiyasiga ko‘ra o‘xshash bo‘lmagan) birlashtirish yo‘li bilan shakllantiriladigan multipleksorlash. 2. Signallarni multipleksorlash usuli. Bitta optik-tolali kabel orqali to‘lqin uzunligi turlicha bo‘lgan bir nechta (odatda, 16 tagacha) yorug‘lik dastasini uzatish imkonini beradi. To‘lqin uzunligiga ko‘ra, multipleksorlash signalning minimal so‘nishi (bir modali to‘lqin uchun 0,2 dB/km gacha) ta’minlanadigan 1530-1560 nm chegarada amalga oshiriladi. " To‘lqin uzunligi bo‘yicha ajratish bilan zichlashtirish|"Optoelektron signallarni, quyi chastotalarda qo‘llaniladigan chastotaviy zichlashtirishga o‘xshash, yuqori tezlikli uzatish usuli. Texnologiya optik tolali muhitda bir nechta mustaqil trafiklarni spektral tashkil etuvchilar (tonlar) o‘rtasida kesishmaydigan ko‘plikka rangni ajratish mumkinligi hisobiga uzatish imkoniyatidan foydalanadi. Kanallar 4, 16 ta va undan ko‘p bo‘lishi mumkin. " To‘lqin uzunligi bo‘yicha multipleksorlash|"Turli uzunlikdagi yorug‘lik to‘lqinlaridan foydalanishga asoslangan spektral zichlashtirish texnologiyasi va DWDM texnologiyalari. Bu optik-tolali kabellarda 1022 tagacha turli hajmdagi kanal hosil qilish imkonini beradi. " To‘lqin o‘lchagich|"Radiochastotalar diapazonida to‘lqin uzunligini yoki elektromagnit tebranishlar chastotasini o‘lchaydigan asbob. " To‘lqin o‘tkazgiсh|"1. Bo‘sh metall truba yoki dielektrik sterjen, uning ichida o‘q bo‘ylab radioto‘lqinlar qaytgan to‘lqinlarning ichki devorlari va interferensiyasidan ko‘p martali qaytishlar natijasida tarqaladi. 2. Energiyani masofaga uzatish maqsadida kanal hosil qiladigan har qanday tuzilma. To‘lqin o‘tkazgichning quyidagi turlari mavjud: radio, atmosfera, yorug‘lik o‘tkazgich va plazmali. " To‘lqin o‘tkazgich traktining germetik elementi|"To‘lqin o‘tkazgich traktini quritish tizimi uchun yopiq hajm hosil qiluvchi maxsus to‘lqino‘tkazgishli qo‘shimcha. " To‘lqin o‘tkazgichli antenna|"To‘lqin o‘tkazgich kesmasi ko‘rinishidagi, oxiri ochiq antenna. " To‘lqin o‘tkazgichli kallak|"Quvvatni o‘lchash va indikatsiyalash uchun mo‘ljallangan qurilma. Odatda detektor va moslovchi elementlari ulangan to‘lqin o‘tkazgich bo‘lagi ko‘rinishida tayyorlanadi. " To‘lqin o‘tkazgichli koaksial o‘tish|"To‘lqin o‘tkazgichli kirish va koaksial chiqishga ega o‘ta yuqori chastota uzatish liniyasining o‘tish seksiyasi. " To‘lqin o‘tkazgichli moda|"Metall to‘lqin o‘tkazgichda qo‘zg‘atiladigan, elektromagnit maydon va chastota tuzilmasi bilan tavsiflanadigan to‘lqin turi. " To‘lqin o‘tkazgichli tarqalish|"Radioto‘lqinlarning ma’lum cheklovchi sirtlar o‘rtasida tarqalishi, bunda shu sirtlar o‘rtasidagi to‘lqinli maydonlar bir xil muhitdagiga qaraganda masofa bilan sekin kamayadi. " To‘lqinlar dispersiyasi|"Tarqalish muhitida garmonik to‘lqinlar fazaviy tezligining chastotaga bog‘liqligi. To‘lqinlar dispersiyasi, masalan, ionosferada, to‘lqin o‘tkazgichlarda radioto‘lqinlarning tarqalish jarayonida kuzatiladi. " To‘lqinlar interferensiyasi|"Fazoda bir xil davriylikdagi ikkita (yoki bir nechta) to‘lqinning qo‘shilishi, buning natijasida fazoning turli nuqtalarida qo‘shiladigan to‘lqinlarning fazalari o‘rtasidagi nisbatlarga bog‘liq bo‘lgan to‘lqinlar natijaviy amplitudalarining ko‘payishi yoki kamayishi yuzaga keladi. " «To‘lqinli kanal» antennasi (direktorli antenna)|"Liniya bo‘ylab bitta tekislikda joylashgan, maksimal nurlanish va/yoki qabul qilish bilan mos keladigan bir qator parallel vibratorlardan (aktiv vibrator, passiv reflektor va bir nechta passiv direktordan) iborat yo‘naltirilgan antenna. " To‘lqinli kodlash|"Har bir bosqichda ketma-ket ikki marta filtrlash va detsimatsiyalash tufayli kichiklashtirilgan tayanch hamda bitlar sonining kichik yig‘indisiga ega uchta tasvir hosil bo‘ladigan, iteratsion kodlash algoritmi. " To‘lqinli marshrutlash; ko‘chkili marshrutlash|"Marshrutlashni amalga oshirishning eng oddiy, bog‘langanlik jadvali tuzilishini talab qilmaydigan, usullaridan biri. Har bir aloqa uzelidan olinadigan so‘rov bir vaqtda barcha qo‘shni uzellarga uzatiladi, qandaydir paket avval olinganligi aniqlansa, marshrutizator uni chiqarib tashlaydi. To‘lqin usuli ortiqcha trafikni keltirib chiqaradi, shuning uchun uzellar soni ko‘p bo‘lgan tarmoqlarda uning samaradorligi past. " Toʻlqinning kritik uzunligi|"Toʻlqinning erkin fazodagi eng katta uzunligi, berilgan turdagi toʻlqinlarning toʻlqinoʻtkazgichda undan yuqori tarqalishi mumkin boʻlmay qoladi. " To‘lqinning ustuvor uzunligi (grafik ta’rif)|"Ranglilik diagrammasida tanlangan boshlang‘ich nuqtadan namuna rangini ifodalovchi nuqta orqali o‘tkazilgan to‘g‘ri chiziqning spektral ranglar chizig‘i bilan kesishishiga mos keladigan to‘lqin uzunligi. " To‘plagich|"Ma’lumotlarni muayyan tashuvchiga yozish/o‘qish uchun mo‘ljallangan qurilma. To‘plagichlar tashqi xotira qurilmalariga kiradi. Izoh – Disklardagi, lentalardagi, kartalardagi to‘plagichlar farqlanadi. Tashuvchilari olinadigan to‘plagichlar, bu holda ma’lumotlar tashuvchisini almashtirish mumkin bo‘ladigan tashuvchilari olinadigan to‘plagichlar (masalan, egiluvchan magnit disklar, magnit lentalar, kompakt-disklar, DVD) va, tashuvchi to‘plagichga o‘rnatilgan, uni almashtirish mumkin bo‘lmaydigan doimiy tashuvchili to‘plagichlar (masalan, qattiq magnit disk) farqlanadi. " To‘plagichning tez ishlashi|"To‘plagichdagi ma’lumotlarni o‘qish/yozish tezligi. Ikkita parametr bilan: o‘rtacha foydalanish vaqti hamda ma’lumotlar uzatish tezligi bilan belgilanadi. " To‘plam|"Bir butun yaxlit sifatida qarab chiqish mumkin bo‘lgan bir jinsli elementlar majmui. Ba’zi dasturlash tillarida «to‘plam» ma’lumotlar turi mavjud. «To‘plam» ma’lumotlarda birlashtirish, kesishish, kirish operatsiyalariga to‘g‘ri keladi. " To‘plamli pochta jo‘natmalari, pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalari|"Yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan bir va bir nechta manzilga topshiriladigan beshta va undan ortiq bir turdagi ro‘yxatga olinadigan pochta jo‘natmalari, pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalari. " To‘plangan ma’lumotlar bazasi|"Ko‘plab manbalardan va ko‘pincha o‘zaro mos kelmaydigan tizimlardan olingan ma’lumotlar birlashtiriladigan MB. " To‘plash buferlari|"Uch o‘lchamli grafikada ‒ ketma-ket keladigan kadrlarni saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus buferlar. " To‘plash orqali muhofaza qilish|"Tashqi hotirada saqlanadigan ma’lumotlarni tiklash usuli. Qo‘shimcha tashuvchiga ma’lum bir muddatdan keyin yaratilgan fayllar ko‘chirilishida ifodalanadi. " To‘plovchi summator|"Registr yoki arifmetik yo mantiqiy amal natijasi joylashtiriladigan xotira seksiyasi. " To‘q ranglar|"Rangning to‘qligi, uning yorqinligiga nisbatan rang kuchini tavsiflaydi. Rangning «intensivligi» deb ham ataladi. " «To‘q sariq» kitob|"1985-yil dekabr oyida Trusted Computer System Evaluation Criteria (DoD 5200.28 STD) (Kompyuter tizimlarining ishonchidan foydalanuvchilarni baholash mezonlari) kitobida nashr etilgan, kompyuter dasturlariga tegishli yaroqlilik mezonlarini o‘rnatuvchi, Kompyuter xavfsizligi bo‘yicha Milliy kengash standarti. " To‘rsimon tarmoq|"Gibrid yoki yulduzsimon tarmoq, o‘rgimchak to‘ri topologiyasini hosil qiladigan bitta yoki bir nechta halqali tarmoq. " «To‘rt so‘zli» xotira qurilmasi|"Ma’lumotlar to‘rtta so‘zini bir vaqtda tanlab-tanlab oladigan tezkor xotira qurilmasi. " To‘rtinchi avlod (4G)|"Mobil aloqa tizimlarining istiqbolli texnologiyalari. Ularning asosini, axborot uzatish tezligi 10-44 Mbit/s bo‘lishini ta’minlaydigan multimedia va mobil teleeshittirish xizmatlari tashkil etadi. " To‘rtinchi avlod kompyuteri|"Katta integral sxema va o‘ta kata integral sxema ko‘rinishidagi element bazasidan foydalaniladigan kompyuterlar. " To‘rtinchi avlod tili|"Lug‘atlarga asoslangan dasturlash tillari. Tizimlarni ishlab chiqish unumdorligini oshirish imkonini beradi. 4 GL ga so‘rovlar va hisobotlar tillari mansub. " To‘siq|"Muhofaza qilinadigan axborot va obyektdan foydalana olishga tashkiliy, texnik, dasturiy jihatdan to‘sqinlik qilish usuli. " To‘suvchi filtr|"Chastotalarning muayyan polosasidagi elektr tebranishlarni o‘tkazmaydigan qurilma; barcha boshqa chastotalarning tebranishlari o‘tkaziladi. To‘suvchi filtrlar yaqin joydagi kuchli radiostansiyalardan radioqabulqilish xalaqitlarini kuchsizlantirish, teleko‘rsatuv dasturlarini olib borishda tovush chastotalarini bostirish uchun qo‘llaniladi. " To‘suvchi radioxalaqit|"Bostirilayotgan signal spektriga nisbatan ancha kengroq spektrga ega, ataylab qilingan aktiv radioxalaqit. " To‘xtab-to‘xtab uzatish|"Uzatgichni pauzalarda yoki so‘zlashuv oxirida uzib (o‘chirib) qo‘yish hisobiga aloqa liniyasining spektral samaradorligini oshirish usuli. " To‘xtash|"Kompyuter ishlashini apparatli to‘xtatish. Unga monand o‘chirish va o‘chirib-yoqishdan farqli ravishda, bu holda tezkor xotira qurilmasidagi ma’lumotlar yo‘qolmaydi. Tizim dasturiy ta’minotini sozlashda, shuningdek, tizimning buzilish oqibatlarini tekshirishda foydalaniladi. " To‘xtash nuqtasi|"Dasturdagi, muayyan ish (amal) bajarilishi kerak bo‘lgan nuqta. " To‘xtashni (ishlamay qolishni) ro‘yxatga olish|"Ta’minotda uzilish bo‘lganda yoki fatal xatoga yo‘l qo‘yilganda, ma’lumotlarning va protsessor registrlari ichidagining saqlanishi. " To‘xtatish|"Ilovalar bajarilishi jarayonidagi tanlov varianti. Bajarilayotgan jarayonning, saqlanmagan ma’lumotlarning yo‘qolish bilan, to‘xtashi tushuniladi. Odatda bu biror bir xatoliklardan kelib chiqadi. Masalan, mavjud faylni qayta yozishga urinishda. " To‘xtatuvchi (uzuvchi) guruh|"Tranzaksiyalarni uza oladigan tarmoq uzellarining majmui. " To‘xtovsiz ishlash|"Obyektning berilgan sharoitlarda muayyan vaqt oralig‘i davomida talab qilingan funksiyalarni bajara olish qobiliyati. " To‘yinganlik|"Rangli tonni qabul qilish xarakteristikasi, unga o‘xshash axromatik rang sezishdan uning farqlanishini belgilaydi. " To‘yinganlikni (rangni) rostlash|"Rangning to‘yinganligini rostlashga imkon beradigan rangli televizor kanalida ranglilikni kuchaytirishni rostlash. " To‘yinish|"Chiqishi va kirishidagi signallar o‘rtasida nochiziqli bog‘lanish bo‘lgan kuchaytirgichning ish rejimi. To‘yinish sohasida chiqish signali darajasi maksimal qiymatga yetadi va kirish signali kuchayganda (oshganda) deyarli o‘zgarmaydi. " To‘yinmagan ranglar (rangli fotosurat)|"To‘yinganligi standart to‘yinganlikka qaraganda sezilarli darajada kam bo‘lgan ranglar. " To‘g‘ri sim|"Telefon kabellarida juftliklarni band qilish yo‘li bilan tashkil qilingan krosslar va/yoki taqsimlash qutilari orqali o‘zaro bog‘langan, shuningdek, stansiyalararo, magistral yoki taqsimlash tarmog‘i uchastkalarining qanchasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa uchun band qilinishidan qat’i nazar, raqamli aloqa kanallari hisobiga tashkil qilingan ikkita oxirgi punktlar o‘rtasidagi ikki simli qayd etilgan, kommutatsiya qilinmaydigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa. " To‘g‘ri chiziqli yoyish|"Televideniyeda, maydonni oldindan belgilangan tor, to‘g‘ri parallel chiziqlar ketma-ketligi bo‘yicha yoyish jarayoni. " To‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa rejimi|"Abonent radiostansiyalari tayanch stansiyani chetlab o‘tgan holda, o‘zaro bevosita bog‘lanishni o‘rnata oladigan rejim. " To‘g‘ridan-to‘g‘ri erkin foydalanish|"manzil yoki yozuv kaliti bo‘yicha ma’lumotlardan erkin foydalanish usuli. " To‘g‘ridan-to‘g‘ri eshittirish yo‘ldoshi|"Signallarni orbitadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kichik, uncha qimmat bo‘lmagan yer stansiyalariga, bevosita turar joy yoki mikrorayonlardagi oluvchilarga uzatish uchun yetarli quvvatga ega bo‘lgan yo‘ldoshli tizim. " To‘g‘ridan-to‘g‘ri ketma-ketlikdan foydalanib, kodli ajratish orqali ko‘plab foydalana olish|"Spektrni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kengaytirish va kanallarni kodli ajratish bilan ko‘p stansion foydalana olish. CDMA tizimlarida signallarni keng polosali uzatish usuli, kodlangan ma’lumotlar oqimini ikki bosqichli modulyatsiyalashdan foydalanishga asoslangan. Izoh − Modulyatsiyalashning birinchi bosqichida kodlangan ma’lumotlar oqimi eltuvchini modulyatsiyalaydi (odatda, BPSK yoki QPSK usuli bilan), ikkinchi bosqichda esa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ketma-ketlikdan foydalanib, spektrni kengaytirish bilan modulyatsiyalash amalga oshiriladi. " To‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rinish|"Uzatuvchi va qabul qiluvchi antennalar o‘rtasida geometrik (optik) ko‘rinishning mavjudligi. Izoh ‒ Atama, shuningdek «to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rinish chegarasida» yoki «radioreleli» (trassa to‘g‘risida) mazmunlarida ham qo‘llaniladi. " To‘g‘ridan-to‘g‘ri manzillash|"Komandaning manzil qismi operand manzilini ichiga oladigan manzillash usuli. " To‘g‘ridan-to‘g‘ri televizion eshittirish yo‘ldoshi|"Geostatsionar orbitadagi, foydalanishdagi qabul stansiyalariga teledasturlarni translyatsiya qilish uchun mo‘ljallangan yo‘ldosh. To‘g‘ridan-to‘g‘ri televizion eshittirish yo‘ldoshi chastotalarning Ku – diapazonida (11/14 GHz) kichik diametrli (0,4-1,2 m) parabolik antennalar («tarelkalar») ga qabulni ta’minlaydi. " To‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatish (to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya)|"Dasturni yaratish va uzatish bir vaqtda amalga oshiriladigan tovushli yoki televizion dastur. " To‘g‘ridan-to‘g‘ri chiquvchi terish|"Xususiy tarmoqda terminalga ushbu xususiy tarmoq operatorining aralashuvisiz boshqa tarmoq bilan bog‘lanishni o‘rnatish imkoniga ega xizmat. " To‘g‘rilamoq|"Matn ko‘rinishidagi ma’lumotlarning qandaydir qoidaga binoan o‘zgarishi. Odatda hujjatda o‘rtaga, o‘ng, chap tomonlarga tekislanadi. U " U boshdan bu boshga signallar uzatish|"Foydalanuvchiga, talab qilinadigan asosiy yoki qo‘shimcha xizmatni taqdim etish maqsadida, oxirgi (terminal) punktga tegishli bo‘lgan signalli axborotni, bevosita oxirgi (terminal) punktlar orasida uzatish mumkinligi. " Uda-Yagi antennasi («to‘lqinli kanal» antennasi, direktorli antenna)|"«To‘lqinli kanal» turidagi antenna, bitta aktiv yarimto‘lqinli vibratordan va bir nechta passiv (bittasi reflektor deb, qolganlari esa direktorlar deb nomlanadigan) elementlardan iborat. " «Ula va ishla»|"Kompyuterga ulanadigan qo‘shimcha uskuna: modem, printer, audikartani tezda ulash va avtomatik tarzda konfiguratsiyalash spetsifikatsiyalari to‘plami. Kompyuterlarga o‘rnatiladigan qurilmalarni avtomatik tarzda aniqlash va sozlash, shuningdek, tegishli drayverlarni o‘rnatish imkonini beradi. Almashlab-ulagichlar va peremichkalarni o‘rnatish bilan bog‘liq muammolarni bartaraf qiladi. " «Ula va o‘yna»|"Zamonaviy BIOS, operatsion tizimlar va apparat vositalarini qo‘llovchi, kompyuterga qo‘shimcha uskunani tez ulash va tizimning o‘z-o‘zini konfiguratsiyalash xususiyati va prinsipi. Operatsion tizim qaytadan ulangan qurilmani aniqlaydi, tekshiradi, tizimga mosligini aniqlaydi va har bir qurilmaning optimal o‘rnatilishini ta’minlaydi. " Ulanadigan autentifikatsiya modullari|"Foydalanuvchilarning Linuxda ishlatiladigan dinamik ulanadigan autentifikatsiya modullari. " Ulanadigan dastur|"Asosiy amaliy dasturda qo‘shimcha funksiyalarni bajaradigan yordamchi dastur. Ilova bilan bir vaqtda yuklanishi va tegishli menyuda opsiya sifatida ko‘rinishi mumkin. " Ulanadigan modul|"Qar.: Plagin. " Ulanadigan (tarmoq) qurilmalar interfeysi|"Ethernet tarmog‘idagi IEEE 802.3 standartining 7-bo‘limida bayon qilingan, to‘rt juft ekranlangan o‘tkazgich yoki koaksial kabel va MAU qurilmasini ulash uchun ajratgich turidagi interfeys. " Ulangan|"1. Doim yoqilgan holatdagi (qurilma), avtonom bo‘lmagan ish yoki ishlash jarayoni. 2. Tezkor, dialogli, interaktiv, onlaynli ish yoki ishlash jarayoni. 3. Kompyuter tarmog‘iga doimo ulangan holatdagi ishlash jarayoni. " Ulangan abonent raqami identifikatsiya qilinishini taqiqlash|"Chaqiruvchi tomonga chaqiriluvchi abonent raqamini aniqlash imkoniyatining oldini olishga imkon beruvchi, chaqirilayotgan abonent raqami identifikatsiya qilinishini taqiqlash xizmati. " Ulangan abonent raqamini identifikatsiya qilish|"Chaqiruvchi tomonga chaqiriluvchi abonentning raqami identifikatsiya qilinishini qabul qilish imkonini ta’minlaydigan xizmat. " Ulanish|"Ishchi stansiya bilan tarmoq fayl-serveri o‘rtasida bog‘lanish o‘rnatish; qandaydir server bilan ishlash seansi ochilgandan so‘ng, ishchi stansiya qo‘shimcha serverlarga ulanishi mumkin. " Ulanish joyi|"Aktiv uskuna kabellari petch-kordlar yoki tutashtirgichlardan foydalanmasdan, kabel kichik tizimlariga ulanadigan joy. " Ulanish, qo‘shilish|"1. Bir nechta ma’lumotlar kanalining yagona mantiqiy kanalda birlashishini ta’minlovchi xalqaro standart. Bu standart videokonferensiyalarni tashkillashtiruvchi dasturlarga nisbatan tatbiq qilinadi. 2. Boshqa kompyuter yoki tarmoqqa ulanish. " Ulanish turi|"Ulanishlar to‘plamining bitta yoki bir nechta ulanish atributining berilgan qiymatlaridan iborat tavsifi. " Ulanish xizmati|"Aloqa operatorlarining elektraloqa tarmoqlarining birgalikda ishlashini tashkil qilishga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga qaratilgan xizmat. Bunda birgalikda ishlaydigan elektraloqa tarmoqlarining foydalanuvchilari o‘rtasida axborot uzatish va bog‘lanish o‘rnatilishi ta’minlanishi kerak. " Ulanma|"Tasviri bo‘yicha turlicha bo‘lgan, lekin umumiy mavzu, yozuv yoki bezalish g‘oyasi bilan bog‘liq bo‘lgan, bir varaqda bosiladigan va bir-biri bilan ulangan ikki yoki undan ortiq pochta markasi. " Ulash|"*nix tizimlarida ‒ uskunadagi fayl tizimidan foydalanish uchun uni tizimdagi biror bir katalogga (odatda /mnt dagi biror katalogga) ulash. " Ulash nuqtasi|"Fayl tizimining katalogi, papkasi (*nix tizimlarida odatda /mnt), qurilmalarni o‘rnatish joyi. " Ulash yaqinidagi shlyuz|"Xizmatlarni taqdim etuvchilarning ikki tayanch tarmog‘i o‘rtasida paketlarning o‘zaro hamkorligi uchun javob beradigan uzel. " Ultra qisqa to‘lqinlar|"Detsimetrli, santimetrli, millimetrli va detsimillimetrli to‘lqinlar diapazonlarining radioto‘lqinlari. " Ultra yuqori chastota|"0,3 GHz dan 3 GHz gacha bo‘lgan diapazonda yotuvchi ultra yuqori chastotalar sohasi. " Umum foydalanishdagi axborot tizimi|"Barcha jismoniy va yuridik shaxslarning foydalanishi uchun ochiq va ushbu shaxslarga xizmatlari rad etilishi mumkin bo‘lmagan axborot tizimi. " Umum foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘ining axborot xavfsizligi mexanizmi|"Tarmoqning belgilangan axborot xavfsizligi siyosatiga muvofiq, bir-birini to‘ldiruvchi uchta – buzish ko‘rsatadigan ta’sirning oldini olish, jinoyatkor tomonidan yetkazilgan oqibatlarni aniqlash, bu oqibatlarni tiklash (bartaraf qilish) kabi, muhofaza qilish toifasining biriga muvofiq, tarmoqni axborot xavfsizligiga bo‘ladigan tahdidlardan muhofaza qilishning bitta yoki bir nechta aspektini amalga oshiradigan umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘i axborot xavfsizligini ta’minlash tizimining apparat-dasturiy va tashkiliy vositalari. Izoh – Tarmoqda xabarlar uzatish jarayonini muhofaza qilishda umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘i axborot xavfsizligi mexanizmlariga erkin foydalanishni nazorat qilish mexanizmi, xabarlarni autentifikatsiya qilish mexanizmi, almashuv autentifikatsiya mexanizmi kiradi. " Umumfoydalaniladigan axborot|"Hammaga maʼlum bo‘lgan maʼlumotlar va foydalanilishi cheklanmagan boshqa axborot. " Umumfoydalaniladigan fayl|"Boshqa kompyuterda joylashgan fayl va bu faylga tarmoqdagi hamma kompyuterlar uchun ochiq huquq berilgan. " Umumiy|"Dasturlashda dasturning barcha prseduralaridan foydalanish mumkin bo‘lgan umumiy o‘zgaruvchilarni e’lon qilishda foydalaniladigan operatorlardan biri. " Umumiy antennali televizion tizim|"Qar.: Kabelli televideniye. " Umumiy apparat platformasi, tasnifi (arxitekturasi)|"MacOS, Windows NT va OS/2 operatsion tizimlari bilan ishlashni ta’minlaydigan Apple, IBM va Motorola kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan shaxsiy kompter. 1995-yildan ishlab chiqarilishi boshlangan prototipning tayanch konfiguratsiyasi o‘z ichiga PowerPC, 8 Mbyte RAM (1 Gbyte gacha kengaytiriladigan) va PCI shinasini olgan. " Umumiy arxitektura standarti|"Mikrosxemalar ishlab chiqaruvchilar guruhi tomoni-dan ishlab chiqilgan asosiy platalar arxitekturasining umumiy standarti; asosiy plataning funksional blok-larga ajratilishini tartiblashtiradi. Standartning asosini PCI shinasi tashkil qiladi. " Umumiy axborot nazariyasi|"Ilmiy bilimlarning fundamental sohalaridan biridir. U tabiat va jamiyatning rivoji asosida yotgan, axborot voqeiyligining namoyon bo‘lishiga oid eng umumiy qonuniyatlarga asoslanadi. " Umumiy blok|"FОRTRAN tilida ‒ bir nechta dastur qismlarining umumiy o‘zgaruvchilari joylashadigan xotira sohasi. " Umumiy bo‘g‘in|"Monokanalning bir qismi, u orqali har bir maʼlumotlar bloki barcha abonent tizimlarga uzatiladi. Umumiy bo‘g‘in o‘rama juft, yassi kabel, koaksial kabel, optik kabel yoki radio-kanal asosida yaratiladi. " Umumiy foydalana olish|"Umumiy identifikatsiya ma’lumotlaridan foydalanib resurs yoki dasturdan foydalana olish. " Umumiy foydalana olish mumkin bo‘lgan mobil radioaloqa tizimi|"Umumiy foydalanishdagi tarmoqqa kira olishni ta’minlaydigan va PMR tizimdagiga qaraganda, foydalanuvchilarning keng doirasiga mo‘ljallangan xizmatlar to‘plamiga ega tranking aloqa tizimi. " Umumiy foydalana olish profili|"Tarmoq bilan ishlashda foydalaniladigan foydalana olish profili. Bunda foydalanuvchi serverda – domen kontrollerida o‘z sozlashlari va afzalliklarini saqlaydi. Tizimga birinchi kirishda yangi kompyuterda sozlash serverdan nusxa qilib olinadi va o‘rnatiladi, bu tizim-ni har safar yangitdan sozlash zaruriyatidan xalos etadi. " Umumiy foydalana olish siyosati|"Identifikatsion ma’lumotlar yoki identifikatsion ma’lumotlar puli vositasida umumiy foydalanish uchun a’zolarni mualliflashtirish siyosati. Identifikatsion ma’lumotlarning muayyan puli uchun muayyan identifikatsion ma’lumotlar, barcha pullar yoki tashkilot konteynerining bitta kontekstiga ega identifikatsion ma’lumotlar siyosatini qo‘llash mumkin. " Umumiy foydalanishdagi mobil telefon aloqaning istiqbolli yer usti tizimlari|"Xalqaro elektraloqa ittifoqi (ITU) tomonidan ishlab chiqilgan, uchinchi avlod (3G) aloqa xizmatlarining dastlabki konsepsiyasi. Izoh − Multimedia axborot uzatilishini ta’minlash uchun mo‘ljallangan. Lekin bu konsepsiya yagona global standart yaratish mumkin emasligi ma’lum bo‘lgach, rad etildi. Keyinchalik IMT-2000 standartlar turkumi paydo bo‘ldi. " Umumiy foydalanishdagi telefon tarmog‘i (UFTF)|"Avtomatik telefon stansiyalari, kommutatsiya uzellari, telefon tarmog‘i liniyalari, kanallari, oxirgi (terminal) abonent qurilmalari majmuini o‘zida ifodalaydigan, aholi, muassasalar, korxonalar hamda tashkilotlarning telefon tarmog‘i xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlarini taʼminlaydigan telefon tarmog‘i. " Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘i|"O‘zbekiston Respublikasi hududida barcha yuridik shaxslarga telekommunikatsiya xizmatlarini xizmat ko‘rsatishning yagona prinsiplari, ularni taqdim etish va haq to‘lash tartibi asosida ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan telekommunikatsiyalar tarmog‘i. " Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘ining axborot xavfsizligi|"Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘i axborot resurslarining, xizmat sifati darajasining pasayishiga yoki tarmoq ishi sifat xarakteristikalarining yomonlashishiga olib keluvchi, shu bilan uning egasi yoki foydalanuvchilarga ziyon yetkazuvchi tahdidlardan muhofaza qilinganlik holati (darajasi). " Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘ining axborot xavfsizligi obyekti|"Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘i obyekt(lar)i, jinoyatkorning unga (ularga) bo‘ladigan ta’siri umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘ining axborot xavfsizligiga tahdid amalga oshirilishiga olib kelishi mumkin. " Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘ining axborot xavfsizligini ta’minlash tizimi|"Umumiy foydalanishdagi muayyan telekommunikatsiyalar tarmog‘idagi, bu tarmoqning axborot xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan huquqiy, tashkiliy va texnik tadbirlar, axborot xavfsizligi xizmatlari va mexanizmlari, normalar, boshqaruv organlari va bajaruvchilar majmui. " Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘ining axborot xavfsizligiga tahdid|"Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘iga jinoyatkorning ko‘zda tutilgan ta’siri, uning tarmoq vositalari bilan bartaraf qilinmagani, aniqlanmagani va yo‘q qilinmagani umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘i axborot xavfsizligini ta’minlashning berilgan darajasi pasayishiga olib kelishi mumkin. " Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘ining axborot xavfsizligi siyosati|"Tarmoq administratori tomonidan, muhofaza qilinadigan resurslarning qiymati va umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘i axborot xavfsizligini ta’minlash tizimining bahosini hisobga olib, tarmoqning axborot xavfsizligiga bo‘ladigan ma’lum tahdidlarga qarshi harakat qilish maqsadida ishlab chiqilgan, umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘i axborot xavfsizligi obyekti (obyektlari) uchun mo‘ljallangan talablar va qoidalarining majmui. " Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘ining axborot xavfsizligi xizmati|"Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘i axborot xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan, axborot xavfsizligining belgilangan mexanizmlari asosida belgilangan muhofaza protseduralarini amalga oshiruvchi, umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘ining tashkiliy-texnik tuzilmasi. " Umumiy interfeys|"Yangi raqamli modullar – Digital-TV Retrofit 2 St-CI yoki Twin-Sat-CI da mavjud bo‘lgan ikkita standart ajratgich, ular tegishli dekodlovchi qurilmalar va ularda oson o‘rnatiladigan, raqamli kanal egasining smart-kartasi bilan birgalikda, kodlangan dasturlarning qabul qilinishini ta’minlaydi. " Umumiy ishonchlilik (ishonchlilik)|"Televizor (element) ning, uning to‘xtamasdan ishlashi, chidamliligi va ta’mirga yaroqliligi bilan bog‘liq bo‘lgan hamda berilgan funksiyalarning televizor (element) uchun belgilangan hajmda normal bajarilishini ta’minlash xususiyati. " Umumiy kalit|"Simmetrik kriptotizimdagi, ikki yoki bir nechta foydalanuvchi tomonidan birgalikda ishlatiladigan maxfiy kalit. " Umumiy kechikish|"Signalni uzatishdan to uning qabul qilinganligi tasdiqlanguncha o‘tgan to‘liq kechikishvaqti. " Umumiy maqsadlardagi kolonna|"Shift va pol orasida joylashgan, shift taqsimlash tizimlari bilan bog‘langan kabel kanali. Shift bo‘shlig‘idan ish o‘rinlariga boradigan telekommunikatsiya hamda elektr simlari va kabellarini joylashtirish uchun foydalaniladi. Sinonimlari: Shift ustuni; Katta kuchlanishli ustun; Shift kapiteli; Ta’minot liniyasining tayanchi. " Umumiy maqsadlardagi registr|"Markaziy protsessorning, ma’lumotlar yuborish operatsiyalaridan tashqari, mantiqiy va arifmetik komandalarni ham bajarish mumkin bo‘lgan registri. " Umumiy ma’lumotlar uchun raqobat|"Birgalikda ishlaydigan jarayonlar hech qanday sinxronlashsiz umumiy ma’lumotlarga parallel (bir vaqtda) murojaat qilishi mumkin bo‘lgan holat. " Umumiy muammolarni hal qiluvchi|"Sun’iy intellekt usullaridan foydalanib, vazifalarning katta turkumini hal qilish uchun mo‘ljallangan dastur. " Umumiy navbatni tashkil etish|"Navbatni tashkil etish usuli, bunda ma’lumotlar kommutatsiya elementlarining kirishi va chiqishi bilan bog‘langan bufer xotira qurilmasida to‘planadi. " Umumiy obyekt xizmatlari|"CORBA texnologiyasi obyektlarining bazaviy funksiyalarini qo‘llab-quvvatlashni ta’minlaydigan va obyekt interfeysi bilan ta’minlangan xizmatlar kolleksiyasini taqdim etuvchi servis. " Umumiy oraliq format|"Videokonferensiyalarda qo‘llaniladigan video uzatuvchi baza formatining nomi (ITU-T H.261 spetsifikatsiyasi bilan solishtirganda), tasvir imkoniyati va uning uzatilish tezligi bilan beriladi. Bir nechta modifikatsiyalari mavjud. " Umumiy ochiq litsenziya|"Erkin dasturiy ta’minot fondi tomonidan ishlab chiqilgan litsenziya kelishuvi bo‘lib, erkin dasturiy ta’minotning tarqatilishini boshqaradi. " Umumiy paketli uzatish radioxizmati|"GSM tizimi doirasida tuzilgan, ma’lumotlarni paketli uzatish xizmati. Izoh − GPRS texnologiyasi GSM tizimidan IMT-2000 tizimga evolyutsion o‘tishning bosqichi sifatida qaraladi va u mavjud infrastrukturani amalda o‘zgartirmasdan yangi imkoniyatlar berilishini ta’minlaydi. Bunda axborotni paketli uzatish tezligi 115 Kbit/s dan ortiq bo‘lmaydi. " Umumiy papka|"Hamma foydalanuvchilarga tarmoq orqali foydalana olishlari uchun ruxsat etilgan boshqa kompyuterdagi papka. " Umumiy resurs|"Bittadan ortiq qurilma yoki dasturda foydalaniladigan har qanday qurilma, ma’lumotlar yoki dastur (masalan, katalog, fayllar, printerlar, nomlangan kanallar). " Umumiy resurs nomi|"Identifikator (nom), u yoki bu taqsimlangan resursni aniqlashda ishlatiladi. Masalan, tarmoqdagi printerning nomi. " Umumiy semafor|"S butun o‘zgaruvchi, bunda ikkita wait (S) va signal (S) atomar semafor operatsiyalar aniqlangan. " Umumiy signalizatsiya kanali bo‘yicha signalizatsiya|"Telekommunikatsiya signallarini uzatish usuli, bunda liniya signallarini va so‘zlashuv kanallari muayyan guruhi telefon tarmog‘ini boshqarish signallarini almashish uchun, telefon kanalining alohida (ajratilgan) signalizatsiya kanalidan foydalaniladi. " Umumiy tarmoqlararo fayl tizimi|"Masofadagi kompyuterda saqlanayotgan faylni, FTP protokollari kabi, Internetda ishlashda yuzaga keladigan lokal mashinaga ko‘chirishni talab qilmasdan bevosita o‘qish/yozishni ta’minlaydigan tizim. " Umumiy titrash|"10 Hz dan yuqori bo‘lgan chastotalar polosasidagi nominal pozitsiyalarga nisbatan impulslar frontining tasodifiy siljishi. " Umumiy xotirali displey|"Rastrli displeyning protsessor bilan birgalikda ishlashini tashkil qilish, bunda tasvirning har bir nuqtasiga elektron hisoblash mashinasi manzil fazosidagi xotiraning bitta yoki bir nechta razryadi to‘g‘ri keladi; dastur xotira yacheykalari ichidagini o‘zgartirgan holda, ekrandagi tasvirni o‘zgartiradi. " Umumiy shina|"Periferik qurilmalar ulanadigan kompyuterda elektr signallarni uzatish uchun mo‘ljallangan yagona kanal. Kompyuter tarmog‘ining sxemasi – barcha kompyuterlar va tarmoq qurilmalari ma’lumotlar uzatiladigan yagona tarmoq kanaliga ulanadi. " Umumiy shlyuz interfeysi|"HTTP-server dasturlarini yaratish uchun mo‘ljallangan, NCSA tomonidan ishlab chiqilgan tarmoq standarti. Veb-serverlarda ssenariylar yoki dasturlar orasida ma’lumotlar almashishda, keyin veb-sahifa yoki brauzerga ma’lumotlarni uzatishda qo‘llaniladi. CGI ssenariylari odatda, Perl tilida yoziladi va veb-sahifaning dinamik mazmunini generatsiya qiladi (masalan, elektron tijoratda buyurtmalar savatini hosil qiladi). " Umumjahon o‘rgimchak to‘ri konsorsiumi|"1994-yili tashkil etilgan xalqaro tashkilot. Uning maqsadi – WWWdan global foydalanish xizmati uchun standartlar, protokollar, amaliy dasturlar ishlashni qo‘llash va muvofiqlashtirish. CERN (q: CERN) ishtirokida asos solingan, WWW dunyoga kelgan ilmiy markazda bugungi kunda Konsorsium uch tashkilot asosida ishlamoqda: AQSHdagi Massachusets texnologiyalar instituti (Massachusets Institute of Technology, Laboratory for Computer Sciense), Fransiyadagi informatika va avtomatika sohasidagi tadqiqotlar milliy instituti (Institut National de Recherche en Informatique et en Automatiqu) va Yaponiyadagi Keio universiteti. Konsorsium saytida (http://www.w3.org) WWW rivojlanishi tarixi va dunyoda WWWhu^ hozirgi kundagi ahvoli to‘g‘risida umumiy axborot, Konsorsiumning yangiliklari, WWW bo‘yicha konferensiya materiallari bilan tanishish mumkin. WWW bilan bog‘liq barcha texnik materiallarning katta kolleksiyasi (arxitektura, protokollar, foydalanuvchi interfeysi) muhim amaliy ahamiyatga ega. " Umumkanal signalizatsiyasi tizimi|"Kommutatsiya kanallari bog‘lami uchun umumiy bo‘lgan maxsus signalizatsiya kanali orqali stansiyalararo signalizatsiyani uzatish tizimi. " Unar operatsiya|"Bitta argument ustida bajariladigan operatsiya. " Unifikatsiyalashtirilgan buferli kesh-xotira|"Bitta kesh sahifani keshlash uchun va xotirada aks etadigan fayllarni hamda fayl tizimi orqali odatdagi operatsiyalarni kiritish-chiqarishda ishlatiladigan kesh-xotira. " Unifikatsiyalashtirilgan modellash tili|"Dasturiy ta’minot ishlab chiqish sohasida, obyektlarni modellashtirish uchun grafik tasvirlash tili. UML ko‘p sohalarda foydalanish uchun mo‘ljallangan til hisoblanadi, bu UML model deb ataluvchi, tizimning abstrakt modelining grafik ko‘rinishini tasvirlovchi ochiq standartdir. UML dasturiy tizimda aniqlik kiritish, tasvirlash, loyihalash va hujjatlashtirish uchun yaratilgan. UML dasturiy ta’minotda foydalanish bilan cheklanib qolmaydi. Uni shu kabi biznes-jarayonlarni modellashtirish, tizimli loyihalash va tashkilotlar tuzilmasini tasvirlashda qo‘llash mumkin. UML dasturiy ta’minot dasturchilariga umumiy tushunchalarni (klass, komponent, umumlashtirish, birlashtirish va o‘zini tutish kabi) tasvirlashni grafik izohlashda kelishuvga erishish hamda loyihalash va arxitekturada ko‘proq e’tibor qaratishga imkon beradi. " Unifikatsiyalashtirilgan resurs identifikatori|"Mavhum yoki jismoniy resursni identifikatsiya qilish uchun ishlatiladigan simvollarning qisqa satri. Rasman RFC 2396da belgilangan. vebda ishlatiladigan URI URL deb nomlanadi. " Unifikatsiyalashtirilgan resurs nomi|"Abstrakt yoki fizik resursni identifikatsiya qiluvchi simvollarning doimiy ketma-ketligi. " Unifikatsiyalashtirilgan xotira arxitekturasi|"Tizim platasida joylashgan tezkor xotiraning bir qismidan video xotira sifatida foydalanish ko‘zda tutiladigan tizim platalari arxitekturasi. " Unitar korxona|"Yuridik shaxsning alohida tashkiliy-huquqiy shakli. Mulk egasi tomonidan o‘ziga birkitib qo‘yilgan mulkka egalik qilish huquqi berilmagan tijorat tashkiloti. Mulk bo‘linmas hisoblanadi va hissalar (ulushlar, paylar) ga qarab, jumladan, korxona ishchilari o‘rtasida taqsimlanmaydi. " Universal elektron karta|"O‘zida vizual (grafik) va elektron (mashinada o‘qiladigan) shakllarda qayd etilgan kartadan foydalanuvchi to‘g‘risidagi axborotni saqlaydigan moddiy tashuvchi. " Universal interfeysli shina|"Kompyuterga ulash uchun foydalaniladigan, 24 shtirli parallel interfeys shinasi. " Universal ketma-ket shina|"1995-yilda yettita yetakchi kompyuter va telekommunikatsiya firmalari (Compaq, IBM, Intel, NEC, Micrisoft, Digital, Northern Telecom) konsorsiumi tomonidan taklif etilgan, shaxsiy kompyuter va o‘rtacha tezlikli periferik qurilmalar o‘rtasida uncha qimmat bo‘lmagan shina orqali ma’lumotlar almashinish uchun belgilangan standart. Qurilmani ulash, kompyuter qayta yuklanishini, tizim qayta konfiguratsiyalanishini yoki interfeysli karta o‘rnatilishini talab qilmaydi. Qurilmani aniqlash va tegishli drayverni o‘rnatish kompyuterda avtomat ravishda odamning aralashuvisiz bajariladi. " Universal resurs identifikatori|"Qandaydir resurs: hujjat, tasvir, fayl, xizmat, elektron pochta qutisini identifikatsiya qilish imkonini beradigan simvolli satr. " Universal resurs ko‘rsatgichi|"veb-brauzer orqali Internet tarmog‘ida resursni izlashda ishlatiladigan manzil. Tim Ber-ners Li tomonidan kiritilgan. U, o‘zida resurs, hujjat yoki uning qismining Internetdagi joylashgan o‘rnini ko‘rsatuvchi simvollarning standartlashtirilgan satrini ifodalaydi. Odatda, protokolning turini ko‘rsatish bilan boshlanadi (masalan, FTP://, agar hujjat FTP-server yoki http:// da bo‘lsa), keyin aniq axborot identifikatori keladi, masalan, server taalluqli bo‘lgan domen nomi, tashkilot nomi yoki shu serverdagi fayl nomining yo‘li. " Universal simvollar to‘plami|"ISO 10646, Unicode ko‘pligi, 31-bit li kodli fazoga ega. " Universal tovush|"Kuchaytirishni avtomatik tarzda nazorat qilish asosida to‘plangan tovush obyektlarining keng doirasini kodlash algoritmlarining MPEG-4 da qabul qilingan majmui. " Universal xizmatlar|"Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘i bo‘yicha barcha foydalanuvchilarga taqdim etiladigan belgilangan sifatdagi majburiy xizmatlar to‘plami (foydalanuvchilarning ushbu tarmoqdan foydalana olishini ta’minlash, mahalliy, shaharlararo va xalqaro telefon so‘zlashuvlari, telegrammalarni jo‘natish va boshqalar). " Universal xizmatlarga tarif|"Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maxsus vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadigan universal xizmatlar ko‘rsatish uchun to‘lov miqdori. " Universitet tarmog‘i|"Bitta o‘quv dargohi kompyuterlarini tarmoqqa birlashtirish. Odatda, bu tarmoqda veb-portal, forum va ko‘chirib olish uchun o‘quv materiallari mavjud bo‘ladi. " Urinish|"Biror bir operatsiyani bajarish va chiquvchi natijalarni tekshirish. Agar natija to‘g‘ri bo‘lsa, urinish samarali hisoblanadi va bajarilgan o‘zgarishlar saqlanadi. Aks holda tizim dastlabki holatga qaytadi. " Uskunani identifikatsiya qilish registri|"Aloqa tizimining markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasi, u odatda, mobil stansiyalar uskunalari identifikatsiya raqamlari (IMEI)ning uchta ro‘yxatini saqlaydi: oq, qora va kul rang. Oq ro‘yxatda ayni paytgacha ro‘yxatdan o‘tgan stansiyalarning raqami saqlanadi. Qora ro‘yxatga o‘g‘irlangan stansiyalar yoki xizmat ko‘rsatish rad etilgan abonentlarning raqami kiritilgan. Kul rang ro‘yxatga hali qora ro‘yxatga ko‘chirilmagan, ro‘yxatdan o‘tish bilan bog‘liq muammolari bo‘lgan barcha stansiyalarning raqami kiritiladi. " Uskunaning identifikatsion raqami|"Dasturning buzilishi va uni tarqalib ketishidan himoyalash usullaridan biri. Bunda dastur o‘rnatilish vaqtida uni aktiv-lashtirish uchun identifikatsion raqamni generatsiya qiladi. Bu raqam apparat ta’minotning seriyali raqami bilan bog‘langan bo‘lib joriy dasturni boshqa kompyuterlarda shu kalit bilan aktiv-lashtirish mumkin emas. " Ustama aloqa tarmog‘i|"Mavjud tarmoqqa parallel ravishda quriladigan tarmoq tuzilmasi. " Ustama bosish|"Pochta markasining yangi nominal qiymatini belgilash yoki markaning boshqa elementlarini o‘zgartirish uchun bosilgandan keyin uning old tomoniga tushirilgan har qanday matn yoki rasm. " Ustama qo‘ymoq|"Eshittirish dasturiga qisqacha axborot xabarini uni uzatish jarayonida ustama qo‘yish. " Ustama to‘lov bilan yuboriladigan pochta jo‘natmasi|"Jo‘natuvchi topshirayotganda mo‘ljallangan joyning pochta aloqasi obyektiga adresatdan belgilagan pul summasini undirish va uni jo‘natuvchining manziliga yuborish uchun topshiriq beradigan qiymati eʼlon qilingan pochta jo‘natmasi. " Ustivorlik, imtiyoz|"Uzilishga, vazifa yoki jarayonga belgilangan, ularning bajarilish yoki ularga xizmat ko‘rsatish navbatini belgilaydigan son. " Ustma-ust tushish (qayta tiklash qurilmasida)|"Proyeksiya tizimidan keladigan yorug‘lik nurlari yoki ko‘p projektorli tiklash qurilmasining elektron nurlari ekranga kerakli vaqtda kerakli joyga tushishini, uchta asosiy rangga mos keladigan tasvir to‘g‘ri joylashishini bajarish sharti. " Ustma-ust tushmaslik|"Asosiy ranglardagi uchta tasvirning videosignal datchigida yoki tiklash qurilmasida noto‘g‘ri ustma-ust tushishi. " Ustun|"Jadval ustuni. Qoidaga ko‘ra, ustun barcha elementlari bir xil ma’lumotlar turiga ega. " Ustuvor bo‘lmagan pochta jo‘natmalari|"Jo‘natuvchi arzon tarif tanlaganda jo‘natish va yetkazib berish (topshirish) uchun uzoq muddat taxmin qilinadigan jo‘natmalar. " Ustuvor bo‘lmagan rejalash|"Operatsion tizimdagi rejalash shakli. Topshiriqlar tezkor xotirada bir birini qoplamasdan yakka tarzda ishlatilishi mumkin. " Ustuvor loyiha|"Oldiga ustuvor vazifa yechimi qo‘yilgan loyiha. " Ustuvor pochta jo‘natmalari|"Yuqori tarif belgilangan, ustuvor tartibda ishlov beriladigan va eng tezkor yo‘l bilan tashiladigan (havo yoki yer usti) jo‘natmalar. " Ustuvor vazifa|"Ko‘p vazifali tizimlarda ‒ aktiv oynada bajariladigan vazifa. " Usul|"Qandaydir vazifani hal qilish mexanizmi. Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tushunchasi. Obyekt bajaradigan protseduralar ko‘rinishidagi ishlar. " Usulning uzoqlashgan chaqiruvi|"Sun firmasi tomonidan ishlab chiqilgan, obyektga yo‘naltirilgan Java mexanizmi – Java usulini protseduraning uzoqlashgan chaqiruviga o‘xshash tarmoqning boshqa kompyuterida chaqirish texnologiyasi. " Utilita (xizmat ko‘rsatuvchi dastur)|"Xizmat ko‘rsatadigan tizim dasturi, (yordamchi) xizmatga oid funksiyalarni, masalan, diskni belgilashlarni bajarish uchun mo‘ljallangan. " Uy (asosiy) holat registri|"Aloqa tarmog‘ining ma’lumotlar bazasi; unda tarmoqda doimiy qayd etilgan abonentlar to‘g‘risidagi axborot (raqamlari va manzillari, ko‘rsatiladigan xizmatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar va b.lar) saqlanadi. Izoh − Amalda, uy registrida abonentlar joylashgan yer to‘g‘risidagi axborotning, kommutatsiya markazi tomonidan mobil stansiyalarga chaqiruvlarni marshrutlash imkonini beradigan qismi saqlanadi. " Uy katalogi|"Foydalanuvchining maʼlumotlari, sozlamalari va h.k. saqlanayotgan operatsion tizimdagi shaxsiy katalogi. Uy katalogining nomi va joylashishi operatsion tizim turiga bog‘liq - masalan, Windows XRda u Documents and Settings papkasida (Windows Vistada – Users), Linuxda esa – /home papkasida joylashadi. " Uy kompyuteri|"Uyda foydalaniladigan, universal, ko‘p funksiyali, muomala qilish oson bo‘lgan, ishonchli, yuqori unumli, arzon, zamonaviy dizaynga ega kompyuter. " Uy sahifasi|"Veb-saytga tashrif qiluvchi tushadigan va saytni ko‘rib chiqish boshlanadigan boshlang‘ich veb-sahifa. Izoh – Uy sahifasiga qarab, tashrif qiluvchi qayerga tushganligi va saytning boshqa sahifalarida nimani ko‘rish mumkinligi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘ladi. " Uya ichidagi xalaqit|"Bitta tayanch stansiyaning ta’sir doirasida, bitta ishchi chastotada ishlayotgan boshqa uzatgichlarning signallari keltirib chiqaradigan xalaqit. " Uya ichidagi xendover|"Abonent stansiyasining ishchi parametrlarini, odatda, chastota yoki kanal intervali raqamini, aynan shu abonent stansiyasi bilan aloqa paytida almashtirish protsedurasi. " Uya, yacheyka|"Bitta tayanch stansiyaning geografik qoplash zonasi. " Uyalarni retranslyatsiya qilish|"Maʼlumotlarning tezkor kommutatsiyasini apparat bilan taʼminlovchi tarmoq texnologiyasi. Uyalarga taxlab joylashtirilgan maʼlumotlarni qayta uzatib to‘g‘ridan-to‘g‘ri kommutatsiyalanadi. Birinchi navbatda, asosiy tarmoqlarda ishlatiladi. U kadrlarni qayta uzatishdan, bu tarmoqlar orqali o‘zgarmas uzunlikdagi, uya deb ataluvchi maʼlumotlar blokini uzatishni taʼminlashi bilan farqlanadi. Uyalarni qayta uzatish birlashgan kommutatsiya bog‘lamalarida bajariladi. " Uyali avtomat|"Har biri qo‘shni kataklar bilan birgalikda ishlashning muayyan qoidalari bilan bog‘langan, parallel ishlaydigan kataklar (avtomatlar, protsessorlar) to‘ridan iborat, ko‘p protsessorli parallel kompyuterlar modeli. Har bir katak qo‘shni kataklar holatiga bog‘liq bo‘lgan bir nechta berilgan (ma’lum) holatlarning birida bo‘lishi mumkin. Kataklar holatining barcha o‘zgarishlari diskret vaqt onida sinxron ravishda ro‘y beradi. " Uyali aloqa|"Mobil aloqa va shaxsiy aloqa xizmatlarini o‘z ichiga oluvchi aloqa. Aloqani ta’minlovchi stansiyalarning yuqorisiga asalari uyasiga o‘xshash olti burchakli yacheykalar joylashtiriladi. " Uyali aloqa kompaniya-operatori|"Uyali aloqa xizmatlarini taqdim etuvchi telekommunikatsiya kompaniyasi. " Uyali aloqa operatori|"Qar.: Mobil aloqa operatori. " Uyali aloqa tarmog‘i|"Xizmat ko‘rsatiladigan hududning, tayanch qabul qiluvchi-uzatuvchi radiostansiyalar joylashtirilgan holda qator yacheykalarga (uyalarga) bo‘linishidan foydalaniladigan va mobil foydalanuvchi yacheykadan yacheykaga ko‘chganda, aloqaning uzluksizligini avtomatik ravishda taʼminlaydigan telekommunikatsiyalar tarmog‘i. " Uyali aloqa uzeli|"Tayanch stansiya, antenna kompleksi va boshqa aloqa uskunasi joylashgan aloqa punkti. " Uyali aloqa virtual operatori|"Boshqa bir operatorning mavjud infratuzilmasidan foydalanadigan, biroq xizmatlarni o‘z nomi ostida sotadigan uyali aloqa operatori. Odatda, bazaviy operator bilan birgalikda umumiy uyali tarmoqdan va kommutatorlardan, ko‘pincha, umumiy billing tizimidan foydalaniladi. Ishning bunday sxemasi virtual operatorga uyali tarmoqni qurish va uni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan yirik kapital mablag‘lar sarfiga yo‘l qo‘ymaslik imkonini beradi. " Uyali aloqaning raqamli kanallari bo‘ylab ma’lumotlarni paketli uzatish|"Dupleks rejimida radiokanal bo‘ylab ma’lumotlarni 19,2 Kbit/s tezlikda uzatish. Ma’lumotlar so‘zlashuvlar orasidagi pauzalarda yoki ajratilgan aloqa kanallari bo‘ylab uzunligi 138 baytli paketlar bilan uzatiladi (axborot tezligi 9,0-14,4 Kbit/s). " Uyali kasseta|"Mobil yo‘ldoshli telefonning, GSM tarmog‘i bilan birga ishlashini ta’minlaydigan va apparaturaga ikki rejimda ishlash imkonini beradigan qo‘shimcha jihozi. Telefon rejimlardan biriga tanlov bo‘yicha yoki avval GSM standarti tarmog‘iga ulanishga urinayotganda avtomatik rejimga ulanishi mumkin. Agar, tarmoqqa kirish mumkin bo‘lmasa, apparat avtomatik tarzda yo‘ldoshli rejimga ulanadi. " Uyali keng eshittirish|"Uyali aloqa kanallari bo‘ylab, ro‘yxatga olingan barcha abonentlar foydalana olishi mumkin bo‘lgan axborot-ma’lumotnoma xabarlarining tarqatilishi. Keng eshittirish zonasi binoning bir qismi yoki lokal shahar zonasidan to butun tarmoq o‘lchamigacha, dinamik ravishda o‘zgarishi mumkin. " Uyali mobil aloqa tarmog‘i|"Xizmat ko‘rsatiladigan hududni tayanch qabul qiluvchi uzatuvchi radiostansiyalar joylashtiriladigan qator yacheykalarga (uyalarga) bo‘lishdan foydalaniladigan va harakatdagi foydalanuvchi yacheykadan yacheykaga ko‘chganda aloqaning uzluksizligi ta’minlanadigan mobil aloqa tarmog‘i. " Uyali raqamli paketli maʼlumotlar|"Uyali paketli radiotarmoqda maʼlumotlar uzatish usuli. CDPD texnologiyaga ega tarmoqlar 1994-yili paydo bo‘lib, tezda ommaviylashib ketdi. Mobil aloqa maʼlumotlarning ixtiyoriy turini (matnlar, tasvirlar va tovushni) uzatishni taʼminlay boshladi. Shu bilan birga, uzatishning yuqori ishonchliligi va xilma xil xizmatlar taqdim qilish kafolatlanadi. " Uyali raqamli televizion eshittirish|"Xizmat ko‘rsatiladigan hududda joylashgan tayanch stansiyalardan foydalangan holda amalga oshiriladigan raqamli televizion eshittirish. Izoh – Uyali raqamli televizion eshittirishning ko‘p kanalli (MMDS) hamda lokal (LMDS) ko‘p nuqtali taqsimlash tizimlari mavjud. " Uyali (raqamli televizion) eshittirish tizimi|"Televizion dasturlarni iste’molchiga tayanch stansiyalardan foydalangan holda yetkazish uchun mo‘ljallangan raqamli televizion eshittirish tizimi. " Uyali tarmoq|"Markazida, oltita qo‘shni tayanch stansiya bilan birgalikda ishlaydigan tayanch stansiyalar joylashgan ko‘plab yacheykalar (uyalar)dan iborat tarmoq. Signal bir tayanch stansiyadan boshqasiga uyali tarmoqning butun qamrov zonasi bo‘ylab uzatiladi. Tarmoqning bunday tuzilmasi abonentga mobil telefondan erkin harakatlangan holda, ayni paytda qaysi tayanch stansiyaga ulanganligi to‘g‘risida o‘ylamay foydalanish imkonini beradi. " Uyali tizim|"Bir nechta qabulqiluvchi-uzatuvchi tayanch stansiya va mobil terminallar joylashtirilgan qoplash zonalari (yacheykalar)dan iborat aloqa tizimi. Abonent bir yacheykadan boshqasiga o‘tganda, u avtomatik ravishda, ayni damda aloqa sifati eng yaxshi bo‘lgan boshqa bir, yaqinroqdagi tayanch stansiyaga ulanadi. Barcha tayanch stansiyalar bir-biri bilan bog‘langan, bu esa har qanday abonent juftligi o‘rtasida aloqani tashkil etish imkonini beradi. Bundan tashqari, har bir tayanch stansiya umumiy foydalanish tarmog‘iga ulangan bo‘lib, ham kiruvchi, ham chiquvchi qo‘ng‘iroqlarni ta’minlaydi. Konvensial va tranking tizimlardan farqli o‘laroq, uyali aloqa, birinchi navbatda, dupleks rejimda shaxsiy aloqani ta’minlash uchun mo‘ljallangan. " Uyani e’lon qilingan qayta tanlash|"Mobil radiostansiyaning aloqa kanalining xarakteristikalari birmuncha yaxshi bo‘lgan yangi uya aniqlanganda, o‘z uyasini yangisiga almashtirishi. Izoh − Uyani almashtirishdan oldin, u hozir xizmat ko‘rsatayotgan tayanch stansiyaga bu haqda xabar beradi, bunda yangi tayanch stansiyaga o‘tishning turli variantlari bor: yangi tayanch stansiya qaysi ekanligini bildirib yoki bildir-masdan, joriy bog‘lanishni tugatib yoki uni uzmasdan o‘tish. " Uyaning e’lon qilinmagan qayta tanlanishi|"Mobil aloqa tarmog‘ida uyaning almashish jarayoni bo‘lib, odatda mobil radiostansiyaning tayanch stansiyada ro‘yxatdan o‘chishi bilan birga amalga oshadi. Izoh − Biroq, bunday vaziyat har doim ham mumkin bo‘lavermaydi. Masalan, bog‘lanishning uzilishi to‘satdan sodir bo‘lib, mobil stansiya esa bu vaqtda ikki yoki undan ortiq tayanch stansiyalarning ta’sir zonasida joylashgan bo‘lsa, radiostansiya uyalarni skanlash orqali uzilgan bog‘lanishni tiklashga urinadi. Mobil stansiya yangi uyani egallagandan so‘ng, unda ro‘yxatdan o‘chishga, shu bilan birga, aloqa uzilgan paytda u qayta ro‘yxatdan o‘tishga ulgurmaganligi sababli, «eski» uyada ro‘yxatdan o‘tganligicha qolaveradi. " Uyaning «nafas olishi»|"Tarmoq yuklamasi, xalaqitli vaziyat va boshqa omillarga bog‘liq ravishda, yacheyka (uya) o‘lchamlarining o‘zgarishi. " Uyaning ogohlantirishsiz qayta tanlanishi|"Mobil stansiya ishchi holatda turgan, biroq, axborot uzatmayotgan vaqtda, tranking aloqa tarmog‘ida uyaning almashtirilish jarayoni. Izoh − Tarmoqni boshqarish tizimi, abonent aloqaga kirishga va yangi uyada ro‘yxatdan o‘tishga urinmagungacha, uning turgan joyi to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lmaydi. " Uyaning cho‘qqi tezligi|"Virtual zanjir bo‘ylab uya uzatilishi mumkin bo‘lgan maksimal tezlik. Bir sekundda uzatiladigan uyalar bilan o‘lchanadi hamda bir uyaning oxirgi bitini va keyingi uyaning birinchi bitini uzatish o‘rtasidagi intervalni belgilaydi. " Uygacha o‘tkazilgan optik tola|"Tarmoq qurish konsepsiyasi. Unga ko‘ra, optik-tolali liniyalar har bir xonadongacha yetkaziladi. Asosiy bog‘lamani abonent bilan bog‘lash uchun passiv optik taqsimlash qurilmalaridan foydalaniladi. Bu qurilmalar yordamida ko‘p simli magistral kabeldan kam tolali kabelga o‘tish taʼminlanadi. Abonentni ulash uchun ikki simli optik kabeldan foydalaniladi. " Uyg‘otish xizmati|"Abonent tomonidan oldindan belgilangan soatda yoki soatlarda o‘z liniyasida u uchun uyg‘otish chaqiruvi yoki chaqiruvlarini shart qilish va ushbu chaqiruvga javob bergandan keyin tegishli xabarnomani eshitish imkonini beradigan xizmat. " Uzatish|"Axborotni, aloqa kanali bo‘ylab manbadan qabul qilgichga ko‘chirish jarayoni. " Uzatish (eshittirishda)|"1. Radioto‘lqinlar yoki signallarni eshittirish uzatgichida nurlantirish. 2. Dastur yoki uning ma’lum bir qismi. " Uzatish kanali|"Telekommunikatsiyalar signalini muayyan chastotalar polosasida yoki berilgan uzatish kanali uchun xos bo‘lgan uzatish tezligi bilan tarmoq stansiyalari, tarmoq uzellari o‘rtasida yoki tarmoq stansiyasi va tarmoq uzeli, shuningdek, tarmoq stansiyasi yoki uzeli hamda telekommunikatsiyalar transport tarmog‘ining oxirgi (terminal) qurilmasi o‘rtasida uzatilishini taʼminlaydigan texnik vositalar kompleksi hamda uzatish muhiti. " Uzatish liniyalari|"Energiyani belgilangan yoʻnalishda uzatish qurilmalari. Izoh – Ekranlangan (koaksial liniyalar, naychasimon toʻgʻri burchakli, dumaloq yoki maxsus shakldagi metall toʻlqinoʻtkazgichlar), qisman ekranlangan (ikki simli, polosali, mikropolosali, tirqish liniyalar) va ekranlanmagan (ochiq dielektrik va nur toʻlqinoʻtkazgichlar) ajratiladi. " Uzatish liniyasi dispersiyasi|"Uzatish liniyasining, fazaviy tezlikni chastotaga bog‘liq holda o‘zgartirishni tavsiflaydigan xususiyati. " Uzatish muhitiga kira olish qurilmasining interfeysi|"Ekranlangan simlarning to‘rtta o‘ralgan juftidan iborat, Ethernet tarmog‘ining magistral kabeliga ulanadigan interfeys kabeli. " Uzatish radiotizimi|"Telekommunikatsiya signallari ochiq fazoda radioto‘lqinlar tarzida tarqatiladigan uzatish tizimi. Radioto‘lqinlarning tarqalish muhiti va shakliga qarab, uzatish radiotizimi: to‘g‘ri ko‘rinadigan radioreleli, troposferali, yo‘ldosh aloqali, ionosferali va h.k. deb ataladi. " Uzatish sifati|"Uzatuvchi foydalanuvchidan qabul qiluvchi foydalanuvchiga kelayotgan telekommunikatsiya signalini qayta tiklash darajasi. " Uzatish tezligi|"1. Ketma-ket kanal orqali ma’lumotlar uzatish tezligi. 2. Shina, kanal va h.k.larning o‘tkazuvchanlik xususiyati. " Uzatish tizimi|"Birlamchi tarmoq liniya traktlari, namunaviy guruh traktlari va uzatish kanallarining hosil qilinishini ta’minlovchi texnik vositalar kompleksi. Izohlar 1. Liniya trakti bo‘ylab uzatilayotgan signallarning turiga qarab uzatish tizimi analog yoki raqamli deb ataladi. 2. Elektraloqa signallarining tarqalish muhitiga qarab, simli uzatish tizimi va uzatish radiotizimi deb ataladi. " Uzatishni boshqarish protokoli|"O‘rnatilgan ulanish bilan ma’lumotlarni to‘liq dupleksli ishonchli uzatishni ta’minlaydigan transport sathidagi protokol. TCP/IP guruhi protokollari tarkibiga kiradi. " Uzatishning asosiy ranglari|"Uchta haqiqiy yoki haqiqiy bo‘lmagan asosiy ranglar guruhi, ular, odatda, yorug‘likni uzatish uchun bitta asosiy rang va ranglilikning ikkita asosiy rangidan tarkib topgan, ularning har biri miqdor jihatdan rangli tasvir signali tarkibida bor bo‘lgan uchta mustaqil signalning biriga mos keladigan qilib tanlanadi. " Uzatishning to‘xtab qolishi|"Dasturlarni uzatishning to‘satdan to‘xtab qolishi. " Uzatuvchi muhit|"1. Elektr energiyasi yoki elektromagnit nurlanishning fizik tashuvchisi. Yoshimcha signallarni uzatishda, tovushlarni yoki maʼlumotlarni uzaytirishda foydalanishda, qar khil holatdagi simlar yoki optik-tolali kabellarda. Ish, mis simlar – o‘ralgan zhuft, koaksial va twinaxial optik-tolali kabellardir. Bir, ikki, to‘rtta, kup simli va tasmali optik-tolali kabellar o‘tkazildi. 2. Axborotni uzatish uchun foydalaniladigan, turli xil yer usti radioaloqa vositalari, yo‘ldoshli, kabelli va optik-tolali liniyalarning jami. " Uzatuvchi optoelektron modul|"Elektr signallarni optik signallarga aylantirish uchun mo‘ljallangan optoelektronika asbobi. " Uzatuvchi radioeshittirish tarmog‘i|"1. Bitta dasturni bir vaqtda uzatish uchun mo‘ljallangan tovushli yoki televizion radioeshittirish uzatgichlari guruhi. 2. Shu tashkilot, hudud yoki mamlakatga taalluqli tovushli yoki televizion radioeshittirish uzatgichlari guruhi. " Uzatuvchi radioeshittirish stansiyasi|"Bitta yoki bir nechta uzatgichni ularning antennalari va tegishli uskunalari bilan o‘z ichiga olgan tovushli yoki televizion eshittirish markazi. Misollar − Uzatuvchi radio(eshittirish) stansiyasi, uzatuvchi televizion stansiya. " Uzaytirilgan tola|"Birga ulangan ikkita yoki undan ortiq optik toladan iborat tola. Tolalarning uzaytirilishi ajratgichli ulanishga qaraganda yaxshiroq xarakteristikalarni hamda yo‘qotishlar kam bo‘lishini taʼminlaydi. " Uzel|"1. Tarmoqqa ulanish nuqtasi, tarmoqqa ulangan qurilma; kompyuter tarmog‘idagi yoki ma’lumotlar uzatish tarmog‘idagi bir xil protokoldan foydalanadigan ikkita tarmoqni bog‘laydigan kompyuterni o‘zida ifodalaydigan uzel. Ikkita o‘xshash tarmoqdagi ikki mos dasturning bog‘lanishini ta’minlaydi. Uzatiladigan paketlarda bo‘ladigan manzilli axborotdan foydalanadi. Tarmoq uzellari marshrutizatorlar kabi, ko‘priklardan farqli ravishda, tarmoq darajasidagi qurilmalar hisoblanadi. 2. Iyerarxik tuzilmada: tuzilma elementi, masalan, «gipermatn uzeli». 3. Ikki komponent o‘rtasidagi bog‘lovchi nuqta. 4. Windows 2000/XP operatsion tizimida: boshqarish konsoliga tatbiqan, har qanday boshqariladigan obyekt, topshiriq yoki tur: masalan, kompyuterlar, foydalanuvchilar, veb-sahifalar. " Uzelni dinamik konfiguratsiyalash protokoli|"32-razryadli IP-manzillarning yetishmaslik muammosini yengillashtirish uchun ularning Internet dagi ish vaqtida IP-manzillarni lokal tarmoqning uzellariga (ishchi stansiyalariga) dinamik tayinlash uchun uzelni dinamik kongfiguratsiyalash protokoli. Uzellarga manzillarni o‘zlashtirish manzillarning markazlashtirilgan pulida amalga oshirilishi sababli, ularning noyobligi va nizoli manzillarning bo‘lmasligi kafolatlanadi. " Uzib qo‘yish|"Qurilmaning ishlashini to‘xtatish. Masalan, uskunaning biror konfiguratsiyasida uzib qo‘yilgan qurilmaga, uskunaning shu konfiguratsiyasidan foydalanlayotganda, kira olish imkoni bo‘lmaydi. Bu qurilmalar band qilgan resurslarni bo‘shatish imkonini beradi. " Uzib qo‘yishning rad etilishi|"Uskunaning nosozligi oqibatida yuzaga keladigan, ulanishni uzib qo‘yishga bo‘lgan muvaffaqiyatsiz urinish. Bu, liniyaning uzib qo‘yilish davri juda uzoq bo‘lishiga olib keladi. " Uzilish|"Kompyuter dasturning bajarilishini to‘xtatadigan va xizmat dasturi bajarilishini boshlaydigan signal. " Uzilish to‘g‘risidagi niqoblanadigan signal|"Uzilishni inkor qilish yoki ushlab qolish maqsadida blokirovkalangan uzilish to‘g‘risidagi signal. " Uzilishlar boshqariladigan dastur|"Markaziy protsessor (masalan, operatsion tizim) da uzilish sodir bo‘lganda avtomatik ravishda ishga tushadigan dastur. " Uzilishlar kontrolleri|"Apparat uzilishlarni boshqarish uchun tizim platasiga o‘rnatiladigan mikrosxema. " Uzilishlar navbati|"Barcha sodir bo‘lgan uzilishlarni navbati bilan qayta ishlashni ta’minlaydigan operatsion tizimning tizimli tuzilmasi. " Uzilishlar vektori|"Tezkor xotiradagi rezident massiv, unda quyi dastur-uzilishlarni qayta ishlagichlarning (operatsion tizim modullarining) manzili uzilishlar raqamlari bo‘yicha saqlanadi. " Uzilishlarning yo‘qligi|"Resursni faqat o‘z ishini tugatgach, ixtiyoriy ravishda bo‘shatish mumkin bo‘lgan jarayon. " Uzilishni qayta ishlovchi|"Berilgan raqam bilan uzilishni qayta ishlashni amalga oshiradigan operatsion tizim yadrosining moduli. " Uzish|"Ushbu atama odatda Linux operatsion tizimlarida ishlatilib, kompyuter tizimidan biron bir qurilmani uzish ma’nosini anglatadi. " Uzluksiz bloklar yoki uzluksiz rejim|"Minimal yo‘qotish bilan bir faylni chiqarib olish uchun, butun arxivni emas, faqat bitta uzluksiz blokni ochish zarur bo‘lgan siqish usuli. " Uzluksiz fayl|"Fizik jihatdan diskdagi uzluksiz sohani egallaydigan fayl. " Uzluksiz ishlashni ta’minlash va tiklash rejasi|"Muhofaza qilish dasturining bir qismi hisoblanadigan hamda tizimning asosiy resurslaridan foydalanishni va krizisli vaziyatlarda qayta ishlashning uzluksizligini ta’minlovchi, xavfli vaziyatlarga javob berish, zaxira nusxa ko‘chirish va keyingi tiklash protseduralari rejasi. " Uzluksiz modellash|"Tadqiq qilinadigan jarayonning uzluksiz xarakterdaligi hisobga olinadigan modellash. " Uzluksiz signal|"Qar.: Analog signal. " Uzluksiz sikl|"Mantiqiy xato sababli hech qachon tugallanmaydigan sikl yoki shu tarzda maxsus dasturlashtirilgan sikl. " Uzluksiz soha|"Qo‘shni elementlardan tuzilgan xotira sohasi (masalan, ketma-ket bloklardan iborat disk sohasi). " Uzluksiz ta’minot manbai|"Tarkibida akkumulyator bo‘lgan va asosiy elektr ta’minot kuchlanishi sakraganda yoki tushganda kompyuter va periferiya ta’minotini va himoyasini, shuningdek, kuchlanish yo‘qolganda ma’lumotlarning avtomatik ravishda ishonchli saqlanishini ta’minlaydigan qurilma. " Uzluksiz ta’minot qurilmasi|"Tarkibida akkumulyatorlar bo‘lgan va asosiy elektr ta’minot kuchlanishi tushib ketganda yoki sakrashlarida kompyuter va periferiyaning ta’minoti va himoyasini ta’minlaydigan, shuningdek, kuchlanish yo‘qolganda ma’lumotlarni avtomatik ravishda saqlash imkoniyatiga ega qurilma. " Uzluksizlik|"Tizimning xizmat ko‘rsatishda, berilgan ishchi xarakteristikalarga muvofiq, to‘xtovsiz ishlash qobiliyati. " Uzoq muddatli rejalovchi (vazifalarni rejalovchi)|"Tayyor jarayonlar navbatiga qaysi jarayonlar joylashtirilishi kerakligini aniqlaydigan operatsion tizim rejalovchisi. " Uzoq muddatli xotira|"Uzoq muddat mobaynida ma’lumotlarni saqlash uchun mo‘ljallangan kompyuter xotira qurilmasi. Saqlash vaqtida energiya ta’minoti bo‘lishiga bog‘liq emas. Ma’lumotlarni saqlashning turli fizik: magnit, optik, magnitooptik prinsiplariga ega. " Uzoq zona|"Elektromagnit maydonning burchak taqsimlanishi nurlanish manbaigacha bo‘lgan masofaga jiddiy bog‘liq bo‘lmagan soha. Izoh − Agar antennaning to‘liq o‘lchami D ga teng va to‘lqin uzunligidan katta bo‘lsa, uzoq zona antennadan ga katta masofadan boshlanadi, deb hisoblanadi, bunda λ – to‘lqin uzunligi. Elementar elektr vibrator uchun uzoq zona shart bilan belgilanadi, bunda: λ – nurlanish to‘lqin uzunligi; r – antennaning fazaviy markazidan kuzatish nuqtasigacha bo‘lgan masofa. Cheksizlikka fokuslangan (to‘g‘rilangan) nur uchun uzoq zona, ba’zan Fraungofer zonasi deb ham nomlanadi. " Uzoqdagi displeylar uchun protokol|"Windows NT TSE dagi serverlarda mavjud bo‘lgan Windows-ilovalar bilan ishlash imkonini ta’minlaydigan protokol. RDP odatda doimiy xotira qurilmasiga yozib olingan «ta’sirchan mijoz» dasturida keng qo‘llaniladi. " Uzoqdagi ish stoliga ulanish|"Uzoqda joylashgan kompyuterdagi ish stoli bilan aloqa o‘rnatish. " Uzoqdagi monitor|"Tarmoqning holati to‘g‘risidagi tezkor axborotni aks ettirish, shuningdek, kompyuterlar, ishini masofadan monitoring qilish uchun mo‘ljallangan monitor. " Uzoqlashgan|"Tarmoq yoki Internet yetib borgan joy chegarasida joylashgan kompyuter. " Uzoqlashtirish|"Tasvir masshtabini kichiklashtirish. " Uzun liniya|"Elektr uzunligi to‘lqin uzunligiga teng yoki undan katta uzatish liniyasi. " Uzun tire|"Matnlarda, HTML va boshqa hujjatlarda so‘zlar orasida ajratgich sifatida qo‘llaniladi. Microsoft Word va Open Office.org kabi ayrim dasturlar avtomatik tarzda ajratgichlarni taniydi va defisni uzun tirega almashtiradi. " Uzun to‘lqinlar (shuningdek, kilometrli to‘lqinlar)|"To‘lqin uzunliklari diapazoni 1000 m dan 10000 m gacha bo‘lgan, chastotalar diapazoni esa 30 kHz dan 300 kHz gacha bo‘lgan intervalda joylashgan to‘lqinlar. " Uzviy bog‘liq tizim|"Protsessorlar umumiy xotira va taymer (taktlar)ni ajratadigan parallel kompyuter tizimi. Ular o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir umumiy xotira orqali amalga oshadi. " Ushlab turish rejimida musiqa tinglash|"WAV faylini, chaqiruv ushlab turish rejimida bo‘lgan vaqtda, musiqa qo‘yish uchun tayinlash funksiyasi. " Ushlab turish va kutish|"Bir resursni ushlab turish jarayoni boshqa jarayonlar ega bo‘lgan boshqa resurslarni olishni kutib turadi. " Uch belgili mantiq|"Uchta chin qiymat, masalan, 1, 0, – 1 bilan ish ko‘radigan mantiq. " Uch martali DES algoritmi|"DES algoritmidan uch marta uchta turli kalit bilan foydalaniladigan shifrlash usuli. " Uch vibratorli antenna|"Bir-biriga nisbatan 120° burchak ostida siljigan uchta simmetrik vibrator koʻrinishidagi antenna. " Uch zvenoli model|"Oraliq zveno (kompyuter) ikki sathli model mijoz kompyuteri va server kompyuteri orasida joylashtiriladigan hamda tranzaksiyalarni qayta ishlaydigan monitor yoki obyektlarga bo‘ladigan so‘rovlar vositachisi sifatida ishlaydigan mijoz-server tizimi. Uch o‘lchamli grafika ing. - three-dimensional graphics (3D) ru – трехмерная графика Kompyuter grafikasida ishlatiladigan atama bo‘lib, obyektlarning ustida uch o‘lchamli fazoda operatsiyalar bajarish uchun algoritmlar va dasturiy mahsulotlarni hamda ularning natijalarini o‘z ichiga oladi. " Uch o‘lchamli taxminlash, 3-D taxminlash|"Taxminlangan qiymat, o‘sha maydonning yoki bitta yo bir nechta oldingi maydon satrlaridan kadrning qo‘shni elementlaridan kelib chiqib olinadigan taxminlash. " Uch o‘lchamli televideniye, 3-D televideniye|"Sahnaning uch o‘lchamli ko‘rinishi amalga oshiriladigan televideniye. Izoh – Uch o‘lchamli ko‘rinish amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan jarayonlar stereoskopik televideniye va golografik televideniyeni o‘z ichiga oladi. " Uchastkalar bo‘yicha signalizatsiya|"Xizmatga oid barcha axborot bitta kommutatsiya stansiyasidan boshqasiga ketma-ket uzatiladigan signalizatsiya usuli. Har bir aloqa uzelida bu axborot ajratib olinadi va tahlil qilinadi. " Uchinchi avlod (3G)|"Uchinchi avlod raqamli mobil aloqa tizimlari. Multimediani ta’minlaydi, uzatish tezligi 2 Mbit/s gacha. " Uchinchi darajali kesh xotira|"Tizim platasida ikkinchi kesh va tezkor xotira qurilmasi o‘rtasida o‘rnatiladigan qo‘shimcha kesh xotira. Bu turdagi kesh xotira birlamchi (L1) va ikkilamchi (L2) kesh xotiralar ishlab chiqaruvchilar tomonidan protsessor ichiga o‘rnatila boshlangandan keyin paydo bo‘ldi. " Uchta abonentning ulanishi|"Boshqa foydalanuvchi bilan aloqada ishtirok etuvchi foydalanuvchining, ushbu aloqani buzmasdan, uchinchi foydalanuvchi bilan qo‘shimcha ulanish, bir aloqadan boshqasiga ko‘p marotaba (ularning har birini sir saqlagan holda) qayta ulanish va/yoki qolganlariga qaytgan holda ushbu aloqalardan birini buzush imkonini beradigan qo‘shimcha xizmat. Izoh – Xizmatdan foydalanuvchi abonent ushbu ikkita aloqani bitta uch tomonlama aloqaga birlashtirish imkoniyatiga ega bo‘lgandagi xizmat varianti ko‘zda tutilgan. V " Vakillik serveri|"To‘siq hosil qiluvchi kompyuter yoki unda ishlovchi dasturiy taʼminot. Vakillik serveri ikki tarmoq o‘rtasida joylashib, biri uchun foydalanish chetdan mumkin bo‘lsa, boshqasiga esa mumkin bo‘lmaydi. Ichki tarmoqni ajratib, Internetda uning vakili sifatida bo‘ladi. Uning asosiy vazifasi – tarmoq mijozlarining so‘rovlarini Internet bog‘lamalariga uzatish va talab qilingan axborotni mijozga qaytarish. " Vakolatlar|"Foydalanuvchilarga nimanidir yaratish, o‘zgartirish yoki o‘chirishga berilgan huquq va imkoniyatlar. " Vakolatlar matritsasi|"Elementlari muayyan obyektning muhofaza qilinadigan ma’lumotlarga nisbatan huquqlarini (vakolatlarini, imtiyozlarini) belgilaydigan jadval. " Vakolatlar profili|"Har bir subyekt bilan assotsiatsiyalangan tizimning muhofaza qilinadigan obуektlari va ulardan erkin foydalanish huquqlari ro‘yxati. Obуektga murojaat qilishda subуekt profili foydalanishning tegishli huquqlari mavjudligiga tekshiriladi. Profil erkin foydalanish matritsasining satri ko‘rinishida taqdim etiladi. " Vakolatli foydalanuvchi|"Xavfsizlik funksiyasi siyosatiga muvofiq, har qanday operatsiyani bajarishga ruxsat etilgan, baholash obуekti foydalanuvchisi. " Vaksina-dastur|"Boshqa dasturlar va disklarni, ularning ishiga ta’sir qilmaydigan darajada o‘zgartiradigan dastur. Biroq, vaksinatsiya manbai bo‘lgan virus bu dasturlar yoki disklar zararlanib bo‘lgan deb hisoblaydi. " Vaksinalash|"Berilgan (ma’lum bir) virus turi tomonidan zararlanishni aniqlash (topish) uchun foydalaniladigan shart-sharoitlarni imitatsiyalovchi, ya’ni virusni «aldaydigan» rezident vaksina dasturlarni ishga tushirish. " Valid-invalid biti|"Sahifa jarayonning mantiqiy xotirasiga taalluqli yo taalluqli emasligini ko‘rsatadigan sahifalar jadvalining element biti. " Validatlash|"Dasturiy mahsulotni unga qo‘yiladigan barcha talablarga muvofiqligi nuqtai nazaridan baholash. " Vaqt belgisi|"Yagona vaqt tizimiga nisbatan vaqt onini ko‘rsatadigan maʼlumotlar elementi. Izoh – Vaqt belgisidan hujjatning yaratilish vaqti aniqligini va elektron raqamli imzo aktualligi saqlanganligini tekshirish uchun foydalaniladi. " Vaqt bombasi|"Muayyan vaqtda aktivlashtirilishi mumkin bo‘lgan mantiqiy bomba. " Vaqt bo‘yicha ajratish bilan dupleks uzatish|"Bitta kadrning turli vaqt intervallarida, uzatish va qabul qilish kanallarini zichlash bilan bitta eltuvchida raqamli axborotni ikki tomonlama uzatish. Vaqt bo‘yicha ajratish bilan dupleks uzatish, birinchi navbatda, abonentlar cheklangan makonda nisbatan past tezlikda harakatlanadigan piko- va mikrouyalar uchun mo‘ljallangan. " Vaqt bo‘yicha ajratish bilan multipleksorlash|"Aloqada va ajratilgan taym-slotlardan foydalangan holda, raqamli ma’lumotlarni uzatishdagi multipleksorlash texnikasi (usuli). " Vaqt bo‘yicha ajratish bilan ko‘plab foydalana olish|"1. Bitta chastota slotida bir nechta abonent bo‘ladigan, turli abonentlar uzatish uchun turli vaqt slotlaridan foydalanadigan spektrdan foydalanish usuli. Izoh − TDMA prinsipidan GSM, D-AMPS va PDC (Yaponiya standarti) standartlarida foydalaniladi. 2. Signallarni 2G uyali va yo‘ldoshli tarmoqlar orqali uzatish usuli, bunda har bir signalning o‘z chastota-vaqt intervali bo‘ladi. GSM TDMA texnologiyadan foydalanishga asoslangan. 2,5G tarmoqlari 3G tarmoqlar bilan almashtirilsa, TDMA katta o‘tkazish polosasidan foydalaniladigan CDMA texnologiyasi tomonidan qisman siqib chiqariladi. 3. Barcha abonentlarning axboroti bitta eltuvchi chastotada, biroq, o‘rtasida himoya oraliqlari kiritilgan turli vaqt intervallari («darchalar») da uzatiladigan foydalana olish usuli. 4. D-AMPS (IS-136) raqamli uyali aloqa tizimi standartining yangi nomi. 5. VSAT tarmog‘ining ish rejimi bo‘lib, bunda ko‘p sonli stansiyalar bir vaqtning o‘zida yo‘ldoshli retranslyatorning umumiy kanalidan kanallar vaqt bo‘yicha ajratilgan rejimda dinamik foydalana olishlari mumkin bo‘ladi. " Vaqt bo‘yicha asinxron multipleksorlash|"Uzatish vositalarining foydalaniladigan resursi har bir foydalanuvchining shu vaqtdagi haqiqiy ehtiyojlarini hisobga olgan holda, axborotning yacheykalari bilan to‘ldiriladigan vaqt bo‘yicha intervallardan oldin belgilanmaydigan ketma-ketlikdan iborat bo‘lgan multipleksorlash usuli. " Vaqt bo‘yicha belgi qo‘yish|"Axborotni uzatish jarayonida almashtirilish yoki o‘zgartirilishdan muhofaza qilish usuli. Har bir xabarga ma’lumotlar bilan qat’iy bog‘liq bo‘lgan vaqtinchalik belgilarni kiritishga asoslanadi. " Vaqt bo‘yicha kommutatsiya|"Telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan kommutatsiya tarmog‘i vaqt kanallarining vaqt bo‘yicha pozitsiyalarini bog‘lash orqali amalga oshiriladigan kommutatsiya. " Vaqt bo‘yicha siqish|"Ma’lumotlarni xotiraga bir taktli chastota bilan yozish va boshqa taktli chastota bilan o‘qish orqali amalga oshiriladigan signalni vaqt bo‘yicha siqish operatsiyasi. " Vaqt bo‘yicha o‘zgartirish|"Signal vaqt o‘qida gi diskret sanoqlar holatining, ularning amplitudaviy qiymatlari saqlangan holda o‘zgaradigan aylantirish. " Vaqt bo‘yicha chaqiruvlarni cheklash|"Xizmat abonenti tomonidan boshlab berilgan, har bir chaqiruvning so‘zlashuv davomiyligini cheklaydigan xizmat. Abonent so‘zlashuvining davomiyligi berilgan cheklanishdan oshsa, tizim bog‘lanishni majburan uzadi. " Vaqt domeniga ega optik reflektometr|"Optik tolalarni, qaytgan yorug‘likni detektorlashga asoslangan (optik «radar»), testlash usuli. Tola so‘nishini o‘lchash, muftali va konnektorli ulanishlar sifatini baholash hamda uzilish joylarini aniqlashda foydalaniladi. " Vaqt intervallarining qayta taqsimlanishi|"Vaqt bo‘yicha ajratilgan foydalana olishda ishlatiladigan, kanal intervallari abonentlarga qat’iy tarzda emas, balki tizimning real yuklanishiga bog‘liq holda, mos ravishda qayta taqsimlanadigan protsedura. Kanallarning yangi taqsimoti to‘g‘risidagi ma’lumotlar, xizmat kanali orqali shu yoki undan keyingi kadrda uzatiladi. " Vaqt kvanti|"Ko‘p vazifali muhitdagi, mikroprotsessor alohada bajariladigan vazifani boshqaradigan qisqa vaqt davri. " Vaqt oralig‘i (paketlararo interval)|"Paketni jo‘natgan uzatish qurilmasi, paket keyingi gal yuborilgunga qadar kutishi zarur bo‘lgan, mikrosekundlarda o‘lchanadigan vaqt. " Vaqtbay tarif|"Telekommunikatsiya xizmatlari uchun kanal yoki aloqa liniyasi band etilgan vaqt bilan bog‘liq differensiallangan to‘lov. " Vaqtda o‘zgaruvchi kod|"So‘zlari ish jarayonida biror-bir tarzda o‘zgaradigan kod. " Vaqtga qarab ochiladigan kriptotizim|"Faqat berilgan vaqt intervali tugagandan so‘ng muhofazalangan axborotni rasshifrovka qilish imkonini beradigan kriptografik tizim. Hozirgi vaqtda bunday tizimlarni amalga oshirishning ikkita varianti mavjud: – vaqtinchalik qulflovchi sharadalar; – berilgan vaqt intervali mobaynida axborotni ochmaslik majburiyatini zimmasiga olgan ishonchli agentlardan foydalanish. Agentlardan foydalanishga to‘g‘ri kelganda ularga nisbatan ishonch muammosi yuzaga keladi, buni sirlarni taqsimlash mexanizmini qo‘llash hisobiga qisman hal qilish mumkin. " Vaqtinchalik bog‘langanlik|"Funksiyalari deyarli bir vaqtda bajarilishi zarur bo‘lgan modul xarakteristikalari. Izoh – Initsializatsiya moduli, qayta tiklanish moduli va ishni tugatish moduli vaqtinchalik bog‘langanlik modullariga misol bo‘ladi. " Vaqtinchalik fayl|"Operatsion tizim yoki amaliy dastur tomonidan, vaqtinchalik (oraliq) ma’lumotlarni saqlash uchun yaratiladigan fayl. Ba’zan, vaqtinchalik fayllar bilan ishlash tugatilganidan so‘ng, ular o‘chirib tashlanadi. " Vaqtinchalik ortiqchalik|"Tizimning ishlash imkoniyatini qayta tiklash uchun ketadigan maksimal vaqt. " Vaqtinchalik qator|"Vaqt ichida o‘zgaradigan ma’lumotlar to‘plami. " Vaqtinchalik xotira|"Hisoblashlarda oraliq ma’lumotlarni saqlash uchun vaqtinchalik ajratiladigan xotira qismi. " Vaqtinchalik yashirin kanal|"Yashirin kanal, unda bir jarayon axborotni boshqasiga tizim resurslaridan (masalan, markaziy protsessorning bandlik vaqtidan) foydalanishni modulyatsiyalash vositasida, bu modulyatsiyalash boshqa jarayon tomonidan aniqlanishi va detektorlanishi mumkin bo‘ladigan tarzda uzatadi. " Vaqtni ajratish tizimi|"Foydalanuvchi-dasturchini uning vazifalarini bajaruvchi jarayondan izolyatsiyalash – paketli qayta ishlash tizimining asosiy kamchiligini tuzatish uchun mo‘ljallangan. Vaqtni ajratish tizimining har bir foydalanuvchisiga o‘zining dasturi bo‘yicha dialog olib borishi mumkin bo‘lgan terminal taqdim etiladi. " Vaqtni belgilash xizmati|"Ma’lum bir vaqt onida elektron ma’lumotlar mavjudligini tasdiqlaydigan xizmat. Izoh – Vaqtni belgilash xizmatlari foydali, shuningdek, uzoq muddat mobaynida raqamli imzolar tekshiruvini olib borish uchun mutlaqo zarur. " Vaqtni taqsimlash|"Kompyuterning bitta markaziy protsessor bilan ishlash rejimi, bunda protsessor muntazam ravishda bir vazifani hal qilishdan boshqasiga o‘tib turadi. Vaqtning taqsimlanishini operatsion tizim amalga oshiradi. Bu rejimdan ko‘p dasturli «bir vaqtda» ishlash uchun foydalaniladi. Protsessor barcha ishlarni izchil, lekin juda tez bajaradi. Shuning uchun, har bir vazifaga juda qisqa muddatga protsessor resurslari ajratilsa, foydalanuvchiga ishlar parallel bajarilayotgandek tuyuladi. Vaqtni taqsimlash rejimi UNIX va Windows tizimlarida yaxshi amalga oshirilgan. Masalan, vaqtni taqsimlash rejimida bir vaqtda matn redaktori bilan ishlash, qandaydir faylni bosib chiqarish va ma’lumotlarni tarmoq orqali qabul qilish mumkin. " Vardrayving|"Wi-Fi simsiz tarmoqlariga kirish nuqtalarini izlash va buzish jarayoni. Wi-Fi adapterli tashuvchan kompyuterga ega shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan amalga oshiriladi. Nuqtani makonda izlash va aniqlashda transport vositasi ishlatilgani uchun «urush haydashi» deyiladi. " Varez|"Muallif ruxsatisiz noqonuniy yo‘llar bilan (kamdan-kam hollarda simvolli plata uchun eltuvchilarda) tekin tarqatiladigan tijorat dasturi. Tekin foydalanishga imkon beruvchi o‘zgarishlar va/yoki qo‘shimchalarni albatta o‘z ichiga oladi. " Vayp|"Axborotning to‘liq o‘chirilishi. Oddiy o‘chirishdan (maʼlumotlar bloklari foydalanish uchun bo‘sh deb ko‘rsatilishi) farqli o‘laroq axborot saqlangan hamma bloklar majburiy tozalanadi. Fayl vaypi holatida quyidagi operatsiyalar bajariladi: faylning har bir biti nolga almashtiriladi; fayl hajmi nolga keltiriladi; faylning nomi ixtiyoriy nomga o‘zgartiriladi va fayl o‘chiriladi. Bu nafaqat fayldan axborotning o‘chirilishini, balki fayl mavjudligining barcha (bilvosita) belgilarining ham yo‘q qilinishini kafolatlaydi. Qar.: Qoldiq axborot. " Vazifa|"Avtonom, mustaqil bajariladigan amaliy dastur. " Vazifa identifikatori|"Bajariladigan yoki bajarishga tayyor vazifaga beriladigan ramziy kod. " Vazifalar dispetcheri|"Kompyuterda bajariladigan dasturlar va jarayonlar to‘g‘risida ma’lumot beruvchi Windows operatsion tizimining dasturi. Vazifalar dispetcheri yordamida dasturlarni ishga tushirish yoki to‘xtatish, jarayonlarni to‘xtatish va tizimning bandlik darajasi to‘g‘risida ma’lumot olish mumkin. " Vazifalar navbati|"1. Operatsion tizimlarda bajarishga tayyor bo‘lgan vazifalarning qaysidir qiymatiga ko‘ra tuzilgan ro‘yxat. 2. Tizimdagi barcha jarayonlarning to‘plamini o‘z ichiga oladigan navbat. " vazifalar paneli|"Windows operatsion tizimida ekranning pastki qismidagi vazifalar ro‘yxatini ko‘rsatuvchi gorizontal yo‘lakcha. Vazifalar panelidagi tugmalar yordamida ishlab turgan dasturlarni unisidan bunisiga o‘tkazish, hamda vazifalar panelini ekranning yuqori yoki yon tomoniga ko‘chirish va yashirish mumkin. " Vazifalar panelini blokirovkalash|"Vazifalar panelining holati, bunda vazifalar paneliga bevosita dasturlarga tez murojaat etish yorlig‘ini joylashtirish mumkin bo‘lmaydi. " Vazifalar ro‘yxati|"Ishga tushirilgan dasturlar va bajariladigan jarayonlar ro‘yxati. Kompyuter resurslari harajatlarining monitoringi uchun xizmat qiladi. " Vazifalarni boshqarish|"Operatsion tizimning ko‘p vazifali rejimda hisoblash jarayonini boshqarish bo‘yicha funksiyalari. " Vazifalarni rejalashtiruvchi|"Dasturlarni belgilangan vaqtda, belgilangan tartibda ishlashini ta’minlaydi. " Vaziyat xatosi|"Muayyan vaziyatlarda operatsion tizim yoki dasturda yuz beradigan xatolik. " Vaznlangan (TV) shovqin|"Ko‘rinadigan fluktuatsion xalaqitlarning ko‘z bilan baholanadigan jadalligi. " Vaznlovchi filtr|"Amplituda-chastotaviy xarakteristikasi fluktuatsion xalaqitning vazniy funksiyasini modellashtiradigan elektr filtr. " Veb-…|"WorldWideWeb ga, WWWga yoki WorldWideWeb prinsipi bo‘yicha tashkil qilingan korporativ maʼlumotlar almashinish tarmog‘iga mansublikni bildiradigan old qo‘shimcha. " Veb-anjuman|"Internet orqali real vaqt rejimida onlayn uchrashuvlar o‘tkazish va birgalikda ishlash uchun texnologiyalar va vositalar. Veb-anjumanlar onlayn taqdimotlar o‘tkazish, hujjat va ilovalar bilan birgalikda ishlash, saytlarni, videofayllarni va tasvirlarni sinxron ko‘rish imkonini beradi. " Veb-bord|"Qar.: E’lonlar taxtasi. " Veb-brauzer|"Veb-sahifalarni ko‘rish va tasvirlash uchun mo‘ljallangan dastur. Gipermatnli hujjatlarni tasvirlash va veb-resurslar orqali harakatlanish imkonini beradi. Izoh – Veb-brauzer tarmoqdagi server yoki boshqa kompyuterlardan o‘zida gipermatn, audio va video fayllarni saqlovchi veb-hujjatlarni olishi va lokal kompyuterda ko‘rsatishi mumkin. Bugungi kunda eng ko‘p qo‘llaniladigan veb-brauzerlar Microsoft Internet Explorer va Mozilla Firefox hisoblanadi. " Veb-dizayn|"Veb-sahifalarini bezash. Veb-dizayn qog‘oz nashri uchun poligrafik dizayn va sahifalash qanday vazifani bajarsa, sayt uchun ham xuddi shunday vazifani bajaradi. Veb-dizayn deganda odatda nafaqat sayt uchun grafik elementlarni yaratishni, balki uning tuzilmasi, navigatsiyasi va baʼzan sayt ishi uchun zarur bo‘lgan skriptlarni loyihalash, yaʼni saytni to‘liq yaratish nazarda tutiladi. Dizayn saytning aqlli tuzilishi maʼnosida uning «chiroyliligi»dan ancha muhimroq. Sayt dizayni odatda ixtisoslashtirilgan veb-dizayn studiyalari tomonidan bajariladi. Sayt uchun dizayn yaratish bahosi sayt hajmi, grafik elementlar soni, uning ustida ishlovchi mutaxassislar saviyasi, dasturlash zarurligi va h.k.larga bog‘liq. " Veb-hujjat|"HTML yoki XML tilida yozilgan va Internet tarmog‘iga joylashtirish uchun tayyor bo‘lgan hujjat. " Veb-interfeys|"Foydalanuvchiga veb-brauzer orqali turli dasturlar bilan o‘zaro ishlash imkonini beruvchi interfeys (masalan, o‘z buyurtmasini boshqarish, Internet do‘konida yoki tarmoq printerini sozlash). veb-interfeyslarining qulayligi shundaki, ular bitta ofisda joylashmagan xodimlarga birgalikda ish yuritish imkonini beradi. Masalan, veb-interfeyslar turli maʼlumotlar bazalarini to‘ldirish yoki Internet OAVda materiallarni chop etish uchun ishlatiladi. " Veb-kamera|"Ko‘chmas kamera bo‘lib, u bilan olingan tasvirlar Internetdagi muayyan saytda ko‘rsatiladi. Odatda bu video oqimi emas, balki muayyan muddatlardan keyin masalan, har 20 sekundda yangilanuvchi statik tasvir. Odatda videokameralar saytga tashrif buyuruvchilar ko‘nglini ovlash uchun ishlatiladi. " Veb-portal orqali statistikani ko‘rish|"O‘z qo‘ng‘iroqlari statistikasini ko‘rib chiqish (Call Detail Server mavjud bo‘lganda ishlaydi) imkoniyatini beradigan xizmat. " Veb-ranglar|"Rasmlarda ranglarni aniq solishtirish va aks ettirish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan 256 ta rangdan 216tasini o‘z ichiga olgan ranglar jadvali. Qolgan 40 ta rang ishlatilmaydi, chunki ular kompyuterlarda rang uzatish sifatining sozlanganligiga ko‘ra turlicha aks ettirilishi mumkin. Veb-standart palitra odatda xavfsiz ranglar palitrasi deyiladi. " Veb-sahifa|"Veb orqali erkin foydalanish mumkin bo‘lgan HTML hujjat. Gipermatn yoki gipermedia ko‘rinishidagi axborotni ichiga oladi. " Veb-sahifa sarlavhasi|"Veb-sahifani aynanlashtiruvchi tavsiflovchi matn. Ochiq sahifa nomi veb-brauzeri oyna-sining sarlavha qatorida aks o‘tiriladi. " Veb-sayt|"Ma’no jihatidan birlashtirilgan, umumiy tuzilma va navigatsiyaga ega bo‘lgan veb-sahifalar majmui. " Veb-saytni optimallash|"Qar.: SEO. " Veb-saytning ko‘chirma indeksi|"Veb-saytga boshqa Internet resurslaridan ishoratlar soni asosida hisoblanadigan qidiruv tizimi ko‘rsatgichi. Ko‘chirma indeksining eng oddiy shaklida faqat ishoratlar soni hisobga olinadi. Tematik ko‘chirma indeksida veb-saytga ishoratlarga ega bo‘lgan resurslarning mavzusi, o‘lchangan ko‘chirma indeksida esa o‘sha resurslarning mashhurligiga eʼtibor beriladi. " Veb-server|"1. Bitta yoki bir nechta veb-uzel ishini taʼminlaydigan dasturiy ilova. 2.Serverning dasturiy taʼminoti bilan taʼminlangan va Internet mijozlaridan rasmiy talablar olish, ularni qayta ishlash va bajarish uchun mo‘ljallangan kompyuter. " Veb-server imkoniyatlarini tahlil qilish asbobi|"Ko‘plab ko‘zda tutilgan yuklamalardan foydalanib, mijoz-server konfiguratsiyasini testdan o‘tkazadigan, skriptlar bilan boshqariladigan utilita. " Veb-standartli palitra|"Qar.: Veb-ranglar. " Veb-televizor|"Internet tarmog‘i orqali tashkil qilinadigan teskari kanalli teleko‘rsatuvlarni interaktiv ko‘rish imkoniyatini ta’minlaydigan televizor va kompyuter kombinatsiyasi. " Veb-usta|"Veb-uzel yaratilishi va uni boshqarish yuzasidan javobgar bo‘lgan, veb-uzel administratori. " Veb-uzel|"Maxsus dasturlar – veb-sharhlovchilar yordamida kompyuter tarmog‘i orqali ko‘rib chiqish uchun mo‘ljallangan, o‘zaro bog‘langan axborot onlayn resurslar to‘plami. Izoh – Veb-uzel elektron ko‘rinishdagi hujjatlar to‘plamini, onlayn xizmatni o‘zida ifodalashi mumkin. " Veb-хosting|"«Xosting» so‘zi to‘laqonli ikki tomonlama aloqa bilan taʼminlangan tarmoqdagi kompyuterni bildiruvchi xost so‘zidan olingan (qar.: xost). Xosting pulli va tekin, oddiy va mukammallashgan bo‘lishi mumkin. Xosting provayderini tanlayotganda quyidagi tavsifnomalarga eʼtibor berish lozim: 1) disk makoni; 2) Internet kanalining o‘tkazish qobiliyati (kengligi); 3) fayllarni boshqarish usullari: veb-forma yoki FTP protokoli orqali foydalanish; 4) standart skriptlar to‘plami; 5) server tomonida dasturlash mumkinligi (SSI, PHP, ASPlarni qo‘llab-quvvatlash, cgi-bin katalogi); 6) serverda maʼlumotlar bazalaridan foydalanish – o‘z maʼlumotlar bazalarini yaratish va ishlatish mumkinligi; 7) Shell dan foydalanish; 8) .htaccess fayli orqali serverni konfiguratsiyalash mumkinligi; 9) log-fayllardan foydalanish; 10) uchinchi darajali domenlarni taqdim etish (name.your-name.uz, name1.your-name.uz va boshqa turdagi manzil); 11) bitta yoki bir necha pochta qutisini qo‘llab-quvvatlash; 12) uzluksiz elektr energiya bilan taʼminlash. " Veb-shablon|"Mundarijani veb-sahifa dizaynidan ajratish uchun va veb-hujjatlarni ko‘plab ishlab chiqish uchun qo‘llaniladigan moslama. Veb-shablondan istagan inson yoki tashkilot o‘zining veb-saytini yaratishda foydalanishi mumkin. Shablon sotib olingandan yoki saqlab olingandan so‘ng, foydalanuvchi barcha shablonning asosiy maʼlumotlarini o‘zining tashkiloti yoki mahsuloti maʼlumotlari bilan to‘ldiradi. " Veb 2.0|"WWW rivojlanishining ikkinchi avlodini belgilovchi atama. Veb 2.0 ning asosiy xususiyati – ko‘p sondagi foydalanuvchilarning kontentni yaratish va maʼlumotlar almashishdagi bevosita ishtiroki. Misol – ijtimoiy tarmoqlar, videoxosting saytlari, viki, bloglar, folksonomiya. " Vektor|"Sonli qiymat va yo‘nalish bilan tavsiflanadigan, to‘g‘ri kesma bilan tasvirlanadigan matematik kattalik. " Vektorlash|"Rastr grafikasini vektor grafikasiga o‘girish, rastrlashga teskari bo‘lgan jarayon. Rastrlashdan farqli o‘laroq ushbu jarayon juda murakkab bo‘lib, uni to‘liq avtomatik tartibda bajarib bo‘lmaydi. " Vektorli displey|"Ishda vektor grafikadan foydalanadigan kompyuter displeyi. " Vektorli grafika|"Tasvirni, har qanday usul bilan, shu jumladan, grafik komandalar bilan tavsiflangan grafik elementlar yig‘indisi sifatida taqdim etish usuli. Ko‘pincha, ikkilik koddagi fayllar sifatida taqdim qilinadi. " Vektorli kodlash|"Kodlash usuli, bunda kanal bo‘yicha tasvir sanog‘i blokining qiymatlari emas, blokning kod daftaridagi uzatilayotganga eng yaqin manzili jo‘natiladi. " Vektorli kompyuter|"Vektorlarni (bir o‘lchamli ma’lumotlar massivlarini) qayta ishlash uchun mo‘ljallangan kompyuter. " Vektorli protsessor|"Bir o‘lchovli raqamli ma’lumotlar massivlari (vektorlar) ustida bir vaqtda hisoblashlar uchun komandalar to‘plami bo‘lgan kompyuter. " Vektorli yoyish|"Ekranda sintezlangan tasvirni qayta tiklash usuli, bunda yoyuvchi element tasvirni olish uchun zarur bo‘lgan faqat qisqa yo‘l bo‘yicha, ularning joylashishidan qat’i nazar, bevosita bir nuqtadan boshqasiga harakatlanadi. " Vergullar bilan ajratilgan qiymatlar|"Jadvalli ma’lumotlarni taqdim etish uchun mo‘ljallangan matnli format. Faylning har bir satri – bu jadvalning bir satridir. Alohida ustunchalarning ma’nolari ajratish simvoli masalan, vergul, nuqtali vergul va tabulyatsiya simvollari yordamida ajratiladi. " Verifikator|"Autentifikatsiyalangan identifikatsiya qilish talab qilinadigan yoki uni ko‘rsatadigan obyekt. Verifikator autentifikatsiya maqsadlarida almashinuvlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan funksiyalarni o‘z ichiga oladi. " Verifikatsiyalash|"1. Belgilangan talablar bajarilganligining obyektiv isbotlarini taqdim etish yo‘li bilan tasdiqlash. Izoh – Verifikatsiyalashni muvofiqlikka testlash deb ham atash mumkin. 2. Hisoblash texnikasi vositalari yoki avtomatlashtirilgan tizimlar spetsifikatsiyalarining ikki darajasini tegishli muvofiqlikka taqqoslash jarayoni. 3. ID-kartaga kiritilgan biometrik ma’lumotlarning ID-karta egasining biometrik ma’lumotlariga mosligini maxsus texnik qurilma yordamida tekshirish. " Verifikatsiyalash qoidasi|"Dastur talablariga muvofiq kelishini tekshirish maqsadida, kiruvchi ma’lumotlarning dastlabki qayta ishlanishini belgilovchi qoida. " Verifikatsiyalash va tasdiqlash|"Tekshirishlarning to‘la to‘plami bo‘lib, tizimning o‘zi mo‘ljallangan maqsadlarga muvofiqligini kafolatlash uchun kerak. Izoh – Funksional testlarni qat’iy tanlash, o‘tkazish qobiliyatini nazorat qilish, ishonchlilikni tekshirish va sh.k. tekshirishlar qatoriga kiradi. " Vernam kriptotizimi|"Kriptotizim, xuddi shunday Vernam shifri deb ham ataladi, tamomila tasodifiy ravishda hosil qilinadigan bit satrini ishlatadi. Kalitlar oqimining uzunligi dastlabki matn uzunligiga teng, dastlabki matn va tasodifiy bit satri shifrlangan matn hosil qilish uchun, XOR amalidan foydalanib aralashtiriladi. Bunday algoritm o‘ta maxfiylikka ega. Ushbu kriptotizim omilkor emas, chunki katta o‘lchamdagi kalitlardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. U asosan, harbiy va diplomatik maqsadlarda ishlatiladi. Bu shifrning asosiy kamchiligi kalitlarni boshqarish qiyinligi. " Versiya|"Dasturiy mahsulotning, ba’zi o‘zgartirishlar kiritilgan varianti. Turli versiyalar quyidagi tarzda indekslanadi: jiddiy o‘zgartirishlar nuqtagacha raqam bilan oraliq variantlar nuqtadan keyingi raqamlar bilan ko‘rsatiladi. " Versiya raqami|"Ishlab chiqish va/yoki ishlab chiqarish paytida dasturiy ta’minotga beriladigan belgi. Odatda, versiya raqami X, Y ko‘rinishida yoziladi, bu erda X ‒ versiyaning bosh raqami, Y esa, reliz raqami. Reliz raqamining o‘zgartirilishi mahsulotga ba’zi o‘zgartirishlar kiritilganligini bildiradi. Versiya raqami qancha katta bo‘lsa, mahsulot shuncha ko‘p rivojlanish bosqichlarini o‘tgan hisoblanadi. Versiyalar raqamlaridan versiyalarni boshqarish tizimlarida foydalaniladi. " Vertikal menyu|"Navigatsiya nuqtalari vertikal (yuqoridan pastga tomon) joylashgan menyuning ko‘rinishi. " Vertikal portal|"Maʼlum mavzu yo‘nalishidagi, ushbu mavzu doirasida turli xizmatlarni taqdim etuvchi veb-sayt. Eng istiqbolli axborot resursi va uskunasi bo‘lib, butun dunyo bo‘ylab o‘z izdoshlariga ega. " Vertikal qutblangan to‘lqin|"Elektr maydonining kuchlanganlik vektori yer sirtiga nisbatan har doim vertikal, magnit maydonining kuchlanganlik vektori esa, gorizontal yo‘nalgan, chiziqli qutblangan elektromagnit to‘lqin. Izoh − To‘lqinning tarqalish yo‘nalishi yuqorida ko‘rsatilgan har ikki vektorga ortogonal bo‘lib, ularning vektor ko‘paytmasi bilan belgilanadi. " Vertikal qutblanishga ega antenna|"Yer sirtiga perpendikulyar joylashgan va gorizontal tekislikda yo‘nalganlik doiraviy diagrammasiga ega chiziqli simmetrik vubrator ko‘rinishidagi antenna. " Vibrator|"To‘g‘ri chiziqli simning bo‘lagi, unda uzun liniya bo‘lagidagi kabi xususiy elektr tebranishlar paydo bo‘lishi hamda turg‘un elektromagnit to‘lqinlar hosil bo‘lishi mumkin. Vibrator eng sodda (uzatuvchi yoki qabul qiluvchi) antennani o‘zida ifodalaydi. " Vibratorli antennalar|"Bazaviy elementi vibrator hisoblanadigan antennalar. " Video|"Aniq yoki tasvirlashning u yoki bu usuli bilan yaratilgan kadrlarning ma’lum chastotaga ega o‘zgaruvchan ketma-ketligi. Kino va televideniye videoning bir turi hisoblanadi. " Video disk|"Qar.: Lazer disk. " Video ketma-ketlik|"Ixtiyoriy uzunlikdagi videokadrlar ketma-ketligi. " Video kirish|"Foydalanuvchining shaxsiy kompyuter yordamida ko‘ngil ochar yoki ishga oid dasturlari va Internet resurslari bilan fizik o‘zaro ishlashini taʼminlaydigan moslama. Ushbu istiqbolli texnologiya insonni virtual dunyoga «olib kiradi». " Videoadapter|"Shaxsiy kompyuterning, tasvirlarning monitorga chiqarilishini boshqaradigan kengaytirish platasi. " Videografik adapter|"Eskirgan videostandart va displeyning 1987-yil 2 aprelda IBM kompaniyasi tomonidan birinchi marta joriy qilingan 256 palitradan 2 yoki 16 rangli 640х480 piksellarning video-ekrandagi maksimal hal qilinishiga mos keluvchi videoadpter. VGA matnli va grafik rejimni qo‘llab-quvvatlaydi. Matnli rejim 80x25 simvollarning va 16 ranglarning (9x16 piksellarining simvol hajmi) qobiliyatini maksimal hal qilishda qo‘llab-quvvatlanadi. " Videografik matritsa|"Displey ekranida 640x480 pikselni 256 rangda aks ettira oladigan videoadapter. " Videografiya|"Axborot asosan, raqamli shaklda uzatiladigan va foydalanuvchiga bu axborotni tanlash hamda matnli yoki grafik shaklda displey ekranida, masalan, televizor ekranida qayta tiklash imkonini beradigan aloqa turi. Izoh – Telematn va telegrafiyaning har xil turlari videografiyaga taalluqli emas. " Videokadr|"Boshlang‘ich tasvirning bitta kadri yoki ikkita maydonini tasvirlaydigan videoma’lumotlar to‘plami. Yorqinlik va ayirma rang signallarning sanoqlarini ifodalovchi 8 bitli sonlarning uchta to‘g‘ri burchakli matritsasidan tashkil topgan. " Videokadrlar guruhi|"Raqamli signal ko‘p sonli davrlarining ustma-ust tushishidan boshlanadigan videoketma-ketlikning qismi. " Videokonferens aloqa|"Bir-biridan olisda bo‘lgan foydalanuvchilar o‘rtasidagi ko‘p tomonlama aloqa usuli, bunda ular real vaqtda video hamda audiosignallarni qabul qilishi va aks ettirishi mumkin. Izoh − Uzatish tezligi uzatiladigan videosyujetning sifatiga qo‘yiladigan talablarga bog‘liq bo‘lib, o‘zgarishi mumkin, masalan, ISDN tarmog‘ida 128 (BRI) dan 384 (3BRI) Kbit/s gacha. " Videokuchaytirgich o‘tkazish polosasining kengligi|"Videosignal chastotalari polosasining kengligi, bunda signalning so‘nish darajasi ma’lum bir kattalikdan, masalan, 3 dB dan oshmaydi. " Videoma’lumotlarni qayta ishlash darajasi|"Raqamli oqim asosiy parametrlarini o‘zgartirishning yo‘l qo‘yiladigan chegarasini belgilaydigan ko‘rsatmalar majmui. " Videoma’lumotli kompakt-disk|"Analog-raqamli lazerli disklar uchun standart nomi. " Videomiksher|"Kombinatsiyalangan tasvirni shakllantirish maqsadida bir nechta televizion datchik videosignallarini birlashtirish uchun mo‘ljallangan qurilma. " Videomontaj apparatxonasi|"Elektron videomontaj tizimi bilan ta’minlangan hamda televizion dasturlarni tuzish uchun mo‘ljallangan videoyozuv apparatxonasi. " Videonazorat qurilmasi, videomonitor, monitor|"Kirishiga to‘liq videosignal yoki to‘liq rangli videosignal yoki asosiy rang signallari uzatiladigan, televizion tasvirni kuzatish va/yoki nazorat qilish uchun mo‘ljallangan tiklash qurilmasi. " (Videoni) siqish, videokompressiya|"Videoaxborot hajmini axborot ortiqchaligini bartaraf etish yo‘li bilan, masalan, kadrlararo va kadr ichida korrelyatsion hamda statistik bog‘lanishlarini hisobga olgan holda qisqartirish. Izoh – Siqish darajasi siqish koeffitsiyenti bilan belgilanadi. " Videoqurilmalar interfeysi|"Videoqurilmani boshqarish uchun mo‘ljallangan dastur-drayver (odatda videokarta deyiladi). Qoida bo‘yicha ishlab chiqaruvchi tomonidan diskda videoqurilma bilan yetkazib beriladi. " Videorekorder|"Televizion signallarni yozish va qayta tiklash uchun mo‘ljallangan uskuna. " Videoretush|"Olingan video kadrdan «keraksiz» obyektlarni: binolar, telefon ustunlarini olib tashlash yoki unga nimanidir qo‘shish uchun qo‘shimcha surat chizish. " Videoserver|"1. Axborot uzatish yuqori tezligiga ega lokal va global tarmoqlarga ulangan, hajmi terabitlarda o‘lchanadigan disk xotirali nutq va harakatlanadigan tasvirni saqlaydigan fayllar serveri. 2. So‘rovga ko‘ra, video ilovalarga oqimli videoni yetkazib beradigan kompyuter yoki dasturiy ta’minot. " Videosignal|"Tasvir paydo qilish uchun mo‘ljallangan elektr signal. " (Videosignal) bitreytini pasaytirish|"Video raqamli signalini, tasvirning yo‘l qo‘yiladigan sifatini saqlashda, bitreyt (bitlarni uzatish tezligi) ni pasaytirish uchun qayta ishlash. Izoh – Bitreytni pasaytirish manbani kodlashda bajariladi. " (Videosignal datchigidagi) optik tasvir|"Videosignal datchigida yorug‘lik sezgirlik sirtining optik vositalari bilan hosil qilinadigan tasvir. " Videosignal datchigining gammasi|"Loqarifmik shkalada videosignal ko‘lamining obyekt tegishli yorug‘ligiga bog‘liqligini aks ettiradigan egri approksimatsiyalaydigan ishchi uchastkasining to‘g‘ri maksimal og‘ishi. " (Videosignal datchigining) kontrast diapazoni|"Videosignal datchigi chiqish signallari darajalarining maksimal nisbati. " Videosignal kuchlanishi o‘zgarganda sinxronlashning saqlanishi|"Barqaror sinxronlash saqlanganda videosignal kuchlanishi ijobiy (musbat) yoki manfiy (salbiy) o‘zgarishining videosignal nominal kuchlanishiga nisbati. " (Videosignalni) raqamli siqish (tavsiya qilinmaydigan)|"Videosignalni tasvir sifatini ta’minlashda zurur bo‘lgan yuborishga bitlar sonini kamaytirish maqsadida notekis kvantlash jarayoni. " (Videosignalning) doimiy tashkil etuvchisi|"Tasvirning o‘rtacha yorug‘ligiga va ayrim hollarda ayirmarang tashkil etuvchi o‘rtacha qiymatga bog‘liq va bir kadrdan boshqasiga o‘zgarishi mumkin bo‘lgan videosignalning belgilangan tashkil etuvchisi. " Videosignalning o‘rtacha darajasi|"O‘chirish intervalidan tashqari, kadrlar o‘tish vaqti mo-baynida videosignalning o‘rtacha darajasi. Izoh – Videosignalning o‘rtacha darajasi odatda o‘chirish darajasi va oq daraja o‘rtasidagi farqlar o‘chirish darajasiga nisbatan foizlarda ifodalanadi. " Videoteks|"Televizion qabul qilgich kineskopining ekraniga telefon tarmog‘i orqali matnli va grafik axborotni uzatish tizimi. " Videoteks xizmatining xizmatlari|"Videotekc xizmatida amaliy darajani amalga oshiruvchi va videoteks foydalanuvchilari uchun muayyan, aniq belgilangan xizmatni ta’minlaydigan xizmatlar. Izoh – Videoteks xizmati foydalanuvchilarga bunday xizmatlardan bir nechtasini taqdim etadi. " Videotelefon|"Telefon so‘zlashuvlari vaqtida foydalanuvchilarning bir-birini ko‘rishlariga imkon beruvchi telefon va televizion usullarini birlashtirish. " Videoto‘plagich|"Videokadrlar to‘plamini yozish, saqlash va qayta ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan qurilma. " Videouzatish|"Televizion tasvirlarni muayyan joyga, ba’zida tovush jo’rligida uzatish. " Videoxotira|"Displeyda sifatli tasvirni ta’minlash uchun mo‘ljallangan qo‘shimcha xotira. Videoadapterning qismi hisoblanadi, bir necha megabaytgacha hajmga ega. Videoxotirada bitta yoki bir nechta ekranning tasviri shakllanadi, displeyga uzatiladi. Ba’zi kompyuterlarda videoxotira tezkor xotiradan ajratiladi. " Videoo‘yin qurilmasi|"Televizion qabul qilgich yoki maishiy videomonitor ekranida o‘yin axborotini aks ettirish uchun mo‘ljallangan qurilma. " Vidjet|"1. Interfeys vidjeti. Foydalanuvchi grafik interfeysining stardartlashtirilgan elementi (matn maydoni, tugma, ro‘yxat, menyu va h.k.). 2. Veb-vidjet. Veb-sahifa ichida yoki kompyuter ish stolida joylashgan va tashqi resurslarning maʼlumotlari yoki funksionalidan foydalanish uchun mo‘ljallangan kod parchalari yoki kichik dasturlar (ob-havo, taqvim, lug‘at va h.k.). Mobil vidjet. Mobil telefonda biror bir dastur yoki tarmoq resurslari bilan ishlab, foydalanuvchi imkoniyatlarini kengaytiruvchi qo‘llanma. " Vijеner kvadrati|"Ko‘p alifboli mashhur kriptotizimlardan biri. Vijеner kvadrati n2 elementlar bo‘lgan kvadrat matritsani ifodalaydi, bunda n – foydalaniladigan alifbo simvollarining soni. Kvadratning har bir satri alifboni bir simvolga siklik siljitish bilan to‘ldiriladi. Qadamdan qadamgacha Sezar kriptotizimiga o‘xshash o‘zgaradigan kalit so‘z shifrlash kaliti hisoblanadi. Har bir ustun 0, 1, …, 25 kalitlari bo‘lgan Sezar kriptotizimi sifatida qaralishi mumkin. Kalit so‘z, odatda ochiq matndan qisqa bo‘lgani uchun, undan davriy ravishda foydalaniladi. " Viki|"Veb-sayt, saytning o‘zi taqdim qilgan instrumentlar yordamida foydalanuvchi uning shakli va tarkibini o‘zgartirishi mumkin. Eng katta va mashhur viki sayt – Vikipediya. " Vikipediya|"Ko‘p tillik erkin onlayn ensiklopediya. U ko‘pchilik tomonidan yoziladi va uni yozishda hech qanday cheklanishlar quyilmaydi. Ushbu loyiha 15 yanvar 2001-yil mutaxassislarga mo‘ljallangan Nupediara to‘ldiruvchi sifatida yaratilib, hozirda uni notijorat Wikimedia Foundation tashkiloti boshqaradi. Vikipediyaning eng katta ingliz tili bo‘limi 2009-yil oxirida 3 milliardga yaqin maqolaga ega edi (taqqoslash uchun: qog‘oz nashrdagi ensiklopediyalar orasida eng katta bo‘lmish VgKappyuadagi maqolalar soni 130 ming atrofidadir). Bundan tashqari Vikipediyaning juda mashhur bo‘lib ketishi tufayli unga yo‘ldosh Wiktionary, Wikibooks, Wikiquote, Wikisource hamda Wikinews kabi loyihalarning ham paydo bo‘lganidir. " Vilka|"Ajratgichning shtirli yoki o‘tkazuvchan chiquvchi kontaktlari bo‘lgan qismi. " Viloyat ichi pochta yo‘nalishi|"Viloyat pochta almashinuv punktini viloyat (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)ning tumanlararo, tuman, shahar pochta aloqasi bog‘lamalari bilan bog‘lovchi pochta yo‘nalishi. " Vinchester|"Ma’lumotlarni saqlash qurilmasi, qattiq magnit diskdagi to‘plagichning o‘zi IBM firmasi tomonidan 1973 yilda ishlab chiqilgan. Diskning xarakteristikalari quyidagicha edi: sig‘imi 30 Mbyte, foydalanish vaqti 30 ms. Boshqa versiyaga ko‘ra, to‘plagich har biri 30 Mbyte bo‘lgan ikkita diskdan iborat bo‘lgan. " Virtual|"Amalda mavjud bo‘lmagan, lekin ma’lum sharoitlarda paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan obyekt yoki holat. " Virtual bank|"Mijozlarga xizmat ko‘rsatish Internet tarmog‘idan foydalanib bajariladigan bank. Izoh – Brauzerlardan yoki maxsus dasturiy taʼminotdan foydalanadigan mijozlar real bankda amalga oshiriladigan aksariyat operatsiyalarni bajarishlari va axborot olishlari mumkin. " Virtual bog‘lanish|"Paketlarni kommutatsiyalash bilan ma’lumotlar uzatish xizmatlarining xizmatlaridan biri, bunda bog‘lanishni o‘rnatish va uzish protsedurasi ma’lumotlar uzatish uchun oxirgi (terminal) uskunaning ikkita qurilmasini bog‘lash davrini belgilaydi, bu davr mobaynida foydalanuvchilardan ma’lumotlar tarmoq bo‘ylab paket rejimida uzatiladi. Barcha ma’lumotlar, foydalanuvchilardan qabul qilingan tartibda, tarmoqdan kelib tushadi. " Virtual disk|"Tezkor xotira qismidan dasturiy tarzda yaratilgan, psevdodiskli to‘plagich. Operatsion tizim u bilan, haqiqatda mavjud bo‘lgan disk bilan ishlagandek ishlaydi. Ikki holatda, moddiy mavjud bo‘lgan diskni vaqtinchalik takrorlash uchun va ma’lumotlardan foydalanishni tezlashtirish maqsadida foydalaniladi, chunki tezkor xotira diskli xotiraga nisbatan ancha tez. Ko‘pincha elektron disk deb ataladi. " Virtual fayl tizimi|"Fayl tizimlarini amalga oshirishning obyektga yo‘naltirilganligini ta’minlovchi fayl tizimi. Fayl tizimlarini qo‘shgan holda, fayl tizimlarining turlari uchun tizimli chaqiruvlarning yagona interfeysi. " Virtual hamjamiyatlar|"Internetning rivojlanishi natijasida paydo bo‘lgan ushbu atama quyidagilarni bildiradi: 1. Elektron makonda paydo bo‘lib faoliyat yurgizuvchi uyushmalarning yangi turi. 2. Tarmoq foydalanuvchilarining elektron makonda ishlash uchun bir xil qiziqishlarga ega bo‘lgan guruhlarga birlashishi. Ushbu atama Veb 2.0 asosiy atamalaridan biridir. " Virtual iqtisodiyot|"Elektron makonda iqtisodiy operatsiyalarni bajarish. " Virtual kanal|"1. Paketli kommutatsiya tarmog‘ida dastlabki ketma-ketlikni saqlagan holda, hattoki paketlar ikkita uzellar o‘rtasida turli fizik yo‘nalishlar bo‘yicha uzatilsa ham, paketlar uzatilishini ta’minlaydigan vositalar. Virtual kanal chaqiruv vaqtida o‘rnatiladi va aloqa seansidan keyin bekor qilinadi. 2. Virtual kanal identifikatori deb nomlanadigan identifikatorning umumiy noyob (yagona) qiymatiga ega ATM yacheykasining bir yo‘nalishli o‘tkazish tavsifi uchun foydalaniladigan tushuncha. 3. Ikkita tarmoq qurilmasi o‘rtasida ishonchli aloqani ta’minlash uchun hosil qilinadigan mantiqiy kanal. Virtual kanal sonlar juftligi: virtual yo‘l identifikatori (VPI) va virtual kanal identifikatori (VCI) bilan identifikatsiya qilinadi, doimiy (PVC) yoki kommutatsiyalanadigan (SVC) bo‘lishi mumkin. Virtual kanallar Frame Relay va X.25 texnologiyalarida ishlatiladi. ATM tarmoqlarida Virtual Channel deb ataladi. " Virtual kanal identifikatori|"ATM tarmog‘idagi har bir virtual kanalni identifikatsiya qilish uchun ishlatiladigan, ATM yacheykasi sarlavhasidagi 16 bitli maydon bilan belgilanadigan yagona raqamli yorliq. " Virtual kanal zvenosi|"Virtual kanal identifikatorining qiymati aniqlanadigan nuqta va ushbu qiymatlar o‘zgaradigan yoki o‘chiriladigan nuqta o‘rtasida ATM yacheykalarini bir yo‘nalishda uzatish vositasi. " Virtual kanallar kommutatori|"Virtual kanallar zvenolarini bog‘laydigan, virtual yo‘llar bog‘lanishini tugatadigan tarmoq elementi. " Virtual kanalning ulanishi|"Adaptatsiya darajasidan foydalana olishni ta’minlaydigan ikki nuqta o‘rtasida amalga oshiriladigan virtual kanal zvenolarining ketma-ket ulanishi. " Virtual kompaniya|"Muayyan maqsadlarga erishish uchun, axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, birgalikdagi kelishilgan faoliyatni amalga oshiradigan turli sohalarda ixtisoslashgan jismoniy va yuridik shaxs. " Virtual korxona|"1. Faoliyat jarayonida elektron aloqa vositalaridan foydalangan holda eng kam yoki umuman bo‘lmagan shaxsiy, bevosita aloqasiz muloqotda bo‘ladigan, o‘zaro ishlaydigan geografik nuqtai nazardan ajratilgan xodimlar uyushmasidan iborat bo‘lgan korxona. 2. Bitta tashkilotning bir-biridan hududiy ajratilgan va axborot-kommunikatsiya tarmoqlari yordamida o‘zaro ishlaydigan tuzilmalari. " Virtual lokal tarmoq|"Tarmoq turi, bunda kommunikatsiya va erkin foydalanish tarmoq tuzilmasini yoki aniq resursning joylashgan o‘rnini bilmasdan turib amalga oshiriladi. " Virtual manzil|"Dasturlarda xotiraga murojaat qilish uchun qo‘llaniladigan virtual xotira tizimidagi manzil. Jismoniy xotiradan ma’lumotlarni o‘qish yoki unga ma’lumotlarni yozishda yadro va xotirani boshqarish bloki tomonidan virtual manzil jismoniy manzilga aylantiriladi. " Virtual mashina|"Kompyuterda dasturiy ta’minot yaratadigan, fizik qurilma modellashtiriladigan muhit. Windows da virtual mashinalar, har biri o‘zining xususiy xizmatlariga, jumladan, xotira resurslariga, fayl tizimi serverlariga, qurilmalar drayverlariga, periferiyadan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan alohida kompyuterlarni modellashtiradi. Windows virtual mashinalarning ikkita asosiy turini ichiga oladi: Windows ilovalarini ishga tushirish uchun foydalaniladigan System VM va Windows da bajariladigan MS-DOS ning har bir ilovasi uchun yaratiladigan DOS VM. " Virtual ofis|"Geografik jihatdan bir-biri bilan bog‘lanmagan kompaniya xodimlariga, axborot hamda boshqariluvchi ta’sirlarni almashish, saqlash, qayta ishlash va uzatish uchun tashkiliy ravishda yagona tizim vositasida o‘zaro hamkorlik qilishga imkon beradigan internet-resurs yoki uning bir qismi. " Virtual port|"Aniq moddiylikda mavjud bo‘lmagan, tashqi qurilmalarni qayta ishlashni unifikatsiya qilish uchun operatsion tizimda tashkil qilinadigan va installyatsiya qilinadigan port; odatda simsiz aloqa qurilmalari, masalan, mobil telefonlar va organayzerlar bilan almashinishda qo‘llaniladigan katta sonli (COM10, COM15) kommunikatsiya porti. " Virtual real holat|"1. Zamonaviy texnik va dasturiy vositalar bilan real dunyoni imitatsiya qilish. 2. Kuzatuvchini ekran ortidagi tasavvur dunyosiga olib o‘tuvchi vizual va tovush effektlarini ta’minlaydigan kompyuter tizimlari. Bunda foydalanuvchi, kompyuter yordamida paydo qilingan, reallik taassurotini beruvchi tasvir va tovushlar bilan o‘rab olinadi. Foydalanuvchi turli sensorlar, masalan, o‘z harakati va taassurotlarini hamda audiovizual effektlarni bog‘laydigan shlem va qo‘lqoplar yordamida sun’iy dunyo bilan o‘zaro bog‘lanadi. Virtual reallikka oid kelgusidagi tadqiqotlar kuzatuvchining reallikka bo‘lgan hissini orttirishga yo‘naltirilgan. " Virtual server|"O‘z veb-serverini tashkil qilish, qo‘llab-quvvatlash va doimiy ravishda Internetga ulanishni talab qilmaydigan, WWWda axborotni joylashtirish uchun qo‘llaniladigan usul. Bu holda siz yaratgan axborot mavjud bo‘lgan provayder yoki biron bir uchinchi shaxs ulanish bo‘lmaganda doimiy ulanish uchun to‘lashga qaraganda o‘nlab va yuzlab marotaba arzonroqdir. " Virtual serverni tashkil etish|"Xususiy veb-serverni tashkil etish va quvvatlash, hamda doimiy Internetga ulanish zaruratini chetlab, WWWda axborotni joylashtirish uchun ishlatiladigan usul. Bu holda, siz yaratgan axborot (bepul yoki qandaydir to‘lov bilan) provayderning yoki uchinchi shaxsning mavjud veb-serverida joylashtiriladi. Virtual server domen nomiga ega bo‘lishi mumkin. Bitta kompyuterda bir nechta virtual serverni joylashtirish mumkin. " Virtual tarmoq operatori|"Boshqa operatorning ijaraga olinadigan resurslari va tarmoq infratuzilmasi negizida o‘zining virtual tarmog‘ini yaratuvchi kompaniya. Virtual tarmoq operatori xizmat ko‘rsatish bozorida, o‘z savdo markasi ostida, o‘z xizmatlar paketi va tariflarini tavsiya qiladi. " Virtual tarmoq texnologiyalari|"Virtual lokal tarmoqlar ichidagi va ular o‘rtasidagi kommunikatsiyalar yoki Internetdan olisdagi bo‘linmalar bilan bog‘lanish uchun xususiy tarmoq o‘rnida foydalanish. " Virtual tarmoq tizimi|"Hududiy tarmoq orqali o‘zaro hamkorlik qiluvchi lokal tarmoqlar assotsiatsiyasi tuzilishini ko‘zda tutadigan, Banyan Systems korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan tarmoq operatsion tizimi. Bunda lokal tarmoqlar quyi sathlarda bir xil bo‘lmagan tuzilmaga ega bo‘lishi mumkin (turli ishlab chiqaruvchilar uskunasi). " Virtual tashkilot|"Qo‘shma, kelishilgan faoliyat bajaruvchi jismoniy yoki yuridik shaxs. U odatda turli sohalarda, aniq maqsadlarga erishish uchun axborot texnologiyalaridan foydalanadi. " Virtual tezkor xotira|"Qattiq diskdan rezerv qilingan xotira. Agarda biror-bir dasturni yuklash uchun tezkor xotira yetishmasa, yangi jarayonlarni ishga tushirish uchun tezkor xotirani bo‘shatish maqsadida, ayni vaqtda aktiv bo‘lmagan jarayonlar qattiq diskka «tashlanadi». " Virtual voqelikni modellashtiradigan til|"HTML tilining uch o‘lchamli analogi hisoblanadigan til; WWW texnologiyasida ilovalar yaratish uchun foydalaniladi. Silicon Graphics kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. " Virtual xosting|"Bitta Internet provayderi (xosting provayderi) serveri bir necha (yuz va minglab) kichik va katta hajmdagi virtual veb-saytlarning faoliyatini taʼminlaydigan xizmat. Ushbu xizmat virtual serverlar xostingi deb ham nomlanadi. " Virtual xotira|"Kompyuterning qattiq diskda tezkor xotira bilan kabi ishlash usuli. Katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash imkonini beradi va ko‘p vazifali ishlash rejimini ta’minlaydi. " Virtual xususiy tarmoq|"Korporativ tarmoqning, olisdagi foydalanuvchilarning bu tarmoqqa xavfsiz kirishini ta’minlaydigan kichik (quyi) tarmog‘i. " Virtual xususiy tarmoqlarni, jumladan, VPN IP tashkil etish|"Ajratilgan tarmoqning (statistik yoki dinamik) foydalanuvchilari umumiy foydalanishdagi tarmoqning ochiq kanallari bo‘yicha bog‘lanadigan «virtual kanallar» asosida xususiy raqamlash rejasi bilan ajratilgan tarmoqni tashkil etish. Izoh – Tarmoqni muhofaza qilish bosqichini buyurtmachi belgilaydi. " Virtual yo‘l identifikatori|"ATM yacheykasi sarlavhasidagi, yacheyka yo‘llanadigan virtual yo‘lni belgilaydigan 8 bitli maydon. " Virtual yo‘l zvenosi|"Virtual yo‘l identifikatori (VYI) qiymati aniqlanadigan nuqta va VYI qiymati o‘zgaradigan nuqta o‘rtasidagi VYI umumiy qiymatiga ega virtual kanallar zvenolarining guruhi. " Virtual yo‘llar kommutatori|"Virtual yo‘llar liniyalarini bog‘laydigan tarmoq elementi. " Virtual yo‘lning ulanishi|"Kanallar identifikatorlarining qiymatlari aniqlanadigan nuqta va ushbu qiymatlar o‘zgaradigan nuqta o‘rtasida amalga oshiriladigan virtual trakt zvenolarining ketma-ket ulanishi. " Virtual zanjir|"Ikkita tarmoq uzeli o‘rtasidagi tarmoq paketlarining yo‘li bitta aloqa seansida qayd etiladigan marshrutlash usuli. " «Virtual» MVNO operatori|"Infratuzilma tarmoq mulkdori bo‘lmagan, chastotalardan foydalanishga ruxsat yo‘q, ammo shartnoma asosida va amaldagi uyali ko‘chma aloqa operatori resurslaridan foydalanib, aloqa xizmatlarini taqdim etuvchi «virtual» operator. " Virus signaturasi|"Bitlarning, spetsifik virusning har bir nusxasiga xos bo‘lgan va uning mavjudligini aniqlash uchun skanlovchi dastur tomonidan foydalanilishi mumkin bo‘lgan, yagona ketma-ketligi. " Virusga qarshi dastur|"Kompyuterning ishlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan virus-dasturlardan himoya qilish uchun mo‘ljallangan maxsus dastur. " Virusga qarshi dasturiy ta’minot|"Zararli dasturlarni bartaraf qilish, aniqlash va chiqarib tashlash uchun mo‘ljallangan dasturiy ta’minot. " Virusli litsenziya|"Bu mualliflik huquqini bildiradi. Teng tarzda barcha qilingan ishlarga tegishli litsenziya. Bu litsenziyalar keng ko‘lamda va cheksiz qo‘llanila boshlaydi va kopileft raqiblariga (aynan Microsoft korporatsiyasidan) uni viruslar bilan ishlatishga bahona bo‘ldi. " Virusni «davolash»|"Zararlangan obyektdan virusni chiqarib tashlash va bu obyektning (faylning, disk yuklanadigan qismining) virus bilan zararlangunga qadar bo‘lgan holatini tiklash jarayoni. " Vizit registri|"Гостевой регистр (база данных, содержащая сведения об абонентахроумерах). " Vizual dasturlash|"Ko‘rgazmali vositalar yordamida ilovalar yaratish ko‘zda tutiladigan dasturlash. Dasturchi dastur matnini yaratmaydi, balki natijada nima bo‘lishini ko‘rsatadi. Dastur matni vizual prototip yordamida avtomatik tarzda yuzaga keladi. Vizual dasturlash obyektga yo‘naltirilgan dasturlashga va OLE texnologiyalarga yoki unga o‘xshash texnologiyalarga asoslanadi. " Vizual harf-raqamli indikatsiya xizmati|"Umumiy foydalanishdagi telefon tarmog‘iga uzatilgan yoki ushbu tarmoqdan olingan axborotning vizual indikatsiyasini abonentning telefon terminalida taqdim etadigan xizmat. Izoh – Axborotni ekranda chiqarish chiquvchi va/yoki kiruvchi chaqiruvlar uchun amalga oshiriladi. " Vizual komandalar tizimi|"48 komandadan iborat bo‘lgan, UltraSPARC protsessorlariga SUN Microsystems firmasi tomonidan multimedia dasturlari, video muloqotlari, videolarni siqish uchun qo‘shilgan grafika bilan ishlash komandalari. Birinchi bor Photoshop tizimi tomonidan ishlab chiqilgan. " Vizual komponentlar bibliotekasi|"Ilovalarni tez ishlab chiqish uchun Borland С++ Builder va Delphi instrumental paketlarda ishlatiladigan, obyektga qaratilgan bibilioteka. O‘zida 100 dan ortiq foydalanish uchun tayyor komponentlarni mujassamlashtirgan bo‘lib, ularni takomillashtirish yoki bo‘lmasa ular asosida boshqa yangi komponentlarni yaratish imkonini beradi. " Voqealarni qayta ishlagich|"Foydalanuvchi, tizim yoki dastur keltirib chiqaradigan qandaydir voqea tugagandan so‘ng, har gal avtomatik tarzda chaqiriladigan maxsus protsedura. " Voqeiy-boshqariladigan dasturlash|"Dastur turli voqealarga (foydalanuvchining harakatlariga) qanday javob berishi tavsiflanadigan dasturlash. Obyektga yo‘naltirilgan dasturlashning bir turi. " Vositachi|"Shlyuzda bajariladigan, mualliflashtirilgan mijoz va tashqi xost o‘rtasida paketlarni uzatuvchi ilova (dastur). Vositachi Internetning ma’lum servislari uchun mijozdan so‘rov qabul qiladi, keyin, mijoz nomidan harakat qilib (ya’ni uning vositachisi bo‘lib), rasmiy ravishda so‘rab olingan servis uchun ulanishni o‘rnatadi. Amaliy darajadagi barcha shlyuzlar ilovalar bilan bog‘liq dasturiy vositalardan foydalanadi. Seans darajasidagi ko‘pchilik shlyuzlar so‘rovlarni qayta yo‘naltirishning aynan bir xil funksiyalarini ta’minlaydigan, lekin TCP/IP servislarining katta qismini tutib turadigan kanal vositachilaridir. X " Xab|"Yulduz topologiyasida tarmoq uzellari birlashtiriladigan konsentrator yoki takrorlagich. " Xabar|"1. Cheklangan uzunlikdagi bitlar satri. 2. Muayyan shaklda ifodalangan va turli fizik tabiatga ega bo‘lgan signallar yordamida axborot manbaidan uni oluvchiga uzatish uchun mo‘ljallangan axborot. " Xabar adresati|"Jo‘natuvchining o‘zi yoki uning nomidan jo‘natilgan xabarni oluvchi jismoniy yoki yuridik shaxs. " Xabar berish|"Tahdid qilayotgan xavf yoki bo‘lishi mumkin bo‘lgan muammo to‘g‘risida ogohlantirish yoki xabar berish uchun mo‘ljallangan xabar. " Xabar yaxlitligi kodi|"Dastlabki matn va kalitdan muayyan qoida bo‘yicha hosil qilingan tayinli uzunlikdagi maʼlumotlar ketma-ketligi. " Xabarlar bilan almashinish xizmati|"Pochta qutisi va/yoki xabarlarni qayta ishlash (masalan, tahrir qilish, qayta ishlash va o‘zgartirish) funksiyalarini bajarish buferizatsiyali xotira qurilmasi orqali foydalanuvchi-foydalanuvchi aloqani ta’minlaydigan interaktiv xizmat. " Xabarlar bilan juda tez almashinuv|"SIP foydalanuvchilarga qisqa xabarlar bilan juda tez almashinish imkonini beradigan xizmat. Izoh – MSRP (Message Session Relay Protocol) protokoli foydalanuvchilarga fayllarni uzatish imkonini beradi. " Xabarlar kommutatsiyasi|"Kommutatsiya stansiyasi yoki tarmoq uzelidagi, to‘liq xabarni qabul qilish, yig‘ish, so‘ng undagi manzil belgisiga ko‘ra uzatishdan iborat operatsiyalar majmui. " Xabarlar navbati|"Jarayonlar o‘rtasida xabarlarni saqlash uchun mo‘ljallangan tizimli tuzilma (bufer). " Xabarlar uchun slotlar|"Halqali topologiyaga ega tarmoqdagi kommunikasiya usuli, bunda qayd qilingan o‘lchamdagi xabarlar uchun bir nechta slot tizimda muntazam aylanadi. " Xabarlarni ajratish|"Abonentga yonma-yon bosib chiqarilgan xabarlar o‘rtasidagi bo‘sh joylarni ta’minlash uchun, otboydan oldin har bir amalga oshirilgan bog‘lanish oxirida bir nechta satr ko‘chirish belgilarini uning terminaliga tarmoqdan uzatilishini so‘rash imkonini beradigan xizmat. " Xabarlarni autentifikatsiya qilish kodi|"1. Ikkala ma’lumotning (ochiq matn yoki shifrmatn) hamda maxfiy kalitning funksiyasi bo‘lgan bitlar ketma-ketligi. Ma’lumotlarni autentifikatsiya qilishni ta’minlash uchun ularga qo‘shiladi. Izoh – Xabarlarni autentifikatsiya qilish kodini generatsiyalash uchun foydalaniladigan funksiya, ko‘pchilik hollarda, bir tomonlama funksiya hisoblanadi. 2. Berilgan algoritm bo‘yicha tasodifiy kirish oqimi va shifrlash kalitidan tuziladigan, qayd qilingan uzunlikdagi kod. " Xabarlarni qayta ishlash tizimi|"Foydalanuvchi xabarlarining agentlari, xabarlarni uzatish, xabarlarni saqlash va ruxsat berish qurilmalari agentlarining, elektron pochta ishini ta’minlaydigan tizim. " Xabarlarni tutib qolish|"Maxsus terminalni telekommunikatsiyalar liniyasiga ruxsatsiz ulash, abonent punktlari bilan elektron hisoblash mashinasi o‘rtasida aylanadigan xabarlarni qabul qilish va ulardan foydalanish. " Xabarlarni uzatish agenti|"Xabarlarni saqlash va jo‘natish uchun foydalaniladigan OSI amaliy jarayoni. " Xabarlarni uzatish tizimi uchun amaliy dasturlash interfeysi|"Microsoft Windows operatsion tizimida elektron pochta bilan ishlaydigan dasturlar interfeysi. Shunday dasturlardan biri Microsoft Outlook. " Xabarlarni o‘tkazish|"Tarmoq ulanishi usuli, bunda xabarlarni uzatishda vaqtinchalik ulanish o‘rnatiladi. " Xabarni autentifikatsiya qilish|"Tayinlangan jo‘natuvchining xabari belgilangan oluvchiga shikastlanmasdan va o‘zgartirmasdan uzatilganligini verifikatsiyalash. " Xabarning haqiqiyligini o‘rnatish kodi|"Xabarga jo‘natuvchi tomonidan qo‘shiladigan, kriptografiya jarayoni orqali xabarni qayta ishlash natijasi hisoblanadigan kod. " Xabarnoma|"Muhim ma’lumotni yetkazish maqsadida, tizim yoki amaliy dasturiy ta’minot chiqaradigan axborot xabari. " Xaffman kodi|"Prefiksli kod, unda kodli kombinatsiyaning uzunligi kodlashtiriladigan elementning paydo bo‘lish chastotasiga teskari proporsional (element qancha ko‘p uchrasa, kodli kombinatsiya shuncha qisqa). " Xaffman kodlash usuli|"Alohida elementlar uchrashining nisbiy chastotasini qo‘llash asosida ma’lumotlarni siqish usuli Ko‘p uchraydigan elementlar nisbatan qisqa bitlar ketma-ketligi orqali kodlanadi. " Xaker|"Tarmoqdagi axborotni o‘g‘irlash istagi va imkoniyati bo‘lgan odam. Xakerlar, ko‘pincha hazil tariqasida simsiz tarmoqlarning zaifliklaridan foydalangan holda, korporativ tizimlarga suqulib kirishga harakat qiladilar. " Xakerlik frodi|"Tarmoq muhofazasini buzish va tarmoq resurslaridan ruxsat etilmagan tarzda foydalanish bilan bog‘liq firibgarlik turi. " Xalaqit beruvchi signal|"Texnik vositaning ishlash sifatini yomonlashtiradigan elektromagnit signal. " Xalaqit kuchlanishi|"Signal kanalida mavjud bo‘lgan har qanday chetki kuchlanish. " Xalaqit manbai|"Elektromagnit xalaqitni yuzaga keltiradigan yoki yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan, kelib chiqishi tabiiy yoki sun’iy manba. " Xalaqitga chidamlilik darajasi (hisoblash texnikasi vositalari)|"Parametrlarining qiymatlari qat’iy belgilangan tashqi xalaqitning maksimal darajasi, bunda hisoblash texnikasi vositasi belgilangan ishlash sifatini saqlab qoladi. " Xalaqitga chidamlilik normasi (hisoblash texnikasi vositalarining)|"Hisoblash texnikasi vositasi xalaqitga chidamlilik darajasining qat’iy belgilangan minimal qiymati. " Xalaqitlar|"Radioaloqa tizimida bitta yoki bir nechta nurlanish, radiatsiya yoki induksiya keltirib chiqaradigan beixtiyoriy energiyaning qabulga ta’siri. Bu energiyaning ta’siri axborot sifatining har qanday yomonlashuvida, xatolarda yoki yo‘qotishlarda (bunday beixtiyoriy energiya ta’siri bo‘lmaganda, ularni chetlab o‘tsa bo‘lar edi) namoyon bo‘ladi. " Xalaqitlar analizatori|"Vaqt bo‘yicha seleksiyalash qurilmasi bilan jihozlangan xalaqitlarni o‘lchagich. " Xalaqitlar uzatgichi|"Foydali signallarni qabul qilish chastotalar polosasida foydali signallarni buzish yoki butunlay bostirish maqsadida xalaqitlarni generatsiyalash uchun mo‘ljallangan maxsus radiouzatgich. " Xalaqitlarni bostirish|"Xalaqitlar ta’sirini bartaraf etishga yoki kamaytirishga qaratilgan tadbirlar. " Xalaqitning ta’siri|"Elektromagnit xalaqit ta’sirida texnik vosita ishlashidagi sifat ko‘rsatgichlarining pasayishi. " Xalaqitning yuqori darajali zonasi|"Uzatgichdan bevosita yaqinda joylashgan zona, bunda xalaqit darajasi shunchalik sezilarliki, qo‘shni chastotalarda ishlaydigan boshqa stansiyalar qabul qilgichlarining ishi blokirovkalanishi mumkin. " Xalqaro aloqa tarmog‘i|"Turli milliy tarmoqlar abonentlarini xalqaro aloqa bilan taʼminlaydigan xalqaro stansiyalar hamda ularni bog‘laydigan kanallar majmui. " Xalqaro avtomatik boshqaruv federatsiyasi|"Avtomatik boshqaruv nazariyasini rivojlantirish bilan shug‘ullanuvchi olimlarni birlashtiruvchi xalqaro tashkilot. IFAC 1957-yilda turli mamlakatlardagi mutaxassislar o‘rtasida ijodiy aloqa o‘rnatish hamda ular orasida axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish uchun yaratilgan. " Xalqaro axborot almashinuvi|"Mamlakatning davlat chegarasi orqali axborot mahsulotlarini olish va uzatish, shuningdek, axborot xizmatlarini ko‘rsatish. " Xalqaro axborotni qayta ishlash federatsiyasi|"Maʼlumotlarni qayta ishlash vositalari nazariyasini rivojlantirish va ulardan foydalanishga ko‘maklashuvchi xalqaro tashkilot. IFIP 1959-yilda turli mamlakatlardagi olimlar va ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida axborot almashish va ish aloqalarini o‘rnatish uchun tashkil etilgan. " Xalqaro dengiz yo‘ldoshli aloqa konsorsiumi|"1979-yil 16 iyulda tashkil topgan. 75000 tadan ortiq ko‘chma obyektlarga (ularning ichidi 42000 ta dengiz kemasi) turli aloqa xizmatlarini va maxsus xizmatlarni taqdim etadi. To‘rtta geostatsionar yo‘ldoshdan iborat tizimga asoslanadi. " Xalqaro elektrotexnika komissiyasi (XEK)|"Elektrotexnika sohasida standartlar ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi tashkilot. Elektrotexnik apparat va mashinalar uchun standartlardan tashqari XEK elektron qurilmalar uchun hujjatlarni ham ishlab chiqadi. " Xalqaro kommutatsiya markazi|"Chiquvchi, kiruvchi va tranzit xalqaro trafik o‘tishini taʼminlaydigan stansiya. " Xalqaro kuryerlik jo‘natmasi|"O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududi doirasidan tashqariga pochta aloqasi operatori va provayderlari tomonidan jo‘natiladigan, O‘zbekiston Respublikasi hududiga pochta aloqasi operatori va provayderlari manziliga keladigan yoki O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit tarzda o‘tadigan kuryerlik jo‘natmasi. " Xalqaro pochta almashinuvi joyi|"O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan, boshqa davlatlardan keladigan va tranzit tarzda jo‘natiladigan xalqaro pochta, kuryerlik jo‘natmalariga ishlov berish va mo‘ljallangan joyiga jo‘natishni amalga oshiruvchi pochta aloqasi tayinlangan operatorining tarkibiy bo‘linmasi. " Xalqaro pochta almashinuvi punkti|"Boshqa davlatlar bilan, bevosita xalqaro pochta almashinuvini amalga oshiruvchi pochta aloqasi tayinlangan operatorining punkti. Izoh – Ayrim hollarda pochta vagonlari xalqaro pochta almashinuvi punktlari bo‘lib hisoblanadi. " Xalqaro pochta jo‘natmasi|"O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududi doirasidan tashqariga pochta aloqasi tayinlangan operatori tomonidan jo‘natiladigan, O‘zbekiston Respublikasi hududiga pochta aloqasi operatori manziliga keladigan yoki O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit tarzda o‘tadigan pochta jo‘natmasi. " Xalqaro pochtamt|"Xalqaro pochta almashinuvi joyi bo‘lib hisoblangan, xalqaro pochta, kuryerlik jo‘natmalarini jo‘natish, topshirish, pochtani biriktirilgan magistral yo‘nalishlar bo‘yicha tashish, tranzit, chiquvchi va keluvchi pochta almashinuviga ishlov berish, shuningdek, foydalanuvchilarga pochta aloqasi xizmatlarini taqdim etishni amalga oshiruvchi pochta aloqasi milliy operatorining tarkibiy bo‘linmasi. " Xalqaro standartlashtirish tashkiloti|"Ko‘plab sohalarda, shu jumladan hisoblash texnikasi va aloqa sohasida xalqaro standartlarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan, shtab kvartirasi Jenevada joylashgan ko‘ngilli notijorat Xalqaro standartlashtirish tashkiloti. 1946-yilda tuzilgan. " Xalqaro telefon stansiyasi|"Xalqaro kanalning bir uchida joylashgan va boshqa mamlakatga yo‘naltirilayotgan yoki boshqa mamlakatdan chiqayotgan ulanishlarni taʼminlaydigan stansiya. " Xalqaro telekommunikatsiyalar ittifoqi (XTI)|"Elektraloqasidan foydalanish va uni rivojlantirish masalalari bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilot. XTI Jeneva (Shveysariya)da joylashgan bo‘lib, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tomonidan boshqariladi. XTI 1865-yilda yaratilib, 1932-yilgacha Xalqaro telegraf ittifoqi deb atalgan. XTI maqsadi barcha aloqa turlaridan mintaqaviy foydalanishda xalqaro hamkorlikni taʼminlash va kengaytirish, texnik vositalarini mukamallashtirish va ulardan samarali foydalanishdir. XTI, shuningdek, simsiz tarmoqlar uchun chastotalarni ro‘yxatga olishga ham javobgardir. " Xalqaro yozma xat-xabarlar|"O‘zbekiston Respublikasi doirasidan tashqariga jo‘natish uchun qabul qilinadigan va uning hududiga xorijiy davlatdan keladigan yoki tranzit tarzda o‘tadigan yozma xat-xabarlar. " Xalqaro 3GPP2 guruhi|"AQSh, Yaponiya va janubiy Koreya mamlakatlarining standartlashtirish institutlari tomonidan CDMA2000/IMT-MC standarti ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish maqsadida ITU doirasida tuzilgan xalqaro guruh. " Xarajatlar (foyda)ni tahlil qilish|"Tizimni ishlab chiqish yoki ishlashidagi bosqich bo‘lib, bunda axborot tizimidagi ma’lumotlarning talab etiladigan darajada muhofaza qilinishini ta’minlash qiymati aniqlanadi. Ba’zida bu qiymat ostida, muhofaza qilinishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarning yo‘qolishi yoki putur yetkazilishi (obro‘sizlantirilishi) oqibatida yetkazilishi mumkin bo‘lgan zarar tushuniladi. " Xarakteristikali impedans|"Elektr jihatidan bir turdagi uzatish liniyasining yakunlovchi qarshiligi. " Xat|"O‘lchamlari, og‘irligi va o‘rash tartibi Pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish qoidalarida belgilangan, ichida yozma xabar, hujjatlar bo‘lgan pochta, kuryerlik jo‘natmasining turi. " Xato|"Dasturning normal bajarilmasligi oqibatida yuzaga keladigan holat. Asosan dastur kodidagi xatoliklar yoki foydalanuvchining noto‘g‘ri harakatlari oqibatida yuzaga keladi. " Xato bitlar intensivligi|"Ma’lumotlarni uzatishda olingan xato bitlarning paydo bo‘lish foizi. " Xato bo‘yicha uzilish|"Xatoni qayta ishlash uchun, dasturning apparat yoki dasturiy uzilishi. " Xato to‘g‘risida xabar|"1. Operatsion tizim yoki dastur ishida yuz bergan xato to‘g‘risidagi ma’lumot bo‘lib, uni yo‘qotish uchun foydalanuvchining aralashuvi kerak bo‘ladi. 2. Dasturda biror bir xatolik chiqsa o‘sha xatolik to‘g‘risida xabar berish. Odatda, xatolik kodi va qisqacha tavsifini (ayrim hollarda uni barataraf qilish bo‘yicha tavsiyalarni) o‘zida saqlaydi. " Xato ruxsat (tizimga kirish uchun)|"Biometrik nazorat qilish (identifikatsiyalash) vositalari boshqa bir odamni ro‘yxatga olingan foydalanuvchi deb qabul qiladigan va unga tizimdan erkin foydalanishga yanglishib ruxsat beradigan vaziyat. " Xato yacheyka|"Xatolarni nazorat qilish jarayoni amalga oshirilgandan keyin sarlavhada xatolar aniqlangan yacheyka. " Xatolar bo‘lganda tiklash|"Tizimning belgilangan holatini tiklash imkoniyatini beradigan, nosozlikni tuzatish yoki aylanib o‘tish jarayoni. " Xatolar ehtimolligini baholash asbobi|"Test ketma-ketligini shakllantiradigan, uning uzatilishi, qabul qilinishi, qayta ishlanishini taʼminlaydigan, dekodlaydigan, uzatilgan va qabul qilingan ketma-ketliklarni taqqoslaydigan hamda xato qabul qilingan bitlar sonini hisoblaydigan qurilma. Asbobdan odatda telefon aloqa kanallari orqali ishlaydigan modemlar signallarini qabul qilish ishonchliligini baholashda foydalaniladi. " Xatolar koeffitsiyenti|"Xato qabul qilingan raqamli signal elementlari sonining berilgan vaqt intervali davomida uzatilgan elementlarning umumiy soniga nisbati. Izoh – Elementlar razryadlar, kodli so‘zlar yoki bloklarni o‘zida aks ettirishi mumkin. " Xatolardan notekis muhofazalanganlik|"Qurilma chiqishida ishlatiladigan, raqamli tovushli oqimni xatolardan himoyalash usuli, unda axborot qiymati yuqori bo‘lgan belgilar yuqori darajadagi xalaqitdan himoyalanganlik bilan uzatiladi, qiymati pastroq belgilar esa, pastroq himoyalanganlik bilan yoki umuman kodlanmasdan uzatiladi. " Xatolarni aniqlaydigan kod|"Uzatiladigan signalga kam sonli ortiqcha simvollarni kiritish hisobiga, xatolarni avtomatik ravishda aniqlovchi, FEC turidagi kodlar toifasi. " Xatolarni aniqlash|"Xatolarni, tegishli koddan foydalanib, qabul qilingan signalda xato elementlarning mavjudligini aniqlash uchun, nazorat qilish usuli. " Xatolarni nazorat qilish, xatolardan himoya|"Raqamli signalda yozish, qayta ishlash va uzatish jarayonida sodir bo‘ladigan xatolarning ta’sirini kamaytirish uchun ishlatiladigan usullar. Izoh – Xatolarni nazorat qilishda xatolarni aniqlash, xatolarni tuzatish va xatolarni alohida, yoki uyg‘unlikda niqoblash usullaridan foydalanilishi mumkin. " Xatolarni niqoblash (raqamli televideniyeda)|"Subyektiv effektlar aniqlangan, lekin tuzatilmagan xatolarning ta’siri tufayli kamayishi mumkin bo‘lgan xatolarni nazorat qilish usuli. Izoh – Xatolarni niqoblash xatolardan xoli sanoqlarning qo‘shni qiymatlari interpolyatsiyasi yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. " Xatolarni qayta ishlagich|"Dasturni bajarishda yuzaga keladigan muayyan xato vaziyatni qayta ishlash uchun avtomatik chaqiriladigan kod qismi (protsedura). Dasturda xatolarni qayta ishlagich bo‘lmasa, tizim dasturiy ta’minotiga o‘rnatilgan qayta ishlagichdan foydalaniladi. Apparatura, shuningdek, markaziy protsessor holati saqlanilishini va bu holat, xatolarni qayta ishlagichning ishi tuga-gandan so‘ng tiklanishini amalga oshiradi. " Xatolarni qayta ishlash|"Bajarish paytida xatolar aniqlanganda dasturning ishlashi, ogohlantirish va tugallash kabi standart harakatlardan iborat bo‘lishi mumkin, biroq jiddiy ilovalar va tizim dasturlarida alohida e‘tibor talab qilinadi. " Xatolarni topish va vizuallashtirish usuli|"Raqamli eshittirish televideniyesining izchil transport ma’lumotlar oqimida televizion tasvirning o‘tuvchi va uning ketidan keluvchi kadrning shakllanish jarayonida hisoblanadigan, ortiqcha siklik tekshiruv kodining nazorat so‘zlarini solishtirishdan iborat bo‘lgan xatolarni diagnostika qilish usuli. " Xatolarni tovushli kodlash tizimi|"Xatolar to‘g‘risida tovush signallari bilan xabar berish tizimi. Kompyuter ishga tushishi bilan ishlab ketadi va xatolik kodiga bog‘liq ravishda turli signallar beradi. Qurilmalar muvaffaqiyatli tekshirilganda bitta qisqa signal chiqaradi. " Xatolarni tuzatish|"Xatolarni tegishli koddan foydalanib, qabul qilingan signalda xato deb tan olingan elementlarning qismini tuzatish uchun, nazorat qilish usuli. " Xatolarni to‘g‘rilash kodi|"Uzatiladigan signalga ortiqcha simvollarni kiritish hisobiga, xatolarni avtomatik ravishda tuzatuvchi, FEC turidagi kodlar toifasi. " Xatolik jiddiyligining kodi|"Muayyan xatolikning dasturga ta’siri darajasini aniqlaydigan kod. Ular tizimning osilib qolishiga olib keluvchi – fayllarni buzuvchi va yo‘qotuvchi; foydalanuvchi xohlagan operatsiyani bajarishiga yo‘l qo‘ymaydigan – funksional; lokallashtirish va kosmetik; trivial xatoliklarga bo‘linadi. Joriy kod tester xatoliklarini o‘zlashtiradi. " Xatoni qarshi yo‘nalishda tarqatish|"Neyron tarmoqni o‘rganish usuli. " Xatcho‘p|"Ma’lumotlar bazasidagi yozuv yoki satrni, dastur matnidagi satrni yoki matn redaktori faylidagi joyini noyob tarzda identifikatsiya qiluvchi marker. " Xavf omili|"Axborotni texnik vositalar bilan qayta ishlashda, uning xavfsizligi uchun tahdidlar paydo bo‘lishini shartlovchi sabab. Izoh – Yondosh elektromagnit nurlanishlar va to‘g‘rilashlar, axborotdan shtat texnik vositalari bilan ruxsat etilmagan tarzda foydalanish, maxsus elektron o‘rnatuvchi qurilmalar; axborot resursiga bo‘ladigan tashqi ta’sirlar texnik vositalar bilan qayta ishlanadigan axborot uchun asosiy xavf omillari hisoblanadi. " Xavfli bo‘lmagan viruslar|"Kompyuter ishiga xalaqit bermaydigan, lekin bo‘sh tezkor xotira va disklardagi xotira hajmini kamaytiradigan viruslar. Bunday viruslarning ta’siri, odatda, qandaydir grafik yoki tovush effektlarida namoyon bo‘ladi. " Xavfli pochta, kuryerlik jo‘natmalari|"Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarining 3-ilovasi 1-bandi «a» va «b» kichik bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan predmetlar va moddalar yoki ularning belgilarini o‘z ichiga olgan jo‘natmalar. " Xavfli viruslar|"Kompyuter ishida turli buzilishlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan viruslar. " Xavfsirash, vahimaga tushish, gumonsirash|"Elektron pochtadan qabul qilingan abbreviatura. IBM kompaniyasi menejerlariga, raqobatchilarning mahsulotlarini mijozlar bilan muhokama qilayotganda, mahsulotni yomonlamasdan, faqatgina FUD bilan kifoyalanish tavsiya etilgan. " Xavfsiz dasturiy ta’minot|"Tizim yoki tarmoqda ma’lumotlarning xavfsiz qayta ishlanishini amalga oshiruvchi, tizim resurslaridan xavfsiz foydalanuvchi umumiy maqsadlardagi hamda amaliy dastur va vositalar. " Xavfsiz holat|"Baholash obyektining xavfsizlik funksiyasi ma’lumotlari ziddiyatsiz bo‘lgan va baholash obyektining xavfsizlik funksiyasi, xavfsizlikning funksional talablarini samarali bajarishda davom etadigan holat. " Xavfsiz kompyuter|"Ishlash paytida odamlar salomatligiga xavf tug‘dirmaydigan kompyuter. Asosiy zararli ta’sirni elektron-nurli trubka bazasidagi monitor, kompyuter vujudga keltiradigan elektromagnit maydonlar ko‘rsatadi. Kompyuterning zararli ta’sirini cheklash maqsadida, MPR I standarti (Shvetsiya) qabul qilingan. " Xavfsiz operatsion tizim|"Tizim tomonidan nazorat qilinadigan ma’lumotlar va resurslar mazmuniga mos keladigan muhofaza darajasini ta’minlash maqsadida, apparat va dasturiy vositalarni samarali boshqaradigan operatsion tizim. " Xavfsiz rejim|"Windows operatsion tizimidagi yuklash rejimlaridan biri, bunda faqat eng zarur modullar va dasturlar yuklanadi, bu tizimni tiklash yoki boshqa profilaktika ishlarini o‘tkazishga imkon beradi. " Xavfsiz ulanishlar protokoli|"Birgalikda ishlaydigan tomonlarni autentifikatsiya qilish va trafikni protokollar tutashgan tarmoqlarda, jumladan, Internetda shifrlash uchun belgilangan protokol. Izoh – Odatda, ushbu protokoldan, xabarlar almashinish yaxlitligini, autentifikatsiya qilinishini, konfidensiallikni taʼminlagan holda, veb-serverlar va brauzerlar o‘rtasida himoyalangan ulanishni tashkil qilish uchun foydaniladi. " Xavfsiz vaqt|"Ma’lumotlardan foydalanishning mumkin bo‘lgan variantlarini statistik sinash orqali muhofaza tizimining ochilish vaqtini matematik kutish. " Xavfsizlik|"1. Tizim yoki tarmoqning, axborotning muhofaza qilinishini, haqiqiyligini va ishonchli saqlanishini ta’minlash qobiliyati. 2. Obyektning tasodifiy va qasddan qilinadigan tahdidlar ta’siriga qarshi tura olish qobiliyati. " Xavfsizlik atributi|"Subyektlar, foydalanuvchilar xarakteristikasi (shu jumladan tashqi axborot texnologiyalari mahsulotlari), obyektlar, axborotlar, seanslar va/yoki resurslar, funksional xavfsizlik talablari shakllanishida va funksional xavfsizlik talablarini amalga oshirishda foydalaniladigan qiymatlar. " Xavfsizlik auditi|"Tizimning boshqaruvchi funksiyalarini adekvatlikka tekshirish, qabul qilingan xavfsizlik siyosatiga va operatsion protseduralarga muvofiqligini ta’minlash, xavfsizlikning buzilishlarini aniqlash hamda boshqaruvda, xavfsizlik siyosatida va protseduralarda har qanday muayyan o‘zgarishlar bo‘yicha tavsiyalar berish maqsadida, ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi yozuvlarini va uning ishini mustaqil ko‘rib chiqish va tahlil qilish. " Xavfsizlik auditori|"Xavfsizlikni tekshirishga oid ma’lumotlardan foydalanish va tekshiruv to‘g‘risida hisobotlar tuzish ruxsat etilgan shaxs yoki jarayon. " Xavfsizlik axboroti|"Xavfsizlikni ta’minlash xizmatlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan axborot. " Xavfsizlik belgisi|"Resurs (ma’lumotlar bloki bo‘lishi mumkin) bilan bog‘langan, berilgan resurs xavfsizlik atributlarining nomini yoki belgilanishini aniqlaydigan markalash. " Xavfsizlik bo‘yicha topshiriq|"1. Muayyan baholash obyektini baholash uchun asos sifatida foydalanishga mo‘ljallangan, xavfsizlik talablari va spetsifikatsiyalar majmui. 2. Ayrim aniq belgilangan baholash obyekti uchun amalga oshirilishiga bog‘liq bo‘lgan, xavfsizlik yuzasidan ehtiyojlar bayoni. " Xavfsizlik darajasi|"1. Obyektning shaxs foydalanish huquqi toifasiga sezgirligini ko‘rsatadigan iyerarxik maxfiylik grifi va xavfsizlik toifasi majmui. 2. Axborotning kritiklik (sezgirlik) darajasini ko‘rsatuvchi, noiyerarxik toifa va iyerarxik tasniflash (foydalana olish darajasi) birikmasi. " Xavfsizlik deskriptori|"Xavfsizlik tizimi uchun axborotga ega bo‘lgan obyekt atributi. Obyekt egasining xavfsizlik identifikatorini, erkin foydalanishni nazorat qilishning diskretsion va tizimga oid ro‘yxatlarini o‘z ichiga oladi. " Xavfsizlik domeni|"1. Yagona xavfsizlik siyosatiga va yagona xavfsizlik ma’muriyatiga bo‘ysunuvchi foydalanuvchilar, tizimlar yoki resurslar majmui. 2. Aktiv mantiqiy obyekt foydalana olish huquqiga ega resurslar majmui. " Xavfsizlik filtri|"Tizimda aylanuvchi ma’lumotlarning xavfsizlik siyosatini amalga oshiradigan ishonchli kompyuter tizimi. " Xavfsizlik funksiyasi siyosati|"Baholash obyekti xavfsizlik funksiyalari amalga oshiradigan aniq xavfsizlik rejimini tavsiflaydigan va funksional xavfsizlik talablari yig‘indisi ko‘rinishida ifodalangan qoidalar majmui. " Xavfsizlik holati|"Ochiq tizimda saqlanadigan va xavfsizlik xizmatlarini taqdim etish uchun talab etiladigan, holat to‘g‘risidagi axborot. " Xavfsizlik identifikatori|"Xavfsizlik tizimi subyektining global noyob identifikatori. Hisobga olinadigan yozuvlarning xavfsizlik identifikatorlari va hammaga ma’lum xavfsizlik identifikatorlari farqlanadi. " Xavfsizlik jurnali|"Audit siyosatida ko‘rsatilgan tizim xavfsizligi xabarlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zida saqlaydigan xabarlar jurnali. " Xavfsizlik konfiguratsiyasi|"Tanlangan xavfsizlik siyosatining parametrlarining majmui. Xavfsizlik konfiguratsiyasi fayllar shaklida (standart konfiguratsiyalar mavjud) saqlanib, ularni, xususiy konfiguratsiyalarni yaratib turlash va kompyuterlarga tatbiq qilish mumkin. " Xavfsizlik maqsadi|"Belgilangan tahdidlarga qarshi tura olish va/yoki tashkilotning belgilangan xavfsizlik siyosatini va/yoki taxminlarni qanoatlantirishning ifodalangan maqsadi. " Xavfsizlik markazi|"Operatsion tizimning barcha xavfsizlik bo‘yicha moslamalari to‘plangan tizimdagi joy. «Xavfsizlikni ta’minlash markazi» xavfsizlikni ta’minlovchi muhim moslamalar holatini kuzatib turish imkonini beradi. " Xavfsizlik markeri|"Telekommunikatsiyalar obyektlari o‘rtasida uzatiladigan, ma’lumotlarni taqdim etishda foydalaniladigan xavfsizlik axboroti bilan birga, bitta yoki bir nechta xavfsizlik xizmati tomonidan muhofazalangan, ma’lumotlar to‘plami. " Xavfsizlik ma’lumotlari almashinuvi|"Ochiq tizimlar o‘rtasida boshqarish-protokol ilova ma’lumotlarini uzatish yoki uzatishlar ketma-ketligi. Bitta yoki bir nechta xavfsizlikni ta’minlash mexanizmlarining ishi hisoblanadi. " Xavfsizlik (muhofaza qilish) administratori|"1. Tizim xavfsizligini ta’minlash, o‘rnatilgan ma’muriy muhofaza choralarini amalga oshirish va ularga rioya qilinishining uzluksizligi uchun javobgar, qo‘llaniladigan jismoniy va texnik muhofaza vositalari ishlashini tashkiliy jihatdan muntazam qo‘llab-quvvatlanishini amalga oshiruvchi vakolatli vakil (shaxs yoki shaxslar guruhi). 2. Telekommunikatsiyalar tarmog‘i (tizimlari)ning axborotdan ruxsat etilmagan tarzda foydalanishdan muhofaza qilinishi yuzasidan javobgar, foydalanish subyekti. 3. Avtomatlashtirilgan tizimning axborotdan ruxsat etilmagan tarzda foydalanishdan muhofaza qilinishi uchun javobgar bo‘lgan foydalana olish subyekti. " Xavfsizlik normasi|"Xavfsizlik toifasiga bog‘liq ravishda o‘rnatiladigan, axborot xavfsizligi mezonining miqdor qiymati. " Xavfsizlik obyekti|"Xavfsizlik siyosati qo‘llaniladigan, tizimning passiv tashkil etuvchisi. " Xavfsizlik organi|"1. Xavfsizlik siyosatining belgilanishi, amalga oshirilishi va bajarilishi yuzasidan javobgar obyekt. 2. Xavfsizlik domenida xavfsizlik siyosatini boshqarish yuzasidan javobgar obyekt. 3. Xavfsizlik siyosati amalga oshirilishi yuzasidan javobgar administrator. " Xavfsizlik paketi|"Foydalanuvchilar va serverlar o‘rtasidagi haqqoniylikni taʼminlab beradigan paket. " Xavfsizlik sertifikati|"Xavfsizlik organi yoki ishonch qozongan uchinchi tomon bergan xavfsizlik bilan bog‘liq ma’lumotlarning, ma’lumotlar manbaini autentifikatsiya qilish va ma’lumotlarning yaxlitligini ta’minlash uchun foydalaniladigan xavfsizlik axboroti bilan birgalikdagi, to‘plami. " Xavfsizlik siyosati|"1. Kompyuter xavfsizligini ta’minlash uchun qabul qilingan harakatlar rejasi yoki dasturi. 2. Qonunlar, qoidalar va amaliy tavsiyanomalar to‘plami, unga asosan tizimdagi muhofaza qilinayotgan axborotni boshqarish, muhofaza qilish va taqsimlash yo‘lga qo‘yiladi. U, turli vaziyatlarda tizim o‘zini qanday tutishini belgilagan holda, axborotni qayta ishlash jarayonining barcha xususiyatlarini qamrab oladi. 3. Xavfsizlik obyektlari va subyektlari berilgan ko‘pligining xavfsizligini ta’minlash prosedura va mexanizmlarini belgilovchi qoidalar to‘plami. 4. Tizimning ma’lum tahdidlardan muhofaza qilinishini ta’minlashda tayanish mumkin bo‘lgan mezonlarning, ayniqsa, tezkor mezonlarning rasmiy belgilanishi. 5. Tashkilotda ahamiyatli axborotning qayta ishlanishini, muhofaza qilinishini va tarqatilishini tartibga soladigan qonunlar, normalar, qoidalar, amaliy tavsiyalar va usullar to‘plami. " Xavfsizlik siyosatining formal modeli|"Tizim boshlang‘ich holati tavsifini, tizimning bir holatdan ikkinchi holatga o‘tish usullarini, shuningdek, xavfsiz holat aniqlanishini nazarda tutuvchi, xavfsizlik siyosatining qat’iy matematik tavsifi. Bella-Lapadula modeli rasmiy modelga misol bo‘ladi. " Xavfsizlik siyosatining modeli|"Tizim uchun ishlab chiqilgan xavfsizlik siyosatining rasmiy ko‘rinishi. U ahamiyatli axborotning boshqarilishi, taqsimlanishi va muhofazasini belgilovchi talablarning rasmiy tavsifini o‘z ichiga olishi lozim. " Xavfsizlik siyosatining qoidalari|"Tanlab olingan xavfsizlik xizmatlarini hisobga olgan holda, qo‘llash uchun xavfsizlik mexanizmlarini, jumladan, ushbu mexanizmning ishlashi uchun zarur bo‘lgan barcha parametrlarni belgilaydigan mahalliy axborot. " Xavfsizlik skaneri|"Tarmoq xavfsizligini tahlil va avtomatlashtirilgan nazorat qilish, tarmoq birgalikda ishlash aktiv komponentlarini aniqlash va ularning zaif tomonlarini tahlil qilish uchun mo‘ljallangan dasturiy vosita. " Xavfsizlik subyekti|"Xavfsizlik siyosati tatbiq qilinadigan aktiv tizim tashkil etuvchisi. " Xavfsizlik talabi|"Standartlashtirilgan tilda ifodalangan, baholash obyektining xavfsizlikka erishish maqsadida, ko‘maklashishga mo‘ljallangan talab. " Xavfsizlik tizimidagi hisobga olish ma’lumotlari administratori|"Foydalanuvchilar ustunliklari, parollari va sh.k. darajalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan, foydalanuvchilarning hisob yozuvlari bazasi yuritilishini ta’minlaydigan kichik tizim. " Xavfsizlik toifasi|"Faqat iyerarxik maxfiylik grifini qo‘llashdan ko‘ra, juda aniq bo‘lgan ma’lumotlardan erkin foydalanishni boshqarishda qo‘llaniladigan nozik axborotni noiyerarxik guruhlash. " Xavfsizlik uzeli|"Uzoqda joylashgan abonentga uzoqdagi server bilan bog‘lanish huquqini, ro‘yxatga olingan mijozlarga RAS serveridan xavfsiz foydalanishni ta’minlagan holda, tekshiradigan autentifikatsiya qurilmasi. " Xavfsizlik vazifasi|"Baholash obyektiga manzillash taxmin qilinadigan xavfsizlik harakatlari sohasi va xarakteri belgilanadigan formal izoh bayon. Izohlar – Xavfsizlik vazifasi: - baholash obyekti qarshi tura olishi lozim bo‘lgan tahdidlarni; - baholash obyekti tomonidan amalga oshiriladigan tashkilotning xavfsizlik siyosatini; - baholash obyektidan foydalanish hamda ishlash muhitiga oid taxminlarni o‘z ichiga oladi. " Xavfsizlik vositalarini boshqarish|"Xavfsizlik servislarining ishlashi uchun zarur bo‘lgan axborotning tarqatilishini, shuningdek, ularning ishlashi to‘g‘risidagi axborotni to‘plash va tahlil qilishni ichiga oladigan jarayon. Masalan, kriptografik kalitlarning tarqatilishi, foydalana olish huquqlarining o‘rnatilishi, audit jurnalining tahlili va sh.k. " Xavfsizlik xizmati|"Ochiq tizimlar o‘zaro bog‘liqligining qandaydir darajasi taqdim etadigan xizmat. Ma’lumotlar uzatish tizimlari yoki jarayonlarining yetarlicha muhofaza qilinishini kafolatlaydi. " Xavfsizlik xizmati administratori|"Bitta yoki bir nechta xavfsizlikni ta’minlash tizimi to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega bo‘lgan, ularning loyihalashtirilishini va ulardan foydalanishni nazorat qiluvchi shaxs (yoki shaxslar guruhi). " Xavfsizlik yadrosi|"Ishonchli hisoblash bazasining, havolalar monitori konsepsiyasini amalga oshiradigan dasturiy va apparat elementlari. Ular subyektlarning obyektlardan erkin foydalanishga bo‘lgan barcha urinishlarini ajratishi, o‘zgartirishlardan muhofazalangan bo‘lishi va o‘z funksiyalarini to‘laqonli bajarish yuzasidan tekshirilishi kerak. " Xavfsizlik zonasi|"1. Axborot muhofaza qilinishining talab etiladigan darajasi ta’minlanadigan makon. 2. Internet-serverlar guruhi uchun xavfsizlik sozlanishlari o‘rnatilishiga imkon beruvchi Microsoft kompaniyasining Microsoft Internet Explorer brаuzerida belgilangan mexanizm. Izoh Zonalarning har biri uchun shu server uchun yo‘l qo‘yiladigan, mumkin bo‘lgan harakatlarni belgilovchi xavfsizlikning turli darajalarini qo‘llash mumkin (Java-appletlarini, ActiveX boshqaruvchi elementlarini ishga tushirish, SSL protokoli bo‘yicha muhofazalangan ulanishni o‘rnatish va sh.k.). " Xavfsizlikka tahdid|"Axborotning buzib ko‘rsatilishi va yo‘qolish xavfi bo‘lishida ko‘rinadigan, mulkdorga yoki foydalanuvchiga zarar yetkazadigan, muhofaza obyektiga (axborot resurslariga) qarshi yo‘naltirilgan qandaydir harakatni amalga oshirishning mumkin bo‘lgan (potensial yoki real mavjud) xavfi. " Xavfsizlikni baholash|"Tizimni, belgilangan muhofaza modeliga, muhofaza qilishni ta’minlash standarti va texnik shartlarga mos kelish darajasini aniqlash maqsadida tekshirish. " Xavfsizlikni boshqarish|"Tarmoq resurslaridan erkin foydalanishni boshqarish va nazorat qilish xizmati. Tashqi hujumlardan muhofaza qilish mexanizmi ishga tushirilishini amalga oshiradi va ma’lumotlarning, ularni saqlash va tarmoq orqali uzatishda yaxlitligini tekshiradi. " Xavfsizlikni taʼminlash rejimi|"Hamma foydalanuvchilar barcha foydalanish toifalarining tavsifi. U tizimda saqlanadigan va qayta ishlanadigan, axborot muhofazasiga oid barcha toifalar bilan bog‘liq holda beriladi. " Xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi standart|"Xavfsizlikni ta’minlash usullarini belgilab beradigan rasmiy qabul qilingan hujjat. " Xavfsizlikni tekshirish|"Tizimni nazorat qilish vositalarining yetarliligini, qabul qilingan xavfsizlik siyosatiga va ma’lumotlarni qayta ishlash protseduralariga mosligini, xavfsizlik buzilishlarini aniqlash, nazorat vositalari va xavfsizlik protseduralarini o‘zgartirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida, tizim jurnallarini mustaqil ko‘rib chiqish, o‘rganish va ishlashi ustidan kuzatish olib borish. " Xavfsizlikni tekshirish ma’lumotlari|"Xavfsizlikni tekshirishga ko‘maklashish maqsadida to‘plangan va foydalanilishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar " Xemming kodi|"Yakka xatolarning tuzatilishini ta’minlovchi minimal ortiqchalikka ega kod. " Xendover|"1. So‘zlashayotgan (yoki ma’lumot uzatayotgan) mobil foydalanuvchi yacheykadan yacheykaga ko‘chayotganda, boshqaruvning bir tayanch stansiyadan boshqasiga uzatilishi. 2. Tayanch stansiyalar o‘rtasida bog‘lanish (aloqa) jarayonida abonent stansiyasining boshqaruvni bir tayanch stansiyadan boshqasiga uzatishi. " Xendover hisobiga yutish|"Xendover samaradorligining ko‘rsatgichi; son jihatdan muvaffaqiyatli o‘tishlar sonining, o‘tishga bo‘lgan barcha urinishlar soniga nisbati sifatida " Xendover uchastkasi|"Mobil abonent bir tayanch stansiyadan boshqasiga o‘tishi mumkin bo‘lgan yo‘nalishlardan biri. " Xesh-funksiya (xeshlash funksiyasi)|"1. Bitlar satrini belgilangan uzunlikdagi bitlar satriga aylantirish funksiyasi. 2. Ixtiyoriy o‘lchamdagi ma’lumotlar massivini matematik almashtirish va uning uchun uncha uzun bo‘lmagan belgilangan yagona ketma-ketlikni hisoblash. " Xeshlash|"1. Xesh-funksiya qiymatlarini hisoblash jarayoni. 2. Ba’zi bir matn bo‘laklarida dastlabki massivning o‘rnini bosishga xizmat qiluvchi ixtiyoriy o‘lchamdagi ma’lumotlar massivini belgilangan o‘lchamdagi ma’lumotlar blokiga almashtirish. " Xeshlash vositalari|"Elektron hujjat nazorat tavsifi qiymatining hisob-kitobini ta’minlaydigan va muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lgan dasturiy-texnik vositalar. " Xeshreyt|"Bitkoyn tarmog‘idagi hisoblash quvvatining o‘lchov birligi. " Xit, mos kelish|"1. Sahifani qayta yuklash mustasno qilinganda, foydalanuvchining veb-sahifaga murojaat qilishi. 2. Fayl ichidagini tiklashda va profilaktik tekshirishda – asosiy yozish va joriy yozish oʻrtasida muvofiqlikni topish. " Xizmat biti|"Foydali axborotni o‘z ichiga olmagan hamda uni bir abonent terminalidan boshqasiga tashishda yordamchi maʼlumotlar (masalan, sarlavha, xatolarni aniqlash bitlari va boshqalar) ni uzatish uchun mo‘ljallangan ikkilik raqamli signal. " Xizmat kanali|"Texnik xarakteristikalarni, texnik xizmat ko‘rsatilishini tekshirish yoki xizmatga oid axborotni almashish uchun foydalaniladigan tovush yoki ma’lumotlarni uzatish kanali. Yo‘ldoshli aloqa liniyalarida bunday kanal erdagi stantsiyalar va boshqarish markazlari o‘rtasida tashkil qilinadi. " Xizmat ko‘rsatilgan telefon trafik|"Telefon tarmog‘i liniyalari, kanallari yoki kommutatsion aloqa asboblarining qarab chiqiladigan vaqt intervali ichida telefon chaqiruvlar bilan band bo‘lishining jami vaqti. " Xizmat ko‘rsatilgan telefon chaqiruv|"Bog‘lanish o‘rnatilganda, liniyalar (kanallar) bog‘lami, kommutatsion aloqa asboblari va boshqaruvchi qurilmalar taqdim etilgan telefon chaqiruv. " Xizmat ko‘rsatish darajasi to‘g‘risidagi kelishuv|"Buyurtmachi va yetkazib beruvchi o‘rtasidagi, xizmatlar hujjatlashtirilgan va xizmatlarning darajalari kelishib olingan yozma kelishuv. " Xizmat ko‘rsatish platformasi|"Foydalanuvchilarga foydalanish va KAT bilan tarmoq orqali aloqa o‘rnatish tizimining oxirgi qurilmalar (ya’ni, oxirgi (terminal) uskuna: shaxsiy kompyuter, telefon apparati, mobil telefon va h.k.lar) va xizmat ilovalarida qo‘llaniladigan server (ya’ni, server ilova, uzatish muhiti serveri va h.k.lar.) ni tasvirlashda qo‘llash imkonini beradigan uskuna. " Xizmat ko‘rsatish turkumi|"Foydalanuvchiga taqdim etiladigan xizmatlar turini tavsiflaydigan ko‘rsatgich. Izoh – Xizmat ko‘rsatish turkumiga ajratiladigan uchta asosiy belgi: axborotni uzatish tezligi, yetkazish tezligi (ustuvorlik) va bog‘lanish rejimi (kanallar yoki paketlar kommutatsiyasi, sinxron yoki asinxron) mavjud. " Xizmat ko‘rsatish yoyi|"Geostatsionar yo‘ldoshlar orbitasining yoyi, uning chegarasida kosmik stansiya xizmat ko‘rsatish zonasida mavjud bo‘lgan, shu kosmik stansiya bilan bog‘liq bo‘lgan barcha yer stansiyalari uchun talab qilinadigan xizmatni ta’minlashi mumkin. " Xizmat ko‘rsatish zonasi|"1. To‘g‘ri va teskari yo‘nalishlarda abonent hamda tayanch stansiyalardan keladigan radiosignallarning ishonchli qabul qilinishi kafolatlanadigan geografik zona. 2. Yer sirtidagi, yer usti stansiyalardan yoki yo‘ldosh retranslyatorlaridan signallar barqaror qabul qilinishi ta’minlanadigan va talab qilinadigan aloqa sifati kafolatlanadigan soha. " Xizmat ko‘rsatishdagi taqsimlangan rad javobi|"Saytga kompyuter hujumi turi. Saytga turli kompyuterlardan katta oqim bilan murojaat qilinishi natijasida aloqa kanali yoki server dasturiy ta’minotining ishdan chiqishi. Birinchi DdoS hujumlari to‘lqini 2000-yilning fevralida kuzatilgan edi. " Xizmat ko‘rsatishni rad etish|"Serverga tizim tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarga bo‘lgan ko‘plab talablar kelib tushishidan iborat Internet tarmog‘iga hujum turi. Server o‘z resurslarini ulanishni o‘rnatishga va unga xizmat ko‘rsatishga sarflaydi va so‘rovlarning ma’lum oqimida ularni uddalay olmaydi. " «Xizmat ko‘rsatishni rad etish» turidagi hujum|"Qonuniy foydalanuvchilar tizim yoki uskuna yordamida taqdim etila-digan resurslardan foydalana olmasligi mumkin bo‘lgan yoki ularga foydalana olishda qiyinchilik tug‘diradigan sharoitlarni yaratish maqsadida axborot tizimiga yoki uskunaga qasddan ta’sir etish. " Xizmat sifati|"Foydalanuvchining taqdim etiladigan xizmatlardan qoniqqanlik darajasining kompleks xarakteristikasi. Xizmatlar sifati barcha xizmatlarga qo‘llasa bo‘ladigan quyidagi xarakteristikalar bilan ifodalanadi: operabelligi; xizmatdan foydalana olishlik; xizmatning ishonchliligi; xizmatning yaxlitligi; har bir xizmat uchun spetsifik bo‘lgan boshqa omillar. " Xizmat siri|"Ilm-fan, texnika, ishlab chiqarish va boshqaruv sohasidagi mamlakat qiziqishlariga oshkor etilishi zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan maʼlumotlar. Xizmat siri harbiy sir va davlat siri bilan bir qatorda davlat sirlari turlarining biri hisoblanadi. " Xizmat taqdim etiladigan zona|"Xizmat ko‘rsatilishi aloqa operatori tomonidan kafolatlanadigan hududiy zona (uyali telefon aloqa ta’sir zonasi bilan mos kelmasligi mumkin). " Xizmatga bo‘lgan sifat standarti|"Xizmatning vazifasiga muvofiqligini ta’minlash maqsadida, xizmat qanoatlantirishi kerak bo‘lgan talablarni belgilaydigan standart. " Xizmatga buyurtma (berish)|"Iste’molchi va xizmatni taqdim etuvchi o‘rtasidagi shartnoma, tomonlarning yuridik, iqtisodiy va texnik munosabatlarini belgilaydi. " Xizmatga oid hisobga olish ma’lumotlari|"Hisobga olish predmetlariga taalluqli bo‘lmagan va faqat hisobga olishni yuritish funksiyalarining amalga oshirilishi bilan bog‘liq holda to‘planadigan, qayta ishlanadigan va saqlanadigan ma’lumotlar. " Xizmatga oid pochta jo‘natmasi|"Umumjahon pochta ittifoqi aʼzo mamlakatlari va ularning muassasalari, pochta aloqasining milliy operatori (pochta aloqasining hududiy (viloyat) tashkilotlari va ularning tarkibiy bo‘linmalari) tomonidan pochta yig‘imlarini undirmasdan jo‘natiladigan pochta jo‘natmasi. " Xizmatga oid so‘z|"Dasturlash tillarida yoki boshqa tizimlarda maxsus qiymatga ega bo‘lgan so‘z. Xizmatga oid so‘zdan belgilanmagan maqsadda foydalanishga ruxsat etilmaydi. " Xizmatlar isteʼmolchisi|"Xizmat ko‘rsatadigan shaxs bilan tuzilgan shartnoma asosida Internet tarmog‘i kanallari orqali nomidan yoki nomiga maʼlumotlar uzatiladigan jismoniy yoki yuridik shaxs. " Xizmatlar provayderi|"1. Foydalanuvchilarga operatorlar tarmog‘i orqali tijoriy asosda xizmatlar ko‘rsatadigan yuridik yoki jismoniy shaxs. 2. Axborot-kommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatadigan va o‘zining telekommunikatsiyalar infratuzilmasiga ega bo‘lmagan yuridik shaxs. " Xizmatlar sifatini nazorat qilish metodikasi|"Sifat ko‘rsatgichlarini aniqlash va aloqa tarmog‘ida ta’minlanadigan sifat ko‘rsatgichlari qiymatlarining o‘rnatilgan talablarga mos kelishini tekshirish operatsiyalari va qoidalarining belgilangan majmui. " Xizmatlar to‘g‘risidagi axborot|"Qabul qilgichlarni sozlash uchun zarur bo‘lgan eshittirish oqimlari, dasturlari va boshqa parametrlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan jadvallarning majmui. " Xizmatlardan foydalanish qulayligi|"Xizmat ko‘rsatishning qulayligi va abonentlarga telekommunikatsiya xizmatlari taqdim etilishining tezkorligini tavsiflovchi ko‘rsatgich. " Xizmatlari integratsiyalashgan raqamli tarmoq|"Kommutatsiyalanadigan telefon liniyasi bo‘ylab o‘tadigan raqamli aloqa xalqaro standarti, kompyuter va multimedia (ovoz, video) trafikini uzatishda foydalaniladi. Odatda, foydalanuvchining ISDN liniyasi ikkita 64 kbit/s tezlikli kanal orqali ma’lumotlar uzatilishini ta’minlaydi, 16 kbit/s tezlikli kanaldan boshqaruvchi axborotni uzatish uchun foydalaniladi. Lokal tarmoqlar ISDN kanalga marshrutizator orqali, alohida foydalanuvchilar esa, ISDN modem orqali ulanadi. Tashkilotlar uchun, 23×64 kbit/s ISDN kanalni – boshqaruvchi kanalni ulash imkoniyati mavjud. " Xizmatlarni boshqarish uzeli|"Intellektual tarmoqda xizmatlarni boshqarish funksiyalari bajarilishini taʼminlaydigan fizik qurilma. " Xizmatlarni oluvchi|"Professional ehtiyojlar yoki boshqa ehtiyojlar uchun axborot xizmatlaridan, ayniqsa, axborotni izlash yoki undan foydalanish maqsadida foydalanadigan jismoniy yoki yuridik shaxs. Izoh – Xizmatlarni oluvchi isteʼmolchi hisoblanadi, agar u ushbu shaxsning savdosi, biznesi yoki kasbi bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda ish ko‘rayotgan jismoniy shaxs bo‘lsa. " Xizmatlarni taqdim etuvchi|"Foydalanuvchilarga o‘z telekommunikatsiyalar tarmog‘idan erkin foydalanishni taqdim etuvchi telekommunikatsiyalar tarmoqlarining operatori. " Xizmatlarning maxsus turlari|"Manfaatdor Ma’muriyatlar o‘rtasida kelishuv bo‘yicha xalqaro telefon aloqadan foydalanuvchiga taqdim etiladigan xizmatlar. Izoh – Maxsus xizmatlarga quyidagi xizmat turlari kiradi: a) shaxsiy so‘zlashuvlar; b) ma’lumotlar uzatish; c) chaqirilayotgan shaxs hisobidan so‘zlashuvlar; d) kredit kartochka bo‘yicha so‘zlashuvlar; e) konferens-aloqa; f) mamlakat bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri so‘zlashuv (boshqa mamlakat operatorini to‘g‘ridan-to‘g‘ri chaqirish) va h.k. " Xizmatni bajaruvchi|"Iste’molchiga xizmat ko‘rsatadigan korxona, tashkilot yoki tadbirkor. " Xodimlarni boshqarish|"Tashkilotni, o‘ziga yuklatilgan mehnat vazifalarini bajarishga qodir sifatli xodimlar bilan ta’minlashga va undan oqilona foydalanishga yo‘naltirilgan amaliy faoliyat va bilimlar sohasi. Xodimlarni boshqarish, tashkilotni boshqarish sifatli tizimlarining ajralmas qismidir. " Xomaki bosma|"Matritsali va boshqa turdagi printerlarning tez, lekin past sifatli bosib chiqarish rejimi. " Xost|"1. Tarmoq mashinasi. 2. Asosiy kompyuter. 3. Tarmoq funksiyalaridan (tarmoqqa xizmat ko‘rsatish, xabarlarni uzatish) tashqari, foydalanuvchi topshiriqlari (dasturlar, hisob-kitoblar)ni ham bajaradigan tarmoq kompyuteri. 4. Tarmoqda nafaqat maʼlumotlar uzatish funksiyalarini, balki amaliy dasturlarning ishi bilan bog‘liq boshqa baʼzi bir funksiyalarni ham bajaradigan, o‘zining axborot va hisoblash resurslarini terminallarga taqdim etadigan kompyuter. " Xost nomi|"1. Kompyuter tarmog‘idagi asosiy mashinaning nomi. 2. Asosiy va tobe kompyuterlar bo‘lgan tarmoqdagi asosiy uzelning nomi. Kompyuterning tarmoqdagi, xost boshqa bir kompyuter orqali topish uchun foydalaniladigan nomi. " Xosting|"Ma’lumotlar bazasi va veb-ilovalarni joylashtirish uchun xosting-provayderlar tomonidan taqdim etiladigan xizmat. " Xosting Internet-xizmatlari|"Internet provayderining Internetdan foydalanuvchilarga xizmat isteʼmolchisining axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etish bo‘yicha harakati yoki faoliyati. " Xosting xizmatlari provayderi|"Boshqa yuridik shaxslarning veb-uzellari uchun Internetga muntazam kirishni taʼminlash, kuzatib borish va o‘zida joylashtirishga ixtisoslashgan yuridik shaxs. " Xot-spot|"Umumfoydalaniladigan simsiz lokal tarmoq tashkil qilingan joy. «Qaynoq nuqtalar» aeroportlar, mehmonxonalar, syezdlar saroyi va kafelar kabi kompyuter qurilmalari bo‘lgan, odamlar gavjum zonalarda joylashtiriladi. 802.11 turkum standartlari (masalan, mobil yoki cho‘ntak shaxsiy kompyuterlari) simsiz aloqa qo‘llanilgan qurilmalar, foydalanuvchilarga Internetdan, shuningdek, provayderning maxsus xizmatlaridan foydalana olish imkonini beradi. " Xot-spot operatori|"Kafe, vokzallar va aeroportlarda tijorat xot-spotlari o‘rnatgan va ularga xizmat ko‘rsatuvchi kompaniya. Izoh − Wi-Fi kompaniyalarning tarixan turlitumanligi sababli, xot-spot operatorlar Quantum kabi agregatorlar orqali rouming munosabatlarga kirishib, HSO bir-biri bilan o‘zaro hamkorlik qilishga intilmoqda. Bu barcha Wi-Fi tarmoqlari o‘rtasida rouming va xizmatlarga qo‘shimcha talabni ta’minlaydi. " xotira|"Kompyuterning, ma’lumotlarning saqlanishi va uzatilishini ta’minlaydigan funksional qismi. " Xotira ajratish birligi (bloki)|"Faylga ajratiladigan diskli xotira birligi. " Xotira dampi|"Tezkor xotiradagi ma’lumotlarni qattiq diskka yozish. Tizim ishida buzilish ro‘y berganda, avtomatik tarzda yoki tizim foydalanuvchisi tomonidan amalga oshiriladi. " Xotira elementi|"«0» yoki «1» ko‘rinishdagi ikki holatdan birini qabul qilishi va saqlashi mumkin bo‘lgan raqamli qurilma. " Xotira hajmi|"Xotirada saqlanishi mumkin bo‘lgan axborot-ning maksimal miqdori. " Xotira kartasi|"Tezkor yoki doimiy xotiraning taqsimlanish sxemasi. " Xotira kassetasi|"Ixtiyoriy foydalana olinadigan, energiyaga bog‘liq bo‘lmagan xotira mikrosxemalarini ichiga oladigan, almashtiriladigan modul. " Xotira manzili|"Qurilma uchun ajratiladigan yoki dastur yo operatsion tizim tomonidan ishlatiladigan kompyuter xotirasining bir qismi. Izoh − Qurilmaga odatda manzillar diapazoni ajratiladi. " Xotira qulfi|"Xotiraning muhofaza tizimi tomonidan foydalanishni cheklash uchun ishlatiladigan, segment deskriptoridagi kod yoki virtual xotira sahifasi kodi. Bunda segmentga o‘z deskriptorida tegishli kalitga ega bo‘lgan jarayonlargina murojaat qila oladi. " Xotira qurilmasi|"Ma’lumotlarni yozish, saqlash va berish uchun mo‘ljallangan funksional qurilma. Xotira qurilmalarini ko‘plab parametrlar bo‘yicha tasniflash mumkin. Ma’lumotlarni uzoq muddatli va tezkor saqlash, energiyaga bog‘liq bo‘lmagan va energiyaga bog‘liq; faqat ma’lumotlarni o‘qish (doimiy xotira qurilmasi, kompakt-disklar) va ham o‘qish, ham yozish uchun mo‘ljallangan qurilmalar farqlanadi. Ma’lumotlarni saqlashning fizik prinsiplariga bog‘liq ravishda, magnit, magnitooptik va yarimo‘tkazgichli qurilmalar farqlanadi. Xotira qurilmasining asosiy texnik xarakteristikalari ularning sig‘imi va tez ishlashidir. Xotira qurilmasi ko‘pincha xotira deb ataladi. " Xotira tizimi|"Ma’lumotlarni saqlash tizimi. " Xotira yacheykasi|"Tezkor yoki doimiy xotiraning eng kam manzillanadigan qismi. " Xotirada aks etadigan fayl|"Bloklari sahifalar jadvali orqali asosiy xotirada aks etgan fayl. " Xotiradan bevosita foydalanish kontrolleri|"Xotiradan bevosita foydalanish imkonini beradigan ixtisoslashgan kontroller, shuningdek, xotiradan bevosita foydalanish rejimi zarur bo‘lgan kiritish-chiqarish qurilmalari tarkibiga ham kiritish mumkin. Protsessor kontrollerga manzil, qayerdan ma’lumotlarni olish, ularni qayerga joylashtirish va blok uzunligi to‘g‘risida xabar beradi. " Xotiradan diskka va diskdan xotiraga|"Diskdan xotiraga vazifalarni yuklash va ularni xotiradan diskka yuklash. " Xotiradan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanish|"Protsessordan foydalanmasdan (uni chetlab o‘tib) umumiy shina bo‘yicha tezkor xotira qurilmasi va periferik qurilmalarga (masalan, qattiq diskka) ma’lumotlarni yuqori tezlikda uzatish usuli. Bu vaqtda protsessor barcha shinalardan uziladi. " Xotiraga ega yashirin kanal|"Xotira maydoniga bir jarayon tomonidan bevosita yoki bilvosita yozishni va bu axborotning boshqa jarayon tomonidan o‘qilishini ta’minlovchi yashirin kanal. Ilova – Yashirin kanal xavfsizlik darajasi turlicha bo‘lgan ikkita subyekt bilan ajratiladigan cheklangan xajmdagi resurslardan (masalan, diskdagi sektorlardan) foydalanish bilan bog‘liq. " Xotiraga kira olishni blokirovkalash|"Xotiraning cheklangan uchastkasiga, masalan, disk yo‘lkasiga, bu uchastkada aniqlangan nuqsonlar oqibatida kira olishning taqiqlanishi. Dasturiy yoki apparat vositalar tomonidan bajariladi. " Xotiraga yozishni blokirovkalash|"Ma’lumotlar almashinishda vujudga keladigan vaziyat. Tashqi eltuvchidan o‘qiladigan yozuv asosiy xotiraga ko‘chirilmasligi bilan tavsiflanadi. " Xotirali kartalar|"Xotira qurilmasi sifatida xotira mikrosxemasiga ega bo‘lgan, oddiy mikroprotsessorli kartalar. Izoh – Magnit chiziq kartaning orqa tomonida joylashadi va uchta yo‘lkadan iborat. " Xotirali kommutatsiyalash|"Kommutatsiyalash usuli. Bunda qayta uzatish tizimi tomonidan maʼlumotlar bo‘lagi ichidagi narsa to‘la qabul qilingandan so‘ng uzatiladi. Kommutatsiyalash xotiraga olish mumtoz texnologiyalardan bo‘lib, u paketlar kommutatsiya va xabarlar kommutatsiyasida ishlatiladi. Uning mohiyati shundaki, qayta uzatish tizimi qabul qilgan paketdan yoki xabardan sarlavha, oxirgi qism va undagi uzatilayotgan axborot chiqarib olinadi. So‘ngra, xatolarni «davriy ortiqchalik bilan nazorat» CRC (q: CRC) yordamida tekshiriladi. Ko‘rilayotgan kommutatsiyalash oddiy, lekin qayta uzatish tizimida yuz beradigan operatsiyalar kechikib amalga oshadi. Shu sababdan u tezkor tarmoqlarda to‘g‘ri boradigan kommutatsiyalash bilan almashtiriladi. " Xotirani avtomatik boshqarish|"Xotirani taqsimlash algoritmi, bunda quyi sathning bajaruvchi (boshqaruvchi) tizimi xotiraning foydalanish imkoniyati bo‘lmagan bloklarini (binobarin, keraksizlarini) topish va ulardan takror foydalanilishiga javob beradi. " Xotirani boshqarish bloki|"Axborotni yozish va o‘qish jarayonlarini boshqarish uchun mo‘ljallangan elektron qurilma. " Xotirani boshqarish qurilmasi|"Virtual xotira ishini boshqaruvchi dasturiy-apparat vositalari. " Xotirani dinamik taqsimlash|"Xotirani taqsimlash usuli, bunda dasturlar va ma’lumotlarning joylashgan o‘rni, zarur paytda beriladigan mezonlar bo‘yicha belgilanadi. " Xotirani fragmentlash|"Bo‘sh xotirani, operatsion tizimdan bo‘sh va talab qilinadigan xotira uchastkalari mos kelmasligi natijasidagi so‘rovlar vaqtida mayda qo‘shni bo‘lmagan uchastkalarga bo‘lish. " Xotirani muhofaza qilish|"1. Ishlab chiqilgan murojaatlarni hisobga olgan holda, xotiraning qandaydir qismiga kira olishni mexanik nazorat qilish . 2. Yozilgan ma’lumotlarning doimiyligini saqlash maqsadida, xotiraning ba’zi bir qismlariga ruxsat etilmagan tarzda kirishning oldini olish vositalari hamda usullari. " Xotirani muhofaza qilish kaliti|"Dastur uchun ajratilgan xotira blokiga berilgan va muhofaza qilish maqsadida dastur xotiraga murojaat qilishi uchun ishlatiladigan kod. Muhofaza kaliti bilan mos kelishi kerak; mos kelmaganda topshiriq avariya bilan tugaydi. " Xotirani muhofaza qilish registrlari|"Virtual xotirali tizimlarda ‒ topshiriq uchun mumkin bo‘lgan xotira segmenti boshlanish manzili va uzunligini ko‘rsatadigan bir juft registr. " Xotirani qisman buzib yozish usuli|"Xotiraning qisman buzilish jarayonini boshqarish yo‘li bilan, uning kristall noyob shaklini yaratishga imkon beruvchi usul. " Xotirani sahifali tashkil qilish|"Xotirani boshqarish strategiyasi, bunda mantiqiy va jismoniy xotira bir xil uzunlikdagi sahifalarga bo‘linadi va asosiy xotirada mantiqiy sahifalarning obrazi ixtiyoriy tarzda joylashtirilishi mumkin. " Xotirani segmentli manzillash|"manzil maydoni alohida segmentlarga bo‘lingan xotira. " Xotirani segmentli tashkil qilish|"Xotirani taqsimlashning foydalanuvchi talqiniga, yaʼni dastur va maʼlumotlarning mantiqiy tuzilmasiga mos keladigan, o‘zgaruvchan uzunlikdagi segmentlar ko‘rinishidagi sxemasi. " Xotirani segment-sahifali tashkil qilish|"Fragmentatsiya bilan kurashish uchun, har bir segmentni sahifali tashkil qilishga asoslangan xotirani segmentli tashkil qilish modifikatsiyasi. " Xotirani taqsimlash|"Xotira resurslarini ayrim vazifalarni hal qilish uchun biriktirish. " Xotirani testdan o‘tkazish|"Kompyuter yuklanayotganda tezkor xotira hajmini aniqlash jarayoni. " Xotirani to‘ldirish|"Xotira qismini ko‘rsatilgan simvol bilan to‘ldirish. " Xotirani yonma-yon taqsimlash|"Asosiy xotiraning bitta qo‘shni sohasidagi foydalanish jarayonlari uchun xotirani taqsimlash. " Xotiraning yo‘qolishi|"Tezkor xotira bo‘sh qismining hajmi doimiy tarzda qisqarib boradigan, nazorat qilib bo‘lmaydigan jarayon. Asosan dasturiy ta’minotdagi xatoliklar tufayli yuzaga keladi. " Xulosa|"1. Kompyuter tizimidan uzatilayotgan ixtiyoriy turdagi ma’lumotlarni uzatish. 2. Boshqa dasturga uzatiladigan yoki tarmoq orqali uzatiladigan, kompyuter ekraniga yoki boshqa tashqi qurilmalarga chiqariladigan natijalar, chiquvchi ma’lumotlar. 3. Hisoblashlar natijasi. 4. Chiquvchi (signal, kontakt va h.k.) " Xususiy|"Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tillarida (C++, C#) ishlatiladigan kirish huquqi. U o‘zgaruvchilar, klasslar va usullarning qo‘shimcha parametrlarini ko‘rsatishga xizmat qiladi. Mazkur kirish huquqi o‘zgaruvchi u mansub bo‘lgan turga kirish mumkin ekanligini bildiradi, klass faqatgina o‘zi tegishli bo‘lgan yig‘maga va usul faqat o‘zining turiga tegishli usullarga ochilishini bildiradi. " Xususiy ichki tarmoq|"Xususiy ulanish tarmog‘i. O‘zidan kichik radiusda (taxminan 10 m gacha) simsiz bog‘lanishni ta’minlovchi tarmoqni tashkil qiladi. " Xususiy maydon|"Elektromagnit to‘lqin (moda)ning, u boshqa to‘lqinlarning taʼsiri hisobga olinmaydigan va yo‘qotishlar bo‘lmagan to‘lqin o‘tkazgich yoki yorug‘lik o‘tkazgichda tarqalayotgandagi maydoni. Y " Yadro|"Operatsion tizimning, ilovalarga protsessor vaqti, xotira, tashqi apparat ta’minoti, axborotni kiritish va chiqarish tashqi qurilmasi kabi kompyuter resurslaridan foydalanishni ta’minlaydigan markaziy qismi. Yadro, shuningdek, fayl tizimi va tarmoq protokollari servislarini ham ifodalaydi. " Yadro oqimi|"Operatsion tizim yadrosi darajasida ushlab turilgan va qo‘llanilgan quyi darajali tizim oqimi, foydalanuvchi darajasi oqimlarini amalga oshirishda ishlatiladi. " Yadro rejimi|"Protsessorning imtiyozli ishlash rejimi, bunday dasturda butun xotiradan foydalanish mumkin bo‘ladi va protsessorning har qanday komandalari bajarilishiga ruxsat etiladi. " Yadroning yuklanuvchi moduli|"Yadro kodining, yadroning qolgan qismidan qat’i nazar, alohida modullarini kompilyatsiyalash, yuklash va bo‘shatish imkonini beradigan Linux mexanizmi. " Yagona axborot makoni|"Ma’lumotlar bazalari va banklari, ularni yuritish va ishlatish texnologiyalari, tashkilotlar va fuqarolarning axborot almashinuvini, shuningdek, ularning axborotga bo‘lgan ehtiyojlari qondirilishini ta’minlaydigan yagona prinsiplar va umumiy qoidalar asosida ishlaydigan axborot-kommunikatsiya tizimlari va tarmoqlarining majmui. " «Yagona darcha»|"Davlat xizmatlari ko‘rsatilishiga bo‘lgan yangicha yondashuv. Xizmatlar taqdim etilish usulini o‘zgartirish yo‘li bilan protsedura qadamlari sonini qisqartirishga ko‘maklashadi. Izoh – Yangilikning mohiyati shundaki, aholi uchun mo‘ljallangan davlat va ijtimoiy xizmatlarning ko‘pchiligi bir joyda to‘planadi, bu fuqarolarga vaqt sarflamasdan ma’lumotnomalar, litsenziyalar, akkreditlash va boshqa xizmatlarni olish imkonini beradi. " Yagona identifikatsiya va autentifikatsiya qilish tizimi|"Axborot o‘zaro hamkorlik qatnashchilarining (ariza beruvchi fuqarolar va ijro etuvchi hokimiyat organlari mansabdor shaxslarining) davlat axborot tizimlarida va boshqa axborot tizimlarida bo‘lgan axborotdan ruxsat etilgan tarzda foydalana olishini ta’minlaydigan axborot tizimi. " Yagona manzil|"Tarmoqdagi takrorlanmaydigan resurs manzili. Aks holda tarmoqda xato yuzaga keladi va ish buziladi. " Yagona qayd etish|"Foydalanuvchiga bir nechta tizimlar yoki ilovalardan, foydalanuvchining ID va parolini kiritgan holda, bir marta foydalana olish imkonini beradigan autentifikatsiya jarayoni. " Yagona ro‘yxatga olish tartibi|"Tasdiqlovchi markazda autentifikatsiya qilingan foydalanuvchini boshqa servisda avtomatik tarzda autentifikatsiya qilish imkonini beradigan texnologiya. " Yagona tarmoq manzili|"Tarmoqning kichik tarmoqlarga bo‘linishini hisobga olmagan holda, butun tarmoq doirasida qabul qilingan umumiy manzillash tizimi. " Yakka protsessorli|"Bitta protsessor bilan ishlaydigan kompyuter yoki operatsion tizim. " Yakka-ko‘pchilikka munosabati|"A jadvalning bitta qatoriga V jadvaldagi bir nechta qator muvofiq bo‘lsa, lekin V jadvalning har bir qatorga A jadvalda faqat bitta qator muvofiq bo‘lsa, birga-ko‘pchilik munosabati namoyon bo‘ladi. " Yakka-yakkaga munosabati|"A jadvalning bitta qatoriga V jadvalda faqat bitta qator muvofiq bo‘lsa, yakka-yakkaga munosabati namoyon bo‘ladi. " Yakor (HTML elementi)|"Veb-hujjatlarni birlashtiradigan HTML tili. Odatda, yakor boshqa rang bilan ajratiladi. Yakor foydalanuvchilarga boshqa veb-sahifalarga o‘tish imkonini beradi. Bundan tashqari yakor bu gipermatn ilovasi bog‘langan so‘z yoki so‘zlar guruhidir. " Yalang integral sxema|"Qar.: Korpussiz integral sxema. " Yaltirashga qarshi ustki qatlam|"Displey yuzasiga maxsus, odatda ko‘p qatlamli, purkash. Tushayotgan yorug‘likni taqsimlab, yaltirashlar paydo bo‘lishining oldini oladi. Yaltirashga qarshi ustki qatlamli displeylarda hatto juda yorug‘ xonalarda ham tasvir har doim keskin farqlanadi va yorqin bo‘ladi. " Yamoq|"Bajariladigan dasturda xatolarni tezda bartaraf qilish va to‘g‘rilash uchun foydalaniladigan kod. Ba’zan bu usuldan ilovaga yangi funksionallik qo‘shishda ham foydalaniladi. " Yangi|"Operatsion tizim tomonidan yaratilgan, lekin bajarish boshlanmagan jarayon holati. " Yangi axborot resursi|"Birinchi marta yaratilgan va o‘zida bir xillikni yoki o‘xshashlikni takrorlamaydigan axborot resursi. " Yangi axborot texnologiyalari|"Ham kompyuterlarning, ham ularning yordamida qurilgan tizimlarning yanada rivojlantirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan axborot texnologiyalari. Yangi axborot texnologiyalari kompyuter tarmoqlarini, multimedia tizimlarini va virtual borliqni joriy qilishga va rivojlantirishga asoslanadi. Tibbiyotda, boshqarishda, ta’limda, moliyada va elektron ommaviy axborot vositalari tizimida keng qo‘llaniladi. " Yangi texnologiya fayl tizimi|"Microsoft Windows NT operatsion tizimlar oilasi uchun belgilangan standart fayl tizimi. " Yangilab turish chastotasi|"Miltillashni bartaraf etish uchun ekrandagi tasvirni yangilash chastotasi. " Yangilash|"Mavjud paketlarni xatolarni tuzatish yoki funksional imkoniyatlarni kengaytirish maqsadida modifikatsiyalash. " Yangilash paketi|"Alohida modul va bibliotekalarni almashtirish, ularga tuzatishlar kiritish orqali dasturiy tizim xatoliklarini yo‘qotuvchi yoki ularni neytral holatga keltiruvchi dasturiy vosita. " Yangiliklarni uzatuvchi tarmoq protokoli|"Internetdagi NNTP serverlari va NNTP mijozlari o‘rtasida yangiliklarni uzatishda foydalaniladigan protokol; yangiliklarni taqsimlash, izlash, parcha ko‘chirish va yuborishni ta’minlaydi; NNTP protokoli serverning markaziy ma’lumotlar bazasida yangiliklarni saqlash imkonini beradi. " Yanglish rad etish (erkin foydalanishni)|"Ro‘yxatga olingan foydalanuvchi biometrik atributlar bo‘yicha (masalan, barmoq izlariga qarab) identifikatsiyalashdan o‘tishga urinib ko‘radi, biroq nazorat qilish vositalari yaxshi ishlamasligi tufayli rad javobini oladidigan vaziyat. " Yaproq kengligi|"Antennaning nurlanishi minimal darajada bo‘ladigan ikki yo‘nalish bilan chegaralangan soha ichidagi burchak sektori. " «Yaqin-uzoq» effekti|"Mobil aloqa tarmoqlarida kuzatiladigan hodisa bo‘lib, bir chastotada ishlaydigan stansiyalarning bir-biriga xalaqit berishida namoyon bo‘ladi. Masalan, agar bir mobil stansiya tayanch stansiya yaqinida bo‘lib, boshqasi esa xizmat ko‘rsatish zonasi chegarasida joylashgan bo‘lsa, qabul qilinayotgan signallar darajasidagi farq 80 dB va undan ko‘pga yetadi. Bu hodisa barcha ko‘p stansion foydalana olish texnologiyalariga xosdir, ammo barcha qo‘shni tayanch stansiyalar bir chastotada ishlaydigan DS-CDMA tizimining ishida eng ko‘p seziladi. " «Yaqin-uzoq» muammosi|"Qabul qilgich kirishida uzatgich bilan yonma-yon joylashgan va aynan o‘sha chastotada ishlayotgan stansiyalarning kuchli signallari ta’sirida uzoq stansiyalardan keluvchi kuchsiz signallarning bostirilishi. Izoh − Bunda asosiy kurash choralari sifatida qabul qilish dinamik diapazonini kengaytirishdan, mobil stansiya uzatgichi quvvatining boshqarilishidan, shuningdek, chastota-hududiy rejalashtirishdan foydalaniladi. " Yaqin zona|"Nurlantiruvchi antennaga bevosita yaqinlikda joylashgan, elektromagnit maydonning burchak taqsimlanishi nurlanish manbaigacha bo‘lgan masofaga bog‘liq soha. Izoh − Elementar elektr vibrator uchun yaqin zona 2π/λ≪r shart bilan belgilanadi, bunda: – nurlanish to‘lqin uzunligi; r – antennaning fazaviy markazidan kuzatish nuqtasigacha bo‘lgan masofa. " Yaqinlashtirish|"Tasvir masshtabini kattalashtirish. " Yaratish|"Yangi obyektni yaratish. Odatda, yangi obyektda axborot mavjud bo‘lmaydi yoki u qandaydir shablondan olinadi. " Yarim avtomatik xendover|"Abonentni bir tayanch stansiyadan boshqasiga avtomatik tarzda qayta ulash usuli, bunda uning mobil stansiyasi signal darajasini o‘lchaydi va bu ma’lumotlar (o‘lchash natijalari)ni tayanch stansiyaga uzatadi. " Yarim bayt|"To‘rt bitga teng bo‘lgan axborotning o‘lchov birligi. " Yarim dupleks aloqa|"Aloqa liniyasining, liniyaning bir uchida dupleks stansiyasidan, ikkinchi uchida esa, simpleks stansiyadan foydalaniladigan ishlash rejimi. Tayanch stansiya, odatda, dupleks rejimda, mobil stansiya esa, simpleks rejimda ishlaydi. " Yarim dupleks uzatish|"Ikki yo‘nalishda amalga oshiriladigan, biroq har vaqt onida ma’lumotlar faqat bitta yo‘nalishda uzatilishi mumkin bo‘lgan aloqa kanalida ma’lumotlar uzatish rejimi. Izoh − Konsentratorlar ham to‘liq dupleks, ham yarim dupleks rejimda uzatishni amalga oshira oladigan kommutatorlardan farqli ravishda, faqat yarim dupleks rejimda ishlashi mumkin. " Yarim kadr|"1. Tasvir to‘liq kadrining faqat juft yoki toq satrlardan iborat qismi. Yarim kadrlar odatda, bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan tarzda qayta ishlanadi va uzatiladi. 2. Yoyiladigan satrlarning almashinib keladigan ikki to‘plamidan biri, ular birgalikda televizion kadrni tashkil qiladi. NTSC standarti sekundiga 60 ta, PAL da 50 ta yarim kadrdan iborat chastota bilan o‘qiladi. " Yarim summator|"Ventillar to‘plamidan iborat mantiqiy sxema. Ikkita kirishi va ikkita chiqishi bor. Ikkita ikkilik raqamni qo‘shadi va ko‘chirish signalini beradi. " Yarim tezlikli kanal|"TDMA kadrida, boshqa kanal bilan birgalikda ajratilgan vaqt intervali. Izoh − Ikkita axborot manbaidan olingan ma’lumotlar galma-gal, ya’ni qo‘shni kadrlarda oralatib uzatiladi. Bir abonent xabarlarini uzatish uchun, odatda, faqat juft kadrlardan, ikkinchi abonent xabarlarini uzatish uchun esa, toq kadrlardan foydalaniladi. " Yarim ton (gradatsion) buzilishlarni minimallashtirish|"Tasvirlar (TV signallar maksimal ko‘lamining) yorqinligi va kontrastliligining optimal qiymatlarini tanlash yordamida TV tasvirlarni yanada yaxshiroq tiklash amalga oshiriladigan operatsiya (yorqinlik shkalasining gradatsiyasi 8-9 ga teng bo‘lishi kerak). " Yarim to‘lqinli (bir to‘lqinli) simmetrik vibrator|"Uzunligi to‘lqin (to‘lqinning bitta uzunligi) uzunligining yarmiga teng liniyaviy simmetrrik vibrator. " Yarim o‘tkazgichli xotira|"Axborotni saqlash elementlari elektron yarimo‘tkazgichli komponentlar (tranzistorli integral sxemalar) asosida yasalgan xotira qurilmasi. " Yaroqli/yaroqsiz|"O‘g‘irlangan radiostansiyani jinoyatkor foydalanishi uchun yaroqsiz holatga keltirish imkonini beruvchi funksiya. " Yassi antenna panjarasi|"Nurlantiruvchi elementlari tekislikda joylashgan sirtli antenna panjarasi. " Yassi (xotira) modeli|"Bir darajali segmentlanmagan xotira (xotirani tashkil qilishning) (chiziqli) modeli. " Yaxlitligi muhofazalangan ma’lumotlar|"Yaxlitlik muhofazalangan muhitdagi ma’lumotlar va barcha tegishli atributlar. " Yaxlitlik|"1. To‘g‘rilik va to‘liqlikni saqlab qolish xususiyati. 2. Axborot va uning tashuvchisining holati bo‘lib, bunda umuman va uning alohida tarkibiy qismlarining bo‘linmasligi va ruxsat etilmagan tarzda yoki qasddan yo‘q qilinishi, buzilishi, chiqib ketishi, o‘g‘irlanishi, qalbakilashtirilishining oldini olish ta’minlanadi. 3. Kriptografiyada yaxlitlik ushbu muayyan kriptografik protokolning har bir ishtirokchisi uchun alohida belgilanadi va protokolni bajarish jarayonida ushbu ishtirokchi uchun nomaqbul bo‘lgan oqibatlarga olib kelgan faol raqibning aralashuvi bo‘lmaganligining kafolatini bildiradi. " Yaxlitlik kaliti|"Axborotni o‘zgartirilishdan yoki almashtirilishdan yo tarmoq orqali uzatish jarayonida muhofaza qilish uchun qo‘llaniladigan shifrlash kaliti. " Yaxlitlik muhofaza qilingan muhit|"Ma’lumotlarning ruxsat etilmagan tarzda o‘zgartirilishi (jumladan, yaratilishi va chiqarib tashlanishi)ning oldi olinadigan yoki aniqlanadigan muhit. " Yaxlitlik muhofaza qilingan kanal|"Xavfsizlikni ta’minlash xizmati qo‘llanilgan telekommunikatsiyalar kanali. " Yaxlitlik xizmati|"Almashinadigan ma’lumotlar to‘g‘riligini, almashinadigan ma’lumotlarning o‘zgarishlardan, chiqarib tashlashlardan, yaratish (kiritish) va takror foydalanishdan muhofaza qilinishini kafolatlash usullarining taqdim etilishi. " Yaxlitlikni tekshirish|"Ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimida – ma’lumotlar bazasi yozuvlarining to‘g‘riligini tekshirish. Ma’lumotlarni yuklash paytida amalga oshiriladi. " Yaxlitlikning buzilishi|"1. Fayl yozuvlari yoki ma’lumotlar bazasi tarkibidagilarning mashina bilan bog‘liq uzilishlar, dasturdagi xatolar, shuningdek, foydalanuvchilarning noto‘g‘ri harakatlari oqibatida yuz beradigan o‘zgarishi. 2. Ma’lumotlarni maqsadli yaratish, almashtirish va buzish yo‘li orqali ma’lumotlarning muvofiqlashtirilganligini obro‘sizlantirish. " Yashash vaqti|"Dastur obyekti (masalan, o‘zgaruvchi) o‘z ahamiyatini saqlab turadigan dasturning bajarilish intervali. " «Yashil» shaxsiy kompyuter|"Elektr energiyasining eng kam darajada («tinch» rejimda 30 W ga yaqin) iste‘mol qilini-shini ta’minlaydigan shaxsiy kompyuterlar. Bunday kompyuterlar ekranni avtomatik ravishda o‘chiradi va foydalanuvchining faolligi kuzatilmaydigan hamda diskka murojaat qilishning belgilangan vaqtida diskovodning aylanishini to‘xtatadi. " Yashirin boshqarish utilitalari|"Olisdagi kompyuterlarning ruxsat etilmagan tarzda boshqarilishini amalga oshirish, ya’ni, fayllarni qabul qilish/jo‘natish, ularni ishga tushirish yoki yo‘q qilish, xabarlarni chiqarish, axborotni o‘chirish, kompyuterni qayta yuklash va h.k. uchun mo‘ljallangan dasturlar. " Yashirin eshitish|"1. Jinoyatkor tomonidan, tarmoq bo‘ylab uzatiladigan axborotni, muhofaza tizimining zaif joylarini aniqlash va keyinchalik undan foydalanish maqsadida tutib olish. 2. Konfidensial axborotni tutib olish bilan bog‘liq har qanday harakatlar, shu jumladan, qo‘shni kanallar orqali nurlanishlarni qabul qilish hisobiga. " Yashirin fayl|"Nomi, ma’lumotlar xavfsizligini oshirish maqsadida katalogning fayllar ro‘yxatida ko‘rsatilmaydigan fayl. Buning uchun faylga maxsus belgi (atribut) beriladi (belgilanadi). " Yashirin kalit|"Stansiyada ochiq ko‘rinishda saqlanmaydigan, har safar kriptografik algoritmlar yordamida qayta ishlab chiqiladigan shifrlash kaliti. " Yashirin kanal|"1. Ma’lumotlarni, xavfsizlik siyosatini buzadigan usulda uzatish uchun qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan uzatish kanali. 2. Foydalanuvchiga yashirin tarzda ko‘p darajali foydalanishni chegaralash siyosatini va baholash obyekti uchun kuzatib bo‘lmaslik talabini buzishga imkon beradigan deklaratsiya qilinmagan uzatish kanali. " Yashirin papka|"Operatsion tizimga tegishli muhim fayllar va foydalanuvchi sozlamalarini yashirish uchun mo‘ljallangan papka. " Yashirin reklama|"Reklama deb belgilanmagan, joylashtirilishi va ko‘rinishi bo‘yicha boshqa materiallardan farq qilmaydigan, shaxsiy xabar sifatida yuborilgan va shularga o‘xshash axborot. Yashirin reklama foydalanuvchi anglay olmaydigan holda uning ongiga taʼsir qiladi. " Yashirin xotira|"Xotirani tashkil qilish usuli, bunda bir xotira bloki BIOS dasturlar yozilgan boshqa bir blok bilan almashtiriladi. " Yashirish|"Axborotni texnik muhofaza qilish usuli bo‘lib, axborot tashuvchilarni aniqlash va axborotni olish sharoitlarini yomonlashtirishdan iborat. " Yashovchanlik|"To‘xtalishlar, ishlamay qolishlar, ilojsiz va boshqa noqulay vaziyatlarda tizimning muvaffaqiyatli ishlay olish qobiliyati. " Yacheyka|"Tezkor xotira qurilmasining minimal manzillanadigan sohasi yoki massivning manzillanadigan elementi. " Yacheyka sarlavhasi|"Tarmoq bo‘yicha yacheykaning foydali yuklanishini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan funksiyalarni bajarish uchun ajratilgan yacheykalar ichidagi bitlar. " Yacheyka (uya) geometriyasi|"Yacheyka (uya) konfiguratsiyasi; amalda u hech qachon qat’iy geometrik shaklga ega bo‘lmaydi. Izoh − Yacheyka (uya)ning real chegaralari, odatda, qat’iy belgilanmagan bo‘ladi va radioto‘lqinlarning turli yo‘nalishlarda tarqalish sharoitlariga bog‘liq ravishda surilishi mumkin. Signallarning susayishi joyning rel-yefiga, imoratlarning zichligiga, yer usti qoplami va boshqalarga bog‘liq. " Yacheykalararo xendover|"Abonentning yangi tayanch stansiya (uya)ga ko‘chib ulanishi, odatda, bunday qayta ulanish ma’lumotlarni uzatish yoki qabul qilish uchun ajratilgan chastota va/yoki vaqt intervalining o‘zgarishi bilan sodir bo‘ladi. " Yacheykalarni uzatishdagi kechikish|"ATM tarmoqlarida xizmatlar sifatining parametrlaridan biri, ular bog‘lanish o‘rnatilayotganda tarmoq qurilmalari bilan mos kelishi lozim. U yacheykalarning jo‘natuvchidan oluvchiga uzatishdagi maksimal kechikish kattaligini tavsiflaydi. " Yacheykalarni uzatishning yo‘l qo‘yiladigan tezligi|"ATM tarmoqlarida ATM Forum assotsiatsiyasi tomonidan belgilangan trafikni boshqarish parametri. ACR minimal (MCR) va eng yuqori uzatish tezligi (PCR) orasida kanalning yuklanishini boshqarish orqali o‘zgaradi. " Yacheykali avtomat|"Har biri qo‘shni munosabat qoidalari bilan bog‘langan, parallel ishlaydigan yacheykalar to‘ridan iborat bo‘lgan model yoki moslama. Har bir yacheyka qo‘shnilarining holati bilan bog‘liq bo‘lgan berilgan holatlardan birida bo‘lishi mumkin. Har bir yacheykadagi holatning o‘zgartirilishi vaqtning diskret onida sinxron tarzda sodir bo‘ladi. " Yacheykani maydalash|"Yacheyka (uya)ni harakat doirasi kichik bo‘lgan bir nechta yacheykaga bo‘lish usuli, odatda, intensiv trafikli rayonlarda xizmat ko‘rsatish xarakteristikalarini yaxshilash uchun qo‘llaniladi. Izoh − Yacheykalar maydalanganda, tarmoqdagi tayanch stansiyalarning soni ortadi, biroq tayanch va mobil stansiyalar uzatgichlarining nurlanish quvvati kamayadi. " Yacheykani qayta tanlash|"Mobil abonentning harakatlanish jarayonida bir tayanch stansiyadan boshqasiga o‘tishida yacheykaning almashishi. Izoh − Jumladan, TETRA standartida yacheyka almashinuvining 5 ta rejimi nazarda tutilgan: uchtasi tayanch stansiyani ogohlantirish bilan va ikkitasi uni ogohlantirmasdan. " Yacheykasimon topologiya|"Kompyuterlarni tarmoqqa birlashtirish sxemasi, bunda yonma-yon turgan barcha kompyuterlar bilan fizik aloqa liniyalari o‘rnatilgan bo‘ladi. Bu topologiyaning afzalligi, uning yuklanishlarga chidamliligida. " Yelka osha yashirincha qarash|"Parollar yoki PIN-kodlarni, ularning klaviaturada terilishini kuzatish yo‘li bilan o‘g‘irlash. " Yelkasimon yaproq|"Antenna yo‘nalganlik diagrammasining o‘qiga nisbatan siljigan va yo‘nalganlik diagrammasining asosiy yaprog‘i bilan kesishuvchi yon yaproq. " Yerning sun’iy yo‘ldoshi|"Yer atrofiga chiqarilgan va Yer atrofini kamida bir marta aylanib chiqqan kosmik apparat. " Yetakchi signallar|"Televideniyeda – uzatiladigan sahna optik tasvirini elektr signallariga aylantirish joyida yoyish maydoni yoki satr boshlanish vaqtini boshqaruvchi signallar. " Yetakchi stansiya|"Tarmoqning barcha trafigini sinxronlaydigan va bir nechta yetaklanuvchi (bo‘ysunuvchi) stansiya ishini boshqaradigan stansiya. Vaqtning har bir daqiqasida sinxronlash tarmog‘ida faqat bitta yetakchi stansiya mavjud bo‘ladi, garchi stansiyaning bunday maqomi vaqtinchalik va ish jarayonida o‘zgarishi mumkin bo‘lsa ham. " Yetaklanuvchi stansiya|"Yetakchi stansiya boshqaruvida ishlaydigan va o‘zining avtonom generatori chiqish chastotasini yetakchi stansiyaning tayanch generatori chastotasiga sozlay oladigan bo‘ysunuvchi stansiya. " Yetarli|"Operatsion tizim yoki biror-bir uskuna tomonidan ularning to‘g‘ri ishlashi uchun qo‘yiladigan talablarning qanoatlantirilishi. " Yetarli darajadagi maxfiylik|"Ochiq kalit sxemasidan foydalanib assimetrik shifrlovchi ochiq dastur. Muallifi – Filip Simmerman. Algoritm va dastur 1992-yilda yaratilgan. " Yetarli huquqlar|"Foydalanuvchi uchun kerak bo‘lgan fayllar yoki papkalar ustida operatsiyalar bajarish uchun kerakli bo‘lgan huquqlar. " Yetkazib berish uchastkasi|"Shahar, posyolka yoki qishloq tumani hududining bitta pochtalyon tomonidan xizmat ko‘rsatilishi mo‘ljallangan qismi. " Yetkazib berishlar zanjirini boshqarish|"Korxonaning logistik va ishlab chiqarish jarayonlarida vujudga keladigan va o‘zgaradigan xom ashyo, materiallar, mahsulotlar, xizmatlar to‘g‘risida o‘lchanadigan jami iqtisodiy samaraga qaratilgan (chiqimlarni kamaytirish, pirovard mahsulotga bo‘lgan talabni qondirish) butun axborot oqimini rejalashtirish va boshqarishga bo‘lgan yaxlit yondashuvdan iborat tashkiliy konsepsiya va tashkiliy strategiya. Izoh – Konsepsiya 1982-yilda Keyt Oliver tomonidan taklif qilingan, keyinchalik rivojlantirildi va amaliy dasturiy ta’minot-yetkazib berishlar zanjirini boshqarish tizimidan foydalangan holda, amalda qo‘llandi. " Yevropa axborot va hisoblash tizimlarini standartlashtirish assotsiatsiyasi|"Faoliyati axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini standartlashtirishga bag‘ishlangan assotsiatsiya. U uchta maqsadni nazarda tutadi: axborot va tarmoq tizimlarini qo‘llab-quvvatlash va standartlashtirishda foydalaniladigan standartlar va texnik hisobotlarni tuzish, standartlarning to‘g‘ri qo‘llanilishini kengaytirish, standartlar hamda texnik hisobotlarni qog‘oz ko‘rinishida va elektron variantda tarqatish. " Yevropada OSI tarmoqlarini birlashtirish|"OSI asosida Yevropa kuzatish ishlarini olib boradigan tarmoqlarni birlashtirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan, Yevropa komissiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan dastur. " Yechim|"Buyurtmachining talab va ehtiyojlariga qaratilgan dasturlar va dasturiy vositalar, shuningdek, xizmatlar birikmasi. " Yechimlar daraxti|"Yechimlar qabul qilish uzellari va ushbu uzellarga mos keladigan muqobillardan iborat tuzilma. Yechimlar daraxti bo‘ylab harakat tasodifiy tarzda yoki uzellarda mavjud bo‘lgan lokal ma’lumotlarga asoslanib amalga oshirilishi mumkin. Muvaffaqiyatli izlash natijasida, yechimlar daraxtida daraxt ildizidan (boshlang‘ich vaziyat) maqsadli vaziyatga muvofiq keladigan, daraxtning uzeliga olib boradigan yo‘l hosil bo‘ladi. Yechimlar daraxti bo‘ylab harakatlanish jarayonida ko‘pincha, bektreking protsedurasi yordamida amalga oshiriladigan, ilgari o‘tilgan uzellarga qaytish zarurati yuzaga keladi. " «Yilning eng yomon soati»|"Radioto‘lqinlarning tarqalish trassasidagi maksimal ehtimoliy yo‘qotishlar davri. Troposfera va ionosfera aloqa liniyalari uchun zaxira tanlashda hisobga olinadi. " Yirik detallardagi kontrastlilik|"Maksimal oq va maksimal qora maydonlar yorqinliklarining nisbati (tashqi yoritish bo‘lmaganda). " Yig‘ish|"«Yig‘ish» (oyna sarlavhasining o‘ng qismi) tugmasini bosish yordamida oyna o‘lchamini vazifalar panelidagi tugma o‘lchami darajasigacha kichraytirish. Bunga «ALT+BO‘Sh JOY» keyin «S» klavishlarini ketma-ket bosish bilan ham erishsa bo‘ladi. " Yig‘ish, qurish|"Dasturni yig‘ish (kompanovka qilish). Relizdan farqi shundaki, unda o‘zidan oldingi versiyadagi kod saqlanib qoladi, dastlabki kodda o‘zgarish bo‘lmaydi. " Yig‘uvchi|"Yozib olingan yozuvlarni qabul qilib oladigan va ularni saqlashning doimiy muhitida saqlaydigan veb-xizmat. " Yolg‘on|"Mantiqiy ifoda bilan qabul qilinadigan ikki qiymatdan biri. " Yolg‘on o‘tkazish koeffitsiyenti|"Bioidentifikatsiya tizimi tizimda ro‘yxatdan o‘tmagan foydalanuvchi barmoq izlarining haqiqiyligini xato qilib qayd etish ehtimolligi. U qancha past bo‘lsa, tizim shuncha ishonchli ishlaydi. " Yomon niyatda qilinadigan ta’sir|"Tizimning xavfsizlikni ta’minlash mexanizmlarini chetlab o‘tish yoki ularning kamchiliklaridan foydalanish maqsadida amalga oshiriladigan harakat. Izohlar 1. Tizimga bevosita yomon niyatda ta’sir ko‘rsatilganda, bazaviy algoritmlarning xavfsizlikni ta’minlash mexanizmining prinsiplari yoki xususiyatlari kamchiliklaridan foydalaniladi. 2. Bilvosita yomon niyatda qilinadigan ta’sir xavfsizlik mexanizmini chetlab o‘tish yoki tizimni bu mexanizmdan noto‘g‘ri foydalanishga majbur qilish orqali amalga oshiriladi. " Yomon niyatli chaqiruvlarni aniqlash xizmati|"Ma’muriyatning ixtiyori bo‘yicha abonentga niyati buzuq, bezovta qiluvchi yoki yomon niyatdagi chaqiruvlar manbaini aniqlash uchun yordam beradigan xizmat. Izoh – Bunda chaqiruvchi va chaqiriluvchi abonentlar raqami, chaqiruv (so‘rov) vaqti va sanasi ko‘rsatiladi. Xizmat aniq vaqt davomida bog‘lanish vaqtida yoki bog‘lanishning aktiv fazasida so‘ralishi kerak. U tarmoqda avtomatik tarzda (unda barcha kiruvchi chaqiruvlarning ma’lumotlari qayd etiladi) yoki abonent tomonidan (abonent tugmani bosadi yoki aniq raqamni teradi) ishga tushirilishi mumkin. " Yomonlashuv birligi, imp|"Sifat shkalasi yoki yomonlashuv shkalasidan foydalanishda o‘rtacha bahoga ega tayanch tasvirdan olinadigan kuzatishning ma’lum sharoitlarida tasvirning yomonlashuvini subyektiv baholaydigan birlik. Izoh − Muayyan sharoitlarda imp birligi o‘zaro bog‘lanmagan bir nechta nuqsonning subyektiv yomonlashuvi, shu nuqsonlarning alohida namoyon bo‘lishi tufayli yomonlashuvining yig‘indisiga teng deb jamlanadi. " Yomonlashuv shkalasi|"Kuzatishning ma’lum sharoitlarida, berilgan beixtiyoriy effekt tufayli tasvirning texnik yomonlashuvini miqdoriy subyektiv baholash imkonini beradigan, odatda, beshta, oltita yoki yettita bosqichli shkala. " Yomg‘ir vaqtidagi qutbsizlanish|"Yomg‘ir tomchilarining shakli nosferik bo‘lishi tufayli yuzaga keladigan, atmosfera yog‘inlarida radioto‘lqinlar qutblanishining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan effekt. Izoh – Radioto‘lqinlar gorizontal va vertikal tashkil etuvchilarining tarqalish bir xil bo‘lmasligi natijasida amplituda va faza siljishida tafovut paydo bo‘ladi, bu esa qabul qilish nuqtasida krocc-qutblanish komponenti paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. " Yon polosa|"Sinusoidal eltuvchi chastotadan yuqori yoki quyida joylashgan va modulyatsiya jarayonida hosil bo‘lgan muhim spektral tashkil etuvchilarni o‘z ichiga olgan chastotalar polosasi. " Yon polosani bostirish filtri|"Tasvir radiosignalining bitta yon polosasi qismini susaytiruvchi filtr. " Yon yaproqdagi uzilish|"Xalaqitlarni fazoviy rezeksiyalash maqsadida shakllanadigan antenna yo‘nalganlik diagrammasining yon yaprog‘idagi chuqur uzilish. " Yon yaproqlarni bostirish|"1. Antenna yo‘nalganlik diagrammasining yon yaproqlari bo‘yicha nurlanishni susaytirish uchun joy relyefining ekranlashtiruvchi ta’siridan foydalanish. 2. Xalaqitlar seleksiyasining fazoviy usuli, unda antenna yo‘nalganlik diagrammasida fazoviy holati yo‘nalishi bilan halaqit manbaiga mos keladigan yon yaproq o‘rnida pasayish shakllanadi. " Yondosh elektromagnit nurlanish|"Istalmagan axborotli elektromagnit nurlanish. U axborotni texnik vositalar bilan qayta ishlash paytida va axborot sizib chiqib ketishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan elektr zanjirlarda nochiziqli jarayonlar natijasida paydo bo‘ladi. " Yonlama nurlanishdagi yo‘qotishlar|"Energiyaning antenna ko‘zgusining chetidan sizib chiqishi hisobiga yo‘qotishlar. " «Yopiq antenna»|"Chiqish uchlariga uzatgich yoki qabul qilgichning fiderli liniyasi ulangan, ixtiyoriy konfigyratsiyaning yopiq konturini o‘zida aks ettiradigan ramkasimon antennaning bir turi. Yopiq arxitektura ing. - closed architecture ing. - закрытая архитектура Yagona ishlab chiqaruvchining texnik va dasturiy taʼminotiga mos keladigan arxitektura. " Yopiq dastlabki kod|"Yopiq dastlabki kod – ochiq kodning antonimi. Ochiq kod tushunchasiga kirmaydigan ixtiyoriy dastur va litsenziyalar. Bunda, faqat binar (kompilyatsiya qilingan) dastur versiyalari tarqatiladi. Litsenziya mavjudligi dastlabki kodga kirish imkoniyati yo‘qligini bildiradi. Dasturni o‘zgartirishni texnik jihatdan bajarib bo‘lmaydi. Dastlabki kodga kirish imkoniyati uchinchi tarafga faqat ovoza qilmaslik kelishuviga qo‘l qo‘yilgandan keyin beriladi. Yopiq kodli dasturiy taʼminot propriyetar (shaxsiy mulk) dasturiy taʼminoti hisoblanadi. " Yopiq elektron raqamli imzo kaliti|"1. Elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mos keladigan, axborot tizimining istalgan foydalanuvchisi foydalana oladigan va elektron hujjatda elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash uchun mo‘ljallangan simvollar ketma-ketligi. 2. Elektron raqamli imzoni ishlab chiqish uchun mo‘ljallangan va faqat vakolatli shaxsga ma’lum bo‘lgan simvollar ketma-ketligi. " Yopiq kalit|"1. Nosimmetrik shifrlash tizimining kalitlaridan biri. Xabarlarni rasshifrovka qilishda va elektron imzoni shakllantirishda ishlatiladi. 2. Ochiq kalitli shifrlash tizimidagi juft kriptografik kalitlarning yopiq (maxfiy) qismi. " Yopiq kanal|"Maʼlumotlardan ruxsatsiz foydalanishdan muhofazalangan mantiqiy kanal. Bunday mantiqiy kanallarning protokollari transport pog‘onasidan yuqorida joylashgan bo‘ladi va o‘zaro aloqadagi foydalanuvchilar orasidagi uzatishning konfidensialligini kafolatlaydi. " Yopiq (muhofazalangan) ma’lumotlar|"Foydalanuvchilarning tor doirasiga mo‘ljallangan ma’lumotlar. Qoidaga ko‘ra, erkin foydalanishning cheklanishi parollar tizimi orqali amalga oshiriladi. " Yopiq obyekt|"Obyektning yopiq yoki butunlay chegaralangan muhitga mansubligi. " Yopiq tarmoq|"Cheklangan miqdordagi qayd qilingan foydalanuvchilar kira oladigan ajratilgan aloqa tarmog‘i. " Yopiq televideniye|"Tasvirni nisbatan qisqa masofaga, odatda, kabel bo‘yicha uzatishga imkon beradigan va foydalanuvchilarning ma’lum guruhlari uchun mo‘ljallangan televideniye. Misol ‒ jamoat joylari, xavfli yoki kirish qiyin bo‘lgan joylarni, jarrohlik operatsiyalari va h.k.larni kuzatish. " Yopiq televizion tizimlar|"Cheklangan auditoriyaga vizual axborotni uzatish uchun mo‘ljallangan televizion tizimlar. Misol ‒ Qo‘riqlash televideniyesi tizimi. " Yopiq trassa|"Profili mahalliy relyef bilan qorong‘ilangan trassa, buning oqibatida uzatuvchi va qabul qiluvchi antennalarning fazaviy markazlari o‘rtasidagi to‘g‘ri ko‘rinish ko‘rinmaydi. Izoh ‒ Yopiq trassalar uchun yorug‘lik kattaligi har doim salbiy. " Yopiq xavfsiz muhit|"Ma’lumotlar va resurslarni tasodifiy yoki qasddan qilinadigan harakatlardan (mualliflik, ruxsat berish kategoriyalari, konfigurasiyani boshqarish va h.k. ko‘rinishda) muhofaza qilishga alohida e’tibor beriladigan muhit. " Yopish|"Ilovani tugallashga olib keladigan harakat. " Yoppasiga qoplash|"Ma’lum geografik mintaqaning xizmat ko‘rsatish zonasi, unda abonent radioliniyasining turg‘un ishlashi uchun kerakli energetik nisbat ta’minlanmagan birorta ham uchastka bo‘lmaydi. " Yoqilgan|"Tizim ishga (ma’lumotlarni qabul qilishga) tayyor holatda bo‘lgan rejim. " Yoqmoq|"Qurilmaning ishga tushirilishini anglatadi. Masalan, biron-bir qurilma moslamasining parametrlarida yoqiq deb ko‘rsatilgan bo‘lsa, ushbu qurilma moslamasidan foydalana olishga ruxsat etiladi. " Yordam va qo‘llab-quvvatlash|"Xizmatning ichki va tashqi buyurtmachilarini texnik qo‘llab quvvatlovchi, foydalanuvchilarni kompyuterning apparat va dasturiy ta’minot bilan bog‘liq muammolarini hal qiluvchi axborot tizimi. Axborot texnologiyalari infratuzilmalarining muammoli qismlarini aniqlash, axborot texnologiyalari bo‘limining ish samaradorligini baholash imkonini beruvchi axborot texnologiyalari infratuzilmasi bibliotekasining muhim funksional tashkil etuvchisi. " Yordam, ma’lumot berish tizimi|"O‘zida dasturiy ta’minot bilan ishlash bo‘yicha maqolalar (maslahatlar)ni saqlovchi ma’lumot berish tizimi. " Yordamchi protsessor|"Fon rejimidagi yoki maxsus masalalarni bosh protsessordan ajratib olgan holda bajaradigan kompyuter tizimidagi ikkilamchi protsessor. " Yordamchi retranslyator|"Radiosoya zonasini qoplashda ishlatiladigan retranslyator. " Yordamchi texnologiyalar|"Tizimga qo‘shilgan yoki kiritilgan apparat yoki dasturiy ta’minot. " Yordamchi xizmat|"Telefon orqali qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish; masalan, belgilangan vaqtda abonentni ogohlantirish (xabardor qilish) va boshqalar. " Yordamchi xotira|"Axborotni yodda tutish va saqlashning, elektron hisoblash mashinasining asosiy, ichki manzillanadigan xotira qurilmasiga kirmaydigan vositalari. " Yorqinlik gradatsiyasi|"Normalangan axromatik gradatsion ponaning qo‘shni uchastkalari yorqinliklarining farqi. " Yorqinlik kanali|"Rangli televideniye tizimidagi yorqinlik signalini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan har qanday trakt. " Yorqinlik kanalidagi rejektor|"Dekoderdagi ranglilik-yorqinlik kesishuvchi xalaqitlarini yoki koderdagi yorqinlik-ranglilik kesishuvchi xalaqitlarini kamaytirish maqsadida yorqinlik kanaliga kiritiladigan filtr. " Yorqinlik koyeffitsiyentlari|"Har qanday rangning tegishli rang koyeffitsientiga bo‘lgan doimiy ko‘paytiruvchilar. " Yorqinlik signali|"Televizion tasvir elementlarining yorqinligi to‘g‘risidagi axborotni tashuvchi elektr signal. Izoh – Rangli televideniyeda yorqinlik signali uchta asosiy rang signallarining muayyan chiziqli kombinatsiyasi ko‘rinishida hosil qilinadi. " Yorqinlik signalidagi oqning etalon darajasi|"Oq yo‘nalishida yorqinlik signalining muayyan maksimal kirishiga mos keladigan daraja. " Yorqinlik signalining nochiziqli buzilishlari|"Uzatish trakti amplitudaviy tavsifining nochiziqli shakli tufayli yuzaga keladigan, pog‘onali yoki arrasimon signallar yordamida baholanadigan buzilishlar. " Yorqinlik va ranglilik signallarining vaqt davomidagi farqi|"Yorqinlik va ranglilik signallarining kechikishidagi, tegishli yorqinlik uchastkasidan rangning chap yoki o‘ngga o‘tishiga olib keladigan, farq. " Yorqinlik, ravshanlik|"Piksel bilan birlashtirilgan va kul rangning (oqdan qoragacha bo‘lgan) kattaligini aks ettiradigan qiymat. Shuningdek, foydalanuvchi monitorida qoradan oqqacha shkala bo‘yicha rang yorqinligini bildiradi. " Yorqinlikni rostlash|"Qabul qiluvchi televizion trubkada siljituvchi kuchlanishni qo‘lda sozlash. Izoh – Yorqinlikni sozlash tasvirning o‘rtacha yorqinligiga ham, kontrastlilikka ham ta’sir etadi. " Yorqinlik-ranglilik kesichuvchi buzilishi|"Ranglilik signalining yorqinlik signali spektrining ranglilik signalining chastotalar polosasida yotuvchi tashkil etuvchilari keltirib chiqaradigan buzilishi. " Yorqinlik-ranglilik kesishuvchi shovqini|"Tasvirdagi yorqinlik kanalidan ranglilik kanaliga shovqinni kiritish tufayli yuzaga keladigan nomaqbul rang effekti. Izoh ‒ Bu yomonlashuv, xususan, kompozit rang videosignallardan foydalanadigan tizimlarda yuzaga keladi. " Yorug‘lik aberratsiyasi|"Yorug‘lik nuri yo‘nalishining kuzatuvchining yorug‘lik manbaiga nisbatan harakatlanishi oqibatida o‘zgarishi. " Yorug‘lik diodi|"Elektr tokini yorug‘lik nurlanishiga aylantiradigan, nanoo‘lchamli geterotuzilmalarga asoslangan asbob. " Yorug‘lik perosi|"Ekran nuqtalari koordinatasini olishda kerak bo‘lgan yoruqlikka sezgir qurilma. Yorug‘lik perosi ma’lumotlarni chiqarishda ishlatiladi va maxsus ekranni talab qilmaydi. Yorug‘lik perosi uchiga o‘rnatilgan maxsus fotoelement, peroni ekran bilan ta’sir nuqtasidan uzatilayotgan yorug‘lik signalini sezadi. Signal paydo bo‘lishi bilan tasvirning ochilishi sinxrosignalni taqqoslash yorug‘lik perosining ekrandagi joylashuvini aniqlash imkonini beradi. " Yorug‘lik (rang) ning maydon bo‘ylab notekisligi|"Qayta tiklanayotgan televizion tasvir maydoni bo‘yicha yorug‘lik va/yoki rangning beixtiyoriy o‘zgarishi. " Yorug‘lik sarfi|"Tarqalayotgan yorug‘lik oqimining iste’mol qilingan quvvatga nisbati. Yorug‘lik sarfining birligi lyumen/vatt. (ℓm/W). " Yorug‘lik sochilishini tuzatish|"Telekameraning optik tizimida yorug‘lik sochilishi ta’sirida qora darajasida buzilgan videosignal shaklini tuzatish. " Yorug‘lik to‘lqinlari|"0,4 mkm dan 0,76 mkm gacha bo‘lgan diapazondagi elektromagnit to‘lqin uzunliklari. " Yorug‘lik va sinxronizatsiya signallarining nisbati|"Oq darajaning sinxronizatsiya darajasiga, ikkalasi ham so‘ndirish darajasiga nisbatan ifodalangandagi, nisbati. " Yorug‘lik xarakteristikasi|"O‘zgartirgich chiqishidagi signal tokining uning fotosezgir yuzasi yoritilganligiga bog‘liqligi. " Yorug‘lik o‘qi|"Har bir rang uchun yorug‘lik tashkil etuvchisi ajratiladigan tayanch oq rangni o‘z ichiga oladigan rangli fazo o‘qi. " Yorug‘lik o‘tkazgich|"Silindr shaklidagi, ikki qavat ingichka shisha o‘tkazgich ko‘rinishida yasalgan optik to‘lqin o‘tkazgich. Uning bo‘ylab to‘lqin uzunligi 400 nm dan 3000 nm gacha bo‘lgan elektromagnit nurlanish uzatiladi. " Yorug‘likka sezgirlikning mutlaq chegarasi|"Qorong‘ulikka moslashish sharoitida qora fonda ko‘z ilg‘aydigan yorug‘lik dog‘i yorqinligining eng kichik (chegaraviy) qiymati. " Yorug‘likning kombinatsion sochilishi (Raman effekti)|"Modda tomonidan sochilgan yorug‘lik chastotasining o‘zgarish hodisasi. " Yorug‘likning yutilish koeffitsiyenti|"Jism yutgan yorug‘lik miqdorining jismga tushadigaan yorug‘lik miqdoriga nisbati. " Yoyiladigan ko‘zgu|"Ko‘plab seksiyalardan iborat bo‘lgan katta antenna ko‘zgusi. Yo‘ldoshli aloqa tizimlarida qo‘llaniladi. " Yoyish|"1. signal datchigida – elektr signalni olish uchun, har bir elementning yorug‘lik xarakteristikalarini aks ettiradigan, sirtning har bir element bo‘yicha tizimli o‘tishi. Izoh ‒ Taalluqli atama «ochib ko‘rsatish». 2. Televideniyeda – to‘g‘riburchakli sirt elementlari to‘g‘riburchakning katta tomoniga parallel bo‘lgan bir biriga nisbatan teng uzoqlashtirilgan to‘g‘ri liniyalar bo‘yicha doimiy aniq tezlik bilan aylangandagi yoyish. " Yoyish davri|"To‘g‘ri va teskari yoyilish yo‘llarining vaqt yig‘indisi. " Yoyish qadami|"Televizion rastr ikkita qo‘shni satrlarining o‘qlari orasidagi masofa. Yoyish qadami satrlarning aktiv soniga bo‘lingan tasvir (kadr) balandligiga teng bo‘lishi kerak. " Yoyish signali|"Yoyuvchi element harakatini boshqaruvchi signal. " Yoyish tezligi|"Yoyuvchi element yoyiladigan sirt bo‘ylab o‘tadigan liniyaviy tezlik. " Yoyli antenna panjarasi|"Nurlantiruvchi elementlari egri chiziq qismida joylashgan antenna panjarasi. " Yoymoq|"Oynani uning yuqori o‘ng burchagidagi yoyish tugmasini bosib, maksimal o‘lchamga yetguncha kattalashtirish. " Yozib olingan xabar|"Kelib tushgan xabarlarni yozish uchun qurilmaga chaqiriluvchi abonentga kelib tushadigan chaqiruvlarni uzatish imkonini beradigan, ushbu abonent yoki oxirgi (terminal) tarmoq tomonidan taqdim etiladigan xizmat. " Yozib olingandan so‘ng uzatish|"Efiirga, faqat yozib olingandan so‘ng uzatiladigan tovushli yoki televizion dastur. " Yozib olish|"Internet tarmog‘idan faylni olish. " Yozib olishdan muhofaza qilish|"Diskdagi axborotni, 5,25"" disketalarida solishtirib o‘qish belgisini yopishtirish va 3,5"" disketalarida solishtirib o‘qish belgisini surib, muhofaza qilish usuli, bu yangi ma’lumotlar yozib olishning oldini oladi va mavjud ma’lumotlarni yo‘qolishdan saqlaydi. " Yozib olishga ruxsat|"Ma’lumotlarni yozib olish uchun ruxsat beradigan foydalana olish huquqi. Izoh – Yozib olishga ruxsat ma’lumotlarni to‘ldirish, o‘zgartirish, o‘chirish yoki yaratishga ruxsat hisoblanadi. " Yozish vaqtida nusxalash|"Jarayonni yaratish strategiyasi, bunda yangi jarayon adres fazosini bosh jarayon bilan manzil fazosining birinchi yozuvigacha ajratadi, shundan so‘ng shu’ba jarayon uchun yangi manzil fazosi yaratiladi. " Yozishdagi xato|"Axborotni tezkor xotiradan ma’lumotlarni saqlash yoki chiqarish qurilmasiga uzatish paytida yuz beradigan xato. " Yozma xat-xabarlar|"Oddiy, buyurtma, qiymati eʼlon qilingan xatlar va banderollar, oddiy, buyurtma pochta varaqchalari hamda oddiy, buyurtma sekogrammalar, shuningdek, mayda paketlar. " Yozma xat-xabarlarga shtempellash|"Pochta markalarining va/yoki yozma xat-xabarlarning jo‘natilishi belgilangan manzildagi pochta aloqasi obyektiga kelib tushgan sanasini hisobdan chiqarish yo‘li bilan qabul qilish joyi va sanasini belgilash maqsadida unga taqvim shtempeli izini tushirishni o‘z ichiga olgan yozma xat-xabarlarga ishlov berish. " Yozmoq|"Ma’lumotlarni tezkor xotira qurilmasidan tashqi qurilmaga yoki protsessordan tezkor xotira qurilmasiga uzatish. " Yozuv|"1. Dasturlash tillarida ma’lumotlar tuzilmasi – yaxlit bir butun sifatida qaralishi mumkin bo‘lgan, bir jinsli bo‘lmagan tizimlashtilangan elementlar to‘plami. Har bir element yozuv maydoni deb ataladi, u nomga va turga ega bo‘ladi. Muayyan yozuv maydonida saqlanadigan ma’lumotlardan foydalanish uchun, yozuvni saqlaydigan o‘zgaruvchi nomi ko‘rsatiladi, keyin nuqtadan so‘ng maydon nomi keladi. 2. Magnit tashuvchidagi, masalan, magnit tasmadagi ma’lumotlar bloki. " Yozuv agenti|"Kuzatib boriladigan ilova jarayonining fazoda yuklangan kadrni qamrab oladigan umumiy bibliotekasi. " Yozuv demoni|"Kuzatiladigan dastur joylashgani kabi oxirgi nuqtada ishlaydigan va kengaytirilgan vakolatlar talab qilinadigan operatsiyalarni bajaradigan imtiyozli jarayon. " Yuguruvchi nurli kamera|"Tasvirlarni yuguruvchi yorug dog‘ orqali yoyishga asoslangan uzatish qurilmasi. " Yuguruvchi to‘lqin|"Uzatish liniyasida, uzatuvchi muhitning xossalari bilan belgilanadigan tezlikda faqat bir yo‘nalish bo‘ylab tarqaladigan elektromagnit to‘lqin. " Yuguruvchi to‘lqin antennasi|"Geometrik o‘qi bo‘ylab elektromagnit tebranishlarning yuguruvchi to‘lqinlari tarqaladigan yo‘naltirilgan antenna. Izoh ‒ Yuguruvchi to‘lqin antennalariga «to‘lqinli kanal» turidagi antenna, spiral antenna, dielektrik antenna, rombsimon antenna va boshqa qator antennalar kiritiladi. " Yuguruvchi toʻlqin koeffitsiyenti|"Uzatish liniyasidagi toʻlqin elektr yoki magnit maydoni eng kichik amplituda kuchlanganligi nisbatiga teng koeffitsiyent. " Yuklagich|"Boshqa dasturlarni ularni amalga oshirilishi uchun tezkor xotiraga yuklovchi tizim dasturi. Boshlang‘ich yuklovchining farqli tomoni, u BIOS da joylashgan bo‘lib, u operatsion tizimni yuklaydi va unga boshqaruvni uzatadi, shuningdek yuklovchilar operatsion tizimning o‘zida ham mavjud. " Yuklama koeffitsiyenti|"Foydalanishning ma’lum sharoitlarida elementga ta’sir etadigan ishchi yuklamaning nominal (standartlar, foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomalar va boshqa tegishli hujjatlar bilan belgilangan) yuklamaga nisbati. " Yuklama konsentratori|"Maʼlumotlarni uzatish tarmog‘ida paketlarni kommutatsiya markaziga ulanadigan va paketlarni yig‘ish-sochish operatsiyalarini bajarish uchun mo‘ljallangan texnik vosita. " Yuklamoq|"Ma’lumotlarni boshqa kompyuterga (tarmoq orqali) yuklash. " Yuklanish paytida|"Operatsion tizim yoki dasturning xotiraga yukla-nishida bajariladigan protseduralar yoki dasturlar. " Yuklanishdagi tasvir|"Operatsion tizimning nomini va logotipini aks ettiruvchi tasvir. " Yuklanishni balanslash|"Klaster serverlaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida, hisoblash klasterida yuklanishni taqsimlash. " Yuklanishni initsializatsiya qilish|"Windows NT/2000/XP/10 operatsion tizim yuklanishini initsializatsiya qiladigan fayl. Operatsion tizimlarni yuklash usullarini ifodalaydi. " Yuklanuvchi disk|"Operatsion tizimni yuklash yoki qayta yuklash amalga oshiriladigan qattiq disk (disketa). " Yuklanuvchi drayver|"Tezkor xotiraga faqat kerak vaqtda yuklanuvchi drayver. Bunday drayverlar tezkor xotirani tejashni va protsessor resursining bekor sarflanishini oldini oladi. " Yuklanuvchi sektor, butsektor|"Axborotni saqlaydigan qattiq disk, disketa yoki boshqa disk qurilmasidagi muhim sektor. Disketa va optik disk uchun bu birinchi jismoniy sektor, qattiq disk uchun har bir bo‘limning birinchi jismoniy sektori. Fleshkada yuklash sektori bo‘lmaydi. " Yuklanuvchi virus|"Kompyuterni yuklashda bajariladigan va qattiq yoki egiluvchan magnit diskning yuklash sektoridagi dasturni zararlaydigan virus. " Yuklash|"1. Ishga tushayotgan dastur, jarayon va sh.k. fayllarni dasturning keyingi ishini ta’minlash uchun tezkor xotiraga yuklash jarayoni. 2. Kompyuterni operatsion tizim yadrosini yuklash orqali ishga tushirish. " Yuklash manzili|"Tezkor xotira qurilmasining manzili, undan boshlab dastur xotirada joylashtiriladi. Absolyut dasturlarda yuklash manzili qayd etilgan bo‘ladi va dasturchi tomonidan beriladi. Yuklash paytida suriladigan dasturlardan (chiziqli xotiraga ega kompyuterlarda) manzillarni sozlash amalga oshiriladi. Bu sozlash suriladigan barcha manzillarni yuklash manziliga teng bo‘lgan konstantaga oshirishda ifodalanadi. " Yuklash qurilmasi|"Olinadigan yoki doimiy yuklash diski qurilma. " Yuklash vaqti (fazasi)|"Dasturning xotiradagi binar obrazini olish uchun aloqa redaktori va yuklagichni chaqirish fazasi. " Yuklash vaqtida manzillarni bog‘lash|"Manzillash sxemasi, bunda generatsiyalanadigan kod ma’lumotlarni va dasturni qiymati dasturni yuklashda aniqlanadigan ko‘chirish registriga nisbatan manzillaydi. " Yuklash yozuvi|"Disketdagi birinchi fizik sektor yoki qattiq disk bo‘limining birinchi mantiqiy sektori. Bitta yoki bir nechta sektordan iborat bo‘lishi mumkin. Yuklovchi yozuvning birinchi sektori yuklovchi sektorning imzosi bilan tugallanadi. Yuklovchi disklarda, shuningdek, operatsion tizim yuklaydigan dastur ham bo‘ladi. Ba’zida yuklash sektor deb ataladi. " Yuklashni balanslash klasterlari|"Server bek-endi kompyuterlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydigan, (front-ends) so‘rovlarni balanslaydigan bir nechta kirish kompyuterlariga ega kompyuter klasterlari. " Yulduz|"Kompyuterlarni tarmoqqa birlashtirish usuli: bitta kompyuter ajratiladi va u asosiy (bosh) kompyuter ataladi, qolgan barcha kompyuterlar u bilan bevosita ulanadi. Ma’lumotlar bitta periferik kompyuterdan boshqasiga faqat bosh kompyuter orqali uzatilishi mumkin. Bosh kompyuter ishlamay qolsa, butun tarmoq ishlash qobiliyatini yo‘qotadi. " «Yulduz» topologiyasi|"Lokal hisoblash tarmog‘ining uchta tayanch fizik topologiyasidan biri. Bunda kompyuterlar va qurilmalar markaziy uzel bilan radial liniyalar orqali ulanadi. " Yulduzcha, «*» simvoli|"Qator operatsion tizimlarda faylning umumlashtirilgan nomini berish uchun foydalaniladigan simvol. Tizim yulduzcha simvoli o‘rnida ixtiyoriy sondan iborat ixtiyoriy simvolni qo‘yishi mumkin. " Yulduzsimon tarmoqlagich|"1. Bitta kirish va ikkitadan ko‘p chiqish optik qutblari bo‘lgan optik tarmoqlagich. 2. Signal energiyasini o‘zining chiqish uchlari o‘rtasida bir tekis taqsimlaydigan (chiqish uchlari kamida to‘rtta bo‘lgan) passiv qurilma. " Yulduzsimon topologiya|"«Yulduz»ni eslatuvchi topologik sxema. Undagi har bir olisdagi tarmoq uzeli bitta markaziy kommutator, uzel stansiyasi yoki kanallar konsentratori bilan bog‘lanadi. «Yulduz»simon topologiyali tarmoq mahalliy foydalanuvchilar uchun trafikni tarmoqlash (ajratish) va olisdagi foydalanuvchilar o‘rtasida qayta taqsimlash imkonini beradi. " Yulduzsimon to‘rtlik|"Birga buralgan, to‘rtta izolyatsiyalangan o‘tkazgichdan iborat kabel elementi. Ikki qarama-qarshi o‘tkazgich uzatuvchi juftlikni hosil qiladi. Yulduzsimon to‘rtligi bo‘lgan kabellar, ularning elektr xarakteristikalari aynan shu spetsifikatsiyalar talablariga javob beradigan hollarda, juftliklardan iborat kabellar bilan o‘zaro almashinuvchan bo‘lishi mumkin. " Yumshoq xendover|"Axborotni yo‘qotmay turib, ishchi kanalni bir tayanch stansiyadan boshqasiga avtomatik tarzda qayta ulash. Yumshoq qayta ulash rejimi bir vaqtda, bittadan ko‘p tayanch stansiya bilan ishlash imkoniyatini nazarda tutadi. Izoh − O‘xshash protsedura ko‘p yo‘ldoshli aloqa tizimida ham mavjud bo‘lib, unda yer stansiyasining bitta kosmik apparat (tushayotgan)dan boshqa kosmik apparat (ko‘tariluvchi) ga qayta ulanishi sodir bo‘ladi. " Yumshoqroq xendover|"Ishchi kanallarni bir sektorli antennadan boshqasiga qayta o‘zgartirish, bitta tayanch stansiyada amalga oshirilishi tufayli, sinxronizmga qayta kirish protsedurasi talab qilinmaydigan xendover. " Yuqori|"Obyektning ma’lum bir chegaralarga nisbatan yuqori joylashgan o‘rni. " Yuqori aniqlikdagi televideniye (YuAT)|"Vertikal va gorizontal bo‘yicha taxminan ikki marta kattalashtirilgan aniqlikka ega va standart aniqlikdagi televideniye bilan solishtirganda kadrning kattalashtirilgan formatiga ega televideniye. " Yuqori aniqlikdagi TV (HDTV) va oddiy sifatli TV dasturlarini taqsimlash xizmatlari|"HDTV xarakteristikalariga yoki oddiy tasvir sifatiga ega televizion dasturlarni taqsimlash imkonini beradigan xizmatlar. " Yuqori daraja tili|"Uchinchi avlod va undan yuqori darajadagi dasturlash tillari, ya’ni assemblerlarga qaraganda, abstraktlashning birmuncha yuqori darajasini ta’minlaydigan tillar. " Yuqori elliptik orbita (yo‘ldoshning)|"Yo‘ldoshning ellips shaklidagi aylanish orbitasi, uning fokuslaridan birida Yer markazi joylashadi va uning o‘qlari yulduzlarga nisbatan ma’lum yo‘nalishda bo‘ladi. Izoh – «Molniya» yo‘ldoshlari yuqori elliptik orbitasining apogey balandligi 40000 km ga yaqin, perigey balandligi 500 km, ekvator tekisligiga og‘ishi 63,4° ga teng. " Yuqori huquqlar bilan ishga tushirmoq|"Bir foydalanuvchi ega bo‘lgan huquqlardan ko‘proq huquqlarga ega foydalanuvchi nomidan dasturni ishga tushirish. Masalan, kichkina sozlashlarda ishlatilishi mumkin. " Yuqori indeks|"Matn satri harflaridan yuqorida bosilgan bitta yoki bir nechta simvol. " Yuqori natija|"Yuqori baho va eng yuqori balli natija " Yuqori pog‘ona domeni|"Qar.: gTLD, ccTLD. " Yuqori quvvatli eltuvchi|"Energiyasining asosiy qismi eltuvchi chastotada to‘plangan, modulyatsiyalangan signal. " Yuqori registr|"Klaviaturadan kiritish Caps Lock klavishi bosilganda amalga oshiriladigan rejim. Bunda matn katta harflar bilan kiritiladi. " Yuqori sifatli keng polosali videokonferensaloqa xizmatlari|"Ikkita yoki undan ortiq punkt o‘rtasida konferens-aloqani ta‘minlash uchun turli axborotni, jumladan, avvalo nutq (tovush), oddiy videofilmlar, harakatdagi tasvirlar va qo‘shimcha ravishda, videoskanlaydigan harakatsiz tasvirlar, hujjatlar hamda boshqa videoaxborotni yuqori sifatli uzatish bilan abonent-abonent yoki guruh-guruh (abonentlar) aloqa imkoniyatini ta’minlaydigan xizmatlar. " Yuqori sifatli rang|"Rangni 15- va 16-bitli kodlash orqali (multimediyali shaxsiy kompyuterlar grafik kontrollerining platalarida) monitorda bir vaqtning o‘zida 32 K yoki 64 K ranglarni ko‘rsatish imkoniyati. U tasvir sifatini rangli fotosurat sifatiga yaqinlashishini ta’minlaydi. " Yuqori texnologiyalar kompaniyalari|"Asosiy aktivlari intellektual mulk va yuqori malakali mutaxassislar bo‘lgan kompaniyalarning shartli nomi. Faoliyat sohasi – yuqori va postindustrial texnologiyalar. Bu turdagi kompaniyalarga odatda quyidagilar kiradi: internet kompaniyalari; dasturiy taʼminot va yarimo‘tkazgichli qurilmalar ishlab chiqaruvchilar; mobil va kosmik aloqa operatorlari; biotexnologiya kompaniyalari; ilmiy-tekshirish tajriba konstruktorlik ishlanmalari sohasidagi kompaniyalar; yuqori texnologiyali uskunalar ishlab chiqaruvchilar va h.k. " Yuqori tezlikdagi raqamli abonent liniyasi texnologiyalarining turkumi|"DSL standartining protokollar majmui, unda «x» simvoli o‘rniga DSL (ADSL, HDSL, SDSL) standartining quyi turini belgilaydigan harflardan istalganini qo‘yish mumkin. " Yuqori tezlikli foydalana olish klasterlari|"Klaster kompyuterlari taqdim etadigan resurslardan, masalan, ma’lumotlar bazasidan optimal foydalana olishni ta’minlaydigan kompyuter klasterlari. " Yuqori tezlikli raqamli abonent liniyasi|"O‘tkazish qobiliyati 10 Mbit/s dan ortiq bo‘lgan asimmetrik hamda simmetrik aloqa liniyalarini yaratish uchun mo‘ljallangan abonent foydalanish texnologiyasi. " Yuqori unumli fayl tizimi|"IBM va Microsoft tomonidan birgalikda ishlab chiqilgan, operatsion tizim uchun mo‘ljallangan fayl tizimining nomi. Windows NT tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. " Yuqori xotira|"MS DOS operatsion tizimiga oid atama. Birinchi 640 kbyte xotiradan tashqarida joylashtirilgan tezkor xotirani anglatadi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlatilmagan, bu esa dasturlarni birmuncha chegaralaydi. " Yuqori xotira sohasi|"Qo‘shimcha xotiraning dastlabki 64 kB i. " Yuqori xotira tizimi|"Yuqori tezkor xotiraning ulanish drayveri. Bu drayversiz operatsion tizim faqatgina BIOS bilan belgilab qo‘yilgan 640 kilobayt quyi xotiradangina foydalana oladi. Windows da bu muammo o‘zining dolzarbligini yo‘qotgan. " Yuqori zichlikli bipolyar kodlash|"Modifikatsiyalangan bipolyar RZ kodi yordamida kodlash usuli. Bunda majburiy inversiya (qutblilikni o‘zgartirish) vositasida takrorlanadigan simvollarning davomiy ketma-ketligi chiqarib tashlanadi. Natijada davomli pauzalarsiz kod shakllanadi, bu esa, xabarlarni qabul qilishda sinxronlash buzilishlarini bartaraf etish imkonini beradi. " Yuqori chastotalar|"3 МНz dan 30 МНz gacha diapazondagi chastotalar sohasi. Ko‘rsatilgan chastotalarga dekametrli (qisqa) to‘lqinlar (λ=100–10 m) mos keladi. " Yuqori chastotalar filtri|"Berilgan qirqim chastotasidan yuqori o‘tkazish polosasiga va pastroq chastotalar uchun tutib qolish polosasiga ega bo‘lgan elektr chastota filtri. " Yuqori chastotali kabel|"Elektromagnit energiyani yuqori chastotalarda kichik yo‘qotishlar bilan uzatish uchun mo‘ljallangan kabel. " Yuqori chastotali qurilmalar|"Radioto‘lqinlarni qabul qilish yoki nurlantirishda foydalanishdan tashqari, sanoat, ilmiy, tibbiy, maishiy yoki boshqa maqsadlarda radiochastota energiyasini generatsiyalash va undan foydalanish uchun mo‘ljallangan uskuna yoki asboblar. " «Yuqoridan pastga» dasturlash|"Dasturlarni ishlab chiqish metodikasi, bu metodikaga ko‘ra, ishlab chiqish muammoni hal qilish maqsadlarini aniqlashdan boshlanadi, shundan keyin batafsil dastur bilan tugaydigan izchil detallashtirish ketadi. Strukturaviy dasturlash texnologiyasiga kiradi. Ikkinchi nomi pasayib boradigan dasturlash. " Yuridik shaxs|"Alohida mulkka ega bo‘lgan, o‘z majburiyatlari yuzasidan javob beradigan, o‘z nomidan fuqarolik huquqlarini amalga oshiradigan va oladigan, fuqarolik majburiyatlarini ko‘taradigan, sudda da’vogar va javobgar bo‘ladigan tashkilot. " Yuritgich|"Qar.: CMS. " Yutilish|"1. Optik quvvatning metallar va gidroksil ionlar kabi ifloslanishlari mavjudligi, shuningdek, radiatsion nurlanishga taʼsirchanlik orqasida kelib chiqadigan issiqlikka aylanishi natijasida optik tolada quvvatning yo‘qolishi. 2. Elektromagnit to‘lqinlarning energiyaning boshqa turiga, odatda, issiqlikka aylanishi oqibatida radioto‘lqinlarning so‘nishi. " Yutuvchi attenyator|"Signal quvvatini kamaytirish katta yo‘qotishli materiallarda energiyaning yutilishi hisobiga yoki yarimo‘tkazgichli diodlar qarshiligida sodir bo‘ladigan attenyator. " Yuvilish|"Oqdan oq soha dastlabki holatdagiga qaraganda ko‘p yuklangan tasvir ko‘rinishi, uzatuvchi trubka nishoni, yorug‘lik elektr o‘zgartirgich yoki televizion ekran qismlarining to‘yinganligi tufayli sodir bo‘ladi. " Yo‘l|"Diskda fayl, katalog yoki papkaning joylashgan o‘rnini belgilaydigan satrli ifoda. " Yo‘l qo‘yiladigan radioxalaqit|"Ta’sirida radioelektron vositaning talab qilinadigan ishlash sifati saqlanib qoladigan radioxalaqit. " Yo‘l qo‘yiladigan xalaqit|"Xalaqit ta’siriga tushgan texnik vositaning ishlash sifati belgilangan darajada saqlanib qoladigan elektromagnit xalaqit. " Yo‘l qo‘yilmaydigan|"Qayta ishlab bo‘lmaydigan xatoni keltirib chiqargan ruxsat berilmagan harakatni amalga oshirgan biron-bir harakat yoki operatsiya, komanda yoki yo‘riqnomalar natijasi. " Yo‘l qo‘yilmaydigan xalaqit|"Ta’siri texnik vositaning ishlash sifatini yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan darajagacha pasaytiradigan elektromagnit xalaqit. " (Yo‘ldosh) elliptik orbitasi|"Ekssentrisitet koeffitsiyenti katta bo‘lgan, ya’ni apogey balandligi perigey balandligidan birmuncha oshadigan orbita. Yer gravitatsiya maydonining bir xil emasligi tufayli elliptik orbitaning katta o‘qi apogeydagi kichik yo‘ldosh nuqtasi kengligining tebranishlariga olib keladigan aylanish onini sezadi. Elliptik orbitaning doimiyligini ta’minlash uchun, tekisligining ekvatorga nisbatan og‘ish kattaligi ikkita qiymatdan (63,4º yoki 116,6º) biriga ega bo‘lishi kerak. Yo‘ldoshli aloqa tizimlarida elliptik orbitaning: yuqori elliptik orbita (HEO), o‘rtacha balandlikdagi orbita (MEO), Yer atrofidagi quyi orbita (LEO) orbitalaridan foydalaniladi. " (Yo‘ldosh) orbita davri, (yo‘ldosh) aylanish davri|"Orbitaning bitta nuqtasi orqali yo‘ldoshning ikki marta ketma-ket o‘tishi o‘rtasidagi vaqt oralig‘i orqali aniqlanadugan, Yer atrofini to‘liq aylanish vaqti. " Yo‘ldoshli antenna/tarelka|"Yo‘ldosh signallarini qabul qilish/uzatish uchun mo‘ljallangan qabul qiluvchi/uzatuvchi tarelkasimon parabolik antenna. " Yo‘ldoshli eshittirish|"Kosmik stansiyalardan uzatishlar aholi tomonidan bevosita qabul qilinishi uchun mo‘ljallangan radioeshittirish xizmati. Izohlar 1. Aholining qabul qilishi individual qabulni ham, jamoaviy qabulni ham o‘z ichiga oladi. 2. Taalluqli atama «yo‘ldoshli televideniye». " Yo‘ldoshli Internet|"Internet global tarmog‘idan yo‘ldoshli aloqa kanallari orqali foydalanish. " Yo‘ldoshli provayderlar|"Yo‘ldoshli aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniyalar. " Yo‘ldoshli (raqamli televizion) eshittirish tizimi|"Televizion dasturlarni bevosita raqamli televizorlarga, shuningdek, jamoa bo‘lib foydalaniladigan yo‘ldoshli televizion antennalari bo‘lgan tizimlarga ulangan raqamli televizorlarga yetkazish uchun mo‘ljallangan raqamli televizion eshittirish tizimi. " Yo‘ldoshli televideniyening kabel orqali taqsimlanishi|"Kosmik stansiyadan yer stansiyalari orqali qabul qilgan va kabelli televideniye tizimlarining asosiy stansiyalariga uzatilgan television dasturlarni kabelli tizimlar orqali taqsimlash. " (Yo‘ldoshning) geostatsionar orbitasi|"To‘g‘ri va doiraviy orbitasi Yer ekvatori tekisligida yotadigan geosinxron yo‘ldosh orbitasi yoki geostatsionar yo‘ldoshlar orbitasi. Orbitaning ekvatordan balandligi, yo‘ldoshning aylanish davri 23 h 56 min 4 s ga teng bo‘lgan holda, 35787 km. " (Yo‘ldoshning) o‘rta balandlikdagi orbitasi|"5000-15000 km balandlik diapazonida joylashgan orbita. " Yo‘lka|"Ma’lumotlarning konsentrik aylana ko‘rinishidagi disk xotirasida o‘rni va joylashishi. Magnit yozish usulida ma’lumotlar bu konsentrik aylana bo‘ylab ketma-ket joylashadi. Kompakt-disklarda ma’lumotlar bitta spiralsimon yo‘lka bo‘ylab yoziladi. Ba’zan trek deb ataladi. " Yo‘lning optik uzunligi|"Yorug‘lik nuri yo‘lining muhit sindirish ko‘rsatgichiga ko‘paytmasi. Yo‘lning optik uzunligi miqdor jihatdan yorug‘lik nurining shu vaqt ichida vakuumda o‘tgan yo‘liga teng. " Yo‘nalganlik diagrammasining oraliq burchagi|"Yo‘nalganlik diagrammasi bosh yaprog‘ining burchak kengligiga teng. Uning chegarasida nurlanish quvvati maksimal quvvatning kamida yarmini tashkil etadi. " Yo‘nalish|"Ma’lumotlar uzatish tarmog‘i uzellarining ketma-ketligi, unda ma’lumotlar paketi manbadan qabul qilgichga uzatiladi. " Yo‘nalish bort antennasi|"Samolyot bortidagi, radiolokatsion qo‘nish tizimining yo‘nalish (glissada, marker) radiomayog‘i radiosignallarining qabulini ta’minlaydigan antenna. " Yo‘naltirilgan antenna|"Muayyan yoki ma’lum yo‘nalishlarda, boshqa yo‘nalishlarga nisbatan radioto‘lqinlarning nurlanishi yoki qabul qilinishini samarali ta’minlaydigan antenna. " Yo‘naltirilgan graf|"Har bir qirrasi yo‘nalishga ega bo‘lgan graf. " Yo‘naltirilgan interfeys|"Qar.: Вirga yo‘naltirilgan interfeys. " Yo‘naltirilgan optik tarmoqlagich|"Optik qutblar o‘rtasidagi uzatish koeffitsiyentlari optik nurlanishning tarqalish yo‘nalishiga bog‘liq optik tarmoqlagich. " Yo‘naltirilmagan antenna|"Berilgan tekislikda barcha yo‘nalishlar bo‘yicha radioto‘lqinlar tarqalishi yoki qabul qilinishining bir xil samaradorligini ta’minlaydigan antenna. " Yo‘naltirilmagan optik tarmoqlagich|"Optik qutblar o‘rtasidagi uzatish koeffitsiyentlari optik nurlanishning tarqalish yo‘nalishiga bog‘liq bo‘lmagan optik tarmoqlagich. " Yo‘q qilish|"Hujjatlarni yo‘q qilish yoki chiqarib tashlash jarayoni, bu jarayondan so‘ng hujjatlarni qayta tiklab bo‘lmaydi. " Yo‘qotilgan klaster|"Tizim xatoliklari yoki foydalanuvchining ba’zi harakatlari natijasida (mashina ilova yopilmagan paytda o‘chirilganda) diskli xotira elementlarining, ya’ni ma’lumotlar bo‘lgan faylning bir qismi «yo‘qoladigan» vaziyat. Yo‘qotilgan klasterlar foydalanuvchi uchun foydalanish mumkin bo‘lgan xotira hajmini kamaytiradi. " Yo‘qotilgan telefon yuklama|"Qarab chiqiladigan vaqt intervali ichida keladigan va xizmat ko‘rsatilgan telefon yuklamalar o‘rtasidagi farq. " Yo‘qotilgan telefon chaqiruvi|"Xizmat ko‘rsatilishi bo‘sh va soz holatdagi kommutatsion aloqa asboblari hamda telefon tarmog‘i bog‘lamida liniyalar, kanallar bo‘lmasligi tufayli bog‘lanish o‘rnatilishi bilan tugamagan telefon chaqiruv. " Yo‘qotilgan chaqiruv|"Aloqa o‘rnatish jarayonida yakunlanmasdan qolgan chaqiruv. Abonentning bandligi tufayli chaqiruvga bo‘lgan muvaffaqiyatsiz urinish yo‘qotilgan chaqiruv hisoblanmaydi. " Yo‘qotish, yo‘qotishlar|"Signallarning radioto‘lqinlar tarqaladigan muhitda va signallarni o‘zgartiradigan qabul qiluvchi-uzatuvchi uskunada susayishi. " Yo‘riqnoma, komanda|"1. Tizim, qurilma yoki alohida dastur bilan ishlash tartibini reglamentlaydigan hujjat. So‘nggi vaqtda kompyuterlar yoki dasturiy mahsulotlar uchun yo‘riqnoma ko‘pincha, mashina tashuvchilardagi matnli fayl sifatida yetkazib berilmoqda. 2. Kompyuter dasturi bo‘lib, o‘zida protsessor yoki yo‘riqnoma interpretatori tomonidan bajariladigan ketma-ketlikni aks ettiradi. Dasturlashga tatbiqan preprotsessor yo‘riqnomasi tushunchasi mavjud. Kompilyator dasturning o‘zidan nusxa ko‘chirishdan oldin bajarilishi kerak bo‘lgan operatsiyalar. " Yoʻnalganlik diagrammasining notekislik koeffitsiyenti|"θ oʻzgarmas burchakda amplitudaviy yoʻnalganlik diagrammasi darajasining uning maksimal qiymatidan nisbatan ogʻishi. " Yoʻnalganlik kross-qutblanish diagrammasi|"Kross-qutblanishli tashkil etuvchi uchun yoʻnalganlik diagrammasi. " «Yo‘g‘on» mijoz|"«Ta’sirchan» mijozning aksi bo‘lib, o‘zining ko‘p hisoblash resurslariga ega tarmoqdagi shaxsiy kompyuter. " «Yo‘g‘on» Ethernet (10Base5)|"10Base5 spetsifikatsiyasi. Ethernet standartini RG9 turidagi «yo‘g‘on» koaksial kabeldan (u sariq rangda bo‘ladi) foydalanib amalga oshiriladi. U stansiyalar orasidagi masofani 500 m gacha bo‘lishini ta’minlaydi. (3COM uskunasidan foydalanib masofani 1000 m gacha uzaytirish mumkin). Z " Zaiflik|"1. Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimidagi kamchilik, undan foydalanish tizim yaxlitligi buzilishiga va noto‘g‘ri ishlashiga olib kelishi mumkin. Izohlar 1. Yaxshi himoya qilinmaganlik dasturlash xatolari, tizimni loyihalashda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, ishonchli bo‘lmagan parollar, viruslar yoki boshqa zararli dasturlar ta’sirlari va sh.k. natijasi bo‘lishi mumkin. 2 Agar yaxshi himoya qilinmaganlik mavjud bo‘lganda tegishli tahdid bo‘lsa, unda risk ham mavjud bo‘ladi. 2. Tizim xavfsizlik siyosatini buzish uchun qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan, protseduralar, loyihadagi, amalga oshirishdagi, tizimni ichki nazorat qilishdagi xatolar yoki kamchiliklar keltirib chiqargan, tizim muhofaza vositalaridagi kamchilik. 3. Muhofazani yengib o‘tishga olib kelishi mumkin bo‘lgan, tizimning muhofaza vositalarini ishlab chiqish, amalga oshirish yoki boshqarishdagi yo‘qotishlar yoki vakolatlarni tayinlashdagi xato. 4. Aktivlar yoki boshqarish vositalarining bir yoki undan ko‘p tahdid foydalanishi mumkin bo‘lgan zaifligi. 5. Tizimning tahdid yuzaga kelganda, muhofaza qilinishi buzilishiga olib keladigan xususiyati. Zaiflik mos darajada loyihalanmaslik yoki to‘la sozlanmaslik tufayli tasodifan yuzaga kelishi yoki yomon niyat natijasi bo‘lishi mumkin. " Zaifliklar tahlili|"TCP- va UDP-portlarni skanlashni va tegishli servislar identifikatsiya qilinishini, operatsion tizimlarni masofadan identifikatsiya qilishni, tarmoq xizmatlarining zaif joylarini aniqlashni, shuningdek, tegishli hisobotlar ishlab chiqarishni o‘z ichiga oladigan faoliyat. " «Zangori» shovqin|"Spektral zichligi chastota o‘zgarishiga qarab chiziqli oshib boradigan shovqin. " «Zarang yaprog‘i» turidagi antenna|"O‘qqa nisbatan radial simmetrik bo‘lgan uchta yoki to‘rtta o‘xshash komplanar yopiq konturlardan iborat antenna. " Zarar|"1. Obro‘sizlantirish natijasida yuzaga kelgan zarar yoki ziyonning miqdoriy o‘lchovi. 2. Tizim komponentlaridan birining ochiq shikastlanishi yoki tizim komponentlarining ishlash qobiliyati yo‘qolgan holatga tushib qolishi, shuningdek, axborotning turli ko‘rinishda chiqib ketishi hamda tizim ba’zi fizik va mantiqiy xarakteristikalarining o‘zgarishi. " Zararlangan|"Noto‘g‘ri hisoblanadigan (disklar ishlashidagi yoki tarmoqdagi to‘xtalish sababli), shuningdek, nazorat summasi buzilgan ma’lumotlar ishdan chiqqan hisoblanadi. Ularning keyinchalik qo‘llanilishi, tabiiyki, mumkin emas. " Zararli dastur|"Apparat, dasturiy-apparat yoki dasturiy usulda amalga oshirilgan va biror-bir ruxsat etilmagan yoki jinoyatkorona harakatlarni bajarish uchun mo‘ljallangan dastur. Izoh – Zararli dasturlarga mantiqiy bomba, troyan oti, virus, qurt misol bo‘la oladi. " Zararli xalaqit|"Radionavigatsiya xizmati yoki boshqa xavfsizlik xizmatlari faoliyatiga xalal beradigan yoki sifatini sezilarli darajada yomonlashtiradigan, Radioaloqa reglamentiga muvofiq ishlaydigan radioaloqa xizmatlari faoliyatini qiyinlashtiradigan yoki bir necha marta to‘xtashiga olib keladigan xalaqit. " Zastavka, tizimning boshlang‘ich ekrani|"Odatda logotip, dastur versiyasi, mualliflik va/yoki litsenziya huquqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar saqlanadi. " Zaxira nusxa ko‘chirish serveri|"Fayllardan, har bir faylning ikkita nusxasi har doim mavjud bo‘ladigan tarzda nusxa ko’chirish uchun mo‘ljallangan dasturiy ta’minot yoki apparat vositalar. " Zaxiralash|"1. Ma’lumotlarni uzatish vaqtida xatolarni aniqlash yoki ularni avtomatik tarzda to‘g‘rilash imkonini beradigan ortiqcha bitlarni kiritish. 2. Ishga yaroqsiz element funksiyalarini avtomatik tarzda doimo tayyor holatda bo‘lgan zaxira elementiga uzatuvchi o‘ta muhim tizim elementlarining takrorlanishi. " Zaxiralash tarkibi (to‘plami)|"Zaxira nusxani tashkil qiladigan fayllar majmui. " Zaxiralash tartiboti|"To‘xtab qolish yoki avariyadan keyin ma’lumotlarning qayta tiklanishini ko‘zda tutuvchi tartibot. Masalan, zaxira fayllarni yaratish. " Zayom|"Operandlar (razryadlar) raqamlarining farqi manfiy bo‘lganda, protsessorning chiqarib tashlash (ayirish) operatsiyalarida bayroqni shakllantirishi. " Ziddiyatsizlik|"Ikki yoki undan ko‘p mantiqiy obyekt orasidagi bog‘langanlik xarakteristikasi, ular orasida qandaydir ochiq ziddiyatlar yo‘qligini ko‘rsatadi. " «Zip» arxivatori|"Shaxsiy kompyuterlar uchun mo‘ljallangan ommaviy fayllar arxivatorlaridan biri. Internetda keng tarqalgan arxivlar formati. Arxivlangan siqilgan fayllar odatda, «zip» kengaytmasiga ega bo‘ladi. " Zich bufer|"Har bir tola diametri 900 mikrongacha bo‘lgan termoplastik himoya qobig‘i bilan zich o‘raladigan kabel konstruksiyasi. U orqali tola chegaraviy tortish kuchining yuqori ko‘rsatgichiga erishiladi, bu esa montaj, ekspluatatsiya qilish va ulanishlar bajarilishining pishiqligi hamda ishonchliligini taʼminlaydi. " Zich to‘lqinli multipleksorlash|"Kanallar o‘rtasida 100 GHz va undan kam bo‘lgan masofa bilan 16 gacha va undan ko‘p multipleks kanallarini tola bo‘ylab uzatish imkonini beradigan 1550 nm oynada kanallarni zich joylashtirish texnologiyasi. Izohlar 1. DWDM texnologiyasi 2,5 Gbit/s dan 160 Gbit/s gacha tezlik bilan keng polosali signalni uzatish imkonini beradi. 2. SDH va DWDM texnologiyasi o‘tkazish qobiliyati bo‘yicha 2,5 Gbit/s dan 10 Gbit/s gacha uzatish tezligi diapazonini qoplash imkoniyatiga ega bo‘lgan o‘zaro to‘ldiruvchi texnologiyalar hisoblanadi. " Zombi kompyuteri|"Uchinchi shaxslar tomonidan egasining xabarisiz yopiq yoki tijorat tarmog‘i (masalan, Internet)ga kirish, hisoblash resurslaridan foydalanish (klasterizatsiya), spam jo‘natish va h.k. uchun ishlatilayotgan tarmoqdagi kompyuter. Jo‘natma kompyuter egasining xabarisiz amalga oshiriladi. Zombi kompyuterlaridan, shuningdek, ochiq proksi ishlatiladigan maqsadlarda ham foydalaniladi. " Zona|"1. Umumiy tarzda bu atama makon va zamondagi har qanday berilgan soha yoki uchastkani bildiradi, masalan, aloqa tizimi qamrab oladigan geografik hudud, signallar fazasining chastotaviy sohasi, xotira uchastkasi va b.lar. 2. Hududning, ichida ma’lum ish sharoitlari ta’minlanadigan qismi. 3. Global tarmoqlarda – yirik tarmoqning quyi (kichik) tarmog‘i. Macintosh muhitida, serverlar va printerlar kabi tarmoq resruslarini izlashni osonlashtiradigan tarmoq komponentalarining mantiqiy birlashishi. DNS ma’lumotlar bazasida DNS serveri bilan boshqariladigan, ma’lumotlar bazasini boshqaruvchi birlik. " Zona bo‘yicha qayd qilish|"Avtonom qayd qilish usuli, unda mobil stansiya xizmat ko‘rsatish zonasiga har bir kirishda qayd qilinadi. Izoh − Bunday qayd qilish usulida mobil stansiyaning tezkor xotira qurilmasida ruxsat etilgan aloqa zonalarining ro‘yxati bo‘lishi shart emas. " Zona kodi|"Geografik zona kodi. DVD-disklar bilan ishlashni va ularga cheklovlar qo‘yishni yengillashtirishga mo‘ljallangan. Bundan tashqari telekommunikatsiyada shahar kodining boshida bo‘lgan uchta raqamdan iborat kod bo‘lib, aholi yashash punkti joylashgan hududni ifodalaydi. " Zummerlash|"1. Obyektivning fokus masofasini o‘zgartirish tufayli tasvirning o‘lchamini kattalashtirish yoki kichraytirish. 2. Ekranda obyektni kattalashtirish yoki kichraytirish. " Zveno; trakt|"Aloqa tizimining yoki ketma-ketlikdagi bir nechta uchastkadan iborat bo‘lgan, boshdan oxir daxldorlikdagi birikmaning bir qismi. " Zveno-viruslar|"Dastur kodini o‘zgartirmaydigan, balki operasion tizimni zararlangan dastur diskida joylashgan manzilni o‘z manziliga o‘zgartirgan holda, o‘zining kodi bajarilishiga majbur qiladigan viruslar. Virus kodi bajarilgandan so‘ng, boshqarish odatda, foydalanuvchi tomonidan chaqiriladigan dasturga beriladi. " Zvenogo kira olish tartiboti|"«D» kanali uchun maʼlumotlar uzatish zvenosiga kira olish protokoli. OSI ning 2-pog‘onasi protokoli. «Nuqta-nuqta» rejimida ISDN ikki qo‘shni uzel o‘rtasida bog‘lanish o‘rnatilishida foydalaniladi. O‘ " «O‘limni anglatuvchi ko‘k ekran»|"Windows operatsion tizimidagi o‘ta jiddiy xato to‘g‘risida xabar. Ish jarayonini faqat kompyuterni qayta yuklabgina tiklash mumkin. " O‘n oltili sanoq tizimi|"Asosi 16 bo‘lgan (0-9 raqamlari va A, B, S, D, E, F) sanoq tizimida sonlarni aks ettirish. " O‘ng stereoskopik televizion tasvir|"O‘ng ko‘zga stereoskopik televideniye vositalari orqali taqdim etilgan alohida tasvir. " O‘nli sanoq tizimi|"Hozirda qabul qilingan sanoq tizimi. Unda 0 dan 9 gacha bo‘lgan raqamlardan foydalaniladi. Uning har bir razryadi 10^n ga teng. " O‘nlik tabulyatsiya belgisi|"O‘nlik nuqtali jadvalda sonlarning tartiblanishini ta’minlaydigan belgi. " O‘q bo‘ylab nurlatishga teskari antenna|"Odatda, antenna ko‘zgusining fokusida joylashgan, markaziy nurlagichli o‘qqa nisbatan simmetrik antenna. " Oʻqdosh (koaksial) antenna|"Bir nechta bir-biriga parallel va bitta gorizontal tekislikda joylashgan yarim toʻlqinli vibratorlar, ularning orasidagi masofa gorizontal tekislikdagi toʻlqin uzunligining yarmiga teng. " O‘qib bo‘ladigan|"Obyekt (fayl, disk va sh.k.)larning mazmunini o‘qish imkonini tavsiflaydigan xususiyat. " O‘qib bo‘linganni bo‘shatish|"Diskdan foydalana olishni optimallash usuli, o‘qib bo‘lingan bloklarning nusxalari saqlangan asosiy xotira keyingi bloklarni hisoblashda avtomatik tarzda bo‘shatiladi. " O‘qitadigan (o‘rgatadigan) dastur|"Diskda yozilgan interaktiv darslar to‘plami yoki elektron darslik ko‘rinishida taqdim etilgan muayyan materialni o‘rganish uchun mo‘ljallangan dasturiy vositalar. " O‘qitish tizimi|"Foydalanuvchilarni o‘qitib o‘rgatish uchun mo‘ljallangan tizim. Sunʼiy tafakkur va bilimlar bazasini ishlatishga asoslanadi. Asosiy masala foydalanuvchilarning tayyorgarlik darajasiga va ularning olingan axborotni o‘zlashtirishiga qarab, bilimlarni samarali uzatishdir. Muxtor (ayrim shaxsiy kompyuterlarda ishlaydigan) va tarmoq (Internet serverlarida joylashgan) taʼlim tizimlari farqlanadi. O‘qitish tizimi g‘oyalarining rivojlanishi masofadan o‘qitishning tarmoq vositalari yaratilishiga olib keldi. " O‘qish|"Tashqi xotira qurilmalaridagi ma’lumotlarni tezkor xotiraga qaytadan yozish jarayoni. Bunda tashqi qurilmadagi ma’lumotlar saqlanadi. " O‘qish uchun ruxsat|"Ma’lumotlarni o‘qish uchun ruxsat beradigan foydalana olish huquqi. " O‘qishdan ilgarilab ketish|"Faylning navbatdagi bloki bilan birga asosiy xotirada va bir nechta keyingi bloklarda o‘qiladigan diskdan foydalana olishni optimallash usuli. " O‘qishdan muhofaza qilish|"Ma’lumotlarni o‘qish uchun faylga murojaat qilishning taqiqlanishi. Faqat ma’lumotlarni yozishga ruxsat etiladi. " O‘qqa simmetrik parabolik antenna|"O‘qqa simmetrik parabolik ko‘zgu ko‘rinishidagi, uning F fokusida joylashgan nurlagichli antenna. " O‘quv televideniyesi xizmati|"Asosan, ta’limda foydalaniladigan mikroto‘lqinli, o‘ta yuqori chastotali televizion eshittirish usuli. " «O‘quvchilar-yozuvchilar»|"Jarayonlarning o‘zaro hamkorlik sxemasi, bunda umumiy resurs va jarayonlarning ikkita: o‘quvchilar (resursni faqat o‘qishlari mumkin, lekin uni o‘zgartira olmaydilar) va yozuvchilar (resursni o‘zgartiradilar) guruhlari mavjud. Har bir onda resurs bilan bir nechta o‘quvchilar (resurs yozuvchilar tomonidan o‘zgartirilmaganda) ishlashlari mumkin, lekin bitta yozuvchidan ko‘p bo‘lmasligi kerak. " O‘ralgan juft|"Bir-biriga o‘ralgan va simmetrik uzatish liniyasini hosil qiluvchi izolyatsiyalangan ikkita sim. O‘rashda simlar bir-biriga nisbatan qandaydir burchak ostida bo‘ladi, bu ular o‘rtasidagi sig‘im va induktiv bog‘lanishni pasaytiradi. Bundan tashqari, o‘ralgan juft bo‘lagining simmetrik bo‘lishi uning to‘g‘rilashlarga, birinchi galda, differensial xalaqitlarga sezgirligini pasaytiradi. O‘rash qadami qancha kichik bo‘lsa, har tomonlama xalaqitlarning darajasi shuncha past, biroq, kabelning uzunlik bo‘yicha so‘nishi va signalning tarqalish vaqti shuncha katta bo‘ladi. " O‘ram|"Ma’lumotlarni, ularni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan standart shakldan, saqlash va aloqa kanallari orqali uzatish uchun ixcham holda taqdim etiladigan shaklga o‘zgartirish jarayoni. Bu operatsiyani turli algoritmlar va turli siqish koeffitsiyentlari bilan amalga oshiradigan ko‘plab dasturlar mavjud. Joylashtirish mustaqil operatsiya, lekin arxivlashda ham foydalanilishi mumkin. Ba’zan, arxivlash yoki siqish deb ataladi. " O‘ramli almashlash|"Ma’lumotlar ikki o‘lchamli matritsada hisoblab chiqiladigan va matritsaning har bir qatori uning matritsasidagi pozitsiyasiga muvofiq vaqt bo‘yicha kechikadigan almashlash usuli. Matritsadan ma’lumotlar bloklarini hisoblab chiqishda ularning tartibi o‘zgarishi sodir bo‘ladi. " O‘rgatuvchi ketma-ketlik|"Radioto‘lqinlar tarqalish kanalining xarakteristikalarini baholash uchun ishlatiladigan ketma-ketlik. O‘rgatuvchi ketma- ketlikning belgilari, odatda kadr o‘rtasida joylashadi. " O‘rgimchak|"Tarmoqni doimiy ravishda kezib veb-sahifalardan axborot yig‘ib yuruvchi (ularni indekslovchi) maxsus dastur (izlash roboti, avtomati, agenti, o‘rgimchak, qurt). Odatda «o‘rgimchak» o‘z eʼtiborini hujjat tavsifiga va sarlavhalarga qaratadi, baʼzan hujjat matnini ko‘rib chiqadi va qaysi so‘zlar va iboralar kalitli ekanligini tushunishga harakat qiladi. " O‘rnatilgan dasturiy ta’minot|"Dasturiy ta’minotning turkumi, bu turkumga tayanch kiritish chiqarish tizimi (BIOS), sozlovchi monitor, kiritiladigan testlar, kiritiladigan interpretator va maxsus ilovalar kiradi. " O‘rnatilgan dasturiy ta’minot auditi|"Tashkilotning barcha kompyuterlarida o‘rnatilgan dasturiy ta’minotning qonuniyligini, ishlash qobiliyatini, muntazam tekshirish, shuningdek, dasturiy ta’minotni kuzatib borish va foydalanuvchilarni texnik qo‘llab-quvvatlash. " O‘rnatilgan kompyuter|"Hisoblash tizimining uzeli sifatida foydalaniladigan kompyuter. " O‘rnatilgan operatsion tizim|"Printerlar, kassa apparatlari va boshqa tashqi qurilmalarga o‘rnatiladigan oddiy operatson tizim. U tashqi qurilmaning tarmoqqa bog‘lanishini ta’minlaydigan mikroyadro va funksional bloklardan iborat. " O‘rnatilgan qurilma|"Axborotni olish mumkin bo‘lgan joyga (shu jumladan to‘siqqa, konstruksiyaga, uskunaga, interyer predmetiga, transport vositalariga, shuningdek, axborotni qayta ishlash texnik vositalariga va tizimiga) yashirin joriy qilinadigan (qo‘yiladigan yoki kiritiladigan) axborotni olish vositasining elementi. " O‘rnatilgan tezkor xotira qurilmasi|"Mikrokontoller mikrosxemasi ichiga oʻrnatilgan tezkor xotira qurilmasi. " O‘rnatilgan tizim|"Boshqa uskuna bilan birga ishlaydigan va u bilan bitta konstruksiyada yoki berilgan uskuna ichida joylashtiriladigan kompyuter tizimi. " O‘rnatilgan xotira|"Mikroprotsessor mikrosxemasiga, masalan, grafik tezlatgichga o‘rnatilgan xotira. " O‘rnatilgan shrift|"Printerning doimiy xotira qurilmasida saqlanadigan shrift. " O‘rnatish, installyatsiya|"Foydalanuvchi-odam tomonidan bajariladigan, BOni qo‘llaniladigan muhitga o‘rnatish hamda uni ishchi holatga keltirish jarayoni. Izoh – Bu jarayon odatda, faqat bir marta BOni qabul qilgandan va olingandan keyin bajariladi. " O‘rnida yo‘q abonentlar xizmati|"Kiruvchi chaqiruvlarga avtomatik javob berishni amalga oshiruvchi va chaqiruvlar mazmunini yozib olish imkoniga ega bo‘lgan xizmat. " O‘rniga qo‘yish|"1. Bitlar yoki simvollar ketma-ketligi boshqa bitlar yoki simvollar ketma-ketligi bilan almashtiriladigan shifrlash. Izoh – Olingan shifrmatn o‘rniga qo‘yish shifri deb ataladi. 2. Bir blokni boshqasiga bilan almashtirish bilan bog‘liq va ma’lum koddan foydalanuvchi kriptografik operatsiya. " O‘rnini bosish|"Kriptotizim yoki autentifikatsiya qilish tizimidagi hujum turi. Bunda xabar yodda saqlanadi va boshlang‘ich xabarning o‘rnini bosgan yoki takrorlagan holda, keyinroq yana uzatiladi. " O‘rnini (tartibini) almashtirish|"1. Ma’lumotlar blokidagi ayrim bitlar yoki simvollarning o‘tish tartibini o‘zgartirish bilan bog‘liq kriptografik operatsiya. 2. Bitlar yoki belgilar ma’lum sxema bo‘yicha almashtiriladigan shifrlash. Izoh – Olingan shifrmatn o‘rnini almashtirish shifri deb ataladi. " O‘rta balandlikdagi Yerga yaqin orbita|"9000 km dan 13000 km gacha bo‘lgan balandlikda joylashgan doiraviy orbita. Orbitada 8-12 ta yo‘ldosh mavjud bo‘lganda, Yer yuzasining uzluksiz global qamrab olinishi ta’minlanadi. " Oʻrta toʻlqinlar|"Toʻlqin uzunligi 1000 m dan 100 m gacha boʻlgan radiotoʻlqinlar, MF (0,3-3 MHz) chastotalar diapazoniga toʻgʻri keladi. " O‘rtacha chastotalar|"0,3 MHz dan 3 MHz gacha diapazonda yotadigan chastotalar sohasi. Bu chastotalarga oʻrta toʻlqinlar mos keladi (λ = 100-1000 m). " O‘rtachalash koeffitsiyenti (o‘rtachalash)|"Impuls davomiyligining, ikki qo‘shni impulslar o‘rtasidagi intervalning davomiyligiga nisbati. " O‘rtachalashtirilgan fikr ko‘rsatgichi|"Nutq tushunarliligining o‘rtacha ekspert bahosi. Nutq sifatini subyektiv testlash usuli. Nutq kodeklarining xarakteristikalarini taqqoslash uchun foydalaniladi. Bunda tinglovchilar besh balli tizim bo‘yicha baho qo‘yadilar. MOS natijalovchi bahosi katta sondagi baholashlar uchun o‘rtacha arifmetik sifatida hisoblab chiqariladi. " O‘sib boruvchi tizim|"Yangi xizmatlarning kiritilishi mavjud aloqa xizmatlarining minimal o‘zgarishlari bilan kechadigan, qurilmalarning qo‘shilishi esa, amaldagi arxitektura chegarasi ichida amalga oshadigan tizim. " O‘simlik qoplamidagi so‘nish|"Yer sirtidagi o‘simlik qoplamida radioto‘lqinlarning susayishi diffuziya xarakteriga ega. Izoh ‒ Radioreleli trassada o‘simliklar mavjud bo‘lgan nisbatan uncha katta bo‘lmagan uchastkalarda, masalan, tekis joydagi o‘tli qoplam qaytish koeffitsiyentini jiddiy o‘zgartirishi va radioto‘lqinlarning tarqalish sharoitlariga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. " O‘ta aktiv axborot tizimi|"Kodlovchi va dekodlovchi qurilmalarni har xil materialli obyektlar sifatida ifoda etadigan axborot tizimi. " O‘ta katta integral sxema|"Elementlar soni juda katta (50 mingdan 100 minggacha) bo‘lgan integral sxema. " O‘ta kuchlanishdan himoyalash|"Apparaturaning o‘ta kuchlanishdan himoya qilinishini taʼminllaydigan gaz-razryad lampalar, yarimo‘tkazgichli varistorlar va boshqa asboblardan foydalanish. " O‘ta uzun ketma-ketlik|"Yuqori kriptobardoshlilik va o‘ta uzun takrorlanish davriga ega psevdotasodifiy ketma-ketlik. " O‘ta yuqori chastotalar|"Santimetrli to‘lqinlarni qamrab oluvchi, 3 GHz dan 30 GHz gacha bo‘lgan radiochastotalar sohasi. O‘ta yuqori chastotalar diapazonidan asosan, radiolokatsiyada, radioaloqada, shuningdek radiospektroskopiyada foydalaniladi. " O‘ta yuqori chastotalarni uzatish liniyasi|"Elektromagnit tebranishlarning tarqalish sohasini chegaralovchi va o‘ta yuqori chastotali elektromagnit energiyali oqimni berilgan yo‘nalishda yo‘naltiruvchi qurilma. " O‘ta yuqori chastotali kirish, O‘YuCh-kirish|"Signallarni konvertor chiqishidan qabul qilish uchun mo‘ljallangan kirish ajratgichi. " O‘tish|"1. Holat yoki ish rejimining almashinishi, masalan, bo‘sh liniyaning egallagan holatga almashinishi. 2. Ko‘ndalang kesimi turlicha bo‘lgan ikkita to‘lqin o‘tkazgichni ulash yoki to‘lqin o‘tkazgichli va koaksial uzatish liniyalarini biriktirish uchun xizmat qiladigan element. " O‘tish nuqtasi|"1. Yassi, pol ostidan o‘tadigan kabel terminal yoki shkafdan keladigan oddiy dumaloq telekommunikatsiya simlari yoki kabellari bilan ulanadigan joy. 2. Gorizontal kabel tizimidagi kabelning shakli o‘zgaradigan, masalan, yassi kabel dumaloq kabel bilan yoki elementlari soni turlicha bo‘lgan kabellar bilan ulanadigan joy. " O‘tishdagi kesishuvchan xalaqitlar|"Bir signal yo‘nalishini boshqa biriga elektromagnit to‘g‘rilash keltirib chiqaradigan shovqin va xalaqitlar. Ularning xarakteristikalari odatda detsibelda ifodalanadi. " O‘tishdagi so‘nish|"Signalni bir zanjirdan boshqasiga uzatishda vujudga keladigan quvvat yo‘qotishlari. So‘nishlar odatda, quvvat birligida ifodalanadi. " O‘tkazgich|"1. O‘ralgan juft hosil qilishda foydalaniladigan yoki erga ulash simi sifatida qo‘llaniladigan, alohida izolyatsiyalangan bitta simli mis o‘tkazgich. 2. Kataloglar tizimida navigatsiya vositasi (hujjatlar, rasm ko‘rinishidagi axborot va fayllarni boshqarish) yoki boshqaruv pulti. " O‘tkazib yuborish|"Bitta yoki bir nechta pozitsiyalardan sakrab o‘tishni anglatuvchi harakat. " O‘tkazish koeffitsiyenti|"Modda qatlamidan chiqqan nurlanish oqimining, unga tushayotgan nurlanish oqimiga nisbati. " O‘tkazish polosasi|"Uzatuvchi kanalning chastotalari diapazonida eng baland va eng past chastotlar o‘rtasidagi gerslarda ifodalangan farq – chastotalar diapazonining o‘tkazish polosasi kengligi. Bu atama bilan ko‘pincha kompyuter tarmog‘i bo‘yicha ma’lumotlar uzatishning yuqori qismi belgilanadi. " O‘tkazish qobiliyati|"1. Blokdagi (masalan, LAPD kadrdagi manzilli maydon va qiyoslash kombinatsiyasining maydoni o‘rtasida) va birlik vaqtda bog‘lanish seksiyasi orqali bir yo‘nalishda muvaffaqiyatli uzatiladigan ma’lumotlardagi bitlarning soni. 2. Ma’lumotlar uzatish tizimi orqali o‘tishi mumkin bo‘lgan axborotning chegaraviy yo‘l qo‘yilgan hajmi. 3. O‘rta va cho‘qqi tezlik bilan tavsiflanuvchi tarmoqdagi paketlarni uzatish tezligi. " O‘tkazish qobiliyati, sig‘im|"1. Vaqt birligi ichida kanal yoki tizim orqali uzatilishi mumkin bo‘lgan axborot birligining maksimal miqdorini belgilovchi ko‘rsatgich. Kanalning o‘tkazish qobiliyati fundamental nazariy tushuncha bo‘lib, kanalning mavjud imkoniyatlarini belgilaydi. Tizimning o‘tkazish qobiliyati – bu amalga oshirish murakkabligi va qiymati hisobga olingan uzatish tezligini belgilovchi texnik xarakteristikadir. 2. Xotira qurilmasida saqlanishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarning maksimal miqdori. Sig‘im baytlarda, bitlarda, kodli so‘zlar sonida o‘lchanishi mumkin. " O‘tkazishga moyillik|"Impuls signali takrorlanish davrining yakka impuls davomiyligiga nisbati. " O‘tkazmaslik|"Kabel qobig‘i orqali yuz beradigan energiya yo‘qotishlaridan himoyalanganlik. " O‘tuvchi antenna panjarasi (linzali antenna panjarasi)|"Fazoviy qo‘zg‘atilishga ega, yoki fazoviy va fider qo‘zg‘atilishdan iborat antenna panjarasi, unda radioto‘lqinlarni birlamchi nurlagichdan bitta nurlantiruvchi element bilan, fazoga nurlanish esa boshqa nurlantiruvchi elementlar bilan amalga oshiriladi. " O‘xshashlik|"Tanib olinayotgan va ayrim etalon obyektlar o‘rtasida, qator o‘ziga xos belgilarga ko‘ra, moslikning o‘rnatilishi. " O‘yin|"Ilmiy tushuncha, qayerda ishlatilishiga bog‘liq ravishda turli ma’noga ega bo‘ladi. " O‘yin plansheti|"Kompyuter o‘yinlarini boshqarish uchun mo‘ljallangan, planshet ko‘rinishidagi qurilma. Planshetda dasturlashtiriladigan tugmalar, kursorni boshqaradigan 4 yoki 8 pozitsiyali ko‘rsatgich, mikrojoystiklar, yurgizgichli regulyatorlar va sh.k. joylashtirilishi mumkin. " O‘yin porti|"Kompyuterga o‘yinlarni boshqarish uchun, joystik yoki boshqa qurilmani ulaydigan ajratgich (raz’yom). " O‘yma|"Oldindan tanlangan geometrik shаklning, unda boshqa tasvir qayta tiklanadigan kichik qismi. " O‘z mamlakati chegarasidan chiqib ketilganda barcha kiruvchi chaqiruvlarni taqiqlash|"Mobil abonent o‘z mamlakatining MAT chegarasidan tashqariga ko‘chib o‘tganda, barcha MAT va istalgan mamlakatning bog‘langan TFOP/ISDN kiruvchi chaqiruvlarini qabul qila olmaydigan xizmat. Izoh – Abonent o‘z mamlakatida bo‘lganda, taqiq amal qilmaydi. " O‘z mamlakatining MAT chaqiruvidan tashqari barcha chiquvchi xalqaro chaqiruvlarni taqiqlash|"Mobil abonentga chiquvchi chaqiruvlarni faqat o‘zining MAT va bundan tashqari, o‘z mamlakatining MAT abonentiga jo‘natish imkonini beradigan xizmat. Izoh – Abonent o‘z mamlakatida bo‘lganda, u chaqiruvlarni faqat o‘z hududidagi MAT abonentlariga jo‘natishi mumkin. Mobil abonent, barcha kiruvchi chaqiruvlar taqiqlanganda, kiruvchi chaqiruvlarni qabul qilmasligi mumkin. " «O‘z qo‘liga topshirilsin» belgili pochta jo‘natmasi|"Jo‘natuvchi topshirayotganda pochta aloqasi operatori yoki provayderiga shaxsan adresatga topshirish topshirig‘ini beradigan, ro‘yxatga olinadigan pochta jo‘natmasi. " O‘zaro aloqada ishlash sohasi|"Axborot tizimlari o‘zaro ishlashini taʼminlovchi funksional bloklarning shajaraviy guruhi. O‘zaro taʼsir sohasi bir birining ustiga joylashgan pog‘onalar guruhiga bo‘linadi. Ochiq tizimlarning o‘zaro aloqada ishlashining asosiy etalon modeli OSI yettita pog‘onani ajratadi. " O‘zaro autentifikatsiya qilish|"Autentifikatsiya protsedurasi, unda mobil va bazaviy stansiyalarning ro‘yxatdan o‘tkaziladigan ma’lumotlarini tekshirish bir vaqtda amalga oshiriladi. " O‘zaro bartaraf qilish|"Kritik seksiyaning bajarish rejimi, bunda har bir vaqt onida bittadan ko‘p bo‘lmagan parallel jarayonlar uni bajarishi mumkin. " O‘zaro billing|"Chiquvchi trafik yuzasidan radiokompaniyalar yoki simli aloqa operatorlari o‘rtasida amalga oshiriladigan o‘zaro hisob-kitoblar. " (O‘zaro bog‘langan) rang temperaturаsi|"Rangi bir xil yorqinlikdagi va ma’lum kuzatish sharoitlarida shu stimulning rangiga yanada yaqinroq bo‘lgan qora jism ko‘rinishidagi nurlanish temperaturasi. " O‘zaro korrelyatsion funksiya|"Signallar ansamblining (to‘plamining) korrelyatsion xossalarini tavsiflovchi xarakteristika. Miqdor jihatidan, signallardan birining vaqt bo‘yicha siljitilgan boshqa bir signalning nusxasiga ko‘paytmasi sifatida aniqlanadi. " O‘zaro ta’sir kanali|"Interaktiv televideniyeda – abonent va interaktiv xizmatlar provayderi o‘rtasidagi ikki yo‘nalishli kanal. " O‘zaro ta’sir qiluvchi (birgalikdagi) jarayon|"Boshqa jarayonlarni bajarishga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan yoki ularning ta’sirini sinash jarayoni. " O‘zbekiston davlat xizmatlari portali|"Ma’lumot beradigan-axborot Internet-portal (sayt). Yuridik va jismoniy shaxslarning O‘zbekistondagi davlat xizmatlari, davlat muassasalari, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qatnashadigan tashkilotlarning xizmatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanishini ta’minlaydi, shuningdek, elektron shaklda davlat xizmatlarini taqdim etish. " O‘zbekiston kompyuter hodisalariga chora ko‘rish xizmati|"Qar.: UZ-CERT. " O‘zbekiston Respublikasi pochta markalarining katalogi|"O‘zbekiston Respublikasida qo‘shimcha maʼlumotlar bilan chiqarilgan pochta markalarining xronologik ro‘yxatini o‘zida ifodalovchi maʼlumotnoma nashri. " O‘zbekiston Respublikasining maxsus xotira shtempellari izlarining katalogi|"Muhim sanalar yoki buyuk voqealar munosabati bilan chiqarilgan maxsus xotira shtempellari izlarining xronologik ro‘yxatini o‘zida ifodalaydigan maʼlumotnoma nashri. " O‘zgarish|"Faylga kiritilgan har qanday o‘zgartirishlar yoki sozlashlar. " O‘zgarishlar jurnali|"Fayl, loyiha yoki tizimda ro‘y bergan barcha o‘zgarishlar qaydnomasi. Odatda, tizimni oldingi holatiga qaytarish imkoniga ega bo‘ladi. " O‘zgarishlarni nazorat qilish|"Kompyuter tizimiga yoki tizim ma’lumotlariga yoki ham unisiga, ham bunisiga nisbatan amalga oshiriladigan o‘zgarishlarni boshqarish uchun qo‘llaniladigan protseduralar va mualliflashtirish huquqlari belgilanadigan jarayon. " «O‘zgarmas» ochiq joy|"Matn protsessorlarida ‒ formatlashda uzaytirilmaydigan ochiq joy. Matn protsessori harf sifatida qabul qiladi, shuning uchun so‘zlar shunday ochiq joylar bilan ajratilgan tarkibiy xususiy nomlar qo‘shni satrlar o‘rtasida bo‘linmaydi. " O‘zgarmas yorqinlik bilan uzatish|"Rangli televideniyeni uzatish usuli, bunda quyi eltuvchidagi ranglilik signali tiklanadigan tasvirning rangliligini uning yorqinligiga ta’sir etmagan holda boshqaradi, yorqinlik esa monoxrom signal orqali boshqariladi. Asosiy uzatish ranglari sifatida asosiy yorqinlik rangidan va ikkita asosiy ranglilik rangidan foydalaniladigan uzatish turi. " O‘zgartirgich|"Signallarni bir ko‘rinishdan boshqasiga (masalan, ketma-ketdan parallelga yoki analog ko‘rinishdan diskret ko‘rinishga) aylantirish qurilmasi, shuningdek, signallarni bir chastotadan boshqasiga o‘tkazish. " O‘zgartirilgan|"Biror yangi ma’lumot qo‘shilgani yoki o‘zgartirish kiritilgani to‘g‘risida ma’lumot beruvchi holat. " O‘zgartirish|"Avtomatlashtirilgan tizim fayllaridagi yoki ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlarning mualliflashtirilmagan tarzda o‘zgartirilishi, foydalaniladigan dasturlar algoritmlarining ba’zi bir qo‘shimcha, ruxsat etilmagan tarzda qayta ishlashni bajarish maqsadida, o‘zgartirilishi. " O‘zgartirish bilan guruhli kodlash|"Signalning har bir diskret sanoqlaridan shu sanoqlar to‘plamidan ma’lum chiziqli kombinatsiyalarni birgalikda uzatish. " O‘zgartirish bilan kodlash|"Manbani kodlash usuli, bunda har bir kadr kichik kadrlarga ajratiladi, har bir kichik kadr ustida liniyaviy o‘zgartirish amalga oshiriladi va natijalovchi signal keyin raqamli signalga aylantiriladi. Izoh – Keng tarqalgan o‘zgartirish bilan kodlash turi bo‘lib, diskret o‘zgartirish, ko‘pincha DKO‘ hisoblanadi, buning natijasida signal bitreytini pasaytirish maqsadida kvantlangan va kodlangan koeffitsiyentlarning ketma-ketligi hosil qilinadi. " O‘zgartirish klavishlari|"Shift, Alt va Ctrl klavishlari. Ular o‘zlari biror belgini ko‘rsatish uchun mo‘ljallanmagan bo‘lsada, boshqa klavishlar ishlash tartibini o‘zgartira oladi. " O‘zgartirishrga bo‘lgan ma’qullangan so‘rov|"O‘zgartirishga bo‘lgan, o‘zgartirishlarni boshqarishning bir butun yaxlit jarayoni yordamida qayta ishlangan va ma’qullangan so‘rov. " O‘zgaruvchan attenyator|"Kiritiladigan so‘nishni rostlaydigan attenyator. " O‘zgaruvchan tezlik bilan adaptiv kodlash|"Nutq chastotalar diapazonida signalni siqish uchun maxsus mo‘ljallangan, tovushli fayllarni kodlash formati. Izoh − Yevropa telekommunikatsiyalarni standartlashtirish instituti (ETSI) tomonidan standartlashtirilgan. " O‘zgaruvchan tezlikli kod|"Kodli qism bloklarning uzunligi vaqt bo‘yicha o‘zgaradigan, axborot qism bloklarining uzunligi doimiyligicha qoladigan yuqori aniqlikdagi kodlarni tavsiflashda qo‘llaniladigan kod. " O‘zgaruvchan uzunlikdagi so‘z bilan kodlash|"Paydo bo‘lish ehtimoli yuqori bo‘lgan signal qiymatiga qisqa kodli so‘zlar, paydo bo‘lish ehtimoli past bo‘lgan signal qiymatiga uzun kodli so‘zlar belgilanadigan entropiyaviy kodlash turi. " O‘zgaruvchi|"Dasturlash tili obyekti. Algoritmik tillarda o‘zgaruvchi – bu, xotiraning nomlangan qismidir. Xotiraning bu qismiga o‘zgaruvchining turli qiymatlari joylashtirilishi mumkin, lekin har bir vaqt onida bu yagona qiymat bo‘lishi kerak. " O‘zgaruvchini bog‘lash|"O‘zgaruvchiga qiymatlar berilishi. " O‘zi fazalanadigan antenna panjarasi|"Har bir element traktida signallarning bog‘liq bo‘lmagan fazalanishi hisobiga nurlantiruvchi to‘lqinning kelish yo‘nalishidan qat’i nazar, uning alohida elementlari bilan qabul qilingan signallarning sinfaz qo‘shilishi amalga oshiriladigan antenna panjarasi. " O‘zini-o‘zi kodlash|"Axborotni, kalit sifatida axborotning o‘zidan foydalanib, kodlash. " O‘zini-o‘zi testlash tizimi (dasturi)|"Doimiy xotira qurilmasidagi, kompyuter ta’minoti ulangan holatda, operatsion tizim, klaviatura, diskovod va sh.k.larni testlash bajariladigan mikrodastur. " O‘zlashtirish|"Boshqa uyaga doimiy asosda ajratilgan tarmoq resurslari (masalan, chastota kanallari)dan vaqtincha foydalanish. " O‘zlashtirma (tutib olingan) kanal|"1. Xizmat axboroti vaqtincha uzatib turiladigan axborot kanali. Izoh − TETRA standartida bunday kanal shoshilinch chaqiruvlarni uzatish uchun tashkil etiladi. 2. Radiotarmoqning ish jarayonida axborotli simvollarning uncha katta bo‘lmagan qismini boshqaruv kanallari va xizmat simvollariga almashtirish yo‘li bilan tashkil etiladigan kanal. Izoh − Bunday almashtirish foydali signalning buzilishiga olib kelishi ayon, biroq bir qator holatlarda bunday buzilishlar oson, masalan, delta-modulyatsiyadan foydalanish yo‘li bilan bartaraf etiladi. " O‘z-o‘zidan mahkamlanadigan ajratgich|"Mikrosxema kontaktlarini qisish va bo‘shatish imkonini beradigan, maxsus dastakli ajratgich. Protsessorlarning xotira mikrosxemalarini o‘rnatish uchun uya sifatida foydalaniladi. " O‘z-o‘zidan sinxronlanuvchi oqimli kriptotizim|"Kalit oqimining har bir belgisi vaqtning istalgan onida shifrmatn oldingi belgilarining qayd qilingan soni orqali aniqlanishi bilan tavsiflanadigan oqimli kriptotizim. " O‘z-o‘zidan yuklash dasturi|"Operatsion tizimni yuklash uchun zarur bo‘lgan komandalarning minimal ko‘pligi. " O‘z-o‘ziga tutashuv|"Signal kommunikatsiya kanali bo‘yicha har ikki yo‘nalishdan o‘tib, uzatuvchi qurilmaga qaytadigan diagnostik test turi. " O‘z-o‘zini tekshirish imzosi|"Haqiqiyligi imzo qo‘yuvchi shaxsning roziligisiz istalgan vaqtda tekshirilishi mumkin bo‘lgan raqamli imzo. Bu toifaga ochiq kalitli istalgan raqamli imzo kiritilishi mumkin. " O‘g‘irlangan telefon bilan bog‘liq firibgarlik|"O‘g‘irlangan yoki yo‘qotilgan uyali telefondan, egasi uni yo‘qotgani to‘g‘risida xabar bergungacha, operator esa raqamni blokirovka qilgungacha, ruxsat etilmagan tarzda foydalanish. " O‘chirilgan|"Tizim ishlamayotgan holatdagi rejim. " O‘chirish|"Papka yoki faylni o‘chirish operatsiyasi. Qoida bo‘yicha operatsion tizimlarda o‘chirish operatsiyasi fayl tarkibidagi matnni emas, faqat jadvalda joylashgan fayl nomini o‘chiradi. Keyinchalik bu yerga boshqa axborot yozilmasa, faylni qandaydir qisman ehtimollikda qayta tiklash mumkin. Zamonaviy operatsion tizimlarda o‘chirilgan fayllar batamom o‘chib ketmaydi, balki ular qayta tiklash yoki umuman o‘chirib tashlash mumkin bo‘lgan «axlat qutisi»ga borib tushadi. Bu muhim axborotlar yo‘qolishining oldini oladi. " O‘chirish darajasi|"1. Yorqinlikning nazariy nolinchi darajasiga mos keladigan videosignal darajasi. 2. So‘ndiruvchi impulslarning yassi qismiga mos vaqtdagi videosignal darajasi. 3. To‘liq tasvir signalidagi, tasvir axboroti sohasini sinxronlash axboroti sohasidan ajratadigan, darja. " O‘chirish intervali|"Tasvirni o‘chirish amalga oshiriladigan vaqt intervali. Misol − Satr o‘chirish intervali, maydon o‘chirish intervali. G‘ " G‘alayonlanish|"Radioto‘lqinlar tarqalish sharoitlarining yoki atrof-muhit xarakteristikalarining to‘satdan o‘zgarishi, signalning parazit fluktuatsiyalari yoki shovqinlar oqibatida aloqa vositalari ishining buzilishi. " G‘araz niyatdagi chaqiruv|"Qandaydir do‘q-po‘pisa yoki ogohlantirish mazmunidagi, odatda, anonim chaqiruv. " G‘araz niyatdagi chaqiruvlarni identifikatsiyalash|"Abonentga, maxsus so‘rovga ko‘ra, yomon niyatdagi chaqiruv qilingan telefon raqamini aniqlash va shu raqam bilan bog‘liq ma’lumotlarni olish imkonini beradigan xizmat. Sh " Shablon|"Bir xil turdagi hujjatlarni vyorstkalash yoki kiritishda ishlatiladigan polosani tayyorlash uchun mo‘ljallangan shablon. " Shaffof foydalana olish|"Abonent o‘ziga kerakli resursning qayerda – aloqa kompyuterida, server yoki olisdagi uzelda ekanligini sezmaydigan foydalana olish. Ochiq rejimda aloqa turli liniyalar (yer usti, yo‘ldoshli) orqali amalga oshirilishi mumkin, shu bilan birga, bunday aloqa abonent uchun sezilmasdan qolishi lozim. " Shaffof interfeys|"Tutashuvchi dasturiy-apparat vositalarga o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritilishini talab qilmaydigan interfeys (foydalanuvchiga sezilmaydigan interfeys). " Shaffof tizim|"Foydalanuvchilarga va ilovalarga yagona kompyuter muhiti sifatida taqdim etiladigan taqsimlangan tizim. " Shaffoflik|"Taqsimlangan tizim foydalanuvchiga oddiy markazlashtirilgan tizim kabi taqdim etilishi kerak bo‘lgan tarmoqni tashkil qilishga bo‘lgan talab. " Shahar kirgichi (kirish yo‘li)|"Jamoat va xususiy tarmoqlarga xizmat ko‘rsatuvchi kabellarning (jumladan, antenna kirgichining) binoga kirish joyi, bino devoriga yoki xonagacha kirish nuqtasi yoki kirish xonasi bilan birgalikda. " Shahar (megapolis) tarmog‘i|"Global va lokal tarmoqlar o‘rtasida oraliq holatni egallaydigan aloqa tarmog‘i. Yirik shaharlar (megapolislar) hududiga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan. Yuqori tezlikli magistral optik-tolali aloqa liniyalari bunday tarmoqning asosi hisoblanadi. " Shahar pochta aloqasi bog‘lamasi|"Shaharlarda tashkil etiladigan pochta aloqasi bog‘lamasi. " Shahar pochta yo‘nalishi|"Bitta shaharning pochta aloqasi obyektlarini bog‘lovchi pochta yo‘nalishi. " Shahar telefon stansiyasi|"Shahar abonentlarining telefon aloqasini taʼminlovchi telefon stansiyasi. " Shahar zonasi abonenti|"Shahar hududi doirasida xizmat ko‘rsatiladigan abonent. Izoh − Aloqa ochiq fazodan ham, binolar ichkarisidan ham ta’minlanishi mumkin. " Shaharlararo aloqa liniyasi|"ATS hamda kanallarni kommutatsiyalash markazlarini o‘zaro bog‘lovchi ko‘p kanalli, yuqori o‘tkazish qobiliyatiga ega aloqa liniyasi. " Shaharlararo avtomatik telefon stansiyasi (ShATS)|"Zona ichidagi va shaharlararo bog‘lanishlar o‘rnatilishini taʼminlaydigan shaharlararo avtomatik telefon stansiyasi. " Shaharlararo (hududlararo) kommutatsiya markazi|"Hudud ichida va hududlararo telefon bog‘lanishlar o‘rnatilishini taʼminlaydigan uskunalar majmui. " Shaharlararo telefon tarmog‘i|"Telefon tarmog‘ining, shaharlararo telefon stansiyalari avtomatik kommutatsiya telefon uzellari hamda telefon tarmog‘i kanallarining majmuini o‘zida ifodalaydigan, ularni o‘zaro bog‘laydigan va turli raqamlash zonasidagi abonentlarni telefon aloqasi bilan taʼminlaydigan qismi. " Shakl bo‘yicha so‘rov|"Relyatsion ma’lumotlar bazasiga yo‘llanadigan so‘rov turi. " Shakl, ko‘rinish|"Axborotni chiqarish uchun zaxiraga qo‘yilgan, shuningdek, ko‘pincha maxsus kodlash uchun joyga ega bo‘lgan bo‘sh joyli (probelli) tarkibiy hujjat yoki shablon. " Sharh|"Dasturlashda – til konstruksiyasi bo‘lib, dasturga yoki komanda fayliga uni hujjatlashtirish maqsadida tushuntiruvchi matn sifatida qo‘shiladi. Dastur boshlang‘ich matni translyatsiya qilinganda va komandalar fayli bajarilishi paytida sharhlar tashlab ketiladi. " Sharqiy mintaqa vaqti|"Shimoliy Amerikadagi vaqt zonasi. GMT dan 5 soatga (GMT-05) farq qiladi. Yozgi vaqtga o‘tish mavjud (GMT-04). " Shart|"Sikl va tramoqlanish tuzilishlarda foydalaniladigan, «chin» yoki «yolg‘on» qiymat oladigan mantiqiy ifoda. Masalan, a=2 shart, a 2 qiymatga ega bo‘lsagina «chin» qiymat oladi, boshqa har qanday qiymatlarda a shart «yolg‘on» bo‘ladi. " Shartlar verifikatori|"Dasturning muayyan nuqtalarida bajarilishi kerak bo‘lgan nazorat shartlari va operatorlari bilan ta’minlangan boshqa dasturning matnini tahlil qiluvchi hamda berilgan sharoitlarda dasturlarning haqiqiyligini isbotlovchi dastur. " Shartli-bepul dasturiy ta’minot|"Uncha qimmat bo‘lmagan, bepul tarqatiladigan, biroq qayd qilish va ta’minlash bo‘yicha xizmatlar uchun haq to‘lanadigan dasturiy ta’minot. " Shartli-bepul xayriya dasturiy ta’minoti|"Dastur egasi unga to‘lanadigan mablag‘lar xayriya uchun sarflanishini talab qiladi. Shuningdek, dasturga ijtimoiy yo‘naltirilgan bannerlarni ham joylashtirish mumkin. Masalan, vim matn redaktoridagi «Ugandadagi qashshoq bolalarga sizning yordamingiz kerak» degan yozuv. " Shartli boyliklar|"Pochta to‘lovining davlat belgilari, markalangan varaqchalar va konvertlar, xalqaro javob kuponlari. " Shartli foydalana olish tizimi|"Raqamli televzion dasturlardan foydalana olishni cheklash uchun mo‘ljallangan dasturiy-apparat mexanizmi. Cheklash televizion signalni maxsus himoyalangan algoritmlar bilan shifrlash orqali amalga oshiriladi. " Shartli foydalana olishning yagona interfeysi|"Shartli foydalana olishning turli tizimlarida, berilgan tizim uchun qabul qilgich-dekoderda diskremblerlashning barcha funksiyalarini bajaradigan almashinuvchi moduldan foydalanish yo‘li bilan qabul qilinishini ta’minlash. " Shartli foydalanishga ega televideniye|"Dasturlari aholining muayyan maxsus guruhlari uchun mo‘ljallangan shifrlangan televideniye. Misol − Tibbiyot xodimlari uchun maxsus dasturlar. " Shartli ifoda|"«Agar A va V» ko‘rinishidagi mantiqiy ifoda. " Shartli translyatsiya|"Dasturlash tili vositasi bo‘lib, ba’zi konstantaning qiymatiga bog‘liq ravishda, dastur bir qismi translyatsiya qilinishi yoki qilinmasligiga imkon beradi. " Shartli verifikator|"Dasturning ma’lum bir nuqtalarida bajarilishi kerak bo‘lgan nazorat operatorlari va shartlari bilan ta’minlangan boshqa bir dastur matnini tahlil qiladigan va berilgan dastlabki sharoitlarda ularning haqiqiyligi yoki soxtaligini isbotlaydigan dastur. " Shartli o‘zgaruvchi|"Operatsion tizimlarda wait va signal operatsiyalari bilan ishlatiladigan sinxronlashtiradigan obyekt. " Shaxs identifikatori jetoni|"Tarkibida mikroprotsessor va xotira bo‘lgan, terminalda ishlash paytida shaxsiy guvohnoma sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ixcham qurilma. " «Shaxsan qo‘liga topshirilsin» belgili pochta jo‘natmasi|"Pochta aloqasi obyektidan adresatga kuryer tomonidan yetkazib berilishi amalga oshiriladigan xalqaro pochta jo‘natmasi. " Shaxsiy axborot|"Oshkor qilinishi mumkin bo‘lmagan axborot. Ularni telekommunikatsiya kanallari orqali tarqatish maxsus xavfsizlik choralariga rioya qilinishini talab etadi. " Shaxsiy blokirovkadan chiqarish kaliti|"PIN-kod noto‘g‘ri kiritilganda, SIM kartani blokirovka holatidan chiqarish uchun mo‘ljallangan kalit. GSM tarmog‘idagi har bir abonent PUK kodini oladi. Bu kodni o‘zgartirish mumkin emas. " Shaxsiy hayot sirini muhofazalash|"Shaxsiy hayot sirlarini taʼminlash uchun bajarilayotgan tadbirlar. Ushbu tadbirlar, ayrim shaxslar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni muhofazalash va ularni yig‘ish, to‘plash va ularni qayta ishlashga cheklovlarni o‘z ichiga oladi. " Shaxsiy identifikatsiya raqami|"1. Smart-kartada saqlanadigan va foydalanuvchining shaxsini autentifikatsiya qilish uchun ishlatiladigan noyob kod. 2. Qandaydir shaxsning, unga boshqariladigan tizimga kirish imkonini beradigan shaxsiy kodi. 3. Tizimga kirishga ruxsat olish uchun magnit karta bilan birga terminalga ko‘rsatiladigan parol turi. " Shaxsiy imzo kaliti|"Aniq shaxsga tegishli bo‘lgan va elektron raqamli imzoni yaratishda qo‘llaniladigan ramzlarning tartiblangan to‘plami. " Shaxsiy imzo kalitining egasi|"Shaxsiy imzo kaliti va unga mos imzoni tekshirish kalitini yaratgan aniq jismoniy yoki yuridik shaxsdir. Shaxsiy imzo kaliti egasi o‘z manfaatlaridan kelib chiqqan holda uni sir tutishi va tasodifan yo‘qolishi yoki o‘zgartirilishidan muhofaza qilishi shart. q: elektron raqamli imzo (ERI). " Shaxsiy kalit|"Deshifrlash uchun mo‘ljallangan va faqat uning egasi tomonidan foydalaniladigan kalit. " Shaxsiy kod|"Kompyuterning ichki kodi. Standart interfeyslar orqali markaziy protsessor resurslariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kira olishni ta’minlaydi. " Shaxsiy kompyuter|"Individual foydalanish uchun mo‘ljallangan kompyuter. Kompyuterni shaxsiy kompyuterlar turkumiga kiritishning asosiy mezonlari: o‘lchamlarining kichikligi, ularga xizmat ko‘rsatish zaruratining yo‘qligi, narxining pastligi, funksional universalligi va modernizatsiyalashning soddaligi. Shaxsiy kompyuterlarning yaratilish tarixi 1974-yildan boshlanadi. Shu yili MTTS (AQSh) firmasi Intel 8080 mikroprotsessori asosida Altair kompyuterini ishlab chiqdi. 1975-yilda Stefan Voznyak va Stiv Jobs Apple nomi ostida kompyuter ishlab chiqdilar va dastlabki 200 ta kompyuterni yig‘dilar. 1976-yilning oxirida ular shaxsiy kompyuterlar ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan Apple firmasini tuzdilar. " Shaxsiy kompyuter kartasi|"Shaxsiy kompyuterga ulanadigan uncha katta bo‘lmagan tashqi qurilma. 32-razryadli PC Card texnologiyasi dastlab ixcham shaxsiy kompyuterlarga tashqi xotira qurilmasini ulash uchun ishlab chiqilgan. Shaxsiy kompyuterlarga mo‘ljallangan bu yechim shunchalik muvaffaqiyatli bo‘lib chiqdiki, PC kartalar kompyuterlarning turli rusumlarida ishlatila boshlandi. Shu bilan birga, ulanadigan obyektlar ro‘yxatiga turli tashqi qurilmalar, modemlar, tasvir va tovush kiritish qurilmalari, faks-apparatlar va tarmoqlar kiritildi. " Shaxsiy ma’lumotlar|"1. Fuqaroning shaxsini identifikatsiya qilish imkonini beruvchi dalillar, voqealar va hayot sharoitlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar. 2. Har qanday moddiy tashuvchida qayd etilgan muayyan odam to‘g‘risidagi ma’lumot. " Shaxsiy maʼlumotlar subyekti|"Tegishli shaxsiy maʼlumotlar daxldor bo‘lgan jismoniy shaxs. " Shaxsiy mobillik|"Foydalanuvchining shaxsiy identifikator asosida istalgan terminalda telekommunikatsiyalar xizmatlaridan foydalana olish va tarmoqning, foydalanuvchi uchun xizmatlar profiliga muvofiq, ushbu xizmatlarni ta’minlay olish imkoniyati. Izoh – Shaxsiy harakatchanlik foydalanuvchi chaqiruvlarini manzillash, marshrutlash va taksatsiyalash maqsadlarida foydalanuvchi bilan bog‘liq bo‘lgan terminal joylashgan joyini aniqlash uchun tarmoq imkoniyatlarini o‘z ichiga oladi. " Shaxsiy papka|"Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari (sozlash) uchun mo‘ljallangan papka, ulardan erkin foydalanish boshqa foydalanuvchilar uchun cheklangan. " Shaxsiy radiochaqiruv|"Qar.: Peyjing. " Shaxsiy raqamli sekretar|"Odatda, klaviaturasi bo‘lmaydigan portativ kompyuterning bir turi. Ma’lumotlarni sensorli panelga kiritish/chiqarish maxsus ruchka yordamida amalga oshiriladi. Shuning uchun, ba’zan qo‘lda yozish bilan kiritiladigan kompyuter deb ham ataladi. Shaxsiy raqamli sekretar katta tezkor va doimiy xotiraga ega. Parallel yoki ketma-ket interfeys orqali boshqa kompyuter bilan ma’lumotlar almashinish mumkin. Maxsus operatsion tizim boshqaruvi ostida ishlaydi. Shaxsiy raqamli sekretarning eng mashhuri Apple firmasining Newton idir. " Shaxsiy, raqamli uyali aloqa tizimi|"Yaponiya milliy mobil aloqa standarti. Izoh − Avvalgi nomi JDC. " Shaxsiy sirni muhofaza qilish|"Shaxsiy sirning saqlanishini kafolatlovchi chora-tadbirlarning amalga oshirilishi. Bu chora-tadbirlarga shaxsiy ma’lumotlarni muhofaza qilish hamda ularni to‘plash, umumlashtirish va qayta ishlanishini cheklashlar kiradi. " Shaxsiy xavfsizlik muhiti|"Obyektning shaxsiy kaliti saqlanadigan xavfsiz mahalliy joy, bevosita ishonch qozongan sertifikatlash organining kaliti va mumkin bo‘lgan boshqa ma’lumotlar. Izoh – Obyekt xavfsizligini ta’minlash siyosatiga yoki tizimga qo‘yiladigan talablarga bog‘liq ravishda, bu muhit, masalan, kriptografik muhofazalangan fayl yoki qasddan shikastlashlardan muhofazalangan apparat vositalar markeri bo‘lishi mumkin. " Shaxsiylashtirish|"Plastik kartaga, kartani va uning egasini identifikatsiya qilish imkonini beradigan ma’lumotlarni kiritish, shuningdek, kartaning to‘lov qobiliyati tekshirilishini amalga oshirish jarayoni. " Shaxsni autentifikatsiya qilish, shaxsning haqiqiyligini tasdiqlash|"Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimiga mantiqiy obyektlarni aniqlab olish imkonini beradigan tekshiruvlar (masalan, parol yoki token)ning bajarilishi. " Shaxsning axborot erkinligi|"Insonning o‘z hayoti, kasbiy faoliyati va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan axborotni olish imkoniyati. Shu bilan birga, u yoki bu tabiiy yoki ijtimoiy hodisalar bo‘yicha o‘z nuqtai nazarini ifoda etish, axborotni boshqa odamlarga berish, yaʼni uni jamiyatda tarqatish ham tushuniladi. " Shiddatli manzillash|"Xizmat qilishni rad etishga olib keluvchi kutilmagan yoki atayin qilingan ko‘p hajmdagi maʼlumotlarni kiritish. " Shiddatli oqim|"Fayllarni Internet orqali kooperativ almashinish uchun belgilangan tarmoq protokoli. Protokol Brem Koen tomonidan yaratilgan. Fayllarni alohida fragmentlarga bo‘lish va ularni tarmoqning turli uzellarida saqlash hisobiga, ayrim foydalanuvchilar o‘rtasida trafikning taqsimlanishini ko‘zda tutadi (aynan bitta faylga qancha ko‘p odam murojaat qilsa, uni shuncha tez ko‘chirib olish mumkin bo‘ladi). " Shifr|"Kalitlarni qo‘llagan holda ma’lum qoidalar bo‘yicha amalga oshiriladigan ko‘plab ochiq (dastlabki) ma’lumotlarni ko‘plab mumkin bo‘lgan shifrlangan ma’lumotlarga qaytuvchan almashtirishlar majmui. " Shifr gammasi|"1. Ochiq ma’lumotlarni shifrlash va shifrlangan ma’lumotlarni dastlabki matnga o‘girish uchun berilgan algoritm bo‘yicha ishlab chiqiladigan tasodifiy yoki psevdotasodifiy ikkilik ketma-ketlik. 2. Axborotni shifrlash uchun muayyan algoritm bo‘yicha ishlab chiqiladigan psevdotasodifiy ketma-ketlik. " Shifrator (televideniyeda)|"Televizion signalni shifrlash qurilmasi. " Shifrlagich|"Shifrlash algoritmlarini amalga oshiradigan elektron qurilma yoki dastur. " Shifrlamoq|"Ma’lumotni shifrlangan holda joylashtirish. U maxfiy ma’lumotlarni ishonchli bo‘lmagan joyda saqlashda yoki himoyalanmagan aloqa kanali bo‘yicha uzatishda ishlatiladi. " Shifrlangan fayl tizimi|"Ma’lumotlarni shifrlash algoritmlari orqali fayllar va kataloglarni ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishdan muhofaza qilish imkonini beruvchi fayllar tizimi. " Shifrlangan matn|"1. Qandaydir algoritm yordamida algoritmni bilmasdan turib yoki maxsus kalitsiz uni o‘qib bo‘lmaydigan holatga keltirilgan matn. Maxfiy ma’lumotni saqlash va uzatish uchun xizmat qiladi. 2. Tuzilmasi kriptografik algoritmlardan foydalanib o‘zgartirilgan matn yoki xabarlarning boshqa turi. " Shifrlangan matnga hujum|"Faqat shifrlangan matn asosida kriptoanalitik uyushtirayotgan tahliliy hujum. " Shifrlangan ma’lumotlar|"Elektron hisoblash mashinasida shifrlangan ko‘rinishda saqlanadigan axborot, ya’ni kriptografik muhofaza qilish usullari qo‘llanilgan ma’lumotlar. " Shifrlangan nutq|"Maxsus shifrlash algoritmlari yordamida qayta ishlangan va ochiq aloqa kanallari orqali uzatiladigan nutq signali. " Shifrlash|"1. Kriptotizimlardagi asosiy o‘zgartirish, konfidensial axborotni jo‘natuvchi tomonidan bajariladi. Shifrlashni o‘zgartirish juft (ochiq matn, shifrlash kaliti)ni shifrmatnga o‘tkazadi. 2. Ma’lumotlarni, ularning yashirin uzatilishini ta’minlovchi maxsus algoritmlardan foydalanib, qayta ishlash usuli. Axborotning o‘zgartirilishi kodlash birliklari, odatda, mazmunli so‘z yoki jumlalar bo‘lgan kriptografik usullardan farqli o‘laroq, bitlar yoki ularning ketma-ketligi darajasida amalga oshiriladi. " Shifrlash algoritmi|"Shifrlash funksiyasini amalga oshiradigan algoritm. " Shifrlash funksiyasi|"Shifrda ma’lumotlarni kalitni qo‘llagan holda o‘zgartirish uchun foydalaniladigan funksiya. " Shifrlash kaliti|"Ma’lumotlarni shifrlash va deshifrlash jarayonlarini boshqaruvchi simvollar ketma-ketligi. Izoh − Shifrlash kaliti muayyan foydalanuvchining apparaturasida shunday generatsiya qilinadiki, natijada uni hech kim, jumladan, kriptotizimni ishlab chiqqan shaxsning o‘zi ham, unda kalitli axborotdan foydalana olishga ruxsati bo‘lmagan vaziyatda, ocha olmaydi. " Shifrlash rejimiga o‘tish komandasi|"Bazaviy stansiya tomonidan uzatiladigan va mobil stansiyada shifrlash rejimi o‘rnatilishini boshlab beruvchi komanda. " Shifrlash vositalari|"Axborotni almashtirish kriptografik algoritmlarini amalga oshiruvchi va axborotni qayta ishlash, saqlash hamda aloqa kanallari bo‘ylab uzatishda uni ruxsatsiz foydalana olishdan muhofaza qilish uchun mo‘ljallangan apparat, dasturiy yoki apparat-dasturiy vositalar. " Shifrmatn|"1. Ochiq matnga nisbatan shifrlash algoritmini qo‘llash natijasi. 2. Dastlabki ochiq matnni uning ma’nosini yashirish maqsadida amalga oshiriladigan, shifrmatnga o‘girish natijasi. " Shifrni kalitsiz ochish (deshifrlash)|"1. Shifrlash kalitini bilmasdan shifrlangan matndan dastlabki matnni tiklash bilan tugallanadigan kriptotahlil jarayoni. 2. Raqib va/yoki buzg‘unchi tomonidan ochiq xabarni kriptografik tizimning barcha elementlarini oldindan to‘liq bilmasdan turib tahliliy ochish jarayoni. 3. Televideniyeda – shartli foydalanishni ta’minlash maqsadida shifrlangan axborotni interpretatsiya qilish jarayoni. " Shifrtizim|"Axborotning konfidensialligini shifrlash yo‘li bilan ta’minlaydigan kriptografik tizim. Shikastlangan sektor ing. - bad sector ru – «битый» сектор, поврежденный сектор Axborotni o‘qish/yozishda xatoga yo‘l qo‘yilgan qattiq disk sohasi. Izoh − Operatsion tizim diskni formatlayotganda va o‘qish-yozish operatsiyalarini bajarayotganda shikastlangan sektorlarni aniqlaydi, uni tashkil etuvchi klasterlarni FAT ga disk xotirasini taqsimlashda foydalanish mumkin bo‘lmaydigan qilib belgilab qo‘yadi. " Shina|"1. Ma’lumotlarni uzatish yo‘li (kanali). Odatda, shina bitta yoki bir nechta o‘tkazgich bilan elektr jihatdan bog‘lanish ko‘rinishida amalga oshiriladi va shinaga ulangan barcha qurilmalar signalni bir vaqtda oladilar. 2. Kompyuterlarda – protsessorni kompyuterning barcha elementlari bilan bog‘lash uchun belgilangan o‘tkazgichlar va yordamchi elementlar tizimi. Kompyuter tizimining asosiy komponentlari, jumladan, markaziy protsessor, xotira, kontrollerlar, tashqi qurilmalar ulanadigan parallel o‘tkazgichlar to‘plamini o‘zida ifodalaydi. " Shina interfeysining bloki|"Kod va ma’lumotlar aralashmasini protsessorga qabul qilib, ishlatishga tayyor bo‘lgunga qadar ajratadigan yoki shina orqali hisob-kitob natijalarini yuborgan holda birlashtiradigan blok. " Shina kontrolleri|"Standartga muvofiq, shina bo‘ylab uzatiladigan ma’lumotlar oqimi tuzilishini ta’minlaydigan va shina bo‘ylab signallar uzatilishini boshqaradigan kontroller. " Shina topologiyasi|"Barcha abonentlar ma’lumotlar uzatishning bir magistraliga (shinaga) chiziqli ulanadigan lokal tarmoq topologiyasi. " Shinani boshqarish|"Shinani boshqarish rejimi, bunda muayyan tashqi qurilma, masalan, qattiq disk qandaydir ahamiyatli va katta hajmdagi vazifani bajarar ekan, shinadagi boshqa qurilmalarga ishni vaqtinchalik to‘xtatish va o‘zi shinani boshqarishni (ma’lumotlar yuborish, boshqaruv signallari va komandalarini berish) boshlashi to‘g‘risida komanda beradi. Bunday yondashuvdan odatda, protsessorni bitta shinadagi ikki qurilma o‘rtasida ma’lumotlar va/yoki komandalar yuborish operatsiyalaridan ozod qilish uchun foydalaniladi. " Shkaf|"Kommutatsiya qurilmalari, ulanish nuqtalari, elektr o‘tkazgich yoki aktiv uskunani o‘z ichiga oladigan xona. " Shleyf|"Ma’lum nuqtalarda uzatish liniyasiga ulangan va liniyadagi reaktiv qarshilikni kompensatsiyalash uchun xizmat qiladigan va shu bilan birga liniyani yuklama yoki generator bilan moslashishi uchun xizmat qiladigan liniya bo‘lagi. " Shlyuz|"1. Bitta tizimda foydalaniladigan axborot taqdim etish, qayta ishlash yoki uzatish standartlarini tegishli, lekin boshqa bir tizimda qo‘llaniladigan standartlarga o‘zgartirish maqsadida, dasturiy ta’minot va uskuna birikmasi bilan birgalikda amalga oshiriladigan funksiya. 2. Ma’lumotlar uzatishning turli protokollari bo‘yicha ishlaydigan elektron tizimlar o‘rtasida ma’lumotlar jo‘natish imkonini beradigan va tarmoqlararo aloqani ta’minlaydigan apparat yoki dasturiy vositalar. " Shovqin faktori (shovqin koeffitsiyenti)|"Belgilangan tranzistor tomonidan signal kuchaytirilganda signal/shovqin nisbati necha marta yomonlashishini ko‘rsatadigan koeffitsiyent. " Shovqin nurlanish|"Kuchaytirgichlar, ko‘paytirgichlar, generatorlar, chastota o‘zgartirgichlar va sintezatorlarda vujudga keladigan issiqlik shovqinlari va boshqa omillar bilan bog‘liq parazit nurlanish. " Shovqin; xalaqit|"Amplituda, chastota yoki fazaning tasodifiy qiymatlariga ega parazit elektromagnit tebranishlar. Kelib chiqishiga ko‘ra, ichki (apparaturaning xususiy shovqinlari) va tashqi shovqinlar ajratiladi. Xususiy shovqinlarning asosiy manbai apparatura elementlaridagi zaryadlangan zarralarning issiqlik harakati hisoblanadi. Tashqi shovqin yoki xalaqitlar ham tabiiy (kosmik shovqinlar va b.), ham sanoat nurlanish manbalaridan chiqadigan umumiy signal (aralashma) ni o‘zida ifodalaydi. " Shovqinga qarshi korreksiya|"Televizion tizimlarning videokuchaytirish traktida tasvir signalining shovqinliligini kamaytirish va tasvirda xalaqitlarning sezilarliligini pasaytirish uchun ko‘riladigan qator choralar. " Shovqinlarni bostirish|"Foydali signal mavjud bo‘lmagan vaqtda qabul-qilgichni o‘chirib qo‘yishga asoslangan, uzatish pauzalarida shovqinlarni chiqarib tashlash usuli. " Shovqinlarni raqamli boshqarish|"Tasvir mazmuniga bog‘liq holda dinamik shovqinni bostirish funksiyasi. " Shovqinning detsibellarda ifodalangan, o‘lchangan quvvati|"Shovqin quvvati darajasini o‘lchash birligi. Shovqin darajasining 3,16 nW (– 85 dBm) nazorat darajasiga nisbati sifatida aniqlanadi. Bu nuqtada shovqin o‘lchangan quvvatining qiymati 0 dBa ga teng. " Shovqinsimon signalli radiotarmoq|"Shovqisimon signallar uzatiladigan lokal radiotarmoq. Bu tarmoqning ishlash tamoyili kodli ajratishdan foydalanib ko‘p tomonlama foydalanishni qo‘llashga asoslangan. Bu tarmoqda signallarni uzatishda, maʼlumotlarning har bir bloki, chips deb ataluvchi bitlar ketma-ketligi bilan kodlanadi. Chipslar shovqinsimon signalga tiziladi va efir orqali uzatiladi. Uzatilgan diskret signalni qayta tiklash maxsus protsessor yordamida amalga oshiriladi. Shovqinsimon signalli radiotarmoq tizimlari ixcham, arzon va elektromagnit xalaqit beruvchi to‘siqlar taʼsirida ham ishonchli ishlaydi. " Shoshilinch aloqa xizmati|"Mobil stansiyadan mobil abonent joylashgan yer hududidagi shoshilinch xizmatlarga to‘lovsiz nutqli bog‘lanish o‘rnatilishini ta’minlaydigan xizmat. " Shoshilinch chaqiruv|"Mobil aloqa tizimlaridagi eng yuqori ustuvorlikka ega chaqiruv. " Shrift|"Yozilish shakli va o‘lchami bir bo‘lgan belgilarning to‘liq to‘plami. Izoh ‒ Kompyuterlarda foydalaniladigan shriftlarning katta soni mavjud. Printerlar uchun ichiga o‘rnatilgan va ta’minlanadigan shriftlar bo‘ladi. Ichiga o‘rnatilgan shriftlar printerning doimiy xotirasida saqlanib, foydalanishga doim tayyor turadi. Ta’minlanadigan shriftlar mashinaning tezkor xotirasi orqali ishlaydi, protsessor resurslarini va xotirasini band etadi, ularning soni faqat tegishli dasturlarning mavjudligi bilan cheklanadi. " Shrift kartriji|"Turli xil shriftlarni ichiga oladigan, printerga o‘rnatilgan doimiy xotira qurilmasi. Kartrij bilan komplektda stol noshirlik tizimlari va ma’lum redaktorlar uchun drayverlar yetkazib beriladi. " Shrift to‘yinganligi|"Turli chizishlarda bir xildagi belgilarning asosiy va bog‘lovchi chiziqlari kengligi bilan belgilanadi. Bitta garnitura doirasida to‘liqlik eng ochdan to eng to‘qqacha o‘zgarishi mumkin. " Shrift o‘lchami|"Shrift simvollarining punktlardagi balandligi (bir dyuymda 72 ta punkt bo‘ladi). " Shrift shakli|"Umumiy dizayn bilan birlashtirilgan (masalan, Gelvetika) shriftlar turkumi. " Shriftlar redaktori|"Yangi shriftlar yaratish yoki mavjud shriftlarni to‘ldirish va o‘zgartirish imkonini beradigan dastur. " Shriftlar turkumi|"O‘lchami, kengligi va stili bilan biri-biridan farq qiladigan bir garnituradagi shriftlar to‘plami. " Shriftni tanlash|"Shriftning stili, o‘lchami va rangini tanlash. " Shriftni o‘rnatish|"True Type shriftlarining biri bilan tayyorlangan matn, bunday shrift bo‘lmagan boshqa kompyuterga ko‘chirilganda, baribir ayni shunday shriftli printerda o‘qiladigan, bosiladigan texnologiya. Shrift matn bilan birga uzatiladi, undan faqat shu matn va matn tayyorlangan muhit (ilova) bilan foydalanish mumkin. Windows muhitida ishlaydi. " Shtatdagi texnik vosita|"Obyektda o‘rnatilgan hisoblash texnikasi vositalari komplektiga kiradigan texnik vosita. " Shtir|"To‘lqin o‘tkazgich traktida o‘rnatilgan, sterjen (o‘zak) ko‘rinishidagi moslashtiruvchi element. " Shtirli antenna|"Qattiq yoki egiluvchan metall sterjen ko‘rinishidagi vertikal antenna. Shtirli antennaning uning o‘qiga perpendikulyar tekislikda nurlanishi maksimal va o‘q bo‘ylab yo‘nalishda mavjud emas. " Shtorka orqali siqib chiqarish|"Bir televizion tasvirning boshqa tasvir bilan almashinish usuli, bunda tasvirlar o‘rtasidagi chegara bir tekisda siljiydi. Ch " Chap|"Klaviaturaning foydalanuvchining chap tomonida bo‘lgan klavishlariga nisbatan qo‘llaniladi. Odatda standart klaviaturada ikkitadan bo‘lgan Alt, SHIFT, Ctrl klavishlari nomi bilan uchratish mumkin. " Chap qo‘shtirnoq|"Matnda biror-bir nomni ajratib ko‘rsatishda ishlatiladi va ochuvchi << va yopuvchi qismlarga bo‘linadi >>. " Chap stereoskopik televizion tasvir|"Chap ko‘zga stereoskopik televideniye vositalari orqali taqdim etilgan alohida tasvir. " Chapga ko‘rsatgich|"Klaviaturadagi alifbo tugmalaridan o‘ngda joylashgan klavish. Chapga qaratilgan ko‘rsatgichdan farqlash mumkin. Asosan matndagi harf va so‘zlarni joylashtirishda va o‘zgartirishda qo‘llaniladi. " Chaqirayotgan abonent nomini aks ettirish|"Telefon displeyida chaqirayotgan abonent raqami va nomini, agar telefon bu funksiyani ta’minlasa, aks ettirish xizmati. Agar chaqirayotgan abonent bu ma’lumotlar uzatilishini blokirovkalagan bo‘lsa, ular ma’lumotlarning (manzil kitobining) lokal bazasidan olinadi. " Chaqirayotgan liniyanining identifikatsiya qilinishini taqiqlashni aylanib o‘tish|"Abonentning telefon apparatida, ushbu xizmatga ega, barcha hollarda chaqiruvchi abonentlarning raqamlarini aks ettirish imkonini beradigan xizmat. " Chaqirilayotgan abonent hisobidan tanlab bog‘lanish|"Foydalanuvchiga chaqiruvchi abonentlarning ma’lum raqamlaridan kiruvchi chaqiruvlarga haq to‘lash imkonini beradigan xizmat. Chaqiruvchi abonentlarning bunday raqamlari ro‘yxatga kiritiladi va saqlanadi. Ro‘yxatni foydalanuvchi tartibga soladi. Shuningdek, ushbu funksiyadan foydalanishni PIN kod yordamida himoya qilish mumkin. " Chaqirilayotgan abonent hisobidan to‘lovni undirish ichki xizmati|"To‘lov undirilishi kerak bo‘lgan abonentga maxsus raqam biriktiriladigan va ushbu raqam bo‘yicha barcha chaqiruvlar chaqiruvchi abonent tomonidan emas, balki mos ravishda ushbu abonent tomonidan to‘lanadigan xizmat. " Chaqirilayotgan liniya identifikatsiya qilinishini taqiqlashni doimiy rezervlash|"Chaqirilayotgan abonentga C turkumi abonentining raqamini barcha hollarda, agar C turkumi abonenti chaqirilayotgan abonent raqamidan oldin raqamni berish uchun ma‘lum prefiksni tergan hollarda ham berishga ruxsat etilmaydi. " Chaqirilayotgan liniya identifikatsiyasini taqdim etish|"Tizimga, chaqirilayotgan abonentga chaqiriluvchi abonentning raqamini yuborish va uni telefon apparati yoki chaqiriluvchi abonent terminalida aks ettirish imkonini beradigan xizmat. " Chaqirilayotgan liniya identifikatsiyasini taqiqlash|"Chaqiruvchi abonentga chaqirilayotgan abonentning telefon apparatida uning raqami aks etishini taqiqlash imkonini beradigan xizmat. " Chaqiruv|"1. Chaqirilayotgan bir yoki bir nechta abonent bilan bog‘lanishga urinish. 2. Chaqirilayotgan abonent bilan aloqani o‘rnatish yoki dasturga uni bajarish maqsadida murojaat etish jarayoni. " Chaqiruv to‘g‘risida xabar|"Tovush signalini uzatish yoki chaqiruvchi abonent raqamini displey ekranida yoritish orqali amalga oshiriladigan signalizatsiya. Izoh − Agar so‘zlashuv olib borayotgan yoki harakat zona-sidan tashqarida turgan abonentni chaqirish zarur bo‘lsa, chaqiruv tizim tomonidan eslab qolinadi va abonent bilan bog‘lanishning imkoniyati tug‘ilganda, chaqiruv avtomatik tarzda yoki operator komandasiga binoan takrorlanadi. " Chaqiruv harakati boshlandi|"Abonentning chaqiruvni boshlash niyati borligi, lekin hali raqam terishni boshlamaganligini ko‘rsatuvchi belgi. " Chaqiruv-javob|"Parolni tekshirish mexanizmi. Server mijozga «chaqiruv»ni uzatadi, u parol yordamida uni qayta o‘zgartiradi va natijani serverga «javob» sifatida uzatadi. Server «javob» «chaqiruv»dan to‘g‘ri parol yordamida olinganligini tekshiradi. " Chaqiruv parametrlari yozuvi|"Abonent chaqiruvlarining qayd etiladigan parametrlari, ular ma’lumotlar bazasiga kiritiladi va kelgusida billing operatsiyalarini bajarish uchun ishlatiladi. " Chaqiruv trassirovkasi|"Terminal abonentiga oxirgi qo‘ng‘iroq qilgan IP-manzil trassirovkasi. " Chaqiruvga aralashish|"Ishlamaydigan raqamga qo‘ng‘iroq qilinganda abonentni xabardor qilish, yoki uni muqobil raqamga qayta yo‘llash. " Chaqiruvlar dispetcheri|"Berilgan qayta manzillash dasturiga va ustuvorliklarga muvofiq, chaqiruvlarning aloqa liniyasida o‘tish tartibini belgilovchi qurilma. " Chaqiruvlar grafigi|"Tizim yoki kompyuter dasturida modullarni identifikatsiyalaydigan va qanday modullar bir-biriga qo‘ng‘iroq qilayotganligini ko‘rsatadigan diagramma. " Chaqiruvlar navbatini shakllantirish|"Kelayotgan barcha chaqiruvlarni qayta ishlash jarayonini tartibga solish protsedurasi. Aloqa kanalining taqdim etilishi chaqirilayotgan abonent raqami bo‘shashiga qarab yoki chaqiruvlarni boshqa raqamga o‘tkazish hisobiga amalga oshiriladi. Kutish vaqtida chaqirayotgan abonentga kerakli liniya bo‘shashi bilan uning chaqiruviga javob berilishi to‘g‘risida ogohlantiradigan maxsus xabar signali yoki nutqli xabar jo‘natiladi. " Chaqiruvlar ro‘yxati|"Dasturiy modulni chaqirishda foydalaniladigan argumentlarning tartiblashtirilgan ro‘yxati. " Chaqiruvlar to‘g‘risida kelishuv|"Dasturlashda – protsedura yoki funksiyani chaqirishda, argumentlar berish tartibini va komandalar ketma-ketligini belgilaydigan kelishuvlar. Argumentlar registrlarda, stek, xotiraning umumiy sohasi orqali berilishi mumkin. Stekda ular, protsedurani chaqirish satridagi argumentlar ro‘yxati bo‘yicha chapdan o‘ngga yoki o‘ngdan chapga (ya’ni, teskari tartibda) siljishi mumkin. Argumentlar soni o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin. " Chaqiruvlarni avtomatik taqsimlash|"Aloqa tarmoqlaridagi, chaqiruvlarni qayta manzillash dasturi va ustuvorliklarga muvofiq, boshqa raqamlarga yo‘naltirish imkoniyatini beradigan xizmat. " Chaqiruvlarni birgalikda qabul qilishni amalga oshiruvchi abonentlar guruhi (seriyali izlash guruhlari)|"Kichik guruhni, unga kiruvchi chaqiruvlarni taqsimlash qoidalarini belgilash uchun, guruhga qo‘shish imkonini beradigan xizmat. Quyidagi rejimlardan foydalanish mumkin: - berilgan ro‘yxat bo‘yicha kichik guruhning birinchi band bo‘lmagan terminaliga kiruvchi chaqiruvni yuborish, bunda keyingi chaqiruv oxirgi chaqiruvni qabul qilgan terminaldan boshlab, ro‘yxatni birma-bir saralaydi; - berilgan ro‘yxat bo‘yicha kichik guruhning birinchi band bo‘lmagan terminaliga kiruvchi chaqiruvni yuborish, bunda keyingi chaqiruv ro‘yxatni uning boshidan boshlab, birma-bir saralaydi; - chaqiruv bir vaqtda kichik guruhning barcha terminaliga keladi, ulanish go‘shakni birinchi ko‘targan abonent uchun amalga oshiriladi; - chaqiruvni oxirgi qabul qilgan ro‘yxatning oxiriga joylashtiriladi – abonentlarni bir tekis yuklash ta’minlanadi. " Chaqiruvlarni qayd qilish|"Ma’lum raqamga kelib tushadigan barcha chaqiruvlarni eslab qolish va statistik to‘plam faylida chaqiruvlar to‘g‘risidagi batafsil axborotni qayd qilish. " Chaqiruvlarni qayta manzillash ro‘yxati|"Xizmat abonenti chaqiruvlarini qayta manzillash ro‘yxatida tegishli yozuvlar aktivizatsiyasi yoki deaktivizatsiyasida ishlatiladigan xizmat. " Chaqiruvlarni qayta manzillash uchun qo‘ng‘iroq o‘rnatish|"Call Forwarding Unconditional, Call Forwarding Selective va Do Not Disturb funksiyalarini ulashda terminalda tegishli tovushli signallarni o‘rnatish imkonini beradigan xizmat. " Chaqiruvlarni saralash|"Qaysi raqam terilganligiga qarab, kiruvchi chaqiruvlarning uzatilishini taqiqlovchi yoki unga ruxsat beruvchi protsedura. Ustuvor foydalanishni tashkil etishda yoki ruxsat etilmagan chaqiruvlarning oldini olishda foydalaniladi. " Chaqiruvlarni so‘zsiz qayta manzillash|"Xizmat abonentiga kiruvchi chaqiruvlarni, xizmat abonenti holatidan qat’i nazar, boshqa belgilangan raqamga avtomatik tarzda qayta manzillash imkonini beruvchi xizmat. " Chaqiruvlarni tanlab qabul qilish|"Raqamlar ro‘yxatini tuzish imkonini beradigan xizmat, bunda abonent (kiruvchi chaqiruv) tuzilgan ro‘yxatdan qo‘ng‘iroq qilsa, chaqiruv qabul qilinadi; agar chaqiruvchi abonent raqami ro‘yxatda yo‘q bo‘lsa, chaqiruv tovushli pochtaga qayta manzillanadi. " Chaqiruvlarni tanlab qayta manzillash|"Raqamlar ro‘yxatini tuzish imkonini beradigan xizmat, bunda abonent (kiruvchi chaqiruv) tuzilgan ro‘yxatdan qo‘ng‘iroq qilsa, chaqiruv boshqa raqamga yoki tovushli pochtaga qayta manzillanadi. " Chaqiruvlarni tanlab rad etish|"Raqamlar ro‘yxatini tuzish imkonini beradigan xizmat, bunda abonent (kiruvchi chaqiruv) tuzilgan ro‘yxatdan qo‘ng‘iroq qilsa, chaqiruv qabul qilinmaydi; agar chaqirayotgan abonent raqami ro‘yxatda yoq bo‘lsa, kiruvchi chaqiruvga oddiy (normal) chaqiruv kabi xizmat ko‘rsatiladi. " Chaqiruvlarni taqsimlash|"Abonentga beriladigan imkoniyat, u kiruvchi chaqiruvlarni boshqa raqamlarga, o‘zi belgilagan qayta manzillash va ustuvorlik qoidalariga muvofiq yuborishi mumkin. Navbatdagi chaqiruv yuborilishi kerak bo‘lgan terminalni tanlash, doiraviy navbat bo‘yicha yoki abonentlar ro‘yxatida ko‘rsatilgan ustuvorliklarga muvofiq amalga oshirilishi mumkin. " Chaqiruvlarni chegaralash bo‘yicha xizmat|"Mobil abonentga kiruvchi yoki chiquvchi chaqiruvlarning muayyan toifasini uning mobil stansiyasi uchun blokirovkalash imkonini beradigan xizmat. Bu chaqiruvlar asosiy aloqa xizmatlarining barcha yoki muayyan turiga taalluqli bo‘lishi mumkin. Izoh – Mobil abonent, o‘z ixtiyori bo‘yicha, ushbu blokirovkani bekor qilish yoki xizmatning amal qilinishini to‘xta-tish va uning amal qilish davomiyligi davrini aniqlash uchun parolga ega bo‘lishi mumkin. Agar u tanlagan bo‘lsa, unda o‘zi parolni o‘zgartirishi mumkin. " Chaqiruvlarni cheklagich|"Abonentning ma’lum raqamiga bir vaqtda kelib tushadigan chaqiruvlarning muayyan soniga (chegara qiymatiga) sozlangan hisoblagich. Izoh − Cheklash chegarasi sutkaning ma’lum vaqtiga yoki foydalanuvchi tomonidan beriladigan biron-bir boshqa parametrlarga bog‘liq ravishda o‘zgarishi mumkin. " Chaqiruvni aniq tutib qolish|"Guruhning boshqa terminaliga kelgan kiruvchi qo‘ng‘iroqni qabul qilish imkonini beradigan xizmat. " Chaqiruvni boshqa manzilga yo‘llash|"Abonent raqami band bo‘lganda yoki telefon javob bermaganda, chaqiruvni boshqa manzilga yo‘llash mumkinligi. Izoh − Chaqiruv manzilini o‘zgartirishning uch usuli ma’lum. Ulardan eng oddiysi – uzatilishi kerak bo‘lgan barcha kiruvchi chaqiruvlarni abonent ko‘rsatgan raqamga jo‘natish. Ikkinchi usulda faqat asosiy raqam band bo‘lgan paytda kelib tushuvchi chaqiruvlargina boshqa manzilga yo‘llanadi. Uchinchi usul abonent javob bermagan hollarda nazorat vaqti (taym-aut) davomida berilgan algoritm bo‘yicha avtoqo‘ng‘iroq imkoniyatini ko‘zda tutadi va chaqiruv faqat bu vaqtdan oshib ketgandagina boshqa manzilga yo‘llanadi. Xizmatning ulanishi yoki uzib qo‘yilishini foydalanuvchining o‘zi bajarishi ham mumkin. " Chaqiruvni kutish|"Chaqirilayotgan abonent liniyasi band bo‘lganda, unga yangi chaqiruv kelib tushganligi to‘g‘risida xabar berib, chaqiruvni navbatga qo‘yish. " Chaqiruvni kutish xizmatidan foydalanishda (ikkinchi) chaqirayotgan abonentni identifikatsiya qilish|"Band abonentga uni chaqirayotgan abonentni identifikatsiya qilish imkonini beradigan xizmat. Izoh – Chaqirayotgan abonent raqamni va/yoki nomini identifikatsiya qilish uchun chaqirilayotgan abonent chaqiruvni kutish xizmatiga ega bo‘lishi kerak. " Chaqiruvni ko‘chirish|"Chaqiruvni uchinchi abonentga o‘tkazish protsedurasi. Unda dastlab aktiv ulanish ushlab turish rejimiga o‘tkaziladi, so‘ngra boshqa abonent bilan ulanish amalga oshiriladi va nihoyat, chaqirayotgan abonentga ulanish sodir bo‘ladi (ushlab turiladigan ulanish). Izoh − Xizmat ko‘rsatishning bu turi xizmatlarning «call forwarding» turidan shu bilan farqlanadiki, unda chaqiruv yo‘nalishining o‘zgarishi, ulanish o‘rnatilgandan keyingina sodir bo‘ladi. " Chaqiruvni qabul qilish|"Chaqiruv qabul qilingan, lekin chaqiruvchi va chaqiriluvchi tomonlar o‘rtasida hali bog‘lanish o‘rnatilmagan holat. " Chaqiruvni qayta manzillash|"Telefon tarmog‘i abonentiga xizmat ko‘rsatishning qo‘shimcha turi. Abonentga, raqami kommutatsiya stansiyasiga oldindan abonent tomonidan xabar qilinadigan boshqa telefon apparatga, o‘ziga kelayotgan chaqiruvni uzatish imkonini beradi. " Chaqiruvni qayta ulash|"Telefon so‘zlashuvi davomida, chaqirilayotgan abonent raqamini qayta termasdan turib, aloqa kanalini bir tayanch stansiyadan boshqasiga qayta ulash. " Chaqiruvni qo‘lga kiritish|"1. Abonentga, u bilan bitta yoki boshqa bir abonent guruhida bo‘lgan boshqa abonentga yo‘naltirilgan kiruvchi chaqiruvga javob berish imkonini beradigan xizmat. 2. Zarur bo‘lgan raqamga yetib bormagan chaqiruvlarni nazorat qilish yo boshqa shaxsga yoki qurilmaga qayta manzillash maqsadida qo‘llaniladigan qo‘lga kiritish turlaridan biri. " Chaqiruvni taqiqlash-blokirovkalash|"Abonentga go‘ng‘iroqlarning muayyan turiga vaqtinchalik taqiqni kiritish imkonini beradigan xizmat. " Chaqiruvni tugallash strategiyasi|"Chaqirilayotgan abonent band bo‘lganda, bog‘lanishni o‘rnatish mexanizmi. Bog‘lanishning o‘rnatilish protsedurasini yakunlashning turli variantlari mavjud: qayta manzillash, chaqiruvni ushlab qolish va sh.k. " Chaqiruvni ushlab turish|"1. Chaqiruvning, tarmoq orqali uning keyingi uzatilish yo‘lini tanlash jarayoni tugamaguncha, liniyada saqlab turilishi. 2. Bog‘lanishni uzmay turib aloqani vaqtincha to‘xtatish, bunda kiruvchi chaqiruv liniyada saqlanib qoladi, pauzalar paytida, odatda, musiqa yoki nutqli xabarlar uzatiladi. 3. Amalga oshirilgan so‘zlashuvni uzib qo‘ymasdan boshqa qo‘ng‘iroqqa javob berish yoki so‘zlashib turgan suhbatdoshini uzib qo‘ymasdan abonentga qo‘ng‘iroq qilish, ya’ni bir-birini eshitmaydigan bir nechta suhbatdoshlar bilan navbatma-navbat so‘zlashish imkonini beradigan xizmat. " Chaqiruvni o‘tkazish (qayta yo‘naltirish) xizmati|"Olingan chaqiruvni boshqa abonentga o‘tkazish (qayta jo‘natish) imkonini beradigan xizmat. " Chaqiruvning o‘tmayotganligi to‘g‘risidagi signal|"Chaqiriluvchi terminalning egallab bo‘linmasligi yoki nosozlik oqibatida chaqiruvning yakunlanmasdan qolishi mumkinligi to‘g‘risida xabar beruvchi signal; bu signal chaqiruvchi terminalga uzatiladi. " Chaqiruvchi abonentni identifikatsiya qilish va identifikatsiyani taqiqlash|"Chaqirilayotgan abonentga boshqa abonentni chaqirishda o‘z raqami va nomini maxsus kodlarni tergan holda taqdim etish va o‘z raqami va nomini berishni taqiqlash imkonini beruvchi xizmat. " Chastota|"Davriy jarayonning, vaqt birligida bajariladigan davrlar soniga teng bo‘lgan miqdor xarakteristikasi. " Chastota bo‘yicha ajratish bilan optik multipleksorlash|"Yaqin joylashgan optik eltuvchilarda uzatiladigan kanallarni zichlash usuli. Bu texnologiyadan foydalanib, bitta tolaga yuztagacha va undan ortiq aloqa kanalini «joylashtirish» mumkin. " Chastota etaloni, chastota standarti|"Chiqish signali chastota etaloni sifatida qo‘llaniladigan generator. " Chastota manipylyatsiyasi|"Modulyatsiyalash usuli, bunda eltuvchi signal chastotasi sal o‘zgartirilishi hisobiga, axborotni havo muhiti orqali uzatish uchun qulay bo‘lgan usulda taqdim etish amalga oshiriladi. " Chastotaga bog‘liq bo‘lmagan antenna|"Chastotalarning keng diapazonida amaliy jihatdan o‘zgarmas xarakteristikalarga ega antenna. " Chastotalar diapazoni|"1. Chastotalari uchun tebranishlar va to‘lqinlar solishtiriladigan xossalarga ega bo‘lgan uzluksiz chastota intervali. 2. Qurilma sozlanishi mumkin bo‘lgan chastota intervali. " Chastotalar polosasi|"Ikki muayyan cheklovchi chastotalar o‘rtasida joylashgan chastotalarning uzluksiz majmui. Izoh – Chastotalar polosasi o‘zining chastotalar polosasida o‘rnini belgilab beradigan ikki kattalik bilan, masalan, uning quyi va yuqori cheklovchi chastotalari bilan tavsiflanadi. " Chastotalar polosasining kengligi|"Chastotalar polosasining quyi va yuqori chegaralari o‘rtasidagi farq. " Chastotalararo xendover|"Bir tayanch stansiyadan boshqasiga ko‘chish paytida mobil stansiya chastotasining avtomatik ravishda o‘zgarishi. " Chastotalarning egallangan polosasi|"Quyi va yuqori chegaralaridan tashqarida nurlanadigan o‘rtacha quvvatining har biri berilgan nurlanish o‘rtacha quvvatining ma’lum foizi /2 ga teng bo‘lgan chastotalar polosasi. Agar XEI-R nurlanishning tegishli toifasi uchun hech qanday ko‘rsatmalar bermasa, /2 qiymatini 0,5 foizga teng deb olish kerak. " Chastotalarning himoya polosasi|"Chastotalarning, chastotalarning ikkita qo‘shni kanalini ajratadigan va o‘zaro xalaqitlardan himoya maydonini ta’minlash uchun mo‘ljallangan tor polosasi. " Chastotalarning optik diapazoni|"1013 Gs dan 1015 Gs gacha bo‘lgan chastotalar diapazoni. Ko‘rsatilgan chastotalarga to‘lqin uzunligi 0,01 dan 1000 mkm gacha bo‘lgan elektromagnit tebranishlar mos keladi. Fizik xossalariga ko‘ra, optik diapazon bir xil emas. U elektromagnit to‘lqinlarning fizik xossalari bir xil bo‘lmagan uchta quyi diapazonga bo‘linadi: ultrabinafsha nurlanish, ko‘rinadigan nurlanish va infraqizil nurlanish. " Chastotalarning qo‘shilib ketishi|"Televideniyeda davriy xalaqit signalining chastota spektri hamda yoyish chastotalari garmonikalarining spektri o‘rtasidagi to‘g‘ri qo‘shilib ketish. Bu narsa xalaqitning sezilarliligini, uning shakli keyingi yoyishlarda o‘zgarishi tufayli, minimumga keltiradi. " Chastotalarning takroran ishlatilishi|"Xizmat ko‘rsatishning turli zonalarida, aynan bir chastotani qayta ishlatishga asoslangan, aloqani tashkil etish usuli. Izoh − Chastotaviy-hududiy rejalashtirishda chastotalarning takroran ishlatilishi, chastota kanallari cheklangan tarmoqlar o‘tkazish qobiliyatini oshirishga imkon beradi. " Chastotani stabillash|"Generator hosil qiladigan chastotaning doimiyligini saqlab turish. " Chastotani o‘zgartirish|"Radiostansiyaning ishchi polosasidagi xalaqitlar darajasini pasaytirish maqsadida, qabulqilgich ishchi chastotasini o‘zgartirish. " Chastotaning musbat Doppler siljishi|"Mobil obyekt tayanch stansiyaga yaqinlashganida chastotaning Doppler ortish effekti. " Chastotaning nostabilligi|"Generator chastotasining, uning tebranish konturlari o‘zgarmasdan sozlanganda yuz beradigan o‘zgarishi. " Chastotaning og‘ishi|"Nurlanuvchi to‘lqin chastotasining o‘rtacha chastotadan modulyatsiya keltirib chiqargan oniy og‘ishi. Chastotaviy modulyatsiyada oniy chastota maksimal va minimal qiymatlari o‘rtasidagi cho‘qqi farq. " Chastotaning sekin sakrashsimon o‘zgarishi|"Ishchi chastotani psevdotasodifiy qayta sozlash usuli, unda chastotani almashtirish vaqti bitta axborot simvoliga to‘g‘ri keladigan vaqt intervali uzunligidan ancha kattadir, ya’ni bitta chastotada doimo bittadan ko‘p axborot simvoli uzatiladi. Xalaqitlardan himoyalashning ushbu usuli mobil stansiyalarning kichik ko‘chish tezligida eng samarali bo‘ladi. " Chastotaviy qoplash|"Rangli televideniye tizimida chastotalar polosasining monoxrom kanal va ranglilik signali kanali uchun umumiy bo‘lgan qismi. Izoh – Chastotaviy qoplash – spektrlarni birlashtirishning bir shaklidir. " Chastotaviy skanlanadigan antenna panjarasi|"Nurning elektr skanlanishi qo‘zg‘atiluvchi manba chastotasini o‘zgartirish orqali amalga oshiriladigan antenna panjarasi. " Chastotaviy tavsifning notekisligi|"Berilgan turdagi radiokarnayning texnik shartlarida ko‘rsatilgan ishchi chastotalar diapazoni chegaralarida tovush bosimi eng ko‘p va eng kam qiymatlari darajalarining farqi. Odatda, chastotaviy tavsifning notekisligi detsibellarda (dB) ifodalanadi va 15 dB dan 18 dB gacha bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi (0 dB 1000 Hz chastotadagi tovush bosimiga mos keladi). " Chat|"Internet foydalanuvchilari o‘rtasida real vaqtda matnli xabarlar almashinish. " Chegara|"Qandaydir kattalik o‘zgarishining ozirgi nuqtasi; xotira, fayldagi muayyan interval. " Chegara registri|"Xotirani himoya qilishda ishlatiladigan va xotira sohasining uzunligini o‘z ichiga oladigan, foydalanish dasturiga ajratilgan tizimli registr. " Chegaradan tashqari to‘lqin o‘tkazgich|"O‘zining kritik chastotasidan past chastotada foydalaniladigan to‘lqin o‘tkazgich. " Chegaraviy foydalana olish shlyuzi|"IP-tarmoqlarida: kichik tarmoqning belgilangan manzili bilan identifikatsiya qilinadigan tarmoq. Kichik tarmoqlar ulangan tarmoqlarni manzillashning murakkabligiga qarab kichik tarmoqni bir vaqtda muhofaza qilish uchun marshrutlashning ko‘p darajali iyerarxik tuzilmasini ta’minlash maqsadida tarmoq administratori tomonidan segmentlangan tarmoqni o‘zida aks ettiradi. OSI-tarmoqlarida kichik tarmoq deb, bir administrativ domenda boshqariladigan va tarmoqdan foydalana olishning bitta protokolidan foydalanuvchi oxirgi va oraliq tizimlari guruhiga aytiladi. " Chegaraviy qiymat|"Ma’lumotlarning, tizim yoki komponent uchun ko‘rsatilgan eng kichik yoki eng katta kirish, ichki yoki chiqish qiymatiga mos keladigan qiymati. " Chegaraviy (chekka) marshrutizator|"Tarmoq chegarasidagi, xabarlarning berilgan tarmoq orqali keyinchalik yo‘llanishini taʼminlamaydigan marshrutizator. " Chek list|"Qo‘yilgan vazifalarni bajarish maqsadida alohida tarzda tizimlashtirilgan omillar, xossalar, parametrlar, aspektlar, komponentlar, mezonlar yoki vazifalar (masalalar) ro‘yxati. " Cheklangan bufer|"Jarayonlarning o‘zaro ta’sir sxemasi, bunda cheklangan uzunlikdagi sikl buferi yordamida o‘zaro harakat qiluvchi jarayon-ishlab chiqaruvchi va jarayon-iste’molchi mavjud bo‘ladi. Ishlab chiqaruvchi axborot elementlarini generatsiyalaydi va buferga yozadi, iste’molchi bufer axborot elementlaridan foydalanadi va ularni yo‘q qiladi. " Cheklashni tekshirish|"Ma’lumotlarning qiymatlari berilgan qiymatdan yuqorida yoki quyida turganligini yoki belgilangan cheklashga yetganligini aniqlash maqsadida bajariladigan tekshirish. " Cheklov|"Kompyuter funksionalligiga oldindan o‘rnatilgan cheklovlar. Biror bir manbadan bolalarning foydalanishlarini chegaralash yoki kompyuterdan kechki payt foydalanilishining oldini olish uchun xizmat qiladi. " Chertish|"Kursorni siljitmasdan «sichqoncha» tugmasini bosish. " Chetdan kiritish|"Axborot obyektini (masalan, hujjat, matn, grafiklar, ma’lumotlarni), u saqlanadigan joydan (fayl, ma’lumotlar bazasi) chiqarib tashlamasdan joriy ilovaga, formatni o‘zgartirgan holda, ko‘chirib yozish. " Chetki avtomat|"Axborotni qayta ishlashga mo‘ljallangan, chekli xotira qurilmasining modeli. Chekli avtomatlarning ikki xil, ya’ni, sinxron va asinxron turkumi farqlanadi. Chekli avtomatlar integral sxemalar asosida yaratiladi. " Chetlab o‘tish rejimi|"Ma’lumotlarni shifrlash uskunasining ishlash rejimi bo‘lib, bunda ochiq matn buzilmasdan uzatiladi. " Chin|"Mantiqiy mulohaza tavsifi. Mantiqiy ifoda dasturlash tillarida olishi mumkin bo‘lgan qiymat. " Chinlik jadvali|"Mantiqiy funksiyani tavsiflaydigan jadval. Berilgan holda «mantiqiy funksiya» deganda, o‘zgaruvchilarning (funksiya parametrlarining) qiymatlari va funksiyaning o‘z qiymati mantiqiy chinlikni ifodalaydi. Masalan, ikki belgili mantiqda ular «chin» yoki «yolg‘on» qiymatni olishi mumkin. Chinlik jadvallari asosan Bul algebrasida va raqamli elektron texnikada mantiqiy sxemalar ishini tavsiflashda qo‘llaniladi. " Chip|"1. Davomiyligi axborot oqimidan bir necha marta kichik bo‘lgan, murakkab signal elementi. 2. Kristalldagi yarimo‘tkazgichli mikrosxema. " Chip tarmoq|"Markaziy protsessorning periferik qurilmalar bilan ishlashini ta’minlash uchun asosiy platada o‘rnatiladigan integral sxemalar to‘plami. " Chip tezligi|"Taktli chastotasi kirish axborot tezligidan bir necha marta yuqori bo‘lgan keng spektrli signallarning elementlarini uzatish tezligi. Chip tezligi, odatda, Mchip/s larda o‘lchanadi (masalan, IS-95 standartida 1,2288 Mchip/s ga teng). " Chiqarib olish uchun vosita|"Saqlangan yozuvlardan foydalana olish imkonini beradigan veb-ilova. " Chiqarib tashlash (ayirish) bloki|"Protsessorning chiqarib tashlash bloki operatsiyalarini bajaradigan qurilmasi. " Chiqarib tashlash tuzog‘i|"Boshqaruvning foydalanuvchiga qaytishining oldini olish maqsadida, kompyuterning shtat rejimida ishlashini buzadigan har qanday urinishni yo‘qqa chiqarishning dasturiy usuli. " Chiqarish|"Olib qo‘yiladigan disklarni (floppi, CD yoki DVD) kompyuterdan uzishni amalga oshiradigan komanda. " Chiqarishni buferlash|"Buferning har bir vazifasi uchun (xotira yoki fayl sohasi ko‘rinishida) uni chiqarish uchun saqlash, buferda topshiriq bilan chiqariladigan axborotni to‘plash va uni topshiriq bajarilgandan so‘ng qurilma (printer) orqali chiqarish. " Chiqish|"Tizimdan, dasturdan chiqish, seansni yakunlash. " Chiqish ma’lumotlari, natijalar|"Qaysidir vazifani hal qilish natijasi sifatida kompyuterdan olinadigan ma’lumotlar. " Chiqish quvvatining maksimal o‘rtacha qiymati|"Uzatiladigan signallarning har qanday kombinatsiyasida o‘rinli bo‘lgan modulyatsiyaning eng uzun takrorlanuvchi sikli bo‘yicha o‘rtachalangan maksimal radiochastotaviy chiqish quvvati. " Chiqish uchlari bir qator joylashgan xotira moduli|"Xotira modulining keng ishlatiladigan qisqartmasi; tezkor xotira standartlaridan biri. Kompyuterlarda tezkor xotira qurilmasini kuchaytirish uchun foydalaniladi. Tezkor dinamik xotira integral mikrosxemalari o‘rnatilgan, uncha katta bo‘lmagan bosma plata-modul ko‘rinishida chiqariladi. Hajmi odatda, 1 Mb dan 64 Mb gacha bo‘ladi. " Chiqish uchlari to‘rt tomonda joylashgan yassi korpus|"Planar chiqish uchlari to‘rt tomon bo‘ylab joylashgan mikrosxemalar korpuslarining turkumi. QFP mikrosxemalar chiqish uchlarining soni odatda, 200 dan oshmaydi, qadami 0,4 mm dan 1,0 mm gacha. " Chiqishni sozlash|"Uzatilayotgan tasvirning o‘rtacha yorqinligini o‘zgartirgan holda, signalning cho‘qqi amplitudasini o‘zgartirish. " Chiqmoq|"Oldindan tanlangan pozitsiyalardan voz kechishga yo‘naltirilgan harakat. Masalan, yangilik jo‘natmalaridan voz kechish. Tizimdagi ishni tugatish. " Chiquvchi|"Elektron pochtaga ishlov berish bo‘yicha dasturlardagi papka, ushbu papkada jo‘natishga tayyor, lekin serverga hali yetkazilmagan xatlar saqlanadi. Xatlar serverga yetkazilgandan so‘ng, «Jo‘natilganlar» papkasiga o‘tkaziladi. " Chiquvchi fayl|"Chiquvchi ma’lumotlardan (qayta ishlangan ma’lumotlardan) iborat fayl. " Chiquvchi hujjat|"Tashkilotdan jo‘natiladigan rasmiy hujjat. " Chiquvchi liniya|"1. Axborot oqimi aloqa stansiyasi yoki retranslyatordan abonentga uzatiladigan liniya. 2. Kanallar konsentratori yoki kommutatori chiqishini olisdagi abonent bilan bog‘lovchi liniya. " Chiquvchi oqim|"Ishga tushirilgan dasturdan chiquvchi ma’lumot oqimi. Dastur ishining bosqichlarini aks ettirishda yoki boshqa dastur bilan ma’lumot almashinishda ishlatiladi. " Chiquvchi telefon yuklama|"Qarab chiqiladigan telefon yuklama manbalariga nisbatan tashqi bo‘lgan liniya (kanal)lar bog‘lamiga yoki kommutatsion aloqa asboblari guruhiga yo‘naltirilgan telefon yuklama. " Chiquvchi chaqiruvlarni chegaralash xizmatlari|"Abonentga barcha yoki muayyan chiquvchi chaqiruvlarni o‘rnatishga va/yoki o‘zining telefon apparatidan xizmat ko‘rsatuvchi buyurtmalarga to‘sqinlik qilish imkonini beradigan xizmat. " Chiquvchi chaqiruvni saralash|"Abonentga, berilgan apparatdan terilishi taqiqlangan raqamlar ro‘yxatini belgilash imkonini beradigan xizmat turi. Taqiq maxsus kod kiritilgandan keyingina olib tashlanadi. " Chiquvchi cho‘qqi quvvat|"Uzatiladigan signallarning har qanday kombinatsiyasida mumkin bo‘lgan maksimal cho‘qqi amplituda sharoitida, radiochastotaviy tebranish davri ichida o‘rtachalashtirilgan chiquvchi quvvat. " Chiziqli algoritm|"Barcha qadamlari bir marta va qat’iy ravishda ketma-ket bajariladigan sodda algoritm. " Chiziqli antenna|"Bitta o‘lchami to‘lqin uzunligidan katta yoki o‘lchovdosh bo‘lgan antenna, bunda ikkita boshqa o‘lcham to‘lqin uzunligidan ancha kam bo‘ladi. " Chiziqli antenna panjarasi|"Nurlantiruvchi elementlari to‘g‘ri chiziqda joylashgan antenna panjarasi. " Chiziqli bashoratlash|"Tovush signalini dekodlashda qo‘llaniladigan bashoratlash usuli. Bunda tovush sigalining so‘rov paytida taxmin qilinayotgan kattaligi oldin tanlangan kattaliklarning chiziqli o‘lchangan yig‘indisi sifatida aniqlanadi. " Chiziqli kriptotahlil|"Blokli shifrlar uchun qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan kriptotahlil usuli. Bu kriptotahlil usuli ma’lum ochiq matn bo‘yicha kriptotahlil usuliga asoslanadi. " Chiziqli manzil makoni|"Ba’zi bir protsessorlarda foydalaniladigan, xotirani manzillash sxemasi. Unda barcha tezkor xotira qurilmalaridan registrda yoki komandada bo‘lgan yagona manzil yordamida foydalanish mumkin bo‘ladi. " Chiziqli printer|"Bir paytning o‘zida butun qatorni chop etuvchi yuqori tezlikka ega bo‘lgan printer. Chiziqli printerlarning kamchiligi ularning grafikani chop etaolmasligi, past chop etish sifati va ish paytida qattiq shovqinlar bo‘lishidir. " Chiziqli qutblanish|"Elektromagnit to‘lqinning kuchlanganlik vektori bitta qayd qilingan liniyaga parallel bo‘lib qoladigan elektromagnit to‘lqin qutblanishi. " Chiziqli simmetrik vibrator|"O‘tkazgichlarining o‘qlari bir to‘g‘ri chiziqda yotuvchi simmetrik vibrator. " Chiziqli qo‘shish|"Tarqoq (yoyilgan) qabul qilish usuli. Bunda bir xil vazn koeffitsiyentiga ega bo‘lgan turli kanallarning signallari daraja bo‘yicha tenglashtirilgach qo‘shiladi. " Chop etish versiyasi|"Veb-sayt sahifasining chop etish uchun mo‘ljallangan, yaʼni dizayn elementlarisiz, faqat matndan iborat xili. " Chop etish spuleri|"Chop etish uchun yuborilayotgan hujjatlarni qabul qiladigan, qayta ishlaydigan, dispetcherizatsiya qilib, taqsimlab beradigan DLL to‘plami. " Chuqurlik|"1. Signalning maksimal va minimal qiymatlari o‘rtasidagi farq, masalan, amplitudali modulyatsiya chuqurligi. 2. Sxemada ketma-ket ulangan elementlar sonini, iyerarxik tuzilmadagi pog‘onalarni, maksimal tanlash hajmini tavsiflovchi o‘lchov. " Cho‘ntak|"Xotiraning tizim tomonidan ajratiladigan, nusxa ko‘chirish yoki ko‘chirish uchun ma’lumotlar vaqtincha joylashtiriladigan qismi. " Cho‘ntak shaxsiy kompyuteri|"Portativ kompyuterning bir turi, o‘lchamlari va og‘irligiga ko‘ra elektron yon daftarchani eslatadi, funksional imkoniyatlariga ko‘ra stol kompyuteriga deyarli o‘xshash. Bunday kompyuterning tezkor xotirasi uzoq muddatli xotira funksiyasini bajaradi va bir necha megabayt o‘lchamga ega. Qattiq disk yo‘q. Odatda, Windows CE ostida ishlaydi, boshqa kompyuterlar bilan interfeysga, o‘rnatilgan integ-ratsiyalashgan tizimlarga ega. Displeyi suyuq kristalli. " Cho‘qqi quvvat|"Sinxronlovchi signallar cho‘qqi amplitudasiga mos keladigan, radiochastotaviy tebranish davri ichidagi quvvat. " Cho‘qqi chiqish quvvatini rostlash|"Uzatgichning chiqish quvvatini muayyan chegarada uzoq vaqt oralig‘i mobaynida ushlab turish uchun mo‘ljallangan qo‘lda yoki avtomatik tarzda sozlash. " Cho‘tka|"Turli grafik dasturlardagi «cho‘tka» asbobi. Rangning o‘zgaradigan qalinligi va intensivligiga ega. Nuqtalarning ketma-ketligini («sichqoncha» tugmasini bosganda) chizadi. " Cho‘zilgan impuls|"Qabul qilgich kirishidagi davomiyligi signalning ko‘p nurli buzilishlari yuzaga kelishi bilan bog‘liq boshlang‘ich impuls davomiyligidan sezilarli katta bo‘lgan impuls. " Abandonware|"Ishlab chiqaruvchi kompaniya tomonidan sotuvga qo‘yilmayotgan va ishlab chiqaruvchi undan foyda olmayotgan dasturiy mahsulot (operatsion tizim, matn protsessori, kompyuter o‘yini yoki media-fayl). " AC-3 formati|"Dolby Laboratories firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan tovushli fayl formati. 6 ta tovush kanaliga ega. Frontal: chap, o‘ng va markaziy kanallar tovushning aniq joylashuvini aniqlab beradi. Orqa chap va o‘ng kanallar hamda qo‘shimcha past chastotali kanal 3-120 Hz esa «yaqinda bo‘lish effekti» ni qo‘shadi. Muqobil nomi 5.1 formati. " AC''97|"Kompyuter audio apparaturalarining asosiy standarti. Audio tizimlarni kompyuterga joylashtirish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha plata formatini tavsiflaydi. " ACE standarti|"Foydalanuvchilarning x86 shaxsiy kompyuterlaridan MIPS turidagi RISC mashinalariga o‘tish imkonini beruvchi ochiq standart. Universal operatsion tizimni tuzish bo‘yicha loyihaning bir qismi. " ACPI spetsifikatsiyasi|"Intel, Microsoft va Toshiba korporatsiyalari tomonidan 1996-yilda ishlab chiqilgan ochiq standart. Kompyuterlarning energiyaga bo‘lgan etiyojini BIOS tomonidan emas, balki operatsion tizim tomonidan to‘liq boshqarilishini (alohida qurilmalarni yoqish va o‘chirib qo‘yish) amalga oshirishga imkon beradi. " ActiveX|"COM modeli asosidagi obyekt komponent ilovalarini dasturlash uchun Microsoft tomonidan ishlab chiqilgan texnologiyalar guruhining nomi. Dasturiy ta’minot komponentlarining bir-birlari bilan, ularning yaratilishi uchun bevosita ishlatiladigan dasturlash tillariga bog‘liq bo‘lmagan holda, tarmoq muhitida o‘zaro ishlashlariga imkon yaratuvchi texnologiyalar to‘plami. " АctiveX ma’lumotlar obyekti|"Ma’lumotlardan foydalana olish interfeysi. Mijoz ilovalariga fayllar yoki serverlarda bo‘lgan ma’lumotlar bazalaridagi ma’lumotlardan foydalanish va ularni boshqarish imkonini beradi. " ACTOR tili|"Whitewater Group kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, Windows da ishlaydigan dasturlarni yaratishga mo‘ljallangan, ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash tili. Paskal dasturlash tiliga xos sintaksisga ega. " Ada tili|"Boshqariladigan elektron hisoblash mashinalari bo‘lgan, o‘rnatilgan tizimlarda foydalanish uchun ishlab chiqilgan dasturlash tili. Bunday tizimlarda operatsiyalarning parallel bajarilishi talab etiladi va amalga oshirish vaqtiga qat'iy cheklovlar qo‘yiladi. Shuning uchun ham, Ada real vaqt tizimlari tili hisoblanadi. " ADB shinasi|"Macintosh shaxsiy kompyuternidagi tizim shinasi. " Address Resolution Protocol|"MAC-manzillarni IP-manzillarda aks ettirishda ishlatiladigan Ethernet-tarmoqlardagi quyi daraja protokoli. " A-diapazon operatori|"Chastotalarning A-diapazonida ishlash uchun litsenziyaga ega bo‘lgan uyali aloqa kompaniyasi. Izoh − Atama Amerika tizimlari uchun xos bo‘lib, ularda uyali aloqa uchun ajratilgan butun (800−900) MHz chastota diapazoni, shartli ravishda A va В operatorlari sifatida nomlangan ikki operator o‘rtasida taqsimlangan. Tarixan, A operator bir vaqtning o‘zida simli va simsiz telefon aloqasi xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniya hisoblanadi. Barcha mobil telefonlar faqat bitta (A yoki В) diapazonda ishlash uchun dasturlashtirilgan bo‘lib, bu ularning faqat bir turdagi boshqaruv kanallarini izlash imkoniyatini ifodalaydi. " Adobe|"1982-yilda asos solingan dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi Amerika kompaniyasi. PDF formatning muallifi va egasi hisoblanadi. Yaqinda MacroMedia kompaniyasini sotib oldi. " Adobe firmasining (shriftlar) menejeri|"Adobe Systems firmasining shriftlarni qo‘llab-quvvatlash (kuzatib borish) tizimi. " AES/EBU signali|"MPEG koderlari uchun manba sifatida qo‘llaniladigan, har bir sanoqqa 20 dan 24 bit gacha kvantlash razryadlanishiga ega, ikki kanalli raqamli tovush signali. " Air interface texnologiyasi|"Efir interfeysi – operatorning tayanch stansiyalari va mobil qurilmalar o‘rtasida ma’lumotlar almashinish amalga oshiriladigan texnologiya. Har bir operator o‘zining efir interfeysiga ega. " AIT standarti|"Takomillashtirilgan intellektual (magnit) tasma. " Algol|"Ilmiy-texnik masalalarni hal qilish uchun foydalaniladigan, ma’lumotlarni qayta ishlashning protsedura tili; ilmiy hisoblashlar uchun mo‘ljallangan yuqori darajali til. " ALPHA|"RISC turidagi, 64 razryadli ma’lumotlar shinasi, 64 razryadli manzil shinasi, tezkor xotira va protsessor o‘rtasida ma’lumotlar uzatish uchun mo‘ljallangan 128 razryadli shinaga ega bo‘lgan mikroprotsessor. DEC firmasi tomonidan 1992-yilda ishlab chiqilgan. Takt chastotasi 300 MHz ga yetadi. " Alt klavishi|"Kompyuterlarda: bosilishi vaqtida klaviatura boshqa klavishlarining skan-kodlarini o‘zgartirish imkonini beradigan klavish. Yangi klavishlar qo‘shmasdan turib klaviatura funksionalligini kengaytiradi. " AMR spetsifikatsiyasi|"Tizim platasini va interfeysini kengaytirish imkonini beruvchi, audio qurilmalar kabi modemni ham qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan platalarning ochiq sanoat standarti hisoblanadi. AC'97 spetsifikatsiyasi asosida yaratilgan. AMR platalar (modemlar, tovush kartalari) tizim platasiga PCI shinasidan foydalanilgan holda ulanadi. " AMR-WB kodeki|"Ixtisoslashtirilgan ko‘p tezlikli kodek, odatda, keng polosali uyali aloqa tizimlari uchun qo‘llaniladi. U, muayyan tezliklar diapazonida (6,6 Kbit/s dan 23,85 Kbit/s gacha) ovozli oqim siqilishini ta’minlaydi. " ANSI kodi|"Simvollarni sakkiz razryadli ikkilik sonlar (1 byte) bilan kodlash standarti. Windows da foydalaniladi. " ANSI simvollar to‘plami|"Amerika milliy standartlar instituti (ANSI) tomonidan ishlab chiqilgan, Windows da 256 ta boshqaruvchi va alifbo-raqamli simvollarni taqdim etishda foydalaniladigan 8 bitli kod jadvali. " AOL|"AQSh hududida joylashgan eng katta Internet provayderi. ICQ AIM Internet-peyjer xizmatining egasi. Onlayn-xizmatlar va elektron e’lonlar taxtalarini yetkazib beruvchi. 1998-yilda Netscape kompaniyasini sotib oldi va uning asosida o‘zining brauzerini chiqardi. " API antivirusi|"Pochta xabarlarini skanlash va aniq vaqt rejimida viruslarni aniqlashga imkon beradigan amaliy dasturlash interfeysi. Izoh − Elektron pochta bo‘yicha tarqaladigan viruslarni aniqlash imkoniyati va AVAPI server ishiga ta’sir etmasligi uning ustunligidir. " APL tili|"Juda yuqori darajadagi protsedura tili. Maxsus klaviatura talab qiladi. Dastlab algoritmlarni yozish uchun notatsiya (shartli belgilar) bo‘lib xizmat qildi. Birinchi varianti APL/360 ‒ 1966 yil. " A-profil|"Amaliy profil. CAN tarmoqning (abonent foydalana olish tarmog‘ining) har bir qurilmasi uchun barcha kommunikatsion va amaliy obyektlarni belgilaydi. " A-qonuni|"Tovush koderlaridagi RSM va ADPCM da qo‘llaniladigan, tovush signali dinamik diapazonini siqish qonuni. Katta amplitudali signallar uchun logarifmik siqish algoritmidan, kichik amplitudali signallar uchun chiziqli siqish algoritmidan foydalanishga asoslangan. Bu esa kichik daraja signallarini tiklashda signal/shovqin nisbati doimiy bo‘lishligini taʼminlaydi. " ARJ|"Robert Jang tomonidan ishlab chiqilgan fayl arxivatori. " ASII kodi|"Bir baytli (1 byte=8 bit) ikkilik kod ko‘rinishida lotin alifbosi simvollarini, raqamlar, yordamchi simvollar yoki amallarni kodlash standarti. Dastlab standart 7 bitdan foydalanib (0 dan 127 gacha bo‘lgan) 128 simvolnigina belgilagan edi. Barcha sakkiz bitdan foydalanish yana 128 simvolni kodlash imkonini beradi. Qo‘shimcha simvollar har qanday bo‘lishi mumkin. Ularga 128 dan 255 gacha bo‘lgan kodlar ajratiladi. " ASN tarmog‘i|"Muayyan standartdagi (Mobile WIMAX) aloqa tarmog‘idan foydalanish tarmog‘i. " ASR parametri|"Qabul qilingan chaqiruvlar sonining, chaqirishga urinishlar soniga bo‘lgan foiz nisbatini ko‘rsatadigan, aloqa sifati parametri. Bu parametrning qiymati chaqiriluvchining harakatiga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. " AT - komandalar|"Hayes Microcomputer Product firmasi tomonidan ishlab chiqilgan Hayes turidagi modemlarni boshqarish tili. De-fakto standarti hisoblanadi. Tilning har bir komandasi «AT» dan boshlanadi. Inglizcha «at-tention» − «diqqat» so‘zidan olingan. " ATA ketma-ket porti|"Shaxsiy kompyuterlarning tizim platalariga ulash uchun va ma’lumotlarni saqlash (qattiq disklar, DVD va CD-R/W diskovodlari) tez ishlovchi qurilmalarning arzon xizmatlariga mo‘ljallangan izchil interfeyslarning tasnifi. Ma’lumotlar uzatish tezligi: 150, 300 va 600 Mbit/s. Kabel uzunligi 1 m gacha. " ATDMA usuli|"Kanallarni vaqt bo‘yicha ajratish bilan ko‘p stansiyali foydalana olishning takomillashtirilgan usuli. Izoh − UMTS dasturi doirasida ishlab chiqilayotgan aloqa tizimi loyihasining nomi, unda TDMA texnologiyasining radioto‘lqinlarning ko‘p nurli tarqalishida, tinishlarga ega bo‘lgan kanallardagi imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish ko‘zlangan. " Athlon|"AMD kompaniyasi tomonidan 1999-yil iyun oyida e’lon qilingan x86 arxitekturasining mikroprotsessori. Yangi texnologiya Pentium protsessorining raqobatchisi bo‘lishga imkon berdi. Athlon protsessorining eng katta kamchiligi, uning ko‘p energiya sarflashi va buning oqibatida yuqori darajadagi issiqlikda ishlashidadir. Athlon 462-pin li raz’yomda ishlaydi. " A-turidagi resurs yozuvi|"Domenga kiradigan kompyuterning xotirasida saqlanadigan ma’lumot bo‘lib, unda kompyuterning domen nomi (kompyuterning nomi) va domen hududiga tegishli kompyuter IP-manzili aks ettiriladi. " AVI formati|"Tovush bilan sinxronlashgan videofillmlar (mini-kinofilmlar) ni saqlash uchun Microsoft korporatsiyasining Multimedia Systems Group bo‘linmasi tomonidan ishlab chiqilgan fayllar formati. Raqamli video va audio yozuvlarning galma-gal almashinadigan formatiga ega. " AWK dasturlash tili|"Skriptli, UNIX uchun dasturlash tili, mualliflari nomi bilan atalgan (Al V. Aho, Peter J. Weinberger hamda Brian W. Kernighan). 1977 yilda ilk versiyasi chiqqan. " B-diapazon operatori|"Chastotalarning В -diapazonida ishlash uchun litsenziyaga ega bo‘lgan uyali aloqa kompaniyasi. Izoh − Atama Amerika tizimlariga xos bo‘lib, ularda uyali aloqa uchun ajratilgan (800−900) MHz chastotalar diapazonining barchasi shartli ravishda A va В tarzida nomlanuvchi ikki operator o‘rtasida teng bo‘lingan. В-operatori tarixan simsiz foydalana olish xizmatlarini ko‘rsatishga ixtisoslashgan kompaniyadir. Barcha mobil telefonlar faqat bitta (A yoki В) diapazonda ishlash uchun dasturlashtirilgan bo‘lib, u faqat bitta turdagi boshqarish kanallarini qidirish imkoniyatini anglatadi (terminal dasturlashtirilgani kabi). " B kanallar, «tashuvchi kanallar»|"ISDN tarmog‘ining nutqli yoki alifbo-raqamli ma’lumotlarni uzatish uchun mo‘ljallangan ikkita 64 kbit/s li kanali. " B-psevdokadr|"Televizion tasvirning avval keluvchi va/yoki ketidan keluvchi tayanch kadrlari yoki maydonlari bo‘yicha harakatni kompensatsiyalash bilan taxminlash usulida shakllanadigan psevdokadr. " Base-64 kodi|"Elektron xabarlarni MIME bilan moslashgan kodlash usuli. Ixtiyoriy baytlar ketma-ketligini bosma ASCII-simvollar ketma-ketligiga kodlaydi. " Bash|"Bourne shell komandali qobiqning mukammallashtirilgan va yangilangan variatsiyasi. Unix ning ommalashgan zamonaviy komandali qobiqlaridan biri. Ayniqsa GNU/Linux muhitida keng tarqalgan bo‘lib, u bu muhitda boshlang‘ich komanda qobig‘i sifatida ishlatiladi. " BASIC|"Dastlabki eng oddiy dasturlash tillaridan biri. 1964-yilda ishlab chiqilgan mazkur dasturlash tili professional bo‘lmagan dasturchilarga mo‘ljallangan. BASIC tili konstruksiyasining oddiyligi, shuningdek, kompyuter bilan dialog rejimda ishlash imkoniyati mavjudligi bilan ajralib turadi. " BCD fayli|"Kompyuterda mavjud bo‘lgan yuklanadigan operatsion tizimlar va ularning parametrlari to‘g‘risidagi axborotni o‘z ichiga oladigan fayl. Aktiv bo‘limda Boot papkasida saqlanadi. BCD fayl o‘chirib tashlanganda, shikastlanganda yoki noto‘g‘ri sozlanganda operatsion tizim yuklanishdan to‘xtaydi. " BDE|"Borland firmasining ma’lumotlar bazasidan foydalana olish interfeysi. U dasturlarga ma’lumotlar bazasidagi xabarlardan foydalana olish imkonini yaratadi. " BEDO DRAM xotirasi|"Tezkor xotiraning bir turi. SDRAM ning arzon analogini yaratish maqsadida tuzilgan. Lekin keng tarqalmagan. " Belady anomaliyasi|"FIFO algoritmidagi, uchta erkin freymlardagi sahifalarning rad etish soni bilan solishtirish jarayoniga ko‘ra, to‘rtta erkin freymdagi sahifalar rad etish sonining ortib borishi. " BeOS operatsion tizimi|"Dastlab BeBox uchun bazaviy operatsion tizim sifatida ishlab chiqilgan operatsion tizim. Ko‘p oqimlilik, mikroyadrolik, ko‘p protsessorli arxitekturaning, 64 bitli jurnalli fayl tizimining qo‘llanilishi, juda qulay va oddiy foydalanuvchi interfeysi BeOS ning ajratib turadigan afzal jihatlaridir. " Betacam formati|"Yarim dyuymli magnit tasmaga ma’lumot yozish uchun Sony firmasi tomonidan taqdim etilgan yozuv formati. " BGP protokoli|"EGP (External Gateway Protocol) protokoli o‘rniga ishlab chiqilgan mashrutlash protokoli bo‘lib, turli standartlar asosida ishlaydigan tarmoqlar o‘rtasida aloqani ta’minlashga mo‘ljallangan. EGP protokolining vositalaridan farqli o‘laroq, BGP protokolining vositalari optimal marshrutni tanlash uchun barcha mumkin bo‘lgan marshrutlarni baholay oladi. " Big endian|"Kompyuter xotirasining arxitekturasi, bunda baytlarni raqamlash xotira har bir so‘zida chapdan boshlanadi, ya’ni katta bitlardan boshlab raqamlanadi. " BITNET tarmog‘i|"IBM firmasining dastlabki meynfreymi (1981-yil) asosida qurilgan birmuncha arzon va past tezlikka ega xalqaro kompyuter tarmog‘i bo‘lib, 52 mamlakatning kollej va universitetlarini birlashtirgan. Hozirgi vaqtda CREN tarmog‘ining bir qismidir. " Blackberry OS|"Smartfonlarda va Research and Motion (RIM) firmasining kommunikatorlarida ishlaydigan ilovalarning asosiy to‘plamiga ega mobil qurilmalar uchun mo‘ljallangan operatsion tizimlar. " Blowfish algoritmi|"1993-yil Bryus Shneyyer tomonidan ishlab chiqilgan shifrlash standarti. Izoh − U simmetrik blokli shifr bo‘lib, blokining o‘lchami 64 bit, kalitining uzunligi esa o‘zgaruvchandir (32 dan 448 bit gacha). Internetda ushbu algoritmning dastlabki kodlari mavjud bo‘lib, litsenziya talab etmaydi. " Bluetooth|"Tovush va ma’lumotlarni uzatish uchun turli xildagi qurilmalarni birlashtirish imkonini beradigan simsiz qisqa to‘lqinli (30 m gacha) yaqin radioaloqa texnologiyasi. Uni ishlab chiqish va rivojlantirish bilan Bluetooth SIG assotsiatsiyasi shug‘ullanadi. U IEEE 802.15 belgilanishli standartni oldi. U 2,4 GHz chastotadagi ishni aniqlaydi va 10 m masofagacha (722-784) kbit/s tezlikda ma’lumot uzatadi. " BluRay–disk|"Katta hajmli (25-50 Gbayte) kompakt-disklarning bir turi. " BMP formati|"Grafik fayllarning siqilmagan standart formati bo‘lib, bitta nuqta uchun 4,8 yoki 24 bit ni ko‘zda tutadi. " BOOTP protokoli|"Qattiq diskka ega bo‘lmagan uzellar bilan birgalikda ishlash protseduralarini aniqlab beruvchi tarmoq protokoli. Dastlab TCP/IP tarmoqlarida disksiz ishchi stansiyalarni sozlashda ishlatilgan protokol. DHCP – o‘z navbatida shu protokolni qo‘llagan yuklash konfiguratsiyasining tugab borayotgan protokolidir. " Borland obyekt komponentlarining arxitekturasi|"Borland firmasining (mavjud standart komponentlardan dasturli tizim va komplekslarni yaratish uchun) obyekt-modulli arxitekturasi. " Bps (sekunddagi bitlar soni)|"Bir sekund ichida uzatiladigan bitlar soni. Modem kabi ma’lumotlarni uzatishi mumkin bo‘lgan qurilmaning tezligini o‘lchash birligi sifatida foydalaniladi. " BREW platformasi|"Qualcomm kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, CDMA standartidagi mobil qurilmalar uchun ilovalar platformasi (GSM uchun Java platformasining analogi). " BSC kodi|"Tayanch stansiya kodi. " BSD|"Kaliforniya universitetining dasturiy mahsuloti. Uning asosida FreeDSB, OpenBSD va NetBSD kabi qator operatsion tizimlar ishlab chiqilgan. " C Shell|"Komanda beruvchi interpretator. *nix-tizimlaridagi komanda satrini dasturlash tili. " C# tili|"Ilovalar, veb-komponentlar, shuningdek, veb-xizmatlar tuzish uchun, Microsoft korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan dasturlash tili. O‘zida C++, Java, Java Script, Visual BASIC tillarining eng yaxshi jihatlarini birlashtiradigan kuchli dasturlash tili. " C++|"Quyi darajali dasturlash imkoniyati bo‘lgan, ANSI va ISO standartlariga javob beradigan, obyektga yo‘naltirilgan yuqori daraja tili. Ci (C) dasturlash tilining navbatdagi avlodi hisoblanadi. C++ning obyektga yo‘naltirilganligi, u yirik masshtabli dasturlarni kodlash soddalashtiriladigan va ularning kengayuvchanligi ta’minlanadigan dasturlash uslubini qo‘llab-quvvatlashini bildiradi. " C2 himoya darajasi|"Axborotni muhofaza qilishga mo‘ljallangan AQSh milliy standarti, foydalanuvchilarni yakka tartibda ro‘yxatga olish, maxfiy so‘z va vakolat berish mexanizmi mavjudligini talab qiladi. " Cairo tarmoq operatsion tizimi|"Microsoft korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan obyektga yo‘naltirilgan arxitekturali tarmoq operatsion tizimi. Cairo tizimi ma’lumotlarni qayta ishlash taqsimlangan muhitini ta’minlaydi. " Caps Lock klavishi|"Yuqori registrni qayd qilish klavishi. " CAS protokoli|"Intel korporatsiyasining, o‘rnatilgan menyu yordamida shaxsiy kompyuterlarning faksimil platalaridan bevosita foydalanishni ta’minlaydigan protokoli. " CB signal|"Rangli televideniyening ayrim raqamli komponentli tizimlarida foydalaniladigan, masshtab koeffitsiyentiga ko‘paytirilgan, ko‘k ayirmarang signalga mos keladigan bir qutbli signal. " ccTLD|"Yuqori pog‘onali milliy yoki mamlakat domeni. ® Muayyan mamlakat uchun ajratiladi, masalan, O‘zbekiston uchun .uz, Rossiya uchun .ru va h.k. " CD+MIDI formati|"Raqamli ovoz va MIDI interfeysi bilan kengaytirilgan format. " C-diapazon|"Yo‘ldoshli (FSS), radioreleli va boshqa xizmatlar o‘rtasida taqsimlangan 4 GHz dan 8 GHz gacha chastotalar diapazonining xalqaro belgilanishi. Masalan, FSS yo‘ldoshli aloqa xizmatiga 4/6 GHz diapazoni ajratilgan va u ikkita uchastkani o‘z ichiga oladi: (3,4−4,2) GHz (liniya «pastga») va (5,7−6,7) GHz (liniya «yuqoriga»). " CD-I diskiga umumiy tasnifi|"Diskning, uning fizik formatini, shuningdek, turli ko‘rinishdagi axborotni kodlash tartibi va uslublarini belgilaydigan tasnifi. " CDIF eksporter|"CDIF uzatish faylini yaratadigan vosita. " CDIF grafik notatsiyasi|"Diagrammalarda CDIF modellash konsepsiyalarining taqdim etilishini belgilaydigan qoidalar to‘plami. " CDIF importer|"CDIF uzatish faylini o‘qiydigan va undan modelni yaratishda yoki o‘zgartirishda foydalanadigan vosita. " CDIF metaindikator|"Metaobyektni uzatishning metamodel qismida qat’iy identifikatsiyalaydigan metaatribut. " CDMA2000 1xEV-DV texnologiyasi|"CDMA2000 standarti negizidagi ma’lumotlarni simsiz uzatish texnologiyasi. Standart 2003-yilda ishlab chiqilgan. Radioefirda bitta eltuvchida bir vaqtda ham ovoz, ham ma’lumotlar uzatilishini ko‘zda tutadi. Maksimal tezlik 3−5 Mbit/s gacha, normal o‘tkazish qobiliyati 1,25 MHz kanalda 1 Mbit/s ni tashkil etadi. " CDMA2000 1х EV-DO Rel 0 texnologiyasi|"CDMA2000 standarti negizidagi ma’lumotlarni simsiz uzatish texnologiyasi. Ma’lumotlarni «pastga» (Down link (DL) liniyada 2,4 Mbit/s gacha bo‘lgan tezlik bilan, «yuqoriga» (Up link (UL) liniyada 153 Kbit/s tezlik bilan uzatish imkoniyatini ta’minlaydi. " CDMA2000 1х EV-DO Rel А texnologiyasi|"CDMA2000 standarti negizidagi ma’lumotlarni simsiz uzatish texnologiyasi. Ma’lumotlarni mobil terminaldan tayanch stansiya tomon yo‘nalishda 1,8 Mbit/s gacha bo‘lgan tezlik bilan uzatilishini, tayanch stansiyadan mobil terminal tomon yo‘nalishda 3,1 Mbit/s gacha bo‘lgan tezlik bilan olinishini ta’minlaydi. Kanalning talab qilinadigan kengligi 1,25 MHz, bu, spektrdan samarali foydalanish to‘g‘risida gapirish imkonini beradi. Hozirgi paytda 1x EV-DO Rel A texnologiya CDMA2000 tarmoqlari uchun tayanch texnologiya hisoblanadi va «to‘rtinchi avlod» (4G) tarmoqlariga o‘tishni amalga oshirish imkonini beradi. " CDMA2000 loyihasi|"Qualcomm kompaniyasi takliflari asosida, TIA TR 45.5 qo‘mitasi (AQSh) tomonidan IMT-2000 dasturi doirasida ishlab chiqilgan keng polosali tizimlar uchinchi avlod standarti loyihasining nomi. " CDMA2000 standarti|"CDMA standarti versiyalaridan biri. Uchinchi avlod keng polosali tizim standartining loyihasi. TIA TR (AQSh) qo‘mitasi tomonidan Qualcomm kompaniyasining ishlanmalari negizida yaratilgan. Aloqa kanallarining o‘tkazish qobiliyatini oshirish yo‘li bilan cdmOne standartining imkoniyatlarini kengaytiradi. CDMA2000 ga o‘tishning birinchi bosqichi (Phase 1) ovozli va multimedia ma’lumotlar uzatish tezligini 144 Kbit/s gacha oshirishni ko‘zda tutadi. Bu texnologiya uchun qator nomlanish mavjud: IS-2000, MC-1X, IMT-CDMA Multi-Carrier1x va 1xRTT. Ikkinchi bosqichda (Phase 2) ma’lumotlar uzatish tezligi 2 Mbit/s gacha oshirilishi mumkin: 1xEV-Data Voice yoki 1xEV-DV standarti ovoz va ma’lumotlarni birgalikda uzatish uchun hamda 1xEV-DataOnly (Phase 1+) faqat ma’lumotlar uzatish uchun. Bundan tashqari, CDMA2000 ga o‘tishning ikkinchi bosqichida birinchi bosqich texnologiyalari ta’minlaydigan, ma’lumotlar uzatish tezligini uch marta oshirish texnologiyasidan foydalanilishi mumkin. Bu texnologiya MC-3X, IMT CDMA MultiCarrier3x va 3xRTT sifatida ma’lum. " cdmaOne aloqa tizimi|"IS-95 standarti negizida amalga joriy etilgan ikkinchi avlod aloqa tizimining nomi. Aloqa, (824−849) MHz (liniya «yuqoriga») va (869−894) MHz (liniya «pastga») chastotalar diapazonida, 45 MHz dupleks tarqoqlik bilan ta’minlanadi. Nutqni uzatish uchun 8 Kbit/s (kanal ichida 9,6 Kbit/s)ga teng tezlikni ta’minlaydigan CELP turidagi kodeklar ishlatiladi. cdmaOne tarmoqlarining asosiy texnik parametrlari TIA standartlarida (IS-95 va IS-96) belgilab qo‘yilgan. " CD-R (yozish imkoniyatli kompakt-disk)|"Cheklanmagan marta o‘qish, lekin faqat bir marta yozish va davomidan yozish mumkin bo‘lgan kompakt-disk turi. Ma’lumotni o‘chirish imkoniyati mavjud emas. Zamonaviy CD-R lar 650 dan 800 Mbyte gacha ma’lumotni saqlay oladi. " CD-ROM kengaytirilgan arxitekturasi|"Zichlashtirilgan audioma’lumotlarni saqlashni ta’minlaydi. Microsoft va Sony korporatsiyalari tomonidan 1990-yilda yaratilgan standart, bundan tashqari, bu ma’lumotlarni diskdan o‘qish usulini ham bajaradi. " CD-ROM qurilmasi|"Kompakt disklarni o‘qish uchun mo‘ljallangan qurilma. CD-ROMlarning tezligi audio-kompakt-diskni o‘qish tezligi (150 kbit/s) bilan aniqlanadi. Ayni vaqtda, 56 tezlikka ega CD-ROMlar mavjud. Bundan buyon, ularning tezligini oshirish qiyin masala bo‘lib turibdi. " Celeron|"Intel kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan arzon protsessorlar turkumi. Uning arzonligi Pentium protsessorli kompyuterlarga nisbatan samaradorligi pastligi bilan izohlanadi (kesh xotira qisqartirilgan). Dastlabki Celeron protsessori 1998-yilning aprel oyida paydo bo‘lgan. " CentOS|"Hamjamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Linux distributivi. U Red Hat Linux ga to‘liq asoslangan va u bilan mos ravishda ishlay oladi. Undan farqli ravishda, yopiq dasturlarni ishlatmaydi va butunlay bepul. " CERT|"Kompyuter xavfsizligi sohasidagi ekspertlar guruhi. Kompyuter hodisalari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni to‘playdi va tekshirish ishlarini olib boradi, kompyuter hodisalarining oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi. CERT bazan CSIRT (Computer Security Incident Response Team) deb ham ataladi. Birinchi CERT 1988-yilda Karnegi-Melon (AQSH) universitetida Internetda Morris Worm qurtining tarqalishi munosabati bilan yaratilgan. Bugungi kunda CERT xizmatlari ko‘p mamlakatlarda, jumladan, O‘zbekistonda ham mavjud. Katta tashkilotlar ham odatda o‘z CERT bo‘linmalariga ega bo‘ladi. Qar.: UZ-CERT. " CGA grafik adapteri|"Rangli grafik adapter, CGA adapteri IBM PC XT turidagi mashinalarda ko‘p ishlatilgan. Oq-qora rejimda 640×200 nuqtali o‘lchamni va 320×200 – rangli rejimda esa 320x200 nuqtali o‘lchamni ta’minlaydi. " CHILL dasturlash tili|"Xalqaro elektraloqa ittifoqi tomonidan taklif qilingan va kommunikatsiya tarmoqlarida avtomatlashtirilgan komplekslarni dasturlash uchun xalqaro standart sifatida qabul qilingan yuqori daraja dasturlash tili. " Ci tili|"Umumiy maqsadlardagi dasturlash tili, o‘zining samaradorligi, tejamliligi va ko‘chirib bo‘lishliligi bilan ma’lum, bu esa, deyarli barcha turdagi dasturiy ta’munot yahshi sifati bilan ishlab chiqilishini ta’minlaydi. Si tilidan instrumental til sifatida foydalanish tez va ixcham dasturlar olish imkonini beradi. " CMEA algoritmi|"Raqamli uyali aloqa tarmoqlarida xabarlarni shifrlash algoritmi. " C-MOS-xotira|"Uncha katta tezlikka ega bo‘lmagan va batareyadan kam quvvat talab qiladigan, energiyaga bog‘liq bo‘lmagan xotira. Bu xotiradan kompyuter uskunasining konfiguratsiyasi va tarkibi, shuningdek, uning, operatsion tizim ishga tushirilgunga qadar tizim starti va oldindan testlash uchun zarur bo‘lgan ish rejimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni saqlash uchun foydalaniladi. " COBOL dasturlash tili|"Iqtisodiy masalalar va tijoratga oid ma’lumotlarni qayta ishlash masalalari uchun mo‘ljallangan dasturlash tili. COBOL dasturlash tili fayllar bilan ishlash vositasi va ingliz tiliga yaqin bo‘lgan yozish shakli bilan farq qiladi. Hozirgacha eng ko‘p kod qatori yozilgan dasturlash tili bo‘lib qolmoqda. " COM obyekt|"Boshqa obyektlarga va ilovalarga standartlashtirilgan COM-interfeys orqali o‘z servislarini taklif qiladigan Com modeli asosida ishlab chiqarilgan dasturiy komponent baʼzi toifasining obyekti. " COM porti|"O‘tkazish imkoniyati 115200 kbit/s bo‘lgan, 9 kontaktli ketma-ket port. Kichik tez-likka ega qurilmalarning − «sichqoncha» va tashqi modemni ulash yoki ikkita kompyuter o‘rtasida ulanishni yuzaga keltirish uchun qo‘llaniladi. " Common LISP dasturlash tili|"1981-yilda kompaniyalar konsorsiumi tomonidan standartlashtirilgan LISP dasturlash tilining dialekti. Konsorsium bu ishni DARPA rahbarligida bajardi. Common Lisp − bu bort tizimlarida keng foydalaniladigan katta va murakkab til. " Cookie fayli|"Veb-server tomonidan foydalanauvchini ro‘yxatga olish vaqtida qaytariladigan foydalanuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilgan satr. Dastur serverlari har bir foydalanuvchini afzal deb bilish mumkin va shunga bog‘liq holda mijoz saytga kirgan vaqtda har safar aniq takliflar taqdim etishi mumkin. " Copland operatsion tizimi|"Apple Computer korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan MacOS operatsion tizimining 32 turkumli (razryadli) rusumi. Copland operatsion tizimi ko‘p vazifali va ko‘p oqimli hisoblanib, u Apple firmasining shaxsiy kompyuterlari uchun mo‘ljallangan. " COPS spetsifikatsiyasi|"IETF qo‘mitasining spetsifikatsiyasi. Tarmoq ma’muriy boshqarish tizimlarida foydalaniladi. " Core lDRAW|"Kanadaning Corel korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan vektorli grafik redaktor. Mahsulotning shu kundagi versiyasi − CorelDRAW Graphics Suite X3, faqat Microsoft Windows uchun ishlatish mumkin. Avvalgi versiyalar Apple Macintosh hamda GNU/Linux uchun ishlab chiqarilgan. " Core 2|"Intel koporatsiyasi x86-64 arxitekturasi protsessorlarining oltinchi avlodi, Core protsessori arxitekturasiga asoslangan. " CR signal|"Rangli televideniyening ayrim raqamli komponentli tizimlarida foydalaniladigan, masshtab koeffitsiyentiga ko‘paytirilgan, qizil ayirmarang signalga mos keladigan bir qutbli signal. " CSL|"Boshqarish va modellash tili. " CSMA/CD|"Tarmoqlardagi kolliziyalarni hal qilishning keng tarqalgan usuli. " CSTA kompyuter telefoniyasi ilovalarining xizmatlari|"CSTA kompyuter telefoniyasi ilovalari xizmatlari ATS va kompyuter yoki kompyuter tarmog‘ining chetki integratsiyasu uchun xizmat qiladi. Izoh – CSTA protokolini amalga oshirish ECMA-179 (Services for Computer Supported Telecommunication Applications) va ECMA-180 (Protocol for Computer Supported Telecommunication Applications), qisman ECMA-217 va ECMA-218 (Phase II), shuningdek, ECMA-269 (Phase III) standartlariga asoslanadi. " CULV|"Intel kompaniyasi tomonidan ishlab chiqiladigan kompyuter platformasi. Energiya iste’moli va issiqlik ajratishi kam bo‘lganligi tufayli, CULV portativ kompyuterlarda batareyaning xizmat qilish muddati uzoq bo‘lgan juda nozik kompyuter tizimlarini yaratish imkonini beradi. " C-va Ku-diapazonlari|"Yo‘ldoshli televizion eshittirish uchun ajratilgan ikki chastotaviy diapazon. «Yo‘ldosh − qabul qiluvchi antenna» aloqa liniyasi uchun C-diapazonda 3,5 GHz dan 4,2 GHz gacha, Ku-diapazonda esa 10,7 GHz dan 12,75 GHz gacha chastotalar polosasidan foydalaniladi. C-diapazonida uzatiladigan televizion signal moduyatorga berishdan oldin inverslanadi. " D sohasi|"Yer sirtidan taxminan 50-90 km o‘rtasida joylashgan ionosferaning qismi. " D1 formati|"4:2:2 komponent signalning 8 bit/sanoq turkumidagi raqamli videoyozuv formati. " D1 raqamli videoyozuv formati|"Raqamli videoyozuvning birinchi formati. 4:2:2 formatiga asoslangan; yorqinlik Y va ayirmarang R-Y hamda B-Y signallarning komponentli alohida yozuvi amalga oshiriladi. 286.875 mm/s tezlik bilan siljiydigan 19.01 mm kenglikdagi magnit tasma ishlatiladi; magnit tasma uchta: kichik, o‘rta va katta o‘lchamdagi kassetalarga joylangan. Kassetalar mos ravishda, uzluksiz 11, 34 va 76 minutli yo‘zuvni ta’minlaydi. Video va tovush xatolardan Rid-Solomon kaskadli kodlari bilan himoyalangan. " D2 raqamli videoyozuv formati|"Raqamli videoyozuv formati. 19.01 mm kenglikdagi magnit tasma ishlatiladi. D-2 formatidagi raqamli videomagnitofonlar PAL yoki NTSC to’liq (kompozit) signalining yozuvini amalga oshiradi. " Daemon|"Fon rejimida ishlaydigan, foydalanuvchi bilan oshkor tarzda o‘zaro ishlamaydigan dastur. Ko‘p hollarda *nix tizimlariga nisbatan qo‘llaniladi. Microsoft ning operatsion tizimlarida – rezident dastur yoki xizmat (Service) ga mos keladi. " D-AMPS standarti|"TDMA texnologiyasiga asoslangan, ikkinchi avlod raqamli mobil aloqa tizimi standarti (1999-yildan boshlab yangi nomi – TDMA). Standart AMPS (IS-54) analog tizimi bilan mos tushadi, shuningdek, bu standartning oxirgi modifikatsiyasi IS-136 o‘z imkoniyatlari bo‘yicha GSM ga yaqin keladi. " Datakit tarmog‘i|"X.25 protokolli tarmoqqa o‘xshash kanallarni kommutatsiyalash tarmog‘i. " DataTAC standarti|"Paketlar kommutatsiyasiga asoslangan, past tezlikli simsiz aloqa ochiq standarti. Ishchi chastotalar diapazoni 800 MHz atrofida. " dBASE|"Relyatsion ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi. Aihton-Tate firmasi (AQSh) tomonidan ishlab chiqilgan. Tizim muntazam ravishda takomillashtirilib boriladi, dBASE II, dBASE III, dBASE III Plus versiyalari o‘zini yaxshi ko‘rsatdi. Hozirgi vaqtda Borland firmasi tomonidan tizimni takomillashtirish davom ettirilmoqda, dBASE IV va dBASE V versiyalar chiqarildi. Foydalanuvchi bilan rivojlangan interfeysga ega, lekin Fox tizimlaridan ishlash tezligi bo‘yicha orqada. " DCS-1800 standarti|"1800 MHz chastotalar diapazonida ishlaydigan uyali aloqa raqamli tizimining standarti. " DDCD formati|"Sony va Philips korporatsiyalari tomonidan taqdim etilgan kompakt-disklarga ikki marta zichlikda yozish formati. Yozish jarayonida shakllanadigan pitlar uzunligini va yo‘laklar oralig‘idagi masofani qisqartirish hisobiga disklarning hajmi 1,3 Gbyte gacha oshirilgan. DDCD formati mavjud formatlar bilan muvofiqlikni saqlaydi. " DDR2 SDRAM|"Hisoblash texnikasida tezkor hamda videoxotira sifatida foydalaniladigan tezkor xotira turi. " Debian|"1993-yilda Yan Myordok tomonidan yaratilgan Linux distributivi. Bir maromda ishlashi bilan ajralib turadi, .deb xususiy paketlar formatiga ega. 100 dan ortiq Linux distributivlariga asos bo‘lgan. " DECnet protokoli|"DEC kompaniyasi tarmoq arxitekturasining DEC kompyuterlarini DDCMP protokoli bo‘yicha bog‘lash imkonini beradigan savdo markasi. " DECT profili|"DECT standarti tizimlarida abonent radiokirish profili. " Delphi dasturlash tili|"Turbo Pascal tilining obyektga yo‘naltirilgan versiyasiga asoslangan, Borland International firmasining yuqori darajali protsedurali obyektga yo‘naltirilgan tili. Windows va mijoz-server dasturlarini yaratish uchun xizmat qiladi. " DHCP serveri|"Mijozlarning IP-manzillarini avtomatik tarzda boshqaruvchi va tarmoqda unga muvofiq sozlash ishlarini bajaruvchi server. DHCP xizmatini bajaruvchi kompyuter IP-manzillarni va ularga bog‘liq ma’lumotlarni DHCP mijozlariga dinamik taqsimlanishini ta’minlaydi. " Direct X texnologiyasi|"Micrоsоft tomonidan ishlab chiqilgan standart dasturiy uzilishlar to‘plami. Dasturchilarga tovush, video va grafika bilan birmuncha tezroq usulda ishlash imkonini beradi. " Direct3D spetsifikatsiyasi|"Microsoft korporatsiyasining Windows platformasi uchun grafik API dagi spetsifikatsiyasi. " Display Port|"Raqamli displeylar uchun mo‘ljallangan signal interfeysining standarti. VESA (Video Electronics Standart Association) tomonidan 2006-yilning mayida qabul qilingan. 1.1 versiyasi 2007 yil 2 aprelda, 1.2 versiya esa, 2010-yil 7 yanvarda qabul qilingan. Display Port dan audio-videoapparaturani, birinchi navbatda, kompyuterni displey bilan yoki kompyuter va uy kinoteatri tizimlarini ulash uchun eng zamonaviy interfeys sifatida foydalanish ko‘zda tutiladi. " DjVu|"Tasvirni yo‘qotishlar hisobiga siqish. Sxema va formulalari ko‘pligi tufayli hujjat mazmunini aniqlash qiyin bo‘lgan skanlanadigan hujjatlarni saqlash uchun ishlab chiqilgan. O‘z o‘rnida to‘laqonli ishlatilishi uchun ikkita rang yetarli bo‘lgan kitoblarni saqlash standarti bo‘lib qoladi. Hozirgi vaqtda, bu format Lizard Tech kompaniyasiga tegishli bo‘lishiga qaramay, ochiq format hisoblanadi. . " DNK kompyuteri|"DNK hisoblash imkoniyatlarini ishlatadigan hisoblash tizimi. " Dolby AC-3 tovush uzatish tizimi|"Dolby Surround Digital 5+1 kanal formatida ko‘p kanalli uzatishni ta’minlaydigan va 384 kbit/s tezlikni talab qiladigan tovush uzatishning muqobil tizimi. " Dolby-Dolby Digital (AC-3) formati|"Audioaxborotni siqish formati, DVD va kinofilmlarni yozishda qo‘llaniladi. Monofonik audiosignalni 5.1-kanalli hajmli ovozga aylantirishda qo‘llaniladi. " Dongle qurilmasi|"Ajratgich (raz’yom) o‘rnatilgan har qanday ixcham periferik qurilma (3G tarmoqlarida ishlash uchun USB modemlarga nisbatan qo‘llaniladi). " DOS Navigator|"Moldovaning Ritlabs kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, OS/2 va DOS uchun mo‘ljallangan konsolli fayl menejeri. " Double bootable system|"Ikkita (yoki undan ko‘p) operatsion tizim o‘rnatilgan kompyuter, u ulanganda foydalanuvchiga aynan qaysi operatsion tizimni ishga tushirish kerakligini aniqlash " DPT texnologiyasi|"Ochiq xalqaro standart SRP (protokoli) dan foydalanishga asoslangan IP-paketlarni dinamik uzatishning yuqori tezlikli texnologiyasi. " Drag-and-drop» texnologiyasi|"Hujjatda obyektni ajratish va uni ayni shu hujjatda yoki boshqa bir hujjatga ko‘chirish texnologiyasi. Windows tizimida va amalda Microsoft firmasining barcha ilovalarida qo‘llaniladi. Hujjatlar bilan ishlashni osonlashtiradi. " DragonFlyBSD|"FreeBSD operatsion tizimining x86 platformasiga va ko‘p protsessorli tizimlarga mo‘ljallangan turi. Yangi, lekin tez rivojlanayotgan, mukammal tizimlardan hisoblanadi. Ushbu tizim serverda ham, ishchi stansiyada ham ishlatilishi mumkin. Distributivi kichik hajmga ega. 2003-yilning iyul oyida dunyo yuzini ko‘rdi. Muallifi Mett Dilan. " DrakConfig|"Mandriva operatsion tizimini sozlashda qo‘llaniladigan grafik vosita. Tayyorlanmagan foydalanuvchiga tushunarli bo‘lgan Linux operatsion tizimini o‘rnatish va sozlash uchun birinchi vosita hisoblanadi. " DSA algoritmi|"algorithm (DSA) Ochiq kalitli shifrlash federal standarti. Kalit uzunligi 512 bit dan 1024 bit gacha. 1991-yilda NIST tomonidan ishlab chiqilgan va DSS standartida ishlatiladi. " DS-CDMA usuli|"CDMA tizimlarida signallarni keng polosali uzatish usuli bo‘lib, ma’lumotlarning kodlangan oqimini ikki bosqichli modulyatsiyalashga asoslangan. Izoh − Modulyatsiyalashning birinchi bosqichida eltuvchi ma’lumotlarning kodlangan oqimi bilan, odatda, BPSK yoki QPSK usullarini qo‘llagan holda, modulyatsiyalanadi. Ikkinchi bosqichda esa to‘g‘ri ketma-ketlik spektrini kengaytirish bilan modulyatsiyalash amalga oshiriladi. " DSS standarti|"NIST va NSA tomonidan Capstone loyihasining bir qismi sifatida elektron raqamli imzo uchun ishlab chiqilgan AQSh federal standarti. " DTDS turidagi disk massivi|"Tizimlaridan biri butunlay ishdan chiqqanida ham foydalana olishni ta’minlash uchun bir nechta qismga ajratiladigan DTDS. Uning himoyasi tok manbaidagi uzilishlar, sovutish tizimining buzilishi, tok manbai va shina kabellarining uzilishi holatlarining oldini oladi. " Duron|"AMD kompaniyasining tejamkor protsessorlari oilasi. 2000-yilning iyun oyida Intel Celeron raqobatchisi sifatida e’lon qilingan. 462 kontaktli Socket A razyomli tizim platalariga o‘rnatish uchun mo‘ljallangan. " DVB-H texnologiyasi|"Mobil qurilmalar uchun maxsus ishlab chiqilgan, raqamli videosignalni qabul qilish imkonini beradigan texnologiya. Uning yordamida cho‘ntak qurilmasi ekranida televizion eshittirishlarni ko‘rish mumkin bo‘ldi. " DVB-T tizimi|"Televizion dasturlarni radiokanallar orqali yer usti uzatish markazlaridan foydalangan holda iste’molchiga yetkazish uchun mo‘ljallangan hamda videosignallarni, tovush signallarini va qo‘shimcha ma’lumotlarni kodlashni, shuningdek, paketlarni shakllantirish va transport oqimiga multipleksorlashni MPEG-2 standarti talablariga muvofiq amalga oshirishni ko‘zda tutadigan raqamli televizion eshittirish tizimi. Izoh – Ushbu tizimda radiosignalning kodlangan ortogonal eltuvchilarini umumlashtirishdan foydalaniladi. " DVD-Video formati|"DVD-disklarda saqlash uchun mo‘ljallangan yuqori sifatli video formati. MPEG-2 kodlash ishlatiladi . " DVI|"1. Digital Video Interactive – Optik diskka yoziladigan to‘laekranli videotasvirlarni apparat usulida yuqori darajada siqishni taʼminlaydigan Intel standarti. DVI – shaxsiy kompyuterlardagi videotasvirlar uchun 1980-yillar o‘rtasida ishlab chiqilgan birinchi standartdir. 2. Digital Visual Interface – Suyuq kristalli monitorlar va proyektorlar kabi raqamli aks ettirish qurilmalariga videotasvirni uzatishga mo‘ljallangan interfeys va tegishli tutashtirgich uchun standart, Digital Display Working Group konsorsiumi tomonidan ishlab chiqilgan. " E sohasi|"Yer sirtidan taxminan 90-150 km o‘rtasida joylashgan ionosferaning qismi. " E1|"Uzatish tezligi 2,048 Mbit/s bo‘lgan, kanallar vaqt bo‘yicha multipleksorlangan tizimlar iyerarxiyasining birinchi darajasiga mos keluvchi raqamli interfeys. 64 kbit/s tezlik bilan 30 ta axborot kanali va ikkita xizmatga oid kanal uzatilishini taʼminlaydi (bunday tizim yana IKM-30 sifatida ham maʼlum). " Ebtables|"Linux dasturiy ko‘priklar uchun belgilangan paketlarni filtrlash vositasi. Ebtables Iptables ga o‘xshaydi, lekin uchinchi (tarmoq) sathida emas, balki tarmoq stekining ikkinchi (kanal) sathida ishlashi bilan farq qiladi. " Echo|"UNIX operatsion tizimida matn qatorini ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan komanda. Vaqt o‘tishi bilan ko‘pgina zamonaviy operatsion tizimlarda qo‘llanila boshladi. " EDGE loyihasi|"Aloqa tizimlarining global evolyutsiyasi uchun ma’lumotlar uzatishning yaxshilangan tizimi – GSM tizimlarini yaxshilash uchun mo‘ljallangan standart loyihasi. Izoh − UWC-136ning o‘zi – Uzatish tezligini 384 Kbit/s gacha oshirish imkonini beradi. EDGE GSM radiokanali vaqt bo‘lgan tuzilmasining ichida qo‘llaniladigan yangi modulyatsiya sxemalarining to‘plamini o‘zida ifodalaydi. Faqat GSM da emas, shuningdek TDMA (IS-136) va AQSh da iDEN da ham joriy qilinadi. 1-faza EDGE 1999 yil oxirida standartlashtirilgan, GPRS funksiyalaridan foydalanadi, ma’lumotlar uzatish tezligi 384 Kbit/s gacha. 2-faza EDGE real vaqt rejimida sifatli video va tovush uzatilishini ta’minlaydi. " EDGE texnologiyasi|"GSM standartidagi mobil aloqa tarmoqlari uchun ma’lumotlar uzatish tezligini oshirish texnologiyasi. EDGE mavjud GSM radiokirish sxemasi ustidan quriladi va GPRS dagiga qaraganda, uzatish qobiliyati uch marta katta bo‘lishini ta’minlaydi va uzatish tezligini 384 Kbit/s gacha oshirish imkonini beradi. Bu o‘zida, qo‘shimcha tarmoq elementlari kiritilmasdan dasturiy ta’minot yangilanishini ifodalaydi. EDGE ning qo‘llanilishi, ma’lumotlarni yuqori tezlikda uzatishga asoslanadigan Internetdan foydalanish, videotelefoniya, raqamli mobil televideniye kabi yangi xizmatlardan foydalanish imkoniyatini beradi. " EFR texnologiyasi|"To‘liq chastotalar polosasi bo‘ylab yaxshilangan kodlash texnologiyasi. Sifati yer usti liniyalariga yaqin. Mobil telefon akkumulyatorining sarfi, FR dagiga qaraganda 50 foizga ko‘p. Bu rejim, uyali aloqa operatori tomonidan ta’minlanishi kerak. " EGSM standarti|"GSM tizimida foydalaniladigan GSM kengaytirilgan standarti. EGSM chastotalar diapazoni GSM 900 MHz standart diapazoniga nisbatan pastga 10 MHz ga kengaytirilgan. Shunday qilib, ushbu mobil aloqa protokoli (880-915) MHz va (925-960) MHz kengaytirilgan chastotalar diapazonida ishlaydi. Bu funksiya ham telefon, ham uyali tarmoq tomonidan qo‘llanilishi kerak. " EISA shinasi|"Shaxsiy kompyuterlarning 16 razryadli shina arxitekturasini kengaytiradigan 32 razryadli tizim shinasi. Bir nechta protsessor ishini ta’minlaydi. " EJB spetsifikatsiyasi|"Server qismida ma’lumotlar bazalaridan va tranzaksiyalarni qayta ishlash tizimlaridan foydalanishni standartlashtiradi. Bu korporativ ilovalar uchun muhim, chunki ularning boshqa platformalarga ko‘chirishni ta’minlaydi. " ELF|"UNIX va Linux dagi bajariladigan kod faylining, faylni seksiyalarning majmui ko‘rinishida taqdim etishga asoslangan mashhur formati. " EMC kodi|"Uskunani ishlab chiqaruvchining kodi. " End klavishi|"Kursorni matn satri oxiriga, ekran chetiga yoki fayl oxiriga surish uchun ishlatiladigan klavish. " Energy star|"Kompyuter iste’mol qiladigan energiya miqdorini kamaytirish hisobiga atrof muhitni muhofaza qilish dasturi. Enegy star belgisi bo‘lgan kompyuterlar kutish rejimida 60 W dan kam, monitor va tizim bloki 30 W dan kam energiya iste’mol qilishi kerak. " Enter klavishi|"Kiritish klavishi, uning bosilishi kompyuterga kiritish satri tugaganligi (abzats oxiri) to‘g‘risida, jadval katagiga formula yoki elementni qo‘yish, yozishni tugallash va uni ma’lumotlar bazasiga kiritish komandalari bajarilishi to‘g‘risida xabar beradi. " EPIC texnologiyasi|"Intel va Hewlett-Packard korporatsiyalari tomonidan ishlab chiqilgan 64 razryadli Merced protsessori komandalari to‘plamining IA-64 arxitekturasida qo‘llaniladigan texnologiya. Bu texnologiyada kompilyator protsessorga qaysi komandalar parallel, qaysilari esa boshqa komandalarga bog‘liq tarzda bajarilishini oshkor qiladi. " EPP|"LPT portining ikki tomonga yo‘naltirilgan ish tartibi, bunda u nafaqat axborotni chiqarish uchun, balki kiritish uchun ham ishlashi mumkin. " E-praktikum|"O‘quvchilarni o‘rgatish uchun mo‘ljallangan dasturiy mahsulot. «Korvet», «UKNS», «Yamaxa» turidagi kompyuterlarda maktab informatika kursini qo‘llab-quvvatlaydi. Tarkibida Pascal tiliga juda o‘xshash bo‘lgan ruscha leksikali til interpretatori bor; algoritmlar tushunchasini kiritish imkonini beradigan «chizmachi», «vezdexod» va boshqa bajaruvchilar to‘plami mavjud. Akademik P.Yershov sharafiga nomlangan. " ER modeli|"Real tizimlarda ma’lumotlar oqimlarini tavsiflash modeli. Bu modelda ma’lumotlar ma’nosi va ular o‘rtasidagi bog‘lanish nuqtai nazaridan tavsiflanadi. " ESSID identifikatsiya nomi|"802.11 tarmoqni identifikatsiyalovchi nom. Izoh − Simsiz lokal tarmoqqa qo‘shilish uchun, uning ESSID ni bilish zarur. " Ethernet|"Kompyuter tarmoqlarining paketli texnologiyasi. Tarmoq uzellari koaksial yoki optik tolali kabel yoki o‘ralgan juft orqali bog‘langan. Axborot boshqaruvchi va manzilli, shuningdek, 1500 byte gacha ma’lumotni o‘zida saqlovchi o‘zgaruvchan uzunlikdagi kadrlar orqali uzatiladi. Ethernet standarti ma’lumotlar yuqori chastotali modulyatsiyalarsiz, sekundiga 10 Mbit/s tezlik bilan uzatilishini ta’minlaydi. " Ethernet tarmog‘i|"Kompyuter tarmoqlari uchun belgilangan qurilmalar o‘rtasida maʼlumotlarni paketli uzatish texnologiyalari turkumiga tegishli bo‘lgan keng eshittirish kompyuter tarmog‘i. Izoh – Ethernet standartlari fizik sathda (yoki darajada) simli ulanishlarni va elektron signallarni belgilaydi. " Ethernet texnologiyasi|"Signallarni 10 Mbit/s gacha tezlikda uzatishni ta’minlaydigan va kanallar holatini so‘rash hamda nizolarni aniqlash bilan ko‘plab foydalanish usulidan tarmoq resurslaridan uzellarning foydalana olish usuli sifatida foydalaniladigan lokal kompyuter tarmog‘ining texnologiyasi. " E-ulanish|"Jamiyatdagi har bir kishi axborot jamiyatida ishtirok etishi mumkin bo‘lgan vaziyat. Buning uchun texnologiyalardan foydalanish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari va xizmatlaridan foydalanishning qulayligi, shuningdek, odamlarning bu vositalardan foydalana olish ko‘nikmasi talab etiladi. " EV-DO texnologiyasi|"CDMA standarti tarmoqlarida ma’lumotlar uzatilishini ta’minlaydigan texnologiya. Rev.A ustqurma ma’lumotlar qabul qilish tezligini 3,1 Mbit/s gacha, uzatish tezligini esa, 1,8 Mbit/s gacha oshiradi. Bu, oqimli videoni ko‘rib chiqish, videokonferensiyalar uyushtirish va yuqori tezlikli foydalanish talab qilinadigan boshqa xizmatlarni taqdim etish imkonini beradi. " Excel|"Hisoblashlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan dasturiy kompleks, kuchli elektron jadvallarni o‘zida ifodalaydi. Do‘stona interfeysga ega, Windows muhitida va Macintosh kompyuterlarida ishlaydi. Professional bo‘lmagan foydalanuvchilar tomonidan ishlatiladi. Exsel Microsoft Offic tizimi tarkibiga kiradi. " Express Card|"Kompyuterga periferik qurilmalarni ulash imkonini beradigan interfeys. " eyeOS|"Desktop Operating System («Ishchi stol» yechimi qo‘llanilgan operatsion tizim) prinsipiga asoslangan, ochiq kodli krossplatformali tarmoq operatsion tizimi. Bazaviy komplekt operatsion tizim va bir qancha ofis ilovalarini: matn redaktori, kalendar, fayllar menejeri, messenjer, brauzer, kalkulyator va boshqalarni o‘z ichiga oladi. " F sohasi|"Yer sirtidan taxminan 150 km balandlikda joylashgan ionosferaning qismi. " Fast Ethernet|"Ethernet tarmog‘idagi 100 Mbit/s ma’lumotlar uzatish tezligiga ega spetsifikatsiyalar qatoridan biri. Fast Ethernet spetsifikatsiyasi 10 BaseT Ethernet spetsifikatsiyasiga qaraganda, ma’lumotlar uzatilishini o‘n marta yuqori tezlik bilan ta’minlaydi, shu bilan birga kadr formati, muhitga kira olishni boshqarish mexanizmlari va uzatish blokining maksimal o‘lchami kabi sifatlarni saqlab qoladi. Bunday o‘xshashlik Fast Ethernet tarmoqlarida 10 BaseT tarmoqlari uchun tegishli ilovalar va boshqaruvning instrumental vositalaridan foydalanish imkonini beradi. " FAT16|"FAT tizimidan kelib chiquvchi fayllar tizimi. Abbreviaturadagi son jadval elementlarining bitlardagi o‘lchamini ko‘rsatadi. Taqsimlanadigan xotira birligi klasterdir. FAT da klaster raqami va uning holati to‘g‘risida ma’lumot yozib qo‘yiladi (masalan, buzilgan klaster, bo‘sh klaster). FAT16 dagi disk qismining o‘lchami 2 Gbyte dan katta bo‘lmaydi. Ko‘pincha bu jadval nomidan kelib chiqib, uning asosi bo‘lgan fayl tizimi FAT deb ataladi. " FDD texnologiyasi|"Eshittirish chastotalarini ajratish bilan, ikki tomonlama aloqani ta’minlash imkonini beradigan texnologiya, aloqa kanallarining o‘tkazish qobiliyatini oshiradi. Bu texnologiya abonentlarning ko‘chish tezligi va uyalarning o‘lchami katta bo‘lganda ancha samaralidir. " FDisk (dastur)|"Diskni formatlash. Disk maydonini formatlashga tayyorlash uchun mo‘ljallangan dasturiy vosita. " FDMA standarti|"Kanallar chastota jihatdan qat’iy ajratilgan aloqa tarmoqlarining standarti. AMPS, N-AMPS, NMT, ETACS da qo‘llaniladi. " Fedora|"Red Hat kompaniyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Linux distributivi. Birinchi versiyasi 2003-yilning noyabr oyida yaratilgan. Red Hat Enterprise Linux ga kiritiladigan o‘zgartirishlar oldin Fedora da testdan o‘tkaziladi. Fedora 8 (werewolf) − so‘nggi versiyasi 2007-yilning noyabr oyida chiqqan. " FHMA standarti|"Eltuvchi chastota uzatish jarayonida psevdotasodifiy qonun bo‘yicha berilgan chastotalar polosasida sakrashsimon o‘zgaradigan foydalana olish usulidan foydalaniladigan aloqa tarmoqlarining standarti. " Fidolook|"Microsoft Internet Explorer paketi tarkibiga kiruvchi mashhur Internet meyler-nyusrider Outlook Express dasturiga o‘rnatilgan qo‘shimcha sifatidagi elektron pochta mijozi. " FIDONET|"Global notijorat kompyuter tarmog‘i. Telefon aloqa kanallari orqali ishlaydi. Tarmoqqa ulanish va unda ishlash bepul amalga oshiriladi (faqat telefon tarmog‘i xizmatlarining haqi to‘lanadi). Tarmoqdan pochta xabarlarini yuborish, telekonferensiyalar va e’lonlar taxtasi uchun foydalaniladi. Yoshlar orasida mashhur. " Fire Wire|"Yuqori tezlikli periferik qurilmalar uchun mo‘ljallangan shina. 63 tagacha qurilma, shu jumladan, raqamli videoni ulash imkoniyatini beradi. Apple firmasi tomonidan ishlab chiqilgan. " Firefox|"Mashhurligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi Internet-brauzer. 2004-yilda Mozilla kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Ochiq kodli brauzerlar orasida birinchi bo‘lib shunday mashhurlikka erishdi. Firefox versiyasi qariyb barcha operatsion tizimlarga to‘g‘ri keladi, funksionalligi esa plaginlarni ko‘pligi bilan kengaytirilmoqda. " Flash texnologiyasi|"Vektorli grafika va animatsiya bilan ishlash texnologiyasidan biri. " Fork|"Dasturiy ta’minot (odatda, erkin va ochiq) rivojlanishining ikki yoki undan ortiq shohga ajralish jarayoni. Bunda har bir shoh bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda turli mualliflar tomonidan, birida bo‘lmagan imkoniyatlarni ikkinchisida amalga oshirgan holda, rivojlantiriladi. " Fort|"Personal tizimlar bilan samarali ishlash uchun mo‘ljallangan dasturlash tili. Protseduraga yo‘naltirilgan tillarga kiradi, assembler tiliga yaqin. XX asrning 70-yillari boshida AQShda Ch.Mur tomonidan ishlab chiqilgan. " FORTH dasturlash tili|"Juda ixcham, oson kengayadigan, umumiy maqsadlardagi yuqori daraja tili. Taxminan 1970-yilda Arizona (AQSh) dagi Milliy radioastronomik observatoriya xodimi Charlz Mur tomonidan yaratilgan. Forth tilidagi dasturlar polyak invers yozuvida yoziladi va stek bilan ishlaydi. Boshqaruvchi tizimlarda, robototexnikada, ma’lumotlar to‘plash va o‘yinlarni dasturlash tizimlarida keng qo‘llaniladi. " Fortran dasturlash tili|"1956-yilda ishlab chiqilgan, matematik, ilmiy va muhandislik masalalarini yechishga mo‘ljallangan dasturlash tili. Fortran hozirga qadar ishlatilmoqda, Fortran 2003 standartning oxirgi versiyasi hisoblanadi. " FR texnologiyasi|"Mobil telefon aloqa kanalida ma’lumotlar uzatishning to‘la tezligidan foydalaniladigan nutqni kodlash texnologiyasi. " Frame Bursting texnologiyasi|"Kadrlar (freymlar) guruhli uzatilishini ta’minlaydigan texnologiya. " Frame Relay tarmog‘iga kira olish qurilmasi|"Frame Relay tarmog‘idagi har qanday qurilma. Bu marshrutizator yoki multipleksor bo‘lishi mumkin. " Frame Relay texnologiyasi|"Marshrutizatorlar turidagi intellektual oxirgi (terminal) qurilmalar yoki Frame Relay tarmog‘ida 56 kbit/s dan 1,544 Mbit/s gacha va undan yuqori tezlik bilan ishlaydigan boshqa qurilmalar o‘rtasida ma’lumotlar uzatish uchun paketlarni kommutatsiya qilish uchun asoslangan yuqori tezlikli texnologiya. " FRDS turidagi disk massivi|"Tizimning biror diski yoki biror boshqa komponenti ishdan chiqqanda undagi ma’lumotlarni himoyalash uchun mo‘ljallangan qurilma. FRDS+ qo‘shimcha tarzda disklarni avtomatik «qaynoq» (tizim faoliyatini to‘xtatmasdan) almashtirish hamda kesh va ta’minot blokidagi nosozliklarda ma’lumotlarni muhofaza qilish imkoniga ega. " Free Radius|"Ochiq boshlang‘ich kodli Radius serveri. Bu boshqa tijorat Radius serverlarining muqobilidir, chunki u bugungi kunda modulli va funksionaldir. Bundan tashqari, yoyish va foydalanuvchilarning soni nuqtai nazaridan qaralganda, dunyo Radius serverlari beshligiga kiradi. Free Radius tez, moslashuvchan, sozlanadigan, shuningdek, ko‘plab tijorat serverlariga nisbatan ko‘proq autentifikatsiyalash protokollarini qo‘llaydi. Hozirgi paytda tijorat Radius serverlarini ishlab chiqish uchun asos sifatida foydalaniladi. " FreeBSD operatsion tizimi|"BSD UNIX operatsion tizimining erkin tarqatiladigan (notijorat) realizatsiyasi. NetBSD, OpenBSD lar singari FreeBSD ham Bill Jolits tomonidan amalga oshirilgan 386BSD loyihasidan kelib chiqqan. " Front-end|"Tizimning interfeys va foydalanuvchi bilan birgalikda ishlashi uchun javob beradigan qismi. " FTP server|"FTP protokoli bo‘yicha erkin foydalanilishi mumkin fayllar joylashtiriladigan server. " FTPga anonim kirish|"FTP-serverga kirish variantlaridan biri. Foydalanuvchi tizimda Anonymous logini bilan ro‘yxatga olinadi, maxfiy so‘z sifatida uning elektron pochta manzili ko‘rsatiladi. Anonim foydalanuvchilar odatda, faqatgina ma’lumotlarni o‘qish huquqiga ega bo‘ladilar. " FWT terminali|"Qayd qilingan simsiz aloqa terminali. " Gbyte (gigabayt)|"Axborot hajmining birligi. 1073741824 byte (2^30) yoki 1024 Mbyte yoki 1048576 kbyte ga teng. " GeForce|"Iste’mol bozoriga yo‘naltirilgan, NVIDIA kompaniyasi asosiy platalarining grafik protsessorlari va chipsetlari turkumining brendi. GeForce grafik protsessorlaridan asosan, shaxsiy va ko‘tarib yuriladigan kompyuterlar uchun mo‘ljallangan videoadapterlarda foydalaniladi. " Gerber formati|"Sxema platalarini avtomatlashtirilgan loyihalashda va testlashda ma’lumotlarni taqdim etish uchun xizmat qiladigan format. " Gigabit Ethernet standarti|"Maʼlumotlarning 1 Gbit/s gacha tezlik bilan uzatilishini taʼminlaydigan texnologiya. Uzatish muhiti sifatida kabellarning uch turidan – bir modali va ko‘p modali optik-tolali kabellardan, shuningdek, ekranlanmagan o‘ralgan juftdan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi. So‘nggi variant uchun IEEE 802.3 ab guruhi tomonidan alohida standart loyihasi ishlab chiqilgan. " Globally Unique Identifier|"128-bitli statistik noyob disk yoki bo‘lim identifikatori. Uning asosiy xususiyati – identifikatorlarning mos tushishi tufayli sodir bo‘lgan ziddiyatlardan qo‘rqmasdan kengayadigan servislar va ilovalarni yaratish imkonini beradi. " GMPCS tizimi|"Global shaxsiy yo‘ldoshli aloqa mobil tizimi, yo‘ldoshli aloqa uchun qo‘llaniladigan mobil kommunikatsiyalar standart protokoli. " GNU operatsion tizimi|"Unix bilan o‘zaro muvofiq ishlovchi operatsion tizim yaratish uchun GNU loyihasi. Loyiha 1983-yilda Richard Stolman tomonidan UNIX o‘rnini bosa oladigan erkin tarqatish maqsadida MTI da ishlab chiqilgan. Loyiha doirasida kompilyatorlar va boshqa dasturiy ta’minotlar ishlab chiqiladi. " Google|"Shu nomdagi qidiruv tizimiga egalik qiluvchi Amerika korporatsiyasi. 1998-yilda Larri Peyj va Sergey Brinlar tomonidan asos solingan. Kompaniya boshqa faoliyat (xabarlar qutisini taqdim etish, dasturiy ta’minot ishlab chiqish) bilan shug‘ullanishiga qaramasdan, asosiy daromad va mashhurlik aynan qidiruv tizimiga tegishlidir. " Google Android|"Operatsion tizim (Linux yadrosi bazasidagi), oraliq dasturiy ta’minot (middleware) va servis dasturlarni o‘z ichiga oladigan mobil qurilmalar uchun mo‘ljallangan ilovalar steki. " GPRS kirish nuqtasi|"GPRS tarmog‘i va tashqi ma’lumotlar tarmog‘i, masalan, Internet tarmog‘i o‘rtasidagi interfeys. Mobil telefon GPRS modemi sifatida ishlashi, shuningdek, GPRS orqali WAP resurslaridan foydalanish uchun, kirish nuqtasi aniq belgilanishi zarur. " GPRS xizmati|"Radiointerfeys orqali ma’lumotlarni paketli uzatish xizmati. GPRS axborot va ko‘ngilochar xizmatlaridan foydalanish uchun, ma’lumotlar uzatish tarmog‘iga doimiy ulanishni ta’minlaydi. Bog‘lanish bir zumda o‘rnatilishi, ma’lumotlar uzatish tezligi yuqori bo‘lishi bilan ajralib turadi. " GPS tizimi|"Global pozitsiyalash tizimi – bu, navigatsion yo‘ldoshlardan foydalaniladigan, joylashgan yerni aniqlash radiotizimidir. Bunday tizimlar tegishli uskunaga ega bo‘lgan va yer sirtidagi yoki uning yaqinidagi foydalanuvchilar uchun, uch o‘lchamli holat, tezlik hamda vaqt to‘g‘risida kunu tun axborotni ta’minlaydi. " GPSS modellash tili|"Turli tizimlarni, asosan ommaviy xizmat ko‘rsatish tizimlarini imitatsion modellash uchun foydalaniladigan dasturlash tili. " GSM 1900 standarti|"1900 MHz chastotadagi GSM raqamli standarti, shuningdek, PCS sifatida ham ma’lum. AQSh, Kanada, Lotin Amerikasi va Afrikaning ayrim mamlakatlarida foydalaniladi. " GSM interfeyslari|"GSM tarmog‘ida interfeyslarning ikki turi farqlanadi: tarmoqlararo va tarmoq ichi. Tashqi tarmoqlar bilan ulanish SS7 signalizatsiya tizimiga muvofiq amalga oshiriladi. " GSM mobil aloqa|"Yevropada va dunyoning boshqa qismlarida keng foydalaniladigan raqamli mobil telefon tizimi. GSM ma’lumotlarni raqamlashtiradi, siqadi, keyin uni foydalanuvchilar ma’lumotlarining boshqa bir ikkita oqimi bilan, har biri o‘zining vaqt intervalida, kanal orqali jo‘natadi. GSM 900 MHz yoki 1800 MNz chastota polosasida ishlaydi. " GSM plyus texnologiyasi|"Mobil aloqa texnologiyasining GSM standarti asosidagi takomillashtirilgan versiyasi bo‘lib, uchinchi avlod tizimlarining asosiy talablarini qanoatlantiradi. " GSM tarmoqlari uchun mo‘ljallangan texnologiya|"Ma’lumot uzatish tezligini 14,4 kbit/s gacha oshirishni, to‘rtta kanalni bitta vaqt slotida multipleksorlashda esa 57,6 kbit/s gacha oshirishni (Nokia firmasi) ta’minlaydigan texnologiya. " GSM uyali aloqa standarti|"Ikkinchi avlod (2G) mobil qurilmalari uchun mo‘ljallangan Yevropa standarti. GSM da 900 MHz va 1,8 GHz (Yevropada), 1,9 GHz (AQSh da) chastota diapazonlaridan foydalaniladi. GSM Yevropa va Osiyoda qabul qilingan umumiy simsiz standartlar va TDMA texnologiyasidan foydalanishni birlashtiradi. GSM SMS xabarlar uzatilishini va 9,6 Kbit/s tezlik bilan ma’lumotlar paketli uzatilishini amalga oshiradigan tarmoqlar bilan ma’lumotlar almashinuvini ta’minlaydi. Bu standartda telefon raqami va abonent to‘g‘risidagi boshqa barcha ma’lumot, shartnoma tuzish vaqtida abonentga beriladigan va zarur diapazondagi GSM apparatga qo‘yilishi mumkin bo‘lgan SIM kartaga yoziladi. " GSM shlyuzi|"Statsionar liniyani o‘rnatish imkoniyati yo‘q yoki iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlamaydigan, telefon aloqasi bo‘lmagan obyektlarni telefonlashtirish imkonini beradigan shlyuz. " GSM/EDGE radiokirish tarmog‘i|"GSM/EDGE tizimining radio qismi, o‘z ichiga tayanch stansiyalarni va tayanch stansiyalarning kontrollerlarini bog‘lovchi tarmoqni oladi. Umum-foydalaniladigan telefon aloqa, Internet va abonentlar terminallari o‘rtasida chaqiruvlar va paketli ma’lumotlar o‘tadigan GSM tarmog‘i uchun mo‘ljallangan tayanch tarmoqni o‘zida ifodalaydi. UMTS/EDGE tarmoqlar bilan bo‘lgan holda, tarmoq bir qancha UTRAN bilan ulangan bitta yoki bir nechta GERAN dan iborat bo‘ladi. " GSM-1800 standarti|"GSM standartining (1710-1785) MHz va (1805-1880) MHz (avvalgi DCS 1800) chastotalar diapazonida ishlaydigan tarmoqlar uchun mo‘ljallangan versiyasi. GSM-1800 tarmog‘ida ishchi chastotalar polosasining kengligi 75 MHz (GSM-900 ga nisbatan uch marta ortiq). Radioto‘lqinlarning 1800 MHz chastotada tarqalishida 900 MHz chastotaga nisbatan qo‘shimcha yo‘qotishlar (6-10) dB sodir bo‘ladi va ular bitta tayanch stansiya xizmat ko‘rsatadigan hududning kichrayishiga olib keladi. Mobil telefonlarning maksimal nurlanish quvvati 1 W bo‘lib, u GSM dagiga nisbatan 2 marta kamdir. Bu tizimda yashirin eshitish va raqamdan beruxsat foydalanishdan ancha yuqori himoyalanish ta’minlangan. " GSM-400 standarti|"GSM standartining modifikatsiyasi (NMT-450 analog tizimini modernizatsiyalash variantlaridan biri). GSM-400 tizimi 2x7,2 MHz polosalar kengligiga ega NMT-450 kengaytirilgan chastotalar diapazonida (450,4-457,6) MHz – liniya «pastga» va (460,4-467,6) MHz – liniya «yuqoriga») ishlash uchun mo‘ljallangan. Ushbu diapazonda aloqa uzoqligi GSM-900 ga nisbatan ikki marta katta, bitta geografik mintaqadagi tayanch stansiyalarning maksimal miqdori 5,5:2,2:1 (GSM-1800/900/400) nisbat bilan aniqlanadi, ya’ni ayni bir xil qoplash zonasida GSM-1800 dan foydalanilganiga nisbatan 5,5 marta kamroq tayanch stansiyalar kerak bo‘ladi. GSM-400 foydalanishning eng maqbul joylari uyalarning kichik trafikli va katta uzoqlikdagi hududlarida aloqani tashkil qilish bilan bog‘liqdir (qishloq joylari, qirg‘oq bo‘ylari va avtostradalarda). " GSM-900 standarti|"Chastotalarning 900 MHz diapazonida ishlaydigan tarmoqlar uchun GSM standartining asosiy versiyasi. Ko‘pincha GSM-900 abbreviaturasi o‘rniga umumiyroq bo‘lgan GSM atamasidan foydalaniladi. " GSM-R raqamli aloqa tizimi|"GSM standarti negizidagi raqamli aloqa tizimining spetsifikatsiyasi bo‘lib (1994 yilda ishlab chiqilgan), u (876-880) va (921-925)MHz chastotalar diapazonida temir yo‘l radioaloqa tizimini tuzishga mo‘ljallangan. 500 km/h gacha bo‘lgan harakat tezliklarida guruhiy, ustuvor va shoshilinch chaqiruvlarni amalga oshirish hamda aloqani ta’minlash nazarda tutilgan. Maksimal ulanish vaqti 1,5 s dan oshmaydi. " gTLD|"Yuqori pog‘onali umumiy domen. Dastlab tashkilotlarning turiga qarab ajratilishi ko‘zga tutilgan bo‘lsa, bugungi kunda cheklashlarsiz sotiladi. Turlari: .com, .net, .org, .info va .biz. " GUID Partition Table|"Bo‘limlar jadvallarini fizik qattiq diskka joylashtirishning standart formati. Intel tomonidan BIOS o‘rniga tavsiya qilingan (Extensible Firmware Interface, EFI) standart – kengaytiriladigan mikrodastur interfeysining bir qismi hisoblanadi. " H simon to‘lqin o‘tkazgich|"H simon ko‘ndalang kesimga ega bir aloqali to‘lqin o‘tkazgich. " Hands free tizimi|"Qo‘llar yordamisiz telefonda so‘zlashish va uni boshqarish imkonini beradigan tizim. Uning o‘rniga ovozdan foydalaniladi. Ko‘pincha, avtomobillarda qo‘llaniladi. " Hard real-time|"Real vaqt tizimi, bunda vaqtinchalik cheklashlar buzilganda u boshqaradigan obyektda kritik xatolik (ishlamay qolish) sodir bo‘lishi mumkin. " HDDSCan|"Axborot to‘plagichlarni testlash uchun belgilangan utilita (HDD, RAID, Flash). Dastur axborotni saqlash qurilmalarini BAD-bloklari mavjudligiga diagnostika qilish, S.M.A.R.T-atributlarini ko‘rib chiqish, maxsus sozlamalarni o‘zgartirish (ta’minotni boshqarish, shpindel start/stopini, akustik rejimni rostlash) uchun mo‘ljallangan. " HDML tili|"Internetga simsiz qurilmalardan kirish uchun, Phоne.cоm firmasi tomonidan ishlab chiqilgan til. " HDSL texnologiyasi|"Uzunligi 4,5 km gacha bo‘lgan to‘rt simli liniya bo‘ylab 2 Mbit/s tezlik bilan simmetrik ravishda ma’lumotlarni uzatish imkonini beradigan texnologiya. 1990-yilda Bellcore firmasi tomonidan tavsiya qilingan. " Hewlett-Packard korporatsiyasi|"Elektron va hisoblash texnikasini ishlab chiqaruvchi kompaniya, shuningdek unga taalluqli savdo markasi. " HFS+|"Apple Inc tomonidan, oldin foydalanilgan HFS ni, Macintosh kompyuterlaridagi asosiy fayl tizimni almashtirish uchun ishlab chiqilgan fayl tizimi. HFS+ MAC OS imkoniyatlarini kengaytirish uchun, HFS ning takomillashtirilgan versiyasi sifatida qarab chiqilishi mumkin. Ishlab chiqish vaqtida bu tizim Sequoia deb atalgan. " HomePNA spetsifikatsiyasi|"1998-yilda HPNA alyansi tomonidan ishlab chiqilgan telefon kabel tarmoqlari asosidagi 10 Mbit/s li uy tarmoqlari uchun spetsifikatsiya. 1.0 versiyasi 1 Mbit/s tezlik uchun mo‘ljallangan. Ayni vaqtdagi 2.0 versiyasi 350 m dan ortiq masofada 10 Mbit/s tezlikda, 3.0 versiyasi esa, 32 Mbit/s tezlikda ma’lumot uzatish imkonini ta’minlaydi. HomePNA 25 tagacha tarmoq uzellarini qo‘llab quvvatlaydi. " Hot Desking|"Olisdagi telefondan uy ofisi telefoni kabi foydalanish imkonini beradigan xizmat. Bunda ikkala telefon ham bir xil imkoniyat (funksiya) ga ega bo‘ladi. Izoh – Ikkala telefon ham bir xil bo‘lishi kerak, masalan ikkita SIP – telefoni. " Hot Java|"Internet tarmog‘ida WWW texnologiyasi bilan ishlash uchun belgilangan brauzer. Java tilida til imkoniyatlarini ko‘rsatish uchun ishlab chiqilgan, lekin mustaqil ahamiyatga ham ega. " HSCSD texnologiyasi|"1. GSM standartidagi, ma’lumotlarni oshirilgan tezlikda (57 Kbit/s gacha) uzatish texnologiyasi. Bu texnologiyaning asosiy afzalligi, ma’lumotlar uzatish tezligining yuqoriligida. Bu, bog‘lanishni o‘rnatishga ketadigan vaqtni kamaytirish va dasturlar ishini tezlashtirish imkonini beradi. Ma’lumotlarni uzatish oldingiga nisbatan to‘rt marta tez bajariladi, bu esa, kartalar va grafik interfeysdan foydalanib, mobil navigatsiya kabi xizmatlarni amalga oshirish imkonini beradi. HSCSD texnologiyasi kommutatsiyalanadigan tarmoqlarda qo‘lllanilishi tufayli, ma’lumotlar qisqa impulslar tarzida uzatiladigan elektron pochta uzatishga qaraganda, multimedia va videodasturlar ishi uchun yaxshiroq moslashtirilgan. Texnologiyadan GSM tarmog‘ida foydalanishda uzatish tezligi 43,2 Kbit/s bo‘lishiga erishiladi. Bu qiymat zamonaviy modemlardan foydalaniladigan simli tarmoqlar orqali ma’lumotlar uzatish tezligiga teng. 2. GSM mobil tarmoqlar ustqurmasi. 57,6 Kbit/s yuqori o‘tkazish qobiliyatiga erishish uchun, to‘rtta 14,4 Kbit/s past tezlikli kanalni birlashtirish imkonini beradi. GPRS dan farqli ravishda, kanallarni kommutatsiyalash usulidan foydalaniladi. HSCSD uskunasi multimedia ma’lumotlarni uzatish uchun mo‘ljallangan videokonferens aloqa uchun ham to‘g‘ri keladi. " HSDPA texnologiyasi|"Mobil aloqa standarti, mobil aloqa tarmoqlarining 4G avlodiga o‘tish bosqichi. Ma’lumotlar uzatish tezligi taxminan 4 Mbit/s. " HSPA texnologiyasi|"Ma’lumotlarni paketli uzatishga asoslangan, simsiz aloqa texnologiyasi; axborot uzatish tezligining yuqori bo‘lishi asosiy jihati; WCDMA va UMTS kabi mobil tarmoqlarga qo‘shimcha hisoblanadi. " HSUPA texnologiyasi|"Mobil qurilma va operatorning uyali tarmog‘i o‘rtasida ma’lumotlar uzatish tezligini 5,8 Mbit/s gacha oshirish imkonini beradigan HSDPA texnologiyasining analogi. " HSWD texnologiyasi|"Yuqori tezliklarda ma’lumotlarni simsiz uzatish texnologiyasi. " Huper Transport|"Yuqori o‘tkazish qobiliyatiga va kichik kechikishlarga ega bo‘lgan, ikki yo‘nalishli ketma-ket/parallel kompyuter shinasi. To‘liq o‘lchamli, to‘liq tezlikli 32 bitli shina ikki yo‘nalishli rejimda o‘tkazish qobiliyatini 51600 Mbyte/s gacha o‘tkazish qobiliyatini ta’minlashi mumkin. " Hydra arxitekturasi|"IBM Personal Computer kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan shaxsiy kompyuterlar tizim platasining modulli arxitekturasi. Izoh − Arxitektura tizim komponentlari (tezkor xotira qurilmasi, protsessor, PCI) ning oson almashtirilishi hisobiga modernizatsiya narxlarini qisqartiradi. " IACR assotsiatsiyasi|"Kriptografik tadqiqotlar bo‘yicha xalqaro assotsiatsiyasi. " IBM kompaniyasi|"Dunyodagi dastlabki kompyuter kompaniyalaridan biri. Kompyuter texnologiyalari sohasida va savdo hajmi bo‘yicha dunyo yetakchilaridan biri. IBM maynfreymlari odatda ko‘k rang bilan bezatilganligi uchun, matbuotda bu korporatsiya «Ko‘k gigant» deb ham ataladi. Kompaniya 1911-yilda to‘rtta kompaniyaning birlashishi natijasida tashkil topgan. Bu kompaniyalardan biri – The Tabulating Machine Company tabulyatorlar ishlab chiqaruvchi kompaniya. " ICL korporatsiyasi|"Turli tarmoqlar uchun uskunalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi korporatsiya. 1968-yilda Buyuk Britaniyada asos solingan. " ICMP protokoli|"RFC 792 da aniqlangan uzatiladigan ma’lumotlar statusi to‘g‘risidagi xabarlarni almashish uchun mo‘ljallangan IP-protokolining kengaytmasi. " ICQ Internet-peyjeri yoki «men seni izlayman»|"Internetda sherik qidirish va ular bilan real vaqtda xat orqali muloqot qilish imkonini beradigan interaktiv muloqot tizimi. Mirabilis kompaniyasi mahsuloti, hozirgi vaqtda America Online korporatsiyasiga tegishli. " ICQ xizmati|"1. Har bir foydalanuvchi o‘z raqamiga ega bo‘lgan, Internet yordamida qisqa xabarlarni uzatish bepul Internet-peyjing tizimi. Unda foydalanish uchun maxsus dastur zarur. Mobil telefondan/telefonga xabarlar uzatish mumkin. 2. Matnli xabarlar almashinish uchun mo‘ljallangan dastur. Ishlab chiquvchi ‒ Isroilning Mirabilis firmasi. Pochta xizmati bilan integratsiyalangan, fayillarni qabul qilish/uzatish imkoniyati bo‘lgan, chat o‘rnatilgan, xabarni uzatish tezligi yuqori bo‘lgan, anchagina qulay mahsulotni o‘zida ifodalaydi. " IDEN texnologiyasi|"Integratsiyalashgan raqamli kengaytirilgan tarmoqlar uchun, Motorola kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan texnologiya. Asosi – GSM arxitekturasi, uzatishda 25 kHz li chastota kanallaridan foydalaniladi. Butun dunyoda keng qo‘llaniladi. " i-mode texnologiyasi|"1. O‘tkazish qobiliyati 9,6 Kbit/s bo‘lgan holda, doimiy ulanishni ta’minlaydigan texnologiya, bu DoCoMo ga GPRS dan avvalroq, IP-telefoniya asosida mobil dasturlar ishlab chiqishni boshlash imkonini berdi. Texnologiya HTML kompakt versiyasidan foydalanganligi uchun, WAP bilan ham raqobatlasha oladi, WAP esa, WML markerlarining maxsus tili bilan ishlaydi. 2. Yaponiyaning eng yirik mobil aloqa operatori bo‘lgan NTT DoCoMo Internet-servisi. Servisdan foydalanuvchilar veb-sahifalar mazmuni bilan tanishishlari, elektron pochta, taqvim bilan ishlashlari va chat xabarlarini ayirboshlashlari mumkin. DoCoMo i-mode xizmatlarini 1999-yildan ko‘rsata boshladi va shundan beri, Yaponiyada 18 milliondan ortiq foydalanuvchini o‘ziga jalb qila oldi. i-mode servisi orqali ma’lumotlarni uzatish tezligi 9,6 Kbit/s, uchinchi avlod tarmoqlari ishga tushirilishi bilan tezlik 384 Kbit/s gacha oshadi. " IMS Server|"ISAM ESSO uchun, korxonaga himoyalangan foydalana olishning markazlashtirilgan boshqarish nuqtasini taqdim etadigan integratsiyalashgan boshqaruv tizimi. Foydalanuvchilarning identifikatorlari, AccessProfile va autentifikatsiya siyosatini markazlashtirilgan boshqarishga ruxsat beradi va korxona uchun yo‘qotishlar, sertifikatlar va auditni boshqarishni ta’minlaydi. " IMT-FT standarti|"Ham juft, ham juft bo‘lmagan chastotalar polosalarida qo‘llash uchun ishlab chiqilgan, kombinatsiyalangan chastota-vaqt dupleks tarqatishli DECT mikrouyali tizimi uchun mo‘ljallangan standart nomi (DECT YeR loyihasiga asoslangan). " IMT-SC standarti|"Bir chastotali TDMA tizimi uchun ishlab chiqilgan standart nomi, tizimni chastotalarning juft polosalarida belgilaydi (avvalgi UWC-136 loyihasi). " IMT- TC standarti|"Vaqt bo‘yicha dupleks tarqatish (TDD)li kombinatsiyalangan TDMA/CDMA tizimi uchun mo‘ljallangan standart nomi, tizimni chastotalarning juft bo‘lmagan polosalarida belgilaydi (UTRA TDD va SCDMA ning qo‘shma taklifi). " IMT-2000 i|"ITU tomonidan uchinchi avlod (3G) standartlarining butun turkumini belgilash uchun foydalaniladigan atama. Beshta standartni o‘z ichiga oladi: WCDMA, CDMA2000, TD-CDMA/TD-SCDMA (Xitoyning o‘z standarti), DECT va UWC-136. " IMT-DS standarti|"Spektr to‘g‘ri kengaytiriladigan (DS-CDMA) va chastotaviy dupleks tarqatiladigan (FDD) keng polosali tizim uchun mo‘ljallangan standart nomi, tizimni chastotalarning juft polosalarida ta’minlaydi (WCDMA va UTRA FDDning birgalikdagi taklifi). " IMT-MC standarti|"Bir vaqtning o‘zida bir nechta eltuvchini uzatuvchi va chastotaviy dupleks tarqatishli ko‘p chastotali tizim uchun ishlab chiqilgan standart nomi, tizimni chastotalarning juft bo‘lmagan polosalarida ta’minlaydi (ishchi nomi – cdma2000). " Infiniband|"Ham ichki (tizim ichidagi), ham tizimlararo ulanishlar uchun qo‘llaniladigan, yuqori tezlikli kommutatsiyalanadigan ketma-ket shina. Ikki yo‘nalishdagi ketma-ket shinadan foydalaniladi. Bazaviy tezlik har bir yo‘nalishda 2,5 Gbyte/s. " Intel Core i5|"Intel korporatsiyasining x86-64 protsessorlari turkumi. O‘rnatilgan xotira kontrolleriga ega, Turbo Boost texnologiyasini qo‘llaydi (protsessorni yuklama ostida avtomatik tarzda tezlash). Ko‘pchiligida o‘rnatilgan grafik protsessor bor. Chipset bilan Core i5 DMI shinasi orqali ulanadi. Stol kompyuterlari uchun mo‘ljallangan dastlabki Core i5 2009 yilning senytabrida paydo bo‘ldi, unda Nehalem arxitekturasining Lynnfield yadrosidan foydalanilgan. " Intel firmasining ikkilik moslashuv спецификацияси|"Intel-arxitekturali kompyuterlarda har qanday ishlab chiqaruvchining UNIX operatsion tizimida ishlay olishi uchun, amaliy dastur qanoatlantirishi kerak bo‘lgan shartlarni aniqlovchi standart. " Intel mikroprotsessori|"Hisoblarni oshkora parallellashtiradigan va xotirani 64-razryadli manzillashdan foydalanadigan mikroprotsessor turi. " IOS operatsion tizimi|"Sisco Systems kompaniyasi tomonidan marshrutizatorlar uchun ishlab chiqilgan rezident operatsion tizimi. U marshrutizatorlarni sozlash va nazorat qilish uchun komandalar va funksiyalar to‘plamini o‘z ichiga oladi, shuningdek, turli protokollarning bajarilishini qo‘llab-quvvatlaydi. " IP-adres|"1. Uzellar yoki Internet tarmog‘idagi kompyuterlarni identifikatsiya qiladigan noyob manzil. 2. Axborotni qabul qiluvchi yoki jo‘natuvchini identifikatsiya qiluvchi 32 (IPv4) yoki 128 (IPv6) bitlar ketma-ketligi. " IP bo‘yicha ovozli aloqa shlyuzi|"An’anaviy oxirgi (terminal) uskunani KAT bilan ulaydigan aloqa seansini amalga oshirish protokoli bazasidagi shlyuz. Analog liniyalarni ulashda IP bo‘yicha ovozli aloqa shlyuzi kamida analog telefon adapterni o‘z ichiga oladi. IP bo‘yicha ovozli aloqa shlyuzi, vositachi-server orqali chaqiruv seansini boshqarish funksiyasiga taalluqli IP-multimediya tizimlarining abonent apparatlarida alohida o‘rin tutadi. " I-PIP tugmasi|"Reklama vaqtida bu tugma bosilsa, shu paytdagi dastur ekrandagi kichik darchaga joylashadi, ekranda esa bu paytda boshqa dastur namoyon bo‘ladi. I-PIP tugmasi takror bosilganda, dastlabki dastur ekranda to‘liq tiklanadi. " IP-manzillarni o‘zgartirgich|"Ishchi stansiyada yoki xost kompyuterda o‘rnatiladigan va nomlar serveriga so‘rovlar yuborgan holda, xost-kompyuterlar nomlarini, ularning IP-manzillariga o‘zgartiradigan dastur. " IP-paketdagi xatolik ehtimolligi|"Xato qabul qilingan IP-paketlar sonining uzatilgan IP-paketlarning umumiy soniga nisbati. " IP-paketi|"Manba va oluvchining adresi, ma’lumotlar va paket uzunligini belgilaydigan maydon, sarlavhaning nazorat summasi va paketni fragmentatsiya qilish to‘g‘risidagi bayroqlarni o‘z ichiga olgan Internet tarmog‘i orqali uzatiladigan axborotning fundamental birligi. " IP-protokol|"1. Internet tarmog‘ining protokoli. Internet uzellari o‘rtasida xabarlarning uzatilishi va marshrutlanishi uchun javob beradigan va ma’lumotlarni paketlarga ajratish qoidalarini belgilovchi tarmoq protokoli. 2. Tarmoqlararo protokol. IP-protokoli OSI 3-modeli (ochiq tizimlarning o‘zaro aloqa modeli) sathida ishlaydi va internetwork tarmoqlarida IP-deytagrammalarni yuborish standarti hisoblanadi. IP-paketlar marshrutlanishini tavsiflaydigan, TCP/IP-protokollari stekining bir qismidir. " IPSec protokoli|"IETF tomonidan taklif etilgan xususiy virtual tarmoqlarda axborotni uzatish protokollari majmui bo‘lib, IP-paketlarni autentifikatsiyalash, yaxlitligini tekshirish va shifrlashni ta’minlaydi. IPSec kriptografiyasi asosidagi standart xizmatlar va xavfsizlik protokollari to‘plami TCP/IP ning barcha protokollari va Internet orqali L2TP dan foydalanib bog‘lanishlar xavfsizligini ta’minlaydi. " I-psevdokadr|"Televizion tasvir ma’lumotlar oqimini kadr ichida kodlashda shakllanadigan psevdokadr. " IP-shlyuzi|"Turli xil tarmoqlarni birlashtirish, lokal tarmoqdan Internetga chiqish imkonini beradigan qurilma. Shlyuzda ma’lumotlarning bir protokoldan boshqasiga o‘zgartirilishi ro‘y beradi. " IPtables|"Komanda satri utilitasi, 2.4 versiyadan boshlab Linux yadrolari uchun NET Filter tarmoqlararo ekran (brandmauer) ishini boshqarishning standart interfeysi hisoblanadi. IPTables utilitasidan foydalanish uchun super foydalanuvchi imtiyozlari talab qilinadi. " IP-tarmoqlari orqali tovush (ovozli trafikni) uzatish|"Ovozni uzatish IP-tarmoqda, IP orqali ovoz, IP asosidagi telefoniya tarmog‘ida paketlar kommutatsiyasi ovoz uzatish texnologiyasi bo‘lib IP-protokoli negizida qurilgan. Xalqaro va shaharlararo qo‘ng‘iroqlarda mablag‘ni tejash uchun ishlatiladi. Texnologiya nutq va ma’lumotlarni integratsiya qilish imkonini beradi. " IP-telefoniya|"1. Internet tarmog‘idan telefon so‘zlashuvlar uchun foydalanish texnologiyasi. Kompyuter‒kompyuter, kompyuter‒telefon tarmoq ulanishlardan foydalanib, odamlar o‘rtasida telefon aloqasini o‘rnatish imkonini beradi. 2. IP-tarmoqlari bo‘yicha ovozni uzatish texnologiyasi asosida nutqli axborotni almashish, shu jumladan mahalliy, shaharlararo va xalqaro aloqa xizmatlari. " IP-tranzit|"Mijozning IP-protokoli negizida IP-tarmoqqa ulanishining ikki nuqtasi o‘rtasida ma’lumotlar uzatish. " IPX/SPX protokoli|"Novell NetWare tarmoqlarida ishlatiladigan, TCP/IP to‘plamidagi TCP va IP-protokollariga mos keluvchi transport protokollari. IPX protokoli Windowsda NWLink protokoli orqali amalga oshiriladi. " IRC protokoli|"Band qilinmagan qabul qilgichni boshqarish protokoli. Abonent bilan bog‘lanish o‘rnatilmagan paytda, uyada qabul qilgichni boshqarish protokoli. " IS-136 standarti|"Shimoliy Amerikada 800 MHz va 1,9 GHz chastota diapazonida ishlaydigan TDMA texnologiyasi asosidagi ikkinchi avlod uyali aloqa raqamli tizimlarining standarti. Birinchi marta 1994 yilda taqdim etilgan. DAMPS sifatida ham ma’lum. " IS-95 standarti|"Cdma One kabi, 800 MHz va 1,9 GHz chastota diapazonida ishlaydigan standart. Ma’lumotlarning ovoz qo‘shilgan holda, 64 Kbit/s gacha tezlik bilan uzatilishini ta’minlaydi. " ISDN bazaviy foydalana olish interfeysi|"Tovush, videotasvir va ma’lumotlarni kommutatsiyalanadigan kanallar bo‘yicha uzatishda ishlatiladigan ikkita V-kanallar va bitta D-kanaldan tashkil topgan ISDN-interfeys. " ISDN interfeyslari|"Xizmatlari integratsiyalashgan raqamli tarmoqlarda foydalaniladigan interfeyslarning asosiy turlari beshta: R, S, T, U hamda V. " Java operatsion tizimi|"Java-ilovalarni qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan unchalik katta bo‘lmagan, effektiv operatsion tizim. Ikki xil ko‘rinishda uchraydi: JavaOS for Business va JavaOS for Consumers. " Java Script tili|"Netscape Communication korporatsiyasi tomonidan 1995-yilda ishlab chiqilgan (Netscape Navigator 1.2 brauzerining tarkibiy qismi sifatida taqdim qilingan) va Java tiliga asoslangan, lekin undan ancha sodda bo‘lgan dasturlash tili. ECMA-262 spetsifikatsiyasiga mos keladi. " Java tili|"Sun Microsystems, Inc tomonidan ishlab chiqilgan yangi dasturlash tili. Java tilidan tarmoq ilovalarini (dasturlarini) ishlab chiqish uchun oddiy dasturlash tili sifatida, shuningdek, appletlar deb ataladigan uncha katta bo‘lmagan ilovalarni yozishda foydalaniladi. " JDC standarti|"Qayta nomlangan PDC Yaponiya mobil aloqa standarti. Unda 900 MHz va 1,5 GHz chastotadan foydalaniladi. " JEIDA standarti|"Kompyuterga «kredit kartochka» turidagi har qanday qurilmalarni, jumladan, xotira kartalari, qattiq diskdagi to‘plagichlar, modemlarni ulash ta’minlanadigan standart. " JFC bibliotekasi|"Java tilidagi asosiy turkumlar bibliotekasi. " Jini texnologiyasi|"O‘zida Java tili kengaytmalarini ifoda etadigan Sun Microsystems texnologiyasi, uning yordamida Java tilida yozilgan dasturlar o‘rnatilgan raqamli qurilmalar kompyuter tarmog‘ida shaxsiy kompyuterlar yordamisiz muloqotga kirisha oladi. " JIT-kompilyatsiya|"Bevosita dasturning ishlash vaqtida bayt-kodni mashina kodiga kompilyatsiya qilish yo‘li bilan bayt-koddan foydalaniladigan dasturiy tizimlarning unumdorligini oshirish texnologiyasi. " JPEG 2000 standarti|"JPEG standartining yangi ochiq ko‘rinishi. Tasvirni 200 barobargacha siqish imkonini beradi. DCT dan emas, balki to‘lqin o‘zgartirgich algoritmidan foydalanadi. Tasvir matematik jihatdan xuddi uzluksiz oqim singari tavsiflanadi. " JSQL dasturlash tili|"Java tilida yozilgan dastur orqali ma’lumotlar bazasiga murojaat qilish uchun SQL tili. " Just-In-Time|"Har bir usulning birinchi chaqiruvida, Java da dasturlarni bajarishning ishlab chiqarish yig‘indisini oshirishga imkon beradigan, maqsadli platformaning (native ‒ kod) obyektli kodiga uning kompilyatsiyasini bajaradigan JVM komponentining kompilyatori. " Ka-diapazon|"Asosan, yo‘ldoshli aloqa va radiolokatsiyada ishlatiladigan santimetrli va millimetrli uzunlikdagi to‘lqin chastotalari diapazoni. Diapazon shartli ravishda elektromagnit spektrining 26,5 dan 40 GHz gacha bo‘lgan diapazonida yoyiladi. " KEM-faktor|"Subyektiv sinovlar usuli, ajratib bo‘ladigan qora va oq gorizontal chiziq hamda satrlar sonlari nisbatidir. " Kerberos texnologiyasi|"Des standarti negizida Massachuset texnologiyalar instituti (MIT) tomonidan 1980-yil o‘rtalarida yaratilgan, autentifikatsiya va ochiq kalit bilan shifrlash texnologiyasining nomi. RFC 1510 da ta’rifi keltirilgan. Kerberos Windows da 2000 versiyasidan boshlab ishlatilib kelinadi. K-faktor rus. - К-фактор ing. - K-faсtor, K-rating factor Televizion tasvirning, televizion ko‘rsatuv jarayonida qayta tiklash qurilmalariga beriladigan turli impulslarning buzilishi bo‘yicha aniqlanadigan signal shaklining ayrim liniyaviy buzilishlar tufayli sodir bo‘ladigan subyektiv yomonlashuvi darajasini obyektiv baholash o‘lchovi. Izoh – K-faktorni baholash usuli XEI-R-BT.654 Tavsiyalarida berilgan. " Ku-diapazon|"Yo‘ldoshli televideniyeda ishlatiladigan santimetrli to‘lqinlar chastotalarining diapazoni. Diapazon shartli ravishda 10,7 dan 18 GHz gacha yoyiladi. " L2TP protokoli|"Cisco kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, L2F (Layer 2 Forwarding) protokolini va Microsoft kompaniyasining PPTP protokolini o‘zida biriktiruvchi kanal darajasida tunnellovchi tarmoq protokoli. Internetda tunnellar yaratish uchun mo‘ljallangan standart protokol. " Lampel-Ziv-Velch (LZV) algoritmi|"Ma’lumotlarni yo’qotishlarsiz siqish algoritmi bo‘lib, uni tuzgan ijodkorlarning nomlari bilan atalgan. " LAN emulyatsiyasi|"ATM forumi tomonidan ishlab chiqilayotgan texnologiya. ATM tarmog‘i virtual segmentlarini Ethernet va Token Ring virtual tarmoqlarini shaffof birlashtirish imkonini beradi. " LAN NetView platformasi|"Tarmoqni boshqarish amaliy jarayonlariga IBM korporatsiyasi tomonidan taklif etilgan platforma. Bu platforma turli xildagi xizmatlar: boshqaruv ma’lumotlarini tarmoqdan uzatish, tarmoq ob’ektlarining holati to‘g‘risidagi ma’lumotni yig‘ish, platforma vositalari bilan amalga oshiriluvchi dasturlardan jamoaviy foydalanishni ta’minlash, tizim administratori interfeysini taqdim etish kabi funksiyalarni bajaradi. " LDAP protokoli|"Kataloglardan foydalanishning soddalashtirilgan protokoli, tarmoq kataloglariga kira olish imkonini beradi. " Linker and loader|"UNIX tizimidagi aloqalar redaktori va yuklagich. " Linux|"Shaxsiy kompyuterlarga mos keladigan RS va ko‘plab boshqa platformalarda Unix operatsion tizimini erkin amalga oshirish. Nomi tizim yadrosi ustida ish olib borgan fin dasturchisi Linus Torvalds nomidan kelib chiqqan. Birinchi versiyasi 1994-yilda paydo bo‘lgan. Linux ning 64 razryadli versiyalari bor. " Linux proc|"Kiritish-chiqarish uchun so‘rovlarni bajarishda ma’lumotlarni aniq saqlash va ma’lumotlarni hisoblash yo‘qligiga asoslangan Linux dagi fayl tizimi. " LISP dasturlash tili|"Yuqori daraja universal dasturlash tili, funksional turdagi deklarativ tillar qatoriga kiradi, ro‘yxatlar ko‘rinishida taqdim etilgan simvolli ma’lumotlarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan. Funksiyalar va rekursiv tuzilish tilning asosi hisoblanadi. " LISP-kompyuter|"Komandalar tizimida LISP tili asosiy funksiyalari va ro‘yxatlar bilan ishlash operatsiyalari joriy qilingan kompyuter. Bunday kompyuterlarni intellektual kompyuterlar sinfiga kiritish mumkin. " Little endian|"Kompyuter xotirasining arxitekturasi, bunda xotiraning har bir so‘zidagi baytlarni raqamlash o‘ng tomondan boshlanadi, ya’ni kichik bitlardan boshlab raqamlanadi. " Live CD|"Operatsion tizimning ishlash varianti. Tizim yuklash kompakt-diskidan ishga tushriladi va tezkor xotiraga yuklanadi, bunda vinchester ichidagi ma’lumotlar o‘zgarmay qoladi. Kompyuterga o‘rnatilgan operatsion tizimning ishlash holatini tiklashda yoki tizimni qattiq diskka o‘rnatmasdan ko‘rib chiqish imkonini beradi. Birinchi LiveCD-distributivi Knoppix bo‘ladi. " Longhorn operatsion tizimi|"Windows Vista va Windows Server 2008 operatsion tizimlarining dastlabki nomlanishi. " LPT|"Dastlab, faqat chop etish qurilmasini ulash uchun ishlatilgan PC parallel portining belgilanishi. " LTE standarti|"Ma’lumotlarni mobil uzatish texnologiyalarini takomillashtirish: ma’lumotlar uzatish samaradorligi va tezligini oshirish, xarajatlarni kamaytirish, ko‘rsatiladigan xizmatlarni yaxshilash va kengaytirish uchun mo‘ljallangan, 3GPP uyushmasi tomonidan yaratilgan standart. " LynxOS|"O‘rnatiladigan tizimlar uchun ishlab chiqilgan, POSIX standartlari bilan, so‘nggi vaqtda Linux operatsion tizimi bilan moslashtirilgan, Unix ga o‘xshash real vaqt operatsion tizimi. " LZW usuli|"Grafik tasvirlarni siqish usuli, faylda bir xil ketma-ketlikni qidirish algoritmiga asoslangan. Unisys firmasi nomi bilan patent ro‘yxatidan o‘tgan usul. 1978-yilda ishlab chiqilgan. " MAC drayver|"OSI modeli muhitidan foydalana olishni boshqarish darajasida ishlaydigan qurilma drayveri bo‘lib, tarmoq adapterlariga quyi darajadagi kira olishni ta’minlaydi. " MAC manzil|"Lokal tarmoqqa ulangan har bir qurilmada bo‘lishi kerak bo‘lgan, kanal sathidagi standartlashtirilgan manzil. Tarmoqdagi boshqa qurilmalar bu adreslardan tarmoqdagi aniq qurilmalarning joylashgan o‘rnini topishda, shuningdek, marshrutlash jadvallari va ma’lumotlar tuzilmasini yangilashda foydalanadi. МАС-manzil lar uzunligi 6 bite. Shuningdek, apparatli manzil yoki fizik manzil deb ham ataladi. " Mac OS|"Apple Macintosh kompyuterlarida ishlatiladigan operatsion tizim. " MAC OSX|"Apple firmasining Macintosh kompyuterlari uchun mo‘ljallangan operatsion tizimi. MAC OSX – bu, intuitiv grafik interfeysli o‘xshash operatsion tizimdir. Darvin deb nomlanadigan yadro (operatsion tizimning, yadroning manzil fazosida bajariladigan dasturiy modullarni ichiga oladigan asosiy qismi) o‘n mingdan ortiq dasturchi tomonidan ishlab chiqilgan. Tizim foydalanish uchun 2001-yilda qabul qilingan. " Mandriva|"1998-yilda asos solingan kompaniya (dastlab MandrakeSoft deb atalardi). Red Hat Linux distributiviga asoslangan, mahsuloti bilan bir nomdagi muallif. Mandrake Linux birinchi versiyasi 1998-yilning iyul oyida paydo bo‘lgan. 2005-yilning aprel oyida kompaniya Braziliyaning Connectiva kompaniyasini sotib oldi va nomini Mandriva ga o‘zgartirdi. " MAS-manzil identifikatori|"Tarmoqdagi har qanday qurilmaning yagona identifikatori. " Mbit/sек|"Sekundiga megabit 1024 kbit/s. Yuqori tezlikdagi tarmoqlarda ma’lumotlar uzatish tezligining o‘lchov birligi. " MD5|"RSA Data Security firmasining asoschilaridan biri Ronald L.Rivest tomonidan 1991-yilda ma’lumotlarni shifrlash uchun ishlab chiqarilgan 128-bitli xeshlash algoritmi. " MDAPI spetsifikatsiyasi|"Ochiq, obyektga yo‘naltirilgan spetsifikatsiya, OLAP Council ma’lumotlarni onlayn analitik qayta ishlash kengashi, notijoriy, ko‘p o‘lchamli ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlarini yetkazib beruvchilar assotsiatsiyasi tomonidan e’lon qilingan. Ilovalarga o‘qish bo‘yicha ko‘p o‘lchamli ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlaridan foydalanishni ta’minlaydi. " MDI ilova (dastur)|"Bir vaqtning o‘zida bir nechta ochiq hujjat bilan ishlash imkonini beradigan dastur. " MDX tili|"OLAP serverlariga va ma’lumotlar bazasiga so‘rovlar berish tili, OLE DB texnologiyasining tarkibiy qismi. " Memory map|"Solaris operatsion tizimidagi xotirada aks etadigan faylni tashkil qilish uchun mo‘ljallangan komanda va tizim chaqiruvi. " MeXe standarti|"Mobil qurilmalar muhiti – WAP kengaytirilgan varianti, uchinchi avlod standarti, terminal uchun Java ilovalari, axborot yuklashda himoya funksiyalarini va ilovalar boshqarilishini, telefonning barcha funksiyalaridan foydalanish mumkin bo‘lishi uchun, boshqa ishlab chiqaruvchilarning umumiy ilovalar interfeyslarini qo‘shadi. UMTS standarti uchun virtual uy muhitini yaratishda muhim jihat bo‘lgani holda, funksiyalar to‘plami va imkoniyatlarni ta’minlaydi. " MGCP protokoli|"IP-telefoniya standarti bo‘lib, u shlyuzlar va ulanishlarni boshqarish dasturi o‘rtasida o‘zaro aloqani qo‘llab-quvvatlaydi. " Microsoft|"Dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi eng yirik firma. Dasturlardan tashqari, texnik vositalar: «sichqoncha»lar, klaviaturalar va ularga adapterlar ham chiqaradi. Uilyam Geyts va Pol Allen tomonidan 1975-yilda tashkil qilingan. Firmaning asosiy yutuqlari: MS-DOS, Windows operatsion tizimlari, Internetda ishlash uchun MS Office, MS Explorer dasturiy vositalari; BASIC, Quick C, Visual BASIC, Visual C++ dasturlash tillari. " Microsoft Azure Services Platform|"Microsoft firmasining ishlab chiqarish uchun va Microsoft.NET bazasida servislardan foydalanish uchun mo‘ljallangan platformasi. " MicroSoft kompaniyasining diskli operatsion tizimi|"1981-yilda IBM PC birinchi 16-razryadli shaxsiy kompyuter uchun Microsoft va IBM korporatsiyalari tomonidan ishlab chiqilgan operatsion tizim. Bu operatsion tizim Microsoft kompaniyasining shakllanishida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 1990-yillarda MS-DOS Windows tomonidan siqib chiqarildi. Boshqa, ОS/2 kabi, operatsion tizimlarga o‘xshab, u ham foydalanuvchining klaviaturada tergan komandalarini kompyuterda bajariladigan operatsiyalarga o‘zgartiradi. MS-DOS bilan o‘zaro bog‘lanish komanda satridagi oynada shu bilan birga MS-DOS uchun mo‘ljallangan dasturlar bilan o‘zaro bog‘lanish ish stoli yorliqlari yordamida amalga oshiriladi. " Microsoft Windows Azure|"Operatsion tizim va firma asboblari to‘plami. " MIMO texnologiyasi|"Bitta tayanch stansiyada tarmoq sig‘imini oshirish va signallarning so‘nishi bilan kurashish uchun, ko‘plab uzatuvchi va qabul qiluvchi antennalardan foydalanish. " Minix|"Unix asoslangan erkin mikroyadroli operatsion tizim. Endryu Tanenbaum Minix ni ta’lim tizimi uchun yaratgan. " MISD arxitekturasi|"Parallel kompyuterning mumkin bo‘lgan to‘rtta arxitekturasidan biri. Bunda ma’lumotlar, har biri ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha o‘zining dasturini bajaradigan protsessorlar to‘plamiga uzatiladi. " MMDS texnologiyasi|"Simsiz tarmoqlar asosida ma’lumotlar uzatish texnologiyasi, teleeshittirishni o‘rnatish uchun qo‘llaniladi. Signalning uzatilishi 2868 MHz dan 2500 MHz gacha diapazonda yuz beradi. " MNP protokoli|"Modemli aloqada ma’lumotlar uzatish sxemasini belgilaydigan protokol. Bu protokol bo‘yicha ishlaydigan modem xatolar tuzatilishini va ma’lumotlar siqilishini amalga oshiradi. Protokol Microcom firmasi tomonidan ishlab chiqilgan. " Mobile IP-protokoli|"IP-protokolini, Internet trafikni mobil foydalanuvchilarga qayta yo‘llash imkonini beradigan tarzda kengaytirish. Texnologiya foydalanuvchining shaxsiy (korporativ) tarmog‘ida, ham olisdagi tarmoqlarda joylashgan maxsus dasturiy agentlardan foydalanadi. Olisdagi tarmoqqa kirishda mobil foydalanuvchilar agent yordamida ro‘yxatdan o‘tadilar, undan so‘ng ularning korporativ tarmog‘idagi trafik turgan joy bo‘yicha qayta yo‘llanadi. " mP6|"Rise Technology firmasi tomonidan ishlab chiqariladigan, arzon shaxsiy kompyuterlar uchun mo‘ljallangan protsessor turi. " MPE-FEC|"Ko‘p protokolli inkapsulyatsiya seksiyalari bo‘yicha yetkazib berilgan deytagrammalar uchun Rid-Solomon juftligini nazorat qilish ma’lumotlarini yetkazib berish usuli. " MPEG-1 videosignalini siqish usuli|"Raqamli videosignalni kodlash usuli, uni ifodalash uchun zarur bo‘lgan bitlar soni 1,4 Mbit/s gacha pasayadi. " MPEG-2 profili|"Kodlashning muayyan tizimini tashkil etuvchi, MPEG-2 standarti bo‘yicha raqamli oqimni siqish qoidalarining to‘plami. Izoh – Oddiy, asosiy, ikkita masshtablanadigan, yuqori va professional profillar ajratiladi. " MPEG-2 standarti|"Siqilgan raqamli televizion videosignallar, tovush signallari va televizion axborot foydalanuvchisining ma’lumotlari to‘plamini, raqamli paketlarni uzatish uchun mo‘ljallangan oqimga multipleksorlash usullari bayon qilingan kodlash tizimi. " MPEG-2 videosignalini siqish usuli|"MPEG-1 ni siqishga nisbatan yuqori sifatli siqish usuli versiyasi. DSS va DVD da foydalaniladi. " MS OFFICE|"Hujjatga yo‘naltirilgan ko‘p funksiyali dasturiy mahsulot. Microsoft firmasi tomonidan ko‘plab tashkiliy masalalarni avtomatlashtirish uchun ishlab chiqilgan. MS Office tarkibiga quyidagi ilovalar kiradi: Word – matn redaktori, Excel – elektron jadvallar, Access – ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi, Power Point – taqdimotlarni tayyorlash va o‘tkazish tizimi. Barcha ilovalar amalda yagona interfeysga ega bo‘lib, har qanday foydalanuvchi o‘rganishi uchun qulay. Har bir ilovadan mustaqil foydalanilishi mumkin. Agar, standart vositalar bilan ilovani aniq bir vazifa uchun sozlash imkoni bo‘lmasa, MS Office ga o‘rnatilgan Visual BASIC for Application. Dasturlash tilidan foydalanilishi mumkin. MS Office Windows operatsion tizimi boshqaruvida va Apple firmasining kompyuterlarida ishlaydi. " MS-DOS operatsion tizimi|"Microsoft va IBM korporatsiyalari tomonidan 1981-yilda IBM PC birinchi 16-razryadli shaxsiy kompyuter uchun ishlab chiqilgan operatsion tizim. ОS/2 kabi boshqa operatsion tizimlarga o‘xshab, u ham foydalanuvchining klaviaturada tergan komandalarini kompyuterda bajariladigan operatsiyalarga o‘zgartiradi. MS-DOS bilan o‘zaro bog‘lanish komanda satridagi oynada amalga oshiriladi. " MSDSL texnologiyasi|"SDSL texnologiyasining takomillashtirilgan versiyasi, ma’lumotlar 64 Kbit/s dan 1152 Kbit/s gacha tezlikda uzatilishini ta’minlaydi. "