folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Madaniyat | O‘zbek kitoblari Frankfurtda namoyish etiladi | 2018-yil 10—14-oktabr kunlari Germaniya Federativ Respublikasining Frankfurt shahrida o‘tkaziladigan “Frankfurt Buchmesse” xalqaro kitob ko‘rgazmasida mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan yetakchi nashriyot-matbaa korxonalaridan tarkib topgan, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi o‘zbek noshirlari hamda matbaachilari erishgan yutuqlar aks ettirilgan taqdimotlar bilan ishtirok etadi. Bu haqda Matbuot va axborot agentligi xabar berdi.
Ko‘rgazmada O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tizimidagi “O‘zbekiston”, “O‘qituvchi”, G‘afur G‘ulom, Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uylari, “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti, “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, “Yangi asr avlodi” nashriyot-matbaa markazi, “Ma’naviyat” nashriyot-matbaa uyining 500 ga yaqin O‘zbekistonning turli sohalarda erishayotgan yutuqlari aks ettirilgan kitob-albomlar, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy, ilmiy-ommabop, bolalar adabiyoti va badiiy asarlari namoyish etilishi kutilmoqda.
Ayni paytda “Messe Frankfurt” ko‘rgazmalar maydonida O‘zbekiston milliy pavilonini yaratish va pardozlash bilan bog‘liq tashkiliy ishlar olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun aytish kerakki, “Frankfurt Buchmesse” xalqaro kitob ko‘rgazmasi dunyodagi eng yirik madaniy festival bo‘lib, unda 130 dan ortiq mamlakatning 180 mingdan ziyod savdo tashkiloti, noshirlar, matbaa texnologiyalarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik kompaniya vakillari, reklama agentliklari qatnashadi.
Yetmish yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan an’anaviy ko‘rgazma doirasida ilmiy-amaliy konferensiya, forum, ko‘rik-tanlov va festivallar, madaniyat namoyandalari, yozuvchi va shoirlar bilan uchrashuvlar tashkil etiladi. Shu bilan birga, jahon mamlakatlarining noshirlik, matbaa yo‘nalishida qo‘lga kiritayotgan yutuqlari, ilmiy va ma’rifiy sohalardagi intellektual salohiyati namoyish etiladi. | 45 | 1,922 |
Madaniyat | YouTube’da O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov faoliyatiga bag‘ishlangan “E’zoz” hujjatli filmi e’lon qilindi | YouTube’da “O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga asosan 2015-yili O‘zbekiston ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasi tomonidan suratga olingan “E’zoz” hujjatli filmi e’lon qilindi.
Filmda mustaqillikni qo‘lga kiritishda O‘zbekiston xalqi boshidan kechirganlari tarixiy sanalar va hujjatlar asosida ochib berilgan, deyiladi O‘zbekiston ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasi axborotida.
E’tiborli tomoni, filmda O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning yoshlik yillari alohida sahnalashtirilgan.
Hujjatli film jurnalist Komiljon Shamsiddinovning ssenariysi asosida rejissor Akrom Mahkamov tomonidan suratga olindi. Film operatori — Muzaffar Yusupov.
Filmda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati, O‘zMTRK, O‘zbekiston Kinofotofonohujjatlari davlat arxivi materiallaridan foydalanilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 119 | 978 |
Madaniyat | “Yalla” guruhi solisti Farrux Zokirov 71 yoshga to‘ldi (foto) | O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov 16-aprel kuni 71 yoshni qarshiladi. Shu munosabat bilan Toshkentdagi restoranlardan birida o‘zbek shou-biznesi vakillari jam bo‘lib, ustoz san’atkorning tug‘ilgan kunini nishonladi, deya xabar bermoqda “Darakchi.uz”.
“Xonandalar Rashid Holiqov, Rayhon G‘aniyeva, Tohir Sodiqov, Abdulla Qurbonov, Farrux Ahmedov, Karen Gafurjanov, Akbar Otamuhamedov, qiziqchi Shukurullo Isroilov, taniqli teleboshlovchilar Shahnoza G‘aniyeva, Nilufar Sotiboldiyeva, ‘VIA Sharq’ guruhi kabi san’atkorlar Farruh Zokirovning yaxshi kunida yonida bo‘ldi”, — deb yozadi nashr.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 61 | 674 |
Madaniyat | Sahnada olamshumul shon-shuhratga erishgan bo‘lsa-da, hayotda o‘ta baxtsiz bo‘lgan qo‘shiqchi — Uitni Xyustonning fojiali taqdiri | 9-avgust kuni afsonaviy qo‘shiqchi Uitni Xyuston tavallud topgan. Uning hayoti qanchalik fojiali yakunlangan bo‘lsa, mashhurligi shunchalik yorqin edi. Grazia nashri xonandaning hayotidagi eng muhim daqiqalarni yodga oladi.
Ruhiy travma
Legion Media
2018-yilda namoyish etilgan “Uitni” hujjatli filmida yulduzga yaqin manbalarning aytishicha, Uitni Xyuston bolaligida ruhiy jarohat olgan va umrining oxirigacha bundan azoblangan.
Xyustonning yordamchisi Meri Jonsning so‘zlariga ko‘ra, xonandaning xolavachchasi Di Di Uorvik qizga zo‘ravonlik qilgan — Uorvik Uitnidan 18 yosh katta edi.
Xyuston akasi Gari u ham Uitni kabi bolaligida oila a’zolaridan biri tomonidan zo‘ravonlikka uchraganini aytgan, ammo uning aniq ismini sir tutgan.
Bu voqealar, ehtimol, Uitni va Garining onasi Sissi Xyuston gastrol safarida bo‘lganida sodir bo‘lgandir. Aynan shu qo‘rquv keyinchalik Xyustonning gastrol safarlarida qizi Bobbi Kristina Braunni o‘zi bilan olib yurishiga turtki bo‘lgan. Jons, shuningdek, Uitnining giyohvand moddalar iste’mol qilishi bilan bog‘liq muammolari uning bolalik davridagi jarohati bilan ham bog‘liqligini ta’kidlagan.
Taqiqlangan moddalar
Legion Media
Uitnining stilisti Allin Lavardning aytishicha, xonanda akalari bilan birga giyohvand modda iste’mol qilgan, bunday zararli odatni unga aynan akalari o‘rgatgan. Xyustonning akasi Maykl qo‘shiqchini oq kukun bilan tanishtirganini tan oladi.
Lavarning ta’kidlashicha, u ko‘p yillar davomida qo‘shiqchini davolanishga ko‘ndirmoqchi bo‘lgan, ammo barchasi behuda ketgan. Uitni dozani oshirib yuborganiga guvoh bo‘lgan uning tansoqchisi Devid Roberts jamoaga xonandaning giyohvand moddalar bilan bog‘liq jiddiy muammosi borligini aytganida, u shunchaki ishdan bo‘shatiladi.
Mashhurlik yuki
Legion Media
Uitni shon-shuhrat cho‘qqisida yashadi, lekin u bunday hayotdan jirkanardi. U hayotda o‘ziga hech qanday aloqasi bo‘lmagan rolni o‘ynashga majbur edi. “100 foiz o‘zi bo‘la olmaslik uning uchun dahshatli yuk edi. Hammaning ko‘z oldida chiroyli va kuchli bo‘lib ko‘rinishingiz mumkin, lekin ichingizda ishonchsizlik, shaxsiy muammolar va qiyinchiliklarni yashirishga majbursiz”, — deydi insayder.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Xyuston afsonaviy prodyuser Klayv Devis bilan shartnoma imzolaganidan so‘ng uning aytganini qilishi, aytganini kiyishi, u xohlagan qo‘shiqni kuylashi va yaxshi qiz bo‘lishi kerak edi. Uitni, albatta, bundan norozi edi, lekin u prodyuserning qoidalariga so‘zsiz bo‘ysunadi.
Ehtimol, shu narsa ham xonandaning giyohvandlikka berilib ketishiga sabab bo‘lgandir. Xyustonlar oilasiga yaqin bo‘lgan odamning aytishicha, giyohvand moddalarni iste’mol qilishi uning benuqson imiji va uni nazorat qilishga uringan odamlarga qarshi isyoni bo‘lgan.
Biroq bu vaqt o‘tgan sari xonanda giyohvand moddalarga qaram bo‘lib qoladi va kundan kunga ahvoli yomonlashadi. Shundan so‘ng yulduzning yordamchilari unga xohlagan narsani qilishga ruxsat berishadi. Ular Uitni o‘ziga qarshi chiqmoqchi bo‘lganlarni ishdan bo‘shatishidan qo‘rqishardi.
Oilaviy hayot
Legion Media
Uitni giyohvand moddalarni turmush o‘rtog‘i, mashhur qo‘shiqchi Bobbi Braun bilan birgalikda iste’mol ham qilgan. Bobbi Braun o‘zining kitobida ular buni ko‘pincha kichginagina qizi Bobbi Kristina Braunning ko‘z oldida qilishlarini yozgan.
Yulduz homiladorligida giyohvand moddalardan voz kechadi, lekin qizi tug‘ilgandan so‘ng hammasi qaytadan boshlanadi.
“Qizimiz shularning ichida katta bo‘ldi. U ota-onasi giyohvand moddalar ta’sirida sarxush ekanligini ko‘rdi. Biz undan uzoqroq turishga harakat qilardik, lekin hushyor bo‘lganimizda uni ko‘rishimiz qiyin edi. Bu ko‘p yillar davom etdi. Qizimiz hammasini ko‘rdi. Hozir bu haqda o‘ylaganimda, qattiq og‘riqni his qilaman”, — deb eslaydi Braun.
Bundan tashqari, juftlik bir-biriga bir necha bor xiyonat qilgan. Braunning so‘zlariga ko‘ra, Uitni ko‘plab prodyuser va artsistlar bilan yaqin munosabatda bo‘lgan. Ammo u biror-bir aniq ismni aytmagan.
Legion Media
Aytishlaricha, er-xotin nikohining buzilishiga Braunning rashki sabab bo‘lgan. 1992-yilda Xyustonga ulkan shon-shuhrat keltirgan “Tansoqchi” filmi ekranlarga chiqqach, mashhurlikda erini yo‘lda qoldirib ketadi. Braunga esa bu yoqmagan.
Devid Robertsning ta’kidlashicha, Braun xotinini haqorat qilgan va kaltaklagan, lekin Uitni hammasini kechirib, g‘ururini bir chetga surishga harakat qilgan. Uning fikricha, agar qo‘shiqchi Braun bilan yashamaganida hali tirik bo‘lardi.
2007-yilda er-xotin rasman ajrashdi, qiziga vasiylik huquqi Xyustonga berildi. Shundan keyin u giyohvand moddalarni tashlashga harakat qildi va davolana boshladi, lekin, afsuski, bu unga yordam bermadi.
O‘lim
Legion Media
2012-yilning 11-fevralida Uitni Xyuston Beverli-Xillz mehmonxonasining yuvinish xonasida “Gremmi” mukofotining taqdirlash marosimi oldidan hushsiz holda topildi. Uning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmadi. O‘lim sabablari cho‘kish, yurak kasalliklari va giyohvandlik deb rasmiylashtiriladi. Rasmiy xabarlarga qaramay, yulduzning sobiq eri uning yuragi azoblangani sababli vafot etganini ta’kidlaydi. Ammo u nimani nazarda tutgani aniq emas.
Bobbi Kristina Braun
Legion Media
Mashhur ona fojiali taqdiri uning qizi Bobbi Kristina Braunda ham takrorlanadi.
2015-yilning 31-yanvarida uning turmush o‘rtog‘i Nik Gordon (aslida uning o‘gay akasi bo‘lib, ancha yillar oldin Uitni Gordonni asrab olgan edi) qizni o‘z uyidagi yuvinish xonasidan topadi. Unga qayta tiklanmaydigan miya shikastlanishi tashxisi qo‘yiladi. Yulduzning qizi sun'iy komaga tushib, uni bir necha oy maxsus uskunalarda tirik ushlab turishadi. Biroq uning salomatligi yomonlasha boshlaydi va iyul oyida vafot etadi.
Sud-tibbiy ekspertiza Bobbi Kristina Braunning o‘limiga giyohvand moddalar va cho‘kish sabab bo‘lganini ma’lum qiladi. Biroq uning o‘limi tasodifiymi yoki qasddanmi, noma’lumligicha qoladi. Qizning tanasida ko‘karish va chandiqlar bo‘lgan, lekin hech kim bunga izoh bermagan. Omma esa qizning o‘limiga eri aloqador bo‘lishi mumkinligi haqida gapira boshlaydi.
Legion Media
Bobbi Kristinaning yaqinlari uning Gordon bilan bo‘lgan munosabatlariga qarshi bo‘lgan – eri uni qattiq nazoratda ushlaydi, qarindoshlari bilan gaplashishni taqiqlagan, deb hisoblashardi. Buvisi Sissi Xyuston 2013-yilda Gordonga turmushga chiqmasligini so‘rab nevarasiga ochiq xat yozgan. Shunga qaramay, ular so‘zidan qaytmaydi — qizning fojiali o‘limidan 3 kun oldin 9-yanvar kuni turmush qurishadi.
Qarindoshlarining aytishicha, ular Bobbi Kristina komada bo‘lganida eriga kasalxonada bo‘lishini, keyinchalik dafn marosimida qatnashishni ham taqiqlashgan.
Gordon bir necha bor zo‘ravonlik va sevgilisining o‘limiga aloqadorligi haqidagi ayblovlarini rad etgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, u o‘sha mudhish kunda uni jonlantirishga harakat qilgan.
2015-yilning yozida Bobbi Kristina Braunning sud tomonidan tayinlangan vasiysi Gordonga qarshi o‘limga aloqadorlik aybi bilan 10 million dollarlik da’vo ishi qo‘zg‘atadi. Unda aytilishicha, o‘sha fojiali kunda Gordon xotinini kaltaklagan, keyin esa uning hisob raqamidagi pullarni o‘g‘irlagan. 2016-yilda sud Gordonga hukm chiqaradi — unga Bobbi Kristinaning oilasiga 36 million dollar to‘lash majburiyati yuklatiladi.
Legion Media | 129 | 7,201 |
Madaniyat | Mobil qurilmalar ishlab chiqaruvchi tomonidan asos solingan dunyodagi birinchi kinokompaniya — Xiaomi Studios ish boshladi | 20-iyun kuni Xiaomi kompaniyasi Weibo ijtimoiy tarmog‘ida o‘zining Xiaomi Studios kinostudiyasi ishga tushirilganini e’lon qildi, deb xabar beradi IXBT.
Kompaniyaning ma’lum qilishicha, Xiaomi Studios — smartfon ishlab chiqaruvchi brend tomonidan tashkil etilgan dunyodagi birinchi kinokompaniya hisoblanadi. Va kompaniya filmlarni nimalar yordamida suratga olishini taxmin qilish qiyin emas.
Xiaomi Creator kampaniyasini ishga tushirgan bo‘lib, uning doirasida turli insonlar tomonidan mobil telefon kamerasiga olingan filmlar tanlab olinadi. Keyinchalik esa studiya doirasida loyihalarga “ikkinchi hayot” beriladi. Hozircha kompaniya film yaratish borasidagi aniq rejalari bilan bo‘lishmagan.
Avvalroq Samsung kompaniyasi Galaxy S20 yordamida 8K film suratga olishi ma’lum bo‘lgandi.
Kino sanoatida yangilik. Ko‘zoynaklar yordamiga film suratga olindi | 122 | 855 |
Madaniyat | “Tomsuvoq”: Shohruxxon o‘zi kutmagan tarzda to‘ylardan birida bepul xizmat qilganini aytdi | Shohruxxon puli to‘lanmagan to‘yda xizmat qilib, to‘y egalarini xursand qilgani haqida so‘zlab berdi, deb yozadi “Darakchi.uz”.
Bunday vaziyat ko‘p bo‘lmaydiyu, lekin uchrab turadi. Shunday holatlardan biri yodimda qolgan. To‘yxonaga borganimizda to‘y egasi “Sizga bugun xizmat haqingizni berishim kerak edi. Lekin bor pulimni to‘yxonaning ijarasiga berdim. Uzr, sizni ovora qildim”, degan. Shunda sozandalarimga “Yuringlar, qo‘shiq aytib bersak, bizdan hech nima ketmaydi!” deya to‘y egalarini xursand qilgandik.
Shohruxxon
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 90 | 698 |
Madaniyat | O`zbek kinorejissyorlari Avloniy haqida gaplarga ishonmaydi | Ayni kunlarda “Avloniy” filmini suratga olish jarayonlari qizg`in pallada. Yuz yil oldingi davrga qaytib, lekin bugungi talablarga muvofiq ijod qilayotgan rejissyor va jamoaning ish avjidagi fikr-mulohazalari sizga ham qiziq deb o`yladik.
Muzaffar Erkinov, rejissyor:
– Qisqa videorolik olamanmi yoki uzundan-uzun serial, qahramonlarim bilan do`st kirishmagunimcha ishga qo`l urmayman. Busiz barcha sa`y-harakatlarim puchga chiqishini yaxshi bilaman. Abdulla Avloniy bilan “oshna” tutinishimizga kelsak... Boshida ko`nglimga vahima soldi. Ammo o`zimni tezda tutib oldim. Chunki qahramoniga mahliyolik rejissyorning foydasiga emas, zarariga ishlaydi ko`proq.
Moziyga qiziqish ajdodlarim, xususan, Alixonto`ra Sog`uniy hayotini o`rganishdan boshlangan. Turkiston ozodligi va milliy birligi yo`lida kurashgan bu tarixiy shaxs qismatini yaqindan bilishga intilishim XX asrning butun manzarasini charog`onroq ko`rish, teranroq anglashimga turtki bo`ldi. Biz suratga olayotgan yangi film voqealari o`tgan yuzyillikning siyosiy ziddiyatlarga to`la ilk choragida yuz bergan. Aniqroq aytsak, Abdulla Avloniyning 1919 yili Afg`onistonga elchi qilib yuborilishi, safar taassurotlariga qurilgan. Qiziq tasodifki, bu yil mazkur tashrifga bir asr to`ldi. Albatta, shuncha vaqt oralig`ida dunyo o`zgarib ketdi. Manfaatparast zamondoshlarim bugun Abdulla Avloniyga duch kelib qolsa bormi, ulug` ma`rifatparvarni “osmonda uchib yurgan xayolparast” deya masxaralagan bo`lardi. Aslida, bunday zotlar avlodlar g`amini egani, ya`ni biz uchun kuyib-yonganini tasavvurlariga ham sig`dira olmaydilar. Film jamiyat ongidagi ana shunday bo`shliqlarga kichkinagina yamoq bo`loladimi yoki yo`q, hozir meni eng ko`p qiynayotgan savol shu.
Abdulla Avloniy qilgan ezgu ishlarni o`rganib chiqishga ko`p fursat ketdi. Ochig`ini aytganda, ba`zilariga ulgurdim, ba`zilariga esa yo`q. Ammo bir savol: biz sanoqqa ulgurmadik, bajarmoqqa-chi?.. U kishi maktab ochdi, bolalarni o`qitdi, darsliklar, gazeta-jurnallar chiqardi, rahbarlik, elchilik qildi, she`rlar bitdi, milliy teatrning tanglayini ko`tardi, dramalar yozdi va sahnalashtirdi... O`h-ho`, ayting-chi, bari bir inson uchun og`ir emasmi?! Xullas, filmni shu “og`irlik”ni his etish va his ettirishdan boshladik, desam to`g`ri bo`lar.
Mabodo kartina biz kutgan muvaffaqiyat ko`chasidan o`tmasa, borki ayb meniki, mening zimmamda deb bilaman. Ssenariyga esa gap-so`z bo`lishini istamayman. O`zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malikning «Qaldirg`och» qissasi badiiy asos qilib olindi. Adibni faqat detektiv va diniy-ma`rifiy mavzularda yozadi deb o`ylar ekanman. Yanglishganman, no`noq kitobxonligim oqibati. Tezda asarni o`qib chiqdim. Kitob qo`limda, ammo xayolim olislarda bo`ldi. Suratga olinajak kadrlar, qahramonlar qiyofasi ko`z o`ngimda gavdalandi. Hali yaratilmagan filmimni tomosha qilardim go`yo. Oh, bu onlar qanday lazzatli ekanini faqat rejissyorlar tushunsa kerak.
Mutolaani kechki soat sakkizlarda boshlagan bo`lsam, yarim tunda tugatdim. Bedor tun ijodiy xayollar bilan tongga ulandi. Bir necha hafta asar ta`sirida yurdim. Menimcha, bu fursat Tohir Malik bilan tanishuvga o`zimni tayyorlash bilan o`tdi. Eng muhimi, ko`nglimda aylangan hayiqish aridi, javobsiz savollar echildi, to`xtami yo`q ikkilanishlar barham topdi. Adib bilan uchrashuvga otlanganimda albatta roziligini olib qaytishimga ishonardim.
Xastalik kuchini ko`rsatgan bo`lsa ham, Tohir Malik bizni xush chehrada qarshiladi. Avloniy haqida so`z ochilishi bilan yanayam tetiklashdi, gaplari quyulib kelaverdi. Qanday filmlar suratga olganimni so`radi. «Saodat» serialini ko`rgan ekan, yaxshi baholagani ko`nglimni ko`tardi. Keyin birdan ko`zimga qarab: «Men hozir ssenariy yozadigan ahvolda emasman, kasalman», dedi. O`rtaga og`ir sukunat cho`kdi. So`ngra «Saodat»ning muallifi kim edi, balki buniyam eplar?» deb o`ng`aysiz jimlikni aritdi. Muqaddas Usmonovani yaxshi tanishini, qachondir universitetda dars berganini esladi. Masala shu tariqa hal etildi. Ssenariy ustida olti oy bosh qotirdik. Bu vaqt oralig`ida Tohir Malikning xonadoni o`z uyimizdek bo`lib qoldi.
Abdulla Avloniy Afg`onistonga sayohatini kundaligiga kunma-kun yozib borgan ekan. Bu nodir qo`lyozma bizga real voqealarni tasavvur qilish, qissadagi to`qimalar bilan solishtirish, qahramon ruhiyatini yaxshiroq anglashga imkon yaratdi. “Qayda borsang g`olibi mag`lubni aylar poymol, Marhabo, ey hurriyat, sandan muruvvat ko`rmadim”,deya hayqirgan Abdulla Avloniyning ko`ngildan ko`chirmalarini o`qirkanman, ko`z oldimda siyosatning chirkin hiylalariga aldangan oqko`ngil inson siymosi gavdalanardi.
Abdulla Avloniy 1917 yildagi oktyabr inqilobini o`zgacha umid va xayrixohlik bilan qarshi oldi. Yangi tuzumga ishondi, maqtovlar bitdi, bu hayajonlar she`ru maqolalarga aylandi. Kommunistlarni “mazlumlarni qo`llab-quvvatlovchi”, “xalqni ma`rifatga boshlovchi” deb o`yladi. Hokimiyatning azaliy qurolsiz quroli – va`dalarga aldandi. Mazlumlar hayoti o`zgarmadi, erishilgan hurriyat esa millat uchun mag`lubiyatga aylandi. Aynan mana shu kezlari Avloniy kechirgan og`riqlar, azobli ichki kurash filmga ham ko`chirildi.
Har bir qahramonning ichki dunyosi, xarakterlar kesishuviga jiddiy e`tibor qaratdik. Sovet hukumati Avloniyga qo`shib bir necha vakilini Afg`onistonga jo`natadi. Bilasiz, Amir Omonulloxon 1926 yilgacha amir, 1929 yilgacha qirol bo`lib davlatni boshqargan, muhim siyosiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirgan. Ammo gegemon davlatlarning huda-behuda aralashuvi, milliy va diniy nizolar mamlakat boshqaruv tizimini izdan chiqaradi, g`azna talon-taroj etiladi, soliqlar yilma-yil oshib, dehqonlar qo`zg`olon ko`taradi. Oxir-oqibat Omonulloxon taxtdan voz kechishga majbur bo`ladi. Alamli tomoni, oradan bir asr o`tsa hamki, afg`on diyori hali o`nglanmadi. Filmda ushbu fojeaning asl sabablariga, ildizlariga e`tibor qaratganmiz.
Kobulga Abdulla Avloniy bilan birga maslahatchi Boris Nikolaevich, o`rinbosar Ushinskiy, Moskva vakili Bravin Zaxarovich va uning sohibjamol kotibasi Valentina Nikolaevna ham boradi. Barchasi safar asnosida ochiladi: kimning kimligi, dushmanning hokimligi... Tohir Malikning detektiv syujet qurish tajribasi juda qo`l keldi, tomoshabin film oxirigacha sirlar ortidan ergashadi. Xullas, Abdulla Avloniy bosqinchilar hech qachon el bo`lmasligiga qat`iy inonadi, yangi tuzumdan jirkanadi, unga xizmat qilishdan orlanadi. 1921 yili elchilik vakolati tugatilgach, siyosiy faoliyatdan butkul voz kechib, umrining oxirigacha maktabda bolalarga dars beradi.
Abdulla Avloniyga qarashlar turlicha: kimdir yoqlaydi, kimdir qoralaydi. Rejissyorning vazifasi – hayot haqiqatlarini obrazli ko`rsatib berish. Atrofdagi “tarixchi qozilar”, “afsonachi chollar”ga emas, asosli manbalarga ishongan ma`qul. O`tmishning ustidan hukm o`qishdan tiyilgan yaxshi. Agar hammaga quloq tutaversang, bir qadam ham olg`a siljiy olmaysan. Chalkashliklarni yanayam chigallashtirganing, shubhalarni yanayam kuchaytirganing qoladi, xolos. Qat`iyatsiz lashkarboshiga o`xshab jamoangni maydonga dadil boshlab kirolmaysan. Rejissyor film ishlar ekan, g`alabaga tashna sarkarda kabi bo`lishi kerak.
Postsovet xalqlarida o`z tarixi va milliy qadriyatlariga pastroq qarash shakllangan. Mustabid tuzum davrida o`tmish faqat qora buyoqlarda ko`rsatildi, asarlar yozildi, kinolar ishlandi, tashviqot qilindi. Achinarlisi, bu siyosat sochgan zahar hamon odamlar qonida aylanib, ongida yashayotir. “Avloniy” filmini suratga olish jarayonida ham sovetcha qarashlarga duch keldik. Masalan, nuqul eski liboslar tiqishtirilar, yangilarini ham kimdir chang qilib, g`ijimlab berar edi. Tarixda bobolarimiz kir-chir, yirtiq-yamoq kiyimda yurgan emish. Bu meni qattiq g`azablantirdi. Fikrimda qat`iy turdim va film uchun ataylab besh yuzga yaqin libos tikilishiga erishdim. Har bir kadrda xalqimiz ulug`vorligini ko`rsatishga, milliy madaniyatimizni ko`z-ko`z etishga urindik.
Xorazm, Buxoro, Qo`qonda oylab kezib, s`yomka uchun munosib joy izladik. Uchta vokzal, yo`llar, ko`priklar, saroylar dekorasiyalari maxsus qurildi. Har bir detal ustida soatlab fikrlashdik, bahslashdik, tarixiy kitoblarni, internetni titdik. Mingdan ortiq kadrlarni chizib, ketma-ketlikda joylab chiqdik. Shunday qilib filmni avval qog`ozlarda yaratdik.
Badiiy kengash muhokamasida bu kartinani eplolmasligimni yuzimga aytishdi. Ammo o`sha paytda o`zimga ishonchim ancha balandlagan, uddalashimga ko`zim etardi. Shukrki, ayni chog`da filmning sakson foizi tayyor. Qiyinchiliklar qo`rqitmasa, inson ko`p narsaga erishi mumkin, buni boshimdan o`kazmoqdaman.
«Avloniy» filmi yozning o`tli kunlarida suratga olindi. Issiq harorat ishimizni ikki hissa qiyinlashtirdi, ko`zlagan obrazing quyosh tig`iga uzoq bardosh bermaydi, bo`yoqlar terga qo`shilib oqib tushadi, shu bois rejissyorning yonida askar kabi sergak turishing kerak. Qavatimda ikki shogirdim bor: yosh va chaqqon qizlar, ammo sira ulgurmayapmiz. Uchalamiz qo`limizda elim va bo`yoq bilan har bir kadr ortida bormiz. Tomoshabin filmni ko`rganda girmchilar mehnatini ham unutmaydi degan umiddamiz! | 59 | 8,985 |
Madaniyat | Putin Ryazanovning bevasiga o‘z hamdardligini bildirdi | Rossiya Prezidenti Vladimir Putin kinorejissor, ssenarist, dramaturg Eldar Ryazanovning vafoti munosabati bilan uning turmush o‘rtog‘i ― Emma Abaydullinaga hamdardlik bildirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Eldar Aleksandrovich Ryazanov — yirik, saxiy iste’dod va katta ijodiy energiya sohibini yo‘qotib qo‘ydik. Uning ajoyib filmlari vatanimiz kinematografiyasining haqiqiy klassikasi, bizning milliy merosimiz va mamlakat tarixining bir qismi bo‘lib qoldi. Biz Eldar Aleksandrovich Ryazanov — haqiqiy usta va yaratuvchining yorqin xotirasini doim yodda saqlab qolamiz”, ― deyilmoqda Kreml rasmiy saytida e’lon qilingan telegrammada.
Eslatib o‘tamiz, 2015-yil 30-noyabr kuni Moskvada rejissor Eldar Ryazanov olamdan o‘tdi. | 54 | 732 |
Madaniyat | “O‘zbeknavo” vakili Tamilaga yana litsenziya berilishini “juda qiyin masala” deb atadi | “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi Maxsus ruxsatnoma (litsenziya) beruvchi tashkiliy boshqarmasi boshlig‘i Odiljon Abduqahhorovning “Daryo” muxbiriga ma’lum qilishicha, Tamila taxallusi ostida ijod qilib kelgan Esmeralda Rahmatovaning yana litsenziya olishi “juda qiyin masala”.
“Tamilaning litsenziyasi kun kelib qaytarilishi mumkinmi-yo‘qmi, bu haqda bir nima deya olmayman. Juda qiyin masala, buni vaqt ko‘rsatadi. Agar shu tarbiyada bo‘lsa, Tamilaning litsenziyasi umuman qaytarilmaydi”, — dedi “O‘zbeknavo” boshqarma boshlig‘i.
Tamila yana qo‘shiq aytishni xohlasa, xulq-atvori yaxshi tomonga o‘zgarganini qanday isbotlashi mumkinligi haqidagi savolga, Odiljon Abduqahhorov shunday javob berdi: “Bilmadim, bu haqda hali o‘ylab ham ko‘rilmadi”.
“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi 2016-yil 1-fevraldan Tamilaning litsenziyasini tugatdi. Bunga “litsenziya bitimida nazarda tutilgan talab va shartlar muntazam ravishda buzilganligi” sabab qilib ko‘rsatilgan.
Avvalroq, Tamila ishtirokidagi axloqsiz videoyozuv messenjerlarda tarqalib ketgan, shundan so‘ng xonanda Qozog‘istonga ko‘chib o‘tgani haqida xabar berilgandi.
Qayd etish joiz, Tamila 2015-yil iyul oyida litsenziyasidan mahrum etilgan, biroq shu yilning noyabr oyida yangi litsenziya olgandi. Uning bu litsenziyasi amal qilish muddati 2016-yilning avgustida yakuniga yetar edi. | 86 | 1,334 |
Madaniyat | Gollivud yulduzlarining sohibjamol onasiga emas, mashhur otasiga tortgan farzandlari (foto) | Afsuski, “onam kabi chiroyli, dadam kabi aqlli” formulasi har doim ham ishlayvermaydi. Wday.ru genlari borasida unchalik omadi chopmagan mashhurlarning farzandlari haqida ma’lumot beradi.
Adam Sandler, Jeki Titon va ularning qizi Sedi
Aktyorning to‘ng‘ich qizi Sedi otasiga o‘xshaydi – buning hech kuladigan joyi yo‘q, ayniqsa qiz komediya aktrisasi bo‘lishni xohlagan bo‘lsa. Adamga o‘xshagan ayol qanday ko‘rinishda bo‘lishini tushunish uchun “Turlicha egizaklar” filmini tomosha qilish kifoya, u yerda aktyor nafaqat aka, balki singil rolini ham o‘ynagan.
Aytgancha, Sandlerning rafiqasi, model va aktrisa Jeki Titon haqiqiy sohibjamol. Biroq hammasi hali oldinda — go‘zal oqqushlar ko‘rimsiz o‘smirlardan yetishib chiqqaniga tarix guvoh.
Bryus Uillis, Demi Mur va ularning qizlari — Tallula, Rumer va Skaut
Ota-onasi Gollivud yulduzi bo‘lganida taqdirdan shikoyat qilish gunoh, albatta. Biroq Bryus va Demining uch qizi hanuzgacha omadsizlikdan shikoyat qilishlari mumkin. Ularning yuz tuzilishi otasinikiga o‘xshaydi: katta iyak, og‘ir jag‘, kichik ko‘zlar. To‘g‘ri erkak sifatida bunday ko‘rinish yaxshi, ammo qizlar uchun go‘zal onasiga o‘xshagan ma’qul edi.
Jon Travolta, Kelli Preston va ularning qizi Ella
Yuzining uzunchoqligi va gavdasining kattaligi bilan 18 yoshli Ella Blyu Travolta dadasiga juda o‘xshaydi, chunki uning onasi aktrisa Kelli Preston hech qachon ortiqcha vazn bilan bog‘liq muammolarga duch kelmagan. Jon yoshligida ham ozg‘in emas edi, ammo juda xarizmatik bo‘lgan. Biroq Ellaning o‘zi qomati haqidagi komplekslardan unchalik tashvishlanmaydi va xotirjamlik bilan dadasini qo‘ltiqlab, kalta ko‘ylaklar kiyib oladi.
Madonna, Gay Richi va ularning o‘g‘li Rokko
Xonandaning o‘sha paytdagi turmush o‘rtog‘i bilan tushgan suratiga qarab, undan nimani topganini tushunish oson — haqiqiy britaniyalik janob, bezori dadasiga faqat tashqi jihatdangina juda o‘xshagan o‘g‘il. Ammo Madonna har doim “bezori erkaklarni” yaxshi ko‘rishi bilan mashhur bo‘lgan uchun bunday ajablanmasa ham bo‘ladi. | 91 | 2,018 |
Madaniyat | Maserati mingan xonanda Jasur Umirov tezlikni oshirib, hamrohlarini xavotirga soldi | Ayni vaqtda Ozarbayjonda bo‘lgan xonanda Jasur Umirov Instagram’dagi sahifasida o‘zi Maserati avtomobilini boshqarib ketayotgan tasvirlangan videoni e’lon qildi.
?
A video posted by Administration(+99893)5427777 (@jasur_umirovofficial) on Jul 2, 2016 at 9:31am PDT
Videoda Jasur Umirov va do‘stlari avtomobilda ketayotgani, bir vaqt xonanda tezlikni keskin oshirgani va shundan so‘ng yonidagi hamrohi tezlikni pasaytirishni iltimos qilganini ko‘rish mumkin.
Avvalroq xonandaning Instagram sahifasida uning davlat raqami Ozarbayjonniki bo‘lgan Chevrolet Camaro avtomobili ustida o‘tirib tushgan surati e’lon qilingan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 83 | 787 |
Madaniyat | “Naqadar azobli ayriliq daf’i, siyraklashib borar do‘stlarning safi”. Yaqinlari va hamkasblari Fathulla Mas’udovni xotirlamoqda | O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fathulla Mas’udov 30-avgust kuni 57 yoshda vafot etdi. U koronavirusdan davolanayotgan edi.
Taniqli aktyorning yaqinlari hamda hamkasblari ijtimoiy tarmoqlarda u haqdagi xotiralarini yozib qoldirmoqda.
“Hech bir insonni juftidan ayrilmasin ekan. Bugun 31-avgust opam Gulira’no Mas’udovaning tavallud ayyomlari — 51 yoshni qarshiladilar. Ayni shu kunda ular va biz uchun Allohdan katta sinov, sabrimizni toblantiruvchi hodisa bo‘ldi, pochchajonim Fathulla Mas’udov 57 yoshlarida foniy dunyoni tark etib, boqiy dunyoga ketdilar. So‘nggi daqiqalargacha sog‘ayishlariga katta umid qilgandik, Allohdan tinimsiz ular uchun sog‘lik, umr so‘radik, lekin Allohning buyurganidan qochib bo‘lmas ekan. Joylari jannatda bo‘lsin, ilohim”, — deb yozadi aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva.
View this post on Instagram
Fathulla Mas’udov oilasi bilan
O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ham aktyorni iliq so‘zlar bilan yodga olib, uning yaqinlariga sabr tiladi.
View this post on Instagram
So‘z ustasi Shukrullo Isroilov Fathulla Mas’udovni oqibatli va rahmdil inson sifatida eslamoqda.
View this post on Instagram
Xonanda Madina Mumtoz Fathulla Mas’udov haqidagi xotiralarini ta’sirli tarzda bayon etdi.
View this post on Instagram
“Fathulla Mas’udovning so‘nmas xotirasi qalbimizda mangu yashaydi”, — deb yozdi O‘zbekiston xalq artisti Og‘abek Sobirov.
View this post on Instagram
O‘zbekiston xalq artisti Erkin Komilov ham hamkasbini iliq so‘zlar bilan esladi.
View this post on Instagram
Taniqli shoir Bobur Bobomurod Fathulla Mas’udovning o‘limidan qayg‘uda ekanligini bildirdi. “Naqadar azobli ayriliq daf’i, siyraklashib borar do‘stlarning safi”, — deb yozdi shoir.
View this post on Instagram
Taniqli xonanda Tojibar Azizova Fathulla Mas’udovni o‘ta oilaparvar inson sifatida yodga oldi.
View this post on Instagram
Anvar Sobirov Fathulla Mas’udov bilan tushgan arxiv suratlari bilan bo‘lishdi.
View this post on Instagram
Yosh aktrisa Durdona Qurbonova aktyorni yaxshi xotiralar bilan eslashini yozib qoldirdi.
View this post on Instagram
Xonanda Yorqinxo‘ja Umarov aktyorning yaxshilik qilishga undovchi so‘zlarini hech qachon unutmasligini yozib qoldirdi.
View this post on Instagram
Fathulla Mas’udov 1963-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. 2015-yildan buyon O‘zbek Milliy akademik drama teatri direktori lavozimida ishlab kelayotgandi. 1999-yili “Shuhrat” medaliga sazovor bo‘lgan, 2003-yili “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” unvoni bilan mukofotlangan. 2014-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.
2020-yil O‘zbek milliy akademik drama teatri uchun og‘ir keldi. Teatr ketma-ket bir necha og‘ir judolikka uchradi. Xususan, 17-iyul kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abdurayim Abduvahobov 57 yoshida onkologik kasallik tufayli olamdan o‘tdi. 25-avgust kuni O‘zbekiston xalq artisti Dilbar Ikromova koronavirus oqibatida vafot etdi. | 127 | 3,081 |
Madaniyat | Turk aktyorlari Engin Akyurek va Tolga Saritash bir filmda suratga tushadi | Turk kinosanoatining eng ko‘zga ko‘ringan ikki vakili — Engin Akyurek va Tolga Saritash bitta loyihada ishtirok etadi.
“Elchingiz qizi” hamda “Pul va gul ishqi” seriallarining muvaffaqiyatli chiqishiga hissa qo‘shgan Engin hamda “A.Riza”da rol ijro qilib mashhurlikka erishgan Tolganing muxlislari sevimli aktyorlar ijrosidagi yangi loyihani intizorlik bilan kutmoqda.
Yulduzlar Netflix platformasida taqdim qilinadigan “Oq yo‘l” nomli filmda suratga tushadi. Film “Yettinchi bo‘lmadagi mo‘jiza” rejissori tomonidan suratga olinadi. Engin Akyurek film mazkur mavsumda taqdim qilinishini ma’lum qilgan. Tolga Saritash esa jurnalistlarga javob berishi jarayonida yangi loyihada ishtirok etishini e’lon qilgan. “Netflix uchun yaxshi loyiha qilishimizga umid qilaman”, — degan Saritash, shuningdek, reklamada suratga tushishni ham qo‘shimcha qilgan. Aktyor “A.Riza” tugaganidan keyin dam olish imkoniyati mavjudligini, suratga olish ishlari esa yozda boshlanishini bildirgan.
Shunday keyin yangi loyiha boshlanishini kutishni boshlagan muxlislar filmning muvaffaqiyatli chiqishini izohlarda yozib qoldirgan. Aktrisalardan kimlar suratga tushishi haqida esa hozircha ma’lumot yo‘q. Aktyorlar nafaqat hamkasb, balki yaqin do‘st ekani sabab ham bir loyihada ishtirok etishga bajonidil rozi bo‘lgan. | 74 | 1,293 |
Madaniyat | "Madaniyat va ma'rifat" telekanalida efirga uzatilgan filmda ishqiy sahna ochiq namoyish etildi (video) | Shu yil 21 yanvar kuni "Madaniyat va ma'rifat" telekanalida "Rembrandt: Portret 1669" nomli film efirga uzatildi. Bu haqda EVERYDAY muxbiri xabar bermoqda. Filmda ishqiy sahna aks etgan lavha efirga uzatildi. Undan parcha ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. | 103 | 257 |
Madaniyat | Taqdir zarbalaridan qochib qutilolmagan pop qiroli. Maykl Jeksonni xotirlab | Agar hayot bo‘lganida 29-avgust kuni mashhur pop qiroli Maykl Jekson o‘zining 64 yoshini nishonlashi mumkin edi, biroq uning hayoti kutilmaganda va bevaqt poyoniga yetdi.
Qiyin kechgan bolalik
Bo‘lajak yulduz Indiana shtatidagi uncha katta bo‘lmagan shaharcha — Gerida dunyoga kelgan. Bolakayning musiqaga shaydo bo‘lgan ota-onasi Jozef va Ketrin Jeksonlar ushbu sevgini 9 nafar farzandining qalbiga jo qilishga uringan. Shu bilan birga, oila boshlig‘i, ya’ni otasi haddan ortiq qattiqqo‘l bo‘lgan, bolalari uning chizgan chizig‘idan chiqmagan. Keyinroq Mayklning to‘ng‘ich akalaridan biri otasi ularga muntazam ravishda qo‘l ko‘targani, doimiy ravishda tahqirlaganini ma’lum qilgan. Onasi esa qo‘llab-quvvatlash o‘rniga bolalarini tashrif buyurishdan bosh tortish imkonsiz bo‘lgan diniy sekta yig‘ilishlariga yetaklab borgan.
The Jackson 5 guruhi va karyeraning boshlanishi
“The Jacson 5” guruhi
1964-yilda “The Jackson 5” guruhiga asos solingan. Guruh a’zolari Jeksonlar oilasining katta farzandlari edi. Tito, Jeremi va Jeki vokal ijrochi bo‘lgan, kenja farzandlar Maykl va Marlon esa musiqiy cholg‘u chalgan. Keyinroq iste’dodi payqalgach, kichik Maykl guruhda bek-vokalchi bo‘lib faoliyat yuritgan. Bo‘lajak yulduz 1972-yilda yakkaxon xonanda sifatida karyera boshlagan, 1980-yillarda esa uning qo‘shiqlari deyarli barchaning tilidan tushmasdi.
1982-yilda taqdim qilingan va bir necha o‘n yil davomida eng ko‘p sotilgan albom sifatida e’tirof etilgan Thriller plastinkasi ulkan muvaffaqiyatga erishishiga sabab bo‘lgan.
Shaxsiy hayoti
Maykl Jekson va Liza Mari Presli
Maykl ikki marta oila qurgan. Ilk marta u Elvis Preslining qizi Liza Mariyaga oila qurishni taklif qilgan. 1994-yilda yashirincha turmush qurgan juftlik 2 yil o‘tib ajrashgan. Ayriliqdan keyin qayta oila qurishga qaror qilgan Jekson bu safar rafiqa sifatida dermatolog-shifokorining assistenti Debbi Rouni tanlagan.
Ushbu turmushi davomida ikki nafar farzand — Prins Maykl Jozef Jekson, Peris-Maykl Ketrin Jekson dunyoga kelgan. Ammo bu turmush ham vaqt sinovidan o‘tmagan, Debbi va Maykl munosabatlariga nuqta qo‘yishni afzal bilgan. 2002-yilda pop qiroli surrogat ona yordamida uchinchi marta otalik baxtini his qilgan — farzandi Prins Maykl Jozef Jekson II tug‘ilgan.
“Neverlend”ni tark etib
Qo‘shiqchi 1980-yil oxirida avlodini davom ettiruvchi farzandlar dunyoga kelishini orzu qilib yurgan chog‘lari Santa-Barbara yaqinida qo‘rg‘on qurdirgan va uning atrofini attraksionli bog‘ga aylantirgan. Ranchoga Maykl tomonidan “Neverlend” deb nom berilgan va keyinchalik xonanda haqida tarqalgan salbiy ma’lumotlarning aksariyati ushbu joy bilan bog‘liq bo‘lgan. 1993-yilda Jekson uyida mehmon bo‘lgan 13 yashar bolaga nisbatan zo‘ravonlik qilishda ayblangan. Keyinroq ushbu holat boshqa bir bola bilan ham takrorlangan. Dalil-isbotlar topilmagan, ammo tarqab ulgurgan mish-mishlar ijodkor karyerasi va salomatligiga ta’sir qilgan. 2019-yil vafotidan 10 yil vaqt o‘tib, “Neverlendni tark etib” nomli film ekran yuzini ko‘rgan. Unda xonanda bilan bog‘liq o‘sha ehtimoliy zo‘ravonlik mavzusi qayta tilga olingan.
Pop qirolning kasalligi va o‘limi
Olamshumul darajada mashhur ekaniga qaramay, Mayklni baxtli yashagan deb aytib bo‘lmaydi. Shaxsiy hayotidagi muammo va bir qancha ayblovlardan tashqari, xonanda yuzining deformatsiyasiga olib kelgan vitiligo (terining pigmentatsiyasi buzilishi) hamda volchanka kasalligidan aziyat chekkan. Omadsiz jarrorlik amaliyotlari vaziyatni yanada og‘irlashtirgan.
2009-yil 25-iyun kuni muxlislar kutilmagan xabardan larzaga kelgan — pop qiroli davolovchi shifokorining ko‘rsatmasiga binoan qabul qilgan dori vositasi dozasini oshirib yuborgani oqibatida hayotdan ko‘z yumgan. Dozani hisoblamagani sabab tibbiyot xodimi 4 yilga ozodlikdan mahrum bo‘lgan. Maykl Jeksonning qizi uning dafn marosimida: “U faqatgina orzu qilish mumkin bo‘lgan eng yaxshi ota edi”, degan. | 75 | 3,882 |
Madaniyat | Tom Kruz o‘zining to‘rtinchi to‘yiga tayyorlanmoqda | Aktyor Tom Kruz o‘z yordamchisi Emili Tomasga turmush qurish taklifini berishga tayyor. Bu haqda, o‘z manbalariga asoslanib, Radar Online nashri xabar bermoqda.
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, 53 yoshli Kruz haqiqatan ham 22 yoshli Tomasni sevib qolgan va qiz ham unga muhabbat bilan javob bermoqda.
Kruz va Tomas o‘rtasidagi ishqiy munosabatlar haqida matbuot 2014-yil dekabridan yoza boshlagandi.
Agar ish to‘ygacha yetib borsa, bu Kruzning hayotidagi to‘rtinchi nikoh bo‘ladi. | 51 | 476 |
Madaniyat | Andrea Bochelli otdan yiqilib, kasalxonaga yotqizildi | Italiyalik tenor Andrea Bochelli otdan yiqilgani uchun kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda uning o‘zi 14-sentabr, payshanba kuni Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.
“Azizlarim, oxirgi soatlarda men uchun tashvishda bo‘lganingizni bilaman. Sizni tinchlantirish va hammasi joyida ekanligini bildirishni istayman. Bu bor-yo‘g‘i oddiygina otdan yiqilish edi”, — xabar berdi xonanda.
Bochelli sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar kuzatilmasa, yaqin orada unga ruxsat berilishini ma’lum qildi. | 53 | 487 |
Madaniyat | Rolini mukammal o‘ynash va tomoshabinlarni xursand qilish uchun hamma narsaga tayyor bo‘lgan aktyor va aktrisalar (foto) | Ba’zi filmlarni qayt-qayta tomosha qilsak ham zerikmaymiz. Qiziqarli sujet va iste’dodli aktyorlik shunchalik maftun etadiki, suratga olish guruhining ulkan ishlari haqida o‘ylamaymiz ham. Ammo ba’zida aktyor va aktrisalar o‘z vazifalarini a’lo darajada bajarish va tomoshabinlarni hayratda qoldirish uchun haqiqiy sinovlardan o‘tadi.
Natalya Seleznyova, “I operatsiyasi va Shurikning boshqa sarguzashtlari”
Ko‘pchilik Leonid Gayday komediyasidagi Lida ishtaha bilan sosiska yegan kadrni eslasa kerak. Mazkur kadr rejissor xohlaganidek chiqishi uchun aktrisa 20 ga yaqin sosiska yeyishiga to‘g‘ri kelgan. “Shundan keyin 2 yilgacha sosiska yemadim, ularga qaragim ham kelmasdi”, — deb eslaydi Natalya Seleznyova.
Natalya Tenyakova, “Sevgi va kabutarlar”
Shura kampir rolini o‘sha paytda 38 yoshda bo‘lgan Natalya Tenyakova ijro etgan. Aktrisa nafaqat kampir roliga rozi bo‘ladi, balki go‘zalligini ham qurbon qiladi: makiyaj tufayli uning yuz terisiga zarar yetadi.
Natalyani qari ko‘rsatish uchun uning yuzi maxsus plyonka bilan qoplangan bo‘lib, har suratga olish kunining oxirida ko‘chirib tashlash kerak edi. Qurigan plyonka terini qattiqlashtirganligi sababli aktrisaning yuziga ko‘plab ajin tushishiga sabab bo‘ladi.
Andrey Mironov, “Italyanlarning Rossiyadagi g‘aroyib sarguzashtlari”
Filmda ba’zi tryuklarni Mironovning o‘zi ijro etgan. U “Astoriya” mehmonxonasidan qochib ketish sahnasi suratga olinayotganda o‘t o‘chirish mashinasi zinapoyasidan “Jiguli” tomiga ko‘tarilib, gilamga tushadi.
Rejissor Eldar Ryazanov hatto aktyorni buzilgan ko‘prikning chetiga 30 metr balandlikka osib qo‘yishga ko‘ndirgan. Kadrda Andrey Mironovning haqiqiy his-tuyg‘ularini ko‘rish mumkin. Yana bir kadrda u sherni italiyaliklardan chalg‘itishi kerak edi. Aktyor xavfli sahnadan voz kechishi mumkin edi, lekin u obrazi ishonarli bo‘lishi uchun bu zarurligini tushunadi va qo‘rquvini yenga oldi.
Yuriy Yakovlev, “Taqdir hazili yoki qushdek yengil bo‘ling”
Yuriy Yakovlev qahramonining mashhur iborasi: “Oh, iliqqina ekan” improvizatsiya bo‘lgan. Gap shundaki, kinostudiyada issiq suv bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgan va aktyor yarim soatcha muzdek suv ostida turishiga to‘g‘ri kelgan. To‘satdan issiq suv kelganida, Yakovlev shu qadar hayratda qoladiki, so‘zlar o‘z-o‘zidan kela boshlaydi.
Ushbu kadrni suratga olish aktyorning sog‘lig‘iga ta’sir qiladi. Yakovlev qattiq shamollab qoladi: isitmasi ko‘tariladi va tomog‘i og‘riydi, natijada u 2 kungacha filmda suratga tusha olmaydi.
Oleg Basilashvili va Lyudmila Gurchenko, “Ikki kishilik vokzal”
“Ikki kishilik vokzal” (1983) melodramasining so‘nggi sahnalaridan birida bosh rol ijrochilari Oleg Basilashvili va Lyudmila Gurchenko qor kechib, yugurishlari kerak edi — mazkur kadr 28 daraja sovuqda suratga olingan va hatto aktyorlar hojatxonaga ham borolmagan.
Qalin qor tufayli kinokameralar uchun relslardan foydalanishning imkoni bo‘lmagan, shuning uchun operator uskunasi chanaga o‘rnatilgan, uni butun suratga olish guruhi, shu jumladan rejissor Eldar Ryazanov ham sudrab yurgan.
Spartak Mishulin, “Cho‘lning oq quyoshi”
Suratga olish maydonchasida Spartak Mishulinni boshigacha qumga ko‘mishadi. Aktyor quyosh tikkaga chiqib, qumni qizdirishini kutishi kerak edi. Mishulinning yonoqlari va peshonasiga murabbo surkalgan va u tomon ilonlar qo‘yib yuborilgan. Operator rejalashtirganidek, bu azoblarning barchasi filmga realizm qo‘shishi kerak edi.
Tanaffus paytida ham Spartak bir soat davomida issiq qumda jamoani kutadi, lekin bu safar soyabon ostida. Sahnani bir necha marta qayta suratga olishga to‘g‘ri kelgani bois suratga olish ishlari 3 kun davomida ertalabki 5 dan kechgacha davom etadi.
Dmitriy Iosifov, “Buratino”
Dmitriy Iosifov har kuni bir yarim soat yasama burun qo‘yishlarini kutish kerakligini eslaydi. “Avvaliga ular menga qandaydir rezina tayoq yopishtirishdi, keyin esa Italiyadan maxsus olib kelingan ko‘pikli plastmassaga o‘tishdi”, — deb eslaydi aktyor. Qolaversa, suratga olish jarayonida havo issiq bo‘lib, bolaning yuzi terlab, burni makiyaj ostida qattiq qichishgan.
Diqqat bilan qarasangiz, filmning boshida Buratinoning burni uzunroq bo‘lib, oxiriga kelib sezilarli darajada qisqarganini ko‘rish mumkin. Gap shundaki, bola bunday uzun burun tufayli zo‘rg‘a gapirardi. “Judayam uzun burun menga harakat qilishimga, jilmayishimga, qovog‘imni solishimga va shunchaki gaplashishga xalaqit berardi”, — deydi Dmitriy Iosifov intervyusida. | 120 | 4,420 |
Madaniyat | OAV: Anjelina Joli va Bred Pitt Yangi Orleandagi uch qavatli uyini 4,9 mln dollarga sotib yubordi | Ajrashish jarayonida bo‘lib turgan amerikalik aktyorlar Anjelina Joli va Bred Pitt Yangi Orlean (Luiziana shtati)dagi uch qavatli uyini 4,9 million dollarga sotib yubordi. Bu haqda Associated Press agentligiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Uy adolatli narxga sotildi. Bu har ikki tomon uchun yaxshi kelishuv bo‘ldi”, – deb mol-mulk agentligi xodimi Nina Kayllin so‘zlaridan iqtibos keltiradi Associated Press.
Pitt va Joli 1830-yillarda qurilgan ushbu uyni 2007-yili 3,5 million dollarga sotib olgandi. Unda beshta yotoqxona, uchta hojatxona va ikkita vannaxona bor.
Anjelina Joli ajrashishga ariza bergach, farzandlari bilan Gollivuddagi dang‘illama hovlisidan Malibudagi qishloqlarga xos uyiga ko‘chib o‘tgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 20-sentabr kuni Anjelina Jolining advokati uning mijozi Bred Pitt bilan ajrashmoqchi ekanini tasdiqladi. Nikohni bekor qilish uchun asos sifatida aktrisa eri bilan, xususan, bolalarni tarbiyalash masalasida jiddiy ixtilofdaligini bildirgan.
Ma’lumot uchun, 2004-yildan buyon uchrashib yurgan Joli va Pitt 2014-yilda nikohdan o‘tgan edi. Juftlik uch farzand ko‘rgan, shuningdek, uch bolani asrab olgan. | 97 | 1,138 |
Madaniyat | Shohruxxon: To‘yimni kutib yashayapman | Oilali degan maqomga erishish baxtini tuyishni istayotgan xonanda Shohruxxon o‘y va kechinmalari bilan o‘rtoqlashdi, deb xabar beradi “Sug‘diyona” gazetasi.
Xonanda o‘zining to‘yi bo‘ladigan kunni kutib yashayotganini ma’lum qildi: “Chiroyli oilam, bolalarim bo‘lishini istayman. Ularni insofli insonlar qilib tarbiyalashni, birga maza qilib o‘ynashni xohlayapman. Menimcha, buning fursati yetdi”.
Shohruxxon mahzun ko‘zlari qachon kulishini ham ta’kidlab o‘tdi: “Do‘stlarim, yaqinlarim davrasida doim kulib yuraman. Oxirgi paytlari bolalarni ko‘rganimda, ko‘zlarim boshqacha chaqnayapti. Farzandlarimni qo‘limga olganimda, boshqacha porlay boshlasa kerak”. | 38 | 658 |
Madaniyat | Zohirshoh Jo‘rayev nima uchun 6 yillik “zapret”da yurganiga oydinlik kiritdi (video) | Xonanda Zohirshoh Jo‘rayev “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi.
Zohirshoh Jo‘rayev olti yil davomida “zapret”da yurishiga sabab bo‘lgan voqealar va o‘sha vaqtda nimalar qilgani haqida gapirib berdi.
Balki mening ham o‘zimga yarasha xatolarim bo‘lgandir. Sahnaga endi qadam qo‘yayotgan yosh qo‘shiqchini sindirib qo‘yish oson. Aynan kimning ko‘ziga yomon ko‘ringanimni bilmadim. Qaysi voqea sabab bunday bo‘lganini ham bilmayman.
Menga ‘kerak emas odamlar bilan salom-alik qilib qo‘ygansan’ shunga, deyishgan. Mayli deganman, xo‘p deganman, isyon ko‘tarib, to‘polon qiladigan odam emasman. Buni to‘g‘ri qabul qilib, Allohning sinovi deb, Allohga tavakkal qilib, o‘sha og‘ir kunlardan o‘tib oldim. Bu muddat olti yil, ya’ni 2011-yildan 2017-yilgacha bo‘lgan.
Zohirshoh Jo‘rayev, xonanda
Zohirshoh Jo‘rayev “zapret”ga uchragan vaqtida Andijonga ketgani haqida ham gapirib berdi.
Sizni hamma tashlab ketgan vaqt bo‘lganmi?, bo‘lmasin, sizni hamma tashlab ketmasin. Faqat oldingizda ota-onangiz qolsa, juda og‘ir bo‘ladi. Chunki o‘sha vaqtda ota-onangizga ham og‘ir bo‘ladi. Agar ular ham sizga hech qanday yordam bera olmasa, juda ham og‘ir bo‘ladi.
O‘sha mas’uliyat ularga tushmasin, ularga og‘ir botmasin deya Andijonga ketganman. To‘rt yil Andijonda xalq xizmatida yurganman.
Zohirshoh Jo‘rayev, xonanda
Zohirshoh Jo‘rayev suhbat davomida akasi Shohjahon Jo‘rayev bilan munosabati, otasi, O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayevning unga nisbatan eng qattiq “jazo”si va tanbehi haqida gapirib berdi.
Ma’lumot uchun, xonanda Zohirshoh Jo‘rayev “Xalqlar do‘stligi” saroyida 24 —25-fevral kunlari “Seni sog‘inib” deb nomlangan konsert dasturini taqdim qilmoqda. | 84 | 1,737 |
Madaniyat | AFIShA: 26 SENTYaBR | O`zbek Milliy akademik drama teatri
18:00 «Omon bo`lgin, azizim».
O`zbek davlat drama teatri
18:00 «Sab`ai Sayyor».
Maroqli dam oling! | 19 | 134 |
Madaniyat | Iyun oyining qaynoq premyeralari | Iyun oyining jazirama kunlarida sizlarni kinoteatrga chorlab qolamiz. Chunki bu oyda kinoijodkorlar bir-biridan qiziqarli va tomoshabinbop filmlarni taqdim etishadi. Marhamat, ular bilan tanishing:
“Turist”
Rollarda: Yoqub Ahmedov, Yulduz Rajabova, Nozim To‘laxo‘jayev, Zuhra Soliyeva, Nodira Mahmudova.
Film rejisyori: Ayub Shahobiddinov.
Mazkur film melodrama janrida bo‘lib, unda sayyoh yigitning boshdan kechirganlari haqida so‘z boradi. Film barcha uchun qiziqarli va tomoshabinbop bo‘lishi kutilmoqda.
“Mo‘jiza tomon” (To the Wonder). AQSh
Rollarda: Reychel MakAdams, Reychel Vays, Ben Afflek, Olga Kurilenko.
Film rejisyori: Terrens Malik.
Mazkur film melodrama janrida suratga olingan bo‘lib, Nil ismli yozuvchining hayoti hikoya qilinadi. Nil rafiqasi Marina bilan birga yashasa ham, ularni hech qanday muhabbat yo‘q. Marina Charli bilan iliq munosabatda, Nil esa Jeynni sevadi. Ular hayotda doim mo‘jizaviy o‘zgarish kutib yashaydi.
“Eramizdan so‘ng” (After Earth). AQSh
Rollarda: Uill Smit, Izabel Fyurman, Jeyden Smit, Zoi Kravits, Sofi Okonedo.
Film rejisyori: M. Nayt Shyamalan.
Fantastika janrida ishlangan mazkur film yer yuzida ro‘y bergan ayanchli halokat voqealari bilan boshlanadi. Kartinada halokatdan so‘ng, 1000 yil o‘tgandan keyingi hayot aks ettiriladi. Shuningdek, ota-bolaning o‘zaro munosabatlari ham ko‘rsatiladi. Gollivudning mashhur aktyori Uill Smit filmda o‘g‘li Jeyden Smit bilan birga bosh rollarni ijro etishgan.
“Xayolot” (Imaginaerum). Finlandiya, Kanada
Rollarda: Mariann Farli, Kuinn Lord, Ilka Villi, Joenna Noyes va boshqalar.
Film rejisyori: Stobe Xaryu.
Film janri – Fantastika, myuzikl. Film voqealari go‘zal orzularning xayolot dunyosida amalga oshishi haqida so‘zlaydi. Har bir insonning katta umidlari, ushalmas orzulari mavjud. Ularning ro‘yobini faqat xayollarimizdagina ko‘rishimiz mumkin. Endi esa tilaklar hech nimaga qaramay ushaladi. Insonlar yangi dunyoda qanot yozib uchishlari, jonsiz mavjudotlar bilan suhbatlashishlari mumkin. Buning uchun faqatgina Hayolot eshigi ochilsa bas, shunda iloji yo‘q narsaning o‘zi bo‘lmaydi…
“Katta to‘y” (The Big Wedding). AQSh
Rollarda: Robert De Niro, Amanda Sayfred, Ketrin Xaygl, Robin Uilyams, Ben Barns, Tofer Greys.
Film rejisyori: Jastin Zakem.
Komediya janrida suratga olingan ushbu filmda mashhur yulduzlar tarkibidan iborat aktyorlar jamoasini ko’rishingiz mumkin. Jared Griffin ismli yigit oila qurishga jiddiy qaror qabul qiladi. Uning ota-onasi esa yigirma yildan beri bir-birini ko‘rishga toqat qilishmasa-da, ammo farzandlarining baxti uchun shodon oila rolini o‘ynab berishga ahd qilishadi. Lekin ular farzandlari kim bilan hayotini bog‘lamoqchi ekanligini hayollariga ham keltirishmaydi.
“Qiyomat kechasi” (The Purge). AQSh
Rollarda: Lina Xidi, Itan Xouk, Edvin Xoj, Toni Oller.
Film rejisyori: Jeyms De Monako.
Mazkur daxshatli filmda bosh qahramon qo‘rqinchli haqiqatni oshkor etadi. Kartinada eng muhim shior – tong otguncha tirik qolish bo‘ladi.
“Po‘lat odam” (Man of Steel), AQSh
Rollarda: Genri Kavill, Maykl Shennon, Rassel Kroy, Emi Adams, Dayan Leyn, Kevin Kostner.
Film rejisyori: Zak Snayder.
Fantastik-sarguzasht janrida tasvirga olingan bu film 12 yoshdan oshgan tomoshabinlarga tavsiya qilinadi. Kinokartinaning asosiy mazmuni Klark Kent ismli yosh jurnalistning noyob qobiliyatlari va boshdan kechirganlari bilan bog‘liq bo‘lib, u doim o‘zini biz yashayotgan dunyoga begonadek his etadi. Aslida Klark ancha yillar muqaddam, Kripton sayyorasidan yerga tushib qolgan bo‘ladi. Nima uchun? Filmning bosh qahramoni ham shu savolga javob topishga harakat qiladi. Po‘lat odam ham Supermen yoki O‘rgimchak odam kabi mashhur qahramonga aylanadimi? Uning ham atrofdagilarga, sevgan insonlariga yordami tegadimi? Bu savollarga filmni tomosha qilgach, javob topasiz.
“Maxluqchalar universiteti” (Monsters University). AQSh
Rollarda: Stiv Bushemi, Jon Gudmen, Jennifer Tilli, Billi Kristal, Frenk Oz.
Film rejisyori: Den Skenlon.
Bu qiziqarli multfilmda maxluqchalarning boshdan kechirga sarguzashtlari hikoya qilinadi. Maxluqchalar katta uyushmaga a’zo bo‘lishlari uchun, avval Vahimalar Universitetida o‘qishlari kerak bo‘ladi.
“Dunyolar jangi Z” (World War Z)
Rollarda: Bred Pit, Erik Uest, Mettyu Foks, Devid Mors, Jeyms Bej Deyl, Devid Endryus.
Film rejissyori: Mark Forster.
“Dunyolar jangi”da mashhur aktyor Tom Kruzni ko‘rgan bo‘lsangiz, bu safar yangi filmda Bred Pit bosh qahramonni gavdalantiradi. Fantastik janrda suratga olingan ushbu filmda sayyoramizga havf soluvchi daxshatli halokatlar sodir bo‘ladi. | 32 | 4,546 |
Madaniyat | Burak O‘zchivit, Kivanch Tatlitug‘ va boshqa mashhur turk aktyorlari kinodagi karyerasi davomida qanchalik o‘zgargan? | Turk kino olamidagi loyihalarning muvaffaqiyatli chiqishi ssenariyga, shu bilan birga aktyorlarning ijrosiga ham bog‘liq. Qaysidir aktyor tashqi ko‘rinishi bilan, qaysidiri ijrosi bilan, yana qaysidir aktyor esa yaxshi loyihada suratga tushgani bilan muxlislar yodida qoladi. “Yandeks Dzen” nashri nafaqat Turkiyada, balki dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishgan aktyorlar karyerasi davomida qanchalik o‘zgargani haqidagi ma’lumotlarni taqdim etdi.
Kivanch Tatlitug‘
Kivanch Tatlitug‘ — “Eng yaxshi aktyor” nominatsiyasida ikki marta Golden Butterfly Awards mukofotini qo‘lga kiritgan turk aktyori. U faoliyati davomida 15 ta loyihada rol o‘ynagan, ularning ko‘pchiligi bir nechta mavsumda yuqori reytinglardan joy olgan. “Taqiqlangan sevgi” seriali esa turk kinosining klassikasiga aylandi.
Chig‘atay Ulusoy
Turk aktyori Chig‘atoy Ulusoy ijodiy faoliyatini modellik biznesidan boshlagan. U 2010-yilda “Turkiyaning eng yaxshi modeli” tanlovida g‘olib bo‘lgan va yilning eng yaxshi modeli deb topilgan. Aktyor o‘sha paytda Turkiya telekanallarida namoyish etiladigan “Men unga Fariha deb ism qo‘ydim” serialida bosh rolni ijro etdi. Keyinchalik esa “To‘lqin” va “Ichkarida” seriallarida suratga tushdi. Chig‘atoy raqamli platforma uchun suratga tushgan birinchi turk aktyori hisoblanadi. Bu “Himoyachi” nomli serial bo‘lgan. Uning ishtirokidagi “Qog‘ozli hayot” filmi Netflix’da muvaffaqiyat qozondi va yaqinda Izmir kinofestivalida film shov-shuvlarga sabab bo‘lib, yettita sovrinni qo‘lga kiritdi.
Kadir Dog‘ulu
Kadir Dog‘uluning kino olamga kirish orzusini amalga oshirish imkoniyati kam bo‘lgan, chunki u kam ta’minlangan oilada tug‘ilgan. Aktyorning oilasida undan tashqari to‘rt nafar farzand bo‘lgan. Biroq qat’iyatlilik va aktyor bo‘lish istagi unga muvaffaqiyat qozonishga yordam berdi. Uning filmografiyasida 13 ta loyiha mavjud. Kadir “Istanbulning ikki yuzi”, “Menga qanday sevishimni ayt”, “Ko‘sem” loyihalarida suratga tushgan. Hozirda aktyor rafiqasi Neslihan Atagul bilan birga “Tunning oxirida” serialida suratga tushmoqda. U o‘zining prodyuserlik kompaniyasini ochib, faoliyatini kengaytirdi.
Burak O‘zchivit
Burak O‘zchivit — suratga olish maydonchasiga modellik biznesidan kelgan turkiyalik aktyor. U 2003-yili “Turkiyaning eng yaxshi modeli” tanlovida g‘olib bo‘lgach, “Dunyoning eng yaxshi modeli” tanlovida ishtirok etadi va bu tanlovda ikkinchi o‘rinni egallaydi. Shundan so‘ng u turk kinoijodkorlarining e’tiborini tortdi va filmlarda rol o‘ynay boshladi. Uning kinodagi karyerasini muvaffaqiyatli deyish mumkin, aktyorning filmografiyasida 16 ta loyiha mavjud. Uning ishtirokidagi “Sevgi iztirobi” seriali 2017-yilda 45-Xalqaro “Gremmi” mukofotlash marosimida “Yilning eng yaxshi telenovellasi” nominatsiyasida birinchi o‘rinni egalladi. Aktyor yaqinda bir mavsumdan ortiq davom etishi kutilayotgan yuqori reytingli “Qurilish: Usmon” serialida suratga tushdi.
Kerem Bursin
Kerem Bursin — o‘z faoliyatini Gollivudda boshlagan mashhur turk aktyori. Kerem xizmat vazifasini bajarganidan beri otasi bilan turli mamlakatlarga: Shotlandiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Malayziya, AQSh tashrif buyurib, u yerda aktyorlik faoliyatini boshlagan. Biroq u “Quyoshni kutish” serialida rol o‘ynab, Turkiyada mashhurlikka erishdi. Shundan so‘ng Kerem 17 ta loyihada suratga tushdi. Uning ishtirokidagi “Eshigimni sen qoq” seriali esa aktyorning dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishishiga sabab bo‘ldi.
Ibrohim Chelikko‘l
Ibrohim Chelikko‘l 19 yoshidan boshlab, universitetning Iqtisodiyot fakulteti talabasi bo‘lgan paytida modellik faoliyatini boshlagan. Aktyor kinoga tasodifan kirib qolgan, u rol uchun kastingdan o‘tgan do‘stini qo‘llab-quvvatlash uchun kastingga borgan, O‘shanda 2008-yil edi. Shundan beri aktyor 17 ta loyihada rol o‘ynadi, ularning orasida eng mashhurlari “Oq va qora sevgi”, “Buyuk ikkilik”, “Siz tug‘ilgan uy — sizning taqdiringiz”, “Qushlarning parvozi” loyihalaridir.
Turk kino olamida o‘z aktyorlik mahorati bilan nafaqat Turkiyada, balki chet elda ham mashhurlikka erishgan iste’dodli aktyorlar ko‘p. Har bir aktyorning o‘z muxlislari bor, ular kumirining ijodiy faoliyatini kuzatib boradi, uning ishtirokidagi birorta loyihani ham o‘tkazib yubormaydi. | 117 | 4,208 |
Madaniyat | Selim Bayraktar — Sumbul og‘a rolini o‘ynagan “Muhtasham yuz yil” yulduzi bugun nimalar bilan band? (foto) | Selim Bayraktar 2022-yil 17-iyun kuni 47 yoshga to‘ldi. Shu munosabat bilan “Lisa.ru” nashri aktyorning bu sohaga kirib kelishi, tarixiy serialdan keyin qanday filmlarda suratga tushishga muvaffaq bo‘lgani va hozirda nimalar bilan band ekani haqida so‘z yuritdi.
Selim Bayraktar “Muhtasham yuz yil” tarixiy serialidagi juda mashhur rolni ijro etgan. Tomoshabinlarning qahramonga munosabati noaniq edi: kimgadir uning hazillari yoqdi, boshqalari uni qoraladi. Biroq Sumbul og‘aning o‘z xonimi Xurram Sultonga bo‘lgan sadoqatini hamma qadrladi.
Mashhurlikka qadar uzoq yo‘l
Selim Iroqning Kirkuk shahrida tug‘ilgan. Ota-onasi san’atga aloqador bo‘lmaganiga qaramay, teatr va kinoga juda mehr qo‘ygan, farzandlarini bilimli, ziyoli, dunyoqarashi keng insonlar qilib tarbiyalashga harakat qilgan. Bayraktar oilasi badavlat edi, ammo Eron-Iroq mojarosi paytida ular uylarini tark etishga majbur bo‘ldi, chunki o‘sha paytda hatto maktab o‘quvchilari ham harbiy xizmatga chaqirilgan.
Ota-onalar yolg‘iz va suyukli o‘g‘lini olib ketishlaridan qo‘rqib, tezda qarindoshlari yashaydigan Turkiyaga ko‘chib ketishdi. Bir necha yil o‘tgach, oila alohida yashashga muvaffaq bo‘ldi: ular Anqaraga ko‘chib ketdi, u yerda Selim o‘rta maktabni tugatdi va teatr maktabiga osongina o‘qishga kirdi. Aytish kerakki, u ham ota-onasi kabi san’atga qiziqqan va yoshligidanoq aktyor bo‘lishga qaror qilgan.
Biroq Bayraktarga darhol mashhur rollar taklif qilinmadi va dastlab u animator yoki masxaraboz sifatida qo‘shimcha pul ishlashga majbur bo‘ldi. Ehtimol, bu tajriba tufayli aktyor Sumbul kabi obrazda osonlik bilan namoyon bo‘lgandir. Keyinchalik aktyor teatrga qabul qilindi, ammo kino olami unchalik ham yoqtirib kutib olmadi.
Birinchi marta aktyor 30 yoshida suratga tushdi. Keyin u “Ko‘prik” filmida rol o‘ynadi va undan keyin yana bir nechta filmlarda ishtirok etdi. U umidsizlikka tushmaslikka harakat qildi va bir kun kelib foydali taklif olishiga ishondi.
Bayraktar ijodining gullab-yashnagan vaqti 2011-yilga to‘g‘ri keldi — aynan o‘sha paytda u ikkinchi darajali rollardan biriga ma’qullangan va u asta-sekin asosiy rollarni ijro etuvchi aktyorlardan biriga aylangan. “Muhtasham yuz yil” ijodkorlari kastinglar davomida aktyorning iste’dodi va g‘ayrioddiy yuz ifodalarini yuqori baholadi — keyin ular Sumbul og‘a roliga undan yaxshiroq aktyor topa olmasligini anglab yetdi.
“Mening qahramonim murakkab odam. Uni ijro etish men uchun oson kechmadi. Men Turkiya tarixini ko‘p o‘rgandim, bundan tashqari, uning fe’l-atvori hammanikidek emas, amaldorning taqdiri og‘ir edi”, — dedi Bayraktar.
Ushbu loyihadan so‘ng Bayraktar filmlarda faol rol o‘ynashni boshladi: masalan, “Sevgi senga o‘xshaydi” dramasida u yovuz qahramon sifatida qayta tug‘ildi va “Muhtasham yuz yil” filmida ham rol o‘ynagan Burak O‘zchivit uning suratga olish maydonchasidagi hamkasbiga aylandi. Aktyorning navbatdagi rollaridan biri “Usmonli imperiyasining yuksalishi” tarixiy filmi bo‘lib, u vazir Chandarli Xalil Posho sifatida qayta tug‘ildi.
“Muhtasham yuz yil”dan keyingi hayot
Tomoshabinlar aktyorni tanigach, uning shaxsiy hayotiga qiziqib qoldi. Ko‘pchilik hatto uning oilasi yo‘q, deb o‘ylardi. Biroq Selim Bihter ismli ayol bilan turmush qurgan va u bilan ikki farzand — bir o‘g‘il va qizni tarbiyalab kelmoqda. Ma’lumki, uning rafiqasi musiqachi va Turkiya davlat simfonik orkestrida ishlaydi.
Ammo aktyorning sahifasida rafiqasi bilan yangi suratlar bo‘lmasa-da, u aktrisa Emel Karako‘z bilan birga ko‘proq e’tiborga olinmoqda. Selim shaxsiy hayoti haqida gapirishni yoqtirmaydi, shuning uchun u bu borada hech qanday izoh bermoqchi emas.
Emel Karako‘z va Selim Bayraktar
Aytgancha, tomoshabinlar aktyorni Sumbul obrazidan tashqarida ko‘rib, hayratda qoldi. Suratga olish ishlari tugallangach, u soqolini o‘stirdi va ko‘plab kartinalarda salbiy xarakterga ega qahramon sifatida paydo bo‘ldi. Aktyor sport bilan muntazam ravishda shug‘ullanib keladi va uning gavdasi ham atletik ko‘rinishga ega. Muxlislar buni bilib, Bayraktarni yangi timsol deb e’lon qildi. Garchi aktyorning o‘zi tashqi ko‘rinish emas, balki uning iste’dodi qadrlanishini muhim deb biladi. | 106 | 4,137 |
Madaniyat | Qirollik oilasidagi depressiya: malika Diana, uning o‘g‘illari va kelinlari tushkun kayfiyat bilan qanday kurashgan? | JSST ma’lumotlariga ko‘ra, ruhiy tushkunlik yomon kayfiyat emas, balki xavfli kasallik va dunyodagi majruhlikning eng keng tarqalgan sababidir. Ruhiy holatlar buzilishi Britaniya qirollik uyini ham chetlab o‘tmadi, deb yozadi “Noviy ochag”.
O‘zi sevmagan erkak bilan turmush qurgan malika, yoshligida onasidan ayrilgan o‘g‘illari, tug‘ruqdan keyingi ruhiy tushkunlikka tushgan gersoginya Ketrin va Megan — ularning barchasi jamiyat tomonidan ruhiy muammolarni idrok etishni normallashtirish uchun bu haqda ochiq gapiradi. Chunki depressiya uyaladigan narsa emas.
Malika Diana: “Men aqldan ozgan tamg‘asi bilan yashadim”
“Ehtimol, men qirollik oilasida birinchi bo‘lib depressiyani boshdan kechirgan yoki buni ochiq ifoda etgan odamdirman”, — degan edi o‘zi haqida Diana.
Qirollik oilasida his-tuyg‘ularni ochiq ko‘rsatish odatiy hol emas, bu yosh qiz uchun hissiy muammo edi. Bundan tashqari, uning eri ertakdagi shahzoda emas edi, u ham yashirmasdan boshqa ayolni sevardi. Asal oyi o‘rtasida allaqachon Diana depressiyaga tushib qoldi, bundan tashqari, u dahshatli tushlardan azoblandi.
Qirollik oilasi chora ko‘rishga majbur bo‘ldi. Ilgari hech qachon ruhiy kasalliklarga duch kelmagan (yoki ularni mohirlik bilan yashirgan), Bukingem saroyi aholisi noto‘g‘ri qarashlarga to‘la edi. Dianani deyarli aqldan ozgan deb hisoblashdi va bu tamg‘a uni butun umri davomida ta’qib qildi.
Diana eng yaxshi shifokorlar nazorati ostida va tezkor natijaga muhtoj bo‘lgan mutaxassislarga topshirildi. Qirolichaning shaxsiy shifokori Jon Batten qirollik oilasini Diananing ruhiy kasalligi farzandlariga o‘tishi mumkinligi bilan qo‘rqitdi va bu ularning oilasi uchun falokat bo‘lishini bashorat qildi.
Ikki yillik davolanishdan keyin ham Diananing holati yaxshilanmadi. Qizig‘i shundaki, uning eri Dianaga yordam berishga muvaffaq bo‘ldi. Shahzoda Charlzga Yungning o‘sha paytdagi mashhur shogirdi Alan MakGlashenga murojaat qilishni maslahat berishdi. U Diana bilan haftada ikki marta shug‘ullandi va bir muncha vaqt o‘tgach, malikaga tashxis qo‘ydi. “Bu juda baxtsiz qiz, u barcha jabhalarda qiyinchiliklarga duch keladi, lekin u ularga jasorat bilan dosh berishga harakat qiladi. U mutlaqo sog‘lom va uning muammolari patologik emas, balki hissiydir”, — dedi taniqli mutaxassis va bu qirollik oilasini hayratda qoldirdi.
Shahzoda Uilyam: “Men 20 yil davomida onamning o‘limiga ko‘nika olmadim”
Shunisi ma’lumki, depressiya haqiqatan ham genetik darajada yuqishi mumkin. Biroq shahzoda Uilyamning ruhiy tushkunligining sababi umuman genlar emas, balki uning uchun sevimli onasining dahshatli o‘limi edi. Sobiq malika Diana avtohalokatda vafot etganida u 15 yoshda edi.
Yosh shahzoda bir paytlar onasi uchragan narsaga duch keldi: bolaligidan u va uning ukasi o‘z his-tuyg‘ularini bostirishga o‘rgatilgan. Shuning uchun Diananing o‘limidan so‘ng ular o‘zlarini qo‘lga olishdan boshqa iloji qolmagan, his-tuyg‘ularni qalblariga chuqur ko‘mgan. Ular bilan ochiqchasiga hech kim sodir bo‘lgan fojiani muhokama qilmagan.
Angliyaning bo‘lajak qirolining so‘zlariga ko‘ra, unga nima bo‘lganini to‘liq anglash va onasining o‘limiga ko‘nikish uchun 20 yil kerak bo‘ldi.
Bugungi kunda Uilyam rafiqasi Ketrin Diana bilan uchrasha olmasligidan va uning nabiralari, shahzoda Jorj, Lui va malika Sharlotta buvisini ko‘masligidan afsusda.
Ammo bolalar ham bu kabi taqdirga sherik bo‘lmasligi uchun u allaqachon choralar ko‘rgan. Shahzoda Uilyam Britaniya taxtiga merosxo‘rlarni qo‘yish asoslarini qayta ko‘rib chiquvchi nizomni ishlab chiqdi va imzoladi. Farzandlari o‘z muammolari va tajribalari haqida ochiq gapirishdan qo‘rqmaydigan, bir paytlar ukasi bilan o‘zlaridagi holatni yashirmasdan, komil shaxs bo‘lib ulg‘ayishi uchun u hamma narsani qilishga tayyor.
Shahzoda Garri: “Men ur yoki qoch rejimida yashaganman”
1997-yil sentabr oyi boshida 12 yoshli Garrining akasi, otasi, amakisi va bobosi bilan birga onasining tobutini ko‘tarib borishini butun dunyo tomosha qildi.
“Men faqat asfaltlangan xiyobon bo‘ylab aravani tobut bilan olib kelayotgan otlarning ovozini eslayman”, — dedi Garri oradan ko‘p yillar o‘tib.
“Menga shunday tuyildiki, tanamni tashlab, arvoh kabi yurib borardim. Bola edim, his-tuyg‘ularimning o‘ndan bir qismini ham ko‘rsatmasdim, atrofdagilar chin dildan yig‘ladi. Ammo boshqalardan farqli o‘laroq bu mening onam edi, ular esa hattoki onam bilan uchrashmagan ham”, — deb eslaydi Garri.
Ammo yoshi ulg‘aygan sari onasidan ayrilishining jarohati shunchalik kuchli bo‘ldi. U keyinchalik ruhiy og‘riqni spirtli ichimlik bilan yengishga harakat qildi.
Bir hafta ichida odamlar ichadigan darajadan ham ko‘p ichdim, bu menga yoqqani uchun emas, balki og‘riqni yashirishga harakat qilganim uchun”, — dedi Garri va giyohvand moddalarni iste’mol qilishni boshlashga tayyorligini ham qo‘shimcha qilgandi. Hammasi 1997-yildan beri tark etmagan bu og‘riqni boshdan kechirishni to‘xtatishga urinish edi.
“Men o‘zim emas edim. Har safar kostyum kiyib, bo‘yinbog‘ bog‘laganimda, o‘zimni nimagadir majburlashim kerak edi. Menda vahima va g‘azab xurujlari bor edi. Men doim ur yoki qoch rejimida yashardim”, — dedi Garri.
Agar shahzoda Garri Megan Markl bilan uchrashmaganida, bularning barchasi qanday tugashi noma’lum edi. Aynan u Garrini psixoterapiyadan o‘tishi kerakligini muloyimlik bilan tushuntirdi.
Malika Diana singari shahzoda Garrining rafiqasi Megan Markl ham bu borada yaxshi emas. U chin dildan qirollik qonunlarini qabul qila olmadi. Bu o‘xshashlikni anglagan Garri xotinini yo‘qotishdan qo‘rqib, bir vaqtlar ona sifatida, Meganning boshqa mamlakatga ko‘chib o‘tish taklifini qo‘llab—quvvatladi.
Katta akasi singari Garri ham bolaligi va yoshligida boshdan kechirgan og‘riqlar doirasini buzishga va o‘g‘li Archi va qizi Lilibetni o‘z tarbiyasidagi xatolardan himoya qilishga qaror qildi.
Keyt Middlton: “Men o‘zimni juda yolg‘iz his qildim”
Har doim ko‘zni qamashtiruvchi Ketrin tabassumini ko‘rgan odam uni qachondir depressiya bilan kurashganiga ishonmaydi. Ammo shahzoda Uilyamning rafiqasi ham sayyoradagi har o‘n ayoldan birining taqdirini chetlab o‘tmadi. Birinchi farzandi tug‘ilganida u tug‘ruqdan keyingi depressiyadan aziyat chekdi va bu haqda ochiq gapirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bolalar tug‘ilishi u uchun katta baxt, lekin ayni paytda sinov ham.
“Men o‘zimni yolg‘iz his qildim, — dedi Keyt. — Hech narsa sizni onalik qiyinchiliklariga tayyorlay olmaydi. Bu o‘z-o‘zini hurmat qilishni sezilarli darajada kamaytiradi, chunki har bir kishi mukammal ona bo‘lishga intiladi”.
Keyt deyarli har bir ayol homiladorlik paytida va bola tug‘ilgandan keyin bir muncha vaqt o‘tgach psixologik muammolarga duch kelishiga amin. Jamiyat esa ularni qoralamasligi, balki yordam berishi kerak.
Meghan Markle: “So‘raganingiz uchun tashakkur!”
Shahzoda Garrining rafiqasi ham o‘g‘li Archi tug‘ilganida tug‘ruqdan keyingi depressiyaga duch keldi. Jurnalistlardan biri unga: “Yaxshimisiz?” degan noaniq savolni berganida, u ko‘z yoshlarini zo‘rg‘a tiyib turgan.
— “So‘raganingiz uchun rahmat. Yaxshimiz, deb so‘raydiganlar ko‘p emas”, — degan edi u. Agar siz Sasseks gersoginyasi bo‘lsangiz va sizning eringiz shahzoda Garri bo‘lsa, ko‘pchilik hammasi a’lo bo‘lishi mumkin, deb o‘ylaydi.
2021-yilning 1-iyulida, malika Diana 60 yoshga to‘lgan kuni shahzoda Uilyam va Garri onasining sharafiga qurilgan haykalni ochdi.
Malika Diananing o‘g‘illari nafaqat o‘z yaqinlarining, balki jamiyatning ruhiy salomatligi muammolariga juda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘ladi. Shahzodalar homiyligida bir qancha tashkilot va tibbiyot markazlari faoliyat yuritadi. Uilyam ham, Garri ham psixologik masalalarni ochiqroq muhokama qilishning tarafdori bo‘lib kelgan. | 116 | 7,655 |
Madaniyat | Xakerlar HBO kanalining o‘g‘irlangan ssenariylari uchun tovon puli talab qildi | Xakerlar guruhi AQShning HBO kabel kanaliga o‘g‘irlangan hujjatlarni oshkor etish bilan tahdid qilib, tovon puli so‘radi. Oshkor etilishi aytilayotgan hujjatlar orasida hali efirga uzatilmagan dasturlarning ssenariylari bor, deb xabar beradi Meduza.
Video shaklida tayyorlangan talabnoma yarim gigabayt hajmli arxiv bilan birga internetga joylashtirildi. Xakerlarning ta’kidlashicha, o‘g‘irlangan hujjatlarning umumiy hajmi bir yarim terabaytga teng. Internetga joylashtirilgan arxiv ichida “Taxtlar o‘yini” seriali yettinchi mavsumining dastlabki besh qismi ssenariysi, shuningdek, HBO’ning kinodasturlash bo‘yicha vitse-prezidenti Lesli Koenning yozishmalari, shuningdek, bir qancha boshqa shoularning ssenariylari hamda xizmat hujjatlari mavjud.
Hujjatlardan birida “Taxtlar o‘yini” yulduzlarining shaxsiy ma’lumotlari, shu jumladan, aktyorlar Piter Dinkleyj, Lina Xidi va Emiliya Klarkning telefon raqamlari bor.
HBO bosh direktori Richard Pleplerga yo‘llangan videomurojaatda “mister Smit” sifatida imzo qoldirgan xakerlar olti oylik mehnatlari uchun maosh talab qilgan — telekanal kompyuterlarini buzishga aynan shuncha vaqt ketgan. AP’ga ko‘ra, ular bitkoinlarda 6 million dollar to‘lashni talab qilmoqda.
HBO vakillariga javob uchun uch kun vaqt berildi. | 78 | 1,263 |
Madaniyat | Muxlislariga shaxsiy hayotini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashgan mashhurlar (foto) | Ba’zi mashhurlar muxlislar uchrashuvlarini tashkil qiladi, boshqalari esa tomoshabinlar bilan umuman aloqa qilmaydi. Bugungi qahramonlar nafaqat dastxat berishga yoki suratga tushishga rozi bo‘ladi, balki muxlislarga shaxsiy hayotni yo‘lga qo‘yishda yordam beradi.
Selin Dion
Nik Yavenski sevgilisi Ostin MakMillianga Selin Dionning konsert-shousi o‘rtasida unga turmushga chiqishni taklif qilishga qaror qildi, chunki ikkalasi ham qo‘shiqchining muxlislari edi. Xonandaning menejeri bundan xabar topdi va yigitga o‘ziga xos tarzda harakat qilishni taklif qildi: juftlik shoudan so‘ng sahnaga chiqdi. U yerda Nik tiz cho‘kib, sevgilisining qo‘lini so‘radi.
Qiz va Selin Dionning o‘zi ajablanib, hayratdan qotib qoldi. Biroq yigit javob kutayotgan edi va Dion hayratda qolgan qizni undadi: “Siz ha deb javob berishingiz kerak, azizim”. Albatta, bunday romantik taklifdan so‘ng Ostin sevgilisidan voz kecha olmadi. Dion esa beixtiyor unashtiruvning guvohiga aylandi va juftlikka chin dildan baxt tiladi.
Jastin Timberleyk
Timberleyk AQShning Luisvill shahridagi konsertida kutilmaganda That Girl qo‘shig‘idan so‘ng tanaffusga chiqdi. Xonandaning so‘zlariga ko‘ra, qandaydir Josh unga oldindan qo‘ng‘iroq qilib, yordam so‘ragan. So‘ngra Timberleyk muxlisi Josh Klemons va uning sevgilisi Kim Martinni sahnaga taklif qildi. “U sizga bir narsa aytmoqchi”, – dedi Jastin va mikrofonni Joshga topshirdi. U juda ta’sirli nutq so‘zladi, shundan so‘ng zal uzra olqishlar yangradi. So‘ngra yigit tiz cho‘kib, sevgilisiga turmush qurishni taklif qildi. Yigitning xursandchiligi uchun qiz ham rozi bo‘ldi.
Pol Makkartni
One World Tour’da Pol Makkartni o‘z muxlisiga 20 000 ga yaqin olomon oldida ajoyib taklif bilan chiqishga yordam berdi. Unga Martin ismli erkak sevgilisi bilan ilk bor qanday tanishgani va nima uchun bunday noodatiy taklif bilan chiqishga qaror qilgani haqida gapirib berdi: “Biz o‘n yil avval Angliyada Contiki safarida tanishganmiz. Men The Beatles muxlisi emasman, lekin Sam ularni doim tinglaydi. Men uning qo‘lini qayerda so‘rashni darhol bildim”. Shundan so‘ng Pol yangi juftlikni xursandchilik bilan tabrikladi.
Aaron Pol
Aktyor Aaron Pol ajoyib romantik bo‘lib chiqdi: boshqa yulduzlardan o‘rnak olib, u ham o‘z muxlisining turmush qurish taklifini bildirishiga yordam berdi. Hammasi Jeyson ismli yigitning xayriya fondiga pul ajratganidan boshlandi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, jamg‘arma Aaron Polning rafiqasiga tegishli ekan. Yaxshi ish uchun erkak g‘ayrioddiy mukofot oldi: aktyor yigitning sevgilisiga turmush qurish taklifini bildirishda yordam berdi.
Rianna
Rianna ham muxlisiga o‘z his-tuyg‘ularini tanlaganiga bildirishga va shaxsiy hayotini yaxshilashga yordam bergan. Yigit buni qilishdan qo‘rqardi, chunki u rad etilishini xohlamadi. U qo‘shiqchiga qo‘llab-quvvatlash umidida xat yozdi. Riannadan javob xabarini olganida esa juda hayratda qoldi.
Xonanda shunday deb yozgan edi: “Bu sizning tanlovingiz va sizning qaroringiz. Siz barcha qiyinchiliklarga qaramay, o‘zingiz bo‘lishingiz kerak. Har doim erkin bo‘ling. Men doim sizni qo‘llab-quvvatlayman!” Bu javob yigitning rostdan ham ko‘nglini ko‘tardi. U jasorat topdi va sevgilisiga his-tuyg‘ularini oshkor qildi.
Sergey Shnurov
Sergey Shnurov muxlislarning iltimoslaridan charchaganidan shikoyat qildi: “Ular menga xuddi Qorbobo kabi yozishadi!”. Shundan so‘ng, muxlislar jim bo‘ldi. Ammo novosibirsklik 27 yoshli sotuvchi Sergey Dudkin shunga qaramay, yulduzdan yordam so‘rashga jur’at etdi. Erkak sevgilisiga turmush qurishni taklif qilish uchun konsertdan bor-yo‘g‘i 10-20 soniya vaqt ajratishini xohlagan. O‘shanda ko‘pchilik Dudkinning fikrini ahmoqona deb hisoblagan, ammo Shnurov bunga rozilik bildirgan.
“Leningrad” spektaklining o‘rtasida noma’lum yigit va qiz sahnaga chiqdi. Yigit “Eng sevimli” qo‘shig‘idan parcha kuyladi va darhol maqsadga o‘tdi: “Menga turmushga chiqasanmi?” Qiz javob berdi: “Roziman”. Shnurov oshiqlarga baxt tiladi va u hammasi juda ta’sirli chiqqanini ta’kidladi. | 78 | 3,988 |
Madaniyat | Sabina Mustayeva yangi qo‘shig‘idan tushgan mablag‘ni bolalar xayriya jamg‘armasiga yo‘naltiradi | 4-sentabr kuni “Golos. Deti” loyihasining ikkinchi mavsumi g‘olibi o‘zbekistonlik Sabina Mustayeva “Dadim shar zemnoy detyam” (“Bolalarga Yer sharini beramiz”) qo‘shig‘ining birinchi singlini chiqardi. Bu haqda loyihaning Facebook’dagi sahifasida ma’lumot beriladi.
Sabinaning debyut singlidan tushgan barcha mablag‘ “Liniya jizni” Xayriya jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
Singl musiqasini afsonaviy bastakor David Tuxmanov yaratdi, she’ri turkiyalik shoir Nozim Hikmat qalamiga mansub bo‘lib, Muza Pavlova tomonidan tarjima qilingan.
Uni mana bu link orqali yuklab olish mumkin. | 96 | 577 |
Madaniyat | Aktrisa Zara G‘aniyeva seriallardan qancha gonorar olishi va kosmetikasiga 1 oyda 1,5 ming dollar sarflashi haqida so‘zlab berdi (video) | “Jurnalist”, “Sevgi” va “Qodirxon” seriallaridagi rollari bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan aktrisa Zara (Zarnigor G‘aniyeva) “Bir zum Tv” YouTube-kanaliga serialda suratga tushishning bir kuni uchun qancha gonorar olishi hamda kosmetik vositalarga katta pul sarflashi haqida so‘zlab berdi.
“Serialga suratga tushishim uchun bir kunga 100 dollardan yoki 1 million so‘m olaman. Reklamalarga asosan tanish-bilish qilib chiqishadi”, — deydi aktrisa.
Aktrisa, shuningdek, “Qodirxon” serialidan nima sababdan ketgani haqida ham gapirdi.
“Serialdan ketishimga hech qanaqa janjal sabab bo‘lmagan, shunchaki tushunmovchilik bo‘lgan. Hammaga insof bersin. Aslida, ketishimga ikkita sabab bo‘ldi: birinchisi o‘g‘lim, ikkinchisi esa bir inson. O‘g‘limga sinfdoshlari onang qanaqa rolda o‘ynayapti, deyishibdi. O‘g‘lim menga hech bo‘lmasa, shunaqa ayolning rolini o‘ynamang, dedi. Ikkinchi sababi oqibat. Serialdan bir inson ketganidan keyin u yerda oqibat yo‘qoldi”, — deydi aktrisa.
Zarnigor G‘aniyeva go‘zalligini saqlab qolish uchun o‘zidan pul ayamasligi haqida ham so‘zlab berdi.
“Kremlarim, tenlarimga oyiga 1,5 ming dollar ketadi. Lekin bu bilan men boyman, har oy shunchaga kosmetika olaman, demoqchi emasman. Arzon kosmetika ishlatib, keyin yuzimni boteks qildirgandan, qimmat kosmetika ishlatganim yaxshi”, — deydi aktrisa.
Zarnigor G‘aniyeva Mirza Azizovning “Qodirxon” serialidagi ish jarayonlarini xotirladi (video) | 136 | 1,428 |
Madaniyat | Selena Gomes va Jastin Biber yana birga | Bu mashhur juftlik ajrashganliklarini rasman e’lon qilishgandi. Ammo kecha ularni yana birga ko‘rishgan. Jastin va Selena o‘tgan bir oy mobaynida endi ko‘rishishmoqda. Bu haqda TMZ xabar bermoqda.
foto: fan-bieber.com
Ma’lumotda keltirilishicha, bu ikki yosh bir-birisiz yasholmaydi. Oxirgi paytlarda bo‘layotgan tinimsiz “ajralishlar” ularni yanada yaqinlashtirmoqda.
Endi to‘y bo‘lar-a? | 39 | 390 |
Madaniyat | "Choy" filmi "Moskva premerasi" kinofestivalida g`olib bo`ldi | Yosh kinorejissyor Shokir Xoliqovning "Choy" qisqa metrajli filmi "Moskva premerasi" kinofestivalining "Qisqa metrajli filmlar" tanlovida bosh mukofotni qo`lga kiritdi, deb xabar berdi "O`zbekkino".
Ushbu film shu yil bo`lib o`tgan Kann kinofestivalida ham g`olib bo`lgan edi.
Rejissyorning mazkur kartinasi Qozog`iston, Tojikiston, Qirg`iziston, Hindiston, Braziliya, Rossiya Federasiyasi, AQSh, Makedoniya kabi mamlakatlarda bo`lib o`tgan xalqaro qisqa metrajli filmlar festivallarida ham Gran-pri va boshqa bir qator nominasiyalarni qo`lga kiritgan. | 61 | 553 |
Madaniyat | Instagram: Parizodaga atalgan syurpriz, qizini uzatgan Muslimbek Yo‘ldoshev, Mustang’idan ayrilgan Jahongir Xo‘jayev | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Shoira Otabekova shaxsiy biznesini ochganini ma’lum qildi.
Xonanda Umidaxon onasini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.
Mahmud Namozov “Surxon” guruhining nima sababdan tarqalib ketgani haqida gapirdi.
Zohirshoh Jo‘rayev va Ozoda Nursaidova Nukusdagi baxshichilik festivalida “Karvon” qo‘shig‘ini duet tarzida ijro etdi.
Jahongir Xo‘jayev giv-tanloviga qo‘yilgan Ford Mustang avtomobili bilan o‘ziga xos tarzda xayrlashdi. Avtomobil o‘zining yangi egasiga topshirildi.
Munisa Rizayeva shukronalik hissi bilan yashaydigan insonlar haqiqiy ma’noda baxtli insonlar ekanligi haqida mulohaza yuritdi.
19-sentabr kuni taniqli suxandon Muslimbek Yo‘ldoshev qizini uzatdi.
Turkiyalik taniqli aktrisa Maryam Uzerli otasini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.
Raqqosa Parizoda 19-sentabr kuni tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Shogirdlari va jamoadoshlari unga ajoyib syurpriz tayyorladi.
Munisa Rizayeva folloverlari bilan muloqot chog‘ida boshqa qo‘shiq kuylagisi kelmayotgani haqida gapirdi.
Sitora Farmonova 19-sentabr kuni tug‘ilgan kunini nishonlayotgan singlisiga atalgan iliq tilaklarni sahifasiga yozib qoldirdi.
Nilufar Usmonova dam olish kunini onasi Yulduz Usmonovanikida o‘tkazdi. Primadonna qizi va nevaralariga o‘z qo‘llari bilan o‘choqda taom tayyorlab berdi.
Malika Egamberdiyeva to‘y xizmatida Dilnoza Kubayeva bilan uchrashib qoldi.
Shohruhxon va Asal Shodiyevaning o‘g‘li Muhammad Yusuf gapira boshladi.
O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitovaning “Ya habibi, leyla” deb nomlangan yangi qo‘shig‘iga rejissor Rustam Sa’diyev tomonidan ishlangan klip taqdim etildi. Klipda bosh rollarni Shahlo Zoirova va bloger Xonzoda ijro etgan.
Lola Ahmedova shofirkonlik paxtakor ayollar bilan uchrashib, ularga qo‘shiqlaridan kuylab berdi. | 116 | 1,881 |
Madaniyat | Madonna 125 million dollar daromad bilan Forbes reytingida yetakchilik qildi | Forbes musiqa biznesidagi ayollar daromadini hisoblab chiqdi.
Foto © fusionradio.fm
Jurnalistlarning fikricha, 2013-yilda 125 million dollar daromad bilan ro‘yxatning ilk pog‘onasidan butun dunyoga mashhur Madonna joy oldi. Uning ortidan 80 million dollar mablag‘ bilan Ledi Gaga o‘rin egalladi.
Eng ko‘p daromadlilar uchligini 55 million dollar bilan kantri-qo‘shiqchi Teylor Svift yopib berdi.
Reytingdan shuningdek, Beyonse (53 million dollar bilan 4-o‘rin), Jennifer Lopez (45 million dollar bilan 5-o‘rin), Kerri Andervud (31 million dollar bilan 9-o‘rin) joy oldi.
Ta’kidlash joizki, amerikalik Britni Spirs ro‘yxatdagi o‘nlikka ham kirmadi. | 76 | 649 |
Madaniyat | Madaniy merosni asrab-avaylash, ommalashtirish munosabatlarida elchilar faol bo`lishi kerak | Avval xabar berganimizdek, Toshkentda O`zbekiston madaniy merosini saqlash, tadqiq etish va ommalashtirish masalalariga bag`ishlangan xalqaro media-forumi bo`lib o`tmoqda.
Forumning ikkinchi kuni "Madaniy merosni ommalashtirishda multimedia trendlari. O`zbekiston tajribasi" mavzusida davom etmoqda.
Nufuzli tadbirning media-invent qismida spikerlar tomonidan "O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida" loyihasini qo`llab-quvvatlashda ayrim xorijiy davlatlarning mamlakatimizdagi elchixonalari tomonidan e`tibor, amaliy harakat etishmayotgani tanqid ostiga olindi.
Xususan, forum mehmoni, Amerika tashqi siyosati kengashi huzuridagi Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti asoschisi Frederik Starr tadbirda ishtirok etayotgan xorijiy davlatlar diplomatik korpuslari vakillari oz sonli ekaniga e`tibor qaratdi.
– O`zbekistonning mazkur loyihasi dunyo amaliyotida madaniy merosni saqlab qolish va ommalashtirishda yangicha tajriba, shu bilan birga fuqarolik jamiyatida yangi hodisadir, – dedi F.Starr. – Afsuski, shunday tashabbus natijalari va kelgusi rejalarini ishlab chiqishga bag`ishlangan mazkur forumda xalqaro hamjamiyat vakillari, elchilarning juda kam sonda ishtirok etayotganiga guvoh bo`ldim. Vaholanki, davlatlar o`rtasidagi madaniy merosni asrab-avaylash, ommalashtirish munosabatlarida ular faol bo`lishi kerak.
Frederik Starrning mulohazalarini O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi boshqaruvi raisi, "O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida" loyihasi rahbari Firdavs Abduxoliqov ham qo`llab-quvvatladi.
– Aslida bu loyiha murosaning bir shakli, – dedi F.Abduxoliqov. – Uning doirasida chet ellardagi muzeylar xalqimiz madaniy merosiga oid namunalarning asl va foto nusxalari bilan o`rtoqlashmoqda. Masalan, Ermitaj bu borada bizga yaqindan ko`mak bermoqda. Lekin, mamlakatimizdagi xorijiy davlatlarning ba`zi elchixonalari og`zaki va`dalardan nariga o`tgani yo`q. Ular tomonidan amaliy harakatlar ko`rsatilmayapti.
Media-inventda spikerlardan biri, Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov ham o`z munosabatini bildirib, ushbu tanqid elchilar uchun uyatli ekanini aytib o`tdi. | 91 | 2,182 |
Madaniyat | Farhod Alimov: Sobiq rafiqam bilan ajrashishimga Rayhonning mutlaqo aloqasi yo‘q | Boshlovchi Farhod Alimov internetda uning xonanda Rayhonga uylanishi haqida paydo bo‘lgan turli gap-so‘zlarga munosabat bildirdi. Bu haqda “Qalampir.uz” xabar bermoqda.
“Mening Rayhon G‘aniyeva bilan nikohim haqida internet saytlarida chop etilgan maqolalarni o‘qib, ochig‘i, muxlislarning aytgan fikrlaridan ranjidim. Men ushbu gaplarga oydinlik kiritmoqchiman”, — deydi Farhod Alimov.
“Birinchidan, farzandlarimni hech qachon tashlab qo‘ymayman. Ular so‘nggi nafasimga qadar mening qaramog‘imda bo‘lishadi. Garchi ularning onasi bilan ajrashishga qaror qilgan bo‘lsak-da, farzandlarimga bor mehrimni bera olaman”, — dedi boshlovchi.
“Ikkinchidan, sobiq rafiqam bilan ajrashishimga Rayhonning mutlaqo aloqasi yo‘q. Sobiq rafiqam bilan rasman 2016-yilning may oyida ajrashganmiz. Rayhon bilan aloqalarimiz, 2016-yil kuz faslining ilk oylarida boshlangan”, — deydi Farhod Alimov.
“To‘g‘ri, biz bir-birimizni avval ham tanirdik. Ammo o‘rtamizda hech qanday munosabat, iliqlik yo‘q edi. Salom-alikdan nariga o‘tmaganmiz. Farzandlarimning onasi bilan esa do‘st bo‘lib qolganmiz”, — dedi boshlovchi.
“Men ayni vaqtda 40 yoshdaman, Rayhon esa 38 da. Biz oilamizdan ajrashganmiz va ayni vaqtda erkin insonlarmiz. Birovga tuhmat toshini otish va qoralashdan avval, muxlislardan vaziyatga to‘g‘ri baho berishlarini so‘ragan bo‘lardim”, — dedi Alimov.
“Farhod Alimovning Rayhon G‘aniyeva bilan munosabatlari ‘Izlama’ klipini suratga olish jarayonida boshlangan, boshlovchi oilasidan Rayhon tufayli ajrashgan, degan gap-so‘zlar noto‘g‘ri, bularning hammasi uydirma! Ijodkor bo‘lsak-da, siz kabi oddiy insonmiz, bizda ham yurak bor”, — deya qo‘shimcha qildi Farhod Alimov.
Oktabr oyi oxirida Rayhon ikkinchi marta oila qurishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. U 29-oktabr kuni chet elda bo‘lishi aytilgan to‘y marosimida taniqli boshlovchi Farhod Alimovga turmushga chiqishi aytildi. Biroq keyinroq to‘y sanasi va joyi haqidagi xabarlar Farhod Alimovning o‘zi tomonidan rad etildi.
Ma’lumot uchun, Yigitali va Rayhonning to‘yi 2012-yil noyabrida bo‘lib o‘tgan. 2014-yil may oyida ular egizak farzandli bo‘lgan. 2015-yil 9-yanvarida Rayhon ajrashish uchun ariza bergani, 2016-yil may oyida esa ularning nikohi rasman bekor bo‘lgani ma’lum bo‘ldi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 80 | 2,395 |
Madaniyat | Supermodel Naomi Kempbell Keniyadagi hashamatli villasini ko‘rsatdi (foto) | Britaniyalik supermodel Hind okeanining qirg‘og‘ida joylashgan villasini ko‘rsatdi. U Architectural Digest jurnaliga bergan intervyusida mazkur uy u uchun ahamiyatli ekanini ta’kidlagan.
“Bu tinchlantiradigan va o‘ziga xos maskan. Bu yerda siz telefonda gaplashishni, televizor yoqishni istamaysiz. Bu yerda kishi kitob o‘qish va o‘zi bilan yolg‘iz qolishni istaydi. Ba’zida faqat sokinlik va chigirtkalarning chig‘irlashini eshitish yoqimli”, — degan Naomi.
Malindida joylashgan Sharqiy Afrika uslubidagi villa model tomonidan bundan 20 yil avval xarid qilingan. Mebellar esa dunyoning turli burchaklaridan keltirilgan. Masalan, qo‘l ishi bo‘lgan eshiklar Senegaldan, qandillar esa Marokashdan olib kelingan.
Kempbell tomlari palma daraxti bargidan ishlangan mazkur villaga hayvonlar kam bo‘lgani sabab ham, ayniqsa, iyul oyida tashrif buyurishni yaxshi ko‘rishini ta’kidlagan.
Avvalroq model Keniya turizm vazirligi tomonidan turizm elchisi etib tayinlangan. Ammo hukumatning bunday qarori mahalliy aholini g‘azablantirgan. | 74 | 1,031 |
Madaniyat | “Chana” nomli qisqa metrajli film suratga olinmoqda | “O`zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan "Yoshlar ijodiy-tajriba studiyasi" DUK tomonidan "Chana" qisqa metrajli filmining suratga olish ishlari boshlandi, deb xabar bermoqda “O`zbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati.
Mazkur kartinada ssenariy muallifi va rejissyor Suxrob Qodirov, postanovkachi operator Norqul Yo`ldoshev, rassom Alisher To`laboev, kartina direktori Nodir Yulchiev, assistent Dilshodbek Usmonov.
Filmda aka-ukaning tog`li hududlarda chana uchishga bo`lgan qiziqishlari yoritilgan. S`emka jarayonlari Toshkent viloyatining Chimyon tog` tizmalari bag`rida bo`lib o`tmoqda.
“Chana” qisqa metrajli filmida aktyorlar Behruz Qobilov, Muxammadaziz Mirzaev, Abdurahmon Yusufaliev, Islomjon Rajabov, Muxammadali Sahobov, Saydamat Abdulxamitov, Doston Nabiev, Ziyovuddin Sirojiddinovlar rol ijro etishmoqda. | 51 | 831 |
Madaniyat | Madonna o‘g‘lining narkotik saqlagani uchun hibsga olinishini oilaviy muammo deb hisoblaydi | Amerikalik taniqli xonanda Madonna 16 yoshli o‘g‘li Rokkoning giyohvand moddalarni saqlagani uchun hibsga olinishi yuzasidan bayonot berdi. U o‘smirning muammolari oila davrasida hal etilishini ta’kidlab o‘tdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
“O‘g‘limni qattiq yaxshi ko‘raman. Unga kerakli daldani berish uchun qo‘limdan kelgan ishni qilaman. Ushbu vaziyatda shaxsiy hayotimizni hurmat qilishni so‘rayman”, — dedi Madonna.
Madonna va taniqli britaniyalik rejissor Gay Richchining o‘g‘li bo‘lmish Rokko sentabr oyida Londonda hibsga olingan edi. O‘smirning yonidan marixuana topilishi bunga sabab bo‘lgani aytilmoqda. Ammo matbuot vakillari bu haqda endigina xabar topdi. | 91 | 678 |
Madaniyat | 2018 YILDAN BOShLAB "O`ZBEKONSERT" HUZURIDA KLIPLAR FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh BO`YIChA BADIIY KENGASh TUZILADI | “O`zbekonsert” davlat muassasasi huzurida 2018 yildan boshlab kliplar faoliyatini tashkil etish bo`yicha Badiiy kengash tuziladi. Bu haqda “O`zbekkonsert” davlat muassasasi rahbari Odiljon Abduqahhorov ma`lum qildi.
O.Abduqahhorov mazkur Badiiy kengashning maqsad va vazifalari haqida to`xtalar ekan, har bir xonanda qo`shiqqa klip ishlashdan avval tuzilgan Badiiy kengash a`zolari chig`irig`idan o`tkazilishini qayd etdi.
“Klip mazmun mohiyati ma`qul kelsagina uni ishlashga ruxsat beriladi. Shuni ta`kidlamoqchimanki, xonandalarning kliplari xususidagi qo`yilayotgan bu vazifalarning barchasi san`atimiz nufuzini ko`tarish, xonandalarimizning sha`niga dog` tushirmaslik maqsadida qilinayotgan xayrli ishlardir”, - dedi "O`zbekkonsert" rahbari. | 110 | 746 |
Madaniyat | Rossiyaning mashhur Artik & Asti guruhi a’zolari ajralishga qaror qildi. Asti taxallusi bilan ma’lum bo‘lgan Anna endi yakkaxon ijod qiladi | Artik & Asti guruhi a’zosi va prodyuser Artyom Umrixin Instagram sahifasida Asti taxallusi bilan ijod qiladigan Anna Dzyuba bilan endilikda birga ijod qilmasligini ma’lum qildi.
“Bugundan boshlab yo‘llarimiz ayri, endi har kim o‘z yo‘lidan ketadi. Anna o‘zining yakkaxon ijodini boshlashi muqarrar, men esa bugungi kungacha qilgan ishim — qo‘shiq yozish, yangi iste’dodlarni qidirib, ularga yordam berishda davom etaman”, — deb yozgan Artyom.
View this post on Instagram
Ijtimoiy tarmoqlarda hamkasblarning o‘rtasidagi nizolar haqida mish-mishlar tarqalganiga qaramay, xonanda Annaga 10 yillik hamkorlikdagi faoliyati uchun iliq minnatdorchilik bildirgan.
“Annaga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Birgalikda uzoq, g‘oyat qiziq va muhim yo‘lni bosib o‘tdik”, — deb qo‘shimcha qilgan Artyom guruh faoliyatini yangilangan tarkibda davom ettirishini ta’kidlagan.
Shunga qaramay, u yangi a’zoning kim ekani haqida ma’lumot bermagan. Guruhning 2021-yilning iyul oyida musiqiy chartlarda yuqori o‘rinlarni egallagan “Millenium X” nomli to‘rtinchi studiya albomi hali hamon yetakchi hisoblanadi. Xonandalarning ijodi samarali bo‘lgani sabab Anna Rossiyada “Yil ayoli” mukofotini “ Yil xonandasi” yo‘nalishi bo‘yicha qo‘lga kiritgan.
Ma’lumot uchun, Anna Dzyuba 2020-yilda biznesmen Stanislav Yurkin bilan turmush qurgan. Juftlik to‘y marosimini ovoza qilmasdan o‘tkazishga qaror qilgan. | 139 | 1,395 |
Madaniyat | Vin Dizel o‘zining ilk qo‘shig‘ini taqdim etdi. Raqsga chorlovchi trek aktyorda hammasi yaxshi ekanligi haqida | “Forsaj” filmlari orqali mashhurlikka erishgan amerikalik aktyor Vin Dizel “Feel Like I Do” nomli o‘zining birinchi qo‘shig‘ini taqdim etdi, deb yozadi Meduza.
Qo‘shiq musiqasini norvegiyalik Kygo taxallusli dijey yozgan — u dunyodagi eng mashhur dijeylardan biri hisoblanadi. Odatda aktyor barcha ishni kuch yordamida hal qiladigan shafqatsiz obrazlarni gavdalantiradi, biroq “Feel Like I Do” — bu Dizelning xirilloq vokali orqali ijro etilgan raqsga chorlovchi yengil qo‘shiq. Unda aktyor o‘zining ajoyib kayfiyati haqida kuylagan.
“Qo‘shiq taqdim etishni anchadan buyon va’da berib kelaman… Men sizlardan ilhomlandim. Menga ishonganingiz uchun rahmat. Har doimgidek sizlarni faxrlanishga majbur qilaman, deb o‘ylayman”, — deya yozadi Dizel o‘zining Instagram’dagi sahifasiga. | 110 | 780 |
Madaniyat | Mustafa Sandal “Turkiston” saroyida konsert beradi. “Asrlar sadosi”da mehmon sifatida ishtirok etadi | Turk estradasining yorqin yulduzlaridan biri Mustafa Sandal O‘zbekistonga kelishi ma’lum bo‘ldi. Bu tashrif doirasida “Turkiston” saroyida konsert beradi va “Asrlar sadosi”da mehmon sifatida ishtirok etadi.
foto: netgazete.com
Mustafa Sandal 1970-yilning 11-yanvarida Turkiyaning eng yirik shahri hisoblanmish Istanbulda tug‘ilgan. Uni vatanida “Musti” deyishadi. U turkiyalik xonandalar ichida albomi 17 milliondan ortiq nusxada sotilgan kam sonli san’atkorlardan biri. U Yevropada “All My Life”, “Moonlight” va “Isyankar” qo‘shiqlari bilan mashhur bo‘lgan.
Sandalning konserti qaysi sanada bo‘lishi hali ma’lum qilinmadi. Bu haqda rasmiy xabar tarqatilishi bilan sizlarga yetkazamiz :-). | 100 | 691 |
Madaniyat | Instagram: Munisa Rizayeva aldov qurboni bo‘ldi, Sitora Alimjonova o‘g‘lining tug‘ilgan kunini Dubayda nishonladi, Nilufar Usmonova necha marta turmushga chiqqan? | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.
Dildora Niyozova yangi “Rasulimning qizi bo‘lsaydim” deb nomlangan qo‘shiq kuyladi.
Zohirshoh Jo‘rayev Qo‘qonda uni iliq kutib olgan hamkasbi Yahyobek Mo‘minovga minnatdorchilik bildirdi.
Malika Ravshanova qaynopasining qizining to‘yidan muxlislari uchun reportaj tayyorladi.
Shahzoda folloverlariga o‘zini ranjitadigan insonlar bilan munosabatda bo‘lmaslikni tavsiya qilmoqda.
Aktrisa Rayhon Ulasenova to‘rtinchi marta xola bo‘lgani haqida xabar berdi.
Nahide Babashli kuzatuvchilariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.
Muqaddas Sa’dullayeva ortiqcha vazn bilan kurashayotgani haqida gapirdi. “Bir yil oldin koronavirus bo‘lib, besh kiloga semirdim. Ozdiradigan dori ichyapman”, — deydi aktrisa.
Shuningdek, aktrisa turmush o‘rtog‘i qachonlardir uni marhum pochchasi Fathulla Mas’udovdan rashk qilgani haqida gapirib berdi.
"
Yulduz Turdiyeva Dushanbega konsert berish uchun jo‘nab ketdi.
Nilufar Usmonova muxlislarini qiziqtirgan savollarga javob berdi. Xususan, u necha marta turmushga chiqqani hamda hozirgi turmush o‘rtog‘ining nechanchi xotini ekani haqidagi savolga ham javob berdi. Uning aytishicha, xonanda hayoti davomida faqat bir marta rasmiy nikohdan o‘tgan va ajrashgan. Shundan so‘ng u rasmiy nikohdan o‘tmagan.
Sitora Alimjonova o‘g‘li Muhammadaminning 1 yoshini Dubayda nishonladi hamda kuzatuvchilariga ilk marta o‘g‘lining yuzini ko‘rsatdi.
Munisa Rizayeva o‘ziga tegishli bog‘cha jamoasini yangilamoqda. Xonandaning aytishicha, avvalgi xodimlari uning nomini sotib, boshqa bog‘chaga odam chaqirgan.
Shuningdek, xonanda singlisi Karimadan ranjigani, u bilan hatto gaplashmayotgani haqida ham so‘zlab berdi. | 162 | 1,773 |
Madaniyat | Janob Rasul, Osman Navro‘zov va Jaloliddin Ahmadaliyev. Internet yulduzlarining “birrov”i qancha? | Kliplari telekanallarda namoyish etilmasa-da, qo‘shiqlari YouTube tarmog‘ida millionlab ko‘riladigan o‘zbek ijodkorlari haqida ma’lumot bergandik. Ular nafaqat internet tarmoqlarida, balki to‘y-xizmatlarida ham faol. Ularning gonorari 10-15 yildan buyon ijod qilayotgan ba’zi xonandalarning xizmat haqqidan yuqori desak ham bo‘ladi. Xo‘sh, YouTube’dagi yulduzlarning to‘ylardagi “birrov”lari qancha?
Janob Rasul
Xonanda 1987-yil 21-iyunda Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanida tug‘ilgan. Uning familiyasi Saitchanov, ilk klipida Raj Kapurning “Janob 420” filmiga taqlid qilgan. Shundan so‘ng muxlislar unga Janob Rasul taxallusini berishgan. Xonanda ijodni boshlaganiga 20 yildan oshdi. Ammo 10 yil deganda “Captiva” qo‘shig‘i orqali odamlar og‘ziga tushgan. Hozirgi kunda u Xorazm, Qoraqalpog‘iston va Turkmanistondagi eng talabgir xonanda hisoblanadi.
Janob Rasulni poytaxtdagi to‘yga olib kelmoqchi bo‘lganlar kamida 2000-2500 AQSH dollarini hozirlab qo‘yishlari kerak. Xorazmdagi to‘ylarga esa shuning teng yarmi miqdoridagi pulni sarflashga to‘g‘ri keladi. Faqat xonandani to‘yga taklif etish uchun kamida ikki oy avval bo‘sh kunni band qilish shart.
Jaloliddin Ahmadaliyev
Jaloliddin Ahmadaliyev 1992-yil 12-sentabr kuni Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida dunyoga kelgan. U “Ona, seni unutganim rost”, “Yor bizdan ketdi”, “Menda qolmadi dil”, “Tuproqdan bo‘lgansan, tuproq bo‘lasan”, “Eh jo‘ralar”, “Xavotirdaman”, “Dadamning soyasida” kabi qo‘shiqlari bilan mashhurlikka erishgan.
Xonanda to‘y xizmatlariga chiqayotganiga ko‘p bo‘lgani yo‘q. Ammo u hozirgi kunda eng talabgir xonandalardan biri hisoblanadi. Uning poytaxt to‘ylaridagi “birrov”i 1000 AQSH dollariga baholanmoqda. Vodiyda esa bu narx ikki barobargacha ortishi mumkin. “Ijodini boshlaganiga ko‘p bo‘lmagan xonandaning xizmat haqqi buncha qimmat?”, deb ko‘pchilik qiziqishi aniq. Sababi xonanda to‘ylarda faqat jonli ijroda kuylaydi va u o‘zi bilan birga o‘ndan ortiq sozandalarni olib boradi.
Osman Navro‘zov
Xonanda 2013-yildan turkman tilidagi qo‘shiqlarni kuylab ijodni boshlagan. Ammo hech bir qo‘shig‘i omadli chiqmagan. Besh yil ijod qilib, hafsalasi pir bo‘lgan Osman Navro‘zovga Rossiyadagi do‘sti bir nechta qo‘shiqlarning g‘oyasini yuborgan. Xonanda ular ichidan “Lyubimaya” qo‘shig‘ini tanlab olgan. Hozirgi kunda mazkur qo‘shiq YouTube tarmog‘ida 98 million marta tomosha qilingan.
Osman Navro‘zovning poytaxtdagi “birrov”lari 1500 AQSH dollariga baholanmoqda. Xorazm va Qoraqalpog‘istondagi xizmat haqlari esa to‘yxona manziliga qarab baholanadi.
Gulinur Egamberganova
Xonanda Gulinur Egamberganova 1994-yil Xorazm viloyatida dunyoga kelgan. U kasb-hunar kollejini tamomlagach, to‘ylarda qo‘shiq kuylashni boshlagan. U hech qanday musiqiy ma’lumotga ega emas. 2013-yilda ijod qilishni boshlagan xonandaning “Jo‘ji qoro”, “Baliqcham”, “San o‘yna” va “Popurri” kabi kliplari YouTube’da bir necha million marta tomosha qilingan.
Xorazm to‘ylarida faol Gulinurning poytaxtdagi “birrov”lari 1000 AQSH dollaridan kam emas. Viloyatdagi to‘ylarning narx-navosi esa manziliga qarab belgilanadi.
Muhammad Ziyo
Xonanda 1993-yil Andijon viloyatining Marhamat tumanida dunyoga kelgan. Xonanda ijodidagi “Guljahon”, “Akaxonlarim” va “Sizda ham pul ko‘payib ketdi” qo‘shiqlari YouTube’da yaxshi natijalarni qayd etgan.
U 12 yoshidan buyon to‘y-hashamlarda xizmat qilishini intervyularida ta’kidlab o‘tgan. Xonanda ayni kunlarda Toshkent to‘ylarida faol bo‘lishga jiddiy ahd qilgan. U poytaxt to‘ylaridagi “birrov”ini 450-500 AQSH dollariga baholamoqda. Vodiydagi to‘ylar narxi esa 800 AQSH dollari etib belgilangan.
Doston Ergashev
Xonanda Doston Ergashev 1992-yili Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida tavallud topgan. U bolaligidan torli cholg‘ularni chalib, qo‘shiq aytishga qiziqqan. Uning tanilishiga ham gitara chalib kuylagan kaver qo‘shiqlari sabab bo‘lgan.
Doston Ergashev “Uylanamiz”, “Ko‘zmunchog‘im”, “Dada”, “Ey do‘stim” kabi qo‘shiqlari bilan tinglovchilar mehrini qozongan.
To‘ylar borasida xonandaning bozori chaqqon. U poytaxtning o‘zidagi “birrov”larga 500 AQSH dollaridan kamiga bormaydi. Viloyat to‘ylaridagi narx-navo esa manzilning uzoq-yaqinligiga qarab ortib boraveradi. | 97 | 4,189 |
Madaniyat | Gollivud aktyori Jon Travoltaning rafiqasi, aktrisa Kelli Preston vafot etdi | Amerikalik aktyor Jon Travolta Instagram’dagi sahifasi orqali rafiqasi, aktrisa Kelli Preston vafot etganini ma’lum qildi.
“Jerri Maguayer” filmi yulduzi Kelli Preston 57 yoshda edi. U ikki yil mobaynida ko‘krak saratoni bilan kurashgan.
“Yuragimda og‘ir dard bilan ma’lum qilamanki, go‘zal rafiqam Kelli saraton bilan ikki yillik kurashda mag‘lub bo‘ldi. U ko‘pchilikning qo‘llab-quvvatashi bilan mudhish kasallikni yengishga urindi.
Kellining muhabbati va hayoti bir umr xotiramizda qoladi. Men onasini yo‘qotgan farzandlarim bilan birga bo‘lish uchun biroz muddat tanaffus qilaman”, — deb yozadi Jon Travolta.
View this post on Instagram
Travolta va Preston 1991-yilda turmush qurgan. Juftlik uch farzand ko‘rgan. Ularning Jett ismli o‘g‘li 2009-yilda kasallik tufayli hayotdan ko‘z yumgan.
Malika Diana Jon Travolta bilan raqsga tushganida kiygan mashhur ko‘ylagi karantinda saqlanmoqda | 76 | 908 |
Madaniyat | O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga rektor tayinlandi | O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori lavozimiga Kamoliddin O‘rinboyev nomzodi tasdiqlandi, deb xabar berdi madaniyat vazirligi matbuot xizmati.
Kamoliddin O‘rinboyev 1985-yilda tug‘ilgan, 2007-yilda O‘zbekiston davlat konservatoriyasini, 2009-yilda mazkur konservatoriyaning magistraturasini, 2014-yilda P.I.Chaykovskiy nomidagi Moskva davlat konservatoriyasini tamomlagan.
Mutaxassisligi orkestr sozandasi (g‘ijjak), Opera simfonik orkestri dirijyori, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist unvoni bilan mukofotlangan.
Shu kunga qadar Yoshlar simfonik orkestri dirijyori lavozimida ishlagan.
O‘rganish natijalari va bildirilgan fikrlarga ko‘ra, Kamoliddin O‘rinboyev o‘zbek va jahon klassik musiqa durdonalarini yaxshi biladigan, simfonik orkestrlar faoliyatini samarali tashkil eta oladigan, bu yo‘nalishda dunyoning ko‘plab mamlakatlaridagi hamkasblari bilan doimiy aloqa o‘rnatgan malakali mutaxassis hisoblanadi.
Faoliyati mobaynida Italiya, Fransiya va Rossiya kabi davlatlarda o‘z sohasi bo‘yicha tajriba orttirgan.
Ayni paytda “O‘zbek milliy musiqa san’atini rivojlantirishda Farobiy asarlarining o‘rni” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yakunlash arafasida.
“Kamoliddin O‘rinboyevning ushbu vazifani sidqidildan ado etishida katta ishonch bildirildi. Kreativ yondoshuvi orqali Konservatoriyada san’at sohasani yanada rivojlantirib va uni dunyoga olib chiqishdek mas’uliyatli vazifa zimmaiga yuklatildi”, — deyiladi xabarda.
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov O‘zbek milliy musiqa san’ati institutiga rektor etib tayinlandi | 55 | 1,558 |
Madaniyat | Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti qo‘mitasini 2 kishi tark etdi. Bunga 2019-yil uchun mukofot Peter Xandkega berilgani ham sabab bo‘lgan | Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti qo‘mitasidan ikki nafar tashqi mutaxassis tark etmoqchi, deb yozmoqda Meduza. Bular yozuvchilar Kristoffer Leander va Gun-Britt Sundstremdir. Ularning ketayotganini Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotini beruvchi Shved fanlar akademiyasi ham tasdiqlagan.
Leander o‘zining ketayotganini “boshlangan o‘zgarishlar natijasini kutishga sabri ham, vaqti ham yo‘qligi” bilan izohlagan. “Akademiya va mening vaqt haqida qarashlarimiz turlicha. Akademiya uchun juda qisqa bo‘lgan 1 yil vaqt men uchun juda ko‘pdir”, — degan u.
Sundstrem o‘zining ketishini bir necha sabablar bilan izohlagan. Ulardan biri Nobel mukofoti avstriyalik yozuvchi va dramaturg Peter Xandkega nasib etganidir. Uning so‘zlariga ko‘ra, Shved akademiyasida va undan tashqarida bu qaror “adabiyotga siyosatdan ustun turuvchi narsa sifatida qarash” deb tushunilmoqda. “Bu mening mafkuram emas”, — deya ta’kidlagan yozuvchi.
Adabiyot yo‘nalishi bo‘yicha Nobel mukofoti polshalik Olga Tokarchuk hamda avstriyalik Peter Xandkega nasib etdi
2018-yilda Shved akademiyasi a’zolaridan birining turmush o‘rtog‘i begonalarga Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti nomzodari ismlarini oldindan oshkor qilib kelgani aniqlangan. Shu sababli Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti qo‘mitasining tarkibi yangilangan, mukofot topshirish esa 1 yilga kechiktirilgan edi.
2019-yilda birvarakayiga ikkita Nobelchi nomi e’lon qilingan. Ular polshalik Olga Tokarchuk hamda avstriyalik Peter Xandke bo‘lgan. Xandkeni mukofotlash to‘g‘risidagi qaror yozuvchining siyosiy qarashlari, xususan, Serbiya va uning sobiq prezidenti Slobodan Milosevichning Yugoslaviya urushlarida tutgan pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlagani sababli tanqid qilingan. | 135 | 1,698 |
Madaniyat | “O‘zingizni erkin tuting, xato qilishdan qo‘rqmang”. Natali Portman aktyorlik mahoratidan onlayn-dars o‘tmoqda (video) | “Oskar” mukofoti sovrindorlaridan biri Natali Portman izolyatsiya vaqtida aktyorlik mahoratidan onlayn-dars o‘tmoqda. Harper’s Bazaar’ning yozishicha, buning uchun aktrisa MasterClass platformasidan foydalanmoqda.
Ikki daqiqalik taqdimotda Natali bo‘lajak aktyorlarni erkin bo‘lish, xato qilish va yangiliklarga qo‘l urishga qo‘rqmaslikka chaqirib, aktyorlik bu tasavvur bilan ishlash ekanini qo‘shimcha qilgan. Kursda ishtirok etish narxi 90 dollarni tashkil qiladi.
“Men an’anaviy aktyorlik maktabida o‘qimaganman, hamma narsani rol ijro etish davomida o‘rganganman”, — degan Natali.
Portman gaplarining isboti sifatida ijrosidagi roldan misol keltiradi. Unda yigitining xiyonati haqida bilgan ayol, uning kvartirasiga kirib kelish sahnasi aks etadi. Ushbu epizod bilan Natali bunday vaziyatda qahramon emotsiyalarini ochib berish uchun kameraga yaqin kelish kerakligini tushuntiradi.
“Suratga olish — hamisha yoqimli, va kreativ jarayon. Xato qilishdan qo‘rqmang. Sizning vazifangiz kimningdir hayotini ko‘rsatib berish”, — degan aktrisa. | 118 | 1,044 |
Madaniyat | O‘zbekistonda filmlarni suratga olgan xorijiy kinokompaniyalarga xarajatlarining bir qismi qaytariladi | Hukumatning 2020-yil 19-sentabrdagi qarori bilan, O‘zbekiston hududida o‘z filmlarini yaratishda xorijiy kinokompaniyalarga xarajatlarining bir qismini qaytarish (rebate) tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, deya xabar bermoqda O‘zA.
Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan xorijiy kinokompaniyalarga respublika hududida amalga oshirilgan xarajatlarning 20 foizi miqdorida qaytariladi.
Biroq xorijiy kinokompaniya tomonidan har bir filmni ishlab chiqarish uchun sarflangan xarajatlarning qaytariladigan qismi 300 ming AQSh dollaridan ortiq bo‘lmaydi.
“O‘zbekkino” Milliy agentligi xorijiy kinokompaniyalarga xarajatlar qismini qaytarishni muvofiqlashtiruvchi mas’ul davlat organi hisoblanadi.
Nizomga ko‘ra, film deganda badiiy to‘liq metrajli, badiiy qisqa metrajli, hujjatli va xronikal, ilmiy-ommabop, badiiy-publitsistik, multiplikatsion audiovizual mahsulot, ijtimoiy videoroliklar, kino, tele va videofilm, klip, multfilm, animelar tushuniladi.
O‘zbekiston hududida o‘z filmlarini yaratishi uchun Davlat budjetidan mablag‘ ajratilgan xorijiy kinokompaniyalar ro‘yxati (reyestri) “O‘zbekkino” veb-saytiga joylashtiriladi. | 102 | 1,155 |
Madaniyat | Bollivudning eng mashhur salbiy rollar ijrochisi Jivan Kumar hayoti: u oilada 24-farzand bo‘lgan (foto) | Bollivudning mahoratli aktyori Jivan Kumar o‘zining sermahsul karyerasida son-sanoqsiz rollarni o‘ynagan va hech qachon kasbini rivojlantirishdan to‘xtamagan. U hind kino olamida salbiy rollarni maromiga yetkazib ijro etgan eng mashhur aktyorlardan biri edi.
Uning haqiqiy ismi Omkar Natx Dar. Aktyor 1915-yil 24-oktabrda Shrinagarda kashmirlik pandit oilasida tug‘ilgan. Bolaning otasi Gilgit (hozirgi Kashmir) gubernatori bo‘lgan. Jivanning 22 akasi va bir opasi bor edi. Ulardan 22 nafari bir onadan bo‘lib, ikki farzandni otasi ikkinchi oilasidan ko‘rgan. Shunday qilib Jivanlar oilada 24 farzand bo‘lgan. Ammo ularning oilasi o‘ziga to‘q bo‘lsa-da, Jivanning o‘z onasi tug‘ruq paytida, otasi esa u uch yoshga kirganda vafot etdi.
Bolani bobosi va buvisi tarbiyalagan. Uning bobosi ham hokim bo‘lgani uchun ularning oilasi oliy tabaqa hisoblangan. Shunday bo‘lsa ham, aktyorning ta’kidlashicha, uning bolaligi baxtsiz o‘tgan, uydagi davomiy tartibsizliklar tufayli tez-tez qochib ketishni istagan.
Jivan bolaligidan suratkash bo‘lishni orzu qilar edi. Kollejdagi ta’til paytida u surat olish kasbini o‘rganish uchun Bombeyga bordi va Kashmirda o‘zining fotostudiyasini ochdi. Biroq taqdir yigit uchun boshqa tuhfa tayyorlagan edi. U akasining tanishi orqali Bombeydagi kinostudiyaga ishga joylashdi.
U yerda Kumarga kumush qog‘ozlarni yog‘och bo‘laklariga yopishtirish vazifasi berilgan edi, shundan suratga olish paytida “reflektor bola” laqabini oldi. Tez orada u muhim sahna uchun aktyor izlayotgan rejissorning nazariga tushdi. Rejissor undan bir necha satr o‘qishni so‘radi. Uning betakror xarakteridan hayratda qolgan rejissor Kumarga 1935-yilda “Zamonaviy Hindiston” filmidagi birinchi rolini taklif qildi.
Hali kino olamida yangi bo‘lishiga qaramay, u allaqachon davrning yetakchi yulduzlari bilan ishlay boshladi. U tajriba qilishdan qo‘rqmadi va ko‘plab mashhur hind filmlarining bir qismiga aylandi.
Uning o‘g‘li Kiran Kumar ham aktyor bo‘lib, otasining ijro uslubini yaxshi eslaydi. “Mening dadam haqiqiy tendensiya muallifi edi. U rollariga o‘ziga xos tarzda yondashgan va har doim qandaydir ishoralarni ishlatgan. Men buni hech qachon ko‘chirmaganman, lekin uning ko‘plab hamkasblari buni takrorlagan. Otam tufayli ular hozir yaxshi ishlayapti”, – dedi u 2016-yilda bergan intervyusida.
O‘zining uzoq va samarali faoliyati davomida Jivan son-sanoqsiz salbiy obrazlarni ijro etdi. Ba’zan zamonaviy, 1977-yilgi blokbaster “Amar, Akbar, Entoni”dagi Robert, ba’zan “Qonun” (1960) filmidagi Kalidas kabi pafosga boy, gohida makkor, xuddi “Sevgi haqida abadiy ertak”dagi Satpal Vir kabi.
Jivan va uning rafiqasi Kiran to‘rt nafar farzand ko‘rdi. Ikki o‘g‘il: Kiran Kumar va Bhushan Jivan hamda ikki qiz: Nikki va Riki. Jivan o‘zidan keyin qariyb yarim asrga cho‘zilgan ajoyib karyera merosini ortda qoldirdi. 1987-yil 7-iyunda u komaga tushib qoldi, oradan uch kun o‘tib, 10-iyun kuni 71 yoshida vafot etdi. | 103 | 2,926 |
Madaniyat | Taniqli aktyor Jeyson Momoa “Taxtlar o‘yini”dan so‘ng moddiy qiyinchiliklarga uchraganini ma’lum qildi (foto) | “KinoPoisk” saytining ma’lum qilishicha, Jeyson Momoa “Taxtlar o‘yini” filmining suratga olish ishlari tugaganidan so‘ng moddiy qiyinchiliklarga uchragan. O‘sha vaqtda hali film mashhurlikka erishmagan va Momoaga boshqa filmlardan taklif ham tushmagan. Lekin aktyor rafiqasi va ikki farzandini boqishi uchun mablag‘ kerak bo‘lgan.
“Biz ‘Taxtlar o‘yini’ yakunlangandan so‘ng chindan ham pulsiz qolgandik”, − deydi Jeyson. – Men hech qanday ish topa olmadim. Og‘ir kunlar edi, oilang, farzandlaring bor, sen esa qarzga botib ketgansan”.
2016-yilga kelib rejissor Zak Snayder Jeysonni “Betmen Supermenga qarshi” kartinasida Akvamen roliga taklif etgandan so‘ng vaziyat sezilarli darajada o‘zgardi. 2018-yilda u yangi loyihada suv osti superqahramoni rolini ijro etdi, bu 1,14 milliard dollar − eng yuqori daromad topgan filmga aylandi.
Momoaning so‘zlariga ko‘ra, u Ayova shtatida yolg‘iz onasining qo‘lida tarbiya topgan, ammo ko‘p vaqti o‘zi tug‘ilgan hamda gavayilik otasi yashaydigan Oaxuda o‘tgan. “Men qarama-qarshi ikki xil dunyoga ega insonlar mahsuliman”, − deydi u.
Foto; “forfun.com”
U Ayova shtatidagi maktabda tahsil oladigan turli millatga mansub yagona o‘quvchi bo‘lgan. Momoa dastlab bezorilar uchun yaxshigina nishonga aylangan, keyinchalik mahalliy sportchilar ham uni san’at va skeytbord bilan shug‘ullanishini ma’qullamagan. “Ular meni juda ko‘p kaltaklar edi. Aybim hammadan ajralib turganimda edi”, − deb eslaydi aktyor.
Aktyorning debyut roli – “Malibu qutqaruvchilari” filmidagi ishtiroki tasodifan ro‘y bergan. U do‘stlari bilan birga loyihada ishtirok etayotgan suzish kiyimidagi qizlarni ko‘rib, hayratda qolgan, to‘satdan unga filmda rol ijro etish taklifi tushgan. Shundan so‘ng Jeyson aktyor bo‘lishga qaror qilgan.
Momoaning uyidan skeytbord uchun qo‘lda yasalgan pandus, Freya ismli uy eshagi va buyurtma asosida yaslagan elektr gitarani topish mumkin. Shuningdek, aktyor pushti rangni yoqtiradi. “Pushti shunchaki chiroyli rang. Menga kim nima deb o‘ylashi muhim emas”, − deydi aktyor. | 109 | 2,022 |
Madaniyat | “Ob`ektiv” qisqa metrajli filmi suratga olindi | Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan “Ob`ektiv" (“Objective”) qisqa metrajli filmi suratga olindi.
Kinokartinada Laylo ismli qizning musiqaga oshuftaligi, ko`ngil qo`ygan yigiti bilan bo`lgan voqealari hikoya qilinadi, deya xabar bermoqda agentlik.
Qayd etilishicha, mazkur kinokartina “Ipak yo`li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali dasturidagi “Kino 5 kunda” yosh rejissyorlar loyihacida yaratilgan.
Ssenariy mualliflari Saida`loxon Ma`sudxonov, Odilbek Qosimov, Husnullo Jomonqulov, postanovkachi rejissyor Saida`loxon Ma`sudxonov, operator Odilbek Qosimov, rassom Timur Murodov, ovoz operatori Shahzod To`xtamurodov.
Eslatib o`tamiz,“Ob`ektiv” qisqa metrajli filmi “Ipak yo`li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivalida “Hay`at a`zolarining maxsus sovrini” hamda “Eng yaxshi aktrisa” nominasiyalari bo`yicha g`oliblikni qo`lga kiritgan. | 46 | 892 |
Madaniyat | Filipp Kirkorov Toshkentga keldi | Toshkent Xalqaro aeroportida Rossiya xalq artisti, aktyor, prodyuser va bastakor Filipp Kirkorov tantanali tarzda kutib olindi. Mashhur estrada xonandasi Rossiya Federasiyasi delegasiyasi nomidan Toshkent xalqaro kinofetivalida ishtirok etadi.
Toshkent xalqaro kinofestivali kutilmagan tuhfalarni taqdim etishda davom etadi. | 32 | 325 |
Madaniyat | Xiva “Raqs sehri” xalqaro festivali mehmonlarini qarshi oldi (Foto) | 14 – 16 sentyabr kunlari Xiva shahridagi “Ichan-qal`a” davlat muzey-qo`riqxonasida O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi, Xorazm viloyati hokimligi va boshqa tashkilotlar hamkorligida “Raqs sehri” xalqaro festivali bo`lib o`tmoqda. Tadbirda yurtimizning turli hududlari va qator xorijiy davlatlardan Xiva shahriga tashrif buyurgan san`atkorlar badiiy chiqishlari bilan ishtirok etishadi. Milliy raqs san`atimizni dunyoga targ`ib qilish, mamlakatimizda turizmni yanada rivojlantirish maqsadida tashkil qilingan festivalga joriy yil har safargidan-da puxta tayyorgarlik ko`rildi.
Joriy yilda “Raqs sehri” festivalida Angliya, Italiya, Fransiya, Gollandiya, Rossiya, Kuvayt, Malayziya, Hindiston, Xitoy, Indoneziya, Polsha, Gruziya, Ozarbayjon, Qozog`iston, Turkmaniston, Tojikiston kabi 20 ga yaqin xorijiy davlatdan 100 ga yaqin raqs guruhlari qatnashadi. Ushbu xalqaro festivalda shuningdek Gruziya davlat akademik xalq ashula va raqs ansamblining "Rustavi" raqs guruhi ham ishtirok etishi kutilmoqda. "Rustavi" raqs jamoasi dunyoning 80 dan ortiq mamlakatiga tashrif buyurgan (ba`zi mamlakatlarda bir necha marta), 5000 dan ortiq konsertda ishtirok etgan va tomoshabinlar olqishiga sazovor bo`lgan.
Ansambl repertuarida ko`plab an`anaviy gruzin raqslari mavjud. Bundan tashqari ishtirokchilar orasida ozarbayjonlik taniqli raqqosa, xoreograf va aktrisa Oksana Rasulova ham bor. Ozarbayjonning Shabran shahrida tug`ilgan Oksana hind mumtoz raqslarini ijro qiladi. Asosan “Bharatanatyam” raqs uslubini sevib ijro etadi. 1999-2005 yillar davomida turli raqs tanlovlarining g`olibi bo`lgan. Oksana Rasulova o`zining qiziqarli raqs dasturlari bilan ko`plab mamlakatlarni aylanib chiqqan. Oksananing raqslari Youtube kanali orqali millionlab folloverlar tomonidan tomosha qilingan. Bugun, 14 sentyabr kuni Xiva temir yo`l vokzalida festival ishtirokchilarini tantanali kutib olish marosimi bo`lib o`tdi. Mehmonlar orasida Polsha, Gruziya, Hindiston, Ozarboyjon, Tojikiston, Qozog`iston kabi mamlakatlardan 30 dan ziyod raqqos va raqqosalar, raqs dastalari tashrif buyurdi. Shu bilan birga, respublikamizning turli hududlaridan 50 ga yaqin raqs jamoalari kutib olindi. “Raqs sehri” festivalining rasmiy ochilish marosimi 15 sentyabr kuni Xiva shahridagi “Ichan-qal`a” davlat muzey-qo`riqxonasi hududida bo`lib o`tadi. | 67 | 2,364 |
Madaniyat | Yulduzli rieltorlar: Di Kaprio, Eniston va boshqa yulduzlarning sotilgan uylari qanday ko‘rinishda bo‘lgan? (foto) | Ba’zi yulduzlar nafaqat o‘zlari uchun ko‘chmas mulk sotib oladi, balki sotilishi mumkin bo‘lgan qasrlar uchun ham mablag‘ tikadi. Qaysi yulduzlar kapitalni shu tarzda orttirishini bilasizmi?
Leonardo Di Kaprio
“Titanik” filmining yulduzi o‘tgan asrning 90-yillarida Beverli-Hillzdan 2 million dollarga uy sotib olgan. Shuningdek, okean qirg‘og‘idagi bir nechta plyaj bungalolarni ham taxminan xuddi shu pulga sotib olgan. Oradan bir necha yil o‘tib, uning mulki muvaffaqiyatli tarzda sotila boshladi. Bundan tashqari, uning Nyu-Yorkda 3,67 million dollarlik kvartiralari, Palm-Springs va Malibuda joylashgan uylari bor.
Eshton Kutcher
Aktyor o‘zining birinchi ko‘chmas mulkini sotib olish uning hayotidagi eng dahshatli voqealardan biri ekanini tan oladi. So‘ngra Janubiy Kaliforniyadan bir necha uy sotib olgan. Shu jumladan, 10,2 million dollarlik Beverli-Hillzdagi va boshqalarini ham yaxshi narxga sotishga muvaffaq bo‘ldi.
Teylor Svift
Xonanda 2010-yildan buyon ko‘chmas mulk bozorining a’zosi. U 20 yoshida Neshvilldan 3 million dollarga kondominium sotib olgan. Keyin Beverli-Hillzdagiga 4 million dollar va Rod-Aylenddagi qasrga 18 million dollar sarmoya kiritgan.
Kayli Jenner
Shou-biznes vakilining Kaliforniyada bir nechta uylari bor. U tabiiyki, uylarni arzonga xarid qilib, biroz qimmatroqqa sotishga erishgan. Uning birinchi uyi 2,7 million dollarga, Hidden-Hillzdagi uchta uyi 33 million dollarga baholangan.
Alek Bolduin
Aktyor chindan ham ratsional investor. Masalan, u Manxetten va Devonshirdan urushdan oldingi bir nechta kvartirani, so‘ngra 12 million dollarga pentxaus hamda El Dorado binosidagi kvartiralarni sotib olgan va bular unga katta foyda keltirgan.
Anjelina Joli va Bred Pitt
Mashhur sobiq juftlik bir paytlar ko‘chmas mulk ishlariga juda ham qiziqib qolgan. Ular Nyu-Orleandan qasr xarid qilib, so‘ngra sotgan. Keyinchalik 3,7 million dollarga Mayorkada villa sotib olgan. Bred esa Los-Anjelesdagi uyini ham ajoyib villaga aylantirgan.
Madonna
Xonanda Nyu-Yorkda 40 million dollarga ulkan kvartira, Portugaliya va Beverli-Hillzdan 35 million dollarga baholangan uylarni sotib olgan.
Jennifer Eniston
Aktrisa ham sarmoyadorlar ichida eng omadlisi. U Beverli-Hillzdagi qasrini 13,5 millionga sotib olgan. So‘ngra uni 35 million dollarga sotishga erishgan. U Jastin Ter bilan birgalikda 21 millionga uy sotib olgan va ta’mirdan so‘ng yanada qimmatroqqa sotgan. | 114 | 2,398 |
Madaniyat | Eskobarning ukasi “Narko” seriali mualliflariga assistentning o‘limidan so‘ng killerlar yollashni maslahat berdi | Kolumbiyalik narkobaron Pablo Eskobarning katta ukasi va sobiq sherigi Roberto Eskobar Gaviriya “Narko” seriali prodyuserining assistentini o‘ldirilishiga izoh berdi. U Netflix kompaniyasiga suratga olish guruhini himoya qilish uchun killerlar yollashni maslahat berdi, deya xabar qildi The Hollywood Reporter.
“Agarda sizning miyangiz bo‘lsa, sizga qurol lozim emas. Agar bo‘lmasa — unda kerak bo‘ladi. Bu kabi vaziyatda Netflix xavfizlikni ta’minlash uchun yollanma qotillarni ishga olishiga to‘g‘ri keladi”, — dedi Gaviriya.
Eskobarning ukasini ta’kidlashicha, Netflix yoki boshqa bir kinokompaniya Kolumbiyada uning ruxsatisiz o‘zi va akasiga bog‘liq film olinmasligini xohlamoqda.
Gaviriyaning so‘zlariga ko‘ra, u “Narko” filmi yaratuvchilaridan serialda Eskobar ismidan foydalanishgani uchun milliard dollar talab qilgan.
16-sentabr kuni noma’lum shaxs tomonidan 37 yoshli Karlos Munos Portalni kriminal dramaning to‘rtinchi mavsumini tasvirga olish uchun yangi suratga olish maydonchasini topish vaqtida otib ketilgan.
71 yoshli Roberto Gaviriya Eskobar imperiyasida bosh buxgalter va akasining o‘ng qo‘li bo‘lgan. Uni 1993-yilda hibsga olishgan. 2003-yilda ozodlikka chiqqan Gaviriya Escobar Inc. kompaniyasiga asos solgan. | 112 | 1,232 |
Madaniyat | Munisa Rizayevaning qo‘shiqlarini qozog‘istonlik va kavkazlik xonandalar ko‘chirgani ma’lum qilindi | O‘zbekistonlik xonanda Munisa Rizayevaning ikki qo‘shig‘i qozog‘istonlik va kavkazlik xonandalar tomonidan ko‘chirildi, deb xabar bermoqda “Sayyod.com”.
Munisa Rizayevaning “Sekin-asta” qo‘shig‘i qozoq tilida asliga deyarli birga-bir tarzda faqatgina qozoq tilida qayta kuylangan. Jan Ahmadiyev va Indira tomonidan “Shekten aspa” nomi bilan kuylangan qo‘shiqning asl muallifi ko‘rsatilib cover turi sifatida yozib qo‘yilgan.
https://youtu.be/wNnlZmeiUhE
Kavkaz taraflarda esa Ayshat Aysayeva ismli qo‘shiqchi Munisa Rizayevaning rus tilidagi “Ubegi” qo‘shig‘ini “Ubegay” deb deyarli aynan holatda qayta kuylagan.
https://youtu.be/RKpB2uLeDv0
“Sayyod.com”ning qayd etishicha, yuqoridagi plagiatning har ikki holati yuzasidan Munisa Rizayeva faqatgina xursand ekanligini bildirgan. | 99 | 780 |
Madaniyat | Poytaxtimiz teatrlarida qanday spektakllar namoyishi kutilmoqda? | 9 dan 15 sentyabrgacha poytaxtimiz teatrlarida namoyish etiladigan spektakllar
AFIShA
O`zbek Milliy akademik drama teatri
Muqimiy nomidagi O`zbekiston davlatmusiqali teatri
O`zbekiston davlat drama teatri
O`zbekiston davlat satira teatri
O`zbekiston davlat yoshlar teatri
O`zbekiston davlat musiqali komediya (Operetta) teatri
O`zbekiston davlat qo`g`irchoq teatri | 64 | 364 |
Madaniyat | Sobiq rafiqasini kaltaklaganlikda ayblanayotgan turk aktyori O‘zjan Deniz qamalishi mumkin | Turk aktyori O‘zjan Denizni sobiq rafiqasi Feyza Aktanga qo‘l ko‘tarishda ayblab qo‘zg‘atilgan tergov ishi yakuniga yetdi. Bu haqda “Kinoteka” xabar berdi.
Istanbul prokuraturasiga taqdim qilingan ayblovda O‘zjan 3 yil avval hamda 2018-yilda Feyzaga qo‘l ko‘targani, ammo mazkur ikki holatdan keyin ham ayol politsiyaga murojaat qilmagani, shuningdek, Germaniyada yuz bergan uchinchi hodisadan keyin jim qarab turmagani va politsiyaga shikoyat qilgani ma’lum qilingan. Bunga javoban Deniz da’vo haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi va ayblovni tan olmasligini ta’kidlagan.
Ayblovchi Feyza Aktan 2019-yil 15-iyundagi Levent shifoxonasida olingan dastlabki sud-ekspertiza xulosasining fotonusxasini taqdim qilgan. Yakuniy hisobot Sud tibbiyot boshqarmasi tomonidan 2021-yilning 18 fevralida qabul qilingan bo‘lib, unda Aktanning yengil jarohat olgani aytilgan.
Prokuror Feyza Aktanga kuch ishlatgani sabab O‘zjan Denizni 6 oydan 1,5 yilgacha bo‘lgan muddatga ozodlikdan mahrum qilinishini so‘ragan. Ayblovda tahdid va haqoratga yetarli dalil keltirilmagani sabab aktyorni jinoiy ta’qib qilishni rad etish haqida qaror qabul qilingan. O‘zjan Deniz yaqin kunlarda Istanbul jinoyat sudining dastlabki instansiyasida ishtirok etadi.
Aktyor bilan bog‘liq mojaro uning karyerasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmay qolmagan. Ijtimoiy tarmoqlarda u suratga tushgan yangi serialni ko‘rmaslikka da’vat etuvchi fleshmoblar boshlab yuborilgan.
Avvalroq O‘zjan Deniz va Feyza Aktanning farzandi masalasi bo‘yicha birinchi sud majlisi bo‘lib o‘tgani haqida xabar berilgandi. | 90 | 1,545 |
Madaniyat | “Oskar” mukofotiga ilgari surilgan rejissor Anders Breyvik amalga oshirgan teraktlar haqida badiiy film oladi | Norvegiyalik taniqli rejissor Erik Poppe Anders Breyvik 2011-yil 22-iyulda mamlakatda amalga oshirgan va 77 kishining umriga zomin bo‘lgan teraktlar haqida badiiy film oladi. U manba to‘plash, guvohlar bilan suhbatlashishga ikki yil vaqt sarfladi va yaqin orada aktyorlar tanloviga kirishadi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Rejissorga ko‘ra, badiiy yondashuv har qanday hujjatli filmga qaraganda teraktlar haqida ishonchliroq va samimiyroq hikoya qilish imkonini beradi. U Utyoya orolida ro‘y bergan voqealarni u yerda bo‘lgan o‘smir qiz misolida ko‘rsatib berish niyatida. Rollarni esa kam tanilgan yoki professional bo‘lmagan aktyorlar ijro etadi.
Poppening rejasi bo‘yicha filmning 72 daqiqasi (Breyvik orolda politsiya tomonidan qo‘lga olinguncha shuncha vaqt o‘tgan) orolda sodir bo‘lgan voqealarga, dastlabki 12 daqiqasi esa Oslodagi hukumat dahasida amalga oshirilgan portlashlarga bag‘ishlanadi.
Ma’lumot uchun, Erik Poppening oxirgi filmi 2016-yilda suratga olingan “Qirol tanlovi” harbiy dramasi bo‘lib, “Eng yaxshi xorijiy film” toifasida “Oskar” mukofotiga ilgari surilgandi. | 109 | 1,092 |
Madaniyat | GagaGram: O‘zbekistonlik va rossiyalik foydalanuvchilar Ledi Gaganing sahifasiga “hujum uyushtirdi” | Rossiyalik supermodel Irina Sheyk hamda amerikalik taniqlik aktyor va qo‘shiqchi Bredli Kuper o‘rtasidagi munosabatlar yakuniga yetdi. Ikki sevishganning o‘rtasidagi munosabatlarning buzilishiga Ledi Gaga sabab bo‘lgani aytilmoqda, deb xabar beradi Sputnik.
Shu sababli 33 yoshli Irina Sheykning muxlislari Ledi Gaganing Instagram’dagi sahifasida “to‘polon” boshlab yuborgan.
Avvaliga ular yulduzlar juftligining ajralishiga oid izohlarni qoldirgan bo‘lsa, keyinroq mavzu butkul boshqa tomonga o‘zgargan.
O‘zbekistonlik aktrisa Zarina Nizomiddinova ham Ledi Gaganing posti ostiga izoh qoldirgan: “Irina, tashvishga tushma, sen baribir chiroylisan va o‘z baxtingni topasan”.
Skrinshot: Sputnik
Bir necha kun ichida taniqli qo‘shiqchining blogi odamlar chuchvara, g‘oz go‘shtidan taom pishirish va Gelenjikdan xona ijaraga olish qanchaga tushishini muhokama qiladigan chatga aylanib ketgan.
Bundan tashqari oddiy odamlar safiga mashhurlar ham qo‘shila boshlagan.
Skrinshot: Sputnik
Garik Martirosyan: “Xarlamov menga qo‘ng‘iroq qilib yubor!”.
Sergey Jukov: “Biryulevo-Tovarnayadagi garajni qanchadan sotyapsiz?”.
Ledi Gaganing oxirgi qoldirgan posti ostiga 200 mingdan ortiq izoh qoldirildi. | 99 | 1,194 |
Madaniyat | Xalqaro maqom san`ati anjumaniga har jihatdan tayyorgarlik davom etmoqda | Shahrisabz shahrida joriy yilning 6-10 sentyabr kunlari Xalqaro maqom san`ati anjumani o`tkaziladi. Shu bois, fuqarolarni xavfsizligini ta`minlash maqsadida Qashqadaryo viloyati IIB yong`in xavfsizligi boshqarmasi tashabbusi bilan Shahrisabz shahar YoXB, viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, tibbiyot, gaz va elektr idoralari xodimlari hamkorligida anjuman oldidan favqulodda yong`in sodir bo`lganda fuqarolarni to`g`ri harakat qilishi bo`yicha ko`nikmalarini shakllantirish, o`tkaziladigan tadbirlar davrida yong`inga qarshi choralarning bajarilishiga doir amaliy mashg`ulotlar o`tkazildi.
Mashg`ulotda Shahrisabz shahar yong`in xavfsizligi bo`limi 7-harbiylashtirilgan yong`in xavfsizligi qismining yong`in o`chirish bo`linmalari favqulodda fuqarolarni qutqarish va tibbiyot xodimlari kelgunga qadar birlamchi tibbiy yordamni ko`rsatish jarayonlarini ko`rsatib, amaliy ko`nikmalarini shakllantirish bilan bog`liq boshqa vazifalarni ham bajardi.
Tadbir davomida yong`in xavfsizligi xizmati xodimlari gaz va elektr idoralari xodimlari hamkorligida Xalqaro maqom san`ati anjumani o`tkaziladigan bino atrofidagi bino va inshootlar, aholi turar joylarini yong`in xavfsizligi holatini o`rganib, mavjud kamchiliklar bo`yicha o`z tavsiyalarini berishdi. | 72 | 1,253 |
Madaniyat | Instagram: Munisa Rizayeva va Yulduz Usmonova qanday boyigani haqida gapirgan hokim, tortni uvol qilgan aktrisalar, trendga aylangan “buxanka” mavzusi | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.
Muqaddas Sa’dullayeva kuzatuvchilarini har narsadan go‘zallik ko‘ra olishga chaqirdi.
O’zbekiston xalq artisti Abduhoshim Ismoilov muxlislardan san’atkorlarning fe’l-atvoridan qat’i nazar ularning san’atiga muxlis bo‘lishni so‘ramoqda.
Shahzoda Muhammedova kuzatuvchilarining Maldiv orollari haqidagi savollariga javob berdi.
“Buxanka” nonining narxi oshirilishi Instagram’da turli qiziqarli vaynlar yaratilishiga turtki bo‘ldi. Feruza Normatova ushbu nonning eng zo‘r “aksessuar”ga aylangani haqida video tayyorladi.
Bloger Dili.me esa “buxanka narxi” oshganidan so‘ng hurmat qila boshlangan non sotuvchisi obrazini gavdalantirdi.
Burak O‘zchivit rafiqasi, aktrisa Fahriye Evjenni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Yulduz Usmonova hamda Munisa Rizayeva qanday boyigani haqida gapirdi. “Men ularga oson tutmayman. 10 ta to‘yga borib, 5 mingta odamning qosh-qovog‘iga qarab ashula aytish osonmi?”, — deydi hokim.
“Mendirman Jaloliddin” serialida mo‘gullar obrazini yarayotgan o‘zbekistonlik aktyorlar bitta suratda.
Xonanda Lola farzandlari bilan Toshkentga qaytdi hamda Vatanni naqadar sog‘inganini ma’lum qildi.
Turkiyalik aktrisa Maryam Uzerli folloverlariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Hulkar Abdullayevaning yo‘l-transport hodisasiga uchragani haqida gap-so‘zlar tarqaldi. Xonanda ushbu ma’lumotning asossiz ekanligini bildirdi.
Aktrisa Rayhon Asadova o‘ziga tegishli brend fotosessiyasida ishtirok etdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda formadagi IIB xodimi Elyorbek Beliboyevning “Yalala bobo” qo‘shig‘ini kuylayotgani aks etgan video tarqaldi.
Sitora Farmonova ham kuzatuvchilariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.
3-iyun kuni yosh aktrisa Zarina Yo‘ldosheva tug‘ilgan kunini nishonladi. Uni tabriklash uchun dugonalari yarim tunda uyiga tashrif buyurib, Zarinaning yuziga tort ishqalashdi. Ushbu holat aks etgan video Instagram’da salbiy izohlarga sabab bo‘ldi. Kuzatuvchilar aktrisalar Xonzoda hamda Zarinani tortni isrof qilganlikda ayblamoqda. | 150 | 2,174 |
Madaniyat | Robert Redford aktyorlik faoliyatini yakunlaydi | Amerikalik aktyor, faxriy “Oskar” sovrindori Robert Redford oxirgi ikkita loyihadagi ishni bitirganidan so‘ng aktyorlik faoliyatini yakunlashini bildirdi. Bu haqda, The Guardian nashriga asoslanib, Afisha Daily xabar bermoqda.
Kadr: “Umid so‘nmaydi” filmi
“Hozir ikkita loyiha ustida ishlamoqdaman. Ularni tugatgandan so‘ng ‘mayli, xayr’ deb, rejissuraga e’tibor qaratmoqchiman”, — dedi Redford.
U aktyorlikdan juda charchaganini aytib o‘tdi.
Yaqin orada 80 yoshli Redford ishtirokidagi Our Souls at Night va Old Man With a Gun filmlarida ko‘rish mumkin bo‘ladi.
Redford o‘z faoliyati davomida 60 dan ortiq film va seriallarda rol olgan. | 47 | 639 |
Madaniyat | “Ayol madhiyasi” ko`rgazmasining ochilish marosimi bo`lib o`tdi | Bugun Yoshlar ijod saroyida taniqli o`zbek rassomi, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan san`at arbobi Baxtiyor Nazarovning ayollarga bag`ishlangan "Ayol madhiyasi" nomli ko`rgazmasining ochilish marosimi o`tkazildi.
Marosimda O`zbekiston Badiiy Akademiyasi akademigi Akmal Nuritdinov, akademik Vladimir Burmakin, san`atshunos Elmira Axmedova shuningdek, soha mutaxassislari, jurnalistlar va turli yoshdagi san`at ixlosmandlari ishtirok etishdi.
Mazkur ko`rgazmadan rassom tomonidan yaratilgan ayollarning portretlari o`rin olgan.
Bugungi ko`rgazmada sanat ixlosmandlari rassomning betakror ijod yo`li, undagi ayol obraziga bo`lgan yondashuvning nozik qirralari haqida iliq fikrlar bildirishdi.
"O`zbekkino" Milliy agentligi, O`zbekiston Badiiy Akademiyasi hamda O`zbekiston yoshlar ittifoqi hamkorligida tashkil etilgan mazkur ko`rgazma 11 martgacha davom etadi. | 63 | 868 |
Madaniyat | O`zbekistonda «Bolajonlar-shirintoylar» moda festivali boshlandi | Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida «Bolajonlar-shirintoylar» an`anaviy bolalar moda festivali boshlandi. Bu haqda «Xalq so`zi» xabar berdi.
Tadbir 1 iyun—Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan «Osiyo ramzi» O`zbekiston dizaynerlar va modelerlar uyushmasi tomonidan tashkil etildi.
Festivalning birinchi kunida sohada ta`lim olayotgan talaba-yoshlar, yosh dizaynerlar, bolajonlar va ularning ota-onalari uchun mahorat saboqlari o`tkazildi.
Mutaxassislar tomonidan olib borilgan darslarda ishtirokchilar liboslar uchun mato tanlash, materiallarga qo`l mehnati yordamida bezak berish, bolajonlarni «Fashion show»larda ishtirok etishga tayyorlash va ularning sifatli pardoz-andozi haqida zarur ma`lumotlarga ega bo`ldi.
Shuningdek, festival davomida taniqli dizaynerlar bilan uchrashuvlar, modalar namoyishi, ishtirokchilarni taqdirlash marosimi va gala-konsert tashkil etiladi. | 64 | 892 |
Madaniyat | Ozodbek Nazarbekovning ijoddan tashqari faoliyati aks etgan suratlar e’lon qilindi (foto) | O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning ijoddan tashqari faoliyati aks etgan fotosuratlar xonandaning fan-klubi tomonidan Facebook ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirildi. Bu haqda “Darakchi” xabar bermoqda.
Xonanda “Ozodbek Nazarbekov — Zinnura ishqibozlar klubi” nomli fan-klub tashkil etilganining olti yilligiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etgan.
“Ozodbek Nazarbekov ijodi bilan birga yangi iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlashdan ham tolmayapti”, — deyiladi gazeta xabarida.
Fan-klubga yosh bolalar ham a’zo, suratda esa eng “fanat” — Fazliddin.
Tadbirda 100 nafar muxlisga Ozodbek Nazarbekovning dastxati bilan sovg‘alar topshirilgan.
“San’atkorning veb-sahifalarini kuzatayotganimizda bir suratga ko‘zimiz tushdi, bu sizlarni ham befarq qoldirmaydi. Shuncha ishidan ortgan Nazarbekov, qizalog‘ining sochini ham mayda kokil qilib o‘rab qo‘yishga vaqt topibdi”, — deb yozadi “Darakchi”. | 89 | 898 |
Madaniyat | Dilnoza Kubayevadan Zara Shirinovagacha: O‘zbekiston to‘ylaridagi eng qimmat boshlovchilar reytingi (foto) | Mashhur san’atkor va boshlovchilarning xizmat haqlari hamisha omma uchun qiziq. Quyida O‘zbekistondagi eng reytingi yuqori boshlovchilarning to‘ylardagi gonorari bilan bog‘liq ma’lumotlar keltiriladi.
Dilnoza Kubayeva
Aktrisa 2013-yildan buyon birinchilikni qo‘ldan boy berayotgani yo‘q. Uning xizmat haqqi 1000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Tan olish kerak, Dilnoza Kubayeva ishtirok etgan davra pozitiv kayfiyatga boy bo‘ladi. Aktrisa endilikda nafaqat boshlovchi, balki xonanda sifatida ham to‘ylarda ishtirok etishini ma’lum qildi.
— Tirikchilikning aybi yo‘q, agar chin dildan istab to‘ylarida qo‘shiq aytishimni so‘rashsa, nega rad etishim kerak, — deydi aktrisa Dilnoza Kubayeva.
Davron Kabulov
“Million” jamoasining rahbari Davron Kabulovning gonorar summasi 600 AQSH dollarini tashkil qiladi. Ko‘pchilik “Million” jamoasini to‘ylarga taklif qiladi. Ammo Davron Kabulov jamoaning to‘ylarda ishtirok etishini unchalik yoqtirmaydi.
Dildora Rustamova
Professional suxandon Dildora Rustamova ham eng qimmat boshlovchilardan biri hisoblanadi. U to‘ydagi gonorarini 500 AQSH dollariga baholaydi. Suxandon to‘ydagi hamkasbi ham professional bo‘lishini istaydi.
Farhod Alimov
To‘ylarda davrani rus tilida olib boradigan boshlovchi Farhod Alimovning gonorari esa 600 AQSH dollaridan kam emas. Bu boshlovchi uchun to‘ydagi hamrohining darajasi u qadar muhim emas. Ammo u rus tilida, hamkasbi esa sof o‘zbek tilida gapirishini istaydi.
Nilufar Sotiboldiyeva
Yana bir mashhur va qimmat boshlovchilardan biri bu Nilufar Sotiboldiyeva hisoblanadi. Keyingi paytlarda ijodi asosan to‘y xizmatlari bilan bog‘liq bo‘lib qolgan ijodkor birgina to‘ydagi ishtirokini 600 AQSH dollariga baholaydi. U yolg‘iz o‘zi ham to‘yda boshlovchilik qilishi mumkin. U uchun erkak hamkasbining birga davra olib borishi u qadar muhim emas.
Rayhon Ulasenova
Mahoratli aktrisa Rayhon Ulasenova boshlovchilik borasida ham katta tajribaga ega. Keyingi paytlarda u teleloyihalardan biroz uzoqlashgan bo‘lsa-da, to‘ylardagi faoliyatini cheklayotgani yo‘q. Uning to‘ylardagi ishtiroki 500 AQSH dollariga baholanadi.
Jamshid Umurzoqov
Professional suxandon Jamshid Umurzoqovning to‘ydagi gonorar summasi ham 500 AQSH dollarini tashkil etadi. U keyingi paytlarda taniqli ayol hamkasblari bilan emas, o‘zi kasb sirlarini o‘rgatgan shogirdlari bilan to‘ylarda boshlovchilik qilmoqda.
Rixsitilla Abdullayev
Teatr va kino aktyori Rixsitilla Abdullayev Toshkent to‘ylaridagi eng talabgir boshlovchilardan biri hisoblanadi. Uning to‘ydagi ishtiroki 400 AQSH dollariga baholanadi. Darvoqe, u to‘ylarda boshlovchilik qilishdan tashqari, tashkiliy ishlar bilan ham shug‘ullanadi. Ya’ni u san’atkorlarning to‘yga kelishini ta’minlab beruvchi tashkilot faoliyatini ham yo‘lga qo‘ygan.
Nigora Karimboyeva
Nigora Karimboyeva nafaqat professional aktrisa va boshlovchi hisoblanadi, balki to‘ylarda boshlovchilik qilishi bo‘yicha ham katta tajribaga ega. Uning to‘ylardagi xizmat haqqi 400 AQSH dollarini tashkil etadi.
Zara Shirinova
Teleboshlovchi Zara Shirinova ham to‘ylarda faol. U 300 AQSH dollari evaziga to‘yda boshlovchilik qilishi mumkin. Zara ko‘proq Farhod Alimov va Davron Kabulovga hamrohlik qiladi. | 106 | 3,175 |
Madaniyat | Berlin tungi klublari koronavirus keltirayotgan zararning bir qismini qoplash yo‘lini topdi | Berlin tungi klublari musiqalarni translyatsiya qilish uchun United We Stream nomli onlayn tarmoqqa birlashdi. Bu haqda Buro 24/7 ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, loyiha 200 klub va art-menejerlarni o‘z ichiga oluvchi Clubcommission Berlin tashkiloti tomonidan ilgari surilgan. Onlayn translyatsiyalar orqali klublar koronavirus epidemiyasi oqibatida kelib chiqqan zararning bir qismini qoplashi rejalashtirilmoqda. Didjeylar chiqishlari aks etgan translyatsiyalar har kuni soat 19:00 dan 00:00 ga qadar davom etadi. Veb-saytda keyingi efirga qadar avvalgisini qayta ko‘rish imkoniyati mavjud.
Virtual party’lar uchun biletlar 10 yevro etib belgilangan bo‘lib, umumiy daromad karantindan keyin klublar o‘rtasida taqsimlab olinadi. | 91 | 731 |
Madaniyat | Aziz Rajabiy to‘ng‘ich farzandi AQSHga ketgani hamda Java’ning “Dunyo sening tog‘angmas” taronasiga munosabati haqida (video) | Xonanda Aziz Rajabiy MY5 telekanalining “Omon-omon” ko‘rsatuviga bergan intervyusida nechta farzandi borligi, tog‘asining qiziga uylangani, piarga munosabati, Java’ning “Dunyo sening tog‘angmas” taronasiga fikri va u bilan duet kuylash taklifi haqida gapirdi.
Aziz Rajabiy nechta farzandi borligi va yettita farzandi bo‘lishini istagani haqida
“Hozir to‘rt nafar farzandim bor, to‘ng‘ich farzandim AQSHga ketgan, o‘sha yerda o‘qiydi. Men yettita farzandim bo‘lishini istaganman. Ayolning fiziologik holatiga qarash kerak ekan”, — deydi xonanda.
O‘ziga tog‘asining qizini munosib ko‘rgan xonanda
“Tog‘amning qiziga uylanganman. Unga munosib nomzod qidirib yurardim, bir qancha do‘stlarimni nomzod sifatida o‘ylab yurganman. Kim unga mos kelarkan deganman, o‘zimga nasib qilgan ekan”, — deydi Aziz Rajabiy.
Xonanda piarga qanday munosabatda?
“Piar yolg‘ondan uyushtirilgan narsa. Umuman olib qaraganda, bu ham bir yo‘nalish. Menda piar qilish holati bo‘lmagan. Biroq shuning ortidan yurib nima qilsam ekan, deb o‘ylab yuradiganlar bor. Masalan, Rossiyada va Yevropada shu orqali tanilishadi, piar-menejerlar bo‘ladi. Shuni o‘ylab ssenariy tuzadi, aniq bu natijaga olib chiqamiz deydi. Ijtimoiy tarmoqlarda, hamma yerda ovoza qiladi”, — deydi xonanda.
Java’ning “Dunyo sening tog‘angmas” taronasiga munosabati
“Menga Java’ning musiqasi yoqdi, so‘zida ma’no bor. Mayli, yuzini o‘ragandir. So‘zlari haqiqatan ham to‘g‘ri. U o‘zining ichidagini boshqacha uslubda kuyladi, ma’nosini chaqsangiz, gaplari to‘g‘ri. Uning o‘rangani ham balki piardir, bilmadim. Bu ish qanchalik to‘g‘ri ekanini bilmayman, men esa bu ishni qilmas edim. Uni hamma ko‘rdi, agar shunaqa qilmaganda, balki uncha yodda ham qolmas edi. Agar mening o‘g‘lim shu ishni qilsa, o‘g‘lim nima qilyapsan, yech matoni, nimaga o‘rab olding, derdim. Birinchi ko‘rganimda bilganman, o‘ziga jalb qilish uchun shu ishni qilgan. Qayerdadir musiqasini eshitdim, keyin bildim”, — deydi Aziz Rajabiy.
Aziz Rajabiy Java bilan duet kuylaydimi?
“Uning yo‘nalishi boshqa, agar xuddi shunaqa chiqaman desa, duet kuylamayman. U qachongacha bu obrazda yuradi? To‘yga ham shunaqa holatda boribdi. Bunday narsalar ko‘pga bormaydi”, — deydi xonanda.
Instagram: Murod Xonto‘rayevning rafiqasi uning so‘nggi istagini amalga oshirdi, Aziz Rajabiy qizini uzatdi, Nargiza Abdullayevaning ustoziga syurprizi. | 125 | 2,342 |
Madaniyat | Leonardo Di Kaprio “Oskar”ni restoranda unutib qoldirdi (foto va video) | “Omon qolgan” filmidagi ijrosi uchun AQSh kinoakademiyasi tomonidan 2015-yilning eng yaxshi aktyori deb topilgan va o‘z faoliyatidagi ilk “Oskar”ni qo‘lga kiritgan Leonardo Di Kaprio uzoq kutilgan haykalchani restoranda unutib qoldirdi. Bu haqda TMZ ma’lum qildi.
Di Kaprio va uning hamkasblari Los-Anjelesdagi restoranlardan birida mukofotni nishonlayotgan edi. BangShowBiz ma’lumotlariga ko‘ra, mehmonlar Leonardoning haykalchasini qo‘ldan-qo‘lga uzatib, “bo‘rilar to‘dasi!” deya hayqirib, restoranni boshiga ko‘targan.
Tadbirdan so‘ng aktyor ko‘chaga chiqib, bir necha kishi qurshovida avtomobilga yo‘l olgan. Uning ortidan haykalchani ko‘tarib olgan erkak yugurib kelgan va “Oskar”ni ko‘rsatib, “Siz buni olib ketishni istamaysizmi?” deya so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, aktyorning mukofot olishi Twitter’da o‘ziga xos rekord o‘rnatdi: uning nomi e’lon qilinganidan so‘ng foydalanuvchilar bir daqiqa ichida 440 mingdan ziyod tvit yozgan. | 71 | 938 |
Madaniyat | O‘zbek aktyorlarining birinchi gonorarlari: 244 so‘m olgan radiosuxandon, “Sumerki”dagi 750 dollarlik rol, ikki qismli klipdagi ijro uchun 50 ming so‘m | Ilk maosh, ilk ish haqi — ko‘pchilik kishilar uchun yoddan chiqmas bir voqea. Ma’lum bir moddiy rag‘batlantirishga loyiq ko‘rilgan birinchi ishini aksariyat odamlar o‘zgacha bir zavq bilan yodga oladi.
Jurnalist Feruz Muhammad bugun o‘zbek kinosida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan taniqli aktyorlar o‘rtasida so‘rov o‘tkazib, ularning ilk gonorarlari miqdori qancha bo‘lgani bilan qiziqdi.
Birinchi gonorarimni AQShda, 2009—2010-yillarda suratga olingan “Twilight” (ruscha “Sumerki”) filmidagi ishtirokim uchun olganman. Filmdagi ommaviy sahnadan sal kattaroq ijroim uchun kuniga 250 dollar — uch kunda 750 dollar gonorar berishgan.
Ilk olgan gonorarim esimda yo‘q, ammo 1998-yilda suratga olingan “Bo Ba Bu” nomli filmdagi ishtirokim uchun 1000 dollar olganman.
Ilk olgan gonorarim esimda yo‘q-ku, ammo institutning ikkinchi kursida o‘qib yurgan vaqtimda rol o‘ynagan dastlabki filmlarimdan biri — “Yozsiz yil”dagi (2012-yilda suratga olingan) ijroim uchun 750—800 ming so‘m atrofida gonorar olganman.
Kinodagi ilk rolim uchun qancha gonorar olganimni, to‘g‘risi, eslay olmayman. Ammo 12 yoshimda “Kelajak tongi” radiostudiyasida suhandon sifatida ishlab, 244 so‘m gonorar olganim yodimda.
Birinchi — 150 ming so‘mlik gonorarimni xonanda Murodbek Qilichevning “Baxt tilarman” nomli qo‘shig‘iga ishlangan klipida suratga tushganim uchun olganman. Bu o‘sha vaqt uchun yaxshigina katta pul edi. “Uqubat” nomli filmda suratga tushganim uchun 1,2 million so‘m gonorar olganman.
Ilk gonorarimni xonanda Ulug‘bek Rahmatullayevning “Jonim” nomli qo‘shig‘iga ishlangan klipda suratga tushganim uchun olganim yodimda. Ammo qancha pul berishganini eslay olmayman, rosti.
2002—2003-yillarda xonanda Sobirjon Mo‘minovning “Onangizga kuyov bulaman” qo‘shig‘ining 2 qismli klipida suratga tushganim uchun 50 ming so‘m, Shahlo Rustamovaning “Yo‘lingizda ko‘zlarim humor-humor” qo‘shig‘i klipidagi ijroim uchun 60 ming so‘m gonorar olganman. Bu o‘sha vaqtlarda oddiy bir talaba uchun katta pul edi. Birinchi katta gonorarimni 2007-yili, Burhon Sharopovning “Niqob” filmidagi rolim uchun olganman — o‘sha paytda bu pulga bitta Nexia berar edi. Ijodimdagi eng katta gonorarni esa 2006-yili “Jonim seni” nomli albomimni “Ohang Media” studiyasiga sotganimda olganman — o‘sha pulga bitta Laceetti avtomobilini sotib olish mumkin edi. U vaqtlarda albom sotilishiga qarab juda katta pul taklif qilishar edi. Videoqaroqchilar paydo bo‘lganidan keyin bunday gonorarlar ham tarixda qoldi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 151 | 2,618 |
Madaniyat | Badavlat oilada o‘sgan bo‘lsa-da, lekin hamma narsaga o‘z kuchi bilan erishgan yulduzlar (foto) | Mashhurlarning bolalari odatda ota-onalari kasbining barcha salbiy tomonlarini yaxshi bilishadi. Ammo karyera imkoniyatlarining ko‘pligiga qaramay, ular ko‘pincha boshqa yo‘lni tanlaydilar. Quyida qaysi yulduzlarning farzandi nafaqat dunyo tan olinishi, balki ota-onalarini ham ortda qoldirishga muvaffaq bo‘lgani haqida ma’lumot beramiz.
Jennifer Eniston
Jennifer Enistonning otasi Jon Gretsiyada tug‘ilgan, ammo keyinchalik uning oilasi Amerikaga ko‘chib o‘tadi. Teatr ta’limini olgandan so‘ng, u o‘z hayotini televideniye bilan bog‘lashga qaror qiladi va eng uzoq davom etgan seriallardan biri — “Hayotimiz kunlari” filmida rol ijro etadi. Serial 1965-yildan beri efirga uzatiladi va “Do‘stlar” sitkomida ko‘p tilga olinadi — serialda asosiy rollardan birini Jonning qizi o‘ynagan.
Jenniferning tan olishicha, karyerasining boshida otasi uni fikridan qaytarishga urinib, oddiyroq va barqarorroq kasb tanlashni taklif qilgan. Yaxshiyamki, Eniston yuragini tinglashga va qalbi ko‘proq yoqadigan variantda to‘xtashga qaror qiladi.
Jeyk Jillenxol
Kino sanoati nafaqat taniqli aktyor Jeyk Jillenxol hayotida, balki uning butun oilasida ham muhim rol o‘ynaydi. Uning otasi Stiven Jillenxol “Mentalist” va “Tvin Piks” kabi teleko‘rsatuvlarni olib borgan. Jillenxolning onasi Naomi Foner ssenariy muallifi bo‘lib ishlagan va hatto “Oskar” va “Oltin globus” mukofotlariga nomzod bo‘lgan. Jeykning o‘zi ham dunyo miqyosida tan olinishga muvaffaq bo‘ldi: filmografiyasidagi mashhur rollar va ko‘plab mukofotlar buning bevosita tasdig‘idir.
Dryu Berrimor
Dryu Berrimor aktyorlar sulolasiga mansub. Uning otasi tomondan qarindoshlarining aksariyati kino sanoatidagi muvaffaqiyatli karyera bilan maqtanishlari mumkin. Dryu o‘n bir oyligida aktyorlik faoliyatini boshlagan va hozirgacha Gollivuddagi eng yorqin va eng talabgir yulduzlardan biri bo‘lganligi ajablanarli emas.
Lili Kollinz
Lili Kollinz sakkizta “Gremmi” mukofotiga sazovor bo‘lgan ingliz rokeri Fil Kollinzning qizi. Musiqiy karyerasini qurgan Fil o‘zini aktyor sifatida ham sinab ko‘radi. Ammo, ma'lum bo‘lishicha, kino olamida mashhur bo‘lish aslida qizining taqdiriga bitilgan ekan.
Lili allaqachon kino sanoatida katta tajribaga ega va uning so‘nggi asarlaridan biri “Emili Parijda” shov-shuvli teleseriali bo‘ldi.
Gvinet Peltrou
Gvinet Peltrou nafaqat biznesda, balki kinoda ham muvaffaqiyatga erishdi. Gollivuddagi eng talabgir aktrisalardan biri bo‘lgan Peltrou eng yaxshi aktrisa nominatsiyasida “Oskar” mukofoti, taniqli rejissorlar bilan ishlash va kassabop filmlarida suratga tushishi bilan maqtana oladi.
U o‘z iste’dodini onasi, “Ota-onalar bilan tanishuv” komediyasidagi Dina Berns roli bilan tanilgan amerikalik aktrisa Blayt Dannerdan meros qilib olgan. Peltrou har doim onasining rollaridan hayratda qolgan va onasi Gvinet va uning akasi bilan ko‘proq vaqt o‘tkazish uchun ko‘p rollarni qurbon qilganini tan olgan.
Keyt Xadson
Keyt Xadson taniqli amerikalik aktrisa Goldi Xoun va qo‘shiqchi Bill Xadson oilasida tug‘ilgan. Ko‘p o‘tmay, uning ota-onasi ajralishadi va bir muncha vaqt o‘tgach, Goldi hamkasbi Kurt Rassell bilan ishqiy munosabatda bo‘ladi.
Gollivud go‘zalining karyerasidagi yutuq “Deyarli mashhur” filmi bo‘ldi. Kartina unga eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa uchun nominatsiyasida “Oskar” olib keldi va yangi muvaffaqiyatli loyihalarga yo‘l ochdi. | 95 | 3,341 |
Madaniyat | Aktrisa So‘g‘diyona Azimova is gazidan yuzi va qo‘llari kuyib ketgani haqida gapirib berdi (video) | Aktrisa So‘g‘diyona Azimova is gazidan yuzi va qo‘llari kuyib ketgani haqida gapirib berdi.
Bu haqda aktrisa YouTube’dagi YashinTV kanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Bugungi zamonaviy hayotimizda odat tusiga kirgan, xursandchilik kunlarimizda is gazidan sharlar shishiriladi. Bizda ham bir tug‘ilgan kunda 30 ta shunaqa is gazidan shishirilgan shar tort ustidagi yonib turgan shamga tegib ketgan. Baxtimga yonimda o‘rtog‘im bor edi, meni itarib yuborgan. Shunda ham yuzim bilan qo‘lim qattiq kuygan.
16-shahar shifoxonasidagi toksikologiya shifokorlariga kattakon rahmat aytaman, ko‘nglimga qarab davolashdi. Depressiyaga tushib qolganimda izolyatorga olib, bir oy parvarish qilishdi. Alloh ulardan rozi bo‘lsin! O‘sha mahalda jonim azobda edi.
Inson o‘zi tiliga sal ehtiyotroq bo‘lishi kerak, bilmasdan ko‘p gapirib yuboramiz. Oldin oyning ham yuzida dog‘i bor, deb hazil qilardim. Ko‘p joyda aytganman. Balki, shu narsa bo‘lgandir, mana senga dog‘, degan mazmunda.
Lekin bu narsadan uyalmayman. Tirikligimga, sog‘-salomat ekanligimga shukr qilaman! Allohning inoyati bilan tez tuzaldim.
So‘g‘diyona Azimova, aktrisa
Ma’lumot uchun, So‘g‘diyona Azimova “Qaysarginam”, “Qaysarginam 2”, “Asragil”, “Nafrat”, “Jonim azobda”, “Amiran”, “Yo‘qotilgan jannat” kabi filmlarda bosh rollarni ijro etgan.
Toshkentda ichki ishlar xodimlari sotuvchilardan havo sharlarini tortib olib, ularni uchirib yuborganiga izoh berildi | 98 | 1,425 |
Madaniyat | Bu yilgi Toshkent xalqaro kinofestivali ShHT sammiti doirasida o`tkaziladi | "O`zbekfilm" kinokonsernida Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov boshchiligida 12-17 sentyabr kunlari o`tkaziladigan "Ipak yo`li durdonasi" Toshkent xalqaro kinofestivaliga bag`ishlangan yig`ilish bo`lib o`tdi. Unda Agentlik rahbariyati, tizim tashkilotlari, mutaxassislar hamda xodimlar ishtirok etishdi.
Yig`ilishda Prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan qayta tiklangan Toshkent xalqaro kinofestivalining joriy yilgi tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi. "Ipak yo`li durdonasi" Toshkent xalqaro kinofestivali bu yil Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Sammiti doirasida o`tkaziladi. Yig`ilishda shuningdek, kinofestivalni yuqori saviyada o`tkazish, shuningdek, festival doirasidagi tanlovlar, filmlar ko`rigi, xorijlik mutaxassis va ijodkorlarni taklif etish, lokasiyalar, jarayonlarni yoritish masalalari, texnik ta`minot, ijodiy hamkorliklar kabi masalalar muhokama qilindi.
Bu yilgi kinofestival doirasida "Xorij kino kunlari", talabalar uchun "Kino 5 kunda" kinoloyihalari pitching taqdimotlari, shou konsertlar, eksklyuziv kino dasturlar, mahorat darslari, davra suhbatlari, fleshmob va kutilmagan tomoshalar bo`lib o`tishi rejalashtirilmoqda. | 74 | 1,179 |
Madaniyat | O‘zbekistonlik mashhurlarning bolaligi (foto) | Bugun ijtimoiy tarmoqlarni o‘zbekistonlik yulduzlarning bolalikdagi fotosuratlarini topish ilinjida kezdik va bu mavzuda kattagina fotojamlanma tuzishga muvaffaq bo‘ldik. | 45 | 170 |
Madaniyat | Mahmudxo`ja Behbudiy tavalludining 147 yilligi munosabati bilan ilmiy-amaliy konferensiya o`tkazildi | 19 yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, Madaniyat vazirligi, O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi hamda O`zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti hamkorligida Mahmudxo`ja Behbudiy tavalludining 147 yilligi munosabati bilan “Mahmudxo`ja Behbudiy merosi va jadid matbuotini o`rganishning dolzarb masalalari” mavzusida xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy konferensiyaning o`tkazilishi ham mazkur ishlarning mantiqiy davomi bo`ldi.
Konferensiya ishi O`zbekistonda jurnalistika va kommunikasiyalar sohasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining sifati va samaradorligini oshirish, O`zbekistonda mass-media sohasida izlanayotgan yosh olim va tadqiqotchilarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash, shuningdek, Mahmudxo`ja Behbudiy merosini o`rganishda mahalliy va xorijiy olimlar o`rtasida o`rnatilgan ilmiy aloqalarni mustahkamlashga qaratildi.
Dunyo ilm ahlini bir erga jamlagan tadbir “Mahmudxo`ja Behbudiy merosi” va “Jadid matbuotini o`rganishning dolzarb masalalari” nomli sessiyalarda o`z ishini olib bordi.
Uni O`zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo`ja ochib berdi. Konferensiyada Amsterdam mintaqaviy, transmilliy va Evropa tadqiqotlari maktabi (ARTES), AQShdagi O`rta Sharq tadqiqoti markazi, Kanadadagi Karlton universiteti Evropa, Rossiya va Evroosiyo tadqiqotlari instituti, Germaniyaning Fridrix Shiller nomidagi universiteti, Turkiyaning Ankara universiteti, Ozarbayjondagi Nizomiy Ganjaviy nomidagi Adabiyot instituti professor-o`qituvchilari, tadqiqotchi-mutaxassislari qatnashdi.
O`zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti Media nazariyasi va amaliyoti kafedrasi tashabbusi bilan an`anaviy o`tkazilgan konferensiya haqiqiy ma`noda o`zaro fikr almashish, yangi bilimlarni o`zlashtirish maydoniga aylandi.
Tadbir so`ngida millatni uyg`onishga, ma`rifatli bo`lishga chorlagan Mahmudxo`ja Behbudiyning hayot yo`li, ijod olami hali asrlar davomida kelajak avlodga katta ibrat maktabi bo`lib xizmat qilishi ta`kidlandi.
Ma`lumot o`rnida aytib o`tish joizki, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan O`zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti talabalari uchun Mahmudxo`ja Behbudiy nomidagi stipendiya ta`sis etilgan. | 100 | 2,288 |
Madaniyat | Xonanda Rianna bokschi Meyuezerning og‘zini yelimlab qo‘ydi | Taniqli xonanda Rianna va bokschi Floyd Meyuezer qiziqarli lavhada ishtirok etdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Los-Anjelesdagi BET Awards mukofoti taqdimot marosimida xonanda sportchining qo‘llarini bog‘lab, og‘zini tasma bilan yelimlab qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Forbes jurnali tanloviga ko‘ra Floyd Meyuezer 2015-yilning eng serdaromad mashhur odami deb topilgandi. | 59 | 383 |
Madaniyat | Italiya bojxonasi amerikalik reper Snoop Dogg’ning 200 ming dollar pulini musodara qildi | Italiyaning Kalabriya viloyatida joylashgan Lametsiya-Terme shahri aeroportida 422 ming dollarni bojxonadan deklaratsiyasiz olib o‘tishga uringan amerikalik reper Snoop Dogg’ning 200 ming dollardan ortiq puli musodara qilindi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Qayd etilishicha, Yevropa Ittifoqi qonunlariga ko‘ra 10 ming yevrodan ortiq naqd pulni olib o‘tish chog‘ida bu deklaratsiyada ko‘rsatilishi shart. Italiya moliyaviy politsiyasi pul yuvishga qarshi qonunga asoslanib xonanda olib o‘tayotgan pulning yarmini musodara qilgan.
Amerikalik reper 31-iyul kuni Kalabriyada konsert bergan va 1-avgust kuni musiqa festivalida qatnashish uchun Buyuk Britaniyaga uchib ketishni rejalashtirgan edi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Shvetsiyada giyohvand moddalar iste’molida ayblangan Snoop Dogg ushbu qirollikka boshqa qaytmasligini ma’lum qilgan edi. | 88 | 842 |
Madaniyat | Lola singlisiga atab yangi klip suratga oldi | Latofatli xonanda Lola o‘zining konsert dasturi oldidan “Super Love” deb nomlangan yangi videoklipini suratga oldi. Bu kompozitsiya “Love Me” klipining davomi bo‘lib, uning voqealari real hayotdan olingan.
Lolaning “Super Love” klipidan lavha. Skrinshot: daryo.uz
Manbalarimizning xabar berishicha, ikkala klipning bosh qahramoni Shohzamon Lolaning qo‘shiqlaridan biriga klip qilish uchun uzoq vaqt uning singlisi Asal bilan birga olingan maxsus videolarni yig‘gan.
Lolaning “Super Love” klipidan lavha. Skrinshot: daryo.uz
Eng muhimi, bularning hammasi Lola Yo‘ldoshevaning singlisi, klip qahramoni — Asalning tug‘ilgan kuniga sovg‘a bo‘lishi uchun uyushtirilgan. Asal Yo‘ldosheva 1-fevralda 16 yoshga to‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, iqtidorli san’atkor Lola avvalroq “Muloqot” a’zolari savollariga javob bergan va “Muloqot” yulduziga aylangan edi. | 44 | 847 |
Madaniyat | Gollivud yulduzlari Ben Afflek va Jennifer Lopes dabdabali nikoh to‘yi uchun qancha pul sarfladi? (foto) | Yaqinda Jennifer Lopes va Ben Afflek do‘stlari va oila a’zolari davrasida turmush qurdi. The Voice Mag nashri yulduzli juftlikning nikoh oqshomi uchun qancha pul sarflaganini ma’lum qildi.
Ben Afflek va Jennifer Lopes unashtirilganidan bir oy o‘tgach, nikoh oqshomini unutilmas bayram tarzida nishonlashga qaror qildi. Nikoh bazmi Jorjiya shtatida, kuyovning uyida bo‘lib o‘tdi. Uch kunlik ziyofat Kolin Koui boshchiligida ajoyib tarzda tashkillashtirildi.
Hamma yulduzli juftlikdan dabdabani kutgan edi, lekin bunday bo‘lmadi: to‘y er-xotinga 400 ming dollardan sal ko‘proqqa tushdi.
Insayderlarning ta’kidlashicha, bu dress-kod qoidalariga ko‘ra oq libosda bo‘lgan oila a’zolar va do‘stlar ishtirokidagi qiziqarli va tasodifiy ziyofat edi. Lopez buyurtmaga tikilgan Ralf Lauren libosida ko‘zni qamashtirdi.
Mablag‘ning katta qismi xavfsizlikni ta’minlashga sarflandi: har tomonda qo‘riqchilar, turar joydan uch mil radiusda uchmaslik, uy atrofida patrul qayiqlari. Shuningdek, kirish joyida xavfsizlik xodimlari har bir shaxsning tasdiqlovchi hujjatlarni ham tekshirgan. | 104 | 1,076 |
Madaniyat | Avstriyalik mashhur dirijor Nikolaus Arnonkur vafot etdi | Avstriyalik mashhur dirijor Nikolaus Arnonkur 86 yoshida Venada vafot etdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Nikolaus 1929-yilda Berlinda tavallud topgan. Arnonkur 1952-yilda Vena simfonik orkestrida ish boshlagan, turmush o‘rtog‘i bilan Concentus Musicus Wien ansambliga asos solgandi. Dirijor sifatida 1970-yilda “La Skala” teatrida debyut qilgan. Keyinchalik ko‘plab orkestrlarda mehnat qilgan Arnonkur 2015-yilning dekabrida sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli faoliyatini yakunlagandi.
U barcha zamonlarning eng buyuk dirijorlari qatorida sanalar edi. Xususan, musiqa ekspertlari so‘rovi asosida tuzilgan dunyoning eng yaxshi dirijorlari reytingida beshinchi o‘rinda qayd etilgan. “Gremmi”, Shuman, Teleman nomidagi va boshqa ko‘plab mukofotlarga sazovor bo‘lgan, musiqa tarixi hamda buyuk bastakorlar haqidagi ko‘plab kitoblar muallifi edi. | 56 | 851 |
Madaniyat | Hollivud aktyorlariga kino qidiruvi saytlaridan o‘z yoshi haqidagi ma’lumotni o‘chirtirishga ruxsat berildi | Kaliforniya shtati (AQSh) gubernatori imzolagan qonun loyihasiga ko‘ra, 2017-yil 1-yanvaridan boshlab Hollivud aktyorlari turli ma’lumotlar bazasida, jumladan, IMDB’dan yoshi haqidagi ma’lumotni olib tashlash huquqiga ega bo‘ladi. Bu haqda, The Hollywood Reporter’ga asoslanib, TJournal xabar bermoqda.
Kadr: TJournal
IMDB singari portallardan kino sanoati vakillari odatda ish qidirishda foydalanadi. 24-sentabrda imzolangan qonunga ko‘ra, aktyorlar hamda kinematografiyaga aloqador boshqa shaxslar shu kaba bazalardan yoshi haqidagi ma’lumotni oldirtirib tashlashi mumkin.
Aytilishicha, chora eyjizmga — yoshga qarab diskriminatsiya qilishga qarshi qaratilgan. Bunda aktyorlarning, ko‘rinishi va mahorati mos kelgan taqdirda ham, yoshi tufayli rollarga jalb qilinmasligi tushuniladi. | 107 | 787 |
Madaniyat | Ulug‘bek Qodirov, Sharof Muqimov, Yodgor Nosirov magistrlik ilmiy darajasiga ega bo‘ldi (foto) | O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining magistratura bosqichi bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur bitiruvchilar orasida turli yo‘nalishlarda ijod qilib kelayotgan taniqli san’at vakillari ham bor. Jumladan, aktyor Ulug‘bek Qodirov, klipmeyker Yodgor Nosirov, xonandalar Sharof Muqimov, “Eldido” guruhi a’zosi Eldor O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining magistratura bosqichidagi ta’limni tugatib, magistrlik ilmiy darajasiga ega bo‘ldi, deb xabar berdi “Darakchi.uz”. | 94 | 524 |
Madaniyat | O‘zbekiston kinoijodkorlari Vatan himoyachilarini qutladi | 2015-yil 11-yanvar kuni “O‘zbekkino” Milliy agentligi Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi ma’muriyati bilan birga 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni oldidan ajoyib tadbir uyushtirdi. Bu haqda Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi rasmiy saytida xabar berildi.
Shu kuni Vatan himoyachilari va ularning oila a’zolari uchun “Gumrohlar” badiiy filmi ijodkorlari hamda kinoaktyorlar va aktrisalar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ushbu film namoyish etildi.
Tadbirda so‘zga chiqqan “Gumrohlar” badiiy filmi rejissori Hilol Nasimov va boshqa kinoijodkorlar Vatan himoyachilarini kasb bayrami bilan tabrikladi.
Film tomoshabinlarda iliq taassurot qoldirdi. | 57 | 646 |
Madaniyat | Avval o‘ynagandi, endi kuyladi: Yulduz Usmonova reper Shahriyor bilan Kiki’ni ijro etdi (video) | O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova AQSh safaridan qaytib, Shahriyor bilan kanadalik reper Dreykning In my feelings qo‘shig‘ini kuyladi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.
Qo‘shiqni Yulduz Usmonova ingliz tilida, reper Shahriyor esa rus tilida ijro etgan.
Ushbu qo‘shiqqa klip ham suratga olindi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Yulduz Usmonova mashina oldida raqs tushgan videorolik internetda yashin tezligida tarqaldi. Unda san’atkor oxirgi payt trend bo‘layotgan Kiki challenge raqsini ijro etgandi.
Videorolik san’atkorning muxlislarini hayrat va taajjubga soldi va qizg‘in muhokama sabab bo‘ldi. Yulduz Usmonova esa bunga javoban “yurakni kengroq qilish”ni maslahat berdi. | 95 | 680 |
Madaniyat | Nikolay Baskov: Yulduz Usmonovaning qo‘shig‘ini eshitsam osh yegandek bo‘laman | Humo Arena ko‘p tarmoqli muz saroyining ochilish marosimida qator o‘zbek estradasi vakillari, shuningdek taniqli rossiyalik xonandalar Filipp Kirkorov, Nikolay Baskov va Dima Bilan qo‘shiq kuyladi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova xabar berdi.
Tadbir davomida Nikolay Baskov O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning qo‘shiqlarini maroq bilan tinglashini o‘ziga xos tarzda ma’lum qildi.
Baskov ochilish marosimida nafaqat xonanda, balki dastur boshlovchisi vazifasini ham bajardi. U suxandon Dildora Rustamova bilan birgalikda sahnada qo‘shiq kuylovchi xonandalarni e’lon qilib turdi.
Yulduz Usmonova “Sabo bo‘lib”, “Qirolichaman” va “Sanamgina” kabi qo‘shiqlarini ijro etdi. U so‘nggi qo‘shiqni ijro etib, sahnani tark etayotganida boshlovchilik vazifasini bajarayotgan Nikolay Baskov Usmonovaga qarata: “Har gal sizning qo‘shiqlaringizni tinglasam, o‘zimni o‘zbek palovini yeyayotgandek his etaman”, dedi.
Yulduz Usmonova hamkasbining mulozamatiga kulib minnatdorchilik bildirib, sahnani tark etdi. | 78 | 1,013 |
Madaniyat | Ben Afflek Betmen roliga boshqa qaytmasligini bildirdi | 2016, 2017-yillardagi filmlarda Betmen rolini o‘ynagan aktyor Ben Afflek 2021-yilda chiqishi rejalashtirilgan yangi “Betmen” filmida superqahramon rolini ijro etmaydigan bo‘ldi. Bu haqda aktyor Twitter’dagi sahifasida yozib qoldirgan, deb xabar berdi “TASS”.
“2021-yil yozida “Betmen” chiqishini intiqlik bilan kutyapman. Mett Rivz (“Betmen” rejissori va ssenaristi) o‘z g‘oyalarini amalda gavdalantirishini ko‘rishdan xursand bo‘laman”, — deb yozadi Afflek Deadline portalida chop etilgan yangi filmda bosh rolni ijro etmasligi haqidagi maqolada.
Xabarda ma’lum qilinishicha, Ben Afflek ayni paytda Keyt Elis Marshallning “Men hali ham hayotman” (I am still alive) asarini ekranlashtirish ishlari bilan band. U bosh rollardan birini ijro etadi va filmga prodyuserlik qiladi. | 54 | 776 |
Madaniyat | Lola va Comedy.uz “Muloqotchi”lar savollariga javob beradi | 4-noyabr, dushanba kuni O‘zbek estradasining yorqin namoyondasi Lola va Comedy.uz “stend-ap komediya”chilari “Muloqot” saytlar tarmog‘ining Intervyu.uz loyihasi doirasida internet foydalanuchilari savollariga javob beradi. Intervyu Toshkentning Le Grande Plaza mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi.
Intervyu.uz loyihasi doirasida Lola va Comedy.uz rezidentlariga yuzlab internet foydalanuvchilari o‘z savollarini berishga muvaffaq bo‘ldi. Savollar ichinda 30ta eng ko‘p takrorlangan va eng dolzarblari saralalab olinib, intervyu davomida Lola va Comedy.uz rezidentlariga beriladi. Jarayon video va fotoga tushiriladi. Le Grande Plaza mehmonxonasida bo‘lib o‘tadigan intervyuda bir qator jurnalistlar, “Muloqot” tarmog‘i a’zolari va savol bergan internet foydalanuvchilari ishtirok etadilar.
Intervyu davomida berilgan savollarga javoblar nashrimiz sahifalariga 5-noyabr, seshanba kuni joylashtiriladi.
Intervyu.uz loyihasi “Muloqot” saytlar tarmog‘i tomonidan 2013-yil ishga tushirilgan. Loyiha doirasida aktrisa Sevara Soliyevadan intervyu olinib, u mushtariylar e’tiboriga havola etilgan. Tez kunlarda taniqli sharhlovchi, FIFA referisi hamda oliy o‘quv yurtlari rektorlari bilan intervyu uyushtirish loyiha rejalari qatoridan o‘rin olgan.
P.S. Lola va Comedy.uz rezidentlariga savol bermoqchimisiz? Intervyu.uz'ga marhamat! :) | 58 | 1,323 |
Madaniyat | Qiyin ahvolda qolgan muxlislariga yordam qo‘lini cho‘zgan mashhurlar | Butun qalbi bilan sevadigan odamlarga yordam berishdan ko‘ra yoqimliroq narsa bo‘lmasa kerak. Mashhurlarning ko‘pchiligi yulduzlik kasaliga chalinib, bor e’tiborni o‘z “men”iga qaratgan bo‘lsa-da, ularning orasida muxlislari taqdiriga befarq bo‘lmagan, ularga yordam qo‘lini cho‘zishga tayyor bo‘lgan taniqli shaxslar ham bor.
Rayan Reynolds
2020-yil noyabr oyida kanadalik aktyor tug‘ilgan kunidan oldin do‘st topishga ulgurmasligidan xavotirda bo‘lgan 9 yoshli muxlisini hayratda qoldirdi. Yangi shaharga endigina ko‘chib kelgan bolaning ota-onasi Facebook orqali g‘amxo‘r odamlardan tabriknomalar so‘rab, o‘g‘li uchun maxsus kun tashkil etishga qaror qildi. Yaxshiyamki, ta’sirchan iltimos Rayanning e’tiborini tortdi va u, bolaning tug‘ilgani kuni uchun tabrik videosini oldi: “Sizning hikoyangiz menga juda yaqin, chunki men ham bir marta yangi maktabga o‘tganman. Men o‘zimni yolg‘iz va ko‘rinmasdek his qilganimni eslayman. Ammo siz yolg‘iz emasligingizni yodda tutishingiz kerak ”, – deydi aktyor.
Jeyson Momoa
2020-yil noyabr oyida “Taxtlar o‘yini” yulduzi bir necha yillardan beri saraton kasalligi bilan kurashayotgan yosh muxlis bilan video aloqa orqali uchrashdi va hatto suhbatlashdi: “Men Instagram'dagi jamoaga, do‘stlarim va oilamga saraton kasalligiga chalingan va kimyoterapiyadan o‘tayotgan Denni bilan tanishtirgani uchun minnatdorchilik bildirmoqchi edim. Men uning videosini internetda ko‘rdim va uni qo‘llab-quvvatlashni xohlayman”, – deydi aktyor. Shuningdek, Jeyson Momoa jamoatchilikni GoFundMe xayriya platformasi orqali Denniga yordam berishga chaqirgan va hatto Warner Bros. kompniyasidan Akvamenning nayzasini kasal muxlisiga yuborishni so‘ragan.
Offset
2020-yil noyabr oyida Migos guruhi a’zosi Atlantadagi uchta saylov uchastkasiga tashrif buyurib, prezidentlik saylovlarida ovoz berish navbatini bir necha soat kutganlarga oziq-ovqat tarqatdi. Shuningdek, Offset yordamga muhtoj amerikaliklarga yordam berish uchun The Linkoln Project va AXSD Media bilan hamkorlik qiladi.
Garri Stayls
O‘z muxlislariga yordam bergan yulduzlar, albatta, qanday ajablantirishni biladi. Xonanda 2020-yil oktabr oyida samimiy xabari bilan ayol muxlislaridan birini hayratda qoldirdi. “Ko‘changizda mashinam buzilib qoldi, otangiz bir piyola choy ichib, avtoservisni kutishimga ruxsat berdi. Siz bilan uchrashishga ulgurmaganimdan juda afsusdaman. Shuning uchun tez orada qayta uchrashishni intiqlik bilan kutaman. Odamlarga mehribon bo‘lishda davom eting. Hurmat bilan Garri”, deya imzo chekdi xonanda. Keyinchalik u ijtimoiy tarmoqlarda muxlisining oltin baliqlarni ovqatlantirgani aks etgan surati bo‘lishdi.
Kianu Rivz
Aktyor 2019-yil iyul oyida muxlislar bilan uchrashish va suratga tushish uchun mashinasini to‘xtatib, luizianalik oilani hayratda qoldirdi. “Biz uning ko‘chamizda suratga tushayotganini bilardik, shuning uchun o‘g‘lim bizning peshtaxtamizga maxsus “Sen ajoyibsan” yozuvini o‘rnatishni taklif qildi. Tasavvur qiling-a, u haqiqatan ham to‘xtadi!”, – deb yozadi Steysi Xant Twitter’da.
Kayli Jenner
2018-yil may oyida Kylie Cosmetics asoschisi o‘zining eng sodiq muxlisi Jonni Sayrusning tug‘ilgan kuniga o‘ziga xos sovg‘a berdi. Kayli Jenner mezbonlik qiladigan har bir tadbirga muntazam ravishda tashrif buyuradigan muxlisi hatto uning sharafiga tatuirovka ham qildirgan. U tug‘ilgan kuniga yosh tadbirkordan 2000 dollarni tashkil etgan Louis Vuitton Apollon monogrammasi tushirilgan ryukzak oldi.
Drake
Drake yurak transplantatsiyasi qilingan bemorning video so‘roviga javob bergan Sofiya Sanchesni bir umr eslab qolishi tabiiy. U hazillashib, ijtimoiy tarmoq orqali reperga murojaat qilib, Chikagodagi bolalar kasalxonasiga tashrif buyurishni iltimos qildi. 2018-yil avgust oyida xonanda Sofiyaning palatasiga kirishdan oldin “Siz kelishimni so‘ragan edingiz, endi men shu yerdaman”, – dedi. Bolalik orzularni ro‘yobga chiqarishda o‘z muxlislariga yordam bergan yulduzlar mana shunday bo‘ladi.
Teylor Svift
Svift o‘z tinglovchilarini shunchalik yaxshi ko‘radiki, u nafaqat ular uchun shirinliklar pishiradi, sovg‘alar yuboradi, balki ularning har biriga shaxsan yordam berishga harakat qiladi. Xonanda komaga tushib qolgan onasining tibbiy to‘lovlarini to‘lashga qiynalayotgan Sadi Bartell ismli muxlisiga yordam qo‘lini cho‘zishga muvaffaq bo‘ldi. Grammy mukofoti sovrindori GoFundMe platformasi orqali 15 500 dollar xayriya qildi. “Bugun Teylor mening oilam haqidagi hikoyani internetda o‘qib chiqdi va o‘zining mehribonligi tufayli bizga katta miqdorda pul xayriya qildi. U qorong‘i yo‘lak oxiridagi yorug‘lik va haqiqatan ham men bilan sodir bo‘lgan eng yaxshi hodisa”,- deb yozgan Bartell 2018-yil oktabr oyida o‘zining Facebook profilida.
Nikki Minaj
2017-yil may oyida xonanda 30 dan ortiq muxlislariga kollej uchun pul to‘lash va talabalar stipendiyalarini taqdim etish uchun yordam taklif qildi.
Zak Efron
“Eng zo‘r shoumen” filmidagi aktyor o‘z muxlisining suratga olish maydonchasida telefonini sindirib qo‘ydi. Aktyor muxlisini bo‘sh qo‘l bilan ketishiga ruxsat bermadi va unga yangi telefon olib berishga qaror qildi. | 68 | 5,079 |
Madaniyat | RETRO FILMLARNING YaNGI REPERTUARI | 2018 yil 2 yanvardan boshlab Alisher Navoiy nomli kinosaroyining "O`zbek kinosi durdonalari" kinozalida retro filmlarning yangi repertuari namoyishi boshlanadi. Yaqin bir oy davomida siz quyidagi retro filmlarni katta ekranda tomosha qilish imkoniyatiga ega bo`lasiz.
1. «Nodirabegim» - o`zbek tilida. 1973 yil. Mualliflar: M.Melikulov, K.Yormatov Rejissyor: K.Yormatov. 2. «Ikki dil dostoni» - o`zbek tilida. 1966 yil. Mualliflar: V.Vitkovich, K.Yormatov Rejissyor: K.Yormatov. 3. «Rbaki Arala» - rus tilida. 1957 yil. Mualliflar: N.Japakov, M.Melkulov Rejissyor: Y.A`zamov. 4. «Dikar» - rus tilida. 1988 yil. Muallif: R.Ibrohimbekov Rejissyor: Q.Kamalova.5. «Bez straxa» - rus tilida. 1971 yil. Mualliflar: K.Yashin, A.Hamroev Rejissyor: A.Hamroev. 6. «Qismat» - rus tilida. 1990 yil. Muallif: J.Ishoqov Rejissyorlar: A.Ismoilov, A.Akbarxo`jaev. 7. «Zulmatni tark etib» (Mehrobdan chayon) - o`zbek tilida. 1973 yil. Muallif: S.Muhamedov Rejissyor: Y.A`zamov. | 34 | 961 |
Madaniyat | PROlogue xalqaro kinofestivalida «O`zbek kinosi tarixi»ga sayohat qilindi | “Yoshlar ijod saroyi”da PROlogue xalqaro kinofestivali «O`zbek kinosi tarixi» nomli fotoko`rgazmaning ochilishi bilan boshlandi.
Unda taniqli kinematograflar, aktyor va aktrisalar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.
Ekspozisiya kino ixlosmandlarining hammasini moziyga tomon boshladi.
Chunki ekspozisiyada o`zbek kinematografiyasi rivojlanishining 6 davri haqida hikoya qiladigan 70 ta fotosurat o`rin olgan.
Siz ushbu filmlarni ham, unda rol ijro etgan aktyor va aktrisalarni ham yaxshi taniysiz.
Fotoko`rgazmada «O`lim minorasi», «Ikkinchi xotin», «Qasam», «Boy ila xizmachi», «Mahallada duv-duv gap», «Toshkent – non shahri», «Shum bola», «Ettinchi o`q», «Siz kimsiz?», «Kelinlar qo`zg`oloni», «Vatan», «Sabot» va boshqa bir qator badiiy filmlarning suratlarga muhrlangan lahzalari aks etgan.
- Biz fotoko`rgazmani ko`rib, o`zbek kinosiga tamal toshini qo`yib ketgan buyuk san`atkorlarni, ustozlarimizni yana bir bor esladik. Bu filmlarning hammasi o`zbek kinosining oltin fondini tashkil qiladi hamda yoshlar tarbiyasida ham alohida o`rin tutadi. Bugungi festival faqat san`atkorlarniki emas, butun xalqimizniki, yoshlarniki, tomoshabinlarniki. Chunki festival doirasida juda ko`p tarbiyaviy ahamiyatga ega to`liq va qisqa metrajli fil`mlar namoyish etiladi, - dedi O`zbekiston xalq artisti Yodgor Sa`diev.
Ko`rgazma zaliga monitorlar o`rnatilib, unda fotosuratlar 3D formatida namoyish etildi.
O`zbekiston Yoshlar ittifoqi hamkorligida o`tkazilayotgan PROlogue xalqaro kinofestivali doirasidagi yirik loyihalar davom etadi.
Eslatib o`tamiz, fotoko`rgazma 29 noyabrga qadar bo`lib o`tadi. | 74 | 1,624 |
Madaniyat | “O`zbekkino”da “Yosh kinematograflar festivali” bo`lib o`tdi (+foto) | 29 avgust kuni “O`zbekkino” Milliy agentligi binosida Agentlik, O`zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamda “Mening yurtim” telekanali bilan hamkorlikda “CinemaDays-2020” kino kunlari doirasida “Yosh kinematograflar festivali” bo`lib o`tdi. Bu haqda Agentlik axborot xizmati xabar qildi.
Festivalda O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari Behzod Musaev, O`zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa`dullaev, “O`zbekkino” Milliy agentligi direktori Firdavs Abduxoliqovlar so`zga chiqib, barcha yosh kinoijodkorlarni tabriklashdi.
Tadbir doirasida “O`zbekkino” Milliy agentligi bu yil birinchi bora tashkil etilayotgan “Debyut” yosh kinoijodkorlarning ssenariylar tanlovi g`oliblari hamda Yaponiyaning “DigiCon6 ASIA” kinofestivalida ishtirok etishga muvaffaq bo`lgan yoshlarni taqdirladi.
Shuningdek, Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (VGIK)ga qabul qilingan 7 nafar o`zbekistonlik talabalarga diplom va esdalik sovg`alari topshirildi. | 68 | 1,000 |
Madaniyat | Nargiza Abdullayeva: Eng katta dushmaning turmush o‘rtog‘ing bo‘lar ekan | Aktrisa Nargiza Abdullayeva “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida ayol uchun tom ma’nodagi yolg‘izlik nima ekanligini ma’lum qildi, deb yozadi “Darakchi.uz”.
“Oila deb atalmish maktabda ham ancha haqiqatlarni anglab yetdim. Ayol faqat o‘zini qurbon qilib egilaversa, uni ayamasdan tepib o‘tisharkan. Ko‘pni ko‘rgan onaxonlarimiz bekorga ayol sirli xilqat bo‘lishi, hattoki oilada ham barcha sirlarni ochib tashlamaslik kerakligi haqida uqtirishmas ekan. ‘Eng katta dushmaning turmush o‘rtog‘ing’ degan haqiqatning borligi ham juda qiziq. Chindan ham yillar davomida eng yaqin sirdoshingga aylangan, barcha sirlaringdan voqif bo‘la turib, keyin ayovsiz ravishda yuzingga soladigan inson, dushman bo‘lmay kim?!
San’atkor ayol bo‘ladimi, erkak bo‘ladimi, har ikkalasiga oson tutmang. Uning o‘zi emas, balki aynan turmush o‘rtog‘i ‘yulduzlik kasal’iga chalinsa-chi? Taniqli va sevimli jufti haloli uchun xursand bo‘lishning o‘rniga, g‘ayirlik qilsa, buning natijasi yaxshilik bilan tugaydimi? Kasbingizdagi aslida sizga hech qanday aloqasi bo‘lmagan ba’zi bir noxush holatlar deb boshingiz baloga qolib ketishi ham san’atkor ayolni qiynaydigan vaziyatlardan biridir. Bora-bora hammaning oldida o‘zingni baxtli ko‘rsatib, qon yutib yashashdan charchar ekansan...
Ochig‘ini aytsam, shu kungacha bergan intervyularimda yolg‘on gapirib charchadim. Endi haqiqatni aytmoqchiman. Shu paytgacha ‘ayyor rafiqa’ bo‘lgin degan gaplarga e’tibor bermasdim. Turmush o‘rtog‘im uchun doim ochiq bo‘lishim shart degan qoida bilan yashadim. Bundan pand yedim. Ayol kishi oilaning, ro‘zg‘orning yukini nozik yelkasida ko‘tarib yurishdan charchar ekan. Kezi kelganda, o‘z himoyachisiga suyanib, erkalik qilishni istaydi. Qachonki, oilada erkak va ayolning vazifalari almashib qolar ekan, bunday munosabatlarga darz ketadi.
Ayol uchun tom ma’nodagi yolg‘izlik nimaligini bilasizmi? Aslida sevimli kishisiz yashash emas, balki oilada o‘sha erkagi bo‘la turib, o‘zini keraksizday his qilish va tahqirlangandek umr kechirishidir. Shu paytgacha ne-ne gaplarga chidamadim deysiz, vaqti kelganda birovdan bolasi bormish degan tuhmatlarga ham qoldim. Halol yashab turib, har qadamda turli ta’nalarni eshitaverish odamga alam qilarkan. Er va xotinning hamjihat bo‘lib, muhabbat iqlimi har qanday mayda dilxiraliklarni yuvib yuboradigan oilalarga havas qilaman”. | 72 | 2,332 |
Madaniyat | Tohir Sodiqovning to‘ng‘ich qizi turmushga chiqdi (foto) | O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Tohir Sodiqovning to‘ng‘ich farzandi Go‘zal turmushga chiqdi, deb xabar bermoqda My Day.
Tantanali nikoh oqshomi 30-mart kuni muhtasham “Osiyo Grand” restoranida bo‘lib o‘tdi.
Ikki yosh nikoh marosimidan avval maxsus fotosessiyani o‘tkazdi. Go‘zal dizayner Iroda Ag‘zamxo‘ja tomonidan yaratilgan liboslarda juda ham nafis obrazda namoyon bo‘ldi.
Kelin va kuyovning ilk valsidan videolavha.
View this post on Instagram | 56 | 469 |
Madaniyat | Parij shahri politsiyasi taniqli aktyor Jerar Depardyening skuterini musodara qildi | Parijda politsiyachilar aktyor Jerar Depardyening skuterini musodara qildi. Bunga taniqli aktyor skuterni mast holda boshqargani sabab bo‘lgan. Yulduzni komissariatdan tanishlari olib ketgan, deb yozadi Le Point.
Depardye svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab stop-chiziqdan o‘tib ketib, tartib posbonlari e’tiborini o‘ziga tortgan.
Huquq-tartibot xodimlari aktyorda mastlik alomatlarini payqab, unga test topshirishni taklif qilgan. Test esa uning qonida belgilangan normadan yuqori alkogol borligini ko‘rsatgan. Depardye rulga o‘tirishdan oldin bir necha bokal pivo ichganini tan olgan.
Politsiyachilar yulduzga harakatni davom ettirish uchun ruxsat bermagan va skuterni musodara qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2019-yilda mashhur fransuz aktyori Jerar Depardye O‘zbekistonning Fransiyadagi turizm elchisi etib tayinlangan edi. | 83 | 824 |
Madaniyat | Xorazmda Pahlavon Mahmud haqida film suratga olinadi | “O‘zbekkino” milliy agentligi hamda Xorazm viloyati hokimligi bilan hamkorlikda Pahlavon Mahmudning hayoti haqida “Afsonadagi haqiqat” nomli badiiy film hamda Xorazm viloyatining so‘nggi besh yildagi rivojlanish tarixi haqidagi hujjatli film suratga olinishi rejalashtirilmoqda.
Pahlavon Mahmud — ulug‘ shoir va mutafakkir. U 1247-yil Xivada tug‘ilgan. Afsona va rivoyatlarda uni kuragi yerga tegmagan pahlavon, shu bilan birga, po‘stindo‘z va telpakdo‘z usta bo‘lganligi tasvirlanadi. Pahlavon Mahmud “Kanzul haqoyiq” (“Haqiqatlar xazinasi”) nomli masnaviy hamda ko‘plab ruboiylar yaratgan. Shoir o‘z ruboiylarini fors-tojik tilida yozgan.
“O‘zbekkino” MA tarkibida tuzilgan ishchi guruh Pahlavon Mahmud haqida badiiy film hamda hujjatli filmni suratga olish ishlarini boshlash uchun vohada amalga oshirilayotgan islohotlarni o‘rganib, Xorazm viloyatidagi diqqatga sazovor joylarni ko‘rishdi. Bugungi kunda namunaviy talablarga javob beradigan tarzda rekonstruksiya qilinayotgan “Xudoybergan Devonov” kinoteatri faoliyati bilan ham yaqindan tanishishdi. Tez kunlarda mazkur kinoteatrning ochilishi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Badiiy filmda Xorazm vohasining o‘ziga xos qadimiy urf-odatlarini ko‘rsatib berish bilan bir qatorda o‘sha davrga xos milliy kiyim-kechaklar, qurol-aslahalar bazasi aks ettiriladi. Pahlavon Mahmud hayotini ko‘rsatish bilan birga, ming asrlardan buyon o‘z tarixini saqlab qola olgan ko‘hna Xiva bilan bog‘liq milliy va qadimiy obidalar, yurt bag‘rida yetishib chiqqan faylasuflar ijodi haqida hikoya qilinadi.
Pahlavon Mahmud haqidagi badiiy film postanovkachi rejissori O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Hamidulla Hasanov, ssenariy mualliflari Anvar Ergashev, Yuliya Medvedovskaya va Jasur Mahmudov, postanovkachi operator Habibulla Hasanov, rassom Nig‘mat Jo‘rayev.
Hozirda filmlarning suratga olish ishlariga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Premyera 2021-yilning sentabr oyida namoyish etilishi ko‘zda tutilgan.
Rossiyalik rejissor Artyom Mixalkovning “Janob Nokaut” filmi O‘zbekistonda suratga olinadi | 52 | 2,048 |
Madaniyat | “Buning hammasini ukam va xotini qilyapti”. Bobomurod Hamdamovning qizi ota-onasini ko‘chada qoldirayotgani haqidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi (video) | 81 yoshli O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamovning qizi uning uyi va mashinasini o‘z nomiga o‘tkazib olgani, endilikda xonanda va uning rafiqasi ko‘chada qolishi mumkinligi haqidagi xabar berilgan edi. Taniqli san’atkorning qizi ota-onasining ushbu iddaosiga munosabat bildirar ekan, ushbu gap-so‘zlarni tuhmat, deb atadi.
“Bo‘layotgan narsalarning hammasi tuhmat. O‘zlari rozi bo‘lib, shu narsalar senga qolsin, sen bizga shuncha yil qarading, deb menga berishgan. Agar o‘zlari rozi bo‘lmasa, men ularni qanday bu ishga majburlardim, qonun qayerda qoldi, ularning qo‘lidan hujjatni qanday olardim. Hammasi tuhmat-ku, bu?”, — deydi Bobomurod Hamdamovning qizi.
“Bu gaplarni gapirish menga oson emas, gapirmoqchi emasdim, lekin menga o‘zingni oqlashing kerak, gapirishing kerak, deyishdi. Odamlarning nima deyishi menga qiziq emas, muhimi har bir insonning Olloh oldida yuzi yorug‘ bo‘lsin.
Oilamizga tashqaridan kirib kelgan bir iflos inson bor. Uni iflos desam, onamga aytding, deb tuhmat qilishdi menga. Meni hali Xudo urgani yo‘q, ota-onamga iflos deyishga. Ularni iflos deguncha o‘lganim yaxshi. Shunchalik tuhmat qilishyaptiki, Xudodan qo‘rqmasdan tuhmat qilishyapti, mayli, ularga ham Xudoning qo‘ygani bordir. Olloh kifoya menga, ulardan hech narsa kerakmas. Men aslida shu iflosga qolib ketmasin, deb ularga to‘g‘ri bergan maslahatimni, noto‘g‘ri talqin qilib, qo‘shib-chatib gapirishyapti. Mayli, bu sinovlarga chidayman, Ollohning oldiga yorug‘ yuz bilan borsam bo‘ldi”, — deya so‘zlarini davom ettiradi san’atkorning qizi.
“Ota-onangizning uyini qaytarib berasizmi?” degan savolga u quyidagicha javob berdi:
“Agar ota-onamning o‘ziga bo‘lsa qaytarib beraman, lekin ular hozir mendan olib, unga berib yuborishmoqchi. Olloh o‘ziga bersin hammani. Ollohning uyiga borib keldim, o‘sha yerda ham hammaga hidoyat so‘radim. Mol-dunyo insonlarni insonlardan ajratib qo‘ymoqda. Ota-onani farzandlardan ajratib qo‘ymoqda”.
“Buni hammasini ukam qilyapti xotini bilan. Mayli, mana yaqinda oyoqlari sindi, qanaqa yig‘ladim, bir narsa bo‘lib qoladi onamga deb. Xo‘jayinim Buxoroga borib, tez yordam mashinasida o‘zi olib keldi. Kasalxonada yotganida kuniga ikki marta qatnadim. Chiqqanidan keyin 4 oy uyimda qaradim. Keyin ketdilar uylariga. Uyga ketganidan keyin ham ikkita qaraydigan qizlarni topib berdim, ularni haydab yubordilar. O‘zim borib qarab turdim, choyni qo‘shnini chaqirib damlatayotgan ekanlar. 11-iyul kuni meni uyga kiritmadilar. Eshikni qulflab, ketaver, kelma, dedilar. Keyin bilsam, ukam xotini bilan kelishgan ekan. Hozir ota-onam izolyatsiyada, hech kim uyga kirib chiqa olmaydi. Qarindosh urug‘larning telefon raqami “qora ro‘yxatda”. Menikiyam, akamnikiyam. Qaysi farzand ota-onasini sudga beradi? Mana shu ukam ota-onamni bir necha marta sudga bergan. Shu kungacha nima kun ko‘rgan bo‘lsak, shu ukamning orqasidan”, — deydi Bobomurod Hamdamovning qizi. | 157 | 2,883 |
Madaniyat | 25 yildan so‘ng qirollik oilasi malika Diananing shov-shuvli intervyusi uchun 1,5 million dollar tovon puli oladigan bo‘ldi | 1995-yilda malika Diana BBC’ga intervyu bergandan so‘ng boshlangan janjal shu kungacha davom etib keladi. Va nihoyat, qirollik oilasi mazkur suhbat uchun telekanaldan 1,5 million dollar tovon puli oladigan bo‘ldi, deb xabar beradi PeopleTalk.
Shov-shuvlarga sabab bo‘lgan o‘sha intervyuda malika Diana jurnalist Martin Bashirga qirollik oilasida yashash juda qiyinligini aytgan. U o‘shanda birinchi marta eri shahzoda Charlz boshqa ayolni sevishini tan olgan. Ko‘rinib turibdiki, Diana bu intervyuga Yelizaveta II ning ruxsatisiz rozi bo‘lgan.
Tergov xulosasiga ko‘ra, jurnalist malika Diana bilan intervyu olishda nohaq usullardan foydalangan. Ma’lum bo‘lishicha, Bashir malikaning ishonchini qozonish uchun bank hisob varaqlarini soxtalashtirgan va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan hikoyalarni to‘qib chiqargan. Qirollik manbasiga ko‘ra, bu tergovda shahzoda Uilyam ham ishtirok etgan.
Shahzoda Uilyam va malika Diana
Xorijiy OAV xabarlariga ko‘ra, qirollik oilasi kompensatsiya sifatida oladigan pullar xayriya ishlariga sarflanadi. Qayd etilishicha, bu summa kanalga o‘sha intervyuni namoyish etish huquqini sotishdan tushgan daromad foizini o‘z ichiga oladi.
Shahzoda Charlz va malika Diana
Eslatib o‘tamiz, aynan shu intervyu malika Diana hayotidagi kelishmovchiliklarning boshlanishi edi. Suhbatni 23 milliondan ortiq kishi tomosha qilgan va u haligacha Britaniya televideniyesi tarixidagi eng yuqori reytinglarni band qilib turibdi. Mazkur intervyu sabab Yelizaveta II shahzoda Charlz va malika Diananing ajrashishini talab qilgandi. | 123 | 1,544 |
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.